forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Robiya 28 Iyul 2008, 16:33:58

Nom: Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)
Yuborildi: Robiya 28 Iyul 2008, 16:33:58
ABU HOMID G’AZZOLIY

«KIMIYOI SAODAT»
 (Ruh haqiqati)

«Adolat»
Toshkent
2005


Nashrga tayyorlovchilar:
Mahkam Mahmud Andijoniy,
Abdulloh Umar Toshkandiy.


MUNDARIJA

«Kimyoi saodat» asarining to‘liq matni haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg135987#msg135987)
Abu Homid G’azzoliy va uning merosi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg136490#msg136490)
Turkiy «Kimyoi saodat». (Tarjimon muqaddimasi)  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg136574#msg136574)
«Haqiqatlar kitobi»ning debochasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg137286#msg137286)
Fasl. «Saodat kimiyosi»ning ta’rifi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg137299#msg137299)
Fasl. Insonlikunvonin paydo qilmoqbayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg139052#msg139052)
Fasl. Dilingni anglasang, o‘zingni tanigaysen (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg139073#msg139073)
Fasl. Dil haqiqati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg139077#msg139077)
Fasl. Ruh haqiqati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg139082#msg139082)
Fasl. Besh hissiyot (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg139091#msg139091)
Fasl. Dil tobe’larining bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg139104#msg139104)
Fasl. Havos - hissiyotlar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg139107#msg139107)
Fasl. Dil xissiyotlarning sifatlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140164#msg140164)
Fasl. Botindagi to‘rt mutasaddi g‘olib bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140167#msg140167)
Fasl. Dilni yomonlikdan pok qilmoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140172#msg140172)
Fasl. Odam vujudidagi avsofi zamimalar - yomon sifatlar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140174#msg140174)
Fasl. Dil olami ajoyiblarining nihoyasizligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140177#msg140177)
Fasl. Dilning olami malakutiyga ochilgan ravzanasi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140183#msg140183)
Fasl. Dilning sharofati va xosiyatlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140189#msg140189)
Fasl. Ilmi zohirning tasavvuf yo‘lidagi to‘siqligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140192#msg140192)
Fasl. Ilmi zohir birla ilmi botin orasidagi munosabat va muxolifat bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140193#msg140193)
Fasl. Odamiyning saodati ma’rifatulloh birla erkonining dalili bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140198#msg140198)
Fasl. Odam tanasining xilqatidagi ajoyibotlar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140202#msg140202)
Fasl. Odamiyga ato qilingan dil gavhari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141083#msg141083)
Fasl. Haq subhonahu va taoloni tanimoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141088#msg141088)
Fasl. Haq taoloning sifatlarini tanimoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141094#msg141094)
Fasl. Haq subhonahu va taoloning hamma olamlarga podshohdigi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141103#msg141103)
Fasl. Xalloqi olamning farishtalari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141113#msg141113)
Fasl. Tabiiyunlar ojizligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141121#msg141121)
Fasl. Olamning tuzilishi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141123#msg141123)
Fasl. «Subhonallohu alhamdu lilloh»ning ma’nosini bilmak bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141130#msg141130)
Fasl. Odamiyning saodati bandalikda ekanlig‘i bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141136#msg141136)
Fasl. Ahli ibohatning g‘alatda ekani bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141143#msg141143)
Fasl. Dunyo haqiqatini tanimoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141165#msg141165)
Fasl. Mol-dunyo ofati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141173#msg141173)
Fasl. Dunyoning halol ne’matlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141793#msg141793)
Fasl. Oxirat haqiqatini tanimoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141827#msg141827)
Fasl. Insoniy ruh haqiqati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141891#msg141891)
Fasl. Ruhning abadiyligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141901#msg141901)
Fasl. Vujud va ruh bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141905#msg141905)
Fasl. Qabr azobining ma’nolari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142140#msg142140)
Fasl. Qabr azoblarining turli-tumanligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142143#msg142143)
Fasl. Qabr azobining hammaga emasligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142147#msg142147)
Fasl. Hoyu-havas va qalb pokligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142150#msg142150)
Fasl. Ruhiy do‘zax bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142151#msg142151)
Fasl. Ruhning to‘rt manzili bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142171#msg142171)
Fasl. Oxirat ishida mutahayyir ablaxlar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142181#msg142181)
Fasl. Ma’rifatning to‘rt ustuni - ruknlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142193#msg142193)

BIRINCHI RUKN. IBODAT (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142203#msg142203)

Avvalgi asl. Ahli sunna val jamoa e’tiqodlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142210#msg142210)
Fasl. Ahvoli anbiyo alayhimus-salom bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142230#msg142230)
Ikkinchi asl. Ilm talab qilmoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142233#msg142233)
Fasl. Ilm talab qilmoq farzligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143517#msg143517)
Fasl.Tahoratning tabaqalari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143535#msg143535)
Fasl. Ko‘ngil tahorati va badan tahorati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143545#msg143545)
Fasl. Tahorat kayfiyati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143556#msg143556)
Fasl. Tahoratda makruh narsalar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143571#msg143571)
Fasl. Tayammum kayfiyati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143574#msg143574)
Fasl. Hammomga kirmak kayfiyati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143576#msg143576)
Fasl. Turli a’zolarning tahorati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143578#msg143578)
Fasl. Soqol qo‘yish odobi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143702#msg143702)
To‘rtinchi asl. Namoz bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143706#msg143706)
Fasl. Namozda makruh narsalar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143712#msg143712)
Fasl. Namozning haqiqati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143718#msg143718)
Fasl. Namozdagi kalimalar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143722#msg143722)
Fasl. Namozda dilni g‘aflatdan saqlamoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143724#msg143724)
Fasl. Jamoatning fazilati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143728#msg143728)
Fasl. Imomatlik bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143732#msg143732)
Fasl. Namozi jum’aning bayonida. Jum’a odobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143733#msg143733)
Fasl. Jum’a kunining fazilati bayonida. Mas’ala (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143740#msg143740)
Beshinchi asl. Zakot bermoq farzi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143748#msg143748)
Fasl. Ikkinchi nav’zakot - ushr bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143756#msg143756)
Fasl. Zakot bermoqning farzligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143760#msg143760)
Fasl. Daqoyiqi zakot (zakot berishning nozik tomonlari)  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143770#msg143770)
Fasl. Darveshlik odobi va shartlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143864#msg143864)
Fasl. Sadaqa bermak bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143875#msg143875)
Oltinchi asl. Mohi ramazon ro‘zasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143880#msg143880)
Fasl. Mohi ramazon ro‘zasining farzlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143886#msg143886)
Fasl. Ro‘za haqiqati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143891#msg143891)
Fasl. Ro‘zaning qazosi va kafforati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143901#msg143901)
Fasl. Bir yil ichidagi fazilatli kunlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143903#msg143903)
Yettinchi asl. Haj safari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143909#msg143909)
Sakkizinchi asl. Qur’on tilovat qilmoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144397#msg144397)
Fasl. Tilovatdagi olti odobi botiniy bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144411#msg144411)
To‘qqizinchi asl. Zikr aytmoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144619#msg144619)
Fasl. Tahlil va tasbih. tamjid va istig‘for bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144625#msg144625)
Fasl. Istig‘for fazilati va duo odobi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144629#msg144629)
Fasl. Duoi ma’sura (go‘zal duolar) bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144631#msg144631)
O’ninchi asl. Avrod (duo vazifalari) tartibi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144637#msg144637)
Fasl. Kunduzgi duolar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144643#msg144643)

IKKINCHI RUKN. MUOMALOT (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144661#msg144661)

Avvalgi asl. Taom yemak odoblari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144663#msg144663)
Fasl. Do‘stlar birla taom yemakodoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144817#msg144817)
Fasl. Mehmonni ziyofat qilmoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144835#msg144835)
Fasl. Mexmonlar odobi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144847#msg144847)
Ikkinchi asl. Nikohga oila odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144850#msg144850)
Fasl. Nikohning foydalari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144853#msg144853)
Fasl. Nikoh ofatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144868#msg144868)
Fasl. Nikohning shartlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145027#msg145027)
Fasl. Ahli ayolga muomala odoblari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145041#msg145041)
Fasl. Erlarning xotinlar zimmasidagi haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145073#msg145073)
Uchinchi asl. Kasb va tijorat odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145076#msg145076)
Fasl. Aqdi muzoroba va shirkat bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145105#msg145105)
Fasl. Bay’dagi ehson bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145122#msg145122)
Fasl. Tijoratdagi ehtiyotlar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145131#msg145131)
To‘rtinchi asl. Halollik savobi va fazilati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145139#msg145139)
Fasl. Halol va haromda parhez qilmoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145141#msg145141)
Fasl. Halol va haromni ajratish bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145149#msg145149)
Fasl. Podshohlar birla sozish (husni xulq bilan yaxshi muomala) qilmoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145154#msg145154)
Fasl. Ulamoning podshohlar mulozamatig‘a bormog‘i bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145158#msg145158)
Beshinchi asl. Suhbat odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145162#msg145162)
Fasl. Beg‘araz, samimiy do‘stlar fazilati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145168#msg145168)
Fasl. Haq taoloning dushmanlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145176#msg145176)
Fasl. Do‘stlar - suhbatdoshlarning haqlari va shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145181#msg145181)
Fasl. Ahil, birodar musulmonlarning haq-huquqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145351#msg145351)
Fasl. Qo‘shnilarning haqlari va ularning rioyasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145406#msg145406)
Fasl. Qarindosh-urug‘lar, aqrabo (yaqinlar)ning haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145414#msg145414)
Fasl. Ota-onaning huquqlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145415#msg145415)
Fasl. Farzandlar huquqlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145416#msg145416)
Fasl. Xizmatkorlar huquqi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145418#msg145418)
Oltinchi asl. Uzlatda (yolg‘izlikda) bo‘lmoq odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145420#msg145420)
Fasl. Uzlatning ofatlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145621#msg145621)
Yettinchi asl. Safar qilmoq odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145645#msg145645)
Fasl. Zohiriy safar odobi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145655#msg145655)
Sakkizinchi asl. Simo’ bilan vajd odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145663#msg145663)
Fasl. Simo’ning (ba’zan) haromligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145680#msg145680)
Fasl. Simo’ maqomlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145688#msg145688)
Fasl. Simo’ning shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145703#msg145703)
To‘qqizinchi asl. Amri ma’ruf, nahiy munkar odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145709#msg145709)
Fasl. Ihtisob qilmak shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145715#msg145715)
Fasl. Muhtasib odobi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145728#msg145728)
Fasl. Xalqqa odat bo‘lgan munkirot bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145733#msg145733)
O’ninchi asl. Podshohning raiyat ahvolidan xabar olmog‘i va mutasaddilari tarikati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145739#msg145739)
Lug‘at. (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145857#msg145857)


«KIMIYOI SAODAT» ASARINING TO’LIQ MATNI HAQIDA

Sharq falsafasi va uning tarmoqlari bo‘lgan tavhid, kalom, tafsir, hadis, ruhiy va tabiiy fanlar o‘rtasidagi ixtiloflarni bartaraf etib, buning o‘zaro uyg‘un rivojlanish yo‘llarini kashf etgan, fan va din bir-biriga dushman emas, do‘st ekanligini dalillab bergan atoqli faylasuf Muhammad Abu Homid G’azzoliy asarlari jahondagi juda ko‘p donishmand, faylasuflarning e’tiborini jalb etib kelgan.
G’azzoliy «Kimyoi saodat»da bunday hikoyani keltiradi: Bir guruh ko‘rlar yo‘lni ko‘rmay, chetroqda ko‘zalar turgan joydan o‘ta boshladilar va «Kimdir yo‘limizga to‘siqlar qo‘yibdi» deb shikoyat qiladilar. Aslida ular ko‘rligi tufayli to‘g‘ri yo‘ldan adashgan edilar. Darvoqe’, Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» asaridagi ko‘pchilik hikoyatlar «Ihyo»dan: «Nafs (ruh) chavandozga; badan otga o‘xshaydi. Chavandozning ko‘rligi otning ko‘rligidan zararlioqdir. Yana: Aql qalbga qo‘shilsa fazilatga aylanadi. Aks holda aql-fazilat emas».
Imom Muhammad G’azzoliyning nomi va asarlari sho‘rolar davrida falsafa fanida o‘qitilmay, ta’qiqlab kelindi. Tilga olinsa ham «yomon, reaktsion faylasuf» deb qoralandi. Muhammad va uning ukasi Ahmad bolalik chog‘larida otadan yetim qoldilar. So‘fiy amakisi ularni boqib, tarbiyalab, maktab va madrasalarda o‘qitdi. Arab olimi Abdurahmon Badaviy, turk olimi Ayniy Ilhon «Mustazxiriya» kirishida yozishicha. Zayniddin fiqq (islom shariati ahkomlari)dan ilk bilimlarni zamonasining mashhur olimi Ahmad bin Muhammad Rodgoniydan Oltan. Ustozining vafotidan so‘ng Nishopurga borib tahsilni davom ettirgan. Bu yerda unga Makka va Madina imomi Juvayniy ustozlik qilgan. 1085 yilda Juvayniy vafot etgach Zayiyh’ain Nishopurdan ketib. Shom. Quddus. Makka, Madinani ziyorat qilib, Bag‘dodga keladi. Saljuq sultoni Malikshohning dono vaziri Nizomul-Mulk unga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. Uni mashhur Nizomiya madrasasiga bosh mudarris qilib tayinlanadi.
Imom G’azzoliy islom falsafasiga doir ko‘pgina buyuk asarlar yaratdi. Uning «Ihya al-ulum ad-din» («Diniy ilmlarning tirilishi»), «Makrsidul falosifa» (Faylasuflarning maqsadlari»), «Taxofutul falosifa» («Faylasuflarning ixtiloflari»), «Fazoyixul botiniya» («Botiniylikning rasvoligi»), «Qistosul mustaqim» («Haqiqat mezonlari»), «Ma’qulot», «Sifotul-asror», «Al-Munqiz min az-zalal» («Zalolatlar, yanglishuvlardan qutqaruvchi kitob»), «Javohirul Qur’on», «Mishkotul anvor» («Nurlar manbai»), «Yoqut at-ta’vil» («Talqin, tafsirilarning gavhari», Navoiyning aytishicha 40 jildli), «Me’zonul-amal», «Ajoyibul-qulub», «Risolai laduniya» kabi asarlari jahon falsafiy tafakkurining cho‘qqilarini tashkil etadi.
Arastu, Forobiy, V. Shekspir, Balzak, St. Sveyg, Luis Borxes, V. Belinskiy, N.G. Chernishevskiy, Jubron Halil asarlarining tarjimoni, yozuvchi va adabiyot nazariyotchisi Mahkam Mahmud rahmatli do‘sti, tarix, adabiyot bilimdoni Abdulloh Umarzoda bilon Muhammad G’azzoliyning «Kimyoi saodat» asarining to‘liq matnini ilmiy asosda nashrga tayyorlab juda savob xayrli ish qilganlar. Bu asar Sharq xalqlarining boy madaniyati va falsafasini o‘rganishda bebaho xazinadir.
Najmiddin Komilov,
Filologiya fanlari doktori, professor.
Abduqayum Pardaev,
Falsafa fanlari nomzodi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:31:08
ABU HOMID MUHAMMAD G’AZZOLIY VA UNING MEROSI

  Alisher Navoiy «Nasoyimul muhabbat min shamoyimul futuvvat» («Mardlik epkinidan paydo bo‘lgan sevgi shabodalari») asarida jahon falsafasining ustozlaridan biri Imom G’azzoliy haqida bunday deydi: «Hujjatul islom Muhammad ibn Muhammad G’azzoliy-Tusiy - kuniyati Abu Homiddur va laqabi Zayniddin (din ziynati). Tasavvufda intisobi (nasab silsilasi) shayx Abu Ali Faryumadiyg‘adur (Abu Ali Faryumadiy bir tarafdan shayx Abul-Qosim Gurgoniy va ikkinchi tarafdan shayx Abul-Hasan Xaraqoniy va u orkqli shayx Abu Sa’id Abul-Xayr izdoshidur - M.M.).... Imom Muhammad holining ibtidosidaTusda va Nishopurda ulum (turli ilmlar) tahsilig‘a va takmilig‘a ishtig‘ol ko‘rguzdi. Andin so‘ngra Nizomul-Mulk bila muloqot qildi».

  Boshqa ba’zi manbalarga ko‘ra, imom Muhammad G’azzoliy, Umar Xayyom va Ismoiliya shia fidoiylarining boshlig‘i Hasan Sabboh bir madrasada o‘qiganlar (Husayn Jovidning «Xayyom» dramasini eslang). Ular orasida juda keskin bahs, mujodala, munozaralar bo‘lgan. Alisher Navoiy ham shunga ishora qilib yozadi: «Jamoati fuzale bilaki, oning suhbatida bo‘lur edilar, mutaaddid majolisda (juda ko‘p majlislarda) munozara va mujodala qildi va alarga g‘olib bo‘ldi. (Hijriy) to‘rt yuz o‘ttiz to‘rtda (Milodiy 1044) Bag‘dodga borib, dars aytdi. Va Iroq barcha anga shefta (oshifta) va firifta (maftun) bo‘ldilar. Baland qadr, arjumand poya topdi (yuksak martabalarga erishdi)». Allomaning shu davrdagi hayoti A.Arberri, F. Jabriy, Sayyid Xotamiy, M. Uott, A. Badaviy, L. Massinon, G. Kerimov, S. Grigoryan asarlarida yoritilgan.

  Ammo bu dunyodagi e’zoz-ehtiromlar va baland martaba, shon-shuhratni imom G’azzoliy o‘ziga munosib ko‘rmadi va hammasidan voz kechib, faqirlik va darveshlikni ixtiyor qildi. Navoiyning aytishicha, «So‘ngra borisin (obro‘, e’tibor, shon-shuhrat, izzu-joh, hashamatini) ixtiyori bila tark qildi va zuxdu inqito’ tariqin ilgari tutdi va haj azimati qildi. Va 488 (1085)da hajga musharraf bo‘lib, Shomg‘a murojaat qildi va muddate anda erdi. Va andin so‘ng Baytul-Muqaddasg‘a bordi...»
Imom G’azzoliy yashagan davrda Sharqiy Rim imperiyasi - Vizantiya poytaxti Kunstantiniya (Konstantinopol, hozirgi Istanbul) iqtisodiy va harbiy jihatdan qudratli davlat, hoistianlarning tayanchi hisoblanardi. Ayni vaqtda Misrda hazrat Ali avlodlarimiz deb da’vat qilgan shialarning so‘l qanoti ismoiliya tarafdorlari kuchayib, Bag‘dod xalifaligiga qarshi jon-jahdlari bilan kurashayotgan edilar. Rim va Bizans (Vizantiya) - G’arbiy va Sharqiy Rim imperiyalari o‘zaro nifoqlashsa ham, islom davlatlarini bir-biri bilan urishtirishda hamjihat edilar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:31:45
  Bag‘dod xalifaligining Sharqdagi tayanchlaridan biri - g‘aznaviylar davlatining so‘nggi hukmdori sulton Mavdud ibn sulton Mas’ud bobosi sulton Mahmud G’aznaviy tashkil
etgan qudratli islom davlatining parchalanishiga yo‘l qo‘yib berdi. Ularning o‘rniga kelgan Saljuq hukmdorlari Alp Arslon va Malikshoh davrida islom davlatining qudrati oshib, Vizantiya imperiyasiga qarshi faol kurash boshladi.

  Vizantiya imperatori Roman Diogen G’arbdan xavf sOltan Misr fotimiylariga, Sharqdan bostirib kelayotgan Saljuq o‘rdulariga qarshi kurashda siyosiy, diplomatik nayranglarni ishga soldi. Misrdagi fotimiylar - alaviylar davlatini Bag‘dod xalifasiga va Saljuqlar davlatini Misr hamda Bag‘dodga qarshi qayrab, ularning orasini buza boshladilar. Bu nayranglarni anglagan Misr lashkarboshilari avvalroq harakat qilib, 1039 yilda Sharqiy Rim saltanatiga qarshi dengiz janglarida g‘olib kelib, Suriya va Falastin sohillarini Vizantiya qo‘shinidan ozod qildi. 1098 yilda misrliklar Quddusi sharifni fath etib, u yerda Misr xalifaligi noibini tayinladilar.

  Ammo afsuski, Mahmud G’aznaviy vafotidan keyin zaiflashgan Bag‘dod xalifaligining viloyatlari hokimlari har biri o‘ziga mustaqil «kichik davlat» tuzib olib, o‘zaro qirg‘in urushlarini boshladilar. Bu urushlarda diniy e’tiqoddan ko‘ra shaxsiy foyda, mansab, hokimiyat birinchi o‘ringa qo‘yilganligi uchun ba’zi musulmon davlatlari (chunonchi, Tarablus, Lubnon - (Livan) amirlari o‘zining musulmon raqiblariga qarshi kurashda Ovrupodan yopirilib kelgan salibchilar bilan ittifoq tuza boshladilar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:32:52
  Salibchilar musulmon hukmdorlarining o‘zaro nizolaridan foydalanib Shom (Suriya) va Falastin shaharlarini bosib ola boshladilar. Ular 1096-1098 yillarda Frot daryosi sharqida Antioxiya davlatini barpo etdilar. 1099 yil yozida Ovrupo salibchilari Vizantiya imperatori bilan birlashib, Quddusi sharifni qamal qildilar. Shahardagi mingtagina musulmon lashkari salibchilarning 40 mingli qo‘shini hujumini 5 hafta davomida qaytarib turdilar. 1099 yilning 15 iyulida Quddusi sharifga bostirib kirgan salibchilar shahardagi musulmonlarni, masihiylarni va juhudlarni ommaviy ravishda qirdilar. Qirg‘indan omon qOltanlarni qul qilib sotdilar. Ana shu qirg‘indan so‘ng masihiylar va muslimlar salibchilarning diniy e’tiqodi uchun emas, talonchilik maqsadida kelganligini anglab yetdilar.

  Xuddi shu paytlarda Vizantiya-Rum podshosi Roman Diogen Misr g‘oziylari hujumidan ko‘ngli tinchib, sharqdan kelayotgan Saljuqiylarga qarshi kurashga bor kuchini tashladi. Sadriddin Ali al-Husayniy «Zubdatut tavorix» yoki «Axbor ad-davlati as-Saljuqiya» asarida yozishicha, sulton Alp Arslon bir vaqtning o‘zida (1070-1080 yillarda) Vizantiyaga va Turkistondagi qoraxoniylarga qarshi kurashgan. Sulton Alp Arslonga qarshi urushda Sharqiy Turkiston va Movarounnahr shaharlarini mudofaa qilgan qoraxoniylar hukmdori Tobg‘och Bug‘ro Qoraxon Abu al-Qosim ibn Sulaymon (1077-1113) saroyida «Qutadg‘u bilig» muallifi, bolosog‘unlik Yusuf xos Hojib xizmat qilgan edi. Atoqli ulamolardan Ziyo Bunyodovning aniqlashicha, Tobg‘och Bug‘roxon mashhur «Devonu lug‘otit turk» muallifi Mahmud Qoshg‘ariyga homiylik qilgan. Qoraxoniylar adolatga katta e’tibor berganlar.

  Saljuq sultoni Malikshox uzoq janglar davomida Qoraxoniylar davlatini chekintirdi. Ikkala musulmon davlati xukmdorlarining o‘zaro urushi shariatga zid edi. Bu yerda asosiy ayb kimda ekanini tarixchilar haligacha aniqlayolmadilar. Mantiqan Oltanda, ikkala islomiy davlat xukmdorlari tinch-totuv yashashlari zarur edi. Oxirida ular sulh tuzishga erishganlar. Shundan so‘ng Alp Arslon qo‘shinlari Xitoydan Shomgacha bo‘lgan mamlakatlarni egallashdi.

  Sulton Malikshoh bilan uning vaziri Nizomul-Mulk tarixda birinchi marta (Beruniy davridan) so‘ng barcha sharq munajjimlarini anjumanga to‘plab 21-22 mart kunlari Navro‘z - yangi yilning boshlanishi deb e’lon qilganlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:34:25
  Malikshoh zamonida Umar Xayyom, Abu Homid G’azzoliy, Abul Fazl Bayhaqiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Nizomiy Aruziy, Nizomiy Ganjaviy, Abul Qosim Kushayriy, («Tafsirul kabir» muallifi), Muizziy, Fahoiddin Gurgoniy kabi shoirlar va allomalar yashab ijod qildilar.
Manbalarda aytilishicha, Malikshoh zamonida musulmonlar va hoistianlar o‘zaro ahil-inokdikda adolatli va farovon jamiyatda yashaganlar, g‘am-kulfat ko‘rmaganlar (Ziyod Bunyodov, «Axbor ad-davlat as-Saljuqiya» muqaddimasi. Moskva, 1980 yil, 20 bet).

  Vizantiya imperatorining oltin taxtida oltin ustunli chodirlarda oltin xoch - salib ushlab, zeb-ziynatda dabdabali va hashamatli hayot kechirishini, son-sanoqsiz boyliklar uni mag‘lubiyatdan qutqazolmaganini o‘qiganimizda, Abu Homid G’azzoliy «Kimiyo»sining «Mol-dunyo ofati haqida» bobida aytilgan fikrlar xayolimizga keladi: «Vaqtiki (mansab) va hashamat zavqi paydo bo‘lsa, dini islom yo‘liga to‘siq bo‘lur. Va dil nifoq, xiyonat va ixtilofga oluda (aralash) bo‘lur». Muhammad rasululloh aytgan ekanlar: «Mol-dunyoning odamlar orasida sho‘rish, g‘avg‘o solishi ikki-uch bo‘rining qo‘ylar orasiga kirib sho‘rish, g‘avg‘o solishiga o‘xshashdir».

  Vazir Nizomul-Mulk sevimli shogirdi imom G’azzoliy bilan maslakdosh, fikrdosh bo‘lgan. Bir kuni Nizomul-Mulkning dushmanlari Malikshohga arz qilib: «Vazir faqihlar, so‘fiylar va Qur’on hofizlariga har yili 300 ming dinor mablag‘ sarflaydi, agar shuncha pul sipohiylarga berilsa, Kunstantiya darvozasi allaqachon ochilar edi», - deyishdi. Sulton o‘z vaziri Nizomul-Mulkni chaqirib: «Nima gap?» - deb so‘radi. Vazir dedi: «Olampanoh, sultonim. meni qul qilib sotsang, 3 dinorga xam olmaydilar. Shunday ekan, Haq taolo sen bilan meni siylab shunday ko‘p boyliklar ato qilibdi, dunyoda hech kimni bunchalik siylamagan. Shularning hammasini sen bilan bizga ato etgan Allohning ulug‘ kitobini yodlab bizga yetkazgan ulamolar 300 ming dinorga arzimaydimi? Sening eng mohir merganing yoy o‘qini 1 mil (2 km) dan oshirmaydi. Agar qilich ursa, yonida turgan odamga yetadi xolos. Ammo haligi mablag‘ni men shunday lashkarga bermoqdamanki, bular duo, ibodat qilganida (quvvati) Arshi a’loga yetib boradi. Va bu duolarning Alloh dargohiga yetishiga dunyoda hech bir kuch to‘sqinlik qila olmaydi».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:35:42
  Sulton Malikshoh bu so‘zlarni eshitib, ko‘zlariga yosh oldi va «Sen shu lashkarlarni (ulamo, Qur’on hofizlarini) ko‘paytiraver. Dunyoning bor xazinalarini sening poyingga tashlayman!», - dedi. 

  «Zubdatut - tavorix» («Tarixlar qaymog‘i») muallifining yozishicha Nizomul-Mulk vazirlar orasida birinchi bo‘lib jasur lashkarboshilarga yer-mulklarni iqto’-sovg‘a qilib bera boshlagan. U Arab Iroqi, Ajam Iroqi va Xurosondagi juda ko‘p viloyatlarda «Nizomiya» madrasalarini qurdirgan. Abu Homid G’azzoliy Xuroson va Bag‘doddagi ana shunday madrasalarda minglab talabalarga ilohiyot, Qur’on va Hadisdan saboq bergan.

  Eron, Hindiston, Iroq va Xurosonni o‘z tasarrufiga Oltan g‘aznaviylarning buyuk davlatni o‘zaro nizolar zaiflashtirgach, tarix maydoniga chiqqan saljuqlar ana shu bepoyon xududlarda nisbatan tinchlik, osoyishtalik o‘rnatdilar. Saljuq sultonlari Alp Arslon, so‘ng Malikshoh, uning ma’rifatli vaziri Nizomul-Mulk zamonida ilm-fan va madaniyatning turli soxalari gullab-yashnadi. Shu davrlarda yetishib chiqqan Nizomiy Ganjaviy, Afzaliddin Hoqoniy, Umar Xayyom, Adib Sobir Termiziy, Rashiduddin Vatvot, Mahmud Zamaxshariy, Fahoiddin Roziy, Fahoiddin Gurgoniy, Yusuf xos Xojib, Farididdin Attor, Abu Homid G’azzoliy kabi mutafakkir, mutasavvif allomalar Sharq ma’rifatini, ilm-fanini yuksaklarga ko‘tardilar. Bulardan avvalroq Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino kabi allomalarning ijodi tufayli aniq fanlar tez rivojlanib, hurfikrlik keng yoyildi, diniy, ma’naviy bilimlarga e’tibor pasaydi. Mana shunday sharoitda buyuk faylasuf Abu Homid G’azzoliy aniq fanlarni yerga urmagan holda «Ihya al-ulum ad-din» («Din ilmlarining tirilishi») asarida ma’naviyatdan uzoqlashib ketgan moddiyunlik ta’limotlariga katta zarba berdi.

  G’arb olimlarining e’tirof etishlaricha bu zarbadan so‘ng moddiyunlik ta’limotlari bir necha asrgacha o‘zini o‘nglay olmadi. Ba’zilar bu fikrga qo‘shilmaydilar. Sababi «Kimiyoi saodat»da G’azzoliy tabiiy ilmlarga ham hurmat bilan qaraydi. U tib ilmini ham chuqur tushuntiradi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:41:08
  Daho shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida imom G’azzoliyning shu fikrini tasdiqlab:

Ulum ichra o‘qur ersang yuz tuman fasl,
Tamomi far’u din ilmi erur asl
- deydi.

  Ya’ni, din ilmi - asl ildiz, boshqa ilm-fanlar esa uning shox-shabbalari, juz’lari, qismlaridir. Zero. din, axloq, ma’naviyat olimlari payg‘ambar vorislaridir. Shuning uchun Navoiy:

 «Birovkim qilsa olimlarga ta’zim,
Qilur go‘yo payg‘ambarlarga ta’zim»
, - deydi.

  «Kimyoi saodat»ni forschadan turkiy tilga o‘girgan (Sharqiy Turkistonda) Ho‘tan podshohi Azizshoh saroyida xizmat qilgan ma’rifatchi olim Muhammad Isoning tarjimaga muqaddimasida yozishicha, Rasuli Akram Baytul - Quddusdan me’rojga ko‘tarilgan vaqtda Bani Isroil payg‘ambarlaridan Muso alayhissalom peshvoz chiqib, rasulullohga izzat-hurmatini bildiradi. So‘ng Muhammad alayhissalomdan: «Siz bir hadisi sharifingizda «Mening ummatlarimdan chiqqan ulamolar Bani Isroil payg‘ambarlaridek» - debsiz. Shu so‘zingizni nima bilan isbotlaysiz?» - deb so‘rabdi. Shunda Muhammad alayhissalom «Hujjatul islom» unvoni bilan mashhur bo‘lgan imom Muhammad G’azzoliyning ruhini chaqirib, Muso alayhissalomga yuzlashtiribdi. Ikkalasi ozroq suhbatlashgach, Muso payg‘ambar islom ulamolarining Isroil payg‘ambarlariga tengligini tan olib, hazrati Mustafoga yana ta’zim qilibdi. Tabiiyki, islom olamining har bir olimi ham bunday yuksak sharafga loyiq emas. Lekin Sharq xalklari tarixida rasululloh aytgan martabaga sazovor allomalarimiz ko‘pdir. Shulardan biri Navoiydan to‘rt asr avval Xurosonda, Tus yaqinidagi G’azzola qishlog‘ida tavallud topgan va asrlar davomida G’arb va Sharq falsafasining tamal toshini qo‘yib kelgan Zayniddin Muhammad Abu Homid G’azzoliydir. (1038-1111).
G’azzoliy «Ixya al-ulum-ad-din» asarida barcha insonlarning avval ruhlari yaratilib, ular Allohga «Semga iymon keltiramiz, haqiqat va ezgulik yo‘lida yashaymiz, bizni haq yo‘lg‘a hidoyat qil. bizni adashganlardan. g‘azabingga uchraydiganlardap qilmagin, biz faqat Senga ibodat qilamiz. faqat Sendan najot tilaymiz» - deb va’da berganlarini, so‘ng ko‘pchilik insonlar al-Misoq-Ahdlashuv kuni bergan ana shu va’dasini unutib, yovuzlik, gunohkorlik yo‘lida yashayotganlarini aytadi (Zotan, Kur’oni karimning «Fotiha» surasi shu haqda). Mutafakkir fikricha so‘ng odamlar ikki guruhga bo‘lindilar. Bir guruhi (ko‘pchilik) Xudoga bergan va’dalarini unutib iymonsiz bo‘lib qoldilar. Bularning ko‘zi ochiq, lekin qalbi ko‘r bo‘lib qOltan. Boshqa guruh odamlari aql, tafakkur va dilning qudrati yordamida va’dalarini esladilar va iymonli, fazilatli, sabr-qanoatli, shukr qiluvchi. Mehr-muruvvatli, rahmdil, oliyjanob insonlar bo‘lib qoldilar. Bular haqiqat va ma’rifat nuri bilan qalbi, ko‘ngli yorishgan odamlardir. «Kimyoi saodat»da G’azzoliy bunday hikoyatni keltiradi: Bir guruh ko‘rlar yo‘lni ko‘rmay chetroqda ko‘zalar turgan joydan o‘ta boshladilar va «kimdir yo‘limizga to‘siqlar qo‘yibdi» deb shikoyat qildilar. Aslida ular ko‘rligi tufayli to‘g‘ri yo‘ldan adashgan edilar. Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» asaridagi ko‘pchilik hikoyalar «Ihyo»dan olingan. «Nafs (ruh) chavandozga, badan otga o‘xshaydi. Chavandoziing ko‘rligi otning ko‘rligidan zararliroqdir. Yana: Aql qalbga kirgan nurdir». (Ammo ba’zilarniig dili aqlsizdir - M.M.) Arastu hakim «Axloqi kabir»da aytadi: «Aql dil go‘zalligi bilan qo‘shilsa fazilatga aylanadi. Aks holda aql fazilat emas».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:44:53
  Imom Muhammad G’azzoliyning asarlari sho‘rolar davrida falsafa fanida o‘qitilmay, ta’qiqlab kelindi. Tilga olinsa ham «yomon, reaktsion faylasuf» deb qoralandi. Muhammad va uning ukasi Ahmad bolalik chog‘larida otadan yetim qoldilar, so‘fiy amakisi ularni boqib, tarbiyalab maktab va madrasalarda o‘qitdi. Arab olimi Abdurahmon Badaviy, turk olimi Ayniy Ilhon «Mustazxiriya» kirishida yozshiicha. Zayniddin fiqx, (islom shariati ahkomlari)dan ilk bilimlarni zamonasining mashhur olimi Ahmad bin Muhammal ROltoniydan Oltan.

  Ustozining vafotidan so‘ng Nishopurga borib tahsilni davom ettirgan. Bu yerda unga imomul haramayn (Makka va Madina imomi) Juvayniy ustozlik qilgan. (Bu, Chingizxon tarixini yozgan Ato Malik Juvayniy emas). 1085 yilda Juvayniy vafot etgach Zayniddin Nishopurdan ketib, Shom, Quddus Makka, Madinani ziyorat qilib, Bag‘dodga keladi. Saljuq sultoni Malikshohning dono vaziri Nizomul-Mulk unga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. Uni mashhur Nizomiya madrasasiga bosh mudarris qilib tayinlaydi. (Bu vazir Umar Xayyomga ham ko‘p yaxshiliklar qilgan, so‘ng botiniylarning ismoiliya mazhabi yo‘lboshchilaridan Hasan Sabbox. yuborgan josus «fidoiy» tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan).

  Abu Homid G’azzoliyning ukasi mutasavvif Ahmad G’azzoliy ham buyuk allomalardan biri bo‘lib, Jaloliddin Rumiy uni porloq yulduzga o‘xshatgan edi. Sulton ut-tariqat, shayx, imom Ahmad G’azzoliyning shogirdlari orasida Aynul-quzzot Abul Fazoyil Hamadoniy, shayx Ziyouddin Abu-n-Najib Suhoavardiy, shayx Ro‘zbehon Misriy, shayx Najmiddin Kubro kabi alloma, mutafakkirlar yetishib chiqqan. Aynul-quzzat Hamadoniy «Zubdatul-haqoyiq» kitobida ham Ahmad G’azzoliy, ham «Hujjatul-islom» Muhammad G’azzoliydan saboq Oltanini yozgan.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:46:39
  Imom G’azzoliy mashaqqatli riyozatlarga to‘la umri davomida islom falsafasi, iymon-e’tiqodni yuksaklarga ko‘taruvchi ko‘pgina buyuk asarlar yaratdi. Uning «Ihya al-ulum ad-din» («Diniy ilmlarning tirilishi»), «Makrsidul falosifa» («Faylasuflarning maqsadlari»), «Tahofutul falosifa» («Faylasuflar yanglishuvi»), «Fazoyixul botiniya» («Botiniylikning rasvoligi»), «Ajoyibul-qulub», «Qistosul mustaqim» («Haqiqat mezonlari») asarlari arab, fors, turk, olmon, lotin, rus tillarida nashr etilgan. O’z asarlari bilan G’azzoliy falsafiy tafakkur taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatib, keyinchalik Ibn Rushd, Ibn Xaldun, Immanuel Kant, Rene Dekart, David Yum, Georg Gegel kabi mutafakkirlarning yetishib chiqishiga maydon ochib berdi. Xususan, G. Gegel G’azzoliy haqida «Mantiq va metafizikaga doir asarlar muallifi, sharqona buyuk aql egasi» degan edi.
G’azzoliyning «Faylasuflarning maqsadlari» asari 1145 yilda Ispaniyaning ilmiy markazlaridan biri - Toledo shahrida Dominik Gundisalvo tarjimasida lotin gilida nashr etilgan. «Ihya al-ulum» asarini arabchadan rus tiliga V. Naumkin tarjima qilib, sharhlar yozgan.

  O’rta asrlarda olimlar Forobiy va Ibn Sino fikrlari bilan G’azzoliy fikrlari hamohang ekanligini bilganlar. Keyingi davr G’arb olimlari Forobiy va Ibn Sinoga Abu Homid G’azzoliyni qarshi qo‘ya boshladilar. Lekin bizning zamondoshlarimiz agar Forobiyning «Arou ahli madinatul fozila» («Fozillar shahri aholisining qarashlari» yoki qisqarog‘i «Fozil odamlar shahri»), Ibn Sinoning «Risolai fil-ishq», «Hayy ibn Yaqzon» («Uyg‘oq o‘g‘li Tirik») va boshqa falsafiy asarlarini taqqoslab ko‘rsalar, bu allomalarning qarashlari bir-birlariga zid emas, balki ohangdosh ekanligini tushunib yetadilar. Jumladan, Forobiy va Ibn Sino ham, G’azzoliy ham ruh kamoloti bosqichlari xaqida fikr yuritib, o‘simliklar ruhi, hayvonot ruhi, insoniy ruh deb, farishtalar ruhi va ilohiy ruh deb tasnif qiladilar. Bu uchchala donishmand hayvoniy ruhdan insoniy ruhga ilm-ma’rifat, mashaqqat chekish bilan, dilni hayvoniy istak, mayllardan tozalash, poklash bilan yetish mumkinligini aytadilar. Ya’ni, barcha insonlarga ma’naviy kamolot yo‘llarini ko‘rsatadilar.

  Keyingi vaqtlarda Imom G’azzoliy ijodini Bo‘riboy Ahmedov, Aloviddin Mansur, Mas’udali, Q. Munirov, Mansurali, Mubashshir Ahmad, Miraziz A’zam, Abduqodir Zohid, Abdulla Sher. Poyon Ravshan, Sayfiddin Raf’iddin. Yo‘ldosh Eshbek, Rashid Zohid kabi olimlar tarjima va tadqiq etib, xayrli ishlar qildilar.

  Mazkur kitobning nashri uchun xizmatlarini darig‘ tutmagan ustoz Abdulaziz Mansurga, Najmiddin Komilovga, Mahmud Saporga, Erkin Abdurahmonovga, Normurod Narziyga, Urfon Otajonga, Rafiqjon Sotiboldievga, Shuhoat Ismoilovga, Maxammadjon Rahimovga minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Asarning turli nusxalarini topib bergan rahmatli ustoz Abdusodiq Irisovning ruhiga duogo‘ymiz.
                                                                                     Mahkam Mahmud Andijoniy
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 16:30:55
TURKIY «Kimyoi saodat» (Tarjimon muqaddimasi)
 
  Bismillohir rahmonir rahim. Rabbano, o’tino min ladunika rahma va hayyilano min amrino rushdan (Ey, rabbimiz, laduniy ilmlardan va Haq yo‘lga boshlovchi amr-farmonlaringdan hayotimizni bahramand etgil!)

  Siposi behad va sitoyishi beadad ul xudovandi ahad dargohig‘akim, Va allama Odama al-asmoi kulliho mazmuni birla zumrai insonni firqai maloika va jonga tafzil (afzal) qilib, ilmu fazilat toji birla sarafroz qildi, Va lakum fil-arzi mustaqir va muttoi alayhil hitobi mustatobi birla kavni makon taxtgohini musallam aylab. Va loqad karramno bani Odama xil’atin kiydirdi.

  (Biz odamlarg‘a olamdagi barcha mavjudotlarning ismlarini bildirib, bizni farishtalar va jinlardan afzal va qilib, fazilat ilmlar toji bilan aziz etgan yakkayu yagona Xudovandoga behad va beadad maqtovlarimiz bo‘lsin!)
NAZM
Hamd Allohu Vohidul Qahhor,
Vash-shukru ala Raximu s-Sattor.
Hama, yo, zul-jalolu val ikrom,
Rahmating xonidin topib in’om,
Karamingdin topib navozishlar,
Lutfu in’om birla baxshishlar.
Komronlarni shod tutquvchi Sen,
Xastalar ko‘nglini ovutg‘uvchi Sen.
Yog‘sa raxmat sahobidin nayson.
Kufri islom mazra’i yakson.
Sar-sari qax.ring ul zamonki, urub,
Od qavmini pashshadek uchurub,
Ul zamon rahmating nasimi esib,
Nori Namrud ichra gullar ochib.   
Yuzuma raxmating eshigin och,
Ma’no gavharlarini ko‘ngluma soch.
Til kalidini gavharafshon qil.
Qalam novakini durafshon qil.
Fikratim gulshanini qil obod,
Bi-n-nabiyi va olihil-imjod.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 16:32:17
   Salavot bag‘oyatu taqiyyot benihoyat ul xojai Koinot va xulosai mavjulol rasulullohg‘a bo‘lg‘aykim. Qoba qavsayni av Adnotaxtining sultoni va Mo arsalnoka ila rahmatan lil olamiyn. (Biz sizni barcha olamlarga rahmat yog‘dirish uchun yubordik, suv va loydan bo‘lgan odamlar orasida payg‘ambarlik martabasiga yetgan, jami’ nabiylar va rasullarning sarvariga, uning-oilasiga, sofdil va pok ravishli ashoblariga Allohning salomi va rahmatlari bo‘lsin.)

NAZM
Barcha rusul xayli uza sarvar ul,
Jinu pari insg‘a payg‘ambar ul.
Qadami gar bo‘lsa sanga ishtiboh,
«Kuntu nabiyyan» anga ravshan guvoh.
Qurbi ilohiy chamanining guli,
Summa din gulshanining bulbuli.
Baqri fasohat sadafining duri,
Koni malohatning erur javhari.
Sayr chog‘i Raxshini surgan zamon,
Jilvagaridur bu to‘qqiz osmon.
Balki qolib charx, tuban yer kabi,   
Arshi faroshidin o‘tib markabi.
Kurb makonin qilib oromgoq,
Haq karamidin topibon izzu joh.
Anda yetib, yetmayin anga xayol.
Dargahi quds ichida topib visol.
Har na murodeki ko‘nglig‘a yetib.
Birig‘a o‘n, o‘nig‘a ming‘ baxsh etib,
Tangri qilib o‘z karamidin sani
Avfu karam xozinining maxzani.   
Ul kuni bo‘lganda shafii umam,   
Aylamagil rad mani osiyni ham.




   Ammo ba’d: Fuzalo xaylining sohibi dastgohlari va zurafo zumrasining ramz-ogohlari, nuktasanj - imoshunoslari, tab’i solimu ado-fahm sohib qiyoslari, zehni mustaqimlarig‘a sirlar pardasida yashirin qolmag‘aykim, ul adolat falakining oftobi, sharofat yulduzlari burjining mohtobi, shariati nabaviyag‘a rivoj berguvchi, mustafaviya tariqatini kuchaytirguvchi, adolat bog‘ining guli va fasohat chamanining bulbuli, donoyi zaminu zamon, hokimi poytaxti Xo‘tan Aziz Shoh - bek, tolei zilol, toliblarning yetakchilari martabasini ko‘taruvchi, qiyomat kuni, inshoalloh, izzat va sharaf topguvchi sharif zot, bu faqir va ojizga, ulamolar zumrasida johilliqg‘a mansub, fuzalolar sulukida bul fuzullik ila ma’yub (aybdor), dono va rasolar ma’rakasida nodonu noraso Muhammad Isog‘a xitobi mustatob qildilar:

- Kitobi «Kimyoi saodat» kim, masolihi dunyaviy va masoili uhraviyg‘a (dunyo manfaatlari, oxirat mas’alalariga bag‘ishlangan) simiyodur, «Ad-dunyo mazraatul oxirat» («Bu dunyo oxirat ekmnzoridur») ishorati birla amali solih xusulin jam’ qilmoqg‘a dalili kimiyodir, «Fa man yamal misqola zarratin xayran yara» (Kim zarra og‘irligina yaxshilik qilsa, Alloh ko‘radi) bashorati birla jovidon, balki jamoli barkamol maliki Subhong‘a musharraf bo‘lmoqqa shohidi odil va saodati abadiydur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 16:37:50
  Mazkur kitobdagi mushkul mas’alalarga amal qilg‘uvchilar mas’ud - baxtli va sharofatli insonlardir. Insonlarni maqbul yo‘lg‘a kirgizuvchi, so‘zlari mahmud (maqtovli) va iboralari bag‘oyat nozik, imo va ishorati benihoya teran, anvoi zarif va latif hikoyalar bilan mudallal (dalillangan) va har nuqtasi tamsil va hikoyat birla mukammal bu kitobi oliy xitobni turkiy tilimizga tarjima qilsang, bo‘lg‘aykim, zalolat - yanglishuvlar bodiyasida sargardonu, xijolat zoviyasida hayron bo‘lg‘onlar «Yahdi man yashou ila sirotim mustaqim» (Alloh kimni hohlasa o‘shani to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi) xukmi birla rohi rost topib, hidoyat sham’in qo‘lga kelturgaylar.

  Odamlar bu munavvar sham’ nuridan zalolat zillati va xijolat zulmatidan omon bo‘lub, Allohning madadi ibodat qiluvchilarga yuzlangay. Talab dashtidagi tashna lablarga obihayot chashmasidin tomchi va ta’b zulumotidagi oshiqi talab visollarga bu lama’ot anvoridan nasiba yetib, fayzi ilohiy topsalar, umiddurki «Ad-dollu alal xayri ka foilihi» (yaxshilikka yo‘llash ham yaxshilikdur) hadisi mazmuni birla hazrat Haq subhonohu va taoloning rahmatu mag‘firatiga sabab bo‘lg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 16:51:35
   Bu dunyoyi foniy ichra umr yetmish va sakson yildan ziyod emas. Bu kitob turkiy til birla olam safhasidan o‘rin olsa, shoyadki, xaloyiq aro yaxshi nom qoldirish birla hazrati Xalloqi olam dargohida ham, yaxshilar davrasida ham mashhur bo‘lg‘aysen. Va sendin ham talabi mushtoq, boqiy yodgorlik bo‘lur edi. Bu xitobi mustatob birla muxotab (ya’ni, tarjimon) mulzam bo‘lib, holim parishonlig‘i, istitoat (imkoniyatlar) kamlig‘i va layoqat yo‘qlig‘ining hayronlig‘i, hokim amrining purzo‘rlig‘ini mushohada aylab, hayrat uzra hayrat ro‘y berib, go‘yo «Menga qara» muxotabi yanglig‘ mudxushlik ro‘y berur erdi. (Ya’ni, bu ish mushkulligidin dilda buyuk bir qo‘rquv bor edi). Gohi g‘ayrat boshini hayrat tarozusiga qo‘yib, ko‘nglim holig‘a boqsam, nolavu fig‘onga kelib aytur erdimki:

  «Ey, bulfuzuli nomahsul!» Bu nechuk xayoli nomaqbuldurkim, Sen qilursan xitob, «Tahlikali ishga qo‘l urmagil» (oyati mazmunini) anglab turub, bu nav’i tabutikaga qadam qo‘ymoq kamoli xijolat va itob, «Agar qo‘rqqanlaringda bunday qilmas edinglar» oyatini bilib turub, bu durri maknun (sadafda yashirin dur)ni fosh etishga dalerlik - jasurlik ko‘rguzmoq kamoli axmoqlikdur.

  Gohi hayratlar sohilidan tafakkur qirg‘og‘iga langar tashlab, bu ko‘hi Bestuni bahrul hayotni (hayot ummonidagi Bestun tog‘ini) fikrim teshasi birla qazimoqni andisha aylasam, fikratim nihodidin osmonga dud o‘ralab, jonni ko‘ydurguvchi oh-faryod birla aytur erdimki: «Ey, da’vogar Mubtal! (Adashgan) Bu nechuk da’voyi botildurki, diling - Ad-dunyo jiyfatun va tolibuho kilobun (Bu dunyo o‘limtik va unga talabgorlar - itlardur) davrasida doxili vola bo‘lg‘aysen. Bu farishtasifat mas’alalar va hurzot mahbubalar kabi ma’nolar suratini sahifa maydoniga chizmakni tasavvur qilmoq kamoli beadablik, va fikrning rishtasi (Inna avhanal buyuti ka baytul ankabut» (uylarning eng nimjoni, o‘rgimchak uyidir) rishtasiga payvasta bo‘lg‘ay. Bu sof javohir (teshilmagan va sayqallanmagan gavhar)larni taqrir rishtasiga tizmoqni xayol qilish g‘oyat nodonlikdir», der edim o‘zimga.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 02 Avgust 2008, 11:41:34
NAQL: - Sahihdurkim, Hazrati rasuli akram (s.a.v.) me’rojga chiqqanlarida maloika mahshari (yig‘ilgan joyi) va anbiyolarning kashf etuvchi ruhlari saf-saf istiqbollariga kelib, Onhazrat sallallohu alayhi vassallamning rikobi saodat istiqoblariga jabha osoliq qilmoq (nabiyulloh mingan buroqlariga jilovdorlik qilmoq) birla ko‘zlarini ravshan qilur erdilar. Shu jumladan hazrati Muso bin Imron salovotur-rahmonning ruhi nozaninlari maqomida Muhammad Mustafoga ta’zim qilish sharofatiga musharraf bo‘lub, yuz ming xijolatlik birla arz qildilar:

  - Yo rasululloh, hazratlarining tilidan bu hadis vorid bo‘lubdur: «Ulamoi ummati ka-nabiyin bani Isroil». (Ya’ni ummatim olimlari bani Isroil payg‘ambarlariga o‘xshashdur). Bani Isroil payg‘ambarlaridan biri mendurman. Qaysi ummatingizdurki, risolat, fasohat va balog‘atda menga o‘xshagay?

  Hazrati Muhammad payg‘ambar s.a.v. ishorat qilgan edilar, ul oftobi dinu davlat va mohtobi falaki saodat, ul mujtahidi furu’i asl-ul mumayyizi vaslu fasl, ul maqbuli loyazol imom Muhammad G’azzoliy rahmatullohi alayh sheri g‘arron misoli yetib kelib, hazrati Muso salovatur-rahmonning sarrohini olib turdilar. Hazrat payg‘ambar s.a.v. aytdilarki: «O’shal ummatlarimdan biri ushbudir». Hazrat Muso «Kim bu?» - deb so‘rab edi, ul zot «Imom Muhammad G’azzoliydurman» dedilar.

  Muso alayhissalom aytdilar: «Men sendan bir ismni savol qilsam, sen uch qism javob berursan. Bo‘lg‘aykim, bu savolga «Otim Imom degaysen, yo Muhammad degaysan, va yo G’azzoliy degaysen, bu javobing savolga muvofiq bo‘lmaydur».

  Hazrati imom aytdilarki: «Yo, hazrat Muso, Haq subhonahu va taolo Sizdan savol qildiki: «Va mo tilka biyamiynika yo Muso? («O’ng qo‘lingdagi nimadur?») Siz javob aytdingizki, «O’ng qo‘limdagi asoyimdurki, anga tayanadurman, va aning bila qo‘ylarimni yaylovga haydarman. Bu asoda manga mundin bo‘lak hosiyatlar bordurki, horiganimda - ming‘ali ulog‘ bo‘ladur. Agar bu asoni yerga suqsam, chashmalar paydo bo‘ladur- qo‘ylarga suvlog‘ bo‘ladur. Dushmang‘a ro‘baro‘‘ bo‘lg‘onda ajdar bo‘ladur. Ulug‘ daryolarga kelganda ko‘prik bo‘ladur», - dedingiz. Bas bu javobga na hojat erdikim, ul asoni, ul asodagi xosiyatlarni xalq qilg‘uvchi Haq subhanahu va taolodur. Balki javobda aytqay erdingizki, «Hazrating bergan asodur, dargohingdin menga yetgan lutfu atodur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 02 Avgust 2008, 11:43:59
   Hazrati Muso alayhissalom bu e’tirozlarga ojiz bo‘lib, hazrati rasuli akram s.a.v. ning ayoqlarig‘a yiqilib, uzr so‘rab aytdilarki, «Yo, rasululloh, Siz payg‘ambari barhaqsiz, har hadiski, Sizdan vorid bo‘lubdur, haq va rostdur», - deb uzr maqomida qoldilar.
Alqissa, bu kitob - «Kimyoi saodat»ning musannifi hazrat imom Muhammad G’azzoliydurki, asodan ajdaho qilg‘onlarni ajdar oldida chumoli yanglig‘ ojiz va yadi bayzo (oq ko‘l) ko‘rguzganlarni yo‘lda topilgan o‘lja yanglig‘ nochiz qilibdurlar. Xayolimga keldiki, (tarjimon xayoliga) «Bas, sen na kishi bo‘lg‘aysen, notavon chumoli yanglig‘ vujuding birla ul fil damon va sheri g‘arron so‘zlariga changal urmoq dag‘dag‘asin qilursan va xunuk ko‘rshapalakdek namudu bebuding birla bu oftobi olam-shu’oyning mushohada valvalasin solursan?

  Ersa bu javobi bosavob va xitobi shadidul-itoblar ko‘nglim holiga muvofiq va xotirim parishonlig‘iga loyiq ko‘rinib, bu «Saodat kimiyosi» xusuliga shuru’ qilmoqdin, bu sharofat simiyosi shuru’iga qadam qo‘ymoqdin ma’yus va noumidlik ro‘y berib, hayrat dashtida hayron va uzlat zoviyasida sargardon bo‘lub, iza taxayyartum fil-umuri fa ista’iynu min ahlil qubur» (dunyoning ishlariga hayron qolganingizda qabr ahllarini ziyorat qiling) bashorati birla hazrat oliyshon alayhirrahma var-rizvon ruhi purfutuxlarig‘a duo o‘qib, az-zarurat talabi tabiiydur so‘zini hikmat bilib, «al-ma’mur, ma’zur» uzrig‘a e’timod qilib, bu yashirin tilsimni ochmoq va bu gavhari noyobni talabgorlar huzuriga sochmoqg‘a shuru’ qilindi.

   Va huva hasbiy va ni’mal vakil va ni’mal-mavla va ni’ma-n-nasir yori sodiq va birodari muvofiqlardin umid va atiqadurki, har nav’ sahvu xatosi bo‘lsa, maof tutib, afv qalami birla isloh bergaylar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 02 Avgust 2008, 11:48:38
NAZM
Ketur, soqiyo, bodakim, no‘sh etay,
G’amu g‘ussa xaylin faromush etay.
Ko‘ngilni kuduratdin aylay xalos,
Topay ahli ma’no aro ixtisos.
Ular fayzidin holatim bo‘lsa tuz,
Qo‘yay shoh-ma’no jonibig‘a yuz.
Bahom bo‘lsa ul ostona tufrog‘i,
Topib anda mehrigiyo yafrog‘in.
Yasay kimiyogarlik olatini,
Qo‘yay kimiyogar o‘z otimni.
Nasib o‘lsa Haqdin inoyat menga,
Netong, «Kimyoi saodat» menga - Muyassar o‘lub,
poyim o‘lsa baland, Saodatnishonliq bila arjumand.
 Qilib ma’no gavharlarin oshkor,
Suluk axdi oldida qilsam nisor.
Meni qilsalar gar duo birla yod,
Ne tong yetsa Haqdan ishimga kushod.
Ilohi, ato qil so‘zimga asar
Berib husn taqrir ila zebu far.
Karam birla mushkullarim ayla hal.
Mufassirni muassirga ayla badal.
Inoyat nasimi bila ey, G’aniy,
So‘zim nahlini aylagil hur ma’ni.
So‘zimga gul o‘lmoqni qilg‘il nasib,
Jahon ahlini qil anga andalib.
Talab dashtida qilmag‘il xoru zor,
Maoniy javohirlarin qil nisor.
Topib kimiyo naqdi ganjinasin
Hasaddin qilay resh el siynasin.
Bu durlarga shoqlarni muhtoj qil,
 Boshig‘a saodatnishon toj qil.
Yoyilg‘och jahon sahnig‘a bu durlar,
Bo‘lib barcha shohu gado bahravar,
Ilm naqdini qo‘lga olib tamom,
Nasib et qiyomatda dorus-salom.
Ilohi, yetur ishq o‘tidin sharar,
 Vujudim niholidin olg‘il xabar.
Bu tuproqni simiyo aylag‘il,
Vujudim misini kimiyo aylag‘il.
Berib ishq eli ichra hamdastlig‘,
Dog‘i ishqdin ber manga mastliq:
Jaqon bor-yo‘g‘idin olmay xabar,
Bo‘lay olami ma’nidin boxabar.
Ilohi, ba-haqqi rasuli habib,
 Bu osiy murodini qilg‘il nasib.
Qilay qissani oz, maqsudim etay bayon,
Beray hukm bo‘lg‘on xabardin nishon.
Amir Aziz-shoh farxunda far,
Topib adlidin mulk ishi zebu far.
Adolat shahrida rahshanda xur,
To‘lib adli ehsonidin barru bahr.
 Adolatda No‘shiravong‘a qarin,
 Sahovatda Hotam bila hamnishin.
Bo‘lib kecha-kunduz aning varzishi,
Shariat ravohini buyurmak ishi.
 Xudojo‘y, xudotars, miskinnavoz,
Suxanfahm, xushtab’, ma’nigudoz.
 Nasabi bahrdur garonmoyasi,
Nasib ax;1ini(ng) zebu piroyasi.
Qilib lutfu shafqat bila bu xitob,
Bo‘lub qolsa turkiy agar bu kitob —
Xaloyiq aro qolg‘uvsi yodgor,
Bo‘lub din oyini, ishi poydor,
Bu ish sa’yida ehtimom aylasang,
Tugatmakka jiddi tamom aylasang,
Menga qolsa gar xalq aro yaxshi ot,
Ne tong, lutfi Haq birla topsak najot.
Eshitgach bu hukmni men purxato,
Qo‘limg‘a yeturdim qalamdin aso.
Kitob shuru’ig‘a qo‘ydim qadam,
Duo birla chun amir Azizg‘a ham —
Azizu makinu makon aylagil,
 Ulusg‘a shahu hukmron aylag‘il.
Vujudi binosini yuz yilga tuz,
Berib izzu joh, sharofat to‘kis.
Falak davrig‘a toki bordur xirom,
Davom et anga izzat-ehtirom.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 02 Avgust 2008, 11:56:42
«HAQIQATLAR KITOBI»NING DEBOCHASI

   Bismillohir rahmonir rohiym. Yo Rabbiy, sabr-toqat va madad bergil manga o‘z lutfu-karaming birla va tamom qilg‘il bu kitobimni xo‘bliq - go‘zallik va yaxshilik birla. Hamdu sano yulduzlardek behad va yomg‘ir qatralari yanglig‘ beadad, daraxtlar bargi misllik beshumor (son-sanoqsiz), qumlar donasidek behisob, osmonu zamin zarralari yanglig‘ bi-lo inhisor (to‘siqsiz, to‘xtamaydigan) cheksiz shukrona aytay ul Xudog‘akim, yagonalik aning sifati, jalolu kibriyoda ulug‘lik, balandlik va buzruklik aning xossasidur va bu qadar ulug‘ kamolidin hech mavjudot ogoh ermas, va zotining haqiqatin tanimoqqa o‘zidan o‘zgaga yo‘l bermas.

   Balki, Haq subhanahu va taoloni tanimoqdin ojizlik izhor qilish siddiqlar ma’rifatining intihosi va anga hamd ayturda o‘zlarining nuqsonlarig‘a iqror bo‘lmoq farishta va payg‘ambarlar hamdu-sanosining nihoyatidur. Chunonchi, shu mazmunni hazrat Amir Navoiy bu baytda ado qilibdurlar (Demak, tarjimon Muhammad Iso hazrat Navoiyning ijodini va uning amirligini bilgan):

NAZM

Chun koinot zubdasi ojiz ko‘rib o‘zin,
Hamd etolmas oncha balog‘at bila senga
.

(Ya’ni, Koinotdagi barcha mavjudotlarning qaymog‘i, afzali bo‘lgan insonlar (jumladan payg‘ambarlar) ham Haq taoloni mukammal madh etishga ojizlik qiladilar).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 02 Avgust 2008, 11:58:39
   Uqalo (oqillar) aqlining g‘oyasi aning jaloliyati nuri oldida hayronlik va muridlar sulukinyng nihoyati aning hazrati qurbi (yaqinligi) talabida sargardonlig‘dur. Aql va xayol birla ma’rifatning kamolini da’vo qilmoq tamsil va tashbehdur. Ya’ni o‘zini mushabbaha - o‘xshatuvchilar firqasidin demak bo‘lur. Muattala deb ul toifai badmazhabni ayturlarkim, Haq subhonahu va taoloni tanurg‘a yo‘l yo‘q, deb aqida qilurlar. Bu nav’ aqida qilmoq nihoyati jaholat bo‘lib, musulmonlar orasida nifoq chiqishiga slib keladi.

   Mushabbaha - ul toifa badmazhabdurkim, (ular) Haq subhanahu va taoloni aql va xayol birla bir nimarsaga o‘xshatib, tanig‘ali bo‘ladur deb aqida qilur. Bu nav’ aqida qilmoq g‘oyat kufr va zalolatdur. Hamma hissiyotlar nasibasi zoti qadimi jamolin mulohaza qilmoqdin xiralik va hamma aqdlar samarasi aning ajoyib san’ati va g‘aroyib qudratini aqliy dalil birla tanimoqda tiyralik qilur (ya’ni, ravshan tasavvur qilolmas). Hech kishi yo‘qdurki, Aning zoti buyukligini, cheksizligini qanday, nima uchun kabi savollar birla o‘ylab yetolsa. Haq subhonahu va taolo bechun va bechigunadur (ya’ni, bu savollar o‘tkinchi narsalar uchundir). Hech ko‘ngil yo‘qturki, Aning san’ati va ajoyibotlaridin ogoh bo‘lib, namuna (birla) isbot qila olsa. Haq taolo beshubha va benamunadurki, chunu chandiyyati va shubha kayfiyati Aning zoti qadimig‘a yo‘l topmas. Bas, nochor bilg‘aysenkim, hamma mavjudotlarkim, olam sahnasida paydodur, Aning (Allohning) qudrati komilasidan zarradur va hamma nuru zulmat, ajoyibot va g‘aroyibotlarkim, kavnmakon sahifasida bordur, Aning hikmati shomilasidin shu’ladur. Va hamma mavjudot Xudoi taoloning bandasidur va Aning dargohig‘a qaytguvchidur. Balki hamma mavjudotning avvali Haq subhanahu va taoloning zoti vojibul vujudidur.

   Haq taoloning Vojibul vujudidan bir shu’la, xudoyi taoloning rahmati bo‘lgan hazrati Muhammad Mustafo s.a.v.ga bag‘ishlangankim, payg‘ambarlar sayyidi va mo‘‘minlarning rahnamo va rahbari, Parvardigori olam asrorlarining amini, Haq subhanahu va taolo dargohidagi hamma mavjudotning sarasi va hamma payg‘ambarlarning a’losidurlar. Va Xudoi taoloning rahmati (ul) payg‘ambar s.a.v. va hamma yoronlarig‘a bo‘lsunki, bularning har birlari hamma ummatlarning muqtadosi va shariat yo‘lining paymosidurlar. Sallallohu alayhi va ala olihi va ashobihi ajma’iyn (Payg‘ambarimiz, oilasi va jam’i sahobalariga Allohning salomi bo‘lsin, ya’ni barchasini Xudo yarlaqasin).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 02 Avgust 2008, 12:10:44
   Ba’daz on: Bilginki, (Haq taolo) odamni o‘ynamoq va kulmoq, yemoq va ichmoq uchun yaratmabdur. Balki Odamning yaralishida ulug‘ hikmatlar bordurki, hazrati Haq subhonahu va taolo o‘zini tanitmoq uchun yaratibdur. Va ma’rifat yo‘lining ulug‘ xatarlari bordur. Agarchi, odam azaliy ermasdur, lekin abadiydur, qiyomat kuni qayta tirilgondin keyin, odamning vujudi shahristonig‘a o‘lim lashkari yo‘l topmas, abadul-abad vujud shahri ma’mur bo‘lib, mo‘minlar-behisht ne’matidin masrur (rohatda) va kofirlar do‘zax o‘tidin majrur (azobda) bo‘lg‘aylar.

   Agarchi, Haq taolo odam vujudini past va bee’tibor qilibdur, ammo ruh shahbozi - burguti hazrati Parvardigor dargohidin kelgandur. Agarchi, ruh gavhari bu tiyra tuproqni (tuprokdan bo‘lgan tanani) makon qilmoq birla chahorpoy va darranda va shayton sifatlari birla aloyish topib (aralashib va ifloslanib) vobasta bo‘libdur, vaqtiki riyozat-mashaqqatlar bo‘tasig‘a tushib, bu oloyish g‘am kuduratidin pok bo‘lsa, hazrati Haq subhonahu va taolo rahmati va hamsoyalig‘iga shoyista bo‘lg‘uvsidurki, asfalasofilindin to a’loi illiying‘acha hamma balandlar aning‘ sayrgohidir.

  Odamning asfalasofilin martabasida Qolgani uldurki, (u) chahorpoy va darranda sifoti birla mutgasif bo‘lib, (ya’ni, hayvonlar sifatlarini olib), shahvat va g‘azab ilgida asir bo‘lg‘ay. Va (odamning) a’loi illiyyin martabasig‘a yetgani uldurki (hayvoniy sifatlardan qutulib) farishtalar darajasin va martabasin kasb etg‘ay. Andog‘ki inson ma’rifat va riyozat birla g‘azab va shahvat ilkidin xalos bo‘lib, bu ikkovini o‘ziga asir aylab, o‘zi bular uzra podshohlik martabasida o‘lturgay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 02 Avgust 2008, 12:15:00
   Vaqtiki, odam o‘z badani mamlakatiga podshohlik martabasiga yetsa, Haq subhonahu va taoloning bandaligiga shoyista va loyiq bo‘lg‘onidur, va bu podshohlig‘ining kamolidur. Vaqtiki, inson hazrati Maliki subhonning jamolini ko‘rishg‘a (ko‘zi qamashib) toqat qila olmas. Va ul jamoli bezavol mushohadasi inson gavharining behishtidur va Haq subhonahu va taolo yaratgan behishtlar al-on (hozir ham) mavjud. Qiyomat kuni bandalariga (shu behishtlarni) ato qilmoq va’dasini beribdur. Bu behisht ne’matlari ko‘rmak lazzati, yemak va ichmak manfaati va ayshu ishrat shahvatidin ziyoda nasibalardir. Bu olam bog‘larining ne’matlari hazrati zuljaloli bokamol behishtida nasib etuvchi ne’matlar oldida yengil va arzimasdir.

    Ammo, inson javhari avval yaralishda noqislik va kamlik birla xalq qilinibdur. Inson mehnat va mashaqqatsiz bu nuqsonlaridan qutulib, kamOlta yetmagi mumkin emas. Inson mujohada, ya’ni riyozat va ibodat birla jamoli bokamol davlatiga musharraf bo‘lg‘usidir. Chunonchi, ul kimiyokim, mis va birinjni (bronzani) sof oltin darajasiga yetkazish martabasiga yetkurmak dushvordur va har kishi ham kimyogarlik ishini bilmas. Munga o‘xshash bu kimyokim, inson gavharini bahoyim (hayvonot) sifatlari, kudurat ixsosiyatidin (hissiyotlaridan) maloika sifatlari safo va nafosagiga yetkurgayki, avsofi hamida birla saodatini topgay.

    Saodat kimiyosini topish bag‘oyat dushvordur va har kishi ham bu saodat kimiyosini topolmas. Bu kitobni tasnif qilmoqdin maqsadimiz saodat kimiyosi davolari - dorilariga tartib bermoq, shart-sharoitlarga shuru’ qilmoq, kirishmokdirki, darxaqiqat, saodati kimiyoyi abadiy ushbudur. Bu kitobga ushbu ma’ni birla «Kimiyoyi saodat» deb ot qo‘ydim. Bu kitobni kimiyo atamog‘liq avlodur, chunki mis va oltinning orasida tafovut sofliq va xushrangliqdin o‘zga ermas, ul kimiyoning samarasi dunyo ne’matlarini ko‘paytirishdan o‘zga natija bermas.   

   Ma’lumdurki, besh kunlik dunyo muddati sahldur (oz, yengil). Bas, ne’mati na bo‘lg‘usidur? Chahorpolar (hayvonot) sifoti zamimalari va maloika avsofi hamidalari orasida chandon tafovut bordurkim, asfalus-sofilindin to a’loyi illiyyingacha bu kimiyoning samarasi saodati abadiydur, muddatining oxiri va ne’matlari anvo’ining nihoyati yo‘qtur. Va ne’matlarning sofligi va nafislig‘iga hech g‘am va kudurot yo‘l topmas. Bas, bu kitobdin o‘zgani kimiyo atamog‘lik oriyatdur. (Muallif bu yerda o‘z kitobini emas, balki bu kitobda yozilgan ma’naviy kamolot yo‘llarini maqtamoqda).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 02 Avgust 2008, 12:22:36
FASL
  «Saodat kimiyosi»ning ta’rifi
   
    Bilgilki, kimiyo ilmini yer yuzining har qanday kulbasi kunjida topg‘ali bo‘lmas. Balki ulug‘ podshohlar xazinasida topilur. Munga o‘xshash saodat kimiyosin har yerda topg‘ali bo‘lmas. Balki, Haq subhonahu va taoloning xazonasi (xazinasi)dan o‘zga yerda topilmas. Xudoi taoloning xazinaxonasi osmon taxtgohida farishtalarning vujudi ganjinalari va zamin qarorgohida payg‘ambarlarning dili bekiynalaridur. Va har kishi saodati abadiy kimiyosin Xudovand hamdi dargohidin o‘zga yerda izlabdur, gumroh bo‘lganidurki, oxir kori qalloblik va ahvolining hosili takabburlik va botil gumondorlik bo‘lg‘usidir. Bundaylarning badmaoshlig‘i oshkoro; yashirin, botiniy g‘ururlari zohir va huvaydo va rasvo bo‘lg‘usidir.

   Haq taoloning buyuk rahmatlaridin biri budurki, yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambarni bandalari uzra yuboribdur, aning uchunkim, bu saodati abadiy kimiyosini Haq taoloning bandalariga ta’lim bergaylar. Va xaloyiqg‘a bildurgaykim, dil javharin riyozat - mashaqqat bo‘tasida na tariqada qo‘ymoq kerak va zamima - yomon xulqlarki, dil javharining buxl va kuduroti aning jihatidindur?! ul xabis (ifloslik) va kudurot chirkini ko‘ngul javharidan ne vajhda pok qilg‘ali bo‘lgay va avsofi hamida - maqtovli sifatlarki, oyinai dilning safo va sayqalidur, na tariqada hosil qilmoq kerak? Haq taolo o‘z zoti qadimini podshohlik va poklik birla madh va sitoyish qilibdur. Anbiyo alayhimus - salomlarni madh va sitoyish aylab, bandalari uzasiga yuborganiga «minnat» qilib, aytibdurki:

Yusabbihulillahi mo fis-samovati va mo fil arz. Almalikil quddusil azizil hakiym. Huvallaziy baasa fil ummiyiyna rasulan minhum yatluu alayhim oyotihi va yuzakkihim va yuallimuhumul kitoba val hikmat.

  Tarjimasi: Osmonlardagi va yerdagi (bor) narsa (mutlaq) podshoh, (nuqsonlardan) pok, qudrat va hikmat sohibi bo‘lmish Allohga tasbeh aytar. U(Amoh) omilar (savodsiz kiishlar) orasida o‘zlaridan bo‘lgan, ularga (Uning) oyatlarini tilovat qiladigan, ularni (kir va jaholatdan) poklaydigan hamda ularga kitob (Qur’on) va hikmat (hadis)ni o‘rgatadigan (bir) payg‘ambarni (Muhammadni) yuborgan zotdir. (Juma, 1,2).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 02 Avgust 2008, 12:28:32
   Bas anbiyolarga salomni yubormoqdan hikmat uldurki, haloiq ko‘ngillari javohirotlarg‘a maloika sifatlarin libos va xil’at qilg‘aylar. Va maqsud bu kimiyodin uldurki:

Va in konuu min qabli la-fiy zalolin mubiyn. Haqiqatan, ular (payg‘ambar kelishidan) ilgari aniq zalolatda edilar. (Juma, 2)

   Yomon xulqlarki, hayvonot sifotlaridur, ko‘ngillari javohirini alardin pok qilg‘aylar. Ul sifotlarki, sharaf va kamOlta boshlag‘uvchidur, ular birla orasta bo‘lgay.

   Bu kimiyoning ipak libosi va sarjumlasi uldurki, mol-dunyo qulligidan yuz o‘girib, Haqtaolo dargohiga yuz kelturgay. Chunonchi Haq taolo rasuli akram s.a.v. ga ta’lim berib aytibdurlarki:

   Vazkur isma rabbika va tabattal ilayhi tabtilan. Rabbing ismini yodla va unga ko‘ngildan intil. (Muzzamil, 8 )

   Tabtilning ma’nosi hamma nimarsadin yuz o‘gurub, ko‘ngilni Haq taoloning dargohiga qo‘ymoq, andog‘ qo‘ymoqlig‘kim, g‘ayrning yodi ko‘ngulning saroyiga yo‘l topmagay. Bas, kimiyoyi saodat ushbudurki, tafsili uzoqdur.

   Ammo, bu saodat kimiyosin tanimoq to‘rt unvonga muvofiqdur. (Unvon deb maqsuddin ilgari maqsudga daxli bor so‘zni ayturlar) yoki uni sarlavha ham deyilur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 02 Avgust 2008, 12:31:16
   Bu kitob to‘rt rukn (ustun)dan iborat. Har rukn o‘n usuldan (asllardan) iborat.

Shundan:

1)Avvalgi unvon: o‘zni tanimoqning bayonidadur.
2)Ikkinchi unvon: Haq subhonaxu va taolo bayonidadur.
3)Uchinchi unvon: dunyoning haqiqatini tanimoq bayonidadur.
4)To‘rtinchi unvon: oxiratning haqiqatini tanimoq
bayonidur.

   Bu to‘rt unvon darhaqiqat musulmonchilikni tanimoq va bilmak bayonidadur. Ammo, musulmonchilik muomalasi ruknlari ham to‘rttadur. Ikki rukn o’moli zohiriyga va ikki rukn o’moli botiniyga taalluqlidir. Va ul zohiriyatga taaluqli ikki ruknning avvalgisi - Haq subhonahu va taolo farmonini tutmoqdurkim, ani ibodat derlar.

   Ikkinchi rukn - o‘tirish-turish, yemak-ichmak, balki hamma ahvolda odob rioyasini saqlamoqdurkim, - ani muomalot atarlar.

   Va botinga -- ruhga taalluqli ikki ruknning avvalgisi ko‘ngilni yomon xulqlardan poklamoq bayonidadur. Chunonchi: g‘azab va buxl (baxillik), hasad, kibr va xudbinlikki, din rohi uqubati bo‘lgan bu yomon xulqlar odamni oxiri azobda qoldiruvchi muhlikotdur. Muhlikot deb halok qilg‘uvchini aytilur. Uqubati rohi din deb, din va mazhab yo‘lida mone’ bo‘ladurgon chohlarni ayturlar. Ikkinchi rukn: ko‘ngilni avsofi hamida - go‘zal sifatlar, fazilatlar birla orasta qilmoqning bayonidadur. Chunonchi: sabr va shukr, muhabbat, rajo va tavakkulki, bul sifatlarni munjiyyot (ya’ni najot berguvchi) atarlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 05 Avgust 2008, 15:47:50
   Aslida bu kitob to‘rt unvon, to‘rt rukn, qirq usul - asllardan iboratdurki, o‘z mahalida bayon qilgumdur. Va qalamim jilosidan to‘kilgan nodir iboratlardan, nozik va teran ma’nolardan (dastdaxonga) tortgumdur. Toinki, avom osonlik birla fahm qilg‘aylar. Va agar kishiga, mundin ziyoda taftish va tahqiq qilmoq xohishi bo‘lsa, chunonchi «Ihyoul-ulum» va «Javohirul-Qur’on» va mundin o‘zga kitoblarkim, arabiy va forsiy alfoz birla tasnif qilibdurmen, ul kitoblarni mutolaa qilgaylar.

   Bu kitobni tasnif qilmoqdan maqsad xalq ommasidurkim, bu kitobni forsiy alfoz birla tasnif qilmoqni (Men, Muhammad G’azzoliydan) iltimos qildilar, toki ularning iltimoslari va meni niyatimni ijobat qilg‘ay.

   Riyo bo‘yi (hidi) va takalluf kuduratidan asrab, umidi rahmat va rohi savob muyassar aylab, tavfiq ato qilg‘ay. Ilohi, barchamizga bu so‘zlarga amal qilmoqni nasib etgil, chunki o‘zi amal qilmay, boshqalarga buyurmoq vabolidur. Nauzu billohi min zolik. (Bundaylardan bizni Alloh asrasin!)

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 05 Avgust 2008, 15:57:14
FASL
Insonlik unvonin paydo qilmoq bayonida

  Ul to‘rt unvondir. Avvalgi unvon: inson o‘z nafsini tanimog‘i bayonidadir. Hazrati Haq subhonahu va taoloni tanimoqning kalidi o‘z nafsini tanimoqdur. Aytibdurlarki:

Man ‘arafa nafsahu fa qad ‘arafa robbahu.

   Ya’ni, har kishi o‘z nafsini (ruhini, o‘zligini) tanisa, batahqiq parvardigorini tanigaydur. Ushbu ma’nidin Haq subhonahu va taolo Kalomi majidda xabar beribdurki:

Sa-nurihim oyatino fil-ofoqi vafiy anfusihim.
   
   Toki ularga uning (Qur’onning) haq ekani ma’lum bo‘lguncha, albatsha, Biz ularga atrofdagi va o‘z vujudlaridagi alomatlarimiznch ko‘rsatajakmiz. (Fussilat, 53)

  Tafsiri: Yaqindurkim, ko‘rsaturmen ularga qudratimning alomat va nishonlarini osmon va zamin ichida, o‘z nafslarida, toinki haqiqati Haq ularga ma’lum bo‘lg‘ay.   

  Xullasi kalom buki, hech nimarsa o‘zingga o‘zingdan yovuqroq (yaqinroq) ermas. O’zingni tanimasang, o‘zgani nechuk tanig‘aysen? Hamono aytursenki, o‘zimni tanurmen. G’alat qilursenki, bu nav’ tanimog‘lik Haq subhonahu va taoloni tanimoqg‘a sabab bo‘lmaski, chahorpolar (hayvonlar) ham o‘zlarini bu nav’ tanurlar.

   Ey inson! Zohiringni tanimoqda bosh, yuz, qo‘l, oyoq va go‘shtdan o‘zgani tanimassen. Botining - ruhiyating ahvolidin bilursenkim, vaqtiki och bo‘lsang taom yersan. Va tashna bo‘lsang, suv icharsen. Vaqtiki, g‘azabing kelsa, bir kishiga izzo berursan. Va shahvat g‘olib kelsa. xotun olursen. Va hamma chahorpo - hayvonlar bu ishlarda sening birla barobardirlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 05 Avgust 2008, 16:02:18
   Bas, senga lozimdurki, haqiqatingni talab qilg‘aysen, o‘z asling ne nimarsadur va ne yerdin kelibsen va ne yerga odat borgungdur? Bu olam manzilgohiga nima ishga kelibsan va Tangri seni nima uchun yaratibdur? Saodating ne ishdadur?
   
   Bu ishlarni bilmagaysen. Va ul sifatlarkim, botiningda jam qilibdurlar, ba’zisi chahorpolar sifati va ba’zisi darrandalar sifati va ba’zisi farishtalar avsoflaridur. Va sen bu sifatlarning qaysi biriga egadursen? Va ko‘ngling gavharini bu sifatlarning qaysisidin xalq qilibdur? Va qaysi sifatlar g‘arib va oriyatdur?
   
   Vaqtiki, bularni bilding, saodatingni talab qilgay senkim, bu sifatlardin har birining parvarish topadurg‘on bo‘lak g‘izosi - ozig‘i bordur. Chunonchi, chahorpolarning g‘izosi va saodati - yemak va uxlamak va muosharat qilmoqlikdur. Agar sen chahorpolar jumlasidan bo‘lsang, jahd qilg‘ilki, kecha-kunduz yemak va ichmak birla nafsing xohishiga mashg‘ul bo‘lg‘aysen.

   Va darrandalarning g‘izosi va saodati - tishlamak va g‘azab qilmak va o‘ltirmaklikdur. Va devlarning g‘izosi fitna va makr va hiyla qilmakdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 05 Avgust 2008, 16:05:12
   Agar sen to‘rtoyoqlilar, ya’ni hayvonlar, darrandalardansen, bularning ishlariga mashg‘ul bo‘lg‘il. Va ularning tariqasin o‘zingga lozim tutgilki, tokim to‘rt oyoqlilar martabasi va ularning saodatig‘a yetg‘aysen.

   Va farishtalarning g‘izosi va saodati — Haq taoloning jamoli bokamolini mushohada qilmoq birladur. G’azab va shahvat chahorpolar va darrandalar va shayotin sifatlari farishtalarning pok, saxovatli vujudlarig‘a yo‘l topmas. Va agar asling farishtalar gavharidandur, o‘z asling kamoliga jahdi tamom qilg‘ilki, to Haq taoloni tanig‘aysen. Va ul jamoli bezavolni tanimoqqa yo‘l topg‘aysen. Va o‘zingni shahvat va g‘azab ilkidin (dastidin) xalos qilg‘aysen.

   Va bilg‘aysenkim, hayvonot sifatlarini vujuding binosi ichida nima uchun xalq qilibdur? Ogoh bo‘lgilki, bu avsofi zamimalarni (yomon qiliqlarni) seni asir qilmoq, o‘z xizmatlarida tutmoq, kecha va kunduz seni o‘ziga musaxxar qilmoq uchun xalq qilmabdur. Balki bu sifatlarni o‘zingga asir va dastyor aylab, ul sufraki, sening oldingdadur, bu sifatlarni o‘zingga musaxxar aylab, ba’zini ulov va qurol qilg‘aysen. Va necha kunkim bu olam manzilgohida bordursen, bu sifatlarni xizmatkor aylab, bularning yordami va yorlig‘i birla saodat tuxmin qo‘lg‘a kelturgaysen.

   Vaqtiki, saodat tuxmin qo‘lg‘a kelturding, bu avsofi zamima - yomon sifatlarni oyog‘ing ostiga solib, saodating qarorgohiga yuz kelturgaysenki, xoslarning murodi ul qarorgoxdin - jamoli hazrati malikul subhon va avomlar murodi - bihishti jovidondur. Va bu ma’nilarning hammasini bilsang, o‘zingni andek tanig‘on bo‘lursen.

   Va har kishikim, bu ma’nilarni tanimabdur, aning nasibasi omonlik yo‘lidin maqrum va nobud, haqiqatni tanimoqtsin mahjub (to‘silgan) bo‘lg‘usidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 05 Avgust 2008, 16:09:19
FASL
Dilingni anglasang, o‘zingni tanigaysen

  Bilginkim, seni kim xalq qilibdur? Ikki nimarsadin biri zohir badandurki, ani tan atabdurlar, muni zohir ko‘z birla ko‘rgali bo‘lur. Yana biri ma’noi botindurki, ani nafs derlar, jon atarlar va dil ham derlar. Bu ma’nii botinni (yashirin ma’noni) botin (ichki) ko‘z birla tanigani bo‘lur. Zohir ko‘z birla ko‘rgali bo‘lmas. Va sening haqiqating — ushbu ma’noi botindur.

  Va har nimarsaki, bu ma’noi botindin o‘zgadur - hamma aning tobei va lashkaridur. Va xizmatkoridurlar. Va ul ma’noi botinga dil ot qo‘yibdurlar. Va dilning xosiyatlarin va xislarin bayon qilg‘umdir.

  Va dildin murod - haqiqati odamiydurkim, ani gohi ruh atarlar. Va gohi nafs derlar. Dil deb go‘sht porani aytmasmizkim, siyna, ya’ni ko‘krakning chap tarafida qo‘yilibdur. Aning hech qadri va e’tibori yo‘kdur. Ul go‘sht pora hayvonotda va o‘liklarda ham bordur. Ani zohir ko‘zi birla ko‘rgali bo‘lur. Har nimarsaki zohir ko‘zi-la ko‘rinur, ushbu olamdindurki, ani olami shahodat derlar. Va dilning haqiqati ushbu olamdin ermasdur, va bu olamda g‘arib va musofirdur.

  Dil bu olam ko‘hna rabotidin oxirat dorul najotiga qaytmoqqa kelibdur. Ul go‘sht pora (yurak) podshoh dilning markabi (ulovi) va asbobi sufraidur. Va hamma azoi badan dilning lashkaridur. Va jumlai badanning podshohi dil - qalbdur.

  Xudoi azza va jallani tanimoq va Haq taoloning jamoli bokamolini mushohada qilmoq - podshoh dilning sifatidur. Taklif va xitob, va’da va itob angadur. Saodat va shaqovat asli dilning sifatidur. Va badan hamma ahvolda aning tobeidur.

   Podshoh dilni va aning sifatlarini tanimoq xazrati Haq subhonahu va taoloni tanimoqning kalididur. Jahdi tamom qilg‘ilki dilning haqiqatin tanig‘aysen. Dil gavhari azizdur, farishtalar gavhari jinsidadur. Va dilning ma’dani asli Dargohi Ahadiyatdurkim, ul dargohdin kelgandur. Yana ul dargohga yong‘uvchi - qaytg‘uvchidur. Dil bu olam manzilgohida g‘aribdurkim, musofirlik uchun kelibdur. Dilning bu olamda musofirligini bayon qilg‘umdur. Inshoolloh taolo.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 05 Avgust 2008, 16:10:46
FASL
Dil haqiqati

   Bilgilki, dilning haqiqatini tanimoq, to dilning vujudin bilmaguncha hosil bo‘lmas. Avval dilning vujudin bilg‘aysen. Andin keyin dil haqiqatini tanimoqni talab qilg‘aysankim, ul nechuk nimarsadur?

  Andin keyin podshoh dilning lashkarini tanig‘aysenkim, ul nechuk toifalardur? Andin keyin podshoh dilning va bu lashkarning orasidagi aloqa va munosabatlarni bilg‘aysen. Andin - keyin dilning sifatlarini tanig‘aysenkim, Haq subhonahu va taoloning ma’rifatlarini nechuk hosil qilgusidir? Ushbu ma’nolarning har biriga ishorat qilibdurlar.

  Ammo, dilning vujudi zohir badan birla ermasdurkim, badan o‘luklarda ham bordur. Biroq, ularda ruh yo‘qtsur. Agar kishi botin ko‘zini ochib, zohir ko‘zing birla ko‘rsa bo‘ladur, hammasini (vaqtincha unutsa) ruhining vujudini nochor tanig‘ay.

  Agarchandiki, zohir badan osmonu zamin, o‘zga mavjudotlardin bexabar qolsa, ruhidan ayrilg‘usidir. Vaqtiki, inson bu ishlarni yaxshi o‘ylab ko‘rsa, oxirat haqiqatidin andek tanig‘onidur. Bir payt kelurki, insondan bu zohir badanni olurlar va seni andog‘ yerga elturlarkim, na sen va na ul makon foniy emasdur (ya’ni, abadiy dunyoda inson ham, u yashayotgan makon ham yo‘qolmaydi).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 05 Avgust 2008, 16:13:41
FASL
Ruh haqiqati

   Ammo ruh haqiqati nimadur va oning xos sifatlari nechukdur, bularni bayon qilmoqqa shariat ruxsat bermaydur. Ushbu vajhdindurki, hazrati Rasuli alayhissalom sharh qilmabdurlar. Chunonchi, Haq taolo aytibdurkim:

Va yas’alunaka ani-r-ruh, qul ar-ruhu min amri rabbi.

Ya’ni: Ey Muhammad, sendin ruh haqida so‘raydilar, aytgil, ruh parvardigori olam amridandur. (Al-Isro, 85)

  Bas, Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam: ruh sirri ilohiy jumlasidin va xojai olam amridindur demakdin ziyodai ruxsat topmabdurlar.

   Har nimarsaki, andoza (eni, bo‘yi) va miqdori bilan o‘lchansa, ani olami xalq atarlarkim, xalq asli lug‘atda miqdor va andozali xilqat ma’nosidadur. Dil javharining miqdori va hajmi yo‘kdur. Ushbu vajhdin yo‘qolish qismatini qabul qilmas. Va agar qismatni qabul qilsa, joiz bo‘lur erdikim, dilning bir qismi haqida ilm bo‘lg‘ay erdi. (Ruhiyat olimlari, ruh san’atkorlari bu olamni ozroq biladi). Bas, dil sohibi bir holda ham olim va ham johil bo‘lmog‘i lozim kelurki, bu maholdur. Abadiy yo‘qolmasligi - andoza va miqdorga bo‘ysunmasligi birla ruhni hazrati Haq subhonahu va taolo ofarida qilg‘aydurkim, ofarida so‘zi - xalq qilg‘an, yaratgan ma’nosida kelur.

   Shu ma’noda miqdor va andoza (shakl) topgan narsalar bu olam xalqi jumlasidandir. Ul nimarsalarki, miqdor va andoza anga yo‘l topmagay - olam xalqidin ermasdir. Bas, ul toifalarkim, gumon qilibdurlar, ruh qadimiydur (deb), g‘alat qilibdurlar. Ul toifalarkim, aytibdurlar ruh araziydur (o‘zicha mavjud emas) deb, g‘alat (xato) qilibdurlarkim, araz o‘z zotida qoyim ermasdur, balki yana bir qism javharga tobe’dur. (Bu yerda substantsiya - asliyat, javhar va aktsidentsiya - o‘zgaruvchi xususiyat haqida so‘z boradi - red.)
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 05 Avgust 2008, 16:15:20
   Va ruh odam vujudining aslidurkim, hamma qolip va badan aning tobeidur. Bas, nechuk ruh bu nav’ bo‘lg‘usidur? Va ul toifakim, aytibdurlar ruh jismdur (deb), g‘alat qilibdurlarkim, jism-qismatni qabul qilg‘usidur, ruh-qismatni qabul qilmas, (ya’ni, yo‘qolmaydi).

   Ammo ul nimarsaki, ani ruh atarlar va qismatini ham qabul qilur, va lekin ul nimarsa hayvonot ruhidur. Ammo asl ruhkim, bizlar ham ani ruh atarmiz, Xudoi azza va jallaning ma’rifati mahalli (o‘rni)dur. Hayvonotda bu ruh yo‘qdur.

   Bu latif ruh va jismdur va na araz, balki javhardur. Farishtalar (shu) javhar jinsidandur. Va bu latif ruh haqiqatini tanimoq va ani sharh qilmoqg‘a hojat yo‘qdurkim, din oyini - yo‘lining avvali riyozatdur. Vaqtiki, solik riyozatni shartlari birla bajo keltursa, anda ma’rifat hosil bo‘lg‘usidir. Birovdan o‘rganmoqg‘a hojat bo‘lmas.
Ma’rifat hidoyatning avvali jumlasidandurkim, Haq subhonahu va taolo aytibdur:

Vashazina jahadu fiyno lan ahdiy annahum subulano.
Bizning yo‘limizda jihod qilganlarni albatta hidoyat qilurmiz. (Ankabut, 69).


   Va kishikim, mujohadani tamom qilmabdur, ya’ni riyozatni kamoliga yetkurmabdur, ul kishiga ruh haqiqatini bayon qilmoq ravo emasdur. Ammo mujohada tariqin bilmagidin ilgari podshoh - dilning lashkarlarini tanimog‘i lozimdurki, vaqtiki kishining lashkari bo‘lmasa, jihodning qudrati yetmas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 05 Avgust 2008, 16:17:43
FASL
Besh hissiyot

   Bilginki, badan podshoh Dilning mamlakatidur. Ushbu mamlakatda podshoh-dilning turluk anvo’i lashkarlari bordur:

Va mo ya’lamu junuda rabbika illa huva va mo hia illo zikro lil-bashari. (Muddassir, 31).

Oyatning tafsiri: parvardigorning lashkarlarini o‘zidin o‘zga kishi bilmas va ul jahannam haqidagi xabar) insonlar uchun bir eslatmadir.

   Bas, (Alloh) dilni xalq qilibdur (yaratibdur) oxirat uchun va dilning ishi - abadiy saodat talab qilmoqlikdur. Va aning saodati - Haq taoloni tanimoqlig‘, uning yaratish qudratini va yaratgan narsalarini bilmak birla hosil bo‘lg‘usidur. Bu masnu’oti olam (yaralmishlar) jumlasidandur.

   Alloh taolo insonlarga beshta hissiyot berdiki, odamlar bundin foydalansinlar deb.

   Bu besh hissiyotning qarorgohi zohir badandur. Hazrati Haq subhona va taoloning ma’rifati dilning sayyodidur. Va dil besh hissiyotning domi-tuzog‘idir va zohiri badan bu domni ko‘targuchi ulovdur. Bas, dilning zohir badanga ushbu jihatdin hojati bordur.

   Zohir badan murakkabdur-suvdin va tufroqdin, harorat va rutubatdin. Badanning zaifligi, ajzolari muxtalif (bir-biriga zid) bo‘lg‘on jihatdindur. Va badanning botini, ya’ni, ichi tarafidin xatari halokdadur - ochlik va tashnalik sababidin. Va zohiriy tarafdin (ham) xatari halokdadur: Obu otash sababi, o‘g‘ri va dushmanlar qasdi va mundin o‘zga sabablardin. Bas, badanni tashnalik sababidin taom va ichimlikka hojati bordur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 05 Avgust 2008, 16:20:16
   Badanning yemak va ichmak jihatidin ikki lashkarga hojati bordur. Bu ikki qism lashkardin bir qismi zohiriydur. Chunonchi: qo‘l, oyoq, og‘iz, ko‘z, me’da. Yana bir qism-lashkari maxfiydur. Chunonchi, taom va sharobning xohishi (ishtaha) lashkaridur. Va badanni zohiriy dushmanlardin daf’ qilmoq uchun ikki qism lashkarga hojati bordurki, zohiriydur. Chunonchi, qo‘l va oyoq, yana libos kiymaklik. Yana bir qism - lashkari botiniydurkim, chunonchi shahvat va g‘azab.

   Mumkin ermasdurkim, taomni ko‘rmay talab qilmoq, dushmanni ko‘rmay daf’ qilmoq. Bas, dil idrokotga hojati bordur; bu idrokning ba’zisi zohiriydurkim, ul besh sezgi - his-havasdur. Chunonchi, ko‘z, quloq, burun va quvvati zoiqa, ya’ni bir nimarsani totib bilmak. Va quvvati lomisa, ya’ni, silab bilmoqlik.

   Bu idrokotning ba’zisi botiniyki, bu ham beshtadur. Chunonchi: 1. Xayol. 2. Tafakkur. 3. Hifz (Xotira). 4. Tazkir (yodlash). 5. Va quvvati tavahhum (dushmandan ehtiyot). Va bu havosning qarorgohi dimog‘dur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 05 Avgust 2008, 16:21:59
  Ushbu hislardin har birining xos qilur amallari bordur. Agar shu his - sezgilardan biriga xalal yetsa, odamlarning qiladigan amallariga xalal yetqusidur.

  Va bu lashkarlarning hammasi zohir va botinda podshoq dilning farmonidadurlar. Va Dil bular uzra amir va podshohdur.

   Vaqtiki, dil tilga farmon bersa, darhol so‘zga kelur. Agar qo‘lga farmon qilsa, bir nimarsani tutar. Vaqtiki, oyoqqa farmon qilsa, harakatga kelur. Agar ko‘zga farmon qilsa, ko‘rar. Agar quvvati tafakkurga farmon qilsa, fikr - andishaga mashg‘ul bo‘lur. Bas, bu lashkarlarning hammasini podshoh dil lashkar madadi birla badan mamlakatin dushmanlar hujumidan saqlab, oxirat safari yo‘l ozig‘in tayyor aylab, o‘zining sayyidi, ya’ni Haq taoloning ma’rifatin hosil qilib va oxirat tijoratin oxiriga yetkurub, saodat urug‘ini sochg‘ay. Va bu lashkar podshoh dilning itoatida bo‘lmog‘i farishtalarning Haq taolo itoatida bo‘lg‘oniga o‘xshashdurkim, hech amrda xilof qilmaslar. Balki o‘z xohish va rag‘batlari birla farmonbardordurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 05 Avgust 2008, 16:25:24
FASL
Dil tobe’larining bayonida

   Dil lashkarini tafsili birla bayon qilmoqlik uzoqg‘a tortqusidur. Va onchakim maqsuddur, tamsili birla senga bildurg‘aymen. Bilg‘ilki, taning misoli shaharga o‘xshashdir. Qo‘l va oyoq va o‘zga a’zolar bu shaharning hunarmandlarig‘a o‘xshashdur. Va shahvat bu shahar xalqidin boj, xiroj olmoqg‘a mutasaddidur. Va g‘azab bu shaharning tungi podshohidur.

   Dil - bu shaharning podshohi. Aql bu shahar podshohining vaziridur. Bu podshohning mazkur bo‘lg‘anlarga hojati bordur. Mamlakat ishi bular bilan saranjom bo‘lg‘ay.
Va lekin shahvatkim, omili xirojdur (ya’ni, soliq yig‘adigan mansabdor shaxs), yolg‘onchi va badkirdor va haqni botilga alishtirg‘uchidur. Va har ra’yi savobiykim, vazir Aql aytur, shahvat aning muxolifatida ish qilmoqni xohish qilur. Va hamisha xohishi uldurki, har mol-amvol, boyliklarki, badan mamlakatida bordur, xiroj bahonasi birla nohaq olg‘ay. Va g‘azabkim, bu shaharning tungi podshohidur, qattig‘ va tundxo‘y va nohaq ishlarg‘a dalerdur (ya’ni qo‘rqmaydigan). Hamisha o‘ldirmoq va sindurmoq va nohaq qon to‘kmoqni do‘st tutar. Chunonchi, bir shaharning podshohi hamma mashvaratni vaziri birla qilsa, va omil va o‘g‘rilarga jazo bersa, va har so‘zkim, vazirning xilofida aytadur, podshoh anga quloq solmasa, tun podshohin anga musallam qilsa (bo‘ysundirsa), toki omilni badkirdorlig‘idin man’ qilsa, va podshoh shabni ham vazirni farmonida shikastlik birla tutsa, toki o‘z haddidan tashqari qadam qo‘ymasa. Vaqtiki, podshoh bu tariqa birla mamlakatdorlik qilsa, har sohada mamlakat ishi nizomida bo‘lg‘usidur. Bunga o‘xshash vaqtiki podshoq Dil vazir - Aqlning maslahati birla ish qilsa, shahvat va g‘azabni vazir Aqlning‘ zerdasti va farmonida qilsa, badan , mamlakati aning nizomida bo‘lg‘usidur. Va saodat yo‘lini topib, Haq taoloning ma’rifatin hosil qilg‘usidur. Va agar Dil vazir Aqlni shahvat va g‘azab ilgida asir qilsa, badan mamlakati vayron bo‘lib, podshoh Dil ham asir bo‘lib, badbaxt va halok bo‘lg‘usidur. Na’uzu billohi min zolika (Bunday ahvoldan Xudo asrasin).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 05 Avgust 2008, 16:27:43
FASL
Havos hissiyotlar bayonida

   Vaqtiki, mazkur bo‘lgan so‘zlardin bildingkim, g‘azab va shahvatni yemak va ichmak va badanni saqlamoq uchun xalq qilibdur. Bas, g‘azab va shahvat badanning xizmatkoridurlar. Taom va suv badanning rizqidur.

   Va badanni besh hissiyotni ko‘tarmoq uchun yaratibdur. Bas, badan hislarning xizmatkoridur. Va havosni vazir Aqlga xizmatda bo‘lmoq uchun xalq qilibdur. Toki Aql hissiyotlar vositasi birla Haq taoloning ajoyib-g‘aroyib qudratlarini bilg‘ay. Havos aqlning xizmatkoridur. Va aqlni Dil uchun xalq qilibdurlarkim, aql dilning shamchirog‘idur. Toki dil ul sham’ nuri birla hazrati parvardigori olam jamolini mushohada qilg‘aykim, ul jamoli bokamol podshoh Dilning bihishtidur. Bas, aql dilning xizmatkoridur.

   Va dilni hazrati Haq subhonahu va taoloning jamoli bokamolin mushohada qilmoq uchun xalq qilibdur. Vaqtiki, dil ul jamoli bokamol nazzorasiga mashg‘ul bo‘lsa, Haq taoloning xizmatkori va bandasi ekanligiga shoyista bo‘lg‘onidur. Chunonchi Haq taolo aytibdur:

Va mo xalaqtu-l-jinna va-l-insa illa li-ya’buduni.

Oyatning tafsiri: Men jinlar, parilar va odamlarni menga ibodat qilmoq uchun xalq qildim. (Va-z-Zoriyot, 56).

   Va bu mamlakat va lashkarni Dilga topshiribdurlar. Va badan markabini anga beribdur. Toki bu markab va lashkarlar madadi birla inson olami xokiydan a’loi uliyyinga safar qilg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 05 Avgust 2008, 16:31:43
   Va agar bu ne’mati haqni ado qilmoq va bandalik shartini bajo keltirmoq xohish qilsa bo‘lg‘ayki, Dil podshohvor mamlakat boshida o‘ltirg‘ay. Haq taolo jamolini qiblai maqsad qilg‘ay. Va oxiratni vatan qarorgohi va badanni markabi roh va dunyoni langar o‘rnida bilg‘ay. Va aqlni vazir; qo‘l, oyoq va o‘zga a’zoni xizmatkor va shahvatni aqlning poymoli qilg‘ay. Va g‘azabni, tun podshohi va havaslarni xizmatga shaylab, bulardin har birini bir ishga muakkil qilg‘ay.

   Va quvvati xayolki, dimog‘ning avval tabaqasidandur, ani xazinador qilg‘ay. Toki xabarlar ruq’alarini (xatlarni) xayol sohibi tadbir qilib, o‘z vaqtida voqif bo‘lib, royi savob birla mamlakat ishini saranjom aylab, podshoh Dilning safari asbobini muhayyo qilg‘ay.

   Vaqtiki, bu lashkarlardin biri, chunonchi shahvat va g‘azab va bundin o‘zgasi ham podshoh Dilga tog‘iy va yog‘iy (isyonkor va dushman) bo‘lib podshoh Dilga itoatdan yuz o‘girib, rohzanlik (qaroqchilik) qasdini qilsa, vazir Aqlga lozimdurki, bularni tadbirin aylab, jihod va g‘azotga mashg‘ul bo‘lg‘ay, bularni salohga kelturgay. Va o‘ldirmag‘aykim, bularsiz mamlakat ishi rost kelmas. Balki tadbir qilg‘ayki, bularni toat va ibodat martabasiga yetkuzgay, toki ul safarki, oldinda bordir, podshoh Dilg‘a yor va o‘rtoq bo‘lg‘aylar, na hasm va rohzan (dushman va qaroqchi) bo‘lmas.

   Vaqtiki, bu tariqada bo‘lsa, nekbaxt va saodatmandlik nishonasi va ne’mat haqqin ado qilg‘onidur. Va bu xizmatlar mukofotini o‘z vaqtida topqusidur. Agar bu mazkur bo‘lgan tariqaning xilofida bo‘lub, ul tog‘iy va yog‘iy bo‘lg‘on dushman va rohzanlar muvofaqatda bo‘lsa, kofiri ne’mat bo‘lib, shakiy va badbaxt bo‘lg‘usidur. Va aning jazo va uqubatlarini ko‘rgay. Vallohu a’lam.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:17:45
FASL
Dil hissiyotlarining sifatlari bayonida

   Bilg‘ilki, dil olamiga odam vujudi shahridagi lashkarning har birini aloqa va munosabatlari bordurkim, podshoh Dilga bu sifatlarning har biridin bir nav’ sifat va xo‘y paydo bo‘lg‘usidir. Va bu fe’llardin ba’zisi yomon sifatlardurkim, podshoh Dilni halok qilguvchidir. Va ba’zisi yaxshi sifatlardurkim, alar birla saodati abadiy topg‘usidur. Va bu xulqlar agarchandki bisyordur, ammo to‘rt qismga jam’ qilibdurlar: axloqi baxoyim, ya’ni to‘rt oyoqli hayvonlar sifatidur. Va axloqi saba’, ya’ni darrandalar sifatidur. Va axloqi shayotin, ya’ni dev, shaytonlar sifatidur. Va axloqi maloika, ya’ni farishtalar sifatidur.

   Chunonchi, odam badanida shahvatni xalq qilibdurki, aning xohishi to‘rt oyoqli hayvonlar ishini qilmoqdur. Andoqkim: ozor yetkurmak, yemak, jimo’ qilmak. Va ushbu badanda g‘azabni yaratibdurkim, aning xohishi it va bo‘ri va sherlar ishini qilmoqdur. Chunonchi, g‘azab ishi urmoq va o‘ldirmoq va xalqg‘a qo‘l va til birla ozor yetkurmak. Va hasadni yaratibdurki, aning xohishi devlar ishini qilmoqdur. Chunonchi, makr va hiyla qilmokdur. Barhaq ishni yopmoqdur. Va xalq orasida fitna va janjal qilmoq.

   Va odam vujudida aqlni paydo qilibdurki, aning xohishi farishtalar ishini qilmoq. Chunonchi, ilm va ulamolarni do‘st tutmoq va yomon ishlarni qilmaslik va xalq orasida saloh va muvofaqat izlamoq, haris va zabun ishlardin o‘zini to‘xtatmoq va yaxshi ishlarni bilganidan shodlanmoq. Johillik va nodonlikdin or va nomus qilmoqdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:19:05
   Haqiqatda odam badanida go‘yo to‘rt nimarsa bordur. Itlik, to‘ng‘izlik, devlik va farishtalik. Jumladan: itni xalq orasida mazlum - yomonlig‘i - qo‘l va oyoq va po‘st va zohir suratidagi jihatidin emasdur. Balki botinidagi yomon sifatlari jihatidindurki, xalqg‘a ozor yetkurmak, palid va najas narsalarni do‘st tutmog‘i jihatidindur. To‘ng‘iz ham zohiriy surati jihatidin yomon emasdur. Balki botinidagi najaslik va palid nimarsalarga xarislik jiqatidindur.

   Bas, ruhning haqiqatini va badan ichidagi sak va to‘ng‘uzlik ma’nisini anglading. Shaytonlik va farishtalik ma’nolarini ham munga qiyos qilgungdur. Odamga farmon qilibdurkim, aqlning nuriki, farishtalar nuri asaridandur, ul nur birla shaytonning makr-talbislarini kashf qilg‘ay. Toki shayton makr va fitna qilmoqg‘a yo‘l topmay, rasvo bo‘lg‘ay. Chunonchi, hazrati rasuli akram sallallohu alayhi vasallam aytibdurlarki: «Har odamning bir shaytoni bordur. Va mening ham shaytonim bordur. Va lekin Xudoi taolo meni ul shaytong‘a g‘olib qilibdur. Shayton mening qahr va g‘azabim ilkida asirdurki, manga hech osib va zarar yetkura olmas». Sababi - dil aqldir.

   Va odamga farmon qilibdurlarki, xaris va shahvat to‘ng‘izi va g‘azab itini adab birla tutub, aqlning zerdastida qilg‘ay, to aqlning farmonidin tashqari qadam qo‘ymag‘aylar. Agar bu tariqa bo‘lsa, yaxshi sifatlar hosil bo‘lib, saodat tuxmin qo‘lg‘a kelturgusidir. Agar bu tariqaning xilofida bo‘lub, shahvat va g‘azab oldida xizmat kamarin bog‘lasa, axloqi zamima - yomon xulqlar paydo bo‘lib, shahovat (gunoh ishlar) tuxmini hosil qilg‘usidirlar. Agar o‘z holini uyquda yo bedorlikda misoli birla mushohada qilsa, to‘ng‘uzni va yo sakni va yo shaytonni oldida qo‘lini bog‘liq ko‘rgusidir.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:20:29
   Kishikim, bir musulmonni kofirning qo‘lida asir ko‘rsa, ma’lumdur, ul musulmonning holi nechuk kechgusidur? Bas, kishiki, farishtani sakning va to‘ng‘uzning va devning qo‘lida asir ko‘rsa, andin foje’roqdurki, aning holi na bo‘lg‘usidur?

   Olam xalqi agar insof qilsalar va qilg‘on amallarini hisob qilsalar, kecha va kunduz nafslari havosida xizmat kamarini bog‘labdurlar, bularning holi darhaqiqat ushbudurkim, agarchandiki suratlari odamga o‘xshar, fardoyi qiyomatkim, ma’nolar oshkora bo‘lg‘usidur, va surati ma’no rangi birla ko‘ringusidur.

   To ul kishigakim, shahvat va hirs g‘olibdur, qiyomat kuni xalqning ko‘ziga to‘ng‘iz suratida ko‘ringay. Ul kishikim, anga g‘azab g‘olib bo‘lsa, qiyomat kuni it yo bo‘ri suratida ko‘ringay. Ushbu jihatidindurki, agar kishi tushida sakni, bo‘rini ko‘rsa, ta’biri ulki, zolimga muloqot bo‘lg‘ay. Agar to‘ng‘izni tushida ko‘rsa ta’biri ulki, palid va nopok kishini ko‘rgusidir.

   Ani uchunkim uyqu o‘limning tengi va birodaridur. Inson ruhi uyqu sababidin bu olamdin balandroq bo‘lur.

   Surat ma’noga tobe’dur. Va har kishi botiniy holig‘a muvofiq ko‘ringusidur. Va bu ma’nolarning sharhi bisyordurkim, hammasini bu kitobda kelturmakka sig‘mas.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:22:14
FASL
Botindagi to‘rt mutasaddi g‘olib bayonida

   Bas, vaqtiki bilding, botiningda to‘rt mutassaddi g‘olib bordur: o‘turmoq va turmoq, balki hamma holda o‘z holingga ogohlik birla boqg‘ilki. bu to‘rt korfarmoning qaysi biri itoatidadursen, haqiqatini bilgil. Har fe’lki, sendan sodir bo‘lsa, ul fe’ldin bir sifat ko‘nglungga hosil bo‘lg‘usidur.

  Ko‘nglung taskin topib ul olamga sening birla borg‘usidur. Va bu sifatlarni axloq atarlar. Hamma axloq bu to‘rt g‘olib farmonidin paydo bo‘lur. Agar shahvat to‘ng‘uzining itoatida bo‘lsang, senda besharmlik va palidlik sifati, xarislik va xasislik va badkorlik va mundin o‘zga yomon sifatlar paydo bo‘lur.

   Agar tuban shahvatni, ya’ni to‘ng‘iz, cho‘chqa shahvati nafsini qahr-g‘azablab qo‘lga olib, adab birla tutsang, senda tavoze’ va qanoat sifati va sharm va orom va zariflik va porsolik, ya’ni poklik va tama’sizlik sifatlari paydo bo‘lur.

   Va agar g‘azab itining itoatida bo‘lsang senda yomon ishlarga dalerlik va nopoklik sifati va bo‘yin tovlash va o‘zni aziz tutmak va o‘zgalarni xor ko‘rmak va xalqqa ozor bermak va mundin o‘zga yomon sifatlar paydo bo‘lg‘usidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:23:28
   Agar g‘azab itini o‘z farmoningda adab birla tutsang, senda sabr sifati va kishining og‘irini ko‘tarmak va avf va shijoat va xushxo‘yluq va saxovat sifatlari paydo bo‘lg‘usidur. Shaytonkim, ani ishi shahvat to‘ng‘izi va g‘azab itini o‘rnidan qo‘zg‘ab, ularni daler aylab, hiyla va makr o‘rgatmoqlikdur. Bas, shaytonning itoatida bo‘lsang, senda yaxshi amaldin qochmoq va xiyonat sifati va haqni botilga alishtirmoq, ko‘z bo‘yash va xalqqa firib bermoq va haq ishni yopmoq va mundin o‘zga yomon sifatlar paydo bo‘lg‘usidir. Va yo yaxshi sifatkim senda mavjuddur, boqiyot, solihot jumlasidan bo‘lg‘ungdur.

   Va saodat tuxmini qo‘lg‘a kelturgaysen. Va ul fe’llarkim, aningdan yomon sifatlar paydo bo‘lur, ani ma’siyat atarlar. Va ul fe’llarki, aningdin yaxshi sifatlar paydo bo‘lur, ani toat atarlar. (Yomon fe’llar muhlikot - halok etuvchi, yaxshi fe’llar munjiyot - najotga eltuvchidir. - M.M.)

   Odamiyni o‘tirmak va turmagi bu ikki holdin tashqari emasdur. Bas odamning dili oyinai ravshanga o‘xshashdur. Va yomon sifatlardur, zulmatga o‘xsharkim, vaqtiki oyinai dilga zang yetsa, ichi qoralik va torlik qilur, toki qiyomat kuni hazrati parvardigori olam jamoli bokamolini ko‘rolmas. Bu baxtdan mahrum bo‘lg‘usidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:29:17
   Ul yaxshi sifatlar nurga o‘xshashdurkim, vaqtiki ul nur oyinai dilda qaror topsa, hamma zulmat va ma’siyatlarni yo‘q qilur. Ushbu ma’noda hazrati rasuli akram sallollohu alayhi va sallam aytibdurlar: «Har yomon amaldin keyin, bir yaxshi amal qilg‘il, toki ul yaxshi amaling ani mahv va nobud qilg‘ay». Bas, qiyomatda dillar bo‘lurki, ba’zisi ravshandur. Alloh taolo o‘z bandalariga marhamat qilib aytadurki:

   Yavma lo yanfa’u molun va la banuna, illo man atalloha bi qalbin salimiyn.

   Oyat tafsiri: Gunohkorlarga ul kunda mol dunyosi va farzandlari naf bermas, magar ul kishi najot topurkim, Haq taoloning dargohida xolis va ravshan, pok qalb birla kelibdur. (Shuaro, 88).

   Odam dili ibtidoi temirga o‘xshashdurkim, aningdin oyinai ravshan qilurlar. Agar oyinani sof va ravshan tutsalar, hamma olam aning ichida ko‘rinur va agar oyinaga zang va tiyra o‘ltursa, hech nimarsa aning ichida ko‘runmas. Chunonchi, Haq taolo aytar:

   Kallo bal rona ala qulubihim mo konuv yaksibuna.

   Oyatning tafsiri: batahqiq bilki, odamlar ko‘ngillari oyinasida qilg‘on amallarini ko‘rurlar. (Mutaffifun, 14).

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:30:33
FASL
Dilni yomonlikdan pok qilmoq bayonida

   Hamono aytursankim, odam vujudida yirtqich hayvonlar va shaytonlar va maloika sifatlari bordur. Qaysi dalil birla bilurmizkim, odamning asli farishtalar gavharidin bo‘lib, o‘zga sifatlar araziy va g‘arib bo‘lg‘aylar? Va nechuk bilg‘aymizki, odamni farishtalar avsofi hamidalarni hosil qilmoq uchun xalq qilg‘ondur, o‘zga sifatlarni hosil qilmoq uchun xalq qilmag‘ondur?

   Bas, bilgil va ogoh bo‘lg‘il, bu dalil birla aniq bilursenki, odam darranda va chahorpolardin (to‘rtoyoqlilar - hayvonlardan) sharofatlig‘ va komilroqdir. Alloh har nimarsaga bir kamol beribdurki, ul kamol ul nimarsani nihoyati darajasidadur. Bas, ul nimarsani ushbu kamol uchun xalq qilg‘on bo‘lg‘ay. Buning misoli ulki, ot eshakdan sharofatlirokdurki, eshakni yuk qo‘tarmoq uchun xalq qilibdur. Va otni g‘oziylar va bahodirlar ostida jihod maydonida yugurmoq uchun xalq qilibdur. Va eshakka otga o‘xshash yugurmoq quvvatini ham beribdur. Bas, g‘azot maydonida otning ustiga egar solib yugurmoqlik kamol va martaba darajasidur. Agar bu kamoldin ojiz bo‘lsa, anga to‘qum urib eshak o‘rnida yuk yuklarlarkim, eshak birla barobar bo‘lg‘usidur. Bu martaba aning nuqsoni va haloki bo‘lur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:32:52
FASL
Odam vujudidagi avsofi zamimalar - yomon sifatlar bayonida

   Bas, odamlardin bir guruhi gumon qilibdurlarkim, Alloh odamni taom yemak va uyqulamoq va jimo’ qilmoq, lazzat olmoq uchun yaratgandur deb. Bu mutlaqo noto‘g‘ri, buzuq, behuda xom xayoldir. Bu bilan hamma umrlarini bo‘lmag‘ur botil ishga sarf qilurlar. Ming afsus va nadomatlar bo‘lsin!

   Endi bir guruhlar borki, gumon qilurlarkim, sababsiz o‘zgalarga qahr-g‘azab qilib, baland ovozlar bilan jerkib, koyib, ulardan g‘olib bo‘lish uchun yaratilganman derlar. Bu toifa ishlarga vaqtlarini, hattoki umrlarini sarf qilurlar.

   Ko‘pchilik xalqlarda uchraydigan bu har ikki gumon xatodurki, yemak va jimo’ qilmoq shahvat sababidindur. Bu ishlarning hammasi botil xayollardur. Yemak, ichmak va jimo’ qilmak hayvonlarda ham bordur. To‘rt oyoqli hayvonlarning yemagi odamning yemagidan to‘laroqdur. Chumchuqning jimo’ qilmog‘i odamning jimo’ qilmog‘idan to‘laroqdur. Bas, odam bulardin nechuk sharofatlik bo‘lg‘usidur? G’oliblik va balandlik qilmoq g‘azabning xohishidandurkim, bu darrandalarning sifatidur. Bas, odamga darranda va to‘rt oyoqli hayvonlarga bergan sifatlar ham berilibdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:38:19
   Endi bundin ham ziyoda kamoli sharofatni beribdurkim, bu aql ne’matidur. Bas, odam o‘zini yaratgan Alloh azza va jallani shu aql-idrok bilan tanur. Alloh taoloning ajoyib va g‘aroyib yaratish qudratlarini tafakkur bilan mushohada qilib, aql nuri birla o‘zini g‘azab ilkidin xalos qilur. Bu farishtalar sifatidandur. Bu sifat hamma vahshiy hayvonlar sifatidan g‘olibdur. Alloh ro‘yi zamindagi barcha mavjudotlarni insonga musaxxar qildi - bo‘yinsundirdi. Haq taolo kalomi majidida xabar beribdurki:

   Va saxxara lakum mo fi-s-samovati vama fil-arzi jami’an minhu.

   Oyatning tafsiri: Haq taolo sizlarga yer yuzidagi mavjudotlarning hammasini bo‘ysundirdi. (Josiya, 13).

   Bas, odamning haqiqati ul nimarsadurki, kamoli va sharofati aning birla bordur, ya’ni aql birladur. Va o‘zga sifatlar g‘arib va oriyatdurki, aqlning madadi va chokarligi bilan amalga oshmasa.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:40:58
   Bul dalil birla vaqtiki odam vafot qilsa, na g‘azab qolur va na shahvat. Ammo javhari aqlkim, ravshan va nuroniy, Haq taoloning ma’rifati birla orasta bo‘libdur, odamning rafiqi bo‘lib, farishtai muqarrablar birla hazrati Haq subhonahu va taoloning dargohida bo‘lgusidur.

   Fa maq’adi sidqin inda malikin muqtadirin.

   (Ya’ni, (Ular) qudratli podshoh (Alloh)ning huzurida sadoqat maqomida bo‘lurlar. (Qamar, 55).

   Va ammo ba’zi dil bo‘lurkim, tiyra va qorong‘u va tuban. Tiyraligi ul jihatidindurki, ma’siyat zulmatidin zangvor - ya’ni zang o‘ltirgandur. Va nigunsorligi ul jihatidindurki, shahvat va g‘azab xohishiga berilibdur. Bas, shahvat va g‘azab xohishi bu dunyoda qolg‘usidurkim, ul jihatdin bu olami sifliyga mutavajjih bo‘lib, nogiron bo‘lg‘usidur. Bas, nochor dil nigunsor - xarob bo‘lur.

   Bu ma’nodin hazrati Haq subhonahu va taolo xabar beribdurki:

   Va lav taro izi-l-mujrimuna nakisu ru’usihim inda rabbihim.
   Gunohkor, mujrim, osiylarni Alloh dargohida boshlari egik holda ko‘rasizlar. (Sajda, 12).

   Bas, bu nav’ dil shayotin birla Sijjin otlig‘ do‘zaxda yonib rasvo bo‘lg‘usidur.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:42:36
FASL
Dil olami ajoyiblarining nihoyasizligi bayonida

   Dilning sharofati ul jihatdindurki, hamma mavjudotdin ajibroqdur. To‘la (ko‘pchilik) xalq dilning haqiqatidin g‘ofildurlar. Bas, dilning sharofati ikki vajhdin: biri ilm jihatidin, yana biri qudrat sababidindur.

   Ammo dilning sharofati ilm jihatidin ikki tabaqadur. Biri ulki, hamma xalq ani bilurlar. Yana bir tabaqa po‘shida (yashirin)durki, har kishi bilmas. Bu tabaqa azizroqdur. Ammo ul tabaqakim zohiriydur, ani hamma xalq bilurlar.

   Dilda andog‘ quvvat bordurkim, hamma ilmni va hamma hunarlarni bilur. Va hamma kitoblar ma’nosini fahm qilur. Chunonchi: ilmi handasa va ilmi hisob va ilmi tib va ilmi nujum, ilmi shariat va ilmi kasb. Bovujud ulkim, dilning bir qismi qismatni qabul qilmas (mangu tirikdur). Muncha ilmlar anga sig‘ar. Balki xamma olamni dilga nisbat qilmoq birla, daryodan qatra misolidur. Va har lahzada o‘zini fikri-harakati birla taxtas-sarodan a’loyi ulliying‘a va mashriqdan mag‘ribga sayr qilur. Bovujud ulki, olami xokda barqarordur. Va hamma yulduzlar va sayyoralarning andoza va miqdorini bilur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:43:55
   Baliqni hiyla birla daryo qa’ridin chiqarur. Va qushni havodin yerga keltirur. Sher va filni, otni va mundin o‘zga hayvonot purzo‘rlarini o‘ziga bo‘ysindirur. Va har nimarsaiki, olam ajoyiblaridindur, aning ilmi havosi panjgona (besh xil) yo‘l birla hosil aylar.

   Va bundan ajibroq bukim, dilning ichi tarafidin olami malakut sori ravzana - daricha, tuynuk ochiqdur. Andog‘kim, dilni tashqari tarafidin olami maxsusotga besh darvoza kushoda, ya’ni ochiqdur. Olam maxsusoti deb olam jismlarini ayturlar. Olami malakutiy deb ruhoniy olamni ayturlar. Olam xalqining ko‘pchiligi jismoniy olamni bilurlar. Bu yuzaki va beasldur. Bu ilm ham muxtasardur.

   Bas, dilning ich tarafidin olami malakutga ravzana ochiqdur demakka ikki dalil bordur. Biri tush ko‘rmakdurkim, vaqtiki (odam) uyquga borsa, sezgilar yo‘li bog‘lanur. Ul vaqtiki dilning ravzanasi ochiq bo‘lur, ya’ni dildan tashqariga tuynuk ochilib, olami malakutiydin va Lavxul Mahfuzdin g‘ayb ishlarni ko‘rmakka turar. To onchakim, keladurgon zamonda voqe’ bo‘ladurg‘on ishlarni ham bilar. Ba’zisini ravshan mushohada qilur va ba’zisi tafsirg‘a hojati tushar. Va odamlar gumon qilurlarkim, ilm hosil qilmoqg‘a uyqudin bedorlik avloroqdur deb, va bilmaslarkim, bedorlikda g‘aybni bilg‘ali bo‘lmas, tushda bilg‘ali bo‘lur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:45:18
   Tush ko‘rmakning haqiqatini bu kitobda tamom sharh qilmoq mumkin ermas. Ammo bu miqdor bilg‘aysankim, dil misoli oynadur. Lavhul Mahfuzning misoli, yana bir oynaga o‘xsharkim, aningda hamma mavjudotning surati yozilg‘andur. Bas, ikki oynaga ro‘baro‘ qilsa, bir oynadagi surat yana bir oynaga tushganga o‘xshash, Lavhul Mahfuzdagi mavjudotning surati oynai dilda jilvagar bo‘lg‘usidur. Bu martaba ul vaqtda hosil bo‘lurkim, ul dil oynasi sof bo‘lub, moddiy dunyodan o‘zini forig‘ aylab, olami malakutiyga munosabat paydo qilsa, bu vaqtda malakut olami ajoyiblaridan mushohada aylar.

   Va lekin inson sezgilari yo‘li uyqusida masduddur (ya’ni to‘silgandir), ammo ruh o‘z joyida ogohlik birla turar. Bu vajhdindurki, tushida ko‘rgan nimarsani xayol vositasida ko‘rar.

   Ammo ravshan va oshkora ko‘rolmas. Vaqtiki vafot etsa, na xayol qolur va na havas. Hamma nimarsalarni ravshan ko‘rgusidir. Chunonchi, Haq taolo kalomi majidida xabar berur:

   Fa kashafno anka g‘itaaka fa-basaruka al-yavma hadid. (Qof, 22).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:47:15
   Qattiq kunda (Qiyomatda) sizga to‘silgan olamni ko‘rsaturmiz. Bu xitobi shadidul itob javobida gunohkorlar ayturlarkim:

   Rabbano, absarno va sami’no farji’no na’mal-salihan. (Sajda, 12).

   Tafsiri ulki, «Rabbimiz, bizlarni ibrat ko‘zi bilan ko‘radigan qilg‘il, va jon qulog‘i bilan eshitib, yaxshi solih amallardan qilaylik, deb Alloh taologa iltijo qiladilar. Yana aytadilarki, qiyomat kuning qo‘rqinchini ko‘rdik, sur sadosini eshitdik, sen bizlarni qayta foniy dunyog‘a yuborg‘il, toki bizlar yaxshi amallarni qilg‘aymiz».

   Dilning ravzanasi malakut olami sorig‘a ochiq erkaniga ikkinchi dalil ulki, ba’zi insonlarda ajoyib, kamyob farosat va ajib maslahatlar ilhom tariqasi birla ko‘ngliga kelgay. Bas, bu nav’ ilhom - his, sezgi yo‘li Girla ermas. Balki olami g‘aybdin ravzanai dilga yetgan shu’ladur. Ya’ni, ruhi ilohiydur.

   Bas, bu dalil birla bilgilki, dil bu olamdin ermas. Balki olami malakutdindur. Va his, sezgilarkim, bu olam ilmini kasb qilmoq uchun yaratibdur, nochor dilga olami malakutiy yo‘lini ko‘rmoqqa parda va hijob bo‘lur. To havosdin forig‘ bo‘lmag‘uncha malakut olamiga yo‘l topilmas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:48:34
FASL
Dilning olami malakutiyga ochilgan ravzanasi bayonida

   Gumon qilmag‘ilki, dil oynasi to uyqulamaguncha va yo vafot etmaguncha ochilmas (deb). Mundog‘ ermasdur. Balki bedorlikda ham kishi o‘ziga riyozatni lozim tutsa va dilni g‘azab va shahvatdan, yomon hulqlardan xalos aylab, va xilvat ixtiyor qilib, zohiriy olamdan nazarni yig‘ib, havos yo‘lini to‘sib qo‘ysa, dilga olami malakutiy manzaralari ochilib, mudom Alloh taologa zikrini ko‘ngli va tili birla aytib va ko‘p so‘zlamay, nafaqat o‘zidan, balki hamma olamdan uzulib, faqat Har oyina ayturlar javobidakim, xalq qilg‘uchi Allohdur. Va burhon (dalil) birla ham ma’lumdurki, bu xosiyat va xislatlar payg‘ambarlarga(gina) xos emasdur, chunki anbiyo alayhimus salom ham odamdurkim:

   Kul innamo ana basharun mislukum yuvha ilayya.

   Oyatning tafsiri: Aytgil, ey Muhammad! (s.a.v.) Men ham sizlarga o‘xshash odamdurmen, ammo faqat menga vahiy yuborilibdur. (Kahf, 110).

   Va lekin ul kishikim, anga ravzanai dili ochilib, jumlai xalqni islohg‘a va xalqni iymong‘a da’vat qilmoqg‘a farmon bo‘lsa, ul kishini payg‘ambar derlar. Va aning xalqg‘a ta’lim bergan yo‘lini shariat va aningdin sodir bo‘lgan xoriqi odatni mu’jiza atarlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:49:38
   Va ul kishikim, agar ravzanai dili ochilib, xalqni iymonga da’vat qilmoqg‘a farmon bo‘lmasa, ul kishini valiy derlar. Aningdin voqe’ bo‘lg‘an odatdan tashqari amallarg‘a karomat derlar.

   Har kishiki, ravzanai dili kushoda bo‘lmog‘i birla vojib emasdurkim, iymonga da’vat qilg‘ay. Iymonga da’vat qilmoq uchun nubuvvat shartdurkim, valiyda bu shart mavjud ermas. Zeroki hazrati payg‘ambar (s.a.v.) dan keyin payg‘ambar kelmas. Bas, bo‘lg‘aykim, avliyolar karomatiga tasdiqingni durust qilg‘aysen. Bas, valoyatning avvalgi sharti riyozatdur. Bu ishda ixtiyorga ham yo‘l bordur. Har kishi tariq, ya’ni don sochg‘oni birla o‘rolmas, va o‘rg‘on birla maqsad husulini (hosillarini) qo‘lg‘a ololmas.

   Va lekin har ishkim, azizroq va sharifroqdur, ani topmoqning shartlari dushvor va mushkulroqdur. Bas, martabai valoyat odam ahvolining kamoli sharofatidur. Bu martabani talab qilmoq riyozatsiz va piri komilsiz qo‘lg‘a kelmas.

   Vaqtiki, bu ikki shart mavjud bo‘lsa, to tavfiqi Boriy bermaguncha va Haq subhonahu va taolo azalda bu saodatni ul kishiga hukm qilmag‘an bo‘lsa, murodiga yetmas. Balki ilmi zohirda peshvolig‘ darajasini topmoq va bundan o‘zga af’oli ixtiyoriylarining hammasi azal hukmiga muvofiq, ya’ni Alloh amriga bog‘liqdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:53:09
   Vaqtiki, taom yemakni ixtiyor qilsa, tilni ostida suvni keltirib taomni ho‘l qilib yutmoqg‘a salohiyat paydo qilur. Bas, ma’lumdirki, dil tasarrufi hamon tanda joriy va hamon badan dilning ixtiyoridadur.

   Va lekin bilgaysen: Ba’zi dillar bo‘lurkim, sharifroq va komilroq, farishtalar javhariga yoviqroq (ya’ni yaqinroq) dir. Bu nav’ dillarga o‘z badanlaridan o‘zga barcha mavjudotlar mute’ va itoatdadur. Masalan: Ularning haybati sher va yo‘lbarsga tushsa, sher va yo‘lbars bular oldida zabun va mute’ bo‘lur. Va agar bular (valiylar) bemorga boqsa u sihat topar. Va agar tani durustga g‘azab birla qarasa, bemor bo‘lur. Va agar yiroqni yaqin qilmoqni xohish qilsa, turfatul ayn ichra hozir qilur. Agar yomg‘ur yog‘moqni xohish qilsa, yog‘dirur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:56:47
   Bu nav’ ishlar mumkindurkim, burxon-aqlu tajriba birla ma’lumdur. Ko‘z tegmak va sehr qilmoq ham munga o‘xshashdurkim, nafsi xasis va xabisning yana bir jismga ta’sir qilmog‘idur. Chunonchi, bir xasis va xabis hirsi hasad tariqasi birla hayvong‘a yo bir insong‘a yomon ko‘z-la boqur, o‘lmagini xohlasa, nochor o‘lur. Chunonchi, hadisda kelibdurki:

   Al’aynu tudxilur - rajula fil qabri val jamala fil qidri.

  Ya’ni ko‘z tegmoq - insonni qabrga va tuyani qozonga olib borur.

   Bas, bu ham dilninng ajoyib qudratlari jumlasidandur. Bu nav’ xosiyatlar agar xalqni iymonga davat qilodurgon kishidan sodir bo‘lsa, bu fe’lni mu’jiza derlar. Ul kishini payg‘ambar derlar. Va agar iymonga da’vat qilmay, kori xayr uchun bo‘lsa, ul kishini valiy derlar.

   Va agar yomon ishlar uchun bu nav’ (ajoyibotlar) voqe’ bo‘lsa, ani sohir, ya’ni sehr qiluvchi derlar. Bas, sehr va karomat va mo‘‘jiza hammasi - odam dilining xosiyatlari jumlasidandur. Agarchi bular orasida farq bisyordur, bu kitobda ani tamom sharh qilmoq mumkin ermas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:58:03
FASL
Dilning sharofati va xosiyatlari bayonida

   Kishikim, bu mazkur ma’nolarni bilmabdur, nabiylik va valiylik haqiqatidan hech xabar topmabdur. Magar beovoz eshitmak, nubuvat va valoyat dil olamining darajoti va sharofati jumlasidandur, bas, bu ma’noning xusulida uch xosiyat bordur. Biri ulki, nimarsaiki hamma xalq tushida ko‘rar, payg‘ambar yo valiy ani bedorlikda kashf qilur. Ikkinchi ulki, hamma xalqning dili o‘z badaniga asar qilur, ul toifaning dili boshqa odamlarga ham asar qilur.

   Uchunchi ulki, tamom xalq o‘qimoq va o‘rganmak birla ilm kasb qilurlar. Ul azizlar (fazilatlarni) kishidan o‘rganmasligi mumkin. Haqtaolo ularning botinlariga bevosita bildirur. Bas, ravo uldurkim, kishi ziyrak va sofdil bo‘lsa, ba’zi ilmlarni kishidin o‘rganmay bilur. Bu nav’ ilmlarni ilmi laduniy atarlar. Chunonchi, Haq taolo aytibdur:

   Va allamnohu min loduna ilman.

   Va biz unga (payg‘ambarlarga) laduniy ilmdan (ba’zilarini) bildirdik. (Kaxf, 65).

Har kishikim, o‘zida bu uch xosiyat bo‘lsa, ul kishi payg‘ambari izom va yo avliyoi kiromlar jumlasidandur. Va agar bu uch darajaning biri hosil bo‘lsa, chandon tafovut bordurkim, ba’zilarga ozrog‘i hosil bo‘lur, ba’zilarga bisyor. Xazrati rasuli akram (s.a.v.) ni kamoli va sharofatlari ul sababdindurkim, bu uch daraja onhazrat (s.a.v.) da hosil erdi. Bas, Haq taolo xohladikim, hamma xalqg‘a onhazrat alayhissalomning nubuvvatlarini bildurg‘ay, toki payg‘ambar (s.a.v.) ga itoat etsalar saodati abadiy topg‘aylar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 15:59:42
   Bas, bu uch xususiyatdin har kishiga ato qilibdur, chunonchi, tush ko‘rmak bir xosiyatdur, farosati rost ul yana bir xosiyatdur, ilm olishda mutolaai rost yana bir xosiyatdur.

   Odamga mumkin ermasdurkim, o‘z jinsida ermas nimarsalarga tasdiq qilg‘aylar. Va har nimarsaki, ani suratidin oynai dil manzara ko‘rsatmasa, ani tasavvur qila olmaslar. Ushbu vajhdinlurki. Hazrati Haq subhonahu va taoloning zoti haqiqatini o‘zilii o‘yaa mavjudot kamoxaqquhu (Haqday) bila olmas. Bu ma’no haqiqatining sharhi bisyordurki, «Maoniyi asmaulloh» otlig‘ kitobimda ravshanlik birla bayon qildim.

  Bas, maqsad ulki, joiz tutarmenkim, anbiyo va avliyolarda bu uch xususiyatdin o‘zga yana xosiyatlar bo‘lg‘aykim, bizlar ani bilmag‘aymiz. Charoki, bizning vujudimizda uch xosiyatlardin manzara va nishona bo‘lmag‘ay. Chunonchi, Haq subhonahu va taoloning o‘zidin o‘zga mavjudot o‘ziday bilolmas. Mungao‘xshash, anbiyo qadri sharofatlarini anbiyolar bilurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:01:45
   Bizlarning ilmimiz juzviydurkim, anbiyolar qadri sharofatlarini qamrab ololmas.

   Chunonchi, Haq subhonahu va taolo bizlarda uyquni xalq qilmasa, bir kishi bizlarga uyqu ahvolini hikoyat aylab, desakim, uyqu deb bir nimarsani aytarlarki, kishi o‘zidan bexud bo‘lib, harakat qilmaydur, va eshitmaydi, va so‘zlamaydi va andisha qilmaydurkim, tongla na bo‘lg‘usidur. Vaqtiki bedor bo‘lsa, kelgusini ko‘radur va eshitadur va xamma nimarsaga qodir bo‘ladi, bas, bu hikoyatlarga odamlar bovar qilmaslar.

  Charoki, odam o‘zi ko‘rmagan nimarsaga (aqli) bovar qilmas. Chunonchi, Haqazza va jalla bu ma’nodin xabar beribdurkim:

   Bal-kazzabu bimo lam yuhitu bi-ilmihi va lamo ya’tihim ta’viluhu.

   Ya’ni: Ular Qur’on ilmini, oyatlar ta’vili-mohiyatini bilmay turib, yolg‘on deydilar. (Yunus, 39).

   Va yana bir oyatda xabar beribdur:

   Va izlan yaxtaduv bihi fa-sa-yaquluna xazo ifkun qadimun.

   Ya’ni: Ular o‘zlari hidoyat topmagach, «Bu eski uydurmadur», - dedilar va o‘zlariga zulm qildilar. (Ahqof, 11).

   Va ajablanmaginki, anbiyo va avliyolarda sifat bo‘lg‘aykim, ul sifatdin chandon xosiyat va lazzatlar ko‘rgaylar. Va o‘zgalarda bu sifat yo‘qdurkim, bu lazzatlardin mahrumdirlar.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:03:39
FASL
Ilmi zohirning tasavvuf yo‘lidagi to‘siqligi bayonida

Bu mazkur fikrlardan dil olamining sharofati ma’lum bo‘ldi. Va tasavvuf yo‘lidan ham xabardor bo‘lding. Bas, bularni anglading. Endi bilsang bo‘lg‘aykim, aytibdurlar: Ilmi zohir tasavvuf yo‘lida to‘siqtsur. Bu so‘zga inkor qilmag‘ilki, bu so‘z haqdur. Bu vajh birlakim, hislar yo‘li birla mashg‘ul va mustag‘raq bo‘lsang, albatta to‘siq bo‘lg‘usidur. Bas, dil misoli havzga o‘xshashdur, va besh hissiyot misoli besh ariqg‘a o‘xshashdurkim, bu ariqlar birla ko‘ngulga suv kirar. Agar bu ko‘lning tagidin obi sof chiqsin desang, tadbiri ulki, bu ko‘lga suv kiradurgon ariklarni mahkam band qilg‘il. Va havz ichidagi suvni tamom chiqarib, tagini chandon kovlagilki, tiniq suv chiqg‘ay.

   Bas, bunga o‘xshash, ul ilmlar oynai dilga besh hissiyot yo‘li birla hosil bo‘lsa, u qancha mashg‘ul bo‘lsa ham dilning tagidin ma’rifat chashmasini topolmas. Toki oynai dilni xavos yo‘li birla hosil bo‘lg‘on ma’lumotidin xoli aylab, havzi dilning tagini riyozat teshasi birla qazisa, albatta ma’rifat chashmasi ochilib, oynai jahonnamo bo‘lg‘usidur.

   Bas, ilmi zohir to‘siq bo‘lmog‘ining sababi shuki, agar odam ahli sunna va jamoanng e’tiqodlarini tamom bilsa, aqida qilsaki bundin o‘zga ilm yo‘kdur, va agar ko‘ngilga haqiqat tarafidin shamma, ya’ni ozgina miqdor bo‘y, - ya’ni bahra, nishona yetsa, ayturkim, bu men bilgan ilm aqidaga muxolifdurkim, bu nav’ ishlar botildur. Bas, bu nav’ kishiga haqiqat hargiz ma’lum bo‘lmas. Va axli sunna va jamoaning aqidalari ommai xalqning aqidalaridurkim, haqiqatning qolipidur. Ayni haqiqat ermas. Va ma’rifat tamom uldurkim, haqiqat ushbu qolipdin namoyon bo‘lg‘usidur. Chunonchi, po‘st ichidagi mag‘iz misolidadur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:04:56
FASL
   Ilmi zohir birla ilmi botin orasidagi munosabat va muxolifat bayonida

   Bas, zohir ilmi - po‘st, va haqiqat ilmi - mag‘izdur. Bas, kishikim sa’y va jadal birla zohir ilmi va aqidai ahli sunnat va jamoani yo‘liga keltiribdur va ilmi haqiqatdin nasiba topmabdur. U pindor, ya’ni takabburlik bilan gumon qilurkim, hamma ilm mening bilganimdur deb.

   Bu nav’ gumonlar, mag‘rurlanishlar haqiqat yo‘liga parda bo‘lg‘usidur. Agar kishi bul tariqa dindordin yiroq bo‘lsa, ilmi zohir ilmi haqiqatga parda va to‘siq bo‘lmas. Ilmi zohir vositasi birla chandon fathu kushoyish aning holida ro‘y berurkim, martaba va darajasi g‘oyat kamoliga yetkusidur.

   Ammo (ba’zi) so‘fiy johillar xayoli botilning bandida, uzoq muddat shubhaning hijob pardasida mubtalolikda qolgusidur.

   Bas, ul kishikim, ilm chirog‘ini qo‘lga keltiribdur, bu nav’ shubhalardin eminda, bu tariqa xatarlardin salomat manzilida sokindurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:05:39
   Bas, ilmi zohir haqiqat yo‘lida pardadur degan so‘zni valoyat va mukoshafot darajasiga yetgan kishidin anglasang, inkor qilmag‘il. Ammo ibohate toifasikim, shari’ sharifda harom va makruh ishlarni o‘zlariga halol va muboh bilurlar va yengil tabiatlilar behosil firqasikim, Makka va Madinani tavof qildim va mozorotlarni ziyorat aylab, piri murshidlar xizmatida bo‘ldim deb, zamonada paydo bo‘libdurlar, hargiz bular haqiqat holidan xabar topmabdurlar. Va lekin nojiz iboralarni so‘fiylar qavmidin yod olibdurlar, bu toifalarni qilur ishlari shabu-ro‘z palid va nojoiz so‘zlari birla xalqni rom qilmoq, joma va fo‘ta va muraqqa’ (yamoqli, quroq) sajjodalarini orasta aylab, ilmni va ulamolarni mazammat qilurlar. Bas, bu toifa shayotin xilqatidurlar. Xudo va rasulning dushmanidurlarkim, Xudo va rasul ilm o‘rganmoqni hamma xaloyiqg‘a farmon qilibdurlar. Bas, bu mudbir, xasis va yengil tabiatli nokaslar na kishi bo‘lg‘aylarkim, ilm va ulamolarga ta’na va malomat tariqatida kattachilik (tiliuzunlik) qilg‘aylar. Bovujud ulki, Xudo azza va jalla va rasuli akram (s.a.v.)ning hadisi shariflarida va oyati karimada necha martalab ulamolarni madh va sitoyish qilinibdur.

   Bas, bu mudbir nokaslar na ilmi holdin lazzat olmay, na ilmi zohirdin nasiba topmay, bu tariqa ta’na va malomatlari nechuk ravo bo‘lg‘ay? Bu toifa mudabbirlar ahvoli ul ahmaqning holiga o‘xsharkim. eshitibdurkim, kimyogarlik oltin ja’m qilmoqdin afzal. Andin oltun benihoyat hosil bo‘lur. Bu afzaldurkim, hamma zarning aslidur (deydilar).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:06:19
   Bovujud ulkim, o‘zi kimyogarlikdan tamom bexabardur. Kimyo zardin afzal deb lof urmoq birla muflis va gurusnalikdin, ya’ni ochlik va harislikdin halok bo‘lurlar.

   Bas, anbiyo va avliyolarning kashfu karomatlari kimyoga o‘xshashdur. Va ulamolar ilmi oltinga o‘xshashdur. Sohibi kimyoning sohibi zardin fil-jumla afzalligi bor.

   Va lekin bunda bir daqiqa bordurkim, masalan bir kishi yuz dinor oltun bo‘lguncha kimyogarlikni bilsa, ming dinor oltuni bor kishidan afzal ermasdur. Kimyogarlik so‘zi olamda bisyordur. Va lekin (ruhiy) kimyogarlikni biladigan kishi bu zamonda topilmas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:06:58
   Ammo ul toifakim, kimyogarlik talabida lof urarlar, ularning kori oxiri qalloblikdur. Ba’zi so‘fiylarning holi ham bunga o‘xshashdur. Kishikim. riyozat tortib, suluk yo‘lig‘a kirgan birla kamol daraja topmog‘i nihoyati mushkul va nodirdur.

   Agar haqiqat yo‘lidin andak daraja topqon birla ulamolardin afzal bo‘lolmas. Va so‘fiylar holi aksar bu tariqa bo‘lurkim, ibtidoi holda andak natija hosil ko‘rar. Xilofi shar’iyni sababidin ul martabadan tushar. Va ba’ziga xayol va savdoyi g‘olib bo‘lur. Andin hech natija hosil bo‘lmas. Gumon qilurkim, ma’rifat darajasini hosil qilmishlar. Bu nav’i gumonlari botildur.

   Balki ulamolardin ul kishi afzaldurkim, ilmi haqiqatda ancha komil bo‘lg‘aykim, dini islomga taalluqi bor. Ilmni kishidin o‘rganmoqqa hojati bo‘lmay, o‘z zotidin ilmi ladunniy birla bilish, bu martabaga yetish nihoyati dushvordur. Bas, bilgilki, anbiyo va avliyolarni kashf va darajalariga tasdiq qilg‘il. Bu toifa mudbirlar holidin ogoh bo‘lmoq birla avliyoyi zul ehtiromlarga e’tiqodingni botil qilmag‘il. Ul kishikim, ilmga va ulamolarga ta’na va malomat tilini buribdur, albatta dunyo va oxiratdin benasiblik nishonasidur.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:08:20
FASL
Odamiyning saodati ma’rifatulloh birla erkonining dalili bayonida

   Hamono aytursenkim, inson dilining saodati hazrati Haq subhonahu va taoloni tanimokda erkanini qaysi dalil birla bilurmiz? Bu dalil birla bilurmizki har nimarsaning saodati ul nimarsadurkim, lazzati va rohati o‘shandadur, va har nimarsaning lazzatini har kim, ta’biga ko‘ra taqozo qilg‘ay. Va ta’bi ani taqozo qilurkim, ani o‘sha narsa uchun ofarida qilg‘on (yaratgan) bo‘lg‘ay. Chunonchi, shahvatning lazzati o‘z orzusiga yetmoqdadur. G’azabning lazzati dushmandin intiqom, ya’ni o‘chini olg‘onda bo‘lur. Va ko‘zning lazzati zebo surat va oftob tal’atga nazar solg‘ondadur. Va quloqning lazzati kuy va ovozi dilkashni eshitmoq birla bo‘lur.

   Bunga o‘xshash dilning lazzati ruhiyatdadurkim, dilni aning uchun ofarida qilibdur. Dilning xossasi uldurki, hazrati Haq subhonahu va taoloni, osmon sifatlaridin boshlab, hamma mavjudotning haqiqatini bilmoklikdur. Ammo shahvat va g‘azab va o‘zga maxsusotkim, ani besh hissiyot yo‘li birla bilgali bo‘lur, bular yengildurki, bahoyim va hayvonotlarda ham bordur. Ushbu vajhdindurkim, odam o‘zi bilmagan nimarsani bilmoqg‘a taqozo va harakat qilur. Vaqtiki bilsa shodu xurram bo‘lur.

   Masalan, shatranjga o‘xshashdurkim, shatranj bilur kishiga aytsakim, shatranj o‘ynamagil, sabr qilmog‘i, dushvordur. Na uchunki, ajib va g‘arib o‘yin o‘rganibdurkim, anga faho va nozish qilur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:09:03
   Bas, bildingki, dilning lazzati haqiqat korlarini bilmokdadur. Bilgilki, qay nimarsaning ma’rifati azizroq va sharifroq, aning lazzati to‘laroqdur. Birov vazir birla hamasror bo‘lub, podshohni ahvolidan xabar tutsa, albatta shod bo‘lur. Ammo kishikim podshoh birla do‘st bo‘lib, hamnishinlik qilib, tadbiri mamlakatdin xabardor bo‘lsa, buning shodligi chandon ziyoda bo‘lur. Agar ilmi handasani zabt qilib, osmonlarning mikdorlarini bilgan kishining lazzati podshohlik lazzatidin, shatranj bilgan kishining lazzatidin ziyodadur. Va har nimarsaki, ani bilmak sharifrokdur, aning lazzati ulug‘rokdur.

   Bas, hech mavjudot hazrati Haq jalla va a’lodan sharifroq emasdurki, hamma mavjudotning sharofati aning birladur. Va hamma olamning va bu olamning ajoyiblari Haq taoloning yaratish qudratlarining osoridur, ya’ni nishonalari va belgilaridur. Bas, hech ma’rifat Haq taoloning ma’rifatidin sharifroq va azizroq va lazizroq emasdur. Hech nazzora hazrati parvardigori olamning ajoyib san’ati va g‘aroyib qudratlari nazzorasidin xushroq va lazzatliroq emas. Negaki dilning tab’i va taqozosi ushbudur, dilni buning uchun yaratibdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:09:36
   Bas, ul dilkim, bu ma’rifatning taqozoyi aningda botil bo‘lubdur, bemor tanga o‘xshashdurkim, taqozoyi g‘izo andin botil, bo‘lg‘ayki, aning nazdida tosh va nonning farqi bo‘lmas. Agar ul bemorning mijozi sihhatiga davo qilib, ishtahoyi tabiiy, joyiga kelmasa, bu jahon badbaxtidurki, halok bo‘lg‘usidur. Va ul kishikim, dunyo aloyiqining zavqi ko‘ngliga g‘olib bo‘lib, hazrati Haqsubhonahu va taoloning ma’rifati zavqi kam bo‘lsa,ul albatta bemordurki, agar iloj qilmasa, ul jahonning badbaxti bo‘lib halok bo‘lg‘usidur.

   Charoki, maxsusotdin har nav’ lazzat yetar. Va zavqkim, odamiy badaniga taalluq topar, hammasi o‘lmak birla botil . bo‘lur. Va ul zavqu lazzatlarni deb tortqon ranju meqnati ham zoe’ va botil bo‘lur. Va hazrati Haq subhonahu va taoloning ma’rifati lazzatikim, dilga taalluq topibdur, o‘lmak birla botil bo‘lmas. Balki yuz chandon bo‘lur, charoki, odam vafot etgan birla dil halok bo‘lmas, va ma’rifati ilohiy dilda barqaror turar. Balki ziyoda, ravshan bo‘lur. Va , bu so‘zlar tavilini bu kitobimning oxirida muhabbat asllarida bayon qilg‘umdur. Inshoalloh taolo.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:11:20
FASL
Odam tanasining xilqatidagi ajoyibotlar bayonida

   Dil gavharining sifatlari bu kitobimda munchalik mazkur bo‘lg‘oni kifoyadur. Agar kishi bundin ziyoda sharhni xohish qilsa, kitobi «Ajoyibul qulub»da bayon qildim. Ul kitobni mutolaa qilg‘ay. Bovujud bu ikki kitobni mutolaa qilmoq birla odam o‘zini tamom taniyolmaskim, bu ikki kitobda bo‘lgoni ham dili odamiyning ba’zi sifatlaridur.
Bas, bilg‘ilki, sifati dil bir rukndur. Sifati tan ham bir rukndur. Tanning ofarinishi (yaratilishi) va xilqatida chandon ajoyiblar bordur va har uzvining zohiri va botinida ajib ma’nolar va har birida g‘aroyib hikmatlar bordur.

   Bas, odamiyning tanida nechand ming pay va tomir va ustixonlardurkim, har biri bir nav’ shaklga mushakkal. Yana bir sifatlari o‘ziga yarashiqli va har birini bir maqsad uchun yaratibdur. Va holbuki, sen hammasidin bexabardursen. Munchalik bilursankim, qo‘lni tutmoq uchun va oyoqni yurmak uchun va zabonni so‘zlamoq uchun xalq qilibdur. Ammo bilgilkim, ko‘z o‘n tabaqadan iborat va har biriga futur yetsa, ko‘rmakka xalal yetkusidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:12:24
   Bilurmisenkim (Haq taolo) bu o‘n tabaqaning har birini nima uchun ofarida qilibdur? Va ko‘rmakka bularga ne uchun hojat tushar? Va ko‘z ilmi nechand kitoblarda sharh qilinibdur. Va agar bularni bilsang, ajib ermasdurkim, axshoi daruniylar, ya’ni hayvonlarning ichki a’zolarining xosiyatidin bexabarsen.

   Chunonchi: jigar va tixol ya’ni qorataloq va o‘t va killiyaki (ya’ni buyrak) peshobni saqlaydurgon quvvatdur. Va bundin o‘zga quvvaglarkim, bularni nima uchun xalq qilibdur?
Bilginki, jigar aning uchundurkim, muxtalif taomlar me’dadin jigarga borur, jigar hammani bir sifatda, qonning rangida qilur. Toki andomga g‘izo bo‘lmoqg‘a salohiyat qilur. Vaqtiki, qon jigarda pishib qivomig‘a kelsa, andin bir muncha zardob paydo bo‘lurkim, ul savdodur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:27:32
   Bilginki, jigar aning uchundurkim, muxtalif taomlar me’dadin jigarga borur, jigar hammani bir sifatda, qonning rangida qilur. Toki andomga g‘izo bo‘lmoqg‘a salohiyat qilur. Vaqtiki, qon jigarda pishib qivomig‘a kelsa, andin bir muncha zardob paydo bo‘lurkim, ul savdodur.

   Va qora taloqni ani uchun paydo qilibdurkim, ul savdoni jigardin Oltay. Bas, bu savdoni uzasida sariq ko‘fik paydo bo‘lurkim, ul safrodur. Va o‘tni aning uchun xalq qilibdurkim, ul safroni qoratalokdin jazb qilib (tortib, so‘rib) olur. Vaqtiki, qon jigardin chiqsa quyuq va beqivomdur, ya’ni quvvatsiz bo‘lur.

   Va buyrakni ani uchun xalq qilibdurkim, ul qon orasidagi suvni o‘ziga tortib Oltay, toki qon besafro va besavdo qivomi birla tomirlarda joriy bo‘lg‘ay. Va agar o‘tga ofat yetsa, qonga safro aralashib qolur. Bu vajhdan yaraqon (insonni ko‘zi. badanlari sarg‘ayib ketadi - sariq kasali) paydo buladi. Va bundin o‘zga illati safroviylar bo‘lur. Va agar qorataloqqa ofat yetsa, savdo qonga aralashar. Andin illati savdoviylar iaydo bo‘lur. Va agar killiyaga (buyrakka) ofate yetsa, suv qonga alishur, andin istisqo (qoringa suv yig‘ilish) kasali paydo bo‘lur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:33:47
   Bas, munga o‘xshash ajzoi zohir va botindin har birini bir ish uchun yaratibdur. Tanga bularsiz xalal yetqusidur. Balki odamning badani bovujud muxtasarligi birla olam ichidagi barcha mavjudotlardan mukammaldur.

   Va har nimarsaki, olam sahifasida bordur, odam badashda ham namunalari bordur. Chunonchi, ustixon tog‘ga o‘xshashdur. Va tomirlar yomg‘ir yog‘diruvchi. Va mo‘ylar (tuklar) daraxtlar misolidur. Va dimog‘ osmon monand va havoslar (hissiyotlar) sitoralar (yulduzlar) nishonasidur. Va bu so‘zning tafsiri bisyordur.

   Barcha mavjudotning turlari odam vujudida misoli bordur. Chunonchi, to‘ng‘iz va bo‘ri va it va (boshqa) to‘rtoyoqlilar, dev, pari va farishta, andog‘kim, yuqorida mazkur bo‘ldi. Va balki xamma olam ichidagi hunarmandlar misoli inson vujudida mavjuddir. Masalan, ul quvvatkim, me’dadadur, oshpaz misolidurkim, taomni pishirib, bir sifatda qilur. Va ul quvvatkim, taomning sof va solihini jigarga, saqil va fazlasini (og‘ir va keraksiz qoldiqni) ro‘dalarga (ichaklarga) tarqatur, bog‘bon misolidur. Va ul quvvatkim, taomni jigarda qon rangiga keltirur, rangrez (bo‘yoqchi)g‘a o‘xshashdur. Ul quvvatkim, qonni xotinlar siynasida (ko‘kragida) sut va erlar pushtida obi-mani qilur koriz (suv yo‘li) misolidur. Ul quvvatkim, g‘izo (taom)ning har juzvini o‘ziga tortur, jallobga o‘xshashdur. Ul quvvatkim, jigardin suvni tortib, masonaga (siydik qopiga) quyar, saqqog‘a (suvchiga) o‘xshashdur. Va ul quvvatkim, nazlani uchovdin (ichakdan) chiqarur, jorubkash (farrosh)ga o‘xshashdur. Va ul quvvatkim, badanni tahob (xarob) qilmoq uchun safro va savdoni ziyoda qilur, iyor mufsidga (fasodchiga) o‘xshashdur. Va ul quvvatkim, safro va o‘zga illatni daf qilur, odil umaro (amirlar)ga o‘xshashdur. Bu so‘zlar sharhi ham bisyordur. Ammo maqsud ulki, bilg‘aysenki, botining olamida chandon muxtalif maxluqotlardurki, hammasi kecha vya kunduz sening xizmatingda bo‘larkim, bir soat osoyish olmaslar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:35:30
   Ammo sen xobi g‘aflatdadursenki, na bu xizmatkorlarni bilursen va na bu xizmatkorlarni berguvchig‘a shukru-sano ado qilursen. Agar kishi bir g‘ulomini bir yillik xizmatga bersa, hamma umringda ul kishiga shukr aytib, minnatdorlik qilursen. Ammo ul zotkim, chandon ming hunarmand va xizmatkorlarni zohiring va botining xizmatiga yuboribdur, bir lahza xizmatingdin g‘ofil bo‘lmaslar, bas, ul zotni va ul xizmatkorlarni hech yodingga kelturmassen. Va shukrguzorlik haqqin ado qilmassen.

   Bas, bilgilki, zohiriy va botiniy a’zolarning tarkibini bildurgon ilmni ilmi tashrix atarlar. Ulug‘ ilmdurkim, xalq aningdin bexabardur. Ul kishikim o‘qibdur, ilmi tibda ustod bo‘lmoq uchun o‘qur. Va ilmi tib ham muxtasar ilmdur.

   Agarchandiki ilmi tashrixni bilmog‘ingdin mazhab tarixini bilmoqqa doxil yo‘qtur, ammo bu ilmni bilgan kishi Haq subhonahu va taoloning ajoyib va g‘aroyib yaratish kudratlarini bilmoq birla uch xosiyat hosil qilur. Avval ulki, bilurkim: bu qolipni bino qiluvchi va bu shaxsni ofarida etuvchi (yaratuvchi) andog‘ qodir va barkamoldurkim, hech nuqson (ayb, kamchilik) va ojizlik aning qudratiga yo‘l topmas. Har ishni xoxlasa qilur. Va hech kori mundin ajibroq ermasdur, bir qatra zotga o‘lgandan keyin tirgizmak (tiriltirmoq) chandon osonrokdur.Ikkinchidan, bilurkim: Haq taolo olimi bokamoldurkim, ilmi hamma korlarga muhitdur, bu tariqa ajoyib maxluqotlarni mundog‘ purhikmatlari birla xalq qilmoq ilmi kamolsiz aslo mumkin emas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 07 Avgust 2008, 16:39:10
   Uchinchi ulki, hazrati Haq subhonahu va taoloning bandalariga lutfu marhamati va inoyatining hech nihoyati yo‘qdurkim, bandalarga lozim nimarsani tamom yaratibdur, hech kam qilmabdur. Va ul nimarsalarkim, bo‘lmog‘i zaruriydur, barchasini to‘la-to‘kis ado qilibdur. Chunonchi, dil va jigar va o‘zga a’zoi rasolar, qo‘l va oyoq, zabon (til), ko‘z, va ul nimarsalarki, bandaning anga hojati tushmas va zarur ham ermas va lekin bu nimarsalar bo‘lg‘onidin bandaning ziynati xo‘blugi (go‘zalligi, husndorligi) ziyoda bo‘lur, ani ham ato qilibdur. Chunonchi, mo‘yni qoraligi va labning qizilligi va qoshning egriligi va mijjalarning (kiprik) tuzlig‘i (to‘g‘riligi). Va mundin o‘zga ham chandon inoyatlari bordur. Va Haq taoloning inoyati tanho odamga xos ermasdur, balki anqodin pashshagacha va fildan chumoligacha hamma mavjudotga shomildurkim (tegishli), hammasini guno-gun surat va rango-rang naqsh birla oroyishlar beribdur.

   Bas, tanning yaratilishi tafsiliga nazar qilmoq Haq subhonahu va taolo ma’rifatining kalididur. Shu sababdin bu ilmi sharifdur. Sharofati tabiblar hojati tushgan jihatdin ermas. Chunonchi, «She’r» va o‘zga kitoblarda, shoir va musannif (muallif) va hunarmandlarning qadri va sha’nini bilursan. Bas, Haqsubhonahu va taoloning ajoyib va g‘aroyib yaratish qudratlarini mushohada qilmoq ham hazrati Haq subhonahu va taoloning zoti va azimatini tanimoqg‘a bir kalitdur. Bas, badan ilmini bilmoq ham o‘z nafsini tanimoq uchun bir bobdur.

   Va lekin dil ilmini shunga o‘xshatish muxtasardurkim, tan otga o‘xshashdur. Va dil suvoriyga o‘xshashdur. Ofarinishdin (yaratilishdin) maqsud suvbriydir va markabni suvor uchun xalq qilibdur. Bas, o‘zingni osonlik birla tanigaysenkim, hech nimarsa o‘zingga o‘zingdin yaqin ermasdur. Kishikim o‘z nafsini tanimay, o‘zga nimarsalar haqiqatini bilmoqni da’vo qilsa, ul gadoyga o‘xshashdurkim, o‘zi yegali non topmagay va da’vo qilgaykim, shaharning tamom muflislariga (kambag‘al, bechoralariga) men non berurman, deb. Bu nav’ quruq da’vo botil (puchga chiqqan, buzuq, behuda) va ajibdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 15:54:19
                                                              FASL
                                Odamiyga ato qilingan dil gavhari bayonida


   Vaqtiki, dil gavharining sharofati va ulug‘ligi va azizligini bilding, yana bilg‘ilki, gavhari azizni senga kim beribdur va badaningda pinhon qilibdur, bas, bu gavhari noyobni talab qilmassen va aningdin g‘ofil bo‘lursen. Bu kamoli xiyonat va ziyonkorlikdur.

   Bas, jaxd qilg‘ilki, dil gavharini istab, dunyo ashg‘olidin (mashg‘ulotidin) forig‘ aylab, ani kamolu sharofatiga yetkurgilki, dilning oxiratdagi izzat va sharofati ulki, shodligidur beanduh va Bakryidur befano va qudratidur beajz, va ma’rifatidur beshubha. Haq taoloning jamolini ko‘rmakdur bekudurat.

   Ammo dilning bu olamdagi sharofati bukim, dilni oxiratda izzat va sharofatini topmoqg‘a loyiq va shoyistalik birla tutqaysen. Va garchi bu kunda odamdin noqisroq va bechoraroq narsa yo‘qturkim, ochlik va tashnalik, issig‘ va sovuq, g‘am va mehnatning asiridur. Har nimarsaiki anga lazzat va rohat yetkurur, ziyonkordur. Va aning manfaati ranju mashaqqatidadur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 16:48:26
   Bas, har kishining izzati va sharofati ilm birla va qudrat birla va yo himmat birla va yo jamoli va surati birla bo‘lur. Ba’zi odamning ilmiga nazar qilsang andin johilroq kishi yo‘qdur. Agar dimog‘ini bir tomiriga xalal yetsa, xataru halokdadur, va aning iloji nimadur? Va agar aning quvvati va qudratiga boqsang, andin ojizroq nimarsa yo‘qdurkim, agar pashsha va ari nish ursa uyqusiz va beqaror bo‘lur.

   Agar ani himmatiga nazar qilsang, taomidin bir no‘xat chog‘liq narsaga zarar yetsa, ranjur bo‘lur. Va agar jamoli va suratiga nazar qilsang mushkuldurkim, ichida bir najosat. Agar ikki kun o‘zini yuvmasa badbo‘ylikdin rasvo bo‘lur.

   Hikoyat: Bir kuni shayx Abu Sa’id shogirdlari birla sayr qilib, bir yerga yettilarki, halajoydin najosatni ul yerga chiqarib erdi. So‘fiylar burunlarini tutib, yuzlarini o‘gurib turdilar. Shayx andak (bir oz) boshlarini solib turib, muridlariga boqib turib, aytdilarkim: «Bu najosatning menga degan so‘zlarini eshitdinglarmi?!» Muridlar aytdilarki: «Ey, buzrikvorimiz! Anglamaduk».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 16:49:43
   Shayx aytdilarki, bu najosat menga aytadurki: «Men tunu kun anvo’ zebu oroyish birla oshpaz va baqqollar oldida turar edim va sizlarni hamyonlaringdagi dinor va dirhamlaringni berib, meni qo‘lga kelturdinglar. Sizlar birla bir kechadin ziyoda hamsuhbat bo‘lolmadimki, bu hOlta keldim. Mening sizlardin qochmog‘im lozimmudur va yo sizlar mendan-mu?!» Muridlar bu ishlaridin bisyor xijolat bo‘ldilar.

   Bas, haqiqat mundog‘durki, odam bu olamda bisyor nuqson va ojizlik va nokaslikda va aning bozori ro‘zi qiyomatdur. Agar kimyoyi saodatni ko‘nglida tutib amal qilsa, hayvonlik martabasidin farishtalik martabasiga yetar. Va agar dunyoga ko‘ngil tutsa, qiyomat kuni it va to‘ng‘iz ul kishidin afzaldur.

   Charoki g‘ariblar tufroq bo‘lub, do‘zaxning ranju azobidin emin (amonda, tinch) bo‘lurlar. Va gunohkorlar do‘zax azobiga sazovor bo‘lg‘usidur. Chunonchi, sharofat va fazilatlaringni taniding, (endi) nuqson va bechoraligingni ham bilgaysenki, o‘zlik ma’rifati Haq jalla va a’lo ma’rifatining kalitidur. Bas, o‘zini tanimoqqa bu so‘zlar kifoyatdur. Bu kitob muxtasar, mundin ziyoda sharhni ko‘tarmas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 16:55:15
FASL
Haq subhonahu va taoloni tanimoq bayonida

O’tgan anbiyolar kitoblarida bu qavl masturdirki (yozilgan):

A’rif nafsaka, ta’rif rabbaka.
   
Axbor va osorlarda kelibdurki:   

Man arafa nafsahu, fa qad arafa rabbahu.


Hikmat: Avvalgi arabiyning tarjimasi ulki: tanigil o‘zligingni, tanursen parvardigorni.

Ikkinchi hadisning tarjimasi ulki: inson o‘z nafsini, ruhini tanibdur, parvardigorini ham tanigay.

   Bu kalimalar dalildur mungaki, nafsi odamiy oyinaga o‘xshashdurkim, kishilar ul oynaga qararlar, haq taoloning jamolini ko‘rmaslar. Bas, Haq taoloni dil oyinasida ko‘rish, ikki vajh birla hosil bo‘lur. Avvalgi vajh mushkul va po‘shidaroqdur (yashirin) kim, ko‘pchilik kishilar ul vajhni fahm qilolmaslar. Bas, kishi fahmiga sig‘magan so‘zni qilmoq savob ermas.

   Ikkinchi sabab buki, hamma xalqning fahm qilmog‘i osondur. Odamiy o‘z zotining mavjudligidin Haq subhonahu va taoloning zoti vojibul vujudini tanir va o‘zidagi sifatlardin Haq taoloning sifati subutiyya va talbiyalarini bilur. Va o‘z mulki, badaniga egalik qilishdan Xudovandi olamning hamma olamg‘a egaligini anglar. Va bu so‘zlarning tafsiri ulki, vaqtiki, odamiy o‘z vujudini tanisa, bilurkim, bu olamga kelmasdin ilgari otasi pushtida nasiba yo‘q erdi, anda aql va sam’ (quloq) va basar (ko‘z), va fut (oyoq) va ustuxon va pay, go‘sht va po‘stdin nasiba yo‘q erdi. Bas, bu ajoyiblar odam vujudida o‘zi paydo bo‘ladimi va yo bir kishi paydo qiladimi?
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 16:56:03
   Bas, bu vaqtdakim darajai kamolda sen bir mo‘y (tuk) - chog‘liq nimarsani yaratmoqdan ojizsen. Va ul vaqtkim, bir qatra suv eding, mundin ojizroq eding. Bas, nochor o‘z zotingni bu tariqa qodir va tavonoligidin (kuchli, quvvatli) parvardigori olamning qudratlarini mushohada qilg‘aysen. Vaqtiki, odam o‘z badanida zohiriy va botiniy ajoyiblarig‘a nazar qilsa, olam yaratguvchisining qudratlarin bilurkim, bir qatra suvdin odami bokamol va bojamolni chandon ajoyib va badoyi’ (go‘zalliklar) birla xalq qilibdur.

   Vaqtiki, odam o‘z sifatlariga, g‘aroyib a’zolarining manfaatlariga boqsa, chunonchi: a’zoyi zohiriylari - qo‘l va oyoq, ko‘z va quloq va til. Va a’zoyi botiniy: jigar va qorataloq va yurak va mundin o‘zga hammasini ajoyib hikmat va g‘arib sifatlar birla ofarida qilibdur.

   Haq taoloning ilmi va qudratlari kamolini bilgilkim, Xudoi taoloning ilmi har narsaga qodirdir. Aning ilmidan tashqari hech ilm yo‘qtur. Va agar hamma oqillar jam’ bo‘lib (urinsa) odam a’zolarining bir uzvini (bo‘lagini) yarata olmaslar. Haq taolo xalq qilgon suratdin ho‘broq (chiroyliroq) yana bir surat taqdir qilmog‘ini fikr va andesha qilsalar, hargiz o‘xshata olmaslar. Masalan: tish surati yana bir suratda bo‘lmog‘ini fikr va andesha qilsalar. Chunonchi: o‘ttiz ikki adad tishlarning oldingisi sartez (uchli, o‘tkir) va toblig‘dir. Toki taomni kesib yegay. Va oziq - jag‘ tish barcha tishlarning ummiyasi (onasi)dur. Toki taomni yanchib, tegirmonning shaqildog‘i kabi, taomni yumshatadurg‘on tishlarga yetkurur. Tilning ostidagi qut (ozuqa)ga suv sepib xo‘l qilib, yumshoklikka salohiyat paydo qilur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 16:58:56
   Bas, hamma olamning oqillari mundin ho‘broq yana bir suratni tasavvur qilsalar vuqu’ga (yuzaga) kelmagi mumkin ermas. Va munga o‘xshash barmoqqim, to‘rti bir suratda va ibhoqim (bosh barmoq) bularining qiladurg‘on amali ma’lumdir. To‘rt barmoq uch bandlik, bosh barmoqning ikki bandi bordur. Har nimarsani xoxlasa tutar. Mundin bo‘lak ham chandon xizmatlar qilur. Va agar hamma uqaloyi olam (oqillar) barmoqlar vasfini yana bir tariqada bo‘lmog‘ini xohish qilsalar, masalan, hamma barmoqlarning bir sifatda bo‘lmog‘ini va yo uch barmoq bir suratda bo‘lmog‘ini va yo barmoqlar olti bo‘lmog‘i va to‘rt bo‘lmog‘i, mundin o‘zga ham bir suratda tasavvur qilsalar, albatta noqis va notamom bo‘lg‘usidur. Komili va loyiqi uldurki, Haq subhonahu va taolo xalq qilibdur, bu vajh birla, ma’lumdurki, yaratuvchi hamma olamlarga muhitdir. Va hamma mavjudoti olam holiga donodur.

   Bas, odam a’zolaridin har birining hojatlarig‘a nazar qilsa, chunonchi, o‘z a’zolari, taom va libos, manzil va makon, va mundin o‘zga ham, temir va yogoch va misdin bo‘lg‘on asboblar va mundin o‘zga ham chandon nimarsalarni bandalarining hojati uchun Haq subhonahu va taolo o‘z lutfi inoyati birla yaratibdur. Bas, bu mazkur bo‘lg‘on so‘zlardin banda bilurkim Haq taolo bandalarig‘a mehribondur. Chunonchi, Haq taolo aytibdur:

   Sabaqat rahmatiy ala g‘azabi.   

ya’ni, mening rahmatim g‘azabimdan avval turur. Hazrati payg‘ambar s.a.v. aytibdurlarkim Haq taoloning bandalariga shafqati va marhamati sut emadurgon bolaga onasining shafqati va marhamatidin ziyodaroqdur.

   Bas, odam zotining kuch-quvvatidin hazrat vojibul vujud qodirligi va barkamolligini bilur. Va ajzo va atrofiy tafsilidin Xudovandi olamning ilmi hamma ashyoga muhitligini anglar. Va o‘z atrofi manfaatlari va ajoyib hikmatlari vuqufidin (bilish, xabardorlik) Haq taolo qudrat kamolini mushohada qilur. Banda o‘ziga nochor lozim bo‘ladurg‘on va yo ziynat uchun muxtoj bo‘ladurg‘on nimarsalarni o‘zida mavjud ekanidin Haq taoloning nihoyasiz lutfu marhamatlarini bilur. Ushbu vajhdin, o‘zligini tanimoq Haq subhonahu va taolo ma’rifatining kalididur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:02:26
                                    FASL
                  Haq taoloning sifatlarini tanimoq bayonida


   Chunonchi, o‘z zotingni tanisang Haq subhonahu va taoloning zoti vojibul vujudini taniysan. Va o‘zingni tasdiqing birla Haq subhonahu va taoloning pok va muqaddasligini taniding. Bas, hazrati Haq subhonaxu va taoloning tanzih (pokligi) va taqdisi (muqaddasligi) uddirki, ul zot inson xayoliga keladurgon narsalardin munazzaxdur (pok, sofdir). Va bir makonga bog‘liq emas. Chunonchi, hech joy Haq taoloning tasarrufidin xoli ermasdur. Bas, odam vujudida bu nimarsalardin namuna bordur.

   Va ruhning haqiqatikim, bizlar anga Dil ot qo‘ydik, U ham xayoldagi rang, shakl, hajmlardan xolidir. Va anga miqtsor va kamiyat (andoza, hisob, adad) yo‘qdur. Va qismatni qabul qilmas. Va har nimarsaki, shakli, hajmi, rangi yo‘qdur, miqdori ham bo‘lmas. Va aql ham ani tasarruf qilolmas. Va odam faqat avval qo‘zi ko‘rgan narsalarni ravshan tasavvur qilur. Alvon ranglar va ashkoldin (shakllardin) bo‘lak nimarsa ko‘z va xayolning idrokidin xorijdur. Masalan: kishikim bilmagan nimarsadin savol qilsa, ayturkim, falon narsa nechukdur? Nechukdemakning ma’nisi: na shakldur - kattami va kichikmi, na rangdadur demak.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:03:46
   Va ul nimarsaki, bu sifatlar aningda bo‘lmasa chiguna (qanday, qanaqa) deb savol qilmoq botildur. Va agar xoqlasakim, chigunalik yo‘l topolmaydurgon nimarsani bilg‘aysen, o‘z haqikdtingga qaragilki, ruh haqiqati ma’rifatdadur, qismatni qabul qilmas. Miqdor va kamiyat anga yo‘l topmas.

   Agar kishi sendin savol qilsaki, ruh nimadur?, javob uldurkim, hech nimaga o‘xshamas. Vaqtiki, o‘zingni bu sifat birla bilding, Haq taolo tanzih va taqtsisi chandon avlodur. Bas, odamiylar taajjub qilurkim, mavjudot nechun rangsiz, shaklsiz bo‘lg‘ay? Bovujud o‘zlarida bu sifat bo‘lg‘aykim, o‘zlarini tanimaslar. Balki odamiy o‘z badaniga sarhisob bersa, chandon nimarsadurki, bechun va bechigunadur. Masalan, ishq dardi va g‘azab va lazzatkim, bularning rangi va hajmidan savol qilmoq durust ermas. Balki agar kishi ovozning ta’m va bo‘y (hid) haqiqatini bilay desaki, na rangdur va na suratdadur, bilmaslar. Bu vajhdinkim, qanday va qanaqa deb so‘raladigan narsalarni fakdt ko‘rmak birla bilsa bo‘lur. Va ul nimarsaki, quloq birla bilgali bo‘lur, ko‘zni andin hech nasibasi yo‘qtur. Masalan, ovozni ko‘z birla ko‘rgali bo‘lmas. Chunki uning hajmi va shakli yo‘qtur. Chunonchi, surat va rangdin quloqning hech nasibasi yo‘qtur. Faqat akl va dil birla bilinadigan hamma hislarni va bilimlarni insondagi besh sezgi bilan bilib bo‘lmas.

   Bas, hajm va shakl ul maxsusotga xosdurkim, ko‘z birla ani ko‘rgali bo‘lg‘ay. Va bu so‘zlar tahqiqini «Ma’qulot» (Aqliy tushunchalar) otlig‘ kitobimda sharh qildim. Va bu kitobimda munchalik sharh kifoyatdur. Bas, maqsud bu mazkurotdin odamiy o‘z zotidagi ruhoniy sifatlarni bilg‘ay. Haq taolo zoti vojibul vujudining hajmsiz, shaklsiz, mangu, oliy ruhoniyat ekanligini bilgay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:10:56
   Chunonchi, jon-ruh mavjuddur, tanning podshohidur. Va har nimarsaki badanning ichida, hajmi va shaklini bilgali bo‘ladur - hammasi ruhning mamlakatidur. Munga o‘xshash, parvardigori olam hamma olamning podshohidur. O’zi hajmsiz va shaklsiz, Har nimarsaki hajm va shakl birla muttasifdur, (sifatlangan) maxsusotga o‘xshashdir. Va har nimarsaki, hajmsiz va shaklsizdur, chunonchi, dil va mundin o‘zga hammasi hazrati vojib taoloning mamlakati va aning tasarrufidadur.

   Yana bir nav’ izoh bukim, hazrati subhonahu va taoloni hech makonda deb bo‘lmas. Masalan: - ruh qo‘lda va yo oyoqtsa, va yo boshda, yo yana bir a’zoda degani bo‘lmas. Balki badanning hamma a’zosi qismatni qabul qilur. Va ruh qismatni qabul qilmas. Bas, qismatni qabul qilmaydurgon nimarsa qismatni qabul qiladurgon nimarsada barqaror bo‘lmog‘i maholdurkim, ul vaqtida ruh ham qismat-pazir (qismatni qabul qiluvchi) bo‘lmog‘i lozim kelur.

   Bas, ruh hech bir a’zoga o‘xshamas, va yo‘qolmasdir. Hech a’zo aning tasarrufidin xoli ermasdur. Balki hamma badan ruhning farmonidadur. Va ruh hamma badanning podshohidur. Chunonchi, hamma olam-Haq taoloning tasarrufidadurkim, Uni hech makonda deb bo‘lmas. Bas, ruhning tanzih va taqdisi - pokligi va muqaddasligi ul vaqt to‘liq bo‘lurkim, hamma olamlarning xosiyat va asrorlarini bilsa. Bas, ruhning haqiqatini bilmoqqa, qudrati va aning xosiyatlarini bayon qilmoqg‘a ruxsat yo‘qtur. Ruhning haqiqati munchalik ma’lumdurkim:

   Innalloha taolo xalaqa odama ala suratihi.

   Ya’ni: Alloh taolo xalq qildi odamni o‘z surati birla. (Bu qaqiqatni ham barcha xalq bilmas).

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:12:32
FASL
Haq subhonahu va taoloning hamma olamlarga podshohligi bayonida

   Vaqtiki, Haq taoloning zoti vojibul vujudi va sifati qadimiyligi, vazn, shakl, rang, zamon va makondin xoli ekani ma’lum bo‘ldi. Bas, bu ma’rifatning kalidi odam o‘zligini tanimog‘ida ekani mazkur bo‘ldi. Haq taoloning hamma olamlarga podshohligi qaysi vajh biladur? Va maloikaga - farishtalarga farmon qilmog‘i va maloika unga bo‘ysunmog‘i va olam ishlariga maloikalarni muakkil qilmog‘i va osmondin zaminga farmon yetkurmagi va osmonda yer va sitoralarni (yulduzlarni) sayr qilmog‘i va rizqlar xazinasining ochqusini havola qilmog‘i nechukdur?

   Bu bobda bular haqiqatini bayon qilgumdurkim, Haq taoloning ma’rifatini hosil qilmokda ulug‘ xosiyatlar bordur. Muni af’oli ma’rifat derlar. Chunonchi, avvalgi bobni ma’rifat zoti va ma’rifat sifati atalur erdi. Bas, ma’rifati af’olning kalidi ham odam o‘zligini tanimog‘idur.

   Vaqtiki, o‘zingni badan mamlakatiga podshohlik va tasarrufingni bilmasang, Haq taoloning podshohlik va tasarrufini nechuk bilursan? Avval o‘zingni tanigil va o‘z sifatlaringni bilg‘il. Masalan, «Bismilloh»ni bitmakni xohish qilsang, avval inson rag‘bati va irodasinda paydo bo‘lur. Va murod bu dildin zohiriy dildurkim, go‘shporai ul sanavbariy (yurak) ko‘Qoakning chap tarafidadur. Bas, bu dildan ruh dimog‘iga harakat qilur. Hamma quvvat, his-harakatlar muning birladur. Va bu ruhga o‘lim yo‘l topar, hayvondagi ruh ushbudir. Odam va hayvon o‘lmagi birla bu ruh ham o‘lar. Bu ruhni hayvoniy ruh atarlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:14:02
   Va yana bir ruhkim, bizlar anga dil deb qo‘ydik, hayvonotda ul ruh yo‘qtur. O’lim anga hargiz yo‘l topmas. Va bu ruh xudoi azza va jalla ma’rifatining o‘rnidir. Vaqtiki, ruhi hayvoniy dimog‘iga yetsa, «Bismilloh» surati dimog‘ni xazinasida quvvat va xayolning makonida paydo bo‘lur. Va dimog‘din ta’sir ul paylarga yetarkim, ul paylar - (asab tomirlari) odamiyning hamma a’zosida rishtaga o‘xshab tarqab, barmoqlar uchiga tutashgan. Bu paylarni oriq kishining bilagida ko‘rgali bo‘lur. Bas, bu paylar jumbushga kelib, barmoqlar uchini jumbushga keltirur. Bas, «Bismilloh» suvrati xazinai xayoldagi suratga muvofiq qog‘ozda paydo bo‘lur. Bu suvratning qog‘ozda paydo bo‘lmog‘i hissiyotning yordami birladur. Xususan, ko‘z birladurkim, to ko‘z nigoron bo‘lmaguncha harf yozilmas.

   Bas, bandaning qilur ishining avvalgi rag‘bati va xohishi shudurkim, avval ko‘ngilda paydo bo‘lur. Munga o‘xshash, hazrati Haq subhonahu va taoloning sifatlaridin birini iroda atarlar. Hamma ishlarning avvali Xudoning irodasi bilandur. Chunonchi, bandaning xohish va irodasining asari avval dilda paydo bo‘lur. Andin keyin dilning vositasi birla o‘zga a’zo va quvvatlarga yetar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:17:04
   Haq taolo irodasining asari avval Arshda paydo bo‘lur. Andin o‘zga joylarga yetar. Chunonchi, badanning vujudida jismi latifdurkim, ruhi hayvoniy ot qo‘ydiq, dilning tomirlaridin bu asarni dimog‘iga yetkurur. Munga o‘xshash Haq taolo irodasining asarini Arshdin Kursiga yetkuradurg‘on javhari latiflar bordurkim, ani farishta atarlar. Va ruhlar ham derlar. Va ruhul quddus ham atarlar. Chunonchi, bandaning irodasi asari dildin dimog‘ga yetarkim, dimog‘ dilning xazinadoridur. Munga o‘xshash, Haq subhonahu va taoloning iroda sifatining asari Arshdin Kursiga yetarkim, Kursi quyida, Arshning ostidadur. Chunonchi, badanning qilur fe’lining suvrati dimog‘ xazinasining avvalgi tabaqasida paydo bo‘lur. Andin keyin xorijda suvratg‘a kelur. Munga o‘xshash ham nimarsaki olamda mavjud bo‘lib, andin keyin ul nimarsa olam ichida mavjud bo‘lur. Chunonchi, dimog‘dagi quvvati latif paylarni junbushg‘a keltirur. Munga o‘xshash, Haq taoloning Arshu Kursiga muakkal farishtalari bordurkim, osmok va sitoralarni (yulduzlarni) junbushga keltirur. Va dimog‘dagi quvvatni, pay va tomirlar vositasi birla barmoqlarni harakatga keltirgandek, farishta muakkal kavokib (yulduzlar) vositasi va soat robitasi (aloqa) birla olami sifliy chahor tab’ anosirni (to‘rt unsur - suv, tuproq, o‘t, havo) harakatga keltirur. Ya’ni harorat, rutubat (ho‘llik) va yubusat (quruqlik) va burudat (sovuqlik)dur.

   Chunonchi, qalam siyohni parokanda qilur va jam’ qilur, toki «Bismilloh» suvrati qog‘ozda naqsh bog‘lagay. Munga o‘xshash farishtai muakkallar harorat va burudat, anosiri arba’ani (to‘rt unsurni) harakatga keltirur. Qog‘oz siyoxni qabul qilg‘onga o‘xshash, ansori arba’aning rutubati shaklni qabul qilgusidur. Yubusat, ya’ni qurug‘luq ul shaklni saqlag‘uvchmdur. Charoki, agar rutubat bo‘lmasa shakl paydo bo‘lmas. Ag‘ar yubusat bo‘lmasa shakl to‘xtamas. Chunonchi, qalam barmoqlar madadidin harakatga kelib, o‘z ishini tamom aylab, «Bismilloh» suvrati xazinai xayoldagi naqshga muvofiq hislar yordami birla qog‘ozda suvrat bog‘ladi. Munga o‘xshash anosiri arba’adin harorat va burudat harakatga kelib, faryshtai muakkallar yordami birla jonzot, o‘simlik, balki tamomiy mavjudot suvrati Lavhul mahfuzdagi suvratga muvofiq jahon maydonida jilvaga kelur. Chunonchi, bandaning qilur ishlari avval dilda paydo bo‘lur. Odam kori dilni orasta qilsa, badan mamlakati tadbirini xo‘bluq birla qilur. Munga o‘xshash, hazrati Haq taolo Arshni xalq qilug‘uvchi va Arshga g‘olibdurkim, hamma qudrati komilasi birla Arshni barpo aylab, olam mamlakati tadbirini qilg‘uvchidur.

   Summastavo ala-l-Arshi yudabbirul-amra. (Yunus, 3).

   Ya’ni, hazrati Haq taolo Arshga g‘olibdur. Hamma olam mamlakatining tadbirini qilg‘uvchidur. Bilg‘ilki, bu mazkur bo‘lg‘on hammasi haqiqatdurkim, ahli haqiqatga kashfi zohir birla ma’lum bo‘libdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:19:38
   Innalloha taolo xalaqa odama ala suvratihi ma’nisini nechuk bilurlar? Haqiqat bilgilki, podshohlikni podshohlardin o‘zga kishi bilmas. Va agarchi Haq subhonahu va taolo vujuding mamlakatiga dilni podshoh qilmasa, hazrati xudovandi olamning podshohligini bilmas erdi. Bas, shukr qilg‘il ul podshohg‘akim, seni xalq qildi va o‘sha vujuding mamlakatiga seni podshoh ayladi.

   Bas, dildin senga Arshni muhayyo ayladi. Va dimog‘din Kursi bino ayladi. Va xazinai xayoldin Lavhul mahfuz berdi. Ko‘z va quloq va besh hissiyotdin xizmatchilar ato qildi. Va qubbai dimog‘ekim, hamma paylar manba’idur, ani osmon va sitoralar o‘rnida karam ayladi. Barmoq va qalam, siyohni (dilga) mute’ va musaxxar qildi. Bas, seni yagona Alloh bechun va bechigunalik birla ofarida qildi.

   Bularning hammasiga seni podshoh qildi va Haq taolo senga xitob qildiki, zinhor o‘zingdin va podshohligingdin g‘ofil bo‘lmag‘ilki, bulardin g‘ofil bo‘lsang, parvardigordin g‘ofil bo‘lganingdur.

   Fa innalloha taolo xalaqa odama ala suvratihi, a’rif nafsaka yo insonu, ta’rif robbaka.

   Va chindin ham Alloh taolo odamni o‘z suvrati birla yaratdi, va ey odam, o‘zingni bilgil va rabbingni bilgil!
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:21:40
FASL
Xalloqi olamning farishtalari bayonida

   Bas, Tangri odam podshohlig‘i va xalloqi olam podshoxlig‘ini tanimoqni ikki ilmi aziymga ishorat qildi. Avvalgi ilm, odam o‘zligini, ruhini tanimog‘idur. Va o‘z a’zolari aloqalari kayfiyati va quvvatlari va sifatlari ahvolini bilmak. Bu ilm uzundurkim, bular tahqiqi bayoni bu kitobga sig‘mas. (Insonshunoslik ilmi).

   Ikkinchi ilm hazrati xalloqi olam mamlakatining farishtalarga irtiboti (bir-birlari oldida martabasi) va farishtalarning bir-biriga, Arsh va Kursi va osmonlarning farishtalariga martabaviy munosabati tafsilidur. Bu ilm avvalgidin ham uzoqroqdur. Va maqsud bu ilmlardin ishorat mungaki, , to har kishi ziyrak va donodur, bu ilmlarga tasdiq aylab, zabt qilib, Haq subhonahu va taoloning azimatini tanig‘ay. Va ul kishi nodondur, hazrati xalloqi olam sifoti mutoalasidin g‘ofil va mag‘bun (aldangan) va jamoli bokamoli mushohadasidin mahrumlig‘ini o‘zi ham bilmag‘ay.

   Va ul bechorai mahrum tabiiyunlar va munajjimlar olam ishlarini Quyosh va yulduzlarga tobe’ deb bilurlar. Bularning misoli mo‘rchaga (mayda chumoli) o‘xsharki, qog‘oz uzra yurur va ko‘rarkim, qog‘oz uzra siyoh naqshi paydo bo‘lur. Qalamni ko‘rub shod bo‘lub, ayturkim, bu ish haqiqatini bildimki, bu ishni paydo qilg‘uvchi qalamdur. Bu tabiiyun (moddaparast) misolidurki, muharrik (harakatlantiruvchi) lardin quyi martabadin ziyoda bilmas. Tabiiyun deb ul toifani ayturlarkim, olam ichra mavjud bo‘lur ishlarni falakka va dahoga nisbat berurlar. Masalan, yer muzlashini o‘z faslining tabiatidan bilurlar. Bas, boshqa chumoli kelur - avvalgidan cho‘ngrogi (kattarog‘i) ayturkim, sen g‘alat (xato) qilding, bu ish haqiqatini men rosti birla bildimki, bu naqshni paydo qiluvchi qalam ermas, balki naqqosh barmog‘idur, naqsh barmoqqa tobe’dur, va musaxxardur. Bu munajjimning misolidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:24:40
   Ayturkim, toboye’ (tabiat) kavokibga (yulduzlarga) musaxxardur. Bu ham g‘alat qilur. Bilmaskim, kavokib farishtalarga musaxxardur. Bas, munajjim yulduzdan yuqori darajalarga yo‘l topmabdur. Chunonchi: munajjim va tabiiyun orasida olami ajsom (jismlar olami) mas’alasida ixtilof bordur.

   Munga o‘xshash ul toifakim, olami arvohga (ruhlar olamiga) yo‘l topibdurlar, ular orasida ham chandon ixtilof bordur. To‘laroq ilmni bilgan ulki, olam jismlaridin taraqqiy aylab, olami arvohdin andek nasiba topsa (bo‘lgay). Va bu darajadin ziyodaga sa’y va g‘ayrat qilmasa (intilmasa) unday kishiga olami arvoh (ruhlar olami)ga yo‘l masduddir (to‘silgandir).

   Bas, olami arvohiykim - olam anvoridur, anda ham bu nav’ mashaqqat va to‘siqlar bisyordur. Ba’zi darajasi kavokibga o‘xshash va ba’zi darajasi qamarga (oyga) o‘xshash va ba’zisi shamsga o‘xshashdur. Va bu taraqqiy ul kishining me’rojidurki, osmon va farishtalarni anga ko‘rsatgan bo‘lg‘aylar. Chunonchi: Haq subhonahu va taolo Ibrohim Xalilulloh haqida xabar beribdurki:

   Va ka-zolika nuri Ibrohim malakuta as-samovoti za-l-arzi. (An’om, 75).

   Ya’ni, Biz Ibrohim diliga nur berib, Yer va osmonlardagi malakut ajoyibotlarini ko‘rsatdik.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:33:46
   Ushbu ma’nidin hazrati rasuli akram s.a.v. xabar beribdurlarkim:

«Chindan ham Haq taolo nurli, yetmish ming hijob ila yashirindurki, uning jamolini ko‘ngil ko‘zi bilan kashf etsa bo‘lur».

   Bu hadisning sharhini kitobi «Mishkotul anvor» («Nurlar ziyosi»), Sifotul asror» («Sirlar sifatlari»)da bayon qildim. Bas, maqsud uldurki, tabiiyun bechora, olam ishini harorat va burudatga (issiq va sovuqqa) havola qilibdur. Rost aytibdurkim, agar harorat va burudat ilohiy sabablar jumlasidin bo‘lmasa, ilmi tib botil bo‘lur edi. Va lekin ul vajhdin xato qilurkim, nazari cheklangan quyi martaba bo‘lgan harorat va burudatni asl bilur. Kim yana kimga musaxxarligini bilmas. Haroret va burudat (olami sifliy) eng quyi o‘rindagi sabablar jumlasidandur.

   Munajjimki, sitoralarni ilohiy sabablar jumlasidin sanabdur, rostdur, agar mundog‘ bo‘lmasa kecha va kunduz barobar bo‘lur edi. Bas, Oftob sitoradurki, olam ravshanligi va issig‘ligi aning birladur. Zimiston (qish) va tobiston (yoz) barobar bo‘lur erdikim, yozning issig‘ligi ul jihatdindurki, oftob osmonning o‘rtasiga yaqin yurur. Xudovandi Karim osmonni issiq va ravshan qilibdur, Zuhalni sovuq va quruq va Zuhrani issiq va ho‘l qilibdur, deb aqida qilmoqning musulmonchilikka hech zarari yo‘qtur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:36:31
   Bas, munajjim ul sababdin xato qilurki, nujumni (yulduzlarni) asl bilib, olam ishlarini anga havola qilibdur. Nujumning (kimga) musaxxarligidin xabar topmabdurkim,

   Va ash-Shamsa va-l-Qamara va an-nujuma musaxxxaratin bi amrihi. (A’rof, 54).

   Ya’ni, Quyosh, Oy va yulduzlar Haq subhonahu va taoloning amriga tobe’ va musaxxardurlar. Musaxxar deb ani ayturmizki, yana birovning farmoni birla ish qilg‘ay. Bas, nujum o‘zicha hech bir ish qilolmas, balki farishtalar farmonicha ish qilur. Chunonchi, payning amali atrof badanni harakat qildurmoqda, (u) dimog‘dagi quvvatning asaridindur. Bas, kavokib (yulduzlar) quyi martabadagi xizmatkorlardandur.

   Yulduzlar garchi naqiblar (e’tiborli zotlar) darajasidadur, ammo sifliy olamdadur. Anosiri arba’ga o‘xshash quyi martabadagi chokarlardandur. Kotib qo‘lidagi qalamga o‘xshash.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:40:10
FASL
Tabiiyunlar ojizligi bayonida

   Ba’zi tabiiyunlarni (olamni faqat moddiy deb biluvchilarni) bu vajhdin tushunsa bo‘lurkim, hammalari rost ayturlar, va lekin ba’zilari ko‘rmay, ko‘rgan va bilganning da’vosini qilurlar. Bas, bularning misoli bir guruh ko‘rlarga o‘xshashdur. Eshitibdurlarki, ularning shaqrig‘a fil kelibdur. Bular jam’ bo‘lib kelib, filni qo‘llari birla silab, tanimoqni xohish qilib, ba’zisi filning qulog‘ini va ba’zisi oyog‘ini va ba’zisi dandonini (tishini) silab, yonib-yonib (shoshib-qaytib) qolg‘on ko‘rlarga fildin xabar berg‘aylar.

   Ul kishikim, filning oyog‘ini silabdur, aytibdurkim, fil ustunga o‘xshash narsa ekan. Va ulkim, qulog‘ini silabdur, ayturkim, fil gilamga o‘xshash nimarsadur. Bu toifalar hammalari rost aytur va ham xato qilurlar. Filni birgina a’zosi birla taniganini gumon qilurlar. Ammo ba’zi a’zosidin xabardor, o‘zgasidin xabarsizdurlar. Munga o‘xshash, munajjim va tabiiyun ham Hazrati Haq subhonahu va taoloning chokarlaridin ba’zisini tanib, aning saltanat va g‘olibligidan taajjub qilib, aytibdurlarkim, podshoh ushbudur. Va ul kishikim, anga rost yo‘lni ko‘rsatibdur va hammaning nuqsonini ko‘ribdur, ayturkim, bular yana birovning farmonidadur. Va har nimarsakim, boshqaga tobe’ va musaxxardur, xudo emasdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:41:39
                                                               FASL
                                                Olamning tuzilishi bayonida


   Kavokib va taboyi’ (tabiat) va falakul kavokibning burjlarikim, taqsim etilgandur o‘n ikki qismg‘a. Va Arshkim, bulardin mug‘ayirroqdur (boshg‘acha, g‘aroyibroq), misoli podshohning hujrai xosi bo‘lg‘aykim, vazir ul hujrada o‘lturgay. Va bul hujraning atrofida ravoqi bo‘lg‘aykim va har toqida ul vazirning bir noibi o‘ltirgay. Va yetti naqibsuvor bu o‘n ikki toqining tashqari tarafidin aylangay. Bu naqiblar (rahbarga yaqinlar) vazirning noiblari farmonidadur. Va to‘rt piyoda kamonandoz bu yetti naqibdin yiroqroq muntazir turarlarki, hazrat podshoxdin nechuk farmon yetkusidur. Va to‘rt kamand - arqonini bu to‘rt piyodag‘a beribdurlar, tokim, farmon taqozosi birla ba’zisini podshoh dargohiga tortarlar, va ba’zisini yiroq qilurlar.

   Va falakul kavokib - yulduzlar ul hujraning ravoqidur. Va o‘n ikki burj o‘n ikki toqidur. Vazirning noiblari nechand farishtadurlar. Bularning rahbari vazirkim, farishtai muqarrabdur. Aning darajasidin pastroqdurkim, bularning har biriga bir ilmni, ishni topshiribdurlar. Va yetti sayyora yetti suvoriydurkim, naqiblarga o‘xshash hamisha bu toq atrofini aylanur va har tokdin bir nav’ farmon ularga yetar.

   Va ul nimarsakim, anosiri arba’a atarlar, chunonchi: suv, otash, havo, tuproq - to‘rt chokar piyodadurkim, o‘z vatanlaridin safar qilmaslar. Va to‘rt tab’ekim, chunonchi: harorat va burudat - sovuqlik va rutubat - xo‘llik va yubusat likdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:42:50
   To‘rt kamanddurkim, anosiri arba’a qo‘lidadur. Masalan, vaqtiki kimarsaning holi tag‘yir topib, dunyodin yuz o‘girib, g‘am va anduh g‘olib, dunyo ne’mati ko‘ngliga noxush kelib, oxirat
g‘ami anga g‘olib kelsa, tabib ayturkim, bu kasallikni molihuliyo (melanxoliya, xafaqonlik) atarlar.

   Muning iloji aftimun sharbatidur. (Qizil rangdagi giyoh bo‘lib, mazasi taxir achchiq bo‘lur. Uning sharbati asab va ruhiy kasalliklarga davo bo‘ladi. - M. M. A. U.) Va tib tabibi ayturkim, bu illat qish xavosining quruq tabiatidin bo‘lg‘ay. To bahor bo‘lib, rutubat anga g‘olib bo‘lmaguncha mijozi salohg‘a kelmas.Va munajjim ayturkim, bu illat savdoning g‘olibligidin va savdo Atoruddin paydo bo‘lur. Vaqtiki, Atorud o‘z yo‘lida Mirrixg‘a yaqin bo‘lsa, yaxshi emaski, bu illat paydo bo‘lur. Vaqtikim, Atorud ikki daraja sa’dlik martabasiga yetmaguncha bu hol o‘nglanmas.   

   Bas, bu toifaning hammasi rost ayturlar va lekin o‘z bilganlarini ayturlar. Va ammo ul toifakim, hazrati Haq taolo dargohida saodatli hukm qilibdurlar, bas, ikki naqib dono karvonkim, ani Atorud va Mirrix atarlar. Ul kimarsa vaqtiga yetib, piyoda dargohidin havo piyodasiga yetkururlaryush, xushk - quruqlik kamandini dimog‘i boshiga tashlab, dunyo lazzatlaridin yuz o‘girib g‘am-anduh tozyonasi (qamchi) birla so‘qib (urib) irodat, talab jilovi birla yetaklab, hazrati Ilohiyat dargohiga haydarlar. Bas, bu ilmi tib va ilmi tabiat va ilmi nujumdan ermasdur. Bas, bu ilmi nubuvvat bahri rashhalaridin (tomchilar)durki, hamma atrof mamlakat va hamma ummol (xizmatchilar) naqib va chokarlar Allohga tobe’durlar. Bas, donolar bilurkim, Tangri taolo insonni nima uchun yaratibdur va xalqni na yerga chorlar va qaysi ishdin man’ qilur? Bas, munajjim, tabib va tabi’yun toifasi har so‘zkim, ayturlar, rost ayturlar va lekin hazrati podshoi asror va aning sipohsolorlari ahvolidin xabar topmabdurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:45:05
   Haq taolo bu tariqa balo va bemorlik va savdoi mehnat birla xalqni o‘z dargohiga chorlar. Va ayturkim, ul og‘riq ermasdur, balki, lutf, marhamatim kamandidurki, avliyolarimni ul kamand birla o‘z dargohimg‘a tortarman.

   Innal baloa muakkalun bil - anbiyoi summal amsolu fal amsolu.

   Haqiqatan balo muakkaldur payg‘ambarlarga, andin keyin ularga o‘xshashlarga. (Ya’ni, azizlarga keluvchi balo, ofatlarni Haq dargohiga chaqiruvchi vakillardur).
Bas, bularga bemorlik nazari birla qaramagilki, bular ul toifalardindurkim:

   Mariztu fa-lam ta’udni, yo Muso! - nidosi bular haqida nozildur. Ya’ni kasal bo‘ldim, bas, iyodat qilmading, ey Muso! (Bu yerda: «Kasalni borib ko‘rganingda meni ko‘rgan bo‘larding» ma’nosida - qudsiy hadis).

   Bas, avvalgi misol odamning o‘z badaniga podshohlig‘i misolidur. Ikkinchi misol: Odamning o‘z badanidin o‘zga mamlakatda podshohlig‘i misolidur. Ushbu vajhdin bularni bilmak ham hazrati Haq taoloni tanimoq jumlasidandur. Bu sababdin ruh ma’rifatining unvonini avvaldin qilduk.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:47:02
FASL
«Subhonalloh valhamdu lilloh»ning ma’nosini bilmak bayonida

   Bas, vaqti avvaldurki:

   Subhonallohi valhamdu lillohi va lo ilaha illallahu vallohu akbar! - so‘zlarining ma’nosini bilgaysenkim, bu to‘rt muxtasar kalimada olam jamlangandir. Haq taoloning (barcha illatlardan) pokligini bilsang «Subhonalloh»ni bilganingdur. Vaqtiki, o‘zingni (tabiat olamig‘a) podshohliging tafsilidan Haq subhonahu va taoloning podshohligini tanidingkim, hamma sabablar va vositalar anga musaxxardur. Va kotib ilgidagi qalam misolidur.

   «Alhamdulilloh» ma’nisini bildingkim, Haq taolodin o‘zga ne’mat berguvchi va in’om qilguvchi yo‘qtur.

   Bas, Haq taolodin o‘zga hech bir zot hamd va shukr etmoqg‘a loyiq va sazovor ermasdur. Va lo iloha illalloh ma’nisini bilganingdan so‘ng «Allohu akbar» ma’nisini bilgaysen.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:48:04
   Bilg‘ilki, Haq taoloni xalq o‘zlariga qiyos qilmoq birla bilmaslar. «Allohu akbar»ning ma’nosi: Alloxdan o‘zga mavjudotni ulug‘roq deb bo‘lmas.

   Charoki, hech mavjudot yo‘qturkim, Haq taologa nisbat qilmoqlik birla filjumla ulug‘luk anda (bo‘lsa): Va tabiatdagi hamma mavjudot Haq taolo vujudi nurining partavidur (shu’lasidur). Masalan: oftobning nuri oftobdin ulug‘roq degali bo‘lmas. Bas, «Allohu akbar»ning ma’nisi uldurkim, odam ahli ani qiyos ahli birla taniyolg‘ay.

   Maozallohkim (bu nido so‘zi bo‘lib, Allohdan panoh so‘rashdir), hazrati Haq subhonahu va taoloning tanzih va taqdisi - pok va muqaddasligi odamning tanzih va taqdisiga o‘xshash bo‘lmag‘ay. Haq taolo tamomi mavjudotga o‘xshamoqdin munazzah - pokdur, odamiyda na e’tibor bo‘lg‘aykim, maozalloh! Haq taoloning podshohligi pok va balanddurki, odamiyda sira andoq qadr va sharofat bo‘lmas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:49:33
   Hazrati Haq subhonahu va taoloning kamoli va jalolatini tanimoqg‘a odam noqis va ajzdur (ojiz), ba’zilar ilm va bashorat birla haqiqatga yo‘l topg‘ay.

   Bas, mazkur bo‘lg‘on so‘zlar misoli anga o‘xsharkim, agar go‘dak bizdin savol qilsaki, podshohlik va mamlakat raisi bo‘lmoqning tadbiri, lazzati nechukdur? Javob aytamizki, go‘y o‘ynamoq va chavgon surmoqning lazzatiga o‘xshashdur. Charoki, go‘dak mundin ziyoda bilmas. Ma’lumdurkim, saltanatning lazzatiga go‘y va chavgon o‘ynamoqni lazzati hech munosabati yo‘qtur. Va lekin har ikkisidagi shodlikni lazzat degali bo‘ladur. Shodliko‘xshash bo‘lg‘on sababdin saltanat lazzatini filjumla go‘dakka anglatqali bo‘lur.

   Bas, munga o‘xshash Haq taoloning kamoli jalolati haqiqatini o‘zidin o‘zga kishi bilmas.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:51:11
FASL
Odamiyning saodati bandalikda ekanlig‘i bayonida

   Hazrati Haq subhonahu va taolo ma’rifatining sharhi uzundurkim, bu kitobi muxtasarga sig‘mas. Ma’rifat toliblari ko‘nglida ma’rifatga zavq-ishtiyoq paydo qilmoq uchun shu muxtasar kifoyatdir. Odamiyning tamomi saodati Haqtaoloning ma’rifatini bilmoq va anga ibodat va bandalik qilmokdur. Sababi ulkim, vaqtiki, odam vafot etsa  Haq taolodin o‘zga najotkori qolmas. (Allohdin o‘zga madad qiluvchi yo‘q).

   Ilayhil marji’u val masiyru.

   Ya’ni, qaytib boradurg‘on yer Haq taoloning dargohidur.

   Har kishining sevgan joyi o‘z do‘sti va mahbubi huzuridadurkim, do‘stlug‘i qancha ziyodadur, saodati andin ziyodaroq bo‘lg‘usidur. Bas, Haq taoloning ma’rifatini hosil qilmaguncha va aning zikrini to‘la etmaguncha, Haq taoloning muhabbati aning diliga jo bo‘lmas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:53:38
   Ma’lumdurkim, agar kishi kimarsani do‘st tutsa, aning zikrini to‘la qilur va zikr qilmoq birla do‘stluq ziyoda bo‘lur. Ushbu ma’nodin xabar beribdurlarki:

   Avhallohu ila Dovuda ana yadukal - lozimu falzam yadaka.

   Ya’ni, vahiy yubordi Alloh taolo Dovud alayhissalomgakim, Sening chora-rasing (dardinga chora qiluvchi) va panohing mendurmen va hamma koring mening birladur. Bir soat mening zikrimdan g‘ofil bo‘lmag‘il.

   Bas, zikr ko‘ngilda ul vaqt g‘olib bo‘lurkim, banda toat va ibodatni vazifa bilib, mudovamat qilsa va ibodatning lazzati va farog‘ati ul vaqtda hosil bo‘lurkim, aloyiq (aloqalar, bordi-keldilar) va mol dunyo lazzatidan va dunyo shahvatidan uzilsa, ul vaqtda bu dunyodan ajralgan bo‘lurkim, gunoh va ma’siyatdin qo‘l yig‘sa. Bas, ma’siyatdin qo‘l yig‘moqlig‘ firoqi dil hosil qilmoq (ko‘ngilni uzmoq)ning sababidur. Toat va ibodat bajo keltirmoqlik Haq taoloning zikrini g‘olib qilur. Bu ikkisi Haqtaoloning muhabbatiga sababdurkim, odamiy saodatining mevasi ushbudur. Bu ma’nodan falox (najot, yaxshi hol, xayriyat) birla ta’bir qilibdurlar. Ya’ni najot va xaloslik Haq taoloning muhabbatidadur.

   Chunonchi, Haq taolo farmon qilibdurkim:

   Qad aflaha man tazakka va zakarasma rabbihi fa-salla.

   Ya’ni, «Darhaqiqat,(kufru isyondan) pok bo‘lgan va Parvardigorning nomini yod etib,ibodat qilganlar najot totusidir.» (A’lo, 14-15).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:55:20
   Bas, hamma a’mol Haq taologa ibodatdan afzal emas. Va bu dunyoning hamma lazzatidin qo‘l yig‘moq ravo ermas. Chunki, agar kishi taom yemasa halok bo‘lur. Agar mubosharat (er-xotinlik muomalasi) qilmasa, nasli uzulur. Bas, ba’zi lazzatdan qo‘l yig‘moq va ba’zisini qabul qilmoq lozimdur. Bas, nafsni had e’tidolida (o‘rta darajada) tutmoq kerakkim, ikki holdin xoli bo‘lmas. Va odamiy o‘z aklu his-tuyg‘usi, g‘ayrati birla amal qilur. Va yo bir kishidan o‘rganmak birla amal qilur. Charoki, ruhida havo va havasning g‘olibligi davom etsa Haqni to‘sib qo‘yur. Har murodeki nafsning xohishidur, nafs balosi nohaqni haq va rost suratida ko‘rsatur. Bas, shunday ekan, ixtiyor jilovin havo va havasning ilkiga bermag‘aysen. Balki yana bir kishiga topshirgaysenki, xaloyiqning barguzidasi (tanlab olingan,mumtoz) anbiyo alayhissalomdur. Bas, Haq taoloning hukmlariga bo‘ysunib, o‘ziga aziz tuptaykim, bandaning saodati va qulchiligi ma’nosi ushbudir.

   Va har kishi shariat hadlaridan chiqib, o‘z ixtiyori birla amal qilsa, (ya’ni, o‘z bilganini qilsa) xatari halokdur. Ushbu ma’nodan Haq taolo xabar beribdurkim:

   Va man yataa’dda hududallohi fa-qad zallama nafsahu. (Taloq, 1).

   Oyatning tafsiri: kishikim Haq taoloning amri farmonidin chiqibdur, aslida o‘ziga zulm qilibdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:56:23
FASL
Ahli ibohatning g‘alatda ekani bayonida

   Ul toifakim, ahli ibohatdur (hamma narsag‘a ruxsat bor deguvchilar) Haq taoloning amri-farmonidan chiqibdurlar. Bas, bu toifaning g‘alat (xato) qilmog‘i jahliyati vajhidindur. Avvalgi vajh: guruhe johillarkim, Haq taologa iymonlari yo‘qtur, Haq taoloni ham zohiran bilmakni talab qilurlar. Va shakl. hajm birla Haq taoloni bilolmaslar, inkor qilurlar. Bas, mavjudot ahvolidan deb nujum va tabiat bilurlar. Va xayolida odam va hayvonot, balki hamma mavjudot ashkoli ajoyib va hikmathoi g‘ariblar birla o‘zicha paydo bo‘lg‘ondur, va hamisha bo‘lg‘usidur, deb faraz qilurlar. Va olam tabiiy ravishda,o‘zicha paydo bo‘lur, va yo birovning vositasi birla paydo bo‘lur deb aqida qilurlar. Bas, bu toifaning misoli kishiga o‘xsharkim, xushxat kitobni ko‘rib ayturkim, bu xat o‘zicha bitilgandur. Kotibi qodir,bu olam (ustozining bitg‘onini inkor qilur). Kishikim bu tariqa nobino (ko‘r) bo‘lsa, shaqovatdan (baxtsizlikdan) o‘zgani ko‘rmas. Tabiiyun va munnajimning g‘alat qarashlari yuqorida bayon qilindi.

   Ikkinchi vajh: ba’zilar oxiratga munkirdirlar (inkor etuvchi). Ayturlarkim, odam hayvonotga o‘xshashdur. Vaqtiki o‘lsa, nobud bo‘lur, anga savob va iqob (azob) bo‘lmas. Bas, bu johilliklari o‘zlariga haqoratki, o‘zlarini eshak va mol va giyoh qatorida bilurlar. Va ular inson ruhi haqiqatini tanimaslar. Inson ruhi abadiydurkim, hargiz o‘lmas. Va lekin badandan ul ruhni olurlar, ani o‘lim atarlar. Bu so‘zlar xaqiqatini to‘rtinchi unvonda bayon qilgumdur, inshoalloh taolo.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 17:58:09
   Uchinchi vajh: ul toifai johillarkim, Xudoyi taologa va oxiratga imoni za’iflari bordur va lekin shariat ma’nosini bilmaslar. Va ayturlarkim: Ibodat va ma’siyat aning dargohida barobardur. Bu hollari (rasvoligini) Qur’onda ko‘rmaydilarmu? Haq subhonahu va taolo xabar beribdur:

   Va man tazakka fa- innamo yatazakka li nafsihi. (Fotir, 18).

   Va man jahada fa innamo yujahidu li nafsihi. (Ankabut, 6).

   Oyatlarning tafsiri shulki, kishi gunoxdin o‘zini pok tutsa, o‘z ruhining manfaati uchun o‘zini pok tutar.Va kishikim, zolimlar birla jihod qilibdurlar, bas, o‘z ruhining manfaati
uchun jihod qilibdurlar va kishikim, amali solih qilibdur, bas, o‘z ruhi manfaati uchundur. Ya’ni, inson qilg‘on amallarining hosilini qiyomat kuni o‘zi ko‘rgusidur.   

   Va ba’zilari gumon qilurlarkim, amalni kishi Xudoga qilg‘ay, o‘z ruhiga qilmag‘ay. Bu toifaning misoli bemorga o‘xsharkim, parhez tutmas va ayturkim, tabibning farmonini tutgon va tutmagonidan tabibga na ziyondur. Bu so‘zi rostdur va lekin parhez tutmag‘oni o‘zining halokatiga sabab bo‘lg‘usidurki, tabib sihatlig‘ yo‘lini bemorga ko‘rsatguchidur va anga dalolat qilguchidur. Chunonchi, badanning bemorligi bu jahonda halok bo‘lmoqg‘a sababdur. Chunonchi, dori yemak va parhez tutmoq badanning sihatligiga, toat qilmoq, ma’rifat hosil qilmoq va ma’siyatdin parhez qilmoq dilning salomatligiga sababdur.

   Yavma lo yanfau molun va lo banuna illo man atalloha bi-qalbin salimin. (Shuaro, 88-89).

   Ya’ni:U kunda na molu davlat va na bola-chaqa foyda bermas.Magar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargina foyda topurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 18:00:21
   To‘rtinchi vajh: ahkomi shariatni,shariat hukmlarini bilmaydigan guruhlar ayturlar: farmoni shar’iy buldurkim, dilni shahvat va g‘azab va riyodin xoli qilg‘aysen. Bas, bu so‘zlar amri maholdur.Odamning bu so‘zlari anga o‘xsharkim, qora kigizni yuvmoq birla oq qilg‘aylar. Bu aqmoqlar bilmaslarkim, shariat bu ishga farmon qilmabdur. Balki shariatning farmoni budurkim,shahvat va g‘azabni aql ila jilovlab turgay, shariatga va aqlga g‘olib qilmag‘ay. Va shariatga sarkashlik qilmag‘ay (bo‘yin tovlamag‘ay).

   Bas, bandaga lozimdurkim, shariatni e’tiborda tutg‘ay. Va gunohi kabiradan parhez qilg‘ay, toki gunohi sag‘irani Haq taolo avf qilg‘usidur. Bu ishlar mumkindur, bisyor kishilar bu martabaga yetibdurlar. Va hazrati rasuli akram sallollohu alayhi vasallam    aytibdurlar: Kishikim, anda g‘azab va shahvat bo‘lmasa, er ham, xotun ham ermasdur. Va yana aytibdurlar:

   Ana basharun ag‘zabu kamo yag‘zabul basharu. Ya’ni, men ham odamman, barcha odamlar kabi g‘azablanaman.

   Va Haq taolo xabar beribdur:

   Val-kozimiyna-l-g‘ayza a’fiyna ani-n-nos.

   Ya’ni, Haq taolo achchig‘ni yutguchi va xalqning gunohini avf qilguchilarni xush ko‘radi. (Oli Imron, 134).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 18:05:27
   Beshinchi vajh: Ba’zilar Haq taoloning sifatlarini bilmaslar. Ayturlarki: Xudoyi taolo karim va rahimdur. Har tariqda bizlarga rahm qilguchidur. Va bilmaslarkim, Haq taolo bu olamda bisyor karimdur va shadidul iqobdur. Ya’ni qattig‘ azob qilguchidur. Va bilmaslarki, Haq taolo ko‘p bisyor xalqni balo, bemorlik va gurusnalik birla tutar. Bilmasmukim, to dehqonchilik va tijorat qilmaguncha mol va dunyo topmaslar. Va riyozat birla sa’y-harakat qilmaguncha ilm o‘rganmaslar. Hargiz dunyo talabida taqsir qilmaslar va «Xudoi taolo karim va rahimdur, betijorat va beziroat rizq ro‘z berguchidur» demaslar.

   Har bandaning rizqi o‘z mehnatiga, sa’y-harakatiga bog‘liq.

   Va mo min dobbatin fil-arzi illo alallohi rizquho.

   Yerda o‘rmalovchi bir narsa (jonzot) yo‘qki, uning rizqi Alloh zimmasida bo‘lmasa. (Hud, 6).

   Ro‘yi zaminda Alloh taolodan o‘zga rizq berguchi yo‘qdur.

   «Qur’on»da kelibdurki:

   Va an laysa lil-insoni illo mo sa’a.

   Ya’ni, inson o‘zi qilgan amaldan boshqa hech narsa topolmaydi. (Najm, 39).

   Vaqtiki Haq taoloning karamiga imonlari bo‘lsa, bu olamda nima uchun ziyoda rizq, dunyo talab qilurlar? Bas, bu aqidalari shaytonning ta’limidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 18:06:14
   Oltinchi vajh: ba’zilar o‘zlarining qilgan amallariga mag‘rurdirlar. Ayturlar: martabaga yetibdurmizkim, bizlarga ma’siyat va ziyon kor qilmas. Amal va din mazhabimiz ikki tog‘ misllikdurkim, bu amallarimiz ma’siyat birla bulg‘angan emas. Bas, bu ahmoqlar aksari bu holda bo‘lurkim, agar bir kishi bularning kibr va o‘jarligiga zarba bersa, hamma umrida ul kishiga adovat saqlarlar. Va agar tama’ qilg‘on bir luqmalarni ular man’ qilsa, ularga jahon tang va tor (qorong‘u) bo‘lur. Va bu ablahlar hanuz mardlik kamarin bellariga bog‘lamabdurlar. (Aslida ular kibr havodan qutilgani uchun do‘stlariga rahmat aytishlari ravodur).

   Hech bir daraja payg‘ambarlar darajalaridan o‘tmas. Bas, anbiyo alayhimus salomlar andak xato va ma’siyatning sababidan zor-zor yig‘lab, uzrg‘a mashg‘ul bo‘libdurlar. Va sahrbai rizvonallohi-taolo alayhim ajma’iyn gunohi sag‘ira va kabirdan ehtiyot bo‘libdurlar. Bas, bu ahmoklar qaysi dalil birla bilurkim, darajalari payg‘ambar alayhissalomning darajalaridan ziyoda bo‘lg‘ay?

   Agar gunoh ishlar anbiyo alayhissalomga ziyon qilmasa ular o‘zlarini nechukdin taqvo uqubatiga solur erdilar. Tavotur (ishonchli hadislar) birla sobit bo‘libdurkim, hazrati rasuli akram sallollohu alayhi vasallam xurmoni og‘izlariga solib erdilar, ma’lum bo‘ldikim, ul sadaqa qilingan xurmo ekan, filhol og‘izlaridan tashladilar. Va agar yesalar xalqg‘a hech ziyoni yo‘q erdiki, hammaga yemagi muboh (ruxsat etilgan) erdi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 18:07:16
   Ba’zi ahmoqlar ko‘za-ko‘za sharobni nabiz (xurmo va uzumdan tayyorlangan deb) ot qo‘yib icharlar. Muning ziyonidin hech xabarlari yo‘qtur. Vaqti bo‘lurki, shayton ahmoqlarga nayrangbozlik qilur. Jahon ablaxlari masxara bo‘lurlar.

   Ammo buzulganlardin ul toifadurlarkim, agar odamning havoi nafsi bo‘lmasa, ani odam qatorida ko‘rmabdurlar. Balki to‘rt oyoqlilar zumrasidin sanabdurlar.

   Bas, bilgilki, nafs andog‘ makkor va firibgardurki, hamisha yolg‘on da’vo qilur. Va lof urarkim, shar’i sharifdan chiqmadik deb. Bu nafsning da’vosiga hukmi shar’i sharif birla dalil izlamak kerak. Agar inson tab’i chin dildan ahkomi sharr’iyga mos bo‘lsa, da’vosi rostdur. Agar ming hiylaga mashg‘ul bo‘lsa, shayton bandasidur! Bas, shar’i sharifga bo‘ysunmoq hanuz musulmonchilikning avvalgi darajasidur.

   Yettinchi vajh: shahvat g‘aflatning g‘olibligidan paydo bo‘lur. Jahldan ermasdur. Bul ul toifadurlarkim, bularni qilg‘on shubhalik amallari o‘zlariga ma’lum bo‘lmas va lekin guruhni ko‘rarlarkim, ibohat yo‘lida yurguchi, fisqu fasod qilguchi, makr va firib so‘zlarini deguvchi, valiylik va tasavvuf da’vosini qilguchi, so‘fiyona liboslar kiyguvchi. Bas, ul toifakim, anga Shahvat va batolat (bekorchi, yolg‘on,puch xayollar) g‘olibdur, bu guruhning qilg‘on ishlari o‘zlariga xush kelur va qilg‘on amallari fasodidan qo‘rqmaslar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 18:08:14
   Balki ayturlar, bu fasod ermasdurkim, tuhmatdur. Na fasodning ma’nisini bilurlar va na tuhmatning. Bas, bu toifa g‘ofildurlarki, shahvat va shayton bularga g‘olib kelibdur. Pand va nasihat birla bular salohga kelmas. Bas, bu toifalarning ko‘pchiligi ul qavmdindurlarkim, Haq taolo ular haqida xabar beribdurki:

   Inna ja’alno ala qulubihim akinnatan.

   Ya’ni, Darhaqiqat, Biz (Kur’onni) anglamaganlarning dillarini pardalab, quloqlarini og‘ir qilib qo‘ydik. (Kahf, 57).

   Bas, ahli ibohatning g‘aflat, fazihat (rasvolik, sharmandalik) larini munchalik bayon qilmoq kifoyatdur, bularning shubhasi Haq taoloni tanimaganidan yo shariatni bilmaganidandur. Va johilligikim tab’ining xohishidadur, tuzalishi qiyindur. Ul sababdankim, bu guruh shubhasiz ibohat yo‘lida yurar. Va ayturlarkim, bizlar hayratdadurmiz. Va agar ul guruxdan so‘rasalarki, nechuk hayratdasen, aslo javob etaolmas. Charoki, ularda na talab bo‘lg‘ay, va na shubha (gumon). Bu guruhning holi ul bemorning holiga o‘xsharkim, tabibga aytur: men bemordurmen. Tabib so‘rasakim: na yering og‘riydur? Bilmas. Bu nav’ kasalga iloj qilg‘ali bo‘lmas. Va bu toifaki, har ishda chora topmay hayrondir. Ammo sen inson - sen va seni xalq qilguchi Olim va Qodirdurkim, harna xohlasa qilur. Bas, aning haqida shak va hayratda bo‘lmag‘aysan. Va bu ma’nolarni dalil birla bilgaylar. Chunonchi, sharh qilindi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 18:09:27
FASL
Dunyo haqiqatini tanimoq bayonida

   Bilg‘ilki, dunyo o‘tkinchi manzildir. Odamlar yo‘l yurguchilar bo‘lib, Alloh taolo dargohiga safar qilguchilarga bozordur bodiya (dasht, sahro) uzra orasta qilg‘on. Tokim musofirlar ul bozordin zodi rohlarini - yo‘l oziqlarini olg‘aylar. Dunyo va oxirat ikki holatdan iboratdur.

   Avvalikim, o‘lmagidin ilgaridur, ani dunyo atarlar. Va ulkim o‘lgandin keyindur, ani oxirat derlar.

   Va bu dunyodan maqsud oxirat zodin tayyor qilmokdurki, (Alloh) odamni ibtidoi yaratishda sodda va noqis yaratibdur. Va lekin vaqtiki kamolot hosil qilsa, Hazrati Haq jalla va a’lo dargohiga shoyista (munosib) bo‘lg‘usidur. Toki jamoli ilohiy nazzorachilaridin bo‘lg‘usidur. Odamiyning oliy saodati ushbudir.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 18:10:43
   Bas, odamni bu vajhdin xalq qilibdur. Odam botiniy ko‘zi ochilmaguncha, to ma’rifat hosil qilmaguncha Haq jamolini ko‘rolmas. Haq taolo jamolini mushohada qilolmas. Bas, ma’rifati ilohiyning kalidi Haq taoloning ajoyib yaratish va g‘aroyib qudratlarini mushohada qilmokdur. Alloh taoloning yaratish tartibining avvali besh hissiyotdir. Va badan sezgisi insonda mavjuddurki, suv va tuproqdan iboratdur. Bas, ushbu sababdan odam suv va tuproq olamiga tushibdur. Toki bu olamdan zodi roh tayyor qilib, o‘zligini tanimoq birla, hissiyot va aql birla tangri taolo san’atini tanib, Haq taolo ma’rifatini hosil qilg‘ay.

   Toki hislar odam badanida hamroh va yordur, tirik bo‘lg‘ondur. Vaqtiki hislar birla vido’ qilsa, oxiratg‘a borg‘onidur. Bas, odamning dunyoda bo‘lmog‘ining sababi ushbudurkim, bayon qilindi. Odamning dunyoda bo‘lmog‘ining ikki nimarsaga hojati bordur. Biri ulki, dilni halokatdan saqlag‘ay. Va aning ozig‘i - g‘izosini qilg‘ay. Va dilning g‘izosi Haq taoloning ma’rifati va muhabbatidur. Charoki, har nimarsaning g‘izosi o‘z tab’iga yarashadurkim, dil ma’rifatni taqozo qilur. Chunonchi, yuqorida bayon qilindi. Va dilning halok bo‘lmog‘ining sababi uldurkim, Haq taolodan o‘zga nimarsalarga ko‘ngil bergay.

   Va badanni asramoq dil uchundirkim, badan foniydur. Va dil boqiydur. Bas, badan dil uchun hrjilarning tuyasiga o‘xshashdurki, xojilar haj yo‘lida safar zaruriyatidan tuyalarga suv va yem-ozuqa berib, nigaqbonlik qilurlar. Vaqtiki, Ka’baga yetsalar bu ranj va mehnatdin xalos bo‘lurlar. Va lekin tuyalarga baqadri hojat boqg‘aylar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 18:11:26
   Agar yo‘lovchilar hamma vaqt- tuyalarga yem bermoq va oroyish qilmoqg‘a mashg‘ul bo‘lsalar, karvondan ayrilib halok bo‘lurlar.

   Munga o‘xshash, odamlar ham faqat badanini parvarish va oroyishga mashg‘ul bo‘lsalar, nafs quvvat topib, halokatga sabab bo‘lib, saodati uhraviydan mahrum qolg‘usidur. Va badanning bu dunyoda uch nimadin ziyodaga hojati yo‘kdur. Yemak va kiymak va makon. Munchalik g‘izo (ozuqa) kifoya qilurkim, toat va ibodat qilmoqg‘a quvvat hosil qilg‘ay. Va libos ham shunga yarasha. Va maskan ham issig‘ va sovuqg‘a panoh bo‘lguncha basdir.

   Bas, odamiyga dunyodan mundin ziyodasi zarur ermasdur. Balki dunyoning ham asli ushbudir. Va dilning g‘izosi haq taoloning ma’rifatidur. Ammo bilg‘ilki, Haq taolo odam badanida shahvatni xalq qilibdurkim, aning xohishi hamisha mazali taom yemoq va chiroyli libos kiymoq va uy-ro‘zg‘or tutmoqni taqozo qilur, To badankim, ruhning ulovidur, halok bo‘lmaguncha, bu shahvatni o‘z haddida tutg‘ay.

   Haq taolo shariatni payg‘ambarlarning so‘zlari bilan yubordi. Toki, xududi shar’iyni ehtiyot qilg‘ay. Va lekin shahvatni odam badanida go‘daklik vaqtidan yaratibdur. Bas, shahvat odam badanida ilari makon tutgan sababdin aqlga va shariatga o‘jarlik qilur. Va odamiy bu sababdin hamma himmatini taom va kiyim va maskan talabida sarf qilur. Bas, dunyo va oxirat haqiqati va dunyodagi farzlaringni taniding. Endi bo‘lg‘aykim, dunyoning shox za shu’balarini tanig‘aysen. Vallohu a’lam.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 18:13:38
FASL
Mol-dunyo ofati bayonida

   Bilgilki, dunyoning bor mohiyati uch nimarsadin iboratdur. Avval ulki, ro‘yi zaminda yaratilgan narsalarning asosi, umdasi, nabotot va ma’danlar, bularni mavolidi salosiy (jonsiz tabiat, o‘simlik va hayvonot) atarlar. Zaminning asli makon va ziroat qilmoq uchundir. Va ma’danlar. chunonchi, oltin, kumush, mis va temir mehnat qurollari yasamoq uchundur. Va hayvonot yemak va minmak uchundur va odamlar jon-dillarini bularga mashg‘ul qilibdurlar Ammo donolar dilni dunyoga mashg‘ul qilmag‘aylar. Va badanlarini saloh birla tutqaylar.

   Va dilni dunyog‘a mashg‘ul qilmoqdan necha ofatlar paydo bo‘lurkim, halokatga sabab bo‘lg‘usidur. Chunonchi, hirs, baxillik, hasad, adovat va mundin o‘zga ham. Va badanni dunyo ne’matlariga do‘st tutkanidan keyin dil binosi vayron bo‘lur. Va ba’zilar hamma himmatini dunyoga sarf qilurlar va dilning (ma’naviy) boyliklaridan ajralib, hayvonotga yaqin bo‘lurlar.

   Hunar va mashg‘ullukkim, odamga zarurdur, ul ham uchdur, chunonchi, dehqonchilik va bofandalik (to‘quvchilik) va me’morlik. Bularning har birining shoxobchalari bordur. Chunonchi, chig‘iriqchi va ip yigiruvchi va ba’zisi mahsulotni tamomiga yetkurur. Chunonchi, to‘quvchi va tegirmonchi bularning chandon asbob va olatlariga hojati tushar. Yag‘och, temir va mundin o‘zga ham.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 18:14:13
   Bas, odam hamma hojatini o‘zi tamom qilolmas. G’ayriga hojati tushgan sababdin odamlar aro jamiyat paydo bo‘lur. Va ba’zilar o‘z haqqiga rizo bo‘lmay, bir-biriga qasd qilurlar. Bu vajxdin yana uch sifatga hojat tushar. Biri saltanat va siyosat, yana biri qozilik va hukumat, yana biri fiqhkim, muning birla siyosat va saltanat qonunini xalqg‘a joriy qilg‘ay. Ushbu vajxdin dunyoning mashg‘uloti ko‘payib odamlar rohi saodatni yo‘q qilurlar.

   Bas, bu dunyoning asli uchdin ziyoda ermasdurkim, taom va maskan va libos - bular badanni asramoq uchundir va badan dil uchundir. Bas, odam u dunyoga ketishini o‘ylamay, o‘zini va Haq taoloni esdan chiqarur.

   Bas, bu odamlar holi xaj niyatida yo‘lga chiqib, tuyasini semirtirmakka mashg‘ul bo‘lub, karvondin ayrilib, o‘zini va Ka’bani va safar maqsadini esdan chiqarib halok bo‘lg‘on hojilar holiga o‘xshar. Bas, dunyo va uning haqiqati ushbudurkim, aytildi. Va har kishi bu dunyoda o‘zini musofirlardek tutmasa va himmati nazarini oxiratga mutavajjih qilmasa, dunyo mashg‘ulotini hojatidin ziyoda lozim tutsa, bu dunyoni aslo tanimag‘onidir
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 18:15:22
   Va bu bilmaslik sababi shuldurkim, hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim, dunyo Xorut va Morutdin ham jodugarrokdur. Andin hazar qilinglar. Vaqtiki, dunyoning jodugarligi ma’lum bo‘ldi, aning makr va firibini bilmak xalqg‘a farzdur. Bas, dunyoning jodugarlig‘ini nechand misollar birla bildurgaymen.   

   Avvalgi misol. Bilg‘ilki, dunyoning jodugarligi uldurki o‘zini senga andog‘ ko‘rsaturkim, har ikki olamda senga vafo qilg‘ay va hamisha sening birla bo‘lg‘ay. Ammo mundog‘ ermasdur. Balki kori doimo sendin qochish, beBakrlik va bevafolikdur. Va lekin ohista harakat qiladurkim, dushmanligini senga bildurmas. Soyaga o‘xsharkim, yaqin bo‘lmoqni xohish qilsang sendin qochar va lekin yirog‘ bo‘lgani senga ma’lum bo‘lmas. Va ma’lumdurki, umring ham sendin qochar. Bexabarsen, yaqindurkim, sening birla vido’ qilg‘usidur.

   Yana bir misol: dunyoning soxirligi uldurki, senga o‘zini do‘st ko‘rsatur. To sen anga oshiq bo‘lg‘aysen. Va andog‘ ko‘rinurkim, sendin o‘zga mahbubi yo‘qtur. Lekin vaqti bo‘lurkim, dushmanlik izhor aylab, nochor halok qilur. Muning misoli pirazan (jodugar kampir) nobakorga o‘xsharkim, yosh va chiroyli ko‘rinib xalqni o‘ziga oshiq maftun aylab, uyiga eltib nochor halok qilur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 18:17:06
   Iso alayhissalomdin naqldurkim, muroqabada dunyoni bir kampir suratida ko‘rdilarkim, o‘zini chandon misli ko‘rilmagan nafis, go‘zal ishvalar va g‘aroyib karashmalar birla orasta qilibdur. So‘radilarkim: necha oshiklaring, shavharing bordur? Dunyo aytdikim: «Ko‘pligidin adadini bilmasmen. So‘radilarki: bularni taloq qildingmi yo o‘ldirdingmi? Aytdikim: hammasini o‘ldurdum. Bu jilva firib birla qolg‘onlarni ham o‘ldurmakka mashg‘uldurmen».

   Iso alayhissalom aytdilar: taajjub qilurmen ul ahmoqlarg‘akim, dunyoning fisqu firibini ko‘rib, yana anga moyil bo‘lurlar.O’zgalardin ibrat olmaslar.

   Allohumma a’simniy min sehriho.

   Ya’ni: Ey bor xudoyo, saqlag‘il bizni dunyoning sehridin.

   Yana bir misol: Dunyoning yana bir sehri uldurki, zoxirini mehr, vafo suratida orasta qilur. Elga yetkuradurgon balo va mehnatini yashirin tutarki, johillar aning zohirini ko‘rib, mag‘rur bo‘ldilar. Aning misoli ayyor kampirga o‘xsharkim, yuziga parda tortib, harir jomalar kiyib, turli bezaklarni osib o‘ziga zeb va oroyishlar bergay. Har kishi ani yiroqdin ko‘rsa oshiqi nigoron bo‘lur. Vaqtiki niqobini olsalar, aning qabihligi ma’lum bo‘lib pushaymon bo‘lg‘usidur. Hadis kelibdurkim, dunyoni, boylikni qiyomat kuni ajuzi zisht (xunuk, badbashara, ayyor kampir) va palid va ko‘zlari ko‘k va tishlari og‘izlaridan chiqib turar, bu surat birla orasta aylab, hashargohga keltirib, xaloyiqg‘a ko‘rsaturlar. Xaloyiq aning og‘zidan chiqqan sassig‘lig‘idin nola va fig‘onga kelib, ayturlarki: bu fazohat (rasvolik, sharmandalik) va qabohat birla nechuk narsadirki, muning badbo‘ylig‘iga chidayolmasmiz.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 18:18:20
   Farishtalar ayturlarkim: bu dunyodirki, sizlarni yaxshi ko‘rgan mahbubinglar erdi, buning jihatidin bir-birlaringga hasad qilib, xuni nohaq to‘kdinglarkim, qat’i rahim (qarindosh, urug‘lardan judo) qillinglar. Va munga mag‘rur bo‘ldinglar.

   Bas, dunyoni do‘zaxga tashlarlar va ahli dunyo ham ul yaxshi ko‘rgan boyliklariga ergashib, otashxonani oshxona gumon aylab, aning izidan ergashurlar. Yana bir misol: kishikim, azalni o‘ylasa, deyarli bu dunyoda bo‘lgoni yo‘qtur. Va odamzod abadul-abad ham bu dunyoda bo‘lmabdur. Bas, azal va abadning orasida necha kun bu dunyoda bo‘libdur? Bu dunyoning misoli musofirning yo‘liga o‘xsharkim, avvali maxd (beshik) va oxiri lahaddur. Va muning orasida nechand sanog‘lik manzildur. Va har yil bir manzilga o‘xshash va har oy bir farsangga o‘xshash (6 kmetrga yaqin masofa),va har kun to‘rt qadamga o‘xshashdur.

   Va odam bu safarda hamisha yurguvchidur. Ba’zisi manzilga yetar va ba’zisi farsangdin ketar. Ma’lum emaski, bu dunyoda o‘n yil bo‘lgan va o‘n kun. Yana bir misoli bulki, dunyo ahli dunyolaridin lazzat ko‘rarlar. Aning ranj va rasvoligini oxiratda ko‘rgaylar. Muning misoli ul kishining‘ holiga o‘xsharkim: laziz va shirin taomni ko‘p yemak birla me’dasi fasod bo‘lganidin og‘zidin bo‘yi bad zohir bo‘lib, dam bo‘lg‘ay (me’dada taom turib qolib, hazm bo‘lishi og‘irlashadi). Bu kasalning ranju mashaqqatini sezib, yegan taomdin pushaymon bo‘lur. Chunonchi, taom harchand lazizrokdur, va hazm bo‘lmog‘i og‘irrokdur. Va dunyoning lazzati qancha ko‘p bo‘lsa jon berur vaqtda shuncha og‘irroqdir.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 18:19:51
   Har kishining bog‘ bo‘stoni va g‘ulomu kanizagi, oltinu kumush, ne’mati to‘larokdur, jon berur vaqtida alarning ranji benihoya bo‘lg‘usidur. Va dunyo firoqining ranji o‘lmak birla zoyil bo‘lmas, balki ziyoda bo‘lurkim, do‘stlik dilning‘ sifatidur.

   Dilga o‘lum yo‘l topolmas. Yana bir misol buldirki, dunyo orttirish odamlarga yengil va muxtasar ko‘rinur. Va odamlar bilmaslar, bu ishdin ming ish paydo bo‘lur. Tamomi umri anga sarf bo‘lg‘usidur.
Va Iso alayhissalom aytibdurlar: «Dunyo izlaguvchilarning holi sho‘r daryo suvidan ichguchi holiga o‘xsharkim, harchand ichsa tashnaligi tobora ziyoda bo‘lur. To o‘lmaguncha tashnaligi bosilmas».

   Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: suvga kirgan ho‘l bo‘lmay chorasi yo‘qtur. Dunyoga bulg‘ongan kishi iflos bo‘lmay iloji yo‘qtur. Ifloslangan kishi kasal bo‘lmay iloji yo‘ktur. Yana bir misol. Odamzod bu dunyoga kelibdur, ul kishiga o‘xsharki, mezbonga mehmon bo‘libdurki, ul mezbon odati bo‘lg‘ayki mehmon uchun saroyini orasta qilg‘ay. Oltin tabaklarda noz-ne’mat hozir qilib, kumush tabaqlarda ud va anbar kuydirib, guruh, mehmonlarni chorlab, bir-bir kuzatgay. Ul kishi oqildurki, bu mehmonlik odobini bilur. Bu taomlardin baqadr hojat tanovul aylab, bu xushbo‘ylardin o‘zini muatgar qilib o‘z makoniga qaytar. Ul nodon va ablah kishilar gumon qilurlarkim, bu tabaqlarni ham ketar vaqtlarda sevib qolgaylar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 18:21:27
   Bas, dunyo ham munga o‘xshash karvonsaroydurkim, musofirlar uchun tayyor qilibdurlar, tokim yo‘l ozig‘i qolgtaylar. Va saroydagi ashyolarni tama’ qilmag‘aylar.

   Yana bir misol. Dunyo ahlining dunyoga mashg‘ul bo‘lib, oxiratni esdan chiqarishlari ul qavmga o‘xsharki, kema ichra daryo safarida jaziraga(orolga) yetgaylar, qazoyi hojat qilmoq va tahorat olmoq uchun kemadan chiqqaylar va kemachi munodiy qilg‘ayki, orolda hech kishi uzoq qolmasin, kemaga kechikmasin. Va tahorat olmokdin bo‘lak ishga ovora bo‘lmag‘aykim, kema tez vaqtda ketg‘usidur. Bas, bir guruh ul orolda parokanda bo‘lg‘ay.

   Guruhkim, tezlik birla tahorat olib, kemaga kirib,xush havo va loyiq makonda o‘turg‘aylar. Va guruhekim, ul orolning ajoyib va g‘aroyiblarini, rango-rang qushlar ovozi va la’li, marjon va bisotu naqshlarini tamosho qilib, kechikib, kemada joy topolmay, xursand bo‘lmasdan, tor va qorong‘u yerda o‘tirg‘usidur. Yana bir guruhi nazzoraga qanoat qilmay, ul oltinlardin ko‘plab olib, kemada o‘turg‘ali joy topolmaslar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2008, 18:24:55
   Kemada ul oltinlarning rangi o‘zgarib, ne’matlari badbo‘y paydo qilur. Bas, pushaymon bo‘lur, aning ranj va azobini tortarlar. Yana bir guruhi ul orolning ajoyiblarini tamosho qilmoq birla kemadan yiroq qolurlar va kema yurib ketar. Ul orolda ba’zisi tashnalik va ochlikdan halok bo‘lur va ba’zisini yirtqich hayvonlar va darrandalar halok qilur. Bas, avvalgi guruh mo‘‘min parhezkorlar misolidur. Oxirgi guruh kofirlar misolidurkim, o‘zlarini va xudoyi azza va jallani va oxiratni unutib, harakatu himmatlarini dunyo-boylik jam qilmoqg‘a qo‘yibdurlar. Va dillarini bu dunyo muhabbatiga bog‘labdurlar.

   Istahabbu hayata-d-dunya alla-oxirati. (Nahl, 107).

   Ya’ni: dunyoning muqabbatini, oxiratdagi abadiy hayotdan ziyoda ko‘rubdurlar. Oradagi ikki guruh mo‘‘min va osiylar misolidurkim, asli iymonini salomat saqlabdurlar. Va lekin dunyodan qo‘l yig‘mabdurlar. Ba’zilar ne’mati farovon birla xushhol, xurram, baxtiyor va ba’zilar darvish va tangdastligidin xor bo‘lib yasharlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 13 Avgust 2008, 15:06:00
FASL
Dunyoning halol ne’matlari bayonida

   Ul mazammatlarkim, dunyo bodasinda qilindi, ammo har nimarsaki dunyodur, hammasi mazmum (yomon) emas. Balki andog‘ nimarsalar dunyoda bordurkim, bu dunyodin ermasdur. Chunonchi, ilm va amalkim, dunyodadur, dunyodin ermasdurkim, ilm, amal odam birla oxiratga borgusidur. Asl ilm oxiratda odam birla hamrohdur. Va yaxshi amallar oxiratga go‘zal fazilatlar bo‘lub borg‘usidur.

   Va amal ikki qismdur. Avvalgi qismi dil javharini pok va sof tutmoqtsurki, gunoh va ma’siyatdin parhez amal qilmoq birla bo‘lur.Ikkinchi, Haq taoloning zikriga uns-ulfat bo‘lmokdurkim, toat va ibodatga mudovamat qilmoq birla hosil bo‘lur. Bas, ilm va amal solih ishlar jumlasidandurkim, oxiratda odam birla boqiy bo‘lg‘usidur. Chunonchi, Haq taolo xabar berur

    Va-l boqiyatu-s-solihatu.

    Yaxshi ishlar abadiy-boqiy qolur. (Kahf, 46).

    Bas, ilmning lazzati va ibodat lazzati va Haq 'taoloning zikriga uns-ulfat bo‘lg‘onning lazzati hamma lazzatlardan xo‘broq va ulug‘roqdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 13 Avgust 2008, 15:07:47
   Ilm va amal zikri dunyodadur, ammo dunyodin ermasdur. Bas, hamma lazzatlar yomon ermasdurlar. Balki nechand lazzatlardurki, aksari dunyodin ermasdur. Biri ulkim, agarchandiki dunyodindur, o‘lgandan keyin oxiratga hamroh bormas. Va lekin oxirat ishiga va ilmga va amalga mo‘‘minlar boy bo‘lmog‘iga yordam berguchidur. Chunonchi, xotin olmoq va toatga quvvat hosil qilguncha oziq-ovqat jam’ qilmoq va libos kiymak va uy-ro‘zg‘or tutmak. Bas, bularni baqadri hojat do‘st tutmoq oxirat yo‘lining shartidurkim, dunyodin bu boriga qanoat qilg‘ay, va qasdi ul bo‘lsakim, bular birla oxirat ishini farog‘at birla bajo kelturgay. Bu tariqada bo‘lg‘on kishi ahli - dunyo ermasdur.

   Dunyoning yomonlik martabasi uldurkim, dunyodin maqsudi oxirat natijasini topmoq bo‘lmasa, balki g‘aflatga sabab bo‘lub, bu olamda barqaror bo‘lmoqg‘a ko‘ngul bog‘lasa va oxiratdin nafrat qilsa-bu tariqada bo‘lmak nihoyati mazmum (nafratli)dur. Ushbu ma’nidin onhazrat s.a.v. xabar beribdurlarkim:

   Ad-dunyo mal’unatun va malunun ma fiyho illa zikrullahi.

   Ya’ni: mol-dunyo - la’natlangandur va har nimarsaki mol-dunyoga taalluqli, ul ham la’natlangan. Magar Haq taoloning zikri va zikriga madad, ko‘mak beradurg‘on nimarsalar mahmuddur (maqtalgan, yaxshi). Bas, bu dunyoning haqiqiy maqsadini munchalik zikr qilmoq kifoyatdur. Qolg‘onini uchinchi : ruknda bayon qilg‘umdur, insho Alloh taolo.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 13 Avgust 2008, 15:12:01
FASL
Oxirat haqiqatini tanimoq bayonida

   Bilgilki, oxirat haqiqatini hech kim taniyolmas, to haqiqiy o‘limni topmaguncha. Va haqiqiy o‘limni bilmas, to tiriklik haqiqatini tanimaguncha. Va ruhni tanimoq haqiqati o‘zligini tanimokdurkim, ba’zisini sharh qildim.

   Bilgilki, yuqorida mazkur bo‘ldikim, odam tani ulovdur. Ikki aslidin biri ruq, yana biri qolipdur. Bas, ruhsuvoriyga o‘xshashdur. Qolip-badan ulovga o‘xshashdur va ruhning bu dunyoda badanga hojati bordur. Va anda bihisht va do‘zax ham bordur. Ul ruxning qolipidan tashqari o‘z zotiga ham hojati bordur.
   
   Va shu dunyoda ham do‘zax va bihisht, saodat va shaqovat bordur. Ammo ne’mat va lazzatlardurkim, dilga qolip vosita bo‘lmay hosil bo‘lur, anga bihishti ruhoniy ot qo‘ydum. Alam va shahovatkim, qolipsiz, badansiz ruhga yetar, otashi ruhoniy atadim.

   Ammo ul bihisht va do‘zaxkim, qolip vositasi birla bo‘lur, hammaga ma’lumdurkim, ul bihishtda rango-rang mevali daraxtlar va sharobi taxur va huru qusur (qasrlar), anvoi turluk ne’matlar bordur. Va do‘zax ichida chunonchi: mor (ilon) va kajdum (chayon), otash va zaqqum va samum (halokatli shamol) va mundin o‘zga ham azob va uqubatlar ma’lumdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 13 Avgust 2008, 15:13:06
   Bihisht va do‘zaxning sifati Qur’on va xabarlarda mashhurdur. Hammalari fahm qilur. «Ihyo» otlig‘ kitobda o‘limning zikrida bularni mufassal bayon qildim. Bu yerda o‘lim haqiqatini bayon qilgumdur. Ruhiy bihisht va do‘zaxga ishorat qilgumdurki, bularni har kishi bilmas. Ushbu ma’nidan hadisi qudsiyda xabar beribdurkim:

   U’iddat li ibodiys-solihiyna mo lo aynun ra’at va lo uzunun sami’at va lo xatara ala qalbi basharin.

   Ya’ni: Tayyor qildim solih bandalarim uchun andog‘ nimarsalarnikim, hech ko‘z ko‘rmagan va quloq eshitmagan, va hech kishining xotiriga kelmag‘on bo‘lg‘ay.

   Bas, bu davlat va ne’matlar bihishti ruhoniyda bo‘lg‘usidur. : Dilning ich tarafidan olami malaqut sariyga ravzana darcha- eshik ochilishiga hech shubha yo‘qtur- Va kishigakim, ul ravzana ochiqtur, oxiratning saodati va sharofatidin ravshan nasiba basirat va mushohada tariqasi birla hosil bo‘lg‘usidir. Taqlid va eshitishga hojati bo‘lmas. Chunonchi badanga bemorning saodati va shaqovati bo‘lurkim, ani sihat va maraz atarlar. Sihatlikning sababi kam yemak va parxez tutmak va kasallikning sababi - ko‘p yemak va beparhezlik qilmokdur.
 
   Munga o‘xshash mushohada birla ma’lum bo‘lurkim, inson dili, ruhida saodat ham, shaqovat ham bordur. Ibodat va ma’rifat saodatning dorusi. Jaxd va ma’siyat - gunoxlar saodatni xarob qiluvchi zahri qotildur.

   Bas, bu ilm bag‘oyat aziz va sharif ilmdurkim, ulamolar bu ilmdin g‘ofildurlar. Balki ko‘pchilik bu ilmga munkirdurlar, ular bihisht va do‘zaxi jismoniyni bilurlar, va oxiratni tanimoqda taqlid birla bilurlar. Ko‘pchilik odamlar ruh haqiqatini bilmaslar va bu so‘zlar sharhini arabcha («Ihyo’») kitobimda chandon dalillar birla tahqiq qildim. Bu kitobimda ham bir muncha bayon qilgumdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 13 Avgust 2008, 15:14:01
   Kishikim, ziyrak va dono bo‘lur, botinini ma’siyat , gunohlardan sof qilsa, bu ilmga yo‘l topib, kori oxirat dilga sobit va mahkam bo‘lg‘usidur. Aksari xalqning oxiratga iymoni za’if va sustdir. Agar xohlasang o‘lim haqiqatidan andak fahm qilg‘aysan.

   Bilgilki, odamda ikki ruh bordur. Birini ruhi hayvoniy atarmiz. Yana biri maloika ruhlari jinsidan, ani ruhi insoniy dermiz. Va ruhi hayvoniyning manba’i yurakdurki, bu go‘sht poradirkim, odamning chap yonida qo‘yg‘ondur. Va ruhi hayvoniy shunga o‘xshashkim, tiriklik badan ichidagi xiltlardindur. Aning mijozi mo‘‘tadildur. Va ruhi hayvoniy o‘ruq, ya’ni zavarib otlig‘ tomirning harakati vositasi birla dimog‘qa va hamma andomiga yetar. Va ruh hamma quvvat va his-harakatlarini ko‘tarib yurguchidir. Vaqtiki bu ruhtomir va dimog‘g‘a yetsa harorati kamroq bo‘lub, mu’tadilroq bo‘lg‘usidur. Ko‘z ul ruhdin quvvati basirat topar. Va quloq aningdin eshitmoqlik quvvatini kasb etar. Balki hamma hislar ul ruxdin quvvat topar. Bas, ruhi hayvoniyning misoli chirog‘qa o‘xsharkim, chirog‘ni qorong‘u uyda qo‘ysalar, uyning qorng‘uligini ravshan qilur. Munga o‘xshash, hazrati Haq subhonahu va taoloning qudratidin ruhi hayvoniy badanda bo‘lmoq birla ko‘rish va eshitmok^lik va hamma hislar hosil bo‘lg‘usidur. Agar ba’zi tomirga to‘siq bog‘lab, ruhi hayvoniy qon aylanishiga mone’ bo‘lsa, ul uzvi his-harakatdin qolib, mafluj (falajlangan, shol) bo‘lur. Bas, ruhi hayvoniy chirog‘ning o‘tiga o‘xshashdur va dil fatilaga (pilikka) o‘xshashdur. Chunonchi, chirog‘da yog‘ bo‘lmasa chirog‘ o‘char. Munga o‘xshash, vaqtiki odam taom yemakni tark qilsa, ruhi hayvoniyning mijozi aynib, botil bo‘lib, odam vafot etgusidur.

   Chunonchi, chirog‘ning fatilasi me’yordan ziyoda yog‘ quyilsa o‘char. Chunonchi, chirog‘ga tosh va tayoq tiqilsa chirog‘ o‘char. Yog‘ va pilik o‘z joyida bo‘lsa yonar. Munga o‘xshash, odam va hayvong‘a qattig‘ zaxm yetsa, aning sababidin o‘lar. Agarchandiki ruhi hayvoniy mijozi mo‘‘tadil bo‘lsa ham.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 13 Avgust 2008, 15:15:19
   Hayvoniy ruh quvvat va his-harakatini Haq subhonahu va taolo izn-dasturi birla osmon farishtalari nurlaridan qabul qilur. Vaqtiki hayvoniy ruh mijozi harorat g‘olibligi va yo burudat (sovuqlik) kasrati (ko‘pligi) va yo o‘zga sabablardin buzilsa, farishtalar nurlarini qabul qilmoqg‘a shoyistaligi qolmas. Chunonchi, oyna ravshan bo‘lsa hamma suratlarni ko‘rsatur. Vaqtiki, zang o‘lturib, tiyra (qorong‘u) bo‘lsa, hech suratini ko‘rsatmas.
 
   Va lekin ruhi insoniy farishtalarning nurlarini qabul qilmog‘i uchun mu’tadil bo‘lmog‘i shartdur. Vaqtiki, ruhi insoniy mijozi ayniqsa farishtalarning nurlarini qabul qilmasa, hayvoniy ruhi qolur.

   Bas, odam va hayvonotning o‘lgani ushbudur. Va ruhi xayvoniy mijozini e’tidolidin chiqarib, botil bo‘ladurg‘on sabablarni jam’ qilguchi Haq taolo maxluqotidin bir mavjudotki, ani Malakul mavt atarlarkim, xaloyiq aningdin bilurlar. Ruh haqiqatini tanimaslarkim, bas, jonzod o‘lganining ma’nosi ushbudir. Ammo odamning o‘lmagi unda ruhi hayvoniy borligi sabablidur.

   Va yana bir ruh bordurkim, ani ruhi insoniy atarmiz. Va anga dil deb ot qo‘yduk. O’tkan fasllarning ba’zida bayon qilindi. Ammo dil hayvoniy ruhjinsidin emasdur. Bas, ruhi insoniy jism emas, chunki u hajm, shakl, rangga muhtoj emasdir.

   Haq taoloning ma’rifati ruhi insoniyda qaror topgusidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 13 Avgust 2008, 15:18:10
   Chunonchi, Haq taolo yagonadurkim, hajmga, shakl va rangga muhtojligi yo‘q. Va yagonaning ma’rifati yagonadurki, uni o‘zidan boshqalar mukammal bilmas. Bas, Haq taoloning ma’rifati mangu barqaror bo‘lur.

   Bas, pilik, otash, chirog‘ va nurchirog‘, bu uchini faraz qilg‘ilki, fatila - dilning misolidur. Chirog‘ otashi -hayvoniy ruhning misolidur. Va chirog‘ nuri - insoniy ruhning misolidur. Chunonchi, chirog‘ning nuri chirog‘ otashidan latifroqdurkim, anga ta’sir qilg‘ali bo‘lmas.
 
   Munga o‘xshash insoniy ruh ham, hayvoniy ruhdan latifroqdurkim, ani ushlab bo‘lmas. Bu misol insoniy ruhning latofatiga nazar solmoq birla rostdur. Va lekin yana bir vajh birla bu misol rost kelmasdurkim, chirog‘ning nuri chirog‘ga tobe’ va aning furu’idur (qismi). Vaqtiki asli xarob bo‘lsa, furu’ ham xarob bo‘lg‘usidur.

   Ammo insoniy ruh hayvoniy ruhga tobe’ emas. Balki muning misolini agar xohish qilsang, iymon nurini faraz qilg‘ilki, chirog‘ nuridan latifroq bo‘lg‘ay. Va chirog‘ning yollig‘i ul nur birla bo‘lg‘ay. Ul vaqt bu misol rost kelgusidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 13 Avgust 2008, 15:19:07
   Bas, hayvoniy ruh insoniy ruhning uloviga o‘xshar, vaqtiki hayvoniy ruhning mijozida botil bo‘lsa, qolip o‘lar. insoniy ruh o‘lmas. Va lekin ulovsiz va qurolsiz qolg‘usidur. Bas, ulovning o‘lmagi va qurolini taboh (xarob) bo‘lmagi suvoriyni ma’dum (yo‘q) qilmas (ya’ni,vujud o‘lsa ruh o‘lmas.)

   Bas, hayvoniy ruhni insoniy ruhga asbob va ulov qilmoq ul vajhdandurki, Haq subhonahu va taoloning ma’rifatini sayd qilg‘ay. Agar ma’rifat saydini, o‘ljasini qo‘lg‘a kiritsa, asbob va ulovning halok bo‘lmog‘i insoniy ruh uchun xayriyat (yaxshilik)durkim, qafasdan xalos bo‘lur. Bu ma’noda hazrati rasuli akram s.a.v. xabar beribdurlarki: «O’lum mo‘minga tuhfa va hadyadur».

   Bas, kishi domni sayd uchun saklar. Vaqtiki sayd qo‘lga kelsa domning halokatini g‘animat bilur. Agar auz billoh (Alloh taoladan panohtilaymiz) sayd qo‘lga kelmasdin ilgari bu asbob va ulov halok bo‘lsa, aning hasrat va ma’siyatiga nihoyat yo‘qlur. Va bu aaam, hasrat qabr azobining avvalidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 13 Avgust 2008, 15:20:59
FASL
Insoniy ruh haqiqati bayonida

   Endi bilgilki hayvoniy ruh bu olami sifliy (past olam)dandurkim, turli xiltlarning latif buxor (bug‘)laridan iborat. Va xilt to‘rtdur. Chunonchi, suv. otash, tuproq va bodel. Va mijoz balg‘am va safro va savdodan iborat.Chunonchi, suv, olov. tuproq, va bod mijozda muxtalif va mutadil bo‘lmog‘i, qarorat, namlik, sovuqlik va quruqlikning miqdori farqi bo‘lganidan ilmi tibga hojat tusharki, to‘rt tab’ni e’tidolda (o‘rta darajada, ya’ni, na issiq va na sovuq va na quruq va na ho‘l holatda bo‘lmog‘lig‘ini mo‘tadil deyiladi) tutmoq birla hayvoniy ruh mijozini mo‘tadil saqlamoq kerak. Toki u insoniy ruhga ulov va asbob bo‘lmoqg‘a shoyista bo‘lg‘ay.

   Bas, insoniy ruh, tuban olamdan emasdur. Balki olami ulviydan (oliydan), farishtalar javharidandur. Bu olamda ruh badan shahrida g‘aribdur. Va lekin bu g‘ariblik insoniy ruhga shu sababdandurkim, oxirat safari zodi rohini tayyor qilg‘ay. Chunki, Haq taolo xabar berur:

  Kulna ahbatu minho jami’an.

   Oyatning tafsiri: Biz (Odam, Havvoga, shayton, tovus va boshqalarga) bu joydan-jannatdan tushing, dedik. (Baqara, 38).

   Va yana Haq taolo aytibdur:

   Inni xoliqun basharan min tiyn. Fi iza savvaytu va nafaxtu fihi min ruhi. (Sod, 71- 72).

   Oyatning tafsiri: Biz ayturmizki, odamni loydan yaratdik. Vaqtiki rost va muhayyo qildim ul odam jasadini va nafx qildim odam badaniga o‘z ruhimdan.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 13 Avgust 2008, 15:22:01
   Bas, bu oyatda ikki ruh hayvoniy va insoniy ruhning muxtalif turlicha ekaniga ishorat bor.
Chunonchi, insondagi hayvoniy ruxda mijoz mo‘tadildur. Va ilmi tib birla ul ruhniig e’tidolini bilg‘ay, tokim bemorlikni daf’ qilg‘ay. Va halok bo‘lmokdin saklag‘ay.

   Munga o‘xshash, insoniy ruhki, dil qaqiqatidur, ani ham e’tidoli bordurkim, yaxshi ibodat va riyozatdur. Ani shariat birla bilg‘ali bo‘lur. Toki shariat insoniy ruhni e’tidolida saqlar va aning sihatlig‘iga sabab bo‘lur.

   Mundin keyin «Arkoni musulmoniy» bayon qilg‘umdur. Bas. ma’lum bo‘ldi: kishikim, insoniy ruh x.aqiqatini bilmasa, oxiratni basiyrat birla taniyolmas. Xaq taoloni tanimog‘i xam mumkin emasdur. Bas, o‘zligini tanimoq oxiratni tanimog‘ining kalitidurkim, dinning asli «al-iymon billohi val yavmul oxir» ya’ni Alloh va oxirat kuniga ishonch - bu ma’rifatni muqaddam kelturdim.

   Ammo insoniy ruh asrorlaridin bir sirki, ani bayon qilmadim. Charoki, ani bayon qilmoqg‘a ruxsat yo‘qturki hech kishining fahmiga sig‘mas. Haqtaoloni tanimoq va oxiratni tanimoq hammasi ushbu aslga asoslangandir. Jahd qilg‘il, toki riyozat va mujohada (sa’y va g‘ayrat) tariqasi birla ul aslni bilg‘aysenkim, agar birovdan eshitsang, toqat qilolmassen.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 13 Avgust 2008, 15:24:15
   Va bisyor xalq Haq taoloning bu sifatini angladilar, bovar qilmadilar. Bu sifat odam vujudida bor ekaniga nechuk bovar qilurlar. Balki ul sifat Haq taoloda mavjud, bor ekaniga oyat va axodis ochiq-oydin dalolat qilmas. Fahmlariga sig‘mag‘on so‘zni xalq eshitsa inkor qilg‘ay deb anbiyo alayhimussalom aytibdurlarki:

   Kallimu-n-nosa ala qadri ‘uquvlihim.

   Ya’ni, insonga, aqli va fahmlariga sig‘adurg‘on so‘zni aytinglar.
 
   Anbiyolardan ba’zilariga vahiy kelibdurkim, sifatlarimdan xaloyiqning fahmiga sig‘maydurg‘onini bayon qilmanglar, fahm qilg‘undeklarini bayon qilinglar. Va agar fahm qilmay inkor qilsalar o‘zlariga ziyon qilg‘usidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 13 Avgust 2008, 15:25:32
                                                           FASL
                                             Ruhning abadiyligi bayonida


   Bilg‘ilki,insoniy ruhning haqiqati qolipsiz, zotida qoyimdur. O’z zotining qiyomi va xos sifatlari aslida qolipga hojati yo‘qdur. Va o‘lim ruh haqiqatini nobud qilolmas. Balki o‘lganning ma’nosi - insoniy ruhning - qafasdan chiqishidur.

   Xashr va ba’s va maodning ma’nisi ul emasdurkim, ruhni o‘lgandan keyin tirguzgaylar. (Chunki, ruh o‘lmaydi.) Balki ma’nisi uldurki, ruhni yana qolipga keltirurlar. Bu ma’no birlakim. nobud bo‘lg‘on badanni muhayyo va tayyor aylab, ruh tasarrufig‘a kirgizurlar. Chunonchi, avval ham bu tariqa qilib erdilar. Haq taolo uchun avvalgidan osonroqdurkim, ilgari ham ruh qolipini yaratib erdi, ioda vaqtida ruh boqiy va qolip qismlari ham boqiydurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 13 Avgust 2008, 15:32:41
FASL
Vujud va ruh bayonida

   Bilg‘ilki, bu borada ba’zi fuqaxo va mutakallimlar odam o‘lmagi birla ruh ham ma’dum (yo‘q) bo‘lur, undan keyin vujudga keltirurlar, deb o‘ylaydilar. Bu so‘z haqiqatga xilofdur. Bas, kishikim bu mazhabga boribdur, ahli basirat emas, va ahli taklid demakka ham yaramas. Agar ax/sh basiyrat bo‘lsa erdi, bilur erdikim, badanning o‘lmagi ruh haqiqatini nobud qilolmas. Va agar ahli taqlid bo‘lsa, oyatlar va hadislar mazmunidin bilur ediki, odam o‘lgandan keyin ruhyashayveradi. Insoniy ruh ikki qismdur. Sa’idlar (baxtlilar)ning va shakiylar (baxtsizlar)ning ruhlari. Va sa’idlarning ruhi borasida Kur’onda kelibdurki:

   Va lo taxzabanna - allaziyna qutilu fi sabilillohi amvotan bal ixya’un inda rabbihim yurzaquna. Farihiyna bimo atahumullohu min fazlihi. (Ol-i Imron, 169-170).

   Oyatning tafsiri: ul toifaki, haq yo‘lida o‘libdurlar, o‘lik gumon qilmagil, balki ular Haqtaolo o‘z fazli karamidin ato qilg‘on ne’matlaridin bahramand (rizqli) va lutfu marhamati birla bergan fazilatlaridan shod xursanddirlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 13 Avgust 2008, 15:41:30
   Ammo kofir va shakiylar haqida ulki, Badr jangida o‘lgan kofirlarni jam’ qilib, bir quduqqa tashladilar.

   Hazrat rasuli alayhissalom ul quduq tepasiga borib, ul kofirlarning har birini otini aytib, qichqirib aytur erdilar: Ey faloniy! Ul va’dakim, Xudoi taolo dushmanlariga kahr na g‘azab qilmoqg‘a bizlarga berib edi, hammasini rost topduk. Xudoi azza va jalla ul va’dalarini tahqiqiga yetkurdi va sizlarga ham o‘lgandan keyin azob va uqubat qilmoqg‘a bergan va’dalarini Haq va rost ko‘rdunglarmu?

  Sahobalar ayttilarki:
- Yo rasululloh! Bu murdorlar o‘lukdurlar. O’liklar so‘zni eshiturmi?

   Hazrat payg‘ambar s.a.v. ayttilarki «Qasam qilurman Xudoning ismi birlakim, Muhammadning joni aning qudrat qo‘lidadur. O’luklar sizlardin eshitguchirokdurlar. Va lekin javobidin ojizroqdurlar».

   Bas, har kishi. o‘liklar haqida vorid bo‘lg‘on hadislar va axbordin voqif bo‘lsa, chunonchi,alarning ahli motamdin ogoh bo‘lmog‘i va kimlar ziyorat qilg‘onini va onchakim olamda o‘tadur-hammasi bilurlar. Bas, shari - sharifda ruhning nobud bo‘lmog‘iga hech imo va ishorat ham yo‘qtur. Balki sifat va manzil o‘zgarur. Chunonchi dadisda kelibdurkim: go‘r (inson ruhi yashaydurg‘on), do‘zaxning g‘orlaridan biri va yo bihishtning bog‘chalaridan biridir.

   Aniq bilgilki, o‘lmak birla o‘z zotingdin va zotingga xos sifatlardin hech biri botil bo‘lmas. Va lekin his va harakat va sezgilarkim, dimog‘ va a’zolar vositasi birla edi, bular botil bo‘lur. Va sen tanho-mujarrad qolursen. Chunonchi, (inson vujudi) ulovga o‘xshashdurkim, kishining oti o‘lsa piyoda qolur. Ul kishi johil bo‘lsa donishmand bo‘lmas. Va agar ko‘r bo‘lsa, ko‘ruvchi bo‘lmas. Va agar ko‘ruvchi bo‘lsa ko‘r bo‘lmas. Faqat ruh piyoda qolg‘usidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 13 Avgust 2008, 15:42:35
   Bas, badan ulov, ruh suvoriydir. Ushbu jihatdan ul toifakim, maxsusotdin qat’iy nazar qilib, Haq taoloning zikriga mustagroq (g‘arq bo‘lgan cho‘mgan) birla muroqabatda o‘tursa chunonchi, tasavvuf yo‘lining ibtidosi ushbudir: Ahvoli oxiratni mushohada qilurlar. Va o‘zgalarga o‘limdin keyin ma’lum bo‘ladurg‘on nimarsalar, tushida ko‘rg‘an nimarsalar aksari yodlarida qolmas. Va lekin asari - ta’siri boqiy qolur. Chunonchi, agar bihishtni anga ko‘rguzgan bo‘lsa, ruhida rohat va zavq va xursandlik hosil bo‘lg‘usidur. Agar do‘zaxni anga arz qilg‘on bo‘lsa, azob va xastalik ul kishida bo‘lg‘usi. Va agar tushida, xayolan ko‘rgan nimarsa yodida bo‘lsa, hikoyat qilg‘uvsi.

   Naql qilibdurlarkim, hazrati Rasli Akram (s.a.v.) namozda turib muborak qo‘llarini uzatdilar. Namozdan keyin sahobalar arz qildilarkim: «Yo, Rasululloh! Sabab na erdiki, namozda turib qo‘llarini uzattilar?»

   Rasululloh s.a.v. aytdilarki, «Bihishtdan bir bosh uzum menga arz qildilar.Xohladimki, bu jahonga kelturgaymen, ersa g‘oyib bo‘ldi». Bas, gumon qilmag‘ilki, bihisht ne’matini bu olamga kelturmak mumkin bo‘lg‘ay (deb). Agar mumkin bo‘lsa, hazrati Rasululloh s.a.v. keltirur erdilar. Va mahollik vajhini zikr qilmoq darozdurkim, bayonga sig‘mas.

   Va maqsud uldurki, gumon qilmag‘il, hazrati Rasuli : alayhissalom biqisht ahvolini Jabroil alayhissalomdin eshitmak birla bayon qildilar (deb). Hazrati Rasuli Akram s.a.v. bihishtni o‘zlari ko‘rib bayon qildilar; va jannat haqiqatini bu olamda ko‘rmadilar, balki, o‘zlari bu olamdan g‘oyib bo‘lib, ul olamga borib ko‘rdilar. Va bu (hodisa) Rasuli akram s.a.v.ning bir nav’ mo‘jizalaridandur.

   Va lekin g‘oyib bo‘lmoq ikki tariqatda bo‘lur. Biri hayvoniy ruh o‘lmak birla, yana biri insoniy ruhning sayr etmog‘i birladur. Ammo bihishtni bu olamda ko‘rgali bo‘lmas. Chunonchi yetti osmon va yetti zamin pista po‘chog‘iga sig‘maganday, bihisht ham bu olamga sig‘masdur. Odamiyning bu olamdagi besh hissiyoti bihishtni ko‘rmakka toqat keltira olmakim, ul olamning havosi o‘zgadur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 12:59:03
FASL
Qabr azobining ma’nolari bayonida

   Endi qabr azobining haqiqiy ma’nolari haqida so‘zlaymiz. Bilgilki, qabr azobi ham ikki qismdur: ruhoniy va jismoniy (azoblar)ni hamma xaloyiq bilurlar. Ammo, ruhoniy azobni har kishi (ya’ni, hech kishi) bilmas. Va lekin odamiydan o‘lmagi birla qo‘l, oyoq, ko‘z, quloq - hamma a’zolaridagi havosni ( hirslarni) ayol, farzand, molu-mulk, hammasini olurlar. Agar odam dunyoda bir sevimli narsa bilan mashg‘ul bo‘lsa, ul narsani olib qo‘ysalar, ruhi bu narsaning firoqida azobga mubtalo bo‘lg‘usidur. Agar odam dunyodan hech narsaning muhabbatiga ko‘ngildan joy bermagan bo‘lsa, bu dunyodagi g‘alvalar, xafachilik, g‘am, tashvishlardan bezigan va ulardan forig‘ bo‘lishni orzu qilgan bo‘lsa, mazkur ruh o‘limdan rohat topgandir.

   Va agar dunyoda Xudoi taoloning do‘stligini hosil qilib, zikriga uns va ulfat bo‘lib, bu dunyodan yuz o‘girgan bo‘lsa, sevimli do‘stining diydoriga vosil bo‘lub, olam tashvishlaridan xalos va saodati abadiyga musharraf bo‘lg‘usidir.

   Andisha qilgilki, bir odam o‘zining aslini tanimabdur, boqiy, abadiy yashashni bilmabdur, agar bu dunyoni do‘st, sevimli deb o‘ylasa, hech shak shubha qilmagilki,o‘lgandan keyin ul ruh sevganlari firoqda azobga mubtalo bo‘lg‘usidir. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar:

  Ahbib mo shi’ta fa innaka muforiquhu.

   Ya’ni, bu olamda nimalarni yaxshi ko‘rsang, albatta sen u narsadan judo bo‘lib, firoqi alamiga mubtalo bo‘lgungdur.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:01:02
   Bas, do‘stu g‘amxo‘rim Xudoi taolodur, deb bilsa, mol dunyoni va dunyodagi nimarsalarni sevmasa, hech shak qilmag‘aykim, agar yo‘l ozig‘i bo‘lg‘uncha dunyolikni lozim tutsa, vaqtiki, bu olamdin borsa, ranj va mehnatdan xalos bo‘lub, rohat va osoyishga yetkusidur.

   Va har kishikim, bularni bilmaydur, qabr azobini tortmog‘ida hech shak yo‘qtur, dunyo mo‘‘minlar behishti emasdur, balki dunyodorlarning behishtidur. Ul toifakim, hamma himmatlarini dunyoga qo‘yibdurlar, ular haqida bu hadis mashhurdur:

  Ad-dunyo sijjinul mo‘miniyn va jannatul-kofiriyn.

   Ya’ni, bu dunyo-mo‘‘minlarning do‘zaxi va kofirlarning jannatidur.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:05:07
FASL
Qabr azoblariniig turli-tumanligi bayonida

   Chunonchi, qabr azobining aslini taniding, ya’ni, qabr azobining sababi odamning bu dunyoni yaxshi ko‘rganidandur. Bilgilki, bu azoblar turli-tumandir. Ba’zilarga ziyoda va ba’zilarga kam, ya’ni mol-dunyoga do‘stligi miqdoriga boqib azob bo‘lur. Bas, kishikim, dunyolikdan oz narsaga ko‘ngil bog‘lasa, bu kishining azobi dunyolikdin joh, dabdaba, hashamatga ko‘ngil bog‘lagan kishining azobidan kamroq bo‘lg‘usidur. Chunonchi bu olamda bir kishining bir otini g‘orat (talon) qilsalar, yana bir kishining o‘n otini g‘orat qilsalar, bir oti g‘oratga ketgan kishiniig ranj alami o‘n oti g‘oratg‘a ketgan kishidin kamrog‘ bo‘lg‘usidur. Bas, har kishining azobi va uqubati, osoyishi va rohati dunyodagi yo‘qotgan narsa va havaslarining miqdoriga ko‘ra bo‘lg‘usidur.

   Ul kishikim, mol-dunyo jam’ qilib, hamma himmatini dunyoning muhabbatiga bog‘lasa, bu toifa holidin Xudoi taolo xabar berurkim:

   Zolika biannahamus - tahabbul hayotad - dunv alal oxirati. (Nahl, 107).

   Oyatning tafsiri: «Ul toifadurkim, dunyoning besh kunlik tirikligini oxiratning abadul abad podshoxlig‘idan ziyoda ko‘rurlar, bu toifaning azobi qattiqroqdur».

   Naqldurkim, hazrat rasuli akram s.a.v. sahobalarga bu oyatni o‘qirdilar.

   Fa inna lahu maishatan zankan. (Toho, 124).

   Dedilarki, bilurmisizlar, bu oyat na ma’nida nozil bo‘lubdur? Sahobalar aytdilarki: «Xudo va Xudoning rasuli olimdur». Onhazrat alayhis salom ayttilar: «Kofirlarga go‘rdagi azobning biri bukim, har kofirga to‘qson to‘qqiz ajdarhoni musallat (tayin) qilurlar. Har yilonning to‘qquz boshi bor. Ul kofirga to qiyomatgacha nish urarlar».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:07:20
   Bas, basiyrat ahli bu ajdaholarni qalb ko‘zi birla ko‘rub, mushohada qilibdurlar. Va axmoq bebasiyratlar ayturlarkim, biz go‘rga qararmiz, hech o‘lukda bu nav’ ajdaholarni ko‘rmasmiz. Agar rost bo‘lsa erdi, bizlar ham ko‘rar erduk.

   Bas, bu ahmoqar bilmaslarkim, bu ajdaholar o‘lukning ruhiga musallatdur. Va jonlarining ichida paydo bo‘lg‘uchidur. Balki ajdaholar o‘lmasdan ilgari odamiylar ichida bordur, anindin g‘ofildurlar, Bas, bilgil, bu ajdaholar aslida nafsdin va nafsning sifoti mazmuma (yomon, nafratli) fe’lidan. Bu ajdaholar boshining adadi va sifoti yomon xulqlarning miqdoriga ko‘ra bo‘lg‘usidur. Bu azobning asli tiynati mol-dunyoni do‘st tutishdandir. Bu ajdaholar kofirlarning ichida barqaror va yashirindur, ular kofirlarning joni ichra musallat bo‘lmog‘i (ularning) Xudo va rasulni bilmagani jihatidin emastur. Balki mol-dunyoni sevgani jihatdindur. Chunonchi: Xaq taolo xabar berur:

   Azhabtum tayyibatikum fi hayotikum ud - dunyo.

   Mazmuni: «Sizlar o‘z huzur - halovatlaringizni dunyodagi hayotingizdayoq tugatdingiz». (Ahqof, 20).

   Va agar ajdaholar odamiyning zoxir badanida bo‘lib, ko‘zga ko‘runsa, andin bir soatda xalos bo‘lish mumkin bo‘lur erdi. Va lekin bu ajdaholar jon ichida barqarordur. Andin qochib qutulmoq mumkin emas. Chunonchi, kishi kanizagiga oshiq bo‘lsa shuning ajdahosi ani joniga nish urar. Bas, bu ajdaho ul kanizakning ishqidurkim joni ichra barqaror va yashirindur. Agar ishq bo‘lmasa firoq ranji dilni xarob qilmas erdi. Bas, bu dunyoning mehri bo‘lmasa, bu ajdarlar ruh mamlakatini tasarruf qilolmas. Bas, har kishi azob-uqubatning sababini oxiratga o‘zi olib borg‘usidur. Ushbu ma’noda hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar:

   Innamo xiya amolukum turaddu ilaykum.

   Ya’ni «Mundin o‘zga emasturkim, ul azob va uqubat o‘zunglarning amallaringdur, o‘sha ishlaringni senga hukmron qilg‘usidur»

Xudoi taolo xabar berurkim:

   Va inna jahannama la muhiytatun bil kofiriyna.

   Oyatning Tafsiri: Chindan ham jahannam kofirlarni ixota qilib (o‘rab turgan) qo‘rg‘ondir. (Ankabut, 54).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:08:24
                                                                 FASL
                                   Qabr azobining hammaga emasligi bayonida


   Hamono aytursen, qabr azobi dilning olam aloqalariga bog‘liq bo‘lg‘on jihatidan bo‘lsa olamda hech kishi yo‘qturkim, xotin, farzand va molu johni (mansab, amalni) do‘st tutmasa. Bas, hamma olam xalqiga qabr azobi bo‘lmog‘i va hech kishi bu azobdan xalos bo‘lmasligi lozim keladur. Aslida bunday emas. Balki olam sahnasida ba’zi toifa odamlar bo‘lurkim, dunyodan ko‘zi to‘q bo‘lub, dunyo mashrabgohidan ularga hech lazzat va osoyish bo‘lmas. Bunday odamlar hamisha o‘lumni orzu qilurlar. Ko‘proq darveshlar ushbu qabiladandur.

   Ammo tavongir (kuchli, qudratli) davlatmandlar ikki guruhi bo‘lurkim, dunyoning tirikchilik uchun zarur narsalarini do‘st tutarlar. Agar Haq taoloning do‘stligi ziyodaroq erur, ularga ham qabr azobi bo‘lmas.

   Bu toifaning misoli ul kishinig holiga o‘xsharkim, bir shaharga mutasaddi (hokim) bo‘lib, ne’matlari ho‘b, mo‘l, va imoratlaridan bahramand , xushhol, xurram va sarafroz bo‘lg‘ay . Va lekin bu kishi yana bir shaharning podshohligini orzu qilg‘aykim ul shaharda anvoi turli imoratlar va rango-rang ne’matlar bo‘lg‘ay. Vaqtiki, bu shaharning podshohligi muyassar bo‘lsa, o‘z shahridan chiqmog‘i, imorat va ne’matlarini tark qilmog‘i qiyin emas, unda ranj va alam bo‘lmas. Yangi podshohligining muhabbati o‘z shahrining ne’matlariga mehridan ko‘ra balandroqdir.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:11:30
   Bas, anbiyo va avliyo va porsolarning ko‘ngillarida ham ayol, ham farzand, shahar, vatanlariga iltifoti bordur, ammo vaqtiki hazrati Haq subhonahu va taoloning do‘stligi - mehri paydo bo‘lib, andin lazzat va uns topsalar, ayol va farzand, shahar, vatan firoqi oson bo‘lg‘usidur, Va bu lazzat o‘lmak birla hosil bo‘lg‘usidur.

   Ammo ul toifa odamlarki, dunyoning lazzat va shahvatini do‘stroq tutubdurlar, qabr azobidan xalos bo‘lmaslar. Va juda ko‘p odamlar ushbu toifadindurlar. Chunonchi, Haq taolo xabar berur:

  Va in minkum illo voriduho. (Maryam, 71).

   Oyatning tafsiri: sizlardin do‘zaxga kirmaydurg‘on hech kishi bo‘lmas. Va bu qavm (ozroq) muddat azob tortarlar, vaqti yetib, dunyodin borg‘oni uzoq bo‘lub dunyo lazzatini faromush qilsalar hazrati Haq subhonaxu va taoloning asl do‘stligikim boqiy bor erdi, zohir va huvaydo (ravshan) bo‘lub, azobdin xalos bo‘lg‘aylar.

   Bu toifaning misoli ul kishining holiga o‘xsharkim, bir odamning bir imorati bo‘lg‘ayki, yana bir imoratdin muni yaxshiroq ko‘rg‘ay. Va yo bir xotini bo‘lg‘ayki, yana bir xotindin muni do‘st va mahbubroq bilg‘ay. Vaqtiki ul mahbubdin judo qilib, yana birini anga bersalar, bu kishi mahbubi firoqida necha muddat ranju-alamnok bo‘lur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:12:45
   Vaqtiki, keyingi xotiniga asl muhabbati va do‘stligi paydo bo‘lsa avvalgi imorati va mahbubining firoqi ranjidan xalos bo‘lg‘ay. Ammo ul kishiki, Haq taoloning do‘stligi ko‘nglida barqaror bo‘lmabdur, abadul abad azobda qolg‘usidur. Va kofirlarning (do‘zaxda) muhallad (doimiy, abadiy), bo‘lmog‘ining sababi ushbudur. Har kishi da’vo qilsakim, Xudoi taoloni do‘st tutarmen, va yo ayturkim, dunyodin Xudoi taoloni do‘stroq tutarmen (deb), bas, bu da’voni tanimoqqa (tekshirmoqqa) bir mahak (sinov toshi) bo‘luvchi dalil bordurki, aning birla yaxshiroq tanib olur.
   
   Chunonchi, nafs va shahvat odamiyni bir ishga buyurur, o‘shal ish Haq taoloning shariatiga xilof bo‘lur. Bas bu kishi shariatning farmoniga o‘zini moyilroq ko‘rsa, Xudoi azza va jallani do‘st tutg‘onidur. Chunonchi, bu kishi ikki kishini do‘st tutsa, bu ikkovidin biriniig muhabbati ziyodaroq bo‘lsa, va bu ikkov orasida ixtilof voqe’ bo‘lsa, o‘zini muhabbati ziyodaroq do‘stiga moyil ko‘rar. Bu vaqtda unga ziyoda do‘stligi ma’lumdur. Bas, bu tariqa bo‘lsa tilida do‘st demak hech foyda qilmas. Chunonchi, hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki: «Lo iloha illolloh deguvchilar haq azobidin xalos bo‘lur. Ammo ul toifaki, tillarida bu kalimani aytib, ko‘ngillarida dunyoning muhabbati din va mazhab muhabbatidan ziyodaroq bo‘lsa Haq subhonahu va taolo bu toifa haqida «Bu tariqa kalimago‘ylar yolg‘onchilardur - kim, azobdin xalos bo‘lmaslar» - deydi.

   Bas, bilg‘ilki, ahli basiyratlar (xushyor, zehnli, uzoqni ko‘ruvchilar) botinlari mushohadasi birla qabr azobi bo‘ladurg‘on kishini bilurlar. Va lekin azobning og‘ir va yelgilligida tafovutlar bordur. Chunonchi, dunyo aloyiqi (moddiy boylik) muhabbatida tafovut bisyordur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:13:55
                                                                    FASL
                                              Hoyu havas va qalb pokligi bayonida


   Bir guruh axmoq va mag‘rurlar ayturlarki, agar qabr azobi dunyo aloyiqig‘a ko‘ngil berganidan bo‘lsa, bizlar ul azobdan xolidurmizki, dunyo aloyiqiga muhabbatimiz yo‘qdur. Dunyoning bori-yo‘g‘i bizlarga bari bir. Va bu da’volari (o‘rinsizdur) toki ayrilmaguncha bilmaslar.

   Bas, bularning da’vosi ul vaqtda rost bo‘larki, qo‘lidagi molini o‘g‘ri olsa, va yo zo‘rlik birla yana bir kishi tasarruf qilsa, dunyoligi yo‘q bo‘lg‘anida ko‘ngliga hech asar va xalal yetmasa, bilg‘aymizki, bu qilg‘on da’vosi rostdur. Va ba’zi kishilar bordurki, ayol va kanizaklarga hech taalluqimiz yo‘q derlar. Va ayollaridan ajrab kanizaklarini sotsalar ko‘ngillarida pinhon ishqo‘ti shula urub, devona va rasvo bo‘lurlar. Bas, har kishi go‘r azobidan xalos bo‘lishni xohlasa dunyoning hamma aloyiqlaridan (bordi keldilaridan) uzulg‘ay, magar ehtiyoj uchun zarur bo‘ladigan narsalarni lozim tutg‘ay. Zaruratdan ham xalos bo‘lmoqni xohish qilg‘ay. Va kishiki, zarur bo‘lub, xalojoyga bormoqni istasa, zaruratdan xalojoyni ham yaxshi ko‘rgay. Va tezroq u yerdan chiqmoqni xohish qilg‘ay. Inson uchun taom yemak zarurdir, va me’dani taomdan xoli qilmoq ham zarurdur. Bas, dunyoning hamma ishlari munga o‘xshash zarurdur. Agardilni dunyo aloyiqidan holi qilolmasang, Haqtaologa toat va ibodat qilmoqqa, zikr aytmoqqa harakat qilg‘il, toki toat va zikrning lazzati ko‘nglingda ziyoda bo‘lsin. Sarhisob bergilki, sen shariat farmonini tutmoqni va Haq taologa ibodat qilmoqni o‘z nafsing xox.ishidan ustunroq bilsang, umid qilgilki, azobi qabrdan halos bo‘lg‘oningdur. Agar nafsningxohishi toat va ibodatdan g‘olib bo‘lsa azobi qabrdan halok bo‘lmassan, toki Haq taoloning avfi va karami bo‘lmaguncha.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:15:33
FASL
Ruhiy do‘zax bayonida

   Vaqt uldurki, endi ruhoniy do‘zaxni sharh qilg‘umdur. Ruhoniy do‘zax deb ani ayturmizki, azob faqat ruhga bo‘lur tan o‘rtada bo‘lmas. Chunonchi, Haq taolo xabar berur:

   Narullohil muvqoda, allatiy tattoli’u alal af’ida. (Humaza, 6-7).

   Oyatning tafsiri: Haq taolo yondirgan o‘tdirki, dillar ichida shu’la urib qulguvchidur. Bu o‘t Alloh afv etguncha azob berur. Va ul o‘tki badanni kuydirur, ani jismoniy atarlar.

   Bilg‘ilki ruhoniy do‘zax uch qismdur. Avvalgi qism - dunyo lazzatlarining firoqi (mahrumligi) o‘tidur. Ikkinchi qism dunyoning gunohdan iborat lazzatlarining xijolatchiligi va rasvoligi o‘tidur. Uchinchi qism - Haq taoloning jamoli bo - kamoli tajalliysidan mahrumlik o‘tidur.

   Bu uch qism otash dilu jonni kuydirur, badan birla ishi bo‘lmas. Va lozimdurki, bu uch qism otashning sababini sharh qilsak, (gunohkor) bu o‘tlarni oxiratga o‘zlari bilan elturlar. Bas, bu o‘tlarning ma’nosini zohiriy olamdan bir misol bilan bayon qilg‘umdur.

   Ammo, avvalgi otash dunyo ne’matlari va lazzatlari o‘tidur, andog‘ki. oshiq ma’shuqi birla do‘zax ichida bo‘lsa, anga bihishtdur. Vaqtiki ma’shuqidan judo erur, behisht ham anga do‘zaxdur.
Bayt:

Jannat ersa maskanim sensiz erur do‘zax maiga,
Do‘zax ulg‘ay jannatim vaslingdan o‘lsam benasib.

   Bas, bu dunyoning oshiqlari (dunyoni sevguchilar) bu dunyoda go‘yo behisht ichidadurlar. Va bular oxiratda do‘zaxiydurki, ma’shuqidan - (sevgan mol, dunyo, mansablaridan) ayrilib qolurlar. Ba’zi narsalar lazzat va rohat sababidur va ba’zisi ranj, uqubat sababidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:17:31
   Masalan, bu dunyoda podshoh bo‘lg‘ayki, hamma ro‘yi zamin (Yer yuzi) xalqini itoatda tutg‘ay. Ul podshoh hamisha oftob tal’at va zebo qomat ma’shuqalari birla rango-rang saroylar ichra aysh-ishratlar qilg‘ay. Bas, bir tarafdan dushmani paydo bo‘lib bu podshohning tamomi mamlakati, xazina va ma’shuqalarini tasarruf qilib, bu podshohni sakbonlikg‘a (itboqarlikg‘a) qo‘ygay. Va aning nazarida zani (ayollari), xazinalari va kanizaklari birla dushmanlari aysh-ishrat qilg‘ay. Bas, bu odamning holi na kechgusidur Bularning barchasidan judolik uning dilu jonini kuydirur. Bir yo‘la o‘zini halok qilmoqqa xohish qilurki. bu azoblardan xalos bo‘lay deb, ammo bu ham muyassar bo‘lmas. Va bul bir otashning misolidur.
   
   Bas, kimki bu dunyoda hayoti farovonroqdur, noz-ne’matlari va rohat, lazzatlari ko‘proqdur, bulardan oxiratda ayrilganida azob-uqubati shu qadar ko‘proqdur. Bul vajxdan ranj va alam yetgan kishi ko‘z va quloqlarini bir narsaga nigoron va mashg‘ul qilsa, yoki uxlasa ul ranj, alami kamroq bo‘lur. Va agar musibat yetgan kishi uyqudan uyg‘onsa, musibati, alami avvalgidan ziyoda bo‘lur. Va agar g‘am, anduhi ko‘p odam o‘lsa, tamomi azoblaridan xalos bo‘lur.

   Gumon qilmag‘ilki, oxiratdagi o‘t bu olamdagi o‘tga o‘xshash bo‘lur deb. Balki do‘zax o‘tini olib, yetmish marta suvga cho‘kdirib, undan so‘ng bu olamga keltirgandurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:18:50
   Ikkinchi otash, qilg‘on gunohlariga sharmandalik va rasvolik o‘tidur. Bu otashning misoli uldurki, bir podshoh uzoq safarga chiqish oldidan bir hasadgo‘y, nomard yigitni o‘z o‘rniga noyib qilib, tamomi mamlakati va xazinalarini anga topshirgay va haramiga yo‘l bergay va hamma ishlarida unga ishongay. Bas, bu yigit noz-nematlarga ega bo‘lmoq, birla botinida tog‘iy (tug‘yonkor, isyon kor) bo‘lib, isrof qo‘lini ochgay, podshoh haramiga xiyonat qilg‘ay. Zohiran podshohg‘a o‘zini diyonatli va sadoqatli qilib ko‘rsatg‘ay. Podshoh (hech qayoqqa ketmay) derazadan uning badkorligi va xiyonatlarini ko‘rib turg‘ay. Badkor va xoin odam podshoh barchasini ko‘rib turganini bilgach, u mening hamma rasvolig‘imni oxirigacha ko‘rmoqchi bo‘lib, indamay turgan ekan, endi meni qiynoqqa solar, deb o‘zini halok etishga harakat qilur, ammo muyassar bo‘lmas. Sharmandalikdan o‘zini qo‘yarga joy topolmas.

   Shunga o‘xshash bu olamda zohiringni yaxshi ko‘rsatib, botiningda chandon gunoh va badkorlikdar qilursan. Qiyomatda qilgan gunohlaring oshkora bo‘lib xaqiqiy podshoh af’oli tabohing (yomon fe’l, ishlaring)dan voqif bo‘lsa, rasvoliq o‘ti jonu dilingga tugashg‘ay.

   Va g‘aybning xaqiqati ushbudurki, bugun sen nimalarni yashirsang, tongla hammasi oshkora bo‘lg‘usidur. Shu ma’noda odam tushida o‘likning go‘shtini yesa uyg'oqligida birovlarni g‘iybat qilgani oqibatidir. Hayotda birovlarga tosh otmag‘ilki, ul toshlar oqibatda o‘z uyingga otilib, farzandlaringni ko‘r qilg‘usidur.

   Kim bu olamda birovlarga hasad qilsa, unga ko‘p zararlar yetkazishni xohlar va yomonliklar qilar. Aslida bu zarar va yomonliklar o‘z boshiga yetar. Qiyomat kuni bu olamda qilgan toat va ibodatlaringni sendan zarar ko‘rgan odamning nomai a’moliga biturlar, va ul hasadgo‘y toatsiz qolgay va dinu iymoni nobud bo‘lg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:19:56
   Qiyomat kuni suvrat ma’noga tobe’ bo‘lg‘usidur, dedik. Hamma suvrat (zohiriy ish) haqiqati bilan oshkora bo‘lib, rasvolik va sharmandalik o‘shanda bo‘lg‘usidur. Andog‘ki, uyquniig ul olamga yaqinligi bordurki, uyquni o‘limning birodari debdurlar. Tushda ko‘rgan ma’no haqiqatini ishorat qilurlar. Chunonchi, bir kishi Ibn Sirinning qoshiga keldi va aytdi: «Tushimda ko‘rdimki qo‘limda bir uzugim bor emishki, tamom erlar va xotinlarning farjlari va og‘izlariga muhr bosib yurur emishman». Ibn Sirin bu tushni ta’bir qilib aytdiki, «Ramazon kunlari muazzin (azon aytguvchi) bo‘lursan, subh (tong otishi)dan ilgari azon aytursan». Ersa, ko‘p o‘tmay, ramazon oyi keldi, ul kishi muazzin bo‘ldi. Mohi ramazonda tong payti azon aytilgach, quyosh botguncha barcha odamlar og‘iz ochmas va er xotinlar o‘zaro yaqinlik qilmas.

   Ajibroq, buki, uyquda qiyomat ahvolidan senga namuna bildirurlar va lekin hech ogohlig‘ va xabaring bo‘lmas.

   Xabarda kelibdurki, qiyomat kuni dunyoga zeb va oroyish berib, xunuk, palid bir kampirni keltirurlar va har kishi ko‘rsa, «Nauzu billah minho» deb, undan qocharlar. Farishtalar ayturlarki, «Bu o‘sha sizlarning sevgilingiz dunyodur, buning uchun dunyoda o‘zlaringni ayamay, qon to‘kar edinglar, bechoralarga rahm qilmas edinglar, endi mahbubingizdan qochursizmi?» Odamlar bu dahshatli xunuk kampirni ko‘rib sharmandalikdan uyalib, o‘zlarini do‘zaxga tashlashni xohlarlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:23:42
   Hikoyatda kelibdurki, bir podshoh jashni oliy (katta to‘y) qilib o‘g‘liga xotin olib berdi. Ersa, kelinni mahram sarog‘a (chimildiqg‘a) tushirdilar. Shahzoda o‘rtoqlari bilan bazmi jamshid qilib sharob ichmakka mashg‘ul bo‘ldilar. Hamsuhbatlari hammasi mast bo‘lib uxlab qoldilar. Shahzoda xam o‘zini bilmay, xotinning qoshiga kirishni xohlab xonasidan chiqib bir ko‘chaga kirib ketdi. Shahar ichida yo‘l yurib, bir uyda chirog‘ yorug‘i tushib turgani ko‘rindi. U xotinim shu uydadir, deb o‘yladi. U joyda qancha odamlar uxlab yotibdurlar. Yigit har chand ovoz qildi, hech kim uyg‘onmadi. Bular orasida ko‘rdiki bir ayol yangi chodra yopinib yotibdur. Xotinim shu ekan, «Men kechikib qOltanim uchun uxlabdur», deb gumon qildi. Aning quchog‘iga kirdi, chodrasini ochdi, dimog‘iga xushbuylik yetdi. Ersa, tong otguncha ul ayol bilan muosharat qildi va har lahza lablarini so‘rdi. Aning og‘zindan sovuq rutubat shahzodaning og‘ziga kelur edi. Yigit shodligidan aytur ediki, og‘zining gulobini mening og‘zimga quydi deb.

   Vaqtiki tong otdi, shahzoda xushiga keldi, ko‘rdiki ul uy gabr (kofir)larning dahmasi go‘ristoni ekan, ul uyqudagi xalq o‘liklar ekan, va ul chodra ostida yotgan xunuk, palid bir kampir ekan.

   Gulob deb gumon qilgani najosat ekan. Shahzoda ko‘rdiki hamma yog‘i najosat bo‘libdur. Yigit buni anglagach, sharmandalik va rasvoliqdan o‘lar holatga yetdi. Bu oludalik (ifloslik) birla tashqariga chiqishga andisha qildi. Aytur erdiki, bu holatdan davlatpanoh voqif bo‘lsa, sharmandalikdan holim nechuk bo‘lg‘usi deb vaxshatda o‘ltirur erdi.

   Podshoh o‘g‘li g‘oyib bo‘lganini anglab, arkoni davlati birla ko‘chalarni izlab, shahzodani vahima va sharmandalik birla o‘tirgan joyida topdilar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:26:41
   Boqgilki, ul shahzoda sharmandalikdan ne holga tushibdur. Bas, tongla qiyomat kuni mol-dunyo ahli dunyoning hamma lazzat va rohatlarini ushbu sifatda ko‘rgaylar.
   
   Balki andin chandon ziyoda sharmandalik va rasvolik bo‘lg‘usidurki, qiyomatning holini bu olamning misoli birla bilgali bo‘lmas. Ammo bu voqea bandaning qiyomatdagi qolidan andak namuna va nishonadur.

   Uchinchi otash Haq subhonahu va taoloning jamoli bo-kamoli va bezavolidan mahrum va ul saodatdan navmid (noumid) bo‘lg‘onning o‘tidurki, bu o‘tning sababi joqillik va nodonlik. Riyozat va mashaqqat tortib, ma’rifat hosil qilmagan ko‘r va johildir. Ma’rifat hosil qilish uchun mashaqqatu kulfatlar tortib, ilm o‘rgangaylar. Haqtaoloning jamoli bokamoli tajalliysidan mahrum qolmagaylar.

   Ravshan oyna zang bosganida jamolni ko‘rsatmas. Munga o‘xshash ba’zi toifaning dil oyinalari gunoh - ma’siyat zangidan va shahvat, lazzat g‘uboridan tiyra (xira, qora) bo‘lgandurki, ko‘rlikdan qutulolmas. Buning misoli shunga o‘xshashki, bir guruh odamlar qorong‘u kechada bir kimsasiz joyga yetgaylar, u yerda qum va tosh (shag‘al) ko‘p bo‘lg‘ay va qorong‘uda aning rangi bilinmas. Hamrohlaring senga aytg‘aylarki, toshlarda bisyor manfaatlar bordur. Shunga ko‘ra odamlar ba qadari himmat boyagi toshlardan yig‘ib olgaylar va sen hech narsa olmag‘aysan. Va aytg‘aysanki, bu ish naqadar ahmoqlik, bunday olib og‘ir yukni ranj, mashaqqat tortish, tongla bu toshlar kerak bo‘lur yo yo‘q, ma’lum emasdur. Bas, hamrohlaring bu toshlarni havas bilan yig‘ib, ranj, mashaqatlar bilan ko‘tarib yurgaylar. Va sen ularni masxara qilib aytursanki, har kimning aqli va ziyrakligi bo‘lsa o‘zini og‘ir yuklar bilan qiynamagay. Hovliqmay, osudalik birla yengilroq (ko‘p mol, dunyo to‘plamay) tirikchilik qilgay. Va aytursanki odam ahmoq va nodon bo‘lsa o‘zini eshakka o‘xshatib, og‘ir yuklar yuklab, ranj, mashaqqatlar tortur. Bas, vaqtiki tong otsa, ko‘rarlarki ul ko‘targan toshlari la’l, gavhar yoqut erurki, har birining bahosi yuz ming dinor bo‘lg‘ay. Va bu ne’matlar toat, ibodat gavharlaridur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:27:57
   Va ul qavmdan hech narsa olmagan yoki juda kam yuk Oltanlar hasrat va nadomat qilg‘aylarki nima uchun ko‘proq, yuk olmadik deb. Va sen hijolatga qolursan. Hamrohlaring esa ul la’l gavharlarga hayotning halol noz-ne’matlaridan olib, shahar viloyatlarga ega bo‘lib, umrini xursandchilik bilan o‘tkazgaylar. Seni o‘zlariga qulday ko‘rurlar. Xarchand bu ne’matlardan menga ham ozroq nasiba beringlar, desang ayturlarki, «Sen tunov kuni bizlarga kulib, masxara qilar eding, bizlar bugun seni masxara qilurmiz».

   «Xudoi taolo sizlarga ato qilgan sharbatdan bizlarga ham bir necha qatra va yo ne’matlardan bir necha zarra sochinglar». Ahli behisht ayturlarki, «Haq taolo behishtning sharbat va ne’matlarini kofirlarga harom qildi».

   «Masxara qilur edinglar bizlarni, endi biz sizlarni masxara qilurmiz, siz bizni masxara qilgan kabi».

   Bas, bu misol behisht ne’matlaridan benasib va Haq taoloning diydoridan mahrum qOltanlar haqidadur. Ul gavhar va yoqutlar toat ibodatniig misolidur. Ul qorong‘ulik dunyo misolidur. Kim toat, ibodat gavharlarini olami zulmatdan abadiy, chin dunyoga olib boribdur, hadsiz davlat va nihoyasiz ne’matlardan sarafroz bo‘libdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:29:15
   Ul kishiki, nasiya nimarsa uchun naqd ranju mashaqqatlar tortarmanu, deb toat gavharlaridan mahrum qolur, tongla qiyomatda faryod qilurki: «Afiyzu alayno minal - mo’i». Qiyomat kuni ahli ma’rifat va ahli toatlarga chandon saodat va sharofatlar ato qilurki, bu olamning hamma ne’matlari oxiratning bir soatlik ne’matiga barobar bo‘lmas. Haq taolo xatto do‘zaxdan chiqqan (jazosini olib bo‘lgan) odamlarga oncha ne’matlar berurki, dunyoning hamma ne’matlaridan afzaddur.

   Bu uch qism otashi ruhoniyni taniding. Endi bilg‘ilki, otashi jismoniy, badanni ham, jonu dilni ham kuydirguvchidur. Mundin ziyodaroqdur. Bas, har narsaning ranji, azobi ul vaqtda g‘olib bo‘lurki tab’i xohishiga zidligi anda g‘olib bo‘lsa. Masalan, qolip-badanning tab’i xohishi uldurki, badan tarkibidagi juz’, uzvlari (xalq, soddalik bilan a’zolari deydi) o‘z joyida barqaror va osuda (og‘rimasdan) turmog‘idur. Vaqtiki, do‘zax o‘ti badanni jarohatlasa, ajzolarini bir-biridan judo qilsa, ranj o‘ti uning ichini, jonu dilini ham kuydirib, har juzvidan unga o‘zgacha ranj va azob yetgusidur. Va dilning tab’i xohishi bu olamda - Haq taoloning ma’rifatini hosil qilmoq va abadiy olamda parvardigori olamning jamoli tajalliysini ko‘rishga musharraf bo‘lmoqdur. Bas, bu davlatning ziddi dilning nobiynoligi - ko‘rligidur. Aning ranju azobining nihoyati bo‘lmas. Bu otash jonu dil ichra paydodur va bu ko‘rlikni ular bu dunyodan oxiratga olib borg‘ondurlar. Va bu olamda ilmi yaqindan xabarsizligi sababli bu o‘tni ko‘rmagan edilar. Vaqtiki, o‘lsalar to‘siqlar bartaraf bo‘lib, ilmi yaqin birla (haqiqati bilan) bu o‘tni mushohada qilurlar.

   Kallo, lav ta’lamuna ilmal yaqin, latarovunnal jahim (Takasur, 5-6).

   Yo‘q, agar (dunyoparastlik oqibatini) aniq ilm bilan bilganingizda (uni do‘st tutmas edingiz). Qasamki, albatta sizlar do‘zaxni ko‘rasizlar.

   Bas, shariat jismoniy do‘zax va jismoniy behishtni tamomi sifatlari birla sharh qilibdur. Va bu vajhdan hamma xalqbehisht va do‘zax sharhini fahm qilurlar. Charoki, do‘zax o‘tidan bu olamdagi otash namuna va behisht ne’matlaridan bu olam noz-ne’matlari nishonadur. Ammo ruhoniy behisht va ruhoniy do‘zaxni shariat bayon qilmabdur. Shu sababli xalq ani fahm qilolmas. Charoki, bu olamda ulardan nishona yo‘qdur. Masalan, kichik bolaga desakki, sen bu saboqni o‘rgangil, uni o‘rgansang seni falon yerga amir yoki podshoh qilurmiz, ul go‘dakning ko‘ngliga bu so‘z mutlaqo ta’sir qilmas. Chunki go‘dak amirlik va podshohlik lazzatu rohatini ko‘rmagandir. Va agar desalarki, sen bu saboqni bilmasang, ustozing seni qattiq uradur, bu so‘zlar go‘dakning ko‘ngliga ta’sir qilur, chunki ustodining kaltagini avval sinab ko‘rgandur.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:31:19
                                                        FASL
                                      Ruhning to‘rt manzili bayonida


   Hamono aytursenki, ruhoniy do‘zax va behishtning sharhi va tafsili ulamolarning kitoblarida keltirilganlarda muxolifdir (biri boshqasiga xilof). Ulamolar aytibdurki, har nimarsani kishidan (va kitobdan) o‘rganmoq va eshitmoqtsan o‘zga tariqa birla bilgali bo‘lmas, Ruhoniy do‘zax va behishtni oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Bas, bilgil va ogoh bo‘lgilki, ulamolar ruhoniy mas’alalarni sharh qilmaslariga nima uzr bo‘ldi erkan? Oxiratning sharhida har nimarsaki ulamolar bayon qilibdurlar, hammasi rostdir. Lekin ulamolar ruhoniyatni yo bilmadilar, va yo bilsalar ham sharh qilmadilar. Zotan, aksar xaloyiq ruhoniyat olamini bilmaslar. Har kishida qam ruhoniyatni (ruhiy olam ishlarini) fahm qilmoqqa qudrat yo‘qdir.

   Magar ul kishiki, Haq taolo fazlu karami birla hidoyat topibdur, ular fahm qilurlar. Bu tariqa kishilar (ko‘p zamonlarda bir) paydo bo‘lur. Va har nimarsaki ruhoniydur, sohibi sharh hazrati rasuli akram s.a.v.dan o‘rganmak va eshitmakdan o‘zga tariqa birla bilgali bo‘lmas.

   Ammo, yana ruhiy olam qaqiqatini bilmoq va tanimoqni furu’i (bir tarmog‘i) bordurki, ani basiyrat yo‘li va botiniy mushohada birla bilgali bo‘lur. Bu martabaga ul kishi yetarkim, shaqri va vatanidan muforiqat qilib (firoqda bo‘lib), rohi din safari ixtiyor qilsa va bu vatandan, shahar va xonadan murod bu ermasdurki, shahar va xona qolip (jism, badan)ning vatanidurki, ruh insonning haqiqatidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:32:09
   Bas, ruh o‘zining asl vatanidan insoniy vujud shahristoniga safar ixtiyor qilibdurki, u (vaqti kelib) yana o‘z asl vataniga qaytgusidir. Bu safar ichra nechand manzili bor olamdir.

   Bas, ruhning avvalgi manzili olami mahsusotdir (hissiyotlar olami), andin keyin taxayyulot, andin keyin mavhumot, andin keyin ma’qulot (aqliy olam)dur. Bas, ma’qulot ruhoniy ruhning to‘rtinchi manzilidurki, (odamning ruhi) o‘zga manzillarda xabar topmagan nimarsalardan olami ma’qulotda xabardor bo‘lg‘usidur.
   
   Bu olamlarning har birini bir misol birla fahm qilgani bo‘lur. Bunday misollardan biri, to odam mahsusot (hislar, sezgilar) olamidadur, aning darajasi parvona misllik ushoq (juda kichik) jonivorlar martabasidadur. Bu jonivorlar o‘zlarini chiroqqa ururlar, charoki bularda quvvai basira, ya’ni ko‘rmoqqa quvvat bor, va lekin xayol (xotira) hofizasi yo‘qtur. Bas, bu jonivorlar qorong‘udan qocharlar, kunduzni do‘st tutarlar va gumon qilurlarki, chirog‘ ravzanadur (yorug‘ dunyo eshigidur).

   Bas, o‘zlarini chiroqqa urarlar. Vaqtiki o‘tning so‘zoni (olovi) yetsa, ul dard hofizlarida turmas, va xayollarida to‘xtamas (chiroqqa talpinaverarlar). Charoki, bularda xayol quvvati hofiza (xotira) bo‘lsa edi, bir marta dardnok bo‘lg‘andan keyin, ikkinchi bor o‘zlarini o‘tga urmas edilar.

   Hayvonlarni esa bir marta tayoq birla ursalar, ikkinchi marta tayoqni ko‘rsalar, qochurlar, toki tayoqning og‘rig‘i hofizasida turar. Bas, mahsusot (olamni his etish) insoniy ruhning avvalgi manzilidur.

   Ikkinchi manzil - taxayyulot olamidur. Toki, odam bu darajaga yetsa, bahoyim (hayvonot) darajasiga yetganidur, toki bir nimadan ranj va alam (og‘riq) yetsa keyingi gal ul narsadan saqlanor.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:32:44
   Uchinchi manzil - mavhumot olamidur. Vaqtiki, odam ruhi bu darajaga yetsa, ot va tuya birla barobar bo‘lg‘usidurki, dushmanning ranjini ko‘rmay turib, andin qochar. Chunonchi, qo‘y bo‘rini ko‘rsa va ot yo‘lbarsni ko‘rsa qocharlar. Bir marta ko‘rishdayoq dushmanni tanirlar, aning ranj va alamini ko‘rmasdan ilgari bilurlar. Agarchi fil, tuya va ot shaklda bo‘ridan va yo‘lbarsdan bahaybatdirlar, bulardan qocharlar. Bas, qo‘y, tuya va otda bir quvvatni qo‘yibdurki, aning birla ular do‘st, dushmanni ko‘rganda farq qilurlar. Ammo bu hayvonlar tonglaliq (ertanggi kunda keladigan) manfaat va zararni bilmaslar.

   Ammo, to‘rtinchi manzil - ma’qulot olamidur (aqliy olam). Vaqtiki odam ruhi bu martabaga yetsa, hamma hayvonlarning martabasidan o‘tar. To aqli va fahmi kamoliga yetguncha, odam hayvonlarga sherikdur. Vaqtiki, quvvai oqilasi kamoliga yetsa, olami insoniyatning avvalgi martabasiga yetkanidurki, har nimarsaning andozasini bilur... Va kelur zamonda bo‘ladurg‘on ishlarning salohi va fasodini bilur. Va hamma ishlar haqiqatini va alfozlari (so‘z, tushunchalari) ma’nolarini mulohaza qilur. Va har mavjudotki, ushbu olamdadir, nihoyati bordur. Har nimarsaki, maxsusot (hislar, sezgilar) olamidandur, ajsom (jismlar)dan boshqa narsa emasdur. Bas, ajsom mutanohiydur (nihoyasiga yetar, tugab bitar). Hamma odamlar yer yuzasida yururlar, hayvonlar ham yer yuzasida yururlar. Va odamning olami ma’qulotda hamma ash’yoning haqiqatini bilmoq bilan ravishi va tariqasi suv yuzasida yurganga o‘xshashdurki, bunday ishlar mardlar qo‘lidan kelgusidir. Va odamning mavhumot olamidagi ravishi kemada yurganga o‘xshashdur, aning darajasi obu xok (suv va tuproq)ning orasidadur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:34:17
   Bas, ma’qulot darajasi yuqori martabadurki, anbiyo va avliyo va ahli tasavvufning maqomi va martabalaridur. Va bu maqomu martabaning misoli havouzrauchib yurganga o‘xshashdur. Hazrati rasuli akram s.a.v.ga aytdilarki, Iso alayhissalom suv uzasida mang‘ib yurar edi. Hazrat rasululloh aytdilar:

   «Rost aytibdurlarki, «va lav azdadul - yaqinan lamisa fil - havoi». Yani agar odamning (Haq taologa) tasdiqi va yaqinligi ziyoda bo‘lsa, (suv va havo) uzra yurgusidur.

   Bas, odamiyning (ruhiy olamga ) safari va manzillari idrokot olamidan maloika (farishtalar) darajasiga yetgusi. Va odam xatardadurki, asfalasofiliynda qOltay va yo a’loyi ulliying‘a yetgay. Chunonchi, hadisi qudsiyda kelibdurki:

   «Inna arazno al - amonata alas - samovati val arzi val -jiboli fabayna an yahmilnaha va ashfaqna minho vahamalaho al - insonu.

   Ya’ni, biz haqiqatdan havola qildik bor omonatni - ishq muhabbatni osmon, zamin va tog‘larga, bas (ular) ibo qildilar va toqat keltirolmadilar ul bor omonatni . ko‘tarmoqqa. Va ko‘tardi ul bor omonatni inson.

   Va har narsaki jamodotdir, tosh kabi bejondir, o‘z darajasidan bexabardir. Maloika (farishtalar) a’loyi ulliyndadurki, ularning darajasidan yuqori martaba yo‘qtur. Bahoyim (hayvonlar) asfalasofilindadurki, ma’rifatga yo‘l yo‘qdir. Va odam bu ikkisining orasidadir, ma’rizi . xatardadir, (lekin) mumkindirki, maloika darajasiga yetgay va aksincha tanazzul birla hayvonot darajasida qolgay.

   Bor omonatni ko‘tarmakning ma’nosi - xatardan o‘zni saqlamoq insonlik yukini gardanga olmoqdir. Bas, odamiydan o‘zga mavjudot bor omonatni ko‘tarmog‘i mumkin emas. Va oxirat haqiqatini sharh qilmoqni munchalikka ixtisor (muxtasar) qildim. Charoki, aksar xaloyiq bundin ziyodani fahm qilolmaslar. Vallohi a’lam.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:35:47
FASL
Oxirat ishida mutahayyir ablahlar bayonida

   Ablahlardan bir guruhi borki, ularda na haqiqatni basirat birla tanimoqqa quvvat va tavfiqi ilohiy birla shariat hukmlarini qabul qilmoqqa qudrat bo‘lg‘ay. Oxirat ishida mutahayyirdurlar (hayronlikda qolgan). Shak (shubha) ularga g‘olibdur va nafs tug‘yonidan oxiratga munkirdurlar (ishonmaslar). Va shaytoni la’iyn ularni tarbiyat qilur.
   
   Bas, gumon qilurlarki, «do‘zax borasida nozil bo‘lgan oyatlar va hadislar xalqni qo‘rqitmoq uchun to‘qib chiqarilgan, behisht haqidagi oyat va hadislar hammasi havoyidur». Shu sababdan bu munkirlar oyi-havas birla mag‘rurdirlar. Va shariathukmini vojib deb bilmaslar. Bas, bu nav’ ahmoqlar oyat va hadislarning ma’nosini nechuk fahm qilg‘aylar? Ul ahmoqlarni zohir so‘zlari birla mulzam qilmoq kerak. Va anga aytg‘aysanki, agar oxirat ishiga munkir bo‘lsang, yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar alayhi salomlar, hamma hukamo, ulamo va avliyolar g‘alat (xato) qilurlarmi? Sen oxirat haqiqatini bilmassan va azobi ruhoniyni fahm qilmassan.

   Ruhoniy olamni mahsusot (sezgilar) olamidan farqlay olmassan. Va agar ul ahmoqlar desalar: «Bilurmizki, ruhning haqiqati yo‘q va abadiy emas va o‘lgandan keyin ruhga ranju osoyish yetmas...» Bilgilki, ul ahmoqlar mazohibi taboh (mazhablari vayron) bo‘libdur. Va ul toifalardan Haq taolo xabar berur:

   «Vain tad’uhum ilalhuda, falan yahtadu».

   Oyatning tafsiri: «Agar undasang ularni rohi rostga (haq yo‘lga) hargiz hidoyat topmaslar». (Qahf, 57).

   Va agar ul ahmoqlar aytsalarki, «Oxirat haqiqatini bilish bizlarga zarur emas, va lekin mumkindir. Haqiqati ma’lum emas narsa uchun gumoni za’if bilan butun umr ichida o‘zini riyozat va taqvo kunjida tutmoq bu olamning naqdinoti va osoyishidan ko‘ngil sovutmoqning ma’nosi bo‘lmag‘ay».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:37:57
   Bas, ul ahmoqlar javobida aytgaymizki, «Endi munchaga qoyil bo‘lding, bas hukmi aql senga vojibdurki, shariat yo‘lini mahkam tutg‘aysan. Vaqtiki, xabari ulug‘ bo‘lsa, gumoni zaif bilan undan ehtiyot bo‘lmoq lozimdur.

   Chunonchi, taom yemoqni xohlasang, birov aytsaki, bu taomga yilon zahrini sOltandir, albatta ul taomdan qo‘lingni yig‘arsan. Agarchi yilonning zahar solmog‘i gumoni za’ifdur, bu kishiniig yolg‘on aytmog‘i g‘olibroqdur va lekin rost bo‘lmagi mumkindur. Aytursanki bu taomni yemasam, ochlik ranji osonroq. Agar taomni yesam, ul kishining so‘zi rost bo‘lsa o‘lgumdur», deb bu taomni yemakdan o‘zingni tiyarsan.

   Bunga o‘xshash, agar bemor bo‘lsang, agar halokat xatariga yetsang, duoxon senga aytsaki, bir diram bergil, tumor yozib berurman, ul tumorni o‘zing birla tutsang sihhat bo‘lursan. Va yo munajjim aytsaki, «Oy falon burjga yetganda bu doruni ichgil». Bas, agarchi ta’viznavis va munajjimning so‘zi yolg‘onligi g‘olib bo‘lsa ham za’if gumon bilan achchig‘ doruni icharsan va naqsh (tumor)ni o‘zing bilan tutarsan.

   Bas, hech bir oqil nazarida bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar alayhissalomning so‘zlari, avliyo va ulamolarning ittifoqlari munajjim va ta’viznavis va tabibning so‘zidan hargiz kam emasdur.

   Vaqtiki, kimdir hisob aytsaki, bu dunyoda umring miqdori sahl - yengildur, ozdur va abadni mulohaza qilsa-ki, aning oxiri yo‘qdur, bas oxiratniig abadul - abad azob uqubatidan xalos bo‘lmoq uchun bu olamda ozmi - ko‘pmi ranj, mashaqqat chekmoq osondir, ishonmassan.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:39:18
   Va abadning ma’nosi uldurki, agar hamma olamdagi tariq donalarini bir joyga yig‘salar, bir tovuqg‘a farmon bo‘lsaki, har ming yilda tariq dona.iridan birini yegay, ushbu tariqa birla olam yuzidagi tariq donalari tamom bo‘lsa, abaddan bir lahza o‘tar. Bu borada ablah munkirlar mutlaqo andisha qilmaslar va o‘zini ehtiyot qilmoqni vojib deb bilmaslar.

   Bas, har kishining o‘z nafsiga shafqati va marhamati bo‘lsa, shariat yo‘liii mahkam tutg‘ay. Amiral - mo‘miniyn Ali karamallohu vajhahu dini islomni harchand dalillari bilan sharh qildilar, mulhid (dinsiz, dahriy) ishonmadi. Oxiri hazrat Ali s.a.v. aytdilarki, «Agar so‘z sening deganingdek bo‘lsa, sen ham xalosdursan, men ham. Agar mening so‘zim haq bo‘lsa, men xalos bo‘lurman, sen azobi abadiyga giriftor bo‘lursan, dedi. Bas, hazrat Alining bu so‘zlari mulhidning e’tiqodi za’ifligi jihatdan emas. (Unda oxiratga, Alloh va farishtalarga, qiyomat kuniga ishonch, etiqod yo‘q).

   Bas, oxiratda mo‘‘minlar (iymonlilar)ning rohati va kofirlarning azob-uqubati hamma musulmonlarga aniq-ravshan ma’lumdir. Bilgilki, har kishi bu olamda oxirat uchun zodi roh (yo‘l ozig‘i, ma’rifiy, ruhiy oziq) topishdan o‘zga ishlar, hoyu-havas bilan shug‘ullansa bag‘oyat ahmoqdur.

   Buning sababi g‘aflatdurki, bu dunyoning lazzati va rohati oxiratni andisha qilgali qo‘ymas. Ba’zi toifalar aniq ravshan dalillar bilan, ba’zi toifalar turli za’if gumon, shubhalar bilan behisht va do‘zaxning haqligini bilibdurlar, hammasiga vojibdurki, farosat aql-idrok birla ul azim xatardan hazar aylab, shariat yo‘liga, payg‘ambar alayhissalom yo‘liga pokizalik birla qadam qo‘yg‘aylar.

   «Musulmonchilik unvoni» bayoni tamom bo‘ldi o‘zni tanimoq va Haq taoloni va oxiratni tanimoq birla. Bas, bundan keyin «Musulmonchilik muomalasi» ruknlarini ibtido qilgum (boshlagum)dir. Inshoollohu taolo. Vahdahu va lo sharika lah. Lahul-mulku va laxul-hamdu yuhyi va yumit. Haq taolo yagonadir, Uning sherigi yo‘kdir. Olamning bor mulki Uniki. Hamdu sanolar faqat Ungadir. U tiriltiruvchi va o‘ldiruvchidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:40:55
NAZM

Ey, yaxshi oting fidosi jonim,
Avsofinga yuz tuman jahonim.
Vasfingga fido demak jahonni,
Zar bilmak erur sarig‘ somonni.
Ajzig‘a rasuling o‘lsa iqror,
Ne til bila hamding aylay izhor.
To bandangman, ne qilg‘um, qabul et,
Boshim uza rahmating nuzul et.
Nafs ilgida xorman, giriftor,
Sharmandayu ma’siyat, nigunsor.
Nafsim itin aylagil asirim,
Aylab kalomingni dastgirim.
   Qulluq kamarin belimga chust et,
Nafsim havosin ko‘ngilga sust et.
Tavfiqni aylagil rafiqim,
Toqat sari aylagil tariqim.
Lutfing qo‘li tutmasa qo‘limni,
Shaytoni la’yin ozdurur yo‘limni.
   Fikringni ko‘ngilga ayla mahbub,
Yodingni jonimg‘a ayla matlub.
Jon dardig‘a marham et g‘amingni,
 Majruh dilimg‘a marhamingni.
Ishq o‘tiki, jonu dilg‘a urg‘ay,
 Tan tufrog‘ini dog‘i sovurg‘ay.
 O’zluk yukidin xalos aylab,
 Lutfu karamingga xos aylab.
Ehson ila aylabon inoyat.
Qilg‘il manga ro‘ziyi hidoyat.
Oinai dilda zangi isen,
Ko‘pdurki, aritmog‘i na imkon.
Afvu karamingni masqal etkil.
 Dil oinasini sayqal etkil.
Rahmat nazarig‘a ayla manzur,
Zavqing bila ko‘nglum ayla masrur.
Ishq o‘tig‘a ko‘nglim ayla maskan,
Shavqingg‘a jonim harimi ma’man.
Zotingni tanurg‘a ayla orif,
Ganjinai dil pur az maorif.
Ey soqiy, ketur mayi jigarchun,
 Hajr ayladi tah-batah jigarxun.
Kayfiyati ravzai Salsabili,
Hayot suvidur aning xijili.
Zavq ila bu maydan aylagach no‘sh,
Lutf ila menga ichurgaysan qo‘sh.
Bo‘lg‘och g‘amimga farax mubaddal,
Mushkullarim aylagil dag‘i hal.
Itmomig‘a yetti to‘rt unvon,
Og‘oz etay emdi to‘rt arkon.
Har ruknlarining iktizosi,
O’n asl bila topar ziyosin.
To safha uza qilay muzayyan,
Tong yo‘qki, mastur o‘lsa gulshan.
Har gulshan ichida yuz tuman gul,
Har shoxida turluk savti bulbul.
Gar qaysini uzmakka bo‘lsa komi,
Guli aslga aylasin xirome’.
[/b]
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:42:13
FASL
Ma’rifatning to‘rt ustuni ruknlari

Avvalgi rukn. Ibodat. O’n asldan iborat:

Birinchi asl. Ahli sunna val jamoa e’tiqodlarini durust qilmoq bayonida.
Ikkinchi asl. Ilm talab qilmoq bayonida.
Uchinchi asl. Tahorat bayonida.
To‘rtinchi asl. Namoz bayonida.
Beshinchi asl. Zakot bermoq bayonida.
Oltinchi asl. Ro‘za bayonida.
Yettinchi asl. Haj safari bayonida.
Sakkizinchi asl. Qur’on tilovat qilmoq bayonida.
To‘qqizinchi asl. Zikr aytmoq va duo qilmoq bayonida.
O’ninchi asl. Avrod (virdlar, vazifalar) tartibi bayonida.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:46:11
Ikkinchi rukn. Muomalot. Bu rukn ham o‘n asldan iborat.

Avvalgi asl. Taom yemak odoblari. Mehmondorchilik odoblari.

Ikkinchi asl. Nikoh, oila odoblari.
Avvalgi bob. Nikohning foyda va ofatlari.
Ikkinchi bob. Akdi nikohning foydalari.
Uchinchi bob. Maishat odoblari.

Nikohning shartlari.
Ahli ayolga muomala odoblari.

Uchinchi asl. Kasb va tijorat odoblari.

To‘rtinchi asl. Halollik savobi va fazilati.

Beshinchi asl. Suhbat tutmoq bayonida.

Oltinchi asl. Uzlatda (yolg‘izlikda) bo‘lmoq odoblari.

Yettinchi asl. Safar qilmoq odoblari.

Sakkizinchi asl. Simo’ (zikr, musiqa tinglash), vajd (zavq-shavq holatiga tushish) odoblari.

To‘qqizinchi asl. Amri ma’ruf va nahyi munkar (Haq taolo buyurgan yaxshi ish-amallar va U ta’qiqlab, «qayting, qilmang», degan yomon ishlardan saqlanish bayonida.

O’ninchi asl. Podshohning raiyat (el-yurt, xalq) ahvolidan xabar olmog‘i va mutasaddiylar tariqasi (yo‘l-yo‘rig‘i) bayonida.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:51:59
Uchinchi rukn. Muhlikot (halok qiluvchi, gunoh ishlar) bayonida. O’n asldan iborat.

Avvalgi asl. Nafsni riyozat birla tutmak bayonida.

Ikkinchi asl. Yemak va ichmakning lazzati va aysh-ishratning xohishiga iloj qilmoq bayonida.

Uchinchi asl. So‘zlamak sharri (yomonligi) va til ofati.

To‘rtinchi asl. Xasm (dushmanlik) va hasad bemorlig‘ini tuzatish bayonida.

Beshinchi asl. Dunyo muhabbati ilojida.

Oltinchi asl. Mol, dunyoga do‘stlik ilojida.

Sakkizinchi asl. Ibodatda riyo va nifoq (munofikushk) ilojida.

To‘qqizinchi asl. Kibr va ujb (manmanlik) ilojida.

O’ninchi asl. G’urur va g‘aflat ilojida.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:54:16
To‘rtinchi rukn. Munjiyot (najotga yetkazuvchi yaxshi ishlar, fazilatlar) bayonidadur. O’n asldan iborat.

Avvalgi asl. Tavba qilmoq va gunoxdan xalos bo‘lmoq bayonida.

Ikkinchi asl. Shukr va sabr bayonida.

Uchinchi asl. Xavf va rajo (umid) bayonida.

To‘rtinchi asl. Darveshlik bayonida.

Beshinchi asl. Tavxid va tavakkul bayonida.

Oltinchi asl. Shavq va muhabbat bayonida.

Yettinchi asl. Sidq va ixlos bayonida.

Sakkizinchi asl. Muroqaba (Allohga yuzlanish) va muhosaba (yaxshi-yomonni sar hisob qilmoq) bayonida.

To‘qqizinchi asl. Tafakkur qilmoq bayonida.

O’ninchi asl. O’lumni yod etmoq va oxiratning ahvoli bayonida.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:56:02

BIRINChI RUKN IBODAT[b/]

   Bu rukn o‘n asldan iborat:

1.Musulmonchilik e’tiqodini durust qilmoq;
2.Ilm talab qilmoq;
3.Tahorat qilmoq;
4.Namoz o‘tamoq;
5.Zakot bermoq;
6.Ro‘za tutmoq;
7.Haj qilmoq;
8.Qur’on tilovat qilmoq;
9.Zikr qilmoq;
10.Duolar tartibini bilmoq bayonidadur.


   Vaqtiki, musulmonchilik unvonin tanimoqdan forig‘ bo‘lding, o‘z nafsingni, Haq taoloning zoti, vojibul vujudini, dunyo va oxiratni taniding, keyin musulmonchilik muomalasi ruknlariga mashg‘ul bo‘lg‘il. Shu jumladan, ma’lum bo‘ldiki, odamning saodati Haq taoloni tanimoq va anga bandachilik qilmoqdadur. Bas,asli ma’rifat bu to‘rt unvon, to‘rt rukn birla hosil bo‘lg‘usidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:56:59
Avvalgi rukn: o‘zingni Haq taologa ibodat birla orasta tutg‘aysan. Bu ruknni Ibodat atarlar.

Ikkinchi rukn: tirikchilik, xalqchilik, harakat va sukunat, balki hamma ahvolingni odob va sunnatg‘a muvofiq tutg‘aysen. Bu ruknni Muomalot atarlar.

Uchinchi rukn: o‘zingni yomon xulkugardan pok qilg‘aysen. Bu ruknni Muxlikot (halok etuvchi fe’llar) deb atarlar.

To‘rtinchi rukn: o‘zingni sifoti maxmuda (yaxshi,ma’qul sifat, fe’llar) birla orasta qilg‘aysan. Bu ruknni munjiyot (najotga eltuvchi, go‘zal xislatlar) deb atarlar, bu rukn birla dil imoratini ta’mir qilg‘aysan.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 13:59:36
Avvalgi asl.
Ahli sunna val jamoa e’tiqodlari

   Bilg‘ilki, har kishi musulmon bo‘libdur, eng avval kalimai tayyiba: «Lo iloha ilallohu Muhammadu -r-rasululloh» kalimasin tilida aytgay va dilida ham ma’nosini fahmlab, Haq taolodan o‘zga hech topinishga loyiq ma’bud yo‘q ekaniga va hazrati Muhammad Mustafo s.a.v. Haq taoloning payg‘ambari ekaniga ko‘nglida tasdiq qilg‘ay. Hech shak va shubhaga yo‘l bermag‘ay.Asli musulmonchilikda bu tariqa iqror va tasdiq kifoyadir. Xudoi taoloning yagonaligini va hazrati Mustafo s.a.v.ning barhaq payg‘ambarligini dalil va burxon birla bilmak hamma musulmonlarga farzi ayn emasdur. Negaki on hazrat s.a.v. arab xalqini iymonga da’vat qildilar, (ularni) Haq taoloning yagonaligini dalil, hujjat va daf’i shubhatga (shubhani dalil bilan yo‘qotishga) farmon qilmadilar. Balki, iqrori bilisoni (til birla) va tasdiqi bil-qalbga kifoya qilur edilar. Musulmonlar darajasi mundin ziyoda emasdur (ularga shuning o‘zi yetarlikdur).

   Ammo lozimdurki, musulmonlar orasida toifai ulamolar bo‘lg‘ayki, ilmi aqoidani dalillari birla bilg‘ay. Toki omiylar e’tiqodida shubha voqe’ bo‘lsa, shubhani dalil birla daf’ qilg‘aylar.Va buni ilmi kalom atarlar. Bu ilmi kalomni bilmak farzi kifoyadurkim, har shaharda ilmi kalom biladurg‘on olimlardan ikki-uch kishi bo‘lg‘ay. Bas, ilmi kalom ulamolari mazhab va millatning podshohi misllikdurki, musulmonlar vujudi shahristonidagi aqida muxoliflarini badarg‘a qilib quvarlar.

   Ammo ma’rifat haqiqati boshqacha yo‘ldurki,bu ikki maqomdan o‘zgadur va aning muqaddimasi riyozat (mashaqqat chekish)dur. To kishi riyozat va mujohadani kamoliga yetkazmaguncha, bu darajaga yetolmas. Va ma’rifat da’vosini qilmoqpigi bilan muslim bo‘lmas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 14:03:20
   Muning misoli ul kishining holiga o‘xsharkim, parhez tutmay doru ichgay. Bunday kishi xavfu-halokdadur. Bu dorularning me’da xiltlariga aralashuvi birla (dori ham) xiltlar sifatida bo‘lur. (Bunday dorudin) shifolik bo‘lmas, balki kasali ziyoda bo‘lur.

   Bas, har (qanday) kishi ma’rifat haqiqatini talab qilolmas, magar ul kishikim, dunyoning hech aloyiqi (bordi-keldisi) bo‘lmasa, Haq subhonahu va taoloning talabi va amri farmoniga amal qilishdan o‘zga hech narsaga mashg‘ul bo‘lmasa (shunda) ma’rifat hosil qilur. Va bu tariqada bo‘lmoq juda qiyindur.

   Bas, hamma musulmonlarga oncha muhim va lozimdur, ani bayon qilurmanki, ul-ahli sunna val jamoat e’tiqodlaridur. To har kishi bu e’tiqodni dilda barqaror qilibdur, ul e’tiqod dunyo va oxiratda tuxmi saodat bo‘lg‘usidur.

   Bilg‘ilki, sen maxluqsen (ya’ni Xoliqning yaratganisen), va seni xalq qilg‘uvchiborkim, hamma olamning yaratuvchisi Uldur. Va hamma mavjudot aning bandasidur. (Ul) Ahad, ya’ni birdurkim, ani zotida sherigi yo‘kdur. Va davomvordurki, vujudig‘a bidoyat (boshlaiishi) yo‘q. Va hamisha bo‘lg‘uvsidurki oxiriga nihoyat yo‘q. Va Haq taoloning vujudi azal va abadda vojibul vujuddir, yo‘klig‘ anga yo‘l topmas. Va (asli) Qoyimi biz-zotdurkim, hech sababga ehtiyoj(i) bo‘lmas. Balki Haq taoloning qiyomi ( qoyim turishi) o‘z zoti birla, va hamma mavjudotning qiyomi Haq taoloning qudrati komilasi biladurkim, Qayyyumning ma’nisi ushbudur. Tanzihi (pokligi) zotidadur, ya’ni, Haq subhonahu taolo nuqson va zavOlta dalolat qiladig‘on sifatlardin pokdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 14:04:16
   Haq taolo jism va javhar emasdur. Chunki, jism va javhar makonda bo‘lmakni taqozo qilur. Haq taolo makonda bo‘lmakdin munazzaxdur. Haq taolo araz emasdur, chunki araz jism va javharga tobe’dur. Va Haq taolo hech bir qolipga tushmas.

   Va hech nimarsa unga o‘xshamaski, (Haq taolo) suvratdan munazzaxdur, poqdur. Chun va chigunalik (nima va nima uchun? savollari) Unga to‘g‘ri kelmas. Va har nimarsaekim,xayol va xotirada kechadur, kamiyat va kayfiyat (mikdori va hol-ahvoli sifatlari)din xolidur, kamiyat va kayfiyat maxluqotning (ya’ni Holiq yaratgan mavjudotlarning) sifatlaridandur. Va Xudoi .taolo maxluqning sifatida ermasdur. Balki har narsaki (bordur) va ham xayol qilur, Haq taoloning maxluqidur. Cho‘ngluq (kattalik) va kichiklik miqdor anga yo‘l topmaskim, bular ham jismlar olamining sifatlaridur. Haq taolo jism emas va aning hech nimarsaga payvandi bo‘lmas. Va makonda bo‘lmas.

   Aslo joygir va joypazir ermasdurkim, har nimarsaiki, olam ichidadur, Arshning ostidadur. Va Arsh Haq Taolo qudrati komilasi ostidadur. Va Haq taolo Arshdin baland va oliydurki, bir jism yana biri ustida bo‘lg‘onga o‘xshash emasdur. Haq taolo jism ermaski, Arsh ham Haq taoloni ko‘targuvchi ermasdur. Balki Arshni ko‘taradurgon farishtalarni ko‘targuvchi Haq taoloning lutf va qudratidur.
Bu kunda (ham) ul sifat birladurkim, Arshning yaratmasidin ilgari azalda ham ul sifatlar birla muttasif (sifatlangan) erdi. To abadda ham ushbu sifatlar bilan bo‘lg‘usidurki, tag‘yir va tabdil (o‘zgarishi va almashishi) Haq taoloning zotig‘a xos emas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 14:05:31
   Sifatning o‘zgarishi nuqsondurkim, Xudoliqg‘a yaramas. Bas, (musulmonlik) - bu Xudoi taoloni olamdagi hama mahluqot sifatlaridan pok deb tushunmoq joiz. Va oxiratda ham ushbu sifatlar bila ko‘rmoq chin haqiqatdur. Chunonchi, musulmonlar bu olamda Haq taoloni savol, javobsiz bilurlar, oxiratda ham sofdil, chin insonlar ko‘rgaylarkim oxiratdagi diydor bu olamdagi ko‘rishuv kabi emasdur.

   Haq subhonahu va taolo qodir, qudratlidur. Ya’ni Haq taoloning qudrati komilasiga hech mushabbih - o‘xshaguvchi yo‘qtur. Va hamma narsaga qodirdur. Tavonolig‘i (kuchi, qudrati) komildurkim, hech nuqson va ojizliq va za’iflik anga yo‘l topmas. Balki xoxlag‘onini qilg‘ondur. Va har nimarsani xoxlasa qilur. Yetti osmon va zamin va Arsh, Kursi va hamma mavjudot aning qudrat qabzasida musaxxardur. Va hammaning vujudi Haq taolodinkim, Xudoi taoloning qudratida hech yoriy (yordam) berguchi va sherigi yo‘qdur. Olimdur, ilmi qadimi birla har nimarsani va har nimarsani bilguchidur. Va ilmi hamma narsaga muhitdurkim, a’loi oliyyindin taxtus sarog‘acha aninga donishidan tashqari hech nimarsa yo‘qtur. Chunki hamma mavjudot aning ilmi qudrati bilan yaratilgandir. Balki biyobonlardagi qumlar donasi va daraxtlar bargi va muxtalif mavjudot, nafslar va ko‘ngillar aning yaratganlaridur. Va daryolar qatrasi va havo zarrasi Haq taoloning ilmi qadimida andog‘ ma’lum va makshuf (kashf etilgan)durki, osmonlar adadini o‘zidan o‘zga zot bilmas.

   Bizlarning xotiramizda ma’lum misllik har nimarsaki, olam arsasida (sahnida) mavjuddur hammasi Haq taoloning xohishi va irodasi birlandur.

   Va hech nimarsa oz, to‘la, katta, kichik, xayr u shar (yaxshi, yomon) toat va ma’siyat, kufr va imon, foyda va ziyon, ziyodat va nuqson, ranj va rohat, bemorlik va tandurustlik, g‘aniylik (boylik) va darveshlik faqatgina Haq taoloning taqdir va irodasi va qazosi hukmi bilan mavjud bo‘lg‘usidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 14:06:56
   Va agar insu jin va shayotin (shaytonlar) va maloyika hamma olam xalqi jam’ bo‘lsalar, toki bir zarrani o‘rnidan qo‘zg‘atmoq yoki kam va ziyoda qilmoqni xohish qilsalar, Xudoi taoloning irodasi bo‘lmaguncha hamma ojiz erurlar. Har narsaki bordur va bo‘lg‘usidur, hammasi Haq taoloning takdiri va tadbiri bilan bo‘lg‘usidur.

   Sami’(eshituvchi, xabardor) va Basiyr(uzoqni ko‘ruvchi) Haq taolo hammani bilur. Chunonchi, hamma narsani bilguvchi, hamma ko‘rilur va eshitilur nimarsalarni ko‘rguvchi va eshitguvchidur.
 
   Andog‘ki, yirog‘ va yaqin Hudoyi taoloning eshitmagida barobardur. Qorong‘u va yorug‘ ham ul zotning ko‘rishi uchun birdir. Qorong‘u kechada murcha (chumoli)ning yurgan ayog‘ sharpasi, Haq taoloning eshitmagidan tashqari ermas. Va taxtus-sarodagi (er ostidagi) qurtning rangi aning nazarida uzoq emasdur.Va ko‘rmagiga ko‘z lozim emas, eshitmagiga quloq kerakmas. Yaratmoqqa asbob ham zarur emas.

   Haq taoloning sifati qadimiydur. Xudoi taoloning farmonini tutmoq xalqg‘a vojibdur. (Olloh) har nimarsaiki xabar beribdur, rostdur, va’da va va’idi (jazodan ogohlantirishi) haqdur.

   Farmoni va xabari, qavlu-kalomi, va’da va va’idi Haq taoloning kalomidur. Chunonchi, Haq taolo zinda( tirik) va dono va tavono va shunavo( ko‘ruvchi, eshituvchi)dur. Go‘yo -so‘zlaguvchidurkim, Muso alayhisalomga bevosita so‘zladi. Haq taoloning so‘zlamagi kom va zabonlab va dahon birla ermasdur. Chunonchi Tangri odam ko‘nglidagi so‘zdan, harf va suratdan pokdir. Haq taoloning sifati kalomi budardin pok va munazzahroqdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 14:07:56
   Tavrot va Injil va Zabur va Furqon (Qur’on)va hamma payg‘ambarlarga nozil bo‘lg‘on kitoblar-hammasi Haq taoloning kalomidur va Kalom Tangri sifatidur va hamma sifatlari qadimdur, hamisha bo‘lg‘usidur.Chunonchi Haq taoloning zoti vojibul-vujudi qadim erdi, Kalom sifati ham qadimdurkim, ko‘ngillarda yod oling‘uvchi va zabon birla o‘qilg‘uvchi va safhalarda bitilguchidur.

   Bas kalom nafsi qadim va g‘ayri maxluqdur. Qiroat qilmoq va yod olmoq va kitobat maxluqdur. Af’oli olam har nimarsaiki olam ichida mavjuddur, hammasi Haq taoloning maxluqidur. Har nimarsakim xalq qilibdur, andin xo‘broq suratda tasavvur qilmoq mumkin ermas. Va agar hamma oqillar jam’ bo‘lub olam mamlakatini yana bir suratda bo‘lmog‘ini va yo bir nimarsani kam qilmoq va ziyoda qilmoqni xohlasalar hargiz rost kelmas. Va olamni ushbu nizomdin yana bir (boshqa) suratda bo‘lmog‘i mumkin deyish-xatodurkim ani hikmat va maslahati siridin g‘ofillikdur. Buning misoli ko‘rning holig‘a o‘xsharkim bir saroyga kirgay, ul saroy ichida har mato’ va qumoshni (to‘qima mato’) o‘z joyida qo‘yg‘on bo‘lg‘aylar. Ul nobiyno (ko‘r) ko‘rmay ul mato’lar uzra qadamin qo‘yar.Va ayturkim, bu mato’larni bilmasdan, yo‘l ustida qo‘yibdurlar.Vaholanki ul mato’lar yo‘l ustida emasdur. Va lekin ko‘rning o‘zi yo‘lni ko‘rmas.

   Bas, Haq taolo har nimarsaikim, yaratibdur, adl va hikmat birla qilibdur, har mavjudni tamom kamol martabasida qilg‘ondur.Va agar mundin ziyoda kamol martabasi bo‘lib, Haq taolo bandalarini ul martabada xalq qilmasa yo ojizlik lozim kelur va yo baxillik lozim kelur.Bu ikki sifat Haq taoloda bo‘lmag‘aydur. Bas, Haq taolo bor bandalarig‘a har nimarsaiki-ranj, bemorlik, darveshlig‘, jaxl va ojizliqni xalq qilibdur (beribdur), hammasi adldur. Va Haq taolodin zulm mumkin ermasdur. Zulm ul bo‘lurkim, g‘ayrning mamlakatig‘a nohaq tasarruf qilsa. Hamma olam Xudoi taoloning mulkidur. Va har nimarsaiki, bordur, bo‘lg‘usidur, hammasi Haq taoloning maxluqidur va bandasidur. Va Haq taolo podshohi beandoza va behamtodur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 14:08:57
   Bilgilki, olam ikki jinsdan iboratdur.Olami ajsom (jismlar) va olami arvoh (ruhlar). Olami ajsom ushbu olamdurkim, ruhi odamiyning manzilgohi qilibdurlar.

   Va har kishig‘a bu olamda bo‘lmoqg‘a muddate ta’yin qilibdurlar. Vaqtiki, ajal yetib, hayot muddati tamom bo‘lsa, ruhni olib hisob berishga elturlar.

   Qiyomatkim, hisob va mukofot kunidur, jonni badang‘a omoda qilib, hamma mavjudotni hashrgohg‘a keltirurlar. Va har kishining qilg‘on amalini nomai a’molida ko‘rarlar. Va
hamma qilmishlarini yodig‘a keltirurlar. Toat va ma’siyat miqdorini tarozuga solib, bildirurlar. Andin keyin hamma xaloyiqni sirot ko‘prigiga haydarlar. Ul ko‘pruk qildin ingichka va qilichdin tezdur (o‘tkirroqdir). Har kishikim bu olamda rohi shariatda (shariat yo‘lida) sobit va rosih (mustahkam) bo‘libdur, sirot ko‘prigidan osonlik birla o‘tar. Ul kishikim, Xudo va rasulning yorlig‘in tutmabdur, do‘zax qa’riga ketar. Va hamma qilmishlaridan so‘rarlar. Sodiqlardin haqiqat (to‘g‘rilig‘ini) so‘rarlar. Munofiq va riyokorlarga azob uqubatlar qilarlar.Ba’zi guruhni so‘roq qilmay behisob behishtga yuborurlar, bir guruhni osonliq birla hisob qilurlar. Va hamma kofirlarni do‘zaxga yuborurlarkim, hargiz xalos bo‘lmaslar. Va musulmonlarni behishtga (jannatga) va osiylarni do‘zaxga yuborurlar. Va har kishiki, anbiyo va avliyo va buzurgon (ulug‘lar) - rahimaxullohning shafoatlariga yetibdurlar, ularning gunohini afv qilurlar. Ul osiylarkim, shafoat topmabdur, alarni do‘zaxga solurlar. Gunohi miqdoricha azob tortib, oxir behishtga borurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 14:10:33
                                                                FASL
                                    Ahvoli anbiyo alayhimus - salom bayonida


   Odam o‘zining saodati va shahovati nimada yoki nimalarda ekanligini bilmog‘i zarurdur. Bu vajh. (sabab)din Hazrat xudoi azza va jalla kamoli fazli marhamati birla (Yer yuzidagi) bandalariga anbiyo alayhimus-salomni (ya’ni nabiylar, payg‘ambarlarni) yuboribdur. Toki, Haq taolo azalda saodatiga hukm qilg‘on bandalariga biroz (sir)din ogoh qilib, payg‘om (xabar) yetkurib, saodat va shahovat yo‘lin oshkora qilg‘aylar.

   Toki, bandalar Haq taologa (itoat qilmaganiga bahona izlab) dalil, hujjat keltirurga yo‘l qolmag‘ay. Anbiyolarning oxiri hazrati Muhammad Mustafo (s.a.v.)durki, Haq taolo bandalariga elchi(qilib) yuboribdur. Va nubuvvatlari martabalarini kamoliga yetkuribdurkim, andin ziyoda martaba yo‘qdur. Hazrati Mustafo alayhissalomni Xotimi anbiyo derlarki, ulardan keyin payg‘ambar kelmas, Jinu ins va hamma maxluqotni mutoba’atlarig‘a (ul zotga tobe’ bo‘lishga) farmon qildi. Va sayyidul anbiyo tojini ularning boshlariga(qo‘ydi) va ularning oli (oilasi), ashoblarini (suhbatdosh do‘stlarini) o‘zga payg‘ambarlarning oli, ashoblaridin afzal qildi. Salovat-allohi alayhi ajmayn va ala soyirin-nabiiyin va ala olihi va ashobihi-tohiriyn, xususan, chahor yori bo-safo Abu Bakr Siddiq va Umar Foruq va Usmon Zunnurayn va Aliyul Murtazo, rizvonullohi alayhim ajma’in.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 14:12:17
                                                               Ikkinchi asl
                                                     Ilm talab qilmoq bayonida


   Onhazrat rasululloh s.a.v. aytibdurlarki: Utlibul-ilma farizatun li-kulli muslimin va muslimatun, ya’ni ilm talab qilmoq musulmon erkak va ayollarga farzdur. Bas, hamma ul ixtilof qilibdurlarki, qaysi ilmni talab qilmoq farzdur?

   Mutakallimiyn (kalom ilmi olimlari) aytibdurlarki, Haq taoloning ma’rifati ilmi kalom birla hosil bo‘lu . Va fuqaho (faqihlar) aytibdurlarki, ilmi fiqxdur. Halol va harom ilmi fiqh birla aniqlanar. Muhaddislar tibdurlarki, ilmi Kitob (Qur’on) va Sunnat, ya’ni oyot va ahodis ilmidurki, ilmi shar’iy(shariat ilmi)ning aslidur. Va ahli tasavvuf ayturlarki, bu ilmdan murod ahvoli dilni bilmakdurki, bandani oxiratga yetkuradurgon rohi dil(qalb yo‘li)dur.

   Bas, har toifa ulamo o‘z ilmlarini e’zoz va ikrom qilibdurlar. Ammo bizning nazdimizda farz deyilgan ushbu ilmlardan birini ikkinchisidan ustuvor qo‘yish nojoizdur.

   Va bu ilmlarning hammasini bilmak hammaga vojib emas.Va lekin bu mas’alaning tafsili bordurki, bul ishkal ul tafsil birla daf’ bo‘lur. Bilg‘ilki, bir kishi masalan choshgoh vaqtida musulmon bo‘libdur, va yo bolig‘ (balog‘atli) bo‘libdur, ushbu vaqtda bu ilmlarning hammasini bilmak va o‘rganmak ul kishig‘a vojib ermas. Va lekin ul vaqtda u kalimai «Lo iloha illalloh, Muhammadur rasululloh»ning ma’nosini bilg‘ay. Ahli sunnat va jamoatning e’tiqodlarini durust qilg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 14:13:07
   Andog‘ki, avval bayon qilindi. Haq taoloning vahdoniyatini dalil birla bilmak vojib emas, balki tasdiq va bovar qilg‘ay (ishongay). Haq taoloning yagonaligiga va hamma asmou (ismlari) sifotlariga va hamma amr va nahiylari haqlig‘iga va payg‘ambar(s.a.v.)ning barhaqlig‘iga va hamma sifotlarig‘a, behisht va do‘zax, hashr va nashrning (vafot bo‘lgandan keyin qayta tirilish) haklig‘iga imon kelturgay, toki e’tiqod qilg‘aylarkim, Haq taolo ushbu sifatlar birla hamma mavjudotning Xudosidur. Va bandalarini payg‘ambar (s.a.v.)ning zabonlari birla dargohiga chorlag‘uvchidur. Inson toat qilsa saodat topg‘usidur, agar ma’siyat qilsa shaqovat (baxtsizlik)ga ketgusidur.

   Vaqtiki, (inson) bularni bildi, bas, mundin keyin ikki nav’ ilmni bilmak vojib bo‘lur. Bir nav’ ilm dilg‘a taalluq topar. Va bir nav’i fe’l atvorga taalluqlidur. Bu ilm (fe’l-atvor) ikki qismdur. Bir qismni qilmak vojibdur. Yana bir qismdan ijtinob (uzoklashish, saqlanish, qochish) vojibdur. Masalan, kishikim, choshgoh vaqtida musulmon bo‘lsa, yo bolig‘ bo‘lsa, vaqtiki namozi peshin bo‘lsa, ul kishig‘a tahorat va namozning farzlarini bilmak vojibdur. Ammo tahorat va namozning sunnatlarini bilmak sunnatdur. Va agar masalan namozi shom bo‘lsa, namozi shomning farzlarini bilmak vojibdur. Vaqtiki ramazon oyi kelsa, farzlarini bilmak vojibdur.

   Bilg‘ayki, subhi sodiqdan oftob o‘ltirg‘uncha yemak va ichmak va mubosharat qilmoq haromdur. Va agar yigirma misqol (og‘irlik o‘lchovi - bir misqol taxminan 4,1 grammdan 4-5 va 4-68 grammgacha) oltini bo‘lsa shkot ilmini bilmak vojib bo‘lmas. Bir yil tamom bo‘lg‘onda zakot ilmini bilmak vojib bo‘lur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 14:13:58
   Bilg‘aykim, yigirma misqoldin qancha zakot bermak lozimdur? Qanday kishiga bermoq kerak? Va shartlari qaysidur? Va ilmi haj vojib bo‘lmas. To ul vaqtiki, haj qilmoqni iroda qilsa, ul vaqtda faroyiz va vojibotlarini bilmak vojib bo‘lur. Vaqtiki xotun olsa, bilg‘aykim, xotuni erida haqi qaysidur? Holati hayzda suhbat qilmoq halol ermas. Hayzdin keyin ham g‘usul qilmaguncha durust emas.

   Agar hunarmand bo‘lsa, ul hunarning ilmini bilmak vojibdur. Va agar savdogar bo‘lsa, savdo ilmini bilmak vojibdurki, hamma bay’i va shart-sharoitlarini bilgay. Toki bay’i botildan hazar qilg‘ay. Ushbu vajhdin Umar roziyallohu anhu ahli bozorni darra so‘qib (urib) ilm o‘rganmakka buyurar edilar. Umar roziyollohu anhu aytibdurlarki, kishikim, olmoq va sotmoq mas’alalarini bilmasa, bozorg‘a kirmagaykim, o‘zi harom yer, xabari bo‘lmas. Har hunarmand o‘z hunarining ilmini bilmagi vojibdur.

   Ammo ul ilmki, ijtinob (saqlanish) vojib erdi, ani ham bilmak vojibdur. Agar erkak kishi nafis ipakdan libos kiysa va yo chag‘ir (man qilingan) harom ichkilik ichsa va yo to‘ng‘iz go‘shtini yesa va yo g‘azab birla bir kishining molini tasarruf qilsa, ulamolarga vojibdurkim, ul toifani bu qabih af’ollardan man’ qilib, ani haromlig‘ini bildirg‘aylar. Va agar nomahram xotunlar jam’ bo‘ladurg‘on yer (fahsh ishlar) bo‘lsa, albatta andog‘ yerlardan hazar qilmak kerak. Bas, bularni har kishi o‘zi bilmagi vojibdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2008, 14:14:47
   Ammo ul ilmki, dilg‘a taalluq topadur, ul ham ikki qismdur. Avvalg‘i qism dilning ahvoliga taalluqlidir. Ikkinchi qism e’tiqodiyatg‘a taalluqli. Ammo ul ilmekim, ahvoli dilg‘a taalluq topar, aning misoli budurkim, har kishig‘a vojibdur bilmaklik: kibr va hasad va gumoni bad haromdur. Bas, bularni bilmoq hamma xaloyiqqa farzi ayndur. Hech kishi bu ahvollardan xoli ermas. Bas, bularning ilmi va aning ilojini bilmak vojibdur. Bu nav bemorliq ommaviydur. Va bu ranjning iloji ilmsiz rost kelmas. Ammo ,salim va rahn (garov) va ijara bu tariqa ilmlarni bilmak farzi kifoyadur.

   Ammo ul ilmekim, e’tiqodiyatg‘a taalluq topar, ushbudurkim, agar iymonida shak voqe’ bo‘lsa, ul kishiga vojibdurkim, ul shakni ko‘ngildan zoil qilg‘aykim, e’tiqodiyatda shak ravo ermasdur. Bas, ma’lumdurkim, ilm hamma musulmonlarga farzdur. Barcha odamlarning ilmga hojati tushar. Va lekin turli ilmlar bor. Va har kishig‘a barcha ilmlarni bilish shart emas, lekin din, iymon, shariatni, ibodatni bilish barcha uchun foydalidur.

   Bu ma’nida hazrati rasuli akram(s.a.v.) aytibdurlarki: hech musulmon yo‘qdurki ilm talab qilmoq anga farz bo‘lmag‘ay. (Har bir musulmon ilm talab qilmog‘i farzdur).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 14:41:20
                                                             FASL
                                         Ilm talab qilmoq farzligi bayonida


   Vaqtiki ma’lum bo‘ldi, har kishig‘a ul ilmni bilmak vojibdurkim, qilur amalida ul ilmga hojatmand bo‘lg‘ay. Bas, bilgilki, omi(lar) hamisha xatardadurlarkim, agar bir amalni qilmoqni xoqish qilsalar, ul amal ilmini bilmagay, xatar voqe’ bo‘lsa, bilmay qilibdurmen, degani qiyomat kuni hisob bo‘lmas. Chunonchi kishikim, xotuni birla hayz ko‘rgan holatda mubosharat qilsa, va yo hayzdin forig‘ bo‘lib, g‘usul qilmasdan ilgari suhbat qilsa, bul af’ollarning haromlig‘ini bilmay qildim, degani uzrli bo‘lmas.
 
   Agar mazluma subhdin ilgari hayzdin pok bo‘lsa, o‘tkan kungi namozi shom va namozi xuftanning qazosini o‘tamakni bilmas, va yo kishikim, xotinini hayz ko‘rgan holatda taloq qilsa, ul xotun namozning qazosini o‘tamakni bilmadim degani, bu nimarsa hayzda taloq qilmoqni haromlig‘ini bilmadim, degani uzrli bo‘lmas. Haq taoloning dargohidin xitob kelurkim, «Farmon qilmadimmu, ilm talab qilmaq farzdur, nima uchun farzni o‘rganmay haromga qadam qo‘yding», deb azob qilur.

   Bildingki, omiy(savodsiz) hech vaqtda xatardan xoli bo‘lmas.Bas, ma’lumdurki, odamga hech ish dunyo va oxiratda ilm o‘rganmakdan afzalroq va ulug‘roq emasdur. Ilm o‘rganmak o‘zga hunardan manfaatliroqdur. Chunki o‘qug‘uvchi to‘rt ishdan xoli bo‘lmas: yo o‘zig‘a kifoyat qilg‘uncha dunyoliq bo‘lur.

   Agar dunyosi bo‘lsa, ilm dunyosini saqlar. Bu olimning izzatiga va oxiratning saodatiga sabab bo‘lg‘usidur. Agar kifoyat qilg‘uncha dunyolig‘i bo‘lmasa, bebisotlikka qanoat qilsa, darvishlik qadru sharofatini bilg‘ayki, darvishlar dunyodorlardin besh yuz yil ilgari behishtga kirgaylar. Bas, ilm inson uchun bu dunyoning osoyishi va oxiratning saodatiga sabab bo‘lg‘usidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 14:46:00
   Uchunchi bir odam ilm o‘rganur, anga kifoyat qilg‘uncha moli halol baytul moldin va yo musulmonning saxovatidin yetar. Harom izlamakka va yo podshohi zolimdin bir nimarsa izlamakka hojat bo‘lmas. Bu toifaga ilm talab qilmoq dunyo va oxiratning hamma ishlaridin yaxshiroqdur.
To‘rtinchi bir odati ilm talab qilur, ammo kifoyat qilg‘uncha dunyoligi yo‘q. Va ilm talab qilmokdan maqsadi dunyo topmoq bo‘lur. Bas, podshohlar va zolimlar eshigida xorlik va mazallat birla dunyo talabida yurur. Va har kishikim, ilm o‘rganmakdin maqsudi molu joh topmoq bo‘lsa, ul kishiga avloroq bukim, farzi aynni o‘rgangandan keyin kasb va hunarga mashg‘ul bo‘lsin. Bu tariqa kishi olimning shaytoni hisoblanur. Va bisyor (ko‘p) xalq bularning orqasidan ergashib gumroh bo‘lurlar. Olimki, ilmi fasoddin kamroqdur, kamroq bo‘lg‘oni behroq(yaxshiroq)dur. Bas, dunyoni ilm birla emas, dunyo ishi birla talab qilg‘aysen. Va agar kishi aytsakim, ilm dunyodan yondurub (qaytarib) Haq taolo tarafig‘a tortadur desa rost aytadur.

   Ya’ni: «Ilmni xudo yo‘lida o‘rganmaduk. Va lekin ilm bizlarni Xudo tarafig‘a tortdi». Javob uldurki, bu ilmdan murod: kitobi sunnat, oyat va ahodisdurkim, asrori rohi oxirat va xozini (qo‘riqchi, posbon) shariatdurkim, ul toifani Xudo tarafig‘a jazb qilur (tortur). Ammo ul ilmki, ba’zilar bu zamonda o‘qurlar, xilofi mazhab va muxolifi qisasdur (mazhab va qissalarga ziddur).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 14:49:46
   Va ba’zi muallimlarkim, bu zamonda bordur, ilmlardan dom (tuzoq) qilurlar. Bular birla aralashmaslik va ilm O’rganmak dunyodin ko‘ngilni sovutmas. Ammo olim salox va taqvo birla orasta bo‘lub, ulamo salaf (ilgari o‘tgan olimlar) rahimahumullohning tariqalarini mahkam tutub, dars aytmoqqa mashg‘ul bo‘lsa va xalqni mag‘rur bo‘lmoqdin saqlasa, bu nav’ olimlar suhbatida bo‘lmoq va jamolini ko‘rmoq foydalidur, toki ulardan ilm o‘rganmak mislsiz daraja foydadi va yaxshidur. Bu nav’ ulamolardin ilm o‘rganmak hamma amallardin xo‘broqdur. Ilmning sudmandi(foyda ko‘ruvchisi) uldurki dunyoni haqirlig‘ini (arzimasligini) bildurgay. Va oxiratning azob va rohatini ham anglatg‘ay. Oxiratdan yuz o‘gurub, dunyog‘a mag‘rur bo‘lg‘onlarning jahl va hamoqatini (ahmoqligini) oshkora qilg‘ay. Kibr va hasad, ujb (manmanlik, xudbinlik, shuhratparastlik) va riyo va hirs va havasning ofati va shumlig‘ini bildirg‘ay. Bas, bu nav’ ilm dunyoi hirsdin xalos bo‘lmoqg‘a, tashnag‘a suv misllik, bemorg‘a doru bermoqqa o‘xshashdur.

   Ammo ilmi fiqxdan va ilmi kalom va ilmi odob va sunnatdan o‘zgaga mashg‘ul bo‘lganlar bemorg‘a o‘xshashdurkim, sog‘ligi uchun foydali taomlarni yemasdan, o‘zi havas qilgan taomlarni yeyishga qiziqar. Holbuki, iymonni sof, toza saqlash uchun zarur bo‘lgan ilmlarni bilish barcha insonlarga baxt-saodat keltiradi. Vallohu a’lam.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 14:56:16
   Uchinchi tabaqa. Badanning hamma andom va javohirlarini (badan a’zolari: qo‘l, oyoq, til va hokazolarni) gunoh va ma’siyatdin, chunonchi g‘iybatdan, yolg‘ondan, harom va xiyonatdan,nomahramga qarash va mundin o‘zga gunohlardan pok tutmoq. Va badanning hamma ishlarida adab va Xudoi taolo farmonlariga itoat birla orasta qilmoq. Va bu porsolar o‘zini yomon ishlardan saqlovchi, taqvodor, xudojo‘ylar darajasi iymonidur. Va badanni haromdan pok tutmoq iymonning bir qismidur.

   To‘rtinchi tabaqa. Badanni va libosni najosatdin pok tutmoqdurki, to hamma badan ruku’, sujud va arkoni namozga orasta bo‘lg‘ay. Bu ko‘pchilik musulmonlar iymonidurki, musulmonlar va kofirlar orasidagi farq ushbu besh vaqt namozdur. Ushbu tahorat ham iymonning bir qismidur.

   Hamma mujtahid va fuqaholar tahoratning bayoni va tafsilida g‘ayrat ko‘rguzubdur.Chunonchi Hakim Sanoiy rahmatullohi alayh aytibdurlar:

NAZM

Ey,musalli,biyo,tahorat kun,
Xonai dini hud imorat kun.
Tarjimasi:Kel ey obid,shahorat qil,
Xonai diningni obod qil.
(Abdulloh hoji Kulohiy tarjimasi)
.[/i]

   Badan tahorati to‘rt qismdan iborat, tahoratning quyi martabasidur. Va lekin insoniy ruh-nafsga ham mundin nasiba bordurkim, nafs pokizaliqni xushlar va tahorat olmoqdin nafsg‘a ham rohat yetar, Va tahorat olg‘uvchini xalq porso va muttaqiy derlar.Ushbu sababdin ham tahorat olmoq oson ko‘rinur. Va nafsg‘a ham xush kelur. Ammo dilni hasad, kibr, riyo, mol, dunyo muhabbati, gunoh va ma’siyatdan pok tutmoq nafsg‘a foydalidir. Va xalqning ko‘ngli Haq subhonahu va taoloning nazzoragohidur. Halqning nazzoragohi emas. Shu sababdan har kishi dilii bu ahloqi mazmumadan pok qilmoqg‘a intilishi savobdir.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 15:03:32
                                                          FASL
                                        Tahoratning tabaqalari bayonida


   Bu tahorat zohiran to‘rt qism tahoratning so‘nggi martabasidur, ammo fazl darajagi bisyor ulug‘dur.Va lekin tahoratning shartlarini bajo keltirishda odam vasvasa va isrofga yetsa makruhdurki,gunohkor bo‘lg‘usidur. Ul ehtiyotlarki, tahorat olmoqda so‘fiylarning odatidur. Andog‘ki, egni va oyoqlarig‘a tahorat suvi sachratmoqdan ehtiyot bo‘lmoq va mubolag‘a birla pok suv talab qilmoq, oftobani bo‘lak kishiga tahorat Oltali bermaslik,bu ehtiyotlar hammasi xo‘bdir. Ulamolar, bu ehtiyotlarni qilmaslar. Ulamolar so‘fiylarga e’tiroz qilmog‘i, so‘fiylarning ulamolarg‘a e’tiroz qilmog‘i joiz emasdur. Bu ehtiyotlar xo‘bdur. Va lekin olti shart lozimdur:

   Avvalgi shart ulki, masalan, odam ehtiyotga mashg‘ul bo‘lg‘on sababli undin afzal va xo‘broq yana bir ishdan mahrum qolsa, chunonchi kimdir ilm o‘rganmakka mashg‘ul bo‘lsa va yo Haq taoloning zikrig‘a mashg‘ul bo‘lub,andin kashf hosil qilsa va yo kasbig‘a mashg‘ul bo‘lsaki, o‘zining vaqti oson kechib,xalqdan hojat tilamakdin mustag‘niy (ehtiyojsiz) bo‘lsa, bu tariqa kishilarga ehtiyot lozim ermasdur,chunki qilur amallari tahoratda ehtiyotdan muhimroqdur. Ushbu sababli sahoba roziyollohu anhum ajma’iyn hargiz tahorat olmoqda bu nav’ ehtiyotlarg‘a mashg‘ul bo‘lmas edilar.Chunki sahobalar jihodga yo ilm talab qilmoqg‘a va yo kasbu hunarg‘a mashg‘ul bo‘lur edilarkim, tahorat ehtiyotlaridin bu muhimroqdur.

   Bas,sahobalar gohi oyoq yalang yo‘l yurur edilar. Va tufroq uzra o‘lturar edilar. Va taom yeb o‘turgan holatda oyoqlarini ushlar edilar. Va chahorpolar - to‘rt oyoqli hayvonlar terisidin hazar qilmas edilar. Badan va jomani pok tutmakdan ko‘ra jihodlari ziyoda erdi. Agar kishi bu sifat birla bo‘lsa,so‘fiylar bu tariqag‘a e’tiroz qilmaslar.Va agar dangasalik, tanballikdan bu ehtiyotni qo‘ldan bersalar e’tiroz qilish o‘rinliki, aslida ehtiyot qilmoq qilmaslikdan fozilrokdur.

   Ikkinchi shart: O’zini riyo va ruunatlik (nodondan) saqlagay. Har kishi tahoratda bu mazkur bo‘lg‘on ehtiyotlarni bajo keltirubdur, boshidin ayog‘i munodiy qilurki, men porsodurmen, o‘zumni bu tariqa pok tutarmen deb shuhrat topmog‘ini xohish qilur. Agar yalangoyoq yursa va yo bo‘lak kishining oftobasida tahorat qilsa, shuhratimga shikast bo‘lurmikin deb qo‘rqar. Bu ishlardan o‘zini azmoyish qilib, yalangoyog‘ yurgay. Va o‘zga ehtiyotlarni ham ba’zida tark qilg‘ay. Agar xalq orasida bu ehtiyotlarni qilmakni nafsi xohish qilsa, bilg‘aykim, riyo ofati ul kishig‘a yo‘l topibdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 15:04:42
   Bas, bu kishig‘a vojibdurkim, ehtiyotlarini tark qilib, ruxsat tariqini lozim tutg‘aykim, riyo haromdur. Va ehtiyot sunnatdur. Bas, haromdan parhez uchun sunnatni farz bilmoq vojibdur.   
   Uchinchi shart. Goh-goh ruxsat tariqini o‘zig‘a lozim tugg‘ay. Va o‘ziga farz qilmag‘ay. Chunonchi hazrati rasuli akram(s.a.v.) bir kofirning oftobasida tahorat qildilar. Umar raziyallohu anhu bir bevaning ko‘zasidin suv olib tahorat qildilar. Va sahobalar aksar holda tufroq uzra namoz o‘qur edilar. Tufroq uza uxlamoqni yaxshi ko‘rar edilar. Bas, sahoba roziyallohu anhum noshoyista ishlarni hargiz qilmasdilar. Va bu ehtiyotlarni qilmoqdan nafs o‘zini sharofatlig‘ ko‘rsa, lozimdurki, ul ehtiyotlarni tark qilg‘ay.

   To‘rtinchi shart. Har ehtiyotki, andin bir musulmonning ko‘ngliga ozor yetsa, ul ehtiyotni tark qilgayki, xalqning ko‘nglini og‘ritmoq gunohdur. Ehtiyotni tark qilmoq gunoh emas. Chunonchi birov qo‘l berib va quchoqlashib ko‘rishishni xohlasa, ul kishining qo‘li va yuzi terlik bo‘lsa, terdin ehtiyot qilmoq uchun o‘zini yiroq qilmoq haromdur. Balki shikastalik, kamtarinlik bilan o‘zini yaqin tutib, bir musulmonning ko‘nglini xush qilmoq yuz ming ehtiyotdin muborak va afzaldur. Chunonchi agar kimdir ehtiyot qilg‘uvchining sajjodasiga (joynamozig‘a) ayog‘ qo‘ysa va yo oftobasida tahorat qilsa va yo ko‘zasidin suv ichsa man’ qilmag‘ay. Va izhori minnat qilmag‘ay. Hazrati rasuli akram (s.a.v.) zamzam suvi ichmakni xohish qildilar. Abbos roziyallohu anhu aydilarki, «Yo rasulalloh, zamzam sog‘usini (idishini) xaloyiq yuvilgan va yuvilmagan qo‘llarida tutibdur. Hazratlari uchun xos yana bir sog‘u (idish) tayyor qilib suv kelturgaymen. Hazrati rasuli akram (s.a.v.) aytdilarki, yo‘q, men musulmonlarning qo‘lini barokatini do‘st tutarmen».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 15:05:43
   Ba’zi johillar bu vus’atni (kengchilikni) anglamay, ehtiyotni tark qilg‘on kishidin o‘zini ziyoda tutarlar, ota, onasi va yo birodari oftoba va ibriqini (suv idishini) tutsa, qo‘pol, dag‘al so‘z birla ko‘ngluni og‘riturlar. Bas, nechuk ravo bo‘lg‘aykim, bir extiyotning sababidan musulmonning ko‘nglini og‘ritur? Va aksar xalqkim, tahorat ehtiyotlarini bajo keltirgandin keyin ular dimog‘ida kibr, havo paydo bo‘lur va xalqg‘a minnat qo‘yarlar, o‘zlarini pok deb g‘urur qilurlar. Va hamma xalqdan o‘zlarini fozil va baland tutarlar. Bas, sahoba roziyallohu taolo anhum ajm’ain tariqatlarini qo‘ldin bermagil. Sababi halokatdur.

   Beshinchi shart. Vaqtiki tahorat ehtiyotlarini bajo kelturib, yemak-ichmak, so‘zlamak va kiymak ehtiyotlarini bajo kelturmasa, ma’lumdurki tahoratda qilg‘on ehtiyotlari riyo va ruunat va yo olatdandir. Chunonchi to‘yg‘ondin keyin taom yemak makruhdur. Odam to‘yganidan keyin yana taom yesa, to qo‘li va og‘zini yuvmaguncha namoz o‘qimoq makruhdur.

   Bas, bu qavm munchalikni bilmaslarki, har nimarsaki makruxdur, ani yemak haromdur. Agar makruhligini bilsalar, bezarurat nima uchun yerlar? Va agar pok deb aqida qilsalar, qo‘l va og‘izlarini nima uchun yuvarlar? Ba’zilar oddiy xalq o‘ltirgan uyda namoz o‘tamaslar. Xalq pishurgan taomni nima uchun yerlar? Bas, bu ishlarda ehtiyot qilish siddiqning nishonasi emasdur.
Oltinchi shart. Ehtiyot qiladurman deb munkarotga (ko‘pchilikning munkirligi, rad etipshga) sabab bo‘ladi.

   Chunonchi tahoratda uch bor yuvilur a’zolarni uchdin ziyoda, to‘rtinchi marta yuvmoqdan qaytaribdurlar. Tahoratning suvini ko‘p quyib isrof qilish va yo imom bo‘lsa namozni kechiktirib o‘qish makruhdur. Va yo joynamozini qing‘ir-qiyshiq solib o‘tirur. Bu ishda uch makruhlik bordur: avval ulki, masjiddagi musulmonlardan g‘azab qilg‘on bo‘lur. Aslida masjidda har namoz o‘taguvchining bir joynamozli yerdan ziyoda haqi yo‘qdur. Ikkinchi, makruhlik yerni ko‘p egallasa saf muttasil va payvasta bo‘lmas. Sunnat ulki, safda yondoshib o‘lturgan kishi kiftini bir-birig‘a yetkurub barobar turgay. Uchunchidan, musulmondan qochmoq, uzoqlashmoq makruhdur. Bas, so‘fiy johillar ehtiyot qilurmiz deb bu nav’ harom ishlarga mashg‘ul bo‘lurlar. Ammo o‘zlarining xabarlari bo‘lmas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 15:10:27
                                                           FASL
                               Ko‘ngil tahorati va badan tahorati bayonida


   Bildingki, zohiriy tahorat botiniy tahoratdan farqlidir. Bas, botiniy tahorat, ko‘ngil tahorati uch qismdur: avvalg‘i qism - javorih a’zoni gunoh va ma’siyatlardan pok tutmoq..Ikkinchi - dilni yomon xulqlardan pok tutmoq. Uchinchi - Xilvatxonai dilni Haq taoloning yodidan boshqa narsalardan pok tutmoq. Zohiriy tahorat ham uch qismdur: Avval najosatdan pok bo‘lmoq. Ikkinchi - jinsiy aloqadan pok bo‘lmoq. Uchinchi - badanni ziyoda mo‘y va tirnoqdan pok qilmoq. Har nimarsaki haq taolo xalq qilibdur, hammasi pokdur. Magar sharobki, mast qiluchidur, ozu ko‘pning farqi yo‘qtur, hammasi najasdur.

   Hamma jonivorlar pokdur, magar to‘ng‘uzkim najasul ayndur. Hamma jonivorlar o‘lmak birla najas bo‘lur.Magar to‘rt qism jonivor najas bo‘lmas. Chunonchi, baliq, asalari, chumoli. Va badanida qon oqmaydigan jonivorlardan, chivin, ari, ilon, chayon kabi jonivorlarning og‘zidan tushgan narsalar paliddur. Magar tovuqning tuxumi va pilla qurti pokdur. Jonivorlarning terisi va ko‘zi yoshi pokdur. Va har nimarsaki najasdur, aning birla namoz o‘tamoq durust emas. Faqat besh nav’ najosatkim, andin yiroq bo‘lish qiyinligi sababli kechirimlidur.

   Magar kishikim yiqilib tushsa va yo chahorpolarning ayog‘idin sachrasa, yuvmoq lozim. Chunonchi, imkon qadar ehtiyot qilmoq chori bo‘lmasa etikka yuqqan najas kechirarlidur. Avvalo, etikni najosat izi yo‘q bo‘lg‘uncha tufroqg‘a surtib . namoz o‘tamoq joizdur. Chivin, burga, bitning qoni harchand kam yuqsa ham nopokdur. Beshinchi, ushoq, kichkina jarohatlardan chiqqan zardob va rutubatlar kechirarli.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 15:12:02
   Ammo kishikim qon oldursa va yo jarohat bo‘lsa, yuvg‘ondin keyin asari qolsa, ani birla namoz o‘tasa, ul namozning qazosi lozim bo‘lurki, bu nav’ uzrlar hayotda uchrab turadi.

   Bilgilki, badanda va yo kiyimda najosati palid bo‘lsa bir marotaba suvga chaymoq birla ul najosatning asari qolmasa pok bo‘lur. Agar asari qolsa, yana yuvmoq vojibdur.Agar uvalab yo tirnoq birla asarini ketkizilsa ham pok bo‘lur. Va har qism suvkim, haq taolo yaratibdur, pok qilg‘uvchidur. Magar to‘rt qism suv pok qilmas: avvalo bir marta ishlatilgan tahorat suvi pok qilmas. Najosatga tegib o‘tkan suv pok qilmas Ammo rangi va ta’mi najosat sababidan o‘zgarmasa pokdur. Uchinchi - ul suvkim, ikki yuz ellik botmondan kamroq bo‘lsa (bir botmon turli joyda turlicha: ikki puddan o‘n bir pudgacha, bir pud 16 kg) ul suvg‘a andek najas tushsa, agar rangi o‘zgarmasa ham paliddur.

   Ammo agar ikki yuz ellik botmondin ko‘proq bo‘lsa, najosat sababdan o‘zgarmasa palid bo‘lmas. Bu qavl hazrati imom Shofe’iy alayhir rahma mazhabidur. To‘rtinchi - ul suvkim, rangi, bo‘yi va ta’mi pok nimarsa tushmak birla o‘zgarsa(chunonchi za’far, sovun va munga o‘xshashlar) bu suv pokdur. Ammo bir nimarsani pok qilmas. Ammo tag‘yir - o‘zgarish andak bo‘lsa, pok qilg‘uvchidur.
Ikkinchi qism junubatdan pok bo‘lmoq.. Muningda besh nimarsani bilmak lozimdur. Odobi qazoyi hojat va odobi istinjo (najosatdan poklanish), tahorat odobi, cho‘milish odobi, tayammum odobi (suv yo‘q joyda qo‘lni tuproqqa urib, yuz va qo‘lning tirsagigacha surtiladi).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 15:15:10
   Odobi qazoyi hojat. Agar sahroda bo‘lsa, tahorat ushatmoq uchun xalqning ko‘zidan yiroq borg‘ay. Iloji bo‘lsa kishining nazari tushmaydigan yerda o‘tirgay. O’tirmasdin ilgari avratni ochmagay. Oftob va mohtobga boqib o‘ltirmag‘ay. Qiblaga yuzini va orqasini qilib o‘ltirmag‘ay. Magar tosh misllik nimarsa to‘siq, g‘ov bo‘lsa zaruratdin joizdur. Ammo qiblani chap qo‘liga va yo o‘ng qo‘liga kelturib o‘lturgay. Va xaloyiq jam’ bo‘ladurg‘on yerda tahorat ushatmagay. Avlosi qattig‘ yerga turg‘un suvg‘a va mevalik daraxt tagiga bavl qilmagay (siymagay), va shamOlta qarshi tarafga tahorat ushatmag‘ay. Bavl sachratmoqdan emin bo‘lg‘ay. Tikka turib bavl qilmag‘ay va tahorat sindurg‘ali o‘tirganda chap oyog‘iga nazar solib o‘tirg‘ay. G’usl va tahorat qiladigan yerga bavl qilmag‘ay. Vaqtiki xalajog‘a kirsa chap oyog‘i birla kirgay. Va chap oyog‘i birla chiqqay. Haq taoloning ismi bitilgan nimarsani olib kirmagay. Va bosh yalang bavl qilmag‘ay. Xalojoyg‘a kirganda bu duoni o‘qig‘ay: «Auzu billoh min-ash-shaytonir-rajim najasil-xabiysil-muxabbasi».    Vaqtiki, xalodin chiqsa, bu duoni o‘qugay:
 
   «Alhamdu lillohi-allaziy azhaba anniy mo yu’ziniy va abqo mo yanfa’uniy». Avvalgi duoning tarjimasi:

   Panoh tilaydurman Haq taoloning ionat birla nopok va najas mal’un shayton sharridinkim, Haq subhonahu va taoloning dargohidin quvulgan ash shaytonir rajiymdur.

   Ikkinchi duoning ma’nosi: Siposu-sitoyish (hamdu sano) ul xudoyimg‘aki, yo‘q qildi menga ranj, aziyat yetur nimarsani va ato qildi manfaat beruvchi nimarsani.

   Har kishi qazoyi hojatga borur, o‘tirmasdin ilgari uch tosh va yo uch kesakni tayyor qilib o‘lturgay. Vaqtiki, qazoyi hojatdin forig‘ bo‘lsa, ul kesakni chap qo‘lida tutub orqasining pok yerida qo‘yib, najosatning joyiga yetkirub pok qilg‘ay. Ushbu tariqa birla uch daf’a pok qilgay. Agar uch daf’a birla pok bo‘lmasa, yana bo‘lak kesak birla artqay, toki kesakning adadi toq bo‘lg‘ay. Bas, mundin ziyoda ishlarni o‘zig‘a lozim tutmag‘aykim, vasvos yo‘l topqusidur. Istinjo qilur holatda bu duoni o‘qigay:
«Allohuma tahhir qalbiy min an - nifoqi va hassin farjiy minal favohishi» Ey, bor xudoyo, pok qilg‘il ko‘nglumni gina va adovatdan, saqlag‘il olatimni gunoh va zalolatdan, vallohu a’lam.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 15:18:01
                                                                FASL
                                                  Tahorat kayfiyati bayonida


   Vaqtiki, istinjodin forig‘ bo‘lsa, misvok qilg‘ay. Pok va baland yerda o‘tirib o‘ng tarafdin boshlag‘ay. Andin chap tarafiga, andin tishlarining ichi va tashini, andin til va tanglayini surib, ushbu tartib birla misvok qilg‘ay. Xabarda kelibdurkim, misvok qilib o‘tagan bir rakaat namoz, misvoksiz o‘tagan yetmish rakaat birla borobardur. Misvok qilurda Xudoi taolo zikrini, yo‘lini pok qilmoqni niyat qilg‘ay. Har vaqtda tahorat sindursa o‘z vaqtida tahorat olg‘aykim, rasululloh (s.a.v.) ushbu tariqada qilibdurlar. Har bora tahorat qilsa, misvokni tark qilmag‘ay. Va agar og‘zini chayqamay, uyqulag‘ondin va yo bo‘yluq (hidli) nimarsa yegandan so‘ng og‘zining ta’mi o‘zgarsa, agarchi tahorat olmasa ham misvok qilmoq sunnatdur. Vaqtiki misvokdin forig‘ bo‘lsa, tahorat qilmoq niyatida qiblaga qarab o‘tirib bu duoni qigay:

   «Panoh tilayman parvardigoro, sening inoyating birla shaytonlar ko‘nglumga xatorot (xavf-xatar) yetkurmagidan va panoh tilayman parvardigoro, senga ibodat qilur damda shaytonlar ojiz qilmog‘idan» Va uch marotaba qo‘lni band dastig‘acha yuvg‘ay. bu duoni o‘qig‘ay:

   «Allohumma inniy as’alukal yumna Val barakata va a’uzubika min ash-shumi val halokati».
Qo‘lini bo‘shalishdan ilgari va keyin uch marotaba yuvmoq sunnatdur. Duoning ma’nisi ulki: «Ey, bor xudoyo, talab qilurman hazratingdan yaminu barakatni (o‘ng‘aylik,barakani) va panoh tilayman zabunliq va halokatdan». Andin keyin uch marotaba og‘izga suv olib, halqumiga yetkurib, g‘ar-g‘ara qilgay. Og‘ziga suv olurda bu duoni o‘qigay:

   «Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibodatika va tilovati kitobika»
«Ey, bor xudoyo, yordam bergil va ko‘mak yetkurgil menga hazratingg‘a zikr va shukr aytmoqqa, ibodat qilmoqqa va Qur’on tilovat qilmoqg‘a». Andin keyin burung‘a uch marotaba suv olib istinshoq (burunga suv tortish) qilg‘ay. Burung‘a suv olurda bu duoni o‘qigay:
«Allohumma arihniy min rayihati al-jannati varzuqniy na’iman va’zubika min duxoni»,
«Ey, bor xudoyo, xushbo‘y qilg‘il dimog‘imni behishtning xushbo‘ylig‘i birla va ro‘zi qilg‘il menga behishtning ne’matlaridan va panoh tilayman do‘zaxning badbo‘ylig‘idan».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 15:21:33
   Andin keyin yuzini uch marotaba yuvgay. Yuzidagi mo‘ylarning tubiga suv yetkurgay. Agar saqoli qalin va to‘la bo‘lsa suv yetkurmak lozim. Yuzini yuvarda bu duoni o‘qig‘ay:

   «Allohumma bayyiz vajhiy yavma tabyazzu vujhu avliyoika va lo tusavvud vajhiy yavma tasvaddu vujuhu a’duika».

«Ey,bor xudoyo, oq qilg‘il mening yuzimni ul kuni avliyolarning yuzini oq qilganday.Va qaro qilmag‘il yuzimni ul kuni dushmanlarning yuzini qaro qilganday».

   Andin keyin o‘ng qo‘lini tirsagini qo‘shib uch marotaba yuvg‘ay. O’ng qo‘lini yuvarda bu duoni o‘qugay:

   «Allohumma,a’tiniy kitobiy bi-yaminiy va hosibniy hisoban yasiyran».

«Ey,bor xudoyo,bergil mening nomai a’molimni o‘ng Qo‘limdan va amalim hisobini osonliq birla olg‘il».

   Andin keyin chap qo‘lni ushbu tariqa birla yuvgay.Har bora suv quyg‘onda barmoqlar orasini andek ochgaydoki barmoqlari orasiga,orqasiga ham suv yetkazgay.Chap qo‘lini yuvarda bu duoni o‘qigay:

   «Allohumma,la tu’tiniy kitobiy bi-shimoliy va lo min varoi zahriy va lo tuhasibni hisoban shadiydan».

«Ey,bor Xudoyo,bermagil nomai a’molimni chap qo‘limdan va orqamdan hisob qilmag‘il amalimni qattig‘liq va shiddat birla».So‘ng boshiga mash qilg‘ay.

   Bu tariqa birlaki,barmoqlarini ho‘l qilib muttasil tutib peshona tarafidin boshning tepasi birla barmoqlarini surib orqag‘a yetkuzib keyin ikki kafti birla boshini ikki tarafdin qaytarib mash qilgan yerga yetkurgay. Boshga mash qilurda bu duoni o‘qigay: «Allohumma ag‘isniy birahmatika va anzil alayya min barakatika va azillaniy tahta arshika yavma lazilla fiyhi illa zilli arshika».

   «Ey,bor Xudoyo,faryodimg‘a Yettil,o‘z rahmating birla va nozil qilg‘il barakatlaringdan menga va soya bergil manga Arshning ostidan, ul kunikim hech soya yo‘qtur, magar arshingni soyasidin o‘zga».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 15:25:11
   Andin keyin qulog‘iga mash tortg‘ay,bu tariqa birlaki barmoqlarini ho‘l qilib ikki ko‘rsatkich barmog‘ini ikki quloqning ichiga solib,ikki bosh barmog‘i bilan qulog‘ining orqasidan silab mash qilurda bu duoni o‘qigay:

   «Allohumma aj’al minallaziyna yastami’unal qayla fayattabi’una ahsanahu».
 
   «Ey, bor Xudoyo,qilg‘il meni ul toifalardankim, eshituvchilar hamda so‘zga amal qilg‘uvchidurlar ahsan qavlga, ya’ni oyat, hadisga». Andin keyin gardaniga mash qilg‘ay. Bu duoni o‘qigay:

   «Allohumma a’tiq raqabatiy minan-nori va a’uzubuka minas-salosili va ag‘loli».

   «Parvardigoro,ozod qilg‘il mening gardanimni do‘zaxdan va panoh tilayman lutfu inoyating birla g‘ul-zanjirlardan». Andin so‘ng oyoqlarini to‘pig‘ini qo‘shib uch marotaba yuvgay. Bu tariqa birlaki, o‘ng qo‘lining jimjilog‘idan boshlab, tahlil qilib, oyoqining jimjilog‘ida tamom qilgay. O’ng oyog‘ini yuvarda bu duoni o‘qigay:

   «Alpohumma sabbit qadamayya ala sirotin mustaqiym va aqdomil - mo'miniyn»

   «Ey, bor Xudoyo, sobit qadam va barqaror qilg‘il mening ikki qadamimni va otam-onamning qadamlarini sirot ko‘prigi uza mo‘‘minlar qadami birla».

  Andin keyin chap oyog‘ini ushbu tariqa birla yuvg‘ay. Bu duoni o‘qig‘ay:

   «Allohumma a’uzu bika min at-tazilla qadamiy ala sirotin yavma tazilluu fiyhi aqdomul munofiqiyna».

   Ya’ni: «Ey, bor xudoyo, panoh tilayman lutfu karaming birla sirot ko‘prugi uza qadamim toymog‘idan ul kunikim titrar sirot ko‘prigida munofiqlarning qadami».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 15:27:11
   Vaqtiki tahoratdan forig‘ bo‘lsa, aytgay: «Ashhadu an la iloha illallohu vahdaku la sharika lahu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh».

  «Guvohlik beradurmen mungaki: Allohdan boshqa iloh yo‘qdur ibodat qilishga loyiq, faqat Haq-subhonahu va taologina bordur. Allohning hech sherigi yo‘qtur. Va guvohlik berurmanki, Muhammad (s.a.v.) Xudoi taoloning bandasi va Xudoi taolo bandalarig‘a yuborgan elchisidur».

   Andin keyin bu duoni o‘qig‘ay:

   «Allohumma j’alniy minat tavvabiyna vaj’alniy minal mutatahhiriyna vaj’alniy min ibodikas - solihiyna».

   Duoning ma’nisi ulki: «Ey, bor Xudoyo, qilg‘il mani tavba qilg‘uvchilardan. Va qilg‘il mani solih bandalaringdan». Bas, bo‘lg‘aykim bu duolar ma’nosini fahm qilg‘ay. Agar bilmasa, arabcha bilur kishilardan o‘rgangay. Keyin bir marotaba «Oyatal Kursi»ni, uch marotaba surai «inna anzalnahu»ni («Laylatul-qadr»ni) o‘qig‘ay. Chunonchi hazrati Rasuli akram (s.a.v.) aytibdurlar:

   «Man qaraa inna anzalnohu fi laylatil qadri badal vuzuu salosa marrotin a’tohullohu taolo ajra alfishahidin allaziyna qutiluu fi sabilillohi».

   Hadisning tarjimasi: «Kishikim surai «inna anzalnohu fi laylatul-qadr»ni, tahorat olgandan keyin uch marotaba o‘qisa, Alloh taolo ul kishiga Xudo yo‘lida shahid bo‘lgan mo‘‘minning savobini ato qilur

   Xabarda kelibdurkim, tahorat qilurda mazkur bo‘lgan duolarni o‘qisa , hamma a’zolari gunohdan pok bo‘lur. Har namozga tahorat qilg‘ay. Agarchi tahorati bo‘lsa ham. Xabarda kelibdurki, kishi toza tahorat qilsa, Haq taolo u kishining iymonini toza qilur. Vaqtiki tahorat tamom qilsa, bilgayki, bu a’zoi mag‘sula (yuviladigan a’zo) xalq nazargohidur. Haq subhonahu va taoloning nazzoragohi esa dildur. Ani tavba va istig‘for birla pok qilg‘ay. Va agar dilini tavba birla pok qilmasa, anga o‘xsharkim, kishi o‘z podshohini mehmondorchilikka taklif qilg‘ay, uyining tashqarisini yaxshi tozalagay va uyining ichi, podshoh o‘turadigan yerni nopok va najas qo‘yg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 15:28:11
                                                            FASL
                                     Tahoratda makruh narsalar bayonida


   Bilgilki, tahoratda olti nimarsa makruhdir. Tahorat qilib turgan vaqtda so‘zlamagay va suvni yuzig‘a qattig‘ urmagay. Va qo‘lini silkitmagay. Oftobda qolib issig‘ bo‘lgan suv birla tahorat olmag‘ay va suvni ko‘p quyib isrof qilmag‘ay, Uch bor yuvilishi kerak bo‘lgan a’zoni, uchdin ziyoda yuvmag‘ay. Ammo yuz va qo‘lini g‘ubor o‘turmasun deb pok nimarsada artmoq ruxsatdurki, bu niyat birla artsa fazilatdur. Safol idishda tahorat olmoq, oftobada tahorat olmoqdan avloroq va tavaze’ga yaqinroqdur.

   Kishikim xotini birla suhbat qilsa, yo bedorliqda yo uyquluqda ob maniysi zavq va shahvat birla oqib ketsa ul kishiga g‘usul qilmoq vojib bo‘lur. Ammo uyqudan uyg‘ongan kishiga maniy ko‘rsa ham g‘usul qilmoq vojib bo‘lur. Va foilga va maf’ulga (er-xotin ikkalasiga) g‘usul qilmoq vojib bo‘lur.
Va g‘usulda ham, tahoratdagi kabi, bajarishni niyat qilmoq, zam-zama(og‘iz chayqash), burunga suv tortib, tomog‘ning ichkarisiga suv yetkazish va hamma badanni olasiz yuvmoq zarur.

   Ammo sunnat uldurkim, avval bismilloh degay. Va uch marotaba qo‘lning ikkalasini yuvgay va badanida najosat bo‘lsa ani pok qilg‘ay. Andin keyin tahorat Oltay. Andog‘kim mazkur bo‘ldi. Va hamma sunnatlarni bajo kelturgay. Va oyog‘ini g‘usuldan keyin yuvgay.

   Va g‘usulning tartibi uch marotaba o‘ng tarafiga,uch marotaba chap tarafiga, uch marotaba boshig‘a suv quyg‘ay. Qo‘li yetadigan yerlarni yaxshilab yuvgay. Qo‘li yetmas yerlarga suv yetkizishga harakat qilg‘ayki hamma badaniga suv yetkurmoq farzdur. Qo‘lini va nazarini avratdin yiroq qilg‘ay. Va barmog‘ining uchi birla kindigining uchini ishqalab yuvg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 15:30:17
                                                         FASL
                                          Tayammum kayfiyati bayonida


   Bilgilki, tahorat olmoqg‘a suv topilmasa va yo o‘zi va rafiqi ichkunchalik suv bo‘lmasa va yo suvning labida xavf-xatar bo‘lsa, va yo rafiqi suvni bu kishiga avvalgidin ziyoda bahoga sotsa va yo bu kishi bilan suvning orasi bir mil (to‘rt ming qadam) yo‘l bo‘lsa, va yo jarohati bo‘lsa va yo kasal bo‘lsa, suv iste’mol qilmog‘liq uzr bo‘lg‘aykim, bu kishi to namoz vaqti kirguncha sabr qilg‘ay. Namozning vaqti kirganda pok tufroq uzra ikki alaqon kaf va barmoqlarini ochgan holda tufroqqa urib, namoz uchun tayammum qilmoqni niyat qilg‘ay.

   Bas, ikki kafti birlan tamom yuzini mash qiladi. Soqoli va qoshi orasiga tufroq surtaman deb o‘zini qiynamaydi. Andin keyin yana qo‘lini tufroqqa urib, o‘ng qo‘lining barmoqlari uchini jam’ qilib, chap kafti uzra qo‘yib, o‘rta va nomsiz barmog‘i hamda jimjilog‘i va chap kaftining yarmisi bilan o‘ng qo‘li barmoqlari orqasidan oxiriga yetkazib, qaytaradi. Va chap qo‘lining bosh barmog‘i va ko‘rsatkich barmog‘i va kaftining qOltan yarmi bilan o‘ng bilagini ichi tarafidin silab, qo‘lining uchiga yetkizadi. Va chap qo‘lini ham o‘ng kaftining ichiga qo‘yib ushbu tariqa birla tayammum qiladi. Bas, tayammumda niyat qilmoq farzdur. Va har farz namoz uchun tayammum qilinadi. Ammo navofilni - nafl namozlarini xohlagancha o‘tash mumkin.

   Ikkinchi qism tahorat - soqollarini pok qilmoqdur. Bas, bu ikki nav’dur. Avvalg‘i soch va soqol orasida kir bo‘lsa, ani taramoq va yuvmoq birla pok qilish sunnatdur, hazrati rasuli akram (.s.a.v.) safarda soqol taramoqni hargiz kanda qilmas edilar. Ko‘z va quloq kirini tahorat qilurda barmoqlari uchi bilan pok qilg‘ay, og‘iz va burunni g‘ar-g‘ara va istinshoq va misvok bilan pok qilish va barmoqlar bandi orasidagi (tovoni va tirnoq orqasidagi kirni issig‘ suv bilan va yo hammomg‘a kirish bilan pok qilish sunnatdur. Va badanda kir bo‘lsa tahorati botil bo‘lmas. Agar kir qalin bo‘lib badanga suv o‘tishiga mone’ bo‘lsa, kechirarli emas.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 15:32:47
                                                     FASL
                                  Hammomga kirmak kayfiyati bayonida


   Avrati yalang‘och hammomga kirguvchilarni man’ qilmoq vojibdur. Kishikim, bularni bajo kelturmasa hammomdan gunohkor. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan naql qilibdurlarki, u kishi hammomga kirsalar, yuzlarini devorga qilib, ko‘zlariga parda tortib o‘tirar edilar.

   Va xotinlarga ham ushbu mazkur vojibdur. Xotinlarning umumiy hammomiga kirishi yaxshi emas. Agar uzri kuchli bo‘lsa joizdur. Ammo sunnat uldurkim, namoz uchun pok bo‘lmakni niyat qilg‘ay va xalqning nazarig‘a xo‘b ko‘rinmoqni niyat qilmagay va hammom haqini hammomga kirmasdan avval bergay. Va hammomga chap oyog‘i birla kirgay, bu duoni o‘qugay: Bismillohir rohmanir rohiym. A’uzu billohi minar rijil xabiysil muhabbasi. Mazmuni: «Alloh taoloni nomini zikr qilib, iflosliklardan va tamomi palid, razil, noxushliklardan sening o‘zingdan panoh tilayman» deb, mazkur duoni o‘qib, chap oyog‘ bilan hammomga kirgay.

   Aslida hammom shaytonning makonidur. Hammom holi vaqtida kirgay. Va hammomning issig‘ xonasiga keyinroq kirgay. Va suvni ko‘p isrof qilmagay. Va hammomda kishiga salom qilmagay. Va agar kishi salom qilsa, afvakalloh degay (Alloh kechirsin) va qo‘l berib ko‘rishishda zarar yo‘qtur. Agar qur’on o‘qisa, ohista o‘qigay. Ovoz birla a’uzu billohi minash shaytonir rajiym demak joizdur.

   Oftob botgan vaqtda, namozi shom va namozi xuftanning orasida hammomga kirmag‘aykim, bu vaqtlarda shaytonning ifrodalari yakka-yakka olam yuzig‘a tarqaydurg‘on vaqtdur. Hammomning sarobli issig‘ uyig‘a kirsa do‘zaxni yodig‘a kelturgayki, do‘zax zindonida holi nechuk kechkusidur. Balki oqil uldurki, hammomning ichidagi har nimarsani oxiratdin namuna bilg‘ay. Chunonchi, hammomning‘ qorong‘uligini yodig‘a kelturgay.

   Agar ilon ko‘rsa do‘zaxning ilonlaring tasavvur qilg‘ay. Va agar xunuk surat ko‘rsa «Munkar, Nakir» suratlarini mulohaza qilg‘ay. Agar qattig‘ ovoz eshitsa nafxai sur (Isroil nomli farishta qiyomat kuni karnay chalganda hamma murdalar tirilar ekan) yodig‘a kelturg‘ay. Va agar xalqdin rad va qabul anglasa, savol-javob vaqtidagi rad va qabulni mushohada qilg‘ay.

   Bas, shar’i sunnatlar ushbudur. Ammo tib kitoblarida aytibdurlar, har oyda bir marotaba kirib qatiq iste’mol qilsa, bisyor manfaatlikdur. Vaqtiki hammomdan chiqsa, ayog‘ini iliq suvda yuvg‘ayki, niqris (barmog‘lari, bo‘g‘inlari qattig‘ og‘riydigan bod) kasalidan emin bo‘lur va boshi og‘rimas. Va boshig‘a sovuq suv quymag‘ay. Va bahor faslida hammomga kirsa, hammoamdan chiqib uxlamag‘ay. Va hammomdan chiqqanda sharbat ichgay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 15:34:17
                                                        FASL
                                  Turli a’zolarning tahorati bayonida


   Uchinchi qism tahorat - odam badanini makruh nimarsalardan pok qilmoqdur. Bu yetti qismdur: Avvalg‘i qism - boshning sochini olish yaxshiroq va poklikg‘a yaqinroqdur. Magar riyozat uchun qo‘ymog‘i joizdur. Ammo ba’zan oldirib, ba’zan yoyib qo‘yish, ba’zi xalqning odatidur, makruhdurkim, nahiy voqe’ bo‘libdur. Ikkinchi-burutni (mo‘ylabni) lab birla barobar olmoq sunnatdur.

   Olmagan gunohdur. Bas, haftada bir navbat oldirgay. Uchinchi, qo‘ltiq tukini qirq kunda bir marotaba olmoq sunnatdurki, odat qilsa osondur. Agar odat bo‘lmag‘on bo‘lsa ustara birla olmoq yaxshiroqdur. Toki o‘zig‘a azob qilmag‘ay.

   To‘rtinchi, mo‘yi avratkim, ohak surtib va yo ustara bilan tushurmak sunnatdurkim, qirq kundin kechiktirmagay.

  Beshinchi, tirnoq olmoq sunnatdurki, orasiga kir to‘lmag‘ay. Agar kir bo‘lsa, tahoratni botil qilmas. Charoki hazrati rasuli akram s.a.v. bir guruhning tirnog‘ining orasiga kir to‘lg‘onini ko‘rub, tirnog‘ini olmakka farmon qildilar. Namozning qazosini o‘tamakka farmon qilmadilar. Xabarda kelibdurkim: tirnoq o‘ssa shaytong‘a o‘tirgali makon bo‘lur. Bas, tirnoq olurda sunnat uldurki, o‘ng qo‘lini shahodat barmog‘idan olishni boshlab, jimjilog‘iga yetkurgay. Andin keyin chap qo‘lni jimjilog‘idin olib, bosh barmog‘iga yetkurgay. Va tirnoq olmoqg‘a uch kunni ixtiyor qilibdurlar. Dushanba, panjshanba, jum’a.

   Oltinchi, tug‘ulg‘on vaqtda kindik kesmak va kichiklik xolatda xatna qilmoq sunnatdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:21:00
                                                                      FASL
                                                      Soqol qo‘yish odobi bayonida


   Soqol uzun bo‘lsa bir tutamdan ziyodasini olmoq joizdur. Ibn Umar roziyallohu anhu, tobe’iynlar jamoasi ushbu tariqa qilibdurlar. Va bir guruh odamlar aytibdurlarki, soqolni o‘z holig‘a qo‘yg‘ay. Va hech nimarsa qilmag‘ay.

   Bilgilki, soqolda o‘n nimarsa makruxdur. Avval soqolni qoraga bo‘yamog‘liq. Xabarda kelibdurkim, qoraga bo‘yamoq axli do‘zaxning shiori va kofirlarning tariqasidur. Ul kishiki soqolini qoraga bo‘yadi, Fir’avn erdi. Ibn Abbos roziyallohu anhu hazrati rasuli akram s.a.v.dan naql qilibdurlarki, oxir vaqtda bir qavm bo‘lurki doimo soqollarini qoraga bo‘yarlar.Ul toifa bihisht bo‘yini hidlamas. Bihishtning bo‘yi besh yuz yillik yerga yetkusidur. Xabarda kelibdurkim qariyalarning yomonrog‘i o‘zini yigitlarga o‘xshatg‘ay. Bu nav’ ishlardin nahiy (qaytarish) qilinibdur. Iblisning fe’lidurkim, bu nav’ ishlarni qilmoq xo‘b ermasdur.

   Ikkinchi soqolini qizilga, sariqqa bo‘yamoq g‘oziylarning tariqasidurki, kofirlar ularga pirliq va za’ifliq nazari birla qaramag‘ay. Ushbu g‘araz birla bo‘yoq sunnatdur. Va ba’zi ulamolar ham ushbu g‘araz birla soqollarini qoraga bo‘yabdurlar. Ammo bu g‘araz birla bo‘lmasa, talbisdurkim, joiz emasdur.

   Uchinchi, soqolini oqqa bo‘yamog‘liq makruhdur, to xaloyiq qari deb aning izzat va hurmatini ziyoda qilg‘aylar. Bas, bu g‘oyat hamoqat (ahmoqlik)durki, izzat va hurmat ilm birla va aql birla bo‘lg‘usidur, qariliq va yigitliq birla emasdur. Anas roziyallohu anhu ayturlar: hazrati rasuli akram s.a.v. vafot bo‘lg‘on vaqtlarida yigirma tolag‘a yetib soqollari oqarmagan edi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:23:59
   To‘rtinchi ulki, o‘zini yigit ko‘rsatmoq uchun qariliqdan or qilib, soqolining oqini yulish makruhdur. Bunday qilmoq Haq taolo ato qilg‘on nurdan or qilmoq bo‘lur. Bu kamoli jaholatdur.

   Beshinchi, yigitlikning boshlanishida o‘zini yosh, soqolsiz ko‘rsatmak uchun havoyu-havas jihatdan soqolini yulmoq johillikdur. Haq taoloning farishtalari bo‘lur; ularning tasbihi uldurkim:
«Alhamdu lillohil-laziy zayyanar rijola bil-loho va zayyanan nisoa bizzavoib», ya’ni «Poklik birla yod qilurmiz ul xudoni, zebu oroyish berdi erkaklarga soqol birla va xotunlarga zulf, kokil birla.

   Oltinchi, boshning sochidan quloq tarafga zulfg‘a o‘xshash qo‘ymoq makruhdur.
   
   Sakkizinchi, soqolning qarolig‘i va oqlig‘iga mag‘rurlik va ajab birla qarash makruxdur.

   To‘qqizinchi, odobi sunnat uchun emas, balki xalqning ko‘ziga yaxshi ko‘rinish uchun soqol qo‘yish makruhdur.

   O'ninchi, soqoli jo‘lida (paxmoq) va parishon qo‘yish makruxdur. Bu pindor (kibr, mag‘rurlik) birlakim, xalq ani zohid va darvish kishi, toat va ibodatg‘a mashg‘ul bo‘lib, o‘zini saklamoq va yasamoqg‘a fursati yo‘q deb o‘ylasin, deb qilg‘aylar. Bas, tahorat ahkomini bu miqdor bayon qilmoq kifoyatdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:25:20
                                                          To‘rtinchi asl
                                                       Namoz bayonida


   Bilg‘ilki, namoz musulmonchilik binosining ustunidur. Va dinu mazhabning bunyodi va hamma ibodatning peshravi (yo‘lboshlovchisi) va sayyididur. Har kishiki besh vaqt namozning shartlarini bajo kelturib, o‘z vaqtida ado qilsa, Haq taolo birla ahd qilishg‘on bo‘lurki, qiyomat kuni Haq subhonahu va taoloning himoyatida bo‘lib, azobu uqubatdan xalos bo‘lg‘usidur. Va gunohi kabiradan o‘zga gunohlarga bu besh vaqt namoz kaforat bo‘lur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim, besh vaqt namozning misoli sof va oqar suvg‘a o‘xshashdurkim, har kishining saroyi oldida oqib turgan. Va har kuni ul suv birla besh marotaba g‘usl qilg‘ay. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, namoz dinning ustunidur, har kishi namozni qo‘ldin yuboribdur, dinni vayron qilibdur.

   Sahobalar so‘radilar: Yo rasulalloh! Amallar orasida qaysi amal fozilroqdur? Dedilar: - Namoz behishtning kalididur. Hazrati rasululloh s.a.v. aytibdurlar, Haq taolo bandalariga tavhiddin keyin o‘zig‘a namozdan yaqinroq, do‘stroq hech nimarsani farz qilmadi. Agar namozdan do‘stroq ibodat Haq taoloning dargohida bo‘lsa edi, farishtalarni ul ibodatg‘a farmon qilur erdiki, farishtalar hammalari namozdadurlar. Ba’zilari ruku’da, ba’zilari sujudda, guruhi qiyomda va guruhi qa’dadadurlar.

   Va hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar, qiyomat kuni amallar orasida avval namozni hisob qilurlar. Agar namoz arkonlari tamom bo‘lsa, garchi o‘zga amallari noqis bo‘lsa ham, namozi tufayli hamma amallarini qabul qilurlar. Hazrati rasuli akram aytibdurlarki, kishi tahoratni yaxshilab olsa va namozni o‘z vaqtida ruku va sujudini yaxshi bajo keltirib va dilni xushu’ va tavoze’ birla tutib namozni ado qilsa, ul namoz zamindin to arshg‘acha oftob shoyi’ (yoyilgan misllik) bo‘lur.

   Namoz aytur: Haq taolo seni aziz tutsin, andog‘ki sen meni aziz tutding, der. Har kishi namozni vaqtida ado qilmay, va tahoratini odoblari birla olmasa, ruku’ va sujud, qiyom ul namoz to osmong‘acha tutun misllik tiyra va qorong‘uluq bo‘lub aytur: Xudoi taolo seni zoe’ qilg‘ay, andog‘ki san mani zoe’ qilding. Farishtalarg‘a farmon bo‘lurki, ul namozni sakutab turib qiyomat kuni ul bandaning yuzig‘a ururlar. Va rasululloh s.a.v. aytibdurlarki, duzdlarning (o‘g‘rilarning) yomonrog‘i ulkim, namozni o‘g‘irlag‘ay.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:30:32
   Agar tajvidni ado qila olmasa ham ko‘nglida harfni bilgay. Fotiha surasini tamom qilib, omin degay. Bas, omiynni suraga muttasil qilmagay. Andek to‘xtab aytg‘ay.

   Andin keyin boshqa surai zam qilg‘ay. Namozi bomdod va namozi shom va namozi xuftanni ovoz chiqarib o‘qigay. Va ruku’ qilmoq uchun takbir aytgay. Takbirni suraning oxirig‘a muttasil qilmag‘ay. So‘ng ruku’da ikki tizzani tutib, tayanib, barmoqlarini ochiq tutib, orqasini va boshini taxta misllik tutib, ikki bilagini iki sonidan yiroq qilib, rost tutib, uch marotaba «Subhona rabbal aziym» deydi. Agar imom bo‘lmasa yetti marotaba va yo besh marotaba aytmoq avlodur.

   Andin keyin ruku’dan bosh ko‘tarib, qaddini rost qilib turib, «Samiallohu li man hamida»ni tamom qilib «Robbano lakal hamd» degay. Andin keyin takbir aytib, sajdag‘a borgay. Va sajda qiladigan a’zolardan qaysinisi yerga yaqin bo‘lsa, avval ani sajdag‘a qo‘yg‘ay. Chunonchi, tizzasini, keyin burnini, keyin peshonani ikki kaftini, ikki qulog‘ining ro‘baro‘siga qo‘yib, bilagini, yerdan qornini sonidan yiroq tutib, uch marotaba «Subhona rabbiyal-a’lo» degay. Agar imom bo‘lmasa ziyoda aytsa yaxshiroqdur.

   Shundan keyin takbir aytib, sajdadan bosh ko‘tarib, chap oyog‘ini bosib, rost o‘lturib, yana takbir aytib, ikki sajdani tariqa birla ado qilib, so‘ng yana ruku’ga turib, ikkinchi rakatni avvalg‘i rakatg‘a o‘xshash ado qilib, ruku’, sujuddan forig‘ bo‘lib tashahhudga o‘tiriladi. So‘ng chap oyog‘ini bosib o‘ltirib, o‘ng oyog‘ini tiklab, barmoqlari uchini qiblag‘a qilib, ikki qo‘lini ikki tizza ustig‘a qo‘yib, o‘ltirib, avvalg‘i qa’dada «At-tahiyot»ni «abduhu va rosuluh»ga qadar, oxirid duog‘acha o‘qib, salom berg‘ay. Va har tarafg‘a salom berarda, orqada o‘lturg‘on kishig‘a tamom ko‘ringay. Va bu salomda hozir mo‘min va farishtalarni niyat qilg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:32:45
                                                          FASL
                                    Namozda makruh narsalar bayonida


   Ochlik, tashnalik, g‘azab bilan namozg‘a turmoq makruhdir. Va ko‘ngli g‘ash bo‘lmoq, ikki oyog‘ini bir-biriga juda yaqin qilmoq va bir oyog‘ini ko‘tarib turmoq makruhdur. Sajda qilurda oyog‘larining uchini yerdan ko‘tarib turmoq va siynasini yerdan ko‘tarib sonig‘a yetkuzib turmoq va qo‘lini yengining ichida tutmoq va egnini tuproqdin ayab, ko‘tarib turmoq va har tarafg‘a qaramoq va barmoqlari bandini tortib chiqarmoq va badanni qashlamoq va esnamoq va soqolini silamoq va sajdagohdan sangrezani (tosh va mayda narsalar)ni olib tashlamoq va sajda qilur yerni puflamoq va bir nimarsaga suyanib turmak makruhdur. Bas, hamma a’zolarni adab birla tutgay. Tokim o‘tagan namozi zodi oxirat bo‘lg‘ay.

   Ammo namozning farzlari bukim, «Allohu akbar» deb tahrima bog‘lamoq, qiyom, qiroat, ruku’, sujud va qa’dai oxir miqdor tashahhud.

   Ammo vojiblari uldurki, surai fotiha o‘qimoq va surai zam qilmoq va tartibg‘a rioya qilmoq, avvalg‘i o‘tirishda «at-tahiyot»ni «abduhu va rasuluh»gacha o‘qimoq va ikki hayit namozlarda takbir aytmoq va namozi vitirda duoi qunut o‘qimoq va ovozli namozda qiroat qilmoq va maxfiy o‘qur namozda maxfiy qiroat qilmoq vojibdur. Bomdod namozini mazkur tariqa birla ado qilsa, yaqin ijobat bo‘lg‘usidur. Ammo odoblari bajo keltirmay o‘talgan namoz anga o‘xsharki, kishi podshohga quloq va burni yo‘q kanizakni hadya kelturganday. Bas, bu kanizakning podshohga maqbul bo‘lmog‘i ehtimoldan yiroqdur.

   Namozning haqiqati va ruhining bayonida bilgilki, yuqorida mazkur bo‘ldi.Zohiriy namoz ibodatning surati edi. Bas, bu suratning haqiqiti bordur, bu haqiqat namozning ruhidur. Bilgilki, namozning amallaridin har bir amalning va zikrlaridan har bir zikrning xos (alohida) ruhi bordur. Agar ruh bo‘lmasa namoz jonsiz badang‘a o‘xshaydi. Va agar namozning asli bo‘lsayu va lekin a’mol va odoblarini bajo keltirmasa, quloq burni kesilgan odamg‘a o‘xshaydi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:34:45
   Agar namozni bajo keltirsa, lekin ruhi va haqiqatini bajo keltirmasa ko‘zi ko‘rmas va qulog‘i eshitmas kishig‘a o‘xshash bo‘lur. Bas, namozning asl ruhi xushu’-zavq, shodliqdur. Va hamma namozda dilni shod tutmoqdur. Namozdan maqsud dilni Haq taolog‘a rost tutmoq, Haq taoloni haybati azaati birla zikrni tom va hozirlik birla ado qilur.
Chunonchi Haq taolo aytar:

  Aqimis-salota li-zikriy

   Oyatning tafsiri: Utagil namozni mani yod qilmoq uchun.

   Va rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, «Bisyor xalqlarki, ularning nasibasi namoz o‘tamokdin ranj, mashaqqatdin o‘zga nimarsa ermasdur. Bu ul toifadurkim, badanlari namozda bo‘lur va dillari fikri fosid birla g‘aflatda bo‘lur».

   Va yana aytibdurlarki, namozni albatta dil shodligi bilan o‘tamasa namozi durust bo‘lmas.
Hasani Basriy alayhi rahma aytibdurlarki, namozning olti hissadan bir hissasini va yo o‘n hissadan bir hissasini nomai a’moliga bitilur. Va rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, namozni andog‘ o‘qig‘ilki, hamma nimarsalar birla vido’ qilg‘aysen. Ya’ni o‘zing birla, havo va havas birla vido’ qilg‘aysen. Balki Haq taolodan o‘zga kimsalar birla vido’ qilg‘aysen. Va jonu dilni batamom namozg‘a qo‘yg‘aysen. Ushbu ma’noda hazrati Oisha raziyallohu anho aytibdurlar: Hazrati rasuli akram s.a.v. namozning vaqti bo‘lsa, Haq taolo azimati haybatidan mani tanimas erdilar. Har namozkim, dil hozir bo‘lmasa, Haq taolo ul namozg‘a rahmat nazari birla qaramas.

   Ibrohim Xalilulloh namozg‘a tursalar, dillarining shodligi sadosi ikki milliq yerga eshitilur erdi.

   Va Hazrati Ali karamullohu vajha vaqtiki namoz o‘tamoqqa tursalar, tamom a’zolarig‘a larza tushib, ranglari o‘zgarar edi. Va aytur edilarki, ul omonatni vaqti yettikim, yetti osmonu zaminga arz qildilar, toqat keltirolmadi.

  Sufyon Savriy rahmatullohi aytur: «Har namozda dil hozir va ogohlik birla bo‘lmabdur, uqubatg‘a yaqindur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:35:55
   Maoz bin Jabal roziyallohu anhu aytur: «Kishi namozda turub, o‘ng va chap tarafimda kim turibdur deb qarasa, ul namozi namoz ermas».

   Hazrati Imom A’zam va hazrati Imom Shofi’iy va aksar ulamo (alloh barchalarini rahmat qilgan bo‘lsin) fatvo beribdurlar: «Kishi, takbir aytganda dilni hozir tutsa namozi durustdur». Bas, fatvo zarurat jihatidandur, g‘aflat xalqg‘a g‘olibdur. Va durust namozning ma’nosi ulki, ul kishi farzini bajarur. Namoz zodi oxirat bo‘lmog‘i uchun dil hozir bo‘lmog‘i lozimdur.

   Umiddurki, sofdil kishining holi asli namoz o‘tamagan kishidan behroq bo‘lg‘ay.

   Ammo vahshatdurkim, sahv-xato va kohillik (sustlik) birla xizmatga kelgan kishi itobga yaqinroqdur. Ushbu sababdan Hasan Basriy rahmatullohi alayhi aytibdurlar, bu namoz uqubatg‘a yaqindur. Xabarda kelibdur: odam o‘zini nahiy (Xudo qaytargan) ishlardan yiroq tutmasa, ul namoz Haq taolodan yiroq bo‘lishdan o‘zga hosil bermas.

   Bas, to‘liq namoz uldurki, hamma namozda dil shodligi bo‘lg‘ay. Ul kishikim, takbir tahrimadin o‘zgada dilni hozir tutmabdur, namozda ruhning ramaqdan (jon chiqar chog‘dan) ziyoda nasiba yo‘qtur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:37:50
                                                          FASL
                                           Namozning haqiqati bayonida


   Bilgilki, avval nimarsakim, senga yetadur tong namozidur. Vaqtiki, azon o‘qiganni eshitsang, shod bo‘lg‘aysen va har ishg‘a mashg‘ul bo‘lsang, darhol tark qilib, namoz o‘tamakka kelgaysen.

   Sahoba va tobe’in rizvonallohi taolo alayhim ajma’in ushbu tariqa qilibdurlar: agar temirchi bo‘lsalar, temir tobg‘a kelgan bo‘lsa ham tashlab qo‘yibdurlar. Agar kafshdo‘z bo‘lsalar, bigiz sanchilg‘on bo‘lsa, tortib olmay qo‘yar edilarki, bu nidodan nidoi ro‘zi qiyomatni yod qilur erdilar. Va bilur erdilar, kishi azon ovozini eshitib, shodlik va sur’at birla tursa, qiyomat kuni shodlik birla turg‘usidur. Bas, bo‘lg‘aykim azon o‘qig‘onda shodlik va rag‘bat birla turg‘ilkim, qiyomat kuni ham shodu xurram bo‘lg‘aysen.

   Tahoratning boshi va ruhining bayoni-dilni pok qilmokdur. Tavba va pushaymonliq birla va axloqi mazmumdan yiroq bo‘lmoq birla namoz o‘qisa, vojibki, dil Haq taoloning nazargohidur. Va namoz haqiqatning joyi dildur. Ammo badan namoz suratining joyidur.

   Ammo avratni yopmoqning ma’nosi ulki, anchakim zohiringni xalqg‘a ko‘rsatmaklik xunuk va nodurustdur. Avratni xalqning nazaridan pinhon qilg‘il. Bas, avratni yopmoqning ruhi va boshi uldurki, anchakim egningdagi xunuk va oludalikni Haq taoloning nazaridan pinhon qilg‘il. Bilgilki, hech nimarsa Haq taoloning nazarida maxfiy, yashirin emasdur. Namoz ruhi: Hamma gunohlaringdan pushaymon bo‘lib, ikkinchi bora ul gunohni qilmag‘aysen.

   Attoyibu minaz-zanbi zanbalahu.

   Ya’ni Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, gunohdin tavba qilib qaytuvchi aslo gunoh qilmagan kishig‘a o‘xshaydur, tavba gunohni yo‘q qilg‘uvchidur.

   Agar tavba qilolmasang xijolat va sarnigunlik birla (bosh egilgan holda) turmoq lozimdur. Va istiqbol qibla ma’nosi ulki, zohir yuzingni hamma taraflardan o‘gurib, hazrat xona-ka’ba tarafiga qarab turgaysen. Muning asli va ruhi uldurkim, ro‘yi dilni hamma mosivodan o‘gurib, Haq taolog‘a mashg‘ul tutg‘aysen, tokim bir taraf bo‘lg‘ay. Chunonchi qiblai zohiriy birdur. Va qiblai dil ham Haq subhonahu va taolodur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:39:03
   Vaqtiki ro‘yi dilni Haq taolog‘a mutavajjih qilsang, andishai botil bir taraf bo‘lg‘usidur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar «Kishi namozda turub yuzi va dili va hissiyoti Haq taolog‘a mutuvajjih bo‘lsa, namozdan turg‘onda onasidin tug‘ilg‘ondek bo‘lg‘ay, ya’ni hamma gunohlardan pok bo‘lur».

   Bilgilki,zohir yuzingni qibladan o‘girmak birla zohir namozing botil bo‘lur. Bas, ro‘yi dilni Haq taolodan o‘girib o‘zga andishaga mashg‘ulluq qilmoq birla namozning ruhi, haqiqati botil bo‘lg‘usidur. Balki andin ziyodaroqdurkim, zohir g‘ilofga o‘xshashdur, e’tibor yo‘qdur.

   Qiyomning zohiri uldurki, namoz o‘taguvchi ojizlik birla banda qulday Haq taoloning dargohida turmoqdur. Muning asli va ruhi uldurkim, dilni hamma harakatdagi xayoldan to‘xtatib, Haq taoloning xizmati va mulozamatida sabilu ta’zim va uzrxohliq birla turmoqdur. Bas, bu vaqt qiyomatda Haq taoloning xuzurida turmoqni yodg‘a keltirg‘ay. Va bilgaykim, hamma asrorlari Haq taolog‘a oshkoradur. Haq taolo odamning ko‘nglidagi har nimarsadan, zohiriy olami va botiniy holidan xabardor, ogoxdur.

   Taajjubdurki, ba’zilar namoz o‘tar holatda axli solihni ko‘rsa, aningdan uyalib namozini adab shartlari birla ado qilur. Ammo tanho o‘tasa, adabiga rioya qilmay, shitob birla o‘tar. Bas, bu g‘oyat xijolatdurkim, bandai bechoradan uyalgay va Hazrati Halloqi olamdan uyalmag‘ay. Va sahoba raziyallohu anhum namozda o‘zini andog‘ sukunat va xushu’ birla tutar erdilarkim, vahshiy jonivorlar ulardin qochmas, gumon qilur erdikim jamod (jonsiz tosh) bo‘lg‘ay. Va kishi, Haq taoloning azamati aning ko‘nglida barqaror bo‘libdur, hamma aning ko‘ngli xushu’da bo‘lg‘usidur.

   Bas, rasul alayhissalom birovni ko‘rdilarki, namozda turub soqolni silar edi, dedilarkim agar bu kishini dili xushu’da bo‘lsa erdi, qo‘li ham dilning sifatida bo‘lur edi.

   Bilgilki, ruku’ va sujudning zohiri badan birla Haq taologa tavoze’ qilmoqdur. Ani haqiqati va ruhi dilni tavoze’ birla tutmoqdur, hamma a’zolarning ulug‘rog‘i va sharifrog‘i yuzdurkim, yuzni xor va past tufroqg‘a qo‘yg‘ondin bilg‘aykim, odamning asl tufroqdur. Bas, o‘z asliga munosib boqib, takbir qilg‘ay.Bekaslik va bechoraligini tanig‘ay. Bunga o‘xshash har amalning va asli haqiqatidan g‘ofil bo‘lsa, suratdan ziyoda nasiba topmas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:41:13
FASL
Namozdagi kalimalar bayonida

  Bilgilki, har namozda aytadigan barcha kalimalarning haqiqati bordur. Bas, namoz o‘taguvchi aytgan kalimalarig‘a muvofiq bo‘lib ado qilsa rostgo‘y bo‘lg‘usidur. Masalan, Allohu akbarning ma’nosi ulki, Haq taolo hamma mavjudotdan baland va ulug‘dur. Agar namozxon bu ma’noni bilmasa johildur.

   Agar ma’nosini bilib, lekin ko‘nglida yana bir narsani Haq taolo zikridin azizroq bilsa, ul kishig‘a farishtalar ayturlarki, aytqon kalimang rostdur va lekin o‘zing yolg‘onchidursen. Inson Haq taoloning farmonidan yana bir nimarsaga moyilroq bo‘lsa, ul kishining nazdida ul nimarsa buzruk va ulug‘durkim, aning ma’budi va ilohi ul nimarsadur. Chunonchi Haq taolo aytibdur:

   Afara-ayta man-ittahaza ilahahu havahu? Ey, Muhamad, havoyi nafsini o‘ziga iloh qilib Oltan kimsani ko‘rganmisiz? («Josiya» surasi, 23-oyatdan.)

   Yana: Inni vajjahtu lillaziy. Fatara s-salavoti val-arza xaniyfan va mo antinal mushrikiyna. Ma’nosi ulki, ro‘yi dilimni hamma olamdan o‘gurub, Haq taologa mutavajjih bo‘ldim (yuzimni Achloh tomonga qaratdim) «An’om» surasi, 79-oyat,

   Va agar kalimani aytgan vaqtda dilni yana bir nimarsaga mutavajjih bo‘lsa, aytgan kalimasida yolg‘onchidur. Inson Haq taologa munojot qilur vakl-ida ul kalomda yolg‘on aytsa aning xatari hammaga ma’lumdur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Musulmon uldurki, musulmonlar aning qo‘lidin va tilidan salomat qolsa».

   Namoz o‘taguvchi ushbu sifatlar birla bo‘lmasa, ushbu sifatda bo‘lmoqni niyat qilg‘ay. Vaqtiki alhamdulilloh desa, bo‘lg‘aykim, Haq taoloning ne’matlarini dilida toza saqlagay. Yana «ihdinas sirotal mustaqim» desa dilini zoriy va tazarru’ birla tutg‘aykim, hidoyat talab qilg‘on bo‘lur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:42:41
                                                      FASL
                         Namozda dilni g‘aflatdan saqlamoq bayonida


   Bilgilki, namozda dilga ikki g‘ubor o‘tirib qoladi.Biri zohiriy, biri botiniydir. Zohiriy illat ulki, bir nimarsani ko‘rib yoki eshitib turadigan yerda namoz o‘taganda g‘aflat bo‘lur. Dil ul nimarsaga mashg‘ul bo‘lurki, dilga ko‘z va quloqdan ta’sir yetar. Buning iloji uldurki, hech ovoz kelmaydigan yerda namoz o‘tagay. Va agar qorong‘uroq yer bo‘lsa yaxshiroqdurki, aksar obidlar qorong‘u va kichik ibodatxona ta’yin qilibdurlar. Ibn Umar r.a. har namozga turar bo‘lsalar, oldilaridan kitob va qilich, va nimarsaikim, nazarni mashg‘ul qiladur. ani olib qo‘yib namozga turar edilar.

   Ikkinchi sabab botiniydurki, hardam xayollik sababidan bo‘lur. Munga iloj qilmoq qiyinroqdur. Va bu g‘aflat ikki sababdan paydo bo‘lur: Biri-ishga mashg‘ul bo‘lgan vaqtda namozga tursa, dil ul ishga mashg‘uldir. Aning tadbiri - avval o‘shal ishni tamom qilib, keyin namozga turgay. Chunonchi, rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: Agar taom yemak va namoz o‘qimoqning vaqti bo‘lsa, avval taom yeng‘lar, andin keyin namoz o‘tanglar». Bir taom oqshomlik va bir taom xufton vaqtidadir. Munga o‘xshash, agar bir odamga so‘z aytish lozim bo‘lsa, avval so‘zni tamom qilib, andin keyin namoz o‘qigay.

   Ikkinchi sabab: boshqa ishlarni o‘ylashdan g‘aflat paydo bo‘lurkim, bir soatda tamom bo‘lmas. Aning iloji, dilni qiroat va tasbihlar ma’nosiga mashg‘ul qilgaykim, g‘aflat daf’ bo‘lur. Agar kuchliroq bir andisha dilda qaror topgan bo‘lsa, bu birla ham daf’ bo‘lmas. Aning tadbiri: bu andishani bilkullihi (batamom) ko‘ngildan chiqarib tashlamoq kerak. Agar ko‘ngildin chiqarolmasa, namozi hamisha vasvasa va parokandalikdin xoli bo‘lmas. Bu tariqa namoz o‘taguvchining holi nimarsaga o‘xsharkim, qulog‘iga chumchuqlarning ovozi eshitilgay. Kuliga tayoqolib ul chumchuklarni haydasa yana kelur. Agar chumchuqlarning ovozidin xalos bo‘lmoqni xohlasa, o‘sha daraxtni tubi birla yo‘qotgay, tokim daraxt bordur, chumchuq ovozi andin xoli emas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:43:40
   Shunga o‘xshash, tokim bir nimarsaning orzusi ko‘ngulda barqaror bo‘libdur, turli parokandaliklar doimo paydo bo‘lg‘usidur. Rasulullohga bir purkor (ko‘p mehnat qilib tikilgan) kiyim tuhfa keltirdilarki, juda chiroyli matodan bog‘ichi bor erdi. Ul zot egnini kiyib, namozda turib, nazarlari ul bog‘ichga tushdi, ersa namozdan bo‘shab ul eginni egasiga qaytarib berdilar. Va ko‘hna egnilarini kiydilar.

   Yana bir rivoyatda rasululloh etiklarini guldor ettirib edilar, namozda turgan vaqtlarida ko‘zlariga chiroyli ko‘rindi. Namozdan bo‘shab ani so‘ktirib, ko‘hna yamoqni yamatdilar. Darhol turib, dedilarki, «Ey, Xudovando, bu nazarim jihatdan meni dushman tutmagil», Deb ko‘chaga chiqib, uchragan soyilga (gadoyga) berdilar.

   Sahobalardan Talha r. a. xurmozor bog‘larida namozga turib edilar, bir xushsurat qush ko‘rdilarki, gohi uchib, gohi yo‘rg‘alab yurur erdi. Va nazarlari aning naqshiga mashg‘ul bo‘lib,necha rakaat namoz o‘taganlarini bilmadilar. Hazrati rasululloh qoshlariga kelib,bu ahvollaridan tavba qilib, kafforatiga xurmozor bog‘ini sadaqa qildilar.Va sahoba va tobein bu tariqa ishlarni ko‘p qilibdurlar. Va dilni ibodatga hozir tutmoqning ilojini bilibdurlar, to namozdin avval Haq taologa zikrni to‘liq aytmaguncha, namozda dil hozir bo‘lmas.

   Agar odam namozni dil huzuri birla o‘tamoqni xohlasa, namozdan ilgari aning ilojini qilgay. Hamma ashg‘oli dunyodan dilini xoli aylab,hojatga kifoya qilguncha mol-dunyoga qanoat qilgayki, dunyoliqdan maqsud ibodatga yordam bergunchaligi kifoyadir. Agar shunday qilmasa, dil hozir bo‘lmas. Nafl namozni to‘la o‘tamakni lozim tutgayki, dil huzurini ziyoda qilgay. Kishi namozi bomdodni jamoat birla o‘tasa, hamma kechani bedor o‘tkazganining savobini topar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:45:07
                                                           FASL
                                            Jamoatning fazilati bayonida


   Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Jamoat birla o‘talgan bir rakaat namoz tanho o‘talgan yigirma yetti rakaat namoz birla barobardur». Kishi namozi xuftonni jamoat birla o‘tasa yarim kechani bedorliq birla o‘tkargandek bo‘lur.

   Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: Kishi namozni qirq kun jamoat birla o‘tasa, bu muddat ichida muqaddas takbirni qo‘ldan bermasa, ul kishi otig‘a ikki ozodliq xati bitilur: biri nifoqdan, ikkinchisi do‘zaxdan. Ushbu sababdan Salaf rahmatullohi alayh: agar muqaddas takbir zoe ketsa, yetti kun ta’ziya tutar edilar. Va Sa’id ibn Musayyib aytur: yigirma yildurki, azondan ilgari masjidga hozir bo‘lubdurmen. Va aksar ulamolar aytibdurlar, beuzr jamoatni tark qilsa, namozi durust emasdur. Bas, jamoatni ham ahamiyatli bilmak kerak.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:47:36
FASL
Imomatlik bayonida

   Imom qavmning xohishiga qarab imomatlig‘ qilg‘ay. Agar qavm kimni xunuk, yoqimsiz ko‘rsa, imom bo‘lmoqdin o‘zini tiygay. Agar qavm xohlagan bo‘lsa, imomatlikning fazilati muazzinliqtsan ziyodadur. Imom doimo pokiza kiyingay va namozning vaqtini yaxshi bilgay. Avvalo vaqtida namoz o‘tagay. Jamoatga intizor bo‘lub, namozni kechiktirmagay, chunki vaqtida o‘qishning fazilati ziyodadur. Va sahoba roziyallohu anhumlar ikki kishi namozga hozir bo‘lsa ham uchinchi odamni kutmay, namozni boshlar edilar.

  Janoza namoziga to‘rt kishi hozir bo‘lsa, beshinchiga muntazir bo‘lmas edilar. Bir kuni hazrati rasuli akram s.a.v. namozga kechikdilar. Sahobalar to‘xtamay Abdurahmon ibn Avf roziyallox1u anxu imom bo‘lub, namozga turdilar. Bir rakaat o‘tagandan keyin rasulullloh chiqib, iqtido qildilar. Namozdan forig‘ bo‘lib, sahobalarga aytdilar: «Yaxshi qildinglar, har bora xuddi shunday qilg‘aysizlar». Imomliqni bir Xudo uchun ixlos birla qilg‘ay va to saf rost bo‘lmag‘uncha, imomatlikni olmagay va takbirni baland ovoz birla aytgay. Imomatlik niyatin qilg‘aykim, savobi ziyoda hosil bo‘lur. Agar niyat qilmasa ham, jahran baland ovoz birla o‘qigay. Ruku’ga borishida takbirni suraning oxirig‘a ulamagay. (Takbir suraning boshida aytiladi) Ruku’ va sujudda uzoq turmagay.

   Tasbihni «Subhonalloh» so‘zini uchdin ziyoda aytmagay. Hazrat Anas roziyallohu anhu aytur: «Hech kishi rasuli akram s.a.v. dan ko‘ra namozni to‘liq va osonroq o‘taguvchi emasdi. Sabab bu erdiki, qavm uchun namozda malol bo‘lmag‘ay. Namozda salom birla uzoq o‘lturmagay. Bu duoni o‘qigay: «Allohuma antas-salom va minkas-salom taborakta rabbano va taolayta yo zuljaloli val ikram». Qavm tarafiga boqib o‘tirib duo qilg‘ay. Qavmning ham duodan ilgari turib ketishi makruhdir».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:49:38
FASL
Namozi jum’aning bayonida
   Bilgilki jum’a ulug‘ kundur. Fazilati benihoyat, mo‘‘minlarning hayitidur. Xabarda kelibdurkim, Xudo taolo har odina (jum’a) kuni olti yuz ming gunohkorni do‘zaxdan ozod qilg‘usidur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Do‘zaxni har kuni zavol vaqtig‘acha qiziturlar, faqat odina kuni qizitmaslar. Kishi odina - jum’a kuni vafot bo‘lsa, aning nomai a’molig‘a bir shahidning savobini biturlar. Unga qabr azobi bo‘lmas».
   Bilgilki, har nimarsa besh vaqt namozda shart erdi, jum’ada ham shartdur. Mundin o‘zga olti shart namozi jum’aga xosdur.

  Avvalg‘i shart vaqtidurki, peshinning vaqti o‘lsa, namozi peshinning qazosini o‘tamak lozimdur. Namozi jum’aning qazosi lozim emas.

  Ikkinchi shart joygohtsur. Namozi jum’ani shaharda va shaharga yaqkn kentlarda, agar yiroqbo‘lsa, podshoxdin izn bo‘lg‘on bo‘lsa durustdir. Va sahroda masjiddin bo‘lak yerda durust ermas.

  Uchinchi shart miqdoriydir. Imomdan bo‘lak uch kishi bo‘lmaguncha namoz durust ermas.

  To‘rtinchi shart jamoatdur. Qavmning namozni imomsiz, o‘zi o‘tamagi durust emas. Agar imomni oxirg‘i rakaatida va yo tashahudda topib iqtido qilsa, qOltanini tanho o‘tamasa bo‘lur.

   Beshinchi shart har shaharda bir masjidda o‘tagay. Va agar masjidga sig‘masa va yo izdihom bo‘lsa, yana bir masjidda o‘tamak joizdur.

   Oltinchi shart xutba o‘qimokdur. Tasbihva tamjidga mashg‘ul bo‘lgay. Bilgilki. xotinlarga va gudaklarga va musofirg‘a xutba vojib emasdur. Va uzr birla tark qilmoqjoizdur. Chunonchi qattig‘ yomg‘ir yog‘sa, yo kasal bo‘lsa, Ushbu uzrlar birla tark qilmoq joizdur. Va lekin yaxshisi ulki, xaloyiq jum’a namozidan forig‘ bo‘lgandan keyin bu toifa peshinni o‘tagay.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:51:10
                                                        Jum’a odobi

   Jum’a kunida o‘n nimarsa sunnatdur. Avvalg‘i odob - panjshanba kuni jum’aga tayyorlangay, jum’aga yetganiga shodu xurram bo‘lub, libos-jomani pokiza qilib, har nav’ mashg‘ulotini tark qilib, ertadan kechgacha namozga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Va panjshanba kuni asr namozidan keyin tasbih va istig‘forga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Bu vaqtning fazilati nihoyati ulug‘dur. Juma kunining vaqtiga barobardur. Va aytibdurlar, odina kechasi xotini birla suhbat qilmoqlik sunnatdur, tokim har ikkisining g‘usl qilmog‘iga sabab bo‘lg‘ay.

   Ikkinchi odob - odina kuni erta birla g‘usl qilmoqqa mashg‘ul bo‘lg‘ay. Hazrati rasul alayhissalom jum’ani ta’kid birla farmon qilibdurlar, to ulamolardan bir guruhi jum’a quni farz bo‘lg‘ay deb. Madina xalqi agar kishiga qattig‘ dag‘al so‘zlamakni lozim tutsalar. «Jum’a kuni g‘usl qilmagan kishidin yomonroqsen», der edilar. Va kishi jum’a kuni junub bo‘lsa, jum’a g‘usli niyatida badanig‘a bir qator suv quyg‘ay. Agar g‘usli junubat va g‘usli jum’a niyatini bir qilsa kifoyatdur, g‘usli jum’aning fazilati ham hosil bo‘lg‘usidir.

   Uchinchi odob - orasta va pokizalik birla masjidga kelgay. Mo‘y va tirnog‘ini olg‘ay. Va mo‘ylabini tuzatg‘ay va orastalik bilan oq egin kiygay. Rasuli akram s.a.v. oqeginni toza tutardilar. Namoz va masjidning ta’zimi niyatida o‘zini xushbo‘y qilg‘ay.

   To‘rtinchi odob - masjidi jome’ga ertaroq kirgayki, buning fazilati bisyor ulug‘dir. Sahoba va tobe’inlar subh mahalida chirog‘ birla masjidga kelur erdilar. Ko‘rdilarki, uch kishi bulardan ilgari masjidga kirib o‘ltiribdur. Uzlarig‘a xitob qilib aytdilarki, sen to‘rtinchi darajada bo‘lursen, xoling na kechkusidir? Va aytibdurlar, ba’zi bid’atlarki islomda paydo bo‘ldi va ushbu sunnatni qo‘ldin yubordilar. Bas, tarso va juhudlar shanba va yakshanba kuni ertaroq ibodatxonalariga borurlar. Odina (jum’a) kuni musulmonlarning fazilatlik va ulug‘ qunidur. Masjidi jome’ga ertaroq bormoqni tark qilmoq durust emas, va rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Kishi jum’a kuni vaqtliroq masjidi jome’ga borsa, tuya qurbonlig‘ qilg‘onning savobini topg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:53:51
   Agar ikkinchi soatida borsa sigir qurbonlig‘ qilg‘on savobini topg‘ay. Uchinchi soatida borsa tovug‘ qurbonlig‘ qilg‘on savobini topg‘ay. To‘rtinchi soatida borsa, tovug‘ tuxumini sadaqa qilg‘on savobini topg‘ay.

   Vaqtiki imom xatib xutba o‘qigani chiqsa, farishtalar qurbonlig‘ savobini bitgan nomalarni olib turib, xutba eshitmakka mashg‘ul bo‘lurlar».

   Beshinchi odob - namozga o‘turgan xalqni bosib o‘tmagay. Xabarda kelibdurki, xalqning gardanini bosib o‘tkuvchilarni qiyomat kuni nido qilurlar va xaloyiq uning tepasidan bosib o‘tarlar. Hazrati rasuli akram s.a.v. bir kishini ko‘rdilarki, xalqni bosib o‘tdi. Namozdan forig‘ bo‘lub, aytdilarki, «Nima uchun namoz o‘tamading?» Ul kishi aytdi: «Xazratlari birla o‘tadim». Rasuli akram s.a.v. aytdilar: «Ko‘rmadimmi, xalqning gardaniga ayog‘ qo‘ydingkim, xalqning gardaniga ayog‘ qo‘ysa, namoz o‘tamagan bo‘lur». Agar avvalg‘i saf xoli bo‘lsa, ikkinchi safda o‘tirmoq durust emasdur.

   Oltinchi odob - namozda turgan kishining oldidan o‘tmagay. Agar namozga tursa, ustunlar ro‘baro‘sida turg‘aykim, xalqning o‘tmagiga mone’ bo‘lmag‘ay.

   Yettinchi odob -. avvalg‘i safda o‘tirgayki, fazilati ziyodadur. Agar avvalgi safda abrishim (ipak) kiygan kishi bo‘lsa, va yo xatibning shamshirida oltini bo‘lsa, ulardan yiroq o‘tirish yaxshirokdur.

   Sakkizinchi odob - vaqtiki xatib minbarga chiqsa, sen so‘zlamagin. Va yana bir kishi so‘zlasa, ani ishorat birla jim bo‘l, so‘zlama, deb ovoz chiqarma.

   Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Birov xutba o‘qub turganda yana birovni so‘zlamag‘il va yo xutbaga quloq solg‘il desa, namozi durust ermasdur. Agar xatibdin yiroq o‘tirsa, xutba eshitmasa ham jim o‘ltirgay. Bu vaqtda masjid tahiyyatidan o‘zga namoz durust emasdur».

   To‘qqizinchi odob - odam namozdan forig‘ bo‘lsa, yetti marotaba surai fotiha (Alhamdu surasi)ni, «Qul huvallohu ahad»ni, yetti marotaba «Qul a’uzu birabbil falaq» bilan «Qul a’uzu birobbin-nosi»ni o‘qig‘ay. Xabarda kelibdurki, kishi bu suralarni shu tariqa o‘qisa, shaytonning sharridin (yomonligidan) va hamma balolardan Haqtaolo o‘z panohida saqlar. Andin so‘ng bu duoni o‘qig‘ay: «Allohuma yo G’aniyyu yo Mubdiyu, yo Mu’iydu, yo Rahiymu, yo Vadudu, ag‘niniy bi-jalolika, an haramika va bifazlika aimman...».

   Bu duoni har doim o‘qib yursa kutmagan yerlardan rizqu nasiba yetgay. Va nomardga muhtoj bo‘lmagay. Va olti rakaat namoz o‘tag‘ayki, sunnatdur.

  O’ninchi odob - namozi asrgacha o‘tirgay. Agar masjidda o‘tira olmasa uyida tanho o‘tirib Haq taoloning zikridan g‘ofil bo‘lmag‘ay, jum’a kunining savoblaridan o‘zini mahrum qilmag‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:55:22
                                                          FASL
                                        Jum’a kunining fazilati bayonida


   Hamma musulmonlarga lozimdurkim, yetti fazilatni jum’a kuni talab qilg‘ay. Avvalo buki, bomdod namozidan forig‘ bo‘lib, ulamolar suhbatiga hozir bo‘lg‘ay. Va qissaxonlar suhbatidan yiroq bo‘lg‘ay. Va ul kishining majlisida hozir bo‘lg‘aykim, dunyoning rag‘batini kam qilg‘ay. Va oxiratg‘a undagay. Ul so‘zlarkim, bu xosiyatni bermas, ulamo majlisi emasdir. Xabarda kelibdurki, agar kishi bu soatda ulamo majlisiga hozir bo‘libdur, ming rakaat namoz o‘tagandin behrokdur.

   Ikkinchi fazilat: bu kunda bir soat bordurki, aziz va sharifdur. Xabarda kelibdur, har kishi ushbu soatda har nav’ hojat tilasa, ijobat bo‘lur va xilof muningdadurkim, bu soat qaysi vaqtdadur? Oftob chiqqan vaqtdamu yo namozi digar vaqtdamu va yo kun botgan vaqtdamu. Bas, bu soat qadr kechasida maxfiy bo‘lg‘onga o‘xshash odina kuni ichida masturdir (bekitilgan). Xullas, banda bu kunning ichida zikr ibodatdin xoli bo‘lmag‘ay. Uchinchi fazilat: hazrati rasuli akram s.a.v.ga durudni (maqgov, duo, salom) to‘la aytgay. Va rasuli akram alayhissalom aytdilar, kishikim Odina kuni manga sakson martaba durud aytsa, Alloh uning sakson yillik gunohini mag‘firat qilg‘ay. So‘radilar, Yo rasulalloh, qazratingga qaysi durudni yuborurmiz? Rasul alayhissalom aytdilar: «Bu durudni aytingizlar: «Allohumma sallialo Muhammadin va ala oli Muhammad, kamo sallayta ala Ibrohim va ala oli Ibrohim, innaka hamidum majid». Va shu durudni yana «borak ala» so‘zi birla aytg‘aysiz».

   Aytibdurlar: «Har kishi yetti jum’a kuni bu durudni yetti marotabadan aytsa, rasuli akram s.a.v.ning shafoatlarini albatta topg‘usidur. «Allohumma salli alo Muhammadin va ala oli Muhammad», desa ham kifoyat qilur».

   To‘rtinchi fazilat - bu kunlarda qur’onni ko‘p tilovat qilgay. Va surai Kahfni o‘qig‘ayki, aning fazilati xabarda ko‘p vorid bo‘libdur. Sahoba va tobe’in obidlari jum’a kunida ming marotaba durud va ming marotaba ixlos (qul xuval-lohu ahad) surasini, ming marotaba subhonallohni to oxirigacha o‘qimoqni odat qilibdurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 13:57:00
   Beshinchi fazilat - bu kunlarda navofilni (Alloh taoloni bandalariga buyurgan besh vaqt namozdan tashqari o‘qiladigan qo‘shimcha namoz, hadya namozining birligi nafl, ko‘pligi navofil) to‘laroq o‘tagay. Xabarda kelibdur, kishi masjidi jome’ga borib, to‘rt rakaat namoz o‘qisa, har rakaatiga «Qul xuval-lohu ahad»ni ellik marotaba o‘qisa, bu olamdan bormas, to jannatda joyini ko‘rmaguncha mustahabdur. Odina kuni to‘rt rakaat namoz o‘tamak surai «An’om» va surai «Qahf» va surai «Toho» va «Yosin» birla. Agar bu tariqa birla o‘ta olmasa, surai «Yosin» va «Luqmon» va surai «Duxon» va surai «Mulk» birla o‘tagay.

   Va Ibn Abbos raziyallohu anhu namozi tasbih ushbu debdurlar va hech jum’ani tark qilmabdurlar.

   Bu namoz mashhur va ma’rufdur. Avvalo ulki, to zavol vaqtig‘acha namoz o‘tagay. Andin keyin namozi jum’adan forig‘ bo‘lib, namozi digargacha ulamo majlisida bo‘lg‘ay. Andin to namoz shomg‘acha tasbih va istig‘forga mashg‘ul bo‘lg‘ay.

   Oltinchi fazilat - jum’a kunlari sadaqa bermoqdan xoli bo‘lmag‘ay. Agar bir burda non bo‘lsa ham bu kunda berilgan sadaqaning fazilati ziyodadur. Va imom xutba o‘qigan vaqtda gadoga bir nima bermoq makruxdir.

   Yettinchi fazilat - jum’a kuni ertadan kechgacha oxiratlik ishini qilg‘ay. Dunyolik ishini haftaning qolgan kunlarida qilg‘ay. Haq taolo aytur: «Fa iza qazaytas-salota fantashiruu fil arzi vabtag‘uu min fazlillohi».

   Ya’ni: Namoz qazo bo‘lsa ham yer yuzida yaxshiliklar qilish ilohiy fazilatlardandir.
   
   Anas ibn Molik roziyallohu anhu ayturkim, olmoq va bermoqning ma’nosi faqat dunyolik topish emasdur, balki ilm talab qilmoq va birodari mo‘‘minni ziyorat qilmoq va bemorlarni so‘ramoq, vafot etganlar bo‘lsa janozalarida qatnashmoq va munga o‘xshash xayrli ishlarni qilmoq odamiylikning taqozosi va oxiratlik ishlardir.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 14:00:22
                                                         Mas’ala

   Onchakim, namozda lozimdur, bayon qildim. Va hamma masoilni (masalalar) bu kitobg‘a sig‘dirish imkoni yo‘qtur. Namozga niyat qilurda vasvasa bisyor bo‘lurki, anga ishorat qilurmen. Bilgilki, vasvasa ul kishiga voqe’ bo‘lurkim, aqlida xalali bo‘lsa. Va yo savdoviy bo‘lg‘ay. Va shariatga johil bo‘lg‘ayki, niyatning ma’nisini bilmagay. Bas, niyat uldurki, rag‘bati va xohishi paydo bo‘lub, Haq taoloning farmonini bajo qilish uchun o‘rningdan turub, qiblaga yuz kelturursen. Ushbu niyat basdur. Chunonchi, birov senga «Falon olim kishi seni ko‘rgali keldi» desa sen darhol o‘rningdin turub, ta’zim va ikrom qilasan, ko‘nglingda ul olimning hurmatiga turishga bo‘lgan xohish niyatdur. Aytmassanki, «Falon olimni oldig‘a turmoqni niyat qildim, falon kishini farmoni birla». Bas, niyat ko‘ngilda paydo bo‘lg‘on rag‘batdur. Til birla va yo ko‘ngil birla aytmoq shart emasdur. Ko‘ngil birla aytganini nafs derlar. Niyat demaslar. Ammo obid, o‘qiydurg‘on namozining peshin va yo boshqa ekanini aniq bilsin. Aniq vaqti bo‘lsa, «Allohu akbar» deb tahrima aytgay. Va agar g‘ofil bo‘lsa, yodig‘a kelturgay. Masalan, «Namozi peshinning to‘rt rakaat adosini» deb tafsili birla niyat qilmoq lozim emasdur. Ushbu sababdin hazrati rasuli akram s.a.v.ning zamonlarida sahobalarda niyat qilish vasvasasi yo‘q edi, muni oson ish bilur edilar. Kishikim bu mazkur bo‘lg‘on tariqani bilmabdur, johildur.   
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 14:02:35
                                                  BESHINCHI ASL
                                                 Zakot bermoq farzi


   Bilgilki, zakot musulmonchilikning ruknlaridandur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Musulmonchilik binosi besh asldur: Avval kalimai tayyiba - «Lo iloha illallohu Muhammadur-rasululloh»ga ishonish. 2. Namoz o‘tamoqlik; 3. Zakot bermoqlik; 4. Ro‘za tutmoq; 5. Haj ado qilmoq. Xabarda kelibdurki, kishi nisobg‘a yetguncha oltun kumushi bo‘lib, zakot bermasa, qiyomatda ul oltin birla siynasiga dog‘ qo‘yarlar, orqasidin zohir bo‘lur. Va mulkdor to‘rt oyoqli molidan zakot bermasa, ul to‘rt oyoqli mOlta bu kishini qul qilib berurlar. Ul to‘rt oyoqli mol bu kishini urib-tepib, a’zolarini parcha-parcha qilur. Yana jam’ qilurlar, to‘rt oyoqlilar bosib, yana a’zolarini parokanda qilur. Ushbu tariqa hamma xulqini hisobini olib bo‘lg‘uncha, bu azob uqubatga giriftor bo‘lur. Va bu hadis sahihdur.

   Bas, bilg‘ilki, zakot olti nav’dur:

   Avvalgi nav’ - to‘rt oyoqli hayvonlar zakoti: Tuya, sigir va qo‘ydan zakot bermak vojibdur. Xachir va eshakdan zakot bermak vojib emas. Va zakot to‘rt shart birla vojibdur. Avvalgi shart ulki, yem-xashak yeb turadurgon mol, yaylovda o‘tlaydurgon moldan zakot vojibdur. Ikkinchi shart ulki, bu to‘rt oyoqlilar bir yil o‘z egasida bo‘lg‘ay. Agar bir yilning ichida egasidan chiqsa, zakot soqit (zakot bermas) bo‘lur. Ammo chahorpoyning bolasi va molning sudi (foydasi) yilning oxirig‘a qo‘shilsa, aslining ta’yinida zakot vojibdur. Uchinchi shart - zakot beruvchi odam boy, davlatmand bo‘lishi kerak. (Kambag‘aldan zakot olinmaydi). Agar mol-mulki yo‘qolib ketgan bo‘lsa, va yo zolim tortib olsa, zakot berilmas.

   Magarkim, ul zolim (zo‘rlab, tortib Oltan) moldan egasi avvalgi yili foyda Oltan bo‘lsa, u o‘tgan yilning zakotini berishi zarur. Birovning nisobg‘a yetguncha molini boshqa odam boqayotgan bo‘lsa, bu odam - cho‘pon uchun zakot vojib emasdur, darhaqiqat darvish uldur.

   To‘rtinchi shart - moli to nisobg‘a yetmaguncha zakot vojib bo‘lmas. Mulkdorning tuyasi beshta bo‘lmaguncha hech nima lozim bo‘lmas. Vaqtii, tuyasi beshta bo‘lsa, bir qo‘y bermak vojibdur. To o‘nta tuya bo‘lguncha yilda bir qo‘y bermak vojibdur. Vaqtiki, o‘nta tuyasi bo‘lsa, ikki dona qo‘y bermak vojibdur. Ushbu tariqa birla o‘n besh tuyadan uch qo‘y va yigirma tuyadan to‘rt qo‘y zakot bermak vojibdur. To yigirma beshta bo‘lguncha shunday. Bu qo‘ylar bir yoshni tamom qilg‘on bo‘lg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 14:03:23
   Vaqtiki, tuya yigirma beshta bo‘lsa, bir yoshni tamom qilg‘on, ikki yoshga qadam qo‘yg‘on bir moda tuya bermak vojibdur. To o‘ttuz besh bo‘lguncha bu tariqa berib turilar. Vaqtiki, o‘ttiz olti tuya bo‘lsa, ikki yoshni tamom qilib, uch yoshqa qadam qo‘yg‘on bir moda tuya bermak vojibdur. To qirq besh bo‘lmag‘uncha yilda bu tariqa berib turilar. Qirq olti bo‘lsa, uch yoshni tamom qilib, to‘rt yoshga qadam qo‘yg‘on bir moda tuya bermak vojibdur. To oltmish bo‘lg‘uncha. Vaqtiki, oltmish bir tuya bo‘lsa, to‘rt yoshni tamom qilib, besh yoshga qadam qo‘yg‘on bir moda tuya bermak vojibdur. Vaqtiki, yetmish olti bo‘lsa, ikki yoshni tamom qilg‘on ikki moda tuya bermak vojibdur. Vaqtiki to‘qson bir bo‘lsa uch yoshni tamom qilg‘on ikki moda tuya bermak vojibdur. To yuz yigirma bo‘lguncha ushbu tariqada berib turar.

   Vaqtiki, tuyalari yuz yigirmadan ziyoda, masalan yuz yigirma besh bo‘lsa, uch yoshni tamom qilg‘on ikki tuya birla bir qo‘y berur. Ushbu tariqa birla har gal besh tuya ko‘paysa bir qo‘y ziyoda qo‘shub bermak vojibdur, to yuz qirq besh bo‘lg‘uncha. Vaqtiki, yuz qirq besh bo‘lsa, uch yoshni tamom qilg‘on ikki tuya, bir yoshni tamom qilg‘on bir tuya bermak vojibdur. Vaqtiki, yuz ellik bo‘lsa, uch yoshni tamom qilg‘on uch tuya bermak vojibdur. Bas, bu mas’alani tafsili o‘zga masoil kitoblarida mazkurdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 14:04:58
  Ammo sigir o‘ttiz bo‘lmaguncha zakot vojib bo‘lmas. Vaqtiki, sigir o‘ttiz bo‘lsa, bir yoshni tamom qilg‘on bir sigir bermak vojibdur. Qirq bo‘lg‘onda ikki yoshni tamom qilg‘on bir sigir bermak vojibdur. Vaqtiki, oltmish bo‘lsa, bir yoshni tamom qilg‘on ikki sigir bermak vojibdur. Vaqtiki, oltmishdan ziyoda bo‘lsa, hisoblab, har o‘ttuzdan bir yashar sigir va har qirqdan ikki yashar bir sigir vojibdur. Bas, sigirning zakotida erkak va urg‘ochisining farqi yo‘qdur. Ammo tuyadan urg‘ochisini bermak lozimdur.

   Ammo qo‘yning nisobi qirqdur. Vaqtiki, qo‘y qirqqa yetsa bir qo‘y zakot bermak vojibdur. Yuz yigirma qo‘ydin ikki qo‘y berur. Ikki yuz bir qo‘ydin uch qo‘y berur, to to‘rt yuz bo‘lguncha. Vaqtiki, to‘rt yuz bo‘lsa, har yuziga bir qo‘y bermak vojibdurki, zakotg‘a bir yoshni tamom qilg‘on qo‘y bermak vojibdur. Ammo ikki kishi (tasarruf) qilg‘on bo‘lsa, vaqtiki, qirqqa yetsa, ikkisi yarimtadan bir qo‘y bermagi vojibdur. Agar yuz yigirma bo‘lsa, har biri bir qo‘y bermagi vojibdur.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 14:06:18
                                                           FASL
                                      Ikkinchi nav’ zakot - ushr bayonida


   Yerda o‘sgan barcha ekinlardan ushr (o‘ndan biri) zakotga beriladi. Masalan, arpa va bug‘doy, tamomi don, balki mevalardan ham o‘n hissadin bir hissasini bermak vojibdur. Vaqtiki, meva rang olsa, va arpa, bug‘doy don gutsa, ehtiyot qilg‘ayki, darveshlarning nasibasini ayirib qo‘ymaguncha, o‘zi tasarruf qilmag‘ay.

   Uchinchi nav’ - oltin va kumushning zakotidur. Bas, kumushning nisobi ikki yuz dirhamdur. Birovning ikki yuz dirham kumushi bo‘lsa, besh dirham kumush zakot bermagi vojibdur. O’n dirhami yetti misqoldur. Bu hisob birla zakot bermak vojibdur. Ammo oltinning nisobi yigirma misqoldur. Vaqtiki, yigirma misqol xolis oltini bo‘lsa, yarim misqol oltin zakot bermagi vojibdur. Yigirma misqoldan yarim misqol ushrning hisobida va ushrning to‘rt hissasining bir hissasi bo‘lur. To yigirma to‘rt misqol bo‘lg‘uncha yarim misqol oltin zakot berur.

   Vaqtiki, yigirma to‘rt misqol oltini bo‘lsa, yarim misqol va uch nuhud oltin zakot berur. Ushbu qiyos birla har to‘rt misqolda ziyoda hisob qilinar. Ammo kumushda ham ikki yuz dirhamdin ziyoda bo‘lsa, ushrning rub’i (to‘rtdan biri) hisobida hisoblab, zakotini berur. Oltin, kumushdin qiling‘on qilich, o‘q, tilla uzuk, tilla tamg‘a, va ayol yasanmog‘i uchun foydalanayotgan oltin-kumushdan zakot bermak vojibdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 14:06:58
   To‘rtinchi nav’ - tijorat zakoti bermoq bayonida. Vaqtiki, yigirma misqol oltin va yo ikki yuz misqol kumush pulig‘a bir nimarsa olsa, bir yil tamom bo‘lg‘onda zakotini bermak vojibdurkim, bu yil ichida bo‘lgan foydasini hisoblab, sarmoyasining zakotini bergay. Xoh sarmoyasi oltin va kumush bo‘lsin, xoh o‘zga mollardan bo‘lsin, zakot vojibdur.

   Beshinchi nav’ zakot - fitr, ya’ni sadaqai fitr bayonida. Bilgilki, sadaqai fitr vojibdur - ul musulmong‘aki, ozod bo‘lsa va hovlisida uy asbobi va egni va oti va salohi va bandasi (quli)dan bo‘lak nisobg‘a yetguncha molg‘a ega bo‘lsa, o‘zi uchun va kichik bolalari uchun va bandasi uchun bug‘doydan kishi boshiga yarim so’, arpadan bir so’ vojibdur. Bilgilki, sadaqai fitr, ro‘za iydi (hayit) kunining subhi sodiq vaqtida vojib bo‘lur. Sadaqai fitrni iyd namozi o‘taguncha bermak mustahabdur. Namozdan keyin bermakni ham joiz debdurlar. Ahkomi zakot munchalik bayon qilindi. qOltan mas’alalarni (o‘z sohasidagi) kitoblarda ko‘rgaysan.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 14:08:01
                                                              FASL
                                        Zakot bermoqning farzligi bayonida


   Bo‘lg‘ayki, musulmon odam zakot berurda besh (muhim) ishni bilgay. Avvali buki, farz bo‘lgan zakotni bermakni niyat qilgay. Va agar zakot bermak uchun (boshqa bir odamni) vakil qilib qo‘ysa, vakilga ham ijozat bergay.

   Toki zakot moli deb niyat qilib bergay. Va agar norasidaning molidan akasi zakot berur bo‘lsa (ukasi uchun), niyat qilib bergay.

   Ikkinchi ulki, vaqtiki yil tamom bo‘lsa, shitob qilgaykim, zakotni uzrsiz kechiktirmoq makruxdir. Ammo sadaqai fitrni ramazon ichida berish joizdur. Ramazon oyidan keyin berish durust emasdur. Ammo zakot mollarini shitob qilib, yilning avvalida berish durustdir.

   To‘rtinchi shart ulki, zakotni mazkur mol-mulk turgan shaharning faqirlariga bergay. Yana bir shaharning faqirlariga yubormagayki, magar o‘sha shaharda faqir xeshi bo‘lsa o‘shanga bergay.   
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 14:09:22
   Beshinchi ulki, zakotni sakkiz toifaga bergay. Bu sakkiz toifadan uch guruhi bizning zamonada kamroqdur: g‘oziylar, mualliful qulub va omil zakot. Ammo faqir, miskin va yetimlar (muhtoj musofir) va qarzdorlar borki, shu toifalarga zakot berish kerak.

   Bu sakkiz toifaning sifati va siyratining bayoni:

   Avval - faqirlarga. Dunyoliqdan hech narsasi bo‘lmasa faqirdur. Agar bir kunlik rizqi bo‘lib, usti-boshi but bo‘lsa - faqir emasdur. Agar yarim kunlik ro‘zonasi (rizqi) bo‘lsa, ko‘ylagi bo‘lib, dastori bo‘lmasa, va yo dastori bo‘lib, ko‘ylagi bo‘lmasa - faqirdur. Agar tolibi ilm bo‘lsa, kasbu hunarga mashg‘ulligi tahsiliga mone’ bo‘lsa - faqirdur.

   Ikkinchi - miskinlardur, (xarajati kirimiga qaraganda) ziyoda bo‘lsa, garchi uy-joyi, egni but bo‘lsa, va lekin bir yilga yetarli ozig‘i bo‘lmasa miskindur. Ammo hojatidan ziyoda nimarsasi bo‘lsa miskin emasdur.

   Uchinchi - ul toifaki, zakot molini g‘aniylardan olib jam’ qilib, darveshlarga berurlar. Bas, bu toifaning ajrini g‘aniylarning zakot molidan olib bermoq vojibdur.

   To‘rtinchi - muallifatul-qulub. Islomiyat boshlarida musulmon bo‘lganlarga zakot molidan olib berur edilar, toki qOltanlar islomga rog‘ib va moyil bo‘lib, dini islomga kirgaylar.

   Beshinchi - makotibdur. Masalan, qulning hojasi desaki, ikki yuz tanga pul topib bergil, seni ozod qilurman, desa, ul odamni makotib derlar.

   Oltinchi - qarzdorlardurki (zakot puliga muhtojdurlar).

   Yettinchi - g‘oziylardurki, fi sabililloh g‘azot qilgaylar.

   Sakkizinchi - musofirdurki; zodi rohi (yo‘l ozig‘i) va ulov kirasi bo‘lmagay. Agar kishi men darvesh va miskin desa, yolg‘onchiligi ma’lum bo‘lmasa, so‘ziga e’timod qilib, ishonib zakot bermak durustdir. Musofir, g‘oziy safarva g‘azotdan to‘xtasa, miskin kishi bo‘lmasa, ularga zakot berish durust emasdur.

   Izoh: Muallifatul-qulub - ilk islom davrida Qur’on hukmi bilan kofir kambag‘allarga ham zakot berilgan edi. Keyin bu oyat mansux - bekor bo‘lib, zakot faqat musulmonlarga berilgan. (Shamsiddin Somibek, Qomusul-a’lom.)

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 14:10:23
                                      Zakotning surati va haqiqati

   Bilg‘ilki, namozda badan - surat va ruh haqiqati bo‘lganidek, zakotning ham surati va haqiqati bordur. Zakotning surati va haqiqatini bilmagan odam ruhsiz badanga o‘xshashdur. Avval ulki, barcha xalqlar Haq taoloning muhabbati va do‘stlig‘iga ma’mur (ya’ni, amr etilgandur). Hech mo‘‘min yo‘qdirki, Haq taologa do‘stlik da’vosini qilmagay. Balki hamma mavjudotlar Haq taoloni do‘st deb bilishi zarur.

   Bas, bu do‘stni tanimog‘likka dalil va nishonalar bordur. Toki har kishi quruq da’voga mag‘rur bo‘lmagay. Bas, mol va dunyoki, odamlarning mahbublari (sevimli do‘stlari) jumlasidandur, aning birla azmoyish va imtihon qilg‘ali bo‘lur. Va dunyoki, odamiyning bir ma’shuqidur, Ani Haq taoloning yo‘lida fido qilsa, Haq taologa do‘stligining chinligi yo yolg‘onligi darajasi ma’lum bo‘lg‘usidur.
Bas, ul toifaki, bu asrorni bilibdurlar, uch tabaqa bo‘lur.

   Avvalgi tabaqa - siddiqlardurki, bir nimarsa topsalar, Haq taolo yo‘lida sarf qilibdurlar. Va aytibdurlarki, 200 dirhamdan 5 dirham zakot bermoq baxillarning ishidur. Bizlardan ham lozimdurki, hamma ziyoda dunyoliqni Haq taolo yo‘lida (yaxshi, xayrli ishlarga) sarf qilgaymiz. Chunonchi, Abu Bakr Siddiq r.a. hamma mollarini «fi sabililloh» nazir qildilar. Rasuli akram s.a.v.  aytdilar: «Farzandlaringga qo‘ydingmu?» Abu Bakr aytdilar: «Farzandlarimni Xudo va Rasulga siporish qildim». Umar ibn Xattob r.a. mollarining yarmini nazir qildilar. Rasuli akram s.a.v. aytdilar: «Farzandlaringga nima qo‘yding?». Hazrati Umar aytdilar: «Yarim molimni farzandlarimga qo‘ydim». Rasuli akram aytdilarki: «Baynakumo kamo bayna kalimatukumo tafovutun».

   Ya’ni: Molning o‘rtasi bilan o‘rtadagi mol so‘zlarining farqi bordur. Bu yerda «yarim molni» va «mollarining yarmi» so‘zlarining farqi aytilmoqtsa.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 14:11:55
   Ikkinchi toifa eranlar (mardlar)durki, mol-dunyolarini bir yo‘la xarj qilmaydilar va lekin o‘zlarini Darveshlar birla barobar tutib, darveshlardan kim kelsa, o‘z farzandlaridek ko‘rarlar.

   Uchinchi tabaqa sheri mardlardurki, 200 dirhamdan 5 dirham ziyodiga toqat qilmabdurlar, lekin farzni bajargani holda «Haq taoloning farmonini bajo keltirib, zakot berdim» deb, darveshlarga minnat qilmaydilar.

   Bas, javonmardlik insonning yetuk martabasidur. Va aksincha, Haq taolo uchun 200 dirhamga 5 dirham zakot berishga kimki chidamabdur, Haq taolo do‘stligidan hech nasibasi yo‘qdir.

   Yana: dilni baxillik najosatidan pok qilmoq kerakki, baxillik Haq taolo yaqinligiga mone’ bo‘lur. Andog‘ki, badandagi najosat namozga mone’ bo‘lgandek. Ushbu sababdan aytamizki, zakot dilni baxillik najosatidan pok qilur. Ushbu jihatdan, sadaqa va zakot hazrati Rasuli akram s.a.v.ning avlodlariga harom edi, xalqning molini pok qilg‘on suvni iste’mol qilish avlodi kiromga loyiq ermasdur.

   Uchinchi - ne’matga shukr qilmoq. Mol-mulk ham ne’matdur. Mo‘‘minning haqqi bo‘lgan mol-dunyo va oxirat rohatining sababidur. Chunonchi, namoz, ro‘za va haj badan ne’matining shukronasidur. Vaqtiki, odam o‘zini mol-dunyo birla boy, badavlat ko‘rsa, muhtoj musulmonlardan o‘zini ziyoda ko‘rmagay. Va aytg‘aykim, bular hammasi Haq taoloning menga o‘xshash bandasidur. Shukrki, meni beniyoz qilibdur. Ularni menga hojatmand qilibdur, - deb shukr aytg‘ay.
   Bu mazmunni amir Navoiy alayhi rahma bu baytda ado qilibdur:

Bu shukr uchun karam qil soilg‘a ey, g‘aniy-ki,
Ermasdur ul tavongir xizmatida soil.

   Bo‘lg‘ayki, boy darveshlarga yumshoq gapirib, mehribonlik qilsin. Bilsinki, boylardan yaxshiligi uchun Haq taolo muni darveshlar sifatida qilibdur. Alloh darveshlarni badavlat qilishni xohlasa qodirdur. Bas, har kishi asrori zakotni bilg‘ay, toki ibodatining ruhi va surati ma’nolarini tushungay.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 14:14:58
DAQOYIQI ZAKOT
(Zakot berishning nozik tomonlari)

   Zakot odobining nozik jiqatlari. Agar inson ibodatda savobi ko‘p bo‘lmog‘ini xoxlasa, bo‘lg‘ayki, olti daqiqani (nozik shartni) ehtiyot birla lozim tutg‘ay. Avvalg‘i daqiqa ulki, zakot bermoqqa shoshilg‘ayki, yil tugamasdan turib darveshlarga zakot berg‘ay. Bunda uch foyda hosil bo‘lur. Avvalgi foyda ulki, ibodatga rag‘bati ma’lum bo‘lur. Agar yil tamom bo‘lganda bersa, hammasida vojib bo‘lg‘on farzni ado qilg‘on bo‘lur. Agar bermasa, Haq taoloning azobiga giriftor bo‘lurki, keyin bersa, azobdan qo‘rqib bergan bo‘lur. Haq taoloning do‘stligi va o‘z bandaligi jihatidan bergan bo‘lmas.

   Ikkinchi foyda ulki, darveshlar ko‘ngliga ilgariroq shodliq yetkurgan bo‘lur, ular ham duoni ixlos birla qilurlar. Darveshlarning duosi hamma ofatlar va balolarga xisor (mudofaa devori) bo‘lur.

   Uchinchi foyda. Zamona kaju fitnasidan emin bo‘lurki, kechikishda ofat bisyordur. Ehtimoli bordurki, biror hodisa jihatidan bu xayrotdan mahrum qOltay. Vaqtiki, xayr qilmoqning zavqi ko‘nglingda paydo bo‘lsa, Haq taoloning rahmat nazarini g‘animat bilsang, shayton zahmatini ko‘rmagaysan.

   Qalbul mo‘‘mina baynal isba’iyni min asobi’ir-rahmon. (Mo‘‘minning qalbi Rahmonning yetti rahmatidan biridir).

   Buzurglardan biri xalojog‘a kirganda ko‘ngillariga tushdiki, yangi choponini darveshga bergaylar. Darhol bir muridni chaqirdilar. Muridlari aytdiki: «Ey, shayx, nechuk sabr qilmadingiz? Xalojodan chiqib bergay erdingiz». Shayx dediki: «Qo‘rqdimki, xalojodin chiqquncha shayton vasvasa qilib, bu xayrdin to‘xtatg‘ay».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 14:16:11
   Ikkinchi daqiqa ulki, zakotni iloji boricha muharram oyida berg‘ay, ham yilning avali, ham mohi muborakdur. Va yo mohi ramazoni sharifda berg‘ay. Vaqtida xayr qilish sharifrokdur. Savobi ko‘prokdur.

   Hazrati rasuli akram s.a.v. xamma xalqning saxiyrog‘i erdilar. Dunyolikdan har nimarsa bo‘lsa, hammasini iydi ramazonda xayru sadaqa qilur erdilar.

   Uchinchi daqiqa shuki, zakotni maxfiy bergay. Toki riyodan (munofiqliqdan) yiroq va ixlosga yaqinroq bo‘lur. Xabarda kelibdurki, maxfiy sadaqa Haq taoloning g‘azabini past qilur. Yana kelibdurki, qiyomat kuni 7 toifa Arshning soyasida bo‘lur: Biri podshohi odil. Yana biri - sadaqa beruvchikim, o‘ng qo‘li berganni chap qo‘li ya’ni, sezmagay. Bas, ajib ulug‘ darajadurkim, podshohi odil darajasi birla barobar bo‘lg‘ay.

   Xabarda kelibdur, birov birovga maxfiy sadaqa bersa, maxfiy amallar nomasiga bitilur. Va agar «Men bu tariqa sadaqa berdim» deb, minnat va faho-nozish qilsa, zohiri va botinidagi yaxshi amallarini o‘chirur. Riyo birla ish qiluvchilar daftariga bitilur. Ushbu sababdan sahobalar va tobe’iyn rizvonallohi anhum ajma’in (ularning barchasiga Allohning jannati nasib etsin) pinhon sadaqa bermakka sa’y-harakat qildilar. Ba’zilari ko‘r darvesh qo‘liga sadaqani berib, tanimasin, deb aslo so‘zlamas erdilar. Ba’zilari uxlab yotgan darveshning cho‘ntagiga sadaqa solib qo‘yar edilar. Va ba’zilari darveshlarning yurur yo‘llariga tashlar edilar. Va ba’zilari vakilga topshirur edilar, toki vakil darveshlarga topshirgay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 14:18:11
   Bas, sadaqani pinhon bermakning vajhi buki, oshkora bersa ko‘ngilda riyo paydo bo‘lishi ehtimoli bor. Va agar sadaqani vaqtida bermay, kechiktirish odamning baxilligi va yo riyodan bo‘lurkim, bular sifoti muhlikdur (halokatli). Baxillik chayonga, riyo ilonga o‘xshashdurki, bir-biridan yomonroqdur. Bu ikki sifatning asari (ta’siri) go‘rdagi ilon va chayonning vahmiga o‘xshashdur. Chunonchi, «Unvoni musulmoniy»da bayon qilindi, Sadaqani oshkora bermakning zarari bordur.

   To‘rtinchi daqiqa ulki, agar riyodan emin bo‘lsa va bilsaki, agar oshkora sadaqa bersam, xaloyiq sadaqa bermoqqa rag‘batli bo‘lurlar, bu tariqa kishiga oshkora sadaqa bermak durustdir. Va darveshlarning riyodan emin bo‘lmog‘i ul vaqtda mumkinki, kishining yaxshi, yomon demagi aning nazarida barobar bo‘lsa, va hamma ishlarda Haq taoloning qudratiga ishonch bilan kifoyalansa.

   Beshinchi daqiqa ulki, sadaqani minnat qilib bersa zoe’ qilgay. Chunonchi, Olloh taolo xabar berur:

   «Ya ayyuhallaziyna amanu, la tubtiluv sodaqotikum biya minna val iza...» (Baqara, 264).

   Oyatning tafsiri ulki, «Botil va zoe’ qilmanglar sadaqalaringni minnat qilmoq va izza yetkurmoq birla». Bas, minnat qilmoq va izo yetkurmoq ikki nav’ jaholat va hamoqatdan paydo bo‘lur. Biri ulki, qo‘lidagi pulni kishiga bermog‘i qiyin ko‘rinur. Shu sababdin to‘ngdil bo‘lib, qo‘pol so‘zlar. Bas, kishi birovga dirham berib, ming yaxshilik olmog‘ini o‘ylasa kamoli jaholatdur. Odam zakot bermak birla firdavsi a’loni va rizoi Haq taoloni hosil qilur. Va o‘zini do‘zax o‘tidan xalos aylar Bas, oxiratga iymoni birla borur bo‘lsa har kishiga zakot bermoq nechuk qiyin bo‘lg‘usidur? Ikkinchi hamoqat ulki, o‘zining boyligi, baquvvatligi sababli, o‘zini darveshlardan sharofatli bilur. Bas, darveshlar boylardan 500 yil ilgari bexishtga kirsa, ular darveshlardin nechuk sharofatli bo‘lur?
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 14:19:23
   Haq taoloning nazarida faho va sharofat darveshlik birladur, boylik birla emasdur. Bas, darveshlarning bu jahondagi sharofati nishonasi ulki, boylar dunyoning mashg‘ulligi va molu zar topmoqning mashaqqatiga uchraydilar. Qaq taolo boylarga vojib qilibdurki, darveshlar hojatini ravo qilgaylar. Bas, boylar bu jahonda darveshlarning tobe’idurlar. Va oxiratda 500 yil intizorlik birla darveshlardan keyin behishtga kirolmay turarlar.

   Boylar birovlarga bergan zakotiga minnat qilmagayki, minnatning asli jaholat va nodonlikdandur. Boy sadaqa bermak birla gumon qilurki, endi darveshlar shu sadaqa tufayli mening qo‘l ostimda bo‘lg‘aylar, deb. Keyin umid tutarkim, darveshlar anga xizmat qilgay va avval salom bergay. Va hamma ishda aning izzatini qilgay. Vaqtiki, darveshlardan xato o‘tsa, chandon taajjub qilurki, muncha yaxshilik qilsam, xizmatimda taqsir qilur deb. Bas, bu kamoli jaholat va xamoqatdur.
Darhaqiqat, darveshning kamoli do‘stligi va shafqatidurki, sadaqani qabul qilib, boyni do‘zax otashidan xalos aylab, baxillik najosatidan pok qilur. Masalan, bemor qon oldirsa, bemor badanidagi harom qonni chiqargon sababidan tabibdan minnatdor bo‘lur. Bu kasalning sog‘ayishiga sabab bo‘lur. Bas, darveshki, zakot olib, boydan baloni daf’ qilmoq birla uni. baxillik najosatidan pok aylab, gardanidagi farzdan xalos Qildi, bundan boy ming chandon minnatdor bo‘lsin edi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 14:20:57
   Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, «Berilgan sadaqa avval Haq taoloning lutf qo‘liga kirar, andin keyin darveshlar qo‘liga kirar. Bas, boy odam sadaqani Xudoi taologa bergan bo‘lur. Va darvesh sadaqani qabul qilmoqda Haq taoloning noibidur. Bo‘lg‘ayki, boy darveshdan minnatdor bo‘lsun va minnat qilmasin.

   Kishikim, zakot sirlaridan uch sirini bilsa, bilurki, minnat qilmoq kamoli jaholatdandur. Ushbu vajhdan avvalgilar minnatdan o‘zini ehtiyot qilmoqda sa’y-harakat qilibdurlar. Bu tariqa birlaki, darveshlar oldida qo‘l qovushtirib, sadaqani tavoze’ birla alar oldiga qo‘yib, aytur erdilarki, bu sadaqani mendan marhamat aylab, qabul qilsangiz. Aksar darveshlar qabul qilmabdurlarki, zakotni olguncha boyning qo‘li darveshning qo‘lidan yuqori bo‘lmog‘ini o‘zlariga nuqson debdurlar.
Hadisi sharifda kelibdurki: «Yadul ul’yo xayrun min yadissufla», ya’ni, yuqoridagi qo‘l tubangi qo‘ldan yaxshirokdur. Beruvchi qo‘l oluvchi qo‘ldan yaxshiroqdir.

   Hazrati Oyisha va Ummu Saloma r.a. darveshga xayr chiqarsalar, aytur erdilarki, «Ey, cho‘ri, darveshning duosini yod olg‘il, ul duo birla biz ham darveshni duo qilgaymiz. Toki, sadaqani xolis va tama’siz qilgan bo‘lgaymiz. Bu andisha birlaki, darveshning duo qilgani ehson qilgani bo‘lgay. Bas, ehson qilguvchi darveshdurki, sadaqani qabul qilmoq birla boyning gardanidagi farzni ado qilur.

   Oltinchi daqiqa ulki, molingdan yaxshirog‘ini va halolrog‘ini sadaqa qilgil. Shubhalik nimarsa sadaqaga yaramaski, Haq taolo pokdur, nopok nimarsani qabul qilmas. Bas, aynigan, chirigan, nuqsonli narsalarni sadaqa qilish pastkashlikdir va bunday yaroqsiz narsalar sadaqaga yaramas. Har sadaqaki, rag‘bat va shodlik birla qilinmasa, qabul bo‘lmasligi g‘olibroqdur. Rasul (a.s.) aytibdurlarki, bir dirham sadaqa ming dirham sadaqadan fozilroqdur. Ya’ni, xushdillik ila berilgan bir dirham sadaqa og‘rinish ila berilgan ming dirham sadaqadan yaxshiroqdir.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 14:14:19
                                                                FASL
                                       Darveshlik odobi va shartlari bayonida


   Bilgilki, har darveshga sadaqa bermoq farz emasdur. Balki, oxirat ishiga mashg‘ul bo‘lgan darveshga sadaqa bergan avloroqdur. Sadaqani joyiga bersa savobi ming bo‘lur. Bas, xayr qilguvchi bilgayki, besh sifatning birida bo‘lgan darveshni talab qilgay. Avvalgi sifat ulki, porso (pokiza) va muttaqiy (xudodan qo‘rquvchi) darvesh bo‘lgay. Rasululloh aytibdurlar:

   «At’imu taomakum al-atqiyoa».

   Ya’ni, taomlaringizni parhezkorlarga beringlar. Sabab ulki, bularga sadaqa bergan odam darveshga Haq taologa toat-ibodat qilmog‘iga yordam berurki, qilgan ibodatlariga sherik bo‘lur. Va ulug‘ boylardan biri sadaqani so‘fiylarga berayotib, aytur edi: bu darveshning ko‘ngli Haq taolodan o‘zgaga taalluq topmas. Haq taologa mashg‘ul bo‘lgan ko‘ngilni xush qilmoq boshqa yuz ko‘ngilni xush qilmokdan a’lodur. Bu so‘zni shayx Junaydga hikoya qildilar. Junayd dediki: «Bu so‘z Haq taolo valiylaridan birining so‘zidur».

   Ersa ul vaqtda o‘sha boy baqqol edi. Darvesh undan har nima olsa bahosini (pulini) olmas edi. Oqibat boy muflis (kambag‘al) bo‘ldi».

   Junayd unga bir muncha mol yubordi. Aytdiki: «Bu mol birla tijorat qilsin. Ul sobiq boy aytdiki, javonmardlarga tijorat ziyon qilguvsidur».

   Ikkinchi sifat ulki, zakot olguvchi ahli ilmdan bo‘lsa yaxshi. Sadaqa ahli ilmga berilsa, alar farog‘at birla ilm hosil qilurlar. Ul sadaqa berguvchi ilmning savobiga sherik bo‘lur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 14:15:45
   Uchinchi sifat ulki, ba’zi darveshlar muhtojligini boylarga izhor qilmagaylar. Darveshlikni pinhon tutib, o‘zini behojatmand ko‘rsatgaylar. Qavluxu taolo:

   «Lil-fuqaroillaziyna uhsiru fi sabilillahi lo yastatiuna zarban fil-arzi yahsabuhumul-johilu ag‘niyoa min at-taaffufi ta’rifuhum bi-siymaahum lo yas’alunan-nosa ilhofan va mo tunfiqu min-xayrin». (Baqara, 273).

   Oyatning tafsiri ulki, johillar (bilmaydiganlar) ularni g‘aniylardan deb gumon qilurlar, ular o‘zlarini porso va behojat ko‘rsatgan jihatidan. Bas, bu qavm o‘zlarini zakot tilamakdan tahammul (sabr) pardasida saqlarlar.

   Yana bir shart shuki, bebok (Xudodan qo‘rqmaydigan) darveshlarga sadaqa bermagaylar.

   To‘rtinchi sifat ulki, sadaqa oluvchi ayolmand, uylangan, qiz farzandlari qo‘p bo‘lg‘ay va yo kasalmand bo‘lg‘ay. Ularning ranju hojatlari ne chog‘li ko‘proq chiqarilsa, savobi ham shunchalik ko‘proq bo‘lg‘uvsidur.

   Beshinchi sifat ulki, sadaqa oluvchi sadaqa berguvchining tug‘ishgan xeshlaridan bo‘lg‘ay. Bunda ham siylai rahim (qarindoshlarga mehr-muruvvat) hosil bo‘lg‘ay. Ham sadaqa bo‘lur. Agar oxirat do‘stligi uchun bo‘lsa ham, qarindosh urug‘larga muruvvat hukmida bo‘lur.

   (Zakot va yo sadaqa) agar bu sifatdagi muhtojlarga berilsa, afzalrokdur. Bular duosining barakotidan sahovatli odam Haq taoloning amonligida bo‘lg‘uvsidur. Musulmon zakotni sayyidlar va kofirlarga bermag‘ayki, sayyidlar zakot molig‘a behojatdurlar. Va kofirlarga zakot moli darig‘dur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 14:20:56
   Zakot odobiga ko‘ra, zakot oluvchi besh vazifani o‘ziga lozim tutgay. Avvalgi vazifa ulki, bilg‘ayki, Haq taolo bandalarini mol-dunyoga muhtoj qilib yaratibdur. Ushbu sababdan, Haq taolo aksar bandalarga bisyor mol-dunyo ato qilibdur. Va lekin guruh bandalarini kamoli lutfi va inoyatidan, dunyoning ranju mashaqqatidan saqlabdurki bular darveshlardur. Ammo dunyoning ranju mashaqqatini boylarga qo‘yibdur. Va Haq taolo boylarga farmon qilibdurki, bandai aziz darveshlarning hojatini chiqargaylar. Toki ul azizlar dunyoning mashaqqatidan uzilib, hamma himmatlarini Haq taoloning toati va ibodatiga qo‘ygaylar. Toki bu azizlarning duosi boylarga kaforat (poklovchi) bo‘lg‘ay. Darveshlar sadaqa Oltanida bu niyatni qilg‘ayki, o‘z hojatiga sarf qilib, farog‘at birla toat, ibodat qilgay. Go‘yo bir podshoh xos g‘ulomlarini o‘zining xos xizmatiga ta’yin qilganday. Bu xos xizmatiga yaramaydurgon rustoyi (qishlokda yashovchi) ekinchi va bozorchi kosiblarni xos g‘ulomlariga tobe’ qilibdur-Xos g‘ulomlar bulardan jiz’ya va xiroj olib, ibodat hojatlariga sarf qilgaylar. Munga o‘xshash, hazrati Malikul (Xaq taolo)ning xohishi ulki, xamma xalq ibodatni rag‘bat ila qilgaylar. Chunonchi, Haq taolo xabar berur:

   «Va mo halaqtul-jinna val-insa illa li-ya’buduni». (Zoriyot, 56).

   Oyatning tafsiri ulki, Men jin va odamlarni menga ibodat qilmog‘i uchun yaratdim. Bas, darvesh sadaqani ushbu niyat birla olgay. Ushbu ma’noda rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Sadaqa berguvchi xosiyatda sadaqa olguvchidan ziyoda emasdur».

   Ikkinchi vazifa ulki, darvesh sadaqani Haq taolo berdi, deb bilgay. Sadaqa bergan boyni esa vakil o‘rnida bilgay. Haq taolo boylarni darvesh, faqirlarning hojati uchun vakil qilibdur. Boylarning najoti va saodatini sadaqaga vobasta aylabdur. Va minnatdorlikni Haq taologa bildirgay, boylarning qo‘lini vosita deb bilgay. Hadisi sharifda kelmishki:

   Kimki shukrguzorlik qilmabdur odamlarga - shukr ado qilmabdur Alloh taologa. Bas, shu sababdan, Haq taoloning xayru sahovatiga vosita bo‘lgan odamni Haq taolo aziz qilibdur.       

   Chunonchi:

   Davlatmand na xush saodatmand (sadaqa beruvchi) kishidurki, xalq qildim ani xayr qilmoq uchun, yoydim va oson qildim xayrotni aning qo‘li birla.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 14:22:55
   Bas, shukrning ma’nosi shu bo‘lg‘ayki, darvesh boyni duo qilgay va aytgayki:

   «Pok qilgay Olloh taolo ko‘nglingni abrorlar ko‘ngillari orasida, va pokiza qilgay amalingni ahyorlar (yaxshilar) amallari ichida, ruhingni shaqidlar ruhlari orasida rahmat qilgay».

   Xabarda kelibdurki: «Yaxishlik qilinglar sizlarga kelgan yaxshilik barobarida. Va agar sadaqa qilolmasanglar, shukr Qilinglar-ki, sadaqaning tamomi mukofoti shukrdir». Bas, shukrning tamomi ulki, boy sadaqani maxfiy tutgay, andak bo‘lsa ham sadaqa oluvchini haqir ko‘rmagay. Chunonchi, sadaqa berguvchining sharti shuki, agar ko‘p bo‘lsa ham oz bilgay. O’ziga ta’zim ko‘zini talab qilmagay».

   Uchinchi vazifa ulki, darvesh harom nimarsani olishdan saqlangay. Va riyo qilg‘uchining molidan ehtiyot qilg‘ay.

   To‘rtinchi vazifa ulki, o‘zining hojatidan ziyodani qabul qilmag‘ay. Agar safarga borur bo‘lsa, zodi rohidin (yo‘l xarajatlaridin) ziyodani olmag‘ay. Agar qarzi bo‘lsa, qarzining miqdoridan ziyodani olmag‘ay. Va agar soliyona uchun bo‘lsa bir dirhamdin ziyodasi haromdur. Va agar uyda yemak va kiymak uchun ziyoda nimarsasi bo‘lsa, zakot olmagay.

   Beshinchi vazifa ulki, zakot berguvchidin so‘rag‘aykim, menga beradurgon zakot miskinlar nasibasidinmu? Va yo g‘oziylar nasibasidinmu? Agar yana bir (boshqa) jumlasidin bo‘lsa olmag‘ay.
Surati mas’ala bukim, hazrati imom Shofe’y mazhabida masrif (o‘z joyiga qilinadigan sarfu xarajat) zakotni sakkiz qism qilibdurlar. Chunonchi yuqorida mazkur bo‘ldi, zakot molini sakkiz qism qilib, bu sakkiz sifatni hammasiga yetkurib bermasa, nodurust debdurlar.

   Hazrati Imomi A’zam roziyallohu anhuning mazhablarida bu sakkiz sifatga barobar taqsim qilmoq lozim ermas, qaysi qismga xohlasa berur debdurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 14:38:51
FASL
Sadaqa bermak bayonida

   Sadaqa bermak bayonida hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Sadaqa beringlar, agar bir dona xurmo bo‘lsa ham. Darveshga tiriklik moyasi bo‘lur. Va sizlarning gunohinglarni nobud (yo‘q) qilur, suv-o‘tni nobud qilg‘on misllik». Va rasul alayhissalom aytibdurlarkim, «Parhez qilinglar otashi do‘zaxdin, agarchandiki yarim xurmo berib bo‘lsa xam. Va agar topolmasanglar yaxshi so‘zlar bilan javob qilingizlar».

   Va yana rasuli alayhissalom aytibdurlar: «Har musulmon neki, moli halolidin sadaqa bersa, Haq taolo lutfu marhamat ilgi (qo‘li) birla ul sadaqani parvarish qilur, andog‘kim, Sizlar chahorpoylaringni parvarish qilg‘onga o‘xshash. Toki bir xurmo chog‘lik sadaqa Uhud tog‘idin necha barobar bo‘lg‘uncha.

   Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Qiyomat kuni har kishi o‘zining qilg‘on sadaqasi soyasida o‘ltirur. Jannatiy jannatga va do‘zaxiy do‘zaxga hukm bo‘lg‘uncha. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Sadaqa azobu uqubat eshiklaridin yetmish eshikni bog‘lar». Sahobalar arz qildiki, «Yo rasulalloh, qaysi sadaqa fozilroqdur?» Rasuli sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Tani sihatlikda, tiriklikdin umidi bor vaqtda bergaysen. Ul vaqtda sadaqa ermasturkim jon xalqumga yetgan vaqtda, «bu - faloniyga» degaysenkim, agir andog‘ demasang ham ularg‘a qolg‘usidir». Iso alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim soyilni (gadoni) sadaqa bermasdan kYettizsa, yetti kun ul yerga farishta yo‘lamas».

   Va rasul alayhissalom ikki ishni qech bir kishiga qildurmay, o‘zlari qilur erdilar: biri ulkim, sadaqani miskinlarga o‘z qo‘llari birla berur erdilar. Ikkinchisi - tahorat suvini kechalikda o‘zlari quyub, sarpo‘shini yopib qo‘yar erdilar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 14:42:49
   Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim, bir musulmonga kiyim kiydirsa, ul kiyimdin pora qolg‘uncha (eskib tamom bo‘lg‘uncha) Haq taoloning hifzi himoyatiba bo‘lur».

   Ibn Mas’ud roziyallohu anhu ayturlarkim, «Bir kishi yetmish yil ibodat qilsa, ul kishidan gunohi azim voqe’ bo‘lub, yetmish yilliq toat va ibodati habata bo‘ldi. Bu kishi soyilg‘a bir girda non (kulcha non) berdi. Haq taolo Ani gunohini mag‘firat qilib, yetmish yilliq ibodatini qabul qildi».

   Va Luqmon o‘g‘lig‘a aytur erdikim, «Har gunohe sendin voqe’ bo‘lsa, albatta sadaqa bergaysen». Va Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu bisyor shukr sadaqa berdi. Aytur erdikim, Haq tablo biladurkim, shukrni do‘st tutarmen. Haq taolo aytur:

   «Lan tanolul birra hatta tunfiquu mimmo tuhibbuuna».
(Oli Imron, 92).

   Oyatning tafsiri: hargiz yetmassizlar yaxshilik va najotga, to do‘st tutqon molinglardin sadaqa bermaguncha.

  Va Sha’biy ayturkim, (Alloh taolo rozi bo‘lsin ul zotdin) o‘zini sadaqaning savobiga darvesh sadaqaga muhtoj bo‘lg‘ondin ziyodaroq muhtoj tutmasa, sadaqasi qabul bo‘lmas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 14:47:11
OLTINCHI ASL
 Mohi ramazon ro‘zasi

   Ramazon ro‘zasini tutmog‘liq rukn (ustun)dur musulmonchiliq ruknlaridin. Hazrat rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim: «Xudo taolo aytur: «Har yaxshi amalga o‘n jazo (mukofot) berurmen. Va ba’zi yaxshi amalga yetti yuz jazo berurmen. Magar ro‘za tutquvchining ajrini o‘zim berurmen. Qavluhu taolo:

   «Innamo yuvaffas-sobiruuna ajrahum big‘ayri hisobin». (Zumar, 10).

   Oyatning tafsiri: «Mundin o‘zga ermasdurkim, nafsning xohishidin sabr qilib, to‘xtag‘uvchilar ajri hech hisob va andozaga kelmas, ya’ni haddin tashqaridur (cheksizdur).

   Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim, sabr-nisfi (yarim) iymondur. Ro‘za tutmoq tamom sabrning nisfidur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ro‘zadorning og‘zini bo‘yi (hidi) Haq taoloning nazdida iforning bo‘yidan xushbo‘yroqdur». Xudoi taolo aytur: «Bandalarim farmonimni tutub, yemak va ichmakdin, hammasining xohishidin kechtilar. Ularning ajru-savobini o‘zum berurmen».

   Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Ro‘zadorning uyqusi ham toatdur». Va Yana aytibdurlarkim: «Vaqtki, mohi ramazon kirsa, bihisht (jannat)ning eshigini ochurlar. Va do‘zaxning eshigini band qilurlar (yopurlar). Va shayotinlarni bandga solurlar. Va nido qilurlarkim: «Ey, toliblar, qo‘ping (turing)larkim, talab vaqti bo‘ldi. Va ey izlaguvchilar, ogoh bo‘linglarkim, maqsud gavharini qo‘lg‘a keltirur (maqsadga erishuv) mahali yetti. Bas, Haq taoloning fazli aziymidurkim, bu ibodatni xos (o‘zig‘a) nisbat berib aytibdurkim: «As-savmu liy va ana-ajziybihi». Hadisi qudsiy (ya’ni, lafz rasulullohdan bo‘lib, ma’no Allohdan). Ya’ni, ro‘za menga xos ibodatdur va aning ajrini o‘zim berurmen».

   Agarchi hamma ibodatlar Xudo taolog‘adur, ammo ro‘zani o‘zig‘a xos qilibdur. Chunonchi, hamma olam Haq taoloning mulkidur. Ammo xonai Ka’bani o‘ziga xos qilibdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 14:50:36
   Bas, ro‘zada ikki xosiyat bordurki, ul jihatdin Haq taolo o‘zig‘a nisbat qilibdur. Avvalgi xosiyat ulki, xalqning ko‘zidan po‘shida va maxfiydurki, aningda hech riyo yo‘qtur. Ikkinchi ulki, Haq taoloning dushmani Iblisdur va aning lashkari nafsning xohishidindur. Bas, ro‘za bu lashkarga shikast berguvchidurki, ro‘za shaqvati nafsoniyni shikast qilur (sindirur). Ushbu vajxdin hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim: «Odamning ichida shayton, tomurda qon yurganga o‘xshash yurguvchidur. Oning yo‘lini ro‘za tutmoq va gurusnalik (ochlik) birla tang va tor qilinglar».

   Hazrati Oysha raziyalloqu anhoga hazrati rasul alayhissalom aytdilarkim: «Hamisha jannatning eshigini qoqg‘il». Aytdikim: «Yo rasulalloh! Qaysi nimarsa birla qoqg‘aymen?» Rasulalloh alayhissalom aytdilar: «Gurusnalik (ochlik) birla».

   Rasul akram s.a.v. aytibdurlarkim: «Ro‘za ofatlar orasida bir siparedurki (qalqon), sani hamma ofatlardin saqlar». Va rasululloh alayhi va salam aytibdurlarkim, «Hamma ibodatlar eshigi ro‘zadur». Bu vajhdinki, ibodatg‘a mone’ bo‘ladurg‘on nafsning xohishidurkim, to‘qluq nafs xohishini ziyoda qilur. Va gurusnalik (ochlik) kam qilur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 14:54:28
FASL
Mohi ramazon ro‘zasining farzlari bayonida

   Bilgilki, ro‘za tutmoqda olti nimarsa farzdur. Avval ulki, ramazon oyining avvalini tahqiq qilg‘aykim, sha’bon oyining yigirma to‘qqizi va yo o‘ttuzi erkanini bilg‘ay. Bas, ro‘za tutmokda bir rostgo‘y kishining xabarig‘a e’timod qilib, ro‘za tutmoq durustdur. Ammo iyd (hayit) kunida ikki odil guvoqlik bermaguncha durust ermas. Kishigakim, mo‘‘tamad (e’timodli, ishonchli) kishi bu kun Ro‘za oyini ko‘rdim, deb aytsa, ul kishiga ro‘za tutmoq joiz va vojibdur. Agarchi, qozi aning so‘zini rostlig‘iga hukm qilmasa qam.
Va agar falon shaharda ro‘za oyini ko‘rdim, deb xabar qilsa, bu shaharning xalqiga ro‘za tutmoq vojib ermas, bashartiki, bu ikki shaharning orasi o‘n olti farsangdin (bir farsang taxminan 7-8 kilometrga teng masofa) yiroqroq bo‘lsa. Ammo o‘n olti farsangdin oz bo‘lsa, bu shahar xalqiga ham ro‘za tutmoq vojibdur.

   Ikkinchi farz niyatdur. Har kecha bu niyatni yodida tutg‘aykim, ertalikka ramazon ro‘zasini ado qilurmen va har musulmonga ramazon ro‘zasi xotirida bo‘lsa, niyat ko‘nglida bo‘lg‘usidur. Agar shak oqshomi bu tariqada niyat qilsakim, tongla ramazondin bo‘lsa tutg‘aymen, agar sha’bondin bo‘lsa, tutmag‘aymen desa, bu niyat durust ermasdur. Va niyat qilg‘ondin so‘ng kechalarda bir nima yemak birla niyat botil bo‘lmas. Va agar xotun kishi hayzdin munqati’ (ajralgan) bo‘lur vaqtda niyat qilsa, ro‘zasi durust bo‘lur.

   Uchinchi farz ulkim, yemak va ichmak va yo mundin o‘zga tariqa birla kursoqiga (ya’ni, qorniga) hech nimarsa doxil qilmag‘ay. Ammo hijomat qilmoq (qon oldirmoq) va surma tortmoq va qulog‘iga mil solmoq va yaraga paxta qo‘ymoq - ro‘zaga nuqs qilmas. Va agar beqasd bir nimarsa yutulsa, chunonchi chivin va yo g‘ubor va yo mazmaza qilg‘onda (og‘iz chayqaganda) suv xalqumiga yetsa nuqs qilmas. Magarkim, mazmazani mubolag‘a birla qilib, suv halqumga (tomoqqa, bo‘g‘izga) yetsa, ro‘za fosid bo‘lur. Va agar iftor bo‘ldi deb, iftor bo‘lmas vaqtda iftor qilsa va yo kecha o‘xshash deb, subhda saharlik yesa, qazosini tutar, kaforat lozim bo‘lmas.

   To‘rtinchi farz ulki, ramazon kunlarida xotun birla kunduzi mubosharat qilmag‘ay. Va agar er-xotun orasida shu ish kunduzi voqe’ bo‘lsa, ro‘zasi botil (buzilgan) bo‘lur. Va agar kechasi jimo’ qilib, subxdin keyin g‘usl qilsa, ro‘zaga (nuqs qilmas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 14:57:21
   Beshinchi farz ulki, hech vajh birla inzol (shahvat suvining oqishi) bo‘lg‘udek ishni qilmagay. Va agar o‘zidan emin bo‘lmasa, xotunini bo‘sa qilmoq va yo bag‘al qilmoq (quchoqlash) birla inzoli mani bo‘lsa, ro‘zasi botil bo‘lur.

    Oltinchi farz ulki, qasd birla qayt qilmog‘i durust emas. Va agar beixtiyor qayt qilsa, (qusib yuborsa) ro‘zasi botil bo‘lmas. Agar zikom (og‘izdan suv kelishi) sababidyn va yo o‘zga sababdin dimog‘dagi suv xalqumiga kelsa, ro‘zaga daxl (zarar) qilmas. Vaqtiki, dimog‘din (burundin) tomog‘iga kelgan suvni yutsa, ro‘zasi botil bo‘lur (ochilur).

   Ammo ro‘zaning sunnatlari ham oltitadur: Chunonchi, iftorni ta’jil birla qilmoq (kun botdimi, og‘iz ochishga shoshiling) va saharlikni hurmat va shukrona birla yemak va iftorni xurmo birla va suv birla ochmoq va missoq (og‘izni va tishlarni maxsus cho‘p bilan) toza qilmoq, sadaqa va taom birla saxovat qilmoq va Qur’on tilovat qilmoq va masjidda e’tikof (doimiy ibodat qilish uchun) o‘lturmoq, alalxusus, oxirgi o‘n kunligida e’tikof o‘ltirmoqkim, shabi qadr (qadr kechasi) oxirgi o‘nidadur.
Hazrati rasuli akram s.a.v. bu o‘n kunni ichida makoni xobga (uxlash joylariga) bormas erdilar. Va ahli baytlar (xonadondagilar) ham ibodatdin o‘zga ishga mashg‘ul bo‘lmas erdilar.
 
   Bas,qadr kechasi yigirma biri va yo yigirma uchi va yo yigirma beshi va yo yigirma yettisi bo‘lg‘usidur. Bu mumkinroqdur. Avlosi (yaxshisi) bukim, bu o‘n kunda e’tikofga o‘lturgan bo‘lg‘aykim, e’tikof o‘lturg‘uvchi qazoyi hojatga tahorat olmoqdin ziyoda ta’xir (band, ovora) bo‘lmagay. Agar namozi janozaga borsa va yo kasal ko‘rgali borsa va yo guvohlik bergali borsa, e’tikofi botil bo‘lmas (buzulmas). Va e’tikof o‘lturguvchiga masjidda uxlamoq va taom yemak va qo‘lini yuvmoqning boki (zarari) yo‘qdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 14:59:47
FASL
 Ro‘za haqiqati bayonida

   Bilgilki, ro‘zada uch vajxdur: Ammo avomning ro‘zasi ulkim, yuqorida mazkur bo‘ldi: ichmak, yemak va mubosharat qilmoqdin saqlanmoqdur. Bas, bu kamtarin martabadur. Ammo xoslar ro‘zasi hamma darajalardin balandrokdurkim, dilni Haq taolo andishasidin (fikri zikri) bo‘lak nimarsadin saqlanmoq va o‘zini zohiran va botinan Haq taologa topshirmoqtsur. Va agar Haq taoloning zikri va fikridin o‘zga nimarsani andisha qilsa, va dunsliq jihatdin muboh ishga shuru’ qilsa ro‘zasi botil bo‘lur.

   Va aytibdurlarkim, iftorda nima yerman deb kunduzi andisha qilsa, gunohqor bo‘lur. Bu vajqdankim, Haq taoloning va’da qilgan rizqiga qanoat qilmagan bo‘ladur.
Bas, bu tariqada ro‘za tutmoq siddiqlar darajasidur, mundan ziyoda daraja yo‘qtur. Ammo xoslar ro‘zasiki, hamma noshoyista ishlardan o‘zini to‘xtatmoqdur.
Bilgilki, ro‘za olti holat birla tugal bo‘lur: Avval o‘zini Haq taolo yodidan o‘zga mashg‘ulotlardan saklag‘ay, alal xusus nafsning xohishi paydo bo‘lur nimarsalardai yiroq bo‘lg‘ay.

   Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki: «Ko‘zning nazari iblisning paykon (o‘q)laridan bir o‘qdurki, zahar birla sug‘orilgan kishi Haq taolodan qo‘rqib, bu nav’i ishlardan hazar qilsa, Haq taolo uning diliga iymon xil’atin (libosin) kiydirur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 15:02:46
   Anas ibn Molik raziyyallohu anhu rasuli akram s.a.v.dan rivoyat qilur: «Besh nimarsa ro‘zani sindirur: g‘iybat qilmoq, yolg‘on so‘zlamoq, suxanchinlik qimyuq (gap taishmoq), yolg‘on ont ichmoq va shahvat nazari birla nomahramga qaramoq».

   Ikkinchi holat ulki, tilni bexuda so‘zlardan asramoq va Qur’on o‘qimoqg‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay. Ortiqcha munozara xam behuda ishlar jumlasidandurki, ziyonkordur. Ammo g‘iybat qilmoq, yolg‘on so‘zlamak. ba’zi ulamolar nazdida avomning ro‘zasini botil qilur. Xabarda kelibdurkim. ikki xotin ro‘za tutub erdi, tashna va ochlikdin xalok bo‘lurga yetdilar. Rasuli akram s.a.v.din ijozat tiladilarki, ro‘zalarin sindurg‘aylar.

   Rasulloh s.a.v. bir kosa berdilar, buyurdilarkim, xar ikkisi muni ichiga qayt qilsun. Xotunlar kosaga qayt qildilar, ularning og‘zilaridan bir pora ivigan qon tushdi. Xaloyiq taajjubga qoldi. Rasuli akram s.a.v. aytdilarki, ikki xotun Haq taolo halol qilg‘on nimarsalardan o‘zlarini to‘xtatib, ro‘za tuttilar. Harom qilg‘on nimarsa bilan og‘iz ochtilar, g‘iybatga mashg‘ul bo‘ldilar. Og‘izlaridan tushgan qon, xalqning go‘shtidur (g‘iybatdir).
Uchinchi holat quloqni noshoyista so‘zlardin saqlamoq. Har so‘zkim demakka xo‘b ermas, eshitmakka ham yaramas.

   Bas, ma’siyat (gunoh) g‘iybat, yolg‘on, mundan o‘zga ham, eshitguvchi va deguvchi gunohda sherikdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 15:08:36

   To‘rtinchi holat ulki, qo‘l va oyoq hamma a’zolarini noshoyista ishlardam tiymasa, ul bemorning xoliga o‘xsharki, suvdan parxez qilg‘ay va zahar ichgayki, gunoh-zahardur.
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, aksar ro‘zador bo‘lurkim. tashnalik va ochlikdin o‘zga ularga hech nasiba bo‘lmas.

   Beshinchi holat ulki, iftorda harom va shubhalik taom yemagay. Va halol, xolisni xam ko‘p yemagay. Vaqtiki, kunduz qilur amallaridan bo‘shasa, kechaning tadorikini qilg‘ayki, ro‘zadan maqsad shahvat nafsoniyni kam qilmoqdur.

   Ko‘p yemak birla shaxvat ziyoda bo‘lur. Alalxusus, alvon turluk taom jam’ qilmag‘ay. To me’da xoli bo‘lmaguncha, dil sof bo‘lmas. Balki sunnat uldurki, kunduzi ko‘p uxlamagay, toki ochlikka ta’siri bo‘lmagay. Va kechalikda to‘la yemagay. Va namozi tarovihni o‘tamay, uxlamagay.

   Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, Xudo taoloning nazdida haloldan bo‘lsa ham to‘ygan (qappaygan) qorindan ortiq dushmanroq hech dushman yo‘qdir. Bas, haromdan to‘lgan qorin egalarining holi nechuk bo‘lg‘usidir?

   Oltinchi holat ulki, iftordan keyin tutgan ro‘zasining maqbulligini talab qilgay. Va mardudliqdin (rad etilishidan) xavf va andisha qilgay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 15:11:02
   Hasan Basriy rahmatullohi alayhiy (xayit) kuni qavmni ko‘rdiki, o‘yin va kulgiga mashg‘ul edilar. Shayx Hasan aytdiki, Xudo taolo mohi ramazondin maydon yasabdur, tokim bandalar maydonda qilg‘on amallarin o‘tkargaylar. Bas, ba’zilar amallarin o‘tkaribdur va ba’zilar keyin qolibdur. Taajjub qilurman ul kishilarga ishlarining haqiqati ma’lum bo‘lmay (turib) kulgaylar. Qasam Xudogaki, agar qilgan ishlarimiz yuzasyadan pardani ko‘tarsalar, amali maqbul bo‘lg‘onlar shodliqga mashg‘ul bo‘lur erdi. Va mardudlar anda motam tutar erdi». Bug‘doydan so‘rabdilarki, sen nima uchun kulmaysan deb. Bug‘doy «Tegirmonni o‘ylab turibman» deb javob bergan ekan.
Bas, xulosai kalom ulki, ro‘za tutmoqaan yemaslik va ichmaslik birla kifoyalanish ruhsiz surati bo‘lg‘usidir. Bas, ro‘zaning haqiqati va ruhi uldirki, ro‘zani farishtalarga o‘xshab -tutg‘ay, ularda aslo shahvati nafsoniy yo‘qtur. Va shahvati nafsoniy hayvonotning lozimasidur. Bu sababdan, har odamki, shahvati g‘olib bo‘lsa, hayvon jumlasidandur. Bas, kishiki, nafsg‘a shikast bersa, farishtaga o‘xshag‘onidurki, farishtalar Haq taologa shu sababdan yaqinrokdur. Kishi bu sifatda bo‘lsa, Haq taologa yaqin bo‘lg‘usidur. Ammo kishi, nafs xohishi birla taom yesa, shahvati ziyoda bo‘lur. Ruxda nur hosil bo‘lmas.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 15:13:32
FASL
Ro‘zaning qazosi va kafforati bayonida

   Bilg‘ilki, ramazon kunlarida iftor qilmoq birla qazo va kafforat vojib bo‘lur. Va lekin har birining joyi bordur. Ammo qazo ul musulmon mukallifg‘a vojib bo‘lurki, uzr birla ro‘zasini sindursa, chunonchi kasal bo‘lsa va safar qilsa va yo hayz ko‘rsa va mundin o‘zga ham. Bas, bu kishilarga bir kunga bir kun qazo vojibdur. Kafforat lozim emas. Ammo devona va go‘daklarga (bu ham) vojib emas. Ammo kishi, qasd birla taom yesa va yo mujomaat qilsa (xotini birla yotsa) va boshqa ro‘za singudek ishni qasddan qilsa, qazo va kafforat lozimdur. Vojibdurki, kafforatiga banda (qul) ozod qilur va yo oltmish miskinga taom berur. Va yo oltmish kun fosila (orani uzmay) ro‘za tutar. Ammo beuzr ro‘zani sindirguvchilar qOltan kunda imsok qilg‘ay (yomonliklardan saqlangay.) Ammo hoiz (ayol) hayzdin pok bo‘lsa va yo musofir bir joyga yetsa va bemor sihat bo‘lsa, kunda imsok qilmak avlodur.

   Kishi ramazon oyi avvalida safar qilsa, ushbu kunda ro‘zasini sindirmagay. Agar safardan kelsa, qolg‘on kunini imsok qilg‘ay. Va musofirg‘a iftor tashkil qilmog‘idan ro‘za tutmoqlig‘i yaxshirog‘dur. Magar ro‘za tutmog‘idan mashaqqati ziyoda bo‘lsa, iftor tashkil qilmog‘i joizdur. Bir kung‘a bir kun qazosini tutar. Va homilali xotin va enaga ro‘za tutsa, bolasi halok bo‘lmog‘idin qo‘rqsa, iftor tashkil qilur. Qazosini keyin tutar. Va agar odam kasali ziyoda bo‘lmog‘idan va yo halok bo‘lmog‘idin qo‘rqsa, iftor tashkil qilur. Keyin qazosini tutar. Agar kim qariliq, bemorlik (holsizlik) sababli ro‘za tutguncha quvvati bo‘lmasa, ro‘za tutmas. Kunda bir miskinga to‘yg‘uncha taom berur. Kishikim, qazo ro‘zasini kechiktirib, ramazon hayitiga yetsa, ramazon chiqqandan keyin qazo ro‘zasini tutgay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 15:15:28
FASL
Bir yil ichidagi fazilatli kunlar

   Bilgilki, bir yil ichida ramazoni sharifdan o‘zga fozil kunlarda ro‘za tutmoq sunnatdur. Chunonchi: arafa kuni ashur oyining o‘n kuni, zulhijja oyining avvalida to‘qquz kun va muharram oyi va rajab oyi va sha’bon oyining avvalg‘i o‘n kunlarida ro‘za tutmoq sunnatdur. Xabarda kelibdurkim, «Mohi ramazondan qolsa, mohi muharramda ro‘za tutmoq fozilroqdur». Muharramning hammasida ro‘za tutmoq sunnat. Ammo avvalgi o‘nida ro‘za tutmoq sunnati muakkadadur (savobi ziyodaroqdur). Xabarda kslibdurki, muharram oyida bir kun tutilgan ro‘za o‘zga oylarda o‘ttuz kun ro‘za tutmoqdan afzalroqdur. Muharram oyini hammasini ro‘za tutib o‘tkazgandan Ramazon oyida bir kun ro‘za o‘tamaklik afzaldur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar:

   «Kishi mohi muxarramdan panjshanba va odina (juma) va shanba kunlarida ro‘za tutsa, aning nomai a’moliga yetti yilliq ibodat bitilur. Bilgilki, mohi muharram to‘rtdur: zulqa’da, zul qijja. muharram va rajab. Bularning fozilroq oyi zulhijjadurkim, haj kunlaridur.

   Xabarda kelibdurki, Haq taoloning nazdida hech vaqtda ibodat zulhijjaning avvalg‘i o‘nidin ortiqroq va do‘stroq emasdur. Zulhijjaning avvalgi o‘nida bir kun ro‘za tugmoq - bir yil ro‘za tutganga o‘xshashdur. Bu kechalardin bir kechani bedor o‘tkargan laylatul qadr kechasining savobini topganga o‘xshashdur. Sahobalar dedilarki, «Yo, rasululloh! G’azotning savobiga yetmasmu?» Rasululloh s.a.v. aytdilar: «G’azotda oti o‘lub, qoni to‘kilganning savobini topar». Rasul alayhissalom aytibdurlar:

   «Va karaha ba’zus-sahobati an yusoma rajaba kullaho hatto lo yuzohiy ramazona».

   Ya’ni, sahobalardan ba’zilari rajab oyining hammasida ro‘za tutmoqni makruh sanabdur. Tokim ramazonga o‘xshamagay. Ushbu sababdan rajab oyida bir kun, ikki kun va yo undin ko‘proq kunlarda ro‘za tutmabdurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 15:22:50
   «Hayot» («Hayot») otlig‘ kitobda keltiribdurlarkim, vaqtiki, sha’bondan yarmi bo‘lsa, ramazongacha ro‘za tutmag‘ay. Ushbu jihatdan ramazondan ilgari nechand kun fosila (orani ajratish) -qilmoq mustahabdur. Agar vasl qilsa (qo‘shsa) mohi sha’bon, ro‘zasini ramazonga yetkurub tutmagay. Joizdurkim, rasuli akram s.a.v. bir martaba vasl qilib ro‘za tutubdurlar. Nechand marotaba, fosila (sha’bon oyi bilan ramazon oyining orasini farq) dilibdurlar va mohi sha’bondagi ro‘za tutmoqqa, sharifrog‘i, ayyomi bayzdur (ayyomi bayz deb, oyning o‘n uchi, o‘n to‘rti va o‘n beshinchi kunini ayturlar). Va hafta ichida sharifrog‘i dushanba, panjshanba va jum’adir. Kishikim, yilning hammasida ro‘za tutsa, sharif kunlarga jome’ bo‘lur. Ammo besh kun ro‘zasini sindurg‘aykim, ikki iyd kuni va qurbon xayitidan keyin uch kunkim, ayyomi tashriqdur (uch kun qurbonliq qilinadigan kunlar). Kishikim, yilning hammasida ro‘za tutmasa, bo‘lg‘aykim, bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmag‘ay. Bu tariqa ro‘za tutmoq Dovud alayxissalomning ro‘zalaridurki, fazilati ziyodadur.

   Xabarda kelibdurki, Abdulloh ibn Umar va Amr ibn Os so‘radilarkim, «Ro‘za tutmoqning fozilrog‘i qaysidur?" Rasuli akram s.a.v. aytdilarkim, «Bir kun tutib, bir kun yemak fozilrog‘dur». Abdulloh aytdikim, «Mundin fozilroqni xohlarman». Rasul alayhissalom aytdilar: «Bundan ortiqrog‘i yo‘qdur. Ammo pastrog‘i ulki dushanba (kuni) ro‘za tutmokdur».

   Bas, kishikim, xaqiqat ro‘zasini tutubdur, o‘z holig‘a sarhisob berg‘aykim, ya’ni, ba’zi vaqtda iftor fozilroqdur va ba’zida ro‘za. Ushbu jihatdan rasuli akram s.a.v. ba’zi vaqtda ro‘za tutar edilar. Sahobalar aytur edilarki, mundan keyin aslo iftor qilmagaylar va ba’zi vaqtda ro‘za sindirar edilar. Aytur edilarki, mundan keyin ro‘za tutmaslar. Rasuli akram s.a.v.ning ro‘za tartiblari ma’lum emas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 15:26:39
YETTINCHI ASL
Haj safari bayonida

   Bilgilki, haj qilmoq musulmonchiliq ruknlaridan biridir. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Kishi haj qilsa badanni fisqga va tilni behuda so‘zga oluda qilmasa, hamma gunohlaridan pok bo‘lur, «onasidan tug‘ilgandek». Rasul alayhissalom aytibdurlarki: «Ko‘p gunoqkorlardurki, anga hech nimarsa kaforat bo‘lmas. Magar Arofotda turmoqliq kaforat bo‘lur. Rasul alayhissalom (yana) aytibdurlarki, «Shaytonni hech qachon ul kundagidek xor va haqirroq va sariq yuzlik ko‘rgali bo‘lmas». Haqtaolo benihoyat rahmatini bandalariga yog‘dirur. Chandon gunoqi kabiralarini afv qilur. Rasul alayhissalom aytibdurlar, «Kishiki, haj niyatida uyidan chiqsa, yo‘lda o‘lsa, ul kishining nomai a’moliga to qiyomatgacha (har kuni) bir haj umraning savobini biturlar. Kishikim, Madinada o‘lsa, jannatga (qisob bermay) kirar. Rasul alayxissalom aytibdurlar: «Kishikim bir haj qilsa, anga behishtdan o‘zga hech jazo yo‘kdur». Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Hech gunoh bundan ulug‘roq emasdurki, Arofot (tog‘i)da turub, gunoqim mag‘firat bo‘ldimu ekan, deb gumon qilg‘ay. Va Ali ibn Mavqif (buzrukvorlardan edi) ayturkim, «bir yili haj qildim. Arafa kechasi edi. Ikki farishtani tushimda ko‘rdum. Yashil kiyim birla osmondan tushdilar. Biri yana biriga aytadurki. «Bilurmisen, bu yil hojilar necha edi. Yana biri aytdikim, «Bilmasmen». So‘rag‘uchi aytdikim, «Olti yuz ming kishi edi». Yana so‘radikim, «Necha kishining xaji qabul bo‘ldi? Aytdiki. «Bilmasmen». Yana o‘zi javob berdikim. «Olti kishining haji qabul bo‘ldi». Ersa bu tushning vahshatidin uyg‘ondim. Qattig‘ g‘am va anduhda qoldim. Va aytdim, «hech vakx men bu olti kishidin emasman». Va (shu) andisha va anduh birla baytul haramga bordim. Yana ul ikki farishtani tush ko‘rdim. Hamrohidan so‘raydur, «Bilurmisenki, bu kecha Haq taolo hojilarga nechuk hukm qildi? Hamrohi dediki. «Bilmasmen». So‘rag‘uchi aytdi: «Har birig‘a yuz ming kishini baxshish qildi, va gunohini mag‘firat qildi». Bas, uyqudan bedor bo‘ldim, shodliqdan Haq taologa shukrlar ado qildim.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 15:28:57
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taolo va’da qilibdurkim, har yili xonai Ka’bani olti yuz ming kishi haj birla ziyorat qilur. Va agar kishi kam kelsa, Haq taolo farishtalarni yuborur, toki adad tamomiga yetur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xonai Ka’bani qiyomat kuni Haq nozanin mahbub suratida qilur. Sahroi qiyomatda jilvagar bo‘lub, har kishikim haj qilibdur, jo‘rasi birla jam’ qilib, qo‘lidan tutub jannatga eltur. Ammo fuzalo xaylining sohibi dastgohlari va zurafo (ziyraklar, nozik fahmlar) zumrasining ramz ogohlari (ishora bilan biluvchilar) zehni solim (sog‘lom zehn) va tab’i mustaqimlariga xuffo pardasida mastur (yashirin, maxfiy) qolmag‘aykim, musannifi kitob, hazrati Imom Muhammad G’azzoliy oliyjanob, bu kitobi bo-savoblarida faroyizi ro‘za, namoz, haj, zakot kabi musulmon kishiga vojib bo‘lgan besh majburiyat) tartibida kitobi hajni jami’i sharoit va arkoni sunan (sunnat) va mustahabot (mustahab amallari) va mufsidi (namozni va boshqa amallarni buzuvchi) makruhotlarini tafsilan taqrir rishtasiga tizib va safha maydoniga sizib (yozib)durlar. Bu faqir (tarjimon Muhammad Isoning) arzi ulki, hajning faroiz va arkoni forsiy va turkiy kitoblarida mastur. Balki hojii haramaynilar xabarlaridan mutavotur (og‘izdan og‘izga o‘tib) masmu’ (eshitilgan) va mazkurdurki. sharoiti hajni ehrom bog‘lagandan boshlab, hajni itmomiga (oxiriga) yetkurib, libosi ehromni tashlag‘uncha bajo kelturmoq lozimdur. Bu diyorlarda (Turkiston taraflarda) amalga kelturmakka farmon bo‘lmabdur. Bas, bu sharoit va arkonni turkiy til birla bu kitobg‘a kelturgandan ommai musulmonlarga juda ko‘p foyda va xosiyatlar so‘zsiz hosil bo‘lmog‘i shu vaqtgacha tasvirlangan emas. Bu vajhdan faqiri bebizoat (sarmoyasiz) dami be istitoat (kuch-quvvati yo‘q) jiqatdan hajning faroyizi va vojibotlarig‘a shuru’ qilmokdan o‘zimni ma’zur tutub, hazrati musannif bu kitobda zikr qilgan hajning xosiyati va fazilatlari tarjimasiga iktifo qilindi. (Duolar jumlasidan) Tavfiq topish va gunohdin uzoq bo‘lishlik Allohning yordami bilan bo‘ladi. (Quyiroqda safar odoblari mufassal bayon qilinadi - red.)
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 27 Avgust 2008, 13:29:56
                                                 SAKKIZINCHI ASL
                                       Qur’on tilovat qilmoq bayonida


   Bilgilki, Qur’on tilovat qilmoq hamma ibodatlardan fozilroqdur. Aladxusus, namozda turib qiroat qilmoq. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ummatlarimning hamma ibodatlaridan ortiqrog‘i Qur’on tilovat qilmokdur: kimki, Haq taolo Qur’on tilovat qilmoqni ne’mat sifatida ato qilibdur, agar gumon qilsaki, mundan ham ulug‘ ne’mat bo‘lg‘ay (deb aytsa), ayni xatodurki, Xudo azza va jalla ulug‘ bilgan nimarsani kichik bilgan bo‘lur. Rasul alayhissalom aytibdurlarki: «Qiyomat kuni Haq taoloning nazdida hen shafoat qilg‘uchi Qur’ondan ulug‘roq emasdur. Na payg‘ambar, na farishta va na o‘zgalar». Yana aytibdurlar: «Haq taolo aytur: Kur’on tilovat qilmoqg‘a mash/ul bo‘lub, duo talab qilmog‘ga fursati qoshasa, ul bandamg‘a. shokirlarga bergandin ziyoda savob ato qilurman». Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ko‘ngilga zang o‘ltirur, temirga zang o‘ltirgani kabi». Sahobalar arz qildilar: «Yo, rasululloh! Ul zangni qaysi nimarsa birla aritg‘ali bo‘lur?» Rasululloq s.a.v. aytdilar: «Kur’on o‘qimoq, o‘limni ko‘p yod olmoq birla bo‘lur». Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Men bu olamdan ketayotib, sizlarga ikki va’z qo‘yib ketdim: Biri go‘yo so‘zlar, ya’ni Kur’ondur. Yana biri va’zi xomushiy, ya’ni o‘lumdurkim, sizlarga hamisha pandu-nasihat bo‘lur». Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytur: «Qur’on o‘qig‘ilki, har bir harfig‘a ikki hasana berurlar. Aytamenkim, alif bir harfdur va lom bir xarf va fa bir harfdur». Ahmad roziyallohu anxu aytur: «Haq taoloni tushimda ko‘rdim, so‘radimki, yo Rab, senga qaysi amal birla yaqin bo‘lurmiz?

   Haq taolo aytdiki, Kalomim Qur’onni tilovat qilmoq birla. Aytdikim, agar ma’nosin fahm qilmasa ham, bilgilki, kishi Qur’on o‘qimoqni o‘rganibdur. ani darajasi ulug‘dur». Qur’onning hurmatini saqlagay.

   Va o‘zini noshoyista ishlardin sakdagay. Va hamma ahvolda adab birla bo‘lg‘ay. Aks holda Qur’on qiyomat kuni ul kishiga xasm (dushman) bo‘lur. Rasul akram s.a.v. aytibdurlar: «Ummatlarimdan aksari munofiq qur’onxonlardur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 27 Avgust 2008, 13:37:07
   Abu Sulaymon Doroniy aytur: «Bebok (hayosiz) ishlar birla Qur’on o‘qig‘uvchilarni do‘zaxbon butparastdan ilgariroq o‘ziga olur». Tavrotda kelibdurkim, Haq taolo aytur: «Ey bandalarim! Uyalmaysizlarkim, agar yoru birodarlaringdin noma kelsa, agar yurgan bo‘lsanglar, to‘xtarsizlar. Va agar qiyomda (tik) bo‘lsanglar, o‘tirursizlar. Bu kitob mening nomamdurkim, sizlarga yuboribdurman, tokim taammul birla o‘qib, munga boqib amal qilg‘aysizlar. Holbuki (sizlar) Qur’ondan yuz o‘girib, o‘qimassizlar va anga e’tiqod qilmassizlar». Va Hasan Basriy rahmatullohi alayh aytur: «Sizlardan ilgari o‘tganlar Qur’onni Haq taolodan kelgan noma deb bilur edilar. Kechalarda taammul qilib (chuqur o‘ylab), kunduz amalga keltirur erdilar. Va sizlar esa o‘z ishlaringni qilursizlar, va Qur’onning huruf va ohanglarini rostlamassizlar. Va anga amal qilmassizlar».

   Bas, hammaga bilmak lozimdurkim, Qur’onni nozil qilmoqdan maqsud faqat tilovat qilmoq ermas, balki maqsud-amalga kelturmakdur, o‘qimog‘liq, yod olmog‘liq va farmon deb bajarmoq uchundir.

   Bas, kishi Qur’on tilovat qilib, farmon deb bajarmasa, ul bandalarga o‘xsharki, xo‘jasi anga noma yuborgay va nechand ishni farmon qilg‘ay. Bu qul nomani o‘qig‘ay va huruflarini rostlagay, ammo hech farmon deb bajarmagay. Bundaylar beshak azobu uqubatga mustahiq (loyiq) bo‘lg‘usidir.
Odobi tilovat bayonida bo‘lg‘ayki, Qur’on tilovat qilguvchi o‘zig‘a besh odobni lozim tutg‘ay: avvalg‘i odob ulki, Qur’onni xurmat birla o‘qig‘ay. Va tahorat qilib, yuzini qiblaga qilib, tavoze’ birla o‘ltirgay, namozda o‘tirgandek.

   Hazrati Ali roziyallohu anxu ayturlar: «Kishi, Qur’onni namozda turub o‘qisa, har harfiga yuz hasana bitilur. Va agar o‘ltirib o‘qisa, ellik hasana bitilur. Agar tahorat birla o‘qisa, ellik hasana bitilur: Agar betahorat o‘qisa, o‘n hasana bitilur. Kechalikda namozda turub o‘qimoq fozilrokdur. Kechalikda dil forig‘ (hamma yomon xayollardin musaffo) bo‘lur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 27 Avgust 2008, 13:42:44
   Ikkinchi odob ulki, ohista o‘qig‘ay. Taammulu tadbir qilg‘ay. Va tezda o‘qib tamom qilmoq qasdida bo‘lmag‘ay. Va ba’zilar tez shoshilib tilovat qilib, xdr kunda bir xatm qilibdur. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, «Kishi, Qur’onni uch kundan kamda xatm qilsa, Qur’onning lazzatini topmabdur». Ibn Abbos roziyallohu anhu ayturlarki, «Surai az-Zilzilat birla surai «al-Qori’atun»ni taammul va tadbir birla o‘qisam, surai «Baqara» birla, surai «Ol-i imron»ni shitob birla o‘qig‘ondan do‘stroq tutarman.

   Hazrati Oysha roziyallohu anho birovni ko‘rdikim, shitob birla o‘qiydur. Aytdilarkim, «Bu Kur’on o‘qigan emas va sukutda, ya’ni, xomush o‘lturg‘on ham emas. Va agar ajamiy bo‘lsa (arab bo‘lmasa) Qur’onning ma’nisini bilmasa, ohista o‘qimoq yaxshiroqdurkim, adabga rioya qilgan bo‘lur.
Uchinchi odob yig‘lamoqliqdur. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim, «Qur’on o‘qinglar va yig‘langlar. Agar yig‘lag‘unglar kelmasa takalluf birla yig‘langlar». Ibn Abbos roziyallohu anxu ayturlarkim, «Oyati sajdaga yetsa, sajda qilmoqg‘a shitob qilg‘ay va yig‘lagay. Agar oshkor yig‘lay olmasanglar, ko‘nglinglarda yig‘langlar». Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: [/i]«Qur’on oxiratning g‘amu anduhini tortmoq uchun nozil bo‘lubdir. Vaqtiki Qur’on o‘qisanglar, o‘zing‘larni anduxdin keyingi kayfiyatda qilinglar. Kishikim, Qur’onning va’da va vaid (qo‘rqitish, tahdid etish)larini va farmonlarini taammul qilsalar. nochor g‘amgin bo‘lur. Magarkim, g‘aflat g‘olib bo‘lsa [/i]
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 27 Avgust 2008, 13:47:19
   To‘rtinchi odob ulki, har oyatning haqqini ado qilg‘ay. Rasuli akram s.a.v. (Qur’on o‘qisalar,) oyati azobg‘a yetsalar, (Allohdin) panoh tilar edilar. Va oyati rahmatga yetsalar, Duo talab qilur edilar. Va oyati tanzihaga (poklanish)ga yetsalar, tasbix aytur edilar. Va tilovati avvalida «A’uzu billohi minash-shaytonir rajiym» der edilar. Tilovatidan forig‘ bo‘lg‘onda bu duoni o‘qur erdilar:   

  «Allohummarhamniy bilqur’oni vaj’alahu li imoman va nuran va hudan va rahmatan. Ollohumma zakkirniy minhu mo nasiytu va allimniy minhu mo jahiltu varzuqniy tilovatahu ana-al-layli va atrofan-nahori vaj’alhu hujjatan li rabbil-olamiyn».

   Bu duoning ma’nisi ulkim, «Ey, bor Xudoyo! Raxm qilg‘il menga Kur’onning hurmati birla va imom qilg‘il ul Kur’onni menga va nuri rohi rostg‘a boshlag‘uvchi va rahmat qilg‘uchi. Ey, bor Xudoyo! Yodimga keltirgil Kur’on(dan) unutqonlarimni. bildirgil ul Kur’ondan bilmaganlarimni va ro‘ziy qilg‘il menga kecha va kunduzlarda tilovat qilchoqni va qilg‘il menga Qur’onni dalil va hujjat, yo rabbil olamiyn». (Oltinxon To‘ra tarjimasi).

    Vaqtiki, oyati sajdaga yetsa, avval takbir aytgay, andin sajda qilg‘ay. Namozdagi tariqa birla takbir va sajda kifoyat qilg‘ay. Tashahhud lozim emas.

   Beshinchi odob ulkim, agar o‘qig‘uchi ko‘ngliga riyo aralashuvi ehtimoli bo‘lsa va yo namozda turgan kishiga xalal berish ehtimoli bo‘lsa. ohista tilovat qilg‘ay. Xabarda kelibdurkim, Qur’onni ohista o‘qimoqning savobi jahr o‘qimoqdan ziyoda va fazlli, maxfiy sadaqani oshkoro sadaqadan ziyodaligiga o‘xshashdur. Agar riyodan emin bo‘lsa avlosi (yaxshisi) ulki, ovoz birla o‘qig‘ay, toki o‘zgalar ham nasiba olg‘aylar va savob topg‘aylar. Va Qur’ong‘a qarab o‘qimoqning xosiyati xo‘bdur. Aytibdurlar «Qur’onga boqib, bir tamom qilg‘on, Yetti marotaba yod o‘qub tamom qilg‘on birla barobardur».

  Misrning faqihlaridan biri (bir kuni) hazrati Imom Shofiyning qoshlarig‘a kelib ko‘rdiki, Imom Shofiy oldida Mushaf (Qur’on) qo‘yug‘luq va o‘zlari sajdada turubdurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 27 Avgust 2008, 13:49:28
   Aytdilarki, «Yo, imom! Mas’alaga mashg‘ulluq qilmoq Qur’on o‘qimoqg‘a moni’ bo‘lmasmi?» Imom aytdiki, «Namozi xuftanni ado qilib, Qur’onni qo‘limg‘a olurman. Tong otquncha qo‘limdin qo‘ymasman». Rasul alayhissalom xazrati Abu Bakr Siddiqni ko‘rdilarki, kechalig‘ namozga turubdur. Ohista qiroat qilur. So‘radilarkim, «Nima uchun ohista qiroat qilursan?» Hazrati Abu Bakr Siddiq aytdilar: «Qur’onni ul zotga (Allohga) o‘qurmanki, ohista o‘qiganni eshitadur». Umar roziyallohu anhuni ko‘rdilarki, ovoz birla o‘qiydur. So‘radilarki, «Nima uchun baland o‘qursen?» Umar roziyallohu anhu aytdilarki.

   «Uxlaganlarni bedor qilmoq uchun va shaytonni yiroq qilmoq uchun». Hazrati rasuli alayhissalom aytdilarki, «Har ikkilaringiz xo‘b qilibsizlar». Bas, amal niyatga tobe’durkim, , har ikkilarining niyati xo‘b erdi, savob topdilar.

   Ovozi xush birla o‘qimoqg‘a sa’y, harakat qilg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Qur’onni ovozi xush birla o‘qinglar». Rasul alayhissalom bir kuni Xuzayfani ko‘rdilarki, ovozi xush birla Qur’on tilovat qiladur. Aytdilar: «Alhamdulillohillaziy ja’ala fi ummatiy mislihi». Ya’ni, xamd eturman ul Xudog‘aki, ummatimda munga o‘xshash kishini xalq qilibdur». Bas, onchakim ovozi xushrokdur, Qur’onning asari ko‘ngilga ziyodarokdur. Sunnat uldurki, Qur’onni maqom birla o‘qimagay. Huruf va kalimalar orasida alhon (ashulalar, xonishlar) qilmag‘ayki, makruhdir. Chunonchi qavvol (xonanda)lik g‘azalxonlar odatidur.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 27 Avgust 2008, 13:52:32
                                                            FASL
                                     Tilovatdagi olti odobi botiniy bayonida


   Bilgilki, tilovatning botiniy odobi oltitadur:

   Avvalg‘i odob ulki, Qur’onning azimati va ulug‘ligini bilgay, Xudo azza va jallaning kalomi qadimiydur. Haq taoloning sifatidurki, vojibul vujudida qoyimdur. Onchakim bu qorilar zabonida joriydur, huruf va kalimotdurki, kalomi nafsi (Allohni so‘zi) qadimning lafzi mislliqdur. Chunonchi, otashin lafzni til birla aytmoq osondur. Ammo otashni hech kim qo‘lida tutmoqqa va tiliga kelturmoqg‘a toqat qilolmas. Munga o‘xshash, kalomulloh oyatlari maoniy qadimlarini xURUflar libosidin mujarrad (xoli) qilib, oshkora qilsa, yetti osmonu zamin oning tajalliysiga toqat kelturolmas. Chunonchi, Haq taolo kalsmi majidida xabar berur:

   «Lav anzalno hazal Kur’ona ala jabalin va laraaytahu xoshi’am mutasaddiam min xashyatilloh».

   «Agar biz ushbu Qur’onni biron tog‘ga nozil qilganimizda, albatta siz u (tog‘)ni Ollohning qo‘rquvidan egilib yorilib «etgan xolida ko‘rgan bo‘lur edingiz». (Alouddin Mansur tarjimasi). (Hashr, 21).

   Va lekin Qur’onning jaloli va azimatini xuruflar libosi ichida pinhon qilib, arab tili pardasidan o‘zga nimarsalar birla odamlarga yetkurmoq mumkin emasdur. Bilgilki, ovozi hurufning ulug‘ xosiyaglari bordur. Andog‘ki, hayvonotni haydamay adab o‘rgatmak va xizmatga solmoq harf va ovozsiz bo‘lmas. Va odamlar so‘zini hayvonot fahm qilmoqg‘a toqat keltira olmas. Nochor hayvonot ovozlariga yaqin huruf va suratni ta’yin qilib, toki hayvonotni bu ovoz birla ogoh qilib, xizmatga solib va farmon tuttirg‘aylar. Masalan, ho‘kuzg‘a ovozlar qilsa, u qo‘shni tortib, yerni yumshatur.Ammo zaminni yumshatmoqning hukmini bilmaskim, zaminni yumshatmoqdan maqsud budurki, suv, havo, tufroq birla alishib ziroat qilmoqg‘a visola bo‘lg‘ay. Bas, munga o‘xshash, ba’zi odamlarga Qur’on o‘qimoqdan ovozi zohir va.ma’nii zohirdan ziyoda nasiba bo‘lmas. Ba’zilar gumon qilibdurlarki, Qur’on huruf va savt (ovoz)dur. Bu tariqa aqida qilmoq g‘oyat jaholat va aqidaning nihoyati sustlig‘idur. Ul kishining holiga o‘xsharki, otashni bilurki, harflari alif va to va shindur. Ammo muni bilmaskim, otashni qog‘oz uzrasiga qo‘ysa kuydurur. Toqat keltiraolmas. Ammo otash lafzini qog‘ozga bitmak birla hech zarar bo‘lmas. Chunonchi xar badanning ruhi bordur. Bas, Kalomullohning huruflari badanga o‘xshashdur. Bas, har badanning sharofati ruhning sababidandur. Va oyati Qur’onning huruf va kalimati va sharofati ham ma’noiyi qadimiy, ya’ni Ruhdur. Bilgilki, Kalomullohning hamma haqiqatini bu kitobda zikr , qilmoq mumkin ermas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 27 Avgust 2008, 13:54:53
   Ikkinchi odob ulki, Qur’on o‘qimoqdin ilgari Haq taoloning jalolati va azimatini ko‘ngilda hozir tutg‘aykim, Qur’on Haq taoloning kalomidur. Va bilgaykim, kimning so‘zini o‘qiydur. Qo‘rquv va adab birla o‘turg‘ay. Haq taolo kalomi majidda xabar berur:

   «Lo yamassuhu illa-l-mutahharuna».

   Mazmuni: Uni faqat tahoratli - pok kishilargina ushlarlar. (Voqea, 79).

   Chunonchi (zohiri) ilm shulki, Mushafni (Qur’onni) betahorat odam ushlashi durust emas. Bas, Qur’onning matni haqiqati andoq ko‘ngilda barqaror bo‘lurki, axloqi zamima (yomon xulqlar) najosatidan pok bo‘lg‘ay. Ta’zimu tavqir (izzatu viqor) nuri birla orasta bo‘lg‘ay. Va Ikrima roziyallohu anhu vaqtiki Mushafni qo‘lga olsalar, tamom badaniga larza tushar edi va aytur edi:
- Huva kalomi robbiy, ya’ni, ul parvardigorimning kalomidur.

   Va hech kishi Qur’onning azimatini to‘lig‘icha bilmas. Qur’on ma’nolarini bilmaguncha, to Alloh taoloning sifot va af’ollaridan andesha qilmaguncha Haq taoloning azimatini dilda hosil qilmas. Chunonchi, Arsh, Kursi, yetti qavat osmonu, yetti qavat zamin, bular ichida hamma mavjudotlar, farishtalar, odamlar, jinlar va hayvonot va qashorot va jamod (jonsiz tabiat - tosh, ma’dan kabilar) va nabotot (barcha o‘simliklar, giyohlar) va asnofi xaloyiqni (turli xilqatlarni) ko‘ngliga kelturib, bilgaykim, Qur’on Ul  vojibul vujudning kalomidur, bu hamma maxluqotlar aning qudrati qabzasidadur... Va kamoli qudratiga hech nuqson bo‘lmas va hammani ofarida qilg‘uvchi, yaratguvchi uldur. Bas, bu tariqada andesha qilsa, Haqtaoloning azimatidin ogoxlik bir qadar dilida qozir bo‘lur.

   Uchinchi odob ulki, Qur’on tilovat qilurda dilini toza qilg‘ay. Va g‘aflatga yo‘l bermagay. Tilida Qur’on o‘qub, ko‘nglida bo‘lak narsani xayol qilmagay. G’aflat birla o‘qig‘onni o‘qimagan qatorida bilgay. Yana qayta o‘qig‘ay.

   G’aflat birla o‘qig‘an anga o‘xsharkim. birov bog‘ tomoshasiga borgay. tag‘oful (beparvo, g‘ofillik.) birla aning ajoyiblarini ko‘rmay chiqqay. Qur’on mo‘minlarning tomoshagohidir. Aningda ajoyib hikmatlar bordurkim, aning ajoyib hikmatlarig‘a taammul (fikr, andesha) qilsa, andin o‘zga hech nimarsaga nazar qilmas. Agar kishi Qur’onning ma’nolarini bilmasa, qar ikki dunyodan bexabardir. Va lekin bo‘lg‘aykim, Qur’onning ulug‘ligini dilida hozir tutg‘ay. Parokanda birla andesha qilmag‘ay (Xayoli xar yoqqa sochilmagay).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 27 Avgust 2008, 13:57:30
   To‘rtinchi odob ulki, har oyatki o‘qiydur, taammul birla ma’nosini fahm qilib o‘qig‘ay. Va betaammulni ioda (qayta-'qayta) chuqur mulohaza bilan o‘qig‘aykim, ko‘p o‘qig‘ondin bu yaxshirog‘dur.

   Abu Zar G’iforiy roziyallohu anhu ayturkim, Rasul alayhissalom bir kecha tong otquncha namozda turdilar, bu bir oyatni ioda qilib o‘qidilar:

   «In tuazzibhum fa innahum iboduka».

   Oyatning mazmuni: «Agar ularni azoblasang, ular sening ojiz bandalaringdir (Alouddin Mansur tarjimasi). (Moida, 118).

   To yigirma marotaba ioda (qayta) o‘qidilar. Va Sa’ad ibn Jubayr roziyallohu anhu bir kecha bu oyatni qiroat qilib, namoz o‘qidi:

   «Vamtozul yavma ayyuhal mujrimuna».

   Ma’nosi: «Ey, jinoyatchi kimsalar, mana bu kunda (mo‘‘minlardan) ajralinglar!». (Yosin, 59).

   Va agar oyatni qiroat qilib, bo‘lak ma’no andesha qilsa, oyatning haqiqatini ado qilg‘an bo‘lmas.
Har oyatkim, namozda o‘qibdur, aning ma’nosidin o‘zga hech nimarsani andesha qilmag‘ay. Balki har oyatning o‘z ma’nosidan o‘zgani andesha qilmoq vaovasadur. Chunonchi, Haq subhonaning sifotlari oyatini o‘qisa sifotlar asroridan andesha qilg‘ay, Quddus va Jabbor va Aziz va Hakim, mundin o‘zga ma’nolarni. V aqtiki, «Xalaqas-samovoti val arz»ni o‘qisa, ajoyib xilqatlarni va Xoliqning san’atini mulohaza qilg‘ay, kamoli va qudratini fahm qilg‘ay. Andog‘ fahm qilg‘aykim, hamma mavjudotni Haq taolo mavjud qilg‘uvchidir. Bu oyatni o‘qisaki:

   «Inno xalaqnal-insona min-nutfatin amshojin, nabtilihi».

   Oyatning tafsiri: «haqiqatan odamni (er va xotinni) otalik va onalik suvlaridan aralash bo‘lgan nutfadan yaratdik». (Inson, 2).

   Bas, nutfaning ajoyiblarini andesha qilg‘aykim, bir ; sifatlik qatrai suvdan chandon muxtalif nimarsalarni xalq qilmoq, chunonchi: go‘sht va po‘st va ustuxon va tomir va mundan o‘zga ajoyiblar, chunonchi, eshitmak va shunga o‘xshash a’zolaridan qo‘l-oyoq, bosh va ko‘z va zabon va mundan o‘zga ham. Bas, Qur’onning hamma ma’nolarini sharh qilmoq qiyindur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 27 Avgust 2008, 14:00:55
   Bilgilki, Qur’onning ma’nolarini uch toifa fahm qilolmas. Avval ulki, tafsir o‘qimagan va arabiy tildan xabari bo‘lmagan.

   Ikkinchi ulki, gunohi kabirani ko‘p qilg‘oni sababidan va bid’atg‘a mukkasidan ketgan jihatidan, bid’at va mas’iyat zulmati dilini tiyra (qora) qilgani uchun, Qur’onning ma’nolarini fahm qilolmas.
Uchinchi ulki, zohiriy tilovatga mashg‘ul va mag‘rur bo‘lg‘ay, ma’nolarni mulohaza qilmoqtsan tag‘ofildur. Bas, bu tariqa kishilar Kur’onning ma’nolarini fahm qilmoqdan mahrumdirlar.

   Beshinchi odob ulki, har oyatning ma’nosiga boqib, dilini ul sifat bilan orasta qilg‘ay. Chunonchi: oyati xavfga yetsa, zoriy va tazarru’ (iltijo) qilg‘ay. Haq taoloning sifotlarini tavozu’ va shikastalik birla o‘qug‘ay. Vaqtiki kofirlarning botil aqidasi borasidagi oyatga yetsa, chunonchi: Haq taologa shirk (bir nechta xudo bor deb e’tiqod) qilmoq va farzandi bor degan mushriklar haqidag‘i oyatlarga kelganda, past qilib, sharm va xijolat birla o‘qig‘ay. Munga o‘xshash har oyatning ma’nosig‘a boqib, o‘zini ul sifot birla tutsa, oyatning haqini ado qilg‘on bo‘lur.

   Oltinchi odob ulki, Qur’onni ta’zim va ikrom birlan o‘qig‘onda andog‘ eshitgaykim, Haq taolodin eshitgan bo‘lg‘ay. Buzruklardan biri ayturlar: «Qur’onni o‘qidim, halovat topmadim. Rasuli akram s.a.v.dan eshitgan o‘qishni farz qildim, ziyodaroq lazzat topdim. Bas, endi andog‘tilovat qilurmenkim, Haq subhonaxu va taolodan payvasta eshiturman, andog‘ lazzatni topibdurmenki, hargiz topmag‘an erdim».

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 13:17:55
TO’QQIZINCHI ASL
Zikr aytmoq bayonida
   
   Bilgilki hamma ibodatning mag‘zi Haq taoloni zikr etmoqdur. Chunonchi, aytibdurlar: «Musulmonchiliqning ustuni namozdur». Namozdan maksud Haq taoloni zikr etmoqdur.   '

   «Innas-salota tanho anil fahshoi val munkari vala- « zikrullohi akbar».

   Oyatning ma’nosi shulki, «Haqiqatan namoz gunoh va zalolatdan to‘xtatquvchidir. Har holda Olloh taoloni zikr ' etmoqning savobi hammadan ulug‘roqdir». (Ankabut, 45).

  Bas, Qur’on o‘qimoq hamma ibodatning fozilrog‘idur. Bu sababdanki, Haq taoloning kalomidur. Har oyatki,Qur’onda bor, Haq taoloning zikrini toza qilmoq uchundir, bas, ro‘za tutmoqdan maqsad shahvati nafsoniyni sindurmoq va zahmati shahvoniydan xalos bo‘lmoqkim, dil sof bo‘lib, Haqtaoloning zikrig‘a qarorgoh bo‘lg‘ay. Va hajdan maqsad Xudo taoloning uyini ziyorat qilmoq va uy egasini zikr etmoqdur. Bas, hamma ibodatning sar mag‘zi zikr etmoq, balki musulmonchiliqning hamma mas’alalarining asli kalimasi «Lo iloha illallohu Muhammadur rasululloh»durkim, bu kalima ayni zikrdir. Va o‘zga ibodatlar bu zikrning ta’kididur.

   Bas, zikr qilg‘uvchining samari-natijasi Haq taoloni zikr qilmog‘idur. Kalomi majidda xabar berur:

   «Fazkuruniy, azkurukum».

   Ya’ni, mani yod qilinglar, men ham sizlarni yod qilgumdir. (Baqara, 152).

   Bas, aksar ahvolda, ko‘proq zikrg‘a mashg‘ul bo‘lg‘aykim, Haq taoloni ko‘proq zikr etguvchilar azizlardur, Qavluhu taolo:

  «Vazkurulloha kasiran laallakum tuflihun»

   Oyat tafsiri ulki, agar najotliq umidin tutsanglar, Alloh taoloni ko‘p eslanglar. Shoyadki najot topursiz. (Anfol, 45).

   Bas, najotliq topmoqning kalidi zikrdurkim, ko‘p holda zikrg‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay. Qavluhu taolo:

   «Allaziyna yazkurunalloha qiyoman va quudan va ala junubihim».

   Oyatning tafsiri ulki: «Ul toifalarki Alloh taoloni tik turgan holda va o‘tirganda ham, yotgan vaqtda ham eslaydilar». (Oli Imron, 191).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 13:21:27
   Har bir holatda ham Allohdan g‘ofil bo‘lmaydilar. Va yana Haq taolo xabar berurki:

   «Vazkur rabbaka fi nafsika tazarru’an va xiyfatan. Va duunal bahri minal qavli bilg‘uduvvi val osoli va lo takun minal g‘ofiliyn».

   Oyatning tafsiri ulki, parvardigoringlarni yod qilinglar, zoriy va qo‘rqinch birla erta va oqshom, hech g‘ofillardin bo‘lmanglar. (A’rof, 205).

   Rasuli akram s.a.v.dan so‘radilarki, qaysi ish xo‘broqdur? Rasul alayhissalom aytdilar: «Umringning oxiri nafasida bo‘lsa ham zaboning Haq taoloning zikri birla xo‘b bo‘lg‘ay».

   Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ogoh qilay sizlarni hamma amallaringizning yaxshirog‘i va maqbulrog‘idan. Podshohi alal itloq jalla jaloluhu nazarida hamma darajalarning balandrog‘i, oltin-kumush sadaqa qilg‘ondan xo‘brog‘i va kofirlar birla g‘azot qilg‘ondan afzalrog‘i bo‘lgan amaldan».

   Sahobalar arz qildilarki, «Yo rasululloh! Ul qaysi amaldur?» Hazrati rasululloh aytdilar: «Haq taoloni zikr etmokdur. Inson Alloh deb, boshqa so‘z qo‘shmay, duo va tilaklarga fursat topmasa ham, ul kishig‘a Haq taoloning atosi duo va talab qilg‘on kishidan ziyodadur».

   Rasul alayhissalom aytibdurlar: «G’ofillar orasida Haq taologa zikr aytg‘uvchi, o‘liklar orasida tirilganlarga o‘xshashdur. Va quruq giyohlar orasida sabzag‘a o‘xshashdur. Va g‘azotdan qochganlar orasidan qaytib turub g‘azot qilg‘on yigitga o‘xshashdur».
Maoz ibn Jabal roziyallohu anhu aytur: «Qiyomat kuni ahli jannat hech nimarsaga hasrat tortmaslar. Magar bir soatkim bu olamda Haq taolog‘a zikr etmay o‘tubdur, aning uchun hasrat tortarlar».

   Haqiqatan zikrning darajalari bordur.

   Avvalgi daraja ulki, zikr faqat tilda aytilur. G’ofil bo‘lib, dilga asari za’if bo‘lur va lekin asardin xoli ham bo‘lmas. Bas, Haqtaoloning zikri ila mashg‘ul bo‘lgan tilning darajasi behuda so‘zga mashg‘ul bo‘lgan va sukutdagi, ya’ni xomush turgan tildan ziyodadur.
Ikkinchi daraja ulkim, zikr dilda ham aytilur va lekin dilda mutammakkin (muqim) va barqaror bo‘lmas. Ammo takalluf birla dilni zikrg‘a mashg‘ul qilg‘ali bo‘lur. Toki jaxd va takalluf qilmag‘uncha dil g‘aflat va nafs xayoliga mashg‘ul bo‘lg‘usidir.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 13:23:42
   Uchinchi daraja ulki, zikr dilda barqaror va mustavliy (sobit) bo‘lur, andog‘kim, takalluf birla dilni yana bir ishg‘a mashg‘ul qilg‘ali bo‘lur.

   To‘rtinchi daraja ulki, Haq taolo dilg‘a doimiy barqaror va mutammakkin bo‘lur. Zikrg‘a o‘rin qolmas. Va mazkuri Haq subhonahu va taolodur.

   Bas, Mazkurni (zikr etiluvchi Haqtaoloni) do‘st tutish bilan zikrni do‘st tutish orasida chandon tafovut bordir. Balki kamol uldurki, Mazkurga mashg‘ul bo‘lmoq birla zikr ko‘ngildan tamoman bartaraf bo‘lg‘ay.

   Zikr arabiy yo forsiy bo‘lur. Har ikkisi xayoli nafsidan xoli bo‘lmas. Va asli zikr uldurki, dil forsiy va arabiydan, balki hamma nimarsadan xoli bo‘lg‘ay Mazkur va matlubdin o‘zga hech nimarsa dilga sig‘magaykim, muhabbati mufrit (juda jo‘shqin ishq)ning natijasi ushbudur, Ani ishq atalur. Va oshiqi sodiq ma’shug‘idan o‘zga hamma nimarsani, balki ma’shuqining ismini ham unutar. Chunonchi, amir Navoiy shu mazmunni bu baytda ado qilibdurlar (tarjimon izohi): Chu bo‘ldum ishq aro foniy hadisin so‘rmangiz mendan, Ki qolmas zikri zokir, bo‘lsa mazkurida mustahlak. («Navodur-ush shabob»dan.)

   Vaqtiki, oshiq bu tariqa mustag‘raq (g‘arq) bo‘lib, Haq taolodan o‘zgani unutsa, tasavvuf (so‘fiylik) yo‘lining avvalig‘a yetganidur. Bu holatni so‘fiylar tasavvuf avvali atarlar va martabai fano derlar. Ya’ni, solik bu martabada o‘zini va Haq taoloning zikrini unutar. Chunonchi, Haq taoloning chandon olami bordurki, bizlar aningdan hech xabarimiz yo‘qtur.

   Abadiy olamni ba’zilar «yo‘q» demagining sababi bor, charoki ular ul olamdan ogoh emaslar. O’zlari bilgan olamni bilurlar. Bas, odam Haq taolodan o‘zga xamma nimarsani, balki o‘zini ham unutsa, osmonu zamin, har nimag‘a qarag‘anda Haq taolodan o‘zga hech narsani ko‘rmas. Bu vaqti ayturki, Hamma Udir, ya’ni Haq taolodan o‘zga hech ma’bud yo‘qtur. Vaqtiki bu martabaga yetsa, Haq taolo bilan solikning orasidagi ikkilik ketar va yagonalik hosil bo‘lur. Va bu martaba tavhid olamidur. Vaxdoniyatning avvalidur. Ya’ni ikkilik oradan ketar. Haqtaolodan yiroq va yaqinliqdan ogoh bo‘lmas. Judolikni ul kishi bilurkim. ikkilik orada bo‘lsa. Foniy esa o‘zidan xabarsizdur. Va Xdq taolodan o‘zga hech nimani tanimas. Bas, judolikni na bilgusidir?
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 13:25:21
   Vaqtiki, inson bu darajaga yetsa, malakut (farishtalar) olami anga kashf bo‘lur.

   Payg‘ambarlar arvohlari va farishtalar yaxshi suratlar birla anga ko‘rinurlar. Va hazrati Ilohiyatga yaqinlik paydo bo‘lur. Ahvoli aziym paydo bo‘lurki, hech bir iboratg‘a (so‘zg‘a) sig‘mas. Vaqtiki, bu inson o‘ziga kelib, olam ishlaridin ogohbo‘lsa, ul holatning shavqi g‘olib bo‘lib, dunyo ichidagi hamma narsa va xaloyiqning qilur ishlari anga noxush ko‘rinur. Dunyo ishlarig‘a mashg‘ul bo‘lg‘ondin taajjub qilur va xaloyiq bu davlatdan maqrum qolg‘oniga marhamat nazari birla qarar.

   Va xaloyiq ham bu kishining holiga kulurlar. Va ayturlarki, dunyo ishig‘a nima uchun mashg‘ul bo‘lmas. Gumon qilurki, majnundir va yo savdoyidur. Bas, agar inson bu martabai foniyga yetmabdur, bu ahvoli kashflar anga zohir bo‘lmabdur. Va lekin zikr ang‘a g‘olib bo‘lsa, bu martaba ham saodat kimyosidur.

   Vaqtiki zikr g‘olib bo‘lsa, otashi muhabbatni ziyoda qilur. To ul martabag‘a yetarki, hamma mavjudotdan Haq subhonahu va taoloni do‘stroq tutar. Vosili saodat ushbudurki, oqibat o‘lmoq birla Haq taoloning dargohidurkim, jamoli bokamoli ilohiyning ishqi lazzatiga g‘arqbo‘lg‘usidur. Ul kishiki, dunyoni do‘st va mahbub tutibdur, o‘lgandin keyin aning dardu firoqi dunyoning ishqu muhabbatining miqdorig‘a boqib bo‘lur. Andog‘kim, «Unvoni musulmoniy»da bayon qildim. Bas, agar inson to‘la zikr etmoq birla so‘fiylarga kashf bo‘lg‘on holat ro‘y bermasa, noumid bo‘lg‘ayki, oxirat saodati faqat Haqqa yetishganlarga emas, barcha intilganlarga nasib etgay. Vaqtiki, inson zikr nuri bilan orasta bo‘lsa, kamoli saodatg‘a muhayyo bo‘lur. Bu olamda paydo bo‘lmagan holatlar o‘lgandin keyin paydo bo‘lg‘usidur. Bo‘lg‘aykim, hamisha zikr aytmoqbirla dilig‘a Haqtaoloni yaqin qilgay. Va hech vaqtda g‘ofil bo‘lmag‘ayki, zikr davomi hazrati Ilohiyatning malakut olamidur, ajoyibotlar kalitidur.

   Ushbu ma’noda rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Kim jannat bog‘chalarini ko‘rmoqni xohlasa, Haq taolog‘a to‘la zikr aytgay».

   Bas, bu ishoratlar bilan ma’lum bo‘ldiki, hamma ibodatlarning mag‘zi zikrdir. Zikr haqiqati uldurki, amru nahiy ishlarida dastgirlik qilg‘ay. Chunonchi, gunoh va ma’siyat vaqtida Haq taoloni to‘la yod qilib, o‘zini gunoxdin to‘xtatgay. Va ibodat vaqtida farmon bajo kelturgay. Agar zikr aytquchi bu martabada bo‘lmasa, so‘z zikrig‘a mag‘rur bo‘lg‘onidur. Haqiqat zikridan nasiba topmabdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 13:27:46
FASL
Tahlil va tasbih, tamjid va istig‘for bayonida

   Taxlil va tasbih, tamjid (Alloh taoloni ulug‘lash) va salavot va istig‘for fazilatlari bayonida rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, qiyomat kuni bandaning hamma yaxshi amallarini bir taroziga solurlar. Faqat kalimai «Lo iloha illallohu Muhammadur rasululloh»ni tarozuga solmaslar, Ani uchunkim, yetti osmonu zamin va bular ichidagi hamma mavjudotni tarozuga solsalar, hammasidin bu kalimai sharif og‘ir kelur. Rasul alayhissalom aytibdurlarki, «Lo iloha illallohu» deguchi agar sidqi dil birla bu kalimani aygsa, yengilroq gunoh qilg‘an bo‘lsa, hammasini bu kalima shafoat qilur. Rasul alayhissalom aytibdurlar, Kim «Lo iloha illallohu, vahdahu, lo sharika laxu, lahul mulku va lahul hamd, yuhyi va yumitu va huva xayyun, lo yamutu biyadihil xayri va huva ala kulli shay’in qodiyr» kalimasini har kuni yuz marotaba o‘qisa, o‘n qulni ozod qilg‘onning savobini topg‘ay. Yuz yaxshi amalni aning nomai a’molig‘a bitgaylar. Yuz yomon amalni aning nomai a’molidin o‘chirgaylar. Bu kalima iymonni shaytondan sakdagay. «Sahih»i Buxoriy»da borki, «Kim bu kalimani aytsa, hazrati Ismoil alayhissalomning avlodidin to‘rt qulni ozod qilg‘onning savobini topg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kimki yuz marotaba «Subhonaollohu va bihamdihi» desa, Alloh hamma yengil gunohlarini afu qilur. Kishi har farz namozdin keyin o‘ttiz uch marotaba «Subhonalloh», o‘ttiz uch marotaba «Alhamdulilloh», o‘ttiz uch marotaba «Allohu akbar» deb, oxirida «Lo iloha illallohu vahdahu lo sharika lahu lahul mulku va lahul hamd yuhyi va yumiytu va huva hayyun lo yamutu biyadihil xayru va huva ala kulli shay’in qodiyr» kalimasini o‘n marotaba o‘qisa, hamma gunoxlarini mag‘firat qilur.

   Rivoyat qilibdurlar, bir kishi hazrati Rasul alayhissalomga arz qildi: «Yo rasululloh! Dunyo mendan yuz o‘giribdur. Tangdast va darveshga o‘xshabdurman. Tadbiri nadur?» Rasul akram s.a.v. aytdilarki, «Saloti maloika va tasbehi xaloyiqni eshitmadingmu, rizqu ro‘z ul tasbehning barakoti birladur». Ul kishi so‘radi: «Yo, rasululloq! Ul tasbeh qaysidur?» Rasul alayhissalom aytdilar: «Subhonallohu va bihamdihi subhonallohu aziym va bihamdihi, astag‘firulloh». Har kuni bomdod namozining sunnatidin keyin bu tasbehni yuz marotaba aytgil. Xoqlaganingcha dunyo berur. Agar dunyo talab qilmasang, Haq taolo har kalimasidan bir farishta xalq qilur. To qiyomatgacha tasbeh ayturlar, savobi senga bo‘lur. Rasul alayhissalom aytibdur: «Xaloslik ushbudurki, «Subhonallohu valhamdulillohu va lo iloha illallohu vallohu akbar». Xudo azza va jallaning dargohida hammadin do‘stroq ushbu to‘rt kalimadur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 13:29:37
   Va aytibdurlarki, bu kalimani osmonu zamin ichidagi hamma nimarsadan do‘stroq tutarmiz. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Ul kalimakim, tilg‘a yengildur, tarozumiz uchun og‘ir, hazrati Rahmon dargohida mahbubroqdur: «Subhonallohi va bihamdihi, astag‘firulloh!»

   Sahobai fuqarolar arz qildilarki, «Yo, rasululloh! Boy, badavlat sahobalar oxiratlik savobini hammasini olurlar, ular bizlar qilgan ibodatlarni ham qiladur va sadaqa bermak birla bizdan ko‘proq savob topadur, to‘g‘rimi?» Rasul alayhissalom aytdilarki: «Sizlar darveshlik sababidan aytgan har tasbeh va tahlil va takbiringlar sadaqadur. Har amri ma’ruf va nahiy, munkarni bajo keltursanglar, sadaqadur. Agar ahli ayolinglar og‘zig‘a luqma solsanglar ham sadaqadur».

   Bilgilki, tasbex va taxdil, tamjid savobi darveshlar x.aqida ziyoda bo‘lmoqg‘a sabab bo‘lurki, darveshlar dili mol-Dunyo zulmatidan qora bo‘lmas. Sof, ravshandir. Har tasbehkim, sof ko‘ngil birla aytilur, ul donag‘a o‘xsharkim, pok va solih yerga tushgay, samarasi albatta ziyoda bo‘lur. Ammo dunyoning lazzati va shahvatiga oluda (bulg‘onch) bo‘lgan ko‘ngildan aytilgan 1'asbih sho‘r yerga tushgan uruqqa o‘xsharkim, hosili kam bo‘lur.

   Sahih naqldurkim, hazrat rasululloh s.a.v. bir kuni hujrai muborakdan shodmon va xuromon, muborak chehralari shodliq asaridan oftobdek duraxshon chiqib kelib, aytdilarki, «Ey, sahobalarim! Birodarim Jabroil alayhissalom kelib erdi. Dediki, Haq taolo aytur, ummatlaringdan har kishi menga bir marotaba durud (maqtov, duoi salom) aytsa, men anga o‘n marotaba rahmat yubormakka kifoyat qilmasmen. Va har kishi Menga bir salom yuborsa, men anga o‘n salom yubormak birla to‘xtamasmen».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 13:32:33
   Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishiki menga durud aytsa, hamma farishtalar anga durud ayturlar. Xoh ko‘p aytsin, xoh kam. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Menga yaqinroq va yaxshiroq kishi uldurki, menga durudni ko‘p aytgay, nomai a’moliga o‘n savob bitilur. Va o‘n ma’siyatni o‘chirurlar».

   Va yana rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim, safhaga durud bitsa, (modomiki, ul durud safhada bordur) farishtalar ul kishiga istig‘for ayturlar. Istig‘for fazilati haqida ibn Mas’ud roziyallohu anhu ayturkim, Qur’onda ikki oyatdurkim, har gunohkor bu oyatni o‘qib mag‘firat talab qilsa. Haq taolo ul kishining gunohini mag‘firat qilur:

   «Vallaziyna izo faaluu fohishatan av zalamuu anfusahum zikrulloha fastag‘faruu li zunubihim. Va man yag‘firuz-zunuba illallohu va lam yusirruu ala mo faaluu va hum yalamuna. Uloika jazouhum mag‘firatun min rabbihim va jannatun tajriy min tahtihal-anhoru xolidiyna fiyho. Va ne’ma-ajrul omiliyn». (Oli Imron, 135-136).

   Mazmuni: (U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki qandaydir gunoh ish qilish bilan o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Ollohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan - har qanday gunohni yolg‘iz Ollohgina mag‘firat qilur, deb bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardur. Ularning mukofotlari Parvardigorlari tomonidan mag‘firat va taglaridan daryolar oqib turuvchi jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar. Yaxshilik qilg‘uvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!»

   «Va mo arsalno min rasulin illo li yutoa’ bi-izni allohi va lav annahum iz zalamuu anfusahum jauuka fastag‘farul-loha vastag‘fara lahumurrasulu la vajadulloha tavvoban rahiyman». (Niso, 64).

   Mazmuni: Va alar vaqtiki o‘z jonlarig‘a zulm qilib erdilar, Sizning huzuringizg‘a kelib Alloh taolodan mag‘firat talab qilsalar erdi va rasul ham alar uchun mag‘firat tilasalar albatta alar Alloh taoloni kechirguvchi va rahm qilg‘uvchi (sifatida) topur edilar. (Sayyid Mahmud Tiroziy - Oltinxon to‘ra tavzixidan olindi).

   «Va man ya’mal suuan av yazlim nafsahu summa yastag‘firilloha yajidilloha g‘afuran rahiyman». (Niso, 110). Mazmuni: Va kishiki, bir yomon ishni qilur yo o‘z joniga, zulm qilur, keyin Allox taolodan mag‘firat talab qilsa, ul odam Olloh taoloni mag‘firatlik, mehribon topar. (Oltinxon to‘ra izohidan).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 13:36:00
   Haq subhonahu va taolo rasul sallalloqu alayhi va sallamga tavba va istig‘forni ko‘p aytmoqg‘a farmon qilgan.

   Kavluxu taolo:

  «Fasabbih bihamdi rabbika vastag‘firhu, innahu kona tavvoba». (Nasr, 3).

  Mazmuni: Darhol Parvardigoringizga hamd aytish bilan (U zotni har qanday «sherik»lardan pok deng) va u zotdan mag‘firat so‘rang! Zero, u tavbalarni qabul qilg‘uvchidir.

   Ushbu sababdan rasululloh ushbu kalimani ko‘p aytur erdilar: «Subhonaka allohumma va bixamdika, alloqumma mag‘firliy innaka antat-tavvobur rahiym».

   Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kim istig‘forni ko‘p aytsa, hamma anduh va tanglikdin xalos bo‘lur. Ko‘ngliga kelmagan yerdan rizq-nasiba yetar». Yana aytibdurlar: «Har kuni yetmish marotaba tavba va istig‘for qilurmen».

   Bas, rasuli akram s.a.v. bu tariqa zikr qilsalar, o‘zga ummatlar hech vaqtda tavba va istig‘fordan g‘ofil bo‘lishi munosib emasdur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: uch marotaba bu istig‘forni o‘qisalar:

   «Astag‘firulloh allaziy lo iloha illo huva hayyul qayyum» Desalar, hamma gunoxlaridan qaytsalar mag‘firat qilur».

   Yana Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Har banda tahoratni toza qilib, ikki rakaat namoz o‘tab istig‘for qilsa, Haq taolo uning gunohini mag‘firat qilay».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 13:37:55
FASL
Istig‘for fazilati va duo odobi bayonida

   Bilgilki, zoriy va tazarru’ birla duo qilmoq ibodat jumlasidandur. Rasul alayhissalom aytibdurlarki: «Duo-ibodatning mag‘zidur». Bu vajhdinki, ibodatdan maqsad Haq taolodan yordam tilamoqdur. Bas, tilak ul vaqtda isbot bo‘lurki, o‘zini band&vdk va shikastalik birla Xudo azza va jallaning azimati va jalolatini duo qilmoqda mulohaza qilg‘ay va bilgayki, duo qancha tavba tazarru’ bilan bo‘lmog‘i yaxshiroqdur. Duo qilishda sakkiz odobga rioya qilg‘ay. Avvalg‘i odob - sharif vaqtlarda duo qilg‘ay. Chunonchi, arafa kuni va odina (juma) kuni va mohi ramazonda va sahar vaqtida va yarim kechada.

   Ikkinchi odob ulki, sharif ahvollarda duo qilg‘ay. Chunonchi, g‘oziylar jangga saf tortg‘on vaqtda va jangdin qaytg‘on vaqtda va farz namoz vaqtida. Xabarda kelibdurki, bu vaqtlarda osmonning eshiklari ochiq turar. Va azon va takbirning orasida va ko‘ngil yumshagan vaqtda duo qilg‘aykim, ul vaqtda rahmat eshigining ochyqlig‘ig‘a dalillar bor.
   
   Uchinchi odob - duoda har ikki qo‘lini ko‘tarib turgay. Va duo tamom bo‘lg‘onda ikki kaftini yuzaga surgay. Xabarda kelibdur, Haq taolo karimdurkim, o‘z dargohiga talab-tilak birla ko‘tarilgan qo‘lni quruq qaytarmas. Rasul alayhissalom aytibdurlarki, «Kim duo qilsa, bu uch ishdin xoli qolmas, yo gunohi mag‘firat bo‘lur, yo alhol maqsudig‘a yetur, yo keladurg‘on zamonda duosi ijobat bo‘lur».

   To‘rtinchi odob - duoni taraddud bilan (rad etilishini o‘ylab emas), balki ijobat bo‘lmog‘iga ishonch bilan qilg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar:

   «Afvullohi va antum muqminun bil-ijobati» Ya’ni, hojat talab qilinglar Alloh taolodan hojatning ravosiga ishongan holatda.

   Beshinchi odob - duoni zoriy va tazarru’ va shikastaliq birla qilg‘ay. Xabarda kelibdurki, g‘ofil ko‘ngil birla qilingan duo ijobat bo‘lmas.

   Oltinchi odob - shiddat va takror birla qilg‘ay. Va aytmag‘aykim, duo qildim, ijobat bo‘lmadi. Bas, duoning ijobat vaqtini Haq subhonahu va taolo bilgusidur.

   Vaqtiki, duosi ijobat bo‘lsa, bu duoni o‘qig‘ay: «Alhamdulilloh allazi bi-ne’ma yatimul-hojat» Agar ijobat kechiksa, «.Alhamdu lillohi ala kulli hol» degay.   
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 13:40:15
   Yettinchi odob ulki, duoning avvalida payg‘ambar alayhissalomga durud va tasbeh aytg‘ay. Rasul alayhissalom duoning avvalida «Subhona rabbiyal aliyul a’lal vahhob» der edilar. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim, duo qilmoqni xoxlasa avval durud aytgaykim, durud birla insholloh, ijobat bo‘lur». Va Xudoyi taolo andin karimrokdurki, ikki duoning birini ijobat qilib, birini rad qilmas.

   Sakkizinchi odob - duo qilurda o‘zining jami’i gunohlarig‘a tavba qilg‘ay. Dilini batamom Haq taolog‘a mutavajjih qilg‘ay. Aksar duolarkim, rad bo‘lubdur, dilning g‘aflatlig‘i, zulmat va mas’iyatdan bo‘libdur.

   Ka’bul Ahbor roziyallohu anhu aytur: «Bani Isroil orasida qahatchilik voqe’ bo‘ldi. Hazrati Muso alayhissalom hamma ummatlari birla uch navbat namozi istisqo o‘qidilar (yog‘in tilab duo qilish). Namoz ijobat bo‘lmadi. Muso alayhissalom munojot qildilar, vahiy keldiki, orangizlarda suxanchin, ya’ni so‘ztashiydurgan chaqimchi kishi bordur. To ul tavba qilmaguncha ijobat qilmasmen. Muso alayhissalom aytdilarki, ey bor Xudoyo, ul kimdur? Tokim xalq orasidan quvlab chiqarg‘aymen. Haq taolo aytdiki, suxanchinlikdin man’ qilurmen, o‘zum nechuk suxanchilik qilurmen? Bas, Muso alayhissalom boshlab hammalari suxanchilikka tavba qildilar, shundan so‘ng yomg‘ir yog‘a boshladi».

   Moliki Dinor aytur, bani Isroil orasida qahatchilik paydo bo‘ldi. Borxo (takror-takror) namozi istisqo o‘tadilar. Yomg‘ir yog‘madi. Ul vaqtning payg‘ambarig‘a vahiy keldiki,
«Aytg‘il, dilinglar nopok, haromdan to‘la bo‘lgan qursoqinglar birla va xuni nohaqqa oluda bo‘lg‘on qo‘linglar birla duo qildinglar. Ul sababdan sizlarg‘a g‘azabim ziyoda bo‘ldi. Va mendin yiroq bo‘linglar».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 13:43:25
FASL
Duoi ma’sura (go‘zal duolar) bayonida

   Bilgilki, duoi ma’sura bisyordurur. Rasuli akram alayhissalom o‘zlari o‘qigan va kishig‘a o‘qimoqg‘a farmon qilgan duolar, duoyi ma’suradur. Bas, bu duolarni erta va oqshom namozlaridin keyin va boshqa vaqtlarda o‘qimoq sunnatdur. Duolarning aksarini «Ihyoul ulum» kitobimda jam’ qildim. Va necha xosiyatlik duolarni «Bidoyat ul hidoya» otlig‘ kitobimda keltirdim. Agar kishi xohlasa ul kitoblardan yod olg‘aykim, ul duolarni bu kitobda bitmak uzoqg‘a tortadur. Va nechand duolarkim, sunnatdur va xalq orasida ham unchalik mashhur emasdir, ul duolarni bu kitobda keltirdim, tokim, ul duolarni yod olib, ma’nosin fahm qilib, har birini o‘z vaqtida amalga kelturgaylar, Banda hech vaqtda Xaq taologa zoriy va tazarru’dan xoli bo‘lmag‘ay. Vaqtiki odam o‘z uyidin chiqsa, bu duoni o‘qig‘ay:

   «Bismillohi tavakkaltu alalloh. Allohumma inniy a’uzubika an azilla av uzalla, av azilla, av azalla, av azlima av uzlama av ajhala av yujhala alayya».
(Abu Dovud, at-Termiziy, an-Nasoiy «Sahih»laridan.)

   Ya’ni: «Parvardigoro, hazratingni ismi shariflari birla panoh tilaydurmen, kishini xor ko‘rmagimdan va kishi mani xor ko‘rmagidan va kishig‘a zulm qilmog‘imdan va kishi menga zulm qilmog‘idan va men kishini nodon xo‘rmagimdan va kishi mani nodon ko‘rmagidan ul Xudoning ismi birlakim, bu olamga mo‘‘min va kofirga ne’mat berguvchi, oxiratda mo‘‘minning gunohidin o‘tkuvchidur. Toat qilmoqga quvvat va gunohdan o‘zimni to‘xtatmoqg‘a qudratim yo‘qdur, magar Xaq taoloning inoyati birla, tavakkal qildim Alloh taologa».

   Vaqtiki, masjidga kirsa, bu duoni o‘qig‘ay:

   «Alloxumma salli ala Muhammadin va ala Oli Muhammad va borik va sallim alayhim. Alloxummag‘firliy zunubiy vaftahliy abvoba rahmatika».

   Ya’ni: Ey, bori Xudoyo, rahmating gavharini Muhammad alayhissalomga va ularning oilasi va ashoblariga nisor aylagil.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 13:45:42
   Yamin va barakat lutfu-raxmatingni ato qilg‘il ularning hammalariga. Ey bori Xudoyo, mag‘firat qil gunohlarimizni va ochg‘il bizga rahmating eshigini.

   Va masjidga kirishda o‘ng oyog‘ini ilgari qo‘yg‘ay. Va masjidda o‘tirib parokanda so‘z sodir bo‘lsa, bu duoni o‘qisa kaforat bo‘lur:

  «Subhonakallohumma va bihamdika ashhadu anlo iloha illa anta astag‘firuka va atubu ilayka amalti su’an va zallamtu nafsi fag‘firliy fainnahu lo yag‘firuz-zunuba illo anta».

   Ya’ni: Poklik birla yod qilurmen seni ey bor Xudoyo va senga hamd aytmoq birla guvohlik berurmanki, ibodat qilishga sazovor o‘zingdan boshqa iloh yo‘qtur. Va mag‘firat talab qilurman sendan va tavba qildim hamma gunoxlarimga. Va sening dargohingga qaytdim va avval yomon amallarni qilib, o‘z nafsimga zulm qildim. Bas, mag‘firat qilg‘il mani, shon (martaba) va qol ushbudurkim, sendin o‘zga gunoqni mag‘firat qilg‘uvchi hech zot yo‘qtur.

   «La iloha illallohu, vahdahu lo sharika lah, lahul mulku va lahul hamd, yuhyi va yumiytu va huva hayyun lo yamutu biyadihil xayru va huva ala kulli sha’yin qodiyr».
(«Muxtasar iymon» kalimasi.)

   Ya’ni: Alloq taolodan o‘zga Alloh yo‘qtur, Alloh yagonadir, hech sherigi yo‘qtur. Hamma olam Haq taoloning mulki va hamdlar Haq taologa xosdur. Tirguzuvchi ham, o‘ldiruvchi ham o‘zi. Hamisha tirikdurki, hargiz o‘lmas. Va Hamma yaxshiliq aning qudrati ilgidadur. Hamma ishlarga qodirdurkim, har na xoxlasa qilg‘uvchidir.

   Vaqtiki, yangi kiyim kiysa bu duoni o‘qig‘ay: «Ey, bori Xudoyo! Ato qilding va kiydirding bu kiyimni, sipos va sitoyish (maqtov va shukrimiz) sengadur.

   Va talab qilurman xayr va barokotni, bu kiyim birla yaxshi amal qilmoqni va panoh tilaydurmen ani sharridin va ani birla yomon amal qilmoqdin».
Yangi oyni ko‘rganda bu duoni o‘qigay:

   «Ollohumma ahhil alayno bil-amni val-amon va as-salomata val-islom».
   Ey bor, Xudoyo, ato qilg‘il bizlarga amin va omonliq, salomatliq va islomni.
Vaqtiki shamol va bo‘ron tursa, bu duoni o‘qig‘ay:

   «Ollohumma an as’ala xayri hazihi ar-riyhi va xayri mo fiho va xayri mo arsalta bihi va nauzibillohi min sharriho va min sharri mo fiho va sharri mo arsalta bih».

   Ey, bor Xudoyo! Tilaydurman sendan bu shamolning yaxshiligini va ul shamoldagi nimarsalarning yaxshiligini va panoh tilaydurman Alloh taoloning inoyati (yordami) birla ul shamolning sharridan va aning birla yuborgan nimarsalarning sharridan.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 13:48:42
   Vaqtiki o‘lumning xabarini eshitsa, bu duoni o‘qig‘ay:

   «Subhonallazi lo yamut abadan innalillahi va inna ilayhi rojiun».

   Poklik birla yod qilurman ul Xudoyimniki, hamisha tirikdur. Hargiz o‘lmak, aning sha’nida yo‘qdur. Bizlar Alloh taoloning bandasidurmiz, dargohiga qaytguvchidurmiz.
Vaqtiki sadaqa bersa, bu duoni o‘qig‘ay:

   «Rabbano taqabbal minno sodaqatana innaka antas sami’ul aliym».

   Parvardigoro, qabul qilg‘il bizlardan bu sadaqani, Sen bandalarning holini bilguvchi dono va eshitguvchisan.

   Vaqtiki tanaga zarar va ziyon yetsa, bu duoni o‘qig‘ay:

   «Rabbano an tabdalno xayri amniho lano ila rabbano rog‘ibun».

   Umiddurkim, parvardigorim tabdil (o‘zgartish) qilg‘ay va yetkurgay bizlarni bundan yaxshiroq holg‘a, bizlar parvardigorimning iroda va qazosiga rog‘ib(moyil)durmiz.
Vaqtiki bir ishni boshlamoqchi bo‘lsa, bu oyatni o‘qigay:

   «Robbano otino min ladunka rahmatan va hayyi lano min amrino roshidan». (Kahf, 10).

   Oyatning tafsiri ulki, parvardigoro, ato qilg‘il bizlarga lutfu in’oming xazinasidin rahmatni va bergin hamma ishlarimizda rushdu hidoyatni.
Vaqtiki osmonga qarasa, bu duoni o‘qigay:

   «Rabbano mo xalaqta haza botilan subhanaka fa qino azoban-nor». (Oli Imron, 191).

   Yana bu duoni o‘qigay:

   «Taborakallaziy ja’ala fis-samoi burujan va jaala fiyho sirojan va qamaran muniran». (Furqon, 61).

   Oyatlarning tafsiri ulki, parvardigoro xalq qilmading osmonni botil va bex^daga, balki aningda chandon hikmatlar bordur. Poklik birla yod qilurmen seni. Bas, saqlag‘il bizlarni do‘zax azobidan. Xudoyimning ismat (poklik, begunohlik) va ulug‘ligini yod qilurman. Xalq qildi osmonda nechand burjlarni va ul osmonda bandalarning hojati uchun oftobni chirog‘ qildi va oy sham’ini so‘zonu furo‘zon (yolqinli va ravshan) qildi.
Vaqtiki ra’d (momaqaldiroq) ovozini eshitsa, bu oyatni o‘qig‘ay:

   «Yusabbihur - ra’du bihamdihi val maloikatu min xiyfatihi».

   Tafsiri ulki, pokligini yod qilurman Xudoyimning, tasbeh etadur ra’d anga hamd aytmoq birla va tasbeh etadur farishtalar aning g‘azabidin qo‘rqib.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 13:50:22
   Vaqtiki soiqa (yashin) bo‘lsa, bu duoni o‘qig‘ay:

   «Ollohumma, lo taqtulno bi g‘azabika va lo tahlakno bi azabika va ofino ba’da zolika».

   Mazmuni: «Ey, bor Xudoyo, o‘ldirmagil bizlarni g‘azabing birla va halok qilmag‘il bizlarni azobing birla va saqlag‘il bizlarni azobingdan mundin keyin ham».
Vaqtiki qor, yomg‘ur yog‘sa bu duoni o‘qig‘ay:

   «Ollohumma, ja’alhu saqiyan va haniyan nofi’an va ja’alxu sababi rahmatika va lo taj’al sababi azobika».

   Ey, bori Xudoyo! qilg‘il, bu yomg‘ur suvini obi xushguvor (ichishga lazzatli, qilg‘il). Yomg‘ur bulutini naf’ qilg‘uchi va ul yomg‘ur sababila bandalaringga rahmat qilg‘il. Va ani bizga azob sababidan qilmagil.
Vaqtiki odamning g‘azabi kelsa bu duoni o‘qigay:

   «Ollohummag‘firliy zunubiy va azhib g‘ayza qalbiy va ajirniy min ash shaytonir-rajiym».

   Ya’ni, Ey bor Xudoyo! Mag‘firat qilg‘il mani gunohimni va chiqarg‘il ko‘ngildan g‘azabni va xalos qilqil mani shayton rajiym sharridan.
Vaqtiki qo‘rqinch vaqtda bu duoni o‘qig‘ay:

   «Ollohumma ana auzubika min fujurihim va auzubika min sharrihim».

   Ey, bori Xudoyo! Sig‘inurman, sening lutfu karamingga ularning tabohi (buzuq) va yolg‘on ishlaridan va panoh tilayman sening rahmating birla ularning yomonliklaridan.
Vaqtiki bir uzni (a’zosi) og‘risa, qo‘lini ul og‘rigan yerga qo‘yib, uch marotaba bismilloh degay va yetti marta bu duoni o‘qig‘ay:

  «Auzu billohi va qudrata min sharri mo ajada va mo ijozi».

   Ya’ni, Ey, bor Xudoyo! Tilaydurman lutf va qudrating panohini menga yetgan ranj va alam jarohati va sitamidan.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 13:55:36
   Vaqtiki kishiga g‘am-anduh yetsa bu duoni o‘qig‘ay:

   «Lo iloha illallohul-o’liyul-aziym, lo iloha illallohu rabbul-arshil-aziym, lo iloha illallohu rabbis-samovotis-sab’i va rabbul-arshil-karim».

   Yo‘qdur, Xudodan boshqa hech (topinishga) sazovor zot, faqat Alloh taolo hammadan baland va ulug‘dur. Va yo‘kdur Xudodan boshqa sig‘inishga sazovor zot, faqat Alloh taolo, Arshning parvardigoridur. Va yo‘kdur Xudodan boshqa ibodatga sazovor, faqat Alloh taoloki, yetti osmon Arshi, buyuklik va yuksaklik podshohidur.
Vaqtiki bir tashvishga giriftor bo‘lsa, bu duoni o‘qig‘ay:

  «Ey, bor Xudoyo! Man bandangdurman. Otam va onam sening bandangdur. Ixtiyorim jilovi qudrating qo‘l ostidadur. Hukm va farmoningni tutquvchi, qazo va irodatingga bo‘yunsinguvchidurman. Talab qilurman sendan hamma ismlaring hurmati birla, atabsan ul ismlar birla o‘z nafsingni va nozil qilibsan ul ismlarni bandalaringg‘a yo ul ismni g‘aybingda o‘zing bilursan. O’zgalar xabardor emasdur. Qur’onni ko‘nglumning bahori va badanimning shifosi qilg‘aysan va siynamni nur maskani qilgaysan va mehnatim zangiga, ham-anduhu kulfatimning g‘uborig‘a sayqal bergaysan». (Oltinxon to‘ra tafsiri).

   Vaqtiki uxlamoq uchun yotsa, bu duoni o‘qig‘ay: «Parvardigoro, Sening isming birla yonimni yerga qo‘ydim. Va Sening isming birla boshimni ko‘targayman. Bu nafsimni tamom qilg‘uvchi va kamolig‘a yetkuruvchi sendirsan. O’ldirmoq va tirguzmak faqat seng‘a xosdur. Bu olamda o‘zing hidoyat yo‘liga boshlagin va agar vafot qilsam, oxirat olamida mag‘firat qilg‘il, ishni solih bandalaring qatorida ya’ni, imon birla, saqlagil».
Vaqtiki uyqudan bedor bo‘lsa, bu duoni o‘qigay: «Hamdu sano ul Xudogaki, bizlarni o‘ldirgandan keyin tirgizuvchi va qiyomat kuni hamma mavjudotni tiriltirib jannat va do‘zaxg‘a yuborg‘uvchi Haq subhonahu va taolodur. Va hamma mulk Alloh taolonikidur. Ulug‘liq, podshohliq, izzat va qudrat Haq taoloning‘ xossasidur. Uyg‘oq bo‘ldim men subh vaqtida islom birla va kalimai ixlos birla va hazrati Muhammad alayhissalomning dini va hazrati Ibrohim halilulloh millati birla. Haqga moyilliq holatidaman va shirk keltirguvchilardan emasman».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 13:58:01
O’NINCHI ASL
Avrod (duo vazifalari) tartibi

   «Unvoni musulmoniy»da bayon qilg‘on so‘zlardan ma’lum va ayondurki, odamiy bu olamda g‘aribdur, zodi oxirat to‘plash , uchun bu olamga yuboribdurlar. Va ruh haqiqati Haq taolo dargohidin kelgandur.

   Yana ul makoni qudsga qaytgusidir. Bas, bu tijoratning sarmoyasi umrdurki, kundan-kunga nuqson va damdan-damga ziyondur. Kishi, har nafsidin ogoh va har amalni xolisan Alloh taolo uchun qilmasa, albatta ziyonkordur. Chunonchi, Haq taolo Qur’oni majidda xabar berur:

  «Val asri, innal insona lafiy husrin, illallaziyna omanuu va o’milus solihoti va tavasav bil-haqqi va tavasav bis-sabr». (Val asr).

   Oyatning tafsiri ulki: Qasamdur asr vaqtigaki, albatta inson ziyondadur. Faqat iymon keltirgan, yaxshi ishlarni qilgan odamlar bundan mustasnodir.

   Bas, umrning sarmoyasi hamisha o‘tkinchidur. Chunki odamiyni olur nafaslari Haq taoloning qadim ilmida sanog‘lidur. Bu xatarni bilgan odamlar har nafaslarini bir gavhar sanabdurlarki, aning birla saodati abadiyni mahkam ushlagan bo‘lur. Ushbu vajxdan hamma nafaslarini ogohliq birla Haq taoloning zikri va fikrida o‘tkaribdurlar. Va har nafas sarmoyasini oltin, kumush sarmoyasidan ziyoda bilibdurlar. Bas, kecha va kunduzning hamma vaqtlarini bir yaxshi amal va zikri tasbehga ta’yin qilibdurlar. Hech vaqtni g‘ofil o‘tkazmabdurlar va zoye’ qilmabdurlar, bilibdurlarki, saodati abadiyg‘a bu olamda Haq taoloning unsu muhabbati dilida g‘olib bo‘lg‘an odamlar yetg‘usidur.

   Bas, uns (do‘stlik) muhabbat, doimo zikr aytmoq va ma’rifat hosil qilmoq birla hosil bo‘lur. Va ma’rifat tafakkurdan o‘zga nimarsa birla hosil bo‘lmas. Bas, zikr va fikrg‘a mudovamat qilmoq saodat yo‘lidir.

  Dunyoni tark qilmoq va ma’siyat lazzatidin kechmak zikr va fikr farog‘atig‘a olib kelur. Davomli zikr aytmoq ikki tariqadur. Biri ulki, dilida hamisha Olloh der. Balki zikr aytmoqni hadisi nafas derlar. Balki hamisha Haq taoloning zoti qadimi mutolaasiga berilgan va sifoti va subuti mushohadasiga mustag‘raq bo‘lg‘ay. Va hech holda g‘aflatga yo‘l bermag‘ay. Bas, bu martaba nihoyati aziz va mushkuldur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:02:40
   Va har kishida toqat yo‘qturkim, dilni hamma holda bir sifat birla tutg‘ay. Ushbu sababdan avrodi muxtaliflar (turli virdlar, toat vazifalari) ta’yin qilibdurlar. Ba’zi virdlar tamomi jismi zohiriy birla, chunonchi namoz o‘tamak, ba’zisi til birla, chunonchi - o‘qimoq va tasbih aytmoq va ba’zisi dilga taallukdur. Chunonchi, tafakkur qilmoq. Toki, inson har zamon bir savob ishga mashg‘ul va har vaqt bir dardga omil bo‘lish birla oynai dilga g‘ubor, malomat va zang, kulfat yetkizmag‘ay.

   Bas, fazl uldurki, agarchi hamma vaqtlarini oxirat ishig‘a sarf qilolmasa ham, aksar vaqtini sarf qilg‘ay, toki qilg‘an yaxshi ishlari tarozuda og‘irroq bo‘lg‘ay.

   Bas, qiladigan yaxshi amallarini chin ixlos birla qilg‘ayki, ixlossiz qilingan amal foydasizdur. Bas, aksar vaqtlarni oxirat ishiga ixlos birla sarf qilg‘ay. Chunonchi Haq subhonahu va taolo xabar berur:

   «Fasbir, ala mo yaquluna va sabbih bihamdi rabbika qabla tului-sh-shamsi va qabla g‘urubiho va min a’no’i-l-layli fasabbih va atrafa-n-nahori la’allaka tarzo». (Taho, 130).

   Sabr-toqat qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga hamdu sano va ul zotni pok deb tasbih ayting, kechaning avvali va oxirida, kunduzning avvalgi va oxirgi taraflarida ham tasbih ayting va namoz o‘qing, shoyad xursand bo‘lursiz.

   Yana bir oyatda Alloh xabar berur, qavluhu taolo:

 «Vazkur isma rabbika bukratan va asiylan va minal-layli fa-sjud lahu va sabbihhu laylan taviylan». (Inson, 26-27).

   Yana kechaning bir qismida ham U zotga sajda qiling va tunda uzoq (bedor bo‘lib) U zotga tasbex. ayting (Alouddin Mansur tarjimasi).

   Va yana bir oyatda Alloh xabar berur, qavluhu taolo:

   «Konu qalilan min al-layli mo yahjauna. Va bil ashori hum yastag‘firuna». (Vaz Zoriyat, 17).

   Ular kechadan ozgina (fursatgina) ko‘z yumar edilar va saharlarda avval qilgan xatolari uchun mag‘firat so‘rar edilar.

   Bas, bu oyatlarning hammasida ham Haq subhonahu va taolo zikrig‘a mashg‘ul bo‘lmoqga ishorat, sidqu ixlos birla amal qilg‘uvchilar saodatiga bashoratdur. Toki kecha va kunduz soatlarini taqsim qilmag‘uncha bu virdlar-vazifalarni bajarish mumkin bo‘lmagay. Bu vajxdan ani bayon etmak lozimdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:05:30
FASL
Kunduzgi duolar bayonida

   Bilgilki, kunduzga besh virdni ta’yin qilibdurlar:

   Avvalg‘i vird subhdan to oftob chiqquncha. Bas, bu vaqt sharifdurki, Haq taolo bu vaqtni azimat va sharofatiga qasam qilibdur: Qavluhu taolo:

   «Val layli iza as’asa, va-s-subhi iza tanaffasa». (Takvir, 17-18).

   Kecha qorong‘uligi bilan va tong salqinligi bilan qasam qilurmanki...

   «Qul auzu bi-rabbil-falaq, min sharri mo xalaq...»

   Ayting ey Muhammad, men sig‘inurmen tongning parvardigori bo‘lmush Xudoi taologa va yaratgan narsalari yovuzligidan najot so‘rab Haqdan panoh tilayman.

   «Fa’liqul-asbahi ja’alal-layla sakanan va-sh-shamsa val-qamara husbanan-zalika pgaqdirul-azizil-alim». (A’nom, 96).

   Ya’ni: Ul zot zulmatni yorib, tongni chiqarguvchidir. U kechani sokin-orombaxsh qilib qo‘ydi. quyosh va oyni vaqt o‘lchovi qildi.Bu qudratli va dono zotning o‘lchovidir.
Bu vaqtlar har nafas ogoh bo‘lg‘ay. Va kiyim kiymakda zikr va duoga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Va kiyim kiymakdan murod, avratni yopishni va Haq taoloning farmonini bajarmoqni niyat qilgay. Va riyo va ru’unatdan hazar qilg‘ay.

   Vaqtiki, xalojog‘a kirsa, chap oyog‘ini ilgari qo‘yg‘ay. Va tahorat qilurda mazkur bo‘lg‘an duolarni o‘qig‘ay. Va namoz bomdodning sunnatini uyda o‘qib, masjidga chiqg‘aykim, rasul alayhissalom ushbu tariqada qilibdurlar.

   Sunnatdan keyin Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qilgan duoni o‘qigaykim, kitobi «Bidoyatul hidoyat»da keltirdim. Va masjidga borurda ohista yurgay. Va o‘ng oyog‘ini ilgari masjidga qo‘yg‘ay. Avvalgi safda o‘tirmoqni ahd qilg‘ay. Va muntaziri jamoat bo‘lib, tasbeh, tahlil va istig‘forga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Vaqtiki farzni ado qilsa, to oftob chiqquncha, ushbu tariqada o‘tirgay. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, oftob chiqquncha muroqaba qilib o‘tirish to‘rt qulni ozod qilmoq bilan tengdir.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:08:29
   Bas, bu vaqtda to‘rt nav’ ibodatga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Chunonchi, duo, tasbeh, Qur’on o‘qimoq va tafakkur qilmoq. Vaqtiki, salom bersa, duo birla boshlag‘ay. Va aytg‘aykim:
«Ollohumma, salli ala Muhammadin va ala oli Muhammad, ollohumma, antas-salom va minkas-salom, hayyino, rabbano, bis-salom va adhilno doras-salom taborakta rabbano taolayta yo zuljaloli val-ikrom».

   Andin keyin duoyi ma’suralarni (Qur’on va hadisdagi duolarni) o‘qigaykim, du’vot kitoblarida mazkurdir. Vaqtiki duodan forig‘ bo‘lsa, tasbeq va tahlilga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Har birini yuz marotaba aytgay. Va o‘n zikrki, fazilati xabarda sanoqsiz, kelibdur. Isnodini (roviylarini) zikr qilmoq uzoqg‘a tortadur. Avvalg‘i zikr: «Lo iloha illallohu vaxdahu lo sharika lah, lahul-mulku va lahul-hamd, yuhyi va yumiytu va huva hayyun lo yamut bi yadihil-hayru va huva ala kulli shay’in qodir va ilayhil masiyr.

   Ikkinchi zikr: «Lo iloha illallohu al-malikul haqqul-mubiyn».

   Uchinchi zikr: «Subhonalloqi valhamdu lillahi va lo iloha illallohu vallohu Akbar, lo havla va lo quvvata illo-billohil a’liyil-aziym».

   To‘rtinchi zikr: «Subhonallohi va bihamdihi, subhonallohil-aziym ».

   Beshinchi zikr: «Subbuhun quddusun, rabbuno va robbul-maloikati var-ruh».

   Oltinchi zikr: «Astag‘firullohal-aziym, allaziy lo iloha illa xuva l-hayyul-qayyum va atubi ilayh».

   Yettinchi zikr: «Yo Hayyu, yo Qayyum, bi-rahmatika astag‘iysu va lo li kulli ila nafsi tazqi’iyn va aslahu Soni’i kull».

   Sakkizinchi zikr: «Ollohumma lo mone’a li mo a’tayta va lo mu’tiyali mo min’ata va lo yanfau val-jaddi minkal-jad».

   To‘qqizinchi zikr: «Ollohumma salli ala Muhammadin va ala oli Muhammad».

   O’ninchi zikr: «Bismillohillazi lo yazirru maa ismiqi shay’un fil-arzi va fis-samoi va xuva as-Sami’ul-aliym».

   Bu o‘n kalimaning har birini aqalli o‘n marotaba yo qudrati yetguncha o‘qigay. Har birini fazilati va xosiyati o‘zga darajadur. Va har birida o‘zgacha uns va lazzati bordur. Shundan keyin Qur’on o‘qimoqga mashg‘ul bo‘lg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:11:37
   To‘liq Qur’onni yod bilmasa, «Oyatal Kursi» va «Omanar-rasul» va «Shahidallohu»,  «Quli llohumma molikul-mulk» va surai «Sabbaha» («Hadid»)ning avvalg‘i oyatlarini va surai «Hashr»ning oxirgi oyatlarini o‘qigay. Va agar Qur’on, duo va zikrg‘a doir nimarsalarni o‘qishni xoxlasa, hazrati Xizr alayhissalom hazrati Ibrohim Tamimiyga ta’lim bergan duoni o‘qig‘aykim, fazilati bisyor va xosiyati beshumordur. Bu duolarni isti’onati ashara (o‘n quvvat) va musabba’oti ashara (o‘n yettilik) atarlar: O’n duoki, har birini yetti marotabadin o‘qig‘ay. Chunonchi, Surai Fotiha va «Qul a’uzu birabbil falaq» va «Qul a’uzu birabin-nosi» va surai «Ixlos» («Qul huvallohu ahad»), surai «Qul yo ayyuhal kofiruna» va «Oyatal Kursi» (bu oltisi Qur’ondadur). Va -to‘rttasi zikrdur.Chunonchi «Subhonallohi valhamdulillohi va lo iloha illallohu vallohu akbar» va yana «Allohummag‘firliy vali-volidayya val ustoziyya val-muslimiyna val-muslimot, val-mo‘miniyna val-mo‘‘minot al axyai min hum val amvot innaka mujiybud da’avot, va rof’iu-d-darajot va munzilul barakot -va qoziyul-hojot, birahmatika yo arhamar-rohimiyn».

   Bu avrodning fazilati, martabasi hikoyati uzundurki, kitobi «Ihyo-ul ulum»da keltirdim. Vaqtiki obid, bulardan forig‘ bo‘lsa, tafakkurg‘a mashg‘ul bo‘lg‘aykim, tafakkurning odobi va tariqini kitob oxirida bayon qilg‘umdur. Ammo onchakim tafakkur qilmoq har kuni lozim bo‘ladur. Ushbudurki, inson har kuni o‘limni yod qilg‘ay. Ajalni ancha yaqin bilg‘ayki, intihosi kundin ziyoda umr ko‘rmakni tasavvur qilmag‘ay. Bu nav’i tafakkurning xosiyati benihoyat ziyodadur.

   Bas, xaloyiq tuli amal (orzu havas) birla dunyog‘a yuz keltirubdurlar. Va agar aniq bilsalar erdiki, bir oy yo bir yil ichida vafot etgaylar, albatta dunyo ashg‘olidan yuz o‘gurib, oxirat ishig‘a mashg‘ul bo‘lur edilar. Bas, bir kunlik umrlari ma’lum emas, ammo o‘n yilda vuqu’ga kelur ishlarini qilurlar. Chunonchi Haq subhonaxu va taolo xabar berur:

   «Avalam yanzuru fi malakutis-samovoti val arzi va mo xalaqal-lohu min shay’in va an ‘asa an yakuna qod iqtaraba ajaluhum». (A’rof, 185).

   Tarjimasi: «Oyo, alar nazar qilmadilarmi, osmonlar va yer saltanatig‘a va Alloh taolo yaratgan har bir narsag‘a va shul narsaga hamki, shoyad alarning ajallari yaqin kelib qolg‘on bo‘lsa». (Oltinxon to‘ra tafsiridan olindi).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:13:45
   Vaqtiki, bu fikri taammul (chuqur o‘ylash) birla dili sof bo‘lsa, zodi oxirat qilmoqg‘a rag‘bat va harakat paydo bo‘lg‘aykim, hayotlig‘ ayyomida gunohva ma’siyatdin xazar qilish bilan xayr va saloh ishlarig‘a sa’y va qo‘shish aylab, favt (qo‘ldan berilgan) amallari tadoriki, fikr-andeshasida bo‘lg‘ay. Kishiki ko‘ngli ochiq bo‘lsa, toki osmon va zamin ajoyiblari va masnuotu g‘aroyiblarig‘a, balki hazrati Sone’ (Yaratguvchi) azza va jallaning ismi qadimlig‘i va oliy rag‘barlig‘ig‘a fikr-andesha qilsa, hamma ibodat va hamma tafakkurlardan ortiqrokdurki, Haq subhonahu va taoloning ta’zimi dilda barqaror bo‘lur. To ta’zim g‘olib bo‘lmag‘uncha muqabbat g‘olib bo‘lmas.

   Va saodatning kamoli muhabbatning kamoli bilandur. Va lekin bu har kishiga muyassar bo‘lmas. Magar kishikim, Haq subhonahu va taoloning ato qilg‘on ne’matlarini tafakkur aylab, olamdagi mehnatlardan, bemorlik va darveshlikda (ko‘rgan) andog‘ uqubatlardan xalos qilg‘onig‘a shukrguzorliq qilsa. Va shukr qilg‘oni uldurkim, Haq subhonahu va taoloning farmoniga bo‘ysunib, gunoh va ma’siyatdan yiroq bo‘lg‘ay. Bas, kecha va kunduzlari bul tafakkurga mashg‘ul bo‘lg‘ay.

   Ammo, ikkinchi vird to oftob chiqqandan to choshtgohg‘acha (tushga yaqin vaqt-peshin vaqtigacha)dir. Oftob bir nayza bo‘yi o‘rlaguncha masjidda sabr qilg‘ay. Vaqtiki, karohiyat vaqti o‘tsa, ikki rakaat namozi ishroq (quyosh chiqqondan so‘ng o‘qiladigan) namozni o‘tagay. To choshtgoh bo‘lg‘uncha zikr va fikrga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Va choshtgoh kunning to‘rt hissasidin avvalg‘i hissasidur. Bu vaqtda to‘rt rakaat namoz o‘tagay. (Ba’zi rivoyatda olti rakaat va ba’zida sakkiz rakaat).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:15:14
   Naql qilubdirlarkim, odam namozi choshgoxdin forig‘ bo‘lsa, mo‘‘minlar xayriyotiga taalluqli ishlarga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Chunonchi, kasal ko‘rmoq va namozi janozaga bormoq va musulmonlar hojatini ravo qilmoq va olimlar suhbatiga bormoq.

   Uchinchi vird choshgohdan to namozi peshing‘achadur. Mo‘‘minlar haqida turlicha fikr borki, barchasi to‘rt holatdan xoli bo‘lmas. Avvalg‘i holati ulki, kishi ilm o‘rganmakka mashg‘ul bo‘lsa, hech ibodat bundan fozilroq emasdur. Vaqtiki, farz namozlardan forig‘ bo‘lsa, ilm o‘rganmoqqa mashg‘ul bo‘lg‘ay. Va lekin ul ilmni o‘rgangaykim, oxiratda manfaat qilg‘ay. Dunyo rag‘batini zaif va oxirat rag‘batini qaviy (kuchli) qilg‘ay. Va yaxshi amallari ayb va ofatlarini vayron aylab, sidqi ixlos tarafiga boshlag‘ay.

   Ammo ilmi jadal (tortishuv, bahs) va xilof va ilmi qisas (qissachilik) va munga o‘xshash ilmlarkim, qofiya birla tartib beribdurlar, bu nav’i ilm dunyo hirsini ziyoda qilur. Hasad va mubohat ruxsatlar tuxmini ko‘nglida paydo aylar. Va ilmi nofe’ni (foydali ilmlarni) kitobi «Ihyoul ulum» va «Javohirul Qur’on» va bu «Kimyoyi saodat»da jam’ qildim. Bularg‘a boqib amal qilg‘ay.

   Ikkinchi holat ulki, ilm o‘rganmakka qodir bo‘lmas, lekin zikr, tasbih va ibodatg‘a mashg‘uldur, bu ham ibodatlar darajasidurkim, ulug‘ martabadur. Alalxusus, ul zikrki, dilg‘a g‘olib va barqaror bo‘lg‘ay.

   Uchinchi holat ulki, xalqqa rohat va osoyish bo‘ladurg‘on ishga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Chunonchi so‘fiy, zohid, darveshlar va olimlarga xizmat qilg‘ay. Bas, bu nafl ibodatdan yaxshiroqdurki, ham ibodatdur va ham musulmonlarga rohat va ham solihlar ibodatiga ko‘makdurki, ularning duosi xosiyatlar bergusidur.

   To‘rtinchi holat ulki, bu xizmatga ham qodir bo‘lmasa va lekin o‘z axli ayolining nafaqasi uchun kasb va hunarga mashg‘ul bo‘lsa va yo xalqning amonatini saqlasa. Xaloyiqga uning qo‘li va tilidin ozor yetmasa. Va kifoyat qilg‘ulikdan ziyoda dunyoni talab etmasa. Bas, bu tariqa (yashash) ham ibodat jumlasidandur. Agarchi muqarrar bular darajasiga yetmas, ammo ashobi yamin darajasidurki, salomat manzilida va amonat ma’manida (iymon xonasida) mutammakkin (tinchlik, amonlikda barqaror) bo‘lg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:17:06
   Ammo ul toifakim, bu mazkur bo‘lgan to‘rt qismdan tashqari hayot kechirurlar halokat bo‘lg‘uvchilar jumlasidan, shayton tobe’laridandur.

   Ammo to‘rtinchi vird tush vaqtidan, namozi peshindan asrgacha bo‘lg‘ayki, tushdan ilgari qaylula qilg‘ay. Qaylula qilmoq ro‘zaning saharig‘a (saharlik vaqtiga) o‘xshashdur. Ammo kishi saharhez (saharda erta turuvchi) bo‘lmasa, qaylula qilmagi karohiyatdurkim, ko‘p uxlamoq makruhdur.

   Vaqtiki, qayluladan uyg‘onsa, peshin vaqtidan ilgari tahorat qilg‘ay va azondan ilgari masjidga (borgay) va tahiyyati masjid o‘tagay. To‘rt rakaat namoz o‘tagayki, rasul alayhissalom bu to‘rt rakaat sunnat namozga uzun sura qiroat qilib o‘qir erdilar. Va aytur erdilarkim, bu vaqtda jannatning eshiklari ochiq turar.

   Xabarda kelibdurki, kishi bu to‘rt rakaat sunnatni o‘qisa, yetmish farishta uning orqasida namozni o‘tarlar. To kecha bo‘lg‘uncha ul kishining mag‘firatini talab qilur.

   Vaqtiki, imom birla farzni o‘qilsa, ikki rakaat sunnatni o‘tagay. To namozi asrgacha ilm o‘rgatmak va yo ilm o‘rganmakka va yo musulmonlar manfaatiga sa’y-qo‘shish qilg‘ay. Va yo zikr aytmoq va yo Qur’on tilovat qilmoq va shunga o‘xshash ishlarda ba-qadari toqat mashg‘ul bo‘lg‘ay.

     Beshinchi vird - namozi asrdan to oftob botg‘uncha bo‘lg‘ay. Namozi asrdan ilgari masjidga borgay. To‘rt rakaat namoz o‘tagay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:20:59
   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar, Xudo taolo rahmat qilg‘ay ul kishiniki, namozi asrning farzidan ilgari to‘rt rakaat namoz o‘tabdur. Namozi asrdan keyin tasbeh va zikrg‘a mashg‘ul bo‘lg‘aykim, bu vaqtning fazilati namozi bomdod vaqtining fazilatiga o‘xshashdur. Chunonchi Haq taolo xabar berur:

   «Va sabbih bihamdi rabbika qobla tuluish-shamsi va qabla g‘urubiho». (Toho, 130).

   Oyatning tafsiri ulki, «Zikri tasbeh aytgil, ey Muhammad s.a.v. parvardigoringga hamd aytmoq birla oftob chiqishidan ilgari va kun botmasdan avval». Bu vaqtda «Va-sh-Shams» va «Val layli» va «Qul, a’uzu birabbil falaq»ni va «Qul a’uzu birabbin-nos»ni o‘qigay. Quyosh botganda istig‘forga mashg‘ul bo‘lg‘ay.

   Hosili kalom ulkim, har vaqtni bir amalga ta’yin qilg‘ay, umrni zoye’ o‘tkarmagay. Ammo kechaning avrodi (vazifa, duolari) uch qismdur. Avvalg‘i vird namozi shomdan namozi huftongachadur. Bu ikki namoz orasini ogoxlik birla o‘tkargay. Fazilati juda ko‘pdir. Xabarda kelibdur, qavluhu taolo:

   «Tataja fa junubuhum anil mazoji’i». (Sajda, 16).

   Tafsiri ulki, ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur (ya’ni, tunlarini ibodat bilan o‘tkazishib, oz uxlaydilar)».

   Bu oyat vaqtning fazilatida nozil bo‘libdur. Bu vaqtda namozga mashg‘ul bo‘lg‘ay. To namozi xuftanning farzini o‘taguncha. Buzurglar bu vaqtda namoz o‘taganning savobini kunduzi ro‘za tutgandan ortiqroq sanabdurlar. Vaqtiki, vitr namozidan forig‘ bo‘lsa, lahv va behuda (o‘yin-kulgi, befoyda) so‘zlarga mashg‘ul bo‘lmag‘ay, tokim mashg‘ulotlarining barchasi Haq taoloning zikri birla bo‘lg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:21:55
   Ammo ikkinchi vird (vazifa) uxlamoqdir. Agarchandiki, uxlamoq ibodat jumlasidan emastur, ammo odob va sunnat birla orasta bo‘lsa, ibodat jumlasidandur. Bas, sunnat uldurki, avval o‘ng qo‘lini bosib, yuzini qiblaga qilib yotg‘ay. Murdani lahadda yotquzg‘on misllik. Bilg‘ilki, uyqu o‘limning barobaridur. Uyg‘oklikhashrning mushobahatidur (o‘lganlarning tirilishiga o‘xshashdur), mumkindurkim, uxlaganda chiqqan ruh yana qaytib badaniga kirgay. Bas, o‘lumni va oxiratni yod qilib, tahorat birla yotg‘ay. Va tavba qilg‘aykim, min ba’d (bundan keyin) gunoh qilmag‘ay. Va vasiyatnoma bitib, taqyasi (yostig‘i) tagiga qo‘yib yotg‘ay. Va takalluf (hashamat, bezak) birla uxlamagay. Qalin va yumshoq ko‘rpalar ustida yotmag‘aykim, uyqu umrni zoye’ qilg‘uvchidur. Shunday bo‘lg‘ayki, bir kecha-kunduz sakkiz soatdan ziyoda uxlamag‘ay, yigirma to‘rt soatning uch hissasidin bir hissasini bu tariqa lozim tutgan kishi oltmish yil umr qo‘rsa, yigirma yillik umri uyquda zoye’ bo‘lur. Uxlar vaqtda tahorat suvi birla misvokni boshida qo‘yib yotgay, vaqtiki yotar oldida bu duoni o‘qigay:

   Parvardigoro, sening ismi sharifingni yod qilmoq birla boshimni yerga qo‘ydim. Va sening ismi sharifing birla (boshimni) ko‘targaymen.

   Yuqorida mazkur bo‘lg‘on duoni o‘qig‘ay. «Oyatal Kursi», «Omanar rasul» va ikki «Qul ‘auzu» va surai «Taborak»ni o‘qig‘ay. Kishikim, bu tariqa zikr va tahorat birla uyquga borsa, to bedor bo‘lg‘uncha namoz o‘taganning savobini nomai a’moliga biturlar. Va ruhini Arshg‘a yetkururlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:24:01
   Ammo uchunchi vird - tahajjuddurki, kechaning yarmi oxirida uyqudan bedor bo‘lib, ikki rakaat va ba’zi rivoyatda o‘n ikki rakaat namoz o‘tagay, hamma navofillardin (nafllardin) ortiqroqdur. Va bu vaqtda dil sof bo‘lur. Dunyo ishlaridan forig‘ bo‘lur.

   Va shabhezlik (tunda uyg‘onish) fazilatida xabarlar juda ko‘pdurki, kitobi «Ihyo-ul ulum»da kelturdim. Hosili kalom ulki, kecha va kunduzning hamma vaqtlarini bir amalg‘a ta’yin qilg‘ay. Va hech vaqtni zoye’ o‘tkarmagay. Hamma kechani ushbu tariqa birla o‘tkargay.

   Vaqtiki, bu tariqa amal qilmoqdan o‘zini ranjur va malol ko‘rsa, bilgaykim, odamiy bu olamda safardadur. Asli vatan oxiratdurki, safardagi kishi malomatdan xoli bo‘lmas. Va lekin o‘zig‘a tasalli bergaykim, tez va yaqin fursatda asli vatanida rohat va shodmon bo‘lg‘usidur. Bas, bu olamdagi umr oxiratdagi umri jovidong‘a nisbatan nochiz va nobuddur. Kishikim, o‘n yillik rohati uchun bir yil mehnat tortsa ajab ermas. Bas, yuz ming yil va balki rohati jovidona (abadiy rohat) uchun yuz yil ranj chekmak ne ajab.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:26:03
IKKINCHI RUKN
MUOMALOT

Bu rukn ham o‘z ichiga o‘n aslni qamrab oladi:   
1)Adab birla taom yemak.   
2)Aqdi nikoh qilmoq.
3)Kasb va tijorat qilmoq.
4)Halol (rizq) talab qilmoq.
5)Go‘shanishinlik (xilvatni ixtiyor) qilmoq.
6)Safar qilmoq.
7)Vajdu samo’ (Darvishlarning zikr tushishi).
8)Amri ma’ruf va nahyi munkarni bajo kelturmak.
9)Mutasaddilik (odamlarni to‘g‘ri yo‘lga, hidoyat yo‘liga
boshlashda rahbarlik )qilish.
10)Raiyyatparvarlik, (ya’ni, xalqparvarlik, fuqaroparvarlik) bayonidadur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:29:54
AVVALGI ASL
Taom yemak odoblari bayonida

   Bilgilki, zodi ibodat ham, zodi roh ham ibodat jumlasidandur. Va har nimarsaki, millatninganga hojati bordur, ul nimarsa millat jumlasidandur. Bas, dindorlikning taom yemakka hojati bordur. Zotan, hamma obidlar murodi hazrati Haq taolo diydoridur. Ul diydor farahosor (shodlik yetkazuvchi) tuxmi - ilm va amaldur. Bas, ilm va amalga davomat qilmoq badan salomat bo‘lmag‘uncha mumkin bo‘lmas. Va badan salomatligi taom va sharobsiz (ichimliksiz) bo‘lmas. Bas, taom yemak zaruriyatdandur. Chunonchi, Haq taolo Kalomi majidida xabar berur:


   «Kuluu minat-tayyiboti va’mayau solihan».

   Oyat tafsiri: «Luqmai haloldan yenglar va yaxshi ishlar qilinglar».

   Haq taolo yemakni va yaxshilik qilmoqni bir oyatda jam’ qilibdur. Bas, odam taomni ilm o‘rganmak va ilmga amal qilmoqg‘a quvvat va oxirat yo‘lida yurmakka qudrat uchun yesa - ibodat jumlasidandur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: mo‘‘minning hamma xayrotiga savob biturlar. Hattoki luqmani o‘zining og‘ziga va yo ahli baytning og‘zig‘a solsa ham savob biturlar. Bu vajhdanki, mo‘minning taom yemakdan maqsudi - amali solih qilmoqdur. Bas, taom yemak rohi din jumlasidan bo‘lg‘onining nishoni uldurki, haromdan hazar qilg‘ay. Va haloldan rizq topib, toat va ibodatg‘a quvvat bo‘lg‘uncha yegay. Va yemak odobi sunnatlarig‘a rioya qilg‘ay.

   Bilgilki, taom yemakda necha sunnat bordur: ba’zisi taom yemakdin ilgaridur va ba’zisi keyin. Ammo onchakim, taom yemakdan ilgaridur, avvali ulki, qo‘lini va og‘zini yuvg‘aykim, bu tariqa taom yemak ibodatdur. Va zodi oxiratdur. Taom yemakdan ilgari qo‘lini va og‘zini yuvmoq namozdan ilgari tahorat olg‘onga o‘xshashdur. Xabarda kelibdur: Kishikim, taomdan ilg‘ari qo‘lini yuvsa, kambag‘allik va tangdastlikdan qutilar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:42:16
   Ikkinchi odob ulki: Taomni dasturxonga qo‘yib yegay va xonga (xontaxtaga) qo‘ymag‘aykim, rasul alayhissalom ushbu tariqa qilibdurlar. Dasturxon safarni eslatar. Va dunyo safari oxirat safarini eslatar. Va ham tavozu’ga yaqindur. Bas, agar xonda qo‘yib yesa ham joizdurki, xonda qo‘ymoqni nahiy (man’) ham qilmabdurlar. Ammo o‘tmish kishilar odatlari sufrada ko‘ymoqdurki, hazrati Rasul alayhissalom dasturxonda qo‘yibdurlar.

   Uchinchi odob ulki, o‘tirib taom yeg‘ay. Bu tariqa birlaki, o‘ng tizzasini ko‘tarib, chap poyini bosib o‘tirgay. Va bir nimarsag‘a suyanib taom yemagay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Men taomni suyanib yemasmenki, bandadurman, bandavor o‘tirurman va bandavor taom yerman».

  To‘rtinchi odob ulki, niyat qilg‘ay taomni ibodatg‘a quvvat bo‘lmoquchun yeyishni. Ziyoda shahvatni qasd qilmag‘ay. Ibrohim ibn Shaybon rahmatullohi alayh aytur: «Sakson yildurkim, hech nimarsani baroyi lazzat va shahvat uchun yemabdurman». Bas, bu niyatning rostlig‘iga dalil ushbudurki, kam yemakni odat qilg‘ay. Vaxo‘p yemak ibodatni man’ qilur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, necha luqma taom odam pushtini rost tutqunchalik bo‘lsa kifoyadur. Odam shunchalik taomga qanoat qilibdur, me’dasi toza va salomat bo‘lib, kam yemagi va ichmagi bilan badani yengil bo‘lg‘usidur.

   Beshinchi odob ulki, to qorni obdon ochmaguncha taom yemagay, sunnatlarning fozilrog‘i qorin ochganda taom yemakdurki, qorin ochmay taom yemak mazmum va makruhdur. Kishi ochlik holatda taomga qo‘l ursa, to‘yib ketguncha yeb bo‘lmay (to‘ymay turib) taomdan qo‘l yig‘sa, hargiz tabibg‘a hojati tushmas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:44:06
   Oltinchi odob ulki, hozir bo‘lgan taomga qanoat qilg‘ay, laziz va pokiza taom izlab o‘zini qiynamag‘ay. Mo‘minning maqsudi-toat, ibodat qilg‘uncha quvvat hosil qilmoqdur, tana’um (nozu ne’matlar ichida yashash) va lazzat uchun ermas. Bas, nong‘a ta’zim va ikrom qilmoq sunnatdurki, odamiy badani non birla barpo va aning quvvati birla bajodur. Eng yaxshi ikromi uldurki, nonni yegisi kelganda to‘xtatmagay. Balki odam och bo‘lsa, non hozir bo‘lsa, avval non yegay, andin keyin namoz o‘qigay.

   Yettinchi odob ulki, to yana bir kishi bo‘lmag‘uncha tanho taom yemak xo‘b emaski, taomda harchand qo‘l ko‘p bo‘lsa barakat ziyoda bo‘lur.

   Anas ibn Molik roziyallohu anhu ayturki: «Hazrati rasul alayhissalom taomni hargiz tanho yemas edilar. Ammo taom yer vaqtda odob uldurki, avval «Bismilloh» degay va oxirida «Alhamdulilloh» degay va xo‘brog‘i uldurki, avvalgi luqmada «Bismilloh» degay. Ikkinchi luqmada «Bismillohir rahmon» degay. Uchinchi luqmada «Bismillohir rahmonir rahiym» degay. Va baland ovoz birla aytgay, tokim o‘zgalarning xotirig‘a yetgay. Va o‘ng qo‘lida yegay va yemakni tuz birla boshlag‘ay. Va tuz birla tamom qilg‘ay. Xabarda kelibdurki, odam taom yemakni tuz birla boshlasa yomon fikrlarni ko‘nglidan chiqarur. Bas, taomni toat va ibodatg‘a quvvat bo‘lmoq niyatida yegay. Bir luqmani og‘zig‘a solib, uzoq chaynab bo‘lgandin keyin yana bir luqmaga qo‘l uzatg‘ay. Hech bir taomni ayb qilmag‘aykim, rasul alayhissalom hech taomni ayb qilmas edilar. Agar xush kelsa, yer erdilar, va bo‘lmasa qo‘llarini yig‘ar edilar. Va har kim taomni o‘z oldidin yegay, magar mevani tabaqning har tarafidin yesa joizdur. Nonni avval bir chekkasidan yegay va non birla qo‘lini artmag‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:50:49
   Vaqtiki qo‘lidagi luqma yerga tushsa, pok qilib yegay. Xabarda kelibdurki, yerga tushgan taomni shayton tasarruf qilg‘usidur. Va taom yegandin keyin barmoqlarini yalab, andin keyin dastmolg‘a (sochiqqa) artg‘ay. To ul taomning barakati boqiy qolg‘ay. Va issig‘ taomni puvlamagay. To sovuquncha sabr qilg‘ay. Vaqtiki, og‘zidan bir nima tashlamoqni xohish qilsa, yuzini boshqa tarafga o‘girib tashlagay. Va yog‘liqtaomga sirka qo‘shib yemagay. Tishlab pora qilg‘on luqmani og‘zidan tabaqga solmag‘ay, xaloyiqning tab’i nafrat qilur. Va taom yer vaqtida odamlarningtab’i nafrat qilg‘udek so‘zlarni demagay. Vaqtiki, xurmo va yo o‘rukdek meva yesa toq yegay, chunonchi yetti yo o‘n besh va yo yigirma bir, toki hamma ishlarida Haq subhonahu va taologa munosabat paydo qilg‘aykim, Haq subhonahu va taolo toq va yagonadur. Zikr aytmoq toq bo‘lmasa botil va behudadur. Bas, toq, juftdin yaxshiroqdurkim, Haq taologa munosabati bordur.

   Xurmo yo o‘rukka o‘xshash mevaning urug‘ini, danagini tabaqga solmag‘ay. Va taom yeb o‘tirgan vaqtda ko‘p suv ichmagay. Ammo taom yeb bo‘lg‘ondan keyingi odoblar ulki, juda to‘yib ketmasdan avvalroq taomdan qo‘l tortg‘ay. Barmoqlarini yalab pok qilg‘ay. Va dasturxondan non rezalarini (mayda ushoqlarni) terib yegay.

   Xabarda kelibdurkim, kishi non rezalarini terib yesa ayshi (yashashi) farog‘atda bo‘lur va farzandi salomat, beayb bo‘lur va huri ayn (shaxlo ko‘zli) bo‘lur. Andin keyin tishlarini toza qilg‘ay. Tili birla tishlari orasidan qolg‘onni tutg‘ay. Va tish kovlagich birla olg‘onni tashlagay. Va kosani barmoq birla sirib yalag‘ay.

   Xabarda kelibdur, kishikim, kosani yalab pok qilsa, kosa aytur: «Parvardigoro, bu kishini otashi do‘zaxdan xalos qilg‘il, andog‘kim, meni devlar ilgidan xalos qildi». Va kosani yuvg‘on suvini ichsa bir qulni ozod qilg‘onning savobi hosil bo‘lur. Va taom yeb bo‘lg‘ondin keyin bu duoni:
«Alhamdullillohillazi ata’amano va saqano va kaffano va mavlono», «Qul huvallohu ahad» va surai «Liylofi quraysh»ni o‘qig‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:53:07
   Va halol taom topsa shukr qilg‘ay. Va shubhaliq taomni g‘am va anduh birla yegay. Va shubhaliq taomni g‘am va anduh birla yegan kishining holi g‘aflat va kulgu birla yegan kishining holig‘a o‘xshash ermastur.

   .Sakkizinchi odob ulki, qo‘lini yuvsa, ilgari o‘ng qo‘lining barmoqlari uchini yuvg‘ay. Qo‘lini yuvgandan keyin og‘zini chayqagay. Barmoqlari bilan tamog‘ini va tishlariningtubini ishqab yuvg‘ay. Vaqtiki chilobchada yuvsa, og‘zining suvini ohista to‘kg‘ay. Toki yonidagi o‘lturg‘on kishiga sachramagay.

   Va majlisda ulug‘ kishilar bo‘lsa, ulug‘ kishilardan boshlab qo‘l yuvdirg‘ay. O’ng tarafdan boshlab yuvdurub borgay. Va hamma odamlar yuvg‘on suvni chilobchinda jam’ qilg‘ay va xar kishi yuvgon suvni alohida to‘kmagaykim, ajam xalqining odatidur. Agar hamma xalq jam’ bo‘lib, yakbora yuvsalar yaxshiroq va tavozu’g‘a yaqinroqdur. Qo‘lg‘a suv quyib beradurg‘on kishining yonida turub yuvmog‘i yaxshidur.

   Xullas kalom, bu odoblar axbor va osor mazmuni birla sihhatg‘a yetibdur. Bas, odamiy va hayvonot orasidagi farq ushbu odob birladurki, hayvonot nafsning taqozosiga ko‘ra yemakg‘a mashg‘ul bo‘lur. Yaxshi va yomonning farqini bilmaski, anga imtiyoz bermabdurlar. Bas, odamiyga aql va imtiyoz beribdurlar. Vaqtiki, bu odoblarni bajo keltirmasa, aql va tamiz qaqini bajo keltirmasa, kufroni ne’mat qilgan bo‘lur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:55:23
   Suv ichmakning odobi va tariqi. Ko‘zani o‘ng qo‘lida tutg‘ay. «Bismilloh» deb ichgay. O’ra (tikka) turib ichmagay va yotib ichmag‘ay va ko‘zani ichiga yaxshilab qaragay, toki biron bir yot narsa tushib qOltan bo‘lmasin. Agar bir navbat ichmak birla qonmasa, uch navbat ichgay va har navbatda «Bismilloh» degay va suv ichib bo‘lg‘onda «Alhamdulilloh» degay va suv ichib tashnalik daf’ bo‘lsa, bu duoni o‘qig‘ay:

   Alhamdulillohillazi ja’ala al-mo’ firotan birahmatika va lam yahbala milhan ajojan bi zunubino.

   Duoning ma’nosi ulki, siposu sitoyish xosdur ul Xudogakim, suvni o‘zining lutfi va marhamati bilan totlig‘ va pokiza qildi. Suvni tuzlik va sho‘r qilmadi, bizlarni gunoxlarimiz ko‘p bo‘lsa ham.
Kishi birla taom yemak odoblari. Yuqorida mazkur bo‘lg‘on odoblar, faqat taom yemak borasida erdi. Vaqtiki yana bir kishi birla taom yesa, avval bu odobga rioya qilg‘ayki, ilm va fazilatda va yo zuhdu vara’da (pokizalikda) va yo o‘zga jihatlardan o‘zidan fozil va muqaddam kishi taomga qo‘l uzatmag‘uncha, qo‘l uzatmagay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2008, 14:57:21
   Ikkinchi odob - xomush va suq (taomga tikilib) o‘ltirmag‘aykim, ajam xalqining odatidur.
Yaxshi so‘zlarni va porsolar hikoyati va hikmatli so‘zlarini degay va behuda so‘zlarni demagay.

   Uchinchi odob - vaqtiki taom ikki kishining orasida bo‘lsa, hech holda hamrohidan ziyoda yemagayki, haromdur. Balki rafiqiga havola qilg‘ay. Agar rafiqi ohista yesa, tez yedirmak
uchun qistamagaykim, ikki uch daf’adin ziyoda oling deb takalluf qilmag‘ay. Har vajhida rafiqining shod va xushlug‘i birla taom yegay.   
 
   To‘rtinchi odob - rafiqiga ko‘p takallif qilmog‘ga hojat qo‘ymag‘ay, barobar yegay va odatidan kam yemagayki, riyo bo‘lur. Va lekin yolg‘izliqda odob birla taom yemakni odat qilg‘ay. Andog‘ki, xalq orasida ham tarki adab qilmagay. Agar ko‘p yemokdan sohibi xona xush bo‘lsa, sal ko‘proq yesa bo‘ladi. Ibn Muborak rahmatullohi alayh darveshlarni mehmon qilur edi. Va aytur ediki, har kishi ziyoda yesa, har dona xurmoga bir dirham kumush tanga berurmen. Ersa yeb bo‘lg‘ondin keyin xurmo danaklarini sanar edi. Ziyoda yeganlarga har donaga bir dirham berur edi.

   Beshinchi odob ulki, taom tutgan kishining luqmasiga ko‘z solmag‘ay va o‘z oldidan olib yegay.

   Oltinchi odob ulqi, odamlarni tab’iga yoqmaydigan va nafrat yetkudek ishni qilmag‘ay. Qo‘lini tabaqga silkitmagay. Va og‘zini tabaqni uzasida (lagan tepasida) tutmag‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 14:21:53
FASL
Do‘stlar birla taom yemak odoblari

   Bilgilki, do‘stlarni mehmon qilmoq bisyor sadaqadan fozilroqdur. Xabarda kelibdurki: uch nimarsadin qiyomat kuni hisob olmaslar: iftorda yegan va do‘stlar birla yegan va saharda yegan taomdan hisob olmaslar. Ja’far ibn Muhammad aytur: «Vaqtiki, do‘stlar birla taom yemakka o‘tirsang, shitob qilmag‘il. Ma’lum muddat yemay o‘tirg‘ilki, bu muddat ichida o‘tgan umrdan ham hisob olmaslar».

   Hasan Basriy rahmatullohi alayh aytur: «Banda o‘zig‘a va ota-onasiga nafaqa qilg‘on nimarsadin hisob olurlar, magar do‘stlar oldig‘a olib chiqqan taomdan hisob olmaslar».

   Buzruklardan ba’zilarining odati bu erdiki, do‘stlar oldig‘a taomni olib chiqur erdilar va aytur erdilarkim: «Xabarda kelibdur, do‘stlar yeb, qolg‘on taomdin hisob olmaslar. Xohlarmankim, sizlarni oldingizlardan qolg‘on taomni yegayman».

   Amiral mo‘‘minin Ali roziyallohu anhu ayturki, «Birodar mo‘minlar oldig‘a to‘yg‘uncha taom olib chiqmoqni qul ozod qilmokdan afzalroq ko‘rarman». Xabarda kelibdur:

   Xudo taolo qiyomat kuni aytur: «Ey, baniy odam! Ul olamda men gurusna (och) bo‘ldum, menga taom bermadinglar. Bandalar aytur, Parvardigoro sen hamma olamning Xudovandisan, senga nechuk taom bergaymiz?!» Xudo taolo aytur: «Mo‘‘min birodarlaring och erdi, anga taom bersanglar, menga taom bergandek bo‘lur erdinglar».

   Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim, «Birodari mo‘‘minga to‘yg‘uncha taom bersa, Haq subhonahu va taolo do‘zaxdan yetti xandaq (to‘siq) yiroq qilur. Har xandaqning orasi besh yuz yillik yo‘ldur». Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar:

   «Xayrukum man at’amat taoma».

   Ya’ni, sizlarning xo‘broq va fozilrog‘inglar (muhtojlarga va do‘stlarga) taomni ko‘proq berganinglardur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 14:24:19
   Bilgilki, bu suratda to‘rt odobni rioya qilg‘aysan: Avvalg‘i odob ulki, taom yemak niyatida birovning uyiga bormag‘ay. Xabarda kelibdur, kishi taom yemak qasdida kishining uyig‘a borsa fosiqdur va taom yemoqda haromxo‘r va mezbon uyidan chiqishda g‘oratgardur (talonchi). Ammo taom yeb o‘tirg‘on vaqtida iggifoqo kirib borsa, ijozat bermaguncha taom yemagay. Agar taom vaqtida kirgan kishiga ko‘pchilik kelgani ma’lum bo‘lsa, ijozat bersa ham yemagay, faqat uzr bilan kifoyalansin.

   Ammo agar e’timodlik do‘sti bo‘lsa taom yemak qasdida borsa ravodur. Balki do‘stlar orasida sunnatdurki, hazrati rasul alayhissalom hazrati Abu Bakr Siddiq va hazrati Umar roziyallohu anxumo, Abu Ayub Ansoriy va Abul Hoshim ibn an-Nabbahlarning uylarig‘a borib, «Taom kelturgil» der edilar. Bas, bu mezbong‘a ishonchi xayrdur. Va buzruglardan birlarining uch yuz do‘sti bor edi. Har kecha birlarinikida toat va ibodat qilur edi. Ular ham bu ishni saodat deb bilur edilar. Agar do‘st oxiratiy bo‘lsa, uyida hozir bo‘lmasa ham taomini yemak joizdur.

   Hazrati rasul s.a.v. Burayda roziyallohu anhuning uyida taom yedilar vaholanki, Burayda uyida yo‘qerdi. Buzurglardan nechandlari buni ko‘rub shod bo‘ldilar. Va bir guruh do‘stlar Sufyon Savriy rahmatullohi alayhning uylarida ushbu tariqa qildilar. Sufyon Savriy aytdi, «Xo‘b qildingizlarkim, salaf rahmatullohi alayhning odatlarini yodimg‘a kelturdingizlar».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 14:30:17
Ikkinchi odob ulki, agar do‘sti kelsa, hozir (bor bo‘lgan) taomni olib chiqg‘ay, takalluf qilmagay. Agar taomi bo‘lmasa qarz olmag‘ay. Agar ahli ayoli nafaqasidan ziyoda bo‘lmasa, taom hozirlab qo‘ymag‘ay. Bir odam hazrati amiral mo‘‘minin Ali roziyallohu anhuni mehmon qilmoqg‘a taklif qildi. Hazrati Ali aytdilarkim: «Uch shart birla borg‘umdir. Bozordan hech nimarsa kelturmagaysan va uyingda borini darig‘ qilmag‘aysan va ahli ayoling nasibasin o‘zig‘a qo‘yg‘aysan».

   Fuzayl Iyoz rahmatullohi alayh aytur: «Xaloyiq takalluf (o‘zini yaxshi ko‘rsatish) vajhidan bir-birlaridan ayrilishurlar. Agar oradan takalluf bartaraf bo‘lsa, bir jon va bir tan bo‘lurlar. Buzurglardan biri do‘stining ziyoratig‘a bordi. Ul do‘st takalluf qilmoqni lozim tutdi. Ul buzurg dedikim, «Sen tanho bu taomdin yemassan va men ham tanho bu taomdin yemasman. Vaqtiki men kelsam takallufni lozim tutarsan. Yo takallufni oradan ko‘tar va yo men seni uyingga kelmagayman».

   Salmon roziayyalohu anhu aytur: «Bizlarga hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, takalluf qilmasman va hozir (uydagi bor) taomni ham darig‘ tutmasman». Sahobai rizvonullohi taolo alayhim ajma’iyn non porani va xurmoi xushkni (quritilgan xurmoni) bir-birlarig‘a olib chiqar erdilar va aytur erdilarkim, bilmasmizki, bu ikki toifaning qaysi gunohkorroq ekanki, uyidagi hozir taomni mehmonlarig‘a olib chiqmoqni haqir (past, e’tiborsiz) ko‘rgay va yo sohibixona kelturgan taomni haqir ko‘rgay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 14:31:31
   Yunus payg‘ambar alayhissalom qavmlari oldig‘a non porani bir andak tarra bilan chiqarib qo‘ydilar: «Va garna Xudo taolo takalluf qilg‘uvchilarg‘a la’nat erdi, sizlar uchun takalluf qilur erdim». Bir qavm orasida xusumat bo‘lib,Zakariyo alayhissalomni izlab bordilar, toki ul xusumatni bular orasidan daf’ qilg‘ay. Uyida topmadilar. Xotinini ko‘rdilarkim, bisyor sohibjamol erdi. Qavmlari taajjub qilib dedilarkim, payg‘ambar bo‘laturib, bu tariqa sohibjamol xotin birla ayshu ishrat qilg‘aylar. Zakariyo alayhissalomni izlab toptilarki, bir kishig‘a mardikorchilik qilur edilar. Taom yeb o‘tiribdurlar. Qavmlari so‘zlarini arz qildilar, qavmni taomga taklif qilmadilar. Bu ishg‘a ham taajjub qildilar. Zakariyo alayhissalom o‘rinlaridin turdilar, ko‘rdilarkim yalang ayog‘ erdilar. Yana ham taajjublari ziyoda bo‘ldi. Bu uch ish kayfiyatidan savol qildilar.

   Zakariyo alayhissalom aytdilarkim, «Ul sohibjamol xotinni shuning uchun sak^larmanki, to dinimni saqlagay. Ko‘nglum va ko‘zimni yana birovga yubormagay. Va sizlarni taomg‘a ani uchun taklif qilmadimki, bu taomni uy egasi ish haqimga berib erdi, bu taomni yeb aning ishini bitkargaymen. Agar sizlarni taklif qilib, taomni kam yesam, qilur ishimda kamchilik bo‘lur. Yalang ayog‘ yurmagimni boisi ulki, bu yer egasi birla adovatimiz bordur, agar kafsh kiysam, ehtimoli borkim, bu yerning tufroqi kafshim birla yana bir yerg‘a borg‘ay, bu muruvvat emasdur. Bas, ma’lum bo‘ldiki, sidqu rostliq gullari takalluf tikanidin musaffo va diyonat sunbullari riyo va ru’unat (kaltafahmlik) taboridin (yukidin) mubarro (pok)dur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 14:34:27
   Uchinchi odob ulki, sohibi xonaga og‘ir kelgudek ishni qilmag‘ay. Agar soqibi xona mehmonni ikki ish orasida muxayyar (ixtiyorli) qilsa, osonrog‘ini ixtiyor qilg‘ayki, hazrati rasul alayhissalom hamma ishlarida ushbu tariqa qilur edilar. Bir kishi Salmon roziyallohu anhug‘a mehmon bo‘ldi. Salmon roziyallohu bir bo‘lak arfa nonni tuz birla olib chiqib qo‘ydi. Mehmon dediki, tuz birla sa’tar (shifobaxsh ko‘kat, non birla qo‘shib yeyilar ekan) bo‘lsa. yaxshi bo‘lur edi. Salmon roziyallohu anhu hech nimarsa topmadi. Tahorat oladigan oftobasini garovga qo‘yib, sa’tar kelturdi, ersa mehmon yeb bo‘lg‘ondan keyin bu duoni o‘qidi:

   «Hamdlar bo‘lsin Xudogaki, qanoat berdi bizlarga, bergan rizqva nasibasiga». Salmon roziyalloxu anhu aytdilarkim, «Agar senda qanoat bo‘lsa edi, mening oftobam garovga qo‘yilmas edi».
Ammo ul joyekim, dushvor bo‘lmasa va sohibi xonaning ko‘ngli xush bo‘lurini bilsa aytmog‘i ravodur.
Hazrati Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh Bag‘dodda bir za’faronfurush uyida bir necha kun turdilar. Har kunda alvon turluk nozu ne’matlar tayyor qilur edi. Bir kun hazrat Imom bir qism taom qilmoqning tartibini o‘z xatlarida bitib, za’faronfurushning kanizig‘a berdilar. Za’faronfurush bu xatni ko‘rib, bisyor shod bo‘lib, shukronasiga ul kanizakni ozod qildi.

   To‘rtinchi odob ulki, mehmondan sohibi xona qaysi taomni xohish qilursiz deb so‘ragay va mehmon xohish va orzusini ravo qilmoqning savobi ziyodadur.

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Bir odam mo‘‘min birodarining orzusini ravo qilsa, ming hasanot (yaxshiliklarni) aning nomai a’moliga biturlar va ming gunoxlarni yo‘q qilurlar va (uning martabasini) ming daraja baland qilurlar. Va uch jannatdan sarafroz qilurkim, Firdavs va Adan va Huld. Ammo qaysi taomni olib chiqay deb so‘ramoq mazmum va makruhdur. Balki uyidagi bor taomni olib chiqqay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 14:50:51
FASL
Mehmonni ziyofat qilmoq bayonida

   Bilgilki, onchakim mazkur bo‘ldi, chaqirilmagan va ziyorat uchun o‘zi kelgan mehmonning borasida edi.

   Ammo chaqirilgan mehmonning hukmi bo‘lakdur. Aytibdurlar, vaqtiki mehmon kelsa ortiqcha takalluf qilmag‘il. Ammo mehmon chaqirsang, hech nimarsani kamaytmag‘il. Qudrating yetguncha qilg‘ilki, ziyofatning fazilati bisyordur. Arablarning odatlari uldurki, agar uy egasi safarda bo‘lsa ham bir-birini mehmon qilurlar. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi mehmon charlamabdur, hech xayroti (yaxshiliklari) yo‘qtur». Yana aytibdurlar: «Mehmondorlikda takalluf qilg‘on jihatdan mehmonni dushman tutmangiz. Kishikim, mehmonni dushman tutsa, Xudo taoloni dushman tutqonidur».

   Ammo g‘arib mehmon kelsa, anga takalluf qilmoq ravodur. Ammo do‘stlar bir-birini ziyoratiga takalluf qilmag‘aykim, yiroqlig‘ga sabab bo‘lg‘usidur. Abu-Rofe’ Mavloiy r.a. aytur:

   «Rasul alayhissalom menga farmon qildilarki, falon juhudnikidan un olib kel, tokim rajab oyida kelgan mehmonlarga ziyofat qilg‘aymiz». Ul juhud qoshiga bordim. Juhud dedikim, «To garov bermaguncha un bermasman». Juhudning so‘zini rasul alayhissalomga arz qildim. Rasul alayhissalom aytdilarkim, vallohkim, men osmon va zaminda amindurmen, albatta qarzini berur erdim, deb zirhli ko‘ylaklarini berdilar, garovga qo‘yib, un olib keldim».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 14:52:24
   Ibrohim alayhissalom mehmon talabida bir mil, ikki milliq yerga borur edilar. To mehmon tobmag‘uncha taom yemas edilar. Ular (mehmonlar)ni sidqlaridan mazori muboraklarida ziyofat qilmoq sunnat qolibdur. To bu vaqtg‘acha xech kecha mehmon holi emasdur va gohi bo‘lurkim, ikki yuz mehmon kelur. Mehmonlar uchun chandon dehalar (qishloklar) va yerlarni vaqf qilibdurlar.

   Bas, bilgilki, mehmon chorlamoqtsa sunnat uldurki, axli saloh, sofdil odamlardan o‘zga kishini chaqirmagay. Ahli fosiqga (buzuq kishilarga) taom bergan yomon ish qiluvchilarga quvvat bergan bo‘lur. Bas, faqirlarni chaqirg‘ay, boylarni chaqirmagay. Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «Eng yomon, badtarin taom shulki, to‘y qilib, kambag‘al va darveshlarni chaqirmay, ularni taomdan mahrum qilib, faqat boylarni chaqirurlar».

   Mehmondorlikda o‘zining qarindosh urug‘lari va do‘stu yoronlari esdan chiqmag‘aykim, muforaqat (uzoqlashuv) bo‘lg‘usidur.

   Mehmon qilmoqdin faho nozish va lofu gazofni (maqganish, g‘ururlanishni) qasd qilmag‘ay. Balki sunnatni bajo keltirmak va darveshlarga rohat yetkazmoqni niyat qilg‘ay. Kishiki, mehmon bo‘lmoqni xohlamasa, ani chaqirmag‘ay, agar taomni karohiyat birla yesa, gunohga sabab bo‘lg‘ay. Ammo mehmon bo‘lmoqning odobi uldurki, kambag‘al va boyni farq qilmaslig‘i, uyida kambag‘al odam mehmon bo‘lganidan or qilmasligi kerak.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 14:59:01
   Hazrati rasuli alayhissalom miskinlarning (kulbalariga) mehmonga borur edilar. Hasan bin Ali r.a. (otliq) o‘tub borurda darvishlarni ko‘rdilarki, non burdalarini o‘rtaga qo‘yib, yeb o‘tiribdurlar. Darvishlar chaqirdilarkim, «Yo, farzandi rasululloh! Bizga muvofaqat qilg‘aysiz». Hazrati imom Hasan r.a. darhol otdan tushib, ular birla non yedilar va dedilarki, «Xudo taolo takabbur qilg‘uvchilarni do‘st tutmas».

   Va taom yeb bo‘lg‘ondin keyin darveshlarga dedilarki, «Tongla mening uyimda mehmon bo‘lg‘aysizlar». Ertasi kuni hazrati Hasan chin ixlos bilan taom tayyorlab, darveshlar birla yedilar.
Ikkinchi odob ulki, agar bilsaki, mezbonning taomi shubhalidur va yo uyida makruhroq iimarsa bordur, chunonchi, bisotxonadagi gilami ipakdan bo‘lsa va yo kumush majmari (tutatqich) idishi bo‘lsa va yo tom shipida jonivorning surati bo‘lsa va yo ul majlisda raqs va simo’ bo‘lsa va yo kimdir masxara qilsa va yo fahsh so‘zlar aytsa va yo xotinlarni nazzora qilmoqg‘a hozir bo‘lsa, bu hamma ishlar mazmumdurki, mundog‘ yerga bormagay. Shunga o‘xshash, agar mezbon mubtadi’ (bid’atchi) bo‘lsa, yo fosiq va yo zolim bo‘lsa, maqsudi lof va takabburlik bo‘lsa, bu tariqa kishilarning mehmondorchiligiga ham bormagay.

   Agar borgandan keyin bu mazkur bo‘lg‘on makruhotlardan birini ko‘rib man’ qilolmasa, shu joydan ketmagi vojibdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 15:02:18
   Uchinchi odob ulki, kechalikda mehmon qilmoqga taklif qilsa yo‘l yiroq deb man’ qilmagay (ya’ni, borishi kerak). Balki bormoq qiyin bo‘lsa, bormag‘ay. Tavrotda kelibdurkim, bir millik yerga borib, kasal ko‘ringlar va ikki milliq yerga janozaga qatnashinglar. Uch millik yerga mehmondorliqqa chorlasa ijobat qilinglar. To‘rt millik yerga borib, birodari mo‘‘minni ziyorat qilinglar.

   To‘rtinchi odob ulki, agar ro‘zador bo‘lsa ham, mehmondorliqqa chaqirsa ijobat qilg‘ay. Agar mezbonga og‘ir kelmasa bo‘yi xush va dilkash so‘zlarga qanoat qilib o‘ltirgay. Agar taom yemaganidin ranjur bo‘lsa, nafl ro‘zasini ochsin, chunki mo‘‘min odamnmng ko‘nglini shod qilg‘onning muzdi (savobi) nafl ro‘zadan chandon ziyodadur.

   Qazrati rasul alayhissalom mehmondorliqda ro‘za tutdim deb o‘tirg‘on kishig‘a inkor qilib aytdilarki, «Birodaring sening uchun riyozat tortg‘ay va sen ro‘za tutdim degaysen».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 15:05:25
   Beshinchi odob ulki, mehmondorliqqa faqat qorin to‘yg‘azmoq niyatida bormag‘ay. (Suhbat uchun ham borish zarur). Hazrati rasul alayhissalomning sunnatiga amal qilg‘ay.

   Rasuli akram s.a.v. aytibdur: «Kim mehmondorliqqa chaqirganda uzrsiz rad etsa, Xudo va uning rasuliga osiydur». Ushbu sababdan aytibdurlarki, ijobati da’vat vojibdur va birodari mo‘‘minni izzat-ikrom qilmoq ham vojib bo‘lg‘ay.

   Xabarda kelibdur: «Birov bandai mo‘‘minni izzat-ikrom qilsa, Xudo azza va jallani izzatu ikrom qilg‘on bo‘lur». Va mo‘‘minlar ko‘nglini shod qilmog‘ niyatini qilg‘ay.

   Xabarda kelibdur: «Kimki, birodari mo‘‘minni shod qilsa, Xudo azza va jallani xushnud qilg‘on bo‘lur». Va sohibi xona niyat qilg‘ayki, birodari mo‘‘minni ziyorat qilmoq, Haq subhonahu va taologa qurbat (yaqinlik) jumlasidandur. Va g‘iybat qilmoqdan va badxo‘yluq va takabburlik qilmoqdan to‘xtashni niyat qilg‘aysen.

   Bas, bu olti niyatdurki, har biri o‘zgacha savobi bordur. Bu niyatlarni tutmoq qurbat jumlasidandur. Bas, mazhab va millat ulug‘lari harakati va sukunatini dinu diyonatga muvofiq qilmoq niyati birla yashabdurlar. Toki hech nafaslarini zoe qilmabdurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 15:15:27
FASL
Mehmonlar odobi bayonida

   Ammo mehmondorliqqa hozir bo‘lmoqning adabi uldurki sohibi xonani ko‘p intizor qilmag‘ay va juda oldin ham bormag‘ay. Vaqtiki borsa, sohibi xona ishorat qilg‘an yerda o‘ltirgay. Agar yana bir mehmon o‘zidan yuqoriga taklif qilsa, tavoze’ tariqin qo‘ldan bermagay. Va ayollar o‘ltirgan uyning ro‘parasida o‘ltirmagay. Va taom pishiradurg‘on yerga ko‘p qaramag‘ay. Va yonida o‘ltirg‘onlar bilan izzat-ikrom birla hol-ahvol so‘rashgay. Va agarul majlisda shariatdan tashqari ish bo‘lsa, ul yerdan chiqib ketgay.

   Ahmad Hanbal rahmatullohi alayh aytur: «Agar kumush surmadon bo‘lsa, ul majlisda o‘ltirmoqxo‘b emasdur». Vaqtiki, kechqurun bo‘lsa sohibi xonaga adab ulki, qiblani, xalo joyni mehmonga ko‘rsatg‘ay.

   Ammo taom qo‘ymoqning odobi uldurki, mehmonga tortiladigan taomni kechiktirmay, shoshilib, tezda bergayki, bu ham mehmonninghurmati jumlasidaidur. Vaqtiki, chaqirilgan mehmonlarning qo‘pchiligi kelgan bo‘lsayu, yana keladiganlari bo‘lsa, hozirlarning nasibasini bermak yaxshirokdur. (Ammo keladigan darvesh, kambag‘al bo‘lsa, uning hurmati uchun taom tortishni biroz kechiktirish xo‘broqdir). Hotam Asam rahmatullohi alayh aytur: «Shitob qilmoq shaytoniydur.

   Magar besh ishda shitob qshshoq rahmoniydur. Mehmong‘a taom bermoq va o‘likni dafn qilmoq va ojizani kuyovga bermoq, qarzni ado qilmoq va gunohdan tavba qilmoq». To‘y qilmoqda ham shoishlish sunnatdur, Ikkinchi odob ulki, mevani ilgari qo‘yg‘ay. Dasturxonni tarra (non bilan yeyiladigan ko‘kat)dan xoli qilmag‘ay. Xabarda kelibdurki, dasturxonda tarra bo‘lsa, farishtalar hozir bo‘lur. Kerakki, shirin va laziz taomni ilgari qo‘ygay, toki mehmonlar laziz taomni yeb qorin to‘yg‘azg‘aylar. (Ba’zilar mehmonlarni avval mazasiz taom bilan to‘ydirib qo‘yadi.) Taomni mexmon oldidan tez olmag‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 15:18:37
   Uchinchi odob ulki, oz taomni mehmonni oldiga olib chiqmagayki, bemuruvvatlik bo‘lur. Va ko‘p ham olib chiqmag‘ayki, takabburlik va isrof bo‘lur. Agar bu niyat birla olib chiqsaki, mehmonning oldidan qaytgan taomning qiyomat kuni hisobi bo‘lmas, joizdur. Hazrati Ibrohim Adham raqmatullohi alayh taomni ko‘p olib chikdilar. Sufyon Suriy rahmatullohi alayh aytdilar: «Isrofdan qo‘rqmasmusan?» Ibroxim Adham aytdikim: «Taomda isrof yo‘kdur». Va bo‘lg‘aykim, avval kichik bolalar nasibasini keltirgay. Va mehmon ketayotganida dasturxondan zalla (ya’ni, biror taomni) o‘zi birla olib ketmog‘i ravo ermas. Bu, ba’zilar odatidur. Magar sohibi xona aniq ruxsat etsa, joizdur. Va yo aniq bilsaki, zalla (mehmondorchilik dasturxonidan taom) Oltandan sohibi xona xush bo‘lsa, bu suratda ham ravodur. Basharti olsa, kosadagi taomning hammasini olmagayki, haromdur. Agar zalla olish soxibi xonaga malol kelsa, haromdurki, o‘g‘irlab olgandan muning farqi yo‘qdur.

  Ammo mehmondorlikaan ketmoq odobi-to sohibi xonadan ijozat tilamaguncha ketmagay. Mehmon uyidan chiqsa, sohibi xona yaxshi so‘zluk va ochiq chehralik birla uzatgay. Agar mehmondan biror kamchilik sodir bo‘lsa, bildirmagayki, yaxshi qiliq va yaxshi xo‘y chandon amallardan fozilroqdur.

   Hikoyatda kelibdurki, Junayd rahmatullohi alayhni bir go‘dak mehmondorlikka taklif qildi, go‘dakning otasining xabari yo‘q edi. Vaqtiki, go‘dak uyiga kirib ketdi, mehmonni esdan chiqardi. Fursate turib, Junayd rahmatullohi alayh uyga qaytdilar. Go‘dak uni yana chaqirtirdi. Ushbu tariqa to‘rt marotaba keltirib, to‘rt marotaba qaytardi. Va Junayd bu go‘dakning raddu qabulidan Haq taolo raddu qabulini mushohada qilur edilar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 15:22:49
IKKINCHI ASL
Nikoh va oila odoblari

   Bilgilki, xotin olmoqlik din va millat odoblari jumlasidandur. Andog‘kim, taom yemak din odoblari jumlasidan edi. Chunonchi, shar’i sharifning amru-nahiylarini bajo keltirmoq odam vujudining hayotlig‘i va Bakrsig‘a bog‘liqdur. Bas, hayotlig‘ yemak va ichmaksiz mumkin emas. Shunga o‘xshash ahkomi shariat joriy bo‘lmog‘i odamiyning jinsi va nasli boqiy bo‘lmaguncha davom etmas. Bas, nasl va avlod iqdi nikohsiz mumkin bo‘lmas.

   Bas, asli nikoh vujudning bahosi va salomatligining sababidur va nikohning durust va mubohligi ushbu sababdandur. . Raf’i shahvat jihatdan emas. Balki hazrati Haq taolo shahvatii ul jihatdan ofarida qilibdurki, xalq ikdi nikohga rag‘bat va ayshu-nashotga tolib bo‘lg‘ay. Tokim so‘fii sof din va solihi rohi yaqinlar vujudga kelib, talab vodiysida sobit qadam va ubudiyat bodiyasida (sahoosida) rosixdam (barqaror, mustahkam) bo‘lg‘ay.

   Bas, ahdi nikoh, xotin olmoq birla hazrati Halloqi olam bandalari bisyor va hazrati Muhammad Mustafo s.a.v.ning ummatlari beshumor (bexisob) bo‘lg‘usidur. Ushbu vajhdan hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: xotun olinglar, o‘zingizdan
ko‘payinglar. Qiyomat kuni sizlar o‘zga payg‘ambarlarning ummatlaridan ko‘proq bo‘lganimgiz birla mubohat qilurmen.Toki, onasining bo‘yidan tushgan go‘dakka ham mubohat qilurmen». Bas, kishi Xudoning bandalari va Muhammad alayhissalomning ummatlarining ko‘p bo‘lmog‘iga sa’y-harakat qilibdur, albatta martaba va darajasi ziyoda bo‘lur. Ushbu jihatdan otaliq haqqi ustodliq haqqidan ziyodadurkim, farzandning vujudig‘a sababdur. Va ustod rohi rostni (haq yo‘lni) tanimog‘iga sababdur. Ushbu sababdan aytibdurlarki «Xotin olmoq navofil ibodatdan fozilroqdur».

   Bas, ma’lum bo‘ldiki, xotin olmoq rohi din jumlasidandur va aning odoblarini bayon qilmoq muhimdur-Bas, odobi aqdi nikoh uch bobda tamom bo‘lur. Vallohi a’lam. Avvalgi bob. Aqdi nikohning foyda va ofatlari bayonida. Ikkinchi bob. Ahdi nikohning foydalari bayonida. Uchinchi bob. Ma’ishat odoblari bayonida.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 15:27:30
FASL
Nikohning foyda va ofatlari bayonida

Bilgilki, nikoxning fazilati va xosiyati foydalari sababidandur. Nikohning foydasi beshta: Avvalgi foyda farzanddurkim, farzand sababidan to‘rt savob hosil bo‘lur. Avvalg‘i savob ulki, o‘z vujudi naslidan hazrati Haq subhonahu va taologa mahbub paydo qilmoqqa sa’y va ko‘shish paydo qilg‘on bo‘lur. Agar odam ofarinish qikmatlaridan xabardor bo‘lsa, Haq taoloning mahbubi ekaniga hech shak qilmas.

   Bas, xoja bandasig‘a ziroat qilmog‘iga soliq zamin va urug‘ bersa va yerga qo‘shg‘ali o‘y, ya’ni xo‘kiz bersa, va ziroatga lozim bo‘ladurgon asbobi mehnat qurolini anga taslim qilsa, bandaning akli bo‘lsa, bilurkim, bu ishlardan xojasining maqsudi nadur. Ziroat qilg‘il, deb til birla aytmoq hojati bo‘lmas. Munga o‘xshash, xazrati Xalloqi olam bachadon ziroatgohini loyiq va muloyim, olati mubosharatni mardu zanda (erkak va ayolda) qoyim va farzand tuxmini eranlar pushti va xotinlar siynasida pinhon va shahvatni er-xotinlar ayshu-ishrat qilmog‘iga muakkal va rahnamun qilibdur.

   Bas, bu ishlardan Haq taoloning maqsudi nechuk ekani hech oqilg‘a pinhon ermas. Kishiki, farzand tuxmini zoye’ qilsa va muakkalni hiyla birla o‘zidan yiroq qilsa, beshak rohi maqsuddan yuz o‘girganidur. Ushbu sababdan salaf rizvonullohi alayhim ajma’iyn xotinsiz bo‘lmoqni karohiyat bilur edilar. Hazrati Maoz roziyallohu anhuni ikki xotinlari bor edi. Toun (vabo kasali)dan har ikki xotinlari vafot bo‘ldi. Aytdi, menga darqol xotin olib beringlarkim, xotinsiz o‘lmagimni xoxlamasmen.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 15:30:35
   Ikkinchi savob ulki, hazrati rasuli akram s.a.v.ning sunnatlariga mutobiat qilg‘on bo‘lur, tokim ummatning ko‘p bo‘lg‘onig‘a mubohat qilurlar. Ushbu sababdan tug‘mas xotindan qaytaribdurlar. Mundan ma’lum bo‘ldiki, xotin olmoqdaf’i shahvat uchun emasdur.

   Uchinchi savob ulki, ota, ona farzandlar duosidan bahramand bo‘lur. Xabarda kelibdurki, savobi munqate’ bo‘lmas - to‘xtamaydigan xayrli ishlarning biri farzand ko‘rishdandir, duosi hamisha otasining ruhiga yetib turar. Xabarda kelibdurki, duoni nurli tabaklarda ko‘tarib farishtalar murdag‘a olib kelib berurlar. Aning sababidan chandon osoyishlar ko‘rurlar.

   To‘rtinchi savob ulki, agar farzand otasidan ilgari o‘lsa, qiyomat kuni anga shafoatchi bo‘lur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Norasidaga farmon bo‘lurkim, jannatga kirgil. Norasidalar faryod qilib ayturlarkim, ota-onamiz bihishtga kirmaguncha bizlar hargiz kirmasmiz». Hazrati rasuli akram s.a.v. bir kishining jomasidin tortib turib aytdilarki, «Men seni tortgan misillik norasidalar ota-onasini tortib, jannatga olib kirarlar». Xabarda kelibdurkim, norasidalar jannatning eshigida jam’ bo‘lib, ota-onasi talabida nola va zor yig‘lab turarlarkim, to Haq taolo ularga farmon qilur, hammasi xashrgohga kirib, har biri o‘z ota-onasini qo‘lidan tutib jannatga elturlar.

   Buzurglardan biri xotin olmoqdan parhez qilur edi, bir kecha tush ko‘rdiki, qiyomat bo‘lubdur. Hamma xaloyiq tashnalik ranjidan azobda qolibdurlar. Guruhe norasidalarni ko‘rdiki, qo‘llarida oltin va kumush qadahdarda suv ko‘tarib borur. Alardan suv tiladi, norasidalar dedilarkim, «Sen bizni ota-onamiz emassen. Bu suvni o‘z ota-onamizga berurmiz». Bas, uyqudan uyg‘ondi, darhol xotin oldi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 15:31:58
   Va xotin olmoqning ikkinchi foydasi ulki, xotin birla o‘z dini va millatini himoyasiga Oltan bo‘lur. Shahvatkim, shaytonning harbasidur o‘zidan yiroq qilg‘on bo‘lur. Ushbu ma’nodan Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlarki, «Kim xotin olibdur, nisfi (yarim) dinini salomat qo‘rg‘onida saqlabdur va kim xotin olmabdur, agarchi zino va zalolatdan o‘zini to‘xtatsa ham g‘olib ulki, ko‘zini nazardan va dilini vasvasdan saqlayolmas».

   Va lekin xotin olmoqda farzand topmoq niyatini qilg‘aykim, Haq subhonahu va taoloning mahbubi vujudig‘a harakat qilg‘on bo‘lur va daf’i shahvat niyatin qilg‘aykim, shahvatni farzand vujudiga muqtaziy (taqozo) bo‘lmoq uchun ofarida qilibdurlar. Va aningda chandon hikmatlar bordur.
Bas, er-xotin suhbatida lazzati tamom va rohatilo kalom (so‘zsiz) ato qilibdur. Tokim oxirat rohatidan nishona va jannat lazzatidan namuna bo‘lg‘ay. Chunonchi bu dunyo otashi do‘zax o‘tining bir ko‘rinishidir. Ammo mubosharat lazzati va otash kulfatini, jannat rohati va do‘zax azobiga nisbat qilmoq o‘rinlidir.

   Hazrati Haq taoloning har maxluqida chandon hikmatlar bordurki, ulamoyi izom (katta olimlar) voqifdurlar. Qazrati rasul alayhissalom aytibdurlarki, xotin birla shayton hamroxdurki, kim ko‘chada xushro‘y xoting‘a yo‘liqsa, uyiga borib o‘z xotini birla suhbat qilg‘aykim, shayton vasvasasi daf’ bo‘lur. Uchinchi foydasi ulki, ahli xonasi birla ulfatlashmoq va aning birla hazillashmoq ibodat rag‘batini toza qilur va beg‘araz hazil malolat g‘uborini aritmoq birla ibodatg‘a zavq toza bo‘lur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 15:35:04
   Hazrati Ali karramallohu vajhu aytibdurlar: Dilni rohat va osoyishdan to‘xtatmagilki, (to‘xtatsang) dil nobino (xira, ko‘rmas) bo‘lur. Hazrati rasuli akram s.a.v.ga voridoti g‘aybiy va mukoshafoti qalbiy (payg‘ambarlar dilida oshkor bo‘ladigan g‘ayb sirlari) mushohadasidan azim holat yuz berur ediki, qolibi zohiriy ul holatga toqat keltirolmas edi. Ul vaqtda hazrati Oisha roziyallohu anhuning qo‘llaridin tutib aytur edilarki, «Kallimiyni, yo Oishati», ya’ni, «Ey, Oysha, mani so‘zga tutg‘il, toki bu in’omi ilohiyni ko‘tarmakka quvvat va ilhomi nomutanohiyg‘a (Alloh taolo tarafidan cheksiz kelayotgan ilhom) bardosh qilmoqg‘a toqat hosil qilg‘aymen». Hazrati Oisha roziyallohu anhoning takallumlari obihayoti ishq sharorig‘a (ishq alangasiga) taskin va xazil-mazoq sharbati hazrati rasuli alayhissalom ko‘ngillari iztirobig‘a tamkin yetkurmoq birla ul asrori Ilohiy tashnalig‘ig‘a zavqu shavq g‘olib bo‘lib, aytur erdilarkim, «Arihno, yo Bilol! Azon nidosi birla mushtoq ko‘nglumg‘a rohat, salot va iqomat sadosi birla ishtiyoq xotirimg‘a sururi behjat (kuvonch) yetkurgil, tokim namozga yuz kelturmak birla ilhomi ilohiy va altofi nomutanohiydan sarafroz bo‘lay», der erdilar va gohi xush bo‘ylik birla mashom, dimog‘ puroshomlarig‘a muattar kuvvat yetkurlar erdilar. Ushbu sababdan rasul alayhissalom ayturlarki, «Sizlarni dunyoinglardin uch nimarsani do‘st tutarmen: bo‘yi xush va zanon va ro‘shnoi chashmi, ya’ni, dimog‘imni muatgar qilmoqg‘a xush bo‘ylik va ko‘nglumni ovutmoqg‘a mahbubi dilkash va ko‘zum ravshanlig‘i uchun namoz o‘tamakdur». Bas, bo‘yi xush va xotin badanning osoyishidurki, bulardan namozga quvvat hosil bo‘lur. Ko‘zning ravshanligi namozdur.

   Rasul alayhissalom sahobalarni mol-dunyodin man’ qildilar. Umar r.a. aytdilarkim, dunyolikdan qaysi narsani lozim tutg‘aymiz? Rasul alayhissalom aytdilarkim:

   «Li yattaxiz ahadukum lisonan zokiran va qalban shokiran va zavjatan mo‘‘minatan».
Ya’ni, Tili zokir va qalbi shokir va porso (pokiza) ayollarni lozim tutinglar»
dedilar. Bas, porso (pokdil) xotinlarni shukr va zikr qatorida sanabdurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 15:39:04
   To‘rtinchi foydasi ulki xotin olmoq birla uy ichidagi ba’zi ashg‘olidan, chunonchi, taom pishirmoq va kir yuvmoq va aksar ashg‘oldan forig‘ bo‘lur. Agar kishi bu ishlarga mashg‘ul bo‘lsa, ilm va amal va ibodat qilmoqg‘a mone’ bo‘lur. Ushbu sababdan xotin olmoqni rohi din jumlasidan sanabdurlar. Salmon aytibdurlarki: «Porso xotin dunyo jumlasidan ermas, oxirat jumlasidandur. Ya’ni, seni dunyo ashg‘olidan (ishlaridan) forig‘ qilur va oxirat sarmoyasini toparsen». Hazrati Umar roziyallohu anhu ayturlar: «Iymondan keyin porso xotinlardan ulug‘roq hech ne’mat yo‘qtur».
Beshinchi foyda ulki, xotinlarni bad fe’lligiga sabr qilmoq, ularning muhimmotini - kerakligini topib bermoq va bularni shar’i sharif birla orasta qilmoq mujohadasiz, nafsni yengish yo‘lida jihodsiz va mashaqqatsiz muyassar bo‘lmas. Bu nav’ mujohadalar aksari ibodatdan fozilroqdur.

   Xabarda kelibdurki: «Ahli ayol nafaqasi sadaqadan ortiqroqdur». Buzurglar aytibdurlar: «Ahli ayol nafaqasi uchun kasbi halol qilmoq yaxshilar, ya’ni, avliyoullohlar ishidur». Ibnul Muborak rahmatullohi alayh tabaqai buzruglar birla g‘azotda edilar, bir kishi so‘radi, «g‘azotdan yaxshiroq va ortiqroq amal bormuki, anga mashg‘ul bo‘lg‘aymen?»

   Ulug‘lardin biri dedilarkim, «Shundan fozilroq xech amalni bilmasmiz». Ibnul Muborak dedikim, «Men bilurmen. Kishikim ahli ayoli bo‘lsa, ularni saloh birla tutib, ye.makka taom va kiymakka libos topib bersa, bu amal g‘azotdan ortiqroqdur». Bishr Xofiy rahmatulloqi alayh aytur: «Ahmad Hanbalda uch fazilat bordurki, menda yo‘qdur. Ahmad Hanbal o‘zi uchun va ahli ayoli uchun halol talab qilur. Ammo men o‘zim uchun halol talab qilurman».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 15:43:10
   Bas, xabarda kelibdurki, gunohlar jumlasidan bir gunoh bo‘lurki, ul gunohga ahli ayollari nafaqasi ranjini tortmoqdan o‘zga hech nimarsa kaforat bo‘lmas.

   Ulug‘lardan birining xotini vafot bo‘ldi. So‘ng harchand xotin olmoqg‘a targ‘ib qildilar, qabul qilmadi. Aytur erdiki, tanholikda adlni hozirroq va qimmatni kamroq ko‘rarmen. O’sha kecha tush ko‘rdiki, osmon eshiklari ochilibdur, bir guruh erkak bir-birining orqasidin o‘tub borurlar. Ersa bir buzurg ro‘barasig‘a yetib erdi, avvalgisi aytadurki: Bu kishi shum kishidur. Ikkinchisi dediki: «Oriy». Uchinchisi dediki: «Bu ul shum kishi ermas». To‘rtinchisi dediki: «Oriy». Ersa bular xaybatidan bisyor qo‘rqti. Bulardan keyin kelgandan so‘radikim: «Bu o‘tkanlar shum deb kimni ayturlar? Ul dediki: «Seni ayturlarkim, mundan ilgari otingni obidlar jumlasidan bitib, osmonga eltur erdilar. Endi bir xafta bo‘ldiki, otingni obid va mujohidlar jumlasidan o‘chirdilar. Bilmasmenki, na ish qilding». Bas, bu uyqudan uyg‘ondi, darxol xotin oldi, tokim mujohidlar jumlasiga doxil bo‘ldi. Nikohning foydasi ushbudurkim, mazkur bo‘ldi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 15:46:08
Nikoh ofatlari

   Nikohning ofati uchdur. Avvalgi ofat ulki, ilm talab qilmoqdan ojiz bo‘lg‘ay. Alalxusus, bu zamonadaki (ko‘pchilik) axli ayoliga xaromdan nafaqa qilg‘ay. Xabarda kelibdurki, bir banda bo‘lurki, amali solihdan nomai a’moli to‘la va ko‘p sajda qilgandan jabxasi (peshonasi) juda nurli bo‘lur.

   So‘rarlarkim, «Ayollarg‘a nima nafaqa qilding?» Ma’lum bo‘lurkim, hamma haromdan nafaqa qilg‘on ermish va aning hamma hasanotlarini tortib olurlar. Va munodiy qilurlarkim, bu ul kishidurki, hammai amallarini farzandlari nafaqasiga sotgan va o‘zini ahli shaqovat zumrasig‘a qotgan (ya’ni, qo‘shgan).

   Xabarda kelibdurkim, qiyomatda farzandlar otaga da’vogar bo‘lurlar va ayturlar: «Ey, bor Xudoyo, otamiz bizlarni harom taom bila boqibdurlar, bizlar bilmabdurmiz va ilmi shariat o‘rgatmabdur va tirik johil qolibdurmiz». Va bu ishlarning muvohazasi (jazosi) otasiga bo‘lur. Bas, ul kishiki, moli, merosi bo‘lmasa va yo kasb qilmoqg‘a qodir bo‘lmasa, xotin olmag‘ay. Agar zino qilmog‘i yaqin bo‘lsa, xotin olg‘ay.
Ikkinchi ofat ulki, ahli ayol haqini bajo kelturmak barchaga muyassar bo‘lmas, magar yaxshi xulq birla va ularni mehnat va mashaqqatig‘a sabr, tahammul qilmoq birla va havoyijlari (ehtiyojlar) qiyomiga tadbir ko‘rguzmak birla bo‘lur. Bu ishlarni har kishi bajo keltira olmas. Ahli ayolig‘a ranj, mashaqqat yetkursa, gunohkor bo‘lur va yo ulardan yuz o‘girmak birla (toatlarini) zoye’ qilur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 31 Avgust 2008, 15:50:25
   Xabarda kelibdurki, kishi ahli ayolidin qochsa, xo‘jasidin qochgan qulg‘a o‘xshashdurki, to farzandlari qoshig‘a kelmaguncha, namozi va ro‘zasi qabul bo‘lmas.
Hosili kalom ulki, har kishida bir nafs bordur. Kishikim o‘z nafsi uhdasidan chiqolmasa, yana birovning uhdasidin chiqmoqg‘a jur’at qilmag‘ay.

   Bir buzurgdan so‘radilarki: «Nima uchun xotin olmassen?» Ul buzurg aytdi: «Bu  oyatdan qo‘rqarmen, qavluhu taolo:

   «Va lahunna mislul-laziy alayhinna bil-ma’ruf». (Baqara, 228).

   Ya’ni, erlarning xotinlari ustida haqlari bo‘lg‘onga o‘xshash, xotinlarning ham erlari ustida haklari bordir. Alarga yaxshiliq va xush muomala bilan umr kechirishlari lozimdur.
Hikoyatda Ibrohim Adham dedikim, «Nechuk xotin olg‘aymenkim, bir xotinni o‘zimg‘a g‘olib qilmoqg‘a hojatim yo‘qtur».

   Uchinchi ofat ulki, dil ayol ahli nafaqasi va ehtiyoji andishasida g‘arq bo‘lur, Haq taologa zikr aytmoq(qa), oxirat va qiyomatning zodi rohini qilmoqg‘a mone’ bo‘lur va har nimarsaiki seni haq taoloning zikridan g‘ofil qilur, halokingga sabab o‘sha narsadur. Ushbu ma’noda Haq subhonahu va taolo kalomi majidida xabar berur. Qavluhu taolo:

   «Yo, ayyuhallaziyna omanuu, lo tulhikum amvolukum va lo avlodukum an zikrilloh va man yaf’al zolika fa uvloikahumul hasirina». (Munofiqun, 9).

   Oyatning tafsiri: «Ey, iymon kelturganlar, na mol-dunyolaringiz, na bola-chaqalaringiz sizlarni Ollohning zikridan beparvo qoldirmasin va beparvolar zarar ko‘ruvchilardir».

   Har kishig‘aki, ahli ayoli Haq taoloning zikriga mone’lik qilmasa, xotin olmog‘i yaxshiroqdir.

   Agar Haq taoloning zikridan g‘ofil qolmoqtsan qo‘rqsa, xotin olmagani yaxshiroqtsur. Kim halol nafaqaga qodir bo‘lsa, xalqg‘a shafqat va marhamat qilmoqg‘a emin bo‘lsa va xotin olmog‘i Haq taologa zikr etmoqg‘a mone’ bo‘lmasa, bu nav’ kishiga xotin olmoq hammadan yaxshirokdir.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 13:10:22
FASL
Nikohning shartlari bayonida

   Nikohning shartlari beshtadur. Avvalgi sharti - voliydurki, vakilsiz nikoh durust emas. Voliysi yo‘qlarga Tangri voliydur. Ikkinchi shart - ayolning o‘zi nikoxga rizolik bermagi shartdur. Agar qiz bo‘lsa ota-onasi tushuntirsin. Ammo yaxshirog‘i ulki, «Seni faloniyga nikoh qilib berurmiz» deb xabar qilg‘ay. Agar (ayol) xomush tursa, indamasa kifoyatdur.
Uchinchi shart ulki, ikki oqil guvoh hozir bo‘lg‘ay va afzali ulki, axli saloh kishilar hozir bo‘lg‘aylar. Agar ikki kishi bo‘lsakim, xalq orasida fosiq deb hisoblanmasa, ularning guvohligi birla nikoh qilmoq durustdur.

   To‘rtinchi shart lafzi ijob, qabuldur. Ya’ni, er va xotin lafzi aniq so‘zlar birla «Oldim» va «Tegdim» degay. Va yo vakil degaykim: «Bismilloh valhamdulilloh faloniyni senga berdim» va olg‘uvchi ham degaykim:

   «Bismilloh val hamdulilloh, faloniyni munchaga bayi birla oldim» degay. Bas, avlosi buki, oladurgon ayolni nikohdan ilgari ko‘rub olg‘ay. Tokim dilpisand bo‘lsa, anisu ulfatg‘a sabab bo‘lg‘usidur va bo‘lg‘aykim, xotin olmoqdan farzand topmoq va ko‘z, ko‘ngilni noshoyista ishlardin to‘xtatmoq niyatini qilg‘ay. Nafsu havo xohishi, ayshu nashot varzishini niyat qilmag‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 13:13:35
   Beshinchi shart ulki, er-xotin durust sifatlar birla bo‘lg‘ay. Yigirma sifatdurkim, bu sifatlar birla bo‘lg‘on ayolning nikohi durust ermasdur. Chunonchi: har xotinki, yana birovni nikohida va yo iddada bo‘lsa va yo murtad, ya’ni dini islomdan qaytgan bo‘lsa. Yo butparast va yo zindiq (Xudoga ishonmovchi) bo‘lsa, Xudo va rasul va qiyomatg‘a iymoni bo‘lmasa yo badmazhab bo‘lsa, nomahram birla aralashmoqni muboh (joiz) bilsa va yo qul va yo nikohi noravodan tug‘ilg‘on bo‘lsa. Va yo qondoshlik jihatdan harom bo‘lsa. Chunonchi, erkak bir xotinning qizini olg‘on bo‘lsa onasini olmasin, onasini olg‘on bo‘lsa, qizini ham olish noravodur. Yo otasi olg‘on bo‘lsa va yo o‘g‘li olg‘on xotun bo‘lsa, yo kishining to‘rt xotini bo‘lsa, beshinchini to‘rt xotinning uzasiga olmog‘i noravodur va xotinning hamshirasi (egachi, singli) va yo ammasi va yo xolasini bir nikohda jam’ qilmoq yaxshi emas.

   Va yo uch taloq qilg‘on bo‘lsa, to taxdil (halol) qilmaguncha nodurustdur, va yo er-xotin orasida lion (la’natlanib haydalgan) voqe’ bo‘lsa va yo nobolig‘ (balog‘at yoshiga yetmagan) yetim bo‘lsa. Bas, bu sifatlardagi ayollarning nikohi nodurustdur.

   Ammo sakkiz sifatdagi ayolni (izlamak) sunnatdur. Avvalgi sifat-porsoliqtsurkim, hamma yaxshi sifatlarning aslidur. Agar ayol nopok bo‘lsa, agar molg‘a xiyonat qilsa, erkak hayoti mushavvash (tashvishli) bo‘lur. Agar tanda xiyonat qilsa va eri sukut qilsa (indamasa) behamiyatlik bo‘lur va dinig‘a nuqson qilur. Agar sukut qilmasa hamisha ayshi - hayoti munqis (nuqsli) bo‘lur. Agar taloq qilsa, muhabbati bo‘lsa, aning mubtalolig‘i baloyi azimdur.

   Hazrati rasul alayhissalomg‘a bir a’robiy o‘z xotinining noporsolig‘idin gina qildi. Rasul alayhissalom aytdilar: «Talog‘ini bergil». A’robiy dedikim, «Ani bisyor yaxshi ko‘rurmen».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 13:18:53
   Rasuli akram s.a.v. aytdilarkim, «Muhofazat qilg‘il». Xabarda kelibdurki, kishi mol va jamol jihatdan xotin olsa, har ikkisidan mahrum qolur. Agar dinini sakdamoq niyatida xotin olsa, ham mol va ham jamoldan maqsudi hosil bo‘lur.

  Ikkinchi sifat xushfe’llilikdurki, badxo‘y xotun nosipos (yaxshilikni bilmaydigan, noshukur) bo‘lur. Molini isrof qilur va ayshi nishoti tang bo‘lur va nizo, janjalga sabab bo‘lur.

   Uchinchi sifat-jamoldurki, xotun unsu-ulfatg‘a sabab bo‘lg‘usidur. Ushbu jihatdan, oladurgon ayolni nikohdan ilgari ko‘rmak sunnatdur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ansoriyning xotinlari ko‘zida nimarsa bordurkim, ko‘ngil andin nafrat qilur. Kishi bu xotinlardan olmoqni xohlasa ko‘rib olg‘ay. Va aytibdurlarki, «Kishi ko‘rmay xotin olsa, oxiri anduh va pushaymonliq bo‘lg‘usidur».

   Yana aytibdurlar: «Xotinni din saqlamoq uchun olg‘il. Jamol uchun olmag‘il». Bu hadisning ma’nosi dalolat qilurki, jamol ham bo‘lg‘ay. Ammo din asramoq niyatida olg‘ay. Va kishi maqsudi farzand va mutobaati sunnat qilmoq bo‘lib, jamol izlamasa, zuhdning bir tariqasidur. Ahmad Hanbal rahmatullohg‘a ikki hamshira xotinni arz qildilarkim, biri sohibjamol va biri g‘ilay erdi. Axmad Hanbal g‘ilayni ixtiyor qildilar. Sababini so‘radilar, Ahmad Hanbal aytdilarki, shunisi tinchrokdur.

   To‘rtinchi sifat ulki, mahri yengil bo‘lg‘ay. Rasuli akram s.a.v. o‘n dirham mahr ta’yin qilibdurlar va o‘z farzandlarig‘a to‘rt yuz dirhamdan (kumush tanga) ziyoda ta’yin qilmabdurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 13:29:46
  Beshinchi sifat ulki, tug‘mas bo‘lmagay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Tug‘mas xotindan uyning go‘shasidagi bo‘ryo afzaldur». (Tug‘olmasa uzrlidir - red.)

  Oltinchi sifat - bikr (turmushga chiqmagan yosh afifa qiz, bokira) xotin olg‘aykim, unsu-ulfatga yaqinroq bo‘lur. Erga tekkan xotin aksar avvalgi erig‘a nigoron bo‘lur. Jobir roziyallohu juvon xotin oldilar. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytdilar: «Nima uchun bikr xotin olmadingkim, ul sanga noz qilur erdi va sen anga».

  Yettinchi sifat ulki, sohib nasab xotin olg‘aykim, ahli nasabdan islom salohiga foyda qilur va ayol nasabsiz, fe’li yomon bo‘lsa, farzandiga ta’sir qilur.

  Sakkizinchi sifat ulki, (yaqin qarindosh) urug‘, tuqqonlaridan xotin olmag‘ay. Xabarda kelibdurki, agar farzand vujudg‘a kelsa za’if bo‘lur. Bu sababdanki, erlar zavqu shahvatda qarindosh-urug‘lariga sust va za’ifroq bo‘lurlar. Bas, xotinlar sifati ushbudirkim, mazkur bo‘ldi. (Qoni yaqinligi ham to‘g‘ri kelmaydi).

  Ammo ota, ona ojizasini (qizini) kuyovga berur bo‘lsa, ani maslahatida yaxshi o‘ylab ko‘rg‘ay. Loyiq va sazovor kuyovni ixtiyor qilg‘ay.

  Badxo‘yliq va qurukliq, ya’ni qabih va nafaqadan ojizliq qiladurgon kuyovdan hazar qilg‘ay. O’z tengiga bergay va fosiqga qiz berish ravo emasdir. (Fosiq - ichi qora, fisq, fasodchi, janjalkash). Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kim farzandini fosiqga bersa, qat’y rahm qilgonidur». (Qizidan voz kechganidir). Rasul alayhissalom aytibdurlarkim: «Qizini kuyovga bergani erig‘a qul qilib bergani bo‘lur. Yaxshi o‘ylab ish qilinglarki, nechuk kishig‘a qul qilursizlar».

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 13:37:31
FASL
Ahli ayolga muomala odoblari bayonida

   Bas, ma’lum bo‘ldiki, nikoh din, millat asllaridan bir asl bo‘lg‘ayki, er-xotinchilikda adab va sunnatni rioya qilg‘ay. Va garna (aks holda) odamiylarning nikohi va chahorpolar - hayvonlarning juftlig‘ida farqi bo‘lmas. Bas, o‘n ikki odobni rioya qilg‘ay:

  Avvalgi odob valima (to‘y)durki, valima sunnati muakkadadur. Valima deb to‘y uchun qilg‘on osh va non, taomni ayturlar. Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu xotyn oldilar. Rasul alayhissalom aytdilarki, «Avlim va lav bishotin», ya’ni, valima qilg‘il, agarchi bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham. Va kim qo‘y topolmasa do‘stlar huzurig‘a boricha taom kelturg‘ayki, ul ham valimadur. Hazrati rasul alayhissalom Safiyag‘a nikoh qilindilar. Yigirmata arfa
(arpa) nonu birmuncha xurmo valima qildilar. Bas, qudrati yetgancha to‘y qilg‘aykim, nikohning ta’zimi (hurmati)dur. Bo‘lg‘aykim, valimani uch kundin o‘tkarmagay, harchand ta’sir bo‘lsa, haftadan keyin qolmag‘ay. Va daf (childirma) chalmoq va izhori shodlik qilmoq azizlarning faqat to‘ylarda, nikohlarda odatlaridurkim, to‘yda daf chalmoq sunnatdur. Robia’ bint Mas’ud roziyallohu anhodin rivoyatdurki, aytur: «Vaqtiki mani to‘y qildilar, kanizaklar daf chalib, naqshu surud (ashula) aytur erdilar, ikkinchi kuni rasul alayhissalom kirib keldilar. Kanizaklar hazrati Rasul alayhissalomni ko‘rib, on hazratni na’t va sanolari birla she’r aytib, daf chalib, surud (ashula) og‘oz qildilar. Hazrati rasul alayhissalom ilgarigi aytqonlaringni aytinglar, deb o‘zlarining na’tlarida daf chalib, boziy o‘ynamoqni pisand ko‘rmadilar. Ammo daf (doira) chalmoq va surud aytmoqdan ham man’ qilmadilar.
   
   Ikkinchi odob ulki, xotinig‘a xushfe’llik birla sozish (yaxshi muomala) qilg‘ay.

   Xushfe’llikning ma’nosi ulki, xotiniga ranj va ozor yetkurmagay. Balki ayol yetkazayotgan ranj va alamga sabr va bardosh qilg‘ay. Va ularning bema’ni so‘zlari va nopisand, nosiposlig‘iga sabr qilg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 13:46:36
   Xabarda kelibdurki, xotinlarni za’iflig‘idan avrat berkituvchi qilibdur. Za’ifliqning dorusi xomushliqdur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Kishikim xotinining bad fe’liga sabr qilsa, Ayyub alayhissalomga kelg‘on baloga sabr qilg‘onning savobini va ajrini berurlar. Va har xotinki, erining bad fe’liga sabr qilsa, Fir’avnning xotini Osiyog‘a beriladigan ajr, savobini olurlar.

   Hazrati rasul alayhissalomning vafotlari vaqtida oxirgi hadislari ushbu uch so‘z erdiki, sahobalarga dedilar: «Namozni barpo tutinglar va Haq taoloning bandalarig‘a yaxshilik qiling, valloh, vallohki, xotinlar sizlarni Qo‘linglardagi asiringlardur. Ularga xo‘bliq va yaxshiliq birla muomala qilinglar». Hazrati rasul alayhissalom azvoji mutahharotni (pokdoman xotinlar) xashm (achchiq) va g‘azablarig‘a sabr va tahammul qilur erdilar.

   Bir kuni hazrati Umar roziyallohu anhuning xotinlari javob qaytardi. Hazrati Umar darg‘azab bo‘ldilar. Xotinlari dedikim, sendan hazrati Rasul alayhissalom chandon behroqdirlarki, azvoji mutahharot javob qilsa, sabr va tahammul qilurlar. Hazrati Umar aytdilar, «Agar andog‘ bo‘lsa, vodarig‘kim, Hafsa yer birla yakson bo‘lubdur». Ersa o‘shal vaqtida Hafsa roziyallohu anho kirib keldilar. Hazrati Umar aytdilark.im, «Ey farzandim, zinhor onhazrat alayhissalomga (rad) javob qilmag‘il. Abu Bakrning qizidek (Oyshadek) mag‘rur bo‘lmagil. Onhazrat alayhissalomning muhabbatlari anga g‘olibdur. Anga sabr qilg‘on birla sanga sabr qilmaslar». (Xafsa hazrati Umar roziyallohning qizlari). Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlarkim:

   «Xayrukum, xayrukum liahlihi va ana xayrikum li ahli».

   Ya’ni, «Sizlarning xo‘broq va yaxshirog‘inglar xotinlariga yaxshilik qilg‘uvchirog‘dur. Men xotinimga yaxshiliq qilmokda sizlardan yaxshirokgurmen».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 13:48:53
   Uchinchi odob ulki, xotini birla hazil, sho‘xlik va o‘yin qilishgay va ani malol olmagay. Bilgilki, xotini birla hazil qilmokda hech kishi onhazrat alayhissalomg‘a o‘xshash bo‘lmag‘ay. Chunonchi, hazrati Rasul alayhissalom Oysha Siddiqa roziyallohu anho birla yugurishdilar, avvalgi navbatda hazrati rasuli alayhissalom o‘ttilar, ikkinchi navbat yugurishtilar, Oysha roziyallohu anho o‘ttilar. Rasul alayhissalom aytdilar, birga bir, ya’ni barobar bo‘ldik. Va bir kuni zangilarning bozingarlaridan (o‘yinchilar) ovoz eshitildiki, raqsu simo’ qilurlar. Hazrati Rasul alayhissalom Oysha roziyallohu anhodan so‘radilarki: «Oysha, ko‘rarsanmu?» Hazrati Oysha ko‘rmakni ixtiyor qildilar, hazrati rasul alayhissalom yaqin borib, xotinini muborak qo‘llarida ko‘tarib turdilar. Hazrati Oysha iyagini onhazrat alayhissalomning muborak bozularig‘a (bilak) qo‘yib, nazzora qilur erdilar. Muddatdan keyin Rasul alayhissalom so‘radilarki, «Ko‘rib bo‘ldingmu?»

   Hazrat Oysha aytur erdilar: «Hanuz ser bo‘lmadim (ko‘rib to‘ymadim). To uch navbat so‘rag‘ondan keyin, qaytib, hujrai muborakka kirdilar. Hazrati Umar roziyallohu anhu ayturlar: «Er ulkim, xotini birla hazil va mazoh vaqtida kichik boladek bo‘lg‘ay. Vaqtiki, xoxlasa, erligini izhor qilg‘ay».

   Aytibdurlar: «Vaqtiki (erkak) uyga kirsa, shod-xandonliq birla kirgay va uyidan chiqar bo‘lsa, xomushluq va dilgirliq birla chiqqay. Borni yo‘q demagay va yo‘qni so‘ramagay».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 13:51:26
   To‘rtinchi odob ulki, hazil-mazohni dilozorlik darajasiga yetkurmagay. Va havoyi botilda xotinlar royiga yo‘l bermagay. Balki muruvvatga va yo shariatga xilof ish ko‘rsa anga siyosat qilgay. Agar indamasa, xotiniga masxara bo‘lg‘on bo‘lur. Hazrati Haq subhonaxu va taolo xabar berur:

   «Ar-rijolu qavvomuna alan-nisoi». (Niso, 34).

    Oyatning tafsiri ulki, «Eranlar (erkaklar) xotinlarini shariat yo‘li birla barpo tutquvchidurlar va erlar hamisha xotiniga g‘olib bo‘lg‘ay».

   Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ta’sa abduzzavjat», ya’ni xor bo‘lsin xotiniga qul bo‘lg‘on erlar, aslida xotinlar erlarining qulidur».

   Aytibdurlarki, (erlar) xotinlar birla maslahat qilg‘ay va so‘ng o‘z bilganicha ish qilg‘ay. Darhahiqat, xotinlar nafsi ham eranlarning nafsiga o‘xshashdur. Andek yengillik qilsanglar o‘z had, e’tidolidan o‘tar bo‘lg‘aykim, ba’zi ishlarig‘a sabr-tahammul birla va ba’zi ishlarig‘a siyosat birla iloj qilg‘aysen. Er kishi tabibi hoziqdek bo‘lg‘ay. Har ilojni o‘z vaqtidan o‘tkarmagay. Ammo sabr va tahammulni g‘olib qilg‘ay. Xabarda  kelibdurki, «Xotin kishi yon ustixonga o‘xshash - (yon qovurg‘a)dur. Vaqtiki, ani rostlamoqni xoxlasang, sinar».

   Beshinchi odob ulki, g‘ayrat va hamiyatni e’tidolida tutqay. Ofatga sabab bo‘ladurg‘on ishlarni imkon qadar man’ qilg‘ay. Tomga chiqmoq va tashqari chiqmoq va nomaqram bila aralashmoq va ravzanadin (tuynuk, teshik, darcha) nazzora qilmoq va munga o‘xshash ishlardan ehtiyot qilg‘aykim, aksari ofatlar ko‘zdan paydo bo‘lur va besabab gumoni bad qilmoq birla siyosat og‘oz qilmag‘ay va g‘ayratni (yotishni) o‘rtacha tutg‘ay va haqiqati ma’lum bo‘lmagan ishning justu-jo‘yida mubolag‘a qilmag‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 13:52:38
   Vaqtiki, hazrati rasuli akram s.a.v. g‘azotdan qaytib kechki payt Madinai munavvaraning oldig‘a kelib tushtilar va farmon qildilarki, «Bu kecha kishi uyiga kirmag‘ay». Ersa ikki sahoba bu amrga xilof qilib, uylarig‘a kirdilar. Ikkilari uylarida xilofi shar’iy ish ko‘rdilar.

   Hazrati Ali roziyallohu anhu aytdilar: «G’ayratni xotinlarga haddidin o‘tkarmagilki, ayoling tili uzun bo‘lur». Va asli g‘ayrat uldurki, xotinlarning ko‘zini nomahramni ko‘rmagidan man’ qilg‘ay.

   Hazrati rasul alayhissalom Fotima roziyallohu anhog‘a aytdilarki, «Xotinlarga qaysi ish behroqdur?» Fotima roziyallohu anho aytdilarki, «Hech er kishi ularni ko‘rmagay». Bu so‘z onhazrat s.a.v.ga xush keldi. Fotima roziyallohu anhoni quchoqlarig‘a olib bu oyatni o‘qidilar:

   «Zurriyatan ba’zuho min ba’zin» «Ular avlod erdilar ba’zilari ba’zilariga» (Oltinxon to‘ra tafsiridan).
Hazrati Umar r.a. ayturlar: «Xotinlarga eng yaxshi libos bermanglarki, uyidan chiqmoqg‘a rog‘ib bo‘lur». Hazrati Rasul alayhissalomning zamonlarida xotinlarga yaxshi libos kiymak va masjidga kirib, jamoat birla oxir safda namoz o‘tamakka ijozat berur erdilar. Sahobalarning zamonlarida bu ishlarni man’ qildilar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 13:54:34
   Hazrati Oysha r.a. ayturlar: «Agar rasul s.a.v. bu zamonada bo‘lib, xotinlar ahvolini mushohada qilsalar edi, masjidga kirmakka hargiz ijozat bermas edilar». Bas, bu zamonada xotinlarni masjid va majlisdan man’ qilmoq farzdur. Magar beva ayolkim, chodirpo‘sh bo‘lsa, bu jumladan ermasdur. Bas, fitnaning ko‘prog‘i nazardan paydo bo‘lar. Er-xotinlarni imkon qadar (ko‘cha va bozorga chiqishini) man’ qilmoq kerak. Hazrati rasuli akram s.a.v. Oysha r.a.ning hujralarida ayollari birla o‘tirgan edilar. Bir nobino (ko‘zi ko‘r) kirib keldi. Ko‘zi ko‘r ekan, deb aningdan pinhon bo‘lmabdilar. Hazrati rasuli akram sa.v. «Sizlar ham ko‘rmu?» deb g‘azab qildilar.

   Oltinchi odob ulki, ahli ayolig‘a yaxshi nafaqa bergay (qodir bo‘lsa ro‘zg‘orni mo‘l qilib qo‘yar) va tanglikka solmagay va isrof ham qilmag‘ay. Bilgilki, ahli ayolig‘a, bolalariga qilg‘on nafaqa (xarajat)ning savobi sadaqaning savobidan ziyodadur.

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «G’azotg‘a nafaqa qilg‘on dunyoning savobidan va qul ozod qilg‘onning savobidan va miskinlarga bergan dunyoning savobidan ahli ayolig‘a nafaqa qilg‘onning savobi ziyodaroqdur. Hech laziz taomni yolg‘iz yemagay. Tayyor qilmoqg‘a qudrati yetmaydurgon taomni ahli ayoli oldida aytmagay».

   Ibn Sirrin rahmatullohi alayh aytur: «Haftada bir navbat laziz taom nafaqa qilg‘ay. Masalan, halvoyi shirinkim, laziz taomdan to‘xtatmoq muruvvatdan emasdur». Bas, taomni xotini birla yegay. Xabarda kelibdurki, Haq subhonahu va taolo va farishtalar xotini birla taom yegan kishig‘a salavot yuborurlar. Va asl uldurki, ahli ayolig‘a haloldan yedirib, ichirgay. Hech xiyonat va jafo shundan ziyoda bo‘lmaski, axli ayolini haromdan topib, yedirib, parvarish qilsa.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 13:59:46
   Yettinchi odob ulki, xotiniga namoz va ro‘za va hayz, nifos mas’alalarini va bundan o‘zga ham keraklik mas’alalarni yaxshilab o‘rgatgay. Agar eri o‘rgatmasa, xotinig‘a vojibdurki, yana birov qoshig‘a borib o‘rgang‘ay va agar eri o‘rgatmakdan taqsir qilsa, gunohkor bo‘lur.
Chunonchi, Haq taolo xabar berur:

   «Yo, ayyuhal-lazina a’manu quv anfusakum va ahliykum noran». (At-tahrim, 6).

   Oyatning tafsiri ulki: «Saqlanglar o‘zinglarni va xotinu farzandlaringizni do‘zax otashidan».
Bu miqdor mas’alani o‘rgatgayki, vaqtiki, oftob botmasdan ilgari hayz to‘xtagan bo‘lsa, namozi peshin va namozi digarning qazosini o‘tagay. Vaqtqtiki, oftob chiqmasdan ilgari hayzto‘xtagan bo‘lsa, namozi shom va namozi xuftonning qazosini o‘tagayki, aksar ayollar bu mas’alani bilmaslar.
Sakkizinchi odob ulki, ikki xotini bo‘lsa, bu ikkalasini hamma ishda barobar ko‘rgay. Xabarda kelibdurki, kimning ikki xotini bo‘lsa, hamma ishda barobar ko‘rmay, birini ziyoda ko‘rsa, qiyomat kuni bir tarafig‘a qiyshiqturar. Barobar tutmag‘onliq sababidan.

   Nafaqa va kisvatda (kiyim, ust-bosh), kechalikda qoshig‘a qo‘nmokda tenglik vojibdur. Ammo yaxshi ko‘rish va muomalada vojib emasdurki, muhabbat ixtiyoriga tobe’ ermas.

   Hazrati rasul alayhissalom har kecha azvoji mutahharotning biriga yaqinlik qilardilar va Oysha roziyallohu anhoni do‘stroq tutar erdilar va aytur erdilar, «Ey, bor Xudoyo, onchakim ixtiyorim tasarrufidagi ishda adl qilmoqni istarman. Ammo ko‘nglum ixtiyori menda emasdurki, o‘zing donosen».

   Va kishikim, anga bir xotin kifoyat qilsa, yana xotin olmagay. Oltan bo‘lsa, uni zoe’ qilib, behuda bandga solmag‘ay. Hazrati rasul alayhissalom Savdo roziyallohu anhoningtalog‘ini bermakni xohish qildilar, yosh jihatdan azvoji mugahharotning kattarog‘i erdilar. Savdo roziyallohu anho arz qildiki, «Mani taloq qilmag‘aylar». Man o‘z navbatimni Oyshag‘a berdimki, to qiyomat kuni azvoji mutahharot zumrasida turg‘aymen». Bas, ani taloqqilmadilar. Ikki kecha Oysha roziyallohu anhoning uylarida yotar edilar. O’zgalarnikida bir kecha bo‘lar edilar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:00:57
   To‘qqizinchi odob ulki, agar xotini befarmonlik qilib, erining toat va itoatida bo‘lmasa, nasihat va yumshog‘lik birla itoatga keltirgay. Agar bu ishlar ham foyda qilmasa, yotadigan joyida xotiniga ujosini, ya’ni orqasini qilib yotg‘ay. Agar muning birla tanbeh bo‘lmasa, ul kecha xotinidan bo‘lak yotg‘ay. Agar munchalik birla itoat qilmasa, urg‘ay va agar namoz o‘tamakda dini islom ishida taqsir qilsa, bir oy va balki undan ziyoda g‘azab qilmoq ravodur.

   O’ninchi odob ulki, suhbat va mubosharat qilmoqning bayonida. Bo‘lg‘ayki, mubosharat vaqtida yuzini qiblaga qilmagay va suhbatdan ilgari hazil va mazah va bo‘sa qilmoq va muonaqa (og‘ushiga olmoq) birla ko‘nglini xush qilg‘ay. Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlarki, er kishi xotini uzasiga hayvonlardek yiqilmagay va mubosharatdin ilgari elchi yuborgay. So‘radilarki, elchi nimarsadur? Rasuli akram s.a.v. aytdilarkim, elchi - bo‘sadur.
   
   Agar farzand vujudga kelsa shaytondan emin bo‘lur. Duoning ma’nosi ulki: «Ey, bor Xudoyo, yiroq qilg‘il bizlarni shaytondin va yiroq qilg‘il shaytonning sharridin, bizlarga ato va nasib qilg‘on nimarsadin.
   Inzol vaqtida bu oyatni ko‘nglida andisha qilgay:

   «Va huvallaziy xalaqa minal-moi basharan fajaalahu nasaban va sihran va kona robbuka qodiran». (Furqon, 54).

   Mazmuni: «U suvdan - nutfadan insonni yaratib, so‘ng uni nasl-nasab (egasi) va quda-anda qilib qo‘ygan zotdir». (Alovuddin M. tarj.). Vaqtiki, inzol bo‘lsa, (erkaklik maniysi oqsa) sabr qilg‘ayki, xotini ham inzol lazzatidan bahramand va murodig‘a yetmak birla arjumand bo‘lg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:08:20
   Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: uch ishdurki, erlarga  ojizliqdan nishonadur: avvalgi ulki, kim bir kishi birla hamsuhbat bo‘lsa, otini so‘ramasligi. Ikkinchi kimdir oni yaxshi ishg‘a targ‘ib qilg‘ay, ul qabul qilmag‘ay. Uchinchi-muonaqa va bo‘sa qilmay, mubosharatg‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay. O’zining hojatini tamom qilib, xotinining hojatini ravo bo‘lmasa-da suhbatdan forig‘ bo‘lg‘ayki, bu ojizlikdir.   

   Hazrati Ali va Muoviya va Abu Hurayra rizvonallohu taolo alayhimdan rivoyatdurki, oyning avvalg‘i kechasi va o‘rtadagi kechasi va oxirgi kechasida mubosharat qilmoq makruhdur, bu kechalarda shaytonlar hozir bo‘lurlar. Va (erkak ayoli) hayz ko‘rgan holatda suhbat qilmoqdan parhez qilg‘ay. Agar junublikda biron narsa yemakni xohlasa, tahorat qilib yegay va junubda uxlamoqni lozim tutsa, tahorat qilmoq sunnatdur. G’usl qilmasdan ilgari mo‘y va tirnoqni olmag‘ayki, asari janobat boqiy qolmag‘ay. G’usl qilurda ko‘zining chetlariga suv yetkurgay. Agar azl qilsa, (bo‘shansa), durust va mazhabda ravodur.

   O’n birinchi odob ulki, farzand vujudg‘a kelganda uning o‘ng qulog‘iga azon va chap qulog‘iga takbir aytg‘ay. Xabarda kelibdurki, Xudo azza va jallaga xush keluvchi hamma ismlardan eng azizlari bulardir: Abdulloh, Abdurahmon, Abdurahim. Munga o‘xshash ismlar va farzand tug‘ilgan vaqtdayoq ot qo‘ymoq sunnatdur. Va aqiqa sunnati muakkadadur. Aqiqa deb farzand vujudg‘a kelganda nazr oshi qilib berganni ayturlar. Qiz bolag‘a bir qo‘y, o‘g‘ul bolaga ikki qo‘y so‘yib, aqiqa qilg‘ay. Agar ikki qo‘y topmasa, bir qo‘y so‘yib ham aqiqa qilmoq ravodur.

   Hazrati Oisha r.a. aytibdurlarki, aqiqaning ustuxonini sindirmagay. Farzand vujudga kelg‘onda totlig‘ nimarsa bilan bolaning tomog‘iga yetkurmak sunnatdur. Yettinchi kuni sochini oldirib, sochi vaznida oltin yo kumush sadaqa qilg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:09:50
   Qiz farzand ko‘rsa aslo ma’lul (g‘amgin) bo‘lmag‘ay va o‘g‘il farzand ko‘rgan bo‘lsa ziyoda shod bo‘lmag‘aykim, xayr (yaxshilik) qaysi birida ekanini kishi bilmas. Ammo qiz farzand muboraQooqdur va savob aningda ziyodadur.

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim uch qizi va yo uch hamshirasi bo‘lib, ularni ranj va mashaqqatini tortib, vazifasini ado qilsa, Haq Taolo bularga rahim qilg‘on sababidan ul kishig‘a rahm va mag‘firat qilur».

   Sahobalardan birlari dediki, «Yo, rasulalloh, agar ikki qizi bo‘lsa nechuk bo‘lur?» Rasul alayhissalom aytdilarki, «Agar ikki qizi bo‘lsa ham.» Yana sahoba dedikim, «Yo, rasulalloh, agar bir qizi bo‘lsa nechukdur?» Hazrati rasuli akram s.a.v. aytdilar: «Kishikim bir qizi bo‘lsa ranjur bo‘lur, agar ikki qizi bo‘lsa, garonbordur (Ya’ni og‘ir yuk ko‘targuvchi), agar uch qizi bo‘lsa, ey, musulmonlar, ani holig‘a rahm qilinglar va anga yordam beringlarki, ul kishi mani birla bihishtga barobar kirguvchidur» - deb ikki barmoqlarini ko‘rsattilar.

   Va Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi farzandi uchun bozordan meva chog‘liq biron narsa keltirsa, sadaqaning savobi bo‘lg‘usidur. Bo‘lg‘ayki, nafaqani avval qiz bolag‘a bergay, undan keyin o‘g‘il bolaga bergay. Ota, ona qiz bolani shod qilsa, Haq taoloning g‘azabidan qo‘rqib yig‘lag‘ondek savob bo‘lg‘usidur. Kishikim Haq taoloning g‘azabidan qo‘rqib yig‘lasa, ul kishining badani do‘zax otashiga haromdur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:10:57
   O’n ikkinchi odob ulki, xotinini taloq qilmoqdan juda qattiq ehtiyot bo‘lg‘ayki, Haq taolo muboh ishlardan taloqni yomon ko‘rar. Xullasi kalom, kishig‘a ranj va ozor yetkurmoq muboh ermas (ruxsat emas), magar zarurat bo‘lsa (boshqa gap). Ammo vaqtiki taloq qilmoq zarur bo‘lsa, bir taloq qilg‘ay. Birdan uch taloq qilmoq makruhdur.

   Hayz ko‘rgan vaqtida taloq qilmoq  haromdur. Hayzdan keyin pok bo‘lib, suhbat qilmasdan ilgari taloq qilmoq sunnatdur. Bo‘lg‘aykim, taloq qilurda uzr aytg‘ay, marhamat ko‘rguzgay va qahr-g‘azab vaqtida taloq qilmagay va taloq qilg‘ondan keyin bir nimarsa tuhfa va hadya bermak birla ko‘nglini xush qilg‘ay va xotinining sirini hech kishig‘a aytmagay.

   Agar bir aybi jihatidan taloq qilg‘on bo‘lsa, ul aybni birovga oshkora qilmag‘ay. Bir kishi xotinini taloq qilmoqni istadi, so‘radilarki, nima uchun taloq qilursen? Dedikim, «Xotunning sirini oshkor qilmoq ravo ermastur». Vaqtiki, taloq qildi, so‘radilar: «Nima uchun taloq qilding?» Dedikim, «Begona xotin birla nima ishim borki, aning so‘zini qilg‘aymen?»
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:14:09
                                                             FASL
                                         Erlarning xotinlar zimmasidagi haqlari


   Bilgilki, yuqorida mazkur bo‘lgan xotinlarning erlardagi huquqi bayonida edi. Ammo erlarning xotinlardagi huquqi chandon ziyodadurkim, darhaqiqat, xotinlar erlarning bandasidur. Xabarda kelibdur:

  «Haq taolodan o‘zgag‘a sajda qilmoq ravo bo‘lsa edi, xotinlarni erig‘a sajda qilmoqg‘a buyurur edilar». Bas, xotinlarga lozimdurki, eridin ruxsatsiz xonasidan tashqari chiqmagay, hattoki tom tepasiga ham chiqmagay. Qamsoyalar birla aralashmagay va ko‘p so‘zlamag‘ay va zaruriyatsiz qo‘shnilarga muloqot qilmagay. Eriga yaxshi so‘zdan o‘zga hech nimarsa demagay va agar er-xotin orasida nizo va muxolifat bo‘lsa, ishrat va suhbat vaqtida nizo so‘zni hikoya qilmag‘ay va hamma ishlarda erining murodi va shodlig‘ig‘a rozi bo‘lg‘ay. Molda va badanda xiyonat qimmag‘ay va shafqatni rioya qilg‘ay va agar erining do‘sti so‘z so‘rasa, aslo ko‘rmagan va tanimagan kishidek javob bergay va erining hamma oshnolaridan o‘zini chetga olg‘ay va eri berganga qanoat qilg‘ay va ziyoda talab qilmag‘ay va o‘zini hamisha pokiza tutg‘ay. Chunonchi, (o‘zini) suhbat va mubosharatg‘a loyiq tutg‘ay va qo‘lidan kelgan xizmatni bajonidil qilg‘ay. Va husni jamolig‘a fahonoz qilmag‘ay va eridan ko‘rgan yaxshilig‘iga noshukrlik qilmag‘ay. Va aytmagaykim «Man sendin nima ko‘rdim?» Besabab «Ani olib ber, muni olib ber» demagay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Do‘zaxga qaradim, aksar xotinlarni do‘zaxda ko‘rdim. Birodarim Jabroil alayhissalomdan sababini so‘radim, aytdi: «Bu jihatdan do‘zaxga giriftor bo‘lurlarkim, musulmonlarga la’nat ayturlar va erlariga ozor berurlar».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:15:26
                                                        UCHINCHI ASL
                                                 Kasb va tijorat odoblari


   Bilgilki, dunyo-oxirat zodi rohini - yo‘l ozig‘ini tayyor qilmoqg‘a manzildur va odamiy yemak va kiymakka muhtojdur. Bas, libos va uy-joy, kasb va hunar qilmaguncha hosil bo‘lmas. Bo‘lg‘ayki, kasb va tijorat odoblarini bilgaysen. Va kishi hamma himmatini dunyo kasbiga sarf qilibdur, badbaxtlik va shaqovatning nishonasidur va kishi hamma himmatini oxiratga sarf qilibdur, baxt va saodat alomatidur. Va lekin mo‘‘tadilrog‘i uldurki, ham maosh (hayot kechirish) uchun justu-jo‘ va ham oxirat talabida guftu-go‘ qilg‘ay va maosh talabini farog‘at birla yaxshi ishlar qilishg‘a sabab bilgay. Ammo, onchakim kasb va tijorat odobida bilmak zarurdur, besh bobda bayon qilg‘umdur.

                                                                     * * *
   Bilgilki, o‘zingni va ahli ayolingni xalqdan beniyoz qilmoq va ularning muhimmotini (kerakli narsalarini) haloldan kasb qilmoqfi sabililloh jihod qilg‘ong‘a o‘xshashdur, va ko‘pincha ibodatdan afzalroqdur. Bir kuni hazrati rasuli akram s.a.v. namozi bomdoddan qaytib sahobalar birla o‘tirur edilar, bir baquvvat yigit bular oldidan tez o‘tib, bozorga borib do‘konda o‘tirdi. Sahobalar aytdikim, darig‘o, mundog‘ erta turib do‘kong‘a bormoq? Oxirat talabida bo‘lg‘ay erdi. Hazrati rasuli alayhissalom aytdilar: mundog‘ demangizlar, agar bu yigit o‘zini xalqdan beniyoz qilmoq va yo ota-onasi va ahli ayoli nafaqasi (ularni boqish) uchun bu ishni qilsa, Haq taologa ibodat qilg‘onidur. Va agar dunyog‘a faho qilmoq va tavongirliq (boylik) lofini urmoq uchun bu amalni qilsa, shaytonning fe’lidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:16:52
   Va hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi xalqdan behojat bo‘lmoq va yo hamsoya, qarindosh-urug‘lariga manfaat yetkizmoq uchun dunyoyi halol talab qilsa, ul kishining yuzi qiyomat kuni o‘n to‘rt kunlik oydek bo‘lg‘ay».

   Hazrati rasuli akram s.a.v aytibdurlar: «Luqmaning halolrog‘i hunarmandlar kasbidan hosil bo‘lg‘on nimarsadur, vaqtiki rostliqni pesha qilsalar». Va yana aytibdurlar: «Tijorat qilinglarki, tirikchilikning o‘n hissadan to‘qqiz hissasi tijoratdan hosil bo‘lg‘usidur». (U zamonda arablarda shunday edi). Yana aytibdurlar: Kim xalqdan hojat tilamakni va gadoliqni lozim tutubdur, Haq subhonahu va taolo ul kishining yuziga muhtojlik va kambag‘allikdan yetmish eshik ochar».

   Iso alayhissalom bir kishidan so‘radilarkim, «Nima ish qilursen?»

   Ul kishi aytdi: «Birodarim bordurki, ro‘zonamni (kundalik ehtiyojimni) ul tayyor qilib beradur». Iso alayhissalom: «Birodaring sendin obidroq ekan», dedilar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:18:31
   Hazrati Umar r.a. aytur: «Kasb va tijoratdan qo‘l yig‘manglar va aytmanglarki, sizlarg‘a Haq taolo ro‘ziy beradur. Bas, osmondan oltin va kumush yog‘dirmoqg‘a Alloh taolo odat qilmabdur». Luqmoni hakim o‘z farzandig‘a vasiyat qilibdurkim, «Kasb va hunardan qo‘l yig‘mag‘il». Kim kambag‘al va hojatmand bo‘lsa, xaloyiq aning dini, mazhabida shak qilurlar. Dangasa va kambag‘alning aqli za’if bo‘lur (emish yo‘kligidan - M.M.) va xalq anga haqorat nazari birla boqarlar». Buzurglarning biridan so‘radilar: «Haq taolog‘a ibodat qilg‘uvchi fozilroqmu va yo diyonatli tijorat qilg‘uvchi fozilroqmu?» Ul aziz dedikim, «Diyonat birla tijorat qilg‘uvchi fozildurkim, shayton birla g‘azot qilur. Shayton olurda og‘ir olib, soturda yengil sotmoqqa qasd qilur. Tojir (savdogar) aning xilofida ish qilur».

   Ahmad Hanbal rahmatullohi alayxdan so‘radilar: «Nima dersan ul kishi haqidaki, masjidda o‘tirur, Haq taolog‘a ibodat ' qilur. Ayturkim, ro‘zonamni Xudoi taolo yetkuradur». Ahmad Hanbal dedikim: «Ul kishi johildur. Shariatni bilmas». Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo azza va jalla mening ro‘zonamni (kundalik rizq) bandalarni salohga kelturmakka vobasta qilibdur, ya’ni shaytonni izza qilmoqqa vobasta qilibdur». Bir kishi Ibrohim Adhamni ko‘rdikim, o‘tun yulib (ko‘tarib) bozorg‘a ketib boradur. Aydikim: «Toki bu mashaqqatni lozim tutarsen?» Ibroqim Adham dedikim, «So‘zlamagil!» Xabarda kelibdur, kim halol talabida o‘zig‘a xorliqni lozim tutsa, ul kishig‘a jannat vojibdur. Hazrati rasul alayhissalomdan:

   «Mo uhiya ilayya an ijmail mola va kun minat-tojiriyna va lokin uhiya an sabbih bihamdi rabbika va kun minas - sojidiyna va’bud rabbaka hatta ya’atiya kal yaqin».

   Ya’ni, Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Menga aytmadilarki, mol jam qilg‘il, tojirlar jumlasidan bo‘lg‘il, balki dedilarki, tasbih aytg‘il, sojidlar zumrasidan bo‘lg‘il va Haq taolog‘a ibodat qilg‘il, to oxir umringg‘acha». Bas, bu hadis dalolat qilurki, ibodat qilmoq kasb va tijorat qilmoqdan ortiqroqdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:21:17
   Ammo kishi o‘zi va ahli ayolining hojatig‘a kifoyat qilg‘uncha dunyosi bo‘lsa, aniqki, ul kishig‘a ibodat qilmoq kasb va tijorat qilmokdan ortiqroqdur. Va kishi hojatidan ziyoda dunyo topmoq talabida bo‘lsa, ul kishida hech fazilat yo‘qtur. Ziyonkordur, dunyog‘a ko‘ngil bog‘lagan bo‘lur. Ul ,kishikim, dunyosi bo‘lmasa va lekin hojatiga kifoyat qilg‘uncha moli vaqfdan yetib tursa, bu nav’ kishig‘a ham, kasb va tijorat qilmaslik yaxshiroqdur. Bas, bu tariqa kishilar bo‘lg‘ayki, ilm va shariat o‘rganmakg‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay, tokim haloyiqg‘a oxirat ishini bayon qilib, manfaat yetkurgay va yo ilmi tib o‘rgangaykim, xalqg‘a sihhati badan ishida manfaat yetkurgay va yo kishi qoziliq ishig‘a mutasaddi bo‘lib, xalq maslahatig‘a mashg‘ul bo‘lsa va yo kishi safoyi botin (ko‘ngil ravshanligi) hosil qilib, so‘fiylarning zikr va fikr ta’limiga mashg‘ul bo‘lsa va yo kishi ibodatda avrodga - duolarga mashg‘ul bo‘lsa, bularning rizqi xonaqodan va vaqfdan va yo xalqning nazr sadaqasidan hosil bo‘lib, kishidan bir nimarsa tilamakka hojati bo‘lmasa, bularga kasb va tijorat qilmokdan ibodat qilmoq yaxshiroqdur.

   Buzurglardin ba’zilar bor ediki, uch yuz oltmish do‘sti bor edi. Har kuni bir do‘stining uyida hamisha mehmon bo‘lib, toat va' ibodatga mashg‘ul bo‘lur edi va ba’zilari bor ediki, o‘ttiz do‘sti bor erdi, har do‘stining uyida oyda bir kun mehmon bo‘lib, hamisha toat va ibodatg‘a mashg‘ul edilar. Ammo birovdan bir narsani talab qilib, o‘zig‘a xorliq yetkurmas edilar. Agarda maishati hosil bo‘lmasa, kishidan bir narsa tilamak gunoh jumlasidan bo‘lgani uchun kasb va tijorat qilmog‘i yaxshirokdur. Ammo ro‘zg‘ori but bo‘lib, yetarli bo‘lsa, kasb va tijoratdan ko‘ra ibodat qilmog‘i avlodur. Ammo boshqa iloj topmasa, zarurat tufayli halol bo‘lur. Agar kishi martaba va darajasi baland bo‘lib, xaloyiqg‘a ilmidan manfaati ko‘p yetsa, kishidan bir narsa tilamak birla xorliq yetmasa, ul kishiga kasb va tijorat qilmay, ilm qilmoq yaxshirokdur. Ammo kishi ibodati zohiriyga mashg‘ul bo‘lsa, ul kishig‘a kasb qilmoq yaxshidurki, hamma ibodatning haqiqati Haq taologa zikr aytmoqdur. Kasb va tijorat qilmoqda ko‘nglini Haqtaolo zikrig‘a mashg‘ul tutqali bo‘lur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:22:41
   Tijorat shariatga muvofiq bo‘lg‘ay. Bilgilki, bu bob bisyor uzun erdi, hammasini «Kitobi fiqh»da bayon qildim. Ammo bu kitobda aksari ko‘pchilik muhtoj bo‘ladurg‘on mas’alani bayon qilurmen. Andog‘kim, hamma bu mas’alalarni bilg‘ay. Agar mushkuli bo‘lsa, kishidan so‘rab bilgay. Agar bu mae’alalarni bilmasa haromxo‘r va riboxo‘r (sudxo‘r) bo‘lg‘usidur.

  Bilgilki, kasb va tijorat olti muomala birla bo‘lg‘usidur: bay’, ribo, salm (bay’ona), arz va shirkat. Bas, bu akdlar (oldi-berdilar)ning jumla shartlarini bayon qilg‘umdur.

   Avvalgi aqdi bay’dur. Va sotib olmoq va sotmoq ilmini hosil qilmoq hamma musulmonlarga farzdurkim, hech kishig‘a muningsiz chora bo‘lmas. Hazrati Umar r.a. bozorg‘a kirib, xalqni darra bilan urar edilar va aytur edilarkim, «Olmoq va sotmoq ilmini o‘rganmaguncha hech kishi bozorg‘a kirib, muomala ishig‘a qadam qo‘ymagaykim, haromxo‘r va riboxo‘r bo‘lg‘usidur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:30:41
   Bilgilki, bay’ning uch rukni bordur: avvalgi rukn - olg‘uvchi va sotquvchidurki, ani oqid (akd qiluvchi) derlar. Ikkinchi rukn moldurkim, Ani ma’qud (akd qilingan) derlar. Uchunchi rukn - oldim va sotdim, demakdurkim, Ani ijobi qabul derlar. Avvalgi rukn oqiddurki (savdo qilg‘uvchi) besh toifa birla muomala qilmag‘ay. Avval norasida, ikkinchi devona, uchinchi kishining bandasi (quli), to‘rtinchi nobino (ko‘r odam), beshinchi haromxo‘r. Ammo balog‘atga yetmagan go‘dak bo‘lsa, voliyning ijozati birla bo‘lsa ham, hazrati Imom Shofi’iyning mazhabida oldi-sottisi nodurustdur. Va devona ham norasidag‘a o‘xshashdur. Bas, kishi devona va norasidadin bir narsa sotib olib, qo‘lida zoye’ bo‘lsa, tavon lozim bo‘lur. Agar devona va yo norasidag‘a bir narsa sotib, ular qo‘lida zoye’ bo‘lsa, tavon lozim bo‘lmas.

   Ammo kishining quli xo‘jasi izn bermaguncha olmog‘i va sotmog‘i nodurustdur. Va shahar hunarmandlari, masalan, qassob va baqqollarg‘a lozimki, kishining quli birla muomala qilur bo‘lsa, to xo‘jasidan ruxsat olmag‘uncha muomala qilmag‘ay va yo ma’murdan (biror ishga buyurilgan kishi) ekani shahar ichida ma’ruf va mashhur bo‘lsa, muomala qilmoq durustdur. Ammo nobino (ko‘r odam) bo‘lsa, to ko‘rning vakili bo‘lmaguncha muomala qilmag‘ay. Va lekin nobinoning qo‘lida zoye’ bo‘lg‘on molning tavoni lozim bo‘lur. Chunki, nobino bo‘lsa ham mukallaf va ozoddur.

   Ammo haromxo‘r, chunonchi: talon qiluvchi va zolim va riboxo‘r va chag‘ir sotg‘uvchi va g‘orat qilg‘uvchi va mutrib va navhagag va yolg‘on guvohlik berguvchi va rishva (pora) olg‘uvchi, munga o‘xshash toifalar birla muomala qilmagay. Agar bu toifaning o‘zini moli emasligi ma’lum bo‘lsa, bay’ botildur va agar aksar moli halol bo‘lib, haromi kamroq bo‘lsa, muomala durustdur. Ammo shubhadan xoli emas va ammo aksar moli harom bo‘lib, kamrog‘i halol bo‘lsa, zohiran muomala botil emas va lekin shubhadurkim, haromga yaqindur, xatari azimdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:36:34
  Ammo juhud va tarso birla muomala qilmoq durustdur va lekin mushafni (Qur’onni) va musulmon qulni ularg‘a sotmoq nodurustdur. Agar ahli harb bo‘lsalar, jang va harb saloh (yarog‘-aslaha) va yarog‘ jabduqlarini ularga sotmoq nodurustdurkim, sotg‘uvchi gunohkordur. Kishikim chag‘ir ichsa va nomahram xotinlar birla bir majlisda o‘tirmokdan ehtiyot qilmasa va namoz o‘tamasa, «Unvoni musulmoniy»da bayon qiling‘on yetti shubhadan ehtiyot qilmasa, zindiq (dinsiz)durki, bular birla muomala qilmoq va aqdi nikoh bog‘lamoq nodurustdur.

   Ikkinchi rukn - muomalasi durust molda olti shartni rioya qilgay. Avvalgi shart - palid va najos nimarsani olib sotmoq durust emasdur. Chunonchi najosat va chag‘ir (spirtlik ichimliklar) va o‘zi o‘lib qolgan hayvonning go‘shtini, yog‘ini olmoq va sotmoq bay’i botildur. Ammo pok yog‘ga najosat tushsa, ani (tozalab) sotmoq harom emastur. Iforni olmoq va pilla qurtining urug‘ini olmoq va sotmoq durustdur.

   Ikkinchi shart ulki, manfaati fasl bo‘lg‘ay, chunonchi: sichqon va ilon va kajdum (chayon) va munga o‘xshash hashorati zaminni sotmoq botildur. Ammo mushukni va itni va asalarini uyasi birla, bedana, kaklik, sher va yo‘lbars va munga o‘xshash xushovoz, xushrang jonivorlarni olmoq va sotmoq durustdurkim, ularning manfaati ko‘ngilga yetgan rohati va sururidur. Barbat (o‘rdak shaklida yasalgan qadimgi cholg‘u asbobi) va chang va ribobning bay’i botildurki, ulardin manfaat olmoqlik shubhalidur. Yog‘ochdan yasalgan odam va jonivorlar suratini olmoq va sotmoq haromdurki, sindirmoq vojibdur. Ammo daraxt va nabotot suratini olmoq va sotmoq durustdur. Jondor suratini solib to‘qilg‘on matoning bay’i durust. Ammo kiymagi makruhdur.

   Uchinchi shart ulki, mol sotg‘uvchining o‘z mulki bo‘lg‘ayki, birovning molini sotmoq fosiddur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:44:37
   To‘rtinchi sharti ulki, andoq nimarsani sotg‘ayki, olg‘uchig‘a topshurmoqg‘a qodir bo‘lg‘ay. Chunonchi qochgan qul va suvdagi baliqva havodagi qush va hayvon va kanizakni qornidagi bolasini sotmoq nodurustdur, olishga qodir emas va hayvonning yungini ujasida (ustida) turg‘uzib va sutni emchagida turg‘uzib sotmoq nodurustdur. Va garovga qo‘yilgan narsani to garovdan olmaguncha sotmoq nodurustdur va kanizakning bolasi kichik bo‘lsa, onasini bolasidan ayirib sotmoq nodurustdur. Birini-biridan ayirmoq nodurustdur va haromdur.

   Beshinchi shart ulki, oladurg‘on molning mikdori va sifati ma’lum bo‘lg‘ay. Chunonchi bir to‘da qo‘ylar orasidan bir qo‘yni va yo bir boylam matoning orasidan ta’yin qilmay bir matoni olmoq va sotmoq nodurustdur. Balki sotuvchi ishorat qilib ushbu xomni va yo ushbu qo‘yni munchag‘a sottim degay. Yong‘oqni, pistani, bodomni va lo‘viyani po‘sti birla sotmog‘i durust.

   Uchinchi rukn - ijob va qabuldurki, to oldim va sotdim demaguncha bay’ mun’aqid (qat’iy, mahkam) bo‘lmas. Bo‘lg‘ayki, sotuvchi «sotdim» va olg‘uvchi «oldim» va yo «qabul qildim» degay va yo ushbu ma’nog‘a dalolat qiladurg‘on bir lafzni degay. Bas, kam baho va og‘ir bahoda bay’i ta’otiy durust debdurlar. Bay’i ta’otiy uldurki, pulni mol egasiga berib, molni xaridor olmog‘i, oldim va sotdim demasa ham joyizdur. Masalan: bir pulni bir nong‘a berib, nonvoy ul kishiga non bersa, oldim va sotdim demagiga hojat yo‘q.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:45:20
   Ikkinchi aqd - aqdi rizodir. Bir nimarsakim, kayliy (maxsus g‘alla o‘lchaydigan idish) va yo vazniy bo‘lsa, o‘z jinsig‘a bir nimarsani ziyodasig‘a sotmoq va olmoq haromdur. Kayliy deb paymonlab (bir idishda o‘lchab) sotadurg‘on narsani, vazniy deb, tarozuda tortib sotadurg‘en nimarsani ayturlar. Nimarsaki, hazrati rasul alayhissalom kayliy debgurlar, chunonchi bug‘doy va arpa va tuz, xurmo va mosh bu nimarsalar kayliydur. Agarchi, urf-odatda qop, idish, chelaklab sotmoqni tark qilib, tarozuda tortib sotmoq joriy bo‘lsa ham vazniy deb bo‘lmas, va ul nimarsaki hazrati rasul alayhissaloi vazniy debdurlar, chunonchi oltin va kumush hamisha vazniydur. Agarchi tortib sotmoqni tark qilib, qoplab sotmoq joriy bo‘lsa ham, kayliy deyilmas. Bu mazkurdan o‘zgasini urf-odatg‘a qaramoq kerak.

   Agar xalq orasida kayliy bo‘lsa kayliy, vazniy bo‘lsa vazniylikig‘a hukm qilinur. Bas, kayliyni kayliyga, vazniyni vazniyga, xoh naqd bo‘lsun, xoh nasya bo‘lsun, barobar sotmoq haloldur. Agar bir nimarsasi kam bo‘lsa hammasi haromdur.

   Bas, bir hayvonni go‘shtini yana bir qismi (boshqa) hayvonning go‘shtiga barobar va ziyoda sotmoq joizdur. Charbi yog‘ini va quyruq (dumba) yog‘ini ziyodasig‘a sotmoq joizdur va yog‘ni go‘shtg‘a sotmoq va nonni bug‘doyg‘a va ung‘a sotmoq durustdur. Agarchi, biri nasya bo‘lsa ham ribo bo‘lmas. Xo‘jasining va qulining orasida va musulmon dorul-harbda pulini puli juzonaga, ya’ni foydag‘a bersa ribo bo‘lmas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:46:33
   Uchinchi aqd - bay’i salam (oldindan pul berib turish) deb, bug‘doy va arpaga pul berib, to‘rt-besh oy, aqalli bir oydan keyin bug‘doy va arpani Oltonga ayturlar. Bay’i musallam fihi derlar va salamni, ya’ni pulni ra’silmol derlar va sotuvchini musallimi ilayhi atarlar va olg‘uvchini rubbus-salam (mol egasi) atarlar.   

   Bilgilki, bay’i salam yetti shart birlan durust bo‘lur. Avvalg‘i shart - jinsi ma’lum bo‘lg‘ay. Chunonchi, bug‘doy, arpa deb ta’yin qilg‘ay. Ikkinchi shart - nav’i ma’lum bo‘lg‘ay, chunonchi obiy va yo boroniy degay. Uchinchi shart - sifati ma’lum bo‘lg‘ay, chunonchi sara yo miyona (o‘rtacha). To‘rtinchi shart - miqdori ma’lum bo‘lg‘ay, chunonchi bir botmon. Beshinchi shart - musallamun fiyhini beradurg‘on vaqti ma’lum bo‘lg‘ay, chunonchi «qo‘y va sigir, echki, mollar bolalaganda beraman» demasin, munga o‘xshash nimarsaga bay’ qilmoq durust ermas, chunonchi rabi’ul avval va yo rabi’ul-oxirda. Oltinchi shart - ra’sul-molni miqdori ma’lum bo‘lg‘ay. Masalan, o‘n tanga va yo o‘n besh tanga. Yettinchi shart -musallamun fiyhini beradurg‘on, ya’ni ta’iyn qilg‘on vaqtiki, musallamun fiyhini rubbul-salamga topshurmoqda mashaqqat bo‘lsa. Ammo mashaqqat bo‘lmasa, makon ta’yin qilmoq shart emastur. Va bay’i salam durust emas, to ra’sul- molni bay’i va xaridor ajratib, farqlab olmag‘uncha. Har nimarsaki, ma’dudot (hisob-kitob)da tafovutlig‘dur, ul nimarsada bay’i salam durust emas.

   Bilgilki, musallam fihida bay’ qilg‘ondan to muddat tamom bo‘lib, rubbus-salamg‘a topshurg‘uncha sotmoq va olmokda bo‘ladurg‘on bay’i salam joizdur. Ammo bay’i salam vaqtida va yo muddat tamom bo‘lg‘onda muning orasida (uzilish) bo‘lib, olmoq va sotmoqga topilmaydurg‘on nimarsada bay’i salam durust emas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:48:10
 To‘rtinchi aqd ijoradurkim, ikki rukndur. Avvalgi.rukn -ijara, ikkinchi rukn - manfaatdur. Bas, bu ijara va manfaat har ikkisi ma’lum bo‘lg‘ay. Ammo ijob va qabul lozimdur. Andog‘kim, «Kitobi bay’»da bayon qildim. Bilgil, qar shartiki, bay’ni fosid qilur va har jaholatkim, bay’ni fosid qilur, ijorani ham fosid qilur. Bas, maqsudi ilayhi, ya’ni ijarag‘a beradurg‘on nimarsa, masalan, tegirmon va yo hammom ma’lum bo‘lg‘ay. Masalan, oyda bir tanga yo ikki tanga va muddati ham
ma’lum bo‘lg‘ayki, bir oyliq va yo bir yilliq. Va bulardan qaysi biri majhul (noaniq) bo‘lsa, ijara fosiddur. Ammo manfaat ma’lum. Bilgilki, har amalki, muboh bo‘lsa, ul amal ma’lum bo‘lsa, ijara durustdur.

   Bas, aqdda besh shartni rioya qilg‘ay. Avvalgi shart ulki, qiladurg‘on amalning qadri va qiymati bo‘lg‘ay. Agar qadri-qiymati bo‘lmasa ijara fosiddur. Masalan, ushbu do‘konni supurib, pokiza qiling, ajrig‘a (evaziga) bir non beray, desa nodurustdurki, bu ish uchun bay’ning qadri va qiymati bo‘lmas. Va agar ikki kishining orasida savdo qildirg‘uvchi qimmatlik kishi bo‘lib, bir-ikki og‘iz so‘zlamog‘i birla bay’ voqe’ bo‘lsa, muncha ishga ijora olmog‘i haromdur. Balki dallol va miyonachilarg‘a ul vaqtda ajr olmoq halol bo‘lurki, olg‘uvchi va sotquvchi orasida oncha so‘zlagaykim, o‘zig‘a ranj va mashaqqat yetgay. Bas, mashaqqatiga qarab ajr olg‘ay. Ammo molning qiymatiga va yo o‘zining hurmatig‘a boqib ajr olmog‘i haromdur.

   Bas, dallol va miyonachilar ikki tariqa birla haromdin xalos bo‘lurlar. Avvalgi tariqa bulki, har nimarsaki savdo qilguvchilar bersa qabul qilgay, ranj-mashaqqatdan ziyoda talab qilmag‘ay va mato’ning qimmatbaholig‘ini orag‘a solmag‘ay. Ikkinchi tariqa ulki, dallol aytmag‘ayki, bu mato’ni olib bersam, bir dirham va yo bir dinor bering va yo bahosining o‘n hissadan bir hissasini bering deb ta’yin qilmag‘ayki, haromdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:49:00
   Ikkinchi shart ulki, ijoraga olg‘on nimarsaning manfaati ma’lum bo‘lg‘ay. Agar manfaati majhul (noaniq) bo‘lsa, nodurustdur.

   Uchinchi shart ulki, andog‘ amalni ijorag‘a olg‘aykim, shariatda ul ishni qilmoq halol va muboq bo‘lg‘ay. Ammo harom ishni ijora olmoq haromdur.

   To‘rtinchi shart ulki, o‘zig‘a vojib bo‘lg‘on ishni birovga ijoraga bermoq nodurustdur. Chunonchi, g‘oziyni g‘azot qilmoq uchun ijoraga olmoq nodurust. Aning uchunkim, safg‘a hozir bo‘lg‘on vaqtda g‘azot qilmoq o‘zig‘a vojib bo‘lur.

   Beshinchi shart ulki, amali ma’lum bo‘lg‘ay. Masalan, chahorpoyni kiraga bersa bo‘lg‘ayki, kiraga berguvchi anga yuklaydurg‘on yukini va (yuradurg‘on) yo‘lini ta’yinini bilgay va agar yerni ijorag‘a bersa, ziroatni ta’yinini bilgay. Masalan, bug‘doy yo arpa deb ta’yin qilg‘ay. Va har jaholatkim, nizo va xusumatga yetkizsa, ijorani botil qilur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:49:56
  Beshinchi akd muzorabadur. Muning uch rukni bordur. Avvalgi rukn sarmoyadurki, naqd bo‘lg‘ay. Agar oltin va kumush bo‘lsa vazni ma’lum bo‘lg‘ay. Ikkinchi rukn sud (foyda)dur, omil (ishlovchi) va molik (sarmoya egasi) orasidagi ta’yin qilg‘on foydasi ma’lum bo‘lg‘ay. Masalan, hosil bo‘lg‘on foydaning yarmini, yo uchdan birini egasiga bermakchi bo‘lg‘ay. Agar molik aytsa, senga foydadan o‘n tangani va yo yigirma tangani beray, qolg‘oni manga bo‘lsun» deb - bu tariqa ta’yin qilmoq botildur.

   Uchinchi rukn amal qilish shartdur, ul tijoratdurki, olmoq va sotmokdur, hunar va peshavarlik emas. Agar bug‘doyni nonvoyga sherikg‘a bersa durustdur. Bu tariqa birla axd qilg‘aykim, molik degaykim, «Bu molni sizga berdim, tokim tijorat qilib, hosil bo‘lg‘an foydaning yarmini menga bergaysiz». Omil degaykim, «Qabul qildim». Vaqtiki aqtsi tamom bo‘ldi, omil vakildurki, olmoq va sotmoq va bekor qilmog‘i mumkundur.

   Oltinchi aqd shirkatdurki, agar mol mushtarak bo‘lsa. Aqdi shirkat uldurki, ikki kishi barobar pul chiqarib, tijorat qilib, foyda va zararig‘a sherik bo‘lib, hosil bo‘lg‘on manfaatni barobar olmoqdur. Bu akd durustdur. Basharti xiyonat bo‘lmasa.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:51:12
                                                                FASL
                                          Aqdi muzoraba va shirkat bayonida


   Bilgilki, oncha yuqorida mazkur bo‘ldi, zohir shariatda muomalaning durustlig‘i bayonida edi. Ammo muomala bisyordurki, durustlig‘ig‘a fatvo berurmiz. Va lekin ul kishi la’natga sazovor bo‘lg‘usidurki muomalasidan musulmonlarga ranj va ziyon yetgay. Bu ikki qismdur. Biri om (maviy), yana biri xos qism. Avval uldurki, ranji omaviy bo‘lur, ul ikki nav’dur. Nav’i avval - ixtikor muxtakir (ya’ni bug‘doy yig‘ib jamlab, uyga bosib qo‘yib, qachon bug‘doy qimmat bo‘lsa sotaman, degan inson mal’undur). Muhtakir deb ul kishini ayturlarkim, oshliq yig‘ib, qimmat bahoga chiqqanda sotqay va narxning bapand bo‘lmog‘ini talab qilg‘ay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi, bahosi qimmat bo‘lishini kutib, oshliqni uzoq muddat saklasa, ul taomning hammasini bergan birla ham ul gunohiga kaforat bo‘lmas».

   Yana aytibdurlar: «Kishi taomni bahosi og‘ir bo‘lmoq uchun saqlasa, Xudo taolo ul kishidan bezor bo‘lur». Yana aytibdurlar: «Kishi oshliqni shaharg‘a olib borib, arzon bahosig‘a sotsa, ul oshliqning hammasini sadaqa qilg‘onning savobini topg‘ay. Va yana bir rivoyatda qul ozod qilg‘onning savobini topar», debdurlar.

   Hazrati Ali r.a. aytibdurlar: «Kishi taomni bahosi og‘ir bo‘lmog‘ uchun saqlasa, ul kishini ko‘nglig‘a zang va (qoralik) o‘tirur. Ul taomga o‘t qo‘ymoq kerak». Tobe’indan ba’zilari Vosit degan shahardan Basrada sotqali vakilidan oshliq yubordilar. (Vakil) Basrag‘a borib ko‘rdiki, oshliq nihoyat arzon ekan. Bir hafta to‘xtatib, ikki barobar qimmatbahoga sotib, bo‘lg‘on voqeani yozib xat yubordi. Vosit shahridan aytib yubordilarki: «Men dinimni salomat sautash uchun ozroq foydaga qanoat qilur edim. Sen esa ko‘p foyda topmoqning evaziga dinimni barbod qilibsan. Bas, bu ishni kaforatig‘a hamma molni sadaqa qilg‘il. Mundan keyin sen meni ko‘rmagaysen va men seni». Bilgilki, bu haromliqning sababi haloyiqqa zarar yetgan jixatdandurki, odamiyning quvvati taom birladur. Kishi hamma xalq bahra oladurg‘on taomni to‘xtatsa, xalqning manfaatig‘a zomin bo‘lg‘uvsidur. Bas, taomni qimmatbahoga sotmoq niyatida sakutamoq haromdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:52:21
   Ammo dehqonkim, ziroat qilmoq va oshliq olmoq aning xossasidur, oshliqni xohlagan vahtida sotqay, shoshilib sotmag‘ay. Va lekin ko‘nglida bahosini oshirish rag‘bati bo‘lsa gunohkor bo‘lur.

   Bilgilki, doruni va munga o‘xshash nimarsalarni to‘xtatib, qimmatbahoga sotmog‘i harom emasdur. Go‘sht-yog‘, munga o‘xshash nimarsalarni yig‘ib, qimmatbahoga sotmoqning haromlig‘ida ixtilof qilibdurlar. Sahih ulki, karohiyatdin xoli emas va oshliqni qimmatbahoga sotmoqni talab qilmoq ul vaqtda harom bo‘lurki, maosh tanglik bo‘lsa. Ammo olmoq va sotmoqg‘a osonlik birla topilsa harom emasdur. Ammo makruhdur.

   Muqaddamlar ikki tariqa tijoratni makruh sanabdurlar, biri oshliq sotmoq, yana biri kafan sotmoqdurki, xaloyiqning o‘limi va ranji mashaqqatig‘a intizor bo‘lmoq mazmum va makruhdur.
Ikkinchi nav’ hunarni ham mazmum (yomon) sanabdurlar: biri qassobliq, ko‘ngilni qatgiq qilur. Ikkinchi zargarlikki, uning molini Oltanlar dunyo oroyishig‘a aldangan bo‘lur. Ikkinchi nav’ nosara, o‘tmas pulg‘a savdo qilib, ommai xaloyiqg‘a ranj yetkizguvchi ham mal’undur. Agarchi nosaralikni bay’ bilib, qo‘lig‘a olsa ham, necha kishining qo‘lig‘aki, ul pul yo‘tkaladur (qo‘ldan-qo‘lga o‘tar), asosiy gunohbirinchi bo‘lib o‘tmas pulni bergan kishining zimmasiga tushadi, asosiy zomin o‘shadur. Buzruglardan biri aytibdurki, «Bir nosara (o‘tmas, qalbaki pul) dirhamni xarjlagan yuz dirham o‘g‘irlagandan yomonroqtsur. Bu vajhtsanki, o‘g‘irliqning gunohi nomai a’molig‘a bir daf’a bitilur. Ammo qalbaki pulni xarjlaguvchi ul pul qiyomatg‘acha necha kishining qo‘lig‘a o‘tibdur, aning otig‘a gunoh bitilur. Ajab badbaxt kishidurki, o‘zi o‘lgay, gunohi to qiyomatg‘acha kundan-kunga ziyoda bo‘lib, uni do‘zaxga tashlagay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 14:53:30
   Ikkinchi vajh-savdogarga vojibdurki, yaxshi va yomon, sara va nosarani tanigay. Agar (shu ishda) soxta pul bilan birovga manfaat bersa, hamma musulmonlar haqig‘a xiyonat qilg‘on bo‘lur.

   Uchinchi vajh-agar nosarani olsa, bu nav’ birla olg‘ayki, hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: ya’ni, rahim qilg‘ay Alloq taolo ul kishig‘aki, bermak va olmakni sahl va yengil tutubdur va lekin qalbaki pulni yo‘q qilib yuborish uchun chuqurga va yo daryog‘a tashlamoq niyatida olg‘ay. Ammo sarf qilmoq andishasini ko‘nglig‘a zinhor olmag‘ay.

   To‘rtinchi nosara uldurki, unda oltin va kumush aralashmagan ammo oltin va kumush qoplangan bo‘lsa, ani chuqurga tashlamoq lozim emas. Ani xarjlashda ikki ehtiyotni rioya qilg‘ay. Biri ulki, aning nosaraligini aytib va ko‘rsatib xarj qilg‘ay. Ikkinchi bir kishig‘a berur bo‘lsa, e’timodli kishig‘a bergayki, yana birovg‘a firib bermagay. Bas, urush yarog‘ini qaroqchig‘a va uzumni aroq qiladiganga sotmag‘ay.

   Ikkinchi qism - zulmi xosdurki, o‘zidan bo‘lak kishig‘a ma’siyati yetmas. Va har muomalaki, andin yana birovga zarar va zulm yetsa haromdur. Kishi o‘zig‘a ravo ko‘rmagan ishini yana bir musulmong‘a ravo ko‘rsa iymoni komil emasligining nishonasidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:03:11
   Bir kishi yuz dirhamg‘a bir xachir sotdi, oyog‘ida aybi bor edi. Xaridor ul aybni ko‘rmay xachirni sotib olib, yo‘lga kirdi. Sahobalardin Vosil ibn Sa’d r.a. hozir edilar. Xaridorning orqasidan yetib, xachirning aybini aytdilar, xaridor xachirni egasiga qaytarib berib, yuz dirhamini oldi. Xachir sotgan (odam) Vosilga dediki, «Nima uchun o‘rtadagi bay’ni taboh qilursiz? (nima uchun savdoni buzyapsiz) Vosil r.a. dediki, «Aning uchun taboh qilurmanki, hazrati Rasul a.s. dan eshitibdurmen, halol emas, bir kishi bir narsani sotib, aning aybini xaridordan bekitgan bo‘lsa va halol emas aybini bilib turib, oshkora qilmasa».

   Hazrati Rasul a.s. aytibdurlar: «Haq taolo mani mundayin musulmonlarg‘a nasihat qilmoq va shafqat qilmoq uchun bay’at (ahd-paymon) olibdur». Bas, aybni pinhon qilmoq iymondan emasdur. Bilgilki, rostliq birla muomala qilmoq qiyin. Ammo ikki ishni lozim tutsa, oson bo‘lur. Biri buki, aybliq matoni sotmoq ravo emas va agar sotsa, aybini aytib sotg‘ay. Firib qilmag‘ayki, la’natg‘a sazovor bo‘lur. Xiyonat birla jam qilg‘on molining barakati bo‘lmas.

   Bir kishining bir sigiri bor edi. Sutig‘a suv qo‘shib sotib, nechand sigir jam qildi. Bir kuni sel kelib, ul sigirlarning hammasini oqizib ketdi. Ul kishining norasida bolasi bor edi, dedikim: «Ey padar, sutg‘a qo‘shqon parokanda suvlar yig‘ilib kelib, sigirlarni olib ketdi». Hazrati Rasul a.s. aytibdurlar: «Kishiki, olmoq va sotmoqda xiyonat qilsa, barakat ko‘tarilur. Barakatning ma’nosi ulki, bir kishining ozgina moli bo‘lib, barakoti bo‘lsa, o‘zig‘a va ham kishig‘a bahramandlik yetib, bisyor hayrotlar paydo bo‘lg‘ay. Bir kishi bo‘lurki, ani dunyosi ko‘p bo‘lib, dunyo va oxiratda o‘z halokatig‘a sabab bo‘lur. O’zig‘a va boshqalarga undan osoyish va bahramandlik nasib etmas.

   Bas, bo‘lg‘ayki, Alloh taolodan barakot talab qilg‘ay. Dunyoning ziyodaligini talab qilmag‘ay. Barakat tinchlik va ofiyatliq va rostlikdadurki, har kishi ishonchli va rostliq birla mashhur bo‘lsa, hamma xaloyiq uning birla savdo va muomala qilmoqni istar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:05:30
   Ikkinchi, bilg‘ayki, umrning muddati yuzdan ziyoda emastur va oxiratning kunlari ko‘pdur, nihoyati yo‘kdur. Bas, necha kunlik umr uchun dunyo yig‘moqg‘a firifta bo‘lib, oxiratning abadul-abad nihoyatsiz kunlarini o‘zini azobu uqubatg‘a sazovor qilmoq aqldan emasdur. Bo‘lg‘ayki, bu nasihatlarni ko‘ngilda tutib, xiyonat va badniyatlig‘ni ko‘ngil haramig‘a yo‘latmagay.

   Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Musulmonlar Haq taoloning g‘azabidan qo‘rqib, kalimai «Lo iloha illalohu Muhammadur-rasululloh» himoyatig‘a kirar. Vaqtiki, dunyo muxabbati ziyoda bo‘lib, bu kalimai sharifni aytsalar.

   Haq taolo ayturkim, «Yolg‘on aytursenki, tilingda kalimai «Lo iloha illallohu Muhammadur-rasululloh» va ko‘nglingda esa dunyo muhabbatidur».

   Uchinchi narsa ulki, tarozuda tortib sotadurg‘on narsada hech makr, firib qilmag‘ay. Rost (to‘g‘ri) tortg‘ay. Xudo azza va jalla kalomi majidda xabar berurkim:

   «Vaylun lil-mutaffafin». (Mutaffifun, 1).

   Ya’ni: Voy ul toifaning holigakim, berur bo‘lsalar kam tortib berurlar va olur bo‘lsa ziyoda tortib olurlar».

   Sahoba va tobe’iynning odatlari ul ediki, bir nima olur bo‘lsa, andek yengilroq tortib olur edilar va aytur edilarki, «Bu bir hovuch oshliq bizning va do‘zaxning orasida hijobdur». Va aytur edilar: «Ablah ul kishidurki, bir hovuch oshliqqa jannatni do‘zaxga sotg‘ay».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:09:57
   Hazrati Rasul alayhissalom har vaqt bir narsa olur bo‘lsalar, aytur edilarkim: «Rost tortg‘il, andek yengilroq tortg‘il». Fuzayl Ayoz rahmatullohi alayh o‘g‘lini ko‘rdiki, kishig‘a bergali oshliq tortgali turib, naqshning orasig‘a kirib qolg‘on kirni pok qilib tortti. Fuzayl dediki, «Bu ishing hajdagi umradin fozilroqdur. Salaf rahmatullohi alayh aytur: «Kishikim, ikki (xil) tarozi tutquvchi bo‘lsa, andin fosiqroq odam yo‘qdur». Ya’ni, olmoq uchun og‘ir va sotmoq uchun yengil tutguvchidan fosiqroq kishi yo‘qdur. Bas, xamma musulmonlarga vojibdurki, savdo va muomala ishida rostlik va adolatni lozim tutgay. Haq subhonahu va taolo xabar berur:

   «Va in minkum illo voriduho kona ala robbika hatman maqziyyan». (Maryam, 71).

   Oyatning mazmuni: «Hech kishi yo‘qdurki, do‘zaxga kirmagay, faqat ul kishi xalos toparki, rostlik va adlni lozim tutubdur».

   To‘rtinchi vajh ulki, matoning narxida hech makr va firib qilmagay. Rasul alayhissalom nahiy qilibdurlar, ul ishniki, savdogar barchadan avval karvonning oldiga borib. shahardagi narxni yashirib, matohni arzon narxda Oltaylar. Kishi bu tariqa ish qilsa, matoh egasiga lozimdurki, qilingan bayni, ya’ni savdoni bekor qilgay. Va yana aytibdurlar: «Matohni o‘z bahosidan ortiqroqqa yana birovga qimmatbahoga olib bermagay». Harchand bunday savdolarga zohir shariatda durustligiga fatvo berurlar, va lekin haqiqatda gunohkor bo‘lurlar.

   Tobe’inlardan birlari o‘z xizmatkorini Basra shahridan Tus shahriga savdoga yubordi. Xizmatkor xojasiga maktub bittiki, «Bu yil shakarga ofat yetti. Bu xabar hammaga oshkor bo‘lguncha shakarni ko‘p sotib olsunlar». Esa xojasi ko‘p shakar oldi. Bir muncha vaqtdan keyin shakarni sotib, o‘ttiz ming dirham foyda qildi. Xoja taammul qilib (o‘ylab ko‘rib) dedikim, «Shakarga ofat yetganini xalqdan yashirib, musulmonlarga makr va firib berib edim, bu nechuk ravo bo‘lgay?» deb, o‘ttiz ming dirhamni olib, shakar sotguvchi qoshiga borib dedi: «Bu sening haqingdur». Shakar sotgan dedikim: «Nima uchun?» Xoja voqeani bayon qildi. (Shakar sotuvchi) «Bay’i savdoni o‘z ixtiyorim birla qilgan edim, senga baxsh qildim», deb olishga unamadi. Xoja uyiga qaytib, kechasi o‘y-andisha qilib, dedikim: «Shoyad m gndan uyalib olmag‘ondur». Ertasi (Yana shakar Oltan joyiga borib) o‘ttiz ming dirhamni zo‘r birla berib qaytdi. Bilgilki, olmoq va sotmoq ishlarida makr va firib yoki ziyon bo‘lgudek ishni zinhor qilmasinlar. Bas, bu bobning tafsili uzoq edi, munchalikka muxtasar qildim.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:13:10
                                                           FASL
                                             Bay’dagi ehson bayonida


   Bilgilki, Haq taolo bandalarini adl va ehson qilmoqg‘a farmon qilibdur.
   Qavluxu taolo:

   «Innalloha ya’muru bil-adli val-ehson», (Nahl, 90).

   Oyatning tafsiri: «Alloh taolo amr qiladur bandalarini adl qshgmoq va ehson qilmoqg‘a».   

   Yuqoridagi bob adl bayonida erdi. Bu bobda .eqsrnni bayon qilurmen. Chunonchi Xudo azza va jalla xabar berur: «Inna rahmatallohi qariybun minal-muhsiniyn" (A’rof, 56).

   Ya’ni: «Alloh taoloning rahmati exson qilg‘uvchilarg‘a yaqinroqdur». Bas, kishi rostliq qilmoqg‘a qanoat qilibdur, haloldan dunyolik sarmoyasini jam’ qilibdur, ammo oxiratning sarmoyasi exson qilmoqdadur. Bas, oqil ul kishidurki, oxiratning sudu manfaatini qo‘lidan yubormagay va muomalada ehson uldurki, o‘zini manfaatini andek kechikib yetkizmakdur (ya’ni, birinchi navbatda o‘zini foydasini ko‘zlamaslikdir). Bas, ehson darajasini olti vajh birla hosil qilg‘ali bo‘lur.
Avvalg‘i vajh ulki, mato’ning qiymatidan ziyoda foyda ko‘rmakni ravo ko‘rmagay. Agarchi xaridor hojati bo‘lg‘on jihatdan rozi bo‘lsa ham.

   Sariy Saqatiy rahmatulloqi alayh do‘konda o‘tirur edi, o‘n dirhamlik molda yarim dirhamdan ziyoda foyda ko‘rmakni ravo ko‘rmas edi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:14:14
   Bir daf’a oltmish dinorga bodom olib qo‘ydi. Necha vaqtdan keyin bodomning bahosi baland bo‘ldi. Baqqol bodom olmoqg‘a kelib so‘radiki, necha dinorg‘a berursen? Sariy Saqatiy dedikim, oltmish uch dinorga olg‘il. Olg‘uvchi dedikim, bu kunda bodomning bahosi ziyodadur. To‘qson dinorg‘a bersang olayin. Sariy Saqatiy dediki, o‘n dinorda yarim dinordan ziyoda olmasmen deb niyat qilib edim. Bu niyatimni sindurmoqni ravo ko‘rmasman». Na baqqol kam bahog‘a va na Sariy Saqatiy ziyoda bahog‘a sotmoqqa rozi bo‘lmadi. Buzurglardan Muhammad ibn Munkadir rahmatullohi alayh do‘kondor edi. Kiyim-joma sotar edi. Bir kuni o‘zi do‘konda yo‘q edi, shogirdi bir a’robiyga bir jomani o‘n dinorg‘a sotti. Kelib voqeani anglatdi. Xojasi faryod qilib aytdiki, «Besh dinorliq kiyimni nima uchun o‘n dinorg‘a sotursen?» deb, to kechgacha izlab, ul a’robiyni topdilar. Muhammad ibn Munkadir dediki, «Ey a’robiy, bu kiyim besh dinordan ortiqg‘a arzimas». A’robiy dedikim, «Har nechuk bo‘lsa o‘zimga hisob, olg‘anim, olg‘on».

   Muhammad dediki, «Men o‘zimga ravo ko‘rmagan ishni yana birovga ravo ko‘rmasmen. Yo savdoni buzib, mendin pulingni qaytarib Oltil yo bo‘lmasa o‘n dinorliq kiyim olg‘il, yo‘qsa mendan besh dinor pulni qaytarib Oltil». A’robiy besh dinorni qaytarib oldi. So‘radiki, bu kimdur?

   Aytdilarkim, Muhammad ibn Munkadirdur. A’robiy aytdikim, «Subhonalloh, Subhonalloh! Bu kishidurkim, bir bodiyyada yomg‘ur talabida chiqqanimizda muning nomini aytsak, yomg‘ur yoqqan edi. Bu tariqa kishi ham bo‘lur ekan. Men bodiyaga borib, bilmaydurg‘on xalqg‘a bu kishini otini aytib berurman,» deb ketdi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:15:35
   Salaf rahmatullohi alayhning odatlari savdoni ko‘p qilib, foydani oz ko‘rmakni muborak bilur edilar. Hazrati Ali karramalloqu vajha Kufaning bozorida qichqirib yurur edilar, «Ey musulmonlar! Oz foyda ko‘rmakni rad qilmanglarki, oxiratni bisyor foydasidan mahrum qolursizlar!» Abdurahmon ibn Avf r.a.dan so‘radi, «Muncha (boylik) va dunyodorliq nima jihatdandur?» Aytdikim, «Oz foydani rad qilmag‘onimda, izhordurki, har kuni ming tuya sotdim. Bir ming tizbog‘i foyda tegdikim, har birini bir dirhamdin olur edi. Bas, ming tuyada ming dirham foyda qildim».

   Ikkinchi vajh ulki, darveshning mato’ini (kambag‘alning molini) qimmatbahog‘a olg‘ayki, to ularga ko‘proq foyda bo‘lg‘ay. Bvva xotinlar va yupun norasidalarning qo‘lidagi mollarini qimmatbahoga sotib olg‘aykim, sadaqa bergandan yaxshiroqdur. Kishi shu tariqada ish tutsa, hazrati rasuli akram s.a.v.ning duolari anga yetar:

   Qola nabiyi alayhissalom: «Rahimal lohum-amran sahlal-bay’i vash-shifo». Ya’ni, rahm qilg‘ay Alloh taolo ul kishig‘aki, oson va yengil qilibdur olmoq va sotmoqni.

   Ammo boylardin bir nima olmokda va sotmoqda, arzon olib, arzon sotilsa, oluvchilarga ancha manfaatli bo‘lur. Hazrati imom Hasan va imom Husayn r.a. bozordan har nimarsa olur bo‘lsalar, arzon olmoqg‘a harakat qilur edilar. Bir kishi savol qildiki, «Yo imom, har kuni necha ming dirham xaloyiqg‘a ato qilursiz, savdo ishida esa arzon olmoqg‘a haddan ziyoda sa’iy ko‘rguzursiz, buning sababi nimadur?» Hazrati imom javob berdilarki: «Xalqg‘a berganni Xudo uchun berurmen. Xudo uchun berur narsa harchand ko‘p bo‘lsa ham ozdur. Ammo savdoda zarar tortqon odam ahl va molning nuqsonig‘a dalolat qilur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:17:57
   Uchinchi vajh - savdoda muhlat bermoqlikdur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taolo rahmat qilg‘ay ul kishig‘aki, olmoq va sotmoqni oson tutubdur. Haq taolo aning hamma ishlarini oson qilur va hech bir ehson, kambag‘alga bir narsa sotsa, (nasiyaga) muhlat bergandan yaxshiroqemasdur». Agar bir kishi savdo ilmini bilmasa anga muhlat bermaklik vojibdurki, adl jumlasidandur. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Qiyomat kuni bir odamni keltururkim, o‘z-o‘zig‘a zulm qilg‘on va aning nomai a’molida hech hasana (yaxshilik ish) bitishmagan. Aningdan so‘rarlarki, «Yaxshi amal qilg‘oning bormu?» Ul kishi aytur: «Hech yaxshi amal qilg‘onim yo‘qtur. Magar bulki, men o‘z shogirdlarimga aytur edim, har kishi mendin qarz olsa anga muhlat beringlar va zulm taaddiy (haddan tashqari sitam) qilmanglar, der edim. Haq taolo aytur:

   Senki bugun nomuroddursen noilojlikda qolibsen, mag‘firat qildimki, mag‘firat qilmoq va zulmi taaddiy qilmoqg‘a men avlodurmen.

   Xabarda kelibdurki, har kishi yana birovga qarz bersa, muddati o‘tgandan keyin har kuni o‘shal molni sadaqa berganning savobini hosil qilur.
   
   Tobe’iyn rizvonallohu alayhim ajma’iyndan shunday odamlar bor ediki, qarz berur edilar, hargiz qarzdorni izlamas edilar. Bu umid birlaki, nomai a’mollarig‘a sadaqaning savobi bitilgay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar, «Jannatning eshigida bitikluk ko‘rdimki, agar bir dirham qarz bersa, o‘n sakkiz dirham sadaqa berganning savobini topar. Bu sababdanki, to hojatmand bo‘lmag‘uncha qarzdor bo‘lmas. Hojat ravo qilmoqning savobi ziyodadur».

   To‘rtinchi vajh - qarz ado qilmoqning bayonida. Bo‘lg‘ayki, qarzdor qarz egasini qiynamagay. Har naqdkim, qo‘lig‘a keltursa, shitob birla haqdor qoshig‘a keltirgay. Xabarda kelibdurki, sizlarni yaxshirog‘inglar ul kishidurki, qarzni vaqtida ado qilg‘ay. Xabarda kelibdur, kishiki qarz olsa, ko‘nglida niyat qilsaki, bu qarzni tez fursatda xo‘bliq birla ado qilg‘aymen. Haq taolo nechand farishta yuborurki, bu kishig‘a nigahbon bo‘lur va duo qilurlar, to qarzni ado qilg‘uncha. Ammo ado qilmay bir soat ta’xir qilsa, zolim va gunohkor bo‘lur. Agarchi sababi namoz va yo ro‘za va yo uyqug‘a mashg‘ul bo‘lganda ham.

Beshinchi vajh- bir kishi mol sotib Oltan bo‘lsa-yu, shu sotib Oltan moli uchun pushaymon bo‘lib, mol sotgan odamga «molingizni olmayman» deb aytsa mol sotgan ham yaxshilik va rozilik ila mol sotib oluvchini royiga qarab,«mayli, olmasangiz» deb bay’ni iqola (bekor) qilsa, bu yaxshilik alomatidur.

   Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taolo iqola qilg‘uvchining gunohlarini mag‘firat qilur».

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:20:14
                                                           FASL
                                           Tijoratdagi ehtiyotlar bayonida


  Bu bob dunyoliq muomala bilan oxiratlikning ilojini qilmoq haqida. Bilgilki, har kishi oxirat tijoratin tashlab, bu dunyoliq tijoratini xushlasa badbaxtlik nishonasidur. Bas, nechuk bo‘lg‘ay ul kishining holiki, oltin oftobani kumush oftobag‘a badal qilg‘ay. Balki dunyo misoli sopol ko‘zaga o‘xshashdurki, badnamo va sing‘uvchi. Oxiratning misoli oltin oftobag‘a o‘xshashdurki, poydor va duraxshon (porloq). Bas, dunyo tijorati oxirat zodi rohi qilmoqg‘a arzimas. Balki jaxdi tamom qilg‘ilki, tijorati dunyo do‘zax yo‘lig‘a boshlagay va odamiyga oxirat sarmoyasi - dinu iymondir. Bas, sarmoyai oxirat qilmoqtsan g‘ofil bo‘lmag‘il. Inson dinu iymon shafqatini ul vaqtda rioya qilg‘on bo‘lurki, yetga ehtiyotni o‘zig‘a lozim tutsa:

   Avvalg‘i ehtiyot ulki, har kuni bomdoddan keyin yaxshi niyatlarni ko‘nglida toza qilg‘ay. Bu niyat birla bozorg‘a borg‘ayki, o‘zini va ahli ayolining rizqini qo‘lg‘a kelturgay, farog‘at birla kun o‘tkirgay va balki Xudoi taoloning ibodatini qilmoqda betashvish bo‘lg‘ay va niyat qilg‘ayki, amri ma’rufni bajo kelturgay. Vaqtiki, bu niyatlarni qilsa, qilg‘on ishlari oxiratlik amalig‘a hisob qilinur. Dini-iymoni qaviy (kuchli) bo‘lur. Agar dunyolig‘dan bir bo‘lagini qo‘lig‘a keltursa barakat hosil bo‘lur.

   Ikkinchi extiyot ulki, dunyog‘a ko‘ngil bog‘lamagay. Bir kun farovon umr ko‘rmagini jazm qilmag‘ay. Agar hunarmand bo‘lmoqni xoxlasa, xaloyiqg‘a manfaati yetadurg‘on hunarni ixtiyor qilg‘ay. Shariat hukmida makruh nimarsalarni qilmoqni ixtiyor qilmagay.

   Chunonchi zargarlik va abrishim (ipak) mato to‘qimoqni erkaklar iste’mol qilmagi makruhdur. Xabarda kelibdurkim, tijoratning behroqi dehqonchilikdur va hunarning yaxshiroqi do‘zandalikdur (tikuvchilik). Xabarda kelibdurki, agar tijoratmandlardan jannatga kirsa dehqon kirar va hunarmandlardan do‘zaxga kirsa sarrof (pul almashtiruvchi) kirar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:22:00
   Uchinchi ehtiyot ulki, dunyo bozorlari ani oxirat bozoridan man’ qilmag‘ay. Oxirat bozoridan masjidlardurki, masjidda namoz o‘tamakdan va zikr tasbih aytmoqdan g‘ofil bo‘lmag‘ay. Haq taolo xabar berur:

  «Yo ayyuhallazina o’manu, lo tuhlikum amvolukum va lo avlodukum an zikrilloh». (Munofiqun, 9).

   Xudoi taolo aytur: «Ey iymon keltirganlar, mol-dunyoingiz va avlodingiz sizni Xudo taolo zikridan to‘xtatmag‘ayki, ziyonkor bo‘lursizlar». Hazrati Umar r.a. savdogar va hunarmandlarga aytur edilarki, «Avval kunda oxirat amalini qilinglar, andin keyin dunyo ishig‘a mashg‘ul bo‘linglar». Va muqaddamlar odatlari ul erdiki, ertayu oqshom oxirat ishig‘a mashg‘ulluq qilur edilar. Yo masjidda Haqtaolo zikrig‘a mashg‘ul bo‘lur edilar va yo ulamolar majlisida hozir bo‘lur edilar. Xabar kelibdurki, har kuni farishtalar bandaning qilg‘on amal xatini osmong‘a elturlar. Kunning avvalida va oxirida yaxshi amal qilg‘on bo‘lsa, bu ikki vaqtning orasida qilg‘on gunohini mag‘firat qilurlar. Xabarda kelibdurki, kecha va kunduzning farishtalari har bora navbatlarin tugatib bo‘lganlarida Haq taolo xitob qilurki: «Farishtalarim, bandalarimni qaysi holda qo‘yib keldinglar?» Farishtalar aytur: «Namoz o‘qib qoldilar». Haq taolo aytur: «Guvoh bo‘linglarki, ul bandalarimni mag‘firat qildim, xar vaqtiki, azon ovozini eshitsalar, qilur ishdan to‘xtab, javob bergaylar».

   To‘rtinchi ehtiyot ulki bozorda zikr, tasbih aytmoq va Xaq taoloni yod qilmoqdan g‘ofil bo‘lmag‘ay va bilgayki, hamma olamning foydasini qo‘lig‘a kiritish, Haq taolo zikridan bir soat g‘ofil bo‘lg‘ong‘a arzimas. Xazrat rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Kishi bozorg‘a kirsa va aytsakim: «Lo iloha illallohu, vaxdahu, lo sharika lahu, lahul-mulku va lahul-hamd, yuhyi va yumiytu va huva hayyun lo yamutu, bi-yadihil hayru va xuva ala kulli shay’in qadiyr», ul kishig‘a ming-ming savobni biturlar. Hazrati shayx Junayd rahmatullohi alayh aytur: «Bozor ichida bir odam borki, har kuni uch yuz rakaat namozning savobini topar, o‘ttiz mipg gasbih aytur. Al-hosil har kishiki, dunyo topmoqg‘a mashg‘ul bo‘lsa, oxiratlik sarmoyasidan g‘ofil bulmag‘ay va kishikim dunyo jam’ qilmoq vasvasasig‘a qolibdur, agarchi masjidda bo‘lsa ham parokandalik va tashvishlikdin forig‘ bo‘lmas».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:23:17
    Beshinchi ehtiyot ulki, bozorg‘a chiqmoqqa o‘ch bo‘lmag‘ay. Andog‘ki: bozorga kirar xalqning avvali va bozordan chiqar xalqning oxiri bo‘lmag‘ay. Dunyo galabida uzoq, xatarnok safar ixtiyor qilmag‘ayki, harisliqniig dalilidur. Maoz Jabal r.a. aytur: «Iblis alayhi lananing‘ bir o‘g‘li bordurkim, oti Sud(Foyda)dur. Iblis bozor xalqini yolg‘on ont ichmoq, makr va xiyonat qilmoqg‘a targ‘ib qilmoq uchun o‘z o‘rnida noib qo‘yg‘ondur. Alalxusus, bozorga ilgari kirib, keyin chiquvchilar birla to‘la xamrohchiliq qilib, makr, firib qilur. Bas, bo‘lg‘ayki, bozorg‘a chiquvchi kechroqchiqqay. Kundalik nasibasiga kifoyat qilg‘uncha foyda topsa, uyig‘a ertaroq qaytg‘ay.

   Xabarda kelibdurki, bozor xalqining yomonrog‘i uldurki, bozorg‘a hammadin ilgari borgay va hammadin keyin uyiga qaytgay. Salaf rahmatullohi alayxdan bir guruh bor edilarki, bozorg‘a haftada bir kundan ziyoda chiqmas edilar va har kuni chiqqanlar ham namozi peshingacha bo‘lib, so‘ng uylariga qaytar edilar.

   Oltinchi ehtiyot ulki, shubhali ishlardan yiroq bo‘lg‘ay. Haromg‘a yo‘llamag‘ayki, osiy va fosiq bo‘lur va zolimlar zulmida yordam beradirgan narsalarni sotmag‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:25:03
Yettinchi ehtiyot ulki, har kishi birla muomala qilsa, rostlik birla hisob qilg‘ay. So‘zlar so‘zida va qilur ishida, olish va berishda rostliq pesha qilg‘ay. Buzurglardan biri savdogarni tushida ko‘rdi. So‘radiki: «Xudoi taolo senga nima qildi?» Savdogar aytdi: «Ellik ming parcha xat oldimga kelturdiki, hammasi gunox va mas’iyat bitilgan xatlar ekan. Aytdilarkim: «Sen dunyoda ellik ming kishi birla savdo qilib eding, ul muomalaning xatidur». Ko‘rdumki, avvalidin oxiri hammasi mening qilgan amalimning xatidur. Bildimki, zarra chog‘lik narsada makr, firib bo‘lib o‘tsa, hammasi ma’lumdur. Muvohaza (jazo ta’zirini) torgmasga hech chora yo‘qtur.

   Bilgilki, bu zamonada muomala amalini bilguvchilar ma’dum (yo‘q) va diyonat va rostliq qilg‘uvchilar noma’lumdur. Bas, o‘n sunnatdan birini bajo keltursa, savobi aziym topg‘usidur. Xabarda kelibdur, Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ummatlarimg‘a bir zamona kelurki, sizlar qilg‘on ehtiyotlardan o‘ndan birini bajo keltirsalar kifoyadur». Arz qildilarki, «Nima sababdan?» Hazrati rasul alayhissalom aytdilarki, sizlar ehtiyot ishlarini qilmoqda bir-birlaringiz yorsizlar, oxir zamondagi ummatlarim g‘ofillararo g‘aribdurlar. Bilgilki, bu ehtiyotlarni bajo keltirmak oson emas. Kishining oxiratni dunyodan sharofatlik ekanig‘a iymoni bo‘lsa, oxiratning abadul-abad rohati uchun besh kunlik dunyoi foniy mehnatini tortmog‘i osondur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:27:17
                                                          TO’RTINCHI ASL
                                           Halollik savobi va fazilati bayonida


   «Talabul haloli farizatun ala kulli muslimin va muslimatin».

Ya’ni, «Halol talab qilmoq farzdur: hamma musulmon eru xotinlarga». Bas, halol talab qilg‘ali bo‘lmas, to halol va haromni tanimaguncha. Aytibdurlarki, halol ravshan, (ma’lum) va harom ravshan, ammo bu ikkisini orasida shubhanok narsalar bordurki, ani tanimoq bisyor mushkuldur. Kishikim, shubhadin ehtiyot qilmasa, yaqindurkim, harom ishlarni qiluvchi bo‘lib qolg‘ay. Bular ilmini bilmak uzoqtsurkim, kitobi «Ihyoul-ulum»da tafsili birla sharh qildim. Bu kitobda avomun-nos fahmig‘a sig‘qunchalik sharh qilurmen. To‘rt bobda muhtasardur.
Avvalg‘i bob - halol talab qilmoqning savobi va fazilati bayonida.
Ikkinchi bob - halol va haromning zotidagi vara’ va parhezning bayonida.
Uchinchi bob - halol va harom orasida farqlar bayonida.
To‘rtinchi bob - podshohlar va umarolar mol-dunyosining halol, badal va haromlig‘i bayonida.

                                                                    * * *
   Bilgilki, Haq subhonahu va taolo xabar berur; qavluhu taolo:

   «Yo ayyuhar-rusulu kulu minat-tayyiboti vaa’malu solihan». (Mo‘‘minlar, 51).

   Tafsiri ulki: «Ey payg‘ambarlar! Pok va halol taom yenglar va shoyista amali solih qilinglar». Ushbu jihatdan Rasul alayhissalom aytibdurlarki, halol talab qilmog‘liq hamma musulmonlarga farzdur. Yana aytibdurlar, «Kishi qirq kun halol yesa va haromdan hech narsa aralashtirmasa, Haq taolo ul kishining ko‘nglini nur qilur va hikmat chashmalarini aning ko‘nglidan ochar». Va yana bir rivoyatda kelibdurki, dunyoni do‘stliq va muhabbatini aning ko‘nglidin chiqarur. Va Sa’d r.a. dediki: «Yo Rasulalloh, duo qiling bizlarga, tokim biz duo qilsak duoyimiz ijobat bo‘lg‘ay». Rasul alayhissalom aytdilar: «Halol yegilkim, duoying mustajob bo‘ ;ur». Hazrati rasul alayhissaiom aytibdurlarki: «Ko‘p yemoqni xoxlamasmen». Bishr Hofiy ramatullohi alayh ehtiyoti aziym tamom qilur erdi. Aningdan so‘radilar: «Na yerdan taom yersiz?» Javob berdiki: «O’zgalar yegan yerdan yerman va lekin yeb yig‘lagan birla, yeb kulganni orasidagi farq juda ko‘pdir». Va aytibdur: «Luqmaning kamligi, dunyoning kamligi odamiylikning kamligidan ermasdur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:28:38
                                                                 FASL
                                    Halol va haromda parhez qilmoq bayonida


   Bilgilki, harom va halolning darajalari bisyordur. Hammasi bir tariqa emasdur. Chunonchi ba’zi haloldur va ba’zi halol-pok va ba’zi pokroqdur. Munga o‘xshash haromdan ba’zi najas va ba’zi palidrokdur. Chunonchi issig‘dan bo‘lg‘on kasalga yana issiq mijoz doruning zarari ziyodaroqdur.
Bas, haromning martabalari munga o‘xshashdur. Va shubhali ishlardan parhez qilmokda musulmonchilik darajalari beshdur: avvalgi daraja - vara’i uduldurki, ommai musulmonlarning vara’idur, zohiriy shariat haromlig‘iga fatvo bergan nimarsadan yiroq bo‘lmoqdur. Bu vara’ darajalarining avval martabasidurki. bigov molini aqdi fosid birla va birovning rizolig‘i birla olmoq haromdur, lekin g‘azab birla, sevib olmoq qattiq haromdur. Va agar yetim va kambag‘aldan olsa yana azimroq haromdur. Agar aqdi fosid birla, ribo - pora jihatdan bo‘lsa, ashaddiy haromdur. Agarchi, xaromliq oti bu mazkurning hammasida bordur va lekin qaysiki haromroqdur, oqibatda aning xatari ziyodaroqdur. Va afv umidi za’ifroq.

   Halol va haromni tafsili birla ul kishi bilurki, ilmi fiqhni tamom bilgay va lekin ilmi fiqhni tamom bilmak hamma musulmo.nlarga vojib emas. Balki savdogar bo‘lsa olmoq va sotmoq ilmini bilmak vojibdur va agar muzdur (yollanib ishlovchi) bo‘lsa ilmi ijorani bilmak vojibdur.

   Ikkinchi daraja - yollanib ishlovchilar vara’idur. Bu ul martabadurki, har nimarsaki muftiy ani haromligig‘a fatvo bersa va lekin shubhalik bo‘lsa, aningdan eranlar yiroq bo‘lg‘ay. Shubhalik narsalar uch qismdur. Avvalg‘i qismdan yiroqbo‘lmoq vojibdur. Ikkinchi qismdan yiroqbo‘lmoq mustahabdur. Uchinchi qismdan yiroq bo‘lmoq vas-vasadur. Chunonchi, kishikim, sayl (ov) go‘shtini yemas, gumon qilurki, birovning mulqidin qochib chiqqan bo‘lg‘ay. Munga o‘xshashlar vasvosning dalilidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:29:44
  Uchinchi daraja - parhezkorlar vara’idurki, ularni muttaqiylar atarlar va ul martabadurki. harom va shubhanok bo‘lmasa, balki qaloli mutlaq bo‘lsa va lekin ul halolni lozim tutgandan keyin yana bir shubhanok nimarsag‘a yo yana bir haromg‘a yaqin bo‘lmoq ehtimoli bo‘lsa, ul haloli mutlakdin qochg‘ay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Muttaqiylar (Alloqdan qo‘rqib, pok luqma, ibodat. riyozat va taqvo yo‘lini mahkam ushlaguvchilar) darajasig‘a yetmas, to shubhalik nimarsalardan o‘zlarini tutib, parhezni to‘la qilmaguilaricha (oliy poklikka muyassar bo‘lmaslar).

   Hazrati Umar r.a. ayturlar: «O’n ehtimolning biriga shubhalik haloldan qo‘l yig‘armen. Bu qo‘rqinchlidurki. shoyad haromga boshlamagay». Chunonchi birovning bir kishida o‘n dirham qarzi bo‘lsa. qarzini ado qilur vaqtda bir dirhamiga o‘tmas dirham qo‘shib bsrsa, qarz egasi qabul qilmas. Agar qabul qilsa ham rizoliq birla olmas. Ali ibm Uboyaa aytur:

   «Kishining saroyida omonat o‘tirib edim, xat yozmoqni xohladim. Ul saroy tomidan tuproq olib, ul xatni qurutg‘aymen. Ko‘nglimg‘a keldi, bu saroy meni mulkim emasdur. Yana dedimki, ozgina tuproq olsam hech zarari yo‘q deb, tomdan tuproqolib nomaga sepdim. Tush ko‘rdim esa, bir kishi menga aytur: «Ul kishilarki, tuproqning na qadri bo‘lur deydur, qiyomat kuni aning miqtsorini bilur va sahl (engil) ish qilmoqg‘a va ziyoda ish qilmoqg‘a yo‘l topar. Qiyomat kuni mupaqiylar jumlasidan bo‘la olmas».

   Hazrati Imom Hasan r.a. go‘daklik zamonida sadaqa qilingan xurmodan bir xurmo og‘izlarig‘a soldilar, Hazrati Rasul alayhissalom «Tashlag‘il» dedilar. Hazrati Hasan og‘izlaridin tashladilar. Hazrati Umar ibn Abdulaziz zamonida moli g‘animatdan ifor olib keldilar. Umar ibn Abdulaziz burunlarini tutdilar va aytdilar, iforny bir qism manfaati bo‘yidurkim (hidi), hamma musulmonlar haqqi bordur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:30:50
  Buzurglardan biri do‘stini ziyoratiga borliki, muhtazir erdi (vafoti yaqinlashgan). Kechadan birmuncha o‘tib erdi, jon ba-haq taslim qildi. Ul buzrug darhol turib, chirog‘ni o‘chirdi. Aytdiki, chirog‘ yog‘iga vorislarni haqqi taalluq topti, endi bu chirog‘ni yorug‘ida o‘tirib bo‘lmas (chunki vorislarning haqqi bordir). Hazrati Umar r.a. baytul-moldan ifor olib, xotinlariga berdilarki, ani sotib, yetimlar hojatig‘a sarf qilg‘aylar. Bir kuni Umar r.a.ning kiyimlaridan iforning hidi keldi. So‘radilarki, bu nimadur? Xotinlari aytdiki, ifor tutib erdim, qo‘lim bo‘y olibdur. Ani ridog‘a surtib erdim. Xazrati Umar r.a. kiyimni tufroqg‘a ancha surdilarki, ridolarida hech bir ifor asorati qolmadi.

   Ahmad Hanbal r.a.dan (bir odam) so‘radi: «Masjidda podshoh molilin xushbuy kuygshrilur, ul masjidda o‘tirmoq nechukdur?» Dedikim: «O’tirib bo‘lmas. Ani bo‘yi haromg‘a yaqindur».

   To‘rtinchi daraja - siddiqlar vara’idurki, ehtiyot qilurlar halolchanki, hech shubhasi yo‘qtur va lekin ul halol hosil bo‘lishda anlek zulmning asari bo‘lgay. Chunonchi, Bishr Hofiy rahmatullohi alayh polshoxlar qazdurg‘on arikdan suv ichmas edilar.   

   Zunnun Misriy rahmatullohi alayh bir necha kun och erdi. Va ani bir porso mazluma muridi bor edi. Angladiki, shayx ochdur. O’z halolidin topib, yigirgan ipini sotib, taom tayyor qilib yubordi. Shayx ul taomni yemay, qaytarib yubordi. Ul xotin itob bilan kelib dediki, «Ey shayh, ochsiz, tahqiq bilursizki, meni yuborgan taomim haloldur. Nima uchun yematsingiz!» Shayx dediki: «Zolimni quvvati bilan kelgani uchun yemadim. Ya’ni, taomni ko‘tarib keluvchi zindonbon ekan». Haromdan tarbiyat qilg‘on badanning quvvati birla ko‘garib kelg‘on taomni yemagay, bu vara’ darajalarining kamol martabasidur.

   Sariy Saqatiy rahmatullohi alayh aytur: «Dashtda yurur edim, bir suv labiga yetdim. Sabzalar yashnab turibdur. Agar halol yemakni xohlasam mundan xo‘broq halol topmasmen deb yemakni ixtiyor qildim. Xotifdin ovoz keldiki, seni bu yerga nimaning quvvati yetkurdi-. Ya’nm, avval ilgari yegan taomning halol va haromlig‘ig‘a sarhisob bergil. Andin keyin bu giyohni halol va haromlig‘idan so‘zlagil». Sariy Saqatiy aytur, «Bu ishimdan pushaymon bo‘ldim va istig‘for aytdim». Mana shudur siddikdarning ahvoli.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:31:45
   Beshinchi daraja - muqarrablar (Haqqa yaqinlar) vara’i. Haq taoloning rizolig‘i bo‘lmagan barcha narsalardan parhez qilurlar. Chunonchi, yemak va uxlamak va so‘zlamak va mundan o‘zga ishlarda ham. Bular andog‘ toifadurlarki, himmat tavsaniga (sho‘x, o‘ynoqi otga) minib, bir rang va bir sifatlik maydonida javlon ko‘rguzurlar.

   Yahyo ibn Muozdan hikoyat qilurlarki, doru yeb edi, xotini aytdiki, «Uy ichida bir necha qadam yursangiz. toki doruning quvvati tomirlaringizga tarqagay». Yahyo dediki, «Bu yurmoqda hech vajh topmasmen, o‘ttuz yildurki, o‘zimlan o‘zim qisob olurmenki, din va mazhab ishidan bo‘lak nimarsaga aslo harakat qilg‘onim yo‘qtur».

   Bas, bu qavm o‘z ishidin o‘zga narsaga harakat qilmas va agar taom yesa, ul miqtsor yerlarki, aql, hayot o‘z joyida turgay va ibodatga quvvat topqay. Agar so‘zlasalar ani so‘zlarki, din va mazhabga yordam bergay va mundan o‘zga narsalarni o‘zlariga harom qilg‘ondurlar. Ushbudur muqarrab taqvodorlar pokliklari.

   Xabarda kelibdurki, hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, «Haloyiqning yomonrog‘i ul qavmdurki. ne’mat uchun badanlarini rost tutarlar, ranggo-rang liboslar kiyarlar va turli turli taomlar yerlar, andin keyin og‘izlarini ocharlar. haqoyiq va maorifdin dam urarlar». Haq taolo bizlarni bu toifalar fitnasidan saqlagay, inshoalloq taolo.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:33:09
                                                              FASL
                                        Halol va haromni ajratish bayonida


   Ba’zilar gumon qilibdur, dunyo molining hammasi haromdur va yo ko‘pi haromdur. Ul toifaki, ehtiyoti taqvo-poklik ularg‘a g‘olibroqdur, ayturlar, hech nimarsa yemasmiz, magar dashtlar giyohi va baliq go‘shti va sayd(ov) go‘shti. Yana ba’zilar ayturlarki, dunyo ne’matidan yemak durust emas, magar ba-qadari zarurat, har qaysi qismdan yemak durustdur. Bu nav’i aqidalar hammasi xatodur. Balki do‘rusti uldurki, halol va harom va shubhat (gumonli) hammasi shar’i sharif (shariat ahkomlari) birla farqliq va ma’lumdur. Bularning farqini kitobi «Ihyo»da dalillari birla zikr qildim. Shar’i sharifdan tashqari taqvo qilurmen demaklik bid’atdur.

   Rasul alayhissalom kofirning ibriqida (obdasta-tahorat oladigan idish) tahorat oldilar va qazrati Umar r.a. tarso xotinining sabusidan (kuvacha) suv olib, tahorat qildilar. Sahoba rizvonallohi taolo anhum ajma’in har shaharg‘a borsalar, taom sotib olur edilar va muomala qilur edilar. Bovujudi ular zamonida ham chag‘irfurushlar (mast qiladigan ichimliklarni sotuvchilar) bor edi. Dunyo molidan qo‘l yig‘mas edilar va hammani barobar ko‘rmas edilar.

   Bilgilki xaloyiq (tabiatan) olti turlidir:

   Avvalg‘i nav’, kishi ahvoli salohi va fasodi ma’lum bo‘lmasa, ani birla muomala qilmoq durustdur. Chunonchi bir kimsa shaxarda g‘arib bo‘lsa, xar kishidan taom olmog‘i va muomala qilmog‘i durustdur va agar ahli salohni izlab muomala qilsa, taqvodorlar jumlasidandur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:34:53
   Ikkinchi turi, kishi salohi ma’lum bo‘lsa, aning taomini yemak ravodur. Tavaqquf qilmoq taqvodan emasdur. Balki vasvasadandur. Agar tavaqquf qilg‘ondan ul ranjur bo‘lsa, kishini ranjitmoq haromdur.

   Uchinchi toifa kishiki, zolimlig‘i ma’lum bo‘lsa, aning taomi va molidan hazar qilmoq vojibdur.
To‘rtinchi nav’ kishiki, ko‘proq moli haloldur va lekin haromdan ham xoli emas, bu tariqa kishining taomi va moli haloldur va lekin hazar qilmoq taqvoning muhimlarilandur. Abdulloh Muborakning vakili Basra shahrig‘a savdog‘a borib edi, noma yubordiki, Basrada tamom xalq podshohning molidan savdo qilur ekan. Bular birla muomala qilmoq nechukdur? Abdulloh. Muborak javob bitdiki, «Agar podshohdan bo‘lak kishidan savdo qilmasalar, sen muomala qilmagil. Agar sultondan o‘zga birla ham muomalalari bo‘lsa, ular birla muomala qilmoq ravodur».

   Beshinchi nav’ ul kishiki, zulmi ma’lum bo‘lmasa va molini ham halol va haromlig‘i bilinmasa va lekin zolimliq alomati bilinsa, uning molidin hazar qilmoq vojibdur.

   Oltinchi nav’, kishining zulm alomati bilinmasa va lekin fisqi ma’lum bo‘lsa, chunonchi, sharob ichmak va nomahramga qaramoq ishlari bo‘lsa, uning molidan hazar qilmoq vojib emasdurkim, bu ishlari (iymoni zaiflik, lekin) molini harom qilmas.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:36:19
                                                                        FASL
                   Podshohlar birla sozish (husni xulq bilan yaxshi muomala) qilmoq bayonida


   Bilgilki, podshohlarning musulmonlar xarajatidan rishva (pora) olg‘on mollari tamom haromdur va podshoxlar qo‘lidagi moldan uch qism mol haloldur:

   Avvalgi qism, molini kofirlardan jang bilan olg‘an bo‘lsa. (Urush vaqtida tinch aholidan zo‘rlab olish haromdir).

   Ikkinchi, jizya, zimmiylardan (musulmon mamlakatida yashovchi boshqa dindagi kishilardan jon boshiga olinadigan soliq) hukmi shar’iy olg‘aylar.

   Uchinchi, meros oladigan kishisi yo‘qlarning moliki. Baytul-molg‘a olurlar, haloldur. Mundan o‘zga (yana) hukmi shariat bilan to‘plangan mollar haloldur.

   Bilgilki, ulamo va g‘ayri ulamoning podshox va umarolar birla uch qoli bordur:

   Avvalgi holi buki na bular podshohga yaqin bo‘lg‘ay va na podshohlar bularg‘a. Bas, din va mazhabning salomatligi muningdadur.

   Ikkinchi hol, podshoxlarg‘a yaqin bo‘lmoq va salom qilmoq mazmumdur (yaxshi emas). Magar zarurat bo‘lsa durustdur. Hazrati rasul alayhissalom zolim umaro (amirlar)ning sifatlarini bayon qilibdurlarki. kishi ulardan yiroq bo‘libdur, xalosliq topibdur. Kishi ularg‘a vobasta bo‘libdur, ulardandur. Aytibdurlar: «Mundan keyin podshohi zolimlar paydo bo‘lur. Kishi ularning yolg‘on so‘zlarini rost deb va zulmlarig‘a rozi bo‘lsa, mening ummatim emas. Qiyomat kuni havzi kavsar
ayga nasib bo‘lmas».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:37:24
   Va yana aytibdurlar: Ulamolarning Haq taolo nazdida yomonrog‘i va dushmanrog‘i uldurki, amirlarg‘a mulozim bo‘lg‘aylar. Va yana aytibdurlar, ulamo payg‘ambarlarning omonatdoridurlar (ishonchli odamlari). Vaqtiki, amirlarg‘a mulozim bo‘lsalar, omonatga xiyonat qilg‘on bo‘lurlarki, ulardan hazar qilmoq kerak. Abu Zarr r.a. aytur: «Yiroq bo‘linglar podshohlar mulozimatidan. Do‘zaxda bir vodiy bordurki, ul vodiyg‘a podshohlarg‘a mulozim bo‘lg‘on ulamolardan o‘zga kishi kirmas». Muhammad ibn Salama aytur, «Tabaq uzasig‘a qo‘ngan chivin, podshoq dargohidagi olimdan yaxshiroqdur». Xullas kalom, (zolimlarga) mulozamatdan hazar qilmoq kerak. Agar podshoh va amirlar huzurig‘a kirsa, bu tariqa duo qilg‘ay:

   «Aslahakalillohu va vaffaqaka - Alloxu li hayroti va tavval Allohu umraka fi toati». (Insof, tavfiq tilash). Bas, bilgilki ulamolarga zolimlarning dargoqig‘a - ruxsat yo‘qtur. Magar ikki uzr birla bormoq ravodur. Avvalg‘i uzr buki, podshohdan kelmakka farmon bo‘lsa va agar kelmasa ranj va alam yetsa borgay.

   Ikkinchi uzr buki o‘zining hojati bo‘lsa va yo bir musulmonning hojatini ravo qilmoq uchun borsa ravodur. Ba-sharti, yolg‘on aytmasa va xushomad qilmasa. Ammo podshoh va amirlar ulamolar ziyoratig‘a kelsa, ularga ikrom va izzat qilmog‘i ravodur. Podshohlar kelmagi ilmning ikrom va izzatidur. Agar podshohning g‘azab va siyosatidin emin bo‘lsa, o‘rnidan turmagani yaxshiroqdur. Vaqtiki podshoh o‘tirsa, anga nasihat qilmoq vojibdur. Bu tariqa birlaki, zulm va fisqning haromligini va dunyo ne’matining azobig‘a arzimas ekanligini bayon qilg‘ay. Agar musulmonlarga manfaat bo‘lur ishni bilsa ani aytg‘ay.

   Muqotil ibn Solih aytur: «Hammod ibn Salamaning qoshida edimki, aning uyida Qur’oni majid va bo‘yradan o‘zga hech narsa yo‘q edi. Muhammad ibn Sulaymonki, bul vak^ningxalifasi edi, Hammodni ko‘rgali keldi. Uyiga kirib o‘tirdi. Xalifa aytdi: «Ne sababdurki, har bora seni ko‘rsam ichim pur haybatga to‘ladur». Hammod ibn Salama aytdi, «Ul jihatdandurkk, hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar, ul olimki, ilmdan maqsudi Xudo taolo bo‘lsa, hamma xalq aningdan qo‘rqar. Agar maqsudi dunyo bo‘lsa, ul hamma kishidan qo‘rqar». Xalifa qirq ming dirham niyoz qo‘ydi. Hammod dediki, «Olg‘il, muni egasig‘a bergil». Xalifa savgand yod (qasam) qildikim, «Mol merosimdandur». Hammod dediki, «Mani munga hojatim yo‘qtur». Xalifa dediki, «Fuqarog‘a topshirg‘il». Hammod dedi: «Men adl birla taqsim qilsam, ba’zi kishi insof qilmadi desa, gunohkor bo‘lur. Bu ishni ham lozim tutmasmen» deb qabul qilmadi.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:38:27
                                                                     FASL
                                Ulamoning podshohlar mulozamatig‘a bormog‘i bayonida


   Avvalgi ulamolar holi ushbudur. Agar podshoh qoshig‘a borsa Tovus Hishomg‘a qilg‘ondek muomala qilg‘ay. Andog‘kim, Hishom ibn Abdumalik xalifa erdi. Madinai Munavvarag‘a keldi va dedikim, «Sahobalardan kishi topib qoshimg‘a kelturinglar». Dedilarkim «Hammalari vafot qilganlar». Aytdikim, «Tobe’iyn bo‘lsa, kelturgil». Tovus r.a.ni keltirdilar. Uyga kirib, kafshni xonada gilamga qo‘yib, «Assalomu alaykum, yo Hishom» dedi va o‘tirdi. Hishom g‘azabnok bo‘ldi. Kdsd qildikim, halok qilg‘ay.

   Dedilarki, «Ey, xalifa, sabr qilg‘il. Bu kishi rasul alayhissalom izdoshlari va ulamolarning ulug‘laridandur». Xalifa aytdi, «Ey, Tovus! Nechuk dalerliqdur?» Tovus aytdi, «Nima qildim?» Hishom tag‘i ham g‘azabnok bo‘lib, dedi: «To‘rt tarki adab qilding. Biri ulki, kafshni bisotim uzasida soldingki, podshoxlar huzurida kafsh yechmoq aybdur. Ikkinchi ulki, amiral-mo‘‘minin deb kuniyat birla zikr qilmay, otimni tutib salom qilding. Uchinchi, mendan ruxsatsiz, o‘tiring, demaguncha o‘tirding. To‘rtinchi ulki, qo‘limni o‘pmading.

   Tovus aytdiki, «Sening qoshingda bir navbat kafshimni yechdim. Hazrati Rabbul-izzatkim, hamma olamni Xudovandi davroni huzurida xar kuni besh navbat kafshimni yechurmen, menga hech g‘azab qilmas. Va amiral-mo‘‘minin demasligim bu vajhdandurkim, sening amirligingga hamma musulmonlar rozi emastur, aytsam yolg‘onchi bo‘lg‘aymen. Va kuniyat birla atamay, otingni aytganimni vajhi buki, Haq taolo o‘z do‘stlarini otini aytib yod qilibdur. Chunonchi aytibdur, «Yo Dovud, yo Yahyo va yo Iyso» deb. Dushmanlarini esa kuniyat birla zikr qilibdur. Chunonchi «Tabbat yada Abiy Lahabin» deb. Qo‘lingni bo‘sa qilmag‘onimni vajhi buki, qazrati amiral-mo‘‘minin Ali karramallohu vajhadan eshitibdurmenki, «Hech bir kishining qo‘lini o‘pmoq durust ermas, magar xotinini qo‘lig‘a shahvat birla bo‘sa qilsa va farzandini qo‘lig‘a marhamat birla bo‘sa qilsa ravodur. Qoshingda o‘tirmog‘imning sababi - hazrati Ali karramallohu vajhadin eshitib erdim, aytib edilarki, «Agar axdi do‘zaxni ko‘ray desanglar, ul kishini ko‘ringlarki, o‘zi o‘tirgay va qoshidagilar tikka turgay».

   Xalifa Hishomga bu so‘zlar xush keldi. Aytdikim, menga nasihat qilg‘il. Tovus aytdi: «Hazrati amiral-mo‘‘minin Ali karramallohu vajhadin eshitib edim, aytib edilar, «Do‘zaxda ilonlar bordur. Har birining kattaligi baland tog‘lardek va chayonlar bordurki, har birining kattaligi zo‘r tuyalardek. Raiyyatga, qo‘l ostidagi xalqqa adolat qilmag‘on podshoh va umarolarg‘a muntazirdur» deb, turib chiqib ketdi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:40:27
   Sulaymon ibn Abdumalik Madinada xalifa edi. Abu Hozim rahmatullohi alayhni chaqirib, so‘radiki, sabab nadurki, o‘limki karih - yomon ko‘ramiz? Abu Hozim aytdi: «Ul sababdanki, dunyolig‘imiz obod va oxiratligimiz xarobdur. Har kishiii obodlig‘dan xarobliqqa eltsalar ranjur va alamnok bo‘lur». Xalifa aytdi: «Haq taolo dargohiga borgan xaloyiqning ahvoli nechuk bo‘lg‘usidur?» Abu Hozim dedi: «Nekukorlar (yaxshi odamlar) ahvoli safardan ahli ayoli qoshig‘a shod va xurram kelgan kishig‘a o‘xshashdur. Badkorlar holi qochgan qulga o‘xsharkim, xo‘jasiniig qoshig‘a qahr va siyosat birla keltirgaylar».

   Sulaymon ibn Abdumalik aytdi: «Koshki, men o‘z holimni bilgay erdimki, nechuk bo‘lg‘usidur?» Abu Xozim aytdi, «Qur’on o‘qig‘il, bilg‘aysen. Andoqki, Xudo taolo xabar berur. Qavluhu taolo:

   «Innal abrora lafiy Na’imin va innal-fujjora lafiy Jahiym». (Infshpor, 13-14).

   Oyat tafsiri: «Haq va rostdur amali solih qiluvchilar jannat ichra anvoi ne’matlardin bahramand va hech shak-shubha yo‘qdurki, gunoh qiluvchilar do‘zax ichra turluk azobg‘a giriftordur».
 
   Xalifa Sulaymon so‘radi: «Haq taoloning rahmati qayondur?»

   Abu Hozim aytdi:

   «Inna rahmatallohi qariybun minal-muhsiniyn». (A’rof. 56).

   Ya’ni, Haq taoloning rahmati yaxshi ehson qiluvchilarga yaqindir.

   Bas, ulamolarning podshohlar birla so‘zlar so‘zi bu tariqada. Ammo dunyoviy ulamolar podshoh va amirlarga xush kelur so‘zlarni derlar. Dinlari barbod bo‘lgani bilan ishlari bo‘lmas.

   Na’uzu billohi min shururi anfusino va min sayyioti a’molino.

   Ya’ni: Iloho, nafslarimiz otashidan va ishlarimiz xomligidan bizni asragil.

   Bas, har suratda bo‘lsa zolimlarni ko‘rmagani va ular birla aralashmagani yaxshiroqdur. Hazrati rasul alayhissalom ayturlar: «Mening ishim hamisha hazrati Haq subhonaxu va taoloning himoyat pardasida mahfuz (saqlangan) bo‘lur, agar ulamolar axli amirlarg‘a aralashmay yursa». Xullas kalom ulki, raiyyatiing fasodi podshoh va amirlar fisqu fasodidandur.

   Podshoh va amirlar fisqu fasodi ulamolarning besaloxligi, ularga pandu nasihat qilmagonidandur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:41:49
                                                        BESHINCHI ASL
                                                         Suhbat odoblari


   Bilgilki, dunyo Haq taologa yetadurg‘on yo‘lning manzillaridan bir manzildur. Hamma insonlar bu yo‘lda musofirdur. Ba’zi musofirlar maqsad va safari bir bo‘lsa, hammalari bir jon, bir tan bo‘lib, ulfat va ittihod (ahillik) va muovanat paydo qilib, har birlari haqini ado qilg‘aylar. Bas, xaloyiq suhbati odobini uch bobda sharh qilurmen,inshoallohtaolo.

Avvalg‘i bob. Xudo rizosi uchun do‘stlashganlar fazilati bayonida.

Ikkinchi bob. Suhbatning haqi va xuquqi va sharoitlari bayonida.

Uchinchi bob. Musulmonlar huquqi va qarindosh-urug‘lar va qullarga silai raxm qilmoq bayonida.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:47:56
                                                                FASL
                                     Beg‘araz, samimiy do‘stlar fazilati bayonida


   Musulmonni xudo yo‘lida do‘st tutmoqliq ibodatdan fozilrokdur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Xudoi taolo bir kishiga yaxshilikni xoxlasa, ul kishig‘a do‘stluq va yoru muvofiqni ato qilur, agar Haq taoloning zikridan g‘ofil bo‘lsa, yodig‘a keltirur va agar zokir bo‘lsa, yovar (yordamchi, madadkor) yetkizur. Va aytibdurlar, kishikim, (bir) musulmonni Xudo rizosi uchun do‘st tutsa, Xudoi gaolo ul kishig‘a jannatda bir daraja ato qilurki, mundan o‘zga hech amal birla ul darajaga yetib bo‘lmas».

 Abu Idris Xavloniy r.a. Maoz r.a.ga dediki: «Men seni rizoyi Xudo uchun do‘st tutdim». Maoz dedi: «Bashorat, ya’ni, xushxabar sengakim, Rasul alayxissalom aytib edilar: «Qiyomat kuni Arshning atrofiga aylana qilib kursilar qo‘yarlar. Bir guruh odamlar o‘ltururlarki, yuzlari to‘lgan oydek.

   Hamma xalq qiyomatning haybat va shiddatida bo‘lurlar. Boshqa tamomi xalq do‘zaxning anduh va vahshatida bo‘lurlar. Alloh yo‘lida do‘stlashganlar esa mumtain, ya’ni, tinch oromdadurlar. Ularda na g‘am va na anduh yo‘qdur».

   Saxobalar arz qildilarki, «Yo rasulalloh, qaysi toifalardur?» Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «Al-mutahabbun filloh».

   Ya’ni, ular shunday toifadurlarki, bir-birlarini Alloh uchun yaxshi ko‘rib, muhabbat bilan do‘st tutuvchidurlar. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Bir-birlarini Xudo uchun do‘st tutquvchilarning Haq taolog‘a yaqinrog‘i uldurki, qaysi birining do‘stligi ziyodaroq bo‘lsa». Yana aytibdurlar: «Xudoi taolo aytur: «Haq va rostdur mani do‘stligim ul kishilargaki, bir-birlarini mening uchun do‘st tutarlar va mening rizolig‘im uchun bir-birlarig‘a o‘z mollarini nisor qilurlar va mening rizolig‘im uchun bir-birlarig‘a mushkul ishlarda yordam berurlar».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:49:21
   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Haq taolo qiyomat kuni nido qilur: «Qayondur ul bandalarimki, maning uchun bir-birlarini do‘st tutib edilar, toki ularni o‘z rahmatim soyasig‘a olg‘aymen».

  Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Yetti toifadurki, Haq taolo lutfi karami soyasida bo‘lurlar: «Avval - podshohi odil.

  Ikkinchi - yoshligidan umrining oxirigacha Alloh azza va jallaning toatida o‘tibdur.
 
  Uchinchi ul kishiki, masjiddan chiqsa, to yana masjidga kirguncha ko‘ngli masjidda bo‘lsa.

  To‘rtinchi ul kishiki, bir-birini ko‘rganda va g‘oyibda Xudo uchun do‘st tutibdur.

  Beshinchi ul kishiki, xilvatda Xudoi taologa ko‘p-ko‘p zikr aytsa.

   Oltinchi ul kishiki, ani davlatmand va chiroylik xotin zino qilmoqg‘a undasa, bu kishi Alloh taolodan qo‘rqib, o‘zini yiroq qilsa.

   Yettinchi ul kishiki, o‘ng qo‘li birla sadaqa qilib, chap qo‘li ogoh bo‘lmasa».

   Naql qilibdurlarki, bir odam o‘z do‘stini ziyorat qilmoqg‘a borur edi, Haqtaolo farishtani yubordi. Farishta kelib aytdi, na yerga borursen? Ul kishi falon do‘stimni ziyorat qilg‘ali borurmen, dedi.
So‘radikim, bir hojat uchun borurmusen? Aytdi, hech hojatim yo‘qdur. So‘radikim, urug‘-xeshingmu? Aytdikim: «Yo‘q, qarindosh emasdur». So‘radiki, «Bir yaxshilikni ko‘ribmu erding?»

   Aytdikim: «Ko‘rmadim». Farishta aytdikim, «Nima uchun, borursen?» Ul kishi aytdi: «Menga Xudo ato etgan do‘stimdur». Farishta aytdi, «Xudoi taolo mani senga yubordi. Bashorat berurmen sengakim, sen ul kishini rizoyi Xudo uchun do‘st tutgan sababdan seni Alloh taolo do‘st tutdi. Senga jannatni vojib qildi».

   Haq taolo Iso alayhissalomga vahiy yubordikim. Agar hamma osmonu zamin xalqining ibodatini qilsang, to xalqni do‘st va dushman tutmoqda mening rizoyim uchun tutmasang hech foyda qilmas». Iso alayhissalom qavmig‘a dediki: «Xudo azza va jallag‘a do‘st bo‘linglar, osiy va zo/shmlarni dushman tutmoq birla. O’zinglarni Xudoi taolog‘a yaqin qilinglar, osiy va zolimlardan yiroq bo‘lmoq birla. Hau taoloning rizosini talab qilinglar, ularg‘a gina va adovat tutmoq. birla».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:50:30
   Qavm so‘radilarki, «Kimni do‘st tutarmiz?» Iso alayhissalom aytdilar: «Ul kishini do‘st tutinglarki, ani diydori sizlarg‘a Xudoi taoloni yaqinlashtirgay va aning so‘zi amalinglarni ziyoda qilg‘ay va ravishlari sizlarni oxirat ishig‘a rag‘bat va moyil qilg‘ay».

   Haq taolo Dovud alayhissalomga vahiy yubordi: «Yo Dovud, xalkdan nima uchun qocharsen?» Dovud alayhissalom aytdiki, «Ey, bor Xudoyo, sening do‘stlig‘ing xalqni muhabbatini ko‘nglimdan chiqaribdur». Haq taolo aytdi: «Yo Dovud, birodar, mo‘‘min ko‘nglini olmoqni qo‘lingga kelturgil. Kishikim, senga din ishida yordamchi bo‘lmasa, aningdan yiroq bo‘lg‘ilki, ko‘nglingni qora qilur va mendan yiroq qilur».

   Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taoloning farishtalari bordurki, badanining yarmi o‘tdan va yarmi qordan. Bandaliq qilg‘aykim: «Parvardigoro, o‘t va qorni orasida unsu-ulfat solg‘uvchisen. Man osiyg‘a xos bandalaring (darvesh, faqirlar)ning unsu-ulfatini nasib qilg‘il». Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taolo qiyomat kuni bir-birini ba-rizoyi Xudo do‘st tutg‘uvchilar uchun qizil yoqutdan bir baland minora barpo qilur va aningda yetmish ming ayvon bino qilur. Bas, Xudoning do‘stlari ul ayvonlar ichida jannatni nazzora qilib o‘tururlar. Oftob nuridan olam munavvar bo‘lg‘ondek ularning jamoli nuridan jannat purnur bo‘lur. Axdi jannat ularning tomoshasig‘a borib ko‘rarlarki, yashil xullalar kiygan va peshonalarida bu xat bitiklikkim, «Al-mutahabbuna fil-loh», ya’ni bular bir-birlarini xudo yo‘lida do‘st tutg‘uvchidurlar. Mujohid rahmatullohi alayh ayturki «Xudo do‘stlari bir-birlarini ko‘rib sevinsalar, xazon faslida daraxtning yaprog‘i to‘kilgandek, gunoxdari to‘kilar».

   Bilgilki, maktabda, yo madrasa yo safarda, yo mahallada bir yerda bo‘lib, unsu-ulfat paydo bo‘lsa, bu ham samimiy do‘stlikdur. Agar bir kimsani johu jaloli va moli amvoli va yo dunyoyi jihatdan tutgan do‘stlig‘i, Xudo yo‘lidagi do‘stlik emasdur. Bas, Xudo yo‘lida do‘stlik ikki daraja birla hosil bo‘lur: avvalgi daraja - bir kimsani yaxshi g‘araz - maqsad birla do‘st tutg‘ay va ul g‘araz oxirat manfaati uchun bo‘lg‘ay. Chunonchi, shogird ustozini do‘st tutmog‘iki, ilm o‘rganmak g‘arazida tutsa va maqsudi ul ilmg‘a amal qilmoq bo‘lsa, do‘sti Xudoyi jumlasidandur. Agar ustoz shogirdni bu ma’noda do‘st tutsaki, munga ilm o‘rgatib Haq taoloni xushnud qilay, bu ham do‘sti Xudoyi jumlasidandur. Ala hazal-qiyos (shunga qiyosan boshqa ishlar ham). Ikkinchi daraja - bir kimsani dunyo va oxiratlik, hech o‘rtada g‘araz bo‘lmay, do‘st tutmoqdur. Chunonchi. ul kishi Haq taoloning amri-farmonig‘a itoat qilg‘uvchi va Xudoi azza va jallaning xos bandasi deb bu ma’noda do‘st tutmoq do‘sti Xudoyining ulug‘ martabasidur. Haq subhonahu va taoloning do‘stlig‘i samarasidur. Oshiqlik va ma’shuqlik darajasiga yetkurguvchidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:51:30
   Bas, bu so‘zning tamomini to‘rtinchi ruknda muhabbat aslida bayon qilg‘umdur. Xullasi kalom ulki, Haq taologa muhabbatining quvvati va za’iflig‘i, iymoni kuchli va za’ifligiga vobastadurkim, kimning iymoni kuchliroq bo‘lsa, Haq subhonahu va taologa do‘stlig‘i kuchliroqtsur va bu muhabbati ilohiyning siroyati (ta’siri) odamni Haq taoloning xos va do‘st bandalari martabasiga yetkurur.

   Bas, har kishikim, olimlarni va so‘fiylarni va xojalarni va ularning xizmatkor tobe’larini Xudo yo‘lida do‘st tutsa, do‘sti Xudo jumlasidandur, va lekin do‘stlikni martabasi va samarasi mol va johini Xudoi taoloning yo‘lida fido qilmoqning miqdorig‘a qarab hosil bo‘lur. Bas, ba’zilar bo‘lurlar, do‘stlig‘i va iymonlari oncha kuchlidurki, hamma mol va amvollarini haq taolo yo‘lida nisor qilurlar. Hazrati Abu Bakr Siddiq r.a. ga o‘xshash. Va ba’zilar yarmini nisor qilurlar. Hazrati Umar r.a. ga o‘xshash. Va ba’zilar ozginasini baxshida qilurlar. Bas, hech mo‘‘minning ko‘ngli bu sifatdan xoli bo‘lmas.

   Xudoi taolo uchun do‘st tutibdur, kofir va fosiq va zolimlarni ba-rizoyi Xudo, nochor dushman tutg‘ay. Bas, har kishiki, kofir va fosiq va zolimni do‘st tutsa va yo ularning do‘stini do‘st tutsa va yo ularning dushmanini dushman tutsa, Xudoi taolo bu kishini dushman tutar. Agar musulmoni fosiq bo‘lsa, uni musulmonlig‘i jihatidan do‘st tutgay. Fosiqlig‘i jihatidan dushman tutgay. Bas, fosiqtsan zolimni dushmanroq tutg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:52:47
                                                               FASL
                                         Haq taoloning dushmanlari bayonida


   Bilgilki, Haq taoloning dushmanlari, muxoliflari darajasi mutafovit (tafovutli)dur. Bas, ularga adovat va dushmanlik ham tafovut birla bo‘lg‘ay. Avvalgi darajali dushman dinsizlardir.

   «Lo tajidu qavman yu’minuna bil-lohi val-yavmil-oxiri yuvadduna man haddal-loha va rasulahu». (Mujodala, 22).

   Ya’ni: Allohga va oxiratga iymon keltiradigan qavmning Alloh va uning payg‘ambari chizgan chiziqdan chiqqan kimsalar bilan (garchi ular o‘zlarining otalari yoki o‘g‘illari yoki og‘a-inilari yoki qarindosh-urug‘lari bo‘lsa ham) do‘stlashayotganji topmaysiz.

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi Xudoi taoloning yagonaligig‘a va qiyomatning haqlig‘ig‘a iymoni bo‘lsa, Xudoi taoloning dushmanlarini do‘st tutmas. Ammo kofirlarg‘a e’timod qilmoq va ularni musulmonlar amalig‘a hukmron qilmoq dini islom binosig‘a zarar yetkurmakdurki, gunohi kabiradur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:54:13
   Uchinchi daraja - mubtadiylardurkim, (bid’atchilar) xalqni bid’at va zalolatg‘a targ‘ib qilurlar, bularg‘a izhori dushmanlik qilmoq muhimroqtsur, toki xaloyiq aningdin yiroq bo‘lg‘aylar. Avlosi ulki, anga salom qilmag‘ay va salomiga javob bermagay va aning birla so‘zlashmagay.

   To‘rtinchi daraja - ma’siyatki, andin xaloyiqga ranj yetsa, chunonchi zulm qilmoq va yolg‘on guvohlik bermoq va g‘iybat qilmoq. Bas, bu nav’ ishlarni qiluvchilardan yuz o‘girmak kerakdur.
Beshinchi daraja dushmanlik - harom etilgan ichkiliklarni ichmak va fisq ishlarga mashg‘ul bo‘lmoqtsur. Va lekin ichkilik ichuvchilarga yaxshi, muloyim so‘z bilan nasihat qilmoq kerak. Agar nasihatni qabul qilmasa shariati islomga muvofiq jazo bermak joizdur. La’nat aytmoq durust emas.
Hazrati rasul alayhissalom zamonlarida bir kimsa bor edi, juda ko‘p sharob ichardi. Odamlar uni urdilar. Sahobalardan birlari anga la’nat ham aytdi. Hazrati rasuli akram s.a.v. man’ qilib aytdilarki, «Anga shaytonning dushmanligini o‘zi yetmasmu, sen ham shaytonga yordam berurmusen?!»

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:55:53
                                                              FASL
                                Do‘stlar - suhbatdoshlarning haqlari va shartlari


   Bilg‘ilki har kishi suhbat qilmoq va do‘st bo‘lmoqga yaramas. Bas, ul kishi birla do‘st va hamsuhbat bo‘lg‘ilki, aningda uch xislat bo‘lg‘ay:

  Avvalgi xislat - oqil bo‘lsinki, axmoqdan va aning suhbatidan foyda yetmas. Bil’aks, oxiri bu kishig‘a ham ahmoqlig‘i siroyat (ya’ni ta’sir) qilur. Axmoq uldurki, senga yaxshilik qilmoqni xohlar, ammo senga ziyon bo‘ladurg‘on ishni qilar. Axhmoqdan yiroq bo‘lmoq Haq taolog‘a yaqin bo‘lmoqdur. Axmoqni yuzig‘a qaramoq gunohdur. Bas, axmoq uldurki, yaxshi-yomonni, to‘g‘ri va egrilikni farqlashga farosati yetmas. Anga yaxshilik qilsang fahm qilmas.

  Ikkinchi xislat - xush fe’llik va chiroyli muomaladur. Buning aksi - kim yomon xulqni tark etmasa vaqti kelib, yomon odati, badxuyligi tutib qolsa, xaqiqatni va barcha yaxshi xislatlarni zoye’ qilishlikdan xor qilmas (uyalmas).

  Uchinchi xislat - salohdur. Gunoh, ma’siyatga rag‘bati bor (salohsiz) odam Xudoi taolodan qo‘rqmaydi va andisha qilmaydi. Kimki Xudoi taolodan qo‘rqmasa, anga e’tiqod qilib bo‘lmas. Chunonchi, Xudoi taolo xabar beribdur:

   «Va lo tuti’ man ag‘falno qalbahu an zikrino vattaba’a havohu». (Kahf,28).

   Oyatning tafsiri: «Itoat qilmanglar va ergashmanglar ul kishig‘aki, g‘ofil qilduq ani o‘z zikrimizdan va ul kishi o‘z nafsining xohishiga qarab ish qilur».

   Agar mubtadi’ (bid’atchi) bo‘lsa, aningdin yiroq bo‘lg‘ilki, aning bid’ati va shumligi senga yetar. Hazrati Imom Ja’far Sodiq r.a. aytibdurlar: Besh toifa suhbatidan yiroq bo‘lg‘il va xazar qilg‘il:

Avvali - yolg‘onchiki, ani yolg‘oniga aldanib, mag‘rur bo‘lursen.

Ikkinchi - axmoqki, senga manfaat yetkururman deb ziyon yetkurur.

Uchinchi - baxil kishi senga manfaat yetar vaqtda sendan qochar.

To‘rtinchi - tangdil (yuragi tor) odam muhtojlik vaqtida uzoqlashar.

Beshinchi - fosiqki, seni bir luqmaga sotar.

  Bilgilki, bu xislatlarning hammasi bir kishida jam’ bo‘lmog‘i kamdur. Va lekin kishi birla chin do‘st, ulfat bo‘lmoqni xohlasang, xushfe’l, ya’ni insonga yoqimli, xush tabiat, xush xulq kishini talab qilg‘il. Va do‘stlikka ul kishini ixtiyor qilg‘ilki, din ishida ul senga manfaat yetkurgay va yo sen anga manfaat yetgurgaysen. Suhbat va do‘stlik huquqini bilgilki, aytibdurlar, ikki do‘stliqning misoli ikki qo‘lg‘a o‘xshashdur, bir-birini yuvib, pok qilur.

   Do‘stlik haqqi, do‘stlarning o‘zaro ado etiladigan burchlari ko‘pdir. (Do‘stlar o‘n burchini bilsinlar).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:57:24
   Avvalo, inson o‘zida bo‘lgan barcha mol-dunyo, boyliklardan ko‘ra do‘stlikni ko‘proq qadrlashi va do‘stdan bor narsasini ayamasligi va darig‘ tutmasligi shartdir. O’zining do‘stini eng yaqin kishisidek hurmat qilib qadrlagay. Fath Mo‘siliy rahmatullohi alayh do‘stining uyiga bordi. Do‘sti uyda yo‘q edi. Kanizagiga dediki: «Sanduqchani olib chiq». Kanizak sanduqchani olib chiqdi. Ichidan xoxlag‘onini olib, uyiga qaytdi. Kechasi xoja uyiga kelib kanizakdan voqeani angladi. Bu ishning shodlig‘idan kanizakni ozod qildi.

   Hazrati rasul alayhissalom bir kuni sahrog‘a chiqib edilar. Sahobai kirom hamroh erdi. Ul sahrodan ikki misvok oldilarki, biri rost - to‘g‘ri, yana biri kaj - qiyshiq edi. Kaj misvokni o‘zlari olib, rostini (ya’ni, yaxshisini) sahobag‘a berdilar. Sahoba aytdiki: «Yo rasulalloh, janobingizg‘a to‘g‘risi loyiqloqdur». Rasuli akram s.a.v. aytdilarki: «Ikki kishi bir soat hamsuhbat bo‘lsa qiyomat kuni aningdin savol qilurlarki, suhbatning haqqini rioya qilibdurmu va yo zoye’ qilmish?» Ishorat qildilarki, «Suhbat haqqini ado qilg‘on, rafiqig‘a manfaat yetkurgondur». Va yana aytibdurlar: «Ikki hamsuhbat bo‘lg‘on kishilardan Haq taolo ani do‘st tutarkim, qaysi muloyim va rafiqroq».
   
   Ikkinchi, do‘st haqqi hamma vaqt muhtojlikda yordamdurki, hojatini izhor qilmoqg‘a fursat qo‘ymag‘ay. Ochiq ko‘ngil va ochiq yuz bilan do‘stiga ko‘ringay.

   Hasan Basriy raqmatullohi alayh ayturlar: «Menga do‘stlarim ahli ayollarimdan ham azizroqdur, bu birodarlarim menga oxiratni eslatar va farzandlarim dunyoni eslatar».

   Uchinchi xaq - tilni asramokdur, do‘st aybini berkitg‘ay (agar gunoh ish bo‘lmasa). Agar birov do‘stini g‘iybat qilsa, quloqsolmag‘ay va do‘stining sirini oshkora qilmag‘ay. Xabarda kelibdurki, mo‘‘min odam uzrxoq (uzr aytuvchi) bo‘lur va munofiq - aybjo‘y (birovni aybini qidirib yuruvchi) bo‘lur.

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo taolodan tilang‘lar asrashni ul yomon do‘stdanki, aybinglarni ko‘rsa oshkora qilg‘ay va yaxshi ishlaringni ko‘rsa bekitishga harakat qilg‘ay».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 15:59:53
   Abbos r.a. o‘g‘li Abdullohga aytdiki, seni Hazrati Umar do‘st tutarlar va peshqadamlardan yaxshiroq ko‘rarlar. Bo‘lg‘aykim, besh ishni ehtiyot qilg‘aysen: Avval - hech sirni oshkora qilmag‘il.

  Ikkinchi - odamlar orasida do‘stni g‘iybat qilmag‘il.

  Uchinchi - yolg‘on so‘zlamag‘il.

  To‘rtinchi - do‘st yaxshi maslahat qilsa, rad etmag‘il.
 
  Beshinchi - xiyonat qilmag‘il.

   To‘rtinchi haq - ko‘nglingdagi do‘stlik va shafqatni tilingda ham izhor qilg‘aysen. Hazrat rasul alayhissalom aytibdurlar: «Izo axabba ahadikum axohu falyuxbirhu».   

   Ya’ni, kim mo‘‘min birodarini do‘st tutsa, muhabbatini ul do‘stiga bildirg‘ayki, aning ko‘nglida ham do‘stliq paydo bo‘lib, do‘stlig‘i ikki hissa bo‘lg‘ay.

   Bas, bo‘lg‘ayki, shodlikda va anduxda o‘zini sherik tutg‘ay va yaxshi nom birla chorlag‘ay. Hazrati Umar r.a. ayturlar: «Do‘stliq uch ish birla sof va zohir bo‘lur. Avval yaxshi nom birla chorlag‘ay. Ikkinchi - salomni ilgari berg‘ay. Uchinchi - yuqori o‘tirmag‘ay».

   Abu Dardo r.a. bir juft ho‘kizni ko‘rdilarki, biri yursa, yana biri ham yuradur. Biri tursa, yana biri ham turadur». Yig‘lab dediki: «Alloh uchun do‘stlashgan birodarlar ham yurmoq va turmoqda bu tariqada muvofaqat qilsalar edi».

   Do‘stlikning beshinchi haqqi. Do‘sti nimaga hojatmand bo‘lsa, ravo qilg‘ay va shariat ilmini o‘rgatgayki, birodarini do‘zax otashidan saklamoq yaxshidur va agar o‘rganib amal qilmasa, nasihat qilg‘ay va Haq taoloning g‘azabidan qo‘rqitgay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 16:00:55
   Nasihatni yakka o‘ziga xilvatda qilg‘ayki, shafqat jumlasidandur. Agar jamoat orasida nasihat qilsa, aning ahvolini ko‘pchilik orasida oshkor qilgon bo‘lur. Bu esa muruvvatdan va odobdan emasdur.

   Bas, do‘stining aybini xilvatda muloyimlik birla aytmoq kerak. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Vaqtiki bir birodar mo‘‘min aybingni xilvatda aytsa, minnatdor bo‘lg‘il. Adovat tutmag‘ilki, odamiyning yomon sifatlari ilon va chayon bo‘larki, aning zaxmi va alami inson ruhiga ta’siri bo‘lg‘ayki, bu olamning ilonu-chayonlaridin bir necha chandon ziyodadurki, muning alami tang‘a (badanga)dur».

   Hazrati Umar r.a. ayturki: Xudoi taoloning rahmati ul kishiga bo‘lsunki, aybimni yuzimga aytg‘ay. Salmon r.a. hazrati Umarning qoshlarig‘a keldi. Hazrati Umar aytdilarki, «Yo Salmon, rost aytg‘ilki, menda hech ayb ko‘rdingmu va yo eshitdingmu?»

   Salmon r.a. aytdi, «Bu so‘zni mendan so‘ramang». Hazrati Umar ayting deb qayta so‘radilar esa, Salmon aytdiki: «Tushundim, xo‘b aytaman. Siz nonni ikki nonxo‘rish birla yersiz. Biri suv va yana biri tuz va ikki ko‘ylagingiz bor emishki, biri kechalik va biri kunduzlik. Hazrati Umar aytdilarki, sen aytgan bu har ikki ishni mundan keyin qilmag‘aymen. Mundan bo‘lak yana ham kamchiligimni angladingmu?» Salmon aytdiki, «Yo‘q».

   Oltinchi haq uzr aytmoqdur. Buzurglar aytibdurlar, agar do‘stdan bir taqsir (kamchilik) o‘tsa, uzr aytg‘ay. Agar gunoh sodir bo‘lsa, yumshog‘liq birla uzr aytgay. Agar uzrg‘a kelmasa sabr qilg‘il.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 16:02:57
   Sahoba roziyllohu anhum bu mas’alada ixtilof qilibdurlar. Abu Zarr r.a. aytibdurlarki, uzr so‘ramasa, do‘stlikni uzgay. Chunki Xudo uchun do‘st tutib erdi, yana Xudo uchun dushman tutg‘ay». Abu Dardo (jamoai sahobalardan) aytibdurlarki, «Do‘stlikni uzmagayki, shoyad uzrg‘a kelsa kerak. Ammo do‘stlashuvdan avval bunday kishilar birla do‘stlik ahdi-paymonini bog‘lamagani yaxshiroqdur». Nax’a aytur: «Bir gunohbirla do‘stdan ayrilmagilki, bugungi qilgan gunohiga ertasiga uzr aytg‘ay. Agar sening xaqingda gunohkor bo‘lsa, afv qilmoq yaxshiroqdur».

   Yettinchi haq ulki, do‘stni duoda yod qilg‘ay. Hayotlig‘ida va vafotidin keyin ham duoda yod qilg‘ay. Andog‘ki, o‘zig‘a va axli ayolig‘a duo qilur edi, do‘stlarining farzandlarini ham duo qilg‘ay. Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar, kishi do‘stig‘a g‘oyibona duo qilsa, farishtalar bu kishiga duo qilur. Yana bir rivoyatda kelibdurki, Haq taolo aytur, «Duoning ijobatini sendan boshladim».

   Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Do‘stlarning g‘oyibda qilg‘on duosini Haqtaolo rad qilmas». Abu Dardo r.a. aytur: «Yetmish adad do‘stimni nom-banom masjidda yod qilib, hammasig‘a bir-bir duo qilurmen». Va aytibdurlar, «Do‘st tutuninglarki, vafotingizdin so‘ng ahli ayolingiz merosg‘a mashg‘ul bo‘lurlar, ammo jon va mehribon do‘stlaringiz sizlarg‘a mashg‘ul bo‘lib, duo qilurlar, toki Haq taolo ushbu do‘stini kag‘firat qilg‘uncha».

  Hazrat rasul alayhissalom aytibdurlar: ' «Vafot qilgan kishining misoli ulug‘ daryoda g‘arq bo‘lgan kishig‘a o‘xshashdur, har tarafg‘a qo‘l cho‘zib, shoyadki bir dastgire paydo bo‘lg‘ay. Munga o‘xshash, vafot qilganlar ham o‘z yaqinlarining duolariga muntazirdurlar. Ahli ayol, yoru-do‘stlarning duolari tog‘-tog‘ nur bo‘lib, vafot qilganlar go‘rig‘a kirar. Xabarda kelibdurki, farishtalar duo marvaridlari tuhfasini nurdan bo‘lgan tabaqlarga solib, uni murdalarga yetkazurlarki, «Bu faloniyning tuhfasidur». Vafot qilganlarning ruhlari andog‘ shod bo‘lurlarki, tiriklar bu tariqa tuhfag‘a shod bo‘lg‘ondan necha bor ziyodaroq xursand bo‘lurlar».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2008, 16:04:52
   Sakkizinchi - do‘stlikning haqqi, vafosini saklamoqdur. Vafodorlikning bir ma’nosi ulki, do‘stini vafotidan keyin ani ahli ayolidan ham g‘ofil bo‘lmag‘ay. Bir qari ayol Rasul alayhissalom huzurlarig‘a keldi. Hazrati rasul akram s.a.v. ul qari ayolni ikrom qildilar. Sahobalar taajjub qildilar. Rasul alayhissalom aytdilarki, «Xadichaning zamonida bizning xonadonimiz bilan borib kelishi bor erdi» dedilar.

  Vafoning yana bir nav’i uldurki, do‘stning hamma taalluqotig‘a, chunonchi, do‘stning farzandlari, shogirdlari, hattoki qullari bo‘lsa, ularga qam shafqat va marhamat izhor qilg‘ay.

   Va o‘zi harchand ulug‘ va martabali bo‘lsa ham do‘stlarga tavoze’lik bo‘lg‘ay. Do‘stg‘a takabburlik qilmag‘ay. Yana bir vafo ulki, do‘stning dushmanig‘a do‘st bo‘lmag‘ay. Balki do‘stig‘a do‘st va dushmanig‘a dushman bo‘lg‘ay.

   To‘qqizinchi haq ulki, do‘stlar o‘rtalarida sertashvish, ya’ni bir-birlarini mashaqqatga, qiynalishga sabab bo‘ladigan ishlarni sodir qilmaslik, bil’aks do‘stlar bilan bir tandek bo‘lgaylar. Hazrati Ali karramallohu vajhu aytibdurlar: «Do‘stning yomonrog‘i ulki, do‘st biron bir narsaga hojati chiqib qolgan vaqtda, sekingina uzr aytib, o‘zini chetga olib, do‘stini qiyinchilikka solib qo‘yg‘ay».

   O’ninchi haq ulki, o‘zini hamma do‘stlaridin kam tutg‘ay. Do‘stlaridan hech nima tama’ qilmag‘ay va do‘stlik haqqini ado qilg‘ay.

   Bir kishi shayx Junayd rahmatullohi alayh qoshida aytdiki, «Bu zamonada do‘sti aziz noyobdur». Bu so‘zsh-knecha marotaba takror qildi. Shayx Junayd aytdi, «Agar anyaog‘ kishini xohlasangki, sani ranj va alamingni tortg‘ay, andog‘ kishi kam va noyobdur. Agar andog‘ kishini izlasangki, sen ani ranj va alamini ko‘targaysen, bu qism kishilar juda ko‘pdir. Vallohu a’lam bis-savob». (Hayot va turmush tajribasidan ma’lumdurki, Shayx Junayd alayhi rahma aytganlaridek, agar sen o‘zing shu do‘stlikni boshlab bersang, ya’ni do‘stlarga vafodor, meqribon, g‘amxo‘r, ularning og‘irini yeng‘il qiladigan jonkuyar, hojatbaror bo‘lsang, senga ham do‘sti sodiq bisyor topilgay).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 15:38:14
FASL
Ahil, birodar musulmonlarning haq-huquqlari

   Bilgilki, har kishining haqi senga nisbatan yaqinlik miqdorig‘a qarab bo‘lurki, yaqinlik nechand darajadur. Hammadin kuchliroq do‘stlik bu Xudo uchun samimiy do‘stlikdur, ular haqi yuqorida zikr qilindi. Agar inson musulmonliqda (savobda va yaxshi ishlarda) do‘st bo‘lsa, ancha huquqi bordur.

   Avvalgi haq ulki. nimani o‘zig‘a ravo ko‘rmasa, hech mulsumong‘a ham ravo ko‘rmagay. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Musulmonning hammasi bir tang‘a o‘xshashdur. Agar bir a’zosig‘a ranj yetsa, hamma badanga ranj bo‘lur». Va aytibdurlar: «Kishi do‘zaxdan xalos bo‘lmoqni xohlasa va o‘lar vaqtida kalimai shahodatni tilig‘a joriy bo‘lmog‘ini xohlasa, o‘z nafsig‘a ravo ko‘rmaganni hech musulmong‘a ravo ko‘rmagay». Muso alayhissalom aytibdurlar: «Yo rab, bandalaringdan kim oqilroqdur?» Haq taolo aytdi: «Ul kishi oqilroqdurki, hamma ishni insof bilan qilsa».

   Ikkinchi haq ulki, hech musulmong‘a qo‘li va tilidan ranj yetmagay. Hazrati rasul alayhissalom aytdilarki: «Bilurmisizlar musulmonlar kimdur?» Sahobalar aytdilarki: «Xudo va rasuli Xudo yaxshiroq bilguvchidur». Aytdilarki, «Musulmonlarning tani va joni aning tili va qo‘lidan emin bo‘lsa». Va yana aytibdurlar, «Xdlol emasdur hech musulmong‘a zarra chog‘liq ranj va ozor yetkurmog‘liq va halol emas hech musulmong‘a zulm va taaddi (tajovuz) qilmoq».

  Mujohid r.a. aytur: «Ahli do‘zaxga xorish (qichima) kasalini musallat qilur. Kasallarining zo‘rligidan o‘z badanlarini shunday qashirlarki, hatto go‘shtlari pora-pora bo‘lib ustixonlari ko‘rinib qolur. Badanlarini haddan tashqari qichishganidan shunday dard-alam, ranji chandon ziyoda bo‘lib, faryod qilurlar. Bas, munodiy (nido) qilurlarki, «Ey, do‘zaxiylar, bu ranj nechukdur?» Faryod qilurlarki, «Parvardigoro, mundin qattig‘ ranj ko‘rmagan bo‘lg‘aymiz». Nido kelurki, «Dunyoda musulmonlarg‘a ranj va alam yetkurur erdinglar, aning mukofoti ushbudur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 15:39:25
   Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Jannatda bir kimsani ko‘rdimki, sayr qilur. Amalini so‘radim, yo‘l uzasidagi daraxtning pastdagi shoxini kishiga ozor yetmagay deb kesib erkan».
Uchinchi haq ulki, hech kishig‘a takabburliq qilmag‘ay, Xudoi azza va jalla takabburlik qilg‘uvchilarni dushman tutar. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Vahiy keldi mengaki, mutavoze’, xushmuomala bo‘lg‘il. hech bir kishig‘a takabburlig‘ qilmag‘il deb».

  Ushbu sababdan hazrati rasul alayhissalom qari beva ayollar va miskinlar eshigig‘a (alarning) hojatlarini ravo qilmoq uchun borur edilar va hech bir musulmong‘a haqorat nazari birla qaramaganlar.

   To‘rtinchi haq ulki, suxanchin (chaqimchi, so‘z tashuvchilar) so‘zini musulmonning haqida bovar qilmagay (ishonmagay). Rostgo‘ylar so‘zig‘a e’timod qilg‘ay. Suxanchin fosiqdur. Xabarda kelibdurki, hech bir suxanchin (gap tashuvchi) jannatg‘a kirmagay. Bilgilki, kishi yana birovni sani qoshingda yomon desa, albatta seni ham yana birovning qoshida yomon der. Bu nav’i kishidan yiroq bo‘lg‘il va bunday insonlarni duro‘g‘go‘y (yolg‘onchi) deb bilgil.

   Beshinchi haq ulki, har doim fikri-zikri va amali musulmonlarga savobli ishni qilishdan iborat bo‘lsin. Musulmonlarning yaxshirog‘i ulki, salomni hammadan ilgari bergay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 15:47:17
   Oltinchi haq ulki, musulmonlarg‘a yaxshiliq qilg‘ay, yaxshi va yomon orasida farq qilmag‘ay. Xabarda kelibdurki, qo‘lingdan kelsa har kishig‘a yaxshiliq qil. Agarchi loyiq bo‘lmasa ham. Xabarda kelibdurki, iymonlik kishining alayhissalom hamma xalqga do‘stliq qilg‘ay. Abu Hurayra r.a. aytur: «Kishi hazrati rasul alayhissalomga arz qilmoq uchun ko‘rishib, muborak qo‘llarini tutsa, ul janob hargiz qo‘llarini tortib olmas edilar, toki ul kishi qo‘llarini qo‘yib yubormaguncha va har kishi on hazrat alayhissalomning jamoli jahonorolarig‘a boqsa, yuzlarini yana bir boshqa tarafg‘a qaratmas edilar, toki ul kishining so‘zi tamom bo‘lmaguncha. harchand uzoq turib gaplashsa ham sabr qilur edilar. (Ana xulq, ana odob. Alloh taolo shunday husni xulqni barchamizga nasibu ro‘zi qilsin).

   Yettinchi haq ulki, pirlarg‘a (yoshi ulug‘larga) hurmat va kichiklarga marhamat qilg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishiki, yoshi kattalarg‘a hurmat va kichiklarg‘a marhamat qilmasa mening ummatimdin emasdur». Va yana aytibdurlar: «Bularni ulug‘lagan va hurmatlagan go‘yoki Haq taoloni ulug‘lagan bo‘lur». (Ota-onasini va yoshi ulug‘larni hurmat qilgan yoshlar bir kun kelib o‘zlari ham qariganlarida farzandlaridan shu qilgan yaxshiliklarini ko‘rurlar).

   Bas, hadisda ishoradur. Kishikim yigitlikda yoshi ulug‘larning hurmatini saqlasa, uzun umr ko‘rib ani mukofotini ko‘rar.

   Vaqtiki, on hazrat alayhissalom (ot minib) kelsalar, kichik bolalar u kishining oldilarig‘a yugurib kelishur edilar. Ba’zisini otni oldig‘a va ba’zisini orqalarig‘a mindurur edilar. Go‘daklar bir-birig‘a fahoi nozish qilib aytushur edilarki, mani oldilarig‘a, sani orqalarig‘a mindurdilar va ba’zi vaqtda kichik bolalarga ism qo‘ydirmoq va yo duo olib bermoq uchun rasul alayhissalomning huzurlarig‘a keltirur edilar. Muborak quchoqlarig‘a olib, navozish qilur (erkalatar va boshini silar) edilar. Bavl qilsa (siyib qo‘ysa) ota-onasi xijil bo‘lib, bolani olmoqg‘a qasd qilur edilar. Aytur edilarki, «To‘xtag‘ilki, tamom siyib bo‘lsin» derdilar. Bolaning ota-onasi xijil bo‘lmasin deb, to chiqib ketmaguncha kiyimlarini yuvdirmas edilar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 15:48:28
   Sakkizinchi haq ulki, hamma musulmonlarga kushodaro‘ylik (ochiq yuzliq) birla muloqot qilg‘ay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Haq subhonahu va taolo ochiq yuzlilarni do‘st tutar». Va yana aytibdurlar: «Hech bir yaxshi amal yo‘qki, mag‘firatg‘a sabab bo‘lmoqg‘a ochiq chehralik va shirinzabonliqdan ziyoda».

   Anas ibn Molik r.a. aytur, «Bir beva qari ayol on hazrat sallollohu alayhi vassallamg‘a yo‘l uzasida muloqot bo‘lib aytdikim, «Yo rasulalloh, arzim bordur». On hazrat alayhissalom aytdilarki, «Har yerda xoxlasang, aytg‘il». Ul xotin yo‘l uzasida o‘tirdi. Onhazrat alayhissalom to so‘rovini tamom qilg‘uncha qari ayolning so‘zlarini diqqat va e’tibor bilan tinglab o‘tirdilar».
To‘qqizinchi haq ulki, hech bir musulmong‘a va’da bersa xilof qilmag‘ay. Xabarda kelibdurki, uch xislat kishida bo‘lsa munofiqdur, agarchi tamom umri namozu-ro‘za birla o‘tsa ham:

   Avval-va’daga xilof qilsa. Ikkinchi - yolg‘onchi bo‘lsa. Uchinchi - omonatg‘a xiyonat qilsa.

   O’ninchi haq ulki, «Har kishini o‘z daraja va martabasiga qarab harakat qilg‘ay. Kim xalq orasida azizroqdur, ani aziz tutg‘ay. Hazrati Oysha raziyalloxu anho safarda edilar, taom yeb o‘tirur edilar, bir darvesh ko‘rindi, bir non buyurdilar. Andin keyin bir otliq ko‘rindi. Aytdilarkim, ul kishini chaqiringlar, taom yeb o‘tgay. Yonlaridagi hozirlar aytdilarkim, «Yo ummul-mo‘‘minin! Darveshni (kambag‘alni) taomga chaqirmadingiz, boyni chaqirdingiz?»

   Hazrati Oysha aytdilar: «Xudo taolo har kishig‘a daraja beribdur. Biz ham ul darajaning haqini saqlamog‘imiz lozimdur.

   Xabarda kelibdur: «Vaqtiki bir qavmning ulug‘i sizlarni oldingizga kelsa, ul kishini yaxshi aziz tutqaysizlar. Bir kishi bor ediki, onhazrat alayhissalom o‘z ridolarini (kiyimlarini) ustida o‘tirsin, deb anga berur edilar. Bir qari ayol payg‘ambarning qoshlariga keldi. O’z ridolarini ustiga o‘tirguzdilar va aytdilar: «Marhabo, ey ona, shafoat tilagil». Andin keyin birmuncha moli g‘animatdan kelgan edi, anga berdilar. Ayol bul molni yuz ming dirhamg‘a sotti.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 15:51:05
   O’n birinchi haq ulki, ikki musulmon bir-birlari bilan xusumat qilib yurgan bo‘lsalar, uchinchi kishi tezlik bilan har ikkala musulmonni oralarini islohga keltirgay (yarashtirgay).   

   Hazrati rasul alayhissalom aitdilarki, «Men sizlarga aytay, nimadurki, namoz, ro‘za va sadaqadan yaxshiroq bo‘lg‘ay? Sahobalar aytdilar, «Ayting, yo rasulalloh». Onhazrat alayhissalom aytdilar: «Isloh qiling (yarashtiring) ikki musulmonning oralarini. Bu ish hamma narsalardan fozilroqdur».
Rasuli akram s.a.v. aytdilar: «Haq taolodin qo‘rqg‘aysizlar! Ikki musulmonning orasiga isloh bergaysizlar. Haq taolo qiyomat kuni musulmonlarning orasig‘a islox beradur».

   O’n ikkinchi haq ulki, musulmonlarning hamma ayb va sirlarini yopg‘aysizlar. Xabarda kelibdurki, «Xar kishi musulmonlarning aybini yopsa, bu olamda va qiyomat kunida (Alloh taolo) ul kishining gunohlarini yopadur». Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyalloxu anhu aytdilar: «Har kishini o‘g‘ri deb va yo sharobxo‘r deb tutsam, ani xohlaymanki, Haq taolo bu bandaning bu fohisha ishlarini yopg‘ay».

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ey odamlar, iymon keltiribsizlar. hanuz iymon dilinglarni botinig‘a kira olmabdur. Odamlarni ayb qilmanglar va ularni avratlarig‘a (ochiq joylarig‘a) tajassuslik qilmanglar. Har kishiki, musulmonning aybini oshkoro qilsa, Haq taolo ul kishining aybini oshkora qiladur. Agarchi uydan chiqmasa ham».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:02:56
   O’n birinchi haq ulki, ikki musulmon bir-birlari bilan xusumat qilib yurgan bo‘lsalar, uchinchi kishi tezlik bilan har ikkala musulmonni oralarini islohga keltirgay (yarashtirgay).   

   Hazrati rasul alayhissalom aitdilarki, «Men sizlarga aytay, nimadurki, namoz, ro‘za va sadaqadan yaxshiroq bo‘lg‘ay? Sahobalar aytdilar, «Ayting, yo rasulalloh». Onhazrat alayhissalom aytdilar: «Isloh qiling (yarashtiring) ikki musulmonning oralarini. Bu ish hamma narsalardan fozilroqdur».
Rasuli akram s.a.v. aytdilar: «Haq taolodin qo‘rqg‘aysizlar! Ikki musulmonning orasiga isloh bergaysizlar. Haq taolo qiyomat kuni musulmonlarning orasig‘a islox beradur».

   O’n ikkinchi haq ulki, musulmonlarning hamma ayb va sirlarini yopg‘aysizlar. Xabarda kelibdurki, «Xar kishi musulmonlarning aybini yopsa, bu olamda va qiyomat kunida (Alloh taolo) ul kishining gunohlarini yopadur». Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyalloxu anhu aytdilar: «Har kishini o‘g‘ri deb va yo sharobxo‘r deb tutsam, ani xohlaymanki, Haq taolo bu bandaning bu fohisha ishlarini yopg‘ay».

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ey odamlar, iymon keltiribsizlar. hanuz iymon dilinglarni botinig‘a kira olmabdur. Odamlarni ayb qilmanglar va ularni avratlarig‘a (ochiq joylarig‘a) tajassuslik qilmanglar. Har kishiki, musulmonning aybini oshkoro qilsa, Haq taolo ul kishining aybini oshkora qiladur. Agarchi uydan chiqmasa ham».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:06:03
   Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytibdurlar: «Yodimda borki, bir kimsani o‘g‘irliqda tutdilar. Rasul alayhissalomning huzurlarig‘a olib keldilar, toki qo‘lini kesgaylar. Rasul alayhissalomning ranglari o‘zgardi. Sahobalar aytdilar: «Yo rasulalloh, bu ish xotiringizg‘a malol keldi? Rasululloh aytdilar:

   «Nechuk malol kelmasun. Nima uchun shaytong‘a yordamchi bo‘lg‘aymen? Odamlar o‘z birodarlariga zulmni xohish qilg‘ay. Xudo taolo sizlarni afvu qilg‘ay va gunohingizni o‘tgay, sizlar ham odamlarning aybini yopqaysizlar. Vaqtiki, sultonning oldig‘a kelsanglar, qo‘lini kesmay chora yo‘qtur».

   Hazrati Umar roziyallohu anhu tunda asaslikka (tungi posbonlikka) chiqar edilar. Bir nag‘maning ovozini eshittilarki, bir saroydin chiqadur. Tomg‘a chiqtilar va pastga tushib uyga kirdilar, ko‘rdilarki, bir xotin birla oldida sharob bor. Hazrati Umar aytdilar: «Ey Xudoning dushmanlari! Gumon qilursizlarki, Haq taolo mundog‘ ma’siyatni po‘shida tutg‘ay». Ul kimsa aytdi: «Yo amiral-mo‘‘minin, iztirob qilmag‘ilki, agar men bir gunoh qilg‘on bo‘lsam, sen uch qism gunoh qilding». Xudoi taolo aytibdurki:

   «Va lo tajassasuu». Josusyaik qilmanglar. (Hujurot, 12).

   Yana aytibdurlar: «Odamlarning uylariga eshigi birla kiringlar». Sen esa tomdan tushding. Haq taolo aytibdur:

   «Lo tadxuluu buyutan g‘ayra buyutikum hatta tasta’nisuu va tusallimu-ala ahliho». (Nur, 27).

  Ya’ni, «Ruxsatsiz va salomsiz kishining uyiga kirmanglar». Sen ruxsatsiz kirding va salom qilmading.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:09:44
   Hazrat Umar roziyallohu anhu aytdilar: «Agar tavba qilsam gunohimdan o‘tarmusizlar, agar sizlarni sharob ichib gunoh ishlar qilganlaringni kechirsam, sizlar ham tavba qilurmisizlar?»

   Alar aytdilar: «Tavba qilamiz, agar afvu qilsang. Mundan keyin hargiz mundog‘ gunoh ishlarni qilmasmiz».

   Hazrati Umar afu qildilar va u kimsalar tavba qildilar.

   Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Har kishi quloq solsaki, odamlarning so‘zig‘a nima deydur deb va odamlar bu kishining ul so‘zni eshitmagini xohish qilmaydur, qiyomat kuni ul kishining qulog‘iga qo‘rg‘oshin quyilg‘ay».

   O’n uchinchi haq ulki, kishig‘a tuhmat qilmoqdan yiroq bo‘lg‘ay. To musulmonlarning dilini gumoni bad va g‘iybatdan saqlagay. Har kishiki, yana birovning gunoh ishlarni qilmog‘ig‘a sabab bo‘lsa, ul gunohga sherik bo‘lg‘ay.

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Nechuk bo‘lg‘ay ul kishining holigaki, o‘z ota va onasini dashnom qilsa?» Sahobalar aytdilar, «Bu qandog‘ kishidurki, mundog‘ qilg‘ay?» Aytdilar: «Ul kishidurki, odamlarning ota va onasini so‘kg‘ay va odamlar esa aning ota va onasini so‘kg‘ay».

   Bir kimsag‘a gumoni bad qilmoq shariatda haromdur. Rasul alayhissalom ramazon oyining oxirlarida Safiya roziyallohu anho birla masjidda gaplashib turib edilar, ikki kimsa rasulalloh tomonga qaradi, ularni chaqirib aytdilar, «Bu mening xotinimdur».

   Safiya roziyallohu anho aytdilar:

   «Agar hamma kishig‘a gumoni bad qilsalar ham sizga qilmaslar».

   Rasul alayhissalom aytdilar:

   «Shayton odamning trmirida qonga o‘xshash ravon yuradur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:16:37
  Hazrati Umar roziyallohu anhu bir kimsani ko‘rdilar: «Yo‘l ustida bir xotin birla so‘zlashib turadur. Ul kimsani darra urdilar. Ul kishi aytdi: «Bu mening xotinimdur». Hazrati Umar aytdilar: «Nima boisdan kishi ko‘rmaydurg‘on yerda so‘zlashmassen?»

   O’n to‘rtinchi haq ulki, agar kishi katta mansabdor bo‘lsa, odamlarga shafoat va shafqatni darig‘ qilmag‘ay. Hazrati rasul alayhissalom sahobalarga aytdilar: «Hojat va orzuyinglar bo‘lsa, mendan tilagaysizlar. Men bergaymen va kechiktirmagaymen har ishda bo‘lsa ham. Toki Sizlar ham mening sunnatimni davom ettirib, mehr-shafqat ko‘rsatgaysizlar». Shuning uchun fi sabililloh qilingan sadaqaning eng yaxshirog‘i odamlarga ko‘rsatilgan shafqat va muruvvatdur.

   Qiyomat kunida har bir qilingan yaxshi ehson va yaxshi amallar uchun albatta ajri azim, savobga ega bo‘lg‘ay. Bir kishiga ranj-alam yetgan bo‘lsa, uni bir mo‘‘min chorasini topib, daf’ qilsa ham xayrli ishlardandur.

   O’n beshinchi haq ulki, vaqtiki, bir kimsa musulmong‘a dastdarozlik (tajovuz) qilsa, yo molig‘a qasd qilsa, shunda insofli, diyonatli bir musulmon bu zulm ishlarni undan daf’ qilg‘ay. Payg‘ambar aytdilar: «Chin musulmonlar bir-birlariga yordam qo‘lini cho‘zmoqliklari shartdir».

   Hech bir odam komil musulmon bo‘lolmaydi toki zarur vaqtida bir-birlariga manfaatlari tegmaguncha.

   O’n oltinchi haq ulki, yomon odamlarning suhbatig‘a mubtalo bo‘lsa, to xalos bo‘lguncha sabr va tahammul qilg‘ay, toki alar bilan o‘chakishib, yomon so‘z aytmagay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:21:07
   Ibn Abbos roziyallohu anhu aytibdurlar bu oyatning ma’nosidaki:

   «Vallaziyna sabra va btag‘o vajhi rabbihim». (Ra’d, 22).

   Ma’nosi: «Yomong‘a rahm va tahammul bila muqobila bo‘lg‘aylar».

   Hazrati Oysha roziyallohu anho aytibdurlarki: «Bir kimsa ruxsat tiladi rasul alayhissalom qoshlarig‘a kirmak uchun». Aytdilar: «Ruxsat bergil ul kimsag‘a, aslida u o‘z qavmining orasida yomon odamdur». Ul kishi kirgandan keyin, chandon rioya va odamiyat ul kishiga qildilarki, men gumon qildim ul qavmning orasida bu kishi hurmatlik kishidur (deb). Vaqtiki, ul kishi tashqari chiqdi, men aytdimki, «Yo rasulalloh, aytdingizki, bu qavmning‘ orasida yomon odamdur deb, ani hurmat qildingiz?»

   Rasululloh alayhissalom aytdilar: «Yo Oysha, odamlarning yomonrog‘i qiyomat kuni Xudoning nazdida ul kishidurki, aning sharridin (yomonligidin) qo‘rqib, odamlar anga rioya qilgay. Yo
Oysha, odamlarning yaxshirog‘i qiyomat kuni Xudoning nazdida ul kishidurki. yana bir kishini yomonlig‘i jihatidan rioya bila e’tiborga olib, muomala qilsa».   .

   Xabarda kelibdur, «Har kim yomon kishilar bilan muomalada vazmin bo‘lsa, ul ish sadaqadur». Abu Dardo roziyallohu anhu aytibdurlar: «Aksariyat odamlar bor, o‘z obro‘yini yomonlarning tilidan saqlaydilar. Men ham alarning yuzig‘a kulib qarayman. Ammo mening dilim ul kishig‘a . la’nat aytadur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:22:22
   O’n yettinchi haq ulki, yurish-turishda doimo darveshlar va kambag‘allar bilan do‘stlik qilg‘ay. Boylar bilan birga o‘ltirishdan hazar qilg‘ay.

   Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «O’liklar bilan o‘lturmanglar». Sahobalar aytdilar, «O’liklar kimdur?» Aytdilar: «Ag‘niyo - boylardur».

   Sulaymon payg‘ambar o‘z mamlakatlarida har yerda bir miskinni ko‘rsalar, u bilan o‘tirib suhbat qilur edilar va aytur edilarki, «Miskin miskin bilan o‘tiradur». Hazrati Iso alayhissalom o‘zlariga Miskin degan nomdan o‘zga nomni do‘st tutmas erdilar. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ey, bor Xudoyo, modomiki mani tirik saqlasang, miskin qilg‘il. Vaqtiki o‘ltursang (o‘ldirsang) miskinligimda o‘ltirgil (o‘ldirgin). Vaqtiki, mahsharda miskin bo‘lib tirilga,ymen. Muso alayhissalom aytdilar, «Ey, bor Xudoyo, sani na yerdan tilarman (toparman)? Haq taolo aytdi: «Dili shikastalar qoshidan topursan».

   O’n sakkizinchi haq ulki, jahd - harakat qilg‘ayki, musulmonlar dilig‘a shodlig‘ yetkurgay va hojatini ravo qilg‘ay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Har kishi bir musulmonning hojatini ravo qilsa, andog‘ bo‘lg‘ayki, hamma umrida Xudo taologa xizmat qilg‘on bo‘lg‘ay». Va yana aytibdurlar: «Har kishiki, musulmonning hojati uchun bir soat yursa, xoh kecha, xoh kunduz, agarchi ul hojat ravo bo‘lmasa ham ul kishig‘a ikki oy bir masjidda e’tikof o‘tirgandan yaxshiroqdur». Va aytdilar: «Xar kishiki, bir g‘amginni shod qilsa va yo bir zulm yetgan kishini qutqarsa, Xudo taolo ul kishig‘a yetmish uch mag‘firat karomat qilg‘ay». Va yana marhamat qilib aytdilarki, «O’z birodarlaringga yordam beringlar agar zolim bo‘lsa ham, mazlum bo‘lsa ham yordam beringlar».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:31:09
   Sahobalar «Zolim bo‘lsa nechuk yordam berurmiz?» - deb so‘radilar. Aytdilar: «Ani zulm qilmoqlikdan to‘xtatsanglar, unga yordam bergan bo‘lursizlar». Aytibdurlar: «Xudo taoloning nazdida musulmonning dilig‘a shodlik yetkazishdan ziyoda toat-ibodat yo‘qdur». Va aytdilar: «Ikki xislatdurki, hamma xislatlarning yomonrog‘idur: Xudog‘a shirk kelturmak va xalqqa ranj yetkurmoq. Va ikki xislat borki, hech ibodat andin yaxshi emasdur. Iymon kelturmak va odamlarg‘a rohat yetkurmoq».

   Fuzayl rahmatullohi alayhni ko‘rdilarki, yig‘laydur. Aytdilar: «Andog‘ musulmonning g‘amidanki, manga zulm qildi, qiyomat kuni ul musulmondan savol qiladur va rasvo qiladur va qech uzrini qabul qilmaydur».

   Ma’ruf Karxiy rahmatullohi alayh aytadurki, «Har kimsa har kuni uch marotaba «Allohumma aslix ummati Muhammad. Allohumma irham ummati Muhammad. Allohumma faraj an ummati Muhammad» desa, ani otini abdollarning qatorida biturlar».

   Ya’ni: «Ey Allohimiz, Muhammad ummatiga sulh - tinchlik bergil, Muhammad ummatiga rahm qil, Muhammad ummatini shod qil».

   Aytibdurlarki, odamlar bir-birlari bilan uchrashsalar, salomdan ilgari so‘z qilsa, javob bermanglarki, avval salom qilg‘ay. Bir kimsa Rasul alayhissalomning oldilarig‘a kirdi, salom qilmadi. «Tashqarig‘a chiqib, salom qilib kirgil» dedilar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:32:30
   Anas roziyallohu anhu aytibdurlar: «Rasul alayhissalomning xizmatlarida sakkiz yil bo‘ldim. Aytdilarki, «Yo Anas, tahorat birla bo‘lg‘il, to umring uzun bo‘lg‘ay. Har kishig‘a muloqot bo‘lsang, ilgari salom qilg‘il. To nomai a’molingda hasanot (yaxshiliklar, savoblar) ko‘p bo‘lg‘ay va uyingga kirsang axli xonangga salom qilg‘il. To xayr-barakot ziyoda bo‘lg‘ay».

  Kimsa onhazrat alahissalom huzurlarig‘a kirib dediki, «Assalomu alayka, yo rasulalloh!».

  Aytdilar: «Nomai a’molingga o‘n savob bittilar».

  Yana biri kirib dediki: «Assalomu alaykum va rahmatulloh!» Ayttilarki, «Nomai a’molingga yigirma savob bittilar». Yana biri kirib dediki: «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh». Onhazrat alayhissalom aytdilarkim: «Nomai a’molingga o‘ttuz savob bitdilar».

  Vaqtiki ikki musulmon bir-birini qo‘lini tutib sevinib ko‘rishsalar, bu qo‘l berib ko‘rishganlarning orasida yetmish rahmat taqsim qilinur. Shu rahmatdan oltmish to‘qqizi ochiq yuz va tabassum bilan ko‘rishgan kishiga bo‘lur. Vaqtiki ikki musulmon bir-birlarig‘a salom qilsalar, yuz rahmat bu ikki kishi orasida taqsim bo‘lur. Ushbu yuz rahmatdan to‘qsontasi avval salom berguvchiga bo‘lur. O’n rahmat javob berguvchig‘a bo‘lur, ya’ni alik olg‘uvchiga. Abu Ubayda Jarroh bir kuni Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning qo‘llarini bo‘sa qildi. Umarning jahli chiqdi, bo‘sani man’ qildi. Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytur: «Rasul alayhissalomdan so‘radiki: «Bir-birimizga muloqot bo‘lsak, salom qilmoqda qaddimizni egamizmi? Aytdilarki «Yo‘q, egilmagil». So‘radiki, «Bo‘sa qilmoq nechukdur?» Aytdilar: «Qilmag‘il». So‘radiki, «Musofaha nechukdur?» Aytdilarki: «Xo‘bdir» (qo‘l berib so‘rashish yaxshidir).

   Ammo safardin kelgan kishini bo‘sa olmoq va muonaqa (bir-birlarining yelkalariga qo‘lin qo‘yib, quchokdashib, o‘pib ko‘rishish) joizdur. Ammo kishining oldida qo‘l bog‘lab turmoq mazmum (yomon)dur. Rasul alayhissalom aytibdurlar, «Kishikim, o‘zi o‘tirib, xalq uning oldida qo‘l qovushtirib turmoqini yaxshi ko‘rsa, do‘zaxda bo‘lmoqni do‘st tutibdur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:34:23
 O’n to‘qqizinchi haq ulki, agar musulmon odam aksirsa aytg‘aykim, «Alhamdulilloh ala kulli hol» degil va eshitguvchi «Yarhamaka rabbuka» («Robbim senga rahm qilsin») degay. Yana aksa kelturguvchi «Ag‘firallohi va lakum» degay. Va agar aksa keltirguvchi «Alhamdulilloh» demasa, javob lozim emas. Rasul alayhissalom aksirsalar, ovozlarini past qilib, muborak yuzlarini qo‘l bilan to‘sib aksirur edilar.
Va agar kishi qazoyi hojat vaqtida aksa keltursa, «alhamdulilloq»ni ko‘nglida aytg‘ay. Ibrohim Naxa’iy aytur, agar tilida aytsa ham zarari yo‘qdur.

  Ka’bul-Ahbordan rivoyat qilibdurlar, Muso alayhissalom aytdi: «Yo rab, yaqinmusan, sani ohista yod qilaymu yo yiroqmusanki, baland ovoz birla yod qilaymu?»

  Haq taolo aytdi: «Har kishi mani yod qilsa, ani birla hamnishindurman», Muso alayhissalom aytdi: «Ey, bor Xudoyo. men turli joylarda, turli ahvollarda bo‘lurman. chunonchi, qazoyi hojat va junubat (g‘usl qilishga lozim bo‘lgan hol), bu nav’ holatlarda ulug‘ ismingni yod qilmokdan uyalarmen». Xaq taolo aytdi: «Har holda bo‘lsang ham mani yod qilg‘il».

  Yigirmanchi haq ulki, musulmonlar kasal bo‘lsalar, borib ko‘rgaysan. Agarchi oshno va do‘st bo‘lmasa ham. Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi kasal ko‘rgali borsa, jannatning o‘rtasida anga makon qilurlar. Vaqtiki, bemorni ko‘rib qaytishida yetmishta farishtani anga vakil qilurlar. To kecha bo‘lg‘uncha anga mag‘firat tilarlar».

  Kasal ko‘rmakda sunnat uldurki, kasalning qo‘lini yo peshonasini tutib, so‘rag‘aykim, nechuksiz?» Andin keyin bu duoni o‘qig‘ay:

   «A’uzuka billohil-ahadis-samadil-laziy lam yalid va lam yulad va lam yakunlahu kufuvan ahadun, min sharri mo ta’jid».

   Hazrati Usmon roziyallohu anxu aytur: «Kasal bo‘ldim, onhazrat s.a.v. iyodatg‘a (ko‘rgani) keldilar. Bu duoni necha marotaba o‘qidilar. Shuningdek bemorning o‘zi ham bu duoni o‘qimog‘i sunnatdur. «A’uzu bi-izzatil-lohi va qudratihi min sharri mo-a’jid».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:38:07
   Agar kasal ko‘rgani kelgan odam bemordan qandaysiz deb so‘rasa, kasal odam o‘z kasalidan shikoyat qilmag‘ay. Xabarda kelibdurki, banda bemor bo‘lsa Xudo taolo anga ikki farishtani vakil qilur. Tokim iyodatig‘a keluvchilarg‘a ranjdan shikoyat qilurmu va yo shukrona ayturmu? Agar shukr aytsa, «Alhamdulilloh» desa, Xudoi taolo aytur: «O’zimga vojib qildim bu bandamni, to rahmatim birla jannatga solurman. Kasal tufayli tortgan ranju-alamini gunoqiga kaforat qilurman».

  Hazrati Ali roziyallohu anhu ayturlar: «Kishikim dardi shikam (qorin og‘rig‘i) bo‘lsa, xotinining haqig‘a bergan mablag‘idan tilab olib, asal sotib olib, yomg‘ur suvida ezib ichsa, sihat topurki, Xudo taolo yomg‘irni muborak deb yod qilibdur. Asalni esa shifo debdur.. Xotinig‘a erining baxshida qilg‘on haqini totlig‘ va shifo debdur». Va kasal bo‘lg‘uvchig‘a adab buki, ranjidan (og‘rig‘idan) shikoyat qilmag‘ay va gunohig‘a kasali kaforat bo‘lmog‘ini umid tutg‘ay. Vaqtiki doru yesa, doruni qam yaratgan xalloqi olamg‘a tavakkul qilg‘ay.

   Kasal ko‘rguvchilarga adab ulki, kasal ko‘rgali kirsa, uyning har tarafig‘a qaramoqdan ko‘zini asrag‘ay. Yumshog‘lik va muloyimlik birla bemorning ko‘nglini ko‘tarmog‘ kerak.

  Yigirma birinchi haq ulki, agar birodari mo‘‘min vafot qilgan bo‘lsa, janozasida qatnashmoq kerak. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi janoza orqasidan «borsa bir qirot savob. Agar dafn qilg‘uncha o‘tirsa, ikki qirot savob berilur. Har qirot savobning kattalig‘i Uhud tog‘idan bir necha bor kattadir».

   Janozada ishtirok etgan odam ushbu odoblarga rioya qilgay: avvalo xomush bo‘lib borgay. So‘zlamagay va kulmagay. Afsus va nadomat birla, men ham bir kuni vafot qilaman, deb fikr qilg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:39:00
   Buzurglardan birlari aytdi: «O’zinglarni g‘aminglarni yenglarkim, bu vafot qilgan odam uch anduhni o‘zidan o‘tkaribdur: avval Malakul-mavtning yuzini ko‘rdi. Ikkinchi, jon achchig‘ini tortti. Uchinchi, xotima, ya’ni, iymon birla bormoq va bormaslikning g‘amidan xalos bo‘ldi. Sizlarda esa bu g‘am, qayg‘ular hali oldingizda bokiy turubdir».

   Yigirma ikkinchi haq ulki, axli go‘ristonlarni ziyorat qilg‘ay va duo qilg‘ay, ulardan ibrat olg‘ay. Bilgayki, ular ilgari boribdur. Bu ham tez kunlarda borg‘usidur. Borganlarning manzili munga ham makon bo‘lg‘usidur.

   So‘fyon Savriy aytur: «Kishi o‘limni ko‘p yod qilsa, go‘rini jannat bog‘chalaridan bir bog‘chadek topar. Kishi o‘limni esdan chiqarib qo‘ysa, go‘rini do‘zax g‘orlaridan g‘ordek ko‘rar».
Rob’e ibn Xaysan tobe’inning ulug‘laridandur. Aning marqadi (mozori) Tus shahridadur. Hayotlik chog‘larida avvaldan o‘ziga go‘r kavlab qo‘ydi. Har bora ko‘nglida dunyo vasvasasidan futur (kuchsizlik, zaiflik) ko‘rsa, darhol o‘ziga tayyorlab qo‘ygan go‘rga kirib, soate anda yotar edi. Undan keyin aytur erdi: «Ey, bor Xudoyo, mani dunyog‘a chiqarg‘ilki, o‘tgan taqsirotlar (kamchiliklar)ning tadorikini qilg‘aymen». Go‘rdan chiqib aytur ediki, «Ey Robe’, sani bu dunyog‘a chiqardilar, yaxshi ishlarg‘a jahd qilg‘ilki, vafot qilganingdan keyin seni go‘rdan bu dunyoga hargiz chiqarmaslar».
Hazrati Umar roziyallohu anhu aytur: «Hazrati rasul alayhissalom qabristong‘a bordilar. Kechasi bir go‘r uzasida o‘tirib bisyor yig‘ladilar. Yaqin borib so‘radimki, nima uchun muncha yig‘laysiz?» Payg‘ambar alayhissalom aytdilarki, «Bu go‘r onamning go‘ridur. Xudo taolodin dastur tiladim ani ziyorat qilmoqg‘a va gunohini tilamakka. Ziyorat qilmoqg‘a ijozat berdi. Gunohini tilamakka ijozat berdi. Farzandlik shafqati ko‘nglimda jo‘shg‘a keldi. Aning uchun yig‘ladim», dedilar. Ushbudur musulmonchilik huquqining jumlasi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:39:52
                                                             FASL
                                  Qo‘shnilarning haqlari va ularning rioyasi


   Qo‘shnilarning huquqini rioya qilmoqning bayoni va xosiyati ziyodadur. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Hamsoya bordurki, uning dinidan begona dinda bo‘lsa, bir qaqqi bor. ya’ni faqat qo‘shnichilik haqqi. Hamsoya bordurki, aning ikki haqqi bordur, ul musulmon hamsoyadur.
Endi hamsoyalar bordurki, aning bir-birlarida uch haqqi bordur: birinchisi - qo‘shnichilik, ikkinchisi - musulmonchilik, uchinchisi esa - qarindosh qo‘shni bo‘lgani uchun.

   Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «Jabroil alayhissalom hamisha menga qo‘shnilar haqqini ado qilmoqg‘a vasiyyat qilur erdi, gumon qildimki, qo‘shnilar mendan meros Oltaylar. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim, Xudo taolog‘a va qiyomatning haqlig‘iga iymoni bo‘lsa, qo‘shnisini aziz va muhtaram tutg‘ay». Aytibdurlar, mo‘‘min uldurki, qo‘shnilari undan ozor topmasinlar». Va aytibdurlar: «Kishi qo‘shnisiga tosh otsa, qo‘shniga ozor berganidur».

   Hazrati rasul alayhissalomg‘a aytdilarkim, «Falon xotin kunduzi ro‘za tutar, kechasi namoz o‘taydur. Lekin qo‘shnisiga ozor beradur». Hazrati rasul alayhissalom aytdilarkim, «U xotinning joyi do‘zaxdur».

   Hazrati rasul s.a.v. aytibdurlar: «Qirquy - qo‘shnidur». Hazrati Fotimai zahro roziyallohu anho aytibdurlarki, «Qirq uy o‘ng tarafdan va qirq uy chap tarafidan va qirq uy oldi tarafidan va qirq uy orqa tarafidan qo‘shnidur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:42:45
   Bilgilki, qo‘shnichilik faqat ozor bermaslikkina emasdur, balki hamma ishlarda yaxshiliq qilmokdur. Xabarda kelibdurki, qiyomat kuni kambag‘al qo‘shnilar boy qo‘shnilarni tuturlar va ayturlar, «Ey, bor Xudoyo, bulardan so‘rag‘ilki, nima uchun bizlarga yaxshiliq qilmadi va nima uchun yuzimizg‘a eshikni yopti?!»

   Ulug‘lardan birining uyida sichqon ko‘p bo‘lib, zarar yetkurdi. Aytdilar: «Nima uchun mushuk saqlamassanki, sichqon yo‘qbo‘lg‘ay edi». U dediki: «Qo‘rqarmenkim, sichqonlar mushuk ovozini eshitib, qo‘shnilarimning uyiga tarqagay. O’zimga ravo ko‘rmagan ishni qo‘shnimg‘a ham ravo ko‘rmagaymen».

   Rasul alayhissalom aytdilar: «Qo‘shnilar haqqi ushbudurki, agar sendan yordam so‘rasa, yordam bergil. Agar qarz so‘rasa, qarz bergil. Agar kambag‘al bo‘lsalar, madad qilg‘il. Agar kasal bo‘lsa, chiqib ko‘rgil. Agar vafot qidsa, janoza orqasidan borg‘il. Agar shod bo‘lsalar, muborakbod qilg‘il. Agar g‘amgin bo‘lsalar, ko‘ngil so‘rab, dalda bergil. Uying tomini ularning uyidan baland qilmag‘ilki, shamolg‘a mone’ bo‘lmag‘ay. Har nimarsa yesang, qo‘shnig‘a ham chiqarg‘il. Agar chiqara olmasang, pinhon yegil. Ravo ko‘rmagilki, farzandlaring qo‘lig‘a non tutib chiqib, qo‘shnilar farzandig‘a ozor yetkurgay. Qo‘shnilarga oshxonang tutuni birla ozor bermagil. Tutuni ko‘rinsa ul oshdan qo‘shnig‘a bergaysan. Qasam qilurman Alloh taoloning azimatig‘aki, mening hayotim aning qudrati qo‘lidadur, qo‘shnilar haq-huquqini hech bir kishi ado qilolmas, magar ul kishiki, Xudo azza va jalla anga rahmat qilg‘on bo‘lg‘ay». Bilgilki, qo‘shnilar haqqidan ba’zisi buki, (devordan) ani uyig‘a qaramag‘il va ayb bo‘lg‘udek ishlarini yopg‘il va sening eshitishingni xoxdamagan so‘zlariga quloq solmagil. Haramidan ko‘zingni yumg‘il va kanizaklarig‘a nazar solmag‘il. Ushbudur musulmonchilik huquqi, rioya qilg‘aysen.

Abu Zarr G’iforiy roziyallohu anhu aytur: «Menga rasul alayhissalom vasiyat qildilarki, har vaqtiki osh pishirur bo‘lsang, suvni ko‘proq solsinki, toki qo‘shnilarga ham bergaysan».


Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:53:35
                                                                FASL
                              Qarindosh-urug‘lar, aqrabo (yaqinlar)ning haqlari


   Bilgilki, hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo taolo aytadur: Men rahmondurman. qarindoshlik rahimdur. Ular ismini o‘zimning ismimdan chiqarg‘ondurman. Kishi qarindosh-urug‘lariga yaqin bo‘lsa, men ham unga yaqindurman. Kishi o‘z qarindosh-urug‘laridan yiroq bo‘lsa, men ham undan yiroq bo‘lurman».

   Rasul alayhissalom aytibdurlar, «Har kishi xohlasaki, umri uzun, hayoti farahli bo‘lsin desa, qarindoshlarig‘a yaxshiliq qilg‘ay. Va hech toat siylai rahim qilg‘on savobidan ziyoda emasdur. Agarchi ahli bayti fisqu-fujurga mashg‘ul bo‘lsa qam, anga siylai rahim qilsa, farzandi va davlati ziyoda, barakotli bo‘lur va hech sadaqa savobda qarindosh-urug‘lariga siylai rahim qilg‘ondan ziyoda emasdur». Bilgilki, siylai rahim uldurki, ular sendan yiroq bo‘lsalar, sen ularg‘a yaqiplik va yaxshilik qilg‘il. Agar seni mahrum tutsa (hech iltifot qilmasa), sen ularga ato qilgil (mol-dunyoyingdan ber). Agar ular senga zulm qilsalar, sen ularni maof (afv) qilg‘il.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:55:17
                                                               FASL
                                          Ota va onaning huquqlari bayonida


   Bilgilki, ota va onaning huquqini ado qilmoq ulug‘ toat-ibodatdur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Jannatni xushbo‘ylig‘i besh yuz yillik yerga borur. Ammo ota, onasig‘a ozor berguvchilar, qat’i rahim qilg‘uvchilar (ota-onasidan yuz o‘giruvchilar) hattoki jannatning hididan xam bebahra qolurlar. Alloh taolo hazrati Muso alayhissalomga vaxiy yubordi: «Kishi ota-onasining farmonini tutsa va mani farmonimni tutmasa, ani itoat qiluvchilar xatig‘a biturman. Kishi mani farmonimni tutsa va ota-onasining farmonini tutmasa, ani nofarmonlar (osiylar) xatig‘a biturman».

   Bir kimsa hazrati Rasul alayhissalomdan so‘radi: «Otam, onam vafot qildilar, qaysi amalni qilsam, ularning haqqi ado bo‘lg‘ay?» Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «Ular uchun namoz o‘qib, gunohlarining kechirilishini tilagil. Vasiyatlarini bajo kelturg‘il va do‘stlarini aziz tutg‘il va qarindosh-urug‘lariga yaxshiliq qilg‘il». Onaning haqqi otaning, haqqidin ikki barobar ziyodadur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:56:04
                                                             FASL
                                            Farzandlar huquqlari bayonida


   Bir kishi hazrati Rasul alayhissalomdan so‘radi: «Kimga yaxshilik qilg‘aymen?» Aytdilarki, «Ota va onangga». Aytdi: «Ota, onam vafot qilgandur». Aytdilar: «Farzandlaringg‘a yaxshiliq , qilgilki, ularning haqqi ham ota, onaning haqqig‘a o‘xshashdur». Farzandlar haqqidan biri buki, o‘zingni yomon xulqdan va farzandlaringni yomon xulqdan saqlab, gunohkor qilmag‘aysan. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudoi taolo rahmat qilg‘ay ul otag‘aki, o‘g‘li nofarmonliq qilsa, anga ozor bermay yo‘lga solg‘ay».

   Anas ibn Molik roziyallohu anhu rasul alayhissalomdan rivoyat qiladilar: «Vaqtiki farzand yetg‘i kunlik bo‘lsa, aqiqa qilinglar va yaxsh ot qo‘yinglar. Aqiqa ulki, o‘g‘il farzand bo‘lsa ikki qo‘y, qiz farzand bo‘lsa bir qo‘y so‘yib, nazir osh qilib, go‘shtiTsh yeb, ustixonini sindirmay, yerga ko‘mgay. Vaqtiki, olti yoshg‘a kirganda maktabg‘a bergay. To‘qqiz yoshga -: kirganda bo‘lak o‘rinda yotqizg‘ay. O’n uch yoshga kirganda namoz o‘tamasa, urg‘ay... o‘n olti yoshga kirganda xotin olib bergay. Undan keyin farzandining qo‘lini ushlab turib, aytg‘ayki, «Ilm va adab o‘rgatdim va xotin olib berdim. Xudo taologa sig‘indim, , bu olamda Aploh taoloning g‘azabig‘a va oxirat azobig‘a giriftor bo‘lmokdan saklandim», degay.

   Farzandlar huquqidan biri bukim, bir nima bermakda va marhamat qilmokda barchasini barobar ko‘rgay. Farzandg‘a navozish qilmoq (mehribonlik, erkalash) va bo‘sa qilmoq sunnatdur. Hazrati rasul alayhissalom hazrati imom Hasan roziyallohu anhuni bo‘sa qildilar. Sahobalardan biri aytdiki, «Mani o‘n farzandim bor, hech qaysini bo‘sa qilg‘onim yo‘qtsur». Onhazrat alayhissalom aytdilar: «Xudo taolo rahmat qilmas ul kishig‘aki, farzandlarig‘a marhamat qilmabdur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:56:32
   Hazrati rasul alayhissalom namozda edilar. Sajdaga borgan vaqtlarida imom Hasan roziyallohu anhu bo‘yinlarig‘a minib o‘tirdi. Onhazrat alayhissalom sajdada ancha uzoq turdilarki, sahobalar vahiy keldi, deb o‘yladilar. Ersa, hazrati imom Hasan bo‘yinlaridan tushdi. Onhazrat alayhissalom namozdan forig‘ bo‘ldilar. Sahobalar arz qildilarki, «Yo rasulalloh, sajdada vahiy keldimu?» Onhazrat alayhissalom aytdilar: «Vahiy kelmadi. Meni Hasan teva qilib minib erdi, men aning xotirini qilib, sajdada uzoq turdim».

  Bilgilki, farzand haqqidan ota-onaning haqqi ziyodadurkim, ota va onani hurmatlash farzandg‘a vojibdur. (Ota, ona) har nav’ ishg‘a buyursa, farmonini tutmoq vojibdur (agar yomon ishlarga buyurmasa). Hech safarg‘a ota, ona ruxsat bermaguncha chiqish joiz emas. Agar hajg‘a bormoqdan man’ qilsa, bormaslik muboxdur (mumkin). Ammo ilm o‘rganmak uchui beijozat safar qilsa joizdur.
Bir kishi g‘azotg‘a bormoqga onxazrat alayhissalomdan ruxsat tiladi. Aytdilar: «Onang bormu?» Aytdikim: «Oriy (ha), bordur». Aytdilar: «Onangni xizmatida bo‘lgilki, (jannat) onangni qadami ostidadur».

   Yana bir sahoba ruxsat so‘radi g‘azotg‘a bormoq uchun. Aytdilarkim, «Ota va onang bormu?» Ul aytdikim, «Bordur». Aytdilarki, ruxsat so‘ragil, qanday farmon qilishsa, ularning farmonini tutg‘ilki, Xudo taoloning farmonidan keyin ota, onaning (shar’iy) farmonini tutmoqdan ziyoda toat yo‘qtur».

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:57:51
                                                               FASL
                                             Xizmatkorlar huquqi bayonida


   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo taolodan qo‘rqinglar. Qullar haqini ado qilinglarki, o‘zinglar yegan taomdan ularga yediringlar. Va o‘zinglar kiygan libosdan ularga kiydiringlar. Toqatlari yetmaydigan ishg‘a ularni buyurmanglar.

   Agar loyiq xizmat qilsalar, munosib taqdirlanglar va qadrlanglar. Agar ularning xizmati sizga ma’qul kelmasa, sotinglar. Xudo taoloning qullarig‘a azob qilmanglar. Xaqtaolo ularni sizlarga qul qilibdur. Sizlarni ularg‘a qul qilmag‘unig‘a shukr qilinglar».

   Sahobalardan biri aytdiki, «Yo rasulalloh! Har kuni qulni necha marotaba qilg‘on gunohini afu qilg‘aymiz?» Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «Har kuni yetmish marotaba qilg‘on gunohini afu qilinglar».

   Ahnaf bin Qaysdan (bir odam) so‘radi: «Kishining og‘irini muncha ko‘tarmakni kimdan o‘rgangansiz? Aytdi: «Qays bin Omirdanki, kanizagi qizdirilgan temirni yog‘ochda qisib ko‘tarib kelur erdi. Nogahon temir qo‘lidin tushib Qays bin Omirning farzandining ustiga tushib, bola halok bo‘ldi.-Kanizak azbaroyi qo‘rqqanidan behush bo‘lib yiqildi. Qays qichqirdiki, «Ey kanizak, qo‘rqmag‘ilki, sanda aslo gunoh yo‘kdur. Man sani azbaroyi (xudo uchun) ozod qildim», - dedi.

   Ulug‘lardan birlari har doim xizmatkorlari nofarmonlik qilsa aytur ediki, «Xojangni odatini qildingki, xojang ham xojasiga senga o‘xshash osiy bo‘ladur».

   Abu Mas’ud ansoriy roziyallohu anhu g‘ulomini (xizmatkorini) so‘kib (urib) turar edi, ovoz eshitdiki, «Yo Abu Mas’ud!» deb. Qaradi, hazrati rasul alayhissalomni ko‘rdy. Ul zot:

   «Sen bu qulg‘a azob bermog‘ing‘din ko‘ra ham kuchliroq azoo berishga Alloh taolo qodirroqdir,» - dedilar.

   Bas, xojalikni haqqi ulki, qulig‘a kiyim, non va boshqa ovqatlarni o‘z vaqtida bergay. Va haqorat ko‘zi birla qaramagay. Bilgayki, qul ham xuddi o‘zig‘a o‘xshash odamdur. Agar xato qilsa, Haq taolo oldida o‘zi javob bergay. Ammo xojaning o‘zi xato qilmokdan chuqur andisha qilg‘ay. Agar g‘azabi kelsa, Haq taoloning g‘azabidin qo‘rqg‘ay.

   Rasul alayhissalom aytdilar: «Kishining xizmatkori xojasiga taom pishirsa, ul taomni xizmatkori bilan birga o‘tirib yegay. Va goho o‘z qo‘li bilan luqma olib, xizmatkorning og‘zig‘a solib, undan keyin o‘zi yegay. (Agar xizmatkor yeyishga tortinsa)».

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 16:59:44
                                                       OLTINCHI ASL
                                      Uzlatda (yolg‘izlikda) bo‘lmoq odoblari


   Bilgilki, ulamolar ixtilof qilibdurlarki, uzlat (kishilardan chetlashish, yolg‘izlikni ixtiyor qilmoq) va go‘shanishin bo‘lmoq yaxshiroqmu yo xalqg‘a (odamlarga) aralashmoq yaxshiroqmudur? So‘fyon Savriy va Ibrohim Adham va Dovud Toiy va Fuzayl Ayoz va Xavos va Xuzayfa bin Iyso va Bishr Hofiy va boshqa muttaqiylar, aksari rahmatullohi alayh uzlat va go‘sha tutmoq fozilroq debdurlar.

   Va ulamoi zohiriydan jamoa ulug‘lar xalqg‘a aralashmoqni ortiqroq ko‘ribdurlar. Hazrati Umar roziyallohu anhu ayturlar: «Uzlatdan nasiba saqlag‘il». Va Ibn Sirin aytur: «Uzlat ibodatdur». Bir kishi Dovud Toiyg‘a dediki, «Menga nasihat bergil». Dovud aytdi: «Ro‘za tut, to o‘lmaguncha og‘iz ochmag‘il va xaloyikdan qochgil, to sherdan qochqondek».

   Hasan Basriy aytur: «Tavrotda ko‘rdim. Odamiki, qanoat qilsa, behojat bo‘lur va xalqdan uzilsa salomatlik topur va shahvatni past qilsa, ozod bo‘lur. Hasad qilmoqdan xalos bo‘lsa, muruvvati zohir bo‘lur va necha kun sabr qilsa, jovid (doimo, abadiy) bahramandlik va osoyishtaliqg‘a yetar».
Vahb ibn al Vard aytur: «Uzlatga doir hikmat o‘ntadur. To‘qqizi xomushlikda (tilni tiyish va sukut etmaklik), o‘ninchisi xona va yolg‘izlikdur». Robe’ ibn Xaysom va Ibrohim Nahaiy ham ayturlarki, «Ilm o‘rgangil, xaloyiqdan go‘sha tutqil». Va Molik ibn Anas avval holda birodarlari ziyoratiga va bemorlar iyodatig‘a va janoza orqasidan borur edilar. Keyin bu ishlarni birin-birin tark qilib, xilvatda bo‘lur edilar.

   Fuzayl ibn Ayoz aytur: «Juda minnatdorman ul kishidankim, menga muloqot bo‘lib, salom qilmasa va kasal bo‘lsam, so‘ramasa». Sa’d bin Vaqqos va Sa’d bin Zayd sahobalarning ulug‘laridan edilar, roziyallohu anhum Madinaga yaqin Aqiq degan yerda manzil tutdilar. Jum’a namoziga keldilar, undan bo‘lak bormadilar to vafot etgunlarig‘acha.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 17:01:10
   Amirlardan biri Xotim Asam rahmatullox.i alayhg‘a aytdikim, «Xech hojating bormudir?» Aytdiki: «Bordur». Aytdiki: «Nima hojating bordur?» Xotim Asam aytdiki, «Minba’d msn sizni ko‘rmagayman va siz meni».

   Bilgilki, go‘shanishinlikda olti foyda bordur:

   Avvalg‘i foydasi - zikr va fikrni farog‘at birla qilmoqlikdurki, ibodatning ulug‘rog‘i Haq subhonahu va taoloning osmon va zamindagi ajoyib va g‘aroyib sun’i (san’ati) qudratlarini fikr qilmoq, dunyo va oxiratdagi asrorlarini tanimoqdur. Balki, hamma hikmatini Haq taolo zikrig‘a sarf qilmoq va Xudo azza va jalladan o‘zgadan g‘ofil bo‘lmoqtsur. Bas, bu ishlar uzlat va xonashinlikdan o‘zga birla rost (to‘g‘ri) kelmas. Alalxusus, kishiki, xalq orasida Xudoni yod etmoqg‘a qudrati yo‘qtur, ul kishi xilvatda bo‘lmog‘i yaxshirokdur.

   Anbiyo alayhimussalom bu tariqada edilar. Chunonchi, hazrati rasuli akram s.a.v. avval holda go‘shani ixtiyor qilib, xalqdan uzilib, Hirot tog‘iga borib, zikr va fikrg‘a mashg‘ul bo‘lgan edilar. To ul vaqtg‘achaki, nubuvvat nuri birla quvvati daraja topib, a’log‘a yetdilarki, tanlari xalq birla va ko‘ngillari xudo birla bo‘ldilar.

   Agar avliyolar ham bu darajag‘a yetsalar na ajab. Chunonchi, Sahl bin Tustariy rahmatullohi alayh aytur: «O’ttiz yildurki, Haq taolog‘a so‘zlarman. Xaloyiq gumon qilurki, xalqg‘a so‘zlar, deb». Bir bandaning ishqiga giriftor bo‘lish qiyin ish emas. Ishq-muhabbat g‘alabasidan xalqni so‘zi qulog‘iga kirmas va g‘ayrini ko‘zi ko‘rmas. Va lekin xalqg‘a aralashmoq bilan asror saklamoq mushkuldir. Bir zohiddan so‘radilarki, «Tanholiqg‘a nechuk sabr qilursen?» Aytdi: «Tanho emasman. Menga hamnishin Alloh taolodur. Agar men anga roz aytmoqni xohlasam, namoz o‘qirman. Ul manga roz aytmog‘ini ixtiyor qilsam «Qur’on» o‘qirman».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 17:03:45
   Ulug‘lardan so‘radilarki, bu toifaga xilvatdan nima manfaat yetar? Aytdiki, «Uns bo Haq taolo».
Ya’ni, Alloh taolo birla uns-do‘st bo‘lmoq, dedi. Hasan Basriyg‘a aytdilarki, «Falon yerda bir kishi bordur, xamisha tanho o‘tiradur». Ersa shayx Hasan uning oldiga bordilar. Aytdilarki, «Hamisha yolg‘uz o‘turursan, xalqg‘a nima uchun aralashmassan?» Aytdi: «Menga bir holate ro‘y beribdurki, odamlarga aralashmoqg‘a mone’dur». So‘radilarki, «Ul nechuk holatdur?» Aytdi: «Hech vaqt yo‘qturki, Haq taolodan menga ne’mate yetmagay. Va hech vaqt yo‘qturki, mendan Xaq taolo dargohig‘a gunoh o‘tmag‘ay. Ul ne’matlarg‘a shukr qilurman. Ul gunohlarga istig‘for aylarman. Na xalqg‘a aralashmoqg‘a qudrat va na yoru do‘stlarg‘a aralashmoqg‘a fursat yetgay».

   Shayx Hasan aytdi: «Bu holatni yaxshi saqlagilki, Hasandin olimroqdursen. Harim Xubbon bir kuni Uvays Qaroniy qoshig‘a bordi. Uvays dedi: «Nima ishg‘a kelding?» Xarim aytdi: «Soate san birla osoyish olg‘ali keldim. Uvays aytdi: «Hargiz bilmasmanki, Xudo taoloni tanigan odam undan o‘zga birla osoyish topg‘ay». Fuzayl Ayoz aytur: «Vaqtiki, shom bo‘lsa shod bo‘lurman. Aning uchunki, tong otquncha xilvatda Xudo taolo yodi birla bo‘lurman va subh ravshanlikni ko‘rsam g‘amgin bo‘lurman. Bu vajhtsanki, xalq meni mashg‘ul qilurlar».

   Molik Dinor aytur: «Kishikim Xudo taolog‘a munojot qilmoqni xaloyiq birla so‘zlashmoqtsan xo‘broq bilmabdur, ul kishining umri zoye’ va ilmdan bebahra va dili nobinodir (qalbi ko‘rdur).

   Xukamolardan birlari aytur: «Kimki ko‘nglida xaloyiqning oldiga bormoq va o‘tirishmoqni istasa, dili haqiqat siridan xolidur». Aytibdurlar, kishi xaloyiqqa uns-ulfati bordur, muflislar jumlasidandur.

   Avvalo foyda ulki, uzlat sababidan bisyor gunohlardan xalos bo‘lur va to‘rt gunohdurki, xalqg‘a aralashsa undan xalos bo‘lolmas. Avvalo, g‘iybat qilmoq dinni halok qilur. Ikkinchi, amri ma’ruf va nahiy munkarki, agar xalqni gunohdan man’ qilmasa, osiy va fosiq bo‘lur. Agar man’ qilsa, xusumat paydo bo‘lur. Uchinchi, riyo va nifoq odamlarg‘a aralashgandan bo‘lur. Agar odamlarg‘a madoro va muloyimatlik qilmasa, ko‘ngli og‘rir va agar qilsa riyodan xoli qolish mushkuldur. Agar ikki dushman orasida har birini xohishiga qarab so‘zlasa, yolg‘onchilik bo‘lur. Agar birining so‘zini rost desa, ikkinchisining dushmanligidan xalos bo‘lmas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 17:11:14
   Fuzayl Ayoz tanqo o‘tirur edi, bir kishi uning qoshig‘a keldi. Aytdilar: «Nima uchun kelding?» Ul kishi aytdi: «Saning diydoring birla osoyish topmoq va do‘stlashmoq uchun keldim».

   Fuzayl aytdi, «Bu so‘zingdan menga begonalik zohir bo‘ladurki, nechand yolg‘onni menga aytursan va men senga nechand yolg‘on aytmog‘im lozim kelgay. Yo sen kYettil, yo men turib ketay». Har kishi bu nav’ ishlardan xazar qilolsa, odamlarg‘a aralashmoq zarar qilmas. Hotam Asam bir kuni Homid Laffondan so‘radi: «Nechuksan?» Homid aytdi: «Salomat va ofiyatdadurman». Hotam aytdiki: «Seni salomatliging Sirot ko‘prigidan o‘tgandan keyin va ofiyatliging jannatga kirgandan keyin ma’lum bo‘lg‘usidur».

   Robe’ ibn Haysamdan so‘radilarki, «Nechuksan?» Aytdiki: «Za’if, gunohkorman. Haq taolo bergan kundalik rizqni yerman va ajal yetmagig‘a ko‘z tutib turarman». Abu Dardo’ roziyallohu anhuga aytdilarki, «Nechuksan?» Aytdiki: «Agar do‘zaxdan emin bo‘lsam, salomatdurman». Uvays Qaroniydan so‘radilar: «Nechuksan?» Aytdi: «Nechuk bo‘lg‘ay ul kishiki, umri dushvorlik birla o‘tgay va gunohi damdan damg‘a ziyoda bo‘lg‘ay?» Hakimiydin so‘radilar: «Nechuksan?». Aytdiki: «Xudo taoloning bergan kundalik rizqini yerman va Iblisning farmonini tutarman.». Muhammad bin Vose’dan so‘radilarki, «Nechuksan?» Aytdi: «Nechuk bo‘lur ul kishiki, har kuni oxiratg‘a yaqin bo‘lg‘ay, gunoh qilmoqg‘a dalerroq (botirroq) bo‘lg‘ay?» Hamid Laffondan so‘radilarki, «Nechuksan?» Aytdi: «Bir kun ofiyat va tinch bo‘lmoqni xohlarman. Aytdikim, «Holo ofiyatda emasmusan?» Aytdi: «Ofiyatda ul kuni bo‘lurmanki, mendan gunoh o‘tmagay».

   Ulug‘larning biridin holati naz’da (vafoti oldidan) so‘radilarki, «Nechuksan?» Aytdi, «Nechuk bo‘lur ul kishini holiki, uzoq safarg‘a borgay va zodi rohi (yo‘l ozig‘i) bo‘lmag‘ay va qorong‘u go‘rg‘a kirgay, mu’nisi bo‘lmag‘ay. Va podshohi odil huzurig‘a borgay, dalilu hujjati bo‘lmag‘ay».

   Ibn Sirin bir kishidan so‘radi: «Nechuksan?» Aytdiki, «Nechuk bo‘lg‘ay ul kishining holikim, besh yuz dirham qarzi bo‘lg‘ay, ayolmand bo‘lg‘ayki, nafaqa qilmoqg‘a hech narsasi bo‘lmag‘ay?» Ibn Sirin uyidan ming dirham pul chiqarib berdi. Aytdiki, «Qasam qildim mundan keyin kishining holini so‘ramoqg‘a». Ibn Sirinni qasami ani uchundirki, birodari mo‘‘minning holini so‘rab, xolig‘a yetmasa munofiqlikning alomatidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 17:15:47
   Bilgilki, odamlarga aralashmoqdan zarar kelibdurki, har kishikim ani birla o‘tirib hamsuhbat bo‘lsa, ani sifati suhbatdoshiga o‘zi bilmagan holda ta’sir qilur. Masalan, axli ma’siyatg‘a aralashsa (gunoh ish qiluvchilar birla ulfat bo‘lsa) ko‘nglida gunohning urug‘i paydo bo‘lur. Agar axli dunyo (boylikka o‘ch kishilar) birla o‘tirsa, dunyoning hirsi uning qalbida ziyoda bo‘lur. Hosili kalom, odam, gunoh, ma’siyatni ko‘p ko‘raversa, ko‘nglidagi ul gunoh yomon ko‘rinmay qolur. Ul gunohni qilmoqg‘a rag‘bat paydo bo‘lur. Chunonchi bir olim abrishim (ipakdan) kiyim kiysa, ul olimni ayb qilurlar. g‘iybat qilmoq esa ipak kiyim kiygandan yomonroqdur. Balki zinodan qattiqrog‘dur.

   Bilgilki, g‘aflat ahvolini zikr qilmoq xam ziyon qilur. Andog‘ki, sahobai rizvonallohi alayhim zikrlari foyda va manfaat qilur. Aning uchunki, sahobalarni zikr qilg‘on vaqtda rahmat yog‘ar va aqli g‘aflatni zikr qilg‘on vaqtda la’nat yog‘ar. Bu sababdan hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Yomon do‘stlar badfe’l temirchiga o‘xshashdurki, agarchi kiyimingni kuydirmasa ham, qora qilur. Yaxshi hamnishin (yaxshi ulfatlar, odobli do‘stlar) go‘yoki attorg‘a o‘xshashdurki, agarchi ifor bermasa ham, xushbo‘yluq yetar».

   Xabarda kelibdur: «Kimning suhbati ko‘ngilni dunyodan sovutib, Haq taolo tarafig‘a moyil qilsa, ul kishining suhbatini g‘animat tutg‘il va ul kishining suhbatikim ko‘ngilni dunyog‘a moyil qilib, Haq taolodan g‘ofil qilsa, undan hazar qilmoq kerak». Alalxusus, olimki, aytur so‘zi va qilur ishi muvofiq bo‘lmasa, undan qazar qilmoq yaxshidur. Odamlarni gunoq qilmoqva harom yemakg‘a daler (dadil) qilur. Balki gunohga daler qilg‘uvchi ul kishiki, olimliq birla shuhrat topg‘ay va lekin haqiqatdan hech xabari bo‘lmagay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 17:16:35
   Uchinchi foyda ulki, hech bir shaqar fitna va xusumatdan xoli bo‘lmas. Kishi go‘shanishin bo‘lsa fitna va xusumatdan xoli bo‘lur. Abdullox ibn Mas’ud roziyalloxu anhu Hazrati Rasul alayhissalomdan rivoyat qilur: «Musulmonlarga andog‘ zamona kelurkim, dini islomlarini salomat saklayolmaslar, Magarki, sherdan qochg‘on tulki kabi, odamlar yerdan yerg‘a, dala-dashtlarga qochib, dinlarini salomat saklarlar». Sahobalar arz qildilarki, «Yo rasulalloh, ul zamona qaysi vaqtda bo‘lur?» Aytdilar, «Ul vaqtda bo‘lurki, ma’ishatni (kundalik ro‘zg‘or tebratishni) ma’siyatsiz (gunohsiz) qo‘lg‘a kelturgali bo‘lmas. Bas, bu vaqtlarda xotin olmagan yaxshirokdur». Sahobalar aytdilarki, «Bizlarni nima uchun xotin olmoqg‘a farmon qilursiz?» Onhazrat alayhissalom aytdilarki, «Ul vakxda eranlarning halok bo‘lmog‘i ota-onasi va axli ayoli qo‘lida bo‘lur».

   Aytdilarky, «Rasulalloh, bu nechuk voqeadur?» Onhazrat alayhissalom aytdilar: «Tangdastlik va kambag‘allikka malomat qilurlar va toat qilmoqg‘a yetgulik ozgina ovqatga ko‘nmaslar. Nochor ul kishi o‘zini halokatg‘a tashlar».

   Bu hadis agarchi g‘arib hadis borasidandur va lekin go‘shanishinlikni ma’qullashga ochiq-oydin dalolat qilur. Bilgilki, Rasul alayhissalom va’da bergan zamonadan necha muddat o‘tubdurki, Sufyoni Savriy o‘z zamonlarida aytibdurlar. «Vallohi la qad hallatil g‘urubat, ya’ni: Qasam Xudogaki, xotin olmaslik bu vaqtda halol bo‘ldi».

   To‘rtinchi foyda ulki, xalqning sharridan (yomonligidan) emin bo‘lur va xalq orasida bo‘lsa, g‘iybat va badgumonlikdan va shubhali taomdan xoli bo‘lmas. Kambag‘allardan biri hamisha go‘ristonda yolg‘iz bo‘lur edi. So‘radilarki, nima uchun mundog‘ qilursan? Aytdiki, salomat bo‘lmoqg‘a tanholikdan bo‘lak chora topmadim. Go‘rdan xo‘broq va’ize (nasihatchi) topmadim va kitobdan yaxshiroq munis (do‘st) topmadim.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 06 Sentyabr 2008, 17:17:56
   Beshinchi foyda ulki, odamlarning tama’sidan va ham odamlar buning ta’masidan xoli bo‘lurlar. Bas, ta’madin nechand ranj va ma’siyat paydo bo‘lur. Chunonchi kishi axli dunyoni ko‘rsa, bunda ham boylik-dunyo hirsi paydo bo‘larki, tama’ hirsning tobe’idur. Xorlik esa ta’madan paydo bo‘lg‘usidur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kimning dunyoliqlari ziyoda bo‘lsa, aning birla hamsuhbat bo‘lmanglar, Xudo taoloni sizlarga bergan ne’mati ko‘zinglarga oz va haqir ko‘rinur. Bu sababdan kufroni ne’mat qilg‘on bo‘lursizlar va agar ulardek dunyo-boylik topmoqning sa’yida bo‘lsanglar, oxiratlikdan mahrum qolursizlar».

   Oltinchi foyda ulki, ahmoq va johillarni ko‘rmakdan, tabiatingizga og‘irlik va malollik yetadurg‘on toifalarning diydoridan xalos bo‘lursizlar. A’mash roziyallohu anhudan so‘radilar, «Ko‘zing nima sababdan kasal bo‘ldi?» U: «Ahmoqlarga qaragandan bu kasalga giriftor bo‘ldim» deb javob berdi. Jolinus aytur: «Badan kasal bo‘lg‘ong‘a o‘xshash, jon ham kasal bo‘lur. Jonning kasal bo‘lgani ahmoqparni ko‘p ko‘rishdandur (Ahmoqlar doimo asabni buzadi).
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 14:44:54
                                                          FASL
                                           Uzlatning ofatlari bayonida


   Ya’ni, go‘shanishinlik ofatlarining bayonida. Bilgilki, ancha dunyo va oxiratlik ishlardan bordurki, to odamlarga aralashmaguncha hosil bo‘lmas va xilvatda bo‘lmoq birla bu ishlar qo‘ldan kelmas. Bu olti ofatdur: Avvalg‘i ofat - ilm o‘rganmakdan mahrum qolur. Bilgilki, kishi farz ilm o‘rganmokdan benasib bo‘lsa, go‘shanishin bo‘lmog‘i haromdur. Agar farz ilmini o‘rganib, o‘zga ilmni o‘rganmagan bo‘lsa va fahm qilolmasa ul kishig‘a ibodat uchun xilvatda bo‘lmog‘i ravodur. Agar ulumi shar’iyni tamom o‘rganmakka qudrati bo‘lib, ilm o‘rganmay, xilvatnishin bo‘lsa, chandon gunoh va xarobliqg‘a sabab bo‘lg‘usidur. Chunonchi, kishi ilm o‘rganmay xilvatni ixtiyor qilsa, aksar vaqti uyquda va bekorlik va parokanda xayol birla zoye’ bo‘lur.

   Ilmda tamom va mukammal bo‘lmaguncha ibodatda g‘urur va makrdan xoli bo‘lmas. Aqidada andishai botildan xoli bo‘lmas. Agar Haq taoloning zot va sifotlarida aqidai botil qilsa, kufrg‘a yetkurur.

   Hosili kalom, xilvatnishin bo‘lmoqg‘a ulamolar loyiqdir va avomg‘a munosib emas. Hazrati Iso alayhissalom aytibdurlar: «Kishi ilm o‘rgansa, ul ilmga amal qilib, kishig‘a o‘rgatsa, ul kishini olami malakutda farishtalar a’zam atarlar». Bas, xilvatnishin bo‘lg‘ondan dars bermoq yaxshiroqdur. Basharti, dars beruvchi va o‘qig‘uvchining maqsudi din va uning ravnaqi uchun bo‘lsa, mansab va mol talabida bo‘lmasa, bas, ul ilmni o‘rgatg‘aykim, mol-dunyodan ko‘ngil sovutg‘ay va oxiratliqg‘a targ‘ib qilg‘ay. Chunonchi, ilmi qadis va ilmi tafsirki, hamma musulmonlarg‘a manfaati bisyordur. Bu tariqada ilm o‘rganmak uzlatdan chandon ortiqroqdur.

   Kishikim, ilmi hadis va ilmi tafsir o‘qimoq birla izzu joh talabi ko‘nglida g‘olib bo‘lsa, tahsilni tark qilg‘ay. Bu vajhdanki, agarchi, xalqg‘a aning ilmidan manfaatlar yetar, ammo o‘zining halokatig‘a sabab bo‘lg‘usidur.

   Chunonchi, rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo azza va jalla aytur: dini islomga ul toifa nusrat berurki, o‘zig‘a undan hech nasiba yo‘qtur. Ularning misoli sha’mg‘a o‘xshashdurki, uningdan xonalar ravshan bo‘lur, ammo o‘zi kuyib o‘rtanur». Bishr Hofiy rahmatullohi alayh hadis kitoblaridan yetti bob yod olib, rivoyat qilur edilar. Keyin ul kitobni yerga ko‘mib, hadis rivoyat qilmadi. Aytdiki: «Ul sababdan rivoyat qilmasmanki, rivoyat qilmoqning g‘ururini ko‘nglumda toparman va agar xomush bo‘lmoqning zavqi g‘olib bo‘lsa edi, rivoyat qilur edim».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 14:59:43
   Hazrati Ali roziyallohu anhu o‘tib borur edilar, ko‘rdilarki, bir kishi kursi uzra o‘tirib, va’z aytadur. Aytdilarki: «I’rifuniy» Hazrati Umar roziyallohu anhudan bir kishi subhdan bomdodg‘acha va’z aytishga ijozat so‘radi. Hazrati Umar dastur (ruxsat) bermadilar. Ul kishi aytdiki, xalqg‘a pand-nasihat qilmoqni man’ qilurmisiz? Aytdilar: «Oriy, qo‘rqamanki, senda chandon takabburlik va mag‘rurlanish paydo bo‘lg‘ay».

   Robi’ai Adaviiya Sufyong‘a aytdi: «Yaxshi kishisan, agar ko‘nglingda dunyoni muhabbati bo‘lmasa edi». Sufyon aytdi: «Nimani do‘st tutibman?» Robi’a aytdi: «Hadis rivoyat qilmoqni do‘st tutarsan». (Bu o‘rinda Robi’aning so‘zi bahsli, chunki roviylik savobdur).

   Bilgilki, osiy va johillar olimlarni majlis va darsda ko‘rsalar, mol va joh talabida bu ishlarni qilurlar deb gumoni bad qilg‘aylar. Balki, olimlar har amal qilsalar, ba-rizoyi Xudo qilurlar deb aqida qilmoq vojibdur. Bu so‘zni aning uchun kelturdimki, osiylarning hamoqati (ahmoqligi) kasofati tufaylidan allomalarg‘a behurmatlik qilib halok bo‘lmagay erdilar.

    Ikkinchi ofat ulki, manfaat olmoq va elga foyda yetkurmoqdan mahrum qolur. Kasb va hunar qilmoq xalqga aralashmaguncha qo‘lga kirmas. Kishi ayolmand bo‘lsa, kasb qilmay xilvatnishin bo‘lmog‘i durust emas. Bu vajhdanki, ahli ayolini xor qilmoq gunohi kabira jumlasidandur.
Agar kifoyat qilg‘unchalik moli bo‘lsa va ayolmand bo‘lmasa uzlat yaxshidur. Ammo elga manfaat yetkurmoq, sadaqa bermoq va axli hojatini ravo qilmoq uzlatdan yaxshiroqtsur. Agar uzlatda ibodati zohiridan o‘zgaga mashg‘ul bo‘lmasa, andin kasbi halol qilib, sadaqa bergani yaxshi. Shul ish fozilroqdur. Agar botiniy dili kushoda bo‘lib, Xudoi taoloning ma’rifati va zikri-fikriga uns-ulfatlik hosil bo‘lsa, hamma sadaqalardan fozilrokdur va jam’i ibodatdan maqsud ushbudur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:02:01
   Uchinchi ofat ulki, yolg‘iz yashovchi kishi odamlardan yetadigan alam, kamsitilish va kulfatga sabr qilmoq savobidin mahrum qolurki, yaxshi xulq hosil qilmoq hamma ibodatning aslidur. Bu ishlar odamlarga aralashmaguncha rost kelmas. Bas, yaxshi xulq sabr qilmoq va so‘fiylarga,xizmat qilmoq birla hosil bo‘lur. Kishidan bir nimarsa tilamak birla kibru naxvati sinar (Takabbur odam kishilardan biron masalani so‘rashga or qiladi). Yana so‘fiylarga nafaqa bermoq birla baxillikdan xalos bo‘lur va xalqning oxirini ko‘tarmak birla badxulk/shkdan xalos bo‘lur. So‘fiylarga xizmat qilmoq birla duo va barakot hosil qilur.

  To‘rtinchi ofat ulki, xilvatda vasvosa g‘olib bo‘lib, dilg‘a futur yetar. Zikrga malol yetar. To xalqg‘a munosabat qilmaguncha futur daf’ bo‘lmas.

   Ibn Abbos roziyalloxu anhu aytur: «Dilni rohatidan bir yo‘la judo qilmag‘il, dil nobino bo‘lur. Bas, har kuni bir soat bir kishi birla ulfatchilik qilg‘ilki, dilning nashoti (shodligi) ziyoda bo‘lg‘ay. Va lekin andog‘ kishi birla hamsuhbat bo‘lg‘ilki, mol-dunyodan ko‘ngil sovutg‘ay va oxirat ishig‘a targ‘ib qilg‘ay». Ammo axli g‘aflat birla bir soat bo‘lmoqlik ziyonkordur. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: har kishi do‘sti va ulfatining sifati qanday bo‘lsa, bul ham xuddi o‘shandoq sifatga ega bo‘lur.

   Beshinchi ofat ulki, kasal ko‘rmoq, vafot etganlarning janozasida ishtirok etmoq, mehmondorliqg‘a bormoq, tahniyat (qutlash, tabriklash) va ta’ziya izhor qilmoq savobidan mahrum qolur. Bas, kishiki, musulmonlar huquqini ado qilmoq savobini ixtiyor qilsa, xalq orasida bo‘lmog‘i yaxshirokdur. Agar bu huquqparni ado qilolmasa, xilvat yaxshiroqdur.

   Oltinchi ofat ulki, xalqga aralashmoq va ular haqqin bajo keltirmoq tavoze’ jumlasidandur. Xilvatnishin bo‘lmoq nav’i takabburdandur. Bas, har kishiki xilvatni takabburlikdan ixtiyor qilibdur, ko‘rqarki, xalq aro bo‘lsam, izzat qilmaslar va yo ilmu amaldagi nuqsonimdan voqif bo‘lurlar, deb xilvatni ixtiyor qilur, bu nav’ xilvat ayni nifoqdur.

   Bilgilki, Xudo taolo uchun xilvatnishin bo‘lg‘onning ikki nishonasi bordur: biri ulki, zikr va fikr, yo ilm va amaldan o‘zga hech ishg‘a mashg‘ul bo‘lmas. Ikkinchi ulki, xalqani qoshig‘a kelishini xohlamas. Abul Hasan Hotamiy Tusning xojalaridan erdi. Shayx Abulqosim Gurgoniyning ziyoratig‘a keldi. Aytdiki: «Ey shayx, xizmatingizga bot-bot kelolmadim, ma’zur tuting». Shayx aytdi: «Ey xoja, uzr aytmag‘ilki, xalq birovlar kelganidan minnatdor bo‘lsalar, men kelmaganidan minnatdor bo‘lurman». Bir amir Hotam Asamning xizmatig‘a keldi. Aytdiki: «Nima hojating bor?» Hotam aytdiki: «Sen meni ko‘rmagaysan va men seni».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:11:51
   Bas, xilvatnishin bo‘lmoqning foydasi va ofatlari filjumla bayon qilindi. Har kishi o‘z holini sarhisob qilib, xilvat va yo ixtilotni (odamlarga aralashishni) ixtiyor qilg‘ay.

   Odobi uzlat shulki, kishi xilvatni ixtiyor qilsa, bu niyatni qilg‘ayki, sirini odamlarga oshkora qilmag‘ay. Haq taoloning ibodati birla farog‘at topg‘ay va hech vaqtda bekor bo‘lmagay. Balki zikr va fikr, ilm va amalg‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay va begonani o‘z xilvatig‘a yo‘latmagay va xaloyiq ahvolini so‘ramag‘ayki, eshitilgan xabardan ko‘ngliga parokandalik yetar. Va bilg‘ilki, kiymak va yemakda qanoat birla bo‘lg‘ay. Qo‘shnilarning‘ ranji va alamig‘a sabr qilg‘ay. Kishining yaxshi va yomon demog‘iga quloq solmagay, chunki uzlatdan maqsud oxirat ishiga mustag‘raq (g‘arq) bo‘lmoqdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:14:23
                                                       YeTTINChI ASL
                                                 Safar qilmoq odoblari


   Safari botin va zohir. Bas, safari botin dilning olami malakutiyg‘a safar qilmog‘idur, osmon va zaminda Haq taoloning ajoyib sun’i-san’ati va g‘aroyib qudratlarini mushohada qilmoq birla amalga oshur. Bu eranlar (mardlar)ning safaridurki, tanlari uyda va ruhlari jannat ichra sayr qilur.
Kishikim, bunday safarga ojizlik qilsa, tan birla bu manzildan yana bir manzilga manfaat uchun bormoqdur. Bu safarning misoli: kishiki qat’i manozil (manzillarni bosib o‘tish) va sayri marohili tay (safarda ko‘p yurish) birla Ka’ba tavofig‘a musharraf bo‘lg‘ay.

  Avvalg‘i misolda Ka’ba bu kishining qoshig‘a kelgay. Bas, bu ikki safar orasida farq bisyordur. Chunonchi Shayx Abu Sa’id rahmatullohi alayh aytur: «Nomardlar oyoqlarini qabartururlar va mardlar jonlarini qabartururlar». Ya’ni eranlar jonlarig‘a riyozat ranjini yetkurmoq birla Ka’bani o‘z qoshlarig‘a keltirurlar.

   Bilgilki, zohiri safarning odobini ikki bobda sharh qilurman. Ammo safari botinning sharhi nozik - daqikdurki, bul kitobga sharqi sig‘mas.

   Avvalgi bob safarning niyati va odoblari va nav’lari bayonida. Bilgilki safar besh qismdur.

   Avvalg‘i safar - ilm talabida safar qilmoq. Bu safar farzdur. Chunonchi ilm o‘rganmak farz va sunnatdur. Bas, ilm talabida safar qilmoq uch tariqadur. Avvalg‘i tariqa-ilm o‘rganmakdur. Xabarda kelibdur, kishi uyidan ilm o‘rganmak talabida chiqsa to uyig‘a kelguncha ilm talabida yurgan bo‘lur. Xabarda kelibdurki, tolibul-ilmning yo‘lig‘a farishtalar qanotlarini yoyib turarlar.

   Salaf rahmatullohi alayxdan ba’zilari bir xadis eshitmak uchun safarni ixtiyor qilibdurlar. Sufyon Savriy rahmatullohi alayh aytur: «Agar kishi Shomdan Yamanga safar qilib, shariat ilmidan bir so‘z eshitsa, ul safari zoye’ bo‘lmas». Va lekin ul ilm uchun safar qilg‘ayki. zodi oxirat bo‘lg‘ay.
Har iyamki, insonni bu dunyodan oxiratga boshlamasa va hirsdin qanoatg‘a, riyodan ixlosg‘a qaytarmasa va xalqdan ko‘ra Xudodan ko‘p qo‘rqmoqni ziyoda qilmasa, ul ilm sababi halokat bo‘lg‘usidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:15:51
   Ikkinchi tariqa - o‘zlukdan xalos bo‘lmoq, axloqi zamima va avsofi mazmumasidan (yomon, nafratli xislatlaridan) xalos bo‘lmoq uchun safar qilmoqdur. Bu nav’ safar muhimdurki, kishi uyida bo‘lsa ko‘ngli xohlag‘onini qilur. O’zini va hamma sifatlarini yaxshi ko‘rur. Vaqtiki safarda bo‘lsa o‘zig‘a yomon fe’li ma’lum bo‘lur va safar ranjidan o‘zining ojizligi, za’ifligi va badxo‘ylig‘ini bilib olur. Bas, safar yaxshi sifat hosil qilmoq va salohga kelmakg‘a bois bo‘lur. Bishr Hofiy rahmatullohi alayh aytur: «Ey, yaqinlarim, safar qilinglar, toki pok bo‘lg‘aysizlar. Chunonchi suv bir yerda uzoq tursa ta’mi buzilar».

   Uchinchi tariqa ulki, bahru bar (quruqlik va suv yo‘li) va ko‘hu biyobonlarni (tog‘u-cho‘llarni) sayr qilmoq, Alloh azza va jallaning yaratish qudratlarini mushohada qilmoqdur. Bu nav’ safar ham foydalidir. Ibodat uchun haj tavof qilmoq va g‘azot qilmoq, anbiyo va avliyolar, sahoba va tobe’inlarning mazoratlarini ziyorat qilmoq ham xayrli ishlardir. Balki ulamolar va ulug‘larning yuzlarini ko‘rmoq ham ibodatdur, ularning duolari barakotdur.

   Bas, ulamo va buzurglarning foydasi ulki, ularga ergashmoq rag‘bati paydo bo‘lur. Bilgilki, ularning diydori ham ibodat va ham tuxmi ibodatdur. Vaqtiki haqoyiq (haqiqatlar) va maorif so‘zlardan bayon qilsa, foyda ikki hissa bo‘lur. Goho shuhado (shahidlar) va avliyolar mazoratig‘a bormoq ham ravodur.

   Rasul alayhissalom aytibdurlar:

   «Lo tusaffur-rijolu illo ila salosati masojid». Ya’ni, masjidlarga safar qilsanglar, uch masjidg‘a safar qilinglar. Ya’ni, Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara va Baytul-Muqaddasg‘a. Bu hadis o‘zga masjid va baqi’a - (joy, makon, qabr)lar ziyoratig‘a bormoqni man’ etmagay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:18:35
   Ikkinchi safar toat va ibodatg‘a xalal beradigan narsalardan qochmoqdur. Chunonchi joh va mol va mutasaddi bo‘lmoqki, dunyog‘a mashg‘ul qilib, zikr va fikrg‘a mone’ bo‘lsa, bu safar farzdur. Ammo hojatga kifoyat qilgunchalik dunyoliq ashg‘oli zarurdurki, «Vaqad najat muxaffifun» ya’ni albatta, najot topdi yuki yengilroklar.

   Sufyon Savriy aytur: «Andog‘ vaqt bo‘libdurki, sizlarni tanimaydurg‘on va bilmaydurg‘on yerga qochinglar». Sufyon Savriyni ko‘rdilarki, xurjunini yelkasiga solib ketib boradur. So‘radilarki, «Na yerga borursiz?» Aytdi, falon sahroda taom arzon ermish, anda borurman. Aytdilar: «Sendin bu ish ravomudur?» Aytdikim: «Har yerda hayot yengil bo‘lsa, anda bo‘linglarki, din salomat va dil oriqroq bo‘lur». Ibrohim Xavvos hech safardan qaytib uyida qirq kundan ziyoda turmagandur.

   Uchinchi safar tijorat safaridurki, dunyo talabida safar qilmoq mubog‘dur (ruxsat etilgan). Agar o‘zini va ahli ayolini odamlardan behojat qilmoq talabida safar qilsalar, toat jumlasidandur. Agar ziyoda dunyo topmoq va anga faho-nozish qilmoq niyatida safar qilsa, shayton yo‘lida yurgan bo‘lur.

   Bas, aksar xaloyiq umri azizlarini dunyo jam qilmoq orzusida, safar ranjida zoye’ qilurlar. Oxiri yo g‘urbatda o‘lar, molini g‘oratgarlar (talonchilar) olur va yo o‘z diyorida o‘lsa ham molini vorislari olib, havoyi nafsig‘a xarj qilurlar va ani aslo yod qilmaslar va hech bir vasiyatini bajo kelturmaslar. Mundin ziyoda ziyonkorlikbo‘lmaski, hamma ranjni bu kishi tortgay, rohatini esa o‘zgalar ko‘rgay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:21:07
   To‘rtinchi safar tamosho va tafarruj (sayr-tamosho, ko‘ngil ochish) safaridur. Bu niyat birla goh-goh va kam-kam safar qilmoq mubohdur. Ammo kishi shaharma-shahar yurmak odati bo‘lsa, bu safarda ajoyib shaharlarni va g‘aroyib odamlarni ko‘rmakdan o‘zga niyati bo‘lmasa, ulamolar bu nav’ safarda ixtilof qilibdurlar. Ba’zilar aytibdurlarki, bu safar befoyda ranj va mashaqqat tortmokdan o‘zga natija bermas. Bas, mening nazdimda tamosho uchun safar qilmoq mumkindir (harom emas) Hirqapo‘shlardan ba’zilari shahardan shaharga va xonaqog‘a yurmakni odat qilibdur. Qasdlari piri murshid topmoq va ani xizmatida bo‘lmoqda emas va maqsadlari tamosho qilmoqdurki, bir yerda turib toat qilmoqg‘a toqatlari yo‘qdur, botin yo‘lidan nasiba topmabdurlar. Qaysi xonaqoda ne’matlari ko‘p bo‘lsa, anda bo‘lib, tugasa, yana bir boshqa xonaqoga borurlar. Bahonalari-avliyolar mazoratlarini ziyorat qilmoqdur. Bu nav’ safar agarda harom bo‘lmasa ham makruhdur. (Ibn Battuta safarlari ilm va riyozat uchun edi. - M.M.)

   Ammo nodon va johil bo‘lib, o‘zini so‘fiylar suratida tutib, bu tariqa birla amal qilsa fosiq va osiydur. Nazr va niyoz deb Oltan moli haromdur. Bas, har kishi muraqqa’ (darvishlar kiyadigan quroq to‘n) kiyib, besh vaqt namoz o‘tagan birla so‘fiy bo‘lolmas. Balki so‘fiy uldurki, hamisha safoyi botin (qalbni poklash) talabida bo‘lgay va yo safoyi botin hosil qilg‘on bo‘lg‘ay va yo sa’y-harakatda bo‘lg‘ayki, bezarurat taqsir qilmag‘ay. Yo so‘fiylar xizmatida bo‘lg‘ay.

   Bas, so‘fiyliq noni bu uch toifadan o‘zgaga halol emasdur. Bu qavmning yomonrog‘i uldurki, so‘fiylarning so‘zidan birmuncha so‘z yod olurlar, naql va hikoya qilmoq birla o‘zlarini hamma ilmdan bahramand bilurlar. Bu ishlarining shumlig‘i shu darajaga yeturki, ulamolarg‘a haqorat nazari birla qararlar va balki shariatni ham haqir va muxtasar ko‘rurlar. Ayturlarki, shariat zaiflar uchundir. Kishi rohi sulukda (tariqatda) kuchli bo‘lsa, anga hech nima ziyon qilmas. Balki ul kishining dini ulug‘ tog‘ misllik mahkamdurki, hech nimarsa birla iflos va oluda bo‘lmas.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:24:42
                                                                FASL
                                                Zohiriy safar odobi bayonida


   Zohiriy safarning odoblari sakkiztadur. Avvalgi odob ulki, safar qilguvchi qarzdor bo‘lsa, qarzini ado qilgay. Birovning omonati bo‘lsa, egasiga topshirgay. Ahli ayolining (oila, bola chaqalarining) nafaqasini tamom bergay va haloldan zodi roh (yo‘l ozig‘i) hosil qilg‘ayki. safarda hamroqlariga taom bermak va yaxshi so‘z birla ko‘nglini xush qilmoq makorimi axloqdandur (ya’ni, go‘zal xislatdur).

   Ikkinchi odob ulki, rafiqi shoyista (yaxshi do‘st) topg‘ay. Avval rafiq, summa tariq (ya’ni, avval o‘rtoq, keyin yo‘l). Hazrati rasuli akram s.a.v. tanho safar qilmoqni man’ etibdurlar. Safarga eng kami uch kishi bo‘lg‘ay, toki namozni jamoat birla o‘qigaylar.

   Hazrati rasul a.s. aytibdurlar: «Safarga chiqayotganda bir kishini safar amiri qilinglar. Safarda bo‘ladigan har turli hodisalarni safar boshlig‘i bilan bamaslahat hal qilgaysizlar. Andog‘ kishini amir qilinglarki, hamma tomonlama xushxulq bo‘lsun. Ul kishi ilgari ham safar qilg‘on bo‘lsun».
Uchinchi odob ulki, (ko‘pchilik) yoru do‘stlari birla vidolashg‘ay (xayrlashgay.) Hazrati rasul a.s.ning duolarini o‘qig‘ayki, duolari bu turur: «Astavdiulloha diynaka va omonatuka va xavotima amalika», ya’ni «Seni va diningni olloh taologa omonat topshirdim, amali oxir, ya’ni iymoningni ham». Rasulalloh safarga borsalar, birov bilan ko‘rishsalar, bu duoni o‘qir edilar: «Zavvadaka alloxu at-taqvo va a’fa zanbika va vajjahal-xayra haysu mo tavajjahta», ya’ni: «Olloh taolo senga ro‘ziy (nasib) qilg‘ay parhezkorlikni va afu qilg‘ay gunohingni va senga yetkurg‘ay yaxshilikni har yerga borsang». Bu duoni (safarda yurganda) muqim turganlar uchun o‘qimoq sunnatdur. Vaqtiki, (do‘stlar, qarindosh-urug‘lar bilan) xayrlashuvda hamma yaqinlarini xudoyi taolo panohiga topshirgay.

   Hazrati Umar roziyallohu anhuning‘ qoshiga bir kishi bir go‘dakni ergashtirib keldi. Hazrati Umar aytdilar: «Subhrnalloh, bu bolag‘a o‘xshash hech go‘dakni ko‘rmabdurman». Boyagi kishi aytdi: «Yo amiral-mu’miniyn, bu bolaning ajoyiblaridan xabar berayki, bir yili men safarga borur bo‘ldim. Onasi bu go‘dakka homilador edi. Onasi aytdi: «Meni bu holda qo‘yib, safarga borurmisan?» Men aytdim: «Astavduilloha mofi batniki», ya’ni: «Omonat topshirdim Olloh taologa qorningdagini» Vaqtiki safardan qaytib keldim. xotunim qazo qilibdur. Aytdilarki «Har kecha xotiningni go‘ridan bir o‘t ko‘rinadur». Aytdimki: «Namoz o‘qiydurg‘on, ro‘zador xotin edi, nechuk voqea ekan?-deb go‘rini ochdim. Ko‘rdimki, chirog‘ yoniq. Go‘dak o‘ynab o‘tiradur. G’oyibdan ovoz eshitdimki: «Bu go‘dakni menga topshirding, agar onasini ham topshirganingda salomat topar erding».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:27:17
   To‘rtinchi odob ulki, kishi safarga chiqmoqni iroda qilsa, ikki rakaat istihora namoz o‘qigay va safarga chiqish oldidan yana to‘rt rakaat namoz o‘qig‘ayki, Onas ibn Molik roziyallohu anhu aytur: «Bir kishi rasul a.s. huzurlariga keldi va aytdikim: «Yo, rasulalloh, safar iroda qilibman, vasiyatnoma bittim. Ul xatni otamga beraymu, yo o‘g‘limga, yo birodarimga beraymu?» Rasul a.s. aytdilar: «Kishi safarga chiqsa vasiyatini qo‘ymoqg‘a Xudoi taolo dargohida turib to‘rt rakaat namozdan do‘stroq nima yo‘kdurki, birovga omonat qo‘ygon vaqtida o‘qigay... Oxirida salom bergandin keyin aytgaykim: «Ey, bor Xudoyo, men senga muhtojdurman, bu namozni menga va ahli ayolimga va molu mulkimga xalifa qilg‘il (posbon, o‘rinbosar qilg‘il). Haq taolo ul namozni kishi safardan qaytib kelgunicha ahlu ayoliga va mol-mulkiga nigohbon qilur.

  Beshinchi odob ulki, kishi safarga chiqmoqchi bo‘lib, uyining eshigi oldida turganida bu duoni o‘qigay: «Bismillohi va billohi tavakkaltu alallohi, lo havla va lo 1 quvvata illo billohi rabbi, auzubika min an azalla, av azlima, av uzlama, av ajhala, av yujhala alayya». Ya’ni: «Ibtido qildim men bu safarni Ollohtaoloning ismi birla va tavakkal qildim Olloh taoloning o‘ziga. O’zimni gunoxdan tiyishga kuch-qudratim yo‘qdur. Kuch-qudrat va qo‘rqinch faqat Xudoi taoloning o‘zidandur. O’zingdan panoh tilayman, lutfu karaming birla meni xorlik, zillat va gumrohliklardan o‘zing asragaysan. Mendan birovga va birovdan menga zulm va jaholat yetishidan o‘zing asragaysan». Vaqtiki (yo‘lovchi) markabga (ya’ni, ot, ulov, arava, foytun, hozirgi zamonda mashina, tayyora, vagonlarga) minsa, bu duoni o‘qig‘ay: «Subxonallaziy saxxara lano va mo kunna lahu muqriniyna va inna ila rabbino, la munqalibuna». Ya’ni: «Poklik birla yod qilurman Xudoi taoloni, chunki menga musaxxar va munqod (itoat etuvchi) qildi bizlarga bu markabni (ulovni). Agar Olloh taolo o‘z qudrati bilan bu ulovlarni bizga itoat etadigan qilib qo‘ymaganida odamlarning bunga qudratlari yetmas va ularga yaqin bo‘lolmas edilar. Haqiqatan bizlar Olloh taoloning dargohiga qaytguvchilarmiz».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:30:47
   Jahd qilg‘ilki, safarning ibtidosi (boshlanishi) haftaning payshanba saharida bo‘lg‘ay. Hazrati rasul a.s. payshanba kuni safar qilur edilar. Ibn Abbos roziyallohu anxu aytur: «Kishi safar qilsa va yo boshqa murod hojat tilasa shanba va yo payshanbaning saharida qilg‘ay. Hazrati rasul a. s. duo qilibdurlar: «Ey, bor Xudoyo, muborak qilg‘il ummatimga shanba va payshanbaning saharini».
Oltinchi odob ulki, kishi (o‘z uloviga yoki birovdan ijaraga Oltan) uloviga yukni yengilroq yuklagay. Iloji boricha yuki bor ulovga minmagay. Va ulov ustida uxlamagay. Ertalab va oqshom biror soat piyoda yurgayki, oyog‘ida qon yurishib yengil tortgay va ulovga ham yengillik bo‘lg‘ay.

   Salaf rahmatillohi alayh safar vaqtida ulovni kiraga olur edilar bu shart birlaki, gohi-gohida ulovdan tushib piyoda yurgay, toki bu ulovga rahm-shafqat va sadaqa bo‘lg‘ay. Kishiki ulov hayvonni besabab ursa va yo yukni og‘ir yuklasa qiyomat kuni ulov da’vo qilur.

   Abu Dardo roziyallohu anhu (sahoba) tuyani kiraga oldilar va unga qarab aytdilarki: «Ey, tuya, qiyomat kuni menga da’vogar bo‘lmag‘ilki, senga og‘ir yuk yuklamadim». Yo‘lovchi yuklaydigan yukini ulov egasiga ko‘rsatgay. Ko‘rsatganidan tashqari yuk ortmagay. Abdulloh ibnul Muborak rahmatillohi alayhsafarga borur edilar. Bir kishi (yuk) va xat keltirdi va aytdiki: «Bu xatni (va yukni) falon kishiga bergaysiz». Ibnul Muborak ulov egasiga bir nima (qo‘shimcha) olmoqni shart qilmab edim, deb yukni qabul qilmadilar.

   Hazrati Oysha roziyallohu anho ayturlar: «Hazrati rasul a.s. xar gal safar qilsalar, taroq, oyna va misvok, surmadon va mabraz hamroh qilur erdilar (mabraz-ustara va sochiq). Yana bir rivoyatda noxuntarosh (tirnoqoladigan asbob) ham mazkur bo‘libdur. So‘fiylar sog‘u va arg‘amchi ham lozim tutibdurlar (sog‘u-quduqdan suv oladigan mesh bo‘lsa kerak). Salaf rahmatillohi alayh bu ikki narsani lozim tutmabdurlar.

   Yettinchi odob ulki, vaqtiki rasul a.s. safardan qaytayotganlarida Madinai munavvaraning qorasi ko‘rinsa, bu duoni o‘qir edilar: «Ollohumma, aj’al-lano biho qaroran varzuqno hasanan». Ya’ni: «Ey, bor Xudoyo, bizga ul Madinada orom va qarorni va rizqi ro‘zni nasib qilg‘il va yaxshilikni ham». Va o‘shal yerdan xushxabar yetkazish uchun kishi yuborar edilar.

   Sakkizinchi odob - vaqtiki, safardan qaytib kelsa, kishi uydagilar bilan ko‘rishgach, masjidga chiqib, ikki rakaat namoz o‘qig‘ay.

   Mana shu sakkiz odob birla safarga borilsa. Haq taolo kishiga eson-omon, yaxshiliklar birla qaytishni nasib etgay.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:33:09
                                                    SAKKIZINChI ASL
                                                  Simo’ bilan vajd odoblari


   Simo’ning hukmini ikki bobda bayon qilurman, inshoalloh taolo. Avvalg‘i bob simo’ning mubohligi (ruxsat etilganligi) bayonida. Ikkinchi bob simo’ning halol va haromlig‘i miqdori bayonida.
Bilgilki, Haq taolo odamning ko‘nglida o‘z sirini pinhon qilibdurki, - tosh ichida olovni ping‘on qilg‘onga o‘xshash. Chunonchi temirni toshga ursa, o‘t oshkora bo‘lg‘ondek, simo’ va xush ovoz eshitmak birla odamiy dilining asrorini harakatg‘a keltirur va simo’ vaqtida insonda shuur va ixtiyor bo‘lmas.

   Bas, dil gavharining ruhlar olamiga munosabati qancha kuchli bo‘lsa zavqu-shavq shunchalik ziyodadurki, hamma husnu jamol ruhlar olamidagi husnu jamolning namunasidur (ko‘rinishi, tajalliysidur). Ul ko‘ngilki, ishq va muhabbatdan bahramand va biyno (uzoqni ko‘ruvchi) dur, simo’ning asari ta’siri ziyodaroqdur. Kimning ko‘nglida Xudoi taoloyyng do‘stlig‘i va muhabbati o‘ta g‘olibroq bo‘lsa, simo’ ul kishig‘a muhimroqdur, muhabbat o‘tini tez qilur. Va kishiki, aning ko‘nglida Haq taolo do‘stligi botildur, simo’ anga zahri qotildur.

   Bas, simo’ning halol va haromlig‘ida ulamolar ixtilof qilibdurlar. Axli zohir haromligiga hukm qilibdurlar.

   Ammo bilgilki, simo’ning halol va haromligi ko‘ngil xoliga qarab bo‘ladur. Kishi ko‘nglida shariatda halol nimarsaning muhabbati bo‘lib, simo’ ul muhabbatni ziyoda qilsa, savob va haloldur. Va agar shariatda harom nimarsanikg‘ muhabbati bo‘lib, simo’ o‘shaning zavqi va shavqini ziyoda qilsa, harom va azoblidir. Kishining ko‘ngli bu ikki muhabbatdan tashqari tab’i lazzat olmoq uchun eshitsa, muboh (ruxsat)dur.

   Bas, simo’ eshitur kishi uch qismdur: avvalkim, o‘yin va g‘aflat tariqi birla eshitur, bu ahli g‘aflatning ishidur. Dunyo va lahv (o‘yin-kulgi) va boziy birladur, munchalig‘ simo’ni harom deb bo‘lmas. Bu sabab birlaki, simo’ni ko‘ngil xushlar va ko‘ngil xushlaydurg‘on nimarsa harom emas. Masalan, ba’zi nimarsalarki, ko‘ngil xushlar va lekin haromdur. Bas, aning haromlig‘i ko‘ngil xushlagan jihatdan emas, balki aning zarari va fasodi sababdan haromdir. Chunonchi yoqimli ovozlarni ko‘ngil xushlar, harom emas. Go‘yoki ko‘k maysalarga va oqar suvga qaragandek xushdur, harom emas. Bas, xushovozni quloq eshitib badan bahramand bo‘lganidek, oqar suvga, ko‘m-ko‘k maysalarga boqib ko‘z manfaat Oltaniga o‘xshaydur. Mushki. anbardan burun hidlab bahramand bo‘lmoqg‘a va taomdan quvvati zoiqa lazzat topganga va hikmatli so‘zlardan aql surur va behjat (quvonch) hosil qilg‘onga o‘xshashdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:34:55
   Haq taolo bu havoslarni anvoi lazzatlar birla sarafroz qilibdur. Bas, nima uchun simo’ harom bo‘lgay? O’yin qilmoq va anga qaramoqning harom emaslig‘ig‘a dalil ushbudurki, hazrati Oysha r.a.dan rivoyat qilurlar, iyd (hayit) kuni zangilar masjidda o‘ynadilar. Rasul alayhissalom aytdilarki: «Ko‘rmakni xohlarmusen?» Aytdimki, «Xohlarmen». On hazrat alayhissalom eshik yonida qo‘llarini tutib turdilar, men iyagimni muborak kiftlariga qo‘yib anga nazzora qildim. Necha marotaba so‘radilar, ko‘rib bo‘ldingmi? Aytdimki, hanuz ser bo‘lganim (to‘yganim) yo‘q. Bas, bu naql sahixdur, bu naqldan besh ruxsat ma’lum bo‘lur.

   Avvalg‘i ruxsat ulki, boziy va lahvkim, anga nazzora qilmoq kam-kam bo‘lsa harom ermasdur. Hazrati Oysha raziyallohu anho rivoyat qilurlarkim, zangilarni (habashlarni) o‘yinida usul va nag‘ma va g‘azal bor.

   Ikkinchi ruxsat ulki, o‘yinni masjidda qildilar. Uchinchi ruxsat ulki, xabarda kelibdurkim, hazrati rasuli akram s.a.v. Oysha r. anhoni ko‘rsatgali borganda zangilarga dedilarkim, o‘ying‘a mashg‘ul bo‘lg‘il. Bas, bu farmondur. Agar harom bo‘lsa edi, farmon qilmas erdilar. To‘rtinchi ruxsat ulki, Oysha raziyallohu anhodan o‘yin ko‘rmakni xoxlarmusen deb so‘radilar. Bas, bu taqozodur. Beshinchi ruxsat ulki, hazrati rasuli akram s.a.v. Oysha raziyallohu anho bilan uzoq muddat tomosha qilib turdilar. Bu dalolat qilurki, xotinlar va go‘daklar ko‘nglining xushlig‘i uchun bu nav’ ishlarni qilmoq kamoli xushxo‘ylikdandur.

   Sahih naqldurki, Oysha roziyallohu anho rivoyat qilurlar: «Go‘daklik vaqtimda nechand qizlar bilan o‘yin yasab o‘ynar erdik. Rasuli alayhissalom kirsalar, qizlar har tarafga qochar edilar. Onhazrat alayhissalom bolalarni qochmanglar deb mening qoshimda qo‘yar edilar. Bir kuni bolalardin so‘radilar: «Bu o‘yinlar nimadur?» Ular aytdiki, bizlarning qizlarimizdur. Yana so‘radilar: «Bularni orasida bog‘loqlik turgan nimadur?» Aytdilar: Bularning otidir. So‘radilarki, bo‘ynidagi nimadur? Aytdilar: Qanoti va quyrug‘idur. Aytdilar: «Otni qanoti, quyrug‘i bormu? Bolalar aytdilar: «Eshitmadilarmu, Sulaymon alayhissalomni otlarini qanotlari, quyruqlari bor ekan». Rasuli alayhissalom oncha tabassum qilib kuldilarki, muborak tishlarining hammasi ko‘rindi. Ammo bu xabar surat chizmoqning joizlig‘ig‘a dalolat qilmaydur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:36:50
   Oysha roziyallohu anqo rivoyat qilurlar: Bir kuni ikki kanizak mani xujramda daf (doira, childirma) chalib va naqsh aytib o‘tirur edi, rasul alayhissalom kirib keldilar, man’ qilmadilar. Yuzlarini yana bir tarafg‘a qilib yotdilar. Andin keyin Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu kirib, man’ qildilar. «Rasuli xudoni uylarida shaytonning fe’lini qilursen» dedilar! Hazrati rasul alayhissalom aytdilarki, «Yo Abobakir, bulardin qo‘l yig‘qilki, bu iyd kunidur». Bas. bu xabardin ma’lum bo‘ldiki, daf chalmoq va naqsh (kuy, ashula) aytmoq muboxdur. Va shak yo‘qki, daf va surudning uni (ashulaning ovozi) rasul alayhissalomning muborak quloqlariga yetti.

   Hazrati Abu Bakir Siddiq roziyallohu anhu kuy va ashula aytishni man’ qilganlarida, Rasululloh s.a.v.ning Abu Bakirga qarab qarshilik qilmagin deb aytishlarining o‘zi bu ishlar uchun ruxsatligiga ochiq-oydin dalildir.

   Ikkinchi qism ulki, ko‘nglida xiyonati bo‘lsa simo’ haromdur. Chunonchi, bir nomahramning ishqi va muhabbatig‘a giriftor bo‘lsa ani huzurida va yo aning yodida simo’ qilmoq va surud aytmoq haromdur. Yigitlarning aksari bu jumladandurlar. Haromlig‘i bu jihatdandurkim, botil o‘tni tez qilur. Bas, nafs va shahvat o‘tini o‘chirmak vojib edi. Ammo bu ishq-muhabbat o‘zining xotini, kanizagiga bo‘lsa surud va simo’ muboxdur.

   Uchinchi qism ulki, kishining ko‘nglida yaxshi sifat bo‘lsa simo’ ul sifatni kuchli va ziyoda qilurki, bu to‘rt navdur: Avvalg‘i nav’ hojilarning surud va she’riki, Ka’bai muazzamaning sifati va bodiyalar ta’rifidadur. Hajga bormoq niyati bor kishig‘a bu nav’ simo’ eshitmak haloldurki, baytulloh ishtiyoqining o‘tini ziyoda qilur va Haqtaolo yo‘lida jon nisor qilmoq orzusini ko‘ngulda paydo qilur. Bu nav’ surud va simo’ ham haloldur. Ikkinchi xil navhagarlar (un tortib yig‘lovchilar) surudikim, yig‘lamoqni va anduhni ziyoda qilur. Bas, bu navhagarlik musulmonchilikdataqsir (qusur) o‘tganidan, (bilib, bilmay qilgan kamchiliklariga) va qilg‘on gunohlariga pushaymonlig‘idan, toat va ibodat qilolmaganidan bo‘lsa, haloldur. Chunonchi, hazrati Dovud alayhissalom ovozi xush va lahni surud birla chandon navha qilur erdiki, huzurlarida necha kishi jonini Alloh taologa taslim qilur edilar. Ammo mol, dunyo, shahvat uchun navha qilmoq haromdur. Chunonchi o‘lukka yig‘lamoq haromdur. Haq taolo xabar berur:

   Toki qo‘llaringizdan ketgan narsaga qayg‘urmangizlar (Hadis, 23). Bas, Haq taoloning hukmini karh (yomon) ko‘rmang, bunga anduhli bo‘lmoq haromdur. Shu sababdan navhagar uchun bir nima bermoq haromdur. (Qadimda vafot etganlarga maxsus yig‘laydigan odamlar bo‘lar ekan. Musibat ko‘rgan xonadon ularni taklif qilib, yig‘ini tashkil qilgani uchun pul berilar ekan). Ularga pul berguvchi va oluvchi va yig‘ini eshitguvchilar gunohkor bo‘lurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:39:14
   Uchinchi nav. Ko‘ngulda shodlik bo‘lsa simo’, ashula eshituv yo‘li bilan ko‘ngildagi shodlikni ziyoda qilsa va shariatda ham shodlik qilmog‘i joiz bo‘lsa, bu nav’ simo’ mubohdur. Chunonchi to‘y qilmoq va mehmondorlikda va farzand vujudg‘a kelganda va safardan kelganda ruxsatdur. Chunonchi rasul a.s. Makkai muazzamadan Madinai Munavvaraga keldilar. Madina xalqi peshvoz chiqib, doira chalib, shodlik qilib, she’r o‘qidilar.
She’r:

«Tala’abadru alayno min saniyyashil-vado’i,
vajaba-sh-shukru alayna, mada’a lillohi do’i».


 Tarjimasi:

Makka soridin pgulu’ eshgpi qamardek shal’apgi,
 Shukri Haq vojibki, yetdi va’da qilg‘on ne’mati.


   Iyd kunlarida ham surud va simo’, shodlik qilmoq ravodur. Do‘stlar birlashib, ahil bo‘lib, muvofiqlik majlisini qurib, ziyofat asbobini tuzatganda bir-birlari bilan ko‘ngilni xushlash uchun simo’ va surud birla shodlik qilmoq ravodir.

   To‘rtinchi nav’. Haq taoloning do‘stligi kimning ko‘nglida g‘olib bo‘lsa, simo’ anga muhimdirki, simo’ va surudning asari (ta’siri) hayratdan ziyodadur. Bas, nimarsaki, Haq taoloning do‘stligini ziyoda qilur, aning muzdi va savobi ziyodaroqdur. So‘fiylar shu ma’noda simo’ qilibdurlar. Bu vaqtning so‘fiylarikim, zohirlarini ularg‘a o‘xshatibdurlar. Botinlarida ma’noda hech asar yo‘qtur. Ularg‘a simo’ qilmoq munosib ermas.

   Toifai so‘fiylarki, simo’ qilibdurlar, olami g‘aybdan ahvoli latif ro‘y berib, simo’ savobidan kashfu holat voqe’ bo‘libdurki, ani vajd (shavqu zavq holati) atarlar. Dillari simo’dan oncha sof bo‘lurki, kumushni o‘tg‘a solg‘ondek. Bu nav simo’ ko‘ngilda Haq taolo do‘stligini ziyoda qilur va hamma kuduratlarni zoyil aylar. Chandon riyozat va mashaqqatlar birla hosil bo‘lmagan fayzu futuhot bu nav’ simo’ birla hosil bo‘lur. Bas, simo’ning foyda va xosiyati bisyordur va lekin g‘alat, xatosi ham ko‘pdurki, simo’ning haq va botilini piri komil tanur. Muridg‘a ravo emasdurki, o‘z boshicha simo’ qilg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:43:34
   Shayx Abulqosim Gurgoniyning Ali Xamoj otlig‘ bir muridi simo’ qilmoqg‘a ruxsat so‘radi. Shayx aytdiki, uch kun och qolg‘il va hech taom yemagil, andin keyin laziz va pokiza taomlarni olding‘a keltirgil. Ul vaqtda taomning zavqidan, simo’ning zavqini ko‘nglingda ziyoda topsang, simo’ qilmoq ravodurki, simo’ning haqligi nishonasi ushbudir. Ammo murideki, dili tamom sof bo‘lmasa va olamning lazzat va shahvatidin ko‘ngil uzmasa, anga simo’ qilmoqning ziyoni bisyordur.

   Bilgilki, agar kishi simo’, vajd va so‘fyylar ahvolig‘a munkirdur, o‘zida ul holat yo‘q jihatidan inkor qilur. Bas, bu inkorda ma’zur bordur, o‘zi haqiqatni bilmagan nimarsag‘a tasdiq qilmog‘ dushvordur. Chunonchi ko‘zi ko‘r odam ko‘m-ko‘k maysazor bilan oqar suvning lazzatini inkor qilsa, ajab emaski, Haq taolo anga ko‘z bermabdur. Kichik bola mamlakatdorliq va mutasaddiliq mansabini inkor qilsa, ajabi yo‘qki, aning lazzatini bilmas. Ammo kishi ziyrak va donishmand bo‘lsa, agarchi bu hol o‘zida bo‘lmasa ham, farosat ila bilurlar va inkor qilmaslar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:45:03
                                                                  FASL
                                          Simoning (ba’zan) haromlig‘i bayonida


   Bilgilki, simo’ning mubohlig‘ini taniding. Ammo besh sabab birla harom bo‘lurki, o‘sha vakxda hazar qilg‘aysen.

   Avvalg‘i sabab er-xotun bolig‘ va shahvati g‘olib bo‘lsa anga simo’ haromdur. Agar yodi Haq birla mustag‘raq bo‘lsa ham. Charoki shahvat asli yaratilishida shayton ko‘nglig‘a suratini jilvagar qilur va simo’ shahvat birla eshitilur. (Va lekin) norasidaning simo’i mubohdur. Ayol qo‘shig‘ini parda orqasida eshitmakda ham agar fitna paydo qilsa, haromdur. Agar fitna paydo qilmasa, muboxdur.
Ikkinchi sabab. Surud va rubob va chang va barbat (o‘rdak shaklida yasalgan qadimgi cholg‘u asbobi) va nay, aroq birla bo‘lsa haromdur. Chunki bu nimarsalar sharobxo‘rlar odatidur. Har nimarsaki, ularga xosdur-haromdur. Chunki bular sharobni yodig‘a keltirur va aning orzusini ziyoda qilur. Ammo tabl (katta nog‘ora) va daf (childirma) chalmoq harom emas.

   Agarchi salosil, ya’ni zanjirlari va qayrog‘i bo‘lsa ham. Chunki daf va tabl hech asrda rad bo‘lmabdurki, o‘zga nag‘malarga muni qiyos qilib bo‘lmas. Hazrati rasul a.s. huzurlarida daf chalibdurlar va to‘y-ma’rakada daf-doira chalmoqg‘a farmon qilibdurlar. Tabl chalmoq g‘oziylar va hojilarning rasmidur. Uchinchi sabab. Surudda fahsh va nosazo ma’nolar bo‘lsa va yo hajv bo‘lsa va yo musulmonlarga ta’na va malomat bo‘lsa xaromdur. Chunonchi ravofiz la’nahullohu (ya’ni, rofiziy)ning sahobalar haqidagi she’rig‘a o‘xshash yo ma’lum va mashhur xotinning sifatiki, xotinlar sifatini erkaklar huzurida zikr qilmoq raso emas. Bu she’rlarning hammasini aytmak va eshitmak haromdur. Ammo ul she’rki, aningda zulf, xol va kamolning sifati bo‘lsa, visol va firoqning so‘zi bo‘lsaki, chunonchi ushshoqlar (oshiqlar) odatidur, bu nav’ she’rni aytmoq va eshitmoq harom emas. Ammo bu she’rni o‘qig‘anda va eshitganda nomahoamning andishasi xotirig‘a yetsa haromdur va o‘zining xotini va kanizagi birla simo’ qilmoq rasodur. Ammo, so‘fiylarki, Haq taoloning yodida mustag‘raq (g‘arq bo‘lgan) bo‘lsalar, ularga simo’ ziyon -qilmaski, har bir so‘zidan bir ma’no fahm qilurlar. Chunonchi xolidan zulmatni fahm qilur va jamoldan nuri iymonni qasd qilurlar. Zulfidan silsilai hazratni madh etishni ilohiy maqsad qilurlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:46:32
She’r:

Guftamki shumoram sari yak halqayi zulfash,
Boyadki zi tafsili sari jumla baroram.
Xandid ba man bar sari zulfin, ki mushkin.
Yak pech va bay pechida g‘alat kard shumoram.


 ya’ni:

Yorning halqa (o‘ram) zulfining uchini sanay dedim.
Toki barchasining shafsilini chiqarsam.
 Mushkin zulfining uchi mvndan kulib,
Bir tolasi unga o‘ralashib hisobdan adashtirdi.

 Bas, bu zulfdan sil-sila shaklini maqsad qilur. Ya’ni asrori ilohiyning ajoyiblaridan qilchasini aql qiyos birla bilay desa. hamma fikr va andishasi g‘alat bo‘lib, akl hushsiz bo‘lur.
Bayt:

Chun berdi nim xanda bila tob zulfig‘a
Mudhish bo‘ldi xush qilib nolai g‘uluv.

Agarda she’rda may mazkur bo‘lsa, zohirini qasd qilmaslar. Balki boshqa ma’noni fahm qilurlar. Chunonchi, shoir aytur:

Bayt:
Gar may du hazor ratl paymoyi.
To may naxo‘ri naboshadat shaydoyi.

Tarjimasi:
Agar ikki ming ratl (qadah) may suzsang ham,
 To may ichmaguningcha bo‘lmaysan shaydoyi.

Ikkinchi misradagi maydan murod Alloh taologa zavq-shavq, muhabbatni ifoda qilibdurlar. Ikkinchi ma’no:
Ikki ming botmon may ichgan birla hosil bo‘lmag‘ay.
Do‘st vaslidur g‘azal zavqi, muhabbat hosil et.
Agar she’rda xarobot lafzi mazkur bo‘lsa, o‘zga ma’no fahm qilurlar.

She’r:
Har ko‘ye ba xaroboti noshud, bedin ast,
 Zeroki xaroboti usuli din ast.

 Mazmuni:
Har ko‘ngil xarobotlikka yuz tutmasa dinsizdur,
Zeroki xarobotlik dinning usulidandur.
(Turg‘un Fayziev sharjimasi).

Bu baytdagi xarobotdan maqsad sifoti bashariyni zoyil qilmoqdur. (Ya’ni insonga xos xavaslarni yo‘qotish).

Bayt:   
Din naqdini jam’ qil gar ersang bashariy.
Salb aylabon o‘zlukni, sifoti bashariy.


   Bas, bu so‘zlarni keltirmakg‘a sabab shuki, bir guruh ablah va mubtadiylar (bid’atchi, dinda yangilik yaratuvchilar) gumon qilurlarki, so‘fiylar zulf, xol va may visol va xarobot so‘zini eshitib, simo’ va shodlik qilurlar deb ta’na va malomat og‘zin ochurlar va ularning maqsadi va irodasini anglamaslar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:49:29
   To‘rtinchi sabab ulki, eshituvchi yosh va navjuvon va Haq taolo do‘stligidin bexabar bo‘lsa. Vaqtiki zulf va xol, jamol so‘zini eshitsa, shayton oyog‘ini aning gardanig‘a qo‘yar, zavq va shahvat tomirini junbushga keltirur, dilrabolar ishqi birla orasta qilur.

   Bas, o‘zini oshiqlar jumlasidan tutar va ma’shuqa birla ayshu-ishrat va livotat (bachchabozlik) qilmoq va shu kabi buzuqliklarga berilib, o‘zlaricha bunga ishq-muhabbat deb nom qo‘yarlar, bu tariqa simo’ ayni haromdur va fiskdur. Kimki, bu qabih ishlarni halol va ruxsat debdur, ani o‘ldirmak mubohdur.

   Ulug‘lardin hikoyat qilibdurlarki, go‘daklarga nazar qilibdurlar, bilgilki ul nazari shahvatdin munazzax (pok)dur. Agar nazar qilsa ham gulisurx (qizil gul) va olmag‘a zavq qilganga o‘xshashdur.

   Beshinchi sabab ulki, avomun-nos o‘yin va ishrat uchun simo’ni odat qilibdur. Mubohdur, bu shart birlaki, simo’ni hunar bilmasa va mudovamat qilmasa. Chunonchi gunohi sag‘ira (kichik gunoh)ni ko‘p qilsa, kabiralik martabasiga yetar. Munga o‘xshash muboh ishlarni ham ko‘p qilsa harom bo‘lur. Masalan zangiylar masjidda rosa o‘ynadilar, rasul alayhissalom man’ qilmadilar va agar ul masjidni boziygoh qilsalar, albatta man’ etur edilar. Hazil-mazax qilmoq ham goh-goq bo‘lsa mubohdur (ruxsatdur). Kishi hamisha hazil-mazoh qilsa ani masxaraboz derlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:52:02
                                                             FASL
                                                Simo’ maqomlari bayonida


   Bilgilki, simo’da uch maqom bordur: avval fahm qilmoq, andin keyin vajdi hol (shavqu zavq holati) undan keyin harakat qilmoq. Bas, bu uch maqomdan har birining tafsili bordur. Avvalgi maqom-fahmdur. Kishi simo’ni sahv (yanglish) va g‘alat birla eshitsa va yo maxluqning fikr-andishasi birla eshitsa, andin xasisroq (past) ish bo‘lmas. Ammo ul kishiki fikru zikrida dini islom va Haqtaoloning do‘stlug‘i bo‘lsa savobdur. Va bu ikki darajadur. Avvalg‘i daraja muridki, uning talabi va suluki, ahvoli turlicha bo‘lsa, chunonchi niyati xursandchilik yoki osonliq va dushvorlik, rad va qabul, hajr, vasl, qurb (yaqinlik) va bundan so‘ng rizo, g‘azab va munga o‘xshash so‘zlarni anglasa, o‘z ahvolig‘a munosib ko‘rar va botin ahvoli jo‘sh urar va ahvoli muxtalif ro‘y berur. Bu nav’ simo’ joizdur. Agar ilmda e’tiqodi mahkam bo‘lmasa, Haq taolo zoti va sifatida oliy nimarsaning andishasi (shubhasi) ro‘y berurkim, kufrdur.

Bayt:
Zi avval ba minnat mayl bad on mayl kujost,
Va imro‘z malul gashtan az bahri charost?


 Mazmuni:
Avvalda minnatga mayl bo‘lgan yomon mayl qani,.
Va bugun g‘amgin yurishning sababi nedur?

(Turg‘un Fayziev tarjimasi).

   Har muridki, bidoyati (avvali) sulukda ba’zi vaqtda qabz (tanglik) va ba’zi vaqtda bast (xursandchilik) ro‘y berib, bu baytni eshitsa fahm qilurki, Haq taoloning anga ilgari mayl va inoyati bo‘lg‘ay. Keyin tag‘ayyur (o‘zgarish) topgay. Bas, tag‘ayyurni Xaq taoloda fahm qilur, bu sababdan kufrdur. Balki bu tariqa e’tiqod qilg‘ayki, Haq taoloning zoti va sifotig‘a tag‘ayyur va tabdil yo‘l topmas. Balki o‘zga mavjudotlarni o‘zgartirguvchidur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:54:21
Bayt:
Lutfu ehsoning edi avvaldin-o‘q man xastag‘a.
Bilmon ayo ne sababdin san bugun mendin malul.


   Bilgilki, Haq taoloning dargohi kushodadur (ochiq), hech kim unga mone’ va hijob bo‘lolmas. Chunonchi oftob nuriga o‘xshashki, hammaga barobardur. Magar kishi devor to‘siq ichida bo‘lsa, ul nur unga yetmas. Bas, tag‘ayyur o‘zidadur, oftobda, ayb yo‘qdur. Chunonchi bayt:

Har zarrani xurshid qilur nuroniy,
 Bu bandaga idbor mazallat monv’.


   Bas, sifatki, nuqs va tag‘ayyurg‘a dalolat qiladur o‘zig‘a nisbat bergay va Haq taoloni tag‘ayyur va nuqsdan poklik birla yod qilg‘ay.

   Ikkinchi daraja ulki, muridlig‘ darajasidan o‘tub yuqori martabasiga yetgayki, ani fano derlar va endi Haq taoloning sun’i san’ati va nuridan o‘zgani mushohada qilmas. Balki simo’ga yetmak birla o‘zining fanosi va Haq taoloni yagonalig‘i ko‘nglida toza bo‘lib, bilkulli o‘zidak g‘oyib, bu olamdan bexabar bo‘lur. Misol uchun o‘tg‘a kirsa, hech xabari bo‘lmas. Bu qism simo’ hammadin komilroqdur. Ammo muridlar simo’i odamlarning sifati (pastligi) birla omuxtadur. Ko‘pchilik o‘zlugidan xalos bo‘lolmaslar.

   Ikkinchi maqom. Vaqtiki solik fahmdan forig‘ bo‘lsa, andog‘holat ro‘y berurki, ani vajd atarlar. Vajdning ma’nosi yuksak holatni topqonidur. (So‘fiylikda ishq va ishtiyoq g‘alabasi natijasida behush bo‘lish, o‘zidan ketish). Ba’zi so‘fiylar andog‘ holatni topurki, ul holat ilgari yo‘q edi va ul holat haqiqatida so‘z juda ko‘pdir. Ammo ikki nav’g‘a iktifo (kifoyalanish) qilindiki, bir nav’ hol, yana bir nav’ - mukoshafotdur. Ammo birinchi nav’da inson sifati va holati g‘olib bo‘lurki, mast va mustahraq (otashin) qilur. Bas, ul sifat gohi shavq va gohi xavf va gohi otashi ishq bo‘lur va gohi talab va gohi anduh bo‘lur va gohi hasrat, ala hazal-qiyos (va shular kabi) bo‘lur. Vaqtiki oshiqlik o‘ti dilg‘a g‘olib bo‘lsa, dudi dimog‘ni kuydirur. Odam atrofidagi hech nimani ko‘rmas va eshitmas. Mastlardek o‘zidan g‘ofil bo‘lur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 15:56:26
 Ikkinchi nav’ mukoshafotdurki, olami g‘aybdan biror nima oshkora bo‘lur, ba’zan maxfiy va ba’zan sarixan (aniq, ravshan) namoyon bo‘lur. Bu jihatdan simo’ning asari dilni andog‘ sof qilurki, oynaning gard-g‘uborini sayqal birla sof qilg‘onga o‘xshashdur. Toki olami g‘aybning nozanin suratlari dilda jilvagar bo‘lur.

   Bas, bu holni maqom martabasiga yetmagan kishilar bilmaslar va bu holdan hech bir ibora ta’bir qilolmas. Bilgilki, takalluf (urinish) birla vajdi hol paydo qilmoq ayni nifoq va mazmumdur. Magarki vajdi hol qiladurg‘on sabablarga takalluf qilmog‘i joizdur. Toki haqiqiy vajdi hol hosil bo‘lg‘ay. Xabarda kelibdur, vaqtiki Qur’on eshitsanglar va agar yig‘layolmasanglar, takalluf qilinglar. Ma’nosi ulki, takalluf (urinish) birla girya (yig‘lamoq) va parishonlikning sababini ko‘nglinglarga keltiringlar, butakallufningta’siri bordur, ana shu vaqtda haqiqiy yig‘i hosil bo‘ladi.

   Uchinchi maqom. Simo’da raqs va harakat qilmoq va kiyim yirtmokdur. Bas, bu ishlarni behushliq va beixtiyor qilsa muboh va ajri bo‘lg‘ay. Ammo ixtiyor birla o‘zini sohib hollarga o‘xshatib qilmoqharom va ayni nifokdur. Abul Qosim Nasr Obodiy aytur: «Takalluf birla simo’ qilmoqdan g‘iybat qilmoq behroqtsur». Abu Umar ibn Majd aytur: o‘ttiz yil g‘iybat qilg‘on kishining g‘iybati, bir navbat takalluf birla simo’ qilg‘onning fasodiga yetmas. Hammadin behroquldurki, simo’ni dildan eshitgay, ovoz qilmagay, zohirida ta’sir qilmaganday bo‘lib, dili vajdga yetsin. Harakat qilmoq va ovoz qilmoq va yig‘lamoq za’ifliqning nishonidur. Va lekin bu toqat va quvvat kishida kam bo‘lur. Hazrati rasul alayhissalomning huzurlarig‘a guruhe kelib Qur’on o‘qidilar. Qur’onni eshitib, yig‘lab parishonliq qildilar. Hazrati Abu Bakir Siddiq roziyallohu anhu aytdilarkim:

   «Kunno kama kuntum summa qasat qulubuno».

   Ya’ni, biz avval sizlarg‘a o‘xshash edik, endi ko‘nglimiz qattiq, ya’ni biz sizlardek vajdu hol bo‘lur edik. Endi Qur’onni to‘la eshitmak birla ko‘nglimizg‘a quvvat hosil bo‘lib, o‘zimizni tutarmiz. Bas, kishi o‘zini tutolmasa, iloji boricha harakat va girya qilmag‘ay. Shayx Junayd rahmatullohi alayhning suhbatida bir yigit o‘tirar edi, simo’ni eshitib sayha tortti.

    Junayd aytdiki, mundin keyin bu fe’lni qilsang, meni suhbatimg‘a yaramassen. Ul yigit jahdi tamom birla bir kun o‘zini zabt qilib to‘xtatdi. Oxiri betoqat bo‘lib sayxa tortgan edi, qorni yorilib vafot bo‘ldi. Sariy Saqatiy bu xabarni eshitib, ul yigit qolig‘a achinib, Junaydni qarg‘adi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 16:01:41
   Ammo kishi o‘zida holatni paydo qilib raqsi simo’ aylab, takalluf birla yig‘lamog‘i ravodurki, raqs muboxdur. Chunonchi zanjilar masjidda raqs qildilar, rasul alayhissalom Oysha roziyallohu ang‘og‘a raqsni ko‘rsatdilar. Rasul alayhissalom hazrati Ali karramallohu vajhahiga aytdilarki, yo Ali, sen mendan va men sendan. Ali roziyallohu anhu bu iltifot shodlig‘idin raqsga borib, ayog‘larini nechand yerga urdilar. Chunonchi arablar odatidurki, nashot xursandchilik vaqtida bu tariqa shodlik qilurlar.

   Yana rasul alayhissalom imom Ja’far Tayyor roziyallohu anhug‘a aytdilarki, chiroylik ro‘y va yaxshi xo‘yda menga o‘xsharsen. Ular ham kamoli shodlikdan raqs qildilar. Zayd ibn Xoris roziyallohu anhuta aytdilarki: «Sen meni birodarimsan». Ular ham ayni shodliqdan raqs qildilar. Bas, kishi raqs va simo’ni harom debdur, xato qilibdur. Balki muni g‘oyati va nihoyati uchun boziy (san’at) martabasiga yetarki, boziy ham harom emas. Ammo egin yirtmoq durust emaski, molni zoye’ (isrof) qilg‘on bo‘lur. Ammo bilmay beixtiyor bo‘lsa ravodur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 16:06:40
                                                         FASL
                                                 Simo’ning shartlari


   Bilgilki, simo’da uch ishni rioya qilg‘ay. Albatta zamon va makon va ixvon (birodarlar, do‘stlar)ni topg‘ay. Vaqtiki bir fikrg‘a mashg‘ul va u namoz vaqti bo‘lsa yo taom yeyish vaqti bo‘lsa va yo ko‘ngil parokanda mahal bo‘lsa, bu vaqtlarda simo’ befoydadur. Ammo makon yo‘l ustida bo‘lsa va yo qorong‘u, noxush joy bo‘lsa va yo zolimning uyi bo‘lsa, vaqt va ko‘ngil parishon bo‘lurki, simo’ning foydasi bo‘lmas.

   Ammo ixvon, ya’ni tolibi sodiq va yori muvofiq bo‘lg‘ay va agar munkir (inkor etuvchi) va axli takalluf va axli g‘aflat va xotinlar nazargohi bor yerda simo’ qilmoq befoydadur.

   Shayx Junayd rahmatulloh alayh aytibdurlar «Simo’da zamon va makon va ixvon shartdur. Ammo yosh er va xotinlar bor yerda simo’ qilmoq haromdurki, fisq va fasodga bois bo‘lur. Bas, ba’zi toifalar simo’ga ahldur, simo’ majlisida hammalari adab birla boshlarini tuban solib o‘tirgaylar. Bir-birig‘a qaramag‘ay va so‘zlashmag‘ay. Bosh va qo‘lini tebratmagay. Hosil kalom takalluf birla (zo‘rma-zo‘rakayiga) harakat qilmagay. Balki namozda tashahudda o‘tirgandek o‘tirib, dilini Haq taolo dargohig‘a mutavajjix aylab fayzi ilohiyg‘a muntazir o‘tirgay. Agar nimarsaga vajdi hol g‘olib bo‘lib, simo’ga tursa anga muvofaqat qilg‘ay (qo‘shilg‘ay). Chunonchi, birining dastori (sallasi) tushsa, hammalari dastorlarini olib qo‘yg‘aylar. Aslida bu ishlar qisman bid’atdur. Va lekin saxoba va tobe’in rizvonallohi taolo alayhim ajma’indan naql qilibdur. Bas, butunlay bid’at va yomon emas. Ba’zisi hasana va ba’zisi sayyiadur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 16:12:11
   Hazrati Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh aytur: «Tarovix namozini jamoat birla o‘qimoq hazrati Umar roziyalloxu anhuning yo‘llari-tarbiyalaridur. Bu jihatdan bid’ati hasana debdur. Bas, bid’ati sayyia uldurki, sunnatg‘a muxolif bo‘lg‘ay. Ammo xushfe’llik birla xalqning ko‘nglini xush qilmoq shariatda mahmuddur (maqtalgan, yaxshi) Va xar qavmning o‘z odati bordur. Ul odatg‘a muxolif bo‘lmoq badfe’llik alomatidir.

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Har kishig‘a o‘z odati va xo‘yiga muvofaqat, murosachilik ila muomala qilinglar». Bas, so‘fiylar muvofaqat qilg‘onga shod bo‘lurlar. Muxolafat qilg‘ondan dilgir, xafa bo‘lurlarki, muvofaqat, shodlik qilmoq sunnatdandur. Rasul alayhissalomga sahobalar tik turib, arz qilmas edilar. Chunki hazrati rasul alayhissalom tik turib so‘z aytmoqni xohlamas edilar. Va lekin ba’zi joylarda o‘tirib so‘z aytmoq og‘ir ko‘rilsa tik turib so‘z aytmoq yaxshidurki, arablarning odati boshqa va ajamning odati o‘zgadur.

Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 16:16:08
TO’QQIZINChI ASL
Amri ma’ruf, nahyi munkar odoblari

   Bas, bu islom dini ruknlaridin bir rukndurki, hamma payg‘ambarlarni bu ishga buyuribdurlar. Vaqtiki bu ruknlarning binosiga futur yetib, xalq orasidan bartaraf bo‘lsa, shar’i sharifning shiori botil bo‘lur. Ammo amri ma’ruf va nahyi munkar ilmini uch bobda bayon qilurman, inshoolloh taolo.

  Avvalgi bob amri ma’ruf va nahyi munkar vojiblig‘i bayonidadur. Kishi bu vojibni ado qilmoqg‘a vaqtini topib, beuzr tark qilsa, gunohkor bo‘lur.
Xudo azza va jalla xabar berur:

  «Val takun minkum ummatun yad’una ilal-xayri va ya’muruna bilma’rufi va yanxavna anil-munkar». (Oli Imron, 104).

  Oyatning tafsiri ulki: ma’murlar ul toifalardurki, agar biz qaror qilsak (buyursak), ular yer yuzida namoz o‘qiydilar, ro‘za tutarlar va mollaridan zakot berurlar, yaxshi-saloh lshlarga, ibodatg‘a da’vat qilib farmon qilurlar.

  Ma’murlar toifasi xalqni yaramas, buzuq, fahdi va zalolat ishlardan qaytarib, man’ qilurlar.

   Bilgilki, Haq taolo amri ma’ruf va nahyi munkarni namoz, ro‘za va zakot qatorida sanabdur. Hazrati rasul ; alayhissalom aytibdurlar: «Amri ma’ruf qiling, agar amri ma’ruf qilmasanglar Haq taolo sizlarg‘a zolimlarni musallat (g‘olib, hukmron) qilurkim, fozil, obid va peshqadamlar duo qilsa ijobat bo‘lmas». Hazrati Oysha roziyallohu anho rivoyat qilurlarki, Hazrat rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Hech qavm yo‘qturki, ulardan gunoh sodir bo‘lmagan bo‘lsa. Agar ul gunohga tavba qilmasalar Xudo taolo azob yuborib hammani vayron etar». Va aytibdurlar: Yaxshi ishlarning g‘azotg‘a nisbati, ulug‘ daryog‘a qatraning nisbaticha bordur. Va g‘azot qilmoqni amri ma’ruf, nahyi munkarg‘a qiyos qilinsa qatrani ulug‘ daryoga nisbat qilg‘oncha bordur». Va aytibdurlar: «Har so‘zki, odamiy so‘zlaydur, hayru sharri (yaxshi, yomoni) o‘zigadur. Magar amri ma’ruf va naxyi munkarki, Xudoi taolog‘a zikr aytg‘ong‘a o‘xshashdur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 16:18:24
   Va aytibdurlar: «Xudoi taolo begunoh xoslarga avomlar sababidan azob qilmas. Magar ul vaqtiki, xilofi shariat ishni ko‘rib man’ qilmasalar, azob qilur». Yana aytibdurlar: «Zulm birla kishini o‘ldiradigan va uradurg‘on yerda o‘tirmanglar». Bu ishlarni ko‘rib, ani man’ qilmoq ul kishining ajalini tezlatmas va rizqini kam qilmas. Bas, bu dalolat qilurki, zolimlarni shariatga xilof ishlardan man’ qilolmasa, bezarurat ularning yaqiniga bormagay. Ushbu sababdan avvalgi ulamolar go‘shanishinlikni ixtiyor qilibdurlarki, xalq orasini munkarotdan xoli ko‘rmabdurlar. Hazrat rasul alayhissalom aytibdurlar: «Birovning huzurida yana birov gunoh qilsa, ani karih (yomon) ko‘rsa, ul gunohni ko‘rmaganga o‘xshash bo‘lur. Va kishi yashirin bir gunoh ish qilsa, boshqa birov ul gunohni eshitib, rozi va xushnud bo‘lsa go‘yo o‘zi gunoh qilg‘ondek bo‘lur».

   Oysha roziyallohu anho rivoyat qilurlar: «Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudoi taolo bir shaharning xalqini hammasiga azob yubordiki, ul shaharda o‘n sakkiz min! kishi bor edi. Ularning toat va ibodati payg‘ambarlar toat va ibodatlaridek edi. Sahobalar aytdilarki: «Yo rasululloh, solihlarg‘a nima uchun azob bo‘ldi?!» Rasul alayhissalom aytdilarki, «Fosiqlarga ihtisob (hisob so‘roq) qilmadilar, va ularni Xudo yo‘lida dushman tutmadilar». Abu Ubaydai Jarroh roziyallohu anhu aytur, hazrati rasuli alayhissalomdan so‘radilarki, shaqidlardan fozilroq kimdur? Rasul alayhissalom aytdilar: «Kim zolim podshohni qilur zulmidin man’ qilsa va podshohani o‘ldirsa hamma shuhadodan (shahidlardan) ul fozilroqdur va agar o‘ldirmasa, harchand uzoq-uzoq umr ko‘rsa, nomai a’molig‘a gunoh bitilmas. Xabarda kelibdurki, Haq taolo Yusha’ bin Nuh alayhissalomg‘a vahiy yubordikim: «Sening qavmingdan yuz ming kishini halok qilurmanki, sakson minggi nekukor (yaxshi, solih ishlar qiluvchilar)lardan va yigirma minggi badkorlardan. Yusha’ alayhissalom aytdiki: «Ey, bor Xudoyo, solihlarni nima uchun halok qilursen? Haq taolo aytdi: «Bu jihatdanki, fosiklarni tergamadilar. Ular birla yemak ichmak va muomala qilmoqdin xazar qilmadilar».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 16:22:30
                                                           FASL
                                               Ihtisob bermak shartlari


   Bilgilki, ihtisob (hisob, so‘roq qilmoq) hamma musulmonlarga vojibdur. Bas, ixtisob ilmini va shartlarini bilmak vsjibdurki, inson buning ham farzini, shartlarini yaxshi bilmasa, tanimasa, uni ado qilmoq mumkin emasdur. Ihtisobning to‘rt rukni bordur. Biri - muhtasib (shariatga xilof ishlarni tekshiruvchi). Ikkinchi - qaysi kishig‘a ixtisob bermak. Uchinchi - qandog‘ gunohga ixtisob lozim.

   To‘rtinchi - na tariqada ihtisob qilmoq kerak. Avvalgi rukn - Muhtasib kim? Muhtasiblikning sharti musulmonlarga vakil (mas’ul) bo‘lmoqdur, islom haqqini ado qilmoqdur. Bas, har kishi ahli islomdur, muhtasibga o‘xshashdur. Ulamolar ixtilof qilibdurlarki, muhtasib bo‘lmoqg‘a podshohning ruxsati va adolatli bo‘lmog‘i shartdur. Mani nazdimda durustrog‘i uldurki, bu ikkisi shart emas. Ammo adolat va porsoliq nechuk shartdurki, gunoh qilmagan hech kishi yo‘qdur. Sa’id bin Jubayr roziyallohu anhu ayturki, agar muhtasib bo‘lmoqg‘a porsoliq shart bo‘lsa, muhtasib bo‘lmoqg‘a hech kishi yaramas, gunoh qilmag‘on kishi yo‘qtur. Bas, bu mas’alada insof, adolat shu bo‘lurki, ihtisob ikki tariqadur: biri pand va nasihat qilmoq. Bu ishni fosiq dadamga topshirib bo‘lmaski, xalq ani masxara tutib kularlar, va’zning ravnaqi va sha’ri sharif hashamatlari botil bo‘lur. Ushbu sababdin fosiq olimlarning nasihati xalqga ziyon qilur, gunohkor bo‘lurlar. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ul kechaki, mani me’rojga eltgilar, qavmni ko‘rdumki, lablarini tirnoutri birla (yulib) tashlarlar. So‘radimki, «Sizlar nechuk toifasizlar? Aytdilarki: bizlar xalqni toat va ibodatga chaqirib, o‘zimiz ibodat qilmag‘on va xalqni gunohdin man’ qilg‘on, o‘zimiz gunoxdin qo‘l yig‘magandurmiz».
Iso alayhissalomga vahiy keldikim, «Ey, Maryamning o‘g‘li, avval o‘zingga pand bergil! Nasihatni o‘z nafsing qabul qilsa, andin keyin o‘zgalarga pand bergil va mendin sharm tutg‘il?»

   Va ihtisobning yana bir nav’i so‘z birla va qahr birla ihtisob qilmoqdur. Chunonchi chag‘irni ko‘rsa to‘kmak va fisqu-fasodni qasd qilg‘uvchini qahr birla man’ qilmoq - fosiqlarni bu nav’ ixtisob qilmoq ravodurki, har kishig‘a ikki vojibdur. Biri o‘zi gunoh qilmaslik, yana biri, o‘zgalarni ham gunoh qilgani qo‘ymaslik. Ammo ikkinchi shart, sultonning ijozatnoma bermoqligi shart emasdurki, buzurglar podshoxlar va xalifalarg‘a ihtisob qilibdurlarki, hikoyati uzoqdur. Bu mas’alalarning haqiqati ihtisob darajalarini tanimoq birla bo‘lurki, to‘rt darajadur:
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 16:24:06
Avvalg‘i daraja - pand-nasihat va Xudoi taolodan qo‘rqitmoqdur. Bas, bu hamma musulmonlarga vojibdur. Izohga hojat yo‘kdur, balki ibodatning fozilrog‘i uldurki, podshohga nasihat bergay. Uni Xudoi azza va jallaning g‘azabidan qo‘rqitg‘ay.
Ikkinchi daraja durusht (qo‘pol, dag‘al) qilmasdan oqilona so‘zlar, mayinlik birla ixtisob qilmoq. Chunonchi: yo fosiq, yo zolim, yo johil, yo axmoq demay, buning o‘rniga «Xudoi azza va jalladan qo‘rqg‘il, yomon fe’lingni tashlagil», demak kerak.
Uchinchi darajz - qo‘l birla man’ qilmoq. Chunonchi sharobni to‘kmoq, chang va rubobni sindirmoq va abrishim dastorini (ipakli matodan o‘ralgan sallani) boshidan olmoq, bular ibodatga o‘xshash hammaga vojibdurki, har bir mo‘‘minlarga bu ishni qilmoqga ijozat beribdur.
To‘rtinchi daraja - ta’zir bermoq va urmoq birla ihtisob qilmoqdurkim, jamiyatni hozir qilib, andin keyin urgay. Toki fitnadan xoli bo‘lg‘ay. Bas, bu nav’ ihtisobda podshoxdan ijozat olmoq lozim.
Har ishki harom bo‘lsa, darqol tajassus qilmay, shoshilmay, tekshirib ko‘rib, topsa va haromlig‘i aniq ma’lum bo‘lsa, bu vaqtda ihtisob qilmoq ravodur. Alqosil bu to‘rt shart ila bo‘lg‘ay. Avvalg‘i shart shuki, o‘sha kishining qilur ishi harom bo‘lsa. Agarchi qilg‘uvchida gunoh bo‘lmasa ham. Chunonchi norasida va devona chahorpoy (to‘rt oyokli hayvonlar) birla (uyatli) suhbat qilsa va yo devona xamr (mast qiladigan ichimliklar) ichsa va go‘dak kishining molini zoye’ qilsa. Bas, bu ishlari devona va go‘dak uchun gunoh emasdur. Chunki bular balog‘atli emas. Va lekin shariatda haromdurki, ani man’ qilg‘ay.
Ikkinchi shart - gunoh vaqtida ta’zir berilg‘ay. Ammo kishi masalan xamr ichmakdin forig‘ bo‘lsa, ta’zir bermak loyiq emas. Nasihat qilg‘ay. Ammo had urmoq sultondan o‘zga kishiga munosib emasdur. Kishi nomahram xotin birla xilvatda o‘tirsa, anga ixtisob lozimdurki, nomahram xotin bilan o‘tirmoq haromdur.
Uchinchi shart - muhtasib tajassus qilmag‘ay, ruxsatsiz birovning uyiga kirmagay va tomdan oshib tushmagay. Va quloq solmagay. Balki har ishni Olloh taolo po‘shida qilibdur (bandalarni sirlarini) insonlar ham bekitgay, sir tutgaylar. Agar chag‘irning bo‘yi (hidi) kelsa axtarib, olib to‘kmagi joizdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 16:28:19
   To‘rtinchi shart - noshoyista ishning haqiqati ma’lum bo‘lg‘ay, gumon birla ihtisob qilmag‘ay.
Nechuk kishig‘a muhtasiblikni bermak vojibdur?

   Bilgilki, gunoh qiluvchi mukallif bo‘lg‘ay. Ammo devona va go‘dakni gunohidin man’ qilmoq lozimdur. Chunonchi zikr qilindi. Agar chahorpoy musulmonning ziroatiga (ekin ekilgan joyga) kirsa man’ qilmoq lozimdur.
To‘rtinchi rukn. Na tariqada ihtisob qilmoq.
Bilgilki, ihtisob sakkiz darajadir. Avval-ma’siyat holini tanimoq. Ikkinchi - ma’siyat qilg‘uvchini tanimoq. Uchinchi - nasihat bermoq. To‘rtinchi - koyimoq. Beshinchi - qo‘l birla ta’zir bermoq Oltinchi - zahm va shikast berishdan qo‘rqitmoq. Yettinchi - qayd va hibs bilan qo‘rqitmoq. Sakkizinchi - qayd va hibs qilmoq. Bas, bu tartibga rioya qilmoq vojibdur.

   Avvalgi darajaki, ma’siyat xolin bilmak erdi, avval ta’yini va haqiqati birla bo‘lg‘ay va tajassus qilmag‘ay, devordan, tomdan oshib qaramag‘ay va qo‘shnisidan so‘ramag‘ay. Agar qo‘ynida va etagida bir nimarsani pinhon qilsa, axtarib tajassus qilmagay. Agar ikki odil kishi xabar bersaki, falon kishi uyida ma’siyatg‘a mashg‘uldur desa bas, bu ikki odil kishining xabari birla beijozat uyig‘a kirmagi joizdur. Ammo bir odil odam xabari birla kirib ko‘rmoq ravo emasdurkim. Luqmon alayhissalomning uzugida bu naqsh yozig‘liq erdikim:

Ko‘z birla ko‘rgan gunohni yopmoq - Gumon birla rasvo qilg‘ondan yaxshiroq.

Ikkinchi daraja - ma’siyat qilg‘uvchini bilmakdur. Kishi amalni bilmay qilsa, chunonchi ruku’ va sujudni tamom qilolmasa va yo etigida najosat bo‘lsa, bas, anga adab o‘rgatgay. Ozor yetkurmagayki, musulmonlarg‘a ozor bermoq haromdur.

   Uchinchi daraja - yumshog‘likbirla nasihat qilmoq. «Ey, birodar. Haq taoloning g‘azabidin qo‘rqmoq kerak», degay., Masalan, bir kishi ikkinchi bir kishini g‘iybat qilsa, aytg‘aykim, g‘iybat haromdur. Hech banda g‘iybatdin xoli bo‘lmas. Har kishi o‘z holi salohiga (o‘z ahvolini tuzatishga) mashg‘ul bo‘lmog‘i yaxshiroqdur. Bu tariqa so‘zlar birla man’ qilg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 16:31:30
To‘rtinchi daraja - dag‘al so‘z birla ihtisob bermoq, munda ikki adab bordur. Birinchi adab - modomiki latif va muloyim so‘z kifoyat qilsa, qo‘pol, dag‘al so‘z lozim emas.
Ikkinchi adab - qo‘pol so‘zlamakda fahsh va nosazo (noloyiq, nomunosib) so‘z aytmag‘ay. Va rost so‘zlagay. Chunonchi: fosiq va axmoq va johil degay. Gunoh qilguvchi axmeqtsur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ziyrak uldurki, o‘zini qilgan ishlarining hisobini o‘zi olg‘ay. Va o‘lim g‘amini yegay. Axmoq uldurki. havoyi nafsi orqasida o‘lgay va o‘zig‘a firib bergay va savobni umid tutg‘ay».
Beshinchi daraja - qo‘l birla ta’zir qilmoqdurki, munda ham ikki adab bordur. Avvalgi adab ulki, ipak kiyim kiygan bo‘lsa yechdirgay. Bir kishi birovning uy-joyini nohaq g‘azab birla egallab Oltan bo‘lsa, uni haydab chiqargay. Chag‘iri bo‘lsa to‘kg‘ay. Agar junub bo‘lib, g‘usl qilmasdan masjidga kirgan bo‘lsa, haydab chiqargay.
Ikkinchi adab - agar muloyimat birla bu ishdan ojiz kelsa, qo‘lidan tutib tortg‘ay va saqolini tutmag‘ay va kiyimini yirtmag‘ay.
Oltinchi daraja - qo‘rqitmoqdur. Chunonchi, aytg‘ayki, agar bu gunoxdan qaytmasang, boshingni yorurman va yo uyingni vayron qilurman va ahli ayoling‘a ozor yetkazurmen, lekin yolg‘on aytmagay. Masalan, dorga osurman va o‘ldiraman demagay. Ammo siyosatni mubolag‘a birla qilg‘ay.
Yettinchi daraja - urmoqdur. Qo‘l va oyoq va tayoq birlaki, zarurat bo‘lganda urmoq ravodur. Tokim qo‘l birla urmoq kifoyat qilsa, tayoq birla urmagay. Va yuzig‘a urmag‘ay va o‘lim xatari bor yeriga urmagay.
Sakkizinchi daraja ulki, muhtasib tanho bo‘lmag‘ay. Ko‘pchilikni o‘zig‘a hamroh qilg‘ay va fosiq kishilarga haybat birla ko‘ringay. Bu ishga podshoxdan dastur (qo‘llanma) olg‘ay. Toki fasoddan emin bo‘lg‘ay. Ba’zi din ulamolari aytibdurlarki, podshohdin bedastur birla jang qilmoq ravodur.Chunonchi kofirlar birla jang qilmoq joiz erdi va agar muxtasib o‘lsa shahid bo‘lur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 16:37:38
                                                           FASL
                                             Muhtasib odobi bayonida


   Bilgilki, muhtasibda uch xislat mavjud bo‘lg‘ay. Olim, parhezkor, xushfe’l bo‘lg‘ay, agar olim bo‘lmasa, nahiy munkar va amri-ma’rufni farq qilolmas. Agar parhezkor bo‘lmasa, riyo birla ish qilur. Agar xushfe’l bo‘lmasa, xalkdan ozor yetsa, g‘azabi kelur. Ihtisob qilsa o‘z nafsi uchun qilg‘on bo‘lur. Xudo uchun qilg‘on bo‘lmas. Xazrat Ali aytib erdilar: jangda bir kofirni yiqitib siynasiga minib o‘tirdilar, toki xanjar birla urib o‘ldirgaylar. Bu asnoda ul kofir muborak yuzlarig‘a tupurdi ersa, ul kofirni qo‘yib yubordilar. Aytdilarki, agar o‘ldirsam Xudo uchun o‘ldirgan bo‘lmasman.

 Hazrati Umar roziyalloxu anhu bir fosiqni darra birla urdilar. Yana birini urguncha u hazrati Umarni so‘kish qildi. Urmay to‘xtadilar. Rasul alayhissalomdin so‘radilarki: «Amri ma’ruf va nahiy munkarni o‘zimiz bajo kelturmaguncha kishig‘a aytmoq ravomudur?» Rasul alayhissalom aytdilarkim, agarchi hammasini bajo keltirolmasanglar ham, ihtisob qilmoq va nasihat
bermakni to‘xtatmanglar. Muhtasiblik odoblaridin biri buki sabrliq bo‘lg‘ay va xalqdan yetgan ranj va ozorni ko‘targay. Xudoi azza va jalla xabar berur:

   «Luqmon» surasi, 17-oyatida kelibdurki: «Ey, Muhammad, amri ma’ruf va nahiy munkar qilg‘il. Va xalqdin yetgan ranj va alamga sabr qilg‘il. Va yana odobi muhimlardin biri buki, haloyiqni yomon ishdan man’ qilg‘ay. Tama’ni yo‘q qilg‘ayki, tama’ birla ihtisob to‘g‘ri kelmas. Mashoyixlardan birlari muhtasib erdi. Mushukka bermoq uchun bir qassobdan goh-goh bez olur erdi. Ko‘rdiki, ul qassob nomashru’ ishg‘a mashg‘uldur. Avval uyiga bordi, mushukni quvlab chiqardi. Qaytib borib, qassobg‘a ihtisob qilmoqg‘a mashg‘ul bo‘ldi. Qassob aytdiki, «Ey, shayx, mushukka bez kerak bo‘lmasmu?» Muhtasib aytdi: «Mushukni men quvlab chiqardim, andin senga ihtisob bergali keldim».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 16:38:42
   Ihtisobning asli ulkim, muhtasib osiyni gunoh qilmog‘idin g‘am yegay. Keyin shafqat ko‘zi birla qarag‘ay. Go‘yoki xuddi o‘zining farzandini gunoxdin man’ qilganga o‘xshab, yumshog‘liq birla man’ qilg‘ay.

   Bir yigit rasul alayhissalomning huzurlariga keldi, aytdiki: «Yo rasululloh, menga zino qilmoqg‘a dastur bering». Sahobalar bayakbora ihtisob bermakka turdilar. Rasul alayhissalom «Qo‘linglarni yig‘inglar», deb aytdilar. Ul yigitni chaqirib yoniga o‘tqizdilar. Aytdilar: «Ey juvonmard, ravo ko‘rurmusen bir kishi onang birla zino qilg‘ay?» Yigit aytdi: «Ravo ko‘rmasmen». Aytdilarkim, xalq ham onasi birla yana birovni zino qilmog‘ini ravo ko‘rmaslar. Yana aytdilarki: «Qizing birla yana birovning bu ishni qilmog‘ini ravo ko‘rarmusan?» Yigit aytdi: «Ravo ko‘rmasman». Alhosil, ammasini va xolasini otini bir-bir tutib, bu savolni qildilar. Ul yigit ravo ko‘rmasman dedi.

   Rasul alayhissalom aytdilarki, hech bir musulmon bu ishni ravo ko‘rmas. Andin keyin muborak qo‘llarini ul yigitni yuragig‘a qo‘yib aytdilarkim «Ey bor Xudoyo, muning ko‘nglini pok qilg‘il va olatini gunohdan saqlag‘il va gunohini mag‘firat qilg‘il». Bas, ul yigit qaytib ketdi. Shundan keyin u dilida zinodan yomonroq ish bo‘lmasligini anglab yetdi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 16:41:20
                                                                 FASL
                                       Xalqqa odat bo‘lg‘on munkirot bayonida


   Bilgilki, olam fasod birla to‘ladur. Qudrat yetmaganda ihtisob yo‘li birla to‘xtatibdurlar. Ammo qudrati yetgancha ihtisob vojibdur. Har nav’ga ishorat qilurmanki, hammasini bayon qilmoqmumkin emasdur. Bas, munkarot ba’zisi masjidda va ba’zisi bozorda va ba’zisi yo‘llarda va ba’zisi saroyda va uylarda bo‘lur. Ammo munkaroti masjid ulki, namoz o‘tasa va yo Qur’on o‘qisa (lahn) ashulaga o‘xshatib maqom birla o‘qir va agar azon aytsa alhon qilurki, bu ishlar harsjdur. Xatibning masjidg‘a ipak kiyim, oltin va kumush g‘iloflik pichoq birla kirmagi xaromdur. Masjidda she’r o‘qimoq va qissa o‘qimoq va tuz sotmoq haromdir. Kichik bolalar va devonalar masjidni nopok qilur ehtimoli bo‘lsa kirmagi haromdur. Agar nopok qilmasa goh-goh kirmagi harom emas. Masjid ichida dunyo ishini qilmoq va behuda ish qilmoq haromdur.

   Ammo bozorlar munkaroti buki, olg‘uvchi va sotg‘uvchi yolg‘on aytur va matoning aybini yashir-r va tosh, tarozu va gazini to‘g‘ri tutmas. Nag‘ma va fasod cholg‘usini bozorda sotarlar va erkaklar uchun ipakli kiyim sotarlar. Oltin, kumushdan yasalgan asboblarni sotarlar. Mundin o‘zga ham ba’zi harom va ba’zi makruh ishlar bordur. Odam va hayvonot suratini qilib sotmoq haromdur.

   Munkarot ishlardan yana shudirki: odamlar yuradigan serqatnov yo‘l ustiga hayvonlarni bog‘lamagay, do‘kon qurmagay, ko‘chalarni har xil sabablar bilan tor qilib, yo‘lovchilarga xalal bo‘ladigan ishlarni qilmagay. Qassoblar ko‘pchilik odamlar o‘tadigan joylarda mol so‘ymagay.

  Mamlakat rahbariga vojibdurki, xalq yo‘liga to‘sqinlik bo‘luvchi ishlardin xalqni man’ qilmog‘i va yo‘llarni pok va toza tutmog‘i lozimdir. Yana qaytarilgan ishlardan ulki, hammomda tizzadan yuqorini yopg‘ay. Hammomning tepasiga hayvonot suratini solmoq ham haromdur. Nopok qo‘lni va nopok pichoqni suvg‘a tiqmoq haromdir va suvni ko‘p to‘kmok, va isrof qilmoq xaromdur Va o‘zga munkarotni «Kitobi tahorat»da bayon qildim.

   Yana man’ qilingan ishlardan: mehmonga ipaklik kiyim kiygizmoq, oltin va kumushdan yasalgan pichoq ishlatmoq va suratli parda tortmoq haromdur. Ammo yostiq, ko‘rpa, ko‘rpachani suratlik mato’dan qilmoq joizdur. Ammo nag‘ma, raqs-simo’ qilmog‘i, yosh xotunlar birla bir-birig‘a shahvat nazari birla qarasa, bu ma’raka xalqig‘a ihtisob vojibdur. Agar ihtisobg‘a qudrati yetmasa, u yerdan chiqib ketgay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 16:49:59
                                                                O’NINChI ASL
                    Podshohning raiyat ahvolidan xabar olmog‘i va mutasaddilar tariqati


Bilg‘ilki, (xalqg‘a yo‘lboshchi) mutasaddi bo‘lmoq ulug‘ ishdir. (Podshoh) Xudoi taoloning yerdagi xalifasidur, o‘z o‘rnida Yer yuzida bandalariga adl va ehson qilmoqg‘a ta’yin qilgan kishidur. Va gar podshoh adl va shafqatdan xoli bo‘lsa, u Alloh taoloning Yerdagi xalifasi ekailigini bilmaydi va hech sababsiz fisq va fasod bilan shug‘ullansa, undan ulug‘roq zolim yo‘kdur. Bas, mutasaddi bo‘lmoqning asli ilm va amaldurki, mutasaddilik ilmi daroz-katta ilmdur. Oncha kerakligini muxtasar bayon qilurman.
Bas, mutasaddi bilg‘ayki, Haq taolo uni bu olamg‘a nima uchun yuboribdur va qarorgohi na yerdadur? Va dunyo unga manzilgohdir, qarorgoh emas. U ham bu dunyoda musofirdurki, onasining rahmi (bachadoni) uning avvalgi manzilidur va lahad (go‘r) uning oxirgi manzilidur. Vatani o‘zgadurki, behisht yo do‘zax ekanini Xudoi taolodan o‘zga hech kim bilmas.
Va har yil, har oy va har kun o‘tadur, bu marhala va manzildan o‘tib, oxiratga yaqinlashadur. Dunyo bir ko‘prikka o‘xshashdur, hamma kelganlarning o‘tar yo‘lidur. Kishi ko‘prik ustida imorat qilib, yashamoqni xohlasa, kamoli aqlsizlikdur. Balki oqil uldurki, dunyo manzilgohida oxirat uchun zodi roq (yo‘l ozig‘i) topishdan o‘zga ishga mashg‘ul bo‘lmag‘ay.
Dunyolikning qojatidan ziyodasini istamagay va to‘plamag‘ayki, ziyodasi zahri qotildur. Harchand mol-dunyo jam’ qilgan bilan hojatidan ziyodasini o‘lar vaqtida zarrasini ham u dunyoga olib ketolmas. Mol-dunyoning ko‘pligi o‘lar vaqtda qasrat va nadomatga sabab bo‘lur va jon bermakni qiyin qilur. Mabodo, bu mol, dunyo halol bo‘lsa. Ammo, haromdan jam’ qilgan bo‘lsa oxiratda azobining poyoni yo‘kdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 16:55:08
                                                                O’NINChI ASL
                    Podshohning raiyat ahvolidan xabar olmog‘i va mutasaddilar tariqati


    Bilg‘ilki, (xalqg‘a yo‘lboshchi) mutasaddi bo‘lmoq ulug‘ ishdir. (Podshoh) Xudoi taoloning yerdagi xalifasidur, o‘z o‘rnida Yer yuzida bandalariga adl va ehson qilmoqg‘a ta’yin qilgan kishidur. Va gar podshoh adl va shafqatdan xoli bo‘lsa, u Alloh taoloning Yerdagi xalifasi ekailigini bilmaydi va hech sababsiz fisq va fasod bilan shug‘ullansa, undan ulug‘roq zolim yo‘kdur. Bas, mutasaddi bo‘lmoqning asli ilm va amaldurki, mutasaddilik ilmi daroz-katta ilmdur. Oncha kerakligini muxtasar bayon qilurman.

   Bas, mutasaddi bilg‘ayki, Haq taolo uni bu olamg‘a nima uchun yuboribdur va qarorgohi na yerdadur? Va dunyo unga manzilgohdir, qarorgoh emas. U ham bu dunyoda musofirdurki, onasining rahmi (bachadoni) uning avvalgi manzilidur va lahad (go‘r) uning oxirgi manzilidur. Vatani o‘zgadurki, behisht yo do‘zax ekanini Xudoi taolodan o‘zga hech kim bilmas.
Va har yil, har oy va har kun o‘tadur, bu marhala va manzildan o‘tib, oxiratga yaqinlashadur. Dunyo bir ko‘prikka o‘xshashdur, hamma kelganlarning o‘tar yo‘lidur. Kishi ko‘prik ustida imorat qilib, yashamoqni xohlasa, kamoli aqlsizlikdur. Balki oqil uldurki, dunyo manzilgohida oxirat uchun zodi roq (yo‘l ozig‘i) topishdan o‘zga ishga mashg‘ul bo‘lmag‘ay.

  Dunyolikning qojatidan ziyodasini istamagay va to‘plamag‘ayki, ziyodasi zahri qotildur. Harchand mol-dunyo jam’ qilgan bilan hojatidan ziyodasini o‘lar vaqtida zarrasini ham u dunyoga olib ketolmas. Mol-dunyoning ko‘pligi o‘lar vaqtda qasrat va nadomatga sabab bo‘lur va jon bermakni qiyin qilur. Mabodo, bu mol, dunyo halol bo‘lsa. Ammo, haromdan jam’ qilgan bo‘lsa oxiratda azobining poyoni yo‘kdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 16:56:34
   Bas, inson dunyo huzur-qalovatidan o‘zini tiymog‘i mushkuldur. Ammo, kim bu besh kunlik dunyoning ranju mashaqqati bilan topiladigan ne’mat omonatligini va oxirat ne’matlari bitmas-tuganmas ekanligini aniq bilsa, bu foniy olamning ranj va mashaqqatiga sabr qilmog‘i osondur.

   Chunonchi, kishi ma’shuqaning ishqiga giriftor bo‘lsa, aning visoliga bir kecha muyassar bo‘lmog‘i muqarrar bo‘lsa, ul oshiqqa desalarki, agar bu kecha ma’shuqa vaslidan o‘zingni tiyib, bu hijron firoqiga sabr qilsang, bir necha yildan so‘ng ul ma’shuqani bir yo‘la senga topshirurlarki, na raqib chashmi zahridan asar, na xayru begona sharru-shuuridan jabr bo‘lg‘ay, diling xohlag‘ancha ayshu ishratga mashg‘ul bo‘lg‘aysan. Bas, bu ishq yuz ming kecha ayshu ishratning umidida bir kechaning ranju firoqig‘a sabr qilmog‘i osondur.

   Bas, dunyoning ming kecha, kunduzi oxiratning bir soatiga teng bo‘lmaski, oxirat soati muddatining poyoni yo‘qtsur. Agar faraz qilsangki, yetti qavat osmon va yetti qavat yerni don bilan to‘ldirsalar, bir qushni ul donlarni yemakka tayin qilsalar, va qush har ming yilda bir dona don yesa, donlar tamom bo‘lganida ham, abadiylikdan zarra kamaymas. Bas, odam harchand uzoq yashasa ham, yuz yildan o‘tish qiyin. Agar ro‘yi zamin (er yuzi) mamlakatlari, mag‘rib va mashriq bir odamga musallam (qaram) bo‘lsa ham, oxiratning nihoyasiz kunlari azobu uqubatiga arzimas.

   Agar dunyoning ma’lum vaqtlar podshohligi muyassar bo‘lsa ham g‘am, tashvish va meqnatdan xoli bo‘lmas. Bisyor xasis va nokaslarki, dunyoning mansab va johiga (hashamatiga) mag‘rur bo‘lib, oxiratning abadul-abad davlati, ne’matlarini bu dunyoning foniy, o‘tkinchi davlatiga sotarlar.
Bas, podshoxlar va amirlarga lozimdurki, oxiratning boqiy ne’matlarini va bu dunyoning foniy ne’matlarini mulohaza qilib, ra’iyatga (el, yurtga) shafqat va muruvvat ko‘rguzmoq birla Haq taoloning xalifasi ekanligini bajo keltirg‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 16:57:52
   Bilg‘ilki, Haq taolo dargohida hech ibodat adolatdan ziyoda etmasdur. Rasul a. s. aytibdurlarki, sultoni odilning bir kunlik adolati yigirma yil hamisha toat, ibodat qilg‘andan afzalroqdur. Xabarda (hadisda) kelibdurki, yetti toifa odamlar qiyomatda Haq taoloning rahmati soyasida bo‘lurlar:
Avvalgi toifa odil sulton va amirlardur. Va hammadan yomonrog‘i va Xudoga dushmanrog‘i zolim podshoh va amirlardur. Rasul a. s. aytibdurlarki, odil podshohga har kuni yetmish mujtahidi siddiqning savobini yetkizurlar. Yana aytibdurlar: «Qasam qilurman Xudo azza va jallaning muborak ismi birlaki, Muhammadning joni Uning qudrati tasarrufidadur, odil podshohning otig‘a farishtalar har kuni shu qadar ko‘p savob yetkizurlarki, qo‘l ostidagi tobe’larining amali ikdoricha bo‘lg‘ay. Va odil rahbarning har namoziga yetmish ming namozning savobi bitilg‘ay.

   Adolatning savobi va samarasin g‘animat bilib, ra’iyatga rahm va shafqat ko‘rgazgay va nafs xohishiga qarab, fuqarolarga zulm va jafo qilmasa, tongla do‘zax o‘tida kuymagay. Bas, podshoh. bu o‘n qoidani bilmaguncha, adl (adolat) ne’matlaridan bahoamand bo‘lolmas.

  Avvalgi qoida ulki, podshoh va amirlar o‘ziga ravo ko‘rmagan (yomon) ishni hech musulmonga ravo ko‘rmag‘ay. Agar o‘ziga ravo ko‘rmagan yomonlikni ra’iyatga ravo ko‘rsa, Haq taolo dargohida xiyonatkor bo‘lur. Hazrat rasululloh s.a.v. bir kuni soyada o‘tirur edilar. Jabroil alayhissalom keldi va aytdiki: «Yo, rasululloh, o‘zingiz soyada o‘tirib, sahobalar oftobda o‘tirmog‘ini ravo ko‘rurmusiz?» Hazrat rasulalloh (shundan so‘ng sahobalarni soyaga o‘tqazib) aytdilarki:
«Kim do‘zax o‘tidan xalos bo‘lmoqni va behishtga kirmoqni istasa va o‘lar vaqtida kalimai tayiba («Lo iloha illalloh, Muhammadun rasululloh») tiliga kelmog‘ini xohlasa o‘ziga ravo ko‘rmagan ishni hech musulmonga ravo ko‘rmag‘ay.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 17:02:20
   Ikkinchi qoida ulki, dodxoh (muhtoj) va hojatmandlarni haqir ko‘rmagayki, xatari azimdur. Agar hojatmandning hojatini ravo qilmoq mushkul bo‘lsa ham vojib va savoblidur. Va barcha nafl ibodatdan hrjat ravo qilmoq afzalroqdur. Umar ibn Abdulaziz (Umaviylarning uchinchi xalifasi - red.) r.a. xaloyiq ishig‘a mashg‘ul erdilar. To namozi peshingacha. Ersa malol bo‘lib (charchab) biror soat orom olishga uyiga kirdi. O’g‘ullari dedilar: «Ey, padari buzrukvor, o‘limdan emin (erkin) bo‘ldingizmuki, bir guruh hojatmandlar sizni intizor kutib turibdilar va siz esa rohat va ayshingizg‘a mashg‘ul bo‘lg‘aysizki, (agar o‘sha hojatmandlarning hojatlari ravo bo‘lmay, bu olamdan ketib qolsangiz) Haq taolog‘a nima deb javob berursiz?»

   Umar ibn Abdulaziz bu so‘zning ta’siridan beixtiyor sakrab turib, xalq oldiga chiqdilar.
Uchinchi qoida ulki, nafsini dunyoviy lazzatlarga odat qildirmag‘ay. Chunonchi, yaxshi (chiroyli, qimmatbaho) egin kiymoq va lazzatli taom yemoqni odat etmagayki, qanoatsiz odam adl (adolat) qilishi mumkin emas.

   Hazrati Umar (Foruq) r.a. hazrat Salmon Forsiy r.a.dan so‘radilar: «Mening holimdan hech nojoiz ish angladingmu?» Salmon Forsiy r.a. aytdilar: «Angladimki, nonni ikki nonxurush birla yersiz, ikki egin sakdarsiz. Birini kechasi kiyarsiz, birini kunduzi kiyarsiz. Hazrati Umar r.a. yana so‘radilar: «Mundin boshqa yana so‘z angladingmu? Salmon aytdi: «Anglamadim». Hazrati Umar r.a. aytdilar: «Bu ikki ishni bundan keyin qilmag‘ayman».

   To‘rtinchi qoida ulki, qudrati yetganicha hamma ishlarni yumshoqlik va muloyimlik bilan qilg‘ay va qahr-g‘azabda ehtiyot bo‘lg‘ay. Rasuli akram aytibdurlarki: «Har bir mutasaddiy (boshliq) ra’iyatga rahm va shafqat qilibdur, Parvardigoro, sen anga lutfu marhamat qilg‘il. Va zulm, sitam qilg‘uvchilarni qahru g‘azabingga giriftor qilg‘il». Va yana aytibdurlar: «Mutasaddiylik yaxshi ishdur, agar shariat qonunlariga, ahkomlariga amal qilsa va yomon ishdur shariatning xilofiga ish qilsa».
Xishom ibn Abdul Malik xulafo (xalifalar) jumlasidandur, Abu Xozim rahmatillohi alayxdan ul zot ulamo zubdasi (qaymog‘idur) so‘radi: «Yo, Abu Xozim, najot topmoqning sababi (yo‘llari) nadur?»
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 17:04:10
   Abu Xozim r.a. aytdi: «Najot topmoqning tadbiri ulki, har diram olursan, halol joyidan olg‘il va halol joyga sarflag‘ilki, savob bo‘lg‘ay». Abdul-Malik aytdi: «Bu ishni ul kishi bajo keltirg‘ayki, do‘zax o‘tiga va azobiga toqati bo‘lmag‘ay va behishtga kirmoqni do‘st tutg‘ay (istar)».

   Beshinchi qoida ulki, mutasaddiy hamma ishida shariatga rioya qilgani uchun xaloyiq shod, xushnud bo‘lg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Podshohning behrog‘i (yaxshirog‘i) uldurki, avvalo ra’iyatni (xalqni) do‘st tutg‘ay (hurmat qilg‘ay). Ul odamlardan bezor bo‘lg‘ayki, ularning maqtov va ta’rif-tavsiflarini tinglab, ra’iyat ahvolidan g‘aflatda qolg‘usidur. Balki mu’tamid (ishongan) xos odamlarini xalqning ahvolidan maxfiy xabar olmoqni buyurgayki, ularning maqtovu shikoyatiga qarab, o‘z holidan g‘ofil bo‘lmag‘ay.

   Oltinchi qoida ulki, odamlar shariatga xilof ishlar bilan ba’zi boshliqlarni xursand qilmoqchi bo‘lsa, Haq taoloning xushnudligidan mahrum qolur. Hazrati Umar r.a. aytur: «Har kuni ko‘rurmanki, guruhe (ba’zi guruhlar) ishimdan xursanddurlar, ba’zilari xursand emaslar. Ammo, axmoqlar va johillarni xushnud qilaman degan odam Haq taoloning rizoligidan mahrum qolur».

   Hazrati Umar Oysha roziyallahu anhog‘a noma bitdilarki, nasihat qiling deb. Hazrati Oysha xatida yozdilarki, rasul alayhissalom bir kuni aytib erdilar: «Kishi xalqning noroziligidan va Haq taoloning noroziligidan qo‘rqsa yaxshi bo‘lur. Bunday kishidan Haq taolo xursand bo‘lur va xalqni ham undan rozi qilur. Ammo, kim Haq taoloning noroziligidan qo‘rqmay, ba’zi odamlarning xushnudligini istasa, Xudoi azza va jalla ul kishidan norozi bo‘lur va xalqni ham undan norozi qilur».

   Yettinchi qoida ulki, mutasaddiy bo‘lg‘ayki, mamlakatdorlig‘ ishida xaloyiq mushkullarini Haq taoloning farmoniga muvofiq saranjom qilsa, nihoyati ulug‘ ishdur, kishiga tavfiq (insof, adolat) yor bo‘lib, hukumat ishini shariatga muvofiq qilsa, saodatdurki, hech nihoyasi yo‘qtsur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 17:05:58
Abbos r.a. aytur: «Bir kuni rasululloh s.a.v. xonai Ka’ba halqasini tutibdurlar. Quraysh qavmidan odamlar hozir erdi. Aytdilarki: «Podshoh va imom qurayshdan bo‘lg‘ay va uch ishni bajo keltirg‘aylar: Xaloyiqg‘a rahm-shafqat qilg‘ay va dodxohga (mazlumga) adolat qilg‘aylar va shariatga xilof ish qilmagaylar. Bu uch ishga xilof ish qilg‘an odamlarni Haq taolo la’nat qilur, farishtalarning la’natiga sazovor bo‘lurlar va xudo ulardan hech bir farz va sunnatni qabul qilmas».
Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Agar bir odam ikki odamning shikoyatini tinglab, hukmida zulm qilsa, Haq taoloning la’nati zolimlarga bo‘lur». Yana aytibdurlar: «Uch toifa odamlar borki, qiyomat kuni Alloh taolo ularga rahmat nazari bilan qaramas: podshohki, yolg‘onchi bo‘lsa. Ikkinchi - Pir, qariyaki, zinodan qaytmasa, uchinchi - gadoki, mutakabbir va lofgo‘y (yolg‘onchi) bo‘lsa.

Sahobalarga aytdilarki, «Yaqin orada mashriq va mag‘rib taraflar fath bo‘lib, dini islom muzaffar bo‘lur. Ammo aksar podshoh va amirlar do‘zaxga kirar, magar ul toifaki, Xudoi taolodan qo‘rqsa va taqvo tariqini tutsa va mazlumlarni zolimlardan himoya qilsa, do‘zaxdan xalos bo‘lurlar».

Yana aytibdurlar: «Podshoheki, Haqtaolo anga ra’iyatni topshiribdur, agar ul ra’iyatga g‘amxo‘rlik qilmasa, rahm-shafqatni bajo keltirmasa, Haq taolo anga behishtni harom qilur». Yana aytibdurlar: «Haqtaolo kimni xalqg‘a mutasaddiy (rahbar) qilibdur, ul mazlumlarning ahli ayoliga (oilasiga) qaraganday nigoqbonlik, g‘amxo‘rlik qilmasa, aytg‘ilki, o‘ziga do‘zaxdan joy hozirlabdur». Yana aytibdurlar: «Ummatlarimdan ikki toifa qiyomatda mening shafoatimdan mahrumdurlar. Biri - zolim podshohlar, yana biri - mubtadiyki. aning bid’atidan (yangi qonun-qoidalaridan) islom diniga xalal yetgay». Va aytibdurlar: «Qiyomat kunining qattiqazobi zolim podshoh va zolim amirlargadur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 17:09:33
Besh toifadurki, Xudoning g‘azabiga giriftor bo‘lurlar. Haq taolo agar xoxlasa, bu olamda jazo va sazo berur; xohlasa do‘zaxga solur: Avval (1) qavmki, begunoh qul va xizmatkorlariga zulm va ta’addi (g‘azab, do‘q-po‘pisa) qilurlar. Ikkinchi, ul hokimki, ra’iat aning hukmi va farmonini tutg‘ay, ammo rahbar ularga adolat va g‘amxo‘rlik qilmag‘ay. Uchinchi, kishi (boshliq bo‘lganidan kibrlanib) ahli ayolini toat-ibodatga (musulmonchilik odoblariga) targ‘ib qilmag‘ay, shariat ilmini halol va haromni ajratishni, farqlashni o‘rgatmagay (buni o‘zi ham bilmaydi). To‘rtinchi, kiraga mardikor olsa, xizmatini tamom qilganidan keyin haqini to‘liq bermas. Beshinchi, rahbar xotinining va farzandlarining haqqini bermay zulm qilsa.

Hazrati Umar r.a.ga janoza namozini o‘tamakga turib edilar, kimdir kelib, hazrati Umarning oddilariga o‘tib, namozga turdi. Namozdan forig‘ bo‘lib, o‘likni dafn qildilar, ul kishi go‘rga qo‘lini qo‘yib, aytdiki, «Ey, bori Xudoyo, agar bu odam senga osiy bo‘lgan bo‘lsa, azob qilmoqg‘a qodirsan va agar rahm qilsang, bu odam rahmatingga mux^ojdur. Saodatmandsan, ey murda, hargiz podshoh va amir emas eding, g‘avg‘ochi (ig‘vogar) va navisanda (birovlarning ustidan yozg‘uvchi) emassan, - deb g‘oyib bo‘ldi. Uni izladilar, topmadilar. Hazrati Umar r.a. aytdilarki, bu odam hazrati Iso alayhissalom edilar».

Rasul alayhissalom aytdilarki, «Voy podshoh va amirlarning holiga, voy a’moli navisandalar holigaki, qiyomat kuni ularning gisulari - sochlaridan osib, azob qilurlarki, hech xayrli amallari bo‘lmas. Va yana aytibdurlar: «Mutasaddiy (boshliq) bo‘lishdan ehtiyot bo‘linglarki; ularni qiyomatda g‘ul-zanjirlar bilan bog‘lab keltirarlar. Agar amali xayr qilgan bo‘lsa, xalos bo‘lur, yo‘q esa qo‘l-oyokdariga zanjir solurlar».

Hazrati Umar r.a. aytdilarki: «Voy, ro‘yi zamin mutasaddiylarigaki, osmon va zamin podshohidan (Haq taolodan) na uqubatlar ko‘rgusidurlar. Va agar elga adolat qilgan bo‘lsa, va shariat hukmlarini pas tutgan (buzmagan) bo‘lsa, nafs xohishiga qaramagan bo‘lsa, xushomadlarga uchmagan bo‘lsa, rahbardan qo‘rqib va yoki sovg‘a umidi bilan hukm qilmagan bo‘lsa, oyatlar va hadislarning mazmuniga qarab hukm qilgan bo‘lsa, najot topg‘usidur».

Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Qiyomat kuni podshoh, amir va mutasaddiylarni keltirurlar. Haq taolo aytur: «Sizlar, qo‘ylarimning qo‘ychisi (cho‘poni) va zamin mamlakatlarining xazinachisi edingizlar, nima uchun bandalarimga ranju uqubat yetkazdinglar? Ayturlar: «Ey, Xudovando, g‘azabingdan qo‘rqutdikki, agar biz ularga siyosat va uqubat qilmasak, senga nofarmonliq qilur edilar». Haq taolo aytur: «Nima uchun sizlarning g‘azabinglar mening g‘azabimdan ilgari bo‘ladur? Va bir guruh odamlarga xitob bo‘lurki, «Nima uchun azob-uqubatni nisabiga yetkurmasdan qildinglar?» Ayturlarki: «Parvardigoro, rahm qildik». Haq taolo aytur: «Sizlar mendan rahmliroq bo‘ldinglarmuki, farmonimga bo‘ysunmadinglar».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 17:11:58
Huzayfa r.a. ayturlar: «Hech mutasaddiyni yaxshi, yomon demasmanki, agarchi yaxshi bo‘lsa ham». Aytdilar: «Nima uchun yaxshi demassan?» Aytdilar: «Hazrati rasul alayhissalomdan eshitibdurman: «Qiyomat kuni hamma mutasaddaylarni Sirot ko‘prigidan o‘tkizurlar; Pulisirotga farmon bo‘lurki, javru sitam birla hukm qilg‘uvchini va rishva (pora) oluvchini, ikki da’vogardan faqat birining so‘ziga quloq sOltuvchini (ustingdan) tashlagil! «Sirot qo‘prigi bularni silkib, (chohga) tashlar». Yetmish yildan so‘ngdo‘zax qa’rigatushganlarningovozi va sharpasi eshitilur.

Xabarda kelibdurki, Dovud alayhissalom xaloyiqning xushnudligi va noxushnudligini anglamoquchun ba’zi vaqtlarda liboslarini o‘zgartirib, bozor va ko‘chalarda yurib, xaloyiqtsan so‘rar edilarki, «Dovud nechuk kishidur?» Bir kuni shu tariqa so‘rab yurgan edilar, Jabroil alayhissalom odam suratida bo‘lib, yuzma-yuz keldilar. Podshohso‘radi «Dovud qanday odam?» deb. Jabroil alayhissalom aytdilar: «Xo‘b odamdur, agar Baytul-moldan yemay (davlat hisobidan yemay), o‘z kasb-hunari bilan topgan halol luqmasini yesa».

Dovud alayhissalom ibodatxona mehrobiga kirib, yig‘lab, duo qildiki, «Parvardigoro, menga hunar o‘rgatgilki, o‘z meqnatim va kasbimdan topganimni yegayman». Ersa, Haq taolo unga Zirhgarlik (temir, po‘latdan sovut, dubulg‘a kabi jang kiyimlarini yasash)dan ta’lim berdi.

Hazrati Umar r.a. kechalarda podshohi shabdek shaharni aylanur edilar, toki mazlum va miskinlar holiga yetgaylar. Aytur edilarki, agar biyobonda qo‘yni bo‘ri yesa, qo‘rqarmanki, qiyomat kuni oni mendan so‘rog‘ qilurlar. Abdulloh ibn Umar aytur: «Hazrati Umar vafotlaridan keyin duo qilur edimki, tushimda ko‘rgayman. Ersa o‘n ikki yildan so‘ngtush ko‘rdimki, Umar r.a. alhol g‘usldan forig‘ bo‘lib chiqqandek ko‘rindilar. Aytdimki, «Ey, amiral-mo‘‘miniyn, Haq taolo sizga ne qildi?» Aytdiki, «Yo, Abdulloh, men sizlarning qoshingizdan ketg‘animga necha yil bo‘ldi?» Aytdilar: «Un ikki yil bo‘ldi». Hazrati Umar aytdilar: «To shu vaqtacha hisob oldilar, qo‘rqdimki, holim xarob bo‘lg‘ay: Haq taoloning rahmliq sifatidan najot topdim».

Bilgilki, hazrati Umarni dunyolig‘ jihatidan bir daraxtdan o‘zga hech nimarsalari yo‘q erdi. Bas, ul podshohi oliyning holi mundog‘ bo‘lsa, o‘zgalarning‘ holi nechuk bo‘lg‘usidur?
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 17:13:31
Xoja Munzir Jumhur elchi ila yubordiki, hazrat Umar r.a. holini bilib kelg‘ay. Elchi Madinaga borib so‘radiki, «Podshohinglar qaydadur?» Aytdilarki: «Bizning podshohimiz yo‘qtur. Xalifamiz borki, darvozaning tashqarisiga chiqibdur». Ersa, elchi izlab topdiki, daraxtni boshiga qo‘yib yotibdur, peshonalaridan ter oqib, yerni ho‘l qilibdur. Elchi bu holni ko‘rib, ko‘ngliga bisyor asar qildi. Dilida aytdiki: «Ro‘yi zamin podshohlari bu kishidan tarson va xaybatidan larzon bo‘lg‘ay, bu kishining holi bu bo‘lg‘ay. Haqiqatan odildurki, mundog‘ emin-erkin va osudalig‘ birla uyqulabdur. Bizning podshohlarimiz zolim va jobirdur, kechalari xilvatxonalarida vahshat-qo‘rquvdan orom bilan uxlay olmaslar. Guvohlik berurmanki, bu kishining dini barhaqva rostdur. Agar elchilikka kelmagan bo‘lsam edi darhol islomga iymon keltirur edim. Bu voqeani Abu Munzir Jumhurga yetkizib, qaytib kelib, iymon keltirgayman».

Bas, mutasaddiylik ishi bisyor xatarnokdur. Va amirlar ul vaqt salomat bo‘lurki, olimlar xizmatida bo‘lg‘ay, toki olimlar unga shariatni o‘rgatgay. Amirlik va voliylik (viloyat hokimligi) xatarlaridan ogoq qilg‘ay.

Sakkizinchi qoida ulki, ulamo suhbatini mutasaddiyn suhbatidan g‘animat bilgay. Ul olimki, dunyoga xarisdur, oning suhbatidan hazar qilg‘ayki, ta’rif va sitoyish qilmoq (ziyoda maqtamoq) birla amirlik podshohlikdan foyda izlar va yo ularning qo‘lidagi harom mol, dunyodan makr va hiyla bilan olmoqni maqsad qilur. Va olimi dindor ul bo‘lurki, podshoh va amirlardan va o‘zgalardan hech nima tama’ qilmas, va ularga pand-nasihat bermoqdin to‘xtamas. Chunonchi, Shaqiq Balhiy rag‘matillohi alayh Xorun al Rashidg‘a muloqot bo‘ldi. Xorun aytdi: «Zohidmusan?» Ulamo aytdi, «Men Zohid emas, Shaqiqman». Xalifa aytdi: «Menga nasihat bergil». Shaqiq aytdi: «Seni Haq taolo Abu Bakr Siddiqning o‘rnida qo‘yibdur va Ali al-Murtazo o‘rnida qo‘yibdur. Sendan ilm va shijoatdan so‘rarlar. Haq va botil aro farq qilganingni so‘rarlar. Va Usmon Zun-nurayn o‘rnida o‘tirg‘izibdurki, sendan karam va futuvvat, muruvvat va saxovat izlaydilar».

Xalifa so‘radi: «Tag‘i nasihatni ziyodaroq qilg‘il». Aytdi: «Haq taolo saroyni bino qilibdur, do‘zax otliq va seni shu saroyga nigohbon qilibdur va senga uch nimarsa beribdur: Baytul-mol boyliklari, shamshir va toziyona (tanbeh) birla xaloyiqg‘a odob bergil va nohaq xun (qon) to‘kkanlarni shamshir birla o‘ltirgil. Bas, bu ishlarni taqsir qilsang (xato, qusur qilsang) avvalo do‘zaxga o‘zing kirarsan, ondin so‘ng o‘zgalar kirar».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 17:14:36
Xalifa aytdi: «Yana ham nasihatni ziyoda qilg‘il». Shaqiq aytdi: «Sen chashma mislliksan. Va o‘zgalar sipohiy va a’yonlaring ostingdagi ariqg‘a o‘xshashdur. Agar chashma suvi sof va ravshan bo‘lsa ariqlarning suvi ham loyqa va iflos bo‘lmas. Agar chashma suvi tiyra va loyqa bo‘lsa, ariqlardagi suvlarning ham soflig‘i va e’tibori bo‘lmas».

Horun-ar-Rashid xoslari birla Fuzayl Iyoz ziyoratiga bordi. Eshigiga yetib angladiki, Qur’on tilovat qilib, bu oyatga yetibdur: «Uxsib allazina ijtara livo sayyota inna naj’alahu».

Xalifa aytdi: «Agar nasihat talab qilsam, rozi bo‘lurmusan? Fuzayl aytdi: «Ushbu oyat kifoyatdur».
Oyatning tafsiri ulki, «Oyo, ul toifalar, Alloh taolo gunoh va ma’siyatga mashg‘ul bo‘lganlarni toat va ibodat qilgan bandalariga barobar qilur, deb gumon qilurlarmi?» Ya’ni bu ikki toifani Haq taolo hargiz barobar qilmas.

Xorun ar-Rashid aytdi: «Eshik qoqg‘il». Vazir Abbos eshik qokdi va qichqirdiki: «Amir ul-mo‘‘miniynga eshik ochg‘il!»

Fuzayl aytdi: «Amirul-mo‘‘miniynning men birla nima ishi bo‘lur?» Abbos aytdi: «Amirul mo‘‘miniyn farmoniga itoat qil, eshik ochg‘il!»

Ersa Fuzayl Iyoz eshik ochdi va chirog‘ni o‘chirdi. Xorun ar-Rashid ko‘rishishga qo‘l uzatdi. Fuzayl xalifaning qo‘lini tutib, aytdiki: «Oh, bu yumshoq qo‘ldan kim ushlasa do‘zax azobidan najot topmas». So‘ngra aytdi: «Ey, amirul-mo‘‘miniyn, Xudoi taoloning so‘rog‘iga tayyor bo‘lg‘ilki, qiyomat kuni seni turg‘izib, musulmonlarni bir-bir keltirib, sendan savol qilurlar.» Xorun ar-Rashid bu so‘zni eshitib, vahshatdan, (qiyomat qo‘rquvidan) yig‘lab, yiqildi. Abbos aytdi: «Ey, Fuzayl, xomush (jim) bo‘lingki, amiral-mo‘‘miniynni o‘ldirdingiz». Fuzayl aytdi: «Ey, Homon (fir’avnning yovuz vaziriga o‘xshatmokda), amiral-mo‘‘miniynni sen va sening qavming halok qildi».

Xorun ar-Rashid (o‘ziga kelib) aytdi: «Ey, Abbos, bildingmu, seni Homon demagi meni fir’avnga teng qilganidur. Bas, ming dinor keltirib qo‘ydi va dedi: «Bu haloldandur. Onamning mahridan meros qolib erdi».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 17:15:45
Fuzayl aytdi: «Senga deb edimki, har nimarsaki olibsan, hisobi bor, egasiga bergil», - deb sovg‘ani qabul qilmadi.

Umar ibn Abdulaziz bir kuni Muhammad ibn Ka’b Qurayziyga aytdiki: «Adl (adolat) nimadur? Sifatini bayon qilg‘il!» Ibn Ka’b aytdi: «Musulmonlardan yoshi kichiklariga ota bo‘lg‘il va yoshi ulug‘larga o‘g‘il bo‘lg‘il, o‘z tengdoshlaringga : birodar bo‘lg‘il va har kishiga o‘z gunohidan ziyoda uqubat qilmag‘il. Zinhor birovni o‘z g‘azabing birla toziyona urmag‘ilki, joying do‘zax bo‘lur».

Zohidlardan biri o‘z zamonidagi xalifa bilan muloqot qilib (so‘zlashib) qoldi. Xalifa aytdi: «Menga nasihat qilg‘il». Zohid aytdi: «Chinga, bir shaharga borib edim, ul yurtning podshohi qulog‘i kar ekan, bisyor yig‘laydur. Aytadurki: «Karlig‘imga yig‘lamasman, arzgo‘y va dodxohlarning arzini tinglay olmaganimga yig‘larman. Farmon qildiki, arzi bor, mazlum (zulm ko‘rgan) odamlar qizil egin kiysinlar. O’zi har kuni filsuvor bo‘lib (filiga minib), ko‘chama-ko‘cha yurib, qizil eginli odamni chorlab, faryodralik qilur edi (dod, faryodini tinglab, mushkulini oson qilur edi). Yo, amiral-mo‘‘miniyn, bu bir kofirning tariqi (tutgan yo‘li)durki, Haq taolo bandalariga rahm-shafqat qilmoq uchun muncha ishni lozim tutibdur. Bas, sen hazrati rasul alayhissalomning ahli baytlaridansan. Fikr qilg‘ilki, musulmonlarg‘a rahm va shafqat bundan ziyoda bo‘lishi vojibdur».

Abu Quloba bir kuni xalifa Umar ibn Abdul-Aziz bilan so‘zlashib qoldi. Xalifa aytdi: «Nasihat, maslahat bergil». Abu Quloba aytdi: «Odam alayhissalomdan to bu vaqtgacha sendan boshqa xalifa qolmabdur». Xalifa aytdi: «Tag‘i ziyoda qilg‘il». Abu Quloba aytdi: «Bu yer yuzida xalifa bo‘lsang ham bir kuni o‘larsan». Xalifa yana nasihat so‘radi. Zohid aytdi:

- Agar Xudoi taolo sening bilan bo‘lsa nimadan qo‘rqarsan? Agar sening bilan bo‘lmasa, kimning panohiga sig‘inursan?

Xalifa aytdi: «Degoning kifoyatdur».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 17:17:29
Sulaymon ibn Abdul Malik xalifa edi. Bir kuni andisha qildiki, bu olamning ne’matlaridan chindan bahramand bo‘ldim, qiyomat kuni holim ne kechgusidur? Ersa Abu Xozim Makkiy rahmatillohi alayhga ul zamonning olimu zohidlaridan edi, kishi yuborib aytdiki, «Iftor qilur taomdan menga jizya bersunlar». Abu Xozim ul odamga qurigan kepak nondan bir burda berib yubordi: «Mening iftorlik taomim ushbudir» dedi. Xalifa Sulaymon buni ko‘rib, bisyor yig‘ladi. Bu voqea ko‘ngliga ta’sir qilib, uch kun ro‘za tutdi va iftorda hech narsa yemadi. Uchinchi kecha boyagi qotgan kepak non birla iftorlik qildi.

Aytibdurlarki. ul kecha xalifa xotini birla suhbat qildi. O’g‘li bo‘lg‘usi xalifa Abdul Aziz vujudga keldi. Va ondin Umar ibn Abdul Aziz vujudga keldiki, yagonai jahon erdi. Xalifa Umar ibn Abdul Azizning adolati va fazlu kamollari ul halol taom birla ta’yin debdurlar.

Umar ibn Abdul Azizdan so‘radilarki: «Tavba qilmoqning sababi nedur?» Xalifa aytdi: «Bir kuni g‘ulomni (qulni qaysidir xatosi uchun) urdim». G’ulom aytdi: «Yod qilg‘il ul kechaniki, aning tongi qiyomat bo‘lg‘ay». Ersa, g‘ulomning bu so‘zlaridan tavbaga musharraf bo‘ldim».

Buzurglardan biri Xorun ar-Rashidni ko‘rdiki, yalangayog‘ini qizigan toshga bosib turibdur. Aytadurki: «Ey, bori Xudoyo, sen podshohsan va men ojiz bandangman. Mening ishim shulki, har qadamimni bir gunox yuzasiga qo‘yurman va sening ishing ulki. har zamon afu va mag‘firat qilursan. Bas, menga rahm qilg‘il».

Umar ibn Abdul Azizga bir kuni Abu Xozim aytdi, tuproq ustida yotg‘il va o‘lum xayolini boshingga takya (yastiq) qilg‘il. Va har nski. o‘lar vaqtda keraklidur, ani izlagim. Har ieki, o‘lar iaqtda ssnga ozurdalik (mashaqqat) keltirur, aiingdan yiroq bo‘lg‘ilki. o‘lim yaqindur».

Bas. podshoh va amirlarga lozimdurki, bu nasihatlarni qulog‘iga olib, bu hikoyatlarni xotirlarida saqlag‘aylar va ulamolarning pand-nasig‘atlarini g‘animat bilg‘aylar.

Va ulamolarga ham lozimduri, haq so‘zlarni podshohlarga bemalol aytgaylar va ularning ra’yiga borib, shariatga xilof ishlarga fatvo bermagaylarki, zolimning fisqu fasodlariga sherik bo‘lmag‘aylar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 17:21:21
To‘qqizinchi qoida ulki, podshoh va amirlar o‘zi zulm va fasod qilmagaylar. O’ziga tobe’ amaldor va chokarlariga (xizmatchilariga) zulm fasodini man’ qilg‘aylarki, bularning zulmlarini qiyomat kuni podshohva umarodan so‘roq qilurlar. Umar ibn Xattob r.a. bir kuni (faqihlar yetakchisi. imom) Abu Muso al-Ash’ariyg‘a noma bitdi. Nomaning mazmuni shu ediki. «Ammo ba’d. ne baxt (saodatli) inson uldirki. ra’iyatparnar bo‘lgay ummol va chokarlar (xizmatchilarniig) xalqqa jabr-zulmini man’ etgay, toki ularning ra’iyatga jabr-zulmi sababli sen oxiratda halok bo‘lg‘aysan». Kitobda kelibdurki, sultonning xizmatkorlari qilgan har bir zulm sultonning zulmi hisoblanur va buning hisobini berur. Bilg‘ilki, hech kishi mundan ziyonkor va bosiqliroq bo‘lmaski, o‘zining dini va oxiratini mol, dunyo uchun sotg‘an. Bas, hamma amaldor va chokarlar (xizmatchilar) dunyolik tama’ida xizmat qilurlar va oxiratda ularning qilgan zulm va fasodlarini podshohva amirlarning gardaniga qo‘yib, do‘zaxga yuborurlar. Va qaysi dushman bundan ulug‘roqki, o‘ziga anda dunyolikni ko‘zlab, seni halok qilishga uring‘ay. Bas, podshoh va umaroga lozimdurki, hamma ra’iyat ahvolida adolatga rioya qilg‘ay, amaldor va xizmatchilariga adolat qilishni buyurgaylar. Avvalo, o‘z badaniga adolat qilg‘ay (ya’ni, badanini do‘zax o‘tida kuyishiga yo‘l bermagay), akli va dilni shahvat va g‘azabining zulmidan asragay. Balki, shahvat va g‘azabini aqli va dilining askari qilg‘ayki, sof aql farishtalar javharidan va Haq taoloning lashkaridandur. Shahvat va g‘azab Iblisning lashkaridandur. Kimki Xudoi taoloning lashkarini bilsa, Iblis alayhi la’naning lashkariga asir bo‘lsa, xalqka qanday adolat qilg‘ay? Vaqtiki, adolat oftobi senda zuxur qilsa (balqib chiqsa), aning nuri avvalo axli baytingga (oilangg‘a) ta’sir qilur, so‘ng shu’oyi partavi (shu’lasi) raiyatni yoritay. Bas, oftob bo‘lmasa, shu’lasiga ko‘z tutmoq maholdir (mumkin emas). Kamoli aql uldurki, hamma ishlarning haqiqatini bilgaysan, haqni botildan farq qilg‘aysan. Mol-dunyodan maqsad ko‘p va lazzatli taomlarni yeyish-ichish emasdur. Ko‘p yeyish va ichish qayvonlarning ishidur. Yangi kiyimlar kiyib bezanish esa xotinlarga yarashur. Agar bir odam desaki, iqbolu davlatdan maqsad xalqqa qahr va g‘azab qilmoq va dushmandin o‘ch olmokdur, bu fikr xatodirki, o‘zgalarga ozor bermoqdarrandalar - vahshiy hayvonlarning sifatidur. Va aytsalarki davlat va iqboldan murod - xalqni senga xizmat qildirmokdur, bu gap axmoqlikdurki, o‘zlarini dono deb o‘ylovchi xizmatchi. mansabdorlar o‘z manfaatlari uchun xizmat qilurlar. Agar bir mansabdordan baxt-iqbol yuz o‘girib. boshqa bir mansabdorga kulib boqsa, avvalgining qo‘l ostidagi barcha xizmatchilar yangi boshliqqa yaxshi ko‘rinishga uriiib. sobiqboshlig‘ini unutarlar.

Bas, oqil boshliq uldurki, barcha ishlarini adodat va xaqiqat bilan, oqibatini o‘ylab qilur. Oqibatini o‘ylamaydigan mansabdorni oqil va odil deb bo‘lmas, sababi - bularning borur joyi do‘zaxdur. Shu sababli, barcha yaxshiliklarning manbai aql-insof, adolatdur.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 17:25:42
O’ninchi qoida ulki, boshliqlarning ko‘pchiligi mutakabbir bo‘lur. Vaqtiki, qahr-g‘azabi oshsa, xayrli ishlari ham zoe’ bo‘lur. Buning odatlari va ilojlarini «Muxlikot» ruknida bayon qilurman, inshoolloh. Agar boshliqda takabburlik g‘olib bo‘lsa. u hamma xolatlarda sal xato qilgan xizmatchilariga afv va karam qilmoqni, bag‘rikenglikni odat va pesha qilg‘ay. Agar afv va karam, bag‘rikenglik qilsa, o‘zini anbiyolar, sahobalar va avliyolarga o‘xshatganidur. Agar takabburlik, qaho va g‘azab qilsa, darranda va chahorpolar (xayvonlar) qatoriga kirganidur.

Hikoyatda kelibdurki, xalifa Abu Ja’far bir kishini o‘ldirmoqqa buyurdi, ul olam xalifa xaqida xiyonat qilib erdi. Muborak Fuzola rahmatillohi alayh hozir erdi aytdiki: «Yo amir al-mo‘miniyn. avval rasululloxning‘ so‘zlarini eshitgil, andin so‘ng o‘ltirgil». Xalifa so‘radi: «Nechuk so‘zlardur?» Muborak ibi Fuzola aytdi: «Hasan Basriy rahmatilloxi alayh rasululloxdan rivoyat qilibdur: Ul xazrat aytibdurki: qiyomat kuni xamma xalqni bir sahroda jam’ qilgandan keyin nido keldiki, «Xudoi taolo dargoxida kimning quvvati bo‘lsa o‘rnidan tursin!» Hech kim o‘rnidan qo‘zg‘alolmadi. Faqat bir kishi chiqdiki. dunyoda boshliq, rahbar eli unga xizmatchisi xiyonat va g‘iybat (zabondarozlik) qilgan edi. ul kishi uni afv qilgan edi, o‘sha odam o‘rnidan turdi» Bu so‘zlarni eshitib, Abu Ja’far haligi aybdorni o‘ltirmay, afv qildi.

Iso alayhissalom aytdilarki, agar bir odam sendan shikoyat qilsa. rost aytgan bo‘lsa. shukr qilgil, chunki u odam seni yomon fe’lingdan qaytaribdur. Va agar yolg‘on aytgan bo‘lsa. uiing xayrli ikplarini uchirib. seiipg nomai a’molingga yozurlar.

Rasul alayxissalom huzurida bir olamni tavsif qildilarki. «Bisyor quvvatli kishidur har kim birla kushitgirlik qilsa (kurashga tushsa) g‘olib kelur va hech kim anga teng kelolmas». Rasul alayhissalom aytdi: «Eng zo‘r mardonalik ulki, kishi o‘zining qahru g‘azabiga va nafsiga g‘olib kelgay, birovni yiqitgan birla kuchli va mardona bo‘lmas». Yana aytibdurlar: «Uch xislat kimda bo‘lsa. iymoni butun va komil insondur: G’azabi kelgan vaqtida yomonlik qilmasa, shodlik mahalida g‘amginligini unutmasa va (mehnatga) xakdor bo‘lganida o‘z haqqidai ziyodani olmasa».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 17:32:30
Hazrat Umar r.a. aytibdurlar: «Hech kishining xushxo‘rligi va badxo‘rligiga e’timod qilmagil to lo-g‘azab ko‘rmaguncha (g‘azabini tiygan vaqtida ko‘rmaguicha) va hech kishiga ishonmag‘il to ani tama’ vaqtida azmoyish (nazar) qilmaguncha». Hazrat imom Husayn masjidda erdilar, bir kishi kelib ul yutga dashnom berdi (g‘azab qildi). G’ulomlari anga adab bermoqchi bo‘ldilar. Hazrat imom Husayn aytdilarki: <<Ey g‘ulomlar, qo‘lingizni torting. Ul kishiga aytdilar: «Bu deganing mening po‘ishda (berkitib yurgan) ahvolimiing‘ mingidan biri emasdur. Rost aytursan hech hojating bormuki, ravo qilg‘aymai». Ersa, ul kishi xijolat bo‘lib. jim qoldi.

: Hazrat Ali karamallohu vajhaxudan qOltan jomasi (choponi) eginlarida edi, yechib berdilar va yana ming diram buyurdilar. Ul kishi aytdiki. «Guvohliq berurman, bu payg‘ambardan o‘zga kishining farzandi emasdur. Va yana rivoyat qilibdurlar. hazrat imom Husayn raziyilloxu anhudanki bir g‘ulomlarini ikki navbat chaqirdilar. G’ulom javob bermadi. Aytdilarki: «Eshitmadingizmi? G’ulom aytdi: «Eshitdim, lekin xushfe’lligingizga ishonib bari bir menga ozor bermassiz, deb indamadim. Hazrat imom Husayi Allohga shukru sano aytib dedilarki: «Xudovandlo, mening bandam g‘azabimdan emindur. Sen xam meni qahru g‘azabingdan emin qilg‘il. Yana bir g‘ulomlari bir qulning oyog‘iga urdi. Imom Husayn undan "œNima uchun bunday qilding? Deb so‘radi. G’ulom aytdiki. Sizning g‘azabingizni kechirmak uchun qasddan urdim».

Imom Husayn aytdi: «Ul kishining g‘azabini keltirayki, senga ishni o‘rgatibdur (ya’ni, Iblis alayhi-la’naning). Ul g‘ulomni ozod qildilar.

Hazrat rasululloh aytibdurlar: «Do‘zaxning bir eshigi bordur, bisyor uqubatnok, bu eshikdan ul toifadagi odamlar kirarki, shariatga xilof qahru g‘azab qilg‘aylar. Va rivoyatdurki, Iblis alayhila’na Muso alayhissalom huzuriga keldi va dedi: «Men sizga uch narsani o‘rgatay, toki siz mening hojatimni Xudoi taolodan talab qilg‘aysiz».
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2008, 17:39:29
Abdulloh ibn Mas’ud ayturki, «Hazrat rasululloh bir kuni moli g‘animat (jangda o‘ljaga tushgan mollarni) taqsim qildilar. Bir kishi aytdi: «Bu taqsimot insof bilan bo‘lmadi.» Abdulloh ibn Mas’ud bu kishining noroziligini rasulullohga yetkazdi. Rasul alayhissalom g‘azabnok bo‘lib, chehralari qizardi. Aytdilarki: «Haq taolo birodarim Muso alayhissalomga rahm qilsunki, bundan ilgari qavmlari anga chunon ranj, ozor yetkurdilar, ul sabr qildi», - dedilar.

Bas, podshoq va amirlarga pand-nasihatlardan muncha axbor (hadis) va hikoyatlar kifoyatdurki, agar iymonlari bo‘lsa, ta’sir qilur. Va agar (shuncha pand-nasihatlar) ta’sir qilmasa, ularda iymon yo‘kligining alomatidur. Bas, so‘zda mo‘‘min va ko‘ngilda iymondan judo, dunyoga mag‘rur mutasaddiylar har yili necha ming dirham haromdan olurlar va ani boshqalarga berurlar, o‘zlariga zomin bo‘lurpar va qiyomat kuni barcha ishlarining javobini talab qilurlar va oxiratda manfaatni o‘zgalar (ra’iyatparvar, kamtarin, adolatli mutasaddiylar) ko‘rurlar. Va bu mutakabbirlarning qilmishi nihoyati beaqllikdur. Vallohi a’lam.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Sentyabr 2008, 15:06:05
                                                   LUG’AT, IZOH VA ShARHLAR

Tahsil - ilm, ma’rifat hosil qilish.

Takmil ilmini kamolga yetkazish.

 Zuhdu inqito tariqi - Alisher Navoiy tilida ma’nosi: Dunyoning o‘tkinchi tashvishlarini, mol-dunyo, mansab, hashamatni tark etib, odamlardan uzoqlashib, hilvatda yashash.
Ismoiliya - islom dinidagi shia mazhablaridan biri, hazrat Ali avlodlaridan Ja’far Sodiqning o‘g‘li Muso al-Kozimni (799 yil vafot etgan), ba’zi guruhlar Ja’far Sodiqning boshqa o‘g‘li Ismoilni butun dunyo musulmonlarining yettinchi imomi deb, ont ichib. qo‘l berganlar. Imom Ismoil otasi Ja’far Sodiq hayotligida vafot etgach (762 yil), shialar Ismoilning o‘g‘li Muhammadni yettinchi imom (ya’ni, Muhammad ibn Ismoil) yashirin ravishda qaytib, yana o‘rnini oladi, al-Qoim bo‘ladi, degan g‘oyani ilgari suradilar. Ismoiliya tarafdorlari siyosiy va harbiy jihatdan kuchayib, botiniylar, fotimiylar, qaromita-qarmatiylar degan nomlar bilan Misr fotimiylar xalifaligi davlatini tuzdilar va Janubiy Iroq, Xuroson, Xuziston, Bahoayn, Yaman, Suriya va Mag‘ribda (Marokash va boshqa) kuchli ta’sir doirasiga ega bo‘ldilar. XP-XSh asrlarda Misrda axli sunna val-jamoa tarafdor bo‘lgan mamluklar (Najmiddin va Salohiddin Ayyub va avlodilari) davlati tuzilgach, ismokliya qavmlari Erondagi Olamo‘t (Alamavt) tog‘ida yashirin davlat tuzib (boshlig‘i imom Hasan Sabboh), halqaro terror bilan shug‘ullandklar.

Abu Homid Muhammad G’azzoliy bularga qarshi «Fazoyihi botiniya» asarini yozib, ularning qarashlarini keskin tanqid qilgan.

Moddiyunlar - ilohiylikni, ruhoniyat, ruhiy olam qudrati va ajoyibotlarini, ruhning abadiyligini, oxiratni, qiyomatni, do‘zah va jannatni inkor etib, faqat moddiy hayot bor, jonzotlar o‘lgandan so‘ng ruh yo‘qoladi deb, faqat moddani tan oluvchilar (lotincha materialistlar).

Ulum - turli ilmlar.

Furu’ - asl, butun, yahlitning ayrim juz’lari, qismlari.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Sentyabr 2008, 15:06:53
Al-Misoq (aniqrog‘i Yavm al-Misoq) - Tangri Odam ato va Momo Havoni yaratgach kelgusida, to qiyomatgacha tug‘ilib - yashaydigan odamlarning ruhlarini bir joyga yig‘ib, ularning halol, pok yashash haqida axdlarini va’dalarini Oltach, ularga jismoniy jon ato qilgan. (Nosiruddin Rabg‘uziy «Qisas-ul anbiyo»).

«Muztazhiriyya» - Abu Homid Muhammad G’azzoliyning «Fazoyihi botiniya» («Botiniylarning rasvoliklari») asari xalifa al-Muztazhir taklifi, iltimosi bilan yozilgani uchun shunday nom bilan ham ataladi.

Abu Homid Muhammad G’azzoliyning «Ihya’ al-ulum ad-din» («Diniy ilmlarni jonlashtirish») asarida «Kimyoi saodat» kitobida muhokama qilingan diniy, ahloqiy, falsafiy, tarixiy, fiqhiy masalalar, muammolar yanada mufassal va teranroq yoritib berilgan. Aslida «Kimyoi saodat» ana shu «Ihya’»ning muhtasar shaklidir.

Vohid - yakka-yagona.

Qahhor - yomonlarga qahrli.

Rahim - mehribon, rahmdil.

Sattor - kichik ayblar va gunohlarni yopuvchi va katta gunohlardan to‘suvchi.

Zul-jalol val-ikrom - buyuklik, ulug‘liq, izzat-ikrom egasi.

Xon - dasturxon.

Bahshish - hadya.

Komronlar - yaxshi maqsadga, murodiga yetganlar.

Sahob - bulut, suv beruvchi.

Nayson - bahor yomg‘iri.

Kufri islom - dinsizlar yoki mushrik - «ko‘p xudolilar».

Od qavmi - Qur’oni karimda aytilgan, kibru-havoga berilgan, o‘zini ulug‘lovchi xalq.

Bi-n-nabiyi olihil-imjod - nabiy va oilasi hurmati uchun ijodiy ilhom so‘rash.

Salavat va tahiyyoti benihoyat ... - payg‘ambarga, oilasiga, sahobalar hurmatiga o‘qiladigan duo.

Rusul - rasullar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Sentyabr 2008, 15:07:48
«Kuntu nabiyan...» - payg‘ambar bo‘lding, degan ilohiy hitob.

Qurbi ilohiy - Haqqa yaqinlik.

Bahri fasohat - shirin so‘zli, go‘zal so‘zlar dengizi.

«Jilvagaridur bu to‘qqiz osmon...» va keyingi so‘zlar - Muhammad payg‘ambarning me’roj kechasi barcha osmonlardan o‘tib, birinchi osmon - Arshi A’loga ko‘tarilgani haqida.

Fuzalo - fozillar, fazilatli insonlar.

Zurafo - zarif, nozik ma’nolarni aytuvchilar.

Imoshunoslar - nozik ma’nolarni ochiq aytmay, go‘zal imo-ishoralar bilan bildiruvchilar.

Zehni mustaqim - Xotirasi ravshan va mustahkam.

Fuzalolar sulukida bulfuzullik ila ma’yub - so‘z o‘yini: fazilatli insonlar orasida tentakligi bilan aybdor.

Xitobi mustatob - ravshan va haqiqiy murojaat.

Amali solih xusulin jam’ qilmoq - yaxshi, hayrli, savob ishlarning hosilini yig‘moq.

Jamoli barkamol - eng mukammal go‘zallik - Xudoning jamoli.

Haqoyiq - haqiqatlar.

Daqoyiq - daqiq, nozik, nafis, chuqur ma’noli so‘zlar.

Bodiya - cho‘l.

Zoviya - jarlik.

Rohi rost - haq yo‘l.

Zillat, zalolat - xatolar, yanglishuvlar.

Talab dashti - azizlarning tariqati - hayot yo‘lida ma’rifat va haqiqatga yetishning mashaqqatli yo‘li.

Ta’b zulmati - ichqoralik, dilhirali

Mag‘firat - G’afur (kechiruvchi, Alloh) tomonidan gunoh - kechiril ishi.

Da’voi botil - yolg‘on da’vo.

Zalolat zillati - xato, yanglishuvlar og‘irligi.

Lama’ot anvari - ma’rifat yog‘dusining nurlari.

Sahih - chin, haqiqiy.

Maloika - malaklar, farishtalar.

Rikobi saodat irtikob - saodatli inson - payg‘ambarning otini yetaklab, jilovdor - xizmatkor bo‘lmoq.

Risolat - rasullik, elchilik.

Fasohat - shirin so‘zlik.

Balog‘at - yetuklik.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Sentyabr 2008, 15:09:21
«Oftobi dinu davlat va mahtobi falaki saodat, mujtahidi furu’i asl, mumayyizi vaslu fasl, maqbuli layaza - din va davlat oftobi, saodat osmonining oyi, shariat ahkomlari - ilmlarini aslini va turli sohalarini juda yaxshi biluvchi, Haq taologa maqbul inson (Muhammad G’azzoliyning sifatlari - M.M.).
Mumayyiz - mav’iza, nasihat beruvchi.

Musannif - tasnif etuvchi, yozg‘uvchi.

 Yadi bayza - oq qo‘l. Ibrohim payg‘ambarning mo‘‘jizasi.

 Namudi bebud - xunuk ko‘rinish.

Oftobi olamshu’oy - butun olamga nur sochuvchi oftob. «Al-ma’mur-ma’zur» - bir ishga buyurilgan odamning gunohi uzurlidir.

Ruhi purfutuq - fatxlar - ixtiro, kashfiyotlarga boy ruh.

«Va huva hasbi va ni’mal-vakil va ni’mal mavla va ni’ma-n-nasir» - Va U (Alloh) fazilat,
izzat-xurmatlar egasi, ne’matlarning vakili va xojasidir.

Maof tutmoq - avf etmoq.   -

Bodakim, no‘sh etmoq- ma’rifat mayidan ichmoq, ilmi hikmat o‘qimoq,

Qudurat - g‘ashlik, xiralik.   :

Kimyogarlik olati - bu yerda misni oltinga aylantiruvchi laboratoriya ma’nosida.

Arjumand - sevimli, izzat-xurmatli.

Zebu far - go‘zallik va baxt-iqbol, baland tole’.

Mufassir - asarni tafsir etuvchi, sharxlovchi.

Muassir - ta’sir o‘tkazuvchi.   ..

G’aniy - boy, badavlat.

Andalib - bulbul.

Ma’oniy javohirlari - ma’nolarning gavharlari.

Resh etmoq - teshmoq.

Ishq o‘tidin sharar - ilohiy ishq uchqunlari.

Olami ma’nidan bohabar - zohiriy yuzaki olam emas, ruhlar, ma’nolar olamidan xabardor bo‘lmoq.

Barru baho - yeru-suv, dungiz va quruqlik.   

Ravoh - rohning jam’i - yo‘llar.

Miskinnavoz - bechora, miskin, g‘ariblarni qo‘llovchi.

Xudotars - Xudodan qo‘rqo‘vchi.

Ma’nigudoz - chuqur ma’nolarni aytuvchi.

Debocha - asarning kirish qismi, (avvalgi muqaddima tarjimon Muhammad Isoning so‘zlari edi. Endi Abu Homid Muhammad G’azzoliy so‘zlari boshlandi - M.M.). , Makin, muknat - qudratli va quvvatli bo‘lmoq.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Sentyabr 2008, 15:11:15
Izzu-joh - obro‘, mansab.

Falak davri - charxifalak, ya’ni osmonlar, yulduzlarning aylanishi.

Jalolu kibriyo - ulug‘lik, baland martaba.   

Muridlar suluki - aziz avliyolarga murid - shogird bo‘lish uchun juda ko‘p riyozat, mashshaqat etish talab qilinadi.

Mushabbaha - shubha qiluvchi.   .

Muattala - botil, sohta aqidaga ishonuvchilar.

Chun va chiguna? - qanday, nima uchun?

Chunu chandiyat - qanday qilib, nima uchun shunday, degan savollar moddiy va o‘tkinchi narsalar haqida aytiladi. Abadiy mavjud Haqtaolo haqida bunday savollar berish ahmoqlik va kufr hisoblanadi.

Kavn, koinot - Yer, Quyo, yulduzlar, olamlar. Vojibul-vujud - abadiy mavjud Haq taolo.

Muqtado - boshlovchi.

Ma’mur - boshqaruvchi.

Tiyra - xira, qorong‘u.

Aloyish, loyish - bulg‘anish, ifloslanish.

Asfalasofilin - tubanlik, rasvolik, do‘zahga ketish.

A’loi illiyin - Haq dargohiga yaqinlik.

Chahorpoy va bahoyim - to‘rt oyoqli va boshqa hayvonlar.

Maliki subhon - Poklik egasi, Haq taolo.

Mujohada - g‘ayrat, shijoat.

Riyozat - mashaqqat chekish.

Ihsosiyat - xissiyotlar.

An’voi - nav’lari turli-tuman.

Avsofi hamida - maqtovli sifatlar.

Sifoti zamima - yomon, aybli sifatlar.

Bekiyna - musaffo.

Buhil - bahillik.

Maloika - farishtalar.

O’moli zohiriy - tashqi, moddiy xatti-harakatlar.

Zohiriyat - yuzada ko‘ringan sifatlar, xususiyatlar.

Muxlikot - insonni oxaratda do‘zahga eltib, xalok etuvchi, aybli, illat-li, gunoh ishlar, aldov, dag‘allik, jabr-zulm, munofiklik, ochko‘zlik va h. k.

Munjiyyot - insonni oxiratda jannatga eltuvchi, hayrli ishlar - meho-muruvvat, rahm-shafqat, sofdillik, bag‘ri kenglik, vafo, sadoqat, sahovat, kamtarinlik va h. k.

Batahqiq - haqiqatda.

Yovuq - yaqin.

G’alat - xato.

Izzo, izo - birovga g‘azab qilish.

G’arib - g‘alati, g‘aroyib yoki za’if.

Jamoli bezavol - abadiy go‘zallik.

Avsof - sifatlar.

Saodat tuhmi - yaxshilik urug‘lari.

 G’izo - yemish.

 Xoslar - Haqqa yetishganlar va yaqinlikka intilib pokiza yashovchilar.

Behishti jovidon - abadiy jannat. Olami shahodat - ko‘zga ko‘ringan olam. Azza va jalla - eng aziz va buyuk.

Dargohi Ahadiyat - yakka, yagona Alloh dargohi. Foniy - yo‘qoluvchi, o‘tkinchi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Sentyabr 2008, 15:12:53
Hoja olam - Haq taolo.

Ofarida - yaratmoq, paydo qilmoq.

Araz - o‘zgaruvchi sifat.

Javhar - (substantsiya) har xil mavjudot va hodisaning asli.

Masnu’ot - yasalgan, paydo qilingan moddiy narsalar. Idrokot - anglanuvchi narsalar.

Qattiq va tundho‘y - qo‘pol, dilozor, takkabur. Havos - xislar, tuyg‘ular.

Markab - ulov, ot, arava.

Roh - yo‘l.

Rohzan - yo‘lto‘sar.

Tog‘iy va yog‘iy - tangriga to‘g‘yon qiluvchi, osiy, dushman.

Salohga keltirish - tuzatish.

Badkor - xulqi buzuq. Xarislik - ochko‘zlik. Sharm - uyatchanlik. Kor farmo - ish buyuruvchi.

Daler - yomon ishlarga dadillik. Mahjub - hijobli, yopingan. Ma’siyat - gunoh ishlar. Ilmi hikmat - falsafa.

Olami sifliy - tuban, pastkashlar olami. Mujrim - gunohkor. Shayotin - shaytonlar.

Havosi panjgona - besh sezgi.

Olami malakut - farishtalar olami.

Olami g‘ayb - g‘oyibot, sirlar olami.

Dil ravzanasi - dil darchasi (osmonga ochilgan).

Valoyat - valiylik.

Musahhar - sehrlangan, bo‘ysungan.

Muakkal - ruhiy vakil, asrovchi ruh.

«Ma’oniy asmoulloh» - Abu Homid Muhammad G’azzoliyning kitobi - «Alloh ismlarining ma’nolari».
Ilmi zoqir (yoki ilmi qol) - o‘rta asrlarda ilohiyot, ruhshunoslik fanlari (kalom, hadis, tafsir), ilmi hol deb, tabiiyot, moddiy jismlarga doir (astronomiya. botanika, zoologiya, geometriya, fizika), tib ilmlari quyi darajadagi zohiriy ilmlar hieoblangan.

Ilmi botin - zohiriy ilmlardan baland hisoblangan qikmat, ruhshunoslik, kalom, xadis, tafsir, tasavvuf ilmlari. Yana, valiylik nubuvvatga doir ilmlar.

Ahli qabohat - xarom, gunox ishlar bilan boylik, mol-mulk ortiruvchilar.

Sitoyish - maqtov.

Xilofi shar’iy - nopok ishlar, shariatda qoralangan ishlar.

«Ajoyibul qulub» - «Qalblarning ajoyibotlari» - Imom G’azzoliy asari.

Tabaqai muxtalif - turlicha tabaqalar.

Botil - behuda, puch.

Beajz - ojizligi yo‘q.

Befano - yo‘qolmaydigan.

Bekudurat - pokiza, sof.

Talbiya - Haq taolo amr - farmoniga labbay deb turish.

Tanzih - Poklik.

 Takdis - Muqaddaslik.

Munazzah- musaffo.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Sentyabr 2008, 15:13:47
Af’oli ma’rifat - go‘zal xulq, yaxshi fe’llar.

Ruhi hayvoniy - hayvonot va insonlaruchun umumiy bo‘lgan yemoq, ichmoq. shaxvat - jinsiy quvvat badnafslik, ochko‘zlik, tajavuzkorlik ruhi.

Anosir arba’a - to‘rt unsur: suv, havo, tuproq, olov. Mijozda: issiqlik, sovuqlik, xo‘llik, quruqlik.

Olami arvoh - ruhlar, farishtalar olami.

Tabiiyunlar - ilohiy, ruhiy olamni tushunmay, inkor etib, faqat moddiy jismlarning tabiatini o‘rganuvchilar.

Kamand - qush va hayvonlarni ovlash uchun ishlatiluvchi arqon. Qudsiy hadis - payg‘ambar tomonidan aytilgan Allohning so‘zlari.

Gunohi kabira - katta, og‘ir gunohlar: aldov, badnafslik, zinokorlik, baxllik, jabr, zulm, kibru-havo, dilozorlik, poraho‘rlik, riyo-munofiqlik, o‘g‘rilik, tajovuzkorlik, tuxmat, hasadgo‘ylik, chaqimchilik, xaromxo‘rlik va h. k.

Gunohi sag‘ira - kichik, yengilroq gunohlar: dangasalik, yalqovlik, beg‘amlik, dag‘allik, hasislik, sabr-toqat kamligi, do‘stlarga, qarindoshlarga beparvolik va h. k.

Zodi roh- oxirat yo‘lining ozig‘i, ya’ni, savob, hayrli, olijanob ishlar, go‘zal xulqlar. Fasod-aynish, ruhan chirish yemirilish, odatda ba’zi amirlar, xokimlar va boshqalar, yana ba’zi boy badavlat odamlarga xos illatlar.

G’aflat - yaxshi, savob ishlardan xabarsizlik g‘aflat ahli og‘ir gunohlarga botadi.

Dil g‘izosi (taomi) - go‘zal xulqlar, savobli ishlar, ilm-ma’rifat.

Xorut va Morut - Qur’onda tilga olingan ikki farishta. Bular go‘zal Zuhrani zinokorlikka majbur qilmoqchi bo‘lganlar. Zuxra Xudoga iltijo qilganida, u osmonga parvoz qilib, yulduzga aylangan. Xorut va Morut og‘ir gunohlari uchun Bobildagi chuqur choqga oyog‘i osmondan qilib osib qo‘yilgan.
Malakul-mavt - Azroil, o‘lim farishtasi.

Ruhi insoniy - modda, shakl, hajm, rang yoki vaznga muhtoj bo‘lmagan, abadiy yashaydigan, sira o‘lmaydigan ruh. Vujud, badan o‘lganida insoniy ruh qafasdan qutilib. ozodlikka chiqadi.
Vahiy - payg‘ambarlarga Alloh tomonidan yetkaziladigan amr-farmon, Qonun-Qoida, pand-nasihatlar.

Bovar qilmoq - ishonmoq.

O’zligini tanimoq- insonlar aslida o‘zini farishtalarga yaqin, Allohga sevimli, barchaga yaxshilik tilaydigan, hech kimga yomonlik tilamaydigan, gunoh ishlar qilmaydigan sofdil xilqat ekanligini, ya’ni asl o‘zligini bilmaydi. Komil insonlar bundan mustasno. Baxllik, zinokorlik, munofiklik, aldov, qotillik, o‘g‘rilik kabi gunoh ishlar aslida devlar va shaytonlarning odatidir. Ba’zilaro‘zining insonligini unutib, devlar va shaytonlar kabi yovuzlik qiladilar.

Fuqaho - faqihlar, musulmon xuquqshunoslari. Mutakallim - kalom ilmi sohibi. Ahli basirat - qalb ko‘zi ochiq insonlar.

Ahli taqlid - tushunmasdan yomonlarga taqlid qilib yashovchilar.

Xashr - mahshargoh.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Sentyabr 2008, 15:15:08
Ba’as - qiyomatda tirilmoq.

Maod - ruhning o‘z joyiga qaytishi.

O’lmak birla botil bo‘lmas - inson vujudi o‘lgach, ruhi erkin parvoz qiladi va fazilatlarini yo‘qotmaydi.
«Bu dunyo - mo‘minlarning do‘zahi va kofirlarning jannatidur» - hadisning ma’nosi: bu dunyoda birovlarni aldab, jabr-zulm qilib, qiynab, mol-mulk, boylik topuvchilar, ya’ni do‘zahiy odamlar jannatda yashaganday rohatlanadilar, lekin abadiy hayot, oxiratda do‘zah azoblarini tortadilar.

Ruhiy (ruhoniy) do‘zax,- jismoniy azob ham og‘ir, lekin ruhazobi jonni o‘rtaydi, ya’ni, undan omonlik yo‘q.

«Qiyomat kuni suvrat ma’noga tobe’ bo‘lg‘usidur» - ya’ni, qiyomatda har qanday ayyor, makkor odam o‘zining yomonligini, do‘zahiyligini yashirolmas.

Ahli ma’rifat va ahli toat - ma’noga ko‘ra, ma’rifat hosil qilish taot-ibodat qilish bilan barobardir. X,am ma’rifat, ham ibodat bo‘lsa - nur ustiga a’lo nurdir.

«Rux insonning haqiqatidur» - ya’ni, odam tilida ming chandon ajoyib so‘zlar aytib, xalqni aldasa ham. ruh yomonligi, majruxligini, Alloxdan va sofdil odamlardan yashirolmaydi.

Ma’qulot - aqliy bilim, tushunchalar. Asl aql - ayyorlik va yovuzlikda emas, balki Xaq taologa xush keladigan savob ishlarda ko‘rinadi.

«Bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar...» - shunchalik dono insonlar Alloh, oxiratni haq deb bilsalar-da, ba’zi aklan va ruhan ko‘r odamlar o‘zlarini shu payg‘ambarlardan aqlliroq deb o‘ylaydi.
Mulhid, lahad, holidun so‘zlari arabchada yaxshilar jannatda, yomonlar do‘zaxda abadiy qolishlarini anglatadi. Bu yerda mulhid - do‘zaxda abadiy qoluvchi ma’nosida.

«Ajziga rasuling o‘lsa iqror ...» - ya’ni, Haq taoloning cheksiz ulug‘ligini xatto payg‘ambarlarham madhetishga ojizligini tan Olganlar.

«Lutfing qo‘li tutmasa qo‘limni, shayton la’in ozdirur yo‘limni» -   ya’ni, shayton yo‘ldan ozdirgan zolim, yovuz, poraxo‘r, raxmsiz,takabbur odamlar Xudoning lutfu marhamatidan ayrilgandir.
«O’zlik yukidin xalos aylab» - bu yerda o‘zlik nafsoniyat, shaxsiyatparastlik, o‘zim bo‘lay deb yashovchi xudbinlik ma’nosida kelgan.

Masqal - sayqallovchi asbob. Bu yerda ruhni sayqallash. poklash haqida.

Xarimi ma’man - iymonning muqaddas saroyi.

«Mayi jigarxun» - jigar qoniday mayni nush etmoq -jigar bag‘ri ezilgan, mashaqqat chekkan odamlarning yuksak maqomini anglatadi.

Savti bulbul - sayroqi qush honishi, nola-fig‘oni.

Ahdi nikoh - oila qurish uchun nikoh «arqoni» bilan bog‘lanish, shartnoma.

Mutasaddiylar - turli darajadagi rahbarlar.

Til ofati - odamning boshiga yomon so‘zlari va shunga muvofiq yomon ishlaridan do‘zahga yetaklovchi ofat yog‘iladi.

Xavf va rajo (umid) - har bir inson gunoh, yomon ishlari uchun do‘zahga tushishdan havfsirab, yaxshi ishlari uchun Xudoning marhamatiga umid qilib yashashi-go‘zal xislatdir.

Ahli sunna val jamoa - musulmon dinida sahobalar va tobe’inlardan iborat hurmatli ulamolar e’tirof etgan to‘rt mazxab (molikiya, xanbaliya, shofeiya, xanafiya)dan iborat shariat ahkomlariga amal qiluvchi mo‘min musulmonlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Sentyabr 2008, 15:16:18
Kalom ilmi - falsafaning eng muhim masalalarida (tavhid- Allohning birligi, sherigi yo‘qligi), tanzih —pokligi, muqaddasligi, Qodirligi, Olim va Fozil, Jabbor, Sattor, G’affor va G’afur. Aziz va Jalil (jaloliyat - buyuklik egasi), Rahmon va Rahim ekanligini, borliq olamni va ma’rifat, dialektik (mujodala) baxs, munozara yo‘li bilan ravshan bilish mumkinligini talqin etuvchi ilmiy-falsafiy oqimi. Kalom ilmining mu’tazila oqimi Xorun ar-Rashid, al-Ma’mun, al-Mu’tasim, al-Vosiq davrlarida keng shuhrat qozongan (800-847). Xalifa al-Mutavakkil (847-861) davrida mu’tazila oqimi ta’qibga uchradi (Qur’onning mazmuni yoki abadiy, azaliyligi, degan masalada).

Abul Hasan al-Ash’ariy va Abu Mansur al-Moturudiy kachom ilmi shariatga muvofiqekanligini ilmiy dalillar bilan isbotladilar. Al-ash’ariya bilan mu’tazila o‘rtasida baxs-munozara borsa ham, aslida har ikkisi falsafa ilmiga yaqin edi. Forobiy, Ibn Sino, Abdul Karim Shahristoniy, Fahriddin Roziy, Umar Xayyom, G’azzoliy, Nasriddin Tusiy - sharh arastuchilari davrida kalom ilmi sof falsafaga yanada yaqinlashdi. Bunga ayniqsa inson va olam, jamiyat va ahloq, ma’rifat va ma’naviyat sohalarini chuqur tadqiq etgan Abu Homid Zayniddin G’azzoliyning asarlari juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Kalom ilmi al-Bayzaviy (vaf. 1286), Mas’ud Taftazoniy (vaf. 1390), Sayyid Sharif Jurjoniy (vaf. 1413), Jaloliddin Davvoniy (vaf. 1501) va boshqalar tomonidan yanada rivojlantirildi.

Vojibul vujud - azaliy va abdiy mavjudligi vojib, zaruriy, birligi. yakkaligi barcha olamlarga egaligi, barcha mavjudotlarga yaxshilik tilashi, yomonlik qiluvchilarni jazolashi, yaratguvchi, Sone’ (sanatkor), Mudabbir (barcha mushkulotlarga tadbir topuvchi) ekanligi.

Muhyi - hayot beruvchi.

Mumiyt - jonni oluvchi. o‘ldiruvchi.

Hayy - abadiy tirik.

Lo yamut - hech qachon o‘lmaydigan.

Yaqzon - mangu uygoqzot ekanligi barhaq, mangu mavjudligi uchun sababchi bo‘lgan zotdir. (Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri»).

«Holiq maxluqning sifatida emasdir» - ya’ni, Haq taolo o‘zi yaratgan jonli va jonsiz, aqlli va aqlsiz mavjudotlar kabi: kamayish, o‘zgarish, rangi, shakli, hajmi o‘zgarish, yemirilish, ifloslanish yoki yo‘qolish kabi xususiyatlardan holi, pokdir.

Munazzax - musaffo.

Tag‘yir va tabdil - o‘tkinchi mavjudotlarga xos bo‘lgan o‘zgarish, o‘rin almashuv xususiyatlari.

Ilmning farzligi - islomiy shariatda musulmonlar uchun ilm olish taot-ibodat kabi farzdir.

Amr va nahiy - tangri buyurgan yaxshi fe’llar va qilma deb, man’ etgan yomon ishlar.   

Ma’siyat - yomon fe’llar, gunohlar.

Shaqovat - jabr-zulm, poraxo‘rlik, sudxo‘rlik (pul qarz berib, foyda olish), o‘g‘rilik kabi gunoh ishlar.
Mubosharat - eru xotin qo‘shiluvi. Mazluma - ko‘chma ma’noda: muloyim, yuvosh. jabrdiyda ayol.
Parhiz (parhez) - ziyon keltiruvchi taomlardan, kufrga. do‘zahga eltuvchi yomon fe’llardan saqlanish.
Muttaqiylar - Haq yo‘lda, sof vijdon, pok iymon bilan doimo halol yashovchilar.

Mujtahidlar - ilm, ma’rifatda kuchli, shijoatli olimlar.

Zikr - Haq taoloning go‘zal va ulug‘vor sifatlarini yod etish shariatda ham, tariqatda ham yaxshi ibodat, fazilat hisoblanadi.

«Yaxshi amallar tahoratda ehtiyotdan muhimroqdir» - tahorat mukammaligini ko‘p o‘ylashdan ko‘ra yaxshi savob ishlarni qilish muhimdir.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Sentyabr 2008, 15:18:54
Ruhsat, muboh - ilojsizlikdan bajarish mumkin, lekin maqtovli. mustahab bo‘lmagan ba’zi ishlar. Masalan, ko‘p o‘qishga qiziqib, tahoratni chala qoldirish, ochlikda ba’zi narsalarni yeyish, suv yo‘qligida tayammum - qo‘lni qum, tuproq bilan artish kabi.

Makruh - nojoiz, nopok ishlar.

Riyo - tilda boshqa. dilda boshqa o‘ylash, munofiqlik, yomon ishlarni yashirib, o‘zini yaxshi ko‘rsatish, vatan, millat, xalq uchun deb turib, faqat o‘z ma’nfatini o‘ylash.

Tahorat ehtiyotlari - namoz tahoratsiz, pokiza yuvinmay turib, o‘qilmaydi. Bu yerda ehtiyotlar deganda tahoratni eng kichik shartlarigacha bajarish tushuniladi. Lekin, sahobalar iymoni pok bo‘lgani holda ba’zi ehtiyotlarga rioya qilmaganlar. Chunki, musulmonning halol tirikchilik uchun qilayotgan mehnati, yaxshi, savob amallari ehtiyotdan muhimroqdir.

Junubat - eru xotin aloqasi sababli g‘usl - cho‘milish namoz shartlaridan biridir.

Qiyomatda hisob berishda farishtalar bandaning qilgan ishlari (amal) yozilgan daftarni o‘ng tomondan uzatsa - jannatiylik alomati, chap tarafdan uzatsa - do‘zahiylik alomati hisoblanadi.
Badan tahoratidin dil tahorati - tozalanishi muhimroq, boisi - dilga Haq taolo nazari tushadi.
Tayammum - suv yo‘q joylarda tuproq bilan taqorat qilish ilojsizlikda mumkin hisoblanadi.

«Namoz behishtning kalididir» - ko‘ngli toza, birovga yomonlik qilmaydigan odamlarning namozi jannatga yo‘l ochadi.

«Sami’allahu li man hamida» - «Xudoga hamdu sano aytganlarni xudoyim eshitadi va undan rozi bo‘ladi (agar gunohi ko‘p bo‘lmasa).

Hasan Basriy - sahobalarning tarbiyasini Oltan aziz avliyolardan biri, uning va’zini ming-ming musulmonlar eshitgan. (F. Attor «Tazkiratul-avliyo»).

«Ro‘yi dil» - qalban yuzni Ka’baga qaratish.

Xushu’ - namoz o‘qiyotganidan quvonish.

Gunohning kafforati - bilmasdan xato qilgan odam buning jarimasiga yaxshi, savob ishni bajarishi.
Nafl namozi - farz va sunnatga qo‘shimcha istalgan vaqtda o‘qiladigan ixtiyoriy namoz - ibodat.
Iqtido qilmoq - muqtado imomga ergashib ibodat qilmoq.

Tasbih - «Subhonalloh» (Alloh pokdir).

Tamjid - «Innaka hamidu-m-majid» (Albatta, u (Alloh) bukjdir) demoq.

Zakot - har bir musulmon shaxsiy boyligi - yer-suvi, dala, bog‘i. chorvasi va hakazo daromadlaridan qirkdan bir qismini bir yilda bir marta umum qavmdoshlari uchun hayr ehson, saxovat tarzida berib turish farz hisoblanadi.

Fitr zakoti - besh xil zakotning biri, odatda muqaddas ramazon oyida va hayit (iyd) kunlari ilm ahliga va muxtojlarga hayr-ehson, sadaqa tarzida beriladi.

Soyil - so‘rovchi, tilanchi, gado, darvesh.

Daqiq. ko‘pligi laqoyiq - nozik ma’nolar.

G’aniy - boy. badavlat odam.

«Ehson qiluvchi darvesh ...» - boyning sadaqasini olishga rozi bo‘lgani uchun darvesh boyga jannat yo‘lini ochgan hisoblanadi. Shu bois darveshlar boylardan hurmatlirokdir.

«Xabarda kelibdurki ...» - forsiygo‘y xalqlar payg‘ambar hadisi - so‘zlarini axbor, xabar deydilar.

Po‘shida - yashirin, yopiq.

Riyo - munofiqlik, yomonlikni yaxshi ko‘rsatmoqqa urunish.

Ahli bayt - rasullohning oila a’zolari.

Ro‘zaning sunnatlari - farzdan so‘ng keladigan odat, ishlar.

E’tikof - Xudo yo‘liga mashaqqat tortib, uyi, oilasini vaqtincha tark etib, masjid, qabriston yoki boshqa joyda bir necha kun yashab turish.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Sentyabr 2008, 15:19:56
«Tashnalik va ochlikdan o‘zga nasiba bo‘lmas» - birovlarga yomonlik qiluvchilarning ro‘zasi qabul bo‘lmaydi ma’nosida aytilgan.

Qazo va kafforat - namoz vaqtida o‘qilmasa yo zakot, sadaqa vaqtida berilmasa yo ro‘za biror kun tutilmay qolsa (ya’ni qazo qilinsa) evaziga, uzri uchun qilish zarur, vojib bo‘lgan savob ishlar: bir qulni ozod qilish, kambag‘al, muhtojning qarzini to‘lab yuborish va yo bechora, miskinlarga taom berish, o‘z aybini yuvish.

Imsok - namoz yoki ro‘zani qazo qilgani, bajarmay qolgani uchun kafforati, ya’ni aybni yuvish uchun savob ishlar qilib, yomonlikdan saqlanish.

«Bir kun ro‘za tutib, bir kun yemak» - rasululloh boshqa sahobalarga ibrat bo‘lsin deb, ba’zi kunlari ro‘za tutmay. qazosiga miskinlarga iftorlik qilib berar ekanlar.

«Kishikim, bir haj qilsa, anga behishtdan o‘zga jazo yo‘qtur» - bu yerda sahobalar kabi sofdil, kamtarin. sahovatli, iymoni kuchli odamlarning haj ziyorati haqida so‘z boradi. 600 ming ziyoratchidan faqat 6 kishining haji qabul qilingani voqeasini eslang.

Hojiyi haramayni - Makkai mukarrama va Madinai munavvara hojilari. Hazrati musannif, ya’ni Muhammad Abu Homid G’azzoliy. Tavfiq - yomon ishlardan o‘zini tiyish insofli, sof vijdonli bo‘lish.
Ahmad r.a. - imom Ahmad Hanbal «Munofiq Kur’onxon» - Qur’on o‘qib Haq taoloniig amr-farmonlariga, muqaddas so‘zlariga amal qilmay. yomon fe’l, ishlarini davom ettiruvchilar.

«Tavrotda» kelibdurkim - ming yil avval, imom Muhammad G’azzoliy davrida yoki undan ham avval imom Doroniy Samarqandiy (olti «Sahih» kitoblaridan birini muallifi) davrida "œTavrot»da shu so‘zlar bo‘lgandir.

Taammul - bemalal, shoshmay, o‘ylab o‘qish. ish qilish.

Tashahhud - shahodat kalimasi: «Ashhadu anna lo iloha illalloxu va ashhadu anna Muhammadun abduhu va rasulih(u) - ya’ni. Alloxdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad uning bandasi - quli va rasuli deb, shohidlik beraman» - namoz ibodatda o‘kiladigan so‘zlar.

«Qur’onni alhol qo‘shiq qilmag‘ay». Oradan o‘tgan ming yillar davomida ba’zi mashhur san’atkorlar chin ixlos bilan ayrim oyatlarni kuylashi uzrli bo‘lib qoldi. Ammo xonandalar pul topish maqsadida oyatlarni kuylashi qoralanadi.

Tag‘oful - beparvolik, g‘ofillik.

Zikr - har kuni, har holatda Xudoni eslash, undan madad so‘rash va madhu sano aytish. Mavlaviya tariqatida diniy musiqa, ashula, raqs.

«Najotliqni zikrga vobasta qilibdur» - inson qilgan gunoxdariga tavba qilib najot so‘rashi ham doimo zikrga, Xudoni ko‘p eslashga bog‘liq.

Bu sahifada zikr - Xudoni ko‘p eslashning qaysi tilda bo‘lishi ahamiyatsiz, eng muhimi qalban ixlos, mehr-muhabbatni bildirishi haqida so‘z boradi.

Tavhid - Xudoning birligi, yakkaligi barchadan qudratli ekanligini anglash.

Foniy - o‘zini unutish. «menlik»dan voz kechib o‘zini yo‘q deb bilish, aziz avliyolar erisha oladigan ulug‘ martaba.

Bu sahifada eng ulug‘ duolardan biri - iymon kalimasi keltirilgan. Bu kalimani doimo eslab, takrorlab, bu haqda o‘ylash insonga juda ko‘p savob. yaxshiliklar keltirishi aytilgan.

Istig‘for - bilib-bilmay qilingan gunohlar uchun Allohdan mag‘firat tilash, kechirim so‘rash.

Ka’bul-Axbor - sahobalardan keyinroq yashagan atoqli islom ulamolaridan, mashhur muhaddis va tarixchi Imom Muhammad G’azzoliy, Abul Hasan Kisoiy, Nasruddin Rabg‘uziy o‘z asarlarida Ka’bul-Axborning fikrlaridan foydalanganlar.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Sentyabr 2008, 15:20:53

Zodi oxirat to‘plash - inson o‘lganidan so‘ng oxiratdagi hayoti uchun oziq (ma’naviy oziq - yaxshi xulq, vijdon, iymon sofligi. sabr-qanoat, tavba. shukronalik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, rahm-shafqat, hayr-sahovat kabi), fazilatlarni hosil qilish.

Rasulullohning amakisi Abbos ibn Abdul Mutallibning o‘g‘li, atoqli musulmon ulamolaridan biri.
«Allohumma, mag‘firliy ...» Duoning mazmuni: «Ey Allohimiz, otamizni, onamizni, ustozimizni, erkak va ayol musulmonlarni, erkak va ayol mo‘‘minlarni o‘limdan so‘ng tiriluvchi qil, duolarini ijobatli, manzillarini barokotli, darajalarini baland, hojatlarini Oltuvchi qilgin, ey, eng mehribon, eng rahmdil zot, bizga rahmashngni nasib ayla».

Rabbul maloikati va-r-ruh - farishtalar va ruxlarning rahbari.

Uns - do‘stlik, yaqinlik.

Xayriyot - yaxshi, savob ishlar qilish.

Ilmi nofe’ - naf’, foyda (ma’naviy, oxirat uchun foyda) keltiruvchi ilmlar (kalom, hadis, tafsir, fiqh, ahloq, odob, adabiyot - sanoi nafisa, mantiq, tibbiyot, jug‘rofiya, tabiyyot va boshqa).

Ashobi yamin - qiyomatda, hisob berishda nomai a’moli o‘ng tarafdan beriladigan, ya’ni jannat ahli bo‘ladigan sof vijdonli insonlar.

 Qaylula - tushlik, choshgoxdagi uyqu.

Istig‘for - tavba qilib, Alloxdan mag‘firat, kechirim so‘rash.

Tahajjud - yarim kechadan so‘ng uyg‘onib, ibodat qilish.

Takalluf - mehmonga hadeb «Oling. yeng, iching, nega hech narsa yemayabsiz?» deb taklif qilaverish. ortiqcha mulozamat yaxshi emas.

Nobino - Ko‘rmaydigan, qalb ko‘zi ko‘r. Ilhomi nomutanohiy - nihoyasiz ilhom.

Altofi nomutanohiy - nihoyasiz lutfu-marhamatlar.

Voridoti g‘aybiy - g‘aybdan keluvchi holatlar.

Mukoshafoti qalbiy - ko‘ngil, dil. ruhiy olam kashfiyotlari.

Asrori ilohiy — Haq taoloning qudratiga bog‘liqsirlar va sirli mu’jizalar.

Dil ahli - ma’naviy, ruhiy olami boy va musaffo insonlar, aziz-avliyolar.

Fosiq - badfe’l, fisq-fasod qiluvchi, yomon musulmon.

Noshoyista ishlar - buzuqlik, dilozorlik, zino va faxsh, jahl-g‘azab va h. k.
Fi sabililloh - Xudo yo‘lida fidokorlik.

Xalqdan beniyozlik - odamlarga, ayniqsa nomardlarga, pastkashlarga muxtoj bo‘lmaslik.
Muqaddamlar- engbirinchi musulmonlar. (Mutaqadimiyn).

Sadaqa berganning savobi - agar qarzdor kambag‘al va yaxshi odam bo‘lsa, qarzini o‘z vaqtida to‘lashga imkoni bo‘lmasa, muhlatni uzaytish, iloji bo‘lsa, ketib yuborish savobdir.

Iblisning o‘g‘li Sud, foyda - ko‘p savdo qiluvchilar narxni oshirib, aldov firibgarlik bilan foydani ko‘paytirishga urinadilar, ya’ni Iblisning o‘g‘lidek, «otasiga» ergashadilar.

Vara’ - pokizalik, halollik, parhezkorlik.

«Aslahaka lillohu ...» - Duoning mazmuni: «Bizni Alloh yo‘lida yaxshi ishlar qiluvchi, umrimizni uzun va taot-ibodatli bo‘lishimizga muvaffaq qilgil».

Bu hikmatlar Tavrot va Injilda ham bor, ya’ni, Muhammad G’azzoliy bu kitoblarni bilgan.

Muhtasib - nazoratchi, xisob so‘rovchi diniy rahbariyat tomonidan saylanadi. u gunohkorlarni topishda josuslik qilmay, oshkora tanbeh berishi. ba’zi yashirin gunohlarni faqat o‘ziga aytib. tavba qilsalar barchaga oshkora qilmasligi zarur hisoblanadi.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 11 Sentyabr 2008, 15:22:10
Abdollar - kimligini bildirmay, o‘zini qul. xizmatkorday ko‘rsatuvchi aziz avliyolar, farishta sifat insonlar. Turkiy va forsiy xalkdarda qirq abdol chiltonlar deb aytiladi.

Hasan Basriy - so‘nggi sahobalarni ko‘rgan aziz avliyolardan biri. Fuzayl Ayoz (yoki Iyoz) - Ibrohim Adhamning do‘sti va zamondoshi.

Moliki Dinor - avliyo, uning suvga tushib yo‘qolgan tangasini baliq chiqarib bergan. Bu faslda eng mashhur avliyolar va darvesh, so‘fiylarning eng kamtarinligi bilan mashhurlari hayoti tilga olinadi.
Axli ma’siyat - ko‘p gunoh ishlar qiluvchi nopok, ochko‘z, takabbur odamlar.

«Tama’ xirsning tobe’idir» - ya’ni, xirs, xarislik, ochko‘zlik, jabr-zulm kelib chiqadi. Bu hakda yana o‘qing: «Arastu Axloqi kabir». «Yangi asr avlodi» nashriyoti, 2004.

Kamtarin, haqiqiy olimlarni hurmat qilmaslik ham kibru havo, g‘aflat hisoblanadi.

Ahdi g‘aflat - ilmni va olimlarni sevmaydigan yoki ilmiga amal qilmaydigan, takabbur, xudbin, ochko‘z, ta’magir, yulg‘ich, nopok odamlar.

Simo’ - darveshlar, so‘fiylarning zikr - ashula, raqs tushib Allohni sharaflab, madhu sano aytishlari.
Vajd - shu zikr avjida darvesh so‘fiy aql-hushdan ayrilib, ruhlar olamiga yetishi.

«Bu bandaga idbor mazallat mone’», ya’ni, Haq taolo barchaga teng nur sochadi, lekin menda bo‘lgan, baxtsiz qiluvchi gunohlar devori nurni to‘sib, menga yetkazmaydi.

Amri ma’ruf - inson kamoloti uchun zarur bilim, ma’rifatni o‘zi o‘rganib, boshqalarga ham o‘rgatish musulmon uchun farzdir.

Nahiy munkar - Xudoga xush kelmaydigan, uning g‘azabini keltiruvchi noshoyista, tuban, gunoh ishlardan xalqni qaytarish.

Munkirot - shariat Qonunlarida gunohhisoblangan nopok ishlar: kibru havo, boylarga va mol-dunyoga sajda qilish, tama’girlik, poraxo‘rlik, yulg‘ichlik, shafqatsizlik, tekinxo‘r bo‘la turib, halol mehnat ahlini mensimaslik va hokazo.

                                                                                          Tuzuvchi: Mahkam Andijoniy.
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: Robiya 19 Sentyabr 2008, 14:05:05
MUNDARIJA

«Kimyoi saodat» asarining to‘liq matni haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg135987#msg135987)
Abu Homid G’azzoliy va uning merosi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg136490#msg136490)
Turkiy «Kimyoi saodat». (Tarjimon muqaddimasi)  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg136574#msg136574)
«Haqiqatlar kitobi»ning debochasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg137286#msg137286)
Fasl. «Saodat kimiyosi»ning ta’rifi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg137299#msg137299)
Fasl. Insonlikunvonin paydo qilmoqbayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg139052#msg139052)
Fasl. Dilingni anglasang, o‘zingni tanigaysen (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg139073#msg139073)
Fasl. Dil haqiqati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg139077#msg139077)
Fasl. Ruh haqiqati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg139082#msg139082)
Fasl. Besh hissiyot (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg139091#msg139091)
Fasl. Dil tobe’larining bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg139104#msg139104)
Fasl. Havos - hissiyotlar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg139107#msg139107)
Fasl. Dil xissiyotlarning sifatlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140164#msg140164)
Fasl. Botindagi to‘rt mutasaddi g‘olib bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140167#msg140167)
Fasl. Dilni yomonlikdan pok qilmoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140172#msg140172)
Fasl. Odam vujudidagi avsofi zamimalar - yomon sifatlar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140174#msg140174)
Fasl. Dil olami ajoyiblarining nihoyasizligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140177#msg140177)
Fasl. Dilning olami malakutiyga ochilgan ravzanasi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140183#msg140183)
Fasl. Dilning sharofati va xosiyatlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140189#msg140189)
Fasl. Ilmi zohirning tasavvuf yo‘lidagi to‘siqligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140192#msg140192)
Fasl. Ilmi zohir birla ilmi botin orasidagi munosabat va muxolifat bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140193#msg140193)
Fasl. Odamiyning saodati ma’rifatulloh birla erkonining dalili bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140198#msg140198)
Fasl. Odam tanasining xilqatidagi ajoyibotlar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg140202#msg140202)
Fasl. Odamiyga ato qilingan dil gavhari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141083#msg141083)
Fasl. Haq subhonahu va taoloni tanimoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141088#msg141088)
Fasl. Haq taoloning sifatlarini tanimoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141094#msg141094)
Fasl. Haq subhonahu va taoloning hamma olamlarga podshohdigi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141103#msg141103)
Fasl. Xalloqi olamning farishtalari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141113#msg141113)
Fasl. Tabiiyunlar ojizligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141121#msg141121)
Fasl. Olamning tuzilishi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141123#msg141123)
Fasl. «Subhonallohu alhamdu lilloh»ning ma’nosini bilmak bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141130#msg141130)
Fasl. Odamiyning saodati bandalikda ekanlig‘i bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141136#msg141136)
Fasl. Ahli ibohatning g‘alatda ekani bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141143#msg141143)
Fasl. Dunyo haqiqatini tanimoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141165#msg141165)
Fasl. Mol-dunyo ofati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141173#msg141173)
Fasl. Dunyoning halol ne’matlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141793#msg141793)
Fasl. Oxirat haqiqatini tanimoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141827#msg141827)
Fasl. Insoniy ruh haqiqati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141891#msg141891)
Fasl. Ruhning abadiyligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141901#msg141901)
Fasl. Vujud va ruh bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg141905#msg141905)
Fasl. Qabr azobining ma’nolari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142140#msg142140)
Fasl. Qabr azoblarining turli-tumanligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142143#msg142143)
Fasl. Qabr azobining hammaga emasligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142147#msg142147)
Fasl. Hoyu-havas va qalb pokligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142150#msg142150)
Fasl. Ruhiy do‘zax bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142151#msg142151)
Fasl. Ruhning to‘rt manzili bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142171#msg142171)
Fasl. Oxirat ishida mutahayyir ablaxlar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142181#msg142181)
Fasl. Ma’rifatning to‘rt ustuni - ruknlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142193#msg142193)

BIRINCHI RUKN. IBODAT (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142203#msg142203)

Avvalgi asl. Ahli sunna val jamoa e’tiqodlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142210#msg142210)
Fasl. Ahvoli anbiyo alayhimus-salom bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142230#msg142230)
Ikkinchi asl. Ilm talab qilmoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg142233#msg142233)
Fasl. Ilm talab qilmoq farzligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143517#msg143517)
Fasl.Tahoratning tabaqalari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143535#msg143535)
Fasl. Ko‘ngil tahorati va badan tahorati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143545#msg143545)
Fasl. Tahorat kayfiyati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143556#msg143556)
Fasl. Tahoratda makruh narsalar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143571#msg143571)
Fasl. Tayammum kayfiyati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143574#msg143574)
Fasl. Hammomga kirmak kayfiyati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143576#msg143576)
Fasl. Turli a’zolarning tahorati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143578#msg143578)
Fasl. Soqol qo‘yish odobi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143702#msg143702)
To‘rtinchi asl. Namoz bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143706#msg143706)
Fasl. Namozda makruh narsalar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143712#msg143712)
Fasl. Namozning haqiqati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143718#msg143718)
Fasl. Namozdagi kalimalar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143722#msg143722)
Fasl. Namozda dilni g‘aflatdan saqlamoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143724#msg143724)
Fasl. Jamoatning fazilati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143728#msg143728)
Fasl. Imomatlik bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143732#msg143732)
Fasl. Namozi jum’aning bayonida. Jum’a odobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143733#msg143733)
Fasl. Jum’a kunining fazilati bayonida. Mas’ala (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143740#msg143740)
Beshinchi asl. Zakot bermoq farzi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143748#msg143748)
Fasl. Ikkinchi nav’zakot - ushr bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143756#msg143756)
Fasl. Zakot bermoqning farzligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143760#msg143760)
Fasl. Daqoyiqi zakot (zakot berishning nozik tomonlari)  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143770#msg143770)
Fasl. Darveshlik odobi va shartlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143864#msg143864)
Fasl. Sadaqa bermak bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143875#msg143875)
Oltinchi asl. Mohi ramazon ro‘zasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143880#msg143880)
Fasl. Mohi ramazon ro‘zasining farzlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143886#msg143886)
Fasl. Ro‘za haqiqati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143891#msg143891)
Fasl. Ro‘zaning qazosi va kafforati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143901#msg143901)
Fasl. Bir yil ichidagi fazilatli kunlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143903#msg143903)
Yettinchi asl. Haj safari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg143909#msg143909)
Sakkizinchi asl. Qur’on tilovat qilmoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144397#msg144397)
Fasl. Tilovatdagi olti odobi botiniy bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144411#msg144411)
To‘qqizinchi asl. Zikr aytmoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144619#msg144619)
Fasl. Tahlil va tasbih. tamjid va istig‘for bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144625#msg144625)
Fasl. Istig‘for fazilati va duo odobi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144629#msg144629)
Fasl. Duoi ma’sura (go‘zal duolar) bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144631#msg144631)
O’ninchi asl. Avrod (duo vazifalari) tartibi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144637#msg144637)
Fasl. Kunduzgi duolar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144643#msg144643)

IKKINCHI RUKN. MUOMALOT (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144661#msg144661)

Avvalgi asl. Taom yemak odoblari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144663#msg144663)
Fasl. Do‘stlar birla taom yemakodoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144817#msg144817)
Fasl. Mehmonni ziyofat qilmoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144835#msg144835)
Fasl. Mexmonlar odobi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144847#msg144847)
Ikkinchi asl. Nikohga oila odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144850#msg144850)
Fasl. Nikohning foydalari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144853#msg144853)
Fasl. Nikoh ofatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg144868#msg144868)
Fasl. Nikohning shartlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145027#msg145027)
Fasl. Ahli ayolga muomala odoblari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145041#msg145041)
Fasl. Erlarning xotinlar zimmasidagi haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145073#msg145073)
Uchinchi asl. Kasb va tijorat odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145076#msg145076)
Fasl. Aqdi muzoroba va shirkat bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145105#msg145105)
Fasl. Bay’dagi ehson bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145122#msg145122)
Fasl. Tijoratdagi ehtiyotlar bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145131#msg145131)
To‘rtinchi asl. Halollik savobi va fazilati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145139#msg145139)
Fasl. Halol va haromda parhez qilmoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145141#msg145141)
Fasl. Halol va haromni ajratish bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145149#msg145149)
Fasl. Podshohlar birla sozish (husni xulq bilan yaxshi muomala) qilmoq bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145154#msg145154)
Fasl. Ulamoning podshohlar mulozamatig‘a bormog‘i bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145158#msg145158)
Beshinchi asl. Suhbat odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145162#msg145162)
Fasl. Beg‘araz, samimiy do‘stlar fazilati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145168#msg145168)
Fasl. Haq taoloning dushmanlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145176#msg145176)
Fasl. Do‘stlar - suhbatdoshlarning haqlari va shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145181#msg145181)
Fasl. Ahil, birodar musulmonlarning haq-huquqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145351#msg145351)
Fasl. Qo‘shnilarning haqlari va ularning rioyasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145406#msg145406)
Fasl. Qarindosh-urug‘lar, aqrabo (yaqinlar)ning haqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145414#msg145414)
Fasl. Ota-onaning huquqlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145415#msg145415)
Fasl. Farzandlar huquqlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145416#msg145416)
Fasl. Xizmatkorlar huquqi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145418#msg145418)
Oltinchi asl. Uzlatda (yolg‘izlikda) bo‘lmoq odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145420#msg145420)
Fasl. Uzlatning ofatlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145621#msg145621)
Yettinchi asl. Safar qilmoq odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145645#msg145645)
Fasl. Zohiriy safar odobi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145655#msg145655)
Sakkizinchi asl. Simo’ bilan vajd odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145663#msg145663)
Fasl. Simo’ning (ba’zan) haromligi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145680#msg145680)
Fasl. Simo’ maqomlari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145688#msg145688)
Fasl. Simo’ning shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145703#msg145703)
To‘qqizinchi asl. Amri ma’ruf, nahiy munkar odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145709#msg145709)
Fasl. Ihtisob qilmak shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145715#msg145715)
Fasl. Muhtasib odobi bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145728#msg145728)
Fasl. Xalqqa odat bo‘lgan munkirot bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145733#msg145733)
O’ninchi asl. Podshohning raiyat ahvolidan xabar olmog‘i va mutasaddilari tarikati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145739#msg145739)
Lug‘at. (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.msg145857#msg145857)
Nom: Re: KIMIYOI SAODAT (Ruh haqiqati). Abu Homid G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 10:04:30
Kimyoi saodat

(http://ziyouz.com/images/books/kimyoi.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=255)

Muallif: Imom G'azzoliy
Hajmi: 1,45 mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=255)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2696.0)