forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: shoir 29 Iyul 2008, 11:56:17

Nom: XXI asr she'riyati: Musallambonu
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 11:56:17
XXI asr she'riyati:

Musallambonu

(http://i296.photobucket.com/albums/mm192/shoir/XXasr/musallama.jpg)


*  *  *

O‘ttizimda o‘tin bo‘lmadim,
Tafti  samoni kuydirguvchi,
Tugalmas Dardga aylandim,
Qop-qora bag‘irdan
oppoq she’rlar tug‘dim
Umri bilan bergan bo‘lsin.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Musallambonu
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 11:56:34
*  *  *

G‘amlar yuragimni uvadadek
titdi bearmon.
Har yonga uloqtirilgan
ko‘ngil parchalaridan,
Yalanglab kelmoqda
She’rning ovozi.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Musallambonu
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 11:56:43
*  *  *

Sevgimning taxti buzildi,
Quladi ming yillik imorat.
O‘zimni qayon urishni bilmadim,
To‘rt tomonga yugurdim zir, zir.
Tovonimni qonatdi,
Toshoynaning sinig‘i.
Yuragimga yiqildi
Yetti osmon devori.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Musallambonu
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 11:57:02
*  *  *

Uchqizda uch mingga hajr tosh yasab,
Uch mingta gulimni chopding beshafqat.
Tongdek ko‘zlaringda uyg‘ongan edim,
Bugun quchog‘ingda o‘lmoqligim shart!
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Musallambonu
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 11:57:15
*  *  *

Bu sovuq simlarda
armon  mixlangan
Uyg‘onmay jon bergan
Oliy tuyg‘ular.
Anavu ming yillik
Temir tirqishlar
Hech qachon totmagan
Ozodlik ta’min.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Musallambonu
Yuborildi: shoir 29 Iyul 2008, 11:57:30
*  *  *

Yuzimda tabassum, ko‘zlarim chaqnoq,
Hech qachon sezmaysiz jarohatlarim.
Balki o‘lgandirman, balki hayotman,
Unsiz aytib ketdim Haqiqatlarim!

"Yoshlik" jurnalidan olindi.