forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: shoir 30 Iyul 2008, 12:10:50

Nom: XXI asr she'riyati: Yodgora Keldiboyeva
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 12:10:50
XXI asr she'riyati:

Yodgora Keldiboyeva

(http://i296.photobucket.com/albums/mm192/shoir/XXasr/yodgora_keldiboyeva.jpg)


HUR O‘ZBEKISTON

Beshik ostonamdan boshlangan tuyg‘u,
Senga she’r yozarman ming berib urg‘u,
Sen yuragimdasan umrbod mangu,
Ona vatanimsan, hur O‘zbekiston.

Tug‘ilgan diyorim, yurtimsan hamon,
Yuragimiz yo‘li faqat sen tomon,
Qadringga yetmagan barchasi nodon,
Ona vatanimsan, hur O‘zbekiston.

Buloqlarda shildiragan zilol suvlaring,
Mehrga tashna doim o‘g‘il-qizlaring,
Mehmondo‘st xalqing bor, qaro ko‘zlaring,
Ona vatanimsan, hur O‘zbekistonim.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yodgora Keldiboyeva
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 12:11:07
MAYSA ORZUSI

Tongda adirlarni maysalar bezar,
Dillarda quvonch bor, bularni bilar.
Navro‘zingga yetdim shukrona ming bor,
Xayol surishimni ko‘rib, maysa ustimdan kular.

Daraxtlar gullaydi gullarin to‘kib,
Go‘yo kurtaklarda orzu mujassam.
Musaffo osmonga boqishim ko‘rib,
Nelarnidir orzu qilar maysa ham.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.