forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: shoir 30 Iyul 2008, 12:26:31

Nom: XXI asr she'riyati: Viloyat
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 12:26:31
XXI asr she'riyati:

Viloyat

(http://i296.photobucket.com/albums/mm192/shoir/XXasr/viloyat.jpg)


AYBSIZ AYBDORMAN

Shunchalar kamsitib qo‘ydingiz,
Qalbimni yaralab qo‘ydingiz,
Bu qismat, bu taqdir,
Nahot, shu  uchun
Meni davralarga tortmay qo‘ydingiz.
Nima gunohim bor?
Ayting o‘zingiz!
Aybsiz aybdorman, nahot bilmaysiz.
Mayli suymang meni, Guloyim,
Boshqalar suysinlar iloyim.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Viloyat
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 12:28:30
ONAJON

Siz bilan hamisha bahor yoz edi.
Tunlarim tongdayin musaffo edi,
Siz bilan qarindosh-qondosh bor edi,
Siz bilan hamisha fayz bor edi.

Sizsiz hovlimiz ham huvillab qoldi,
Qurib qoldi hatto yong‘oq, behi ham,
Sizsiz qo‘shnilar ham suzilib qoldi,
Qizlaringiz yig‘lab, egilib qoldi.

Bu taqdir, bu qismat, nima qilamiz,
Endi haqqingizga duo qilamiz,
Suratingiz qarab o‘yga tolaman,
Men ham yoningizga bir kun boraman.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Viloyat
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 12:28:48
O‘SHAL ZAMON

Hayot shodon, dasturxon to‘kin,
Hovlimiz ham chaman, bog‘ edi.
Hamma birdek mehribon edi,
O‘shal zamon onam bor edi.

Nokas kelib so‘zlamas edi ,
Nomahram ham bo‘zlamas edi.
Hamma yaxshi, yomon yo‘q edi.
O‘shal zamon onam bor edi.

Mayli, g‘amdan egilsin boshing,
Oqib tursin ko‘zdagi yoshing,
Sen yig‘lagin, kulsin dushmaning,
Faqat onang o‘lmasin ekan.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.