ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: shoir 30 Iyul 2008, 13:38:33

Nom: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:38:33
XXI asr she'riyati:

Yoqub Xo‘jayev

(http://i296.photobucket.com/albums/mm192/shoir/XXasr/yoqub_hujayev.jpg)


SHIMOLLIK MEHMON

Doston

1. O‘rtog‘imiz Amirjon
Chukotkada yashaydi.
It boqar, bug‘u boqar,
Kattalarga o‘xshaydi.
Mergan bola — o‘q otib,
Aslo xato qilmaydi.
Bolalar undan nari
Bir qadam ham jilmaydi.
Shimoldagi maktabda
Bolalarga sardordir.
Hammaning ahvolidan
Doimo xabardordir.
Ovul. O‘tovlar siyrak,
Qirlarda qalin qordir.
Har o‘tovda Amirning
Og‘aynilari bordir...
Tumanni ham, bo‘ronni ham
Pisand etmaydi Amir.
Odamni xavfu xatarda
Tashlab ketmaydi Amir.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:39:21
2. Desangiz "Amir bilan
Tanishdingiz qayoqda?
Taygada yashaydi-ku,
U yurt  juda uzoqda?!"
Biz Internet orqali
Xabar oldik u yoqdan.
Va axborot yubordik
Go‘zal yurtimiz haqda.
Dedik: "Amir, og‘ayni,
O‘zbekistondan salom!
Aziz mehmon bo‘lib kel
Toshkentga, xullas kalom.
Shimolning bo‘ronini
Tuhfa qilib ola kel.
Qutub yog‘dusini ham
Oq ayiqni ola kel...
Billur yog‘du — qizlarga,
Oq ayiq — bolalarga.
Muz tog‘ — aysberglarni
Hadya et dalalarga.
To‘xtagin! Bu gap — hazil,
Kulgin deya aytdik-da.
Chin yurakdan yaqin do‘st
Bo‘lgin deya aytdik-da.
Rosti — bizda qalin qor,
Sizda esa yoz bo‘lmas.
Quyoshli yurtimizda
Qahraton ayoz bo‘lmas.
Har bir yurtning sehri bor,
Har mamlakat go‘zal, soz.
Tezroq mehmon bo‘lib kel,
Xohla bahor, xohla yoz”.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:39:36
3. Biz Internet orqali
Qildik rosa hangoma.
Amir ham kompyuterdan
Yozib yubordi noma:
"Yurtingizga boraman,
Do‘stlar, yoz emas, qishda.
Yozgi ta’tilda esa,
Bandman muhim yumushda..."
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:39:44
4. Yangi yilni kutishga
Tayyorlanar edi xalq.
Aeroportga chiqdik  biz
Samolyotga ilhaq.
O‘zbekistonning havo
Yo‘llari doim ochiq.
Xohla uyda mehmon kut,
Xohlasang dunyoga chiq.
Talabalar bormoqda
Chet ellarga o‘qishga.
Tunov kuni bir bola
Uchib ketdi AQShga...
Xullas, bizlar Amirni
Kutar  edik intizor.
Xafsalani pir qildi
Navbatchi bergan xabar:
— Samolyot qo‘nmas bugun,
Obu havo noqulay.
— Yordam bering, amaki!
— Iloj yo‘q, nima qilay?
— Chukotkadan kelmoqda
Amir degan do‘stimiz.
Yangi yil kutayotir
Axir butun yurtimiz.
Bunga obu havomiz
Qarshi bo‘lmasa kerak.
Do‘stni qabul qilmasak,
Yaxshi bo‘lmasa kerak.
— Do‘stga ehtiyojim bor,
Lekin na ilojim bor?
Oynadan qarang, ana,
Qutirmoqda qor bo‘ron.
Qo‘nishga jur’at etar
Qay uchuvchi pahlavon?!
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:39:55
5. Bir kun kutdik, kelmading,
Ikki kun kutdik, kelmading.
Qayda qolding, Amirboy,
Dil xun kutdik, kelmading.
Tunda ayoz qoplaydi,
Dalada qor to‘playdi.
Shoshma-shoshar  yo‘l yursang,
Yaxmalak yer boplaydi.
Mo‘ynalar va terilar
Odam bo‘lib tirilar.
Telpaklar va po‘stinlar —
Qo‘zichoqlar, bo‘rilar.
Ayoz muzli yo‘l soldi,
Oynalarga gul soldi.
Tanamizni chimchilab,
Qo‘ynimizga qo‘l soldi.
Barmoq uchi chimillar,
Yo‘lovchilar qimillar.
Muzda avtomobillar
Toshbaqaday imillar.
Tevarakda oq tuman,
Qishning  qahri beomon.
Qovoq uyib osmondek
Yo‘lga qaraymiz hamon.
Bir kun kutdik, kelmading,
Ikki kun kutdik, kelmading.
Qayda qolding, Amirboy,
Dil xun kutdik, kelmading.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:40:03
6. Uchinchi kun sahardan
Katta hashar boshlandi.
Qor kurash uchun maxsus
Mashinalar tashlandi.
Hashar boradi qizg‘in,
Aeroport juda gavjum.
Tinim bilmay yog‘ar qor,
Bo‘ron qiladi hujum.
Ko‘zni ochirmas shamol,
Yo‘lni qoplar yana qor.
Hasharga qatnashmaslik
Odam uchun uyat, or.
Kelishdik-kattalarga
Qarashamiz, bolalar.
Aerodromdan  qorni
Kurashamiz, bolalar.
7. Uchish maydonidan tez
Kurab tashladik qorni.
Osmondan eshitildi.
Zo‘r tovushi motorni.
Yuk tashuvchi samolyot
Bir zumda uchib keldi.
Uchuvchi yigit kulib,
Zinadan tushib keldi.
Bizga so‘z qotdi mamnun:
— Hormanglar!
Demak, hashar.
Azamat o‘g‘lonlari
Birlashgan xalq ko‘p yashar.
Bab-baravar, askardek:
— Biz dastiyormiz, — dedik.
El-yurt uchun xizmatga
Doim tayyormiz, — dedik.
So‘ng so‘radik:
— Samolyot
Qaydan keldi?
— Xorijdan...
Toping-chi.
— Misrmi, Rim?
Kubadanmi, Parijdan?
— Shimoldan-Chukotkadan
Kelgandirsiz ehtimol?
— Topdingiz, uzoq uchdik,
Qiynadi bo‘ron, shamol.
— Samolyotingizda
Amir degan bir bola -
Bizningg aziz do‘stimiz
Kelmadimi mabodo?
— Aha, anov bolami,
Amir degan azamat?
Chukotkalik mehmonni
Kutib oling, marhamat.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:40:12
8. Samolyot orqasidan
Ochildi temir eshik.
O‘qdek otilib chiqdi
Chana tortgan to‘rt kuchuk.
Hayqirdik:
— Ura-a! Amir!
Ana, chana ortida.
U tashrif buyurgandi
Chukchalarning nartida.
— Salom, do‘stlarim! — deb u
Biz tomon yelar edi.
Nart ustida Amirboy
Qiyqirib  kelar edi.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:40:25
9. Nogahon bizning qizlar
Chuvillashib qolishdi.
Go‘p-so‘z qilib hammani
Hayajonga solishdi.
— Voy-voy! Qarang, chanada
Ayiq bola bor ekan.
Yunglari esa, oppoq,
Bamisoli qor ekan.
Samolyotda  uchganda
Qo‘rqmadingmi, jonivor?
Shuncha olis yo‘l yurib,
Qolmadingmi och-nahor?
Ayiqchani avaylab,
Qizlar bo‘ldi mehribon,
Shirin so‘z bilan siylab,
Qand bilan qildi mehmon.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:40:34
10. Shamoldek yelib borar
Chukchalarning ulovi —
Amirboyning qo‘lida
Kuchuklarning jilovi.
Ulovga minib olgan
O‘quvchilar galasi —
Bizning guzarimizning
Bir to‘da sho‘x bolasi.
Svetofor bir ko‘zidan
Yam-yashil nur sochadi.
Gavjum chorrahalarda
Nartaga yo‘l ochadi.
Quvnoq qo‘shiq aytamiz
Borayotib yo‘lda biz.
Amir va oq ayiqni
Uyimizga eltamiz.
Do‘stlar, "Xalqlar do‘stligi"
Ko‘chasidan ketamiz.
Beshyog‘ochdan o‘tiboq,
Sirk oldiga yetamiz.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:40:58
11. Sirkda rangli afisha,
Bolakaylar ommasi.
Boqar bo‘ynini cho‘zib,
Qushchalardek hammasi.
Bolalar ham, qizlar ham
E’lon o‘qir intilib.
Olg‘a chiqdi yosh muxbir
Xalq ichidan otilib.
— Men "Tong yulduzi"danman,
Qochib turing, bolalar.
Yozib olay, daftarimni
Ochib turing, bolalar.
Aha! Uzoq shimoldan
Mehmon tashrif buyurdi.
Yangi yilda uchrashuv
Bo‘lar ekan bu yerda.
"U mergan ekan, hatto
Bo‘ronni jilovlarkan.
Bobolari bir mahal
Dengizda kit ovlarkan"...
Shoshmay turing, nahotki...
Bu xabar — katta shov-shuv.
Bolalar orasida
Rosa gap bo‘lar duv-duv.
"U bilan kelgan emish
Oq ayiq bola yana.
Samolyotda uchganmish
Itga qo‘shilgan chana"...
Shimol yog‘dusi haqda
So‘zlar emish hikoyat.
Gazetada maqolam
Qiziq bo‘lar bag‘oyat.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:56:06
12. O‘sha kun Toshkent tsirki
Bolalar bilan to‘ldi.
Do‘stimiz Amir bilan
Qiziq uchrashuv bo‘ldi.
Oq ayiqchasi bilan
Arenaga chiqdi u
Butun tsirk qarsak chaldi,
Bolalarga yoqdi u,
— Bolalar, Chukotkadan
Keltirdim sizga salom.
Ajib uchrashuv uchun
Rahmat sizga avvalom.
Keldim yangi yil bilan
Qutlash uchun yurtimdan.
Qorbobo ham ha demay
Kelib qolar ortimdan.
Ilk bor Toshkentga keldim,
Men g‘oyatda mamnunman.
Do‘stlarim, shahringizning
Jamoliga maftunman.
Juda ko‘p eshitganman
Shahringiz ta’rifini.
Kitobdan o‘qiganman
Yurtingiz tarixini.
Ermitajda ko‘rgandim
Xorazm ko‘zasini,
Chochning kamoni bilan
Keshning mo‘’jizasini.
Mening havasim kelar,
G‘urur bilan maqtaning —
Dunyoga dong‘i ketgan
O‘zbek tergan paxtaning.
Izzatli mehmon bo‘ldim
O‘zbeklarning uyida.
Kuni kecha qatnashdim
Mahallaning to‘yida.
Qishning chillasida ham
Tarvuz-qovun so‘yishdi.
Dasturxonga nok, uzum,
Olma, anor qo‘yishdi.
Qirday-qirday qor uyulgan
Qirlar mening vatanim.
Tog‘day-tog‘day muz uyulgan
Yerlar mening vatanim.
Qorga qolgan ish muzlaydi,
Ayoz urib qish muzlaydi,
Uchgan mahal qush muzlaydi,
Qorlar mening vatanim.
Bo‘ron-sehrgar shomon,
Sovuq izillar yomon,
Shamol kuylagan zamon
Zorlar mening vatanim.
Qutb kechasi tong otmas,
Yuz kunda bir kun o‘tmas,
Quyosh umuman botmas,
Porlar mening vatanim.
Bo‘yin egmaymiz qishga,
Tishni bosamiz tishga,
Odamlarni yumushga
Chorlar mening vatanim.
Xalqimiz qishloqlarda
O‘tov qurib yashaydi.
Muzeyda o‘tovingiz
Biznikiga o‘xshaydi.
O‘rmonda sarv, qarag‘ay,
Osmonda yulduzlar ko‘p.
Oyna kabi ko‘llarda
Zarafshon qunduzlar ko‘p.
Urchuq eshar, o‘rmak to‘qir
Qo‘li gul chevar qizlar.
Bug‘u ko‘p — poda boqib,
Baliq ovlaymiz bizlar.
Bizning bolalar uchun
Muhimdir sport, mehnat.
Ishyoqmaslar bor, biroq
Hayotda chekmas zahmat.
Brakoner-tekinxo‘rlar —
Tabiatning dushmani.
Jazolanar beshafqat
Darhol qo‘lga tushgani.
Biz yovuz dushmanlardan
Asraymiz jamiyatni.
Sergak qo‘riqlagaymiz
Onamiz — tabiatni.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:56:19
13. Ilk qatorda o‘tirgan
Bir bolakay so‘z oldi:
— Mumkinmi savol bersam! —
Deya u so‘rab qoldi,
— Garpun bilan kit ovlash
Niyatingiz ham bormi?
Bu savolga bolalar
Gurra kulib yubordi.
Kit ovlagan bir zamon.
Hozir esa kit ovlash
Umuman qilingan man.
Men-chi, katta kemada
Bo‘lsam deyman kapitan.
Orzular shamolida
Chorlar meni okean.
— Sizda qiz bolalar ham
Ota olarmi miltiq?
— Bo‘lmasam-chi, nishonni
Olisdan urar aniq.
Bug‘ularga qo‘shilgan
Chanani ham boshqarar.
Poyga qilsak, ularga
Yetolmaydi boshqalar.
— Hayvonlar, qushlar bilan
Bolalar do‘st bo‘larmi?
— Albatta! Jonvorlardan
Yaqinroq o‘rtoq bormi.
Bizning maktabimizda
Kichik qo‘riqxona bor.
Dengiz fili, kiyiklar,
Beshta ayiq bola bor.
Qor tulkisi, ko‘k suvsar,
Qutb ukkisi — noyob qush.
Yana pingvin, bo‘ronqush,
Shamollarga urar to‘sh.
— Qanday olib keldingiz
Nartani va to‘rt itni?
— Yurtdoshimiz, bilsangiz,
Shu uchuvchi yigitni:
"Amir, — dedi, — samolyot
Ko‘tarar hatto kitni".
— Agarda oq ayiqcha,
Ham chana, ham itlarni
Olsak, xursand qilardik
Toshkentlik yigitlarni.
"Marhamat!" — deb uchuvchi
Samolyotga mindirdi.
Oq ayiq va itlarni
Osmonda sayr qildirdi.
Qo‘rqmanglar, hoy bolalar,
Ayiq indamas, yuvosh.
Hozir tsirk ichida u
Terlab ketdi. Shundaymi?
— Ayiqcha irg‘adi bosh...
Agar ishonmasangiz,
Mana, ushlab ko‘ringlar.
— Do‘stlar, ko‘chaga chiqib,
Qor o‘ynaymiz, yuringlar.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:56:31
14. Qahraton. Nurli oqshom.
Oy boqadi tom osha.
Bolalar o‘yiniga
Oy qiladi tomosha.
Tepalikda muz so‘qmoq,
Qo‘rqoqning rangi o‘char.
Eng dovyurak bolalar
— Bobomlar garpun bilan
So‘qmoqdan chang‘i uchar,
Ayiqvoy ham tepadan
Qo‘rqmay sirpanib tushar.
Orqasidan bolalar
Uzun karvon bo‘lishar.
Quloqlarni teshgudek
Qizlarning chinqirig‘i.
Qalin qorni yondirar
Bolalarning qilig‘i,
Baqaloq ayiqchaga
Kim qor otdi yumaloq.
Pastga yumalab ketdi
Koptok kabi baqaloq.
Kimdir chanada uchar,
Kim esa tog‘orada.
Bir bola sandiq minib,
Paydo bo‘ldi orada.
Afsona o‘yin bo‘ldi -
Birov uchar gilamda.
Bir bola mis laganda
Parvoz qilar shu damda.
Sevimli o‘yinchoqlar,
Televizor unitildi...
Muzlagan ko‘l ustida
Xokkey tashkil etildi.
Mehmonlar sharafiga
Musobaqa boshlandi.
"Raqiblar" o‘rtasiga
Qora soqqa tashlandi.
Bolalardan saylangan
Hakamlar xolis bo‘ldi.
Hatto oq ayiqcha ham
Xokkeyga muxlis bo‘ldi.
Boy bermasdan vaqtni boy,
Tezda yerga tushdi oy.
Bolalar bilan o‘ynab,
Oy osmonni berdi boy.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:56:49
15. Shahar osmoni uzra
Qorning yog‘dusi, nuri.
Yop-yorug‘ ko‘chalarda
Bir xabarning shiviri.
Bolalarning ovozi
Yangraydi har go‘shada.
Shahar allakimnidir
Intiq kutar ko‘chada.
Go‘daklarning tilida
Bir mujda safo keldi.
Bolalar shomon bo‘lib,
Dedi: "Qorbobo keldi!"
Amir dedi:
— Qorbobo
Mening yurtimdan keldi.
Sizni tabriklash uchun
Mening ortimdan keldi.
— Juda soz! Qorboboni
Nartaga mindiramiz.
Go‘zal shahrimiz bo‘ylab
Sayyohat qildiramiz.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:56:57
16. YPXning noziri
Soatiga qaradi.
Kamarini to‘g‘rilab,
Mo‘ylovini buradi.
Ko‘cha harakatida
Ko‘rsatar edi yo‘riq.
Radioaloqadan
Keskin yangradi buyruq:
— Mashina qatnovini
Tezda to‘xtating "STOP!"
Yo‘lda chanani tortib,
Itlar kelmoqda shitob.
Mashinaga o‘tirib,
Nozir motorni yoqdi.
Bu qanday hodisa deb,
Ko‘chaga xushyor boqdi.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:57:07
17. Yo‘lda nartaga minib,
Qorbobo kelar edi.
Bolalar  hayqirishar,
Kuchuklar yelar edi.
Svetofor ko‘zi yondi:
"Qizil-to‘xta shu zamon!"
Bu demak: to‘xtamasang,
Yo‘l XAVFLIdir, yo‘l YoMON!
Amir tayog‘i bilan
Qorga chiziq tortgan dam
Chopayotgan kuchuklar
Taqqa to‘xtadi birdam.
— Xayriyat... — dedi nozir, —
Yo‘l tinch — ko‘ngil xotirjam.
Bunday transport turi
Bizga xos bo‘lmasa ham.
Barchaga qutlug‘ erur
Yangi yil, archa bayram.
Qorbobo bolalarni
Sehrlagan zavqli dam.
— Narta bilan kuchuklar
Qaerdan bo‘ldi paydo?
— Buni Amir do‘stimiz
Shimoldan keldi haydab.
— Nartani tortgan itlar
Tundradan kelarmi?
Ular yo‘l harakati
Belgilarin bilarmi?
Amir dedi:
— Itlarim
Pand bermaydi hech qachon.
Dastavval qiyin bo‘ldi,
So‘ng o‘rganishdi oson.
Biz shaharning ichida
Yo‘l yurgan bo‘lsak-da kam.
Qo‘rqmay ketaveramiz
Sershovqin ko‘chada ham.
Do‘stlar, boring sizlar ham,
Intizor kutar o‘lkam.
Sizning yurtingiz kabi
Mening o‘lkam ham ko‘rkam.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Yoqub Xo‘jayev
Yuborildi: shoir 30 Iyul 2008, 13:57:26
18. Ko‘zdan yashil nur sochib,
"Tez yur!" dedi svetofor.
Oq yo‘l tiladi nozir:
"Safar bo‘lsin bexatar!"
Itlar intildi olg‘a,
Chana qo‘zg‘aldi ildam.
Bu dam baxsh etar dilga
Olam-olam zavq, ilhom.
YPHning noziri:
— Yo‘ldan ko‘nglim to‘q, — dedi, -
O‘zbek farzandlaridek
Baxtli bola yo‘q, — dedi.

           *  *  *

Qaldirg‘och sayragandek
Qiyadagi inida
Bolalar chug‘urlashar
Uylarning balkonida.
Olov guldastalarni
Uchirishdi osmonga —
Yoqut gulbarglar yonib,
Uchqun sochdi har yonga.
Turfa gullar rangidan
Osma bog‘ bo‘ldi samo.
Tushdi osmon zangidan
Shoda-shoda qahrabo.
Mustaqillik maydoni.
Baland shohona archa.
Yakdil jahon ayvoni —
Yangi yil kutar barcha.
Biz Qorboboni boshlab,
Archa bayramga keldik,
Nartani chetga tashlab,
Tantanaga qo‘shildik.
Archa, archa, yam-yashil,
Qo‘l ushlashib o‘ynaymiz.
Qutlug‘ bo‘lsin Yangi yil!
Quvnoq qo‘shiq kuylaymiz.

Rus tilidan Rustam MUSURMON tarjimasi

"Yoshlik" jurnalidan olindi.