forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: shoir 31 Iyul 2008, 13:01:53

Nom: XXI asr she'riyati: Nigora Toshqulova
Yuborildi: shoir 31 Iyul 2008, 13:01:53
XXI asr she'riyati:

Nigora Toshqulova

(http://i296.photobucket.com/albums/mm192/shoir/XXasr/nigora_toshqulova.jpg)


YOLG‘ONCHI DUNYO

Bo‘yimga bo‘y yor topsam-da,
Ko‘nglimdagin topolmadim.
Tilda shirin so‘zlasam-da,
Dilimdagin aytolmadim.
Mag‘rur bo‘lib yashasam-da,
Yurak tubi kemtik bo‘ldi.
Shu kemtikka netay, ey, voh,
Iztirobu armon to‘ldi.

Yig‘lay, yig‘lay yurak bedor,
Sirlaringning ustin yopdi.
Soxta kulgu hadya etib,
Yolg‘onchi dunyo sari chopdi.

Yolg‘onchilik qilma, Dunyo,
Izn bergin o‘ylamoqqa.
Aldovlaring majbur etar,
O‘zni aldab yashamoqqa.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Nigora Toshqulova
Yuborildi: shoir 31 Iyul 2008, 13:02:20
KO‘NGIL

Eh, ko‘nglim-a, ezilding muncha,
To‘lib-toshdi sabr kosasi.
Oh chekolmas yuragim unsiz,
Armonga aylandi nidosi.

Nohaq so‘zni qalbim eshitar,
Ammo ko‘nglim nechun afgora.
Yomonlikdan dilim ozurda,
Topilmasmu unga bir chora.

Til aylanar, bayon etolmas,
G‘amgin ko‘ngil ohu zorini.
Fikr chopar o‘tmishga uzoq,
Kim tinglaydi unda zorini.

Yurak urar misoli to‘lqin,
Ko‘tarolmas ko‘ngilning g‘amin.
Hatto qo‘lga ushlangan qalam,
Yoza olmas dilning alamin.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.