forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: shoir 31 Iyul 2008, 13:10:50

Nom: XXI asr she'riyati: Otamurat Shamuratov
Yuborildi: shoir 31 Iyul 2008, 13:10:50
XXI asr she'riyati:

Otamurat Shamuratov

            *  *  *
Zangori osmon. Quyosh.
Oq qush bulutlar...
Tilak tilaymanu hech kimga boshqa.

           *  *  *
Balki to‘g‘ridir
Erta ketganing...
Alvido, o‘g‘lim, orom ol.

           *  *  *
Mana bahor, ertaga yoz.
So‘ngra kuzu, keyin esa qish.
Nahotki yo‘q beshinchi fasl?!
   
            *  *  *
Qulf... Qayoqqa borsang qulf.
Hamma yoq qulf... qulf... qulf...
O, parchalay olsaydim o‘sha qulflarni!
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Otamurat Shamuratov
Yuborildi: shoir 31 Iyul 2008, 13:11:00
            *  *  *
Endi men... Endi men
Hech kim emasman.
Dardlarim olding, hokkular.

           *  *  *
Kapalaklar, kapalaklar
Guldan gulga qo‘nishib yayrar.
Mening yelkamda-chi tegirmon toshi...

            *  *  *
To‘g‘ri, qul bo‘lib yashashdan ko‘ra
Tik turib o‘lgan afzal.
Baribir men she’riyatning quliman.

            *  *  *
Qiz yigitni shoir etdi.
Yetib keldi visol onlari.
Shoir yo‘q endi.
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Otamurat Shamuratov
Yuborildi: shoir 31 Iyul 2008, 13:11:09
            *  *  *
Menga choh qazdi.
O‘zin zo‘rg‘a qutqarib qoldim.
Shaytonga ham qiyin.

             *  *  *
Qanday baxtli edingiz,
Ibtidoiy odamlar!
O‘rmon, Suv, Sof havo. Erk.

             *  *  *
Otga minib yuraman,
Har kun tushimda,
Mashinalar — mening yovlarim.

              *  *  *
Eynshteyn, Prometey o‘t bersa,
Sen atomni yaratding.
Ezgulikni Kim berar endi?
Nom: Re: XXI asr she'riyati: Otamurat Shamuratov
Yuborildi: shoir 31 Iyul 2008, 13:11:19
               *  *  *
Atmosfera — mening qalqonim,
Quyosh zarbasidan turibdi asrab.
Qo‘lim tolib bormoqda mening.

               *  *  *
Birov yig‘lamasa, birov kulmaydi.
Bu hayotning temir qonuni.
Faqat yig‘lash tushgan zimmamga.

                *  *  *
— Baxt, qayga borasan?
— Totuvlikka.
Qayga borishimni bilmay men sarson.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.