forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Musannif Adham 02 Avgust 2008, 12:31:40

Nom: Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari
Yuborildi: Musannif Adham 02 Avgust 2008, 12:31:40
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Toshkent Islom Universiteti

Rahmatulloh qori Obidov

QUR’ON VA TAFSIR ILMLARI
fanidan o‘qiladigan ma’ruzalar matni

«Toshkent Islom Universiteti»
nashriyot-matbaa birlashmasi
2003
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Avgust 2008, 12:32:35
Ushbu darslikda Qur’on va tafsir ilmlari haqida so‘z yuritiladi. Unda har xil davrlarda — payg‘ambarimiz (s.a.v.), sahobiylar, tobi’iylar va keyingi davrlardagi Qur’oni Karim tafsiri va mufassirlar haqida, shuningdek turli davrlarda yashagan mufassirlarning tafsir qilish usullari haqida ma’lumotlar berilgan.

Darslik islomiy o‘quv yurtlari talabalari va Qur’on va tafsir ilmlari bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.

MUNDARIJA (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg151155#msg151155)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Avgust 2008, 12:35:37
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIM

1-MAVZU. PAYG’AMBARLAR VA ILOHIY DIN HAQIDA

Dars rejasi
1.   Insoniyat Allohning buyuk mo‘‘jizasi va uning Yerdagi xalifasidir.
2.   Payg‘ambarlar yuborilishining ilohiy hikmati.
3.  Hamma payg‘ambarlar keltirgan din islomdir.
4.   Islomdan boshqa dinlar haqida:
a)  Islomiylikdan chiqarilgan dinlar;
b)  Insoniy (bashariy) dinlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Avgust 2008, 12:38:43
1. Insonlar tug‘ilishi haqida G’arb va Sharq olimlari o‘rtasida fikrlar, qarashlar xilma-xildir. Ammo hozirda inson zotining bir asosdan, bir asldan, bir ota va bir onadan tarqalganligi ilmiy haqiqat holini olganki, bu narsa ko‘pchilikka sir emas. Alloh Ta’olo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَأُنْثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ

«Ey insonlar, darhaqiqat, biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-biringiz bilan tanishishingiz (do‘st-birodar bo‘lishingiz)uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, Alloh bilguvchi va ogohdir". (Hujurot, 13)

Qur’oni Karimda Odamning qachon yaratilganligi aytilmagan, ammo Odamning yaratilishi va Odam qissasi turli shakllarda tushuntirib berilgan. Mufassir olimlarning fikrlaricha,

وَعَلَّمَ آدَمَ الأسْمَاءَ كُلَّهَا ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى الْمَلائِكَةِ فَقَالَ أَنْبِئُونِي بِأَسْمَاءِ هَؤُلاءِ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ

«Alloh Ta’olo Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi», (Baqara, 31) oyati karimasida insonga berilgan ilmning hududsiz ekanligiga ishora bor. Odam farzandi, ya’ni inson tajriba orqali hamma narsani tushunish va bilish quvvati bilan butun borliqlarga hokim bo‘lish uchun yaratilgan. Bu oyatda inson bilim darajasining farishtalarnikidan ustun ekanligi ko‘rsatilmoqda. Ammo inson bir ondayoq yaratilmagan, unga dastlab tuproqdan shakl berilgandan keyin ma’lum vaqt mobaynida tarbiya berib, so‘nggi holatiga keltirilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Avgust 2008, 12:41:33
Farishtalarning Odamga sajdasi ibodat emas, Allohning buyrug‘iga itoat, Odamga bo‘lgan hurmat, Inson zotiga berilgan yuksak bahodir. Chunki, Allohdan boshqaga ibodat sajdasi qilinmaydi. Ilm bilan sharaflantirilgan inson shu tariqa farishtalardan ham yuqori mavqega ega bo‘ldi.

Ba’zi islom olimlari shunday fikr beradilar: "œQur’ondagi «Odam» umuman «Inson»ni tamsil etgan. Qur’oni Karim bir necha oyatlar bilan insonning tuproqdan yaratilganligi xabarini beradi. Odam bizning otamizdir. «Odam hikoyasi» faqatgina insonlarning otasi bo‘lmish birinchi payg‘ambar Hazrati Odamninggina emas, har bir insonning hikoyasidir. Qur’onning bildirishicha, Odamning Yer yuziga  xalifa qilib yuborilishi insonning butun tabiat quvvatlariga hokim bo‘lishiga ishoradir. Tadqiqotlarga qaraganda, insonlar dastlab dunyoning eng katta qismi bo‘lmish Osiyo qit’asida yashaganlar. Keyinchalik bu yerdan boshqa qit’alarga tarqab ketganlar. Shu sababdan, Osiyo insonlarning ilk tavallud topgan joyi, ilk madaniyat, ilk din chiqqan hudud hisoblanadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Avgust 2008, 12:42:26
Insonlarning dastlabki hayoti, ularning yashash tarzi haqida arxeologlar va tarixchilar shunday fikr bildiradilar: «Insonlar avval vahshiy bo‘lishgan, keyinchalik darajama-daraja yuksalib, bugungi madaniy saviyaga yetishgan. Dastlab chaqmoq toshdan yasalgan bolta bilan ish ko‘rgan bo‘lishsa, keyinchalik temir qilich qo‘llay boshlashgan. Demak, bu nuqtai nazardan, inson ikki davrni — vahshiylik va madaniyat davrini boshidan kechirdi, deb hisoblanadi.

Lekin dinlar tarixi bilan shug‘ullangan olimlar arxeologiyaga oid, «insoniyatning dastlabki davri vahshiylik davri bo‘lgan», degan fikrni rad etadilar. Ularning fikricha, insonlarning dastlabki davri vahshiylik emas, balki ilk madaniyat davridir. Bu ilk madaniyat darsini insonlarga ilohiy payg‘ambarlar berishgan. Shu bilan birga, ularga ilk diniy fikrlarni, ya’ni yagona Allohga ishonishni ham shu payg‘ambarlar yetkazishgan. Ilohiy payg‘ambarlardan ilk madaniyat darsini olgan insonlar keyinchalik bu madaniyatdan uzoqpashib, birinchi darsni unutish darajasida» vahshiylashganlar. Oradan ma’lum vaqt o‘tib, yana ilohiy payg‘ambarlar vositasi bilan inson avvalgi madaniyatga qaytarilgan. Demak, inson o‘z hayoti davomida ikki davrni — vahshat va madaniyat davrini emas, balki ilk madaniyat, vahshat va ikkinchi madaniyatdan iborat uch davrni boshidan kechirgan. Vahshiylik esa, insonlar uchun ikki madaniyat orasidagi bir bosqichdir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Avgust 2008, 12:44:46
2. Alloh Ta’olo o‘z qudrati bilan jannatda yaratib keyin yerga tushirgan Odam ota va Momo Havvodan ko‘plab o‘g‘il-qizlarni paydo qildi. Ular ham o‘z navbatida oila qurib, farzandlar ko‘rishdi, shu tariqa yer yuzida insonlar ko‘payib bordi. Yerning turli joylarida o‘zlariga makon qurishib, sharoit taqozosi bilan turli qavmlarga, qabilalarga va millatlarga bo‘linib ketdilar. Ranglar, tillar hamda urfu-odatlar o‘zgardi. Bularning hammasi Allohning hikmati sababidan bo‘ldi. Alloh Ta’olo o‘z hikmatini kalomi sharifda shunday bayon qilgan:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُوا رَبَّكُمُ الَّذِي خَلَقَكُمْ مِنْ نَفْسٍ وَاحِدَةٍ وَخَلَقَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَبَثَّ مِنْهُمَا رِجَالا كَثِيرًا وَنِسَاءً وَاتَّقُوا اللَّهَ الَّذِي تَسَاءَلُونَ بِهِ وَالأرْحَامَ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبًا

«Ey odamlar, rabbingizdan qo‘rqinglar, u shunday zotdirki, sizlarni bir kishidan yaratib ko‘paytirdi. Undan (avval) xotinini yaratdi va ikkovidan ko‘plab erkaklarni va xotinlarni yaratdi». (Niso. 1-oyat. Ushbu kitobda kelgan barcha oyati karimalarning tarjimasida Shayx Abdulaziz Mansurning «Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi» kitobidan foydalaniladi.) 

Boshqa bir oyati karimada shunday deydi:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَأُنْثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ

«Ey odamlar, albatta biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik. Birbirlaringiz bilan tanishib, aloqa o‘rnatish oson bo‘lsin uchun sizlarni qabilalarga va millatlarga bo‘ldik. Allohning nazdida ulug‘roqlaringiz taqvodorroqlaringizdir». (Hujurot, 13.)                                                       
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Avgust 2008, 12:46:42
Insonning rangi, tili va millati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, uning Alloh oldidagi mas’uliyati, vazifasi bir, ya’ni Allohni tanish, uning buyrug‘iga bo‘yinsunish, nahiy qilgan narsalardan saqlanishdir. Ularning o‘z mas’uliyatlarini his qilib yurmoqlari, Alloh oldidagi javobgarliqdan qo‘rqib turmoqlari, imon-e’tiqodda mustahkam bo‘lmoqlari, shayton vasvasasiga aldanmasliklari uchun hamisha ogohlantirib turuvchi payg‘ambarlarni — elchilarni Alloh Ta’olo yuborib turdikim, bu payg‘ambarlar qaysi qavmga yuborilgan bo‘lsalar, o‘zlari o‘sha qavm ichidan tanlab olindilar.

وَمَا أَرْسَلْنَا مِنْ رَسُولٍ إِلا بِلِسَانِ قَوْمِهِ لِيُبَيِّنَ لَهُمْ فَيُضِلُّ اللَّهُ مَنْ يَشَاءُ وَيَهْدِي مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ

«Biz har bir payg‘ambarni (hukmlarimizni) o‘z tillarida bayon qilib berishlari uchun shu qavmning ichidan tanlab yuborganmiz». (Ibrohim, 4.)

Buning hikmati shundan iboratki, birinchidan, har bir qavmning ichki ahvolotidan shu qavm orasida birga yashagan odamgina mukammal xabardor bo‘ladi. Ikkinchidan, Allohning topshirig‘ini o‘z qavmiga yetkazishda ta’sirliroq usulni yaxshi biladi. Uchinchidan, qavm begona odamga qaraganda o‘zlari tanigan, hurmat qilib yuradigan odamga tezroq va yaxshiroq ergashadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Avgust 2008, 12:48:15
Alloh insonni ikki borliq — ko‘z bilan ko‘rinadigan moddiy va ko‘z bilan ko‘rinmaydigan ma’naviy borliq bilan yaratgan. Ko‘pincha insonning moddiy borlig‘i ma’naviy borlig‘idan ustun keladi. O’sha payt insonning irodasi Haqni taniyolmay qoladi. Fazilat yo‘llari berkiladi. Kamolot darajasini topmagan aqlning kuchi adolat o‘rnatish uchun yetmay qoladi, ko‘z bilan ko‘rilmaydigan narsalarni gushunolmay qoladi. Bu hol ma’naviy xastalikdir. Bu xastalikni davolaydigan birdanbir chora ilohiy tarbiya bo‘lib, uning dasturi esa payg‘ambarlar vositasi bilan insoniyatga yuborilgan vahiydir. Vahiy faqat payg‘ambarlar vositasida yuboriladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ilohiy vahiy — yer yuziga payg‘ambarlarning yuborilishidir.

Islomiy e’tiqodga ko‘ra, payg‘ambarlik Allohning bandalariga bergan eng buyuk lutfi, insonlik darajasining eng yuksak cho‘qqisidir. Hech kim payg‘ambarlik maqomiga o‘z zakosi, bilimi va o‘z g‘ayrati bilan erisholmaydi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning muborak hadislarida Alloh Ta’olo Odam otadan boshlab to bizning payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)gacha 124 ming payg‘ambar yuborganligi haqida xabar beriladi. Jumladan, Ibn Murdavayh tafsirida shunday rivoyat mavjud: «Sahobai kiromlardan ba’zilari (Abu Zarr Al-G’iforiy) payg‘ambarimizdan so‘radilar: «Ey Allohning rasuli, Odam otadan to sizgacha nechta payg‘ambar yuborilgan?» Rasululloh (s.a.v.): «Bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar yuborilgan», — dedilar. «Ularning nechtalari rasul hisoblanadilar?» Rasululloh(s.a.v.): «Ularning uch yuz o‘n uchtasi rasullardir», — deb javob berdilar.

Mazkur hadis ayni matnda Abu Hotimdan ham rivoyat qilingan: «Abu Umoma (r.a.) aytadilar: «Men rasulullohtsan so‘radim: «Ey Allohning payg‘ambari, nechta payg‘ambar yuborilgan?» Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Payg‘ambarlarning hammasi bir yuz yigirma to‘rt ming bo‘lib, ularning uch yuz o‘n beshtasi rasullardir». (Ibn Kasir, I tom, 46-56-betlar.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 06:27:15
Alloh subhonahu va Ta’olo har bir payg‘ambarni alohida o‘ziga xos mo‘‘jizalar bilan quvvatladiki, bu mo‘‘jiza o‘z sohibini haqiqatdan ham Allohning vakili — elchisi ekanligini isbotlaydi. Ana shunday mo‘‘jizakor payg‘ambarlarning 25 tasini Alloh Qur’oni Karimda nomlarini keltirib, ba’zilarining hayot va faoliyatlari haqida, ummatlari bilan bo‘lib o‘tgan munosabatlari haqida, ba’zi ummatlarga Alloh Ta’olo tomonidan qilingan karamu marhamatlar va ba’zilariga qilingan uqubatlar haqida bayon qilgan.

Mo‘jizalar ko‘rinishdan tabiat qonunlariga ziddir. Har qanday kishining ham bu narsaga aqli yetavermaydi. Lekin mo‘‘jizalar bor va haqiqatdir. Bu mo‘‘jizalarni tushunib yetish, qabul qilish uchun inson, avvalo, Allohning buyuk qudratiga, ko‘z bilan ko‘rinmaydigan ba’zi haqiqatlarga ishonmog‘i kerak bo‘ladi. Qur’oni Karim aql bovar qilmaydigan hollarning ham bo‘lishi mumkinligi xabarini berib, mo‘‘jizalarning yolg‘iz Alloh tomonidan sodir bo‘lishini, payg‘ambarlar ham xohlagan paytda mo‘‘jiza ko‘rsata olmasliklarini bildiradi.

Mo‘jizalarga ishontirmoq uchun ko‘rsatilgan dalillar nihoyat darajada haqiqiy bo‘lishi kerak. Karamu marhamatlar, uqubatlar Payg‘ambarimizning mo‘‘jizalari bilan bog‘liq bo‘lgan dalillar boshqa hodisalarning tarixiy dalillaridan ham ishonarli va quvvatlidir.

Ilohiy payg‘ambarlarning birinchisi, Allohning huzuridan avlodlari — ummatlariga Islom dinini birinchi olib kelgan zot — Hazrati Odam (a.s), payg‘ambarlarning eng oxirgisi, ummatlariga hech qachon buzilmas, o‘zgarmas Islom dinini keltirgan zot — Hazrati Muhammad(s.a.v.) dirlar.

Insonlar orasidan payg‘ambarlik darajasiga tanlab olingan kishilarning soni juda ko‘p. Payg‘ambarlik vazifasi nuqtai nazaridan hamma payg‘ambarlar tengdirlar, oralarida farq yo‘q. Fazilat jihatidan esa ular bir-birlaridan ajralib turadilar. Bu jihatdan Muhammad, Ibrohim, Muso, Iso, Nuh alayhissalomlar boshqalarga qaraganda ustundirlar. Bularning ham ichlarida eng afzali Payg‘ambarimiz Sarvari olam Muhammad Mustafo (s.a.v.)dirlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 06:33:11
3. Bu payg‘ambarlarning hammalari Alloh huzuridan bandalarga keltirgan dinlari — dini Islomdir. Din esa, har bir payg‘ambarning vahiy orqali Allohdan olgan hukmlar yig‘indisidir. Din deganda, yagona Alloh va uning elchisi esga keladi. Allohsiz din bo‘lmaganidek, vahiyga suyanmagan, bir payg‘ambar tomonidan yetkazilmagan ko‘rsatmalarni ham «din» deb bo‘lmaydi.

Islom dini inson yaratilgandan buyon mavjuddir. O’tgan asrlarda yashagan va hozirda yashab turgan insoniyat bor ekan, u ham albatta saqlanib qoladi. «Alloh» fikrining yo‘qolishi insoniyat hayotiga nuqta qo‘yilishidir. Alloh Ta’olo Qur’oni Karimda:

إِنَّ الدِّينَ عِنْدَ اللَّهِ الإسْلامُ

«Albatta Alloh buyurgan din — Islom dinidir», (Oli Imron, 19)— deb, Islom dini elchilarining hammasini:

وَمِنْ آبَائِهِمْ وَذُرِّيَّاتِهِمْ وَإِخْوَانِهِمْ وَاجْتَبَيْنَاهُمْ وَهَدَيْنَاهُمْ إِلَى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ

«Biz ularning hammasini odamlar orasidan tanlab oldik va ularni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qildik», (An’om, 87) — deb aytgan.

Hamma payg‘ambarlarning Alloh elchilari ekanligiga imon keltirish har bir musulmon kishiga farz. Mazkur hadis ayni matnda Abu Hotimdan ham rivoyat qilingan: «Abu Umoma (r.a.) aytadilar: «Men rasulullohdan so‘radim: «Ey Allohning payg‘ambari, nechta payg‘ambar yuborilgan?» Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Payg‘ambarlarning hammasi bir yuz yigirma to‘rt ming bo‘lib, ularning uch yuz o‘n beshtasi rasullardir». (Ibn Kasir, I tom, 46-56-betlar.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 06:50:42
Fir’avnning sehrgarlari, hatto Fir’avnning o‘zi ham halokat oldida musulmonlikni e’tirof etgan:

رَبَّنَا أَفْرِغْ عَلَيْنَا صَبْرًا وَتَوَفَّنَا مُسْلِمِينَ

«Rabbimiz, bizlarning ustimizga sabrni yog‘dirgin, bizlarni musulmon holda vafot etdirgin». ( A’rof, 126.)

حَتَّى إِذَا أَدْرَكَهُ الْغَرَقُ قَالَ آمَنْتُ أَنَّهُ لا إِلَهَ إِلا الَّذِي آمَنَتْ بِهِ بَنُو إِسْرَائِيلَ وَأَنَا مِنَ الْمُسْلِمِينَ

«Fir’avn suvga g‘arq bo‘layotganda dedi: «Men imon keltirdim shungaki, albatta Banu Isroil imon keltirgan zot yakka  yagonadir va men ham musulmonlardanman». (Yunus, 90.)

Sulaymon (a.s.) haqlarida:

إِنَّهُ مِنْ سُلَيْمَانَ وَإِنَّهُ بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ (٣٠)أَلا تَعْلُوا عَلَيَّ وَأْتُونِي مُسْلِمِينَ

«Albatta bu (maktub) Sulaymondan, unda mehribon va rahmdil Alloh nomi bilan (buyuraman)ki menga kattalik qilmasin va musulmon holda huzurimga kelsin». (Naml, 29-30-oyatlar.)

Iso (a.s.) haqlarida:

فَلَمَّا أَحَسَّ عِيسَى مِنْهُمُ الْكُفْرَ قَالَ مَنْ أَنْصَارِي إِلَى اللَّهِ قَالَ الْحَوَارِيُّونَ نَحْنُ أَنْصَارُ اللَّهِ آمَنَّا بِاللَّهِ وَاشْهَدْ بِأَنَّا مُسْلِمُونَ (٥٢)رَبَّنَا آمَنَّا بِمَا أَنْزَلْتَ وَاتَّبَعْنَا الرَّسُولَ فَاكْتُبْنَا مَعَ الشَّاهِدِينَ

«Iso (a.s.) yahudiylarning qattiq kufrda ekanligini sezganlaridan so‘ng: «Alloh uchun menga kim yordamchi bo‘ladi?» — dedilar. Havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz, Allohga imon keltirdik, guvoh bo‘lginki, biz musulmonlardanmiz»,— dedilar». (Oli Imron, 52-53-oyatlar.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 06:55:04
Muhammad (s.a.v.) haqlarida:

قُلْ إِنِّي أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ اللَّهَ مُخْلِصًا لَهُ الدِّينَ (١١) وَأُمِرْتُ لأنْ أَكُونَ أَوَّلَ الْمُسْلِمِينَ

«Ayting, ey Muhammad (s.a.v.): «Men Allohning diniga ixlos bilan ibodat qilishga buyurildim. Va birinchi musulmonlardan bo‘lishga buyurildim». (Zumar, 11-12-oyatlar.)

Payg‘ambarlarning ba’zilariga bu dunyoda boshqalariga berilmagan fazllar berilgan bo‘lishi mumkin. Ba’zilariga boshqalariga berilmagan mo‘jizalar berilgan bo‘lishi mumkin. Birlari podshoh bo‘lsa, yana birlari faqir bo‘lishi mumkin. Lekin Allohning nazdida hammalari tengdirlar. Hammalarining vazifalari bir, ya’ni Allohga itoat etgan halda ummatni hidoyatga solishdir. Keyingilari avvalgilarini tasdiqlab, quvvatlab kelganlar. Avvalgilari esa o‘zlaridan keyin keladigan payg‘ambarning bashoratini berib ketganlar. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning muborak so‘zlari bor:

«Payg‘ambarlarning hammalari ota bir, ona boshqa birodarlardir. Barchalarining keltirgan dinlari bir dindir». (Muxtasari Ibn Kasir, «Niso», 45-96-oyatlar.)

Ba’zi hukmlar zamon, makon va sharoitlar taqozosi bilan bir-biridan farq qilsa ham, e’tiqod masalasi bir xildir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 06:57:54
4. Biroq avvalgi payg‘ambarlar bildirgan yagona Allohga ishonchning asoslari turli kimsalar tarafidan buzildi. Turli sabablar bilan keyinchalik o‘zgarishlarga uchradi:

a) natijada, aslida islom bo‘lgan, lekin insonlar aralashuvi bilan paydo qilingan buzuq e’tiqodlar paydo bo‘ldiki, ular islom ahli o‘rtasida «kitobiy dinlar» deb nom oldi. Bu haqda keyinroq to‘xtalamiz.

b) professor Mahmud As’ad Jo‘shon «Islom, sevgi va tasavvuf» kitobida dinlarning ikki xil bo‘lishini tushuntiradi. Birinchisi — ilohiy dinlar. Bular ulug‘ Alloh tomonidan endirilgan bo‘lib, mohiyatan islomdir. Alloh o‘z amrlarini ilohiy sahifalar yoki kitoblar vositasida bandalariga yetkazgan. Ikkinchisi — insoniy (bashariy) dinlar. Bular — insonlarning o‘zlari o‘ylab topgan aqidalar bo‘lib, ularda ilohiylik, islomiylik xususiyati yo‘q.

Bunday insoniy dinlarda Allohga ibodat o‘rnini but va sanamlarga sig‘inish egallagan.

Butparastlikning asosi — tabiat kuchlarini ilohiylashtirib yuksaltirish, rasm, haykallarda aks etgan bu kuchlarga insonlarni sig‘intirish bilan ularning qadr va sharafini yerga urishdan iborat edi.

Ular Allohdan boshqa «ilohlar»ga sig‘inuvchilardan tashkil topgan, ya’ni ularga biror payg‘ambar islomni olib kelishidan avval o‘zlaricha shunday e’tiqodni joriy qilganlar yoki payg‘ambar kelib ketgandan keyin uning dinini buzib, o‘z xohishlariga moslab olganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 06:59:14
ASHOB UR-RUHONIYA

Bu toifaga kiruvchilar farishtalarga sig‘inadilar. Ular asosan hindlardir. Bu toifaning da’vosicha, Allohning huzuridan farishtalar inson qiyofasida ularga hukmlar keltiradilar, ularga shariatlar va hududlarni o‘rgatadilar. Shuning uchun ular farishtalarga sajda qiladilar.

Ularning bir guruhi gumon qilishlaricha, ularning payg‘ambari ruhoniy farishta bo‘lib, ismi Shit deyiladi, har kelganda boshiga uchburchakli munavvar qizil qalpoq kiyib keladi, unga sajda qilishadi.

Yana bir guruhning payg‘ambari osmondan odam suratida keladigan farishta bo‘lib, har kelganda olovni ulug‘lashga, unga sajda qilishga da’vat etadi, deyishadi va farishtaga hamda olovga sajda qilishadi.

Yana bir guruh yohudiya deb nomlanadi. Ularning da’vosicha, osmondan bir Yohud nomli farishta otga mingan, o‘liklarning‘ suyaklaridan boshiga toj kiygan va bo‘yniga marjon taqqan holda keladi, hammani Allohga, o‘ziga ibodat qilishga, o‘ziga sajda qilishga va o‘zining timsolida bir sanam yasab, o‘sha sanamga sig‘inishga buyuradi. Farishta, o‘zi ketgandan keyin, odamlar ham o‘liklarning suyaklaridan toj taqishadi, tarki dunyo qilishadi.

Kelgan farishtaning nomi bor, qalin sochli, bir qo‘lida og‘zini ochib turgan zaharli ilon, yana bir qo‘lida hassa, uchinchi qo‘lida bosh suyagi, to‘rtinchi ko‘lini tepaga ko‘targan, ikki qulog‘iga don osilgan, badanini ikki ajdar o‘ragan, boshida o‘liklarning suyaklaridan yasalgan toj, bo‘ynida esa suyaklardan marjon osilgan.
Bu guruhning da’vosicha, ularning farishtalari barcha yomon va yaxshi xislatlar, masalan: saxovat va ziqnalik, yaxshilik va yomonlikning sohibi bo‘lgani uchun sig‘inishga loyiq zotdir. Shuning uchun ham ular farishta timsoli yonida ibodat qilishib, hojatlarini tilar ekanlar, qattiq qo‘rquvda bo‘ladilar. Bu farishtaga atab Hindistonda katta uy qurilgan, uning yoniga har kun uch yuz odam kelib, unga sig‘inadilar va undan hojatlarini so‘raydilar, hatto erkaklar: «Mening xotinim falonchi, mendan falon narsani olib berishimni so‘rayapti, shu narsani menga ato qilgin», — deb, arzimas narsalarni xam farishtadan so‘rayveradilar.

Ba’zilar kelib u farishtaning yonida bir necha kun va tun istiqomat qiladilar, shu muddatda ovqat yemaydilar, ichimlik ichmaydilar, unga yolvorib, hojatlarini so‘raydilar, tasodifan hojatlariga erishsalar, farishtadan yuz o‘girib, uni la’natlab ketadilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 07:02:00
SOBIIYLAR

Sobiiylar quyoshga sig‘inuvchi oftobparastlardir. Ular har kuni besh marta quyoshga sig‘inadilar.

Sobiiylarning da’vo qilishlaricha, Quyosh Allohning farishtalaridan biri bo‘lib, uning ham nafsi, aqli, qulog‘i, ko‘zi, idroki va ma’rifati bor. Oyning nuri ham, butun olamning ziyosi ham, barcha mavjudotning hayoti ham Quyoshdandir. U falakning podshosi, shuning uchun ham ta’zimga, sig‘inishga va undan najot so‘rashga loyikdir.

Sobiiylar Quyosh timsolida bir sanam yasaganlar uning ikki qo‘li bo‘lib, bir qo‘lida olov rangli gavxar bo‘lgan.

Sanam uchun katta uy yasashib, unga xizmat qiladigan maxsus odam tayinlashgan va bu xodimni Quyosh farishtasining elchisi, deb ataydilar. Har kun bu uyga uch marta kelib, sanamga sajda qilib, go‘yoki Quyoshga atab namoz o‘qiydilar. Bu yerga turli mubtalo kasallar kelishib namoz o‘qiydilar, ro‘za tutadilar va sanam guvoxligida Quyoshdan najot, shifo so‘raydilar.

Quyoshga sig‘inuvchi toifalarning kelib chiqishi juda qadimiy bo‘lib, ular faqat Hindistonda emas, balki Yamanning sharqiy qismida istiqomat qiluvchi arab qabilalari orasida ham mavjud. Bu qabila Qur’oni Karimda qissasi keltirilgan Bilqisning mamlakati Saboda yashaydi. Ular haqida Alloh Ta’olo Qur’oni Karimda xabar bergan:

فَمَكَثَ غَيْرَ بَعِيدٍ فَقَالَ أَحَطتُ بِمَا لَمْ تُحِطْ بِهِ وَجِئْتُكَ مِنْ سَبَإٍ بِنَبَإٍ يَقِينٍ (٢٢)إِنِّي وَجَدْتُ امْرَأَةً تَمْلِكُهُمْ وَأُوتِيَتْ مِنْ كُلِّ شَيْءٍ وَلَهَا عَرْشٌ عَظِيمٌ (٢٣)وَجَدْتُهَا وَقَوْمَهَا يَسْجُدُونَ لِلشَّمْسِ مِنْ دُونِ اللَّهِ وَزَيَّنَ لَهُمُ الشَّيْطَانُ أَعْمَالَهُمْ فَصَدَّهُمْ عَنِ السَّبِيلِ فَهُمْ لا يَهْتَدُونَ

«Hudhud kelib Sulaymon (a.s.)ga dedi: «Men sen ogoh bo‘lmagan narsalardan ogoh bo‘ldim va senga Saba’ shaxridan ishonchli xabar keltirdim. Men bir ayolni ko‘rdim. U ularning malikasi ekan. Unga barcha narsadan ato etilgan bo‘lib, ulkan taxti ham bordir. Men uning va qavmining Allohni qo‘yib, quyoshga sajda qilayotganlarini ko‘rdim». (Naml, 22-24-oyatlar.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 07:04:08
OYGA SIG’INUVCHILAR

Bu toifaning so‘zlariga qaraganda, Oy Alloh Ta’oloning farishtalaridan eng ulug‘i bo‘lib, ta’zimga va unga sig‘inishga loyiqdir. Chunki, Alloh Ta’olo butun olam tadbirini, olamdagi barcha juz’iyotning o‘zgarishi, kamayishi, ko‘payishi sabablarini unga topshirib qo‘ygan. Zamon, kecha-kunduz va soatlar uning harakatidan bilinadi. U Quyoshning yo‘ldoshi bo‘lib, nurining ko‘payishi yoki kamayishi unga bog‘liq.

Bu toifaning ibodat yo‘li shundayki, ular to‘rt oyoqli buzoq shaklida sanam yasaganlar, uning qo‘li ham bo‘lib, bu qo‘li bilan munavvar, shaffof bir gavharni tutib turadi.

Oyparastlar Oyning noibi sifatida buzoq qiyofasidagi sanamga ibodat qiladilar, unga atab har oyning birinchi yarmida ro‘za tutadilar va Oy chiqmaguncha og‘izlarini ochmaydilar. Oy chiqqandan keyin yemak-ichmaklarini Oyning noibi bo‘lgan buzoq — sanamning oldiga olib keladilar. Keyin Oyga astoydil tikilib, hojatlarini so‘raydilar. So‘ng tepalikka chiqadilar va olov yoqib, yana qattiq duoga beriladilar, keyin pastga tushib sanam yonida tong otguncha taom yeydilar, ichimlik ichadilar, xursandchilik qilib, raqsga tushadilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 08:44:39
ZUHALPARASTLAR

Bu toifadagilar Zuhal yulduziga sig‘inuvchilardir. Bular toifasiga barahmanlardan ba’zilari, astronomlar va munajjimlarning ko‘pchiligi kiradi. Ular Zuhal yulduzini «As-Sa’dul akbar»(katta baxt) deb nomlaydilar. Ularning fikricha, mazkur yulduz tadbir qilish fazilatiga ega bo‘lib, inson tilagini beruvchi, rad etuvchi, ko‘taruvchi, tushiruvchi, zarar yetkazuvchi, manfaat yetkazuvchi hisoblanadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 08:45:46
ZUHRAPARASTLAR

Bu toifa asosan Yamanning San’o shahrida podshoh Zahhok tomonidan qurilgan «Zuhra» nomli qasrda mavjud bo‘lgan. Ular Zuhra yulduzini iloh darajasiga ko‘tarib, tadbir qilish, dunyoni boshqarish, yaxshilik va yomonlik qilish xususiyati bor deb e’tiqod qilganlar.

Bu qasr Hazrat Usmon xalifalik davrlarida buzib tashlangan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 08:52:02
SHA’ROPARASTLAR
Sha’ro yulduzi mashhur yulduzlardan biri bo‘lib, har yili Javzo oyining o‘rtalarida, havo qattiq isib ketgan paytda chiqadi va uzoq turmay g‘oyib bo‘ladi. Munajjimlar bu yulduzning chiqishi har yili bir muhim hodisaga sabab bo‘ladi, deb uni ulug‘laydilar, unga ibodat qiladilar.

Johiliyat davrida bu yulduzga muntazam sig‘inuvchilar Hijozda istiqomat qiluvchi Xuzo’a qabilasining a’zolari edilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 08:53:21
SUVPARASTLAR

Suvga sig‘inuvchilar Hulyoniya nomi bilan mashhur. Ularning e’tiqodicha, suv o‘zi bir farishta bo‘lib, u bilan ko‘p farishtalar birga yuradilar. Shuning uchun ham suv hamma narsaning asli sanaladi, o‘sish, yashash, tug‘ilish, poklanish suv bilandir. Har bir narsaning hayoti ham suv bilan. Suvga muhtoj bo‘lmaydigan biror narsa topilmaydi.

Suvparastlar agar ibodat qilmoqchi bo‘lsalar, yechinib faqat avratlarini o‘raydilar, keyin anhor yoki hovuz suviga tushadilar. Suv o‘rtasiga borib ikki soat yoki undan ortiqroq vaqt suvda turadilar, qo‘llarita rayhon shoxlaridan ushlab olib, uni maydalaydilar va tasbeh aytgan holda suvga oqizadilar. Suvdan qaytib chiqmoqchi bo‘lsalar, suvni qo‘llari bilan harakatlantiradilar yoki suv ostidan hovuchlab suv olib, boshlariga, yuzlariga va butun badanlariga quyadilar. Keyin qirg‘oqqa yetay deganda, suvga egilib ta’zim va uzoq sajda qiladilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 08:55:39
OLOVPARASTLAR

Bu toifa Alyavotiriya deb nomlanadi. Ularning e’tiqodicha, olov unsurlarning eng ulug‘i, insonga manfaat yetkazish jihatidan, muloyimligi, go‘zalligi, munavvarligi jihatidan tabiatning boshqa unsurlaridan afzalidir.
Olovparastlik dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida, jumladan, Eron, Rusiya, Ozarbayjon, O’zbekiston hududlarida qadimdan keng tarqalgan bo‘lib, uning tarixi to‘rt ming yillarni o‘z ichiga oladi.

Tarix olimlarining keltirishlaricha, olovparastlik (otashparastlik)ning birinchi tashabbuskori Odam (a.s.)ning o‘g‘li Qobil edi. U ukasi Hobilni o‘ldirgandan keyin, otasi Odamdan qochib Yamanga bordi. U yerda Qobilga Iblis yo‘liqib: «Sening qurbonligingni emas, balki Hobilning qurbonligini olov qabul qildi, chunki u olovga sig‘inardi. Shuning uchun sen ham olovga sig‘insang, kelajaqtsa sening va avlodlaringning ishlari yaxshi bo‘ladi», — deb vasvasa qildi. Qobil olovga sig‘iniladigan birinchi ibodatxona qurdi va birinchi olovga sig‘inuvchi otashparast bo‘ldi.(Tarixi Tabariy. 1-j, 112-b.)

Olovparastlikning juda qadimdan paydo bo‘lganini, uning majusiy diniga aloqasi yo‘qligini tarix va arxeolog olimlar quyidagaicha keltirishadi.

«Chelyabinsk universiteti va Rossiya Fanlar akademiyasi O’rol bo‘limining tarix va arxeologiya instituti olimlari Janubiy Urol dashtligida qadimiy ajoyib shahar Arkaim vayronalarini topdilar. Ularning fikricha, shahar 37 asrlik tarixga ega. Shahar doira shaklida qurilgan, 23 ming aholi yashagan bo‘lsa kerak. Ular olovga sig‘inganlar.» (F.Sulaymonova. Sharq va G’arb. Toshkent. «O’zbekiston», 1997 y. 266.)

«O’zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi A. Asqarov bergan ma’lumotga ko‘ra, Jarqo‘tonda eradan avvalgi II ming yillikka taalluqli o‘tparastlar olovdoni, Eronda esa faqat eradan avvalgi VI asrga aloqador o‘chmas olov joyi topilgan». (O’sha manba, 266.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 08:56:45
Olovparastlar ibodat qilish uchun, yerga to‘rtburchak shaklda chuqur qaziydilar, unga olov yoqib, olib kelingan xushbo‘y moddalardan olovga tashlaydilar.

Olovparastlarning juda e’tiqodi kuchlilari o‘zlarini olovga tashlab, badanlarini kuydirib olishlari faxr sanaladi.

Bu e’tiqod Hindistonda ham keng tarqalgan, ayniqsa, qadimgi hind podshoxlari olovga qattiq sig‘inardilar va olovni dunyodagi barcha mavjudotlardan ustun qo‘yardilar.

Hindistonlik ba’zi olovparastlar olovga sajda qilmaydilar, ularning ibodat usullari boshqacharoq kechadi. Ular, ro‘zador holda olov atrofida o‘tirib olishar, duolar o‘qishar, nafaslari olovga yetib ozor bo‘lmasin degan maqsadda nafaslarini ichlariga yutib, sezilar-sezilmas nafas oladilar. Buning sababi shuki, ularning e’tiqodicha, inson o‘z axloqini yaxshilasa, yolg‘onchilik, hasad, tajovuz, hirs va gina-kuduratdan poklansa, olov uni kuydirmaydi, hech qanday zarar ham yetmaydi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 09:05:30
BUTPARASTLAR

Butparastlar ikki xil bo‘lib, birinchilari «sanam»ga ibodat qiladilar. Muqaddas deb bilingan biror inson, hayvon, jins yoki daraxtning ibodat qilish maqsadida maxsus qurilgan haykal yoki tasviri sanamdir.

Ikkinchi guruh butparastlar «vasan»ga ibodat qiladilar. Vasan — bu guruh muqaddas deb sig‘inadigan qaysidir hayvon, tosh yoki daraxtdir.

Vasaniylarning ko‘ziga biror tosh chiroyli ko‘rinib ketsa, uni uylariga olib borib qo‘yib, sig‘ina boshlaydilar. Agar undan chiroylirog‘ini uchratib qolsalar, avvalgisini tashlab yuborib, yangisiga sig‘inaveradilar.

Mufassir ulamolarning so‘zlariga qaraganda, but va sanam oldida sajda qilib sig‘inish birinchi bo‘lib Nuh payg‘ambarning qavmi orasida boshlangan. Ular toshlardan odam suratidagi haykalni yasab olib, unga ibodat qilganlar.
Al-Vohidiy o‘zining tafsirida shunday yozadi: «Muhammad ibn Ka’b Al-Quraziyning rivoyat qilishicha, Odam (a.s.) bilan Nuh (a.s.)ning o‘rtalarida solih qavm yashaganlar. Ular orasidan Vadd, Suvo’, Yag‘us, Ya’uq va Nasr nomli besh kishi o‘zlarining solihliklari, taqvolari va imonlarining mustahkamligi bilan el orasida mashhur bo‘lganlar. Ular dunyodan o‘tganlaridan keyin, avlodlari ham ajdodlariga munosib bo‘lib, sof e’tiqodda yurishga harakat qilganlar.

Iblis (a.l.) ularning diliga: «Agar solih ajdodlaringizning suratlarini yasatib, ko‘z oldingizga qo‘yib olsangiz, ibodat qilayotgan paytingizda g‘ayratingiz va ularga bo‘lgan mehr-muhabbatingiz yanada ziyoda bo‘ladi», — deb vasvasa qildi. Solih qavm yolg‘iz Allohga ibodat qilgan bo‘lsalar ham, ro‘paralariga ajdodlari suratini qo‘yib olganlari uchun xayollari sochildi va yo‘ldan ozdilar. Iblis esa ularning avlodlariga yana vasvasa qilib: «Otalaringiz mana shu suratlarga sig‘inishib, ularni iloh deganlar va ko‘p darajotlar topganlar», — dedi. Shundan so‘ng qavm bu suratlarni haykalga aylantirishib, butparast bo‘lib ketishdi»
.( Ibn Kasir, Qisasul-anbiyo. Qohira, 57-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 09:07:55
Keyinchalik butparastlik shunday avj oldiki, podshoh Namrud ibn Kan’on davrida but va sanamlar uchun katta saroy qurdirildi va bu saroyga turli qabilalar uchun yasalgan 90 ta but qo‘yildi. Yosh Ibrohim (a.s.) sindirgan butlar o‘sha butlar edi. Ibrohim (a.s.) 89 butni bolta bilan sindirib, bir dona eng kattasini sindirmadilar va uning bo‘yniga. bolta osib qo‘ydilar. Qavm bayram xursandchiligidan ibodatxonaga qaytib kelib, hamma butlar sindirilganini ko‘rishdi. Bu ishni Ibrohimdan gumon qilishdi. Ibrohim (a.s.) esa butlarni sindirmaganliklarini aytib, o‘zlariga hujjat uchun sindirilmasdan bo‘yniga bolta osilgan katta butni ko‘rsatdilar va: «Anovi kattasidan so‘ranglar, o‘sha sindirgan bo‘lsa kerak», — deb javob berdilar. Qavm mulzam bo‘lib, jim qolishdi va chidamasdan: «Ilohlaringizga yordam berishni istasangiz, Ibrohimni o‘tda kuydiringlar!» — deb baqirishdi. Alloh Ta’olo o‘z payg‘ambariga najot berdi, Ibrohim (a.s.) olovda kuymasdan sog‘salomat chiqib keldilar. Namrud va uning qavmi esa halokatga uchradi.( Ibn Kasir. Qisasulanbiyo. Qohira, 109-bet)

Butparastlar o‘z e’tiqodlarida qolib, but va sanamlarga sig‘inishda davom etgan bo‘lsalar ham, Makkadagi Allohning Ka’basiga but kiritilmagan edi.

Ka’ba yoniga birinchi butni o‘rnatgan ham, mast qiluvchi ichimlikni birinchi o‘ylab topgan ham Amr ibn Yahyo ismli kimsa edi. Uning haqida Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Sen Amr ibn Yahyo, do‘zaxda libosing etagini sudrab yurasan», — degan edilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 09:10:55
Amr ibn Yahyo Quraysh qabilasining avvalgi raisi bo‘lib, Ka’baga xo‘jayinlikni ham zo‘rlik bilan tortib olgan edi. Amr Shomga safar qilganda Balqo nomli shaxar aholisining butlarga ibodat qilishayotganini ko‘rdi va qiziqib: «Bu nima?» — deb so‘radi. Ular: «Butlar bizning rabbimiz, unga sig‘inamiz, dardimizni aytamiz, yordam so‘raymiz, suv so‘rasak — suv, non so‘rasak — non, nima tilak so‘rasak o‘shanga yetkazadi», deb javob berishdi. Amrga ham butlar yoqib qoldi va so‘ragan edi, unga Hubal ismli but hadya qilishdi. Amr ibn Yahyo Hubalni olib Makkaga keltirdi va Ka’baning yoniga qo‘ydirdi. Balqo aholisi Amrga yana ikkita; biri Isof, ikkinchisi Qofila ismli er-xotinning haykalini ham berishgan edi. Bu haykallarning birini Safo tog‘i ustiga, yana birini Marva tog‘i ustiga qo‘ydirdi. Shunday qilib, arab qabilalari orasida but va sanamlarga sig‘inish kuchayib ketdi. Toifliklar ham o‘zlariga but yasab, nomini Lot deb atadilar. Madinada istiqomat qiluvchi kishilar ham o‘zlariga Manot ismli but yasatib olgan va unga ibodat qilar edilar. Shunday qilib, Ka’ba atrofida uch yuz oltmishta but jamlangan edi.( A.Sog‘uniy. Tarixi Muhammadiy. Toshkent, 1997. 40-46-b. )

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Makka fathidan keyin Ka’baga yaqin keldilar va barcha but, sanamlardan uni tozaladilar, shugina emas, butun Arabiston, balki bugun islom mamlakatlari shirkdan tozalandi.

G’atfon qabilasi bir daraxtni muqaddas bilib, unga sig‘inishar, uni Al-Uzzo deb nomlagan edilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) u yerga Xolid ibn Validni yubordilar. Xolid ibn Valid borib, u daraxtni kesib tashladi. G’atfonliklar esa musulmon bo‘ldilar.

Xas’am qabilasi ham bir katta qadimiy daraxtni muqaddas bilib, unga uzoq vaqtdan buyon sig‘inib kelishar edi. Yashin tushib u daraxt yonib ketdi. Ular bir bino qurib, nomini Al-Ka’ba al-Yamoniya dem nomladilar va o‘sha binoni tavof qila boshladilar. Payg‘ambarimiz(s.a.v.) Jarir ibn Abdullohni bir yuz ellik otliq bilan yubordilar. Jarir borib, ularning ka’basini buzib tashladi. Shundan so‘ng Alloh ularning qalbiga islom hidoyatini soldi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 09:13:56
Oyga sig‘inuvchilar yahudiylardan bo‘lib, ular ilgari Somiriy yasab bergan buzoqqa sig‘inganlar toifasidan edilar. Bu haqda Alloh Ta’olo Qur’oni Karimning «Toho» surasida xabar bergan:

فَأَخْرَجَ لَهُمْ عِجْلا جَسَدًا لَهُ خُوَارٌ فَقَالُوا هَذَا إِلَهُكُمْ وَإِلَهُ مُوسَى فَنَسِيَ

«So‘ng (Somiriy) ovozli buzoq haykalini yasab chiqarib berdi. So‘ngra (Somiriy va sheriklari): «Sizlarning ham, Musoning ham ilohi shu edi. Muso unutdi va (izlab boshqa yoqqa ketdi) deyishdi».( Toha, 88 )

Ularning bunday e’tiqodi qattiq zalolat ekanligini yana bir oyati karimada bayon etilgan:

«Shubhasiz o‘zlariga buzoqni ma’bud qilib olgan kimsalarga yaqinda robbilari tomonidan qahrg‘azab va dunyoda xorlik yetadi. Tajovuzkorlarni shunday jazolaymiz».

Majusiylar va hind axlidan bo‘lgan bir toifa sigirlarga sig‘inadilar, ularning siydigi bilan shifolanish va poklanish niyatida yuvinadiganlarning taqdiri ham shunday bo‘lishi tabiiydir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 16:52:52
INSONPARASTLAR

Takabburlik, manmanlik insonda paydo bo‘ladigan eng nomaqbul illat hisoblanadi. Uning darajasi turlicha bo‘lib, ba’zilar faqat oddiy insonlarni mensimay yurish bilan kifoyalanadilar. Bu manmanlikning endi boshlanishi yoki quyi darajasidir. Ba’zi kishilar maqbul yo nomaqbulning, halol yoki haromning farqiga bormaydilar. Bu ikkinchi darajadir. Ba’zilar Yaratganni tan olmaydilar, diyonatdan uzoq yuradilar, lekin Yaratganga, uning elchilariga, valiylariga, va umuman, musulmonlarga munosabat bildirmaydilar, hurmat ham qilmaydilar, haqorat ham. Bu uchinchi daraja hisoblanadi.

Yana ba’zilar Allohning elchilariga tajovuzkorlik qilib, o‘zini uning maqomiga qo‘yadilar, payg‘ambarlik iddaosida bo‘ladilar. Bu kibrning to‘rtinchi darajasidir.

Takabburlikning beshinchi darajasi esa Iblisning kibru havosidan ham yuqori bo‘lib, Alloxni mensimaydi, o‘zini yaratuvchi, ma’bud, yakka xudo deb hisoblaydi.

Tarixda arab va ajam podshoxlaridan ba’zi birlari takabburlikning eng oxirgi darajasiga yetib, o‘zlarini xudo maqomida tutganlar, xalqni esa o‘zlariga sig‘intirib, hidoyatdan adashtirganlar. Odamlar ham goh johilliklari sababli, goh esa qo‘rqqanlaridan mudda’iy ma’budga egilganlar, sajda qilganlar va topinganlar.

Bunday xudolikka da’vogarlardan biri Shaddod ibn Od bo‘lib, u Hijoz bilan Yaman orasidagi qavmlarga podshoh bo‘lgan. Uning amri bilan baland-baland ustunlar yordamida ko‘tarilgan mustahkam imoratlar qurilib Eram nomli shahar barpo etildi. Shaddod esa o‘zini xudo deb e’lon qildi va Allohning jannatiga qiyos qilib, o‘ziga sajda qilgan, itoat qilgan fuqarolarini mukofotlash uchun katta bog‘ qurdirdi. Odamlar unga ko‘rko‘rona topindilar va Allohning payg‘ambarini tan olmadilar. Natijada Alloh Shaddodni va uning qavmini halok qildi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 16:56:06
Xudolik da’vosini qilganlardan yana biri podshoh Namrud ibn Kan’on ibn podshoh Kux ibn Homdir. Namrudning otasi Kan’on va bobosi Kux o‘ta jabbor podshoh bo‘lishgan. Namrud esa otasi va bobosidan ham oshib tushib, xudolik da’vosini qildi va odamlarni o‘ziga sajda qilishga buyurdi.

Shu bilan birga Namrudning o‘zi qavmiga qo‘shilib sanamlarga ibodat qilardi.
Alloh Ta’olo Namrud va uning qavmini hidoyatga chaqirish, Namrudning iddaosidan voz kechirish uchun Ibrohim (a.s.)ni elchi qilib yubordi. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 112-b.)

U esa Ibrohim (a.s.)ni olovda yondirib yo‘qotish payiga tushdi. Alloh Ta’olo Namrud va uning qavmini halokatga mubtalo qilib, uning yerini, mulkini Ibrohim (a.s.)ga meros qilib berdi.

Xudolik da’vosini qilganlardan yana biri Bobil podshohi Buxtunnasrdir. U o‘z davrida Muso (a.s.)ning qavmlari bo‘lgan yahudiylarga ko‘p jabr-sitam yetkazdi, yahudiylarga qiron keltirdi, Quddus shahrini vayron qildi. Nihoyat o‘zi ham Allohning g‘azabiga uchrab, halok bo‘ldi.

Amoliqa podshohlaridan ham bir nechasi xudolik da’vosida bo‘lgan. Ular «Ashobul ayka» deb nomlanadilar. Bu podshohlarning har birining o‘z nomi bo‘lib, ular: Abjad, Havvaz, Huttiy, Kalaman, Sa’faz va Qarashat deb nomlanganlar. Ularning eng kattasi Abjad bo‘lib, barchalari ham Allohga qattiq bo‘yintovlik qilishgan, xudolik da’vosida qattiq turishgan. Ammo boshqalari Abjadga sajda qilishgan. Alloh Ta’olo ularni da’vat qilish uchun Shuayb payg‘ambarni yubordi. Ular payg‘ambarni takzib qildilar va o‘ldirishga qasd qildilar. Ammo Alloh Ta’olo ularning o‘zini halokatga mahkum etdi, Shuayb (a.s.) va u kishining mo‘min qavmiga najot berib, ularning mulkini mo‘minlarga meros qilib berdi. (Afif Abdul Fattoh. Ma’al-anbiyo fil-Qur’on. Lubnon. 226-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 17:00:58
Xudolik da’vosini qilgan yana bir takabbur kimsa Misr Fir’avnidir.( Ibn Kasir.Qisasul-anbiyo. Qohira, 237-b.) Uning kibru havosi shu darajada baland ediki, u

فَقَالَ أَنَا رَبُّكُمُ الأعْلَى

«Men hammadan oliy robbilaringizman!», (Nozi’ot, 23-24.) dedi.

Unga birinchi bo‘lib Iblis, ikkinchi bo‘lib vaziri Homon, keyin esa uning qavmi — «Qibt» qabilasi sajda qila boshladilar. Shu tariqa Fir’avnga sajda qilish to‘rt yuz yil davom etdi. Alloh Ta’olo uni hidoyatga chaqirish uchun Muso (a.s.) va Horun (a.s.)larni elchi qilib yubordi.

Ikkovlari har qancha da’vat qilishlariga va payg‘ambarlik mo‘‘jizasini ko‘rsatishlariga qaramay, Fir’avn ularni takzib qildi, payg‘ambarlarni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Alloh uning o‘zini va qavmini halokatga uchratib, suvga g‘arq etdi, payg‘ambarlarga va Fir’avnning zulmidan ezilgan yahudiylarga esa najot berdi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan keyin islom ummatlaridan bo‘linib ketgan turli firqalar, masalan: Al-Mushabbiha toifasiga mansub firqalar orasida ham insonlarni iloh deb e’tiqod qiladiganlar mavjud.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Avgust 2008, 17:06:01
1. As-Sabaiya (Bu firqa Abdulloh ibn Saba’ning tarafdorlari bo‘lib, u Hazrat Aliga: «Siz haqiqiy ilohsiz!»—degan. Hazrat Ali undan  g‘azablanib, uni va tarafdorlarini surgun qilib, turli shaharlarga ko‘chirib yuborganlar. Ularning e’tiqodicha, Ali o‘lmagan. Ibn Muljam Alini emas, balki uning suratiga kirib olgan shaytonni o‘ldirgan. Ali bulut ustiga chiqib ketgan, momaqaldiroq uning ovozi, chaqmoq esa uning qilichidir. U yaqinda yerga tushadi va butun jahon uning adolati bilan to‘ladi. Shuning uchun havo bulut bo‘lib, momaqaldiroq gumburlaganda, ular bulutga qarab: «Sizga ham salomatlik bo‘lsin, ey mo‘minlarning amiri!»— deb baqirishadi. Agar yomg‘ir yog‘sa bolalar yalangoyoq yomg‘ir suvida yuradilar va baland ovoz bilan «Ey Alining barakasi, yana ko‘paygin!» — deb duo qiladilar. (Al-farqu  baynal-firaq, 225-b.) firqasi Hazrat Alini iloh deb e’tiqod qilishadi. Ulardan bir nechtasini olovda kuydirilganda, bu toifaning boshqa a’zolari: «Sizning ilohligingizga avval ishonmagan bo‘lsak ham, endi ishondik. Chunki, olov bilan faqat Alloh kuydirib jazolaydi» — deyishgan. (Al-farqu  baynal-firaq, 225-b.)

2.  Al-Bayoniya firqasi ham o‘z ma’budlarini inson suratidagi nur deb da’vo qiladilar.

3. Al-Mansuriya firqasining rahbari Abu Mansur Al-Ijliy o‘zini parvardigorga o‘xshatadi. Uning da’vosicha, Abu Mansur osmonga ko‘tarilgan, Allohning yoniga borgan. Alloh qo‘llari bilan uning boshini silagan va: «Ey o‘g‘lim, bor mendan qavmingga xabar yetkaz!»— degan.

4. Al-Xattobiya firqasi alaviy imomlarni va Abul Xattob Al-Asadiyni iloh deb e’tiqod qiladi. Bu firqaning ba’zi a’zolari esa, Abdulloh ibn Muoviya ibn Abdulloh ibn Ja’farni iloh deb sanaydilar.

5.  Al-Hululiya firqasining gumonicha, Alloh Ta’olo imomlarga hulul qilib, o‘zini ularda zohir qilgan. Shuning uchun imomlarga sig‘inish mumkin, deydilar.

6.  Al-Muqanna’iya firqasi Movarounnahrda o‘z rahbarlari Muqannaning iloxligini da’vo qiladilar.( Muqannaning xudolik da’vosini qilgani haqida majusiylar bobida bayon etilgan)

7.  Al-Azofira firqasi Bag‘dodda o‘ldirilgan rahbarlari Ibn Abil Azofirni ilohlik darajasiga ko‘targanlar.

8. Islom millatining ba’zi toifalari (qadariylarning Al-Xobitiya va mo‘‘taziliylarning An-Nazzomiya firqalari) hamda ba’zi din ahllari Hazrat Isoni ikkinchi iloh deydilar.( O’sha manba, 227-228-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 06:05:45
Hech kimga sir emaski, sobiq Sovet ittifoqi davrida agarchi Stalinning o‘zi ochiq-oydin xudolik da’vosini qilmagan bo‘lsa ham, lekin aksar xalq uni Xudo maqomiga ko‘tardilar va hamma narsasini: molu mulkini ham, izzat-nafsini ham, imonini, hatto  .jonini ham unga bag‘ishladi. Ayniqsa, jang maydonida o‘lim bilan yuz-mayuz bo‘lganda, imon kalimasini o‘girish o‘rniga «Stalin uchun!» deb baqirishib, o‘zini o‘qqa tutib berdi. Albatta bunday o‘lim qahramonlik emas, bu narsa jasorat emas, balki jaholat bo‘lib, insonparastlikning, shirkning ayni o‘zidir. Shirkning yana bir ko‘rinishi yahudiylarning «Uzayr Xudoning o‘g‘li» — deyishlari, nasroniylarning «Iso Xudoning o‘g‘li» — deb e’tiqod qilishlaridir.

Tasavvufda johil muridlarning ba’zi tariqat peshvolarini hamma narsadan ustun bilib, uning huzurida haddan ortiq tavoze’, balki ta’zim va sajda qilishlari, tilaklariga Alloh emas, pirlarining yetkazishiga umid bog‘lashlari, ziyoratgoh joylarni faqat ziyoratgoh emas, mushkulkushod joylar, tilakka yetiladigan, maqsad hosil bo‘ladigan joylar deb, o‘sha ziyoratgohlardan tilak tilashlari, boshiga musibat tushgan odamlarning Allohdan najot tilamasdan, balki mushkulkushod Bibi Seshanba onadan najot tilab, sham yoqishlari, qolaversa folbindan bashorat kutishlari, shularning hammasi buzuq e’tiqod va shirk amalidir. Holbuki, bizlarni yo‘qtsan bor qilib qo‘ygan, hayotimiz uchun kerak bo‘lgan barcha sharoitlarni mukammal yaratib qo‘ygan parvardigorimiz, bizlarning har qanday tilakmaqsadlarimiz va orzuniyatlarimizni yetkazishga qodir. Shuni tushungan holda, faqat uning o‘zigagina ibodat qilishimiz va faqat uning o‘zidangina yordam so‘rashimiz lozimdir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 06:07:09
Tayanch iboralar: Ilohiy din, buyuk mo‘‘jizasi, Yerdagi xalifa, payg‘ambarlar yuborilishi, ilohiy hikmat, (bashariy) din, Qur’oni Karim, Odam qissasi, ibodat sajdasi, «sizlarni bir kishidan yaratib ko‘paytirdi», insonning moddiy borlig‘i va ma’naviy borlig‘i, ilohiy vahiy — yer yuziga payg‘ambarlarning yuborilishidir, karamu marhamatlar, uqubatlar, Payg‘ambarimizning mo‘‘jizalari, Din — har bir payg‘ambarning vahiy orqali Alloxdan olgan hukmlar yig‘indisi, Islom dini inson yaratilgandan buyon mavjuddir, «Payg‘ambarlarning hammalari ota bir, ona boshqa birodarlardir», Ashobur-ruhoniya, Oyga sig‘inuvchilar, Sobiiylar — quyoshga sig‘inuvchi, oftobparastlardir, «As-Sa’dul akbar»(katta baxt) yulduzi, suvga sig‘inuvchilar — Hulyoniya nomi bilan mashhur, Ular orasidan Vadd, Suvo’, Yag‘us, Ya’uq va Nasr nomli besh kishi o‘zlarining solihliklari, taqvolari va imonlarining mustahkamligi bilan el orasida mashhur bo‘lganlar, Amr ibn Yahyo Hubalni olib Makkaga keltirdi, Takabburlikning beshinchi darajasi esa Iblisning kibru havosidan ham yuqori bo‘lib, Allohni mensimaydi, o‘zini yaratuvchi, ma’bud, yakka xudo deb hisoblaydi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 06:08:40
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Insoniyatning taraqqiyot bosqichini siz qanday izohlaysiz?
2. Payg‘ambarlar yuborilishining hikmati nima?
3. «Hamma payg‘ambarlar keltirgan din islomdir»—degan fikrga siz qanday munosabatdasiz?
4. Mo‘‘jiza nima va siz unga ishonasizmi?
5. Bashariy din bilan ilohiy dinning farqi nima?



Tavsiya etilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T., 2001.
2. Obidov R. Q. Ilohiy kitoblar. TDShI., 2000.
3. Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira.
4. Afif Abdul Fatgoh. Ma’al-anbiyo fil-Qur’on. Lubnon. 226-6.
5. A. Sog‘uniy. Tarixi Muhammadiy. Toshkent, 1997.
6. F. Sulaymonova. Sharq va G’arb. Toshkent:O’zbekiston. 1997 y.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 05 Avgust 2008, 15:57:55
2- MAVZU. ILOHIY KITOBLAR

Dars rejasi:

1.  Ilohiy kitobning xususiyatlari.
2.  Tavrot haqida.
3.  Zabur haqida.
4.  Injil haqida.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 05 Avgust 2008, 16:00:00
1. Olamlar parvardigori, ulug‘ Alloh tomonidan payg‘ambarlar vositasi bilan bandalarga nozil qilingan, muqaddasligiga shak-shubha bo‘lmagan, Qur’oni Karimda ta’kidlangan va tasdiqlangan kitoblar ilohiy sanaladi.

Hamma dinlar, payg‘ambarlar va ilohiy kitoblarga islomiy nuqtai nazardan qarash zaruriyati bor, chunki Allohning huzuridan kelgan barcha dinlar aslida bir din, ya’ni islom dini hisoblanadi. Allohning oyatida:
إِنَّ الدِّينَ عِنْدَ اللَّهِ الإسْلامُ

«Haqiqatda Allohning huzuridagi din — dini islomdir» — deyilgan. ( Oli Imron, 19.)

Islomiy nuqtai nazar bilan qarashning zaruriyati yana shunda namoyon bo‘ladiki, dunyodagi turli din, falsafa va mafkura sohiblari Allohning pok payg‘ambarlariga turlicha nazar bilan qarab, ularni nojoiz sifatlar bilan qoralaganlar. Islomda esa hech bir payg‘ambarni ajratmay, barchasini teng ko‘rish uqtiriladi. Allohning so‘zi:
لا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِنْ رُسُلِهِ

«Payg‘ambarlardan birortasini ajratmaymiz». (Baqara, 285 )

Alloh dinni ham, payg‘ambarlarni ham va ularning shariatlari yozilgan muqaddas kitoblarni ham bandalarining islohi, hidoyati, ruhiy-ma’naviy tarbiyasi uchun yuborgan. Qaysi zamonda, qaysi makonda va qaysi millatga yuborilgan bo‘lishidan qat’i nazar, Allohning maqsad-irodasi yagona, ya’ni O’zining mukarram xalifasi — Odam zurriyotini poklash va hidoyatga chorlashdir:

نَزَّلَ عَلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ وَأَنْزَلَ التَّوْرَاةَ وَالإنْجِيلَ (٣)مِنْ قَبْلُ هُدًى لِلنَّاسِ وَأَنْزَلَ الْفُرْقَانَ

«Alloh sizga shubhasiz o‘zidan oldingi kitoblarni tasdiq etuvchi «Kitobni»(Qur’onni) yubordi. Undan avval odamlarni hidoyat yo‘liga boshlovchi Tavrotni va Injilni ham yuborgan edi. Va yana Furqonni yubordi». (Oli Imron, 3-4.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 05 Avgust 2008, 16:01:08
Shu jihatdan qaraganda, ilohiy kitoblarning barchasida ham bir nechta umumiy xususiyatlar mavjud bo‘lishi taqozo qilinadi:

1.  Tavhid — Allohning yakkayu-yagonaligi, undan boshqa ilohning yo‘qligidir. Qaysi bir kitobda tavhidga xilof gap yozilgan, ko‘pxudolilik ma’qullangan, shirk aralashgan bo‘lsa, u ilohiy mohiyatdan mahrumdir. Unga asoslangan din ham botildir.

2.  Alloh Ta’olo o‘zi nozil qilgan barcha kitoblarni «Furqon» deb ataydi. «Furqon» — «farq» so‘zidan olingan bo‘lib, haq bilan nohaqni ajratib beruvchi ilohiy kitob ma’nosidadir. Qaysi bir kitobda furqonlik xususiyati bo‘lmasa, uning ilohiy mohiyatiga putur yetgan, inson qo‘li bilan o‘zgartirilgan bo‘ladi.

3.  Qaysi bir kitobda Allohning payg‘ambarlari badnom etilgan, qora chaplab, tuhmat bilan axloqiy noqis qilib ta’riflangan bo‘lsa, bu uning ilohiy kitob emasligidan dalolat beradi.

4.  Qaysiki kitobda tarixiy voqealar buzib ko‘rsatilgan, bir payg‘ambar voqeasi boshqa payg‘ambarga nisbat berilgan bo‘lsa, u ham ilohiy kitob emas.

5.  Qaysi kitobda g‘oyaviy bog‘liqlik va izchillik bo‘lmas ekan, bir jumla bilan ikkinchi jumla o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud ekan, uning ham ilohiylik mohiyati qolmaydi.

6.  Alloh tarafidan nozil qilingan kitoblarning ikkinchi bir ko‘rinishi yoki muqobillari bo‘lmaydi. Aks holda u ilohiy kitob emas.

7.  Ilohiy kitob faqat payg‘ambarlargagina ilohiy vahiy bilan nozil qilingan bo‘ladi, uni biror kimsa «Xudodan ilhomlanib» yozolmaydi.

8.  Ilohiy kitoblarning barchasida ham bandalar ibodatga va boshqa amali solihlarga buyurilgan, inson degan sharafli nomga dog‘ tushirishi mumkin bo‘lgan nomaqbul ishlardan qaytarilgan bo‘lishi kerak. Aks xrlda kitobning ilohiyligi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘ladi. Ana shunday nuqsonlardan xoli bo‘lgan kitobnigina ilohiy sanalib, insoniyat hayotiga tatbiq etilishi mumkin.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 05 Avgust 2008, 16:02:16
Allohning kitobida shunday deyiladi:

وَالَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِمَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنْزِلَ مِنْ قَبْلِكَ

«Muttaqiy kishilar (ey, Muhammad s.a.v.) sizga yuborilgan Qur’onga va sizdan avvalgi payg‘ambarlarga yuborilgan kitoblarga ham imon keltiradilar».( Baqara, 4.)

Bunday ilohiy kitoblardan to‘rttasi Qur’oni Karim oyatlarida zikr etilgan bo‘lib, bulardan: Tavrot Muso (a.s.)ga, Zabur Dovud (a.s.)ga, Injil Iso (a.s.)ga, Qur’oni Karim Muhammad (s.a.v.)ga nozil qilinganligi bizga ma’lum. Bulardan tashqari Qur’on tafsirlarida Alloh Ta’olo ba’zi payg‘ambarlarga ayrim sahifalarni ham tushirganligi xabar qilinadi. Jumladan, Odam (a.s.)ga 10 sahifa, Shish (a.s.)ga 50 sahifa, Idris (a.s.)ga 30 sahifa, Ibrohim (a.s.)ga 10 sahifa — hammasi bo‘lib 100 sahifadan iborat Allohning hukmlari nozil etilgan. Mazkur muqaddas to‘rt kitob va sahifalarning barchasi Allohning payg‘ambarlariga ummatlarini hidoyatga chaqirish uchun yuborilganiga imon keltirish farzdir. Tilga olingan 4 kitobning har biriga qisqacha izohlar berib o‘tish o‘rinlidir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 05 Avgust 2008, 16:04:35
2. Alloh Ta’olo Qur’oni Karimda Tavrotning muqaddas kitob ekanligini shunday bayon qilgan:

إِنَّا أَنْزَلْنَا التَّوْرَاةَ فِيهَا هُدًى وَنُورٌ

«Albatta, biz o‘zida hidoyat va nurni mujassam qilgan Tavrotni nozil qildik».( Moida, 44)

Uni Muso payg‘ambar (a.s.) va ummatlariga yuborilgani quyidagi oyatda o‘z aksini topgan:

قَالَ يَا مُوسَى إِنِّي اصْطَفَيْتُكَ عَلَى النَّاسِ بِرِسَالاتِي وَبِكَلامِي فَخُذْ مَا آتَيْتُكَ وَكُنْ مِنَ الشَّاكِرِينَ (١٤٤)وَكَتَبْنَا لَهُ فِي الألْوَاحِ مِنْ كُلِّ شَيْءٍ مَوْعِظَةً وَتَفْصِيلا لِكُلِّ شَيْءٍ فَخُذْهَا بِقُوَّةٍ وَأْمُرْ قَوْمَكَ يَأْخُذُوا بِأَحْسَنِهَا سَأُرِيكُمْ دَارَ الْفَاسِقِينَ

«Alloh dedi: «Ey Muso, albatta men seni o‘z payg‘ambarligim va o‘z kalomimni berishligim bilan odamlardan ortiq qildim. Men senga bergan bu narsalarni (ne’matlarni) olgin va shukr qiluvchilardan bo‘lgin. Biz Muso uchun Lavhlarga (Tavrotga) har bir narsadan mav’iza yozib berdik va hamma narsaning tafsilini qilib berdik (va dedik): «Ey Muso, bu lavhlarni g‘ayrat bilan olgin, qavmingga buyurgin, uning chiroyli hukmlarini olsinlar(ya’ni, amal qilsinlar)».(A’rof, 144-145.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 05 Avgust 2008, 16:07:15
Tavrot ibriy (qadimiy yahudiy) tilida Muso (a.s.) ga yuborilgan muqaddas kitobdir. «Tora» «qonun, shariat» deganidir. Musodan 600 yil keyin ana shu yahudiylarga payg‘ambar qilib yuborilgan Iso (a.s.) Tavrotni ham Injilni ham yaxshi bilganliklari Qur’oni Karim oyatlaridan ma’lum.

Chunki, Iso (a.s.) «Oli Imron» surasi, 50-oyatida aytilganidek

وَمُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيَّ مِنَ التَّوْرَاةِ وَلأحِلَّ لَكُمْ بَعْضَ الَّذِي حُرِّمَ عَلَيْكُمْ وَجِئْتُكُمْ بِآيَةٍ مِنْ رَبِّكُمْ فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ

«Tavrotning ba’zi hukmlarini bekor qilib, o‘rniga boshqa hukmni joriy qilish uchun» yuborilganlar.

Nasroniylar esa, Tavrot va Zaburni Injilning birinchi qismi deb, aralashtirib yuborganlar va uni «Qadimiy ahd» deb ataydilar. Holbuki, mazkur uch muqaddas kitob «Bani Isroil» qavmining uch ulug‘ payg‘ambarlariga alohida-alohida yuborilgani Qur’on oyatlarida sobitdir. Alloh aytadi:

لِكُلٍّ جَعَلْنَا مِنْكُمْ شِرْعَةً وَمِنْهَاجًا

«Sizlarning har biringiz uchun alohida shariat va sunnat qilganmiz».( Moida, 48)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 05 Avgust 2008, 16:09:28
Nasroniylar «Qadimiy axd»ning birinchi qismi 38 kitobdan iborat, deb aytadilar va quyidagicha nomlaydilar:

1)  «Borliq (ibtido)»             
2)  «Chiqish»                           
3)  «Levit»
4) «Sonlar»
5) «Ikkinchi qonun».

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 05 Avgust 2008, 16:09:59
Ushbu besh kitob Tavrot deb ataladi va Muso (a.s.) ga nisbat beriladi.

Tavrot lafzi gohida majoziy ma’noda "œQadimgi ahd" ning hamma kitoblariga nisbatan qo‘llaniladi:

6)    Yusha’ ibn Nun kitobi
7)    Hukmlar kitobi
8    Ruf kitobi
9)    Samuilning I kitobi
10)  Samuilning II kitobi
11)  «Podshohlar» I kitobi
12)  «Podshohlar» II kitobi
13)  «Kun xabar.» I kitobi
14) «Kun xabar» II kitobi
15)  Uzayrning I kitobi
16)  Uzayrning II kitobi
17)  Ayyub kitobi
18)  Zabur
19)  Sulaymon masallari
20)  «Jomeo» kitobi
21)  «Qo‘shiklar qo‘shig‘i»
22)  Ash’iyo kitobi         
23) Amriyo kitobi
24) «Amriyo marsiyalarda»
25)  Hazqiyol kitobi
26)  Doniyol kitobi
27)  Xavsha kitobi
28)  Yuil kitobi
29)  Amos kitobi
30)  Avdiy kitobi
31)  Yunon kitobi
32)  Mixo kitobi
33)  Noho‘m kitobi
34)  Hiqo‘q kitobi
35)  Safoniya kitobi
36)  Hajjiy kitobi
37)  Zakariyo kitobi
38)  Malaxiya kitobi
Malaxiya Bani Isroil payg‘ambarlaridan edi. U Isodan 420 yilcha oldin yashab o‘tgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 05 Avgust 2008, 16:11:54
Qadimgi ahdning ikkinchi qismi 9 kitobdan iborat:

1)  Aster kitobi             
2)  Borux kitobi             
3)  Doniyol kitobi,1-qismi     
4)  Tubiyo kitobi             
5)  Yahudiyat kitobi
6)  Vazdem kitobi
7)  Ekliz Yastekuz kitobi
8   Makobiylarning I k.
9)  Makobiylarning II k.

Tavrot ham Allohning hidoyat kitobi bo‘lgani uchun, uning asliy nusxasida avvalo Bani Isroil qavmini Allohning borligi va birligiga imon keltirishga — tavhidga, odob-axloqqa, insoniy fazilatlarni kasb qilishga, payg‘ambarlariga itoat etishga va Allohga ibodat qilishga chaqirilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 05 Avgust 2008, 16:14:33
Qur’onning ko‘plab oyatlarida Tavrot oyatlaridan jumlalar iqtibos qilinganki, bu oyatlarning mazmunini Qur’onning boshqa oyatlari bilan taqqoslanganda yahudiylarga ham musulmonlarga buyurilgan amallar va ibodatlar buyurilganining shohidi bo‘lamiz. Masalan, Alloh shunday deydi:

وَكَتَبْنَا لَهُ فِي الألْوَاحِ مِنْ كُلِّ شَيْءٍ مَوْعِظَةً وَتَفْصِيلا

«Biz Muso uchun Lavhlarga(Tavrotga)har bir narsadan mav’iza yozib berdik va hamma narsaning tafsilini qilib berdik». (A’rof, 145.)

«Al-A’lo» surasida shunday deyilgan:

قَدْ أَفْلَحَ مَنْ تَزَكَّى (١٤)وَذَكَرَ اسْمَ رَبِّهِ فَصَلَّى (١٥)بَلْ تُؤْثِرُونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا (١٦)وَالآخِرَةُ خَيْرٌ وَأَبْقَى (١٧)إِنَّ هَذَا لَفِي الصُّحُفِ الأولَى (١٨)صُحُفِ إِبْرَاهِيمَ وَمُوسَى

«Darhaqiqat, (kufru isyondan) pok bo‘lgan va Parvardigori ismini yod etib, namoz o‘qigan (har bir) kishi najot topgandir. Yo‘q, sizlar hayotiy dunyoni ustun qo‘yursizlar. Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir. Albatta, bu (surada mazkur bo‘lgan gaplar) avvalgi (payg‘ambarlarga nozil bo‘lgan) sahifalarda — Ibrohim va Muso sahifalarida mavjuddir».( A’lo, 14-19.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 05 Avgust 2008, 16:16:07
Yana bir oyati karimada Alloh shunday deydi:

وَكَتَبْنَا عَلَيْهِمْ فِيهَا أَنَّ النَّفْسَ بِالنَّفْسِ وَالْعَيْنَ بِالْعَيْنِ وَالأنْفَ بِالأنْفِ وَالأذُنَ بِالأذُنِ وَالسِّنَّ بِالسِّنِّ وَالْجُرُوحَ قِصَاصٌ

«Unda (Tavrotda) yahudiylarga, «jonga-jon, ko‘zga-ko‘z, quloqqa-quloq, burunga-burun, tishga-tish va (boshqa barcha) jarohatlarga ham qasos olinadi», — deb yozib qo‘ydik».( Moida, 45)

Alloh Ta’olo Tavrotda mo‘minlarni qanday sifatlar bilan sifatlaganligini Qur’onning «Al-Fath» surasida shunday bayon kilgan:

تَرَاهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا يَبْتَغُونَ فَضْلا مِنَ اللَّهِ وَرِضْوَانًا سِيمَاهُمْ فِي وُجُوهِهِمْ مِنْ أَثَرِ السُّجُودِ ذَلِكَ مَثَلُهُمْ فِي التَّوْرَاةِ

«Ularni (mudom) Allohdan fazlu marhamat va rizolik tilab, ruku’, sujud qilayotgan hollarda ko‘rursiz. Ularning yuzlarida sajda izidan belgi-alomatlari bordir. Mana shu (ya’ni kofirlarga qahrli bo‘lish, mo‘minlarga mehribonlik va ko‘p namoz o‘qib, ruku’,sujud qilish) ularning Tavrotdagi misollaridir. (Ya’ni Tavrotda ham Alloh Ta’olo mo‘minlarni ana shunday sifatlar bilan sifatlagan)».( Fath, 29)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 05 Avgust 2008, 16:17:54
Muso (a.s.) va u kishining qavmlarining ham musulmon atalishini Qur’onning «Yunus» surasi, 84-oyatidan bilib olamiz:

وَقَالَ مُوسَى يَا قَوْمِ إِنْ كُنْتُمْ آمَنْتُمْ بِاللَّهِ فَعَلَيْهِ تَوَكَّلُوا إِنْ كُنْتُمْ مُسْلِمِينَ

«Muso dedilar: «Ey qavm, agar Allohga imon keltirgan va musulmon bo‘lsangizlar unga tavakkul qilinglar!»

Tavrotda payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning muborak ismi shariflari aniq yozilganini ushbu oyatdan bilamiz:

وَرَحْمَتِي وَسِعَتْ كُلَّ شَيْءٍ فَسَأَكْتُبُهَا لِلَّذِينَ يَتَّقُونَ وَيُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَالَّذِينَ هُمْ بِآيَاتِنَا يُؤْمِنُونَ (١٥٦)الَّذِينَ يَتَّبِعُونَ الرَّسُولَ النَّبِيَّ الأمِّيَّ الَّذِي يَجِدُونَهُ مَكْتُوبًا عِنْدَهُمْ فِي التَّوْرَاةِ وَالإنْجِيلِ

«Rahmatim (Mehribonligim) esa hamma narsadan kengdir. Men uni taqvo qiladigan, zakotni beradigan zotlarga va bizning oyatlarimizga imon keltiruvchi bo‘lgan kishilarga yozurman. Ular shunday kishilardirki, ummiy (xat bilmas) payg‘ambarga — nomini o‘zidan oldingi Tavrot va Injilda yozilgan holda topadigan elchimizga ergashadilar».( A’rof, 156-157.)

Mazkur iqtiboslar — Tavrot oyatlari Qur’ondan olindi, chunki birinchidan, avvalgi barcha ilohiy kitoblar mohiyati Qur’onda mujassam. Ikkinchidan, bu kungi Tavrotdan iqtibos olishning iloji yo‘q, uning matni Alloh nozil qilgan asl holida qolgan emas.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 05 Avgust 2008, 16:19:35
Isroil tarixidan ma’lumki, Buxtunnasr (Navuxodonosorning arabcha nomi, miloddan oldingi 605—562 yillarda Bobilda yashagan) hukmronligi davrida yahudiylarning muqaddas diniy markazi bo‘lgan Yevrushalim (Quddus shahri) vayron etilib, yahudiylar asir olingan va barcha diniy kitoblar yoqib yuborilgan, yo‘q qilingan. Tavrotning asl nusxasi ham o‘sha paytda yo‘qolgan. Uni yod olgan oz sonli tavrotxonlar olamdan ko‘z yumganlar. Tavrotni yod olgan birgina Uzayr (a.s.) yuz yildan ko‘proq vaqt o‘tgandan, so‘ngtina uni qayta yozib, kitob holatiga keltirganlar. Alloh o‘zining qudratini namoyon qilish uchun Uzayr (a.s.)ni uzoq muddat — yuz yil uxlatib, qayta o‘zlariga keltirdi va bu muddatda yo‘qolib ketgan Tavrotni Uzayrning qo‘llari bilan asl holatiga keltirib yozdirdi. Qur’oni Karimning «Baqara» surasi, 259-oyati tafsirida shunday ma’lumotbor. (Tafsiri Ibn Kasir. Bayrut: 1969. 1- tom, 235-6.)

«Yahudiy qomusi»da bunday deyiladi: «Ular unutilib ketgan edi, ammo Azro ularni qayta tikladi. Matndagi ba’zi so‘zlarning to‘g‘riligiga shubhalanganini bildirish maqsadida Azro ularning ustiga nuqtalar qo‘yib chiqdi. «Agar Ilyos (payg‘ambar) bu matnni ma’qullasa, nuqtalarga ahamiyat bermaydi», — dedi u o‘zicha. «Agar maqullamasa, u holda shubhali tuyulgan ushbu so‘zlar matndan chiqarib tashlanadi».(Yahudiy qomusi, 5-tom, 322-6)

Iqtiboslardan ko‘rinib turibdiki, Tavrotning umumiy matni, Uzayr (a.s.) nusxalaridan qat’i nazar, Alloh Ta’olo dastlab nozil qilgan paytdagidek sof, musaffo bo‘lgan emas. Biroq «Azroning kitobi» yoki «Azroning yunoncha kitobi» deb atalgan o‘sha kitoblar ham hozirgi Bibliyada yo‘q. Keyinchalik taniqli nasroniylar ruhoniysi Yerome «ibriycha asl nusxasi yo‘q ekan» degan bahona bilan uni Bibliyadan chiqarib tashlagan, chunki unga Rim papasi muqaddas kitobni tahrir etishni topshirgan edi.

Demak, Iso (a.s.)dan qariyb 450 yil avval yashagan Uzayr (a.s.) davrlarida Tavrot va boshqa kitoblar aralash-quralash bo‘lib ketgan. O’sha paytdayoq bu kitoblarning birorta ishonchli nusxasi yo‘q edi. Uzayr (a.s.) Tavrotni qaytadan yozib chiqdilar. Endi esa bu nusxa ham saqlanmagan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 18:59:53
3. Bani Isroil qavmidan bo‘lgan Dovud (a.s.)ga (Muso (a.s.) Tavrotlaridan keyin) Zabur kitobi nozil qilingan. Alloh Ta’oloning so‘zi:

وَآتَيْنَا دَاوُدَ زَبُورًا

«Dovudga Zaburni ato etdik».( Niso, 163)

«Zabur» so‘zi lug‘atda bir necha ma’noni ifodalaydi:

1. Yozuv.
2. Aql.
3. Mustahkam.
4. Man etmoq.
5. Kasrali «zibr» yozilganda — kitob, ikki zamma bilan «zubur» yozilganda esa kitoblar.
6. Temir parchalari.
7. "œLavhul mahfuz" (taqdir lavhi).( "œAl-Qomus Al-Jadid". 1985 yil. Tunis. "œAxtari kabir". 1913 yil, Qozon.)

Hozirgi Zabur asosan diniy she’riyat usulida yozilgan bo‘lib, mazmunan duolar, Allohni ulug‘lovchi madhiyalar hamda Allohning savob va iqoblari vasfini o‘z ichiga olgan. Xolbuki, asl Zaburda ham amr-nahiylar, halol-harom to‘g‘risidagi ahkomlar va ibodatlarga da’vatlar bo‘lganligi shubhasizdir. Bu haqda Qur’oni Karimning «Sod»surasida Alloh Ta’olo shunday xabar qiladi:

يَا دَاوُدُ إِنَّا جَعَلْنَاكَ خَلِيفَةً فِي الأرْضِ فَاحْكُمْ بَيْنَ النَّاسِ بِالْحَقِّ وَلا تَتَّبِعِ الْهَوَى فَيُضِلَّكَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ

«Ey Dovud, albatta biz seni Yerga xalifa qildik. Sen odamlar orasida (senga nozil qilingan)haq bilan hukm qilgin, havoga berilmagin! (Agar havoga berilsang) unda seni Alloh yo‘lidan adashtiradi». (Sod, 26)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 19:01:55
Alloh Ta’olo Qur’oni Karimda Zabur kitobidan ham ba’zi jumlalarni iqtibos qilib oyat keltirgan. Misol uchun «Anbiyo»surasida shunday oyat bor:

وَلَقَدْ كَتَبْنَا فِي الزَّبُورِ مِنْ بَعْدِ الذِّكْرِ أَنَّ الأرْضَ يَرِثُهَا عِبَادِيَ الصَّالِحُونَ

«Darhaqiqat, Biz «Zikr»dan (Ibn Abbos va Hasan Basriydan rivoyat qilingan tafsirda Tavrotdan) keyin Zaburda: «Albatta yerga mening solih bandalarim voris bo‘ladilar», deb yozib quyganmiz!». (Anbiyo, 105.)

Alloh Ta’olo Dovud (a.s.)ga ulug‘ fazl-martaba ato etib, tog‘larni va quyoshni ul zot bilan birga Allohga tasbeh aytadigan qilib, bo‘ysundirib qo‘ygani Qur’onning «Saba’» surasi, 10-oyatida bildiriladi.

Parvardigor Dovud (a.s.)ga shunday xush ovoz bergan ekanki, u kishi Zaburni tilovat qilayotganlarida uchib ketayotgan qushlar uchishdan to‘xtar va chor atrofdagi tog‘u toshlar bilan birga payg‘ambarga jo‘rovoz bo‘lib tilovat qilishar ekan. (Tafsiri Ibn Kasir, 3-j. Bayrut. 1969.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 19:02:34
Dovud (a.s.) vafotlaridan keyin Zaburga ham o‘zgartirishlar kiritilgani, ahkom oyatlari olib tashlangani, faqat duolarning o‘zinigina qo‘yib, unga yana bema’no sahifalar qo‘shilgani kitobni qo‘lga olishingiz bilan ayon bo‘ladi.

Injilning o‘zbekcha tarjimasiga yozilgan so‘z boshining Zaburga kirish qismida «Hozirgi Zaburning 73 ta sanosi Dovud (a.s.) qalamiga mansub, qolgan sanolarni Dovud o‘g‘li Sulaymon, Muso payg‘ambar, Asaf, Ko‘rah o‘g‘illari nomli muxlislar yaratganlar», (Injil, Stokgolm, 1992.) — deya izoh beriladi. Ko‘rinib turibdiki, ilohiy kitobni istagan kishi yaratib ketaveradigan oddiy ijod namunasi sifatida talqin qilinmoqda va nomlari mazkur bo‘lgan shaxslarning Zaburga tajovuz qilganlarini e’tirof etilmoqda! Hattoki Muso payg‘ambarning Dovud (a.s.)dan oldin o‘tganlari va ul zotga Tavrot nozil bo‘lganligini ham unutib, chalkashtirib yuborilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 19:04:39
4. Injil — Iso (a.s.)ga Alloh Ta’olo tomonidan tushirilgan muqaddas kitobning nomi. Injil lafzining ma’nosida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni ibroniy (yahudiy) so‘z, ba’zilar suryoniy (Suriya arab lug‘ati) deydilar. Ba’zilar esa sof arab so‘zi bo‘lib, «najl», ya’ni «asl» ma’nosida, deganlar. Ba’zilar: «Injil so‘zi yunoncha bo‘lib, ma’nosi xushxabar keltirganga beriladigan suyunchidir, keyinchalik xushxabarning ayni o‘ziga ishlatila boshlandi» — deydilar. Rus yozuvchisi Lev Tolstoy o‘zining injili muqaddimasiga shunday jumlani yozib qo‘ygan ekan: «Injil so‘zi yunon tilida ikki so‘zdan tarkib topgan: (Yeyu), uning ma’nosi yaxshi, chiroyli. (Angilion), uning ma’nosi xabarlar. Ikkovining tarkibidan (Yevangilion), ya’ni yaxshi xabarlar, chiroyli xabarlar, xushxabarlar ma’nosi kelib chiqadi».

Injil kitobi aslida ibroniy tilida tushirilgan bo‘lsa ham, mazkur tildagi asliy nusxasi yo‘q qilingan bo‘lib, hozirda mavjud bo‘lganlari yunon tilidadir. Yunoncha «Yevangilie» xushxabar deganidir. Injil aslida nimaning xushxabarini beradi?

«XX asr boshlarida yashagan, avvalgi ismi Abdul Masih Dovud (Iso Masihning quli) bo‘lib, islomga kirgach, nomini Abdul Ahad Dovud (yakkayu yagonaning, ya’ni Allohning quli) deb o‘zgartirgan ulkan bir nasroniy olimi, jahongashta professorning tadqiqotlarida ta’kidlashicha, hazrati Iso (a.s.)ning umr bo‘ii ta’kidlagan so‘zlari oxirzamon payg‘ambari Muhammad rasululloh (s.a.v.)ning «rohmatan lil-’alamiyn» bo‘lib kelishlari xaqida xushxabar berishdan iborat bo‘lgan».( M.A.Jo‘shon. «Islom: sevgi va tasavvuf».)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 19:07:17
Qur’oni Karimda Injildan iqtibos qilib keltirilgan oyatda Alloh Ta’olo shunday deydi:

وَإِذْ قَالَ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ إِنِّي رَسُولُ اللَّهِ إِلَيْكُمْ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيَّ مِنَ التَّوْرَاةِ وَمُبَشِّرًا بِرَسُولٍ يَأْتِي مِنْ بَعْدِي اسْمُهُ أَحْمَدُ

«Eslang, ey Muhammad(s.a.v.), Iso binni Maryam dedilar: «Ey bani Isroil! Albatta, men Allohning sizlarga yuborgan payg‘ambariman. (Men) o‘zimdan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchi va o‘zimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir payg‘ambar haqida xushxabar berguvchi bo‘lgan holimda yuborildim».( Saff, 6.)

«AQShda xarbiy komissar vazifasida xizmat qilgan pokistonlik general Abdurahim ilgari Amerika Kongressi kutubxonasiga yuborilgan qadimiy Barnabo injilining mikrofilmlarini Pokistonga keltirgan». (Fathul-Boriy, 5-j. 292-b. «Ilohiy mo‘‘jizalar», Toshkent, 1995.)

Injilning Barnabo nusxasida Iso (a.s.) o‘zlaridan keyin keladigan payg‘ambar haqida havoriylarga bunday deganlar: 

«Sizga aytayapman, Allohning rasuli butun maxluqotga rahmatdir...».( Barnabo injili, 49-6.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 19:11:00
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) haklarida aytilgan bu bashorat Qur’on oyatiga muvofiq keladi. Oyatda ul zot «Rohmatan lil ‘alamiyn» — butun olamga rahmat payg‘ambari qilib yuborilganlari aytiladi. Yana shu kitobda Iso (a.s.) bir ayol savoliga javob berib:

«Men faqat Isroil o‘g‘illariga yuborilgan qutqaruvchi bir payg‘ambarman. Lekin mendan keyin Alloh butun olamga Muhammad ismli rasulini yuboradi», — deya bashorat qildilar. Injil so‘zi Qur’oni Karimda bir necha bor kelgan. Masalan:

وَقَفَّيْنَا عَلَى آثَارِهِمْ بِعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ التَّوْرَاةِ وَآتَيْنَاهُ الإنْجِيلَ فِيهِ هُدًى وَنُورٌ وَمُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ التَّوْرَاةِ وَهُدًى وَمَوْعِظَةً لِلْمُتَّقِينَ (٤٦)وَلْيَحْكُمْ أَهْلُ الإنْجِيلِ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فِيهِ وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فَأُولَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ

«Ularning izidan o‘zidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi bo‘lgan Iso binni Maryamni ergashtirdik va unga hidoyat va mav’iza (pand nasihat) bo‘lgan Injilni berdik hamda: «Injil ahli unda Alloh nozil qilgan narsalar bilan hukm qilsinlar», — dedik. Kimdakim Alloh nozil qilgan kitob bilan hukm qilmas ekan, ular fosiqlardir».( Moida, 46-47.)

نَزَّلَ عَلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ وَأَنْزَلَ التَّوْرَاةَ وَالإنْجِيلَ (٣)مِنْ قَبْلُ هُدًى لِلنَّاسِ وَأَنْزَلَ الْفُرْقَانَ

«Alloh sizga Kitobni haq bilan tushirdi. Bu Kitob o‘zidan avvalgilarni tasdiq etadi. Tavrotni va Injilni ham odamlarga hidoyat qilib avval nozil qilgan edi, Furqonni ham tushirdi».( Oli Imron, 3-4.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 19:13:26
Biz, musulmonlar shunga imon keltiramizki, Alloh Ta’olo o‘zining payg‘ambarlaridan biri bo‘lgan Iso (a.s.)ga «o‘zidan oldin yuborilgan Tavrotni tasdiqlovchi va quvvatlovchi bo‘lgan, o‘zidan keyingi keladigan Ahmad ismli payg‘ambarning bashoratini beradigan, odamlarga hidoyat va nur bo‘lgan Injil» kitobini nozil qilgan. Bunga yuqorida keltirilgan oyatlar dalildir. Iso (a.s.)ning o‘z tillari bilan aytgan gaplari ham bor:

قَالَ إِنِّي عَبْدُ اللَّهِ آتَانِيَ الْكِتَابَ وَجَعَلَنِي نَبِيًّا

«Iso (a.s.) dedilar: «Albatta, men Allohning bandasiman, u menga Kitob berdi va meni payg‘ambar qildi». (Maryam, 30.)

Yana bir oyatda shunday deyilgan:

الَّذِينَ يَتَّبِعُونَ الرَّسُولَ النَّبِيَّ الأمِّيَّ الَّذِي يَجِدُونَهُ مَكْتُوبًا عِنْدَهُمْ فِي التَّوْرَاةِ وَالإنْجِيلِ

«O’zlari uning ismini Tavrot va Injilda yozilgan holda topadigan payg‘ambarga ergashadigan zotlar...». (A’rof, 157.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 19:16:38
Alloh Ta’olo mazkur oyati karimalar orqali bizga o‘zi tarafidan samoviy kitobni Iso nomli payg‘ambariga nozil qilganini, bu kitobning nomi Injil bo‘lganini va u og‘zaki ma’ruzalardan iborat bo‘lmay, balki sahifalarga yozilgan holda bo‘lganining xabarini bermoqda. Buning ustiga Injil samoviy kitob ekanligiga Alloh ishora qilib, payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ga nasroniylarga «axli kitoblar» deb murojaat qilishni buyurdi:

قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ تَعَالَوْا إِلَى كَلِمَةٍ سَوَاءٍ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ أَلا نَعْبُدَ إِلا اللَّهَ وَلا نُشْرِكَ بِهِ شَيْئًا وَلا يَتَّخِذَ بَعْضُنَا بَعْضًا أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ

«Ayting, ey Muhammad: «Ey ahli kitoblar, bizlar bilan sizlarning o‘rtalaringizda barobar bo‘lgan so‘zga kelinglar, ya’ni Allohdan boshqaga ibodat qilmaylik. Unga biror narsani sherik qilmaylik. Alloxdan kechib birbirimizni rab(xudo) qilmaylik». (Oli Imron, 64.)

Allohning Qur’oni Karimdagi xabariga qaraganda, yahudiylar va nasroniylar o‘zlariga berilgan kitobning ko‘p joylarini oshkor qilmay yashirganlar. Nasroniylar asl Injilni o‘zgartirganlar, ba’zi joylarini berkitganlar va ko‘p joylarini o‘zlari qo‘shib, iftiro va ixtiro qilganlar:

يُحَرِّفُونَ الْكَلِمَ عَنْ مَوَاضِعِهِ وَنَسُوا حَظًّا مِمَّا ذُكِّرُوا بِهِ

«Injil oyatlarini o‘z joyidan o‘zgartirdilar, ular eslatilgan narsadan bir qismini unutdilar». (Moida, 13.)

Alloh va uning payg‘ambariga tuhmat qilganlar:

وَيُنْذِرَ الَّذِينَ قَالُوا اتَّخَذَ اللَّهُ وَلَدًا (٤)مَا لَهُمْ بِهِ مِنْ عِلْمٍ وَلا لآبَائِهِمْ كَبُرَتْ كَلِمَةً تَخْرُجُ مِنْ أَفْوَاهِهِمْ إِنْ يَقُولُونَ إِلا كَذِبًا

«Qur’on «Allohning bolasi bor», — degan kimsalarni ogohlantiradi: bu haqda ular biror ilmga ega emaslar, ularning ajdodlari ham bilmas edilar. Ularning ogizlaridan chiqqan so‘z katta gunohdir. Ular faqat yolg‘onni gapiryaptilar». (Kahf, 4-5)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 19:18:32
Nasroniylar, jumladan, Ismoil avlodidan bir payg‘ambar kelishini, uning nomini Iso (a.s.)«ruhul-haq» va «Forqlit» deb ataganlarini ham yashirganlar. Arab olimi Obid Hoshim Tovfiqning «Yahudiylar aqidasi» kitobida guvoxlik berishicha, Barnabo va Yuhanno injillarida bu haqda shunday xabar beriladi:

«Albatta yahudiylar menga bekor adovat qilyaptilar. Agar Munjamno kelsa, ya’ni Alloh o‘z huzuridan sizlarga yuboradigan ulug‘ zot kelsa, u menga ham, sizlarga ham guvohlik beradi». (Yuhanno, 15. 242-b)

Matndagi Munjamno so‘zi yunoncha Forqlit, arabcha esa Ahmad ma’nosini beradi. Bu oyatlar orasiga ortiqcha so‘zlar qo‘shib yuborilganligi sababidan, uni tushunish qiyin bo‘lgan va tarjimada ham soxtalikka yo‘l qo‘yilgan:

«Meni sevmagan kishi so‘zlarimga amal qilmaydi. Sizlar tinglayotgan so‘z meniki emas, balki meni yuborgan Otamnikidir. Buni men sizlar bilan ekanman aytdim. O’sha Yupatuvchi, ya’ni mening nomimdan Otam yuboradigan Muqaddas Ruhning o‘zi sizlarga hammasini o‘rgatadi. Mening sizlarga aytgan hamma so‘zlarimni U yodingizga tushiradi».( O’sha asar, 15. 242-b.)

Ushbu tarjimada mazmun biroz mujmal bo‘lsada, Yupatuvchi so‘zidan murod Muhammad (s.a.v.) ekanliklarini tushunib olish qiyin emas.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 19:19:46
Mufassir Qoziy Bayzoviy o‘z tafsirida yahudiylar Tavrotda kelgan payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ning sifatlari bayonini va «rajm oyati»ni, ya’ni toshbo‘ron qilish haqidagi oyatni, nasroniylar esa Injilda kelgan Iso (a.s.) tomonlaridan Ahmad ismli payg‘ambarning kelishi haqida aytilgan bashoratni yashirganlarini yozgan.

Sahobai kiromlar Injilni aslida samoviy kitob ekanligini bilganlari sababli uni o‘zgartirib yuborilganini aniq bilsalar ham unga imon keltirgan edilar va ba’zi muammolarni hal qilishda Injilni yaxshi bilgan nasroniylarga murojaat qilardilar. Imom Buxoriy «Sahih»larida Ibn Abbosdan shunday hadis rivoyat qilganlar:

«Qanday qilib ahli kitoblardan masala so‘raysizlar, Rasululloh (s.a.v.)ga nozil qilingan Qur’on ularning kitobidan yangiroq va begona so‘zlar aralashmaganku? Qur’onning xabar berishicha axli kitoblar Alloxning kitobini (Injilni) o‘zgartirganlar, o‘z qo‘llari bilan yozib olganlar. Yana bu Allohning huzuridan tushgan deb, uni arzimas pulga sotadilar. Sizlar shuni bilib turib, ulardan masala so‘rashdan tiyilmaysizlarmi? Allohga qasamki, ulardan biror kishi sizlarga yuborilgan Qur’ondan hech narsa so‘ramaydilar».( Fathul-Boriy, 5-j. 292-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 19:21:14
Qur’oni Karimda va sahobai kiromlarning hadislarida takror-takror tilga olinayotgan Injil qaerda? Nasroniylarning qo‘llarida hozir yo‘qligi bu Injilning mutlaqo mavjud bo‘lmaganini ko‘rsatadimi? Tarixchilar va nasroniylikdan bahs yurituvchilarning kitoblarida haqiqiy Injilning mavjud bo‘lgani haqida biror ma’lumot bormi?

Iso (a.s.)ning osmonga ko‘tarilishlaridan keyin u kishining sof ilohiy da’vatlari keng tarqalmasdan qolib ketdi. Chunki, oz sonli imon keltirgan odamlar ustida uzoq vaqt tazyiqlar bo‘lib turdi, mo‘minlarning ko‘pi o‘ldirib yuborildi. Bunga sabab shuki, o‘sha zamonda hukmron bo‘lib turgan podshohlar butparastlik e’tiqodida bo‘lib, bunga zid bo‘lgan dinni haq bo‘lsa ham yo‘qotish payida bo‘lganlar. Nasroniylar keyinroq e’tiqod jihatidan turli guruxdarga bo‘linib, ba’zilari «Iso— Xudodir»deb, yana ba’zilari «Iso — Xudoning o‘g‘lidir» deb, e’lon qila boshladilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 19:22:51
Butparast podshohlar nasroniylarning hammasiga — sof imonli kishilarga ham, e’tiqodi buzuqlarga ham birdek yomon nazar bilan qaradilar. Ular juda og‘ir qiynoklarga duchor etildilar. Nasroniylikning dastlabki davri bu din vakillari uchun juda qiyin kechdi. Ular o‘n bor katta qatliomga uchradilar.

Birinchi qatag‘on 64 yilda Nayru (Neron) ismli podshoh davrida boshlandi. Havoriy Pyotr va uning xotini shu davrda shahid bo‘lishdi.

Ikkinchi qatliom Domishyan (Domitsian) podshoxligi davrida bo‘lib, bunda havoriy Yuhanno badarg‘a qilindi va Fluis Klimans nomli nasroniy olimi o‘ldirildi.

Uchinchisi 101 yilda podshoh Tarjon (Trayan) davrida boshlanib, 18 yil davom etdi. Bunda Kyurintiya yepiskopi Sham’un o‘ldirildi.

To‘rtinchisi podshoh Markos davrida, 161 yilda boshlanib, o‘n yil davom etdi va nasroniylarni o‘ldirish mashriqu mag‘ribda keng tus oldi.

Beshinchisi podshoh Sviris (Septimiy Sever) davrida, 202 yilda boshlandi va Misr, Frantsiya, Kartej diyorlarida minglab nasroniy dindorlarning qoni to‘kildi.

Oltinchisi 237 yilda boshlandi. Podshoh Maksim, agar ilm ahllari yo‘q bo‘lsa, avom xalqni boshqarish oson bo‘ladi, deb minglab ilmli nasroniylarni yo‘q qildi. Ular orasida papa Pontanus va papa Anteruslar bor edi.

Yettinchisi 253 yilda podshoh Detsios o‘zining barcha hokimlariga nasroniylarni azoblashga buyurdi. Uning zulmi Misr, Afrika, Italiya va sharqiy hududlargacha yetib bordi.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 19:26:06
Sakkizinchi qatag‘on Valerian podshohligi davrida 257 yilda boshlandi. Bu zolimning davrida faqat nasroniy erkaklargina emas, nasroniy dinidagi ayollarning ham obro‘si toptalib, mol-dunyosi tortib olinib, o‘zi esa vatanlaridan haydab chiqarildalar.

To‘qqizinchisi podshoh Avrelian davrida bo‘ldi. Uning davri 274 yilda boshlandi. Lekin Avrelian ko‘p nasroniylarni o‘ldirishga imkon topmadi, chunki, barchasini Valerian qirib bo‘lgandi.

O’ninchisi 302 yilda Diokletian (Diokletian  ba’zi kitoblarda Daqyus, yana boshqalarida Daqyonus. Bu podshoning davrida uning zulmidan o‘z imonlarini olib qochib, g‘orga yashiringan «Ashobul Kahf» (etti yigit va Qitmir nomli it) haqida Qur’onning «Kahf» surasida hikoya qilinadi.) podshohlikka o‘tirgan davrdan boshlandi. Bu zolim imperator muqaddas kitoblarni yo‘q qilishga qattiq harakat qildi. 303 yilda cherkovlarni buzish, kitoblarni yoqish va xristianlarni o‘ldirish avj oldi.

Shunday qilib nasroniylar juda ko‘p tazyiqlarga uchradilar. Bu tazyiqlar imperator Konstantin podshoh bo‘lib, 325 yilda nasroniy dinini qabul qilgandan keyingina to‘xtadi. Konstantinning nasroniylikni qabul qilishi ularning jonlariga tinchlik hadya qilgan bo‘lsa-da, lekin imonlariga qattiq putur yetkazdi. Chunki, podshoh nasroniylikni qabul qilish bahonasida, nasroniylarga butparastlikni qabul qildirdi. O’sha davrda nasroniy olimlari tomonidan yozilgan turli e’tiqoddagi yuzdan ortiq injillar yo‘q kilinib, Isoni xudo deb yozilgan to‘rtta injilgina saklanib qoldi. Bu injillar haqida batafsil ma’lumotni muallifning «Qur’oni Karimda Iso payg‘ambar siymosi» nomli monografiyasidan o‘qib olish mumkin.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 19:26:49
Tayanch iboralar: Tavhid — Allohning yakkayu-yagonaligi, g‘oyaviy bog‘liqlik va izchillik, «Xudodan ilhomlanib», «Tora»—«qonun, shari’at», deganidir, «Qadimiy axd», jumlalar iqtibos qilingan, iloxiy kitoblar mohiyati Qur’onda mujassam, Azroning yunoncha kitobi, Bani Isroil qavmi, «Zabur» so‘zi lug‘atda bir necha ma’noni ifodalaydi, Lavhul-mahfuz (takdir lavhi), diniy she’riyat usuli, sanolar madhiyalar hamda Allohning savob va iqoblari vasfi, amr va nahiylar, halol-harom to‘g‘risidagi ahkomlar va ibodatlarga da’vatlar, «Yevangelie» - xushxabar, «rohmatan lil-’alamiyn», Injilning Barnabo nusxasi, «ahli kitoblar», «ruhul haq» va "œForqlit" Otam yuboradigan Muqaddas Ruh, «rajm oyati», samoviy kitob, sahobai kiromlar, «Iyso—Xudodir» desa ba’zilari «Iyso—Xudoning o‘g‘lidir», Diokletian podshohlikka o‘tirgan davr, Konstantinni nasroniylikni qabul qilishi.   
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 19:29:12
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1 .Ilohiy kitoblar qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak?
2.Tavrotning ma’nosi nima va u qanday kitoblar sirasiga kiradi?
3. Zabur haqida nima bilasiz?
4.Ilohiy Injilning taqdiri haqida qanday ma’lumotlar bor?
5.Nasroniylarning ommaviy qatag‘on qilingan yillarini bilasizmi?

Tavsiya etilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T., 2001.
2.Obidov R. Q. Ilohiy kitoblar. TDShI., 2000.
3. Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira.
4. Afif Abdul Fattoh. Ma’al-anbiyo fil Qur’on. Lubnon. 2266.
5. «Ilohiy mo‘‘jizalar».Toshkent.1995 yil.
6. Tafsiri Ibn Kasir. Bayrut. 1969. 1-4-tomlar.
7. Al-Qomus Al-Jadid. 1985 yil, Tunis. Axtari kabir, 1913.
8. M. A. Jo‘shon. «Islom: sevgi va tasavvuf».
9. Fathul Boriy. 5-j, 292-b.
10. Barnabo injili.
11. Yahudiy qomusi, 5-tom, 322-b.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 07:44:47
3-MAVZU. QUR'ONI KARIM — ALLOHNING MUQADDAS KALOMI

Dars rejasi:

1.  Qur’oni Karimning nozil bo‘lishi.
2.   Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vahiy yozuvchi kotiblari.
3.  Abu Bakr Siddiq davrlarida Qur’oni Karimning sahifalarga jamlanishi.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Avgust 2008, 06:02:34
1. Islomdan oldingi barcha dinlar tarixan buzilgan bo‘lib, o‘sha davrning o‘zidayoq bir-biridan mazmunan farq qilibgina qolmay, balki bir-biriga qarama-qarshi, zid fikrlarni ham ifodalay boshlagan edi. Chunki ilohiy kitoblarga inson aqli bilan o‘zgartirishlar kiritilib, mohiyati buzilgan edi. Qadimgi kitoblar qoniqarli bo‘lmay, insoniyatning diniy extiyojiga javob berishga ojizlik qilib qolgan edi. Odamzodning butun ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondiradigan yagona ilohiy kitob nuzuli zaruriyatga aylangan edi.

Oldingi payg‘ambarlar o‘zlari yetkazgan xabarni eng oxirgi, qatiy, uzil-kesil xabar deb e’lon qilmaganlar, ular to‘xtovsiz ruhiy-ma’naviy kamolotga — taraqqiyotga ishongan edilar. Va doimiy ravishda o‘z qavmlariga barcha insonlarni birlashtiradigan va ularni so‘nggi yuksak manzil sari eltadigan payg‘ambar — Muhammad(s.a.v.) keladilar, deb xushxabar bergan edilar. Bular hayotiy zaruriyatlardir. Ammo buning ham bosh sababi ulug‘ Allohning xohish-irodasi edi. Alloh Ta’olo dastavval payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning nurlarini yaratdi va ul zotning o‘zlarini insoniyatga eng oxirgi payg‘ambar — «xotam un-nabiyyin» qilib yubordi. Bu ulug‘ payg‘ambarning payg‘ambarlik mo‘‘jizalari va ummatlariga dasturulamal sifatida, muqaddas kitoblarning oxirgisi va mukammali Qur’oni Karimni nozil qildi.

Payg‘ambarimiz qirq yoshga to‘lganlarida Makkadagi boshqa «zohidlar» (Zohidlar yahudiy va nasroniylar e’tiqodida bo‘lgan, dunyodan yuz o‘girgan rohiblardir. Islomda rohiblik man etilgan, biroq «taqvo» ma’nosidagi zuhd, ya’ni dunyoga hirs qo‘ymaslik maqtaladi) va «haniflar» (Haniflar esa, botil dinlarning birortasiga e’tiqodda bo‘lmagan, butunlay dunyodan yuz o‘girmasdan faqat o‘z aqli bilan olamlar yaratuvchisining mavjudligiga ishonib, xoliy joylarda tafakkur bilan mashg‘ul bo‘lgan kishilardir)singari Hiro g‘orida (Makkadan besh chaqirim) bir go‘sha topib chuqur tafakkurga berilardilar. Katta bobolari Ibrohim payg‘ambarning to payg‘ambarlik kelguncha qilgan ibodatlari ham shu yo‘sinda boshlangan edi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Avgust 2008, 06:11:55
Rasululloh (s.a.v) 610 yili Ramazoni sharif oyida dushanba kuni odatdagidek mazkur go‘shada — Hiro g‘orida ibodat qilayotgan paytlarida Alloh Ta’olo Jabroil farishta orqali payg‘ambarlik bashoratini yubordi. Jabroil farishta kelib: «Ey Muhammad, men Jabroilman, sen esa Allohning elchisisan», — dedilar. Keyin Allohning huzuridan olib kelgan besh oyatni Payg‘ambarimizga o‘qib berdilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v)ga birinchi nozil bo‘lgan oyatlar Qur’oni Karimning «Iqro’» surasidan besh oyat, 18 kalima edi. Unda Alloh shunday xitob qilgan:

اقْرَأْ بِاسْمِ رَبِّكَ الَّذِي خَلَقَ (١)خَلَقَ الإنْسَانَ مِنْ عَلَقٍ (٢)اقْرَأْ وَرَبُّكَ الأكْرَمُ (٣)الَّذِي عَلَّمَ بِالْقَلَمِ (٤)عَلَّمَ الإنْسَانَ مَا لَمْ يَعْلَمْ

«Ey Muhammad, barcha mavjudotni yaratgan zot bo‘lmish Parvardigoringiz nomi bilan o‘qing! U insonni laxta qondan yaratgan zotdir. O’qing! Sizning Parvardigoringiz insoniyatga qalam bilan yozishni o‘rgatgan zotdir. U Zot insonga bilmagan narsalarini o‘rgatdi».

Eng oxiri nozil bo‘lgan oyat haqida Ibn Ishoq Barro (r.a.)dan rivoyat qilib shunday deydi: «Qur’oni Karimning eng oxirgi nozil bo‘lgan oyati karimasi «Niso» surasining 176-oyatidir:

يَسْتَفْتُونَكَ قُلِ اللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِي الْكَلالَةِ إِنِ امْرُؤٌ هَلَكَ لَيْسَ لَهُ وَلَدٌ

«Sizdan fatvo so‘raydilar. Ayting(Ey Muhammad): «Alloh sizlarga otasi ham, farzandi ham bo‘lmagan odam to‘g‘risida (shunday) fatvo beradi». ( Niso, 176-oyat).

Abu Bakr ibn Iyosh shunday deydi: «Ibn Ishoq xato gapni aytgan. Chunki, Muhammad ibn As-Soibning rivoyat etishicha, Ibn Abbos (r.a.): «Qur’oni Karimning eng oxirgi nozil bo‘lgan oyati:

وَاتَّقُوا يَوْمًا تُرْجَعُونَ فِيهِ إِلَى اللَّهِ ثُمَّ تُوَفَّى كُلُّ نَفْسٍ مَا كَسَبَتْ وَهُمْ لا يُظْلَمُونَ

«Barchangiz Allohga qaytadigan va har bir kishi zulm qilinmasdan amaliga yarasha evaz oladigan kundan qo‘rqinglar!» (Baqara, 281.) — degan oyatdir. Bu oyatni Jabroil (a.s.) olib kelib: «Ey Muhammad, ushbu oyatni «Baqara» surasining ikki yuz saksoninchi oyatidan so‘ng qo‘ying!» — deb buyurdilar.( Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil Qur’on .Bayrut, 1-j. 60-61-bet.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Avgust 2008, 06:18:01
«Ilk nozil bo‘lgan oyatlar «Alaq» surasining ilk besh oyati edi. Eng oxirda kelgan oyat esa «Baqara» surasining 281oyati bo‘ldi. Bu oyati karima hayitning birinchi kuni nozil bo‘lgan edi. Vado’ hajida Arafotda nozil bo‘lgan «Moida» surasining uchinchi:
الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ

«Bugun men sizlarga diningizni mukammal qildim»,— oyati esa, Qur’oni Karimdagi ahkom oyatlarining eng so‘nggisidir».

Sura nuqtai nazaridan esa, Qur’oni Karimning «Fotiha» surasi butun sura holida birinchi nozil bo‘lgan, chunki, «Alaq», «Qalam» va «Muddassir» suralarining to‘la nozil bo‘lishidan avval «Fotiha» to‘la sura shaklida nozil qilingan edi. (Zakoi Ko‘nrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara. 1-j. 1995. 88-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Avgust 2008, 06:23:03
Qur’oni Karim o‘zidan avvalgi nozil qilingan muqaddas kitoblar singari butun kitob shaklida tushirilgan emas, balki insonlarning ehtiyojlariga muvofiq ba’zida bir necha oyat, ba’zida to‘la suralar holatida turli paytda nozil bo‘lar edi. Bu haqda Qur’onda shunday deyiladi:

وَقُرْآنًا فَرَقْنَاهُ لِتَقْرَأَهُ عَلَى النَّاسِ عَلَى مُكْثٍ وَنَزَّلْنَاهُ تَنْزِيلا

«Siz Qur’onni odamlarga asta-sekin o‘qib berishingiz uchun Biz uni qismlarga ajratdik va bo‘lib-bo‘lib nozil qildik». (Isro, 106.)

وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لَوْلا نُزِّلَ عَلَيْهِ الْقُرْآنُ جُمْلَةً وَاحِدَةً كَذَلِكَ لِنُثَبِّتَ بِهِ فُؤَادَكَ وَرَتَّلْنَاهُ تَرْتِيلا

«Kofir bo‘lgan kimsalar: «Nega bu Qur’on unga (payg‘ambar (a.s.)ga) bitta to‘plam holida nozil qilinmadi?» — deydilar. (Ey Muhammad), Biz u (Qur’on) bilan dilingizni ustuvor qilish uchun mana shunday (parcha-parcha holda nozil qildik) va uni bo‘lib-bo‘lib bayon qildik».( Furqon, 32)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 19:26:30
2. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) esa Parvardigordan vahiyni qabul qilib olganlaridan so‘ng, nozil bo‘lgan sura va oyatlarni huzurlarida bo‘lgan sahobalarga tilovat qilib berar va vahiy kotiblariga oyatning joyini ko‘rsatib: «Bu oyatni falon suraning falon joyiga qo‘yinglar!»  deb buyurar edilar. Ular Rasululloh (s.a.v.) aytib turgan oyatlarni xurmo po‘stloqlariga, daraxt barglariga, terilarga, hayvonlarning kurak suyaklariga va yapaloq toshlarga yozib qo‘yardilar. Oyatlarni eshitgan sahobalar esa, ularni darhol yodlab olishar, bir-birlariga yetkazishar, ma’nolarini yaxshi fahmlash uchun takror qilishar edi.

Al-Hokim «Al-Mustadrak» kitobida shunday rivoyatni keltirganlar: «Zayd ibn Sobit (r.a.)aytadilar: «Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlarida vahiyni yozib turar edim. Yozib tugatganimdan so‘ng menga: «O’qi!» — deb amr qilar edilar, men yangi yozganlarimni o‘qib berardim. Biror narsa tushib qolgan bo‘lsa, Ul zot to‘ldirar edilar».

Imom Buxoriy «Sahih»larida Al-Barro (r.a.)dan shunday rivoyat qiladilar: «Lo yastavil qo’idun» oyati nozil bo‘lganda Rasululloh (s.a.v.) menga: «Zaydni chaqir, lavhu qalam va kurak suyagini olib kelsin!» — dedilar. Zayd kelgandan so‘ng, unga: «Yoz, «Lo yastavil qo’idun» — deb amr qiddilar».
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 19:28:13
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v.) ga biror oyat nozil bo‘lsa, vahiy kotiblariga: «Bu oyatni falon nomli suraning falon oyatidan keyin yozib ko‘yinglar!» — deb buyurardilar.

Ibn Vahb aytadilar: «Men Imom Moliqdan shunday gapni eshitganman: «Shubhasiz Qur’on Rasululloh (s.a.v.)dan sahobalar tomonidan qanday eshitilgan bo‘lsa, shunday yozilgan».

Abu Bakr Al-Anboriy «Ar-Rad» kitobida shunday yozadilar: «Alloh Ta’olo Qur’oni Karimni (Ramazon oyining Qadr kechasida) dunyo osmoniga butun holida tushirgan. («Baqara» surasining 185-oyati va «Qadr» surasining 1-oyati.) Keyin yigirma yil (Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning payg‘ambarlik muddatlari shamsiy-milodiy hisob bo‘yicha yigirma yil, qamariy hisob bo‘yicha yigirma uch yildir.) davomida bo‘linib-bo‘linib, ba’zi sura va oyatlar sodir bo‘layotgan voqe’alarga muvofiq, ba’zilari esa savollarga javob tarzida nozil etilgan. Har bir sura va oyatni Jabroil (a.s.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga olib kelar ekanlar, uning qo‘yilish joyini—sura va oyatlar tartibini ochiq ko‘rsatardilar».( Qurtubiy. Al-Jomi’ liahkomil-Qur’on. Bayrut.  1j.  60-bet)

Barcha ulamolar Qur’oni Karimning suralarga bo‘linishi va ularning har biriga nom berilishi Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning sunnatlari ekanligiga ittifoq qilganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 19:30:50
Sahobalarning shohidlik berishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ansorlardan va muhojirlardan bir necha vahiy kotiblari bo‘lib, ular Qur’oni Karimni uzluksiz yozib borishar va to‘la jam qilgan edilar. Imom Buxoriy Anas ibn Molik(r.a.)dan va Imom Muslim Hamom(r.a.)dan rivoyat qilishlaricha, Qur’onni to‘la jam qilgan sahobalar Ubay ibn Ka’b, Muoz ibn Jabal, Zayd ibn Sobit va Abu Zayd edilar.

Imom Buxoriyning Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilgan yana bir hadisda shunday deyiladi: «Payg‘ambar vafot etgan vaqtlarida to‘rt kishidan boshqa hech kim Qur’onni jam qilmagan edi: Abud  Dardo, Muoz ibn Jabal, Zayd ibn Sobit va Abu Zayd». (Shayx Ismoil Maxdum. Usmon Mushafining tarixi. T.: «Movarounnahr». 1995.  9-b.)

Ibn Kasir aytadi: «Bu yerda Hazrat Anas to‘rt kishidan boshqa deganlarida faqat ansorlarni ko‘zda tutganlar. Chunki muhojirlardan ham jam qilganlar borligiga shubha yo‘q».

Imom Nasaiy sahih isnod bilan Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qiladilar: «Qur’onni jam qildim va uni har bir kecha to‘la o‘qir edim. Buni eshitib Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Uni (Qur’onni) har oyda to‘la o‘qib chiq!» — dedilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 19:33:38
Sha’biy aytadi: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning zamonlarida Qur’onni olti kishi jam qilgan edi: Ubay, Zayd, Muoz, Sa’d ibn Ubayd, Abu Zayd va Mujammi’ bin Joriya». (To‘liq nomlari Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn Sobit, Mu’oz ibn Jabal, Sa’d ibn Ubayd, Abu Zayd Qays bin As-Sakan, Mujammi’ ibn Joriya.)

Muhojirlardan Usmon (r.a.), Ali ibn Abu Tolib (r.a.), Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.), Solim mavlo Huzayfa(r.a.), Abdulloh ibn Umar (r.a.) va Amr ibn Os(r.a.)lar qam Qur’onni jam qilganliklari haqida rivoyatlar bor. Masalan: Ibn Sirinning rivoyat qilishicha, Hazrat Ali (r.a.) shunday degan ekanlar: «Rasululloh (s.a.v.) vafot etganlarida, to Qur’onni jam qilmagunimcha jum’a namozidan boshqa namozlarda rido (ustki kiyim)imni kiymayman, deb qasam ichdim. Shunday qilib uni jam qildim(yod oldim)».

Qur’onni to‘plam holida jam qilganlar orasida Miqdod ibn Amr va Abu Muso Al-Ash’ariylar ham bor edi. Al-Ash’ariy keyinchalik o‘zlarining to‘plamlarini «Lubobul-qulub» deb ataganlar (Shayx Ismoil Maxdum. Usmon Mushafining tarixi. T.: «Movarounnaxr», 1995. 11-b.)

Yuqorida rivoyat qilingan hadislarning ma’nolaridan kelib chiqadiki, Qur’oni Karim Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hayotlik paytlaridayoq sahifalarga jamlanib mushaf qilinmagan bo‘lsa ham, qorilarning dilida to‘liq yodlangan va turli ashyolarga to‘liq yozilgan edi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 20:48:16
Imom As-Suyutiy «Al-Itqon» kitobida shunday keltiradi:

«Al-Xitobiy degan zot shunday deydi: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning davrlarida Qur’oni Karimni mushaf qilib jamlanmaganligining sababi, Rasululloh (s.a.v.) Qur’onni ba’zi hukmlariga, uning tilovatiga nosix (hukmni bekor qiluvchi) oyatlar yoki ziyoda oyatlar kelib qolarmikin, deb kutganlaridandir. Payg‘ambarning vafotlari bilan Qur’onning nuzuli intihosiga yetgach va nosix yoki ziyoda oyatlarning kelishlik ehtimoli tugagandan so‘ng, Alloh Ta’olo Payg‘ambardan keyingi birinchi xalifaga Qur’onni to‘plam qilishlikka ilhom berdi»(As-Suyutiy. Al-Itqon. 1-j. 58-bet.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 13 Avgust 2008, 08:43:47
3. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafotlaridan so‘ng ba’zi arab qabilalari dindan qayta boshladilar. Arab jazirasining sharqida Yamomalik Musaylama ismli kazzob va soxta payg‘ambar chiqib, Islomga jiddiy xavf sola boshladi. Abu Bakr Siddiq unga qarshi Xolid ibn Valid boshchiligida islom qo‘shinini yubordilar. Shiddatli jangda musulmonlardan bir ming ikki yuz kishi, shu jumladan yetmishga yaqin murattab qorilar shahid bo‘ddilar. Buning xabari Madinaga yetib kelganda, Hazrat Umar (r.a.) tashvishlanib Abu Bakr Siddiqqa murojaat qildilar: «Ey amiral mo‘miniyn, boshqa janglarda ham ko‘p qorilar shahid bo‘laversa, Qur’oni Karim yo‘q bo‘lib ketadi, deb qo‘rqaman».

Abu Bakr Siddiq darhol Zayd ibn Sobitni chaqirtirdilar.

Ibn Abu Dovud aytadi: «Hazrat Abu Bakr Qur’oni Karimni jam qilishga boshlaganlarida Umar bilan Zaydga: «Masjidning eshigi oldida o‘tiringlar, kimki Qur’ondan ikki kishi guvohligida biror narsa olib kelsa, uni yozib olinglar!» — deb buyurdilar. Hazrat Umar (r.a.)ning e’lonlaridan so‘ng, odamlar o‘z qo‘llarida bo‘lgan, turli ashyolarga yozilgan Qur’on oyatlari va suralarini olib kela boshladilar. Agar ikki guvohi bo‘lmasa, ulardan hech narsa qabul qilinmas edi».
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 13 Avgust 2008, 08:46:57
Ikki guvohning qanday guvoh ekanligida ulamolar turli fikrlar bildirganlar. Imom Buxoriy: «Ya’ni o‘sha yozuv Rasululloh(s.a.v.)ning o‘zlaridan eshitib yozilganligiga ikki kishi guvohlik berishi kerak edi», — deydi.

Az-Zuhayriy aytadi: «Bundan maqsad faqat, yod olishning o‘zigagina e’tibor qilib qolmasdan, balki, yodlangan va yozilgan ikki manba’ga e’timod qilish edi».

Abu Shommaning fikricha, maqsad shunchaki yod olinganini emas, balki aynan Rasululloh (s.a.v.)ning xuzurlarida yozilgan bo‘lishligini isbotlashdan iborat edi.

As-Suyutiy esa: «Bundan maqsad shu narsa Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafot yillarida qilgan xatmlariga muvofiq ekanligini isbotlashdir», — deydi.

Shunday qilib, qorilarning dilidagi va turli ashyolarga yozilgan tarqoq holdagi suralar va oyatlarni xalifa Abu Bakr as-Siddiq (r. a.) bir mushafga(muqovali kitobga) jamladilar. Bu ishni bajarishda Hazrat Umar(r.a.)ning tashabbuslari va Zayd ibn Sobit (r.a.)ning xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Ammo bu majmu’ada suralar hozirgi ko‘rinishda yozilmagan edi. Har bir sura alohida sahifaga yozilib, mustaqil suralar yozilgan sahifalar yig‘indisi tashkil etilgan edi.

«Al-Muvatto» da Imom Molik rivoyat etishlaricha, Abdulloh ibn Umar(r.a.) aytadilar: «Abu Bakr Kur’onni varaqlarga jam qildi».(Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-Tanvir. Tunis. 1-j. 87-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 13 Avgust 2008, 08:48:52
Abu Bakr Siddiq (r.a.) Qur’onni jamlashga g‘ayrat qilgan vaqtlarida, qog‘ozdan tayyorlangan varaqlarga yozdirdilar. Kitob mukammal bo‘lgandan keyin, sahobalarga: «Bu varaqpar majmu’asiga nom topinglar!» — deb buyurdilar. Sahobalar: «Kitobni «Injil» deb nomlashni taklif etdilar. Nasroniylarning muqaddas kitoblari Injil bo‘lgani uchun, bu fikr rad etildi. Ba’zi sahobalar: «Sifr» deb atashni maslahat berdilar. Yahudiylar Tavrotni «Sifr» deb ataganlari uchun, bu fikr ham ma’qul ko‘rilmadi. Shunda Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): «Men Habashistonda bo‘lganimda, katta bir kitobni «Mushaf» deganlarini eshitganman», — dedilar. Abdullohning so‘zlari barchaga ma’qul bo‘lib, varaqlarga jamlab yozilgan va muqovalangan Qur’onni «Mushaf» deb atadilar. (Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-Tanvir. Tunis. 1j. 73-74-b.)

Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, Abu Bakr davrlarida jamlangan va sahifalangan Qur’onning suralarini va oyatlarini tartiblashda kotiblar unchalik sarosimaga tushmaganlar va qiynalmaganlar. Chunki, Qur’oni Karimning qaysi surasi yoki oyati nozil bo‘lsa, ularning joyini Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Jabroildan o‘rganib, kotiblarga ham buyurardilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 13 Avgust 2008, 08:49:22
«Ibn Vahb Imom Molikdan rivoyat qilishlaricha, Qur’oni Karim Payg‘ambarimiz(s.a.v.) ning o‘zlarining aytganlariga ko‘ra tartiblangani haqida hadis keltirilgan. Demak, suralar va oyatlarning joylashish tartibi Payg‘ambarimizning ko‘rsatmalari bilan qilingan tavqifi ilohiydir».( O’sha manba, 79-bet.)

Abu Bakr Siddiqning xalifalik davrlarida bu Mushaf xalifa huzurida turdi. Hazrat Umar(r.a.)ning davrlarida ham xalifaning qo‘lida bo‘ldi. Hazrat Umarning vafotlaridan so‘ng, ota vasiyati tufayli meros buyumlari qatorida Mushaf Umarning qizlari, Rasululloh (s.a.v.)ning zavjalari Hafsa(r.a.)ning qo‘llarida bo‘ldi. Qachonki, Hazrat Usmon xalifalik rutbasini egallab, Qur’onni qaytadan jamlab, undan nusxalar ko‘paytirishni istaganlarida, Hafsa (r.a.)dan Mushafni so‘rab oldilar, Qur’onni tartiblash va nusxa ko‘paytirishda undan foydalandilar. Keyin Uni Hafsaga qaytarib berdilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 13 Avgust 2008, 08:51:16
Tayanch iboralar: Hamma dinlar, payg‘ambarlar va ilohiy kitoblarga islomiy nuqtai nazardan qarash zaruriyati bor, chunki Allohning huzuridan kelgan barcha dinlar aslida bir din, Alloh dinni ham, payg‘ambarlarni ham va ularning shariatlari yozilgan muqaddas kitoblarni ham bandalarining islohi, hidoyati, ruhiy-ma’naviy tarbiyasi uchun yuborgan, muqaddasligiga shak-shubha bo‘lmagan, Qur’oni Karimda ta’kidlangan va tasdiklangan kitoblar ilohiy sanaladi. Bu ulug‘ payg‘ambarning payg‘ambarlik mo‘‘jizalari va ummatlariga dasturulamal sifatida, muqaddas kitoblarning oxirgisi va mukammali Qur’oni Karimni nozil qildi, «zohidlar» va «haniflar», Rasululloh (s.a.v.) menga: «Zaydni chaqir, lavhu qalam va kurak suyagini olib kelsin!» — dedilar. Zayd kelgandan so‘ng, unga: «Yoz, «Lo yastavil qo’idun» — deb amr qildilar».
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 13 Avgust 2008, 08:52:07
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Qur’oni Karim qachon nozil bo‘lgan?
2. Qur’oni Karim kotiblaridan kimlarni bilasiz?
3. Qur’oni Karim necha marta jamlangan?
4. Abu Bakr jamlagan Qur’on nima deb atalgan?

Foydalanilgan va tavsiya etilgan adabiyotlar   
                      
1. Zakoi Ko‘nrapa.Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara. 1-j. T: 1995 yil.
2.  Shayx Ismoil Maxdum. Usmon Mushafining tarixi.T.: «Movarounnahr», 1995 y..
3. Al-Jalol as-Suyutiy. Al-Itqon. 1-j.
4.  Muhammad Tohir ibn Oshur. AtTahrir vat-Tanvir.Tunis. 1j.
5. Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on. Bayrut, 1-jild.
6. Mahmud Zamaxshariy. Al-Kashshof. 1jild (1308 h. Mustafo Muhammad matba’asida chop etilgan).
7. Mahmud Zamaxshariy. Al-Kashshof. 2-jild (1308 h. Mustafo Muhammad matba’asida chop etilgan).
8. Shayx Hasanayn Maxluf. Safvatul-bayon li-ma’onil Qur’on. 1-jild.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 07:30:00
4—MAVZU. QUR’ONI KARIMNING YETTI HARFDA
NOZIL QILINISHI

Dars rejasi:
1.  «Yetti harf» va uning ulamolar tomonidan qilingan tavillari.
2.  Hazrat Usmonning bu borada qilgan jur’atlari.
3.   Qur’oni Karimning qadimiy yozuvi va shu yozuvda nusxalarga ko‘paytirilishi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 07:40:38
1. Imom Buxoriy «Jomi’us-sahih»larining «Tafsir kitobi» bobida Ibn Abbos (r.a.)dan shunday rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Jabroil(a.s) menga Qur’onni bir qiroat bilan o‘rgatdilar. Men Ul zotga murojaat qilib, qiroat yo‘lini ko‘paytirishni so‘radim. To qiroat yetti xilga yetmaguncha, men so‘rashdan, Ul zot esa ziyoda qilishdan to‘xtamadilar». (Shayx Ismoil Maxdum. Usmon Mushafining tarixi. T.: «Movarounnahr», 1995. 17-6.)

Abdulloh ibn Mas’ud(r.a.) rivoyat qildilar: «Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Qur’on yetti harf(Hadisning arabcha matnidagi «etti harrf» so‘zi yetti qiroat, yetti lug‘at va yetti xil ma’no, deb tarjima qilinadi.)da nozil bo‘lgan. Har bir harfning ichki va tashqi holati mavjud. Har bir harfning haddi-chegarasi bor. Har bir had ochiq-oydin ma’lumdir». (Tafsiri Tabariy. Bayrut. 1999 y. Uchinchi nashr. 1-j. 35-bet.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 07:44:23
Imom Muslim rivoyatlarida Ubay ibn Ka’b shunday deydilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Makkaning bir mavze’ida edilar. Huzurlariga Jabroil (a.s.) kelib: «Rabbingiz sizga Qur’oni Karimni ummatingizga bir harfda o‘qib berishingizni buyurdi», —dedilar. Rasululloh (s.a.v.): «Men Parvardigorimning afv va mag‘firatini so‘rayman. Ummatim Qur’onni bir harfda o‘qishga qodir emas»,  dedilar. Ikkinchi marta kelganlarida: «Rabbingiz sizga Qur’oni Karimni ummatingizga ikki harfda o‘qib berishingizni buyurdi», — dedilar. Rasululloh (s.a.v.): «Men Parvardigorimning afv va mag‘firatini so‘rayman. Ummatim Qur’onni ikki harfda o‘qishga ham qodir emas», —dedilar. Uchinchi marta kelganlarida: «Rabbingiz sizga Qur’oni Karimni ummatingizga uch harfda o‘qib berishingizni buyurdi», — dedilar. Rasululloh (s.a.v.): «Men Parvardigorimning afv va mag‘firatini so‘rayman. Ummatim Qur’onni uch harfda o‘qishga ham qodir emas», — dedilar. Jabroil (a.s.) to‘rtinchi marta kelganlarida: «Rabbingiz sizga Qur’oni Karimni ummatingizga yetti harfda o‘qib berishingizni buyurdi. Yetti harfdan haysi birida o‘qisalar ham to‘g‘ri o‘qigan bo‘ladilar»,  dedilar. (Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on. Bayrut. 1-j. 41-42-bet.)

Qur’oni Karimning «yetti harf»da nozil bo‘lganligiga dalolat qiluvchi hadislar mutavotir darajasida bo‘lib, barcha sahih kitoblar, jumladan: Buxoriy, Muslim, Molik, Abu Dovud, Nasaiy, Termiziy va boshqa muhaddislarning «Sahih» va «Sunan»larida ulug‘ sahobalar Abu Hurayra, Ubay ibn Ka’b, Abdulloh ibn Mas’ud, Umar ibn Xattob, Ibn Abbos (r.a.) va boshqalardan rivoyat qilingan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 07:48:43
Ammo «yetti harf»dan murod nima ekanligi haqida ulamolar turli fikrlar bildirganlar. Abu Hotim Muhammad ibn Habbon al-Bustiyning yozishicha, bu borada o‘ttiz beshta fikr bildirilgan. Imom Qurtubiy «Al-Jomi’ li-ahkomil Qur’on» nomli tafsirida eng mashhur bo‘lgan beshta fikrni aytib o‘tgan:

1. Sufyon ibn Uyayna, Abdulloh ibn Vahb, Ibn Jarir at-Tabariy, At-Tahoviy va boshqa olimlarning fikrlariga qaraganda, «Yetti harf»dan murod lafzi boshqa, ma’nosi bir xil bo‘lgan so‘zlardir. Masalan, «kel» ma’nosidagi «aqbil», «izta’ola», «lahalumma» kabi.

At-Tahoviy aytadi: «Bu fikrni Abu Bakra rivoyat qilgan quyidagi hadis tasdiklaydi: «Jabroil (a.s.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning huzurlariga kelib: «Qur’onni bir harf bilan o‘qing!» — dedilar. Mikoil (a.s.) esa: «Ziyoda etishni talab qiling!» — dedilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) talab qildilar. Jabroil (a.s.u. «Qur’onni ikki harf bilan o‘qing!» — deb buyurdilar. Mikoil (a.s.) esa: «Yana ziyoda etishni talab qiling!» — dedilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) talab qildilar. Shu tariqa Qur’oni Karim yetti harfda o‘qiladigan bo‘ldi. Keyin Jabroil (a.s.) dedilar: «Yetti qiroatning hammasi ham to‘g‘ri, ya’ni «halumma», «ta’ola», «aqbil» (uchchalovi ham «kel» ma’nosida) yoki «izhab», «asri’», «ajjil» (uchchalovi ham «ket» ma’nosida) so‘zlari kabi, illo «rahmat» oyati o‘rniga «azob» oyati yoki «azob» oyati o‘rniga «rahmat» oyatini aralashtirib o‘qib yubormasa bo‘ldi».
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 07:56:38
Ubay ibn Ka’b Qur’oni Karimning «Hadid» surasidagi

يَوْمَ يَقُولُ الْمُنَافِقُونَ وَالْمُنَافِقَاتُ لِلَّذِينَ آمَنُوا انْظُرُونَا نَقْتَبِسْ مِنْ نُورِكُمْ قِيلَ ارْجِعُوا وَرَاءَكُمْ فَالْتَمِسُوا نُورًا فَضُرِبَ بَيْنَهُمْ بِسُورٍ لَهُ بَابٌ بَاطِنُهُ فِيهِ الرَّحْمَةُ وَظَاهِرُهُ مِنْ قِبَلِهِ الْعَذَابُ

oyatida «unzuruna» so‘zi o‘rniga «amhiluna», «axxiruna», «urqubuna» so‘zlarini, «Baqara» surasidagi

oyatida «mashav» so‘zi o‘rniga «marru», «sa’av» so‘zlarini qo‘yib o‘qiganlar. Bularning barchasi lafzi boshqa, ammo ma’nosi bir xil so‘zlardir». (Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on. Bayrut. 1-J. 42-bet)

At-Tahoviy aytadilar: «Qur’oni Karimning tilovatiga bunchalik kenglik berilganiga sabab shuki, Qur’on nozil bo‘lgan qavm o‘qishni ham, yozishni ham bilmaydigan «ummiy» odamlar edi. Agar ular o‘z lahjalaridagi gapni yaxshi eslab qolmasalar, boshqa qabila laxjalarini yodlash, tushunish va esda saqlashlari qiyin edi».
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 08:16:52
2. Qoziy Ibn At-Toyyib, Ibn Abdulbir, Ibn Atiyya, Al-Xitobiy, Abu Ubayd al-Qosim ibn Sallom singari olimlarning fikrlaricha, Qur’oni Karim oyatlari orasida arablarning yetti qabila gaplashadigan lug‘atlar mavjud. Masalan, ba’zi Quraysh qabilasiga, ba’zi so‘zlar Huzayl qabilasiga, ba’zilari Havozinga, ba’zilari esa Yaman qabilasiga mansub so‘zlardir. (Qurtubiy.Al-Jomi’ li-aqkomil-Qur’on. Bayrut)

Qoziy Ibn At-Toyyib aytadilar: «Hazrat Usmon (r.a.) Qur’oni Karimni yozayotgan vaqtda kotiblarga: «Agar biror so‘zda Zayd bilan ixtilof qilsalaringiz Quraysh lug‘ati bo‘yicha yozinglar, chunki Qur’oni Karim Quraysh lug‘ati bo‘yicha nozil bo‘lgan», — deganlarida, «Qur’onning ko‘p qismi Quraysh lug‘atida nozil bo‘lgan» ini nazarda tutganlar. Holbuki, Qur’onda Quraysh lug‘atidan bo‘lmagan so‘zlar talaygina. Buning ustiga Alloh Ta’olo:

إِنَّا جَعَلْنَاهُ قُرْآنًا عَرَبِيًّا لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ

«Albatta, Biz Kur’onni arab tilida (nozil)qildik» ( Zuxruf surasi, 3-oyat) — dedi, «Quraysh tilida» demadi. Shunga qaraganda, Qur’oni Karim turli arab qabilalarining lahjalarida nozil bo‘lganini ta’kidlashimiz mumkin. Umar ibn Xattob, Ibn Abbos singari Quraysh qabilasidan chiqqan zabardast olim sahobalarning ba’zi so‘zlar ma’nosini tushunmasdan, sarosimada qolishlari ham ushbu toifa olimlarning fikrlarini tasdiqlaydi»
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 08:26:38
3. Uchinchi toifa ulamolar shunday deydilar: «Qur’oni Karim Muzor qabilasi lug‘atida nozil bo‘lgan. Hazrat Usmon ham: «Qur’oni Karim Muzor lug‘atida nozil bo‘lgan», — deganlar. Chunki, Muzor qabilasi Quraysh, Kinona, Asad, Huzayl, Taym, Zabba va Qays deb nomlangan yetti qabilani o‘z ichiga olgan bo‘lib, Qur’on ichidagi so‘zlar ham mazkur yetti qabilada ishlatiladigan lahjalarning yig‘indisidir».
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 08:38:27
4.  «Ad-daloil» kitobining muallifi va Al-Qoziy Ibn At-Toyyib shunday deydilar: «Men tadabbur qilib, qiroatdagi ixtiloflarni tekshirdim va bu ixtiloflar yettita ekanligiga amin bo‘ldim:

1) Harakat o‘zgarganda shakli ham, ma’nosi ham o‘zgarmaydigan holat. Masalan: «Hunna atharu (athara)lakum»( Cho‘rilar sizlarga begona ayollardan pokroqdir.) «Va yaziyqu (va yaziyka) sodrii (Yuragim siqiladi, ya’ni yuragim torroq.)

2)  Harakat o‘zgarganda shakli o‘zgarmaydigan, ammo ma’nosi o‘zgaradigan holat. Masalan: «Robbana bo’id (bo’ada)bayna asforina» (Rabbimiz, safarlarimiz orasini uzoq qilgin!).

3)  Harflar o‘zgarganda shakli o‘zgarmaydigan, ammo ma’nosi o‘zgaradigan holat. Masalan: «Nunshizuxa (Uni harakatlantiramiz)— (nunshiruha) (Uni tarqatib yuboramiz)».

4)  Harflar o‘zgarganda shakli o‘zgaradigan, ammo ma’nosi o‘zgarmaydigan holat. Masalan: «Kal’ihnil manfush(kassufil manfush)» (Savalgan yung kabi).

5)  Shakli ham ma’nosi ham o‘zgaradigan holat. Masalan: «Va tolhin manzud (Tizilgan bananzorlar) (va tol’in manzud)» (Uyulgan xurmo mevasi).

6)  Kalimalarning o‘rni almashgan holat. Masalan: «Va jaat sakarotul mavti bilxaqqi (Mana o‘lim mastligi haqiqatan yetib keldi) (va jaat sakarotul xaqqi bilmavti) (Mana haqiqiy mastlik o‘lim bilan yetib keldi)».

7)  Jumlalarda ziyoda va nuqson bo‘lgan holat. Masalan: «Va ammal g‘ulomu fakana abavahu mu’minayni" (Ammo o‘ldirilgan bolaning ota-onasi mo‘min edilar) — (va ammal g‘ulomu fakana kofiran va kana abavahu mu’minayni) (Ammo o‘ldirilgan bola kofir edi va ota-onasi mo‘min edilar)».
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 08:40:47
5. Ulamolarning ba’zilari: «Yetti harf»dan murod Qur’ondagi yetti ma’no, ya’ni amr, nahiy, va’da, va’id, qissalar, mujodala va masallardir, deydilar.

Ibn Atiyya aytadi: «Bu fikr juda zaif. Chunki, ular harf deyilmaydi. Shuningdek, ulamolar Qur’ondagi halol, harom va boshqa ma’nolarga ham «yetti harf»ning aloqasi yo‘q, deb ittifoq qilganlar. Zero bunday qat’iy masalalarda haddan tashqari kengchilikka yo‘l qo‘yilmaydi».
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 08:49:13
Ko‘pchilik ulamolarning, jumladan: Ad-Dovudiy va Ibn Abu Sufralarning fikrlariga qaraganda, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytgan «yetti harf»ning yetti qori qiroatlariga hech qanday aloqasi yo‘q. Chunki, bu qiroatlar Hazrat Usmon (r.a.) Mushafni «bir harf»likka aylantirganlaridan so‘ng qorilar tomonidan o‘zlariga go‘zal ko‘ringan qiroat tanlab olingan. Shuning uchun ham yetti qiroat sahobalarga emas, balki qorilarning o‘zlariga, masalan: Kisoiy qiroati, Nofi’ qiroati, Ibn Kasir qiroati, Osim qiroati, Abu Amr qiroati, Hamza qiroati va Ibn Omir qiroati deb nisbat beriladi. Ko‘p asrlardan buyon ana shu yetti qiroat musulmonlar orasida tarqalgan. Islom mamlakatlaridagi Tahfizul Qur’on madrasalarida yetti qiroat bo‘yicha ma’lumotlar chuqur o‘rgatiladi. Hozirda esa butun dunyoda ikki qiroat yo‘nalishi mashhur bo‘lib, bittasi Imom Hafs rivoyati bilan Imom Osim qiroati (Diyorimizda Imom Hafs rivoyati bilan Imom Osim qiroati tarqalgan), ikkinchisi esa Imom Varsh rivoyati bilan Imom Nofi’ qiroati tarqalgan.

Xulosa qilib aytganda, Qur’onni o‘qish oson bo‘lsin uchun «yetti harf», ya’ni yetti lahjada o‘qishga ruxsat berilgan edi. Rasululloh (s.a.v.) har bir qabila axliga o‘z laxjasida qiroat qilishni o‘rgatgan va sahobalarga shu yetti harfning qaysi birida o‘qishni xohlasalar, shunga ijozat bergan edilar. Agar ixtilof qilsalar va Rasululloh (s.a.v.)dan boshqa qiroatlar xususida so‘rasalar, Rasululloh (s.a.v.) ularga: «Hammasi to‘g‘ri va Alloh tomonidan ruxsat berilgan, Qur’on xususida ixtilof va janjal qilmanglar», — deb javob berar edilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 08:59:46
2. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafotlaridan so‘ng ko‘p joylar fath etilib, Islom xududi kengaydi. O’sha joylarga borgan qori sahobalar musulmonlarga o‘z qabilalari lahjasida Qur’on o‘qishni o‘rgata boshladilar. Masalan Shom ahli Ubay ibn Ka’b qiroatini, Kufa ahli Abdulloh ibn Mas’ud qiroatini, yana boshqalar Abu Muso Ash’ariy qiroatini o‘rgandilar va shu qiroatni to‘g‘ri deb tushundilar. Sahobalarning qiroatlari bir-biridan farq qilgani uchun, musulmonlarning qiroatlari ham farq qilishi tabiiy edi. Ana shu farq musulmonlar o‘rtasida ixtilofni kelib chiqardi. Ixtilof shu darajaga yetdiki, musulmonlar birbirlarini «xato o‘quvchi musulmon» emas, balki ochiq kofir deb atay boshladilar. Xuddi shunday voqe’a, Huzayfa ibn Yamonning Ozarbayjonga qilgan g‘azotlari paytida sodir bo‘ldi.

Imom Buxoriy shunday rivoyat qiladilar: «Huzayfa ibn Yamon Hazrat Usmon (r.a.)ning huzurlariga keldilar. Bu paytda Huzayfa Shom axliga bosh bo‘lgan holda Iroqliklar bilan birga Armaniston va Ozarbayjon g‘azotida ishtirok qilayotgan edilar. Shom va Iroq ahli o‘rtasidagi Qur’on tilovati borasida sodir bo‘layotgan ixtilof Huzayfani dahshatga soldi. Darhol Madinaga kelib Hazrat Usmon (r.a.)ga uchrashdilar va dedilar: «Odamlardan xabar oling!» Hazrat Usmon: «Nima bo‘ldi?» — deb so‘radilar. Huzayfa aytdilar: «Armanistonda g‘azotda edim, Shom va Iroq ahllari bilan birga edik. Qarasam, Shom ahli Ubay ibn Ka’b yo‘lida qiroat qilyapti. Qiroatlarida Iroq ahli eshitmagan narsa chiqib qolsa, Iroq ahli ularni kofirga chiqaryaptilar yoki Iroq ahli Abdulloh ibn Mas’ud yo‘lida qiroat qilib, Shom ahli eshitmagan biror narsa chiqib qolsa, ular Iroq ahlini kofirga chiqaryaptilar».(Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on. Bayrut.  1-j. 51-bet.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 09:00:34
Huzayfa Armaniston g‘azotidan qaytib kelayotganda, unga hamroh bo‘lgan Said ibn Osga aytdilar: «Ushbu safarim chog‘ida shu narsaga amin bo‘ldimki, agar bunga chora ko‘rilmasa, Qur’on to‘g‘risida keyinchalik hech tuzatib bo‘lmaydigan bir ixtilof chiqadi. Said so‘radi: «Qanaqa ixtilof ekan u?». «Hums shahridan bo‘lgan odamlarni ko‘rdim, ular o‘zlarining qiroatlarini boshqa qiroatlardan yaxshi deb, Qur’onni Miqdoddan o‘rganganliklarini aytar edilar. Kufadan bo‘lgan odamlarni ko‘rdim, ular ham shunga o‘xshash gaplarni aytib, qiroatni Ibn Mas’uddan olganmiz, der edilar. Basra ahli ham ayni shu da’voni qilib, ustozlari Abu Muso al-Ash’ariy ekanligini aytardilar va uning mushafini «Lubobul qulub» deb ataydilar,  deb javob berdi Huzayfa.

Usmon (r.a.) sahobalarni yig‘dilar va ularga voqeani aytib berdilar. Ular bu voqeani katta xavf deb, hammalari Huzayfaning fikrini to‘g‘ri deb topdilar.( «Al-Komil». 2-j. 55-bet.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 09:01:49
Ibn Abu Dovud sahih isnod bilan Suvayd ibn G’afladan rivoyat qiladilar: Suvayd aytdi: «Hazrat Ali (r.a.): «Usmon to‘g‘risida yaxshi gapdan boshqa narsa gapirmanglar. Allohga qasamki, mushaflar xususida ishni u bizlarning barchamiz bilan maslahatlashib qilgan. Menga ba’zi birovlaringizning «Mening qiroatim sening qiroatingdan yaxshi», — degan gaplaringiz yetib keldi, bu esa salkam kufrning o‘zidir», — dedilar. Nima qilish kerak? — deb so‘radik biz, — deydi Suvayd. Ali (r.a.): «Ixtilof va tafriqa bo‘lmasligi uchun musulmonlarni bitta mushafga jamlash kerak, deb o‘ylayman», — deb javob berdilar. Biz: «Sizning fikringizni qo‘llab-quvvatlaymiz», — dedik.( As-Suyutiy. Al-Itqon. 1-j. 59-6)

Abu Bakr al-Anboriy «Ar-Rad» kitobida Suvayd ibn G’afladan shunday hadisni rivoyat qilgan: «Ali (r.a.) dedilar: «Ey odamlar, Allohdan qo‘rqinglar! Usmonga nisbatan «mushaflarni yoquvchi» — deb nomaqbul so‘z aytishdan saqlaninglar! U mushaflarni Muhammad (s.a.v.) sahobalarining kengashi va qarori bilangina yoqishni buyurgan». (Qurtubiy.  Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on. Bayrut. 1-j. 54-bet)

Shunday qilib, Hazrat Usmon (r.a.)ning davrlarida Qur’oni Karimni uchinchi marta jamlashga ehtiyoj tug‘ildi. Bunda asosan ikki muhim ish bajarildi. Birinchisi, Qur’on tilovatini yetti qiroatdan bir qiroatga keltirildi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 09:03:11
Ibn Abu Dovud shunday rivoyatni keltiradi: «Usmon (r.a.) qurayshiylar va ansorlardan o‘n ikki kishini tanlab, ularga: «Agar biror narsa to‘g‘risida ixtilof qilsanglar, uni Quraysh lahjasidagisini yozinglar!» — deb farmon berdilar. «Baqara» surasidagi «tobut»(sandiq) so‘zidan boshqa narsada ixtilof chiqmadi. Zayd «ho» bilan yozilishi kerak, dedilar. Boshqalar «to» bilan deyishdi va «to» bilan yozdilar». (Shayx Ismoil Maxdum. Usmon Mushafining tarixi. T. «Movarounnahr». 1995. 23-6. Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on. Bayrut. 1-j. 54-b.)

Ibn at-Tin va boshqa olimlar aytadilar: «Abu Bakr Siddiq va Usmon (r.a.)ning Qur’onni jam qilishlari orasidagi farq shuki, Abu Bakr qorilar va sahobalarning o‘limi bilan Qur’ondan birorbir narsa yo‘qolib ketmasin, deb sahifalarga jam qilgan edilar. Shuning uchun Abu Bakr Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘rgatganlaridek, Qur’onning sura va oyatlarini tartibi bilan jamladilar.

Hazrat Usmon (r.a.) esa qiroat xususida ixtilof ko‘payib ketganligi, har kim o‘z lahjasida o‘qiyverganligi, buning oqibatida fitna sodir bo‘lish ehtimoli kuchayganligi uchun mazkur sahifalardan Quraysh lahjasiga muvofiq bir qiroat yo‘lida, bir xil mushaf yozdirib, so‘ng undan nusxa oldirdilar».( Shayx Ismoil Mahdum. Usmon Mushafining tarixi. T. «Movarounnahr». 1995. 25-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 09:04:22
Hazrat Usmon (r.a.)ning qilgan muhim ishlaridan ikkinchisi, Qur’on suralarini tartibi bilan o‘z o‘rniga qo‘ydilar. Qur’on kotiblaridan Zayd ibn Sobit(r.a.)ning yordamida Qur’onni qaytadan jam qildilar va suralarning tartibiga ahamiyat berdilar. Avvalo shuni aytish lozimki, Qur’on suralarining ba’zilari, masalan: Qur’onning uzun suralari, «Ho mimlar», «Alif lomlar», «Fotiha» va boshqa ba’zi suralarning tartibi avvaldan ma’lum edi.

Hazrat Abu Bakr Siddiqning davrlarida, ya’ni Qur’on jamlanib, mushaf tuzilayotgan paytda, Qur’on suralarining soni va nomi ko‘pchilikka ma’lum edi.

Ammo suralarning tartibi haqida aytadigan bo‘lsak, ba’zi suralarning tartibi avvaldan ma’lum bo‘lsa ham, ba’zilarining o‘rni aniq ma’lum emas edi. Shuning uchun Rasululloh (s.a.v.)ning hayotlik davrlarida o‘zlari uchun Qur’on yozib olgan sahobalarning majmu’alariga e’tibor berilsa, suralarning joylashish tartibi bir-biriga mos kelmaydi. Hatto ulug‘ hofizlardan Abdulloh ibn Mas’ud, Ubay ibn Ka’b va Zayd ibn Sobitlarning majmu’alari ham bir-biriga mos tushmaydi. Ularning ba’zilari suralarni vahiyning nozil bo‘lishiga qarab tartiblagan bo‘lsalar, ba’zilari makkiy yoki madaniy ekanligiga qarab tartib bergan edilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 09:04:45
Ba’zilar esa suralarning uzun-qisqaligiga qarab tartib berganlar.

Masalan Hazrat Ali(r.a.)ning majmu’alarida birinchi sura «Iqro’», ikkinchisi «Muddassir», uchinchisi «Muzzammil» va hokazo nozil bo‘lish tartibi asosida yozilgan edi.

Ubay ibn Ka’b va Abdulloh ibn Mas’udning majmu’alarida esa suralar uzun-qisqaligiga qarab, masalan, avval «Baqara», keyin «Niso», undan keyin «Oli Imron», va hokazo tartiblangan edi.

Ammo «Quyosh tutilishi» voqe’asi bilan bog‘liq bo‘lgan hadisda rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) namozda eng uzun ikki sura—«Baqara» va «Oli Imron» suralarini qiroat qilganlar. Qiroatni baland ovozda o‘qiganlari uchun, eshitganlarning birortasida shubha paydo bo‘lishi mumkin emas. Shundan ko‘rinadiki, Usmon (r.a.)ning mushaflarida «Baqara» surasidan keyin «Niso» surasini emas, balki «Oli Imron» surasini yozilishi Rasululloh (s.a.v.)ning qiroatlariga ergashishdan kelib chiqqan. Demak, Mushaf kotiblari ikki hadisdan birini tanlab, o‘z ijtihodlari vositasi bilan suralarni «Baqara», «Oli Imron», «Niso» tartibida joylashtirganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 09:05:24
Rasululloh (s.a.v.)ning «Niso» surasidan avval «Oli Imron» surasini qiroat qilishlariga uchta sabab bo‘lishi mumkin:

1.  «Oli Imron» surasi «Niso» surasidan oldin nozil bo‘lgani uchun;

2. «Baqara» va «Oli Imron» suralari bir xil, ya’ni «alif. lom. mim. ») harflar bilan boshlangani uchun;

3.  Rasululloh (s.a.v.) bir hadislarida ikki surani bir xil sifatlaganlari uchun. Abu Umoma (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda, Janob Rasululloh (s.a.v.): «Zahrovaynni (Zahro so‘zi atirgul, yorqin ko‘zga tashlanuvchi ma’nolarini beradi), ya’ni Baqara va Oli Imron suralarini qiroat qilinglar!» dedilar va mazkur ikki suraning qiyomat kunidagi fazilatini gapirib berdilar.
Alqama(r.a.)ning aytishlaricha, Usmon Mushafining avvalgi yigirmata surasi Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)ning majmu’alarida yozilgan tartibda qayd etildi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 09:06:18
Hazrat Usmon(r.a.) va Zayd ibn Sobit(r.a.)lar suralarning tartibida o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘ymadilar. Ular suralar tartibini boshqa sahobalardan ko‘proq bilardilar, ayniqsa, Zayd ibn Sobit Rasululloh (s.a.v.)ning vahiy yozuvchi kotiblaridan biri edilar. Biroq Qur’oni Karimning vahiy holatida yozilishi bir tartibda, davomli kitob holida emas, tarqoq holda turli ashyolarga yozilgani uchun, suralarning tartibida biroz ijtihod qilishga to‘g‘ri kelgan.

Imom Muslim o‘z «Sahih»ida Huzayfa(r.a.)dan shunday rivoyat keltiradi: «Payg‘ambar (a.s.) namozda avval «Baqara»ni, keyin «Niso»ni, undan keyin «Oli Imron»ni birinchi rakatga qiroat qildilar». Mazkur hadisdan xulosa chiqarib, Qozi Iyoz «Al-Ikmol» kitobida shunday deydi: «Mana shu hadis dalolat qiladiki, Mushafni yozayotgan paytda sahobalar Qur’on suralarining hozirgi tartibda joylashuvini ijtihod bilan qilganlar. Imom Molik va ulamolar jumhurining fikrlari ham shunday». (Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-Tanvir.Tunis. 1-j. 88-89-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 09:06:43
Yuqorida aytilganlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, Qur’oni Karim boshqa iloxiy kitoblar kabi aslida «Lavhul mahfuz»da to‘la kitob holida edi va shundayligicha Ramazon oyining Qadr kechasida dunyo osmoniga tushirildi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning payg‘ambarlik muddatlarida sura va oyatlarga bo‘lingan holda tushirildi. Shundan keyin Qur’oni Karim uch marta jam qilinib hozirgi holiga keltirildi:

1.  Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ko‘rsatmalari bilan sura va oyatlar joy-joyiga qo‘yilib, asl holiga keltirildi, lekin mushaf qilinmadi;

2.  Abu Bakr Siddiqning sa’y-harakatlari bilan tarqoq holdagi Qur’on mushafga aylantirildi;

3.  Usmon ibn Affonning qat’iy talablari bilan Qur’oni Karim «etti harf»dan bir harfga, ya’ni eng mashhur bo‘lgan Quraysh lug‘ati bo‘yicha qiroat qilishga keltirildi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 09:07:31
Abu Bakr al-Anboriy aytadi: «Alloh Ta’olo nozil qilgan va yozishga amr etgan, mansux hamda tilovati marfu’ bo‘lmagan oyatlarning hammasini ikki muqova orasida o‘z ichiga olgan kitob bu Usmon Mushafidir. Undan biror narsa noqis bo‘lmagan, uning tartibi va nazmi Alloh tomonidan nozil qilinib, Rasululloh (s.a.v.) shunga binoan hech narsani oldinma-keyin qilmasdan, suralarning oyatlarini tartibga solganlar. Ummati Islom suralardagi oyatlar tartibini qandoq bo‘lsa shundayligicha Payg‘ambar (s.a.v.)dan olgan. Tilovat va qiroat usullari ham ul zotdan sobit bo‘lgandir».

Ibn Hisor: «Ushbu tartib Rasululloh (s.a.v.)ning tilovatlaridan uzluksiz naql etilib, sahobalarning ijmo’lari bilan Mushafga joriy qilindi», — deydilar. (Shayx Hasanayn Maxluf. Safvatul-bayon li-ma’onil Qur’on. 1-j. 86-b)

Hazrat Usmon (r.a.) Mushafni «bir harf»ga keltirish va uni bir necha nusxaga ko‘paytirib yozdirishda birinchi asos Abu Bakr Siddiqning mushaflari bo‘ldi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 09:08:38
3. Qur’onni o‘zgartirmay qiyomatga qadar saqlashni Alloh Ta’olo o‘z zimmasiga olganligi uchun ham, uni qayta-qayta bekamu-ko‘st jamlash imkoniyatini sahobalarga berdi va bu amonatdorlikni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xam, sahobalar ham uddaladilar:

إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ

«Qur’onni biz nozil qildik va uni biz saqlovchidurmiz». (Hijr, 9)

Hazrat Usmon (r.a.) Mushafni bir necha nusxaga ko‘paytirib, islom rivojlangan katta-katta shaharlarga yubordilar va Mushaf bilan birga bittadan olimni ham yuborib, butun Islom ahliga bir harfli qiroat ta’limini joriy etdilar.

Ibn Atiyya aytadi: «Hazrat Usmon (r.a.)qorilarning qo‘lida mavjud bo‘lgan va musulmonlarga ta’lim berilayotgan boshqa mushaflarni yoqib yuborishga yoki yirtib ko‘mib yuborishga amr qildilar». (Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on. Bayrut. 1-j. 54-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 09:10:00
Hazrat Usmon nusxa yozdirgan mushaflarning soni xususida ham ulamolar turli fikrlar aytganlar. Masalan, Hamza ibn Habib az-Zayyot mushaflarning soni to‘rtta ekanligini aytadi.

Abu Hotim as-Sijistoniy esa ularni yettita bo‘lgan deydi. Eng to‘g‘ri rivoyat oltitadir: Makkiy, Shomiy, Basriy, Kufiy, Madina ahli uchun umumiy bo‘lgan Madaniy va xalifaning o‘zlari uchun xos bo‘lgan Madaniy Mushaflardir.
Hozirgi kunda bizning diyorimizda saqlanayotgan Mushaf o‘sha Hazrat Usmon(r.a.) nusxa oldirgan va har xil yurtlarga yuborgan Mushaflarning biridir. (Shayx Ismoil Maxdum. Usmon Mushafining tarixi. T.  «Movarounnahr». 1995. 28-6)

Tarix ulamolari nazdida qurayshiylardan birinch bo‘lib xat yozishni o‘rgangan va boshqalarga o‘rgatgan kishi Harb ibn Umayya edi. O’sha paytdagi xat turi anboriy-himyariy deb atalgan. U Hijozda keng tarqalgandan so‘ng, hijoziy deb atala boshladi.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 09:10:54
Islom dini kelgan davrda arablar orasida hijoziy xat qo‘llanilar edi. Shuning uchun, vahiylar ham, Abu Bakr mushaflari ham, Hazrat Usmon mushafda olgan nusxalar ham ayni shu xat bilan yozilgan edi. Kufa xati paydo bo‘lib, uning afzalligi mashhur bo‘lgandan so‘ng, bir guruh hattotlar chiqib, Usmon mushafidan nusxalar ko‘chira boshladilar.

Shu vaqtdan e’tiboran Qur’on va boshqa yozuv asarlari «Kufiy xat» deb nomlangan yangi yozuvda yozila boshlandi. Keyinchalik Qur’onni o‘qish oson bo‘lishi uchun Abul Asvad ad-Dualiy harakat alomatlarini bildiruvchi nuqtalarni va Nasr ibn Osim esa bir xil shakldagi, masalan «sin» va «shin»ga o‘xshagan harflarni ajratuvchi nuqtalarni ijod qildilar. Uch harakat(fatha, zamma, kasra) alomatlarini esa Abbosiylar xalifaligi davrida yashagan arab tili ustozlaridan bir Xalil ibn Ahmad Farohidiy(vafoti 170 h.) yo‘lga qo‘ydi. (Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on. Bayrut. 1-j. 63-b. Shayx Ismoil Maxdum. Usmon Mushafi tarixi. T. «Movarounnahr». 1995. 30-31-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 09:11:22
Tayanch iboralar: Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Qur’on yetti harfda nozil bo‘lgan, bu borada o‘ttiz beshta fikr bildirilgan, Imom Qurtubiy «Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on» nomli tafsirida eng mashhur bo‘lgan beshta fikrni aytib o‘tgan, Qur’oni Karim oyatlari orasida arablarning yetti qabilasi gaplashadigan lug‘atlar mavjud, Hazrat Usmon (r.a.) Qur’oni Karimni yozayotgan vaqtda kotiblarga: «Agar biror so‘zda Zayd bilan ixtilof qilsalaringiz Quraysh lug‘ati bo‘yicha yozinglar, chunki Qur’oni Karim Quraysh lug‘ati bo‘yicha nozil bo‘lgan», — deganlar, Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytadilar: «Abu Bakr Qur’onni varaqlarga jam qildi», Qur’onni o‘zgartirmay qiyomatga qadar saqlashni Alloh Ta’olo o‘z zimmasiga olgan, Hazrat Usmon nusxa yozdirgan mushaflarning soni xususida ham ulamolar turli fikrlar aytganlar, O’sha paytdagi xat turi anboriy-himyariy deb atalgan. U Hijozda keng tarqalgandan so‘ng, xijoziy deb atala boshladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Avgust 2008, 09:11:59
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Qur’oni Karimning «etti harf»da nozil qilinishiga sabab nima edi?
2. «Yetti harf» dan murod nima ekanligi borasida ulamolar ning fikrlari qanday?
3. Hazrat Usmon Qur’oni Karimni qaytadan jam qilishlarining hikmati nima?
4. «Yetti harf» tushunchasi bilan «Yetti qiroat» tushunchasi ning o‘zaro bog‘liqligi bormi?
5.  Qur’on kotiblari tomonidan qaysi yozuv istifoda etilgan?                                                                                       

Foydalanilgan va tavsiya etilgan adabiyotlar

1. Zakoi Ko‘nrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara.1j.T: 1995 yil.
2. Shayx Ismoil Maxdum. Usmon Mushafining tarixi.T. «Movaroun nahr». 1995 yil.
3. Al-Jalol as-Suyutiy. Al-Itqon. 1-j.
4.  Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-Tanvir.Tunis. 1-j.
5. Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on.Bayrut. 1-j.
6. Mahmud Zamaxshariy. Al-Kashshof. 1-jild. (1308-h. Mustafo Muhammad matba’asida chop etilgan).
7. Mahmud Zamaxshariy. Al-Kashshof. 2-jild. (1308-h. Mustafo Muhammad matba’asida chop etilgan).
8. Shayx Hasanayn Maxluf. Safvatul-bayon  li-ma’onil-Qur’on. 1-jild.
9. Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 1381-h. 1-j. 348- bet.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 04:19:41
5-MAVZU.QUR’ONI KARIMNING TARKIBIY TUZILIShI

Dars rejasi:
   
1.  Qur’on suralari va oyatlari haqida.
2.  Qur’on kalimalari va harflarining soni haqidagi ixtilofning sabablari.
3.  Qur’oni Karimning qismlarga ajratilishi.
4.  Qur’onda kelgan ajamiy so‘zlar haqida.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 04:21:11
1. «Sura»ning ma’nosi «balandlik, tepalik» deganidir. Qur’onni o‘quvchi odam tasavvurida go‘yo bir  tepaliqdan ikkinchisiga ko‘chib yurgandek bo‘ladi. Ba’zi olimlar: «Shaharning qo‘rg‘oni yuksak bo‘lgani uchun «suvarul buldon» deyilganidek, Qur’onning sharafi yuksak bo‘lgani uchun «suvarul Qur’on» deb atalgan», — deydilar. Yana bir toifa olimlarning fikricha, idishning tagida qolgan suv yuqini «Asarul inai» deyilganidek, Qur’onning bir bo‘lagini «sura» deyilgan.

Bu borada Ibn Kasirning o‘z fikri bor. Uning aytishicha, barcha imoratlar va inshootlarni ihota qilib turgani uchun shahar devorini «suratul balad» deyilganidek, Qur’onning bir necha oyatlari va kalimalarini ihota qilib turgan muayyan bo‘laklarini «suratul Qur’on» deyiladi.

Rasululloh (s.a.v.)ning zamonlaridayoq Qur’on suralari bir yuz o‘n to‘rt (114)ta sanalib, vahiy kotiblarining va ba’zi sahobalarning o‘zlari uchun yozib olgan ashyolardagi majmu’ada shunday belgilangan. Faqat Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)ning mushaflarida Qur’onning eng oxirgi ikki surasi—«mu’avvazatayn» (Ikki Qul a’uzu suralari) yozilmagan edi. Bunga sabab, Abdulloh ibn Mas’ud mazkur ikki surani Qur’ondan emas, balki Rasulullohga xos yuborilgan duo, deb tushunganlar. «Fil» surasi bilan «Quraysh» surasini bitta sura, «Qunut» duosini esa yana bitta sura, deb uni «Al-Xul’» deb ataganlar». (Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-Tanvir. Tunis 1-j. 85-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 04:22:55
Qur’oni Karimdagi bir yuz o‘n to‘rt (114) suradan yigirma oltita (26) sura Madinada nozil bo‘lgan. Qatoda (r.a.)ning rivoyatlariga ko‘ra ular: Baqara, Oli Imron, Niso, Moida, Tavba, Ra’d, Nahl, Haj, Nur, Ahzob, Muhammad, Fath, Hujurot, Ar-Rahmon, Hadid, Mujodala, Hashr, Mumtahana, Saf, Jum’a, Munofiqun, Tag‘obun, Taloq, Tahrim (Tahrim surasining avvalgi to‘qqiz oyati), Izo zulzil, Iza jaa nasrulloh suralaridir. Qolgan sakson sakkiz (88) sura Makkada nozil qilingan. (Ibn Kasir tafsiri. Bayrut. 1969 y. 1-jild. 7-b. Qurtubiy Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on. Bayrut. 1-j. 61-b)

Misrning Qohira Nasr shahrida 1999 yilda, Bayrutda 1994 yilda va Madinada, Urdunda Hazrat Usmon mushaflariga muvofiq ravishda chop etilgan Qur’oni Karim nusxalarining barchasida, hattoki Toshkentda nashr etilgan Shayx Abdulaziz Mansurning «Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi» kitobida ham Madinada nozil bo‘lgan suralarning soni yigirma sakkizta(28), Makka suralarining soni esa sakson oltita(86) deb, «Bayyina» va «Inson» suralari ham Madaniy suralar qatorida ko‘rsatilgan.

«Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara» kitobining muallifi esa: «Qur’on suralarining to‘qson uchtasi (93) Makkada, yigirma bittasi(21) Madinada nozil bo‘lgan» (Zakoi Kunrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara. Toshkent. 1995 y. 87-b) deb yozadi. Ammo muallif bu raqamlarni qaysi manba’dan olinganini aytmagan va bu ma’lumot ulug‘ mufassirlarning fikrlariga ham xilofdir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 04:25:38
Suralarning makkiy va madaniyligi borasidagi ixtilofga sabab, suralarning ba’zi oyatlari Makkada, qolganlari Madinada nozil bo‘lganligi yoki ba’zi suralar Makkada ham, Madinada ham nozil bo‘lganligidir.

Shuningdek, Makkiy suralarning tartibida ham ixtilof mavjud. Masalan: Ismoil Haqqiy nozil bo‘lish sanasiga muvofiq Makkiy suralarni quyidagi tartibda joylashtiradi:

1)  «Alaq» surasi;                   
2)  «Nuh»,«Qalam» suralari;   
3)  «Muzzammil»;
4)  «Muddassir»;
5)  «Fotiha» surasi.

Imom Suyutiy esa Makkiy suralarni:

1)  «Fotiha»;     
2)   «Alaq»;           
3)   «Nuh»;
4)   «Muzzammil»;
5) «Muddassir» tarzida sanaydi. (Zakoi Ko‘nrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara. Toshkent. 1995 y. 87-88-betlar)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 05:21:17
«Oyat» ning ma’nosi uch xil: bir jumlaning ma’nosi ikkinchi jumlaning ma’nosidan ajralgani uchun «alomat» ma’nosiga, harflar majmu’asidan iborat bo‘lgani uchun «jamoat» ma’nosiga va har bir oyat balog‘at va fasohatda insonni ojiz qilgani uchun «hujjat» ma’nosiga ta’vil etilishi mumkin.

Qur’on oyatlarining 6000 tasi barcha ulamolar va mufassirlar tomonidan tasdiq qilingan, undan ziyodasida esa turli fikrlar mavjud. Masalan, yurtdoshimiz, ulug‘ alloma Abulqosim Jorulloh Mahmud ibn Umar Az-Zamaxshariy (vafoti 1143 yil) «A-lKashshof» nomli mashhur tafsirida yozishicha, Qur’oni Karim 114 sura, 6666 oyat, 77. 439 so‘z, 325. 343 dona harfdan tarkib topgan. (Zamaxshariy. Kashshof.1-j. 87-b)

Kamol Poshozoda Ahmad Shamsuddin(vafoti 1533 yil) Qur’on oyatlari qaqida nazmiy yo‘l bilan shunday yozgan:

Bilmoq istarsan agar sen oyatlar adadin,           
Jumlasi olti ming va olti yuz oltmish olti.     
Minggi va’da bayon aning, mingi esa va’id,
Mingidur amri ibodat, mingi nahy va tahdid.
Mingi amsoli ibardur, mingi axbor va qisas,
Besh yuz oyati halol birlan haromga muxtas.
Yuz oyatida jamlanmish duo va tasbeh,
Oltmish oltisi esa nosix ila mansux.

Ya’ni, bulardan 1000 oyat va’dalar, 1000 tasi va’idlar (Haq Ta’oloning ogohlantiruv, tahdid, qo‘rqituvlari),  1000 oyat amr, buyruqpar,  1000 oyat nahy (qaytariq, yomonlikdan man etishlar), 500 oyat hillu hurmat, 100 tasi duo oyatlari, 66 tasi nosix (oyat hukmini bekor qiluvchi) va mansux (hukmi bekor qilingan) oyatlardan iboratdir. (Zakoi Ko‘nrapa. Paig‘ambarimiz va Asharai mubashshara. — Toshkent. 1995 y. 86-87-betlar.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 05:26:06
Ibn Kasirda esa bunday deyilgan: «Qur’oni Karim oyatlarining soni olti mingdir. Undan ziyodasi haqida turli fikrlar mavjud. Ba’zi olimlar biror oyatni ham ziyoda qilmaydilar. Ba’zilar esa olti mingdan ziyodasi ikki yuz o‘n to‘rtta (Madina ulamolaridan Ismoil ibn Ja’farning aytishicha, olti ming ikki yuz o‘n to‘rt oyatdir), ikki yuz to‘rtta (Basra ulamolarining hisobicha, olti ming ikki yuz to‘rtta oyatdir), ikki yuz o‘n to‘qqizta (Makka ulamolarining hisobicha, olti ming ikki yuz o‘n to‘qqizta oyatdir), ikki yuz yigirma beshta (Shom ulamolaridan Yahyo ibn AlHorisning aytishicha, olti ming ikki yuz yigirma beshta oyatdir), ikki yuz yigirma oltita (Yahyo ibn Al-Horisdan ikkinchi bir rivoyatda olti ming ikki yuz yigirma oltita oyatdir), ikki yuz o‘ttiz oltita (Kufa ulamolaridan Muhammad ibn Isoning ta’kidlashicha, olti ming ikki yuz o‘ttiz olti oyatdir), degan fikrlarni aytadilar». (Ibn Kasir tafsiri. Bayrut. 1969 y. 1-jild. 7-b. Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on. Bayrut. 1-j. 65-bet).

Qur’oni Karim oyatlarining sonidagi ixtilofga sabablar turlichadir.

Suralarning boshlarida kelgan harflar majmu’ini Kufa ulamolari alohida oyatlar ekanligini aytadilar. Ularning fikrlaricha, «(to ho)», «(yosin)», «sod» shaklidagi birikmalar ham alohida oyatdir. Boshqa olimlar esa, bu harflar suralarning boshlanishi bo‘lib, ularning oyatga aloqasi yo‘q ekanligini aytadilar.

Ba’zi olimlar «bismillah»ni «Fotiha» surasining bir oyati, deb sanasalar, boshqalari uni alohida oyat, uchinchi toifa esa hech qanday oyat emas, deb hisoblaydilar. Ana shunday sabablarga ko‘ra oyatlar soni birlarida ko‘proq, boshqalarida ozroq bo‘lib qolgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 05:32:38
2. «Kalima» harflar birikmasidan tashkil topgan, mustaqil bir ma’noni ifoda etuvchi shakldir.

Kalimaning eng uzuni o‘n harfdan tarkib topgan. لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ («Layastaxlifannahum» (Ularni     (yer yuziga) xalifa qilganidek) — Nur, 55),أَنُلْزِمُكُمُوهَا  («Anulzimukumuha» (Uni Sizlarga majburlaymizmi?) — Hud, 28), فَأَسْقَيْنَاكُمُوهُ («Faasqoynakumuhu» (Sizlarni u bilan sug‘ordik) — Hijr, 22) birikmalari o‘n harfli kalimalar jumlasiga kiradi.

Kalimaning eng qisqasi esa bir harfdan iborat. Masalan: قِ («Qi» so‘zi «vaqo, yaqiy» fe’lidan chiqqan, «saqla!» degan buyruqdir), أَ («A» so‘zi savol alomati bo‘lib, gapning boshida keladi va «(shunday)mi» degan ma’noni bildiradi),  وَ («Va» so‘zi bog‘lovchidir) kalimalari shular jumlasidandir.

Kalimaning bitta o‘zi butun oyat bo‘lishi mumkin. Masalan: وَ الضُّحِي , وَ الْعَصْرِ , وَالْفَجرِ kalimalari hamda ba’zi suralarning boshida keladigan  الم , حم , الر , طه singari harf birikmalari ham Kufa ulamolari nazdida alohida oyat hisoblanadi. 
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 05:38:44
Ibn Kasirda berilgan ma’lumotga qaraganda Qur’on kalimalarining soni haqida Fazl ibn Ato ibn Yasordan eshitganiga asoslanib, yetti ming to‘rt yuz o‘ttiz to‘qqizta ekanligini yozgan.  Demak, Zamaxshariyning fikri bu borada Ibn Kasirning fikriga muvofiqdir.

Qur’oni Karim harflarining soni borasida biroz ixtilof bor. Masalan: Zamaxshariy ularni yuz yigirma besh ming uch yuz qirq uch (325 343) harfdan iboratligini yozgan bo‘lsa, Ibn Kasir Mujohidning rivoyatiga asoslanib: «Biz Qur’on harflarini sanaganimizda, uch yuz yigirma bir ming bir yuz sakson (321 180)ta harfdan iborat ekan» (Ibn Kasir tafsiri. Bayrut. 1969 y. 1-jild. 7-b),  deb yozadi.

Fazl ibn Ato ibn Yasorning aytishicha, Qur’on karim uch yuz yigirma uch ming o‘n besh (323 015)ta harfdan tarkib topgan.

Qur’on harflarining sonidagi ixtilof esa, rasmiy xatda alifning yozilishi yoki yozilmasligi yoki tashdidlik harflarning bitta yoki ikkita sanalishi natijasida kelib chiqqan. Masalan: Ar-Rahmon so‘zi alif bilan «أَلرَّحْمَن» shaklida yozilsa, unda yetti harfdan, alifsiz «لرَّحْمَن» shaklida yozilsa olti harfdan iborat bo‘ladi. «Fotiha» surasidagi «molik» so‘zi bir qiroatda «مَالِك», ya’ni to‘rt harflik, yana bir qiroatda esa «مَلِك» , ya’ni uch harflik shaklida qiroat qilinadi. Shuning hisobiga ham oyatlar va harflarning soni turlicha talqin qilinadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 05:45:38
3. Sallom Abu Muhammad al-Himoniy aytadi: «Hajjoj qorilar, hofizlar va kotiblarni huzuriga yig‘ib, ulardan: «Menga Qur’onning harflari nechta ekanligini ayting!» — dedi. Ular sanab ko‘rib: «Uch yuz qirq ming yetti yuz qirq (340 740)ta ekan»,  deb javob berishdi. Hajjoj ularga Qur’onning yarmini  aniqlashni buyurdi. Olimlar to‘rt oy muddatda Qur’onning teng yarmi «Kahf» surasidagi 19-oyati karimaning «val-yatalattof» kalimasi oxiridagi «f» harfi ekanligini aniqladilar. Qur’onni teng uchga taqsimlab, birinchi qismi «Tavba» surasining yuzinchi oyatigacha, ikkinchi qismi «Shuaro» surasining yuzinchi oyatigacha, uchinchi qismi esa «Nos» surasining oxirigacha deb belgiladilar».

Qur’onni yetti qismga ham taqsimlab, haftaning har kunida o‘qiladigan ma’lum qismlarga ajratildi:

Birinchi qism «Fotiha» surasidan «Niso» surasining 55-oyati yarmidagi «dol» harfigacha;

Ikkinchi qism «A’rof» surasining 147-oyati o‘rtasidagi «habitot» so‘zining oxirigacha;

Uchinchi qism «Ra’d» surasining 35-oyati o‘rtasidagi «ukuluho» so‘zining oxirigacha;

To‘rtinchi qism «Haj» surasining 34-oyatidagi «mansakan» so‘zining oxirigacha;

Beshinchi qism «Ahzob» surasining 36-oyatidagi «vama kana limuminin vala muminatin» so‘zining oxiridagi «te» harfigacha;

Oltinchi qism «Fath» surasining 6-oyatidagi «alayhim dairotus savi» jumlasidagi «vov» harfigacha;

Yettinchi qism esa Qur’onning oxirigachadir». (Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on. Bayrut. 1-j. 64-bet. Ibn Kasir tafsiri. Bayrut: 1969 y. 1-j. 7-bet.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 05:48:35
Quroni karimni o‘qish, yodlash va takrorlash oson bo‘lsin uchun o‘ttiz juzga bo‘lingan. Shu sababli xalq tilida «o‘ttiz pora(bo‘lak, qism)» deb ham aytiladi.

Uning birinchi porasi «Fotiha» surasidan boshlanadi. Qolganlari esa quyidagi sura va oyatlardan boshlanadi:

2.«Sayaqulus sufahau».
3. «Tilkar rusulu».
4. «Lan tanolul birro».
5. «Val muhsonatu».
6. «La yuhibbullohul jahro».
7. «Vaiza sami’u».
8.«Valav annano nazzalno».
9.«Qolal malau».
10. «Va’lamu».
11. «Ya’taziruna ilaykum».
12. «Vamo min dobbah».
13. «Vamo ubarriu nafsiy».
14. «Rubamo».
15. «Subhanallaziy asro (Bani Isroil)».
16. «Qola alam aqullaka».
17. «Iqtaroba (Anbiyo).
18. «Qod aflaha».
19. «Vaqolallaziyna».
20. «Qola sananzuru».
21. «Utlu».
22. «Vaman yaqnut».
23. «Vamo anzalno».
24. «Faman azlamu».
25. «Ilayhi yuroddu».
26. «Ahqof».
27. «Qola famo xatbukum».
28. «Qod sami’allohu(Mujodala)».
29. «Taborak (Mulk)».
30. «Amma yatasaalun» eng oxirgi poradir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 05:56:13
4. Imom Qurtubiy shunday yozadi: «Ulamolarning ittifoq qilishlaricha, Qur’oni Karimda arab tiliga aloqasi bo‘lmagan ajamiy jumla yoki tarkib yo‘q. Biroq, Ibrohim, Isroil, Jabroil, Imron, Nuh va Lut singari ajamiy ismlar mavjud. Bulardan tashqari ajamiy so‘zlar bor-yo‘kligi borasida ikki xil fikr aytiladi.

Ba’zi olimlar Qur’onda ajamiy so‘zlar mavjudligini aytadilar. Masalan: mishkot(tokcha), kuva(sutdan qaymoq ajratib olinadigan idish), noshia(kechasi turuvchi), kifl(tengdosh), qasvara(sher) so‘zlari Habashlarning so‘zlarida; g‘asoq(noxush sovuq) so‘zi turk tilida; qistos(tarozu) so‘zi Rumliklar tilida; sijjil (sangil g‘isht) so‘zi fors tilida; Tur(tog‘), yammu(dengiz) suryoniy tilida; tannur(yer yuzi) ajam tilida mavjud.

Mufassirlardan Abu Bakr al-Boqaloniy va Ibn Jarir at-Tabariylar: «Qur’onda ajamiy so‘z yo‘q. Ammo talaffuzda ham, ma’noda ham ikki tilda mushtarak bo‘lgan so‘zlar mavjud», — deb ta’kidlaydilar. (Ibn Kasir tafsiri. Bayrut. 1969 y. 1-j. 8-bet)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 05:59:06
Mufassirlardan Ibn Atiyya aytadi: «Sanab o‘tilgan so‘zlar aslida ajamiy so‘zlar ekanligi shubhasizdir. Keyinchalik bu so‘zlar iste’molda ko‘p ishlatilib, arabiylashib ketgan. Buning sababi shuki, Quraysh tijoratchilari Shomga, Habashistonga va Hiyaraga qilgan safarlari asnosida o‘sha yerda yashovchi kishilar bilan muloqot va suhbatlar qilganlar. Ulardan ba’zi so‘zlarni o‘rganib, o‘zlashtirganlar, lekin ajamiy so‘zlar talaffuzidagi harflar arab alfavitida mavjud bo‘lmagani uchun, munosibiga o‘zgartirganlar. Masalan: «sangil» so‘zi «sijjil» shasliga o‘zgartirilgan. Shu tariqa ajamiy so‘zlar arablar tiliga qo‘shilib, arablashib ketgan. Qur’oni Karim Quraysh lug‘atiga mos holda nozil bo‘lgani uchun, bu lug‘atga singib ketgan ajamiy so‘zlar ham qo‘shilib ketgan. Shuning uchun ba’zi sahobiylarga ma’nosi mavhum bo‘lgan arabiy so‘zlar (Masalan Ibn Abbos (r.a.) «fotir» so‘zining ma’nosini bir qancha vaqt tushuna olmay yurganlar. Hazrat Umar (r.a.) «abban» so‘zining ma’nosida ishtiboh qilib, qavmdan so‘raganlar) singari, ajamdan arablashgan so‘zlar ham ba’zi arablarga mavhum bo‘lgan». (Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on. Bayrut, 1-j. 69-bet) 

Imom Tabariy Sa’id ibn Jubayrdan rivoyat qilgan hadisda, Qur’oni Karim kalimalari orasiga ajamiy so‘zlar kirib qolganining sababi shunday izohlanadi: «Quraysh arablari: «Agar mana shu Qur’on ham arab tilida, ham ajam tilida nozil bo‘lganda, uning ilohiyligiga ishonar edik», — deyishgandan so‘ng Alloh Ta’olo quyidagi oyati karimani nozil qildi:

وَلَوْ جَعَلْنَاهُ قُرْآنًا أَعْجَمِيًّا لَقَالُوا لَوْلا فُصِّلَتْ آيَاتُهُ أَأَعْجَمِيٌّ وَعَرَبِيٌّ قُلْ هُوَ لِلَّذِينَ آمَنُوا هُدًى وَشِفَاءٌ وَالَّذِينَ لا يُؤْمِنُونَ فِي آذَانِهِمْ وَقْرٌ وَهُوَ عَلَيْهِمْ عَمًى أُولَئِكَ يُنَادَوْنَ مِنْ مَكَانٍ بَعِيدٍ )

«Agar Biz (Qur’onni)ajamiy(arab tilida bo‘lmagan)Qur’on qilganimizda, albatta ular: «Uning oyatlari (o‘z tilimizda)bayon qilinmabdida.(Muhammadning o‘zi) arabku, (nega unga) ajamiy(Qur’on tushibdi?)» — degan bo‘lur edilar. Ayting: «(Ushbu Qur’on) imon keltirgan zotlar uchun hidoyat va (dildagi ma’naviy illat uchun) shifodir».(Fussilat, 44).

Shundan so‘ng Qur’oni Karimda turli millatlar lug‘atidan so‘zlar aralashib nozil bo‘la boshladi».
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 06:02:15
Muhammad ibn Bashshor rivoyat qilgan hadisda Abu Maysara shunday deganlar: «Qur’oni Karimda barcha millatlarning lug‘atidan bor».( Tafsiri Tabariy. Bayrut. 1999 y. Uchinchi nashr. 1-j. 31-bet).

Keltirilgan fikrlar orasida Ibn Atiyyaning dalillari haqiqatga yaqinroqdir.

Chunki, turli millatlarning bir-birlari bilan aralashuvi va o‘zaro munosabatlari natijasida lug‘atlar almashinuvi barcha millatlarda ham kuzatiladi. Shuningdek, arablarning Quraysh qabilasi tiliga ham ba’zi ajamiy so‘zlar aralashib, o‘zlashib, arablashib ketgan bo‘lsa va arab tilida nozil bo‘lgan Qur’on oyatlarida ham arablashgan ajamiy so‘zlar mavjud bo‘lsa, bu narsa Qur’oni Karimning arab tilida ekanligini inkor etmaydi, qadrini pasaytirmaydi. Aksincha, Qur’oni Karim o‘zining balog‘ati va fasohati bilan mo’jizaviy kalom bo‘lgani ustiga lug‘at boyligi bilan ham o‘z fazlini namoyon etadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 06:09:01
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Suraning lug‘aviy va istilohiy ma’nosi nima?
2. Makkiy va madaniy suralarning sonini bilasizmi?
3. Qur’on oyatlari va harflarining soni haqida nima uchun ixtilof mavjud?
4. Qur’oni Karim «juz», «nisf» va boshqa qismlarga kim tomonidan bo‘ldirilgan?
5. Qur’oni Karimda ajamiy so‘zlar ham mavjudmi?

Foydalanilgan va tavsiya etilgan adabiyotlar

1. Zakoi Ko‘nrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara. 1-j. T. 1995 yil.
2. Shayx Ismoil Maxdum. Usmon Mushafining tarixi.T. «Movarounnahr». 1995 yil..
3. Al-Jalol as-Suyutiy. Al-Itqon. 1-j.
4. Muhaammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-Tanvir.Tunis. 1-j.
5. Qurtubiy.Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on.Bayrut. 1-j.
6. Mahmud az-Zamaxshariy. Al-Kashshof. 1-jild.(1308 h. Mustafo Muhammad matba’asida chop etilgan).
7. Shayx Hasanayn Maxluf. Safvatul-bayon li-ma’onil-Qur’on. 1-jild.
8. Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira: 1381 h. 1-j. 348-bet.
9. Ibn Jarir at-Tabariy. Bayrut. 1999 y. Uchinchi nashr. 1-j.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 06:10:29
6-MAVZU. QUR’ONI KARIMNING MUBORAK NOMLARI

Dars rejasi:

1.  Qur’oni Karimning turli nomlar bilan atalishi.
2.  Imom As-Suyutiy Qur’on nomlari haqida.
3.  Qur’oni Karimning urfda mashhur bo‘lgan nomlari.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 06:20:31
1. Qur’on atamasi «fu’lon» vaznida, «shukron», «g‘ufron», «buhton» singari arabcha «ismi masdar» (Fe’lning noaniq shaklidan chiqarilgan ism) bo‘lib, uning o‘zagi «qoro’a», lug‘aviy ma’nosi esa «o‘qiladigan kitob» dir. Bu so‘z asli masdarga nunni ziyoda qilish bilan Usmon, Hasson, Adnon singari alam(atoqli ot)ga aylantirilgan va so‘nggi ilohiy kitobga xos ism qilingan. Qur’oni Karimda eng ko‘p zikr etilgan, insonlar tilida ham eng ko‘p gapiriladigan, Qur’onning boshqa atamalariga nisbatan eng mashhur bo‘lgan ismi Qur’ondir.

إِنَّا أَنْزَلْنَاهُ قُرْآنًا عَرَبِيًّا لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ

«Albatta biz sizlar fikr qilishlaring uchun Qur’onni arabcha nozil qildik». (Yusuf, 2 )
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 06:23:27
«Qur’on» atamasi o‘ttiz ikkita suraning ellik oltita oyatida kelgan:

(http://img217.imageshack.us/img217/9109/01rk2.jpg) (http://imageshack.us)

Alloh Ta’olo Qur’oni Karim oyatlarida, Uning bir necha sifatlarini keltirganki, bu sifatlarning ba’zilari, masalan: Al-Furqon, Az-Zikr, Al-Kitob, At-Tanziyl, Al-Haq, An-Nur, Haqqul-yaqiyn, Tazkira, Mav’iza, Shifo va boshqalar Qur’onga atamadek bo‘lib, ular zikr etilsa, eshitgan kishi darhol Qur’on ekanligini anglaydi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 06:28:38
2. Imom As-Suyutiy «Al-Itqon» kitobida Qur’oni Karimning yigirmadan ortiq nomini sanab o‘tgan. (Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-Tanvir. Tunis. 1-j. 72-b)

Qur’oni Karimning biz bayon etmoqchi bo‘lgan sifatlaridan o‘ttiztasi Muhammad Mustafo Muhammadning «Al-Fihras al-mavzu’iy li-ayatil Qur’on-al-karim» (Muhammad Mustafo Muhammad. Qur’oni Karim oyatlarining mavzular bo‘iicha mundarijasi. Bag‘dod. Matbaa al-Xulud. 1984 y.) nomli kitobining 123-135 sahifalarida bayon etilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 06:31:05
1. Al Furqon «farq» so‘zidan olingan bo‘lib, aqidada haq bilan botilni, ibodatda hidoyat bilan zalolatni, fiqhda esa halol bilan haromni ajratib beruvchi kitob deganidir. Alloh Ta’olo o‘zi nozil qilgan barcha kitoblarini «Furqon» deb ataydi. Qaysi bir kitobda furqonlik xususiyati bo‘lmasa, uning ilohiy mohiyatiga putur yetgan, inson tarafidan o‘zgartirilgan yoki yozilgan oddiy kitob bo‘lib qoladi. Qur’oni Karimning ushbu shakldagi sifati undagi suralardan birining nomida o‘z aksini topgan:

تَبَارَكَ الَّذِي نَزَّلَ الْفُرْقَانَ عَلَى عَبْدِهِ لِيَكُونَ لِلْعَالَمِينَ نَذِيرًا

«Butun olamni (oxirat azobidan) ogohlantirsinlar,  deb o‘z bandasiga (Muhammad (s.a.v.)ga Furqonni nozil qilgan zot hamma narsadan barakotlikdir» ( Furqon, 1-oyat).

Qur’oni Karimda Alloh Ta’olo o‘z kalomi nomini uchta suraning uchta oyatida Furqon deb ataydi:

(http://img236.imageshack.us/img236/2575/02tg5.jpg) (http://imageshack.us)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 06:35:39
2. Az-Zikr (o‘zagi ham, ma’nosi ham  «zikr» bilan bir bo‘lgan «tazkira», «zikro» shaklidagi so‘alar ham kelib, Alloh bu kalomini bir joyda «Tazkira» deb atasa, boshqa joida «Zikr» deb atagan: «Bu yod etuvchilar uchun yodnoma(zikr)dir») — eslatma, nasihat, o‘git demakdir. Qur’oni Karimning har bir so‘zi, har bir oyati va har bir surasi insonlarni ogohlikka, imon-e’tiqodga, halollik-poklikka va odob-axloqqa chorlaydi. Qur’on tilovatini eshitgan har bir jonzotning imoni bor yoki yo‘qligidan qagi nazar qalbi yumshaydi, o‘zligini anglaydi va Yaratgan zotga nisbatan betakror hissiyot uning ongini qamrab oladi. Shuning uchun Alloh o‘z kalomini Zikr deb ham nomlagan:

بِالْبَيِّنَاتِ وَالزُّبُرِ وَأَنْزَلْنَا إِلَيْكَ الذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ

«Odamlarga hukmlarni bayon qilib bering, deb sizga Zikrni nozil qildik». (Nahl, 44)

Qur’oni Karimning sifatlaridan biri bo'lgan "œZikr" atamasi o‘n ikki suraning o‘n beshta oyatida keltirilgan:

(http://img236.imageshack.us/img236/2985/03tu5.jpg) (http://imageshack.us)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 06:39:30
3. Al-Kitob. Har qanday xabar, tushuncha va ma’lumot yozilgan sahifalar «kitob» deyiladi. Alloh Ta’olo koinot va undagi narsalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozib qo‘ygan azaliy manba «Lavhul-mahfuz»ni ham Kitob, «Ummul-kitob» deb atagan. Allohning huzuridan payg‘ambarlar orqali ummatlarga yuborilgan dasturul-amallar, xususan, Qur’oni Karim ham ayni Kitobdir:

كِتَابٌ أَنْزَلْنَاهُ إِلَيْكَ مُبَارَكٌ لِيَدَّبَّرُوا آيَاتِهِ وَلِيَتَذَكَّرَ أُولُو الألْبَابِ

«Uning oyatlarini tadbir qilish uchun sizga muborak Kitobni nozil qildik». (Sod, 29-oyat)

Qur’oni Karim  29 suraning 48 ta oyatida «Kitob» nomi bilan atalgan:

(http://img233.imageshack.us/img233/9011/04hp5.jpg) (http://imageshack.us)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 06:49:35
4. At-Tanziyl. Bu so‘zning o‘zagi «nazala» bo‘lib, «yuqoridan tushish» ma’no sini bildiradi. Alloh Ta’olo tarafidan «Lavhul-mahfuz»dan Jabroil (a.s.) orqali Yerga, insonlarga tushirilgan muqaddas kitob «tanziyl»dir.

وَإِنَّهُ لَتَنْزِيلُ رَبِّ الْعَالَمِينَ

«Albatta, (bu Qur’on) olamlar Parvardigorining nozil qilgan Kitobi   (tanziyl)dir». (Arabcha so‘zlar o‘zbekchaga tarjima qilinganda shakli o‘zgargani uchun, oyatlarning tarjimasida qavs ichida arabcha talaffuzi ham berildi va tagiga chiziq tortish bilan ajratib ham qo‘yildi. Masalan: «Ey odamlar! Sizlarga Rabbingizdan hujjat (burhon) keldi».  Shuaro, 192 )

Tanziyl so‘zi bevosita Qur’oni Karimga nom sifatida 3 suraning 4 oyatida zikr etilgan:

(http://img137.imageshack.us/img137/1341/05oz3.jpg) (http://imageshack.us)

Tanziyl so‘zi Allohning fe’li sifatida esa 5 suraning 5 oyatida kelgan:

(http://img98.imageshack.us/img98/1456/06oo2.jpg) (http://imageshack.us)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 06:54:01
5. Al-Haq. Qur’oni Karimda bayon etilgan barcha ma’nolar, xabarlar va ahkomlar haqiqatan Allohning huzuridan yuborilgani, lafzlari esa Allohning kalomi bo‘lgani uchun, uning sifatlaridan biri «Al-Haq», ya’ni haqiqatdir. Qur’ondan avvalgi ilohiy kitoblar ham «Haq» deb atalgan.

Masalan: Sod surasining 26-oyati karimasida Alloh Ta’olo Dovud payg‘ambarga nozil qilgan Zabur kitobini ham «Al-Haq» deb ataydi:

يَا دَاوُدُ إِنَّا جَعَلْنَاكَ خَلِيفَةً فِي الأرْضِ فَاحْكُمْ بَيْنَ النَّاسِ بِالْحَقِّ وَلا تَتَّبِعِ الْهَوَى فَيُضِلَّكَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ

«Ey Dovud, darhaqiqat biz seni Yerda xalifa qildik. Bas sen odamlar orasida Haq (Ushbu oyatning tarjimasida Alovuddin Mansur «Haq hukm bilan» deb izoh bergan, ba’zi manbalarda «adolat bilan» deb tarjima qilingan) (Zaburga muvofiq) hukm qilgin, nafs xohishiga ergashib ketmagin, u seni Alloh yo‘lidan ozdirur». (Sod, 26)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 06:56:00
Shuningdek, Qur’oni Karimning nomlaridan biri ham «Al-Haq» dir. Alloh shunday marhamat qilgan:

وَكَذَّبَ بِهِ قَوْمُكَ وَهُوَ الْحَقُّ قُلْ لَسْتُ عَلَيْكُمْ بِوَكِيلٍ

«Qavmingiz uni(Qur’onni) yolg‘onga chiqardi. Holbuki, u haq edi. Ayting: «Men sizlarga muakkal(soqchi) emasman». (An’om, 66)

Qur’oni Karim 9 suraning 12 oyatida «Al-Haq» sifati bilan keltirilgan:

(http://img294.imageshack.us/img294/318/01ug9.jpg) (http://imageshack.us)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 06:59:54
6. Burhon. Bu so‘z hujjat, dalil va isbot demakdir. Alloh kalomining har bir so‘zi va jumlasi mo‘‘jiza bo‘lib, uning ilohiy kalom ekanligining isbotidir. Shuningdek, Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning payg‘ambarlik vazifasini to‘la ado etganliklarini, Payg‘ambarimiz(s.a.v.)dan oldin o‘tgan payg‘ambarlarning haq payg‘ambar ekanliklarini tasdiqlovchi hujjatdir. Har bir musulmon amalining solih yoki g‘ayri solihligiga hujjatdir. Alloh Ta’olo shunday deydi:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءَكُمْ بُرْهَانٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَأَنْزَلْنَا إِلَيْكُمْ نُورًا مُبِينًا

 «Ey odamlar! Sizlarga Rabbingizdan hujjat(burhon) (Aytish joizki, Qur’onning ushbu oyati tafsirida xilma-xil yondashuvlarni kuzatish mumkin. Masalan, Shayx Abdulaziz Mansur «burhon» so‘zini «hujjat» deb tarjima qilgan va «Payg‘ambar va mo‘‘jizalar» deb izoh bergan. Alouddin Mansur ham «burhon»ni «hujjat» deb o‘girgan va (ya’ni, hazrati Muxammad alayhissalom Payg‘ambar qilib yuborildilar) deb izoh bergan.  Marhum Muxammadjon Hindistoniy esa: «Ey insonlar, Parvardigoringiz tarafidan sizlarga dini islomni haqligiga oyatlar va ravshan dalillar keldi»deb tarjima qilgan. Ibn Kasir ushbu oyati karimaning tafsirida «Payg‘ambar» so‘ziga mutlaqo ishora qilmagan va keyingi oyati  karimaning ma’nosiga bog‘lab, «burhon»dan murod Qur’on ekanligini bayon etgan ) keldi». (Niso, 174)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 07:03:00
7. Bayon va tibyon. Bu so‘zlarning ikkovi ham «mubin», ya’ni «ochiq-oydin, ravshan qilib beruvchi» ma’nosida bo‘lib, Qur’onning haqiqatlari insonlarga ochiq-oydin tushuntirib berilgan. Tushunish murakkab bo‘lgan ba’zi oyatlar boshqa ochiq ma’noli mufassal oyatlar bilan sharhlangan, ya’ni birorta muhkam oyat (Shar’iy hukmlar chiqariladigan oyat)ning ma’nosi maxfiy qolmagandir. Shuning uchun Alloh Ta’olo Qur’onni bir joyda «bayon» deb, boshqa joyda «tibyon» deb sifatlagan bo‘lsa, ba’zi oyatlarda Qur’onni «Mubin» kalimasi bilan tavsiflagan:

وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَى لِلْمُسْلِمِينَ

«Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi(tibyon), hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun bashorat bo‘lgan Kitobni(Qur’onni) nozil qildik». (Nahl, 89)

هَذَا بَيَانٌ لِلنَّاسِ وَهُدًى وَمَوْعِظَةٌ لِلْمُتَّقِينَ

«Bu (Qur’on) odamlar uchun bayonot(bayon) hamda taqvodorlar uchun hidoyat va nasihatdir». (Oli Imron, 138)

الر تِلْكَ آيَاتُ الْكِتَابِ وَقُرْآنٍ مُبِينٍ

«Alif, Lom, Ro. Ushbu oyatlar Kitob va ravshan(mubin) Qur’onning oyatlaridir». (Hijr, 1)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 07:05:45
8. Hudo. Bu so‘z arab tilida «hidoyat», ya’ni to‘g‘ri yo‘lni topmoq ma’nosi dagi «ismi masdar» bo‘lib, mazmuni «ma’naviy to‘g‘ri yo‘l, taqvo» dir. Qur’oni Karimda bayon etilgan ahkomlar, unga to‘la amal qilgan musulmonni dunyoda ham, oxiratda ham saodatga olib boradi. Demak, taqvodor to‘g‘ri yo‘lda yuruvchi mo‘‘mindir. Alloh Ta’olo shunday marhamat qiladi:

ذَلِكَ الْكِتَابُ لا رَيْبَ فِيهِ هُدًى لِلْمُتَّقِينَ

«Ushbu (ilohiy) Kitob (Qur’on) shubhadan xoli va (u shunday) taqvodorlar uchun hidoyat(hudo)dir». (Baqara, 2)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 07:08:31
9. Mav’iza. Bu so‘z nasihat deganidir. Payg‘ambarimiz Muqammad (s.a.v.)shunday dedilar: «Din nasihatdir.» Sahobalar: «Kim uchun, ey Allohning Rasuli?»—  deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dedilar: «Alloh uchun, uning Rasuli uchun, barcha musulmonlar uchun»,
— deb javob berdilar
.

Hadisning mazmunidan shuni tushuniladiki, Alloh Ta’olo Payg‘ambariga va bandalariga nasihatni Qur’on orqali qilgan. Buyuradiganini ham, qaytaradiganini ham, tarbiyasini ham, tanbehini ham, va’dasini ham, va’idini ham Qur’on bilan qilgan. Bu mav’izalarni o‘tgan payg‘ambarlar va ummatlarning tarixlarini keltirish va taqqoslash bilan ta’sirini kuchaytirgan. Shuning uchun ham Qur’oni Karimning yana bir nomi «Mav’iza»dir.

هَذَا بَيَانٌ لِلنَّاسِ وَهُدًى وَمَوْعِظَةٌ لِلْمُتَّقِينَ

«Bu (Qur’on) odamlar uchun bayonot hamda taqvodorlar uchun hidoyat va nasihat (mav’iza) dir». (Oli Imron, 138)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 07:10:58
10. Rahmat. Qur’oni Karimning yana bir nomi «rahmat», ya’ni mehribonlik, shafqat ma’nosidadir. Chunki, Qur’onga amal qilib yashagan inson, avvalo, Allohga itoatda bo‘lgani uchun, Uning shafqatiga muyassar bo‘ladi. Ikkinchidan, barcha insonlarga, hayvonlarga, hatto butun mavjudotga rahm-shafqat qiluvchi insonga aylanadi. Uchinchidan, Qur’oni Karimning tilovatini butun vujudi bilan eshitgan kishiga Alloh o‘zining rahmatini va’da qiladi:

وَإِذَا قُرِئَ الْقُرْآنُ فَاسْتَمِعُوا لَهُ وَأَنْصِتُوا لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

«Qur’on o‘qilganda uni tinglangiz va sukut saqlangiz! Shoyad (shunda) rahm qilingaysizlar!». (A’rof, 204)

Shu sabablarga binoan Qur’oni Karimning o‘zi insonlar uchun go‘yoki rahm-shafqatga aylandi va Alloh Ta’olo o‘z kalomini shu nom bilan atadi:

وَلَقَدْ جِئْنَاهُمْ بِكِتَابٍ فَصَّلْنَاهُ عَلَى عِلْمٍ هُدًى وَرَحْمَةً لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ

«Ular (Makka ahli)ga ishonadigan qavm uchun hidoyat va rahmat (manbai) sifatida ilm bilan O’zimiz mufassal bayon qilgan Kitob(Qur’on)ni keltirdik». (A’rof, 52)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 07:13:08
11. Shifo. Qur’oni Karimning oyatlari turli kasalliklarga shifo ekanligini Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadislar tasdiklaydi. Ibn Moja rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Davoning eng yaxshisi Qur’ondir». Ibn Mojadan rivoyat qilingan yana bir hadisda Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: «Ikki shifodan muntazam foydalaning: asaldan va Qur’ondan».

Shuningdek Qur’oni Karim qalb kasali — dil zalolatiga ham davo bo‘lib, uni hidoyat va ma’naviy nur bilan davolaydi. G’am-anduh bilan ezilgan, siqilgan, ozurda dillarga Qur’onni tilovat qilish yoki eshitish bilan osoyishtalik va masrurlik kiradi. Shuning uchun Alloh O’z Kalomini «Shifo» deb nomladi:

وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْآنِ مَا هُوَ شِفَاءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ

«Biz Qur’oni karim oyatlyarini mo‘‘minlar uchun shifo va rahmat qilib yubordik». ( Isro, 82)

Qur’oni Karimning biz yuqorida aytib o‘tgan hudo, rahmat, mav’iza va shifo degan nomlari quyidagi oyati karimada jam bo‘lgan:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءَتْكُمْ مَوْعِظَةٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَشِفَاءٌ لِمَا فِي الصُّدُورِ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ

«Ey odamlar! Sizlarga Rabbingizdan mav’iza (nasihat), dillardagi narsa (shirk illati)ga shifo mo‘‘minlarga hidoyat(hudo) va rahmat keldi».( Yunus, 57)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 15 Avgust 2008, 07:16:10
12. An-Nur. Alloh Ta’olo Qur’oni Karimni "œNur" deb atadi:

قَدْ جَاءَكُمْ مِنَ اللَّهِ نُورٌ وَكِتَابٌ مُبِينٌ

«Allohdan sizlarga Nur va Ravshan Kitob keldi». (Moida, 15)

فَآمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَالنُّورِ الَّذِي أَنْزَلْنَا وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ

«Bas, sizlar Allohga, Uning rasuliga va Biz nozil qilgan Nur (Qur’on)ga iymon keltiringlar! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir». (Tag‘obun, 8-oyat )

Birinchi oyatda Alloh Ta’olo «Ahli kitoblar»ga xitob qilib, ularga yuborgan Tavrot va Injiln «Nur» deb atasa, ikkinchi oyati karimada Qur’oni Karimni «Nur» deb ataydi.

Buning birinchi sababi Qur’onga amal qilib hayot kechiradigan insonning hayot yo‘li ravshan, kelajagi munavvar, yashashdan ham aniq maqsadi bor, oxiratning ne’matlaridan ham umidvordir. U nima ishni qilsa, omadi yurishishini, obro‘si oshishini biladi va shunga muvofiq  ish qiladi.

Ikkinchidan, Qur’on kitobidan yoki Qur’on oyatlari yozilgan har qanday buyum, qog‘oz va boshqa narsalardan nur chiqib turishi olimlar tomonidan isbotlangan.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 16:45:28
13. Al-Balog'. Qur’oni Karimning yana bir nomi «Balog'» bo‘lib, «yetkazilgan», «bayonot» ma’nosidadir:

هَذَا بَلاغٌ لِلنَّاسِ وَلِيُنْذَرُوا بِهِ وَلِيَعْلَمُوا أَنَّمَا هُوَ إِلَهٌ وَاحِدٌ وَلِيَذَّكَّرَ أُولُو الألْبَابِ

«Bu (Qur’on) odamlar ogohlantirilishlari va (Alloh) yagona iloh ekanini bilishlari hamda aql egalari eslatma olishlari uchun bir bayonotdir (balog‘)». (Ibrohim, 52)

Shuningdek, «balog‘» so‘zidan yetkazuvchi ma’nosini ham tushunish mumkin. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Qur’on ahkomlarini ummatlariga to‘la yetkazib, tushuntirib berishga buyurilganlar, ya’ni «balog‘» so‘zi «yetkazuvchi» ma’nosida Payg‘ambarning sifatlaridandir.

مَا عَلَى الرَّسُولِ إِلا الْبَلاغُ وَاللَّهُ يَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا تَكْتُمُونَ

«Rasul zimmasiga faqat (Alloh buyruqlarini odamlarga) yetkazib qo‘yish (yuklatilgan)dir». (Moida, 99)

Bunday mazmun Qur’oni Karimda 9 suraning 11 oyatida keltirilgan:

(http://img361.imageshack.us/img361/5420/11cc1.jpg) (http://imageshack.us)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 16:47:35
14. 'Aliy. Qur’oni Karim undan oldin nozil etilgan ilohiy kitoblarni isloh etuvchi va ularning mazmunlarini o‘zida to‘la aks ettiruvchi mukammal va mufassal bo‘lgani, uni qiyomatga qadar o‘zgarmas holda muhofaza qilish Allohning zimmasida ekani sababli Alloh Ta’olo uni «'Aliy», ya’ni oliy darajadagi kitob deb atadi:

وَإِنَّهُ فِي أُمِّ الْكِتَابِ لَدَيْنَا لَعَلِيٌّ حَكِيمٌ

«Darhaqiqat, u (Qur’on) dargohimizdagi asl Kitob (Lavhul-mahfuz)da oliy (martabali) (aliy) va hikmatli(Kitob)dir». (Zuxruf, 4)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 16:52:10
15. Naba’. Qur’oni Karim Payg‘ambar uchun ham, ummatlar uchun ham buyuk xabardir. Unda Payg‘ambar (s.a.v.)ga o‘zlari shohid bo‘lmagan tarixiy voqealar, o‘tmish payg‘ambarlar va ummatlar haqida xabar beradi. Ummatlarga esa agar ular imonli bo‘lsalar, oxiratdagi darajalar, jannatlar va huru g‘ilmonlar, kofirlarga tayin etiladigan azob-uqubatlar haqida xabar beriladi:

قُلْ هُوَ نَبَأٌ عَظِيمٌ

«Ayting: «Bu (Qur’on) buyuk bir xabar (naba’)dir!». ( Sod, 67.)

Qur’oni Karimda «naba’» so‘zi «qiyomat, oxirat» ma’nosida ham kelgan. Masalan:

عَمَّ يَتَسَاءَلُونَ (١)عَنِ النَّبَإِ الْعَظِيمِ (٢)الَّذِي هُمْ فِيهِ مُخْتَلِفُونَ

«(Mushriklar) birbirlaridan nima haqida so‘rashmoq dalar?! Ular doimo tortishib yuradigan ulug‘ xabar (Qiyomat) haqida». ( Naba’, 1-3-oyatlar)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Avgust 2008, 16:53:58
16. Bushro. Alloh Ta’olo boshqa ilohiy kitoblar, masalan, Injilni «xushxabar», «bashorat» kitobi deganidek, Qur’oni Karimni ham shu nom bilan atagan:

وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَى لِلْمُسْلِمِينَ

«Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun bashorat (bushro) bo‘lgan Kitobni (Qur’onni) nozil qildik». ( "œNahl", 89.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 04:02:24
17. Ahsanul hadis. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) johiliyyat davrida yashagan bo‘lsalarda, bu davr kishilarining aksariyati usta suxandon, zakovatli shoir, mohir maddoh bo‘lishgan va jamo’at joylarida o‘zlarining balog‘atli, fasohatli, o‘ta shirin kalomlari bilan ommaning e’tiborini o‘zlariga qarata olardilar. Qur’oni Karim esa jumlalarining balog‘at va fasohatda o‘sha suxandonlarni ham lol qoldiradigan darajada ekanligi bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga payg‘ambarlik mo‘‘jizalaridan biri qilib berildi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Qur’on oyatlarini tilovat qilganlarida har qanday odam, hatto dushmanlik fikrida bo‘lganlar ham darhol Qur’onning shirin kalomidan dillari yumshardi, iymon dushmanlari iymonga kirishni sevib qolardilar. Nafaqat insonlar, balki Qur’on oyatlarining ta’siridan jinlar ham iymonga kelganlari «Jin» surasida bayon etilgan. Shuning uchun Qur’oni Karimni Alloh Ta’olo «So‘zlarning go‘zali» deb nomlagan:

اللَّهُ نَزَّلَ أَحْسَنَ الْحَدِيثِ كِتَابًا مُتَشَابِهًا مَثَانِيَ تَقْشَعِرُّ مِنْهُ جُلُودُ الَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ ثُمَّ تَلِينُ جُلُودُهُمْ وَقُلُوبُهُمْ إِلَى ذِكْرِ اللَّهِ ذَلِكَ هُدَى اللَّهِ يَهْدِي بِهِ مَنْ يَشَاءُ وَمَنْ يُضْلِلِ اللَّهُ فَمَا لَهُ مِنْ هَادٍ

«Alloh go‘zal So‘zni (ahsan alhadis) (oyatlari balog‘atda) bir-biriga o‘xshagan (mutashobih), (hukmlari) takror-takror keluvchi (masoniy) bir Kitob qilib nozil qildiki, undan (o‘qilganda) Parvardigoridan qo‘rqadigan zotlarning terilari titrab ketar, so‘ngra terilari va dillari Allohning zikriga yumshar (moyil bo‘lar)». (Zumar, 23)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 04:04:13
18. Masoniy. Bu so‘zning ma’nosi «(hukmlari) takror-takror keluvchi» deganidir. 17-Ahsanul hadis bandida keltirilgan «Zumar» surasining 23-oyatida «Masoniy» atamasi Qur’oni Karimga nom bo‘lib kelgan bo‘lsa, quyidagi «Hijr» surasining 87-oyatida mazkur so‘z «Fotiha» surasiga nom bo‘lib kelgan:

وَلَقَدْ آتَيْنَاكَ سَبْعًا مِنَ الْمَثَانِي وَالْقُرْآنَ الْعَظِيمَ

«Darhaqiqat, Biz Sizga yetti takrorlanuvchi (masoniy, yetti oyatli «Fotiha» surasi)ni va ulug‘ Qur’onni ato etdik». (Hijr, 87. )
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 04:05:52
19. Mutashobih. Bu so‘zning ikki xil ma’nosi bor. Birinchisi «oyatlari balog‘atda bir-biriga o‘xshash» degani. Shunday ma’noli atama yuqorida (17-bandda) dagi oyat (Zumar, 23) da keltirildi. Ikkinchisi «Muhkam»ning ziddi bo‘lib, «ma’nosini faqat Alloh Ta’oloning o‘zi yoki U muyassar qilgan olimgina biladi»
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 04:08:43
20, 21. Muhkam va Ummul-Kitob. Alloh Ta’olo muhkam oyatlarni «Ummul Kitob» deb ham atagan. Qur’oni Karimning «Mutashobih», «Muhkam» va «Ummul Kitob» nomlari quyidagi oyati karimada jam bo‘lgan:

هُوَ الَّذِي أَنْزَلَ عَلَيْكَ الْكِتَابَ مِنْهُ آيَاتٌ مُحْكَمَاتٌ هُنَّ أُمُّ الْكِتَابِ وَأُخَرُ مُتَشَابِهَاتٌ فَأَمَّا الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ زَيْغٌ فَيَتَّبِعُونَ مَا تَشَابَهَ مِنْهُ ابْتِغَاءَ الْفِتْنَةِ وَابْتِغَاءَ تَأْوِيلِهِ وَمَا يَعْلَمُ تَأْوِيلَهُ إِلا اللَّهُ وَالرَّاسِخُونَ فِي الْعِلْمِ يَقُولُونَ آمَنَّا بِهِ كُلٌّ مِنْ عِنْدِ رَبِّنَا وَمَا يَذَّكَّرُ إِلا أُولُو الألْبَابِ

«U Sizga Kitob (Qur’on) nozil qilgan zotdir. Unda shu Kitobning «onasi» (umm ul Kitob) sanalmish (ma’nosi) aniq (muhkam) oyatlar va (shu bilan birga) mutashobih (ma’nosi O’zidan o‘zgaga nomalum) oyatlar ham bor». (Oli Imron, 7)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 04:18:34
22. Hikmat va hakim. Bir xil ma’noli bu ikki sifat ham Qur’oni Karimning nomlaridan bo‘lib, quyidagi oyati karimada «hikmat» Qur’onning nomi bo‘lib kelgan:

وَأَنْزَلَ اللَّهُ عَلَيْكَ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَعَلَّمَكَ مَا لَمْ تَكُنْ تَعْلَمُ

«Alloh sizga Kitob va Hikmatni nozil qildi va bilmaganingizni bildirdi». (Niso, 113)

Quyidagi oyati karimada «hakim» shaklida Qur’onga nom bo‘lib kelgan bo‘lsa:

وَإِنَّهُ فِي أُمِّ الْكِتَابِ لَدَيْنَا لَعَلِيٌّ حَكِيمٌ

«Darhaqiqat, u (Qur’on) dargohimizdagi Asl Kitob (Lavhul mahfuz)da oliy (martabali) va hikmatli (hakim) (Kitob)dir» (Zuxruf, 4.)
 
Yana bir oyatda, Qur’oni Karimga sifat bo‘lib kelgan:

تِلْكَ آيَاتُ الْكِتَابِ الْحَكِيمِ

«Ushbular hikmatli (hakim) Kitob oyatlaridir». (Luqmon, 2)

Yana bir oyatda esa Qur’oni Karimning nozil etuvchisi—Allohga sifat bo‘lib kelgan:

تَنْزِيلُ الْكِتَابِ مِنَ اللَّهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ

«(Bu Qur’on) qudratli va hikmatli(hakim) Alloh (tomoni) dan nozil qilingan Kitobdir».( Ahqof, 2; Josiya, 2. )
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 04:21:21
24-25. Tasdiq va Tafsil. Tasdiq so‘zining asli o‘zagi arabcha bo‘lib, «sidq»(rostlik) dan olingan va ma’nosi «rostligini bildiruvchi, tasdiqlovchi» dir.

Tafsil esa, «batafsil bayon etilgan» ma’nosidadir. «Tasdiq» (Tasdiq» sifati «Oli Imron» surasining 3-oyatida «Musaddiq» shaklida va «Tafsil» sifati «Anom» surasining 114-oyatida «Mufassal» shaklida ham kelgan) va «Tafsil» so‘zlari Yunus surasi, 37-oyatida Qur’oni Karimga nom bo‘lib kelgan:

وَمَا كَانَ هَذَا الْقُرْآنُ أَنْ يُفْتَرَى مِنْ دُونِ اللَّهِ وَلَكِنْ تَصْدِيقَ الَّذِي بَيْنَ يَدَيْهِ وَتَفْصِيلَ الْكِتَابِ لا رَيْبَ فِيهِ مِنْ رَبِّ الْعَالَمِينَ

«Ushbu Qur’on Allohdan boshqa kimningdir tomonidan to‘qilgan bo‘lishi mumkin emas. Balki, U (Qur’on) olamlar Parvardigori tomonidan (kelgan), shubhasiz, o‘zidan oldingi narsa (ilohiy kitoblar) ni tasdiqlovchi va batafsil bayon (tafsil) etilgan kitobdir». (Yunus, 37)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 04:23:25
26. Qoyyim. Arab tilida ushbu vazndagi ismlar mubolag‘ani bildirib, «o‘ta, juda» sifatlari bilan tarjima qilinadi. Shunga ko‘ra «qoyyim» so‘zi «o‘ta to‘g‘ri, o‘ta rost» dir:

الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي أَنْزَلَ عَلَى عَبْدِهِ الْكِتَابَ وَلَمْ يَجْعَلْ لَهُ عِوَجَا (١) قَيِّمًا

«O’z bandasi (Muhammadga) Kitob (Qur’on) nozil qilgan zot (Alloh)ga hamd! Uni (Qur’onni ma’no va mazmunda) qing‘ir qilmadi. (Balki, u) to‘g‘ri (qoyyim) (o‘ta haq va rost)dir». (Kahf, 1-2-oyatlar)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 04:24:49
27. Suhuf. Allohning huzuridan barcha payg‘ambarlarga nozil qilingan shari’at dasturlari «suhuf» — sahifalar deyiladi. Shuningdek, Qur’oni Karimning ham nomlaridan biri Suhufdir:

رَسُولٌ مِنَ اللَّهِ يَتْلُو صُحُفًا مُطَهَّرَةً

«Alloh tomonidan (yuborilgan) payg‘ambar (Muhammad (s.a.v.), ularga pokiza sahifalar (suhuf)ni (Qur’onni) tilovat qilur». (Bayyina, 2)   
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 04:27:01
28. Vahiy. Qur’oni Karimning yana bir nomi Vahiydir. Chunki, vahiyning bir necha usuli bo‘lib, ulardan biri Qur’on oyatlarining nozil bo‘lishidir. Alloh aytadi:

قُلْ إِنَّمَا أُنْذِرُكُمْ بِالْوَحْيِ

«Ayting: «Men sizlarni faqat vahiy bilan ogohlantirurman». (Anbiyo, 45)

وَمَا يَنْطِقُ عَنِ الْهَوَى (٣) إِنْ هُوَ إِلا وَحْيٌ يُوحَى

«(Qur’onni) o‘z havosi (xohishi) bilan so‘zlamas. U (Qur’on) faqat (Alloh tomonidan) vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir». (Najm, 3-4-oyatlar)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 04:28:21
29. Kalomulloh. Alloh Ta’olo barcha payg‘ambarlarga O’z kalomini tushirgan, O’zi xohlagan payg‘ambarlar bilan ko‘rinmasa-da, gaplashgan. Qur’oni Karim ham Allohning kalomidir. Alloh aytadi:

وَإِنْ أَحَدٌ مِنَ الْمُشْرِكِينَ اسْتَجَارَكَ فَأَجِرْهُ حَتَّى يَسْمَعَ كَلامَ اللَّهِ

«Agar mushriklardan birortasi Sizdan himoya so‘rasa, bas, uni himoyangizga oling, toki u Allohning kalomi (Kalomulloh)ni eshitsin». ( Tavba, 6)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 05:32:29
3. Qur’oni Karimning biz yuqorida sanab o‘tgan va Qur’on oyatlari bilan tasdiqlangan o‘ttizta ismidan tashqari xalq orasida mashhur bo‘lgan «Mushaf» va «Imom» atamalari ham mavjud:

1. Mushaf. Bu so‘zning ma’nosi «sahifalangan va muqovalangan kitob» degani bo‘lsa ham, faqat Qur’oni Karim tushuniladi.

Qur’oni Karim oyatlarida «Mushaf» so‘zi kelmagan, ammo aksar chop etilgan Qur’onlarning birinchi sahifasida:

«Bu Qur’onning yozilishi Hazrat Usmon (r.a.) Mushafining yozilishiga mufoviqdir»,  deyilgan jumla mavjud.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 05:35:17
2. Imom. Qur’oni Karimning yana bir nomi «Imom»dir. Barcha mushaflarning oxirida yozilgan «Xatm ul-Qur’on duosi»da: «Allohim Qur’onning hurmatidan menga rahm qilgin, menga Qur’onni peshvo(imom) qilgin!»  degan jumlalar bor.

Qur’oni Karimning yuqorida sanab o‘tilgan va nomga aylangan sifatlaridan tashqari yana o‘ziga xos: arabiy, mubin, ajab, muborak, zu zikr, aziz, karim, majid, muqaddas va g‘oyraoziy ivaj singari o‘nlab sifatlari ham mavjudki, bu sifatlar uning haqiqatan Allohning muqaddas kalomi ekanligiga dalolat qiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2008, 05:38:30
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. «Qur’on» so‘zining shaklini aniklang va ma’nosini tushuntiring.
2. Qur’onni nima uchun «Furqon» deyiladi?
3. Qur’onning yana qanday sifatlarini bilasiz?
4. Qur’on odamlar orasida yana qanday nomlar bilan ataladi?
5. Sanab o‘tilgan nomlar orasida eng mashhurlari qaysilar?

Foydalanilgan va tavsiya etilgan adabiyotlar

1. Muhammad Mustafo Muhammad. Qur’oni Karim oyatlarining mavzular bo‘yicha mundarijasi. Bag‘dod. Matbaa al-Xulud. 1984 y.
2. Abdulaziz Mansur. Qur’on ma’nolarining tarjimasi. 598-bet.
3. Alouddin Mansur. Qur’oni Karim. O’zbekcha izohli tarjima. 746-bet.
4. Al-Jalol as-Suyutiy. Al-Itqon. 1-j.
5. Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-tanvir. Tunis. 1-j.
6. Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on.Bayrut. 1-j.
7. Shayx Hasanayn Maxluf. Safvatul-bayon li-ma’onil-Qur’on. 1-jild.
8. Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 1381- h. 1-j. 348-bet.
9. Ibn Jarir At-Tabariy. Bayrut. 1999 y. Uchinchi nashr. 1-j.
10. Obidov R. Q. Qur’on tafsir va mufassirlar.Toshkent. 2003.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 08:42:26
7-MAVZU. QUR’ONI KARIM NAZMIDAGI O’ZIGA XOSLIK
   
 Dars rejasi:

1.   Qur’oni Karim uslubi she’riyat qoidalaridan o‘zgachadir.
2.   Qur’onda zarbulmasalga e’tibor berilishi.
3.   Qur’oni Karimda ifodaning o‘ziga xosligi.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 08:43:59
1. Qur’oni Karim Alloxning huzuridan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga mo‘‘jiza sifatida nozil bo‘lgan muqaddas kalom bo‘lgani uchun, arab millatining boshqa ijodiy nasriy va she’riy asarlaridan bir qarashdayoq ajratib olish mumkin bo‘lgan, boshqa asarda takrorlanmagan o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.

Ulardan birinchisi, Qur’onning nazmi she’riyatning barcha qoidalariga muxolifdir. Bu haqda olimlar qam, shoirlar ham, hattoki, oddiy arablar ham bu xususiyatni darhol his qilganlar. Ba’zi mushriklar Payg‘ambarimizni shoir deb ta’na qilib turgan bir paytda, turli g‘arazli maqsadlar bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning xuzurlariga kelgan va U zotdan Qur’oni Karim tilovatini eshitgan ondayoq dillari yumshab, ruhiy osoyishtalikni tuygan kishilar o‘z qavmlari oldiga qaytganda: «Allohga qasamki, men Muqammaddan bir kalomni eshitdim, u she’r emas, balki inson so‘ziga o‘xshamaydi», — deb e’tirof etganlar.

«Qur’onning uslubi insonlarning xitobat uslubiga ham o‘xshamaydi, balki uning jumlalari darhol yodda qoladigan va tilovat qilinadigan uslubdadir. Bu uslub Qur’onning o‘ziga xos mo‘jizaviy yo‘li bo‘lib odamlarning kalomida uchramaydigan xususiyatdir», deb yozadi Shayx Muhammad Tohir ibn Oshur. (Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-Tanvir. Tunis. 1-j. 120-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 08:45:05
Mahmud az-Zamaxshariyning «Kashshof»ida ishora qilinishicha, Qur’oni Karimni juzlarga, hizblarga va suralarga taqsim qilinishi ham arab kalomida yangilik bo‘lgan.

Arab she’rlarida o‘tgan hodisa va voqe’alarning qissasi bayon etilmas edi. Juda kam hollarda, masalan birgina she’rda bir odamni ilon chaqib o‘ldirishi, keyin uning akasi bilan yomonlik qilmaslikka axdlashgani, paytini topganda esa ilon yana va’dasini buzib, unga xiyonat qilgani hikoya qilingan. Boshqa arab she’rlarida esa umuman qissa tilga olinmas edi. Har bir musulmonga yetadigan ne’matni ham, boshiga tushadigan azob-uqubatni ham bir qissa bilan keltirilishi, masalan, A’rof surasida «ahli jannatlar» va «ahli do‘zaxlar»ning holatlari qissa shaklida berilishi, arablarni lol qoldirgan.

Qur’onning yana bir xususiyati boshqa millat kishilarining ismlarini maqomga muvofiq fasohatli arabcha ismga aylantirib zikr etilishidadir. Masalan: Dovud (a.s.) qissalarida Shovil ismli podshohni Tolut deb nomlanishi, Ibrohim (a.s.)ning otalari Torihni Ozar deb o‘zgartirilishi shular jumlasidandir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 08:47:44
2. Arablar biror hodisani ifoda etish uchun zarbulmasal usulini qo‘llar edilar. Bunda bo‘lib o‘tgan hodisa zikr etilmas, unga ishora etuvchi pardali jumladan foydalanilar edi. Uzoq muddat o‘tishi natijasida bo‘lib o‘tgan hodisa butunlay unutilib, faqat uni ifoda etuvchi zarbulmasal qolardi.

Natijada, zarbul masaldan ko‘zlangan asosiy hodisa — maqsad ko‘pchilikka noma’lum narsaga aylanardi. Qur’oni Karimda tamsillarni tashbeh usulida keltirish ham Uning xususiyatlaridan biri bo‘ldi va arablarni lol etdi. Chunki, tamsiliy tashbehda hodisa ham, ifoda ham ochiq-oydin ko‘rinib turadi va uni eshitgan odam gap nima haqda ketayotganini darrov to‘laligicha fahmlaydi. Masalan:

مَثَلُ الَّذِينَ يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ كَمَثَلِ حَبَّةٍ أَنْبَتَتْ سَبْعَ سَنَابِلَ فِي كُلِّ سُنْبُلَةٍ مِائَةُ حَبَّةٍ

«Alloh yo‘lida mollarini ehson qiluvchilar(savobi)ning misoli go‘yo bir donga o‘xshaydiki, u har bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni undirib chiqaradi». (Baqara, 261)

وَمَنْ يُشْرِكْ بِاللَّهِ فَكَأَنَّمَا خَرَّ مِنَ السَّمَاءِ فَتَخْطَفُهُ الطَّيْرُ أَوْ تَهْوِي بِهِ الرِّيحُ فِي مَكَانٍ سَحِيقٍ

«Kimki Allohga shirk keltisa, bas, u go‘yo osmondan qulagan va uni qushlar(o‘lja qilib) olib ketgan yoki uni(qattiq) shamol yiroq joylarga uchirib ketgandekdir». (Haj, 31)

Keltirilgan ikki oyatda ham maqsad va tamsil ochiq-oydin ifoda etilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 08:51:31
3. Ijodiy asarlarda bo‘lganidek, Qur’oni Karim suralarining bayonida bir usul qo‘llash bilan kifoyalanilgan emasdir. Turli suralarda turli usul ifoda etilgan. Masalan: ba’zi suralar alfavit harflari — الم , ق , حم bilan boshlangan bo‘lsa, ba’zilar Allohga hamdu sano — أَلْحَمْدُ لِلَهِ  bilan, yana ba’zilari xitob يَا أَيُّهَا bilan boshlangan.

Ba’zi suralarning boshlanishidayoq bevosita maqsadga kirishilgan. Masalan:

الَّذِينَ كَفَرُوا وَصَدُّوا عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ أَضَلَّ أَعْمَالَهُمْ

«Kofir bo‘lgan va (o‘zgalarni ham) Alloh yo‘lidan to‘sgan kimsalarning amallarini (Alloh) zoe ketkazur». (Muhammad, 1)

بَرَاءَةٌ مِنَ اللَّهِ وَرَسُولِهِ إِلَى الَّذِينَ عَاهَدْتُمْ مِنَ الْمُشْرِكِينَ

«(Bu) Alloh va Uning payg‘ambaridan sizlar (bilan) ahdlashgan mushriklarga (nisbatan) ora ochiqlikdir». (Tavba, 1)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 08:54:56
Qur’oni Karimning yana bir mo‘‘jizalik tomoni shundaki, uning oyatlari o‘ta balog‘atli va fasohatli, ammo lafzi qisqa bo‘lish bilan birga bir necha ma’noga dalolat qilishi bilan ajralib turadi. Masalan:

قَالَ مَعَاذَ اللَّهِ إِنَّهُ رَبِّي أَحْسَنَ مَثْوَايَ

«Yusuf dedi: «Alloh saqlasin! Axir,u (ering) xojam-ku?! Menga yaxshi joy bergan bo‘lsa?!». (Yusuf, 23)

Mazkur oyati karimadagi «xojam» so‘zi Yusufni qul qilib sotib olgan xo‘jayinni bildiradi. Xo‘jayin Yusufni xotiniga topshirib, uni o‘g‘il qilib olishni taklif etadi va Yusufga qul kabi emas, farzand kabi yaxshi munosabatda bo‘ladi. Yusuf shunga ishora qiladi va mehribon xo‘jayiniga xiyonat qilishdan saqlanadi.

«Xojam» so‘zi «parvardigorim» degan ma’noni ham bildiradi. Yusuf, uni akalarining zulmidan va qorong‘u choxdan beshikast najot bergan va mexribon odamlarga ro‘para qilgan Allohining ne’matini eslagan va noshukurchilik qilishdan qo‘rqqan, degan ma’noga ham dalolat qiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 08:57:16
Lafzi va tarkibi o‘zgarmagan holda ikkita va undan ortiq ma’noga ishora qiladigan oyatlar Qur’oni Karimda juda ko‘pdir.

Alloma Az-Zamaxshariy «Muddassir» surasining tafsirida: «Jumlani juda qisqa, ammo ma’noni juda keng qamrovli ifoda qilish Qur’oni Karimning mo‘‘jizasidir», — deb yozadi.

Hazrat Umar(r.a.)dan ushbu:

«Kimki Allohga itoat qilsa, uning payg‘ambariga itoat qilsa, Allohdan qo‘rqsa va taqvo qilsa, bas, ular haqiqiy zafarga erishuvchilardir», — degan oyati karimani eshitgan Rum patriarxi: «Alloh Ta’olo mana shu oyatning o‘zida Iso(a.s.)ga nozil qilgan Injilda bayon qilingan dunyo va oxiratning ahvolini jamlagan ekan», — deb baho bergan. (Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-Tanvir. Tunis. 1-j. 121-b.)

Qur’oni Karimda shunday ifoda odati mavjudki, bir lafz qaerda kelsa ham bir xil ma’noni anglatadi. Bu jihatga ba’zi mufassirlar juda ahamiyat berganlar. Masalan: Ibn Abbos (r.a.): «Qur’onning qaysi oyatida «gul kosa» so‘zi kelsa, u «aroq»ni bildiradi», — deganlar. Imom Tabariy ham Zahhokdan shunday hadisni rivoyat qilganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 09:00:04
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda «Anfol» surasining tafsirida Ibn Uyayna shunday deydilar: «Alloh Ta’olo qaysi oyatda «yomg‘ir» so‘zini keltirgan bo‘lsa, undan murod «azob»dir. Holbuki, arablar odatida  مَطَرٌ, غَيْثٌ lafzlari bilan faqat yomg‘irni ataydilar. Alloh Ta’olo "œmator" so‘zi bilan azobni ifoda qilsa, "œg‘ays" so‘zi bilan yomg‘irni ifoda qiladi». (Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-Tanvir. Tunis. 1-j. 124-b)

Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda shunday dedilar: «Qur’onning qaysi oyatida يَأَيُّهَا النَّاسُ «Ey  odamlar» degan jumla kelsa, bu Makka mushriklariga xitobdir».

Johizning «Al-Bayon» kitobida yozishicha, Qur’oni Karimda bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan qo‘shaloq so‘zlar ko‘p. Masalan, namoz va zakot, ochlik va to‘qlik, jannat va do‘zax, rag‘bat va qo‘rquv, muhojirlar va ansor, jin va inson, foyda va zarar, osmon va yer.

Faxruddin Ar-Roziy va Az-Zamaxshariyning ta’kidlashicha, Qur’onning qaerida va’id (qo‘rqituv) oyatlari kelsa, orqasidan bashorat oyatlari ham keladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 09:01:09
Doktor Toriq Al-Suvaydanning Qur’oni Karim ma’nolari Parvardigor tomonidan aniq matematik hisob-kitob asosida tuzilgani haqidagi ushbu fikri ham uning haqiqatda ilohiy mo‘‘jizaviy kitob ekanligiga dalolat qiladi. Uning tadqiq etishicha Qur’oni Karimda quyidagi tazod(antonim) so‘zlarning zikrida o‘zaro munosabat bayon etilgan:

(http://img229.imageshack.us/img229/239/01rw7.jpg) (http://imageshack.us)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 09:02:32
Agar «Dengiz» va «Yer» so‘zlarining Qur’onda zikr etilishi raqamlarini qo‘shsak, jami 45 bo‘ladi. 32 raqamini 45 ga taqsim qilinsa, taxminan birning 70 foizi chiqadi. Agar 13 raqamini 45 ga taqsim qilinsa, birning salkam 30 foizi kelib chiqadi. Demak, Alloh Ta’olo «Dengiz» so‘zini Qur’oni Karimda 32 marta zikr etish bilan butun Yer yuzasining yetmish foizi suvlikdan iborat, qolgan qismi quruqlik ekanligiga ishora qilyapti. Bu haqiqiy mo‘jizadir.

Quroni Karimda "œOdam" so‘zi 65 marta zikr eti di. Uning yaralish jarayoni ham shuncha marta zikr etilgan. Masalan: tuproq 17 marta, maniy 12 marta, laxta qon (alaqa) 6 marta, muzg‘a (umurtqa pog‘onasining shakllanishi) 3 marta, suyak 15 marta, go‘sht 12 marta —  jami 65 marta zikr etilgan. Albatta, bu raqamlarning o‘ta aniqlik bilan mos kelishi tasodif emas
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 09:03:21
Tayanch iboralar: Qur’onning nazmi she’riyatning barcha qoidalariga muxolifdir, «Qur’onning uslubi insonlarning xitobat uslubiga ham o‘xshamaydi, balki uning jumlalari darhol yodda qoladigan va tilovat qilinadigan uslubdadir. Bu uslub Qur’onning o‘ziga xos mo‘‘jizaviy yo‘li bo‘lib, odamlarning kalomida uchramaydigan xususiyatdir», — deb yozadi Shayx Muhammad Tohir ibn Oshur, Mahmud Az-Zamaxshariyning «Kashshof»ida ishora qilinishicha, Qur’oni Karimni juzlarga, hizblarga va suralarga taqsim qilinishi ham arab kalomida yangilik bo‘lgan, Qur’onning yana bir xususiyati boshqa millat kishilarining ismlarini maqomiga muvofiq fasohatli arabcha ismga aylantirib zikr etilishidadir. Masalan: Dovud (a.s.) qissalarida Shovil ismli podshohni Tolut deb nomlanishi, Ibrohim (a.s.)ning otalari Torihni Ozar deb o‘zgartirilishi shular jumlasidandir, Arablar biror hodisani ifoda etish uchun zarbulmasal usulini qo‘llar edilar; Qur’oni Karimda tamsillarni tashbeh usulida keltirish ham Uning xususiyatlaridan biri bo‘ldi va arablarni lol etdi, Qur’oni Karimda shunday ifoda odati mavjudki, bir lafz qaerda kelsa ham bir xil ma’noni anglatadi. Bu jihatga ba’zi mufassirlar juda ahamiyat berganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 20 Avgust 2008, 09:04:48
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1.  Qur’oni Karim uslubi she’riyat qoidalaridan nimasi bilan farq qiladi?
2.  Qur’onda zarbulmasalga qanday e’tibor berilgan?
3.  Qur’oni Karimda ifodaning o‘ziga xosligi nimalarda ko‘rinadi?
4.  Qur’oni Karimda so‘zlar nisbati qanday saqlangan?

Foydalanilgan va tavsiya etilgan adabiyotlar

1. Muhammad Mustafo Muhammad. Qur’oni Karim oyatlarining mavzular bo‘yicha mundarijasi. Bag‘dod, Matbaa al-Xulud. 1984 y.
2. Abdulaziz Mansur. Qur’on ma’nolarining tarjimasi. 598-bet.
3. Alouddin Mansur. Qur’oni Karim. O’zbekcha izohli tarjima. 746-bet.
4. Al-Jalol As-Suyutiy. Al-Itqon. 1-j.
5. Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-tanvir.Tunis. 1-j.
6. Qurtubiy. Al-Jomi li-ahkomil-Qur’on.Bayrut. 1-j.
7. Mahmud Az-Zamaxshariy. Al-Kashshof. 1-jild. (1308-h. Mustafo Muhammad matba’asida chop etilgan).
8. Shayx Hasanayn Maxluf. Safvatul-bayon li-ma’onil-Qur’on. 1-jild.
9. Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 1381 h. 1-j. 348-bet.
10. Ibn Jarir At-Tabariy. Bayrut. 1999 y. Uchinchi nashr. 1-j.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 07:20:28
8—MAVZU. QUR’ONI KARIMDA NOSIX VA MANSUX OYATLAR

Dars rejasi:

1.  Nasx so‘zining ma’nolari.
2.  Nasxning turlari.
3.  Qur’on hukmlarini hadis bilan nasx qilinishi borasida ulamolarning fikrlari.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 07:27:33
1. Arab tilida «Nasx» so‘zi bir necha ma’noni anglatadi:

1) O’chirish, ketkazish. Bunda ma’nosi butunlay yo‘q qilish bo‘lib, o‘rniga hech narsa qoldirilmaydi. Masalan: «Nasaxot ash-Shamsu az-Zilla (Quyosh soyani ketkazdi)». Ushbu oyati karimaning ma’nosi ham shunga o‘xshash:

فَيَنْسَخُ اللَّهُ مَا يُلْقِي الشَّيْطَانُ

«Bas, Alloh shayton tashlaydigan narsani bekor qilur». (Haj, 52)

2) Ko‘chirish, nusxa olish. Masalan: «Nasaxtu al-kitaba (Kitobdan nusxa ko‘chirdim)». Ushbu oyati karimada shunday ma’no istalgan:

«Albatta, biz sizlar qilayotgan narsadan ko‘chirma oluvchi edik».

3) Boshqaga nisbat berish. Masalan: «Nasxul merosi min vohidin ilo vohidin axor(Bir odamning merosini boshqasiga berish)». Bu yerda meros o‘zgargani yo‘q, balki uning egasi o‘zgardi.

4) O’zgartirish. Masalan: «Nasaxal Qoziy al-hukma (Qozi hukmini o‘zgartirdi)». Qur’oni Karimdagi nasx shu ma’noni bildiradi. Demak, shari’atda bir shar’iy hukmni bekor qilib, uning o‘rniga boshqa hukmni joriy qilishni nasx deyiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 07:32:36
Nasx haqidagi oyati karimaning nozil bo‘lishiga quyidagi voqe’a sabab bo‘lgan. Yahudiylar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ustilaridan kulishib: «Muhammadning qilgan ishini ko‘ringlar, axir ummatlariga bugun bir ishni buyurib, ertaga undan qaytarib, o‘rniga boshqa ishni buyurishi, bugun bir gapni aytib, ertaga undan qaytishi ajablanarli emasmi?! Bu Qur’on Muhammadning o‘zi ichidan chiqarib, to‘qib, yozayotgan narsadan boshqa emas. Shuning uchun bir oyatning ma’nosi ikkinchisiga mos kelmaydi», — deyishardi. Alloh Ta’olo ularning gaplariga raddiya va javob sifatida quyidagi nasx oyatini nozil qildi. (Muhammad Ali As-Sobuniy. Ravoi’ul bayon. Bayrut. 1980 y. 94-b.)

مَا نَنْسَخْ مِنْ آيَةٍ أَوْ نُنْسِهَا نَأْتِ بِخَيْرٍ مِنْهَا أَوْ مِثْلِهَا

«(Ey Muhammad) biror oyatni bekor qilsak yoki yodingizdan chiqartirsak, undan yaxshirog‘ini (ummatingizga munosibrog‘ini) yoki o‘shaning (aynan) o‘ziga teng (boshqa oyatni) keltiraveramiz». (Baqara, 106)

Yahudiylar shariatda nasx bo‘lishini butunlay inkor qiladilar. Holbuki, nasx barcha samoviy kitoblar va shariatlarda bo‘lgan. Tavrotda yozilishicha, Odam (a.s.)ning shariatlarida aka-singilning nikohiga ijozat berilgan edi. Keyingi payg‘ambarlardan birining shariatiga muvofiq bunday nikoh harom qilingan. Qur’oni Karimda xabar berilishicha, Iso (a.s.)ga payg‘ambarlik maqomi berilgandan so‘ng, o‘z ummatlari bo‘lgan yahudiylarga:

وَمُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيَّ مِنَ التَّوْرَاةِ وَلأحِلَّ لَكُمْ بَعْضَ الَّذِي حُرِّمَ عَلَيْكُمْ وَجِئْتُكُمْ بِآيَةٍ مِنْ رَبِّكُمْ

«Men o‘zimdan oldingi (nozil etilgan) Tavrotni tasdiqlash va sizlar uchun harom qilingan ayrim narsalarni halol qilib berish uchun keldim» (Oli Imron, 50) — deb o‘zlarini tanishtirganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 07:37:46
Islom ulamolaridan Abu Muslim Al-Isfahoniy Qur’oni Karimdagi nasxni inkor qiladi va so‘zining isboti sifatida dalillar keltiradi. ( Muhammad Ali As-Sobuniy. Ravoi’ul bayon. Bayrut. 1980 y. 101-bet)

Alloh Ta’olo Qur’oni Karim haqida:

وَإِنَّهُ لَكِتَابٌ عَزِيزٌ (٤١)لا يَأْتِيهِ الْبَاطِلُ مِنْ بَيْنِ يَدَيْهِ وَلا مِنْ خَلْفِهِ

«Shubhasiz, u aziz Kitobdir. Unga oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil (nohaqlik) kelmas» (Fussilat, 41-42-oyatlar), — degan.

1. Agar nasx joiz bo‘lsa, unga botil kelganligi ma’lum bo‘ladi.

2. Nasx haqidagi oyati karima avvalgi kitoblar — Tavrot va Injil shariatlarining nasx qilinganligiga dalolat qiladi yoki «Lavhul mahfuz»dan nusxa ko‘chirish ma’nosini beradi.

3. Oyati karimaning ma’nosi nasx sodir bo‘lganligi haqidagi xabar emas, balki, agar nasx sodir bo‘lsa, avvalgisidan yaxshirog‘iga bo‘lardi, degan farazni ifoda qiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 07:40:49
Abu Muslimning fikriga qarshi Jassos o‘zining «Ahkom ul-Qur’on» nomli tafsirida shunday yozadi: «Fiqh ilmidan bexabar bo‘lgan ba’zi mutaaxxir ulamolar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning shariatlarida nasx yo‘q, Qur’oni Karimda nasx haqida kelgan oyatlarning hammasi avvalgi payg‘ambarlar shariatlarining nasx etilishi haqida edi, deb da’vo qiladilar. Bunday gaplari bilan ular o‘zlarining tavfiqdan yiroq kishilar ekanligini izhor qiladilar. Chunki, Islom shariatida nasx bo‘lganligini mutaqaddim olimlar ham, mutaaxxir olimlar ham ochiq-oydin e’tirof etadilar. Islomda bunga misollar keragidan ham ko‘proqdir. Qur’onda nasx yo‘q degan kimsa, nosix va mansux oyatlarining tafsirida Islom ummatiga qarshi turib, o‘zining taxminiy fikrlarini aytadi va chalasavodligi tufayli katta gunohni sodir qiladi». (Al-Jassos. Tafsiru ahkomil-Qur’on. 1-j. 67-bet)

Musulmonlarning jumhur ulamolari Qur’oni Karimda nasx sodir bo‘lganiga ittifoq qiladilar va e’tirof etadilarki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning nubuvvatlari nasx orqali o‘z tasdig‘ini topgan. Zero, payg‘ambar o‘zidan oldingi payg‘ambarning shariatini butunlay yoki qisman o‘zgartirish uchun ummatlarga payg‘ambar etib yuboriladi.

Jumhur Qur’oni Karimda nasx borligiga hujjat va Abu Muslim Al-Isfahoniyning dalillariga raddiya sifatida bir necha dalillarni keltiradilar. Masalan, Alloh Ta’oloning oyati karimasidan anglashiladigan:

نَنْسَخْ مِنْ آيَةٍ أَوْ نُنْسِهَا نَأْتِ بِخَيْرٍ مِنْهَا أَوْ مِثْلِهَا

«(Ey Muhammad) biror oyatni bekor dilsak yoki yodingizdan chiqartirsak, undan yaxshirog‘ini (ummatingizga munosibrog‘ini) yoki o‘shaning (aynan) o‘ziga teng (boshqa oyatni) keltiramiz» (Baqara, 106) — degan ma’no nasxni sodir bo‘lganiga ochiq-oydin dalolatdir. Qur’oni Karimda esa qibla, idda, jihod va boshqa hukmlarda nasx mavjud.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 07:42:56
2. Qur’onda nasxning mavjudligiga ulamolar ittifoq qilgan holda, uni uch qismga bo‘ladilar:

1)  Tilovati ham, hukmi ham nasx qilingan oyatlar;

2)  Tilovati nasx qilingan, hukmi qoldirilgan oyatlar;

3)  Tilovati qoldirilgan, hukmi nasx qilingan oyatlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 07:45:22
Birinchi qismga kiruvchi oyatlar Qur’onda aytarli ko‘p emas.

Oysha onamiz (r.a.)dan rivoyat qilinadi: «Qur’on oyatlari orasida:"œO’n marta ochiq-oydin emizish nikohni harom qiladi" (Ya’ni, bir ayolni o‘n marta to‘yib emgan go‘dak, uning farzandiga aylanadi va ayolning boshqa farzandlari ham go‘dak uchun nikohi haromga aylanadi)degan oyat bor edi. Keyin bu oyatning lafzi ham, hukmi ham «besh marta to‘yib emsa...» degan oyat bilan nasx qilindi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) vafot etganlarida ham, mazkur nosix oyati qiroat qilinardi». (Muhammad Ali As-Sobuniy. Ravoi’ul bayon. Bayrut. 1980 y. 103-bet)

Al-Faxr Ar-Roziy aytadilar: «Mazkur hadisning birinchi yarmi «tilovati ham, hukmi ham nasx qilingan», ikkinchi yarmi, ya’ni «besh marta...» esa Imom Shofiiy nazdilarida «tilovati nasx qilingan, hukmi qoldirilgan». (Tafsiru Al-Faxr Ar-Roziy. 3-j. 230-bet)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 07:49:52
Ikkinchi qism (tilovati nasx qilingan, hukmi qoldirilgan)ga kiruvchi oyatlar ham sanoqlidir. Az-Zarkashiy «Al-Burhon» da yozishlaricha, «Nur» surasida shunday oyat bo‘lgan:

«Chol va kampir agar zino qilishsa, ikkovini ham toshbo‘ron qilinglar, bu Allohning qat’iy jazosidir. Alloh aziz va hakimdur».

Umar ibn Xattob (r.a.): «Agar odamlar Allohning Kitobiga qo‘shimcha qildi», — deyishmaganda edi, men ushbu oyatni o‘z qo‘llarim bilan yozib qo‘yardim», — deganlar. (Imom Buxoriy rivoyat qilganlar)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 07:51:57
Uchinchi qismga kiruvchi oyatlar Qur’oni Karimda juda ko‘pdir.

Az-Zarkashiyning yozishlaricha, Qur’oni Karimning oltmish uch (63)ta surasida «hukmi nasx qilingan, ammo tilovati qoldirilgan» oyatlar mavjud. Bular jumlasiga «Vasiyat» oyati, «Idda» oyati, Payg‘ambarimiz(s.a.v.)dan savol so‘rovchi odamning avval «sadaqa berishi» haqidagi oyat, «Mushriklar bilan jang qilmaslik» oyati va boshqa oyatlar kiradi. (Muhammad Ali As-Sobuniy. Ravoi’ul bayon. Bayrut. 1980 y. 104-bet)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 07:54:33
3. Shayx Hibatulloh ibn Saloma «Nosix va mansux» risolalarida nasx oyatlari tartibini shunday belgilaganlar:

«Bilingki, Shariatimizda birinchi nasx namozda, ikkinchisi qiblada, keyin ro‘za, mushriklardan yuz o‘girish, jihod, ahli kitoblardan jizya olish, meros, johiliyat alomatlarini buzish ishlarida bo‘lgan».

Qur’on oyatlarini Qur’on bilan nasx qilish, sunnatni sunnat bilan nasx qilish borasida ulamolarda hech qanday ixtilof yo‘q. Ammo Qur’on oyatlarini sunnat bilan nasx qilinishi borasida jumhur ulamolari bilan Imom Shofiiy o‘rtalarida ixtilof mavjud.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 07:56:48
Imom Shofiiyning fikrlariga qaraganda, Qur’on oyatlarini oyat bilan nasx qilinadi, biroq sunnat bilan nasx qilish mumkin emas. Imom Shofiiy o‘z fikrlarining isboti sifatida bir necha dalillarni keltirganlar:

1.  Alloh Ta’olo nasx borasida keltirgan oyati karimada:«Biror oyatni bekor qilsak..» — deb, nasxning nisbatini o‘ziga bergan. O’zining kalomi esa oyatdir, sunnat emas.

2.  Alloh oyati karimada: «undan yaxshirog'ini... keltiramiz», — degan. Sunnat oyatdan yaxshiroq bo‘lmaydi.

3.  Alloh Ta’olo nasx oyatining davomida «Allohning har narsaga qodir ekanini bilmadingizmi?!» — deb xitob qiladi. Demak, nasx qilish, bir oyatni ikkinchisi bilan almashtirish faqat Allohning qo‘lidan keladi.

4.  Alloh Ta’olo yana bir oyatda «Agar bir oyat o‘rniga boshqa oyatni almashtirsak» — degan. Demak, oyatlarni almashtirish faqat Allohning qudratidandir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 08:03:01
Jumhuri ulamo: «Qur’oni Karimni sunnat bilan ham nasx qilinadi» — degan fikrlarining isboti uchun Imom Shofiiyning qarshilariga quyidagi dalillarni keltiradi:

1. Alloh Ta’oloning ushbu:

كُتِبَ عَلَيْكُمْ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ إِنْ تَرَكَ خَيْرًا الْوَصِيَّةُ لِلْوَالِدَيْنِ وَالأقْرَبِينَ بِالْمَعْرُوفِ حَقًّا عَلَى الْمُتَّقِينَ
                       
«Qaysi biringizga o‘lim hozir bo‘lsa va o‘zidan biror yaxshilik (boylik) qoldirayotgan bo‘lsa, ota-ona va qarindoshlariga ma’lum miqdorda vasiyat qilishlik bitildi (farz qilindi)» ( Baqara, 180)— degan oyati karimasidan chiqadigan «vasiyatning farzligi» hukmi Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning: «Ogoh bo‘linglar! Merosxo‘rga vasiyat qilinmaydi», — degan hadislari bilan nasx qilingan.

2. «Nur» surasining ushbu:

الزَّانِيَةُ وَالزَّانِي فَاجْلِدُوا كُلَّ وَاحِدٍ مِنْهُمَا مِائَةَ جَلْدَةٍ

«Zinokor ayol va zinokor erkakning har birini yuz darradan uringlar!» (Nur, 2)  degan oyatidagi yuz darra urish hukmi Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning «turmush qurgan erkak yoki ayolni toshbo‘ron qilish» to‘g‘risidagi hadislari bilan nasx qilingan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 08:06:22
3. Qur’onda kelgan hukmlar ham, Sunnatda kelgan hukmlar ham, garchi nomi boshqa-boshqa bo‘lsada, Allohning hukmlaridir. Zero Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Allohning iznisiz hech bir so‘zni gapirmaganlar. Alloh aytadi:

وَمَا يَنْطِقُ عَنِ الْهَوَى (٣)إِنْ هُوَ إِلا وَحْيٌ يُوحَى

«(Muhammad Qur’onni) o‘z xohishi bilan so‘ylamas, U (Qur’on) faqat Alloh tomonidan vahiy qilinayotgan bir vahiydir». ( Najm, 3-4-oyatlar)

4. Imom Shofiiyning dalillari zaif va mujmaldir. Chunki, Alloh aytgan «xayriyyat» sifatini oyatlarga mansub deb bo‘lmaydi. Oyatlarning birortasi ikkinchisidan yaxshiroq emas, balki barchasi birdek Allohning kalomi va fazilati ham tengdir. Biroq, nosix hukm mansux hukmdan afzalroq va yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Bandalarning islohi uchun Alloh Ta’olo oyat bilanmi yoki Sunnat bilanmi hukmlar o‘rnini yaxshirog‘iga almashtirishi mumkin.

Demak, jumhurning dalillaridan ma’lum bo‘ladiki, Qur’oni Karim oyatlaridagi hukmlar oyatlar bilan va hadislar bilan nasx etilishi mumkin.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 08:12:25
Ulamolarning: «Nasx uchun kelgan hukm mansuxdan yengil va oson bo‘ladimi yoki og‘irroq va mashaqqatliroq ham bo‘lishi mumkinmi?» — degan savolga bergan jvoblari ham turlichadir.

Imom Al-Faxr Ar-Roziy shunday yozadilar: «Ba’zi olimlar: «Nosixning mansuxdan og‘irroq bo‘lishi mumkin emas, chunki Alloh Ta’olo Qur’onda: «undan yaxshirog‘ini... keltiramiz», — degan. Yaxshiroq hukm og‘irroq bo‘lishi mumkin emas» — deydilar. Ularga javob shuki: «Oyatdagi «undan yaxshirog‘i» jumlasi «oxiratda ajru savobi ulug‘rog‘i» degan ma’noni ham bildiradiku?!» Holbuki, Qur’ondagi nosix hukmlar mansux hukmlarga nisbatan uch xil darajada kelgan:

1. Zinokor ayolni to o‘lguncha uyga qamab qo‘yish jazosi mansux qilinib, uning o‘rniga darra urish yoki toshbo‘ron qilish hukmi joriy bo‘ldi. Oshuro oyida o‘n kun ro‘za tutish o‘rniga bir oy Ramazon ro‘zasi farz qilindi. Namoz ikki rakatdan farz qilingan edi. Keyin nasx qilinib, safarda bo‘lmagan kishilar uchun to‘rt rakatdan o‘qish farz qilindi. Bu misollarda nosix mansuxga nisbatan qiyinroq va mashaqqatliroqdir.

2. Eri vafot etgan ayolning idda muddati avval uydan chiqmasdan bir yil o‘tirish edi. Keyin u nasx qilinib, to‘rt oy-u o‘n kunga qisqartirildi. Kechasi turib namoz o‘qish farz edi, keyin u nasx qilinib, ixtiyoriyga aylantirildi. Bu misollarda nosix mansuxga nisbatan yengildir.

3. Qiblaning Baytul Muqaddasdan Baytul Haromga aylantirilishi esa nosix va mansuxning tengligiga misoldir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 08:14:07
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. «Nasx» so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
2. Nasxning qanday turlarini bilasiz?
3. Nasx haqida ulamolarning ixtilofi nimadan iborat?
4. Oyatni hadis bilan nasx qilish to‘g‘risida qanday ixtilof mavjud?
5. Hadis bilan oyat hukmini nasx qilinganiga misol keltira olasizmi?

Foydalanilgan va tavsiya etilgan adabiyotlar

1. Muhammad Ali As-Sobuniy. Ravoi’ul-bayon. Bayrut. 1980 yil..
2. Alouddin Mansur. Qur’oni Karim. O’zbekcha izohli tarjima. 746-bet.
3. Al-Jalol As-Suyutiy. Al-Itqon. 1-j.
4. Tafsiru Al-Faxr Ar-Roziy. 3-j.
5. Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on.Bayrut. 1-j.
6. Shayx Hasanayn Maxluf. Safvatul-bayon li-ma’onil-Qur’on.2-jild.
7. Obidov R. Q. Qur’on, tafsir va va mufassirlar.Toshkent. 2003 y
8. Ibn Jarir At-Tabariy.Bayrut. 1999 yil.3-nashr. 1-j.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 08:16:57
9-MAVZU. QURON OYATLARINING TARJIMASI, TAFSIRI VA TA’VILI

Dars rejasi:

1. Qur’onning tarjimasi. So‘zma-so‘z tarjima, uning usullari. «Bilmisl» tarjima. «Big‘ayril misl» tarjima. Qur’onning ma’naviy   tarjimasi. Ma’naviy tarjima shartlari.
2. Qur’on oyatlarini tafsir qilish. Tafsir so‘zining ma’nosi, lug‘aviy izohi va ta’rifi. Tafsir ta’riflarining ko‘pligi, mazmunan o‘xshashligi va bir xilligi.
3. Ta’vil, uning lug‘aviy izohi va ta’riflari. Ta’vil talablari. Tafsir va ta’vilning farqlari. Ta’vilda isbot va dalillar. Ta’vil qiluvchilarga qo‘yiladigan talablar.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 08:20:08
1. Qur’oni Karimning tarjimasi. Islom ulamolari Qur’onni bir arab qabilasi tilidan ikkinchi bir arab qabilasi tiliga— shevasiga tarjima qilishni man etganlar. Buning sababi quyidagichadir. Qur’on tarjimasi ikki xil bo‘ladi.

Birinchisi — so‘zma-so‘z tarjima, ya’ni Kalomni bir tildan ikkinchi tilga, nazm va tartibini, asl ma’noning saqlanishini rioya qilgan holda o‘tirish.
Qur’onning so‘zma-so‘z tarjimasi ham ikki usulda bajariladi. Birinchi usul — "tarjima bilmisl" ya’ni, "asliga o‘xshash tarjima" deyiladi. Bunda, oyatlarning har bir so‘zi muqobiliga boshqa lug‘at so‘zlari qo‘yiladi, oyatlarning va undagi so‘zlarning nazm va tartibi o‘zgarmaydi. Hatto asl matndan sezilib turgan balog‘at va fasohat ham o‘zgarmagandek tuyuladi. (Bunday tarjimaga Oltinxon To‘ra (vatandoshimiz Mahmud Taroziy) tarjimasini misol qilishimiz mumkin)

 Lekin bu Allohning kalomiga nisbatan mumkin emasdir. Chunki, Qur’onning nozil bo‘lishi ikki sababdandir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 08:23:40
Birinchisi, Qur’on Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning haq payg‘ambar ekanliklarini tasdiq etuvchi alomat bo‘lib, birinchi mo‘‘jizadir. Butun insonlar va jinlar birlashganda ham uning bitta surasiga o‘xshash surani keltirishga ojizdirlar. Qur’oni Karim g‘aybdan xabar berish, o‘zgarmas shariat ahkomlarini bayon qilish singari insonning qo‘lidan kelmaydigan mo‘‘jizaviy xususiyatga ega bo‘lish bilan birga, uning har bir oyatida maqomga mos shunday balog‘atlar mavjudki, bu xususiyatlar arab tilidan boshqa tilga o‘tganda o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.

Ikkinchisi, Qur’on odamlarni dunyoda ham, oxiratda ham manfaatli bo‘lgan amallarga hidoyat qiladi. Buning uchun Qur’oni Karimning ahkomlaridan istinbot qilish va undan yo‘l-yo‘riq olib, amal qilish lozim bo‘ladi. Qur’onning ba’zi oyatlaridan hamma ham tushunib foydalanishi mumkin. Bu oyatlarni so‘z-maso‘z tarjima qilish ham mumkin. Ammo, Qur’onda shunday oyatlar borki, uning ma’nolarini mujtahid olimlargina tushunishi va foydalanishi mumkin. Bu murakkab ma’noli oyatlarning tarjimasi ayni Qur’on oyati bo‘lolmaydi. "Asliga o‘xshash" tarjima ba’zi oyatlarning ma’nosini berolsa ham, murakkab ma’noli oyatlarning ma’nosini ochib berolmaydi. Demakki, oyatning ilohiylik xususiyati yo‘qoladi.

Xulosa qilib aytganda, Qur’onning so‘zma-so‘z tarjimasi uning muqaddas asliyati o‘rnini bosolmaydi.

Ikkinchi usul — "tarjima big‘ayril misl", ya’ni, "asliga o‘xshamagan tarjima" deyiladi. Bunda tarjimon Qur’on nazmiga e’tibor qilmagan qolda, toqati yetgancha oyatlar mazmunini boshqa tilga o‘girib beradi. Bunday tarjima bashar so‘zida mumkin bo‘lsa ham, Allohning Kalomida mumkin emas, chunki, Alloh Kalomining   nazmi buziladi va hurmati ketib qoladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 08:27:57
Qur’onning ma’naviy tarjimasi

Yuqorida aytib o‘tilganidek, Qur’onning ma’naviy tarjimasi uning oyatlarini boshqa tilda sharhlab, ma’nolarini bayon qilib berishdir. Bunday tarjimada oyatlarning tartibi va murod bo‘lgan ma’nolarining mukammalligi shart qilinmaydi. So‘zma-so‘z tarjima bilan ma’naviy tarjimaning farqini quyidagi oyatning misolida ko‘rishimiz mumkin:

وَلا تَجْعَلْ يَدَكَ مَغْلُولَةً إِلَى عُنُقِكَ وَلا تَبْسُطْهَا كُلَّ الْبَسْطِ فَتَقْعُدَ مَلُومًا مَحْسُورًا

Ushbu oyati karimani agar so‘zma-so‘z tarjima qilinsa, Alloh iroda qilgan ma’no chiqmaydi. Aksincha, "Qo‘lingni bo‘yningga bog‘lab qo‘yma va uni juda uzun qilib cho‘zma" degan noaniq va kulgili ma’no hosil bo‘ladi. Agar ma’naviy tarjima qilinsa, "Xayru ehsonda haddan ortiq ziqnalik qilma va isrofgarchilikka ham yo‘l qo‘yma" degan hammaga tushunarli ma’no kelib chiqadi.( Al-Isro, 29)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 08:33:21
Islom ulamolari, kimki ahli tafsir (mufassir) bo‘lsa, ya’ni, Qur’oni Karimni tafsir qilish uchun zarur bo‘lgan ilmlar sohibi bo‘lsa, tafsir qilishi mumkin ekanligiga ittifoq qilganlar. Mana shu ittifoq qilingan mufassirlar qatoriga Qur’onni boshqa tilga ma’naviy tarjima qiluvchilar ham doxildirlar. Chunki, tafsir qiluvchilar ham, ma’naviy tarjima qiluvchilar ham oyatlarning tartibini buzmasdan, biror kalimaning o‘rnini o‘zgartirmasdan Allohning murodini insonlarga yetkazadilar.

Biroq tafsir bilan ma’naviy tarjimaning alohida farqli jihatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Tafsir tili Qur’onning asl tili ekanligi, ma’naviy tarjima esa Qur’on tilidan boshqa tilda bo‘lishi birinchi jihatdir.

Ikkinchi jihati esa, tafsirni mutolaa qiluvchi qori Quron matni tilini ham tushunadi. Agar tafsirda xatolik sodir etilgan bo‘lsa, undan darhol voqif bo‘ladi. Ma’naviy tarjimani mutolaa qiluvchi qori esa ko‘pincha Qur’on matni tilini bilmasligi, natijada xato bo‘lsa ham tarjimaga qatiy ishonib qolishi mumkin.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Avgust 2008, 08:34:33
Ma’naviy tarjimaning shartlari

Qur’oni Karimning tafsiri ham, ma’naviy tarjimasi ham ummatga farz qilingan ilmlardandir. Shu ilmlar vositasi bilan arab tilini biladigan va bilmaydigan turli millat musulmonlariga Qur’oni Karim ahkomlari yetkaziladi. Shunday ekan, ma’naviy tarjima bilan shug‘ullanuvchilar uchun bir necha shartlar mavjuddir.

1.  Ma’naviy tarjima uchun ham mutarjim tafsir uchun zarur bo‘lgan barcha ilmlarni, jumladan, Payg‘ambar hadislarini, arab tili ilmlarini, shariati Islomiyada muqarrar bo‘lgan usullarni  mukammal bilishi   shartdir. Shu bilan birga arab tilidagi tafsirlardan birini ham ko‘z oldiga qo‘yib, undan ham istifoda etishi kerak.

2.  Mutarjim Qur’on keltirgan aqidaga muxolif bo‘lmasligi kerak. Aks holda Qur’on oyatlarini o‘zining fosid e’tiqodiga moslab tarjima qiladi va uning tarjimasidan foydalanuvchi ko‘plab musulmonlar e’tiqodining buzilishiga sabab bo‘ladi.

3.  Mutarjim Qur’on tiliga ham, uni o‘girmoqchi bo‘lgan tilga ham olim bo‘lishi kerak.

4.  Avval Qur’onni yozsin, keyin tafsirini, undan keyin ma’naviy tarjimasini bayon qilsin. Shunda uni o‘qigan kishi so‘zma-so‘z tarjimamikin degan shubhaga bormaydi. Har bir mutarjim mazkur shartlarga amal qilsa, uning tafsiri barcha ayblardan xoli bo‘ladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:34:49
2. Tafsir so‘zi lug‘atda "œizohlash", "œravshanlashtirish" va "œhar bir  jumladan ko‘zlangan murodni ochib berish" ma’nolarida keladi.

Tafsir so‘zining istiloh (olimlar o‘rtasidagi urf) dagi ma’nosiga esa olimlar tomonidan quyidagicha ta’riflar berilgan:

a)  tafsir uchun boshqa aqliy ilm sohalarida bo‘lganidek cheklangan qoida yo‘q. Shu sababli "Tafsir nima?" degan savolga: "Tafsir — bu Allohning kalomini tushuntirib berishdir yoki tafsir Qur’on lafzlarini va ularning ma’nolarini ochib beruvchi ilmdir", — deb javob beriladi;

b)  tafsir juz’iy masalalarni ham, kulliy (umumiy) qoidalarni ham va qoidalarning yig‘indisidan hosil bo‘luvchi malakani ham o‘z ichiga oladigan ilmdir. Shunga ko‘ra tafsirga ta’rif berishda Qur’on oyatlari mazmunlarini oson tushunish uchun zarur bo‘lgan ilmlar, masalan: lug‘at, sarf, nahv, balog‘at, mantiq, qiroat ilmlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur.

Agar ikkinchi fikr bo‘yicha olimlarning ta’riflarini keltiradigan bo‘lsak, tafsirning ta’rifi juda ko‘p bo‘lib, lafz jihatidan turlicha bo‘lsa ham, hammasining mazmuni deyarli bir xildir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:36:21
"Al-Bahrul-muhit" kitobida Abu Hayyon shunday ta’rif beradi:

"Tafsir — shunday ilmki, bu bilan Qur’on lafzlarining qanday nutq qilinishini (qiroat ilmi), u so‘zlar nimaga dalolat qilishini (lug‘at ilmi), har bir so‘z va jumlaning hukmlarini (sarf, nahv, bayon va badiy’ ilmlari), jumlaning o‘zidan bevosita tushuniladigan ma’nolarni (haqiqat va majoz ilmi), shuningdek, nosix va mansux oyatlar, oyatlarning nozil bo‘lish sabablari hamda tarixiy qissalardan ko‘zlangan maqsadlar   o‘rganiladi" ( 1-jild, 13—14-b).

Imom Az-Zarkashiy bunday ta’rif beradi:

"Tafsir — shunday ilmki, bu bilan Alloh Ta’oloning o‘z payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ga nozil qilgan Kitobini, uning ma’nolarini, shari’at amallarini va bandalar ustidan Allohning  hukmlarini o‘rganiladi". (Imom As-Suyutiy. Al-Itqon. 2-j, 174-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:39:32
Ba’zi olimlar quyidagicha ta’rif berganlar:

"Tafsir — shunday ilmki, unda Qur’on oyatlaridan Alloh Ta’olo nimani iroda qilganini insoniy nuqtai nazardan o‘rganiladi". (Manhajul-furqon. 2-j. 6-b.)

Yana ba’zilarning so‘zlariga qaraganda "œTafsir — oyatlarning nozil bo‘lishi, uning sabablari, qissalar, Makkada nozil bo‘lgan oyatlar bilan Madinada nozil bo‘lgan oyatlarning tartibi, muhkam (ma’nosi aniq) va mutashobeh (ta’vilga muhtoj)ligi, nosix (hukmni bekor qiluvchi) va mansux (hukmi bekor qilingan)ligi, xususiyligi va umumiyligi, mutlaqi va muqayyadi, mujmali va mufassari, halol haqidagi va harom haqidagi, va’da va va’id, amr va nahiy hamda ibratli oyatlarni o‘rgatmoqdir". (Imom As-Suyutiy. Al-Itqon. 2-j. 174-b)

Yuqorida sanab o‘tilgan to‘rt ta’rifdan umumiy xulosa chiqarish mumkin:

"œTafsir deb, Qur’oni Karim oyatlaridan Allohning murodini inson o‘z aqli darajasida tushunib,boshqalarga ham tushuntirib bera olishini  aytiladi".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:42:53
3. Ta’vil so‘zining lug‘atdagi ma’nosi "œqaytmoq"dir. Qur’oni Karimda ta’vil so‘zi bir necha ma’noda kelgan. Tafsir va ta’yin,  ofiyat va oqibat, bashoratning amalga oshishi, tushning ma’nosi, amalga oshirilgan ishning sababi va boshqalar shular jumlasidandir.

Uning istilohiy ma’nosi qadim olimlarning nazdida tafsir bilan bir edi. Keyingi olimlarning, ayniqsa, fiqh ulamolarining nazdida esa ta’vil — so‘zni quvvatli ma’nosidan kuchsizroq ma’noga qaytarishdir. Bunda dalilga muhtojlik bo‘ladi, ya’ni so‘zning asl ma’nosi turganda nima uchun uzoqroq ma’nosini tanlangani sababining isboti uchun dalil zarur bo‘ladi. Buning uchun ta’vil qiluvchidan ikki narsa talab qilinadi:

Birinchisi, ta’vil qilinayotgan lafzning asl ma’nosidan tashqari ikkinchi uzoqroq ma’nosi ham bor ekanligini, bu yerda shu uzoqroq ma’nosi murod ekanligini isbotlash.

Ikkinchisi, lafzning asl ma’nosini emas, uzoqroq ma’nosini tanlashga nima majbur etganligani isbotlovchi dalil keltirish. Ushbu ikki shartdan biri topilmasa ham, ta’vil fosid deb hisoblanadi va ta’vil qiluvchi Allohning kalomi bilan o‘ynashgan bo‘ladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:45:01
Tafsir bilan ta’vilning farqi

Olimlar tafsir bilan ta’vilning o‘zaro farqi haqida ham turli fikrlarni aytganlar. Masalan:

Abu Ubayda: "Tafsir va ta’vil har ikkovi bir narsa, qadimiy olimlar ham farq qilmaganlar" ,— deydi. (Imom Suyutiy. Al-Itqon. 2j. 173-b)

Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniyning aytishicha: "Tafsir ta’vildan umumiyroq bo‘lib, ko‘pincha lafzlarda ishlatiladi. Ta’vil esa ma’noda ishlatiladi". (Ar-Rog‘ib. Muqaddimatut-tafsir. 402-403-b)

Imom Al-Moturidiyning fikricha: "œTafsir Qur’ondagi har bir lafzdan chiqarilgan qatiy ma’nodir. Agar bu ma’no dalil bilan isbotlansa, haqiqiy tafsir, dalil bilan isbotlanmasa, o‘z ra’yicha qilingan tafsir, deyiladi. Ta’vil bir lafzda ehtimoli bor bo‘lgan ikki ma’noning bittasining tanlanishi ia uning quvvatlanishidir". (Imom Suyutiy. Al-Itqon. 2-j, 173-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:50:54
Abu Tolib As-Sa’labiy quyidagicha fikr bildiradi: "Tafsir Qur’on lafzlarining har birining haqiqatga qurilganmi yoki majozgami ekanligini o‘rgatadi. Masalan: "sirot" so‘zining "yo‘l"ga tafsir qilinishi singari. Ta’vil esa lafzning botini (ko‘zlangan ma’no) ning tafsiridir. Masalan:

إِنَّ رَبَّكَ لَبِالْمِرْصَادِ

"Albatta robbingiz kuzatib turuvchidir" (Fajr surasi, 14-oyat)degan oyati karimaning tafsiri"mirsod"so‘zi "rasada — raqaba", ya’ni kuzatish fe’lidan olingan bo‘lib, oyati karimaning ma’nosi "Robbingiz hamisha kuzatish asbobi yonida" demakdir. Uning ta’vili — Allohning buyruqlariga sustkashlik qilishdan ehtiyot bo‘l, g‘aflatda qolma, unga ro‘para bo‘lishga tayyor turgin", degan ma’noga ishoradir".

Yuqorida keltirilgan turli ta’riflardan shunday xulosaga kelishimiz mumkin: tafsirning ma’nosi — kashf va bayon, ya’ni Alloh Ta’oloning o‘z kalomidan iroda qilgan ma’noni ochib berishlikdir. Tafsir, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning muborak so‘zlariga yoki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan doimo birga yurgan, biror muammo paydo bo‘lsa, darhol uni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlarida hal qilib olgan, vahiyning tushishiga hamda o‘sha davrda sodir bo‘lgan voqea, hodisalarga guvoh bo‘lgan sahobai kiromlarning rivoyatlariga asoslangan holda bayon qilinadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:51:59
Ta’vil esa bir lafzning ehtimoli bo‘lgan ikki ma’nosidan birini dalillar orqali quvvatlashdir. Bunday quvvatlash ijtihod qilish bilan, har bir so‘zning lug‘aviy ma’nolarini, uning madlulini, gapning oqimiga qaysi ma’no mos tushishini, so‘zdan foydalanishda arablarning uslublarini yaxshi tushunish bilan bo‘ladi.

Ta’vilda aniq dalillar bo‘lmasa, lafzlardan murod qilingan haqiqiy   mazmun chiqmay qolishi mumkin.

Az-Zarkashiy aytadi: "Olimlar istilohida tafsir bilan ta’vilning o‘rtasining farklanishiga sabab manqul bilan mustanbatni ajratish uchundir" (Imom As-Suyutiy, Al-Itqon. 2-j. 183-bet), ya’ni manqul — Payg‘ambarimiz (s.a.v.) va sahobiylardan naql qilingan ma’nolar, mustanbat esa asl matndan ijtihod bilan chiqarib olingan ma’nolardir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:53:50
Tayanch iboralar: Qur’oni Karim Allohning muqaddas kalomi. Qur’on oyatlarining tafsiri va ta’vili. Qur’onning tarjimasi, so‘z-maso‘z tarjima, "œbilmisl" tarjima, "œbig‘ayril misl" tarjima, Qur’onning ma’naviy tarjimasi. Ma’naviy tarjima shartlari. Odamzodning butun ma’naviyruhiy ehtiyojlari. Rasuli akramga Qur’onni keltirgan elchi — farishta Jabroil (a.s.) edilar. Qur’on, Furqon, Zikr, Kitob. Makkadagi "Nur" tog‘ining "Hiro" g‘ori. Xalifa Abu Bakr As-Siddiq (r.a.) bir mushafga(muqovali kitobga) jamladilar, Xalifa Usmon (r.a.) davrlarida esa Mushafni yetti nusxaga ko‘paytirilib, biri Madinada qoldirildi. Qur’onni o‘qish oson bo‘lishi uchun Abul Asvad Ad-Dualiy va Nasr ibn Osim unga harakat alomatlarini qo‘yishdi, Al-Hasan Al-Basriy nuqtalar qo‘yishni ijod etdi. Qur’on — isloh kitobidir. Qur’on butun insoniyatga yuborilgan, Qur’oni Karim Alloh tomonidan muhofaza qilingan, Qur’on — ilohiy so‘z mo‘‘jizasi, Qur’on mo‘minlarga shifo va rahmat, nur va hidoyatdir. "Ibodatning eng afzali Qur’onni tilovat qilmoqdir". Mujtahid olimlar, Qur’on matni tili, shariati Islomiya, juz’iy masalalar, kulliy(umumiy) qoidalar, qoidalarning yig‘indisidan hosil bo‘luvchi malaka.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 24 Avgust 2008, 08:55:24
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Qur’oni Karim qachon nozil bo‘lgan, qanday jamlangan, harakat alomatlarini kim qo‘ygan?
2. Qur’onning qanday nomlari va qanday xususiyatlari mavjud?
3. Qur’onning so‘zma-so‘z tarjimasi bilan ma’naviy tarjimasining qanday farqi bor?
4. Qur’on oyatlarini tafsir qilish qachondan boshlangan, tafsir so‘zining ma’nosi nima?
5. Tafsir bilan ta’vilning farqi nima, ta’vilning nechta sharti bor?


Tavsiya etilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Shayx Abdulaziz Mansur. Musulmonlikdan ilk saboqlar. T. Kamalak. 1992. 32-b.
3. Shayx Ismoil Mahdum. Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. T. "Movarounnahr".1995.
4. Obidov R.Q. Ilohiy kitoblar. TDShI. 2000.
5 . Imom As-Suyutiy. Al-Itqon. 1-2-j.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Avgust 2008, 06:44:39
10-MAVZU. PAYG’AMBAR (S.A.V.) ZAMONLARIDA QUR’ONI KARIM TAFSIRI

Dars rejasi:

1.  Payg‘ambar zamonlarida Qur’on tafsiri.
2.  Sahobalarning Qur’oni Karimni tafsir qilishdagi   usullari:
a)  Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilish;
b)  Qur’onni hadis bilan tafsir qilish;
v)  Qur’onni ijtihod bilan tafsir qilish;
g)  Tafsirda ahli kitoblardan foydalanish.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Avgust 2008, 06:47:53
1. Qur’oni Karim johiliyat davrida ilmsiz, qoloq bir qavmga nozil bo‘ldi. Bu qavmning o‘zi ham, ularning orasidan payg‘ambar qilib yuborilgan Zot ham ilmsiz — "ummiy" edilar. Faqatgina ular orasida so‘zamollik — suxandonlik avj olgan bo‘lib, ko‘pchmlik arablarni o‘z og‘zilariga qaratish bilan faxrlanardilar. Ammo ularning so‘zamolligi maqtanish, boshqalarni madh etish yoki hajv qilish, turli yolg‘on-yashiq xabarlar tarqatish, hasabu nasablari bilan tafoxur qilish, ba’zan esa ilmu hikmatdan ham so‘z ochib qo‘yishdan iborat edi. Bunday san’atni namoyish qilishda haqiqatu majoz, oshkoraligu kinoya, ijozu itnob singari balog‘at usullaridan foydalanar edilar.

Alloh Ta’olo o‘z irodasini amalga oshirish uchun avval yuborgan payg‘ambarlar singari Muhammad (s.a.a)ni payg‘ambar qilib yubordi. U Zotga berilgan mo‘‘jizalardan biri sifatida Qur’oni Karimni arab tilida nozil qildi.

وَمَا أَرْسَلْنَا مِنْ رَسُولٍ إِلا بِلِسَانِ قَوْمِهِ لِيُبَيِّنَ لَهُمْ

"Biz har bir payg‘ambarni (hukmlarimizni) o‘z tillarida bayon qilib berishlari uchun shu qavmning ichidan tanlab yuborganmiz". (Ibrohim, 4.)

Qur’onda esa o‘sha zamon odatlariga muvofiq so‘zamollikda ishlatiladigan balog‘at va fasohat usullari yanada mukammalroq, go‘zalroq holatda, ya’ni insonlar ojiz qoladigan ko‘rinishda aks ettirildikim, bu narsa Qur’onning Alloh yuborgan mo‘‘jizasi ekanini tasdiqlaydi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Avgust 2008, 06:53:59
Qur’onning ma’nolarini Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mufassal va mukammal tushunganlar. U Zotga Qur’onni yodlatish va ma’nolarini tushuntirish kafoyulatini  Alloh Ta’olo o‘z zimmasiga olgan:

إِنَّ عَلَيْنَا جَمْعَهُ وَقُرْآنَهُ (١٧) فَإِذَا قَرَأْنَاهُ فَاتَّبِعْ قُرْآنَهُ (١٨) ثُمَّ إِنَّ عَلَيْنَا بَيَانَهُ

"Uni dilingizga jamlash ham, tilingizga qiroat qildirish ham bizning zimmamizdadir. Qachon biz uni o‘qib to‘xtaganimizda siz ham uni o‘qishga ergashing! Keyin uni bayon qilib berish ham bizning zimmamizdadir". ( Qiyomat, 17-19.)

Ibn Xaldun o‘z tafsirining muqaddimasida shunday yozadi: "Shubhasiz Qur’oni Karim arab tilida, arablarning balog‘at usullariga mos ravishda nozil bo‘lgan. Shuning uchun arablarning hammasi ham Qur’onning kalimalari va jumlalari ma’nolarini yaxshi tushunardilar". (Ibn Xaldun, 489-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Avgust 2008, 06:56:51
To‘g‘ri, Qur’on arab tilida nozil bo‘lgani uchun uning zohiriy ma’nolarini sahobai kiromlar ham tushunganlar. Ammo mufassal botiniy ma’nolarini faqat arab tilini bilish bilan anglash mumkin emas. Uni anglash uchun munozaralar, bahslar, hatto ba’zi mushkulotlarni tushunishda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga murojaatlar qilganlar. Agar yanada kengroq tushuntiradigan bo‘lsak, Qur’oni Karim ma’nolarini tushunishda sahobai kiromlarning fikrlash darajalari ham, o‘z tillari hikmatlarini ajrata bilish qobiliyatlari ham, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan mulozamatda bo‘lib, oyatlarning sababi nuzulini idrok qilish muddatlari ham turlicha bo‘lgan. Buning ustiga sahobalarning hammalari ham olimlar emas, johiliyat davrining "ummiy" tijoratchilari ekanligini, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) singari ularga Qur’on ilmini o‘rgatishni Alloh o‘z zimmasiga olmaganini nazarda tutsak, ularning barchasi ham Qur’on ma’nolarini to‘liq tushunmaganlariga amin bo‘lamiz. Ibn Qutayba bu haqda shunday deydi: "Sahobalar g‘arib kalimalar, mutashobih oyatlarning ma’nolarini mukammal bilmaganlar, balki ularning orasida birbirlaridan fazilatda, fahmu-farosatda ortiqroklari bo‘lgan". (Muqaddimatu Ibn Xaldun, 489-b)

Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Hazrat Umar ibn Xattob (r.a.) minbarda

وَفَاكِهَةً وَأَبًّا

"va fakihatan va abban" oyatini qiroat qilib, shunday dedilar: "Fokiha" so‘zi "mevalar" deganidir, uni bilamiz, ammo "abban" so‘zidan murod nima ekan?". Keyin o‘zlarini o‘nglab: "Ey Umar, axir bu o‘zini mashaqqatga solish-ku?" (Abasa, 31) — dedilar. Yana bir kun minbarda: "av ya’xuzahum ala taxavvuf" oyatini qiroat qildilar va o‘tirganlardan: "taxavvufning ma’nosi nima?" ,— deb so‘radilar. Bir odam: "taxavvufning ma’nosi tanaqqus (ayblash)", — deb javob berdi.( Al-Itqon. 2-j, 113-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Avgust 2008, 06:58:50
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Fotiris-samavati" oyatining ma’nosini tushunmas edim. Bir kuni quduqni talashayotgan ikki kishi kelib, mendan hal qilib berishimni so‘radilar. Ulardan biri: "Ana fatartuha", ya’ni quduqni men kovlashni boshlagan edim", — , dedi. (Al-Itqon. 2-j. 113-b)

Hazrat Umardek zotga "abban" so‘zi bilan "taxovvuf" so‘zining ma’nosi zohir bo‘lmasa, "Qur’on tarjimoni" degan maqtovga sazovor bo‘lgan Ibn Abbs (r.a.) "fotir" so‘zining ma’nosini oddiy odamlar dan bilib olgan bo‘lsalar, boshqa sahobalar Qur’on ma’nolarini bekamu ko‘st bilishlari mumkinmi?

Saharliqda og‘izni berkitish vaqti bayon qilingan

وَكُلُوا وَاشْرَبُوا حَتَّى يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الأبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الأسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ

oyati karimasi nozil bo‘lganda, sahobalardan Adiy ibn Hotam nomli kishi tunda oq va qora rangli iplarni olib, unga tikilib o‘tirgan. Subhdan keyin ham iplarning rangini ajratolmagan. Tongda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning huzurlariga kelib voqeani bayon qilganda, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uning farosati kamligini aytib, oyatdan ko‘zlangan murod nima ekanligini tushuntirganlar. ( Al-Buxoriy, "œBobut-tafsir". 8-j. 127-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Avgust 2008, 07:01:18
Umar ibn Xattob (r.a.) xalifalik davrlarida Qudoma ibn Maz’unni Bahraynga amir qilib yubordilar. Uning oldidan Hazrat Umar (r.a.) huzurlariga kelgan Jorud shikoyat qilib: "Qudoma ichib mast bo‘ldi", — dedi. Hazrat Umar (r.a.) Qudomani chaqirtirdilar va unga: "Ey Qudoma, sen ichib mast bo‘libsan, senga darra uraman", — dedilar. Qudoma bu gapga javoban: "Agar men haqiqatan ichgan bo‘lsam ham, siz menga darra urolmaysiz. Chunki Alloh Kalomi sharifda:

لَيْسَ عَلَى الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ جُنَاحٌ فِيمَا طَعِمُوا إِذَا مَا اتَّقَوْا وَآمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ ثُمَّ اتَّقَوْا وَآمَنُوا ثُمَّ اتَّقَوْا وَأَحْسَنُوا وَاللَّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ

"œImon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun — agar harom narsalardan saqlanib, imon va yaxshi amallarida sobit bo‘lsalar, so‘ngra o‘zlarini saqlab (u narsalarning haromligiga) imon keltirsalar, so‘ngra Allohdan qo‘rqib, chiroyli amallar qilsalar — yeb-ichgan narsalarida gunoh yo‘qdur" ("œMoida", 93-oyat) — degan. Men o‘sha aytilgan mo‘minlardan bo‘laman. Men Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan Badrda, Uhudda, Xandaqda va boshqa g‘azotlarda birga bo‘lganman", — dedi. Shu yerda hozir bo‘lgan Ibn Abbos: "Ey Qudoma, bu oyati karima avval gunoh qilganlar haqida nozil bo‘lgan. Keyingilariga esa ochiq hujjatdir", — dedilar. Keyin mast qiluvchi ichimliklarning harom qilinganligi haqidagi (Moida, 3) oyatni eslatdilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Avgust 2008, 07:03:11
Makkaning Arafot vodiysida "Moida" surasining 3-oyatidan

الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الإسْلامَ دِينًا

"œAlyavma akmaltu lakum diynakum va atmamtu alaykum ni’matiy va roziytu lakumul-islama diynan" jumlasi nozil bo‘lganda barcha sahobalar: "œDinimiz mukammal bo‘ldi",— deb xursandchilik qilishdi. Ammo Umar ibn Al-Xattob (r.a.): "Bu xabar xursandchilikka emas, musibatga, ya’ni, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning vafotlariga ishora", — deb yig‘ladilar. Haqiqatan ham ushbu voqeadan so‘ng Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bor-yo‘g‘i 81 kun yashadilar. Yuqorida zikr etilgan voqea-hodisalar sahobai kiromlarning Qur’on oyatlarini turlicha fikr qilganliklari va o‘z iqtidorlariga muvofiq tushunganliklarini bildiradi.

Demak, sahobai kiromlar Alloh Ta’olo nozil qilgan oyatlarni o‘zlaricha tushunganlar, tushunmagan joylarini boshqa ulug‘roq sahobalardan so‘rab bilganlar yoki o‘z ehtiyojlariga muvofiq tushuntirib berish uchun Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ga murojaat qilib turganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oyatlarning hikmatlarini, ulardan hosil bo‘ladigan mafhumlarni bayon qilib berganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Avgust 2008, 07:04:52
2 . Sahobalarning tafsir qilish usullari.

Islomning dastlabki asrida sahobalar Qur’onning tafsirida to‘rt usuldan foydalanganlar:

a) Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilish

Qur’on oyatlariga nazar tashlansa, ular orasida qisqa yoki uzun, mujmal yoki ochiq, mutlaq yoki muqayyad, umumiy yoki xususiy ma’noli oyatlar uchraydi. Bir xil mazmunli oyat bir joyda qisqagina kelsa, boshqa bir joyda kengroq, bir joyda mujmal ma’noli kelsa, boshqa bir joyda mufassal keladi.

Masalan: Odam va Iblis qissasi, Muso (a.s.) va Fir’avn qissasi haqidagi oyatlar shular jumlasidandir. Shuning uchun Qur’on tafsiriga kirishmoqchi bo‘lgan kishi avval hamma oyatlarni ko‘rib chiqib, bir xil mazmunli oyatlarni jamlab, birini ikkinchisiga taqqoslaydi va shu yo‘l bilan oyat mazmunining yaqqol ochilishiga olib keladi. Bu usulni Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilish deyiladi. Tafsirning bu usuli bir necha ko‘rinishda bo‘ladi:
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Avgust 2008, 07:24:31
1. Ma’nosi mujmal oyatning ma’nosi ravshan oyat bilan sharhlanadi. Qur’oni Karimda bunday oyatlar juda ko‘p. Masalan: "G’ofir" surasining 28-oyati:

وَإِنْ يَكُ صَادِقًا يُصِبْكُمْ بَعْضُ الَّذِي يَعِدُكُمْ

"Ammo agar u rostgo‘y bo‘lsa (u holda) sizlarga u(kofirlar uchun) va’da qilayotgan (azoblardan) ayrimlari yetib qoladiku!" (G’ofir, 28) — dan chiqqan mujmal ma’no xuddi shu suraning 77-oyati (Keyingi oyatlarning tarjimasi A.Mansurniki)

فَإِمَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ الَّذِي نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِلَيْنَا يُرْجَعُونَ

"Endi agar Biz sizga o‘sha (kofirlar)ga va’da qilayotganimiz (azob)dan ayrimlarini ko‘rsatsak( ya’ni siz hayotlik paytingizda ularni ayrim azob-uqubatlarga duchor qilsak, ko‘rarsiz yoki sizni(ularga azob tushirishimizdan ilgari) vafot topdirsak, u holda ham yolg‘iz O’zimizga qaytarilurlar" — dan chiqqan oshkor ma’no bilan tafsir qilinadi va ravshanlashadi. (G’ofir, 77)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Avgust 2008, 07:29:45
"Baqara" surasining 37-oyati

فَتَلَقَّى آدَمُ مِنْ رَبِّهِ كَلِمَاتٍ فَتَابَ عَلَيْهِ

"Keyin, Odam Parvardigor tarafidan bir necha so‘zlar qabul qilib olganidan so‘ng Alloh uning tavbasini qabul qildi" dan chiqqan mujmallikni (qanday so‘zlar qabul qilganini) "œA’rof" surasining 23-oyati

قَالا رَبَّنَا ظَلَمْنَا أَنْفُسَنَا وَإِنْ لَمْ تَغْفِرْ لَنَا وَتَرْحَمْنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ

"Ular: "Parvardigoro, bizlar o‘z jonimizga jabrzulm qildik. Agar bizlarni mag‘firat va rahm qilmasang, shubhasiz, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lib qolurmiz, dedilar"— tafsir qilib beradi va Odam Allohdan qabul qilib olgan kalimalar istig‘for duosi ekanligi ma’lum bo‘ladi.

"An’om" surasining 103-oyati

لا تُدْرِكُهُ الأبْصَارُ وَهُوَ يُدْرِكُ الأبْصَارَ

"Ko‘zlar unga(Allohga) yeta olmaydi"ning ma’nosini "Qiyomat" surasining 23-

إِلَى رَبِّهَا نَاظِرَةٌ

"U kunda (mo‘minlarning) yuzlari yashnab, Parvardigorlariga boqib turguvchidir" — oyati karimasi tafsir qiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 25 Avgust 2008, 08:10:17
2. Mutlaq ma’noli oyatni muqayyad oyat bilan, umumiy ma’noli oyatni xususiy ma’noli oyat bilan tafsir qilinadi. Masalan: "Moida" surasining 6-oyatida, tahorat olish haqida shunday deyilgan:

فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ

"Yuzlaringizni  va qo‘llaringizni tirsak bilan qo‘shib yuvinglar".

Shu oyatning davomida tayammum to‘g‘risida esa shunday deyilgan:

فَامْسَحُوا بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ

"Yuzlaringizni va qo‘llaringizni (pokiza tuproq bilan) mash qilinglar".

Ushbu mash oyatida "tirsak bilan" degan qayd yo‘qligi uchun oyatning ma’nosi mujmalga aylangan. Ammo tahorat bilan tayammumning hukmi bir xil bo‘lgani uchun, tahorat haqidagi muqayyad oyat tayammum haqidagi mujmal oyatning ma’nosini tafsir qiladi.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 26 Avgust 2008, 06:08:01
"Baqara" surasining 254-oyatida Qiyomatdagi tang ahvol hamma uchun umumiy ma’noda tasvirlangan:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَنْفِقُوا مِمَّا رَزَقْنَاكُمْ مِنْ قَبْلِ أَنْ يَأْتِيَ يَوْمٌ لا بَيْعٌ فِيهِ وَلا خُلَّةٌ وَلا شَفَاعَةٌ

"Ey mo‘minlar, na oldi-sotdi, na oshna-og‘aynichilik, na oqlov(shafoat) bo‘lmaydigan kun kelishidan ilgari sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq-ehson qilinglar".

Alloh Ta’olo mazkur oyati karimani "Zuxruf" surasining 67-oyati bilan sharhlab, xossatan bir-birlariga do‘st bo‘lgan muttaqiylarning do‘stligi Qiyomatda ham foyda berishini aytadi:

الأخِلاءُ يَوْمَئِذٍ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ إِلا الْمُتَّقِينَ

"U Kunda do‘stlar bir-birlariga dushmandir. Magar (Alloh yo‘lida do‘stlashgan) taqvodor zotlargina (mangu do‘stlardir)".

"An-najm" surasidagi 26-oyat bilan sharhlab esa Alloh  Ta’olo tomonidan izn berilgan kishilargina shafoat qilishlari, shafoat qilingan aybdorlarning oqlanishlari mumkin ekanligi aytiladi:

وَكَمْ مِنْ مَلَكٍ فِي السَّمَاوَاتِ لا تُغْنِي شَفَاعَتُهُمْ شَيْئًا إِلا مِنْ بَعْدِ أَنْ يَأْذَنَ اللَّهُ لِمَنْ يَشَاءُ وَيَرْضَى

"Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar bo‘lib, o‘shalarning shafo’atlari ham biror foyda bermas. Magar Alloh O’zi xohlagan va rozi bo‘lgan kishilar uchun (shafoatga) izn berganidan keyingina (u shafoatning foydasi tegadi)".

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 26 Avgust 2008, 06:09:35
3. Zohiriy ko‘rinishda bir-biriga zid ma’noli bo‘lib ko‘ringan oyatlarning o‘rtasini jam qilinsa, ular biri ikkinchisini tafsir qiladi va to‘ldiradi. Masalan: Odamning yaratilishi haqidagi oyatlarning birida Odam tuproqdan, yana birida loydan, yana boshqasida sopoldan, nihoyat chinnidan yaratilgani aytiladi. Oyatlarning ma’nosini jamlansa, ular bir-birini tafsir qilib, Odamga ruh ato qilinguncha o‘tgan bosqichli davrlar aytilgani ravshan bo‘ladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 26 Avgust 2008, 06:13:36
4. Ikki xil qiroatni bir-biriga solishtirib tafsir qilinadi. Bunda qiroatlarning lafzi boshqa, ammo ma’nosi bir xil bo‘lishi mumkin. Masalan: "Al-Isro" surasining 93- oyatini Ibn Mas’ud:

أَوْ يَكُونَ لَكَ بَيْتٌ مِنْ ذَهَبٍ

deb qiroat qilganlar. Boshqa mashhur qiroatlarda esa:

أَوْ يَكُونَ لَكَ بَيْتٌ مِنْ زُخْرُفٍ

deb o‘qilgan. Ammo ikki oyatdagi "zahab" va "zuxruf" so‘zlari bir ma’noda, ya’ni "oltin" dir. Yoki lafzi ham ma’nosi ham boshqa-boshqa bo‘lishi mumkin. Masalan, "Jum’a" surasining 9-oyatini mashhur qiroatda:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا نُودِيَ لِلصَّلاةِ مِنْ يَوْمِ الْجُمُعَةِ فَاسْعَوْا إِلَى ذِكْرِ اللَّهِ وَذَرُوا الْبَيْعَ ذَلِكُمْ خَيْرٌ لَكُمْ إِنْ كُنْتُمْ تَعْلَمُونَ

"Ey mo‘minlar, agar Jum’a kuni namozga azon aytilsa, Allohning zikriga (jum’a nomoziga) shoshilinglar", — deb o‘qilgan. Ikkinchi bir qiroatda "fas’av" ning o‘rniga "famzu" (kelinglar)lafzi o‘qilgan. Demak, ikki xitobning lafzi ham, ma’nosi ham boshqa-boshqa bo‘lib, ikkinchisi avvalgisini tafsir qilib beradi. Demak, namozga shoshilib emas, osoyishta yurib kelish kerak.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 26 Avgust 2008, 06:26:41
b) Qur’onni  hadis bilan tafsir qilish.

Sahobai kiromlar Qur’oni Karimni tafsir qilishda biror muammoga duch kelsalar, darhol Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ga murojaat qilar edilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oyatlarning maxfiy, nozik joylarini tushuntirib berardilar. Chunki u Zotning asosiy vazifalari shu edi. Alloh Ta’olo oyati karimasida shunday degan:

وَأَنْزَلْنَا إِلَيْكَ الذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ

"Sizga odamlarga nozil qilgan narsalarni( ya’ni, shariat ahkomlarini) bayon qilib berishingiz uchun va shoyad tafakkur qilsalar, deb bu eslatmani — Qur’onni nozil qildik". (Nahl, 44)

Shuningdek, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning o‘zlari ham:

"Ogoh bo‘linglarki, Men Qur’onni berildim va yana uning mislicha (ilm) berildim. Qorni to‘q odam o‘z so‘risida suyanib yotganicha: "Qur’onni mahkam ushlasangiz bo‘ldi (unda hamma narsa bor), Qur’onda topilgan halolni halol denglar, Qur’onda topilgan haromni harom denglar", — deya oladimi?" — deb halol-harom masalalarida, ularni sharhlashda Qur’onning o‘zi kifoya qilmasligini tushuntirdilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 26 Avgust 2008, 06:39:28
Hadis kitoblarining hammasida ham Qur’on oyatlarining tafsiri uchun alohida bob ajratilgan. Unda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan ko‘plab oyatlarga sharhlar, izohlar berganlari naql qilingan. Masalan:

Adiy ibn Habbon rivoyat qiladi: "Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: "Albatta, "Al-mag‘zubi alayhim"dan murod yahudiylardir  va "Azzolliyn"dan murod nasroniylardir".( Ahmad va At-Termiziy rivoyati.)

Ibn Mas’ud (r.a.) rivoyat qiladi: "Rasululloh (s.a.v.): "As-solatul-vusto asr namozidir" — dedilar. (At-Termiziy va Ibn Habbon sahihida) 

Ibn Mas’ud (r.a.) rivoyat qiladi: "Qur’oni Karimning ushbu

"Bir Zotlarki Allohga imon keltirsalar va imonlariga zulmni aralashtirmasalar" oyati nozil bo‘lganda musulmonlarga qattiq tuyuldi. Ular Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga: "Ey Allohning rasuli, qaysi birimiz nafsimizga zulm qilmaymiz?" — dedilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Bu oyatning mazmuni sizlar o‘ylagancha emas. Allohning solih bandasi (Hazrat Luqmon): "Albatta Allohga shirk keltirish ulug‘ zulmdir", — deganini eshitmaganmisizlar? Bu yerdagi zulmdan murod ham shirqdir", — deb javob berdilar".( Buxoriy, Muslim, Ahmad.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 26 Avgust 2008, 06:48:59
Uqba ibn Omir (r.a.) aytadi: "Men eshitdimki, bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) minbarda

وَأَعِدُّوا لَهُمْ مَا اسْتَطَعْتُمْ مِنْ قُوَّةٍ

"œEy mo‘minlar, ular uchun imkoningiz boricha kuch jamlab qo‘yinglar"( Anfol, 60) degan oyatni o‘qib: "Bilinglarki, albatta  bu kuch — o‘q-yoydir", — dedilar". (Muslim)

Anas ibn Molik (r.a.) aytadi: "Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar:"Robbim menga ato qilgan Kavsar jannatdagi bir daryodir". (Muslim, Ahmad)

Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan oyatlarning tafsirini bayon qilib bergan sahih hadislar juda ko‘p rivoyat qilingan. Farz namozlarining besh vaqt ekanligi, rakatlarining soni, o‘qilish holatlari, zakotning miqdori, navlari va uni ado etish vaqti, hajning manosiklari, ramazonda saharlik va iftorlik vaqtlari, zinokorlarga beriladigan jazo usuli, merosxo‘rlarga vasiyat qilish qoidasi va boshqa ko‘pgina Islom ahkomlari Qur’onda ijmoliy keltirilgan bo‘lib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ularni muborak hadislari bilan tafsir qilib, ravshanlashtirib berganlar. Ammo Tafsir kitoblarining ba’zisida Payg‘ambarimiz (s.a.v)ga nisbat berilgan, aslida esa Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytmagan mavzu’ hadislar ham tafsir sifatida qo‘shilib ketgan. Masalan, Anas ibn Molik(r.a.) rivoyat qildi, deyilgan hadisda shunday ma’no bor: "Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan

ning ma’nosi so‘raldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Qintorning miqdori ming o‘qiyah", — dedilar".

Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadisda esa: "Rasululloh (s.a.v.): "Qintorning miqdori o‘n ikki ming o‘qiyah", — dedilar".

Mazkur ikki hadisning birinchisi mavzu’ (yolg‘on) dir. Chunki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan miqdor bayonida bunchalik katta xato sodir etilishi mumkin emas. Ikkinchi, Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadis boshqa hadislar bilan tasdiqlangan. Demak, mavzu’ hadisni paydo qiluvchilar ishonchli bo‘lsin uchun Anas ibn Molik (r.a.)ning nomidan foydalanishgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 26 Avgust 2008, 07:41:10
v) Qur’onni ijtihod bilan tafsir qilish.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan keyingi davrda sahobai kiromlar agar biror oyatning tafsirini Qur’onning o‘zidan topmasalar, Payg‘ambardan so‘rab bilishga ham imkoniyat topmagan bo‘lsalar, o‘z ra’ylari va ijtihodlari bilan tafsir qilar edilar. Bu ishni ular besh narsaga  ishongan holda amalga oshirar edilar:

1)  Lug‘at ilmini va asrorlarini yaxshi bilishlariga;

2)  Arablarning urf-odatlarini yaxshi bilishlariga;

3) Arabistonda yashovchi yahudiylar va nasroniylarning  ahvolini yaxshi bilishlariga;           

4)  Oyatlarning nozil bo‘lish sabablarini yaxshi bilishlariga;

5)  O’zlaridagi fahm-farosatning o‘tkirligiga.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 26 Avgust 2008, 07:43:03
 Lug‘at sirlarini yaxshi bilishlik Qur’on lafzlaridan Allohning murodini idrok etish va yaxshiroq fahmlashga yordam beradi.

Arablarning urf-odatlarini yaxshi bilish urf-odatga aloqador oyatlarni tushunishga yordam beradi. Masalan:

إِنَّمَا النَّسِيءُ زِيَادَةٌ فِي الْكُفْرِ

 "œIbodatlarning vaqtini va tartibini o‘zgartirish kufrda haddan oshishdir" (Tavba, 37) yoki

وَلَيْسَ الْبِرُّ بِأَنْ تَأْتُوا الْبُيُوتَ مِنْ ظُهُورِهَا

"œUylaringizga uning tomidan oshib tushishingizda hech bir yaxshilik yo‘q" (Baqara, 189) — degan oyatlarning ma’nosini faqat arab urf-odatini yaxshi bilgan va "ibodatlarning vaqtini kim o‘zgartirgan edi, nima uchun uyning eshigidan emas, tomidan oshib tushar edilar", buning sababini yaxshi bilgan odamgina, bu oyatlarning ma’nosini tafsir qila olishi mumkin.

Qur’on nozil bo‘lgan vaqtdagi yahudiylarning va nasroniylarning ahvolini, oyatlarning nozil bo‘lish sabablarini yaxshi bilish ham oyatlarning ma’nolarini chuqur idrok etishga yordam beradi.

Ammo insonning o‘ziga berilgan fahm-farosat, muhofazat va chuqur idrok etish qobiliyati Alloh Ta’olo tomonidan unga berilgan ulug‘ ne’mat va fazilatdir. Sahobai kiromlar orasida Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning duolari barakotidan ana shunday ulug‘ fazilat sohibi bo‘lgan edi. Ibn Abbosning haqiga Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Yo Alloh, Ibn Abbosni din ilmida faqih qilgin, unga Qur’on ma’nosini bildirgin",— deb duo qilgan edilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 26 Avgust 2008, 07:44:28
g) Tafsirda "ahli kitoblar"dan foydalanish.

Ma’lumki, Qur’oni Karim ba’zi masalalarda, xususan, payg‘ambarlar qissalarida yoki o‘tmish qavmlar haqidagi xabarlarda Tavrot bilan, Iso (a.s.) ning tug‘ilishlari va payg‘ambarlik mo‘‘jizalari to‘g‘risida Injil bilan hamohangdir. Lekin Qur’onda shariat ahkomlarining ba’zi masalalari, hatto payg‘ambarlar qissalarining hammasi ham mufassal bayon qilinmagan. Inson doimo eshitgan, o‘qigan yoki ko‘rgan narsalarini mukammalroq tushunishni xoxdaydi. Shuning uchun sahobai kiromlar qissalarni mukammalroq bo‘lishini ko‘zlagan holda, Islomni qabul qilgan Abdulloh ibn Salom, Ka’bul-axbor va boshqa yahudiy hamda nasroniy olimlariga murojaat qilib, ularning xabarlaridan foydalanganlar. Lekin, tafsirda ahli kitoblardan foydalanish avvalgi uch usuldagidek ahamiyatli va keng miqyosdagi usul bo‘lgan emas. Chunki, ahli kitoblar Tavrot va Injilni buzib, ba’zi ahkomlarni aslidan o‘zgartirib yuborganlar. Shuning uchun aqida masalasida muvofaqat qiladigan, Qur’oni Karim oyatlariga zid kelmaydigan ma’lumotlardan tafsirda foydalanganlar. Agar Islom aqidasiga mos kelmasa yoki oyatning ma’nosiga xilof bo‘lsa, ularning ma’lumotlari tasdiq etilmagan. Uchinchi holat ham borki, ahli kitoblarning ma’lumotini rost deyishga ham, yolg‘on deyishga ham asos yo‘q, bunday holatda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning: "Ahli kitoblarni tasdiq ham etmanglar, yolg‘onchi ham demanglar. Ularga: "Biz Allohga va bizga nozil qilingan muqaddas kitobga imon keltirganmiz", — deb aytinglar", — degan muborak so‘zlariga amal qilib, ularning ma’lumotlarini mo‘hmal qoldirganlar, yolg‘on ham, rost ham demaganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 26 Avgust 2008, 07:45:25
Tayanch iboralar: Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilish, Qur’onni hadis bilan tafsir qilish, Qur’onni ijtihod bilan tafsir qilish, Tafsirda ahli kitoblardan foydalanish, johiliyat davri, mufassal va mukammal tushunganlar, U Zotga Qur’onni yodlatish va ma’nolarini tushuntirish kafolatini Alloh Ta’olo o‘z zimmasiga olgan, g‘arib kalimalar, mutashobih oyatlar, "va fakihatan va abban", "taxavvufning ma’nosi tanaqqus (ayblash)", "Fatiris-samavati", "Qur’on tarjimoni", qisqa yoki uzun, mujmal yoki ochiq, mutlaq yoki muqayyad, umumiy yoki xususiy ma’noli oyatlar, Odam va Iblis qissasi, Muso(a.s) va Fir’avn qissasi, "fas’av"ning o‘rniga "famzu", "Qintorning miqdori ming o‘qiyah", Lug‘at ilmini va asrorlarini yaxshi bilishlari, Arablarning urf-odatlarini yaxshi bilishlari, Arabistonda yashovchi yahudiylar va nasroniylarning ahvolini yaxshi bilishlari, Oyatlarning nozil bo‘lish sabablarini yaxshi bilishlari, O’zlaridagi fahm-farosatning o‘tkirligi, "œBu yerdagi zulmdan murod ham shirkdir", "Bilinglarki, albatta bu kuch — o‘q-yoydir", "Rabbim menga ato qilgan Kavsar jannatdagi bir daryodir", "Ibodatlarning vaqtini va tartibini o‘zgartirish kufrda haddan oshishdir", "Uylaringizga uning tomidan oshib tushishingizda hech bir yaxshilik yo‘q", "Ahli kitoblarni tasdiq ham etmanglar, yolg‘onchi ham demanglar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 26 Avgust 2008, 07:48:06
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Payg‘ambar zamonlarida Qur’on oyatlarining ma’nolarini sahobalar qanday tushunganlar?
2. Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilishning qanday usullari bor?
3. Qur’onni hadis bilan tafsir qilish mumkinmi?
4. Sahobalar Qur’onni ijtihod bilan tafsir qilishda nimalarga e’tibor berganlar?
5. Tafsirda ahli kitoblardan foydalanish masalasiga Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning munosabatlari qanday?

Tavsiya etilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. At-Termiziy. Sunani Termiziy. 1-j. Toshkent. Adolat. 1999. 688 bet.
3. Muhammad Tohir Ibn Ashur. At-tahrir vat-tanvir. Tunis. 1-j..
4. Abdulvahhob Xallof. Usulul fiqh (Arabchadan S.Muhiddin tarjimasi). Toshkent. Adolat, 1997. 218 bet.
5. Karomatov H. O’zbek adabiyotida Qur’on mavzulari (doktorlik dissertadiyasi). Toshkent. 1993. 281 bet.
6. Usmon Keski o‘g‘li. Siyari Nabiy. Turkchadan Ibrohim Yo‘ldosh Jo‘raboy o‘g‘li tarjimasi. Anqara. Bars. 1997.128 b.
7. Obidov R.Q. Ilohiy kitoblar. TDShI. 2000.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 26 Avgust 2008, 08:30:51
Kitobning uchdan bir qismi yakunlandi. Foydalanuvchilarga qulay bo'lishi uchun shu joygacha bo'lgan mavzularning mundarijasini keltirib o'taman:

MUNDARIJA
QUR’ON VA TAFSIR ILMLARI (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137303#msg137303)

1-Mavzu. Payg‘ambarlar va Ilohiy din haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137306#msg137306)
1. Insoniyat Allohning buyuk mo‘‘jizasi va uning Yerdagi xalifasidir  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137308#msg137308)
2. Payg‘ambarlar yuborilishining ilohiy hikmati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137312#msg137312)
3. Hamma payg‘ambarlar keltirgan din Islomdir  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137958#msg137958)
4. Islomdan boshqa dinlar haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137961#msg137961)
a) Islomiylikdan chiqarilgan dinlar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137961#msg137961)
b) Insoniy (bashariy) dinlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137962#msg137962)
Ashobur ruhoniyya  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137962#msg137962)
Sobiiylar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137963#msg137963)
Oyga sig‘inuvchilar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137964#msg137964)
Zuhalparastlar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137971#msg137971)
Zuhraparastlar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137972#msg137972)
Sha’roparastlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137973#msg137973)
Suvparastlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137974#msg137974)
Olovparastlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137975#msg137975)
Butparastlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137978#msg137978)
Insonparastlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg138012#msg138012)

2-Mavzu. Ilohiy kitoblar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg139054#msg139054)     
1. Ilohiy kitobning xususiyatlari   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg139058#msg139058)   
2. Tavrot haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg139067#msg139067)           
3. Zabur haqida   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg139888#msg139888)           
4. Injil haqida   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg139897#msg139897)     

3-Mavzu. Qur’oni Karim - Allohning muqaddas kalomi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg140128#msg140128)     
1. Qur’oni Karimning nozil bo‘lishi   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg140464#msg140464)       
2. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vahiy yozuvchi kotiblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg140801#msg140801)       
3. Abu Bakr Siddiq davrlarida Qur’oni Karimning sahifalarga jamlanishi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg141436#msg141436)

4-Mavzu. Qur’oni Karimning yetti harfda nozil qilinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg141985#msg141985)             
1. «Yetti harf» va uning ulamolar tomonidan qilingan ta’villari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg141986#msg141986)     
2. Hazrat Usmonning bu borada qilgan jur’atlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142055#msg142055)         
3. Qur’oni Karimning qadimiy yozuvi va shu yozuvda nusxalarga ko‘paytirilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142072#msg142072)

5-Mavzu. Qur’oni Karimning tarkibiy tuzilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142292#msg142292)           
1. Qur’on suralari va oyatlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142294#msg142294)           
2. Qur’on kalimalari va harflarining soni haqidagi ixtilofning sabablari   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142306#msg142306)       
3. Qur’oni Karimning qismlarga ajratilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142308#msg142308)         
4. Qur’onda kelgan ajamiy so‘zlar haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142310#msg142310)

6-Mavzu. Qur’oni Karimning muborak nomlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142314#msg142314)           
1. Qur’oni Karimning turli nomlar bilan atalishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142315#msg142315)         
2. Imom As-Suyutiy Qur’on nomlari haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142317#msg142317)         
3. Qur’oni Karimning urfda mashhur bo‘lgan nomlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142958#msg142958)       

7-Mavzu. Qur’oni Karim nazmidagi o‘ziga xoslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143323#msg143323)         
1. Qur’oni Karim uslubi she’riyat qoidalariga xilofdir (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143324#msg143324)         
2. Qur’onda zarbulmasalga e’tibor berilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143326#msg143326)         
3. Qur’oni Karimda ifodaning o‘ziga xosligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143327#msg143327)

8-Mavzu. Qur’oni Karimda nosix va mansux oyatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143402#msg143402)           
1. Nasx so‘zining ma’nolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143403#msg143403)           
2. Nasxning turlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143407#msg143407)           
3. Qur’on hukmlarini hadis bilan nasx qilinishi borasida ulamolarning fikrlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143412#msg143412)

9-Mavzu. Qur’oni Karimning tarjimasi, tafsiri va ta’vili  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143419#msg143419)           
1. Qur’onning tarjimasi. So‘zma-so‘z tarjima, uning usullari. "œBilmisl" tarjima. "œBig‘ayril misl" tarjima. Qur’onning ma’naviy tarjimasi. Ma’naviy tarjima shartlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143420#msg143420)         
2. Qur’on oyatlarini tafsir qilish. Tafsir so‘zining ma’nosi, lug‘aviy izohi va ta’rifi. Tafsir ta’riflarining ko‘pligi, mazmunan o‘xshashligi va bir xilligi    (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143974#msg143974)     
3. Ta’vil, uning lug‘aviy izohi va ta’riflari. Tafsir va ta’vilning farqlari. Ta’vilda isbot va dalillar. Ta’vil qiluvchilarga qo‘yiladigan talablar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143977#msg143977)

10-Mavzu. Payg‘ambar zamonida Qur’oni Karim tafsiri  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144016#msg144016)           
1. Payg‘ambarimizning sahobalarga ba’zi oyatlar tafsirini aytib berishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144017#msg144017)         
2. Sahobalarning Qur’oni Karimni tafsir qilishdagi usullari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144023#msg144023)         
a) Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144023#msg144023)           
b) Qur’onni hadis bilan tafsir qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144147#msg144147)             
v) Qur’onni ijtihod bilan tafsir qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144193#msg144193)         
g) Tafsirda ahli kitoblardan foydalanish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144208#msg144208)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 05:43:04
11-MAVZU. SAHOBALARDAN CHIQQAN MUFASSIRLAR

Dars rejasi:

1. Sahobalardan chiqqan mufassirlar.Ularning tafsirdagi xizmatlari.
2. Ba’zi mufassirlarning tarjimai hollari:
a) Abdulloh ibn Abbos (r.a.);
b) Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.);
v) Ali ibn Abi Tolib (r.a.);
g) Ubay ibn Ka’b (r.a.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 05:44:17
1.   Sahobalardan chiqqan mufassirlar.

Sahobalarning orasida Qur’onni tafsir qilish bilan shuhrat topganlar ozchilikni tashkil qiladi. Imom As-Suyutiy "Al-Itqon" nomli kitobida mufassir sahobalarning nomlarini sanab o‘tgan. Avvalgi o‘ntalikka to‘rt xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali), Ibn Mas’ud, Ibn Abbos, Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn Sobit, Abu Muso AlAsh’ariy va Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) lar kiritilgan. Ulardan keyin Anas ibn Molik, Abu Hurayra, Abdulloh ibn Umar, Jobir ibn Abdulloh, Abdulloh ibn Amr ibn Os, Oisha (r.a.)lar qayd etilgan. Ammo "keyingilar"dan tafsir sohasida juda kam rivoyat bor. Ularning bu sohadagi shuhrati avvalgi o‘ntalikka barobar kelmaydi. Avvalgi o‘ntalikka kirgan sahobalarning ba’zilaridan ko‘proq, boshqalaridan ozroq tafsir naql qilingan bo‘lsada, ular xalq orasida Qur’onni yaxshi bilish va yaxshi tafsir qilishlari bilan shuhrat topganlar. Abu Bakr, Umar va Usmon(r.a.)lar xalifalik ishlari bilan ko‘proq band bo‘lganlari, vafotlari ham nisbatan tez bo‘lganligi, u davrda olim va mufassir sahobalar ko‘p bo‘lib, musulmonlarning ilmga bo‘lgan ehtiyoji ular bilan qondirib turilganligi sababidan, xalifalardan  juda kam tafsir  naql qilingan. Ammo Ali ibn Abu Tolibdan juda ko‘p tafsir naql qilingan. Buning sababi esa, U zotning xalifalik ishidan ko‘p vaqt forig‘ bo‘lganlari, boshqa xalifalardan umrlari uzoq bo‘lganligi, turli millat kishilari ham Islomni qabul qilgan bo‘lib, bu davrda Qur’on tafsiriga ehtiyoj katta bo‘lganligidadir. Shuningdek, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Mas’ud, Ubay ibn Ka’blardan ham juda ko‘p tafsir rivoyat qilingan. O’ntalikdan qolganlari (Zayd ibn Sobit, Abu Muso va Abdulloh ibn Zubayr) nint mohir mufassir ekanliklari musulmonlarga ma’lum bo‘lsada, ulardan ko‘p rivoyat qolmagan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 05:46:05
2. Tafsir sohasida barakali meros qoldirgan mufassir sahobalardan ba’zilarining tarjimai hollari bilan quyida tanishib chiqamiz:

a) Abdulloh ibn Abbos (r.a.)ning tarjimai holi.

Tafsir sohasida so‘zlari eng ko‘p naql qilingan, barakali mufassir Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dirlar. U kishining to‘la nomlari Abdulloh ibn Abbos ibn Abdulmuttolib ibn Hoshim ibn Abdi Manof Al-Qurashiy Al-Hoshimiy bo‘lib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga amakivachcha bo‘ladilar. Ibn Abbosning onalari Luboba Al-Kubro Horis ibn Huzn Al-Hiloliyning qizidir. Ibn Abbos tug‘ilgan vaqtlarida, chaqaloqni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ga olib kelishdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) chaqaloqning tanglayiga o‘zlarining muborak tupuklaridan surtib qo‘ydilar. Bu voqea hijratdan uch yil oldin bo‘lgan edi. Ibn Abbos juda yosh bo‘lishlariga qaramay, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga qarindoshliklari ham bo‘lgani uchun (Ibn Abbosning xolalari Maymuna Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning zavjalari edi), Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan ajralmas edilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) vafot etganlarida Ibn Abbos o‘n uch yoshda edilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan keyin sahobai kiromlarning ulug‘lari etagidan ushlab, ulardan tafsir va hadis ilmini chuqur o‘rgandilar. Ibn Abbos 68 hijriy yilda, 70 yoshlarida Toifda vafot etdilar va shu yerga dafn qilindilar.

Ibn Abbosning janozalari va dafnlarida ishtirok qilgan Muhammad ibn Hanafiyya: "Bugun bu ummatning donishmandi vafot etdi", — dedi. Ibn Abbos ilmda dengiz misol edilar. Allohning kalomini bilishda buyuk mujtahidlik maqomida edilar. Hazrati Umar (r.a.) Ibn Abbosning so‘zlariga yosh bo‘lishlariga qaramay e’timod qilardilar. U haqda: "Ibn Abbos Qur’oni Karimning qanday ajoyib tarjimoni!" — deb maqtov so‘zini aytgan edilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 05:49:54
Imom Al-Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Ibn Abbos (r.a.) shunday eslaydilar:

"Hazrat Umar (r.a.) meni yosh bo‘lishimga qaramay, Badr jangi ishtirokchilari bilan bo‘ladigan kengashga kiritdilar. Yoshi ulug‘lar taajjublanib:"O’g‘limiz, nabiramiz bilan teng bo‘lgan yosh bolani bizning oramizga kiritdi", —deb Umar (r.a.) dan ranjishdi. Shunda Umar (r.a.): "Bu bola yosh bo‘lsa ham barchangizdan olimroqdir", — dedilar. Bu gaplarini isbotlash uchun yana bir kuni hamma yoshi ulug‘larni jam qilib, meni ham taklif etdilar. Keyin
o‘tirganlardan:


إِذَا جَاءَ نَصْرُ اللَّهِ وَالْفَتْحُ

(Ey Muhammad), qachonki Allohning nusrati va g‘alabasi kelsa" ( Nasr, 1) degan oyati haqida qanday fikrdasizlar? — deb so‘radilar. O’tirganlarning ba’zilari: "Alloh Ta’olo bizga, agar g‘alaba va nusratga erishsak, unga hamd va sano aytishimizni buyuryapti", — dedilar. Ba’zilar esa sukut sakladilar. Shunda Hazrat Umar menga qarab: "Ey Ibn Abbos, sen qanday fikrdasan?" — deb savol qildilar. Men: "Alloh Ta’olo bu oyat bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ajallari yaqinlashgani xabarini bermoqda", — dedim. Hazrati Umar (r.a.) mening javobimni tasdiq qilib: "Men ham shunday deb o‘ylagan edim", — dedilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 05:54:11
Ibn Abbos o‘z tafsir va ta’villarida zarurat bo‘lganda ahli kitoblarning rivoyat va naqliyotlaridan foydalanardilar. Qur’on oyatlarida kelgan ba’zi g‘arib (kamyob) so‘zlarning ma’nosini ochishda johiliyat shoirlarining she’rlaridan ham juda ko‘p o‘rinda foydalanganlar. Chunki, she’r xalq shevasini, urf-odatini, so‘z qochiriqlarini o‘zida mujassam etgan ifoda usulidir. Qur’oni Karimni esa Alloh Ta’olo ana shu xalq tilida, ular oson tushunsinlar, deb nozil qildi. Qur’on oyatida:

إِنَّا أَنْزَلْنَاهُ قُرْآنًا عَرَبِيًّا لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ

"Biz Qur’onni arab tilida nozil qildik, shoyad uni tushunib, fikr qilsangizlar" (Yusuf, 2) — deyilgan. Shuning uchun Qur’on oyatlarining tafsirida Ibn Abbos she’rlarga ko‘p murojaat qilganliklari bejiz emas, qachon u kishidan biror oyatning tafsiri so‘ralsa, u kishi o‘sha ondayoq biror she’rni xonish qilar ekanlar. Ibn Abbosning tafsirni she’r yordamida bayon qilib berish hollari ikki yuz martadan ortiqroq rivoyat qilingan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 05:58:26
Ibn Al-Anboriy o‘zining "Al-vaqf val-ibtido" nomli kitobida, Tabaroniy "Al-mo‘‘jam al-kabir" kitobida, Imom Suyutiy "Al-Itqon" kitobida Ibn Abbosning Nofi’ ibn Al-Azraq bilan bo‘lgan ana shunday suhbatlarini batafsil keltirgan:

"Bir kuni Abdulloh ibn Abbos Ka’banint soyasida o‘tirib, odamlarning savollariga javob berayotgan edilar. Shu yerda aylanib yurgan Nofi’ ibn Al-Azraq sherigi Najda ibn Uvaymirga: "Ey Uvaymir, yur men bilan, o‘zini tafsirchi olim qilib ko‘rsatib maqtanayotgan Ibn Abbosning oldiga boramiz, uni savollar bilan sharmanda qilamiz", — dedi. Ikkovi Ibn Abbosning yonlariga kelishdi va: "Ey Ibn Abbos, biz senga Qur’ondan savol beramiz. Sen uni tafsir qilish bilan birga   she’rlardan misol keltirib, so‘zingni tasdiqlaysan", — deyishdi. Ibn Abbos xotirjam ohangda: "Nimani xohlasang shuni so‘ra!" — dedilar. Nofi’ dedi: "Allohning

عَنِ الْيَمِينِ وَعَنِ الشِّمَالِ عِزِينَ

Ular o‘ng va so‘ldan to‘dato‘da bo‘lib, siz tomonga chopurlar(Maorij, 37) degan oyatini tafsir qilib, unga muvofiq arab she’ridan ham keltir!", — dedi. Shu ondayoq Ibn Abbos (r.a.): "Ubayd ibn Al-Abrasning ushbu —

فَجَاؤُا يَهْرِعُونَ إِلَيْهِ حَتَّي يَكُونُوا حَوْلَ مِنْبَرِهِ عِزِينًا

 "Odamlar uning yoniga chopib keldilar va minbari atrofida to‘dalashdilar" — degan she’rini eshitmaganmisan? — dedilar. Nofi’ yana:

وَابْتَغُوا إِلَيْهِ الْوَسِيلَةَ

"Unga yaqin bo‘lish yo‘lini izlangiz"(Moida, 35) oyatining tafsirini ayt", — dedi. Ibn Abbos (r.a.): "Vasila ehtiyoj deganidir. Antaraning ushbu she’riga quloq sol:

إِنَّ الرِّجَالَ لَهُمْ إِلَيْكَ وَسِيلَةٌ    إِنْ يَأْخُذُوكَ تَكحَلي وَ تَخْضَبي

 "Odamlarning senga ehtiyoji bor, agar huzuringga borsalar munosib qarshila", — deb javob berdilar". (Al-Itqon, 1-j. 120-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 06:00:33
Yuqorida keltirilgan rivoyatlar Ibn Abbosning Qur’onni qancha bilsalar, xalq tilini, xalq merosini ham shuncha yaxshi bilganliklarini, nihoyatda zabardast mufassir olim ekanliklarini ko‘rsatadi.

Ibn Abbos (r.a.)dan tafsir to‘g‘risida juda katta meros qolgan. Bu meros Misrda "Tanvirul miqbos min tafsiri Ibn Abbos" nomi bilan bir necha bor nashr qilingan. Uni jamlab, nashrga tayyorlovchi "Qomus Al-Muhit"ning sohibi Abu Tohir Muhammad ibn Ya’qub Al-Feruzobodiy Ash-Shofi’iydir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 06:02:15
b)Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)ning tarjimai holi.

Ibn Mas’udning to‘liq nomlari Abdulloh ibn Mas’ud ibn G’ofil ibn Habib ibn Sammah bo‘lib, Abu Abdurrohman Al-Huzaliy kunyalaridir, nasablari Muzarga yetadi. Onalari Ummu Abd binti Abdul Huzayl qabilasidan bo‘lib, ba’zida Abdullohning nomlarini onalariga nisbatan Ibnu Ummi Abd ham deyiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) ozg‘in, bo‘ylari past, bug‘doy rangli edilar. Ancha avval Islomni qabul qilgan edilar. O’zlarining shohidlik berishlaricha, Yer yuzida hali hech kim musulmon bo‘lmaganda, yettinchi bo‘lib Islomni qabul qilganlar. Qur’oni Karimni Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan keyin Makkada birinchi bo‘lib oshkora tilovat qilganlar va shu sababdan ham Quraysh kofirlaridan ko‘p aziyatlar chekkanlar. Ibn Mas’ud Islomni qabul qilganlaridan keyin Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni o‘zlariga xizmatga oldilar. Ibn Mas’ud jonu-dil bilan xizmat qilib Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ga tahorat suvi tayyorlab berardilar, misvoklarini va kovushlarini avaylab saqlar edilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) agar o‘rinlaridan tursalar, kavushlarini kiydirib qo‘yardilar, agar o‘tirsalar kavushlarini yechib, qo‘ltiqlarida saqlar edilar, agar yursalar Ibn Mas’ud oldinda yurardilar, agar g‘usl qilsalar, Ibn Mas’ud parda bilan to‘sib turardilar. Agar uxlab qolsalar, uyg‘otar edilar. Ibn Mas’ud onalarimiz huzurlarida ham behijob yurardilar, hatto Abu Muso Al-Ash’ariy Ibn Mas’udni Payg‘ambar oila a’zolaridan biri, deb gumon qilgan edi.

Abu Muso Al-Ash’ariy aytadilar: "Men birodarim bilan Yamandan kelib, Payg‘ambar xonadonlarida biroz turganimda Ibn Mas’ud va onalarini Payg‘ambar huzurlariga ko‘p kirib-chiqqanligidan shu xonadon ahli bo‘lsa kerak, deb o‘yladim". (Buxoriy va Muslim)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 06:12:22
Ibn Mas’ud (r.a.) avval Habashistonga keyin Madinaga hijrat qildilar. Payg‘ambar bilan birga bir namozni (Asr namozini) ikki qiblaga qarab o‘qidilar. Badr, Uhud, Xandaq, Bay’atur-rizvon va boshqa g‘azotlarda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan birga bo‘ldilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafotlaridan so‘ng Yarmuk g‘azotida ham ishtirok etdilar. Badr jangida Abu Jahlni o‘ldirgan kishi ham Ibn Mas’ud (r.a.)edilar. Payg‘ambarimiz(s.a.v.) Ibn Mas’udga dunyoda fazl va yuksak hurmat egasi bo‘lish, oxiratda esa jannat egasi bo‘lish bashoratini bergan edilar.

Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar:

"Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: "Agar mo‘minlarning mashvaratisiz biror kishini amir qilmoqchi bo‘lsam, albatta Ibn Ummi Abd (Ibn Mas’ud)ni amir qilgan bo‘lardim". (Imom Ahmad)

Ibn Mas’ud (r.a.) Hazrat Umar va Hazrat Usmonning xalifalik davrlarida Kufada xazinabon bo‘ldilar. Umrlarining oxirida Madinaga qaytib keldilar va shu yerda o‘ttiz ikkinchi hijriy sanada oltmish yoshda vafot etdilar. U kishining jasadlari Baqi’ qabristoniga dafn etilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 06:15:22
Ibn Mas’ud (r.a.) sahobai kiromlar orasida hofizi Qur’onlarning eng ulug‘laridan biri edilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham Ibn Mas’ud qiroatlarini yaxshi ko‘rardilar. Ibn Mas’udning o‘zlari shohidlik berishlaricha, bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Ey Ibn Mas’ud, menga Niso surasini qiroat qilib ber", —dedilar. Men: "Ey Allohning rasuli, Qur’on sizga nozil bo‘lgan bo‘lsa, men qiroat qilib berayinmi?"—  dedim. Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Men Qur’onni o‘zimdan boshqa odamdan eshitishni sevaman",— dedilar. Men qiroat qilib:

فَكَيْفَ إِذَا جِئْنَا مِنْ كُلِّ أُمَّةٍ بِشَهِيدٍ وَجِئْنَا بِكَ عَلَى هَؤُلاءِ شَهِيدًا

"Ey Muhammad, biz har bir ummatdan guvoh keltirganimizda va Sizni ana ularga qarshi guvoh qilganimizda ularning holi ne kechur?"(Niso, 41) deyilgan oyatga kelganimda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ikki ko‘zlaridan yosh quyildi".

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytar edilarki: "Qur’oni Karim qanday nozil etilgan bo‘lsa, nami ketmagan holda o‘shanday ohang bilan o‘qishni kim yoqtirsa, Ibn Ummi Abd qiroati bilan o‘qisin".

Masruq ibn Al-Ajda’ Al-Hamadoniy (Ibn Mas’udning shogirdlari)(r.a.) aytadilar: "Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ashoblarining ilmi olti kishida to‘xtadi. Ular Hazrat Umar, Hazrat Ali, Abdulloh ibn Mas’ud, Ubay ibn Ka’b, Abud-Dardo va Zayd ibn Sobitdirlar. Bu olti kishining ilmi esa Ali bilan Abdulloh ibn Mas’udda qoldi".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 06:16:49
Ibn Mas’uddan rivoyat qilish yo‘llari bir nechta bo‘lib, ularning eng maqbullari to‘rttadir:

1. Al-A’mash Abuz-zuho  Masruq  Ibn Mas’ud.

2. Mujohid  Abu Muammar  Ibn Mas’ud.

3. Al-A’mash Abu Voil Ibn Mas’ud.

4. As-Sadiy Al-Kabir  Murra Al-Hamadoniy  Ibn Mas’ud.

Bu to‘rt yo‘lning avvalgi uchtasidan foydalanib, Imom Al-Buxoriy o‘z sahihida, to‘rtinchi yo‘l bilan esa Al-Hokim "Mustadrak" nomli kitobida Ibn Mas’uddan  rivoyatlar keltirgan.

Ali ibn Abu Tolib (r.a.) Kufaga kelganlarida bir necha kishi ziyoratga kelishdi. Ular Abdulloh ibn Mas’ud xulqlarining go‘zalligi, ta’limdagi muloyimliklari, jamoat bilan o‘tirishda suhbatlarining shirinligi    va qattiq taqvolari haqida juda yaxshi so‘zlarni aytishdi. Hazrat Ali ulardan: "Samimiy aytyapsizlarmi?" — deb so‘radilar. Ularning javoblaridan so‘ng: "Yo Alloh, guvoh bo‘lginki, Abdulloh haqida men ham shu gaplarni aytaman", — dedilar. Abdulloh ibn Mas’ud ana shunday fazl va ilm sohibi edilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 06:23:22
v) Ali   ibn Abu Tolib (r.a.)ning tarjimai holi.

Hazrat Alining to‘liq ismlari Abul Hasan Ali ibn Abu Tolib ibn Abdulmuttolib Al-Qurashiy Al-Hoshimiy bo‘lib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning amakivachchalari va kuyovlaridirlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning kenja qizlari Fotimaga uylanganlar, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning zurriyotlari Ali va Fotimadan tarqalgan. Alining onalari Fotima binti Asad ibn Hoshimdir. Hazrat Ali Hoshimiylardan tug‘ilgan birinchi o‘g‘ildirlar, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) vafotlaridan keyingi to‘rtinchi roshid xalifadirlar. Juda yosh bo‘lishlariga qaramay, Islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilganlar va Payg‘ambar risolatini tasdiq etganlar. Madinaga hijrat qilganlar. Qur’oni Karimning ushbu

وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَشْرِي نَفْسَهُ ابْتِغَاءَ مَرْضَاةِ اللَّهِ وَاللَّهُ رَءُوفٌ بِالْعِبَادِ

"Odamlar orasida Alloh rizoligi yo‘lida o‘z jonini beradigan zotlar ham bor",(Baqara, 207) degan oyati karimasi Hazrat Ali haqlarida nozil bo‘lgan.

Tabuk g‘azotidan boshqa hamma g‘azotlarda Payg‘ambarimiz(s.a.v.) bilan birga bo‘lganlar. Tabuk g‘azoti vaqtida esa Payg‘ambarning o‘zlari Hazrat Alini Madinaga xalifa qilib qoldirgan edilar. Hazrati Alining boshlaridan juda ko‘p sinovlar o‘tgan. Ko‘plab g‘azotlarda Payg‘ambarning o‘zlari Alining qo‘llariga bayroq tutqazganlar. Xaybar g‘azoti kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Men bugun bayroqni Alloh va Rasulini sevadigan va Alloh va Rasuli ham uni sevadigan kishiga beraman, Alloh uning qo‘li bilan Xaybar qo‘rg‘onini fath qiladi", — deb bashorat qildilar va bayroqni Hazrat Aliga tutqazdilar. Madinada muhojirlar bilan anrorlar o‘rtasini birodarlik bilan tutintirganlarida o‘zlari Hazrat Ali bilan birodar tutindilar va: "Siz mening dunyoda ham oxiratda ham birodarimsiz", — deb lutf qildilar. U Zot jannat bashorati berilgan o‘n kishining biri edilar. Hazrat Ali (r.a.) hijriy sananing qirqinchi yili Ramazon oyida oltmish uch yoshlarida xorijiylardan biri bo‘lgan Abdurrahmon ibn Muljim qo‘lida shahid bo‘ldilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 06:26:41
Hazrat Ali (r.a.) ilmda dengiz misol edilar. Chunki, yoshliqdan Payg‘ambarning qo‘llarida tarbiya olgan, har bir vahiy, har bir hadisga guvoh bo‘lgan, buning ustiga Payg‘ambar (s.a.v.) Yamanga yuborayotgan vaqtlarida Uning haqiga:
"Yo Alloh, Alining tilini burro, qalbini hidoyatga burgin!" — degan duolariga musharraf bo‘lgan edilar. Alining zehn-farosatlari, qoziliqdagi sezgirliklari arablar o‘rtasida, hatto "Bu hukmni yechadigan Ali qaerda?" — degan zarbul masalga aylangan edi. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Bizga Ali yechgan biror masala tushib qolsa, unga hech qachon boshqasini teng qilmas edik".

Ibn Abbos (r.a.) yana bir so‘zlarida: "Men Qur’on tafsirida boshqa odamdan biror narsa olgan bo‘lsam, faqat Alidan olganman", — deb e’tirof qilganlar.

Hazrat Ali (r.a.) Qur’oni Karimning tafsirini bilishda ham benazir edilar. Har bir oyatning qaerda, qachon va nima uchun tushganini boshqalardan yaxshiroq bilardilar. Abu Na’im rivoyat qilgan hadisda Hazrat Ali shunday dedilar: "Allohga qasamki, qaysi oyat bo‘lmasin, nima haqda, qaerda nozil bo‘lganini men bilaman. Rabbim menga fikrlovchi qalbni va ko‘p so‘rovchi tilni berib qo‘ygan".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 06:27:42
Abut Tufayl aytadi: "Men Hazrat Alining xutbalarini eshitdim. U Zot odamlarga shunday deb murojaat qildilar:

"Mendan so‘ranglar, Allohga qasamki, nima haqda so‘rasanglar, men hammasiga javob beraman. Mendan Allohning kalomi haqida so‘ranglar. Allohga qasamki, men har bir oyatning kechasi nozil bo‘lganmi, kunduzimi, yerda nozil bo‘lganmi, tog‘dami, yaxshiroq bilaman".

Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Qur’oni Karim yetti harfda(etti ma’noda) nozil bo‘lgan. Har bir harfning botin(ichki) va zohir (tashqi) ma’nolari bor. Ali ibn Abu Tolib zohirni ham, botinni ham yaxshi biladi".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 06:28:59
Afsuski, hazrati Ali (r.a.)ning tafsir va hadis sohasidagi ilmlari juda yuksak, benazir va juda mo‘l-ko‘l bo‘lishiga qaramay, u zotning madhlarini haddan oshirish maqsadida shia mazhabidagi olimlar tomonidan yolg‘on gaplar, ayniqsa, tafsir bobida ham Ali aytmagan gaplarni aytdi deb to‘qilgan mavzu’otlar shunday ko‘payib ketganki, rost bilan yolg‘onni taqqoslab ko‘rilsa, yolg‘on ko‘plik va kuchlilik qiladi. Buning natijasida mufassir olimlar huzurida Ali (r.a.)dan rivoyat qilingan tafsirlarga e’timod susaygan. Faqat "Ahli bayt" orqali yoki Abdulloh ibn Mas’udning shogirdlari — Ubayda As-Salmoniy va Shurayh orqali qilingan rivoyatlargina Alining tafsiri sifatida qabul qilinadi. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) dan uch yo‘l bilan rivoyat kelgan:

1. Hishom — Muhammad ibn Sirin — Ubayda As-Salmoniy — Ali (r.a.).

2  Ibn Abul Husayn — Abut Tufayl — Ali (r.a.).

3  Az-Zuhriy — Zaynul-obidin — Al-Husayn — Ali (r.a.).

Bu uch yo‘ldan avvalgi ikkitasi olimlar tan olgan mashhur sahih rivoyat yo‘lidir. Uchinchisi ham benihoya sahih yo‘l, ammo mashhur emas. Chunki, ko‘plab kazzob rivoyatchilar Zaynul-obidin nomlariga nisbat berib, mavzu’ rivoyatlarni ko‘paytirganlar, natijada u Zotning nomlari aralashgan rivoyatlar ham e’tibordan qolgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 06:31:27
g) Ubay ibn Ka’b (r.a.)ning tarjimai hollari.

Ubay ibn Ka’bning to‘liq ismlari Abul Munzir yoki Abut Tufayl Ubay ibn Ka’b ibn Qays ibn Ubayd ibn Zayd ibn Muoviya ibn Amr ibn Molik ibn Najjor Al-Ansoriy Al-Xazrajiydir. Ubay ibn Ka’b Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlarida vahiy yozuvchi kotiblardan biri bo‘lganlari uchun, Allohning kalomini eng yaxshi biluvchilardan sanaladilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v) ga birinchi bo‘lib maktub yozib, unda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni Madinaga taklif etganlar. Hazrat Umar(r.a.) Ubay ibn Ka’b haqlarida: "Ubay musulmonlarning sayyididir", — degan maqtov so‘zni aytganlar. Ubay ibn Ka’bning vafotlari haqida ulamolar turli fikr bildirganlar. Eng to‘g‘rirog‘i, u kishi Hazrat Umar(r.a.)ning xalifalik davrlarida vafot etganlar.

Ubay ibn Ka’b (r.a.) qorilarning sayyidi edilar. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Ubay ibn Ka’b qorilarning eng zo‘ridir", — deganlar.

Ubay ibn Ka’b (r.a.) qiroatlarining go‘zalligi va bexatoligi shundan ham ma’lumki, Payg‘ambar (s.a.v.) ham u kishidan qiroat o‘tkazganlar. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Ubay ibn Ka’bga dedilar: "Alloh Ta’olo senga "Lam Yakun" surasini o‘qib berishimni menga buyurdi". Ubay taajjublanib: "Alloh sizga mening nomimni aytdimi?" — deb so‘radilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) — Ha! — deganlarida, Ubay yig‘ladi". (Imom At-Termiziy rivoyati)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 06:33:18
Ubay ibn Ka’b Qur’oni Karimni eng yaxshi biluvchi sahobalardan edilar. O’zlari yahudiylarning olimlaridan biri edilar. Qadimiy kitoblar axborlarini yaxshi bilar edilar. Buning ustiga vahiy yozuvchi kotib bo‘lganlari sababli, sura va oyatlarning sababi nuzullari, muqaddam va muaxxarligi, nosix va mansuxligi, sura va oyatlarning joylashishi singari muhim ma’lumotlarni hech kim Ubay ibn Ka’bchalik bilishi mumkin emas edi. Shunga qaramay boshqa mufassir sahobalar singari Ubay ibn Ka’b nomlaridan ham buzg‘unchilar juda ko‘plab rivoyatlarni to‘qib, rosti bilan yolg‘onni aralashtirib yuborishgan. Olimlar Ubay ibn Ka’bdan rivoyat qilingan yo‘llarni tadqiq qilishib, u kishidan ikki yo‘lni to‘g‘ri deb topishgan:

1. Abu Ja’far Ar-Roziy — Ar-Rabi’ ibn Anas — Abul Oliyah — Ubay ibn Ka’b.

2. Vaki’ — Sufyon — Abdulloh ibn Muhammad ibn Uqayl — Tufayl ibn Ubay ibn Ka’b — Ubay ibn Ka’b.

Ushbu ikki yo‘l bilan Hokim "Mustadrak" kitobida, Imom Ahmad "Musnad"ida, Imom Termiziy "Sunan"ida Ubay ibn Ka’bdan tafsirlar rivoyat qilganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 06:34:31
Tayanch iboralar: Muhammad ibn Hanafiya: "Bugun bu ummatning donishmandi vafot etdi", — dedi, "Ibn Abbos Qur’oni Karimning qanday ajoyib tarjimoni!", Badr jangi, Umar(r.a.): "Bu bola yosh bo‘lsa ham barchangizdan olimroqdir", — dedilar, "Vasila — ehtiyoj degani", Ibn Abbosning Qur’onni qancha bilsalar, xalq tilini, xalq merosini ham shuncha yaxshi bilganliklari, "Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: "Agar mo‘minlarning mashvaratisiz biror kishini amir qilmoqchi bo‘lsam, albatta, Ibn Ummi Abd (Ibn Mas’ud)ni amir qilgan bo‘lardim", Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytar edilarki: "Qur’oni Karim qanday nozil etilgan bo‘lsa, nami ketmagan holda o‘shanday ohang bilan o‘qishni kim yoqtirsa, Ibn Ummi Abd qiroati bilan o‘qisin", Tabuk g‘azoti, "Men bugun bayroqni Alloh va Rasulini sevadigan va Alloh va Rasuli ham uni sevadigan kishiga beraman, Alloh uning qo‘li bilan Xaybar qo‘rg‘onini fath qiladi", muhojirlar bilan ansorlar, "Siz mening dunyoda ham, oxiratda ham birodarimsiz", "Bu hukmni yechadigan Ali qaerda?", "Rabbim menga fikrlovchi qalbni va ko‘p so‘rovchi tilni berib qo‘ygan", "Qur’oni Karim yetti harfda (etti ma’noda) nozil bo‘lgan, Har bir harfning botin (ichki) va zohir (tashqi) ma’nolari bor, Ali ibn Abu Tolib zohirni ham, botinni ham yaxshi biladi", "Ahli bayt", Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Ubay ibn Ka’b qorilarning eng zo‘ridir", — deganlar
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Sentyabr 2008, 06:35:56
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Sahobalardan chiqqan mufassirlardan kimlarni bilasiz?
2. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) haqlarida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qanday duo qilganlar?
3. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) "Ibn ummi Abd" deb nomlagan mufassir sahoba kim?
4. Nima sababdan din ilmida dengiz misol bo‘lgan Ali ibn Abu Tolib (r.a.) nomlaridan qilingan rivoyatlar e’tiborga olinmaydi?
5. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning huzurlarida Ubay ibn Ka’b (r.a.) qanday maqomga ega edilar?

Tavsiya etilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Zakoi Ko‘nrapa. Alvido, dunyo! Assalom, oxirat! Toshkent. 1996. 192 bet.
3. Zakoi Ko‘nrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara. Toshkent. 1995.
4. Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. T. "Movarounnahr". 1995.
5. Sog‘uniy Alixonto‘ra. Tarixi Muhammadiy. Toshkent. Movarounnahr. 1997. 640 bet.
6. Termiziy. Sunani Termiziy. 1-j. Toshkent. Adolat. 1999. 688 bet.
7. Muhammad  Tohir Ibn Ashur. At-tahrir vat-tanvir. Tunis. 1-j.
8. Imom As-Suyutiy. Al-Itqon fiy ulumil Qur’on.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Sentyabr 2008, 04:41:49
12—MAVZU. SAHOBALAR TAFSIRINING QIYMATI

Dars rejasi:

1. Sahobai kiromlarning tafsirlari haqida din ulamolarining fikrlari:
a) Musnad, sahih, mavquf, marfu’ hadislar. Imom As-Suyutiyning «At-Tadrib» kitobi. Marfu’ hukmining sahobiylar tafsiriga berilish qoidalari. Mavquf hukmining berilishi;
b) Tafsir va ijtihod. Payg‘ambardan naql qilinganida sanadning tekshirilishi. Sahobiydan naql qilinganida tafsirning tekshirilishi;
v)  Az-Zarkashiyning «Burhon» kitobi. Hofiz ibn Kasirning tafsirlari.
2. Sahobalar tafsirining alomatlari:
 a) Sahobalar tafsirlarining boshqa tafsirlardan farqlari. Qur’oni Karim ma’nolaridagi maxfiylik;
b) Sahobalar tafsirida ixtilof. Tafsirda so‘zlar lug‘aviy ma’nosining qisqa so‘zlar bilan tushuntirilishi;
v) Qur’oni Karim oyatlarida fiqh masalalari;
g) Sahobalar tafsirlari va ularning yozilishi. Sahobalar davridagi tafsir ko‘rinishi. Ibn Abbosning tafsiri borasida Feruzobodiyning qilgan ishlari.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Sentyabr 2008, 04:44:15
1. Sahobai kiromlardan rivoyat qilingan tafsirlarning mufassirlar tomonidan qabul qilinish darajasida ulamolarning fikrlari turlichadir. Al-Hokim "Mustadrak"   nomli kitobida: "Vahiyga shohid bo‘lgan sahobiyning tafsiriga marfu’ hukmi beriladi. Go‘yoki u sahobiy bevosita Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan rivoyat qilgandek",— deydi. Keyin mazkur kitobda Ikki Shayx (Imom Buxoriy va Imom Muslim)ning fikrini ham keltiradi: "Tolibi hadis shuni bilsinki, vahiy va oyatning tushishiga shohid bo‘lgan sahobiyning tafsiri musnad hadisdir". (Tadribur-roviy, 64-b)

Ammo Ibn Saloh, Imom An-Navaviy va boshqa olimlarning qayd etishlaricha, bunday hukm oyatlarning sababi nuzuliga, ra’y bilan tafsir qilish mumkin bo‘lmagan oyatlarga joizdir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Sentyabr 2008, 04:47:22
Ibn Saloh o‘zining "Muqaddima" kitobi   24-sahifasida shunday yozadi:

a) "Sahobaning tafsiri musnad hadisdir, degan gap, sahoba xabar bergan oyatlarning nozil bo‘lish sabablari haqidagi hadis yoki ra’y bilan tafsir qilish mumkin bo‘lmagan va   Payg‘ambar (s.a.v.)dan boshqadan o‘rganish mumkin bo‘lmagan tafsir haqidadir. Jobir ibn Abdullohning

نِسَاؤُكُمْ حَرْثٌ لَكُمْ

"Nisaaukum harsun lakum""œXotinlaringiz ziroatgohingizdir"(Baqara, 223)  oyatining sababi nuzulida qilgan tafsiri bunga misol bo‘ladi (Bu oyatning izohini A.Mansur tarjimasidan bilish mumkin: "œI z o h . Bu so‘zlar bilan Qur’on er-xotinning yaqinlashuvidan birinchi muddao — farzand talab qilish ekaniga ishora qilmoqda"). Ammo sahobalarning boshqa tafsirlari, agar Payg‘ambar (s.a.v.) dan o‘rganilganiga biror ishora bo‘lmasa, bu tafsirlarni mafquf (Roviylarning sanadi Payg‘ambar (s.a.v.)ga yetmay uzilib qolishiga mavquf deyiladi)lardan sanaladi". Ibn Salohning bu ta’rifini Hokim "Ma’rifatu ulumul hadis" kitobida quvvatlaydi, ya’ni "Mustadrak"da mutlaq qo‘yilgan narsa "Ma’rifatu ulumul hadis"da muqayyad qilinadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Sentyabr 2008, 04:50:58
Imom As-Suyutiy "At-tadrib" kitobida Al-Hokimning mutlaqini: "Al-Hokim "œMustadrak"da ko‘proq sahih hadislarni jam qilishga harislik qilgan. Shuning uchun u yerda marfu’ hadisning shartlaridan hisoblanmagan narsalarni ham keltirgan", — deb sabab ko‘rsatadi. Ammo Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisni mavquf deganligi uchun Al-Hokimga e’tiroz bildiradi va: "Haqiqatda bunday emas, chunki Abu Hurayra rivoyat qilgan hadis oxiratning zikriga aloqador bo‘lib, uni ra’y bilan tushuntirish mumkin emas. Demak, bu hadis marfu’ hadisdir", (Sanadi Payg‘ambarga yetkazilgan hadis marfu’ deyiladi) — deydi.

Yuqorida aytilgan turli fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkin:

Birinchi, sahobaning tafsiri agar asbobi nuzulga aloqador bo‘lib, uni ra’y bilan tushuntirish mumkin bo‘lmasa, unga marfu’ hukmi beriladi. Agar ra’y bilan tushuntirish mumkin bo‘lsa va Payg‘ambar (s.a.v)ga sanad yetmasa, unday oyatlar tafsiriga mavquf hukmi beriladi.

Ikkinchi, marfu’ hukmi berilgan tafsirni rad etish umuman  mumkin emas, balki mufassir uni oladi va undan boshqasiga o‘tmaydi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Sentyabr 2008, 04:54:01
b) Mavquf hukmi berilgan tafsir haqida ulamolarning turli qarashlari mavjud:

Ba’zi olimlar   aytadi: "Sahobada mavquf bo‘lgan tafsirni olish vojib emas, chunki, sahoba sanadni Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga yetkazmadimi, demak tafsir o‘zining ijtihodi ekan. Mujtahid esa ijtihodda to‘g‘ri topishi ham mumkin, xato qilishi ham mumkin. Sahobalar ham ijtihod masalasida boshqa mujtahidlar kabidirlar.

Ba’zilar esa: "Sahobada mavquf bo‘lgan tafsirni olish vojibdir. Chunki, sahobaning Payg‘ambardan eshitganlik ehtimoli mavjud. Agar sahoba o‘z ra’yi bilan tafsir qilgan bo‘lsa ham, uning ra’yi sahoba bo‘lmagan kishi ra’yidan afzalroqdir. Sahoba Allohning kalomini boshqa odamlardan yaxshiroq biladi. Chunki, u Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning suhbatlarini topgan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning xulqlari bilan bezangan, o‘sha zamon til shevasini yaxshi bilgan, o‘sha zamonga xos bo‘lgan holatlarni yaxshi tushungan, sog‘lom fikrli, kamoli ilm sohibi bo‘lgan kishidir. Xususan, sahobiylarning to‘rt xalifa, Abdulloh ibn Abbos va Abdulloh ibn Mas’ud singari ulamolari, ulug‘larining ijtihod bilan qilgan tafsirlarini olmaslik mumkin emasdir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Sentyabr 2008, 04:57:42
v) Az-Zarkashiy "Burhon" kitobida shunday fikr aytadi: "Bilingki, Qur’on ikki qismdir: tafsiri naql bilan kelgan qism, tafsirsiz qism. Avvalgisi yo Payg‘ambardan naql qilingan, yo sahobadan naql qilingan, yoki tobi’iylarning avvalidan naql qilingan bo‘ladi. Payg‘ambardan naql qilinganida sanad tekshiriladi. Sahobadan naql qilinganida tafsir tekshiriladi. Sahoba agar oyatni lug‘at nuqtai nazaridan tafsir qilgan bo‘lsa, u ahli lug‘at, shuning uchun uning tafsiriga shubhasiz e’timod qilinadi. Sahoba agar sababi nuzul yoki qarina nuqtai nazaridan tafsir qilgan bo‘lsa, unga ham e’timod qilish vojib...". (Al-Itqon, 2-j, 183-b)

Hofiz Ibn Kasir o‘z tafsirining muqaddimasida: "Agar biror oyatning tafsirini Qur’ondan yoki Sunnatdan topmasak, sahobalarning tafsiriga murojaat qilamiz, chunki, ular oyat nozil bo‘lgan vaqtdagi maxsus ahvollar va qarinalarga shohid bo‘lgan kishilardir. Ularning farosatlari o‘tkir, ilmlari sog‘lom, amallari solih kishilardir. Xususan, ular orasida to‘rt imom, roshid xalifalar, hidoyat topgan imomlar, Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) singari ulamolari, ulug‘lari bor",— degan. (Al-Itqon, 1-j. 3-b)

Hofiz Ibn Kasir bayon etgan eng oxirgi fikr haqiqatga yaqinroq va inson qalbiga maqbulroq fikrdir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Sentyabr 2008, 05:01:27
2. Sahobalar tafsirinig alomatlari.

Sahobalar tafsirini boshqa tafsirlardan ajratishning bir necha alomatlari bor:

a) Qur’onning hammasi emas, ma’nosida biroz maxfiylik bo‘lgan ba’zi oyatlargina tafsir qilingan bo‘ladi. Qur’on ma’nolaridagi maxfiylik odamlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.) va sahobalarning zamonlaridan uzoqlashgan sari kuchayib boradi. Maxfiylik kuchaygan sari tafsir qilish hajmi ham ko‘payib boradi va Qur’onni to‘la tafsir qilishgacha yetadi.

b) Sahobalar tafsirida ixtilof juda kam bo‘ladi. Sahobalar ijmoliy tafsir bilan kifoyalanadilar, oyatlar ma’nolarini mufassal bayon qilib o‘tirmaydilar. Masalan: "Va fokihatan va abban" (Abasa, 31. Fokiha—meva, abban—maysa ) oyatining tafsirini "Alloh Ta’olo bandalarga beradigan   ne’matlarining ko‘pligini aytmoqchi" deyish bilan kifoyalanadilar.

Ba’zi so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini qisqa so‘zlar bilan tushuntiradilar. Masalan: "g‘oyra mutajonifin li-ismin", ya’ni "g‘oyra mutaarrizin li-ma’siyatin". (Moida, 3. Gunohga ro‘baro‘ bo‘lmagan holda. )
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Sentyabr 2008, 05:02:33
v) Qur’on oyatlaridan fiqh masalalari bo‘yicha nodir hukmlar chiqarganlar, lekin bu hukmlar biror mazhabga bog‘lanmagan, chunki, mazhablar sahobalarning davridan ancha keyin paydo bo‘lgan.

g) Sahobalar davrida  biror tafsir devonga jamlanmagan, balki devon ikkinchi asrdan boshlab tuzilgan. Ba’zi sahobiylar o‘z tafsirlarini mushaflariga yozib qo‘yganliklari keltiriladi, lekin ularni ba’zi mutaaxxir olimlar: "Alloh nozil qilgan oyatlarning turli ko‘rinishlari",— deb talqin etganlar.

Bu davrdagi tafsir hadis ko‘rinishida edi, balki hadisning bir bo‘lagi edi, mukammal tafsir shaklini olmagan edi. Bu tafsirlar turli oyatlarning tarqoq rivoyatlari edi. Ammo devon shakli berilgan Ibn Abbos tafsirlari Ibn Abbos (r.a.) tomonlaridan emas, Feruzobodiy tomonidan jamlangan va Ibn Abbosga nisbat berilgan. Undagi rivoyatlar esa "Muhammad ibn Marvon As-Sadiy — Al-Kalbiy — Abu Solih — Ibn Abbos (r.a.) silsilasi bo‘yicha keltirilgan bo‘lib, bu silsila  mavzu’ (yolg‘on) silsiladir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Sentyabr 2008, 05:03:33
Tayanch iboralar: Oyatning tushishiga shohid bo‘lgan sahobiyning tafsiri, marfu hukmi, musnad hadis, sahobalar ham ijtihod masalasida boshqa mujtahidlar kabidirlar, qarinalarga shohid bo‘lgan kishi, "g‘oyra mutajonifin li-ismin", ya’ni "g‘oyra mutaarrizin li-ma’siyatin", "Alloh nozil qilgan oyatlarning turli ko‘rinishlari", Bu davrdagi tafsir hadis ko‘rinishida edi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Sentyabr 2008, 05:04:48
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Sahobai kiromlarning tafsirlari haqida din ulamolari qanday fikr bildiradilar?
2. Rivoyatlarga berilgan "mavquf", "marfu’", "musnad" va "sahih" sifatlarning o‘zaro farqlari nimada?
3. Az-Zarkashiy "Al-Burhon" kitobida tafsir haqida qanday fikr bildirgan?
4. Sahobalar tafsirining qanday alomatlari bor?
5. Ibn Abbosning tafsiri borasida Feruzobodiy qanday ishlar qilgan

Tavsiya etilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘ixati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Doktor Mahmud At-Tahhon. Taysiru Mustalahil hadis. Riyoz. 1996. 9-nashr.
3. Zakoi Ko‘nrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara. Toshkent. 1995.
4. Tafsiru ibn Kasir. Bayrut. 1969. 1-j.
5. Sog‘uniy Alixonto‘ra. Tarixi Muhammadiy.Toshkent. «Movarounnahr», 1997. 640 bet.
6. Termiziy. Sunani Termiziy. 1-j. Toshkent: «Adolat», 1999. 688 bet.                                             
7   Muhammad Tohir Ibn Ashur. At-tahrir vat-tanvir. Tunis. 1-j.
8   Imom As-Suyutiy. Al-Itqon fiy ulumil Qur’on.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:00:26
13-MAVZU. TOBI’IYLAR ZAMONIDA QUR’ONI KARIM TAFSIRI

Dars rejasi:

1.  Tobi’iylar zamonida Qur’oni Karim tafsiri.
2.  Tobi’iylar davrida tafsir maktablari:
a)  Makka tafsir maktabi;
b)  Madina tafsir maktabi;
v)  Iroq tafsir maktabi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:01:58
1. Sahobai kiromlarga shogird bo‘lib, ulardan ko‘plab ilmiy ma’lumotlarni olgan tobi’iylarning davrida tafsirning ikkinchi bosqichi boshlandi. Sahobalar orasidan ulug‘ mufassirlar chiqib, Qur’on ma’nolarini boshqalardan yaxshiroq tushunishlari bilan shuhrat topganlaridek, tobi’iylar orasidan ham Qur’onni yaxshi bilishda   mashhur   bo‘lgan olimlar yetishib chiqdilar. Bu olimlarning Qur’on ma’nolarini tushunishda e’timod qilgan manbalari, avvalo, Qur’onning o‘zi, ikkinchi, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan sahobalar rivoyat qilgan hadis, uchinchi, sahobalarning o‘zlaridan keltirilgan tafsir, to‘rtinchi, sahobalar tomonidan ahli kitoblardan olingan rivoyatlar, beshinchi, o‘zlarining ijtihodlari edi. Shuning uchun,  tafsir kitoblariga nazar solinsa, tobi’iylarning ra’y va ijtihodlari bilan aytilgan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan ham, sahobiylardan ham rivoyat qilinmagan tafsirlar juda ko‘p uchraydi. Biroq mufassirlar dolzarb vaziyatdan kelib chiqib, ommaning manfaati yo‘lida ijtihod va ra’y bilan tafsir qilishga majbur bo‘lganlar (Alloh ularni o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin).
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:06:37
2. Tobi’iylar davrida tafsir maktablari. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hayotlik davrlari va xulafoi roshidinlarning zamonlarida turli mamlakatlar fath qilindi. Sahobai kiromlar voliylar, amirlar, vazirlar, qoziylar va muallimlar sifatida dunyoning turli burchaklariga yo‘l oldilar. Ularning barchalari ham o‘zlari bilan hadis, tafsir va boshqa ilmlarni eltdilar. Ularning atroflariga tobi’iylar yig‘ilishib, ilm o‘rganishib, keyin o‘zlaridan keyingilarga yetkazdilar. Natijada, turli shaharlarda ilmiy maktablar yuzaga keldi. Bu maktablarning ustozlari sahobai kiromlar, shogirdlari esa tobi’iylar edilar. Ilmiy maktablarning ba’zilari tafsir bilan shuhrat topdi. Shunday qilib, Makka tafsir maktabi, Madina tafsir maktabi va Iroq tafsir maktabi vujudga keldi. Ushbu uch tafsir maktabi boshqa shaharlardagi tafsir maktablarining eng kattasi va mashhuri edi.

Ibn Taymiyya aytadi: "Tafsir sohasida odamlarning eng bilimdonlari Makka ahli edi, chunki, ular Ibn Abbosning Mujohid, Ato ibn Abu Raboh, Ikrima — Ibn Abbosning mavlosi, Tovus, Abush Sha’so, Said ibn Jubayr singari ashoblaridan iborat edilar.

Iroqda Ibn Mas’udning ashoblaridan iborat ahli Kufa ham makkaliklardan qolishmas edilar.

Madinada tafsir ulamolaridan Zayd ibn Aslam maktabi bo‘lib, u olimdan Imom Molik, Abdulloh ibn Vahb singari mufassirlar ta’lim olganlar". (Muqaddimatu Ibn Taymiyya fiy usul at-tafsir, 15-b )
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:08:32
a) Makka tafsir maktabi Abdulloh ibn Abbos (r.a.) huzurlarida tashkil bo‘ldi. Ibn Abbos (r.a.) tobi’iy shogirdlariga Allohning Kitobini tafsir qilib, ba’zi oyatlardagi mushkul mafhumni ravshanlashtirib berardilar. Shogirdlar Ibn Abbos (r.a.)dan o‘rgangan tafsirlarni boshqalarga tushuntirib berardilar. Ibn Abbos (r.a.)ning makkalik shogirdlari orasida Said ibn Jubayr, Mujohid, Ikrima — Ibn Abbosning mavlosi, Tovus ibn Kayson Al-Yamaniy va Ato ibn Abu Raboh eng mashhurlari edilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:10:37
Said ibn Jubayrning   tarjimai holi

Uning to‘liq ismi Abu Muhammad yoki Abu Abdulloh Said ibn Jubayr ibn Hishom Al-Asadiy Al-Volibiydir. Millati habash, rangi qop-qora, xislatlari oppoq edi. Sahobiy imomlarning ko‘pidan tafsir eshitgan, Ibn Abbosdan, Ibn Mas’uddan rivoyatlar qilar edi. O’zi tafsir, hadis, fiqh ilmlarida tobi’iylarning muqaddamlaridan bo‘lib, qiroatni Ibn Abbosdan yuzma-yuz olgan, tafsirini ham Ibn Abbosdan eshitgan va rivoyatlarining ko‘pi shu Zotdan edi. Said ibn Jubayr sahobalardan hamma qiroatni o‘rgangan edi.

Ismoil ibn Abdulmalik aytadi: "Said ibn Jubayr Ramazonda bizga imom bo‘lib, bir kecha Abdulloh ibn Mas’ud qiroati bilan, yana bir kecha Zayd ibn Sobit qiroati bilan, uchinchi kechada esa boshqa bir sahobiyning qiroati bilan namoz o‘qib berar edi". (Vafayotul-a’yon, 1-j. 364-b. )
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:12:53
Ibn Jubayrning hamma qiroatlarni bilishi unga Qur’on tafsirini oson fahmlashiga yordam bergan. Ammo Ibn Jubayr ra’y va ijtihod bilan tafsir qilishdan juda taqvo qilgan. Ibn Xalliqonning rivoyat qilishicha: "Bir odam Said ibn Jubayrdan Qur’on tafsirini yozib berishini iltimos qilgan. Ibn Jubayr g‘azablanib: "Sen aytganni qilganimdan ko‘ra, bir tomonim uzilib tushgani afzalroqdir",— deb javob bergan". (Vafayotul-a’yon, 1-j. 364-b.)

Said ibn Jubayr tobi’iy ashoblarining hamma ilmini o‘zida jamlagan edi. Bu haqda Xasiyf shunday deydi: "Tobi’iylarning orasida taloqni Said ibn Musayyab, hajni Ato, halol va haromni Tovus, tafsirni Mujohid ibn Jabr eng yaxshi biladi. Bu ilmlarning hammasini jamlagan kishi esa Said ibn Jubayrdir". (Vafayotul-a’yon, 1-j.. 365-b)

Ibn Abbos (r.a.).shogirdlari Ibn Jubayrning ilmiga ishonganlari uchun, ahpi Kufadan birortasi masala so‘rashga kelsa, unga: "Axir oralaringizda Ibn Ummi Addahmo ( Said ibn Jubayr) borku!"— deb tanbeh berar ekanlar. Ana shunday mufassir, muhaddis va faqih olim qirq to‘qqiz yoshida hijriy sananing to‘qson beshinchi yilida Hajjoj zolim tomonidan o‘ldirildi.( Tahzibut-tahzib, 4-j. 13—14 —betlar)  Alloh Ta’olo u kishidan rozi bo‘lsin!   


Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:15:19
Mujohid ibn Jabrning tarjimai holi

Uning to‘liq ismi Abul Hajjoj Mujohid ibn Jabr Al-Makkiy Al-Muqri’ Al-Mufassir Al-Maxzumiy mavlo As-Soib ibn Abis Soib bo‘lib, hijriy sananing yigirma birinchi yilida, Xazrat Umar ibn Xattobning xalifalik davrlarida dunyoga keldi. U Makkada bir yuz to‘rtinchi yidda sakson uch yoshida sajda qilib turgan holida vafot etdi. Mujohid Ibn Abbosning shogirdlari orasida ustozidan eng kam tafsir rivoyat qilgan olim hisoblanadi, lekin eng ishonchlirog‘idir. (Fajrul-Islom, 251-b.) Imom Shofe’iy va imom Buxoriy Mujohiddan juda ko‘p tafsir rivoyat qilganlar. Imom Buxoriyning "Jome’us-sahih" kitobida Mujohiddan ko‘p rivoyat qilinganligi, bu roviyning naqadar ishonchga molik ekanligini ko‘rsatadi.

Al-Fazl ibn Maymun Mujohiddan: "Men Qur’onni Ibn Abbosdan o‘ttiz marta o‘tkazdim"— deganini  eshitgan. (Mezon-ul-e’tidol. 3-j. 9-b)

Ibn Habbon aytadi: "Mujohid faqih, taqvoli, obid va ixlosli edi".

Abu Bakr Al-Hanafiy aytadi: "Men Sufyon As-Savriydan eshitgan edim: "Agar senga Mujohiddan tafsir kelsa, boshqasining   zarurati yo‘q". (Tafsiri Ibn Jarir, 1-j. 30-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:16:41
Imom Az-Zahabiy "Mezon" da aytishicha: "Hamma ulamolar Mujohidning imomligiga va uning rivoyati hujjat bo‘lishiga ittifoq qilganlar".

Lekin Mujohidning ilm darajasi shunchalik yuqori bo‘lishiga qaramay, ba’zi olimlar uning tafsirini tan olmaganlar. Imom Az-Zahabiy "Mezon"da keltirishicha, Abu Bakr ibn Iyosh Al-A’mashdan: "Nima uchun mufassirlar Mujohidning tafsiridan qochadilar?"— deb so‘radi. Al-A’mash unga: "Mujohid ahli kitoblardan ham so‘raganligi uchun", — deb javob berdi.

Shunga qaramasdan Mujohidning ishonchli va adolatli ekanligiga hech kim ta’na yetkazmagan. U ahli kitoblardan ma’lumot so‘ragan bo‘lsa ham, zarurini olgan, nozarurini tark etgan. Chunki, u ummatning faxri va ilmning dengizi bo‘lgan Ibn Abbos (r.a.) ning shogirdidir. Ibn Abbos (r.a.) esa ahli kitoblarning xabarlarini sinchkovlik bilan tekshiradigan, munkarini qattiq rad etadigan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ahli kitoblar haqida aytgan so‘zlarini tasdiq etadigan zotdirlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:18:18
Mujohid ibn Jabr Qur’on oyatlarining ma’nolarini tushunishda aqlga juda katta erk berib yuborgan edi. Buning oqibatida mo‘tazila oqimi tarafdorlarining e’tiborini tortgan va ular Mujohidning aqliy tafsirlarini e’tirof qila boshlagan edilar. Masalan: Mujohidning tafsirida "Baqara" surasining 65-oyati

وَلَقَدْ عَلِمْتُمُ الَّذِينَ اعْتَدَوْا مِنْكُمْ فِي السَّبْتِ فَقُلْنَا لَهُمْ كُونُوا قِرَدَةً خَاسِئِينَ

"Orangizdan shanba kunida haddan oshgan kimsalarni bildingiz. Bas, Biz ularga: "Badbaxt maymunlarga aylaningiz"— dedik" ning tafsirida Mujohid: "Ularning qalblari maymunga aylantirilgan, suratlari emas. Buning misoli, amalsiz olimni kitob ortilgan eshakka o‘xshatilganidek", — deb tafsir qiladi. Bunday tafsirning xato ekanligi Ibn Jarir tomonidan dalillar bilan isbotlab berilgan.

Ehtimolki, Mujohidning tafsirda shunday yo‘l tutishi Qur’onni ra’y bilan tafsir qilishni ayb deb hisoblaydigan ba’zi taqvodor mufassirlarni uning tafsirini tark etishlariga sabab bo‘lgandir. Ammo Mujohidning o‘g‘li shohidlik berishicha, bir odam Mujohiddan: "Sen Qur’onni o‘z ra’ying bilan tafsir qilasanmi?"— deb so‘raganda, Mujohid qattiq yig‘lagan va: "Men Qur’onga tajovuz qilamanmi? Axir men tafsirni Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning o‘ndan ortiq sahobiylaridan olganman-ku!"— deb e’tiroz bildirgan. Qanday bo‘lganda ham, Mujohid tafsir imomidir. U o‘zining aqliga qanchalik erk bergan bo‘lmasin, olimlik qiymati va darajasita putur yetmagan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:20:37
Ikrimaning tarjimai holi

Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh Ikrima Al-Barbariy Al-Madaniy, Ibn Abbosning mavlosi, asli millati barbar, Mag‘rib diyoridandir. Ikrima xojasi Ibn Abbos (r.a.) Ali ibn Abu Tolib (r.a.), Abu Hurayra (r.a.) va boshqa sahobiylardan rivoyat qilgan. Ikrimaning haqiga ba’zi mufassirlar va roviylar ta’na yetkazganlar, uning rivoyatlarini va tafsirlarini kizb (yolg‘onga)ga chiqazganlar. Ammo Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Ahmaddek muhaddis va mufassirlar Ikrimaning rivoyatini tasdiq etganlar. Demak, Ikrimaning sha’niga aytilgan barcha ta’nalar yolg‘ondir. Ibn Mu’in aytadiki: "Ikrimaga o‘xshab ta’naga qolgan boshqa odam ham bormikin, axir unga Islomi uchun tuhmat qilinyapti-ku!".

Yahyo ibn Ayyub Al-Misriy aytadi: "Ibn Jurayj mendan: "Ikrimaning rivoyatlaridan yozdingmi?"— deb so‘radi. Men: "Yo‘q!"— dedim. Ibn Jurayj: "Unday bo‘lsa ilmning uchdan ikki qismi zoe bo‘lipti", — dedi.

Ikrima ilmda muqaddam, rivoyati ishonchli, fahmi o‘tkir, bir so‘z bilan aytganda Ibn Abbosning ilm vorisi edi. Hijriy sananing bir yuz to‘rtinchi yilida vafot etgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:21:52
Tovus ibn Kaysonning tarjimai holi

Uning to‘liq ismi Abu Abdurrohman Tovus ibn Kayson Al-Yamaniy Al-Humayriy Al-Jandiy mavlo Najir ibn Raysondir. Tovus Abdulloh ibn Mas’ud, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Zubayr va Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilgan. Uning o‘z so‘ziga qaraganda sahobiylarning elliktasidan ilm o‘rgangan. Tovus e’tiqodli olim, Allohning kalomi ma’nolarini yaxshi biluvchi, sahobiylarning majlis va suhbatlariga to‘ymaydigan haris edi. Sahobiylardan bilmaganini o‘rganar, bilganini ularga rivoyat qilib berar edi. Ammo aksar suhbati Ibn Abbos (r.a.) bilan bo‘lar, Ibn Abbos (r.a.)dan boshqalardan o‘rganganiga qaraganda ko‘proq tafsir ilmini o‘rganar edi. Shuning uchun ham Tovusni Ibn Abbos (r.a.)ning shogirdlaridan hisoblab, Makka tafsir maktabining ulug‘lari qatorida nomi tilga olindi. Tovus taqvoda bemisl bo‘lgani uchun ustozi Ibn Abbos (r.a.) ham shohidlik berib deganlarki: "Men Tovusni jannat ahlidan deb o‘ylayman".

Tovus qirq marta haj qilgan, mustajobud-da’vat kishi edi. Az-Zahabiyning aytishicha: "Tovus Yaman ahlining ulug‘i edi, hajni ko‘p qilgan edi. Hijriy sananing bir yuz oltinchi yilida Makkada vafot etdi (Tahzib at-tahzib, 5-j. 8-10-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:24:53
Ato ibn Abu Rabohning tarjimai holi

Uning to‘liq ismi Abu Muhammad Ato ibn Abu Raboh Al-Makkiy Al-Qurashiy bo‘lib, hijriy sananing yigirma yettinchi yilida tug‘ilgan, bir yuz o‘n to‘rtinchi yilida vafot etgan. Ato Ibn Abbos (r.a.) Ibn Umar (r.a.), Ibn Amr ibn Os (r.a.) va boshqa sahobalardan rivoyat qilgan. Atoning faxrlanib aytishicha, u ikki yuz sahobaning suhbatini topgan. Roviylar ichida ishonchli, faqih, olim, ko‘p hadis biluvchi edi. Makka ahlining muftisi edi.

Ibn Abbos(r.a.) Makka ahliga: "Mening oldimga nima uchun yig‘ilasizlar, axir ichingizda Ato borku!"— deganlar.

Abu Hanifa Ato haqida shunday deganlar: "Men uchrashgan odamlar orasida Atodan afzalrog‘ini ko‘rmadim va Jobir Al-Ja’fiydan kazzobrog‘ini ko‘rmadim".
Abdulaziz ibn Rafi’ aytadi: "Atodan bir masala so‘raldi. U "bilmayman" dedi. Bu masalaga o‘z ra’yingizni ayting, deyilganda, Ato: "Men yer yuzida o‘z ra’yim bilan dindorlik da’vosini qilishga Allohdan hayo qilaman",— deb javob berdi.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:27:19
b) Madina tafsir maktabi.

Madinai Munavvarada juda ko‘p sahobalar istiqomat qilardilar. Ular o‘zlarining yaqinlariga Allohning kalomi va Payg‘ambar(s.a.v.)ning sunnatlaridan ta’lim berar edilar. Natijada, mashhur sahobalardan ta’lim oladigan tobi’iylarning soni ham ko‘payib bordi va Madinada alohida tafsir maktabi vujudga keldi. Bu maktab asosan Madina ahlining eng ulug‘laridan va tafsir ilmining bilimdonlaridan Ubay ibn Ka’b (r.a.)ga qarashli edi. Ubay ibn Ka’bning shogirdlari behisob edi. Ularning orasida tobi’iylardan chiqqan uch shogird tafsir bobida alohida e’tiborga molik olimlar sanalib, ular — Zayd ibn Aslam, Abul Oliya va Muhammad ibn Al-Quraziylar edilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:29:12
Abul Oliyaning tarjimai holi

Uning to‘liq nomi Abul Oliya Rafi’ ibn Mahron Ar-Riyohiydir. Abul Oliya johiliyat davrida yashagan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafotlaridan ikki yil keyin Islomni qabul qilgan. U tobi’iylarning eng ishonchli va mashhur roviysi bo‘lib, Ali (r.a.), Ibn Mas’ud (r.a.), Ibn Abbos (r.a.), Ibn Umar (r.a.), Ubay ibn Ka’b (r.a.) va boshqa sahobalardan rivoyat qilgan. Abul Oliyaning ishonchli roviy ekanligiga "Olti sahih kitob"ning mualliflari ham ittifoq qilganlar. Uning o‘zi: "Men Qur’onni Umar (r.a.)ning davrlarida uch bor o‘qib berdim",— deb e’tirof etgan. U haqda Abu Dovud: "Sahobalardan keyin qiroatda Abul Oliyaning oldiga tushadigani yo‘q edi",— deb ta’riflaydi. Abul Oliya hijriy sananing to‘qsoninchi yilida vafot etdi.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:30:59
Muhammad   ibn Ka’b Al-Quraziyning tarjimai holi

Uning to‘liq ismi Abu Hamza yoki Abu Abdulloh Muhammad ibn Ka’b ibn Salim ibn Asad Al-Quraziy Al-Madaniy bo‘lib, Avs qabilasi ittifoqchilaridan edi. U asosan Ali (r.a.), Ibn Abbos (r.a.), Ibn Mas’ud (r.a.)lardan rivoyat qilgan. Ubay ibn Ka’b (r.a.)dan esa vosita bilan rivoyat qilgan. Al-Quraziy o‘ta taqvodor, adolatli, ko‘p hadis biluvchi va ta’vilga usta kishi edi. Uning ishonchli roviy ekanligiga "olti sahih"ning mualliflari ham ittifoq qilishgan. Ibn Habbon aytadi: "Muhammad ibn Ka’b Al-Quraziy Madina ahlining ilmu fiqhda eng fozili edi. Bir kuni masjidda odamlarga va’z qilib turganda masjidning tomi qulab, o‘tirgan kishilar ustiga tushdi va jamoat bilan birga yetmish sakkiz yoshli Al-Quraziy ham halok bo‘ldi. Bu falokatning sodir bo‘lishi hijriy sananing bir yuz o‘n sakkizinchi yiliga to‘g‘ri keladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:32:40
Zayd ibn Aslamning tarjimai holi

Uning to‘liq ismi Abu Usoma yoki Abu Abdulloh Zayd ibn Aslam Al-Adaviy Al-Madaniy bo‘lib Umar ibn Xattob (r.a.)ning mavlolaridir.

Zayd ibn Aslam haqida, uning Qur’onni ra’y bilan tafsir qilishi borasida ba’zi olimlarning ta’nasi bor. Lekin bu ta’nalar asossizdir. Zayd ibn Aslamdan Madina ahlining ko‘pchiligi, xususan uning o‘g‘li Abdurrahmon ibn Zayd va Madina imomi Molik ibn Anas ilm o‘rgangan. "Uning vafot etgan yili hijriy sananing bir yuz o‘ttiz oltinchi yilidir". (Tahzib at-tahzib. 3-j. 395-397-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:33:38
v) Iroq tafsir maktabi

Iroqning Kufa shahrida bir necha sahobalar istiqomat qilib, odamlarga Qur’on va Hadisdan ta’lim berayotgan bo‘lsalarda, Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)ning huzurlariga jam bo‘lib, ilm o‘rganuvchilar behisob edi. Chunki, Abdulloh ibn Mas’ud(r.a.)ning hurmat va shuhratlari yuqori edi.

Umar ibn Xattob (r.a.) Kufaga Ammor ibn Yosirni voliy qilib yuborganlarida, u kishi bilan birga Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)ni muallim va vazir qilib yuborgan edilar. Xalifa yuborgan muallimdan Kufa ahli ilm o‘rganar va bundan faxrlanar edilar.

Iroq tafsir maktabining Makka va Madina tafsir maktablaridan ajralib turadigan jihati shuki, Qur’oni Karimni tafsir qilishda Ibn Mas’ud (r.a.) Qur’on va Hadisdan tashqari ijtihod va ra’y bilan ham tafsir qilishga, xususan, ulamolar orasida ixtilofli bo‘lgan masalalarni ijtihod yordamida hal qilib berishga uringan edilar. Shuning uchun ulamolar: "Ibn Mas’ud ixtilofli masalalarda ijtihod va ra’y bilan hukm qilish yo‘liga asos solgan, keyinchalik bu yo‘l Iroq ulamolari o‘rtasida ommalashib ketgan",— deydilar. Shubha yo‘qki, ixtilofli masalalarda ijtihod va ra’y bilan hukm qilinadigan bunday yo‘l keyinchalik tafsirga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi, natijada ijtihod va ra’y bilan tafsir qilish ham kuchayib ketdi.

Iroqlik tobi’iylar orasidan ham juda ko‘p mashhur mufassirlar chiqqanlar. Ulardan Alqama ibn Qays, Masruq, Al-Asvad ibn Yazid, Murra Al-Hamadoniy, Omir Ash-Sha’biy, Al-Hasan Al-Basriy, Qatoda ibn Di’oma As-Sudusiylar eng mashhurlari sanaladilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:34:52
Alqama ibn Qaysning tarjimai holi

Uning to‘liq ismi Alqama ibn Qays ibn Abdulloh ibn Molik An-Naxa’iy Al-Kufiy bo‘lib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hayotlik vaqtlarida tug‘ilgan. Alqama hazrat Umar (r.a.), Usmon (r.a.), Ali (r.a.), Ibn Mas’ud (r.a.) va boshqalardan rivoyat qilgan bo‘lsa ham, asosan Ibn Mas’ud (r.a.)ning eng mashhur va eng bilimdon shogirdlaridan sanaladi. Alqama bilan zamondosh bo‘lgan barcha olimlar uning haqida yaxshi fikrlar bildirganlar.

Usmon ibn Sa’id aytadi: "Men Ibn Mu’indan: "Senga Alqama yaxshiroqmi yoki Ubayda?" — deb so‘radim. U ikkovidan birini ham afzal demadi. Men: "Ikkovi ham eng ishonchli roviy, biroq Alqama Abdullohning shogirdlari orasida olimroq",— dedim.

Abul Musanno aytadi: "Agar sen Alqamani ko‘rgan bo‘lsang, Abdullohni ko‘rmaganing zarar qilmaydi. Chunki, Alqama qiyofada ham, ilmda ham Ibn Mas’udning o‘zginasidir".

Abdurrahmon ibn Yazid aytadi: "Abdulloh shuvday e’tirof qilardi: "Men nimani o‘qisam va nimani bilsam, Alqama ham shuni o‘qiydi va biladi".
Alqama "olti sahih" mualliflari huzurida tan olingan roviydir.

Abu Na’imning aytishicha, Alqama hijriy sananing oltmish birinchi yilida to‘qson yoshida vafot etgan. (Tahzibut-tahzib. 7-j. 276-278-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:35:45
Masruqning tarjimai holi

Uning to‘liq ismi Abu Oisha Masruq ibn Al-Ajda’ ibn Molik ibn Umayya Al-Hamadoniy Al-Kufiy Al-Obiddir. Hazrat Umar (r.a.) bir kuni Masruqdan: "Isming nima?"— deb so‘radilar. U: "Masruq ibn Al-Ajda’",— deb javob berdi. Hazrat Umar (r.a.) unga: "Al-Ajda’ Shaytondir. Sening isming bugundan boshlab Masruq ibn Abdurrahmon bo‘lsin!"— dedilar.

Masruq to‘rt xalifadan, Ibn Mas’ud, Ubay ibn Ka’b va boshqalardan rivoyat qilgan. Ibn Mas’ud (r.a.) ning shogirdlari orasida eng bilimdoni bo‘lib, taqvosi, chuqur ilmi va adolati bilan ajralib turadi. Masruqning bemisl iste’dod sohibi ekanligi zamondosh ulamolar tomonidan e’tirof etilgan.

Molik ibn Mag‘ul aytadi: "Men Abu As-Safarning bir necha marta: "Hamadonlik biror ayol Masruqdek bolani tug‘olmasa kerak",—deb takrorlaganini eshitdim".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:37:23
Masruqning o‘zi e’tirof etishicha, u Muhammad (s.a.v.) ning ko‘plab sahobalari bilan suhbat qurgan. Ularning manba (ilm xazinasi) ekanligini tan olgan. Ammo manbalarning quvvatlari har xil bo‘lib, ba’zilari bir, ba’zilari ikki odamga, ba’zilari o‘n, ba’zilari yuzlab odamlarga rivoyat qiladigan roviylar, yana ba’zilari esa, yer yuzidagi hamma odam kelsa ham ularga kifoya qiluvchilar edilar. Ustozi Ibn Mas’ud (r.a.) haqlarida shunday deydi: "Men Ibn Mas’ud (r.a.)dan tafsir sohasida ko‘p ilm oldim. Ustozimiz bizga avval Qur’on suralaridan qiroat qilib berardilar. Keyin uning ma’nolarini tushuntirib, tafsir qilib berardilar".

Masruqning ana shunday zabardast sahobiy olimlarga, va ayniqsa, Ibn Mas’ud (r.a.)dek ustozga shogird bo‘lishi Allohning kalomi ma’nolarini chuqur bilish va uni tafsir qilishda peshvolik martabasini topishiga sabab bo‘ldi. Masruqning e’tiqodi kuchliligi haqida Abu Ishoq shunday rivoyat qilgan: "Masruq hajga borganda yotib uxlashdan voz kechgan, uxlasa ham sajdaga bosh qo‘yib uxlardi. U hijriy sananing oltmish uchinchi yilida vafot etgan". (Tahzibut-tahzib, 10-j. 109-111-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:38:35
Al-Asvad ibn Yazidning tarjimai holi

Uning to‘liq ismi Abu Abdurrahmon Al-Asvad ibn Yazid ibn Qays An-Naxa’iy bo‘lib, tobi’iylarning ulug‘laridan va Ibn Mas’ud (r.a.)ning roviylaridan sanaladi. Al-Asvad Abu Bakr As-Siddiq (r.a.), Umar (r.a.), Ali (r.a.), Huzayfa(r.a) va boshqalardan ham rivoyat qilgan. Uning haqida Al-Imom Ahmad, Yahyo ibn Mu’in, Ibn Sa’d singari ulamolar yaxshi fikr aytganlar, "Olti sahih" mualliflari huzurida ham e’tirof etilgan roviydir.

Ibrohim An-Naxa’iyning ta’kidlashicha, Ibn Mas’ud (r.a.)ning fatvosi qabul qilinadigan shogirdlaridan biri sanalgan.

Al-Asvad ibn Yazid hijriy sananing yetmish to‘rtinchi yoki yetmish beshinchi yilida Kufa shahrida vafot etgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:39:38
Murra Al-Hamadoniyning tarjimai holi

Uning to‘liq ismi Abu Ismoil Murra (Murra — achchiq demakdir) ibn Sharohil Al-Hamadoniy Al-Kufiy Al-Obid bo‘lib, xalq orasida seribodatligi, taqvosining kuchliligi tufayli "Murra at-toyyib" (yoqimli achchiq), "Murra al-xoyr" (yaxshi achchiq) deb mashhur bo‘lgan. Horis Al-G’anaviyning ta’riflashicha, Murra sajdada shu qadar uzoq yotar ekanki, uning yuzi shilinib ketar ekan. Bir kunda yetti yuz rakat namoz o‘qir ekan. Ustozlari Abu Bakr As-Siddiq (r.a.), Umar (r.a.), Ali (r.a.), Ibn Mas’ud (r.a.) va boshqalar edilar. Imom Ash-Sha’biy esa Murradan ilm o‘rgangan shogirdlardan biridir. Murra hijriy sananing yetmish oltinchi yilida vafot etgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:41:37
Omir Ash-Sha’biyning tarjimai holi

Uning to‘liq ismi Abu Amr Omir ibn Sharohil Ash-Sha’biy Al-Humayriy Al-Kufiy At-Tobi’iy Al-Jalil bo‘lib, Kufa shahrining qozisi edi. Hazrat Umar (r.a), Ali (r.a.), Ibn Mas’ud (r.a.)larning o‘zlaridan eshitmagan holda ulardan hadis rivoyat qilgan, Abu Hurayra (r.a.), Oisha (r.a.), Ibn Abbos (r.a.), Abu Muso Al-Ash’ariy (r.a.) va boshqalardan eshitib rivoyat qilgan. Ash-Sha’biyning e’tirof etishicha, besh yuz sahobani ko‘rgan, ammo ularning qirq sakkiztasidan rivoyat qilgan. Ash-Sha’biy ilmda yuksak daraja sohibi bo‘lgan. Ibn Sirin aytadi: "Men Kufaga kelganimda sahobalar ko‘p bo‘lishiga qaramay, Ash-Sha’biyning alohida xalqasi bo‘lib, ularga dars aytar edi".

Juda ko‘p zamondosh olimlarning tasdiqlashicha, Ash-Sha’biy turli ilmlarni a’lo darajada egallagan bo‘lishiga qaramay, tafsirda ra’y bilan ma’no aytishga butunlay qarshi ekan. O’zining e’tiroficha, u shunday degan: "Uch narsa, ya’ni Qur’on, ruh va ra’y haqida men o‘lgunimcha ham hech narsa demayman". (Muqaddimatu tafsiri Ibn Jarir. 1-j. 28-b.)

Omir Ash-Sha’biyning tug‘ilishi va vafoti haqida turli ixtiloflar mavjud bo‘lib, mashhurrog‘i shuki, u hijriy sananing yigirmanchi yilida tug‘ilgan, bir yuz to‘qqizinchi yilida esa vafot etgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:42:30
Al-Hasan Al-Basriyning tarjimai holi

Uning to‘liq ismi Abu Said Al-Hasan ibn Abil Hasan Yasor Al-Basriy bo‘lib, onasi Xayra Ummu Salamaning xizmatkori edi. Al-Hasan Al-Basriy Hazrat Umar (r.a.) xalifaligining oxirgi ikki yili qolganda tug‘ilgan, Vodil Quro degan qishloqda o‘sgan. Fasih, taqvoli kishi bo‘lib, u va’z qilganda ta’sirlanmagan odam topilmas edi. Hazrat Ali (r.a.), Ibn Umar(r.a.), Anas (r.a.) va boshqa ko‘pgina sahobalar hamda tobi’iylardan rivoyatlar qilgan. Bir necha ahli ilmlar Al-Hasan Al-Basriyning Qur’oni Karim, Payg‘ambar sunnatlari va halol-harom masalalarni yaxshi bilishiga, salohi, taqvosi, va’zining ta’sirchanligi bemisl ekanligiga guvohlik berganlar.

Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Al-Hasandan masala so‘ranglar, chunki, bizlar esdan chiqarayotgan paytimizda u yodlagan".

Matar Al-Varroq aytadi: "Jobir ibn Zayd Basra axlining peshvosi edi. Al-Hasan chiqqandan keyin, go‘yoki u oxiratda bo‘lib kelgandek, har bir narsani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgandek ochiq-ravshan gapiradi".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:43:30
Bakrul Muzniy aytadi: "Kimni, zamonasining biz bilgan eng ulug‘ olimini ko‘rish xursand etadigan bo‘lsa, Al-Hasan Al-Basriyga qarasin. Biz undan ko‘ra olimroqni topganimiz yo‘q".
   
Abu Ja’far Al-Boqir aytar edi: "Bu odam (Al-Hasan)ning gaplari payg‘ambarlarning gaplariga o‘xshaydi".

Ibn Sa’d aytadi: "Al-Hasan barcha fazilatlarni jam qiluvchi: olim, obro‘li, faqih, ishonchli, omonatli, obid, fasih, go‘zal qomatli va yuzli, salobatli edi".

Rivoyat qilgan hadislari "Olti sahih" mualliflari orasida ham mo‘‘tabardir.

Al-Hasan Al-Basriy hijriy sananing bir yuz o‘ninchi yilida sakson sakkiz yoshida vafot etdi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:44:33
Qatodaning tarjimai holi

Uning to‘liq ismi Abul Xattob Qatoda ibn Dioma As-Sadusiy Al-Akmah, asli arab millatidan bo‘lib, Basrada yashagan, Anas ibn Molik (r.a.), Abut Tufayl, Ibn Sirin, Ikrima, Ato ibn Raboh va boshqalardan rivoyat qilgan. Qatodaning yodlash qobiliyati o‘tkir, arab she’rlari bilan yaqindan tanish, arab tarixini, arab nasablarini, arab tilini ham yaxshi bilgani uchun tafsir ilmida shuhrat qozongan edi. Uning muhofazasining naqadar o‘tkirligi quyidagi rivoyat qilingan hadisdan ko‘rinib turadi:

Sallom ibn Miskinning rivoyat qilishicha, Amr ibn Abdulloh aytadi: "Qatoda Sa’id ibn Al-Musayyabning oldiga kelib, bir necha kun davomida undan bir necha savol so‘radi. Said ibn Al-Musayyab unga: "Sen mendan so‘ragan hamma savollaringni yodingda saqlayapsanmi?"— dedi. Qatoda "Ha" ishorasini qildi va birma-bir takrorlab: "Men mana bu savolni berdim, siz bunday javob berdingiz. Bu haqda Al-Hasan mana bunday hadisni aytgan edi"—deb, hamma aytilgan hadislarni takrorladi. Shunda Said: "Senga o‘xshaganni Alloh boshqa yaratmagan bo‘lsa kerak",— dedi.

Yana bir rivoyatda Said ibn Al-Musayyab: "Menga kelgan iroqliklar orasida Qatodaga o‘xshagani yo‘q",— deb baho bergan edi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:46:23
Muammar shunday deydi: "Men Abu Amr ibn A’lodan Alloh Ta’oloning ushbu

وَمَا كُنَّا لَهُ مُقْرِنِينَ

"Bizlar o‘zimiz bunga qodir emas edik" (Zuxruf, 13) oyati karimasining ma’nosini so‘radim. Abu Amr savolimga javob bermadi. Men dedim: "Bu savolimni Qatodadan so‘ragan edim, u: "muqriniyna" ning ma’nosi "mutiyqiyna",—dedi. Qatodaning javobiga siz nima deysiz, ey Abo Amr?". Abu Amr: "Agar Qatoda shunday degan bo‘lsa, juda to‘g‘ri aytibdi. Agar Payg‘ambar (s.a.v.) ning qadar to‘g‘risida aytgan ushbu: "Qadar haqida gapirilsa ehtiyot bo‘linglar",— degan hadislari bo‘lmaganda edi, men Qatodaga zamondoshlaridan birortasini tenglashtirmagan bo‘lar edim". (Vafayotul-a’yon. 2-j. 179-b. )

Qatoda hijriy sananing bir yuz o‘n yettinchi yilida ellik olti yoshda vafot etdi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:47:51
Yuqorida nomlari sanab o‘tilgan olimlar tobi’iylardan chiqqan mufassirlar bo‘lib, ular asosan sahobiylardan, ba’zi joylarda ahli kitoblardan rivoyatlar asosida, ba’zan esa o‘zlarining ijtihodlariga tayangan holda tafsir qilgan zotlar edilar.

Ulardan keyingi zamonlarda esa tafsir ilmini taba’a tobi’in, ya’ni tobi’iylardan ilm o‘rgangan olimlar jamoasi davom ettirganlar. Ular Qur’on oyatlari ma’nolarini kelajak avlodga yanada kengroq, mukammalroq tafsir qilib berganlar. Shu tariqa Qur’on oyatlari tafsiri bugungi kun darajasiga yetib kelgan. Ammo Qur’on tafsirlari qancha ko‘p bo‘lishiga, turli tillarga tarjima qilinganiga qaramay, uning ma’nolarini tushunishda yanada yangi tarjima va tafsirlarga ehtiyoj sezilmoqda. Chunki, Qur’on ma’nolarini o‘z foyda va xohishlariga burib yuborish hollari, oyat hukmlarining hikmatidan bexabar bo‘lgan holda, lug‘atini yaxshi bilmagan holda qat’iy hukm chiqarish hollari yuz bermoqda. Qur’on ilmidan uzoq bo‘lgan omma xalq esa, unday g‘alamislarning fasod maqsadidan bexabar bo‘lgani uchun, ularning o‘zini katta olim, ig‘volarini esa da’vat, deb hisoblab, hidoyat yo‘lidan adashmoqdalar. Dinga rahna soluvchi bunday g‘alamislar haqida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday degan edilar: "Kimki Qur’onni o‘z bilganicha tafsir qilsa, u boradigan joyini do‘zaxdan tayyorlab qo‘yibdi".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:48:29
Tayanch iboralar: Tobi’iylar davrida tafsir maktablari, Makka tafsir maktabi, Madina tafsir maktabi va Iroq tafsir maktabi, Said ibn Jubayr, shunday mufassir, muhaddis va faqih olim qirq to‘qqiz yoshida hijriy sananing to‘qson beshinchi yilida Hajjoj zolim tomonidan o‘ldirildi, Mujohid ibn Jabr, "Hamma ulamolar Mujohidning imomligiga va uning rivoyati hujjat bo‘lishiga ittifoq qilganlar", Qur’on oyatlarining ma’nolarini tushunishda aqlga juda katta erk berib yuborgan edi, Ibn Mu’in aytadiki: "Ikrimaga o‘xshab ta’naga qolgan boshqa odam ham bormikin, axir unga Islomi uchun tuhmat qilinyapti-ku!", Tovus ibn Kayson, Tovus qirq marta haj qilgan, mustajobud-da’vat kishi edi, Ibn Abbos (r.a.) Makka ahliga: "Mening oldimga nima uchun yig‘ilasizlar, axir ichingizda Ato borku!"— deganlar, "olti sahih", "Ibn Mas’ud ixtilofli masalalarda ijtihod va ra’y bilan hukm qilish yo‘liga asos solgan, keyinchalik bu yo‘l Iroq ulamolari o‘rtasida ommalashib ketgan", manba (ilm xazinasi), "Masruq hajga borganda yotib uxlashdan voz kechgan, uxlasa ham sajdaga bosh qo‘yib uxlardi, Ibn Sa’d aytadi: "Al-Hasan barcha fazilatlarni jam qiluvchi: olim, obro‘li, faqih, ishonchli, omonatli, obid, fasih, go‘zal qomatli va yuzli, salobatli edi", "muqriniyna" ning   ma’nosi "mutiyqiyna".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Sentyabr 2008, 06:49:23
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar.

1. Tobi’iylar zamonida Qur’oni Karim tafsiriga munosabat qanday edi?
2. Tobi’iylar davrida mashhur bo‘lgan tafsir maktablarini sanab berolasizmi?
3. Makka tafsir maktabining asoschisi kim va u yerdan yetishib chiqqan mufassirlardan kimlarni bilasiz?
4. Madina tafsir maktabining asoschisi kim va u yerdan yetishib chiqqan qaysi mufassirlarni bilasiz?
5. Iroq tafsir maktabini kim tashkil qilgan, u yerdan qaysi mufassir olimlar yetishib chiqqan?

Tavsiya etilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Doktor Mahmud At-Tahhon. Taysiru Mustalahil hadis. Riyoz. 1996. 9-nashr.
3. Zakoi Ko‘nrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara. Toshkent. 1995.
4. Tafsiru ibn Kasir. Bayrut. 1969. 1-j.
5. Tafsiri Tabariy. Bayrut. 1999. 3-nashr. 1-j.
6. Sog‘uniy Alixonto‘ra. Tarixi Muhammadiy. Toshkent. Movarounnahr. 1997. 640 bet.
7. Muhammad Tohir Ibn Ashur. At-tahrir vat-tanvir. Tunis. 1-j.
8. Imom As-Suyutiy. Al-Itqon fiy ulumil Qur’on.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Sentyabr 2008, 04:34:56
14-MAVZU.  TOBI’IYLAR TAFSIRINING QIYMATI

Dars rejasi:

1. Tobi’iylar tafsirining hujjat bo‘lishida ulamolarning fikri.
2. Tobi’iylar tafsirining alomatlari.
3. Tadvin
(Qur’on oyatlari tafsirining oyatma-oyat tartib bilan mukammal yozilishi tadvin deyiladi ) asridagi   tafsirlar.
4. Qur’onni mukammal tafsir qilgan birinchi mufassir.
5. Tafsirning turlari.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Sentyabr 2008, 04:38:54
1. Agar biror masalani hal qilishda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan va sahobalardan rivoyat qilingan dalil topilmasa, tobi’iylarning tafsirlariga murojaat qilib, ularning so‘zlarini qabul qilish mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risida Islom ulamolarining qarashlari turlichadir:

Imom Ahmaddan ikki xil fikr keltirilgan. Bir so‘zlarida qabul qilish, yana bir so‘zlarida qabul qilmaslikni aytganlar.

Ibn Uqayl, tobi’iy so‘zini qabul qilmaslik taklifini berganlar.

Shu’ba ibn Al-Hajjojning aytishicha:

"Tobi’iylarning so‘zlari qabul qilinmaydi, deganlar shunday sabab ko‘rsatadilar: "Tobi’iylar bevosita Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan eshitmaganlar. Shuning uchun ularning tafsirini sahobalar tafsiri darajasiga ko‘tarib bo‘lmaydi. Buning ustiga tobi’iylar Qur’onning nozil bo‘lish holatiga, nuzul vaqtidagi alomatlarga shohid bo‘lmaganlar. Shunday ekan, ular murodni tushunishda xato qilgan bo‘lishlari, dalil bo‘lmaydigan narsa va holatni dalil deb tushunishlari mumkin. Buning ustiga tobi’iylarning adolati sahobalarning adolati bilan teng deb bo‘lmaydi".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Sentyabr 2008, 04:47:16
Bu haqda Abu Hanifa (r.a.) shunday deganlar:

"Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan kelgan xabarlarni bosh va ko‘zimiz ustiga qabul qilamiz. Sahobalardan kelgan xabarlarni qabul qilishda ixtiyorlimiz; xohlasak qabul qilamiz, xohlamasak yo‘q. Ammo tobi’iylardan kelgan xabarga kelsak, ular ham, biz ham ulamolarmiz".

Ba’zi mufassir ulamolar aksincha fikr bildirganlar: "Tobi’iylarning so‘zlari tafsirda olinadi, chunki ular aksar tafsirlarini sahobalardan olganlar. Masalan: Mujohid e’tirof etib shunday deydi: "Men Mushafni "Fotiha" surasidan oxirigacha Ibn Abbos huzurlarida uch marta o‘tkazdim. Har bir oyatdan so‘ng to‘xtab, uning ma’nosini so‘rar edim".

Qatoda ham: "Qur’onda biror oyat qoldirmasdan ma’nosini eshitdim",— degan. Shuning uchun ba’zi mufassirlar o‘z tafsirlarida tobi’iylar rivoyatlaridan ham foydalanganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Sentyabr 2008, 04:52:29
Shu’ba ibn Al-Hajjoj shunday deydi:

"Tobi’iylarning so‘zlari hujjat bo‘lolmaydi. Haqiqatda ham, bir tobi’iyning so‘zi unga muxolif bo‘lgan tobi’iyga hujjat bo‘lolmaydi, muxolifining so‘zini hech kim qabul qilmaydi. Shunday ekan, tobi’iylar bir so‘zda ittifoq bo‘lsalar, boshqa hujjat qidirib yurmasdan shu so‘zni olinadi. Agar tobi’iylar ixtilofda bo‘lsalar, ularning so‘zlari tark qilinadi va Qur’onning, sunnatning yoki umuman arabning lug‘atiga, sahobiylarning qavliga qaytiladi". (UsuL at-tafsir. Muqaddimatu Ibn Taymiyya, 28-29-b.  Al-Itqon. 2-j. 189-b.)

Demak, Tobi’iylarning so‘zini tafsirda hujjat sifatida olish joiz emas. Xususan, ahli kitoblardan rivoyat qilingan bo‘lsa, unday so‘zlar tark qilinadi.

Ammo ularning so‘zlari ra’y bilan ham emas, ahli kitoblardan rivoyat qilingan ham emas, balki sahobiylardan rivoyat qilingan bo‘lsa uni olish joiz. Tobi’iylar ittifoq qilgan bo‘lsalar, uni olish vojibdir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Sentyabr 2008, 04:55:38
2.Tobi’iylarning tafsiri bir necha alomatlar bilan ajralib turadi:

1.Tobi’iylar tafsiriga yahudiylar va nasroniylardan qilingan juda ko‘p rivoyatlar kirib qolgan. Buning sababi ahli kitoblarning ko‘pchiligi Islom diniga kirganligidir. Ularning zehniga Qur’on ahkomlariga aloqasi bo‘lmagan turli xabarlar, masalan: yaralishning boshlanishi, vujudning sirlari, koinotning yaratilishi va boshqa ko‘plab qissalar o‘rnashib qolgan. Bu xabarlarni Qur’oni Karim mufassal emas, ijmolan bayonini yoki ishorasin berib o‘tgan. Qur’ondagi bunday xabarlar, ayniqsa, yahudiylar va nasroniylar haqidagi ma’lumotlarni inson nafsi batafsilroq bilishga, tushunishga qiziqadi. Shuning uchun tobi’iylar ahli kitoblardan eshitgan bunday "isroiliyotlar"ni tahrir va tanqid qilmasdan o‘quvchiga qiziqarli bo‘lsin, deb o‘z tafsirlariga qo‘shib yuborganlar. Isroiliyotlarning aksariyati ahli kitoblardan musulmon bo‘lgan Abdulloh ibn Salom, Ka’bul Axbor, Vahb ibn Munabbah va Abdulmalik ibn Abdul Aziz ibn Jurayjdan rivoyat qilingan. (Fajrul Islom, 252-b.  Manhajul Furqon, 2-j. 20-b.)

2. Bu davrdagi tafsir tobi’iylarning sahobalar bilan uchrashib, ulardan eshitib, qilgan rivoyatlari asosida yuzaga kelgan. Biroq, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlarida sahobalar bilittifoq rivoyat qilganlaridek, umumiy ma’noda emas, balki har bir tobi’iy o‘z ustozi—imomidan    eshitganini xossatan rivoyat qilgan. Masalan: Makkaliklar Ibn Abbosdan; Madinaliklar Ubay ibn Ka’bdan, Iroqliklar esa Ibn Mas’uddan rivoyat qilib, ularni boshqalaridan ustun qo‘yganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Sentyabr 2008, 04:56:46
3. Bu davrda ixtilofli mazhablarning namoyandalari tafsirlardan asosan o‘z mazhablarining boshqalardan afzal ekanligini, o‘z fikrlarining boshqalar fikridan ustun ekanligini isbotlashda foydalana boshladilar. Natijada, tafsirlar musulmonlarga Qur’on ma’nolarini tushuntirib beruvchi ilmiy manba bo‘lishdan ko‘ra, aksar hollarda ahli ilmlarning munozara maydoniga aylanib qolgan edi. Masalan: tobi’iy mufassirlardan Qatoda ibn Di’oma o‘z tafsirida Allohning qazo va qadarini tushuntirishga qattiq ruju’ qilgani uchun, uning haqida "qadariy" deb gumon qilingan. Natijada, uning tafsiri e’timoddan va e’tibordan qolgan.
Al-Hasan Al-Basriy ham o‘z tafsirida qadarni isbotlashga urinib, unga unamagan kishini kofirga nisbat bergan. Buning oqibatida Al-Hasanning tafsiridan qilingan rivoyat ham ba’zi olimlar nazdida qimmatga ega emas, deb sanaladi.

4. Tafsirda tobi’iylarning ixtiloflari sahobalarning ixtiloflaridan ko‘proqdir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning zamonlarida Qur’oni Karim tafsirida ixtilof butunlay bo‘lgan emas. Sahobalar zamonida biroz ixtilof paydo bo‘ldi. Tobi’iylar davrida bu ixtiloflar kuchaydi. Ammo tobi’iylardan keyingi mufassirlar asrida, ya’ni yozma tafsirlar ko‘paygan sayin mufassirlar o‘rtasidagi bunday ixtiloflar qaddan oshib ketdi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Sentyabr 2008, 04:58:13
3. Tafsirda devon tuzish Umaviylar xalifaligining oxiri, Abbosiylar xalifaligining avvalida boshlandi. Bundan oldingi tafsirlar rivoyatlarga asoslanar edi. Sahobalar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan yoki birlari ikkinchilaridan, tobi’iylar esa sahobalardan yoki bir tobi’iy ikkinchi tobi’iydan rivoyat qilar edilar. Tafsirdagi birinchi qadam shu tariqa qo‘yilgan.

Sahobalar va tobi’iylar asridan so‘ng tafsirda ikkinchi qadam qo‘yildi. Bunda asosan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qilingak hadislar mazmunlariga qarab bobma-bob tartib berilgan, ular orasidan alohida bir bob ajratilib, bu bobda Qur’on oyatlari tafsiri rivoyat qilinar edi. Qur’oni Karimning boshidan oxirigacha surama-sura, oyatma-oyat yozilgan maxsus tafsiri yo‘q edi. Bu davrda ko‘plab ulamolar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadislarni jamlash maqsadida turli shaharlarni aylanar va Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ga, sahobalarga va tobi’iylarga nisbat berilgan hadislarni yig‘ar edilar. Yazid ibn Horun As-Sulamiy (117 hijriyda vafot etgan), Shu’ba ibn Al-Hajjoj (160 hijriyda vafot etgan), Vaki’ ibn Al-Jarroh (197 hijriyda vafot etgan), Sufyon ibn Uyayna (198 hijriyda vafot etgan), Ruh ibn Uboda Al-Basriy (205 hijriyda vafot etgan), Abdurrazzoq ibn Hammom (211 hijriyda vafot etgan), Odam ibn Abiy Iyos (220 hijriyda vafot etgan), Abd ibn Hamid (249 hijriyda vafot etgan) va boshqalar shular jumlasidan bo‘lib, bu ulamolar jamlagan oyatlarning tafsiri mustaqil tafsir kitobi sifatida emas, hadis kitobi boblari ichida tafsirga ajratilgan bir bob sifatida devon qilingan edi.

Afsuski, bu qimmatli asarlar bizgacha yetib kelmagan. Shuning‘ uchun ular haqida bir ijobiy yoki tanqidiy fikr aytish va qat’iy hukm chiqarish imkoniyatiga ega emasmiz.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Sentyabr 2008, 04:59:52
4. Tafsirdagi uchinchi qo‘yilgan dadil qadam — bu tafsirni mustaqil ilm sifatida hadisdan ajratilishi bo‘ldi. Mushafning tartibiga muvofiq holda Qur’oni Karimning har bir oyatiga batafsil tafsir bayon qilindi. Bunday xayrli ishga qo‘l urganlar qatorida Ibn Mojja (273 hijriyda vafot etgan), Ibn Jarir At-Tabariy (310 hijriyda vafot etgan), Abu Bakr ibn Al-Munzir An-Naysoburiy (318 hijriyda vafot etgan), Ibn Abiy Hotim (327 hijriyda vafot etgan), Abu Ash-shayx ibn Habbon (329 hijriyda vafot etgan), Al-Hokim (405 hijriyda vafot etgan), Abu Bakr ibn Murdavayh (410 hijriyda vafot etgan) va boshqa o‘nlab ulamolar bor edilar.

Bu ulamolarning tafsirlari Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga, sahobalarga, tobi’iylarga va tabaa tobi’iylarga mansub rivoyatlardan iborat bo‘lib, "tafsiri ma’sur"dan deyarli farq qilmas edi. Faqatgina Ibn Jarir At-Tabariyning tafsiri boshqa tafsirlardan kengroq edi. Unda turli rivoyatlar aytilganidan so‘ng, kuchliroq rivoyatga alohida urg‘u berar, uni boshqalaridan quvvatliroq ekanini isbotlab, fikr bildirar, zarurat bo‘lganda e’robni ham bayon qilar edi. Hatto ba’zi hukmlarni chiqarishda oyatlardan istinbot ham olardi. Tafsir ilmi shu tariqa pog‘onama-pog‘ona rivojlantirildi.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Sentyabr 2008, 05:00:29
Ammo Qur’oni Karimni oyatma-oyat tafsir qilgan va uni Mushaf tartibiga muvofiq tadvin qilgan birinchi mufassir kim ekanligi to‘g‘risida aniq fikr aytish qiyin.

Ibn An-Nadimning "Al-Fihrast" kitobi, 99-sahifasida Abul Abbos Sa’labning shunday so‘zi bor: "Imom Al-Farroning "Fil Ma’oniy" kitobining yozilishiga sabab shu ediki, Umar ibn Bakir Al-Farroning ashoblaridan edi. U Al-Hasan ibn Sahlning xizmatiga kirgani uchun ustozi Al-Farrodan uzoqlashib qolganligi sababli, bir kuni ustoziga xat yozib shunday dedi: "Amir Al-Hasan ibn Sahl mendan Qur’on oyatlari to‘g‘risida juda ko‘p savol so‘raydi. Men uning savollariga ba’zida javob berolmay qolyapman. Agar rozi bo‘lsangiz, men uchun shunday kitob yozib beringki, men unga murojaat qilib, barcha oyatlar xususida javob topayin".

Al-Farro rozi bo‘lib, barcha shogirdlariga bir kunda bir joyga yig‘ilishni buyurdi va dedi: "Yig‘ilinglar, men sizlarga Qur’on haqida bir kitob yozib beraman",— dedi. Hamma yig‘ilgandan so‘ng, masjid muazziniga qarab: "Sen menga "Fotiha" surasini o‘qib bergin, men tafsir qilib beraman",— dedi. Shu tariqa muazzin Qur’on suralarini o‘qib turdi, Al-Farro esa birin-ketin tartib bilan tafsir qilishga boshladi". Abul Abbos aytadiki: "Shu vaqtgacha biror kishi Al-Farro qilgan ishni, ya’ni tartib bilan tafsir qilishni o‘ylamagan edi. Keyin ham uning ishiga hech kim biror narsa qo‘sha olgani yo‘q".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Sentyabr 2008, 05:01:30
Lekin Ibn An-Nadimning bu rivoyati birinchi mukammal tafsir sohibi Al-Farro (207 hijriyda vafot etgan) ekan, degan xulosa chiqarishimizga dalil bo‘lolmaydi. Biroq, Al-Farro bu sohada dadil qadam qo‘ygan olimlardan biri edi, deyishimiz mumkin. Qur’oni Karimni sura-masura, oyatma-oyat tartib bilan tafsir qilishga kirishish jarayoni ikkinchi asrning oxiri va uchinchi asrning boshlarida ham nihoyasiga yetmagan edi.

Ibn Abu Mulayka rivoyat qilgan: "Men Mujohidning qo‘lida lavhlarini ko‘tarib olgan holda Ibn Abbos (r.a.)dan Qur’on oyatlari tafsirini so‘rab turganini ko‘rdim. Ibn Abbos (r.a.) esa har bir oyat tafsirini aytib, Mujohidga yoz!" deb buyurar edilar. Mujohid shu tariqa Qur’onning hamma oyatlari tafsirini birma-bir yozib olgan edi", (Ibn Jarir tafsiri. 1-j, 30-b.)— degan hadis Al-Farrodan ancha ilgariyoq Qur’on tafsiri tartib bilan yozilganini ko‘rsatadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Sentyabr 2008, 06:08:00
Tafsirda qo‘yilgan to‘rtinchi qadam bu isnodda haddan oshish bo‘ldi.

Mufassirlar o‘zlaridan avval o‘tgan salaf olimlarining rivoyatlarini aytuvchiga nisbat bermasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri rivoyat qilishga o‘tdilar. Tafsirlarda vaz’ (yolg‘on rivoyatlar) paydo bo‘la boshladi. Rost bilan yolg‘on aralashib ketdi. Bunday tafsirlarga qaragan mutaaxxir olimlar undagi hamma rivoyatni rost deb tushunib, o‘zlarining tafsirlarida rivoyat qila boshladilar. Ulardagi isroiliyotlar ham rost voqe’alar sifatida talqin etila boshladi. Mufassirlar xayollariga nima kelsa, boshqa mufassirlardan farq qiladigan va tafsirxonni jalb qiladigan bo‘lsa shuni yozaveradigan bo‘ldilar. "Masalan: "Fotiha" surasidagi:

غَيْرِ الْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ وَلا الضَّالِّينَ

oyati karimasidan (Fotiha, 7) murod yahudiylar va nasroniylar ekanligi Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan, sahobiylar va tobi’iylardan rivoyat qilingan bo‘lishiga qaramay, mufassirlar o‘z hollaricha o‘n xil ma’no aytganlar". (Al-Itqon. 2-j. 190-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Sentyabr 2008, 06:11:26
5. Tafsirda qo‘yilgan beshinchi qadam uzoq davom etdi, hattoki Abbosiylar zamonidan bizning zamonimizgacha kelib, hozirda ham davom etmoqda. Bu qadamning mahsuli sifatida tafsirlarda naqliy tushuncha bilan aqliy tushuncha aralashtirib yuborildi. Buning sababi shu ediki, Abbosiylar davriga kelib, lug‘at ilmlari, nahv-sarf devon qilindi, fiqhiy mazhablar bo‘lindi, kalom ilmi kuchaydi, mutaassib mazhablar yuzaga chiqa boshladi, turli Islomiy firqalar o‘z yo‘nalishlarini va fikrlarini tarqata boshdadilar, falsafa kitoblari tarjima qilindi. Bu aqliy ilmlarning hammasi tafsirga ham aralashib, hatto naqliy dalillardan ustun qo‘yila boshlandi. Mufassir qaysi ilm yo‘nalishi bo‘yicha olim bo‘lsa, tafsirda ham asosiy e’tiborni o‘sha yo‘nalishga qaratdi. Masalan: Nahv-sarf olimlari Az-Zujoj, Al-Vohidiy "Al-Basit"da, Abu Hayyon "Al-Bahrul Muhit"da asosan nahv bo‘yicha e’roblar bayoniga ahamiyat bergan bo‘lsa, aqliy ilm egasi Al-Faxr Ar-Roziy "Mafotiyhul g‘oyb" tafsirida hukamolar fikri va falsafaga, fiqh ulamolari Al-Jassos va Al-Qurtubiy o‘z tafsirlarida fiqhiy hukmlarga, tarix olimlari As-Sa’labiy va Al-Xozin tarixiy qissalar va rivoyatlarga, mo‘taziliylardan Ar-Rummoniy, Al-Jubboiy, Al-Qoziy Abdul Jabbor, Mahmud Az-Zamaxshariy, imomiyyalardan At-Tabriziy, Mullo Muhsin Al-Koshiylar o‘z mazhablari da’vatiga, tasavvufning Ibn Arabiy va Abu Abdurrahmon singari olimlari tasavvufiy ishoratlarga qattiq urg‘u berganlar. Qur’oni Karim tafsirlaridagi bunday tug‘yonlarga qarshi zarba beradigan "Ad-durrul mansur" nomli tafsir ham yozilgan bo‘lib, uning muallifi As-Suyutiydir.

Ulamolar tarafidan Qur’oni Karimning turli mavzulariga doir maxsus asarlar ham ta’lif etilgan. Ibn Al-Qayyimning Qur’ondagi qasam iboralari haqidagi "At-tibyon fiy aqsomil-Qur’on", Abu Ubaydaning "Majozul Qur’on", Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniyning "Mufradotul Qur’on", Abu Ja’far An-Nuhosning "Qur’onning nosix va mansux oyatlari", Abul Hasan Al-Vohidiyning "Qur’on oyatlarining nozil bo‘lish sabablari", Al-Jassosning "Qur’on ahkomlari" nomli asarlari shular jumlasidandir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Sentyabr 2008, 06:13:57
Xulosa qilib aytganda, Qur’oni Karimning ko‘plab xilma-xil tafsirlari yuzaga kelganki, ularni sanab ko‘pligidan va nihoyatda kattaligidan kishi hayajonga tushadi. Ibn Xallikon "Vafayotul-a’yon" kitobida yozishicha, mo‘‘taziliylarning shayxi Amr ibn Ubayd Al-Hasan Al-Basriydan rivoyat qilib, Qur’onga juda katta tafsir yozgan.

"Tabyiynu kizbil muftariy" kitobi muallifining yozishiga qaraganda, Abul Hasan Al-Ash’ariy "Al-Muxtazan" nomli tafsir yozgan bo‘lib, uning hajmi yetmish mujalladdir. Ibn Arabiyning rivoyatiga ko‘ra, "Al-Muxtazan" besh yuz mujalladdir. (Al-Muqriziy, Tabyiynu kizbil muftariy. 133-136-b.)

Al-Juvayniyga nisbat berilgan tafsir ham juda katta hajmda bo‘lib, Qur’oni Karimning har bir oyatiga o‘n xildan ma’no berilgan. (Al-Muqriziy. Tabyiynu kizbil muftariy, 257-b)

Al-Qushayriy ham juda katta hajmli kitob yozgan. (Al-Muqriziy, Tabyiynu kizbil muftariy, 273-b.)

Ibn Al-Anboriyning bir yuz yigirma tafsirni isnodlari bilan yod bilganligi aytiladi. (At-tafsir. «Ma’olimi hayotihi», 15-b)

Abu Hilol Al-Askariy "Kitobul-mahosin" nomli tafsir yozgan, uning hajmi besh mujalladdir. (At-tafsir «Ma’olimi hayotihi», 15-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Sentyabr 2008, 06:15:07
Qur’onga tafsir yozgan ulamolarning zamonlari va makonlari bir-biridan farq qilganiga qaramay, tafsir yozish uslublari bir-biriga mos kelgani kuzatiladi. Masalan: mutaqaddim olimlardan ba’zilari xossatan "tafsiri ma’sur"(rivoyatlarga asoslangan tafsir) yozgan bo‘lsalar, mutaaxxir ulamolarning ba’zilari ham shu usulda tafsir yozganlar. Agar mutaqaddim olimlar tasavvufiy ishoratlarga bag‘ishlab tafsir yozgan bo‘lsalar, mutaaxxir olimlarning ba’zilari ham shu mazmunda tafsir yozganlar. Agar mutaqaddim olimlarning ba’zilari o‘z mazhablarining ustunligini isbotlashga va uni da’vat qilishga o‘z tafsirlarida ko‘proq ahamiyat bergan bo‘lsalar, bunday usul mutaaxxir olimlarning tafsirlarida ham mavjuddir. Shuning uchun biz zamonidan qat’i nazar avval "tafsiri ma’sur"larning eng mashhurlari haqida, keyin ra’y bilan qilingan tafsirlarning mashhurlari, undan keyin turli firqalarning tafsirlari, undan so‘ng tasavvufiy tafsirlar haqida, undan so‘ngra falsafiy tafsirlar, fiqhiy tafsirlar va nihoyat ilmiy tafsirlar haqida fikr yuritamiz.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Sentyabr 2008, 06:17:04
Tayanch iboralar: Tobi’iylarning adolati, Abu Hanifa (r.a.) shunday deganlar: "œPayg‘ambarimiz (s.a.v)dan kelgan xabarlarni bosh va ko‘zimiz ustiga qabul qilamiz. Sahobalardan kelgan xabarlarni qabul qilishda ixtiyorlimiz, xohlasak qabul qilamiz, xohlamasak yo‘q. Ammo tobi’iylardan kelgan xabarga kelsak, ular ham, biz ham ulamolarmiz", Tobi’iylarning so‘zini tafsirda hujjat sifatida olish joiz emas, xususan, ahli kitoblardan rivoyat qilingan bo‘lsa, unday so‘zlar tark qilinadi, tobi’iylar tafsiriga yahudiylar va nasroniylardan qilingan juda ko‘p rivoyatlar kirib qolgan, buning sababi ahli kitoblarning ko‘pchiligi Islom diniga kirganligidir, ularning zehniga shariat ahkomlariga aloqasi bo‘lmagan turli xabarlar, masalan: yaralishning boshlanishi, vujudning sirlari, koinotning yaratilishi va boshqa ko‘plab qissalar o‘rnashib qolgan, bu xabarlarni Qur’oni Karim mufassal emas, ijmolan bayonini yoki ishorasini qilib o‘tgan, ixtilofli mazhablarning namoyandalari, tobi’iy mufassirlardan Qatoda ibn Di’oma o‘z tafsirida Allohning qazo va qadarini tushuntirishga qattiq ruju’ qilgani uchun, uning haqida "qadariy" deb gumon qilingan, tafsirda tobi’iylarning ixtiloflari sahobalarning ixtiloflaridan ko‘proqdir, tafsirda devon tuzish, tafsirning mustaqil ilm sifatida hadisdan ajratilishi, Ammo Qur’oni Karimni oyatma-oyat tafsir qilgan va uni Mushaf tartibiga muvofiq tadvin qilgan birinchi mufassir kim ekanligi to‘g‘risida aniq fikr aytish qiyin, tafsirlarda naqpiy tushuncha bilan aqliy tushuncha aralashtirib yuborildi, mufassir qaysi ilm yo‘nalishi bo‘yicha olim bo‘lsa, tafsirda ham asosiy e’tiborni o‘sha yo‘nalishga qaratdi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Sentyabr 2008, 06:19:16
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar.

1. Tobi’iylar tafsirining hujjat bo‘lishida ulamolar qanday fikr bildirganlar?
2. Tobi’iylar tafsirini boshqa tafsirlardan qanday ajratish mumkin?
3. Tadvin (Qur’on oyatlari tafsirining oyatmaoyat tartibbilan mukammal yozilishi tadvin deyiladi) asri qachondan boshlandi?
4. Qur’onni mukammal tafsir qilgan birinchi mufassir kim?
5. Tafsirning qanday turlarini bilasiz?

Tavsiya etilgan va foydalanilgan   adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Doktor Mahmud At-Tahhon. Taysiru Mustalahil hadis. Riyoz. 1996. 9-nashr.
3. Zakoi Ko‘nrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara. Toshkent. 1995.
4. Tafsiru ibn Kasir. Bayrut. 1969. 1-j.
5. Tafsiri Tabariy. Bayrut. 1999. 3-nashr. 1-j.
6.  Sog‘uniy Alixonto‘ra. Tarixi Muhammadiy.Toshkent. Movarounnahr. 1997. 640 bet.
7.  Muhammad  Tohir Ibn Ashur. At-taxrir vat-tanvir. Tunis. 1-j.
8.  Imom Suyutiy. Al-Itqon fiy ulumil Qur’on.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 07:45:49
15-MAVZU. RIVOYAT ASOSIDA YOZILGAN TAFSIR. "œAT-TAFSIYR AL-MA’SUR"

Dars rejasi:

1. Tafsiri ma’sur vujudga kelishining ikki davri. Tadvin davri. Qur’oni Karim tafsirining hadisning   bir bobi sifatida yozilishi. Hadisdan tafsirning   ajratilishi. Ali ibn Abu Talhaning kitoblari. Abu Ravq va Muhammad ibn Savr tafsirlari. Ibn Jarir tafsiri.
2. Tafsiri ma’surning zaiflik alomatlari:
a) tafsirda mavzu’ (rivoyatga asoslanmagan, to‘qilgan) gaplarning paydo bo‘lishi;
b) isroiliyotlarning kirib qolganligi;
3. Tobi’iylar davrida isroiliyotlarga berilish.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 07:47:33
1. Tafsiri ma’sur deganda, biror oyatning ma’nosini boshqa oyat yoki Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hadislari bilan, sahobiy yoki tobi’iydan naql qilingan so‘z bilan bayon etishni tushuniladi. Bu yerda "tobi’iy" so‘zini — agar ulamolar o‘rtasida tobi’iyning fikri ra’y deyilishi yoki ma’sur deyilishi ixtilofli bo‘lsa ham — qo‘shib qo‘yildi, chunki, Ibn Jarir singari ba’zi mufassirlar tafsiri ma’surda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan va sahobalardan qilingan rivoyatlar bilangina kifoyalanmasdan, balki tobi’iylardan qilingan rivoyatlarni ham keltirganlar.

Tafsiri ma’surning vujudga kelish davri ikki bosqichdan iboratdir. Birinchisi rivoyat davri bo‘lib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘z ashoblariga Qur’oni Karimning ba’zi oyatlari ma’nosidagi maxfiylikni ochib berganlar. Uni sahobai kiromlar zehnlarida saqlab, og‘izma-og‘iz bir-birlariga, keyinchalik tobi’iylarga yetkazganlar. O’z navbatida Qur’oni Karimning ba’zi oyatlari ma’nosini sahobalar ham Payg‘ambarimiz(s.a.v.)dan eshitganlariga qo‘shimcha ehtiyojga muvofiq ijtihod qilib tafsir qilganlar.

Tobi’iylar ham o‘z davrlarida oyatlardagi ba’zi maxfiylikni Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan va sahobalardan qilingan rivoyatlar ustiga o‘zlari ham ijtihod va ra’y bilan xalqqa tushuntirganlar.

Tafsirdagi shunday o‘zgarish va kengayish taba’a tobi’iylar (tobi’iylardan keyingi avlod)ning davrida ham davom etdi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 07:49:04
Ikkinchisi tadvin davridir. Bu davrda birinchi bo‘lib tafsiri ma’sur (rivoyatlar asosidagi tafsir) yozildi. Lekin bu davrda yozilgan tafsir alohida kitob bo‘lmasdan, balki rivoyat qilingan hadislar kitobining bir bobi sifatida yozilgan edi. Qur’on tafsirini bir bob sifatida bo‘lsa ham birinchi yozgan kishi Madina imomi Al-Imom Molik ibn Anas Al-Asbahiy (Al-mabodiun-nasriyyah. 26-b) edilar.

Keyinchalik Hadisdan Tafsir ajratildi va alohida kitob sifatida yozildi. Qur’oni Karim tafsirini alohida kitob shaklida birinchi bo‘lib yozgan kishi Ali ibn Abu Talha (Al-Itqon, 2-j. 88-b) bo‘lib, uni Ibn Abbos (r.a.)dan qilingan rivoyat asosida yozdi.
Keyin Qur’onning bir juz’iga tafsir yozildi, uning muallifi Abu Ravq (O’sha manba, 88-b) , undan keyin esa uch juz’iga Ibn Jurayjdan qilingan rivoyat asosida Muhammad ibn Savr (O’sha manba, 88-b) tafsir yozdi.

Ibn Jarirning yozgan tafsiri esa tafsiri ma’surning eng mukammali bo‘ldi. Vaqt o‘tishi bilan tafsiri ma’surda ham isnodsiz rivoyatlar qilish boshlanib ketdi va 4-faslda bayon qilganimizdek, sahih rivoyat bilan nosahihini ajratib bo‘lmay qoldi, hatto bu narsa yolg‘on rivoyatlarning ko‘payishiga ham sabab bo‘ldi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 07:50:10
Yuqorida aytilganlardan ma’lumki, tafsiri ma’sur Qur’on oyatini Qur’on oyati, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning sunnatlari, sahoba yoki tobi’iylarning rivoyatlari bilan tafsir qilishdan iboratdir. Shunday ekan, Qur’onni Qur’on yoki Hadis bilan qilingan tafsiri shubhasiz qabul qilinadi.

Agar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga nisbat berilgan rivoyatlarning isnodi yoki matni zaif bo‘lsa, uni qabul qilinmaydi, ya’ni marduddir.

Ammo sahobalar va tobi’iylardan rivoyat qilingan hadislar bilan tafsir qilingan bo‘lsa, ularga xalal aralashgan bo‘ladi va zaif sanaladi. Chunki, tafsir kitoblarida sahobiylar nomidan rivoyat qilingan ko‘plab hadislar borki, ular sahih emasdir. Ayniqsa, Ibn Abbos (r.a.) va Hazrat Ali (r.a.) nomlaridan juda ko‘p yolg‘on hadislar rivoyat qilingan. Shuning uchun Imom Shofe’iy (r.a.): "Ibn Abbosdan tafsir haqida yuztacha hadis rivoyat qilingan xolos" (Al-Itqon. 2-j. 189-b),— deganlar.

Demak, Ibn Abbos (r.a.) nomlariga nisbat berilib, kazzoblar tomonidan juda ko‘p hadislar to‘qilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 07:51:25
2. Tafsiri ma’surning zaif sanalishiga uchta sabab bor:

a) Tafsirda mavzu’ (rivoyatga asoslanmagan, to‘qilgan) gaplarning paydo bo‘lishi.

Tafsirda mavzu’ gaplarning paydo bo‘lishi, ularning Hadisda paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda boshlandi. Chunki, tafsir bilan hadis bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular bir-biridan mustaqil bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, Hadisda sahih, hasan, zaif, roviylari   orasida ishonchli, shubhali, yolg‘onchilari bo‘lganidek, Tafsirda ham, mufassirlar orasida ham shundaylari bor.

Mavzu’ hadis va tafsirlarning paydo bo‘lishi hijratning qirq birinchi yilidan boshlandi. Bu davrga kelib musulmonlar siyosiy jihatdan bir necha firqa (jumhur, shia va xavorij)ga bo‘linib ketgan edilar. Buning ustiga qalbi kufr bilan to‘la, ammo zohirda o‘zini musulmon va dinparvar qilib ko‘rsatuvchi kimsalar ko‘payib ketgan bo‘lib, bunday tafriqa zamoni ularning g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishga, dinda buzg‘unchilikni kuchaytirishga, din ahllarini yo‘ldan ozdirishga qulay imkoniyat yaratib berdi. Natijada ko‘plab botil rivoyatlar to‘qildi, bu rivoyatlarni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) va sahoba (r. anhum)larga nisbat berildi. Masalan: Shialar o‘z mazhablarining afzal ekanligini tushuntirish va Hazrat Aliga nisbatan kishilar qalbida muhabbat paydo qilish, xavorijlar esa "ahli-sunna val-jamoa"ni ayblash maqsadida Qur’ondan biror oyatni dalil keltirishga zo‘r berib urinishar, buning uchun esa rivoyatlar to‘qishib, bu rivoyatlarning nisbatini ishonchli bo‘lsin uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga yoki biror sahobiyga bog‘lab aytishar, maqsadlari esa bid’at va xurofot tarqatishdan boshqa narsa emas edi. Ayniqsa, mavzu’ rivoyatlarning juda ko‘pi Hazrat Ali (r.a.) va Ibn Abbos (r.a.)larga nisbat berilgan edi. Bu ikki ulug‘ sahoba Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ahli baytlaridan bo‘lganlari uchun musulmonlar hech shubha qilmasdan ishonardilar. Ammo e’tibor berib qaralsa, Hazrat Ali (r.a.)ga faqat shialar, Ibn Abbos (r.a.) ga faqat abbosiylar shunday nisbat berganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 07:52:00
Islomga kuch ishlatish va urushlar qilish bilan tazyiq o‘tkazolmagan, ilmiy munozara va mujodaladan ojiz bo‘lgan boshqa toifa Islom dushmanlari ham juda ko‘p yolg‘on rivoyatlarni to‘qib, ularni sahobiylarga nisbat berishib, shu nopok yo‘l bilan Islomga zarba berishga uringanlar. Bunday harakatlarning ta’sirida juda ko‘p mufassirlarning ajoyib asarlari zoe bo‘ldi. Hamma yoqni shubha o‘rab olgandan so‘ng, ozgina zaiflik aralashgan rivoyatlar yoki asarlar butunlay mardud bo‘ldi, e’tibordan qoldi, yo‘qotildi. Boshqa tomondan esa, keyingi yozilgan asarlarda rivoyatlarning sahihi bilan zaifi aralashib ketdi, sahixlar zaif deb, zaiflar sahih deb, ba’zi muhaddis va mufassirlar nomiga tuhmat toshlari otildi.

Lekin, bunday zararlardan qat’i nazar, ilmiy nuqtai nazardan qaraganda g‘arazgo‘y kimsalarning harakati ham ilmiy qiymatga ega. Agarchi ularning ijtihodini isnod jihatidan mavzu’ (yolg‘on, to‘qima) deyilsa ham, tafsir, ta’vil, ijtihod va mustaqil fikr jihatidan qimmatli ilmiy yangilik deyish mumkin. Har bir mavzu’ rivoyat egasi qanday maqsadda tafsir qilgan bo‘lsa ham, bir ijodkorning shaxsiy fikri sifatida o‘rganishga loyiqdir, chunki, ehtimol boshqa mufassirlarning ra’ylari va ijtihodiy fikrlariga nisbatan eng to‘g‘ri fikr uning fikridir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 07:53:10
b) Isroiliyotlarning kirib qolganligi.

"Isroiliyot" so‘zi, yahudiylardan rivoyat qilingan ma’lumotlarni bildirsa ham, biz bu yerda umumiyroq ma’noda, ya’ni yahudiy va nasroniylardan rivoyat qilingan asarlarni nazarda tutamiz. Chunki, Islomning avvalida yahudiylar ham, nasroniylar ham musulmonlar bilan doim birga aralashib yashaganlar, dunyoning turli chekkalaridan guruh-guruh bo‘lib, Madinaga kelib Islomni qabul qilganlar. Har ikki din ahllarining ham alohida diniy madaniyatlari mavjud edi. Buning ustiga Tavrot va Injilning ko‘p hukmlari Qur’on hukmlariga mos kelardi. Masalan: Tavrotdagi qasos hukmi Qur’ondagi qasos hukmining ayni o‘zi edi. Tavrotdagi qadimgi payg‘ambarlarning tarixi Qur’ondagi payg‘ambarlar tarixiga monand edi. Yahudiylar qo‘lida Tavrotdan tashqari Muso (a.s.)ning sunnatlari, ummatlariga qilgan nasihatlari, Musodan bo‘lmagan, balki boshqa yahudiy olimlarining sharhlari, donishmandlarning maqollari ham mavjud ediki, bu asotirlar vaqt o‘tishi bilan muqaddaslashtirilib, Tavrot sahifalari orasiga qo‘shib yuborilgan edi.

Nasroniylarning Iso (a.s.)ga nozil qilingan Injil ham mustaqil muqaddas bir kitob bo‘lib, (nasroniy dinining ham alohida madaniyati mavjud bo‘lsa-da), keyinchalik o‘z Injillarini "yangi ahd" deb atab, o‘zidan oldingi muqaddas Tavrot va Zaburni "qadimiy ahd" nomi bilan Injilga qo‘shib oldilar. Yahudiylar dini va nasroniylar dini aralashib ketdi. Yahudiy va nasroniy olimlardan ba’zilari Islomni qabul qilganlaridan keyin musulmon olimlari o‘z musulmon birodarlaridan eshitgan aralash rivoyatlarni (isroiliyotlarni) ham qabul qila boshladilar. Bu narsa albatta Qur’on tafsirida ham o‘z ta’sirini namoyon qilmasdan iloji yo‘q edi. Negaki, avvalgi muqaddas kitoblarda yozilgan ahkomlar, qissalar Qur’onda ham mavjud bo‘lib, faqat qisqacha bayon etilgan, ba’zi tarixiy voqealar aytilib, voqea sodir bo‘lgan shaharlar nomi zikr etilmagan edi. Bularning mufassal bayonini esa Islomni qabul qilgan yahudiy yoki nasroniylar bajonu dil so‘zlab berar edilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 07:54:46
Agar biz Qur’on va Tavrotda yoki Qur’on va Injilda kelgan bir xil mavzuni olib, ularni muqoyasa qilib ko‘rsak, maslakda (bayon qilish usulida) jiddiy ixtiloflar borligini ko‘ramiz.

Masalan: Odam (a.s.) qissasini olaylik; Bu qissa Tavrotda ham kelgan. Qur’onda esa juda ko‘p joyda kelgan bo‘lib, eng uzun va keng bayon etilgani "Baqara" va "A’rof" suralaridadir. Lekin bu suralarda ham jannatning qaerdaligi, Odam va Havvoga yeyish man etilgan daraxtning nomi, qaysi hayvon sabab   bo‘lib Shayton jannatga kirib olib, Odam va Havvoni xato qilishga imkon topgani, Odam va Havvo jannatdan chiqarilgandan so‘ng qaysi yerga tushganlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot yo‘q. Tavrotga nazar solgan odam esa, Odam va Havvo yaratilgan jannat Adan (Adan —Somali davlati, Qizil dengiz va Ammon dengizi oralig‘idagi yer)ning sharqida joylashganligini, Alloh ularga yeyishni man etgan daraxt jannatning o‘rtasida bo‘lib, uni "hayot daraxti yoki yaxshilik va yomonlikni bildiruvchi daraxt" deb nomlanishini, Shaytonning jannatga kirishiga ilon yordam berganligini, shuning uchun Alloh uni qorni bilan yuradigan va tuproq yalaydigan qilib jazolaganini, Havvoni va uning zurriyotini esa qornida bola ko‘tarib, mashaqqat bilan tug‘ish jazosiga mahkum etilganligini va boshqa shunga o‘xshash hodisalarni batafsil bilib oladi. (Al-ahdul-qadim. Takvin kitobining 1-jildi, 45-b.)

Shuningdek, Qur’oni Karimda Iso (a.s.)ning qissasi, uning mo‘‘jizalari haqida "Maryam", "Oli Imron" va "Moida" suralarida mo‘‘jazgina xabarlar mavjud bo‘lsa ham, bu suralarda Iso (a.s.)ning nasabi, qanday tug‘ilgani, qaerda tug‘ilgani, Maryamga tuhmat qilgan odamning nomi, Osmondan tushgan dasturxondagi taomning nav’i, Iso (a.s.) kasalni davolagan va o‘likni tiriltirgan vaqtdagi hodisalar haqida batafsil aytilmagan. Ammo bu ma’lumotlar Matto, Mark va Luka Injillarida mufassal bayon etilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 07:55:34
Musulmonlar o‘z kitoblarida berilgan ma’lumotlarning mo‘‘jaz ekanligini, boshqa din ahllarining kitoblarida esa bu ma’lumotlar mufassal berilganini ko‘rib, o‘zlarining bilimlarini oshirish va mukammallashtirish maqsadida ulardan ba’zi rivoyatlarni iqtibos qilib olishlari mumkinmi yoki yo‘qmi? Qur’on tafsirlariga isroiliyotlar qachondan boshlab kirib kelgan? Isroiliyotlardan tafsirda foydalanishning chegarasi nima bilan belgilanadi? Ana shu savollarga javob berishga harakat qilamiz.

Ma’lumki, Qur’oni Karim tafsiriga isroiliyotlarning kirib kelishi sahobalar davridan boshlangan edi. Buning birinchi sababi yuqorida aytib o‘tilganidek, Qur’onning juda ko‘p oyatlaridagi qissalarning Tavrot va Injilda keltirilgan qissalarga muvofaqati bo‘lsa, ikkinchi sababi Qur’onning mo‘jazligi, Tavrot va Injilning ayni xabarga mufassalligi edi. Uchinchi sababi esa sahobalar zamonida tafsir uchun asosiy masdarlardan biri ahli kitoblar edi. Mufassir sahoba Qur’oni Karimdagi biror qissaga kelganda, bu qissani batafsilroq tushuntirishga mayl qilardi va Islomni yangi qabul qilib, musulmonlar bilan birga yashayotgan yaxudiy yoki nasroniydan eshitishga majbur bo‘lardi. Chunki, sahobaning Qur’on oyatidagi qissalar haqidagi savoliga yahudiy yoki nasroniydan boshqa odam javob bera olmas edi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 07:57:49
Sahobalar ham ulardan har qanday narsani so‘rayvermas edilar, balki Qur’ondagi ba’zi qissalarning mo‘‘jaz joylarini tavzihlash uchun so‘rardilar, ammo Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ushbu muborak so‘zlari: "Ahli kitoblarni tasdiq ham qilmanglar, yolg‘onga ham nisbat bermanglar! Biz: "Allohga va u Zot tomonidan bizga yuborilgan kitoblarning hammasiga imon keltirdik",— denglar!" (Al-Buxoriy. «Fathul-Boriy»ning "œKitob at-Tafsir" bobi. 8-j. 120-b.) ga amal qilgan holda ularni hech qachon Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan vorid bo‘lgan hadislarga teng ko‘rgan emaslar va ahli kitoblardan (Ashobi Kahf itining rangi, Muso (a.s.) qavmlari o‘likni molning qaysi a’zosi bilan urganligi, Nuh (a.s.) kemalarining hajmi, qaysi daraxt yog‘ochidan yasalgani, Xizir (a.s.) o‘ldirgan bolaning ismi va hokazo singari) molo, ya’ni (behuda) hisoblangan savollarni ham so‘ramaganlar. Ad-Dehlaviy aytadi: "Sahobalar bunday behuda savollar berishni "vaqtni zoe qilish" deb bilganlar va o‘zlariga or sanaganlar". (Al-Favzul kabir fiy usulit-Tafsir, 35-b.)

Sahobalar ahli kitoblardan eshitgan shariatga yoki aqidaga xilof bo‘lgan javoblarni tasdiq etmaganlar, balki ahli kitoblarning shunday javoblarini xato ekanligini ko‘rsatib, ularga to‘g‘ri javobni tushuntirganlar.

Masalan: Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilarki, "Payg‘ambarimiz (s.a.v.) juma kuni to‘g‘risida gapirdilar: "Juma kunida bir soat bor, shu soatda qaysi mo‘min tik turgan, namoz o‘qigan va qo‘lini ochib Allohdan maqsadini so‘ragan holda bo‘lsa, Alloh Ta’olo u mo‘minning duosini ijobat qiladi", — dedilar va qo‘llari bilan bu soatning juda qisqaligiga ishora qildilar". (Al-Buxoriy. Bobul-jum’a, 2-j. 13-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 07:59:45
Ulamolar bu soatning ta’yinida ixtilof qilganlar, shu soat hozir ham mavjudmi yoki Alloh uni bekor qilganmi? Agar mavjud bo‘lsa, bir yilda faqat bir jumadami yoki har bir jumada mavjudmi? Ushbu savolni hal qilish uchun Abu Hurayra (r.a.) yahudiy olimi bo‘lgan Ka’b ul-Axbordan so‘radi. Ka’b ul-Axbor, bu soat bir yilda bir jumada ekanligini aytdi. Abu Hurayra (r.a.) esa uning javobini tasdiq qilmasdan, mazkur soat har bir jumada mavjud ekanligini aytdi. Ka’b ul-Axbor Tavrotni varaqlab, Abu Hurayra (r.a.)ning gapi rost ekanligini tasdiqladi. (Al-Qastaloniy, 2-j. 190-b)

Abu Hurayra (r.a.) jumadagi mazkur soatning vaqtini boshqa bir yahudiy olimi Abdulloh ibn Salomdan so‘radi. Abdulloh ibn Salom: "Jumadagi bu soat shu kunning eng oxirgi soatidir",— deb javob berdi.

Abu Hurayra (r.a.) unga raddiya berib: "Mazkur soat qanday qilib eng oxirgi soat bo‘ladi, eng oxirgi soatda(kun botayotgan vaqtda) namoz o‘qish mumkin emas-ku! Vaholanki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Namozda turgan holda ro‘baro‘ kelsa...",—deganlar",— dedi. Abdulloh ibn Salom ham bo‘sh kelmay: "Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Kimki namozga muntazir bo‘lib o‘tirsa, namoz o‘qiyotgan hisobida bo‘ladi",— demaganmidilar?"— deb javob berdi. (Al-Qastaloniy. 2-j. 190-b. Imom Molik, Abu Dovud, At-Termiziy)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 08:01:01
Sahobalar ahli kitoblardan savol so‘rash va ularning javoblarini tasdiqlashda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) belgilab bergan xududdan tajovuz qilmaganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning: "Mendan bir oyat bo‘lsa ham boshqalarga yetkazinglar! Banu Isroildan eshitganlaringizni ham gapiraveringlar, hech zarari yo‘q. Kimki qasddan menga yolg‘onning nisbatini bersa, u o‘ziga do‘zax olovidan o‘tiradigan joy tayyorlabdi", (Al-Buxoriy. Fathul-Boriy. 6-j. 329-b.) — degan hadislari bilan "Ahli kitoblarni tasdiq ham, takzib qam qilmanglar, biz Allohga va u bizga nozil qilgan muqaddas kitoblarga imon keltirdik, denglar!" (Al-Buxoriy. Fathul-Boriy. 8-j. 120-b.) — degan hadislari orasini jam qilgan holda, ularning gaplarini yolg‘on emasligini bilib turib, kerakli, foydali gaplarni aytganlar. Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qech kimga yolg‘onni muboh qilmaganlar.

Jobir ibn Abdulloh (r.a.) shunday rivoyat qiladiki, bir kuni Umar ibn alXattob (r.a.) ahli kitoblardan o‘z qo‘llariga tushib qolgan bir kitobni Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga olib kelib, o‘qib berdilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni eshitib qattiq g‘azablandilar va dedilar: "Ey Ibn al-Xattob, shu kitobni o‘qib hayron bo‘lyaptilarmi? Mening jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki,  men sizga undan go‘zalrog‘ini keltirdim. Sizlar ahli kitoblardan hech narsa so‘ramanglar, ular sizga rost xabarni bersalar sizlar uni yolg‘onga chiqarib qo‘yishlaringiz, agar yolg‘on xabarni bersalar rost deb tasdiqlab qo‘yishlaringiz mumkin. Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, agar Muso(a.s) tirik bo‘lganda edi, menga ergashishdan boshqa yo‘l topa olmas edi". (Imom Ahmad. Al-Musnad. 3-j. 387-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 08:01:56
Jobir ibn Abdullohning mazkur hadislari avvalgi ikki hadisga mu’oriz kelmaydi. Chunki, ahli kitoblardan Qur’on tafsirida foydalanishdan man etuvchi ushbu hadis Islomning boshlanish davrlarida aytilgan edi, unda Islom ahkomlari ham qaror topmagan edi. Bu qaqda Al-Hofiz ibn Hajar "Al-Fath" nomli kitobida shunday yozadi: "Jobirning hadisidagi nahiy(man etishlik) Islomiy ahkomlar va diniy qoidalar qaror topmasidan oldin fitnaning oldini olish uchun qilingan edi. Fitna zamoni o‘tgandan keyin esa ahli kitoblardan eshitilgan xabarlarga ham e’tibor kuchli bo‘lgani uchun izn berildi". (Al-Fath, 6-j. 320-b.)

Yuqorida aytilgan gaplar va keltirilgan uch hadisning mazmunidan isroiliyotlardan tafsirda foydalanish uchun shariat izn bergan miqdor ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga sahobai kiromlarning ahli kitoblardan rivoyat qabul qilishda juda ham ehtiyotkor bo‘lishlari Abu Hurayra misolida ko‘rib o‘tildi va Ibn Abbosdek ulug‘ sahobaga ahli kitoblardan rivoyatlarni beparvolik va palapartishlik bilan qabul qilishlari haqida aytilgan ta’nalarning asossiz va botil ekanligi ham o‘z isbotini topdi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 08:03:27
3. Ammo tobi’iylarga kelsak, ular ahli kitoblardan juda ko‘p so‘rar va ularning xabarlarini tasdiq qilishar edilar. Shuning uchun tobi’iylar davridagi tafsirlarda isroiliyotlar haddan ortiq ko‘payib ketdi. Hatto mufassirlar orasida shunday guruh paydo bo‘ldiki, bu guruh Qur’oni Karim tafsirlarini yahudiy va nasroniylardan eshitgan rivoyatlar, bir-biriga zid bo‘lgan hikoyalar, qissalar bilan to‘ldirib tashladi. Ulardan biri hijriy sananing 150-yilida vafot etgan Muqotil ibn Sulaymon edi. Abu Hotimning aytishicha, Muqotil "o‘zining Qur’on tafsiri bo‘yicha ilmini nasroniy va yahudiylardan olgan ilm bilan boyitgan va Qur’onni ularning kitoblariga muvofiqlashtirib olgan edi". (Vafayotul-a’yon. 2-j. 568-b. )

Tobi’iylarning davrida ish shu darajaga yetdiki, ular Qur’on oyatlari va Islomga aloqador boshqa narsalar bilan kelajak to‘g‘risida bashorat bera boshladilar. Qur’on oyatlarini kohinchasiga sharhlay boshladilar va ilmi g‘aybga daxl qilishdan qaytmadilar. Bunday tajovuzkorlarning eng birinchisi yana Muqotil ibn Sulaymon bo‘ldi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 08:05:43
Muqotil Alloh Ta’oloning ushbu oyati karimasi

وَإِنْ مِنْ قَرْيَةٍ إِلا نَحْنُ مُهْلِكُوهَا قَبْلَ يَوْمِ الْقِيَامَةِ أَوْ مُعَذِّبُوهَا عَذَابًا شَدِيدًا كَانَ ذَلِكَ فِي الْكِتَابِ مَسْطُورًا

"Har bir qishloq borki, biz ularni qiyomatdan oldin halok qiluvchimiz yoki ahlini qattiq azob bilan azoblaymiz. Bu narsa Kitobda (Lavhul mahfuzda) yozib qo‘yilgan" (Al-Isro surasi, 58) ning tafsirida Qustantiniya (Istanbul)ning fath etilishiga va Andalus (Ispaniya)ning vayron etilishiga ishora qiladi va shunday deydi: "Men Zahhok ibn Mazohimning tafsirida ko‘rdimki, unda: "Makkani habashlar xarob qiladi, Madina ahli ochlikdan halok bo‘ladi, Basra suvga g‘arq bo‘ladi, Kufani turklar vayron qiladi, tog‘lar momaqaldiroq va zilzilalar bilan yiqiladi, Xurosonning halokati ham shunga o‘xshash narsalar bilan...", — deb, har bir shaharning halokati to‘g‘risida "bashorat" beradi".  (Tafsirul Olusiy, 15-j. 93-b.)

Muqotil ibn Sulaymon yana Vahb ibn Munabbahdan shunday rivoyatni keltirgan: "Armaniston xarob bo‘lmaguncha Jazira (Saudiya Arabistoni) xarob bo‘lmaydi, Misr xarob bo‘lmaguncha Armaniston xarob bo‘lmaydi, Kufa xarob bo‘lmaguncha Misr xarob bo‘lmaydi va "Katta urush" "bo‘lmaydi, Katta urush bo‘lsa, Baniy Hoshimdan chiqqan bir kishi qo‘lida Qustantiniya fath etiladi, zanjiylar tarafidan Andalus vayron qilinadi, Andalus tarafidan Afriqo xarob etiladi, askarlar orasidan nizo chiqishi va Nilning qurishidan Misr xarob bo‘ladi, Iroq aholisi ochlikdan qiriladi, Kufa dushman tarafidan muhosara qilinadi va Furot suvi bo‘g‘ib qo‘yiladi, Basra Iroq tarafidan suvga g‘arq qilinadi, Ayla (Qizil dengiz sohilidagi shahar) dushman tarafidan quruqlikdan ham, suvdan ham qamal qilinib, vayron etiladi, Ray shahri Daylam (Eronning Qazvin viloyatidagi tog‘lik maskan) tarafidan, Xuroson Tibet tarafidan, Tibet Xitoy tarafidan yakson etiladi, Hindiston va Yaman chigirtka balosidan, Makka habashlar sababidan, Madina ochlikdan barham topadi". (Tafsirul Olusiy, 15-j. 93-b)

Tobi’iylar zamonidan yana bir oz muddat o‘tgandan keyin bunday tajovuzkorlik, isroiliyotlarga berilish shu darajaga yetdiki, endi har bir rivoyatni rost-yolg‘onligini, kimdan va qaerdan eshitilganligini surishtirmay, agarchi aql ko‘tarmasa ham, Qur’on oyatlari qatoriga tafsir sifatida qo‘shib aytila boshlandi, Tafsirlarni kitob qilib yozish — tadvin davrida esa tafsir kitoblari ana shunday isroiliyotlar va asossiz rivoyatlar bilan to‘ldirildi.


Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 08:07:12
Isroiliyotlar  uch qismga bo‘linadi:

 1. Sahihligi aniq bilingan, ya’ni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan naql qilingan xabar, masalan: Muso (a.s.) bilan hamroh bo‘lgan solih kishining ismi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) u zotning ismi Xizir (a.s.) ekanligini ochiq aytib berganlar. (Fathul-Boriy, 8-j. 297-b.)

Bunday rivoyatlar shubhasiz qabul etiladi.

2.  Yolg‘onligi  aniq bilingan, aqlga ham to‘g‘ri kelmaydigan va shariatga mutlaqo zid bo‘lgan rivoyatlar bo‘lib, bunday rivoyatlar qabul etilmaydi.

3.   Birinchiga ham, ikkinchiga ham kirmaydigan rivoyatlardan foydalanish joiz, ammo ularni tasdiq ham qilinmaydi, yolg‘onga nisbat ham berilmaydi. Chunki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Ahli kitoblarni tasdiqlamanglar va takzib ham qilmanglar, ularga: "Biz Allohga va u nozil qilgan narsalarga imon keltirdik", denglar!"— deganlar".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 08:08:43
Tayanch iboralar:Tafsiri ma’surning vujudga kelish davri ikki bosqichdan iboratdir. Birinchisi rivoyat davri, ikkinchisi tadvin davridir, ehtiyojga muvofiq ijtihod, taba’a tobi’iylar (tobi’iylardan keyingi avlod), tafsirda mavzu’ gaplarning paydo bo‘lishi, "ahli sunna val-jamoa"ni ayblash, Islomga kuch ishlatish va urushlar qilish, ilmiy nuqtai nazardan qaraganda g‘arazgo‘y kimsalarning harakati ham ilmiy qiymatga ega, garchi ularning ijtihodini isnod jihatidan mavzu’ (yolg‘on, to‘qima) deyilsa ham, tafsir, ta’vil, ijtihod va mustaqil fikr jihatidan qimmatli ilmiy yangilik deyish mumkin, "Isroiliyot" so‘zi, yahudiy va nasroniylardan rivoyat qilingan asarlar, nasroniylar o‘z Injillarini "yangi ahd" deb atab, o‘zidan oldingi muqaddas Tavrot va Zaburni "qadimiy ahd" nomi bilan Injilga qo‘shib oldilar, mo‘‘jaz joylarini tavzixlash, Ashobi Kahf itining rangi, Muso (a.s.) qavmlari o‘likni molning qaysi a’zosi bilan urganligi, Nuh (a.s.) kemalarining hajmi, qaysi daraxt yog‘ochidan yasalgani, Xizir(a.s) o‘ldirgan bolaning ismi, Sahobalarning ahli kitoblardan savol so‘rashi va ularning javoblarini tasdiqpashda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) belgilab bergan hududdan tajovuz qilmaganlari, Qur’on oyatlarini kohinchasiga sharhlash, Isroiliyotlar uch qismga bo‘linadi: sahixdigi aniq bilingan, yolg‘onligi aniq bilingan, birinchiga ham, ikkinchiga ham kirmaydigan rivoyatlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 02 Oktyabr 2008, 08:10:20
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Tafsiri ma’sur vujudga kelishining ikki davri deganda nima nazarta tutiladi?
2. Tafsiri ma’surning zaiflik alomatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
3. Tafsirda mavzu’ (to‘qilgan) gaplarning paydo bo‘lishi deganda nimani tushunasiz?
4. Tafsirda  isroiliyotlardan foydalanishning ahamiyati qanday?
5. Isroiliyotlar necha qismga bo‘linadi?   

Tavsiya etilgan va foydalanilgan   adabiyotlar ro‘yxati

1. Zakoi Ko‘nrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara. Toshkent: 1995.
2. Doktor Mahmud At-Tahhon. Taysiru Mustalahil hadis. Riyoz:.1996. 9-nashr.
3. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
4. Tafsiru ibn Kasir. Bayrut. 1969. 1-j.
5. Tafsiri Tabariy. Bayrut. 1999. 3-nashr. 1-j.
6. Sog‘uniy Alixonto‘ra. Tarixi Muhammadiy. Toshkent. Movarounnahr, 1997. 640 bet..
7. Muhammad Tohir Ibn Ashur. At-gahrir vat-tanvir. Tunis. 1-j.
8.  Muhammad Ali Davla. Qisasun min hayati Ar-Rasul va ashabihi. Damashq. 1999. 12-j.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Oktyabr 2008, 07:36:36
16-MAVZU. ISROILIYOT ROVIYLARINING ULUG’LARI

Dars rejasi:
1. Isroiliyot roviylarining mashhurlari:
a)  Abdulloh ibn Salomning tarjimai holi;
b)  Ka’bul   Axborning  tarjimai   holi;
v)  Vahb ibn Munabbahning   tarjimai holi;
g)  Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj.
2. Roviylarning sanadini tark etish.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Oktyabr 2008, 07:41:32
1. Tafsiri ma’sur kitoblarini varaklagan kishi undagi isroiliyotlar asosan to‘rt kishidan rivoyat etilganiga guvoh bo‘ladilar. Ularning biri Abdulloh ibn Salom, ikkinchisi Ka’bulAhbor, uchinchisi Vahb ibn Munabbah, to‘rtinchi Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayjdir. Bu roviylarning har biri haqida ulamolarning turli ixtiloflari mavjud bo‘lib, ba’zilari roviylarni yolg‘onchiga chiqarganlar, ba’zilari esa ulardan tuhmat tamg‘asini olib tashlashga harakat qilganlar. Shuning uchun, qaysi toifadagilarning gaplari haqiqatga yaqinroq ekanini aniqlash maqsadida mazkur roviylarning har biri ustida alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Oktyabr 2008, 07:42:27
a) Abdulloh ibn Salomning tarjimai holi.

Uning to‘liq ismi Abu Yusuf Abdulloh ibn Salom ibn Al-Horis Al-Isroiliy Al-Ansoriy bo‘lib, nasabi Yusuf ibn Ya’qub (a.s.)ning avlodlaridandir. Abdulloh ibn Salom Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Madinaga hijrat qilib kelganlaridan so‘ng Islomga kirgan. Imom Al-Buxoriy o‘z "Sahih"larining hijrat bobida Abdulloh ibn Salomning Islomga kirish voqeasini rivoyat qilganlar: "... Allohning payg‘ambari kelganlaridan so‘ng u kishining huzurlariga Abdulloh ibn Salom keldi va dedi: "Guvoxlik beramanki, albatta Siz Allohning elchisisiz. Albatta, Siz haqni keltirdingiz. Yahudiylar meni o‘zlarining ulug‘lari va ulug‘larining o‘g‘li, olimroqlari va olimroqlarining o‘g‘li, deb biladilar. Mening Islomga kirganimni eshitmaslaridan oldin, ularni chaqiring va men haqimda so‘rang. Agar Islomga kirganimni bilsalar, men haqimda yolg‘on gapni aytadilar". Payg‘ambarimiz (s.a.v.) odam yuborib, yahudiylarni chaqirtirdilar. Ular kelganda shunday dedilar: "Ey yahudiylar jamoasi, Allohdan qo‘rqinglar, yolg‘iz Alloh nomiga qasamki, sizlar shubhasiz men Allohning haq elchisi ekanimni va sizlarga haqni keltirganimni bilasizlar, shuning uchun Islomga kiringlar!"

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu so‘zni uch marta takrorladilar, ammo yahudiylar: "Biz hech narsa bilmaymiz",— deb inkor qilishdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ulardan: "Abdulloh ibn Salom oralaringizda qanday odam?" — deb so‘radilar. Ular barobariga: "Abdulloh ibn Salom bizning ulug‘imiz va ulug‘imizning o‘g‘li, olimrog‘imiz va olimrog‘imizning o‘g‘lidir",— deyishdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana so‘radilar: "Agar Abdulloh ibn Salom Islomga kirsa nima deysizlar?". Ular barobariga: "Bundan xudo asrasin, Abdulloh Islomga kirmaydi!"— deyishdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Ey Abdulloh, chiq, bu yoqqa!"— dedilar. Abdulloh ibn Salom ichkaridan chiqib keldi va yahudiylarga dedi: "Ey yahudiylar jamoasi, Allohdan qo‘rqinglar, Yagona zot bo‘lgan Allohga qasamki, sizlar Uning payg‘ambar ekanligini va haqni olib kelganini yaxshi bilasizlar". Yaxudiylar barobariga: "Yolg‘on gapiryapsan",— deb Abdullohning so‘zini olishmadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ularni huzurlaridan chiqarib yubordilar (Al-Buxoriy. Bobul-hijrat, 5-j. 63-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Oktyabr 2008, 07:43:35
Abdullohning asli ismi Al-Hasiyn edi, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni Abdulloh deb atadilar va uni jannati odam ekanligiga guvohlik berdilar.

Imom Al-Buxoriy Ansorlarning manoqiblari to‘g‘risida gapirganda Abdullohning manoqibiga alohida bob ajratganlar. Bu bobda Sa’d ibn Abiy Vaqqosdan shunday hadis rivoyat qilingan: "Men Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning Abdulloh ibn Salomdan boshqa tirik yurgan biror kishi haqida: "U jannat ahlidandir", deganlarini eshitmaganman. Ammo Abdulloh haqida shunday gapni aytgan edilar. Allohning ushbu

قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِنْ كَانَ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ وَكَفَرْتُمْ بِهِ وَشَهِدَ شَاهِدٌ مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ عَلَى مِثْلِهِ

"Baniy Isroil qavmidan bo‘lgan guvoh (Tavrot ilmini bilgani uchun oxirgi zamon payg‘ambariga) guvohlik berdi" (Ahqof, 10) oyati karimasi ayni Abdulloh ibn Salom xususida nozil qilingan". ( Al-Buxoriy, 5-j. 37-b)

Abdulloh ibn Salomning yaxshi inson ekanligi haqida rivoyat qilingan bir hadisda u kishi Hazrati Usmon (r.a.)ni dushmanlardan mudofaa qilib, avboshlarga tanbeh berganligi va ular oldida mav’iza qilganligi aytiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Oktyabr 2008, 07:45:28
Abdulmalik ibn Umayr Abdulloh ibn Salomning jiyanidan shunday rivoyat qiladi:"Hazrat Usmon (r.a.)ni o‘ldirmoqchi bo‘lganlarida u kishining oldiga Abdulloh ibn Salom keldi va: "Men sizga yordam berish uchun keldim",— dedi. Hazrat Usmon (r.a.): "Unday bo‘lsa, odamlar yoniga chiqing, ularni mendan uzoqlating. Sizni tashqarida bo‘lmog‘ingiz men uchun yonimda bo‘lganinggizdan foydaliroqdir", — dedilar. Abdulloh ibn Salom Hazrat Usmonni o‘ldirishga qasd qilgan  odamlar oldiga chiqib, ularga shunday deb nasihat qildi: "Ey odamlar, johiliyat davrida mening ismim falonchi edi. Rasululloh (s.a.v.) meni "Abdulloh" deb atadilar. Mening haqimda Allohning kitobidagi quyidagi oyatlar nozil bo‘lgan:

وَشَهِدَ شَاهِدٌ مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ عَلَى مِثْلِهِ فَآمَنَ وَاسْتَكْبَرْتُمْ

"Baniy Isroil qavmidan bo‘lgan guvoh (Tavrot ilmini bilgani uchun oxirgi zamon payg‘ambariga) guvohlik berdi va o‘zi imon keltirdi, sizlar esa takabburlik qildingiz". (Ahqof, 10.)

قُلْ كَفَى بِاللَّهِ شَهِيدًا بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ وَمَنْ عِنْدَهُ عِلْمُ الْكِتَابِ

"Ayting, ey Muhammad (s.a.v.), men bilan sizlarning o‘rtangizda va muqaddas kitoblarni bilgan ulamolar oldida Alloh guvohliqda kifoya qiladi". (Ra’d, 43)

Allohning qilichi qinida turibdi. Rasululloh (s.a.v.) tushgan bu shaharga Allohning farishtalari qo‘shnichilik qilib turibdilar. Ushbu odamni (Hazrat Usmonni) o‘ldirishda Allohdan qo‘rqinglar! Agar uni o‘ldirsalaringiz farishtalar sizlardan yuz o‘girib ketadilar. Allohning qilichi ham qinidan chiqadi (iloho qiyomatgacha ham chiqmasin!)".

Lekin johil va adovatli kishilar: "Yahudiyni ham o‘ldiringlar!" — deb, uning ustiga bostirib keldilar va ichkari kirib Hazrat Usmon (r.a.)ni o‘ldirdilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Oktyabr 2008, 07:46:34
Abdulloh ibn Salom Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyatlar qilgan. Undan esa ikki o‘g‘li Yusuf va Muhammad, Avf ibn Molik, Abu Hurayra, Abu Burda ibn Abi Muso, Ato ibn Yasor va boshqalar rivoyat qilishgan.

Abdulloh ibn Salom Hazrat Umar (r.a.) bilan birga Baytul Muqaddas va Al-Jobiyah (Damashqning g‘arbida joylashgan Suriya qishloqlaridan biri)ning fathida qatnashgan. Hijratning qirq uchinchi yilida Madinada vafot etgan.

Ba’zi Islom tarixchilari Abdulloh ibn Salomni Badr jangi ishtirokchilari qatoriga qo‘shganlar, ba’zilari esa uni uchinchi tabaqa qatoriga, ya’ni Xandaq g‘azoti va undan keyingi g‘azotlar ishtirokchilari qatoriga qo‘shadilar.

Abdulloh ibn Salomning ilmi to‘g‘risida Imom Al-Buxoriy rivoyat qilgan yuqoridagi hadis aniq ma’lumot beradi. Madina yahudiylari uning eng olimroq ekanligini tan olganlar. Yana rivoyat qilinadiki, Muoz ibn Jabal (r.a.) ning vafotlari yaqinlashganda, yaqinlari unga: "Ey Abu Abdurrahmon, bizga vasiyat qiling!"— deyishdi. Muoz ibn Jabal: "Meni o‘tirg‘izib qo‘yinglar!"— dedilar. Keyin so‘zlarida davom etib: "Shubhasiz imon va ilm to‘rt kishining huzuridadir; Ular — Uvaymir Abid Dardo, Salmon Al-Forsiy, Abdulloh ibn Mas’ud va Abdulloh ibn Salomdirki avval yahudiy edi, keyin musulmon bo‘ldi. Men Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan, Abdulloh ibn Salom o‘nta jannati sahobaning o‘ninchisi ekanini eshitganman",— dedilar.

Tavrotni yaxshi bilishini yahudiylar, Qur’onni yaxshi bilishini musulmonlar tan olgan, uning haqiga Qur’on oyati nozil bo‘lgan va jannatiyligiga Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bashorat bergan kishi haqida, uning ilmi, ishonchliligi va adolatiga ta’na yetkazishga hech kimning haddi va haqqi yo‘qdir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:11:57
b) Ka’bul   Axborning   tarjimai   holi.

Uning to‘liq ismi Abu Ishoq Ka’b ibn Moti’ Al-Humayriy bo‘lib, Ka’bul Axbor nomi bilan mashhurdir. Uning asli Yaman yahudiylaridan, johiliyat davrini ko‘rgan, Abu Bakr As-Siddiq yoki Hazrat Umar xalifalik davrlarida Islomga kirgan. Ba’zilarning aytishicha, Ka’b Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hayotlik paytlarida Islomni qabul qilgan, ammo Madinaga hijrati kechikkan. Ibn Hajar "Al-Fath" nomli kitobida: "Ka’bning Islomga kirishi Hazrat Umarning xalifalik davrlarida bo‘lgani haqidagi gap mashhurroq. Musulmon bo‘lganidan keyinoq Madinaga hijrat qilgan, Rum g‘azotida ishtirok etgan. Hazrat Usmonning xalifalik davrlarida Shomga qaytib kelgan va Himsda yashagan. Hijriy sananing o‘ttiz ikkinchi yilida Himsda vafot etgan" deyilgan.

Ibn Sa’d Kabni shomlik tobi’iylarning birinchi tabaqasidan hisoblaydi. Uning aytishicha, Ka’bul Axbor yahudiy dinida bo‘lgan, keyin Islomni qabul qilgan va Madinaga kelgan. U yerdan Shomga borib, Himsda yashagan va shu yerda bir yuz qirq yoshida olamdan o‘tgan.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan mursal hadislarni rivoyat qilgan, Hazrat Umar (r.a.), Suhayb va Oisha (r.a.)lardan ham rivoyatlar qilgan.

Ka’bdan esa Muoviya (r.a.), Abu Hurayra (r.a.), Ibn Abbos (r.a.), Ato ibn Abiy Raboh va boshqalar rivoyat qilganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:13:50
Ka’bning ilmi juda chuqur edi. U Tavrot va Qur’on ilmlarini jamlagan edi. Shuning uchun ham uni "Ka’bul-hibr va Ka’bul Axbor (Donishmandlarning oliysi) deb atashar edi. Ka’bul Ahbor Vahb ibn Munabbah singari rivoyatlarni yozmagan, balki hamma shogirdlari undan og‘izma-og‘iz o‘rganishar edi.

"At-Tabaqot ul-Kubro" kitobida hikoya qilinishicha, "Bir odam masjidga kirdi. U yerda yahudiy Omir ibn Abdulloh ibn Qays o‘tirgan bo‘lib, uning oldida Tavrot sahifalari ochiq turar, Ka’b esa unga Tavrotni qiroat qilib berardi". (Fajrul Islom, 198-b)

Bu hikoya dalolat qiladiki, Ka’bulAhbor Islomga kirgandan keyin ham Tavrot o‘qishni va uni shogirdlariga o‘rgatishni davom ettirgan.

Muoviya (r.a.) aytadi: "Bilingki, Abud Dardo hukamolarning biri, Amr ibn Al-Os ham hukamolarning biri, Ka’bul Axbor esa ulamolarning biridir. Uning ilmi tayyor pishgan hosil, ammo biz undan foydalana olmayapmiz".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:15:02
Abdulloh ibn Az-Zubayr aytadi: "Men o‘zimning hokimligimda nimani qo‘lga kiritgan bo‘lsam, uni avvaldan Ka’b menga xabarini bergan edi". (Tahziybut-tahzib, 8-j. 438-440-b)

Ka’bul Axbor nomiga ba’zilar ta’na va malomat toshini otganlar. Lekin, martabalari qanchalik yuqori bo‘lishiga qaramay Ibn Abbos (r.a.) ham, ilmlari qanchalik yetuk bo‘lishiga qaramay Abu Hurayra (r.a.) ham va boshqa ko‘plab sahobiylar ham Ka’bul Axbor rivoyatlarini qabul etganlar va o‘zlari ham rivoyat qilganlar. Imom Muslim, Abu Dovud, At-Termiziy va An-Nasaiylar ham o‘zlarining sahihlarida Ka’bul Axbordan hadislar rivoyat qilib, yozganlar. Mana shular Ka’bning nihoyatda ishonchli roviy ekanligini va unga ta’na toshlar otuvchilarining so‘zlari ochiq tuhmat ekanligini isbotlaydi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:17:51
v) Vahb ibn Munabbahning   tarjimai holi.

Uning to‘liq ismi Abu Abdilloh Vahb ibn Munabbah ibn Siyj ibn Ziy Kanoz Al-Yamoniy As-San’oiy bo‘lib, qissalar sohibi va tobi’iylarning eng yaxshi ulamolaridan edi.

Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbalning aytishiga qaraganda, Vahb ibn Munabbah fors bolalaridan edi. Uning otasi Munabbah Xurosonning Hirot shahridan bo‘lib, uni Kisro mamlakatdan Yamanga chiqarib yuborgan edi. Vahb ibn Munabbah Payg‘ambarimiz (s.a.v) ning zamonlarida Islomga kirdi. U San’oda qozilik vazifasida ishladi.

Ishoq ibn Ibrohim ibn Abdurrahmon Al-Haraviyning aytishicha, Vahb ibn Munabbah hijriy sananing o‘ttiz to‘rtinchi yilida, Hazrat Usmonning xalifalik davrida dunyoga kelgan.

Ibn Sa’d va boshqa bir necha olimlarning aytishicha, Vahb ibn Munabbah hijriy sananing bir yuz o‘ninchi yilida  vafot etgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:19:44
Vahb ibn Munabbah Abu Hurayra (r.a.), Abu Sa’id Al-Xudriy (r.a.), Ibn Abbos (r.a.), Ibn Umar (r.a.), Ibn Amr ibn Os (r.a.), Jobir (r.a.), Anas (r.a.) va boshqalardan rivoyat qilgan.

Undan esa ikki o‘g‘li — Abdulloh va Abdurrahmon, Amr ibn Diynor va boshqalar rivoyat qilgan.

Vahb ibn Munabbahning rivoyatlari Imom Al-Buxoriy, Muslim, An-Nasaiy, At-Termiziy va Abu Dovudning sahihlarida keltirilgan.

Vahb ibn Munabbah chuqur ilmli, qadimiy kitoblarni ko‘p o‘qigan, olamning yaratilishi haqidagi o‘tmish xabarlar va tarixiy qissalarni ko‘p biladigan olim edi. Undan "Fil Mag‘oziy" nomli asar ham qolgan.

Ibn Xallikonning guvoxlik berishicha, Vahb ibn Munabbahning yana bir kitobi bo‘lib, uvda Himyarda podshohlik qilgan kishilarning qissalari, tarixlari, qabrlarining o‘rni va she’rlari yozilgan. (Vafayotul A’yon, 2-j. 180-b)

Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: "Hijriy yuzinchi yidda barcha faqih olimlar hajga bordilar. Vahb ibn Munabbah ham ular orasida bor edi. Xufton namozi o‘qilgandan keyin Vahbning oldiga taqdir masalasi to‘g‘risida munozara qilish uchun Ato va Al-Hasan kelishdi. Buni sezgan Vahb ibn Munabbah esa Allohga hamd aytish to‘g‘risida shunchalik uzoq ma’ruza qildiki, shu bilan tong otdi va taqdir to‘g‘risida savol berishga imkon qolmadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:21:09
Hammod ibn Salama Abu Sannondan Vahbning shunday deganini rivoyat qilgan: "Men taqdir to‘g‘risida o‘zimcha masala aytardim. Fikrimni ravshanlashtirish maqsadida o‘tgan anbiyolarning kitoblaridan yetmishdan ortig‘ini mutolaa qilib chiqdim. Barchasida ham: "Kimki xohishim o‘zimda, taqdirim o‘z qo‘limda desa, u odam albatta kofir bo‘ladi"— deyilganini o‘qib, men taqdir haqidagi o‘z fikrimdan voz kechdim.

Al-Juzjoniy aytadi: "Vahb qadar to‘g‘risida bir kitob yozgan edi, keyin tushunib pushaymon yedi".

Musanno ibn As-Saboh aytadi: "Vahb ibn Munabbah yigirma yil xufton namozi bilan bomdod nomozi o‘rtasida tahorat yangilamagan".

Vahb ibn Munabbah qadimiy kitoblar va Qur’on ilmini mukammal bilish bilan birga, kechasi bilan ibodatga mashg‘ul bo‘lgan, haq oldida doim taslim edi, insofli edi. O’zining qadar to‘g‘risida xato ketganini tan olishi va pushaymon yeyishi uning naqadar e’tiqodi mustahkam ekanligini, uning haqida ta’na va malomat qilinishiga asos yo‘qligini  ko‘rsatadi.

Vahb xususida juda ko‘p ulamolar yaxshi ta’rif berganlar. Uning nomiga yetkazilgan ta’nalar tuhmatdan boshqa narsa emas.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:22:29
g) Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj.

Uning to‘liq ismi Abu Xolid yoki Abul Valid Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj Al-Umaviy bo‘lib, asli rumlik nasroniy edi. Islomga kirgandan so‘ng Makka ulamolaridan va muhaddislaridan biri bo‘ldi. Ibn Jurayj Hijozda kitob yozgan birinchi olimdir. U tobi’iylar davrida isroiliyotlarning qutbi(koni) bo‘lgan edi. Agar Ibn Jarir At-Tabariyning tafsirini varaqlab ko‘rsak, nasroniylar haqidagi oyatlarning barchasida Abdulmalik nomidan Ibn Jurayj taxallusi bilan rivoyat qilinganini ko‘ramiz.

Ibn Jurayj o‘z otasi Abdulaziz, Ato ibn Abiy Raboh, Zayd ibn Aslam, Az-Zuhriy va boshqalardan rivoyat qilgan. Undan esa ikki o‘g‘li Abdulaziz va Muhammad, Al-Avzo’iy, Al-Lays, Yahyo ibn Said Al-Ansoriy, Hammod ibn Zayd va boshqalar rivoyat qilganlar.Ibn Sa’dning aytishicha, Ibn Juraij hijriy sananing saksoninchi yilida tug‘ilib, taxminan bir yuz ellik yoki bir yuz ellik to‘qqizinchi yilda vafot etgan.

Ibn Jurayj Molik ibn Anas tabaqasidan hisoblanib, hadis jam qilgan va ularni kitob qilib yozgan birinchi muallifdir. Uning tug‘ilgan joyi Makka bo‘lsa ham, ilm talabida juda ko‘p shaharlarni kezgan, Basra, Yaman va Bag‘dodda ta’lim olgan edi.

Ibn Xaldunning aytishicha, Ibn Jurayj yoshi o‘tgan vaqtda ilm o‘rganishga kirishdi. Agar yoshlik paytidan boshlaganda edi, ko‘plab sahobiylardan ta’lim olgan bo‘lardi. Ilm o‘rganishda sabr-toqati beqiyos edi.

U o‘zi haqida shunday degan edi: "Men juda ko‘p o‘rgandim. Menga: "Agar sen Atoni mahkam ushlaganingda..."— deyilgandan so‘nggina men Atoni o‘n saqkiz yil etagidan mahkam ushladim".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:23:31
Ibn Jurayjdan Qur’on tafsirida juda ko‘p rivoyatlar kelgan, ularning hammasi Ibn Abbos nomiga bog‘liq bo‘lib, bu rivoyatlarning ba’zilari sahih bo‘lsa, ba’zilari sahih emas. Chunki, Ibn Jurayjning maqsadi har bir oyat tafsirida qilingan rivoyatlarni jamlash bo‘lgan, ularni sahih va nosahihini saralash emas. Shuning uchun rivoyatlarni aralash jamlayvergan.

Ibn Jurayjning adolati yuzasidan ulamolar huzuridagi e’tiborini olsak, uning haqida hamma   ulamolar bil-ittifoq xayrixoh emaslar. Ba’zilari unga ishonchli deb baho bergan bo‘lsalar, ba’zilari zaiflikka nisbat beradilar. Ulamolardan Al-Ajaliy, Sulaymon ibn An-Nazr, Yahyo ibn Said Ibn Jurayj haqida yaxshi fikr bildirganlar.

Yahyo ibn Said aytadi: "Ibn Jurayj eng rostgo‘y roviylardandir, agar u "haddasaniy" so‘zi bilan rivoyat qilgan bo‘lsa, ishonchli ekanligiga,  agar "œaxbaroniy" so‘zi bilan rivoyat qilgan bo‘lsa, ishonchsiz ekanligiga dalolatdir".

Ammo ulamolardan Ad-Doruqutniy Ibn Jurayj haqid: "Ibn Jurayjning tadlisidan qoching! Chunki u juda yomon tadlischidir", — deydi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:24:38
Ibn Hibbon "As-Siqot" kitobida, Az-Zahabiy "Mezonul e’tidol" kitobida Ibn Jurayjni o‘zi ishonchli roviy, ammo rivoyatida tadlis bor, deyishgan.

Abdulloh ibn Ahmad ibn Xanbal  Ubaydan rivoyat qilib aytadi: "Ibn Jurayjning rivoyat qilgan mursal hadislari mavzu’ (yolg‘on) hadisdir. Ibn Jurayj hadis rivoyat qilayotganda, hadisni kimdan olayotganligiga e’tibor qilmaydi va "axbartu, haddastu an fulonin",— deb aytaveradi". (Mezonul e’tidol)

Al-Xazrajiyning aytishicha, Ibn Jurayj "œolti sahih"ning mualliflari tomonidan ishonchli roviy sifatida tan olingan va xadislari rivoyat qilingan!

Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib, deyishimiz mumkinki, har bir mufassir agar Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayjdan rivoyat oladigan bo‘lsa, avval u rivoyatni boshqasi bilan tasdikdab olib, sog‘ bo‘lsa olsin, zaif bo‘lsa tark qilsin.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:31:50
2. Tafsiri ma’surning   zaif sanalishiga oxir uchinchi sabab — bu roviylarning sanadlarini tushirib qoldirish, ya’ni zikr etmaslikdir. Sahobiylar o‘zlari rivoyat qilgan hadisning rost ekanligiga qattiq ahamiyat berar edilar. Shuning uchun biror sahobiy hadis rivoyat qiladigan bo‘lsa, aytganlariga albatta tasdiqlovchini ham topib qo‘yardi. Sahobiylar hech qachon bir-birlaridan sanad so‘ragan emas, chunki, ular bir-birlarining adolatli va ishonchli ekanliklariga shubha qilmaganlar. Biroq, biror sahobiyda shunday gumon paydo bo‘lib qolsa, darhol guvoh yoki qasam bilan tasdiqlab olardilar. Bu narsa birbirlariga ishonchni yo‘qolganidan emas, ishonchni mustahkamlash uchungina edi.

Ubay ibn Ka’b (r.a.) bir kuni Hazrat Umar(r.a.)ga bir hadisni aytdi. Hazrat Umar (r.a.) : "Shu aytgan hadisingga hujjat keltira olasanmi?"— deb so‘radilar. Ubay ibn Ka’b darhol tashqariga chiqdi va ansoriylardan bir nechasiga o‘zi rivoyat qilgan hadisni gapirib berdi. Ular Hazrat Umar (r.a.) huzurlariga kelib: "Biz bu hadisni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan eshitganmiz", — dedilar. Hazrat Umar (r.a.) Ubayga: "Men seni muttaham qilmoqchi emasman, lekin tasdiqlatib olishni yaxshi ko‘raman",— dedilar. (AlUslubul-hadis. 1-j. 10-b)

Tobi’iylar davrida yolg‘on hadislarni to‘qish ko‘payib ketganligi uchun har bir hadisning sahihligini roviylarning sanadi va ularning adolati bilan tasdiqlashga ahamiyat berildi. Ammo sanad zikr qilinsa ham, zikr qilinmasa ham, agar roviylar ishonchsizroq bo‘lsa unday hadis olinmaydigan bo‘ldi. Imom Muslim o‘z "Sahih"ining muqaddimasida Ibn Siyriyndan shunday rivoyat qilgan: "Avvallari isnoddan so‘ralmas edi. Fitna boshlangandan keyin, har bir roviydan avval kimlar rivoyat qilganligini so‘ray boshlandi". (Sahihu Muslim, 1-j. 112-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:37:40
Tobi’iylar davrida rivoyat qilingan tafsiri ma’surlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan yoki sahobiydan faqat isnod bilan rivoyat qilinar edi. Tobi’iylardan keyingi asrda jamlangan va devon qilingan tafsirlar ham xuddi shunday sanad bilan rivoyat qilib yozilgan. Masalan: Sufyon ibn Uyayna, Vaki’ ibn Al-Jarroh va boshqalarning tafsirlari shular jumlasidandir.

Keyingi asrlarda yozilgan tafsirlarning mualliflari sanadlarni qisqartirib, rivoyat qilgan gaplarining egalarini zikr qilmasdan yozishlari natijasida, ularning sahihligiga putur yetdi, turli ishonchsiz gaplar kirib qoldi va sahih bilan nosahih aralashib ketdi.

Agar yolg‘on to‘qish va isroiliyotlarni qo‘shish har qancha ayb bo‘lsa ham, agar ular isnod bilan berilsa, rost yoki yolg‘onligini aniqlab olish mumkin bo‘ladi. Ammo, har qanday rivoyat isnodsiz berilsa, uning rost yoki yolg‘onligini aniqlab bo‘lmaydi, hamma narsa maxfiy bo‘ladi. Shuning uchun roviylari isnodsiz berilgan tafsir ham, hadis ham nihoyatda zaif, ishonchsizdir.

Yuqorida sanab o‘tilgan uch sabab tafsirlarning zaif sanalishiga olib keladi. Bu xatar keyingi vaqtda ulamolarning ko‘ngliga tushib, ba’zi tafsirlarni isroiliyotlardan va yolg‘on to‘qimalardan tozalashga harakatlar qilindi. Ammo uchinchi va juda xatarli sabab bo‘lgan isnodsiz yozilgan tafsirlarni tozalashga hech kim jur’at etolgani yo‘q. Bu amal bir kishining ishi emas, ulamolar jamoasining ishi bo‘lib, shoyadki kelajakda tafsiri ma’surlarning isnodsiz yozilganlari isloh etilib to‘ldirilsa! — deb umid qilamiz.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:38:53
Tayanch iboralar: Isroiliyot roviylari, roviylarning sanadini tark etish, "Yahudiylar meni o‘zlarining ulug‘lari va ulug‘larining o‘g‘li, olimroqari va olimroqlarining o‘g‘li, deb biladilar", avboshlarga tanbeh bergan, Allohning qilichi qinida turibdi, uchinchi tabaqa, Abdulloh ibn Salom o‘nta jannati sahobaning o‘ninchisi, mursal hadis, Ka’bning ilmi juda chuqur edi. U Tavrot va Qur’on ilmlarini jamlagan edi. Shuning uchun ham uni "Ka’bul hibr va Ka’bul Axbor, deb atashar edi, Abud Dardo hukamolarning biri, Amr ibn Al-Os ham hukamolarning biri, Ka’bul Axbor esa ulamolarning biridir, Vahb ibn Munabbah fors bolalaridan edi, o‘tmish xabarlar va tarixiy qissalar, Undan "Fil Mag‘oziy" nomli asar ham qolgan, "Vahb qadar to‘g‘risida bir kitob yozgan edi, keyin tushunib pushaymon yedi", isroiliyotlarning qutbi, arab she’rlarini va shajaralarini, ulamolar bilittifoq xayrixoh emaslar,"Ibn Jurayjning tadlisi", roviylarning sanadlarini tushirib qoldirish.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:40:48
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1 Isroiliyot roviylarining mashhurlari kimlar?
2. Abdulloh ibn Salom haqida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qanday bashorat berganlar?
3. Ka’bul Axborning rivoyatlari haqida ulamolar qanday fikrlar bildirganlar?
4. Vahb ibn Munabbah olim sifatida qanday asarlar yozgan?
5. Roviylar sanadini tark etish tafsirning qiymatiga qanday ta’sir etadi?

Tavsiya etilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Zakoi Ko‘nrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara. Toshkent. 1995.
2. Doktor Mahmud At-Tahhon. Taysiru Mustalahil hadis. Riyoz. 1996. 9-nashr.
3. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T., 2001.
4. Tafsiri Ibn Kasir. Bayrut: 1969. 1-j.
5. Tafsiri Tabariy. Bayrut: 1999. 3-nashr. 1-j.
6. Sog‘uniy Alixonto‘ra. Tarixi Muhammadiy. Toshkent. Movarounnahr, 1997. 640 b.
7. Muhammad  Tohir Ibn Ashur. At-tahrir vat  tanvir. Tunis. 11-t.
8. Muhammad Ali Davla. Qisasun min hayati ar-Rasul va ashabihi. Damashq. 1999. 12-j.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:42:52
17-MAVZU. TAFSIRI MA’SURNING MAShHURLARI VA ULARNING   XUSUSIYATLARI

Dars rejasi:
                                   
1.  Tafsiri ma’surning mashhurlari.
2.  Ibn Jarir At-Tabariyning tarjimai holi.
3.  Ibn Jarir tafsiriga ulamolarning baholari.
4.  Ibn Jarirning tafsir qilish usuli.
5.  Ibn Jarir tafsirida isroiliyotlarga munosabat.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:45:08
1. Mufassirlar tomonidan turli asrlarda yozilgan tafsiri ma’surlarning adadi juda ko‘p bo‘lib, ularning barchasi haqida fikr yuritish imkoniyatiga ega emasmiz. Shuning uchun bu tafsirlar orasidan quyida ro‘yxati berilgan bir nechtasini tanlab olib, ular haqida fikr yuritmoqchimiz, chunki, bu tafsirlar Islom ulamolari orasida eng mashhur, eng mukammal, e’timodga molik bo‘lgan asarlar bo‘lib, kutubxonalarda va olimlarimizning shaxsiy kutubxonalarida mavjuddir:

1. "œJomi’ul-bayon fiy tafsiril-Qur’on", muallifi Ibn Jarir At-Tabariy;
2.  "œBahrul-ulum", muallifi Abul Lays As-Samarqandiy;
3.  "œAl-kashf val-bayon   ‘an tafsiril-Qur’on", muallifi Abu Ishoq As-Sa’labiy;
4.  "œMaolimut-Tanzil", muallifi Abu Muhammad Al-Husayn Al-Bag‘aviy;
5. "œAl-Muharrir al-vajiz fiy tafsiri al-Kitob al-aziz", muallifi Ibn Atiyya Al-Andalusiy;
6. "œTafsirul Qur’onil-azim", muallifi Abul Fido Al-Hofiz Ibn Kasir;
7. "œAl-Javohir Al-Hison fiy tafsiril Qur’on", muallifi Abdurrohman As-Saolibiy;
8.  "œAd-durrul-mansur fit tafsiril-ma’sur", muallifi Jaloluddin As-Suyutiy.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:46:28
2. "œJomi’ul-bayon fiy tafsiril-Qur’on" tafsirining muallifi Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir ibn Yazid ibn Kasir ibn G’olib At-Tabariy ulug‘ imom, mujtahid, ko‘plab mashhur asarlarning sohibi bo‘lib, 224 hijriyda Tabaristonda tug‘ilgan. 236 yilda, ya’ni 12 yoshida ilm istab shaharidan chiqib ketadi, ko‘p yurtlarni kezadi. Misr, Shom, Iroqda ilm o‘rganadi va ilm talabidagi safarini Bag‘dodda tugatib, umrining oxirigacha shu yerda istiqomat qiladi. Uning vafot etgan yili 310 hijriydir.

Ibn Jarir mashhur ulamolardan biri bo‘lib, hamasr-zamondoshlari orasida unga teng keladigan kishi yo‘q edi. Ma’rifatli, o‘tkir fikrli, Allohning kalomini yod olgan, mazmunini chuqur tushungan, hukmlarini yaxshi bilgan faqih, Payg‘ambar sunnatini, uning sahih va g‘ayri sahihini, roviylarining ishonchli yoki ishonchsizini yaxshi ajratadigan olim, tobi’iylarni va ularning hukmlardagi muxoliflarini ham farq qiladigan o‘ta farosatli kishi edi.

Ibn Jarir haqida Al-Xatib Al-Bag‘dodiy "ziyrak olim" deb baho bergan, Abul Abbos ibn Surayj esa "faqih olim" deb maqtagan edi. Chunki Ibn Jarir qiroat, tafsir, hadis, fiqh va tarix singari juda ko‘p ilm sohalarida qalam tebratgan, ijod qilgan. Uning asarlaridan: biz ko‘rib chiqayotgan tafsir, millatlar va podshohlar tarixi, qiroatlar kitobi, son va Qur’on, ulamolar ixtilofi kitobi, sahobiylar va tobi’iylar kitobi, Islom shariati hukmlari kitobi, usuli dinga chuqur nazar kitobi hamda boshqa asarlari Ibn Jarir ilmining naqadar chuqurligidan dalolat beradi. Biroq bu kitoblardan bizga yetib kelgani faqat Tafsir va Tarix kitoblaridir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:47:55
Olimlar orasida Ibn Jarir At-Tabariy tarixning otasi deb tan olinganidek, tafsirning otasi deb ham tan olingan.

Ibn Xallikon aytadi: "Shubhasiz, Tabariy mujtahid imomlardan edi. U hech kimga taqlid qilmagan". Shayx Abu Ishoq Ash-Sheroziy "Fiy tabaqotil-mujtahidin" kitobida Tabariyni mujtahidlar jumlasidan ekanini aytib, shunday yozgan: "Tabariyning o‘z mazhabi va unga ergashuvchilari bo‘lgan, u "Al-Jariyriya" deb nomlangan. Tabariy bu mazhabni uzoq bahslardan so‘ng tuzgan, odamlar orasidan uning mazhabini quvvatlovchilar ham topilgan, lekin ko‘plab Islom mazhablari singari bu mazhab bizning zamonimizgacha yetib kelmagan. Aytishlaricha, Ibn Jarir mujtahidlik darajasiga yetmasdan avval Imom Ash-Shofe’iy mazhabida bo‘lgan.

Ibn As-Sabukiy "At-tabaqotul kubro" kitobida yozishicha Ibn Jarir shunday degan: "Men boshqa mazhablardan Ash-Shofe’iy mazhabini afzal deb bildim va Bag‘dodda o‘n yil ushbu mazhab bo‘yicha fatvo berdim. Mendan bu mazhab ilmini Abul Abbos ibn Surayjning ustozi Ibn Bashshor Al-Ahval o‘rgandi".

Imom Suyutiy "At-Tabaqotul mufassirin" kitobida ham Ibn Jarirning avval Shofiiy mazhabida bo‘lganini, keyin o‘ziga mustaqil bir mazhab tuzganini, uning ham taqlidchilari va tobelari bo‘lganini, uning mazhabida ham tanlovlar va tagi bo‘sh masalalar bo‘lganini hamda Ibn Jarir shariat usullari va furu’lari xususida juda ko‘p kitoblar yozganini aytadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:49:16
3. Ibn Jarirning tafsiri naqliy tafsirlar orasida eng mashhuri va eng ishonchlisi bo‘lish bilan birga aqliy tafsirlar orasida ham eng mo‘‘tamad va mo‘‘tabar tafsir hisoblanadi, chunki, unda ham ijtihod qilish, gaplarning quvvatlisini kuchsizidan tarjih qilish, bahs qilish va fikrlar bayon etish singari aqliy tafsirlarda bo‘ladigan xususiyatlar mavjuddir.

Ibn Jarirning tafsiri 30 juz bo‘lib, juda katta hajmga egadir. Bu tafsir yo‘qolgan, yaqin vaqtgacha ham topilmagan edi. Alloh uni yana taqdir qildi. Najd amirlaridan Hamud ibn Al-Amir Abdurrashid davrida mazkur tafsirning mukammal qo‘lyozmasi topildi va kitob holida nashr etildi.

Agar biz Islom ulamolarining Ibn Jarir tafsiri haqidagi fikrlarini kuzatsak, Sharqu g‘arb olimlarining hammasi bu tafsirga yuksak baho berib, har qanday tafsir tolibi uni ko‘rmasa maqsadi hosil bo‘lmasligini aytganlar.

Imom Suyutiy (r.a.) mazkur tafsir haqida shunday degan: "Muhammad ibn Jarirning tafsir kitobi tafsirlarning eng ulug‘idir, chunki, unda tarjiyhotu tavjiyhot, e’robu istinbot mavjud bo‘lib, shu jihati bilan o‘zidan oldingi tafsirlardan ajrab turadi". (Al-Itqon, Suyutiy, 2-j. 190-b.)

Imom Navaviy: "Tabariyning tafsirlaridek boshqa tafsir yozilmaganiga ulamolar ittifoq qilganlar". (O’sha tafsir)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:50:29
Abu Homid Isfaroyiniy: "Agar biror kishi Tabariy tafsiridan ortiqrog‘ini topaman deb Xitoygacha borsa ham, bu safar uning uchun ko‘p emas", (Mu'jamul-udabo, 18-j. 42-b.) — degan.

Shayxul Islom Ibn Taymiyya shunday deydi: "Odamlar qo‘lida mavjud bo‘lgan tafsirlarning eng yaxshisi Muhammad ibn Jarir At-Tabariyning tafsiridir. Unda salaf ulamolarining qavllari ishonchli sanadlar bilan keltirilgan, unda bid’at yo‘q. Muqotil ibn Bakir, Kalbiy singari muttahamlardan rivoyatlar naql qilinmagan". (Fatovo Ibn Taymiyya, 2-j. 192-b.)

"Lisonul-mezon" ning muallifi shunday rivoyat qiladi: "Ibn Xuzayma Ibn Xoluyadan Ibn Jarirning tafsirini so‘rab oladi va bir necha yildan keyin omonatni egasiga topshirayotib shunday deydi: "Men Ibn Jarirning tafsirini boshidan oxirigacha ko‘rib chiqdim va yer yuzida Ibn Jarirdan olimroq odam yo‘qligiga amin bo‘ldim".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:52:25
Manbalarning shohidlik berishicha, Ibn Jarirning tafsiri hozir qo‘limizda mavjud bo‘lganiga nisbatan kengroq bo‘lgan, keyinroq muallifning o‘zi tomonidan muxtasar qilingan. Ibn As-Sabukiy "At-Tabaqotul kubro" (2-j. 137-b.) kitobida yozishicha, Abu Ja’far o‘z shogirdlaridan: "Qur’on tafsirini o‘qib chiqasizlarmi?"— deb so‘radi. Ular: "Bu tafsir necha varaq?",— deyishdi. Abu Ja’far: "O’ttiz ming varaq"— deganda, shogirdlari: "Bu kitobni tamom o‘qishga umrimiz yetmas ekan",— deyishdi. Abu Ja’far tafsirni uch ming varaqlik muxtasar holga keltirdi. Yana bir kun shogirdlaridan: "Odamning yaratilishidan to hozirgi kunimizgacha bo‘lgan olam tarixini o‘qib chiqasizlarmi?"— deb so‘radi. Ular qancha varaqligini so‘radilar. Abu Ja’far tarix kitobini ham o‘ttiz ming varaq ekanligini aytdi. Shogirdlar uni ham ko‘p deganlaridan so‘ng: "Inno lillahi, hammalaringda ham himmat o‘libdi", — dedi va tarixni ham tafsir hajmicha muxtasar qildi.

Demak, Ibn Jarirning tafsiri tarixiy jihatdan ham, ilmiy jihatdan ham birinchidir. Tarixiy jihatdan birinchiligi shundaki, bizgacha yetib kelgan va qo‘limizda mavjud bo‘lgan eng qadimgi tafsir ushbu tafsirdir. Bundan avvalroq tafsirlar yozilgan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan yo‘q bo‘lib ketgan, bizgacha yetib kelmagan. Ilmiy jihatdan birinchiligi shundaki, bu tafsir xalqchil yozilishi, badiiy go‘zalligi, mukammalligi bilan xalq e’tiqodini, muhabbatini qozona olgan.

Biz Ibn Jarirning tafsiri haqida ulamolar fikrini bildik. Endi o‘quvchiga bu tafsirning afzalligi, mufassiri esa mufassirlarning afzali ekanligi, barcha mufassirlar mazhablari boshqa, tanlagan yo‘llari turlicha bo‘lishiga qaramay unga takror-takror murojaat qilishlarining siri nimada ekanligi ma’lum bo‘lsin uchun Ibn Jarirning tafsir qilish uslubi haqida bayon qilamiz.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:56:16
4. Ibn Jarirning tafsiri o‘ziga xos aniqlik bilan yozilgan. Bu tafsirni asta varaqlasangiz birinchi bor ko‘zga tashlanadigan narsa tafsiriga kirishmoqchi bo‘lgan oyatni: "Alloh Ta’oloning bu-bu oyatlari ta’vili xususidagi gap" iborasi bilan tanishtirishidir. Undan keyin esa oyatning mazmunini sharhlashga o‘tadi va bu oyatlar xususida sahobiylardan, tobi’iylardan rivoyat qilingan naqliy tafsirlarni hujjat sifatida keltiradi.

Agar bir oyatning mazmunida ikki yoki undan ortiq fikr mavjud bo‘lsa, har birini alohida keltirib, bu fikrlarni tasdiqlovchi rivoyatlarni sahobalar va tobi’iylardan alohida-alohida rivoyat qiladi. Rivoyatlarning o‘zi bilan kifoyalanmasdan ularning har birini tahlil qilib, ikki fikrdan qaysi biri quvvatli ekanligini tarjih qiladi. Shuningdek, agar zarurat taqozo qilsa, ba’zi oyatlardan hukmlar va xulosalar ham chiqaradi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 06:59:52
Ibn Jarir mustaqil fikr bilan tafsir qiladigan "ashobur-ray" mufassirlar bilan doimiy muxosama va munozara qiladi. Uning fikricha har bir mufassir tafsirda sahobiy yoki tobi’iyning ilmiga, undan naql qilingan rivoyatlarga albatta murojaat qilishi shart. Sahih tafsirning alomati yolg‘iz shudir. Masalan: "Yusuf" surasining 49-oyati, ya’ni

ثُمَّ يَأْتِي مِنْ بَعْدِ ذَلِكَ عَامٌ فِيهِ يُغَاثُ النَّاسُ وَفِيهِ يَعْصِرُونَ

"So‘ngra, o‘sha (qahatchilik yillari)dan keyin bir yil kelurki, unda odamlar yog‘ingarchilik ostida qolurlar va (turli mevalardan) sharob tayyorlab olurlar" —oyatining tafsirida Ibn Jarir salaf ulamolaridan tavjiyhotlar rivoyat qilib, qiroatlar to‘g‘risida zarur bo‘lgan fikrlarni aytib bo‘lgandan keyin, oyatni o‘z rayi bilan tafsir qiladigan, lug‘atni bilishidan boshqa narsaga e’timod qilmaydigan mufassirga raddiya berib, uning fikrini butunlay botil qiladi va shunday deydi: "Arab tilini bilishiga asoslanib o‘z ra’yi bilan Qur’onni tafsir qiladigan va ahli ta’vil salaf ulamolarining ilmlaridan bexabar bo‘lgan ba’zi kishilar yuqoridagi oyatning "œsharob tayyorlab oladilar" jumlasi ma’nosini "œyomg‘ir sababi bilan qahatchilik va qurg‘oqchiliqdan najot topadilar" degan ma’noga buradilar va " يَعْصِرُونَ" ning o‘zagi "siqish" ma’nosidagi "usur, asur, usr" masdaridan emas, balki "najot" ma’nosidagi "asar" masdaridan olingan, deb gumon qiladilar. Oyat ma’nosining bunday ta’vili sahobiylar va tobi’iylardan naql qilingan ma’noga butunlay xilofdir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 07:03:42
Ba’zida Ibn Jarir Mujohid yoki Zahqok singari mufassirlar, hatto Ibn Abbosdan naql qilgan mufassirlar rivoyatlariga ham o‘z munosabatlarini bildirib, raddiya bergan. Masalan: "Baqara" surasining 65-oyati:

وَلَقَدْ عَلِمْتُمُ الَّذِينَ اعْتَدَوْا مِنْكُمْ فِي السَّبْتِ فَقُلْنَا لَهُمْ كُونُوا قِرَدَةً خَاسِئِينَ

"Orangizdan shanba kunida haddan oshgan kimsalarni bildingiz. Bas, biz ularga: "Badbaxt maymunlarga aylaningiz", dedik" oyatining tafsirida shunday deydi: "Menga Al-Musanno Abu Huzayfadan, u Shibldan, u Ibn Abiy Najihdan, u Mujohiddan rivoyat qilgan hadisda Mujohid mazkur oyatni tafsir qilib, dedi: "Ularning o‘zlari maymunga aylangan emaslar, qalblari maymunnikidek (behis, beimon) qilingan. Allohning bu so‘zi zarbi masal bo‘lib, "ustiga kitob ortilgan eshak"ning zarbi masalidekdir". Keyin Ibn Jarir Mujohidning tafsiriga raddiya berib, shunday deydi: "Mujohid aytgan gap Allohning kalomidan ochiq-oydin anglashilgan ma’noga butunlay xilofdir" (Tafsiri Ibn Jarir, 1-j. 252-253-b).
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 07:05:26
"Baqara" surasining 229-oyati:

تِلْكَ حُدُودُ اللَّهِ فَلا تَعْتَدُوهَا وَمَنْ يَتَعَدَّ حُدُودَ اللَّهِ فَأُولَئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ

"Bu Allohning qonunchegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilib o‘tmangiz! Kim Allohning chegaralaridan tajovuz qilib o‘tsa, ana o‘shalar zolimlardir" — oyatining tafsirida Ibn Jarir mufassir Zahhoqdan: "Kimki idda muddatini rioya qilmasdan xotinini taloq qilsa, u tajovuz qilgan va o‘z nafsiga zulm qilgan bo‘ladi, kimki Allohning hadlaridan tajovuz qilsa, ular ayni zolimlardir" jumlalarini rivoyat qiladi va keyin o‘zi bu tafsirni quyidagicha izohlaydi: "Zahhokning ushbu gapiga bu yerdagi oyat ma’nosining hech qanday aloqasi yo‘q. Oyatda taloqni iddada qilish kerakligiga va mana shu Allohning haddi ekanligiga hech qanday ishora yo‘q. Bu yerda taloq qiluvchi erning yana o‘z xotiniga qaytishi necha taloqda mumkinu, necha taloqda mumkin emasligi haqida aytilyapti, iddada taloq qilish hukmi haqida emas" (Tafsiri Ibn Jarir ("œJomiul-bayon"), 1-j. 252-253-b).

Ko‘rib o‘tilganidek, Ibn Jarir o‘z tafsirining juda ko‘p o‘rinlarida mufassirlar va roviylarning asossiz va dalilsiz fikrlariga o‘z raddiyasini berib o‘tadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 07:07:19
Ibn Jarir har bir rivoyatini roviylar sanadi bilan keltirsa ham, aksar hollarda roviylarning sahih yoki zaif ekanligi to‘g‘risida hech narsa demaydi. Chunki, hadis usulini yaxshi bilgan muhaddis sifatida uning fikricha, kimki senga sanad bilan rivoyat qildimi, roviylarning adolatli yoki nuqsonli ekanligini qay daraja bilishda seni bahsga tortgan bo‘ladi. Shunga qaramasdan, Ibn Jarir ba’zi hollarda o‘zining o‘ta hassos munaqqid ekanini namoyon etadi, roviylarning adolatlisi yoki nuqsonlisini ochiq bayon etadi, rivoyatlarning ishonchsizini rad etadi va o‘zining munosib fikr-mulohazasini bildiradi. Masalan: "Kahf" surasining 94-oyati:

قَالُوا يَا ذَا الْقَرْنَيْنِ إِنَّ يَأْجُوجَ وَمَأْجُوجَ مُفْسِدُونَ فِي الأرْضِ فَهَلْ نَجْعَلُ لَكَ خَرْجًا عَلَى أَنْ تَجْعَلَ بَيْنَنَا وَبَيْنَهُمْ سَدًّا

"œBiz bilan ularning o‘rtasiga bir to‘g‘on qurib berurmisan?" (Kahf, 94.) tafsirida Ibn Jarir shunday deydi: "Bu haqda — ya’ni sin harfining zamma va fatha holida "saddan", "suddan" o‘qilishida Ikrimadan shunday rivoyat qilingan: "Bizga Ahmad ibn Yusuf Qosimdan, Qosim Hajjojdan, Hajjoj Horundan, Horun Ayyubdan, u esa Ikrimadan rivoyat qilishicha, Ikrima: "Odam farzandi qo‘li bilan qurilgan narsa fathalik sin bilan "saddan" ko‘rinishida, Alloh qudrati bilan bino bo‘lgan narsa esa zammalik sin bilan "suddan" ko‘rinishda o‘qiladi",— degan. Ikrimadan rivoyat qilingan ushbu hadisning roviysi Ayyub Horun ishonchsiz odam, chunki, undan birorta ham roviylari ishonchli bo‘lgan hadis rivoyat qilinmagan". (Tafsiri Ibn Jarir ("œJomiul-bayon"),  2-j.  290-291-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 07:09:06
Ibn Jarir "ijmo-ul-ummat"ni juda qadrlaydi, Qur’on oyatlarining ijtihodiy tafsirida uni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Masalan: "Baqara" surasining 230- oyati:

فَإِنْ طَلَّقَهَا فَلا تَحِلُّ لَهُ مِنْ بَعْدُ حَتَّى تَنْكِحَ زَوْجًا غَيْرَهُ

"Agar er o‘z xotinini uchinchi taloq qo‘ysa, boshqa erga tegib chiqmaguncha unga halol bo‘lmaydi, tafsirida Ibn Jarir shunday deydi: "Agar bir odam: "boshqa erga tegib chiqmaguncha unga halol bo‘lmaydi" degan gapdan Alloh nimani iroda qilyapti nikoh bu jinsiy aloqami yoki bir ayolning bir erkakka tegishimi?", deb so‘rasa, "œikkalovi ham", deb javob beriladi.

Chunki, taloq qilingan ayol bir erkakka tegsa, hali u bilan yaqinlik qilmay talog‘ini bersa, avvalgi o‘z eriga halol bo‘lmaydi. Agar taloq qilingan ayolga bir erkak nikohsiz yaqinlik qilsa ham u ayol o‘z eriga halol bo‘lmaydi. Bunga "Ijmo-ul-ummat" ittifoq qilganlar. Agar yana: "Oyatning ma’nosida "jinsiy yaqinlik" degan ibora yo‘q-ku!",— deb so‘rasa, unga: "Ijmo-ul-ummat": "oyatdagi "nikoh" so‘zining ma’nosi "jinsiy yaqinlik",— deganlar",— deb javob beriladi". (Tafsiri Ibn Jarir ("œJomi’ul-bayon"), 2-j. 290-291-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 07:10:29
Ibn Jarir o‘z tafsirida qiroatlar haqida ham fikr yuritadi, ko‘pincha o‘zining va boshqa qiroat olimlarining nazdida qiroati hujjat sanalmaydigan va bunday qiroat bilan Allohning kalomiga tabdil va tag‘yir yetkazadigan e’timodsiz imomlar qiroatini rad qiladi. Bunday asossiz qiroatlarni zikr etarkan, ularga o‘z fikri bilan xulosalar beradi. Masalan: "Al-Anbiyo" surasining 81-oyati:

وَلِسُلَيْمَانَ الرِّيحَ عَاصِفَةً

"Sulaymonga bo‘ronli shamolni bo‘yinsundirib (qo‘ydik)" tafsirida Ibn Jarir, barcha qorilar الرِّيحَ kalimasini fatha harakati bilan mahzuf fe’lga maf’ul   sifatida o‘qishlarini, Abdurrahmon A’raj esa zamma harakati bilan mubtado sifatida qiroat qilishini aytib, keyin: "Uning qiroati barcha qorilar ijmo’ qilgan qiroatlardan o‘zgacha bo‘lgani uchun ijozat berilmaydi",— degan xulosani chiqaradi.

Ibn Jarirning qiroatlar xususida ham so‘z yuritishi uning mashhur qiroat olimlaridan biri ekanligidadir. Hatto olimlar uning qiroatlar haqida 18 jildli kitob yozganini, unda mashhuru-g‘ayri mashhur qiroatlarni mufassal bayon etib, sharhlagani va mashhur qiroatlar yo‘lidan chiqmagan holda bitta.sini tanlab olib, o‘zi qiroat qilganini rivoyat qiladilar. Afsuski, ko‘plab noyob ilmiy xazinalar singari Ibn Jarirning bu asari ham zamonlar taqozosi bilan yo‘qolib ketgan va bizgacha yetib kelmagan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 07:12:23
5. Ibn Jarirning tafsirida yahudiylardan naql qilingan xabarlar uchraydi. Ular Ka’bul Axbor, Vahb ibn Munabbah, Ibn Jurayj, As-Sadiy va boshqa avvalda yahudiy dinida bo‘lgan, keyin Islomni qabul qilgan ulamolarga nisbat berib rivoyat qilingan. Ko‘pincha, Muhammad ibn Ishoq rivoyati bilan Maslama An-Nasorodan ham isroiliy xabarlar naql qilingan. Ibn Jarirning o‘zi Maslama haqida shunday xabar beradi: "Bizga Salama so‘zlab berdi, u Ibn Ishoqdan, Ibn Ishoq esa Abu Itobdan naql qildi... Abu Itob (Maslama) ko‘p zamonlar nasroniy dinida bo‘lgan, keyin Islomga kirgan, Qur’on o‘qigan va dinda faqih bo‘lgan edi. Boshqa bir rivoyatda Abu Itob qirq yil nasroniy dinida bo‘lib, Islomga kirgandan keyin ham qirq yil yashagan".
Ibn Jarir yuqoridagi isnodni aytib, ushbu asli nasroniy bo‘lgan odamdan "Al-Isro" surasining 7-oyati:

إِنْ أَحْسَنْتُمْ أَحْسَنْتُمْ لأنْفُسِكُمْ وَإِنْ أَسَأْتُمْ فَلَهَا فَإِذَا جَاءَ وَعْدُ الآخِرَةِ لِيَسُوءُوا وُجُوهَكُمْ وَلِيَدْخُلُوا الْمَسْجِدَ كَمَا دَخَلُوهُ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَلِيُتَبِّرُوا مَا عَلَوْا تَتْبِيرًا

"Agar chiroyli amallar qilsangizlar o‘zlaringizga yaxshilik qilgan bo‘lursizlar. Agar yomon — gunoh amallar qilsangizlar ham o‘zlaringiz uchundir. Bas, qachon keyingi buzg‘unchilikning vaqti soati kelganda, ular yana yuzlaringizni qaro qilishlari, avvalgi safar kirganlari kabi Masjid al-Aqsoga kirib, uni toptashlari uchun hamda o‘zlari egallab olgan barcha yerlarni vayron etishlari uchun dushmanlaringizni yana sizlarning ustilaringizga yuborurmiz", tafsirida "Baniy Isroil"ning oxirgi payg‘ambarlari haqida rivoyatlar naql etgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 07:14:13
Shuningdek, "Al-Kahf" surasining 94-oyati:

قَالُوا يَا ذَا الْقَرْنَيْنِ إِنَّ يَأْجُوجَ وَمَأْجُوجَ مُفْسِدُونَ فِي الأرْضِ فَهَلْ نَجْعَلُ لَكَ خَرْجًا عَلَى أَنْ تَجْعَلَ بَيْنَنَا وَبَيْنَهُمْ سَدًّا

"Ular: "Ey Zulqarnayn, shak-shubhasiz, (shu tog‘lar ortidagi) Ya’juj va Ma’juj (qabilalari) Yer yuzida buzg‘unchilik qilguvchilardir", tafsirida shunday isnod bilan rivoyat qiladi: "Bizga Ibn Humayd Salamadan, u Muhammad ibn Ishoqdan, u esa musulmon bo‘lgan, ajamlar haqida rivoyat qiladigan va Zulqarnayn haqida xabardor bo‘lgan ba’zi ahli kitoblardan naql qilishicha, Zulqarnayn Misr axlidan chiqqan bir kishi bo‘lib, uning ismi Marzubo ibn Marduba Al-Yunoniy Yunon ibn Yofas ibn Nuh avlodidan edi". (Tafsiri Ibn Jarir ("œJomi’ul-bayon"), 16-j, 14-b)

Shunday qilib, Ibn Jarirning tafsirida isroiliy rivoyatlar juda ko‘p keltirilgan. Ehtimolki, uning tarix haqida juda katta asar yozganligi va unda tarixiy bahslarga juda katta o‘rin berganligi tafsirda ham tarixga dalolat qiluvchi isroiliyotlardan ko‘p o‘rinda foydalanishiga ta’sir ko‘rsatgandir.

Ibn Jarir o‘zi naql qilgan isroiliy rivoyatlarning aksariga tanqidiy nazar bilan qaragan bo‘lsa ham, shu mavzuni o‘z ichiga olgan tafsirlar singari yanada chuqurroq, mukammalroq tahlil va tadqiq etilishiga ehtiyoj ham, imkoniyat ham bor. Isroiliy rivoyatlarning to‘liq sanad bilan berilishi Ibn Jarirning‘ naql qilish shartining uddasidan chiqqanligini ko‘rsatadi va uning tafsiri qiymatini oshiradi. Sanad va rivoyatlarning sahih yoki zaifligini tekshirish va tanqidchi nazari bilan tahlil qilish bizning vazifamizdir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 07:16:02
Ibn Jarir tafsirining yana bir ahamiyatli jihati shundaki, boshqa mufassirlar ehtimom qilgan, ammo uni bilishning foydasi ham, zarari ham yo‘q bo‘lgan narsalardan yuz o‘girib, kitobxonni ham shunga da’vat qilishidir. Masalan: "Al-Moida" surasining 112-114 oyatlari:

إِذْ قَالَ الْحَوَارِيُّونَ يَا عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ هَلْ يَسْتَطِيعُ رَبُّكَ أَنْ يُنَزِّلَ عَلَيْنَا مَائِدَةً مِنَ السَّمَاءِ

قَالَ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ اللَّهُمَّ رَبَّنَا أَنْزِلْ عَلَيْنَا مَائِدَةً مِنَ السَّمَاءِ

"Havoriylar: "Ey Iso binni Maryam, parvardigoring bizga osmondan bir dasturxon nozil qilishga qodirmi?"dedilar", tafsirida Ibn Jarir Iso(a.s) va qavmlariga tushirilgan dasturxondagi taomning nav’i haqidagi rivoyatlarni keltiradi va unga munosabat biddirib: "Eng to‘g‘risi shuki, dasturxonda yemak uchun taom bor edi. U taom baliq bo‘lishi ham mumkin, non bo‘lishi ham mumkin yoki jannat mevalaridan bo‘lishi ham mumkin. Bu taomning nima ekanligini bilish ham, bilmaslik ham insonga na foyda, na zarar keltiradi. Oyatni qiroat qiluvchi kishi Allohning qudratiga taslim etsa basdir",— deydi. (Ibn Jarir tafsiri, 7-j. 88-b).
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 07:19:04
Shuningdek, "Yusuf" surasining 20-oyati,

وَشَرَوْهُ بِثَمَنٍ بَخْسٍ دَرَاهِمَ مَعْدُودَةٍ وَكَانُوا فِيهِ مِنَ الزَّاهِدِينَ

"Uni arzon bahoda bir necha tangaga sotib yubordilar, chunki, ular Yusufga qiziqmagan edilar", tafsirida Ibn Jarir avval ulug‘ mufassirlarning Yusufni sotilgan "bir necha tanga"ning miqdori to‘g‘risidagi ixtiloflarini keltirib, keyin o‘z fikrini bayon qiladi: "Eng to‘g‘ri gap shuki, Alloh Ta’olo Qur’onda Yusufni bir necha tangaga sotib yuborilgani haqida xabar beradi. Mazkur tangalarning soni ham, vazni ham na Qur’onda, na Hadisda aytilgan. Ehtimolki, tangalar soni yigirmatadir, yigirma ikkitadir, qirqtadir, ehtimolki ozroq yoki ko‘proqdir. Qanday bo‘lsa ham arzimas bir necha tangadan iborat. Uning miqdorini bilishdan foyda ham yo‘q, bilmasliqdan zarar ham. Eng muhimi, o‘sha paytda Yusufning qadrsizlangani, akalari tomonidan ham xo‘rlangani, mana shu xo‘rlikka sabr qilgani evaziga Alloh uning martabasini baland ko‘targani, haqiqat ro‘yobga chiqqani haqidagi xabarga ishonmoklikdir. Bundan ortiqchasi takallufdan va gumondan iborat".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 07:21:07
Ibn Jarir o‘z tafsirida Qur’on oyatlari hamma tushunadigan, mashhur tilda nozil etilganiga e’tiborni qaratadi va ba’zi mufassirlarning lug‘at bo‘yicha qilgan ba’zi ta’villariga o‘z e’tirozini ifoda qiladi. Masalan: "Hud" surasining 40-oyati

حَتَّى إِذَا جَاءَ أَمْرُنَا وَفَارَ التَّنُّورُ قُلْنَا احْمِلْ فِيهَا مِنْ كُلٍّ زَوْجَيْنِ اثْنَيْنِ

"To Bizning farmonimiz kelib, yerdan favvoralar otilgan vaqtda, Nuhga dedik: "U kemaga har bir jonivordan bir juftdan chiqargin" tafsirida "tanur" lafzining ma’nosi haqida mufassirlarning rivoyatlarini keltiradi va ba’zi mufassirlar: "Tanurdan murod Yer yuzi", ba’zilari: "subh chiqqan vaqti", yana ba’zilari: "Yerning eng baland joyi", boshqa ba’zilar esa: "non yopiladigan o‘choq" deganlarini aytib, bu fikrlarga nisbatan o‘z munosabatini bildiradi va deydi: "Bu ta’villarning bizning nazdimizdagi eng maqbuli "non yopiladigan o‘choq"dir. Chunki, arab so‘zlarida "tanur" deganda birinchi tushuniladigan ma’no shudir. Allohning kalomi esa arablar oson va tez tushunadigan ma’noda nozil qilingan, ba’zi joylardagina so‘zning ikkinchi ma’nosi nazarda tutilgan". (Ibn Jarir tafsiri. 12-j. 25-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 07:23:20
Ibn Jarir tafsirida Ibn Abbos (r.a.) foydalangan arablarning qadimiy she’rlaridan keng ravishda hujjat sifatida foydalanganini ko‘ramiz. Masalan: "Baqara" surasining 22-oyati

فَلا تَجْعَلُوا لِلَّهِ أَنْدَادًا

Bas, o‘zgalarni Allohga tenglashtirmang tafsirida shunday deydi: "Al-andad" "nid"ning jami, "An-nid" — teng va o‘xshashdir. Hasson ibn Sobit o‘z she’rida shu mazmunda keltirgan:

أَتَهَجَّوْهُ وَ لَسْتَ لَهُ بِنِدٍّ     فَشَرٌّ كَمَا لِخَيْرٍ كَمَا الْفِدَاءِ

Sen uni hajv qilyapsanmi, o‘zing uning tengi emassanku!
Yomonliklaringiz yaxshiliklaringizga fido bo‘lsin . 
(Ibn Jarir tafsiri, 1-j. 125-b)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 07:23:55
Tayanch iboralar: Tafsiri ma’sur, sahih va g‘ayri sahih, roviylarning ishonchli yoki ishonchsizini yaxshi ajratadigan olim, tobi’iylarni va ularning hukmlardagi muxoliflarini ham farq qiladigan o‘ta farosatli kishi, "ziyrak olim", millatlar va podshohlar tarixi, qiroatlar kitobi, son va Qur’on, ulamolar ixtilofi kitobi, sahobalar va tobi’iylar kitobi, Islom shariati hukmlari kitobi, usuli dinga chuqur nazar kitobi, AtTabariy tarixning otasi, tafsirning otasi, "Tabariyning o‘z mazhabi va unga ergashuvchilari bo‘lgan, uni "Al-Jariyriya" deb nomlangan, Ibn Bashshor alahval, mo‘‘tamad va mo‘‘tabar tafsir, tarjih qilish, bahs qilish, tarjiyhotu tavjiyhot, e’robu istinbot, xalqchil yozilishi, badiiy go‘zalligi, mukammalligi bilan xalq e’tiqodini, muhabbatini qozona olgan, muxosama va munozara, idda muddati, Allohning hadlaridan tajovuz, o‘ta hassos munaqqid, "saddan", "suddan", "Ijmo’-ul-ummat", mashhuru-g‘ayri mashhur, Zulqarnayn Misr ahlidan chiqqan bir kishi bo‘lib, uning ismi Marzubo ibn Marduba Al-Yunoniy Yunon ibn Yofas ibn Nuh avlodidan edi", "Alloh Ta’oloning oyatlari ta’vili xususidagi gap", "ashobur-ra’y".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Oktyabr 2008, 07:24:38
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Tafsiri ma’surning mashhurlaridan qaysi tafsirlarni bilasiz?
2. Ibn Jarir At-Tabariy va uning tafsiri haqida ulamolar qanday fikr bildirganlar?
3. Ibn Jarir asossiz rivoyat roviylariga qanday munosabat bildiradi?
4. Ibn Jarirning tafsir qilish usuli boshqa tafsirlardan nimasi bilan ajralib turadi?
5. Ibn Jarir tafsirida isroiliyotlarga munosabat qanday?

Tavsiya etilgan va foydalanilgan   adabiyotlar ro‘yxati

1. Tafsiri Ibn Jarir. "œJomi’ul-bayon". Bayrut. 1999. 3-nashr.116-b.
2. Doktor Mahmud At-Tahhon. Taysiru Mustalahil hadis. Riyoz. 1996. 9-nashr.
3. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
4. Tafsiri Ibn Kasir. Bayrut. 1969. 1-j.
5. Mo‘‘jamul-udabo, 18-j. Bayrut. 1999.
6. Fatovo Ibn Taymiyya, 2-j. Bayrut. 1996.
7.  Muhammad   Tohir Ibn Ashur. At-tahrir vat-tanvir. Tunis. 11-j.
8.  Muhammad Ali Davla. Qisasun min hayati ar-Rasul va ashabihi. Damashq. 1999. 12-j.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Oktyabr 2008, 06:49:51
18-MAVZU. IBN  KASIR VA AS-SA’OLIBIY

Dars rejasi:
1.  Ibn Kasirning tarjimai holi.
2.  Ibn Kasir tafsirining ta’rifi.
3.  Ibn Kasir tafsirida fiqh masalalari.
4.  As-Sa’olibiyning tarjimai holi.
5.  Al-Javohir al-hison fiy tafsiril Qur’on.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Oktyabr 2008, 07:00:57
1. Mufassirning to‘liq nomi Al-Imom Al-Jalil Al-Hofiz Imoduddin Abul Fido Ismoil ibn Amr ibn Kasir ibn Zav’ ibn Kasir ibn Zar’ Al-Basriy Ad-Damashqiy Al-Faqih  Ash-Shofi’iy bo‘lib, yetti yuzinchi hijriy yilda Basrada tavallud topgan.

Yetti yoshli Ismoil otasi vafot etgandan keyin akasi bilan Damashqqa keldi. Damashqda Ibn Ash-Shahna, Al-Omadiy, Ibn Asokir va boshqa ulug‘ olimlar huzurida dars oldi. Shuningdek, Al-Mazziy nomli olimning etagidan mahkam ushladi, uning huzurida "Tahzibul-kamol" nomli kitobni o‘qidi, ustozning marhamati bilan uning qiziga uylandi.

Keyin Ibn Taymiyya huzurida ta’lim ola boshladi. Ibn Korziy Shahba "Fiy tabaqot" kitobida yozishicha, Ibn Kasir Ibn Taymiyyaga shu qadar berilib ketdiki, uning tarafidan boshqa olimlar bilan tortishadigan bo‘ldi, Ibn Taymiyya fikrlarining deyarli barchasiga tobe bo‘ldi, taloq masalasida uning ra’yi bilan fatvo berishga o‘tdi. Natijada, Ibn Taymiyya sababidan biroz imtihonga uchradi va ozorlandi.

Ad-Dovudiy "Tabaqotul-mufassirin" kitobida shunday yozadi: "Ibn Kasir olimlar va hofizlarning ulug‘laridan, mufassirlarning suyanchig‘i edi. Imom Az-Zahabiyning vafotidan keyin Ibn Kasir Damashqdagi "Ummus Solih" tafsir maktabiga, Imom As-Sabukiydan keyin esa "Al-Hadis Al-Ashrafiyya" maktabiga Shayx (mudir) bo‘lgan. Keyin esa hibs qilingan. Ibn Kasir 774 hijriy yilda Damashqda vafot etgan va "Maqbarai Sufiyya"ga, ustozi Ibn Taymiyyaning yoniga dafn etilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Oktyabr 2008, 07:02:54
Ibn Kasir benihoya ilmga ega edi. Shuning uchun ko‘p olimlar unga turli masalalarda, xususan tafsir, hadis va tarix bo‘yicha murojaat qilardilar.

Ibn Hajarning yozishicha, Ibn Kasir mutolaa paytida hadislarning matnlarini va roviylarini yod olardi. Tafsir ilmini jam qilgan, ahkomlar haqida kitob yozishni boshlagan, lekin nihoyasiga yetmay qolgan edi. Tarix ilmi bo‘yicha "Al-Bidoya van-Nihoya" nomli kitob yozgan, Shofi’iy olimlarining tabaqotini tuzgan, Imom Al-Buxoriyning "Sahih"iga sharh boshlagan.

Uning yozgan asarlari hayotlik paytidayoq turli shaharlarga tarqalgan edi, vafotidan keyin ham xalq undan istifoda etmoqda. Ibn Kasir hadis ilmi taraqqiyoti uchun jonfido bo‘lgan muhaddislar qatorida bo‘lmasa ham, faqih olimlarning muhaddisidir. Shunga qaramay Ibn Kasir Ibn Salohning hadis kitobini muxtasar qilgan va uning ancha foydali jihatlari mavjud.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Oktyabr 2008, 07:03:54
Imom Az-Zahabiy "Al-Mu’jam Al-Muxtas" kitobida shunday yozgan: "Ibn Kasir ulug‘ muftiy, o‘tkir faqih, bilimdon muhaddis, naqqol(naql qiluvchi) mufassir, uning juda ko‘p asarlari mavjud".

Xuddi shunday ta’riflar "Shazarotuz-zahab" kitobi muallifi Ibn Habib, uning shogirdi Ibn Hajjiy tomonidan ham berilgan.

Ibn Kasirning ilmi uning tafsirini, tarixini o‘qigan har bir tolibga yorqin namoyon bo‘ladi. Tafsirlar ichida va tarix kitoblari ichida uning asarlari eng yaxshi asarlardan biri deb tan olingan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Oktyabr 2008, 07:05:29
2. Ibn Kasirning "Tafsirul Qur’onil-azim" kitobi Ibn Jarir At-Tabariyning tafsiridan keyingi eng mo‘tabar asardir. Unda muallif Qur’on oyatlarini salaf olimlari rivoyatlariga asoslanib tafsir qilgan. Oyatning mazmunini izohlashda avval oyatlarning o‘ziga, keyin sanadi mukammal bo‘lgan hadislarga va rivoyatlarga suyanadi. Oyat mazmunini yanada ochib berish uchun o‘z mulohazasini ham aytadi.

Ibn Kasirning tafsiri avval Al-Bag‘aviyning "Ma’olimut Tanzil" nomli tafsiri bilan birga, keyin esa to‘rt jildli, katta hajmli kitob shaklida 1969 yil Bayrutda nashr etilgan. 1992 yilda Istambulda sakkiz jildda bosilib chiqqan.

Ibn Kasir tafsiri Makka shahridagi "Malik Abdulaziz universiteti" ning kulliyasi ustozi Muhammad Ali As-Sobuniy tomonidan muxtasar qilingan va 1986 yilda Bayrutning "Dorul-qalam" nashriyotida uch jildli kitob shaklida nashr etilgan.

Ibn Kasirning tafsiri Qur’oni Karim va uning tafsiriga bog‘liq masalalar bayon qilingan juda uzun muqaddima bilan boshlanadi. Muallif muqaddimada bayon etgan ma’lumotlar ustozi Ibn Taymiyyaning so‘zlari bo‘lib, "Usuli tafsir" kitobining muqaddimasidan olingan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Oktyabr 2008, 07:06:34
Ibn Kasirning tafsir uslubi shundayki, u bir oyatni keltirib, uning ma’nosini juda sodda til bilan tushuntiradi. Agar imkoni bo‘lsa, shu oyatning mazmunini tasdiqlovchi yoki to‘ldiruvchi boshqa oyatlarni ham keltirib, ulardan chiqqan umumiy ma’noni bayon qiladi. Ibn Kasirning bu tafsiri turli suralarda kelgan bir xil ma’noli oyatlarning bir joyga yig‘ilishi sababli fihristlik vazifasini bajarishi bilan ham qimmatlidir.

Ibn Kasir oyatning mazmuniga muvofiq barcha oyatlarni keltirgandan keyin, shu mazmunga muvofiq hadislarni ham roviylar sanadi bilan rivoyat qiladi. Hadislardan qaysi biriga ehtiyoj bor, qaysinisiga yo‘q, ularga ham aniklik kiritadi. Keyin sahobalardan, tobi’iylardan va salaf ulamolaridan eshitgan gaplarini qo‘shadi. Ba’zi qavllarni tarjih qiladi, ba’zisiga e’tiroz bildiradi, ba’zi roviylarning sahihligini ta’kidlasa, ba’zilarini zaiflikka nisbat beradi. Bunday tahlil Ibn Kasirning hadis ilmi va roviylar haqida yuqori daraja ilmga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Tafsirning ko‘p joylarida Ibn Jarir, Ibn Abi Hotim, Ibn Atiyya va boshqa mufassirlardan ham naql qilingan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Oktyabr 2008, 07:08:03
Ibn Kasir tafsirining yana bir muhim jihati, unda isroiliy rivoyatlardan saqlanishga chaqirilganidir. Shu bilan birga ba’zi rivoyatlarni keltirilsa ham, uning munkar ekanligi alohida ta’kidlanadi. Masalan:

وَإِذْ قَالَ مُوسَى لِقَوْمِهِ إِنَّ اللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَنْ تَذْبَحُوا بَقَرَةً

"Eslang, Muso o‘z qavmiga: "Alloh sizlarga (bir) sigir so‘yishlikni buyurdi", (Baqara, 67) oyati karimasining tafsirida Alloh Ta’olo tarafidan yahudiylarga so‘yishlik uchun buyurilgan maxsus sigirning ta’rifini, u sigir yahudiylardan ota-onasining duosini olgan birgina odamning uyida mavjud bo‘lib, juda katta mablag‘ evaziga sotgani haqidagi uzundan-uzun rivoyatlarni batafsil keltirib, oxirida shunday xulosa qiladi: "Bu qissalar Ubayda, Abul Oliya va Saddiylardan rivoyat qilingan bo‘lib, o‘zaro ixtiloflar juda ko‘p. Ko‘rinib turibdiki, hamma rivoyatlar Baniy Isroil kitoblaridan olingan. Ularni naql qilish mumkin, ammo rost ham, yolg‘on ham deyilmaydi. Shuning uchun haqiqatga mos tushadiganiga e’timod qilinadi, mos tushmaydigani tashlanadi".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Oktyabr 2008, 07:10:48
3. Shuningdek, Ibn Kasir fiqhiy masalalar tortishuviga ham o‘z tafsiridan katta o‘rin bergan. Ahkom oyatlarining tafsirida ulamolarning dalillari va hujjatlarini batafsil keltirgan. Masalan:

فَمَنْ شَهِدَ مِنْكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ وَمَنْ كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَى سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِنْ أَيَّامٍ أُخَرَ

"œBas sizlardan kim bu oyda (Ramazon) hozir bo‘lsa, ro‘zasini tutsin. Kimki, bemor yoki safarda bo‘lsa, sanog‘i boshqa kunlardandir" (Baqara, 184) oyati karimasining tafsirida Ramazon ro‘zasiga taalluqli bo‘lgan to‘rt masalani va bu masalalarning tasdiqlovchisi bo‘lgan olimlarning dalillarini ham  keltirgan.

Xulosa qilib aytganda, Ibn Kasirning tafsiri naqliy tafsirlar orasida eng yaxshisi ekanligiga mufassir olimlar guvohlik berganlar. Hatto Imom As-Suyutiy "œTazkiratul-huffoz"  kitobining ilovasida, Az-Zarqoniy "œSharhul-mavohib kitobida: "œIbn Kasir tafsiriga o‘xshash tafsir boshqa yaratilmagan", deb baho berganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Oktyabr 2008, 07:12:20
4.  As-Sa’olibiyning tarjimai holi.

As-Sa’olibiyning to‘liq ismi Abu Zayd Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Maxluf As-Sa’olibiy Al-Jazoiriy Al-Mag‘ribiy Al-Molikiy Valiyulloh As-Solih Al-Orif Billahi bo‘lib, bu zot dunyodan va uning ahlidan yuz o‘girgan, Allohning do‘sti, uning solih bandalari ichida ham yaxshirog‘i edi.

Shogirdi Ibn Saloma Al-Bakriyning aytishicha, As-Sa’olibiy solih, zohid, olim, orif, avliyolarning ulug‘i, Al-Imom Al-Ubay va Al-Valiy Al-Iroqiy singari ustozlari uning salohiyatiga, imomatiga, ilmi va diyonatiga tan bergan buyuk kishi edi.
O’zining muallafotlarida xabar berishicha, As-Sa’olibiy ilm talabida sakkizinchi asrning oxirida Jazoirdan safar qilib, Tunisga, undan Misrga keladi va yana Tunisga hadis ilmini o‘rganish uchun qaytadi.

Mag‘ribga borganida esa mag‘ribliklar uni hadis ilmining bilimdoni sifatida kutib oladilar.

As-Sa’olibiydan juda ko‘p asarlar, jumladan: "œAl-javohir Al-Hison fiy tafsiril-Qur’on", "œKtiabuz-zahab Al-ibriz fiy g‘aroibi Al-Qur’onil Aziz", "œTuxfatul-ixvon fiy i’robi ba’zi ayati Al-Qur’on", "œKitob jomi’ al-ummahot fiy ahkami al-ibodat" va boshqalar meros qolgan.

As-Sa’olibiy sakkiz yuz yetmish oltinchi hijriy yilda to‘qson yoshida vafot etdi va Jazoir shahrida dafn etildi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Oktyabr 2008, 07:14:39
5.  Al-Javohir al-hison fiy tafsiril Qur’on.

As-Sa’olibiy o‘zining  "œAl-javohir Al-Hison fiy tafsiril-Qur’on" kitobining muqaddimasi va xotimasida shunday yozadi: "œMen ushbu muxtasar kitobimda o‘zimga ham, sizga ham ikki dunyoda ko‘z quvonchi bo‘ladigan narsalarni jamladim. Unda asosan Ibn Atiyyaning tafsiridan foydalandim va ko‘p foydalarni boshqa kitoblardan terib qo‘shdim. Buning uchun yuzdan ortiq mashhur olimlarning tafsirlarini o‘rgandim. Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh Al-laxmiy tomonidan Imom Tabariy tafsiridan qilgan muxtasaridan ko‘proq naql qildim, chunki u muallif mufassir tafsirini juda tozalagan edi".

As-Sa’olibiy yana shunday izoh beradiki, qaysi jumla "œintaha" so‘zi bilan tugagan bo‘lsa, o‘sha jumla Ibn Atiyyaning jumlasi emas, balki boshqa tafsirlardan qilingan naqldir.

As-Sa’olibiy boshqa kitoblardan naql etishda o‘ziga xos rumuzlardan foydalanganini aytadi: "œMasalan, "œqultu" so‘zi o‘rniga ت harfini, Ibn Atiyyaga ishora qilib ع harfini, As-Safoqusiyga ishora qilib ص harfini, Abu Hayyonga ishora qilib م harfini, o‘zim muttafiq bo‘lgan jumla oldiga esa "œ قُلْتُ " so‘zini yozganman.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Oktyabr 2008, 07:16:16
Imom Al-Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, At-Termiziydan boshqa zikrlar va duolar bobida Imom Navaviy va "œSilohul-mu’min"dan, targ‘ib va tarhib bobida Qurtubiyning tazkirasidan sahih hadislarni rivoyat qilganman. Xullas, mening kitobim Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan olingan nafis hikmatlar va sahih sunnatlar gavharlaridan iborat bo‘lgani uchun uni men "œQur’on tafsiridagi go‘zal gavharlar", deb nomladim.

As-Sa’olibiy tafsirini bir necha qismga taqsimlab, birinchi bobida Qur’oni Karimning fazli haqida so‘z yuritadi. Ikkinchi bobda Qur’onni tafsir qilishning fazilati borasida, keyingi bobda mufassirlarning darajasi haqida fikrlar bildiradi. Undan so‘ng Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan "œQur’on yetti harfga binoan nozil etilgan" hadisi sharifini sharhlaydi. Yana bir bobda Qur’ondagi ajamiy so‘zlar haqida gapiradi. Keyin Qur’onning ismlari va suralari haqida ham bir bob keltirib, nihoyat Qur’onning tafsiriga kirishadi. Shu narsa diqqatga sazovorki, As-Sa’olibiy o‘z tafsirining deyarli hamma boblarida ham Ibn Atiyyaga qattiq suyanadi va undan albatta biror narsa naql qiladi.

Tafsirning xotimasida shunday deydi: "œAllohga hamd-sano bo‘lsinki, men ajoyib durlarni yig‘dim. Bunda Ibn Atiyyaning muhim gaplarini qoldirdim va ko‘plab takrorlarni olib tashladim. Uning o‘rniga zarur bo‘lgan nafis gavharlarni qo‘shdim".

Muallifning mana shu e’tirofi, uning tafsiri Ibn Atiyya tafsirining tahrir, tahlil va muxtasar qilingan ko‘rinishi ekanini bildiradi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Oktyabr 2008, 07:17:17
Mazkur tafsir Jazoirda to‘rt tomda nashr etilgan bo‘lib, uning bir nusxasi Misr kutubxonasida, yana bir nsxasi esa "œAl-Azhar" kutubxonasida saqlanadi.

Muallif tafsir asnosida nahviy qoidalarga berilib ketgani kuzatiladi. Rivoyat qilgan hadislarining ko‘pi sanadi tark etilgan. Isroiliy rivoyatlar ham onda-sonda uchraydi. Lekin As-Sa’olibiy bu isroiliyotlarga darhol o‘z munosabatini bildirib, uning sahih emasligini, yoki sahih bo‘lsa ham undan biror ilmiy foyda yo‘q ekanligini ochiq bayon etadi.

Xulosa qilib aytganda, As-Sa’olibiyning mazkur tafsiri boshqa tafsirlarda yo‘q bo‘lgan ma’lumotlarni berishi bilan juda manfaatlidir. 
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Oktyabr 2008, 07:18:06
Tavsiya etilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Tafsiri Ibn Kasir. Bayrut. 1969. 1-j.         .       ,
2. Yoqut. Mo‘‘jamul-udabo. 18-j. Bayrut. 1999.
3. Fatovo Ibn Taymiyya. 2-j. Bayrut. 1996.
4. Muhammad Tohir Ibn Ashur. At-tahrir vat-tanvir. Tunis. 1-15-t.
5. Al-Itqon. As-Suyutiy. 2-j.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 06:30:48
19-MAVZU. AS-SAMARQANDIY.   AS-SA’LABIY.

Dars rejasi:
1. Abul Lays As-Samarqandiyning hayoti va asarlari.
2. "Bahrul-ulum" tafsirining ta’rifi.
3. As-Sa’labiyning hayoti va ijodi. Uning "Al-Kashf val-bayon an tafsiril-Qur’on" tafsirining yozilish tarixi.
4. As-Sa’labiy bayon qilgan bid’atchi firqalar.
5. As-Sa’labiy tafsiriga ulamolarning bergan baholari.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 06:31:44
1.  Abul Laysning to‘liq nomi Nasr ibn Muhammad ibn Ibrohim As-Samarqandiy Al-Faqih Al-Hanafiy bo‘lib, "Imomul-hudo" laqabi bilan mashhurdir.

Abul Lays fiqh ilmini Abu Ja’far Al-Hinduvoniydan olgan. Juda ko‘p kitoblari va foydali maslahatlari bilan mashhur. Uning eng yaxshi muallafotlaridan "Bahrul-ulum" nomli tafsiri, fiqh sohasida yozilgan "An-Navozil", "Xizonatul-fiqh", hadislar majmuasidan iborat bo‘lgan "Tanbiyhul g‘ofilin" va "Bo‘ston" kitoblari el orasida ma’lum va mashhurdir. Uning vafotini olimlar uch yuz yetmish uchinchi yoki uch yuz yetmish beshinchi hijriyda bo‘lgan deb aytadilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 06:33:03
 2. "Kashfuz-zunun" kitobining muallifi shunday yozadi: "Abul Lays As-Samarqandiyning "Bahrul-ulum" tafsiri juda mashhur, ajoyib kitobdir. Unda keltirilgan hadislar 854-hijriy yilda vafot etgan Shayx Zaynuddin Qosim ibn Qutlubug‘o Al-Hanafiy tomonidan rivoyat qilingan. Bu tafsirning uch jildli qo‘lyozma nusxasi Misr kutubxonasida, yana ikki nusxa qo‘lyozmasi Al-Azhar kutubxonasida saqlanmoqda. Al-Azhardagi ikki nusxaning biri ikki jildli, yana biri esa uch jildlidir.

Abu Laysning tafsiri tom ma’nodagi naqliy tafsirdir. Har bir oyatning tafsirida sahobalar va tobi’iylar rivoyatlaridan keng foydalangan, biroq roviylar sanadi tark etilgan. Kamdan-kam hadislarda roviylar sanadi uchraydi. Shu bilan birga olimlarning gaplariga va rivoyatlardagi ixtiloflarga hech qanday munosabat bildirmaydi.

Ba’zi joylarda lug‘atga biroz izoh beradi, oyatni oyatlar bilan sharhlaydi, shu bilan birga isroiliy rivoyatlarni ham keltirib, ularning rostligini ham, noto‘g‘riligini ham aytmaydi. Rivoyatlarda "ba’zilar aytganlar" iborasini ko‘p keltiradi, ammo o‘sha "ba’zilar" kimlar ekanligi haqida hech narsa deyilmaydi. Kalbiy, Sadiy singari ishonchsiz roviylardan ham hadis rivoyat qilgan. Ammo oyatlardagi ba’zi mushkulliklarni yaxshi ochib bergan va tanoquzlarga to‘xtalib, ularning sabablarini ko‘rsatgan va ravshanlashtirib bergan.

Mufassir o‘z tafsirida naqliy tafsirdan foydalanish bilan birga, aqliy jihatini ham tark etmagan. Umuman olganda, kitob juda qimmatli, foydali, naqliy va aqliy mazmunlarni o‘zida mujassam etgan bebaho asardir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 06:34:14
3. As-Sa’labiyning to‘liq nomi Abu Ishoq Ahmad ibn Ibrohim As-Sa’labiy An-Naysoburiy bo‘lib, mufassir va muqri’dir.

Ibn Xallikonning yozishicha, As-Sa’labiy tafsir ilmida zamonasining yagonasi edi. Uning yozgan tafsiri boshqa tafsirlardan bir necha jihatlari bilan ustun edi.
Yoqut "Mo‘‘jamul udabo" kitobida shunday deydi: "Abu Ishoq As-Sa’labiy muqri’, adib, vo’iz va ishonchli roviy bo‘lib, juda ko‘p tasnifotlarning sohibidir".

Uning yozgan mashhur asarlaridan biri "Al-Arois fiy qisasil anbiyo"dir. Uni As-Sa’dabiy yoki As-Sa’olibiy deyish mumkin, bu nom unga nasabini emas, laqabini bildiradi.

As-Sa’labiydan juda ko‘p rivoyatlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, ba’zi olimlar uning rivoyatiga ishonchsizlik bildirganlar.

As-Sa’labiy to‘rt yuz yigirma yettinchi hijriyda vafot etgan.

As-Sa’labiy "Al-Kashf val-bayon an tafsiril-Qur’on" tafsirining muqaddimasida o‘zining tafsir qilish uslubi haqida bayon qiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 06:35:39
4. U o‘zining yoshlik chog‘larini va ozgina ilmning g‘ururi bilan ijtihod haqida ulamolarga yetkazgan ta’nalari, ularning ko‘ngillarini ranjitganini eslaydi. Keyinchalik esa Alloh Ta’olo uning qalbini ochib, haq bilan botilning, qadim bilan yangining, sunnat bilan bid’atning, hujjat bilan shubhaning farqini ajrata olgani uchun shukr etadi. Endi u yetuk mufassir bo‘lib, tafsir yozuvchilarning turli toifa, turli daraja, turli e’tiqod sohiblari ekanini tushundi va o‘z tafsiri muqaddimasida bu olimlarni guruhlarga ajratib, farqlab berdi.

Mufassirlar orasida bid’atchi toifalar bo‘lib, ular qatoriga Al-Jubboiy va Ar-Rummoniylarni kiritdi.

Ikkinchi toifaning tafsirlari juda ma’qul, go‘zal uslub bilan yozilgan, biroq salaf ulamolarining bebaho fikrlariga bid’atchi olimlarning botil gaplari aralashtirib yuborilganini ta’kidlaydi. Bunday "aralash" tafsirchi olimlar qatoriga Abu Bakr Al-Qaffolni kiritgan.

Uchinchi toifa o‘z tafsirida rivoyatlarni qalashtirib tashlagan, ammo mazmunga e’tibor bermagan, iqtibos va ijtihoddan uzoq bo‘lgan olimlardan Abu Ya’qub Ishoq ibn Ibrohim Al-Hanzaliy singarilardir.

To‘rtinchi toifa olimlar tafsir va hadisning asosiy rukni va ustuni bo‘lgan sanadni tark qilib, rivoyatning manbaini ko‘rsatmagan, gapning "oriq-semizini" ajratmaganlardir. Ular haqida: "Mufassirlarning bu toifasi olim sanalmaydi. Shuning uchun men ular haqida yozishdan o‘zimni tiydim",— deydi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 06:37:02
Beshinchi toifa mufassirlar eng komil insonlar bo‘lib, ular tafsir qilishning hadisini egallagan, barcha shartlar mujassam bo‘lgan yetuk olimlardir. Faqat ular tafsirda ziddiyatlarni juda cho‘zib yuborganlar, rivoyatlar sanadini va yo‘lini haddan ortiq keng berganlar. Ular sirasiga birinchi bo‘lib Ibn Jarir At-Tabariyni qo‘shish mumkin.

Oltinchi toifa mufassirlar oyatlardan chiqariladigan hukmlar qolib, halol za harom to‘g‘risidagi fiqhiy masalalar bayoni, ba’zi oyatlardagi maxfiylik va mushkulotlarni yechishga ahamiyatni qaratganlar. Ular safidan salaf olimlari Mujohid, As-Sadiy va Al-Kalbiylar o‘rin olganlar.

As-Sa’labiyning yozishicha, odamlar unga yuqorida aytib o‘tilgan "ayblar"dan xoli bo‘lgan, tafsirning hamma sohasini o‘zida jamlagan, lekin cho‘zilib ketmagan bir tafsir yozishni taklif etishardi.

As-Sa’labiy o‘z tafsirini iloji boricha mo'jaz qilib yozgan. Bu tafsirning qo‘lyozmasi Al-Azhar kutubxonasida mavjud bo‘lib, mukammal emas.

Tafsirning 1 — 4- jildlari saqlangan bo‘lib, uning oxiri "Furqon" surasining oxirgi oyatlari bilan yakunlangan, tafsirning qolgan qismi esa yo‘qotilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 06:41:03
5. Tafsir to‘laligicha salaf ulamolarining rivoyatiga asoslanib yozilgan. Lekin sanad muqaddimada zikr etilganligiga suyanib, tafsir asnosida tark etilgan. Mufassir hamma narsadan ko‘ra nahviy tahlilga ko‘p ahamiyat bergan. Masalan: "Baqara" surasining 90-oyati

بِئْسَمَا اشْتَرَوْا بِهِ أَنْفُسَهُمْ

"O’zlarini sotgan bu narsalari na qadar yomon?!" tafsirida arab tilidagi "madh va mazammat" fe’llari sanalgan "ni’ma va bi’sa" fellarini juda uzoq tushuntirgan.

"Baqara" surasining 171-oyati

وَمَثَلُ الَّذِينَ كَفَرُوا كَمَثَلِ الَّذِي يَنْعِقُ بِمَا لا يَسْمَعُ إِلا دُعَاءً وَنِدَاءً صُمٌّ بُكْمٌ عُمْيٌ فَهُمْ لا يَعْقِلُونَ

"Haqiqatan ham kufr yo‘lidagi kimsalar xuddi hayvonlarga qichqirayotgan kishining ovozidan va hayqirig‘idan o‘zga narsani eshitmayotgani kabidir" tafsirida "yan’iqu" fe’lining tahliliga qattiq kirishib, uni morfologik tahlilini batafsil qilgan.

Mazkur suraning 173-oyati

فَمَنِ اضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلا عَادٍ

"Ammo zulmkor va tajovuzkor bo‘lmagan odam uchun..." tafsirida "bog‘iy" so‘zining asli kelib chiqishidan boshlab, juda uzoq tushuntirilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 06:44:06
As-Sa’labiy o‘z tafsirida fiqhiy masalalarga ham haddan tashqari keng o‘rin berib yuborgan. Masalan: "Niso" surasining meros haqidagi 11-oyati

يُوصِيكُمُ اللَّهُ فِي أَوْلادِكُمْ

"Alloh fazandlaringizga (meros yuzasidan) vasiyat qiladi" tafsirida marhumdan qolgan meros to‘g‘risida, keyin merosxo‘rlar, ularning ulushlari to‘g‘risida batafsil tushuncha bergan.
                                 
Shu suraning 24-oyati

فَآتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ فَرِيضَةً

"œUlar (ayollar) bilan nikoh orqali yaqinlik qilishingiz bilanoq belgilangan mahrni beringiz" tafsirida mut’a nikoh(vaqtincha nikoh) haqida ulamolarning turli fikrlarini, ularning dalil-hujjatlarini ko‘p keltirgan.

Shu suraning 31-oyati

إِنْ تَجْتَنِبُوا كَبَائِرَ مَا تُنْهَوْنَ عَنْهُ نُكَفِّرْ عَنْكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ وَنُدْخِلْكُمْ مُدْخَلا كَرِيمًا

"Agar sizlar man etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, kichik gunohlaringizni sizlardan o‘chirurmiz va sizlarni shinam manzil(jannat)ga kiriturmiz" tafsirida turli kitoblardan olib, gunohi kabiralar, ularning soni haqida uzundan-uzun rivoyatlar keltirgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 06:45:25
As-Sa’labiyning tafsiri, unda turli mavzulardagi ilmiy bahslarning ko‘payib va cho‘zilib ketganligi tufayli, bu tafsir naqliy tafsirlar safidan chiqib qolishiga oz qolgan.

Buning ustiga tafsirda isroiliyotlar hech saralanmasdan rivoyat qilinganligi, bular orasida aql taqozo qilmaydigan g‘aroyiblari ham mavjud ekanligi tafsirning qiymatiga, biroz putur yetkazgan.

Shunday qilib har to‘kisda bir ayb deganlaridek, As-Sa’labiy tafsirida isroiliyotni ko‘paytirib yuborganligi va hadislarni tanlashda sanadga e’tibor qilmaganligi tufayli ulamolar tanqidiga va malomatiga uchradi. Ibn Taymiyya "Usulut tafsir" kitobining muqaddimasida shunday yozadi: "As-Sa’labiyning o‘zi shaxs sifatida juda yaxshi odam. Ammo uni kechasi o‘tin teruvchi odamga o‘xshatishimiz mumkin. Chunki u boshqa tafsirlarda uchragan har qanday xabarni sahihmi yoki zaif, haqiqatmi yoki mavzu’ligini ajratmasdan o‘z tafsiriga yig‘avergan".

Ibn Taymiyyaning "Fatovo"sida keltiriladi: "Ibn Taymiyyadan ba’zi tafsirlar haqida so‘raldi. U dedi: "Ammo Al-Vohidiyga kelsak, u As-Sa’labiyning shogirdidir. Uning rivoyatlarini arab tilida bayon etgan. Lekin As-Sa’labiy tafsirini boshqa tafsirlarga taklid qilib yozgan bo‘lsa ham, u turli bid’atlardan xoli bo‘lgan tafsirdir. Har ikki tafsir ham tolibga juda katta manfaat beradi". (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun".Qohira 1381-hijriy.1-juz’. 2-jild.233-sahifa.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 06:46:30
As-Sa’labiy tafsirini mutolaa qilgan kishi, bu tafsir haqida Ibn Taymiyya nechog‘lik bor haqiqatni aytganining guvohi bo‘ladi.

Al-Kattoniy "Al-mustatrafa" nomli risolasida: "Al-Vohidiy va uning ustozi As-Sa’labiy hadis ilmini yuqori darajada bilmaydi. Xususan As-Sa’labiy tafsirida mavzu’ hadislar va botil qissalarni ko‘p rivoyat qilgan".

As-Sa’labiy juda ko‘p ulamolarning tanqidiga qaraganda, haqiqatan ham, hadis ilmidan uzoqroq ekanligi ma’lum bo‘ladi. Agar unda hadislarning sahih yoki zaifini ajratish uchun ilm yetarli bo‘lganda, shialarning Ali (r.a.) va "Ahli bayt" haqida to‘qigan, yolg‘onligi aniq va ularni rivoyat qilishdan ulamolar qattiq tahzir qilgan mavzu’ hadislarini rivoyat qilmagan bo‘lardi.

Xususan As-Sa’labiy o‘z tafsirining muqaddimasida tafsir va hadis ilmida mashhur va tengsiz bo‘lgan ulug‘ mufassir Ibn Jarir At-Tabariydek zotning tafsiriga ta’na yetkazib, uni aybladi, men hamma ayblardan xoli bo‘lgan tafsir yozishni maqsad qildim, deb va’da berdi-yu, ammo va’dasining ustidan chiqa olmagani achinarlidir.

Har holda As-Sa’labiyning "Al-Kashf val-bayon an tafsiril-Qur’on" nomli tafsiri juda qattiq mehnat evaziga bunyod bo‘lgan ilm va ijod hosilasidir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 06:47:43
Tayanch iboralar: "Imomul-hudo", "Bahrul-ulum", "An-Navozil", "Xizonatul-fiqh", "Tanbiyhul g‘ofilin" va "Bo‘ston" kitoblari, "ba’zilar aytganlar", tanoquzlar, "Mo‘‘jamul udabo", "Abu Isqoq As-Sa’labiy muqri’, adib, vo’iz va ishonchli roviy, "Al-Arois fiy qisasil anbiyo", "Al-Kashf valbayon an tafsiril-Qur’on" tafsiri, haq bilan botilning, qadim bilan yangining, sunnat bilan bid’atning, hujjat bilan shubhaning, "aralash" tafsirchi, gapning "oriq-semizi", kechasi o‘tin teruvchi odam.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 06:50:11
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Abul-Lays As-Samarqandiyning hayoti va asarlari haqida nimalarni bilasiz?
2. Mufassir "Bahrul-ulum" tafsirini yozishda asosan nimalarga e’tibor bergan?
3. As-Sa’labiyning hayoti, ijodi va uning "Al-Kashf val-bayon an tafsiril-Qur’on" tafsiri haqida ulamolar qanday baho berganlar?
4. As-Sa’labiy bayon qilgan bid’atchi firqalarni bilasizmi?
5. As-Sa’labiy tafsiriga ulamolar nima uchun ta’na yetkazganlar?

Tavsiya etilgan va foydalanilgan   adabiyotlar ro‘yxati

1. Tafsiri Ibn Kasir. Bayrut: 1969. 1-j.
2. Yoqut. Mo'jamul-udabo, 18-j. Bayrut. 1999.
3. Fatovo Ibn Taymiyya, 2-j. Bayrut. 1996.
4. Muhammad Tohir Ibn Ashur. At-tahrir vat-tanvir. Tunis. 1-15-t.
5. Al-Itqon. As-Suyutiy, 2-j.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 06:52:05
20-MAVZU. AL-BAG’AVIY. IBN ATIYYA

Dars rejasi:
1. Al-Bag‘aviyning hayoti va ijodi.
2. "Ma’olimut-tanzil" tafsirining ta’rifi va yozilish uslubi. Ulamolarning bu tafsirga bergan baholari.
3. Ibn Atiyyaning hayoti va ilmiy darajasi.
4. "Al-Muharrir Al-vajiz fiy tafsiril Qur’onil-aziz" tafsirining qiymati.
5. Ibn Atiyyaning tafsiri bilan Az-Zamaxshariyning "Al-Kashshof" tafsiri orasidagi bog‘liqlik. Ibn Atiyya tafsirining Az-Zamaxshariy tafsiridan afzallik jihatlari.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 06:54:19
1. "Ma’olimut-tanzil" tafsiri muallifining to‘liq nomi Abu Muhammad Al-Husayn ibn Mas’ud ibn Muhammad Al-Farro Al-Bag‘aviy Shofe’iy mazhabi faqihlaridan bo‘lib, ulug‘ muhaddis va mufassirlar qatoridan joy olgan, dinning ustuni, sunnatning tiriltiruvchisi unvonlariga sazovor bo‘lgan olim edi.

Al-Bag‘aviy nihoyatda taqvodor, sabrli bo‘lib, biror darsini ham betahorat aytmagan, nondan boshqa taom tanovul etmas, keyinchalik keksaygan vaqtida nonga yog‘ surib yegan zohid inson edi.

Al-Bag‘aviy besh yuz o‘ninchi hijriy yilida sakson yoshida vafot etdi va Marvning At-Talqon maqbarasiga ustozi Qozi Husaynning yoniga dafn etildi.

Shofe’iy ulamolaridan At-Toj As-Sabukiy Al-Bag‘aviyni shunday ta’riflaydi: "Al-Bag‘aviy ulug‘ imom, taqvoli faqih, ilm bilan amalni jamlagan obid, mufassir va muhaddis olimdir. U juda ko‘p kitob yozgan bo‘lib, "Ma’olimut-tanzil" nomli tafsir, "Sharhus sunna", "Al-Masobih" nomli hadis kitoblari, "Al-Jam’u baynas sahihayn", "At-Tahzib" nomli fiqh kitoblari mavjud. Uning kitoblari barakotli kitoblar va muallifining niyati yaxshi bo‘lgani uchun olimlar tomonidan yaxshi qabul qilingan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 07:01:53
2. Al-Bag‘aviyning tafsiri haqida "Kashfuz-zunun" muallifi shunday deydi: "Besh yuz o‘n oltinchi yilda vafot etgan Imom Al-Bag‘aviyning "Ma’olimut-tanzil" tafsiri o‘rtacha tafsirlardan bo‘lib, ulug‘ sahobalar, tobi’iylar va keyingi ulamolardan naqp qilingan. Uni sakkiz yuz yetmish beshinchi yilda vafot etgan Ash-Shayx Tojuddin Abu Nasr Abdulvahhob ibn Muhammad Al-Husayniy muxtasar qilgan.

Mufassirlardan Al-Xozin o‘zining tafsiri muqaddimasida shunday yozadi: "Al-Bag‘aviyning tafsiri shu ilm sohasidagi shubhadan xoli, rost so‘zlarni jamlagan, sahih hadislar bilan bezantirilgan, shariat ahkomlari bayon etilgan, ajoyib o‘tmish xabarlari va qissalari bilan o‘ralgan bebaho kitoblardandir".(Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun".Qohira 1381-hijriy.1-juz’. 2-jild. 236-sahifa.)

Ibn Taymiyyaning yozishicha, Al-Bag‘aviyning tafsiri As-Sa’labiyning tafsiridan qisqaroq, lekin mavzu’ hadislardan va bid’at fikrlardan xolidir. (Ibn Taymiyya. Usulut tafsir. 19-b.)

Ibn Taymiyyadan: "Tafsirlarning qaysi biri Qur’on va sunnatga yaqinroq? Zamaxshariynikimi, Qurtubiynikimi, Bag‘aviynikimi yoki boshqa mufassirnikimi?!"— deb so‘raldi. U: "So‘ralgan uch tafsirdan bid’atdan va zaif hadisdan xolirog‘i Bag‘aviynikidir. U Sa’labiyning tafsiridan bid’at va mavzu’ hadislar yo‘qligi uchun qisqaroqdir",— deb javob berdi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 07:03:04
"Ma’olimut-tanzil" tafsiri Ibn Kasir tafsiri bilan, shuningdek "Tafsirul-Xozin" bilan ham bir muqovada   nashr etilgan.

Al-Bag‘aviy o‘z tafsirining muqaddimasida, hadislarni Ibn Abbos, Mujohid, Ato va boshqalardan rivoyat qilishini aytib, ularning sanadlarini ham tushuntirib, bu roviylarga boshqa yo‘llar bilan ham sanadlar borligini, lekin qisqa bo‘lish uchun ularni tark etishini ogohlantirib qo‘ygan. Agar zarurat yuzasidan boshqa sanad bilan hadis keltirilgan bo‘lsa, u sanadni to‘la keltirgan. Buning ustiga mufassir o‘zining hadis sohasidagi ilmini izhor etib, hadislarning sahihi va zaifi borasida bahslar ham qilgan.

Tafsirni o‘qish asnosida tolib mufassirning Al-Kalbiy singari zaif muhaddislardan ham hadis rivoyat qilganini, ba’zi qiroatlar haqida gapirib, ba’zi nuqtalarni kashf qilish orasida tafsir ilmiga aloqasi bo‘lmagan gaplarni ham aytib yuborganini, ba’zi oyat ma’nolarini tushuntirishda biroz nahviy qoidalarga ham sho‘ng‘ib ketganini, ba’zi isroiliyotlarni rivoyat qilib, unga munosabat bildirmaganini, rivoyatlardan birini tarjih qilib, ikkinchisining zaifligiga ishora qilmaganini sezishi mumkin. Lekin bu kamchiliklar Al-Bag‘aviy tafsirining qadr-qimmatini tushirib yuboradigan darajada emas.

Xulosa shuki, mazkur tafsir naqliy tafsirlar orasida eng yaxshisi, eng komili deyish mumkin. Shu sababli ham ulamolar bu tafsirni qo‘lma-qo‘l qiladilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 07:06:21
3. Ibn Atiyyaning to‘liq nomi Abu Muhammad Abdulhaq ibn G’olib ibn Atiyya Al-Andalusiy (Andalusiya hozirgi Ispaniyaning qadimgi nomi) Al-Mag‘ribiy Al-G’arnotiy bo‘lib, Andalusdagi Al-Marriyya shahrining qozisi bo‘lgan. Qozilik davrida haqiqat va adolatni o‘ziga kasb qilgan. Aytishlaricha, u Mag‘ribdagi Mursiyya shahri qoziligining ham da’vosida bo‘lgan, ammo Mursiyyaga kiritilmagan. U Mag‘ribning Lariqa shahriga kirgan va u yerda tajovuzkorona o‘ldirilgan.

Ibn Atiyya to‘rt yuz sakson birinchi hijriyda tavallud topib, besh yuz qirq oltinchi yilda Lariqa shahrida vafot etgan.

Ibn Atiyya ahli ilm oilasida tug‘ildi, yashadi va o‘sdi. Uning otasi Abu Bakr G’olib ibn Atiyya ulug‘ olim, imom va ko‘p olimlardan tahsil olgan faqih edi. Bobosi Atiyya ham fazlli, ilmli inson edi. Shuning uchun nabira Abu Muhammadning fazlu kamolda yetuklikka erishishi ajablanarli emas.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 07:09:12
Ibn Atiyya nihoyatda fahm-farosatli, zakiy, har qanday muammoni hal etishga qodir aql egasi edi. U ilmning deyarli barcha sohalarini: ahkomlar, hadis, tafsir, arab tilining nahvi va sarfi, lug‘at ilmlarini puxta egallagan adib, shoir ham edi.

Abu Hayyon Ibn Atiyyaning ta’rifida shunday degan: "U tafsir yozgan olimlarning eng buyugi, tahlil va tahrir qiluvchilarning eng afzali edi". (Abu Hayyon. Al-Bahrul muhit. 1-j. 9-b.)

Ibn Atiyya o‘z otasi, Ubay Ali Al-G’assoniy, As-Safdiydan rivoyat qilgan. Uning shogirdlari esa Abu Bakr ibn Abu Hamza, Abulqosim ibn Hubaysh, Abu Ja’far ibn Maddo va boshqalar edi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 07:10:47
4. Ibn Atiyyaning eng katta va mashhur kitobi "Al-Muharrar Al-vajiz fiy tafsiri Al-Kitob Al-aziz" nomli tafsiridir. Bundan tashqari uning qilgan rivoyatlari va shayxlarining nomi tartiblangan hadis kitobi ham bor.

Ibn Atiyyaning ilmi keng qamrovli bo‘lgani uchun Ibn Farhun "Deboj" asarida Imom Molik mazhabining yetakchilari qatoriga qo‘shgan bo‘lsa, Imom As-Suyutiy "Bag‘iyyatul vu’ot" kitobida nahv ilmining ustuni deb ta’riflaydi.

Ibn Atiyyaning "Al-Muharrir Al-vajiz fiy tafsiri Al-Kitob Al-aziz" nomli tafsiri boshqa tafsirlar va barcha mufassirlar orasida oliy qimmatga egadir. Buning yagona sababi mufassir ilmiy fazilatining ortiqligida, tafsir yozishda butun diqqat, mas’uliyat va jiddu jahdini sarf qilganidir.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 07:12:17
Ibn Xaldun o‘zining "Muqaddima"sida yozishicha, Ibn Atiyya tafsirining sahihga yaqinligi uni Andalus va Mag‘rib ulamolarining qo‘llaridan tushmasligiga sabab bo‘ldi". (Muqaddimatu Ibn Xaldun. 491-b)

Ibn Atiyyaning bu tafsiri hozirgacha qo‘lyozma holida mashhur va saqlanmoqda. U katta-katta o‘n jilddan iborat. Misr kutubxonasida uning faqat to‘rtta jildi: uchinchi, beshinchi, sakkizinchi va o‘ninchi jildlari mavjud.

Muallif o‘z tafsirida avval Qur’oni Karim oyatini yozib, keyin shiringina, yengilgina tafsir qiladi. Undan keyin naqliy tafsirlardan qisqacha rivoyatlar keltiradi va bu naqlda asosan Ibn Jarirning tafsiridan foydalanadi. Mufassirlar bilan biroz yengil munoqasha-munozaralar qiladi. O’z so‘zlarini arab she’rlari bilan quvvatlaydi.

Oyatlarning nahviy tahliliga, qiroatlardagi nozik ixtiloflarga ham o‘z ahamiyatini qaratadi va ortiqcha cho‘zib yubormasdan kerakli fikrlarni bayon etadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 07:18:18
5. Abu Hayyon o‘z tafsirining muqaddimasida Ibn Atiyya va Az-Zamaxshariy tafsirlari orasida o‘zaro yaqinlik borligini aytib: "Ibn Atiyyaning tafsiri naql ko‘proq, keng qamrovli, xolisroqdir. Az-Zamaxshariyning tafsiri esa lafzi qisqa, ma’nosi shomilroqdir",— deydi. (Tafsiri Al-Bahrul muhit. 1-j)

Ibn Taymiyya ham mazkur ikki tafsir orasida yaqinlik borligini ta’kidlab "Fatovo"sida shunday yozadi: "Ibn Atiyyaning tafsiri Az-Zamaxshariyning tafsiridan yaxshiroq, naqli ham, bahsi ham sahihroq, bid’atlardan uzoqroqdir. Balki ko‘p jihatlari afzalroq, aytish mumkinki, tafsirlarning eng yaxshisidir". Xuddi shunday fikrni Ibn Taymiyya "Usulut-tafsir" kitobining muqaddimasida ham aytgan: "Ibn Atiyyaning tafsiri naql ko‘proq, keng qamrovli, xolisrokdir. Az-Zamaxshariyning tafsiri esa lafzi qisqa, ma’nosi shomilroqdir".


Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 07:20:28
"Ibn Atiyyaning tafsiri ahli sunna val jamoaga mosroq, Az-Zamaxshariyning tafsiriga nisbatan bid’atdan salomatroqdir. Agar naqliy tafsirlardan olingan gaplar qanday bo‘lsa shundayligicha keltirilganda yanada yaxshiroq bo‘lardi. Chunki Ibn Atiyya asosan Ibn Jarir At-Tabariydan naql qilgan. Ibn Jarir esa mufassirlarning eng ulug‘idir. Xolbuki, Ibn Atiyya salaf olimlaridan naql qilib, shundayligicha qoldirmagan. Balki, muhaqqiqlarning kalomi sifatida ba’zi mo‘‘tazila mazhabi ulamolarining izohlarini beradiki, bu izohlar Ibn Jarir naqliga ziynat emas, qusurga o‘xshab qolgan. Masalan: "Yunus" surasining 26-oyati

لِلَّذِينَ أَحْسَنُوا الْحُسْنَى وَزِيَادَةٌ

"Ezgu ish qilganlarga chiroyli (savob jannat) va ziyodalik (Allohning diydorini ko‘rishlik) bordir" tafsirida Ibn Atiyya shunday deydi: "Jumhuri ulamo aytadi: "Al-Husno"dan murod jannatdir. "Az-Ziyoda" dan murod Allohni ko‘rishdir".

Ibn Atiyya bu tafsirni quvvatlash uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan Abu Muso Al-Ash’ariy orqali hadis rivoyat qiladi. Keyin yana so‘zida davom etadi: "Bir firqa esa, "Al-Husno"ni yaxshilik deb, "Az-Ziyoda"ni shu yaxshilikning yetti yuz barobar ko‘paytirilishi deb tafsir qilgan". Ibn Atiyya buning isboti uchun ham hadis rivoyat qiladi, hadisning matnidagi "yuzo’afu liman yashau" oyatiga ishora qilib: "Agar avvalgi tafsirni aytgan jumhur roviylarining ulug‘larining hurmati bo‘lmaganda, keyingi firqaning gapi quvvatlashga munosibroq edi",—deydi va ikkinchi gapni quvvatlashga o‘zining dalillarini keltiradi. Bu narsa Ibn Atiyyaning jumhurning hurmatidan ularning fikrini quvvatlagan bo‘lsada, oxiratda Allohni ko‘rish masalasida mo‘‘taziliylar bilan hamfikr ekanligini ko‘rsatadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 07:21:29
Tayanch iboralar: "Ma’olimut-tanzil", "Al-Muharrir Al-vajiz fiy tafsiril Qur’onil-aziz", dinning ustuni, sunnatning tiriltiruvchisi, "Sharhus-sunna", "Al-Masobih" nomli hadis kitoblari, "Al-Jam’u baynas sahihayn", "At-Tahzib", shayxlarining nomi tartiblangan hadis kitobi, "Bag‘iyyatul vu’ot", Ibn Atiyya tafsirining sahihga yaqinligi uni Andalus va Mag‘rib ulamolarining qo‘llaridan tushmasligiga sabab bo‘ldi, "Ibn Atiyyaning tafsiri naql ko‘proq, keng qamrovli, xolisroqdir, Az-Zamaxshariyning tafsiri esa lafzi qisqa, ma’nosi shomilroqdir", "Ibn Atiyyaning tafsiri ahli sunna val jamoaga mosroq, Az-Zamaxshariyning tafsiriga nisbatan bid’atdan salomatroqdir", "Al-Husno"dan murod jannat, "Az-Ziyoda"dan murod Allohni ko‘rishdir".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Oktyabr 2008, 07:23:15
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Al-Bag‘aviyning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz?.
2. "Ma’olimut-tanzil" tafsiri uslub jihatidan boshqa tafsirlardan qanday farq qiladi?
3. Ibn Atiyyaning hayoti va ilmiy faoliyatini bilasizmi?
4. "Al-Muharrir Al-vajiz fiy tafsiril Qur’onil-aziz" tafsirining qanday fazilati bor?
5. Ibn Atiyyaning tafsiri bilan Az-Zamaxshariyning "Al-Kashshof" tafsiri orasidagi bog‘liqlik nimalardan iborat?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan   adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Tafsiri Ibn Kasir. Bayrut. 1969. 1-j.
3. Yoqut. Mo‘‘jamul-udabo, 18-j. Bayrut. 1999.
4. Fatovo Ibn Taymiyya, 2-j. Bayrut. 1996.
5. Muhammad Tohir Ibn Ashur. At-tahrir vat-tanvir. Tunis 1-15-t.
6. Al-Itqon. As-SSuyutiy, 2-j.
7. Muqaddimatu Ibn Xaldun.
8. Tafsiri Al-Bahrul muhit. 1-j.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 07:05:15
Kitobning uchdan ikki qismi yakunlandi. Foydalanuvchilarga qulay bo'lishi uchun shu joygacha bo'lgan mavzularning mundarijasini keltirib o'taman:

MUNDARIJA
1-10-Mavzular mundarijasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144237#msg144237)

11-Mavzu. Sahobalardan chiqqan mufassirlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144983#msg144983)           
1.Sahobalardan chiqqan mufassirlar. Ularning tafsirdagi xizmatlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144984#msg144984)     
2. Ba’zi mufassirlarning tarjimai hollari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144985#msg144985)         
a) Abdulloh ibn Abbos(r.a.) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144985#msg144985)               
b) Abdulloh ibn Mas’ud(r.a.) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144990#msg144990)           
v) Aliy ibn Abi Tolib(r.a.) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144994#msg144994)             
g) Ubay ibn Ka’b(r.a.) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144998#msg144998)   

12-Mavzu. Sahobalar tafsirining qiymati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145310#msg145310)           
1. Sahobai kiromlarning tafsirlari haqida din ulamolarining fikrlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145311#msg145311)             
a) Musnad, sahih., mavquf, marfu’ hadislar. Imom As-Suyutiyning «At-Tadrib» kitobi. Marfu’ hukmini sahobiylar tafsiriga berilish qoidalari. Mavquf hukmini berilishi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145312#msg145312)       
b) Tafsir va ijtihod. Payg‘ambardan naql qilinganida sanadning tekshirilishi. Sahobiydan naql qilinganida tafsirning tekshirilishi   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145314#msg145314)             
v) Az-Zarkashiyning «Burhon» kitobi. Hofiz ibn Kasirning tafsirlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145315#msg145315)         
2. Sahobalar tafsirining alomatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145316#msg145316) 

13-Mavzu. Tobi’iylar zamonida Qur’oni Karim tafsiri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145495#msg145495)           
1. Tobi’iylar zamonida Qur’oni Karim tafsiri  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145496#msg145496)           
2. Tobi’iylar davrida tafsir maktablari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145497#msg145497)           
a) Makka tafsir maktabi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145498#msg145498)             
Said ibn Jubayrning tarjimai holi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145499#msg145499)             
Mujohid ibn Jabrning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145501#msg145501)         
Ikrimaning tarjimai holi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145504#msg145504)                             
Tovus ibn Kaysoning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145505#msg145505)             
Ato ibn Rabohning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145507#msg145507)                 
b) Madina tafsir maktabi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145508#msg145508)                               
Abul Oliyaning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145509#msg145509)                       
Muhammad Al-Quraziyning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145510#msg145510) 
Zayd ibn Aslamning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145511#msg145511)             
v) Iroq tafsir maktabi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145512#msg145512)                                   
Alqama ibn Qaysning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145513#msg145513)           
Masruqning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145514#msg145514)           
Al-Asvad ibn Yazidning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145516#msg145516)             
Murra Al-Hamadoniyning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145517#msg145517)       
Omir Ash-Sha’biyning tarjimai holi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145518#msg145518)             
Al-Hasan Al-Basriyning tarjimai holi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145519#msg145519)               
Qatodaning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145521#msg145521)     

14-Mavzu. Tobi’iylar tafsirining qiymati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145564#msg145564)             
1. Tobi’iylar tafsirining hujjat bo‘lishida ulamolarning fikri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145565#msg145565)       
2. Tobi’iylar tafsirining alomatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145569#msg145569)         
3. Tadvin asridagi tafsirlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145571#msg145571)                           
4. Qur’onni mukammal tafsir qilgan birinchi mufassir (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145572#msg145572)       
5. Tafsirning turlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145577#msg145577)           
           
15-Mavzu. Rivoyat asosida yozilgan tafsir. «At-tafsiyr Al-ma’sur»  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148120#msg148120)         
1. Tafsiri ma’sur vujudga kelishining ikki davri. Tadvin davri. Qur’oni Karim tafsirini hadisning bir bobi sifatida yozilishi. Hadisdan tafsirning ajratilishi. Ali ibn Abu Talhaning kitoblari. Abu Ravq va Muhammad ibn Savr tafsirlari. Ibn Jarir tafsiri  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148121#msg148121)         
2. Tafsiri ma’surning zaiflik alomatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148124#msg148124)             
a) Tafsirda mavzu’ (rivoyatga asoslanmagan, to‘qilgan) gaplarning paydo bo‘lishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148124#msg148124)       
b) Isroiliyotlarning kirib qolganligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148126#msg148126)             
3. Tobiiylar davrida isroiliyotlarga berilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148133#msg148133)   

16-Mavzu. Isroiliyot roviylarining ulug‘lari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148273#msg148273)           
1. Isroiliyot roviylarining mashhurlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148274#msg148274)             
a) Abdulloh ibn Salomning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148275#msg148275)         
b) Ka’bul Axborning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148624#msg148624)           
v) Vahb ibn Munabbahning tarjimai holi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148627#msg148627)           
g) Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148630#msg148630)           
2. Roviylarning sanadini tark etish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148633#msg148633)

17-Mavzu. Tafsiri ma’surning mashhurlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148638#msg148638)             
1. Tafsiri ma’surning mashhurlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148639#msg148639)             
2. Ibn Jarir At-Tabariyning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148640#msg148640)             
3. Ibn Jarir tafsiriga ulamolarning baholari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148642#msg148642)         
4. Ibn Jarirning tafsir qilish usuli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148645#msg148645)           
5. Ibn Jarir tafsirida isroiliyotlarga munosabat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148652#msg148652)         

18-Mavzu. Ibn Kasir va As-Sa’olibiy (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148717#msg148717)           
1. Ibn Kasirning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148718#msg148718)           
2. Ibn Kasir tafsirining ta’rifi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148721#msg148721)       
3. Ibn Kasir tafsirida fiqh masalalari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148724#msg148724)             
4. As-Sa’olibiyning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148725#msg148725)               
5. «Al-Javohir Al-hison fiy tafsiril Qur’on» (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148726#msg148726)           

19-Mavzu. As-Samarqandiy. As-Sa’labiy (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148792#msg148792)             
1. Abul Lays As-Samarqandiyning hayoti va asarlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148793#msg148793)           
2. «Bahrul-ulum» tafsirining ta’rifi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148794#msg148794)             
3. As-Sa’labiyning hayoti va ijodi. Uning «Al-Kashf val-bayon an tafsiril-Qur’on» tafsiri yozilish tarixi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148795#msg148795)             
4. As-Sa’labiy bayon qilgan bid’atchi firqalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148796#msg148796)           
5. As-Sa’labiy tafsiriga ulamolarning bergan baholari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148798#msg148798)           

20-Mavzu. Al-Bag‘aviy. Ibn Atiyya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148804#msg148804)             
1. Al-Bag‘aviyning hayoti va ijodi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148805#msg148805)                 
2. «Ma’olimut-tanzil» tafsirining ta’rifi va yozilish uslubi. Ulamolarning bu tafsirga bergan baholari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148806#msg148806)             
3. Ibn Atiyyaning hayoti va ilmiy darajasi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148808#msg148808)         
4. «Al-muharrir Al-vajiz fiy tafsiril-Qur’onil aziz» tafsirining qiymati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148810#msg148810)           
5. Ibn Atiyyaning tafsiri bilan Az-Zamaxshariyning «Al Kashshof» tafsiri orasidagi bog‘liqlik. Ibn Atiyya tafsirining Az-Zamaxshariy tafsiridan afzallik jihatlari   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148812#msg148812)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 07:10:31
21-MAVZU. AS-SUYUTIY. RA’Y VA IJTIHOD BILAN  TAFSIR  QILISH

Dars rejasi:
1. Jaloliddin As-Suyutiyning tarjimai holi, shogirdlari, asarlari va ijod qilgan she’rlari.
2. "Ad-Durrul mansur fit-tafsiyril ma’sur" tafsirining ta’rifi va uslubi. Muallifning "Ad-Durrulmansur" kitobi "Tarjimonul Qur’on" kitobining muxtasari. As-Suyutiyning yana bir tafsiri "Majma’ul bahrayn va Matla’ul badrayn" haqida.
3.  Ra’y va ijtihod bilan tafsir qilish, bu haqda ulamolarning fikrlari:
a) Qur’on oyatlarini tafsir qilishda ijtihodni man etgan ulamolarning dalillari;
b) ijtihodga ruxsat bergan ulamolarning dalillari;
v) ixtilofning haqiqati.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 07:19:40
1. As-Suyutiyning to‘liq nomi Al-Hofiz Jaloliddin Abul Fazl Abdurrahmon ibn Abu Bakr ibn Muhammad As-Suyutiy Ash-Shofiiydir.

As-Suyutiy sakkiz yuz qirq to‘qqizinchi yil rajab oyida tavallud topgan va besh. yarim yoshligida otasidan yetim qolgan. As-Suyutiyning otasi vafotidan avval ulamo do‘stlariga o‘g‘lining tarbiyasi bilan shug‘ullanishni vasiyat qilgan edi. Ulardan biri Al-Kamol ibn Al-Hammom bo‘lib, As-Suyutiy shu olimning huzurida sakkiz yoshida Qur’oni Karimni to‘liq yodladi, boshqa ilmiy kitoblarni ham yod oldi.

Shogirdi Ad-Dovudiyning hikoya qilishicha, As-Suyutiy ellik bitta olimni o‘ziga ustoz bilib, ulardan ilm o‘rgangan. Yozgan asarlari esa besh yuztadan ham oshib ketgan va bu asarlar sharqu g‘arbda shuhrat topib, odamlar e’tiborini qozongan.

As-Suyutiy shunday tez va barakali yozar ediki, uning o‘tkazgan har kuni uchun o‘ttiz sahifadan to‘g‘ri kelar edi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 07:44:33
As-Suyutiy zamonasining eng bilimdoni bo‘lib, hadis ilmini, roviylarini, matnini, sanadini undan yaxshiroq biladigan va yaxshiroq istinbot qiladigan olim yo‘q edi. O’zining e’tirof egishicha, ikki yuz ming hadisni yoddan bilgan.

Qirq yoshga to‘lganda odamlardan va dunyodan yuz o‘girib, dars va fatvo bershini to‘xtatgan, butunlay Allohga intiqol qilgan va ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan. Bu hakda o‘zining «At-Tanfis» kitobida yozgan va odamlardan uzr so‘ragan. Umrining oxirigacha «Ravzatul Miqyos» degan joyda yashagan, u yerdan chiqmagan va to‘qqiz yuz o‘n birinchi yilda Jumodil uvloning jum’a oqshomida vafot etgan.

Hayotlik paytida undan ko‘p karomatlar sodir bo‘lgani rivoyat qilinadi. Ilmiy foydalar va shari’at ahkomlari haqida yozgan turkum she’rlari ham mavjuddir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 07:45:49
As-Suyutiy o‘zining «Ad-durrul-mansur fit-tafsiyril ma’sur» kitobining yozilish sabablari haqida tafsirning muqaddimasida va «Al-Itqon» kitobining oxirida bayon etgan. U shunday yozadi: «Men Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan sanad bilan rivoyat qilingan tafsirni jamladim. Undagi marfu’ va mavquf hadislarning soni o‘n mingdan ortikdir, Allohga shukrki, to‘rt jildli kitob nihoyasiga yetdi va men uni «Tarjimonul-Qur’on» deb nomladim». ( As-Suyutiy. Al-Itqon, 2-j.  183-b)

«Men «Tarjimonul-Qur’on» tafsirini Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadislar asosida yozdim. U bir necha jildli bo‘lib, unda men turli yo‘llar bilan rivoyat qilingan va turli kitoblarda mavjud bo‘lgan hadislarni jamlab tafsirimni tugatdim. Lekin «Tarjimonul-Qur’on» toliblarning himmatidagi qusurni ko‘rib, ularniig xohishlariga binoan roviylarning sanadini qisqartirdim va asosiy matnni qoldirdim. Hosil bo‘lgan asarni «Ad-Durrul-mansur fit-tafsiril-ma’sur» deb nomladim».

Yuqorida keltirilgan ikki iboradan ko‘rinib turibdiki, As-Suyutiy «Ad-Durrul-mansur»ni toliblarga malol bo‘lmasin deb, sanadlarini qisqartirib «Tarjimonul-Qur’on»dan muxtasar etgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 07:46:30
Yana As-Suyutiy «Al-Itqon» kitobi oxirida shunday yozadi: «Men tafsir borasida barcha ilmlarni — naqliy tafsirlar, aqliy fikrlar, istinbot, ishorot, lug‘at, balog‘at nuktalari, badi’ go‘zalliklarini o‘zida jamlagan, tolib qo‘liga olganda boshqasiga muhgoj bo‘lmaydigan bir kitob yozishni boshladim va uni «Majma’ul bahrayn va matla’ul badrayn» deb nomladim. Ushbu kitobim - «Al-Itqon» maqsadimdagi kitobning muqaddimasidir».

Bu iboratdan ma’lum bo‘ladiki, muallif Ibn Jarir tafsiri kabi mukammal, katta hajmli va keng qamrovli tafsir yozishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ammo u ko‘zlangan tafsir As-Suyutiy tomonidan yozib tugatilganmi yoki yo‘qmi? Bu narsa noma’lum.

«Ad-Durrul-mansur» esa «Majma’ul-bahrayn» emas, unda balog‘at nuktalari, istinbot va boshqa narsalar yo‘q. Unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri salaf ulamolari — Imom Al-Buxoriy, Muslim, An-Nasaiy, At-Termiziy, Ahmad, Abu Dovud, Ibn Jarir, Ibn Abu Hotim, Abd ibn Hamid va boshqalardan rivoyatlar keltirib, ularga aqalli munosabatlar ham bildirilmagan.
As-Suyutiy hadis sohasida ham, tafsir sohasida ham shunchalik yetuk ilmga ega bo‘lishiga qaramasdan rivoyat qilgan hadislarining sahih-nosahihligini ajratmasdan qanday bo‘lsa shundayligicha keltirgan.

Demak, muallifning olti jildli mazkur tafsiridagi hadislar ham alohida saralanishga muhtoj.

Lekin shuni ham unutmasligimiz kerakki, yuqorida zikr etilgan naqliy tafsirlar orasida muallifning fikri aralashtirilmagan sof naqliy tafsir ushbu «Ad-durrul- mansurdir».
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 07:47:06
3. Ra’y so‘zining ma’nosi e’tiqod, ijtihod va qiyos deganidir. Ashobur ra’y — ashobul qiyosdir.

Demak, ra’ydan murod ijtihod bo‘lib, ra’y bilan qilingan tafsir deganda, mufassir arab kalomining mohiyatini, qoidalarini, johiliyat davri she’rlarini, oyatlarning sababi nuzulini, nosix va mansuxini va boshqa tafsir uchun lozim bo‘lgan ilm turlarini yaxshi bilgan holda ijtihod bilan qilgan tafsir tushuniladi yoki uni aqpiy tafsir deb atash ham mumkin.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 07:50:09
a) Birinchi guruh Qur’oni Karimning biror oyatini o‘z holicha tafsir qilishga ruxsat bermaydilar. Ular shunday deydilar: "Har qanday katta olim, adib, nahv, sarf, axbor va hadis ilmlarini yaxshi bilgan olim bo‘lganda ham Qur’oni Karimning biror oyatiga ma’no aytishi mumkin emas. U Payg‘ambarimiz (s.a.v.), sahobalar va tobi’iylardan eshitgani bilangina kifoyalanishi  kerak". (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 1-juz’. 256-sahifa.)

Ular o‘z so‘zlarini bir necha dalillar bilan isbotlashga harakat qiladilar:

1-hujjat. Qur’onni ra’y bilan tafsir qilish Allohga tuhmat qilishdir. Allohga tuhmat qilishdan shariat qaytaradi.

Ra’y bilan tafsir qiluvchi Allohning aniq murodini bilmaydi, aniq bilmagandan keyin esa Alloh shunday degan deb qat’iy aytolmaydi. Nihoyat u gumon bilan gapiradi. Gumon bilan Allohning murodini gapirish Unga tuhmatdir. Alloh Ta’olo "A’rof" surasining 33-

قُلْ إِنَّمَا حَرَّمَ رَبِّيَ الْفَوَاحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ وَالإثْمَ وَالْبَغْيَ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَأَنْ تُشْرِكُوا بِاللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِ سُلْطَانًا وَأَنْ تَقُولُوا عَلَى اللَّهِ مَا لا تَعْلَمُونَ

"Ayting: "Rabbim faqat fahsh ishlarning oshkorayu pinhonasini, gunohni, nohaq gunoh va tajovuzkorlikni va Alloh hech qanday hujjat tushirmagan narsalarni Unga sherik qilishingizni hamda Allohning sha’niga o‘zingiz bilmagan narsalarni gapirishingizni harom qildi" (A’rof, 33) oyatida muharramotlar haqida bayon qilib turib, Allohning sha’niga bilmagan narsalarni gapirishni ham harom qildi.

"Al-Isro" surasining 36-

وَلا تَقْفُ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ

"(Ey inson,) o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma!" (Al-Isro, 36)  oyatida esa, yanada qat’iyroq man etdi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 07:52:29
2-hujjat. Alloh Ta’olo "An-Nahl" surasida:

بِالْبَيِّنَاتِ وَالزُّبُرِ وَأَنْزَلْنَا إِلَيْكَ الذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ

"Sizga esa odamlarga nozil qilingan (ahkom)larni bayon qilib berishingiz uchun va tafakkur qilsinlar, deb bu zikr (Qur’onni) nozil qildik" (An-Nahl, 44) — deb, ahkomlarni bayon qilib berish faqat Rasululloh (s.a.v.) ga tegishli ekanligini xabar qilgan. Shunga ko‘ra, boshqa odamlarning Rasulullohdan o‘rganmay o‘z hollaricha tafsir qilishlari yoki biror hukmni aytishlariga ijozat yo‘q.

3-hujjat. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Qur’on haqida ra’y bilan gapirishni harom deganlar:

Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: "Mendan eshitilmagan hadislarni (rivoyat qilishdan) saqlaninglar. Kimki menga yolg‘onni nisbatini bersa, u o‘ziga do‘zaxdan joy tayyorlabdi. Kimki Qur’onni o‘zicha tafsir qilsa, u o‘ziga do‘zaxdan joy tayyorlabdi". (At-Termiziy, Sunan, 2-j. 157-b)

Jundub (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: "Kimki Qur’ondan o‘z ra’yi bilan gapirsa, rost gapirsa ham xato qilgan bo‘ladi". ( O’sha manba, 2-j. 157-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 07:54:12
4-hujjat. Sahobalar va tobi’iylardan rivoyat qilinishicha, ular ham Qur’on tafsiri juda ulug‘ ish deb hisoblaganlar va biror oyatni o‘z hollaricha tafsir qilishdan ehtiyot bo‘lganlar.

Abu Mulaykadan rivoyat qilinadi: "Abu Bakr As-Siddiqdan ba’zi oyatlarni tafsir qilib berish so‘raldi. Abu Bakr: "Qaysi osmon menga soya beradi, qaysi yer meni ko‘taradi, qaerga boraman va nima qilaman, agar men Allohning murodi bo‘lmagan narsani gapirib qo‘ysam?!"— deb e’tiroz bildirdilar.

Said ibn Al-Musayyabdan agar halol va harom haqidagi masala so‘ralsa javob berar, agar Qur’on oyatlarining tafsiridan so‘ralsa o‘zini hech narsa eshitmagandek qilib ko‘rsatar edi.

Ash-Sha’biy: "Men o‘lgunimcha uch narsa: Qur’on, ruh va ra’y haqida gapirmayman",— degan.

Ibn Mujohid aytadi: "Bir odam kelib otamdan: "Siz Qur’onni ra’y bilan tafsir qilar ekansizmi?"— deb so‘radi. Otam yig‘lab: "Unda men tajovuzkor ekanmanda?! Allohga qasamki, men Qur’on tafsirini Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning o‘ntadan ortiq sahobalaridan o‘rganganman",— deb javob berdi.

Arab lug‘atining peshvo olimi Al-Asma’iy chuqur ilm sohibi bo‘lishiga qaramasdan, Qur’onni tafsir qilishdan juda ehtiyotlanardi. Undan biror oyatning mazmuni so‘ralsa, u: "Til nuqtai nazaridan mana bu ma’noni beradi, ammo Allohning murodi nima, buni bilmayman",— deb javob berardi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 07:59:05
b) Ikkinchi guruhning tutgan maqomi aksincha bo‘lib, ular: "Ijtihod qilish darajasiga yetgan olim Qur’oni Karimni tafsir qilishi mumkin",— deydilar. Ular ham o‘z so‘zlarining to‘g‘riligiga hujjat keltirish bilan birga birinchi guruhning hujjatlarini inkor etadilar:

1-hujjatning raddiyasi. Ulamolarning ittifoq qilishlaricha, gumon ham ilmning bir nav’i, ya’ni quvvatli tarafini idrok qilishdir. Qachonki, masalaning yechimiga qat’iy ilmiy yoki aqliy dalil topilganda, ya’ni oyat va hadisda mazkur masalaning yechimi mavjud bo‘lsa, u holda gumonga o‘rin qolmaydi va u man etiladi.

Ammo qat’iy dalil topilmasa, gumon ham ilm va undan ham foydalaniladi. Chunki Alloh Ta’olo Qur’oni Karimda:

لا يُكَلِّفُ اللَّهُ نَفْسًا إِلا وُسْعَهَا

"Alloh Ta’olo hech bir jonga toqatidan tashqari narsani taklif etmaydi" (Baqara, 286) —degan.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Alloh Ta’olo to‘g‘ri topgan mujtahidga ikki savob, xato qilganiga bir savob qildi"— dedilar.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Ma’oz ibn Jabalni Yamanga yuborayotib, u bilan shunday suhbatlashdilar:

— Ey Ma’oz, nima bilan hukm yurgizasan?
— Allohning kitobi bilan.
— Agar undan topolmasangchi?
— Alloh Rasulining sunnati bilan. 
— Undan ham topolmasangchi?
— U holda o‘z ra’yim bilan ijtihod qilaman.
— Rasululloh (s.a.v.) Ma’ozning ko‘ksiga urib turib: "Payg‘ambar rasulini Alloh Rasuliga muvofiq qilib qo‘ygan Zot — Allohga hamdu sanolar bo‘lsin!"
— dedilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 08:02:36
2-hujjatning raddiyasi. To‘g‘ri, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ummatlariga Qur’onni bayon qilib berishga) ma’mur edilar, hayotlik paytlarida uning uddasidan chiqdilar. Endi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) vafot etdilar, Qur’onning hamma oyatlarini batafsil tushunishda esa muammolar ko‘payib bormoqda. Bu muammolarni tushunishda va bayon etishda Payg‘ambarning merosxo‘rlari bo‘lgan ahli ilmlarning ijtihodlariga ehtiyoj tug‘ildi. Ahli ilmlar Payg‘ambar aytgan tafsirlarni qiyos qilib, tafakkur va ijtihod qilib, Payg‘ambar aytmagan joylarini aniqlab beradilar. Alloh Ta’oloning o‘zi bunga:
 
وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ

"Shoyad ular tafakkur qilsalar" (An-Nahl, 44) deb oyatning oxirida ishora qilgan.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 08:05:13
Ra’y bilan tafsir qilishni man etuvchi guruhning 3-hujjatini ruxsat beruvchi guruh bir necha javoblar bilan rad etganlar:

3-hujjatning raddiyasi:

a) Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mazkur ikki hadisda Qur’onning tafsiri mushkul bo‘lgan va mutashobeh sanalgan, ma’nosi faqat Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan yoki sahobalardan eshitib bilinadigan oyatlarinigina ra’y bilan tafsir qilishdan qaytarganlar;

b) Payg‘ambarimiz (s.a.v.) man etgan ra’ydan murod hech qanday dalil-hujjatsiz raqibidan ustun kelishga urinadigan odamning ra’yidir. Bunday odamlar qatoriga

—  aslida oyatdan chiqadigan haqiqatni biladigan, ammo raqibidan ustun kelish va boshqalarni taajjubga solish uchun o‘z ra’yida turib oladiganlar,

—  oyatning haqiqatini bilmaydigan johil, ammo ko‘p ra’ylar orasida o‘zining ra’yiga muvofiq keladigan so‘zda turib oladiganlar,

—  oyatdan chiqadigan ma’no ochiq-oydin ma’lum bo‘lsa ham, o‘zining g‘arazini oldinga surish uchun Alloh kalomidan dalil keltirib o‘z so‘zini o‘tkazuvchilar (Masalan, Allohning: «Ey Muso, Fir’avn oldiga bor, u haddidan oshyapti» degan oyatidagi Fir’avndan Alloh nafsni iroda qilyapti, deyish ayni o‘zboshimchalik bilan tafsir qilishdir) kiradi.

v) Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oyatning zohiriy arabchasidan tafsir qilishni man etganlar, ya’ni oyatlarni tafsir qilish uchun olimning bilishi zarur bo‘lgan ilmlarni bilmasdan faqat arab tilini bilishiga ishonib tafsir qilishdan qaytarganlar. Chunki, oyatning sababi nuzulini, hikmatini, voqeaning tafsilotini bilmasdan turib tafsir qilgan odam xato qilishi tabiiydir. Masalan:

وَآتَيْنَا ثَمُودَ النَّاقَةَ مُبْصِرَةً فَظَلَمُوا بِهَا

oyatining ma’nosi "Samud qabilasiga ochiq (mo'jiza sifatida) tuyani ato etganimizda, unga zulm etdilar", (Isro, 59) deganidir. Agar tuya Solih alayhissalomning payg‘ambarliklariga hujjat bo‘lgani va payg‘ambarlik mo‘‘jizasi sifatida yuborilganini, Samud qavmi esa unga zulm qilib, halok qilganini bilmagan odam arab lug‘atiga asosan tafsir qiladigan bo‘lsa, u holda oyatning ma’nosi: "Samud qabilasiga biz ko‘ruvchi tuyani ato etdik"— degan mubham ma’no chiqadi va oyatning davomi ham mubham bo‘lib, "kim zulm qilgani, nima bilan zulm qilgani" noma’lumligicha qoladi.

g) Yuqoridagi uch javobdan tashqari Jundub (r.a)dan rivoyat qilingan hadisning o‘zi sahih emasligini aytib raddiya berish mumkin. Chunki, bu hadis sanadidagi roviylarning biri bo‘lgan Suhayl ibn Abu Hazm ishonchli odam emas.

Muhaddislardan Abu Hotim, Imom Al-Buxoriy, An-Nasaiy, Ibn Mu’in, Imom Ahmad uning munkar hadislar rivoyat qilganini aytganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 08:07:17
4-hujjatning raddiyasi. Avvalgi ulug‘ olimlar Qur’oni Karimni ra’y bilan tafsir qilmaganlarining sababi, avvalo, taqvo yuzasidan va o‘zlarini kelajakda yetib qolishi mumkin bo‘lgan ta’nalardan saqlash uchundir. Ya’ni kelajakda biror mutaaxxir olim Qur’onni ra’y bilan tafsir qilishda haddidan oshadi, xatolar qiladi, buning ustiga "Mening bu usulda tafsir qilishni o‘rgangan ustozim falonchi",— deb salaf olimlari nomini qora qilishlari mumkin edi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 08:14:01
Qur’on oyatlarini ra’y bilan tafsir qilishga ijozat beruvchi guruh o‘zining hujjatlarini shunday bayon qiladi:

1-hujjat. Alloh Ta’olo Qur’oni Karimning qator oyatlarida Qur’onni tafakkur qilishga, undan istifoda va istinbot etishga buyurgan. Masalan, "Muhammad" surasining 24- oyatida:

أَفَلا يَتَدَبَّرُونَ الْقُرْآنَ أَمْ عَلَى قُلُوبٍ أَقْفَالُهَا

"Axir ular Qur’on oyatlari haqida fikr yuritmaydilarmi?! Balki dillarda qulflari bordir". (Muhammad, 24)

"Sod" surasining 29-oyatida:

كِتَابٌ أَنْزَلْنَاهُ إِلَيْكَ مُبَارَكٌ لِيَدَّبَّرُوا آيَاتِهِ وَلِيَتَذَكَّرَ أُولُو الألْبَابِ

«Ey Muhammad, ushbu Qur’on oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma olishlari uchun Biz Sizga nozil qilgan muborak Kitobdir". (Sod, 29)

"An-Niso" surasining 83-oyatida:

وَلَوْ رَدُّوهُ إِلَى الرَّسُولِ وَإِلَى أُولِي الأمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ الَّذِينَ يَسْتَنْبِطُونَهُ مِنْهُمْ

"Agar uni Payg‘ambarga yoki o‘zlaridan bo‘lgan amirlarga yetkazsalar, uni bilib olishni istovchilar o‘shalardan so‘rab bilaverar edilar". (Niso, 83) Alloh Ta’olo tomonidan Qur’onni bilish, tafakkur va tadabbur qilishga ochiqdan-ochiq ijozatlar bor. Xususan, "Niso" surasining 83-oyati aql egalari o‘z ijtihodlari bilan istinbot qilishlari mumkin ekanligiga yaqqol dalildir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 08:17:05
2-hujjat. Agar ra’y bilan tafsir qilish mumkin bo‘lmaganda, umuman ijtihod qilish mumkin bo‘lmas edi. Qancha qancha hukmlar to‘xtab qolardi. Bu esa botillarning botilidir. Ulamolar uchun shu kunga qadar ijtihod eshiklari ochiqdurki, ular o‘z ijtihodlarida to‘g‘ri topsalar ikki savobga, xato qilsalar bir savobga ega bo‘ladilar.

3-hujjat. Sahobalar Qur’onni o‘qib, uning tafsirida ixtilof qilardilar. Qur’onning hamma tafsirini hamma sahobalar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan to‘liq eshitmaganlar. Ko‘p sahobalar bir-birlaridan eshitib o‘rganardilar, ba’zan o‘zlarining ijtihod va tafakkurlari orqali fahmlardilar. Agar ijtihod man etilgan bo‘lganda, sahobalar man etilgan narsani qilgan, Alloh harom qilgan narsaga kirishgan bo‘lardilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 08:30:19
v) Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy shunday deydi: "Yuqorida zikr etilgan va ikkovi ham o‘z hujjat-dalillarini keltirgan ikki guruh ham o‘z fikrida g‘uluvga ketgan, ya’ni ikkovining fikrida ham xato mavjud. Chunki, tafsir faqat manqul rivoyatlar bilangina bo‘ladi deganlar ko‘p hukmlarning yechimida muhtojlikda qoladilar.

Ijtihod bilan tafsir qilish huquqini har bir odamga ravo ko‘rish esa Qur’on hurmatining buzilishiga olib keladi va Allohning: "Aql egalari Qur’onning oyatlarini tadbir qilsinlar",— degan xitobining haqiqatiga e’tibor qilinmagan bo‘ladi. (Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut-tafsir. 423-b)

Ikki guruhning dalillari va Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniyning ularga munosabatidan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, avvalo, ra’y bilan tafsir qilishning mohiyatini tushunib olish kerak.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 08:32:35
Ra’y ikki xil bo‘ladi: birinchisi, tafsirning barcha shartlarini chetlab o‘tmagan holda arab tili qoidasi, Qur’on va sunnatga muvofiq tafsir qilish bo‘lib, ra’y bilan tafsir qilishga ijozat bergan guruhning gapi shunday tafsirga tegishli deb qabul qilinadi.

Ikkinchisi, arab tili qoidalariga muvofiq bo‘lsa ham, shar’iy dalillarga, tafsirning boshqa shartlariga muvofiq bo‘lmagan tafsir bo‘lib, ra’y bilan tafsir qilishga ijozat bermagan guruhning gapi shunday tafsirga tegishli deb qabul qilinadi. Bunday tafsir ulamolar huzurida mardud va quyida aytilgan gaplar shunday tafsir sohiblariga otilgan toshdir:

Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Kelajakda shunday qavmni ko‘rasizlar, ular sizlarni Allohning kalomiga da’vat qiladilar, ammo o‘zlari uni orqalariga tashlab yuboradilar, ya’ni beparvo bo‘ladilar, amal qilmaydilar. Sizlar ilmni lozim tuting! Bid’atdan saqlaning!".

Umar (r.a.) shunday deganlar: "Men sizlarni ikki odamdan xavf qilaman: Qur’onni noto‘g‘ri ta’vil qiladigan va o‘zining tug‘ishgan birodari bilan mulk talashadigan odamdan". (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 1-juz’. 264-sahifa.)

Demak, tafsir qilish uchun zarur bo‘lgan barcha ilmlarni mukammal egallagan, arab tilini yaxshi bilgan, tafsir aytishda salaf ulamolaridan qilingan naqliy tafsirlarga xilof qilmagan, ijtihod va istinbot qilishga Alloh iste’dod bergan har qanday olim Qur’onni ra’yi bilan tafsir qilishiga ijozat beriladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 08:34:02
Tayanch iboralar: As-Suyutiy ikki yuz ming hadisni yoddan bilgan, "At-Tanfis" kitobi, "Ravzatul Miqyos" degan joy, karomatlar sodir bo‘lgan, Ilmiy foydalar va shariat ahkomlari haqida yozgan turkum she’rlar, "Ad-Durrulmansur fit-tafsiyril ma’sur", "Tarjimonul Qur’on", toliblarning himmatidagi qusur, "Majma’ul bahrayn va matla’ul badrayn", muallifning olti jildli mazkur tafsiridagi hadislar ham alohida saralanishga muhtoj, Ra’y so‘zining ma’nosi e’tiqod, ijtihod va qiyos deganidir, "Har qanday katta olim, adib, nahv, sarf, axbor va hadis ilmlarini yaxshi bilgan olim bo‘lganda ham Qur’oni Karimning biror oyatiga ma’no aytishi mumkin emas, Qur’onni ra’y bilan tafsir qilish Allohga tuhmat qilishdir, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: "Kimki Qur’ondan o‘z ra’yi bilan gapirsa, rost gapirsa ham xato qilgan bo‘ladi", Abu Bakr (r.a.): "Qaysi osmon menga soya beradi, qaysi yer meni ko‘taradi, qaerga boraman va nima qilaman, agar men Allohning murodi bo‘lmagan narsani gapirib qo‘ysam?!"— deb e’tiroz bildirdilar, Ulamolar uchun shu kunga qadar ijtihod eshiklari ochiqdurki, ular o‘z ijtihodlarida to‘g‘ri topsalar ikki savobga, xato qilsalar bir savobga ega bo‘ladilar, "Aql egalari Qur’onning oyatlarini tadbir qilsinlar".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Oktyabr 2008, 08:35:43
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Jaloliddin As-Suyutiyning tarjimai holi, shogirdlari, asarlari va ijod qilgan she’rlarini bilasizmi?
2. Jaloliddin As-Suyutiy qalamiga mansub nechta tafsir mavjud?
3. Ra’y va ijtihod bilan tafsir qilish haqida ulamolar qanday fikrlar bildiradilar?
4. Qur’on oyatlarini tafsir qilishda ijtihodni man etgan ulamolarning dalillari nimalardan iborat?
5. Ijtihodga ruxsat bergan ulamolar ularning dalillariga qanday raddiyalar beradilar?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Tafsiri Ibn Kasir. Bayrut. 1969. 1j.
3. Yoqut. Mo‘‘jamul-udabo, 18-j. Bayrut. 1999.
4. Fatovo Ibn Taymiyya, 2-j. Bayrut. 1996.
5. Muhammad Tohir Ibn Ashur. At--tahrir vat-tanvir. Tunis. 1-15-t.
6. Al-Itqon. As-Suyutiy, 2-j.
7. Muqaddimatu Ibn Xaldun.
8. Tafsiri Al-Bahrul muhit. 1-j.
9. Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut-tafsir.
10. At-Termiziy. Sunan. 2-j.
11. Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 1-juz’.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 06:57:09
22-MAVZU. MUJTAHID  OLIMLARGA ZARUR BO’LGAN ILMLAR

Dars rejasi:
1. Qur’onni   ra’y bilan tafsir qiluvchi olimlar bilishi zarur bo‘lgan ilmlar:
a) lug‘at, nahv, sarf, ishtiqoq ilmlari;
b) ilmi balog‘at—ilmi ma’oniy, ilmi bayon, ilmi badi’, qiroatlar ilmi;
v) usulud-din, usulul-fiqh, asbobun-nuzul, qissalar, nosix va mansux oyatlar, hadislar, ilmul-mavhiba (valoyat).
2.  Tafsirning darajalari:
a) kalimalarning xossalari;
b) uslublar;
v) ahvoli bashar ilmi yoki tarix;
g) Qur’on bilan da’vat qilish yo‘li;
d) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning siyratlari.
3. Tafsirning masdarlari.
4. Mufassir tafsirida saqlanishi lozim bo‘lgan narsalar.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 07:33:15
1. Allohning kalomini naqliy tafsirlarga murojaat qilmagan holda bevosita aqli va ijtihodi bilan tafsir qilmoqchi bo‘lgan olim quyida keltiriladigan ilmlarning bilimdoni bo‘lishi shart ekanligiga ulamolar ittifoq qilganlar. Bu ilmlar mufassirni turli xatoga ketib qolishdan va Allohga tuhmat qilishdan himoyalaydi:

A. 1) Lug‘at ilmi: Mufassir Qur’on lafzlarini, ularning madlulini, o‘zagini bilishi shart.

Mujohid aytadi: "Allohga va oxiratga imon keltirgan odam agar arab tilini mukammal bilmasa, Qur’onning bir so‘zini tafsir qilish ham unga halol bo‘lmaydi". Chunki ba’zi so‘zlar mushtarak ma’noli bo‘lib, mufassir ikki ma’nodan biriga tafsir qilsa, ikkinchi ma’noni bilmasa, u xato qilishi mumkin, chunki ehtimol Allohning murodi ikkinchi ma’nodir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 07:34:47
2) Nahv ilmi: Bu ilm jumlaning birinchi va ikkinchi darajali bo‘laklarini, ega-kesimini, so‘zlarning joylashish o‘rnini aniqlab beradi. Arab tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri har bir so‘zning oxirgi harakati o‘sha so‘zning darajasini bildiradi va agar harakat o‘zgarsa, ma’no ham o‘zgaradi.

Al-Hasan Al-Basriydan: "Chiroyli gapirish va yaxshi qiroat qilish uchun arab tilini o‘rgansa bo‘ladimi?"— deb so‘ralganda, u kishi: "Qanday yaxshi, (arab tilini bilmagan) odam qiroat qiladi, talaffuzda yoki e’robda xato qiladi, natijada savob olish o‘rniga halokatga uchraydi",— deb javob berdi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 07:41:43
3) Sarf ilmi: Bu ilm bilan so‘zlarning tuzilishi va turlanishi o‘rganiladi.

Ibn Foris aytadi: "Kimki sarf ilmini o‘rganmagan bo‘lsa, ilmning eng asosiy qismidan bebahra qolgan bo‘ladi. Chunki har bir arabcha so‘z mubham ma’noga ega bo‘lib, uni sarfi sag‘ir (Sarfi sag‘ir — ma’nosi mubham bo‘lgan masdarning har biri alohida ma’no beradigan 12 siyg‘aga solinishidir. Masalan: «zarb» «urmoq» masdarini zaraba, yazribu, zoribun, mazrubun, lam yazrib, lo yazribu, izrib, liyazrib, lo tazrib, mazribun, mizrobun, azrabu siyg‘alarga solinishi kabi) yoki sarfi kabir (Sarfi kabir — mazkur 12 siyg‘aning har birini birinchi shaxs, ikkinchi shaxs, uchinchi shaxs, birlik, ko‘plik, muzakkar, muannas va boshqa ko‘rinishdagi 14 siyg‘aga solinishidir)ga solingandagina kerakli ma’no hosil bo‘ladi".

As-Suyutiy rivoyat qilishicha, Az-Zamaxshariy aytadi: "Tafsirdagi eng yomon bid’at ushbu
 
يَوْمَ نَدْعُو كُلَّ أُنَاسٍ بِإِمَامِهِمْ


"Biz barcha odamlarni o‘z kitoblari (nomai a’moli) bilan chaqiradigan kun (Qiyomat)ni eslangiz!" (Isro, 71) oyatdagi "imom" so‘zini "um—ona" so‘zining ko‘pligi degan odamning gapidir. Bu gap o‘ta xato va mufassirning sarf ilmiga johil ekanligini ko‘rsatuvchi dalildir". (Az-Zamaxshariy iborasining matni shunday: «Albatta «imom» «um»ning jam’idir va Qiyomatda odamlar onalarining nomlari bilan chaqiriladilar. Ularning onalari nomi bilan chaqirilishining hikmati Iso (a.s.)ning haqlarini ri’oya qilish, Imom Hasan va Imom Husaynning sharafini ulug‘lash, zinodan tug‘ilgan bolalarni sharmanda qilmaslikdir», — deyish tafsirlarning eng yomon buzilganidandir. Qur’on lafzini buzmasdan ma’noni to‘g‘ri aytish yaxshimi yoki lafz buzilsa ham, chiroyli ma’no berish yaxshimi?».)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 07:44:08
4) Ishtiqoq: so‘zning o‘zagini aniqlash ilmidir. Agar bir ismning o‘zagi ikkita bo‘lsa, undan chiqadigan ma’no ham o‘zagiga qarab ikki xil bo‘ladi. Masalan: "Masih" so‘zi "mash — silamoq " va "sayohat" o‘zaklaridan olinadi. Qaysi ma’no murodligini esa mufassir ismning o‘zagiga muvofiq aniqlashi mumkin.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 07:47:52
B. 1) Balog‘at ilmi: Bu ilm o‘z navbatida uchga bo‘linadi:

a) Ma’oniy: Bu ilm bilan ma’no ifoda qilish uchun jumlalar tuzishda so‘zlarning xossalari o‘rganiladi.

b) Bayon: Bu ilm bilan jumlalarning tuzilish xossalari o‘rganiladi.

v) Badi’: Bu ilm bilan jumlalarni go‘zal ko‘rinishda tuzish san’ati o‘rganiladi. Mana shu uch ilm mufassirning bilishi lozim bo‘lgan asosiy arkonlaridan hisoblanadi. Qur’oni Karimning mo‘‘jizligi shu ilmlar bilan bog‘liq va mufassir ularni yaxshi bilsa, Qur’on sirlari unga ochilishi mumkin.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 07:49:54
2) Qiroatlar ilmi: Mufassir qiroatlar ilmini yaxshi bilsa, oyatning mazmunlaridagi jihatlardan birini ikkinchisidan tarjih qilishi mumkin.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 07:54:11
V. 1) Usulud-din: Bu ilm kalom ilmi ham deyiladi. Mufassir kalom ilmini yaxshi bilsagina, Allohning zoti, sifatlari, Unga nima loyiq, nima loyiq emas, dalillar bilan gapirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2) Usulul-fiqh: Mana shu ilm bilan oyatlardan ahkomlarni chiqariladi, dalillarni keltiriladi. Ijmol, taqyid, umum, xusus, amr va nahiyning dalolati va boshqa zaruriy narsalar shu ilm bilan hal qilinadi.

3) Asbobunnuzul: Bu ilm bilan oyatlardagi Allohning murodi tushuniladi.

4) Qissalar ilmi: Bu ilm bilan Qur’on oyatlaridagi mujmal ma’nolar ravshanlashadi.

5) Nosix va mansux: Bu ilm bilan Qur’on oyatlarining muhkam yoki yo‘qligi o‘rganiladi. Mufassir agar nosix va mansux oyatlarini bir-biridan ajratmasa, mansux oyat asosida hukm chiqarib qo‘ysa, o‘zi ham, tobe’lari ham zalolatga ketadi.

6) Hadislar: Mufassir oyatlarning mujmali va mubhamini aniqlab beruvchi hadislarni yaxshi bilishi kerak.

7) Ilmul-mavhiba: Bu ilm laduniy ilm bo‘lib, Alloh Ta’olo tomonidan bilganiga amal qilgan kishilarga ato qilinadigan sovg‘adir. Alloh Ta’olo oyati karimada shu ilmga ishora qilgan:

وَاتَّقُوا اللَّهَ وَيُعَلِّمُكُمُ اللَّهُ


"Allohdan qo‘rqingiz! Alloh sizlarga ta’lim beradi ". (Baqara, 282)

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham: "Kim bilgan ilmiga amal qilsa, Alloh unga bilmagan ilmini nasib etadi",— degan so‘zlari bilan ilmi laduniyga ishora qilganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 07:58:27
Imom As-Suyutiy aytadi: "Tolib ilmul-mavhiba" ni mufassir bilishi lozim bo‘lgan ilmlar qatorida sanalganini ko‘rib, bu narsa insonning o‘z ixtiyori va imkoniyatida emasku?!"— deb ajablanishi mumkin. Holbuki, bu ilmni qo‘lga kiritish uni jalb qiluvchi amallarni bajarish, masalan: amal, taqvo bilan bo‘larkan, hech ajablanadigan joyi yo‘q.

"Al-Burhon" kitobining muallifi shunday deydi: "Bilginki, agar insonning qalbida bid’atga moyillik, kibr, dunyo muhabbati, muntazam gunohkorlik, haqiqiy imondan uzoqlashish, ilmsiz odamlarning fatvosiga ergashish mavjud bo‘larkan, bular Qur’oni Karim ma’nolarini tushunishdan, sirlarini fahmlashdan to‘suvchi mone’lardir. Qur’onning quyidagi oyati shu ma’noni tasdiklaydi:

سَأَصْرِفُ عَنْ آيَاتِيَ الَّذِينَ يَتَكَبَّرُونَ فِي الأرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ


"Yer yuzida nohaqlik bilan kibrlanib yuruvchilar (ongi)ni oyatlarimiz (idroki)dan chetlatib qo‘yamiz". (A’rof, 146)

Ibn Uyayna mazkur oyatning tafsirida: "Undaylardan Qur’onni tushunish qobiliyati tortib olinadi" — deydi. (As-Suyutiy. Al-Itqon. 2-j. 180-182-b.)

Yuqorida sanab o‘tilgan o‘n besh ilm mufassirning bilishi lozim bo‘lgan va Qur’onni tafsir qilishida asqotadigan zarur ilmlardir. Bu ilmlarsiz biror oyatga ma’no aytish mumkin emas.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 08:04:31
2. Bulardan tashqari yana mufassir e’tibor qilishi zarur bo‘lgan masalalar bor. Bularni ham bayon etamiz.

Tafsirning ikki darajasi bor. Birinchisi oddiy daraja bo‘lib, u Qur’onni Allohni taniydigan, poklaydigan, o‘zini yomonlikdan saqlaydigan, yaxshilikka odat qiladigan darajada bilish. Bu daraja har bir odamga muyassar bo‘lishi mumkin. Allohning ushbu oyati shunga dalolat qiladi:

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا الْقُرْآنَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِنْ مُدَّكِرٍ


"Haqiqatan, biz Qur’onni zikr(eslatma) uchun oson qilib qo‘ydik. Bas, eslatma oluvchi bormi?!". (Qamar, 17)

Ikkinchisi oliy daraja bo‘lib, unday tafsir muallifi yana bir necha nozik ilmlar sohibi bo‘lishi kerak.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 08:08:18
a) Qur’on oyatlaridagi har bir so‘zni tahlil va tadqiq etish nuqtai nazaridan qarab, o‘sha so‘zning avvalgi va hozirgi holatini, ifoda qilgan ma’nosini va istilohini yaxshi bilishi kerak. Bu so‘zning ma’nosini falonchi mufassir bunday degan, anovisi unday degan deb ketish bilan bo‘lmaydi. Chunki Qur’onning ba’zi lafzlari nozil bo‘lgan davrida bir ma’noni ifoda qilsa, hozirda butunlay boshqa ma’noga o‘zgarib ketgan. Masalan: Qur’onning bir necha joyida "ta’vil" so‘zi turlicha ma’nolarda kelgan. Hozirda esa bu so‘z "tafsir" ma’nosini beradi. Quyidagi oyatni ko‘raylik:

هَلْ يَنْظُرُونَ إِلا تَأْوِيلَهُ يَوْمَ يَأْتِي تَأْوِيلُهُ يَقُولُ الَّذِينَ نَسُوهُ مِنْ قَبْلُ قَدْ جَاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ


"Ular esa uning aniq ma’nolari qolib, ta’vilini kutadilar. Ta’vili kelgan kuni (Qiyomatda) uni (Qur’onni ilgari unutgan) mensimaganlar aytadilar: "Rabbimizning elchilari haqiqatni keltirgan ekanlar". (A’rof, 53)

Oyatda keltirilgan "ta’vil" so‘zi qanday ma’noni bildiradi? Uni tafsir ma’nosida tarjima qilinsa, butunlay boshqa mazmunga aylanib ketadi. Shuning uchun mufassir arab tilini bilish bilan birga, ular orasida joriy bo‘lgan istilohlarni, har bir so‘zning qadimgi va hozirgi ma’nolarini ajratib olishi kerak. Qur’on nozil bo‘lgan paytdagi so‘zlarning istilohi qanday bo‘lgan bo‘lsa, u so‘zlar har qachon ham o‘sha zamon tushunchasi bo‘yicha tafsir qilinishi lozim.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 08:10:13
b) Ma’lumki, arab tili o‘zining balog‘ati va fasohati bilan boshqa tillardan ajrab turadi. Bu tidda bir jumlaning bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tishi o‘sha jumlaning ma’nosini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Buni uslub deyiladi. Arablar qadimdan, hali olimlar tomonidan grammatik qonun-qoidalar ishlab chiqilmasdan avval o‘sha uslublarni qo‘llaganlar, balki qonun-qoidalar ham o‘sha uslubga asoslanib ishlangan. Lekin bu uslub tabiiy ravishda emas, eshitish va xabar almashish malakasi tufayli hosil bo‘lgan. Uslublarni tartibga solgan fan "balog‘at ilmi" deb ataladi. Kitobdan balog‘at ilmini yaxshi o‘zlashtirgan olim, agar u xalq orasiga kirib, istilohiy uslubni o‘rganmas ekan, Qur’onni to‘g‘ri tafsir qilishga qodir bo‘lmaydi. Chunki, Qur’oni Karimning mo‘‘jizligi uning istilohiy uslublarning eng qiyomga yetganini o‘zida mujassam etganidadir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 08:14:33
v) Mufassir dunyoda yashab o‘tgan qadimgi xalqlarning e’tiqod, ibodat, urf-odat va turmush sohasidagi holatlaridan xabardor bo‘lishi, ya’ni tarixning hamma turlarini bilishi kerak Alloh Ta’olo Qur’onda o‘tmish xalqlar, qabila-qavmlar, millatlar haqida, ularning madaniyati, ma’naviyati haqida ko‘plab qissalarni keltirgan. Agar mufassir qadimgi xalqparning holatini: quvvatli va kuchsiz, aziz va xor, ilmli va johil, imonli va kofirligini bilmasa, Qur’on xabarlarini tafsir qilishdan ojiz qoladi.

Tarixdan bexabar mufassir Alloh Ta’oloning quyidagi:

كَانَ النَّاسُ أُمَّةً وَاحِدَةً فَبَعَثَ اللَّهُ النَّبِيِّينَ مُبَشِّرِينَ وَمُنْذِرِينَ


"Odamlar bir millat (bir xil dinda, ya’ni Islomda) edilar. (So‘ng ular buzilib ketgach,)Alloh ham xushxabar beruvchi, ham ogohlantiruvchi payg‘ambarlarni yubordi". (Baqara, 213.) (Bu oyatdagi «bir millat» iborasiga turli xil tafsirlar aytilgan. Birinchisi — Idris va Nuh (a.s.)lar zamonida odamlar bir xil kofir edilar. Ikkinchisi — Ibrohim (a.s.) zamonlarida ko‘pchilik odamlar bir millat, ya’ni Islom dinida edilar. Yana boshqa tafsirda Odam (a.s.) davrida hamma musulmon edi. O’g‘li Qobil o‘z birodari Hobilni o‘ldirib qo‘yganidan keyin kofirlar safi ko‘paya boshlagan. A.Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001. 33-b.) oyatini qanday tafsir qilishi mumkin. Odamlar qachon bir millat bo‘lgan, nimaga birlashgan, nimaga ajrashgan, ularga payg‘ambarlarning yuborilishi foyda bo‘ldimi yoki zararmi?— buni bilmagan odam oyatga qanday tafsir aytadi.

Alloh Ta’olo Qur’onda dunyoning yaratilishi, qanday yaratilishi, Yeru osmonning, undagi maxluqotu mavjudotning yaratilishi, quyosh, oy, yulduzlarning harakati, holati to‘g‘risida ham oyatlar nozil qilganki, bularni ham faqat hay’at va tabiat ilmidan xabardor olimgina tushuntirib bera olishi mumkin.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 08:17:08
g) Insoniyatning hidoyati faqat Qur’on bilan bo‘lganini va bo‘lishini mufassir yaxshi tushunishi kerak. Buning uchun u johiliyat davridagi arablarning zalolati va shaqovati nimadan iborat bo‘lganini, ularga Qur’on nima berganini yaxshi anglashi kerak. Islomda yoki Islom davrida yashayotgan odam uchun Qur’onning ba’zi oyatlarining ta’siri kam bo‘lishi mumkin. Doim pokiza, hamma sharoiti muhayyo bo‘lgan uyda yashagan odam uchun "nazofat imondan ekanligi"ni, "misvok" ulug‘ sunnat ekanligini, Islom shunga da’vat qilishini  aytish ahamiyatsiz, bachkanalik, balki kulgili ko‘rinar. Ammo bu "kichkina ish"ning naqadar muhim ekanligini tushunish va tushuntirish uchun mufassir o‘sha paytdagi johil arablarning yashash tarzini yaxshi o‘rgangan bo‘lishi kerak.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 08:17:56
d)   Nihoyat, mufassir Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning siyratlarini to‘liq bilishi kerak. Buning ahamiyatini takrorlab o‘tirishning esa hojati yo‘q.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 08:19:40
3. Mufassir o‘z tafsirini elga maqbul qilaman desa, yuqorida aytib o‘tilgan zarur shartlar va ilmlarga ega bo‘lgandan keyin, tafsir yozishni boshlamasdan avval ham, ta’lif asnosida ham quyidagi masdarlarga murojaat qilishi zarur:

a) Qur’oni Karimni qayta-qayta varaqlab, unda mavjud bo‘lgan bir xil mavzuli oyatlarni bir yerga jamlash va ularni qiyoslash, mujmal ma’noli oyatlarni mufassal ma’noli oyatlar bilan to‘ldirish, uzluksiz ma’no kelib chiqqandan keyin uni sharhlash kerak. Bu usul ulamolar tilida "Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilish" deyiladi;

b) Qur’onning tafsirida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan naql qilingan rivoyatlarni jamlash va ularning orasidan mavzu’ va zaiflarini chiqarib tashlash zarur. Hadislar Qur’on oyatlarining ma’nolarini to‘liq ochib bersa, undan yuz o‘girib, o‘z ra’yi bilan tafsir qilish man etiladi. Chunki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning tafsirlari Alloh Ta’olo tomonidan quvvatlangan va u Zot Qur’onni tafsir qilib berishga buyurilganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qilingan sahih hadis turganda, mufassirning o‘z ra’yi bilan qilgan tafsiri mazmumdir;

v) Tafsir borasida sahobalardan rivoyat qilingan sahih gaplar ham mufassir tomonidan olinishi mumkin. Ammo sahobalarning ko‘pchiligi nomlariga bog‘lab to‘qilgan hadislar ko‘payib ketganligi uchun juda ehtiyotlik bilan hadis tanlash kerak. Sahobadan sahih rivoyat mavjud bo‘la turib, undan yuz o‘girishi va o‘z ra’yiga suyanishi mumkin emas. Chunki, sahobalar Qur’on nozil bo‘lishiga bevosita guvoh bo‘lganlari sababli Allohning kitobini, uning sirlarini biluvchiroqdirlar va ularning fahm-farosatlari ham, ilmlari ham mukammalroqdir. Xususan roshid xalifalar, Ubay ibn Ka’b, Ibn Mas’ud, Ibn Abbos (roziyallohu anhum)lar Qur’oni Karimning bilimdonlaridirlar;

g) Qur’onni tafsir qilishda uning lug‘ati taqozo qiluvchi zohiriy ma’noga tafsir qilgan avlodir. Uning uzoq ikkinchi ma’nosini qidirib, ta’vil qilib yurishga hojat yo‘q. Bunday ta’villar she’rlarga munosib, Qur’on oyatlari esa aniqlikni xohlaydi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 08:21:25
4. Mufassir Alloh Ta’oloning ilmiga xos bo‘lgan narsalarga aralashib, o‘zi aniq bilmagan holda "Allohning murodi ayni shu" deb qat’iy xulosa chiqarishi man etiladi. Chunki Qur’ondagi ba’zi ilmlarni inson ham bilishi mumkin, ba’zilarini esa ilmi Allohga xos bo‘lib, unga mufassir tajovuz qilmasligi kerak. Shunga ko‘ra, aytib o‘tishimiz mumkinki, Qur’on ilmlari uch navdir:

Birinchi nav, Alloh Ta’olo hech kimni bu ilmdan xabardor qilmagan, Qur’on sirlaridan iborat ilm bo‘lib, u faqat o‘zi biladigan, ya’ni O’zining zoti va g‘ayb ilmidir. Bu ilmga tajovuz qilish, g‘aybga chang solish, Allohning zotini o‘zicha tushuntirishga urinish hech kimga ruxsat berilmagan.

Ikkinchi nav, Alloh Ta’olo faqat Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ga bildirgan ilm bo‘lib, u haqda yolg‘iz Payg‘ambarimiz (s.a.v.) gapira oladilar yoki U zot izn bergan odamgina gapirishi mumkin. Bundaylarga suralarning avvalida kelgan "muqatta’ harflar" misol bo‘la oladi.

Uchinchi nav, Alloh Ta’olo Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ga omonat qilib bergan va ashoblarga ta’lim berishga ham buyurgan ilmdir. Bu ilm ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi:

Birinchisi, faqat eshitish orqali ilm hosil qilib gapiriladigan oyatlarning sababi nuzullari, nosix va mansux, qiroatlar, lug‘atlar, qissalar, bo‘lib o‘tgan hodisalar, mahshar, qiyomat singari xabarlardir.

Ikkinchisi, nazar, istidlol, ijtihod yo‘llari bilan olinadigan ilmlardir. Kimki bu ilmga ahl bo‘lsa, ya’ni ijtihod qilish malakasi butun shartlari bilan mavjud bo‘lsa, u odam Qur’oni Karimni ra’y-ijtihod bilan tafsir qilish huquqiga egadir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 08:22:42
Tayanch iboralar: Lug‘at ilmi, nahv ilmi, sarf ilmi, sarfi sag‘ir, sarfi kabir, "imom" so‘zini "um - ona" so‘zining ko‘pligi degan odam, ishtiqoq, balog‘at ilmi, ma’oniy, bayon, badi’, Qiroatlar ilmi, Usulud-din, Kalom ilmi, Usulul-fiqh, ijmol, taqyid, umum, xusus, amr va nahiyning dalolati, Asbobun-nuzul, Qissalar ilmi, Nosix va mansux, hadislar, Ilmul-mavhiba, laduniy ilm, ifoda qilgan ma’nosini va istilohini eshitish va xabar almashish malakasi, tarixning hamma turlarini bilishi kerak. Agar mufassir qadimgi xalqlarning holatini: quvvatli va kuchsiz, aziz va xor, ilmli va johil, imonli va kofirligini bilmasa, Qur’on xabarlarini tafsir qilishdan ojiz qoladi, Alloh Ta’olo Qur’onda dunyoning yaratilishi, qanday yaratilishi, Yeru osmonlarning, undagi maxluqotu mavjudotning yaratilishi, quyosh, oy, yulduzlarning harakati, holati to‘g‘risida ham oyatlar nozil qilganki, bularni ham faqat hay’at va tabiat ilmidan xabardor olimgina tushuntirib bera olishi mumkin, o‘zi aniq bilmagan holda "Allohning murodi ayni shu" deb qatiy xulosa chiqarish man etiladi, "muqatta’ harflar", nazar, istidlol, ijtihod yo‘llari bilan olinadigan ilmlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Oktyabr 2008, 08:25:37
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Qur’onni ra’y bilan tafsir qiluvchi mufassirlar bilishi zarur bo‘lgan ilmlar, deganda qaysi ilmlar nazarda tutiladi?
2. Mufassirlar yana qanday ilmlardan xabardor bo‘lishlari kerak?
3. Tafsirning masdarlari, deganda nimani tushunasiz?
4. Qur’oni Karimdan anglanadigan Allohning murodi necha nav bo‘ladi?
5. Mufassir Qur’oni Karimni tafsir qilish asnosida nimalardan saqlanishi lozim bo‘ladi?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Tafsiri Ibn Kasir. Bayrut. 1969. 1-j.
3. Yoqut. Mo‘‘jamul-udabo, 18-j. Bayrut. 1999.
4. Fatovo Ibn Taymiyya. 2-j. Bayrut. 1996.
5. Muhammad Tohir Ibn Ashur. At--tahrir vat-tanvir. Tunis. 1-15-t.
6. Al-Itqon. As-Suyutiy. 2-j.
7. Muqaddimatu Ibn Xaldun.
8. Tafsiri Al Bahrul muhit. 1-j.
9. Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut-tafsir.
10. At-Termiziy. Sunan. 2-j.
11. Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 1-juz’.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 06:23:07
23-MAVZU. IJTIHODDA TARJIH  QILISh QONUNI

Dars rejasi:
1. Mufassir   rioya etishi kerak bo‘lgan qoidalar.
2. Ijtihodda tarjih qilish uchun dalilning   zarurligi.
3. Naqliy tafsir bilan aqliy tafsirning ziddiyati.
4. Ra’y bilan qilingan tafsirlarning ulamolar orasida eng mashhurlari.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 06:25:19
1. Mufassir barcha zaruriy ilmlarni hosil qilib, Qur’on tafsiriga kirishar ekan, tafsir kitobini yozishda bir necha qoidalarga rioya etishi lozim:

a) Tafsir, ya’ni mufassirning sharhi oyatning mazmuniga mutobiq bo‘lishi va uni ravshanlashtirib berishi kerak bo‘ladi. Bu sharhda maqsaddan uzoq bo‘lgan va maqomga munosib bo‘lmagan ortiqcha gap ham, ma’noi muroddan uzoqlashish ham bo‘lishi mumkin emas;

b) Har bir jumlaning haqiqiy ma’nosi va majoziy ma’nosi bor. Mufassir har ikki ma’noni ham nazarda tutib, kalomning siyoqiga muvofiq haqiqiy ma’noni iroda qilsa, majoziy ma’nosini unga bog‘lab, agar majoziy ma’noni iroda qilsa, haqiqiy ma’noni unga bog‘lab tafsir qilishi lozim;

v) Keyingi oyatning tafsirini avvalgi oyat tafsiri bilan bog‘liq holda davom ettirishi kerak, oyatlar bir-biridan uzilib qolmasin. Chunki, tolibning nazdida Qur’on oyatlari boshidan to oxirigacha bir-biri bilan bog‘liq degan tasavvur paydo bo‘lsin. Haqiqatan ham Qur’oni Karimning oyatlari "Fotiha" surasidan "Nos" surasigacha bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir;

g) Oyatlarning nozil bo‘lish sabablari mulohaza qilinishi kerak. Har bir oyatning nozil bo‘lishida biror sabab mavjud. O’sha sababni sharhga kirishishdan oldin ko‘rsatib o‘tilishi kerak.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 06:29:15
As-Suyutiy "Al-Itqon" kitobida Az-Zarkashiyning gapini keltirgan: "Mufassirlar o‘z odatlari bo‘yicha avval sababi nuzulni keltiradilar. Shu yerda bahs paydo bo‘ladiki, mufassir sababi nuzulni avval aytishi kerakmi yoki oyatga o‘zining munosabatinimi? Qaysi biri avlo? Mufassirning munosabati kalomning nazmini, ya’ni gapning oqimini tartibga soladi. Shunday ekan munosabat sababdan avval aytilishi kerakmi? Bu savolga javobni Allohning quyidagi oyatidan olishimiz mumkin:

إِنَّ اللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَنْ تُؤَدُّوا الأمَانَاتِ إِلَى أَهْلِهَا

"Darhaqiqat, Alloh omonatni o‘z egalariga topshirishingizni buyuradi". (Niso, 58)

Oyatdagi "Allohning amri" sabab, "omonatni egalariga berishimiz" maqsad-munosabat. Alloh sababni munosabatdan avval keltirgan. Shuning uchun mufassir ham avval sababi nuzulni keltirsa, keyin munosabatni aytsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lekin oyatda munosabat sababga bog‘liq bo‘lgani uchun avval keltirilgan. Agar bog‘liklik bo‘lmasa, u holda mufassir avval munosabatni, keyin esa sababi nuzulni keltirgani avloroqdir ". (As-Suyutiy. Al-Itqon. 2-j. 185-b.)

d) Mufassir munosabat va sababi nuzulni aytib bo‘lgandan keyin, lafzlarga taalluqli lug‘at, sarf va ishtiqoqni, keyin jumlaga taalluqli tarkib, e’rob, ma’oniy, bayon, badi’ haqidagi mulohazalarini, undan keyin esa ma’noi murodni aytib, oxirida shar’iy hukmlarni istinbot qilishi mumkin.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 06:31:35
2. Imom Az-Zarkashiy aytadi: "œQaysi bir lafzning ikki yoki undan ortiq ma’noga ehtimoli bo‘lsa, olim bo‘lmagan kishining, u lafz ustida ijtihod qilishi joiz emas. Ulamolar ham yolg‘iz ra’yning o‘zi bilan ish ko‘rmasdan, hujjat va dalillarga asoslanishlari kerak. Agar ikki ma’nodan biri oshkorroq bo‘lsa, o‘sha bilan kifoyalanish, agar ikkinchi maxfiyroq ma’no nazarga olinsa, dalillar bilan isbot qilish zarur".

Agar ikki ma’no ham barobar bo‘lib, ikkovining iste’moli ham haqiqat bo‘lsa, biri haqiqati lug‘aviy yoki urfiy, ikkinchisi haqiqati shar’iy bo‘lsa, shar’iy ma’nosini tanlash afzalroqdir. Ammo haqiqati lug‘aviyni tanlashga dalil bo‘lsa, shar’iyni tark etib, lug‘aviy ma’nosi olinadi. Masalan quyidagi oyatda:

وَصَلِّ عَلَيْهِمْ إِنَّ صَلاتَكَ سَكَنٌ لَهُمْ

"Ular haqqiga duo qiling! Albatta, duoingiz ularga taskin (tasalli)dir". (Tavba, 103. Ushbu oyatdagi «salot» so‘zining lug‘aviy ma’nosi duo, shar’iy ma’nosi esa namozdir. Bu yerda gapning oqimi duoni taqozo etadi. Musulmonlarning mollarini poklash uchun ulardan sadaqa— zakotni qabul qilib olib, ularning haqqiga duo qilish buyurilyapti)   

Agar ikki ma’noning biri lug‘aviy, ikkinchisi urfiy bo‘lsa, urfiy ma’noni tanlash afzal.

Agar ikki ma’noni birlashtirish mumkin bo‘lmasa, ya’ni bir lafzning ikki ma’nosi qarama-qarshi, masalan: "qar’un" so‘zining birinchi ma’nosi hayz ko‘rish, ikkinchi ma’nosi esa hayzdan poklanish, bo‘lsa, u holda mufassir dalillar asosida ijtihod qiladi, ma’nolardan birini tanlaydi. Ammo mana shu Allohning murodi, deb qat’iy hukm qilmaydi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 06:34:12
3. Ra’y bilan qilingan tafsir ikki xil bo‘ladi. Birinchisi g‘ayri maqbul, mazmum va mardud. Ikkinchisi maqbul va mamduh. Tafsirning g‘ayri maqbuli ustida mubohasa qilish va uni naqliy tafsirlarga qiyoslab o‘tirish o‘rinsizdir.

Ammo ra’y bilan qilingan tafsirlarning maqbulini naqliy tafsirlar bilan qiyoslash, o‘zaro ziddiyatlar, yutuq va kamchiliklar ustida munozara va mubohasa qilish joiz.

Ikki tur tafsir o‘rtasidagi ziddiyat shundan iboratki, agar naqliy tafsir isbot qilgan narsani aqliy tafsir man etsa yoki aksincha bo‘lsa, ikkovining o‘rtasini jamlash mumkin bo‘lmasa, ana shu ixtilofni ziddiyat deyiladi. Agar bu ixtilof bir-birini inkor qilmasa va ikkovini jamlash mumkin bo‘lsa, u holda ziddiyat yo‘q. Masalan:  الصِِّرَاطَ الْمُسْتَقِيمَ ning ma’nosini tafsirlarda "Qur’on", "Islom", "bandalik yo‘li", "Alloh va Rasuliga itoat" deb tafsir qilingan. Bu so‘zlar talaffuz jihatidan turlicha bo‘lsa ham, ma’no jihatidan bir xildir. Islom Qur’on yo‘lidir. U yo‘l bandalik yo‘li, bandalik yo‘li esa Alloh va Rasuliga itoatdir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 06:44:40
Allohning quyidagi oyati karimasi:

فَمِنْهُمْ ظَالِمٌ لِنَفْسِهِ وَمِنْهُمْ مُقْتَصِدٌ وَمِنْهُمْ سَابِقٌ بِالْخَيْرَاتِ بِإِذْنِ اللَّهِ

"Bas, ularning orasida (unga amal qilmay) o‘z joniga jabr qiluvchi ham bor, ularning orasida o‘rtacha amal qiluvchi ham bor va ularning orasida Allohning izni bilan mudom yaxshiliklarda o‘zib ketuvchi ham bordir" (Fotir, 32.) tafsirida ham mufassirlar turli iboralarni qo‘llaganlar, ya’ni "as-sobiq" namozni avval vaqtda o‘quvchi, "Al-muqtasid" o‘rta vaqtda o‘quvchi, "az-zolim" qazo qilib o‘quvchi. "As-sobiq" zakotni boshqa sadaqalar bilan birga beruvchi, "al-muqtasid" zakotning o‘zinigina beruvchi, "az-zolim" zakotni ham, sadaqani ham bermovchi.

Bu yerda ikki mufassirning tafsiri zohirda ikki xil bo‘lsa ham, ma’naviy jihatdan ularning orasini jamlash mumkin, ya’ni "as-sobiq" barcha farzu vojiblarni ado qilish bilan birga, qo‘shimcha hasanotlarni qilib, Allohga yaqin bo‘luvchi, "al-muqtasid" vojibotlarni bajarib, muharramotlarni tark etuvchi, "az-zolim" esa vojibotlarni tark etib, muharramotlarga mayl qiluvchi odamdir.

Agar ikki tafsirning orasini jamlash mumkin bo‘lmasa, masalan: biri qat’iy hukm qilgan narsani ikkinchisi zanniy hukm qilsa, albatta, qat’iy hukm olinadi.

Agar ikkovi ham hukmda teng bo‘lsa, ammo ular orasini jamlash mumkin bo‘lmasa, shubhasiz, naqliy tafsirning hukmi olinadi, shu shart bilanki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan yoki sahobalardan qilingan sahih naql bo‘lsa.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 06:55:00
4. Tadvin davri boshlanganda, boshqa ilmlar qatori tafsir ham juda ko‘p ulamolar tomonidan yozildi. Xususan bu tafsirlarning yozilish uslubi va mazmuni birbirini takrorlamasdan, turli soha bilimdonlari o‘z sohalarini ko‘proq yoritganlari diqqatga sazovordir.

Mufassir qaysi ilm yo‘nalishi bo‘yicha olim bo‘lsa, tafsirda ham asosiy e’tiborni o‘sha yo‘nalishga qaratgan. Masalan: Nahv, sarf olimlari Az-Zujoj, Al-Vohidiy "Al-Basit"da, Abu Hayyon "Al-Bahrul Muhit"da asosan nahv bo‘yicha e’roblar bayoniga ahamiyat bergan bo‘lsa, aqliy ilm egasi Al-Faxr Ar-Roziy "Mafotiyhul g‘oyb" tafsirida hukamolar fikri va falsafaga, fiqq ulamolari Al-Jassos va Al-Qurtubiy o‘z tafsirlarida fiqhiy hukmlarga, tarix olimlari As-Sa’labiy va Al-Xozin tarixiy qissalar va rivoyatlarga, mo‘‘taziliylardan Ar-Rummoniy, Al-Jubboiy, Al-Qoziy Abdul Jabbor, Mahmud Az-Zamaxshariy, Imomiylardan At--Tabriziy, Mullo Muhsin Al-Koshiylar o‘z mazhablari da’vatiga, tasavvufning Ibn Arabiy va Abu Abdurrahmon singari olimlari tasavvufiy ishorotlarga qattiq urg‘u berganlar.

Shunday qilib, Qur’oni Karimning ko‘plab, xilma-xil tafsirlari yuzaga kelganki, ularni sanab, ko‘pligidan va nihoyatda kattaligidan kishi hayajonga tushadi. Ibn Xallikon "Vafayotul-a’yon" kitobida yozishicha, mo‘‘taziliylarning shayxi Amr ibn Ubayd Al-Hasan Al-Basriydan rivoyat qilib Qur’onga juda katta tafsir yozgan. "œTabyiynu kizbil-muftariy" kitobi muallifining yozishiga qaraganda, Abul Hasan Al-Ash’ariy "Al-Muxtazan" nomli tafsir yozgan bo‘lib, uning hajmi yetmish mujalladdir. Ibn Arabiyning rivoyatiga ko‘ra, "Al-Muxtazan" besh yuz mujalladdir. (Al-Muqriziy, Tabyiynu kizbul muftariy, 133-136-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 06:57:25
Al-Juvayniyga nisbat berilgan tafsir ham juda katta hajmda bo‘lib, Qur’oni Karimning har bir oyatiga o‘n xildan ma’no berilgan. (O’sha manba, 257-b.)

Al-Qushayriy ham juda katta hajmli kitob yozgan. (O’sha manba, 273-b.)

Abu Hilol Al-Askariy "Kitobul-mahosin" nomli tafsir yozgan, uning hajmi besh mujalladdir. (At-tafsir «Ma’olimu hayotihi», 15-b.)

Ammo tabiiyki, bu tafsirlarning hammasi bizning davrimizgacha yetib kelmagan. Mavjudlarining ham barchasini mutolaa qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Shuning uchun quyida har bir mufassir o‘z bilimini ko‘rsatgan bir necha tafsirlarning ro‘yxatini berib, ular haqida mulohaza bayon etamiz:

1. "œMafotiyhul-g‘ayb". Muallifi Al-Faxrur Roziy.
2. "œAnvorut-tanzil va asrorut-ta’vil". Al-Bayzoviy.
3. "œMadorikut-tanzil va haqoiqut-ta’vil". An-Nasafiy.
4. "œLubobut-ta’vil fiy ma’onit-tanzil". Al-Xozin.
5. "œAl-Bahrul muhit". Muallifi Abu Hayyon.
6. "œG’aroibul Qur’on va Rag‘oibul Furqon". An-Naysoburiy.
7. "œTafsirul Jalolayn". Al-Jalol Al-Mahalliy va Al-Jalol As-Suyutiy.
8. "œAs-Sirojul munir". Al-Xatib Ash-Sharbiyniy.
9. "œIrshodul aqlis-salim". Abus Sa’ud.
10. "œRuhul-ma’oniy fiy tafsiril Qur’onil-azim vas-sab’ul masoniy". Al-Olusiy.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 07:03:21
Tayanch iboralar: Ijtihodda tarjih qilish, Naqliy tafsir bilan aqliy tafsirning ziddiyati, mufassirning sharhi, ma’noi muroddan uzoqlashish, jumlaning haqiqiy ma’nosi va majoziy ma’nosi, Qur’oni Karim  oyatlari "Fotiha" surasidan "Nos" surasigacha bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir, Har bir oyatning no.zil bo‘lishida biror sabab mavjud, munosabat va sababi nuzul, Qaysi bir lafzning ikki yoki undan ortiq ma’noga ehtimoli bo‘lsa", olim bo‘lmagan kishining u lafz ustida ijtihod qilishi joiz emas, haqiqati lug‘aviy yoki urfiy, ikkinchisi haqiqati shar’iy, "qar’un" so‘zining birinchi ma’nosi hayz ko‘rish, ikkinchi ma’nosi esa hayzdan poklanish, g‘ayri maqbul, mazmum va mardud, maqbul va mamduh, ikki tur tafsir o‘rtasidagi ziddiyat, "Qur’on", "Islom", "bandalik yo‘li", "Alloh va Rasuliga itoat", "as-sobiq" namozni avval vaqtda o‘quvchi, "al-muqtasid" o‘rta vaqtda o‘quvchi, "az-zolim" qazo qilib o‘quvchi, "as-sobiq" zakotni boshqa sadaqalar bilan birga beruvchi, "al-muqtasid" zakotning o‘zinigina beruvchi, "az-zolim" zakotni ham, sadaqani ham bermovchi, qat’iy hukm, zanniy hukm, naqliy tafsir, "Vafayotul-a’yon", "Tabyiynu kizbil-muftariy", Qur’oni Karimning har bir oyatiga o‘n xildan ma’no berilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 07:05:25
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Mufassir Qur’onni tafsir qilish asnosida qanday qoidalarga ri’oya etishi kerak?
2. Ijgihodda tarjih qilish uchun mufassir nimaga suyanishi zarur?
3. Naqliy tafsir bilan aqliy tafsir orasida paydo bo‘ladigan ziddiyatni qanday bartaraf etiladi?
4. Ra’y bilan qilingan tafsirlar bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?
5. Ra’y bilan qilingan tafsirlardan qaysilarini bilasiz?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Tafsiri Ibn Kasir. Bayrut. 1969. 1-j.
3. Yoqut. Mo‘‘jamul-udabo, 18-j. Bayrut. 1999.
4. Fatovo Ibn Taymiyya, 2-j. Bayrut. 1996.
5. Muhammad Tohir Ibn Ashur. At-tahrir vat-tanvir. Tunis. 1-15-t.
6. Al-Itqon. As-Suyutiy, 2-j.
7. Muqaddimatu Ibn Xaldun.
8. Abu Hayyon. Tafsiri Al-Bahrul muhit. 1-j.
9. Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut-tafsir.
10. At-Termiziy. Sunan. 2-j.
II. Imom Al-Buxoriy. Al-Jome’ As-Sahih. 1-4- jildlar. T. 1998.
12. Al-Muqriziy. Tabyiynu kizbil-muftariy.
13. At-tafsir "Ma’olimu hayotihi".
14. Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 1-juz’
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 07:08:03
24-MAVZU. AR-ROZIY. MAFOTIYHUL-G’AYB. AL-BAYZOVIY. ANVORUT-TANZIL.

Dars rejasi:
1.  Ar-Roziyning tarjimai holi.
2. "Mafotiyhul-g‘ayb" tafsirining ta’rifi va uning yozilish uslubi. Bu tafsirning Najmiddin Qumuliy tomonidan oxiriga yetkazilishi. Ar-Roziy tafsirida oyatlar va suralarning bir-biriga munosabati.
3. Ar-Roziy tafsirida matematika va astronomiya ilmiga ahamiyat. Ar-Roziy tafsirida mo‘‘tazila firqasiga salbiy munosabat. Unda fiqh, usul, nahv va balog‘at ilmlari.
4. Qoziy Al-Bayzoviyning tarjimai holi.
5. "Anvorut-tanzil va asrorut-ta’vil" tafsirining ta’rifi va uslubi. Bu tafsir Az-Zamaxshariyning "Al-Kashshof" tafsirining muxtasaridir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 07:22:39
1. Mufassirning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Al-Husayn ibn Al-Hasan ibn Ali At-Tamimiy Al-Bakriy At-Tabaristoniy Ar-Roziy bo‘lib, laqabi Faxruddin, Ibn Al-Xatib Ash-Shofi’iy nomi bilan mashhur. U hijriy sananing besh yuz qirq to‘rtinchi yilida tavallud topgan.

Ar-Roziy zamonasining ilmda yagonasi, ko‘p ilm to‘plab, ko‘pchilikni bahramand ham qilgan ustoz edi. Ulamolar uni tafsir va kalomda, aqliy ilmlarda, lug‘atda beqiyos bo‘lib, butun olamga dovrug‘i ketgan edi, uzoq yerlardan uni qora tortib ziyoratiga va ilmidan bahra olishga keluvchilar ko‘p edi, deb ta’rif berishgan.

Ar-Roziy avval otasi, Ray shahrining xatibi nomi bilan tanilgan Ziyouddindan, keyin esa Al-Kamol As-Sam’oniy, Al-Majd Al-Jiyliy va boshqa ko‘p ulamolardan ta’lim oldi. U ham arab tilida, ham ajam tilida ma’ruza qilish bilan shuhrat topdi. Uning ma’ruzasi shunday ta’sirli ediki, butun eshituvchilar, hattoki o‘zi ham yig‘lardi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 07:25:58
Ar-Roziy turli mavzu’larda juda ko‘p kitob tasnif qilgan, uning kitoblari ko‘p mamlaqatlarga tarqalgan.

Uning yozgan kitoblaridan eng muhimlari quyidagilardir:

1. "Mafotiyhul-g‘ayb" tafsiri.
2. "Tafsiru sura "Al-Fotiha".
3. "Al-Matolibul oliya" va "Kitobul bayon val-burhon" kalom ilmi haqida.
4. "Al-Mahsul" usulul-fiqh haqida.
5. "Al-Mulaxxas", "Sharhul-ishorot" va "Sharhu uyunul-hikma" hikmat haqida.
6.  "As-sirrul maknun" tilsimot haqida.
7. "Ash-Sharhul vajiz" fiqh haqida va boshqalar.

Ar-Roziy hijriy sananing olti yuz oltinchi yilida Ray shahrida vafot etdi. Uning vafoti haqida shunday rivoyat mavjud, ya’ni Ar-Roziy bilan rofiziylarning Al-Karromiyya firqasi o‘rtasida qattiq ixtilof bor edi. Bu ixtilof adovatga aylandi va ular Ar-Roziyni zaharlab o‘ldirdilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 07:35:58
2. Ar-Roziyning "Mafotiyhul-g‘ayb" nomli tafsiri katta-katta sakkiz jilddan iborat va u nashr etilgan, ulamolar orasida qo‘lma-qo‘l bo‘lgan mo‘‘tabar asardir.
Ammo Ibn Qoziy Shahbaning aytishicha, Ar-Roziy mazkur tafsirini tugata olmagan. Xuddi shunday ma’lumotni Ibn Xallikon "Vafayotul-a’yon" kitobida ham yozgan. U holda: "Ar-Roziy tafsirini qaysi joyida to‘xtatgan? Uning tafsirini kim nihoyasiga yetkazgan?"— degan savol tug‘iladi.

Ibn Al-Hajar Al-Asqaloniy "Ad-durar al-komina fiy a’yon al-miatis-somina" kitobida shunday yozadi: "Faxruddin Ar-Roziyning tafsirini nihoyasiga yetkazgan odam Ahmad ibn Muhammad ibn Abul Hazm Najmiddin Al-Maxzumiy Al-Qumuliy Al-Misriydir". (Ad-durar al-komina. 1-j. 304-b.)

"Kashfuz-zunun" kitobi sohibining yozishicha, Ar-Roziyning tugallanmagan tafsirini Najmiddin Ahmad ibn Muhammad Al-Qumuliy nihoyasiga yetkazgan va yetti yuz yigirma yettinchi hijriy yilda vafot etgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 07:37:01
Qozil-quzot Shahobiddin ibn Xalil Al-Xivaiy Ad-Dimashqiy ham Ar-Roziy tafsirining qolgan qismini oxiriga yetkazgan. Uning vafoti olti yuz o‘ttiz to‘qqizinchi hajriyda bo‘ldi.

"Kashfuz-zunun" ning guvohlik berishicha, Faxriddin Ar-Roziy o‘z tafsirini "Al-Anbiyo" surasigacha yetkazgan.

Ar-Roziyning tafsiri ulamolar orasida juda shuhrat topgan, chunki u boshqa tafsirlardan o‘zining bahslarga boyligi bilan ajralib turadi.

Ibn Xallikon uning tavsifida shunday degan: "Al-Faxr Ar-Roziy o‘z tafsirida ko‘p ajoyibotlarni jamlagan".

Ar-Roziy tafsirida oyat va suralarning o‘zaro bog‘liqligi va munosabati to‘g‘risida bir emas, bir necha dalillar keltirgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 07:41:43
3. Ar-Roziy tafsirda matematika va tabiat ilmlariga, xususan, astronomiyaga qattiq ahamiyat bergan, faylasuflarning fikrlariga raddiyalar keltirgan.

Muallifning ilohiyot bahslaridagi barcha raddiyalari aqliy dalillarga asoslangan bo‘lsa ham, bu boradagi ahli sunnat mazhabidan chetga chiqmagan.

Ar-Roziy bir e’tiqodli sunniy sifatida kalom masalalarida "ahli sunna"ning e’tiqodini qattiq himoya qiladi va fursat yetdi deguncha mo‘‘taziliylarning e’tiqodlarini gapirib, ularga raddiya berishga shoshiladi.

Ammo munaqqid ulamolar ArRoziyning raddiyalari juda bo‘sh ekanligini aytganlar. Masalan:

Al-Hofiz ibn Hajar "œLisonul-mezon" kitobida shunday deydi: "Ar-Roziy qattiq shubha bilan ayblaydi, hal qilishga kelganda esa quvvati kelmaydi. Hatto uning ba’zi raqiblari: "Shubhani naqd keltiradi, hal qilishni esa unutadi",— deb ayblaganlar". (Lisonul-mezon, 4-j. 427-b.)

Ibn Hajar yana deydi: "Men An-Najm At-Tavfiyning "Al-Iksir fiy ilmit-tafsir" ida ko‘rganman. U shunday yozadi: "Men tafsirlar orasida Al-Qurtubiyning va Ar-Roziyning tafsirlaridan jomi’roq va komilroq tafsirni uchratmadim. Lekin Ar-Roziyning tafsirida nuqson ko‘proq".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 07:49:37
Al-Faxr Ar-Roziy Qur’oni Karimning biror hukm oyatini tafsir qilarkan, albatta bu haqda barcha fuqaholarning mazhablarini keltiradi. Nihoyasida o‘zi taqlid qiladigan Shofe’iy mazhabining afzalligini dalillar bilan tasdiqlashga harakat qiladi.

Shuningdek, tafsirda usuliy, nahviy, balog‘iy masalalar ham keng yoritilgan. Ammo olam va tabiat hamda kalom ilmlariga shu darajada keng o‘rin berilganki, go‘yo mufassir tafsir yozayotganini unutgandek, uni mutolaa qilgan tolibning xayoliga: "Men kalom ilmi haqidagi kitob mutolaa qilyapman",—degan fikr paydo bo‘ladi.

Shuning uchun, "Kashfuz-zunun"ning sohibi: "Imom Al-Faxr Ar-Roziy tafsirini faylasuflar va hakimlarning gaplari bilan to‘ldirgan",— deydi.

Abu Hayyon "Al-Bahrul muhit" da shunday degan: "Al-Imom Ar-Roziy tafsirida juda uzun va ko‘p, ammo tafsirga keraksiz narsalarni jamlagan. Shu sababli ba’zilar: "Ar-Roziyning tafsirida hamma gap bor, ammo tafsirning o‘zi yo‘q",— deb ta’na qilishadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 07:52:43
4. Al-Bayzoviyning to‘liq nomi qozil-quzot Nosiriddin Abul Xayr Abdulloh ibn Umar ibn Muhammad ibn Ali Al-Bayzoviy Ash-Shofi’iy bo‘lib, jinsi Fors mamlakatidandir.
Ibn Qozi Shahba "Tabaqot"ida shunday yozadi: "œAl-Bayzoviy ko‘p kitoblar muallifi, Ozarbayjon olimi va shayxi, Sherozning qozisi bo‘lgan".

As-Sabukiy ham u haqida: "Ulug‘ imom, saxovatli inson, ibodatli valiy edi",— deb guvohlik bergan.

Ibn Habib aytadi: "Barcha ulamolar uning asarlariga yuqori baho berganlar".

As-Sabukiy va Al-Asnaviyning yozishicha, Al-Bayzoviy olti yuz to‘qson birinchi hijriy yilda, Ibn Kasirning shohidlik berishicha, olti yuz sakson beshinchi hijriy yidda Tabrizda vafot etgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 07:58:07
5. Uning eng mashhur asarlaridan "œAl-Minhoj" va uning sharhi usulul-fiqhga doir, "œAt-Tavole’" usuluddin haqida, "œAnvorut-tanzil va asrorut-ta’vil" esa Qur’oni Karimning tafsiridir. Bu tafsir o‘rtacha hajmda bo‘lib, unda mufassir tafsir bilan ta’vilning o‘rtasini arab tili qoidalariga muvofiq jamlagan, dalillarni esa "ahli sunna val jamoa" e’tiqodiga muvofiq keltirgan.

Al-Bayzoviy mazkur tafsirining muqaddimasida shunday yozadi: "Men ko‘pdan sahobalarning ulug‘laridan va tobi’iylarning ulamolaridan menga yetib kelgan tafsir va o‘zim hamda mendan avval yashab o‘tgan ulamolar istinbot qilgan fikrlar, nuqtalarni o‘zida mujassam etgan, sakkiz qurrodan eshitilgan qiroat yo‘llarini ham o‘z ichiga olgan bir kitob yozishni orzu qilib yurardim. Ammo tayyorgarligim va to‘plagan manbalarim yetarli bo‘lmaganidan, men bu ulug‘ ishni boshlashdan andisha qilib yurardim. Alloh Ta’olo menga bu ishga kirishishim bashoratini berdi. Men niyat qilgan kitobimni "Anvorut-tanzil va asrorut-ta’vil" deb nomladim". (Al-Bayzoviy. Anvorut-tanzil va asrorut-ta’vil. 1-j. 6-b.)

Al-Bayzoviy o‘z tafsirini mukammal nihoyasiga yetkazgani haqida kitobning 5-jild,  204-betida ma’lumot bergan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 08:03:20
Al-Bayzoviyning mazkur tafsiri Az-Zamaxshariyning "Al-Kashshof" tafsiri muxtasaridir. Lekin Al-Bayzoviy mo‘‘taziliy e’tiqodiga aloqador narsalarni tark qilgan. Shunga qaramasdan, tafsirda Az-Zamaxshariyning fikrini tasdiqlab qo‘ygan joylari ham mavjud. Masalan, "Baqara" surasining 275-oyati:

الَّذِينَ يَأْكُلُونَ الرِّبَا لا يَقُومُونَ إِلا كَمَا يَقُومُ الَّذِي يَتَخَبَّطُهُ الشَّيْطَانُ مِنَ الْمَسِّ

"Sudxo‘rlar (qiyomat kuni qabrlaridan) jin chalib ketgan odam (Jin chalib ketgan odamning qiyofasi hayvonlardan, masalan, maymun, it yoki cho‘chqaga o‘xshab qoladi yoki yuz qiyofasi o‘zgarib, a’zolari qiyshayib, o‘zini tik tutolmaydigan holga tushib qoladi) kabi (holatda) qo‘padilar" (Baqara, 275)ning tafsirida shunday deydi: "...yuz qiyofasi o‘zgargan holda turadi. Ularning gumonicha, insonni jin chalsa, og‘zi-burni va boshqa a’zolari qiyshayib, asli holini yo‘qotadi". Muallif keyin "jin chalishni" jinnilikka tafsir qiladi va deydi: "Ularning yana bir gumonicha, "albatta jin odamni chalsa, u aqlini yo‘qotadi". (Az-Zamaxshariy. Al-Kashshof. 1-j. 267-b.)

Al-Bayzoviyning keyingi tafsiri Az-Zamaxshariyning fikriga mos, ya’ni mo‘‘taziliylar, jumladan, Az-Zamaxshariyning e’tiqodicha, jin insonga faqat vasvasa va ig‘vo qilish bilangina ta’sir o‘tkazadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 08:05:19
Shuningdek, Al-Bayzoviy "Kashshof"ning muallifi qilganidek, har bir suraning oxirida, shu suraning fazilati, uni qiroat qilgan kishiga beriladigan ajr-savoblar bayon etilgan hadisni ham rivoyat qilib keltiradi. Holbuki, barcha ulamolar bu hadislarning yolg‘onligiga ittifoq qilganlar. Tafsir va hadis ilmi bo‘yicha ulamolar nazdida katta martabaga ega bo‘lgan Al-Bayzoviydek olim uchun bunday yolg‘on hadislarga aldanish va Az-Zamaxshariyga ergashib, ularni har bir sura oxirida keltirish katta nuqson hisoblanadi.

Ammo Muhammad Husayn Az-Zahabiy o‘zining "At-tafsir val-mufassirun" kitobida "Kashfuz-zunun" sohibining iborasini keltirib, Al-Bayzoviyning ma’zur ekanligini aytadi: "Ammo suralarning oxirida keltirilgan hadislarga kelsak, bu narsa Al-Bayzoviyning qalb oynasi o‘ta sof, Parvardigorning tajalliysiga munosib ko‘rilgan inson bo‘lganini bildiradi. Shuning uchun u bag‘rikenglik qilgan, hadislarning sahih yoki zaifligidan qat’i nazar targ‘ib va ta’vilga astoydil bel bog‘lagan va mana shu amal tufayli biroz qilingan xatoni afv etilishiga umid bog‘lagan". (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 1961. 303-b.)

Ammo Al-Bayzoviy o‘z tafsirida boshqa mufassirlar, masalan, Al-Faxr Ar-Roziy, Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniyning tafsirlaridan ham foydalangan, ularga yana sahobalar va tobi’iylardan vorid bo‘lgan rivoyatlarni qo‘shgan. Buning ustiga aql va farosat bilan nozik latifalar, nuktalar va istinbotlarni tafsir orasiga kiritib yuborganki, bu ajoyib uslub tafsirning jozibasini oshirgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 08:08:23
Al-Bayzoviyning tafsirida mutavotir yoki shoz rivoyatligiga qaramasdan keltirilgan bo‘lsa ham qiroatlar, qisqa bo‘lsa ham nahviy qoidalar, ahkom oyatlarining tafsirida fiqqiy masalalar bayon etilgan. Ba’zi mufassirlarda kuzatilganidek, Al-Bayzoviy ham o‘zi taqlid qiladigan Shofe’iy mazhabining afzalligini aytib o‘tishga fiqhiy masalalarda ahamiyat bergan.

Al-Bayzoviy tafsirining ko‘p joyida "ahli sunna" mazhabi bilan bir qatorda "mo‘‘taziliy" mazhabini ham  astoydil taqrir qilganining guvohi bo‘lamiz. Masalan, "Baqara" surasining 2-3- oyatlari:

ذَلِكَ الْكِتَابُ لا رَيْبَ فِيهِ هُدًى لِلْمُتَّقِينَ (٢)الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ وَيُقِيمُونَ الصَّلاةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ


"(Qur’on) taqvodorlar uchun hidoyat manbaidirkim, ular g‘oyib (diniy xabarlarga) imon keltiradigan, namozni mukammal o‘qiydigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan (sadaqa va) ehson qiladiganlardir". (Baqara, 2-3-oyatlar) tafsirida "imon" va "nifoq" haqida "ahli sunna val-jamoa", mo‘‘tazila va xorijiylarning fikrlarini to‘la keltirgan va "ahli sunna"ning mazhabini quvvatlab qo‘ygan". (Al-Bayzoviy. Anvorut-tanzil va asrorut-ta’vil. 1-j. 53-56-b.)

Mazkur oyatning: "Biz rizq qilib bergan narsalardan (sadaqa va) ehson qiladilar", — degan jumlasi tafsirida "rizq" haqidagi "ahli sunna" va mo‘‘tazila fikrlarini batafsil bayon etib, bu boradagi "ahli sunna" e’tiqodini tarjih qiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 08:10:35
Al-Bayzoviy o‘z tafsirida isroiliyotlarni juda kam rivoyat qilgan. Zarurat jihatidan rivoyat qilgan joylarida ham "rivoyat qilingan", "aytilgan" deb zaifligiga ishora qiladi. Masalan, "An-Naml" surasining 22-oyati:

فَمَكَثَ غَيْرَ بَعِيدٍ فَقَالَ أَحَطتُ بِمَا لَمْ تُحِطْ بِهِ وَجِئْتُكَ مِنْ سَبَإٍ بِنَبَإٍ يَقِينٍ

"So‘ng uzoq vaqt qolmay (hudhud kelib) dedi: "Men sen ogoh bo‘lmagan narsalardan ogoh bo‘ldim va senga Saba’ (shahri)dan ishonchli xabar keltirdim". (Naml, 22)

Mufassir ushbu oyatni tafsir qilib bo‘lgandan keyin, Sulaymon payg‘ambar haqida, u Baytul-muqaddasni qurib bitkazib, hajga tayyorgarlik qilgani haqida rivoyat keltiradi va unda keltirilgan odatdan tashqari ko‘ringan narsalar oddiy narsalar ekanligini aytib, bu rivoyatning sahihligiga o‘ta ishonch yo‘qligiga ham ishora qiladi: "Allohning qudratiga, uning ajoyibotlariga dalolat qiluvchi, Alloh tomonidan o‘zining xos bandalariga bergan bundan ham ulug‘ mo‘‘jizalar borki, uning guvohi bo‘lgan kishi ajoyibligini biladi, ko‘rmagan kishi esa inkor qiladi". (Al-Bayzoviy. Anvorut-tanzil va asrorut-ta’vil. 4-j. 115-b.)

Al-Bayzoviy o‘z tafsirida ko‘proq  Ar-Roziyning tafsiridan foydalangani uchun, olam va tabiat haqidagi oyatlariga duch kelganda, ularni befarq qoldirmasdan, juda keng sharhlagan.

Xulosa qilib aytganda, Qoziy Al-Bayzoviyning "Anvorut-tanzil va asrorut-ta’vil" nomli tafsir kitobi, shu uslubda yozilgan barcha tafsirlarning eng mo‘‘tabari, Allohning kalomini to‘g‘ri va mukammal tushunishni, uning sir-asrorini bilishni istagan har bir tolib uchun ajoyib manbadir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 08:11:20
Tayanch iboralar: Ar-Roziy, "œMafotiyhul-g‘ayb", Al-Bayzoviy, "œAnvorut-tanzil", Uning ma’ruzasi shunday ta’sirli ediki, butun eshituvchilar, hattoki o‘zi ham yig‘lardi, matematika va astronomiya ilmi, mo‘‘tazila firqasi, Al-Kamol As-Sam’oniy, Al-Majd Al-Jiyliy, "Tafsiru sura "Al-Fotiha", "Al-Matolibul oliya" va "Kitobul-bayon val-burhon" kalom ilmi haqida, "Al-Mahsul" usulul-fiqh haqida, "Al-Mulaxxas", "Sharhul-ishorot" va "Sharhu uyunul-hikma" hikmat haqida, "As-sirrul maknun" tilsimot haqida, "Ash-Sharhul vajiz" fiqh haqida, "Ad-durar al-komina fiy a’yon al-miatis somina", "Faxriddin Ar-Roziyning tafsirini nihoyasiga yetkazgan odam Ahmad ibn Muhammad ibn Abul Hazm Najmiddin Al-Maxzumiy Al-Qumuliy Al-Misriydir",  "imon"  va "nifoq" haqida "ahli sunna val jamoa", mo‘‘tazila va xorijiylarning fikrlari, olam va tabiat, ilohiyot bahslaridagi barcha raddiyalari, "Ar-Roziy qattiq shubha bilan ayblaydi, hal qilishga kelganda esa quvvati kelmaydi", Hatto uning ba’zi raqiblari: "Shubhani naqd keltiradi, hal qilishni esa unutadi",— deb ayblaganlar", "Al-Iksir fiy ilmit-tafsir", ba’zilar: "Ar-Roziyning tafsirida hamma gap bor, ammo tafsirning o‘zi yo‘q",— deb ta’na qilishadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 14 Oktyabr 2008, 08:12:28
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Ar-Roziyning tarjimai holini bilasizmi?
2. "Mafotiyhul-g‘ayb" tafsiri qaysi olim tomonidan nihoyasiga yetkazilgan?
3. Ar-Roziy tafsirida matematika, astronomiya, fiqh, usul, nahv va balog‘at ilmlariga qanday ahamiyat berilgan?.
4. Qoziy Al-Bayzoviyning tarjimai holi borasida nimalarni bilasiz?
5.  "Anvorut-tanzil va asrorut-ta’vil" tafsiri, uning uslubi haqida nima deya olasiz?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan   adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Tafsiri Ibn Kasir. Bayrut. 1969. 1-j.
3. Yoqut. Mo‘‘jamul-udabo, 1-8-j. Bayrut. 1999.
4. Fatovo Ibn Taymiyya, 2-j. Bayrut. 1996.
5. Muhammad Tohir Ibn Ashur. At-tahrir vat-tanvir. Tunis. 1-15-t.
6. Al-Itqon. As-Suyutiy, 2-j.
7. Al-Hofiz ibn Hajar. Lisonul-mezon. 4-j.
8. Abu Hayyon. Tafsiri Al-Bahrul muhit. 1-j.
9. Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut-tafsir.
10. Az-Zamaxshariy. Al-Kashshof.
11. Imom Al-Buxoriy. Al-Jome’ As-Sahih. 1-4-jildlar. T. 1998.
12. Ar-Roziy. Mafotiyhul-g‘ayb.
13. Al-Bayzoviy. Anvorut-tanzil.
14. Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 1-juz’
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 16 Oktyabr 2008, 07:25:51
25-MAVZU. AN-NASAFIY. "MADORIKUT-TANZIL VA HAQOIQUT-TA’VIL". AL-XOZIN. "LUBOBUT-TA’VIL FIY MA’ONIT-TANZIL".

Dars rejasi:
1.  An-Nasafiyning tarjimai holi.
2. "Madorikut-tanzil va haqoiqut-ta’vil" tafsirining yozilishi va uslubi. Bu tafsirda nahv, qiroat, fiqh masalalariga juda katta o‘rin berilganligi. Unda isroiliyotlardan foydalanmaslik.
3.  Al-Xozinning tarjimai holi.
4. "Lubobut-ta’vil fiy ma’onit-tanzil" tafsirining ta’rifi va uslubi. Uning Al-Bag‘aviyning "Ma’olimut-tanzil" tafsiridan muxtasar qilinganligi. Isroiliyotlarga keng o‘rin berilganligi. Tarixiy axborlarga keng o‘rin berilganligi. Unda fiqhiy masalalar keng yoritilgani.
5.  Mazkur tafsir mav’iza uchun yozilgani va tarhib-targ‘ib hadislari keng sharhlangani.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 16 Oktyabr 2008, 07:49:16
1. An-Nasafiyning to‘liq nomi Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud An-Nasafiy Al-Hanafiy bo‘lib, mutaaxxir zohidlardan va mo‘‘tabar imomlardan biridir. Uning benazir faqih va hadis hamda Qur’on ilmlarida mohir bo‘lganligi kitoblarda zikr etilgan. Ko‘pchilik olimlar singari An-Nasafiy ham fiqq va usulul-fiqh ilmlarida asarlar yozgan. U tasnif etgan kitoblar orasida far’iy masalalar borasidagi "Matnul-vofiy" va uning sharhi "Al-Kofiy", fiqh haqidagi "Kanzud-daqoiq", usuli fiqh borasida "Al-Manor", usulud-dinni yoritgan "Al-Umda" kitoblari va "Madorikut-tanzil va haqoiqut-ta’vil" nomli tafsiri eng muhim va mo‘‘tabar asarlaridir. Uning tafsiri ulamolar orasida mashhur va qo‘lma-qo‘l bo‘lib o‘rganiladi. An-Nasafiyning shogirdlaridan Shamsul-aimma Al-Kurdiy ustozidan fiqh ilmini, Ahmad ibn Muhammad Al-Itobiy esa rivoyat-hadis ilmini o‘rgangan.

An-Nasafiy yetti yuz birinchi hijriy yilida vafot etdi va Bakristonning Ayzaj shahrida dafn etildi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 16 Oktyabr 2008, 07:50:52
2. An-Nasafiyning "Madorikut-tanzil va haqoiqut-ta’vil" nomli tafsiri Al-Bayzoviy va Az-Zamaxshariyning tafsirlaridan qisqartirib olingan. Lekin muallif "Kashshof"dagi mo‘tazila e’tiqodiga muvofiq masalalarni chiqarib tashlab, ularni "ahli sunna"  e’tiqodiga mos ravishda yozgan. Bu tafsir o‘rtacha hajmda bo‘lib, unda qiroatlar, e’rob yo‘nalishlari bilan birga "Kashshof"dagi balog‘iy nuqtalar, go‘zal iboralar, nozik ma’nolarni kashf qilish kabi fazilatlar jamlangan.

Tafsirning uslubi "Kashshof"dagidek savol-javob uslubidadir. Biroq unda "agar unday so‘ralsa, bunday javob beriladi" qabilida emas, oyatning tafsiri asnosida go‘yo yashirin savol paydo bo‘lgan-u, yozayotgan tafsir o‘shanga javob bo‘layotgandek uslub tanlangan. Shuningdek, "Kashshof" muallifi singari bu tafsirda har bir suraning oxirida, uning fazilatini bildiruvchi mavzu’ hadislardan foydalanilmagan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 16 Oktyabr 2008, 08:10:10
"Kashfuz-zunun" sohibining yozishicha, An-Nasafiy tafsirini Ash-Shayx Zayniddin Abu Muhammad Abdurrahmon ibn Abu Bakr ibn Al-Ayniy muxtasar qilgan va unga ba’zi narsalarni qo‘shgan". (Kashfuz-zunun. 2-j. 248-b.) Lekin bu muxtasar tafsir hozir mavjud emas. An-Nasafiy tafsirida ba’zi oyatlarning nahviy qoidasiga ham unchalik chuqur bo‘lmasa-da, to‘xtalgan. Masalan, "Baqara" surasining 217-oyati

يَسْأَلُونَكَ عَنِ الشَّهْرِ الْحَرَامِ قِتَالٍ فِيهِ قُلْ قِتَالٌ فِيهِ كَبِيرٌ وَصَدٌّ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ وَكُفْرٌ بِهِ وَالْمَسْجِدِ الْحَرَامِ وَإِخْرَاجُ أَهْلِهِ مِنْهُ أَكْبَرُ عِنْدَ اللَّهِ

"Sizdan "Shahri harom"da jang qilish hukmi haqida so‘raydilar. Ayting: "Unda jang qilish katta gunohdir. (Odamlarni) Alloh yo‘lidan qaytarish, Unga kufr keltirish va (hojilarni) Masjidi Haromdan to‘sish hamda aholisini quvib chikarish Alloh nazdida yana ham kattaroq gunohdir" (Baqara, 217) tafsirida muallif shunday yozadi: "Al-masjidul harom" so‘zi "sabilillah"ga ma’tuf bo‘lib, oyatning ma’nosi "Alloh yo‘lidan qaytarish va Masjidi Haromdan to‘sish",— deb tafsir qilinadi.

Al-Farro (Nahviy olimlardan biri) esa:
"Al-masjidul harom" "bihi" so‘zidagi zamirga ma’tuf bo‘ladi va oyatning ma’nosi: "Unga va Masjidi Haromga kufr keltirishdir" — deb tafsir qilinadi",— deydi. Holbuki, Basra nahviy olimlari nazdida majrur bo‘lgan zamirga ismni ma’tuf qilish joiz emas. Joiz qilish uchun "harfi jor"ni takror keltirish kerak bo‘ladi. Masalan: "Marartu bihi va zaydin",— deyish joiz emas, "Marartu bihi va bizaydin",— deyishlik joiz.

Agar Al-Farroning so‘zi to‘g‘ri bo‘lganda, oyatning tarkibi ham "Va kufrun bihi va bil-masjidil harom" bo‘lishi kerak edi". (An-Nasafiy. Madorikut-tanzil va haqoiqut-ta’vil. 1-j.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 16 Oktyabr 2008, 08:15:04
Muallif o‘z tafsirida mutavotir yetti qiroat va ularning qurrolari haqida batafsil bayon qilgan.

Shuningdek, fiqhga oid oyatlarning tafsirida ham hanafiy mazhab nuqtai nazaridan hukmlar chiqarib, boshqa mazhab hukmlariga raddiyalar bergan.

Ammo isroiliyotlar masalasiga kelsak, ulardan juda kam foydalangan. Ba’zisiga o‘z munosabatini bildirgan, ba’zisiga esa yo‘q. Masalan: "An-Naml" surasining 16-oyati

وَوَرِثَ سُلَيْمَانُ دَاوُدَ وَقَالَ يَا أَيُّهَا النَّاسُ عُلِّمْنَا مَنْطِقَ الطَّيْرِ

"Sulaymon (payg‘ambarlik va podsholikda) Dovudga voris bo‘ldi va aytdi: "Ey odamlar, bizga qush tili bilirildi" (Naml, 16) — tafsirida shunday yozadi: "Rivoyat qilinishicha, yovvoyi kaptar: "Koshkiydi, mana shu xalq yaratilmagan bo‘lsa", tovus: "Har kim qilmishiga yarasha oladi", popishak: "Ey gunohkorlar, Allohga istig‘for aytinglar!", xattof (qaldirg‘och singari qanoti uzun qush): "Yaxshilik qilinglar, foydasini topasizlar", kaklik: "Osmonlar va Yer to‘lguncha rabbimga tasbeh aytaman", qumri: "Ey poko parvardigor, sen buyuksan", lochin: "hamma narsa halok bo‘ladi, yolg‘iz Alloh qoladi", qatot (chumchukdan kattaroq bo‘lgan cho‘l qushi): "Kim sukut saklasa, salomat bo‘ladi", xo‘roz: "Ey g‘ofillar, Allohni eslanglar", burgut: "Ey odamzod, qanday yashasang ham, oxiring o‘limdir", hakka: "Odamlardan uzoq bo‘lish Alloqga yaqinlikdir", qurbaqa: "Buyuk rabbim pokdir"— deb sayrar ekan". (An-Nasafiy. Madorikut-tanzil va haqoiqut-ta’vil. 3-j. 156-b.)

Parrandalar haqidagi ushbu rivoyatga An-Nasafiy hech qanday munosabat bildirmagan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 16 Oktyabr 2008, 08:20:49
Mazkur suraning yana bir oyati (35) tafsirida Bilqisning yuboradigan hadyasi haqida hudhud Sulaymon (a.s.)ga xabar berishi, Bilqis o‘z hadyasi bilan Allohning payg‘ambarini sinab ko‘rishi haqidagi rivoyatlar ham kimningdir xayolan to‘qigan yolg‘on rivoyati bo‘lishiga qaramasdan An-Nasafiy u rivoyatlarga nisbatan o‘z raddiyasini bermagan.

"Sod" surasining 21-22-oyatlari tafsirida Dovud (a.s.) o‘z lashkarboshisi Uriyoni, uning xotinini tortib olish va unga uylanish uchun Balqo urushiga qayta-qayta yuborib, go‘yo o‘limga mahkum etishi haqidagi rivoyatni keltirib, unga biroz bo‘lsa-da o‘z munosabatini bildiradi: "Bunday tuhmat Allohning payg‘ambari u yoqda tursin, solixlik bilan nom qozongan oddiy odamga ham munosib emas. (An-Nasafiy. Madorikut-tanzil va haqoiqut-ta’vil. 4-j. 293-b.) Bu haqda hazrat Ali (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda, u kishi shunday deganlar: "Agar kim sizlarga Dovud (a.s.) haqidagi to‘qilgan bo‘hton qissani rivoyat qilsa, uni bir yuz oltmish darra urdiraman. Payg‘ambarlarga tuhmat qilgan kishining jazosi shunday bo‘ladi". (An-Nasafiy. Madorikut-tanzil va haqoiqut-ta’vil. 4-j. 293-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 16 Oktyabr 2008, 08:24:33
"Sod"' surasining 34-oyati

وَلَقَدْ فَتَنَّا سُلَيْمَانَ وَأَلْقَيْنَا عَلَى كُرْسِيِّهِ جَسَدًا ثُمَّ أَنَابَ

"Sulaymonni imtihon qildik va uning taxti ustiga bir (jonsiz) jasadni tashladik. Keyin u tavba qildi..." (Sod, 34.) tafsirida Sulaymon (a.s.)ning obro‘lariga putur yetkazmaydigyn rivoyatlarni keltirib, keyin shunday yozadi: "Ammo uzuk va shayton hamda Sulaymon (a.s.) ning uylarida qandaydir narsaga ibodat qilinishi haqidagi rivoyatlar yahudiylar tomonidan to‘qilgan botil rivoyatlardir." (O’sha manba, 4-j. 32-b.)

Ushbu oyatning tafsiridan so‘ng, An-Nasafiy tolibning e’tiborini payg‘ambarlar obro‘sining ketishiga sabab bo‘ladigan yolg‘on rivoyatlarga qaratadi va ularni rad qilib, tanbeh beradi.

An-Nasafiyning mazkur tafsiri to‘rt jildli qilib nashr etilgan va hozirda u ulamolar orasida qo‘lma-qo‘ldir. Alloh Ta’olo muallifning boshqa asarlaridek, bu tafsirni ham odamlarga nofe’ qilgan bo‘lsin!
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 16 Oktyabr 2008, 08:29:31
3. Al-Xozinning to‘liq nomi Alouddin Abul Hasan Ali ibn Muhammad ibn Ibrohim ibn Umar ibn Xalil Ash-Shayhiy (Halab atrofidagi Shayha nomli shaharga nisbat berilgan) Al-Bag‘dodiy Ash-Shofi’iy As-Sufiy bo‘lib, ulamolar orasida Al-Xozin laqabi bilan mashhur. U uzoq vaqt Damashqdagi "As-Sumaysotiyya" kutubxonasida ishlagan.

U olti yuz yetmish sakkizinchi hijriy yilda Bag‘dodda tug‘iddi. Bag‘dodda unga birinchi ustozlik qilgan olim Ibn Ad-Davolibiydir. Keyin Damashqqa kelib, Al-Qosim ibn Muzaffar va Vazira binti Umardan ilm o‘rgandi.

Qozi Ibn Abu Shahbaning yozishicha, Al-Xozin haqiqiy ahli ilmlardan sanaladi. U nimaiki o‘rgangan bo‘lsa, uni ta’lif ham qilgan, muallafotlarini ma’ruzalarida gapirib ham bergan.

Al-Xozindan juda ko‘p asarlar qolgan. Ularning eng muhimlari: "Lubobut-ta’vil fiy ma’onit-tanzil" Qur’oni Karimning tafsiridir. "Umdatul-ahkom" kitobining sharhi va o‘n jildli "Maqbulul-manqul" ham Al-Xozin qalamiga mansub. Muallif bu kitobda Ash-Shofi’iyning va Ahmadning musnadlari, "Sihohi sitta", Muvatto va Ad-Doruqutniyning sunanidan hadislarni terib olib, uni boblarga ajratib, Payg‘ambarimizning siyratlarini jam qilgan. (Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hayot va faoliyatlari to‘la aks etshrilgan tarix kitobini yozgan)

Ulamolarning guvohlik berishlaricha, Al-Xozin ochiq yuzli, qomatlari kelishgan, odamlarni do‘st tutgan, so‘fiy kishi edi. Yetti yuz qirq birinchi hijriy yilda Halab shaxrida vafot etgan. (Ad-Dovudiy. Tabaqotul-mufassirin. 178-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 16 Oktyabr 2008, 08:42:07
4. Al-Xozin o‘zining "Lubobut-ta’vil fiy ma’onit-tanzil" nomli tafsirini Al-Bag‘aviyning "Ma’olimut-tanzil" tafsiridan muxtasar qilgan va undan avval yozilgan tafsirlardan ham iqgiboslar olib ko‘shgan. Al-Xozin iqtiboslarning ko‘pini naqliy tafsirlardan olgan, biroq rivoyatlarning sanadi tark qilingan. Bulardan tashqari tafsirda tarixiy xabarlar va isroiliyotlar juda ko‘p.

Muallif ushbu tafsirning muqaddimasida shunday deydi: "Zamonasining tengsiz olimi, ulug‘ mufassir Abu Muhammad Al-Husayn ibn Mas’ud Al-Bag‘aviy tomonidan ta’lif etilgan "Ma’olimmut-tanzil" tafsiri boshqa tafsirlar orasida eng komili, shubha va tabdillardan xoli bo‘lgani uchun men u tafsirning eng kerakli joyini ajratib olib, unga boshqa tafsirlarda ko‘rganlarimdan ham iqtiboslar qilib, asarning asl ma’nosini saqlab qolgan holda muxtasar qilishni niyat qildim. Asosiy maqsad ixchamlashtirish bo‘lgani uchun, sanadlarni ham qisqartirdim. Oyatlarning ma’nosini ochib berish uchun Payg‘ambar hadislaridan ham keltirdim, chunki oyatlar ma’nolarining ravshanlashuvi, shar’iy hukmlar bayoni hadislarga bog‘liq.

Hadislarni keltirganda tolibga oson bo‘lsin uchun noqilning ismidan bir harfini ramz sifatida yozib, noqilga ishora qildim. Masalan: Imom Buxoriyning "sahih"idan olingan hadisni rivoyat qilishda, sahobiyning nomidan avval خ harfini Imom Buxoriyga, Imom Muslimning "sahih"idan olingan hadis oldidan م harfini Imom Muslimga, ikkovlari ittifoq qilgan hadis oldidan ق harfini ikkovlariga alomat qildim.

Agar Abu Dovuddan, At-Termiziydan, An-Nasaiydan hadis rivoyat qilsam, ularga alomat qilmasdan noqilning ismini to‘liq yozdim.

Agar boshqa hadis kitoblarida topilmagan, faqat Al-Bag‘aviyning o‘zigina rivoyat qilgan hadisni keltirsam: "Al-Bag‘aviy o‘z sanadi bilan rivoyat qilgan", agar Al-Bag‘aviy As-Sa’labiy sanadi bilan rivoyat qilgan hadisni keltirsam: "Al-Bag‘aviy As-Sa’labiy sanadi bilan rivoyat qilgan",— degan ogohlantirish jumlalarini yozdim. Hadislarning sanadini tark qilganim evaziga, g‘arib hadislarni va ularga aloqador narsalarni sharh qildim". (Muallifning gapi qisqartirib berildi).

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 16 Oktyabr 2008, 08:49:05
Al-Xozin tafsirining avvalida beshta bob bergan:

1.  Qur’onning fazli, uning tilovati va ta’limiga beriladigan ajr-mukofot;

2. Qur’onni ilmsiz holda o‘z ra’yi bilan tafsir qilgan va Qur’onni avval yodlagan, keyin uni esdan chiqargan va butunlay tark qilgan odamning jazosi;

3.  Qur’onning nozil bo‘lishi va jam qilinishi;

4.  Qur’onning   yetti harfda nozil bo‘lishi va u haqdagi turli fikrlar;

5.  Tafsir va ta’vilning ma’nosi.

Keyin tafsirga kirishgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 16 Oktyabr 2008, 08:51:57
Al-Xozinning tafsirida isroiliyotlar juda ko‘p. Ular isroiliyotga juda berilgan mufassirlar, masalan: As-Sa’labiy va boshqalardan rivoyat qilingan. Bundan tashqari Al-Xozin o‘z tafsirida juda ko‘p qissalarni keltirgan, bu qissalarning yolg‘onligi ochiq ko‘rinib turgan, hatto ular payg‘ambarlarning obro‘siga ham putur yetkazayotgan bo‘lishiga qaramay, muallif bu isroiliyotlarga munaqqid nazari bilan qaramagan, ularga o‘z munosabatini bildirmagan, zaifini yoki yolg‘onini ajratmagan. Masalan: "Kahf" surasining‘ 10-oyati

إِذْ أَوَى الْفِتْيَةُ إِلَى الْكَهْفِ

"Qaysiki yigitlar g‘orga panoh istab bordilar..."  tafsirida imonlarini saqlash uchun zolim podshoh ta’qibidan qochib borib g‘orga yashiringan yigitlar haqida Muhammad Ibn Ishoq va Muhammad ibn Yasor tomonidan shunday uzun hamda aqlga sig‘maydigan qissalar keltirilganki, muallif bu qissalarga biror so‘z bilan o‘z fikrini, raddiyasini bermagan. Bu narsa, muallif haqida ba’zi bir gumonlarni ham paydo qilishi mumkin. Chunki, "As-sukut alomatur-rizo".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 16 Oktyabr 2008, 08:53:43
Juda kam yerda munosabat bildirgan joylari ham bor. Masalan: "Sod" surasining 21-oyati

وَهَلْ أَتَاكَ نَبَأُ الْخَصْمِ إِذْ تَسَوَّرُوا الْمِحْرَابَ


"(Ey Muhammad,) Sizga da’vogar (ikki jamoat) xabari keldimi? O’shanda ular (Dovud) ibodat qilayotgan mehrobga chiqishdi" (Sod, 21) tafsirida Al-Xozin xurofotga o‘xshash qissalarni, masalan: shaytonning patlari turli rangda, ikki qanotining biri dur, ikkinchisi zumrad, o‘zi esa oltin rang bo‘lgan qush timsoliga kirib, Dovudning sajdagohiga tushgani va uning namozini buzgani, Dovudning cho‘milayotgan yalang‘och ayolga ko‘zi tushgani, uning husniga oshiq bo‘lib, erini to o‘lguncha qayta-qayta urushga yuborgani va shu tariqa maqsadiga yetgani va boshqa shunga o‘xshash qissalarni rivoyat qilgan. Rivoyatlarning ketidan esa: "Dovud (a.s.) ga nisbat berilgan noloyiq narsalardan u kishini poklash"— deb nomlangan alohida bir fasl ajratadi va unda Dovud (a.s.) haqlaridagi isroiliyotlarning aksariyat fikrlari xato ekanligini aytadi.

Al-Xozinning tafsirida Qur’oni Karim ishora qilgan ko‘pgina g‘azavotlar, xususan "Xandaq" g‘azoti, "Bani Qurayza" g‘azoti barcha tafsilotlari bilan bayon qilingan.

Shuningdek, bu tafsirda fiqhiy masalalar ham keng yoritilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 16 Oktyabr 2008, 08:58:47
5. Al-Xozin o‘z tafsirini yozishida uning tasavvuf ahlidan ekanligi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Shuning natijasi bo‘lsa kerak, tafsir asnosida mav’izalarga ko‘p o‘rin bergan. Masalan: "œSajda" surasining 16-oyati

تَتَجَافَى جُنُوبُهُمْ عَنِ الْمَضَاجِعِ

"Ularning yoiboshlari o‘rindiqlardan ajrab turar (oz uxlaydilar)" (Sajda, 16) tafsiridan forig‘ bo‘lganidan keyin, alohida "Kechasi ibodat qilishning fazilati va unga targ‘ib qilish" degan nom bilan bir fasl ajratgan va unda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadislarni Imom Buxoriy, Imom Muslim va Imom Termiziy kitoblaridan olib jamlagan va hadislar asosida ko‘p ibodat qilishga da’vat etgan.

Shunday qilib, Al-Xozinning tafsiri juda ko‘p ilmni o‘zida mujassam etgan bo‘lishiga qaramasdan, undagi ishonchsiz qissalarning va isroiliyotlarning ko‘pligi ulamolarning e’tiborini bu tafsirdan uzoq qilib qo‘ygan. Ehtimolki, kelajakda toliblar orasidan yetishib chiqadigan olimlar bu tafsirga e’tiborlarini qaratsalar, unga tahlil va tanqid nazari bilan qarab, ishonchlisini ishonchsizidan ajratib, tozalasalar, muxtasar va tarjima qilsalar, aslida tayyor pishirib qo‘yilgan oshdan boshqalar ham bahramand bo‘lar edi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 16 Oktyabr 2008, 08:59:56
Tayanch iboralar: An-Nasafiy, "Madorikut-tanzil va haqoiqut-ta’vil", far’iy masalalar, "Matnul-vofiy" va uning sharhi "Al-Kofiy", "Kanzud-daqoiq", "Al-Manor", "Al-Umda", Shamsulaimma Al-Kurdiy, oyatning tafsiri asnosida go‘yo yashirin savol paydo bo‘lgan-u, yozilayotgan tafsir o‘shanga javob bo‘layotgandek uslub tanlangan, An-Nasafiy tafsirini Ash-Shayx Zayniddin Abu Muhammad Abdurrahmon ibn Abu Bakr ibn Al-Ayniy muxtasar qilgan va unga ba’zi narsalarni qo‘shgan", mutavotir yetti qiroat va ularning qurrolari, "Ammo uzuk va shayton hamda Sulaymon (a.s.) ning uylarida qandaydir narsaga ibodat qilinishi haqidagi rivoyatlar yahudiylar tomonidan to‘qilgan botil rivoyatlardir, Al-Xozin, "Lubobut-ta’vil fiy ma’onit-tanzil", "Imom Buxoriyning "sahih"idan olingan hadisni rivoyat qilishda, sahobiyning nomidan avval  خharfini Imom Buxoriyga, Imom Muslimning "sahih"idan olingan hadis oldidan م harfini Imom Muslimga, ikkovlari ittifoq qilgan hadis oldidanق harfini ikkovlariga alomat qildim", "Al-Bag‘aviy o‘z sanadi bilan rivoyat qilgan", "Al-Bag‘aviy As-Sa’labiy sanadi bilan rivoyat qilgan", "Xandaq" g‘azoti, "Bani Qurayza" g‘azoti, "Kechasi ibodat qilishning fazilati va unga targ‘ib qilish".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 16 Oktyabr 2008, 09:00:32
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. An-Nasafiyning tarjimai holi. Uning ustozlaridan kimlarni bilasiz?
2. "Madorikut-tanzil va haqoiqut-ta’vil" tafsirining yozilish uslubi qaysi mufassirning uslubiga o‘xshaydi?
3; Al-Xozinning tarjimai holi. Nima uchun unga "Al-Xozin" laqabi berilgan?
4. "œLubobut-ta’vil fiy ma’onit-tanzil" tafsiri qaysi mufassirning tafsiridan muxtasar qilingan va qaysi uslubda yozilgan?
5.  Mazkur tafsirni ulamolar nima uchun mav’iza uchun yozilgan deb baholashadi?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Ad-Dovudiy. Tabaqotul-mufassirin.
3. An-Nasafiy. Madorikut-tanzil va haqoiqut-ta’vil. 4-jild.
4. Al-Bag‘aviy. Ma’olimut-tanzil.
5. Al-Itqon. As-Suyutiy, 2-j.
6. Al-Hofiz ibn Hajar. Lisonul-mezon. 4-j.
7. Al-Xozin. Lubobut-ta’vil fiy ma’onit-tanzil.
8. Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut-tafsir.
9.  Imom Al-Buxoriy. Al-Jome’ As-Sahih. 1-4-jildlar. T.1998.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 06:38:14
26-MAVZU. ABU HAYYON. "AL-BAHR AL-MUHIYT". AN-NAYSOBURIY. "G’AROIBUL-QUR’ON VA RAG’OIBUL FURQON»
       
 
Dars rejasi:
1. Abu Hayyonning tarjimai holi. Uning fazilati to‘g‘risida ulamolarning fikrlari.
2. "Al-Bahrul muhiyt" tafsirining ta’rifi va yozilish uslubi. Unda Az-Zamaxshariy va Ibn Atiyyaning tafsirlaridan foydalangani. Abu Hayyonning Az-Zamaxshariyga bildirgan e’tirozlari.
3. An-Naysoburiyning tarjimai holi. Uning muallafotlari.
4. "G’aroibul-Qur’on va rag‘oibul-Furqon" tafsirining ta’rifi. An-Naysoburiyning Az-Zamaxshariy va Ar-Roziyga bo‘lgan munosabati.
5. Bu tafsirda muallifning uslubi. Muallif o‘z tafsirida Kalom ilmiga, astronomiya va falsafaga keng o‘rin bergani. Tafsirda tasavvufga e’tibor.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 06:41:16
1. Abu Hayyonning to‘liq nomi Asiriddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf ibn Ali ibn Yusuf ibn Hayyon Al-Andalusiy Al-G’arnotiy Al-Jayyoniy bo‘lib, u olti yuz ellik to‘rtinchi hijriyda tug‘ilgan va ulamolar orasida "Abu Hayyon" laqabi bilan mashhur.

Abu Hayyon qiroatlar ilmida mashxur, ulug‘ ustozlar huzurida tahsil olgan hofiz edi. U avval qiroatni Al-Xatib Abdulhaq ibn Ali huzurida, keyin Al-Xatib Abu Ja’far ibn At--Tabbo’ huzurida, undan so‘ng esa Al-Hofiz Abu Ali ibn Abul Ahvas huzurida o‘rganib, qiroat ilmining mashhur va mashhur bo‘lmagan usullarini ham egalladi. Andalus va Afriqoning boshqa hofizlari darslariga ham quloq tutdi. Keyin Iskandariyaga keldi va u yerda qiroat ilmidan Abdunnasir ibn Ali Al-Marbutiy huzurida, Misrga kelib esa Abu Tohir Ismoil ibn Abdulloh Al-Maliyjiy huzurida ta’lim oldi. Ustoz Ash-shayx Bahouddin ibn An-Nahqosni uchratgandan so‘ng, uning etagidan mahkam ushlab, uning huzurida juda ko‘p adabiy kitoblarni o‘qidi.

Abu Hayyonning o‘zi guvohlik berishicha, u ta’lim olgan ustozlarining soni to‘rt yuz elliktadan oshgan.

As-Safadiy aytadi: "Men Abu Hayyonni qachon ko‘rmayin, u birovdan ta’lim olayotgan yoki yozayotgan yoki biror kitobni mutolaa qilayotgan holda bo‘lardi, hech bekor o‘tirmasdi".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 06:42:46
Shuningdek, Abu Hayyon she’r va muvashshah (Muvashshah — biror odamning ismidagi qarflar tartibida yozilgan bag‘ishlov g‘azal)lar yozardi, lug‘at, nahv, sarf ilmlarida ustozi mutlaq edi.

Uning ilmda benazirligi, ustozlarining ko‘pligidan tashqari ilmning turli sohalarini egallagan shogirdlari ham ko‘paydi.

Abu Hayyondan juda ko‘p ilmiy meros qolgan. Ulardan "Al-Bahrul muhiyt" nomli tafsir, bir jildli "G’aribul Qur’on", "Sharhut-tashil", "Nihoyatul-e’rob", "Xulosatul-bayon" nomli kitoblarini sanab o‘tishimiz mumkin. Qur’on tajvidi haqida Ash-Shotibiyning mazmumasi singari unga nisbatan qisqaroq bo‘lgan mazmuma (she’riy kitob)si ham bor.

Abu Hayyon avvalda hech bir mazhabda bo‘lmagani, keyinroq Ash-Shofe’iy mazhabini qabul etgani haqida ulamolardan rivoyat bor. U falsafadan va e’tizoldan yiroq, salaf ulamolari yo‘lini mahkam ushlagan kishi edi.

Abu Hayyon yetti yuz qirq beshinchi hijriy yilda Misrda vafot etdi. (Ad-durar Al-komina. 4-j. 302-310-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 06:45:57
2. "Al-Bahrul muhiyt" tafsiri sakkizta kitobdan iborat, ulamolar, xususan, qiroat usullari va kalimalarning tarkiblanishi bilan qiziqqan toliblar bu kitobga ko‘p murojaat qiladilar.

Muallif ushbu nahv qoidalarini yozayotgan paytda hali juda yosh edi. Shunga qaramasdan, Alloh bergan iste’dod sababli, nahviy olimlar o‘rtasidagi ixtilofni shu qadar batafsil yoritib berganki, uning bayonlariga qaraganda kitob tafsirdan ko‘ra nahv kitobiga yaqinroq bo‘lib qolgan. Lekin Abu Hayyon nahv qoidalari dengiziga shunchalik sho‘ng‘ib ketganiga qaramasdan, tafsirning boshqa sohalariga beparvo bo‘lgan emas. Uning tafsirida lug‘at ilmi ham, sababi nuzul, nosix-mansux, qiroat, balog‘at, fiqq ilmlari borasida ham me’yoriga yetkazib fikrlar aytilgan va tafsir qilingan. Bu haqda muallifning o‘zi tafsir muqaddimasida shunday deydi:

 "Mening bu kitobni yozishdagi tartibim shunday, ya’ni men avval oyatning har bir so‘zi haqida, uning tafsiri, lug‘aviy ma’nosi, jumlada egallagan o‘rni-tarkibi, ikki yoki undan ko‘p ma’noli so‘z bo‘lsa, oyatning tafsiriga muvofiq ma’noni tanlab olish uchun hamma ma’nolarini keltirib, keyin oyatning tafsiriga o‘taman. Tafsirda esa, tartib bilan oyatning sababi nuzuli, nosix yoki mansuxligi, yuqoridagi oyatga bog‘liqligi munosabati, shu oyat ustida qurrolarning mashhur yoki kam eshitilgan qiroatlari haqida to‘xtalib, keyin oyatning ma’nosini tushunishda yordam beradigan salaf va keyingi ulamolarning fikrlarini bayon etaman. Lekin takrordan qochgan holda, biror oyat yoki biror kalima haqida avval gapirgan bo‘lsam,uni qaytarmaslikka harakat qilaman va takrorlash  zarur bo‘lgan joyda avvalgi mavze’ga havola qilaman.

Biror fiqqiy masala haqida gapirsam, bu masala borasida to‘rt mazhabning fikrlarini bayon etish bilan birga, qaysi manbadan olinganini ham ko‘rsatib o‘taman.
Shuningdek, nahv qoidalarini bayon etganimda uning tahlilini batafsil qilib, keyin nahviy olimlarning kitoblaridan ham dalil sifatida iqgiboslar keltiraman va u manbalarga ham ishora qilaman.

Oyat tafsirini hamma tomondan mukammal bayon qilib bo‘lganimdan keyin ushbu oyatning ma’nosini tasdiklovchi naqliy rivoyat keltiraman-da, ana shunga suyanib, gapni unchalik cho‘zib yubormagan holda mazkur oyatni sharhlayman. Mendan keyin biror kishi shu ishni qilaman (tafsir yozaman) desa, mening uslubim unga namuna bo‘lsin. Ba’zi oyatlarning tafsirida tasavvuf ahlining kalomlarini ham kiritganman. Lekin ulardan ba’zilarining aqldan uzoq gaplaridan qochganman. Men tafsirda botiniylarning Alloh, Hazrat Ali va u kishining avlodlari haqidagi botil fikrlarini keltirmadim". (Abu Hayyon. Al-Bahrul muhiyt. 1-j. 45-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 06:49:02
Abu Hayyon o‘z tafsirida Az-Zamaxshariy, Ibn Atiyya tafsirlaridan foydalangan va ulardan iqtiboslar keltirgan. Shu bilan birga nahv qoidalari borasida ikki mufassirning gaplariga juda ko‘p raddiyalar bergan. Abu Hayyonning tafsirida mazkur ikki olimning fikrlariga munosabati va raddiyalari nihoyatda ko‘pligidan, uning shogirdi Tojiddin Ahmad ibn Abdulqodir ibn Ahmad ibn Maktum (u yetti yuz qirq to‘qqizinchi hijriyda vafot ettan) muxtasar qilib, undan ustozining Az-Zamaxshariyga va Ibn Atiyyaga nahv borasida bergan raddiyalarini olib tashlagan. Muxtasarning nomi "Ad-durrul laqit minal Bahril-muhit" bo‘lib, "Al-Bahrul muhit" kitobining hoshiyasida chop etilgan va uning bir qo‘lyozma nusxasi Al-Azhar kutubxonasida mavjud.

Ash-Shayx Yahyo Ash-Shoviy Al-Mag‘ribiy esa Abu Hayyonning Az-Zamaxshariyga qilgan e’tirozlarini jamlab, katta bir kitob qilgan. Bu kitobning qo‘lyozmasi ham Al-Azhar kutubxonasida saqlanmoqda.

Abu Hayyon o‘z tafsirining 2-jildi 276-bet va 7-jildi 85-betida Az-Zamaxshariyning e’tizoliy fikrlari uchun qattiq qoralash bilan birga, insofli olim sifatida uning "Qur’on balog‘atlarini mohirlik bilan tushuntirishi" haqida gapirib, hatto: "Alloh Ta’olo unga (Az-Zamaxshariyga) Qur’on ilmini mukammal bergan, u Qur’on lafzlarini yaxshi tushunish bilan birga, uning ma’nolarini ochib berishda ham benazir olimdir",—deydi. (Abu Hayyon. Al-Bahrul muhiyt. 7-j. 85-b.)

Abu Hayyon o‘z tafsirida keltirgan naqllarning barchasini ustozi Jamoliddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Sulaymon ibn Hasan ibn Husayn Al-Maqdisiyning "Kitobut-tahrir vat-tahbir li-aqvoli aimmatit-tafsir" kitobidan olgan. "Ibn An-Naqib" laqabi bilan mashhur bo‘lgan ustozning yozgan kitobi ulumul-Qur’on borasida yozilgan eng katta asar bo‘lib, yuz jilddan iboratdir. (O’sha manba,  1-j. 11-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 06:56:40
3. An-Naysoburiyning to‘liq nomi Al-Imom Ash-Shahir, Al-Alloma Al-Xatir Nizomiddin Al-Hasan ibn Muhammad Al-Husayn Al-Xurosoniy An-Naysoburiy bo‘lib, uning kelib chiqishi Qum shahridan, unib o‘sgan joyi esa Naysobur shahridir.

An-Naysoburiy barcha ilmlarni, xususan arab lug‘ati, ta’vil va tafsir ilmlarini batafsil o‘rgangan, Xurosonda mashhur hofiz (Hofiz — Qur’onni mukammal yod oluvchi, muqri’ —Qur’onni tajvid bilan yaxshi qiroat qiluvchi) va muqri’lardan biri sanaladi. Shunchalik mashhur bo‘lishiga qaramasdan, o‘ziga taqvoni, zohidlikni, tasavvufni tanlagani uchun, uning tafsirida shu ruh aks etib turadi.

An-Naysoburiydan bir necha asarlar qolgan. Ulardan biri Imom Ibn Al-Hojibning nahv ilmi bo‘yicha yozilgan "Al-Kofiya Ash-Shofiya" asariga sharhi "Sharh An-Nazzom" deb ataladi. Xoja Nasirul milla vad-din At-Tusiyning astronomiya sohasida yozgan tazkirasiga sharhi "Tavzihat-tazkira" dir. Yana hisob ilmi borasida "Rasoil fiy ilmi hisob", Qur’ondagi vaqflar haqida bayon etuvchi "Kitobu fiy avqofil-Qur’on" asarlari ham ahamiyatga molik. Uning tasnifotlari orasida Qur’on tafsiri alohida o‘rin tutadi va muallif bu kitobini "G’aroibul-Qur’on va Rag‘oibul-Furqon" deb atagan.

An-Naysoburiyning vafot etgan yili ulamolar orasida ma’lum emas. Ammo uni As-Sayyid Ash-Sharif, Al-Mavlo Jaloliddin Ad-Davoniy, Ibn Hajar Al-Asqaloniy va boshqa jumhur ulamolar safiga qo‘shib, to‘qqizinchi asr allomalaridan biri deb tan olinadi. Muallifning mazkur tafsiri taxminan sakkiz yuz elliginchi yillarda nihoyasiga yetkazilgan. Ba’zi olimlar An-Naysoburiyni shialikka nisbat berganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 07:08:50
4. An-Naysoburiy "G’aroibul-Qur’on va Rag‘oibul-Furqon" tafsirini Al-Faxr Ar-Roziyning "At-Tafsirul kabir"idan muxtasar qilgan, unga Az-Zamaxshariyning "Al-Kashshof"idan va boshqa tafsirlardan olgan iqtiboslarini hamda uning o‘ziga Alloh berib qo‘ygan fahm-farosati tufayli paydo bo‘lgan fikrlarini qo‘shgan. Sahobalar va tobi’iylarning tafsirlaridan olgan rivoyatlarni ham o‘z o‘rni kelganda tafsirga kiritib yuborgan.

U tafsir asnosida o‘zini juda erkin tutgan va qaysi tafsirdan iqtibos olarkan, unga o‘sha onda munosabat bildirib, fosid joyini ogohlantirgan va isloh qilgan, nuqsonini tuzatgan va komil qilgan. Agar "Al-Kashshof"dan naql qilsa: "Al-Kashshofda shunday deydi" yoki "Jorulloh shunday deydi",—degan jumlalar bilan boshlaydi. Avval Az-Zamaxshariyning fikrini, keyin Ar-Roziyning unga qilgan e’tirozini keltiradi, undan keyin esa ikki muxolif orasidagi adolatli hakamdek o‘z fikrini bayon etadi. Masalan: "Zumar" surasining 67-oyati

وَالأرْضُ جَمِيعًا قَبْضَتُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ

"Butun Yer qiyomat kunida Uning uchun bir siqimdir" (Zumar, 67) tafsirida An-Naysoburiy shunday naql qiladi:

 "Jorulloh aytadi: "Bu oyatdan murod Alloh Ta’olo o‘zining qudratini, ulug‘ligini tasvirlab berish bilan insonlarni tafakkurga chorlashdir. Ammo "qabza", "qo‘l" tushunchalarining haqiqiy ham, majoziy ham ma’nosining bu yerda ahamiyati yo‘q. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)dan rivoyat qilingan hadis ham shu ma’noni tasdiqlaydi: "Ahli kitoblardan bir odam kelib Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ga dedi: "Ey Abul Qosim, Alloh Ta’olo qiyomat kunida osmonlarni bir barmog‘ida, Yerni yana birida, tog‘ni yana birida, daraxtlarni yana birida, tuproqni yana birida, boshqa maxluqotni yana bir barmog‘ida tutib, siqadi va: "Men podshohman!"— deydi". Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uning gapidan ajablanib kuldilar. Alloh Ta’olo ushbu oyatni nozil qildi.

Pag‘ambarimiz (s.a.v.) ahli kitobning gapidan kulganlariga sabab shuki, U zot arablarning afsahi bo‘lganlaridan, barmoqni o‘z ma’nosida, ushlashni o‘z ma’nosida, siqishni o‘z ma’nosida emas, balki balog‘at va fasohat ulamolari tushungandek, xulosani, ya’ni Allohning qudratini tushunganlari uchun uning johilligidan ajablanib kulgan edilar".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 07:12:34
Az-Zamaxshariy keyin yana uzundan-uzun gaplarni aytadi. Uning tafsiriga, daliliga va uzun gaplariga Al-Faxr Ar-Roziy shunday e’tiroz bildiradi: "Bu yerda gapni cho‘zishning keragi yo‘q. Axir, Qur’on oyatlarining ma’nosini haqiqatga hukm qilamizmi, yo‘qmi? Aks holda Qur’on butunlay hujjatlikdan chiqib qoladi-ku! Har kim istagancha ta’vil qilaversa, kimning fikrini "Qur’onning haqiqiy ma’nosi shu deb", hukm qilinadi.

Keyin ushbu oyatda ikki majoz bo‘lsa, ikkisidan birining ta’yiniga dalil bo‘lishi lozim. Shubhasiz, "ushlash", "qo‘l" so‘zlari Allohda ham inson a’zolariga o‘xshash a’zolar mavjudligiga ishora qiladi. Aqliy dalillar esa Allohning bunday a’zolar e’tiyojidan mustag‘niy, pok ekanligiga ishora qiladi. Oyatning ma’nosini bunday tushunmovchilikdan xalos etish uchun, uni "Allohning tadbiri, tasxiri murod" deb ta’vil qilinishi kerak. Masalan urfda ham: "Falonchi falonchining qo‘lida ishlaydi",— deyilsa, "qaramog‘ida" degan ma’no tushuniladi. Qur’ondagi oyatda ham

وَمَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُمْ


"Qo‘l ostidagi cho‘rilari..." (Ahzob, 50) deyishlik bilan Alloh Ta’olo "ixtiyoridagi" degan ma’noni iroda qiladi. "Falonchining qo‘li uzun" degani "tadbirkor" degan ma’noni bildiradi va hokazo... (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 1-juz’. 324-b.)

Bu munozaradan keyin An-Naysoburiy o‘z fikrini bayon etadi: "Ar-Roziy aytgan gap usul yo‘li, Jorulloh aytgan gap bayon yo‘li bo‘lib, ikkovi biroz qizishib ketgan bo‘lsa ham, aslida ikkovining gapi bir-biriga zid emas. Mazkur oyat "mutashobih" oyatlardan bo‘lib, bunday oyatlar haqida salaf olimlari tutgan yo‘l eng to‘g‘ri yo‘ldir".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 07:15:04
5. An-Naysoburiy o‘z tafsirini yozishda o‘ziga xos uslubni qo‘llagan. Avval Qur’on oyatini keltirgan, keyin u oyatning o‘qilgan turli qiroatlarini va qurrolarini bayon etgan. Keyin har bir vaqf va uning alomatlari haqida tushuncha bergan. Undan keyin esa tafsirni boshlab, oyatlarning o‘zaro munosabatini gapirib, so‘ng chiroyli uslub: maxfiyliklarni ochish, mutashobihlarni ta’vil qilish, kinoyalarni aniklash, majoz va istioralarning haqiqatini tushuntirish, fiqhiy mazhablarning yo‘nalishini tafsil va har bir mazhabning dalilini tavjih qilib berish orqali tolibning e’tiborini turli mavzularga ustalik bilan tortadi.Masalan: "Moida" surasining 38-oyati

وَالسَّارِقُ وَالسَّارِقَةُ فَاقْطَعُوا أَيْدِيَهُمَا جَزَاءً بِمَا كَسَبَا نَكَالا مِنَ اللَّهِ

"O’g‘ri erkak va o‘g‘ri ayolning qilmishlariga yarasha jazo va Allohdan azob sifatida qo‘llarini kesinglar!" (Moida, 38) tafsirida shunday deydi: "Bilingki, o‘g‘irlik haqidagi gap o‘g‘irlangan narsaning atrofidagi jismlarga, o‘g‘irlikning o‘ziga va o‘g‘riga bog‘lanadi",— deb, keyin mana shu uch jihat borasida fiqhiy xulosalarini batafsil bayon etadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 07:19:31
Tafsirda kalom ilmiga ham muallif biroz sho‘ng‘igan. "Ahli sunna" mazhabi va boshqa mazhablarning fikrlarini hamda dalillarini xam mukammal keltirib, boshqalarning fikrlarini rad etish va "ahli sunna" fikrini quvvatlashga harakat qiladi. Masalan: "An’om" surasi 25-oyatning

وَمِنْهُمْ مَنْ يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ وَجَعَلْنَا عَلَى قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَنْ يَفْقَهُوهُ وَفِي آذَانِهِمْ وَقْرًا

"Ular ichida (Qur’on o‘qiganingizda) Sizga quloq soladiganlari ham bor. Uni fahmlamasliklari uchun qablariga parda, quloqlariga og‘irlik paydo qildik". (An’om, 25) tafsirida shunday deydi: "Oyatning ma’nosi dalolat qiladiki, imonning tasarrufoti Allohning qo‘lidadir. Inson va uning qalbi o‘rtasini Alloh boshqaradi, ya’ni mo‘min bo‘lish yoki bo‘lmaslik bandaning ishi emas, balki Allohning hukmidir.

Mo‘‘taziliylar aytadi: "Oyatning zohiriga ma’no berib bo‘lmaydi, aks holda kofirlarning foydasiga hujjat bo‘lib qoladi va Allohning taklifi ojiz odamga qilingandek bo‘ladi, natijada kofirning kofirligida o‘zi aybdor emas, degan tushuncha paydo bo‘ladi. Shuning uchun ta’vil shart va uning bir necha vajhlari bor". An-Naysoburiy mo‘‘taziliylarning beshta vajhini bayon etadi, keyin unga o‘zi munosabat bildirib, raddiya berib "ahli sunna" mazhabini quvvatlaydi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 07:22:56
An-Naysoburiy tafsirda astronomiya va falsafa masalalariga ham ahamiyat bergan. Masalan: "Baqara" surasining 189-oyati

يَسْأَلُونَكَ عَنِ الأهِلَّةِ

"Sizdan (ey Muhammad,) hilollar (yangi oylar) haqida so‘raydilar" (Baqara, 189) tafsirida avval oyatning nozil bo‘lish sababi, keyin esa so‘rovchilarga berilgan javobning hikmatini gapiradi. Keyin osmonda xilolning qanday zohir bo‘lishi, kundan-kunga uning kattalashib, to‘lin oyga aylanishi, yana orqaga qaytib asli holatidek ingichkalashuvi sabablarini tushuntiradi.

"Zumar" surasining 42-oyati

اللَّهُ يَتَوَفَّى الأنْفُسَ حِينَ مَوْتِهَا وَالَّتِي لَمْ تَمُتْ فِي مَنَامِهَا

«Jonlarni o‘lgan vaqtida, o‘lmaganlarni esa uxlayotgan paytlarida Alloh olur" (Zumar, 42) tafsirida muallif shunday deydi: "Islom hukamolari aytadilar: "Insonning joni nurli va nur taratuvchi javhar bo‘lib, u badanda turgan paytda barcha a’zolarning zohiriga ham, botiniga ham uning ta’siri bo‘ladi va buning natijasida jismda muntazam tiriklik hamda uyg‘oqlik alomatlari zohir bo‘ladi. Ammo inson uxlagan paytida jonning ta’siri tananing botinida mavjud, ammo zohirida yo‘qoladi. Shuning uchun insonda ichki quvvat saqlanib qolsa ham, aql va sezgi to‘xtaydi. Agar ushbu quvvat butunlay to‘xtasa, bu o‘limdir". (An-Naysoburiy. G’aroibul-Qur’on va Rag‘oibul-Furqon. 24-j. 78-b.)

An-Naysoburiy Qur’on oyatlarining tafsiridan forig‘ bo‘lgach, oyatlardan ahli tasavvuflar o‘zlari uchun chiqaradigan ishorotlarning ta’viliga kirishadi. Chunki, u mashhur va ulug‘ so‘fiylardan biri bo‘lgani uchun, uning tafsiridan pokiza so‘fiylik tarovati anqib turadi va tafsir asnosida eshituvchini eritib, yig‘lashga majbur qiladigan ta’sirli, hikmatli mav’izalar ham bayon etilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 07:27:34
Yuqorida An-Naysoburiyni ba’zi olimlar shialikka nisbat berganligini aytib o‘tgan edik. Muallifning tafsirini ko‘zdan kechirgan kishi, bu nisbatni noto‘g‘ri ekanligining guvohi bo‘ladi.

U o‘z tafsirining xotimasida shunday yozadi: "Men Allohning fazlini umid qilaman. Allohning vajhini, qurayshiy Payg‘ambarini va Payg‘ambarning valiysini O’zi uchun vasila qilaman". (O’sha manba, 30-j. 228-b.)

To‘g‘ri, "Payg‘ambarning valiysi" degan jumla Hazrat Alining valoyatlariga ishora bo‘lsa ham, uni e’tirof etish shialikni qabul qilish degani emas. Chunki, An-Naysoburiy tafsirning hamma joyida shia mazhabi ulamolariga raddiya berib, "ahli sunna" mazhabini quvvatlab kelgan.

"Moida" surasining 55-oyati

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا مَنْ يَرْتَدَّ مِنْكُمْ عَنْ دِينِهِ فَسَوْفَ يَأْتِي اللَّهُ بِقَوْمٍ يُحِبُّهُمْ وَيُحِبُّونَهُ

"Ey imon keltirganlar! Sizlardan kimki dinidan qaytsa, Alloh shunday bir qavmni keltirurki, ularni Alloh sevadi va ular ham Allohni sevadilar" (Moida, 55) tafsirida ushbu oyatlarni Ali (r.a.) ning Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan keyin xalifa bo‘lishiga dalil qilgan shialarga qattiq  raddiya beradi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 07:30:07
An-Naysoburiy Az-Zamaxshariyning "Al-Kashshof"ini muxtasar qilish sabablari va iqtiboslarni qaysi kitoblardan olganini tafsirining oxirida bayon etadi: (Muallifning so‘zi qisqartirib berildi) "œMening ushbu tafsirim ulamolar o‘rtasida qo‘lma-qo‘l bo‘lgan va barcha tafsirlarda mavjud bo‘lgan ilm sohalarini o‘zida jam qilgan "Al-Kashshof" kitobining muxtasaridir.

Unda keltirilgan hadislar "Jomi’ul usul", "Al-Masobih", "Al-Kashshof" kitoblaridan naql qilingan. Ammo "Al-Kashshof"da har bir suraning oxirida "suralarning fazilati" haqidagi rivoyat qilingan hadislar butunlay olib tashlandi.

Vaqflar (Qur’ondagi to‘xtash alomatlari) haqida Imom As-Sajovandiy kitobi, oyatlarning nozil bo‘lish sabablari "Jomi’ul usul", mazkur ikki tafsir va "Tafsirul Vohidiy", lug‘atlar bayoni ham mazkur tafsirlar va "Sihohul Javhariy", ma’oniy, bayon va va boshqa adabiy masalalar tafsirlar va boshqa arab kitoblari, fiqhiy masalalar esa faqihlar huzurida mo‘‘tabar kitoblar va Ar-Rofiiyning "Sharhul-vajiz" kitobi asosida yozildi". (An-Naysoburiy. G’aroibul-Qur’on va Rag‘oibul-Furqon. 30-j. 222-225-b.)

An-Naysoburiyning "G’aroibul-Qur’on va Rag‘oibul-Furqon" tafsiri Ibn Jarir At-Tabariy tafsirining hoshiyasida chop etilgan va ulamolar hamda toliblar huzurida mo’’tabar sanaladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 07:32:55
Tayanch iboralar: Abu Hayyon, "Al-Bahrul muhiyt", qiroat ilmining mashhur va mashhur bo‘lmagan usullari, "Men Abu Hayyonni qachon ko‘rmayin, u birovdan ta’lim olayotgan yoki yozayotgan yoki biror kitobni mutolaa qilayotgan holda bo‘lardi, hech bekor o‘tirmasdi", ilmiy meros, "G’aribul-Qur’on","Sharhut-tashil", "Nihoyatul-e’rob", "Xulosatul-bayon", mazmuma (she’riy kitob), lug‘at ilmi, sababi nuzul, nosix-mansux, qiroat, balog‘at, fiqh ilmlari, tartib bilan, oyatning sababi nuzuli, nosix yoki mansuxligi, yuqoridagi oyatga bog‘liqligi, munosabati, shu oyat ustida qurrolarning mashhur yoki kam eshitilgan qiroatlari, salaf va keyingi ulamolar, avvalgi mavze’, "Ad-durrul laqit minal Bahril muhit", "Qur’on balog‘atlarini mohirlik bilan tushuntirishi", "Kitobut-tahrir vat-tahbir li-aqvoli aimmatit-tafsir", o‘ziga taqvoni, zohidlikni, tasavvufni tanlagani uchun, uning tafsirida shu ruh aks etib turadi, "Al-Kofiya Ash-Shofiya", "Sharh An-Nazzom", Xoja Nasirul milla vad-din At-Tusiyning astronomiya sohasida yozgan tazkirasiga sharhi "Tavzih at-tazkira", "Rasoil fiy ilmi hisob", "œKitobu fiy avqofil-Qur’on" "G’aroibul-Qur’on va Rag‘oibul-Furqon", "Al-Kashshofda shunday deydi", "Jorulloh shunday deydi", "œQur’on oyatlarining ma’nosini haqiqatga hukm qilamizmi, yo‘qmi? Aks holda Qur’on butunlay hujjatlikdan chiqib qoladiku! Har kim istagancha ta’vil qilaversa, kimning fikrini "Qur’onning haqiqiy ma’nosi shu deb", hukm qilinadi", "Allohning tadbiri, tasxiri murod", "Falonchi falonchining qo‘lida ishlaydi", deyilsa, "qaramog‘ida" degan ma’no tushuniladi, uning tafsiridan pokiza so‘fiylik tarovati anqib turadi, "Payg‘ambarning valiysi", "Jomi’ul usul", "Tafsirul-Vohidiy", "Sihohul Javhariy", "Sharhul-vajiz".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 07:36:05
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Abu Hayyonning tarjimai holi. Uning fazilati to‘g‘risida ulamolarning fikrlari qanday?
2. "Al-Bahrul muhiyt" tafsirining ta’rifi va yozilish uslubi. Bu tafsirni kim muxtasar qilganini bilasizmi?
3. An-Naysoburiyning tarjimai holi. Uning yozgan asarlaridan qaysilarini bilasiz?
4. "G’aroibul-Qur’on va Rag‘oibul-Furqon" tafsiri qaysi tafsirdan muxtasar qilingan?
5. An-Naysoburiy iqgibos olib o‘z tafsirida foydalangan boshqa tafsirlarning mualliflariga qanday munosabat bildirgan?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Ad-Dovudiy. Tabaqotul-mufassirin.
3. An-Naysoburiy. G’aroibul-Qur’on va Rag‘oibul-Furqon 30-j.
4. Al-Bag‘aviy. Ma’olimut-tanzil.
5. Al-Itqon. As-Suyutiy, 2-j.
6. Al-Hofiz ibn Hajar. Lisonul-mezon. 4-j.
7. Al-Xozin. Lubobut-ta’vil fiy ma’onit-tanzil.
8. Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut-tafsir.
9.  Imom Al-Buxoriy. Al-Jome’ As-Sahih. 1-4-jildlar. T. 1998.
10. Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 1-juz’.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 07:38:07
27-MAVZU. AT-TAFTAZONIY.   "TAFSIRUL JALOLAYN"    ASH-SHARBIYNIY. "AS-SIROJUL MUNIR"

Dars rejasi:
1. Jaloliddin atTaftazoniyning tarjimai holi.
2. "Tafsiruljalolayn" tafsirining ta’rifi.
3. Al-Xatib Ash-Sharbiyniyning tarjimai holi.
4. "As-Sirojul munir" tafsirining ta’rifi. Tafsirda qiroat, lug‘at va hadis sohasida muallifning tutgan o‘rni.
5. Fiqhiy masalalarga ahamiyat berganligi. Isroiliyotlarga munosabati. Muallif o‘z tafsirida Ar-Roziy tafsiridan ko‘p naql qilgani.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 07:41:53
1. Jaloliddin Al-Mahalliyning to‘liq nomi Jaloliddin Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Ibrohim Al-Mahalliy Ash-Shofiiy At-Taftazoniy (Taftazon Xuroson shaharlaridan biri. Ilm olamiga mashhur bo‘lgan ikki Taftazoniy o‘tgan. Biri Jaloliddin Al-Mahalliy At-Taftazoniy, ulug‘ mufassir. Ikkinchisi Sa’diddin Mas’ud ibn Umar, 1312— 1389 yillarda yashagan, lug‘aviy olim, mantiq, balog‘at, sarf ilmlari bo‘yicha kitoblar yozgan, Samarqandda vafot etgan (Al-Munjid, entsiklopediya, 189-b.)Al-Imom Al-Allomadir.

"Husnul muhozara" kitobida yozilishicha, Al-Mahalliy yetti yuz to‘qson birinchi yilda Misrda tavallud topgan. Yoshligidan boshlab tahsilga kirishgan va turli ilm-fan sohalari: fihq, usul, kalom, nahv, mantiqni egallay boshlagan. Uning ustozlari Al-Badr Mahmud Al-Oqsaroiy, Al-Burhon Al-Bayjuriy, Ash-Shams Al-Bisotiy, Al-Alo Al-Buxoriy bo‘lganlar.

Al-Mahalliy zakovat va fahm-farosatda benazir bo‘lgan. Hatto hamasrlaridan biri u haqda: "Al-Mahalliyning zehni olmosdan ham o‘tkirroq",— deb ta’rif bergan.

Al-Mahalliyning o‘zi esa: "Mening yodlash qobiliyatim pastroq bo‘lsa ham, zakovatim xatoni qabul qilmaydi",— degan edi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 07:56:41
Al-Mahalliy o‘z asrining allomasi, o‘ta taqvodor, jamoat yig‘ilgan joyni g‘animat bilib, darhol odamlarni yaxshi amallar qilishga da’vat qilar, yomon va noloyiq ishlardan qaytarar, tez-tez yomon va zo‘ravon hokimlar huzuriga borib, haq gapni aytishda hech kimni ri’oya qilib o‘tirmas, qattiq tabiatli kishi edi. Unga bir necha bor qozilikni taklif etishgan, u qabul qilmagan. Uzoq yillar davomida "Al-Muayyadiyya" va "Al-Barquqiyya" madrasalarida fiqxdan dars bergan, tirikchilik uchun tijorat bilan shug‘ullangan.

Al-Mahalliydan bir necha asar meros qolgan. Ulardan usulda "Sharhu jam’ul-javomi’", "Sharhul-varaqot", fiqqda "Sharhul-minhoj" va tafsirda biz o‘rganayotgan "Tafsirul-jalolayn" kitoblari iboralarining o‘ta qisqaligi va pishiqligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Al-Mahalliy sakkiz yuz oltmish to‘rtinchi hijriy yilda vafot etgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 08:00:29
2. Ulamolar o‘rtasida maqbul va mashhur bo‘lgan "Tafsirul Jalolayn" kitobi ikki ulug‘ mufassir imom: Jaloliddin Al-Mahalliy va Jaloliddin As-Suyutiy qalamiga mansubdir. Jaloliddin As-Suyutiy va uning "Ad-durrul mansur" nomli tafsiri haqida avvalgi mavzularning birida  batafsil aytib o‘tildi.

Mazkur tafsirni avval Jaloliddin Al-Mahalliy "Al-Kahf" surasidan boshlab, "An-Nos" surasigacha yetkazgan. Keyin "Al-Fotiha" surasidan boshlab, uni tafsir qilgan, qolganini oxirigacha yetkaza olmasdan olamdan o‘tgan.

Oradan yarim asr o‘tib, ulug‘ olim Jaloliddin As-Suyutiy "Al-Baqara" surasidan "Al-Isro" surasigacha tafsir qilib, Al-Mahalliyning tafsirini nihoyasiga yetkazgan. As-Suyutiy "Al-Fotiha" surasini Al-Mahalliy tafsir qilganiga ishora sifatida kitobning oxiriga mulhaq qilgan.

Ammo "Kashfuz-zunun" sohibi aksincha ta’rif beradi: "Tafsirul-Jalolayn"ning avvalidan to "Al-Isro" surasigacha alloma Jaloliddin Al-Mahalliy (vafoti 864) qalamiga mansub. Uning vafotidan so‘ng Jaloliddin Abdurrahmon As-Suyutiy (vafoti 911) tafsirni nihoyasiga yetkazgan. "Al-Fotiha" surasini ham Al-Mahalliy emas, As-SSuyutiy tafsir qilgan". (Kashfuz-zunun, 1-j. 236-b.)

Bu fikrda "Kashfuz-zunun" sohibi xato qilgan ehtimoli bor. Chunki, As-Suyutiy tafsirning muqaddimasida, "Al-Baqara" surasi haqida gapirishdan avval shunday deydi: "Ulug‘ imom Jaloliddin Al-Mahalliy yozgan Qur’oni Karimning tafsiridan qolib ketgan joyini to‘ldirib qo‘yishga rog‘iblarning ehtiyoji meni majbur etdi".

Muallifning "tafsirning oxirini" demasdan "tafsirning qolib ketgan joyini" deyishi, "Al-Baqara" surasidan "Al-Isro" surasigacha oraliqni bildiradi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 08:04:33
Muallif "Al-Isro" surasining oxirida: Jaloliddin Al-Mahalliy tomonidan ta’lif etilgan "Qur’oni Karimning tafsiri" nihoyasiga yetdi",— deyishi ham "Kashfuz-zunun"dagi ma’lumot xato ekanligini ko‘rsatadi.

"Kashfuz-zunun"da iddio qilinishicha, Al-Mahalliy "Al-Fotiha" surasini ham tafsir qilmagan, balki uni As-Suyutiy qilgan.

Ammo Ash-Shayx Sulaymon Al-Jamal "Tafsirul Jalolayn"ning hoshiyasi (1-j.7-b.)da bayon qilishicha, "Al-Fotiha" surasini Al-Mahalliy tafsir qilgan. As-Suyutiy "Al-Fotiha" surasini Al-Mahalliy tafsir qilganiga ishora sifatida kitobning oxiriga qo‘shib qo‘ygan. Keyin "Al-Baqara" surasidan tafsirni boshlagan.

Mazkur hoshiya (4-j.626-b.)da yana shunday deyiladi: "Al-Jalol Al-Mahalliy tafsirning avvalgi yarmini ham boshlagan edi. "Al-Fotiha" surasining tafsirini tugatib, "Al-Baqara" surasining tafsiriga kirishmasdan uni o‘lim olib ketdi".

Demak, "Kashfuz-zunun" sohibi "Al-Fotiha" surasini tafsir qilgan olim haqida ham xatoga yo‘l qo‘ygan. Lekin uning: "Ikki Jalol ham "basmala" haqida biror so‘z aytmagan, balki u haqda olimlardan Zubayd tomonidan kitobning hoshiyasida qisqacha yozilgan",— degan ma’lumoti to‘g‘ri.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 08:08:06
"Tafsirul Jalolayn" kitobini Al-Mahalliy o‘ziga xos qisqa va aniq iboralar bilan tafsir qilgan. As-Suyutiy ham ana shu andozadan chiqmagan hodda, tafsirni komil qilgan. Muallif "Al-Isro" surasining yakunida ta’kidlashicha, tafsirni Muso (a.s.) Alloh bilan va’dalashgan muddat — qirq kunda yozib tugatgan.

"Tafsirul Jalolayn"ni boshidan oxirigacha o‘qib chiqqan kishi As-Suyutiyning mahoratiga qoyil qoladi. Chunki, ikki Jalolning yozgan tafsiri hamma ko‘rinishda bir xil bo‘lib, bitta olim yozganga o‘xshaydi. Masalan: Al-Mahalliy "Sod" surasida Ruhning latif jism ekanligini, u bilangina inson hayot bo‘lishini tafsir qilgan.

As-Suyutiy ham "Al-Hijr" surasida shu gapni takrorlash bilan birga "Al-Isro" surasining 85-oyati

وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الرُّوحِ قُلِ الرُّوحُ مِنْ أَمْرِ رَبِّي وَمَا أُوتِيتُمْ مِنَ الْعِلْمِ إِلا قَلِيلا

"Ey Muhammad, Sizdan ruh haqida so‘raydilar. Ayting: "Ruh faqat Rabbimning ishidandir". Sizlarga esa oz ilm berilgandir" (Al-Isro, 85) ni dalil sifatida keltirib, Ruh haqiqatan Allohning ilmiga xos narsa, uni ta’rif etishdan saqlanish avlo ekanligini aytadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 08:09:40
Al-Mahalliy "Al-Haj" surasida: "Sobiiylar (Farishtalarga sig‘inuvchilar) yahudiylarning bir firqasidir", deydi. As-Suyutiy ham "Al-Baqara" surasida shu gapni takrorlab, unga qo‘shimcha tarzda: "Nasroniylarning ham",— degan so‘zni qo‘shadi va uning qo‘shimchasi bayon o‘rnida o‘tadi.

"Tafsirul Jalolayn"ning iborasi shunday qisqaki, bu haqda "Kashfuz-zunun"da shunday deyiladi: "Yamanlik ba’zi olimlar Qur’on harflari bilan Jalolayn tafsirining harflarini solishtirib sanab chiqqanlar. "Al-Muzzammil" surasigacha Qur’on harflari bilan tafsir harflari tengma-teng kelgan va "Al-Muddassir" surasidan boshlab tafsirning harflari biroz ko‘paytirilgan".

Ushbu tafsir shunchalik qisqa bo‘lishiga qaramasdan, juda keng tarqalgan tafsirlardan biridir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 08:12:54
3. Al-Xatib Ash-Sharbiyniyning to‘liq ismi Al-Imom Al-Alloma Shamsiddin Muhammad ibn Muhammad Ash-Sharbiniy Al-Qohiriy Ash-Shofiiy Al-Xatibdir. U zamonasining mashhur olimlari Ash-Shayx Ahmad Al-Barlasiy, An-Nur Al-Mahalliy, Al-Badr Al-Mashhadiy, Ash-Shihob Ar-Ramliydan ilm tahsil olgan. Uning iste’dodi va yetukligini ko‘rgan ustozlar unga tadris va fatvoga ijozat berganlar. Ustozlari hayot bo‘la turib, ta’lim va fatvo bilan shug‘ullangan, juda ko‘p odam uning ilmidan manfaat topgan.

Misr ahli Ash-Sharbiyniyni zuhdu taqvoda, ilmu amalda va ko‘p ibodat qilishda yuksak martaba sohibi ekanini eslaydilar. Har yil Ramazon oyi kelishi bilan masjidda e’tikof o‘tirardi va hayit namozini o‘qimasdan turib masjiddan chiqmas edi. Agar hajga yo‘l olsa, piyoda yurar, toki toliqmaguncha markabga minmas edi. Qur’on ilmida Allohning bir oyati va hujjati bo‘lishiga qaramasdan, dunyo ishlaridan yuz o‘girgan hamda butunlay gumnomlikni (Mashhurlikning ziddi)  istagan edi.

Ash-Sharbiyniy to‘qqiz yuz yetmish yettinchi hij.riyda, payshanba kuni asrda vafot etgan. Uning muallafotlari orasida tafsirdan tashqari "Sharhul-minhoj" va "Kitobut-tanbih" nomli ikki asari bo‘lib, bu ikki asar ulamolar e’tiborini jalb etgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 08:16:35
4. Ash-Sharbiyniy o‘zining "As-Sirojul munir" tafsirining yozilish sabablari haqida hikoya qilishicha, mufassirlar tomonidan yozilgan ko‘p tafsirlar muallifning ilmi darajasiga, Qur’on oyatlarining qay darajada tushunishiga qarab yozilgan. Ularga havas qilib u ham bir tafsir yozishni o‘ylaydi, ammo Qur’onni o‘z ra’yicha beilm tafsir qilganlar haqida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytgan va’id qatoriga kirib qolishdan qo‘rqib jur’at qilmaydi. Keyin istixora (Niyat qilgan ishining amalga oshishini Allohdan so‘rab o‘qiladigan namoz va duo) qilib, Allohdan qalbining ochilishini va muvaffaqiyat ato etishini so‘raydi. Alloh uning duosini ijobat etib, qalbini ochadi, lekin niyatini sir tutadi. U safardan qaytib kelganda, shogirdlaridan biri unga tush ko‘rganini, tushida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yoki Imom Shofe’iy kelib: "Falonchiga ayt, Qur’on tafsiriga kirishsin!"—deb amr etganlarini aytadi.

Ash-Sharbiyniy bu bashoratdan keyin ham ishga kirisholmay qiynaladi. Ammo ko‘p o‘tmay u Baymiristonda tafsir shayxi lavozimiga saylanadi. Shu asnoda odamlar undan "Minhojut-tolibin" kitobini tugatgandan keyin tafsir yozib berishni iltimos qiladilar.

Ash-Sharbiyniy Payg‘ambarimizning vasiyatlariga amal qilgan holda, salaf ulamolarining izidan borib tafsir yozishga kirishadi. Aytishlaricha, Ash-Sharbiyniy boshqa mufassirlardan ortiqroq va afzalroq tafsir yozgani yo‘q. Lekin har bir zamonning odamlari uchun avvalgi yozilgan tafsirlar qadimiy sanalib qoladi. Ularning ilmga bo‘lgan nashotini qo‘zg‘ab turish uchun o‘sha zamonda yashovchilarning tabiatiga muvofiq, zamon ruhiga mos bo‘lgan tafsir bo‘lishi kerak. Ash-Sharbiyniy ana shu zarurat va ehtiyojni qondirdi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 08:21:52
Tafsirda muallif o‘zining va’dasiga muvofiq qiroatlarning faqat mutavotirini oldi. Hadislarning ham sahihini tanlab olib rivoyat qildi, zaif va mavzu’larini tark etdi. Shu sababdan ham u tafsir asnosida Az-Zamaxshariy va Al-Bayzoviyni, o‘z tafsirlarida har bir suraning oxirida suralarning fazilatini bayon qilish maqsadida zaif va mavzu’ hadislardan foydalanganliklari uchun, qattiq tanqid ostiga oladi. Masalan: "Oli Imron" surasining oxirida shunday deydi:

"At-Tabariy rivoyat qilgan: "Kimki juma kuni "Oli Imron" surasini qiroat qilsa, unga Alloh va farishtalar to kun botguncha salavot aytadilar",—degan hadisning isnodi zaifdir".

Al-Bayzoviy, Az-Zamaxshariy va Ibn Odillar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga nisbat berib rivoyat qilgan:

"Kimki "Oli Imron" surasini qiroat qilsa, uning har bir oyati evaziga jahannam ko‘prigidan amonlik beriladi",— degan mazmundagi hadis esa Ubay ibn Ka’b ustiga to‘qilgan yolg‘on hadisdir. Har bir mufassir va tolib ogoh bo‘lishi kerak". (Ash-Sharbiyniy. As-Sirojul munir. 1-j. 265-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 08:24:17
"Al-A’rof" surasining oxirida muallif shunday deydi: "Al-Bayzoviy va Az-Zamaxshariy rivoyat qilgan: "Kimki "Al-A’rof" surasini qiroat qilsa, Alloh Ta’olo qiyomat kunida u bilan shayton o‘rtasiga to‘siq qiladi, Odam (a.s.)ni unga shafi’ qiladi",— degan mazmundagi hadis mavzu’—yolg‘on hadisdir". (O’sha manba, 3-j. 568-b.)

"Al-Josiya" surasining oxirida ham: "Al-Bayzoviy Az-Zamaxshariyga ergashib rivoyat qilgan: "Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: "Kimki, "Ho-mim Al-Josiya" surasini qiroat qilsa, qiyomat kunida Alloh Ta’olo uni sharmandalikdan saqlaydi va qalbiga taskin beradi",— degan hadis mavzu’dir". (Ash-Sharbiyniy. As-Sirojul munir. 3-j. 568-b.)

Muallif o‘z tafsirida oyatlarning o‘zaro bog‘liqligiga katta ahamiyat bergan va uni ba’zi joyda dalillar bilan ham isbotlashga harakat qilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 08:27:06
5. Shuningdek, fiqhiy masalalarda, garchi furu’lar keng yoritilmagan bo‘lsa ham, hukmlar va ular haqida mazhablarning mavqifi batafsil bayon etilgan. Masalan:

"Baqara" surasining 225-oyati:

لا يُؤَاخِذُكُمُ اللَّهُ بِاللَّغْوِ فِي أَيْمَانِكُمْ

"Alloh sizlarni (faqat tilingiz uchida aytgan) behuda qasamlaringiz uchun javobgar qilmaydi" (Baqara, 225) tafsirida "behuda qasam" haqida ulamolarning fikrlarini keltiradi. Keyin "tanbeh!" ishorasini qo‘yib, o‘z fikrini aytadi: "Qasam nima bilan bog‘lanadi? Qasamini buzgan kishiga kafforat vojib bo‘ladimi? Imom Shofe’iy mazhabida kafforat vojib bo‘ladi. Boshqa olimlar nazdida qasam ham boshqa kabira gunoxlar qatorida sanaladi va kafforat vojib bo‘lmaydi. Qasam faqat Allohning nomi bilangina bog‘lanadi. Allohdan boshqa, masalan: Ka’ba, Payg‘ambar, Qur’on, ota ruhi, non va boshqa ashyolar nomi bilan ichilgan qasam shar’iy qasam hisoblanmaydi".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 08:30:09
Lekin "har to‘kisda bir ayb" deganlaridek, Ash-Sharbiyniyning tafsirida ham kamchilik mavjud, ya’ni shunchalik mudaqqiq olim bo‘lishiga qaramasdan, uzundan-uzun isroiliyotlarni keltirib, ularning sahih yoki zaifligiga munosabat bildirmagan. Masalan: "An-Naml" surasining 16-oyati tafsirida turli qushlarning nima deb sayrashi haqida Ka’bul Axbordan uzun rivoyat keltirgan.

Mazkur suraning 34-oyati tafsirida ham Vahb ibn Munabbahdan isroiliy rivoyat keltirilgan. "As-Soffot" surasining 123-oyati tafsirida axbor va siyar kitoblari, g‘aroyib rivoyatlar keltirgan. Lekin muallif rivoyatlarning birortasi haqida o‘z fikru-mulohazalarini bayon etmaydi.

Ammo rivoyatlar biror payg‘ambarni maqomiga xalal bersa, obro‘sining to‘kilishiga sabab bo‘lsa, Ash-Sharbiyniy unga darhol o‘z raddiyasini berganini ko‘ramiz. Masalan: "Sod" surasining 21-24-oyatlari tafsirida Ar-Roziydan isroiliy rivoyat qilib, bu rivoyatlarning botilligini aytib o‘tadi.

Tafsir asnosida yana shunga ishonchimiz komilki, muallif o‘z tafsirini yozishda Ar-Roziyning tafsirini o‘ziga asos qilib olgan, shuning uchun ham aksar naqllari uning  tafsiridan olingan.

Ash-Sharbiyniyning "œAs-Sirojul munir" nomli tafsiri to‘rt jildlik katta kitob holida nashr etilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 08:32:32
Tayanch iboralar: Jaloliddin Al-Mahalliy At-Taftazoniy, "Tafsirul-jalolayn", Al-Xatib Ash-Sharbiyniy, "As-Sirojul munir", "Husnul-muhozara", "Al-Mahalliyning zehni olmosdan ham o‘tkirroq", "Mening yodlash. qobiliyatim pastroq bo‘lsa ham, zakovatim xatoni qabul qilmaydi", "Al-Muayyadiyya", "Al-Barquqiyya", "Sharhu jam’ul-javomi’", "Sharhul-varaqot", "'Sharhul-minhoj", "Tafsirul-jalolayn", Jaloliddin As-Suyutiy: "Ulug‘ imom Jaloliddin Al-Mahalliy yozgan Qur’oni Karimning tafsiridan qolib ketgan joyini to‘ldirib qo‘yishga rog‘iblarning ehtiyoji meni majbur etdi", "tafsirning oxirini", "tafsirning qolib ketgan joyini", "Shu bilan ulug‘ mufassir Jaloliddin Al-Mahalliy tomonidan ta’lif etilgan "Qur’oni Karimning tafsiri" nihoyasiga yetdi", As-Suyutiyning mahorati, Ruhning latif jism ekanligi, "Sobi’iylar yahudiylarning bir firqasidir", "Nasroniylarning ham", Al-Xatib Ash-Sharbiyniy, masjidda e’tikof, toliqmaguncha markabga minmas edi, butunlay gumnomlik, "Sharhul-minhoj", "Kitobut-tanbih", "As-Sirojul munir", istixora, "Falonchiga ayt, Qur’on tafsiriga kirishsin!", tafsir shayxi, Ash-Sharbiyniy ana shu zarurat va ehtiyojni qondirdi, "œQasam nima bilan bog‘lanadi?"
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 18 Oktyabr 2008, 08:36:19
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Jaloliddin Al-Mahalliy At-Taftazoniyning tarjimai holi. Uning zehnini ulamolar qanday baholaganlar?
2. "Tafsirul-jalolayn" ning nisbati nima uchun ikki kishiga beriladi?
3. Al-Xatib Ash-Sharbiyniyga Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan qanday bashorat bo‘ldi?
4. "As-Sirojul munir" tafsirida Al-Bayzoviy va Az-Zamaxshariy tafsirida keltirilgan suralarning fazilati haqidagi mavzu’ hadislarga, muallif qanday munosabat bildirgan?
5.  Ash-Sharbiyniy tafsirida shar’iy qasam shartlari haqida nimalar deyilgan?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Ad-Dovudiy. Tabaqotul-mufassirin.
3. An-Naysoburiy. G’aroibul-Qur’on va Rag‘oibul-Furqon. 30-j.
4. Ash-Sharbiyniy. As-Sirojul munir. 1-4-j.
5. Al-Itqon. As-Suyutiy. 2-j.
6. Al-Hofiz ibn Hajar. Lisonul-mezon. 4-j.
7. Al-Xozin. Lubobut-ta’vil fiy ma’onit-tanzil.
8. Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut-tafsir.
9. Imom Al-Buxoriy, Al-Jome’ As-Sahih. 1-4-jildlar. T. 1998.


Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 04:21:23
28-MAVZU. ABUS-SA’UD. "IRSHODUL AQL AS-SALIM ILA MAZOYA Al-KITOB AL-KARIM". AL-OLUSIY. "RUHUL-MA’ONIY".

Dars  rejasi:
1.  Abus-Sa’udning tarjimai holi.
2. "Irshodul-aql As-salim ila mazoyo Al-Kitob Al-Karim" tafsirining ta’rifi va usuli.
3.  Al-Olusiyning tarjimai holi.
4.  "Ruhul-ma’oniy" tafsirining ta’rifi va uslubi.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 04:33:38
1. Abus-Sa’udning to‘liq nomi Abus-Sa’ud Muhammad ibn Muhammad ibn Mustafo Al-Amodiy Al-Hanafiy bo‘lib, hijriy sananing sakkiz yuz to‘qson uchinchi yilida Qustantaniya shahari atrofidagi bir qishloqda dunyoga kelgan. Uning tug‘ilgan uyi ilm va fazl bilan tanilgan xonadon edi. Shuning uchun ba’zilar Abus-Sa’udning ta’rifida shunday deganlar: "U ilmning bag‘rida tarbiya topdi va fazlning ko‘ksini emib yayradi, natijada sharafli ilmlar uchun xizmatda qoim bo‘ldi, obro‘si baland va olamga mashhur bo‘ldi".

Abus-Sa’ud qo‘p ilmiy kitoblarni o‘z otasi qo‘lida o‘rgandi. Keyin boshqa olimlarga ham shogird bo‘lib, ulardan ko‘p foydalandi, o‘zining ilmiy bisotini kengaytirdi. Uning ilm yo‘lidagi shuhrati Turkiyaning ko‘p madrasalarida dars berish-ustoz bo‘lish ne’matiga noil qildi. Keyin Ravsa qoziligi, birozdan so‘ng Qustantaniya qoziligi, undan keyinroq esa Rumaylo viloyati qoziligiga tayinlandi va shu lavozimda sakkiz yil ishladi. Undan so‘ng fatvo ishiga tayinlandi va umrining oxirigacha qariyb o‘ttiz yil muftiylik maqomini tark etmadi.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 04:48:59
Aytishlaricha, Abus-Sa’ud fatvo so‘rab yozilgan savollarga javobni so‘rovchining tabiati va darajasiga mos qilib, agar savol she’riy usulda yozilgan bo‘lsa, javobni ham she’riy usulda, agar savol nasriy usulda bo‘lsa, javobni ham nasriy usulda, agar savol arab tilida bo‘lsa, javobni ham arab tilida, agar savol turk tilida bo‘lsa, javobni ham turk tilida yozib qaytarar ekan.

Abus-Sa’udning shuhrati, uning turli madrasalarga ko‘chib yurib dars berishi, qozilik, muftiylik bilan band bo‘lishi biror asarni ta’lif etishiga imkon bermas edi. Shunga qaramasdan u bandlik orasidan fursat topib, o‘zidan ilmiy meros qoldirish, oxiratga zaxira qilish baxtiga muyassar bo‘ldi. Uning yozgan asarlaridan qo‘limizdagi ushbu "Irshodul-aql as-salim ila mazoyo Al-Kitob Al-Karim" nomli tafsiri, "Al-Kashshof" tafsiriga yozgan hoshiyasi, "Al-Hidoya"ning kitobul-bay’ qismiga yozgan hoshiyasidir. Abus-Sa’ud hijriy sananing to‘qqiz yuz sakson ikkinchi yilida Turkiyaning Qustantaniya (Konstantinopol) shahrida vafot etdi va Abu Ayyub Al-Ansoriyning yonlariga dafn etildi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 04:50:22
2. Yuqorida aytib o‘tilganidek, Abus-Sa’ud juda band bo‘lishiga qaramasdan, fursat topib, kitob ta’lifiga, xususan tafsirga kirishdi. Tafsir ta’lifi "Sod" surasiga kelganda, Abus-Sa’udning mashg‘uloti ko‘payib ketib, tafsir to‘xtab qoldi. Darhol qoralamalarini oqqa ko‘chirib, to‘qqiz yuz yetmish uchinchi yilda saroyga yubordi. Sulton Sulaymonxon Abus-Sa’udning tafsirini ko‘rib juda xursand bo‘ldi va uning oylik maoshiga qo‘shimcha tarzda har kun besh yuz dirham miqdorida mablag‘ berishni tayinladi. Abus-Sa’udga tafsirini tezroq nihoyasiga yetkazish uchun imkon tug‘ildi. Bir yildan so‘ng Abus-Sa’ud tafsirini tugatib, komil holda yana Sulton huzuriga yubordi. Sulton bu safar ham muallifdan o‘z in’omini ayamadi va uning maoshini ikki barobarga oshirdi.

Haqiqatan ham mazkur tafsir shirin tili, go‘zal iborasi bilan boshqa tafsirlardan ajralib turadi. Muallif unda Qur’onning balog‘iy tushunchalarini hech kim qilmagan uslub bilan ochib bergan.

Bu tafsirning fazilati haqida "œAl-aqdul manzum fiy zikri afozilir-Rum" kitobi muallifi shunday yozadi: "œBu tafsirda hech bir zamonda misli ko‘rilmagan va quloqlar eshitmagan narsalar bayon etilgan".

"œAl-favoidul bahiyya fiy tarojimil hanafiyya" kitobining muallifi shunday deydi: "œMen u tafsirni mutolaa qildim. Undan ko‘p foyda oldim. Kitobxonni zeriktiradigan darajada uzun, tushunmovchilik paydo qiladigan darajada qisqa emas, latifa va nuqtalar bilan bezatilgan, foyda va ishoralarni o‘zida mujassam qilgan kitobdir".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 04:52:26
"œKashfuz-zunun"da aytilishicha, bu tafsirning nusxalari butun olamga tarqalgan, ulamolar huzurida yaxshi qabul qilingan, tili yengil. Shu sababdan ulamolar tafsir muallifini (Abus-Sa’udni) "œmufassirlarning xatibi" deb nomlaganlar. Qur’on oyatlarining ma’nolarini tushuntirishda juda oson yo‘lni tanlagani uchun, biror oyatning tafsirida mujmallik va maxfiylik yo‘q. O’z navbatida hoshiyaga ham ehtiyoj yo‘q.

Ammo "œKashfuz-zunun"da aytilishicha, Abus-Sa’udning tafsiriga ikki kishi: Ash-Shayx Ahmad Ar-Rumiy Al-Oq  Hisoriy (vafoti 1041) "œAr-Rum" surasidan "œAd-Duxon" surasigacha, Ash-Shayx Roziyyuddin ibn Yusuf Al-Quddusiy tafsirning salkam yarmiga ta’liq-ilova yozgan.
 
Abus-Sa’ud o‘z tafsirining muqaddimasida Az-Zamaxshariy va Al-Bayzoviy tafsirlariga qattiq ehtimom qo‘yib, ularni qayta-qayta mutolaa qilganligi, ulardan ilhomlanib, tafsir yozishga kirishganligini aytadi. Shuning uchun ham u tafsirlardagidek, har bir suraning oxirida keltirilgan, ulamolar tomonidan bil-ittifoq yolg‘on va mavzu’ligiga qaror qilingan hadislarni Abus-Sa’ud ham rivoyat qilgan.

Lekin muallif tafsir uslubida mazkur ikki tafsirni asos qilib olgan bo‘lsa-da, Az-Zamaxshariyning tafsiridagi mo‘‘taziliy fikrlardan juda uzoq bo‘lgan, undan kitobxonni ham tahzir (tahzir-ehtiyot bo‘lishga chaqirish, ogohlantirish) qilgan va tafsirini to‘laligicha "œahli sunna" e’tiqodida yakunlagan.

Har bir oyatning tafsirini boshlashdan avval oyatlarning bog‘lanishi va o‘zaro munosabatlarining bayoniga to‘xtaladi. Ahyon-ahyonda munosabatdan avval qiroatlar  haqida ham gapirilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 04:55:39
Tafsirda isroiliyotlarnipg ko‘p emasligi ham e’tiborga molik. Isroiliy rivoyat keltirilganda ham jazm va qat’iylik bilan emas, zarurat tug‘ilganda uning zaifligiga ishora qilib: "œrivoyat qilinishicha", "œaytilishicha" degan so‘zlar bilan boshlangan.

Abus-Sa’udning tafsiridagi yana bir kamchilik, u ham bo‘lsa, ulamolar bil-ittifoq "œkazzob" deb hukm qilgan Al-Kalbiy va Abu Solihdan hadis rivoyat qilishidir. Maslan, "œSaba’" surasining 15-oyati:

لَقَدْ كَانَ لِسَبَإٍ فِي مَسْكَنِهِمْ آيَةٌ جَنَّتَانِ عَنْ يَمِينٍ وَشِمَالٍ

"œSaba’ qabilasi uchun o‘z maskanlarida (Allohninrg fazliga doir) bir alomat bor edi — o‘ng tomon ham, so‘l tomon ham bog‘-rog‘ edi" ("œSaba’", 15) tafsirida oyat mazmunidagi qissani keltirib, shunday deydi: "œAl-Kalbiy Abu Solihdan rivoyat qilishicha, ularning asli qissalari shunday bo‘lgan edi: "œAmr ibn Omir Saba’ avlodlaridan edi. Ikkovining orasida o‘n ikki avldod o‘tgan. Saba’ning nomi Maziqiyo ibn Mou’-samo edi. Unga kohinlar Ma’rab qo‘rg‘onining xarob bo‘lishi va Eram seli ikki tarafi jannat misol bo‘lgan yerni g‘arq qilishini xabar qilgan edi", - deb u qissani va boshqa rivoyatlarni bemalol keltiravergan. Holbuki, Al-Kalbiyning kazzobligi barchaga ma’lum.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 04:56:36
As-Suyutiy o‘zining "Ad-durrul mansur" tafsiri xotimasida shunday yozadi: "Ulamolar Al-Kalbiyni yolg‘onchi sanaganlar. U kasal bo‘lganda: "Men Abu Solih nomidan keltirgan hadislarimning barchasi yolg‘ondir", — deb e’tirof etgan.

Lekin Abus-Sa’ud mazkur va boshqa hadislarning so‘nggida "Alloh Ta’olo biluvchiroq" deb qo‘yishi o‘sha hadisning sahihligi yoki zaifligida shubha qilishining alomatidir.

Abus-Sa’ud fiqhiy masalalarda oyatning ma’nosidan chiqadigan hukmlarda mazhablarning yo‘nalishini, xususan, hanafiy va shofe’iy mazhab fikrlarini shunchaki keltirish bilan kifoyalanadi.

Shuningdek, nahviy masalalarda ham unchalik chuqur ketmagan. Agar bir oyat bir necha e’robiy ko‘rinishlarga ega bo‘lsa, muallif ulardan birini tarjih qiladi va tarjihiga dalil keltiradi.

Shunday qilib, Abus-Sa’udning ushbu tafsiri g‘oyat nozik did bilan, behuda gap aralashtirmasdan, lo‘nda va ochiq iboralar bilan yozilgan asar bo‘lib, keyingi mufassirlarning ko‘pchiligi ham unga murojaat qiladilar.

Tafsir o‘rtacha hajmda besh juzdan iborat qilib nashr etilgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 04:59:21
3. Al-Olusiyning to‘liq ismi Abus-Sano Shahobiddin As-Sayyid Mahmud Afandi Al-Olusiy (Olus—Shom va Bag‘dod oralig‘ida Furot sohilida joylashgan shahar) Al-Bag‘dodiy bo‘lib, bir ming ikki yuz o‘n yettinchi hijriy yilda Bag‘dodning Al-Karx viloyatida dunyoga kelgan.

U Bag‘dod ulamolarining shayxi edi. Uning ilmiy zahirasi juda ko‘p bo‘lib, ham naqliy, ham aqliy ilmlarni o‘zida jamlagan, usul va furu’da zakovati o‘tkir, tengsiz muhaddis va mufassir edi. Unga ta’lim bergan ustozlari ham turli ilm ustunlari bo‘lganlar. Ular o‘zining alloma otasi, Ash-Shayx Xolid An-Naqshbandiy, Ash-Shayx Ali As-Suvaydiy edilar.

Al-Olusiy yoshligidan ilmga chanqoqlik bilan kirishdi. U ko‘pincha ushbu she’rni xirgoyi qilib yurardi:

Saharlar ilm o‘rganib bedor bo‘lish yaxshiroq,
Xushbo‘y xonanda qizlar vaslidan lazzatliroq.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:00:39
Al-Olusiyning yoshligidan ilmga bo‘lgan qiziqishi va sa’yu harakati unga o‘n uch yoshidayoq kitob ta’lif etish va shogirdlarga ilm berish baxtini nasib etdi. U juda ko‘p madrasalarda ustozlik qildi. Qachonki unga hanafiy mazhabi bo‘yicha fatvo berish vazifasi yuklatilgandan keyin, Ash-Shayx Abdulloh Al-Oquliy jome’iga yaqin bo‘lgan o‘z uyida turli fanlardan dars bera boshladi. Undan juda ko‘p odamlar ilm o‘rgandi. U o‘z shogirdlariga bir xil taom yedirar, bir xil libos kiydirar, ularning istiqomat qiladigan joyini o‘zi yashaydigan joydan balandroq qilib berar edi. Unga hammaning mehri tushdi, shogirdlariga bergan ilmi nofe’ bo‘ldi, shuhrati ortdi, butun Iroqda u yagona olim deb tan olindi, natijada riyosat (Iroqda ta’lim ishlari riyosati) uning qo‘liga o‘tdi. Chunki, u shunga munosib olim edi.

U o‘zining zehni, zakovati va fahmining o‘tkirligiga ishonardi: "Men zehnimga biror narsani omonat qo‘ysam, u menga xiyonat qilgan emas. Qachon o‘z fahm-farosatimni yordamga chaqirsam, u o‘sha onda javob bergan".

Al-Olusiy hijriy sananing bir ming ikki yuz qirq sakkizinchi yilida hanafiy mazhabi bo‘yicha muftiylikka tayinlangan. Undan oldin bir necha oy Marjoniyya madrasasi vaqf ishlariga rahbar bo‘lgan edi. Hijriy sananing bir ming ikki yuz oltmish uchinchi yili muftiylik vazifasidan ozod etildi va shu kundan boshlab Qur’on tafsirini yozishga kirishdi. Uni nihoyasiga yetkazib, bir ming ikki yuz oltmish yettinchi yilda Qustantaniyaga safar qildi va yozgan tafsirini Sulton Abdulmajidxon huzuriga taqdim etdi. Sultonga tafsir juda ma’qul bo‘ldi va u muallifga ko‘p in’omlar berdi. Hijriy bir ming ikki yuz oltmish to‘qqizinchi yilda Al-Olusiy Qustantaniyadan Bag‘dodga qaytib ketdi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:02:07
Al-Olusiy barcha mazhab yo‘nalishlariga olim, millatlar va firqalar e’tiqodini yaxshi tushungan, salaf ulamolari e’tiqodiga itoatli, o‘zi shofe’iy mazhabda bo‘lsa ham, ko‘p masalalarda Abu Hanifa mazhablariga taqlid qiluvchi kishi edi. Umrining oxirgi davrlarida o‘zi ham ijtihod bilan shug‘ullandi.

Undan juda katta ilmiy meros qolgan. Ulardan biri biz o‘rganmoqchi bo‘lgan tafsir kitobidyr. "Al-Qitr" kitobiga yozgan sharhi, mantiq ilmida yozilgan "Sharhus-sullam", "Lohuriy savollariga iroqiyning javoblari", "Eroniy savollariga iroqiyning javoblari", "G’avvoslar duri xoslar fahmida", "An-Nafaxotul qudsiyya fil mabohisil-imomiyya", "Al-favoidus saniyya" kitoblari ham shular jumlasidandir.

Al-Olusiy hijriy sananing bir ming ikki yuz yetmishinchi yilida Al-Karx shahrida vafot etdi va oilasi bilan Ash-Shayx Ma’ruf Al-Karxiy (Abu Mahfuz Ma’ruf ibn Feruz Al-Karxiy (vafoti 815 mil.) mashhur tasavvuf shayxi, ko‘p piri murshidlarning ustozi) maqbarasiga dafn etildi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:03:31
4. "Ruhul-ma’oniy" muallifi o‘z tafsirining muqaddimasida yozishicha, u yoshligidan Qur’oni Karim oyatlarida yashiringan sirlarni kashf qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Shuning uchun boshqa yoshlar berilgan o‘yin-kulgidan o‘zini uzoq tutib, qimmatli umrining har bir daqiqasini g‘animat bilib ilm qidirdi. Alloh Ta’olo uning niyatini amalga oshishiga tavfiq ato etdi. U hali yigirma yoshga yetmagan bo‘lsa ham, Qur’oni Karimning zohiriy ma’nosidan paydo bo‘ladigan mushkulotlarni hal qilishga kirisha boshladi. Buning uchun esa ulamoi kiromlarning tafsirlarini varaqlash, bilmaganini ulamolar huzuriga erinmay borib so‘rash, o‘rganish, shu yo‘l bilan ustozlar ilmini qalbiga joylash zarur edi.

Nihoyat, bir ming ikki yuz ellik ikkinchi hijriy yilning Rajab oyi juma kechasida tush ko‘rdi. Alloh Ta’olo unga Yeru osmonlarni qo‘liga olish va yoriq joylarini tuzatishni amr qildi. Bir qo‘lini osmonga, ikkinchi qo‘lini Yerni ko‘tarib turgan suv ostiga uzatgancha uyg‘onib ketdi. Ko‘rgan tushidan hayron bo‘lib, tush ta’birini qidirdi. Ba’zi ta’birnomalarda yozilishicha, bunday tush Qur’on tafsiriga ishora ekan. Shu yilning Sha’bon oyi o‘n oltinchi kechasida tafsir yozishni boshladi. Bu davrda Sulton Mahmudxon ibn Abdulhamidxon hukmron bo‘lib, muallif o‘ttiz to‘rt yoshda edi.

Muallif tafsirning xotimasida bergan ma’lumotga qaraganda, bir ming ikki yuz oltmish yettinchi hijriy yilda tafsir nihoyasiga yetgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:04:31
Tafsir komil bo‘lgan bo‘lsada, uni nima deb atashni muallif hanuzgacha o‘ylamagan edi. Bu haqda bosh vazir Ali Rizo poshshodan maslahat so‘radi. Bosh vazir esa hech o‘ylab o‘tirmay tafsirga "Ruhul-ma’oniy fiy tafsiril Qur’onil azim vas-sab’ul masoniy" deb nom qo‘yib berdi.

Al-Olusiyning mazkur tafsiri boshqa hamma tafsirlardan ulug‘ va mo‘‘tabar sanaladi. Chunki, u tarixan oxirgi yozilgan tafsirlardan bo‘lib, barcha tafsirlarning mag‘zini o‘zida mujassam etgan.

Qaysi tafsirdan naql qilayotgan bo‘lsa, o‘sha tafsir muallifining sifati bilan boshlaydi. Masalan Abus-Sa’ud tafsiridan naql qilsa, "Shayxul Islom" deb, Al-Bayzoviydan naql qilsa, "Al-Qoziy" deb, Ar-Roziydan naql qilsa, "Al-Imom" deb boshlaydi. Qaysi mufassirning ra’yiga e’tiroz bildirar ekan, albatta Abu Hanifa mazhablarini himoya qiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:06:40
Al-Olusiyning e’tiqodi "ahli sunna" ga muvofiq bo‘lgani uchun, tafsirda mo‘‘tazila, shia va boshqa muxolif mazhablarning ra’ylarini qattiq rad etadi. Masalan: "Al-Jum’a" surasining 11-oyati:

وَإِذَا رَأَوْا تِجَارَةً أَوْ لَهْوًا انْفَضُّوا إِلَيْهَا وَتَرَكُوكَ قَائِمًا قُلْ مَا عِنْدَ اللَّهِ خَيْرٌ مِنَ اللَّهْوِ وَمِنَ التِّجَارَةِ وَاللَّهُ خَيْرُ الرَّازِقِينَ

"Qachonki ular biror tijoratni yoki o‘yin-kulgini ko‘rib qolsalar, o‘shanga qarab tarqalib ketib, Sizni minbarda tik turgan holingizda tark eturlar. Ayting: "Alloh huzuridagi narsa o‘yin-kulgidan ham, tijoratdan ham yaxshiroqdir. Alloh rizq beruvchilarning yaxshirog‘idir" (Jum’a, 11) tafsirida shunday deydi: "Ushbu oyatni dalil qilib shialar sahobalarga: "Ular dunyoni oxiratdan afzal bilganlar, chunki Rasulullohni tark etib, tijorat va lahvga berilib, dinning ustuni bo‘lgan namozdan e’roz qilganlar. Bu namoz oddiy namoz ham emas, balki Rasululloh (s.a.v.) bilan birga o‘qiladigan faxrli namoz edi",— deb ta’na qiladilar. Rivoyat qilinishicha, bu ish bir necha bor takror bo‘lgan va ular orasida ulug‘ sahobalar — Abu Bakr, Umar, jannat bashorati berilgan o‘n sahoba bo‘lishmagan.

Bu voqea hijratning dastlabki yillarida bo‘lgan. U paytda qavm endi johiliyatni tark etishib, musulmonlikni yangi qabul qilishgan, Islom odob-axloqini, musulmonchilikni, ibodat qoidalarini to‘la o‘zlashtirmagan edilar. Buning ustiga Madinada qurg‘oqchilik bo‘lib, oziq-ovqat narxi oshib borayotgan edi. Shuning uchun madinaliklar kelgan oziq-ovqatni boshqalar xarid qilib qo‘ysa, ularning yashash sharoitlari yanada qiyinchilikka tushib qolishidan qo‘rqib, karvon kelganini eshitishlari bilan masjiddan chiqib, bozorga yugurgan edilar. Alloh Ta’olo ularni darhol kofirga hukm qilib, do‘zaxni va’id qilmadi, balki ularni xato qilganlikda ayblab, tanbeh berdi, xolos.

Ba’zi sahobalarning qilmishlariga yarasha Allohning ogohlantirishini imon, ixlos va ibodatda namuna bo‘ladigan hamma sahobalarga ommatan zajr deb ta’na yetkazishlik jaholat va aqli pastlikdan boshqa narsa emas". (Al-Olusiy. Ruhul-ma’oniy. 28-j. 94-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:09:55
Al-Olusiy o‘z tafsirida dunyoning yaratilishi borasida faylasuflar va astronomlarning fikrlarini ham keltirib, o‘ziga ma’qul bo‘lganini tasdiqlab, ma’qul bo‘lmaganlarini rad etgan.

Shuningdek, tafsirda nahviy, fiqhiy masalalar ham keng yoritilgan. Isroiliyotlarga butunlay qarshi bo‘lgan va ularni o‘z tafsirida keltirgan mufassirlarga ta’nalar yetkazgan, ularni ehtiyotsizlikda ayblagan.

Qiroatlar to‘g‘risida ham gapirilgan, lekin mutavotirlari alohida qayd etilmagan. Suralar va oyatlarning munosabatlari, nozil bo‘lish sabablari aytilgan. Lug‘atni ifoda qilish uchun arab she’rlaridan juda ko‘p istifoda etgan.

Al-Olusiy tafsirida oyatlarning zohiriy ma’nolarini tafsir qilib bo‘lgandan keyin, ishoriy ma’nolari haqida ham fikr bildirgan. Shuning uchun, ba’zi olimlar bu tafsirni ishoriy tafsirlar jumlasiga qo‘shganlar. Lekin tafsirning asosiy uslubini e’tiborga olgan holda aytish mumkinki, bu tafsir ra’y bilan qilingan tafsirlarning mahmudidir. Chunki, unda asosiy maqsad ishoriy tafsir emas.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, yuqorida biz bayon etgan o‘nta tafsir ra’y bilan qilingan tafsirlar orasida eng ahamiyatga moliklaridir. Bulardan tashqari yana ko‘plab tafsirlar borki, ular ulamolar orasida qo‘lma-qo‘l, mashhur, toliblar huzurida mo‘‘tabar. Lekin ularning har birining alohida fazilatini gapirib o‘tish ko‘p vaqtni oladi. Agar tolibda boshqa tafsirlar haqida ham bilish ishtiyoqi tug‘ilsa, o‘zlari topib mutolaa qilishlarini tavsiya etamiz.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:10:47
Tayanch iboralar: Abus-Sa’ud, "Irshodul-aql as-salim ila mazoyo Al-Kitob Al-Karim", "U ilmning bag‘rida tarbiya topdi va fazlning ko‘ksini emib yayradi, natijada sharafli ilmlar uchun xizmatda qoim bo‘ldi, obro‘si baland va olamga mashhur bo‘ldi", ilmiy bisoti, ilm yo‘lidagi shuhrati,   Ravsa qoziligi, Qustantaniya qoziligi, Rumaylo viloyati qoziligi, Qur’onning balog‘iy tushunchalarini hech kim qilmagan uslub bilan ochib bergan,   Abus-Sa’udning tafsiriga ikki kishi: Ash-Shayx Ahmad Ar-Rumiy Al-Oq Hisoriy (vafoti 1041) "Ar-Rum" surasidan "Ad-Duxon" surasigacha, Ash-Shayx Raziyuddin ibn Yusuf Al-Quddusiy tafsirning salkam yarmiga ta’liq-ilova yozgan, tahzir qilgan, "Ulamolar Al-Kalbiyni yolg‘onchi sanaganlar,   U kasal bo‘lganda: "Men Abu Solih nomidan keltirgan hadislarimning barchasi yolg‘ondir",— deb e’tirof etgan, Al-Olusiy, "Ruhul-ma’oniy", "Alloh Ta’olo biluvchiroq", bir xil taom yedirar, bir xil libos kiydirar, ularning istiqomat qiladigan joyini o‘zi yashaydigan joydan balandroq qilib berar edi, "Al-Qitr" kitobiga yozgan sharhi, "Sharhus-sullam", "Lohuriy savollariga iroqiyning javoblari", "Eroniy savollariga iroqiyning javoblari", "G’avvoslar duri xoslar fahmida", "An-Nafaxotul qudsiyya fil mabohisil-imomiyya", "Al-favoidus saniyya", "Ruhul-ma’oniy fiy tafsiril Qur’onil azim vas-sab’ul masoniy".
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:11:38
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Abus-Sa’udning tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz?.
2. Muallif "Irshodul-aql as-salim ila mazoyo Al-Kitob Al-Karim" tafsirini yozishga turtki bo‘lgan narsa nima?
3. Al-Olusiyning tarjimai holi. Uning ilm borasidagi fikri qanday edi?
4. Al-Olusiyning mo‘tazila, shia mazhablariga munosabati "Ruhulma’oniy" tafsirida qanday aks etgan?
5. Al-Olusiyning isroiliyotlarga va ishoriy tafsirga munosabati qanday edi?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Ad-Dovudiy. Tabaqotul-mufassirin.
3. An-Naysoburiy. G’aroibul-Qur’on va Rag‘oibul-Furqon. 30-j.
4. Al-Olusiy. Ruhul-ma’oniy. 28-j.
5. Al-Itqon. As-Suyutiy, 2-j.
6. Al-Hofiz ibn Hajar. Lisonul-mezon. 4-j.
7. Al-Xozin. Lubobut-ta’vil fiy ma’onit-tanzil.
8. Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut-tafsir.
9.  Imom Al-Buxoriy. Al-Jome’ As-Sahih. 1-4-jildlar. T. 1998.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:12:54
29-MAVZU. BID’ATCHI FIRQALAR TAFSIRI. Al-MU’TAZILA

Dars rejasi:
1. Bid’atchi firqalarning paydo bo‘lishi. Islom olamida mashhur bo‘lgan asosiy firqalar beshta: ahli sunna, mo‘tazila, murjia, shiy’a, xavorij. Boshqa o‘nlab firqalar shu asosiy besh firqadan ajralib chiqqan.
2. Bid’atchi firqalar tafsiri. Ular ta’lif etgan tafsirlarning paydo bo‘lish tarixi.
3. Mo‘‘tazila firqasining paydo bo‘lishi. Uning Qadariyya, Muattala deb nomlanishi. Mo‘‘tazilaning e’tiqodiy usuli beshta—tavhid, adl, va’d val-va’id, ikki manzil orasi, amru ma’ruf va nahiy munkar.
4. Bu firqaning Qur’on tafsiridagi o‘rni. Tafsirda besh narsaga rioya etilishi. Mo‘‘tazila firqasining aqlga muvofiq kelmagan sahih hadislarni inkor etishi. Ular aql bilan qanday ma’no chiqarsalar mana shu Allohning murodi deb da’vo qilishlari. Qur’onga faqat lug‘aviy jihatdan yondoshishlari. O’z mazhablariga muvofiq kelmagan mutavotir qiroatlarni o‘zgartirishlari.
5. Mo‘‘taziliylarning tafsirida «ahli sunna» tomonidan haqiqiy diniy sanalgan narsalarni inkor etilishi. Abul Hasan Al-Ash’ariy va Ibn Taymiyyaning mo‘‘taziliylar tafsiri ustidan chiqargan hukmlari.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:14:53
1. Payg‘ambarimizning zamonlarida Islom ummati dinning usuli va furu’sida yagona e’tiqod va bir xil ibodatda mustaqim edilar. Ularning o‘rtalarida ixtilof chiqishi va firqalarga bo‘linish «sarvari koinot»ning vafotlaridan so‘ng boshlandi. Payg‘ambarimiz vafot etgan kunlari eng dahshatli, qora kun bo‘lib, musulmonlar o‘zlarini yo‘qotib qo‘ydilar va ba’zilar payg‘ambarimizning vafotlariga ishongan bo‘lsalar, boshqa birovlar payg‘ambar o‘lmagan, balki Alloh Ta’olo Iyso (a.s.)ni osmonga ko‘targandek, U zotni ham osmonga ko‘targan, deb da’vo qildilar. Qachonki, Abu Bakr Siddiq (r.a.):

إِنَّكَ مَيِّتٌ وَإِنَّهُمْ مَيِّتُونَ

«Shubhasiz, siz ham o‘luvchisiz, ular ham o‘luvchidirlar» (Zumar, 30.) — mazmundagi oyati karimani o‘qib: «Kimki Muhammadga ibodat qilgan bo‘lsa, Muhammad o‘ldi. Kimki uning rabbiga ibodat qilgan bo‘lsa, Muhammadning rabbisi hayot — o‘lmaydi», — deganlaridan so‘ng, bu ixtilof barham topdi.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:15:28
Keyingi ixtilof Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning jasadlarini dafn etish masalasida boshlandi. Makkaliklar: «Payg‘ambarimizning jasadi muboraklarini Makkaga olib borib dafn etamiz, chunki bu zotning tug‘ilgan, payg‘ambar bo‘lgan yerlari va Islomning qiblasi Makka, bobolari Ismoil (a.s.)ning qabrlari ham o‘sha yerda», — dedilar.

Madinaliklar: «Payg‘ambarimizni Allohning amri bilan hijrat qilgan va nusratga erishgan yerlari-Madinaga dafn etamiz», — dedilar.

Uchinchi guruh esa: «Payg‘ambarimizni Quddusga olib borib, bobolari Ibrohim (a.s.)ning yonlariga dafn etamiz, barcha payg‘ambarlar ham o‘sha yerga dafn etilganlar»,  deb da’vo qildilar. Bu ixtilof ham Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning Payg‘ambarimizdan eshitgan: «Albatta payg‘ambarlar jonlari olingan yerga dafn etiladilar», — degan hadislari bilan to‘xtadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:16:00
Uchinchi ixtilof Payg‘ambarimiz (sav)dan keyin kim imom(xalifa) bo‘lishi borasida paydo bo‘ldi. Madinaliklar Sa’d ibn Ubodaga bay’at qilishga chaqirdilar. Makkaliklar imom Quraysh qabilasidan boshqa qabiladan bo‘lmasligini aytdilar va Payg‘ambarimizning: «Imomlar Qurayshdan bo‘ladi», — degan hadislarini bunga dalil qilib keltirdilar. Boshqa musulmonlar esa xalq saylagan har qanday kishi imom bo‘lishi mumkinligini aytdilar. Ushbu ixtilof hozirgacha ham davom etib kelmoqda.

To‘rtinchi ixtilof Fadak (Xaybardagi yahudiy qishloqlaridan biri. Bu qishloq suvli, xurmozor bog‘li, obod joy bo‘lib, Rasululloh (s.a.v.)ga tegishli bo‘lgan) qishlog‘i merosligi borasida zohir bo‘ldi. Rasululloh (s.a.v.)ning hayotliklarida ul zotning ixtiyorlarida edi. Vafotlaridan so‘ng hazrat Ali (r.a.) Abu Bakr Siddiqning oldilariga kelib: «Mazkur qishloq Fotimaga atalgan, unga bering», — deb talab qildilar. Abu Bakr Siddiq (r.a.) esa: «Albatta payg‘ambarlar mol-dunyo meros qoldirmaydilar», — degan hadisni eslatib, qishloqni Fotima ixtiyoriga bermaslikka hukm chiqardilar. Abu Bakrning vafotlaridan so‘ng Hazrat Umar (r.a.) Fadak qishlog‘ini Ali va Abbosning ixtiyoriga, «foydalanish mumkin, ammo butunlay mulk emas», degan shart bilan topshirdilar.

Beshinchi ixtilof zakot to‘g‘risida bo‘lib, ba’zi musulmonlar zakotning vojibligini inkor eta boshladilar. Sahobiylar esa zakot bermaganlarga qarshi Abu Bakr Siddiq boshchiligida urush e’lon qildilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:17:52
Oltinchi ixtilof Tulayha (Tulayha ibn Xuvaylid. Avval sahoba bo‘lgan edi. Keyin dindan qaytdi, payg‘ambarlik da’vosini qilib, Shomga qochib ketdi) tomonidan bo‘ldi. Musulmonlar unga qarshi yurishlar qildilar. Hazrat Umarning xalifalik davrlarida Tulayha tavba qilib, yana qaytib keldi, musulmonlar bilan bir necha jihodlarda qatnashib, Nihovand jangida shahid bo‘ldi.

Yettinchi ixtilofning sababchilari Yamomadan payg‘ambarlik da’vosi bilan chiqqan Musaylama Al-kazzob (Abu Sumoma Musaylama ibn Bakir ibn Habib. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hayotlik paytlaridayoq payg‘ambarlik da’vosini qilgan va payg‘ambarlikka sherik bo‘lishni talab etgan edi. Unga «Al-Kazzob» degan laqabni Payg‘ambarimiz berganlar), Sajjoh (Ummu Sodir Sajjoh binti Al-Horis ibn Suvayd, yamomalik ayol, Payg‘ambarimiz hayotlik paytlarida payg‘ambarlik da’vosi bilan chiqqan va Musaylama Al-Kazzobga erga tekkan.  Musaylama o‘ldirilgandan keyin Islomga kirgan), Al-Asvad ibn Zayd Al-Anasiy (Uning ismi Ayhala ibn Ka’b. Payg‘ambarimiz hayotliklarida yamanliklardan tarafdor to‘plab, payg‘ambarlik da’vosini qilgan. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni «San’oning kazzobi» deb ataganlar. 12-hijriyda Firuz Ad-Daylamiy nomli sahoba tomonidan o‘ldirilgan) bo‘ldilar.

Sakkizinchi ixtilof dindan qaytganlar — «ahli ridda» tomonidan chiqdi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:22:00
To‘qqizinchi ixtilof Hazrat Usmon (r.a.)ga qarshi bo‘lgan guruxdan chiqdi va ulug‘ sahobiy xalifani o‘ldirilishi bilan to‘xtadi. Usmonning qotillari haqidagi ixtilof esa hozirga qadar to‘xtamagan.

O’ninchi ixtilof Hazrat Ali (r.a.) haqlarida, «Jamal voqeasi ishtirokchilari» (Hazrat Usmonning qotillarini topib jazolamagani uchun Madina ahli Hazrat Oisha Siddiqa boshchiliklarida Hazrat Ali (r.a.) ga qarshi Shomga yurish qilganlar. Hazrat Oisha va ko‘pchilik madinaliklar tuya minib safar qilganlari uchun «Jamal-tuya voqe’asi» deyiladi) haqida, sahoba Mu’oviya (Muoviya ibn Abi Sufyon. Mu’oviya otasi bilan Makka fath etilgan yili Islomga kirgan, Payg‘ambarimizga kotib bo‘lgan, Hazrat Umar davrlarida Shom mamlakatiga hokim etib tayinlangan) haqida, Siffin ishtirokchilari haqida (Siffin-Suriyaning shimolida, Furot daryosi sohilidagi joy. Bu yerda Ali va Muoviya tarafdorlaridan iborat bo‘lgan ikki guruh musulmonlar o‘rtasida qattiq jang bo‘lgan), ikki hakam Abu Muso Al-Ash’ariy (Ismi Abdulloh ibn Qays, amir, qiroat peshvosi, ulug‘ sahobiy. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni Adanga amir qilib yuborganlar. Hazrat Umar (r.a.) esa Kufa va Basraga amir etib tayinlaganlar. Abu Musoning boshchshshgida juda ko‘p shaharlar fath etilgan) va Amr ibn Os (Abu Abdulloh Amr ibn Os ibn Voil As-Sahmiy, ulug‘ sahoba. Hudaybiyyada Islomga kirgan. Quraysh qabilasining dohiylaridan sanaladi. Madinaga hijrat qilgan. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni Zotis-salosil askarlariga amir qilganlar. Hazrat Umar uni Misrga hokim qilib yuborganlar, Muoviya davrida ham shu lavozimda qolgan va 43 hijriy yilida Misrda vafot etgan) chiqargan hukmlar borasida bo‘lib, hanuzgacha davom etib kelmoqda.

Ammo bu ixtiloflarga sabab kishilardan ba’zi xatolar o‘tgan bo‘lsa ham, lekin barchalarining aqidalari yagona, ibodatlari bir xil, imonlari mustahkam edi.

Sahobalarning oxirgi davrlariga kelib, ba’zi toifa taqdir to‘g‘risida ixtilof qila boshladi, keyinroq esa turli e’tiqodlarni zohir etishib, musulmonlar turli firqalarga bo‘linib keta boshladilarki, natijada Payg‘ambarimiz (sav) avvaldan tashvishlanib ogoh qilgan yetmish uch firqa yuzaga keldi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:23:23
2. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning asrlarida Allohning kalomini hamma bir xil qiroat qilardi, eshitardi va Qur’onning ruhini hamma birdek fahmlardi.

Musulmonlar orasida diniy va siyosiy jihatdan tafriqalanish sodir bo‘lgandan keyin, har bir firqa Qur’onga o‘z aqidasi nuqtai nazaridan qaray boshladi va uning tafsirida o‘z mazhabi yo‘nalishlarini quvvatlashga kirishdi. Mo‘‘tazila Qur’on tafsirini o‘z e’tiqodidagi ixtiyor, sifot, tahsin, taqbih masalalariga moslay boshladi. Shiy’alar o‘z mazhablariga muvofiqlashtirdilar. Bo‘linib ketgan hamma firqalar ham Qur’onni o‘z yo‘llariga, o‘z e’tiqodlariga bo‘ysundirishga harakat qilganlari shubhasizdir. Islomda bunday firqalar ko‘p va ularning yo‘llari xilma-xil, ammo barcha firqalarning aqidalariga moslangan tafsirlarni topish mushkil. Shuning uchun ixtiyorimizda mavjud bo‘lgan tafsirlarga asoslanib, ba’zi firqalar haqidagina fikr bildirishimiz mumkin.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, ra’y bilan qilingan tafsir ulamolar o‘rtasida ikki xil —mamduh va mazmum sanaladi. Biz ko‘rib o‘tgan o‘nta mufassirning tafsiri mamduh tafsirlar jumlasidan bo‘lib, ular «ahli sunna val-jamoa» firqasining tafsirlaridir. Biz u haqda takrorlamaymiz.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:25:00
3. Mo‘‘taziliylarning kelib chiqishi uning asosiy rahbarlaridan bo‘lgan Vosil ibn Ato (80 h.-131h.) nomi bilan bog‘liq.

Umaviy xalifa Hishom ibn Abdulmalik davrida Shayx Al-Hasan Al-Basriy huzuriga bir odam kelib: «Ey dinimizning peshvosi, zamonamizda bir jamo’a paydo bo‘lgan, ular kabira gunoh qiluvchilarni kofir hisoblaydilar. Yana bir jamo’a esa, kofirga toat foyda qilmaganidek, mo‘minga ham gunoh zarar qilmaydi, deydilar. Ular haqida siz nima deysiz?», deb so‘radi.

Al-Hasan Al-Basriy fikrga cho‘mib, javob berishga ulgurmay Vosil ibn Ato o‘rnidan turib, masjid ustuniga suyanib dedi: «Men kabira gunoh qilganni mutlaq mo‘min demayman, mutlaq kofir ham emas, ikkovining o‘rtasidagi manzilatdadir. Mo‘minlik maqtov ismdir, fosiq esa maqtovga loyiq emas, demak mo‘min emas. Uni kofir ham deb bo‘lmaydi, chunki shahodat kalimasini aytgan. Agar tavba qilmay o‘lsa, abadiy do‘zaxga tushadi, chunki oxiratda faqat ikki fariq — jannatga tushuvchilar va do‘zaxga tushuvchilargina bo‘ladi. Lekin fosiqning azobi kofirning azobidan yengilroq bo‘ladi», dedi. Hasan Al-Basriy: «Vosil bizlardan ajradi» — dedilar. Shundan buyon bu toifa «mo‘‘tazila»(ajralgan) deb nomlanadi. (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 1-juz’. 368-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:26:00
Mo‘‘taziliylar tarixda doim bir-biri bilan mubohasada bo‘luvchi bir necha guruhlarga bo‘linganlar. Ularning eng katta va kuchlisi Bag‘dod va Basra maktablari edi. Bag‘dod maktabi boshida Bishr ibn Al-Mo‘‘tamar, Basra maktabi boshida esa Vosil ibn Ato turardi. Mazkur ikki maktab ahllari orasida kuchli bahslar bo‘lganki, ularning mazmunini bu yerda batafsil keltirish kitobxonga unchalik foyda bermaydi.

Mo‘‘taziliylar besh tamoyilga amal qiladilar va bu tamoyillar shubhasiz Qur’oni Karim tafsirida ham o‘z aksini topgan:

1. At-tavhid. Bu ular mazhabining asosi, mag‘izidir. Mana shunga muvofiq oxiratda Allohni ko‘rish mumkin emasligi, Allohning sifatlari hech narsa emasligi, Qur’oni Karimning maxluqligi aqidalarini tuzganlar.

2. Al-adl. Bu asosga binoan: «Alloh Ta’olo butun koinotni yaratishni xohlamagan, U bu ishlarga qodir emas, bandalar o‘z fe’llarini o‘zlari yaratadilar, uning yaxshiligini ham, yomonligini ham Alloh yaratgan emas, Alloh faqat shar’an buyurgan narsasinigina iroda qiladi, boshqa narsalar uning xohishisiz ham amalga oshaveradi», — degan aqidalarni tuzganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:28:02
3. Al-va’d val-va’id. Buning ma’nosi shuki, Alloh Ta’olo yaxshilik qilgan odamni yaxshilik bilan, yomonlik qilgan odamni yomonlik bilan jazolaydi. Gunohi kabira qilgan kishi agar tavba qilmasa, Alloh uni kechirmaydi. Gunohi kabira qiluvchilarning shafoati qabul qilinmaydi. Biror kishi do‘zaxdan chiqarilmaydi.

Ularning fikrini yanada ravshanlashtirsak, Alloh Ta’olo yaxshilik qilganga mukofot, yomonlik qilganga jazo berishga majbur. Kabira qiluvchi tavba qilmasdan vafot etsa, Alloh uni kechirishi joiz emas. Agar uni jazolamasa, o‘zi qilgan va’idiga xilof ish qilgan bo‘ladi. Savob amalga mukofot va gunoh amalga jazo vojib bo‘lib, Alloh uni bajarishi majburiydir. Allohning yagonaligini tan olib imon keltirgan, Payg‘ambar sunnatiga amal qilayotgan bo‘lsa ham, gunohi kabira qildimi, u abadiy do‘zaxga tushadi. So‘zlarining isboti sifatida «Al-Baqara» surasining 81-oyatini dalil qilib keltirishadi. Unda shunday deyilgan:

بَلَى مَنْ كَسَبَ سَيِّئَةً وَأَحَاطَتْ بِهِ خَطِيئَتُهُ فَأُولَئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ

«Yo‘q, aslo! Kimki yomonlik kasb etsa va o‘z gunohlariga botsa, bas, ana o‘shalar do‘zax ahlidirlar va ular u yerda abadiy qoluvchilardir». (Baqara, 81)

4. Al-manzila baynal manzilatayn. Bu haqda Ash-Shayx Al-Hasan Al-Basriy bilan uning shogirdi Vosil ibn Ato o‘rtasida bo‘lib o‘tgan munozarada batafsil aytildi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 05:29:03
5. Al-amru bil ma’ruf van-nahyi ‘anil-munkar. Bu masalaning farzligi «ahli sunna val-jamoa» firqasida ham e’tirof etiladi. Ammo ularga xilof ravishda mo‘‘taziliylar haddan oshirib yuborishadi, ya’ni: Amru ma’ruf va nahiy munkar agar kifoya qilsa, qalb bilan, kifoya qilmasa, til bilan, u ham bo‘lmasa, qo‘l bilan, u ham kifoya qilmasa, qilich bilan bajariladi», — deyishadi.

Bundan tashqari mo‘‘tazila firqasi Allohning qazo va qadarini inkor etib: «Inson o‘z taqdirini o‘zi yaratadi», deganlari uchun, ularni «Qadariyya» deb ham nomlanadi.

Mo‘‘taziliylarning eng buzuq e’tiqodga mubtalo bo‘lgan o‘n sakkiz firqasi bor. Bular Allohning ilm, qudrat, hayot, eshitish, ko‘rish, gapirish, iroda singari subutiy sifatlarini inkor qiladilar. Shuningdek, qadarga va mo‘minlar uchun ru’yat (qiyomatda Allohni ko‘rish)ga, shafoatga, payg‘ambarlik mo‘‘jizalariga va karomatlarga ishonmaydilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 06:47:44
4. Ma’lum bo‘ldiki, mo‘‘tazila o‘zining mazhabini besh usulga binoan qurgan. Bu usullar o‘zlariga xasum hisoblagan «ahli sunna val jamoa» mazhabiga aslo muvofiq kelmaydi. Shuning uchun xasumlariga g‘olib kelish maqsadida har bir usulga Qur’oniy hujjat tayyorlagan. Buning uchun Qur’on oyatlariga o‘z aqidasi nuqtai nazaridan qarab, o‘ziga hujjat bo‘ladigan ma’noda tafsir qilgan.
Shubha yo‘qki, bunday tafsirni yozish uchun naqldan ko‘ra aqlga qattiq e’timod qiladigan kuchli mahorat talab qilinadi. Toki mufassir oyatlarning ma’nosini o‘z tarafiga burish va xasumiga qarshi yo‘naltirishga imkoni bo‘lsin. Mo‘‘tazila firqasining tafsirini mutolaa qilgan kishi, bu tafsir asosan mutlaq tanzih, adl va fikr erkinligiga qurilganini fahmlash mumkin. Oyatlarning zohiri bir-biriga zid, ammo uni aql bilangina hukm qilinadiganlariga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Ilgari mutashobih oyatlar kelganda, sahoba va tobi’iylardan qilingan naql bilan kifoyalangan bo‘lsa, endi mutashobehlar kelganda sukutni afzal bilingan va ilmini Allohga havola qilingan.

Mo‘‘tazilaning yana bir tajovuzkorligi shundaki, ular aqlga berilib ketib, o‘z e’tiqodlariga zid keladigan sahih hadislarni ham inkor etadigan bo‘ddi. Demakki, ularning tafsirida aql hokimi mutlaq maqomiga chiqib oldi. Hattoki mo‘‘tazila firqasi o‘z e’tiqodiga muoriz bo‘lgan hadislarni rad etishgacha bordi.

Biz mo‘‘tazilani, u hadislardan butunlay chiqqan va naqliy tafsirlarni tan olmaydi, deb ayblamoqchi emasmiz. Chunki uning naqliy tafsirga munosabatini An-Nazzomning mufassirlarga haddan ortiq erk bermaslik to‘g‘risidagi hukmidan ham bilishimiz mumkin.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 06:52:19
Al-Johiz ustozi An-Nazzomning mufassirlar to‘g‘risida aytgan gapini shunday rivoyat qiladi: «Al-Johiz aytadi: «Abu Ishoq shunday derdi: «Mufassirlar garchi odamlar orasida o‘zlarini yuqori tutsalar va ularning ko‘plab savollariga javob bersalar ham, ularga juda erkinlik berib yubormanglar. Chunki, ularning ko‘pchiligi asossiz, naqlga suyanmasdan gapiradi. Odamlar nazdida olimning mahbubrog‘i hozirjavobrog‘idir. Sizlarning huzuringizda Ikrima, Al-Kalbiy, As-Sadiy, Az-Zahhok, Muqotil ibn Sulaymon, Abu Bakr Al-Asam bir yo‘ldadir. Men qanday qilib u mufassirga ishonayki, Alloh Ta’oloning

وَأَنَّ الْمَسَاجِدَ لِلَّهِ

«Va annal masajida lillahi» (Tarjima: Albatta barcha masjidlar Allohnikidir) (Jin, 18) degan oyati karimasini «Alloh Ta’olo bu oyat bilan biz namoz o‘qiydigan masjidlarni aytayotgani yo‘q, balki peshona, qo‘l, burun va sajdada yerga tegadigan boshqa a’zolar» deb tafsir qilsa,

أَفَلا يَنْظُرُونَ إِلَى الإبِلِ كَيْفَ خُلِقَتْ

«Afala yanzuruna ilal-ibili kayfa xuliqot» (Tarjima: Axir ular tuyaning qanday yaratilganiga qaramaydilarmi?)( G’oshiya, 17) degan oyati karimasini «Alloh Ta’olo erkak yoki urg‘ochi tuyani nazarda tutayotgani yo‘q balki bulutni nazarda tutyapti» deb tafsir qilsa,

وَطَلْحٍ مَنْضُودٍ

«Va tolhim manzud» (Tarjima: Tizilgan bananzorlarda) oyatini «banan» deb tafsir qilsa, va hokazo». (Al-Johiz. Al-Hayvon. 1-j. 168-170-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 07:00:00
Mo‘‘tazilaning eng ulug‘ mufassirlaridan bo‘lgan Az-Zamaxshariy ham Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan va boshqa salaf ulamolaridan juda ko‘p tafsirni rivoyat qilgan va unga e’timod qilgan.

Mo‘‘tazila mufassirlarining e’tiqodlaricha, har bir mufassir oyatdan chiqargan ma’no ayni Allohning murodidir. Bu fikr «ahli sunna val-jamoa» mazhabi e’tiqodiga zid. Chunki, ularning e’tiqodicha, oyatning ma’nolaridan faqat bittasi Allohninng murodi, qolganlari esa muhtamal ma’nolar hisoblanadi. Allohning murodini topgan mufassir ikki ajrga, topolmagani esa bir ajrga ega bo‘ladi.

Mo‘‘tazila mufassirlari Qur’on oyatlaridagi har bir so‘zning lug‘aviy ma’nosiga qattiq ahamiyat berib, ularning sinonimlaridan o‘z mazhablarini quvvatlash va noqulay vaziyatlardan qutilish yo‘llarini qidiradilar. Masalan: «Al-Qiyomat» surasining 22-23- oyatlari:

وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَاضِرَةٌ (٢٢) إِلَى رَبِّهَا نَاظِرَةٌ

«U kunda ba’zi yuzlar yashnovchi, Pavardigoriga boqib turuvchidir». (Qiyomat, 22-23.)

va  «Al-Mutoffifin» surasining 23-oyati:

عَلَى الأرَائِكِ يَنْظُرُونَ

«Ular so‘rilarda (ne’matlarga) boqurlar». (Mutoffifun, 23) tafsirida mo‘‘taziliylar «ahli sunna val-jamoa» boqqan ko‘zlar bilan emas, boshqacha ko‘zlar bilan boqishlarini iddio qilishadi. Ularning e’tiqodicha, Allohga nazarning ma’nosi uning rahmatiga umid va ne’matining kelishini kutib turmoqdir. Masalan: «Men falonchiga qarab turibman», — degani «uning kelishini kutib turibman» deganidir, deb Qur’on oyatlari ochiq-oydin bildirib turgan ma’nolarni o‘z e’tiqodlariga moslab ta’vil qiladilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 07:08:17
«Al-Furqon» surasining 31-oyati:

وَكَذَلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِيٍّ عَدُوًّا مِنَ الْمُجْرِمِينَ

«Biz (sizdan oldingi) har bir payg‘ambar uchun ham jinoyatchi kimsalardan mana shunday dushmanlar qilganmiz». (Furqon, 31) tafsirida, oyatdagi «ja’alna(qilganmiz, yaratganmiz)» so‘zining ma’nosi ularning e’tiqodiga mos kelmagani uchun, mo‘‘taziliylar ulamolardan bo‘lgan Al-Jubboiy uni «bayyanna(bayon qilganmiz)» ma’nosiga ta’vil qilgan. U holda oyatning ma’nosi: «Albatta, Alloh Ta’olo har bir payg‘ambarga ehtiyot bo‘lsin uchun dushmanini aytib bergan», — degan ma’noga o‘zgarib ketadi. (Al-Faxr Ar-Roziy. Mafotiyhul-g‘ayb. 6-j. 471-b.) Ammo mo‘‘taziliylarning: «Har bir inson o‘z taqdirini o‘zi yaratadi, ularning ishlari avvaldan yozib qo‘yilgan emas», — degan e’tiqodlariga esa dalil topiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 07:12:46
Mo‘‘tazila mufassirlari shuningdek, o‘z aqidalarini himoyalash maqsadida, Qur’on oyatlarining mutavotir qiroatlarini ham bekor qilib, mutavotir bo‘lmagan yoki Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan vorid bo‘lmagan rivoyatlarni qabul qiladilar. Masalan: «An-Niso» surasininng 164-oyati:

وَكَلَّمَ اللَّهُ مُوسَى تَكْلِيمًا

«Alloh Muso bilan (bevosita) gaplashdi» (Niso, 164) tafsiridan ko‘rinib turibdiki, Alloh Ta’olo Muso (a.s.) bilan Tur tog‘ida ovoz orqali gaplashdi. Oyatdan chiqadigan ma’noni hech qanday majozga ehtimolini qoldirmaslik uchun oxirida «takliyma» masdarini ham keltirdiki, bu masdar jumlaning ma’nosini tasdiqlash va ta’kidlash uchun kelgan. Oyatdagi bunday ma’no esa, mo‘‘taziliylar e’tiqodiga to‘g‘ri kelmaydi. Darhol ular oyatning barcha qurrolar qiroat qilgan mutavotir yo‘lini bekor qilib, uning qiroatiga o‘zgarish kiritishdi va gapiruvchi bilan eshituvchining o‘rnini almashtirishdi. Natijada, Alloh emas, balki Muso gapirgan bo‘lib qoldi.

Mo‘taziliy mufassirlarning ba’zilari esa, oyatning mutavotir qiroatiga tegishmadi, balki «kallama(gapirdi)» so‘zining uzoq ma’nosi(jarohatladi)ni ta’vil qilishdi, natijada, oyatning ma’nosi: «Alloh Ta’olo Musoni mehnat-mashaqqat va fitnalar tirnog‘i bilan jarohatladi», — degan ma’noga o‘zgardi.

Oyatga bunday ma’no berishning naqadar bema’no ekanligini mo‘‘taziliy mufassirlarning eng ulug‘i hisoblangan Az-Zamaxshariy ham e’tirof etadi: «Ibrohim va Yahyo ibn Vassob oyatdagi «Alloh» lafzini nasb(maf’ul, eshituvchi) qilib o‘qiganlar. Kimki, «kallama» so‘zini «kalm(jarohat)» ma’nosida tafsir qilsa va oyatga «Alloh Ta’olo Musoni mehnat-mashaqqat va fitnalar tirnog‘i bilan jarohatladi» deb ma’no bergan bo‘lsa, u bid’atchilarning eng kattasidir». (Az-Zamaxshariy. Al-Kashshof. 1-j. 397-398-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 07:17:59
«Al-Baqara» surasining 88-oyati:

وَقَالُوا قُلُوبُنَا غُلْفٌ

«Dillarimiz (Islom) uchun berk», — deydilar» (Baqara, 88) tafsirida mo‘‘taziliylar bu oyatning ochiq-oydin «Islomni qabul qilmaydigan qalbni ularga(yahudiylarga) Alloh tabiiy yaratib bergan» ma’nosi o‘zlarining aqidasiga mos emasligini bilib qolishdi. Oyatdagi «(Islom) uchun berk» deb tarjima qilinadigan «g‘ulf» so‘zini «g‘uluf(idish)» so‘ziga o‘zgartirishdi. Natijada oyatning ma’nosi: «Dillarimiz ilmning idishi-konidir. Biz Muhammad (s.a.v.) singari payg‘ambarlar olib kelgan narsalar (Qur’on, shariat, ilm)ga muhtoj emasmiz», — degan ma’noga o‘zgardi.

Mazkur oyatdagi «g‘ulf» so‘zining ta’vilini Az-Zamaxshariy ham, Ar-Roziy ham e’tirof etgan.

Az-Zamaxshariy aytadi: «Ba’zilar «g‘uluf» so‘zini «g‘ulf», ya’ni «g‘ilof» ning ko‘pligi tarzida qiroat qilganlar. Uning ma’nosi: «Dillarimiz ilmning idishidir. Biz o‘zimiz bilgan narsa bilan boshqalar keltirgan narsadan behojatmiz», — deganidir. Abu Amrdan esa ikki zamma bilan«g‘uluf» lafzida qiroat qilingani aytilgan». (Az-Zamaxshariy. Al-Kashshof. 1-j. 224-b.)

Ar-Roziy aytadi: «Al-Asamning rivoyat etishicha, ularning dillari ilmning idishi, hikmat bilan to‘ladir. Ular o‘zlaridagi ilm-hikmat tufayli, Muhammad (s.a.v.) olib kelgan shariatga muhtoj emaslar». (Al-Faxr Ar-Roziy. Mafotiyhul-g‘ayb. 1-j. 615-b.)

Oyat lafzini mutavotir qiroatdan o‘zgartirib, shoz qiroatga asoslangani va ta’vil qilganini ko‘rib turib ham ikki ulug‘ mufassir e’tiroz va munosabat bildirmadi. Shundan ma’lum bo‘ladiki, mo‘‘taziliy olimlar o‘z aqidalariga Qur’onni muvofiqlashtirish uchun hech narsadan qaytishmaydi va hamma usullarni qo‘llab ko‘rishadi. Ular Qur’oni Karim yo‘liga yurishni emas, balki Qur’on ularning yo‘llariga, mazhablariga yurishni istashadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 07:45:26
5. Mo‘‘tazila ulamolari «ahli sunna val-jamoa» jumhuri tomonidan tasdiq etiladigan haqiqiy diyniy narsalarning mavjudligini butunlay inkor etadilar. Masalan «ahli sunna» sehrni va uning ta’sirini, jinning mavjudligi va u insonga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararni, avliyolarning karomatlari ham haqligini e’tirof etadilar.

Mo‘‘taziliylar esa bularning barchasini xurofot, tabiat ashyolarining xossasiga muxolif bo‘lgan narsalar deb hisoblaydilar.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning sehrlanganliklari to‘g‘risidagi hadisni yo inkor etadilar yoki ta’vil qiladilar. «Al-Falaq» surasining tafsirida esa Az-Zamaxshariyning «Al-Kashshof» tafsirida bayon etgan ta’vilini keltirib qutulib ketishga urinadilar.

Mo‘‘taziliylarning shayxlaridan An-Nazzom jinning mavjudligini butunlay tan olmasa, Az-Zamaxshariy jinning o‘zini e’tirof etgan holda, uning ta’sir quvvatini inkor etadi. Jinlar haqidagi Qur’on oyatlarini, Payg‘ambarimiz (.s.a.v.)dan rivoyat qilingan sahih hadislarni ta’vil qiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 07:48:46
Mo‘‘taziliylar o‘zlarini «ahli sunna»ga butunlay xusumatchi raqib maqomida tutar ekanlar, ulardan hamma jihatdan ajralib turish uchun Payg‘ambar hadislarini inkor, Allohning oyatlarini o‘z g‘arazlariga moslab ta’vil qilar ekanlar, «ahli sunna»ning ularga munosabati qanday? Biror masalada mo‘‘taziliylar e’tiqodiga yon bosgan holatlar bormi? Albatta, yo‘q! Aksincha ularning xusumatlari, oyat va hadislarga tajovurkorliklari «ahli sunna»ning hamisha e’tiboridan chetda qolmagan, ularning ishlariga tanqidiy nazar bilan raddiyalar berib kelganlar.

Abul Hasan Al-Ash’ariy mo‘‘tazila tafsiri haqida shunday deydi: «G’araz va zalolat ahli bo‘lgan mo‘‘taziliy olimlar Qur’oni Karimni o‘z ra’ylaricha ta’vil, o‘z maqsadlariga muvofiq tafsir qiladi. Ularning tafsiri shundayki, Alloh Ta’olo Qur’onni bu ma’noda nozil qilgan emas, ular qilgan tafsirlariga biror hujjat keltirmaydilar, olamlar Parvardigorining elchisidan, ahli baytdan, sahoba va tobiiylardan bo‘lgan salaf ulamolaridan rivoyat keltirmaydi. Alloh nomiga bo‘hton qilishadi, adashishadi va hidoyat topa olishmaydi.

Ular tafsirlarini pichanfurush Abul Huzayl, yamoqchi Ibrohim Nazzom, Al-Futiy, Al-Jubboiy, Al-Ashaj Ja’far ibn Harb, Ja’far ibn Mubashshir Al-Qasabiy, johil Al-Iskofiy, Al-Farviy Al-Balxiy va boshqa adashgan, johil kimsalardan oladilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 07:50:19
Al-Jubboiy yozgan tafsirining avvalini Alloh nozil qilganiga xilof ravishda boshlagan. Tili esa Qur’on nozil bo‘lgan arab tilida emas, balki o‘zi tug‘ilgan Jubbo qishlog‘ining mahalliy tilida yozilgan. Tafsirida sahobiy va tobi’iy mufassirlardan birortasidan rivoyat nakd qilmagan, o‘zining nafsi va shaytoni vasvasa qilgan narsalar bilangina kifoyalangan. Agar u ko‘plab odamlarni yo‘ldan urayotgan va adashtirayotgan bo‘lmaganida, men uning haqida gapirib vaqtimni zoe qilmagan bo‘lardim». (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 2-juz’.)

Ibn Taymiyya shunday deydi: «Mo‘‘tazila olimlari avval ra’ylariga muvofiq aqida tuzadilar, keyin Qur’on lafzlari ma’nosini unga bo‘yinsundiradilar. Ular sahoba va tobi’iylardan, musulmon imomlaridan fikrlarida ham, tafsirlarida ham naql qilmaydilar. Ularning tafsirlari ikki vajhdan botil ekanligi ochiq-oydin ko‘rinib turadi: gaplarining fasodidan, tafsirlarining botilligidan. Ularning ba’zilari «Al-Kashshof» sohibiga o‘shagan fasohatli gaplar bilan bid’atlarni shunday aralashtirganlarki, ularning g‘arazidan bexabar bo‘lgan sodda odamlar uni fahmlamaydilar». (Ibn Taymiyya. Muqaddimatu usulit-tafsir. 22-b.)

Ibnul Qayyim Al-Javziyya aytadi: «Mo‘‘tazila tafsiri zehnlarni tirnovchi, fikrlarni tituvchi, ra’ylarni aralashtiruvchi, dillarni vasvasaga soluvchi tafsirdir. Ular bu tafsirlari bilan oq qog‘ozlarni qora chiziqlar bilan, dillarni shubhalar bilan, olamni fasod bilan to‘ldirib tashlaganlar. Ozgina bo‘lsa ham aql ne’matidan bahramand kishi biladiki, ra’yni vahiydan, nafs istagini aqldan muqaddam qilish bilan olam fasodi boshlanadi (Ibnul Qayyim Al-Javziy. E’lomul-muvaqqiiyn. 1-j. 78-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 07:52:06
Tayanch iboralar: Bid’atchi firqalar, mo‘‘tazila, murjia, shiy’a, xavorij, qadariyya, mu’attala, tavhid, adl, va’d val-va’id, amru ma’ruf va nahiy munkar, Tafsirda besh narsaga rioya etilishi, aqlga muvofiq kelmagan sahih hadislar, sarvari koinot, dahshatli, qora kun, «Imomlar Qurayshdan bo‘ladi», Fadak qishlog‘i, «foydalanish mumkin, ammo butunlay mulk emas», Musaylama Al-kazzob, Sajjoh., Al-Asvad ibn Zayd Al-Anasiy, «ahli ridda», «Jamal voqeasi» ishtirokchilari, sahoba Mu’oviya, Siffin ishtirokchilari, ikki hakam Abu Muso Al-Ash’ariy, Amr ibn Os, Qur’onning ruhi, diniy va siyosiy jihatdan tafriqalanish, ixtiyor, sifot, tahsin, tahzib masalalari, ra’y bilan qilingan tafsir ulamolar o‘rtasida ikki xil — mamduh va mazmum sanaladi. mutlaq mo‘min, mutlaq kofir, «Vosil bizlardan ajradi», «mo‘‘tazila» (ajralgan), At-tavhid, Al-adl, Al-va’d val-va’id, Alloh Ta’olo yaxshilik qilganga mukofot, yomonlik qilganga jazo berishga majbur, Al manzila baynal manzilatayn, Al-amru bil ma’rufi van-nahyi ‘anil-munkar, «Inson o‘z taqdirini o‘zi yaratadi», «Qadariyya», ru’yat (qiyomatda Allohn ko‘rish), shafoat, payg‘ambarlik mo‘‘jizalari va karomatlar, xasumiga qarshi mutlaq tanzih, aql erkinligi, sahih hadislarni ham inkor etadi, hokimi mutlaq, muhtamal ma’nolar, «Men falonchiga qarab turibman», — degani «uning kelishini kutib turibman» deganidir, "œAlloh Ta’olo Musoni mehnat-mashaqqat va fitnalar tirnog‘i bilan jarohatladi", deb ma’no bergan bo‘lsa, u bid’atchilarning kattasidir". Mu’tazila olimlari avval ra’ylariga muvofiq aqida tuzadilar, keyin Qur’on lafzlari ma’nosini unga bo’ysundiradilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 21 Oktyabr 2008, 07:53:03
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Islomda tafriqalanish qachondan boshlandi? Islom olamida mashhur bo‘lgan asosiy firqalar soni nechta?
2. Bid’atchi firqalar tafsirining paydo bo‘lish tarixini bilasizmi?
3. Mo‘‘tazila firqasining asoschisi kim? Ularning aqidasi qanday tamoyillarga asoslanadi?
4. Mo‘tazila firqasi ulamolarining Qur’on tafsiridagi tajovuzkorligi deganda nimalarni tushunasiz?
5. Abul Hasan Al-Ash’ariy va Ibn Taymiyya mo‘‘taziliylar tafsiri borasida qanday fikr bildirganlar?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.  Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Ad-Dovudiy. Tabaqotul-mufassirin.
3. An-Naysoburiy. G’aroyibul-Qur’on va Rag‘oib ul-Furqon.30-j.
4. Ibnul Qayyim Al-Javziy.E’lomul-muvaqqi’iyn.
5. Al-Itqon. As-Suyutiy, 2-j.
6. Al-Hofiz ibn Hajar. Lisonul-mezon. 4-j.
7. Ibn Taymiyya. Muqaddimatu usulut tafsir.
8. Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut tafsir.
9.  Imom Al-Buxoriy. Al-Jome’ As-Sahih. 1-4- jildlar. T.1998.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 05:41:45
30-MAVZU. MO’TAZILA FIRQASINING MAShHUR TAFSIRLARI

Dars rejasi:
1. Mo‘tazila firqasi e’tiqodi bo‘yicha tafsir yozgan olimlar. Mo‘‘taziliy tafsirlarning muhimlari.
2. Qozi Abduljabborning tarjimai holi.
3. Uning «Tanziyhul Qur’on ‘anil matoin» tafsiri va uslubi.
4.  Az-Zamaxshariyning tarjimai holi. Uning «Al-Kashshof» tafsiri va yozilish uslubi.
5.  Az-Zamaxshariy va uning tafsiriga ulamolarning bergan baholari.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 06:37:24
1. Mo‘‘tazila firqasining juda ko‘p ulamolari o‘z mazhablari bo‘yicha tafsir yozganlar. Lekin ularning asarlari ham boshqa ilmiy meroslar singari uzoq zamonlar o‘tishi bilan yo‘qolib borgan, faqat Qur’on ilmlari va naqqod olimlarning asarlaridagina u tafsirlar va ular mualliflarining nomlari saqlanib qolgan. Ular:

Abu Bakr Abdurrahmon ibn Kayson mo‘‘tazila ulamolarining eng ulug‘i, Imom Shofiiy bilan munozara qilgan Ibrohim ibn Ismoil ibn Aliyyaning ustozi, ikki yuz qirqinchi hijriy yilda vafot etgan. Ibn An-Nadim «Al-Fehrast» kitobida: «Ibn Kayson Qur’onga tafsir yozgan», — deb ma’lumot beradi. Ammo bu tafsir haqida hech qanday xabar yo‘q, zamon o‘tishi bilan yo‘qolib ketgan;

Muhammad ibn Abdul Vahhob ibn Salom Abu Ali Al-Jubboiy(vafoti 303 h.) mo‘‘taziliylarning eng ulug‘laridan bo‘lib, falsafa va kalom ilmida mashhur bo‘lgan. As-Suyutiy «Tabaqotul-mufassirin»da, Ibn An-Nadim «Al-Fehrast»da uning yozgan tafsiri haqida ma’lumot berganlar;

Abul Qosim Abdulloh ibn Ahmad Balxiy Al-Hanafiy (vafoti 319 h.) odamlar orasida «Al-Ka’biy Al-Mo‘‘taziliy» laqabi bilan mashhur bo‘lgan. «Kashfuz-zunun» da yozilishicha, u o‘n ikki jildli katta tafsir yozgan;
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 06:38:22
Abu Hoshim Abdus Salom ibn Abu Ali Al-Jubboiy(vafoti 321 h.) As-Suyutiy o‘zining «At-Tabaqot»ida yozishicha, katta tafsir yozgan. As-Suyutiy bu tafsirning bir juz’ini o‘zi ko‘rganligini ham aytadi;

Abu Muslim Muhammad ibn Bahr Al-Isfahoniy (vafoti 322 h.) «Jomi’ut-ta’vil li-muhkamit tanzil» nomli yigirma jildli tafsir yozgan. Bu tafsir haqida Ibn An-Nadim «Fehrast»da, As-Suyutiy «Bag‘iyyatul vu’ot fiy tabaqotun nuhot» kitobida ma’lumot bergan. Al-Faxr Ar-Roziy o‘z tafsirini yozishda e’timod qilgan tafsir mana shudir. Uning bir juz’i «Al-Qohira» jomi’asi kutubxonasida mavjud;

Abul Hasan Ali ibn Iyso Ar-Rummoniy(vafoti 384 h) shiy’a mazhabiga o‘tgan mo‘tazila olimi ham katta tafsir yozgan. Bu haqda As-Suyutiy «At-Tabaqot»da ma’lumot bergan. «Kashfuz-zunun» sohibining yozishicha, Ar-Rummoniyning tafsirini Abdulmalik ibn Ali Al-Muazzin Al-Haraviy (vafoti 489 h.) muxtasar qilgan;

Abul Qosim Ubaydulloh ibn Muhammad ibn Jarvu Al-Asadiy An-Nahviy Al-Aruziy Al-Mo‘‘taziliy(vafoti 387 h.) ham As-Suyutiyning yozishicha, katta tafsir yozgan va «Bismillahir rohmanir rohim» ning o‘ziga bir yuz yigirma vajh ko‘rsatgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 06:39:35
Al-Qoziy Abdul Jabbor ibn Ahmad Al-Hamadoniy (vafoti 415 h.) «Tanziyhul Qur’on anil matoin» nomli tafsir yozgan. Bu tafsir mashhur bo‘lishiga qaramasdan, Qur’onning barcha oyatlari batafsil tafsir qilinmagan.

Abdussalom ibn Muhammad ibn Yusuf Al-Qazviyniy mo‘‘tazila shayxlaridan (vafoti 483 h.) Qur’onni juda keng tafsir qilgan. As-Suyutiy «At-Tabaqot»da yozishicha, Al-Qazviyniyning tafsiri barcha tafsirlar orasida eng kattasi va eng mukammali bo‘lib, uch yuz jilddan iboratdir. Undan yetti jildi «Fotiha» surasiga bag‘ishlangan. Agar tafsirda e’tizoliy aqidalar bo‘lmaganda edi, bunga teng keladigan tafsir olamda topilmas edi;

Abul Qosim Mahmud ibn Umar Az-Zamaxshariy (vafoti 538 h.)lardir. Ular mo‘‘tazila firqasining eng ulug‘ mufassirlaridir.

Biz mo‘‘tazila firqasiga mansub bo‘lgan mufassirlarning eng ulug‘laridan hisoblangan ikki olimning tarjimai holi va ularning tafsirlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 06:55:00
2. Qozi Abduljabborning to‘liq nomi Abul Hasan Abduljabbor ibn Ahmad ibn Abduljabbor ibn Ahmad ibn Al-Xalil Al-Hamadoniy Al-Asadboziy Ash-Shofiiy bo‘lib, mo‘‘tazila firqasining eng ulug‘laridandir. Mo‘‘tazila firqasi Abul Hasanni zikr qilganda uning nomiga «Qozil-quzot(qozilar qozisi)» degan laqabni qo‘shadilar. U ilmni Abul Hasan ibn Salama ibn Al-Qatton va Abdulloh ibn Ja’far ibn Foris va boshqalardan olgan. U uzoq umr ko‘rganligidan tanishlari ko‘p bo‘lgan, shuxrati ko‘p joylarga yoyilgan, turli mamlakatlardan uning ziyoratiga kelib, unga shogird bo‘lishgan. Uning shogirdlari orasida Abul Qosim Ali ibn Al-Hasan At-Tanuxiy, Al-Hasan ibn Ali As-Saymuriy Al-Faqih va Abu Muhammad Abdussalom Al-Qazviniy ham bor edilar.

Abduljabbor uch yuz yigirmanchi hijriy yilda Rayga chaqirtirildi va bosh qozi etib ta’yinlandi, shu yerda umrining oxirigacha tadris bilan shug‘ullandi.

Qozi Abduljabbordan turli ilm sohalari bo‘yicha juda ko‘p muallafot qolgan. Ulardan «Kitobul xilof val-vifoq», «Kitobul-mabsut», "œKitobul-muhit" kalom ilmi haqida, «An-nihoya val-umda» va uning sharhi usul va fiqh haqida, «Nasihatul mutafaqqiha» esa pandu nasihat ma’ruzalaridan iboratdir.Ibn Kasir «Tabaqot»ida yozishicha, Qozining eng katta asari ikki jildli «Kitobu daloilin-nubuvvat» bo‘lib, unda o‘zining chuqur ilm va zakovat egasi ekanligini izhor etgan. Butun mo‘‘taziliylarning raisi va ulug‘i darajasiga erishib, to‘rt yuz o‘n beshinchi hijriy yilda vafot etgan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 06:58:59
3. Muallif «Tanzihul Qur’on anil-matoin» nomli tafsirining muqaddimasida, u avval Qur’on ma’nolarini yaxshi tushunib, oyatlarning muhkami va mutashobehlarini ajratib olib, keyin tafsir yozishga kirishganini aytadi. Uning fikricha, ko‘p odamlar mutashobeh oyatlarga amal qilaman, deb Alloh Ta’oloning:

سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الأرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ

«Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohga tasbeh aytur» (Hashr, 1) degan oyat mazmunini haqiqat deb tushunib, go‘yoki toshlar, maysalar, qushlar va boshqa mavjudotlar Allohga tasbeh aytadi, deb e’tiqod qiladilar. Kimki shunday e’tiqodda bo‘lsa, o‘qigan Qur’onidan unga hech bir foyda yetmapti. Alloh Ta’olo:

أَفَلا يَتَدَبَّرُونَ الْقُرْآنَ أَمْ عَلَى قُلُوبٍ أَقْفَالُهَا

«Axir ular Qur’on oyatlari haqida fikr yuritmaydilarmi?» (Muhammad, 24) — degan.

Biz bir kitob yozdikki, unda oyatlarning muhkami va mutashobehi ajratib beriladi. Suralarning tartibi bo‘yicha borib, mutashobeh oyatlarning ma’nolarini bayon etdik va ba’zi guruhlarning o‘z ta’villarida xatoga yo‘l qo‘yganlarini ham ko‘rsatib o‘tdik. Alloh bu kitobni barchaga manfaatli qilsin!» (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 1-juz’.324-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:09:54
Muallif bu tafsirida Qur’on oyatlarini birma-bir sharhlab o‘tirmagan. O’zi aytganidek, uning maqsadi oyatlarning muhkami bilan mutashobihini ajratib berish bo‘lgan. Yana ham aniqroq aytiladigan bo‘lsa, muallifning asosiy maqsadi «ahli sunna» ulamolari tomonidan qilingan oyatlarning ta’viliga qatgiq raddiya berishdan iborat bo‘lgan, go‘yoki «ahli sunna» fariqining tafsir sohasidagi «xato»larini aniqlab bergan. «Ahli sunna» esa barcha tafsirlarida e’tizoliy aqidadan uzoq bo‘lib, ularning ra’ylarini butunlay inkor etadi.

Qozi Abduljabbor o‘z tafsirini «Fotiha» surasidan boshlagan va «An-Nos» surasi bilan yakunlagan. Lekin unda barcha suralar va oyatlar tartib bilan tafsir qilingan emas, balki uning tafsiri savol-javob usuliga binoan bo‘lib, ba’zilari Qur’oni Karim oyatlarining arab tili nuqtai nazaridan nazmi xususida bo‘lsa, ba’zilari e’tizoliy aqidaga mos kelmaydigan e’tiqodlar xususidadir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:14:01
Qur’oni Karim oyatlarining arab tili nuqtai nazaridan nazmi xususidagi savol-javobga misol keltiramiz. Masalan: «Al-Hamdu» surasining tafsirida shunday savol-javob o‘tadi:

Savol: «Alhamdu lillahi» xabardir. Agar Alloh Ta’olo o‘ziga hamd aytsa, buning foydasi yo‘q. Agar bandalarga buyurgan bo‘lsa, "œqulu(aytinglar!)" so‘zi bo‘lish kerak edi?»

Javob: «Bu yerda oyatdan murod Allohning ne’matla riga shukr aytishga amr qilinyapti. Amr lafzi tark qilingan bo‘lsa ham, uning mavjudligiga

إِيَّاكَ نَعْبُدُ وَإِيَّاكَ نَسْتَعِينُ

«Faqat o‘zinggagina ibodat qilamiz va o‘zingdangina yordam so‘raymiz» oyati karimasi dalolat qiladi. Uning ma’nosida yashiringan "œqulu(aytinglar!)" amri «Al-hamdu» ga ham dalolat qiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:17:39
Qur’onda bunga o‘xshash misollar ko‘p. «Ar-Ra’d» surasidagi

وَالْمَلائِكَةُ يَدْخُلُونَ عَلَيْهِمْ مِنْ كُلِّ بَابٍ (٢٣)سَلامٌ عَلَيْكُمْ

«So‘ng ularning huzurlariga har bir eshikdan farishtalar kirib (derlar):«Sizlarga tinchlik bo‘lgay!» (Ra’d, 23-24.)

«Al-Baqara» surasining tafsirida:

Savol: «Alloh Ta’olo nima uchun
 
ذَلِكَ الْكِتَابُ

«Zalikal Kitab» (Arab tilida «zalika» va «haza» kalimalari ismi ishoratlar deyiladi. «Zalika» uzokdagi narsaga ishora, «haza» esa yaqindagi narsaga. Savoldan murod shuki, Qur’on Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga nozil etilayotgan, deyarli o‘z qo‘llarida bo‘lgan, yaqindagi kitobga nima uchun uzoqning ishorasi berilyapti?) dedi, «hazal kitab» demadi?».

Javob: «Alloh Ta’olo bu yerda o‘zining Payg‘ambariga «suv o‘chirolmaydigan», ya’ni «lavhul mahfuz»dagi kitobni va’da qilyapti. Oyatning ma’nosi: «Sizga va’da qilgan Kitob» — demakdir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:21:20
«Hud» surasining tafsirida:

أَفَمَنْ كَانَ عَلَى بَيِّنَةٍ مِنْ رَبِّهِ وَيَتْلُوهُ شَاهِدٌ مِنْهُ وَمِنْ قَبْلِهِ كِتَابُ مُوسَى إِمَامًا وَرَحْمَةً

Savol: «Parvardigori tomonidan hujjatga ega bo‘lgan, ketidan undan guvoh kelgan, undan oldin peshvo va rahmat sanalmish Muso kitobi ham bo‘lgan kishi...» (Hud, 17) oyatida mubtado bo‘lib, xabari esa kelmagan, ya’ni jumla tugallanmay qolgan. Buning sababi nima?»

Javob: «Xabar avvaldan ma’lum bo‘lsa, goqida tark ham qilinadi. Oyatdan murod shuki, «Shunday fazilatga ega bo‘lgan kishi kofir bo‘lgan va ibodat qilmaydigan odam bilan barobar bo‘ladimi?» — demakdir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:24:56
Endi e’tizoliy aqidaga mos kelmaydigan e’tiqodlar xususidagi savol-javoblarga misol keltiramiz. Abduljabborning tafsiridagi savol-javoblarning aksari shu xususdadir. «Al-Baqara» surasining tafsirida:

Savol: «Alloh Ta’olo aytadi:

خَتَمَ اللَّهُ عَلَى قُلُوبِهِمْ وَعَلَى سَمْعِهِمْ وَعَلَى أَبْصَارِهِمْ غِشَاوَةٌ

«Ularning dillari va quloqlariga Alloh muhr urib qo‘ygan. Ko‘zlarida esa parda bor». (Baqara, 7) oyati karimasi, ularni imondan Allohning o‘zi man etib qo‘yganini bildiradi. Sizlarning mazhablaringiz boshqacha-ku! Bu oyatni qanday ta’vil qilasiz?

Javob: «Ulamolarimiz bu savolga ikki xil javob beradilar:

Birinchisi, bu oyatda Alloh Ta’olo kofirlarning holini "œqulog‘i to‘silgan va ko‘zi pardalab qo‘yilgan" odamga o‘xshatilyapti. Buning misoli shuki, bir odam haqiqatni tushunib turibdi, ammo o‘sha haqiqatga uni da’vat qilsangiz, u bosh tortadi. Shunda siz uni «eshak» deb haqoratlaysiz. Aslida esa u eshak emas, tashbeh xolos. Oyatda ham Alloh Ta’olo kofirlarni oqil va mukallaf bo‘lgani uchun tanbeh ma’nosida mazammat qilyapti, xolos.

Ikkinchisi, "œmuhr" degan so‘zdan Alloh Ta’olo qalbiga alomat qo‘yishni iroda qilyapti, toki ularning imonga kelmaganini farishtalar bilsinlar va ularni mazammat qilsinlar, boshqa kofirlar ham bilib o‘zlarining xatolaridan qaytsinlar. Bu javob Al-Hasanning javobi edi».
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:28:18
Mo‘‘tazila ulamolarining javoblaridan ko‘rinib turibdiki, ular qech qachon "œbandalarni hidoyatga keltiruvchi ham, zalolatga kirituvchi xam yagona Alloh" degan e’tiqodga yaqin bo‘lmaydilar, undan qochadilar.

Ular insonlarga shaytonning ta’siri borasida ham ixtilof qiladilar. Qur’oni Karimning «Al-Baqara» surasi, 275-oyati va «An-Nos» surasi, 1-4-oyatlarida Alloh bayon etgan ta’sirni, ular vasvasa bilan qilinadigan ta’sir deb ta’vil qiladilar.

Qiyomatda ahli jannatlar Allohning jamolini ko‘rishi xususida ham mo‘‘taziliylarning ixtilofi juda kuchlidir. Masalan: «Yunus» surasining tafsirida shunday savol-javob bor:

Savol: Alloh Ta’olo:

لِلَّذِينَ أَحْسَنُوا الْحُسْنَى وَزِيَادَةٌ

"œEzgu ish qilganlarga chiroyli (savob-jannat) va ziyodalik (Allohning diydorini ko‘rishlik) bordir" (Yunus, 26) degan oyati karimasi bilan hadisda kelgan «Allohni ko‘rish» aqidasiga ishora qilmayaptimi?»

Javob: «Oyatdagi «ziyoda» so‘zidan murod, savobdagi ortiqliqdir. Chunki savob bilan Allohni ko‘rish boshqa-boshqa narsa. Ziyodalik esa bir jinsli narsada bo‘ladi. Buning ustiga «Ahli sunna» ning nazdida Allohni ko‘rish eng katta savob bo‘lsa, u bilan ziyodalikning orasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin?
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:31:19
«Allohni ko‘rish» masalasida «Al-Qiyomat» surasining   tafsirida ham shunday savol-javob mavjud.

Savol:

وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَاضِرَةٌ (٢٢)إِلَى رَبِّهَا نَاظِرَةٌ

«U kunda ba’zi yuzlar yashnovchi, Parvardigorlariga boqib turuvchidir» (Qiyomat, 22-23.) oyati karimasi Qiyomatda Allohni ko‘rishlikka eng kuchli va eng ochiq-oydin dalil emasmi?

Javob: «Kimki, Qiyomatda Allohni ko‘rish mumkin, deb e’tiqod qilsa, u Allohni ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan jism deb e’tiqod qilgan bo‘ladi. Biz u bilan nizo’ qilmaymiz, balki unga: «Bor, Alloh bilan qo‘l berib so‘rash, quchoqlash, silash!» — deymiz. Alloh bundan pokdir. Biz Allohni jism emas, deguvchilar bilan gaplashamiz. Modomiki Alloh jism emas ekan, uni ko‘z bilan ko‘rish mumkin emas. Insonning ko‘zi harakatlanib, bir jismdan ikkinchi jismga o‘tganda, jismlarning shakli, rangidan ajratadi va ko‘radi. Allohda shakl va rang yo‘q ekan, uni ko‘z bilan qo‘rish mumkin emasdir. Demak, oyatning ma’nosini ta’vil qilishga majburmiz, ya’ni Allohda shakl va rang yo‘q ekan, uni ko‘z bilan ko‘rish mumkin emas, balki «savoblarining ko‘pligidan yuzlari yashnaydi».
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:34:46
Bandalarning fe’llarini yaratilishida ham mo‘‘tazila Allohning qudratini inkor etadi. Ularning aqidasi bo‘yicha, bandalarning ishiga Alloh aralashmaydi, kim nima qilayotganidan ham Alloh xabardor emas. Bu mavzuda «Al-Anfol» surasi tafsirida bayon etiladi.

Savol:
 
فَلَمْ تَقْتُلُوهُمْ وَلَكِنَّ اللَّهَ قَتَلَهُمْ وَمَا رَمَيْتَ إِذْ رَمَيْتَ وَلَكِنَّ اللَّهَ رَمَى

«Ularni sizlar o‘ldirmadingiz, balki ularni Alloh o‘ldirdi. Otganingizda Siz otmadingiz (ey Muhammad), balki Alloh otdi». (Anfol, 17) oyati karimasining ma’nosi nima?

Javob: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Badr jangida o‘q otardilar, Alloh Ta’olo o‘ldiruvchi o‘qini yetkazib turardi. Shuning uchun ham Alloh Ta’olo o‘ldirishni o‘ziga izofa qildi, avvalda o‘qni ham o‘ziga izofa qilganidek».

Muallif bu javobida ham go‘yoki kofirlarning halokatini Alloh Ta’olo yaratgan emas, balki «o‘ldiruvchi o‘q» bilan o‘zlari o‘ldi, demoqchi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:37:23
Mo‘‘tazila o‘z e’tiqodida «Al-manzil baynal-manzilatayni» ga e’tiqod qilgani uchun Abduljabbor ham ushbu aqidani butun tafsiri davomida himoya qiladi. Masalan: «Al-Anfol» surasining 2-4-oyatlari

إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ الَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ اللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَإِذَا تُلِيَتْ عَلَيْهِمْ آيَاتُهُ زَادَتْهُمْ إِيمَانًا وَعَلَى رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ (٢)الَّذِينَ يُقِيمُونَ الصَّلاةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ

«Mo‘minlar Alloh (nomi) zikr etilganda dillari qo‘rquvda bo‘ladigan, oyatlari ularga tilovat qilinganda imonlari ziyoda bo‘ladigan, Parvardigorlarigagina tavakkul qiladigan, namozni mukammal o‘qiydigan va rizq qilib berganimizdan ehson qiladigan kishilardir» (Anfol, 2-4.) tafsirida Abduljabbor shunday deydi: «Oyatdagi barcha kalimalar, albatta imon qavl va amal bilan ekanligini ko‘rsatadi, ya’ni oyatda keltirilgan ibodatlar imon ichiga kiradi. Mo‘‘min odam ibodat haqqini ado etsagina shu nomga loyiq. Agar u kabira gunohni sodir etarkan, mo‘‘minlikdan chiqadi».
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:40:36
«Al-Inson» surasining 3-oyati

إِنَّا هَدَيْنَاهُ السَّبِيلَ إِمَّا شَاكِرًا وَإِمَّا كَفُورًا

«Darhaqiqat, Biz uni (insonni) xoh u shukr qiluvchi(musulmon) bo‘lsin va xoh noshukr (kofir) bo‘lsin, yo‘lga yo‘lladik» (Inson, 3.) tafsirida shunday savol-javob boradi.

Savol: «Ushbu oyat mukallaflar faqat ikki toifa: musulmon va kofir bo‘lishiga dalolat qilmayaptimi?»

Javob: «Shokir agar haqiqiy musulmon bo‘lmasa ham, shokir bo‘lishi mumkin. Fosiq ham shokir bo‘lishi mumkin. Bu oyat «ahli sunna» aytgan gapga dalolat qilmaydi, aksincha, bizning gapimizni quvvatlaydiki, Alloh Ta’olo barchani barobar dalolat qiladi, sababini olib tashlaydi. Kim osiy bo‘lsa, o‘z oyog‘i bilan...».
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:42:44
Qozi Abduljabbor Qur’on oyatlarida uchraydigan, zohiriy ma’nosida g‘arobat mavjud bo‘lgan oyatlarga haqiqiy ma’no berishdan bosh tortib, ularni majoz va tashbehga ta’vil qiladi. Masalan: «Al-Arof» surasining 172-oyati

وَإِذْ أَخَذَ رَبُّكَ مِنْ بَنِي آدَمَ مِنْ ظُهُورِهِمْ ذُرِّيَّتَهُمْ وَأَشْهَدَهُمْ عَلَى أَنْفُسِهِمْ أَلَسْتُ بِرَبِّكُمْ قَالُوا بَلَى شَهِدْنَا

«Rabbingiz Odam o‘g‘illarining bellari (pushti kamarlari) dan zurriyotlari (ruhlari)ni olib, ularni o‘zlariga guvoh qilib turib: «Men Rabbingiz emasmanmi?»  dedi. (Ular): «Yo‘g‘-e! (Rabbimizsan) Guvohlik berdik!»  dedilar» (A’rof, 172) tafsirida shunday savol-javob bor.

Savol: «Xabarda kelishicha, Odam belidagi barcha inson farzandlaridan ahdlashuv olingan. Shu narsa mumkinmi?»

Javob: «Qavm rivoyatda xato qilganlar. Odam zurriyotlaridan ahdlashuv olish muhol ishdir. Ular aqlsiz va hayotsiz zarralardir. Ahdlashuv oqillardan olinadi, ya’ni Alloh Ta’olo ularning aqllariga ularga lozim bo‘lgan vazifalarni joylashtiradi, ular dunyoga kelganlaridan so‘ng dunyo va oxirat haqida o‘ylay boshlaydilar.
Oyatning ma’nosi ular qilgan rivoyatning aksini ko‘rsatib turibdi. Alloh Odam pushti kamaridan emas, zurriyotlarining pushti kamaridan ahdlashuv olgan».
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:45:16
«Ar-Ra’d» surasining 13-oyati

وَيُسَبِّحُ الرَّعْدُ بِحَمْدِهِ

«Momaqaldirod ham unga tasbeh aytur» (Ra’d, 13.) tafsirida ushbu: «Momaqaldiroq Allohga qanday tasbeh aytadi?» — degan savolga Abduljabbor shunday javob beradi: «Oyatdan murod momaqaldiroqning dalolatidir, ya’ni uning dahshatli ovozi Allohning qudrati, ulug‘ligi va pokligiga dalolat qiladi».

Biz mo‘‘tazila firqasining ashaddiy mutaassib olimi Qozi Abduljabborning o‘z mazhabi aqidasini himoya qilish maqsadida Qur’oni Karim oyatlarining ma’nolariga qanday daxl qilganini, zarurat joylarda hatto Qur’on nazmini, uning e’joz va balog‘atini o‘z yo‘nalishiga ustalik bilan qanday qilib burib yuborganini ba’zi masalalarda ko‘rib o‘tdik.

Birinchidan, mo‘‘tazila firqasining aqidasi «ahli sunna» aqidasiga muvofiq kelmagan joylarda ular vaziyatdan qanday qilib chiqib ketayotganini bilib qo‘yish, ikkinchidan Qozi Abduljabborning aqliy quvvati va ilmiy darajasi qay darajada yuksak ekanligini fahmlash, uchinchidan, ana shunday ustomonliklarga aldanib qolmaslik maqsadida uning tafsirini mutolaa qilish foydadan xoli emas.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:48:57
4. Az-Zamaxshariyning to‘liq nomi Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad ibn Umar Al-Xorazmiy Al-Imom Al-Hanafiy Al-Mo‘‘taziliy bo‘lib, laqabi «Jorulloh», to‘rt yuz oltmish yettinchi hijriyda Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida tug‘ilgan. Bag‘dodga kelib, ustozlar huzurida ta’lim olgan. Xurosonga bir necha marta borgan. Qaerga bormasin, atrofiga odamlar yig‘ilib, unga shogird bo‘lishgan. Kim bilan munozara qilmasin, u taslim bo‘lib, Zamaxshariyndng ilmini e’tirof etgan. Shunday qilib, uning ovozasi butun olamga yoyildi va zamonasining yagona allomasiga aylandi.

Az-Zamaxshariyning turli ilm sohalarida o‘ta hassoslik bilan ta’lif etgan asarlari bor. Ularning birinchisi «Al-Kashshof» tafsiridir. Allomaning nahv haqida «Al- Muhojot», «Al-Mufassal», arab tilida «Al-mufrad val-murakkab», hadis tafsirida «Al-Foiq», lug‘atda «Asosul-balog‘a», fiqhda esa «Ruusul-masoil» nomli kitoblari mavjud.

«Vafayotul a’yon» kitobining muallifi shunday yozadi: «Az-Zamaxshariyning e’tiqodi mo‘‘taziliydir. U o‘zining e’tiqodini yashirmasdan, aksincha faxrlanib yurgan. Aytishlaricha, u biror kishining huzuriga borsa, eshik qorovuliga: «Abul Qosim mo‘‘taziliy kelib, eshik oldida kirishga izn so‘rayapti, deb aytgin», — deb buyurar ekan. U «Al-Kashshof»ni yozish asnosida hamdu sano xutbasini: «Qur’onni yaratgan Allohga hamd bo‘lsin!» — deb boshlagan ekan. Odamlar undan butunlay yuz o‘girishgan, ziyoratiga kelmay qo‘yishgan. Keyin u «xolaqo»(yaratdi) so‘zini «ja’ala»(qildi) so‘ziga almashtirgan. Holbuki, mo‘‘taziliylarning nazdida bu so‘z ham «yaratdi» ma’nosidadir. Ammo «Al-Kashshof»ning barcha nusxalarida tafsir: «Qur’oni Karimni nozil qilgan Allohga hamd bo‘lsid!»  deb, «anzala»(nozil qildi) so‘zi ishlatilgan. «Al-Kashshof»dagi bu isloh musannifning emas, balki muharrirning islohidir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:52:10
Al-Feruzobodiyning guvoxdik berishicha, Az-Zamaxshariy o‘zining mo‘‘taziliy e’tiqodida shunchaki bo‘lgan emas, balki u shu e’tiqodda bo‘lganidan faxrlanib yurgan. Shuning uchun uning o‘zi «xolaqo» yoki «ja’ala» fe’lini «anzala»ga o‘zgartirishi mumkin emas. Ehtimolki, uning shogirdlaridan biri ustozining obro‘sini saklash maqsadida o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin. Al-Feruzobodiy «As-Salom» shahriga ziyorat uchun borganda, u yerda Az-Zamaxshariyning o‘z qo‘li bilan yozgan, isloh qilinmagan tafsir nusxasini ko‘rganligini aytadi. (Kashfuz-zunun, 2-j. 176-b.)

Az-Zamaxshariy Makkadan qaytib kelganidan so‘ng, besh yuz o‘ttiz sakkizinchi hijriyda Xorazmning Jurjoniyya qishlog‘ida vafot etadi.

Az-Zamaxshariy o‘zining «Al-Kashshof» nomli tafsirini yozishdan avval biroz ikkilanadi. Bu haqda muallif tafsirning muqaddimasida yozgan. Tafsirning yozilish sabablari haqidagi ma’lumotni uning muqaddimasidan olishni tolibga tavsiya qilgan holda, asosiy maqsadga o‘tamiz.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:53:57
5. «Al-Kashshof» garchi e’tizoliy aqidaga muvofiq yozilgan bo‘lsa ham, bundan qat’iy nazar juda yuqori qimmatga ega bo‘lgan tafsirdir. Qur’oni Karimning mo‘‘jizlik siri, nazmining go‘zalligi va balog‘atdagi yuksak darajasi muallif tomonidan ochib berilgan. Buning sababi Az-Zamaxshariyning juda ko‘p ilm sohalarini, xususan arab lug‘atining jozibakorligi, ash’orlar, balog‘at, bayon, e’rob, adab ilmlarini mukammal bilganligidir. Az-Zamaxshariy oyatlardagi jozibani darhol ilg‘ab olardi. O’zining bunday fazilat egasi ekanligiga «Al-Kashshof»ning muqaddimasida ishora etadi: «Ilmlarning eng nozigi, har qanday aqlni hayron qiladigani tafsir ilmi bo‘lib, unga har qanday olim jur’at qilavermaydi. AlJohiz «Nazmul Qur’on» kitobida yozganidek, Faqih agar hukm va fatvoda barcha tengdoshlaridan g‘olib bo‘lsa ham, mutakallim garchi kalom san’atida ahli dunyolarni lol etsa ham, tarixchi va hofiz Qirriyyaning o‘g‘li (Uning ismi Ayyub, arab suxandonlaridan biri. Qirriyya esa uning onasi)dan zehni o‘tkirroq, vo’iz agar Al-Hasan Al-Basriydan gapdonroq, An-Nahviy agar Sibavayhdan bilimdonroq bo‘lsa ham, lug‘at olimi lug‘atlarni saqichdek chaynab tashlasa ham, ammo ular Qur’on yo‘li oldida ojiz, haqiqatini idrok etishdan gungdir. Ammo Qur’onga xos bo‘lgan ikki ilm: ma’oniy va bayonda o‘tkir ilm sohibi bo‘lgan odam bu ishning uddasidan chiqishi mumkin». (Az-Zamaxshariy. Al-Kashshof, 1-j. 12-15-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:55:04
Haqiqatan ham Az-Zamaxshariy mufassirga zarur bo‘lgan barcha vasilalarni jamlab, o‘zining ulug‘ tafsirini yozib tugatib, odamlar e’tiboriga havola qildi. Az-Zamaxshariy o‘zining bu tafsiri barcha fazilatlarni jamlagan asar bo‘lganini, barcha olimlar huzurida husni qabulga munosib ko‘rilganini bilgach, Allohning bunday ne’mati va inoyatiga shukrona keltirib ushbu g‘azalni yozdi:

Dunyoda tafsirlar sonu sanoqsiz,
Ular orasida Kashshof safodir.
Agar sen hidoyat qidirsang, o‘qi!
Jahl bir kasallik, Kashshof shifodir.

Agar Az-Zamaxshariy o‘zining tafsiri bilan faxrlanib, ujub darajasiga yetsa ham, biz uni ma’zur tutsak arziydi, chunki uning tafsiri boshqa tafsirlar orasida yagona, ustozlar va shogirdlar orasida ham mo‘‘tabardir. Hatto uning xusumatchilari ham tafsirning kamchiligiga to‘xtalishdan avval, uning fazilatini, ta’lif etgan allomaning san’atini e’tirof etadilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:57:07
1. Ash-Shayx Haydar Al-Haraviy «Al-Kashshof» haqida o‘zining fikr-mulohazalarini bayon etib, bu tafsir nihoyatda yuqori saviyada yozilganini ta’kidlaydi. Uning yozishicha, Az-Zamaxshariy Qur’onning biror oyatini tafsir qilishga kirishsa, agar oyatning mazmuni uning xohishiga muvofiq bo‘lmasa, oyatning madluli uning murodini ifoda qilmasa, u oyatning zohiriy ma’nosini shoshilmasdan, qizishmasdan, ortiqcha balog‘iy nuktalarsiz o‘z maqsadi yo‘liga shunday buradiki, u Allohning kalomini tahrif qilayotgan bo‘lsa ham, hech kim undan gumon qilmaydi. Gapni uzoqdan olib keladi, bildirmasdan ustalik bilan e’tizoliy aqidani singdiradi, natijada tolib uning fikr tuzog‘iga ilinadi, «haqiqat bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emas», degan qarorga keladi. Bu juda katta ofat va musibatdir.

Az-Zamaxshariy tasavvuf lazzatidan bebahraligi tufayli Allohning valiylarini ham qattiq tanqid qiladi. «Al-Moida» surasining 54-oyati:

يُحِبُّهُمْ وَيُحِبُّونَهُ

«Ularni Alloh sevadi va ular ham Allohni sevadilar» (Moida, 54) tafsirida Az-Zamaxshariy Allohning valiylari haqiga loyiq bo‘lmagan, aqlli odam tafsirda emas, fahsh kitoblarida ham yozishdan uyaladigan ta’nalar, bo‘htonlarni yozadi. Allohning valiylarini ayblashga shunday jur’at qilgan odam, Allohning kalomiga tajovuz qilishga shubhasiz jur’at qiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:58:02
Muallif tafsirida shunday baytlarni keltirganki, ular hazil-mutoyiba, masxara uchun yozilgan. Bunday she’rlarni tafsirda keltirish shar’an va aqlan joiz emas, xususan adl va tavhid ahli uchun.

Az-Zamaxshariy Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning bashoratlari bilan «firqai nojiya» deb ataluvchi «ahli sunna val-jamoa» haqida juda fahsh gaplarni gapiradi. Ularga hatto «mulhid», «kofir»lik nisbatlarini beradi. Bunday jur’at qalbi pok, imoni bebok ulamolarning emas, balki beadab, esi past odamlarning ishidir. (Haydar Al-Haraviyning ta’liqi qisqartirib berildi.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:58:43
2. Abu Hayyon ham o‘zining «Al-Bahrul muhit» nomli tafsirida «An-Naml» surasining 49-oyatini tafsir qilib, keyin shu oyatga Az-Zamaxshariy qanday ma’no berganini tahlil qiladi va shunday deydi: «Bu odam (Az-Zamaxshariy)ga Alloh Ta’olo Qur’on ilmidan, so‘zamollik va zakovatdan komil nasiba bergan bo‘lsa ham, tafsir kitobida ba’zi kamchiliklar borki, men ularni qasidamda bayon etgan edim. Unda avval «Al-Kashshof»ning fazilatini, uning yutuqlarini aytib, keyin tolibni undagi kamchiliklardan ogohlantirdim. Ana shu qasidamning madh qismini emas, tanbeh qismini e’tiboringizga havola qilmoqchiman: (Qasidaning matni nasrda tarjima qilindi)

«Lekin bu tafsirda tanqidiy nazar bilan qarash lozim bo‘lgan xato-kamchiliklar mavjud. Muallif mavzu’ hadislarni johillardek rivoyat qiladi va shubhali roviylarga nisbat beradi. Ulug‘ imomlarni haqorat qiladi. Qisqacha ibora bilan tushuntirish mumkin bo‘lgan fikrni «quruq aravani olib qochgandek» uzoq va behuda gaplar bilan sudraydi. Alloh aytmagan (Allohning murodi bo‘lmagan) gaplarni aytib, muqaddas kalomni tahrif qiladi. Oyatlarning tarkibini tahlil qilishda ham nahv qoidalaridan chiqib ketadi. Ba’zi fikrlarni boshqa olim va mufassirlardan o‘g‘irlagan bo‘lsa ham, o‘zining fikridek gapiradi. Oyatlardan ma’no chiqarishda, nahv qoidasini rioya qilmasdan qasddan xato qiladi. Qur’on lafzlarini o‘zgartirib, ma’noni o‘z mazhabiga buradi. Shuning uchun, Ey Alloh! Bu Shayxning nomini o‘zing Mashriqu Mag‘ribdan o‘chirgin! Agar unga Allohning rahmati yetmasa, u kofirlarga hamroh bo‘lib qoladi».(Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 1-juz’.438-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 07:59:40
3. Alloma Ibn Xaldun Az-Zamaxshariyning tafsirini shunday ta’riflaydi: «Tafsirlarning balog‘at, fasohat va til sohasida eng go‘zal yozilgani Xorazm elidan bo‘lgan Az-Zamaxshariyning «Al-Kashshof» tafsiridir. Muallif aqidada e’tizoliydir. Qur’on oyatlariga fikr bildirayotganda o‘zining ana shu fosid aqidasi nuqtai nazaridan hujjatlashadi, shuning uchun «ahli sunna» ulamolari jumhurni doim uning tuzog‘idan ehtiyot bo‘lishga chaqiradilar. Lekin til va balog‘at ilmini yaxshi bilishiga e’tiroz yo‘q. Agar tolib mazohibi saniyyadan voqif bo‘lib, e’tiqodi mustahkam bo‘lsa, u holda unga qarshiligimiz yo‘q, «Al-Kashshof»ni mutolaa qilib, muallifning til sohasidagi san’atini, uning benazirligini ko‘rib ibrat olsin.

Iroq ajamlaridan bo‘lgan Sharafiddin At-Toyyibiy «Al-Kashshof»ga sharh yozgan. U sharhida, Qur’on oyatlarining balog‘ati mo‘‘taziliylarning aqidasiga emas, «ahli sunna» aqidasiga muvofiq ekanligini isbotlagan. (Muqaddimatu Ibn Xaldun. 491-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 08:01:34
4. Alloma Tojiddin As-Sabukiy o‘zining «Mu’idun-ni’am va mubidun-niqam» kitobida shunday yozadi: «Bilingki, albatta «Al-Kashshof» tafsiri ulug‘ kitobdir, uning muallifi o‘z fanida imomdir. Lekin u bid’atchi odam bo‘lib, o‘z bid’atini oshkora qiluvchidir. Payg‘ambarning qadrini tushirishdan, «ahli sunna»ga beadablik qilishdan tortinmaydi.

As-Sabukiyning otasi Ash-Shayx Taqiyuddin As-Sabukiy «Al-Kashshof»ni mutolaa qilib o‘tirgan edi. «At-Takvir» surasining 19-oyati

إِنَّهُ لَقَوْلُ رَسُولٍ كَرِيمٍ

«Albatta, u (Qur’on) bir ulug‘ elchi (Jabroil)ning so‘zidir» (Takvir, 19.) tafsiriga kelganda, darhol kitob sahifasidan yuz o‘girdi va bir varaq oq qog‘oz olib unga: «Al-Kashshof»ni o‘qishdan voz kechganligimning sababi» — degan ogohnoma yozdi. Unda shunday deyiladi:

«Men Az-Zamaxshariyning tafsirida har qancha foydalar bo‘lmasin, uning «Alloh sizni afv etdi» (Tavba, 43.) oyati, «At-Tahrim» surasi va boshqa joylardagi oyatlarning tafsirida butun maxluqotning sarvari bo‘lgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga qilgan beadabchiliklarini ko‘rib, Payg‘ambarimiz (s.a.v)dan uyalganimdan uning tafsirini o‘qishdan butunlay yuz o‘girdim».

Hamyurtimiz, tafsir sohasining ulug‘ shayxi Jorulloh az-Zamaxshariyning «Al-Kashshof» tafsirini e’tiqod nuqtai nazaridan emas, uslub nuqtai nazaridan mutolaa, tahlil va xulosa qilishni toliblarga havola etamiz.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 08:02:36
Tayanch iboralar: «Jomi’ut-ta’vil li muhkamit-tanzil», «Bag‘iyyatul vu’ot fiy tabaqotun nuhot», «Qozil-quzot(qozilar qozisi)», oqil va mukallaf insonlar, shaytonning ta’siri, vasvasa bilan qilinadigan ta’sir, «bor, Alloh bilan qo‘l berib so‘rash, quchoqlash, silash!», Allohda shakl va rang yo‘q ekan, uni ko‘z bilan ko‘rish mumkin emas, «savoblarining ko‘pligidan yuzlari yashnaydi», «Momaqaldiroq Allohga qanday tasbeh aytadi?», ashaddiy mutaassib olim, Qozi Abduljabbor, «Al-Muhojot», «Al-Mufassal», «Al-mufrad val-murakkab», «Al-Foiq», «Asosul-balog‘a», «Ruusul-masoil» «Vafayotul a’yon» muallifi shunday yozadi: «Az-Zamaxshariyning e’tiqodi mo‘‘taziliydir. U o‘zining e’tiqodini yashirmasdan, aksincha faxrlanib yurgan. Aytishlaricha, u biror kishining huzuriga borsa, eshik qorovuliga: «Abul Qosim mo‘‘taziliy kelib, eshik oldida kirishga izn so‘rayapti, deb aytgin»,  deb buyurar ekan, U «Al-Kashshof»ni yozish asnosida hamdu sano xutbasini: «Qur’onni yaratgan Allohga hamd bo‘lsin!» — deb boshlagan ekan, Odamlar undan butunlay yuz o‘girishgan, ziyoratiga kelmay qo‘yishgan, Keyin u «xolaqo» (yaratdi) so‘zini «ja’ala» (qildi) so‘ziga almashtirgan, xolbuki, mo‘‘taziliylarning nazdida bu so‘z ham «yaratdi» ma’nosidadir, «firqai nojiya» deb ataluvchi «ahli sunna val-jamoa» haqida juda fahsh gaplarni gapiradi, Ularga hatto «mulhid», «kofir»lik nisbatlarini beradi, Bunday jur’at qalbi pok, imoni bebok ulamolarning emas, balki beadab, esi past odamlarning ishidir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Noyabr 2008, 08:03:58
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar:

1. Mo‘tazila firqasi e’tiqodi bo‘yicha tafsir yozgan olimlardan kimlarni bilasiz?
2. Qozi Abduljabborning tarjimai holi va yozgan asarlarini bilasizmi?
3. Uning «Tanziyhul Qur’on anil-matoin» tafsiri qanday uslub bilan yozilgan?
4. Az-Zamaxshariyning tarjimai holi. Uning «Al-Kashshof» nomli tafsiridan boshqa yana qanday asarlarini bilasiz?
5. Az-Zamaxshariyning tafsiriga ulamolar qanday baho berganlar?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Ad-Dovudiy. Tabaqotul-mufassirin.
3. Az-Zamaxshariy. Al-Kashshof.
4. Ibnul Qayyim Al-Javziy. E’lomul-muvaqqiniyn.
5. Al-Itqon. As-Suyutiy, 2-j.
6. Al-Hofiz ibn Hajar. Lisonul-mezon. 4-j.
7. Ibn Taymiyya. Muqaddimatu usulut-tafsir.
8. Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut-tafsir.
9. Imom Al-Buxoriy. Al-Jome’ As-Sahih. 1-4-jildlar. T. 1998.
10. Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 1-juz’.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 08:20:41
31- MAVZU. SHIY’ALAR TAFSIRI

Dars rejasi:
1.  Shiy’alar toifasining uch guruhga bo‘linib ketishi.
2.  Shiy’alar tafsirining «ahli sunna val jamoa» tafsiridan farqi.
3.  Shiy’a ulamolarining mashhur tafsirlari.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 08:23:31
1. Islomning dastlabki davrida Islom olami hokimiyat uchun kurashuvchilar tomonidan guruhlarga bo‘lingan bo‘lsa, keyinchalik bu bo‘linish diniy ta’limotdagi tafovut shaklida barqarorlik tusini oldi. Hozirgi davrda Islom olami katta-katta ikki yo‘nalishga ajragan bo‘lib, birinchisi ahli sunna val-jamoa deb nomlansa, ikkinchisi shiy’a(Z. Husniddinov. Islom: yo‘nalishlar, mazhablar, oqimlar. Toshkent. «Movarounnahr», 2000 y. 26-b.) deb ataladi.

Shiy’alar xuddi sunniylar kabi Qur’oni Karimni ilohiy deb e’tirof etsalarda, dastlabki uch xalifa davrida uning ayrim qismlari tushirib qoddirilgan deb hisoblaydilar. Payg‘ambar hadislarining esa hammasini e’tirof etmaydilar, balki faqat Hazrat Ali (r.a.) va u kishining tarafdorlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarnigina tan oladilar. Ular shunday hadislardan iborat to‘plamlar tuzganlar va bu to‘plamlarni «Axbor» deb ataydilar.

Tarix olimlarining ta’kidlashlaricha, shiy’a.lar uch toifaga: Az-Zaydiyya, Al-G’oliyya va Al-Botiniyyaga bo‘linganlar.( Z. Husniddinov. Islom: yo‘nalishlar. mazhablar, oqimlar. Toshkent: «Movarounnahr», 2000 y. 27-b.) Ularning har biri yana oltitadan firqalarga bo‘lingan bo‘lib, jami shiy’a firqalari o‘n sakkiztani tashkil qiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 08:26:24
Az-Zaydiya toifasi Zayd ibn Ali ibn Husayn ibn Ali (r.a.)ga nisbat beriladi. Bu toifa bir-biridan mustaqil olti firqa: Al-Jorudiya, Al-Muxtari’iya, Al-Mutrifiya, As-Solihiya, As-Sulaymoniya va Al-Ya’qubiyaga bo‘linib ketganlar. Az-Zaydiya toifasining imomlari Abu Al-Jorud, Ziyod ibn Al-Munzir, Ja’far ibn Muhammad, Al-Hasan ibn Solih, Muqotil ibn Sulaymon, Ad-Do’iy Nosirul-haq Al-Hasan ibn Ali ibn Al-Hasan ibn Zayd ibn Umar ibn Ali ibn Al-Husayndirlar.(Shiy’alarning uch toifaga bo‘linishi Abdul Qohir ibn Tohir At-Tamimiyning «Al-farq baynal-firaq» kitobida boshqacharoq talqin etilgan, ya’ni u shunday deb yozadi: «Biz avvalda aytib o‘tganimizdek, rofiziylarning Az-Zaydiyya guruhi uch firqaga, Al-Kaysoniyya guruhi ikki firqaga, Al-Imomiya guruhi o‘n besh firqaga bo‘linadi». Shiy’a rofiziylarining bo‘lingan uch guruhi nomlarini Az-Zaydiyya, Al-Kaysoniyya, Al-Imomiyya deb ataydi. Bunda hech ajablanarli jihat yo‘q. Chunki, avvalgi manbada Al-G’oliyya firqasi asosiy firqa deb sanalib, Al-Kaysoniyya undan ajralgan firqalar qatorida, Al-Botiniyya asosiy deb sanalib, undan chiqqan firqa yoki uning ikkinchi nomi deyilgan bo‘lsa, At-Tamimiy firqalarning nomini almashtirib zikr etgan.

Bunday ixtiloflar boshqa olimlarning kitoblarida ham mavjud. Masalan, Abu Iso Muhammad ibn Horun Al-Varroq o‘z kitobida Az-Zaydiyya toifasini sakkiz firqaga bo‘linganini aytgan bo‘lsa, Abul Hasan Al-Ash’ariy «Maqolotul Islomiyyin» kitobida Az-Zaydiyya toifasi olti firqaga bo‘linishini aytgan. Abdul Qohir ibn Tohir At-Tamimiy. «Al-farq baynal-firaq». 29-b.)


Bu imomlarning hammasi mo‘‘taziliylarning Al-Qadariyya firqasi e’tiqodi (ya’ni, Allohning qazo va qadarini tan olmaslik, Qur’onning maxluq ekanligi, o‘lgan kishiga qabr azobining va munkar-nakir savollarining bo‘lmasligi, shafoat va mag‘firat qilingan osiylarning do‘zaxdan chiqarilmasligi, ahli jannatlarning Allohni ko‘rolmasliklari)ni to‘la tasdiq etadilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 08:31:34
Az-Zaydiyya toifasining ko‘p firqalari far’iy masalalarda Imom Abu Hanifa mazhablariga muvofaqat qilsalarda, ba’zi masalalarda ixtiloflari ham mavjud. Lekin bu firqalarning o‘zaro ixtiloflari bor bo‘lib, ular bir firqani ikkinchisidan ajratib turadi.

«Az-Zaydiya firqasi ulamolari tomonidan Qur’on tafsiri borasida juda ko‘p asarlar yozilgan bo‘lsa-da, ular hozirgacha saqlanmagan. Faqat Ash-Shavkoniyning «Fathul qodir» nomli tafsirini va Shamsuddin Yusuf ibn Ahmadning «As-Samarotul yoni’a» nomli tafsirigina mavjud. Ammo Ibn An-Nadimning fehristida quyidagi tafsirlarning nomlari uchraydi.

Az-Zaydiya firqasiga tegishli Muqotil ibn Sulaymon ikki tafsir yozgan, biri «Kitobut-tafsirul kabir», ikkinchisi «Kitobu navodirut-tafsir», Imom Zayd ibn Alining «Tafsiru g‘ariybil Qur’on»i, Ismoil ibn Ali Al-Bustiyning «Tafsir»i, Muhsin ibn Muhammadning «At-Tahzib»i, Atiya ibn Muhammad(vafoti 665-h.)ning tafsiri, Hasan ibn Muhammad As-San’oniy (vaf. 791-h.)ning «At-taysir fit-tafsir»ining ro‘yxatini topdim». (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 2000 y. 7-nashr. 1-j. 207-208-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 08:33:23
Shiy’alarning ikkinchi toifasi Al-G’oliyya deb nomlanadi. Ularning Hazrat Ali (r.a.) xususlarida haddan ortiq g‘uluvga ketganlari, hatto ba’zilari Hazrat Alini iloh, ba’zilari payg‘ambar deyishlikkacha borganlari sababli shu nom bilan atalgan. Bu toifa ham olti firqaga: Al-Xitobiyya (O’sha manba, 45-b.), Al-Bayoniyya (O’sha manba, 45-b.), Al-Mufavviziyya (O’sha manba, 47-b.) (As-Sahhobiyya), Al-Mug‘iyriyya (O’sha manba, 47-b.), Al-Mansuriyya (O’sha manba, 48-b.), As-Sabboiyya (O’sha manba, 48-b.) bo‘linadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 08:34:22
Shiy’alarning uchinchi toifasi Al-Botiniyadir. Bu toifani «Qaromita», «Ta’limiya», «Xurramiya» degan laqablar bilan ham aytiladi.

Al-Botiniyya toifasi ham olti firqaga bo‘linadi. Bu firqalar: Al-Kaysoniya, An-Nusayriya, Al-Jariyriya, At-Tariyqiya, Al-Imomiyya va Al-Ismoiliya, deb nomlanadi. Bu olti firqa bilan shiy’alarning umumiy firqalari soni ham xorijiylar va mo‘‘taziliylar singari o‘n sakkiztani tashkil etadi.

Abu Homid Al-G’azzoliyning aytishicha, botiniylar toifasining sakkizta laqabi bor: Al-Botiniya, Al-Qaromita, Al-Xurramiya, Al-Ismoiliya, As-Sab’iya, At-Tobikiya, Al-Muhmarra, At-Ta’limiya.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 08:41:58
Al-Botiniyya deyilishiga sabab, ularning fikricha, har bir mevaning tashqi po‘stlog‘i va ichki mag‘zi bo‘lganidek, Qur’on oyatlarining ham zohiriy ma’nosi va har bir oyatdan tushuniladigan botiniy ma’nosi ham borki, zohiriy ma’nolari johillar va farosatsiz kishilarning nazdida ulug‘lik kasb etsa, botiniy ma’nolari aqlli, farosatli kishilarga yashirin haqiqatlar yo‘lini ochadi. Kimki Qur’onning botiniy ma’nolariga chuqurroq kirib borib tushunishdan, uning sir-asrorlarini fahmlashdan uzoq bo‘lsa va zohiriy ma’nolari bilangina kifoyalansa, og‘ir riyozatlar, mashaqqatlar va boshqa shar’iy vazifalar tagida qoladi. Qur’onning botiniy ma’nolarini tushunish darajasiga yetgan kishidan esa barcha majburiyatlar olib tashlanadi, ularning mas’uliyatidan ham qutuladi. Al-Botiniyya o‘z fikrini ushbu oyati karima ma’nosi bilan quvvatlaydi:

وَيُحَرِّمُ عَلَيْهِمُ الْخَبَائِثَ وَيَضَعُ عَنْهُمْ إِصْرَهُمْ وَالأغْلالَ

«Nopok narsalarni ularga harom qiladi hamda ularning yuklarini va ustilaridagi kishan(qiyinchilik) larini olib tashlaydi». (A’rof, 157)

Holbuki, bu oyati karimaning to‘liq ma’nosi botiniylarnint foydasiga emas, aksincha zarariga hujjat ekanligi ko‘rinib turibdi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 08:46:11
2. Imom Al-G’azzoliy aytadi: «Bu mal’un toifaning maqsadi shariatni buzish, e’tiqodni aynitish, odamlarni diniy qonun-qoidalardan, unga tez-tez murojaat qilishdan chalg‘itishdir».

Botiniylarning Al-Jariyriya firqasi Jarir ibn Sulaymon Ar-Riqqiyning tobe’laridir. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, har bir erkak to‘rttadan ortiq xotinga ega bo‘lishi mumkin. Birovning joriyasini(cho‘risini) vaqtincha olib, u bilan aloqada bo‘lish mumkin. Hajga ehrom kiygan kishi e’romdan chiqish uchun butun badani(boshi, oyoq-qo‘li, soqoli)ning yungini oldirishi lozim bo‘ladi. Kitning go‘shtini yeyish harom qilingan. Holbuki, bunday e’tiqod Qur’oni Karim oyatlariga butunlay xilofdir. Allohning oyati karimalarida:

وَإِنْ خِفْتُمْ أَلا تُقْسِطُوا فِي الْيَتَامَى فَانْكِحُوا مَا طَابَ لَكُمْ مِنَ النِّسَاءِ مَثْنَى وَثُلاثَ وَرُبَاعَ فَإِنْ خِفْتُمْ أَلا تَعْدِلُوا فَوَاحِدَةً أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ ذَلِكَ أَدْنَى أَلا تَعُولُوا

«Agar yetimlarga adolatli bo‘lolmaslikdan qo‘rqsangiz, sizlarga halol bo‘lgan ayollardan ikkita, uchta, to‘rttasiga uylanaveringlar. Bordi-yu ular o‘rtasida odil bo‘la olmaslikdan qo‘rqsangiz bir ayolga (uylaning) yoki qo‘l ostingizdagi cho‘rilar bilan kifoyalaning». (Niso, 3.)

أُحِلَّ لَكُمْ صَيْدُ الْبَحْرِ وَطَعَامُهُ مَتَاعًا لَكُمْ وَلِلسَّيَّارَةِ وَحُرِّمَ عَلَيْكُمْ صَيْدُ الْبَرِّ مَا دُمْتُمْ حُرُمًا

«O’zingiz va sayyohlar foydalanishligi uchun sizlarga dengiz ovi va taomi(baliqlari) halol qilindi. Biroq, modomiki, ehromda ekansizlar, sizlarga quruqlik ovi harom qilindi», (Moida, 96) deb hukm qilingan. Bu oyatlarning mazmunidan mazkur firqaning e’tiqodi botil ekanligi ochiq ko‘rinib turibdi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 08:49:36
Botiniylarning e’tiqodicha, Qur’oni Karim «Allohning kalomi emas, balki undan oldingi insonlar qo‘li bilan buzib yozilgan «muqaddas kitoblar» singari payg‘ambarlar yozgan kalomdir. Har bir payg‘ambar o‘z millatini o‘zi xohlagan narsaga ibodat qilishni talab etganidek, Muhammad (s.a.v.) ham arablarni shunga da’vat qilgan. Uning da’vati kuchli bo‘lgani uchun atrof mamlakatlarga va boshqa millatlarga ham keng yoyilgan, uning obro‘si yuqorilashib, viloyatlari kengayib, bizning ota-bobolarimiz yerlarini ham bosib olgan. Biz u bilan tenglashishga ojizmiz. Bizning vazifamiz, Muhammad ummatlaridan ba’zi bir toifani, masalan: aqli zaifroq, fikri sayozroq, bizning aqidamizni va maqsadimizni chuqurroq tushunishdan ojiz bo‘lganlarini yo‘ldan uramiz», — deydilar va shariatni inkor qiluvchi, payg‘ambarlarni takzib qilib, qiyomat, hisob-kitob, jannat, do‘zaxni yo‘q, deb o‘rgatuvchi kitoblar yozadilar. Bularning asosiy maqsadi faqat musulmonlardan o‘ch olish, musulmonlar ustidan hokimlikni qo‘lga olishdan iborat. Xususan mazkur firqalarning orasida musulmonlarga nisbatan adovati eng kuchlisi botiniylardir».

Yuqorida sanab o‘tilgan firqalarning aqidaviy buzilganligi shundaki, ular ham o‘zlarini musulmon deb xisoblaydilar, ta’nalar yetkazsalar-da, Muhammad (s.a.v.)ni payg‘ambar deb tan oladilar. Lekin ba’zi masalalarda «kuraqda turmaydigan» fikrlar aytadilar va o‘z e’tiqodlarini isbotlash uchun Qur’on oyatlarini noto‘g‘ri tarjima qilishdan toymaydilar hamda o‘z ra’ylariga burib oladilar. Masalan «As-Saba’iyya» firqasi Qur’ondagi «ra’d»-momaqaldiroqni Alining ovozi deb tarjima qiladilar. «Qasos» surasidagi

إِنَّ الَّذِي فَرَضَ عَلَيْكَ الْقُرْآنَ لَرَادُّكَ إِلَى مَعَادٍ

«(Ey Muhammad), albatta, Sizga (ushbu) Qur’onni farz qilgan Zot, shak-shubhasiz, Sizni qaytish joyiga (Makkaga) qaytaruvchidir»(Qosos, 85.) degan oyatning ma’nosini «Muhammad (s.a.v.)ni Alloh Ta’olo yaqinda hayoti dunyoga qaytaradi» — deb ta’vil qilishadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 08:55:25
«Al-Bayoniya» firqasining boshlig‘i «Oli Imron» surasining 138-oyati

هَذَا بَيَانٌ لِلنَّاسِ وَهُدًى وَمَوْعِظَةٌ لِلْمُتَّقِينَ

«Bu (Qur’on) odamlar uchun bayonot hamda taqvodorlar uchun hidoyat va nasihat (manbai)dir»ni «Alloh Qur’onda mening nomimni ochiq yozgan. Men Bayonman, men hidoyatman va mav’izaman» deb ta’vil qilgan.

«Qasos» surasining 88-

لا إِلَهَ إِلا هُوَ كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ إِلا وَجْهَهُ

«Undan o‘zga iloh yo‘qdir. Uning «yuzi»dan boshqa barcha narsa halok bo‘luvchidir» oyati (Insonning yuzi barcha a’zosiga dalolat qiladi. Masalan: «Falonchining yuzidan o‘tolmasdan» degan gap «uning o‘zining hurmatidan» degan ma’noni ifodalaydi)dan chiqadigan ma’noni «Alloh nurdan bo‘lgan erkak qiyofasidadir, Uning yuzidan boshqa barcha a’zolari yo‘q bo‘lib ketadi» deb ta’vil qiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 08:58:15
«Al-Mug‘iyriya» firqasi yetakchisi «A’lo» surasining 1-

سَبِّحِ اسْمَ رَبِّكَ الأعْلَى

«(Ey Muhammad), eng oliy Zot bo‘lgan Rabbingizga tasbeh ayting!»oyatini ta’vil qilib: «Men Allohning ismi a’zamini bilaman. U hamma narsani yaratishdan oldin O’zining ismi a’zami bilan gapirgan. Ismi a’zam uchib, mening tojim ustiga qo‘ngan», — deb da’vo qiladi.

Shiy’alarning boshqa firqalari, masalan, Al-Mansuriya, Al-Xitobiya, Al-Ubaydiya kabilar ham Qur’on oyatlariga daxl qiladilar va o‘z e’tiqodlariga moslab ta’vil qiladilar. (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 2000 y. 7-nashr. 2-j. 11-18-b.)

Ularning orasida «Al-Imomiya Al-Isno ashariya» toifasi boshqa firqalardan alohida ajralib turadi. Bu firqaning boshqalarga o‘xshamaydigan o‘ziga xos e’tiqodlari bor. Ular o‘z e’tiqodlarini Qur’onga moslab tuzganlar. Raqiblari bilan ham munozarani Qur’on oyatlariga suyangan holda qiladilar.

Ular o‘zlari e’tiqod qiladigan o‘n ikki imomni hamma narsadan yuqori qo‘yadilar. Ularning fikrlaricha, imomlar Yerning ustunidirlar. Allohning bandalariga yuborgan hujjatidirlar. Ular o‘z imomlarini payg‘ambarlar bilan teng maqomda ko‘radilar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 08:59:18
Qur’on oyatlarini tafsir qilishda imomiyalar bilan mo‘‘taziliylarning fikrlari bir xildir. Bu bir xillik bir-birlarining shayxlariga shogird tushishga ham olib kelgan. Shiy’a ulamolaridan Al-Hasan Al-Askariy, Ash-Sharif Al-Murtazo, Abu Ali At-Tabriziy va boshqa ulamolar o‘zlarining tafsirlarida e’tizoliy fikrlarni to‘la quvvatlaganlar. Hatto Ash-Sharif Al-Murtazo Hazrat Ali(r.a.)ni mo‘‘tazila mazhabida ekanliklarini, balki mo‘‘tazilalarning boshlig‘i ekanliklarini isbotlashga uringan.

Imomiyalar Qur’oni Karimning zohiriy va botiniy ma’nolari bor ekanligida ahli sunna val-jamoaga muvofaqat qiladilar. Ammo ular bu fikrda g‘uluvga ketib, Qur’oni Karimning yetmish yettita botini bor. Qur’oni Karimning zohiriy ma’nolari da’vat uchun Payg‘ambarga berilgan, botiniy ma’nolari esa imomlarga berilgan, deb haddan oshadilar. (O’sha manba, 22-23-bet.)

Qur’oni Karimning «Baqara» surasi, 57-oyati va «Moida» surasi, 55-oyatlari ayni imomlar haqida nozil bo‘lgan, oyatlarda kelgan «jalolat», «iloh», «rab» so‘zlaridan murod imomlardir, deyishadi. Oyatlardagi Alloh Ta’olo o‘zining nomiga nisbat bergan «itoat», «rizo», «g‘ino» va «faqr» sifatlarini imomiyalar: «Bu sifatlar imomga aloqador, Alloh Ta’olo o‘ziga emas, balki imomga itoat qilishni murod qilyapti», — deyishadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 08:59:55
Imomiyalar o‘zlariga beriladigan turli savollar, masalan: «Agar Qur’oni Karim asosan imomlarning sha’ni haqida, ularning dushmanlari yoki muxoliflari haqida vorid bo‘lgan bo‘lsa, Alloh Ta’olo nima uchun bu ma’nolarni ochiq-oydin bayon qila qolmasdan, botiniy ma’nolar bilan ishora qildi?» — degan savoldan qo‘rqishib, undan qutulish yo‘lini izladilar va Qur’oni Karim aslidan tahrif etilgan, buzilgan, degan da’voni chiqardilar. Ularning da’vo qilishlaricha, Hazrat Ali (r.a.) jamlagan va keyinchalik imomlarga meros bo‘lib qolgan Qur’onni hech kim o‘zgartira olmagan. Ammo boshqalar jamlagan Qur’on esa buzilgan, o‘zgartirilgan bo‘lib, «Oli bayt», ya’ni Hazrat Alining nasablari haqidagi oyatlar va Oli bayt dushmanlarining ayblari bayon etilgan oyatlar butunlay o‘chirib tashlangan.

O’z da’volarini isbotlash uchun rivoyatlar ham keltirishadi. Masalan: «Al-Kofiy Ja’far As-Sodiqdan rivoyat qilishicha, Jabroil (a.s.) Muhammad (s.a.v.)ga nozil qilgan Qur’oni Karim o‘n yetti ming oyatdan iboratdir. Qo‘limizdagi mushaflarda bor-yo‘g‘i olti ming ikki yuz oltmish uch oyat bor xolos. Qolganlari esa Oli baytning huzurida Hazrat Ali jamlagan mushafda mavjuddir. (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 2000 y. 7-nashr. 2-j. 27-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 09:01:06
Imomiyalar aytadilar: «Lam yakun» surasida Qurayshdan yetmish kishining nomi va nasabi keng bayon etilgan edi. «Ahzob» surasi kattalikda «An’om» surasi bilan teng edi. Undan Oli baytning fazilatlari bayonini olib tashlangan. Yana Qur’onda «Viloyat» degan sura bor bo‘lib, u ham butunlayin olib tashlangan». (Al-Vashiy’ah, 23-bet.)

Imomiyalar o‘z da’volarini isbotlashga berilib ketib, Alloh Ta’oloning:

إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ

«Qur’onni biz nozil dildik va uni biz saqlovchidurmiz» (Hijr, 9.) oyati karimasidan chiqadigan ochiq-oydin ma’noni ham inkor qilishadi va: «Qur’onni Alloh imomlar huzuridagina to‘g‘ri saqlaydi», — deb ta’vil qilishadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 09:02:11
3. Imomiya ulamolarining tafsir borasida qoldirgan meroslari juda kattadir. Ulardan bir nechtasining nomlarini eslab o‘tamiz:

1. Al-Hasan Al-Askariy (vafoti 245 h.);
2. Ali ibn Ibrohim Al-Qummiy (vafoti IV h. asr);
3. Muhammad ibn Mas’ud Al-Ma’ruf Bil-Iyoshiy;
4. Abu Ja’far At-Tusiy (vafoti 460 h.);
5. Al-Fazl ibn Al-Hasan At-Tabriziy (vafoti 538 h.);
6. Muhammad ibn Murtazo(laqabi Mullo Muhsin Al-Koshiy);
7. Hoshim ibn Sulaymon Al-Husayniy (vafoti 1107 h.);
8. Mavlono Abdullatif Al-Kozaroniy;
9. Muhammad Murtazo Al-Husayniy (davri XI asr);
10. As-Sayyid Abdulloh ibn Muhammad Rizo Al-Alaviy (1242);
11. Sulton ibn Muhammad Al-Xurosoniy (davri XIV h. asr);
12. Muhammad Javod An-Najafiy (vafoti 1352 h.) (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 2000 y. 7-nashr. 2-j. 33-b.)

Yuqorida nomlari keltirilgan mufassirlar Shiy’alarning Imomiya firqasidan bo‘lib, ularning yozgan tafsirlari Misr kutubxonasida mavjud. Bu tafsirlarda mualliflarning qay darajada g‘uluvga ketganlarini ularni mutolaa qilgan toliblar osongina tushunib olishlari mumkin. Chunki mazkur tafsirlar musulmonlarni Qur’on oyatlari ma’nosidan xabardor qilishdan ko‘ra ahli sunna val jamoa fikrlariga raddiya uchun g‘araz bilan yozilgani yaqqol namoyon bo‘lib turadi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 09:02:54
Shiy’alarning «Al-Botiniya» toifasidan yangi ajralib chiqqan «Al-Bobiya» va «Al-Bahoiya» firqalari haqida ham alohida to‘xtalib o‘tish zarur. «Al-Bobiya» firqasining asoschisi Mirza Ali Muhammaddir. U bir ming ikki yuz o‘ttiz beshinchi (1235) hijriyda tug‘ilgan. Shiy’alarning nazdida «Bob» deb «Mahdiyning noibi»ga aytiladi. Mirza Ali o‘zini 1260 yilda Bob deb e’lon etdi. Podshoh Sulton Nosiriddin davrida Bob bilan muxoliflari o‘rtasida kelishmovchilik kuchaydi. Natijada fitna bostirilishi uchun «Bob»ni Tabriz shahrida dorga osib, o‘q bilan otib o‘ldirildi. (O’sha manba, 189-b.)

«Al-Bahoiya» firqasining asoschisi Bahoulloh Mirza Husayn Ali 1233 hijriyda tug‘ilgan. Uning mazhabi mashhur bo‘la boshlaganda, Sulton Nosiriddin Shohga suiqasd uyushtirishda ayblanib, qamalgan va to‘rt oydan so‘ng Iroqning Bag‘dod shahriga surgun qilingan. U yerdan Suriyaning Ako qishlog‘iga quvilgan va o‘sha yerda vafot etgan.

Har ikki firqa boshlig‘i ham o‘zlarining shari’atlari Islom shari’atini nosix qiluvchi ekanligini da’vo qiladilar. Shuning uchun ular Qur’oni Karimda kelgan barcha ahkomlarni buzib, yangi hukmlar joriy qilganlar. Hatto «Bob» o‘zi yozgan «Al-Bayon» kitobidan boshqa diniy kitoblarni o‘qish va o‘rganishni harom qilgan. Bahoulloh esa o‘zining «Al-Aqdas» kitobida «Bob»ning fatvosini bekor qiladi va shunday yozadi: «Alloh sizlardan «Al-Bayon» da nozil etilgan «boshqa kitoblarni o‘qimaslik» hukmini afv qildi. Biz sizga o‘zingiz foydalanadigan barcha ilmlarni o‘qishga ijozat beramiz». (Bahoulloh. Rasoilul isloh. 3-j. 100-bet.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 09:03:43
Ularning e’tiqodicha, Alloh goh-gohida olimlarga tushib turadi. Bahoulloh o‘z kitobida shunday yozadi: «Bizlar uchun Alloh Ta’olo bilan shunday holatlar borki, bu holatlarda biz Allohmiz, Alloh esa bizdir». (O’sha manba, o‘sha sahifa.)

«Al-Bob» va Al-Bahoiya» firqalari ahli sunna val-jamoa fikrlariga eng ashaddiy dushmanlarcha munosabatda bo‘ladilar. Ammo ularning tafsir sohasida mukammal yozilgan birorta kitoblari mavjud emas. Ahli sunna val-jamoa bilan munozara uchungina zarur bo‘lgan oyatlar yoki suralarni tafsir qilishib, maqsadlarini Botiniylar e’tiqodiga burib olib keladilar.

Bahoulloh Qur’onda kelgan «sirot», «zakot», «siyom», «haj», «ka’ba, «baladul harom» singari so‘zlarni ta’vil qilib, ularning baridan murod imomlardir, deydi. Abu Ja’far At-Tusiy Abu Abdulloh Bahoga: «Siz Allohning kitobidagi sirotmisiz? Siz zakotmisiz?, Siz Hajmisiz?» — deb so‘raganda, Abu Abdulloh shunday degan: «Ey birodar, biz Allohning kitobidagi sirotmiz, hajmiz, zakotmiz, harom oylarmiz, harom shaharmiz, Ka’batullohmiz, qiblatullohmiz va biz Allohning yuzimiz!» — deb javob bergan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Noyabr 2008, 09:05:49
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Shiy’alar toifasi asosan necha guruhga bo‘linadi?
2. Shiy’alar tafsirining «ahli sunna val jamoa» tafsiridan nima farqi bor?
3. Shiy’a ulamolarining mashhur tafsirlaridan qaysilarini bilasiz?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Ad-Dovudiy. Tabaqotul-mufassirin.
3. An-Naysoburiy. G’aroibul-Qur’on va rag‘oibul-Furqon.30-j.
4. Ibnul Qayyim Al-Javziy.E’lomul-muvaqqi’iyn.
5. Al-Itqon. As-Suyutiy, 2-j.
6. Al Hofiz ibn Hajar. Lisonul-mezon. 4-j.
7. Ibn Taymiyya. Muqaddimatu usulut-tafsir.
8. Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut-tafsir.
9.  Imom Al-Buxoriy. Al-Jome’ As-Sahih. 1-4-jildlar. T. 1998.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Noyabr 2008, 09:00:32
32-MAVZU. XORIJIYLAR VA BOSHQA YO’NALISHLAR BO’YICHA YOZILGAN TAFSIRLAR.

Dars jadvali
1. Xorijiylar tafsiri.
2. Tasavvuf ahli tafsiri.
3. Faqihlar tafsiri.
4. Ilmiy tafsirlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Noyabr 2008, 09:06:18
1. Xorijiylar(ajralib chiqqanlar) toifasi aslida yettinchi asr o‘rtalarida musulmonlardan, ya’ni Hazrat Ali va Muoviya tarafdorlari orasidan ularning har ikkoviga ham itoat etmasdan ajralib chiqqan isyonchi toifadir. Ahli sunna val-jamoa ulamolari: «Qaysi zamonda va makonda bo‘lmasin, Islomiy davlat rahbariga itoat qilishdan bosh tortgan kishi xorijiylar toifasidan sanaladi»,— deb qaror qilganlar.

Ularni «Shakkokiylar» deb ham nomlanadi, chunki, ular Hazrat Ali (r.a.) ga: «Sen o‘z tinchligingni o‘ylab, dushmaning foydasiga hukm chiqarding, shuning uchun sening diningga shubhamiz bor»,— dedilar.

Hazrat Alidan ajralgach, Kufa shahridan tog‘lar bilan o‘ralgan Harura qishlog‘iga borib makon tutganlari uchun, ular «Haruriylar» deb ham nomlanadi.

«Biz o‘zimizni Alloh Ta’olo yo‘liga sotganmiz», deganlari uchun ularni «Shurotlar» ham deyiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Noyabr 2008, 09:07:28
Xorijiylar toifasi haqida Imom Buxoriy o‘zlarining «Al-Jomi’ As-Sahih» kitoblarida ko‘plab hadislar rivoyat qilganlar, jumladan: Abdulloh ibn Umar (r. a.) huzurlarida «Haruriya» haqida gapirildi. Abdulloh dedilar:

"œRasululloh (s.a.v.) shunday degan edilar: «Ular kamondan o‘q otilgandek imondan tez chiqadilar".

Ibn Umar (r.a.) xorijiylarni odamlarning eng yomoni deb hisoblaganlar. Qoziy Al-Iyoz o‘zining «Muslim sahihiga sharh» kitobida Al-Movardiydan naql qilishicha, qadimgi Islom ulamolari xorijiylarning kufriga ittifoq qilganlar.

Xorijiylarning har bir firqasi o‘zaro kelisholmasdan ko‘plab guruh va firqalarga ajralib ketganlar. Shuning uchun bu firqalarning qaysi biri asosiy katta firqa, qaysi biri ajralib chiqqan kichik firqa ekanligi ulamolar o‘rtasida ajrim qilinmagan.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Noyabr 2008, 09:10:44
Ali ibn Muhammad Al-Faxriy «Talxisul-bayon fiy firaqi ahlil-adyon» kitobida xorijiylar firqalarining sonini o‘n sakkizta ekanligini aytib, ularning nomlarini quyidagicha keltirgan:

«Xorijiylar toifasi e’tiqod masalalari bo‘yicha o‘n sakkiz firqaga bo‘linib ketganlar va bu firqalar o‘z yo‘lboshchilari nomi bilan: Al-Azraqiyya, Al-Iboziyya (Ibodiyya), As-Sufuriyya, Al-Bayhasiyya, Al-Ajradiyya, Al-Mufazzaliyya, An-Najadot, Al-Avniyya, Al-Matbaxiyya, Al-Axnasiyya, Ash-Shamroxiyya, Al-Bakkoriyya, Al-Bakriyya, Al-Ma’lumiyya, Al-Yaziydiyya, Al-Abdaliyya, Al-Mutaoliyya, As-Saltiyya, deb nomlanadilar»

Sadrul-Islom Abdul Qohir ibn Tohir Al-Bag‘dodiy At-Tamimiyning «Al-farq baynal-firaq» kitobida xorijiy firqalar sonini yigirmata deb ko‘rsatilgan va biz sanab o‘tgan firqalardan ba’zilari o‘zaro bo‘linib ketgan kichik firqalar qatorida keltirilgan bo‘lsa, ba’zilarining nomi umuman aytilmagan. Ularning o‘rniga boshqa nomlar tilga olingan. Masalan: mazkur kitobda xorijiylar firqasi yigirmata deyilishiga qaramasdan, 24-sahifada 19 ta firqaning nomi, 72-sahifada 22 ta firqaning nomi ko‘rsatilgan. Ularning nomlari quyidagicha:

Al-Muhakkimatul uvlo, Al-Azoriqa, An-Najadot, As-Sufriyya, Al-Ajorida, Al-Xozimiyya, Ash-Shuaybiyya, Al-Ma’lumiyya, Al-Majhuliyya, Allohni istamay toat qiluvchilar, As-Saltiyya, Al-Axnasiyya, Ash-Shabiybiyya, Ash-Shayboniyya Al-Ma’badiyya, Ar-Rashiydiyya, Al-Makramiyya, Al-Hamziyya, Ash-Shamroxiyya, Al-Ibrohimiyya, Al-Voqifa, Al-Iboziyya.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Noyabr 2008, 09:12:53
Shunday qilib, har birini sanab o‘taman deyilsa, yana o‘nlab firqalarning nomini keltirish mumkin. Ammo ko‘rinib turibdiki, bir-biridan aqida masalalarida qat’iy farq qiluvchi asosiy firqalar soni o‘n sakkizdan oshmaydi. Biroq ana shu o‘n sakkiz firqani boshqalaridan tanlab, ajratib olishda yoki firqalarni nomlashda ulamolar ixtilof qilganlar. Shu sababli, Al-Faxriyning kitoblaridagi asosiy firqalarning nomlari bilan At-Tamimiyning kitoblaridagi asosiy firqalarning nomlari o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud.

Yuqorida sanab o‘tilgan xorijiylarning biror firqasi ham jaholatdan va o‘ta tajovuzkorlikdan xoli emas. Ular ham Qur’onni o‘zlarining hukm manba’lari deb biladilar. Lekin, Qur’onda o‘z e’tiqodlariga muvofiq oyatni topsalar, uni mahkam ushlaydilar. Agar o‘z e’tiqodlariga qarshi oyatni ko‘rsalar, undan chetlanishga, oyatning mazmunini ta’vil qilishga kirishadilar.

Xorijiylar shiy’alarning aksi o‘laroq, Qur’on oyatlarining faqat zohiriga e’tibor qilib, undan ham yuzaki xulosalar chiqaradilar. Masalan: Xorijiylarning Iboziy firqasi ahllaridan biri o‘zining joriyasiga bir xizmat buyurdi. Joriya biroz imillab harakat qilgani uchun, xo‘jayin uni musulmon bo‘lmagan arabga sotib yuborishga qasam ichdi. Yaqinlaridan biri: «Muslima joriyani kofirga sotasanmi?» — deb e’tiroz bildirgan edi, unga:

وَأَحَلَّ اللَّهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبَا

«Alloh bay’ni halol qildi va riboni harom qildi» (Baqara, 275) — deb javob berdi. (At-tabsir fid-din. 35-bet)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Noyabr 2008, 09:14:01
Xorijiy ulamolardan ham Qur’oni Karimning hamma oyatlariga batartib ravishda yozilgan tafsir qolmagan. Ular ham boshqa bid’atchi firqalar singari o‘z e’tiqodlariga va muxoliflariga javob berish uchun kerak bo‘ladigan oyatlargagina tafsir yozganlar. Ulardan ham kutubxonalarda biror alomat qolmagan. Lekin Misr kutubxonasida xizmat qiladigan, Iboziya firqasi e’tiqodida bo‘lgan Ash-Shayx Ibrohim Itfishning guvohlik berishicha, xorijiy ulamolardan ham bir qancha tafsir sohasida ilmiy meros qolgan. Ulardan:

1. Tafsiru Abdurrahmon ibn Rustam Al-Forsiy ( III asr);
2. Tafsiru Hud ibn Mahkam Al-Havoriy (III asr);
3. Tafsiru Abu Ya’qub Al-Varjaloniy (VI asr);
4. Tafsir Do’il amal li yavmil-amal. Muhammad Itfish (XIX asr)
5. Tafsiru Hamyonuz-zod ilo doril ma’od. M. Itfish.

Bulardan 1- va 3- raqamdagi tafsirlar mavjud emas, qolganlari esa mavjud.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:02:02
2. «Tasavvuf» so‘zining kelib chiqishida ulamolar tomonidan turli fikrlar aytilgan. Ba’zilar bu so‘zni «suf»—yung, degan ma’nodan olingan. Shuning uchun tasavvuf ahli boshqa faxrli liboslardan zuxd qilib, yungdan to‘qilgan dag‘al kiyim kiyishadi, deydilar. Ba’zilar bu so‘zning o‘zagi «safo»-pokiza ekanligini, yana boshqalar esa Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning zamonlarida «ahli suffa»lar bo‘lib, ular asosan ilm o‘rganish va ibodat bilan mashg‘ul bo‘lardilar. Tasavvuf so‘zi shundan olingan deyishadi. Ammo bu oxirgi fikr noto‘g‘ri ekanligini Qushayriy shunday izohlaydilar: «Tasavvuf so‘zini «suffa», «safo» so‘zlaridan olinganligi arab lug‘ati nuqtai nazaridan to‘g‘ri emas». (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 2000 y. 7-nashr. 2-j. 250-b. Umar Foruq. Tasavvuf sirlari. Toshkent. 2001. 46-bet.)

Ammo tasavvufning ma’nosi nafsni Allohning irodasiga topshirib qo‘yishdir. Ba’zilarning fikrlariga qaraganda, tasavvufning qisqacha ma’nosi tafakkur (Tafakkur Allohning qudrati, malakutus-samovoti val-arz haqida fikr yuritish), amal (amal - Alloh buyurgan barcha farz va vojiblardan tashqari sunnat va mustahab ibodatlarni ham astoydil qilish), dirosa (dirosa bilmaganini o‘rganish, ilm talabida bo‘lish, suhbatlarni g‘animat bilish) va suluk (suluk yuqorida aytilgan amallarni o‘zboshimchalik bilan emas, bir murshid tariqatida yurib amalga oshirish)dir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:03:49
Tasavvuf ikki qismga bo‘linadi: nazariy tasavvuf, amaliy tasavvuf. Nazariy tasavvuf nazariy bahslar va falsafiy ta’lim ustiga qurilgan bo‘lib, bunday mutasavvuf Qur’oni Karim oyatlaridan ham o‘zi istagan nazariyotga muvofiq ma’no qidiradi. Holbuki, Qur’oni Karim arab tilida insonlarni hidoyatga chaqirish uchun kelgan dasturdir. Shuning uchun har bir oyatdan chiqadigan hukm ochiq-oydin va unga amal qilishga buyuriladi. Kimlarningdir din ruhidan uzoq bo‘lgan nazariyotini isbotlash uchun nozil qilinmagan. Shunga qaramasdan, ba’zi tasavvuf ahllari o‘z nazariyotlarini Qur’on oyatlari bilan isbotlashga urinadilar va buning natijasida Qur’on oyatlarida umuman ishora bo‘lmasada, bor deb, shariat ko‘zlagan ma’nodan butunlay uzoq bo‘lgan, arab tili lug‘ati ham ko‘tarmaydigan sharhlarni qiladilar.

Ulug‘ mufassirlardan biri Muhyiddin ibn Al-Arabiy ana shu nazariy tariqatning shayxi sanaladi. Uning muallafotlari orasida «Al-futuhot Al-Makkiya», «Al-Fusus» nomli mashhur kitoblari borki, ularda Qur’on oyatlari ma’nolarini o‘zining tasavvufiy-falsafiy nazariyotlariga tatbiq qilgan. Masalan, Idris payg‘ambarning maqomi haqidagi «Maryam» surasining 57-oyati:

وَرَفَعْنَاهُ مَكَانًا عَلِيًّا

«Biz uni yuksak maqomga ko‘tardik», — degan oyatning tafsirida Ibn Arabiy shunday deydi: «Makonlarning eng oliysi falaklar olamining charxpalagi aylanadigan joydir. Bu Quyosh falagidir. Idris(a.s)ning ruhoniy maqomlari o‘sha joydadir. Uning tagida yetti falak mavjud. Ustida ham yetti falak mavjud. Idrisning maqomlari o‘n beshinchi falakdadir».
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:08:29
«Ar-Rohman» surasining 19-20-oyatlari

مَرَجَ الْبَحْرَيْنِ يَلْتَقِيَانِ (١٩)بَيْنَهُمَا بَرْزَخٌ لا يَبْغِيَانِ

«U ikki dengizni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qo‘ydi. (Ammo) u ikkisining o‘rtasida bir to‘siq bo‘lib, ular (o‘sha to‘siqdan) oshib o‘tmaslar»—tafsirida Ibn Al-Arabiy, bu inson jismiga ishora ekanligini, ikki dengizning biri insonning jismi, ikkinchisi esa uning ruhi ekanligini, ikkovi hech qachon aralashib ketmasligini ta’kidlaydi. (Adan ko‘rfazi bilan Qizil dengiz tutashgan Bob Al-Mandab bo‘g‘ozida va Atlantika okeani bilan O’rta Yer dengizi tutashgan Gibraltar bo‘g‘ozida ikki dengiz suvi aralashib ketmaydi. Bu mo‘‘jizani tan olgan mashhur sayyoh kapitan Kusto Qur’onning ilohiy mo‘‘jiza ekanligiga imon keltirgan.)(A. Mansur. Qur’on tarjimalari. 531-bet.)

Ibn Al-Arabiy tasavvufi «vahdatul vujud»(Alloh bilan inson vujudining birlashuvi)ni yoqlagani uchun Qur’oni Karimning juda ko‘p oyatlarini, masalan, «Niso» surasining 1-oyati, «Fajr» surasining 29-30-oyatlari, «Oli Imron» surasining 191-oyati va «Shams» surasining 9-10-oyatlari ma’nolarini majburiy ravishda o‘z e’tiqodi tarafga buradi va oyatlardan bunday ma’nolar chiqmasa ham, ra’y bilan o‘zi xohlagan ma’noni ifoda etadi. (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 2000 y. 2-j. 253-b.)

Bunday tasavvufiy nazariy usulda yozilgan mukammal tafsirlarning o‘zi mavjud emas, balki yuqorida keltirilgan misollar ham Ibn Al-Arabiyning alohida tafsir kitobidan emas, balki, «Al-futuhot Al-Makkiya» va «Al-Fusus» kitoblaridan olingan terma fikrlardir. Agar shunday mukammal tafsir bo‘lganda ham, uni qabul etmaslik muhimdir. Chunki, Qur’on oyatlarini ra’y bilan tafsir qilish, xususan, «vahdatul vujud» e’tiqodini da’vat qilish ahli sunna val-jamoa nazarida xatodir.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:13:03
Tasavvufiy tafsirlarni(bular «tafsiri ishoriy» deyiladi) quyidagi shartlar mavjud bo‘lsa, qabul etish mumkin:

1. Ishoriy tafsir Qur’oni Karim oyatining zohiri ma’nosiga teskari bo‘lmasa;
2. Ishoriy tafsirni tasdiqlovchi shar’iy hujjat bo‘lsa;
3. Ishoriy tafsirning ziddiga shar’iy yoki aqliy hujjat bo‘lmasa;
4. Ishoriy tafsir olimi oyatning botiniy ma’nosini tafsir qilishdan oldin zohiriy hukmini bilsa.

Avvalda nomlari zikr etilgan mufassir ulamolardan Al-Bayzoviy va Az-Zamaxshariylar o‘z tafsirlarida ishoriy ma’nolarga ahamiyat bermaganlar va Qur’oni Karimning faqat zohiriy tafsiriga urg‘u berganlar.

An-Naysoburiy va Al-Olusiylar o‘z tafsirlarida asosan oyatlarning zohiriy ma’nolari tafsirini birinchi o‘ringa qo‘ygan bo‘lsalarda, ba’zi oyatlarning ishoriy ma’nolarini ham tafsir qilganlar.

Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:13:21
Mufassirlardan Saxl At-Tasatturiy ishoriy tafsirni birinchi o‘ringa qo‘yib, ba’zi o‘rinlarda zohiriy tafsirga ham e’tiborni jalb qilgan.

Abu Abdurrahmon As-Sullamiy esa o‘z tafsirida oyatlarning zohiriy tafsiridan voz kechib, butun himmati va ijtihodini ishoriy tafsirga bag‘ishlagan.

Ibn Al-Arabiy ham o‘z tafsirida zohiriy tafsirdan butunlay yuz o‘girib, tasavvufiy nazariy va tasavvufiy ishoriy tafsirga bel bog‘lagan. (O’sha manba, 306-bet.)

Tasavvufiy nazariy va ishoriy tafsirlardan tushuncha hosil bo‘lishi uchun Ibn Arabiyning yuqorida keltirilgan ba’zi oyatlarga qilgan tafsiri kifoya qiladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:15:52
3. Alloh Ta’olo Qur’oni Karimni fiqhiy hukmlar bilan nozil qilgan. Fiqqiy hukmlar asosan insonning dunyoviy va uxraviy ishlarini yaxshilash, tartibga solish, yaxshisi bilan yomonini ajratish uchun yuborilgan. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning davrlarida sahobalar Qur’ondagi fiqhiy hukmlar har bir musulmonga qanday mas’uliyat yuklashini bilganlar. Agar fiqhiy masalalarda biror mushkullik paydo bo‘lsa, darhol uning yechimini Rasululloh (s.a.v.)dan bilib olardilar.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafotlaridan so‘ng bunday hukmlarni hal etishda avval Qur’onga, keyin Sunnatga, undan keyin esa o‘z ijtihodlariga suyanib amal qilar edilar. Qur’on oyatlaridan chiqadigan ijtihodiy hukmlarda sahobalarning hammalari ham hamfikr bo‘lmas edilar. Masalan, eri o‘lgan homilador ayolning iddasida Umar(r.a.) bolasi tug‘ilishini shart qildilar. Hazrat Ali(r.a.) esa to‘rt oyu o‘n kun bilan bola tug‘ilishi muddatlari(ikki muddatning)ning uzunrog‘ini shart qildilar.

Vafot etgan ayolning eri va ota-onasi hayot bo‘lsa, ularga tegadigan meros to‘g‘risida Ibn Abbos(r.a.) va Zayd ibn Sobit(r.a.) o‘rtalarida ham ixtilof bo‘lgan. Ibn Abbos(r.a): «Merosning yarmi eriga, uchdan biri onasiga, qolgani esa otasiga beriladi», — deb fatvo chiqardilar. Zayd ibn Sobit(r.a.) esa: «Merosning yarmi eriga, qolgan yarmi uchga bo‘linib, bir hissasi onasiga, ikki hissasi otasiga beriladi», — deb fatvo berdilar. (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 2000 y. 7-nashr. 2-j. 319-b.)

Sahobalar orasidagi fiqhiy masalalardagi bunday ixtilof ommaviy musulmonlar orasiga kirganda jiddiy tus oldi va natijada fiqhiy mazhablar vujudga kela boshladi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:18:12
Natijada ahli sunna val-jamoa mazhablari qatorida turli firqalar ham o‘z mazhablari bo‘yicha hukmlar chiqarilgan tafsirlarni birin-ketin yuzaga chiqara boshladilar.

Hanafiy mazhabida: Jassos nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Bakr Ar-Roziy (vafoti 379 h.) «Ahkomul-Qur’on» nomli fiqxiy tafsir yozdilar. Bu tafsir katta-katta uch jildda nashr etilgan.

Mullo Juyun nomi bilan mashhur bo‘lgan Ahmad ibn Abu Sa’id (XI asr) «At-tafsirot ul-ahmadiya fiy bayon iloyot ish-shar’iya» nomli fiqqiy tafsir yozdi. Bu tafsir Hindistonda katta kitob shaklida nashr qilindi.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:19:23
Shofe’iy mazhabida: Abul Hasan at-Tabariy (vafoti 504 h.) «Ahkomul-Qur’on» nomli fiqhiy tafsir yozdi. Bu tafsirning katta hajmdagi qo‘lyozmasi Misr va Al-Azhar kutubxonalarida saqlanmoqda.

Shahobiddin Abul Abbos Ahmad ibn Yusuf al-Halabiy (vafoti 756 h.) «Al-qovlul vajiz fiy ahkomil Kitobil-aziz» nomli fiqqiy tafsir yozgan. Muallifning o‘z qo‘li bilan yozilgan qo‘lyozma Al-Azhar kutubxonasida saqlanmoqda.

Ali ibn Abdulloh Mahmud Ash-Shanfakiy (IX asr h.) «Ahkomul Kitobil-mubin» nomli tafsir yozgan. Bu asar muallifning qo‘lyozmasi sifatida Al-Azhar kutubxonasida saqlanmoqda.

Jaloliddin Suyutiy (vafoti 911 h.)ning «Al-Iklil fiy istinbotit-Tanzil» nomli fiqhiy tafsiri ham Al-Azhar kutubxonasida saqlanmoqda. (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 2000 y. 7-nashr. 2-j. 322-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:19:48
Molikiy mazhabida: Abu Bakr ibn Al-Arabiy (vafoti 543 h) «Ahkomul-Qur’on» nomli fiqhiy tafsir yozgan. Bu tafsir ikki jildda nashr etilgan.

Abu Abdulloh Al-Qurtubiy (vafoti 671 h.) «Al-Jomi’ li-ahkomil Qur’on» fiqhiy tafsirini yozgan. Bu kitob Dorul-kutub nashriyoti tomonidan ko‘p jildli nusxada nashr etilgan. (O’sha manba va sahifa)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:21:05
Zaydiya mazhabida: Husayn ibn Ahmad An-Najariy (VIII asr h.) «Sharhul xomsa mia oyat» nomli fiqhiy tafsir yozgan. Lekin u hozir mavjud emas.

Shamsiddin ibn Yusuf ibn Ahmad (IX asr h.)ning «As-samarotul yoni’a val-ahkom ul-vozihat ul-qoti’a» nomli fiqhiy tafsiri Misr kutubxonasida saqlanmoqda.

Muhammad ibn Al-Husayn ibn Al-Qosim (XI asr h.) «Muntaho Al-marom sharhu oyotil-ahkom» nomli tafsir yozgan bo‘lsa ham, hozircha bu tafsir topilgan emas. (O’sha manba, 323-b.)

Imomiya mazhabida: Miqdod As-Suyuriy (VShasr h.) «Kanzul-Furqon fiy fiqhil Qur’on» nomli tafsirini yozgan. Bu tafsir ham Misr kutubxonasida mavjud. (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 2000 y. 7-nashr. 2-j. 323-b.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:42:34
4. «Ilmiy tafsir» iborasidan murod Qur’oni Karim oyatlarining tarkibiy tuzilishidagi istilohlarni, ilmiy tushunchalarni aniqlashdir. Ana shu ilm bilangina oyatlar ma’nolaridan ijtihodiy va falsafiy fikrlar, xulosalar chiqarish mumkin. Ilmiy tafsir ulamolarining fikrlariga qaraganda, Qur’oni Karim diniy-e’tiqodiy va diniy-ilmiy ilmlardan tashqari dunyo ilmlarining barcha turlarini ham o‘zida mujassam qilgan.

Ulug‘ mufassir va kalom ilmining bilimdoni Imom G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» kitobida shunday yozadi: «Shubhasiz, Qur’oni Karim yetmish yetti ming ikki yuz ilmni o‘z ichiga olgan. Uning har bir so‘zi bir ilm. Har bir so‘zning esa zohiri va botini, chegarasi va chegara bilmas oliy martabasi bor. Demak, bir so‘zda to‘rt ilm mavjud». (Imom G’azzoliy. Ihyo ul-ulum. 3-j. 135-bet)

Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) shunday deganlar: «Avvalgilarning ham va keyingilarning ham ilmlarini bilishni kim xohlasa, u Qur’onni tafakkur qilsin». (O’sha manba.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:43:30
Imom G’azzoliy o‘z so‘zini davom ettirib, shunday deydi: «Ilmning barchasi Allohning fe’llari va sifatlari haddiga doxildir. Qur’oni Karim esa Allohning zoti, fe’llari va sifatlarini sharh qiladi. Bu ilmlar cheksiz bo‘lib, Qur’on ularning majma’iga ishora qiladi. E’tibor qilgan odamlarga tushunish mushkul tuyulgan narsalar haqida hamda nazariyot va ma’qulotlarida turlicha fikrda bo‘lgan odamlarga Qur’oni Karimda ramz va dalolatlar borki, ularni faqat tadabbur, tafakkur qiluvchi, farosat ahli bo‘lgan kishilargina idrok eta oladilar». (O’sha manba.)

Imom G’azzoliy o‘zining «Javohirul Qur’on» nomli tafsirida ham Qur’on ilmlari borasidagi suhbatlarini davom ettirib, jumladan shunday deydi: «Qur’on ilmlari ikki qismdir. Birinchisi sadaf va qobiq ilmi (Bu ilm bilan Qur’on oyatlarining tarkibiy va zohiriy qismi o‘rganilgani uchun mag‘izning ustidagi danagi yoki marvaridaing ustini qoplab turuvchi g‘ilofga tashbeh qilingan) bo‘lib, u lug‘at, nahv (grammatika), qiroatlar, arab harflarining talaffuzi va zohiriy tafsir ilmini o‘z ichiga oladi.

Ikkinchisi mag‘iz ilmi bo‘lib, u tarixiy qissalar, kalom, fiqh, usulul-fiqh, Alloh va oxiratni bilish, shariat ilmida to‘g‘ri yurish, tariqat yo‘lini tanlash ilmlarini o‘z ichiga oladi». (Imom G’azzoliy. Javohirul Qur’on. Kurdiston matbaasi. 1329 h. 21-31-betlar.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:44:55
Imom G’azzoliy mazkur kitobida tibbiyot, astronomiya, kimyo, fizika, biologiya, sehr, tilsim va boshqa ilmlar haqida gapirib, ularning barchasi Qur’onda mavjud ekanligini, bu ilmlarning barchasini garchi imkoniyat bo‘lmasa ham, inson o‘rganishga harakat qilishi lozim ekanini aytadi va Alloh Ta’olo bu ilmlarning barchasining yagona sohibi ekanligiga ishora qiladi. Masalan, dard va shifo har ikkisi ham Allohning fe’lidir. Alloh Ta’olo Qur’onda Ibrohim (a.s.) tillari bilan o‘zining bu fe’liga ishora qilib shunday deydi:

وَإِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ

«Kasal bo‘lganimda, Uning O’zi menga shifo berur». (Shuaro, 80.)

Allohning yagona shu fe’lining sir-asrorini tib ilmidan xabardor bo‘lgan olimgina bilishi mumkin.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:46:55
Qur’oni Karimning quyidagi oyatlari mazmunini ham faqat astronomiyadan xabardor odamgina tushunishi mumkin:

الشَّمْسُ وَالْقَمَرُ بِحُسْبَانٍ

«Quyosh ham, oy ham(aniq) hisob bilan(joriydir)». (Ar-Rohman, 5.)

هُوَ الَّذِي جَعَلَ الشَّمْسَ ضِيَاءً وَالْقَمَرَ نُورًا وَقَدَّرَهُ مَنَازِلَ لِتَعْلَمُوا عَدَدَ السِّنِينَ وَالْحِسَابَ مَا خَلَقَ اللَّهُ ذَلِكَ إِلا بِالْحَقِّ يُفَصِّلُ الآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ

«U quyoshni ziyo taratuvchi va oyni nur (sochuvchi) etgan holda yillarning adadini va (vaqt o‘lchovlaridagi) hisobni bilishlaringiz uchun uni(oyni) manzil (burj)larga (bo‘lib) o‘lchab qo‘ygan zotdir». (Yunus, 5)

وَخَسَفَ الْقَمَرُ (٨)وَجُمِعَ الشَّمْسُ وَالْقَمَرُ

«Oy ham tutilganda, quyosh va oy birlashtirilganda...». (Qiyomat, 8-9.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:49:26
ذَلِكَ بِأَنَّ اللَّهَ يُولِجُ اللَّيْلَ فِي النَّهَارِ وَيُولِجُ النَّهَارَ فِي اللَّيْلِ

«Alloh kechani kunduzga kiritadi va kunduzni kechaga kiritadi». (Haj, 61.)


أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ يُولِجُ اللَّيْلَ فِي النَّهَارِ وَيُولِجُ النَّهَارَ فِي اللَّيْلِ وَسَخَّرَ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ كُلٌّ يَجْرِي إِلَى أَجَلٍ مُسَمًّى وَأَنَّ اللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ

«Alloh kechani kunduzga kiritishini, kunduzni kechaga kiritishini hamda quyosh va oyning har birini belgilangan muddatga joriy bo‘ladigan qilib bo‘ysundirib qo‘yganini va Alloh shak-shubhasiz qilayotgan amallaringizdan ogoh ekanini ko‘rmadingmizmi?!» (Luqmon, 29.)

وَالشَّمْسُ تَجْرِي لِمُسْتَقَرٍّ لَهَا ذَلِكَ تَقْدِيرُ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ

«Quyosh (tinmay) o‘z qarorgohi tomon joriy bo‘lur. Bu qudratli va bilimli Zotning o‘lchovidir». (Yosin, 38.)



Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:50:13
Alloh Ta’oloning quyidagi oyati ma’nosini ham faqat insonning ichki va tashqi a’zolarining bilimdonlari — tibbiyot mutaxassislarigina tushunishi mumkin. Alloh aytadi:

الَّذِي خَلَقَكَ فَسَوَّاكَ فَعَدَلَكَ (٧)فِي أَيِّ صُورَةٍ مَا شَاءَ رَكَّبَكَ

«U (Alloh) seni yaratib, so‘ng (barcha a’zolaringni) tiklab, so‘ng(qomatingni) rost qilib qo‘ygan Zot-ku! U seni O’zi qaysi suratni xohlagan bo‘lsa (o‘sha suratda) tarkib topdirdi-ku!». (Infitor, 7-8.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:52:08
Jaloliddin As-Suyutiy ham «Al-Itqon» nomli kitobining oltmish beshinchi bobida, «Al-Iklil fiy istinbotit-Tanzil» kitobida ilmiy tafsir borasida oyat va hadislar keltirib so‘z yuritgan. As-Suyutiyning fikricha ham, Alloh Ta’olo Qur’onda biror ilmni unutmay zikr etgan. Alloh aytadi:

مَا فَرَّطْنَا فِي الْكِتَابِ مِنْ شَيْءٍ

«Kitobda (Lavhul mahfuzda) biror narsani (yozmasdan) qoldirmaganmiz». (An’om, 38.)

وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ

«Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi... Kitob (Qur’on)ni nozil qildik». (Nahl, 89.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:52:51
Imom At-Termiziy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Yaqin kelajakda fitnalar boshlanadi». «Fitnadan nima bilan chiqiladi?» — deb so‘raldi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohning Kitobi bilan. Chunki unda sizlardan avvalgilarning ham, sizlardan keyshgilarning ham va o‘rtalaringizdagi qavmlarning ham xabarlari yozib qo‘yilgan».(Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 2000 y. 7-nashr. 2-j. 350-351- betlar.)

Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Agar Alloh Ta’olo biror narsani unutgan bo‘lganda, zarrani, isiriq urug‘ini va chivinni gapirmagan bo‘lardi». (As-Suyutiy. Al-Itqon. 2-j. 136-bet.)

Sa’id ibn Mansur Ibn Mas’ud(r.a.)dan qilgan rivoyatda, u kishi dedilar: «Kim ilm o‘rganmoqchi bo‘lsa, Qur’oni Karimni o‘rgansin. Chunki unda avvalgi va oxirgilarning xabari mavjud». (As-Suyutiy. Al-Iklil. 2-bet.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:54:33
Imom As-Suyutiy Qur’oni Karimda farosatli odamlar uchun barcha narsaga ishora bor degan so‘zlarining isboti sifatida shunday dalilni keltiradilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning umrlari oltmish uch yil komil ekanligiga Alloh Ta’olo ushbu oyatda ishora etgan:

وَلَنْ يُؤَخِّرَ اللَّهُ نَفْسًا إِذَا جَاءَ أَجَلُهَا

«Alloh biror jonni ajali kelganida kechga qoldirmas». (Munofiqun, 11.)

Ya’ni ushbu oyat Qur’oni Karimning oltmish uchinchi surasi nihoyasida kelgan va undan keyingi sura esa «Tag‘obun»dir. Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning vafotlaridan so‘ng sahobalar uchun ham «aldanib qolish kuni» bo‘ldi, ya’ni armonda qoldilar. (As-Suyutiy. Al-Itqon. 2-j. 136-bet.)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:57:14
Abul Fazl Al-Marisiy ilmiy tafsir haqida shunday deydi: «Qur’on avvalgilar va oxirgilarning ilmlarini o‘zida jam qilgan, shu ma’nodagi, Qur’ondagi ilmning haqiqati avvalo, Allohda jam bo‘lgan, keyin muayyan qismi Rasululloh (s.a.v.)da jam bo‘lgan, undan ba’zisiga esa to‘rt xalifa, Ibn Mas’ud, Ibn Abbos (r.a.) kabi sahobalar ega bo‘lganlar. (As-Suyutiy. Iklil. 2-bet.)

Tobe’iylar ham ana shu komil ilmdan nasibador bo‘lganlar. Keyin esa odamlarning himmati kamayib, sahobalar va tobe’iylar ko‘targan ilm yukini ko‘tara olmay qoldilar. Har kim ilohiy ilmni o‘z yo‘llariga burib olishga harakat qilib, o‘zlarining mazhablari va e’tiqodlariga munosibini olib, qolganini tark eta boshladilar. Natijada Qur’oni Karimning ilm dengizidan har kim o‘zi uchun ariq qazib oldi. Buning oqibatida bir-biridan farq qiladigan ilm tarmoqlari yuzaga keldi va qurrolar (Ibn Abbos(r.a.) shunday deganlar: «Men tuyamning ipini yo‘qotib qo‘ysam ham, uni  Qur’oni Karimdan topardim. (Qur’onda aytilmagan gap qolmaganligiga kinoya), nuhotlar (Qur’onni yod olgan va tajvid bilan, o‘ziga xos ohang bilan o‘qiydigan kishilar), mufassirlar, usulchilar, faqihlar, furu’chilar, tarixchilar, voizlar yoki xutabolar, faroizchilar, munajjimlar, balog‘atchilar (Qur’on oyatlari tarkibini, so‘z tuzilishini tahlil qiluvchi tilshunoslar), ishoratchilarga bo‘linib, bitta Qur’onning turli mutaxassislari paydo bo‘ldi. Undan tashqari Qur’on oyatlarida ochiq yoki ishora bilan zikr etilgan so‘zlardan tib, mantiq, astronomiya, handasa, matematika, turli kasb-hunar, masalan, tikuvchilik, temirchilik, duradgorlik, yigiruvchilik, to‘quvchilik, bo‘yoqchilik, dehqonchilik, ov qilish, g‘avvoslik, oyna yasash, sopol ishi—kulolchilik, kemachilik, yozuvchilik, novvoylik, oshpazlik, kir yuvuvchilik, qassobchilik, tijoratchilik, tosh yo‘nuvchilik, merganlik ilmlari avj oldiki, bu ilmlarning masdari ham Qur’on bo‘ldi, ya’ni shu kasblar Qur’oni Karimda zikr etilgan.

Demak, xulosa qilib aytganda, Qur’oni Karim barcha ilmlarning majma’i bo‘lgani uchun ham, Qur’on tafsirlarida ulamolar turli mavzularni ko‘targanlar va ilmlar tarmog‘ini rivojlantirganlar.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 02:58:14
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Xorijiylar toifasi qachon paydo bo‘lgan?
2. Xorijiylarning qanday firqalarini bilasiz?
3. Tasavvuf ahli tafsiri deganda qanday tafsir tushuniladi?
4. Faqihlar tafsirida nimalarga ko‘proq e’tibor qaratiladi?
5. Ilmiy tafsir deb qanday tafsirni nazarda tutiladi?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Ad-Dovudiy. Tabaqotul-mufassirin.
3. An-Naysoburiy. G’aroibul-Qur’on va rag‘oibul-Furqon. 30-j.
4. Ibnul Qayyim Al-Javziy.E’lomul-muvaqqi’iyn.
5. Al-Itqon. As-Suyutiy, 2-j.
6. Al-Hofiz ibn Hajar. Lisonul-mezon. 4-j.
7. Ibn Taymiyya. Muqaddimatu usulut-tafsir.
8. Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut-tafsir.
9.  Imom Al-Buxoriy. Al-Jome’ As-Sahih. 1-4-jildlar. T. 1998.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 03:14:16
MUNDARIJA
1-Mavzu. Payg‘ambarlar va Ilohiy din haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137306#msg137306)
1. Insoniyat Allohning buyuk mo‘‘jizasi va uning Yerdagi xalifasidir  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137308#msg137308)
2. Payg‘ambarlar yuborilishining ilohiy hikmati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137312#msg137312)
3. Hamma payg‘ambarlar keltirgan din Islomdir  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137958#msg137958)
4. Islomdan boshqa dinlar haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137961#msg137961)
a) Islomiylikdan chiqarilgan dinlar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137961#msg137961)
b) Insoniy (bashariy) dinlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137962#msg137962)
Ashobur ruhoniyya  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137962#msg137962)
Sobiiylar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137963#msg137963)
Oyga sig‘inuvchilar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137964#msg137964)
Zuhalparastlar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137971#msg137971)
Zuhraparastlar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137972#msg137972)
Sha’roparastlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137973#msg137973)
Suvparastlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137974#msg137974)
Olovparastlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137975#msg137975)
Butparastlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg137978#msg137978)
Insonparastlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg138012#msg138012)

2-Mavzu. Ilohiy kitoblar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg139054#msg139054)    
1. Ilohiy kitobning xususiyatlari   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg139058#msg139058)   
2. Tavrot haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg139067#msg139067)           
3. Zabur haqida   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg139888#msg139888)           
4. Injil haqida   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg139897#msg139897)     

3-Mavzu. Qur’oni Karim - Allohning muqaddas kalomi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg140128#msg140128)     
1. Qur’oni Karimning nozil bo‘lishi   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg140464#msg140464)       
2. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vahiy yozuvchi kotiblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg140801#msg140801)       
3. Abu Bakr Siddiq davrlarida Qur’oni Karimning sahifalarga jamlanishi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg141436#msg141436)

4-Mavzu. Qur’oni Karimning yetti harfda nozil qilinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg141985#msg141985)             
1. «Yetti harf» va uning ulamolar tomonidan qilingan ta’villari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg141986#msg141986)     
2. Hazrat Usmonning bu borada qilgan jur’atlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142055#msg142055)         
3. Qur’oni Karimning qadimiy yozuvi va shu yozuvda nusxalarga ko‘paytirilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142072#msg142072)

5-Mavzu. Qur’oni Karimning tarkibiy tuzilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142292#msg142292)           
1. Qur’on suralari va oyatlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142294#msg142294)           
2. Qur’on kalimalari va harflarining soni haqidagi ixtilofning sabablari   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142306#msg142306)       
3. Qur’oni Karimning qismlarga ajratilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142308#msg142308)         
4. Qur’onda kelgan ajamiy so‘zlar haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142310#msg142310)

6-Mavzu. Qur’oni Karimning muborak nomlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142314#msg142314)           
1. Qur’oni Karimning turli nomlar bilan atalishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142315#msg142315)         
2. Imom As-Suyutiy Qur’on nomlari haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142317#msg142317)         
3. Qur’oni Karimning urfda mashhur bo‘lgan nomlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg142958#msg142958)       

7-Mavzu. Qur’oni Karim nazmidagi o‘ziga xoslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143323#msg143323)         
1. Qur’oni Karim uslubi she’riyat qoidalariga xilofdir (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143324#msg143324)         
2. Qur’onda zarbulmasalga e’tibor berilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143326#msg143326)         
3. Qur’oni Karimda ifodaning o‘ziga xosligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143327#msg143327)

8-Mavzu. Qur’oni Karimda nosix va mansux oyatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143402#msg143402)           
1. Nasx so‘zining ma’nolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143403#msg143403)           
2. Nasxning turlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143407#msg143407)           
3. Qur’on hukmlarini hadis bilan nasx qilinishi borasida ulamolarning fikrlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143412#msg143412)     
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Noyabr 2008, 09:10:52
9-Mavzu. Qur’oni Karimning tarjimasi, tafsiri va ta’vili  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143419#msg143419)          
1. Qur’onning tarjimasi. So‘zma-so‘z tarjima, uning usullari. "œBilmisl" tarjima. "œBig‘ayril misl" tarjima. Qur’onning ma’naviy tarjimasi. Ma’naviy tarjima shartlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143420#msg143420)        
2. Qur’on oyatlarini tafsir qilish. Tafsir so‘zining ma’nosi, lug‘aviy izohi va ta’rifi. Tafsir ta’riflarining ko‘pligi, mazmunan o‘xshashligi va bir xilligi    (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143974#msg143974)      
3. Ta’vil, uning lug‘aviy izohi va ta’riflari. Tafsir va ta’vilning farqlari. Ta’vilda isbot va dalillar. Ta’vil qiluvchilarga qo‘yiladigan talablar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg143977#msg143977)

10-Mavzu. Payg‘ambar zamonida Qur’oni Karim tafsiri  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144016#msg144016)           
1. Payg‘ambarimizning sahobalarga ba’zi oyatlar tafsirini aytib berishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144017#msg144017)         
2. Sahobalarning Qur’oni Karimni tafsir qilishdagi usullari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144023#msg144023)         
a) Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144023#msg144023)           
b) Qur’onni hadis bilan tafsir qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144147#msg144147)             
v) Qur’onni ijtihod bilan tafsir qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144193#msg144193)         
g) Tafsirda ahli kitoblardan foydalanish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144208#msg144208)

11-Mavzu. Sahobalardan chiqqan mufassirlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144983#msg144983)           
1.Sahobalardan chiqqan mufassirlar. Ularning tafsirdagi xizmatlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144984#msg144984)     
2. Ba’zi mufassirlarning tarjimai hollari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144985#msg144985)         
a) Abdulloh ibn Abbos(r.a.) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144985#msg144985)               
b) Abdulloh ibn Mas’ud(r.a.) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144990#msg144990)           
v) Aliy ibn Abi Tolib(r.a.) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144994#msg144994)             
g) Ubay ibn Ka’b(r.a.) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg144998#msg144998)   

12-Mavzu. Sahobalar tafsirining qiymati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145310#msg145310)           
1. Sahobai kiromlarning tafsirlari haqida din ulamolarining fikrlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145311#msg145311)             
a) Musnad, sahih., mavquf, marfu’ hadislar. Imom As-Suyutiyning «At-Tadrib» kitobi. Marfu’ hukmini sahobiylar tafsiriga berilish qoidalari. Mavquf hukmini berilishi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145312#msg145312)       
b) Tafsir va ijtihod. Payg‘ambardan naql qilinganida sanadning tekshirilishi. Sahobiydan naql qilinganida tafsirning tekshirilishi   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145314#msg145314)             
v) Az-Zarkashiyning «Burhon» kitobi. Hofiz ibn Kasirning tafsirlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145315#msg145315)         
2. Sahobalar tafsirining alomatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145316#msg145316) 

13-Mavzu. Tobi’iylar zamonida Qur’oni Karim tafsiri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145495#msg145495)           
1. Tobi’iylar zamonida Qur’oni Karim tafsiri  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145496#msg145496)           
2. Tobi’iylar davrida tafsir maktablari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145497#msg145497)           
a) Makka tafsir maktabi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145498#msg145498)             
Said ibn Jubayrning tarjimai holi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145499#msg145499)             
Mujohid ibn Jabrning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145501#msg145501)         
Ikrimaning tarjimai holi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145504#msg145504)                             
Tovus ibn Kaysoning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145505#msg145505)             
Ato ibn Rabohning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145507#msg145507)                 
b) Madina tafsir maktabi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145508#msg145508)                               
Abul Oliyaning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145509#msg145509)                       
Muhammad Al-Quraziyning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145510#msg145510) 
Zayd ibn Aslamning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145511#msg145511)             
v) Iroq tafsir maktabi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145512#msg145512)                                   
Alqama ibn Qaysning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145513#msg145513)           
Masruqning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145514#msg145514)           
Al-Asvad ibn Yazidning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145516#msg145516)             
Murra Al-Hamadoniyning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145517#msg145517)       
Omir Ash-Sha’biyning tarjimai holi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145518#msg145518)             
Al-Hasan Al-Basriyning tarjimai holi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145519#msg145519)               
Qatodaning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145521#msg145521)     

14-Mavzu. Tobi’iylar tafsirining qiymati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145564#msg145564)             
1. Tobi’iylar tafsirining hujjat bo‘lishida ulamolarning fikri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145565#msg145565)       
2. Tobi’iylar tafsirining alomatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145569#msg145569)         
3. Tadvin asridagi tafsirlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145571#msg145571)                           
4. Qur’onni mukammal tafsir qilgan birinchi mufassir (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145572#msg145572)       
5. Tafsirning turlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg145577#msg145577)           
           
15-Mavzu. Rivoyat asosida yozilgan tafsir. «At-tafsiyr Al-ma’sur»  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148120#msg148120)         
1. Tafsiri ma’sur vujudga kelishining ikki davri. Tadvin davri. Qur’oni Karim tafsirini hadisning bir bobi sifatida yozilishi. Hadisdan tafsirning ajratilishi. Ali ibn Abu Talhaning kitoblari. Abu Ravq va Muhammad ibn Savr tafsirlari. Ibn Jarir tafsiri  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148121#msg148121)         
2. Tafsiri ma’surning zaiflik alomatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148124#msg148124)             
a) Tafsirda mavzu’ (rivoyatga asoslanmagan, to‘qilgan) gaplarning paydo bo‘lishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148124#msg148124)       
b) Isroiliyotlarning kirib qolganligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148126#msg148126)             
3. Tobiiylar davrida isroiliyotlarga berilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148133#msg148133)   

16-Mavzu. Isroiliyot roviylarining ulug‘lari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148273#msg148273)           
1. Isroiliyot roviylarining mashhurlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148274#msg148274)             
a) Abdulloh ibn Salomning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148275#msg148275)         
b) Ka’bul Axborning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148624#msg148624)           
v) Vahb ibn Munabbahning tarjimai holi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148627#msg148627)           
g) Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148630#msg148630)           
2. Roviylarning sanadini tark etish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148633#msg148633)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Noyabr 2008, 05:23:57
17-Mavzu. Tafsiri ma’surning mashhurlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148638#msg148638)            
1. Tafsiri ma’surning mashhurlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148639#msg148639)            
2. Ibn Jarir At-Tabariyning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148640#msg148640)             
3. Ibn Jarir tafsiriga ulamolarning baholari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148642#msg148642)         
4. Ibn Jarirning tafsir qilish usuli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148645#msg148645)           
5. Ibn Jarir tafsirida isroiliyotlarga munosabat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148652#msg148652)         

18-Mavzu. Ibn Kasir va As-Sa’olibiy (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148717#msg148717)           
1. Ibn Kasirning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148718#msg148718)           
2. Ibn Kasir tafsirining ta’rifi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148721#msg148721)       
3. Ibn Kasir tafsirida fiqh masalalari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148724#msg148724)            
4. As-Sa’olibiyning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148725#msg148725)               
5. «Al-Javohir Al-hison fiy tafsiril Qur’on» (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148726#msg148726)           

19-Mavzu. As-Samarqandiy. As-Sa’labiy (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148792#msg148792)             
1. Abul Lays As-Samarqandiyning hayoti va asarlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148793#msg148793)            
2. «Bahrul-ulum» tafsirining ta’rifi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148794#msg148794)              
3. As-Sa’labiyning hayoti va ijodi. Uning «Al-Kashf val-bayon an tafsiril-Qur’on» tafsiri yozilish tarixi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148795#msg148795)             
4. As-Sa’labiy bayon qilgan bid’atchi firqalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148796#msg148796)           
5. As-Sa’labiy tafsiriga ulamolarning bergan baholari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148798#msg148798)           

20-Mavzu. Al-Bag‘aviy. Ibn Atiyya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148804#msg148804)             
1. Al-Bag‘aviyning hayoti va ijodi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148805#msg148805)                 
2. «Ma’olimut-tanzil» tafsirining ta’rifi va yozilish uslubi. Ulamolarning bu tafsirga bergan baholari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148806#msg148806)             
3. Ibn Atiyyaning hayoti va ilmiy darajasi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148808#msg148808)          
4. «Al-muharrir Al-vajiz fiy tafsiril-Qur’onil aziz» tafsirining qiymati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148810#msg148810)           
5. Ibn Atiyyaning tafsiri bilan Az-Zamaxshariyning «Al Kashshof» tafsiri orasidagi bog‘liqlik. Ibn Atiyya tafsirining Az-Zamaxshariy tafsiridan afzallik jihatlari   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148812#msg148812)           

21-Mavzu. As-Suyutiy. Ijtihod bilan tafsir qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148907#msg148907)             
1. Jaloliddin As-Suyutiyning tarjimai holi, shogirdlari, asarlari va ijod qilgan she’rlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148908#msg148908)
2. «Ad-durrul mansur fit-tafsiyril ma’sur» tafsirining ta’rifi va uslubi. Muallifning «Ad-durrul mansur» kitobi «Tarjimon-ul Qur’on» kitobining muxtasari. As-Suyutiyning yana bir tafsiri «Majma’ul-bahrayn va Matla’ul-badrayn» haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148910#msg148910)      
3. Ra’y va ijtihod bilan tafsir qilish, bu haqda ulamolarning fikrlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148912#msg148912)         
a) Qur’on oyatlarini tafsir qilishda ijtihodni man etgan ulamolarning dalillari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148913#msg148913)         
b) Ijtihodga ruxsat bergan ulamolarning dalillari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148916#msg148916)             
v) Ixtilofning xaqiqati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148922#msg148922)               
22-Mavzu. Mujtahid olimlarga zarur bo‘lgan ilmlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148971#msg148971)               
1. Qur’onni ra’y bilan tafsir qiluvchi olimlar bilishi zarur bo‘lgan ilmlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148972#msg148972)       
a) Lug‘at, nahv, sarf, ishtiqoq ilmlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148972#msg148972)           
b) Ilmi balog‘at, ilmi ma’oniy, ilmi bayon, ilmi badi’, qiroatlar ilmi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148977#msg148977)           
v) Usulud-din, usulul-fiqh, asbobun-nuzul, qissalar, nosix va mansux oyatlar, hadislar, ilmul mavhiba (valoyat) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148979#msg148979)             
2. Tafsirning darajalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148981#msg148981)       a) Kalimalarning xossalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148982#msg148982)  
b) Uslublar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148984#msg148984)                        v) Ahvoli bashar ilmi yoki tarix (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148985#msg148985)     
g) Qur’on bilan da’vat qilish yo‘li (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148986#msg148986)             
d) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning siyratlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148987#msg148987)   
3. Tafsirning masdarlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148988#msg148988)     
4. Mufassir saqlanishi lozim bo‘lgan narsalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg148989#msg148989)           

23-Mavzu. Ijtihodda tarjih qilish qonuni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149250#msg149250)             
1. Mufassir ri’oya etishi kerak bo‘lgan qoidalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149251#msg149251)         
2. Ijtihodda tarjih qilish uchun dalilning zarurligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149253#msg149253)             
3. Naqliy tafsir bilan aqliy tafsirning ziddiyati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149254#msg149254)           
4. Ra’y bilan qilingan tafsirlarning ulamolar orasida eng mashhurlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149257#msg149257)        

24-Mavzu. Ar-Roziy. Mafotiyhul-g‘ayb. Al-Bayzoviy. Anvorut-tanzil (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149261#msg149261)           
1. Ar-Roziyning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149263#msg149263)             
2. «Mafotiyhul-g‘ayb» tafsirining ta’rifi va uning yozilish uslubi. Bu tafsirning Najmiddin Kumuliy tomonidan oxiriga yetkazilishi. Ar-Roziy tafsirida oyatlar va suralarning bir-biriga munosabati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149270#msg149270)          
3. Ar-Roziy tafsirida matematika va astronomiya ilmiga ahamiyat. Ar-Roziy tafsirida mo‘‘tazila firqasiga salbiy munosabat. Unda fiqh, usul, nahv va balog‘at ilmlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149272#msg149272)        
4. Qoziy Al-Bayzoviyning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149274#msg149274)           
5. «Anvor ut-tanzil va asror ut-ta’vil» tafsirining ta’rifi va uslubi. Bu tafsir Az-Zamaxshariyning «Al-Kashshof» tafsirining muxtasaridir (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149275#msg149275)
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Noyabr 2008, 08:55:30
25-Mavzu. An-Nasafiy. «Madorikut-tanzil va haqoiqut-ta’vil». Al-Xozin. «Lubobut-ta’vil fiy ma’onit-tanzil» (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149348#msg149348)           
1. An-Nasafiyning tarjimai holi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149350#msg149350)        
2. "œMadorikut-tanzil va haqoiqut-ta’vil» tafsirining yozilishi va uslubi. Bu tafsirda nahv, qiroat, fiqh masalalariga juda katta o‘rin berilganligi. Unda isroiliyotlardan foydalanmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149351#msg149351)
3. Al-Xozinning tarjimai holi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149356#msg149356)            
4. «Lubobut-ta’vil fiy ma’onit-tanzil» tafsirining ta’rifi va uslubi. Uning Al-Bag‘aviyning «Ma’olimut-tanzil» tafsiridan muxtasar qilinganligi. Isroiliyotlarga keng o‘rin berilganligi. Tarixiy axborlarga keng o‘rin berilganligi. Unda fiqhiy masalalar keng yoritilgani (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149358#msg149358)
5. Mazkur tafsir mav’iza uchun yozilgani va tarhib-targ‘ib hadislari keng sharhlangani (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149362#msg149362)       

26-Mavzu. Abu Hayyon. «Al-Bahr Al-Muhiyt». An-Naysoburiy. «G’aroibul-Qur’on va Rag‘oibul-Furqon» (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149719#msg149719)             
1. Abu Hayyonning tarjimai holi. Uning fazilati to‘g‘risida ulamolarning fikrlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149720#msg149720)       
2. «Al-Bahrul muhiyt» tafsirining ta’rifi va yozilish uslubi. Unda Az-Zamaxshariy va Ibn Atiyyaning tafsirlaridan foydalangani. Abu Hayyonning Az-Zamaxshariyga bildirgan e’tirozlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149722#msg149722)
3. An-Naysoburiyning tarjimai holi. Uning muallafoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149724#msg149724)       
4. «G’aroibul-Qur’on va Rag‘oibul-Furqon» tafsirining ta’rifi. An-Naysoburiyning Az-Zamaxshariyga va Ar-Roziyga bo‘lgan munosabati   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149725#msg149725)         
5. Bu tafsirda muallifning uslubi. Muallif o‘z tafsirida Kalom ilmiga, astronomiya va falsafaga keng o‘rin bergani  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149727#msg149727)            

27- Mavzu. At-Taftazoniy. «Tafsirul Jalolayn». Ash-Sharbiniy.  «As-Sirojul munir» (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149734#msg149734)
1. Jaloliddin At-Taftazoniyning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149735#msg149735)           
2. «Tafsirul jalolayn» tafsirining ta’rifi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149737#msg149737)                 
3. Al-Xatib Ash-Sharbiniyning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149741#msg149741)                 
4. «As-Sirojul munir» tafsirining ta’rifi. Tafsirda qiroat, lug‘at va hadis sohasida muallifning tutgan o‘rni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149742#msg149742)               
5. Fiqhiy masalalarga ahamiyat berganligi. Isroiliyotlarga munosabati. Muallif o‘z tafsirida Ar-Roziy tafsiridan ko‘p naql qilgani (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149745#msg149745)               

28-Mavzu. Abus Sa’ud. «Irshodul-aql as-salim ila mazoyo Al-Kitob Al-karim». Al-Olusiy. «Ruhul-ma’oniy» (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149888#msg149888)               
1. Abus Sa’udning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149889#msg149889)             
2. «Irshodul aql as-salim ila mazoyo Al-Kitob Al-Karim» tafsirining ta’rifi va usuli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149891#msg149891)   
3. Al-Olusiyning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149895#msg149895)           
4. «Ruhul ma’oniy» tafsirining ta’rifi va uslubi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149898#msg149898)        

29-Mavzu. Bid’atchi firqalar tafsiri. Al-Mo‘‘tazila (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149904#msg149904)           
1. Bid’atchi firqalarning paydo bo‘lishi. Islom olamida mashhur bo‘lgan asosiy firqalar beshta: ahli sunna, mo‘‘tazila, murjia, shiy’a, xavorij. Boshqa o‘nlab firqalar shu asosiy besh firqadan ajralib chiqqan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149905#msg149905)               
2. Bid’atchi firqalar tafsiri. Ular ta’lif etgan tafsirlarning paydo bo‘lish tarixi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149910#msg149910)       
3. Mo‘‘tazila firqasining paydo bo‘lishi. Uning Qadariyya, Muattala deb nomlanishi. Mo‘‘tazilaning e’tiqodiy usuli beshta: tavhid, adl, va’d val-va’id, ikki manzil orasi, amru ma’ruf va nahiy munkar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149911#msg149911)             
4. Bu firqaning Qur’on tafsiridagi o‘rni. Tafsirda besh narsaga rioya etilishi. Mo‘‘tazila firqasining aqlga muvofiq kelmagan sahih hadislarni inkor etishi. Ular aql bilan qanday ma’no chiqarsalar mana shu Allohning murodi deb da’vo qilishlari. Qur’onga faqat lug‘aviy jihatdan yondoshishlari. O’z mazhablariga muvofiq kelmagan mutavotir qiroatlarni o‘zgartirishlari   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149915#msg149915)     
5. Mo‘‘taziliylarning tafsirida «ahli sunna» tomonidan haqiqiy diniy sanalgan narsalarni inkor etilishi. Abul Hasan Al-Ash’ariy va Ibn Taymiyyaning mo‘‘taziliylar tafsiri ustidan chiqargan hukmlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg149921#msg149921)          

30-Mavzu. Mo‘tazila firqasining mashhur tafsirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg150860#msg150860)             
1. Mo‘‘tazila firqasi e’tiqodi bo‘yicha tafsir yozgan olimlar. Mo‘‘taziliy tafsirlarning muhimlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg150861#msg150861)         
2. Qozi Abduljabborning tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg150864#msg150864)           
3. «Tanziyhul Qur’on anil matoin» tafsiri, uslubi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg150865#msg150865)           
4. Az-Zamaxshariyning tarjimai holi. Uning «Al-Kashshof» nomli tafsiri va yozilish uslubi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg150881#msg150881)
5. Az-Zamaxshariy va uning tafsiriga ulamolarning bergan baholari   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg150884#msg150884)       

31-Mavzu. Shiy’alar tafsiri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg151001#msg151001)              
1. Shiy’alar toifasining uch guruhga bo‘linib ketishi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg151002#msg151002)          
2. Shiy’alar tafsirining «ahli sunna val-jamoa» tafsiridan farqi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg151008#msg151008)             
3. Shiy’a ulamolarining mashhur tafsirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg151015#msg151015)             

32-Mavzu. Xorijiylar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha yozilgan tafsirlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg151058#msg151058)         
1. Xorijiylar tafsiri  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg151059#msg151059)          
2. Tasavvuf ahli tafsiri  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg151133#msg151133)      
3. Faqihlar tafsiri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg151138#msg151138)               
4. Ilmiy tafsirlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.msg151143#msg151143)         
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Noyabr 2008, 09:00:09
Rahmatulloh qori Obidov
Qur’on va tafsir ilmlari

fanidan o‘qiladigan ma’ruzalar matni

«Toshkent Islom Universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi Toshkent — 2003.

Muharrir Sarvar Ochilov
Badiiy muharrir Shohzamon Qahhorov
Texnik muharrir Janilkan Bekieva
Matn teruvchi va sahifalovchi Halima Xo‘jaeva

Terishga berildi 10.02.2003 . Bosishga ruxsat etildi 8.05.2003. Qog‘oz bichimi 84x108. Shartli b.t. 14,0. Nashr tabog‘i 14,0. Adadi 500. Buyurtma 28
«Toshkent Islom Universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi. 700011, Toshkent. A.Qodiriy, 11.
G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 700169, Toshkent shahri, U. Yusupov ko‘chasi, 86.
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Noyabr 2008, 09:15:09
أَلْحَمْدُ لِلَّهِ  رَبِّ الْعَالَمِينَ وَ الْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ وَ الصَّلَوةُ وَ السَّلاَمُ عَلَي رَسُولِهِ مُحَمَّدٍ وَ عَلَي آلِهِ وَ أَصْحَابِهِ أَجْمَعِينَ
Nom: Re: QUR'ON VA TAFSIR ILMLARI. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: AbdulAziz 23 Noyabr 2008, 08:14:36
Qur'on va tafsir ilmlari

(http://ziyouz.com/images/books/quron_va_tafsir.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=260)

Muallif: Rahmatulloh qori Obidov

Hajmi: 1,86 Mb
Fayl tipi: pdf, zip

(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=260)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2778.0)