forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 08:50:12

Nom: Horun Yahyo. Qur'on axloqiga ko'ra mo'minning 24 soati
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 08:50:12
HORUN YAHYO

QUR’ON AXLOQIGA
KO‘RA MO‘MINNING
24 SOATI

Turk tilidan erkin tarjima

Tarjimon:
Dilfuza Sarvarova

Mas’ul muharrir:
Hoji Mirzo Kenjabek

«Movarounnahr»
Toshkent
2006


MUNDARIJA

Kirish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg138069#msg138069)
Pokiza hayot vasfi (yoki ogohlikka undovchi kitob) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg138074#msg138074)   
Qur’on axloqiga ko‘ra mo‘minning 24 soati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg138083#msg138083)   

BIRINCHI BO‘LIM (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg138433#msg138433)
Ertalab uyg‘onganda... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg138433#msg138433)   
Yuvinayotganda... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg139343#msg139343)   
Kiyinayotganda...    (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg139349#msg139349)
Taomlanayotgan paytda... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140114#msg140114)
Yo‘lda ketayotganda... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140469#msg140469)
Ish faoliyatida... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140636#msg140636)
Oldi-sotdi vaqtida... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140649#msg140649)
Ibodatlarni ado etishda... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140675#msg140675)
Uyqu oldidan... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140931#msg140931)

IKKINCHI BO‘LIM (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140957#msg140957)
Mo‘min har qanday sharoitda Qur’on xulqiga ko‘ra harakat
qiladi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140957#msg140957)
Oilasi va yaqinlari bilan munosabati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140957#msg140957)
Ne’matlar oldidagi tutumi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140962#msg140962)   
Go‘zallik qarshisidagi tutumi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140965#msg140965)
Ahamiyatsiz tuyulgan narsalar qarshisidagi tutumi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140968#msg140968)
Kasal bo‘lganda (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140973#msg140973)
Ozor yetkazuvchi narsalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140976#msg140976)

UCHINCHI BO‘LIM (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140984#msg140984)
Qur’on bilan xulqlanishning insonga keltiradigan foydalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140984#msg140984)
Shayton makriga aldanmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140984#msg140984)
Murosasozlik, toqatlilik va kechiruvchanlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140989#msg140989)
Sabrli bo‘lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140992#msg140992)
Xushmuomalalik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140996#msg140996)
Salomlashish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141000#msg141000)
Behuda tortishish va g‘azabdan qaytish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141002#msg141002)
Hasad va baxillikdan qaytish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141005#msg141005)
Gumon, josuslik va g‘iybatdan saqlanish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141008#msg141008)
Fidoyilik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141011#msg141011)
Adolat bilan harakat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141016#msg141016)
Rostgo‘ylik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141019#msg141019)
Mazah qilishdan saqlanish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141021#msg141021)
Farosatli bo‘lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141023#msg141023)
Mehmondo‘stlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141025#msg141025)
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 08:51:13
Alloh Insonni ulug‘lab, uni O‘zining yerdagi xalifasi qilib yaratdi. Ko‘rish, hid va ta’m bilish, aql va taffakur qilish hidoyatini ato etdi. Yerni inson hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklarni o‘zida mujassam qilgan maskanga aylantirdi. Undagi jamiki narsalarni insonga bo‘ysindirib, uni sinov va imtihon qilishni iroda etdi.

Lekin odam bolasi bu qulayliklar ichra yashab, ko‘zi o‘rganib qolganidan, bularga e’tibor bermaydi. Aslida Alloh yaratgan har bir narsada — chumolida ham, chivinda ham mo‘jiza bor, mo‘minga ibrat bor.

O‘qing, uqing, amal qiling. Maqsadimiz — Qur’on axloqi bilan hidoyat topgan insonlarning baxtiyorligi, xotirjamligini namuna qilib ko‘rsatish, Sizni ham Haq yo‘liga da’vat etishdir.

Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 08:55:48
POKIZA HAYOT  VASFI
(yoki ogohlikka undovchi kitob)

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Dunyoda barcha bandalariga, oxiratda esa O‘zi do‘st tutgan bandalariga rahm qilguvchi Allohga cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin. Qur’on axloqi bilan xulqlanib, eng ulug‘ xulq sohibi bo‘lgan sevikli Payg‘ambarimiz Hazrati Muhammad sollallohu alayhi va sallamga so‘ngsiz salotu salomlar yo‘llaymiz.

Alloh taolo muqaddas Kalomida:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ أَنْتُمُ الْفُقَرَاءُ إِلَى اللَّهِ وَاللَّهُ هُوَ الْغَنِيُّ الْحَمِيدُ

 "Ey insonlar! Sizlar Allohga muhtojsizlar, Alloh esa boy-behojatdir (hech narsaga, hech kimga hech qaiday ehtiyoji yo‘qdir) va hamdga loyiq zot faqat Udir!"
— deb marhamat qiladi. ("Fotir", 15).

Darhaqiqat, inson dunyoyu oxiratda Allohning rahmatiga muhtojdir. Alloh insonga ato etgan eng ulug‘ ne’matlardan biri go‘zal axloqdirki, unga sohib bo‘lish uchun ham Allohga, Qur’onga muhtojmiz.

Inson ogohqalb bilan yashasa, muqaddas Islom dini uning butun faoliyatini ibodat holiga keltiradi.

"Qur’on axloqiga ko‘ra mo‘minning 24 soati" deb nomlangan ushbu kitob insonni tafakkurga, ogohlikka, go‘zal axloqqa, pokiza hayotga undaydi; Qur’oni karim asosida yashashga chaqiradi.

Mo‘min odam uyg‘onganida uyqu va bedorlik, tiriklik va o‘lim, kecha va kunduz, a’zoyi badan ne’matlarini tafakkur etib, shukr qiladi.

Yuvinayotganda vujud ne’matini, suv va poklik ne’matlarini o‘ylab, Alloh pok bandalarini sevishini fikrlab, masrur bo‘ladi.

Kiyinayotganda badanni berkitib turadigan, issiqdan, sovuqdan va turli zararlardan saqlaydigan kiyim-kechak ne’matini, taomlanayotgan paytida halol luqma, quvvat va ibodat, meva-sabzavot, olov va taom ne’matlarini tafakkur qilib, Parvardigoriga shukr aytadi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 08:56:41
Yo‘l yurayotganida yer va osmon, suv va quruqlik, yurish va ulov: ot, eshak, xachir, tuya, avtomashina, poyezd, samolyot, kema va hali inson zoti bilmagan turli naqliyot vositalarini fikrlab, ularga sabab bo‘lgan temir, po‘lat, mis va xilma-xil ma’danlarni o‘ylab ogohlanadi.

Ish-xizmat, savdo-sotiq asnolarida rizqning orqasidan quvib Allohni unutmaslikka, dunyo hirsiga berilib, taqvoni unutmaslikka, oxiratni qo‘ldan bermaslikka urinadi.

Ibodat asnosida bu ne’matni hamma narsadan ustun qo‘yib, ixlos va muhabbat bilan, xorlik va zorilik, ogoh dil bilan mehribon Parvardigoriga bandalik qilishga beriladi.

Uxlash oldidan yana kecha va qunduzning almashinib turishini fikrlaydi, tavbayu istig‘for bilan, tunni libos va orom qilib bergan Robbisiga shukrlar qiladi. Xufton va bomdod namozlari orasidagi uyqusi ham ibodat o‘rniga o‘tadi.

Shuningdek, mo‘min kishi oilasi va yaqinlari bilan munosabatda, turli ne’matlar oldida, go‘zallik qarshisida, betob bo‘lganida, ozor yetkazuvchi narsalarga duch kelganida, hamisha, har qachon, har qayda muqaddas Qur’onga muvofiq yashashga intiladi.

Insonning o‘rinli sukuti ham ibodatga aylanadi. Jimlik ikki xildir: sukut — oddiy jim turish, sumut ("sod" bilan) — Allohning qudrati, san’ati, ne’matlarini tafakkur qilgan holda jim turish. Ikkinchi holda banda Allohga yaqinlikni kasb etadi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 08:58:45
"Dil ba yor, dast ba kor" - "Ko‘ngil Allohda, qo‘l ishda, ya’ni, "œZohiran xalq bilan, botinan Haq bilan" deb atalgan Naqshbandiya qoidasi Qur’on va sunnatga asoslanganligi ana shu hollarda ko‘rinadi.
Mazkur ishlarni bajarishda mo‘min inson to‘rt ulug‘ ne’matga erishadi:

1. Kunlik hayotining hamma jarayonida muqaddas Qur’on axloqiga, uning oliy namunasi bo‘lmish Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xulqlariga rioya qilib, savob va darajotlar topadi.

2. Har qaysi ish-harakat, faoliyat onida o‘sha ish-harakatlarga tegishli oyati karimalarni tafakkur qilib, Allohga yaqin bo‘ladi.

3. Qalbi va niyatining sihhatiga qarab, insonning butun harakatlari ibodat holiga keladi.

4. Dunyoda mas’ud va baxtiyor bo‘lib, Alloh zikri va fikri bilan vujudi orom topib, inshaAlloh oxiratda ham Allohning rahmatiga, jannati va jamoliga musharraf bo‘ladi.

Bas, ushbu mo‘‘jaz risola insonning g‘aflatdan qutulishiga yordam beradigan ma’nolar xazinasidir. Robbimiz undagi go‘zal tavsiyalarga amal qilib yashashni hammamizga nasib aylasin!

Tarjimol va musannif Dilfuza Sarvarova "Muqaddas oylar va mustajob duolar", "Oxirat ozig‘i" tasniflari bilan kitobxonlarga tanish. Ushbu asarni ham mehribon Alloh dunyo va oxiratlari uchun manfa’atlik qilsin!

Hoji Mirzo Kenjabek 18.01.2006
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 08:59:57
Sevikli Payg‘ambarimiz Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning xulqlari Alloh maqtagan, Kur’oni karim o‘rgatgan xulq bo‘lib, Kur’ondagi barcha yaxshiliklarni u zotda ko‘rish mumkin edi. Sahobalar u zotning xulqlari haqvda Oisha onamiz roziyallohu anhodan so‘rashganida, bunday javob qilganlar: "œSizlar Kur’on o‘qimaysizlarmi? U zotning xulqlari Qur’on edi".
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 09:01:02
QUR’ON AXLOQIGA KO‘RA MO‘MINNING 24 SOATI

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Behad mehribon va behad rahmli Alloh ismi bilan boshlayman.

Qur’onni bizlarga rahbar va hidoyat manbai qilib bergan hamda "Biz tushirgan bu kitob muborakdir. Bas, unga ergashinglar. Va taqvo qilinglar. Shoyadki, rahm qilinsangizlar", deb marhamat qilgan Alloh taologa jamoliga yarasha bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin!

Qur’on xulqini o‘zida mujassam etib, "Va albatta, sen ulkan xulq ustidasan'', deb vasf qilingan Muhammad alayhissalomga batamom va mukammal salovotu durudlar bo‘lsin!

Qur’onni o‘qib, uqib, unga amal qilgan sahobay kiromlarga Allohning roziligi bo‘lsin!
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 09:06:59
Qur’oni karim inson umrining tavallud bosqichidan tortib, to poyoniga qadar kelib chiqadigan barcha ehtiyojlariga javob beruvchi, mavjud muammolarning adolatli va mufassal hal qilinishiga yo‘l ko‘rsatuvchi, har zamon va har makonda dasturul amal bo‘lguvchi yagona ilohiy kitobdir. U Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Alloh taolo tomonidan ato etilgan mo‘jizalarning eng buyugi bo‘lishi bilan birga, uni o‘qib, uqib, unga amal qilganlarni ikki dunyo saodatiga yetaklovchi manbadir. Unda halol bilan harom, haq bilan nohaq ochiq-ravshan bayon etilib, Alloh taolo marhamat qilganidek:

ذَلِكَ الْكِتَابُ لا رَيْبَ فِيهِ هُدًى لِلْمُتَّقِينَ

"Bu kitobda shak-shubha yo‘q, u taqvodorlarga hidoyatdir". ("Baqara", 2- oyat)

Boshqa oyatlarda Alloh taolo:

لَقَدْ كَانَ فِي قَصَصِهِمْ عِبْرَةٌ لأولِي الألْبَابِ مَا كَانَ حَدِيثًا يُفْتَرَى وَلَكِنْ تَصْدِيقَ الَّذِي بَيْنَ يَدَيْهِ وَتَفْصِيلَ كُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ

"Darhaqiqat, ularning qissalarida aql egalari uchun ibrat bordir. (Ushbu Qur’on) to‘qib chiqarilgan so‘z emas, balki o‘zidan avvalgi narsalarni (ya’ni ilohiy kitoblarni) tasdiq etuvchi, unga iymon keltiradigan qavm uchun barcha narsalarni mufassal bayon qilib beruvchi hidoyat va rahmat (bo‘lgan bir kitobdir)". («Yusuf», 111).

وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَى لِلْمُسْلِمِينَ

"Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun xushxabar bo‘lgan kitob — Qur’oini nozil qildik"  («Nahl», 89) deb xabar bergan.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 09:12:03
Allohning borligi va birligiga, uning farishtalariga, muqaddas kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, taqdirga, ya’ni yaxshilik va yomonlik Allohdan ekaniga va o‘limdan keyin qayta tirilmoqqa iymon keltirgan har bir inson hayot tarzini Qur’on oyatlariga mos holda olib boradi. O‘qigan oyatlarini kundalik hayotiga tatbiq etishga harakat qiladi. Uyg‘onganidan to yana qayta uyquga ketgunicha qilayotgan har bir ishini Qur’on axloqiga moslab o‘ylashga va bajarishga g‘ayrat qiladi. Mo‘min hayotining har bir jabhasida bu mukammal axloqning afzalligi haqida Alloh taolo bunday marhamat qilgan:

قُلْ إِنَّ صَلاتِي وَنُسُكِي وَمَحْيَايَ وَمَمَاتِي لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ

"Sen: "Albatta, mening namozim, ibodatlarim, hayot va mamotim olamlarning Robbi Alloh uchundir", deb ayt" («An’om», 162).

Afsuski, ba’zi insonlar Alloh taolo Qur’onda amr etgan ibodatlar faqat namoz, ro‘za, zakot, haj deb tushunadilar. Qilinishi lozim bo‘lgan farz ibodatlarni bajarib, kunning qolgan qismida dunyoviy ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Bu bilan Islom dini ertayu kech namoz o‘qishni targ‘ib qiladi, dunyoviy ishlar bilan shug‘ullanishni man’ etadi degan noto‘g‘ri tushunchaga bormaslik kerak. Chunki Alloh taolo Qur’oni karimda bunday degan:

وَكَذَلِكَ جَعَلْنَاكُمْ أُمَّةً وَسَطًا لِتَكُونُوا شُهَدَاءَ عَلَى النَّاسِ وَيَكُونَ الرَّسُولُ عَلَيْكُمْ شَهِيدًا

"Shuningdek, sizlarni odamlar ustidan guvoh bo‘lishingiz va Payg‘ambar sizlarning ustingizdan guvoh bo‘lishi uchun o‘rta millat qildik"
(«Baqara», 143).

Ushbu oyati karimada Alloh taolo musulmonlarni o‘rta ummat qilganini e’lon qilmoqda. "O‘rta" deb tarjima qilingan so‘z xayrli, afzal, markaz, adolatli degan bir qancha ma’nolarni anglatadi. Shu orqali bu ummatning har bir ishda o‘rtacha yo‘l tutihshi, diniy e’tiqod va tasavvur, dunyoqarash va insoniy munosabat, yurish-turish, tafakkur, zamon va makon, oila va hokazolarda har doim mo‘‘tadil, adolatli bo‘lishi, ba’zi ummatlarga o‘xshab faqat ruhiy tomonga, yoki ba’zilarga o‘xshab faqat moddiy tomonga og‘ib ketmasligi uqtirilgan.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 15:09:53
Islom ummati makon jihatdan o‘rta ummat hisoblanishiga sabab - uning qiblasi, boshqacha aytganda, diniy markazi ham quruqlikning qoq o‘rtasida, yer qurrasining eng muqaddas va muborak joyida joylashgan. Barcha Payg‘ambarlarning otasi, xalil ur rahmon Ibrohim alayhissalom Allohning amri ila bino qilgan Ka’baning musulmon ummati uchun qibla qilinishi bu ummatga ulkan sharafdir!

Islom ummati zamon jihatdan ham o‘rta ummat hisoblanadi. Boisi — insoniyat unib-o‘sib, bolalik, o‘smirlik va yoshlik davrlarini boshidan o‘tkazgandan so‘ng, voyaga yetganda Islom yuborilgan.

Islom dini inson hayotini diniy va dunyoviy hayotga ajratmaydi. Alloh bizlarga, O‘zining oxirgi Payg‘ambari, habibi Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummatlariga yashash ne’matining har daqiqasini ibodat bilan o‘tkazish imkoniyatini bergan. Dinimizda Alloh roziligi uchun halol kasb qilish farz ibodat darajasiga ko‘tarilgani, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga ergashish niyatida oilaviy hayot qurib, uni ibodatga aylantirish mumkinligi ko‘pchilikka ma’lum. Bilmaganlar shuni doimo esda tutishlari lozimki, Alloh roziligi uchun qilingan har bir harakat, hatto Uning roziligi uchun birodarini ochiq chehra bilan kutib olish yoki biror hayvonga Alloh roziligini topish maqsadida suv berish yoxud toat uchun quvvat bo‘lishi niyatida o‘zi bergan ne’matdan, takror aytamiz, Alloh o‘zi marhamat qilib bergan ne’matidan iste’mol qilish ham ibodatdir. Bu din naqadar oson, naqadar xushxabar beruvchi din. Har bir amal Alloh roziligiga erishish niyatida qilinsa, u ibodat darajasiga ko‘tarilishi bizlar uchun berilgan eng ulug‘ ne’matlardan biridir. Bunda niyatning ham ahamiyati juda katta. Masalan, g‘iybat yoki hasad qilish illatini olaylik. Uni tark etgan inson bu yomon amallarning zararidan forig‘ bo‘ladi, lekin savob olmaydi. Ammo shu va shunga o‘xshash yomon odatlarni Alloh roziligi uchun tark etsa, ham ular oqibatida kelib chiqadigan yomonliklarning oldi olinadi, ham yana ajru savoblarga sazovor bo‘ladi. Alloh taolo bizni maxluqotning eng xayrlisi, Muhammad sollallohu alayhi vasallamdek bir zotga ummat qilganining o‘zi buyuk bir baxt. Baxt ustiga yana bir baxt — bizlar o‘z niyatimiz va amalimiz bilan uyqumizni ham ibodatga aylantirishimiz mumkin. Bunga misol qilib ushbu ma’nodagi hadisni olishimiz mumkin: kishi xufton namozini o‘qib, tahoratli holda yotsa, ertalab turib bomdod namozini o‘qisa u kechasi bilan ibodat qilganning savobiga erishadi. Bizlar, Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummatlari shunchalar baxtiyormizki, Alloh roziligini ko‘zlab, oddiy hayotimizni ham ibodatga aylantira olamiz. Parvardigori olam O‘zining kitobida:

وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالإنْسَ إِلا لِيَعْبُدُونِ

"œJin va insonni faqat Menga ibodat qilish uchungina yaratdim" ( "œVaz-Zariyat", 56-oyat) deb lutf qilgan.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 15:11:05
Bundan ko‘rinib turibdiki, biz hali hech bir harakat qilmay, oddiy niyatimiz bilan ham Alloh taoloning ushbu oyatiga amal qilgan va Qur’on axloqiga moslashib yashash uchun eng ulkan va muhim odimlardan birini qo‘ygan bo‘lamiz.

O‘z hayot tarzini Qur’on axloqiga moslab qurgan mo‘minlar boshqalarga nisbatan tinch, osuda xayot kechiradilar. Bu — mo‘minlarning muammosi bo‘lmaydi yoki ular musibatga uchramaydilar, degani emas. Alloh taolo insonni ulug‘lab, uni O‘zining yerdagi xalifasi qilish bilan birga, uni sinash va imtihon etishni ham iroda qilgan. Mo‘minlar, Alloh o‘z hikmati bilan musibatga uchratguvchilarning avvalgilari bo‘ladilar. Lekin ularning boshqalardan afzal, shu bilan birga, muhim tomonlari Parvardigori roziligini topish maqsadida Uning taqdiriga, hukmiga tobe’ bo‘lib, uning O‘zigagina tavakkul qilib yashashlaridir. Ular kambag‘al yoki kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqmaydilar. Ko‘ngilsizlik, musibat, turli xil dunyoviy tashvishlar ularning irodasini sindira olmaydi. Qanday hodisaga duch kelishlaridan qat’i nazar, bunda Allohning hikmati borligini bilganlari bois, o‘zlarini Alloh xushnud bo‘ladigan tarzda tutadilar. Ko‘chada ketayotganda, ovqatlanayotganda, suhbatlashayotganda, oldi-sotdi qilayotganda, televizor ko‘rayotganda, hatto, hordiq chiqarayotganda ham ularni Qur’on axloqiga amal qilish mas’uliyati tark etmaydi. Hayotning barcha sohasi — oilaviy sharoit, bozor, ishxona, choyxona yoki boshqa jamoat muassasalari kishilarning imtihon joylaridir. Shuning uchun mo‘minlar bajarishlari lozim bo‘lgan ishlarni Qur’on hukmlari doirasida amalga oshiradilar. Dunyo hayoti oxirat saodatiga erishish vositasi ekanligini chuqur anglab yetadilar. Bunday baxtiyor bandalarga Alloh quyidagicha xushxabar bergan:

مَنْ عَمِلَ صَالِحًا مِنْ ذَكَرٍ أَوْ أُنْثَى وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَنُحْيِيَنَّهُ حَيَاةً طَيِّبَةً وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَجْرَهُمْ بِأَحْسَنِ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ

"Erkakmi yo ayolmi, kimda kim mo‘min bo‘lgani holida biron yaxshi amal qilsa, bas, biz unga pokiza hayot ato eturmiz va ularni o‘zlari qilib o‘tgan amallaridan chiroyliroq ajr-savoblar bilan mukofotlarmiz" («Nahl», 97).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 15:13:53
Qur’on axloqini o‘zining hayotiga tatbiq etgan mo‘minlar insoniyatning guli, odamlarning eng baxtiyorlaridirlar. Ularning oddiy kundalik xatti-harakatlari, voqealarga  bo‘lgan munosabatlari, muammolarining yechimi boshqalarnikidan tubdan farq qiladi. Alloh taolo ilmli, insofli, idrokli odamlar uchun har qadamda mo‘jizalarni bayon qilib qo‘ygan, O‘z marhamati bilan ularga boshqalarga nisbatan ko‘proqaql-zakovat, tafakkur qilish, chuqur fikrlash qobiliyatini ato etgan. Ular hayotga, unda bo‘layotgan voqea-hodisalarga o‘zgacha nazar bilan qaraydilar. Alloh dunyodagi jamiki narsalarni insonga hadya etgan ekan, inson ham o‘z navbatida o‘sha ne’matlarni bergan Zotga shukr qilib yashamog‘i lozim.

Ushbu kitob muallifi mo‘minlarning yigirma to‘rt soat davomida, sharoit qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Qur’onda bayon qilingan go‘zal xulqqa eng mukammal tarzda amal qilishlari zarurligini bildirgan. Maqsad — Qur’on axloqi bilan hidoyat topgan insonlarning baxtiyorligi, xotirjamligini namuna qilib ko‘rsatish, boshqalarni ham ana shu haq yo‘lga da’vat etishdir. Dunyoning turli tashvishlarini yengish, oxiratda abadiy saodatga erishishning yagona yo‘li Qur’onga amal qilishdir. Mo‘minlar Qur’onga amal qilishda Robbimizning

وَإِنَّكَ لَعَلى خُلُقٍ عَظِيمٍ

"Va, albatta, sen ulkan xulq ustidasan"( "œQalam" surasi, 4-oyat), deb vasf etgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan ibrat oladilar. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning xulqlari Qur’on edi. Alloh bandalariga komil insonlik martabasini uning mol-davlatiga qarab emas, balki Qur’onga amal qilishiga qarab beradi. Bu orqali Alloh bandalarini jahannamga eltuvchi barcha yomonliklardan saqlab, ostidan anhorlar oqib turadigan abadiy jannatga doxil etadi va uning cheksiz ne’matlariga erishtiradi. Odamlar orasida yuz beradigan tushunmovchilik, ziddiyatlar, adolatsizlik kabi muammolarning yechimi ham Qur’on bilan xulqlanish orqali barham topadi.

Alloh nazdida foniy dunyoning qadri pashsha qanotichalik bo‘lmagani bois, kofirlar xotirjamlikda yashaydilar. Kibru havo, dabdabayu tantana bilan yurt kezadilar. Xammaga o‘zlarini ko‘z-ko‘z qiladilar. Bu holat mo‘minlarni xafa qilib, "nimaga bunday bo‘ladi" degan savolni ko‘ngilga solib, adashtirib qo‘yishi mumkin. Bunday fikrlash iymoni zaiflarga xos qusurdir. Haqiqiy mo‘min kofirlardagi ozgina matoh — dunyoning vaqtinchalik hayot ekanligini, g‘am-tashvishsiz, rohat-farog‘atga faqatgina jannatda yetishish mumkinligini, jannatga esa dunyo hayotida Qur’onga amal qilish orqaligina erishish mumkinligini yaxshi biladilar, chunki iymon keltirgan mo‘minning qalbi Allohning izmida bo‘ladi va u qalb osoyishtaligiga erishadi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 15:16:35
BIRINCHI BO‘LIM
Ertalab uyg‘onganda...

O‘z hayotiga Qur’on axloqini tatbiq etgan har bir odam yangi kunning boshlanishini — Alloh borligi va boqiy qoluvchi Zot ekanligining dalili, uning bir in’omi ekanini yaxshi biladi. Uyqudan uygonib, atrofga ibrat nazari bilan qaraydi. Unga orom olish uchun tun uyqusini bergan va ruhini jasadiga qayta joylagan kim? Albatga, bu savolda tafakkur qiluvchilar uchun juda katta ibrat bor. Aytaylik, biz charchadik, a’zoyi badanimiz orom olishi uchun uyquga ketamiz. Ruhimiz tanamizdan ayriladi. Uzun uyqumizda ko‘rgan tushlarimizdan fakat 3-4 daqiqasi esda qoladi, xolos. Insonning bu vaqt orasida dunyoviy hayot bilan aloqasi susayadi. Jism bilan ruhning ayrilishi — asli o‘limning kichik bir ko‘rinishidir. Biz o‘lgan odam oramizga qayta tirilib kelsa (bunday yuqealar juda kam) hayratdan yoqa ushlaymiz, ba’zilar, buni ko‘rsa, hatto hushidan ham ketadi. Lekin har kuni bizni o‘ldirib, qayta tiriltirgan Allohning bu buyuk qudratiga oramizda qancha insonlar e’tiborsiz qaraydi.

اللَّهُ يَتَوَفَّى الأنْفُسَ حِينَ مَوْتِهَا وَالَّتِي لَمْ تَمُتْ فِي مَنَامِهَا فَيُمْسِكُ الَّتِي قَضَى عَلَيْهَا الْمَوْتَ وَيُرْسِلُ الأخْرَى إِلَى أَجَلٍ مُسَمًّى إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ

"Alloh jonlarni o‘lim vaqtida, o‘lmaganlarini esa uyqusi vaqtida olur. Bas, o‘lishga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini ma’lum muddattacha qo‘yib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-ibratlar bordir" («Zumar», 42).

وَهُوَ الَّذِي يَتَوَفَّاكُمْ بِاللَّيْلِ وَيَعْلَمُ مَا جَرَحْتُمْ بِالنَّهَارِ ثُمَّ يَبْعَثُكُمْ فِيهِ لِيُقْضَى أَجَلٌ مُسَمًّى ثُمَّ إِلَيْهِ مَرْجِعُكُمْ ثُمَّ يُنَبِّئُكُمْ بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ

"U kechasi sizni vafot ettiradir. U kunduzi qilgan kasbingizni biladir. So‘ngra, belgilangan ajal tugal bo‘lishi uchun u (kunduzi)da sizni qayta tiriltiradir. So‘ngra, qaytib borishingiz Uning o‘zigadir, So‘ngra nima qilib yurganingizning xabarini beradir" («An’om», 60).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 15:18:03
Ushbu oyatlarni tafakkur qilgan odam uyquga yotishdan avval qayta uygonmasligi, uyg‘ongan taqtsirda ham sog‘-salomat bo‘lmasligi, uyqu vaqtida biror-bir falokat yuz berib, bu falokat uni chetlab o‘tmasligi ham mumkinligini biladi.

Bu haqiqatdan ogoh bo‘lgan mo‘min yangi kunni Allohning bir ne’mati, o‘zi uchun gunohlardan tavba qilish, Alloh va bandalari oldidagi qaralarni ado etish, Allohga yaqinlashish, Uning roziligi yo‘lida ibratli amallar qilish uchun berilgan yana bir imkoniyat deb qaraydi. Shu sababli axloqi Qur’on bo‘lgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam singari uyquga ketishdan avval quyidagi duoni o‘qiydi:

"Robbim, Sening isming ila yonimni qo‘ydim. Sen bilan uni ko‘tarurman. Agar jonimni tutib qolsang, uni mag‘firat qilgin. Agar uni qo‘yib yuboradigan bo‘lsang, uni solihlarni muhofaza etadigan narsa ila muhofaza qilgin ".
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 15:19:29
Uyqudan uyg‘ongach esa:
"Menga ruhimni qaytarib bergan, jasadimni sog‘-salomat qilgan va O‘zini zikr qilishim uchun izn bergan Allohga hamd bo‘lsin", deb aytishi lozim.

Bu, qunni Qur’on axloqiga moslab yashash uchun qilingan dastlabki amaldir. Kunni ibrat nazari, tafakkur bilan boshlagan har bir mo‘min, uning qolgan qismini ham shu tarzda o‘tkazishga harakat qiladi. U kun davomida Alloh roziligini topish, uning amriga bo‘ysunish niyatida g‘ayrat ko‘rsatadi. Biror ko‘ngilsizlikka duch kelsa — talvasaga tushmaydi yoki sevinchli ne’matlarga juda xursand bo‘lib, o‘zidan ketmaydi, bu Allohning bir imtihoni ekanligini biladi.

Shubhasiz, orom olish uchun uyqu, uyg‘ongandan so‘ng unga o‘z ne’matlaridan ato etgan qudrat sohibi Allohdir. Bu haqiqatni bilganlar kunning dastlabki daqiqalaridanoq Allohga, bu cheksiz ne’matlarni bergan Zotga nisbatan qalblaridan yaqinlik va sevinch his qiladilar. Iymon ne’matidan bebahra insonlar hech qachon mo‘minlardagi bu sevinch, bu rozilikni his etolmaydilar. Hayotimizda oddiy holga aylanib qolgan hodisalarga mo‘minlar ibrat nazari bilan qarasa, ular uchun bu bosh qotirishga ham arzimaydigan kundalik ish bo‘lib tuyuladi. Iymon keltirmagani holda hali hanuz g‘aflat uyqusidan uyg‘onmaganlar yashab turgan kunini Allohning bergan oxirgi imkoniyati bo‘lishi mumkinligini bilmaydilar. Ular bugun kechagi kundan ko‘proq pul topish, insonlar e’tiborini tortish, ular tomonidan sevish-sevilish, o‘yin-kulgi, xursandchilik niyatida kunni boshlaydilar. Allohning ibodatini qilish, Uning roziligini topish, oxirat hayoti uchun zahira tayyorlash ularning nazdida xayolparastlarning gapi, haqiqatdan yiroqtushuncha. Har narsada isbottalab qiladilar, ojiz aqllari yetmagan hamma narsalarni inkor etadilar. Muqaddas ko‘rsatma — Qur’on hukmlari va hadis saboqlarini tatbiq qilish tabiatlariga mutloq yot tushuncha. Ulardan farqli o‘laroq mo‘minlar g‘aybga iymon keltiradilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2008, 15:21:28
Allohning kalomi — Qur’onda bayon qilingan haqiqatlarni bilganlari holda, ulardan yuz o‘giruvchi yoki ularga e’tiborsiz qarovchilarni birlashtirib turgan umumiy bir illat — kaltabinlik bor. Bu Allohning ne’matlaridan bahramand bo‘la turib, Uning oldidagi majburiyatlarini bajarmaslik, bandalik mas’uliyatining yo‘qligidir. Alloh taolo ulardagi bu holatni "Anbiyo" surasining birinchi oyatida bildirib bunday marhamat qilgan:

اقْتَرَبَ لِلنَّاسِ حِسَابُهُمْ وَهُمْ فِي غَفْلَةٍ مُعْرِضُونَ

"Odamlarga hisob-kitoblari (ya’ni qiyomat qoyim bo‘lishi) yaqinlashib qoldi. Ular esa g‘aflatda, (iymon keltirib, yaxshi amallar qilishdan) yuz o‘girguvchidirlar". ("œAnbiyo", 1-oyat)

Unutmaslik kerakki, Alloh izni bilan ruhimiz jasadimizga qaytib, uyg‘ongan kunimiz biz uchun Robbimiz tomonidan berilgan so‘nggi imkoniyat, nonushta qilayotib ichgan choyimiz, yegan nonimiz Allohning biz uchun bu dunyoda bergan so‘nggi rizqi bo‘lishi mumkin. Ishga yoki o‘qishga ketayotganimizda mashina urib ketishi, sog‘lom urayotgan yuragimiz birdan to‘xtab qolishi yoki boshqa bir arzimas sabab bilan ajal yetib, hayotdan ko‘z yumishimiz mumkin. Shu bois, kunni bugun Alloh roziligi uchun nimalar qila olishimizni o‘ylab, yaxshi niyat bilan boshlashimiz lozim.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislarida "Alloh bandasining tavbasini joni xalqumiga kelguncha qabul qiladi" deb, bizlar uchun xushxabar berganlar. Shu sababli uyg‘onganimizda bajarishimiz shart bo‘lgan amallarning dastlabkisi — bu Allohga istig‘for aytish, bandasi bilan bog‘liq gunohlarimiz bo‘lsa, oramizni isloh qilishdir.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 07:30:53
Yuvinayotganda...

Inson ertalab uyg‘onganda vujudida bo‘ladigan turli o‘zgarishlarning ham o‘ziga yarasha hikmatlari bor. Uyqudan turganingizda sochlaringiz to‘zg‘igan, yuzlaringiz biroz shishgan, og‘zingizdan bilinar-bilinmas noxush hidlar keladi. Oynadagi aksingiz har kungidan ham horg‘inroq, yuzingizdagi ajinlaringiz yana ham ko‘paygandek, sochlaringiz ham asl rangini yo‘qotgandek tuyuladi. Bu sizning oddiygina, ojiz odamligingizni bildiradi. Har bir odam, u kim bo‘lishidan qat’i nazar, ertalab turganda yuz-qo‘lini yuvadi, tishlarini tozalaydi, bu qariyb hamma uchun odat tusiga kirgan. Qur’on axloqiga moslashib yashagan inson o‘zining bu holatiga ham ibrat nazari bilan qaraydi. U o‘zining boshqalardan ustun qo‘yadigan hech narsasi yo‘qligini, o‘zgarmaslik faqat Allohgagina xosligini bilib, Yaratuvchisi oldida o‘zini ojiz his etadi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 07:34:28
O‘zini katta tutishga, kibrlanishga arzigulik hech narsasi yo‘qligini bilgan mo‘min Allohning quyidagi so‘zini esga oladi:

فَلْيَنْظُرِ الإنْسَانُ مِمَّ خُلِقَ (٥)خُلِقَ مِنْ مَاءٍ دَافِقٍ (٦)يَخْرُجُ مِنْ بَيْنِ الصُّلْبِ وَالتَّرَائِبِ

"Inson nimadan yaralganiga nazar solsin! U otnlib chiquvchi suvdan yaralgandir. U suv sulb-orqa umurtqa va taroib-ko‘krak suyagi orasidan chiqqandir" («Toriq», 6-7).

أَوَلَمْ يَرَ الإنْسَانُ أَنَّا خَلَقْنَاهُ مِنْ نُطْفَةٍ فَإِذَا هُوَ خَصِيمٌ مُبِينٌ

"Inson Biz uni nutfa — bir tomchi suvdan yaratganimizni, endi esa banogoh u (O‘zimizga) ochiq qarshilik qiluvchi bo‘lib qolganini ko‘rmadimi?" («Yosin» 77).

أَلَمْ يَكُ نُطْفَةً مِنْ مَنِيٍّ يُمْنَى (٣٧)ثُمَّ كَانَ عَلَقَةً فَخَلَقَ فَسَوَّى (٣٨)فَجَعَلَ مِنْهُ الزَّوْجَيْنِ الذَّكَرَ وَالأنْثَى

"(Inson) maniydan oqqan nutfa bo‘lmaganmidi? So‘ng alaq (uyugan qon) bo‘ldi. Bas, (Alloh uni) bekamu ko‘st etib yaratdi. Bas, undan (maniydan) juftni — erkak va ayolni yaratdi" («Qiyomat», 37-39).

أَلَمْ نَخْلُقْكُمْ مِنْ مَاءٍ مَهِينٍ (٢٠)فَجَعَلْنَاهُ فِي قَرَارٍ مَكِينٍ

"Sizlarni haqir suvdan yaratmadikmi? Bas, uni ma’lum vaqtgacha mustahkam qarorgohga joyladik" («Mursalot», 20).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 07:37:11
Ushbu oyatlarni tafakkur qilgan mo‘min o‘zini maniy degan bir tomchi jirkanch suvdan yaratgan Zotning ojizgina bir bandasi ekanligini bilib, Parvardigoriga osiy bo‘lishdan qo‘rqib, kamtarin, tavoze’li bo‘lishga harakat qiladi. Samimiyat bilan Allohga yuzlangan odam oynadagi o‘z aksini, o‘zi istamagani holda jismidagi o‘zgarishlarni ko‘rib, o‘z xohishi bilan jismoniy go‘zallikka erisha olmasligini yana bir bor tan oladi. Ko‘rib turganingizdek, Alloh insonlarga ularning ojizligini eslatib turuvchi bir qancha narsalar yaratgan. U zot — benuqsondir, hikmatsiz biror ish qilishdan pokdir. U qilayotgan har bir ishning o‘ziga yarasha hikmatlari bor. Robbimiz o‘z ne’matlarini bizlarga eslatish bilan birga, noxushliklarni bartaraf etish, g‘uborlardan xalos bo‘lish sabablarini ham yaratgan. Badanimizni chang, terlardan poklash uchun — sovun, tishimiz toza bo‘lishi uchun — tish ma’juni, kiyimimiz tozaligi uchun — kir yuvish kukuni va shunga o‘xshash narsalarni ato etgan. Allohning bu ne’mati "Inshiroh" surasining

فَإِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًا (٥)إِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًا

"Bas, albatta bir qiyinchilik bilan osonchilik bordir. Albatta, bir qiyinchilik bilan osonchilik bordir" oyatiga mos keladi. Shuni bilish kerakki, Alloh ato etgan narsalardagi hikmatni bilish va shukr qilish baxti — Qur’on axloqini o‘ziga dasturul amal qilib olgan insonlargagina nasib etadi.

Xoh ertalab, xoh kunduzi bo‘lsin yuvinayotgan odam Allohbizlarga pok bo‘lishimiz uchun sabab qilib ato etgan bu ne’matlarni ko‘rib, shukr qiladi. Alloh tozalikni va o‘zini mudom pok tutguvchilarni sevishini bilib, qilayotgan bu ishini ibodat deb qatiy ishonadi va Alloh roziligini topishdan umidvor bo‘ladi. Bu bilan u Alloh taoloning

وَثِيَابَكَ فَطَهِّرْ

"Va kiyimingni pokla" («Muddassir» ,4) amriga amal qilgan bo‘ladi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 07:39:48
Alloh taolo qudrat va hikmat sohibidir. U zot bandalariga oson qilish maqsadida musabbab, ya’ni sababdan sabab yaratib, pok bo‘lishimiz hamda boshqa ehtiyojlarimizni qondirishimiz uchun suvni yaratgan. Sababdan sabab ma’nosiga kelsak, masalan, tish ma’junini suvsiz ishlata olmaymiz. Suvda og‘zimizni chaysak, u toza bo‘ladi, lekin undagi noxush hid, mikroblar ketmasligi aniq. Kiyimlarimizni suvda yuvsak, u pok bo‘ladi, lekin kir yuvish kukuni, sovunsiz kiyimlarimiz toza bo‘lmaydi. Shu sababli, U zot O‘z ne’matlarini bandalari undan bahramand bo‘lib, O‘zigagina ibodat qilishi, O‘zigagina shukr qilishi uchun bir-biriga sabab qilib yaratgan.

إِذْ يُغَشِّيكُمُ النُّعَاسَ أَمَنَةً مِنْهُ وَيُنَزِّلُ عَلَيْكُمْ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً لِيُطَهِّرَكُمْ بِهِ وَيُذْهِبَ عَنْكُمْ رِجْزَ الشَّيْطَانِ وَلِيَرْبِطَ عَلَى قُلُوبِكُمْ وَيُثَبِّتَ بِهِ الأقْدَامَ

"O‘shanda U sizni O‘zidan omonlik qilib, mudroq ila o‘ragan edi va sizni poklash, sizdan shaytonning vasvasasini ketkazish hamda qalblaringizni bog‘lash va qadamlaringizni sobit qilish uchun ustingizdan osmondan suv tushirgan edi" («Anfol», 11).

Osmondan suv tushirilishi Allohning qudrati sifatida Qur’oni karimda tez-tez takrorlanadi. Alloh bermasa, uni hech kim o‘zi yarata olmaydi. Uning vujudga kelishida insonning hech qanday xizmati yo‘q. U faqat uni ichish va bulg‘ashdan boshqasiga aralasha olmaydi. Suvni iste’mol qilish chog‘ida biror marta bo‘lsa ham uning qaerdan kelganini o‘ylab ko‘rmaydi. Agar insof bilan o‘ylab, tafakkur qilganda edi, Allohning qudratiga qoyil qolib, uning ibodatiga shoshar edi. Quyidagi oyatlar ham Alloh qudratining dalolatidir:

أَفَرَأَيْتُمُ الْمَاءَ الَّذِي تَشْرَبُونَ (٦٨)أَأَنْتُمْ أَنْزَلْتُمُوهُ مِنَ الْمُزْنِ أَمْ نَحْنُ الْمُنْزِلُونَ (٦٩)لَوْ نَشَاءُ جَعَلْنَاهُ أُجَاجًا فَلَوْلا تَشْكُرُونَ

"O‘zingiz ichadigan suvni o‘ylab ko‘ring-a! Uni bulutlardan siz tushirasizmi yoki Biz tushirguvchimizmi? Agar xohlasak, Biz uni sho‘r qilib qo‘yamiz. Shukr qilsangiz-chi!" («Voqea», 68-70).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 07:40:45
Suv poklik ramzi. Dunyoda hech bir din islom dinidek tozalikka amr qilmagan. Islom tozalikni iymonning bir qismi deb qaraydi, "Poklik iymondandir" degan hadis bunga dalil. Shuningdek, suv — insoniyat, hayvonot va o‘simlik dunyosi uchun hayot manbai. Suvsiz hayotni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Iste’mol qilishdan tashqari, kundalik hayotda foydalanadigan ehtiyoj buyumlarini tozalash uchun zarur bo‘lgan bir ne’matdir. Suvda ko‘zga ko‘rinar-ko‘rinmas barcha mikroblarni yo‘q qilish bilan birga, insonga rohat bag‘ishlovchi, charchoqni ketkizuvchi shifobaxsh xususiyat ham bor. Bundan tashqari ilmiy texnika taraqqiy etgan bizning asrimizga kelib, elektr energiyasi, turli gaz kabi unsurlarning atrof-muhitdagi chiqindilari yopishib, tanamizning nafas olishi qiyinlashadi. Suv o‘sha zararli narsalarni yuvib tushiruvchi, badandagi statik elektrni ketkazuvchi omildir. Statik elektr ko‘zga ko‘rinmaydi. Ba’zan sintetik toladan to‘qilgan kiyimimizni yechganimizda yoki qo‘limiz boshqa kishining qo‘liga tegib ketganda kichik tok urish hodisasi sodir bo‘ladi. Ba’zida sochimiz sal boshqacharoq turadi. Inson yuvinganida badanidagi bu elektr ketadi, tanasi bo‘shashib, rohatlanadi. Yomg‘irdan so‘ng havoning salqin va orombaxsh bo‘lishi ham yomg‘irning havodagi statik elektrni tozalashiga bevosita bog‘liq.

Doimiy ravishda tozalikka rioya qilish, o‘zini pok tutish Alloh sevgan fazilatdir. Bunda nafaqat moddiy tozalik, balki ma’naviy poklikning ham ahamiyati katta. Misol uchun, namoz ibodatini olaylik: namozxon besh mahal tahorat olib, g‘uborlardan poklanib, ibodat qiladi. Namoz orqali banda yerga yopishgan holda, oliy Zot — Alloh taologa bog‘lanish baxtiga muyassar bo‘ladi va bu rrqali matonat, chidam, ruhiy quvvat oladi, inson aqli bovar qilmas cheksiz ufqli olamga yuzlanadi. Kiyimlari va qalblari g‘uborlardan poklangan mo‘minlargina yuzlarini Allohga qaratgan holda, namozni xushu’ va xuzu’ bilan ado etadilar, qalblarini uning zikri bilan poklaydilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 07:43:47
Allohning ko‘ruvchi va biluvchi ekanligini yodda tutgan holda, ular faqat ko‘chaga chiqqanda yoki mehmonga borganda yuvinib-taranib, chiroyli kiyinish kerak degan noto‘g‘ri tushunchadan yiroqlar. Mo‘min har doim, har jihatdan boshqalarga ibrat bo‘lishi lozimligini yodda tutib, unga amal qiladi. Badbo‘y hididan atrofdagilarni ko‘ngil aynish darajasiga yetkazish, kiyimidagi ifloslikni ko‘rib, irganish holatini yuzaga keltirish Qur’on bilan xulqlangan insonlarga xos emas. Ular shunday insonlarki, suhbatlashsangiz, huzur qilasiz. Mudom Alloh amriga bo‘ysunib, ham jismoniy, ham ma’naviy poklikka rioya etishlari natijasida qalblari musaffo bo‘ladi, yuzlaridan nur yog‘ilishi atrofidagilarni o‘ziga tortadi. Insonlarni o‘ziga jalb qilish xususiyati faqat Qur’on axloqini o‘z hayotiga tatbiq qilib olganlargagina Alloh tomonidan ato etiladi.

Qur’on axloqidan bexabar odamlar, yoki xabardor bo‘la turib, unga e’tiborsiz qarovchilarning ko‘pchiligi tozalikka yuzaki qaraydilar. Ular, asosan, ko‘chaga chiqqanda yoki uylariga mehmon keladigan vaqgda tozalikka e’tibor berib qolishadi. Ular tahorat nima, g‘usl nima, hatto, farqiga ham borishmaydi. Xorij, asosan, Yevropa filmlarida xojasi yoki bekasi uyqudan uyg‘ongach xizmatkori uning yotgan joyiga, to‘shagiga nonushta olib keladi. Kundalik hayotimizda ham ularga taqlid qiluvchilar uchrab turadi. Ba’zan «postelimga kofe olib kelishdi, mazza qildim» degan gaplar quloqqa chalinib qoladi. Ham ma’naviy, ham jismoniy poklikka da’vat etuvchi islom dini bunday holatlarni qat’iy qoralaydi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:

"Uyqudan uyg‘ongan odam qo‘lini to uch marta yuvmaguncha idishga tiqmasin. Chunki u qo‘li qaerlarda tunaganini bilmaydi". Ular uyqudan turib yuz-qo‘lni yuvish kerakligini bilmasligi mumkin emas. Afsuski, ko‘pincha o‘zlarini madaniyatda juda ilg‘or deb bilgan odamlar ana shunday yo‘l tutishadi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 07:48:51
Kiyinayottanda...

Mo‘min odam tungi kiyimini yechib, ko‘zlagan maqsadiga muvofiq ish yoki ko‘rk kiyimini tanlar ekan, ulkan bir haqiqatni, ya’ni bu kiyim Alloh ne’matlaridan biri ekanligi va uning yaratilishida bir qancha hikmatlar borligini his kiladi. Mo‘minlar qatori boshqa insonlar ham har kuni bu ne’matlardan bahramand bo‘ladilar. Lekin ularning hech qaysisi Qur’on bilan xulqlanganlar singari, bu ne’mat Alloxning lutfi, marhamati ekanligini lozim darajada tushunolmaydi, uning shukrini qila olmaydi. Mo‘minga qundalik hayotda Alloh ne’matlarining bir ko‘rinishi sifatida to‘sish, saqlash, parda-hijob uchun ato etilgan libos, jun, paxta, ipakdan tayyorlangan kiyimlarning yaratilish manbai o‘simlik va xayvonot olamiga borib taqaladi.

 Boshqacha qilib aytganda, Alloh insonlarning eng oddiysidan tortib, eng ko‘rkamigacha bo‘lgan kiyim ehtiyojini qondirish sababi qilib, hayvonot va o‘simlik dunyosini yaratgan. Ko‘pchilik bu haqiqatni bila turib, g‘aflatda bo‘lganliklari bois, bahramand bo‘layotgan ne’matlar shukrini ado etishmaydi. Tug‘ilgan vaqtdan boshlab ehtiyoj sezgan kiyimlar ularga osonlikcha berilgani uchun, oddiy narsadek tuyuladi. Bu esa libosning bir ne’mat ekanligini bilish va uning shukrini qilishga to‘sqinlik qiladi. Holbuki, Robbimiz yer yuzidagi jamiki ne’matlarni insonga hadya etgan ekan, inson ham o‘z navbatida o‘sha ne’matlarni bergan Zotga shukr qilib yashamog‘i lozim. Shunday ekan, Robbimiz bizlar uchun yaratib qo‘ygan liboslarning hikmatlari va bizlarga beradigan foydalari haqida so‘z yuritsak.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 01:48:08
Kiyim inson vujudini issiqdan, sovuqdan, quyoshning zararli nurlaridan hamda atrof-muhit orqali yetishi mumkin bo‘lgan turli noxush ta’sirlardan himoya qiladi. Alloh bizlarga kiyim ato etmaganda edi, yupqa teri bilan qoplangan badanimiz yuqorida aytib o‘tilgan omillar tufayli shikastlanishi, og‘rishi va yana bir qancha salbiy ta’sirlar oqibatida tezda ishdan chiqishi mumkin edi. Muhofaza qilish xususiyatiga ega bo‘lgan kiyimlarning hikmati haqida Parvardigori olam O‘zining Kitobida bunday marhamat qiladi:

وَاللَّهُ جَعَلَ لَكُمْ مِمَّا خَلَقَ ظِلالا وَجَعَلَ لَكُمْ مِنَ الْجِبَالِ أَكْنَانًا وَجَعَلَ لَكُمْ سَرَابِيلَ تَقِيكُمُ الْحَرَّ وَسَرَابِيلَ تَقِيكُمْ بَأْسَكُمْ كَذَلِكَ يُتِمُّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تُسْلِمُونَ

"Alloh sizlar uchun O‘zi yaratgan narsalardan soya-salqin joylar (bunyod) etdi va sizlar uchun tog‘lardan g‘or-boshpanalar qildi hamda sizlar uchun issiq (sovuq)lan asraydigan kiyimlar va sizlarni (dushmanning) ziyon yetkazishidan saqlaydigan sovutlar (yaratdi). U zot shoyad musulmon bo‘larsizlar, deb sizlarga O‘z ne’matini mana shunday komil qilib berur" («Nahl», 81).

يَا بَنِي آدَمَ قَدْ أَنْزَلْنَا عَلَيْكُمْ لِبَاسًا يُوَارِي سَوْآتِكُمْ وَرِيشًا وَلِبَاسُ التَّقْوَى ذَلِكَ خَيْرٌ ذَلِكَ مِنْ آيَاتِ اللَّهِ لَعَلَّهُمْ يَذَّكَّرُونَ

"Ey, Odam bolalari, batahqiq sizlarga avratingizni to‘sadigan libos va ziynat libosini nozil qildik" («A’rof», 26).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 01:51:33
Yuqoridagi oyatlarga diqqat bilan e’tibor bersak, libos avratimizni to‘sish, nozik tanamizni issiq-sovuqdan asrash bilan birga, tashqi ko‘rinishimizni-chiroyli qilib turuvchi omil ham ekan. Tark etib bo‘lmaydigan zarurat darajasidagi ehtiyoj bo‘lgan libos ne’mati Allohning bizlar uchun ulkan inoyatidir. Buni bilgan mo‘min ulardan foydalanayotganda juda talabchan bo‘lishi lozim. Bu Alloh ne’matlariga shukr qiluvchilardan ekanligining amaldagi ifodasi bo‘ladi. Ya’ni, ular boshqa ehtiyojlari singari libos uchun pul sarflayotganda, ehtiyoji borini, shariat ko‘rsatmalariga muvofiq keladiganini sotib olishi zarur. Ehtiyoj bo‘lmagan libos uchun pul sarflash: "Albatta, Alloh isrof qilguvchilarni sevmas" oyatiga zid ekanini yaxshi biladilar.

Libos ne’mati uchun shukr qilishning amaldagi ko‘rinishlaridan yana biri kiyimlarimizni pok tutishdan iborat. Bunda biz quyidagi oyatlarni doimo yodda tutib, amal qilishimiz lozim:
إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ التَّوَّابِينَ وَيُحِبُّ الْمُتَطَهِّرِينَ

"Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutuvchilarni sevadi" («Baqara», 222).

فِيهِ رِجَالٌ يُحِبُّونَ أَنْ يَتَطَهَّرُوا وَاللَّهُ يُحِبُّ الْمُطَّهِّرِينَ

"Unda poklanishni sevadigan kishilar bor. Alloh esa, poklanuvchilarni sevar" («Tavba», 108).

وَثِيَابَكَ فَطَهِّرْ

"Va kiyimingni pokla" («Muddassir», 4).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 01:53:33
Mo‘min odam Alloh taoloning bu amrlarini Uning boshqa amrlari singari izchil bajarishga harakat qilib, imkon qadartoza kiyinishga odatlanadi. Chunki kiyimni, badanni pok tutish insonga jismoniy hamda ruhiy zavq bag‘ishlaydi.
Qur’on axloqi bilan yashagan inson kiyim borasida  faqat tozalikka e’tibor qilibgina qolmay, did bilan, sog‘lig‘iga zarar qilmaydigan matolardan, chiroyli kiyinishga ham harakat qilishp kerak. "A’rof" surasidagi "ziynat libosini nozil qildik" mazmunidagi oyatga ko‘ra, mo‘min odam doimo chiroyli kiyinishi, axloqi hamda tashqi ko‘rinishi bilan insonlar orasida yaxshi taassurotlar qoldirishga intilishi kerak. Bu insonlarni haq dinga da’vat etishning bir ko‘rinishidir. Albatta, bu narsa shariat doirasida bo‘lishi lozim.

Hazrati Hasan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning kiyinish haqidagi qarashlarini shunday ifoda qilganlar:

"Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bizlarga qo‘limizda bo‘lganlardan eng chiroylisini kiyishga va topa olgan eng xushbo‘y narsamizni surishni tavsiya etganlar" (Buxoriy).

Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tashqi ko‘rinishiga e’tiborsiz qaragan ashoblarini ko‘rsalar, nasihat qilar edilar. Bu haqida bir rivoyat bor.

Oddiy kiyimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelgan edim. U zot sollallohu alayhi vasallam mendan "Sening moling yo‘qmi?" deb so‘radilar. Men "Bor" deb javob berdim. U zot yana so‘radilar: "Qanday moling bor" Men: "Barcha turdagi mollarim bor" dedim. Shunda Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam: "Alloh senga davlat ato etganda bu ne’mat senda ko‘rinib turishi lozim" dedilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 01:56:14
Alloh taolo Qur’oni karimda taqinchoqlar va liboslar jannat ne’matlaridan ekanligini bildirgan.

إِنَّ اللَّهَ يُدْخِلُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الأنْهَارُ يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِنْ ذَهَبٍ وَلُؤْلُؤًا وَلِبَاسُهُمْ فِيهَا حَرِيرٌ

"Albatta Alloh iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga doxil qilur. Ular u joyda oltindan bo‘lgan bilaguzuklar va marvarid-marjonlar bilan bezanurlar, liboslari esa harir-ipak bo‘lur" («Haj», 23).

يَلْبَسُونَ مِنْ سُنْدُسٍ وَإِسْتَبْرَقٍ مُتَقَابِلِينَ

"Ular bir-birlariga ro‘baro‘ bo‘lgan hollarida ipak-shoyidan liboslar kiyib (o‘tirurlar)" («Duxon» , 53).

عَالِيَهُمْ ثِيَابُ سُنْدُسٍ خُضْرٌ وَإِسْتَبْرَقٌ وَحُلُّوا أَسَاوِرَ مِنْ فِضَّةٍ وَسَقَاهُمْ رَبُّهُمْ شَرَابًا طَهُورًا

"Ularning ustilarida yashil sundusdan (yupqa ipakdan) va istabroqdan (qalin ipakdan) kiyimlar bor va kumush bilaguzuklar-la yasanganlar" («Inson», 21).

Bu oyatlarda jannat ahlining kiyimi ipak-shoyi, bezagi oltin- kumush va marvarid-marjonlar ekanligi bildirilgan. Albatta bu ne’matlar dunyoviy hayotimizda ham mavjud. Iymon keltirganlar uchun bu ne’matlarni ko‘rish, ularda bu ne’matlar bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar, jannat haqida juda oz bo‘lsa ham tasavyurga ega bo‘lishga, bu tasavvur jannatga bo‘lgan intilishga, intilish esa jannat sog‘inchi bilan yashashga sabab bo‘ladi. Mo‘min bu ne’matlarning yaratilish hikmatini ko‘radi. Bu ne’matlar dunyo hayotida boqiy emas, abadiy hayot va uning boqiy ne’matlari esa faqat jannatda ekanligini biladi va ularga zinhor hirs qo‘ymaydi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 01:59:36
إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ إِنَّا لا نُضِيعُ أَجْرَ مَنْ أَحْسَنَ عَمَلا (٣٠)أُولَئِكَ لَهُمْ جَنَّاتُ عَدْنٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهِمُ الأنْهَارُ يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِنْ ذَهَبٍ وَيَلْبَسُونَ ثِيَابًا خُضْرًا مِنْ سُنْدُسٍ وَإِسْتَبْرَقٍ مُتَّكِئِينَ فِيهَا عَلَى الأرَائِكِ نِعْمَ الثَّوَابُ وَحَسُنَتْ مُرْتَفَقًا

"Albatta, biz iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlarning, go‘zal ish qilganlarning ajrini zoe qilmaymiz. Ana o‘shalarga adn jannatlari bordir. Ostilaridan anhorlar oqib turadi. U yerda oltindan bo‘lgan bilaguzuklar ila bezanurlar. Shoyi-iplardan yaxshi liboslar kiyarlar. Ular u yerda so‘rilarda yonboshlagan hodda bo‘lurlar. Naqadar yaxshi savob va naqadar yaxshi joy" («Kahf», 30-31).

Qur’onni o‘ziga dastur qilib olganlar libos borasida bilishlari lozim bo‘lgan jihatlardan yana biri, bu tashqi ko‘rinishning insonlar bilan bo‘ladigan munosabatlardagi ahamiyatidir. Mo‘min boshqalarni ham Kur’on axloqi bilan yashashga da’vat etar ekan, tashqi ko‘rinishiga e’tibor berishi lozim. Imkoni qadar shariat doirasida, sunnatga muvofiq chiroyli, toza kiyimlarni kiyishga harakat qilishi kerak. Bu qiyofa uning Alloh amrini bajarishda tirishqoq ekanligini hamda insonlarga nisbatan hurmat tuyg‘usini aks ettiradi. Iymon keltirib Qur’on bilan xulqlanganlar xoh uyda, xoh odamlar orasida bo‘lsin, toza, chiroyli kiyimlarni kiyadilar. Albatta, buni kibr uchun emas, Alloh xushnudligini topish maqsadida bajaradilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 06:07:21
Taomlanayotgan paytda...

Mudom Alloh yodi bilan yurish baxtiga erishgan mo‘min har ishda bo‘lgani kabi, ovqatlanish uchun oshxonaga kirganda ham, Alloh unga bo‘ysundirib qo‘ygan, inson manfaati uchun xizmat qiluvchi ne’matlarga ibrat nazari bilan qaraydi. Shunday ulkan ne’matlardan biri — olov. Odam Ato va Momo Havvoning yerda yashashlari davridan boshlab, shu kungacha inson hayotini olovsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki har doim unga insonning hojati tushib turadi. U yondirish, isitish, kuydirish xususiyatiga ega bo‘lishi bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish uchun tayyorlashda ham axamiyati katta. Olovdan foydalanish shunchalik odatiy holga aylanganki, uni kim yaratgan, yonish, yondirish xususiyatini kim bergan, hamma narsani ham yondira oladimi, deb o‘ylab ko‘rish hammaning ham xayoliga kelavermaydi. Yer yuzidagi barcha unsurlar kabi olov ham insonga xizmat qilish uchun bo‘ysundirib qo‘yilgan. Alloh taolo marhamat qilganidek:

وَسَخَّرَ لَكُمْ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الأرْضِ جَمِيعًا مِنْهُ إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ

"U O‘z tomonidan sizlarga osmonlardagi va yerdagi barcha narsalarni bo‘ysundirdi. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat ibratlar bordir" («Josiya», 13).

Oyatda aytilganidek, tafakkur qiluvchilarga olov jahannam otashini ham esga soluvchi vositadir.

نَحْنُ جَعَلْنَاهَا تَذْكِرَةً وَمَتَاعًا لِلْمُقْوِينَ

"Biz uni (olovni) eslatma va yo‘lovchilar uchun manfa’at qilib qo‘ydik" («Voqea», 73).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 06:11:03
Qur’oni karimda jahannam ahli haqida gapirilganda, ko‘z o‘ngimizda shiddatli olov ichida yonayotgan odamlar gavdalanadi. Ba’zi oyatlarda Allohni inkor etganlar uchun hozirlangan jahannam otashi haqida shunday xabar beriladi:

يَوْمَ هُمْ عَلَى النَّارِ يُفْتَنُونَ

"(U kun) ular do‘zaxda tekshiriladigan-yondiriladigan Kunda bo‘lur" («Vaz-zoriyot», 13).

تَلْفَحُ وُجُوهَهُمُ النَّارُ وَهُمْ فِيهَا كَالِحُونَ

"Ularning yuzlarini o‘t kuydirib badbashara bo‘lib qolguvchidirlar" («Mu’minun», 104).

Iymon sohibi bo‘lgan komil mo‘min jahannamning bu shiddatli otashlarini o‘ylaganda, Allohga bo‘lgan qo‘rquvi yanada ortadi, taqvosi kuchayadi. Allohdan qo‘rqish inson vujudidagi jami a’zolarda aks etadi.

Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 06:12:04
Birinchisi — tilda: Allohdan qo‘rqqan odam tilini g‘iybatdan, tuhmatdan, yolg‘ondan va islomda man’ qilingan boshqa illatlardan tiyadi.

Qalbda: Allohdan qo‘rqqan odam nafaqat mo‘min birodariga, balki Alloh yaratgan barcha maxluqotlarga yomonlik tilamaydi. G’iybat, tuhmat, hasad, yolg‘on va islomda man’ qilingan boshqa illatlardan qalbini mudom pok tutadi.

Ko‘zda: Allohdan qo‘rqqan odam kiyinish, yeb-ichish va boshqa kundalik hayotida uchraydigan harakatlarda ko‘zini haromdan saqlaydi, boshqalarga hasad, hirs emas, ibrat nazari bilan qaraydi.

Taomlanish a’zolarida: tomog‘idan harom luqma o‘tkazmaydi. Harom luqma-gunohlarga eltuvchi yo‘l.

Qo‘lda va oyoqda: Qo‘lini haromga uzatmaydi va oyoqlari bilan diniga manfaat keltiradigan manzillarga qadam qo‘yadi. Bu ishlarni ko‘z-ko‘z qilib bajarmay, riyoga yo‘l qo‘ymagandagina u haqiqiy mo‘min sanaladi.

Buni yaxshi bilgan mo‘min Allohdan qo‘rqish deganda qalbga dahshat soladigan, insonni aql-hushidan ayiradigan qo‘rquvni emas, balki nafsning havoyi orzulariga berilmay, Alloh qaytarganidan qaytish, amr qilganlarini qat’iy bajarish, Allohni ko‘rib turgandek ixlos bilan jahannam azobidan najot berishini so‘rab, duoi iltijo qilishni tushunadi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 06:16:18
Alloh marhamati bilan tafakkur qilish baxtiga erpshganlar, dasturxondagi barcha ne’matlarning ham o‘ziga yarasha hikmatlari borligini biladilar. Unda non, asal, choy, qahva, sut, tuxum va shu kabi mazasi, rangi xar xil bo‘lgan oziq-ovqatlar turibdi. O‘ylab qaralsa, bularning har biri alohida bir ne’mat. Ularning foydasi, energetik quvvati ham turlicha. Ular tanamizni yog‘, oqsil, uglevod, protein, vitamin va minerallar bilan ta’minlovchi vositadir.

Bu ne’matlarning yaratilishida ham buyuk mo‘jiza bor. Misol uchun asalni olaylik. Asal tarkibida fruktoza, glyukoza bilan bir qatorda ozroq miqdorda yod, temir, sink moddalari ham bor. Biz uni iste’mol qilayotganimizda uning bizlarga yetib kelish jarayoni bilan qiziqmaymiz. Asalning yaratilishi mo‘jiza ekanligi hech kimning xayoliga kelmaydi. Aslida og‘irligi bir necha gramm, gavdasi bir necha santimetr keladigan asalarining bizlar uchun tonnalab asal yetishtirib berishining o‘zi bir mo‘jiza. Lekin u asalni qanday qilib yetishtiradi? Bu haqda "Nahl" surasida Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

وَأَوْحَى رَبُّكَ إِلَى النَّحْلِ أَنِ اتَّخِذِي مِنَ الْجِبَالِ بُيُوتًا وَمِنَ الشَّجَرِ وَمِمَّا يَعْرِشُونَ (٦٨)ثُمَّ كُلِي مِنْ كُلِّ الثَّمَرَاتِ فَاسْلُكِي سُبُلَ رَبِّكِ ذُلُلا يَخْرُجُ مِنْ بُطُونِهَا شَرَابٌ مُخْتَلِفٌ أَلْوَانُهُ فِيهِ شِفَاءٌ لِلنَّاسِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَةً لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ

"Parvardigoringiz asalariga vahiy qildi: "œTog‘larga, daraxtlarga va (odamlar) quradigan inlarga uya solgin. So‘ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoring (sen uchun) oson qilib qo‘ygan yo‘llardan yurgin!" Uning qornidan odamlar uchun shifo bo‘lgan alvon rangln ichnmlik-asal chiqur. Albatta, bu ishda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibrat bordir". (Nahl, 68-69-oyatlar)
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 06:18:07
Asal ne’matidan bahramand bo‘layotgan mo‘min uning bizlarga shunchaki yetib kelmaganini, uning paydo bo‘lishi buyuk mo‘jiza ekanligini biladi. Asalarining o‘zi kichkina bo‘lgani holda, Allohga bo‘lgan cheksiz itoatidan fikr yuritadiganlar o‘zlariga kerakli xulosalar chiqaradi. Mittigina jismiga muvofiq qancha aqli borligi aniq bo‘lmagan asalari qat’iy tartibda tinmay harakat qilib, Parvardigori amrini xatosiz bajargani holda, aql, tafakkur qilish qobiliyatiga ega, yer yuzidagi hamma narsa uning xizmatiga bo‘ysundirilgan va Allohning yerdagi o‘rinbosari, xalifasi bo‘lgan inson Robbisining yaratuvchanligini tan olmasa qandoq bo‘lar ekan?

Alloh taolo bandalari bahramand bo‘lishi uchun ato etgan go‘sht, sut, pishloq, saryog‘, tuxum singari ne’matlar haqida Qur’oni karimda shunday marhamat qilingan:

وَإِنَّ لَكُمْ فِي الأنْعَامِ لَعِبْرَةً نُسْقِيكُمْ مِمَّا فِي بُطُونِهَا وَلَكُمْ فِيهَا مَنَافِعُ كَثِيرَةٌ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ

"Albatta, sizlar uchun chorva mollarida ham ibrat bordir. Biz sizlarni ularning qornidagi sut bilan sug‘orurmiz, yana sizlar uchun ularda (yunglaridan kiyim to‘qish, minish kabi) ko‘p foydalar bordir. Shuningdek ular (ning go‘sht-yog‘lari) dan yeysizlar" («Mu’minun», 21).

Oyatda insonlarning hayvonlardan oladigan foydalari haqida gapirilganda, "Qornidagi sut bilan sug‘orurmiz" deyilgan. Tasavvur qiling, sigirning qornida yegan ovqati, ichgan suvi, tomirlarida aylanayotgan qoni, ichki a’zolari bo‘ladi. Shuncha aralash narsalar ichidan mazali, vitamin va oqsillarga to‘la oppoq sutning ajralib chiqishi Allohning mo‘jizasi emasmi? Alloh taoloning cheksiz ilmiga yana bir isbot: bu oppoq rangdagi sigir sutining manbai yashil o‘tlar, qurigan sariq, jigar rangdagi yem-xashaklardir.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 06:23:47
Allohning sut beruvchi hayvonlar jismini yaratishdagi cheksiz qudrati dag‘al hashak va yashil rangdagi o‘tlardan suyuq va oppoq ne’mat — sut chiqishida ham namoyon bo‘ladi.

وَإِنَّ لَكُمْ فِي الأنْعَامِ لَعِبْرَةً نُسْقِيكُمْ مِمَّا فِي بُطُونِهِ مِنْ بَيْنِ فَرْثٍ وَدَمٍ لَبَنًا خَالِصًا سَائِغًا لِلشَّارِبِينَ

"Sizlar uchun chorva hayvonlarida ham ibrat bordir. Biz sizlarni ularning qorinlaridagi najosat va qon oralaridan ichuvchilar uchun o‘timli, ta’mli bo‘lib chiqqan narsa-toza sut bilan sug‘orurmiz" («Nahl», 66).

Hayvonot olami sababli bahramand bo‘linayotgan ne’matlardan yana biri, o‘zi kichik, lekin energetik quvvati kuchli bo‘lgan tuxumdir. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bir kunda bitta tuxum iste’mol qiluvchi kishilar boshqalarga nisbatan ateroskleroz bilan kasallanmas ekanlar. Inson tanasiga bir kunda 300 mg. xolesterin kerak, ana shunda asab tolalari yaxshi ishlar ekan. Bitta tuxumda 70 mg. xolesterin bor. Bundan tashqari tuxumda xotira va aql yuritish faoliyatini mustahkamlovchi xolin moddasi mavjud ekan.

Inson uchun ana shunday muhim vitamin va minerallar manbai bo‘lgan tuxumning bizlarga yetib kelishida o‘ziga xos mo‘jiza bor. Hech qanday aqli bo‘lmagan tovuq xar kuni tuxum qo‘yadi va qo‘ygan tuxumini extiyotkorlik bilan bosib yotadi. Tuxum ichidagi suyuqlik qanday qilib uning qobig‘i atrofida to‘plangani yoki hech qanday teshigi bo‘lmagani holda qobiq ichida qanday qilib suyuqlik paydo bo‘lganini o‘ylash Allohning yaratish san’atiga bo‘lgan hayratni oshiradi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 06:26:45
Dasturxonimizda har kuni pishloq, yog‘ yoki tuxum bo‘lmasligi mumkin, leki choy albatta bo‘ladi. U choy o‘simligidan olinib, uning barglari qayta ishlovdan o‘tgandan so‘ng yoqimli maza beruvchi, tinchlantiruvchi ichimlik vositasiga aylanadi. Bu haqda "An’om" surasida Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

وَهُوَ الَّذِي أَنْشَأَ جَنَّاتٍ مَعْرُوشَاتٍ وَغَيْرَ مَعْرُوشَاتٍ وَالنَّخْلَ وَالزَّرْعَ مُخْتَلِفًا أُكُلُهُ وَالزَّيْتُونَ وَالرُّمَّانَ مُتَشَابِهًا وَغَيْرَ مُتَشَابِهٍ

"U (ishkomlarga) ko‘tariladigan va ko‘tarilmaydigan bog‘larni, xurmo va ekinlarni, yemagini xilma-xil qilib, zaytun va anorlarni bir-biriga o‘xshatib va o‘xshatmay paydo qilgan Zotdir" (141-oyat).

Shuni aytib o‘tish joizki, Alloh bandalarini o‘zi istaganicha rizqlantiradi. Ba’zilarning dasturxoni turli noz-ne’matlar bilan to‘kin bir paytda, boshqalarnikida sanoqli narsalargina bor. Dunyoviy hayotda Alloh insonlarni turlicha sinab ko‘radi. Shunday sinovlardan biri bandalarini boylik va faqirlik bilan sinashdir. Bu sinovlarni go‘zal xulq bilan qarshilayotgan bandalariga Alloh jannat xushxabarini bergan. Faqat mo‘mingina qanday holda bo‘lishidan qati nazar, Allohga xush keladigan tarzda harakat qiladi va Unga samimiyat bilan shukr qiladi. Badavlat bo‘lsa, uning shukrini qilib, kibrlanmaydi. Faqirlashsa, tushkunlikka tushib, xafa bo‘lmaydi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 06:29:46
Alloh ne’matlarining yaratilishidagi mo‘jiza va hikmatlarni bilgan inson, bu ne’matlarni iste’mol qilishda bizlarga qulay bo‘lishi uchun yordam beruvchi og‘zimizni ham yodga oladi. Ovqat yeyishda lab, tishlar, til, jag‘ suyaklari, tupuk bezlari, oshqozon-ichak va 200 ga yaqin ta’m bilish retseptorlari va millionlab hujayralar ishga tushadi. Alloh inson jismini ulkan bir fabrikaga o‘xshatib yaratgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, har bir ish uchun mashina, g‘ildirak, parraklar yaratilgan. Bir qoshiq luqmani og‘zingizga yaqinlashtirishingiz bilan, so‘lak bezlari ishlab ketadi. Tishlar xizmatga shaylanib, luqmani maydalay boshlaydi. Bu shunday jarayonki, unda bir vaqt ichida bir qancha ishlar birdaniga bajariladi. Tish ozuqani tishlab maydalash chog‘ida, til uni takror-takror tishlar orasiga yetkazib turadi. Bu vaktda jag‘ suyaklaridagi mushaklar tishlarning chaynash faoliyatiga yordam berib, til bilan uyg‘unlikda harakat qiladi. Lablarimiz esa yeyotgan narsaning chiqib ketmasligi uchun og‘izni yopish-qo‘rg‘on vazifasini o‘taydi. Shuningdek tishlarimizning joylashgan o‘rniga qarab biriga uzib olish, boshqasiga chaynash vazifasi yuklatilgan. Tishlarimiz bajarishi lozim bo‘lgan vazifasiga mos holda uyg‘unlik bilan joylashtirilib, ularning hammasi birgalikda harakat qiladi. Luqmani chaynash jarayonida og‘izdagi bezlardan suv chiqib luqmaga aralashadi va kimyo qoidalariga binoan uning hazm bo‘lishiga yordam beradi. Til bu luqmani yig‘ib olib, qizilo‘ngach orqali oshqozonga yuboradi.

Oshqozonda ham uning devorlaridan boshqacha suv chiqib aralashadi, bu suv tibbiy tilda oshqozon ishqori deyiladi. Bu suv taomni batamom o‘zgartiradi. Keyin taom oshqozondan ichaklarga o‘tadi. Badanga kerak bo‘lmagan taom chiqish yo‘llari bilan oshqozondan chiqib ketadi. Badan uchun zarur bo‘lgan bir qism taom so‘rilib qonga o‘tadi, nafas yo‘llari bilan kirgan havoga aralashib, tana haroratini tashkil qiladi. Albatta, tanamizdagi til, tish, lab, jag‘, oshqozon, ichak kabi bu a’zolarga hech qanday aql berilmagan. Inson vujudining yaratilishi ham Allohning mukammal ijod sohibi ekanligiga yaqqol dalildir. Bu o‘ta tadbirli Zot Alloh tomonidan bizlar uchun ato etilgan ulkan hidoyatdir. Alloh —

وَخَلَقَ كُلَّ شَيْءٍ فَقَدَّرَهُ تَقْدِيرًا

"...Barcha narsani yaratib (aniq) o‘lchov bilan ulchab quygan Zotdir" («Furqon», 2).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 06:31:38
Alloh bularning barchasini insonga oson bo‘lishi uchun mukammal, benuqson qilib yaratib qo‘ygan. Birgina misol, og‘zimizdagi tishlarni olaylik: ularning qadrini yoshi o‘tib, tishi to‘kilib, kuni sun’iy tishlarga qolgan qariyalardan so‘rang. E’tibor bergan bo‘lsangiz, yoshi ulug‘ insonlartaomni uzoq chaynab o‘tirishadi, ovqatlanish qo‘p vaqtni egallaydi. Chala chaynab yutilgan taom turli oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi. Zamonaviy stomatolog — tish shifokorlari yasagan birorta yasama tish o‘z vazifasini Alloh ijod etgan tishlar darajasida to‘liq bajara olmaydi.

Ovqatlanganda mo‘minning diqqatini o‘ziga tortadigan mo‘jizalardan yana biri hid va maza bilish mo‘jizasidir. Inson vujudidagi turli a’zolarga Alloh hidlash, ko‘rish, his qilish hidoyatini ato etgan. Albatta, insonlarning ko‘pchilik qismi taomning hidi va mazasini hech qanday qiyinchiliksiz biladi. Hid va maza bilish xususiyati inson umrining oxiriga qadar xatosiz, dam olmasdan inson manfaati uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Agar Alloh hid va maza bilish hidoyatini bermaganda, iste’mol qilinayotgan go‘sht, tuxum, meva-sabzavot, shirinlik va hokazo nozu ne’matlarning biz uchun hech qanday ahamiyati qolmasdi. Ahamiyati bo‘lmagach, ularni yeyish istagi ham yo‘qoladi. Oqibatda tanamiz ehtiyoj sezgan vitamin va oqsillarning kundalik ehtiyoji qondirilmay, kasalikka chalinishimiz mumkin. Shubhasiz, Alloh ne’matlarining har birining o‘ziga xos hidi va mazasini xatosiz bilish, U Zotga bo‘lgan shukrning kuchayishiga sabab bo‘ladi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 06:35:15
Qur’on bilan xulqlanganlar, albatta, bu holda ham Alloh taoloning quyidagi kalomini mudom yodda tutguvchi va shukr qilguvchilardan bo‘lishga harakat qiladilar:

وَآيَةٌ لَهُمُ الأرْضُ الْمَيْتَةُ أَحْيَيْنَاهَا وَأَخْرَجْنَا مِنْهَا حَبًّا فَمِنْهُ يَأْكُلُونَ (٣٣)وَجَعَلْنَا فِيهَا جَنَّاتٍ مِنْ نَخِيلٍ وَأَعْنَابٍ وَفَجَّرْنَا فِيهَا مِنَ الْعُيُونِ (٣٤)لِيَأْكُلُوا مِنْ ثَمَرِهِ وَمَا عَمِلَتْهُ أَيْدِيهِمْ أَفَلا يَشْكُرُونَ

"O‘lik-quruq yer ular uchun (qayta tirilish haq ekaniga) bir oyat-alomatdir — Biz uni suv bilan tiriltirdik va undan (turli) don-dunni undirib chiqardik. Bas, ular o‘sha (don)dan yerlar. Yana Biz u (er)da xurmozor va uzumzor bog‘larni (paydo) qildik va undan buloqlarni oqizib qo‘ydik. Toki odamlar (o‘sha bog‘larning) mevasidan yesinlar uchun (shunday qildik). Holbuki, u (mevalar)ni ular (qo‘llari bilan) qilmagan-yasab olmagan edilar. Axir shukr qilmaydilarmi?!" («Yosin», 33-35).

أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّا خَلَقْنَا لَهُمْ مِمَّا عَمِلَتْ أَيْدِينَا أَنْعَامًا فَهُمْ لَهَا مَالِكُونَ (٧١)وَذَلَّلْنَاهَا لَهُمْ فَمِنْهَا رَكُوبُهُمْ وَمِنْهَا يَأْكُلُونَ (٧٢)وَلَهُمْ فِيهَا مَنَافِعُ وَمَشَارِبُ أَفَلا يَشْكُرُونَ

"Axir ular, Biz uchun O‘z (qudrat) qo‘limiz bilan qilgan narsalarni-chorva hayvonlarini yaratib qo‘yganimizni-ko‘rmadilarmi?! Mana ular o‘sha (hayvon)larga egadirlar. Biz o‘sha (hayvon)larni ularga bo‘ysundirib qo‘yganmiz. Ana ularning minadigan narsalari ham o‘sha (hayvon)lardandir, yeydigan (taom)lari ham o‘shalardandir. Yana ular uchun o‘sha (hayvon)larda (turli) foydalar va ichimlik(sut-qaymoq)lar bordir. Axir shukr qilmaslarmi?!" («Yosin», 71-73).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 07 Avgust 2008, 06:37:31
Mo‘jiza istasang, vujudingga boq deydilar. Hozirgi zamon olimlarining aniqlashlaricha, odam oddiy ko‘z bilan zim-ziyo qorong‘u tunda osmonga tikilib, olti mingtacha yulduzni ko‘ra olar ekan. Insonga ko‘rish hidoyatini ato etgan Alloh, —

مَرَجَ الْبَحْرَيْنِ يَلْتَقِيَانِ (١٩)بَيْنَهُمَا بَرْزَخٌ لا يَبْغِيَانِ

«Daryo-dengizlarni bir-biri bilan uchrashadigan qilib qo‘ydi. O‘rtalaridagi to‘siqdan oshib o‘tolmaydilar» («Rohman». 19-20) oyati orqali kurrai zamindagi ikki dengiz yonma-yon oqishi, birining suvi chuchuk, biriniki sho‘r bo‘lib, ular yonma-yon oqsalar ham qo‘shilib ketmasligini bildirgan.

Inson vujudida ham ikki dengiz bor. Biri ko‘z yoshi — sho‘r. Ikkinchisi ko‘z qorachig‘ining suvi — shirin. Bularning ikkisi ham bir joyda, ammo ular bir-biriga sira qo‘shilmas. Chunki ko‘zning asli yog‘ bo‘lib, tuzga muhtojdir. Ko‘z qorachig‘ining suvi shirin. Agar ko‘z yoshi sho‘r bo‘lmasa, ko‘z hidlanib ketardi. Ko‘z qorachig‘ining suvi shirin bo‘lmasa, ko‘z ko‘rmas edi.

Darvoqe, ko‘z yoshi haqida: jahannam olovi juda shiddatli. Unda tosh ham, bir parcha qog‘oz ham, odam ham bir xil yonadi. U yerning o‘t o‘chiruvchilari yo‘q, olovni so‘ndira oladigan suv ham topilmaydi. Faqat... faqat bir tomchi ko‘z yoshi, bu dunyoda Allohdan qo‘rqib, hech kimga bildirmasdan to‘kilgan bir tomchi yosh... Shu suvgina do‘zax olovini so‘ndira oladi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Avgust 2008, 06:27:35
Yo‘lda ketayotganda...

Ma’lumki, qariyb barcha insonlarning jamiyatda, oilada o‘z o‘rni, bajarishi lozim bo‘lgan vazifasi bor. Nonushta qilib yo‘lga otlanganlarning oqshomga qadar bajarishlari lozim bo‘lgan ishlari bo‘lib, Qur’oni karimda aytilganidek:

إِنَّ لَكَ فِي اَلنَّهَارِ سَبْحًا طَوِيلا

"Albatta, kunduzi sening uzoq ishlashing bor" («Muzzammil», 7).

وَجَعَلْنَا النَّهَارَ مَعَاشًا

"Kunduzni esa tirikchilik (uchun belgilangan vaqt) qildik" («Naba’», 11).

وَهُوَ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ اللَّيْلَ لِبَاسًا وَالنَّوْمَ سُبَاتًا وَجَعَلَ النَّهَارَ نُشُورًا

"...Kunduzni esa (sizlar uchun) qayta tirilish qilgan zotdir" («Furqon», 47).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Avgust 2008, 06:30:35
Ishga, o‘qishga yoki biror sabab bilan zarurat yuzasidan otlanib ko‘chaga chiqqan odam yo‘l-yo‘lakay tafakkur qilishga, fikrlashga undovchi ajoyibotlarga duch keladi. Qalblari Qur’on nuri ila munavvar bo‘lib, g‘aflatdan uyg‘onganlargina ularga ibrat nazari bilan qaraydi. Ular uchratgan bu ajoyibotlarnichg bari Alloh izni va qudrati bilan yuzaga kelgan, har birining o‘ziga yarasha hikmati bor. Bu haqiqatni doimo yodda tutgan mo‘minning nigohi osmonga qaratilganda, uming mukammal holda qodir Zot tomonidan yaratilganigi biladi, hamda "Biz osmonni qulab tushmas tom qilib qo‘ydik" oyatining yorqin dalilini ko‘radi.

Bundan tashqari, Alloh yer va osmonning yaratilishiga ibrat nazari bilan qarovchilar uchun dalillar borligi haqida quyidagi xabarni bergan:

أَفَلَمْ يَنْظُرُوا إِلَى السَّمَاءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَزَيَّنَّاهَا وَمَا لَهَا مِنْ فُرُوجٍ (٦)وَالأرْضَ مَدَدْنَاهَا وَأَلْقَيْنَا فِيهَا رَوَاسِيَ وَأَنْبَتْنَا فِيهَا مِنْ كُلِّ زَوْجٍ بَهِيجٍ (٧)تَبْصِرَةً وَذِكْرَى لِكُلِّ عَبْدٍ مُنِيبٍ

"Axir ular ustilaridagi osmonni-Biz uni qanday bino qilib, (yulduzlar bilan) bezab qo‘yganimizni va uning teshik va yoriqlari ham yo‘q ekanligini ko‘rmadilarmi?! Yerni esa yoyiq — keng qildik va unda tog‘larni o‘rnatib qo‘ydik hamda unda (o‘simlik, mevalardan) har turli go‘zal juftlarni undirib o‘stirdik. (Parvardigorga) qaytguvchi har bir bandaga ko‘rgazma va eslatma — ibrat bo‘lsin uchun (mana shunday qildik)" («Qof», 6-8).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Avgust 2008, 06:34:04
Nigohini osmondan uzib yerga qaratgan mo‘min Allohning qudratiga yana bir dalil ko‘radi. Hech bir hadiksiz yurishimiz uchun qulay qilingan yer Allohning qudrati bilan o‘z o‘qi va quyosh atrofida aylanadi, hamda tortish kuchiga egadir. Osmonlaru yerlardagi ajoyib mutanosiblik butun olam tortishish qonuniga muvofiq amalga oshayotganini ilm-fan tasdiqlagan. Biroq bu qonunning ijodkori kim? Bu quyidagi oyatda bildirilgan:

أَلَمْ نَجْعَلِ الأرْضَ كِفَاتًا (٢٥)أَحْيَاءً وَأَمْوَاتًا

"Yerni tiriklarni va o‘liklarni o‘ziga tortuvchi qilib qo‘ymadikmi?!" («Mursalot», 25-26).

لِتَسْلُكُوا مِنْهَا سُبُلا فِجَاجًا

"Va Alloh sizlarga yerni unda siz keng yo‘llardan yurishingiz uchun (gilamdek) to‘shab qo‘ydi" («Nuh», 20).

Alloh yerni inson uchun yashashga oson qilib to‘shab qo‘ydi, yer inson hayotiga zarur barcha qulayliklarni o‘zida mujassam qilgan maskanga aylantirildi. Lekin odam bolasi bu qulayliklar ichra yashab, ko‘zi o‘rganib qolganidan, unga e’tibor bermaydi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 06:13:48
Hikmat nazari bilan qaragan mo‘min Alloh yaratgan har bir narsada mo‘jiza ko‘radi. Osmonda uchayotgan qushlar, yerda harakat qilayotgan qurt-qumursqalar, shoxlari mevalar bilan egilgan turli daraxtlar, bitta tuproqda o‘sib, bitta quyoshdan nur emib yetilgan mevalarning maza va ranglari , turli ekanligi, ularning barcha-barchasi mo‘minda Allohning qudratiga bo‘lgan hayratini oshiradi.

Yerdagi maxluhotlarning eng kichigi, lekin hatti-harakati bilan ayrim insonlarga ham ibrat bo‘ladigan chumolini olib ko‘ring: ular katta oila bo‘lib ahil yashashadi. Har bir chumolining qat’iy bajaradigan vazifasi bor, ya’ni ishchi chumolilar, qo‘riqchi chumolilar. Ularga hech kim qanday ish qilish haqida ko‘rsatma bermaydi. Hech kim nazorat qilmaydi, ularning na qattiqqo‘l boshlig‘i, na hukmdori bor. Insonlardagi mansab, maosh muammosi ularda yo‘q. Lekin shu zabonsiz chumolilar ham Alloh tomonidan belgilab qo‘yilgan qonunlar asosida qat’iy harakat qilib, yozi bilan tinmay, noxos bosib olinsa buzilib ketishi mumkin bo‘lgan uyiga yegulik yig‘adi. Ayrim insonlar o‘zlarining abadiy oxirat hayotlari uchun chumolichalik g‘ayrat ko‘rsatishmaydi. Ibodat u yoqda tursin, hatto oila a’zolarining eng kichik ehtiyojlari uchun ham harakat qilmaydilar. Yalqovliklari bois qashshoqlik va muhtojlik qaroqchi kabi bostirib kelayotganini bilmay qoladilar. Albatta, rizq beruvchi Alloh! Biroq Alloh beradi, deb harakat qilmay, dangasa bo‘lib yotib olgan holda yordam so‘ralmaydi. Tanballik va dangasalik mo‘minga mutlaqo yot bo‘lgan illat. Alloh yaratgan chumolida ham mo‘jiza bor, mo‘minga ibrat bor.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 06:15:23
Ko‘chada ketayotib Allohning qudrati bilan yuzlashgan mo‘min o‘z harakatini nazorat qilib, quyidagi oyatlarni eslaydi:

وَاقْصِدْ فِي مَشْيِكَ وَاغْضُضْ مِنْ صَوْتِكَ إِنَّ أَنْكَرَ الأصْوَاتِ لَصَوْتُ الْحَمِيرِ

"Yurganingda o‘rtacha yurgin va ovozingni past qilgin. Chunki ovozlarning eng yomoni eshaklar ovozidir" («Luqmon», 19).

Bu oyatlardan mutavoze’ bo‘lish lozimligini bilgan mo‘min Allohning bu amriga ham so‘zsiz bo‘ysunadi. Bu harakati bilan ham Alloh nazdida, ham odamlar ko‘z o‘ngida maqbul yo‘lni tutgan bo‘ladi.

Iymon keltirib, solih amallar qilishda bardavom bo‘lgan mo‘minlar o‘zlariga ato etilgan barcha yaxshiliklarni Allohdan deb biladilar. Faqat Qur’on axloqidan benasib kimsalar bu haqiqatni tan olmay, barcha yaxshiliklarga o‘zlarining harakatlari bilan erishayotgandek tuyuladi. Alloh tomonidan go‘zallik, boylik, ilm, muvaffaqiyat ato etilganda, ular bu ne’matlarning Allohdan ekanligi va bu bir imtihon bo‘lishi mumkinligini, hatto, xayollariga ham keltirmaydilar. Shu sababli o‘zlariga ato etilgan bu ne’matlar uchun kibrlanadilar. Shubhasiz, bu kibrlilarning yurish-turishiga, odamlar bilan bo‘ladigan munosabatlariga ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Kibrlari tufayli manmanlik qilib, o‘zlarini boshqalardan ustun deb biladilar. Afsuski, ularga ato etilgan davlat, ilm, go‘zallik Allohning mulki, ilmi, qudrati oldida puch va vaqtinchalik bir narsa ekanligini bilmaydilar. Boshlariga musibat tushganda esa, buni Allohdan deb biladilar va oh-voh, nima yomonligim borki, bunday bo‘ldi deb, Yaratganga isyon qiladilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 06:17:08
Har bir inson Allohning qudrati oldida ojizdir. Biroq buni hamma ham tan olavermaydi. Baxtli kunlarida eslamasalar ham, qattiq qo‘rqqanda, yoki biror narsaga erisha olmaganlarida Allohni eslab qoladiganlar talaygina. Qur’on bilan xulqlangan mo‘minlar esa ulardan farqli o‘laroq, har doim o‘zlarining ojizligi, Allohning istagi bilan yashayotganligi va erishgan barcha yaxshiliklar koinotning yolg‘iz sohibi — Allohdan ekanlig‘inibiladilar. Qur’on axloqidan bexabarlargina Allohning cheksiz qudrati, Unga bo‘lgan muxtojlikni tan olmaydilar. Alloh taolo bu ulkan haqiqatni tan olmay kibrlangan bandalarining harakatini ta’qiqlab, shunday marhamat qilgan:

وَلا تُصَعِّرْ خَدَّكَ لِلنَّاسِ وَلا تَمْشِ فِي الأرْضِ مَرَحًا إِنَّ اللَّهَ لا يُحِبُّ كُلَّ مُخْتَالٍ فَخُورٍ

"Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuziigni o‘girmagin va yerda kibru-havo bilan yurmagin. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas" («Luqmon», 18).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 06:20:07
Sog‘lom inson ko‘p o‘tirmasligi, kun davomida harakatda bo‘lishi, ko‘p piyoda yurishi hammamizga ma’lum. Yurishimiz uchun sabab qilib qo‘yilgan oyoqlarimiz qisqa masofani bosib o‘tishimiz uchun osonlik tug‘dirishi bilan, bizga Allohning buyuk ne’matini eslatib turadi. Lekin ojizligimiz tufayli uzoq yurmshga kuchimiz yetmaydi. Ma’lum masofa yurgach, vujudimiz holsizlanib, yurishga kuch topa olmaymiz. Bandalaridagi bu ojizlikni bilgan Robbimiz ko‘zlagan manzillariga osonlik bilan yetish sabablarini ham yaratib qo‘ygan. Allohning bandalariga bo‘lgan cheksiz shafqat va marhamati Qur’oni karimning ba’zi oyatlarida shunday bildirilgan:

وَتَحْمِلُ أَثْقَالَكُمْ إِلَى بَلَدٍ لَمْ تَكُونُوا بَالِغِيهِ إِلا بِشِقِّ الأنْفُسِ إِنَّ رَبَّكُمْ لَرَءُوفٌ رَحِيمٌ (٧)وَالْخَيْلَ وَالْبِغَالَ وَالْحَمِيرَ لِتَرْكَبُوهَا وَزِينَةً وَيَخْلُقُ مَا لا تَعْلَمُونَ

"Shuningdek, ular sizlar jonlaringizni qiyiab, zo‘r-bazo‘r (mashaqqat bilan) yetadigan yurtlarga yuklaringnzyan eltib berur. Albatta, Parvardigoringnz mehriboi, rahmlidir. U Zot yana sizlar mnnishingiz uchun ziynat qilib otlar, xachirlar va eshaklarni (yaratdi). Yana sizlar (hali) bilmaydigan narsalarni ham yaratur" («Naxl», 7-8).

وَالَّذِي خَلَقَ الأزْوَاجَ كُلَّهَا وَجَعَلَ لَكُمْ مِنَ الْفُلْكِ وَالأنْعَامِ مَا تَرْكَبُونَ

"O‘sha Zot barcha juftlarni (ya’ni bor maxluqotni) yaratdi va syzlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan-sizlar minadigan narsalar (paydo) qildi" («Zuxruf», 12).

أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ سَخَّرَ لَكُمْ مَا فِي الأرْضِ وَالْفُلْكَ تَجْرِي فِي الْبَحْرِ بِأَمْرِهِ وَيُمْسِكُ السَّمَاءَ أَنْ تَقَعَ عَلَى الأرْضِ إِلا بِإِذْنِهِ إِنَّ اللَّهَ بِالنَّاسِ لَرَءُوفٌ رَحِيمٌ

"Alloh sizlarga yerdagi narsalarni va dengizda Uning amri bilan suzib ketayotgan kemalarni bo‘ysundirib qo‘yganini hamda O‘zi osmonni yerga qulab tushishdan tutib turishini, magar (osmon) Uning izni-irodasi bilangina (qulashi mumkinligini) ko‘rmadingizmi? Darhaqiqat Alloh odamlarga mehribon va rahmlidir" («Haj», 65).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 06:24:15
Alloh taolo temir, po‘lat, ma’dan singari qazilma boyliklardan bandalari manfaati uchun xizmat qiluvchi turli naqliyot vositalari yaratib, insonlarga ulardan foydalanish zakovatini bergan. Insonlar ham Allohning izni bilan avtomobil, avtobus, tramvay, poezd, kema, samolyot singari insonning uzog‘ini yaqin qiluvchi transport vositalarini ixtiro qilganlar. Bular bilan Rahiym, Rahmon Robbimiz ularga toqatlari yetmaydigan yo‘l mashaqqatlarini oson qilib qo‘ygan. O‘zlariga ato etilgan bu ne’matlardan bahramand bo‘layotganlar, Allohni poklik ila yod etib, unga quyidagi tarzda shukr qilishlari lozim.

لِتَسْتَوُوا عَلَى ظُهُورِهِ ثُمَّ تَذْكُرُوا نِعْمَةَ رَبِّكُمْ إِذَا اسْتَوَيْتُمْ عَلَيْهِ وَتَقُولُوا سُبْحَانَ الَّذِي سَخَّرَ لَنَا هَذَا وَمَا كُنَّا لَهُ مُقْرِنِينَ (١٣)وَإِنَّا إِلَى رَبِّنَا لَمُنْقَلِبُونَ

"Toki sizlar ularning ustiga o‘rnashgaysizlar, so‘ngra unga o‘rnashib olgach, Parvardigoringizning ne’matini eslab: "Bizlarga bu (kema yoki ot-ulov)ni bo‘ysundirib qo‘ygan zot pokdir. Bizlar o‘zimiz bunga qodir emas edik. Shak-shubhasiz bizlar (barchamiz) Parvardigorimizga qaytguvchidirmiz", degaysizlar" («Zuxruf», 13-14).

Qur’on bilan xulqlangan mo‘min Alloh unga bo‘ysundirib qo‘ygan ulovdan foydalanar ekan, mazkur oyatga amal qiladi. Shu bilan birga oyatning oxiridagi "Shubhasiz Parvardigorimizga qaytguvchidnrmiz" jumlasiga muvofiq tarzda Alloh huzuriga yorug‘ yuz bilan borishni niyat qilib, bu ne’mat uchun kibrlanmaydi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 06:26:36
Allohning izni-irodasi bilan fan-texnika taraqqiy etgan asrimizning transport vositalari o‘tmishdagi ibtidoiy odam tashish vositalariga nisbatan qiyoslab bo‘lmaydigan darajada qulay va shinamdir. Avvallari oylab bosib o‘tiladigan masofalarga hozir bir necha soatda yetib borish mumkin. Qur’on bilan xulqlangan mo‘minning buni tafakkur qilishi, ham Allohga yaqin bo‘lish, ham ne’mat uchun shukr etishda muhim o‘rin tutadi. Mo‘min ulardan foydalanar ekan, yana bir bor Allohni yod etishdan, unga zikr va shukr qilishdan charchamaydi. Yonidagi transportdan foydalanayotgan odam, uning rangi, modeli, atrofdagi transport vositalari, ular ichidagi odamlar, ularning hatti-harakatlari, yo‘lda qad ko‘targan osmono‘par binolar, ularning shakli, oynalari, bularning barcha-barchasi Allohning azaldan belgilab qo‘yilgan taqdiri bilan yaratilgan ne’matlardir. Alloh taolo bu haqiqatni insonlarga:

إِنَّا كُلَّ شَيْءٍ خَلَقْنَاهُ بِقَدَرٍ
   
"Albatta, biz har bir narsani o‘lchov bilan yaratdik", oyati orqali xabar berib, bu narsalarning bari Allohga avvaldan ma’lumligini bildirgan («Qamar», 49).

Alloh faqat musulmon ummatini emas, balki yer yuzidagi milliardlab insonlarni va umuman butun insoniyatning har daqiqada duch keladigan hodisalarini oldindan belgilab qo‘ygan. Iymon keltirib, Qur’on bilan xulqlangan inson buni biladi va bu sezgi Allohning har dam, har nafas uning yonida ekanligi, hamda har bir harakatidan ogohligini eslatib, o‘z harakatlarini o‘zi nazorat qiladi. Shu sababli yo‘lda ketayotganda ular transportning kech qolishi, mashinaning loy sachratib o‘tishi, birovning bilmasdan turtib yuborishi singari mayda ko‘ngilsizliklarga jig‘ibiyron bo‘lmaydilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 06:30:05
Alloh o‘z bandalarini turli sinovlar bilan imtihon qilishini biladilar va ularning katta-kichikligi, oz-ko‘pligiga qaramay sabr qiladilar. Mo‘minlargagina xos bo‘lgan bu fazilatlarni Alloh taolo:

الَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ اللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَالصَّابِرِينَ عَلَى مَا أَصَابَهُمْ وَالْمُقِيمِي الصَّلاةِ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ

"Ular Alloh zikr qilinganida dillari qo‘rquvga tushadigan, o‘zlariga yetgan balolarga sabr-toqat qiladigan, namozni to‘kis ado etadigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qiladigan zotlardir" («Haj», 35) deb vasf qilgan.

Dunyoviy hayotning har sohasida Qur’onni o‘ziga dastur qilgan mo‘min yo‘lda ketayotganda xayolini kerakmas, foydasi bo‘lmagan narsalar bilan band qilmaydi. Ular tafakkur qilish ham ibodatligini bilib, butun fikr-zikrlari, diqqat-e’tiborlarini tafakkur qilishga undaydigan borLiqdagi hodisalarga qaratadilar. Misol uchun, iymon ne’matidan bebahra, Qur’on axloqidan benasib kimsalar osmonda uchib ketayotgan qushlarga e’tiborsizlik bilan, xuddi shunday bo‘lishi tabiiydek qarashadi. Qalbi Qur’on bilan nurlanganlar esa, yerdan ancha olisda, havo bo‘shlig‘ida nozik qanotlarini yoyib-yig‘ib uchayotgan qushlarga ham ibrat nazari bilan qaraydilar. Havo bo‘shlig‘ida soatlab erkin uchish, ko‘zlagan manziliga adashmay yetib borish» tahtikali holatlarda ovoz chiqarish singari ulargagina xos bo‘lgan harakatlar ham Allohning cheksiz ilm va qudratining yorqin dalilidir.

أَوَلَمْ يَرَوْا إِلَى الطَّيْرِ فَوْقَهُمْ صَافَّاتٍ وَيَقْبِضْنَ مَا يُمْسِكُهُنَّ إِلا الرَّحْمَنُ إِنَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ بَصِيرٌ

"Tepalarida (qanotlarini) yoyib va yigib (uchayotgan) qushni ko‘rmaydilarmi? Ularni Rohmandan (Allohdan) boshqa ushlab turuvchi yo‘q. Albatta, U (Alloh) barcha narsani ko‘rguvchidir" («Mulk», 19).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 06:37:10
Ish faoliyatida...

Voyaga yetgan insonlarning ko‘pchiligi kunning asosiy qismini bajarishlari lozim bo‘lgan muhim ishlarga ajratadilar. Qur’on bilan xulqlangan mo‘min ham ular singari ma’lum bir ishlarni bajarsalar-da, ulardan farqli o‘laroq muhim jihatlari bor. Bu ular bajarayotgan ish qanchalik og‘ir, qanchalik mas’uliyatli, ko‘p vaqt talab qilishidan qat’i nazar, Alloh oldidagi bandalik burchini undan ustun qo‘ya bilishdir. Ular ushbu oyatga amal qiluvchilarning peshqadami bo‘lishga g‘ayrat qiladilar.

مَا عِنْدَ اللَّهِ خَيْرٌ مِنَ اللَّهْوِ وَمِنَ التِّجَارَةِ وَاللَّهُ خَيْرُ الرَّازِقِينَ

"Allohning huzuridagi narsa o‘yin-kulgudan va tijoratdan   yaxshidir.   Va  Alloh  eng  yaxshi   rizq berguvchidir" («Juma», 11).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 06:42:12
Qur’on bilan xulqlangan mo‘min buni biladi va hech bir ish uni Allohni zikr qilishdan, ibodatlarini o‘z vaqtida ado etishdan chalg‘ita olmaydi. Ular moddiy manfaatni ko‘zlab shariat hukmlariga beparvolik qilishdan qat’iyan uzoqturadilar. Ular Alloh taoloning quyidagi amrini sidqidildan bajaruvchilardir:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لا تُلْهِكُمْ أَمْوَالُكُمْ وَلا أَوْلادُكُمْ عَنْ ذِكْرِ اللَّهِ وَمَنْ يَفْعَلْ ذَلِكَ فَأُولَئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ

"Ey iymon keltirganlar, Allohning zikridan chalg‘ib, mollaringiz va bolalaringiz bilan mashg‘ul bo‘lib qolmang, kim shunday qilsa, bas, ular yutqazganlardir" («Munofiqun», 9).

Ularga xos bo‘lgan bu fazilatlar haqida Alloh taolo:

رِجَالٌ لا تُلْهِيهِمْ تِجَارَةٌ وَلا بَيْعٌ عَنْ ذِكْرِ اللَّهِ وَإِقَامِ الصَّلاةِ وَإِيتَاءِ الزَّكَاةِ يَخَافُونَ يَوْمًا تَتَقَلَّبُ فِيهِ الْقُلُوبُ وَالأبْصَارُ

"...Ularni na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni to‘kis ado etishdan va zakotni (haqdorlarga) ado etishdan mashg‘ul qila olmas. Ular dillar va ko‘zlar iztirobga tushib qoladigan (qiyomat) kunidan qo‘rqurlar", deb marhamat qilgan («Nur»,37).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 06:45:58
Albatta, dunyo ishlari deb, rizq orqasidan quvib ibodatni tark etish yaxshi emas. Rizq beruvchi, uning sabablarini yaratuvchi Allohning o‘zi. Qancha yugurib-elmasin, hech kim Alloh bergan rizqdan ortiqchasini ololmaydi.  Ibodatini o‘z vaqtida ado etib yursa, Allohning rizq beruvchi Razzoq ekanligiga amin bo‘ladi. Lekin bu degani ertayu kech ibodat qilib, dunyo ishlarlni tark et, degani emas. Mo‘min odam hammasini bir me’yorda olib borishi lozim. Bajaryodigan ishi qanchalik og‘ir va mas’uliyatli bo‘lmasin, u Alloh ibodatini bajarmaslikka, shar’iy hukmlarg’ e’tiborsiz qarashga sabab bo‘la olmaydi.

Yuqoridagi oyatda tijorat, oldi-sotdiga e’tibor qaratilishi-sabablaridan biri — moddiy manfaatdorlidir. U ko‘pchilykning zaif tomoni. Inson yanada ko‘proq pul topish, ko‘proq mol-mulkka ega bo‘lish istagining quliga aylanib qoladi. Shu sababli shar’iy hukmlarga bo‘ysunish ularga qiyinchilik tug‘diradi. Shunday insonlar borki, ular ertayu kech tinmasdan ishlashadi, obro‘, shuhrat, boylik orqasidan quvlashadi. Lekin Allohga itoat etishga, uning amrini bajarishga kelganda ularda mol-dunyo to‘plashdagi g‘ayratdan asar ham qolmaydi. Albatta, mo‘minlar ham badavlat bo‘lishni istaydilar. Harakat qilib, pul topib, badavlat ham bo‘ladilar, lekin ularning boshqalardan afzal jihatlari boylikni qaysi yo‘l bilan topish va uni qanday sarflashga juda e’tiborli bo‘lishlaridir.

Ular ko‘p pul topish mumkin ekan deb, har qanday ishga qo‘l urib ketavermaydilar. Yoki Alloh O‘zi davlat beribdi, hohlaganimcha sarf qilaman deb, bo‘lar-bo‘lmasga pul ham sarflamaydilar. Ular boylik yig‘ishga mukkasidan ketib, shariat hukmlariga e’tiborsizlik bilan qarashdan mutlaqo yiroq turguvchilardir. Ular Alloh bandasini faqirlik bilan imtihon qilishini bilgani kabi, davlat bilan ham sinashi mumkinligini bilishadi. Shu sababli har qanday holda Allohning imtihonidan muvaffaqiyat bilan o‘tishga g‘ayrat qilishadi. Har qanday holatda ham, ular Allohga xush keladigan amalni dastlabki o‘ringa qo‘yadilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 06:49:05
 Qur’on axloqi bilan yashagan mo‘min nafsi ustidan hokimlik o‘rnatadi. Ular har doim Alloh taoloning mana shu oyatini yodda tutadilar va unga amal qiladilar:

يَا أَيُّهَا الرُّسُلُ كُلُوا مِنَ الطَّيِّبَاتِ وَاعْمَلُوا صَالِحًا إِنِّي بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ

"Ey Payg‘ambarlar, toza va halol narsalardan yenglar va solih amallarni qilinglar. Albatta, Men sizlarning barcha harakatlaringizdan xabardorman" («Mu’minun»,51).

Halol tijorat oxirat yaxshiliklariga erishishga, Allohning huzurida darajaning ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan solih amaldir. Tijorat qilishda to‘g‘ri bo‘lish, odamlarga nisbatan haqsizlik qilmaslik Alloh roziligini topishda muhim o‘rin tutishini Alloh taolo shunday biddirgan:

وَأَوْفُوا الْكَيْلَ إِذَا كِلْتُمْ وَزِنُوا بِالْقِسْطَاسِ الْمُسْتَقِيمِ ذَلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلا

"(O‘rtalaringizdagi oldi-berdi, savdo-sotiqdan biron narsani) o‘lchagan vaqtingizda o‘lchovni to‘la-to‘kis qiling va to‘g‘ri tarozi bilan torting. Mana shu eng yaxshi va chiroyli yechimdir" («Isro», 35).

Termiziydan rivoyat qilingan bir hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Rostgo‘y, omonatli tojir nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birgadir", deganlar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 06:52:10
Alloh taolo Qur’oni karimning bir qancha oyatlarida tijoratni halol qilganini quyidagicha ma’lum qilgan:

وَأَحَلَّ اللَّهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ

"Alloh tijoratni halol, riboni harom qilgan" («Baqara», 275).

لَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَنْ تَبْتَغُوا فَضْلا مِنْ رَبِّكُمْ

"(Haj safarida tijorat qilish bilan) Sizga o‘z Robbingizdan fazl istashingizda gunoh yo‘qdir" («Baqara», 198).

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لا تَأْكُلُوا أَمْوَالَكُمْ بَيْنَكُمْ بِالْبَاطِلِ إِلا أَنْ تَكُونَ تِجَارَةً عَنْ تَرَاضٍ مِنْكُمْ

"Ey, iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan yemang. Magar o‘zaro rozilik ila tijorat bo‘lsa, mayli" («Niso», 29).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 06:58:50
Tijorat, moddiy manfaatni shar’iy hukmlardan ustun qo‘yish fosiqlarga xos ekanligini bildirib, Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

قُلْ إِنْ كَانَ آبَاؤُكُمْ وَأَبْنَاؤُكُمْ وَإِخْوَانُكُمْ وَأَزْوَاجُكُمْ وَعَشِيرَتُكُمْ وَأَمْوَالٌ اقْتَرَفْتُمُوهَا وَتِجَارَةٌ تَخْشَوْنَ كَسَادَهَا وَمَسَاكِنُ تَرْضَوْنَهَا أَحَبَّ إِلَيْكُمْ مِنَ اللَّهِ وَرَسُولِهِ وَجِهَادٍ فِي سَبِيلِهِ فَتَرَبَّصُوا حَتَّى يَأْتِيَ اللَّهُ بِأَمْرِهِ وَاللَّهُ لا يَهْدِي الْقَوْمَ الْفَاسِقِينَ

(Ey Muhammad), ayting: "Agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urug‘laringiz, kasb qilgan mollaringiz, kasod bo‘lishidan qo‘rqqan tijoratlaringiz va xush ko‘rgan maskanlaringiz sizga Allohdan, Uning Rasuli va uning yo‘lida jihod qilishdan mahbubroq bo‘lsa, u holda Alloh O‘z amrini keltirgunicha kutib turing. Alloh fosiq qavmni hidoyat qilmaydi" («Tavba», 24).

Mo‘min ehtiyoj chegaralarini tan olmaydigan bebosh nafsning tuzog‘iga tushmaslikka harakat qilib, Allohning amr etgan yuksak axloq talablariga javob berishga intiladi. Ular barcha harakatlarida Alloh roziligini ko‘zlab, halol bilan haromning chegarasini qat’iy belgilaydilar. Qanday ish bajarmasinlar, barchasida haqiqatgo‘y, adolatli, g‘ayratli, tavoze’li bo‘ladilar.

Inson hayotining barcha tomonlarini qamrab olgan Qur’oni karimda tijorat va oldi-sotdi qoidalari ham bayon qilingan. Tijorat faoliyatidagi moliyaviy munosabatlarda ribo va uning sarqitlarini tark etish, foyda ko‘rishda haddan oshmaslik, rostgo‘y bo‘lish, qarz oldi-berdi qilganda uni yozib qo‘yish, hujjatlashtirish va unga shohid qilish, rost bo‘lsa-da, qasam ichishdan tiyilish, o‘lchagan vaqtda to‘kis o‘lchash, to‘g‘ri tarozu bilan tortish bu borada amal qilinishi zarur bo‘lgan shartlardir.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 07:18:44
Oldi-sotdi vaqtida...

Hozirgi kunda deyarli barcha oldi-sotdi qiladi. Hatto, bu ish ko‘pchilikning kundalik yumushiga ham aylanib qolgan. Shunday odamlar borki, do‘stlari orasida raqobat qilib ehtiyoji bo‘lmagani holda turli kiyim-kechaklar, uy-ro‘zg‘or buyumlari sotib oladilar. Ular ehtiyoj yuzasidan emas, balki ortiqcha pulni qaerga sarflashni bilmay xarid qiladilar. Ular soatlab, hatto bir necha kunlab do‘konma-do‘kon izg‘ishadi. Kiyimlari ko‘pligidan, hatto, aniq bir narsa olish kerakligini o‘zlari ham bilmaydilar. Albatta, yangi narsa xarid qilish, u xoh kiyim, xoh uy jihozi bo‘lsin, odamga zavq bag‘ishlaydi. Lekin bu zavq ehtiyojidan tashqari narsalarni xarid qilishga, oxiratni unutib dunyoga hirs qo‘yishga sabab bo‘lmasligi kerak.

Shunday insonlar borki, oldi-sotdi qilish ular hayotining mazmuniga aylanib qolgan. Ular uchun go‘yo dunyoda bundan muhimroq ish yo‘q. Afsuski ular Alloh tomonidan bir marta beriladigan yashash ne’matini, umr soatini shu kabi arzimas narsalarga sarflab, Alloh roziligini topish u yoqtsa tursin, oddiy bandalik burchini ham unutib qo‘yadilar. Qur’on bilan xulqlanganlarning xaridlari hayotiy ehtiyojdan kelib chiqsa-da, Alloh oldidagi burchlarini bajarishga mone’lik qilmaydi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 08:21:51
Xarid uchun bozorga chiqqan odam quyidagi ulkan haqiqatni yodda tutishi lozim: Alloh bandalari uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak singari turli-tuman ne’matlar yaratgan. Faqat ba’zi o‘lkalarda hukm surayotgan ishsizlik, qashshoqlik, ocharchilik, turli ziddiyatlar, tabiiy ofatlar tufayli, aholining katta qismi bunday ne’matlardan bebahra. Bularning barchasi Allohning izni-irodasi bilan yuzaga kelib, bu haqda Qur’oni karimda shunday marhamat qilingan:

أَوَلَمْ يَعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَنْ يَشَاءُ وَيَقْدِرُ إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَاتٍ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ

"Axir ular Alloh O‘zi xohlagan kishining rizqini keng va (O‘zi xohlagan kishining rizqini) tang qilishini bilmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir" 
 («Zumar», 52).

وَنَبْلُوكُمْ بِالشَّرِّ وَالْخَيْرِ فِتْنَةً

".... Biz sizlarni (sabr-toqatlaringizni sinash uchun) yomonlik bilan ham (shukr qilishingizni bilish uchun) yaxshilik bilan ham "aldab" imtihon qilurmiz" («Anbiyo», 35).

Yuqoridagi oyatga ko‘ra, Alloh insonlarga turli-tuman sinovlar yuboradi. Faqat mo‘min qanday holatda bo‘lishidan qat’i nazar, o‘ziga berilgan ne’matlar uchun shukr qiladi, hamda sinov etilayotganini bilib Alloh xushnud bo‘ladigan tarzda yo‘l tutadi. Uning shukrini qalbi, tili, harakatlari ifoda etadi. Alloh tomonidan ato etilgan ne’matlarni xayrli yo‘lda ishlatadi. Agar Alloh rizqini qissa, bunday holatda ham go‘zal sabr qilib, Allohga qalbi bilan shukr qiladi. Alloh faqirlik bilan imtihon qilayotganini bilib, O‘zidan yordam so‘rab duo qiladi. Ular har qanday holda ham Allohdan rozi bo‘ladilar va Alloh roziligini topish umidi bilan yashaydilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 08:24:27
Qur’on axloqidan benasib kimsalar zig‘irdek musibat oldida ham o‘zlarini yo‘qotib qo‘yib, Allohga isyon qiladilar. Ulardagi bu holatni Parvardigori olam shunday bildirgan:

فَأَمَّا الإنْسَانُ إِذَا مَا ابْتَلاهُ رَبُّهُ فَأَكْرَمَهُ وَنَعَّمَهُ فَيَقُولُ رَبِّي أَكْرَمَنِ (١٥)وَأَمَّا إِذَا مَا ابْتَلاهُ فَقَدَرَ عَلَيْهِ رِزْقَهُ فَيَقُولُ رَبِّي أَهَانَنِ

"Bas, qachon Robbisi insonni sinash uchun ikrom qilsa va ne’mat bersa: "Meni Robbim ikrom qildi", deydur. Bas, qachon Robbisi sinash uchun rizqini tor qilib qo‘ysa, u: "Robbim meni xorladi", deydir" («Fajr», 15-16).

Yer yuzidagi barcha ne’matlarning yaratuvchisi Allohdir. Buni bilmaganlar sotib olgan kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy jihozlari singari ne’matlarga Allohning izni-irodasi bilan yetishganlarini unutadilar. Xarid qilish chog‘ida asosiy maqsadlari odamlar orasida obro‘ orttirishdan iborat bo‘ladi.

Xayollarini mudom band etgan mavzu — yilning eng so‘nggi urfi, urf bo‘lgan rang, nima, qaerda, necha pulga sotilishi singari ahamiyatsiz narsalardir. O‘zlariga ato etilgan ne’matlarga qanoat qilmay, noshukrlik qilgan kimsalarning bu harakatini Alloh shunday bayon etgan:

وَآتَاكُمْ مِنْ كُلِّ مَا سَأَلْتُمُوهُ وَإِنْ تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لا تُحْصُوهَا إِنَّ الإنْسَانَ لَظَلُومٌ كَفَّارٌ

"Shuningdek, sizlarga barcha so‘ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yetolmaysizlar. Haqiqatan, inson zoti o‘ta zolim va juda noshukrdir" («Ibrohim», 34).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 08:27:47
Qur’on bilan xulqlanish baxtiga muyassar bo‘lgan mo‘min foydasiz, ehtiyojidan tashqari bo‘lgan narsalar uchun vaqt ham, pul ham sarflamaslikka harakat qiladi. Xarid qilish chog‘ida isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymay, ushbu oyatga amal qiladilar:

يَا بَنِي آدَمَ خُذُوا زِينَتَكُمْ عِنْدَ كُلِّ مَسْجِدٍ وَكُلُوا وَاشْرَبُوا وَلا تُسْرِفُوا إِنَّهُ لا يُحِبُّ الْمُسْرِفِينَ

"Ey odam bolalari, har bir ibodat chog‘ida o‘z ziynatingizni oling. Yeb-iching va isrof qilmang. Chunki, U isrof qilguvchilarni sevmas" («A’rof», 31).

Shuningdek ular "Isrof qiluvchilar shaytonning do‘stlari bo‘lgan kimsalardir. Shayton esa Parvardigoriga butunlay kofir bo‘lgandir" oyatini mudom yodda tutadilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 08:39:44
Ibodatlarni ado etishda"¦

Alloh taolo Zoriyot surasining 56-oyatida:

وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالإنْسَ إِلا لِيَعْبُدُونِ

"Jin va insonni faqat menga ibodat qilish uchungina yaratdim" oyati bilan jinlar qatori insonlarni ham O‘ziga bandalik qilishlari uchun yaratgani haqida xabar bergan.

Boshqacha qilib aytganda, insonning yaratilishidan maqsad, har narsaning Xoliqi bo‘lgan Robbimizga, Qur’onda bildirilganidek, bandadik burchlarini bajarishdir. Shuni bilib, Qur’onni o‘zlzdyaga rahbar qilganlar Allohga ibodat qilishni hamma narsadan ustun qo‘yishadi, hamda o‘rtacha 60-70 yillik qisqa umrlarida abadiy bo‘lgan oxirat hayoti uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, Alloh roziligini topishga harakat qilishadi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 08:43:16
Mo‘minlar Qur’on xulqini hayotning ma’lum qism, ma’lum onlariga emas, balki har on, har sohasiga dastur qilib oladilar. Alloh amrlarini bajarishda tirishqoqlik ko‘rsatib, solih amallar qilishda bardavom bo‘ladilar. Alloh taoloning:

قُلْ إِنَّ صَلاتِي وَنُسُكِي وَمَحْيَايَ وَمَمَاتِي لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ

"Sen: "Albatta, mening namozim, ibodatlarim, hayot va mamotim olamlarning Robbi Alloh uchundir", deb ayt" («An’om», 162) oyatini mudom yodda tutib, ko‘plab solih amallar qilishga intiladilar. Ular uchun bu intilishning chegarasi, to‘xtovi bo‘lmaydi. Mo‘min uchun bir ishning tamom bo‘lishi, boshqa ishni boshlash kerakligini bildiradi. Chunki mo‘min dunyoda o‘zi uchun imkon sifatida berilgan har soniyani Alloh roziligini topish uchun sarflaydi. Bu bilan o‘tkazgan har soniyaning hisobini oxiratda oson berib, yaratuvchisi oldida yuzi yorug‘ bo‘lishini ko‘zlaydi. Shu sababli ular umrning har daqiqasini Alloh xushnud bo‘ladigan tarzda o‘tkazishga harakat qiladilar.

وَيَزِيدُ اللَّهُ الَّذِينَ اهْتَدَوْا هُدًى وَالْبَاقِيَاتُ الصَّالِحَاتُ خَيْرٌ عِنْدَ رَبِّكَ ثَوَابًا وَخَيْرٌ مَرَدًّا

"Va Alloh hidoyatga yurganlarning hidoyatini ziyoda qiladi. Boqiy qoluvchi solih amallar, Robbing nazdida, savob jihatidan yaxshiroqdir va oqibat jihatidan yaxshiroqdir" («Maryam», 76).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 08:45:53
Johil insonlarning bu boradagi tutumi moddaparastlik mantig‘iga asoslangan bo‘lib, ular oxirat hayotiga ishonchsizlik va shubha bilan qarashadi. Shu sababli ular ibodatlarni to‘la ado etishga e’tiborsizlik qilishadi. Mo‘minlarning ulardan ustunligi quyidagi oyat talablariga to‘liq javob berishlarida namoyon bo‘ladi.

الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ وَيُقِيمُونَ الصَّلاةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ (٣) وَالَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِمَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنْزِلَ مِنْ قَبْلِكَ وَبِالآخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ (٤) أُولَئِكَ عَلَى هُدًى مِنْ رَبِّهِمْ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ

"Ular g‘aybga iymon keltirurlar, namozni to‘kis o‘qirlar va biz ularga bergan rizqdan nafaqa qilurlar. Va ular senga va sendan ilgari nozil qylyngan narsaga iymon keltiradilar va oxiratga aniq ishonadilar. Ana o‘shalar, Robbilaridan bo‘lgan hidoyatdadirlar, ana o‘shalar, o‘shalargina   najot topguvchilardir" («Baqara», 3-5).

Oyatda zikr qilingan sifatlar insonlar uchun juda muhim bo‘lib, ularning barini o‘zida mujassam etganlargina Qur’on hidoyatidan bahramand bo‘la oladilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 08:49:09
Har yangi kunni Alloh roziligini topish harakatida o‘tkazgan mo‘min uchun ibodatlarni ado etish buyuk zavq bag‘ishlaydi, u kun bo‘yi bajargan har bir ishida Allohni eslaydi. Uning cheksiz qudrati, ilmi, marhamati va boshqa sifatlari haqida chuqur mushohada qiladi. Bunday qilish quyidagi oyatlar hukmini hayotga tatbiq etishning bir ko‘rinishidir:

وَاذْكُرْ رَبَّكَ كَثِيرًا وَسَبِّحْ بِالْعَشِيِّ وَالإبْكَارِ

"...Robbingni ko‘p esla va ertayu kech tasbih ayt" («Oli Imron», 41).

وَاذْكُرْ رَبَّكَ فِي نَفْسِكَ تَضَرُّعًا وَخِيفَةً وَدُونَ الْجَهْرِ مِنَ الْقَوْلِ بِالْغُدُوِّ وَالآصَالِ وَلا تَكُنْ مِنَ الْغَافِلِينَ

"Robbingni ertayu kech ichingda tazarru’-la qo‘rqib, ovoz chiqarib gapirmay zikr qil va g‘ofillardan bo‘lma" («A’rof», 205).

Bunga amal qilgan mo‘minlar har vaqt xotirjam va baxtiyordirlar. Chunki

أَلا بِذِكْرِ اللَّهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ

"Ogoh bo‘lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur" («Ra’d», 28) oyatida Robbimiz qalblar yolg‘iz Uning zikri bilan orom topishini bildirgan.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 08:51:54
Qur’onni o‘zlari uchun dastur qilganlar, Alloh amr etgan besh vaqt namoz, ro‘za, zakot, haj singari farz ibodatlarni tirishqoqlik bilan bajaradilar.
Hech narsa ularni bu ibodatlarni ado etmasliklari uchun bahona bo‘la olmaydi. Misol uchun namoz: ular besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etishga jiddiy qaraydilar. Dunyoviy ishlar namozni ado etish uchun to‘sqinlik qilishiga yo‘l bermaydilar. Ular Allohga yaqinlashtiruvchi bu ibodatni buyuk zavq, hayajon, xushu’ va xuzu’ bilan ado etadilar. Allohga qalbi bilan yuzlanmagan, riyo uchun namoz o‘qiganlar hech qachon mo‘min kabi ibodat qilish baxtini, lazzatini his qila olmaydi. Ming afsuski, ular bandalik burchi bo‘lgan namoz ibodatini yolg‘iz qolganlarida "unutib" qo‘yadilar. Riyokorlarga xos bu sifat haqida Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

فَوَيْلٌ لِلْمُصَلِّينَ (٤)الَّذِينَ هُمْ عَنْ صَلاتِهِمْ سَاهُونَ

«Bir namozxonlarga vayl bo‘lsinki, ular namozlarini unutguvchilardir» («Ma’un», 4-5).

Ba’zilar ibodatni namoz, ro‘za, zakot, hajdangina iborat deb tor doirada tushunadilar. Besh vaqt namoz o‘qib, Ramazon ro‘zasini tutib ibodatlarni to‘kis bajarib, o‘zlarining iborasi bilan aytganda, "jannatga yo‘llanma oldim" deb o‘ylaydilar. Vaholanki, ibodat faqat namoz, ro‘za, zakot, haj bilan chegaralanmagan. Aslida ibodat Allohga bo‘ysunish, itoat qilish, ya’ni Alloh roziligi uchun harakat qilishdir. Mo‘min uchun namoz qanchalik muhim ibodat bo‘lsa, g‘azabni yengish, xushmuomala bo‘lish, huda-behudaga tortishmaslik kabi Alloh roziligi uchun qilingan har bir harakat ham ibodatdir.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Avgust 2008, 08:54:12
Mo‘minlar Qur’on xulqini imkon qadar hayotlariga tatbiq etar ekanlar, yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytarish, Qur’on xulqi bilan yashashga da’vat etish singari ibodatlar kundalik hayotlartsning mazmunini tashkil qiladi. Ular Allohning haq dininig Islom axloqining naqadar go‘zalligini o‘z hatti-harakatlari orqali insonlarga yetkazish mas’uliyati bilan yashaydilar. Bu mas’uliyat hissi faqat g‘ayridinlar orasida emas, balki mo‘minlarning o‘zaro munosabatlarida ham aks etib, bir-birlariga ibrat bo‘lishga harakat qiladilar. Ularning sifatlari "Tavba" surasida quyidagicha vasf qilingan:

وَالْمُؤْمِنُونَ وَالْمُؤْمِنَاتُ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ يَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَيُقِيمُونَ الصَّلاةَ وَيُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَيُطِيعُونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ أُولَئِكَ سَيَرْحَمُهُمُ اللَّهُ إِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ

"Mo‘min erkaklar va mo‘mina ayollar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyururlar, yomonlikdan qaytarurlar, namozni to‘kis ado eturlar, zakotni berurlar hamda Allohga va uning Rasuliga itoat qilurlar. Ana o‘shalarga Alloh tezda rahm qilur. Albatta, Alloh g‘olib va hikmatli zotdir" (71-oyat).

Mo‘min boshqalarni go‘zal axloqqa da’vat etish uchun imkon qadar g‘ayrat qiladi. Allohning borligi, birligi, sifatlari, insonning yaratilishidan maqsad, Allohga xush kelgan amallar, Qur’onga ko‘ra yaxshi va yomon, haq va botil, jannat va jahannam singari ko‘plab diniy mavzularda tushuncha beradi. Mo‘minlarning o‘zaro munosabatlari oddiy muloqot bo‘lmasdan, balki islomiy bilimlarini boyitishga, bir-birlaridan o‘rganishga, bir-birlarini to‘ldirishga xizmat qiladi. Ular Islom axloqining afzalligini ko‘rsatishda faqat o‘zaro suhbatlardan emas, balki radio, televizor, internet, kitob, jurnal singari ommaviy axborot vositalaridan ham foydalanadilar. Insonlarni Qur’on xulqiga da’vat etish uchun islomiy bilimlarni chuqur egallash va qat’iy amal qilish lozimligini biladilar. Shu sababli muttasil ravishda Qur’on ilmi va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini o‘rganib, bu boradagi' bilimlarini boyitib, axloqlarini ham shunga mutanosib ravishda takomillashtirishga harakat qiladilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 10 Avgust 2008, 08:18:24
Uyqu oldidan...

Kun tugab, atrofni asta-sekin qorong‘ulik bosib kelishi — tunning boshlanishida tafakkur qiluvchilar uchun ko‘plab hikmatlar bordir. Alloh taolo, —

وَآيَةٌ لَهُمُ اللَّيْلُ نَسْلَخُ مِنْهُ النَّهَارَ فَإِذَا هُمْ مُظْلِمُونَ

"Kecha ham ular uchun (bizning qudratimizni ko‘rsatib turadigan) bir oyatdir: Biz undan kunduzni yechib olishnmiz bnlan banogoh ular zulmatda qolurlar" («Yosin», 37) yoki, —

تُولِجُ اللَّيْلَ فِي النَّهَارِ وَتُولِجُ النَّهَارَ فِي اللَّيْلِ وَتُخْرِجُ الْحَيَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَتُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَيِّ وَتَرْزُقُ مَنْ تَشَاءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ

"Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga kiritursan, o‘likdan tirikni chiqarursan va tirikdan o‘lnkniyanqarursan hamda xohlagan kishingga rizq berursai" deb ayt" («Oli Imron», 27) oyatlari bilan bu haqiqatni insonlarga bildirgan.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 10 Avgust 2008, 08:20:00
Qorong‘u bo‘lib turgan kechada asta-sekin tong yorishib borishi, xuddi kecha kunduzning ichiga kirib borayotgandek yoki oqshom tusha boshlaganda, kunduz kechaning ichiga kirib ketayotgandek tuyuladi. Bundan tashqari, quyoshning asta-sekin botishi, qorong‘ulikning birdaniga emas, sekin-sekin tushishi, borliqni zulmat qoplab oy va yulduzlarning birin-ketin paydo bo‘lishidek oddiy tuyulgan bu tabiat hodisasida jonzotlar uchun Allohning buyuk marhamati bor.

Faraz qiling, siz birdaniga yorug‘likdan qorong‘ulikka kirib qoldingiz. Ko‘zlaringiz to qorong‘ulikka o‘rganguncha ancha vaqt o‘tadi, qiynalasiz. Yoki aksincha, qorong‘ulikdan birdaniga quyoshli joyga chiqdingiz, vujudingiz quyosh nuriga tob berolmay, kasallikka chalinishi mumkin. Kecha va kunduzning almashinishida yorug‘likdan qorong‘ulikka, yoki qorong‘ulikdan yorug‘likka asta-sekinlik bilan o‘tishdagi tabiat hodisasiga barcha jonzotlar osonlikcha moslashadilar. Bu hodisadagi tafovut keskin bo‘lmaganligi tufayli, ular hech qanday zarar ko‘rmaydilar. Qur’on axloqi bilan xulqlangan mo‘min bularni o‘ylaganda yana bir bor Allohning

وَهُوَ أَرْحَمُ الرَّاحِمِينَ

"Marhamatlilarning eng marhamatlisi" (Yusuf», 92) ekanligini e’tirof etadi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 10 Avgust 2008, 08:25:25
Shubhasiz, kecha va kunduzning ketma-ket kelishi, voqealarning asta-sekinlik bilan yuz berishi Allohning insonlar uchun yaratgan hisobsiz ne’matlaridan biridir. Insonlar buni yaxshilab anglab yetishlari uchun Robbimiz quyidagicha marhamat qilgan:

قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِنْ جَعَلَ اللَّهُ عَلَيْكُمُ اللَّيْلَ سَرْمَدًا إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ مَنْ إِلَهٌ غَيْرُ اللَّهِ يَأْتِيكُمْ بِضِيَاءٍ أَفَلا تَسْمَعُونَ (٧١)قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِنْ جَعَلَ اللَّهُ عَلَيْكُمُ النَّهَارَ سَرْمَدًا إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ مَنْ إِلَهٌ غَيْرُ اللَّهِ يَأْتِيكُمْ بِلَيْلٍ تَسْكُنُونَ فِيهِ أَفَلا تُبْصِرُونَ

"(Ey Muhammad), ayting: "Xabar beringiz-chi, agar Alloh kechani qiyomat kunigacha ustingizda mangu qilib qo‘ysa, Allohdan o‘zga qaysi bir iloh sizlarga biron yorug‘lik keltira olur?! Axir anglamaysizlarmi?" Ayting: Xabar beringiz-chi, agar Alloh kunduzni qiyomat kunigacha ustingizda mangu kilib qo‘ysa, Allohdan o‘zga qaysi bir iloh sizlarga orom oladigan kechani keltira olur?! Axir ko‘rmaysizlarmi?" («Qasos», 71-72).

Kecha va kunduzning muntazam ravishda almashinib turishi, ular o‘rtasidagi muvozanatning saqlanishi, tun qisqarsa, kunning uzayishi va aksincha kun qisqarsa tunning uzayishi — borliqning yagona yaratuvchisi — Allohdandir.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 10 Avgust 2008, 08:27:48
Insonlar tomonidan eng mukammal yaratilgan soatlar ham bir kecha-kunduzda ma’lum daqiqalarga "adashadi", biroqkun bilan tunning almashishi, fasllarning bir-biriga joy berishi, ular bilan bog‘liq turli mavsumiy, Alloh tomonidan belgilab qo‘yilgan qonunlar asosidagi tabiat hodisalarida hech qanday mavhumlik yo‘q.

وَالشَّمْسُ تَجْرِي لِمُسْتَقَرٍّ لَهَا ذَلِكَ تَقْدِيرُ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ (٣٨)وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ حَتَّى عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَدِيمِ (٣٩)لا الشَّمْسُ يَنْبَغِي لَهَا أَنْ تُدْرِكَ الْقَمَرَ وَلا اللَّيْلُ سَابِقُ النَّهَارِ وَكُلٌّ فِي فَلَكٍ يَسْبَحُونَ

"Quyosh o‘z joyida harakatlanib turadi, ulug‘ va aziz Alloh shuni taqdir qilgandir. Oyga esa xos manzillarni belgilab qo‘yganmiz, hatto tok novdasiga o‘xshab qoladi. Quyosh oyning o‘rniga chiqmaydi. Kechasi kunduzidan o‘tib ketmaydi va barchalari falakda suzib yuradi" («Yosin», 38-40).

Agar Alloh istasa yer yuzi faqat kunduz yoki srhQat kechadan iborat bo‘lishi mumkin. Faqat jonzotlar bunga chyday olmaydilar. Shubhasiz Alloh kecha va kunduzni bexato tizim asosida yer yuzidagi jonzotlar, o‘simlik dunyosining yashashi uchun qulay sharoit qilib yaratgan. Bu esa Uning shafqat va marhamati cheksiz Zot ekanligining yorqin dalilidir. Yuqorida "Qasos" surasidan keltirilgan 71-72- oyatlarning davomidagi oyatda Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

وَمِنْ رَحْمَتِهِ جَعَلَ لَكُمُ اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ لِتَسْكُنُوا فِيهِ وَلِتَبْتَغُوا مِنْ فَضْلِهِ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

"(Alloh) sizlar uchun kecha va kunduzni unda (ya’ni kechada) orom olishlaringiz, (kunduzni esa) Uning fazl-rizqidan istashlaringiz va shukr qilishlaringiz uchun paydo qilib qo‘ygani Uning rahmat-marhamatidandir" («Qasos», 73).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 10 Avgust 2008, 08:29:57
Kecha va kunduzning tartib bilan kelishidagi hikmatlarni faqat tafakkur qiluvchi aql egalari, Allohdan qo‘rquvchi va Qur’on xulqi bilan yashovchilargina e’tirof etadilar.

إِنَّ فِي اخْتِلافِ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَمَا خَلَقَ اللَّهُ فِي السَّمَاوَاتِ وَالأرْضِ لآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَّقُونَ

"Albatta, kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmonlaru yerda yaratgan narsalarda taqvo qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir" («Yunus», 6).

إِنَّ فِي خَلْقِ السَّمَاوَاتِ وَالأرْضِ وَاخْتِلافِ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ لآيَاتٍ لأولِي الألْبَابِ

"Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida va kecha-kunduzning almashinishida aql egalari uchun belgilar bor" («Oli Imron», 190).

إِنَّ فِي خَلْقِ السَّمَاوَاتِ وَالأرْضِ وَاخْتِلافِ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَالْفُلْكِ الَّتِي تَجْرِي فِي الْبَحْرِ بِمَا يَنْفَعُ النَّاسَ وَمَا أَنْزَلَ اللَّهُ مِنَ السَّمَاءِ مِنْ مَاءٍ فَأَحْيَا بِهِ الأرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَبَثَّ فِيهَا مِنْ كُلِّ دَابَّةٍ وَتَصْرِيفِ الرِّيَاحِ وَالسَّحَابِ الْمُسَخَّرِ بَيْنَ السَّمَاءِ وَالأرْضِ لآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ

"Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida, kechayu kunduzning almashib turishida, odamlarga manfaatli narsalari ila dengizda yurib turgan kemada, Allohning osmondan tushirib, u bilan o‘lik yerni tiriltirishi va unda turli jondorlarni taratishida, shamollarning yo‘naltirilnshida, osmonu yer orasida itoatgo‘y aql yurituvchi qavmlar uchun belgilar bor" («Baqara», 164).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 10 Avgust 2008, 08:32:10
Alloh kechani bandalari uxlab orom olishlari uchun yaratganini shunday bildirgan:

هُوَ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ اللَّيْلَ لِتَسْكُنُوا فِيهِ وَالنَّهَارَ مُبْصِرًا إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَسْمَعُونَ
   
"U sizlarga sokinlik topishingiz uchun kechani va ko‘rsatuvchi etnb kunduzni qilgan Zot. Albatta, bunda eshitadigan qavmlar uchun oyat-alomatlar bordir" («Yunus, 67).

أَلَمْ يَرَوْا أَنَّا جَعَلْنَا اللَّيْلَ لِيَسْكُنُوا فِيهِ وَالنَّهَارَ مُبْصِرًا إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَاتٍ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ

"Biz ular orom olishlari uchun kechani paydo qilganimizni va kunduzni yorug‘ qilib qo‘yganimizni ko‘rmadilarmi? Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir" («Naml», 86).

اللَّهُ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ اللَّيْلَ لِتَسْكُنُوا فِيهِ وَالنَّهَارَ مُبْصِرًا إِنَّ اللَّهَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى النَّاسِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لا يَشْكُرُونَ

"Alloh sizlar orom olishingiz uchun kechani va (kasbu kor, sayru sayohat qilishingiz uchun) ochiq-yorug‘ kunduzni yaratib qo‘ygan Zotdir. Albatta, Alloh odamlarga fazlu marhamat sohibidir. Lekin odamlarning ko‘pn shukr qilmaydilar" («G’ofir», 61).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 02:56:45
Kechaning yaratilishida insonlarning dam olib, hordiq chiqarishlaridan tashqari yana buyuk bir hikmat bordir. Butun mavjudot uyquga ketib, osoyishtalik hukm surgan bir paytda ibodat qilish maqsadida oromidan kechgan mo‘min Parvardigori olamning Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bergan quyidagi xushxabarini eslaydi:

وَمِنَ اللَّيْلِ فَتَهَجَّدْ بِهِ نَافِلَةً لَكَ عَسَى أَنْ يَبْعَثَكَ رَبُّكَ مَقَامًا مَحْمُودًا

"Kechasida tahajjud (namozi) qil. Senga nofila bo‘lur. Shoyadki, Robbing seni Maqomi Mahmudda tiriltirsa" («Isro’ 79).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 02:59:41
Tunda osoyishtalikning hukm surishi mo‘minga Allohning qudratini chuqur mushohada qilish, Qur’on o‘qish, duo qilish singari ibodatlarni bajarish uchun qulay qilib berilgan. Buni bilgan mo‘min tunning ma’lum qismini ibodatbilan o‘gkazishga intiladi. Extiyojlari, kun davomida qilgan gunohlari mag‘firatini Allohbilan yuzma-yuz qolib so‘raydi. Tunning bir qismini ibodat bilan o‘tkazgan mo‘minlarni Robbimiz quyidagicha vasf qilgan:

وَالَّذِينَ يَبِيتُونَ لِرَبِّهِمْ سُجَّدًا وَقِيَامًا

"Ular kechalarni Robbilariga sajda qilib va (joynamozlarida tik turib) bedor o‘tkazadigan kishilardir" («Furqon», 64).

تَتَجَافَى جُنُوبُهُمْ عَنِ الْمَضَاجِعِ يَدْعُونَ رَبَّهُمْ خَوْفًا وَطَمَعًا وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ

"Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur, (ya’ni tunni ibodat bilan o‘tkazib oz uxlaydilar) Ular Robbilariga qo‘rquv va umidvorlik bilan duo-iltijo etar va biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilarlar" («Sajda», 16).

أَمَّنْ هُوَ قَانِتٌ آنَاءَ اللَّيْلِ سَاجِدًا وَقَائِمًا يَحْذَرُ الآخِرَةَ وَيَرْجُو رَحْمَةَ رَبِّهِ قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَالَّذِينَ لا يَعْلَمُونَ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُولُو الألْبَابِ

"Yo kechalari sajda qilgan va qiyom-tik turgan holda toat ibodat qiluvchi, oxiratdan qo‘rqadigan va Parvardigori rahmatidan umidvor bo‘lgan kishi bilan (kufru isyonga g‘arq bo‘lgan kimsa) barobar bo‘lurmi? Darhaqiqat faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar" («Zumar», 9).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:00:52
Tunning ma’lum qismini ibodat bilan o‘tkazgan mo‘min shu bilan birga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga ham-amal qilgan bo‘ladi.

إِنَّ رَبَّكَ يَعْلَمُ أَنَّكَ تَقُومُ أَدْنَى مِنْ ثُلُثَيِ اللَّيْلِ وَنِصْفَهُ وَثُلُثَهُ وَطَائِفَةٌ مِنَ الَّذِينَ مَعَكَ

"Albatta, Robbing seni kechaning uchdan birilan ozrog‘ini yo yarmini, yo uchdan birini qoim bo‘lib o‘tkazayotganingni va sen bilan birga bo‘lganlardan ham bir toifa (shundoq qilayotganlarini) biladi" («Muzzammil», 20).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:02:37
IKKINCHI BO‘LIM

Mo‘min har qanday sharoitda Qur’on xulqiga ko‘ra harakat qiladi

Oilasi va yaqinlari bilan munosabati

Vaqtida o‘qilgan namozdan keyingi Allohga manzur bo‘ladigan fazilat — ota-onaga yaxshilik qilishdir. Har bir inson o‘zining dunyoga kelishiga sabab bo‘lgan, yillar davomida mehr bilan parvarish qilgan ota-onasi uchun Allohga shukr qilishi, ularga yaxshi munosabatda bo‘lishi, ularning haqqiga duo qilishi bajarish zarur bo‘lgan muhim vazifalardan biridir. Mo‘min har doim shu haqiqatni yodda tutishi lozim: ota-onasini yaratgan, ularga marhamat, shafqat va farzand sevgisini bergan Allohdir. Alloh ojiz, bir parcha et holidagi kichkina vujudning katta bo‘lib, o‘zini boshqarish holiga kelishi uchun ota-onalarni farzandlariga mehribon qilgan. Alloh insonni voyaga yetkazish uchun ota-onalarga ulkan muhabbat, mas’uliyat, sabru toqat, ayni vaqtda ota-ona bo‘lishdek buyuk baxt ato etgan. Farzand buni doimo yodda tutishi, Allohga va ota-onaga shukr qilishi, ular bilan yaxshi munosabatda bo‘lishiga chaqirib, Qur’oni karimda shunday marhamat qilingan:

وَوَصَّيْنَا الإنْسَانَ بِوَالِدَيْهِ حَمَلَتْهُ أُمُّهُ وَهْنًا عَلَى وَهْنٍ وَفِصَالُهُ فِي عَامَيْنِ أَنِ اشْكُرْ لِي وَلِوَالِدَيْكَ إِلَيَّ الْمَصِيرُ

"Biz insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni amr etdik. Onasi unga ojizlik ustiga ojizlik bilan homilador bo‘ldi, uni ko‘krakdan ajratish muddati ikki yilda kelur" («Luqmon», 14).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:04:47
"Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiynalib homilador bo‘lib, qiynalib tuqqandir. Unga homilador bo‘lish va (sutdan) ajratish muddati o‘ttiz oydir. Endi qachon u voyaga yetib, qirq yoshga to‘lganda":

قَالَ رَبِّ أَوْزِعْنِي أَنْ أَشْكُرَ نِعْمَتَكَ الَّتِي أَنْعَمْتَ عَلَيَّ وَعَلَى وَالِدَيَّ وَأَنْ أَعْمَلَ صَالِحًا تَرْضَاهُ وَأَصْلِحْ لِي فِي ذُرِّيَّتِي إِنِّي تُبْتُ إِلَيْكَ وَإِنِّي مِنَ الْمُسْلِمِينَ

"Parvardigorim, Sen menga va ota-onamga in’om etgan ne’matlaringga shukr qilishga va o‘zing rozi bo‘ladigan yaxshi amallarni qilishga muvaffaq etgin va mening zurriyotlarimni ham solih bandalaringdan qil. Senga tavba qildim va albatta, men musulmonlardanman" dedi" («Ahqof», 15).

تَعَالَوْا أَتْلُ مَا حَرَّمَ رَبُّكُمْ عَلَيْكُمْ أَلا تُشْرِكُوا بِهِ شَيْئًا وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا

"Keling: Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib beraman: "Unga hech narsani sherik keltirmang! Ota-onangizga yaxshilik qiling!" («An’om», 151).

Mo‘min yuqoridagi oyatlarga amal qilib ota-onaga doimo yaxshilik qilishga, ularga hurmat ko‘rsatib, ko‘ngillarini olishga harakat qiladi. Bola ota-onaga qanchalik ehson qilmasin, o‘zidan qanchalik ortiq ko‘rmasin, hech vakt o‘zi dunyoga kelishiga sabab bo‘lgan mukofotni qaytara olmaydi. Ota-onaga e’tibor, hurmat ko‘rsatish bilan ular o‘zlari uchun ham yaxshilik qiladilar, ya’ni farzandlaridan yaxshi muomala ko‘rishga yanada munosib bo‘ladilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:06:50
Ota-onaga qo‘pol muomala qilib dillarini og‘ritish qat’iy man’ etilganini bilgan mo‘min quyidagi oyatni doim esda tutadi:

وَقَضَى رَبُّكَ أَلا تَعْبُدُوا إِلا إِيَّاهُ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا إِمَّا يَبْلُغَنَّ عِنْدَكَ الْكِبَرَ أَحَدُهُمَا أَوْ كِلاهُمَا فَلا تَقُلْ لَهُمَا أُفٍّ وَلا تَنْهَرْهُمَا وَقُلْ لَهُمَا قَوْلا كَرِيمًا

"Robbingiz, yolg‘iz Uning O‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onangizga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Ulardan biri yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yeqalar, ularga qarab "uf" (jonimga tegdi) dema, ularning (so‘zlarini) qaytarma. Ularga doimo yaxshi gapir" («Isro», 23).

Buni bilgan mo‘min yuqoridagi oyatga amal qilib qo‘lidan kelganicha ota-onaga yaxshi munosabatda bo‘lishga harakat qiladi va navbatdagi oyatda bildirilganidek ularning haqqiga duo qilishda bardavom bo‘ladi:

وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُلْ رَبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا

"œUlar uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut, xokisor bo‘l va: «Robbim, (ular) meni go‘daklngimdan qanday shafqat ila katta qilgan bo‘lsalar, sen ham ularga marhamat qilgin», deb duo qil" («Isro», 24).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:09:28
Alloh taolo ota-onaning kim va qanday odam bo‘lishlaridan, qaysi dinga e’tiqod qilishlaridan qat’i nazar ozor berishni man’ etib, shunday marhamat qilgan:

وَوَصَّيْنَا الإنْسَانَ بِوَالِدَيْهِ حُسْنًا وَإِنْ جَاهَدَاكَ لِتُشْرِكَ بِي مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ فَلا تُطِعْهُمَا إِلَيَّ مَرْجِعُكُمْ فَأُنَبِّئُكُمْ بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ

"Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. (ya’ni ota-ona xoh yaxshi, xoh yomon, xoh musulmon, xoh g‘ayridin bo‘lsin ularga yaxshilik qilish farzandning burchidir) Agar ular sen bilmagan narsalarni (soxta xudolarni) Menga sherik qilishing uchun zo‘rlasalar, u holda ularga itoat etma. (Barchangiz) Menga qaytursizlar hamda Men qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berurman" («Ankabut», 8-oyat).

Ota-onasi hali-hanuz Islom ne’mati, ibodat qilish baxtidan benasib mo‘minlar shirin so‘z bilan ularning ko‘ngillarini olib, haq yo‘lga da’vat etishlari lozim. Bunda mo‘min otasi butga sig‘ingan Ibrohim alayhissalomning quyidagi muomalasini o‘ziga ibrat qilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:

يَا أَبَتِ إِنِّي قَدْ جَاءَنِي مِنَ الْعِلْمِ مَا لَمْ يَأْتِكَ فَاتَّبِعْنِي أَهْدِكَ صِرَاطًا سَوِيًّا (٤٣)يَا أَبَتِ لا تَعْبُدِ الشَّيْطَانَ إِنَّ الشَّيْطَانَ كَانَ لِلرَّحْمَنِ عَصِيًّا (٤٤)يَا أَبَتِ إِنِّي أَخَافُ أَنْ يَمَسَّكَ عَذَابٌ مِنَ الرَّحْمَنِ فَتَكُونَ لِلشَّيْطَانِ وَلِيًّا

"Ey otam, albatta, senga kelmagan ilm menga keldi. Bas, menga ergash, seni to‘g‘ri yo‘lga boshlayman. Ey otam, shaytonga ibodat qilma. Albatta, shayton Rahmonga osiy bo‘lgandir. Ey otam, albatta, men seni Rahmon tomonidan azob tutishidan va shaytonga do‘st bo‘lib qolishingdan qo‘rqaman", degan edi" («Maryam», 43-45).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:12:31
Ming afsus, oramizda shundaylar borki, ota-onasi qarib, kuch-quvvatdan qolib, z’tiborga, parvarishga muhtoj bir vaqtda uni qariyalar uyiga topshiradilar yoki ular o‘z uylarida begonadek qarovsiz holda yashaydilar. Islom ta’limoti bo‘yicha ota-onani hayotlik paytida xo‘rlash u yoqda tursin, ular vafot etgandan keyin xam ularning haqiga duo va istig‘for aytmoq, va’da qilib bajara olmagan yumushlarini o‘rniga qo‘ymoq, qarzlari bo‘lsa uzmoq, ota-onalaridan yodgor bo‘lib qolgan aka-ukalari, opa-singillariga oqibatli bo‘lish, Allohga yaqinlashtiruvchi, umrni ziyoda qiluvchi, rizqqa baraka beruvchi go‘zal amallardan hisoblanadi.

A’zolarining bari Qur’onni hayotiga rahbar qilgan oilalarda mudom tinch-totuvlik, osoyishtalik, baraka, xursandchilik hukm suradi. Ba’zi oilalarda bo‘ladigan sababsiz kelishmovchiliklar, urush-janjallar Qur’on xulqiga to‘la amal qiluvchi mo‘minlar oilasida yuz bermaydi.

Ularning oilasida erning aroq ichib kelishi, xotining o‘z majburiyatlarini bajarmasligi, farzandlarning ota-onaga itoat qilmasligi singari muammolar bo‘lmaydi. Hukm surayotgan o‘zaro mehr-muhabbat, ahillik tufayli oilaning barcha a’zolari jam bo‘lib o‘tirishi mo‘min uchun zavq bag‘ishlaydi. Alloh rahmat nazari bilan qarovchi bunday oilalarda farzandlar ota-onaga mehr-oqibatli, ota-onalar ham farzand Allohning omonati ekanini bilib, ularning odob-axloqiga mas’uliyat bilan qaraydilar.

Oila deganda, ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida mehr-muhabbat, o‘zaro ishonch bilan yashovchi bir nechta odamning kichkina jamoasi gavdalanadi. Lekin Qur’on ilmi, Qur’on xulqidan bexabar yoki xabardor bo‘la turib amal qilmaydigan oilalarning ko‘pida tasavvurimizning aksini ko‘ramiz. Biz hammaning orzusidagi tinch, xotirjam, o‘zaro hurmat, muhabbat hukm suruvchi oila bo‘lib shakllanishlikka faqat Qur’on xulqini mukammal bilib, unga to‘la amal qilishda bardavom bo‘lish orqaligina erishish mumkinligini takror aytishdan charchamaymiz.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:15:51
Ne’matlar oldidagi tutumi...

Osongina erishish natijasida ko‘z o‘rganib, oddiy narsadek tuyulgan barcha ne’matlarga faqat mo‘minlar, ularning ichida ham Qur’onga amal qiluvchilargina ibrat nazari bilan qaraydilar. Ular ko‘rayotgan ko‘z, eshitayotgan quloq, harakatlanayotgan oyoq-qo‘l, yeyilayotgan oziq-ovqatlar, nafas olinayotgan toza havo, egalik qilinayotgan uy-joy, mashina singari sanab-sanog‘iga yetib bo‘lmaydigan barcha ne’matlarning sohibi Alloh ekanligi hamda

وَإِنْ تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لا تُحْصُوهَا إِنَّ اللَّهَ لَغَفُورٌ رَحِيمٌ

"Agar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yeta olmaysizlar. Albatta, Alloh mag‘firatli, mehribondir" («Nahl», 18) oyatida Robbimiz bildirgani kabi, Uning ne’matlari behisobligini biladilar. Mo‘minlar Alloh halol qilgan behisob ne’matlaridan bahramand bo‘ladi. Lekin ba’zi johil kimsalar kabi ularga aldanib, oxirat va Qur’on xulqi bilan yashash mas’uliyatini unutmaydilar. Shu sababli Alloh ato etgan davlat, shuhrat, iqtidor singari sinov uchun berilgan vaqtinchalik ne’matlardan kibrlanib, Qur’onga zid harakat qilmaydilar. Ular bu ne’matlarning bari Allohdan ekanini va istagan vaqtda qaytarib olishi mumkinligini biladilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:17:34
Qur’on bilan xulqlangan mo‘min uchun mol-mulk, shuhrat singari dunyo ne’matlari Allohga yaqinlashish va shukr etish uchun bir vosita. Qisqa muddat foydalanadigan uy-joy, mashina, kiyim-kechak kabi ne’matlarga ega bo‘lish mo‘minning hayotidagi asosiy maqsadi emas. Misol uchun dunyoviy hayotda eng ko‘p foydalaniladigan uyni olaylik. Inson o‘rtacha 60-70 yillik umrini shu uyda o‘tkazadi. Hayoti nihoyasiga yetgach, sevib, qadrlagan uyi qolib ketadi. Aniqki, o‘lim inson bilan dunyo ne’matlarini bir-biridan ayiruvchidir. Mo‘min bu haqiqatlarni biladi, shu sababli dunyo va uning ne’matlariga aldanib qolmaydi. U berilgan ne’matlarning haqiqiy sohibi kimligini bilib, so‘zi, harakati, fe’li bilan Yaratganga minnatdorchilik izhor qiladi.

Ba’zilar shukr etish uchun, juda katga va maxsus ne’mat kelishini yoki ulkan muammolari hal bo‘lishini kutadilar. Hayoti, sog‘lig‘i, nafas olayotgan toza havosi, bahramand bo‘layotgan quyosh nuri kabi sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydigan ne’matlarga bepisand karaydilar. Allohni eslash, Uning sifatlarini mushohada qilishdagi nuqsonlar tufayli g‘aflatda bo‘lganlar, bu ne’matlarning qadrini vaqtida bilmasdan, shukrini qilmaydilar. Ularning qadrini qo‘llan boy berganda tushunib qoladilar. Mo‘minlar faqat xursandchilikda yoki mol-mulk, davlat ato etilganda shukr qilmaydilar. Har narsaning haqiqiy egasi Allohekanligini bilgan mo‘min iymon, sog‘liq, go‘zallik, ilm bilan birga, Allohdan yetgan musibat, ko‘ngilsizlik kabi ranjituvchi narsalarga ham qalbdan shukr qiladi. Berilgan ne’matlar uchun kibrlanmay, fe’li va harakatlari bilan minnatdorchilik bildirgan bandalariga Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

لَئِنْ شَكَرْتُمْ لأزِيدَنَّكُمْ وَلَئِنْ كَفَرْتُمْ إِنَّ عَذَابِي لَشَدِيدٌ

"... Qasamki, agar bergan ne’matlarimga shukr qilsangizlar, albatta (ularni yanada) ziyoda qilurman. Endi agar kufroni (ne’mat) qilsangizlar, albatta azobim ham juda qattiqdir" («Ibrohim», 7).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:19:42
"Albatta, molu jonda sinovga uchraysiz" oyatiga ko‘ra barcha ne’matlar bizlar uchun U zotning imtihonidir. Mo‘minlar bu ne’matlar uchun shukr qilish bilan birga, ularni imkon qadar xayrli ishlarga sarflab, yaqinlariga, muhtojlarga nisbatan xasislik qilmaydilar. Ular xasislik qilib mol-dunyo to‘plash jahannam ahliga xosligini bilib bunday illatlardan qat’iy uzoq turadilar.


كَلا إِنَّهَا لَظَى (١٥)نَزَّاعَةً لِلشَّوَى (١٦)تَدْعُو مَنْ أَدْبَرَ وَتَوَلَّى (١٧)وَجَمَعَ فَأَوْعَى (١٨)إِنَّ الإنْسَانَ خُلِقَ هَلُوعًا (١٩)إِذَا مَسَّهُ الشَّرُّ جَزُوعًا (٢٠)وَإِذَا مَسَّهُ الْخَيْرُ مَنُوعًا

"Yo‘q. Albatta u (jahannam) kuchli alangadir. Boshning terisini sidirib oluvchidir. Kim (Haq yo‘lidan) orqaga ketsa va (iymondan) yuz o‘girsa va (molni) yiqqan bo‘lsa va yig‘ib berkitgan bo‘lsa, (jahannam) chaqiradi. Albatta, inson betoqat qilib yaratilgandir. Agar unga yomonlik yetsa chidamsiz bo‘ladi. Va agar yaxshilik yetsa, ko‘p man qiluvchi (baxil)dir" («Maorij», 15-21).

Alloh taqvodorlarning sifati haqida

الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ وَيُقِيمُونَ الصَّلاةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ

"Ular g‘aybga iymon keltirurlar, namozni to‘kis o‘qirlar va Biz ularga bergan rizqdan nafaqa qilurlar" («Baqara», 3) deb, bandalariga ehtiyojdan ortganini, davlatining ortiqchasini xayr-ehson, nafaqa qilish kerakligini bildirgan. Zero, nafaqa qiluvchilar mol sarflashda saxiylik qiladilar, mol-davlatga hirs qo‘yish dardidan xalos bo‘ladilar, odamlar o‘rtasida insoniy birodarlik, tenglik burchlarini ado etib, Alloh roziligini topish baxtiga erishadilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:21:38
Go‘zallik qarshisidagi tutumi...

Boylik, dabdaba, go‘zallik jannatga xos ne’matlar bo‘lib, Alloh bandalarining jannatga kirish orzusini orttirish maqsadida yer yuzida bu ne’matlarning ayrimlarini yaratgan. Bu haqda "Baqara" surasida Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

وَبَشِّرِ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ أَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الأنْهَارُ كُلَّمَا رُزِقُوا مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ رِزْقًا قَالُوا هَذَا الَّذِي رُزِقْنَا مِنْ قَبْلُ وَأُتُوا بِهِ مُتَشَابِهًا وَلَهُمْ فِيهَا أَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ وَهُمْ فِيهَا خَالِدُونَ

"Iymon keltirgan va solih amallar qilganlarga, ular uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar borligining bashoratini ber. Qachonki ularning mevasidan bahramand bo‘lsalar, bundan avval ham rizqlangan edik, derlar. Ularga (surati bir-biriga) o‘xshash narsalar berilgandir. Ularga u yerda pokiza juftlar bor va ular u yerda abadiy qolurlar" (25-oyat).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:26:21
Jannat ne’matlari dunyo ne’matlariga qanchalik o‘xshamasin, haqiqiy va boqiyligi bilan ulardan ustun turadi. Qur’on bilan xulqlangan mo‘min go‘zalikka duch kelganda jannatdagi go‘zallik bundhn afzal va boqiyligini o‘ylaydi. Osmonga qaraganda -
 
وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا السَّمَاوَاتُ وَالأرْضُ

"Kengligi osmonu yercha bo‘lgan" («Oli Imron», 133) jannatning buyukligini, go‘zal maskanlarni ko‘rganda -

غُرَفًا تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الأنْهَارُ

"Ostidan daryolar oqib turgan joylar"ni («Ankabut», 58), ko‘zni qamashtiruvchi ziynatlar ko‘rganda -

يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِنْ ذَهَبٍ وَلُؤْلُؤًا

"Tillo bilaguzuklar va injular ila bezatilajaklar" («Fotir», 33) oyatini, qimmatbaho chiroyli kiyimlar ko‘rganda -

وَيَلْبَسُونَ ثِيَابًا خُضْرًا مِنْ سُنْدُسٍ وَإِسْتَبْرَقٍ

"Shoyi iplardan yaxshi liboslar kiyarlar" («Kahf», 31) xushxabarini, mazali taom yeganda, shirin suv ichganda -

فِيهَا أَنْهَارٌ مِنْ مَاءٍ غَيْرِ آسِنٍ وَأَنْهَارٌ مِنْ لَبَنٍ لَمْ يَتَغَيَّرْ طَعْمُهُ وَأَنْهَارٌ مِنْ خَمْرٍ لَذَّةٍ لِلشَّارِبِينَ

"...Unda aynimagan suvdan bo‘lgan daryolar ham, ta’mi o‘zgarmchydigan sutdan bo‘lgan daryolar ham, ichguvchilar uchun lazzatli (ya’ni badta’m va aqldan ozdirguvchi bo‘lmagan) maydan bo‘lgan daryolar ham bor"ligini («Muhammad», 15), chiroyli qimmatbaho mebellar ko‘rganda jannat ahli -

عَلَى سُرُرٍ مَوْضُونَةٍ (١٥)مُتَّكِئِينَ عَلَيْهَا مُتَقَابِلِينَ

""¦Bir-birlariga ro‘baro‘ bo‘lib yonboshlagan hollarida o‘tiradigan to‘qima, ya’ni duru yoqutlar aralashtirib to‘qilgan tilla so‘rilarda" («Voqea», 15-16) o’tirishini mushohada qiladilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:28:23
Qur’on bilan xulqlangan mo‘min o‘zidan badavlatroqkishini ko‘rganda hasad qilmaydi. Hashamatli uyi, so‘nggi marka mashinasi bo‘lmagani uchun o‘ksinmaydi. Chunki mo‘min hayotining asosiy maqsadlaridan biri bu ne’matlarga vaqtinchalik emas, balki abadiy egalik qilishdir. Ular abadiy egalik qilish faqat Alloh roziligini topib, jannatga kirgandagina bo‘lishini biladilar. Alloh taoloning quyidagi xushxabari ularni mudom jannat sog‘inchi bilan yashashga da’vat qiladi:

يُبَشِّرُهُمْ رَبُّهُمْ بِرَحْمَةٍ مِنْهُ وَرِضْوَانٍ وَجَنَّاتٍ لَهُمْ فِيهَا نَعِيمٌ مُقِيمٌ

"œRobbilari ularga o‘z tarafidan bo‘lgan rahmat, rozilik va ichida ularga atalgan doimiy ne’matlar bor jannatlarning bashoratini beradi"(«Tavba», 21).

Qur’on bilan xulqlanishdek buyuk baxtdan benasib kimsalar asl yurt — oxirat yurti ekanligini "unutib", dunyoning vaqtinchalik ne’matlariga hirs qo‘yadilar. Umr atalmish insonga bir marta beriladigan bebaho imkoniyatningasosiy qismini o‘gkinchi, ahamiyatsiz narsalar ortidan quvib o‘tkazib yuboradilar. Xayollarini mudom "Nega men boy emasman?', "Nega menda bu narsalar yo‘q?" singari alamli savollar band etgan. O‘zlarida bo‘lmagan dunyoviy ne’matlarni birovda ko‘rish ularning qalbida hasad uyg'otadi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:32:24
Ahamiyatsiz tuyulgan narsalar qarshisidagi tutumi...

Barcha odamlar ham kun davomida turli xil ko‘ngilsizlik, dilni ranjitadigan voqea-hodisaga duch keladilar. Bunday holatdan hech kim muhofazalangan emas. Faqat mo‘minlar ko‘ngilsizlik katta-kichik bo‘lishidan qat’i nazar, Allohga taslim bo‘ladilar. Ular Allohni uzlariga vakil bilib "Alloh bizni yaxshilik va yomonlik bilan imtihon qiladi. Bu unutmaslik shart bo‘lgan muhim haqiqatdir", deb o‘ylaydilar. Alloh bandalari bilan yuz bergan har qanday voqea O‘zidan ekanligini quyidagicha bildirgan:

قُلْ لَنْ يُصِيبَنَا إِلا مَا كَتَبَ اللَّهُ لَنَا هُوَ مَوْلانَا وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ

"Sen: "Bizga Alloh yozib qo‘ygan narsadan o‘zgasi zinhor yetmaydi. U bizning xojamizdir. Mo‘minlar Allohgagina tavakkal qilsinlar", — deb ayt" («Tavba», 51).

Mo‘minlar yuz bergan har bir voqea Allohning izni-irodasi bilan ro‘y berishi, unda hikmat borligini, shuningdek, yoqmagan narsada yaxshilik borligi, yoqtirgan narsada esa yomonlik bo‘lishi mumkinligini ham biladilar. Chunki ular Alloh taoloning quyidagi oyatini mudom yodda tutguvchilardir:

وَعَسَى أَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ وَعَسَى أَنْ تُحِبُّوا شَيْئًا وَهُوَ شَرٌّ لَكُمْ وَاللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنْتُمْ لا تَعْلَمُونَ

"....Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz" («Baqara», 216).

Oyatda aytilganidek nima yaxshi-yu nima yomon, biz buni bilmaymiz. Faqat mehribon va rahmli Allohni do‘st bilib, unga tavakkal qilib, itoat etib yashasak ulkan yutuqlarga erishamiz.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:34:16
Barcha insonlar kabi mo‘minlar ham o‘zlari istamagan holda turli muammolarga duch keladilar. Lekin Qur’on bilan xulqlangan mo‘min ularning har biridan o‘ziga hikmat qidiradi. Kelib chiqqan muammo qanday bo‘lishidan qat’i nazar, hech qachon o‘zini yo‘qotib, Allohga isyon qilmaydi. Bunday holga tushgan mo‘min, mudom Allohga iltijo bilan duo qiladi. Chin dildan qilingan duo, albatta, qabul bo‘ladi. Lekin qabul qiluvchi Zot qachon xohlasa. o‘shanda qabul qiladi. Odamlar buni tushunmay, shoshiladi.

Alloh Ibrohim va Ismoil alayhimussalomning

رَبَّنَا وَاجْعَلْنَا مُسْلِمَيْنِ لَكَ وَمِنْ ذُرِّيَّتِنَا أُمَّةً مُسْلِمَةً لَكَ

"Zurriyotimizdan ham o‘zishga musulmon ummat qilgin" ("œBaqara",128) deb qilgan duolarini ko‘p asrlarlan so‘ng qabul qilib, Muhammad alayhissalomni Payg‘ambar qilib yubordi. Musulmon olamidagi shunday buyuk zotlarningki duolari ko‘p asrlardan keyin ijobat bo‘lsa-yu, biz gunohkor bandalar arzimagan bandalik burchimiz uchun Allohdan katta mukofotlar kutib yashashimiz — xudbinlik emasmi?

Mo‘min odam muammolari yechimini topgach, qiyinchilik ortidan osonlik kelganini, duosining qabul bo‘lganini, hamda Allohning duolarni eshitguvchi va ijobat qilguvchi ekanligini yana takror o‘ylab, shukr qiladi. Bularni bilgan mo‘min kun davomida qanday ko‘ngilsizlikka uchramasin, aslo noumid bo‘lmaydi. Alloh buni hikmat va xayr asosida qilganini biladi. Misol uchun, ishga kechikayotganingizda aksiga olib chiqishingiz lozim bo‘lgan transport to‘xtamay o‘tib ketdi. Ba’zilar bundan g‘azablanib, birrov so‘kinib ham olishadi. Qur’on bilan xulqlangan mo‘min esa darrov yuqoridagi oyatlarni eslab "bunda ham bir hikmat bor" deb qo‘yadi. Navbatdagi transportga o‘tirganida, yo‘lning o‘rtasida o‘zi ulgura olmagan o‘sha ulovning buzilib qolganini ko‘rib, yana bir bor Allohning behikmat ish qilmasligiga amin bo‘ladi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:47:06
Dunyoviy hayotda musibatga uchramagan insonning o‘zi bo‘lmasa kerak. Alloh bandalarini yaxshilik bilan imtihon qilgani kabi, yaqin odamidan ayirish, rizqini qisish, xastalik singari musibatlar bilan ham sinaydi. Sinovdan yaxshi o‘tgan bandalariga Alloh taolo shunday xushxabar bergan:

وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِنَ الْخَوْفِ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِنَ الأمْوَالِ وَالأنْفُسِ وَالثَّمَرَاتِ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ (١٥٥)الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ (١٥٦)أُولَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِنْ رَبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ

"Albatta, Biz sizlarni bir oz qo‘rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musibat yetganda: "Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytguvchimiz", deyishadi. Ana o‘shalarga yaratgan Robbilaridan salovotlar va rahmat bor. Ana o‘shalar hidoyat topganlardir" («Baqara», 155-157).

Alloh insonlarni har xil yo‘llar bilan imtihon qilar ekan, sabr qilganlarga salovot, rahmat va ular haq yo‘lda ekanligi mujdasini bergan. Allohning oyatida zikr qilingan sabr, vaqt o‘tib ilojsizliqdan ko‘nikkan sabr emas, balki musibat yetgan vaqtdanoq sabr ila Allohga itoat etishdir.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:47:51
Inson kun davomida turli yo‘qotishlarga duch kelishi mumkin. Misol uchun ro‘zg‘orni tebratib turishga sabab bo‘lgan sevimli ishidan ayrildi, deylik. Johil inson bunday paytda oilasi uchun muhim bo‘lgan rizq manbaini yo‘qotdim deb qattiq qayg‘uradi. Ba’zan bu yo‘qotish hayotining ostin-ustun bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi. Johillardan farqli o‘laroq, mo‘min rizq beruvchi, uning sabablarini yaratuvchi Alloh ekanligini biladi. Ular uchun rizq kelish sababi bo‘lgan ish Allohning ne’matlariga yetish vositasi xolos. Shu sababli ishini yo‘qotgan mo‘min sabr bilan Allohdan yaxshi oqibatlar kutib duo qiladi. Ular rizq beruvchi va istaganida uni olib qo‘yuvchi Alloh ekanini unutmaydilar. Qur’onni o‘ziga rahbar qilgan mo‘min ish joyini yo‘qotish, moddiy zararga uchrash, ruhiy iztirob chekish singari ko‘ngilsizlikka duch kelsa, o‘z harakatlarini tahlil qila boshlaydi. Allohga xush kelmagan biron nojo‘ya harakat qilgan-qilmaganligini o‘ylab, o‘z-o‘ziga quyidagi savollarni beradi:

1.Qo‘ldan ketgan davlat uchun lozim darajada shukr etmadimmi?
2.Alloh bergan ne’matlar uchun noshukrlik yoki xasislik qildimmi?
3.Alloh, uning ibodati va oxiratni unutib davlatga hirs qo‘ydimmi?
4.Davlatim sabab kibrlanib, o‘zimni katta tutib Allohning yo‘li va Qur’ondan uzoqdashdimmi?
5.Alloh roziligi uchun emas, balki odamlarga yoqish, ularning hurmatini qozonish yoki nafsim orzusiga ko‘ra pul sarfladimmi?
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:52:35
Mo‘min o‘z-o‘ziga bergan yuqoridagi savollarga vijdonan, samimiyat va adolat bilan javob berishga harakat qiladi. Javob natijasi xato va gunohlarini yuvishga, Allohga xush kelmagan harakatlarini isloh qilishga sabab bo‘ladi. Bilib-bilmay gunohlar qilish hamda yomon deb bilgan barcha narsadan Allohdan najot so‘rab duo qiladi. Alloh Qur’onda iymon keltirgan bandalarining shunday duo qilganliklarini quyidagi tarzda bildirgan:

رَبَّنَا لا تُؤَاخِذْنَا إِنْ نَسِينَا أَوْ أَخْطَأْنَا رَبَّنَا وَلا تَحْمِلْ عَلَيْنَا إِصْرًا كَمَا حَمَلْتَهُ عَلَى الَّذِينَ مِنْ قَبْلِنَا رَبَّنَا وَلا تُحَمِّلْنَا مَا لا طَاقَةَ لَنَا بِهِ وَاعْفُ عَنَّا وَاغْفِرْ لَنَا وَارْحَمْنَا أَنْتَ مَوْلانَا

"Ey Robbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, (iqobga) tutmagin. Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga o‘xshash og‘irlikni bizga yuklamagin. Ey Robbimiz, bizga toqatimiz yetmaydigan narsani yuklamagin. Bizlarni afv et, mag‘firat qil va rahim et. Sen xojamizsan" («Baqara», 286).

Ba’zan hayotda shunday voqealarning guvohi bo‘lamiz: Allohga kufr keltirib, musulmonlarga zarar yetkazayotganlarning oshig‘i olchi, nima xohlasalar shunga erishib yuribdilar. Mo‘min — musulmonlar esa aksincha: ko‘ngilsizlik ustiga ko‘ngilsizlik, musibat ustiga musibat keladi. Faqat Qur’on bilan xulqlangan mo‘minlargina bunda ham Allohning hikmati borligini, bu qiyinchilik insonning ma’naviy kamol topishiga sabab bo‘lishini biladi.

فَأَثَابَكُمْ غَمًّا بِغَمٍّ لِكَيْلا تَحْزَنُوا عَلَى مَا فَاتَكُمْ وَلا مَا أَصَابَكُمْ وَاللَّهُ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ

"...O’tgan narsaga va yetgan musibatga xafa bo‘lmasligingiz uchun sizga g‘am ustiga g‘am berdi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor Zotdir" («Oli Imron», 153).

مَا أَصَابَ مِنْ مُصِيبَةٍ فِي الأرْضِ وَلا فِي أَنْفُسِكُمْ إِلا فِي كِتَابٍ مِنْ قَبْلِ أَنْ نَبْرَأَهَا إِنَّ ذَلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرٌ (٢٢)لِكَيْلا تَأْسَوْا عَلَى مَا فَاتَكُمْ وَلا تَفْرَحُوا بِمَا آتَاكُمْ وَاللَّهُ لا يُحِبُّ كُلَّ مُخْتَالٍ فَخُورٍ

"Biror musibatni paydo qilmasimizdan oldin u Kitobda bitilgan bo‘lur, aks holda yer yuzida va o‘z shaxslaringizda sizga biror musibat yetmas. Albatta, bu ish Alloh uchun osondir. Toki, ketgan narsaga qayg‘urib, kelgan narsadan xursand bo‘lmasligingiz uchun. Alloh barcha dimog‘dor va maqtanchoqlarni suymaydi" («Hadid», 22-23).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 03:55:17
Kasal bo'lganda...

Mo‘minlar uchun kun davomida ketma-ket kelayotgan mashaqqatlar, ko‘ngilsizliklar uning imtihon dunyosida ekanligini eslashga, Allohga yanada yaqin bo‘lish uchun harakatining mukammalashuviga, hamda Qur’on axloqiga qat’iy amal qilishiga sabab bo‘ladi. Alloh uni bu yo‘l bilan tarbiya qilishini, unga oxiratda cheksiz ne’matlar tayyorlanganligini bildiradi.

Qur’on bilan xulqlangan mo‘min kasallik vaqtida ham nihoyatda sabrli va itoatli bo‘ladi. Sabr deganda ko‘pchilik insonning boshiga biror bir baxtsizlik, musibat tushganda salbiy ma’noda, ya’ni nima bo‘lsa ham sabr qilyapman deb, jim, harakatsiz yurishni tushunadi.

Islom ta’limotiga ko‘ra sabr — Allohning aytganini bajarish, Allohdan kelgan musibatlar jarayonida uchraydigan mashaqqatlarni yengishdagi sabr demakdir. U kasallik ham Allohning imtihoni bo‘lishi bilan birga, avvalgi gunohlarining kafforati ekanligini ham biladi. Shu sababli dardi qanchalik og‘ir bo‘lmasin, xafa bo‘lmaydi va Allohdan sabr va shifo so‘rab duo qiladi. U dardni ham, shifosini ham Alloh berishini biladi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 04:09:20
Mo‘minning kasallik vaqtidagi shiddatli og‘riqlarga qilgan sabriga Alloh "yaxshilik" deb ta’rif bergan:

وَلَكِنَّ الْبِرَّ مَنْ آمَنَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ وَالْمَلائِكَةِ وَالْكِتَابِ وَالنَّبِيِّينَ وَآتَى الْمَالَ عَلَى حُبِّهِ ذَوِي الْقُرْبَى وَالْيَتَامَى وَالْمَسَاكِينَ وَابْنَ السَّبِيلِ وَالسَّائِلِينَ وَفِي الرِّقَابِ وَأَقَامَ الصَّلاةَ وَآتَى الزَّكَاةَ وَالْمُوفُونَ بِعَهْدِهِمْ إِذَا عَاهَدُوا وَالصَّابِرِينَ فِي الْبَأْسَاءِ وَالضَّرَّاءِ وَحِينَ الْبَأْسِ أُولَئِكَ الَّذِينَ صَدَقُوا وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُتَّقُونَ

"...Lekin yaxshilik kim Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitobga, Payg‘ambarlarga iymon keltirsa va yaxshi ko‘rgan molini qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, vatangadolarga, tilanchilarga, qul ozod qilishga bersa, namozni qoim qilsa, zakot bersa; Ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, kambag‘allik, qiyinchilik paytida va shiddat vaqtida ham sabr qiluvchilarga xosdir. Ana o‘shalar sodiq bo‘lganlardir. Ana o‘shalar taqvodorlardir" («Baqara», 177).

Mo‘min kasallik vaqtida sabr qilish bilan birga, shifo topish uchun sabab ham axtaradi. Tuyg‘ulariga berilib, bolalarcha harakat bilan yaqinlari e’tiborini tortishga intilmaydi. Ular sog‘ayib ketish uchun chora qidirish bilan birga, haqiqiy shifo beruvchi Zotdan sog‘liq so‘rab duo qilishadi. Alloh Qur’onda iymon keltirganlarga Ayyub alayhissalomni ibrat qilib ko‘rsatib, u zotning kasallik vaqtida Allohga shunday duo qilganini bildirgan:

وَأَيُّوبَ إِذْ نَادَى رَبَّهُ أَنِّي مَسَّنِيَ الضُّرُّ وَأَنْتَ أَرْحَمُ الرَّاحِمِينَ

"Ayyubning Parvardigoriga nido qilib: "Parvardigorim, meni balo ushladi. O‘zing marhamatlilarning eng marhamatlisisan" («Anbiyo», 83).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 04:13:01
Shuni ham yaxshi bilish kerakki, foydalanayotgan dorilarning bari shifo topish uchun faqat sabab xolos. Alloh istasagina dorini sabab qilib, shifo topishga izn beradi. Qisqasi, shifo beruvchi yolg‘iz Allohdir. Alloh Qur’onda bu haqiqatni Ibrohim alayhissalomning quyidagi so‘zlari bilan bayon qilgan:

وَإِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ

"Kasal bo‘lgan vaqtimda uning O‘zi menga shifo berur" («Shuaro», 80).

Johil kimsalarning mo‘minlardan farqli jihatlari, xastalanganda darrov isyon qilishida bilinadi. Ular "Nega aynan men kasal bo‘ldim?", "falonchi doim otdek soppa-sog‘" degan nojo‘ya savollar bilan, Allohning taqdiridan norozi bo‘ladilar. Bunday noto‘g‘ri mantiq asosida yashayotganlar kasallik vaqtida sabr qilish kerak, unda ham biror yaxshilik bordir, degan tushunchalardan yiroqlar. Mo‘minlar ulardan farqli holda, xastalik Allohga yanada yaqin bo‘lish uchun qulay imkoniyat ekanligini, unda ham yaxshilik va hikmat borligini biladilar. Kasallik sabab ular sog‘liqning qanday buyuk ne’mat va insonnqng kibrlanishga arzimaydigan ojiz bir banda ekanligiga yana bir bor amin bo‘ladilar.

Umrbod yoki vaqtinchalik to‘shakka mixlanib qolishga sabab bo‘luvchi shunday kasalliklar borki, inson qanchalik kuchli, qanchalik boy va mag‘rur bo‘lmasin, Alloh bergan dard oldida bo‘yin egib, to‘shakda yotishga majbur bo‘ladi. Bu insonning ojiz va zaif maxluq ekanligini bildiradi. Har ishni O‘zigagina ayon bo‘lgan hikmat asosida qiluvchi Robbimiz, istagan bandalarini salomatlik, boylik, go‘zallik yoki kasallik, faqirlik singari turli yo‘llar bilan O‘ziga yaqinlashtiradi. Mo‘min bunday hodda dunyoning o‘tkinchiligini, o‘lim haq va oxirat abadiyligini yana bir bor eslaydi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 04:14:41
Ozor yetkazuvchi narsalar"¦

Kundalik turmushimizda tez-tez insonlarga ozor yetkazuvchi, noxushlik keltirib chiqaruvchi yoki qo‘rqinchli hodisalarga duch kelamiz. Kutilmaganda havo bulutlanib, momaqaldiroq gumburlab, chaqmoq chaqishi, osmonni zulmat qoplab, qattiq yomg‘ir yog‘ishi, kuchli shamol esib, yeru ko‘kka chang-to‘zon ko‘tarilishi, yarim tunda zilzila bo‘lib yerning silkinishi, sel kelishi, kuchli yong‘in, kuyib kulga aylangan bino, xaroba va tashlandiq joy, jamoat hojatxonasidagi ifloslik, ko‘chaning qoq o‘rtasidagi axlat uyumi va undan kelayotgan badbo‘y hid shular jumlasidandir. Mo‘minlar boshqa narsalar singari bu kabi ozor yetkazuvchi va qo‘rqituvchi voqea, hodisa va ko‘rinishlarning ham o‘ziga yarasha hikmati borligini biladilar. Bunday narsalar ularga qiyomat kunini, jahannamni, dunyodagi jirkanch, ozor beruvchi va qo‘rqinchli narsalarga qiyoslab bo‘lmaydigan muhitda mudom davom etadigan azob va qo‘rquv dahshatini eslatadi.

Alloh taolo Qur’oni karimda qiyomat kuni dahshatlarini birma-bir bildirgan. Qiyomat kuni yetti qavat osmon parcha-parcha bo‘lib yoriladi, bahaybat tog‘lar titilgan uvadadek uchib yuradi. Yer dahshatli silkinib o‘zidagi barcha inson jasadlarini yuzaga chiqarib tashlaydi. U kuni tog‘lar o‘z joylaridan jildiriladi, vahshiy hayvonlar bir joyga to‘planib qoladi, dengizlar tandir kabi qizitilib, suv o‘rniga olov bilan to‘ldiriladi, jonlar qaytadan badanlarga juftlanadi. U kuni yerlar qattiq larzaga keladi, hamda yoyilib tep-tekis bo‘ladi. U kuni tarozilar quriladi, daftarlar ochiladi, jahannam ko‘rinadi, qaynaydi, bo‘kiradi, olov sachratib yonadi. Qiyomat kunidagi dahshatli voqealar faqat bu bilan chegaralanmaydi. (Ko‘proq ma’lumot olish uchun «Voqe’a», «Hud», «Mursalot», «Takvir» suralarini va ularning tafsir-tarjimalarini o‘qing)
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 04:18:05
Allohning rahmati ila ibrat nazari bilan qarovchi mo‘minlar zilzila, momaqaldiroq, chaqmoq, kuchli shamol, sel, yong‘in, vulqon kabi nafaqat ongli insonga, balki ongsiz hayvonlarga ham dahshat soluvchi, ularni bo‘kirtirib, tum-taraqay qiluvchi bu tabiat hodisalaridan o‘zlariga tegishli xulosalar chiqarishadi. Bandalariga eslatma sifatida Allohning izni bilan ro‘y beradigan, qiyomat dahshatlarining juda ham kichik bir ko‘rinishini o‘zida aks ettirgan bu kabi tabiat hodisalarida Allohning juda buyuk marhamati bor. Agar bu kabi qo‘rqinchli hodisalar bo‘lmaganda, odamlarda qiyomat kuni haqida tasavvur bo‘lmas edi. Tasavvurga ega bo‘lmasdan turib, Allohning azobidan qo‘rqish, qiyomat dahshatlaridan najot istash, ulardan xalos bo‘lish uchun duo qilishga mudom intilish bo‘lmas edi. Qiyomat, jahannam haqida juda oz bo‘lsa ham tasavvurga ega bo‘lgandan so‘ng, Allohga ibodat uchun shoshiluvchilarning soni ko‘paysa ajab emas.

Alloh taolo bandasiga eslatma uchun yer yuzida bir qancha ozor yetkazuvchi, ko‘rganda irgantiruvchi holatlarni yuzaga keltirgan. Yuqorida aytib o‘tilganidek yonayotgan uy, kuyib kulga aylangan imorat, tashlandiq va xaroba joy, o‘zidan badbo‘y hid tarqatuvchi axlat uyumi, kuchli kuyish natijasida' tanada yuzaga kelgan chanchiq, avtohalokat oqibatida badandagi ayrim a’zolarning jarohatlanishi kabi noxush narsalar shular jumlasidandir. Odam, ayniqsa, ibrat nazari bilan qarovchi mo‘min bularni ko‘rganda, jahannam dahshati va uning ahlini o‘ylaydi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 04:22:38
Alloh Qur’onda bandalari ogoh bo‘lib, jahannamga eltuvchi gunohlardan saqlanishi uchun, uning juda yomon makon ekanligini bir necha bor eslatgan. Shuningdek jahannam azobidan panoh so‘rab duo qiluvchilarni O‘zining suyukli bandalari qatoriga kiritib, shunday marhamat qilgan:

وَعِبَادُ الرَّحْمَنِ الَّذِينَ يَمْشُونَ عَلَى الأرْضِ هَوْنًا وَإِذَا خَاطَبَهُمُ الْجَاهِلُونَ قَالُوا سَلامًا (٦٣) وَالَّذِينَ يَبِيتُونَ لِرَبِّهِمْ سُجَّدًا وَقِيَامًا (٦٤) وَالَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا اصْرِفْ عَنَّا عَذَابَ جَهَنَّمَ إِنَّ عَذَابَهَا كَانَ غَرَامًا (٦٥) إِنَّهَا سَاءَتْ مُسْتَقَرًّا وَمُقَامًا

"Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavozu’ bilan yuradigan, johil kimsalar (bema’ni) xitoblar qilgan vaqtida ham "Omon bo‘lintlar", deb javob qiladigan kishilardir. Ular kechalarni Robbilariga sajda qilib va (joynamozlarida tik turib) bedor o‘tkazadigan kishilardir. Ular "Parvardigoro, O‘zing bizlardan jahannam azobini daf’ qilgin. Darhaqiqat uning azobi ketmas-mangu (azobdir). Darhaqiqat u eng yomon qarorgoh va eng yomon joydir", deydigan kishilardir" («Furqon», 63-66).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 05:41:24
Yer yuzidagi qo‘rqinchli va ozor beruvchi narsalar jahannamdagi dahshatli manzara, zulmat, ifloslikning juda ham kichik bir ko‘rinishidir. Jahannam azobi, qo‘rqinchi ko‘pgina oyatlarda quyidagi tarzda bildirilgan:

إِذَا رَأَتْهُمْ مِنْ مَكَانٍ بَعِيدٍ سَمِعُوا لَهَا تَغَيُّظًا وَزَفِيرًا (١٢) وَإِذَا أُلْقُوا مِنْهَا مَكَانًا ضَيِّقًا مُقَرَّنِينَ دَعَوْا هُنَالِكَ ثُبُورًا

"(Do‘zax) ularni uzoq joydan ko‘rgan vaqtidayoq uning hayqiriq va bo‘kirigini eshiturlar. Qachon ular kishanlangan hollarida (do‘zaxdan) tor bir joyga tashlanganlarida o‘sha joyda (o‘zlariga) o‘lim tilab qolurlar" («Furqon», 12-13).

إِذَا أُلْقُوا فِيهَا سَمِعُوا لَهَا شَهِيقًا وَهِيَ تَفُورُ (٧)تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ الْغَيْظِ كُلَّمَا أُلْقِيَ فِيهَا فَوْجٌ سَأَلَهُمْ خَزَنَتُهَا أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَذِيرٌ

"Ular (kofirlar) jahannamga tashlangan chog‘larida uning mudhish ovozini eshitadilar, jahannam esa (qozonday) qaynab turgan bo‘ladi. U jahannam g‘azabdan yorilib ketay deydi" («Mulk», 7-8).

Bu oyatlarni eslagan odam jahannam azobidan najot berishini tilab, Allohga duo qiladi, gunohlari uchun istig‘for aytib, mag‘firat so‘rashda bardavom bo‘ladi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 05:46:22
Alloh Qur’onda bergan tasvirlarga ko‘ra, jahannam o‘zidan badbo‘y hid tarqatuvchi, tor, sershovqin, qorong‘u, tutunga to‘la azob beruvchi maskandir. Uzoq va shiddatli davom etadigan azob, olovdan bichilgan kiyimlar, to‘shaklar, eng jirkanch taom va ichimliklar jahannamda bo‘lib, buni Alloh taolo shu tarzda bildirgan:

فَالَّذِينَ كَفَرُوا قُطِّعَتْ لَهُمْ ثِيَابٌ مِنْ نَارٍ يُصَبُّ مِنْ فَوْقِ رُءُوسِهِمُ الْحَمِيمُ (١٩) يُصْهَرُ بِهِ مَا فِي بُطُونِهِمْ وَالْجُلُودُ (٢٠) وَلَهُمْ مَقَامِعُ مِنْ حَدِيدٍ (٢١) كُلَّمَا أَرَادُوا أَنْ يَخْرُجُوا مِنْهَا مِنْ غَمٍّ أُعِيدُوا فِيهَا وَذُوقُوا عَذَابَ الْحَرِيقِ

"...Bas kofir bo‘lgan kimsalar uchun o‘tdan bo‘lgan kiyimlar bichildi, (endi) ularning boshlaridan qaynoq suv quyilib, u suv bilan ularning ichlaridagi narsalar ham, terilari ham eritib yuborilur. Ular uchun temir gurzilar bordir. Har qachon ular (do‘zax) ham-azobidan (qochib) chiqmoqchi bo‘lsalar (gurzilar bilan) yana unga qaytarilurlar va (ularga): "O‘t azobini totib ko‘ringiz", (deyilur)" («Haj», 19-22).

تَصْلَى نَارًا حَامِيَةً (٤)تُسْقَى مِنْ عَيْنٍ آنِيَةٍ (٥)لَيْسَ لَهُمْ طَعَامٌ إِلا مِنْ ضَرِيعٍ (٦)لا يُسْمِنُ وَلا يُغْنِي مِنْ جُوعٍ

"O‘ta qizib turgan olovga kiradir. Ular qaynab turgan buloqdan sug‘oriladilar. Ularga tikandan boshqa taom yo‘qdir. U na semirtirmas va na ochlikni ketkazmasdir" («G’oshiya», 4-7).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 05:50:57
لآكِلُونَ مِنْ شَجَرٍ مِنْ زَقُّومٍ (٥٢)فَمَالِئُونَ مِنْهَا الْبُطُونَ (٥٣)فَشَارِبُونَ عَلَيْهِ مِنَ الْحَمِيمِ (٥٤)فَشَارِبُونَ شُرْبَ الْهِيمِ (٥٥)هَذَا نُزُلُهُمْ يَوْمَ الدِّينِ

"So‘ngra, siz ey (qayta tirilishni) yolg‘on deyuvchi adashganlar, albatta, siz zaqqum daraxtidan yeyuvchisiz. Bas undan qorinlarni to‘ydiruvchisiz. Bas, ustidan o‘ta qaynoq suvdan ichuvchisizlar. Bas, chanqoq tuyadek ichuvchisizlar. Ularning qiyomat kunidagi ziyofatlari mana shu!!!" («Voqea», 52-56).

فَلَيْسَ لَهُ الْيَوْمَ هَا هُنَا حَمِيمٌ (٣٥)وَلا طَعَامٌ إِلا مِنْ غِسْلِينٍ (٣٦)لا يَأْكُلُهُ إِلا الْخَاطِئُونَ

"Bas, bugungi kunda unga bu yerda biron do‘st, birodar yo‘q. Va unga g‘isliyndan (do‘zax axli jasadidan oqadigan yiring va qaytdan) o‘zga taom yo‘q. Uni (taomini) xatokorlardan boshqa hech kim yemaydi" («Al Haaqqa», 35-37).

Jahannam yer yuzida ko‘rib irganadigan, qo‘rqadigan eng yomo I joylardan ham yomon va qo‘rqinchlidir. Jahannam ahli tortadigan azob esa dunyodagi eng og‘ir azobga ham tenglashtirib bo‘lmaydigan darajada shiddatlidir.

كَلا إِنَّهَا لَظَى (١٥)نَزَّاعَةً لِلشَّوَى

"....Albatta u (jahannam) kuchli alangadur. Boshniig terisini sidirib oluvchidir" («Ma’orij», 15-16).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 05:55:34
وَأَصْحَابُ الشِّمَالِ مَا أَصْحَابُ الشِّمَالِ (٤١) فِي سَمُومٍ وَحَمِيمٍ (٤٢) وَظِلٍّ مِنْ يَحْمُومٍ (٤٣) لا بَارِدٍ وَلا كَرِيمٍ

"Va chap taraf egalari. Chap taraf egalari ne (badbaxtlar)dir?! Ular samum-kishining badanini teshib o‘tuvchi shamol va hamim-o‘ta qaynoq suvdadirlar. Na salqin va na foydali bo‘lgan qora tutun soyasidadirlar" («Voqea», 41-44).

خُذُوهُ فَغُلُّوهُ (٣٠) ثُمَّ الْجَحِيمَ صَلُّوهُ (٣١) ثُمَّ فِي سِلْسِلَةٍ ذَرْعُهَا سَبْعُونَ ذِرَاعًا فَاسْلُكُوهُ

"Tutinglar uni va kishanlanglar! So‘ngra jahannamga solinglar uni! So‘ngra yetmish qulochli zanjirga kiriting uni!" («Al-Haqqa», 30-32).

كُلَّمَا نَضِجَتْ جُلُودُهُمْ بَدَّلْنَاهُمْ جُلُودًا غَيْرَهَا لِيَذُوقُوا الْعَذَابَ

"Qachonki terilari kuyib bitishi bilan haqiqiy azobni totib ko‘rishlari uchun o‘rniga boshqa terilarni almashtiramiz" («Niso», 56).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:02:53
UCHINCHI BO‘LIM
QUR’ON BILAN XULQLANISHNING INSONGA KELTIRADIGAN FOYDALARI

Shayton makriga aldanmaslik"¦

Alloh taolo Odam alayhissalomni yaratib, barcha farishtalarga unga sajda qilishni buyurdi. Shayton Allohga isyon qilib, Odam Atoga qulluq qilmay, gunohkor bo‘lgani uchun Alloh uni la’natlagan, huzuridan quvgan va rahmatidan uzoq qilgan. U quvilayotgan vaqtda Allohga shunday degan:

وَلأضِلَّنَّهُمْ وَلأمَنِّيَنَّهُمْ وَلآمُرَنَّهُمْ فَلَيُبَتِّكُنَّ آذَانَ الأنْعَامِ وَلآمُرَنَّهُمْ فَلَيُغَيِّرُنَّ خَلْقَ اللَّهِ وَمَنْ يَتَّخِذِ الشَّيْطَانَ وَلِيًّا مِنْ دُونِ اللَّهِ فَقَدْ خَسِرَ خُسْرَانًا مُبِينًا

"Ularni adashtiraman, xom xayollariga solaman, ularga amr qilsam, chorvalarning quloqlarini kesarlar va ularga amr qilsam, Allohning yaratganini o‘zgartirarlar", dedi. Kimki Allohni qo‘yib shaytonni do‘st tutsa, batahqiq, ochiqdan-ochiq ziyonga uchrabdir" («Niso», 119).

Shayton insonning, ayniqsa, mo‘minlarning ochiq dushmani bo‘lib, ularning Alloh dinidan, Qur'on axloqidan uzoqlashib, jahannamga kirishlari uchun tinmay harakat qiladi. U 24 soat ichida o‘z faoliyatini jula ustalik bilan olib borib, insonlarni boy, faqir, yosh. qari, erkak, ayol, chiroyli. xunukligiga qaramay yo‘ldan ozdirish payida bo‘ladi va buning uddasidan chiqadi ham. Shaytonning inson qalbiga ekkan urug'lari bexato unib chiqali. Uning urug‘ tashlagan ko‘ngillarida qurg‘oqchilik, hosilsizlik bo‘lmaydi. Chunki u insonga oson bo‘ladigan yo‘lni tanlaydi, ularni chiroyli qilib ko‘rsatadi. Masadan, saharda, hamma uxlab yotganda o‘qiladigan bomdod namozi. Tong uyqusini buzib, ibodatga turish iymoni zaif kimsalar uchun katta muammo, buning ustiga ularning hamrohi shayton "Turma, turma. Turib nima qilasan, yana biroz uxlab ol" deb allalaydi. Holbuki, shaytonning ko‘rsatmasiga mutlaqo zid bo‘lgan Allohning shariati kishilarning havoyi nafslariga moslashish uchun emas, ularning ustidan hokimlik qilish uchun yuborilgan.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:06:33
Alloh taolo Qur’oni karimda shayton insonni dunyo va oxiratda halokat sari yetaklovchi ochiqdan-ochiq dushmanligi, unga ergashmaslik va undan qutulish yo‘llarini shunday bayon qilgan:

إِنَّ الشَّيْطَانَ لَكُمْ عَدُوٌّ فَاتَّخِذُوهُ عَدُوًّا إِنَّمَا يَدْعُو حِزْبَهُ لِيَكُونُوا مِنْ أَصْحَابِ السَّعِيرِ

"Aniqki, shayton sizga dushmandir. Bas, uni dushman tutinglar! U o‘z guruhini faqat o‘ta qizigan do‘zaxga ega bo‘lishlariga chaqiradi" («Fotir», 6).

يَا أَيُّهَا النَّاسُ كُلُوا مِمَّا فِي الأرْضِ حَلالا طَيِّبًا وَلا تَتَّبِعُوا خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُبِينٌ (١٦٨)إِنَّمَا يَأْمُرُكُمْ بِالسُّوءِ وَالْفَحْشَاءِ وَأَنْ تَقُولُوا عَلَى اللَّهِ مَا لا تَعْلَمُونَ

"Ey odamlar! Yer yuzidagi narsalardan halol-poklarini yenglar va shayton izidan ergashmanglar, chunki u sizlarga ochiq dushmandir. Albatta, u sizlarni yomon va fahsh ishlarga hamda Allohga qarshi bilmagan narsangizni gapirishga buyuradi" («Baqara», 168-169).

وَإِمَّا يَنْزَغَنَّكَ مِنَ الشَّيْطَانِ نَزْغٌ فَاسْتَعِذْ بِاللَّهِ إِنَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ (٢٠٠)إِنَّ الَّذِينَ اتَّقَوْا إِذَا مَسَّهُمْ طَائِفٌ مِنَ الشَّيْطَانِ تَذَكَّرُوا فَإِذَا هُمْ مُبْصِرُونَ

"Agar sizga shayton tomonidan sanchish sanchilsa, Allohdan panoh so‘ra. Albatga, U yaxshi eshituvchi va yaxshi ko‘ruvchi Zotdir. Taqvo qiluvchilar, agar ularga shaytondan bir sharpa yetsa, albatta, zikr qilarlar, bas, ko‘ribsanki, ular to‘g‘ri yo‘lni ko‘ruvchi bo‘lib turibdilar" («A’rof», 200-201).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:09:32
Shayton insonlarga harom narsalarni chiroyli ko‘rsatib, halol yedirmaslik bilan Allohning itoatidan chiqaradi. Shu sababli Alloh taolo yuqoridagi oyatda bandalariga halol narsalardan yeyishni amr etgan. Mo‘minlar Allohning barcha amrlari qatori bu amriga ham amal qilib, halol ne’matlardan yeb, haromdan qat’iy uzoq turadilar. Ular najot halol yeyishda deb biladilar.

Inson, xususan, mo‘min kim va qanday bo‘lishidan qat’i nazar, shaytonning unga nisbatan xusumati juda kuchli. Bu xusumat inson yaratilgan vaqtdan boshlanib, to qiyomatga qadar davom etadi. Yuqorida Alloh Odam alayhissalomni yaratgandan so‘ng farishtalariga Odamga sajda qilishni buyurganligi aytilgandi. Bu sajda ibodat ma’nosidagi sajda bo‘lmay, Allohning buyuk ijodiga qulluqqilish ma’nosidagi sajda edi. Faqat shayton kibr va hasad tufayli Allohamrini bajarishdan bosh tortgan. Yaratuvchisiga qilgan odobsizligi, isyoni tufayli Uning huzuridan haydalishini Robbimiz quyidagicha bayon qilgan:

وَلَقَدْ خَلَقْنَاكُمْ ثُمَّ صَوَّرْنَاكُمْ ثُمَّ قُلْنَا لِلْمَلائِكَةِ اسْجُدُوا لآدَمَ فَسَجَدُوا إِلا إِبْلِيسَ لَمْ يَكُنْ مِنَ السَّاجِدِينَ (١١) قَالَ مَا مَنَعَكَ أَلا تَسْجُدَ إِذْ أَمَرْتُكَ قَالَ أَنَا خَيْرٌ مِنْهُ خَلَقْتَنِي مِنْ نَارٍ وَخَلَقْتَهُ مِنْ طِينٍ (١٢) قَالَ فَاهْبِطْ مِنْهَا فَمَا يَكُونُ لَكَ أَنْ تَتَكَبَّرَ فِيهَا فَاخْرُجْ إِنَّكَ مِنَ الصَّاغِرِينَ

"Va batahqiq, Biz sizlarni yaratdik, keyin sizlarga suvrat berdik. So‘ngra esa, farishtalarga: "Odamga sajda qiling", — dedik. Bas, ular sajda qnldmlar. Magar iblis sajda qiluvchilardan bo‘lmadi. U zot: "Senga amr etganimda sajda qilishingdan nima to‘sdi?" — dedi. U: "Men undan yaxshiman. Meni o‘tdan yaratding va uni loydan yaratding", — dedi. U zot: "Bas, u (jannat)dan tush! Sen uchun unda mutakabbirlik qilnb yurish yo‘q. Bas, chiq! Albatta sen xoru zor bo‘lguvchilardansan!" («Arof», 11-13).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:11:31
Shayton insonlarning diliga vasvasa, gumon solish, ularni qiyomat kuniga qadar haq yo‘ldan ozdirib, do‘zaxga kirishlari uchun Adlohga shunday duo qildi:

قَالَ أَنْظِرْنِي إِلَى يَوْمِ يُبْعَثُونَ (١٤)قَالَ إِنَّكَ مِنَ الْمُنْظَرِينَ (١٥)قَالَ فَبِمَا أَغْوَيْتَنِي لأقْعُدَنَّ لَهُمْ صِرَاطَكَ الْمُسْتَقِيمَ (١٦)ثُمَّ لآتِيَنَّهُمْ مِنْ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ وَعَنْ أَيْمَانِهِمْ وَعَنْ شَمَائِلِهِمْ وَلا تَجِدُ أَكْثَرَهُمْ شَاكِرِينَ (١٧)قَالَ اخْرُجْ مِنْهَا مَذْءُومًا مَدْحُورًا لَمَنْ تَبِعَكَ مِنْهُمْ لأمْلأنَّ جَهَنَّمَ مِنْكُمْ أَجْمَعِينَ

U: "Menga ular tiriladigan kungacha muhlat ber", — dedi. U zot: "Albatta, sen muhlat berilganlardansan", — dedi. U: "œMeni igvoga uchirganing sababli, albatta, men ularni to‘g‘ri yo‘lingdan to‘sib o‘tiraman. So‘ngra, ularning oldilaridan, orqalaridan, o‘ng tomonlaridan va chap tomonlaridai kelaman. Va ularning ko‘plarini shukr qiluvchi holda topmassan", — dedi. U Zot: "Undan mazammatga uchragan va quvilgan holingda chiq!!! Ulardan kim senga ergashsa, albatta, jahannamni sizlarning hammangiz bilan to‘ldirurman" («Arof» 14-18).

Shayton Allohning dinini mahkam tutganlardan boshlab, barchani o‘z nishoniga olib qo‘ygan. U Odam alayhissalom zurriyotlariga qiyomat kunigacha dushmanlik qilib, insonlarni Allohga ishonmaslikka, unga kufr keltirishga undaydi. Uning orzusi do‘stlarini ko‘paytirib, jahannamga ko‘proq odam kiritishdan iborat. Shu sababli insonlarni Allohga qalbi bilan ibodat etishga to‘sqinlik qilib, Allohning dini va Qur’ondan uzoqlashtirib, buning natijasida cheksiz azoblarga giriftor bo‘lishlari uchun tinmay harakat qiladi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:16:29
Iymon ne’matidan bahramand insonlar shaytonni o‘zlarining eng katta dushmani deb biladilar. Shu sababli Alloh amrlarini bajarish iaytida shaytonning qalblariga solayotgan vasvasa va hiylasidan doimo ogoh bo‘ladilar. Shaytonning inson qalbiga soladigan turli vasvasasini Alloh gaolo shunday bildirgan:

الشَّيْطَانُ يَعِدُكُمُ الْفَقْرَ وَيَأْمُرُكُمْ بِالْفَحْشَاءِ وَاللَّهُ يَعِدُكُمْ مَغْفِرَةً مِنْهُ وَفَضْلا وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ

"Shayton sizga faqirlikni va’da qiladir va fahsh ishlarga buyuradir. Alloh sizga O‘zidan mag‘firat va fazlni va’da qiladir. Va Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir" («Baqara», 268).

Alloh taoloning yuqoridagi oyatiga ko‘pgina misol keltirish mumkin. Misol uchun, ish joyidan ayrilgan odamga shayton barcha jonzotning rizqini Alloh berishini unuttiradi. Uni kambag‘al bo‘lish, och qolish singari narsalar bilan qo‘rqitib, shu kabi turli yo‘llar bilan o‘ziga og‘dirib olish uchun qulay fursat ko‘zlaydi. Shaytonning bu turdagi vasnasalaridan qutulishning yagona yo‘li Allohdan panoh so‘rashdir. Unutmaslik kerakki, shayton ham Allohning nazoratida va Alloh istamasa, hech narsa qila olmaydi. Mehribon Robbimiz bandalariga Shayton yomonligidan quyidagicha panoh tilashni bildirgan:

قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ (١) مَلِكِ النَّاسِ (٢) إِلَهِ النَّاسِ (٣) مِنْ شَرِّ الْوَسْوَاسِ الْخَنَّاسِ (٤) الَّذِي يُوَسْوِسُ فِي صُدُورِ النَّاسِ (٥) مِنَ الْجِنَّةِ وَ النَّاسِ

"œOdamlar Robbisidan, odamlar podshohidan, odamlar Ilohidan panoh so‘rayman. Berkinib, ko‘rinib turuvchi vasvasachining, odamlar qalblariga vasvasa soladiganning, jinlar va odamlardan bo‘lganning yomonligidan deb ayt" («Nas», 1-6)
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:19:04
Murosasozlik, toqatlilik va kechiruvchanlik"¦

Mo‘min Qur’ondagi odob-axloqqa oid hukmlarni hayotiga tatbiq etar ekan. avvalo o‘zi barchaga yaxshilik qilishga. chiroyli muomalada bo‘lishga harakat qiladi. Sababsiz janjallashish, odamlar orasini buzish, arazlash, gap tashish singari illatlar Qur’onga zid ekanini bilganlari bois, odamlar orasini isloh qilish. ularni yaxshilikda jamlash, ulardan keladigan ozorlarga sabr qilish, kechirimli bo‘lish kabi fazilatlarni o‘zlarida mujassam etishga intiladilar.

Mo‘min hayoti davomida odamlarga xushmuomalada bo‘lish bilan birga, ulardan keladigan ozorlarga chidashi, ular tarafdan yo‘l qo‘yiladigan xatolarni kechira bilishi lozim. Kayfiyat yaxshi bo‘lganda hushmuomala bo‘lish hammaning qo‘lidan keladi. Lekin xafa qilgan, zulm o‘tkazgan odamga yaxshi gapirish, uning ozorlariga chidash hamda uni kechirib yuborish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Shu sababli mo‘minning axloqi, go‘zal sifatlari ichida kechirimli bo‘lish, o‘ziga ozor yetkazgan. zulm o‘tkazganlarni avf qilish alohida o‘rin tutadi. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

فَمَنْ عَفَا وَأَصْلَحَ فَأَجْرُهُ عَلَى اللَّهِ

"... Kim birovni afu qilsa, undan keyin isloh ishlarini qilgan bo‘lsa, uning ajrini berish Allohning zimmasidadur" («Sho‘ro», 40).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:26:57
Misol uchun, kasalsiz, dardingiz bir oz yengillashib, joningiz orom topib uxlayotganingizda shovqin solib uyg'otib yuborishdi. Lekin sizning ulardan jahlingiz chiqmasligi kerak. Chunki ularning har bir harakati Allohning nazoratida. Siz Alloh belgilab qo‘ygan vaqtda uyg‘onishingiz uchun o‘sha odam sabab qilingan. Bu haqiqatni bilmaganlar g‘azablanib, o‘sha odam bilan urushib ketadi. Qur’on bilan xulqlangan mo‘min esa bilmasdan qilingan dilozorliklar  katta-kichikligidan  qat’i  nazar g‘azabini yengish bilan birga, ozor bergan kishiga yaxshi gapirib. uni kechirib yuborali. Bu bilan mo‘minlar hech ham g‘azablanmaydi. Ular doimo sabrli va kechiruvchan deya olmaymiz. Ular ham g‘azablanadilar, xafa ham bo‘ladilar. Lekin boshqalardan farqli o‘laroq, ana shunday holatlarda ular o‘zlari bilib-bilmay qilgan xato va gunohlarining kechirilishiga umidvor bo‘lib, Alloh taoloning quyidagi oyatini eslaydilar va unga amal qilishga harakat qilalilar:

وَلَمَنْ صَبَرَ وَغَفَرَ إِنَّ ذَلِكَ لَمِنْ عَزْمِ الأمُورِ

"Albatta kim (o‘ziga yetgan ozor-aziyatlarga) sabr qilsa va (intiqom olmay Alloh uchun) kechirib yuborsa, shak-shubhasiz, bu ishlarning maqsadga muvofiqidir'' («Sho‘ro», 43).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:27:58
Qur’onni o‘ziga rahbar qilgan mo‘min eng go‘zal xulq egasidir. Uyda, ko‘chada, ishda va umuman kun davomida kelib chiqadigan muammolarinyng yechimiga uning go‘zal xulqi, shirin so‘zi sabab bo‘ladi. U o‘zining go‘zal xulqi, chiroyli muomalasi bilan boshqalarga ibrat bo‘ladi, eng muhimi Qur’onda maqtalgan sifatlarni o‘zila mujassam etib, Allohga xush kelgan amal qilgan hisoblanadi. Islom olamida "Hujjatul islom" unvonini olgan olim Imom G’azzoliy hadis olimlarilan to‘plagan bilimlari asosida Qur’on bilan xulqlanuvchilarning eng peshqadami bo‘lgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yaqinlariga, bo‘lgan munosabatlarini shunlay bayon qilganlar:

"Huzurlarida o‘tirgan barchaga barobar muborak yuzlaridan nasiba berar, iltifot qilar edilar. Suhbatdoshlariga davradan o‘ziga yaraish joy ko‘rsatardilar. Yig‘inda o‘tirgan har bir kishi, Rasululloh hammadan ko‘ra mening hurmatimni joyiga qo‘ydi, degan fikr bilan ko‘ngli chog‘bo‘lardi. Uzotning o‘tirishlari, tinglashlari, so‘zlari, chiroyli latifalari suhbatdoshlari uchun ibrat, mukammallik namunasi edi. Shu bilan u zotning majlislari hayo, iffat, omonlik majlisi edi. Ikrom ko‘rsatish va ko‘nglini olish maqsadida sahobalarni kunyasi bilan, kunyasi bo‘lmaganlarga yangisini topib chaqirar edilar. U zot sollallohu alayhi vasallam g‘azablanishdan juda yiroq turuvchi, lozim o‘rinlarda murosasozlik bilan rozilik beruvchi, hamda odamlarga juda shafqatli edilar".

Albatta, har bir mo‘min ibrat olishi lozim bo‘lgan zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdir. Qur’on axloqiga amal qilgan va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga ergashganlar Allohning izni bilan dunyoyu oxirat saolatiga erishish, Allohninh rahmatiga noil bo‘lishni umid qilishlari mumkin.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:36:48
Sabrli bo‘lish

Sabr — har mo‘min oxirgi nafasiga qadar ehtiyoj sezgan yuksak axloqiy fazilatdir. Mo‘min nafs talabi, ko‘ngil orzularini aynan shu fazilat orqaligina chegaralay olali. Hozirgi kunda har bir jamiyatda Alloh Qur’onda ta’rif bergan go‘zal xulqning ba’zilarini o‘zida mujassam etgan insonlar bor. Ular kezi kelganda fidoyi, mehribon, hushmuomala, halim va saxiydirlar. Lekin sabr masalasiga kelganda, Qur’on xulqidan biroz chetlashish holati yuzaga keladi.

Misol uchun, qo‘shningiz eshigingizni qattiq taqillatib, zo‘rg‘a uxlatgan bolangizni uyg‘otib yuborishi yoki uyda tozalab chiqqan oyoq kiyimingizni ko‘chada birov bosib olishi kabi inson sabrini sinash uchun Alloh izni bilan ro‘y beradigan hodisalar shular jumlasidandir. Albatta, bu kabi hodisalar mol-mulk, jon singari katta narsalar bilan imtihon qilinishi oldida hech narsa emas. Lekin ular shunday kichik narsalar bilan imtihon qilinib, katta sinovlarga asta-sekinlik bilan ma’naviy tayyorlanadilar. Bu kabi holatlar har kuni, har soatda bo‘lishi mumkin.

Qur’on bilan xulqlanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan inson faqat o‘ziga yoqqan, qila oladigan hukmlarga emas, balki Allohning barcha amr va taqiqlariga rioya etishi lozim. Axir biz Alloh halol qilgan ne’matlarning ba’zilarini yeb, ba’zilaridan voz kechmaymiz-ku.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:46:13
Insonlar orasida sabr deganda, asosan, qiyinchilikka, kelgan musibatga chidash tushuniladi. Albatta musibat vaqtidagi sabr ham Alloh maqtagan buyuk fazilat. Lekin Qur’onning 70 joyida zikr qilingan sabr faqat bu bilan cheklanmaydi. Sabr Alloh amrlarini bajarish va taqiqlaridan qaytishda ham lozim bo‘ladigan ulkan fazilatdir. Bu haqta Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالأرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا فَاعْبُدْهُ وَاصْطَبِرْ لِعِبَادَتِهِ هَلْ تَعْلَمُ لَهُ سَمِيًّا

"Unga ibodat qil va uning ibodatida sabrli bo‘l" («Maryam», 65).

وَأْمُرْ أَهْلَكَ بِالصَّلاةِ وَاصْطَبِرْ عَلَيْهَا

"O‘z yaqinlaringni namoz o‘qishga buyur va namozga sabrli bo‘l" («Toha», 132).

Odamlar bilan yaxshi muomala qilish, ularning ozorlariga chidash, kamchiliklarini kechira bilish, ularga yordam berish ham sabr namunasi bo‘lib, bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

وَاصْبِرْ نَفْسَكَ مَعَ الَّذِينَ يَدْعُونَ رَبَّهُمْ بِالْغَدَاةِ وَالْعَشِيِّ يُرِيدُونَ وَجْهَهُ

"O‘zingni erta-yu kech Robbilariga duo qilib, unnng yuzini iroda qiluvchilar ila sabr etib tut'' («Kahf», 28).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:48:28
Insonning tabiatida his-tuyg‘ularga berilish, o‘ziga yoqqan narsalarni tezroq qilish istagi kuchli bo‘lganligi bois. tez-tez turli xatolar ham qilib turadi. Alloh bandalarini shoshqaloqlikdan qaytarib, sabrli bo‘lishga chaqirgan. Mo‘minlar Alloh va’da qilgan cheksiz ne’matlar va najotga aynan sabr orqali erishish mumkinligini biladilar. Alloh amrlarini bajarish va ta’qiqlaridan qaytishda qilingan sabr iborat bo‘lib. unda bardavom bo‘lganlar Alloh taoloning

وَلِرَبِّكَ فَاصْبِرْ

 "Va Robbing yo‘lida sabr qil" («Muddassir», 7) amrini bajargan bo‘ladilar.

Islom ummatini yer yuzida ulug‘ vazifani ado etish uchun chiqargan buyuk Zot mo‘minlarni munofiqlar bilan aralash holda qo‘ymaydi. Saflarni tozalash uchun turli sinov usullari qo‘llaniladi va haqiqiy tilla zanglardan olovda tozalangani kabi, haqiqiy mo‘min ham qiyinchiliklarda toblanadi. Bu yerda "tillani zanglardan tozalagan olov" ramziy ma’noda ijobiy talqin qilingan. Hanuzgacha bu haqiqatni bilmaganlar, bilgandan so‘ng, keyingi hayotlarini sezilarli darajada o‘zgartirsalar ajab emas.

Shuningdek, odamlarni Alloh yo‘lida sabr qilishga chaqirish ham oxiri xayrli bo‘lib, abadiy saodatga yetaklovchi amaldir.

وَالْعَصْرِ (١) إِنَّ الإنْسَانَ لَفِي خُسْرٍ (٢) إِلا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَتَوَاصَوْا بِالْحَقِّ وَتَوَاصَوْا بِالصَّبْرِ

"Asr bilan qasam. Albatta, inson xusrondadnr. Magar iymon keltirganlar va solih amallar qilganlar, bir-birlarini haq yo‘lga chaqirganlar va bir-birlarini sabrga chaqirganlar undoq emasdur" («Val Asr»,   1-3).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:49:25
Sabr mo‘minga xos barcha sifatlarni o‘ziga jamlovchi buyuk fazilatdir. Bir inson tavoze’li, fidoyi, itoatgo‘y, saxiy bo‘lishi mumkin, lekin bu fazilatlarda sabrli bo‘lsagina ulkan yutuqlarga erisha oladi. Mo‘min Alloh taoloning "Va Robbing yo‘lida sabr qil" amriga itoat etar ekan, umrining oxiriga qadar sabrli bo‘lishga harakat qiladi. Umri nihoyasiga yetgach, Alloh uning jonini olib, evaziga abadiy jannat va uning cheksiz ne’matlari bilan taqdirlaydi. Jannat eshiklaridan farishtalar kirib, ularga shunday deydilar:

سَلامٌ عَلَيْكُمْ بِمَا صَبَرْتُمْ فَنِعْمَ عُقْبَى الدَّارِ

"(Alloh yo‘lida mehnat-mashaqqatlarga) sabr-toqat qilib o‘tganlaringiz sababli (endi bu jannatlarda) sizlarga tinchlik-osoyishtalik bo‘lgay. Bu oxirat diyori naqadar yaxshi" («Ra’d», 24).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:49:50
Xushmuomalalik"¦

Insonlar orasida ro‘y beradigan turli kelishmovchilik, janjallarning asosiy sabablaridan biri — qo‘pol muomaladir. Muammoning yechimi esa juda oson. Bu Qur’on xulqiga amal qilib shirin so‘z, xushmuomala bo‘lishdir. Shirin so‘z orqali ozor chekkan qalb orom topadi. Odamlar orasida o‘zaro hurmat hamda tinch, osuda hayot kechirishga sabab bo‘ladi. Ba’zilarning vijdoni insof yuzasidan uni xafa qilgan odamni kechirib, unga nisbatan shirin so‘z, xushmuomala bo‘lishni buyursa, ular o‘zboshimcha nafslariga bo‘ysunib, kechirish u yoqda tursin, eshitgan qo‘pol so‘zlariga ortig‘i bilan javob qaytaradilar.

Noto‘g‘ri fikrlash oqibatida kelib chiqadigan mazah qilish, kamsitish singari illatlar o‘zini boshqalardan katta tutish, kibrlanishga borib taqaladi. Albatta bularning bari Islom axloqiga zid bo‘lib, ular Qur’on ilmidan bexabarlik yoki bila turib, e’tiborsizlik qilish oqibatida kelib chiqadi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:51:24
Alloh taolo Qur’onda shirin so‘zning qanchalik fayzu barakali ekanligi va har doim insonlarga yaxshilik keltirishini shu tarzda bildirgan:

أَلَمْ تَرَ كَيْفَ ضَرَبَ اللَّهُ مَثَلا كَلِمَةً طَيِّبَةً كَشَجَرَةٍ طَيِّبَةٍ أَصْلُهَا ثَابِتٌ وَفَرْعُهَا فِي السَّمَاءِ (٢٤)تُؤْتِي أُكُلَهَا كُلَّ حِينٍ بِإِذْنِ رَبِّهَا وَيَضْرِبُ اللَّهُ الأمْثَالَ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ

"(Ey inson), Alloh yaxshi so‘zga (ya’ni iymon kalimasiga) qanday misol keltirganini ko‘ring: u so‘z xuddi bir asil daraxtga o‘xshaydiki, uning ildizi (er ostiga) mahkam o‘rnashgan, shoxlari esa osmonda bo‘lib, Parvardigorning izni-irodasi bilan mudom meva berur. Alloh odamlarga eslatma-ibrat olishlari uchun mana shunday misollar keltirur" («Ibrohim», 24-25).

Bu oyatlarda yaxshi so‘z insonga dunyo va oxiratda yaxshiliklar olib kelishi bildirilgan bo‘lib, uning aksi bo‘lgan yomon so‘z egasining haq yo‘ldan adashishiga sabab bo‘lishi haqida shunday deyilgan:

وَمَثَلُ كَلِمَةٍ خَبِيثَةٍ كَشَجَرَةٍ خَبِيثَةٍ اجْتُثَّتْ مِنْ فَوْقِ الأرْضِ مَا لَهَا مِنْ قَرَارٍ

"Yomon so‘zning misoli esa yerdan (ildizi) uzilib qolgan, bir joyda (o‘rnashib) qo‘nim topmaydigan nopok daraxtga o‘xshar" («Ibrohim», 26).

Darhaqiqat, e’tibor bersak, qo‘pol odamlarning do‘stlari juda kam bo‘ladi. Ular o‘zlarining yomon muomalasi bilan bor do‘stlarini ham yo‘qotadilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:52:50
وَقُلْ لِعِبَادِي يَقُولُوا الَّتِي هِيَ أَحْسَنُ إِنَّ الشَّيْطَانَ يَنْزَغُ بَيْنَهُمْ إِنَّ الشَّيْطَانَ كَانَ لِلإنْسَانِ عَدُوًّا مُبِينًا

"Mening bandalarimga ayt, (o‘zaro so‘zlashganda) yaxshi so‘zlarni so‘zlasinlar. Albatta, shayton ularning orasiga dushmanlik solib turadi" («Isro», 53).

Yuqoridagi oyatga ko‘ra shayton insonlarni shirinso‘z bo‘lishdan uzoqlashtirib, shu yo‘l bilan ularning orasiga dushmanlik solishi bildirilgan. Yomon so‘z gapirilganda shayton ikki taraf orasini buzish uchun, qalblariga bir-birlariga nisbatan vasvasa soladi.

Natijada ular bir-birlarini kamsituvchi, tahqirlovchi so‘zlar bilan haqoratlaydilar. Shaytonning makru hiylasiga aldanib, tomonlar bir-biridan past ketmaslikka harakat qilishlari oqibatida, munosabatlari buziladi, hatto butunlay barham topadi.

Oyatda yaxshi so‘z tomiri yerga mustahkam o‘rnashgan asil daraxtga o‘xshatilgan. Mo‘minlar xoh g‘azabnok, xoh qayg‘uga botgan holda bo‘lsin, shirinso‘z bo‘lishga harakat qilsalar, shaytonning oralarini buzish uchun qilgan barcha harakati zoe ketadi. Daraxtning ildizlari qancha mustahkam bo‘lsa, shirinso‘z ham shayton yomonligidan saqlovchi mustahkam qo‘rg‘ondir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ummatlarini go‘zal xulqli bo‘lishga chaqirib, shunday deganlar:

"Senga zulm qilganni kechir, sendan uzilganga bog‘lan. Yomonlik qilganga yaxshilik qil. Yaqinlaring zarariga bo‘lsa-da rost so‘zla".
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:54:00
Mo‘min Qur’onni hayotiga rahbar etishni ahd qilgan ekan, kun davomida kayfiyati qanday bo‘lishidan qat’i nazar muomala qiladigan insonlarga yaxshi gapirishi, chiroyli munosabatda bo‘lishi lozim. O‘zining chiroyli xulqi, shirin so‘zi, xushmuomalasi bilan insonlarga ibrat bo‘lib, bu bilan Islom axloqining naqadar go‘zalligini yana bir bor amalda ko‘rsatadi. Ular insonlarni Islomga, Qur’on axloqi bilan yashashga da’vat etishda shirin so‘zning ahamiyati katta ekanligini, Alloh taoloning Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qarata aytgan quyidagi so‘zlaridan biladilar:

فَبِمَا رَحْمَةٍ مِنَ اللَّهِ لِنْتَ لَهُمْ وَلَوْ كُنْتَ فَظًّا غَلِيظَ الْقَلْبِ لانْفَضُّوا مِنْ حَوْلِكَ

"Allohning rahmati ila ularga muloyim bo‘lding. Agar qo‘pol, qalbi qattiq bo‘lganingda atrofingdan tarqab ketar edilar" («Oli Imron», 159).

Insonlar bilan xushmuomala, shirinso‘z, muloyim bo‘lish baxtiga erishgan bandalar Allohga shukr qilishlari lozim. Chunki oyatda muloyimlik faqat Allohning rahmati ila bo‘lishligi bildirilgan.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:55:40
Salomlashish...

"Salom" Alloh taoloning 99 go‘zal ismlaridan biri bo‘lib, nuqsonlardan salomat, shuningdek tinchlik-xotirjamlik va rohat beruvchi Zot ma’nosini bildiradi. As-Salamu alaykum deb salom berishning tarixi yer yuzidagi birinchi odam — Odam alayhissalom bilan bog‘liq. Birinchi bo‘lib "As-Salamu alaykum" deb salom bergan zot Odam alayhissalom bo‘lib, farishtalar u kishiga "As Salamu alayka va rohmatullohi" deb "rohmatullohi"ni ziyoda qilganlar. Shundan beri salomlashish joriy bo‘lgan. Bir-birlariga tinchlik tilab salomlashish kundalik oddiy odatga aylangan bo‘lsa ham, uning zamirida ulkan fazilat mujassam.

Bizlarga salomlashishni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buyurganlar va uning mukofotini: "Rahmonga ibodat qilinglar, odamlarga taom beringlar, salomni keng yoyinglar, jannatlarga kirasizlar" deb e’lon qilganlar.

Islom tinchlik, osoyishtalik dinidir. Shuning uchun har bir mo‘min-musulmon bir-biri bilan ko‘rishganda o‘zaro tinchlik, osoyishtalik tilaydilar. Salomni ko‘p aytish, kishilar har ko‘rganlarida bir-birlari bilan salomlashish, tinchlik omonlikning', salomatdikning ommalashuviga sabab bo‘ladigan, odamlar o‘rtasida o‘zaro muhabbatni yoyadigan,, mustahkamlaydigan, gina-kudurat, adovatni yo‘qotadigan amaldir. Shuning uchun Islomda go‘zal so‘zlar bilan salomlashish va uni keng yoyishga chaqirilgan.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 06:59:15
Salomlashishga qarab odamning madaniyati, odob-axloqi haqida ma’lum tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Islom madaniyati har zamon va har makonda juda yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilgan. Shu sababli Islomdagi salomlashish eng go‘zal va eng ma’noli salomlashishdir. Mo‘minlar buni bilganlari uchun yangi kunni bir-birlariga yaxshi tilaklar bilan boshlab, Alloh taoloning quyidagi amrini bajaradilar:

وَإِذَا حُيِّيتُمْ بِتَحِيَّةٍ فَحَيُّوا بِأَحْسَنَ مِنْهَا أَوْ رُدُّوهَا إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ حَسِيبًا

"Qachonki sizga bir salomlashish ila salom berilsa, siz undan ko‘ra yaxshiroq alik oling yoki xuddi o‘zidek javob bering. Albatta, Alloh har bir narsaning hisobini oluvchi Zotdir" («Niso», 86).

Ushbu oyat talabidan kelib chiqib, mo‘minlar salomga afzalroq qilib javob qaytaradilar. Bu "œAs-Salamu alaykum", ya’ni sizga tinchlik bo‘lsin uchun "œVa alaykumus Salam va rohmatulloh" — sizga ham tinchlik va Allohning rahmati bo‘lsin" yoki "œva barokatuhu", ya’ni barokati bo‘lsin jumlasini ziyoda qilish bilan amalga oshadi. Salom xayrli, barakali amal bo‘lgani uchun kim birinchi salom bersa ana o‘sha fazlga ega bo‘ladi.
Musulmonchilikda taniganga ham, tanimaganga ham salom berishlik sunnat, salomga javob qaytarish esa vojibdir. Lekin javob qaytarilmasa, salom bergan odamga afzalroq zotlar, ya’ni farishtalar alik oladilar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam salom berish tartibini quyidagicha joriy etganlar: kichik kattaga, ketayotgan o‘tirganga, ozchilik ko‘pchilikka, suvoriy piyodaga salom berishi lozim. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avval salom bergan kishini Allohga itoatliroq deb aytganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam ummatlarini "œSalomni yoyinglar, ko‘p salom beringlar, salomat bo‘lasizlar", deb salomni keng yoyishga da’vat qilib, O‘zlari doimo odamlarning katta-kichik, yoshu qari, boy-kambag‘alligiga qaramay birinchi bo‘lib salom berar edilar. Hech kim u zotdan avval salom berishga ulgurmagan. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam insonlarning eng itoatlisi edilar. Bizlar ham u zotdan ibrat olsak, aslo kam bo‘lmaymiz.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:03:09
Behuda tortishish va g‘azabdan qaytish"¦

Alloh taolo "Kahf" surasida inson tabiatiga xos tortishuvchilikni
 
وَكَانَ الإنْسَانُ أَكْثَرَ شَيْءٍ جَدَلا

"Inson o‘zi ko‘p tortishuvchi bo‘lgan edi",(54-oyat) deb bayon qilgan. Shu sababli Qur’on xulqidan xabardor bo‘lib, unga amal qiluvchi mo‘minlar birodarlik va do‘stlikning zaiflashuviga yo‘l ochib beradigan behuda tortishuv va janjallardan uzoq turadilar. Chunki Alloh taolo bunday qilishni qat’iy man’ etgan:

وَأَطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَلا تَنَازَعُوا فَتَفْشَلُوا وَتَذْهَبَ رِيحُكُمْ وَاصْبِرُوا إِنَّ اللَّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ

"Allohga va Uning Rasuliiga itoat qiling. O‘zaro nizo qilmang, u hodda tushkunlikka uchraysiz va kuch-quvvatingiz ketadir. Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilandir" («Anfol», 46).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:04:59
Bo‘lar-bo‘lmasga talashib-tortishish mo‘minning quvvatini sindiruvchidir, shaytonning gij-gijlashlariga aldanib, befoyda narsa ketidan quvishdir. Insonning vijdoni yo‘l bermay, janjallashishni xush ko‘rmasa ham, nafsi shunday qilishga chorlaydi. Shu sababli Qur’onni rahbar qilganlar vijdonlariga quloq tutib, behuda bahsga tortadigan sabablarga ham yaqinlashmaslikka harakat qiladilar.

Oniy g‘aflat tufayli bahs bog‘lash, uncha ahamiyatli bo‘lmagan masala xususida tortishish holati yuzaga kelsa, darrov diqqatlarini to‘plab Allohning oyatini eslaydilar, hamda xatolarini tuzatishga harakat qiladilar. Johil kimsalardan farqli o‘laroq Qur’on bilan xulqlangan mo‘minlarningtortishuvi ma’naviy manfaat topish, ilmini boyitish bilan tugab, unda tortishuvchi taraflar bilmagan narsalarini o‘rganadilar. O‘z fikrini isbotlash, uni boshqalarga uqtirish, ularga xos emas. Ular biror masala yuzasidan totishgudek bo‘lsalar, o‘z ustunliklarini ko‘rsatish uchun emas, balki bosiqlik bilan masalaning chin mohiyatini topishga harakat qiladidar.

Mo‘min kun davomida turli odamlar bilan uchrashadi, gaplashadi. Ular suhbatdoshlari, suhbatlashish sharoitlari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, behuda tortishuvdan uzoq turadilar. Misol uchun xarid vaqtida belgilangan narx xususida, haydovchisi kech kelgan avtobusning yo‘nalish jadvali haqida, xizmat ko‘rsatuvchi soha xodimlarining sustkashligi va shu kabi din uchun foydasi bo‘lmagan ahamiyatsiz narsalar haqida bahslashmaydilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:06:55
Mo‘minlar o‘zlariga nisbatan qilingan haqsizlik uchun tortishmay, g‘azablanmay, aksincha, juda og‘ir-bosiqlik, muloyimlik bilan bu holatdan chiqishga harakat qiladilar. Ular g‘azabni yengish taqvodorlarga xos bo‘lgan, hamda Qur’onda maqtalgan yuksak axloqiy fazilat ekanini biladilar:

الَّذِينَ يُنْفِقُونَ فِي السَّرَّاءِ وَالضَّرَّاءِ وَالْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَالْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ وَاللَّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ

"Ular yengillikda ham, og‘irlikda ham nafaqa qiladiganlar, g‘azabni yutadiganlar va odamlarni avf qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir" («Oli Imron», 134).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:08:36
Hasad va baxilliqdan qaytish"¦

Hasadgo‘ylik — birovga yetgan yaxshilikning, o‘sha kishini tark etib, o‘ziga kelishini o‘ylash, istash va shuning uchun harakat qilishdir. Hasad — Islomda qattiq qoralangan illat. Shu sababli mo‘min axloqida hasadga o‘rin yo‘q. Chunki hasadgo‘ylik o‘zi bilan birga atrofdagilarga ko‘pgina zararlar keltiradigan salbiy sifatdir. Mo‘min kishi esa tili va qo‘li bilan birovga zarar yetkazmaydigan shaxsdir.

Shunday insonlar borki, o‘zlarining moddiy, jismoniy, ma’naviy holatlarini boshqalardagi shu jihatlar bilan solishtirib yashaydilar. Bu solishtirishlarning aksariyati inson fe’liga salbiy ta’sir bilan tugaydi va hasadga yo‘l ochib beradi. Ibrat nazari bilan qarovchi mo‘min uchun esa bu kabi qiyoslash faqat naf keltiradi. O‘zlaridan moddiy, jismoniy jihatdan ustun turuvchi kishilarni ko‘rsalar, darrov o‘zlaridan faqir, kasalmand, nogironlar borligini o‘ylab, Allohga shukr qiladilar. Ma’naviy jihatdan yuqori turuvchilarni qo‘rganda, ulardan ibrat oladilar. Ular hasad qilish Islom axloqiga zid ekanini biladilar. Johil kimsalar esa Qur’on bilan xulqlangan mo‘minlardan farqli holda quyidagi ulkan haqiqatdan bexabarlar:

وَلا تَتَمَنَّوْا مَا فَضَّلَ اللَّهُ بِهِ بَعْضَكُمْ عَلَى بَعْضٍ لِلرِّجَالِ نَصِيبٌ مِمَّا اكْتَسَبُوا وَلِلنِّسَاءِ نَصِيبٌ مِمَّا اكْتَسَبْنَ وَاسْأَلُوا اللَّهَ مِنْ فَضْلِهِ إِنَّ اللَّهَ كَانَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمًا

"Alloh ba’zingiznn ba’zingizdan afzal etgan narsalarni (hasad ila) orzu etmang. Erkaklarga o‘z kasbidan nasiba bor. Ayollarga uz kasbndan nasnba bor. Allohdan fazlni so‘rang. Albatta, Alloh har bir narsann biluvchi Zotdir" («Niso», 32).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:11:05
أَمْ يَحْسُدُونَ النَّاسَ عَلَى مَا آتَاهُمُ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ

"Yoki Alloh odamlarga O‘z fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi?" («Niso», 54).

Yeru osmondagi barcha narsaning sohibi bo‘lgan Alloh istagan bandasini istaganmcha rizqlantiradi, xohlaganicha aziz qiladi. Mo‘min buni bilgani uchun boshqalarda mavjud bo‘lib, uning nafsiga xush kelgan, lekin o‘zi erisha olmagan ne’matlar uchun hasad qilmaydi. O‘zidan boy va chiroyli kishini ko‘rganda go‘zallik va boylikning asl sohibini eslaydi. Alloh bandasiga O‘zi istaganicha ne’mat berishini, tanlash faqat U zotga xosligini doim yodda tutadi. Alloh nazdida mol-dunyo sohiblari emas, balki taqvodorlarning martabasi ulug‘ligi ularni mudom Allohga taqvo qilishga chorlaydi.

Hasad shunday yuqumli kasallikki, bir kishining qalbida tug‘ilib butun bir millatga shu dardni yuqtirishi mumkin. Islom tarixidan ma’lumki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarini, u kishining mo‘jizalarini, u kishiga Qur’on tushayotganini ko‘rib-bilib turib, qalblaridagi hasad tufayli iymonga kirmaganlarni Qur’onda "g‘azabga duchor bo‘lganlar" va "adashganlar" deb ta’rif berilgan. "G’azabga duchor bo‘lganlar", ya’ni yahudiylar "nimaga bizdan emas, arablardan Payg‘ambar chiqdi" deb hasad qilsalar, ko‘plab arab qabilalari qurayshliklarga hasad qildilar. Qurayshning boy zodagonlari esa, "nimaga bizdan emas, kambag‘al bir yetimchadan Payg‘ambar chiqar ekan" deb hasad qilsalar, ularning rahbarlari "biz boy-badavlat odamlar nima uchun bir kambag‘alga ergashishimiz kerak" deb hasad qilib Islomga kirmaganlar. Hasad, hatto, kofirlikka ham olib keladigan ma’naviy jinoyat ekan. Shuning uchun qalbida hasadi bor odamning Islomga kirishi amri mahol.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:15:30
Mo‘minlar hasad bilan birga unga yo‘l ochib beruvchi illatlardan ham uzoq turishga intiladilar. Shunday illatlardan biri baxilliqdir. Ular o‘zlari yaxshi ko‘rgan narsani boshqalar bilan baham ko‘rishlari, saxiylik bilan odamlarni siylashlari orqali ham hasad kelib chiqishining oldini oladilar, ham odamlar o‘rtasida mehr kuchayishiga erishadilar. O‘zlariga xush kelgan narsalarni boshqalar bilan baham ko‘rish yaxshilikka, najotga eltuvchi yo‘l ekanini biladilar. Chunki ular quyidagi oyatga amal qilish baxtiga muyassar bo‘lgan bandalardir:

وَمَنْ يُوقَ شُحَّ نَفْسِهِ فَأُولَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ

"...Kim o‘z nafsining baxilligidan saqlansa, undoq kishilar, ha, o‘shalar yutuvchilardir" («Hashr» 9).

لَنْ تَنَالُوا الْبِرَّ حَتَّى تُنْفِقُوا مِمَّا تُحِبُّونَ وَمَا تُنْفِقُوا مِنْ شَيْءٍ فَإِنَّ اللَّهَ بِهِ عَلِيمٌ

"O’zingiz suygan narsalardan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz. Nimani nafaqa qilganingizni Alloh biluvchidir" («Oli Imron», 92).

Mo‘min odam hasad bilan iymonning bir qalbda bo‘lmasligini va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning "Hasad egasi mendan emas"degan so‘zlarini mudom yodda tutadi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:17:34
Gumon, josuslik va g‘iybatdan saqlanish"¦

Gumon, josuslik va g‘iybat bir-biriga bog‘liq bo‘lgan salbiy sifatlardir. O‘zaro nizolar va kelishmovchiliklar ko‘proq bir-biridan yomon gumonda bo‘lishdan kelib chiqadi. Kimning fikr-xayoliga badgumonlik o‘ralashsa, o‘sha odam gumonini tasdikdash uchun, zimdan, u odamning o‘ziga bildirmasdan, uning ayblarini, zaif tomonlarini bilib, dalil qidira boshlaydi. Dalil topilgach, o‘ziga o‘xshagan hamfikr kishi bilan baham ko‘radi va g‘iybat qilishga o‘tadi. Albatta, bu Qur’on axloqiga zid harakat. Shu sababli Alloh taolo iymon keltirgan bandalarini ulardan chetda bo‘lishga chaqirib shunday degan:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيرًا مِنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ وَلا تَجَسَّسُوا وَلا يَغْتَبْ بَعْضُكُمْ بَعْضًا أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَنْ يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ تَوَّابٌ رَحِيمٌ

"Ey iymon keltirganlar, ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g‘iybat qilmanglar. Sizlardan kim o‘zining o‘lgan birodarining go‘shtini yeyishni xohlaydi, albatta buni yomon ko‘rasizlar. Allohga taqvo qiling, albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahmdildir" («Hujurot», 12).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:18:35
Badgumonlik, josuslik va g‘iybat taqvodor' mo‘minlar nafratlangan va undan uzoqroq turishga intilgan illatlardir. Chin mo‘min kishining qalbi bu kabi jirkanch illatlardan pok bo‘lmog‘i zarur. Chunki bu ish Islom dinining asosiy g‘oyalaridan biri — insonning izzat-ikromi, hurmat va obro‘yini himoya qilish masalasi bilan bog‘liqdir. Mo‘minlarni nafratlantirgan bu illat johil odamlarning kundalik hayoti mazmunini tashkil qiladi. Ularning deyarli barcha suhbatlari g‘iybatdan boshlanib, yana g‘iybat bilan tugaydi. G’iybat qiluvchi tomonlar bu ishning gunoh ekanligini bilganlari uchun "g‘iybatini emas, sifatini" gapiryapmiz deb   o‘zlarini    oqlashga   sabab   ham    topishadi.

Mo‘minlar esa bir odamni o‘zi yo‘q paytda, o‘sha odamga yoqmaydigan gaplar bilan eslash g‘iybat bo‘lishini, g‘iybat gunohi kabiralar sirasiga kirishini yaxshi biladilar. Shu sababli mo‘min axloqida bu kabi yomon snfatlarga o‘rin yo‘q. Mo‘minlar Qur’on oyatlarini doim eslab yurganlari bois umrlarining oxiriga qadar Allohga xush kelmagan barcha amallardan uzoq turishga intiladilar. Ular boshqalar haqida yomon gumonga borish, ular haqida ma’lumot to‘plashga intilmaydilar. Ular abadiy hayot saodati uchun mudom intilganlari bois bu kabi foydasiz ishlarga vaqtlari yo‘q. Suhbat chog‘ida o‘zi bo‘lmagan, lekin egasi eshtsa xafa bo‘ladigan so‘zlarni gapirishdan tiyiladilar. Birov haqida yomon gumonga bormay, uning yaxshi sifatlarini eslab, gumonlarini tilga chiqarishdan ehtiyot bo‘ladilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:19:46
Mo‘min oila a’zolari, do‘stlari, yaqinlarini ham bu salbiy sifatlardan saqlanishga chaqiradi. Chunki yomon gumon ortidan kelib chiqadigan josuslik, g‘iybat va uning dahshatli oqibatlari mo‘minlarni befarq qoldirmaydi. Ular Alloh taoloning quyidagi oyatini yodda tutib unga amal qiluvchilardir:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا قُوا أَنْفُسَكُمْ وَأَهْلِيكُمْ نَارًا وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ عَلَيْهَا مَلائِكَةٌ غِلاظٌ شِدَادٌ لا يَعْصُونَ اللَّهَ مَا أَمَرَهُمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ

"Ey iymon keltirganlar, o‘zingizni va ahli ayolingizni yoqilg‘isi odamlaru toshdan bo‘lgan o‘tdan qo‘rqiting. Uning tepasida qo‘pol, darg‘azab farishtalar bo‘lib, ular Allohning amriga isyon qilmaydilar va nimaga buyurilsalar, shuni qiladilar" («Tahrim», 6).

Ushbu oyat nozil bo‘lgach Hazrati Umar roziyallohu anhu: "Ey Rasululloh, o‘z nafsimizni-ku saqlaymiz, ahlimizni qanday saqlaymiz? deb so‘radilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ularga javoban: "Alloh sizlarni nimadan qaytargan bo‘lsa, ularni ham qaytarasizlar. Alloh sizlarni nimaga buyursa, ularni ham buyurasizlar. Ana o‘sha ularni o‘tdan saqlash bo‘ladi", deganlar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:20:34
Fidoyilik"¦

Xayollari faqat foniy dunyo manfaati bilan band kimsalar biror foyda ko‘rmaguncha, boshqalarga yordam berishmaydi. Chunki ular qilingan yaxshiliklar uchun oxiratda cheksiz mukofotlar borligini bilmaydilar. Bilganlarning ba’zilariga esa dunyoviy hayot manfaati jozibaliroqko‘rinadi. Inson tabiatidagi xudbinlik, hasad, baxillik kabi illatlar fidoyi bo‘lishga mone’lik qiladi. Xudbin va hasadgo‘y kimsalar o‘zlarida bor ne’matlarga boshqalar ham egalik qilishini, o‘zlari erishgan mavqega o‘zgalar ham erishishini tasavvur qila olmaydilar.

Qur’onni rahbar qilgan mo‘minlar doimo o‘z nafslari ustidan nazorat o‘rnatadilar. Shu sababli so‘zlari, hatti-harakatlarida xudbinlik yoki hasadning biror alomati sezilsa, u ildiz otmay turib barham berish chorasini izlaydilar. Bunday choralardan biri nafsning bebosh orzularini chegaralay bilishdir. Nafsdagi xudbinlik, baxillik singari illatlarning davosi esa saxiylik bo‘lib, mo‘minlar ulardan xalos bo‘lish maqsadida nafsiga xush kelgan narsalarni boshqalar. bilan baham ko‘rishga intiladilar. Misol uchun, yaxshi ko‘rgan taomini och qolgan biror kishi bilan baham ko‘rish, juda yoqtirgan narsasini shunga ehtiyoji ko‘proq odamga berish, o‘z ahlidan ortganini nafaqa qilish shular jumlasidandir. Mo‘minlar qilgan yaxshiliklarining bari oxiratda ortig‘i bilan qaytishini biladilar. Shu sababli bu amallarni bajarish ularga faqat zavq bag‘ishlaydi. Ular qilgan yaxshiliklari uchun Alloh roziligidan boshqa narsa kutmaydilar. Shuning uchun ularning yaxshiligi, fidoyiligi bardavom bo‘ladi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:22:03
Alloh   Qur’onda   madinalik   musulmonlar-ansorlarning fidoyiligi haqida:

وَالَّذِينَ تَبَوَّءُوا الدَّارَ وَالإيمَانَ مِنْ قَبْلِهِمْ يُحِبُّونَ مَنْ هَاجَرَ إِلَيْهِمْ وَلا يَجِدُونَ فِي صُدُورِهِمْ حَاجَةً مِمَّا أُوتُوا وَيُؤْثِرُونَ عَلَى أَنْفُسِهِمْ وَلَوْ كَانَ بِهِمْ خَصَاصَةٌ وَمَنْ يُوقَ شُحَّ نَفْسِهِ فَأُولَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ

"Ulardan (muhojirlardan) avval bu joyda (Madinada) yashagan va iymonga (ixlos qilganlar). Ular yurtlariga hijrat qilib kelganlarni sevadilar va ularga (muhojirlarga) berilgan narsalarga qalblarida hasad qilmaydilar. Va gar o‘zlarining hojatlari bo‘lsa ham, (ularni) o‘zlaridan ustun qo‘yadilar. Kim o‘z nafsining baxilligidan saqlansa, undoq kishilar, ha, o‘shalar yutuvchilardir" («Hashr», 9) deb ta’rif bergan.

Madinalik musulmonlar Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam va muhojirlarga yordam berganlari uchun "Ansorlar" deb nomlanganlar. Qur’on bilan xulqdangan mo‘minlar ansorlarning bu kabi saxovat, fidoyiligidan ibrat olib, baxilliqdan saqlanadilar. Ular baxillik, xudbinlik mo‘min axloqiga mutlaqo zid ekanini biladilar. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam baxillik va iymon bandaning qalbida abadul-abad jam bo‘lmasligini bildirganlar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:24:04
Ko‘rib turganingizdek fidoyi bo‘lish, o‘zgalar manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yish Qur’onda maqtab zikr etilgan ulkan axloqiy sifatdir. Haqiqiy fidoyilik, haqiqiy do‘stlik mana shunday bo‘ladi. Bu axloqiy sifat faqat moddiy manfaat bilan chegaralanmaydi. "Mo‘minlar bir-birlarining og‘riqlariga sherik bo‘lishlari kerak. Bu bosh og‘riganda bamisoli butun tana og‘rigani kabidir" degan hadis talabidan kelib chiqib, mo‘minlar hayotning har sohasida din birodarlarini o‘ylaydilar. Men baxtliman-ku, boyman-ku, qolganlar bilan nima ishim bor, kabi xudbinlarcha fikrlash o‘zini mo‘min deb bilganlarga xos emas. Ular har qanday ishda ham Alloh roziligini o‘ylaydilar.

Imom Fahriddin Roziy qilgan rivoyatda Suhayb ar-Rumiy roziyallohu anhu Madinai Munavvaraga hijrat qilib jo‘naganida, quraysh mushriklaridan bir guruhi uning joniga tajovuz qilib, moliga egalik qilmoqchi, o‘zini yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘ladilar. Suhayb ar-Rumiy roziyallohu anhu o‘qdonidagi o‘qlari tugaguncha, qo‘lidagi qilichi bilan oxirgi tomchi qoni qolguncha ular bilan olishishini aytdi. Shunda ular haqiqiy maqsadlarini bildirdilar. "Molimning qaerdaligini aytib bersam, o‘z yo‘limda ketaveramanmi?" dedilar. Ular tasdiqlagach, mollari Makkaning qaerida ekanligini aytib berdilar.

Suhayb ar-Rumiy roziyallohu anhu Madiynaga kelib Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirishlari bilan ular: "Savdo foyda keltirdi, ey Suhayb!" deb ikki marta takrorladilar. Biroz turib Alloh:

وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَشْرِي نَفْسَهُ ابْتِغَاءَ مَرْضَاةِ اللَّهِ وَاللَّهُ رَءُوفٌ بِالْعِبَادِ

"Va odamlardan Allohning roziligini tilab jonini sotadiganlar bor. Va Alloh bandalarga mehribondir" («Baqara», 207) degan oyati karimani nozil qildi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:25:41
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonlarida bu oyatda vasf qilingan sifatlarga ega odamlar bisyor edi. Ular johiliyat botqog‘idan chiqib, Islom deb atalmish yangi ilohyy ummatga a’zo bo‘layotganlarini anglab yetdilar. Musulmon degan buyuk nomga munosib bo‘lish, Alloh roziligini topish uchun nainki mol-davlati, balki jonlaridan kechishga ham tayyor turganlari bois, qisqa muddatda dunyoda adolat o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldilar. Siz bilan biz yashab turgan bugungi kunda Suhayb ar-Rumiy roziyallohu anhuga o‘xshagan fidoyilar suv bilan havodek zarur!

Qilayotgan ishi, gapirayotgan so‘zi atrofdagilarga qanday ta’sir qilishini chuqur mushohada qilmaslik, o‘zgalar fikrini inobatga olmaslik iymonning kamolga yetmaganini bildiradi. Faqat o‘ziga ma’qul kelganini qilish Alloh Qur’onda vasf etgan mo‘minlik talablariga javob bermaydi. O‘zgalar xohishini, manfaatini ustun qo‘yish mo‘minlarga xos tabiiy fazilat bo‘lib, bu fazilatlar Qur’oni karimda vasf qilingan:
 
وَيُطْعِمُونَ الطَّعَامَ عَلَى حُبِّهِ مِسْكِينًا وَيَتِيمًا وَأَسِيرًا

"O‘zlari biror taomni yaxshi ko‘rib (tanovul qilgilari kelib tursa ham), uni miskin, yetim va asirlarga beradilar" («Inson», 8-oyat) oyatiga javob bo‘ladi.

Ular bu fazilatlari bilan kibrlanmaydilar, hech kimdan e’tibor kutmaydilar, balki buni tabiiy bir hol deb, uni ato etgan Allohga qalbdan shukr qiladilar. Bizning davrimizga kelib g‘oyat tanqis bo‘lgan bu fazilat saodat asri odamlari hayotida o‘ziga xos bellashuv shaklida mavjud bo‘lgan.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:26:08
Abu Bakr roziyallohu anhu barcha mol-davlatini, Umar roziyallohu anhu esa davlatining yarmini Alloh roziligi yo‘lida sarf qilishgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam davlatining yarmini sadaqa qilgan Umardan farzandlariga nima qoldirganini so‘raganlarida, u zot molining yarmini qoldirganini aytdilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shu savolni barcha davlatini Alloh yo‘lida sadaqa qilgan Abu Bakrga berganlarida u zot: «Farzandlarimga Alloh va uning Rasulini qoldirdim», dedilar.

Islom tarixida Badr urushi, Uhud urushi kabi musulmon ummatiga katta saboq bo‘lgan, insoniyatni eng mukammal din yo‘liga tayyorlash jarayonida poklash bosqichi bo‘lib xizmat qilgan urushlar bor. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayot, ularga Allohdan vahiy kelib turgan, odamlar Alloh roziligi uchun o‘limga tayyor turganlaridan yeb turgan xurmolarini ham ortiqcha ko‘rganlar bor. Uhud urushi chog‘ida o‘zining to‘rt nafar o‘g‘illari g‘azotda ishtirok etayotgani va ular otalarining urushda qatnashishiga qarshilik qilishlariga, o‘zlarining qattiq oqsoq bo‘lishlariga qaramay, jangga otlanib Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelgan Amr ibn-Jamuh roziyallohu anhu : "Ey Allohning Rasuli, Allohga qasamki, men urushda shahid bo‘lishni va mana shu cho‘loq oyog‘im bilan jannatni bosishni orzu qilaman" dedilar. Ruxsat bo‘lgach, u kishi jihodga chiqib, Uhudda shahid bo‘ldilar.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:27:24
Adolat bilan harakat qilish"¦

Mo‘minlar guvohi bo‘lgan, eshitgan va hatto ko‘chada mutlaqo notanish odamlar orasida yuz bergan biror adolatsiz hodisaga ham jimgina, loqayd qarab tura olmaydilar. Qur’on axloqiga amal qilish ularni har qanday haqsizlikning oldini olish, mazlum haqqini undirish, adolatsizlikning juda kichik ko‘rinishini ham bartaraf etishga undaydi. Mo‘minlar adolat tantanasi uchun o‘zlarining butun imkoniyatlarini ishga soladilar. Ular oxiratda o‘zlari guvoh bo‘lgan adolatsizlikka barham berish uchun nima qilganliklari haqida so‘ralishini biladilar. Shu sababli ular doimo turli nohaqliklarni adolat tarozisida bartaraf etish mas’uliyati bilan yashaydilar. Ko‘pchilik kabi "ko‘rmadim", "bilmadim" deb mas’uliyatdan, javobgarlikdan qochish mo‘minlarga xos emas.

Qur’on axloqi nafsning havoyi orzulariga zid kelishiga qaramay, o‘z yaqinlarining zarariga bo‘lsa ham, odamlarni ota-ona, tanish-notanish, boy-kambag‘alga ajratmay adolat qonunlariga rioya qilish shart. Chunki Alloh bizdan shuni talab qiladi.

Misol uchun, qaynona-kelin munosabatlaridagi haqsizlik ko‘p oilalarda yozilmagan qonun darajasiga ko‘tarilgan, ya’ni odatiy holga aylangan. E’tibor bersak, qizi bor qaynonalar qizlari zimmasidagi o‘z kirini o‘zi yuvish, dazmollash, xonasini tozalash kabi vazifalarni yoki ro‘zg‘orning kundalik boshqa yumushlarini ham to‘laligicha kelinlari zimmasiga yuklab qo‘yadilar. Yaxshi ovqatlanish, yangi kiyim kiyish, dam olish, davolanish masalalarida esa ko‘proq qizlariga e’tibor beradilar. Natijada juda katta haqsizlik va zulm yuzaga keladi. Bu kabi achinarli holatdan kelinning eri ham, qaynota ham, oilaning boshqa a’zolari ham xabardor. Lekin ularning birortasi adolat nuqtai nazaridan ish tutib, bu kabi masalalarga   aralashishni   lozim  topmaydilar.

Er onasining yuzidan o‘tib, xotiniga yon bosa olmasa, qaynotaga o‘z qizi sevimli ko‘rinadi. Holbuki, oiladagi adolat tarozisining muvozanatini saqlash ko‘proq erkaklar zimmasiga tushadi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:28:29
Oila miqyosida kelib chiqib, ko‘pchilikka odatiy holdek tuyulgan bu muammo jamiyatga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Qilinayotgan haqsizlikka osonlikcha ko‘z yumgan, uning oldini olish yo‘llarini qidirmagan odamlar orasida tug‘ilib, tarbiya topayotgan farzanddan adolat bobida nima kutish mumkin? Oilada boshlangan adolatsizlik davlat miqyosidagi muammo darajasiga ko‘tarilishi va jamiyat ma’naviy inqirozga yuz tutishi mumkin. Barcha muammolarning yechimini o‘zida aks ettirgan Qur’onda bu masalaning muolajasi quyidagicha belgilangan:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُونُوا قَوَّامِينَ بِالْقِسْطِ شُهَدَاءَ لِلَّهِ وَلَوْ عَلَى أَنْفُسِكُمْ أَوِ الْوَالِدَيْنِ وَالأقْرَبِينَ إِنْ يَكُنْ غَنِيًّا أَوْ فَقِيرًا فَاللَّهُ أَوْلَى بِهِمَا فَلا تَتَّبِعُوا الْهَوَى أَنْ تَعْدِلُوا وَإِنْ تَلْوُوا أَوْ تُعْرِضُوا فَإِنَّ اللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا

"Ey, iymon keltirganlar! Adolat ila turing hamda agar o‘zingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga bo‘lsa ham, Alloh uchun to‘g‘ri guvohlik beruvchi bo‘ling. Agar u boy bo‘lsa ham, kambag‘al bo‘lsa ham, Alloh unga yaqinroqdir. Havoi nafsga ergashib, adolaqizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz o‘girib keqangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir" («Niso», 135).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:29:22
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonlarida Bani Mahzumdan bo‘lgan bir ayol o‘g‘irlik qildi. Jazosi tayinlanishi uchun uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keltirishdi. Bu hol Qurayshni xafa qildi va: "Rasulullohdan uning gunohini so‘rab beradigan kim bor?" deyishdi. Shunda Rasulullohning qalblariga mahbub bo‘lgan Usoma ibn Zayd roziyallohu anhuni esladilar. Undan Rasulullohning huzurlarida o‘sha ayolga shafe’ bo‘lishini so‘rashdi. Usoma roziyallohu anhu u zotning huzurlariga kirib, ayolning gunohini o‘tishlarini so‘raganida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam  qattiq g‘azablandilar va unga:

"Sen Allohning hadlaridan bo‘lgan hadga shafe’ bo‘lasanmi?!" dedilar. Sungra turib odamlarga qarata shunday xitob qildilar: "Darhaqiqat, sizlardan oldin o‘tgan ummatlar agar o‘zlaridan bir obro‘li kishi o‘g‘irlik qilsa, kechirishar, ammo zaif va nochor odam o‘g‘irlik qilsa, unga hadni ijro etishar edi va ular shu sababdan halokatga uchrashdi. Allohga qasamki, agar Muhammadning qizi Fotima o‘g‘irlik qilganida ham, uning qo‘lini kesgan bo‘lardim".
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:31:00
Rostgo‘ylik"¦

Oramizda shunday odamlar borki, xatolarini yashirish, manfaat ko‘rish, qiyin ahvoldan chiqish yoki boshqalarni o‘z istaklariga bo‘ysundirish maqsadida yolg‘on gapirishdan uyalmaydilar. Qilayotgan ishlari noto‘g‘ri ekanligi va har daqiqada yolg‘onlari fosh bo‘lib qolishi mumkinligini bilganlari holda, yolg‘onchilikni kasb qilib oladilar. Ular Ulug‘ hisob kunida aytilgan har bir gap va qilingan har bir amal uchun so‘roq-javoblar borligini bilmaydilar yoki shaytonga bo‘ysungan aql-idroklari bu haqiqatni bilishga yo‘l qo‘ymaydi.
Qur’on ilmini chuqur bilgan mo‘minlarga rostgo‘ylik doimiy hamroh bo‘lib, bu yuksak axloqiy fazilat ularning har bir amalini bezab turadi. Alloh taoloning

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَقُولُوا قَوْلا سَدِيدًا

"Ey iymon keltirganlar Allohga taqvo qiling va to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar" («Ahzob», 70) oyatiga amal qilish mas’uliyati ularni bir zum ham tark etmaydi.

Hayotda shunday murakkab sharoitlar bo‘ladiki, yolg‘on gapirish najot bo‘lib ko‘rinadi. Bu yo‘l bilan qiyin ahvoldan chiqish mumkin, lekin haqiqiy najot unda emas. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

"Sadoqatli bo‘linglar, chunki sadoqat yaxshilik va jannatga boshlaydi. Agar kishi sadoqatni o‘ziga lozim tuqa, bardavom bo‘lsa, Allohning huzurida "Sadoqatli" banda deb yoziladi. Yolg‘onchilikdan hazar qilinglar, chunki yolg‘onchilik yomon ishga boshlaydi, yomon ish esa do‘zaxga boshlaydi. Bir kishi yolg‘on gapiraversa, shu ishda bardavom bo‘lsa, Allohning huzurida "Yolg‘onchi" deb yoziladi".
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:32:18
Mo‘minlar o‘zlarining solih amallari bilan xotirjam hayot kechirishga zamin tayyorlaydilar. Yolg‘onim ochilib qolmasmikan degan tahlika ular uchun mutlaqo begona tuyg‘u. Rostgo‘ylikni hayotlariga shior qilib olgan baxtiyor bandalarga Alloh taoloning quyidagi xushxabari bor:

قَالَ اللَّهُ هَذَا يَوْمُ يَنْفَعُ الصَّادِقِينَ صِدْقُهُمْ لَهُمْ جَنَّاتٌ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الأنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ ذَلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ

"Alloh: "Bu kun rostgo‘ylarga rostgo‘yliklari manfaat beradigan kun. Ularga ostidan suvlar oqib turgan jannatlar bor, unda abadiy-boqiy bo‘lurlar. Alloh ulardan rozi bo‘ldi. Ular Allohdan rozi bo‘ldi. Bu esa, ulug‘ yutuqdir" — dedi («Moida», 119).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:34:02
Mazah qilishdan saqlanish"¦

Mazah qilib o‘zgalarni kamsitish odob-axloq qoidalariga zid amal ekanligi hammaga ma’lum. Mo‘minlar xulqida mazah qilish illati yo‘qligini Alloh taolo quyidagi tarzda bildirgan:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لا يَسْخَرْ قَومٌ مِنْ قَوْمٍ عَسَى أَنْ يَكُونُوا خَيْرًا مِنْهُمْ وَلا نِسَاءٌ مِنْ نِسَاءٍ عَسَى أَنْ يَكُنَّ خَيْرًا مِنْهُنَّ وَلا تَلْمِزُوا أَنْفُسَكُمْ وَلا تَنَابَزُوا بِالألْقَابِ بِئْسَ الاسْمُ الْفُسُوقُ بَعْدَ الإيمَانِ وَمَنْ لَمْ يَتُبْ فَأُولَئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ

"Ey, imon keltirganlar, bir qavm ikkinchi bir qavmni masxara qilmasin. Ehtimol, ular bulardan yaxshidir. Shuningdek, ayollar ham bir-birlarini masxara qilmasin. Ehtimol, masxara qilinganlar masxara qiluvchilardan yaxshiroqdir. O‘zlaringizni ayblamanglar, bir-birlaringizga laqab to‘qimanglar. Iymonli bo‘lgandan so‘ng, fosiqlik ismlari qandoq ham yomon. Kim tavba qilmasa, unday kishilar zolimdur" («Hujurot», 11).

Johil kimsalar kundalik hayotining deyarli har daqiqasida o‘zgalarni kamsitib, mazah qilish holatlarini ko‘ramiz. Ular odamlarning jismoniy nuqsonlari, kiyimi, moddiy ahvoli, gaplashish tarzi, muomalasi kabi boshqalarga daxli yo‘q xato va kamchiliklarini nishonga oladilar. Ba’zan esa ulardagi yutuqlarni ko‘rolmaslik oqibatida yaxshi narsalardan ham mazah qilish uchun mavzu topadilar. Mazah qilish deganda, ba’zi odamlar bir yoki bir necha kishining zaif tomonini nishonga olib, boshqalarning   ular   ustidan   qah-qaha   otib kulishlari tushuniladi.  Shuningdek, so‘z bilan birga, ko‘z qarashi, yuz ifodasi, istehzoli tabassum, ayrim tana a’zolarining notabiiy harakati bilan ham mazah qilinadi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:35:29
Mazah qilayotgan odam uchun mazah qilinayotgan kishining dili og‘rishi, kayfiyati buzilishi, xafa bo‘lib yig‘lashi muhim emas. Bu kabi johil kimsalar uchun eng muhimi, o‘zini katta tutib, odamlar e’tiborini qaratish va mazah qilingan kishini kamsitib, obro‘sini to‘kishdir. Ular Alloh taolo boshqalarning obro‘sini to‘kib, dilozorlik qilishni qat’iy man’ etganini bilmaydigan, qalblari qulflangan johil kimsalardir. Qur’on xulqidan bexabar, hisob kuni va oxirat hayotini o‘ylamay bunday nobop harakat qiluvchilar haqida:

وَيْلٌ لِكُلِّ هُمَزَةٍ لُمَزَةٍ

"Har bir obro‘ to‘kuvchi va ayblovchiga vayl bo‘lsin" («Humaza», 1) deyilgan.

Islomda mo‘minning qonini to‘kish qanchalik gunoh bo‘lsa, obro‘sini to‘kish ham shunchalik gunoh hisoblanadi. Odamlar obro‘sini to‘kish, ularni xafa qilish egasini do‘zax sari yetaklovchi illatdir. Shu sababli mo‘minlar orasida o‘zgalarni kamsitish, mazah qilishning har qanday ko‘rinishi ta’qiqlangan.
Ular bir-birlariga juda mehribon, tavoze’lidirlar.

Odamlarning kamsitilishi, ularning ojiz tomonini eslatib, oshkor qilinishi-mazah bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatdan uzoq turadilar. Ular yaqinlari, do‘st-birodarlarining harakati, gap-so‘zida kamchilik sezsalar, odamlar orasida uni oshkor qilmay, juda chiroyli usul bilan xatolarini tuzatadilar. Islom dini ta’limoti bo‘yicha bir odamni mazah qilish, obro‘yini to‘kish-uni o‘ldirish va mol-mulkini tortib olish bilan teng jinoyat hisoblanadi. Alloh taolo O‘zining haqqiga bandasi tajovuz qilsa kechiradi. Biroq banda bilan banda o‘rasidagi tajovuzlarni zulm ko‘rgan banda kechirmaguncha, Alloh taolo ham kechirmaydi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:37:06
Farosatli bo‘lish"¦

Qur’on bilan xulqlanish baxtidan benasib shunday kimsalar borki, ularning tabiatida qo‘pollik, loqaydlik, manmanlik kabi salbiy sifatlar hukmron bo‘ladi. Buning asosiy sabablaridan biri xudbinlikdir. Xudbinlik — o‘zgalarning fikri, tuyg‘ulari, manfaatlariga ikkinchi darajali deb qarash, yoki umuman ahamiyat bermaslik kasalidir. Qur’onni rahbar qilgan mo‘minlar jamoasida bu kabi holatlar kuzatilmaydi. Nafslaridagi Islom axloqiga zid bo‘lgan kamchiliklarni tuzatishga bo‘lgan intilish, ularga xos afzalliklardan biridir. Nafsning cheksiz orzularini yenga olgan mo‘min boshqa mo‘minlarga nisbatan fidoyi va farosatli bo‘la oladi.

Ayni vaqtda farosatli bo‘lish Allohning Rasullariga xos fazilat bo‘lib, Qur’onda bayon qilingan Muso alayhissalomning quyidagi harakati barchaga ibrat:

وَلَمَّا وَرَدَ مَاءَ مَدْيَنَ وَجَدَ عَلَيْهِ أُمَّةً مِنَ النَّاسِ يَسْقُونَ وَوَجَدَ مِنْ دُونِهِمُ امْرَأتَيْنِ تَذُودَانِ قَالَ مَا خَطْبُكُمَا قَالَتَا لا نَسْقِي حَتَّى يُصْدِرَ الرِّعَاءُ وَأَبُونَا شَيْخٌ كَبِيرٌ (٢٣)فَسَقَى لَهُمَا

"Qachonki Madyanning suvi-qudug‘iga yetib kelgach, u yerda bir to‘p odamlar (chorvalarini) sug‘orayottanlarini ko‘rdi va ulardan quyiroqda ikki ayol (o‘z qo‘ylarini quduqtsan) to‘sib turganlarini ko‘rib: "Sizlarga ne bo‘ldi (Ya’ni nega qo‘ylaringizni sug‘ormay turibsiz)?" — dedi.
Ular "Biz to podachilar (mollarini) qaytarmaguncha sugora olmaymiz. Otamiz esa qari chol (ya’ni qo‘ylarimizni sug‘organi kela olmas)", dedilar. Shunda (Muso) ularga (qo‘ylarini) sug‘orib berdi"
(«Qasos», 23-24).

Muso alayhissalom ziyrak tortib, yordamga muhtoj bo‘lgan ayollarga vaqt o‘tkazmasdan ko‘maklashishida mo‘minlar uchun buyuk ibrat bor. Iymon keltirganlar Muso alayhissalomning Qur’on oyatlarida maqtalgan bu fazilatini bir umr o‘zlariga namuna qilib olishlari foydadan xoli emas. Qiyin ahvolda qolgan odamni ko‘rganda, u xoh tanish, xoh notanish bo‘lsin — qo‘lidan kelgan yordamini ayamaslik, ruhiy iztirob chekayotgan yaqinlariga bisotlaridagi eng shirin so‘zlar bilan tasalli berish, ko‘nglini ko‘tarish, yaxshi niyat yo‘lida qilingan kichik harakatni ham rag‘batlantirib, maqtov so‘zlar aytish insonning nozik ta’b, buyuk farosat egasi ekanligiga dalildir.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:37:41
Atrofdagilarga qiyinchilik tug‘dirmaslik, ularni bezovta qilmaslik, tashvishga solmaslik ham farosatli insonga xos fazilatdir. Kundalik hayotimizda uchraydigan odtsiy bir misol: oila a’zolaridan bir kishi ertalab hammadan vaqgli turib, ishga ketadi deylik. Uning ortiqcha chiroqlarni yoqmasdan, o‘zi nonushta qilib, eshikni qattiq. yopmasdan, oyoquchida chiqib ketishi ham farosatli insonga xos odat. Mo‘minlarning farosat borasidagi harakatlari bu bilan cheklanmaydi. Ular bu axloqiy sifatni sharoitga qarab imkon qadar o‘zlarida namoyon qiladilar.

Ko‘pchilik foydalanadigan ashyolar va joylarni iflos qilish, jamoat joylarida qattiq gapirish, televizor ovozini o‘ta balandlatib ko‘rish, huda-behuda gaplar bilan suhbatdoshining vaqtini olish kabi boshqalarga yoqmaydigan harakatlar mo‘minlar farosatiga ziddir. Mo‘minlarning bir-birlarini o‘zaro so‘zsiz tushunishlari, nozik did, yuksak farosatga asoslangan har qanday munosabatning umri boqiyligiga kafolatdir.

Bir-birlari bilan shu fazilat asosida yaqin munosabatda bo‘lganlar orasida o‘zaro muhabbat, hurmat hukm suradi. Bunday odamlar bir-birlarining borligiga shukur qiladilar, Alloh ularni uchrashtirganiga xursand bo‘ladilar, qayta uchrashish ularga zavq bag‘ishlaydi. Buning aksi — riyoga asoslangan muhabbat, yolg‘on hurmat, foyda olish, manfaat ko‘rish maqsadida tutingan do‘stlik uzoqqa cho‘zilmaydi, ulardagi soxtalik haqiqiy do‘stlik rishtalarini o‘rnatishga mone’lik qiladi.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:39:03
Mehmondo‘stlik"¦

Islom axloqi har zamon va har makonda barcha ma’naviy fazilatlar kabi mehmondo‘stlikning ham juda yorqin va ibratli namunasini ko‘rsatgan. Mehmondo‘stlik mo‘minga xos xislat bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, mehmonga ehtirom ko‘rsatish mo‘minning Allohga va oxirat kuniga bo‘lgan iymon-e’tiqodining alomatidir. Shu sababli Islom axloqi mo‘minlarni mehmondo‘st bo‘lishga targ‘ib qilgan.

Qur’onda Ibrohim alayhissalomning oliy darajadagi mehmondo‘stligi maqtalgani bunga misol bo‘la oladi. Alloh taolo u zotning mehmondo‘stligini quyidagicha bayon qilgan:

هَلْ أَتَاكَ حَدِيثُ ضَيْفِ إِبْرَاهِيمَ الْمُكْرَمِينَ (٢٤) إِذْ دَخَلُوا عَلَيْهِ فَقَالُوا سَلامًا قَالَ سَلامٌ قَوْمٌ مُنْكَرُونَ (٢٥) فَرَاغَ إِلَى أَهْلِهِ فَجَاءَ بِعِجْلٍ سَمِينٍ (٢٦) فَقَرَّبَهُ إِلَيْهِمْ قَالَ أَلا تَأْكُلُونَ

"(Ey Muhammad) senga Ibrohimning karamli (muhtaram) mehmonlarining xabari kelmadimi? Ular (Ibrohim) huzuriga kirib, "Salom" degan vaqtlarida, u (Ibrohim) "Salom, notanish qavmlar", dedi. Ahliga (maxfiy) borib, (pishirilgan) semiz buzoqni (go‘shtini) keltirdi" Uni (buzoq go‘shtini) ularga yaqin surdi va "Yemaysizlarmi?" dedi" («Zoriyat», 24-27).
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:40:08
Ibrohim alayhissalomning Qur’onda vasf qilingan mehmondo‘stligidan ibrat olgan mo‘minlar mehmonni ochiq chehra bilan, salom berib qarshi olishlari, uning hurmatini joyiga   qo‘yib,   haqlarini  ado  etishlari  lozim.

Mehmon ehtiyoj yuzasidan kelgan bo‘lsa, uni ortiqcha savollar bilan qiynamay, ehtiyojini bayon qilishga imkon berish kerak. Gaplarini diqqat bilan tinglagach, uni xijolatga qo‘ymay, imkon qadar hojatini ravo qilish harakatida bo‘lish kerak. Mehmon kutish borasida rioya qilinishi kerakbo‘lgan odoblardan biri — paysalga solmay dasturxon tuzash va uydagi eng yaxshi ne’matlarni dasturxonga tortishdir. Mehmonni ovqatlanish uchun ortiqcha-majburlamaslik, mehmondorchilikni ovqat pishirish bellashuviga aylantirmaslik kerak. Shirin suhbat, mezbonlik odobi, oilaviy an’analar, oila a’zolari bilan yaqindan tanishtirish va bu bilan oilasining ibrat bo‘ladigan tomonlari xususida maqtanmasdan, og‘ir botmaydigan qilib g‘oyat zukkolik bilan fikr almashish lozim. Mehmonning o‘zi dasturxonni yig‘ish taklifini bermaguncha dasturxon yig‘maslik, ovqatlanish uchun mehmonni ortiqcha majburlamaslik, namoz vaqgini eslatib, uni ado etishga imkon yaratish mezbonning vazifasi bo‘lsa, uy egasining vaqtini olmaslik, nafsi ochlik qilib ko‘p yemaslik, mezbon ko‘rsatgan joyga o‘tirish, uni xijolatga qo‘imaslik, ziyofatdan so‘ng xonadon sohibining haqqiga duo qilish mehmonning burchi hisoblanadi. O‘z ixtiyori bilan mehmon chaqirish borasida amal qilinishi zarur bo‘lgan qoidalardan yana biri, mehmondorchilikning shariat doirasida va taklif qilingan mehmonlarning taqvodor, duogo‘y odamlar bo‘lishiga e’tibor qaratishdir. Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

"Mo‘min kishilar bilan do‘st bo‘l va taomingni faqat taqvodor kiishlarga yegiz".
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 07:41:07
Islom ta’limotida mo‘minlardan talab qilingan mehmondo‘stlik maqtanish va riyo maqsadida, kishilarning boy-kambag‘alligiga qarab tabaqalanmasligi kerak. Aksincha, mehmonlar faqir, muhtoj bo‘lsa, ularni mehmon qilib siylaganligi uchun savob ham ko‘proq berilishini unutmaslik lozim.

Oramizda shunday kimsalar borki, uylariga kelgan odamni tanisalar ham zo‘rma-zo‘raki eshik ochadilar. Uyga kiritishga majbur bo‘lganda esa, tashrif buyurgan kishi bilan istar-istamay gaplashib, malol kelganini yashirmaydilar.

Uy egasining nosamimiy muomalasi, albatga, mehmonlar dilini og‘ritib, kelganligi uchun pushaymonlik hissining ortishiga sabab bo‘ladi. Ularning xafa bo‘lgani mezbonning parvoyiga ham kelmaydi, aksincha vaqgi zoe ketgani uchun xafa bo‘ladi. Shuningdek bu kabi johil kimsalar mehmonning mavqeiga qarab muomala qiladilar. Kelgan mehmon yuqoriroq mansab egasi bo‘lsa, uydagi eng yaxshi ne’matlar bilan dasturxon tuzaydilar. Mehmon yaxshi odam bo‘lsa-yu, jamiyatda hech qanday mansabga ega bo‘lmasa, dasturxonga qo‘ygani narsa ham topilmay qoladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, insonlar orasida yaxshi munosabatlar, chiroyli suhbatlar, samimiy mehmondo‘stlik, og‘a-inichilik va birodarlik fazilatlarining ortib borishi faqat Qur’on ilmi bilan kamol topish orqali vujudga keladi.

Mo‘min odam insonlarning haqiqiy yurti oxirat yurti ekanligini, Yunus Emro ta’biri bilan aytganda, bu dunyo bir mehmonxona, unda hamma insonlarning mehmon ekanligini unutmasligi va shunga munosib ravishda mehmonnavozlik qilishi kerak.
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2008, 08:21:27
MUNDARIJA

Kirish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg138069#msg138069)
Pokiza hayot vasfi (yoki ogohlikka undovchi kitob) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg138074#msg138074)   
Qur’on axloqiga ko‘ra mo‘minning 24 soati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg138083#msg138083)   

BIRINCHI BO‘LIM (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg138433#msg138433)
Ertalab uyg‘onganda... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg138433#msg138433)   
Yuvinayotganda... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg139343#msg139343)   
Kiyinayotganda...    (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg139349#msg139349)
Taomlanayotgan paytda... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140114#msg140114)
Yo‘lda ketayotganda... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140469#msg140469)
Ish faoliyatida... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140636#msg140636)
Oldi-sotdi vaqtida... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140649#msg140649)
Ibodatlarni ado etishda... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140675#msg140675)
Uyqu oldidan... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140931#msg140931)

IKKINCHI BO‘LIM (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140957#msg140957)
Mo‘min har qanday sharoitda Qur’on xulqiga ko‘ra harakat
qiladi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140957#msg140957)
Oilasi va yaqinlari bilan munosabati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140957#msg140957)
Ne’matlar oldidagi tutumi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140962#msg140962)   
Go‘zallik qarshisidagi tutumi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140965#msg140965)
Ahamiyatsiz tuyulgan narsalar qarshisidagi tutumi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140968#msg140968)
Kasal bo‘lganda (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140973#msg140973)
Ozor yetkazuvchi narsalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140976#msg140976)

UCHINCHI BO‘LIM (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140984#msg140984)
Qur’on bilan xulqlanishning insonga keltiradigan foydalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140984#msg140984)
Shayton makriga aldanmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140984#msg140984)
Murosasozlik, toqatlilik va kechiruvchanlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140989#msg140989)
Sabrli bo‘lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140992#msg140992)
Xushmuomalalik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg140996#msg140996)
Salomlashish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141000#msg141000)
Behuda tortishish va g‘azabdan qaytish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141002#msg141002)
Hasad va baxillikdan qaytish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141005#msg141005)
Gumon, josuslik va g‘iybatdan saqlanish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141008#msg141008)
Fidoyilik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141011#msg141011)
Adolat bilan harakat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141016#msg141016)
Rostgo‘ylik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141019#msg141019)
Mazah qilishdan saqlanish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141021#msg141021)
Farosatli bo‘lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141023#msg141023)
Mehmondo‘stlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.msg141025#msg141025)
Nom: Re: QUR'ON AXLOQIGA KO'RA MO'MINNING 24 SOATI. Horun Yahyo.
Yuborildi: AbdulAziz 12 Avgust 2008, 11:22:47
Qur'on axloqiga ko'ra mo'minning 24 soati

(http://www.ziyouz.com/images/books/24soat.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=239)

Muallif: Horun Yahyo

Hajmi: 512 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=239)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2779.0)