forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 08:10:55

Nom: Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 08:10:55
1 avgust oldinlari qanday kun bo’lganligini bilmadimu, lekin so’nggi o’n besh yildan beri O’zbekistonda oliy o’quv yurtlariga test sinovlari topshirish kuni bo’lib qoldi. Sir emas, abituriyentlar bu imtihonlar davrida turli xil usullardan foydalanishadi. Masalan, kitob, shpargalka, tanish o’qituvchilarning yordami kabi.

So’nggi 3-4 yildan beri esa yana bir yangi qalloblik usuli paydo bo’ldi. Bu imtihonga kirayotgan talabaga bir kishi qo’shilib kirishi va uni "œtortib yuborishi", oddiyroq qilib aytganda, "œparovoz"lik qilishi hamda eng avj olgan usul — uyali aloqa telefonidan foydalanib testlarni yechishga urinishdir.
Ayniqsa, bu yil uyali telefon (sotka) usuli abituriyentlarga rosa qo’l keldi. O’tgan 6 kun davomida (hozir 2008 yil 6 avgust, Toshkent vaqti bilan 07:54) imtihonga kirib chiqqan abituriyentlar, o’sha abituriyentlarga "œko’ngilli xizmat"ni tashkil qilgan o’nlab kursdoshlarimdan va hattoki forumning ba’zi a’zolaridan ham bu yilgi test sinovlarida telefondan foydalanish qanchalik samarali vosita bo’lganligi haqida ma’lumot oldim.

Aynan shu holatdan kelib chiqib, ushbu mavzuni ochdim. Maqsad — bu kabi holatlar to’g’risida atrofdagilarning fikrini bilish, uning to’g’ri yoki noto’g’riligi haqida o’zaro bir to’xtamga kelish, kerak bo’lsa, bahslashish.

Diqqat savol!

Siz test sinovlari vaqtida belgilangan qoidalarning qo’pol tarzda buzilishi, ya’ni shpargalka, kitob, telefon, "œparovoz"lar yordamidan foydalanish qanchalik t’og’ri deb o’ylaysiz? Sizningcha bu yerda "œimkoniyatlar tengligi"(kimdadir shu vosita bor, boshqa birovda yo’q) prinsipi buzilmayaptimi?

Agar Siz ham bu kabi holatlarga qarshi bo’lsangiz, uning yechimini nimalarda ko’rasiz, ya’ni qanday hal qilish mumkin deb o’ylaysiz?
Nom: Re: Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?
Yuborildi: The_Alchemist 06 Avgust 2008, 08:28:16
Musannif Adhamga,

Albatta notugri narsa lekin hozirgi yoshlarning 70-75 foizi bunga qarshi emaslar shunday ekan judayam qiyin buni oldini olish.
Chet elda kimdir shunaqa qilsa honadagi imtihon topshirayotgan boshqa abuturentlar norozi bulishadi va qarshilik qilishadi bizda esa indamay utiraverishadi.
Bizada yoshlarning fikrlashi halicha juda sayoz yani uz huquqlarini himoya qilishni bilishmaydi.
Indamay tomoshabin bulib utirishadi lekin tushunishmaydiki shu jimgina tomosha qilish bilan uzlarini imtihondan yiqitishlarini.
Qani endi imtihon vaqti butun bir hona oyoqqa turib nozori bulishsinchi qaysi paravoz yoki qolgan girromliklar utadi? lekin bizaga hamma jiiiiim utiradi kurib bilib tursa ham. Shpargalkadan bemalol kuchirishadi, yonidagi abuturentlar esa jim utiradi kurib tursa ham.
Muammoning echimi abuturentlarning uz huquqlarini bilishlarida deb uylayman jimgina tomosha qilish yoki bevosita uzlari ham ishtirok etishda emas.
Biz doim boshqalarni ayblaymiz lekin aslida bizning loqaydligimiz sababchi hammasiga.
Davlat test imtihonlarini mukammal qilib quygan lekin toki yoshlar uzini himoya qilmas ekan u narsa ish bermaydi. Dunyodagi eng mukammal test imtihonini tadbiq etsangiz ham agar yoshlar indamas bulsalar unda foydasiz. Imtihon kuni bemalol honaga parovozlar kirib boraveradi qolgan abuturentlar esa jimgina indamay utiraverishadi hech kim eeyyy kimsan nimaga bunaqa qilasan deya olmaydi.
Manicha vaziyat shunaqa.

The Alchemist
Nom: Re: Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?
Yuborildi: Imron 06 Avgust 2008, 10:35:28
Сиз айтаётган ҳолатлар абитуриентларнинг кучи етадиган нарса смас, бу билан коррупяисга қарши кураш бслинмалари шуғулланиши керак.

Абитуриент бечора индамай нима қилсин. Фикру хаёли бир-биридан қийин саволларда бслади, буни устига қаттиқ ҳасжон. Айниқса биринчи марта имтиҳонга кирган бслса. Бунинг устига шпаргалкаларга сътироз билдириш учун, унинг сзида шундай нарсалар бслмаслиги керак. Ким кафолат бера олади, фалон фоиз талабалар имтиҳонга шпаргалка олиб кирмайди, деб.

Шпаргалка - бу кспроқ психологик восита. Яъни, абитуриент ундан тузук жавоблар топилмаслигини билса ҳам, барибир имтиҳонга шпаргалкасиз кирмайди, чунки ҳаммада "шпора" борлигини ксрган вақтда уни ваҳима босади, худдики сзини ҳамма нарсадан қуруқ қолиб кетаётган одамдек ҳис қилади. "Менда ҳам шпаргалка борку" деган сй унга далда бслиб турса керак.

Мен кираётган йилда гуруҳда шпаргалкасиз абитуриентнинг сзи йсқ сди. Аазоратчилар ҳам унда тсғри жавоблар кам учрашини билишгани учунми, унча сътибор қилишмаган.
Nom: Re: Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?
Yuborildi: The_Alchemist 06 Avgust 2008, 10:47:36
Birodarga,
Huddi mana shu narsani tanqid qildim, deyarli hamma shpargalka ishlatadi didiz siz ham.
Lekin nimaga?bizda yoshlar uz bilimiga ishonmaganligi uchunmi?Shpargalka dalda emas hecham bu shunchaki girromlikku?
Bilasizmi Koreada uquvchilarga shpargalka tarqatib chiqsangiz ham ishlatishmaydi, yoki tayyor javoblarni bersangiz ham ishlatishmaydi chunki ularni vijdoni yul quymaydi bunga, sizga qarab nafratlanishadi raxmat aytishmaydi.
Tugri bizlarga bu ertak bulib eshitiladi lekin bazi davlatlarda shunaqa. Bu ularning yoshlarining manaviy etukligidan darak beradi bizda esa hamma uchun oddiy holat. Yana kira olishmasak noliymiz ham uyalmasdan. Eng avvalo uzimiz olib kirmasligimiz kerak usha shpargalkalarni, olib kirdikmi natijalardan nolish shart emas. Bizni uzimiz shunaqamiz va test natijalari ham shunga yarasha buladi....
Bu gaplarim hammaga tegishli emas, uz bilimiga ishonadigan, vijdonli yoshlar ham juda kup.

The Alchemist

Nom: Re: Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 12:00:08
Assalomu alaykum.
Ahir bu haromligi shunday ko'rinib turgan narsa-ku. birinchidan shar'iy qaytarilgan undan tashqari insoniylikka ham to'g'ri kelmasa kerak.. Ahir qanday qilib imtihonga qaysidir domlaga yoki qo'lidagi qandaydir varoqlarga ishonib kirish mumkin?! Agar inson o'z ilmiga ishonmasa  bu qanday qilib bo'lsa ham o'qishga kirish kerak birovlarni yordamiga suyanishi kerak degani emas-ku... Menimcha imtihonga kirib shunday yo'llar bilan o'qishga kirganlar ham o'qishga kirdim deb kerilishlariga arzimaydi chunki ular o'z bilmlari bilan kirganlari yo'q o'z bilimi bilan kirmas ekan unday TALABA likni nima keragi bor??!!!!!
Nom: Re: Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?
Yuborildi: registan 06 Avgust 2008, 12:16:57
Сиз айтаётган ҳолатлар абитуриентларнинг кучи етадиган нарса смас, бу билан коррупяисга қарши кураш бслинмалари шуғулланиши керак.

Абитуриент бечора индамай нима қилсин. Фикру хаёли бир-биридан қийин саволларда бслади, буни устига қаттиқ ҳасжон. Айниқса биринчи марта имтиҳонга кирган бслса. Бунинг устига шпаргалкаларга сътироз билдириш учун, унинг сзида шундай нарсалар бслмаслиги керак. Ким кафолат бера олади, фалон фоиз талабалар имтиҳонга шпаргалка олиб кирмайди, деб.


Aa, Birodar! Bunaqa fikrlash yaxshi emas, bu masalani bir-birimizga "œotish" yaramaydi. Man ko’p kishini fikrini so’rab ko’rganman bu masalada, hamma qarshi, lekin hamma mani ma’zur tutasizu sizga o’xshab kimgadir "œotish"ni ma’qul ko’rishadi. Natijada o’sha qarshi bo’lgan kishilarning o’zlari ham yoki "œparavoz" yoki "œvagon" bo’lib o’z hissalarini qo’shadilar. Shoirning postlaridan birida Tohir Malikning Iymonlashish umididan bir hikoya keltirilgan. "œPodshoh marmar hovuz bunyod ettirib, raiyatga amr qilibdiki: «har kishi borki, ertalab kosada sut olib kelib hovuzga to‘ksin. «Bir odam amrni tinglab, o‘ylabdiki: «Shuncha odamning ichida birgina men sut o‘rniga suv olib borib to‘ksam bilinmas. Sutni isrof qilmoqdan ne hojat, o‘zim ichib rohatlanganim afzal». Shu qarorga kelib, ertalab kosada suv ko‘tarib borsaki, boshqalarda ham ahvol shuning o‘zi. Har bir odam o‘sha kishi kabi o‘ylab, o‘sha kishining qaroricha bir kosada suv ko‘tarib kelgan ekan. Ajabki, o‘shanda hovuzga bir tomchi ham sut tushmabdi." Biz ham xuddi shunaqa fikr qilamiz, "œMan istaganim bilan bir narsa o’zgarardimi?" Oldin san istab ko’rchi, harakat qilchi?! Bu savol faqatgina abiturientlarga emas, studentlarga, o’qituvchilarga, imtihondagi nazoratchilarga, ota-onalarga kerak bo’lsa o’sha siz aytgan korruptsiyaga qarshi kurashish xodimlariga ham qaratilgandir.
Nom: Re: Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?
Yuborildi: mutaallimah 06 Avgust 2008, 21:27:54
Шпаргалка - бу кспроқ психологик восита. Яъни, абитуриент ундан тузук жавоблар топилмаслигини билса ҳам, барибир имтиҳонга шпаргалкасиз кирмайди, чунки ҳаммада "шпора" борлигини ксрган вақтда уни ваҳима босади, худдики сзини ҳамма нарсадан қуруқ қолиб кетаётган одамдек ҳис қилади. "Менда ҳам шпаргалка борку" деган сй унга далда бслиб турса керак.

Мен кираётган йилда гуруҳда шпаргалкасиз абитуриентнинг сзи йсқ сди. Аазоратчилар ҳам унда тсғри жавоблар кам учрашини билишгани учунми, унча сътибор қилишмаган.

Assalamu alaykum.
Menimcha bu nafs uchun yo'l topishdan boshqa narsa emas. Agar talaba yaxshilab tayyorlansa va o'qigani yodlaganiga tayanib Allohga tavakkal qilsa hech qanday shpargalkasiz ham bemalol kira oladi. Bunga o'zim guvohman (faqat O'zbekiston sharoitida bilmadim u yerda imtihon topshirib ko'rmaganman) biz o'qiydigan ma'hadda imtihonga bir dona ruchka va o'quv ruxsatnomasi (agar ruxsatnoma yo'q bo'lsa passport)  bilan imtihon o'tadigan xonaga kirgizishadi.  Yaxshi tayyorlangan o'quvchining hayoliga ham kelmaydi shpargalka bilan kirishlik.. To'g'ri qora tanli tilni yaxshi bilmaydigan ba'zi o'quvchilarda bo'ladi har hil yo'l bilan g'irromlik qilishga harakat lekin ular ham bizdagichalik emas.....
Nom: Re: Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?
Yuborildi: Mr.Twister 21 Avgust 2008, 17:10:17
Bu holda ko`pgina o`qigan Abiturientlarning o`rnini telefon ishlatganlar egalashadi. Bu esa kuchli kadrlarning yo`lini to`sadi!
Nom: Re: Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?
Yuborildi: Ansora 27 Iyul 2010, 00:18:27
Bizda bilmadim lekin Turkiyada telefon bilan ushlab olishsa- 10 yilgacha qamoq jazosi bor...
Nom: Re: Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?
Yuborildi: BelleQizcha 27 Iyul 2010, 01:34:12
Torisi ozimam bazida matimatika darslaridan qib turaman, yomon ishlgini bilseyam qilamiza. Tutvosa yomon bolishniyam bilin shu ishi qivotganimgayam ozimgayam ortolarimga qoil qolaman. Lekin har doim imtohon tugagandan kiyin, babir qilgan imtihonimdan qoniqmayman. chunki sizga *jovobi* tarqatvotgan insonlayam oddiy oquvchila balki ulayam notori yozilagndur dib hayoldan otqizaman,
Lekin ozim 100% qarshiman shu ishga
Nom: Re: Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?
Yuborildi: excite 16 Avgust 2010, 17:41:31
Бу ҳолат сзбек таълим тизими келажагига орқадан урилаётган пичоқдир.
Зарарлари:
1.Яхши "ишлаб чиқарилган" шпараглака ёки "телемулоқот", шерикнинг ёрдами, хуллас, нопок йсл ёрдамида тестдан стган "студент" сз билими ва қобилистлари, меҳнати свазига сша талабалик срнига муносиб бслган инсоннинг ҳаққини еган бслади.
2.Ҳаёт йслига шу тариқа қадам қсйган одам кейинчалик бутун умр "Ҳамма нарсанинг бошқача ечими бор" деган тамойил билан сшашга срганади. Тестдан шпора (ёки бошқа усул) билан стиб олгач, оралиқда китобдан ксчиради, сессисда пул беради, дипломни заказ билан ёздиради ва ишга ҳам "танка суриб" жойлашади.
3.Бундай система орқали "танлаб" олинаётган талабалар авлодига ОЎЮларида дарс бериш ҳам осон бслмайди. Шу тариқа таълим сифати тушиб бораверади (бу жараён ҳозир давом стмоқда).
4.Бу ҳолат фирибгарлар учун қсл келиб, қалбаки шпаргалкалар тайёрлаш ва улар билан содда абитуриентларни алдаш орқали бойишга йсл очиб беради.
5.Тест тизимига, пировардида сса, мамлакат таълим тизимига халқнинг ишончи йсқолади.

Ечим (таклиф):

Сснгги йиллар давомида шаклланган бу ҳолатни йсқотиш албатта осон кечмайди. Бунинг учун тест тизимини ислоҳ қилиш ҳамда қатъий чоралар ксриш керак. Менимча, қуйидагича тизим жорий қилинса, ижобий сзгариш бслиши мумкин:
Шаҳар ва туманларда интернетга уланган, қаттиқ назорат қилинадиган тест топшириш хоналари ташкил стилади. Бирор институтга сқишга кирмоқчи бслган одам схшилаб тайёргарлик ксргач, сзи сшайдиган худуддаги шундай хонага келади. У 1 августни кутмайди. Тест исталган пайтда бслиши мумкин. Қатъий назорат остидаги хонага кириб, у ҳозирги шартлар асосида (36+36+36 савол, бир саволга 3 минут, 3,2,1 балл) тест топширади. Хонадаги компьютер интернет орқали ДТМ билан боғланган бслади ва абитуриент онлайн тарзда тест топширади. Аатижалар дарҳол маълум қилинади, ДТМ базасига киритилади ва бу бални тасдиқлайдиган ҳужжат берилади. Ўз балидан қониқмаганлар фақатгина 6 ой стгач, қайта тест топшириши мумкин, деган қоида жорий қилинади. Хонага у қаттиқ текширувдан стган ҳолда киритилади ва бу шпаргалка, мобил телефондан фойдаланиш имконистини йсққа чиқаради.
ОЎЮлари сса ҳар 6 ойда ёки ҳар йили сзлари қабул қиладиган балл чегарасини сълон қилиб борадилар. Абитуриент сз натижалари билан ОЎЮга мурожаат қилиб, сълон қилинган чегарадан баландроқ натижани сгаллаган бслса, сқишга кириб кетаверади.
Масалан, мен онлайн тест топшириб, 160 балл олдим, дейлик. Сснгги сълон қилинган талабларга ксра, масалан, ЎзДЖТУ чегараси 180, Юридик инст. 200, вилостимдаги пед.олийгоҳи 150 балл чегара белгилаган. Мен сз натижам билан вилостимдаги инст.га кириб сқишим мумкин холос.

Тизимнинг сна бир схши томони, абитуриентларга қулайликдир. Масалан, Юридик инст.га сқишга топшириш учун Тошкентга келиш шарт бслмайди, сз тумани ёки шаҳридаги онлайн тест бслимида олган натижаси (агар талабни бажарса) етарли бслади. Қолаверса, у албатта 1 августни кутиши шарт смас, сзи хоҳлаган пайтда келиб тест топширса бславеради.

Бу тизим ҳозир Ғарбда ёки Европа олийгоҳларида қслланилаётган TOEFL ёки IELTS тизимига счшаш. Лекин, битта "лекин"и бор. Бу ишни амалга ошириш учун унда бевосита қатнашадиган, унинг бехато ишлашини таъминлайдиган минглаб ҳалол, пок инсонлар керак бслади.

Бу шахсий фикр албатта. Бошқаларнинг ҳам фикрларини кутиб қоламан.
Nom: Re: Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 16 Avgust 2010, 18:36:20
Bu yil imkon qadar siz aytganingizdek bo'ldi...

Test sinovlarida qo'llaridan kelganicha adolatni ta'minlashga harakat qilishdi.

Yangitdan Nizom ishlab chiqildi.

Tekshiruvni qattiq olishdi.

Shpargalkalar, turli xildagi x-variantlarni kuchsizlantirishdi.

Shunga yarasha ballar ham o'tgan yildagidan keskin farq qildi.

Oddiy misol. O'tgan yili Yuridik institutiga kirish bali 211 bo'lgan edi. Bu yil esa 152 ball bo'ldi !!! O'qigan, intilgan, o'zini kuchiga va bilmiga ishonganlar o'ynab, kulib kirishdi bu yil...

Ilohim, bundan keyingi yillarda ham, Ollohim ushbu ta'lim tizimida qilinayotgan xayrli ishlarning boshida turgan insonlarni qo'llab-quvvatlab, maslagida sobit turishiga ko'makdosh bo'lsin...
Nom: Re: Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?
Yuborildi: munisaxon 17 Avgust 2010, 07:22:13
Excitening fikrlarini o`qib bir narsa yodimga tushdi. Ona tilidan bo`lgan bir olimpiadada sizning fikrlaringiz ro`yobiga hali ancha borligin ko`rgandim. Bu uch turdagi va oxirgi tur test sinovlari edi. Testga 50 insho va og`zaki imtihonga 50 ball hisobida baholashadi.
Lekin bir holat bo`ldiki o`zlari ham hijolatga tushib qolishdi. Ular bir o`quvchining ota- onasidan pul olishib u uchun bir kompyuterni maxsus tayyorlashgan ekan, bu kompyuterning xususiyati shundaki unda test ishlagan odam hammavaqt 50 ball olarkan. o`shanga adashib boshqa qizni o`tirg`izib qo`yishibdi va u 50 ball olb chiqdi. Vaholanki avvalgi ballari nihoyatda past bo`lgan ekan. "Gaplashilgan" qiz esa meni kompyutermda xato bor ekan deya bizni aldab qo`ydi.
Javoblar e`lon qilindi, "gaplashilgan" qiz g`loib bo`ldi. Lekin hech kim yurak yutib bir narsa deya olmadi, chunki bu komissiyaning o`zi tomonidan uyushtirilgan edi.
SHuning uchun bunaqa test tizimi uchun hali erta, ayniqsa tuman yoki vilooyatning o`zida o`tkazilsa.
Nom: Re: Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?
Yuborildi: jasur.best 30 Noyabr 2010, 11:13:05
mana bu yil hech qanday shpalgalka va telefonlar ish bermadi. Iloji bo'lsa, bunda ham qattiq turgani ma'qul. Faqat bilimlilar o'qishga kirsin!