forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Y_U_R_I_S_T 06 Avgust 2008, 12:37:57

Nom: "Xalqlar do'stligi" metro bekatining nomi o'zgardi!
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Avgust 2008, 12:37:57
Assalomu alaykum!

Bugun qiziq voqea bo'ldi. Ertalab metroda ishga kelayotsam (Chilonzor - Amir Temur xiyoboni) "Milliy bog'" bekatidan so'ng mashinist quyidagi so'zlarni aytdi:

"Ehtiyot bo'ling eshiklar yopiladi. Keyingi bekat "BUNYODKOR""

Ajoyib-a! Demak toponimik siyosat yana davom etmoqda. "Xalqlar do'stligi" saroyining nomi "Istiqlol"ga o'zgarganidan xabaringiz bor edi. Ana endi metro bekati ham o'zgardi.

Bir haftada 2 ta BUNYODKOR nomi paydo bo'ldi.

Birinchisi "Quruvchi" PFC o'z nomini BUNYODKOR ga o'zgartirgan bo'lsa, ikkinchisi "Xalqlar do'stligi" metro bekatining nomi ham xuddi shunga nomdosh bo'ldi.
Nom: Re: "Xalqlar do'stligi" metro bekatining nomi o'zgardi!
Yuborildi: Ulugbek-Uz 06 Avgust 2008, 16:33:04
узи Курувчи деб куймокчи булган булсалар керак бошида, Курувчи Бунёдкорга айлангандан кейин Бунёдкор деб кусколишган , :)))
Nom: Re: "Xalqlar do'stligi" metro bekatining nomi o'zgardi!
Yuborildi: Musannif Adham 06 Avgust 2008, 17:14:15
узи Курувчи деб куймокчи булган булсалар керак бошида, Курувчи Бунёдкорга айлангандан кейин Бунёдкор деб кусколишган , :)))

Quruvchi ko'proq pul bergandir-da :D :7
Nom: Re: "Xalqlar do'stligi" metro bekatining nomi o'zgardi!
Yuborildi: Ulugbek-Uz 06 Avgust 2008, 17:59:03
Биз бу узгаришни футбол командаси номига куйилди дебмокчи смасмиз, шунчаки гап келганда хазиллашдик холос :)
Nom: Re: "Xalqlar do'stligi" metro bekatining nomi o'zgardi!
Yuborildi: registan 07 Avgust 2008, 19:25:52
Iqtibos
NewsUz.Com. Toshkent shahri markaziy qismida joylashgan "Xalqlar do‘stligi" ko‘chasi nomi o‘zgartirildi. Endilikda ushbu ko‘cha "Bunyodkor" deb ataladi. Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyi munosabati bilan olib borilayotgan tayyorgarlik manzarasida yana bir qator joy nomlari ham qaytadan ko`rib chiqilmoqda.

Mazkur hududda joylashgan "Xalqlar do‘stligi" metro bekati ham endilikda "Bunyodkor" deb ataladigan bo‘ldi. Mazkur bekat 1977 yilning 7 noyabrida ochilgan va sovet xalqlari do‘stligi ifodasi sifatida ramziy nomlangandi. Mustaqillikkacha bekat ichida 15 ta sovet respublikalari gerbi ham mavjud bo‘lgan.

E'tiborli jihati, bundan bir necha kun oldin poytaxtning "Quruvchi" futbol klubi ham o‘z nomini "Bunyodkor" deb qayta o‘zgartirgandi. Shu tariqa poytaxtdagi markaziy ko‘cha, markaziy metro va markaziy futbol klubi ayni bir nom bilan ataladi.

Bu "Xalqlar do‘stligi" ko‘chasi atrofidagi birinchi o‘zgarish emas. Bundan bir muddat avval ayni shu hududda qad roslagan "Xalqlar do‘stligi" saroyi "Istiqlol" deb qayta nomlangandi. Kontsert saroyi qarshisidagi Ikkinchi jahon urushi davrida 15 nafar yetim bolaga boshpana bergan Shomahmudovlar oilasiga o‘rnatilgan yodgorlik boshqa yerga ko‘chirildi.

Xalqlar do‘stiligi nomi ko‘p jihatdan O‘zbekistonning sovet ittifoqi davridagi tarixini yodga soladi. Shu bois ham tahlilchilar ushbu toponomik o‘zgarishlarni siyosiy jihat bilan izohlamoqdalar.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu toponomik o‘zgarishlar shahar byudjetiga 50 million so‘mdan oshiroqqa tushishi mumkin.

Tushunmadim... "Xalqlar do'stligi"ni sovet ittifoqiga nima dahli bor ekan?
Nom: Re: "Xalqlar do'stligi" metro bekatining nomi o'zgardi!
Yuborildi: Musannif Adham 08 Avgust 2008, 05:46:51

Yozib qo'yishibdi-ku, 15 ta ittifoqdosh respublika gerbi ham mavjud bo'lgan deb. Ortiqcha izohga na hojat.
Nom: Re: "Xalqlar do'stligi" metro bekatining nomi o'zgardi!
Yuborildi: Mr.Twister 21 Avgust 2008, 17:14:02
Bunyodkor, Paxtakor - Eng kuchli fudbol komandalari nomlariga qo`yilishi Uzbda ham fudbolga e'tibor kuchayganidan dalolat