forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Hamyurtlar => Mavzu boshlandi: Robiya 13 Avgust 2008, 16:01:03

Nom: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Robiya 13 Avgust 2008, 16:01:03
Assalomu alaykum aziz forumdosh! Mavzu sarlavhasidan bilgan bo'lsangiz kerak gap nima haqida borishini. O'zbekistonimizga ko'z tegmasin bir-biridan chiroyli shaharlari ko'p. Va har bir shahar nimasi bilandir mashhur, nafaqat  yurtimizda, balki chet ellarda ham bilishadi bu shaharlarni. Mavzuda shaharlarimizning  biz bilgan-bilmagan ne'matlariyu, ajoyibotlarini bilib olamiz.
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Ulugbek-Uz 15 Avgust 2008, 18:31:46
Термез - Иссиғи билан, Афғон шамоли билан, тарихий обидалари билан машҳур.
Ҳаким ат-Термизий мақбараси, Султон саодат, Қирққиз қалъаси ва ҳ.к.
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Ulugbek-Uz 15 Avgust 2008, 18:34:59
Шеробод - сомсаю, мантиси билан, Жарқсрғон - тандир кабоби билан машҳур.
Денов (Бамбей) - ксп жиҳатдан машҳур; бозори, Синаликларнинг сомса, ошлари ва ҳ.з.
Узун - Сангардак шаршараси билан машҳур.
Бойсун - Юнеско сътироф стган гсша.
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Ulugbek-Uz 16 Avgust 2008, 10:14:04
.....- nima bu?

хмм, Аима Бойсун хакида сшитмаганмисиз хеч? А­нг аввало Бойсун дейилганда юртимиз ифтихори Алпомиш кузн унгизга келмайдими? Бойсун Юнеско томонидан халк удумлари саклаб келинаётган худуд деб сътироф стилган ва руйхат олинган. Сайроб чинорлари, Шалола, Куралай фолклор гурухлари, "Бойсун бахори" халкаро фестивали...схх.. машхурда хуллас :)


Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Ulugbek-Uz 16 Avgust 2008, 12:03:51
3 nuqta qo'yganizga etib bo'midigan mashxurligi bormikin deb o'ylabman. Hayol har qayoqqa ketgandi.
  Deleted from Ulugbek-Uz :))
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Ulugbek-Uz 16 Avgust 2008, 13:05:47
Яқинда бир наҳорги ошда бир домла айтиб стдилар.
Дунёда тсртта муқаддас, мукаррам шаҳар бор. Маккаи мукаррама, Мадинаи мунаввара, Қуддуси шариф, Бухорои шариф.

Ана шу изохни сзи хам етса керак Бухоро шахрини кандай машхурлигига.
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Musannif Adham 16 Avgust 2008, 16:02:57
Uzr. Buni off-top deysizmi, flood deysizmi, baribir aytishga majburman:
Makka, Madina va Quddusning fazilatlari haqida sahih hadislar bor. Makkaning sifatlari Qur'onda ham keltirilgan. Lekin Buxoro.....
Inson tarafkashlik qilib, mahalliychilik qilib har turli gaplarni gapiravermasligi kerak. Ayniqsa mana shunday mavzular haqida gap ketganda.
Mana shunday domlalar bu gaplarni qayerdan olib gapirar ekan, hayronman.

Ha, o'sha domlani ko'rib qolsangiz, aytib qo'ying, dunyoda "sharif" nisbasi qo'sib aytiladigan shaharlar yana bor. Keyingi ma'ruzalarda qo'shib ketsinlar: Mozori Sharif, Mashhadi Sharif.....

P.S. Ulugbek-Uz !  Bu gaplarim sizga emas, o'sha domlaga qaratilgan, garchi bularni o'qimasa-da.
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Ulugbek-Uz 16 Avgust 2008, 16:29:11
.....- nima bu?
хмм, Аима Бойсун хакида сшитмаганмисиз хеч? А­нг аввало Бойсун дейилганда юртимиз ифтихори Алпомиш куз унгизга келмайдими?

Бойсунлик полвон Абдулла Тангриев Лекин олимпиадасида кумуш медал сохиби булди. Табриклаймиз!
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 14:29:21
Chust do'ppilariyu, pichoqlari butun dunyoda mashhur :)
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Robiya 21 Avgust 2008, 14:32:11
Jizzax qovun-tarvuzlari ...
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2008, 14:04:33
Samarqand nonlari ... ta'rifga hojat yo'q. Butun dunyoni lol qoldirgan o'zbegim nonlari!
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Ulugbek-Uz 22 Avgust 2008, 15:07:59
Jizzax qovun-tarvuzlari ...
Baxmal olmalari 
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2008, 13:45:12
Rishton kulolchilik mahsulotlari...
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Abdul_Malik 23 Avgust 2008, 13:58:44
Chiroqchini YAHNIsi
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Munavvara 24 Avgust 2008, 21:41:39
Chiroqchini YAHNIsi
YAHNIsi deganizga tushunmadim nima u   ???
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: shoir 26 Avgust 2008, 09:35:00
Shahrixonning pichoqlari, kosiblari mashhur
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: shoir 26 Avgust 2008, 09:36:05
Farg'ona shahrining chinorlari mashhur. Shahar juda salqinligi bilan ajralib turadi.
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: shoir 26 Avgust 2008, 09:36:43
Namangan shahri odamlarining lutfi boshqacha. Yana shahardan juda ko'p qorilar ham chiqqan.
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: shoir 26 Avgust 2008, 09:37:30
Qo'qonning savdogar xalqi mashhur. Bu yerda yosh balachalar (Qo'qon shevasida) ham qoyillatib savdo qilishadi.
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: shoir 26 Avgust 2008, 09:38:48
Qo'qonpatir deb nomi chiqqan, aslida Dang'aralik nonvoylar yopgan patirlar mashhur. Dovondan shundoq tushishda rastalarda sotiladigan bu patirlar 2-3 haftada ham qotib qolmaydi.
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: shoir 26 Avgust 2008, 09:43:42
Marg'ilonning avvalo shirinsuxan, shirin takalluf insonlari mashhur. Ishano'rila (Marg'ilon shevasida) Marg'ilonga kelsangiz, istalgan odam bilan gaplashing, o'sha odam haqida sizda iliq tasavvur uyg'onadi.

Shaharga kirar ekansiz Muhammad Yusuf ta'riflagan munchoqdek Marg'ilon do'ppilar kiygan chiroyli odamlarni uchratasiz. Bir samarqandlik do'stim Marg'ilonni ziyorat qilganda aytgan edi: "Ey, voh bu yerda hamma ayollar ro'molda yurar ekan..."

Shaharning atlasi-yu shoyi matolari haqida ming yillardan beri maqtovu olqishlar yuradi. Yana bu yerning hunarmandlarining mehnatiga qoil qolmasdan ilojingiz yo'q.

Xullasi kalom, ancha avval ziyouzda chop etilgan ushbu maqolani o'qing, siz ham marg'ilonliklarga xavas qila boshlaysiz:
http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1720&Itemid=204
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Hadija 14 Sentyabr 2008, 16:45:34
Buxoro ilmi hamda Minoralari bilan :)
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Robiya 14 Sentyabr 2008, 17:31:50
Farg'ona unumdor yerlari bilan :)
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Abdumuhaymin 01 Mart 2009, 08:30:16
Toshkenam qop ketmasin. Toshkent nmasi bilan ajralip turishini o'zila yaxshi bilasl ;)
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Shokir63 06 May 2009, 15:33:18
Toshkent metrosi, tramvayi, oliy dargohlari bilan mashhur.
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Shokir63 06 May 2009, 15:36:53
Buxoro sho'rdonagi (donasho'rak) bilan O'zbekistonda, Buxoriysi bilan dunyoda mashhur.

Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: siddiqa 18 Sentyabr 2009, 05:44:52
Sirdaryoyimiz baliqlari bilan mahshur ........(hozir ancha kamayib qolgan )
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Ansora 25 Oktyabr 2009, 21:03:51
Toshkentni- "Chorsudagi" zakazzz somsasi menimcha juda mashhur
Qolaverda Norini....

Dovondagi qurtoblar, olmalar, Patirlarrrr nimasini aytasiz...

Odam sog'indi-yeeyyy  : )
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Ansora 25 Oktyabr 2009, 21:04:36
Namanganni gullari bilan olmasi ham juda mashhur...
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Ansora 25 Oktyabr 2009, 21:06:38
Buxoro bilan Samarqandni zar choponlari, do'ppilari kavushlari juda mashhur....

Baribir insonni qo'li bilan tikilgan narsalar qadrli-da.
Bu shaharlarga olib borgan mehmonlarim doimo shu buyumlardan olishardi.
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Ansora 25 Oktyabr 2009, 21:16:06
Andijon-Paxtani plyonka ostiga ekish kashfiyoti bilan, UZDAEWOO avtomobillari, sanatkorlari, askiyachilari bilan ayniqsa (ashi-mashi, ashnalardan iborat) shevasi bilan mashhur.... : )
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Abu Muso 25 Oktyabr 2009, 23:12:51
Chiroqchini YAHNIsi
YAHNIsi deganizga tushunmadim nima u   ???

 :as:
Negadir shu savol javobsiz qolgan ekan...

Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Abu Muso 25 Oktyabr 2009, 23:30:15
Dunyoga dong'i ketgan "Chiyali yaxna" si... :)

(http://s39.radikal.ru/i086/0910/b5/ca1a1ccdc08d.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://s39.radikal.ru/i084/0910/15/4f441c98baf4.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://s04.radikal.ru/i177/0910/f7/74d10c33227a.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Abu Muso 25 Oktyabr 2009, 23:43:25
Uzr, uzr retsepti qolib ketibdi-ku ...

Retsert: 1. 60-90 kg lik butun qo'zi go'shti;
               2. Suv (vodoprovodniki);
               3. Osh tuzi (ta'bga ko'ra);
               4. Havo (Chiyalniki ).
36 soat past olovda, og'zi germetik yopilgan idishda qaynatiladi.

Yoqimli ishtaha :)


Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Abdul_Malik 26 Oktyabr 2009, 20:03:04
Chiroqchini YAHNIsi
YAHNIsi deganizga tushunmadim nima u   ???

 :as:
Negadir shu savol javobsiz qolgan ekan...



Bu savolga javob bermoqchi edim, biroq Chehmikni javobidan keyin boshqa ta'rifga hojat qolmagandi  :)

Chiroqchini YAHNIsi
YAHNIsi deganizga tushunmadim nima u   ???
Yaxni --taom turi...tumtoq qilib tushuntiradigan bo'lsam--marojneli go'sht,lekin sovuq bo'maydi,og'zizga solishiz bilan erib ketadi (og'zizam,go'shtam) :D

Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Hadija 26 Oktyabr 2009, 20:11:44
Dunyoga dong'i ketgan "Chiyali yaxna" si... :)

(http://s39.radikal.ru/i086/0910/b5/ca1a1ccdc08d.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://s39.radikal.ru/i084/0910/15/4f441c98baf4.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://s04.radikal.ru/i177/0910/f7/74d10c33227a.jpg) (http://www.radikal.ru)

Cheeeeti taniiish  ::) Juda mazaliga o'hshayapti yemasam-daa :D
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Ansora 27 Oktyabr 2009, 11:09:39
Men yeyolmasam kerak, juda yog'li chunki...o'rganishga bog'liq, yaxshi ko'rganlarga osh bo'lsin : ) keyin Yurist ham bu Yahnini rasmlari va ta'riflarini keltirgandilar, "Sizning sayohatingiz", mavzusida, salomat bo'lsinlar.
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 11 Noyabr 2009, 17:55:10
Men yeyolmasam kerak, juda yog'li chunki...o'rganishga bog'liq, yaxshi ko'rganlarga osh bo'lsin : ) keyin Yurist ham bu Yahnini rasmlari va ta'riflarini keltirgandilar, "Sizning sayohatingiz", mavzusida, salomat bo'lsinlar.

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3528.msg185165#msg185165

Yaxni ishqibozlari uchun qaynoqqina onlayn yaxni :-)))
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: lolo 11 Noyabr 2009, 21:08:40
Chiyali nima degani? va qatta?
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: registan 11 Noyabr 2009, 21:20:17
Chiyali nima degani? va qatta?

Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida "Chiyal" degan qishloq bor, yaxnasi mash'ur.
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Nurzoda 13 Noyabr 2009, 03:47:03
Xorazm gilami i guruchi b-n mashur manimcha  :) samarqand nonlari bilan  :)
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: uzboy 19 Fevral 2010, 15:48:56
Chiyali nima degani? va qatta?
Chiyali yahnasini yemabsiz, bu dunyoga kemabsiz  :D haliyam esimda, har yakwanba kuni Chiyalida erta tongda bozor bulardi, dadam bir marta qishda qor yo'g'ayotgan paytda oborgandilar. Lekin bu yaqin orada yeb ko'ramadim hali.
Chiyali va Chiroqchiliklar biz Chicago danmisiz deb quyishadi hahahah :)))  :1
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: JaviK 28 Mart 2010, 14:25:09
Kim nima desin anjanda bir akamiz borlar ayron qilishni qiyyvoradilarda :D ;)
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: BelleQizcha 28 Mart 2010, 23:53:46
Toshkent ozini shevasi bilan Mashhurr deeeeeee..
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: UzMuslim 09 Aprel 2010, 18:48:57
Samarqandni Registoni Butun Dunyoga Mashxur qilgan..
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Elcom 04 Iyun 2011, 07:42:07
Termiz Paxta va  G`allasi bilan  O`zbekistonda  mashxur
xozirda 10000 minglik gektar maydonlarda g`allani  yig`ib ishlari  davom  etyabdi
Nom: Re: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: azizbek_mx 04 Iyun 2011, 22:41:48
Namangan haqida gapirilgandir avval, yana yozgim keldi. Avvalo Namangan deganda ko`pchilikning ko`z oldiga Gullar vs namanganning olmasi kelsa kerak. Bu hammasi emas, Namanganda ko`plab oromgohlar, sanatoriyalar, bolalar oromgohlari bor. Men bunday joylarga borib yurmagan bo`lsam ham ensiklopediyalarda o`qib, videolarda ko`rganim bor. Nasib qilsa, Hamma ko`zga ko`rinarli hududlardan sujetlar olib, xujjatli film tayyorlamoqchiman. Bunga harakat bor. Nasib qilsa, mazza qilib tomosha qilasizlar :)
Nom: Javob: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Turonii 03 Iyun 2017, 11:22:47
Marg'ilon odamlari (Marg'ilonliklar) bilan mashxur ;)
Nom: Javob: Qaysi shahar nimasi bilan mashhur?
Yuborildi: Turonii 03 Iyun 2017, 11:23:42
Yana madaniyati, shevasi, taqvodorligi bilan ham