forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => Alisher Navoiy asarlari => Mavzu boshlandi: mutaallimah 27 Avgust 2008, 13:43:16

Nom: Alisher Navoiy. Lison ut-tayr (nasriy bayoni)
Yuborildi: mutaallimah 27 Avgust 2008, 13:43:16
(http://ziyouz.com/images/books/lisont.jpg)

LISON UT-TAYR

(Nasriy bayon)

I

Mehribon va Rahmli Allohning nomi bilan

Jon qushi o'z sirlarini bayon qilishga kirishar ekan, uni Allohga madhiya o'qish bilan boshlaydi. Chunki Alloh barcha mayjudotlarning yaratuvchisidir. U mangu barhayot bo'lib, undan boshqa hamma narsalar o'tkinchidir.
Yaratuvchi qudratli qalam bilan olamni aniq bir reja ostida bunyod qildi. U to'qqiz falakni aylanuvchi qilib yaratdi va buning sirini tushunishda idrokni ojiz etdi. Ko'kni tun va kun bilan yarqiratib, uni quyosh va yulduzlar bilan bezadi. Unda oy go'yo osmon tirnog'iga o'xshash bo'lib, yangi oy esa o'sha tirnog'dan olingan bir bo'lakni eslatadi.
Osmonni betinim harakat qilishga bo'ysundirdi, Yerni esa uning bo'shlig'ida tuig'un qilib yaratdi. Yer yuzini yomg'ir bilan yuvdi, natijada chang va chirklar undan tozalandi. Quruqlikni dengiz yuzidagi kemaga monand qilib yaratdi. Tog'lardan bu kemaga uning muvozanatini saqlab turadigan langarlar yasadi. Quyosh o'tidan suv qaynab ketmasin, degan maqsadda dengiz yuziga bug'lardan parda tortdi. Suvda mayjud bo'lgan qurt va qushlar g'amini yeyishda adolat olamini ko'rsatdi. Nayson yomg'iriga katta sharaf ato etdi, uning ehsoni tufayli sadaf ichida gavhar hosil bo'ldi. Durga u juda katta qiymat bilan rivoj berdi, oqibatda u taxt ahlining toji uchun zebu ziynatga aylandi.
Hamal oyi bilan bahorni boshlab berdi, uning o'lchovida kecha va kunduz teng boldi. Tong nasimini lso nafasidek estirib, bog‘lardagi barcha jonsiz narsalarga jon bag'ishladi. Bog'aro xilma-xil ra'no chechaklarni yoyib, chaman go'zalliklarini jilvalantirdi. Yelga huzurbaxsh hid ato etdi, uning tufayli daraxtlarga qaytadan jon kirdi. Tongni oppoq rang bilan yoritdi, shomni mushkin qora libosga o'radi. Quyoshni kunduzi porlatib, oyni kechaning shamiga aylantirdi
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 27 Avgust 2008, 13:46:14
Agar u quruqlik yuzasida har xil g'aroyibotlarni yoygan bo'lsa, dengizda esa ular bundan ham ortiqroqdir. U dashtlarda qancha jonivorlarni yaratgan bo'lsa, suvdagi suzuvchilari bundan yuz baravar ko'pdir. Quyunni dasht aro aylantirgan bo'lsa, suv yuzida ham girdobni to'lg'antirdi.
Suvni olovga dushman qilib yaratdi, shamolni esa tuproqqa zid qildi. Yaratuvchining qudrati bilan ana shu bir-biriga zid to'rt narsa inson vujudida bir butun holda birlashdi.
Butun olamni yaratishdan maqsad lnson bo'lib, u hamma mavjudot ichida tengi yo'qdir. Inson ko'nglini turli bilimlar xazinasi qildi va bu tilsim ichida Alloh o'zini yashirdi. lnsonning ajoyib jismi bir maxfiy sir xazinasi o'laroq o'zida ana shu ganj tilsimini saqlaydi. Bu tilsim jon bolib, u o'sha xazinada turadi va unga posbonlik qiladi. Ey jon! Seni bu xilda yaratilishingga cheksiz ofarin!..
Chunki U o'z sirining xazinasini ochmoqchi bo'lganida, uni na samo, na yer qabul qildi. Insondan o'zga narsalar jaholatga botib, uning xitobini anglamadi va bu sirni qabul etmadi. Shuning tufayli inson boshqa barcha narsalardan mumtoz qilib yaratildi va "Kuntu kanzan..." siridan xabardor etildi. Uning boshiga to'g'ri yo'ldan borish toji qo'yildi, sharaf me'rojiga cliiqish esa uning qismati bo'lib qoldi.
Hatto olam ichra butun malaklarga peshvo bo'lib, ularga sajdagoh bo'lgan hamda ularni o'ziga bo'ysundirgan, dunyodagi barcha jinlar va maloikalar boshlig'i vazifasini bajargan shayton, garchi u butun olamga egalik qilib, necha ming yil zuhdu toat bilan Alloh amriga itoat aylagan bo'lsa ham; va hatto yer yuzida va moviy osmonda u sajda qilib bosh urmagan biron qarich bo'sh joy qolmagan bo'lsa ham; u shunday yuksak saodatga erishib, haq yodidan o'zga biror nafas olmagan bo'lsa ham, o'z xizmatlari va Allohga yaqinligiga suyunib ketdi hamda bundan unda g'urur paydo bo'ldi.
Natijada u bu ajoyib Insonni ko'zga ilmadi, unga boshqa maloikalar kabi sajda qilmadi. Yaratuvchining bu amriga bo'yin egmay, ta'na ko'zi bilan qaraganidan uning bo'yniga shu on la'nat halqasi solindi. Zeroki, uning ko'ngli itlikni havas qilgan edi, shu sababli ham bo'yniga itlar kabi la'nat tasmasi bog'landi. Shuning uchun ham u Inson zotiga doimiy raqib bo'lib, uning imonini yo'ldan uruvchi ashaddiy dushmanga aylandi. U qiyomatga qadar ana shu xil isnodga duchor bo'lib, do'zax olovi, makr va adovat qo'zg'atuvchi nomini oldi. Xullas, u shunchalik katta sharaf bilan maloikalar boshlig'i bo'lsa ham, takabburligi uchun abadiy rad qilinib, mal'unlikka giriftor bo’ldi. Uning bu qismati butun osmon va yer yuzidagilarga ibrat bo'lib qoldi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 27 Avgust 2008, 13:46:40
Shunday qilib, (Alloh) Inson jismini bir hovuch tuproqdan chiroyli qilib yaratdi, unga odamiylikning ajoyib shaklini berdi. Ham uni o'z siridan xabardor qildi, ham xalifalik bilan sarfaroz etdi.
Agar shayton bosh tortish bilan ofatga giriftor bo'lgan bo'lsa, inson o'zini tuproqdek past olish bilan e'tiborga loyiq bo'ldi. lnsonning sajdagoh bolishini ta'minlagan ham, shaytonning haydalishi va rad etilishini munosib ko'rgan ham uning O'zi! Shaytonni nuqsonli aylagan ham, insonni suyukli aylagan ham - O'sha! U nima qilgan, bu nima qilgan bo'lsa — Uning o'zi biladi, o'zga bu ishni qila olmaydi, har ne qilsa — U qiladi. Uning hikmatlaridan kishi voqif emasdir, zeroki, bu ish kishining qo'lidan kelmaydi. Hamma ishni uning o'zi qiladi va uning o'zi biladi — butun hikmat ana shundadir! U o'xshashi yo'q bir Podshohdirkim, uning na sherigi, na tengi, na vaziri bordir.
Ey Yaratuvchi, qudratingga yuz ofarin! Sendan o'zga yo'qdir, bor desalar ham, u — Sensan! Faqat Sen mavjudsan va borliq ko'rkisan. Ham birlik, ham qadr etuvchilik arzandasisan. Birlik ham, borliq ham Senda; tiriklik, qodirlik va shafqatlilik ham sening O'zingda!
Agar shafqat dengizingda mavj ko'tarilsa, u har qanday katta gunohning ham bahridan o'ta oladi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 27 Avgust 2008, 13:47:52
II
O'z kamchiliklaridan sharmanda bo'lib, bu uyatdan boshi tubanlik tuprog'iga egilganligi yuzasidan barcha hojatlarni amalga oshiruv chihakam oldida munojot


Yo Rabbiy! O'z holimga nihoyatda hayronman, o'ta gunohkor va mastu parishon holga tushgan bir kimsaman! Chunki nafsim tufayli kibru havoga mag'lub bo'ldim, to'g'rilikni nomaqbul bilib, poklikdan uzoqlashdim. Jonimga isyon mayidan mastlik paydo bo'ldi, ko'nglim fisq ahliga hamdamlik qildi. Shum nafsim boshimga har xil havoyi kayfiyatlar soldi, shayton galalari har yondan menga hujum boshladilar. Bu to'dadan men voqif bo'lgunimga qadar, ular ko'nglim mamlakatini ostin-ustun qilib yuborishmoqda.
Bir zulm qiluvchi ko'zimga chiroyli ko'rinib, o'zimni unga oshiq, uni esa o'zimga mahbuba degan edim. Bu yomon fe'lli ma'shuqadan menga har xil sitamlar yetardi. U ko'zimga ko'ringach, hatto oh urib, o'zimdan ketib qolgan paytlarim ham bo'lar edi.
Uning olovli lablaridan jonimga o't tushdi, gajagi va xolidan ro'zgorim qorayib ketdi. U so'zlaganida — tilim lol qolar, nozli jilvasi esa aqlimni olar edi. Uning vasliga yetishmoqni o'zim uchun hayot, hajrini esa o'lim deb hisoblardim. Ularning biridan jonim osoyish topsa, ikkinchisidan jabr tortar edi.
Hajrning g'amida may ichar edim. Agar vasl jomi qo'lga kirgudek bo'lsa, jondan kechishga ham tayyor edim. Usiz tiriklikni o'lim deb anglardim, hajridan doim jonim yuz turli ofat chekar edi.
Uni hayotimning maqsadi, deb bilardim, undan boshqa ko'nglimga kelmas edi.
Undan ayriliqda yurgan chog'larimda boshqa hamma narsalar yodimdan ko'tarilardi. Chunki sen o'zing voqifsan, men ham chin so'zni aytayin: hajridan ko'nglimga shunchalik ko'p jabru zulm yetardiki, hatto faqat uning vaslini istash uchungina seni yod etar edim...
Alloh-Alloh! O'zimning bunday bandaligimni eslasam, sharmisorlik o'ldiradi. Jahlda shunchalik yuziqarolikka yo'l qo'ydimki, bular ko'zimga olamni qaro qilib ko'rsatmoqda.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 27 Avgust 2008, 13:48:25
Ey hech narsaga ehtiyoji yo'q Alloh! Umrimda biron bir rak'at namozni o'tinchsiz qilmadim. Hargiz keraklik tosh bo’lmasa, tuproqqa bosh qo'ymadim. O'zimni karam sohibi ko'rmagunimcha gadoga biron bir chaqa tutqazmadim. Donolik bilan emas, balki qo'limda yuz donalik tasbeh ushlamagunimcha nomingni tilga olmadim. Biror ishni o'z foydamni ko'zlamay qilmadim; o'zimni munofiqlikdan holi deb bilmadim. Shu sababli men kabi inson, insongina emas, devu shayton ham bo'lmasin! O'zimning bu yanglig' fe'l-atvorimdan juda aziyatdaman, bular uchun har doim ko'nglum tushkunlikka tushadi, dilim mudom g'ash. Bu xil hijolatliklardan men uchun hayot yo'q, chunki har dam uyat o'ldirib tashlayapti.
Bu illatlarki, aytib o'tdim, o'zim ularning hech bir ilojini qila olmayapman. Shunchalik musibatga duchor bo'lganmanki, agar Sendan qazo yetsa, keyin nima bo'lishini bilmayman. Garchi bu dardlar men uchun davosiz bo'lsa-da, lekin ularning darmoni senga osondir. Dardimga darmon inoyat qilgin, komil tavbaga erishmoq yo'lini ko'rsat. Adolat va ehsoningga meni sazovor qil va zolim nafsdan meni xalos et! Jonimda shavqing shu'lasini mayjud qil, undan o'zga hamma narsani ko'nglimdan chiqarib tashla!
Garchi ruh badan ichra tutqun bo'lsa ham uni mushohada etiladigan kun qo'yib yubor. Toki bu qush safarga moyil bo'lib, asl gulshan tomon parvoz qila olsin. Chunki qush uchmoq sari intilgani, tuproq esa tuproqqa qo'shilgani ma'qul.
Qilgan ishlarim so'roq qilib, xitob etgan chog'ingda Sen bergan savollarga javob topa olmay qolsam, meni hazin ahvolga qo'ymay, tezda o'shani qoshimga yetgurgilki, uni sen gunohkorlarning himoyachisi deb atagansan.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 27 Avgust 2008, 13:49:22

III
Bu dostonga baxtiyorlar payg'ambari vasfi bilan sarlavha go 'ymoq va gunohkorlar homiysi madhi bilan ziynat bermoq

U nabilar sarvari va payg'ambarlar sultoni bo'lib, uning tufayli ulug' va mayda narsalar yaratilgandir. U Odam Atodan ham ilgari mayjud bo'lib, ham nabi, ham sirlar ogohi edi.
U olti kunda yaratilgan olamdan burun ham nur holida bor edi. Bu shunday nurki, u yuz izzat va sharaf egasidir. U — ma'shuq, Yaratuvchi — ishqivoz edi. Alloh Bulbasharni yaratguniga qadar, bu nur uzoq yillar Haq nazaridan bahramand edi. Bulbashar vujudi yaratilganda, uning yuzi shu yulduz nuridan kamol topdi. Bu nur havoga o'tganida, uning manglayi porloqligidan Quyosh hijolat chekardi.
Shish payg'ambar vujudi shakllanganida, bu quyosh uning manglayida balqidi. So'ng bu nur uning suyukli mahbubasiga va undan farzandiga o'tdi. U bu sharafli nurni jufti haloliga yetgizgach, shunday gavharga  u o'z vujudini sadaf qildi.
Ana shu qabilda bu nurni bir-birlariga o'tkazar edilar. Nihoyat bu nur Abdullohga yetib keldi. U ham shu yo'sinda nurni uzatganida, xonadoni shu nur bilan yoridi. Nihoyat shu uyda quyosh balqib, u farzand chehrasida payg'ambarlik nuri zohir bo'ldi.
Bu nur emas, Haq Taolloning o'z soyasi bo'lib, uning martabasi Quyoshdan ham yuksaldi. Din bayrog'i oftobdek ko'tarilgach, kufr zulmati undan bartaraf bo'ldi. Bu quyosh Bayt ul-haramdan chiqib, falakdan ham oliyroq martabaga erishdi. Bu yulduz nuri Makkada ko'ringach, barcha butlar tuproqqa bosh qo'ydilar. Kofirlardan kim bo’lsa, yuz tuban tushdi. Din bayrog'i falakdan yuqori yuksaldi, shariat tig'i qilichdan ham keskirroq bo'ldi.
Uning ta'bi payg'ambarlikka qat'iy mayl qo'ygach, dini boshqa barcha dinlarni bekor qildi. Ra'yi mo'jiza shamini ko'rsatganda, uning yolqinidan koinot ravshan bo'ldi.
Lotning o'z nuqsoniga yarasha holi xarob bo'ldi. Kofirlarga Allohdan boshqa Alloh yo'qligi ma'lum bo'ldi. Shundan boshlab xalqqa Allohdan boshqa Alloh yo'qligirii fasohatli tili bilan bayon etdi. "Allohdan boshqa Alloh yo'q" degan gapni atrof-tevarakka yuborgan Alloh payg'ambarining o'zidir.
Zoti olam qutichasidagi toza durdir, balki u haqdan olamga yuborilgan Alloh rahmatidir. Uning o'zi pok, xotinlari pok, avlodlari pokdir: zoti pok, suhbatdosh-izdoshlari pok va yaqinlari pokdir. Olam ahlidan to Qiyomat kunigacha unga, pok avlodi va izdoshlariga, so'ngra xizmatchilari va do'stlariga ham har lahza yuz maqtov va ming salomlar boisin!

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 27 Avgust 2008, 13:53:10
IV
U payg'ambarlik oftobining anqo qushining balandparvozligi va haqiqiy mahbub visoliga yetib qush tili bilan so'zlashgani va sirlashgani


Martabasi falakka yetadigan shohni Haq ko'k sari javlon qilishini istaganida, u tuban falak tashvishlaridan forig' bo'lib, o'z hujrasida yaxshi kayfiyatda o'tirardi. Uning oldiga ruhlar amini kelib, olam Allohining xabarini yetkazdi. Farishtaning bir qo'lida yashinday tez uchadigan buroq bo'lib, bu ulov bilan yashin ham bahslasha olmasdi. U dedi: "Ey Allohga joning bilan yaqin zot! Suyukli bo'lganing uchun vujuding bilan ham Allohga yaqinlashgin. Buroq keltirdim, suvori bo'lgin, toki bu feruza osmon gumbazi yo'Iing gardi boisin".
Shoh otga mindi. Chunki u hukmning kimdan ekanini yaxshi bilardi. Qutli ulovi havolanganida, uning qadamidan falak eli bahramand bo'ldilar. Bu suvori sharafi tufayli yangi oy to'lin oyga aylandi. Ikkinchi osmonga bayroq sanchganida, Atorud qalamidan durlar sochila boshladi. Uning zotidan uchinchi maydon - osmon sharaf topgach, Zuhra musiqachilik qilib kuylay boshladi. U to'rtinchi samoga ot surganida, yulduzlar shohi - Quyosh undan o'ziga nur oldi. Buroqini beshinchi ko'kka surganida, Nahsi Asg'ar shu zahoti Sa'di Akbar bo'ldi. Sa'di Akbar tomon yo'li tushganida, uning nazaridan saodat nuri yo'naldi. Beshinchi ko'kka o'tganida, bechora hindi "Alloh nuri!" deb yubordi. Yana ikki vodiyni sayr etgach, sakkizinchi osmon qiblasi ko'rindi. Suvoriy nuri ta'siridan Savrga Asad (sher) xususiyati yuqdi. Javzo uning xizmatiga shaylandi. Saraton esa to'g'rilik mevasini berdi. Arslon it kabi uning oyog'i ostiga o'zini tashladi, boshoq uruglari javohirga aylanayozdi. Tarozi o'z o'lchovligini ko'rsatdi, Chayon esa o'z zahrini zaharni kesuvchi doriga aylantirdi. Yoyni qoshi ishorasi hilol qildi. Qadami xosiyatidan Jady — tog' echkisi zarrin kiyikka aylandi.
Dalv uning so'zlaridan jon suvi topdi. Hut (baliq) uning nutqidan obihayot topdi. Yo'lda uchraganlarga shunchalik sharaflar yetkazib, ulovini barchasidan yuqori surdi.
U Arshu Kursiga tabarruk bayrog'ini yetkizganida, Lavhu Qalam undan muhtaram bo'ldi. Lomakon maydonida javlon qilib, undan ajoyib bir maydonga yo'l oldi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 27 Avgust 2008, 13:53:43
Bunda xabarchi bilan ulovi sayrdan to'xtadi: go'yo qushdan ikki par tushib qolganday bo'ldi. Tarkibiy unsurlar azobidan qutilib, jahon tashvishlaridan ozod bo'lib, egnidan manmanlik to'nini tashlab, olovdan odamlik uchqunini ayirib, o'zni o'zlik asoratidan qutqarib, o'zdan o'zgalikka aylandi. Yel, tuproq, o't va suvdan tozalanib, men, sen, u va bulikdan tozalanib, yaqinlik dargohida o'rin topib, hatto undan ham yaqinroq bo'lishga harakat qildi. Yetmish ming pardani bartaraf etdi, orada parda qolmadi. Oradagi bor-yo'q to'siqlar bartaraf bo'lib, u do'st oldida suyukli bo'lib qad ko'tardi.
LimaAlloh bo'sag'asiga yastandi, xuddi ikki yoydek bir-biriga yaqinlashdi. Man etish va moneliklar barham topib, ruxsat bo'lgach, monelik bo'lmaydi demakdir. Ko'zlarini mislsiz o'tkir nur bilan yoritdi. Soyalik mulohazasi bartaraf bo'ldi.
Hech bir kishi topa olmaydigan martabani topdi: bu ish kishilik qo'lidan keladigan ish emas edi.
Bu damda o'zi va o'zligidan xabari yo'q, balki o'z va o'zligidan asar ham yo'q edi. Yotlikdan nishon qolmay, hatto o'zlik ham oradan ketib, faqat jonon qoldi. U jonon jamolini ko'z bilan ko'rib, uning visolidan so'z orqali bahra topdi. Har lahzada yuz ming hurmat ko'rsatib, to'qson ming so'zni idrok etdi. Gunohkor ummatning gunohini so'radi, barcha og'ir ahvoliga chora istadi. U nimaniki istagan bo'lsa, mutlaq tirik — Allohdan topdi: Haq tiladi, Haqdan tiladi va Haqdan topdi.
O'z orzusi imkoni darajasida murod hosil qilib, ko'kdan juda masrur va shod bo'lib qaytdi. Yuksak dargoh ham uning visolidan masrur bo’ldi: amridan bu qabulxona ajoyib tarz jihoz topgan edi. U ko'kka otlanganida, qimmatbaho dur edi, u yerdan jo'shqin daryo bo'lib qaytdi.
Bir kiprik qoqilgan muddatda anglab bilgani shuki, ajoyibi ham shundaki, shu vaqt ichida u yerga borib, keldi. Boshqa olamdan yerga qaytib kelgach, ushbu olam ishiga tartib joriy etdi. Biz har qancha gunohkor va gumroh bo'lsak ham, bu voqeadan voqifligimiz uchun hadiksiramasak bo'ladi. Chunki tong-la Qiyomatda shunday homiy va qo'llovchi kishi gunohlarimizni Allohdan tilaydi.
Ey Allohim, payg'ambar oraga tushgan kuni, u kimning gunohini tilasa, sen uning istagini qabul qilasan. Yuz minglab gunoh va tug'yon ahli ilohiy fazli bilan uning rahmatiga sazovor bo'ladilar. O'sha guruhda Foniy ham boladi, uni ham zora noumid qilmasang.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 27 Avgust 2008, 13:54:46
V
Mo'minlar amiri Abu Bakir Siddiq (Alloh uning ruhidan rozi bo'lsin) ta'rifida


U payg'ambarlar sultonining do'stidir. Mushkulot g'oridagi ikkinchi odam shu edi. Uning sidqi dildan sodiqi va hamrozi, har yaxshi — yomonda hamdamidir. U olam eliga yo'lboshchi edi. Chunki hammadan ilgari kelganlardan ham ilgari bor edi. Haqiqatparastlar guruhining boshlig'i udir va sobiq islom ahliga sodiq udir. G'orda u yoriga jonini fido qilishga shay turgan, shuning uchun do'sti uni "g'ordagi do'stim" degandir. Xazina g'orda yashiringanida, u ajdahodek unga soqchilik qilgan.
U g'or zulmatida azob chekkani uchun u yerdan obihayot va xazina topdi. Bu shunday xazinaki, ilohiy g'aznasi bilan qo'shilgan bolib jahon vayronasida yashiringandir. Agar u obihayot topmagan bo'lsa, jahon boqiy ekan, nega uning nomi tirik qoladi? Uning oyog'ini ilon chaqqanida, obihayot ichib uning zararini daf etdi.
Payg'ambar uni o'z o'rniga imom qilib qoldirdi: oy quyosh o'rnida qoldi. Oftob botishga kelganida, din uyi uning nuridan yoridi.
Ey Alloh, ushbu oy sham'i to hisob-kitob kunigacha islom uyidan o'z nurini va jilvasini olib ketmagay.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 27 Avgust 2008, 13:55:36
VI
Hikoyat


Mustafodan keyin Abu Bakir Siddiq xalifalik taxtiga o'tirganida, dindan qaytgan bir guruh kishilar din yo'lida adovat qilib, janjal boshladilar. Ular islom sutunlarini qulatish uchun zakotni bekor qilishni talab qildilar. Xalifa g'azab bilan shunday xitob qildi: "Payg'ambar qonunida biror ip miqdoricha narsani ham o'zgartirish mumkin emas. Kimki bunga qarshi bosh ko'tarsa, ularga javob qilich va o'q bo'ladi!"
Shariat ishiga shunchalik qat'iyligi uchun ham uning nomi to bu zamongacha yetib kelgandir. Bunday qat'iylikni kim qila oladi? Faqat g'orda payg'ambarga do'stlashgan Abu Bakr!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 27 Avgust 2008, 13:56:37

VII
Mo'minlar amiri Umari Foriq (Alloh uning ruhidan rozi bo’lsin) vasfida


Payg'ambar hamdamlaridan biri buyuk Foruq edi. U haqni xatodan farq qila olgan va adolati bilan g'arbu sharqni ravshan etolgan kishidir. Bu jahonda bundan o'zgasi, bunga teng keladigani yo'q edi. Shariat ishida u payg'ambarlar shohining izdoshi bo'lib, u adolat va din asosini kuchaytirdi. Uning sahovati dasturxonidan jahon ahli nasiba olib, to'yar, o'zi esa, o'zini to'ydirish uchun qorniga g'isht qo'yib bog'lar edi.
Yer yuzining insoniyat yashaydigan qismi uning adolati me'morchiligi oldida past bo'lib, jahonni bir g'isht sifatida qiyoslash mumkin edi.
U toza zahar ichib nafsini o'ldirgan va din nazoratida o'g'lini o'ldirgan odildir.
Uning dinidan mehrobu minbar va adolatidan mamlakat va olka rivoju ravnaq topdi. Qilichining damidan shariat bo'stoni yashnab, kofirlarning mamlakat va ibodatgohlari vayron bo'ldi. Uning qahri Kisrolar boshidan tojini oldi va haybati Qaysarlarga xiroj yukini soldi. Uning davrida Ajam mamlakati egallanib, uning shaharlarida arab bayroqlari hilpiradi.
Uning yordamchilari shohlar mamlakatlarini oldilar, dinparvarlari esa kufr uyini buzdilar.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 27 Avgust 2008, 13:57:36
VIII


Uning kishilari Madoyin shahrini egallab olib, mol-mulk va xazinalarini tortib oldilar. Bir necha yuz yillar davomida sultonlar qiynalib yiqqan xazinalarni yuklab yo’lga tushdilar. Bu katta xazinalar tomoshasiga aql ham lol edi. Hazrati Umar keltirilgan bu mol-dunyo va xazinalarga ko'z qirini ham tashlamay, davlat xazinasiga topshirishni buyurdi: bular g'azotga chiquvchilar uchun yetganicha bo'lib beriladi.
Bunday qonunni yo'lga qo'ygan Umardan boshqa kimning qo'lidan bu ish kelardi!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 27 Avgust 2008, 13:58:33

IX
Mo'minlar amiri Usmon Zunnurayn (Alloh uning ruhidan rozi bo'lgay) shonida



U hayo koni va ko'zlar nuri edi. U ikki ko'z kabi Zunnurayn deb ataldi. U sidq koni va muruvvat xazinasi, muloyimlik dengizi-yu olijanoblik koni edi. Ham Madina ahliga shayxu imom, asl shayxining munosib o'rinbosari bo'ldi. Alloh uni Qur'onni yig'uvchi qildi, xalq Usmon binni Affon deb atadi. Kalomullohni Jabrail olam ahli gunohkorlari homiysiga olib kelganidan beri, u bekiklik zindonida saqlanardi. Har bir arab bir necha oyatlarni yig'ib yurardi. Qur’onni jamlash va tartibga solishga u sababchi bo'ldi. Har bir sura o'rnini belgilab, bir ajoyib devonni tartib berdi.
Bu sharaf unga kifoyadirki: hozirgacha u ummatlaming eng sharaflisi hisoblanadi. Afv etuvchi Alloh kulbasiga ikki nur solgan yana birorta kishi bormidi?!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 27 Avgust 2008, 13:59:30
X
Hikoyat

Shunday bir naql bor: xaloyiqqa saodat yulduzi bo'lgan payg'ambar bir kuni eldan farog'at istab, bir xilvatga kirib, bir oyog'ini uzatib o'ltirib edi. Uning huzuriga ba'zi zodagon suhbatdoshlardan, ba'zi aziz va ayrim sharif do'stlaridan kirib borishdi. Payg'ambar avzoida o'zgarish bo’lmadi. U bemalol yaxshi xayollar bilan tin olib o'tirdi.
Biroq xonaga Usmon kirgach, millat shami uzatgan oyog'ini yig'ib oldi. Chunki Usmon juda hayoli kishi bo'lib, Rasulning u holidan ahvoli o'zgarishi mumkin edi. Shunday Payg'ambar hurmatini joyiga qo'ygan zot haqida har qanday kimsalar har nima desalar behudadir.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 27 Avgust 2008, 14:00:11

XI
Mo'minlar amiri Ali (Alloh uning ruhini yarlaqasin) maqtovida


U ilm daryosi va valiylik gavhari bo'lib, olam ahli orasida noyob bir kishi edi. U payg'ambarlar boshlig'iga farzand, odamlar ichida tengi yo'q zotdir. Makka tomidan Hubal butini tushirayotganda, egni hazratning oyog'iga zina bo'lgandir. Payg'ambar qatldan qochgan paytda, u jonidan kechib, uning o'rnida turgan edi. Uning zoti olam vasflari bilan ziynatlidir. Zotan birov biladi, birov kashf etadi.
U din ahli orasida mo'minlar amiri va taqvodorlar orasida taqvodor imomdir. Ilm sharhi va nabiylikda yetukligi uchun uning vasfida Alii bobaho deyishgan. Duldulining yugirishi yashinga o'xshaydi, zulfiqoridan yov qon ichra g'arqdir. Nabiylar shami bilan uning ahdi shunday bo'lgan: men senikiman, sen menikisan."Go'shtim go'shtingga'' iborasi ham uning sha'nida aytilgan. U taqdir o'rmonining haybatli sheri bo'lib, uning oldida sher qo'rqa-pisa titroqqa tushadi. U kofirlarga tegishli javobni bergan va pahlavonlik na'rasini urgandir. Payg'ambarning farzandi buning payvandi va buning farzandi uning farzandidir
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:22:44
XII
Hikoyat

G'azot janglarining birida, shunday naql qiladilarki, shoh dushmandan o'q yebdi. O'qning uchi suyagiga botib, hech tortib olishning iloji bo’lmabdi. Bu holni payg'ambarga aytganlarida, u to'g'ri yo'l ko'rsatish g'aznasi shunday depti: "'U namoz o'qiy boshlagan paytda o'qni tortib olish payida bo'lingiz. Jarohatning o'q uchi joylashgan joyidan kuchingiz yetganicha o'qni tortib olishga harakat qiling. U namozga shunday berilgan bo'ladiki, o'qni tortib olganlaringni bilmay qoladi".
To'g'ri yo'l ko'rsatish shami shu so'zni degach, kishilar bu ishga kirishdilar va Alloh kushoyish berdi. Aytilganiga amal qilinib, shoh shom namozining salomini aytishi bilan, o'qni shunday tortdilarki, bir lahzada jarohatda na dardu na o'q uchi qoldi.
U hayron bo'lib, voqeani surishtirgan edi, unga payg'ambarlar shohining ko'rsatmasini aytdilar.
Haydari Karror bunga shukr qilib, bu ish sirini shunday aytdilarki: "œAjal o'qining uchidan faqat nabi ehsoni bilangina qutilish mumkin. Bizga har qanday g'amdan najot, balki hayot rasmi u tufaylidir".
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:24:45
XIII
Olijanoblik egasi va poklik qiblasi Shayx Farididdin Attorga (Alloh uning ruhini ezgulikka buyursin) madhu sano aytmoq va o'z o'tinchini bayon qilmoq

Olamdagi barcha dengiz va konlarda nimaiki bor bo'lsa, yuzlab o'shancha narsalar Attor do'konida mavjuddir. Uning ma'nolar dengizidagi durlar xuddi kechasi jilva qilayotgan yulduzlarga o'xshaydi. Konlardagi yoqutlar esa kechki paytdagi shafaqqa, balki tong paytida endi yoyilib kelayotgan quyosh nurlariga monand. Ularni sen duru gavhar dema, balki hodisalar toshi degin, bu toshlardan zaifu notavonlar boshi yorilgusidur. Ularni yoqut ham dema, balki olam ahli qatlidan oqqan qonlar deb atagin.
Garchi vasfini aytishda qalam ojizlik qilsa-da, endi uning do'konira sharh qilay. Agar odam ta'bini jaholat mag'lub etib, unda har xil yomon axloqsizliklar paydo bo'lsa, bu do'konda bunday illatlarni davolash uchun turli sharbatlar muhayyodir. Undagi sandal, mushk, abir va za'faron kabi dorivorlar kishi ta'bini jaholatdan davolaydi. Fayzli bog'idan yetishtirilgan gulob va xushbo'y mushklarning har biridan ta'bga yuz fayzli umid hosil bo'ladi. Uning qand va navvotga o'xshash shirin so'zlaridan o'lgan ko'ngil ham hayot topadi. Asal va shakar kabi bu so'zlarda irfon haqida fikr yuritilganki, ulardan bechoralar chora topadi. U nazm va nasrda har xil asarlar yaratdi, ularda vahdat (birlik) sirlari tafsir etilgan. Xalq uchun u shunday gul va qandlar yetishtirdiki, ular kishilar ta'bi uchun gulqand kabi foydalidir.
Ulardan biri "Musibatnoma" edi. Unda nafsning yuz xil musibatga duchor bo'lganligi bayon qilingan. Agar ko'ngilga biron musibat tushsa, u "Musibatnoma"dan o'ziga taskin topadi.
Yana "llohiynoma"ni yozdi va qalamni vahylikka muharrir qildi. Unda ilohiy sirlarni shunday sharh qildiki, bunday tugal sharh kamdan-kam uchraydi.
Yana "Ushturnoma" ("Tuyanoma"ni) yozib, unda har xil nozik ma'nolami go'yo nortuyalar kabi qator tizib qo'ydi. Bir necha ming tuya ham undagi duru gavharlarni ko'tarishga ojizlik qiladi.
Yana "Lujjai hiloj" ("Urar bulog'i")da g'avvos kabi sho'ng'ib, pok durlarni qo’lga kiritdi va har bir durni shohlar boshiga toj etdi. Balki uni shoh tojining ziynati qildi, ulardan har birining qiymati butun bir mamlakat xirojiga tengdir.
Yana qasidalar dashtiga chopqir ot soldi va bu vodiyni kesib o'tguncha har xil ajoyib baytlarni qo'lga kiritdi. Undagi har bir vodiyda yuz xil g'aroyib mamlakatlar bo'lib, bu yurtlarning har birida ming xil ajoyibotlar bor.
Yana g'azal gulzorida guldastalar yasadi, bulbul kabi ming xil qo'shiq kuyladi. Lekin uning har bir tarannumida birlik sirlarining sharhi ravshan bayon etilganligi ayon bo'ladi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:25:08
Yana rubo’lydan devonga ziynat berdi va butun olamga g'avg'o soldi. Ular ma'nolar olami bo'ylab maxsus bo'limlarga bo’lingan bolib, har biri bir necha iqlimdan xabar beradi.
Yana avliyolar ruhini xushnud etuvchi tazkira tuzdi. Uning har bir so'zidan yuzlab noma'lum zotlar xuddi tiriklik suvi ichgan kabi jon topdilar.
Yuqorida eslatilgan asarlarning hammasi qanchalik sharaf va maqtovga sazovor bo'lsa, uning yolg'iz "Mantiq ut-tayr" ("Qush nutqi") asari ham shunchalik sharaf va maqtovga loyiqdir. Unda qushlar haqida o'zga tilda, o'zga so'zda va o'zgacha yo'sinda so'zladi. Buni fahmlash uchun kishi maxfiy tillarni bilishi kerak. Yo'q, maxfiy tillarni biluvchigina emas, balki naq Sulaymonning o'zi bo'lishi kerak!
Yuz tuman qush nutqini o'ziga mos ravishda bera olish, albatta, juda mushkul ish. Ammo bu kitobda har bir qushning kuylash va sayrash tartibi o'zgacha, bundan kishi aqli nihoyatda hayron qoladi.
Ammo Haq madad bersa, mendek bir gado ham, Qushlar nutqini izhor qilmoqchiman, xuddi bulbul yoki to'tiga o'xshab so'zlamoqchiman. Shu tariqa xaloyiqqa qo'shiq kuylab, qush tili bilan so'zlamoqchiman.
Lekin ma'noni to'ti misol shirin-shakar qilib aytish, albatta, har kimning qo'lidan kelavermaydi. Chunki to'tining yemishi shakar bo'lib, bu shakanii quruq xayol qilish bilangina hosil qilib bo'lmaydi. Shoyad Alloh lutfu inoyat dasturxonidan nasib etsa, Attor do'konidan bunday shakarning qo'lga kirishi hech gap emas.
Nom: Re: LISON UT-TAYR . Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:29:34
XIV
Qushlaring bir yerga to'planishi va o'rin talashib bir-birlari bilan nizo qilishlari hamda bir shohga muhtoj bo'lishlari

Bir kun guliston, o'rmon, dengiz va biyobon qushlari har biri o'z guruhi bilan bir yerga jam bo'lib, majlis tuzdilar. Ular muhabbat bilan navo tuzib, bazm tugagach, osmonga parvoz qilmoqchi edilar.
Ammo bu yig'inda ulardan hech qaysining tayin bir o'rni yo'q edi. O'tirishda tartib bo'lmagani uchun Kalog'(olaqarg'a) To'tidan, Zog'(go’ngqarg'a) esa Bulbul va Qumrilardan yuqoriroqda o'tirdi. Xod(kalxat) Shunqordan to'rga chiqdi. Yurtachi(o’laksaxo’r) esa Tovusni ham nazar-pisand qilmay yuqoriga o'tib ketdi. Hunarliklar o'rnini behunarlar egalladi. Tojsiz qushlar to'rga chiqib olishdi, tojdor qushlar esa poygohda qolishdi.
Nihoyat, poygohdagilar nizo chiqardilar, to'rdagilar esa ularning so'ziga quloq osmadilar. Natijada qushlar orasida g'avg'o-to'polon ko'tarildi, ular sodir bo'lgan ahvolni mojarolasha-mojarolasha qizg'in muhokama qila boshladilar. Vaqt o'tgan sari bu mojaro tobora oshib bordi.
Oxir-oqibat ular shunday bir shohga muhtoj bo'ldilarki, u shoh insofli va diyonatli, yaxshi tartib o'rnata oladigan va adolatli bo'lsin. Toki uning davlati soyasida pastdan a'loga shikast yetmasin, yuqori tabaqadagilar esa o'rta tabaqalar oldida xor bo'lmasin. Har bir qush guruhi o'ziga aziz bo'lgani holda, hamma bir tamizli, aqlli va dono shoh bo'lishini istadi.
Ammo bunday odil shoh ular orasida yo'q edi. Shuning uchun ham qushlar zoru mahzun bo'lib, har biri o'zining yomon holidan afsus chekmoqqa kirishdi. Ulardan motam ohanglari eshitila boshladi. Bunday shoh topilmasligidan ularning barchasi noumid bo'ldilar. Bu hodisa ular qalbida og'ir iz qoldirdi. Ular chala so'yilgan qush kabi iztirob cheka boshladilar.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:33:21
XV
Qushlarning o 'zlariga shoh istab, uni topa olmay hayron bo 'lib turganlarida, Hudhudning Simurg' haqida xabar bergani

Hudhud(popushak)  aql nuridan bahramand va rahbarlik jig'asi bilan sarbaland bo'lgan bir qushdirki, uning zotida sharaf va izzat nihoyatda yuksak bo'lib, boshini to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi toj bezaydi. U Arsh oldida parvoz qiladi va Jabrail kabi unga ham yuz xil sirlar ayon bo'lib turadi.
U maqsad shami vasfini kuylash uchun parvonadek yonib, bu yig'in ichiga devonavor holda kirib keldi va shunday dedi:
— Ey, g'ofil va bexabar gumh! Sizning ushbu holingiz g'aflat aro ostin-ustin bo'lib yotibdi. Chunki siz uchun olamda tengi va o'xshashi yo'q bir shoh borki, uning vasfini aytishga yuz ming til ham ojizlik qiladi.
U olamdagi barcha qushlarga shohdir, holingizdan doimo ogohdir. U sizga yaqin, ammo siz undan yiroqsiz. U sizning vaslingizga yeta oladi, biroq siz uning firoqida qolgansiz.
Uning har patida yuz minglab ajoyib ranglar jilva qiladi. Har bir rangning o'zida yana ming xil go'zal naqshlar bor. Uning bu naqsh va ranglaridan aql xabardor emas, tafakkur uni mushohada etishga ojizdir. Chunki u aql bilan idrok qilishdan ustun bo'lib, shu bo’lsa aql uni idrok qilishga yo'l topa olmaydi.
U Qof degan tog'da yashaydi, o'sha yerlarda uni Anqo deb ham ataydilar. Burun olamda u Simurg' nomi bilan shuhrat topgan, zoti esa bu oliy va yagona osmon peshtoqi aro to'p-tojiqdir.
Siz u shohdan benihoya uzoqdasiz, ammo u sizga bo'yin tomiringizdan ham yaqinroqdir. Har kishi tirik bo'la turib, undan yiroqda bo’lsa, bu tiriklikdan o'lim ko'p yaxshiroqdir!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:34:57
XVI
Hudhud Simurg' haqida xabar bergach, qushlar xushhol bo'lib, u haqda surishtirganlari

Barcha qushlar qiy-chuv ko'tarib, Hudhud atrofida shunday g'avg'o boshladilar:
— Ey nafasi jonbaxshu nutqi dilkash! Ularning har ikkisi ham jonu ko'ngilga foydalidir. Sen Sulaymon bazmiga qabul etilgansan va u seni elchilikka yuborgan. Uning xizmatida yaqinlikka erishgansan, yo'lida necha bekatlarni kezib chiqqansan. Uning amri bilan qanchadan-qancha vodiylardan uchib o'tib, oliy manzillarga yetishgansan.
Sen xuddi Mustafo yonidagi Jabrail yanglig' Sulaymon qayerga borsa, o'sha yerda hozir bo'lding. Har qanday yaxshi-yomon paytlarida unga hamdamlik: ayshu ishrat chog'larida hamrozlik qilgansan. Agar u (o'z sevgilisi) Bilqis holidan xabar olishni xohlasa, sen darhol Bilqis turgan Sabo shahri tomon yo'lga ravona bo'lgansan. Yoridan xabar yetkazib, iztirob ichra turgan damlarida unga orom bag'ishlagansan.
Shunday qilib, sen payg'ambarga mahramlik, har qancha g'am yuzlangan taqdirda ham hamdamlik qilding. Agar u shahar yoki dashtu biyobonlarda bazm tuzgudek bo’lsa, biz barcha qushlar qanotlarimiz bilan unga soyabon bo’lganmiz. Yuz minglab qush unga chodir o'rnini bosib turganida, sen o'sha soyada u bilan birga hamxona bo’lar eding. U shu tariqa bazm ichra seni baxtiyor etib, o'zining pinhoniy sirlariga mahram etgan edi.
Chunki haq senga baland martaba ato qildi, natijada har bir par va a'zoingda biron-bir xosiyat hosil bo'ldi.
Bizga esa gumrohlik monelik qiladi, shu sababli bizni o'sha shoh siridan ogoh qilsang. Uning sifatlaridan bizga rivoyat aytib, zotiga erishish uchun to'g'ri yo'l ko'rsatsang. Bizni bu g'aflat tuzog'idan qutqarib, zulmat va tubanlik shomida qoldirmasang. Bizni shoh sirlaridan voqif etsang va bu sir izhoridan bahramand etsang. Jahlga mukkasidan ketishdan saqlasang, shohimizni izlamakka yo'llasang. Agar biz bu ishda o'z maqsadimizga yetsak, sendan g'oyatda minnatdor bo’lur edik.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:36:25
 
XVII
Qushlar diqqat bilan so 'raganlaridan so 'ngra Hudhud Simurg'dan nishonalaraytgani


Hudhud nafasidan shakar sochib, bu shakardan shirin so'zlar hosil qildi. Qushlardagi bunday iztirobni ko'rgach, ularga shunday javob berdi:
— Uning axvolidan bilganimni, ko'nglimga sirlaridan kelganini aytayin. Ammo afsona aytish bilan ish bitmaydi, el quruq so'z bilan visol xazinasini topmaydi. Chunki oldimizda turgan ish nihoyatda ulug'dir, shoh ulug'dir, uning dargohi ulug'dir. Yo'l esa mashaqqatli, vodiy uzun, dil xohishlari ulug'dir. Albatta, siz shoh haqida so'zlagin dersiz, ammo men uni ming yil aytsam ham, tamom bo’lmaydi.
Hech bir kishi uning zotini idrok eta olmagan, ammo doim uning otini tutish shartdir. Buning uchun avval og'izni tiriklik suvi bilan yuvish kerak; o'n marta, balki yuz marta, balki cheksiz marta tozalash zarur. Til va og'izni shu tarzda pok etgach, o'ta ehtiyotkorlik bilan uning nomini tutish mumkin.
Ammo u shoh bulardan ham a'lo darajada turadi, uning dargohi shu darajada go'zalki, men u haqda biron fikr aytish, til qalami bilan biron so'z tahrir etishga ojizlik qilaman. Lekin qushlar u haqda eshitishni orzu qilgan ekanlar, mayli, shoh sifatlari haqida bir-ikki og'iz so'z ayta qolay. Shunda ham men sizga mingdan birini bayon qilsam, birdan minggacha ayon qilgan bo'laman.
Bizning shohimiz barcha shohlarning shohi bolib, hamma holatlarimizdan doimo ogohdir. Uning zoti birlik yo'sinidadir, lekin u mingdan ko'p sifatlarga ega. Undagi bu sifatlar butun dunyoga yoyilgan va olamdagi hamma narsalar zot jihatdan undan kelib chiqadi. Agar uning irodasi amr etmasa, biron-bir kishi hatto nafas olishga ham imkon topa olmaydi. Siz garchi buyuk yoki past, shakl va xislatda katta yoki kichik bo'lsangiz-da, hammangiz unga tobedirsizlar.
Uning har bir qanotida necha minglab parlari bor. Uning qanotlari uchun hammayoq torlik qiladi. Ularning barchasida ilm dengizi mavjud. U garchi murakkab yoki oson bo’lsa ham ko'zga ko'rinmaydi.
Sizga uning nash'asidan hayot berilgan, shu sababli har tarafga qanot qoqib uchasiz. Uni o'z a'zoingizdagi qon yanglig' va tirik jismingizdagi jon kabi biling. U sizga tan ichidagi jondan ham yaqin, siz uchun undan yaqinroq hech bir narsa yo'qdir.
Lekin siz ming yilchalik undan yiroqsiz. Ming yil u yoqda tursin, balki imkondan yiroqsiz. Undan uzoqda bo’lgan kishi uchun jonning nima keragi bor?! Agar jon usiz bo'lsa, undan nima foyda?! Kim uning vaslidan bir dam bahramand bo'lsa, ikki olam shohligidan ham yaxshiroq fayz ko'radi. Ammo undan ayriliqda yashash o'limdan ham xatarliroqdir; uning firoqida sakkiz jannat icliida bo'lish yetti do'zaxga tushgandan ham battarroqdir. Ammo bunday shohning vasliga erishmoq oson ish emas, ko'p mashaqqat chekib, intilmay, unga yetishib bo'lmaydi. Bu yo'lda ming turli qiyinchiliklardan tashqari talabgor uchun sidqidillik ham kerak.
Lekin o'sha vodiy benihoya olis joyda. Uning yo'lida juda ko'p ofatlarga duch kelinadi. Uzoq yillar tinmay qanot qoqib uchish kerak. Bunga bir necha Karkas umricha hayot berilsa ham kifoya qilmaydi.
Bu yo'lda xunobadan iborat daryolar bor, xunoba emas, balki zahar-zaqqum, deyilsa, yanada to'g'riroq bo'lar. Tog'lari ham osmonga tig' tortgan, bu tig'larning barchasi shafqatsiz ravishda qon to'kaman, deb turibdi. Har tomonida o't tutashgan dashtlar yolqinlanib, osmonga bosh uradi, O'rmonlari har xil dahshatli balolar bilan to'la, undagi har bir daraxtning shoxi g'amdan, bargi esa balodan iboratdir. Osmonda charx urib yuruvchi bulutlar kishi boshiga yomg'ir o'rniga tosh yog'diradi. Bulutlaridan chaqnagan chaqmoqlar olovidan olamga o't tushadi. U yerda bir tun qo'nish uchun maskan yo'q. Tanga mador beruvchi suv ham, don ham topilmaydi. Ming tuman qush u tomonga safar qilib, havoda ming yil qanot qoqsa ham, bu yo'lni bosib o'tmog'i va maqsadiga yetmog'i ma'lum emas.
Ammo kimki bu talabda jon bersa, yuz abadiy hayotdan ham afzaldir. Jahon bo'stonidagi har turli qush necha kun uchib yoki qo'nib, fano bog'i ohangini kuylamog'i va u tomonga parvoz etmog'i kerak. Ular hijron vodiysi yo'lida o'z jonini jononiga fido qilsa yaxshi. Bu o'lim zavqi yuz ming jon o'rniga o'tadi. U shunday jonki, o'rnini mangulik umr bosadi. Agar davlatu iqbol yor bolib, tole, baxt va sharaf rahbarlik qilib, bu aytib o'tilgan hadsiz va cheksiz dasht bosib o'tilsa, undan o'tgan qushga, shubhasiz abadiy visol gulzori nasib bo'lg'ay. Shoh bilan abadiy birlikka erishadi va o'zini haq soyasiga vosil etadi. Uning mavqei arshi a'lo kabi yuksak bo'lib, o'z soyasi bilan Boyo'g'lini Humoga aylantira oladi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:37:43
XVIII
Qushlarning Hudhuddan Simurg'ning zuhur etish ibtidosin so'rashgani hamda Hudhud ularga bu haqda afsona va bu sirli qushdan nishona aytib bergani

Barcha qushlar dedilar:
— Ey yo'lboshchi, bizga bu ishning qanday boshlanishi haqida xabar ber. Agar u sulton bo'lib, barcha qushlar unga sipoh bo'lishsa, u xalq orasida avvalo qay tarzda ko'rindi? Uning holati, fe'li, nomi, sifati va zotini kirn ko'rgan? Uni qanday qilib ziyorat qilish mumkin? Bu yo'lda nimalar buyurilganu nimalar man etilganligi to'g'risida ma'lumot ber. Chunki bularni aytish qiyin, aql esa ojizlik qiladi, yuzta donishmand ham bundan devona bo'lishi mumkin.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:38:48
XIX
Chin shahrining sifati va Simurg'parining u yerga tushgani voqeasi

Hudhud qushlarga shunday dedi:
— Bu voqea Sharqdagi Chin degan bir shaharda bo'lib o'tgan. U shahar emas, kenglikda butun bir jahonga teng kelar, uning ichida o'n jahon aholisi joylashgan edi. Bu shaharning ko'rinishi Eram gulzoridan yaxshiroq, suvi esa jannat anhoridan dilkashroq edi.
Bir tun u davlatmakon shoh olam bo'ylab parvoz etishga kirishdi. Ittifoqo, o'sha jannatsifat Chin shahriga yo'li tushdi.
O'sha kecha u shahar ustidan uchib o'tayotganida, bu shahar boshdan-oyoq yorishib ketdi. Bu ishdan xabar to'pgan xalq beshuur bo'lib qoldi. Simurg' silkinib uchib borayotganida, undan bir par tushib qoldi va bu par butun Chin mamlakatini bezak-hashamga o'rab yubordi. Bu parda turli rangu naqshlar haddan tashqari ko'p ediki, ularni so'z bilan sharh etish qiyin.
Ertasi kuni el yana o'zining avvalgi holiga qaytdi va parning shakli va rangiga boqa boshladi. Har bir kishi g'ayrat ostida qo'liga qalam ushlab, bu pardagi naqshlarni o'z xayolida jonlantirar va qog'ozga tushirardi. Hamma undagi suratlarni chizishga kirishdi va bu elning barchasi shu ish bilan mashg'ul bo'ldi.
Bu kishilar orasida o'z suratlari bilan bir kishi yuqori kamolot darajasiga erishdi. Uning oti Moniy bo'lib, qalami mo'jizakor, san'ati ko'rgan kishilarni hayratga solardi. Shuning uchun ham ma'no ahli Moniyning suratxonasi Chinda deb aytadilar. O'sha par hali ham mazkur jannatsifatli Chinda emish va u yerdagi aql bovar qila olmas darajadagi barcha go'zallik o'sha parning paydo bo'lishi tufayli emish.
Hech kim uni — Simurg'ni ko'rgani haqida og'iz ochmagan. U haqda bu qadar so'z aytilmagan. Uning asl zotidan hech kim, bir kishi biron so'z deya olmagan, chunki uning zotini har qanday o'tkir ko'z ham ko'ra olmaydi. O'sha par ustida har tarafga patchalar o'sgan, bu uning sifatini ko'rsatadi. Bu par holatidan cheksiz naqshlar paydo bo'ldi. Bu pardagi ranglar beqiyos darajada bo'lib, ismlarini uning yo'llarini biluvchilar aytib o'tdilar. Garchi biron kishi bu qushning sayru holati haqida gapirmasa-da, lekin, aslida, hech yer undan holi emasdir. Uning amriga itoat qilish  — hammamizga ham farz, ham qarz. Bu ishni bajarmasak, yuz xil balolarga giriftor bo'lamiz. Agar uning aytganlarini ko'ngildagidek bajarsak, u o'z visolidan bizni umidvor etadi. Bordi-yu, osiylik qilib, bo'yin tovlasak, xavf-xatar yuzlanadi. Bunday shoh hech bir qavmda yo'q. Usiz yashash yuz ming ohu dard chekmak bilan tengdir.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:40:06
XX
Hudhud Simurg'dan afsona aytgach, qushlar tabiatida shavq o'tining alangalangani

Bu so'zlar qushlarda faryod ko'tardi va ulardan har birining ko'ngliga shavq g'ulg'ulasini soldi. Ular Hudhudga shunday dedilar
— Ey, peshvo! Bunday shohdan ayriliqda yashash mumkin emas. Olamda bizning turli holatimizdan ogoh bo'lgan shunday shohimiz bo’la turib, biz jaholatga giriftor bo'lmaylik. Uning firoqi bizni zor etmoqda. Aqlu hushi bor kishi oldida shu narsa ravshanki, hayotda bunday g'aflatda yashagandan ko'ra o'lim ko'p marta yaxshiroqdir.
Sen o'z so'zlaring bilan bizga yo'l ko'rsatding. Endi barchamizning sendan iltimosimiz shu: hammamizga bosh bo'lib, bu safarimizda bizga yo’lboshchilik qilgil. Biz shoh yo'liga o'z jonimiz bilan, balki jonimizni hovuchlab, jiqqa ko'z yoshlarimiz bilan kiraylik. Uning vasliga erishishga intilaylik-da, bu istagimizdan bir nafas ham chekinmaylik. Bu yo'lda qanot qoqib, har qanday dengizu sahrolardan uchib o'taylik. Yo uning visoliga yetgaymiz, yo bu yo'lda jonimizni tark etgaymiz!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:41:09
XXI
Hudhud qushlarga ko'nib, ularni bu yo'lga targ'ib etgani

Hudhud qushlarning bu so'zlaridan shodu xurram bo'lib, ularga shunday dedi:
— Ey aftodahol to'da! Bizga falak baxtiyorlikka erishishda madad bersa, chindan ham bu safarni ixtiyor qilgan bo'lsangiz, men ham bu yo'lda jonim boricha, balki jism ichra darmonim qolguncha yordam berayin. Hammangizga hamrohlik qilib, sizni barcha manzillardan ogoh qilayin. Yo'lda har qanday g'am yetsa hamdamlik, biron yashirin dard bo'lsa mahramlik qilayin. Oldingizda mushkul ish ko'ndalang bo'lsa, jonim bilan uni hal
qilay. Sizga har qanday yaxshi-yomon ro'para bo'lsa, uni daf etishga doim tayyor bo'lay. Uchayotgan paytingizda hamkorlik, qo'nar joyingizda esa posbonlik qilayin.
Hudhud qavmidan bu muddaoni anglagach, ularga tahsin va duolar o'qidi. Mastona bir holda ularga har xil sirlarni bir boshdan ochib bera boshladi:
— Ey siz! Hammangiz bilish sirlariga moyilsiz, zotingiz bu pinhon xazinadan so'zlaydi. Siz yaratilish ibtidosida abadiy jannat bog'idagi daraxtlar shoxida yoqimli dostonlar kuylar edingiz. Hammangiz shoh siriga mahramlik qilmoqchisiz. Sizning yoqimli sayrashingiz uning tasbehidandir, qo'shiq va dostonlaringizda ham uni ta'rif etasiz. Uning yodi sizga doimo baxt kabi; vaqtingiz esa uni eslab, fikrlash bilan o'tadi. Bir tuban odam sizning to'dangizni hurkitib yuborganda, ko'zingizdan yorug' sham yashirindi.
Qushlar to'dasiga bundan qo'zg'olon yetishib, har biri ovorayu bexonumon bo'ldi. Asl gulshan sari yo’l topa olmayin, balki u xotirdan butunlay ko'tarildi. Bu tuproqni oshyon aylagan ularga dahr bog'i sari mayl etishlikni ayon qildi.
— Bu g'aribistonda turg'un bo'lganlar ko'nglingizdan u nozu ne'matlar ketgan chog'da, haq ko'mak bersa, men tezlik bilan jahd etib, yana sizni u bilan yondosh etayin.
Bu safarda qiyinchilik va azob-uqubatga bardosh berish kerak va ko'nglingiz unga chidash bersa, bu manzillardan o'tib, g'alabaga erishsangiz, jismingiz ruh kabi sof bo'lsa, sizda o'sha avvalgi hoi yana jilva etadi va visol ayyomiga erishasiz. Shunda shoh sifatlarini bilib olasiz va joningiz abadiy barhayot bo’ladi. Sayr mashaqqatlarining voqifi, shoh bilan kimligingizning orifi bo'lasiz.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:42:14
XXII
Hudhudning To'tiga xitob qilib, uni maqsad yo'liga targ'ib etgani

— Ey o'z nutqining shuhrati bilan oliy maqom tutgan shirinso'z To'ti, sayra! Egningdagi yashil libosing bilan shohni izla, yo'ldan ozganlarga Xizr kabi yo'l ko'rsat.
Eng avval o'z manzilingni yodga keltir va ko'nglingni bu umid bilan shod aylagin. Sening asl vataning Hindiston edi. Sen shoh bo'stonining maxsus ichkarisida yashar eding. U yerda shakarlarni yeb, shirin-shakar so'zlarding. Sayrashing — visol shakkaristoni edi. Shoh qo'li — maskanu manzilgohing, o'zi esa so'zlashing holidan ogohing edi. Endi sen bu g'urbatdan ko'chgil va yana o'sha chaman sari parvoz etgil!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:43:14
XXIII
Hudhudning Tovusga xitob qilib aytgan chiroyli so'zlari

- Ey Tovus, davronni mastu alast qiluvchi jilvalaringni ko'rsat! Boshing uzra rahnamolik toji bor, taning latofat va go'zallikka kon. Qomatingga husnu jamoling shunday munosib tushganki, til uni vasf etishda loldir. Xilqatingga xo'blik, zotingga esa mahbublik yarashadi. Lekin sen o'z maskaningni, shoh qoshida jilva qiladigan gulshaningni yoddan chiqaribsan. Birdaniga u jannatni unutib yuborma, bu xarobazor hibsxonani tark etgil. Shoh bazmiga erishish shavqidan navo tortib, u go'zal bo'ston sari parvoz qilgin!

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:44:28
XXIV
Bulbul navosi ohangida Hudhudning xushovoz sayragani

— Ey shavq gulzorining Bulbuli! Shunday navo chekkilki, sening kuylaringda ajoyib zavqu shavq sirlari yangrasin! Ishq kuyini ming xil navo bilan tuzgil, benavolik qo'shig'ini boshla! Shoh gulistonida gul husniga mast bo'lib, u gul ishqida mastlikning kayf beruvchi jomini ko'tar. Bahor chog'i otashin gul jilva qilgach, uning har bir yaprog'i parlaringga o't yoqsin.
Hozir sen u toza gulshandan yiroqdasan. Firoq o'ti jismingni kul aylamoqda. Ko'm-ko'k osmon sari parvoz qilgil, o'sha qizil gul sari mayl ko'rgazgil. Shoh bo'stonida yuz gul jilva qilib turadi, sen esa bu yerda hijron shu'lasidan ming bor kuyib-yonasan!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:45:25
XXV
Qumrining sayrashi usulida Hudhudning nag'masozligi

— Ey bo'ston Qumrisi! O'z ahvoling haqida bir sayrab bergin. Ajoyib kuylaring bilan qushlar to'dasini bir nafas lol qilib, ularni behol etgil. Yusr(dengiz o’simligi) tasbehini bo'yningga solib olding, bu haqda so'z aytishdan til og'ir ahvolda qoldi. Chunki sen har bo'ston aro sarson kezasan, bu bilan qonga belanib, tuproqqa ham qorishasan. Goho ishq savdosida majnunlar kabi mahzun nolalar chekasan. Go'yo sen visol bog'ini yod etib, bu yanglig' oshuftahol bo'lgandeksan. Senga quvonchli xabar shuki, bu g'amda benavo qolmasdan, tezda o'sha gulshan tomon havoga ko'tarilgil!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:46:39
XXVI
Kaklik sayrashi yo'sinida Hudhudning kuylagani

— Ey, firoq tog'ining Kakligi! Ko'zingni ishtiyoq dardida la'l etib, xirom qilg'il. Hajr tog'idagi Farhodga o'xshash bir yerda qaror topmay, yo'lga qadam tashlagil. Sening tumshug'ing lolaga o'xshash qizildir. Bu qon yutishlikdan aniq dalildir. Go'yoki
yaqinlik Qofini yod aylab, uzoqdan turib faryod urayotgandeksan. Ammo bu baland sayrashlaring qahqaha emas, balki o'z motamingga zaharli kulgidir. Chunki sen Qof tog'i sari azm qilding, endi vasl umidi bilan bazm tuzgil. Vasl umidi yaqindir, sen bundan shod bo'lgil, hajr tog'i toshidan ozod bo'lgil!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:47:45
XXVII
Tazarv(tustovuq) xiromi tezligida Hudhudning sayrdan so 'z ochgani

— Ey noz bilan ishva qiluvchi ra'no Tazarv! Ozoda sarv gulshan aro sening qulingdir. Sening jamoling gulistonga ko'rkamlik baxsh etadi, hattoki gul ham sening qizil yuzing oldida hijolat tortadi. Sen goh bog'larda, goh o'tlog'larda jilva qilasan; bog'u rog'lar sening zeboliging bilan faxrlanadi. Sen ham chaman ahliga sevimlisan: ham vahshiy hayvonlar uchun yoqimlisan. Garchi ra'noliging behad, husn ila zeboliging benihoyat bo’lsa-da, hech qachon o'z husningga mag'rur, o'z jamolingga masrur bo'lmagil. U benuqson husnni ham yod qilib, o't kabi u gulshan tomon yurish qilgil!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:50:27
XXVIII
Durroj(qirg’ovul) ravishi nisbatida Hudhudning qadam urgani

 — Kel-kel, ey Durroj! Sen nihoyatda go'zalsan, jon qushi kabi barchaga yoqimlisan. Sen — o'rmonlar bezagi, yurishing yashil maysalarga rivoj beradi. Mastona kuylaring dilni o'ziga tortadi, tinglovchilar ko'nglidan sabrni eltadi. Hay'ating chiroyliyu shakling dilpazir, surating kelishganu nutqing mislsiz! Shuncha yoqimtoy ko'rinish, maftunkor tuzilish, chiroyli va ravon sayrashing bilan hammadan avval sen bu kishandan ozod bo'lib, o'sha shohga ov bo'lsang arziydi. U tuzoq yoyganida joningni fido et, bu ishing bilan sen abadiy umrdan bahramand bo'lasan!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:51:24
XXIX
Kabutar parvozi tarzida Hudhudning parvozi

— Ey Kabutar! Osmonga parvoz qil, havoda charx urib, har xil o'yinlar ko'rsat! O'z uyingda — qorong'u xonada o'tiraverma! Axir kabutarxonada o'tiraverib, shabko'r bo'lib qolding-ku! Shoh qasriga borishni xayol et va bu orzuni amalga oshirishga qanot qoq! Chunki ko'ngling yliksaklikka parvoz qilishdan qolib, shoh qasrining tomiga qo'nishni unutib qo'yibdi.-Qasr sultoni huzurida oliy maqom tutish xotirangdan batamom ko'tarilibdi. Endi sen u tomonga yo'l ol! O'sha torn uzra qo'n va bu ayyom gardishi uzra baxtiyor bo'lgin. Zora u seni o'z huzuriga qabul qilsa va sen kabutarlarning asl xoni tomon yo'l topa olsang!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Avgust 2008, 03:52:24
XXX
Shohboz husnu istig'nosi vasfida Hudhudning rahnamoligi

— Naqadar go'zalsan, ey shohlarga o'xshash Shohboz! Sening ko'rinishing ham, jamoling ham juda chiroyli. Haq qushlar orasida seni sarafroz etdi, sen go'zallik borasida qolgan barcha qushlarga saboq o'rgatasan. Sening maskaning doimo shoh qo'li bo'lib qolgan. U senga doimo ovqat topib yedirgan. U qo'li bilan sening qanotlaringni silagan, tumshug' va changalingni ushlab ko'rgan. Shu orada charx orangizga nifoq solib, seni shohdan judo qildi.
Hijron tuzog'iga mubtalo bo'lgach, tabiating firoq kunlariga o'rganib qoldi. Endi yana shohga ko'ngil qo'yib, uning qo'lini o'pish bilan baland martabaga erish!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:26:50
XXXI
Shunqorning shohlarga o 'xshashligi ta 'rifida Hudhudning madh aytgani


— Ey baland osmonni va shoh qo'lini o'ziga makon qilgan Shunqor, marhabo! Sen qushlar orasida xuddi shohlar kabi tojga egadirsan. Shoh boshingga oltin tojni loyiq ko'rgan. Sen tojli qushlarga boshliqsan. Shu sababli shohning sen bilan suhbat qurishga mayli bor. Shoh bazmida senga eng oliy joy, benihoyat ehtirom va e'tibor ko'rsatiladi. Chunki senda o'zgalarning o'ntasidagi jur'at bor, shunga ko'ra shoh senga o'zgalardan o'n barobar ortiq yaxslii qismatni ravo ko'rgan. Qo'li bilan bo'yningni silab-siypab erkalaydi, bo'yningni dur va gavharlar bilan bezaydi. Sen esa asl shohingdan ko'p yiroq tushding. Endi bu hijronni unutib, shoh qo'liga qo'n va u yerni o'zingga Vatan qil!

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:29:59
XXXII
Qushlarning yo'lga chiqqanlari va mashaqqat shiddatidan ba'zilarining safariga putur yetgani


Hudhud qushlarga shu tarzda ishq sirlaridan gap ochdi, qush tili bilan tarannum qilib, vasl va hijron haqida so'z yuritdi. Qushlarga o'zlarining hijronda ekanliklari malol kelib, vasl haqida yuz turli shirin xayollarga borishdi. Ularning har birining yodiga hajr paytidagi qattiq ahvol tushdi, vasl davronini unutganliklari, hajr qiynog'ida qolganliklari ta'sir qildi.
Hudhud so'zlari esa ulami ajoyib sirlardan, ishq aro bu xil yashirin ramz-ishoralardan voqif etdi. Ular o'zlarining qanday saodatdan yiroq tushganliklari va qandayin to'g'ri yo'ldan chetga chiqib ketganliklarini his qildilar. Hudhud so'zlari ularni ogohlik sari boshlab, ularning nechog'lik jaholat va gumrohlikda qolganini anglatdi. Ular o'zlarining ishq yo'lidan yiroq ekanliklari va firoq girdobida qolganliklarini chuqur his etishdi. Bundan ularning vujudi kuyib-o'rtandi, har binning jonidan alamli dud chiqib ketdi. Har biri cheksiz uyatga qolib, o'z hayot shamlarini o'chirish darajasiga yetdilar. O'z qilmishlaridan sharmanda bo'lishib, o'z guruhlari fe'lidan tushkunlikka yuz tutdilar.
Ular garchi ko'p hayrat xunobi yutgan bollsalar-da, o'tgan ishga salavot aytib, endi o'zlarining toki hayotiari bor ekan, tunu kun o'sha shoh yo'lida qanot urishga ahd etdilar. Ular bu yo'lda boshlariga ming turli balo kelsa ham, garchi bu balolaming har birida yuz ming azob-uqubatlar bor bo'lsa-da, o'zlari ixtiyor etgan bu talab vodiysidan voz kechmaslikka va u tarafga borishdan aslo qaytmaslikka qaror qilishdi.
Barcha qushlar shu tarzda ittifoq tuzib, gapni bir joyga qo'yishdi, davronga firoq ohangi chekdilar. Ular bu sohada Hudhudga boshdan-oyoq izdoshlik qildilar. Qushlar to'dasi yo'lga chiquvchiyu Hudhud ularga yo'l boshlovchi bo’ldi. Vasl umidida ko'p xursandchilik bilan yo'lga tushib, ko'kka parvoz qildilar.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:30:50
Shu tarzda bir necha kun yo'l yurib, bir biyobondan uchib o'tishdi. Ammo yo'l davomida ularga juda ko'p qiyinchiliklar, ranju alamlar, shiddatu g'amu sitamlar yuzlandi. Bu masofani bosib o'tguncha ushbu notavonlarga har xil ofatlar duchor bo'ldi. Chunki ular avvallari bo'stonlarda noz ila kun kechirar, issiq yoz mahali soya-salqin daraxtlar orasida mazza qilishardi.
Yo'l mashaqqati ularni qiyin bir ahvolga solib qo'ydi, har birida yuz xil malolliklarni keltirib chiqardi. Ular o'zlarining avvalgi tinch, osuda hayotlarini sog'inib, bog'u bo'stonlar va gulzorlar qo'ynidagi sokin uyalarini qo'msadilar. U yerlardagi dilxushlik, baxtiyor damlar, farog'atli go'shalar va ayshu ishrat gulshanlari ularning yodiga tushdi.
Bu yo’lda qushlardan ayrimlarining safariga putur yetib, ular safardan bo'yin tovlay boshladilar. Notavonlik bilan Hudhuddan kechirim so'rab, ulardan har biri bir uzrni izhor qila ketdi. Bu uzrlar ularga ma'qul ko'rindi va ular safardan chetga yuz burdilar. Ularning hammasi Hudhudga shunday iltimos qilishdi:
- Ey yo'lboshlovchi, birpas to'xtagil! Bizdan ba'zilar juda nochor ahvolga tushdi; bu yo'lni kezishdan ba'zilarining joni xasta bo'lib qoldi. Ba'zilar oldida har xil mushkulot paydo
bo'ldi, buning uchun ular sendan najot istaydilar. Ba'zilarning senga aytmoqchi bo'lgan gaplari bor, bu gaplar azob-uqubat ohanglari bilan to'la. Ularni senga bayon qilmoq zarur, aks holda safarni davom ettirishga putur yetadi.
Hudhud ulardagi bu ojizliklarni ko'rgach, barchasini bir yerga to'plab, bir vodiy ustiga qo'ndi va ularning dardi holini eshitmoq maqsadida: "Qani, kimning qanday gapi bor, aytinglar", dedi.
Shunday qilib, Hudhud qushlar arzini tinglamoq uchun yerga qo'ndi.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:33:44
XXXIII
To'tining uzri



Hammadan avval To'ti uzr aytishni boshlab, o'z ojizligi haqida shunday dedi:
— Men issiq o'lkalarda, chunonchi, Hindistonda sayr qilib yurgan qushman. Fasohatli, chiroyli so'z aytish bilan shuhratim el orasida yoyilgan. O'z so'zlarim bilan g'amgin elni ovutaman. Baxtiyor, davlatmand kishilar qafasni menga manzilgoh qilib, har qanday qiyinchiliklardan avaylab-asraydilar. Nozaninlar qo'lidan yemish yeyman, ular meni qand va shakarlar bilan parvarish qiladilar. Ro'paramda goh bir ko'zgu, goh bir ko'zgu chehrali oyjamol turadi. Umrimda shodu xurramlikdan o'zga hech narsa ko'rmaganman; nutqim elga yuz turli shodlik baxsh etadi. To o'zimni bilgandan buyon qattiqlik nimayu ranj zahridan achchiqlik nima ekanini tatib ko'rmaganman. Sen aytgan joy shunday bir dargohdirki, u dargohda burgut pashshaga tengdir. U yerga bizdek pashshadan ham ojizroq el qanday bora olardi? U tomon qanday borishni sira bila olmayman! O'zga qushlardek bu yo'lni bosib o'tishga hech bir aqlim yetmaydi! Shunday bir ahvolda senga hamrohlik qila olishim mumkinmi?! Mening bu holatimni o'zing bir o'ylab ko'r!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:34:51
XXXIV
Hudhudning To'tiga javobi


Hudhud unga shunday javob qildi:
— Sening barcha so'zlaring yolg'on bo'lib, xato va norozilikdan iboratdir. Sen o'zingning bema'ni aljirashlaringni fasohat deb bilasan, tuban gaplaringni esa balog'at deb hisoblaysan. Sen o'zingni maqtab, xilma-xil zid gaplarni aytding. Barcha aytganlaring uydirma, yolg'on va lofdan boshqa narsalar emas. Sen o'zingni o'ylaguvchi xudbinsan, bu bilan tubanlikka mansubsan.
O'z nutqing va qarshingda turgan ko'zgu bilan faxrlanding, aslida sening bu gaplaring masxaralab kulishga munosibdir. Haqiqiy ko'zgu shu narsaki, u yuz balo mashaqqatiga chidab, zamiring lavhiga jilo bera olsin!
Har hindu mening nazarimda shoh deb aytding, bu so'zlaring ham yolg'ondir. Aslida sening shohing... sen yo'lidan qaytayotganing o'sha shohdir. Sen esa yo'ldan adashib, har xil bema'ni so'zlar aytmoqdasan. Uzr aytish uchun keltirgan barcha dalillaring, xayollaring noto'g'ri. Senga g'aflat va gumrohlik monelik qilib, ko'nglingga ogohlik yetishmayapti. Bu holatdan uyg'onib, ko'z ochsang, o'z holingning nihoyatda yomon ekanligini tushunasan. Ammo u damdagi pushaymonliging senga hech foyda bermaydi. Qilgan ishlaring va aytgan so'zlaringdan yuz hijolat va afsus chekosan. Sening naqdina deganing siyqa tangalardir. Nafs tufayli zoting shaytonga masxara bo’lgan.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:38:11
XXXV
Dalillash uchun hikoyat


Butun vujudi yaramas nafsiga qaram bo'lgan bir g'ofil kishi bozor tomon qadam qo'ydi. U hiyla bilan egniga Xizrnikiga o'xshash yashil chakmon tashlab olgan bolib, o'z nafsini ana shu yashil rang bilan xursand qilib yurardi.
U bozor ichida keta turib, do'konlarda turli ne'matlarning behisob ekanligini ko'rdi va o'zini tutib tura olmadi. Buzuq nafsi egri yo'lga boslilab, har xil kuyga sola boshladi. U mohirlik bilan o'zini gado sifatida ko'rsatib, xalq ichida ozi haqida har xil so'zlar ayta ketdi. U goho o'zining kamolotga erishganini izhor etar, goho karomat egasi ekanligidan afsona so'zlar, gohida esa shariat va aqlda mumtozligini ko'rsatar edi. Xullas, shu xil yuz afsun va makru hiyla bilan odamlardan yegulik ovqat yoki biron-bir tanga undirib olar edi. Shu tarzda u o'zini va o'zgalarni aldab, shum nafsi buyurgan narsalami terib yurar edi. Yegan bangi har lahza uni yuz xil buzuq xayollarga yetaklar, ko'ngliga har xil bo'lmag'ur fikrlarni solar edi.
Shu payt nogahon uning oldiga ko'p manzillarni kezib o'tgan jahongashta bir sohibdil komil kishi yetib keldi. Hiylagar kishi uni ko'rgan zahotiyoq o'zining yomon holatini o'zgar-tirdi. U kishi dedi:
— Pirning oldida qo'lga kiritgan narsalaringni ko'rsat. Qani, ko'raylik-chi, nimalarga erishibsan?
Boyagi ochko'z ziyrak kishiga to'rvasini ochib ko'rsatdi. Uning ichi zahar-zaqqumlar bilan tola edi. U o'zi yiqqan narsalarning bari najosat va iflosliklar bilan to'la ekanligini ko'rgach, bundan jismiga o't tushib, ko'ngli o'rtandi. Pir unga yerdan bir hovuch tuproq va tosh olib berib, "Ularga qara',— dedi. U qarasa, qo'lidagi tuproq emas, oltin, toshlar esa la'l va qimmatbaho durlarga aylangan edi. Aldoqchi kishi bu holatni ko'rgan zamonoq komil pir uning oldidan g'oyib bo’ldi. U xalq o'rtasida sharmandayi sharmisorlikdan hijolatda qoldi. Ammo endi bu hijolatpazlik va ohu voyni ko'kka yetkazmoqdan nima foyda?!
Ey To'ti, sen ham o'zing haqingda shunday so'zlarni aytdingki, bu so'zlaring xuddi o'sha yashil chakmon kiygan kishining ahvolini eslatadi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:41:24
XXXVI
Tovus uzri

So'ngra Tovus o'z uzrini boshlab, shunday dedi: — Ey barchamizning boshlig'imiz! Men qasr va gulshanlarga ziynat beruvchi qushman. Mening naqsh va ranglarimdan olam ahli hayratga tushadi. Agar suratim gulshanga oroyish bersa, yurishim ko'rgan kishiga osoyish bag'ishlaydi. Bog'lar men tufayli xazon paytlarida bo'stonga, o'rmonlar men tufayli qish fasli gulistonga aylanadi. Agar jilva aylab, rang-barang qanotlarimni yozsam, go'yo boshdan-oyoq lskandar oyinasi namoyon bo'lgandek bo'ladi. Ulus husnimni tomosha qilib, yaratganning qudratiga ofarin aytsin uchun Alloh menga beqiyos husnu zebolik, haddan ortiq zebu ra'nolik baxsh etgan. Chunki haq har bir kishini bir ish uchun yaratgan: birov asal totish uchun yaratilgan bo'lsa, birov nish yeydi. Ana shu tarzda donolik bilan ish ko'rilib, har kirn boshiga tushganini, "yo nasib", deb ko'raveradi. Alloh amri bilan pari dilga yoqimli bo'lsa, shayton badbaxtlikka mahkumdir. Har bir kishi o'ziga buyurilgan ishdan chetga chiqa olmaydi, undan o'zga taklifga esa toqat qilib bo'lmaydi!




Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:42:55
XXXVII
Hudhudning Tovusga juvobi


Hudhud unga javob berish uchun nafasini rostlab, shunday dedi:
— Ey jaholat ahli kabi har narsani havas qiluvchi! Sen shunday holatlarni bayon etdingki, bu ish faqat devonalar va yosh bolalar qolidangina kela oladi, xolos! Odam degan tashqi go'zallik haqida so'z aytmaydi. Kimki, undan faxr etar ekan, uni odam qatoriga qo'shib bo'lmaydi! Noz va husn faqat dilbar qizlargagina yarashadi. Er kishi esa dard va mashaqqat chekishi bilan yaxshidir. Barcha shakl ahli uchun eng sharafli ish ana shudirki, u shakldan ma'no tomon olib boradi. Sen o'z shaklingga bino qo'yding, buning uchun kishilar tomonidan masxara etilishga loyiqsan. Chunki inson o'z tashqi go'zalligi bilan faxrlanmaydi, agar faxrlansa, u masxaralashga sazovordir!

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:44:14
XXXVIII
Hikoyat


Bir hindu o'zini turli maqomga solib, ko'p qiziq ishlar oshkor etdi. Bu masxaraboz o'z boshiga kungurali toj qo'ydi. Toj va kiyimlariga tillaga o'xshash sariq yarqiroq modda — kimson bilan zarhal berdi. Uning yonida nog'ora chaluvchi va qo'shiq aytib o'yin tushuvchi bir to'da hindlar bor edi. Ular qo'li va boshlarini hindlarga xos bir yo'sinda tebratib, raqs tushar edilar. Ko'rinishlari go'yo bo'stonga oroyish bergudek go'zal, jilvalari esa xuddi Hindiston tovusidek edi.
Ana shu tarzda bu masxaraboz maydonda zo'r hangoma ko'rsatdi. Uning atrofi bir gala beboshlar to'dasining g'ala-g'ovuri bilan toidi. Shu mahal tartib-intizomni nazorat etuvchi muhtasiblar yetib kelib, bu davradagilar har yoqqa qarab qochib ketdi. O'sha davraning firibgar va maqtanchog'i bo'lgan hinduni tutib olishdi. Uning nog'orasi bilan tojini urib sindirishdi va badanini yalang'ochlab, darra bilan rosa savalashdi. Shu tarzda uning "san'ati kishilarga ibrat bolib, ana shu xil qismat uning toji uchun "ziynat" bo’ldi.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:45:41
XXXIX
Bulbul uzri


Bulbul shunday dedi:
— Ey bu yig'inga dalillik beruvchi zot! Men gul yonidan uzoqlashdim. Undan ayriliqda oshiqu devona bir holatga tushdim; aqlu hushu sabr mendan begona bo'ldi. Usiz menda na sabr bor va na toqat! Men shunday bir holatda, ey birodar, uning firoqiga qanday chiday olaman! Negaki, gul bo'stonda jilva qilgan chog'da men ming xil navo bilan unga o'z sirlarimni sharh qilaman. Ishqidan har lahza shiddatim ortib boradi, husnidan dam-badam hayratga tushaman! U bog'dan ketgach, gungu lol bo'lib qolaman, tarannum qilib sayrashga bir yelchalik ham majolim qolmaydi. Uning yodi bilan bog' ichida sokinman, hajiiga yo'liqsam, yuz dard ila dog' ichra qolaman. Ko'nglimda ham, jonimda ham, o'ngimda ham, paydoyu ptnhonimda ham — yolg'iz u!
Shohga komil yuz bilan boqish lozim. Mendek gulga oshiqqa bu ish yo'l boisin!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:47:31
XL
Hudhudning Bulbulga javobi


Hudhud bu afsonani eshitgach, shunday dedi:
— Sen o'z ishqing haqida bunchalik ko'p g'avg'o qilaverma! Aytganlaring ishq emas, boshdan-oyoq shunchaki bir havasdir. Bas, u havas bo'lgach, ey bexabar, u haqdagi gap-so'zingni yig'ishtir! Olamda sen kabi nafsga bo'yin eguvchi biron-bir nodon bo'lmagan.
Sen o'zingni zo'rlab oshiq sifatida ko'rsatib, ishq aro har xil g'avg'olar ko'tarding. Yilda bor-yo'g'i besh kun chamanda ochilib turadigan, o'n kun o'tmay tuproq uzra xazon bo'lib sochiladigan vafosiz va umr bog'ida baqosiz bir chechak uchun shunchalik g'avg'omi?!
Kishi bu xil go'zallikka oshiq bo'lmagani yaxshi, chunki u oshiq bo'lishga loyiq emasdir. Shunday narsani ma'shuq deb bilki, yuz xastahol o'lsa va yo'qolib ketsa ham u zavol nimaligini bilmasin. Garchi sening bu ishqing shaydolik bo'lib ko'rinsa ham, baribir oxiri  rasvolik bilan tugaydi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:49:00
XLI
Hikoyat


Bir shoh otda sayr qilib o'tib borayotganda unga bir havoyi gado oshiq bo'lib qoldi. Xalq ichida ohu vovaylo bilan afg'on boshlab. g'avg'o-to'polon qila boshladi. Xuddi senga o'xshash u ham ming turli nolalar qilar edi. Bir maskanda telbalardek muqim tura olmas, o'zini gulxan kuliga bulg'ar edi.
Shohga bu xil ishq va devonalik ma'lum bo'lgach, oshiqni sinamoqchi bo’ldi. Bir kun u o'zining bezatilgan otiga minib, imtihon qilish maqsadida otini gado yotgan gulxan tomon haydadi. Va mulozimlariga aytdiki: "U gumrohni sudrab oldimga olib keling va huzurimda bo'ynini uzib tashlang!"
Shundan so'ng gadoni sudrab, shoh oldiga keltirdilar, ishqida o'zi orzu etgan tilakka yetkurdilar. Baxtiyor shoh uni qatlga hukm etdi. Bundan gado vahimaga tushib, beixtiyor orqasiga qarab qocha boshladi. U qo'rqqanidan hushi boshidan uchib, har tomonga zir yugurar edi. Odamlar uning orqasidan tutmoq uchun quvlar edilar. U entikkan bir holda gulxan tomon chopdi va o'zini yo'qotgan holda o'tga tushib, kuyib ketdi.
Shohning bu imtihondan maqsadi shunday edi: agar gado chindan ham oshiq bolib, o'z da'vosida sodiq bo'lsa, qatl hukmini qabul etishi kerak edi. Shunda shoh otidan tushib, undan uzr so'ramoqchi, ahvolidan ogoh bo'lmoqchi va sadoqati evaziga uni o'ziga musohib va yaqin ulfat qilib olmoqchi edi.
Ammo gadoning ishqi soxta bo'lgani uchun holi rasvolikdan mashhur bo'ldi. Bordi-yu senga ham o'sha o'zing sevgan guldan bir tikan ozori yetsa, sening ham maskaning chaman emas, gulxanda bo'ladi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:50:25
XLII
Qumri uzri



Qumri aytdiki:
— Ey dono! G'aflatda qolgan, yo'ldan adashganlar rahnamosi! Men shunday bir qushdirmanki, umrim bo'yicha hech qachon chamandan chiqmaganman, dashtu vodiylar bo'ylab sayr qilishdan zerikmaganman. O'z zaifligim va ojizligim bilan mashhurman. Men o'z uyamni daraxt shoxlari va barglari orasiga quraman. Jahonda na sovuq ko'rganman, na issiq. Boshimga na mashaqqat tushgan va na qattiqlik totganman. Doimo u bog'dan bu boqqa, u shoxdan bu shoxga o'tib ko'nglimni chog' qilganman. Shunday bir holatda bunday qiyin yo'lga chiqishga havas qilib, bu yo’l azoblarini ko'tarishga yaray olamanmi?! Agar jonimni bu mashaqqatga qo'ysam, majburan o'z qonimni o'zim to'kkan bo'lib chiqmaymanmi?!

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:54:45
XLIII
Hudhudning Qumriga javobi

Hudhud unga shunday dedi:
- Ey ojizligi bilan yuz tuban kelgan Qumri, ko'nglingni dard va shavq bilan yaralagin! Agar sen ming yil bog' ichida manzil tutsang ham, bu tarzda shox va barglar orasida uchib yurishingdan ne hosil?! Baribir yo'lingni biron-bir mushuk poylab, g'ippa bo'g'adi, qorningni yorib, qoningni ichadi. Yoki birov kamon o'qi bilan seni otib tushiradi yoki palaxmon toshi bilan joningni oladi. Sen aytayotgan ayshu kom bundan o'zga narsa emas. Senga gulshan ichra shunday "ehtirom" ko'rsatishadi. G'aflatga botib, bu xil harom o'lib ketgandan ko'ra, o'zingni ayriliq shuiasi bilan o'rtab, haqiqiy erlar kabi asl maqsadni istasang-chi! Yor vaslini izlab yo’lga tush! Agar sen bu yo'lda zor jismu g'amga payvand joningni fido qilib dardu mashaqqat ila olib ketsang, bundan hech bir afsus chekma, chunki sening shu vaqtgacha or qilishga sazovor ofatli ahvolingdan bu oiim yuz qatla yaxshiroqdir!

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:55:46
XLIV
Hikoyat


Bir uquvsiz bog'bon bor edi. U bog'bonlik san'atidan bexabar edi. U na daraxtga payvand qilib, undan huzur-halovat beruvchi meva olishni, na daraxtlarni parvarish qilib o'stirishni va na o'z vaqtida guli hosilga kira oladigan don sepishni bilardi. Bog' aro xas-xashak terish bilan xursand edi. Aslida uni bog'bon emas, xashakchi deyish kerak edi. U shu tarzda zahmat chekib, o'z umrini o'tkazar edi. Yaqin o'rtoqlari unga bu xil samarasiz ishni tashlab, o'zingni foydali ish bilan ovut, degan tarzda pand-nasihatlar qilar, u esa bularga sira quloq solmas edi. Johil bog'bon bu mashaqqatli ish bilan shug'ullanishni tark etmadi. Kunlardan bir kun u jo'yaklar oralab tok kesib yurganida, uni ilon chaqib o'ldirdi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:56:30
XLV
Kabutar uzri


So'ngra Kabutar o'z arzi holini shunday sharh etdi:
- Ey to'g'ri yo’l ko'rsatish bobida kamolot sohibi! Barcha qushlar orasida Alloh men uchun xalq qo’lidan ovqat yeyishlikni qismat etdi. Xaloyiq men uchun maskan va koshonalar quradi, kishilar oldimga suv va donlar keltirib qo'yishadi. Jahonda men odamlar tuzog'ining mahbusiman, shu sababdan ularga odatlanib, o'rganib qolganman. Alloh menga bu holatni nasib etib, qismat dasturxonidan menga shu ish tushibdi. Haq shuni ravo ko'rgan ekan, undan bo'yin tovlash aql qonuniga muvofiq keladimi?! Qismatga shukr qilib, bu mashaqqatli hayotga yuz qo'ymaganim avlo emasmi?!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:57:29
XLVI
Hudhudning Kabutarga javobi


Hudhud unga dedi:
- Ey turli bahonani o'ziga kasb qilib olgan! Senga makr va hiylalar uyasi maskan ekan! Qushlar sening bu holatingdan hayratga tushmoqdalar. Sen kabi birorta g'ayratsizni topib bo'lmaydi.
Alloh senga butun koinotni uchib o'tgudek qanot nasib etgan. Sen bo'lsang xaloyiq oldida zoru intizor bolib o'tiribsan! Kishilarning bergan suvu donlariga asir bo'lding. Odamlar yog'ochning uchiga latta bog'lab, to'dangizni quvib yurishadi-ku! Ular sizdek befoyda galani quvlab, tomlarini sizdan holi aylaydilar-ku! Ular sizga shunchalik jabr ko'rsa-tishadi-yu, siz esa tamagirlik bilan ularning yonidan jilmaysiz, ularning tomidan bo'lak boshqa joyga bora olmaysiz!

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 03:59:43
XLVII
Hikoyat


Xalq orasida bir ishyoqmas, tanbal kishi bor edi. Odamlar uning beg'ayratligidan hayron qolar edilar. U odamlardan musht, shapaloq yoki tepki yer, buning evaziga ulardan bir burda non yoki taom olib, kun ko'rardi. Kishilar uni quvib yuborsalar ham, hech qayerga ketmay, o'zining yomon qiliqlarini tark etmasdi. U tortadigan jafolarga ma'lum bir narh to'g'rilab qo'ygan edi. Qaysi bir kishi uni bir tepsa yoki ursa, u o'sha kishidan buning haqini talab qilib olar, qo'liga tusligan narsani darhol og'ziga solar edi.
Kunlardan bir kuni kimdir uning qo'liga bir parcha non berib, shunday musht tushirdiki, natijada tanbal yer tishlab qoldi. Garchand u shapaloqlar yeb, qornini to'yg'azib yurgan bo'lsa-da, bir musht bilan endi qayta o'rnidan turmaydigan bo'ldi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 04:01:04
XLVIII
 
Tog' Kakligi uzri


Yana tog' Kakligi ojizlik ko'rsatib, shunday dedi:
— Ey barcha qushlarning yetakchisi! Men tog'da manzil qurgaii qushman. U yerda tilim Allohga madhu sano o'qish bilan banddir. Shu tariqa olam elidan etak silkib, tog' etagida orom va halovat topdim. Bu xil uzlat cho'qqisini ixtiyor qilish sababli menga tole o'rtoq, baxt yor bo’ldi, tog' xazinasi esa omonlik joyiga aylandi. Bas, shunday ekan, holimga bunday safar munosibmi? Yurishim doim kon ustida bo'lgandan keyin bu ishda orzuim gavhardir. Ma'naviy gavharni qoiga kiritish hamon qiyin ish bo'lib qolmoqda. Shunday ekan, bu yo'l menga bema'ni sayrdan boshqa narsa emas-ku!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 04:02:13
XLIX
Hudhudning tog' Kakligiga javobi



Hudhud shunday dedi:
- Ey behuda xayollarga berilgan! Dimog'ingda behuda xayoldan boshqa narsa yo'q ekan. Tog' orasida uzlatga chekinib, odamlardan uzoqlashdim, deb aytding. Aslida bu go'shanishinlik emas, nafsu havoga berilishdir. Tog' va cho'qqilar ustida u yoqdan hu yoqqa tinmay yugurganing-yugurgan! Har lahza telba kishilar kabi behuda qahqaha otishing ham o'rinsiz. Ma'naviy gavhar haqida ham nomunosib so'zlar aytding. Ey, jahl bilan mast bo'lib, faqat o'zini o'ylovchi, sen qayoqdayu ma'naviyat qayoqda! Bu xil yolg'on so'zlar bilan muttahamlik qilib, ma'no gavhari haqida og'iz ochma! O'z so'zlaring bilan asl zoting pastligini, bema'ni va badbaxtligingni ko'rsatding. Sen shunchalik yolg'onga mubtalo bo'ldingki, ulardan boshingga yuz balo kelgusidir.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2008, 04:03:22
L
Hikoyat


Bir ulusning tolei past qallob kishisi bor edi. U bir shaharga borib, o'ziga "œjavhariy - qimmatbaho toshlarni ajratuvchi" deb ot qo'yib oldi. O'zi esa eshak munchoqni firuzadan ajrata olmasdi. Nafsini quyushqondan tashqari cliiqarguncha soxta gavharlar yasab, o'zini gadolikdan xalos etdi. Shishaga har xil ranglar surtib, ularni la'l va yoqut deb qalbakilik qildi. Xalq uning soxta ishlarini chin deb o'yiardi. Bir kuni o'sha qallob shu tarzda hunar ko'rsatib, bir boyga oddiy parcha toshni xushrang qilib (bo'yab), juda katta pulga sotdi. Ko'p o'tmay u bu pulni ishlatib yubordi.
Gavhar olgan kishi qalbaki ishdan voqif bo'ldi: o'sha muttaham bir tillalik la'l billurni yuz ming tillaga sotgan ekan. Gavhar egasi savdodan aynib, soxta gavharflirushni ushladi va pulini qaytarib berishni talab qildi. Gavharfurushning to’lashga hech vaqosi yo'q edi. Shuning uchun u muttaham qallobni qiynab o'ldirdilar.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 02 Sentyabr 2008, 03:39:15
LI
Tazarv uzri



Yana gulyuzli Tazarv shunday arz etdi:
- Ey to'g'ri yo'l ko'rsatishda nom cliiqargan! Men husn va chiroyga ega bir qushman. Gulshan icliida ko'rinishim nihoyatda go'zaldir. Alloh azaldan menga beqiyos husnu zebolik va lutfu ra'nolik nasib etgan. Benihoya jamol va go'zallik meni kishilar nazdida sevimli qildi. Suyukli kishining ishi nozu istig'no qilish emasmi?! Zeroki, chiroyli kishilar uchun odamlar ranj chekishni ravo ko'rmaydilar.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 02 Sentyabr 2008, 03:44:34
LII
Hudhudning Tazarvga javobi


Hudhud dedi:
— Ey xayoli, xulqi va so'zlari ajabtovur qush! Hech kim o'z husnu jamoli haqida senchalik lof urmagan edi. Bu so'zlarni hatto jinnilar ham, barcha go'l va sodda kishilaru hattoki yosh go'daklar ham aytmaydi. Har xil rang-barang ko'ylaklar bilan yasan-tusan qilib yuruvchi suyuqoyoq xotinlar ham sening bu so'zlaringdan nomus qiladilar. Hech bir kimsa bu xil behuda da'voni so'zlamagan, er kishilar u yoqda tursin, hatto xunasalar ham bu xil da'vo qilishmagan! Bu kabi o'z kamolotini vasf etuvchi fikri ojiz kishining ushbu safarga chiqqamdan chiqmagani yaxshiroqdir. Sen o'ziga bino qo'ygan xotinlar kabisan, bundan erlik nomingga isnod yetadi. Er kishi himmat bilangina er sanaladi, ziynat bilan faxrlanuvchi er — er emas. Erning haqiqiy go'zalligi uning yaxshi fe'l-atvoridir. Bunday kishilar uchun yangi zarbof libos eski shol bilan bab-baravar turadi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 04 Sentyabr 2008, 08:15:32
LIII

Hikoyat


Bir yo'l aro ikki o'rtoq ketib borardi. Ulardan biri yo'lsiz, ikkinchisi esa tariqat bilimdoni edi. Biri nuqsonli, ikkinchisi esa komil sifatlar egasi bo'lib, unisining oti Mudbir(baxtsiz), bunisining oti esa Muqbil(iqbolli) edi. Ulardan har birining ismi jismiga munosib bo'lganidek, jismi ham ismiga mos edi. Muqbil iloh ahllari haqida, dindagi komil va ogoh kishilar to'g'risida so'z aytsa, Mudbir esa butni vasf etuvchi kofirlarga o'xshab faqat nuqson ahli haqida so'z yuritardi. Unisi dardu o'rtanishlardan gapirsa, bunisi yaltiroq tashqi ko'rinishlar haqida valdirar edi. Shu tariqa ular bir-birlaridan hech bahra topmay, yo'lda davom etishardi. Ular qarshisida bir go'zal shahar namoyon bo’ldi. Hamrohlar uni g'animat bilib. tezda bir-birlaridan ajralib ketdilar. Muqbil faqrlar turadigun ko'chaga, Mudbir esa ko'ngilochar uy - fohishaxonaga yo'l oldi.
Mamlakat shohi Muqbilga yuz hurmat va ehtirom ko'rsatib, uni ko'rgani keldi. Shoh u bilan suhbatlashib turganida yomon xulqli Mudbirni bir guruh odamlar sudrab kelishdi va uning qilmishidan arz etishdi. Aytishlaricha, bu kecha bir to'da bezorilar ichib, ayshu ishrat qurishibdi. Ulardan biri Mudbirga "Sen badbasharasan" degan ekan, shu so'zi uchun bu ablah o'sha odamga xanjar urib, halok qilibdi.
Shoh buni eshitgach. odillik ko'rsatib, Mudbirdan qasos olish haqida hukm chiqardi.
Kamtar kishi (Muqbil) ana shu tarzda shoh suhbatiga musharraf bo'lib, oliy martabaga erishdi. Xudbiri(Mudbir) esa shu yanglig' jazosini topdi. Darhaqiqat, uchqun yuksak osmon sari ko'tariladi. yaltiroq chivin bo'lsa axlat ustida qoladi.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 04 Sentyabr 2008, 08:16:59
LIV

Qarchig'ay uzri

Qarchig'ay o'z changali va tumshug'ini ko'rsatib, shunday dedi:
— Men boshqa qushlarga o'xshamayman, balki barcha qushlar egasi hisoblanaman. Shu paytgacha senga so'z aytib, uzr bildirgan qushlarning hammasi meniing ovqatimdirlar. Men shohlar qo'lida orom olaman, ular har kun menga ovqat berib turishadi. Qaysi bir qush qasdida qanot yozsam, u menga o'lja bo'ladi. Hatto nasri toyir - qirg'iy bo'lsa ham mendan qutulishi maholdir. Shohlar oldida shunchalik e'tibor topdim; shavkatim amalda shubhasiz. Simurg'nikidan kam emas. Shoh qo'li - mening taxtimu boshimda toj bo'lgach, Simurg' sari borishimga menda ehtiyoj yo'q!

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 04 Sentyabr 2008, 08:18:10
LV

Hudhudning Qarchig'ayga javobi


Hudhud shunday dedi:
— Ey g'urur qo'lida past bo'lib, jahl va g'aflat aro tuban ketgan. Shuni bilki, shoh tugul oddiy bir ovchi ham sening oyog'ingga tushov solib, o'z huzurida tutadi. Ochlik va uyqusizlikdan shu darajaga yetgansanki, hatto eting suyagingga borib yopishgan. Oldingga bir luqma et tashlagunga qadar toqatsizlik bilan faryod qilib, odamlar qulog'ini qomatga keltirasan. Zoti past odamlarga muhtoj bolib, xor-zorlikda kun kechirib, Alloh ajratgan nasibangni yeb yurasan. Sen qaysi bir ovni qo'lga kiritsang, o'ljangni ushlagan zahotiyoq ovchi nog'ora chalib, seni quvlab yuboradi. Sen o'zingdan kuchsizroq bir o’ljaga hamla qilib, ochofatlik bilan uni ov qilasan. Ushlagan ovingni egangga topshirib, unga itoat etasan. Qushchi berganiga qanoat qilib kun kechirasan. Shunday ayanchli ahvolda bo'la turib, yolg'on so'zlar bilan lof urishdan uyalmaysanmi?! Agar senda zarracha vijdon yoki uyat bo'lganda edi, bu sharmandali hayotdan ko'ra o'lganim yaxshiroq, deb o'ylarding! Ammo senda nodonlik g'olib kelib, nafsing seni aljirashga moyil qilib qo'ygan!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 04 Sentyabr 2008, 08:19:18
LVI

Hikoyat


Bir tog'lik odam tog'dan ayiq tutib oldi va uni ko'p aziyat chekib, qo'lga o'rgatdi. Ilgari sayoq yurgan ayiq egasiga rom bo'lgunga qadar kunda ikki marta o'lguncha tayoq yer edi. Ochlik azobi va yegan behisob tayog'i ichi va tashini ezib tashlagan edi. Shu sababli egasi unga bir yog'och ko'rsatsa, ayiq yuvoshlik bilan unga bo'yin egardi. Shu tarzda ayiq ko'cha-ko'ylarda o'yinchilik qilib yurar, egasining uyiga o'tin tashib keltirar edi. Xo'jasi unga haddan ko'p yuk ortar, ayiq yuk tashiyverganidan egnida hatto tuk qolmagan edi. Xullas, u bu dunyoda qancha jabru jafo bo'lsa, hammasini tatib ko'rgan edi. Ammo jaholati tufayli nafsida takabburlik ortib ketdi. Goh makru hiyla va xusumat toshi bilan qoplon boshini yanchib tashlayman, deb xayol qilar, goh dahshatli slier yo'liqsa ham, taom uchun uning qornini dadil yorib yuboraman. deb o'ylardi. U shu sifat har xil xom xayollarga berilib yurdi. Oxir-oqibatda uning o'zi bir kun itlarga yem bo'ldi.
Shunday behuda aljirashing bilan xalq orasida sen ham xuddi o'sha ayiqning holiga tushgansan.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 04 Sentyabr 2008, 08:20:39
LVII

Shunqor uzri

Shunqor shunday dedi:
— Ey amriga hatto ogohlar ham tobe' bo'lgan to'da rahbari! Haq menga marhamat ko'rsatib, barcha qushlardan qudratliroq qilib yaratdi. Barcha shohlar men bilan faxrlanadi. Mening nomimni qushlar podshohi deb ataydilar. Chunki menga toj nasib etgan, boshimda oltin tumog'a — zar tojim bor. Mening barcha ahvolimni: qushlar orasida zotimni ham, otimni ham yaxshi bilasan. Bir shohning boshida toji bo'la turib, o'zga shohni istashi yaxshi emas-ku! O'zim shoh bo'la turib, nechun o'zga shohga tobe' bo'lishim kerak?!

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 04 Sentyabr 2008, 08:21:39
LVIII

Hudhudning Shunqorga javobi


Hudhud unga shunday dedi:
— Ey bechora kaltafahm! Sening bu xayoling zotingga qo'rquvni orttiradi. Sen o'zingni shoh deb hovliqtirib ketyapsan, bu behuda xayoldan o'zga narsa emas! Ko'pgina zangilar aslida qop-qora bo’lgani holda xalq orasida   ular "kofur" (oq) deb ataladilar. Darvoqe, nomlar orasida "sulton" va "shoh" tushunchalari keng tarqalgan, ularni hatto past, tuban kishilar ham o'zlariga nisbatan qo'llaydilar. Ammo har bir kishi o'zini er degani bilan er bo'laveradimi?! Qoiidan kelmaydigan ishni bajaraman deya oladimi? Nodon kishilargina seni shoh deb ataydi, xolos. Bu butni yoki olovni iloh deb atashga o'xshash bir narsa. Senga shaxmat shohini qiyos qilsa ham bo'ladi. U shunday bir shohki, uni har bir razil va pastkash odam istagan paytda havoga ko'tarib, yerga ura oladi.
U shoh (Simurg') bilan sening shohliging o'rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Senga o'xshab shohlik da'vo qilgandan gadolik ming marta yaxshiroqdir.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 04 Sentyabr 2008, 08:22:46
LIX

Hikoyat

Bir podsho ko'ngil yozish niyatida butun mamlakatga katta to'y berdi. Unda ziynat har qancha gumon qilinganidan ham ortiq darajada edi. Butun mamlakat va shaharlardagi aholi boshdan-oyoq yasanib, ko'chaga chiqa boshlashdi. Bu to'yda san'at ahli juda yuksak mahorat ko'rsatib, osmon quyoshi kabi porloq gumbazli yuzta to'rt burchakli chodir qurdilar. Hunar ahlining barchasi ularni shunchalik bezashdiki, natijada bu chodirlar butun mamlakatning ko'rkiga aylandi. Ko'p ajoyibotlar kashf etildiki, hayot o'z sehriga o'zi rom bo'lib qoldi. Har bir kishi o'yin-kulgi deb nayrangbozlik qildi, g'am-hasratni dog'da qoldirish uchun ayshu nash'u namosini oshirdi.
Shu odamlar orasida bir behayo razil kishi o'zini bo'yra shohi deb e'lon qildi. Uning ustidagi kiyimi boshdan oyoq bo'yradan bo'lib, sadoq, qalqon va bayrog'i ham bo'yradan yasalgan edi. U bir necha nokas masxaraboz do'stlarini ham o'ziga o'xshash yasantirdi. Shu tarzda ular bazm maydoni tomon yo'l oldilar. Yo'l-yo'lakay har xil buzuq, bid'at o'yinlar ko'rsatdilar. Ularning boshlig'i esa o'zini go'yo mamlakat shohi hisoblar, har nimaiki qilgan hazil ishlarini chin deb bilar edi.
Nihoyat, shodlik ayyomi nihoyasiga yetib, u ablah o'ziga ta'ziya tutdi. Uni ushlab olib, soyaboni va tojini boshiga urdilar, bo'yra to'nini esa buzib, kuydirib yubordilar. Bu hangomadan so'ng bildiki, shohligi masxara bo'lishdan boshqa narsa emas ekan.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 04 Sentyabr 2008, 08:24:05
 
LX

Burgut uzri


Burgut, ya'ni Uqob o'rtaga kirib, shunday dedi:
- Ey qushlar xo'jasi! Mening holatim o'zga qushlardek emas; kishilar qumri yoki bulbul kabi meni maqtab, vasf etmaydilar. Mening savlatim bahaybat, qahrim esa yomon, tog' mamlakati ichra qahramonman! Har kun bir necha kaklik menga ovqat bo'ladi, agar bu bo'lmasa, tunlari ko'zimga uyqu kelmaydi. Yegulik izlab havoga ko'tarilsam, mendan qulon yoki kiyik qochib qutulolmaydi. Bo'g'zi shu qadar katta bo'lgan qush ozuqsiz yo'lni qanday nihoyasiga yetkaza oladi?! Men bu yo'lda ko'proq xo'p qanot qoqdim ham deylik, qornim ochgach, yiqilib qoldi deyaver!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 05 Oktyabr 2008, 15:35:52
LXI
Hudhudning Burgutga javobi

Hudhud shunday dedi:
- Ey qudratli hukmdor! Olam ahli sendek kishini shu vaqtgacha ko'rmagan! Sening zotingga yigitlik maqtovi loyiq, otingga esa pahlavonlik yarashadi. Ammo sening bu tumshug' va changalingga, shavkatli va saodatli qanotlaringga xayfl Ey, badnafs pastkash! Sen asl maqsadni ista! Halitdan bunchalik ojizlik ko'rsatma, yo'lga tushmay turib qanotingni chetga tortasan. Changaling, tumshug'ing va qanotlaringga bu uyat emasmi?! Sen shular bilan o'zingni tavsif etding-ku! Zo'rliging va shavkating bilan o'zingni ta'riflading-ku! Shuni yaxshi bilki, o'z shirin jonidan kechib, bu yo'lga kirgan kishinigina haqiqiy pahlavon va qahramon desa bo'ladi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:16:48
LXII
Hikoyat


Bir zo'r pahlavon bo'lib, u hunarsizlikda yagona edi. Choshgohda o'n botmon, kechqurun ham xuddi shuncha ovqat yer edi. Bu ikki payt mobaynida yana shuncha ovqatlanib olardi. U shunchalik kuchli ediki, hatto mast filga ham shikast yetkaza olardi. Ittifoqo, hayot hodisalari tufayli mamlakatda xarobalik yuz berdi. Shu sababli u yerning aholisi o'z joyini tark etib, o'zga tomon ketishga majbur bo'ldi. Yo'l qiyinchiliklaridan bexabar pahlavon ham ularga hamroh bo'ldi. Yo'l uzoq bo'lib unda badnafs kishilar nafsini to'q tutadigan obod joylar yo'q edi.
Taom yemagan pahlavon birinchi kundanoq o'z holiga aza tutishga kirishdi. Ikkinchi kun esa uning jismida madori qolmadi. Ammo uchinchi kun u boyaqish biyobonda jonini topshirishga majbur bo’ldi.
Yana ikki-uch kun mashaqqat tortgach, yosh bolalar ham, hatto ikki bukilgan qariyalar ham sabr-toqat bilan yo'lni oxiriga yetkazishdi va obod bir manzilga yetib kelib, maqsadlariga erishdi. Pahlavon esa bu azobga bardosh bera olmay, ajal yo'lida nobud bo'ldi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:18:16
LXIII
Kuf(boyo’g’li) uzri


Kuf o'z ahvolidan  shunday shikoyat qildi:
— Men zaif va ojiz bir qushman, yo'l esa qo'rqinchlidir. Umrimni boshimga qulab tushgudek bir vayronada o'tkaribman. Barcha vaqtim anduh va g'am tortish, motamsaro kishilar kabi ohu fig'on chekish bilan kechadi. Vayrona ostidagi xazinaga erishish umidida necha turli fig'onlar qilib, hatto o'zimdan ketib qolaman. Umrimda shunchalik azob-uqubat tortdim, ajab emas, nasibam bir kun xazina bo'lsa. Men ganj umidida devonaman, kecha-kunduz vayronani o'zimga makon qilib olganman. Bu uzun yo'lga meni undama! Men qaydayu Simurg'u Qof tog'i qayda?!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:19:53
XIV
Hudhudning Kufga javobi
 


Hudhud unga shunday dedi:
— Ey ishi makr va hiyladan iborat! Sen bu qilmishing bilan o'z joningga qasd qilyapsan! Ko'nglingda amalga oshishi mumkin bo'lmagan puch orzu o'rnashib olgan.Uning qo'lga kiritilishi aslo mumkin emas.
Faraz qilaylik, sen xazinani topgan taqdiringda ham, undan boshingga turli balolar yog'ilishini, yangi-yangi g'amlarga mubtalo bo'lishingni o'ylab ko'r, ey, o'ziga o'zi dard orttiruvchi notavon. Sen o'sha balolar girdobida xoru zorlikda o'lib ketasan, xazina esa dushman qo'liga o'tib ketadi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:21:12
LXV
Hikoyat


Bir mamlakatda bir devona kishi bor edi. Uning maskani kecha-kunduz vayrona edi. Har dam o'sha vayronaning bir yonini qazib, o'z umrini xazinaga erishish umidi bilan o'tkazar edi. Ittifoqo, shuncha mashaqqat chekkandan so'ng baxti chopib, u xazinani topib oldi. U qaziyotgan chuqurda bir eshik ko'rindi. Ichkari kirgach, katta bir saroyga duch keldi. U yerda Faridun, yo'q, balki Qorun xazinasiga teng qirqta xum turar edi. Telba bu boylikni ko'rib hushidan ketib qoldi. Shu orada bu erga bir ablah kishi yetib keldi. U xazina oldida hushidan ketib yotgan devonani ko'rdi va hech bir ikkilanmay pichoq sanchib, uning qonini to'kdi.
Shunday qilib, uning yashashdan maqsadi xazinaga erishmoq edi. Ammo u boru yo'q sarmoyasidan — hayotidan ajralib qoldi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:23:02
LXVI

Humoy uzri


Izzatli Humoy o'z uzrini shunday boshladi: - Ey sarson-sargashtalar rahnamosi! Menga iqbol shun­chalik kulib boqqanki: hatto men o'z soyam bilan kishilarga sharaf taxti ato eta olaman. Agar iloh zotimga shunchalik sharaf baxsh etgan bo'lsa, ya'ni mening soyam hatto gadoni shoh darajasiga ko'tarsa, men uchun yana shoh istamoqqa ne hojat bor?! O'zimni mashaqqatga chog'lamoqning nima keragi bor?! Undan ko'ra soyamdan shohlarga panoh berib, havoda uchib yurganim yaxshi emasmi?!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:24:38
LXVII
Hudhudning Humoyga javobi
 


Hudhud unga shunday dedi:
— Sening bu so'zlaring afsonadan o'zga narsa emas. Sen aytganlarni faqat devonalargina bayon qila oladi. Aytishingcha, go'yo zoting baland bo'lib, seni ko'p sharafli etibdi. Go'yo sen o'z soyang bilan kishilarni shohlikka erishtirar emishsan. Axir shunchalik ham gumrohlik bo'ladimi? Agar shohlar tarixini varaqlab ko'rsang, bu xil voqea qaysi bir shoh tarixida ko'rilgan? Sening soyang bilan shoh bolib ko'tarilgan biron-bir odam bormi?! Bu noto'g'ri afsona seni shod qilibdi, shun­day buzuq e'tiqodga oshna etibdi.
Masalan, bu da'voing rost bo'lgan taqdirda ham, bordi-yu senga bu sifat bexosdan kelgan bo'lsa ham, soyang tushgan kishi iloh qudrati bilan shoh darajasiga ko'tarilsa ham, bundan senga nima foyda?! Baribir it kabi dashtlarda qolgan suyaklarni, to'g'rirog'i, g'ajib tashlangan qoqshol suyaklarni yeb tirikchilik qilasan-ku!
Ey buzuq xayolga asir bo'lgan! Agar bilsang, ushbu holingga bu voqea yaxshi misol bo'la oladi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:26:26
LXVIII
Hikoyat

Ummon sohilida savdo ishlari bilan shug'ullanib, dengiz savdosida boyishni ko'zlagan savdogarlar ko'plab-uchraydi. Ular pastkash g'avvoslarga besh-o'n dirham berib, katta foyda umidida bo'ladilar. O'z jonlarini yuz ranj o'tiga duchor qilgan bu g'avvoslar dengiz qa'ridan sadaf izlaydilar. Agar ular topgan sadaf ichida xoh ming dona boisin, xoh podsholar tojini bezovchi duri shohona bo’lsin, baribir bu g'avvosga haq to'laganning mulki hisoblanadi. Savdogar ana shu tarzda haqiqiy gavharni qo'lga kiritadi, g'avvos esa arzimaydigan bir-ikki chaqaga ega bo'lib qolaveradi.
G'avvos-ku, oz bo'lsa-da, o'z haqini oladi, ammo sen bechoraga o'sha ham yo'q. It kabi suyak bilan nafsingni to'q tutib yuraverasan. Oqil bo'lsang, bunday behuda so'z aytma, chunki bu so'zlaring boshdan-oyoq haqiqatga xilofdir.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:27:38
LXIX
O'rdak uzri
 

O'rdak o'z so'zlarini shunday boshladi:
— Ey saodatli zot! Mening hayotim suv bilan tirik. Undan ayriliqqa tushsam, xuddi suvdan yiroq tushgan baliq kabi qayg'uga botaman. Zotim suv ichida taskin topib keldi, shuning uchun ham o'zimni pok tutib yurishni odat qilib olganman. Suv tufayli poklikni qozondim, shuning uchun ham vasfiga husn egasi loyiq bo'ldi. Agar bir lahza tiniq suv ichida bo'lmasam, uning furqatida yuz mojaro qilgim keladi. Suv ichida mavjdan joynamoz solaman va o'sha ko'zguda maqsadim yuz ko'rgizadi. Mening asl maqsadimga yetmoqlik suvdadir, bas, shunday ekan, boshqa yoqqa uchib ketmoqlik men uchun xatodir.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:29:03
LXX
Hudhudning O'rdakka javobi

Hudhud shunday dedi:
— Aytgan so'zlaringning hammasi xatodan iborat. Sening aqlingni suv mutlaqo yuvib ketibdi. Suvda joynamoz soldim deding, Boyo'g'li holidan balki g'ofil edingmi?! Men suvda
doimo pokman deb lof urma! Suvda o'zingni gunohlardan holi deb ham hisoblama! Agar chindan ham pok bo'lsang, unda nega kecha-kunduz suvga sho'ng'iysan?! Kimki o'z nafsi uchun fisq tuxmini sepsa, ulardan qutulmoq uchun suvga sho'ng'iydi. Axir bu qanday gap, qanday holki, sen tun-kun suvga sho'ng'iginu pok bo'lmasang. Agar haqiqiy er bo'lsang, oldingda fano (yo'qlik) dengizi turibdi, unga sho'ng'iginu o'zingni yorga oshno qil!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:30:24
LXXI
Hikoyat

Hind dengizida bir savdogar bor edi. U savdo-sotiq ishlarida juda mohir edi. Uning dimog'iga savdo moyasi o'rnashib olib, suvga g'arq bo'lish xayoliga ham kelmasdi. Bir mamlakatda o'n kun turmas, savdosi tugagach, yana suv sari yo'l tutar edi. U dengizni har xil ofatlardan holi deb o'ylab, yillar shu yanglig' safar qildi. U Makka atrofini suvda necha bor aylanib o'tgan bo’lsa-da, uning yaqiniga yetgach, o'z farziivi ado etmay qaytardi. Kishilar unga hajni ham bajarish kerak, deb aytar edilar. Ammo pul hirsi savdogarni u tomon borishga yo'l qo'ymas edi. ,
Bir kun dengizda bo'ron ko'tarildi. U tushgan kema goh osmonga sapchir, goh pastga tushib ketar edi. Savdogar savdo ishlariga g'arq bo'lganidek uning kemasi ham dengizda g'arq bo'ldi. Dengizda suzish xayoli haj sari yo'l bermadi. Oxir-oqibatda u katta bir baliqqa yem bo'ldi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:32:13
LXXII
Xo’roz uzri


Xo’roz o'z uzrini shu tarzda oshkor etdi:
- Ey qushlar ichra rais va toj egasi! lkkalamizga ham haq toj nasib etgan bo'lsa-da, lekin har birimizga boshqa-boshqa ishni belgilagan. Senga u rahbarlikni ato qilib, qushlarga raisu peshvo qildi. Menga esa elni tong va oqshomda muttasil toat qilishga chorlash uchun dilkash kuy berdi. Butun yovvoyi hayvonlar va qushlarni yaratuvchi meni bir yerda muqim turadigan, seni esa sayr qilib yuradigan qildi. Chunki xo'rozning erlikda omadi yurishib, bu sohada ilg'or bo'lganidan haq unga bir necha go'zal kelin ato etdi hamda uning uchun har tomonga kezib yurishni taqiqlab qo'ydi. Shunday bo'lgach,
u kimu Simurg'ni izlab Qof tog'iga borish nima?!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:35:18
LXXIII
Hudhudning Xo’rozga javobi


Hudhud shunday dedi:
- Agar kishi o'z holidan bayon qilib, bir so'z aytsa, bu besabab bo’lmaydi.
Darhaqiqat, shunday qush ham borki, u qanot qoqib uchmasdan turib, yettinchi osmondagi sidra daraxtining shoxi ustida makon tutadi. U anjumanni o'ziga xilvatgoh etadi, lekin sayr etadigan yeri doim o'z vatani bo'ladi. Garchi u zimdan Arshga parvoz etib, sidra daraxtiga qo'nsa-da, o'zining bu parvozini elga oshkor etmaydi. U Simurg'dan bir nafas ham ayriliqqa emas, uning vaslidan ko'nglida o'zga olam jilvalanadi. Uning hajridan joniga shikast yetmaydi, shakli esa uning vaslida doim naqshlanib turadi. Boshi uzra ehsonli toju o'zi vasl me'rojida jilva qiladi. Vasldan mamnun bo'ladi, ammo damini ichiga yutadi va o'zgalardan holini yashirin saqlaydi. Vaslning yuz ming durridan ko'nglida jo'shqinlik sodir bo'lsa-da, og'zi sadaf yanglig' yopiq turadi.
Ammo lekin, sen, ey ovozi yoqimsiz qush, unday qush emassan! Balki har xil yolg'on va behayo so'zlami so'zlaguvchisan! Kecha-kunduz haddan tashqari fisqu fujurga berilib, asossiz g'avg'o va qichqirishlar bilan vaqtingni o'tkazasan. Yuz xil yomonliklar ko'rsatasanu yana o'zingni yaxshilarga nisbat berasan. Bugun esa shunchalik sustkashlik ayon etdingki, bu ishing bilan, sen, ey makiyon, o'zingni xo'roz deb atama!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:36:55
LXXIV
Qushlar Hudhuddan o'zlarining Simurg’ga bo'lgan nisbatlarini so 'raganlari

Shunday qilib, har bir qush Hudhudga bir uzr bilan murojaat etdi va Hudhud ularga tegishli javobni qaytardi. Hudhud so'zlari qarshisida qushlar ojiz qolib, boshqa uzr aytishga ularda mayl qolmadi. Ularning barchasi Hudhud oldida bechorahol bo'lib, unga shunday savol berdilar:
- Ey zotiga raislik gavhari, boshiga to'g'ri yo'l ko'rsatish toji loyiq bo'lgan qush! Sen necha biyobonlarni kezib chiqqansan, maslak yo'lida imkon boricha e'tiqodda mahkam turgansan va bu yo'lning xavf-xatarini boshdan-oyoq bilasan, xavfning oldini olishda yuqori darajaga erishgansan.
Biz esa zoru zabun va ojiz bir to'damiz, sho'rpeshonaligimiz sababli qora baxtimiz hammamizni xor ayladi. Bu sir ko'nglimizga ravshan bo'lmadi, chunki jaholatimiz ko'pdan-ko'pu ilmimiz ozdan-ozdir. Agar u kamolot osmonidagi porloq quyosh bo'lsa, biz zarra kabi sargashtayu sarsonrniz, ahvolimiz afsus chekarli bir holatda. U oliy charxdan ham yuqoriroqda o'rin tutadi; uning dargohi kenglik ichra Arshga qadar bo'lgan olis masofadan ham kengroqdir! U to'qqiz falakdan ham ortiq turadi, biz esa oddiy bir xasdan ham kamroqmiz. Biz bilan uning o'rtasidagi nisbat nimadan iborat? Yo bu nisbat ichra hikmat nedir? U podshoh shohlarning shohi bo'lsa-yu, biz yo’lda yotgan tuproqdek gadolarning gadoyi bo'lsak. Bizga bu ishlar juda qorong'u: ularni bizga ma'lum et, aqlimiz uni idrok etishdan ojizlik qilmoqda. Biz bir haqir bo'lsagu u oliy bir zot bo'lsa, aytgin-chi, qatraning dengizga nisbati ne bo'ladi?
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:38:43
LXXV
Hudhudning qushlarga javobi va Simurg' zuhuridan xitobi

Hudhud qavmga shunday javob berdi:
— U bir olijanob shahanshohdir. Uning butyn olam go'zalligini o'zida saqlovchi zoti avval maxfiy bir xazina edi. Ammo uning bu go'zalligini namoyon qiluvchi ko'zgu yo'q edi. U o'z ko'rinmog'ini orzu qilib, asta-sekin jilvalana boshladi. Bu jilvalanish jarayonida quyosh kabi yuz tuman ming soya oshkor etdi. Soyalar qanchalik pokiza jilvagar bo'lsa, ularga shunchalik ko'p e'tibor berdi. Olamdagi barcha qushlarning shakli, bilgilki, uning hikmatga to'la soyasidan iboratdir.
Sen bu hikmatdan voqif bo'lding. Sen bilan Simurg' o'rtasidagi nisbat ana shudir. Sen buning ma'nosini yaxshi tushunsang, ey nozikfahm jondosh, uni o'zgalarga oshkor etib, fosh qilma. Bu sir kimga kashf o'lsa, u xayolga cho'madi va o'zining haq ekanligiga ishonchi komil bolib, hayratdan "Alloh saqlasin!" deydi. Chunki haqqa cho'mib, u bilan bir butunlikni tashkil qilganini haqdan bo'lak yana nima deyish mumkin? Ya'ni uni haqqa qorishib ketgan deb aytish kerak!
Sen o'zingning kimga soya ekanligingni va o'zingning tub negizingga yaqin ekanligingni fahmlab olding. Agar Simurg' o'z soyasini istab, jilva etmaganda, soya egasi bo'lmas edi. Bordi-yu Simurg' o'zini yashirin tutishni xohlasa, uning soyasi hech qachon ayon bo'lmasdi. Zeroki, soyaning oshkor bo'lmog'i soya beruvchining vujudi haqida dalil bo'la oladi. Sening ko'zlaring Simurg'ni ko'ra oluvchi bo'lmaganida edi, ko'ngling ko'zgudek munavvar bo’lmas edi. Bunday ko'zga ega bo'lmasdan turib, uning yuzini ko'rish mumkin emas, bundan boshqacha bo'lmaydi. U o'z husniga oshiq bo'lishlarini istab quyosh kabi bir ko'zgu paydo qildi. Toki bu ko'zguda o'zi jilva va noz aylab namoyon bo’lsayu husniga oshiq bo'lganlarni bilsa. Ey dil ahli, bu ko'zgu ko'ngul bo'lib, haq unda muttasil jilva qiladi. U o'z husnining jilvasini namoyon etdi, sen esa unga o'z ko'ngluhg bilan oyinadursan, ya'ni ko'ngling orqali uni bila olasan.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:40:37
LXXVI
Husnini namoyish qilishga ko'zguni vosita qilgan shoh hikoyati

Jamoli osmondagi to'lin oy kabi bir shoh bor edi. Dunyodagi barcha mohpaykar go'zallar unga sipoh erdilar. U esa ularning shohi edi. Uning qomatidan sarv ham hijolat tortar, orazidan quyosh ham sharmanda bo'lar edi. Olamni uning go'zal yuzi ovozasi tutgan edi. Hamma o'sha halok qiluvchi husnni ko'rishga oshiqardi. Uning husnining g'avg'osi olamni tutib, ishqining yag'mosi jon ichra tutashgan edi. Jahonga shunchalik chiroy baxsh etuvchi bu husn egasi bundan yuz ming marta ortiqroq nozu istig'noga ham ega edi. U goho maydonga ot o'ynatib chiqib qolgudek bo'lsa bormi, oldiga kelgan kishi uning husnini ko'rgan zahotiyoq jon taslim etardi. Shu tarzda u javlongohdan sayr etib chiqquncha yo'li halok bo'lgan el bilan tirband bo'lib ketar edi. Xususan, husnidan bu olamda g'avg'o, zulmidan jon mulkiga talon-toroj ko'p tushgan edi.
Xalq uning qatlidan behad qirildi va u o'z jamolini elga ko'rgazmoqni xayol qildi. Uning hukmi bilan bir ko'zgu yasab, taxti oldida o'rnatdilar. Qasr yonida esa ko'zgu aksi tushadigan yulduzday charaqlovchi bir manzar yasatdi. U oyinaga qarab, o'z husniga nazar solar va el ham o'sha manzar vositasida undan bahra olar edi. Toki bunday ko'zguni yasamagunlaricha, unga ko'z tashlagan kishi uning husnidan bahramand bo'lmadi. Shunday qilib, ham uning o'zi o'z husnidan bahra topdi, ham unga qaragan kishilar bahra oldi.
Sen bu ko'zguni ko'ngil deb xayol qilgin, unda o'sha jamol o'z aksini ko'rsatdi. Qasrni inson tanasi, undagi ko'zguni ko'ngil deb bil va bu ko'zgudagi shoh husniga nazar tashla. Avval ko'zguga jilo berilmasdan turib, shoh unga o'z aksini solmaydi. Uning husni aksini ko'zguda aks etmoqda deb anglagin va o'zingni uning qarshisida tomosha qilib turgan deb hisoblagin.
Ko'zgu qanchalik ravshan bo'lsa, aks ham shunchalik benuqson namoyon bo'ladi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:42:16
LXXVII
Iskandarning elchilikka borganligi hikoyati

Bir kun Iskandar shunday qarorga kelib, o'zini o'zi elchi deb tayinladi. Uning bu ishi xuddi Simurg' (qushlar podshosi)ga noma eltuvchi kabutarni eslatardi, ya'ni u shoh maktubini olib boruvchi elchi vazifasini bajarishi lozim edi. U o'sha elchi borishi kerak bo'lgan mamlakatga elchilarga xos tartibda yetib bordi va u yerdagi kishilarga "Iskandarning so'zi budir.." deb aytdi. Qizig'i shuki, uning o'zi Iskandar edi. U xuddi elchilardek so'z bayon etar, o'zi o'z hukmini ularga yetkazar edi. Xalq uning Iskandar ekanligini qayerdan bilsin?! Hamma uni mamlakat hokimining chopari deb hisoblardi. Elga sanoqsiz farmonlar yetkazib, elchi sifatida o'z maqsadini amalga oshirdi. Bu holatni xalqning mingdan biri ham bilmadi, hech kirn bu parda naqshida qanday maqsad bor ekanligini payqamay qoldi.
Sen ham shoh haqida so'z yuritasan, unga erishmoqni istaysan, ammo quruq cho'pchak aytish bilan bunga erishib bo'larmidi?
Qushlar shu tarzda bu so'zlardagi pardali ma'no va sirlami bilib oldilar. Hamma o'z maqsadlariga erishish yo'lini bilib, istagan narsalariga bo'lgan muhabbatlari yanada ortdi. Shunday qilib, peshvo Hudhud iliq so'zlar aytib, begonalarni oshno etadi.Yana qushlarning barchasi unga shunday savol bilan murojaaj qilishdi:
- Ey to'g'ri yo'l ko'rsatish amrida sohibjamol! Biz haddan tashqari zor va zaif, joni kuchsiz, tani ozg'in va nimjon bir to'damiz. Oldimizda turgan ish nihoyatda ulkan, yo'l esa juda olis, unda xavf-xatar ko'p. Biz bu yo'lni qanday bosib o'ta olamiz.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:43:53
LXXVIII
Qushlarning bu yo'l ahvoli haqidagi savoliga Hudhudning javobi

Hudhud qavmga shunday javob berdi:
— Bu haqdagi to'g'ri fikr quyidagicha: ya'ni bu yo'ldagi eng oliy sifat ishqdir, ishq alili esa maslahat berishdan yiroq bo'ladi. Kimki oshiq bo'lsa, u o'z jonidan qo'rqmaydi! Yoki imondan kechib, kofir bo'lishdan ham toymaydi! Agar oshiq o'z jononiga erishmoqchi bo'lsa, bu yo'lda jonu jahondan voz kechmog'i osondir! Go'yoki birov yo'lda choh uchrab qolganday jon ham oshiq yo'lidagi to'siqdir. Oshiq kishi hatto tan va jondan ham, aqlu hushu kufru imondan ham ajralgan bo'ladi.
Ishq olamga o't soluvchidir, jonni yondiruvchi ham - o'sha! Uning shavqi o'ti kufr va imonni kuydiradi. Oshiq bo'lgan kishi oru nomusdan ham, mazhabu imondan ham, islomdan ham voz kechadi. Ishqqa faqat shavq, yonish va dard munosibdir. U chaqmoq kabi jahonni qamraydi. Kimni dard va ishq istilo qilgan bo'lsa, uning uchun jon tark etmoq avlodur! Kimningki jonon tomonga royi bor, jonga ofat yetmog'idan ne parvoyi bor?! Ishq ishi g'amli kechalarda dard chekish va yonishdir; jahonni shu'lalantiruvchi oh unga sham vazifasini o'taydi. Ishqda yonishdan faqat dard paydo bo'ladi, chunki dardga ega bo'lmasdan turib, jonni fido qilish mumkin emas.
Ey mutrib, dardli bir qo'shiq ayt! Soqiy, bedardligimdan halok bo'lmoqdaman! Meni zor etish darajasiga olib boradigan dard jomidan tut, toki undan ishq dardi ko'nglimga ta'sir etsin! Men uni ichib, jondan kechay, aqlu hushu dinu imondan kechay! Kofirlar mayxonasi ichra maskan tutay, belimga zunnor bog'lab. bo'ynimga but osay! Mayxona piri oldida o'zimni mast aylab, Qur'onni o'tda kuydiray va butparast bo'lay! Ishq mayxonasi ichra o'zimni xos qilib, jonimni imon oridan xalos etay! Butxonada qo'ng'iroq tovushini tinglab, butga sajda qilish uchun yer o'pay! Belimga zunnorni mahkam bog'lab, kofirlarni o'zimdan xursand qilay!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:45:15
LXXIX
Hikoyat

Shayx San'on((ibn Saqqo) - XI - XII- asrlarda yashagan tarixiy shaxs bo'lib, uning otashin sevgisi haqidagi qissa Sharq mamlakatlarida mashhurdir. Badiiy adabiyotda bu qissani birinchi bo'lib Farididdin Attor 1221-yilda "Mantiq ut-tayr" asarida nazmda bergan) dargohga yetishganlardan bo'lib, ko'ngli g'ayb sirlaridan ogoh edi. U Ka'bada avliyo kishilar va qavmni yetaklovchilaf orasida xuddi payg'ambar o'z  sahobalari bilan turgandek turardi. U xaloyiqqa to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi bo'lib, Ka'badagi barcha shayxlarning shayxi edi. Uning ostonasida shohlar gadolik qilar, ogoh kishilar ham unga qulliq qilishdan faxr etishardi. U biron-bir g'amgin kishi haqiga duo qilmoqchi bo'lsa, malaklar qo'l ochib, "omin", derdi. Uning maqsadi qarshisida ular yuz ko'rsatib, ko'nglining ko'zgusida jilvalanib turar edilar. Unga yaqin kishilar va muridlarning soni to'rt yuztaga yetar, ularning har biri Junayd (Bag'dodning mashhur shayxlaridan, 910 y.v.e.) va Boyazid(Tayfur binni Iso binni Odam. Yirik shayx, tayfuriya tariqatining asoschisi, 961y.v.e.)larga teng kelardi. Agar u bir duo qilsa bormi, hatto ofat dudidan qorayib ketgan olam ham yorishib ketardi. Agar biror kishi biron-bir dardga mubtalo bo'lgan bo'lsa, u duo qilgach, bu balo daf bo'lardi. Uning shukuhidan charxi a'loga shikast yetar, Arshi a'zam ham uning himmati oldida past turardi. Aqliga Arshning o'zidan xabar kelib, ular vahiy yoki ilhom kabi voqelikka aylanardi. U tushida biror narsa ko'rsa, bu voqea boshdan-oyoq o'ngida ham yuz berardi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:45:56
Unga bir necha tun bir tushni qayta-qayta ko'rgizdilar. Bu tushdan sabru qaror ipini uzdilar. Uyg'onib, o'zining bu holiga tavba qilar, ko'zini yumib, uyquga ketsa, yana o'sha tush qayta takrorlanardi. Tushida bir begona joyda sayr qilib yurar, ma'lum bo'lishicha, bu joy Rum mamlakati ekan. Bu yerda u bir butxona ichida mast holda turar, mastlikdan o'sha ibodatxona ahli kabi butparastlikka yuz tutgan edi.
Bu tush ana shu tarzda bir necha bor bo'lgach, sirlar xazinasi bo'lgan shayx:
— Bu balodan saqlanib bo'lmaydiganga o'xshaydi. Agar bir kishi Ka'bada yoki otashparastlar ibodatxonasida turar ekan. Kishi peshonasida yozilganini ko'rmasdan iloji yo'q. Tezroq o'sha mamlakatga yo'l olish, taqdir qayoqqa yetaklasa, o'sha tomonga ketish lozim. O'sha yerga ham bir borib ko'raylik. Boshimizga nimaiki kelsa "yo nasib", deb qismatdan ko'ramiz,- dedi.
Shu tarzda u o'z holiga nazar solib, o'sha yurtga borishdan o'zga chora topmadi. U keta turib, Ka'baga yuzini qo'ydi va yuz hayajon bilan vidolashmoq uchun uni tavof qildi. Ming hasrat bilan haram tavofini qilib bo'lgach, Rum iqlimi sari yo'lga tushdi.
Hamsuhbatlari uning bu holidan xabardor bo'lgach, bu safarda unga hamrohlik qildilar. Tariqat piri yo'lda davom etar, to'rt yuz yo'l ahli esa unga hamroh edi. Yo'lda halok qilgulik har xil savdolar Shayx ko'ngliga g'ulg'ula solardi. Har dam u o'zga bir holatga tushar, bu og'ir ahvoldan qutulish chorasini topa olmas edi. Uning bu holiga do'stlari hayron qolishar, ularning aqlu hushi boshidan uchardi. Yaqin kishilari undan "Senga nima bo'ldi?" deb so'rashar, ammo shayxning bu g'alati ahvolidan voqif bo'lmasdilar. Ular o'z savollariga javob topa olmagach, Shayxdan ham ko'proq iztirob chekardilar.
Xullas, ular shu tarzda maqsad sari, qaysi maqsad, balki behad shiddat sari yo'l bosdilar. U yurtga yetib kelgan zahotiyoq Shayx ko'nglida yuz xil to'polonlar tug'yon ura boshladi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:46:43
Har nafas bir joyni kezib yurganlarida nogahon g'alati bir butxona namoyon bo'ldi. Uning toqi osmon gumbaziga yetar, juftu toqida esa ko'pgina sirlar yashiringan edi. Bu binoning toshlari g'am va mashaqqat tog'idan keltirilgan bo'lib, g'ishtlari dardu balo tuprog'idan yasalgan edi. Bu g'ishtlar yuz xil murakkab usullar bilan har xil rangdagi bo'yoqlar berib pishirilgan va turli go'zal naqshlar bilan terilgan edi. Bino boloxonasining ayvonchasida fitnalar qarab turar, ular kishilarni chorasiz holga solib, ulardan qutulishning sira iloji bo'lmasdi. Binoning har bir darchasi ishq nuridan yorishib turar, lekin bu darchalarda turli balolar maskan tutgan edi. Kunguralari imonga raxna solar, barchasi ishq dog'ini oshkor etar edi. Har kunguraga terilgan toshlar ishq tig'idan kesilgan boshlarga o'xshardi. Bu toshlar din ahli boshini uchirib yuborish, olam uzra toshbo'ron qilish uchun mo'ljallangandek edi. Darvozasi fitna to'dasi yurib o'tadigan joy, fitnagar toqi esa bu hunarda falakdan andoza olardi. Bu darvozaning halqa va zanjirlari yuz ming nayrangdan iborat bo'lib, ular savdo halqasiga o'rab, devona qilar, telbadek zanjiriga bog'lab tashlar edi.
Bu binoning ichida ishq o'ti yoqilgan yuzta otashkada bor bo'lib, ularning har birida yuz tuman savdoyi mavjud edi. Ulardan chiqayotgan qora tutunlar butxona ustini xuddi kufr va isyon zulmati kabi qoplab yotardi. Bu ko'hna dunyo shuncha aylangani bilan bu xil ajib butxonani hanuzgacha ko'rmagan edi.
Bu yerga kelganda Shayx jismida harorat ko'tarildi, ko'ngli iztirobdan betoqat bo'la boshladi. Har dam unga xastalik yuzlanib, ko'zi o'ngida qandaydir bir o'zga olam namoyon bo'la boshladi. U har tomonga parishonhol qarab yurganida, ko'zi beixtiyor bir tarafga tushdi. Uning qarshisida yuziga parda tortgan bir go'zal paydo bo’ldi. Bu parda go'yo uning quyoshdek yuzini berkitib turgan ufqdagi kamalakka o'xshardi. Shu payt shamol kelib, uning yuzidagi pardani ko'tarib yubordi va bu quyosh nuri har tomonga yoyilib ketdi. Uni quyosh deb atama, balki yuz quyosh ham unga devona bo'lib, uning husni shami atrofida parvonadek edi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:47:21
Bu go'zal qizning qaddu qomati go'yo suratdagi ruhning o'zginasi bo'lib, undan har lahza ruhda o'zga holat yuz berardi. U hur suratli ajoyib bir parizod, gul yonoqli ozoda bir sarv edi. Ko'rinishi ruhni o'ziga maftun etar, shakli shamoyili esa kishini yuz xil shaklga sola olardi. Suratidan hur va parilar ham hijolat chekar, tal'atidan sharq quyoshi ham uyalardi. Yuzi nur sochib turar, sochi zulmat kabi qop-qora edi. Bu nur va zulmat go'yo kufr va imondan nishona berardi. Yuzi uzra mushk taratuvchi zulfi yoyilib turar, go'yo bu zulmat ichra nurning yashiringanini eslatardi. Sochi nur ahliga zulmat olami bo'lib, unda savdo ahlining buyuk bir o'lkasi bekingandek edi. Xuddi yangi oy devonani hayratga solgandek, uning qoshi ham savdoyi kishilar uchun yangi oy kabi tuyulardi. Qoshining toqi — qabog'idagi ko'zi xuddi o'sha butxona toqisi ostida turgan go'zal qizning o'zginasidek ofatli edi. Ko'zi tevaragida fitna ahli kabi kipriklari har tarafga saf tortib turardi. Ko'zining pastida "balo" so'zining ostida yozilgan nuqta kabi bir holi bor edi. O'sha balo ostida va yuz ustidagi xollarni bu ikki so'zga qo'yilgan nuqtalardan misol deb bil.
Og'zi g'ayb sirlaridan nishona berar, ammo o'zi g'ayb ahli kabi benishon edi. Labi xasta jonlar uchun malham bo'lar, nutqida Isoyi Ruhulloh dami bor edi.Uning kayf beruvchi labi yoqut kabi qizil rangda bo'lib, uning shirin so'zlaridan xasta jon oziq olardi. Uning kulgichlarida yuz ming jon asir, bag'baqasining chuqurchasida esa yuz Yusufi Kan'on tutqun bo'lar edi. Agar u bu chohga tushganlarni qutqarish uchun zulfidan kamand tashlasa, bu kamand ularni yanada ko'proq o'ziga bandi etardi. lyak aylanast xuddi bag'baqa ostidagi "nun"ga o'xshaydi, go'yoki obi hayvonga gumbaz bo'lib xizmat qiladi, ammo u qadar baland emas. Ham uning qaddi niholiga jon jilvalanadi, ham xirom aylab yurishidan obi hayvon jilvalanadi. Ko'zi bila labi ajab san'atlar ko'rsatishar, agar birikishilarni oidirsa, ikkinchisi o'sha o'lganlarni tiriltirardi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:47:45
Jismi gulgun bo'lib, kiygan ko'ylagi go'yo gul uzra gul edi, uni ko'rgan zahotiyoq yuz ming ko'ngil toqatsizlanib, o'zini yo'qotardi. Ko'ylagiga rang-barang go'zal naqshlar solingan bo'lib, ularda Rum va Farang ustalarining jon chekib mehnat qilganligi ko'rinib turardi. Ko'ylakdagi qatl etuvchi qizil ranglar necha kishilarni o'ldirsa, lekin undagi atirdan oigan kishilarga qaytadan jon kirardi. Din ahliga qirg'in keltiruvchi kofirdek qotil ko'zidan barcha bahra olishni istardi. Kimki uning sochi zunnorini xayol qilsa, bu soch uning dinu imonini poymol etardi. Husnu latofatda jon aro er tutgudek yoqimli, balki bir qultum suv bilan yutgudek so'lim va go'zal qiz edi. Husnining shu'lasi davronga o't solsa, otashin la'lidan jonga o't tushardi. Aqlu hush egalari undan otashgoh ishqini topardilar, ishqida zohidlar kuyib kul bo'lardilar.
Xullas, ana shu tarso qizi shunday bir go'zal shaklda xuddi quyosh ayvonidagi lso qizi kabi qasr ustida turardi. Bundan Shayx ko'ngliga chaqmoq chaqilgandek bo'lib, uning joni shu'la dengizida g'arq bo'ldi. U qattiq hayajondan "œlohawla" duosini ichida qayta-qayta takrorlab, "tavba" deb yoqasini ushladi. Ammo u sho'x o'z ruxsorining shu'lasi bilan Shayxning tavbayu duosini kuydirib yubordi. Shayx o'zidan ketib, tuproqqa yiqilayozdi. Bu damda qo'lidagi hassasi xuddi uy ustuniga o'xshash uning gavdasini suyab qoldi. U shundan so'ng birpas orqasini devorga tirab turdi va bu g'aroyib vujuddan hayratga cho'mdi. Ammo hayajonning zo'ridan hassasi va jismiga shikast yetib, holdan ketgancha yerga quladi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:48:29
Oxir-oqibatda uning toza joniga ishq tushdi, ishq unga qon kabi kirib, butun vujudini qoplab oldi. U goh behol bo'lar, goh o'z holiga kelar, yo'ldoshlari esa uning bu ahvolidan lol qolishardi. Ular bir-birlariga hayrat bilan boqishar, Shayxning bu holatidan boshlarini quyi solishar, goho umidsizlarcha qarsak urardilar. Shu tarzda uning holi oqshom tushgunga qadar hayron qolarli darajada kechdi, balki bu holdan uning o'zi ham sargardon kezar edi.
Tun mamlakati kunni qoraytib, atrofni o'sha butxonadagi kufr zulmati kabi qorong'ulik qopladi. Uning boshiga shu tun kabi qora qismat tushgan, uning ro'zgoriga ham, unga-tobe' kishilarga ham qora musibat tushgan edi. Ulaming hammasi o'sha mug' dayri tuprog'ida, qaysi tuproq, balki balolar tog'ida qolishdi. Shayxning boshiga juda og'ir kun tushdi; bu kabi qora tunni hali hech bir odamzot ko'rgan emasdi.
Tun osmonda baxtsizlik pardalarini yoydi, har yonga yulduzlardan mixlar qoqdi. Charx ko'z yoshini oqizishga dud xizmatini o'tab, ko'k atrofida aralash-quralash bo'lib ketdi. Falak aylanishdan to'xtab, tog' kabi o'rnidan tebranmay qoldi. Charx dard ahliga zulm ko'rsatib, tog'-tog' qayg'ulami ijod etib turardi. Dunyoni o'sha tog'lar bilan yashirib, unga yuz tuman ming toshlar ham yog'dirardi. Osmon ko'zlaridan yulduzlar sochib, Shayx ahvoliga motamdan nishon bildirardi. Bundan barcha olam ahliga motamsarolik tushgan, ular qora kiygan edilar.
Shayxning boshiga bu kabi qattiq ish hech tushmagan, u nihoyatda ezilgan va g'oyat zaif edi. U zolim ishq zulmidan zor va behol bo'lib, butxona tuprog'ida xoru zor bir ahvolda yotardi. Ishq uning jism ila joniga o't yoqqan, kufr dinu imoniga o't solgan edi. U ko'z yosh to'kkancha yotar va lekin har damda og'zi qurir, chunki ko'nglidagi o'tning shu'lasi og'zidan chiqmoqda edi. Ishq uning ro'zgorini qaro qilgan bo'lsa, tun go'yo yo'qu borini ham qaro qilgan edi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:48:55
Shu tariqa yuz xil balo uning joniga nasib etganidan, u g'arib o'z holiga yig'lab, shunday dedi:
— Har dam qayg'u-musibatim ortib bormoqda. Ey falak! Menga nelar qilmoqdasan! Tinchligimni buzib, ishq sari boshlading, yuz yonar o't ichra meni tashlading! Ko'nglimga
avval ravshan quyoshni ko'rguzub, keyin uni yashirgancha, g'am shomiga tutqun etding! G'am shomigina emas, balki osmon bo'shlig'idagi yaratilish chehrasini qaro qilding! G'am do'zaxining dudi olamni tutib ketdi, uning shu'lasini ko'nglim o'ti bilan yoritding.
Alloh-Alloh! Ne kechadur bu kecha?! Yo Rabbiy! Shunday ham mashaqqatli kecha bo'ladimi?! Men boshimdan ko'pgina qiyin kechalarni o'tkazganman, ammo bu kabi uqubatli kechani hargiz ko'rmaganman! Bu tun emas, balki do'zax o'tining dudidir. Yo falakning ohidan iborat qorishmadir! Bunday tun, yo Rab, hech kimning boshiga tushmasin, unga hech kimsa mendek giriftor bo'lmasin!..
Bilolmay qoldim: tun balosidan gapiraymi yoki menga tusligan kun balosidan gapiraymi?! Jismim, a'zoyi badanim, sezgilarim va aqlu hushim ishqdan shunday parda yopindilarki, go'yo ularning hech biri mayjud emasdek, ishq zulmidan hammasi nobud bo'lgandek tuyulmoqda. Hatto gavdamda tobu toqat qolmaganidan ko'yida ko'z yoshi singari ravon bo'lishga kuch topilmaydi.
Boshimni cheksiz g'amdan qutqarmoq uchun toshga urib tilka-pora qilmoqlikka quvvat qani?!
U quyosh nurlaridan nur olmoqqa, u oy yuzlikka nazar solmoqqa ko'z qani?!.
Qul shohga tazarru aylagandek, o'sha dargohga surtmoqqa yuz qani?!
Ko'ksimga tosh urgudek, boshimga tuproqlar sovurgudek qo'l qani?!
O'zimni qo'lga olishga, aqldan ozishimga to'sqinlik qiladigan hush qani?!
Ishq tadbirlarini aytib beradigan, vayron bo'lgan ko'ngilni tiklaydigan aql qani?!
Dardimga chora qiladigan yoki bag'rim porasiga davo beradigan sabr qani?!
Holim g'amini yeyuvchi ko'ngil qani? Axir u ham hozir o'lik sonida-ku!..
Bir nafas urguchalik tag'in jon qani?!. Ko'ngil kabi uni ham izlab topa olmayrnan!..
Menga bu yo'l ne balolik yo'l edi? Axir bundan battarrog'i bo'lishi mumkin emas-ku!!
Umrni bu yanglig' xoru zor ko'rguncha hargiz tirik bo'lmaganim  yaxshiroq emasmidi?!
Bir xatar chaqmog'i tushib, vujudimdan asar qoldirmasa nima qilardi?!
Do'stlar, menga madad bersangiz nimangiz ketardi?! Jam bo'lib, men zorni o'ldirsangiz!.. Toinki bu olam orimdan, bashariyat ahli esa afg'onu zorimdan qutulsin.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:49:27
Birodarlar, jonimga qatl tig'ini uring! Kuydirib, kulimni har tomonga sovuring! Toki jahonda bu yanglig' rasvo bo'lmayin! Har dam yuz marta o'lgandan ko'ra bir o'lay!
Shayxning bu musibatli holiga do'stlari hayron qolishar, uning dardidan har dam qon yig'lashar edi. Bu g'amgin va chorasiz kishilar bir yerga to'planib, har biri Shayxga turli nasihatlar bera boshlashdi. Shayx ular pandini fahmlamas, nozik so'zlar ma'nosini ham anglamas edi. Ular Shayxga aql mezoni bilan xitob etgan bo'lsalar, Shayx ularga ishq yo'sinida javob qaytarar edi.
Ulardan biridedi:
— Ey din arboblarining boshlig'i! Sening izlaring yaqinlar ahliga surma o'rnidadir. Kishi hayotida shunaqa ko'rgulik sodir bo'lib turadi, axir, undan faqat o'zini qo'lga olgan kishigina najot topadi.
Shayx dedi:
— Ey farzand! O'zlik qayoqda deysan, u bo'lganda men ham uni zabt etmasmidim?
Biri dedi:
— Bu shaytonning ishi. Undan kishi faqat zikr tushish yo'li bilangina qutuladi.
Shayx dedi:
— U holda jam'iyat shartdir, men esa parishonhol odamman, qandog'am xosiyat berardi?..
Biri dedi:
— Ey sir ahlining peshvosi! Bu baloni daf qilish uchun namoz o'qish kerak.
Shayx dedi:
— Bu ma'nida so'z aytma! Men telbaman, telbaga esa aql o'rgatmaydilar.
Biri dedi:
— O'rningdan tur-da, tahorat qil va kishilarni toat-ibodat qilishga ishorat qil!
Shayx dedi:
— Ko'z yoshimdan o'zga suvim yo'q, bag'rimdan har dam ko'zimga qon yoshlar keladi!
Biri dedi:
— G'usl qilish kerak, u ko'ngulni pok etishdan tashqari g'amdan qutqaradi. Eng to'g'ri yo’l ana shudir!
Shayx dedi:
— Men yo'qlik dengizida g'arq bo'ldim. Mendan yana nima istaysan?!
Biri dedi:
— Tasbehingga mashg'ul bo'l-da, bu parishon holatdan o'zingni qutqar.
Shayx dedi:
— Tasbehimning tori uzildi, uning o'rniga zunnor ipini bog'ladim!
Biri dedi:
— Misvok — tish kovlagichga e’tibor qil, uni og'zingga solib, sunnat bajo keltir!
Shayx dedi:
— Agar misvok havas qilmoqchi bo'lsam, men uchun og'zimdagi hayrat barmog'i yetarlidir.
Biri dedi:
— Biror xatolik yuz bergan bo'lsa, uzriga yer o'pib, unga sajda qil!
Shayx esa ko'zlaridan qon yoshini oqizib shunday dedi:
— Ban bir bu eshikdan boshimni olmayman!
Biri dedi:
— Safar Rumga bo'ldi, endi Ka'bani qarorgoh etmoq darkor.
Shayx dedi:
— U yerda izlaganimni bu yerda topdim, endi nima uchun orqaga qaytib, behuda mashaqqat chekishim kerak?!
Biri dedi:
— Sahro sari yuzlanib, Batho tomon yolga chiqish vaqtidir.
Shayx dedi:
— Men uni bu yerda topdim. Rum borida Bathoni nima qilaman?
Biri dedi:
— Safarimiz tamom bo’ldi. Vatan sari yo’lga tushsak yaxshi bo’lardi.
Shayx dedi:
— Ehsonli Alloh go'yo o'zi muruvvat ko'rsatib, ushbu butxonani menga haqiqiy vatan etibdir.
Biri dedi:
— Agar boshqa shayxlar bu ishdan xabar topsalar, bizni ta'na-malomat qiladilar-ku?!
Shayx dedi:
— Ular bilan ishim yo'q. Istagan kishim xarobat ichidadir.
Biri dedi:
— Sening avvalgi vajdu holating - e'tiqoding qani? Zuhd va ibodatda o'tkazgan pokiza vaqtlaring qani?
Shayx dedi:
— Holatim — butxonada turmoqdan iborat. Sobiq ibodatlarimning yuztasi bunga sadqa!
Qavm o'sha kechasi yuz to'lg'anib, Shayx ahvolidan iztirob chekardi. Ular Shayxga ta'nalar qilishar, ammo Shayx bularga parvo qilmasdi. Ular Shayxga o'gitlar berishar, ammo u bularni fahmlamas edi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:50:00
Ertalabgacha butxonadagi kishilar g'avg'o qilib, din ahlining bu holini tomosha qildilar. Ular din ahli rasm-rusumlarini hazil-masxara qilish bilan o'z dinlari tariqatidan lof urib, maqtanib qo'yishardi. Ular gumrohlik andishasiga borib o'z Lot (but)laridagi "lo"ni "illalloh" so'zining "lo"si bilan teng deb hisoblashardi. U kishilar uchun o'zlarining baxtsizlikka duchor bo'lganliklari bir sari bo'lsa, butxona ahlining bu savdodan sevinishi bir sari bo'lib tushmoqda edi. Shayx yaqin kishilari bilan butxona kishilarining yonini olar, bundan din ahli hijolat tortardi. Tong yorishgunga qadar bunday mudhish hol musulmonlarga ko'p malollik yetkazdi.
Yorug'lik qorong'ulikni yenggach, butparastlar o'zlarining katta qo'ng'irog'ini chaldilar. Nasroniy qizi o'z chehrasini namoyish etganidek, charx quyosh nurlarini olamga ko'rgizdi. Butxona ahli orasida Shayx ishqi va ahvoli haqida mojaro qo'zg'aldi. Ular butxona ichida to'planib olib, butxona ahli millatiga quvvat bag'ishlovchi bu holdan shod bo'lishardi. Din ahlining bunday hijolatlari tobora ortib, nihoyat ular nomusga chiday olmay, Shayxni yolg'iz tashlab tarqalib ketishdi. Bechora Shayx butxonadagi bolalarga ham masxara bo'ldi, ular Shayxning bu holidan mazza qilib kulishardi.
Keksa Shayx oshiqu zor, g'arib bir holda ko'zini tarso qizi tomonga tikkancha yo'l uzra yotardi. Kishilar uni tahqirlab va masxaralab bosib o'tsa ham, u mutlaqo parvo qilmas edi. Chekkan azobidan g'oyibu hozirlarning ham, ingrashidan mo'minu kofirlarning ham rahmi kelardi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:50:22
Ammo Shayxning kunduz kunini shu tariqa qaro qilgan va uni din yo'lidan chiqarib, kofirlar butxonasi ichida rasvo aylagan o'sha olamga o't soluvchi tarsozoda parda orqasidan oshiqu zoriga, giriftoriga yashirincha boqib turardi. U, Shayxni g'aflatda qoldirib, poymol bolib yotganini ko'rsa-da, o'zini bilmaslikka solar, uning holini tushunishni o'ylam'asdi. Garchi u Shayxning diniga qasd qilib, uning jonini talon-toroj etgan bo'lsa-da, o'zini go'llik va nodonlikka solib, go'yo hech narsa bilmagandek tutardi.
Uning firoqidan Shayx joni o'rtanar, balki boru yo'g'i shu o'tda yonardi. Ertadan kechgacha bag'ri chok-chok bo'lib, kechdan tong otguncha ayriliqdan halokat yoqasiga borib qolardi. Shu tarzda uning mashaqqatli har bir nafasi ortiq tuyular, bir oy mobaynida ahvoli shunday kechdi. Unga ranju dard haddan tashqari yuzlanib, g'am ichida qolgan jismi tuproq bilan teng bo'layozganida, o'sha zolim kofir, ishvagar xulqli go'zal yana o'sha joyida ko'rindi. Nozli husni bilan butun olamga o't solgancha o'z giriftori holidan xabar olmoqchi bo'lib, shunday savol berdi:
— Ey islom eliga yetakchi, din va islom ahliga to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi pir! Senga Ka'ba tavofini qilish hunar edi, nechun butxona eshigida vatan tutding?! Seni din elining madadkori deyishardi, kofirlar butxonasiga nechun asir bo'lding?! Agar safar ahli biror yerga tushib, u yerni manzil etsa, bir kecha o'sha yerda bo'lib, ertasiga boshqa yoqqa ketadi. Sen Shayx esa bir oydan beri bu yerda tunb, butxona tuprog'ini maskan
etding. Kofirlar butxonasida yashashdan va zulmat ahlidan tilagan maqsading nima ekan?
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:51:14
Shayx jahonni bezatadigan bu jamolni ko'rib, uning bu jon baxsh etuvchi so'zlarini eshitgach, hayajondan butun a'zosini qaltiroq bosdi. Jismi goh bukilar, goh tik bo'lardi. Hushini yo'qotib, o'zidan keta boshladi, jismida hayotdan asar ham qolmadi. Butxona eli uni o'ldi deb gumon qilishdi va ming yil oldin o'tganlar bilan teng bo'ldi deb hisoblashdi.
Shayx shu ahvolda bir kecha-kunduz o'likdek yotdi. U sanam esa Shayxning bu holiga afsus bilan bosh chayqatardi, boshqa kofirlar ham hayronu lol edilar. Hattoki qon to'kuvchi o'sha qotilning ham unga rahmi keldi. Kufr va din ahllari Shayxning boshiga yig'ilib, komil ishqiga ofarinlar aytishdi. Uning boshini tuproqdan ko'tarib qarasalar, hali badanida joni bor ekan.
Shayxning ishqi el ko'ngliga nihoyatda ta'sir etdi, sanam holida ham o'zgarish yuz berdi. U o'z ishqi bilan qatl etilgan Shayx oldiga qadam qo'ydi. Xastaning dimog'i maqsad isini sezgach, gulchehraga qarash uchun asta ko'z soldi. Uning yuzida na rang, og'zida na so'z qoldi. Shu tariqa u bir muddat gung va lol bo'ldi, tili so'z aytishga ojizlik qildi. Visol zavqi uni o'z holiga keltirgach, zolim kofir unga shunday savol qildi:
— Biz Shayxdan hol-ahvol so'rab, uning qanday kayfiyatda ekanligini bilmoq uchun savol bergan edik. Ammo Shayx hiyla bilan o'zini behush ko'rsatib, bizga biron so'z aytish uchun og'iz ochmadi. Endi u yana o'z holiga qaytdi, bizning yuqoridagi savolimizga javob bersin.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:51:40
Shayx bu so'zlarni eshitgach, oh urib, ko'zidan shashqator yosh to'kib, dedi:
— Ey ko'nglimga qiyomat solgan! Sen mendan hol-ahvol so'raganingdan keyin arz qilmoqdan o'zga ilojim yo'qdir. Arzimni biron takalluf bilan tutib bo'ladimi, axir?! Chunki bu ish maxfiy sir bolishdan o'tdi, endi dardimni ichimga yutgancha, uni senga ayon qilaman. Butxona ichida bu xil zor bo'ldim, ishq bandiga giriftor bo'ldim, jonimga har xil balolar yuzlandi — hammasiga yuzingni ko'rish bo’isdir. Ajoyib joyda chehrang jilvalanishi bilan xuddi to'rtinchi osmondan quyosh porlagandek bo'ldi; menda ne chidam qoldi, ne sabru toqat, o'sha soatdayoq aqlu hushimdan ajraldim.
O'z holimni qisqacha izhor etib, seni dardimdan xabardor ayladim. Agar chora qilsang — sen uchun oson, agar qatl qilsang ham jonimning hayoti bo'ladi. Men o'z holimni bildiray, deb senga arz qildim. Qatl etasanmi yo rahm qilasanmi — sening o'zing bilasan!
Sho'x unga dedi:
— Ey oliy sifatlar egasi bo'lgan murshid! Ahli islom ichra uyat yo'q emish! Axir sen kabi islom elining boshlig'i ham shunday parishon so'zlar aytadimi? Senda na hayo bor ekan
va na adab! Sen o'zi g'alatiroq odam ekansan, aytgan so'zlaring esa sendan ham g'alatiroq!..
Ey, peshvo! Kimki, ishq ahlidin bo’lsa, uni faqat odobli va hayo koni deb bilgil!
Ey, yo'l piri! Bu xil odobdan tashqari so'zlarni dadil aytish hatto yosh bolalarning ham qoiidan kelmaydi! Axir seni Shayx deb ataydilar-ku, oq soqolingdan uyalsang bo’lmaydimi?! Yoshing to'qson bilan yuzga borib qolibdi. Seni qari desa ham, yosh desa ham bo'ladi... Yosh bo'lsang, hanuzgacha aqling kirmabdi, qari kishi esa bu xil so'zlarni o'zining xazon faslida aytishi yarashmaydi. Axir sen yosh emassan, hayron qolarli darajada qarisan-ku, aqli hushi uchib, munkillab qolgan cholsan-ku! Sen shunday so'zlar so'yladingki, ularni inson jinsidan bo’lgan bironta ham odam aytmaydi.
Ey beqaror Shayx! Shak-shubhasiz: sening bu so'zlaringda tiling bilan ko'ngling bir emas. Chunki ishq ahli o'z sirlarini maxfiy tutib, uning fosh bo'lishidan ehtiyot bo'ladilar. Ayniqsa, ma'shuqa oldida bu xil so'zlarni aytib, ishqini bu xil shoshib-toshib bayon qilib bo'ladimi? Ishq dardiga yo'liqqanlar shunday yo'l tutadilarmi? Zuhdu taqvo elining chidamliligi shundoq bo'ladimi?!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:52:04
Go'zal tal'atli mahvash shu xil so'zlarni aytgach, Shayx uyatdan o'zini qo'yarga joy topa olmay qoldi... Bechora Shayx ko'p hijolatlar chekib, unga shunday dedi:
— Ey inson sifatli hurzod! Ishq meni zoru zabun aylab, aqlimni o'g'irlab oldi, o'zimni telba-devona qilib qo'ydi. El devona kishidan aql kutadimi? Yo savdoyi va sehrlangan odamdan adab talab etadimi? Agar telbalik tufayli adabsiz so'z aytgan bo'lsam, meni kechir; chunki u payt men o'zimda yo'q edim. Ammo nima degan bo'lsam, ularning hammasi rost. Tonmasang tekshirib ko'rishning mumkin. Ey, nigor, tanim zor bo'lib
ko'nglim pora-pora bo’lgan bir paytda, qanday qilib senga sertakalluflik bilan so'z ayta olaman?! Sen so'ragan paytda qay holatda bo'lsam, shunday javob qaytardim. Bari bir uni yashirib bo'lmaydi, boricha aytdim. Chunki o'zimni oshiq emasman va yor vaslini istamayman, deya olmayman-ku, axir!
Shunday qilib, Shayx aytgan so'zlaridan tonmadi. Ma'shuqasidan uzr so'rash, yolvorishga o'tmadi. Shunda u sho'xi sarkash dedi:
— Ey, jahlga yo'g'rilgan odam! Agar qismatga rozi bo'lsang: kimki mening vaslimni tamanno aylasa, u to'rt ishni bajarishi shart: u may ichishi, mast bo'lib, zunnor bog'lashi, Qur'onni o'tda kuydirishi va butparastlar diniga kirmog'i kerak.
Bu to'rt narsa ishqning sharti - shukronasidir. Uning yana ikkita jarimasi ham bor. Chunki bu foniylik to'rt yo'li bo’lsa, yana ikki yo'l o'sha to'rtning ifnosi (fanoda butunlay yo'qolishi, o'zini mahv etish) demakdir. Ulardan birinchisi - bir yil davomida xinzirboqarlik qilish bo’lsa, ikkinchisi - shu davr mobaynida otashgoh o'tining parvonasi bolishing, ya'ni otashgohda o't yoqishing lozim.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:53:49
Agar Shayx bu butxona aro chin oshiq bo'lsa va o'z ishqining da'vosida sodiqlik ko'rsatsa, unga isbotlash uchun shukrona ham, jarima ham ana shundan iborat. Bundan ham ortiq balolar bo’larmikan? Agar mening vaslimga sen talabgor bo'lib, yoningda bo’lmoqlig'imni istasang, bu aytganlarimning ham-masini qabul etmog'ing kerak. Shundagina sen vasl ko'chasiga kira olasan. Bordiyu bu ishlarni bajarishga qurbing yetmasa, erta kunni kech qilmasdan, yo’lingdan qolma!
Shayx unga dedi:
— Ey xasta jonim ofati! Ko'nglimni ishqing otashi o'rtamoqda. Shavqing shulasi vujudimni chulg'ab, ishqing chaqmog'i o'rish-arqog'imni kuydirmoqda. Men g'aribu devonaman, aqlu hushu sabrdan begonaman. Pariruxsor yor neki amr etsa, devona oshiqiga ne ixtiyor! Nimaiki talab qilsang, buyur, chunki sen hokimsan! Agar bajarmasam, jafo tig'ini bo'ynimga ur!
Shayx o'z so'zlarini shu yerda to'xtatdi. Uning bu so'zlari sho'x qizga va barcha butxona ahliga ma'qul tushdi. Shundan so'ng butxona ichini jannat kabi yasatib, ko'p takalluf bilan bezadilar. Uning to'rida osmon barobar yuksak taxt o'rnatdilar, undagi zebu ziynat haddan ziyod ko'p, qiyosdan tashqari go'zal edi. Sho'x nasroniy qizi unga shavq bilan chiqib keldi, uni ko'rgan Shayx har dam joni og'ziga kelardi. Imoni yuzini qora qilish uchun Shayxni to'plangan odamlar o'rtasiga olib kirdilar. Butparastlar, xoh ular shu yerdagi turg'un kishilar bo’lsin, xoh sayr etib yuruvchi jahongashtalar bo’lsin, hammasi bir yerda jam bo'ldilar. U yerda o'nlab xumlarda may hozir etib, uning har xil gazaklarini ham tayyor qilib qo'ydilar. Atrofida butxona qo'ng'irog'i va arg'anunlar. Shayx dini motamiga un tortib, kuy chalar edilar.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:54:24
Hech qachon olamda bu yanglig' ish bo’lgan emas edi. Rohiblar har tarafdan saf tortib o'tirar edilar. Ogoh murshiddan Qur'onni so'radilar, otashgohdan o't olib kelib qo'ydilar. Zunnor va salib muhayyo etilgach, dilni ovlovchi tarso qizi yuz afsun bilan o'rnidan turdi. U yuz ming noz bilan taxtdan tushib, Shayx oldiga e'zoz bilan yurib keldi. Uning yonida o'tirib, qadah to'la may ichdi. Buni ko'rgan Shayxning hushi boshidan uchdi. Soqiy qadahdan sarxush bo'lgach, yana boshqatdan qadahni limmo-lim toidirib, uni Shayxga tutdi va shunday dedi:
— Oxiriga qadar ich, ey olijanob kishi! Bilki, bir tomchi qolsa ham, hisobga o'tmaydi!
Ishqqa berilgan Shayx istar-istamas dilnavoz tutgan mayni ichar ekan, ko'zlaridan yosh dumalar, islom va imondan qo'lini butkul yuvgan edi. U shunday ichdiki, boshidan dud chiqib, may o'tida butun borlig'i kul bo'ldi.
Shayxga bir necha davra may tutganlaridan so'ng, uning ishqi aqliga jabr eta boshladi. Boda uning hushini o'tmas qilib qo'ygach, u qizga vasldan muddao izhor etdi.
Sho'x tarso qizi esa unga: "Endi shartlardan birigina bajarildi, xolos",— deb aytdi. Shayx unga: "Ey sho'x, yana nima qoldi, aytgil, har ne matlub bo'lsa, men bajaray!" dedi. Shundan so'ng sohibjamol mahvash kufr ahlining ulug'lariga ishora qildi. Ularning barchasi kufr ishlari sohasida mohir kishilar bo'lib, Shayx imonini kufrga taqdim etdilar va uni o'sha dinga kiritdilar. Uning ustidagi pirlik xirqasini yechib olib, yalang'ochladilar. Bu holatni ko'rgan kishi yig'lab turardi. Shundan so'ng uni may hovuzi ichiga solib, boshdan-oyoq cho'miltirdilar. Shayx ham hech narsadan hayiqmasdan mayga sho'ng'ishda davom etaverdi.
Keyin kofirlar kiyadigan kiyimlarni olib kelib, unga boshdan-oyoq kiydirdilar. Beliga zunnorni mahkam tang'ib, bu tasavvuf peshvosi bo'lgan Shayxni kofir qildilar. So'ngra xor bo'lib ezilgan Shayxni butxonaga olib kirdilar. U mast holda but oldida sajda qildi, egnidagi pirlik xirqasini olovda kuydirdi va "Kalomulloh"ni o'tga tashladi. Shunday qilib, dam-badam uzatilayotgan qadahdan mast bo'ldi, ham o'zini mastona butparast qildi. Gardun uning boshiga solmagan jahondagi hech bir rasvolik qolmadi.
Ishq Ka'ba siri mushkulini ana shu tarzda hal etib, Shayxni butxona bolalariga masxara qildi-qo'ydi. Yosh farang bachchalar mast-alast yotgan din peshvosi bilan hazil-mazah o'ynashar; qutlug' qadam egasi Shayx esa o'zini bilmay yotar; agar o'ziga kelib qolgudek bo’lsa, unga yana may tutar edilar. U tunu kun shu tarzda hushsiz g'irt mast holda karaxt bo'lib yotar, unga na kun va tun ma'lum bo'lar edi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:55:13
Oqibat ishq yana tug'yon urdi. U bir sahar o'rnidan turib, shunday afg'on qilib, faryod ko'tardi.
— Ey ko'nglimga iztirob solib, vujudim binosini xarob qilgan! Ishqi bedodlikni bunyod aylab, dinu imonimni barbod etgan! Kufr elining dini shunday bo'ladimi?! So'zni bir joyga qo'yib shartlashish natijasi shumi?! El maqsadini shu tarzda amalga oshiradilarmi?! Shu xil va'daga vafo qiladilarmi?! Ko'ngling nimaiki istagan bo'lsa, hammasini bajartirding, yuz ming balo chaqmog'ini menga urding. Qani ayt-chi, qaysi istagingni amalga oshirmadim?! Qaysi shartingni bajo keltirmadim?! Vafo qilish paytida o'zingni bilib-bilmaslikka solmoqdasan. Vaslga erishuvimga beparvolik qilmoqdasan. Men ham g'aribu ham qari, ham xastaman, kufr zanjiri bilan mahkam bogianganman. Meni kecha-kunduz mayga tutib, va'da qilganlaringni unutding! Da'voingni shu tariqa isbotlaysanmi?! O'zing cho'qinadigan "Manot" va "Lot"lar' dan qo'rqmaysanmi?! Sho'x tarso dedi:
—  Ey Shayx! Buncha ko'p ta'na qilaverma! Shart boylashdingmi, uni nihoyasiga yetkaz. Vaslga suyunchi bo'ladigan to'rt ishni bajarding. Endi ishqning ikki jarimasi qoldi. Ey ulug'lar faxri, bu jarimalar quyidagicha: bu butxona atroflda ko'ngling jirkanmasdan roppa-rosa bir yil kechalari otashgohda o't yoqasan. Kunduz kunlari esa o'zingni notavon
tutmasdan, cho'chqa podasini qarshi olishga ravona bo'lasan va kechga qadar cho'chqaboqarlik qilib, bu yerdagi kishilarga cho'ponlik vazifasini bajarasan.
Bir yil tugagach, visol sari yetib kelasan. O'shanda ifien visol bazmini muhayyo qilib, senga peshvoz chiqaman hamda kufr yo'sinida to'y boshlab, vaslim bilan sening joningni shod qilaman.
Agar ishq qoidasida yetuk bo’lmasang, bu yolga qadam qo'yma, ya'ni aytilgan jarimalarni bajarmasang, kofirlikdan voz kechib, diningni qabul qil hamda ibodatxonani qo'yib, Ka'baga qayt! Necha kun muttasil aysh qilib, may ichganingni o'zingga bag'ishladim. Kuydirilgan eski kiyimlaringning ham bahridan o't, ularning o'rish-arqog'i haqida so'z yuritmay qo'ya qol. Yoki o'z kiyimlaringga muayyan baho da'vo qilsang, mayli, pulini olib, cho'ntagingga sol, yo'lda xarjlash uchun ishlatarsan. Bu yerda nimaiki ko'rgan bo'lsang, ko'rmadim deb gumon qil yoki havas mayxonasi tomon ot choptirmadim deb o'yla!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:57:10
Shayx mahvash so'zlariga quloq solib eshitga'ch, uning qalbida yana ishq tug'yon aylab, shunday fig'on qildi:
—  Ey ishqing shiddati jonimda bo'lgan, xotirim oromi, ko'nglim quvvati! Har neki istaging bo'lsa, buyur — qulingman. Agar bajarmasam, mayli, meni qatlga hukm et! Ammo hijron so'zini aytma, meni vasl uyidan benasib etuvchi so'zga yo'lama!
Shunday deb u o'rnidan irg'ib turdi-da:
—  Suruvni keltiring, "œqo'y"ni cho'pon huzuriga yetkuring! Men gumrohga madad aylab, iltifot qilib, otashgoh sari yo'l boshlang!— dedi.
Xullas, "œqo'y"ni cho'pon huzuriga yetkardilar, uning ikkinchi tilagini ham bajo keltirdilar. Shayx kunduz kunlari cho'chqa to'dasidan ogoh bo'lib, ularni boqsa, kechalari uning manzilgohi otashgoh bo'lar edi.
Kechqurundan tong otgunga qadar uning ishi o't yoqish bo'lib, kufr olovini ravshanroq yondirish bilan vaqtini o'tkazardi. Sahar payti butxonada qo'ng'iroq chalingach, ya'ni qaro zulmat tuni yorishgach, u devonalikdan gulxanga yiqilgan odamdek dudga belangancha kuldan chiqib kelardi. Qo'ng'iroq ohangiga mos holda kufr elining odat va tartibida xirgoyi qilardi. Shu tariqa u to'ng'izlarga ro'para bo'lar, uning atrofida yuzdan ortiq to'ng'iz bo'lardi.
Shunday qilib, u bu xil zulmatga giriftor va asir bo'lib qolgan edi. Uning farmonidagi qavm bu ahvoldan uni xalos etish uchun ko'pgina chora-tadbirlar qilib ko'rishdi, ammo bu tadbirlar unga qil uchichalik ham ta'sir etmadi. Ular Shayxni xalos qilishga hech imkon topa olmagach, chorasiz holda har yoqqa tarqab ketishdi. Shayxning o'zi yolg'iz qoldi. Ulardan har biri uyatdan bir tomon borib, Ka'bada qochoqlar kabi yashirindilar.
Shayxning bir foniy muridi bo'lar edi. U ishq jomidan haddan ziyod ko'p may ichgan edi. Yetakchi (Shayx) karvonni qayerga boshlasa, bu solik (shogird) ham o'sha manzilda unga hamroh bo'lguvchi edi. Ammo Shayx Rum sari safarga chiqqanida, unga o'zga bir mamlakat maskan bo'lgan edi. Bu qutlug' qadamli yo'lovchi safardan qaytib, Ka'ba tomon ko'pgina manzillarni bosib o'tdi. Yo'ldanoq u Shayx atrofidan panoh istay deb, xonaqoh tomon yuzlandi. Ammo kelib qarasa, xonaqoh xarob, uning piri yo'q edi. Xonaqohdagi to'rt yuzta taqvodordan birortasi ham ko'rinmasdi. U bu holni yaxshilab tekshirib ko'rgandan so'ng unga sodir bo'lgan ahvolni boricha aytib berishdi: Shayxning Rum sari yo'lga chiqqani va bu yerda uning boshiga ne ishlar tushganini so'zlab berishdi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:57:50
U Shayx muridlarining xalifasi (boshlig'i) bo'lgani uchun o'z o'rtoqlarini olib kelishga kishilar yubordi. Shu tarzda himmat ko'rsatib, barchasini bir yerda jamladi hamda ulardan Shayx ahvolini diqqat bilan surishtirdi. Unga tush bilan Rum voqeasini bayon qilib, butxona va tarso qizi zulmini aytib berishdi. Shayxning ishq ichra beqaror bo'lganini va holida beixtiyor qolganini, boda ichib, rindu mast bo'lganini; dinni tark etib, butparast bo'lganini; yana otashgohni maskan etganini va "Kalomulloh"ni o'tga solganini hamda qanday qilib zunnorni beliga to'rt aylantirib bog'laganini, hozir u kechalari otashgohda o't yoqib, kunduz kunlari esa cho'chqa boqishligini hikoya qilib berishdi.
Shunda dard sohibi bo'lgan haligi xabardor rind ularga shunday dedi:
— Ey or-nomusni saqlashda to'ng'izlardan ham battar bo'lgan kishilar! Shayx sizning piringiz edi, sizlar unga murid edingizlar. Uning ko'rsatmasidan barchaga najot umidi yetardi. Faqr aro muridlik qilish sharti shunday: agar kimki qutlug' tabiatli bo'lib, murshid bo'lsa, uning muridlari ham unga o'xshash bo'lishi kerak... Agar u o'zining yaxshi-yomon kunlarida nima ish qilsa, siz unga taqlid etishingiz lozim. Siz vafosizlarga faqr tartibi odatlari hayf! So'fiylar kiyadigan xirqayu o'raydigan salla ham hayf!
Dorilomon payti yolg'on lof urib, Shayxga sodiqligingizni isbot etishga tirishasiz. Shayxning boshiga og'ir ish tushsa, o'zingizni undan uzoqqa tortasiz. Shayxingizga bevafolik qilib, Qiblagohingizni butxona ichiga tashlab kelibsiz. Allohdan qo'rqmay, eldan uyalmasdan, bu ish uning boshiga tushganda, uni yolg'iz qoldirib, orqangizga qaytibsiz. O'z peshvongizni u yerga qo'yib, xizmatidan, balki diydoridan to'yib, qaytib kelibsiz. Shu sifat bilan yana o'zingizni yaxshi fikrli, to'g'ri ish tutuvchi deb hisoblaysiz, bir-biringizni yana "darvish" deb ham ataysiz. Zuhdu tasbehu ridongizdan uyat sizga! Kavush, salla va hassangizdan uyat sizga! Agar Shayx itboqarlik qilib, bir necha it parvarish etganida edi, unga charxdan bu yanglig' jafo yetgan paytda itlardan vafo ko'rgan bo'lmasmidi?! Axir ulardan ba'zilari yo'qolib ketsa, ba'zisi qolar, uning atrofidan jilmasdan turar edi-ku! Uning muholiflari bilan goh urishib, goh uning motamida ulishar edi! Agar insondan vafo yiroq bo'lsa, vafo bobida unday kishidan it yaxshiroqdir. Bordiyu sizda mardonalik, ixlos da'vosi ichra oqillik, donolik bor bo'lsa edi, Shayx boshiga bunday balo tushganda, ya'ni u birov ishqiga mubtalo bo'lib, o'zini har jafoga duchor etganida, uni siz ham qilmog'ingiz lozim edi. Ammo barchangizda unga hamdardlik qilishdan o'zni chetga tortish zohir bo'lib, faqr ichra yuz nomardlik ko'rsatdingiz. Kishi "erman" deb lof urgani bilan er bo'la oladimi? Qo'lidan kelmaydigan ishga qo'l uradimi?
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:58:14
Jonga oziq bag'ishchlovchi shogird shu tarzdagi so'zlarni aytar, ular og'ziga sukut muhri solgancha, lom-mim demay jim o'tirishar edi. U ularni koyigach, "Bir yerda o'tirish bilan ish bitmaydi", deb o'rnidan turib, Rum sari, din va imonni yondiruvchi o'sha manzil tomon yo'lga chiqdi. Haligi jamoat ham uni qo'llab, xohlar-xohlamas unga yo'ldosh bo'lishdi. Barcha cho'lu biyobonlarni bosib o'tib, cho'chqaboqar Shayx turgan manzilga yetib bordilar. Shayxda na islom, na imon maslagidan asar qolgan; na aql, na zuhdu taqvo andishasidan nishon qolgan edi. Bu telba oshiq maydan mast holda bexudlik dardi bilan birga edi.
Shayx o'z oldiga kelganlarni tanimay, ulardan yuzini teskari burdi va cho'chqalar to'dasi yurgan tomonga qaradi.
So'fiylik yo'lini tutuvchi solik bu holni ko'rgach, Shayx uchun ko'ngli buzilib, oh urdi. Yuziga ko'plab hasrat yoshlarini to'kib, o'zi bilan birga kelgan jamoatga qarab shunday dedi:
— Endi Allohga hamdu sano aytib, bu yerda turmasdan orqalaringga qaytinglar! Kamolot sohibi bo'lgan murshidimiz Shayxning ko'zi ishq g'avg'osidan xiralashib qolibdi.
U shaharga qaytib, otashparastlar boshlig'ini topdi va dahr zulm etgan odamlarga o'z maqsadini aytdi. Shundan so'ng u halol, chin oshiq dargohida kecha-kunduz iltijo yoshlarini to'ka boshladi. Uning ishi shayxiga xalos topishni muddao bilib, munojot va duo qilmoqdan iborat bo'lib qoldi. U bu maqsadida sodiq bo'lib, o'zi sadoqat ahliga muvofiq edi. Iztirob bilan ko'p duo qildi va nihoyat Alloh ham uning duosini qabul etdi.
Bir kecha iltijo ko'z yoshlarini oqizib, yig'lash zo'ridan xastahol bo'ldi. Tong paytida ko'zi bir lahzalik uyquga bordi. Tush ko'rdi: bir ajoyib nur ko'zga tashlanib, nur orasidan quyosh balqdi. Bu shunday quyoshki, yuzta quyosh zarra kabi bunga yetishish uchun sargardondir. U nabilarning so'nggi vakili, payg'ambarlik muhr-uzugi, hoshimiylardan chiqqan olam sarasi edi. U tabassum qilib kelar, jon bag'ishlovchi lablari so'zga moyil edi. Sirlar xazinasi ana shunday namoyon bo'lgach, sodiq murid uning huzurida yuz tuban tushib, o'z ehtiyojini arz eta boshladi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 21:59:57
— Ey xastahollarni lutfu marhamat bilan qo’llovchi payg'ambarlik mamlakatining taxti sohibi!.. Senga holatimni bayon etishga hojat yo'q: chunki yorug' ko'nglingga hammasi ma'lumdir.
Payg'ambarlar shohi yuz ming lutf bilan:
- Ey umiding bog'ida gul ochilgan kishi! Sidqu to'g'ri niyatingga ofarin. Sen shunchalik ojizona yolbordingki, ishlarni saranjomlovchi Ilohiy ojizliging va yolborishlaringni qabul etdi;
nolayu, o'rtanishlaring dargoliida qabul bo’ldi. Alloh o'z maxfiy hikmati namoyishida bu yo'lga kirganlarga shunday to'siqlar qo'yadiki, ularni yengib o'tmay najot topish imkoni bo'lmaydi.
Shayxingiz shunday bir kuchli sinovga yo'liqdi. Bunday ahvolga hech bir yo'lovchi tushmagan edi. Haq najot karomat qildi, shod bo'l. Shukr qilib qayg'udan ozod bo'lgin. Senga ko'p azob-mashaqqatlar yuzlandi. Sen tufayli haq piringga iltifot qildi.
Alloh payg'ambari bu sirlarni sharh etgach, yolborgan kishi ko'zlaridan shodlik yoshlari tirqirab ketdi. Shodligidan bir oh tortib hushidan ketdi: xastajonlik tufayli o'zidan ketib yiqildi.
Tong shamoli mushk hid taratib esa boshladi. Tun mushki ichra oydinlik yoyildi. Notavon shogird ko'ngliga hush yuzlanib, mag'ziga jo'sh tushgancha, sakrab o'rnidan turdi. Alloh farzini to'g'ri ado keltirib, turgan joyidan Allohga yuz qo'yib, egildi. Yonidagi ashoblar undan ahvolni so'rab, vaziyatdan ogoh bo'lgach, hammasi unga hamroh bo'ldilar. U maysalar va suv yuzidagi shamol kabi Shayx tomon oshuftahol yo'rtib borardi. Goh balandlik, goh pastliklarni bosib o'tib, ishqiboz Shayx turgan manzilga yetib keldi.
Bu paytda Shayxda ham gumrohlik daf bolib, unga g'oyibdan ogohlik yetgan edi. Madad gulshanidan esgan nasim uning ko'ngliga katta ta'sir ko'rsatgan edi. Ko'zlaridan hijolat yoshlarini oshkor etib, ohu nadomat alangasi chekardi. Kofirlar kiyimini tashlab, beliga bog'langan zunnorni uzib tashlagan edi. Kufr putur yetkazgan tiyra ko'ngliga to'g'ri yo'l topish shami nur yetkazgan edi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 22:00:28
Shu asnoda u guruh yetib keldi. Ular kelgach, Shayx ko'ngliga ulug'lik yetishdi. Shayxni bu holatda ko'rgan zamonoq ularda ham o'zgarish hosil bo'lib, yuz shukr aytib, shodmon bo'lishdi. Ular shunday dedilar:
—  Ey visol sohibi bo'lgan murshid! Senga quvonchli mujda shuki, Rasul madadkoring bo'ldi.
Shayx yuz bergan bu holdan voqif edi. U o'z jamoasiga bu haqda so'zlab berdi hamda yaksifatlik bobida mardona bo'lgan o'zining ana shu sodiq dono shogirdini bag'riga bosib, quchoqladi. Shayx unga shunday dedi:
— Ey saodatli farzandim, jonim fishtasiga payvandim! Sadoqat ko'rsatishda o'z holingni o'zgartirmading, yorlik bobida kamchilik ko'rsatmading. Ne til bilan senga o'zimning uzrxohligimni bayon qilayin? Bu sadoqating uzrini ilohning o'zi bajo keltirsin!
Shogird ham ko'zlaridan sevinch yoshlarini to'kibi, pir oyog'idan boshini ko'tarmas edi. Bu ikki oshuftaxotirlar tinchlanmaguncha barcha iztirob chekib, nima qilishini bilmas edi.
Hamfikr do'stlari shunday dedilar:
—  Ey boshliq! Bu davlatni bizga Allohning o'zi nasib etdi. Endi bu xatarli manzildan ketib, Ka'ba vodiysi tomon yurishimiz kerak.
Shayx yuvinib, egniga xirqa kiydi, buni ko'rgan kishilar zavqqa to'ldilar. Sidq bilan ular haram - Ka'ba sari yo'lga chiqib, sahroni bosib o'tish uchun qadam urdilar.
Shayx Batho sari yo'lga tushaversin, biz endi tarso qizi sari qaytaylik.
U pari noz uyquda yotar edi. Uyqusida bir tush ko'rdi. Tushida Sharq quyoshi osmondan pastga tushib, sho'xga Iso payg'ambardan shunday xabar yetkazdi:
—  Ey vafo bobida xomu noraso! Zamona ahlining murshidi bo'lgan Shayx San'on sening butxonangga mehmon bo'lib keldi. Ammo sen mezbonlik odatini bilmasdan, mehmonning boshiga ne kunlarni solmading?! Hozir u butxona mehmonligini tark etib, mezbonlik qilish uchun Ka'baga yo'l oldi. Uning orqasidan yetib, diniga musharraf bo'l, undan kechirim so'rab, uning jufti haloli bo'l!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 22:00:55
Nasroniy qizi Shayx oyog'ining izi bo'lishni istagan holda uyqudan uyg'ondi. Qilgan ishlari yodiga tushib, noshod ko'ngliga o'tlar tutashdi. U oh urgancha o'rnidan turib, Ka'ba tavofi uchun yo'lga tushdi. Uning ko'zlaridan osmondagi yulduzlar kabi yoshlar to'kilar, Majnunning ma'shuqasi Layli kabi zor yig'lab borardi. Shayx o'z odamlari bilan jo'nab ketgan tomon xuddi yel uchirgan toza gul bargi yanglig' tez yurib borar edi. U behol bir holatda qadam tashlar, charx esa uning qilgan ishlari uchun qasoskorlik qilar edi. Ayniqsa, bu kek va xusumatning biyobon ichra shiddati haddan oshib, qizni vahima, qo'rquv va hayrat bosib kela boshladi. Unga bu nihoyasiz dala-dashtda xastalik va ojizlik yuzlandi. U shunday dedi:
— Yo Rabbim! Ojizu saigashta bir holda ko'z va ko'nglim qoniga belanganman. Zaifu bechoradurman, rahm qil! Bekasu ovoradurman, rahm qil! Garchi mening gunoh va jinoyatdan o'zga narsam yo'q bo'lsa-da, Sendan boshqa panohim ham yo'qdir!
Shunday qilib, u o'zining kimsasiz va yolg'iz qolib, buning chorasini topa olmasligiga zor-zoryig'ladi. Nozaninga uqubat shunchalik o'z kuchini ko'rsatdiki, u holsizlanib, tuproqqa yuztuban tushdi. U yiqilgach, hushi tamom o'zidan ketdi. U tuproq ustida xoru dardmand bo'lib yotardi.
Yuqori martabali Shayxga bu hodisa ayon bo'ldi. Unga hamrohlik qilgan murid ham bu sinoatdan xabar topdi.
Oy yuzliga, ojiz va g'am chekuvchi oy jamolga ana shu sinoat yuzlandi. Bu paytda undan uzoqda yo'lda ketib borayotgan qudratli rind — Shayx birdan o'z ortiga qaytdi. Unga hamroh gunoh ichidagi kattayu kichik ham Shayx bilan birga orqasiga qaytdi. Bu g'ofil kishilarning har birida yuz xil xayol paydo bo'ldi. Ular: "Yo Rab, bu orqaga qaytishning sababi nima ekan?" — deb o'ylar edilar.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2008, 22:03:11
Ko'rgilki, ishqning bo'stoni ajablanarlidir, undagi suv va ranglar begunoh kishilar qonidandir. Undagi har bir kiprik yuz minglab jonga nish uradi. Bilgilki, o'sha qotil hinduning odati o'zi shunaqadir. Uning bir turfa holi yuz tuman ko'z qorachig'ini xuddi ortiqcha nuqta misoli yo'q qilib yuboradi. Ishq mulkida gado va shoh birdir, mayxona ichida rahbaru gumroh teng hisoblanadi. Ishq aro dardu balodan, zulmu sitamu jafodan o'zga narsa yo'qdir!
Ishq Shayxni shunchalik shaydo etib, olam ahli ichra rasvo qildi. So'ngra u menga ham o'z g'avg'osini solib, ko'nglim mulkini talon-toroj etdi. Agar holimni kishi undan ortiq demasa ham, har holda undan kam ham emas.
Kel, Navoiy, so'zni shu yerda to'xtatgil, ishq aro ko'p da'volar izhor qilmagil. Agar umrimdan bir necha kun omonlik topsam, ishqim sharhini nazmga solib, bir doston yozayin. Shunda so'zimning chinligi yoki lof ekanligi insofli kishiga yaqqol bilinadi.
Alqissa, Shayx ayriliqqa uchragach, butxonadagi ishlarini tugatdi va Ka'baga borishga hozirlik ko'rdi. U yorini ishq ayvonida dafn etib, din va imon ahli go'ristoniga qo'ydi. Ka'badan butxona tomon yo'lga qanday chiqqan bo'lsa, xuddi shunday holda butxonadan Ka'baga tomon qaytdi. Bu yerda u Allohga o'tmishdagi ishlaridan uzr so'rab arz qildi va nihoyat uzrlari qabul bo'lib, qazo uni o'z yoriga qo'shdi.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 17 Dekabr 2008, 15:28:56
LXXX
LXXX
Qushlarning peshvolikka qur'a tashlaganlari va qur'a Hudhud nomiga tushgani

Qushlar bu ajib so'zlarni eshitgach, hayotdagi barcha horib-charchashlari yodlaridan ko'tarildi. Ishq ularning qo'llaridan ixtiyorlarini tortib olib, barchasi shavq o'tidan beqaror bo'ldilar. Ular yashin kabi tezlik biian yo'lni bosib o'tishar edi. G'arbdan Sharqqa borish ular uchun hech gap emas edi. Barcha oshiqib, shoshilinch ravishda harakat qilar, ularga har damda bir xavfli vodiy ro'para kelardi.
Ammo ulardan ba'zilari bu qattiq yo'lni bosib o'tishga qodir bo'lsalar, ba'zilari zor va zaif, ojiz edilar. Bundaylari po'dadan ayrilib, yo'lda qoljb ketar, ba'zilari esa adashib, o'zlarini turli tomonga urishardi.
Qavm orasida sardor bo'lmog'i shart. U qavm holidan xabardor bo'lib turadi. Agar bunday boshliq bo'lmasa, qavmning holi parishon bo'lib, barcha o'z holiga hayron qolishi turgan gap. Agar cho'pon qo'yni o't va suvga yo'llab turmasa, bu suruvni halok bo'ldi deb gumon qilaver. Har bir jamoatda peshvo yo'q ekan, uning yo'lga qadam qo'ymog'i mumkin emasdir.
Yo'l nihoyatda og'ir va yiroq bo'lgani sababli qushlarning hammasi ittifoqlik bilan shunday dedilar:
— Bizga bir aqlli, hushli boshliq kerak. U barcha qushlar hokimi boisin. Chunki biz zaifmiz, yo'l esa juda mashaqqatlidir. To'daga ham rahbar, ham hamroh bo'ladigan bir boshliq lozim.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 17 Dekabr 2008, 15:34:23
Sayrga chiqqan qushlarning past va oliy tabaqasi bir ovozdan bu ishni Hudhudga yukladi. Uni bu vazifani bajarishga undadilar, ammo uning tab'i amaldor bo'lishdan ibo qilib, qushlarga shunday dedi:
— Mayli, men to'dani yo'lga boshqarib, qavmni o'z bilganimcha olib borayin. Bundan o'zga taklif etsangiz, qabul etardim, ammo bu ishni o'z bo'ynimga ololmayman. Agar bajara olmasam, oramizga firoq tushadi deb qo'rqaman.
Shunday deb Hudhud bu ishni qabul qilmadi. Undan o'zga qushlarning barchasi esa johildilar.
Qushlar ko'rdilarki, barcha ish rasvo bo'lmoqda. Shunda qur'a tashlash muqarrar bo'lib qoldi. Ular har bir qush zotiga qur'a tashladilar. Qur'a Hudhud otiga tushdi. Shundan so'ng unga endi uzr aytish uchun uydirma to'qish, yo'q demoqlikka bahona topish uchun hech bir asos qolmadi. Chunki uning ilmi hamma qushlarnikidan ko'p edi. Uning boshliq ekanligi va unga bo'ysunishlikka ahdu paymon qilib barchasi qo'l tashlashdi. Hudhud peshvolikni qabul qilgach, qushlarning hammasi o'z muddaosiga erishib, shunday deyishdi:
— Biz endi senga tobemiz: sen bizning boshlig'imizsan. Qanday maqsading bo'lsa, biz uni ravo qilaylik. Sen bizga bosh qo'mondonsan, bizlar esa senga qo'shinmiz. Sen bizni qayerga boshlasang, o'sha yoqqa orqangdan ergashib boramiz.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 17 Dekabr 2008, 15:35:58
LXXXI
Bir vodiy boshiga kelib qushlarni hayrat lol etgani va bir qushning Hudhudga savol bergani


Shunday qilib, Hudhud ularga boshliq bo'lgach, ular yo'lni bosib o'tish uchun osmonga ko'tarilishdi. Ular bir necha kun qanot qoqib, bir yerga yetib kelishdi. Oldinda bir nihoyasiz vodiy paydo bo'ldi. Uni ko'rgach, qushlar jonlaridan umidlarini uzishdi. Bu vodiyda kulfat benihoya cheksiz bo'lib, o'zi hajr shomi kabi cheksiz uzun edi. Hatto unga qarashning o'ziyoq umr va jonga ofat yetkazar, ammo qushlarning uni bosib o'tmoqlikdan o'zga chorasi yo'q edi. Undagi haybatli, qo'rqinchli ko'rinish so'z bilan ifodalab bo'lmas darajada uqubatli bo'lib, qushlar bundan qo'rqib ketishdi. Bu yer hali hech kim borib yetmagan va hech bir qush uchib o'tmagan noma'lum bir vodiy edi. Buni ko'rgan qushlarning jismi susayib, qanot-quyruqlari shalpayib qoldi. Shunda bir qush Hudhudga savol berdi:
— Oyo, bu yo'l nima uchun bo'm-bo'shdif? Hudhud bir oz fikr yuritib, shunday javob qaytardi:
— Bu yo'l ulus g'avg'osidan holi bo'lib, shohning izzati, martabasi va ehtiyojsizligini ko'rsatib turadi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 17 Dekabr 2008, 15:37:31
LXXXII
Hikoyat

Boyazid bir tun o'z xilvatidan chiqdi. U vumshoq tabiatli kishi edi. Oydin bir kecha. Hammayoq oy nuridan ravshan. Osmon yulduzlar chamanidan gulshan yasagan. Ko'm-ko'k dengiz kabi moviy osmonda porloq yulduzlar charaqlar, ularning har biri nur sochishda go'yo pok injuni eslatardi. Yetti qavat osmon bir oliy qasrga o'xshar, koinot o'zining butun yuksakligi va kengligini unda namoyish qilardi. Uning sayr etib kezib yurishi va bir yerda orom topib turishiga ham, tuzilishi va chiroyiga ham aql ojizlik qilar edi.
Shunday oliy dargoh ichida ogoh pir bironta maxluq jinsidan asar ko'rmadi. U qancha harakat qilib qidirmasin, shahar, tog' va dasht aro kezib yurmasin, biron-bir kimsaning mutlaqo nishonasini topmadi, o'zidan o'zga notavon kishini uchratmadi. U shunday dedi: "Yo Alloh! Nima uchun bu manzil dard va shavq ahlidan holidir?"
Shunda uning ko'nglidan hushini eltuvchi bu sirdan shunday voqif etdi: "Bu yer izzat va ulug'lik dargohi bo'lib, unga har qanday kishining yo'l topish ehtimoli yo'q. Shohga atalgan maxsus joy izzati poyonsiz bo'lib, har gadoning unga mahram bo'lish imkoni yo'q. Talab ahli bu yo'lda umrlar mobaynida jon cheksa-da, ulardan bittasining bu davlatga yetmog'i amrimaholdir".
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 17 Dekabr 2008, 15:39:33
LXXXIII
Vodiy qiyinchiliklari haqida qushlarning Hudhudga savollar bergani va uning javob aytgani

Yo'l biluvchi bu xil so'zlarni aytgach, sayohatchi qushlarni qo'rquv bosdi. Ular cheksiz baloga yo'liqib, nihoyasi yo'q og'ir dardga mubtalo bo'lishdi. Oldinda yo'l ko'rinib turar, ammo uning poyoni yo'q edi. Bu yo'lning dardi haddan ortiq ediyu, ammo darmon topilmas edi. Ranj o'ti ko'kka tug' chekardi, alangasidan arsh ham, uning kursisi ham kuyib ketgudek edi. Bu vodiyda istig'no yeli shunday raqsga tushar ediki, bundan hatto yuksak osmonning beli sinib ketgudek bo'lar edi.
Bunday og'ir yo'lni jism bilan jonlari g'amga mubtalo bo'lgan bechora qushlar qanday ham bosib o'ta olar edi? Bunday bo'lishini hatto xayol qilish ham maholdir. Qo'r-quvdan ularda jondan asar ham qolmadi. Bu qiyin ahvolga taslim bo'lgan qushlar bir yerga yig'ilib, Hudhudga ko'pdan-ko'p ojizlik va yolvorish izhor etgan holda shunday dedilar.
— Ey boshliq va hammadan ulug'vor zot! Haq seni bizga rahbar etib tayinladi. Bizning ojizligimizni tinglamog'ing sen uchun farzdir. Chunki sen bu yo'ldan yaxshi xabardorsan va biz kabi yo'lsizlarni yo'lga boshlovchisan.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 17 Dekabr 2008, 15:40:00
Biz bu yo’lda ko'p mushkullarga duchor bo'lmoqdamiz, ulardan seni xabardor qilmoqchimiz. Har birimiz senga o'z so'zlarimizni aytib, ranju qayg'udan o'zimizni xalos etishni xohlaymiz. Sen hammamizning mushkulimizni hal etib, ularni mufassal sharhlab bermog'ing kerak. Har bir so'zning tafsiloti boisin va xotirda o'rnashib qolsin. Ular xotirimizdagi shubhalarni quvlab, ko'nglimizdagi chigalliklarni yozsin. Hammamizning ko'nglimizdagi ishkalliklarni tugatib, har xil mushkul holatlardan qutqarsin. Dilimizda qil uchichalik ikkilanishga o'rin qolmasin. Yo'lni bosib o'tuvchining ko'ngli tinch bo'lmog'i lozim. Birmuncha vaqt bir manzilga qo'nib, gala ko'nglini har xil xatarlardan tinchlantir. Har kim senga o'z mushkuli haqida gapirsa, uni hal etmoq uchun javob ayt. Ko'ngillarda hech bir xatar, xotirlarda xavotirdan hech bir asar qolmagandan so'ng tinchlanib yo'lga tushaylik va bu ulug' maqsadni amalga oshirish uchun jazm etaylik. Aks holda yo'l bir kun-ikki kunlik emas, balki kishi uning poyoniga yetishi qiyin. Bunday yo'lni bosib o'tish uchun koyngil jam bo’lmog'i lozim. Bu xil yo'lga shubha bilan kirish mushkuldir.
Bu gap peshvoga ma'qul tushib, u: "Hamma savol beruvchilar shu yerda jam bolsin",- dedi. Shu tarzda u galaning iltimosini qabul qilib, bir keng manzilni topib, unga qo'ndi. Boshqa qushlarning hammasi u bilan birga qo'ndilar. Bilim panohi bo’lgan murshid ulardan savol so'radi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 17 Dekabr 2008, 15:41:24
LXXXIV
Bir qushning savoli

Hudhud: "Kimda qanday mushkul bo’lsa, so'rasin", degandan so'ng bir savol beruvchi qush shunday dedi:
— Ey qushlar ichida aziz bo'lgan! Sen va biz barchamniz bir jinsdanmiz. Hammamizning qanotu patimiz bir-birimiznikiga tengdir. Ammo, ayt-chi, sen nima uchun yashirin sirlardan xabardorsan, biz esa bexabar qolganmiz. O'rtamizdagi bu tafovutni boshdan-oyoq sharh qilib ber. Buning sababi nimadan iborat ekanligini bizga tushuntir.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 17 Dekabr 2008, 15:42:46

LXXXV
Hudhudning javobi

O'z qarshisida turganlarga Hudhud javobi shunday bo'ldi:
—  Chunki menga Sulaymonning ko'zi tushgan. Haq taolo unga nazar solib, uni ham payg'ambar, ham toj egasi etgan, unga lujf ko'rsatib, olamdagi barcha jinlar, insonlar, yovvoyi hayvonlar va qushlarga shoh etib tayinlagan edi. Shunchalik davlat sohibi va taxt egasining iltifotiga men kabi bir haqiru faqir sazovor bo'lgan edim. Mendagi bu qadar yuksak izzat, boshim ustidagi baland martabalik toji ana shu tufaylidir. Zeroki, pok yurakli kishilar kimgakim nazar tashlar ekan, bu nazar tuproqni kimyoga aylantiradi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 17 Dekabr 2008, 15:44:27
LXXXVI
Shayx Najmiddin Kubroning so'zi va itga tushgan ko'zi haqida

Shayx Najmiddin Kubro o'z zamonasining peshvosi hisoblanar edi. Agar u biron kishiga o'z nazaridin bahra yetkarib qarasa, ko'zi valilik nuri bilan yorishib ketar va shu ondayoq o'zligidan ayrilar edi. Bu sifatda uning ishi shu darajaga yetdiki, agar uning ko'zi kimga tushsa, o'sha kishi vali bo’lar edi.
Bir kuni sukr vaqtida uning nazari bir itga tushdi. U oshnolik mazasini tatib ko'rgach, itlik siyratidan voz kechdi. Shayx oldiga o'z boshini qo'yib, umidvorlik bildirdi va shu tariqa itlar orasida sarfaroz bo'ldi. Bu it shaharning qaysi tomoniga qadam qo'ymasin, boshqa itlar uning atrofini to'da-to'da bo'lib o'rab olishadi. U qayerda o'tirsa, itlarga shoh bo'lar, itlar esa uning tevaragida xuddi sipohlardek halqa tortib turardilar.
Kunlardan bir kun qazodan itning boshiga ajal yetib, u vafot etdi. Uni Shayx eshigi yaqinida go'r qazib, o'sha yerga dafn qildilar va qabrini xuddi insonlarniki kabi belgilab qo'ydilar.
Itlar uning motamida ko'p fig'on tortib, qabri atrofida makon tuttilar. Hozir ham uning qabriga sig'inuvchilar yuz qo'yib, sidq yuzasidan niyozmandlik qilishadi. Uning qabri shu kunlarda ham hokimi baxtiyor hisoblanadigan Xorazm mamlakatida mavjud.
Olamda bundan ham qiziqroq so'z eshitilganmi? Ya'ni saodat ahli itga ko'z tashlasayu bu nazar itga yaxshi natija yetkazib, uning zotiga kishilik asarini bersa! Bu inoyat unga faqat kishilikdan nishon beribgina qolmay, valilik nuri nash'asidan ham darak bergan boisin!
Agar validan itga shunday tarbiyat yetgan bo’lsa, qushga ham payg'ambardan shunday tarbiyat yeta olishiga ajablanmasa ham bo’ladi. Agar qushga ham payg'ambar lutf ko'rguzsa, olamdagi barcha qushlar unga tobe' bo’lsa ne ajab?! Shu qabildagi qissa qadimdan ham mavjud, bunga "Ashobi kahf''("G'ordagi birodarlar") voqeasi dalil bo'la oladi. Chunki Alloh inoyat etsa, bu inoyat it yoki qushga nasib etsa nimasi ajablanarli, axir!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 17 Dekabr 2008, 15:47:04
LXXXVII
Yana bir qushning Hudhudga savoli

Yana bir savol beruvchi faryod bilan shunday dedi:
— Ey barcha qushlarga yetakchi va amir! Yo'l qattiq, men esa zaif va notavonman. Pashsha anqo tomon yo'lga ravona bo'la olmaydi-ku. Har nafas bu yo'lda yuz xil qayg'u duchor bo'lmoqda, har dam unda yuz tuman azobu uqubat zohir bo'lmoqda. Unda balo tog'idan so'qmoqlar bor. Yo'ldagi gardlar ko'zga ajal tuprog'ini sepadi. Undagi tog' uzra uvillagan shamollar toshlarni tuproq kabi sovuradi. Sher ham bu yo'l azmiga jur'at eta
olmaydi-yu, zaif va xasta bir chumoli bu yo'lni qanday uddalay olsin?
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 17 Dekabr 2008, 15:48:23
LXXXVIII
Hudhudning javobi

Hudhud unga dedi:
— Ey zaif va muhtoj! Senda himmat pastu o'zing razil va xor ekansan! Tana qanchalik majruh va zaif bo'lmasin, himmat yuqori bo'lsa, bundan nega g'am chekish kerak?! Chunki bu ish beshak ishq ishidir: kimki oshiq bo'lmasa, u inson sanalmaydi. Bunda asosiy narsa ishq bo'lib, uni amalga oshirish har qanday havasmandning qo'lidan kelavermaydi. Notavonlik, oshiqlarning ishqdan bexonumonliklari oshiqlar uchun dalildir. Oshiq elga notavonlik kasbi kor bo'lib, jonini tark etish uning doimiy fikridir. U boru yo'qdan o'zini forig' bilib, faqat yor ishqini o'ziga tiriklik deb o'ylamog'i shart. Har kishiga ishq va himmat yor bo'lsa, unga tan sog'lig'i yoki xastalikning nima daxli bor? U faqat ishq ichra jon berishni o'ziga maqsad qilishi kerak, chunki ishq tufayli barcha mushkullar yechiladi. Agar uning ishqda o'lmoqlik maqsadi bo'lsa, joniga ofat yetishidan u naf ko'radi. Kimda kim bu dunyoga ko'ngil qo'ysa, bu xayol bilan dili xasta bo'lgan bo'lsa, u kishi uchun bu kasallik yaxshi emas. Ishq ahli bu xil zaiflikni ma'qullamaydi. Agar har bir kishiga ishq tufayli kasallik va ojizlik etsa, bu uni o'z murodiga yetkazish vositasi hisoblanadi. Chunki ishqdan asosiy murod o'lish bo'lar ekan, kasallik ham o'limga yaqin bir holat sanaladi. Zero, kasallik kishining jon tark etishiga sabab bo'lib, undan chekinish ajablanarli bir holdir. Ishq aro jon tark etish talab etilgach, unga nima bo’is bo'lsa, yoqimlidir. Agar kasallikning nihoyasi jon tark etish bo'lsa, bu xil o'lishgajonu jahonni fido qilsa ham arziydi. Agar sen jahon mulkida ming yil umr ko'rsang ham oxir-oqibatda bir kun dardu hasrat bilan o'lib ketasan. Demak, o'limdan qochib qutula olmas ekansan, bira to'la bu istak bilan o'lganing yaxshiroq emasmi?! Agar umid yor yo'lida o'lish bo'lsa, shuni bilgilki, bu abadiy hayotning naq o'zidir!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 17 Dekabr 2008, 15:49:56
LXXXIX
Shayx Abu Sayid Abulxayr hikoyati

Bu yo'lda sayr qiluvchi mehnalik shayx Abu Sayid Abulxayr(xurosonlik shayx, 1408 y.v.e.), yor vaslidan xayrli nasibaga erishdi.
Avvalida u ishqqa juda zor bo'lib, yuz xil balo tig'idan azobda edi. Shu tarzda unga kasallik yuzlanib: butun vujudini qamrab oldi. Bu kasallikdan u doimo betinim ohu voh chekardi. Ishq chaqmog'idan uning joniga o't tushib, uning alangasi vayron jismini chirmab olgan edi. Tunlari u uyqu bilmas, kunduz kunlari ham orom topmas, ishq qayg'usidan o'zga dardi yo'q edi. Kunduz uning fikru zikri yorda bo’lar, hajrida haddan ziyod zoru fig'on tortishni odat qilgan edi. Kechalari, shahar va bog'larda bo'lmay, o'zini dasht va tog'lar tomonga urardi.
Bir tashlandiq joyda vayrona bor bo'lib, u xuddi boyqushlar qasridek buzuq kulba edi. Unda behad chuqur bir quduq bo'lib, suviga xursandchilik kishisi g'arq bo'lgan edi. Shayx ana shu quduq ichida boshini past tomonga osiltirib yotar, ishq tug'yonidan zoru afgor bo'lardi. Shu taxlitda ko'zlaridan qatra-qatra qon tomguncha tongga qadar ishi ohu fig'ondan iborat edi. U ishqda o'lmoqni istar, ammo uni topa olmas, shunday bo'lsa-da, bu ishtiyoqdan ko'z yummay, o'z ahdidan voz kechmasdi. Bu azob uning jismini qiltiriq qilib, nolalari esa jonini yomon holatga tushirib qo'ygan edi. U hijron ichida bir necha yil shu holatda kun kechirdi va nihoyat uning og'ziga visol jomi yetishdi.
Ishq aro o'zini er deb sanaganlarning ishi ana shunday bo'ladi. Kishi oimay turib, bu davlatni topa olmaydi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 17 Dekabr 2008, 15:55:24
XC
Yana bir qushning Hudhudga savoli

Bir qush shunday dedi:
— Men umrimda ko'p gunoh ish qildim. Bu uyatdan holim juda tangdir. Iflos ishlar bilan mashg'ul bo'lish meni nobud qilib, bu g'am meni ezib yubordi, endi shular yo'l bosishimga to'sqinlik qilmoqda. Chunki axlat ustiga qo'ngan chivinning qanchalik jirkanch ekanligi hammaga ma'lum. Uning pok Simurg'ga qanday aloqasi bo'lishi mumkin? Simurg'ning pok vasliga erishmoq uchun poklik kerakdir. Bulg'anch jinoyat ichida hayosizlik qilish bilan unga yetishib bo'lmaydi. U pok bo'lsa, mendagi sifat nopoklikdir. Uning vaslini istashimga uyat mone'lik qilmoqda.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 17 Dekabr 2008, 15:56:55
XCI
Hudhudning javobi


Hudhud unga shunday dedi:
- Sen o'zingning gunohga botganligingni bo'yningga olding. Shuni bilgilki, bu dunyo abadiy turish manzili emas. Kimki mayjud bo'lsa, uning hosili oxir o'lim bo'ladi. Agar sen o'z gunohing bilan o'lmoqchi, xalq ahvoliga kulmoqchi bo'lsang, juda nodon va g'ofil, aqlli kishilar oldida johil ekansan.
Qilgan gunohlaringdan forig' bo'lishni orzu qilding, ey havasmand, bu ancha oson ishdir. Undan qutulish iloji faqat tavba qilishdir. Isyon zulmati aro faqat ugina chiroq bo'lib nur sochadi.
Gunoh balchig'idan toza kishi topilmaydi, bu xil begunoh kishi hali hech kimga ma'lum bo'lgan emas. Haq Odam avlodini gunohsiz qilib yaratgan emas. Ey bexabar kishi, agar sen gunoh ish qilmasang, Alloh afvu rahmat bilan kimning gunohidan o'tadi? Agar kimning yuzi gunohdan sariq bo'lsa, tavba uni bu sariqlikdan xalos etadi. Rahmat dengizi mavjlangan paytda sen ham xuddi men kabi yuz ming marta pok bo'lasan.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 17 Dekabr 2008, 15:58:34
XCII
Odam Safiy Alayhissalom hikoyati

Dunyodagi barcha insonlarning otasi bo'lmish Odam Atoni odil va mangu tirik haq vujudga keltirdi. Boshiga to'g'ri yo'l topish tojini kiydirib, bu tojga payg'ambarlik gavharini tikdi. Uni shu qadar yuksak izzat va martaba egasi qildiki, barcha maloikalar uchun uning oyog'i ostidagi tuproq sajdagoh deb aytildi. Osmon cho'qqisi u yuradigan yo’l tuprog'i bo'lib, jannat bog'i uning jilvagohi edi. U shu tariqa yuksak sharaf va e'tiborga sazovor bo'ldi. Haqdan unga "Safiy" - "pok" degan laqab berildi.
Ammo qudratli Yaratuvchi taqdir etib, uning yuzi gunoh va isyon bilan qora bo'ldi. Undagi shuncha hurmat va sajda etmoqlik qo'ldan ketib, ishi nomaqbul hisoblandi. Shunda uning ko'ksiga rad panjasini yetkazib, jannat bog'idan haydab yubordilar. Unga bu xil yuz qaroliklar nasib qilib, Hindiston mulkiga g'arib bir ahvolda kelib tushdi. U yillar davomida hijronda yosh to'kib, atrofga ohu noladan g'avg'o solib yurdi. Joni qilgan gunohidan xas kabi o'rtandi. Azob chekib yurgan mahalda tavba qilish uni bu qiyin ahvoldan qutqardi. Rahmat bog'idan yana mayin shabada esdi va u yuz ming azob-uqubatdan xalos bo'ldi. Tavbasi qabul etilib, u o'zining avvalgi hurmatli mavqeini egalladi.
Shunday bir kishining mushkuli oson bo'lgach, sen uning oldida kim bo'libsan, ey, murodiga yetmagan zaif. Tavba qil va undan o'z najotingga erish, yo'lga azm aylab, maqsadingga yet!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 17 Dekabr 2008, 16:07:04
XCIII
XCIII
Yana bir qushning Hudhudga savoli

Yana bir savol beruvchi so'radi:
- Ey toj ko'rki! Mening tabiatimda o'zgaruvchanlik mijozi mayjud. Ta'b u yoki bu sifatda raso emas. Ba'zan fisqu fasod ishlar bilan shug'ullanaman: ba'zan taqvodorlik qilaman. Gohida egri bo'lsam, gohida to'g'riman. Goho mayxona ahli bilan ulfat bo'lsam, goho Allohga munojot qiluvchilar davrasiga qo'shilaman. Goh Ka'bani tavof qiluvchi Alloh-parastman, goh dayrda but oldida sig'inaman. Holatimda barqarorlik yo'q, shunga ko'ra haddan ziyod iztirob chekaman. Bu o'zgaruvchan shum mijozim va bu xil nafratlanarli odatim bilan to'g'ri yo'l topa olmasam kerak, deb o'ylayman. Chunki bu yo'lda yakrang, ya'ni barqaror e'tiqodli bo'lmasam o'zimni topolmasman, deyman.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 22:34:08
CXIV
Yana bir qushning Hudhudga savoli


Yana bir savol beruvchi so'radi:
- Ey zoti pok! Men umrim boricha tirishdim, ammo maqsadimga yeta olmadim. Ko'rgan-kechirganim g'amdan iborat bo'ldi. Bu yo'ldan boruvchi dunyo mashaqqatlarini kam tortgan xurramdil odam bo'lishi kerak. Ammo meni tirikchilik tashvishlari g'amgin qilib qo'ygan. Jonim har doim bir g'am bilan jarohatlanadi. Qaysi ko'ngilxushligim bilan bu yo'lni bosib o'tay, axir? Ko'ngli xushlar boradigan joyga men bora olamanmi?
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 22:35:19
CXV
Hudhudning javobi

Hudhud unga dedi:
- Ey g'amgin tabiatli! Qismat sening zotingga g'amni bahona qilib ko'rsatishni yozibdi. Bu vodiyni bosib o'tish uchun, shubhasiz, haqiqiy erlar g'amga yo'l ozig'i sifatida qaraydilar.
Yo'l g'amini chekish mard kishilarning ishidir. Yo'lda g'amsiz kishini kishi deb atamaydilar. Mardlar g'amginlikdan shod bo'ladi, bu xil tutqunlik ular uchun ozodlik bilan teng. Mashaqqat ostida yotgan bu jahon boshdan-oyoq g'am manzilidir, unda har bir toifadagi kishi biron-bir g'amga mubtalodir. Olam ahli ko'nglida g'ami bo'lsa, muhimi odamlar g'amidir. Ammo ahli yaqinlar yo'l g'amidan doimo hazir bo'ladilar. Agar kishilarga avvalgi g'am, ya'ni olam g'ami man' etilgan bo'lsa, odamiylik uchun keyingi g'am - odam g'amini yeyish maqsadga muvofiqdir. Bordiyu sen burungi g'am qo'lida xoru zorlik tortgan bo'lsang, ey g'amgin, bu yo'lga kirib, o'zingni xursand qil. So'nggisidan g'amgin bo'lsang, shod bo'l, chunki ko'ngil undan obod bo'ladi. Muhabbat ahli g'amdan shod bo'ladi, negaki nomurod bo'lmoqlik ular uchun ayni murodning o'zidir. Maqsad murodga yetishmoq uchun yo'l g'amini chekish kerak, faqat shu g'amgina ko'ngilga najot bag'ishlaydi. Kimda bu g'am yo'q ekan, u er kishi emasdir. Chunki g'am ozuqasi bilangina bu yo'lni bosib o'tish mumkin.


Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 22:36:46
CXVI
Hikoya

Misrda bir oliy himmatli kishi bo'lib, u ma'no olamining sohib davlati edi. Unda aysh-ishrat qihsh uchun ja'miki narsa tayyor edi. Bu borada nimani o'ylagan bo'lsang, unda bundan yuz marta ortiq bor edi. U jannatmakon qasr ichida manzil tutgan bo'lib. hurlar kabi eo'zal bir mahbuba bilan ulfat edi. Lekin u oliy sifatli pok zot bularning barchasiga beiltifot qarardi. Hajr zindonida qolgan Yusuf kabi unga ham doimo dard va g'am chekish yor edi.
Undan so'radilar:
— Ey ko'ngli qayg'uga sherik bo'lgan pok zot. Bizga bu yashirin siringni ravshan et! Senda shuncha ko'ngil ochuvchi shodlik asboblari muhayyo bo'la turib, nechun xotiring xurram emas? Nechun g'amdan o'zga narsani ko'ngling hamdam etmaydi.
U shunday dedi:
— Yo'l ahli uchun bu jahon zindondir, chunki uning istagani ko'zdan yashiringan. Asosiy ish shuki, inson ko'ngil istaganiga yetishga qadar barcha yo'lni bosib o'tishi lozlm. Zindonda ham kishi xurram bo'ladimi?! Kishi g'amxonada beg'am o'tira oladimi? Men haqiqiy yorimdan ayriliqda armon chekaman, shuning uchun garchand Eram bog'ida bo'lsam-da, o'zimni zindonda deb hisoblayman. Uning vasli gulzoriga yetishmagunimcha g'am tashvishidan xalos bo'la olmayman.


Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 22:38:09
CXVII
Yana bir qushning Hudhudga savoli

Yana bir savol beruvchi so'radi:
— Ey benazir! Men haq amrini bajo keltiruvchiman. Men uning farmoniga doimo muntazirman, bundan u qahr qiladimi, ehson ko'rsatadimi, men uchun ban bir. U har
qanday ish buyursa, men uni ado qilaman, rad etsa ham, qabul qilsa ham uning o'zi biladi. U nima buyursa, yozu qish o'shani bajaraman, rad yoki qabul qilishi bilan mening ishim yo'q. Mening odatim amriga itoat etish bo'lib, uni ado qilsam, o'zimni baxtli deb bilaman.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 22:39:40
CXVIII
Hudhudning javobi
 

Hudhud unga dedi:
— Bu so'zlaring yaxshi, ammo bu haqda sening o'zing aytmay, balki sen haqingda boshqalar so'zlaganida yanada yaxshiroq bo'lar edi. Chunki doimo barhayot haq kishilar
uchun bu yo'lda kamolotga erishmoqni nasib etgan. Kimki uning farmoniga itoat qilib, uni bajarsa, bu yo'lda uning martabasi ulug' bo'ladi. Kimki uning amridan bo'yin tovlasa,
u rad etilib, uning izzatli qasridan uzoqlashtiriladi. Uning farmonini bajaruvchi esa kelajagi qutlug', maqbul kishi sanaladi. U amriga itoat qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi va busiz bir soniya ham orom bo'lmaydi.
Biroq har qancha itoat qilib, uning amru hukmi bilan toat-ibodat qilsa va o'zining bu ishi bilan faxrlanib maqtansa hamda kibru havoga berilsa, bundan joniga ofat yetadi. Uning ertayu kech qilgan ozu ko'p barcha toat-ibodati, boriyu yo'g'i — hammasi hech bo'ladi.
Kimki o'zining qilgan ishlarini ro'kach qilmasdan, uning oldida boru yo'g'ini teng tutsa va manmanlikka berilmasa hamda qilgan toatlarini bir qora chaqadek deb bilsa, u kishi baxt-saodat ko'chasiga kiradi va o'z taqvo hamda ibodatlaridan naf topadi. Bunday kishi o'z toat va taqvodorligi mevasini totib, bu ish ma'nosidan bahramand bo'ladi.


Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 22:41:10
CXIX
 
Hikoyat
 


Alloh Odamni yaratmasdan ilgari, uning tanasiga ruh shamini kiritmasdan burun barcha maloikalar toat va taqvoga mju' qilib, uning odob va rusumlarini bajo keltirishar edi. Ularning barchasiga Azozil(Iblisning jannatdan quvilmasdan avvalgi ismi) boshliq edi. U bularning mushkullarini oson qiluvchi murshid edi. U haq amriga itoat qilib, necha ming yil toat-ibodat bilan mashg'ul bo'ldi. Uning bu borada qilgan ishlarini tavsiflashda nutq lol qoladi, hatto aql bilan tasavvur qilish ham amrimahol. Naql qilishlaricha, butun yer yuzasi va koinotdagi to'qqizta oliy falakda u notavonlik bilan sajda qilib yuz qo'ymagan birorta bo'sh joy qoltnagan emish.
Alloh Odamni yaratdi va uni o'ziga ma'shuq etib, o'zi unga oshiq bo'ldi. Barcha insonlar ichida eng yaxshisi hisoblangan Odamga hamma maloikalar sajda qilsin deb buyurdi. Maloikalarga shunday amr etilgach, ular hazrati Insonga sajda qildilar.
Biroq necha ming yil ibodat qilib, uning amri bilan taqvo va toat aylagan Azozil g'ururlanib, Odamni pisand etmadi va unga sajda qilishdan bosh tortdi. Shu bo’lsdan Alloh maloikalar to'dasi ichidan uni rad etdi. Ko'nglidan ibodat zavqini chiqarib olib, bo'yniga la'nat tasmasini bog'ladi. Uning necha ming yil qilgan ibodati zoye' bo'lib, o'zi haq dargohidan quvildi.
Shuni yaxshi anglagilki, iloh bu yo'lda faqat o'zini o'ylab, manmanlikka berilishdan ham ortiqroq gunoh yo'q deb hisoblaydi. O'zni ko'rmoq - toatni ko'rmo'q bilan teng bo'lib, qilgan ishlarini ko'ngliga keltirish - minnat qilish demakdir.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 22:42:12
CXX
 
Yana bir qushning Hudhudga savoli
 


Yana bir savol beruvchi shunday dedi:
- Ey sarafroz! Kimki haq yo'lida pok oshiq bo'lsa, uning foydasi nimadan iborat bo'ladi. Bu menga yashirin qolmoqda, shuni sharh etib bersang. Chunki men bu yo'lda poklikka erishdim. Ojizona sig'inib, shunga muyassar bo'ldim.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 22:43:13
CXXI
 
Hudhudning javobi
 
Hudhud dedi:
- Bu ish mushkul bo'lib, Alloh kimning yori bo'lsa, o'shaning ishi oson ko'chadi. Har bir oliy tabiatli kishi bu davlatni qo'lga kiritsa, bu yo'l uchun undan ortiqroq ozuq yo'q. Ya'ni bu yo'lning ozuqasi beozuqalikdir. Kishi har qanday ozuqqa bandi bo'lishdan ozod bo'lmog'i lozim.
Lekin uning sharti shuki, agar bu yo'lga kirgan kishi boshdan-oyoq toat va zuhdini, foyda va ziyonini, bona yo'g'ini - hamma-hammasini jam' etib, haq yo'lida fano o'tida poklasin va o'zi zavq bilan ularni kuydirib, kulga aylantirsin. Bu kulni boshdan-oyoq havoga sovurib, ulardan hech asar qoldirmasin.
So'ngra ko'ngilga afg'on shamoli, balki bu chaman sari nayson shamolini esdirib, qilgan barcha ishlarini mutlaqo ko'nglidan chiqarib tashlasin. Nimaiki ish qilgan bo'lsa, hammasi ko'nglidan chiqib ketsin. U o'z vujudini shu tariqa yo'q qila olsa, bu yo'lga qadam qo'ysa bo'ladi.
Aytadilarki, agar u yaxshi voqif bo'lsa, bu yo'l bir qadam-dan iboratdir. Bu qadam yo'qu borini hech bir asar qoldirmasdan yoqib yuborish demakdir. Bu qadam qo'yilgach, u matlubga yetishadi, hijron o'rtadan ko'tarilib, mahbubga qovushadi.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 22:47:35
CXXII
Hikoyat



Shoh Ibrohim ibn Adham (balxlik shohlikdan voz kehcgan shayx, 777-y.v.e.) degan kishi bor edi. Uning ishi bu yo'lda taslim bo'lishdan iborat edi. U haq yo'lida din murshidi bo'lib, sadoqatli oshiq va pokiza inson edi. Bu yo'lda u mulki, taxti va mamlakatini tikib, boshidagi tojini tark etdi. Yuz ming iltijo bilan egniga janda kiydi.
Halol oshiq bo'lgan bu rind safarga chiqdi. Balxdan Nishopur tomon yo'l olib, u yerni vayron, bu yerni obod ayladi. Bu gavhar o'sha konda maqom tutib, yetti yil bir tog'ni o'ziga makon etdi. Bu yerda u kunduz kunlari ro'za tutar va shomdan to azongacha ibodat qilardi. Kunduzlari vodiydagi o'tin va xaslarni bir quchoq qilib bog'lar edi. Ularni yelkalab, bozorga olib borib sotar va tushgan pulga shom uchun iftorlik olar edi. Shu tarzda ko'p riyozat chekish oqibatida, jismi qiltiriqday bir holga kelgan edi.
Kunlardan bir kun u o'tin orqalab, azob-uqubat chek-kancha shaharga borayotgan paytda bir guruh ruhoniylar uning sulukda nimaga erishganini imtihon qilish uchun yo'lini to'sdilar. Ulardan biri uni bir musht urdi. Shunda faqirlik va yo'qlik yo'liga kirgan ularga shunday dedi:
— Siz istagan narsa Balxdan bu yoqqa yo’l tutganrngda o'sha tomonda qolib ketdi!
Imtihon qiluvchilar: "Hali u yetilmagan ekan, bu o'tin ostida hanuz xom ekan. Chunki Balx hali ham uning yodidan chiqmabdi. U yana bir necha yil shunday mashaqqat chekishi zarur, shoyad mulki yodi uning xayolidan ko'tarilgay",— deyishdi.
Oradan bir yil o'tdi. Yana o'sha ikki-uch kishi uni sinamoqchi bo'lib, yo'Ida ketayotgan holda uchratdi. Ular imtihon shartini bajo keltirib, unga bir musht tushirdilar. Ammo bu safar sultondan hech bir sado chiqmadi.
Bu holni ko'rgan imtihon qiluvchilar uning dodiga yetib "U endi o'z maqsadiga erishibdi, endi o'z mazhabida kamolga yetibdi", dedilar. Shukrlar izhor qilib, o'zlarini sultonga tanishtirdilar. Keyin ular bir-birlariga hamdamu hamkor bo'lib, Ka'bani ziyorat qilishga jo'nadilar. Shundan so'ng shohga chin shohlik yetishdi, yo'lovchilar ham bundan ogoh bo'ldilar. Uning ko'nglida g'ayr (boshqa) yodi mavjud bo'lganda, ilohiy sirlarni bilishga parda tortilardi. G'ayr yodi ko'nglidan batamom yo'qolgach, parda ko'tarildi, u uyning to'riga yo'l topdi. Kimki, ana shu xil yo'qlikka erishsa, ey yengil-yelpi havas egasi, bilgilki, uni chin oshiq deb ataydilar!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 22:50:17
CXXIII
Yana bir qushning Hudhudga savoli



Yana bir savol beruvchi so'radi:
- Ey hushyor! Men behad baland himmat egasirrian. Agar yuqori himmatli bo'lishlikning kishilarga nafi bor ekan, unda menga ham biror foyda oshkor bo’lmog'i kerak. Men o'zim zaifmanu, ammo himmatim nihoyatda ulkan. Ma'nolarning mag'zini chaquvchi bu ma'nida qanday so'z aytadi?

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 22:51:57
CXXIV
[Hudhudning javobi

/i]


Hudhud unga shunday javob berdi:
— Agar bu da'voing chindan ham rost bo'lsa, undan ushbu yo'Ida ko'p naf topasan. Agar kambag'al kishilarning himmati baland bo'lsa, shunga yarasha izzat va martabalik bo'ladi.
Agar himmat bir gavhar bo’lsa, insonni sadaf deb hisobla, bu sadafga asl sharaf o'sha gavhar tufaylidir. Agar kishida himmat bor bo'lsa, unga taxt va amalning keragi yo'qdir, mulk va mol-dunyo ham uning ko'ngliga yoqimli tuyulmaydi. Kimning naqd molu mulki bo’lmasa ham, himmati bo'lsa bas, shuning o'zi uning uchun katta davlatdir. Zero, himmati baland kishi, har qanday ishni bajara oladi. Himmat haqiqiy er kishini e'tiborli qiladi, bunga mansab, mulk va xazinaning hech bir daxli yo'q. Agar insonda mol-dunyo bo'lsa-yu, himmat bo'Imasa, u aqlli kishilar nazdida hech qanday obro'-e'tibor topa olmaydi. Kimki, oliy himmat egasi bo'lsa, bu xislati unga iqbol ato etadi. Agar shohga Alloh past himmat ato qilgan bo'lsa, unday shohdan oliy himmatli gado yaxshiroqdir. Agar shoh himmat bobida past bo'lsa, u himmatli gadodan mag'lub bo'ladi.
Insonlardagi go'zallik himmat tufaylidir, yomon nafsning jazosi ham himmatdandir.
Past himmatli baland baxt topsa ham, u tog'lik tole'i past kishidek qadrli bo'la olmaydi. Yollanma cho'pon mingta qo'yni boqqani uchun ma'lum haq olib, qo'ylarga posbonlik qiladi. Agar bo'ridan bu qo'ylarga xavf-xatar yetishsa, bunday holda u cho'pondan bir it yaxshiroqdir! Xazinasi bona himmati yo'q kishiga ana shu cho'pon va qo'y hodisasi misol bo'la oladi. Uning xazina qorovuli va qo'yga qo'yilgan cho'pondan farqi yo'qdir. Oqibatda bir rind tabiatli himmatli kishi bu boylikni qoiga kiritib, ularni bir gadoga hadya qilib yuboradi. Agar rind haqiqiy himmat va karam egasi bo'lsa, uning uchun butun bir xazinani hadya etish bir pulni xarj etishdek oddiy bir ishdir.



Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 22:53:47
CXXV
Hikoyat

Hikoyat aytuvchilar o'z asarlarida himmatli kishilar haqida shunday naql yozib qoldirganlar: qiyomat kuni har kim o'z qabridan bosh ko'tarib chiqar ekan. Zohid ham, fosiq ham, gado ham, boy ham  Mahshar tomon yo'l olar ekan.
Bunda oliy maqomi murshid bo'lgan Jom Shayxi mast Zinda Pili Ahmadi Jom (fors-tojik mutasavvuf shoiri (vafoti 1141-y.)) kabi qadam tashlab, do'zaxda yotgan kishilarga ibrat ko'zi bilan bir-bir nazar solibdi. Qarasa, odamlar turli qiynoq va azoblarga duchor etilgan ekan, bundan uning himmat dengiziga iztirob tushibdi. U Allohga kishilarni bu xil mashaqqatdan xalos qilmoq uchun shunday munojot qilgan ekan:
- Ey Alloh! Barcha do'zax ahlini: xoh u keksayu yosh, xoh u yuqori yoki quyi tabaqa vakili boisin - barchaning qilgan gunohidan o'tgil! Ularni yorlaqab, marhamat ko'rsat va hammasini do'zaxdan ozod qil! Bu ishni qilish sen uchun oson, ularning boru yo'qligi senga baribir..
Bunga rozi bo'lmasang, menga shunday jism ato etgilki, u bilan butun do'zaxni to'ldirib yuboray. Agar maqsading odamlarga azob berish bo'lsa, u holda bu notavonlar o'rnini, mayli, men egallay!
Yuksak himmat egasi bo'lgan olijanob rind shafoat kunida haqqa shunday xitob qilar ekan.
Kimki bunday himmat egasi bo'lsa, unga buning evaziga shunga loyiq mukofot hadya etiladi. Himmat humoyi o'z qanotlarini yoygach, undan yuz tuman ming xalq najot topadi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 22:55:26
CXXVI
 
Yana bir qushning Hudhudga savoli
 

Yana bir savol beruvchi so'radi:
- Ey pok sayr etuvchi, kishida insof bor bo'lsa, buning ehsoni nimadan iborat bo'ladi? Haq menga insofli bo'lishni qismat etib, jonimga ana shunday ne'rhatni ozuqa qildi. Agar
kishida shu xil sifat bo'lsa, u Alloh huzuriga yetisha oladimi?

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 22:56:25
CXXVII
 
Hudhudning javobi


Hudhud shunday dedi:
— Bu yaxshi gap. Bu odat hamma kishilar oldida e'zozlanadi. Odam uchun yaxshi sifatlar ko'p, ammo ular ichida eng sharaflisi insofdir. Kimningki insofi yo'q ekan, u inson sanalmaydi. Kishining fe'1-atvorida insofsizlikdan ortiq nuqson bo'lmaydi. Bu sifat haqiqiy
mardlarning ishidir, har qanday kishi ham unga yetavermaydi. Noinsof kishi — odam emas. Odam insof istamaydi, ammo beradi. Haqiqat ahli kishilardan insof talab qilmaydi, chunki ularning o'zi insof egasidir. Agar kimki o'zi insofli bo'lmasdan, o'zgadan
insof talab qilsa, u haqiqiy noinsofning o'zginasidir.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 22:57:37
CXXVIII
Hikoyat

Xo’ja Muhammad Porso(Bahouddin Naqshband shogirdi. Vafoti - 1419-y.) ismli oliy nasabli dinparvar Xoja Makkani ziyorat qilmoq uchun islom Ka'basi tomon yo'lga chiqdi. Xoja Abu Nasr(vafoti — 1460-y.) uning xizmatkori, xodimi, farzandi va eng yaqin kishisi edi. Ular maqsadga musharraf bo'lgach, buning uchun ma'budga shukrona bildirdilar. Har nimaki farz bo'lsa, o'shani ado etdilar, maqsad - xalqning hajini duo orqali qabul ettirish edi. Xalq hamjihatlik bilan bu ishni qabul etishni Xojaga topshirishgan edi. Olti yuz ming haqni izlovchi yo'lovchilar Xojaga bu iltimosni tayin qilishdi.
"Qudsiya" va "Faslul-xitob" kabi asarlarning sohibi bo'l-gan Xoja jamoatga qarab shunday javob berdi:
— Menga bu ishni bajarishni topshiigan ekansiz, men aytganlaringizdan tashqariga chiqmayman. Ammo bu ishni bajaruvchi kishi hech shubhasiz fazlu kamolda yuksak va insof olamida yakkayu yagona bo'hshi kerak, shuning uchun bu vazifa menga emas, balki Abu Nasrga munosibdir. Yaxshisi, asr kishilari haqiga u duo qila qolsin.
Xoja Abu Nasrni shu yanglig' ta'rif bilan elning duosini o'qishni unga taklif qildi. U ko'rsatgan bu insof va ehsonni kishilar boshdan-oyoq sidqidillik bilan qabul etishdi.
Xoja Abu Nasr minbarga chiqib, el haqiga duo o'qidi. Xalq hojatini chiqarish uchun Alloh oldida munojotlar qildi. Xoja esa minbar yonida chin dildan uzluksiz ravishda "omin" deb turdi.
Duo oxiriga yetgach, minbar ustidagi kishi shunday dedi:
— Ey qudratli Alloh! Agar mening duolarim mustajob bo'lmasa, pastda turganning "omin"ini zoye' qilmagil!
Bu so'zlami eshitgan olti yuz ming kishi faryod chekib, kattayu kichik zor-zor yig'ladi. Odamlar ularga oforinlar aytib, ham otasi, ham o'g'li insofiga qoyil qolishdi.
Shunday qilib, inson uchun insofdan yaxshiroq sifat bo'lmaydi, buni faqat ma'rifatsiz kishilargina anglamaydi.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 22:58:44
CXXIX
Yana bir qushning Hudhudga savoli


Yana bir savol beruvchi so'radi:
— Yig'in orasida bandasiga adabsizlik qilish joizmi? Sidra daraxti ustida o'tirgan yuksak martabali qushga oddiy bir qush adabsizlik ko'rgizsa va bu xatti-harakati bilan burgut jur'atini namoyon etsa, natijasi qanday bo'ladi? Yo'qsa, bu takabburlik deb hisoblanadimi?

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 23:00:03
CXXX
Hudhudning javobi


Hudhud dedi:
— Bu savolingga javob berishda ikki holatni ko'zda tutmoq kerak: kimki shohga beadablik qilar ekan, u bu dargohning o'z maxsus kishisi bo'lmog'i lozim. U o'zlik bandidan xalos bo'lib, "o'z"ga "u"lik bilan mansub bo'lmog'i kerak. Shunda bu har qanday so'z aytsa u degandek bo'ladi, ya'ni "bu"lik va "u"lik o'rtadan ko'tariladi. Chetdan qaraganda bu garchand jur'atdek tuyulsa-da, lekin ma'no yuzasidan u vahdat - birlikni bildiradi. Yoki kishi ishq savdosida past, ham oshiq, ham oshufta va mast bir majnun vaqtida o'z ixtiyori bo'lmasin. Ammo so'zlarida sarkashlik qilmasin: na kibr va na g'arazga yo'l qo'ysin. Ular faqat muhabbatdan iborat bo'lsa, unga loyiq keladigan narsa yo'q. Bunday kishi haq bilan mutjaqlikka erishadi-da, haqdan o'zga kalimani aytishga tili bormaydi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 23:32:43
CXXXI
Hikoyat



Bir oliysifat devona kishi bor edi. Xalq unga "Majnun al-haq" ("Haq yo'lidagi devona") deb laqab qo'ygandi. Chunki haq yodi unga mahbub, tun-kun bu yod ila mag'lub edi. Biror so'z aytmoqchi bo'lsa, doimo haqqa xitob etar, javobini ham haq tilidan berar edi.
Bir bahor ayyomida u baytulloh — Ka'bani ziyorat qilish niyatida Safarga chiqdi. Yo'lda ko'p mashaqqat tortdi, bundan jismi ozor topdi. U mingan ulov ham g'oyat zaif edi.
Atrofga qorong'ulik tushib, yomg'ir yog'a boshladi. Devona endi yo'lni davom ettirish qiyinligini bildi. Shu yaqin o'rtadagi bir vayrona joyni ko'rdi va eshagidan tushdi. Eshagini Allohga tolpshirib: "Ey Allohm, eshakdan xabardor bo'lib tur!"— dedi.
Ulovini tashqariga qo'yib, o'zi vayrona ichiga kirdi. Bir ozdan so'ng uyqu g'olib kelib, boshi ostiga bir kesak qo'ygancha ko'zi uyquga ketdi. Eshak tashqarida qoldi.
Devona uyquga ketgach, bahor bulutlari sharros quya boshladi. Vayrona ichiga har yondan tomchi o'tib, telbaning uyqusini uchirib yubordi. U o'rnidan turib, yomg'ir tinishini vayronada kutdi. Nihoyat, yomg'ir tinib, telba tashqariga chiqdi. Qarasa, eshagi yo'q! Bundan u behad iztirobga tushib, Allohga g'azab bilan xitob qila boshladi:
- Men senga eshagimni topshirib edim, sen esa menga bag'oyatda yaxshi karam ko'rsatib, uni qoyil qilib asrading! El sehing mehmonligingga borsa-yu, eshagini vodiyga qo'yib yuborib, sening ixtiyoringga topshirsa, sen esa beparvolik ko'rsatib, g'aflat ichra unga qarashni unutib qo'ysang?! Eshagimni asramoqni o'zingga or bilib, qorong'u tunda uni ko'rinmaydigan qilib qo'yding!!!
Telba achchig'langancha g'o'ldirab, yo'qolgan eshagini pastu balanddan qidirardi. Shu payt juda ravshan bir chaqmoq chaqilib, butun olamni nurga to'ldirib yubordi. Qarasa, eshagi xas-xashakka og'iz urib o'tlab yurgan ekan. Telba uni ko'rib, quvonib ketdi va eshagiga minib yana yo'lga ravona bo'ldi. Qahridan tushib, haqqa endi lutf bilan mehribonchilik ko'rsata boshladi:
- Ey mening jism aro jonim Alloh, balki senga yuz jonim fido boisin! Garchi o'shanda eshagimga qaramay, ko'zdan yashirib, bo'yniga arqon boglamagan eding. Shu vajdan menda beqarorlik yuzlandi, qahrim bilan senga oliftalik qildim. Chunki men eshakni senga topshirgan edim-da, sen esa omonatni menga topshirishda hayallading. Ammo meni g'amgin holda ko'rib, tabdir ham topding. Chorasozlik qilib, chaqmog'ingni chaqib, ko'z yoritar mash'alingni yoqding. Ko'zimga eshagimni ko'rsatib, o'z lutfu inoyatingni izhor etding.
Garchand men sening bu ishingdan g'azablanishga to'la haqli bo'lsam ham, lekin sen qilish mumkin bo'lmagan ishlarni qila oladigan, tushunish qiyin narsalarni tushunadigansan; shuning uchun menga e'tibor qilib, yo'qolgan narsamni topib berding. Bu bilan sen aytgan gaplarim uchun meni majolsiz bir holga solding, sharmandai sharmisor etding.
Sen nima ish qilgan bo'lsang, men tamom unutdim. Sen ham oradan ko'ngilsizlikni ko'tar, lutfingni izhor qil. O'tgan ishni unutib, hozir men qat'iy bir fikrdaman, sen ham
unutsang yaxshiroq bo'lardi. Axir men seni hech qachon hijolatga solib qo'ymayman. Sen ham meni uyaltirmagin. Men seni voqeada afv etdim, sen ham endi mendan ko'nglingni sof tut!
Devona shu so'zlarni aytib, har dam o'zini o'zi maqtar, Allohga ham turli mehribonchilik ko'rsatar edi. Telba aytgan bu so'zlar garchand nomaqbul bo'lsa-da, muhabbat tufayli sodir bo'lgani uchun maqbul edi.
Agar har bir majnun Allohga shuningdek sir aytsa, u beibolik va erkalik qilmog'i mumkin. Chunki bunday kishilar Allohga suyuklidir. Suyukli kishining esa har bir qilgan ishi yoqimlidir.



Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 23:34:36
CXXXII
Yana bir qushning Hudhudga savoli


Yana bir savol beruvchi dedi:
— Ey yo'l kezuvchi! Men o'zgadan butunlay ozod va holi bo'lganman. Alloh xayoli bilan o'zimni doimo xush tutaman, zora bir kun uning visoliga yetsam, deyman. Men undan shu tariqa bir nafas ham ayriliqda bo'lmaganim holda, qani ayt-chi, nima uchun u tomonga safar qilishim kerak.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 23:36:22
CXXXIII
Hudhudning javobi


Hudhud unga shunday dedi:
— Sening bu so'zlaring quruq da'vodan iboratdir. Ularning ma'no bilan hech qanday aloqasi yo'q. Hech bir kishi o'zini madh qilib, bunchalik lof urmagan edi. Sen shuni bilki, oyu yil mashaqqat chekib, o'z-o'zingni muttasil maqtamoqdasan.
Sen, haq bilan bir butunman, bu uning uchun ma'qulmi yo noma'qulmi, deding. Ammo sen bu gaplarni aytganing bilan rost gapirgan bo'lmaysan. Uning oldida qanday holat bo'lishini ham bilmaysan. Sen bu xil quruq da'vodan lof uraverma. Toinki unga bu so'roving hali ma'qul kelish-kelmasligi ham noma'lum. Sen nima degan bo'lsang, u bunga e'tibor qilmaydi. U nimani lozim ko'rgan bo'lsa, shuni mo'tabar tutmoq kerak. Agar u inoyat qilib so'zlaringni qabul qilmasa har qancha quruq gap aytganing bilan unga kifoya qilmaydi. Bu xil bema'ni so'zlarni aytgandan ko'ra, uning lutf va ehsoniga ko'z tikkan avlodir.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 23:37:50
CXXXIV
Hikoyat


Shayx Boyazid Bistomiy sirlar xazinasining pokdomoni va ma'ni ahliga, mamlakati taxtiga yirik alloma bo'lib tanilgan. U bu dunyoni tark etdi va narigi dunyoning jannatmakon yerida bazm qurdi. Bir kun bir muridi uni tushida ko'rib, so'radi:
— Ey may ahli ichida sarxushlikda yagona bo'lgan zot! Hayot bag'ishlab, adolat ko'rsatuvchi Alloh senga nima qildi? Bizga holingdan xabar ber. Sendan ayriliqda ko'p alam chekdik, o'z ahvoling haqida gapirib, bizlarni tinchlantir.
Komil murshid unga shunday dedi:
— Lahad qa'ri makon bo'lgan zamon savol beruvchi maloikalar hozir bo'ldilar. Ular mendan: "Sening yaratuvching kim va abadiy murabbiying kim?" deb so'radilar.
Men dedim: "Bu so'zni mendan so'ramang, agar savollaringizga javob bermasam, aybga buyurmang. Yaxshisi, unga borib, so'rab ko'ring-chi, u bandalik qilishimga yo'l berarmikan? Agar u meni o'z qulligiga qabul etsa, shuning o'zi sizlar uchun javob o'rnida o'tadi.
Chunki siz meni dargohda banda deb anglang, iqbol va yuksaklik taxtining quli deb biling. Agar u meni qabul etish baxtidan noumid qilsa, hajrida mudom ovoraman. Unda meni rad etilganlar qatorida deb biling va ko'nglingiz nimani istasa, o'shani qiling!
Ular mendan o'z savollariga shunday javob olgani ondayoq yuqoridan oliy xitob keldi: "œEy, savol beruvchilar! U mas'uliyatli so'zlar aytdi va bu bilan bizning eng yaxshi, maqbul bandalarimizdan ekanligini isbotladi".
Xullas, uning nuriga ko'z ravshan bo'lmaguncha, o'z demoqlik bilan rost so'z kelmaydi".

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 29 Yanvar 2009, 23:39:08
CXXXV
Yana bir qushning Hudhudga savoli


Yana bir savol beruvchi dedi:
- Ey rafiq! Men kamolot dengizida g'arq bo'ldim. Nafsda kamolotga erishib, undan dilim istagan maqsadga muyassar bo'ldim. Bu yerda murodim hosil bo'lgan ekan, yo'l azobini tortmoq men uchun mushkildir.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:30:36
CXXXVI
Hudhudning javobi


Hudhud shunday dedi:
- Ey maqsadi nafratlanishga loyiq! Ko'nglingga g'aflat jahl va g'urur solibdi. Zero, sen o'z xayolingga mag'rur bo'lib, asl ishdan uzoqlashibsan. Sendagi bu xayol samarasiz xayoldir, balki mutlaq behuda xayoldir.
Nuqsonli kishigina o'zini komil deb hisoblaydi. O'z nuqsonini isbot qila olgan kishi esa haqiqiy komil sanaladi. Kamolotga erishganlar o'z kamoloti haqida maqtanmaydi, aksincha, bu holat nuqsonli kishilarda mayjud.
Sen nuqson bobida yuqori cho'qqiga ko'tarilgansan, o'zingni olim deb ataganing bilan aslida johilsan.
O'z kamoloti haqida maqtanish jaholatdan o'zga narsa emas. Kimki o'zini komil deb hisoblar ekan, u albatta nuqsonlidir. Chunki undagi bu nuqson unga kamolotga erishish uchun yo'l bermaydi.
Zero, quyosh ham tush paytida o'zini barkamol ko'rib, eng yuksak nuqtaga ko'tarildim, deb o'ylaydi, ammo shu ondayoq unga zavol yuzlanadi, ya'ni u pastga qarab bota boshlaydi. Negaki, uning chindan ham kamoloti bor edi, ammo uni ko'rgan zahotiyoq zavolga yuz tutdi.
O'zini komil deb hisoblagan nuqsonli kishi go'yo yomon odamning o'zini yaxshi kishiga nisbat etganidek bir gap. Bundaylarni tuzatish qiyin ish hisoblanadi. Chunki ulaming binosi kibr bilan g'ururdan qad ko'targan.
Ey notavon, shuni bilki, sen gumon qilgan kamolot sof nuqsonning o'zginasidir.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:31:33
CXXXVII
Hikoyat


Shayx Abu Bakr Nishopuriy(Abdulloh ibn Muhammad. 853— 935-y) ma'no mulki sari yo'l topganlardan edi. Bir kun u o'zining obod maskani bo'lgan Nishopur shahridan sayohat qilish uchun yo'lga chiqdi.
Uning shayxlik martabasi nihoyatda baland bo'lib, muxlis va xizmatkorlari g'oyat ko'p edi. Kajava va tug' ko'tarib yuruvchilar va oliy nasabli xodimlari to'da-to'da edi. Shayx ularga shukuh bilan nazar soldi. Qarasa oldi ham, orqasi ham — butun tevarak-atrofi son-sanoqsiz kishilar bilan o'ralgan. Bu xayol uning ko'nglidan o'tib, bir zum o'yga berildi. Xuddi shu mahal bir eshak hangrab, nogahon orqasidan qattiq yel chiqib ketdi.
Bu ramz Shayxga xush yoqib, u shavqqa to'lgan holda jazava bilan raqsga tusha boshladi va o'zidan ketib yiqildi. Unda sodir bo'lgan bu holatni ko'rgan yaqin kishilari va muridlari uning boshiga yig'ilishdi. U o'ziga kelgach, Shayxning bir mahrami gustoxlik bilan "Bu ne hoi edi?" deya kayfiyat so'radi.
Shayx aytdi:
- Ey sir izlovchi o'rtoq! Meinga shum nafsim hujum qilib, atrofimdagi xalqni o'zimga tobe' deb o'yladim. Ko'nglimga keldiki, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchilardan, toliblar va solihlarga
madad beruvchilardan na Junayd, na Shibliy(o'ratepalik shayx, 945-yilda Bag'dodda v.e.), na Boyazid, na Ubayd, na Nuriy(Shayx Ahmad ibn Mahmud. 907-y.v.e.) va na Abu Said - ulardan qaysi biri bu xil obro'-e'tibor topib, faqr yo'lida bunchalik ko'p odamlar
guruhiga ega bo'lgan ekan?!
Nafs mening ko'nglimga shu xayolni solgan mahalda o'sha eshak to'g'ri javob berdi. Men undan kerakli javobni topdim. Zavq-shavqqa berilib, o'zimdan ketishimning boisi ham ana shu eshak edi.     
Qizig'i shundaki, Shayxga eshak hangrab, bu xil tanbeh bilan unga to'g'ri yo'l ko'rsatsa-yu, u bundan jazavaga tushib, behuda xayollari boshidan yel kabi chiqib ketsa! Bu ish faqat insofli kishilar qo'lidan keladi. Kimki insof egasi bo'lsa, bu ishning ma'nosiga tushunadi. Biroq har qanday mag'rur, pastkash va razil kishilar bunday ulug' davlatga yeta olmaydilar.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:32:23
CXXXVIII
Yana bir qushning Hudhudga savoli



Yana bir savol beruvchi dedi:
— Ey muhtaram zot! Bu yo'lga qadam qo'yganimda, o'zimni ne mashg'ulot bilan shod etay? Agar g'am yetsa, undan qanday qutulay? Ne qilsam, ko'nglimga shodlik yetib,
undan men har qachon huzur topa olaman?
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:33:12
CXXXIX
Hudhudning javobi


Hudhud unga dedi:
— Agar o'zingni shod ko'rishni istasang va har qanday qayg'udan ozod bo'lishni xohlasang, o'zingni uning yodi bilan yashashga odatlantir. Agar shodlik istar bo'lsang, uni yod qil. Uning yodidan tashqaridagi shodlik aqlga muvofiq kelmaydi. Undan ayriliqdagi ayshu ishratdan g'am yaxshiroqdir, bunday to'ydan aza yuz marta yaxshi sanaladi. Undan g'am kelsa ham shodlik o'rnida ko'rgil, bu seni har qanday balo kishanidan xalos qiladi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:34:07
CXL
Hikoyat


Xoja Abdulloh Ansoriyki (xirotlik shayx, 1005 -1088-y.y.), aql u qilgan ishlarning mingdan birini ham sharh eta olmaydi, shunday degan edi: "Ko'nglixushligi va uning faqr yo'lida hurmatga sazovor bo'lishi dilda undan o'zga, yodda jonondan o'zga narsa bo'lmasligidir. Har bir ko'ngil shunday sifatga ega bo'lsa, uni ko'ngil deb bilgil. Yo'qsa, dengiz yoki kon bo'lsa-da, undan voz kechgil. Unga maskan bo'lgan ko'ngil - ko'ngildir, yo'qsa, gulshan bo'lsa ham gulxandir".

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:35:06
CXLI
Yana bir qushning Hudhudga savoli


Yana bir savol beruvchi so'radi:
— Ey baxtiyor zot! Men uning ishqini ixtiyor etib, nogahon uning vasli bilan sarfaroz bo’lsam, undan yolvorib nima so'ray? Uning vasliga yetgan zamon avval undan nimani so'rashni bilmoqchiman.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:36:16
CXLII
Hudhudning javobi


Hudhud shunday dedi:
— Ey shiori xomlik, hush vodiysida beoromlik bo'lib, aqlingdan ayrilibsan-da! Chunki u senga maqsadu maqsuddir, undan o'zga boru yo'q nobuddir. Talab qilganing muyassar bo'lsa, sevikli yoring og'ushingga kirdi, deb bil. To yiroq ekansan, ko'ngling uni havas qiladi, joningga undan o'zga so'rov yo'q. Oradan firoq ko'tarilib, uning visoliga erishsang, bundan yaxshiroq nimani istaysan?! U-ku tan va jondan murod, undan o'zga yana qanaqa murod bo'lishi mumkin? Uni topgudek bo'lsang, boshqa tilaklardan ko'nglingni uz, boru yo'g'ingni uning ishqi uchun sarf qil!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:37:28
CXLIII
Hikoyat


Abu Said (Ahmad binni Iso, 899-y.v.e.)visol daryosiga g'arq bo'lgan kishilardan edi. Uni vasf etishda aql ojizlik qiladi. Uning nomiga Xarroz — mahsido'z laqabi nisbat berilgan, kecha-kunduz qiladigan ishi matlub bilan sirdosh bo'lish edi.
Bir kun Makkada duo vaqtida bir guruh kishilar haqdan murod istamoqqa mayl qildilar. O'sha avliyosifat kishilar haq sirlaridan ogoh bo'lib, taqvo va toat-ibodatlar bilan haqni istab munojot qilishar, barchalari u dargohga oshno bo'lmoq uchun yuzlarini Ka'baga surtar edilar.
Lekin haqiqat xazinasining siri va vasl bog'i gullarining gulshani bo’lgan Abu Said bu paytda talab ahli ichra xomush, ko'ngli birlik jomidan behush edi. El duo o'qiyotgan paytda nogoh ularga qarab, og'ziga shu so'zlar kelar edi:
- Alloh! Xalq har nimaniki talab qilayotgan bo’lsa, men mashaqqat chekmasdan topishga erishdim. El seni biziga matlub deb, senga yetishmoqni istaydi, men esa seni allaqachon topganman. Bu holatim bilan go'yo seni qidirishdan ko'z yumgan
kishiga o'xshayman. Men sendan bir nafas ham ayriliqda emasman, zeroki, topilgan narsani orzu etish bema'nilikdir. Men-ku vasling ila maqsadimga erishganman, bu talab ahlini murodiga yetkazgil!

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:40:43
CXLIV
Yana bir qushning Hudhudga savoli


Yana bir savol beruvchi dedi:
— Ey bilimdon! Bu safar ko'nglimizni jarohatladi. Endi yo'l yurib shoh bazmiga oshno bo'lsak, aytgandek, unga behad nafis bir sovg'a ham olib borishimiz shart. Shohga qanday sovg'a ma'qul kelarkin, shundan bizni ogohlantirsang.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:45:10
CXLV
Hudhudning javobi

Hudhud dedi:
- Sening bu savoling juda ham o'rinli. Darhaqiqat shohning oldiga biron sovg'a bilan borilsa, ko'ngildagidek ish bo'ladi. Sovg'a qilish uchun shunday bir narsa topish kerakki, u nihoyatda noyob, balki la'l bilan bezalgan toza durdan ham qimrnatbaho boisin.
Ammo u xazinada qimmatbaho narsalar shunchalik behisobki, ularning oldida bu duru gavharlarga yo'l boisin? Qimmatbaho narsalar, deganimiz bu malaklarning toatu taqvolari, o'zini pok tutuvchilarning sharofatli nafaslaridir. U yerda zohid kishilarning ibodati ko'plab topiladi. Taqvoyu toat javharlari u yerda bisyordir. Payg'ambarlar chekkan riyozatlar ham, avliyolar qilgan ibodatlar ham u yerda behisob. Bu yerda sharafga loyiq bo'lgan narsalar u yerda tuproq bilan teng turadi.
Lekin u yerda eng yaxshi sovg'a faqat yonish va dard chekishdir! Bir zumlik g'amli oh chekishdan ortiq sovg'a bo'lmaydi. Chunki u joy izzat va ehtiyojsizlik koshonasi bo'lib, yuz tuman ming arshdan ham a'lo turadi. Unda yuksaklik, istig'no va noz haddan tashqari ko'pdir. Faqat ojizlik ko'rsatish va zaiflik bilan yolvorish u yerda topilmaydi.
Sen o'zing bilan birga yolvorish va dard olib bor, zor jisrningni va g'amli joningni elt; chunki bu sovg'alar u dargohda yo'qdir. Bechoralik va notavonlik bilan shohdan ularni qabul etishini so'ra. Agar sen o'zingni unga oshno qilmoq istasang, uning huzuriga yonish, dard va fano bilan bor.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:46:17
CXLVI
Hikoyat


Shohlarning shohi bo'lgan bir buyuk podsho bor edi. U go'yo olam ahli boshida Alloh soyasi kabi edi. U quyoshdek porloq toj egasi bo'lib, undagi gavharlar yulduzlardek porlar, mulki ham kunchiqishdan kunbotishga qadar cho'zilgan edi.
Uning bir o'gii bor edi. Bu ko'hna olam uning kabi azamat o'g'lonni hanuzgacha ko'rmagan edi. U husn osmonining yorug' yulduzi, deyilsa ham, latofat qutichasining porloq gavhari deyilsa ham kam. U go'zallik tunini bezaguvchi sham va malohat gulshanidagi sarvinoz edi.
Shoh uning husnidan olamga o't tushmasin deb, uni bir qasr ichida yashirin saqlardi. Undan olamga ofat tushishini bilib, u otlanib chiqadigan yo'lni to'sib qo'ygan edi. U bir gulshanda maqom tutgan bo'lib, bog' aro xuddi tovusdek xiromon yurardi. Shoh uning tashqariga chiqishini man etganidan shu chamanda o'z vaqtini ayshda o'tkazish bilan qanoatlanardi.
Nogahon shoh taxtini shahzodaga qoldirib, ajal jomini sipqardi. Davlat xutbasi shahzoda nomiga o'qildi, uning yuk-sak oti bilan tanga pullar zarb qilindi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:46:34
Kunlardan bir kun ko'ngil ochish uchun mulkini tomosha qilmoqqa otlandi. Ot bilan javlon urib, maydonga ofet solgani kirdi. Ot chopib maydonda chavgon o'ynadi, xalq boshini go'y etib, jon o'ynadi. Tulporini qaysi tarafga surgan bo'lsa, o'sha shahar va mulk ahlida g'avg'o-to'polonlar boshlandi. Uni ko'rgan el devonayu zor bo'ldi, ishq domiga giriftor bo’ldi.
Shoh ularga shunday ulug' ofatlarni solib, xuddi shamol kabi tezlikda o'z gulshaniga qaytib ketdi. Shahar xalqi uning orqasidan g'avg'o chekib, "Yo Rab!" deb, ishqidan ohu faryodlarini ko'kka yetkazishardi. Ular shaharda qolmay, uning orqasidan ergashdilar, hammalari uning qasr va bog'iga yetib kelishdi.
Zolim shoh o'z mulkini xarob qilib, qasridan pastga tushgancha, xaloyiqqa shunday buyruq qildi: "Bu g'avg'o ko'targanlarni har tomonga tarqatib yuboringlar. Ketmaganlarni esa jazolang!"
Shoh mulozimlari kishilarni tarqatishga qanchalik harakat qilmasinlar, odamlar bari bir ketishmadi. Ularning odamlarni tarqatish uchun qilgan barcha harakat va intilishlari foyda bermadi. Shahar xalqi boshdan-oyoq telba bo'lib, balki telbadan ham ortiqroq ahvolga tushib, kechayu kunduz oshufta va devonavor holda shoh bog'i atrofida qaror tutdilar. Qari va yosh, rind va zohid, oliy va past tabaqadagi barcha olomon ishq va telbalik ko'chasiga kirdi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:46:52
Shoh elning bu qiyin ahvolga tushganini ko'rgach, o'z holiga hayrati orta boshladi. Bu g'avg'oning poyoni yo'q ekanligini ko'rib, unga chora topish mumkin emasligini ham bildi. Xaloyiq tomon bir elchi yuborib, unga ushbu xabarni yetkazishni buyurdi: "Mening ishqimga asir bo'lgan kishilarning hammasi biron kasb egasidirlar. Har kim o'z sohasida mahorat ko'rsatib, o'z hunaridan bir ishni bunyod etsin. Hamma shu ish bilan shug'ullansin. Agar kimning ishi mening ko'nglimga xush kelsa, u kishini o'z mulozimim qilay. Uni bazmlarimda ulfatim etib, suhbatlarimda hamdardim va hamrohim qilay. Agar qilgan ishi ko'nglimga yoqmasa bo'ynini uzib, ko'p azob-uqubatlar bilan o'ldiray!" Kasbi kori zulm bo’lgan shoh shun­day hukm etdi.
Oshiqlar oldida katta imtihon ko'ndalang bo'ldi. El uning va'dasidan umidvor bo'lib, o'z ishlarini bajarishga kirishdilar. Hamma fozillar, ilmu hunar ahllari barcha ishdan voz kechgan holda kecha-kunduz tinmay harakat qilib, shoh buyurgan ishga mashg'ul bo'ldilar. Olim kitob yozmoq niyatida, bastakor yangi kuy yaratish istagida bo'ldi. Shoir zamona shohi nazar qihshga arzirli madhiya yozishga urindi. Munshiy men yozgan nomani shoh pisand etarmikan, degan o'y bilan xat yozishga qalam olib, shohni vasf etishga kirishdi. Zargar o'z hunarini ishga solib, shohga loyiq oltin kamar yasamoqchi bo'ldi. Kiyim tikuvchi o'z ustaxonasiga borib, shoh kiyishi uchun zarbof to'n tikmoqqa ish boshladi. Duradgor, shunday bir taxt yasayki, bu taxtga saodatli shoh chiqib o'tirsin, degan o'y bilan taxt hozirladi. Kamon yasovchi yoyim zora shohga yoqib tushsa, deb o'z san'atiga band bo'ldi. O'qchi ham ko'p mashaqqatlar ila ehtimol bu shoh ko'ngliga xush yoqarmikan, deb o'q yasashga kirishdi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:47:20
Xullas, shahardagi kattayu kichik - barcha kishilarning har biri o'z ishiga berilib, qilgan ishim zora shohga ma'qul tushib, u meni o'z mulozimligiga chorlasa, degan niyatda o'z ishiga zo'r berdi. Ular o'zlari chekkan shuncha mashaqqat-lari natijasida qilgan ishlarining shohga yoqib, bundan murod-maqsadlariga erishmoqchi bo'ldilar.
Bir kecha shoh xalq qilgan ishlarni ko'zdan kechirish uchun o'z dargohidan chiqdi. Bir-ikki xizmatkor mahrami bilan xuddi o'g'rilar kabi yashirincha shahar tomon yo'l oldi. Shu tarzda u el qilgan ishlarni birma-bir ko'zdan o'tkazib, hamma ishni ko'rib chiqdi. U oliysifatli shoh qaysi bir ishga nazar tashlamasin, o'ziga-o'zi: "Bundan bizning xazinamizda ham bor, balki u yerda bundan yaxshirog'i ham bisyor!" deb aytar edi.
Yura-yura oxiri u bir g'arib — bechora turgan joyga yetishdi. Bu kishi oshiq bo'lib, nihoyatda ozor chekkan, aftoda bir holatda edi. Ishq uni jonidan noumid qilgan, hajr bedodi sevgan kishisidan umidsiz bir ko'yga tushirgan edi. Bu notavon har zamon bag'ridan tomayotgan qonlarni ko'z yo'llari orqali har tomonga oqizardi. Ko'zdan oqqan qon yoshlari bilan tufroqqa belangancha yotar, bu mushkul holatda qiynalgan ko'ngli go'yo yarim so'yilgan qushdek iztirob chekardi. Har dam o'zgacha bir nolayu afg'on qilar, u chekkan ohu nola va faryoddan el ko'ngli buzilardi. Ishq tig'i uning xasta ko'nglini chok etgan, ko'nglidan o'zligini siqib chiqargan edi. Ishq javridan u shunchalik uqubat chekkan ediki, bundan uning vujudi yo'q bo'layozgan edi. Bu fano uni tuproqqa og'ushta qilib, hatto badanidagi har bitta tukka yuz shikast yetkazgan edi.
U shu holatda o'ziga-o'zi shunday derdi:
— Har kimsa o'z sohasida oshuftahollik bilan mahorati kamolotini ko'rsatadi. Ertaga ular shoh bazmida qatnashib; shoh ularning har biriga lutfu marhamatlar izhor etadi. Menda esa ohu dard chekishdan bo’lak o'zga tuhfa yo'q. Men ularga qanday qilib sherik bo'la olaman?!
Shohda yo lutf bo'ladi, yo siyosat. Men bechoraga ham u o'z dargohiga borish uchun ruxsat bersa. Ammo men uning lutfu ehsoniga loyiq emasman, hattoki siyosat qilishga ham arzimayman. Koshki edi u siyosat tig'ini surib, o'z qilichini bo'ynimga yetkarsa, menga shu sharafning o'zi kifoya! Bundan o'zga maqsadim ham yo'q...
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:47:37
Lekin men shunchalik e'tiborsizmanki, hatto uning meni qatl qilishiga ham ishonchim komil emas. E voh, mendagi dardu alam kuchayib, halokatli tus olmoqda, bundan o'z holimga motam tutmoqdaman!
Shoh bu g'arib ahvolni ko'rib, g'aribi zordagi bu holni bilgach, bu holat uning ko'ngliga qattiq ta'sir qildi va mehri toblanib, bu vayronaga xuddi quyosh kabi kirib keldi. Unga lutf ko'rgizib, ko'nglini ovladi, balki ruhini jismining uyidan quvlagandek bo'ldi. Bechora oshiq bu ahvolni ko'rgach, cheksiz hayratdan gung va lol bo'lib qoldi. Ko'ngli bu quvonchga tob bera olmay, mehmon huzurida o'z jonini tortiq qildi.
Bilgilki, bu xil o'lmoq jondan ham yaxshiroqdir. Jon nima degan narsa, balki ming tirik hayotdan ham afzalroqdir. Agar kishiga bu xil o'lmoqlik nasib etsayu u o'z jonidan voz kecha olmasa, u odam sanalmaydi. Ishq aro bu yonish va kuyish   uning ruh shamini porlagan mash'alga aylantiradi!
Ko'rki, ko'z yosh to'kib kuygani tufayli sham qorong'u kechalarda quyoshning o'rnini bosadi!
Ey Foniy! Agar maqsadga yo'l topmoqchi bo'lsang, oh chekish, yonish va dard bilan O'zingni xursand qil!

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:48:55
CXLVII
Yana bir qushning Hudhudga savoli


Yana bir savol beruvchi so'radi:
- Ey poklik, rahbarlikbobida chechan qush. Bu yo'l shiddati haddan ko'p bo'ldi, oxiri ham nihoyasiz ekan. Ayt-chi, bu balo dashtini qachon bosib o'tamiz? Asl manzilga qay tarzda yetamiz? Bizni bu ishdan xabardor ayla, yo'lning sur'at va oromini izhor qil. Uning qanday boshlanib, nima bilan tugashini bizga tushuntirib ber. Avval biz chekadigan mashaqqatlar, so'ngra yetishadigan aysh va maqsadlar haqida gapir!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 30 Yanvar 2009, 23:50:16
CXLVIII
Hudhudning javobi


Hudhud shunday dedi:
- Ey bu yo'lda hamroh bo'lgan o'rtoq! Bu savoling nozik savol bo'ldi. Sen mendan bu safar kayfiyatini, undagi manzil va vodiylarda duch kelinadigan qiyinchilik va shodliklar haqida so'rading.
Bilgilki, bu yo'l bir necha vodiy va manzillardan iboratdir. Endi men ularni senga birma-bir sharh qilib beray, sen voqif bo'l.
Oldimizda yettita katta vodiy turibdi. Ularning har birida xavfu xatar haddan tashqari ko'pdir. Bu vodiylarning har qaysisida son-sanoqsiz manzillar bo'lib, aql ularni sanab chiqishga ulgura olmaydi. Lekin bu manzillarning hammasi aslida yettita katta vodiyga birlashadi. Men ana shu vodiylar sharhini bayon qilaman.
Avvalgi vodiy Talab vodiysidir, unga sharofatli to'g'ri yo'l ko'rsatuvchigina boshlab olib boradi.
Keyingi vodiy - Ishq vodiysi. Sen bu yerda ishq o'ti ichra boru yo'g'ingni o'rtashing lozim.
Ishq sening vujudingni yo'qotgach, Ma'rifat vodiysiga qadam qo'yasan.
So'ngra Istig'no (Ehtiyojsizlik) vodiysi keladi. Bu vodiy benihoya keng bo'lib, yuksak osmon ham uning oldida past turadi.
Undan keyingi Tavhid (Yagonalik) vodiysidir. Undan o'tish uchun kishi yolg'iz bo'lmog'i zarur.
Undan o'tsang, Hayrat vodiysiga duch kelasan, bu yerda senga ko'p shiddatlar yuzlanadi.
Hammadan so'ng Faqru Fano (Faqirlik va yo'qlik) vodiysi keladi. Sayr qilayotgan solik shu bilan yo'lni nihoyasiga yetkazadi. Bunda suluk ahli o'z maqsadiga erishib, ish o'zgacha bir holat bilan tamom bo'ladi.
Lekin bu vodiylardagi manzillardan hech kim xabar beigan emas. Bu yo'ldan ketganlardan hech kim qaytmagan. Hatto bu yetti vodiy ham nihoyatda muxtasar bo'lib, uni tavsiflashda ko'p chalkashliklarga yo'l qo'yilgan.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 31 Yanvar 2009, 00:19:18
CXLIX
Talab vodiysining sifati


Talab vodiysiga qadam qo'ysang, oldingga har dam yuz ming dardu alam duch keladi. Har dam unda yuz malollik, har nafas ming o'zga holat yuzlanadi. Istamoqlik azobi ko'ngulni zor etadi, lekin topa olmaslik ruhni abgor etadi.
Bunda jonni kuydirish mahrumlik, vaslga erishish noma'lumlik bo'ladi. Mashaqqat va kulfatlar jismingga nish sanchib, behad ulkan dard jismingni pora-pora qiladi. Sen noyob durni qo'lga kiritishni xohlaysan, ammo uni topa olmaysan. Buning uchun dunyo asboblarini tark etmoq zarurdir.
Solik o'z yo'lida g'ov bo’ladigan molu mulk'va boshqa narsalardan voz kechib, foniylikning to'rt yo'lini baland ovozda ulug'lamog'i kerak. Bu yo'lda unga bo'lgan ishtiyoqdan boshqa hamma narsani tashlab, o'zni maqsad manzili tomon boshlashi lozim. Agar olam matosidan biron ashyo qolmasa, senda u dam o'zgacha sifatlar paydo bo'ladi. U xazinadan vayroningga obodlik kelib, zoti nuridan joningga yorug'lik yetishadi. Bu yorug'lik sendagi shavq o'tini tobora alangalatib, talab otingni uchqur qiladi. Bunda o'zingda bir talab o'rnida yuz talab topasan. Bu payt tog'lar sening ko'zingga oddiy daladek bo'lib ko'rinadi. Joningga talab rohati yetadi, mashaqqat chekish shiddati sendan forig' bo'ladi. Ko'ngling dur topishga qanchalik muhabbat qo'ysa, sen uchun g'avvoslik qilish shunchalik oson bo'ladi. Visol quyoshi jamolini ko'rsatgach, shoming tongga ulanib ketadi. Agar bu payt oldingga mast fil kelsa ham sen uni pashsha kabi nazar-pisand qilmaysan. Agar yo'lingni yuz sher yoki arslon to'ssa, ularni sen cho'loq chumolidek ko'rasan. U xazinaga erishsang, ko'nglingga ajdahodan xavf yetmaydi.
Kufr va imondan qo'l yuvasan, shundan so'ng oldingda bir eshik ochiladi. Eshik ochilib, ichkari kirganingda, unda na kufr, na din qoladi, ularning barchasidan qutulasan.
Chunki kufr yoki imon bu yo'lga kirgan kishi uchun maslak emas. Bular asl yo'ldagi to'siqdan boshqa narsa emasdir.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 31 Yanvar 2009, 00:52:03
CL
Hikoyat


Bir qudratli podsho o'tgan edi. Uning xazina va boyliklari askarlari kabi son-sanoqsiz edi. Bu shohning bir zebo o'g'li bor bo'lib, uning go'zalligi oldida hatto Yusuf ham qui bo'larli darajada edi. Sharq quyoshi uning husnidan sharmanda bo'lgani uchun oyog'i ostiga bosh qo'yardi. Sarv uning navnihol qaddiga soya kabi, oy esa uning yuzi quyoshiga bezak bo'lgudek edi. U ham quyoshdek husn bilan olamni zabt qiluvchi, ham oy kabi chehra bilan osmon baxtida jilvalanuvchi shoh edi. Ko'zi har boqishda olamni buzar, ishq ahliga o'zga olam ko'rguzar edi. Agar la'li so'z boshlasa, jon olar, tabassum qilsa, jon kirgizardi.
Butun olam unga oshiqu shaydo bo'lgan, agar u qatl etmoqchi bo'lsa ham kishilar bundan g'am chekishmas edi. Kofir va mast ko'zi din va imon ahliga doim qirg'in keltirar edi. Chaqmoqdek uchqur otini har tomonga choptirar, bu chaqin bilan jahonni kuydirardi. Olam ahli unga maftunu shaydo bo'lgan, lekin u kishilarga haddan ortiq nozu istig'nolar qilar edi. U xalq sari ko'zining uchi bilan bir qiyo boqsa, zulmi tig'idan tuman ming kishining qoni oqardi. Jahon elining o'lmog'iga u parvo qilmas, balki zulmu istig'no bilan darhol qatl qilib qo'ya qolardi. Uning ko'chasiga borishdan hatto shamol ham jon hovuchlar, u tomonga esmoqdan joniga qo'rquv tushar edi. Shamol uning gulshaniga esa olmagani sababli u yerdagj gulbarglar gullardan tanbeh olardi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 31 Yanvar 2009, 00:52:28
Bir kuni u sahro kengliklarini aylanib qaytish uchun ot surdi. Dasht uzra yuz tuman majnun zor yotar, ularning barchasi uning ishqi shiddatidan beqaror edi. Lekin uning yuziga boqish uchun ularda imkon yo'q, u tomonga qarashdan ular bahramand bo'la olmas edilar. Hamma yaxshi-yomon uning vasliga erishmoqni istar, lekin bunga yetishmoq mumkin emas edi.
Nogahon saodatli shahzoda sahroda turgan elga nazar soldi. Ko'zi ular orasidagi ishq zanjiriga mubtalo bo'lgan ikki xasta oshiqi zorga tushdi. Shahzoda o'z mulozimlariga buyruq qilib, bu ikki devonasifatni huzurimga olib keling, dedi. Ular ikki mubtaloni ushlab, podsho qasri tomon ot soldilar. Shoh ulardan birini zindonga mahbus qilib, ikkinchisini o'ziga itboqarlik xizmatiga tayinladi. Unisi zindonda yotgan bandilar bilan hammakon bo'lsa, bunisi zanjirlangan itlarga giriftor bo'ldi. Ular shu qiyin ahvolda bir qancha vaqt o'tkazib, kulfat tortdilar.
Bir dardmand kishi ularning biridan:
- Azob-uqubat ichra sizning holingiz qanday kechmoqda? — deb so'radi.
U dedi:
- Shu ham azob bo'ldimi? Turgan-bitgani rohat-ku! Mashaqqat chekish qayoqda deysan? Ishqidan ko'nglim to'lgan holda uning ko'chasida it bo'lishga ham rozi edim. Garchi men uning itlariga xizmatkor esam-da, uning itlariga boshliqman.
Unisi dedi:
- Uning ishqi ko'nglimga zo'r kelib, bundan agar mening turar joyim go'r bo'lsa ham rozi edim. Garchi hozir zindonda kishanlangan holda yotgan bo'lsam ham, lekin uning vaslidan ko'nglim umidvor.
Oy chehrali shoh ularning bu so'zlarini pana joydan rurib eshitmoqda edi. Ular shu tarzda o'z istaklariga sodiq va ishq yo'siniga muvofiq edilar. Bu so'zlarni eshitgan quyosh kabi shoh cheksiz xursand bo'lib, bu so'zlar uning ko'ngliga bag'oyat xush yoqdi. Ularga katta ixlos ko'rsatib, ikkalasini o'zining eng yaqin mahramlariga aylantirdi. Ular o'z talablarida sadoqatli bo'lganliklari uchun oqibatda ana shunday samaraga erishdilar.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 31 Yanvar 2009, 00:53:28
CLI
Ishq vodiysining tavsifi


Talab vodiysini tamom qilganingdan so'ng Ishq vodiysiga qadam qo'yasan.
Ishq so'nmas bir mash'aldir. Uni mash'al dema, butun olamni yondiruvchi shu'la degil. Ishqqa har kim munosib bo'lavermaydi. Samandardan bo'lak qaysi jonzot o't ichida yura oladi? Ishq aro botirlik va qalandarlik lozim, shu'la dengizida samandar bo'lmoqlik kerak. Shu'la ichra kuyayotgan parvona kabi oshiqu devonaning ishi kuymoqlikdan iboratdir. Donolikni ra'nolarning ishi deb aytma, parvona bo'la olishga kapalakning haddi sig'maydi. Kapalak yosh bolalarga o'z husni va zeboligini ko'rsatib, gullar uzra jilva qilib uchib yuradi. Ammo uning qo'lidan janda kiygan devonaning ishini qilish kelmaydi. U parvona kabi shu'laga o'zini ura olarmidi?! Garchi kapalak o'zining turli rang va xollari bilan ko'zga chiroyli ko'rinsa-da, u parvona kabi yonib kuya olmaydi. Azaldan ishq aro kul bo'lmagan har bir qushning otini bulbul deb bo'ladimi?
Ishq ichra kuyib-yonmaganni ishqqa berilgan dema! Kim jonini ildo qilmas ekan, uni oshiq deb sanama! Ishq ahli o'rtanib yonish bilan o'zini shod etadi, bu ishni o'rtanish bilan egallab bo'lmaydi. Ishqqa mubtalo bo'lgan kishi ko'nglidan chiqqan o't vayronani yondirib yuboruvchi' ajdar dami kabi qudratlidir.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 31 Yanvar 2009, 00:53:45
Oshiqlar ko'ngli o'tli oh chekishdan begona emas. Axir otashgohdan duddan boshqa yana nima chiqishi mumkin?! Ishqdan tushgan yolqini butun havoni yondirib yuboruvchi chaqmoq kabi olamni o'rtab yuboradi. Ishq o'tiga haqiqiy pok oshiq o'rtanadi, uning bu o'rtanishi go'yo chaqmoq tushgan xirmonga o'xshaydi.
Sen oshiq ko'nglini otashzada deb aytma, balki uni ishq ana shunday otashkadaga aylantirgan. Kishi agar otashkada ichiga tushsa, u yerda o'rtanmasdan boshqa iloji yo'q.
Kimki ishq aro o'tga aylansa, ajablanmang, chunki o'tga nimaiki tushsa, u ham o't bo'lib yonadi. Ishq bir o't kabi uning vujudini chulg'ab oladi, negaki, olov atrofida aylangan kishi o'rtanmay qolmaydi.
Ishq bilan o'ynashib bo'lmaydi. Jismingga o't tushsa, u seni quyundek sargardon qiladi. Ishq aro faqat o'rtanib yonish lozim, o't aro kuymasdan o'zga chora yo'q. Ishq osmonidan qaysi yoqqa chaqin tushsa, u shu ondayoq jonni shu'la selobiga g'arq qilib yuboradi. Ishq chaqmog'i xonumonni kuydirib yuboradi, xonumon nima degan gap, butun jahonga o't qo'yadi!
Oshiq kishining asosiy ishi jon tark etish deb bilgil. Yor uchun oimoqni o'zing uchun arzimas ish deb anglagil.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 31 Yanvar 2009, 00:55:52
CLII
Hikoyat


Asma'iy (arab tilshunos olimi, 828-v.e.) haj sari ketayotib, bir manzilda daraxtlar va gullarning o'sib yotganini ko'rdi. Bu erdagi maysazor va gulzor o'rtasidan bir chashma suv tiriklik suvidan nishona berib, sharqirab oqib yotar edi. Bu yerdan o'tgan ariq oshiq jonidek pokiza va ravshan bo'lib, undan oshiqlarning ko'z yoshlari kabi tiniq suvlar oqardi.
Asma'iy suv yoqasida birmuncha vaqt o'tirib, hordiq chiqardi, ko'ngli g'amlardan xalos bo'ldi. Tab'i shu yerga naqshlanib, chashma boshida xat yozilgan bir toshni ko'rdi. Unda: "Ey Hijoz ahli, bu sirning chorasini topsangiz. Agar bir kishi ishqqa mubtalo bo'lib, ishq uning sabru qarorini olgan bo'lsa, ne qilsin?" deb yozilgan edi.
Asma'iy qo’liga qalam va davot olib, bu xat tagiga shunday deb yozib qo'ydi: "Kimki, bu halokatli girdobga tushib, undan pok chiqmoqchi bo'lsa, o'zi tushgan yo'ldan qo'rqmasin".
Asma'iy yuqoridagi savolga shu javobni yozib, bu manzilni tark etdi. Ertasiga yana shu joyga kelib: xat bitilgan toshga nazar soldi. Qarasa, oldingi kotib o'z qalami bilan yana quyidagilarni yozib qo'yibdi: "Agar ozurda jon oshiq o'zi pok bo'lsayu yana ishqini yashirin saqlasa, lekin uning qalbidagi muhabbatning shiddati tez bo'lib, uning toqati toq bo'lsa hamda vaslga ehtiyoj sezsa, bunday paytda u nima qilsin? Agar bu ishning ilojini topa olmasa, naylasin?"
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 31 Yanvar 2009, 00:58:31
Asma'iy bu favqulodda sirni ko'rgach, o'zining sehrli qalami bilan yana shunday deb yozdi: "Ishq ichra men nasihat qilgan o'sha dardli va notavon kishi bu nasihatlarimdan o'z maqsadiga erishmagan bo'lsa, o'lsin va ishq o'tidan o'zini xalos qilsin".
Berahm nasihatgo'y bu halokatli javobni yozib, chashma yonidan tezda jo'nab ketdi. U bir kun boshqa joyda hayallab, ertasiga o'z tuyasini yana o'sha tomonga haydadi va oshiq javobini bilmoqchi, g'oyibdagi hasratli oshiq yana nima deb xitob qilganini ko'rmoqchi bo'ldi. Kelsa, umridan voz kechgan, afti-angoridan zorligi oshkor bo'lgan, rangi-tusidan bemorligi ko'rinib turgan, o'z ahvoli bilan el ko'nglini buza olgudek ruhsiz bir kishi chashma yonida yotibdi. U ishq ichra chigallikni yechib, boshini toshga chunon uribdiki, bu zarbadan tosh sinib ketibdi. Qoni chashma suvini lolagun qilib oqar, suv tomondagi tosh ustidan boshi pastga tushgancha o'lib yotar edi.
Nasihatgo'y bergan o'git tufayli oshiq o'z jonini tark qilib, uni hijron azobidan qutqargan va ishq aro go'yo o'zidan ketib yotgan ekan.
Asma'iy bu g'aroyib holni ko'rgach, ko'ngliga yuz xil qiynalish nishlari sanchildi. To'nini yirtib, sallasini yerga urdi, o'z nasihatiga quloq solgan kishi uchun motam tutdi. U bundan ortiq biror qattiq holatni ko'rmagani tufayli faryod tortib, achchiq-achchiq yig'ladi. Bu ish uning ko'nglini g'ash qildi, yerni qazib, o'likni qabrga qo'ydi. Halok bo'lgan kishi shahid o'lgani sababli uning jismiga o'zining qonli libosi kafan bo'ldi.
Ey Foniy! Ishq ichra foniy bo'lish yo'li ana shunday bo'ladi. Agar sabri toqating tugagan bo'lsa, xuddi shu kabi jon taslim qil. Bu xil o'lmoqni Alloh kimga nasib qilsa, unga yuz tuman jonni fido qilsa ham arziydi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 31 Yanvar 2009, 00:59:29
CLIII
Ma'rifat vodiysining vasfi


Bilgilki, Ishq vodiysidan keyin Ma'rifat vodiysi keladi. Bu joyning nihoyatda bepoyon bir dashtdan iborat ekanligiga ko'z tashla.
Kimki bu vodiyga kirsa, u yerdagi ahvolning ixtilofli ekanligini ko'radi. Bu joy shunday bir vodiydirki, uni yuz tuman ming turli yo'llar kesib o'tadi, ammo ulardan biriikkinchisiga sira o'xshamaydi. Butun va bo'lak o'rtasidagi qarama-qarshilik ham shu yerda mavjud. Taraqqiyot ham, tanazzul ham shu joydadir. Unda sen yuz tuman yo’lovchini beqaror bir tarzda, har birini o'zga bir yo'ldan ketib borayotgan holda ko'rasan. Ularning har biri o'zi ketayotgan yo'l bilan faxrlanadi, har biri yo'lni o'z yo'li tomonga buradi. Biri xush tutgan yo'lni ikkinchisi xohlamaydi, har birining ko'ziga o'ziniki yaxshi ko'rinadi, boshqasini esa nazarga ilmaydi.
Unda pashsha ham, fil ham yo'lovchi, unda pashsha ham, Jabrail ham uchadi. Muso ham, Fir'avn ham unda yo'lovchi, ammo bilgilki, ularning ikkalasi birdek emas. Mahdiy va Dajjol ham bu yo'ldan o'z mazhablarida, biroq Isoni u mingan ulovga tenglashtirib bo'lmaydi. Ahmad va Abu Jahl ham u yerda ko'rinadilar, bunisi nurga g'arq bo'lsa, unisi zulmatga tushgandir.
Bu yerda barcha yaxshi-yomon sayr etadi; unda mo'min ham, kofir ham yo'lovchilik qiladi. Agar bu yerda otashparastlar o'z Lotiga talpinsalar, Ka'ba ahli — musulmonlar esa yolg'iz Allohga sig'inadilar. Kufr ahli Lotni ogoh deb aytsalar, lekin islom ahli "illAlloh" deb aytadilar.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 31 Yanvar 2009, 00:59:46
Bunda ish ziddiyatli bo'lmasdan iloji yo'q, chunki yo'llarning o'zi ana shunday bir-biriga xilofdir. Yo’lboshlovchi payg'ambar ham bu haqda shunday degan: "Kimki haqqa erishmoq uchun safarga otlansa va bu yo'lning son-sanoqsiz ko'p ekanligini ko'rmoqchi bo'lsa, uni xalq olayotgan nafasga qiyos etsin".
Bu yo'llarning bari quyqali bo'lmaganidek, hammasini ham sof deb bo'lmaydi. Ulus ichra e'tiqodlarda bu xil ixtilof bo’lmog'i zaruriy bir holdir.
Agar gado yoki podshoh bo’lsin, ulardan har biri o'zga yo'l bilan sulukni ado etadi. Bunda harakat qilinsa, nafi yaxshi bo'ladi, bunda sifat va kamolotga erishmoq lozim. Bunda solikka tafovut sodir bo'lib, agar unisi mehrobga bosh qo'ysa, bunisi butga sig'inadi. Har kimning bilishi o'ziga sifat bo'lib qoladi. Ma'rifat shu xil turli tafovutlarni keltirib chiqaradi. Har bir kishi o'z sohasida kamolga intilib, bu vodiy ichida kezib yuradi. Garchi suluk tartibida shu xil turli o'zgarishlar mavjud bo'lsa-da, lekin bu yo'lga kirganlarning hammasining maqsadi bittadir. Ular borayotgan yo'l agar egri yoki to'g'ri bo'lsa ham, yoki yiroq, yoki yaqin bo'lsa ham, bu yo'lda ba'zilar o'lib ketgan, ba'zi birovlar yo'ldan adashgan, ba'zilar esa turli so'qmoqlarda ovorayu sarson kezsalar ham, bu yo'lni bosib o'tmasdan turib, maqsadga erishish mumkin emas.
Ma'rifat quyoshi yuz ko'rsatgach, har kim o'z maqsadiga erishmoq uchun o'z suluki holiga natija istaydi va o'zi shug'ullanayotgan narsa orqali naqdni qo'lga kiritmoqni xohlaydi. Chunki u pokiza nur yorug' shu'la sochgach, bu shu'la har kimning kamolga erishuvini yoritib turadi. Kimki bu yo'lda mashaqqat chekkan bo'lsa, u o'z suluki nihoyasida xazinaga erishadi. Suluk ichra ixtilof ko'p bo'lib, ulardan ko'pi quyqali, sofi esa ozdir. Bu sof tabiat egalari sirasiga payg'ambar shariati qonun-qoidalariga tobe' bo'lganlar kiradi.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:23:15
CLIV
Hikoyat


Eshit, bunga ushbu mojaro juda munosib misol bo'la oladi. Naql qilishlaricha, bir guruh ko'rlar to'dasi bir sabab bilan: musofirlik yoki asirlik tufayli Hindistonga borib qolishibdi. So'ngra falakning gardishi bilan ular yana o'z yurtiga qaytib kelishibdi. Bu yerda ulardan bir kishi: "Filni ko'rdilaringizmi?" — deb so'rabdi. Ular "Ha",-deb javob beribdilar. "Ko'rganbo'lsangiz, dalil keltiring",— debdi boyagi kishi.
Ular aslida filni ko'rmagan, u haqda hatto yaxshi so'rab ham olmagan edilar. Har biri filning bir a'zosini paypaslab, undan bilim hosil qilib olgan edi. Shu sababli filning qo'llarini ushlagan kishi fil sutunga o'xshar ekan, desa, qornini paypaslagan, yo'q, u besutun, dedi. Xartumini ushlagan, fil ajdahoga o'xshash bir narsa ekan, desa, tishlarini bayon qiluvchi kishi esa, fil ikkita suyakdan iborat, dedi. Quyrug'idan xabar bergan kishi filni osilib turgan ilonga qiyos etdi. Qo'li bilan Filning boshini paypaslagan kishi uni bir qoyaning tumshug'i deb sharh qildi. Filning qulog'iga qo'l tegizgan kishi uni qimirlatib turgan ikki yelpug'ich ekan, dedi.
Ularning barchasi shu tariqa ko'rlik yuzasidan turli so'zlar aytdilar. Garchi ular aytgan so'zlarning barchasi to'g'ri bo'lsa-da, ularning hammasi nuqsonli edi, ularda tartib mavjud emas edi.
Shuning uchun ham filbonlik sohasida ustod hisoblangan yetuk faylasuf, o'zi hind naslidan bo'lgan kishi ular aytgan so'zlarni tinglab, naql qilganlarga ta'na so'z aytmadi va shunday dedi:
- Har bir kishi fil haqida o'zi bilganini aytib, u haqda nishon berdi. Ular bir-birlariga zid fikrlarni aytgan bo'lsalar-da, kechirarlidir. Chunki ulaming har birio'z bilganicha so'z aytdi, ammo ulardan hech birifilni ko'rgan emas edi. Lekin ular aytgan bu sifatlarning barchasi bir yerga jam qilinsa, ulardan fil haqida muayyan tasavvur hosil bo'ladi.
Uzoqni ko'ruvchi kishiga bu aniq bo'lgani uchun u hech bir ikkilanmasdan ko'rlar aytgan barcha so'zlarni chin deb baholadi.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:24:30
CLV
Istig'no vodiysining bayoni


Keyingi vodiy Istig'no vodiysi bo'lib: u yerda a'lo va past tabaqali kishilarning hammasi teng sanaladi.
Istig'no yeli har dam shitob ko'rsatib, olamga to'polonlar soladi. Istig'no bulutidan yoqqan yog'indan yuz tuman olamni suv olib ketadi. Yetti dengiz unda bir qatra yomg'ir kabi, yetti osmon uning oldida ko'knor donasi kabi kichikdir. Yetti do'zax olovi bu yashin oldida bir uchqunga teng bo'lsa, sakkiz jannat uning oldida bir shudring misoldir.
U yerdagi chumolilar sher bilan ovqatlanadi, pashshasi esa filni ov qilishga qodir. U yerda yetti iqlimni zabt etgan qahramon shoh ham oddiy bir gadoga tengdir. Qotillik tig'i u yerda o'zining yuz ming qo'shini bilan saf tortib turadi. Qoqum terisidan tikilgan qimmatbaho kiyimlar u yerda nazar-pisand qilinmaydi. Ko'kni yutib yuborishga qodir ajdaho u yerda Bibi Maryamning nozik p bilan bab-baravar turadi. U yerda minglab maloikalar to'dasi e'tibordan qolib, nogoh Odam sharaf tojini kiydi. Yuz ming jism o'z ruhidan begona bo'lganida, Nuh kemachilik bilan odamlar hayotini ofatdan saqlab qoldi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:24:43
U yerda Namrudni son-sanoqsiz pashshalar chaqqanidan tortib, Xahlning o'tni chechakka aylantirgani ham; yoki yuz ming begunoh bolaning bekordan-bekorga qoni to'kilishiyu Kalomullohning sharaf etilishi ham; yoki yuz minglab din ahlining o'z e'tiqodidan voz kechib, zunnor bog'laganiyu Masih nafasidan jon taskin topganigacha; yoki bu ko'hna zolim dunyoning yuz ming qon to'kishidan Muhammadning bir tun Arsh uzra sayr qilganiga qadar — hamma-hammasi, bona yo'q barcha narsalar — din ahliyu kofirlar eli — barchasi birday teng hisoblanadi.
Agar Zahhok ming yil ulusdan qon to'kkan bo'lsa ham, yoki Masih o'lgan badanga jon ato etgan bo'lsa-da, yoki Buxtunnasr elga zulmu qasos solgan bo'lsa ham, yoki No'shiravon(Eron shohi Xusrav ibn Qubod (531-589)) adolat egasi bo'lsa-da, bu yerda ikkisiga bir xil hukm deb bilgin va kel, bu ehtiyojsizlikni tomosha qilgin!
Bu yerda yuz tuman quyosh yo'qolib ketsa ham osmonda bir zana kam bo'ldi deb hisobla. Agar yerga yuz tuman chuqur dengiz singib ketgan taqdirda ham, sen uni bir qatra g'oyib bo'ldi deb sana. Agar yuz tuman hum pari kuyib kul bo'lsa, sen ularni bir pashshaning singan qanoti kuydi deb bil. Yel bu to'qqiz qavat falakni sovursa, bir epkin xashakni uchirdi deb hisobla. Yoki Qof kabi azamat tog'ning yo'q bo'lishini yer yuzidan bir dona qumning yo'q bo'lmog'iga tenglashtir. Agar jannatda o'sadigan sidra va to'bi daraxtlari yo'qolib qolsa, o'rmondan bir yaproq kamaydi, xolos, deb bil.
U yerda gumroh va ogohni teng ko'r. Mayxona ko'chasi bilan baytulloh - Allohning uyi (Ka'ba) ham u yerda bir turadi. Agar e'tiqodi yuksak yoki e'tiqodi past olovparast bo'lsa-da, baribir u yerda Ka'ba bilan butxona bir hisoblanadi. Unda ming yashar fil ertalab tug'ilgan yosh filga yoki bu ulkan dunyo bir kichik ko'knor donasiga teng turadi. Kufr bilan din ham u yerda teng miqdorda bo'lib, bunda solikka behad qiymchiliklar yuzlanadi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:25:42
CLVI
Hikoyat


Shaxmat o'ynaguvchi ikki ustod shaxmat taxtasini ochib, ikki tomonga o'tirdi va o'rtada shatranji kabir - katta shaxmat donalarini to'kishdi. Har tarafdan bir shoh taxtaga terildi, ularning rasmana shohlarga o'xshash xizmatkorlari, lashkarlari bor edi. Har binning bittadan to'g'ri yuruvchi vaziri bo'lib, yana bittadan egri yuruvchi farzinlari ham bor edi.
U ikki shohdan biri Rum ahliga (oqlar donasi) shoh bo'lsa, ikkinchisi esa zang ahliga (qoralar donasi) kishvarpanoh edi. Ustod shoh va boshqa donalarni terib, ularga zebu oroyish beigan holda taxtada saf torttirdi.
Shundan so'ng raqiblar maydonga ot solib, u yerda javlon urgan holda turli o'yinlar ko'rsatdilar. Bu yer go'yo urush maydoni va o'rab olingan qal'aga o'xshar edi. Bir tomon ikkinchi tomonni mag'lub etishga qattiq kirishgan. Urush saflarida fil ham, jirafa ham, rux, ayiq va kashshofa1 ham bor edi. Piyoda askarlar otliq suvorilar oldida tez va chaqqon urushmoqqa harakat qilishar edi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:26:02
Qo'shinlar urush nizomlariga binoan bir-birlariga turli o'yinlar ko'rsatib, jang olib bormoqda edilar. Bir tomon o'z lashkarlarini pistirmada berkitgan bo'lsa, ikkinchi tomon bu qo'shinni buzish tadbirlarini ko'rardi.
O'rtada ajoyib, qiziq o'yinlar namoyon bo'lmoqda, balki behad hiyla va tadbirlar ko'rsatilmoqda edi. Bunda pahlavonlar va qo'mondonlar ham bir-birlariga hujum qilishardi. Bu holat go'yo ikki qahramon shohning qo'shin tortib, bir-biriga qarshi urush olib borayotganiga o'xshash edi.
Buncha qo'shin va dabdaba, qal'a, maydon va ot choptirib, javlon urishlar, chekinib qochishlar, ham o'ng qanot, ham chap qanotda, ham qo'shinning ilg'or qismida ana shu xil g'avg'o-to'polonlar bilan jang bo'lmoqda edi.
Har bir qo'mondonning o'g'li jangning oldingi,saflarida borar, otasidan oldin urushga kirar edi. Urush maydoni bosib o'tilgach, otasining o'rnini bosar edi. Bir piyoda bir yoqdan kelib, tez aylanuvchi charx yordamida maydonda qahramonlik ko'rsatar, yolg'iz o'zi butun bir qo'shinni daf eta olardi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:26:14
Urush maydoni ana shu xil turli tasodiflarga to'la bo'lib, go'yo bir-biriga qasoskor ikki shoh urush olib borayotgandek edi. Ularning har birida go'yo urush uchun tug'ilgan yuz tuman yosh yigit bor edi. Bu xil jang maydoni kamdan-kam uchraydi. Olib borilayotgan urushlarda bunchalik shiddat bo'lmaydi hamda el bunchalik qurol-tig' bilan ziynatlana olmaydi.
Shunchalik bunyodkorlik, maydon, o'zaro dushmanlik qilish va urush olib borishlar — hamma-hammasi,— agar o'yinchi donalarni yig'ishtirishga ahd qilsa va shaxmat taxtasining bir chetini ko'tarsa,- bularning barchasi o'rtadan ko'tarilib, yo'qqa chiqadi! Shunda na bu urush va na dushmanlikdan, na jang olib borish tartib-qoidalaridan asar qoladi. Ro'y bergan barcha holat va rusumlar, ya'ni jang maydonida ikki tomonning bir-biriga hujum qilishlari agar chuqur o'ylab ko'rilsa, o'tkir fikrli kishi oldida bularning barchasi hech narsa hisoblanadi. Go'yo yuzga kirgan xasta bir kanizak kabi ular hechlikdan boshqa narsaga arzimaydilar. Ularni hatto bir parcha bo'zga bog'lab, o'tga ham, suvga ham tashlab yuborish mumkin.
Chunki holat o'zgarib, uni o'ynaguvchi ustod uchun o'yin tugagach, ular hech qanday tafovutga ega bo'lmaydi. Shaxmat donalari xalta ichiga solingan, "shoh" quyi tushishi, "piyoda" esa yuqori ko'tarilishi mumkin!
Bularning barchasi istig'no nishonasi, balki uning bir ko'rinishidir. Bas, sen bu tamsilga nazar sol, asl istig'noni bundan yuz ming marta ziyoda deb bil. Agar sen buning ma'nosi tomon yo'l topsang, barcha ishni shunga qiyos qilg'il!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:27:03
CLVII
Tavhid vodiysining ta 'rifi


Undan so'nggi vodiyni Tavhid (Yagonalik) vodiysi deb bilgil. Unda fard bo'lib, ortiqcha narsalardan holi bo'lish lozimligini ham anglagil.
Bu vodiyda sayr qilmoqchi bo'lsang, unda yakkayu yolg'izlik sen uchun asosiy qoida bo'ladi. Bu vodiydagi sayring nihoyasiga yetgach, u paytda yuz tuman mingta qushni bitta qush deb bilasan. Bunda ularning barchasining maqsadi yakkalik, barchasining kuy va navosi yolg'izlik bo'ladi. Tarkidunyo qiluvchilar shu holatga erishsa, ular uchun birlikda yo'qolish asosiy ish bo'lib qoladi. Chunki bir karra bir bir bo'ladi, aqlning bu ishga haddi sig'maydi.
Bu qiyin ish sening qarshingda ko'ndalang bo'lsa, bilki, birdan o'zga barcha narsa hechdir. Bir bo'lu, bir ko'ru, bir de, bir tila! Bunda hech qachon ikkilikka mayl qilma! Chunki ikkilik bu yo'lda ortiqchalik qiladi va birlik sirlarini bilishdan chetga chiqishni anglatadi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:28:07
CLVIII
Hikoyat


Mansur tavhidda yuqori darajaga erishib, uning tilida doim "anal-haq" takrorlanardi.
Din arboblari unga sening bu ishing yaqinlar ahlining ishi emas. Ko'pgina suluk ahliga ham bu holat kashf bo'lsa-da, ular odob saqlab, mo'tadillikni ta'minlaganlar. Sen ham o'zingni ulardek tut, bu xil da'voni izhor qilma, nafsingni doiga sazovor etma, deb ko'p nasihat qildilar. Ammo u ichgan qadah nihoyatda mast qiluvchi bo'lgani sababli unga bu nag'mani takrorlashdan hech bir orom yo'q edi.
Bir kun unda qiziq bir holat yuz berib, xayolini har tomonga olib qocha boshladi. Uning xayoli Rasulillohga borib yetdi. Uning yodiga Muhammad payg'ambarning Buroq nomli otga minib, osmonni sayr etgani va unga birlik gavharidan toj nasib etib, vahdat pillapoyasi me'roj bo'Iganligini hamda unga yuksak osmon ikki qosh orasidek yaqin bo'lib, "li ma' Alloh"-soflik yaqinligiga erishgani va Allohdan unga xitob kelib, "Ey do'st, istagan maqsading nedur?" deb so'ralganida, u Alloh lutfiga uzrxohlik qilib, osiy ummatning gunohidan o'tishni istagani keldi. Unda ehson ko'pu lutf hammaga yetarlidir, unga lutf haddan ziyodu xalqi esa saxiy edi. Xuddi buni haqning o'zi undan iltimos etganu "istagil" deb, beqiyos lutf ko'r-guzgandek edi. U arablar shohi ana shu tarzda osiy ummatning gunohini avf etishni iltimos etdi. Azaldan to abad har kimki egri yo'l bilan borgan bo'lsa, uning shafqat etuvchisi bo'lgin. Ehsoningni ayamay, barchani rahmat etgil va kechirim yuzasidan hammaning gunohidan o'tgil, deb aytdi. Nima uchun u, sodiqlik va soflik koni, faqat odamlarning gunohini kechirishni so'rash bilan kifoyalandi ekan?
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:28:26
Mansurning ko'ngliga shu xayollar kelib, doimo shularni o'ylab yurar edi. Bu andisha uni ezib, ojizlik va hayrat qo'lida lol etar edi.
Bir kun uning tushida Rasulilloh ayon   bo'ldi. Unga shunday so'zlarni aytib, mushkilini hal etdi:
— Ey telbalik ayvonida o'tirib, vahdat lofi bilan "anal-haq"— deyuvchi! Bilmadingmi, o'sha oqshom oliy burjlarda kezib yurganimda menda hech qanday "menlik" xayoli yo'q edi, balki bu so'zni aytishning hech bir ehtimoli mavjud emas edi! Chunki u dargohga eltgan ham, yo'l boshlagan ham, istagan ham, bag'ishlagan ham faqat uning o'zi edi.
Sen ajib bir uzoqni ko'rolmasligingdan bu borada o'zingning ko'rliging va nodonligingni oshkor etding. Chunki Tavhid vodiysi yoki yakkalik va yolg'izlik gulshanida "menlik" va "senlik" tomon yo'l ochding, ammo u bu xil ikkilik vasfidan pok turardi. Degan ham, bergan ham, in'om qilib sochgan ham, tergan ham uning o'zidir! U yozuv "menlik" rangidan pok edi, nag'masida ham ikkilik ohangi yo'q edi.
Men u yerda "senlik"ni xayol qilib, ikkilik naqshidan aql yurgizganman. Sendagi bu holat, shuni bilki, g'ilaylikdan, bitta narsani ikkita qilib ko'rishdan o'zga narsa emas. Bu xayolni xotiringdan chiqarib, yo'q qilib tashla!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:29:18
CLIX
Hayrat vodiysining so'zi


Tahvid vodiysi bosib o'tilgach, shubhasiz, Hayrat vodiysi namoyon bo'ladi. Bu vodiyda hali kishi boshiga tig' yetmasdan turib, ming oh va yuz ming afsus chekish yuzlanadi. Hayrat tilni gung va lol etadi. Kishi kecha va kunduzga qancha boqmasin, uning kecha yori kunduz ekanligini sezmaydigan bo'ladi. O'zining yo'qligini ham, borligini ham bilmaydi, ertaga nima bo'lishini ham anglamaydi. Har narsaga ko'z tashlasa, hayratdan dong qotib, hayronlikda sarsonu sargardon bo'ladi.
Yo'l ahli, bu vodiyga qadam qo'ygach, unda hayronlikdan o'zga ish bo'lmaydi. Agar tavhid borasida nimaga erishgan, yolg'izlik va ajralish vodiysida nimaiki ish qilgan bo'lsa, bu yerda ularning barchasi yo'qolib ketadi. Hatto u o'zining borligini ham unutadi. Agar undan, sen bormisan yoki yo'qmisan, deb so'rasalar, u bularning hech biriga javob bera olmaydi, boru yo'qligiga xitob qilib, o'zini bildira olmaydi. U . o'zining o'rtada, yo bir tarafda yoki tashqarida ekanligini ham, chekkada yoki keyin, yoxud oldinda turganligini ham yaxshi bilmaydi, hayrat uni bularning barchasidan chetda tutadi.
U o'zining foniy ekanligi yoki boqiyligini ham, mast ekanligi yoki soqiyligini ham anglamaydi, mavjudligi yoki mavjud emasligi ham, zotining malum yoki noma'lumligini ham bilmaydi. Shu tariqa har yoqqa boqsa, cheksiz hayratga tushadi, o'zini hayrat ichida g'arq bo'lgan holda ko'radi. O'ziga o'zi, oshiq ekanligimdan ajablanaman, ammo kimga oshiq bo'lganimni bilmayman, debdi. Har bir zarraga zarralar orqali boqib, ularning borligi yoki yo'qligini isbot etishdan hayratga cho'madi. Bu maqom ichra ana shu xil ajib holatlar bo'lib, ulardan hali bittasi tugamasdan turib, mingtasi duch keladi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:30:14
CLX
Hikoyat


Jahonni zabt etgan bir podsho bor edi. Uning dargohida yuzlab sultonlar bosh egib turardi. Mamlakati cheksiz bo'lib, barcha uning hukmiga bo'ysunardi.
Uning hammadan yashirib yuradigan bir gavhari bor edi. Bu go'zalning husni oldida hur va parilar ham sharmanda bo'lib qolardi. U go'zallik bo'stonida bir noziknihol, bir nozikniholgina emas, sarfaroz etilgan sarv edi. U jon yotog'idagi dilga xush keluvchi sham, yo'q, sham emas, balki yorug' quyosh mash'ali kabi edi. Noz chashmasidagi uning ko'zlari jonga balo keltirar, davron unday baloli ko'zni hanuzgacha ko'rmagan edi. Zulfi va holi fitnaning anbar hidlarini taratib turar, bu fitnaga duch kelgan kishi omon qolmas edi. Uning orazida la'li labi joylashgan bo'lib, benihoya fasih nafas egasi edi. Bularni quyosh bilan Masihga qiyos qilsa bo'ladi. Uning vasli umidida necha davlatmand kishilar, balki taxt egalari bo'lgan oliy shohlar yurar, ammo bu murod hech kimga muyassar bo'lmay, hech bir ko'ngil hali uning vaslidan shod bo'lmagan edi. Bu go'zal' qizning o'zi ham elga yaqin bo'lishni xohlamasdi. Ikkala tomon ham bundan o'zini tortar edi: ya'ni davron ichra toq bo'lgan shunday go'zal qizga kim ham juft bo'la olardi? U shu xil xislat egasi bo'lgach, el unga xaridor bo'la olarmidi?
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:30:34
Ittifoqo, bu go'zal qiz bir kecha tush ko'rdi. Tushida bir go'zal yigit uning ko'ngliga g'ulg'ula soldi. Uning turgan-bitgani ruhdan mujassam bo'lgandek pokiza va toza edi. Husn osmonida u go'yo sharq quyoshining o'zginasi edi. Husni sahifasiga mushk hidli bir xat bitilgan, undagi xol esa o'sha xat ustidagi nuqtaga o'xshardi. Uning sho'xligi va ra'noligi sarvning o'zginasi, nozikligi va zeboligi esa gulni eslatardi. Bu yigit agar quyosh chirog'i bo'lsa, u qiz yog'du sochib turgan to'lin oy edi. Ikkalasi bir taxt ustida o'tirib, dam-badam visol jomini ichishar, bir-birlarining vaslidan bahramand bolishar edi.
Gul yuzli bu uyqudan ko'z ochib, o'rnidan turdi. Ko'ngil mulkidan qarori yo'qolgan edi. Bundan uning har damda shaydoligi orta borib, bu ahvolda rasvo bo'lishligi ayon bo'lib qoldi. U har doim bu tushni qayta ko'rishni orzu qilar, lekin ko'zidagi bu uyquni ko'z yoshi olib ketgan edi. Uning ko'nglida osoyish qolmagan, tinchligi buzilgan, kechasiyu kunduzi orom nimaligini bilmas edi.
Kunlardan bir kun u hajr dardi malol kelib, o'zining oliy qasri uzra oshuftahol chiqdi. Ko'ngliga taskin berish uchun har tomonga qarar, sabr va to'zimli bo'lishni istar edi. Nogahon o'tli oh tortgancha, shoh bazm qurgan tomonga ko'z tashladi. Bu yerda tushda ko'rgan kishiga ko'zi tushdi va oh urib, o'zidan ketdi. U ko'rgan kishi shoh xizmatkorlari ichidagi yosh bir navjuvon yigit bo'lib, dunyoga fitna soluvchilardan edi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:30:53
Yigit ham xuddi shu payt qiz tomonga ko'z soldi va shu zahotiyoq ko'ngli ishq o'qiga nishon bo'ldi. Uning zorli joniga hayajon tushib, bu hayajon uning majruh taniga ham ta'sir qildi. Ko'ngil mulki ichra qo'zg'olon tushib, joniga qasd qila boshladi. Unda na hush qoldi va na sabr, o'zi ham ular bilan birga ketdi.
Oqshomgacha ahvol shu tariqa davom etdi. U o'zining na o'lik, na tirik ekanligini bilardi. Tun qorong'uligi yerga o'z pardasini qoplagandan so'ng undan yuz ming nola chiqa boshlardi. Tongga qadar ahvoli afg'on chekmoqlik bilan o'tar, to'kkan ohli ko'z yoshlari xuddi to'fonga o'xshar edi. Tong qushi sahar sirini fosh qilgach, yigit yana ertadan kechgacha o'z vaqtini ko'ksiga tosh urish bilan o'tkazardi.
Ishq ikki tomonga ham ana shu xil savdo solgan, go'yo ishq ikki mamlakatda g'avg'o qilmoqda edi.
Garchi yigit qiz ishqida o'zini zor sezsa-da, lekin o'zini ko'p sehr bilan saqlab turar edi. Ammo oy yuzli beqaror bir holga tushib, ishqdan behad zor bo'lgancha bo'shashib borar edi. Ko'rdiki, uning qo'lidan ixtiyori ketib, ishi rasvolik bilan tugaydiganga o'xshaydi. Ana bu bechoralik bilan qiyin ahvol yuz bergach, u buning chorasini topishga kirishdi. Chunki uning ishqi yashirib bo'lmaydigan darajaga yetgan edi, shuning uchun o'ziga o'zi biron tadbir topmasdan boshqa iloji yo'q edi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:31:35
Uning ikki yaqin mahrami bo'lib, shodlik va g'amli onlarida doimiy hamdami edi. Ular har bir ishning chorasini topishga usta, har ikkalasi ham qiziq hunarlar ko'rsatuvchi ajoyib san'atkor va sehrgar qizlar edi. Ular makr va afsunni puxta egallab, uni nihoyasiga yetkazgan, hatto pashsha bilan filni bir-biriga juftlay oladigan darajada mohir edilar. Ularbu ishni shunday bajarar edilarki, bunda pashsha o'zini kichik deb bilmas, fil ham o'zini yirik jussalik deb hisoblamas edi. Ulardan har biri ana shu xil hiyla, afsun va firib egasi bo'lib, hatto ishq bilan jang qilishga ham yarar edilar.
Ulardan biri xushnag'ma rud asbobining mohir chaluvchisi, ikkinchisi esa qo'shiq aytuvchi edi.Ular soz va kuyni mohirlik bilan ijro etganlarida, chalgan kuylari Zuhra burji tomon o'ziga maskan topish uchun ko'kka ko'tarilar edi. Agar ulardan biri soz kuyi bilan kishining jonini olsa, ikkinchisi o'zi chalgan nag'ma bilan o'lgan badanga jon solardi. Bunisi soz chahb, unisi qo'shiq aytsa, buni eshitgan aqlli kishilar ham o'z hushidan ajralar edilar.
Oy yuzliga ishq shiddati ortgach, ana shu ikki kanizagini xilvatga chorladi. Achchiq-achchiq yig'lagan holda ularga o'z holini bayon etdi va ishq qanday qattiq ahvolga solganini bildirdi. Tushda ko'rgan yigiti uni mahzun qilganini ham, o'ngida ko'rganligi esa devona etganini ham, u yigit ishqidan zor bo'lib, volayu beixtiyor bo'lganini ham birma-bir aytib bergach, shunday dedi:
— Siz mening sevimli dugonalarimsiz. Meni bu ahvoldan qutqarishda yordam bering. Aks holda bu sirim tikani xalq o'rtasida gul bo'lib ochiladi. Bu ishq o'ti esa tanimni kulga aylantiradi. Ammo bu kuyib-yonishdan hech g'am chekmayman, agar o'lib ketsam ham alamzada bo'lmayman. Biroq men shu vaqtga qadar taqvoda lof urib keldim, endi bu sirimni elga oshkor etsam, nomusdan o'laman-ku! Otamning ham bundan nomusga qolishidan ko'p g'am chekaman, buni hatto sharh qilishga ham ojizman. Chunki u falakning shohidek bir kishi sharafiga bu ish katta or bo'lib tushadi. Axir otam uchun mendaylardan yuztasi o'lsa ham hech narsa emas, xuddi daryoda bir xas cho'kkanchalik gap. Shunday ulug' shohning benomus bo'lishiga toqat qila olmayman, shu tufayli g'amim tobora zo'rayib bormoqda.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:31:52
Men sizga o'z holimni bayon etdim, endi o'zingiz bilasiz: xohlang o'ldiring, xohlang bu ishning ilojini qiling! Ilgari asov bo'lgan bo'lsam, endi ishq qo'lida xorman, ilgari shaddot bo'lgan bo'lsam, endi ojiz bo'lib qoldim. G'amli ahvolimga rahmingiz kelsin, nolayu faryodimga shafqat qilinglar!
U ikkalasi bu nidoni eshitgach, malika oldida jon fido aylab, shunday dedilar:
— Shunday bir chora topaylikki, u nozanin yigit sening eng yaqin ulfatingga aylansin! Biz qilgan bu ishni hech bir odam bilmay qolsin. Qaysi bir odam, hatto o'sha go'zal yigitning o'zi ham sezmay qolsin. Ammo sen bir necha kun sabr-toqat qilgin, har dam ohu nola bilan un tortaverma! Chunki sening maqsading ishni yashirin tarzda amalga oshirmoqdir, biz ham shu tarzda ish tutmoqchimiz.
Oy yuzli vaslga umid paydo qilib, sabr va chidamli bo'lishga ahd etdi.
Ikki dono kanizak bu orada diqqat bilan chuqur o'ylab, ishga kirishib ketdilar va yigit bilan borish-kelishni yo'lga qo'ydilar. Ular yigitni o'zlariga oshno qilib, uning ko'nglida ham shunday his borligini bildilar. Unga shunchalik makr va firib ishlatdilarki, oqibatda bu bechora g'arib yigit ularning tuzog'iga ilindi. Ulardan biri unga ona, ikkinchisi esa singil tutindi. Yigitga: "Chorangni biz topib beramiz. Sen bizga o'z ahvolingni ayon qilmasang ham, biz sening nimadan notavon ekanligingni bilib oldik. Agar uning ishqi ko'ngling mulkini poymol etgan bo'lsa, hajringga bizdan visol umidi yetadi!"- deyishdi.
Yigit bu so'zlardan xursand bo'lib, jon-dili bilan ularga muhtoj bo'ldi. Ikkalasi unga nima deb farmon qilsa, u bunga jon-jon deb itoat etar edi. Ishbilarmonlar hiyla va aldov bozorini ana shu tarzda qizitib, bu turfa qushni shunday ov qildilar. Ular bizning manzilga yur, deb yigitni o'z uylariga taklif qildilar. U notavon ularnikiga shod bo'lib bordi. U yerda dilga xush yoquvchi bir shohona bazm tuzdilar. Ishq asiri bo'lgan yigit may icha boshladi. Qadah ta'sir etib, u mast bo'lib qolgach, o'z ahvolidan turli hikoyalar ayta boshladi. U ishq va oshiqlikning o'ti va dudi, vasl va hijronning foydasi va ziyoni haqida so'zlar, kanizaklar esa uni qiziqtiradigan sirlar aytib, unga ko'p narsalarni sharhlab berardilar. U bu so'zlarni eshitib, xuddi maqsad jomini ichgandek, nomurod kishi o'z murodiga yetgandek bo'lar edi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:32:11
May ichish va suhbatlardan so'ng u yosh yigit ishq aro shunday bir notavon holga tushdiki, bundan unga gungu lollik yuzlanib, zum o'tmay o'z holidan behol bo'la boshladi. Shundan so'ng ular hush oluvchi xushnag'ma rudni qo'lga olib, bir dilkash qo'shiqni boshlab yubordilar. Notavon bu qo'shiqni   eshitib, hushidan ketdi. Go'yo u hushni ketkizuvchi may ichgan edi.
Tun behad qorong'u edi. Hushidan ketgan yigit kanizaklar qarshisida yotar, ikki ziyrak qiz o'z maqsadlariga erishgan edilar. Ular ishda sustkashlikka yo'l qo'ymay, g'ayrat bilan ajib bir kajava hozirladilar. Yigjtni kajava ichiga solib, tezlik bilan bu yendan olib ketdilar va oy yuzli bazmiga yetkardilar. Bu yerda shodlik qilish uchun kerak bo'lgan barcha asboblar muhayyo bo'lib, shirin labli oyjamol ularni xilvatda kutmoqda edi. Ikki choratopar kanizak kajavada bir oq badanli sarvni uning huzuriga yetkardilar. Uni mahvash taxti tomon olib borib, oyni xurshidga topshirdilar.
Oy yuzli vaslda o'z maqsadiga erishgach, yigit yuziga gulob sepishni buyurdi. Atir hidlari hushsizga yetib borgaeh, u ko'zini ochdi va jannatmisol bir joyni ko'rdi. Yonida hur va parilajga o'xshash bir go'zal qiz — o'sha ko'nglini zor aylagan oy yuzli jonona turar edi. U shu zahotiyoq o'midan sakrab turib, ajib bir holatda yana qayta yerga o'tirdi. Tevarak-atrofiga hayronlik bilan boqa boshladi. Ostida katta bir shohona taxtni, yonida baxtiyor holda kulib turgan bir dilbarni ko'rdi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:32:39
Shunda u o'ziga o'zi: "Yo Rab! Ne hoi ekan bu hoi? Tushimmi, o'ngimmi va yoki xayol?!"— dedi.
Oy yuzli unga shirin so'zlar bilan taskin berdi va visol rasmini bajo keltirib: "Ey hushidan ajralgan, bu tush emas, shukr etib, endi vasl jomini ichgin!"—dedi. Shu so'zlarni aytgach, pari qo'liga bir join tutib, uni o'zi ichdi va yana qadah to'ldirib, undagi mayni yigitga uzatdi.
Nafis libos kiygan Uzro kabi go'zal chehrali soqiy hushini yo'qotgan yigitga qo'sha-qo'sha qadah ichirar edi. May jomi uyat o'tiga suv sepib o'chirgach, ular bir-birlariga pardasiz so'zlar ayta boshladilar. Shu tarzda g'amli oshiq va mungli ma'shuq ishrat uyida birga bo'ldilar. Ular shunday birlikka erishdilarki, o'rtadan ikkilik degan narsa ko'tarildi. Havas imkon beradigan har qanday ko'ngil ochishni bu ikki hamnafas bir-birlaridan topdilar. Ular shunday adabsiz ishlar qildilarki, bularni sharhlab o'tirish odobdan emas. Ham yigit mushtoq, ham qiz muhtoj bo'lib, ular yuzga yuz, og'izga og'iz qo'ygan edilar. Qolgan ishlarni ham shunga qiyos etsa bo'ladi. Oxiri nima bilan tugaganini ham shundan bilib olish mumkin. Saharga qadar ular shu xil ayshu ishrat qurib, ikki tomonlama adabsiz ishlarga yo'l qo'yishdi.
Subhidam tun sirini tosh qilib, yer ustidagi mushkdek qorong'ulik ustiga oppoq kofur sepa boshladi. Tong oqarishib kelmoqda edi. May ham ularga kuchli ta'sir qilib, bazm qiluvchilarning hushini olib qo'ygan edi. Bundan bezovta bo'lgan ikki kanizak parda orqasidan turib, kuy chalishni boshlab yubordi. Ular bazm qiluvchilarning aqlini o'g'irlab, yigitni yana behush holga keltirdilar. Xastalik unga ta'sir qilib, u behol bo'lgancha yerga yiqildi va idrokni yo'qotdi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:32:56
Tadbirkor kanizaklar bunga erishgandan so'ng, oshiqni tag'in kajavaga solib, oyog'idan mahkam bog'ladilar. Uni o'zlari olib kelgan o'sha avvalgi koshonaga olib borib qo'ydilar. G'am tikanidan ozor chekuvchi oshiqni yana o'z g'amxonasiga yetkazdilar.
Yigit mastlik uyqusidan xalos bo'lgach, dimog'iga tong yeli kelib urildi. U ko'z ochib, mulohaza yurita boshladi. Bo'lib o'tgan ahvol, yuz bergan hodisalar birma-bir uning xayolida gavdalanar edi. Mahbubasini eslab, ichidan mungli bir oh otilib chiqdi, a'zoyi badanini toshga urib, sog' joyini qoldirmadi. O'z-o'zi bilan ko'p mojarolar qilib, bu yorug' olam ko'ziga qorong'u ko'rinib ketdi. Ko'zlaridan yulduzlar kabi yoshlarini shashqator to'kib, ohu dard chckar, atrofga g'avg'o solar edi. Vasl bazmini xayoliga keltirib, jinnilardek nola qilardi. U o'z-o'ziga shunday der edi:
— Yo Rab! Ne tadbir aylayin?! Kimga o'z holimni bayon qilayin! Agar buni birovga aytmay, xomush turay desam, toqatim yetadimi?! O'zimni ushlab turishga quvvat topa
olamanmi?! Holatimni yashirin tutishni yoki oshkor etishni ham, so'z deyishimni yoki tek turishimni ham bilmayman. Bu dardimni aytgan bilan ado qilib bo'larmidi! Menda uning
mingdan birini gapirishga ham imkon yo'q. Agar uni maxfiy tutishni xayol qilsam, unda jon tark etishim mumkin...
U shu tarzda g'avg'oyu nola chekar, na tanida ruh, na boshida hush qolgan edi. Uning bu xil hayratlanishi har lahza jonga ta'sir qilar, el ham uning bu holiga hayron bo'lar edi. Har kishi uning bu ahvolini so'rasa, u javob bermay, faqat shunday der edi:
— Mendan, bularni so'ramangiz, kuyganim basdir, yana kuydirmangiz! Holatimni sharh etib bo'lmaydi, bunga erishmagan kishi uni his eta olmaydi.
Yo Rab! O'sha iqbol bilan vasl bazmida istiqbolga erishgan kishi men edimmi?! Agar men uni sharh qilmoqchi bo'lsam, boshqa kishi bunga ishona oladimi?! Hayratim jonimni o'rtar — naylayin?! Jismi vayronimni o'rtar - naylayin?!
Avval vasl birligi ichra maqsadga erishib, ma'shuq bilan qovushdim. So'ngra hijrondan bu xil mashaqqatga duch kelib, hayrat ichra hayratga cho'mmoqdaman.
Yo Rabbiy! Shunday ajib cheksiz bir holatga tushib qoldimki, uni hech kimsaga nasib etmagin!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:33:53
CLXI
Faqru Fano vodiysining so 'zi


Hayrat vodiysidan o'tsang, Faqru Fano vodiysiga duch kelasan. Bu vodiyda xomush, gung, kar va behush bo'lishdan o'zga narsa yo'qdir. Chunki bu chuqur dengiz to'fon girdobida bo'lib, unda yuz tuman olam g'arq bo'ladi. Kuchli bo'ron o'zining yuksak to'lqinlari bilan ming xil naqshlar paydo qiladi. Dam-badam bu naqshlar yo'qolib, yana ming xil turli yangi mavjlar paydo bo’ladi.
Agar sen bu hodisaga yaxshi nazar solsang, mavjda vujud yo'q ekanligini ko'rasan, chunki dengizdan o'zga barchasi nobud bo'luvchidir.
Haq vujudi ana shu cheksiz dengizdir, uning yuzidagi mavjlar esa bu olamdagi turli-tuman narsalardir. Ma'no ahllari e'tibor qiluvchi ushbu o'n sakkiz ming olam ichida nimaiki narsa bo'lsa, ular shakl jihatidangina mavjud bo'lib, shaklda ko'rinuvchanlik xususiyatiga egadir.
Yer sathi uzra yuzlab ajoyib shakllar mavjud, har bir shaklning o'zi yana rang-barang tovlanishlarga ega. Faraz qil: tevarak-atrofda dengizlar yoki ma'danh konlar, yoki dasht-sahrolar, yoki gulshanlar, yoki to'rg'ay va bulbullafni o'ziga rom etib, ularni halok qila oladigan darajadagi rango-rang nafis gul va lolalar, turli iqlimlar va mamlakatlar, daryolar, buloqlar va tog'lar hamda ularni o'rab olgan o't va havo, balki o't va havodan boshqa yana bir qancha narsalar mavjud.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:34:08
Bular atrofida yana to'qqiz qavatli osmon, sobitu sayyora va malaklar to'dasi bor. Ular son-sanoqsiz, balki miqdor ichra cheksiz ko'pdir. Undagi ko'zga ko'rinmas darajadagi e'tiborsiz yulduzlar yer jismiga o'xshab ketadi.
To'rt unsur, yetti ko'k va olti tomon - bular koinotning nodir va eng oliy asosini tashkil etadi. Koinotdagi barcha narsalar ichida hammadan eng ulug'i Inson bo'lib, uning kamoloti oldida aql hayron qoladi.
Bunda sen xayol qilib turgan vaqtingda yoxud avom deb gumon qil yoki u oliy tabaqaga mansub boisin, yoki qudrat sohibi bo'lgan sultonlar, yoki ixtiyor egalari bo'lgan xoqonlar, agar faylasuflar, olimlar, yoki diniy qoidalarni o'zgartirib, yangi mazhablar tuzuvchi kishilar boisin, yoki uyushmagan qavm, yoki ittifoqli jamoa boisin, xalq orasida yetuk sanalgan valilar, yoki faraz qilki, Allohdan elchi bo'lib kelgan payg'ambar boisin - bularning barchasini haq zoti dengizining mayji deb bil hamda o'sha vujudning mavji deb anglagil! Ammo ularning barchasi vaqtinchalikka naqsh etilgan bo'lib, o'tkinchilik xislatiga ega, boqiylik ular uchun xos sifat emas.
Dengizning chayqalishi ana shu xil turli mavjlarni hosil qilgan va har yoqda turli-tuman naqshlarni vujudga keltirgan. Bu to'lqinli dengiz bir zum taskin topsa, u mavjlardan asar ham qolmaydi.
Agar har bir kishida aql mavjud bo'lsa, shuni bilgilki, azaldan to abad bu olamdagi mavjud barcha narsalar borliqqa ega emas, faqat shakl ko'rinishiga ega. Qudratli haqdan boshqa hamma narsa foniy - o'tkinchidir, faqat yolg'iz ugina mutlaq boqiydir. Unga vujud tartibi mahkamlangan bo'lib, borliq rasmi inkor etilmasdan ma'qullangandir. Haqdan o'zga har qanday zot, faraz qilaylik, obi hayot ichgan bo'lsa ham, bu olamda mutlaq o'tkinchi hisoblanadi. Agar sen boqiylik istamoqchi bo'lsang, o'zingni foniy qilmog'ing zarur.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:35:09
CLXII
Hikoyat


Shayx Abul Abbos Qassob Omiliy (Shayx Ahmad bin Muhammad bin Abdulkarim, 921-v.e.) qassoblikka mansub bo'lib, o'z zamonasining zabardast peshvolaridan biri edi. U fano vodiysiga qadam qo'yib, o'z vujudini unda yo'qotdi.
Bii kun u xonaqohda o'tirar, tevaragida esa suhbatdoshlari yig'ilgan edilar. Bu mahalda bir g'alati devona beadablik bilan xonaqoh sahniga kirib keldi. Kirgan zahotiyoq, minbarga chiqib:
- Ey, honaqohda turuvchilar! Menga quloq berib, so'zlarimni yaxshilab tinglangiz! Men uchun hozir suv to'la obdastani hozirlang! Men o'zimni poklab olganimdan so'ng tahorat qilmoqchiman,— dedi.
Oliy qadrli shayx bu so'zni eshitgach, unga obdasta eltib beringlar, dedi. Xcnaqohtlagi bir darvish katta bir chiroyli obdastani suv bilan to'latib olib keldi. U zoti past bu obdastani sindirib, yana bitta idish olib kelishni buyurdi. Darvish yana bir obdasta olib keldi. U shu zahotiyoq bu idtshni ham urib sindirdi. Darvish sbayxga bu holni ma'lum qilgach, shayx boring, u nechta idishni sindirsa ham olib borib beravering, dedi.
Unga nechta obdasta olib kelgan bo'lsalar, u hammalarini birma-bir tosh bilan urib sindirdi. Nihoyat, undan uzr so'rab, bu yerdagi idishlaniiiig barchasini urib sindirding, xonaqohda yana senga keltirib beigudek bironta ham idish qolmadi, deb aytdilar.
Shunda n dedi:
— Agar idish bo’lmasa, orqangigizga qayting va borib bu so'zlarni shayxingizga aytingki, endi u o'z soqolini bu yerga olib kelsin, toki men buyurilgan farzdan qutulayin!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:35:20
Shayx bu nayosiz so'zlarni eshitgach, o'rnidan sakrab turib, u tomonga qarab yurdi. U shunday der edi: "Eh: qanday xush soatu baxtiyor holat! Qarang'ki, bir qassob o'g'liga soqol bitsayu yillar davomida u soqoliga oro berib, yuvib tarasa va vaqti kelib uning bu soqoli shunday bir ishga yarab qolsa! Unga bir darvish iltifot ko'rsatib, o'zini qayg'udan qutqarsa!".
Shayxning bejirim oppoq soqoli bor edi. Uni hovuchiga tutamlagancha boyagi kishimng oldiga yo'naldi.
Bu odani g'ofil va hayosiz, balki idroki yo'q telba bir kishi edi. U shayxdan bu xilI fano xislatiui ko'rgach, endi ortiqcha aljirash uchun o'zida quvvat topmadi. Shayx oyog'i ostida o'zini tuprog' etib, yerga bosh qo'ygancha hushidan ketdi.
Foniylikka erishgan solik unga nazar solib, undagi o'zlikdan asar ham qoldirmadi. (gumrohni shu tarzda kamolga yetkazib, misni oltinga aylantirdi. Har bir kishi rang, naqsh va bo'yoqdan — o'zligidan chiqmay turib, bunday ishni qilishi mumkin emas.
Ey Foniy, sen ham haqdan ana shunday yo'qlik tila! Bu xil yo'q bo'lish bilan abadiy borliqni qo'lga kiritasan!

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:36:17
CLXIII
Komil Fanoga erishmoq haqida Hoja Bahouddin Naqshband so’zlari


Oliy sifatlar egasi va mo'tabar zot, haq ravshanligining shohi va to'g'ri yo'lning gul soluvchisi bo'lgan Xoja Bahouddin Naqshband bu iqlim uzra taxt qurgach, yo'qlik mulkda ham podsho bo'ldi. Bu haqni biluvchi kishi pok sayr qilish paytlarida o'z vujudini turli narsalarga qiyos etar edi. Ammo hamma narsadan o'zini kam ko'rib, o'zini sarvu gul oldidagi xoru xas kabi tutar edi.
Bir kun uning ko'ziga tozalikdan yiroq bo'lgan bir qo'tir it ko'rindi. Shayx uni o'zi bilan tenglashtirtb, ko'ziga yosh olgancha nola cheka boshladi. U shunday der edi:
— Bu it vafo qiluvchilar toifasidandir, men esa unday emasman. O'zimni u bilan teng deb ayta olmayman. U Allohga vafodan o'zga narsani bilmaydi, men esa unga faqat jafo qilaman, xolos!
Nazar egasi bo'lgan shayx shunday degach, it uning oldidan yo'l solib, o'tib ketdi. Tuproq ustidagi it qolciirgan izlarni ko'rgan Shayx yana nisbat qilishda davom etib, shunday dedi:
— Men ortiqmanmi yoki bu iz?
Yana o'ziga o'zi dedi:
— Ey insofsiz kishi! Bu iz vafo ahli oyon'idan nishonadir, sen esa vafosizlik sari etak sudraysan!
U shu mazmunda so'zini tugallagach, yer o'pib, it izlariga ko'zlarini surta boshladi.
Haq ahli o'z vujudini ana shu xil inkor qiladi, borlig'ini shu yo'l bilan yo'qqa chiqaradi. Shu tarzda ularda o'zlikdan asarqolmagach, fano jomini sipqoradilar. Ular haq vujudidan baqo topmay, birlik jomida uning yuzini ko'rolmaganlaridan so'ng yo'qlik ahliga qo'shilib, mutlaq borliqqa vosil bo'ladilar.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:37:17
CLXIV
Parvonalar to'dasi haqiqiy sham sharhida


Bir kecha parvonalar jam bo'lib, shamga yetishmoqqa harakat qilishdi. Qanotlarini o'tda yoqishga hozirlab, "Biz izlovchilarmiz, sham nuridan nishon izlaymiz. Agar undan nimaiki topsak, uni izhor qilaylik. Sharh etib, asl zotining nimadan iborat ekanligini aniqlaylik",- dedilar.
Bu so'z aytilgach, parvonalardan biri qanotlarini qoqib, sham haqiqatini bilish uchun bordi. U yuqoridan qorong'u kechada to'da bo'lib turgan parvonalar guruhini ko'rdi, o'rtada sham yoqig'liq turar edi. Parvona sham nuridan ko'zini munavvar qilib yona turib, sham haqidagi so'zlarini olamga yoydi. U sham haqida so'z yuritar, lekin boshqalar bundan xabardor bo'lmas, uning so'zlari boshqa parvonalar qalbiga yetib bormas edi. Parvona har qancha ravshan yonib so'zlamasin, eshituvchilar bundan hech naf topmadilar. U aytgan so'zlar foyda keltirmagach, yana boshqa bir parvona shamga qarab parvoz qildi. U sham bazmiga kirib borib, nuriga diqqat bilan nazar soldi. U ham boyagj parvonadek yonib qanchalik so'z aytmasin, parvonalar to'dasiga maqsad ayon bo'lmadi.
Yana boshqa parvona ham bu ishga urinib, sham boshi atrofida ko'p aylandi. Undan ham murod hosil bo'lmadi, mushkil ochilmadi.
Bundan o'zgalarga ham iztirob tushib, ular maqsadsari shitob bilan intildilar. Sham tevaragida ko'p qanot qoqib, har biriqanot-quyruqlarini kuydirdilar. Har biri kuygancha, o'zi istagan maqsadga erishdi, ammo buni sharhlash qiyin ish bo'lib, naql qilish esa harom hisoblanardi. Chunki kishi shu'lani til bilan sharh eta olmaydi, kuymasdan turib, uning mohiyatini bila olmaydi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:37:29
Parvona bu ish haqiqatidan xabar topgach, a'zoyi badani kul bo'lib, undan asar ham qolmadi. U qo'rqmasdan o'zini shu'laga urgach, a'zosiga o't tushib, pok bo'ldi va o'zi ham shu'laga aylandi. Chunki istagan maqsadi unga ayon bo'lib, bundan ortig'ini bayon qilishga hojat qolmadi. Chunki u maqsad ichra nobud bo'ldi va bu fanoda ayni muddaoning o'ziga erishdi. U haqiqatdan xabar topdi, shuning o'zi unga yetarli bo'lib, boshqa so'z aytishga o'rin yo'q edi.
Agar kishilar parvonalarning bu holiga diqqat qilsa, ularning ko'nglida ikkita fikr kashf bo'ladi. Birinchisi shuki, kuymasdan turib, uning mushkili ochilmaydi; sham bilan birlikka erishmasdan turib, murodiga yeta olmaydi. Toki fano o'tiga o'z vujudini solib, bu shu'lada boru yo'g'ini o'rtamas ekan, maqsad nuri uning qo'liga kirmaydi, tilagan visoli unga yuz ko'rsatmaydi. Ikkinchidan, bu xil chaqmoq uni otash dengiziga g'arq qilgach, unda so'z aytish imkoni qolmaydi, bu ish sirini so'z bilan bayon etish uning uchun amrimahol hisoblanadi. Bunda kuymasdan turib, elga ish ochilmaydi, kimki kuysa, o'zgalar uning holini bilmaydi.
Ey Foniy! Fano haqida lof urishni bas qil! Vaslga erishmoqchi bo'lsang, yaxshisi, fano o'tida kuy! Sham o'tiga aylangan parvona kabi o'zingni shu'laga devonavor ur! Vujudingdan asar, borlig'ing o'rish-arqog'idan nishon qolmagach, maqsad ichra tilaganingga yetasan! Bu mojaroni el bilmasa bilmay qo'ya qolsin!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:38:36
CLXV
Shayx Sufyon Suriyning fanodan so 'ngra baqoga erishmoq haqida aytgan so'zi


Shayx Sufyon Suriyki(Abu Abdullo binni Said, 783-y.v.e.), u din hamsuhbatlarining peshvosi edi, Alloh uning joyini abadul-abad nurli qilsin. U ma'rifat haqida so'z yuritayotgan paytda bir shogirdi so'radi:
- Agar bir kishi Allohga yetishmoqchi bo'lsa, bu maqsadga qay yo'sinda erishadi?
U shunday javob berdi:
— Buning masofasini ming manzildan iborat, deb bil. Ularning har birida dard va ofatlar bor. Bu o't va nur o'rtasidagi yeti dengizdan tashkil topgan bo'lib, ulardan har binning kengligi cheksizdir. Bu dengizlardan o'tmoqchi bo'lsang, qarshingda domiga tortuvchi ulkan baliq namoyon bo'ladi. U shunday dahshatli baliqki, bir dam tortsa, ikki olamni bus-butunicha barcha xalqi (yaratilgan narsalari) bilan birga qo'shib yutib yuboradi. U istig'no dengizida maqom tutib, uning atrofida suzib yuradi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:39:41
CLXVI
Qushlarning fano vodiysi so'ngida baqo mulkidan nishon topganlari


So'z yuziga shundayin yaxshi niqob tortilib, savol va javoblar tugadi. Bu so'zlarni eshitgan qushlar aql sharhlab bo'lmas darajada qiyin holga tushdilar. Ular bu ishning nihoyatda mushkilligini, bu jamoaning uni bajarishga qodir emasligini fahmlab yetdilar. Shu tufayli ular o'zlaridan umid uzib, tuganmas qayg'uga mubtalo bo ldilar. Ular Hudhuddan bir xil halok qiluvchi so'zlarni eshitgach, barchasining qalbidan fig'on dudi ko'tarildi. Balki ular bu ish siridan voqif bo'lib, bundan cheksiz vahimaga tushdilar. Bu vahima shu onning o'zidayoq ulaming bir qanchasini halok qildi. Jon vahimasiga duchor bo'lganlari yo'qlikka ketgach, qolgan qushlar hayratga cho'mgancha yo’lga tushdilar. Ular yillar tinim bilmay qanot qoqib, oldilariga duch kelgan balodan qo'rqmadilar. Shu tarzda ular o'zliklaridan chiqqunga qadar pastu baland ko'p yo'llarni bosib o'tdilar. Bu vo'lda ular shunchalik ko'p qiyinchiliklarga duch kelishdiki, ularni hatto yuz tuman til bilan ham sharh etib bo'lmaydi. Agar sening oldingga ham bu yo'l ro'para bo'lib, uni bosib o'tsang, undagi qiyinchiliklarni mushohada eta olishing mumkin. Ularning bu yo’lda qanchalik qonlar yutganini o'shanda bilasan.
Pirovardida bu zor qushlar guruhidan ranj topgan ushbu majruh to'dadan ozchilik qism tanlari nihoyatda qiynalgan va jonlari o'rtangan holda maqsadga yetib kelishdi. Chunki yo'l cheksiz va uzoq bo'lib, unda ofat ko'p, dard, ranj va shiddat esa benihoya edi. Shuning uchun bu qushlardan ba'.'.ilari yo'lda jon taslim qildilar, ba'zilari og'ir xastalikka duchor bo'lib, yarim yo'lda adashib qoldilar. Qushlar oldidan azob-uqubatning achchiq shamoli esib,bu musofirlarning umr iplarini kesar edi. Yo'lda ularni baloga duchor qiluvchi hodisalar hadsiz-poyonsiz edi, shu sababli ular imkoniyat darajasigacha ko'p nobud bo'lishdi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:39:56
Oqibatda yuz tuman ming qushdan faqat yuz minglab mashaqqatga duchor bo'lgan o'ttiz qushgina omon qolib, oxirgi manzilga yetib keldi. Ular shunchalik horib-charchagan edilarki, tanlarida hatto hayot nishonasidan asar yo'qdek edi. Jismlarida birorta ham butun parlari qolmagan, patlari xuddi tarasha o'tinga o'xshash parcha-parcha bo'lib to'zib ketgan edi. Tanlari yo'l ranjidan madorsizlangan, jonlari dard va mashaqqat chekishdan xarob bo'lgan edi.
Ular kelgan manzilda oliy darajadagi bir joyni ko'rdilar. Bu yer shunday bir joy ediki, aql uning kengligini idrok qilishga ojizlik qilardi. Butun osmon hatto u yerdagi oddiy bir xasdan ham kichikroqdir. U yerda ehtiyojsizlik bulutidan jala yog'ar; momaqaldiroq dahshatli gumburlab, tez-tez chaqmoq chaqilib turardi. Go'yo olamga balo to'foni yog'ilib, osmonni ofat chaqmog'i kul qihb yuborgandek edi. Bu yerda yetti ko'k bir hovuch tuproqcha, jannatda o'sadigan sidra va to'bi kabi daraxtlar esa xas kabi qadrsiz edi.
Qushlarning barchasi o'z holiga hayron qolishib, ojizlikdan zoru parishon bo'ldilar. Ular bu yerda yuzta yorqin quyosh ham zarraning yuzdan biricha qadrsiz turishini ko'rdilar. Bundan ularning qanot-quuriqlariga ot tutashib, o'z hollariga cheksiz nadomat bilan "vo hasrato" auta boshladilar.
- Biz o'ttizta xomxayol qush ko'ngliniizga bo'lishi mumkin bo’lmagan ish savdosi tushib, jonimizga har doim o'lim vahimasidan qo'rquv yopishib, bu yolni bosib o'tish uchun ulkan mashaqqatlarni boshdan kechirdik. Umrimizni o'tkazib, oh, shu maqsadga erishdikmi'' Bu darsoh shunday azim va qo'rqinchli ekanki, bu yerda bizpa na son bor ekan, na salmoq!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:40:19
Ular shu so'zlarni aytib, boshlaridan dud chiqaza boshlashdi. Bu hol sarsonlikda ovora bo'lgan qushlarning ko'nglini buzib, har damda yangi bir umidsizhkka yuz burdirar edi.
Xullas, ovora va sargashta qushlar o'z g'amlariga chora topa olmay, uchish uclu'n qnvvatlari, og'ir dard tufayli qo'nish uchun toqatlari qcimagan bir paytda nogoh parda orqasidan izzat elchisi go'yo davlat qushi kabi ularning oldiga yetib keldi. U bu yuz balo ipi bilan bog’langan va hayratda qolgan xasta qushlar to'dasini ko'rib, ularning holini so'rashga mayl ko'rsatdi va shunday dedi:
- Hoy, bu to'da qanday jamoatdir?! Bu ming baloga mubtalo bo'lib, balodan bo'lak bahra tonmaganlar kim ekan? Bu parishonhol va sargardon, qadru qiymatda tuproq bilan teng bo'lganlar kim bo'ldi? Bu xil tahqirlarga mahkum bo'lib, bu haqoratdan ko'ziga hech narsa kn'rinmaganlar kim?!
Qushlar unga shunday dedilar:
- Biz xor va zor bo'lgan, behuda ish qiluvchi ojiz va bee'tibor bir guruhrniz. Shell istab chiqdik va bu yo’lda jonimizni turli azoblarga giriftor qildik. Shunchalik ko'p mashaqqat tortib, uning datgohiga yetishni orzu etgandik. Biz shohi bo'lmagan bir qo'shin edik. Agar qo'shinda shoh bo’lmasa, u qanday qo'shin bo'ladi? Umr bo'yi yo’lda mashaqqat tortib, yuz tuman turli xorliklar ko'rib, ana shu tarzda necha yuz ming bu yo'lga mansub bo'lgan to'da (ular shunchalik ko'p ediki, bundan inson aqli ojiz qolardi) shu yo’lga kirib, halok bo'lishdi. Bu dargohga faqat biz o'ttizta qushgina yetib keldik. lstagimiz Simurg' bizga shoh bo'lib, barcha yaxshi-yomonimizdan xabardor boisin edi. Agar bizning bu taklifimiz shohga ma'qul tushsa, bizdek bir necha zoru asir uning qulligini bajonidil qabul etar edik!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:40:46
Elchi qushlarning bu so'zlarini eshitib, ularga shunday dedi:
- Ey gumroh to'da! Sizlar aqlsizlikka oshno bo'lib qolibsiz! Sizlar oshuftahollikka tushib, dimog'ingizga puch xayollarni keltirmoqdasiz. Shu ahvolda qaysi tilingiz bilan shohning nomini zikr qilmoqdasiz? Nechuk bu fikr ko'nglingizga yo'l topa qoldi?
Sizlar hech narsaga arzimaydigan, balki undan ham past turadigan bir guruhsiz. Shoh esa sizlarning bu poyma-poy andishangizdan yuksakda turadi. O'zingiz hech narsaga arzimaysiz-u, yana qizishib, bekordan-bekorga hovliqasiz! Go'yo o'zingizni mayjudman deb tasavvur qilasiz! Sizda aslida na son bor, na hisob bor va na vujud! Borman deb tuhmat qilasiz, ammo yo'qsiz! Ko'nglingiz xomxayol bilan to'la, muddaoin-gizning barchasi amrimaholdir!
Bu yer shunday muazzam joydirki, hatto bunda yuz ming quyosh ham kichik bir zarra kabi nur socha olmaydi. Bu yerda yuz ming quturgan fil bir o'lik pashshadek gap! Shunday bir joyda siz na borsiz, na yo'qsiz, balki borligingiz yo'qligingizdan ham kamdir!
Bunday behuda so'zlarni aytmasdan, tezda orqangizga qaytinglar. Agar yana biror gapingiz bo'lsa, qaytayotgan paytda aytib ketinglar!
Bu so'zlarni eshitgach, qushlarning hushi boshlaridan uchib, ularga ojizlik yuzlandi, hatto tillari gapga aylanmay qoldi. Hammalari bir-birlarining pinjiga kirib, umidsizlik o'tida yona boshladilar. Ular o'zlariga o'zlari shunday der edilar:
- E voh! Zoye ketgan mehnatlarimizga ming afsus! Tortgan shuncha shiddatlarimizga ming afsus!
Agar shoh shunday oliy dargohga ega bo'lsa, biz kabi bir necha xaroblar uning oldida qanday ko'rinish beradi? U bizdek faqirlarni nazariga ilarmidi? Hayf shuncha umid bilan harakat qilganlarimiz! Hayf abadiy davlatga erishamiz deb qilgan orzularimiz!
Qushlarning barchasi chuqur qayg'uga, cheksiz hasrat va armonga giriftor bo'ldilar. Ular:
- Biz kabi g'amli, orzu va umidlaridan yiroq tushgan bir guruh bor ekanmi?! - deya xitob qilishdi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:41:53
CLXVII
 
Qushlarning fanoga erishishdan umidsizlikka tushib turganlarida, Hidhudning to'g'ri yo'l ko'rsatganligi tufayti ularda quvvat hosil bo'lgani
 


Shunda Hudhud ularga dedi:
- Ey bechora, xonumonu mulkidan ovora bo'lgan to'da!
Shoh marhamatidan noumid bo'lmang, chunki uning sifatlaridan bittasi karam ko'rsatishdir. Agar uning visoliga erishish qiyin bo'lsa, ishqida o'lmoq ham yaxshi ishdir.
Biz bu iqbolni qo'lga kiritib, bugun uning dargohiga yetib keldik. Shu saodatning o'zi ham biz uchun oliy martabadir. Endi uning ishqida barchamiz halok bo'lsak ham mayli.
Bu so'zlarni eshitgan qushlarning barchasi yuraksizlik izhor qilib, Hudhudga shunday deyishdi:
- Ey hikmatshior! Biz o'z oldimizga duch kelgan barcha balolarga sabr-toqat ko'rsatib, sening hamma buyrug'ingni qabul etdik! Sen qayerda qanot urgan bo'lsang, biz sendan ayrilmadik. Nimaiki amr etgan bo'lsang, qarshilik ko'rsatmadik. Ammo vasl chog'i bizga ayriliq g'ami yuzlandi. Bu sen aytgan so'zlarga to'g'ri kelmaydi-ku!
Hudhud ularga shunday dedi:
- Siz tushkunlikka tushmang va bundan aslo ozor chekib, ranju uqubat tortmang! Biz bu yo'lga qadam qo'yib, yuz xil balo-qazoni chekishga jazm etgan mahalimizda bizning bundan maqsadimiz shohga erishmoq va uning dargohiga yetishmoq edi. Endiki biz bu maqsadga yetib, uning dargohiga yo'l topgan ekanmiz, o'zingizni asl maqsaddan yiroqda deb gumon qilmang.
Agar oshiq o'z ishqida haqiqiy kainolotga erishgan bo'lsa, uning uchun hijron ham, visol ham teng hisoblanadi. Chunki yorning xohishi oshiq uchun orzu etilgan narsa bo'lib, u nimani istasa, o'sha ma'qul sanaladi. Yor vaslini qo'lga kiritmagan bo'lsangiz siz uchun uning yodi bilan yashash yetarli emasmi?! Har bir kishi yor yodi bilan jon bersa, uning bu o'limi mangu hayot bilan tengdir.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:42:42
CLXVIII
Hikoyat
 


Majnunni dashtda bir kishi uchratib qoldi. U o'zi bilan o'zi so'zlashmoqda edi. U kishi Majnundan so'radi:
— Sen kim bilan so'zlashmoqdasan?
— Ey baxtli odam, men Layli bilan so'zlashmoqdaman,— deb javob berdi Majnun.
— Axir u sendan juda uzoqda-ku!
—  Ey g'ofil, u mening jonimdan o'rin olgan! Uni yodga olish jonimga oziq bag'ishlasa, yo'l yiroqligi uchun uni unuta olamanmi?
Kimki ishqda kamolot kasb etsa, uning vujudida ma'shuq yodi mujassamlashgan bo'Iadi. Agar siz ham ishq borasida lof urmoqchi bo'lsaiigiz, undan sizga dard kelsa ham shodlik o'rnida qabul eting!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:43:42
CLXIX
 
Qushlarning oliy fanoga erishib, baqo vasliga yetgani
 


Bu musofirlar ko'pgina dengiz va quruqliklarni bosib o'tib, ko'zlagan manzilga yetib kelgan edilar. Ular tunu kun yo'l yurishdan sira hormasdan oldilariga har qanday balo kelsa ham yuz qaytarmasdan o'z istaklariga erishganlarida, bu mag'lub to'daga jamolni ko'rishga to'sqinlik qiladigan parda tutildi. U qushlarga o'z ulug'vorligini ko'rsatib, qarshilik ko'rsatsa ham, benavo qushlar o'z fikrlaridan qaytmadilar. Garchi ulardan ba'zilari ko'ngilsizlik ko'rsatgan bo'lsalar-da, Hudhud to'g'ri yo'lga boshlovchi so'zlari bilan ularning tushkunlik va ko'ngilsizlikka tushishiga yo'l qo'ymay, bu borada ancha va'zlar aytdi. Hudhud aytgan so'zlardan ularga jon kirib, mushkil ishlari yanada osonlashdi. Chunki ularga sodiqlik va ixlos qo'yish yor bo'ldi, yorni istashda esa bu ikki holatning foydasi ko'pdir. Garchi ular ulug'lik oldida tuban, xor bo'lgan bo'lsalar-da, Hudhud ularni g'am yemaslikka chorlab, ko'pgina dalillar keltirdi. Ularda mardonalik mavjud bo'lib, komil yo'lboshchisi ham oqil va dono edi.
Shunday qilib, bu sodiqlik va ixloslikdagi ikkinchi fanoga' erishish yorni ularga oshno qildi. Vasl bog'idan marhamat ko'rsatish shabadasi esib yoki Masihnifjg pokiza nafasi kelib, ular oldida niqob bo'lib turgan barcha pardalarni birma-bir olib tashladi. Nur va zulmatdan iborat bo'lgan hamma pardalar bartaraf qilindi. Vasl bog'ida shodlik va maqsad guli ochilib, uning muattar bo'yidan ko'ngullar yayradi. Qushlarning dillaridagi shikastalik yo'qolib, vasl ichra bu xil maqsad va shodlikka erishdilar.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:44:36
Bu gulshanda har bir gul go'yo bir ko'zgu kabi edi. Qushlar qayoqqa qarasalar, o'zlari namoyon bo'lar edilar. Bu yerda bulardan boshqa yana nur va sollik, oshkora va yashirin narsalarning hammasi bor edi. Bu go'yo kishilarning ko'zguga qaragani yoki tiniq, pokiza suvga boqqani kabi edi. Hamma narsa boshdan-oyoq ko'zga tashlanib, ko'zgu yoki suvning kishi aksini ko'rsatganiga o'xshar edi.
Bu o'ttizta qushning shuncha ko'p mashaqqat va ranj chekib, bu yerga yetib kelganlaridan maqsad ularga Simurg' o'z yuzini ko'rsatib, bu fanolardan ana shunday baqoga erishmoq edi. Ammo ular qayoqqa qarasalar o'zlarini ko'rdilar.
Alloh-Alloh! Bu qanday ajoyib so'zki, Simurg'ni orzu qilgan o'ttizta qush o'zlarini o'sha Simurg' sifatida ko'rdilar!
Bunda xuddi sadaf gavharga aylangani kabi "œman araf" siri zohir bo'ldi.
Ey ko'ngil! Bu nozik ma'noli so'zlar qushlar tilidir, balki ramzu imo mulkidan xabardor bo'lgan kishilar tilidir. Garchi bu so'zlarni tushunish qiyin bo'lib, muammoli bo'lsa-da, u riyozat chekish bilan ravshanlashadi. Chunki riyozat insondagi hayvoniy sifatlarni yo'q qiladi. Kishi shu xilda o'z nafsoniyatini inkor eta olsa, unda ruhiy poklikdan boshqa hech narsa qolrnaydi. Sen bu ma'niga xiloflik qilma!
Inson zotida shunday sharaf mujassam etilganki, agar u o'zidagi yomon axloqni bartaraf etib, fir'avnlikka taqlid etmasa, unda Musoga o'xshash eng yaxshi suatlardan o'zga sifat qolrnaydi. Yoki sharaf ganjiga egalik qilib, o'zidagi Abu Jahllik xislatini yo'qotsa, Habibullohdek yuksak sharafga erishadi hamda borlik va yo'qlikdan ogoh bo'Iadi. Vahdat me'rojiga chiqib, poklik siridan unga xabar yetadi. Ko'zi vasl nuridan shunday yorishib ketadiki, bu paytda oradan "menlik" va "senlik" yo'qoladi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:44:53
Haq vujudi dengiz mayjlarini yuzaga keltiradi. Mayj naqshidan dengizga ne ziyon yetadi? Dengiz, xoh u mavjli boisin, xoh mayjsiz, o'zidagi suv bilan dengiz sanaladi. Suvsiz mayj hosil bo'lmaydi. Mavjning boru yo'qligi dengizga bog'liqdir.
Agar sen buni chuqur o'ylab ko'rsang yoki ishq sirlarini diqqat bilan mulohaza qilsang, Alloh sifati bilan birlashib ketganingda, ogoh xotiring bilan shu so'zlarni aytishga jur'at etasan: ya'ni, yaratilgan hamma narsadan asosiy maqsad sening o'zingsan! Sendan tashqarida hech narsa mayjud emas! Sen o'zing zotning muxtasar tafsilisan hamda borliq mushkillarini tushunib yetuvchisan! Shuning uchun o'z vujudingga tafakkur qilib, nimani istamoqchi bo'lsang, faqat o'zingdan istagil!
Sen jannat bog'chasidagi ajib bir go'zal qushsan va sharaf bo'stonida pokdomonsan. Lekin Simurg’ istagan u qushlar galasi suluk ichra riyozat bilan sayr qilib, bu yo’lda o'zlarini qobil etdilar va bu talabdan vasl hosil qildilar. Senda ham u imkoniyat tarzida mayjud bo'lib, agar yomon fe'lingni tuzatsang, maqsadga erishasan! Agar bu yo'lda o'zingni qobil etmay, pastu baland so'z aytsang, dorga osilishing turgan gap.
Kimki bu ma'nidan ogoh bo'lsa, bilgilki, bunday so'zlarni aytishga til qisqalik qiladi. Bundagi so'z o'zgacha-yu ma'no o'zgachadir. So'z bilan mashg'ul kishi undagi ma'noni anglamaydi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:45:37
Menga qanday ma'no ayon bo'lgan bo'lsa, uni qush till bilan bayon qildim. Aytgan so'zlarim faqat o'z zohiriy ma'nosida tushunilmasin, undagi chuqur ma'nolarning yuzlari yopilmasin. Bu so'zlarimni faqat qush tilini bilganlargina fahmlay oladilar. Fahmlagach, undagi mazmundan qattiq vahimaga tushadilar.
Ammo ziyrak qush bu so'z tagida nimalar borligini darhol anglaydi. Bu so'z barcha so'zlar ichida eng mushkilidir, u tilsiz kishilarning tilidir. Shart shuki, uni anglagan kishi mabodo o'zgalarga sharh qilib o'tirmasin, chunki tilidan boshiga biror ofat yetishi mumkin.
Ey AIloh! Men bu so'zlarni aytib, senga tavba qilaman. Aytib bo'lmas so'zlarim uchun sening o'zingdan panoh istayman. Bu fikrlarni o'zimcha rejalamadim, balki Attor so'zlarini sharh qilib berdim. So'zimga ofat tushishidan o'zing asra, kimga payravlik qilayotganimni nazarga ol. Agar men xatoga yo'l qo'ysam, u nuqsonsizdir, chunki u kamol varaqlariga ko'p xatlar yozgan. So'zda agar tab'im g'alat aytishga moyillik ko'rsatgan bo'lsa, uni komil boshliq so'zlari tufayli deb bil. Men unga izdoshlik qilib, sen haqingda so'zlar aytdim, uzrimni quvvatlab, gunohimdan o't.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:47:10
CLXX
O'z mulohazasi qusuri uzriga tamsil


Bir parishon tabiatli devona bo'lar edi. U birov savdosidan ko'p zor ahvolga tushgan edi. U ko'ngil qo'ygan jonona davronga ofat soluvchi, balki ishvasi bilan barcha jonluarga qiron keltiruvchi edi. Husn bobida hur va parilar ham unga taslim bo'lgan, oy va quyosh ham uning oldida chiroyli ko'rinmas edi. Olamni uning husni g'avg'osi tutgan, turli shaharlar va mamlakatlarga uning shov-shuvi tarqalgan edi. Husnining latofati garchi cheksiz bo'lsa-da, va lekin u ikki ish bilan mashhur edi. Birinchisi, u bilimdonlik va zukkolikda kamolot sohibasi bo'lsa, ikkinchisi, shiddat bilan jafo ko'rsatishga ham usta edi.
Bir kun ishqda majnuntabiat bo'lib qolgan oshiq ma'shuqasini yodga olib, uning yuzini gulga, qaddini sarvga, ko'rinishini tovusga, yurishini qirg'ovulga qiyos qildi. Devona o'ziga xush yoqqan bu so'zlarni aytib turganida, uning oldiga oy yuzh dilbar yetib kelib, u aytgan so'zlarni pana joydan turib eshitdi. So'ngra yurib uning qoshiga keldi va shunday dedi:
- Sen aytgan bu ta'riflar men uchun kinoyadan beshqa narsalar emas. Men ulardan nihoyatda or qilaman. Qomatimni sarv deb aytding, ammo sarv mening qaddim kabi xirom eta oladimi?! Yuzimni gul deding, lekin qaysi gulda men kabi yuz balolik ko'z va qosh bo'ladi! Ko'rinishimni tovusga qiyos qilding, qachon tovus elning aqlu hushini olibdi?! Yurishimni qirg'ovulga o'xshatding, ammo qay bir qirg'ovul kishilar qatliga sabab bo'la olgan?!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:47:29
Oy yuzli go'zal g'azab bilan bu so'zlarni aytib, unga xitob etdi. Oshiq unga javob qaytarishdan ojiz bir holga tushdi:
Men xato qilib qo'ydim, bundan nihoyatda sharmandaman, shunday bo'lsa-da, seni vasf etuvchi bir gunohkor bandaman!
Oy ko'rinishli bu so'zlarni eshitib, shu zahotiyoq:
- Jahondan vujudingni yo'q qilib yuboraman!— deya unga g'azab qildi.
Devona o'zini yerga tashlagancha zor yolvorib, shunday dedi:
- Ey husni bilan parilar va hurlarga oriyat keltirgan. Men sen to'g'ringda nima so'z aytgan bo'lsam, ularning barchasi senga bo'lgan muhabbatim tufaylidir, ixlosim va do'stligim tufaylidir. Ularda hech qanday shikoyat, o'rinsiz ta'na-dashnomlar va kinoyalardan asar ham yo'q.
Ammo seni maqtab, vasf etishda kamchilikka yo'J. qo'yibman: buni tan olaman. Endi o'zing marhamat ko'rsatmasang, holim xarob bo'ladi. Men aytgan bu so'zlarni nodonlikka yo'ysang, ularning barchasini jaholat va bilmaslikdan deb hisoblasang. Chunki uyat men telbani halok qilmoqda, agar sen ham o'ldirmoqchi bo'lsang, bu endi menga og'ir zahmat bo'lib tushadi!
Telba o'z nuqsonini bo'yniga olib, uzrxohlik qilgach, parivash ham lutf ko'rgazib, uning qonidan kechdi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:49:00
CLXXI
 
Hikoyat



Bu yo'l ahliga yetakchilik qilganlardan biri Xoja Abdulloh Ansoriy shunday degan edi:
— Kishi sozini rud ohangiga moslab, bu ohang ichra bir yoqimli qo'shiq aytsa, biroq bu kuyi va qo'shig'idan maqsad Allohni yodga olish bo'lsa, ey, pok e'tiqodli, bilgUki, uning bu ishi g'aflat ohangj bilan Qur on tilovat qilishdan yaxshiroqdir.
Agar qo'shiq va nag'mada ogohlik mavjud bo'lsa, bu toat vaqtidagi gumrohlikdan yaxshiroq sanaladi.

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:50:06
CLXXII
O'z kamchiliklarini afv etishni yolvorib so'ramoq va gunohlaridan o'tishni iltimos etmoq


Ey g'oyibdan barchaga hukmdor saxiy Haq! Barcha saxovat ahlining mavjudligi sen tufaylidir. Sening lutf va ehsoningga poyonu had yo'q, muruvvat va in'omlaring son-sanoqsizdjr. Seni vasf etib har neki yozgan bo'lsam, garchi ular jozibali bo'lmasa-da, sendan kechirim so'rayman. Faqat men emas, balki necha buyuk allomalar vasfing haqida yillar davomida qalam suisalar, ular ham insof bilan o'z ojizliklarini bo'yinlariga olishlari lozim bo'ladi.
Mendek bir oshuftahol devona Foniy agar sen haqingda bir necha so'z aytgan bo'lsa, uning xato va nuqsonlarini karam yuzasidan avf qil, yozgan yaxshi-yomon yozuvlari uchun kechir. Men nima haqida qalam surgan bo'lsam, sendan yozdim, sendan o'zga haqida so'z yuritmadim, menga shuning o'zi yetarlidir. Ortiq yoki kam degan bo'lsam ham sendan dedim, chin yoki yolg'on aytgan bo'lsam ham sendan aytdim.
Sening sirlaring menga qanchalik ayon bo'lgan bo'lsa, ularni qush tili bilan bayon qilib berdim.
Bu dam xuddi chala so'yilgan qushdek o'zimni yo'qotib, qush tili bilan senga yolvormoqdaman. Chunki barcha qush ham shirin so'z aytish, nozik ma'no va chechanlikka ega bo'lavermaydi. Agar bulbul lutf bilan ajoyib dostonlar aytsa, qarg'a yoqimsiz kuylarni haddan oshiradi. Bas, shunday ekan, barcha qushning kuylashi dilga xush kelavermaydi, barcha qushning nag'masi dilkash bo'lavermaydi.
Men ular tilidan so'z aytdim, albatta, barcha qushning sayraslii bir maqomda bo'lmagan. To'ti va shorik(mayna) odamga o'xshash gapira olsalar-da, har birining nutqi o'zgachadir. Ular sayrashida tafovut mavjud bo'lib, biri haq haqida so'z aytsa, ikkinchisi but haqida so'z deydi. Birida shak bo'lsa, yana birida din mavjud.
Ammo Foniyning kufru din bilan ishi yo'q. Chunki u har nima aytgan bo'lsa, sen tufayli aytdi! Sen uning xatolariga pardapo'shlik qilgin, toki u ham fano bazmida bir qultum may icha olsin! Unga fano jomini nasib etganingda, baqo iqbolini bermoqlikni ham unutma!

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:51:15
CLXXIII
Shayxning vasfi va o 'zining unga payravlik qilgani tavsifi


Ey Foniy! Yana bir go'zal asar yozib, qushlar tilini ajoyib yo'sinda sharhlab berding.
Qushlar tiliga yo’l topganlardan biri Sulaymon payg'ambar edi. Keyin vaziri Osaf undan ta'lim olib, qushlar tilini o'rgandi, ammo bu tildan u hech kimni xabardor etmadi. Bu ikkalasidan o'zga kishi buning uddasidan chiqmadi, boshqa odamlar qush tilini bilmaganliklari uchun uning fahmiga yetmas edilar.
Tez aylanuvchi falak shitob bilan oradan bir necha ming yilni o'tkazib yubordi. Shundan so'ng chaqqon sayr etuvchi, chechan nutq aytuvchi va o'tkir aqlli omadi yurishgan bir qush maydonga chiqdi. Uni qush dema, balki fano Qofining anqosi de, barcha qushlar tilining donosi de! U bu yo'lning boshlovchisi va avliyolar qiblasi bo'lib, ko'ngh to'g'ri yo'l ko'rsatish uchun ziyolangandir. U haqiqat sirlarini kashf etishda farid1— yagona va tengi yo'qdir, nutqidan haqiqat ahli bahramand bo'ladi. Bu kishi irfon ahlining yo'l ko'rsatuvchisi, ma'rifat bozorining Attoridir.
U bu gulshan ichra paydo bo'lganida go'yo qushlar ham nutqni undan o'rgangandek bo'ldilar. Uning qush tili bilan gapirishi Osafdan ham, hatto Sulaymondan ham ortiqroq edi. Chunki ular qush tilini bilgan bo'lsalar-da, lekin bundan elga biron-bir naf yetmadi. Haq Attor tilini biyron qilgani uchun "Mantiq ut-tayr" dostoni oshkor bo'ldi. Bu til izohini to'la-to'kis bayon etib, ilohiy sirlarni sharhlab berdi. Boshlanish va tugallanish haqida chiroyli so'zlar xazinasidan ko'plab gavharlar sochdi. Bu gavharlar bilan zamona cho'ntagini to'ldirdi, barcha kishilar undan bahramand bo'ldilar. Xazinadagi tilsim ochilgach, har gadoga bu gavharlardan muayyan ulush tegdi. Asarini ko'pchilikka quyosh kabi oshkor etib, so'zlaridan Jamshid jomi kabi sado chiqardi. Kimki labtashna bo'lsa, bu maydan unga ichirdi. O'zgalar bu haqda so'z aytishdan ojiz qoldilar. Qush tili bilan shunday kalom surdiki, uning bu so'zlari xuddi to'tiyi go'yo so'zlari kabi barchaga manzur va ma'qul bo'ldi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:51:31
U yozgan asarni forsiy tilni biluvchi xalqlar fahm etib, undagi barcha yashirin nozikliklardan xabardor bo'ldilar. Ammo sodda, bechora turklar bu tilni yetarli darajada bilmaganliklari sababli qush tili bilan forscha yozilgan bu asarni tushunish iqbolidan mahrum qoldilar. Ulardan ko'pchiligining qo'li qushdan holi bo'lmasa-da, lekin ularga qush tili tushunarli emas edi.
Men yozu qish Attor do'konidan qand va shakar olish bilan shug'ullandim, balki bu do'konda to'ti yanglig' makon tutib, shakar ushatar edim. U qush tili bilan menga neki xitob qilgan bo'lsa, men unga xuddi to'ti kabi javob qaytarar edim. Yo'q, balki uning pok ruhining gapga chechan qushi Arsh bog'idan kelib, mening ko'nglimga o'rnashib olgandek edi. U menga qush tili mushkillarini hal etib, bu takallumda ustodlik qilar edi. Shu tariqa men u kalom ichra kamolotga erishib, mazkur asarimni turkiy tilda yozdim. Go'yo mastligidan yoqimli sayrayotgan qush kabi ko'p kuylarimni turkona sozga hamohang qildim. Qaysi bir qush, balki ming xil dost on kuylovchi bulbul deb aytgin, uning har bir dostonida yangi bir ohang mavjuddii. Lekin uning bu dostonlari gul shavqidan bitilgan bo'lib, undagi nolayu afg'onlar ham shuni vasf etishga bag'ishlangan edi. Men o'sha ming xil nola chekuvchi bulbuldurnan. Har bir fig'onimni bir dostonimda jo qilganman. Ushbu gulshan ichra mastonavor qadani qo'yib, kuylarimni baland pardaiarda ijro etdim. Mening bu kuylarimni eshitgan har qanday sayroqi qush ham ulardan qusur topa olmas edi. Shayx ruhidan menga madad yetishib, bu bulbul sayrashi cheksiz bo'ldi. Har bir kiski bu mutanosiblikka ko'z tashlasa, unga Qaqnus qushini o'xshjktgan bo'lar edi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:52:35
CLXXIV
O'zining shayx ruhi madadidan unga o'xshatma qilganligiga Qaqnus tamsili


Qaqnus degan bir ajoyib qush bor emish. U Hindiston mulkida maqom tutgan bo'lib, o'sha yerda sayr qilar ekan. Bu qushning shakli kelishgan, gavdasi ham baquvvatdir. Uning har bir parida o'zgacha naqshlar va ranglar jilva qiladi. U shunday ajoyib ko'rinishi bilan birga, ajib bir tumshuqqa ham ega. Tumshug'ida bir talay teshiklar bor. Agar u jonga huzur baxsh etuvchi dilkash bir navo tuzmoqchi bo'lsa, tumshug'idagi har bir teshikdan yangi bir kuy taraladi. Agar u biror kuy chalsa, bu kuyni eshitgan kishi hushidan ajraladi. U juftsiz holda o'zi tanho yashaydi. Hech bir qush unga teng kela olmaydi. U kishilar oyog'i yetmaydigan olis bir o'rmonda maskan tutib, bir daraxt boshida o'tiradi. Bir kun Fisog'urs o'sha yerdan o'tayotganida, uning unlari qulog'iga chalinibdi. U bu kuydagi turli sadolarni eshitib, ulami ajratgan holda musiqa fanini kashf etibdi.
Qaqnus o'rmonda juda uzoq yillar hayot kechirib, umrini o'tin yig'ish bilan o'tkazadi. Bu o'tinlardan, ular xoh ho'l, xoh quruq boisin, behad ulkan bir xirmon hosil bo'ladi. Umri poyoniga yetgach, u necha yillardan buyon jamlangan xirmoni ustiga chiqib, bir xushnavo kuy tortadi, nihoyatda hazin ohangda dilkash bir navo bilan sayraydi. Bu kuyni eshitgan o'rmondagi  barcha qushlar va vahshiy hayvonlar uning atrofida yig'iladilar. Uning mungli nolasi ularga qattiq ta'sir etib, ko'pchiligi xastahol bo'lgancha halok bo’ladi. Uning bu kuylari nihoyasiga yetgach, oxirida bir ajib o'tli navo tortadi. Bu navodan o'zi yiqqan ulkan xirmonga o't tutashib, u turgan manzil va maskan olov ichida qoladi. Bu o't falakka bayroq tortgancha osmonu falakka ko'tarilib, xirmon go'yo xashakka chaqmoq tushgandek lovillab yona boshlaydi. Bu o'tinlar yongan sari Qaqnusning o'zi ham ular bilan birga yonib, parlari xuddi yaproqlardek o'rtanadi. Nihoyat, uning ham o'zi, ham yiqqan o'tinlari kulga aylanadi. Bu yong'indan yuz tuman zarra bir butun bo'lib birlashadi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:52:48
Bu kullar bir tog' bo'lib uyulgach, uning ichida bir qaqnusbachcha — Qaqnus bolasi bekinib yotadi. U asta-sekin qimirlab kul ichidan bosh ko'taradi, keyinchalik turli-tuman ziynatlarga ega bo'lgan qanotlar chiqaradi. Havoga ko'tarilib, atrofga nazar tashlaydi va o'rmonni ko'radi hamda o'tin yig'a boshlashga kirishadi. U ham umri davomida o'tin to'plab, bu ish oxirida bir dilkash un tortadi. Uning yoshi poyoniga yetgach, u ham o'z otasi nima ish qilgan bo'lsa, o'sha ishni qaytaradi.
Shayx go'yo o'sha avvalgi qushga o'xshaydi. U ham umrini kuy aytish bilan o'tkazadi. U shunday ajoyib dilkash navo bilan sayradiki, uning kuyi barcha vahshiy hayvonlar va qushlarni o'ziga rnaftun etdi. Barcha uning bu ofat yetkazuvchi navosidan nobud bo'lib, xirmon va uning egasi kabi kulga aylandi. Ammo o'sha kul ichidan cho'g'dek yaltirab, balki cho'g' ichidan samandar kabi chiqib kelgan bir qush bolasi bor edi. Avvalgi qush qanday holatda kun kechirgan bo'lsa, bunda ham o'sha holat zohir bo'ldi. Bu ham yana o'shancha xirmon jam etdi va uning ham umri nihoyasiga yetdi. Gulshan va davrondagi har xil qushlar, faqatgina qushlar emas, balki vahshiy hayvonlarni ham o'z atrofida yig'di. Tumshug'idan yuz xil navo chiqardi, bu navolarning barchasi haqning yashirin sirlari haqida edi. U ham o'ziga, ham xirmonga o't solib, o'zini va o'zgalarni kuydirdi.
Men uni ota, o'zimni o'g'il deb atamay, u bir oliy sifat shoh bo'lsa, men uning bandasi, quliman.
Chunki avval u bu olovda kuyib, barcha olamga o't soldi. So'ngra bu o'tdan bironta kimsa menchalik kuyib-yonmadi, olamni o'rtovchi va dunyoni yorituvchi shu'la bo'lib porlamadi.
Qush tili vositasida shu'lalar paydo qilib, ham o'zimni, ham elning kul bo'lishini bildim. Bu dunyo otamdan nimaiki ko'rgan bo'lsa, menga ham u nasib bo'ldi. Olam elini ham, o'zimni ham o'rtadim. So'zni ham qush tilidan o'zgacha qilmadim. Umidim shuki, bu fano yolqini barcha kuyganlarga abadiylik ato etsin.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:53:44
CLXXV
Talab yo'li borasida munojot


Yo Alloh! Barcha mavjudot senga intiladi, sen ularga matlubsan ham muhabbat ahliga mahbubsan! Ikki olamdagi barcha mavjudot seni axtaradi, senga moyil bo'lganlar boshqa narsaga xohish qilishdan o'zlarini chetga tortadilar. Sendan o'zga, garchi u malak yoki pari bo'lsa-da, tolib bo'lib izlashga arzimaydi. Jannat va kavsar bulog'ini ham, jannatdagi to'bi daraxtiyu huriarni ham sensiz istash qusurlidir.
Jonu ko'nglimni o'zingga tolib et! Dard ila ishqingga shavqimni g'olib et! Ham menga talab zavqini vosil qil! Ham yana tilab topmoqni hosil qil! O'zingdan boshqani ko'nglimdan chiqarib tashla! Unda seni eslashni qalbim huzuriga aylantir!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:54:32
CLXXVI
Tamsil



Bir tolib murid Ka'bani ziyorat qilish uchun yo'lga chiqdi. Bistom shahrida uni Boyazid uchratdi. U shayx bilan uchrashuvga musharraf bo'ldi. U yerdan o'tib, yana Ka'ba tomon yo'l oldi.
Bu xom kishiga haj qilish muyassar bo'lgach, u orqasiga qaytdi va yana Bistom shahriga yetib keldi. G'ofil solik salom bajo keltirib, pir xizmatiga sarfaroz bo'ldi.
Shayx uni ko'rgach, shunday dedi:
— Ey yo'lovchi! Vasl istab qancha vodiy va dargohlarni bosib o'tding. Allohning uyi haqida bizga biron nishona ayub ber!
Ogoh murshid shu so'zlarni aytgach, u:
— Ko'rgan uy nihoyatda oliy bo'lsa-da, ammo uy egasidan holi edi! — deb javob qaytardi.
Shunda xabardor shayx hojiga dedi:
— Ey talabdan aslo xabar topmagan kishi! Axir uy egasi yo'lda sening hamrohing, har qadam qo'ygan yo'lingda ogohing edi-ku! Seni o'z uyiga yetkazgan ham — o'sha! Olib borgan va qaytarib kelgan ham uning o'zi! Senda buni fahmlash uchun farosat yetishmas edi. Shuning uchun garchi tolib bo'lsang ham, sening bu harakating nuqsonlidir.
Yo Rab! Meni bu talabda komil etgil! Matlubimdan sira g'ofil qilmagil! Intilishimda Mmki hamrohlik qilsa, u hamrohdan menga ogohlik bergil!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:55:48
CLXXVII
Ishq yo 'li haqida munojot


Ey ko'ngilni ishqidan ravshan qilib, hajr tikanzorini gulshan etgan! Ishqing o'tidan oy va quyoshga yorug'lik yetishadi, shuning uchun ham ulardan tunu kun nur yog'ilib turadi. Ishqing chaqmog'i jonlarga o't soladi, shu'lasidan obodu vayronlarga o't tushadi. Ishqing jonni o'rtaguvchi bir otashin yulduz bo'lsa, uning siri pok bir gavhardir. Jonimga o'sha yulduzdan nur yetkaz! Ko'nglimni ishqing bodasi bilan mast qil: bundan men xuddi mayparast kabi mast bo'lay! Bu may bilan meni behush ayla! Aqlim o'rtadan ko'tarilgach, meni faslingga vosil et!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:56:52
CLXXVIH
Hikoyat


Omir qabilasidagi Qaysni ishq mag'lub etgach, uning aqli hushi ishq aro jinnilikka yuz tutdi. U Layli ishqida shunchalik mag'lub ediki, go'yo istovchi uyu, bu esa istalgandek edi. U bu ishqqa shunchalik qorishib ketgan ediki, bunda u xuddi mutlaq Laylining o'zginasi edi, ya'ni ishqda Layli bilan bir butunlikka erishgan edi.
Kunlardan bir kun birov undan: "Oting nima?" - deb so'radi. U: "Layli",- deb javob qildi.
— Buni qanday isbot qilasan?- debdi boyagi kishi.
— Kimningki zoti Layli bo'lsa, buni isbotlab o'tirishga hojat yo'q! Garchi bu senga shak bo'lib tuyulsa ham, menga aniqdir!- deb javob berdi u.
Bunday oshiqlikka yuz ming ofarin boisin!
Meni ham ishq o'tiga yondirgil! Ishq yagonaligi ichra meni ham ma'shuq etgil! Unda ishqqa cho'mishni menga qismat etki, o'zligimga bo'lgan munosabatim butkul uzilsin! Ishq aro Foniyni nobud aylagil, so'ngra ishqing birla mavjud aylagil!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:57:41
CLXXIX
Ma'rifat yo'li borasida munojot



Ey insonni ma'rifat koni qilib, uning ko'nglini ma' rifat jahoni aylagan! Ma'rifatni har kimga taqsimlab, jahonda unga orif -biluvchi deya ism qo'yding. Kimlarni ma'rifatga muyassar etgan bo'lsang, ularning holatini turlicha qilding. Bunda har bir kishining sayr etishini o'z kamoliga moslashtirdimg. Har bir kishining yaqinligini uning turmushiga yarasha qilib berding. Bu biyobon yo'lini behisob etding, ular yo'lovchi uchun cheklanmagandir.
Yo Rab! Bu yo'llardan qaysi biriga solik ma'rifat istab kirsa, u senga olib boradi! Ovora Foniyni ham shu yo'lga sol! Yo'lni bosib o'tgach, visol nasib etgil.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:58:26
CLXXX
Tamsil
 


Bir solik shoh oldidan o'tib bormoqda edi. Shoh bu ogoh kishiga qarab: "Kel, yonimda bir nafas o'tir, nimaiki orzu qilsang, muhayyo etay!"- deya iltimos qildi.
Solik unga shunday dedi:
- Allohni taniganimdan buyon undan boshqa hamma narsaga ma'yus ko'z bilan qarayman. Bu o'tkinchi dunyoda uni tilab topishdan boshqa yana bir narsa bormi o'zi? Agar kerakli biron narsa so'rasam, uni ham menga Haq beradi. Bu sohada men senga muhtoj emasman!
Yo Rab! O'sha solikda qanday sifat mavjud bo'lsa, Foniyga ham o'shanday ma'rifatni nasib et! Uning dodiga yetib, nodonlik, jabr va zulmdan qutqar! Uni ham o'ziga, ham o'zingga orif et!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 00:59:13
CLXXXI
Istig'no yo'li adosida munojot


Ey dargohing yuz falakdan ham kengroq bo'lgan! Ostonang ming Zuhaldan1 ham yuksakroq turgan! Osmon va yulduzlar sening oldingda qanday vujudga ega boisin? Ularning borligi yo'qlik bilan tengdir! Olamni yo'q qilish yoki bor qilish sen uchun xamirdan qil sug'uigandek gap. Alloh-Alloh! Bu ne qadar ulug' martaba, bu ne ehtiyojsizlikdir. sening huzuringda bir cho'loq chumoli va o'rmon sheri bo'lsa ham, bo'lmasa ham birdek hisob! Men o'rmon sheri emas, balki cho'loq chumoliman. Shunchalik ojizmanki, hatto u chumoli ham mendan yuz marta or qiladi. Boshqalarga men zorni ehtiyojsiz et! Faryodimga yetib, kishilarga meni muhtoj etma!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:00:12
CLXXXII
Tamsil
 


Namrud Alloh taolo Xalilini o'tda kuydirish uchun o'z palaqmonini sozladi. Tog'-tog' qilib taxlangan o'tinga olov yoqishib, uning alangasini ko'kka yetkardilar. Ishq ko'chasida Alloh dalili hisoblangan Xalilillohni bu o't tomon palaqmonga solib otishdi.
Shu payt yuqoridan hukm bo’lib, uning oldiga Jabrail yetib keldi. Xalil o'tga yetishgan chog'ida Jabrail unga shunday dedi:
— Ey Xalil! Sen bu payt o'zingda nimaga ehtiyoj sezyapsan? Qanday lutf-ehson ko'rsatilishini xohlaysan? Sen nima desang, o'shani muhayyo qilay, nimani istasang, shuni amalga oshiray.
Xalil unga shunday dedi:
— Menga o'tni qismat etgan ehtiyojim nima ekanligini ham o'zi biladi. Hozir senga iltimos qiladigan hech qanday ehtiyojim yo'q!
Barcha holatda ham o'zingga muhtoj et! Mening nasibamni kishilarga ehtiyojsiz qil!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:01:12
CLXXXIII
Hayrat yo 'li adosida munojot


Ey dargohingda aql hayron qolib, hayrat vodiysida sargardon bo'lgan! Nimaiki sendan o'tgan bo'lsa, u senga hayron, hayratobod ichra volayu sargardon. Sening zoting bobida barkamol aql ham hayratga tushadi. Zotinggina emas, balki har bir sifatlaring bobida u lol qoladi. Dastgohingdagi har bir eshilgan ip aqlning bo'yniga hayrat arqoni bo'lib bog'lanadi. Ilm va aql egalari yaratuvchilik qudratingga lol, ulardan har birining har dam hayrati ortadi.
Ushbu hayrat maslagida qo'limdan tutib, bu hayratlanish ichra yo'limni ko'rgazgil! Hayrat ichra meni sargardon qo'ymasdan, osongina o'z vasling sari tortgil!

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:02:08
CLXXXIV
Tamsil


Bir kamtar va xoksor oshiq bor edi. U bir toshmehr ishqiga mubtato bo'ldi. Bu g'amda qanchalik o'rtanmasin, unga diydor ko'rishmoq davlati nasib etmas edi. O'z vaqtini hijron g'amida vasl yodidan ko'p armon chekish bilan o'tkazar edi. Uning ranj tortishi va zorligi haddan oshib, jismiga bemorlik yuzlandi. Chunki uning ko'ngli endi sevimli yoridan butunlay umidini uzgan, shu tufayli jonida qayg'u o'ti mahkam o'rnashib olgan edi. U o'ziga o'zi shunday der edi:
— Yo Rab! Mening murodim shuki, navnihol hursifatli sarvim qoshimga kelsayu men uning yuzini bir ko'rsam, unga ko'nglimdagi g'amimdan bir-ikki og'iz so'z aytsam!
Xalqning oshiq holiga rahmi kelar, kishilar uning mehrsiz dilbarini zulm qilmaslikka chorlab, ko'p nasihat qilishar edi.
Nihoyat ma'shuqani g'amgin oshiq yoniga keltirdilar, bu bilan go'yo uning huzuriga umrini boshlab kelgandek bo'ldilar. Nozanin oshiq ko'nglini talon-toroj qilgancha kirib keldi va xastaning hojatini chiqarmoqchi bo'lib:
— Ko'nglingda qanday gaping bo'lsa, aytgin,— dedi.
Oshiq uning yuziga hayrat bilan ko'z tikkancha qoldi. Uning till hayronlikdan lol bo'lib, tani zaiflikdan behollikka yuzlandi. Hayrat uning hushini boshidan uchirib yubordi. O'z dardini aytmoqchi bo'lgan oshiq shu tarzda gung bo'lib, xomush qoldi. Hushiga kelganda yori allaqachon ketib bo'lgan edi. Bundan oshiqning kasalmand taniga mushkil holat yuzlandi. Hayratdan bu notavon zaif bir so'z ayta olmasdan jonini topshirdi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:02:59
CLXXXV
Tavhid yo'li adosida munojot


Ey zotingga pok birlik musallam bo'lgan! Vahdat ahli sening otingni zavq bilan tilga oladilar. Har kishini azaldan yakka qilib yaratding, ajralish va yolg'izlanishni bunga bo’ls qilding.
Kimki agar o'zligidan butkul qutulgan bo'lsa, o'z oldingda o'shaning tavhidini yaxshi sanading. Kimgakim tavhidm ochib bergan bo'lsang, uni madh etib, hatto kufr bilan ham do'stlashtirding. Kimni vahdat sari boshlagan bo'lsang, unda faqat sen qolib "u" va "bu"larni inkor qilding.
Yo Rab! "sen" va "o'zlik" shirkatini mendan yo'qot va meni sof birliging sari yetkar! Menda "mcnlik"dan nishon qo'yma, meni hamma narsadan etak silkitib, o'zligmgda yo'qotib yubor!..
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:03:49
CLXXXVI
Tamsil




Bir kecha chin'oshiq shoh Mahmud o'rnjdan turib, Ayoz(xos mahrami va quli, so'ng nadimi - Abu Najm (1057-y.v.e.)ning nima bilan mashg'ul ekanligini bilmoqchi bo'ldi, Garchi bu fursatda Ayoz uyg'oq bo'lsa-da, ko'zlarini yumub, hiyla bilan o'zini uxlaganga solib, taxt poyiga yostiq qo'yib yotar edi. Shoh Mahmud uning boshiga yetib keldi. U bir dam uning husniga nazar tashlab, o'zidagi shavq o'tiga chora topmoqchi bo'ldi. U behad zavq-shavq bilan unga boqdi, ishq uni boshqacha tusga kiritdi. Shoh mahvashiiing oyoqlariga o'zini tashlab, shavqqa to'lgan holda ko'zlarini Ayozning tovoniga surta boshladi. Ayoz esa uzrxohlik bilan oyog'ini tortib olmas edi.
Shoh nozanin uyg'oq ekanligini bildi. Unga shunday dedi:
— Ey Ayoz, sendan jonimda dog' hosil bo'lmoqda! Mendagi senga bo'lgan shunday muhtojlikni ko'rib, nega bunchalik beandoza noz qilding? Nega oyog'ingni yig'ib, o'rningdan turib o'tirmading? Bizga mehr izhor aylab, biron so'z demading?
Shunda gulyuzli Ayoz dedi:
- Ey sohibnazar shoh! Menda u dam "œmenlik"dan asar bormidi? Menda u dam "menlik" batamom yo qolgan bo'lib, biron kishiga uzr aytish uchun majol ham qolmagan edi. U dam Ayoz yo'q edi, faqat shoh bor edi, ham unga oshiq, ham unga suyukli edi.(
Vahdat kimga bunday g'avg'o solsa, unda sultondan Ayozning farqi bo'lmaydi. U birlik olamidan xabar topadi. "Menlik" va "senlik"dan unda asar ham qolmaydi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:04:40
CLXXXVH
Faqru fano yo 'li adosida munojot


Ey fano ahli sening vaslingga erishgan bolib, ular vasl ishratgohiga daxldorlar! Kimki sendan abadiylikka erishmoqchi bo'lsa, u o'zini foniy qilsa, bunga yetishadi. Har bir kishi o'zligini yo'q qilmasdan turib, bu fanoning fanosini bilmaydi. Bunday kishi visoling maqsadiga imkon topa olmay, bu fanolardan baqo nihoyasiga erisha olmaydi.
Yo Rab! Foniyga shunday yo'qlikni nasib etki, bundan u abadiyat xazinasidan o'ziga tegishli boylik topsin! Avval uning borlig'ini o'zingda yo'qot, so'ngra bu yo'qlik ichra borliq yarat. Bu borliqda uning ishi tamom bo'lib, sening visolingni topsin, vassalom!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:05:33
CLXXXVIII
Tamsil


Bir komil kishi hojatini chiqarmoqni so'rab, Allohga shunday munojot qildi:
— AIloh, pok zotingga shunday borliq mujassam bo'lganki, unga fanoni ko'rish imkoni yo'qdek. Sening zotingga erishmoq yo'lida vujudimni yo'qlikka chiqarsang. Unda vujudlik rangi sira yo'l topmasdan, sening vaslingni mushohada etishdan o'zga hech narsa qolmasin! Mening bu foniy vujudimdan asar istagan uni boqiy vujudidan topa olsin. "Menlik" va "senlik" oramizdan ketib, oradan "men" yo'qolib, faqat "sen" qolgin. O'zaro "sen"-"men" deb nisbat berish yo'q bo'lgach, men sendan visol topayin!
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:06:50
CLXXXIX
Bu kitobni nazmga solishda o 'z munosabatini bildirish


Bu hodisa hamon yodimdan ko'tarilmaydi: bolalik chog'imda maktabga qatnab yurgan kezlarim edi. Bolalar yerga muk tushganlaricha, har tarafdan bir saboqni egallash uchun un chekar edilar. Ular saboq og'irligidan qiynalar, "Kalomulloh"ni takrorlashdan ozor tortar edilar. Ustod xotirani mustahkamlash zehnni o'tkirlash va savodimiz ravon boisin uchun she'r o'qitar edi. Ba'zan nasrdan "Guliston"ni mutolaa qilsak, goho "Bo'ston" kabi she'riy asarlarni o'qir edik.
Bu paytda mening qiziquvchan ta'bim Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" dostoniga ko'ngil qo'ygan edi. Men bu asarni takror-takror o'qir, yosh ko'nglim undan bahra topmoqda edi. Ta'b unda yozilgan so'zlarga oshno bo'lgach, boshqa asarlarni o'qishga mayl ko'rsatmadi. Undagi ajoyib hikoyatlarga o'rganib qoldim, qush tilidan aytilgan kinoya va majoziy fikrlar menga oshno bo'lib qoldi. U yerdagi biron fikrga zehnim qiziqib, uning nima maqsadda aytilganini bilishga harakat etar edim. Bundan oladigan zavq meni ko'p xushhol etib, bu so'zlarning sharhlari meni lol etar edi. Shu ahvolda ko'p vaqt u bilan mashg'ul bo'lib, bu kitobga e'tiqodim tobora ortar edi.
Shundan so'ng men kishilar bilan ulfat bo'lishdan qochdim. Bu kitob xilvatdagj eng qadrdon sirdoshim bo'lib qoldi. Natijada kishilarning yashash tarzlari va harakatlari ta'bimga malol kela boshladi. Oqibat bu kitobga*o'lgan ishqim meni shu xil shaydolik sari yetakladi. By savdo meni devona bir holga solib, men, uzlat eshigini ochay va bu olamning bema'ni elidan qochay, dedim.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:07:06
Bolalar mendagi bu holatni anglagach, g'avg'o-to'polon ko'targancha uni ota-onamga yetkazishdi. Ota-onam mening bu holatimdan vahimaga tushdilar. Ular: "Bu otashin so'zni uning yosh, xom tab'i ko'tara olmaydi. Bu asar unga og'irlik qilib, u jinni bo'lib qolishi mumkin. Keyin uni tuzatib bo'lmaydi", degan xayolga bordilar. Ular bu kitobni qo'limdan tortib olib, uni bir joyga yashirdilar va ko'nglimni u bilan mashg'ul bo'lishdan mahrum etdilar. Menga uni o'qishni qat'iy man' qilishib, "Mantiq ut-tayr" ustida fikrlashni taqiqlab qo'ydilar. Ota-onam, shoyad tez fursatda o'g'limiz bu ahvoldan qutulib, o'ziga kelib qolar, degan umidda edilar.
Lekin bu asar menga yod bo'lib qolgan edi. Uni doimo yashirincha takrorlab yurar edim. Ko'nglim qush tili bilan sirdosh bo'lib, undan boshqa so'zga maylim oz edi.
Men turk she'riyatida bayroq ko'tarib, bu mamlakatni bir qalam ostida birlashtirdim. To'rt devon bilan "Panj ganj" hech bir qiyinchiliksiz, g'am va mashaqqat chekmagan holda qo'lga kirdi. Agar taxmin etuvchi kotib nazm va nasrimdagi she'riyatimni chamalab ko'rsa, uni yuz ming bayt atrofida qiyos etar edi.
She'riyat sohasida shunchalik muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritgan bo'lsam-da, lekin bir xayol sira yodimdan ko'tarilmas edi. Ya'ni Haq madad bersa-yu, men tarjima yo'li bilan asar yozsam. Biroq bu asarni yozish juda qiyin bo'lib, bu ishni bajarishdan ojiz edim. Qalamni ravon yurgizishga qo'lim bormas edi. Oqibat ko'rdimki, umrim tez o'tib ketmoqda. Men o'lib, bu kitob yozilmay qoladiganga o'xshaydi. Bundan men u dunyoga armbn bilan ketib, bu armon o'ti qalbimda umidsizlik dog'ini qoldiradimi, deb o'yladim.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:07:20
Shundan so'ng bu ishga kirishib, unga birmuncha vaqtimni sarf etdim. Oltmish yoshga qadam qo'yganimda qush tilini sharhlash uchun qalamim uchini yo'ndim. Bu ishda Shayx ruhidan madad so'radim, u menga yordam qo'lini cho'zdi. Kechalari bu ruh menga yor bo'lib, ta'bim bu ma'noga mashg'ul bo'lgan paytda doimo qo'llab turdi. Qalamimni tez yugurtirib, har yarim kechaga qadar qirq-ellik baytni yozmaguncha to'xtamas, ajib bir ilhom bilan betinim ishlar edim. Shayx ruhidan ko'p shijoat yetib, asarimni oz fursatda tugalladim. O'z-o'zimni qanchalik qiynamayin, bu asarni yozish men uchun og'ir bo'lib, undagi ma'no ko'zdan yashiringan edi. Ammo Shayx ruhidan mushkilim oson bo'lib, mendek bir nomurod o'z murodiga erishdi.
Agar bir g'avvos ko'p mashaqqat chekib, o'zini bu dengizga oshno qilsa, uning qo'liga garchi durlar ilinmasa ham, bu dengiz mavjlarida suzib yurgan xas-xashaklarni yig'ib olsa, so'ngra ularni quritib, o'tin qilsa va bu o'tindan uning vayrona kulbasi bir zum tutunsiz yorisa, degan umidim bor.
Men bu dengiz ichra pok durlarni topa olmay, xas-xashaklarni yig'ib oldim. Nima qilay, qo'limdan faqat shu ishgina keldi, xolos! Hijronda qolgan ta'bim shu bilan ham qanoatlanadi! Oliy martabali she'r bituvchi olam ahliga o'z dengizidagi kondan naqd gavharlar sochgan bo'lsa mening undan oshirishga haddim sig'armidi! Undan olgan ehsonlarni vasf qilsam ham menga kifoya qiladi.
Umidim shuki, har kim bu kitobga ko'z solib o'qisa va undagi so'zlardan ko'ngliga harorat yetsa, uni Shayx nafasidan deb bilsin va bu asardan fayz topib, o'z murodi maqsadiga erishsin. Bunda bizni ham u bilan bir qatorda ko'rib, ko'ngli ikkilik sari mayl qilmasin.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:08:45
CXC
Tamsil


Bir tolib kishi ko'ngliga ishtiyoq tushgan holda qiynalib, shahar oralab ketib bormoqda edi. Ko'chada yiqilib yotgan devorni ko'rdi. Uning atrofida kishilar to'planib, mojaro qilmoqda edilar. Chunki odamlar bu katta ko'chadan o'tib qaytishar, bugun esa devor yiqilib, ular o'tadigan yo'lni berkitib qo'ygan edi. Odamlar:
- Yo Rab! Endi qaysi tomondan o'tamiz? E voh, buni endi kim imorat qiladi? Kim bu devorni qaytadan urishga kirishadi?! - deyishardi.
Shu tariqa birmuncha muddat yo'l tamoman bekilib qolib, barcha kishilar yo'ldan o'ta olmay, ojiz qolishdi.
El ichida ana shu xil iztirob va chorasizlik bo'lib turgan paytda ular qoshiga umidvor tolib yetib keldi. Bu holatni ko'rgach, ko'ngliga xush yoqib, faryod chekkancha, hayajon bilan o'zidan ketdi. El uning bu holatidan taajjubga tushib: "U bekordan-bekorga, asossiz ravishda chinqirib, o'zidan ketdi",- dedilar. U hushiga kelgach, istak va maqsad dashtida ovora bo'lgan bu bechoradan hol-ahvol so'radilar. U shunday dedi:
— Men bu yerda to'planib turgan kishilami ko'rdim, ammo ularning nima uchun yig'ilganliklarini bilmadim. Lekin avvallari bu tomondan o'tayotganimda devorga bir nazar tashlab o'tar edim. U doim bu tomonga qiyshayib borar edi. Mana bugun u yiqilib ham tushibdi. Bu oddiy jonsiz tuproq bu xil sifat ko'rsatib, oqibatda o'zi istagan tomonga yiqilib tushibdi. Men esa o'zimdan noumid bir holdaman, istagan maqsadimdah ham behad yiroqdaman. Devor menga bu ramzni oshkor etgach, men umidsizga ham umid yuzlandi: haq meni qayoqqa boshlasa, o'sha yoqqa mutlaq yo'llasin! Mening asosiy murodim faqru fanoga erishmoq edi, bu mushkilni menga Haqning o'zi oson qildi.
Bugun menga shunday baxt yor bo'lib, beixtiyor shu holatga tushdim.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:10:03
CXCI
Bu kitobda taxallus o 'zgartirishning uzrini aytish
 


Kichik yoshligimdanoq menga she'r yozish sohasida ajib xayollarga berilish nasib etgan. She'rning qaysi bir turida asar yozgan bo'lsam, ular turkiy tilda nihoyasiga yetar edi.
Har bir kishi biron ish qilgan bo'lsa, u bajargan ba'zi ishlarda o'zining bir belgisi bo'ladi. Qo'yiladigan shu belgi yo muhr, yo yorliq, yoki tamg'a shaklida bo'lishi mumkin. Sahifalarni ziynatlovchilar yoki she'r yozuvchilar uchun taxallus qo'yish yozuvchining tamg'asi vazifasini o'taydi. Sir ahh qaysi varaqqa she'r bitgan bo'lsa, u o'sha nishon (taxallus) bilan imtiyoz topadi. O'qigan kishilar ularni bir-biridan ajratib, bu Sa'diyniki yoki Nizomiy qalamiga mansub va yo buni Xusrav Dehlaviy yozgan, bu Jomiy asaridir, deyishadi.
Men esa turk tilida asar yozishga kirishib, shu tilda iste'dodim va qalamim tufayli she'rlar bunyod etdim. Iste'dodim buluti o'zidan durlar sochganida she'rlarimda "Navoiy" taxallusini qo'lladim. Jahon bo'stonida o'z maqsadimga erishdim, baxtiyor kishilar she'riyatimdan kuy, navo topib, bahramand bolishdi. Forsiy she'riyatda ham qalam surib, nazmning turli nav'larida asarlar yozdim. U ma'nolardan menga fayz yetgach, she'riyatim, "Foniy" taxallusi bilan belgi topdi.
Mana endi "Lison ut-tayr"ni yaratib, unda har xil qushlar bilan birgalikda parvoz qildim. Bunda shunday navo tuzdimki, uni ham "Navoiy" taxallusi bilan tugatsam, maqsadga muvofiq bo'lar edi. Chunki navo qilish qushlar tilining sayrashiga xosdir. Bu ularning dilkash afg'oni va hazin dostonlaridir. Yana, bu doston ham turkiy uslubda edi, shu sababli unda "Navoiy" taxallusi qo'llansa, o'rinli bo’lar edi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:10:15
Bu asarda nima uchun "Foniy" taxallusi qo'llaganimni bilmoqchi bo'lganlar uchun sababini aytaman: mening bu asarni yozishdan ko'zlagan maqsadim asl manbaga qaytib borishni tasvirlashdan iborat edi. Bunda esa foniy bo'lmasdan turib, ish nihoyasiga yetmaydi, shu sababli ushbu asarim ham "Foniy" taxallusi bilan tugallandi.
Ikkinchi sabab shuki, ma'nolar egasi bo'lgan Shayx qushlar tilidan doston aytib, qushlarni sayr ettirdi va ularga yetti vodiydan uchib o'tishni belgilab berdi. O'z asarida qushlarga ko'p azob-uqubat chektirtirib, ularni eng so'nggi — Fano vodiysiga qo'ndirdi.
Men keltirgan bu ikki tanosib bir-biriga mos bo'lib, she'rimda bu taxallusni qo'llaganimning sababi ham shundandir. Agar bunda "Foniy" taxallusini qo'ygan bo'lsam, yuqoridagi tanosiblar asosida ish ko'rdim. Agar birov sabab istab, so'ragudek bo'lsa, sharh qilgan so'zlarim unga javob uchun yetarlidir. Bunday ishlarni niyat qilgan kishi uchun zamona dorilomon bo'lmog'i kerak. Zamon Dorosi adolati joriy bo'lmasa, zamon tinch bo'ladi, deb xayolingga ham keltirma.
Kimki bunday ishlarni amalga oshirmoqni niyat qilsa, zamona tinchimas ekan, o'z maqsadiga erisha olmaydi. Sen zamon Dorosining adolati barqaror bo'lgandagina zamona tinch bo'lishi mumkin deb gumon qil.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:11:04
CXCII
Islom podshosining duosi va kechirim so'rash adosi


U shunday bir kishiki, uning borlig'idan zamonaga tinchlik yog'ilib turadi. Xalq doimo uning saxovat va ehsoniga shukr aytib kelgan. Bif'kishi sharq va g'arbning hukmdori shoh Abulg'ozjy Sulton Husayndir, uning ehsoni abadiy boisin!
Men uning sifatlarini, xulqini va marhamatini, adolat va insofini qanday qilib maqtay olaman! Agar men kabi yuz ming she'r yozuvchi ming yil davomida qog'oz sahifalarini uning sifatlari bilan to'ldirsa, shunda ham uning vasfining mingdan biri aytilmagan, balki yuz mingdan biri aytilmagan, balki yuz mingdan biri yozilmagan bo'ladi.
Uning madhiyasi va duosini shu bilan tamomlab, qolgan gaplarimni qush tili bilan davom etayin. U davron bog'idagi shunday bir qushki, uning hamrohi doimo saodat bo’lsin! U saltanatning yuksak osmonida sayr qilib yursin va baxt bog'ida o'ziga oshyon qursin! Bu baxt, izzat va davlat uning boshi uzra doimo hashamatli soyabon bo'lib tursin! Uning adolatli bo'stonida yuz tuman qush hech qachon zulm toshidan ozor chekmasin! Hukmi to abad davron aro barqaror boisin! Barcha insonlar va jonlar uning amriga bo'ysunsin! Davlatining dushmanlari unga tobe' bo'lishsin! U hammaning gunohidan o'tib, xalqqa himoyachi boisin!

Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:12:02
CXCIII
Bu nazm tarixini aytish va tavba qilib, kechirim so'rash
 



Men xilvat bir joyda qalamimni yo'nib, o'zimning bu dilkash yozuvlarimni naqsh qildim. Payg'ambarlar boshlig'i Batho tarafdan Yasribga tomon yo'lga tushgandan so'ng to'qqiz yuz to'rt yil o'tganda ulusning ko'ngliga o't soluvchi ushbu asar maydonga keldi.
Men bu dostonni xuddi shu yil boshlab, shu yil nihoyasiga yetkazdim. To'g'rirog'i, bir-ikki oy bu ish bilan yaxshiroq shug'ullanib, yuqoridagi sharhni vujudga keltirdim. Kechalari turli mashg'ulotlardan bo'shagan paytlarimda bir-ikki soat vaqtimni bu asarni yozishga bag'ishladim. Doim shu tarzda g'ayrat bilan ish tutib, boshlaganlarimni tugallashga muvaffaq bo'ldim.
Yo Rab! Ushbu ajoyib, dilni sehrlovchi sho'xning vaslini menga nasib etding! Endi uni ham el ko'ziga sevimli qil, barcha ko'ngillarga yoqimli et! Garchi unda ifoda etilgan maqsadni bilib olish qiyin bo'lsa-da, lekin qush tilini el ko'ngliga ayon qilgil! Kimki undan muddao hosil qilib, marhamat yuzasidan Foniyni ham duo qilsa, uning duosini ham inobatga olgin va ikkalamiz o'rtamizda turgan pardani olib tashlagil!
Agar tab'imga bir oz xato yoki nuqson yuzlangan bo'lsa va undan qalamimga sahv yoki xalal yetgan bo'lsa, yo Rab, o'zing muruvvat ko'rsatib, barchasining gunohidan o't, yomon yozuvlarim uchun o'zing yorlaqagin! Ey karam egasi! Qanday parishon so'z aytgan bo'lsam, barchasi uchun tavba qilib, sendan ulug' ezgulik tilayman.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:12:43
KO'NGILLAR HAMROZI


Galaktikamizning yer shari degan jahonida odamlar olami, hayvonlar olami, hasharotlar olami va boshqa olamlar bor. Shu olamlar orasida bolalarga ko'proq yaqini qushlar olami desak xato qilmaymiz. Shuning uchun bo'lsa kerakki, 9—10 yoshlardagi Alisher Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" ("Qush nutqi") nomli dostonini juda yoqtirib qoldi va muttasil shu doston mutolaasi takroriga ruju' qildi va butun boshli dostonni yod oldi.
Hamma asarlan dostonlar, devonlar ham Alisher Navoiy uchun bir bo'ldi-yu, "Mantiq ut-tayr" ham bir bo'ldi. U "Xamsa" dostonlariga javob yozdi. Kamol Xo'jandiy, Hoftz Sheroziy, Sa'diy Sheroziy, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiylarg'azallariga tatabbu'lar bitdi. "Mantiq ut-tayr" esa, unga umrbod yo'ldosh bo'ldi. Uning bosh g'oyasi — vahdati vujud (vujud yagonaligi) va tajalliy (asl moyaning olamdagi zuhuroti) Alisher Navoiy ma'naviy hayotining mag'zini tashkil etdi. Buni atroflicha tadqiq etishni "Lison ut-tayr" falsafasini tushuntirishdan boshiagan ma'qul ko'rinadi.
"Lison ut-tayr" dostonidagi bosh qoliplovchi hikoya: jahon qushlarining yig'ilishib martaba va fazilatlariga ko'ra joy talashishlari voqeasidan tortib, qushlarning Hudhud yo'lboshchiligida Simurg'ni izlab yetti vodiydan (Talab, Ishq, Ma'rifat, Istig'no, Tavhid, Hayrat, Faqru Fano) o'tishlari va Simurg'ni topolmay, Simurg'ni izlashga chiqqan si murg' (o'ttiz qush)ning o'zi ekanligini bilishlarida ham; dostondagi Shayx San'on qissasi va o'nlab hikoyalaridan chiqadigan xulosa ham bitta: olam - borliq Allohning zuhuridan iborat-dir. Qushlar (odamlar) Simurg'ni izlab (ya'ni Allohga yetishish uchun) yo'lga chiqadilar. Alloh izlashga umr sarflaydigan darveshlar yetti riyozat bosqichidan (Talab, Ishq, Ma'rifat, Istig'no, Tavhid, Hayrat, Faqru Fano) o'tadilar va ruhga aylangach, Alloh bilan qovushadilar. Go'yo Alloh — quyoshdir, olamdagi barcha narsa va odamlar - uning nur zarralaridirlar. Tug'ilish — zarraning quyosh-dan uzilib, nurga aylanib ketishi; o'lim esa —zarraning asliga qaytib quyosh bag'riga yetishidir.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:13:06
Riyozat bosqichlarining ma'nosi nima?
So'fiy (Alloh jamoli shaydosi, ya'ni Alloh fidoyisi) talab yo'liga kiradi. Allohni topishni istaydi. U talabda shunchalik izchil va fidoyiki, muttasil Alloh yodi bilan band bo'ladi. So'ng "Alloh nima?" degan masalani hal etishga urinadi va Alloh haqida bilim hosil qiladi. Allohning husn va ma'no jihatdan mislsiz vujud ekanligini bilgach, u o'zining oliy tilagiga yetib, qanoat hosil qiladi. So'fiyga husn va ma'no jihatdan Alloh o'zi kifoya qiladi. Allohning hamma sohada tengsiz va yakkavu yagona ekanligi unga kashf bo'ladi. Borliq, barcha go'zalliklar va eng yuksak aql-tamiz faqat Allohda va undangina yog'ilishi, uning asllarning ash, o'zaklarning o'zagi, moyalarning moyasi ekanligi; faqat u hamisha borligi, yakka-yagona ekanligi so'fiyni hayratga soladi. Bu hayrat shunchalik kuchliki, endi uning aqlida, ko'nglida va ko'zida faqat Alloh jilvalanadi va o'sha jilvadan hayratlanish ni-hoyasiga yetmaydi. Shu hayrat manbai uchun u hamma narsadan: boylik, davlat, kishilar, o'zligidan voz kechadi: Alloh fidoyisi o'z izlanishlarining cho'qqisi^ yetib jisman Alloh uchun faqirlikni tan olib, fano bo'ladi. Ya'ni so'fiylik istilohi bilan aytsak, Alisher o'ziga ikkinchi taxallus qilib olgan so'z - tasavvufda eng oliy kamolot bosqichiga yetgan kishidir.
Dostondagi ana shu bosh falsafiy masala Shayx San'onning sevgi qissasida qisqaroq bo'lsa-da, yaqqol ifodalangan. Majnun al-haq, ya'ni Alloh devonasi nomi bilan mashhur bo'lgan hikoyada esa, Allohning odam uchun o'zi bilmasa ham mehribonligi, uning g'amini yeyishi aks ettiriladi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:13:24
Tasavvuf ta'limoticha, olam: yulduzlar, oy, quyosh, odamlar, hayvonlar, qushlar, kapalaklar va boshqajami narsalar Allohning zuhurotidan iborat. Go'yo Alloh o'z qudratini namoyish etish uchun o'z husnini olamdagi narsalarda ifodalagan. Mislsiz aqlini mutafakkirlarda, mislsiz husnini go'zal qiz va yigitlarda namoyish etgan. Shuning uchun Laylini sevgan Majnun Laylida Alloh yuzini ko'rgan... Shayx San'on tarso sanamga ko'ngil berib, Ka'badan vqz kechib, Qur’onni o'tda yoqib, otashparastlar ibodatxonasida o't yoqib yurgatiida, ya'ni islomga qarshi xatti-harakatlarini uchiga chiqarganida u Alloh husni fidoyisi edi: tarso sanamga Alloh husniga mahliyo bo'lgandek boqar va hamma narsadan uning uchun voz kechgan edi.
Tasavvufdagi aha shu o'zak masala — olamning Alloh jilvasidan iboratligi, odamning Alloh quyoshining zarrasi ekanligi haqidagi ta'limot Farididdin Attor ijodi, Alisher Navoiy ijodi va Mashrab ijodida o'zak tomir sifatida yashaydi. Farididdin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va Mashrab Mansur Hallojning "anal haq" (men Allohman, men Allohning bir zarrasiman) degan ta'limotidan o'sgan mutafakkir mutasavvuflardir.
Tasavvuf ahli ishqning uch xilini bir-biridan farq etadilar. Birinchisi: haqiqiy ishq yoki ishqi ilohiy: insonning Allohga muhabbatidir. Ikkinchisi: majoziy ishq yoki odamning odamga muhabbatidir. Uchinchisi: pok ishq yoki yuksak ma'naviy kamolot egalarining pok ko'z bilan (g'arazsiz) pok go'zal vujudga boqib pok lazzat olishlaridir.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:13:40
Shoirlar adabiyotning ramzlar ifodasi uchun qulayligidan foydalanib, o'z asarlarida uch xil ishq haqida ham so'z yurita beradilar. O'quvchi ana shularni o'zi farq eta bilmog'i lozim. Navoiy lirik qahramoni Alloh ishqida yonyaptimi, majoziy muhabbatga giriftormi yoki pok muhabbatda o'rtanmoqdami...
Gap shundaki, tasavvuf ahli majoziy ishqni inkor etmaydilar. Ular majoziy ishqni haqiqiy ishq yo'lidagi ko'prik deb biladilar va faoliyatlarida pok ishq talablariga rioya qiladilar (go'zal vujuddan hech narsa tama' qilmaydilar va buni ko'ngillariga ham keltir-maydilar).
So'fiy sevgilisiga ko'ngil qo'yganida mahbuba yuzida Alloh jamolini ko'radi, uning ishqida yonarkan, men Alloh ishqida yonyapman deb o'ylaydi, bu yo'lda u jisman va ruhan pok bo'lishga harakat qiladi: mahbubasiga pok nazar bilan boqib, pok lazzat olishni o'ylaydi (quchish, o'pish va boshqa shu kabi istakjarni o'ziga yaqinlashtirmaydi), xolos.
Bu jihatdan Alisher Navoiyning muhabbati qissasi eng yaxshi namunadir. So'fiydan talab qilinadigan birinchi narsa tan va fikr (ko'ngil)ning pokligidir. Tan pokligi - zohiriy bo'lgani uchun, uning, eng yaxshi usuli tozalik va bo'ydoqlikdir. Ko'ngul pokligi -biror vujudga va narsaga nisbatan g'araz saqlamaslik. So'fiy nazarida go'zaldan jismoniy bahramandlik va boylikka hirs - dunyo iflosligiga bulg'anish demakdir. Alisher Navoiy bir umr o'zini tasavvuf talablari — riyozat bosqichlari sinoviga tashladi. Barcha bosqichlarini umr bo'yi o'z boshidan kechirdi: yolg'izlik dahshati va-bo'ydoqlik azoblarini bir umr tortib o'zini foniylikka tayyorladi va umrining so'nggi yillarida yaratgan asarlaridan biri - "Lison ut-tayr"ni, garchand bu asar o'zbek tilida yozilgan bo'lsa-da, Foniy taxallusi ostida e'lon qildi. U ellik sakkiz yoshida tasavvufning so'nggi bosqichiga yetayozganini o'z dostonida taxallusi bilan muhrladi.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:14:23
"Lison ut-tayr" — o'rta asr haqiqat izlovchisi uchun yozilgan ilmiy va amaliy dasturdir. Doston yosh talaba uchun ta'sirchan va badiiy jihatdan go'zal, o'qimishli asardir. Tasavvufdan xabari bo’lmagan kishilar bundagi qissa va she'riy hikoyalami dunyoviy adabiyotning yaxshi namunasi sifatida maza qilib o'qiyveradilar va ma'naviy lazzat topadilar.
Biz "Lison ut-tayr"ning falsafiy mag'zini anglashga urinar ekanmiz, bu asar o'z ijodkori falsafiy dunyoqarashining badiiy lavhalandan iborat ekanligini, doston zamondosh yoshlarimizning ma'naviy va hissiy kamolotlariga jiddiy ijobiy ta'sir qiladi, fahm-farosat va chin muhabbat qoilanmasi bo'ladi, degan yaxshi niyatimizni bildiramiz.
Siz "Lison ut-tayr" dostonidan Alisher Navoiyni qanday diniy va dunyoviy masalalar band etgani bilan tanishasiz: inson olamga kelgan ekan, hamisha talao yo'Iiga kirishi, izlanishi, o'z mahbubasi yoki sevgan kasbjga chin muhabbat bilan yondashuvi lozimligi, u haqda to'g'ri bilim hosil qilishi - ma'rifatli bo'lishi kerakligi, kamolotga yetish zarurati kabi muhim masalalar sizni chuqur o'ylantiradi.
Shu ma'noda biz "Lison ut-tayr"ni bugungi kunimiz uchun, zamondoshlarimiz uchun zarur kitob degan mulohazadamiz.
Alisher Navoiyning falsafiy, axloqiy, ma'naviy dunyosidan xabardorlikning o'ziyoq bugungi o'quvchi uchun beqiyos ahamiyatga ega.

Vahob RAHMONOV
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: mutaallimah 03 Fevral 2009, 01:16:05
Tahrir hay'ati:
Aziz Qayumov
Abduqodir Hayitmetov
Najmiddin Komilov
Abdurashid  Abdug'afiirov
Vahob Rahmonov


Nasriy bayon:
Sharafiddin Sharipovniki

Nashrga tayyorlovchi:
Vahob Rahmonov

Ilmiy-tanqidiy matn:
Sharafiddin Eshonxo'jayev tomonidan tayyoriangan.
Nom: Re: LISON UT-TAYR Alisher Navoiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2009, 01:34:22
Lisonut-tayr (nasriy bayoni)

(http://www.ziyouz.com/images/books/lisonut-tayr.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=240)

Muallif: Alisher Navoiy
Hajmi: 468 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=240)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2839.0)