forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Intellekt => Mavzu boshlandi: Y_U_R_I_S_T 11 Sentyabr 2008, 20:48:49

Nom: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (yakunlandi)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 11 Sentyabr 2008, 20:48:49
BLITS SAVOLLAR tanlovi:

Tanlovning o’tkazilish kuni:

- Tanlov sentyabr oyining 11-sanasidan boshlanadi.

- Tanlov haftaning har Payshanba kunida bo'lib o'tadi. Bunda o'sha kuni soat 12:00 da savollar joylashtiriladi va javoblarni yuborish uchun bir hafta vaqt beriladi. (kelasi Payshanba kuni soat 12:00 gacha) Bu muddat ichida kelgan barcha javoblar qabul qilinadi.
- Javoblar bir hafta o'tib e'lon qilinadi va keyingi tur savollari kiritiladi.


Tanlov ishtirokchilari:

- Tanlovda barcha: Forum a'zolari va a'zo bo'lmaganlar ishtirok eta oladi. Bunda javoblarni Forum a'zolari Y_U_R_I_S_T ga PM xati (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=1182) orqali, a'zo bo'lmaganlar esa [email protected] manziliga yuborishlari mumkin.


Tanlov shartlari va ochkolarni hisoblash:

- Tanlovda har bir blits savoli 3 ta savoldan tashkil topgan bo'ladi. Agar siz uchala savolga ham javob bersangiz 5 ball, ikkitasiga javob bersangiz 3 ball, bittasiga javob bersangiz 1 ball beriladi.

Masalan:
1-savol:
1. Dunyoda rasmiy poytaxti yo'q yagona davlat?
2. Undan qancha olsang kattalashadi, qancha qo'shsang kichrayadi. U nima?
3. U kasb egalarining kiyimlari eng qimmat hisoblanadi. Bu qaysi kasb?

Bunda uchala savol yaxlit bitta hisoblanadi.

- Tanlov 10 tur bo'ladi. Har bir turda 10 tadan savollar guldastasi beriladi. Demak har bur turda 30 dona Blits savol, umumiy tanlovda esa 300 ta savol ishtirok etadi.


Tanlov g’oliblarini taqdirlash:

- Tanlovda g’olib topilgan ishtirokchiga ajoyib kitoblar jamlanmasini topshirishni niyat qilib qo’ydim. Bu o’zbek va jahon adabiyotiga tegishli bo’lgan, intellektual bilimni oshirishga qaratilgan qimmatli kitoblar bo’lishi aniq.

Xozircha g’olibga topshirilajak kitoblarning taxminiy ro’yxati quyidagicha:

1. "œ"œZakovat" taqdim etadi-2" — Zakovat Intellektual klubi va bilimdonlari haqida ma’lumotlar, qiziqarli fotosuratlar va minglab ajoyib savollarni o’zida mujassamlashtirgan kitobning 2-nashri chiqarilish arafasida turibdi. Xudo xoxlasa tanlov yakunigacha kitob dunyo yuzini ko’rishi tabiiy. Eng avvalo ushbu kitob barcha Zakovat Intellektual klubi a’zolarining dastxati bilan g’olibga topshiriladi.

2. Gabriel Garsia Markes. "œYolg’izlikning  100 yili", "œOshkora qotillik qissasi"

3. Jurjiy Zaydon. "œFarg’ona kelini"

4. Chingiz Aytmatov. "œTanlangan asarlar"

5. Agata Kristi. "œRojdestvo arafasidagi qotillik"

6. Uilyam Shekspir. "œHamlet"

Bu ro’yxat xali yana kengayishi aniq. Agarda ko’ngilli ravishda g’oliblarni taqdirlashga o’z hissasini qo’shish istagida bo’lganlar topilsa, bundan juda xursand bo’lar edik. Ularning har qanday xayrli taklifini mamnuniyat bilan qabul qilamiz.

Xozircha shular. Agar sizda biror taklif yoki e’tiroz bo’lsa marhamat, bemalol o’z fikringizni bildirishingiz mumkin. Sizning fikringiz men uchun muhim.
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (1-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 11 Sentyabr 2008, 20:54:27
1 TUR SAVOLLARI:

1-savol:   
1. Janubiy afrika Respublikasi ichida joylashgan anklav davlat qaysi?
   
2. "œMimino" filmida haydovchi Xachikyan rolini ijro etgan arman aktyori kim?
   
3. Xalqaro dengiz tashkiloti nima deb ataladi?

   
2-savol:   
1. Io qaysi sayyoraning yo‘ldoshi sanaladi?

2. KIA avtomobil kompaniyasi qaysi davlatga tegishli?

3. Asarlarini tahallus bilan yozadigan muallifning asl ismi qanday ataladi?

   
3-savol:   
1. Qozog‘istondagi Qizil O’rda shahri 1853 yilgacha qanday atalgan?

2. "œBu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi" romani kimning qalamiga mansub?

3. Tibbiyotda so‘zlash qobiliyatining yo‘qolishi nima deb ataladi?
   
   
4-savol:   
1. Tojikistonning So‘g‘d viloyatining ma’muriy markazi qaysi shahar?

2. NATO shtab-kvartirasi qaysi shaharda joylashgan?

3. Birinchi o‘zbek baletining nomi nima?

   
5-savol:
1. Shotland ovcharkasining ikkinchi nomi qanday?

2. Uzoq muddatli ssuda olish maqsadida ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish qanday ataladi?

3. "œAbak kitoblari"ning muallifi bo‘lgan italyan metematigi kim?

   
6-savol:   
1. "œChotqol yo‘lbarsi" asarlarining muallifi bo‘lgan o‘zbek yozuvchisi kim?

2. Nomzodlar familiyasi ko‘rsatilgan ovoz berish  hujjati qanday ataladi?

3. Botanika fanining daraxtlarni o‘rganadigan bo‘limi qanday ataladi?

   
7-savol:   
1. Zarafshon daryosi Amudaryo bilan qaysi kanal orqali qo‘shiladi?

2. SI tizimida elektr tokining kuchi qaysi birlikda o‘lchanadi?

3. Stenli kubogiga eng ko‘p marotaba sazovor bo‘lgan NXL jamoasi qaysi?

   
8-savol:   
1. Stanislavskiy va Nemirovich-Danchenko 1898 yili qaysi teatrga asos solishgan?

2. 14 asrga tegishli bo‘lgan Qutlug‘ Temur minorasi qaysi shaharda joylashgan?

3. Qaysi kimyoviy elementning nomini grek tilidan tarjima qilganda "œnoturg‘un" degan ma’noni bildiradi?

   
9-savol:   
1. Katta leytenant pogonida nechta yulduz bor?

2. Ibn Sinoning asl ismi nima edi?

3. "œSatirikon" Rossiya davlat teatri kimning nomi bilan ataladi?

   
10-savol:
1. Qalqonsimon bezning kattalashuvi bilan kuzatiladigan kasallik qanday ataladi?

2. Kanishka qaysi dalatning hukmdori bo‘lgan?

3. Ota va o‘g‘il Shtrauslarning nomi bilan bog‘liq vals qanday ataladi? 




Javoblarni yuborish uchun bir hafta vaqt.

Javoblaringizni [email protected] manziliga yoki menga PM xati (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=1182) orqali yuborishingiz mumkin.

Javoblaringizni kutamiz!!!!!
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (1-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 18 Sentyabr 2008, 18:41:46
1 TUR JAVOBLARI

1-savol:   
1. Janubiy afrika Respublikasi ichida joylashgan anklav davlat qaysi?
   Javob: Lesoto qirolligi.
2. “Mimino” filmida haydovchi Xachikyan rolini ijro etgan arman aktyori kim?
   Javob: M.M. Mkrtchyan.
3. Xalqaro dengiz tashkiloti nima deb ataladi?
   Javob: IMO.
   
2-savol:   
1. Io qaysi sayyoraning yo‘ldoshi sanaladi?
   Javob: Yupiter.
2. KIA avtomobil kompaniyasi qaysi davlatga tegishli?
   Javob: Janubiy Koreya.
3. Asarlarini tahallus bilan yozadigan muallifning asl ismi qanday ataladi?
   Javob: Avtonim.
   
3-savol:   
1. Qozog‘istondagi Qizil O’rda shahri 1853 yilgacha qanday atalgan?
   Javob: Oqmachit.
2. “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romani kimning qalamiga mansub?
   Javob: Tog‘ay Murod.
3. Tibbiyotda so‘zlash qobiliyatining yo‘qolishi nima deb ataladi?
   Javob: Afaziya.
   
4-savol:   
1. Tojikistonning So‘g‘d viloyatining ma’muriy markazi qaysi shahar?
   Javob: Ho‘jand.
2. NATO shtab-kvartirasi qaysi shaharda joylashgan?
   Javob: Bryussel.
3. Birinchi o‘zbek baletining nomi nima?
   Javob: Paxta.
   
5-savol:
1. Shotland ovcharkasining ikkinchi nomi qanday?
   Javob: Kolli.
2. Uzoq muddatli ssuda olish maqsadida ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish qanday ataladi?
   Javob: Ipoteka.
3. “Abak kitoblari”ning muallifi bo‘lgan italyan metematigi kim?
   Javob: Leonardo Pizanskiy (Fibonachchi).
   
6-savol:   
1. “Chotqol yo‘lbarsi” asarlarining muallifi bo‘lgan o‘zbek yozuvchisi kim?
   Javob: Mirmuhsin.
2. Nomzodlar familiyasi ko‘rsatilgan ovoz berish  hujjati qanday ataladi?
   Javob: Saylov byulleteni.
3. Botanika fanining daraxtlarni o‘rganadigan bo‘limi qanday ataladi?
   Javob: Dendrologiya.
   
7-savol:   
1. Zarafshon daryosi Amudaryo bilan qaysi kanal orqali qo‘shiladi?
   Javob: Amu-Buxoro kanali.
2. SI tizimida elektr tokining kuchi qaysi birlikda o‘lchanadi?
   Javob: Amper.
3. Stenli kubogiga eng ko‘p marotaba sazovor bo‘lgan NXL jamoasi qaysi?
   Javob: “Monreal Kanadiens”.
   
8-savol:   
1. Stanislavskiy va Nemirovich-Danchenko 1898 yili qaysi teatrga asos solishgan?
   Javob: Moskva badiiy akademik teatri (MXAT).
2. 14 asrga tegishli bo‘lgan Qutlug‘ Temur minorasi qaysi shaharda joylashgan?
   Javob: Urganch.
3. Qaysi kimyoviy elementning nomini grek tilidan tarjima qilganda “noturg‘un” degan ma’noni bildiradi?
   Javob: Astat.
   
9-savol:   
1. Katta leytenant pogonida nechta yulduz bor?
   Javob: 3 ta.
2. Ibn Sinoning asl ismi nima edi?
   Javob: Husayn.
3. “Satirikon” Rossiya davlat teatri kimning nomi bilan ataladi?
   Javob: A.Raykin.
   
10-savol:
1. Qalqonsimon bezning kattalashuvi bilan kuzatiladigan kasallik qanday ataladi?
   Javob: Bo‘qoq.
2. Kanishka qaysi dalatning hukmdori bo‘lgan?
   Javob: Kushonlar saltanati.
3. Ota va o‘g‘il Shtrauslarning nomi bilan bog‘liq vals qanday ataladi?
   Javob: Vena valsi.
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (1-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 18 Sentyabr 2008, 18:44:23
2-TUR SAVOLLARi:


1-savol:
1. “Doktor Jivago” romanining mualllifi bo‘lgan rus yozuvchisi kim?   
   
2. “Genaeral Rahimov” filmida bosh rolni ijro etgan o‘zbek aktyori kim?   
   
3. G’arbiy O’rtayer xududida hukmronlik Karfagen qaysi katta imperiya bilan "Puni urushlarini" olib borgan?   


2-savol:   
1. Bastakor Friderik Shopen qaysi davlatda tug‘ilgan?
   
2. “Puma” kompaniyasi qaysi davlatga tegishli?
   
3. O’zbek qo‘shiqchisi Halima Nosirovaga Saprano atamasini nima aloqasi bor?
   

3-savol:   
1. 693 metrlik balandlikda joylashgan Iso Masih haykali qaysi shaharda qad ko‘targan?
   
2. Katta Farg‘ona kanali qaysi daryodan boshlanadi?
   
3. Qaysi avtomobil kompaniyasining nomi “Men chayqalayapman” degan ma’noni anglatadi?
   
   
4-savol:   
1. Akulalarda eng yaxshi rivojlangan sezgi a’zosi qaysi?
   
2. Yoxannesburg shahri qaysi davlat xududida joylashgan?
   
3. Anton Antonovich Delvig qaysi rus yozuvchisining eng yaqin do‘sti bo‘lgan?
   
   
5-savol:   
1. Indoneziya poytahti Jakarta qaysi orolda joylashgan?
   
2. 1240-yillarning boshlarida Botuxon tomonidan asos solingan mo‘g‘ul-tatar davlati qanday atalgan?
   
3. Urug‘lantirilgan tuhum hujayra qanday ataladi?
    
    
6-savol:   1. 1969 yilning iyulida “Apollon-11” ning komandiri kim bo‘lgan?
   
2. Serra – Leone davlatining poytahti qaysi shahar?
    
3. “Pigmalion”, “Androkl va sher”, “Sezar va Kleopatra” asarlarining muallifi bo‘lgan ingliz yozuvchisi kim?
   
   
7-savol:   
1. Anna Axmatovaning haqiqiy familiyasi qanday?
   
2. Afrikaning Liberiya davlati pul birligi qaysi?
   
3. Potrtda hizmat qiluvchi port yuk tashuvchisi qanday ataladi?
   
   
8-savol:   
1. Rosssiyalik Anna Kurnikovaga 2004 yilda qaysi qo‘shiqchiga turmushga chiqdi?
   
2. Qaysi mashhur olmosning nomi “Yorug‘lik tog‘i” degan ma’noni anglatadi?
   
3. O’rol Tansiqboevning “Sirdaryo” nomli surati qaerda saqlanadi?
   
   
9-savol:   
1. Qaysi kimyoviy elementning lotincha nomi Carboneum deb ataladi?
   
2. Totalizator o‘yinida tikilgan pullarni qabul qiluvchi inson qanday ataladi?
   
3. SI tizimida yoritilganlikning o‘lchov birligi nima?
   
   
10-savol:   
1. “Mazda” firmasining bosh ofisi qaysi shaharda joylashgan?
   
2. Noma’lum uchar jismlar haqidagi fan qanday nomlanadi?
   
3. Osmon jismlari va hafta kunlari mutanosibligida Quyosh haftaning qaysi kuniga mos keladi?





Javoblarni yuborish uchun bir hafta vaqt.

Javoblaringizni [email protected] manziliga yoki menga PM xati (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=1182) orqali yuborishingiz mumkin.

Javoblaringizni kutamiz!!!!!
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (2-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 25 Sentyabr 2008, 20:41:18
2-TUR JAVOBLARI:

1-savol:
1. "œDoktor Jivago" romanining mualllifi bo‘lgan rus yozuvchisi kim?   
   Javob: Pasternak
2. "œGenaeral Rahimov" filmida bosh rolni ijro etgan o‘zbek aktyori kim?   
   Javob: Z.Muhammadjonov
3. G’arbiy O’rtayer xududida hukmronlik Karfagen qaysi katta imperiya bilan "Puni urushlarini" olib borgan?   
   Javob: Rim imperiyasi

2-savol:   
1. Bastakor Friderik Shopen qaysi davlatda tug‘ilgan?
   Javob: Polsha
2. "œPuma" kompaniyasi qaysi davlatga tegishli?
   Javob: Germaniya
3. O’zbek qo‘shiqchisi Halima Nosirovaga Saprano atamasini nima aloqasi bor?
   Javob: Ovozining balandligi shunaqa bo'lgan

3-savol:   
1. 693 metrlik balandlikda joylashgan Iso Masih haykali qaysi shaharda qad ko‘targan?
   Javob: Rio de-Janeyro
2. Katta Farg‘ona kanali qaysi daryodan boshlanadi?
   Javob: Norin
3. Qaysi avtomobil kompaniyasining nomi "œMen chayqalayapman" degan ma’noni anglatadi?
   Javob: Volvo
   
4-savol:   
1. Akulalarda eng yaxshi rivojlangan sezgi a’zosi qaysi?
   Javob: Hid bilish a’zosi
2. Yoxannesburg shahri qaysi davlat xududida joylashgan?
   Javob: JAR
3. Anton Antonovich Delvig qaysi rus yozuvchisining eng yaqin do‘sti bo‘lgan?
   Javob: A.S.Pushkinning
   
5-savol:   
1. Indoneziya poytahti Jakarta qaysi orolda joylashgan?
   Javob: Yava
2. 1240-yillarning boshlarida Botuxon tomonidan asos solingan mo‘g‘ul-tatar davlati qanday atalgan?
   Javob: Oltin O’rda
3. Urug‘lantirilgan tuhum hujayra qanday ataladi?
    Javob: Zigota
    
6-savol:   1. 1969 yilning iyulida "œApollon-11" ning komandiri kim bo‘lgan?
   Javob: Nil Armstrong
2. Serra — Leone davlatining poytahti qaysi shahar?
    Javob: Fritaun
3. "œPigmalion", "œAndrokl va sher", "œSezar va Kleopatra" asarlarining muallifi bo‘lgan ingliz yozuvchisi kim?
   Javob: Bernard Shou
   
7-savol:   
1. Anna Axmatovaning haqiqiy familiyasi qanday?
   Javob: Gorenko
2. Afrikaning Liberiya davlati pul birligi qaysi?
   Javob: Dollar
3. Potrtda hizmat qiluvchi port yuk tashuvchisi qanday ataladi?
   Javob: Doker
   
8-savol:   
1. Rosssiyalik Anna Kurnikovaga 2004 yilda qaysi qo‘shiqchiga turmushga chiqdi?
   Javob: E. Iglesias
2. Qaysi mashhur olmosning nomi "œYorug‘lik tog‘i" degan ma’noni anglatadi?
   Javob: Ko‘hinur
3. O’rol Tansiqboevning "œSirdaryo" nomli surati qaerda saqlanadi?
   Javob: Tretyakov galereyasida
   
9-savol:   
1. Qaysi kimyoviy elementning lotincha nomi Carboneum deb ataladi?
   Javob: Uglerod
2. Totalizator o‘yinida tikilgan pullarni qabul qiluvchi inson qanday ataladi?
   Javob: Bukmeker
3. SI tizimida yoritilganlikning o‘lchov birligi nima?
   Javob: Lyuks
   
10-savol:   
1. "œMazda" firmasining bosh ofisi qaysi shaharda joylashgan?
   Javob: Xirosima
2. Noma’lum uchar jismlar haqidagi fan qanday nomlanadi?
   Javob: Ufologiya
3. Osmon jismlari va hafta kunlari mutanosibligida Quyosh haftaning qaysi kuniga mos keladi?
    Javob: Yakshanba
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (2-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 25 Sentyabr 2008, 20:45:09
3-TUR SAVOLLARi:

1-savol:   
1. Islom Universiteti Saudiya Arabistonining qaysi shahrida joylashgan?
   
2. Mahtumquli qaysi millat shoiri bo‘lgan?
   
3. Iroq davlatining pul birligi nima?


2-savol:
1. Braziliyalik futbolchi Ronaldo qaysi shaharda tug‘ilgan?
   
2. Quyoshga eng yaqin sayyora qaysi?

3. Malta davlatining poytahti qaysi shahar?


3-savol:
1. Afanasiy Nikitin qaysi uch dengiz osha sayohat qilgan?

2. Uchquduq shahri mamlakatimizning qaysi viloyatida joylashgan?

3. Hindistonning 83 foiz aholisi qaysi dinga e’tiqod qiladi?


4-savol:
1. Shvetsiya parlamenti qanday nomlanadi?

2. Qaysi o‘simlik moyining eng yaxshi navlari provans moyi deb ataladi?

3. Rossiyalik sport sharxlovchisi Nikolay Ozerov qaysi sport turi bo‘yicha chempion bo‘lgan?


5-savol:
1. Qaysi sut emizuvchining tili yarim metrgacha yetadi?

2. Frantsuz yozuvchisi va faylasufi Volter qaysi shaharda tug‘ilgan?

3. Ko‘pburchak barcha tomonlari uzunligining yig‘indisi qanday ataladi?


6-savol:
1. Kuba davlatining pul birligi nima?

2. Tuproqqal’a yodgorliklari mamlakatimizning qaysi tumanida joylashgan?
   
3. Olimpiada bayrog‘ining pastki qavatida qaysi rangdagi xalqalar tasvirlangan?


7-savol:
1. Said Ahmadning qaysi pesasi 1976 yil yozilgan?

2. 1587-1607 yillardagi ingliz-ispan urushi vaqtida Ispaniya tomonidan Angliyani bosib olish uchun yaratilgan flot qanday atalgan?

3. "œAsosiy instinkt" filmida bosh rolni ijro etgan amerikalik kinoaktrisa kim?


8-savol:
1. "œToyota Motors" korporatsiyasining Shimoliy Amerika bo‘linmasi qanday nom bilan ataladi?

2. Qozog‘istonning 20 tengelik kupyurasida kimning surati tasvirlangan?

3.  "œSevilyalik sartarosh" va "œFigaroning uylanishi" komediyalarining muallifi kim?


9-savol:
1. Qaysi transport vositasining nomi mototsikl va velosiped so‘zlarining bo‘g‘inlari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan?

2. Sherobod shahri mamlakatimizning qaysi viloyatida joylashgan?

3. Qaysi qon guruhi universal donor hisoblanadi?


10-savol:
1. Boshqirdiston poytahti qaysi shahar?

2. 1992 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlari qaysi shaharda bo‘lib o‘tgan?

3. "œLamborjini" firmasining emblemasida qaysi hayvon tasvirlangan?



Javoblarni yuborish uchun bir hafta vaqt.  

Javoblaringizni [email protected] manziliga yoki menga PM (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=1182) xati orqali yuborishingiz mumkin.

Javoblaringizni kutamiz!!!!!
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (3-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 02 Oktyabr 2008, 23:22:02
4-TUR SAVOLLARi:

1-savol:   
1. Mashhur olim Galileo Galiley qaysi davlatda tug‘ilgan?
   
2. "œQora ko‘zlar", "œOlmos kamar", "œYulduzli tunlar" asarlarining muallifi bo‘lgan o‘zbek yozuvchisi kim?

3. 11-17 asrlarga oid bo‘lgan "œSulton Saodat" maqbaralar majmuasi mamlakatimizning qaysi viloyatida joylashgan?


2-savol:   
1. Mushak kuchini o‘lchovchi asbob qanday nomlanadi?

2. Leonardo da Vinchining "œMona Liza" surati qaysi muzeyda saqlanadi?

3. 1986 yilgacha "œFil Suyagi Qirg‘og‘i" deb atalgan Afrikadagi davlat hozir qanday ataladi?


3-savol:   
1. Birinchi apteka qaysi shaharda ochilgan?

2. Bodring o‘simliklarning qaysi oilasiga kiradi?

3. Graf va vikont orasida turuvchi dvoryanlik tituli qanday ataladi?


4-savol:   
1. Seldlar oilasiga kiruvchi mayda ov baliqlarining umumiy nomi qanday ataladi?

2. Bujumbura shahri qaysi davlatning poytahti hisoblanadi?

3. Hind mifologiyasida Ramning ukasi va yordamchisi bo‘lgan qahramon kim?


5-savol:   
1. Vetnam davlatining pul birligi qanday ataladi?

2. Boks jangida nokaut bilan mag‘lubiyatga uchragan bokschi necha oy musobaqalardan chetlashtiriladi?

3. Frantsiya tarixida "œYuz kun" deb nomlangan hokimiyat kimga tegishli bo‘lgan?


6-savol:   
1. Yunon mifologiyasida o‘z otasi bilan osmonga ko‘tarilgan qahramonning ismi nima bo‘lgan?

2. "œSangam", "œMening ismim masharaboz", "œBobbi" kabi filmlarning rejissyori kim?

3. Sosoniylar davrida Eronda hukmdorlarning tituli bo‘lgan, nomining ma’nosi forschadan tarjima qilinganda "œshoxlar shoxi" degan manoni bildirgan titul qaysi?


7-savol:   
1. "œTemir xotin" tragikomediyasining muallifi kim?

2. AQSh, Buyuk Britaniya, Daniyada ma’muriy-xududiy yoki federativ birlikni boshqaruvchi oliy lavozimdagi shaxs qanday ataladi?

3. Kot-D'Ivuar davlatining poytahti qaysi shahar?


8-savol:   
1. 1220 yildan umrining oxirigacha Kichik osiyoning Konya shaxrida yashagan fors so‘fiy shoiri kim?

2. Tipratikanlar sut emizuvchilarning qaysi turkumiga mansub?

3. Buddizm dini dastlab qaysi davlatda paydo bo‘lgan?


9-savol:   
1. G’arbda Mang‘ishloq yarimoroli, sharqda Amudaryo deltasi  oralig‘ida joylashgan plato nomi nima?

2. "œMorg ko‘chasidagi qotillik", "œOltin qo‘ng‘iz" kabi detetktiv asarlarning muallifi kim?

3. Frantsiya Respublikasining madhiyasi qanday ataladi?


10-savol:
1. Ruminiya davlatining pul birligi nima?

2. Qaysi uglevod "œuzum shakari" deb ham ataladi?

3. Subaru avtomobillari qaysi davlatda ishlab chiqariladi?



Javoblarni yuborish uchun bir hafta vaqt.  

Javoblaringizni [email protected] manziliga yoki menga PM (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=1182) xati orqali yuborishingiz mumkin.

Javoblaringizni kutamiz!!!!!
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (4-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 08 Oktyabr 2008, 21:14:22
3-TUR JAVOBLARi:

1-savol:   
1. Islom Universiteti Saudiya Arabistonining qaysi shahrida joylashgan?
   Javob: Makka
2. Mahtumquli qaysi millat shoiri bo‘lgan?    
   Javob: Turkman
3. Iroq davlatining pul birligi nima?
    Javob: Iroq dinori
    
2-savol:   
1. Braziliyalik futbolchi Ronaldo qaysi shaharda tug‘ilgan?
    Javob: Rio-de-Janeyro
2. Quyoshga eng yaqin sayyora qaysi?
    Javob: Merkuriy
3. Malta davlatining poytahti qaysi shahar?
    Javob: Valetta
    
3-savol:   
1. Afanasiy Nikitin qaysi uch dengiz osha sayohat qilgan?
   Javob: Kaspiy, Arab va Qora dengiz
2. Uchquduq shahri mamlakatimizning qaysi viloyatida joylashgan?
    Javob: Navoiy
3. Hindistonning 83 foiz aholisi qaysi dinga e’tiqod qiladi?
   Javob: Induizm
   
4-savol:   
1. Shvetsiya parlamenti qanday nomlanadi?
    Javob: Riksdag
2. Qaysi o‘simlik moyining eng yaxshi navlari provans moyi deb ataladi?
    Javob: Zaytun
3. Rossiyalik sport sharxlovchisi Nikolay Ozerov qaysi sport turi bo‘yicha chempion bo‘lgan?
    Javob: Tennis
    
5-savol:   
1. Qaysi sut emizuvchining tili yarim metrgacha yetadi?
   Javob: Jirafa
2. Frantsuz yozuvchisi va faylasufi Volter qaysi shaharda tug‘ilgan?
    Javob: Parij
3. Ko‘pburchak barcha tomonlari uzunligining yig‘indisi qanday ataladi?
    Javob: Perimetr
    
6-savol:   
1. Kuba davlatining pul birligi nima?
    Javob: Kuba pesosi
2. Tuproqqal’a yodgorliklari mamlakatimizning qaysi tumanida joylashgan?
    Javob: Beruniy
3. Olimpiada bayrog‘ining pastki qavatida qaysi rangdagi xalqalar tasvirlangan?
    Javob: Sariq va yashil
    
7-savol:   
1. Said Ahmadning qaysi pesasi 1976 yil yozilgan?   Javob: "œKelinlar qo‘zg‘oloni"
2. 1587-1607 yillardagi ingliz-ispan urushi vaqtida Ispaniya tomonidan Angliyani bosib olish uchun yaratilgan flot qanday atalgan?    
   Javob: Yengilmas armada
3. "œAsosiy instinkt" filmida bosh rolni ijro etgan amerikalik kinoaktrisa kim?
    Javob: Sheron Stoun
    
8-savol:   
1. "œToyota Motors" korporatsiyasining Shimoliy Amerika bo‘linmasi qanday nom bilan ataladi?
    Javob: Leksus
2. Qozog‘istonning 20 tengelik kupyurasida kimning surati tasvirlangan?
    Javob: Abay
3.  "œSevilyalik sartarosh" va "œFigaroning uylanishi" komediyalarining muallifi kim?
    Javob: Bomarshe
    
9-savol:   
1. Qaysi transport vositasining nomi mototsikl va velosiped so‘zlarining bo‘g‘inlari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan?
    Javob: Moped
2. Sherobod shahri mamlakatimizning qaysi viloyatida joylashgan?
    Javob: Surxondaryo
3. Qaysi qon guruhi universal donor hisoblanadi?
    Javob: Birinchi
    
10-savol:   
1. Boshqirdiston poytahti qaysi shahar?
    Javob: Ufa
2. 1992 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlari qaysi shaharda bo‘lib o‘tgan?
    Javob: Barselona
3. "œLamborjini" firmasining emblemasida qaysi hayvon tasvirlangan?
    Javob: Buqa
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (4-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 08 Oktyabr 2008, 21:37:25
1-tur natijalari

â„–   Ishtirokchi ismi                Ochko

1.   Timur Madalimov   42
2.   Messi44   37
3.   Musannif Adham   32
4.   Ulugbek-Uz   30
5.   Ma'ruf Yusupxodjayev   28
6.   Mansurbek   25
7.   Bobur Radjapov   23
8.   Sherzod Norqulov   16
9.   Mars   6
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (4-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 08 Oktyabr 2008, 22:07:29
2-tur natijalari

â„–   Ism   Ochko
1.   Ma'ruf Yusupxodjayev      46
2.   Musannif Adham      29
3.   Ulugbek-Uz                  28
4.   Lolo                              24
5.   Bobur Radjapov      23
6.   Sherzod Norqulov      22
7.   Mansurbek                  18
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (4-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 08 Oktyabr 2008, 22:14:50
2-turdan keyin UMUMIY natijalar


â„–   Ishtirokchi ismi            Ochko

1.   Ma'ruf Yusupxodjayev   74
2.   Musannif Adham   61
3.   Ulugbek-Uz   58
4.   Bobur Radjapov   46
5.   Mansurbek   43
6.   Timur Madalimov   42
7.   Sherzod Norqulov   38
8.   Messi44   37
9.   Lolo   24
10.   Mars   6
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (5-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 10 Oktyabr 2008, 19:37:55
5-TUR SAVOLLARi:


1-savol:   
1. Marokash davlatining pul birligi nima?

2. "œBitlz" guruhi 1959 yilda qaysi shaharda tashkil etilgan?
   
3. Mayami-Bichda o‘ldirilgan modeler-dizayner kim?


2-savol:   
1. Hayvon shohi ko‘rinishidagi ichish uchun mo‘ljallangan idish qanday nomlanadi?

2. "œSimens" kontserni qaysi davlatga tegishli?

3. "œShams Tabriziy devoni" asarining muallifi bo‘lgan fors shoiri kim?


3-savol:   
1. Zamonaviy havfsiz gugurtlar ilk marotaba 1855 yilda qaysi skandinaviya davlatida ishlab chiqarilgan?

2. Oybekning avtobiografik asarining nomi nima?

3. Quyosh sistemasidagi oltinchi sayyoraning nomi nima?


4-savol:   
1. Ayblanuvchining aybi sud tomonidan aniqlanmaguncha uning aybsizlik holati qanday nomlanadi?

2. Ot va eshakning avlodi bo‘lgan hayvon qanday ataladi?

3. Greypfrut mevalarning qaysi turkumiga kiradi?


5-savol:   
1. "œJuma masjid", Said Olovuddin maqbarasi, Muhammad Aminxon madrasasi qaysi shaharda joylashgan?

2. 1880 yilning 28 aprelida London zooparkiga Avstraliyadan qaysi hayvon ilk bora keltirilgan?

3. Batun, porey, shalot, shnitt qaysi sabzavot navlari hisoblanadi?


6-savol:   
1. O’t pufagininsh o‘tkir yoki surunkali yallig‘lanish kasalligi qanday ataladi?

2. "œBahor" raqs ansambliga qaysi mashhur raqqosa asos solgan?

3. "œTristan va Izolda" ritsarlik romani qaysi millatga tegishli?


7-savol:   
1. Mendeleev davriy jadvalidagi 20-element qanday nomlanadi?

2. "œAssoshayted press" axborot agentligi qaysi davlatga tegishli?

3. Krem, kokteyllarni aralashtirish, ko‘pirtirish uchun ishlatiladigan moslama qanday ataladi?


8-savol:   
1. Buxoroda mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi qo‘zg‘olonning rahbari bo‘lgan hunarmand kim?

2. Buase va dushes qaysi mevaning navlari hisoblanadi?

3. Yaman davlatining poytahti qasi shahar?


9-savol:   
1. Chayonlar hayvonlarning qaysi sinfiga kiradi?

2. Vaterloo aholi punkti qaysi davlat xududida joylashgan?

3. Vatikandagi Sikstin kapellasi gumbazidagi tasvirlar muallifi bo‘lgan rassom kim?


10-savol:   
1. Chotqol va Pskom daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladigan daryoning nomi nima?

2. Pentium mikroprotsessorlarini qaysi firma ishlab chiqaradi?

3. Qon tomir tizimining eng yirik arteriyasi qanday ataladi?





Javoblarni yuborish uchun bir hafta vaqt.

Javoblaringizni [email protected] manziliga yoki menga PM (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=1182) xati orqali yuborishingiz mumkin.

Javoblaringizni kutamiz!!!!!
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (5-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 16 Oktyabr 2008, 20:50:52
4-TUR JAVOBLARi:

1-savol:   
1. Mashhur olim Galileo Galiley qaysi davlatda tug‘ilgan?
   Javob: Italiya
2. "œQora ko‘zlar", "œOlmos kamar", "œYulduzli tunlar" asarlarining muallifi bo‘lgan o‘zbek yozuvchisi kim?
   Javob: Pirimqul Qodirov.
3. 11-17 asrlarga oid bo‘lgan "œSulton Saodat" maqbaralar majmuasi mamlakatimizning qaysi viloyatida joylashgan?
   Javob: Surxondaryo.

2-savol:   
1. Mushak kuchini o‘lchovchi asbob qanday nomlanadi?
   Javob: Dinamometr
2. Leonardo da Vinchining "œMona Liza" surati qaysi muzeyda saqlanadi?
   Javob: Luvr
3. 1986 yilgacha "œFil Suyagi Qirg‘og‘i" deb atalgan Afrikadagi davlat hozir qanday ataladi?
   Javob: Kot-d`Ivuar

3-savol:   
1. Birinchi apteka qaysi shaharda ochilgan?
   Javob: Bag‘dodda 754 yili
2. Bodring o‘simliklarning qaysi oilasiga kiradi?
   Javob: Qovoqdoshlar oilasiga
3. Graf va vikont orasida turuvchi dvoryanlik tituli qanday ataladi?
   Javob: Baron

4-savol:   
1. Seldlar oilasiga kiruvchi mayda ov baliqlarining umumiy nomi qanday ataladi?
   Javob: Kilki
2. Bujumbura shahri qaysi davlatning poytahti hisoblanadi?
   Javob: Burundi
3. Hind mifologiyasida Ramning ukasi va yordamchisi bo‘lgan qahramon kim?
   Javob: Lakshman

5-savol:   
1. Vetnam davlatining pul birligi qanday ataladi?
   Javob: Dong
2. Boks jangida nokaut bilan mag‘lubiyatga uchragan bokschi necha oy musobaqalardan chetlashtiriladi?
   Javob: 3
3. Frantsiya tarixida "œYuz kun" deb nomlangan hokimiyat kimga tegishli bo‘lgan?
   Javob: Napaleon

6-savol:   
1. Yunon mifologiyasida o‘z otasi bilan osmonga ko‘tarilgan qahramonning ismi nima bo‘lgan?
   Javob: Ikar
2. "œSangam", "œMening ismim masharaboz", "œBobbi" kabi filmlarning rejissyori kim?
   Javob: Raj Kapur
3. Sosoniylar davrida Eronda hukmdorlarning tituli bo‘lgan, nomining ma’nosi forschadan tarjima qilinganda "œshoxlar shoxi" degan manoni bildirgan titul qaysi?
   Javob: Shaxanshox

7-savol:   
1. "œTemir xotin" tragikomediyasining muallifi kim?
   Javob: Sharof Boshbekov
2. AQSh, Buyuk Britaniya, Daniyada ma’muriy-xududiy yoki federativ birlikni boshqaruvchi oliy lavozimdagi shaxs qanday ataladi?
   Javob: Gubernator
3. Kot-D'Ivuar davlatining poytahti qaysi shahar?
   Javob: Yamusukro

8-savol:   
1. 1220 yildan umrining oxirigacha Kichik osiyoning Konya shaxrida yashagan fors so‘fiy shoiri kim?
   Javob: Jaloliddin Rumiy
2. Tipratikanlar sut emizuvchilarning qaysi turkumiga mansub?
   Javob: Hashoratxo‘rlar
3. Buddizm dini dastlab qaysi davlatda paydo bo‘lgan?
   Javob: Qadimgi Hindistonda

9-savol:   
1. G’arbda Mang‘ishloq yarimoroli, sharqda Amudaryo deltasi  oralig‘ida joylashgan plato nomi nima?
   Javob: Ustyurt
2. "œMorg ko‘chasidagi qotillik", "œOltin qo‘ng‘iz" kabi detetktiv asarlarning muallifi kim?
   Javob: Edgar Alan Po
3. Frantsiya Respublikasining madhiyasi qanday ataladi?
   Javob: Marseleza

10-savol:   
1. Ruminiya davlatining pul birligi nima?
   Javob: Ley
2. Qaysi uglevod "œuzum shakari" deb ham ataladi?
   Javob: Glyukoza
3. Subaru avtomobillari qaysi davlatda ishlab chiqariladi?
   Javob: Yaponiya
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (6-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 16 Oktyabr 2008, 21:10:20
6-TUR SAVOLLARi:

1-savol:   
1. Arab xalifalari tarafidan o’z qo’l ostidagilarga turli mamlakatlarning hokimlariga berilgan unvon nima deyilgan?

2. Aruz vazniga bag’ishlangan "œMufassal" asari kimga tegishli?

3. Syangan territoriyasining inglizcha nomi qanday ataladi?


2-savol:   
1. Tamaki, choy, vino, konditer mahsulotlari, non, go’sht, sut mahsulotlari va boshqalarni hidlab ko’rish, rangini, mazasini ko’rib baxolovchi shaxs nima deyiladi?

2. Chingizxonning to’ng’ich o’g’lining ismi nima bo’lgan?

3. Lotinchasiga "œKasalmand, ojiz" so’zi qanday aytiladi?


3-savol:   
1. O’qish vaqtida ustiga kitob ochib qo’yiladigan maxsus kursi, taglik nima deyiladi?

2. Dunyodagi eng katta orol qaysi?

3. Amerika tuyaqushi qanday ataladi?


4-savol:   
1. Mukarrama Azimova qaysi xolding kompaniya rahbari hisoblanadi?

2. Alisher Navoiyning "œChor devon" nomi bilan mashhur bo’lgan 4 devondan iborat mashhur asari qaysi?

3. Szyansu provintsiyasida joylashgan dunyodagi eng katta shaharlardan birini ayting.


5-savol:   
1. Otni boshqarishda ularning boshiga kiydiriladigan abzal nima deyiladi?

2. Qaysi sport turining nomi ingliz tilidan tarjima qilinganda "œerkin stil" degan ma’noni bildiradi?

3. Qoraqalpoq shori Berdaqning haqiqiy ismi sharifi qanday bo‘lgan?


6-savol:   
1. 9 asrgacha Andukan nomi bilan mashhur bo‘lgan shahar hozir qanday ataladi?

2. 13-asrning 20-yillarida mo‘g‘ul-tatar bosqinchilariga qarshi kurashgan Xo‘jand shahri hukmdori kim?

3. Yurmala kurort shahri qaysi davlat hududida joylashgan?


7-savol:   
1. SI tizmimda modda miqdorining o‘lchov birligi nima?

2. Armaniston davlatining pul birligi nima?

3. Jinoiy jazodan ozod etish yoki sud tomonidan belgilangan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qanday ataladi?


8-savol:   
1. Maykl Jekson AQSh ning qaysi shtatida tug‘ilgan?

2. "œBaxoriston" pandnoma kitobining muallifi bo‘lgan o’rta asrlar shoiri kim?

3. Serengeti milliy bog‘i qaysi davlat hududida joylashgan?


9-savol:   
1. Uzunligi 708 km bo‘lgan, "œKatta o‘zbek trakti" deb nomlanuvchi avtomobil yo‘li qaysi shaharlarni birlashtirib turadi?

2. Oltingugurt D.I.Mendeleev davriy jadvalining nechanchi elementi hisoblanadi?

3. "œSarbadorlar" dilogiyasining muallifi kim?


10-savol:   
1. 1992-1996 yillarda BMT bosh kotibi bo‘lgan Misr davlat arbobi kim?

2. Katta qismini Vashington shahri tashkil etuvchi, AQSh dagi federal okrug qanday ataladi?

3. Germaniya parlamentining quyi palatasi qanday ataladi?




Javoblarni yuborish uchun bir hafta vaqt.

Javoblaringizni [email protected] manziliga yoki menga PM (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=1182) xati orqali yuborishingiz mumkin.

Javoblaringizni kutamiz!!!!!
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (6-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 16 Oktyabr 2008, 21:53:10
3-tur natijalari


â„–   Ishtirokchi ismi              Ochko

1.   Ma'ruf Yusupxodjayev   42
2.   Messi44   40
3.   Ulugbek-Uz   38
4.   Musannif Adham   38
5.   Lolo   34
6.   Mansurbek   12
7.   Sherzod Norqulov   12
8.   Mr.Magistr   10
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (6-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 16 Oktyabr 2008, 21:58:40
3-turdan keyin UMUMIY natijalar


â„–   Ishtirokchi ismi     Ochko

1.   Ma'ruf Yusupxodjayev   116
2.   Musannif Adham           99
3.   Ulugbek-Uz                   96
4.   Messi44                    77
5.   Lolo                           58
6.   Mansurbek               55
7.   Sherzod Norqulov       50
8.   Bobur Radjapov           46
9.   Timur Madalimov           42
10.   Mr.Magistr               10
11.   Mars                          6
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (6-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 24 Oktyabr 2008, 00:50:02
5-TUR JAVOBLARi:

1-savol:   
1. Marokash davlatining pul birligi nima?
   Javob: Dirxam
2. "œBitlz" guruhi 1959 yilda qaysi shaharda tashkil etilgan?
    Javob: Liverpul
3. Mayami-Bichda o‘ldirilgan modeler-dizayner kim?
    Javob: Janni Versache

2-savol:   
1. Hayvon shohi ko‘rinishidagi ichish uchun mo‘ljallangan idish qanday nomlanadi?
    Javob: Riton
2. "œSimens" kontserni qaysi davlatga tegishli?
    Javob: Germaniya
3. "œShams Tabriziy devoni" asarining muallifi bo‘lgan fors shoiri kim?
   Javob: J. Rumiy

3-savol:   
1. Zamonaviy havfsiz gugurtlar ilk marotaba 1855 yilda qaysi skandinaviya davlatida ishlab chiqarilgan?
    Javob: Shvetsiya
2. Oybekning avtobiografik asarining nomi nima?
   Javob: "œBolalik"
3. Quyosh sistemasidagi oltinchi sayyoraning nomi nima?
    Javob: Saturn

4-savol:   
1. Ayblanuvchining aybi sud tomonidan aniqlanmaguncha uning aybsizlik holati qanday nomlanadi?
    Javob: Aybsizlik prezumptsiyasi
2. Ot va eshakning avlodi bo‘lgan hayvon qanday ataladi?
    Javob: Hachir
3. Greypfrut mevalarning qaysi turkumiga kiradi?
    Javob: Sitruslar

5-savol:   
1. "œJuma masjid", Said Olovuddin maqbarasi, Muhammad Aminxon madrasasi qaysi shaharda joylashgan?
    Javob: Xiva
2. 1880 yilning 28 aprelida London zooparkiga Avstraliyadan qaysi hayvon ilk bora keltirilgan?
   Javob: Koala
3. Batun, porey, shalot, shnitt qaysi sabzavot navlari hisoblanadi?
   Javob: Piyoz

6-savol:   
1. O’t pufagininsh o‘tkir yoki surunkali yallig‘lanish kasalligi qanday ataladi?
    Javob: Xoletsistit
2. "œBahor" raqs ansambliga qaysi mashhur raqqosa asos solgan?
   Javob: M. Turg‘unboeva
3. "œTristan va Izolda" ritsarlik romani qaysi millatga tegishli?
    Javob: Frantsuz

7-savol:   
1. Mendeleev davriy jadvalidagi 20-element qanday nomlanadi?
    Javob: Kaltsiy
2. "œAssoshayted press" axborot agentligi qaysi davlatga tegishli?
    Javob: AQSh
3. Krem, kokteyllarni aralashtirish, ko‘pirtirish uchun ishlatiladigan moslama qanday ataladi?
    Javob: Mikser 

8-savol:   
1. Buxoroda mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi qo‘zg‘olonning rahbari bo‘lgan hunarmand kim?
    Javob: Mahmud Tarobiy
2. Buase va dushes qaysi mevaning navlari hisoblanadi?
    Javob: Nok
3. Yaman davlatining poytahti qasi shahar?
   Javob: Sana

9-savol:   
1. Chayonlar hayvonlarning qaysi sinfiga kiradi?
   Javob: O’rgimchaksimonlar
2. Vaterloo aholi punkti qaysi davlat xududida joylashgan?
    Javob: Belgiya
3. Vatikandagi Sikstin kapellasi gumbazidagi tasvirlar muallifi bo‘lgan rassom kim?
   Javob: Mikelanjelo Buonarotti

10-savol:
1. Chotqol va Pskom daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladigan daryoning nomi nima?
    Javob: Chirchiq
2. Pentium mikroprotsessorlarini qaysi firma ishlab chiqaradi?
    Javob: Intel
3. Qon tomir tizimining eng yirik arteriyasi qanday ataladi?
    Javob: Aorta
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (7-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 24 Oktyabr 2008, 00:52:02
7-TUR SAVOLLARi:

1-savol:   
1. Kochabamba, Santa-Krus shaharlari qaysi davlatda joylashgan?

2. 2001 yil yurtimizda qanday yil deya e’tirof etilgan?

3. O’zbek tilshunosligida ular 10 ta hisoblanadi. Nimalar?


2-savol:   
1. Qaysi shoiraning ilk she’riy to’plami "œHayot varaqlari" deb nomlangan?

2. Yevropadagi qaysi davlat gerbida lodya daraxti tasvirlangan?

3. Arabchaga "œDengizlar hukmdori" deya tarjima qiling.


3-savol:   
1. Tanais daryosining xozirgi nomi nima?

2. Ko‘p ovozli musiqiy asarning notalari qayd etilgan ro‘yxat qanday nomlanadi?

3. "œGoldstar" kompaniyasining xozirgi nomi nima?


4-savol:   
1. Katta suv havzalarida kemalarga yo’l ko’rsatuvchi shaxs kim deyiladi?

2. AQShning 34-prezidenti kim bo’lgan?

3. Bu so’z fors-tojikchada "œkun" degan ma’noni, arabchada esa "œtinch kun" degan ma’noni beradi. Gap qaysi so’z haqida bormoqda?


5-savol:   
1. Payariq tumani qaysi tumanda joylashgan?

2. BMT ning Bolalar huquqlari bo’yicha bo’limi nima deyiladi?

3. Qadimgi Rimliklarda xotin-qizlar homiysi bo’lgan ma’buda kim?


6-savol:   
1. 1914 yili adabiyot yo’nalishi bo’yicha Nobel mukofotini kim olgan?

2. "œO’zbekiston iftixori" unvoni nechanchi yili ta’sis etilgan?

3. Oqibati ijtimoiy xavfli bo’lgan harakat yoki harakatsizlik fan tilida nima deb ataladi?


7-savol:   
1. U narsaning morfemik, o’zlashma, chastotali, chappa kabi turlari bor. Savol, nimaning?

2. Turkiy xalqlar orasida cho’qmor deb yuritilgan, qadimdan sharqda ishlatilib kelingan jang qurolini toping.

3. Aynan shu ingliz olimi o’zining kasalligini batafsil o’rganib, mufassal tasvirlab bergani sababli bu kasallikka uning nomi berilgan. Bu olim kim?


8-savol:   
1. Teatrda ijro etiladigan asarlarning majmuaviy ro‘yxati qanday ataladi?

2. Taka qaysi davlat pul birligi?

3. Mendeleyev davriy jadvalida atom raqami 55 bo’lgan I guruhga mansub element qaysi? 


9-savol:   
1. Shamsiy yil bo’yicha yettinchi oy qaysi?

2. Ko’k va qizil rangni qo’shsa qaysi rang hosil bo’ladi?

3. Yunonchaga "œombor" so’zini tarjima qiling.


10-savol:
1. Egri chiziqning ikki nuqtasini birlashtiruvchi to’g’ri chiziq kesmasi qanday ataladi?

2. Eng katta musiqa organi qaysi?

3. Romanovlar sulolasining rasmiy so’ngi vakili kim?
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (7-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 01 Noyabr 2008, 14:07:21
Assalomu alaykum.

Ming bor uzr, ba'zi texnik sabablarga ko'ra, Blits Savollar tanlovining 8-tur savollari 1 haftaga kechikishi mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun hammadan uzr so'rayman. Keyingi haftada barcha turlar javoblarini ham e'lon qilishga harakat qilaman.

Yana bir bor uzr!
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (7-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 05 Noyabr 2008, 23:52:26
4-tur natijalari

â„–   Ishtirokchi ismi          Ochko

1.      Ma'ruf Yusupxodjayev   46
2.      Messi44   44
3.      Ulugbek-Uz   40
4.      Musannif Adham   36
5.      Mashhura Hasanova   30
6.      Lolo   28
7.      Shoxjahon12   12
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (7-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 05 Noyabr 2008, 23:56:25
4-turdan keyin UMUMIY natijalar


â„–   Ishtirokchi ismi        Ochko

1.      Ma'ruf Yusupxodjayev     162
2.      Ulugbek-Uz                 136
3.      Musannif Adham     135
4.      Messi44                 121
5.      Lolo                            86
6.      Mansurbek                 55
7.      Sherzod Norqulov   50
8.      Bobur Radjapov   46
9.      Timur Madalimov   42
10.      Mashhura Hasanova   30
11.      Shoxjahon12              12
12.      Mr.Magistr              10
13.      Mars                          6
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (7-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Noyabr 2008, 00:10:12
5-tur natijalari

â„–   Ishtirokchi ismi                 Ochko

1.      Ma'ruf Yusupxodjayev   44
2.      Ulugbek-Uz            42
3.      Lolo                         36
4.      Musannif Adham   34
5.      Messi44                 32
6.      Mashhura Hasanova   30
7.      Nozimbek             27
8.      Shoxjahon12            6
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (7-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Noyabr 2008, 00:11:48
5-turdan keyin UMUMIY natijalar


â„–   Ishtirokchi ismi            Ochko

1.      Ma'ruf Yusupxodjayev   206
2.      Ulugbek-Uz   178
3.      Musannif Adham   169
4.      Messi44   153
5.      Lolo   122
6.      Mashhura Hasanova   60
7.      Mansurbek   55
8.      Sherzod Norqulov   50
9.      Bobur Radjapov   46
10.      Timur Madalimov   42
11.      Nozimbek   27
12.      Shoxjahon12   18
13.      Mr.Magistr   10
14.      Mars   6
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (7-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Noyabr 2008, 00:16:29
6-turning dastlabki natijalari

№   Ishtirokchi ismi           Ochko

1.      Musannif Adham   48
2.      Ma'ruf Yusupxodjayev   46
3.      Ulugbek-Uz              46
4.      Lolo                           36
5.      Nozimbek                 31
6.      Mansurbek                28
7.      Sherzod Norqulov   22
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (7-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Noyabr 2008, 00:18:34
6-turdan keyin UMUMIY natijalar


№   Ishtirokchi ismi   Ochko

1.      Ma'ruf Yusupxodjayev   252
2.      Ulugbek-Uz                224
3.      Musannif Adham     217
4.      Lolo                         158
5.      Messi44                153
6.      Mansurbek                83
7.      Sherzod Norqulov      72
8.      Mashhura Hasanova   60
9.      Nozimbek                58
10.      Bobur Radjapov     46
11.      Timur Madalimov    42
12.      Shoxjahon12                18
13.      Mr.Magistr                10
14.      Mars                            6
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (7-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Noyabr 2008, 00:23:24
6-TUR JAVOBLARi:

1-savol:   
1. Arab xalifalari tarafidan o’z qo’l ostidagilarga turli mamlakatlarning hokimlariga berilgan unvon nima deyilgan?
   Javob: Amir
2. Aruz vazniga bag’ishlangan "œMufassal" asari kimga tegishli?
   Javob: Z.M.Bobur
3. Syangan territoriyasining inglizcha nomi qanday ataladi?
   Javob: Gonkong

2-savol:   
1. Tamaki, choy, vino, konditer mahsulotlari, non, go’sht, sut mahsulotlari va boshqalarni hidlab ko’rish, rangini, mazasini ko’rib baxolovchi shaxs nima deyiladi?
   Javob: Degustator
2. Chingizxonning to’ng’ich o’g’lining ismi nima bo’lgan?
   Javob: Jo’ji
3. Lotinchasiga "œKasalmand, ojiz" so’zi qanday aytiladi?
   Javob: Invalid

3-savol:   
1. O’qish vaqtida ustiga kitob ochib qo’yiladigan maxsus kursi, taglik nima deyiladi?
   Javob: Lavx
2. Dunyodagi eng katta orol qaysi?
   Javob: Grenlandiya
3. Amerika tuyaqushi qanday ataladi?
   Javob: Nandu

4-savol:   
1. Mukarrama Azimova qaysi xolding kompaniya rahbari hisoblanadi?
    Javob: "œFayz Xolding"
2. Alisher Navoiyning "œChor devon" nomi bilan mashhur bo’lgan 4 devondan iborat mashhur asari qaysi?
   Javob: "œXazoyin ul-maoniy"
3. Szyansu provintsiyasida joylashgan dunyodagi eng katta shaharlardan birini ayting.
    Javob: Shanxay

5-savol:   
1. Otni boshqarishda ularning boshiga kiydiriladigan abzal nima deyiladi?
    Javob: Yugan
2. Qaysi sport turining nomi ingliz tilidan tarjima qilinganda "œerkin stil" degan ma’noni bildiradi?
   Javob: Fristayl
3. Qoraqalpoq shori Berdaqning haqiqiy ismi sharifi qanday bo‘lgan?
    Javob: Berdimurat Qarg‘abaev

6-savol:   
1. 9 asrgacha Andukan nomi bilan mashhur bo‘lgan shahar hozir qanday ataladi?
    Javob: Andijon
2. 13-asrning 20-yillarida mo‘g‘ul-tatar bosqinchilariga qarshi kurashgan Xo‘jand shahri hukmdori kim?
    Javob: Temur Malik
3. Yurmala kurort shahri qaysi davlat hududida joylashgan?
    Javob: Latviya

7-savol:   
1. SI tizmimda modda miqdorining o‘lchov birligi nima?
    Javob: Mol
2. Armaniston davlatining pul birligi nima?
   Javob: Dram
3. Jinoiy jazodan ozod etish yoki sud tomonidan belgilangan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qanday ataladi?
    Javob: Amnistiya

8-savol:   
1. Maykl Jekson AQSh ning qaysi shtatida tug‘ilgan?
    Javob: Indiana
2. "œBaxoriston" pandnoma kitobining muallifi bo‘lgan o’rta asrlar shoiri kim?
    Javob: Abdurahmon Jomiy
3. Serengeti milliy bog‘i qaysi davlat hududida joylashgan?
    Javob: Tanzaniya

9-savol:   
1. Uzunligi 708 km bo‘lgan, "œKatta o‘zbek trakti" deb nomlanuvchi avtomobil yo‘li qaysi shaharlarni birlashtirib turadi?
   Javob: Toshkent - Termiz
2. Oltingugurt D.I.Mendeleev davriy jadvalining nechanchi elementi hisoblanadi?
    Javob: 16
3. "œSarbadorlar" dilogiyasining muallifi kim?
    Javob: Muhammad Ali

10-savol:
1. 1992-1996 yillarda BMT bosh kotibi bo‘lgan Misr davlat arbobi kim?
    Javob: Butros Butros G’oliy
2. Katta qismini Vashington shahri tashkil etuvchi, AQSh dagi federal okrug qanday ataladi?
    Javob: Kolumbiya
3. Germaniya parlamentining quyi palatasi qanday ataladi?
    Javob: Bundestag
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (7-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Noyabr 2008, 00:25:31
Umumiy statistikani bu yerdan ko'rishingiz mumkin!

http://zakovat.ucoz.ru/pdfblits.pdf
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (7-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Noyabr 2008, 16:18:08
7-TUR JAVOBLARi:

1-savol:   
1. Kochabamba? Santa-Krus shaharlari qaysi davlatda joylashgan?
    Javob: Boliviya
2. 2001 yil yurtimizda qanday yil deya e’tirof etilgan?
    Javob: Onalar va bolalar
3. O’zbek tilshunosligida ular 10 ta. Nimalar?
    Javob: Tinish belgilari

2-savol:   
1. Qaysi shoiraning ilk she’riy to’plami "œHayot varaqlari" deb nomlangan?
    Javob: Zulfiya
2. Yevropadagi qaysi davlat gerbida lodya daraxti tasvirlangan?
    Javob: Malta
3. Arabchaga "œDengizlar hukmdori" deya tarjima qiling.
    Javob: Admiral

3-savol:   
1. Tanais daryosining xozirgi nomi nima?
    Javob: Sirdaryo
2. Ko‘p ovozli musiqiy asarning notalari qayd etilgan ro‘yxat qanday nomlanadi?
    Javob: Partitura
3. "œGoldstar" kompaniyasining xozirgi nomi nima?
    Javob: LG

4-savol:   
1. Katta suv havzalarida kemalarga yo’l ko’rsatuvchi shaxs kim deyiladi?
   Javob: Lotsman
2. AQShning 34-prezidenti kim bo’lgan?
    Javob: Duayd Eyzenxauer
3. Bu so’z fors-tojikchada "œkun" degan ma’noni, arabchada esa "œtinch kun" degan ma’noni beradi. Gap qaysi so’z haqida bormoqda?
    Javob: Shanba

5-savol:   
1. Payariq tumani qaysi tumanda joylashgan?
    Javob: Samarqand
2. BMT ning Bolalar huquqlari bo’yicha bo’limi nima deyiladi?
    Javob: YUNISEF
3. Qadimgi Rimliklarda xotin-qizlar homiysi bo’lgan ma’buda kim?
    Javob: Yunona

6-savol:   
1. 1914 yili adabiyot yo’nalishi bo’yicha Nobel mukofotini kim olgan?
    Javob: Hech kim
2. "œO’zbekiston iftixori" unvoni nechanchi yili ta’sis etilgan?
    Javob: 1998 yil
3. Oqibati ijtimoiy xavfli bo’lgan harakat yoki harakatsizlik fan tilida nima deb ataladi?
    Javob: Jinoyat

7-savol:   
1. U narsaning morfemik, o’zlashma, chastotali, chappa kabi turlari bor. Savol, nimaning?
   Javob: Lug’at
2. Turkiy xalqlar orasida cho’qmor deb yuritilgan, qadimdan sharqda ishlatilib kelingan jang qurolini toping.
    Javob: Gurzi
3. Aynan shu ingliz olimi o’zining kasalligini batafsil o’rganib, mufassal tasvirlab bergani sababli bu kasallikka uning nomi berilgan. Bu olim kim?
   Javob: Jon Dalton

8-savol:   
1. Teatrda ijro etiladigan asarlarning majmuaviy ro‘yxati qanday ataladi?
    Javob: Repertuar
2. Taka qaysi davlat pul birligi?
    Javob: Bangladesh
3. Mendeleyev davriy jadvalida atom raqami 55 bo’lgan I guruhga mansub element qaysi?
     Javob: Seziy

9-savol:   
1. Shamsiy yil bo’yicha yettinchi oy qaysi?
   Javob: Mezon (21 sentabr — 21 oktabr)
2. Ko’k va qizil rangni qo’shsa qaysi rang hosil bo’ladi?
    Javob: Yashil
3. Yunonchaga "œombor" so’zini tarjima qiling.
    Javob: Apteka

10-savol:   
1. Egri chiziqning ikki nuqtasini birlashtiruvchi to’g’ri chiziq kesmasi qanday ataladi?
    Javob: Vatar
2. Eng katta musiqa organi qaysi?
    Javob: Organ
3. Romanovlar sulolasining rasmiy so’ngi vakili kim?
    Javob: Mixail Romanov
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (7-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 06 Noyabr 2008, 16:18:47
8-TUR SAVOLLARi:

1-savol:   
1. Rasmiy aloqa qog’ozlariga hujjatlariga bosiladigan muhr nima deyiladi?

2. Itil dryosining xozirgi nomi nima deyiladi?

3. 1971 yili SSSRda "œG’alaba uchun iroda" sovrini qaysi futbol jamoasiga berilgan?


2-savol:   
1. Yangibozor tumani Respublikamizning qaysi viloyatida joylashgan?

2. Dunyoda nechta davlat yadro quroliga ega hisoblanadi?

3. Asil ismi Rahmatulloh Otaqo’ziyev. Ko’plab doston, pyesalar muallifi. Chexovning "œChayka", Lermontovning "œHojimurot" asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Gap kim haqida bormoqda?


3-savol:   
1. Aytilishi va yozilishi har xil, ammo ma’nosi bir xil so’zlar nima deyiladi? M-n: gado-gadoy, nabira-nevara, sachoq-sochiq"¦..

2. Fillar o‘z do‘stona tuyg‘ularini qaysi a’zolari bilan bildirishadi?

3. Frankfurtlik mashhur moliya magnatlari oilasi, yirik bankirlar xonadoni xisoblanmish shajarani ayting. 


4-savol:   
1. Qadimgi Rim ma’budasi Yunona nomi bilan ataladigan oy qaysi?

2. 1964 yili ikkita davlat qo’shilishidan Tanzaniya davlati paydo bo’lgan. Ulardan biri Tanganika davlati edi, ikkinchisini siz ayting.

3. Qashqadaryo viloyatining mashinalardagi davlat raqam belgisi necha?


5-savol:   
1. Kampirchopon qaysi o’simlik turi hisoblanadi: gilos, gul, yovvoyi o’t?

2. "œUzDaewooAvto" korxonasida ishlab chiqarilgan ilk mashina markasi qaysi?

3. Peshonasida bitta ko’zi bor afsonaviy jonzot nima deyiladi?


6-savol:   
1. Italiya opera madaniyatining yirik markazi hisoblanmish Milandagi opera teatrini ayting.

2. Musulmon ayollar paranji yopinganda yuziga tutadigan ot qilidan tayyorlanadigan to’rsiman parda nima deyiladi?

3. Arablarda musulmon bo’lmagan holidan olinadigan jon solig’i qanday atalgan?


7-savol:   
1. Avstriya pul birligi?

2. Bu Italiyalik futbolchi Formula-1 bahslarining ilk chempioni hisoblanadi. Bu kim?

3. Uning Nyu-Gempshir, Rod ayland, Kornuel, Zagorsk, Chipor kabi turlari bor. Bu qaysi jonzot?


8-savol:   
1. Xalq og’zaki ijodida makkorlik ramzi bo’lgan jodugar, ayyor, hiylagar kampir qanday ataladi?

2. Nahor so’zining ko’plikdagi shakli qanday bo’ladi?

3. Ekvador poytaxti?


9-savol:   
1. Qaysi mashhur Prezidentni ismini qisqartirishib FDR deb atashgan?

2. "œDiyonat" asarining muallifi kim?

3. Yakka xonanda uchun yozilgan musiqa asari nima deyiladi?


10-savol:
1. Ko’z kosasidan pastda, yuqori jag’ suyagidan ust tomonda joylashgan yuz qismi nima deyiladi?

2. Sapparo shahri Yaponiyaning qaysi orolida joylashgan?

3. AQShdagi Pentagon ma’muriy binosining ma’nosi nima?
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (8-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 21 Noyabr 2008, 23:22:17
8-TUR JAVOBLARi:

1-savol:   
1. Rasmiy aloqa qog’ozlariga hujjatlariga bosiladigan muhr nima deyiladi?
   Javob: Shtamp
2. Itil dryosining xozirgi nomi nima deyiladi?
   Javob: Volga
3. 1971 yili SSSRda "œG’alaba uchun iroda" sovrini qaysi futbol jamoasiga berilgan?
   Javob: Paxtakor

2-savol:   
1. Yangibozor tumani Respublikamizning qaysi viloyatida joylashgan?
   Javob: Xorazm
2. Dunyoda nechta davlat yadro quroliga ega hisoblanadi?
   Javob: 8 ta
3. Asil ismi Rahmatulloh Otaqo’ziyev. Ko’plab doston, pyesalar muallifi. Chexovning "œChayka", Lermontovning "œHojimurot" asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Gap kim haqida bormoqda?
   Javob: Uyg’un

3-savol:   
1. Aytilishi va yozilishi har xil, ammo ma’nosi bir xil so’zlar nima deyiladi? M-n: gado-gadoy, nabira-nevara, sachoq-sochiq"¦
   Javob: Dublet
2. Fillar o‘z do‘stona tuyg‘ularini qaysi a’zolari bilan bildirishadi?
   Javob: Xartumi
3. Frankfurtlik mashhur moliya magnatlari oilasi, yirik bankirlar xonadoni xisoblanmish shajarani ayting.
     Javob: Rotshildlar oilasi

4-savol:   
1. Qadimgi Rim ma’budasi Yunona nomi bilan ataladigan oy qaysi?
   Javob: Iyun
2. 1964 yili ikkita davlat qo’shilishidan Tanzaniya davlati paydo bo’lgan. Ulardan biri Tanganika davlati edi, ikkinchisini siz ayting.
   Javob: Zanzibar
3. Qashqadaryo viloyatining mashinalardagi davlat raqam belgisi necha?
   Javob: 18

5-savol:   
1. Kampirchopon qaysi o’simlik turi hisoblanadi: gilos, gul, yovvoyi o’t?
   Javob: Gul
2. "œUzDaewooAvto" korxonasida ishlab chiqarilgan ilk mashina markasi qaysi?
   Javob: Damas
3. Peshonasida bitta ko’zi bor afsonaviy jonzot nima deyiladi?
   Javob: Siklop
   
6-savol:   
1. Italiya opera madaniyatining yirik markazi hisoblanmish Milandagi opera teatrini ayting.
   Javob: La Skala
2. Musulmon ayollar paranji yopinganda yuziga tutadigan ot qilidan tayyorlanadigan to’rsiman parda nima deyiladi?
   Javob: Chachvon, chimmat
3. Arablarda musulmon bo’lmagan holidan olinadigan jon solig’i qanday atalgan?
   Javob: Juz’ya

7-savol:   
1. Avstriya pul birligi?
   Javob: Shilling
2. Bu Italiyalik futbolchi Formula-1 bahslarining ilk chempioni hisoblanadi. Bu kim?
   Javob: Nino Farino
3. Uning Nyu-Gempshir, Rod ayland, Kornuel, Zagorsk, Chipor kabi turlari bor. Bu qaysi jonzot?
   Javob: Tovuq

8-savol:   
1. Xalq og’zaki ijodida makkorlik ramzi bo’lgan jodugar, ayyor, hiylagar kampir qanday ataladi?
   Javob: Yosuman
2. Nahor so’zining ko’plikdagi shakli qanday bo’ladi?
   Javob: Anhor
3. Ekvador poytaxti?
   Javob: Kito

9-savol:   
1. Qaysi mashhur Prezidentni ismini qisqartirishib FDR deb atashgan?
   Javob: Franklin Delano Ruzvelt
2. "œDiyonat" asarining muallifi kim?
   Javob: Odil Yoqubov
3. Yakka xonanda uchun yozilgan musiqa asari nima deyiladi?
   Javob: Solo

10-savol:   
1. Ko’z kosasidan pastda, yuqori jag’ suyagidan ust tomonda joylashgan yuz qismi nima deyiladi?
   Javob: Yonoq
2. Sapparo shahri Yaponiyaning qaysi orolida joylashgan?
   Javob: Xokkaydo
3. AQShdagi Pentagon ma’muriy binosining ma’nosi nima?
   Javob: "œBeshburchak"
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (8-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 21 Noyabr 2008, 23:23:10
9-TUR SAVOLLARi:

1-savol:   
1. Mashhur o’zbek yozuvchisi Abdulhamid Cho’lponning otasini ismi nima bo’lgan?

2. Butros Butros G’oliy qaysi yirik tashkilotning rahbari bo’lgan?

3. Qaysi fanning ma’nosi "œDonolikni sevaman" degani?


2-savol:   
1. O’zbekiston Respublikasida rasmiy dam olish kunlari deya e’lon qilingan bayramlar soni nechta?

2. Shaxmat bo’yicha uchinchi jahon chempioni bo’lgan Xose Raul Kapablanka qaysi davlat fuqarosi edi?

3. "œBumer" avtomarkasi qaysi kompaniyaga tegishli?


3-savol:   

(http://img.uz/images/114089anderson.jpg)

1. Ushbu suratdagi mashhur ertakchini toping.

2. Futbol bo’yicha ilk jahon chempionati qaysi davlatda bo’lgan?

3. Old Disney kompaniyasi tomonidan ishlangan dalmatinlar haqidagi multfilmda nechta dalmatin ishtirok etgan?


4-savol:   
1. Qaysi jonzotning miyasi tanasiga qaraganda kattaroq?

2. Samarqand viloyatining telefon kodini ayting.

3. Meksikada yashagan, poytaxti Tenochtitlan bo’lgan hindular qabilasi qanday atalgan?


5-savol:   
1. Qaysi kinokompaniyaning emblemasida qanotli ot Pegas tasvirlangan?

2. Xalqaro Olimpiya qo’mitasining qaysi sobiq Prezidenti "œBuyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan?

3. 2001 yil yurtimizda qanday yil deya e’lon qilingan?


6-savol:   
1. Peru davlatining pul birligi nima deb ataladi?

2. Anor haqidagi mashhur tuyuq kimning qalamiga mansub?

3. "œDCXCV" — Bu Rim raqami bo’yicha necha sonni anglatadi?


7-savol:   
1. Movaraunnahr so’zi qaysi tildan olingan va ma’nosi qanday?

2. Podpolkovnik unvonida nechta katta yulduz bo’ladi?

3. Versal shahri qaysi davlatda joylashgan?


8-savol:   
1. G’allaorol tumani yurtimizning qaysi viloyatida joylashgan?

2. Quyosh sistemasidagi yettinchi sayyora qaysi?

(http://img.uz/images/669852kamerun.jpg)

3. Ushbu bayroq qaysi davlatga tegishli?


9-savol:   
1. Xozirda Xalqaro kurash assotsiyatsiyasining (IAK) Prezidenti kim?

2. Anvar Mamajonov O’zbekiston Respublikasining qaysi davlat ramzining muallifi hisoblanadi?

3. Yaponlarning 3 qatordan iborat qofiyasiz she’ri qanday ataladi?


10-savol:   
1. Boliviya davlatining rasmiy poytaxti qaysi?

2. "œUch qalb" romanining muallifi kim?

3. Nobel mukofoti nechta yo’nalish bo’yicha beriladi?
Nom: 9-tur javoblari
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 04 Dekabr 2008, 20:45:00
9-TUR JAVOBLARi:

1-savol:   
1. Mashhur o’zbek yozuvchisi Abdulhamid Cho’lponning otasini ismi nima bo’lgan?
    Javob: Sulaymon (Abdulhamid Cho’lpon Sulaymon o’g’li)
2. Butros Butros G’oliy qaysi yirik tashkilotning rahbari bo’lgan?
    Javob: BMT
3. Qaysi fanning ma’nosi “Donolikni sevaman” degani?
   Javob: Filosofiya (Falsafa)

2-savol:   
1. O’zbekiston Respublikasida rasmiy dam olish kunlari deya e’lon qilingan bayramlar soni nechta?
    Javob: 9 ta
2. Shaxmat bo’yicha uchinchi jahon chempioni bo’lgan Xose Raul Kapablanka qaysi davlat fuqarosi edi?
    Javob: Kuba
3. “Bumer” avtomarkasi qaysi kompaniyaga tegishli?
    Javob: BMW

3-savol:   
1. Ushbu suratdagi mashhur ertakchini toping.
    Javob: Gans Xristian Anderson
2. Futbol bo’yicha ilk jahon chempionati qaysi davlatda bo’lgan?
    Javob: Urugvay
3. Old Disney kompaniyasi tomonidan ishlangan dalmatinlar haqidagi multfilmda nechta dalmatin ishtirok etgan?
    Javob: 101 ta

4-savol:   
1. Qaysi jonzotning miyasi tanasiga qaraganda kattaroq?
    Javob: Chumoli
2. Samarqand viloyatining telefon kodini ayting.
   Javob: 8 366 yoki +99866
3. Meksikada yashagan, poytaxti Tenochtitlan bo’lgan hindular qabilasi qanday atalgan?
    Javob: Atstek

5-savol:   
1. Qaysi kinokompaniyaning emblemasida qanotli ot Pegas tasvirlangan?
    Javob: Tristar
2. Xalqaro Olimpiya qo’mitasining qaysi sobiq Prezidenti “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan?
    Javob: Xuan Antonio Samaranch
3. 2001 yil yurtimizda qanday yil deya e’lon qilingan?
    Javob: Onalar va bolalar yili

6-savol:   
1. Peru davlatining pul birligi nima deb ataladi?
    Javob: Sol’
2. Anor haqidagi mashhur tuyuq kimning qalamiga mansub?
    Javob: Uvaysiy
3. “DCXCV” – Bu Rim raqami bo’yicha necha sonni anglatadi?
   Javob: 695

7-savol:   
1. Movaraunnahr so’zi qaysi tildan olingan va ma’nosi qanday?
   Javob: Arabchadan “daryoning narigi tomoni” degani
2. Podpolkovnik unvonida nechta katta yulduz bo’ladi?
    Javob: 2 ta
3. Versal shahri qaysi davlatda joylashgan?
    Javob: Fransiya

8-savol:   
1. G’allaorol tumani yurtimizning qaysi viloyatida joylashgan?
   Javob: Jizzax
2. Quyosh sistemasidagi yettinchi sayyora qaysi?
    Javob: Uran
3. Ushbu bayroq qaysi davlatga tegishli?
    Javob: Kamerun

9-savol:   
1. Xozirda Xalqaro kurash assotsiyatsiyasining (IAK) Prezidenti kim?
   Javob: Komiljon Yusupov
2. Anvar Mamajonov O’zbekiston Respublikasining qaysi davlat ramzining muallifi hisoblanadi?
    Javob: Gerb
3. Yaponlarning 3 qatordan iborat qofiyasiz she’ri qanday ataladi?
    Javob: Xokku

10-savol:   
1. Boliviya davlatining rasmiy poytaxti qaysi?
    Javob: Sukre
2. “Uch qalb” romanining muallifi kim?
   Javob: Jek London
3. Nobel mukofoti nechta yo’nalish bo’yicha beriladi?
    Javob: 6 ta
Nom: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (10-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 04 Dekabr 2008, 21:06:19
10-TUR SAVOLLARi:

1-savol:   
1. Zahiriddin Muhammad Boburning otalarini ismi nima bo’lgan?

2. Lixtenshteyn poytaxti?

3. Chippolina va Jelsomino kabi qahramonlarni dunyoga keltirgan Italiyalikning ismi nima edi?


2-savol:

(http://img.uz/thumbs/584811blits03.jpg) (http://img.uz/viewer.php?id=584811blits03.jpg)

1. Bu qaysi davlat xaritasi?

2. N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari kabi insonlarni qaysi musiqa asbobiga aloqasi bor?

3. Shaxmat doskasidagi sakkizinchi gorizontal qaysi harf bilan belgilangan?


3-savol:   
1. Dehqonobod tumani Respublikamizning qaysi viloyatida joylashgan?

2. Toshkent metropoliteni nechanchi yili ochilgan?

3. Sherali Jo’rayev tomonidan ijro etilgan “Karvon ko’rdim” qo’shig’ining so’zlari qaysi shoir qalamiga mansub?


4-savol:   
1. Ganimed qaysi sayyoraning tabiiy yo’ldoshi?

2. Fransiyaning Ruan shahrida 1431 yili gulxanda kuydirilgan mashhur jasur sarkarda kim edi?

3. Futbolda bir o’yinda ikkita to’p kiritsa – dubl, uchta to’p – xet-trek, to’rtta – poker. Xo’sh beshta to’p kiritsa nima deyiladi?


5-savol:   
1. Yevropadagi qaysi davlat fuqarolarining umuman familiyasi yo’q, ular faqatgina sharif (otchestvo) ishlatadilar.

(http://img.uz/images/401624blits02.jpg)

2. Ushbu inson 1564 yili 15 fevralda Piza shahrida tug’ilgan. U fizik, mexanik, astranom, filolog va xatto shoir ham edi. Bu kim?

3. O’zbekiston Respublikasida nechta ma’muriy birlik bor?


6-savol:   
1. 1989-1993 yillarda AQSh Prezidenti kim bo’lgan?

2. Leonardo da Vinchi aeroporti Yevropadagi qaysi poytaxt shaharda joylashgan?

3. Koinotda bizga ko’rinadigan eng yorqin yulduz qaysi?


7-savol:   
1. “O’nta negr bolasi” dedektiv asarining muallifi kim?

2. Marafon musobaqasining uzunligi aniq qancha masofaga teng?

3. “Alpomish” dostonida Alpomishnig haqiqiy ismi nima edi?


8-savol:   
1. Qaysi shkalaga ko’ra suv +32 gradusda muzlaydi?

(http://img.uz/images/240201blits01.jpg)

2. Ushbu bayroq qaysi xalqaro tashkilotga tegishli?

3. Qaysi element dunyoda eng ko’p tarqalgan?


9-savol:   
1. Katakana va xiragana alifbolaridan qaysi millat foydalanadi?

2. Angliyada ochilgan mashhur “Globus” teatrining asoschisi kim bo’lgan?

3. Polsha davlati pul birligi qanday ataladi?


10-savol:   
1. Dunyodagi eng uzun daryo qaysi?

2. Klassik sonetda nechta qator mavjud bo’ladi?

3. 2008 yil Pekinda bo’lgan Olimpiada o’yinlarida qaysi sportchimiz ilk medalni qo’lga kiritdi?


Izoh: 6.1 savolda "1889-1993 yillarda AQSh Prezidenti kim bo’lgan?" deyilgan edi. Asl varianti esa "1989-1993 yillarda AQSh Prezidenti kim bo’lgan?" bo'lishi kerak.



Javoblaringizni [email protected] manziliga yoki menga PM xati (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=pm;sa=send;u=1182) orqali yuborishingiz mumkin.

Javoblaringizni kutamiz!!!!!
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (10-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 24 Dekabr 2008, 12:14:47
10-TUR JAVOBLARi:

1-savol:   
1. Zahiriddin Muhammad Boburning otalarini ismi nima bo’lgan?
   Javob: Umarshayx
2. Lixtenshteyn poytaxti?
   Javob: Vaduts
3. Chippolina va Jelsomino kabi qahramonlarni dunyoga keltirgan Italiyalikning ismi nima edi?
    Javob: Janni Rodari

2-savol:   
1. Bu qaysi davlat xaritasi?
   Javob: Andorra
2. N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari kabi insonlarni qaysi musiqa asbobiga aloqasi bor?
    Javob: Skripka
3. Shaxmat doskasidagi sakkizinchi gorizontal qaysi harf bilan belgilangan?
    Javob: Hech qanday. Shaxmatda vertikal chiziqlar harf bilan, gorizontal chiziqlar esa raqamlar bilan belgilanadi.

3-savol:   
1. Dehqonobod tumani Respublikamizning qaysi viloyatida joylashgan?
    Javob: Qashqadaryo
2. Toshkent metropoliteni nechanchi yili ochilgan?
    Javob: 1987
3. Sherali Jo’rayev tomonidan ijro etilgan "œKarvon ko’rdim" qo’shig’ining so’zlari qaysi shoir qalamiga mansub?
    Javob: Usmon Azim

4-savol:   
1. Ganimed qaysi sayyoraning tabiiy yo’ldoshi?
   Javob:Yupiter
2. Fransiyaning Ruan shahrida 1431 yili gulxanda kuydirilgan mashhur jasur sarkarda kim edi?
    Javob: Janna D’Ark
3. Futbolda bir o’yinda ikkita to’p kiritsa — dubl, uchta to’p — xet-trek, to’rtta — poker. Xo’sh beshta to’p kiritsa nima deyiladi?
    Javob: Flesh

5-savol:   
1. Yevropadagi qaysi davlat fuqarolarining umuman familiyasi yo’q, ular faqatgina sharif (otchestvo) ishlatadilar.
    Javob: Islandiya
2. Ushbu inson 1564 yili 15 fevralda Piza shahrida tug’ilgan. U fizik, mexanik, astranom, filolog va xatto shoir ham edi. Bu kim?
    Javob: Galileo Galiley
3. O’zbekiston Respublikasida nechta ma’muriy birlik bor?
    Javob: 14 ta (12 ta viloyat, 1 ta suveren respublika, 1 ta Respublikaga bo’ysunuvchi shahar)

6-savol:   
1. 1989-1993 yillarda AQSh Prezidenti kim bo’lgan?
    Javob: Katta Jorj Bush
2. Leonardo da Vinchi aeroporti Yevropadagi qaysi poytaxt shaharda joylashgan?
    Javob: Rim
3. Koinotda bizga ko’rinadigan eng yorqin yulduz qaysi?
    Javob: Sirius

7-savol:   
1. "œO’nta negr bolasi" dedektiv asarining muallifi kim?
    Javob: Agata Kristi
2. Marafon musobaqasining uzunligi aniq qancha masofaga teng?
    Javob: 42 km 195 m
3. "œAlpomish" dostonida Alpomishnig haqiqiy ismi nima edi?
    Javob: Hakimbek

8-savol:   
1. Qaysi shkalaga ko’ra suv +32 gradusda muzlaydi?
    Javob: Farengeyt shkalasi
2. Ushbu bayroq qaysi xalqaro tashkilotga tegishli?
    Javob: BMT
3. Qaysi element dunyoda eng ko’p tarqalgan?
    Javob: Vodorod

9-savol:   
1. Katakana va xiragana alifbolaridan qaysi millat foydalanadi?
    Javob: Yapon
2. Angliyada ochilgan mashhur "œGlobus" teatrining asoschisi kim bo’lgan?
    Javob: Shekspir
3. Polsha davlati pul birligi qanday ataladi?
    Javob: Zlotiy

10-savol:   
1. Dunyodagi eng uzun daryo qaysi?
    Javob: Nil
2. Klassik sonetda nechta qator mavjud bo’ladi?
    Javob: 14 ta
3. 2008 yil Pekinda bo’lgan Olimpiada o’yinlarida qaysi sportchimiz ilk medalni qo’lga kiritdi?
    Javob: Rishod Sobirov
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (10-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 24 Dekabr 2008, 12:17:25
Shu bilan ZiyoUz Forumining Blits tanlovi o'z nihoyasiga yetdi. Turnirning yakuniy natijalari keyingi hafta e'lon qilinadi. Turnirda qatnashgan barcha insonlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (10-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 04 Yanvar 2009, 21:46:55
Assalomu alaykum!

Mana deyarli 4 oy davom etgan Blits savollar tanlovi ham o'z nihoyasiga yetdi. So'zim avvalida shuni ta'kidlamoqchi edimki, ushbu tanlovni o'tkazishdan asosiy maqsad ishtirokchilar orasida musobaqa tashkil etish, kim g'olib, kim mag'lub ekanligini aniqlash emasdi. Eng asosiy maqsadimiz Forumimiz a'zolariga turli sohalardan ma'lumotlar berish, ularning bilim darajasini oshirishda o'z hissamizni qo'shish, unutganlarini yodga solish, bilmaganlaridan esa xabardor qilish edi. So'zim isboti sifatida shuni ta'kidlashim mumkinki, ushbu tanlov fikri mendan chiqmagan edi. Men shunchaki o'zimda mavjud bo'lgan 100 ta blits savol-javobni saytga joylamoqchi bo'lganimda, Forum a'zolaridan "Shu savollardan tanlov o'tkazib qo'ya qolaylik" degan takliflar tushgandi. Va mana Ollohning xohishi bilan ushbu tanlov qo'ldan kelgancha tashkillashtirildi. Albatta yuqori saviyada o'tdi deya olmayman, lekin meni xursand qilgan narsa, men o'z oldimga qo'ygan maqsadimga erisha oldim. Ya'ni Forum a'zolarimizga nimadir bera oldim yoki qandaydir unutgan bilimlarini yana qayta yodiga sololdim.

Endi statistikalarga to'xtaladigan bo'lsak, tanlov umumiy 10 turdan iborat bo'ldi. Butun tanlov bo'yicha 299 ta savol o'ynaldi. (Sababi "2001 yil yurtimizda qanday yil deya e'lon qilingan?" savoli 7 va 9 turlarda ikki marta o'ynalgan.)
Tanlovda jami 15 kishi ishtirok etdi. Shundan 3 nafar ishtirokchi barcha turlarni qoldirmasdan javob yo'llashdi. (Ma'rufXON, Musannif Adham va Ulugbek-Uz) Garchi 1-turni o'tkazib yuborgan bo'lsalarda Lolo ham qolgan turlarda faolligi bilan ajralib turdi. Shuningdek, Feruz Sodiqov ismli birodarimizning ham ishtiroki meni xursand qildi. Agar ular vaqtliroq bu tanlov haqida eshitganlarida yuqori o'rinlardan birini olishlari tabiiy edi.

Niyatim shuki, tanlovda bevosita ishtirok etgan yoki tanlovni kuzatib borgan barcha insonlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ilohim, ilmlari bundanda ziyoda bo'lsin, Olloh aql-zakovatlarini yanada boyitib, ko'ngillariga ziyolar ulashsin.

Demak yakuniy natijalar bo'yicha ushbu Blits tanlovimiz g'olibi deya Ma'ruf Yusupxodjayev topildilar. Ularni chin qalbimdan tabriklayman. Ularga sovg'a sifatida oldindan va'da qilingan kitoblar topshiriladi. Va nasib qilsa, ularni yaqin kunlarda "Zakovat" Intellektual ko'rsatuvining navbatdagi suratga olish jarayoniga taklif etaman hamda o'sha yerda ushbu kitoblarni Zakovatchilar qo'lidan qabul qilib oladilar.

Kitoblar ro'yxati:

1. "œDaqiqa qadri" — Zakovat Intellektual klubi va bilimdonlari haqida ma’lumotlar, qiziqarli fotosuratlar va minglab ajoyib savollarni o’zida mujassamlashtirgan kitobning 2-nashri. Eng avvalo ushbu kitob barcha Zakovat Intellektual klubi a’zolarining dastxati bilan g’olibga topshiriladi.

2. Gabriel Garsia Markes. "œYolg’izlikning  100 yili", "œOshkora qotillik qissasi"

3. Jurjiy Zaydon. "œFarg’ona kelini"

4. Chingiz Aytmatov. "œTanlangan asarlar"

5. Agata Kristi. "œRojdestvo arafasidagi qotillik"

6. Uilyam Shekspir. "œHamlet"



YAKUNIY natijalar

â„–   Ishtirokchi ismi      Jami

1.   Ma'ruf Yusupxodjayev   414
2.   Ulugbek-Uz            380
3.   Musannif Adham         372
4.   Lolo               272
5.   Messi44               153
6.   Mashhura Hasanova      90
7.   Nozimbek            85
8.   Mansurbek            83
9.   Sherzod Norqulov      72
10.   Bobur Radjapov         64
11.   Feruz Sodiqov         55
12.   Timur Madalimov         42
13.   Shoxjahon12            18
14.   Mr.Magistr            10
15.   Mars               6


Hurmat bilan,
Xushnudbek.
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (10-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 04 Yanvar 2009, 21:49:13
Shuning bilan birga, siz azizlarga quyidagilarni bildirib o'tmoqchi edim. Tanlov davomida foydalanilgan bir qancha savollarda hamda ularning javoblarida juz'iy kamchilik va xatoliklar o'tgan. Ularni o'zlaringiz ham sezgan bo'lsalaringiz kerak. Shu sababli kech bo'lsa ham, insonlarga noto'g'ri ma'lumot berib qo'ymaslik maqsadida, o'sha xatoliklar va kamchiliklar o'tgan savollarni yana bir bor eslatib o'tmoqchiman:

Javobi noto'g'ri berilgan savollar:

4-tur 3-savolida:
3. Graf va vikont orasida turuvchi dvoryanlik tituli qanday ataladi?
   Javob: Baron

To'g'ri javob: Ular orasida hech qanday unvon yo’q. Ular yonma-yon keladi.


7-tur 9-savol:
2. Ko’k va qizil rangni qo’shsa qaysi rang hosil bo’ladi?
    Javob: Yashil
    
To'g'ri javob: Siyohrang


8-tur 5-savol:
1. Kampirchopon qaysi o’simlik turi hisoblanadi: gilos, gul, yovvoyi o’t?
   Javob: Gul

To'g'ri javob: Yovvoyi o't


10-tur 3-savol:
2. Toshkent metropoliteni nechanchi yili ochilgan?
    Javob: 1987

To'g'ri javob: 1977 yil



Savoli noto'g'ri berilgan savollar:

6-tur 4-savol:
3. Szyansu provintsiyasida joylashgan dunyodagi eng katta shaharlardan birini ayting.
    Javob: Shanxay
    
Bu yerda savol quyidagicha qo'yilishi lozim edi: Szyansu provintsiyasiga g’arb tomondan qo’shni bo’lgan dunyodagi eng katta shaharlardan birini ayting.


7-tur 2-savol:
3. Arabchaga "œDengizlar hukmdori" deya tarjima qiling.
    Javob: Admiral
    
Bu yerda savol quyidagicha qo'yilishi lozim edi: Arabchadan "œDengizlar hukmdori" degan ma’noni anglatuvchi xalqaro atamani ayting.


7-tur 10-savol:
2. Eng katta musiqa organi qaysi?
    Javob: Organ

Bu yerda musiqa organi emas, musiqa asbobi deyilishi kerak edi.


8-tur 8-savol:
2. Nahor so’zining ko’plikdagi shakli qanday bo’ladi?
   Javob: Anhor

Bu yerda "Nahor" emas, balki "Nahr" bo'lishi kerak.


9-tur 6-savol:
2. Anor haqidagi mashhur tuyuq kimning qalamiga mansub?
    Javob: Uvaysiy

Bu yerda tuyuq emas, Chiston bo'lishi kerak.


10-tur 6-savol:
1. 1889-1993 yillarda AQSh Prezidenti kim bo’lgan?
    Javob: Katta Jorj Bush

Bu yerda 1889-yil emas, balki 1989 yil bo'lishi kerak.


Shuningdek, 7-tur 3-savolda to'g'ri javob ikkita ekan.
1. Tanais daryosining xozirgi nomi nima?
    Javob: Sirdaryo, Don


Avval aytib o'tganimdek, tanlov davomida yo'l qo'yilgan barcha xatolar mening e'tiborsizligim natijasidir. Shu sababli ushbu xato va kamchiliklar orqasidan ZiyoUz Forumi va Zakovat Intellektual klubi haqida salbiy fikrga bormasliklaringizni so'rardim.

Hurmat bilan,
Xushnudbek.
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (10-tur)
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 04 Yanvar 2009, 21:58:08
Tanlovning to'liq statistikasini bu yerdan ko'rishingiz mumkin:

http://zakovat.ucoz.ru/savollar/blits_tanlov.pdf


Tanlovdagi barcha savollarni bu yerdan ko'chirib olishingiz mumkin:

http://zakovat.ucoz.ru/savollar/barcha_savollar_word.rar


Tanlovdagi barcha savollarni bu yerdan on-line o'qishingiz mumkin: (PDF formatida)

http://zakovat.ucoz.ru/savollar/barcha_savollar.pdf
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (yakunlandi)
Yuborildi: AbdulAziz 05 Yanvar 2009, 00:54:12
Assalomu alaykum!

Judayam mazmunli va foydali o'tgan bu tanlov tashkilotchisi, unda qatnashgan ishtirokchilarga men ham o'z minnatdorchiligimni izhor etaman.

Mening ham g'oliblarga ozroq sovg'am bor edi. Uni ham inshalloh ularga taqdim etamiz.

G'oliblar uchun kitoblar:

1-o'rin - "Kiprikda qolgan tong" (qissalar, hikoayalar, xotiralar). Said Ahmad

2-o'rin - "Nur va soyalar" (hikoyalar). Rabindranat Tagor

3-o'rin - "G'aroyib bolalar" (roman va hikoyalar). Aziz Nesin
Nom: Re: BLITS SAVOLLAR TANLOVI (yakunlandi)
Yuborildi: Mashhura 08 Fevral 2011, 10:46:38
Assalomu alaykum. Yana savollar davom etadimi?