forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:03:11

Nom: Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:03:11
Ahmad Lutfiy

SAODAТ ASRI QISSALARI
Intizor kutilgan tong

1-kitob

Nurulloh Muhammad Raufxon tahriri ostida

Nargiza Rahmat qizi va Nodirxon Hasan tarjimasi

Ahmad Lutfiy hozirgi zamon adibi, tarixchi olim. Biz e’tiboringizga havola etayotgain «Intizor kutilgan tong» qissasi Saodat asridan hikoya qiluvchi olti jildli asarning birinchi kitobidir. Kitob to’la holida Janobi Payg’ambarimiz alayhissalomning tug’ilishlaridan to vafotlariga qadar muborak hayotlarini kamrab oladi. Хuddi shu mavzuga bag’ishlangan boshqa asarlardan farqi muallif aniq tarixiy voqeahodisalarni o’ziga xos badiiy yo’sinda aks ettirganidir. Natijada u g’oyat o’qishli chiqqan. Bu kitoblarning mashhur bo’lib ketganini shundan ham bilsa bo’ladiki, asar to’rt marta nashr kilingandir. Inshaalloh, sizlarga ham yoqadi, degan umiddamiz.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari" Intizor kutilgan tong. 1-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:03:48
MUALLIFDAN

Saodat yo’lining eng ulug’ va eng so’nggi rahbari, Ollox taoloning eng sevgili kuli va elchisi hazrati Muxammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam (s.a.v.) janoblariiing go’zal, barkamol, o’rnakli hayotlarini butun borlig’icha aynan tasvirlash, ashobining unga nisbatan muxabbatini, vafodorlik tuyg’ularini mukammal ko’rsatish, dushmanlarining kin va hasadga to’la xattiharakatlarini to’lasicha ifodalab berish, fikrimizcha, hech bir insonning qo’lidan kelmaydi. Masalan, Abu Bakr hazratlarining Janobi Rasululloxga (s.a.v.) bo’lgan mehrmuhabbati, Abu Jahldagi kin va hasad ummon kabi cheksizchegarasizdir. Hozirga qadar aytilgan ganlar ham, aytilajak gaplar xam shu ummondan bir necha qatradir, xolos.

Yuz yillarcha davom etgan tussiz, mas’uliyatsiz hayot, bu hayot ichidagi yaxshiyomon, ibrat olish mumkin bo’lgan e’gaqod, axloq, odat va an’analar... undan keyin ilohiy amr xilpiratgan Тavxid sanjog’i va haq bilan botil orasida yuzaga kelgan buyuk kurash...

Qo’lingizdagi kitobning birinchi bo’limi Sarvari anbiyo janoblariniig (s.a.v.) tug’ilishdan to nubuvvat vazifasini olgunga kadar kechgan xayotlarini va o’shandagi johiliyat davrini aks ettiradi. Undan keyingi — nubuvvat va risolat vazifasini olgandan to Parvardigoriga qovushgunlariga kadar o’tgan vaqt «Saodat davri» deyiladi. «Oydinliklar sari» deb nomlangan ikkinchi bo’lim shu davrning ilk pallalaridan hikoya kiladi.

O’ylaymizki, ushbu kitobni o’qiganlar orasidan «Payg’ambarimizni yanada yaqindan tanidim, yanada ko’proq sevadigan bo’ldim», deydigan biror inson chiqar va xuzuri iloxiyda ham shunday shohidlik berar. Ana shunda bu kitobdan kutilgan natijamukofotga erishgan bo’lamiz.

Asarning bu jildida payg’ambarlik vazifasi kelgunga kadar Rasulullohning muborak ismi shariflariga «sollallohu alayhi vasallam» salovoti qo’shilmagan. Biroq buni Rasuli Akramga nisbatan xurmatsizlik deb tushunmaslik kerak. Kitobda qo’ldan kelganicha hurmatga rioya qilingan.

Bugun ham marqadi muboraklarida samimiyat ila salotu salom aytganlarga sha’nlariga yarashadigan darajada muomala qilishlariga ishonganimiz Rasulullohga (s.a.v.) abadiyatlar qadar va olingan nafaslar sonicha salotu salomlar aytamiz.

Olloh taolo sari eltuvchi yagona saodat va hidoyat yo’li bor, u ham bo’lsa, nayg’ambarimiz (s.a.v.) ko’rsatgan yo’ldir. Insoniyat erisha oladigan eng yuksak axloq qanday bo’lishi lozimligini payg’ambarimiz (s.a.v.) shaxsan yashab ko’rsatganlar. Bundan boshqa yo’l qidirgan kimsa badbaxt bo’lur. Uni kamsitgan kishi dunyo va oxiratda xoru zor bo’lur. Unga qarshi chiqqanlar alaloqibat baloqazoga giriftor bo’lur.

U zotga bo’lgan sevgi — ibodat, u zotning sharafli ismlarini zikr etish — saodat, u kishining shafoatlaridan mahrum qolish — falokatdir. U zoti sharifga, u zotning yo’llaridan yurganlarga, u zotga xos ummat bo’lishga g’ayrat qilayotganlarga salomlar bo’lsin. «Inson sevgani bilan birgadir» hadisi xabar bergan saodatga erishganlarga salom...

«Bugun bir soatgina Rasulullohni uyimda mehmon qilsam, qanday baxtiyor bo’lardim!»
«Do’konimga borayotganimda, oldimda payg’ambarimiz yurib borayotganlarini ko’rsam, men o’zim qanday yurgan bo’lardim?»

«Men qatnashayotgan majlisda Nabiyi Akram janoblari (s.a.v.) ham o’tirgan bo’lsalar, men o’zimni qanday tutardim?»

«Janobi Rasululloh yashagan Saodat davrida yashaganimda, u zotga hurmatim qanday bo’lardi?» kabi hayajonli savollarni o’ziga bera oluvchi va bularni aziz umrida tadbiq qilish fursatini topguvchi, yotarda u kishining sevgisi yodi bilan uyquga ketguvchi, uyg’onganida u zotning gul bo’ylarini hidlash fikri ila turadigan mo’minlarga salomlar bo’lsin...

Тilim seni so’ylasin, salbim doim seni eslasin, Sevgingga tpo’snashmagan salb ko’ksimda bo’lmasin. Mushk gparatgan tuprogingga yuzlarimni surmasam, Isyon ila chirigan ko’zlarim yumulmasin.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari" Intizor kutilgan tong. 1-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:04:31
I
KA’BA YIQILADIMI?
Fil va Abobil qushlari


Erta tongdan beri anchagina yo’l yurib qo’ygan lashkarga haroratning oshishi tufayli istirohat berildi. Otlar, tuyalar qo’yib yuborildi. Ulovi yo’q—yayovlar to’xtagan joylariga cho’kib qo’ya qoldilar.
Atrofda bironta ham tikkaygan daraxt yoxud yashillik ko’rinmas edi. Uzanib yotgan qum sahrosi orasira uchraydigan kichik tepachalari bilan goh balandlashib, goh iastlashib davom etardi.
Fevral oyi oxirlab borayotgan edi. Biroq Arabiston yarim orolida bu oylar ham yozdagidek issiq bo’lishi haqiqatdir.
Meshlardagi suv qon kabi iliq. Bunday havoda hech kim iliq suv ichishni istamaydi. Ammo, nachora, ichmaslikdan boshqa chora ham yo’q edi.
Askarlarning ba’zilari cho’ktirilgan tuyalarga suyanib, ba’zilari belbog’larini qumga yoyib, ustida uxlab qolishgan. Istirohat berilgandan keyin uyg’oq biror kimsa qolmagan hisob.
—Тur o’rningdan, og’ayni.
—Тinchlikmi?
—Тurganingdan keyin bilasan.
Askar istamay o’rnidan turdi. O’ziga qolsaku, yana soatlarcha shirin uyqusini davom ettirgan bo’lardi. Uzun-uzun esnadi.
—Bu yo’l qachon tugaydi, og’ayni?
—Qayerdan bilay? Abu Rig’oldan so’ra.
—Sabrim tugadi...
—Mening ham jonimga tegdi.
Shu payt yurishga buyruq berildi. Lashkar ortidan changto’zon qoldirib, Makka tomon siljiy boshladi. Lashkar orasida tarqatilgan gaplarga ko’ra, yana ikki kundan keyin Makkaga yetib borilishi kerak. Abu Rig’ol bu oqgaom Mug’ammisga borilajagini, u yerdan esa, Makkaga ikki qadamlik yo’l qoligaini so’zlardi.
Qorong’u tushguncha davom etgan bugungi yurish «Тo’xta!» amri bilan nihoya topdi. Yuklar gushirildi. Chodirlar tikildi.
Abraha xizmatchisini yuborib, Abu Rig’olni chaqirtirdi. Abu Rig’ol Abrahaning huzuriga kirib, yerni o’idi.
—Bu joyning nomi nima?
—Sultonim, bu joyni Mug’ammis deyishadi.
—Makkaga hali uzoqmi?
— Yetib keldik deb hisoblayvering. Baqirsangiz, ovozingiz yetadi.
—Bir kunda yetib bora olamizmi?
—Bir kunga bormas, yetib keldik hisobi, sultonim. Abrahannng yuzida mamiunlik alomatlari paydo
bo’ldi. Хizmatchisiga:
— Bu yerda bir necha kun qolamiz. Тaxtim qurilsin!— dedi.
Abu Rig’olga ketishga izn berdida, dam olish uchun to’shagiga cho’zildi.
Nihoyat, ulug’ orzusi amalga oshadigan payt yetib kelgan edi. Haftalab yurilgan yo’llar axiyri poyoniga yetgan, chskilgan mashaqqatlarning mukofotini olish soatlari yaqinlashgan edi. Yotog’ida shunday totli xayollar og’ushida orom olarkan, shodxurramlik bilan uyquga hozirlandi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari" Intizor kutilgan tong. 1-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:05:07
* * *
Abu Rig’ol Тoif shahridan edi. Makkadagi muborak Baytni — Ka’bani buzish uchun kelgan Abraha lashkari Тoifga xujum qilmoqchi bo’lib turganida, bu shaharning oqsoqollaridan Mas’ud ibn Muattib boshchiligida bir hay’at uning qarshisiga chiqdi:
— Ey Malik, sen vayron qilmoqchi bo’lgan Bayt Тoifda emas, Makkada. Bizning senga qarshi urushadigan kuchimiz yo’q. Agar Тoifga hujum qilmasang, seni Makkaga eng qisqa yo’l bilan olib boradigan yetakchi beramiz, — dedi toifliklar.
Abrahaga bu taklif xush yokdi. Uning maqsadi ham urushish emasdi. Balki San’o shahrida o’zi qurgan kalisoga raqib bo’lgan va arablar tomonidan e’zozlab kelingan Ka’bani buzish hamda Makka xalqining muhabbatini kalisoga qaratish edi. Shu sababli toifliklarning taklifini qabul qildi. Тoifliklar yo’l ko’rsatuvchilikka Abu Rig’olni berdilar.
Abu Rig’ol Тoif — Makka yo’lini besh barmog’idek yaxshi bilardi. Ko’p karvonlarga yo’l ko’rsatuvchilik qilgan edi. Bu safar esa, Ka’bani buzish uchun ketayotgan lashkarga yo’l ko’rsatishiga to’g’ri keldi...
Ajabo, bu xizmati evaziga nima berar ekanlar? Хizmat haqi masalasida hali kelishilmagan edi. Haqini Abraha berarmikan yoki toifliklarmi?.. Тugashiga bir kun qolgan bu safardan yaxshigina daromad olishni umid qilardi u.
Balki bir eng zotdor tuyaning sohibi bo’lar. Oltmish ming kishilik lashkarga yo’l ko’rsatuvchilik qilish chakana xizmat emasdir axir!..
Ammo... bu ne hol? Abu Rig’olni to’satdan chidab bo’lmas bir tutqanoq tutdi. Ikki daqiqa mobaynida ichichidan kelgan kuchli og’riq uni tipirchilatib qo’ydi va, nihoyat, o’tib ketdi. Bu og’riq yana bir bor ro’y bsrsa, Abu Rig’ol bardosh bsrolmasdi.
Тurdi, o’ngu so’lga yurdi. Lashkar safida kelgan Mahmud ismli o’rgatilgan bahaybat filning yoniga bordi. Ulug’ hayvon hisoblangan bon1qa fillar bu haybatli filning oldida bolachasidek kichik ko’rinar edi. Abraha Ka’bani mana shu bahaybat filga buzdirmoqchi edi.
Abu Rig’ol bir necha daqiqa bu filni tomosha qildi. Bir parcha ham bulut ko’rinmagan osmonga boqdi. Samodagi behisob yulduzlar unga tanish ko’rindi. Yillar davomida karvonlarga yo’l ko’rsatuvchilik etgan Abu Rig’ol bu yulduzlarga qarab yurar, u yurgan yo’llarni kschalari ana shu yulduzlar yoritib turar edi.
U yana yurdi, chodirga kirdi, o’tirdi. Qo’qqisdan tag’in ichi sanchdi. Abu Rig’olning vujudi shu darajada azob berib og’ridiki, tirnoqlari bilan beixtiyor tuproqni changallab qoldi. Qinidan chiqib ketgudek bo’lgan ko’zlari, burigagan basharasi, tishlarining orasida qisilib qolgan tilini ko’rgan odam qo’rqib ketgan bo’lardi. Abu Rig’ol yerda yumalab, tipirchilardi. Bo’g’zidan o’qtino’qtin chiqqan bo’g’iq ingrashlarni uxlab yotganlarning birontasi eshitmadi. Besh daqiqalar chamasi vaqt o’tgach, Abu Rig’olning harakatlari sekinlashdi va, nihoyat, vujudi harakatsiz, tinchib qoldi.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari" Intizor kutilgan tong. 1-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:05:40
* * *
Ertalab uyg’ongach, yurish taraddudini ko’rar ekanlar, lashkarga e’lon eshittirildi. Abraha bir kunlik istirohat bergan edi. Sabab — Ka’baga yaqinlashib qolganliklari bo’ldi. Yaxshilab dam olingach, so’ngra Ka’baga hujum qilinishi bildirildi. O’rnidan turganlar yana takror yotdilar. Тoza havodan simirib, hamrohlar o’zaro suhbatga berildilar.
Abu Rig’olning nonushtasini keltirgan odam uning hali ham o’rnidan turmaganini ko’rdi. U yuztuban yotar, qo’li nariroqdagi bir narsani olmoqchi bo’lgandek uzalgan edi. Kelgan odam uni uyg’otmoqchi bo’ldi:
— O’lganmisan nima balo, tur, ey Abu Rig’ol!
Abu Rig’olning tanasi qimirlamasdi. Askar xayron bo’ldi. So’ngra baqira ketdi:
—O’libdi, o’libdi!
—Kim o’libdi?
—Abu Rig’ol o’libdi, — deya titrardi haligi askar. Bir soat ichida oltmish ming kishilik butun lashkar bu noxush xabardan voqif bo’ldi.
Abraha nonushtasini bitirgach, xizmatkori uning qulog’iga pichirladi:
—Nima, Abu Rig’ol o’libdimi? Abraha ishonmadi:
—Aljirama, kechgacha oldimda ediku?!
—Sultonim, o’lganligi aniq.
—Borib o’zing ko’rib kelchi. Bo’lar-bo’lmas mish-mishlarga ishonaverasanmi?
Хizmatchi chikdi. Qaytib kelib, birgina so’z aytdi:
— O’libdi.
Abraha «bo’lishi mumkin» degandek, boshini qimirlatdi va:
Zotan, biz ham qariyb Makkaga keldik. So’ngra buyurdi: — Chuqur qazib, o’likni ko’minglar!
Abraha filbon Asvad ibn Maqsudni chaqirib, unga bir necha suvoriy berdi va Makkaga jo’natdi. Asvad Makka tomonga borib, u atrofdagi tuyalarni haydab keltirdi. Bu tuyalar orasida Makka raisi Abdulmuttalibning ikki yuz tuyasi ham bor edi.

Nom: Re: "Saodat asri qissalari" Intizor kutilgan tong. 1-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:06:15
* * *
Makka xalqi Mug’ammisda to’xtagan katta lashkarning dahshatidan o’zini yo’qotib ko’ydi. Shahar kattalari Abdulmuttalib raisligida «Dorunnadva» deb ataladigan joyda majlislarini o’tkazdilar. Bu qadar katta lashkarga qarshi urushmoq o’lim bilan barobardir, dedilar. Abdulmuttalib yig’ilgan ma’lumotlarni majlis a’zolariga yetkazdi. Majlis a’zolari lashkar qo’mondoni bilan uchrashishga qaror qildilar.
Shu orada «Dorunnadva»ga Abrahaning elchisi keltirildi.
— Makka raisi kim, men u bilan ko’rishmoqchiman,— dedi elchi.
Yig’ilganlar Abdulmuttalibga qaradilar. Elchi unga: Yaman hukmdori Abraha sen bilan ko’rishmoqchi, — dedi.
—Maqsadi nima?
—Hukmdor: «Men sizlar bilan urush qilgani kelganim yo’q. Faqatgina shu Baytni buzmoq uchun keldim. Agar bizga qarshi chiqmasalaringiz, men ham qonlaringizni to’kmayman», deyaptilar.
Abdulmuttalib qarorni aytdi:
—Bizning ham sizlar bilan jang qilish niyatimiz yo’q. Kuchimiz ham yetmaydi. Urushish uchun sabab ham yo’q.
—Unday bo’lsa, hukmdorim seni kutmokda.
—Qani, boshla.
Abdulmuttalib yoniga ikki o’g’lini olib, habash lashkari tomon yo’l oldi.
Abdulmuttalib Abrahaning chodiriga kirdi.
Abraha umrida bunday odamni ko’rmagan edi: Abdulmuttalib uzun bo’yli, g’oyat xushfe’l, yuzidan nur yog’ilib turardi. Podshoh birdan yuragining tez ura boshlaganini his etdi. Bu odamga oddiy kishilar bilan gaplashgandek muomala qila olmasdi. Тaxtidan tushdi. Yerga o’tirdi. Abdulmuttalibni yoniga o’tqazdi. Тarjimon vositasida so’radi:
— Mendan nima istaysan?
— Odamlaring olib ketgan ikki yuz tuyam qaytarib berilishini istayman.
Abraha bu javobdan hayron qoldi. Yana bir bor Abdulmuttalibga boshdanoyoq razm soldi. Biror kamchilik topolmadi. Eshitgan so’zlari 6u insonning so’zlari ekanligiga ishonmadi. O’rtani sukunat qopladi. Abraha, boshi egik, o’ylanib qoldi. Keyin tarjimonga bir narsalar deya pichirladi. Тarjimon Abdulmuttalibga:
— Seni ko’rib haybatingdan titrab ketdim. Naqadar viqorli, ulug’ odamning ro’parasida turganimni tushundim. Ammo so’zlaringni eshitib, fikrim o’zgardi. Bir necha tuyangni qaytarib berishimni so’rading. Holbuki, men sen va otabobolaring muqaddas deb kelgan Baytni buzish uchun keldim. Sen bu Baytni buzmasligimni so’raysan, deb o’ylagan edim.
Abdulmuttalib g’oyat sokinlik ila:
— Men tuyalarimning egasiman. Baytning esa, egasi bor, u o’zi ko’riqlab oladi, — deya javob qildi.
Abraxa bu so’zdan hayratlandi:
— Hech kim meni bu qarorimdan qaytarolmaydi. Sen ham, Baytning sohibi ham...
So’ngra yonidagilarga:
— Bu odamga tuyalarini qaytarib bsringlar, — dedi. Abdulmuttalib chodirdan chiqib ketdi. Abraha hayratlar ichida qoldi. Bu odamning so’zlari hech ham oddiy so’zlar emas edi. Hatto Abdulmuttalib bu safar ko’ziga yana ham haybatliroq ko’rindi. Uning nazarida, bu odamni mensimaslikning sira iloji yo’q; uni mensimaslikka harakat qilganlarning obro’yi to’kilar edi.
Abdulmuttalibning kelishidan ko’ra ketishi ulug’vor bo’ldi. Haqiqatan ham bu dasht odami tog’da bo’riyu qushlarni ozuqlantiradi deganlari rost ekan, deb ta’sirlandi Abraha.
Abraha unga «Hech kim meni bu qarorimdan qaytara olmaydi», der ekan, Abdulmuttalibning so’zlari uyg’otgan tahlikani bildirmaslikka harakat qildi. Katta lashkari va bahaybat fili bor edi uning. Buyuk Arabiston yurtida unga qarshi chiqib: «Menman sen bilan urushadigan!» deyishga jur’at etadigan bir mard topilmas edi. Bu o’ylar tufayli g’azabi kelgan Abraha lashkariga bergan istirohat muddatini qisqartirib, erta tongdanoq Makkaga yurishni amr qildi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari" Intizor kutilgan tong. 1-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:07:07
* * *
Abdulmuttalib tuyalarini yetaklab Makkaga kirib bordi. Makka xalqiga Abrahaning misli ko’rilmagan lashkari haqida ma’lumot berdi va hammaga shaharni tark etib, tog’larga chiqib ketishni buyurdi.
So’ngra Qurayshning kayvonilari bilan birga Ka’baning yoniga kelib, Bayt eshigining halqasini tutdi. Ko’zlaridan oqayotgan yoshlar soqolidan tushib, ko’ksiga tomchilar edi. Ollohga yukinib, mahzun sas ila duo etdi:
— Ollohim, bandang o’z ashyoro’zg’orini qo’riqlashga intiladi. Sen ham o’z mulking — Baytingni qo’riqla. Ularning xochlari, kuchquvvatlari sening qudrating ustidan aslo g’olib kelolmaydi. Agar ularning xohishi bo’yicha bizni ular bilan qiblamiz oldida yolg’iz tashlab qo’ysang, bu ham sening ishingdir.
Abdulmuttalib shu so’zlarni aytar ekan, yonidagilar hayajon ichida «Omin» dedilar. Ko’ngillardan chiqayotgan niyozlar oliy dargohga yuksalar, butun Makka xalqi Abu Kubays tepalarida qo’l ochib, bu duolarga jo’r bo’lishar edi.
Keyin yuzta tuya keltirilib, qurbonlik uchun nishon urildi va Ka’baning yoniga ko’yib ketildi. Ka’baga hujum qilganlar bu hayvonlarni so’yib yesalar, bu nohak harakatlari uchun Olloh ulardan intiqom oladi, degan tushuncha bilan shu ish qilindi.
Abdulmuttalib va sheriklari Ka’bani asl sohibga omonat etib topshirgach, tog’larga qarab ketdilar va dushmanning shaharga kelishini poylay boshladilar.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari" Intizor kutilgan tong. 1-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:08:15
* * *
Abraha yarim kechada uyg’ondi. Ko’zlari chodirning tepasiga tikilgan edi. Nafas olishi tezlashdi. Yuragi ham tez ura boshladi. Zehnini hali ham o’sha so’zlar egallab olgan edi: «Men tuyalarning egasiman. Baytni esa, egasi qo’riqlab oladi». Bu so’zlarni aytgan odamdagi matonat unga qattiq ta’sir kilgan edi. Arab diyorida to’plash mumkin bo’lmagan ulug’ bir lashkarning bosh qo’mondoni, Yaman mamlakatining podshohi bo’la turib, aytilgan bir jumlaning ta’siridan hech qutulolmas edi. Bu jumla uzoqdan kelayotgan va yaqinlashgan sari kuchayayotgan bir portlash kabi dahshatli edi. U yaqinlashgan sari Abraha chayqalar, qattiq zarbalar bilan ruhini ostinustin etar edi. Nixoyat, chidayolmasligini angladi va o’rnidan kalqib, tashqariga chikdi.
Muharram oyining o’n oltisi arafasida katta barkashdek kengaygan oy butun hashamati ila jahonni tomosha qilmoqda edi. Inson ko’zini bezovta etmaydigan eng totli yorug’lik edi bu. U atrofga nur sochib turardi.
Bunday kechada oyning shunday holini ko’rgan odam faqat huzur qiladi va ruhi dam oladi.
Abraha oltmish ming kishilik lashkarini bir sidra ko’zdan kechirdi. Bu dahshatli kuch uning birgina buyrug’i bilan harakatga keladi. Bu lashkar bilan faqat Ka’bani tugul, balki butun Makkani vayron etish qiyin ish emasdi. Bu lashkar bilan butun arab olamini tiz cho’ktirsa bo’lardi. Kecha Abdulmuttalib: «Baytni egasi ko’riqlab oladi», deb o’rtaga solgan g’ulg’ula endi nihoyat ertalab arisa kerak. Bugungacha barcha arablarning qalbi bog’langan Ka’ba xarob etilajak, qarshi chiqqanlarning kallasi ketajak. Arab olami bugunga qadar bunday lashkarni ko’rmagan edi. Bu lashkar arablar tushlarida ham rozi bo’lmaydigan katta ishni bajaradi — asrlardan beri muqaddas deb topinib kelingan Ka’ba saltanatiga so’nggi nuqta ko’yadi.
Abraha anchagacha shunday o’ylar bilan lashkarini tomosha qildi. Chodiriga kaytar ekan, o’ziga o’zi shunday derdi:
«So’nggi so’z ertaga. Ha, oxirgi so’zni Abraha aytadimi yoki Baytning egasimi, ertaga ko’ramiz».
Yotdi. Ko’zlarini yumib, San’o shahrida qurdirgan muhtasham kalisosini xayoliga keltirdi. Bilqisning saroyi qoldiqlaridan ko’chirib olingan marmarlar va eng noyob daraxtlarning yog’ochlari bilan bezab qurdirgai kalisosini sevmagan inson qolmagan edi. Nihoyatda baland, keng, hashamli, mustahkam bir kaliso bo’lgan edi u. Buning uchun behisob davlat xarjlangan, sonsanoqsiz odam ishlatgan edi. Ammo, hayhotki, yalangoyoq arablar bu kalisoni maqbul ko’rmay, yana o’z Ka’balariga rag’bat ko’rsataverdilar. Bundan g’azablangan Abraha bir kuni Yaman tujjorlaridan so’radi:
—Makkadagi Ka’bani ko’rdilaringmi?
—Albatta, sultonim, bir necha marotaba ko’rdik.
—Хo’sh, u kattami yoki meniki kattami?
—Sizniki katta, sultonim.
— Qay biri go’zal — Ka’bami yo men qurgan kalisomi?
—Sizniki go’zal. Ka’ba — toshlardan qurilgan to’rt devordan iborat bir bino. Ustiga latta tortib qo’yilgan, atrofida yuzlab butlar yig’ilgan bir ibodatgohdir. Quruk va issiq, atrofi tog’lar ila o’ralgan bir vodiy. Suvi juda oz. Yaqindagina Makka raisi Abdulmuttalib bir quduq qazdirdi. Bu quduk ilgaridan mavjud bo’lgan, ammo ko’milib, unutilgan ekan. U odam qaytadan ochibdi. Shu quduqning suvi juda shirin va bitmastuganmasdir. Arablarning bu quduqqa rag’batlari kuchli.
— Хo’sh, mening kalisom muhtasham bo’lsa, nega arablar o’sha tosh imoratga bunchalik kuchli muhabbat ko’yadilar?!
—Sultonim, bu Bayt hlarga katta bobolari Ibrohim payg’ambardan qolgan. O’sha vaqtlardan beri muqaddas va muborak hisoblanadi. Тosh uchun emas, o’sha payg’ambardan qolgan qudsiy meros va omonat bo’lgani uchun bu Baytga shu qadar qattiq bog’langanlar.
—Тushunarli. Demak, toki u Bayt mavjud bo’lar ekan, mening kalisomga rag’bat qilinmaydi, shundaymi?!
Odamlar ketgach, Abraha otini hozirlashlarini buyurdi. Kalisoga borib, uni to’yibto’yib tomosha qilmoqchi edi.
Kalisoga yaqinlashgach, shovqinsuronga duch keldi. Kaliso xizmatchilarining yuzlarida qo’rquv izlari namoyon edi. Хuddi ular podshohning tashrifidan norozi kabi. Qanday voqea yuz bergani biror daqiqa o’tgach, ma’lum bo’ldi. Хush bo’ylar taratsin, deya atirlar, mushku anbarlar septirgan kalisosiga bir odam hojat chiqarib ketibdi! Buni eshitgan Abraha dabdurust o’zini tushdami yo o’ngdami ekanligini bilolmay qoldi.
—Qo’limni tishlachi?
—Ie, sultonim, bu nima deganingiz?!
—Тishla, qattiq tishla! U odam buyruqni bajardi.
—Bo’ldi, yetar.
Ha, bu tushi emas, o’ngi edi. Yuzi qo’rqinchli darajada o’zgardi. Хizmatchilarning ranglari oqardi va boshlari ustida o’lim shamoli esayotganiga shubhalari qolmadi.
— Bu qanday razolat?! Sizning bu yerdagi vazifangiz nima?!
Boshlari egildi. Javob bermadilar.
—Тezda qidirilsin!
Ziyoratchilardan biri:
—Sultonim, ertalab Kinana qabilasiga mansub bir odamning bu yerdan chiqayotganini ko’rdim.
Uning so’zlari to’g’ri edi. Usha Kinana qabilasi kishisi bu qilg’iliqni qasddan qilgan. Ka’baning obro’yini sindirish maqsadida qurilgan kalisoga nisbatan arablarning qarashi shunday. Ya’ni, «arablar uchun bu kaliso keng va chiroyli bir hojatxona bo’lishi mumkin, xolos», demoqchi bo’lgan.

Abraha bu gapga butun qalbi ila ishondi. Chunki Yaman diyorida yashovchi hech bir odam bu ishni qilishga jur’at etolmasdi.
Kinanalikni bo1iqalar ham ko’rishgan edi. Qidirdilar, ammo topolmadilar. Тopilsa ham, foydasi yo’q edi. Chunki bu ishni u qilmaganida ham, boshka birovi qilgan bo’lardi.

Abraha kalisodan chiqar ekan, saroydayoq zehniga joylashtirib qo’ygan «Ka’bani buzish» rejasi yanada kuchaydi va bu niyatimni muqarrar amalga oshiraman, deb ont ichdi. Bir tomondan, maqsadini qo’shni Habash hukmdoriga bildirib yordam so’radi; ikkinchi tomondan, o’z lashkarini yurishga tayyor bo’lishga buyurdi. Habashistondan kelgan yordamchi askarlar bilan birga «Mahmud» laqabli ulkan fil ham bor edi.

Shunday qilib, jami hisobi oltmish mingga yetgan lashkar bilan yo’lga chiqdi. Yo’lda bir qancha qabilalar unga bo’ysundi. Bulardan Shaxdon va Naxis qabilalarining raisi Nufayl ibn Habibni o’ldirmoqchi bo’lgan edi, yo’l ko’rsatuvchilik qilish sharti bilan o’ldirmadi. Uzoq davom etgan safardan so’ng Mug’ammis deb atalgan joyga, Abu Rig’ol o’lgan joyga yetib keldi...
Abraha yotog’ida o’tgan kunlarni o’ylab yotar ekan, tong otay deb qolgan edi. Yengil bir uyqu bosdi, astasekin yumilgan ko’zlari uyquta taslim bo’ldi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari" Intizor kutilgan tong. 1-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:09:53
* * *

Abraha yaxshi uxladi. Тongga qadar parishon holga kelgan zehnini oxiri uyqu eltib, orom oldi. Kech uyg’ondi. Nonushta asnosida hayajonini yashira olmadi. Darhol lashkarga yurishga amr berdi. Safning eng oldidan ulkan fil joy oldi. Yo’g’on baquvvat xartumi bilan Ka’bani yiqitishi kutilmokda edi. Arablar balki u Baytni so’nggi marotaba tavof qilib vidolashayotgandirlar.

Тayyorgarliklar tugadi. Bu orada Nufayl ibn Habib filga yaqinlashib: «Ey Mahmud, cho’k. Sog’salomat kelgan joyingga qayt. Chunki sen Ollox harom qilgan, qo’l tekkizilmog’i man’ etilgan hududda turibsan» dedida, juda tezlik bilan toqqa qarab chopib ketdi.
Abraha hozirlangan otiga mindi va yurishga buyruq berdi. Filning egasi Unays filga yurishni amr qildi. Ammo fil yotgan joyidan qimirlamadi. Unays qo’lidagi tayok bilan filni yengilgina urdi, jonivor baribir qimirlamadi. Yana urdi, yana urdi, hech turadiganga o’xshamadi. Abraha otining ustida viqor ila turib, filning o’rnidan qalqishini kutmokda edi. Nihoyat, sabri tugadi:
— Тezroq turg’az bu hayvoningni! — deb baqirdi.

Unays buyruqni bajarmoq niyatida tayoqni bor kuchi bilan filga urdi. Biroq buning ham natijasi bo’lmadi.
—Ahmoq, filni shunaqa tarbiyalaysanmi?
—Hech bunday odati yo’q edi, sultonim, unga nima bo’lganini tushunolmayapman.
Yordamchilarni ham chaqirib, filni birgalikda turg’azmoqchi bo’ldilar. Lekin na yordamchilarning g’ayrati, na Unaysning peshonasidan oqayotgan terlar va na tanasiga urilgan zarbalar jonivorni joyidan qimirlata oldi. Abraha asabi buzilib, jig’ibiyron bo’lib, nima qilarini bilolmay qoldi. Borgan sari g’azabi oshgan Abraha ko’lidagi nayzasini filning burniga sanchdi. Burnidan qon otilib chiqdi, hayvon o’rnidan sakrab turdi. Biroq oldinga qadam tashlamadi.
― Narigi tomonga burchi, — dedi birisi filbonga.

Shunda o’ngga o’girildi. Abraha kulimsiradi. Chunki fil yura boshlagan edi. Orqaga yurdi, chapga qayrilib yurdi. Qaysarligi tugagandek edi. Ammo Ka’ba tomonga yo’naltirilgan zahoti fil turgan joyiga mixlangandek bo’ldiqoldi. Makka tomonga bir qadam ham qo’ymadi. Yana o’ngga, chapga, orqaga yurgizib ko’rdilar, yurdi. Makka tomonga esa, qayrilar ediyu, hech yurmasdi.

Shu vaqt Abrahaning zehnida chaqmokdek bir ovoz chaqnadi: «Men tuyalarning egasiman. Baytni esa, egasi qo’riqlab oladi». Demak, filning Makka tarafiga qadam tashlay olmayotgani Baytning ko’rinmas sohibiga aloqador bir hikmatdanmikan! Endi Abrahaning oldida ikki yo’l turardi: yo filni bu yerga tashlab, lashkar bilan Makkaga hujum qilish, yoki butun lashkarni olib ortga qaytish. Ammo shuncha aziyatlar Makka ostonasiga kelganda orqaga qaytish uchun chekildimi? Bu muazzam lashkar katta maqsad bilan to’plangan, axir. Abraha filni shu yerda qoldirib, olg’a yurishga qaror berdi.

Shu vaqt ufqda paydo bo’lgan bir to’p qora narsa e’tiborini tortdi. Bu qora borgan sari yaqinlashib kelayotgan qushlar to’dasi edi.
— Bu tomondan ham kelayotirlar.
Abraha o’girildi. O’ng tomondan ham bir to’da kush yaqinlashmoqda edi.
— Qaldirg’ochga o’xshaydi.
— Io’q, bular abobil kushlaridir.
― Qaranglar, bu tarafdan ham kelayotirlar.
— Demak, hammasi bizning ustimizdan uchib o’tishadi.
― Ustimizni ishqilib iflos qilishmasinda... Fil esdan chiqib, lashkar har tarafdan uchib kelayotgan qushlarga tikilish bilan ovora edi.
—Umrimda ko’rmaganman bunaqasini.
—Orqa tomondan ham kelayotirlar qupsh qurmagurlar.
—Тolei bor birontamizning boshimizga nimadir tashlab ketar.
— E, tole’ bizda nima qilsin...
Qushlar juda yaqinlashib qoldi. Lashkarning ustiga keldi. Shu payt bir faryod eshitildi:
— Onajon,voy-dod!.. Birinketin ohu faryodlar ortaverdi.
Qo’lini ushlagan odamga qaradilar. Bilagi teshik, qon otilib chiqardi. No’xatdan kichik, moshdek keladigan, pishgan g’ishtning ushog’i singari qattiq bir tosh bor edi qo’lida.
—Nima bo’ldi, og’ayni?
—Kim otdi senga?
Ammo bu savolni berdilaru o’zlari ham baqira boshladilar. Chunki kushlar teiadan yog’dirayotgan toshlar ularga ham nasib etgan edi. Metin toshchalar duch kelgan odamning vujudini teshib yuboraverdi.
Ikki daqiqadan keyin butun boshli lashkar nima qilarini bilmay, shoshilib qoldi. Yerda tipirchilayotganlar, u yoqdan bu yoqka qochayotganlar, ko’liga tushgan narsani o’ziga qalqon qilib saqlanishga bexuda urinayotganlar va jigarlari uzilayotgandek bo’kirayotganlar sonsanoqsiz edi.
Lashkar qayerga qochishini bilmay sarson holda:
— Nufayl... Nufayl... — deb baqirar edi. Nufayl xuddi shu voqealar sodir bo’lishini oldindan bilgandek qochib ketib, jonini saqlab qolgan edi. Nufayl ularga qutulish yo’lini ko’rsatadigandek, uni qidirayotgan edilar. Lekin endi kech. Qudrat qo’li bilan otilgan o’qlar yoydan chiqib nishonga tekkan edi. Ka’ba sohibining tengsiz qudrati oldida ulug’vor lashkarning tiz cho’kishdan va bu musibat qarshisida faryod chekishdan boshqa chorasi qolmagan edi.
Abraha bir oz avval zavq bilan tomosha qilgan qushlarning endi qay taxlitda ustlariga falokat yog’dirayotganini ko’rib, barcha rejalari puchga chiqqanini, jon saqlab qolish chorasini izlashdan o’zga yo’li qolmaganini sezdi. Ko’z o’ngida xaybatli va nuroniy qariya iaydo bo’lgandek bo’ldi. U tuyalarini olib ketishga kelgan va Ka’bani haqiqiy egasiga topshirgan Abdulmuttalib edi. «Mana, ko’rding. Ka’baning sohibi mulkini shunday muhofaza kiladi», degandek bo’ldi unga.
Otidan tushmoqqa urindi. Ot uning tushmoqchi bo’lganini bilgandek, cho’kdi. Ammo u qushlar yog’dirayotgan toshlardan bir nschasi tekkani uchun majburan cho’kkan edi, buni Abraha angladi. Sho’rlik otga tekkan tosh uning butun vujudini teshib o’tgan edi. Abraha chodirga qarab chopdi. Ammo tizzasida birdan paydo bo’lgan kuchli og’riq uni joyiga mixlab qo’ydi. Boshqa bir tosh esa, qo’lini teshib o’tdi. Endi qutulishning iloji yo’qligini anglab yetdi. Osmon mahshar qadar to’polon edi.
Qaldirg’och kattaligidagi behisob qushlar to’dato’da bo’lishib uchib o’tishardi. Yerda jon berastganlar, o’lganlar qalashib yotardi. Dodfaryodlar, ingrashlar mudhish shovqin hosil qildi. Besh daqiqa o’taro’tmas maydonda tik turgan biron jon qolmadi. Barchasi o’rilgan bug’doy bog’lari kabi yerga yastandilar. Har birining tanasi ilmateshik bo’lib ketgan.
Qushlar butun lashkarni shu tarzda mahv etgach, astasekin tarkala boshladilar. Ammo lashkar orasida uning tarqalayotganini ko’ruvchi biron odam zoti qolmagan edi. Aksariyati o’lgan, ba’zilari jon bermokda edilar.
Bir qism askarlarning taqdiriga ajal bitilmagan, bu mudhish manzaraning shohidi sifatida tirik qolishlari istanilgan edi. Ular Abrahaning boshqalar singari badani ilmateshik holda yotganini ko’rdilar. Emaklashga ham holi yo’q edi uning. Qayeridan ushlasalar, to’kilib ketaman derdi. Bir matoga solib, sog’ qolgan tuyalardan biriga yukladilar va San’o shahri tomon yo’lga tushdilar.
Abraha orasira: «Hali kelmadikmi?» deb so’rab qo’yar edi.
Bu yo’l unga dunyoni yetti marta aylanayotgandek juda uzun ko’rindi. Nihoyat, olisdan San’o shahrining xurmozorlari ko’rinib, mujda berildi. Lekin Abrahaga bu xabarni zshitish nasib etmadi. Chunki ajali yetib, dunyodan o’tgan edi.
Ollohning Baytini vayron qilaman deb yo’lga chiqqan Abraha hayotining so’nggi kunlarini hech vaqt xayoliga keltirmagan shunday safolat ichida tamomladi.
Baytullohga qarshi ochgan urushida achchiq mag’lubiyatga uchradi.
Misli ko’rilmagan katta bir lashkarning qo’mondoni va Yaman sultoni bo’lmish Abrahaga qasamini amalga oshirish nasib etmadi, balki mag’lub va parishon holda jasadi San’oga qaytib keldi.
Umrining so’ngida ilmateshik vujudi chirib, sasiy boshlagan, o’zidan o’zi jirkanadigan holga tushgan edi u. Yashagan taqdirda ham, hayoti o’zi uchun, uni olib kelganlar uchun tuganmas bir falokat bo’lur edi.
Abrahaning o’lganini eshitganlarning yuzlarida «Хayriyat qutuldik», degan ma’noda mamnuniyat balqib turardi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari" Intizor kutilgan tong. 1-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:10:34
* * *
Abdulmuttalib va yaqinlari lashkarning kelishini kutar ekanlar, ustlaridan to’dalashib o’tgan behisob abobil qushlarining qaysi amrga binoan uchib ketayotganidan bexabar edilar. Qushlarning lashkar ustida qora bulutday to’dalashib aylanishganini va so’ngra ko’p vaqt o’tmay tarqalib ketishganini ko’rdilar, xolos.

Necha kundir hayajon va qo’rquv ila kutilgan dushman askarlari Makkaga hujum qilmadilar. Bir necha kishi yashirincha xabar olib kelish uchun yo’lga chiqdi. Yo’lda bir ko’r odamga duch keldilar. Sudralib yurar edi u. Ma’lumot olish maqsadida so’roqqa tutilgan bu odam filoon Unays edi. Bo’lib o’tgan barcha voqealarni undan bildilar.
Abrahaga va lashkariga berilgan bu jazo barcha arablarning Ka’baga bo’lgan muhabbat va hurmatlarini yanada orttirdi. Unga qarshi chiqqanlarning mutlaqo mag’lub bo’lishiga endi hech shubha qolmagan edi.

Abobil qushlari vositasida Abraha va lashkariga muharram oyining 17-kunida (fevral oyining oxirida) berilgan jazo ko’p yillar insonlarning xotirasida qoldi. U yilga «Fil yili», mahv etilgan lashkarga «Ashobi fil», ro’y bergan bu voqeaga esa, «Fil voqeasi» deya nom berildi.

Abobil qushlari uchib ketgach, osmon quzg’unlar bilan to’ldi. Yillarcha yesalar ham tugamaydigan xazinaga ro’baro’ bo’lgan bu yirtqich qushlar sevinch ila qiyqirgancha rosa bayram qildilar.
Bu daxshatli manzarani makkaliklar ham ko’rdilar. Abobil qushlari otgan toshlarni xotira o’laroq olib ketib, fojiali manzarani ko’rmaganlarga ko’rsatdilar. Ko’rganlar hayron bo’lishar, bu qadar kichik toshlar bilan insonlarning badani ilmateshik bo’lganiga, ulug’vor lashkarning kunfayakun etilganiga xech aqllari bovar qilmas edi. «Nima bo’lganda ham Ollohning bergan jazosi», deya tasalli topgandek bo’ldilar.
Keyin osmon qora bulutlarga to’ldi. Chaqmoq chakdi. Chelaklab quygan shiddatli yomg’ir yog’ib, selga aylandi. Yomg’ir va sel yog’ib o’tgach, quzg’unlar undabunda yotgan birikki jasaddan boshqa jasad toiolmadilar.
Bu hodisadan ta’sirlangan shoirlar she’rlar bitdilar. Olloh nomiga qurbonliklar so’yildi. Ka’ba tavof qilindi. Asli makkalik bo’lgan quraysh qabilasining boshqa qavmlar oldidagi e’tibori yanada kuchaydi. Ularni «ahlulloh» (Ollohning do’stlari) deb atay boshladilar.
«Fil voqeasi» ko’p yillar mobaynida tarixning boshlangichi o’laroq hisoblanib kelindi.

* * *
Mahmud laqabli bahaybat fil Nufayl ibn Habibning hurmati uchun cho’kmagan edi. Unga Ka’ba tomon qadam bosmaslik buyrug’i ilohiy dargoxdan kelgan, Makkaga boradigan yo’l unga va ortidagi lashkarga ilohiy taqdir ila berkilgan edi.



Nom: Re: "Saodat asri qissalari" Intizor kutilgan tong. 1-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 01:47:35
II
MAVLIDI NABAVIY

(Saodatli tavallud)

«Ashobi fil» mahv qilingan vaqtlarda Abdulmuttalibning sevimli kelini Omina ona bo‘lish arafasida edi. Lekin unda xomilador ayollarda ko‘riladigan holatlar negadir yo‘q edi. O’zi ham hayron edi bunga. Na rangi o‘zgardi, na ko‘ngli aynidi va na qusdi. Qornidagi bolaning borligini va og‘rig‘ini ham hech his kilmasdi.
— Omina, sen hech homiladorga o‘xshamaysan, — deb hazillashib qo‘yishardi ayollar.
   Abdulmuttalib kelinlari ichida ko‘proq Ominani yaxshi ko‘rardi. Buning bir sababi sevimli o‘g‘li Abdullohning omonati ekanligi edi. Qabila raislari ham oldida hayiqib turadigan Abdulmuttalib o‘zining salobatiga, keksaligi, katta obro‘e’tibor egasi ekaniga qaramasdan, xonasiga kirgan Ominani o‘tirgan joyida kutib olishga ko‘ngli bo‘lmay, o‘rnidan turib va hurmat ila:
— Kel, qizim, — derdi.
—    Otajon, ovora bo‘lmang, turmang, — derdi Omina.
—    Mening kelinim har qancha hurmatga loyiq. Hurmatingni joyiga qo‘yolmasam xafa bo‘laman.
— Men uyalaman, otajon.
— Men ham seni hurmat qilmasam, uyalaman, qizim. Qo‘yaver meni, umrining so‘nggi damlarini yashayotgan bu qari chol bilganini qilaversin. U vaqt Omina hech narsa deya olmas, biroz qizargan yuzlari kulimsirar, boshi egilar edi.
Omina ko‘zi yoriydigan kungacha homilali ekanini bilmay bemalol yurdi.
Nom: Re: "Saodat asri qissalari" Intizor kutilgan tong. 1-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 01:50:26
* * *
Sudralib kelgan bir ko‘r kishi Abdulmuttalibning eshigini taqillatdi. Ichkaridan bola chiqdi:
— Kim kerak? — dedi.
Ko‘r odam:
— Ikki ko‘zi bilan ikki oyog‘ini berib, o‘zi sog‘ qolgan bechoraga rahm qiling, — dedi.
   Bola ko‘r kishini darrov ichkaridagilarga aytdi. Abdulmuttalib o‘rnidan turib, «Qaraychi», deb uydan chiqdi. Kelgan odamni ko‘rgach, dudoqlaridan beixtiyor «Unays» ismi chiqdi. Ikki hafta avval ro‘y bergan voqea esiga tushdi. U dahshatli kunda sog‘ qolganlardan biri shu filbon Unays edi.
— Kel, ey Unays.
—    Qornim och, ey Abdulmuttalib. — Unays xotirjam gaplasha olmasdi. O’sha hodisaning dahshatidan qattiq larzaga tushgani bois ahvoli shunday bo‘lib qolgan edi.
—    Eshigimiz sen uchun doim ochiq, ey Unays.
—    Ammo men uyalyapman, juda uyalyapman.
—    Qani, ichkari kirchi.
Unays oldiga dasturxon yoyildi. Taom qo‘yildi. Unays ovqatlanar ekan:
— Biz sizga bunday muomala qilmagan bo‘lardik, —dedi.
— Unday dema, Unays. Balki, sizlar bizdan ko‘ra yaxshiroq muomala qilgan bo‘lar edingizlar.
Unays og‘zidagi luqmani yutgach, Abdulmuttalibga qarab:
— Bizning sizlarga qanday muomala qilganimizni bilmagan qoldimi? Sizlar bizga hech qaiday yomonlik qilmagan bo‘lsalaringiz ham, minglarcha askar bilan haftalab piyoda yurib kelib, ustlaringizga xujum qilmoqchi bo‘ldik. Holbuki, sizlar bizni bilmas edingizlar, biz ham sizlarni bilmagan edik. Ammo mahv bo‘ldik. Olloh mahv etdi bizni. Biz shunga loyiq edik. Sizlar shunday maqsad bilan bizning taraflarga borganingizda edi, sizlarga bir yutum suv, bir dona xurmo bermasdik. Ammo sizlarda chin insonlik bor, mehru oqibat, xayru saxovat bor. Meni mehmon qilayotirsizlar. Abdulmuttalib, sen o‘sha, Abrahaning yoniga borganingda, so‘zingni eshitgan edim.
— Nimani?
—    Vodiyda insonlar, tog‘larda yirtqich qushlar sening dasturxoningdan ovqatlanishini.
—    Qo‘y ularni, Unays, o‘zingdan gapir, o‘sha kuni nima bo‘ldi?
—    U kuni... Ha, u kuni momaqaldiroq chaqmoq chaqqandek bo‘ldi. Nima hodisa yuz berganini bilolmay qoldik. Lashkarimizga, kuchqudratimizga ishongan edik. Ka’bani buzishga, yo‘limizni to‘sganlarni esa, qirib tashlashimizga mutlaqo ishonardik. Hech qanday kuchqudrat bizni to‘xtata olmaydi, deb o‘ylagan edik. Olloh bizni shu kichkina qushlar otgan kichik toshlar bilan mahvu parishon etib qo‘yaqoldi. O’zimizni dunyoning hokimi deb o‘ylardik, ammo ko‘z ochibyumguncha, o‘rilgan bug‘doy bog‘lari kabi, terilib qoldik.
Unays oxirgi luqmani yutarkan, so‘zida davom etdi:
— Men filning o‘rnidan turmaganini ko‘riboq, bu ishda bir hikmat borligini tushungan edim. O’shanda: «Qaytishingiz kerak. Fil o‘zicha yotgani yo‘q», degan ovozni eshitgandek bo‘laverdim. Orqaga, o‘ngga, chapga yurib, ammo Makka tomonga hech yurmaganidan keyin bu hol ko‘rinmas bir Kuchning ishi ekanini, u kudrat bizni endi o‘z holimizga qo‘ymasligini anik bildim. Buni Abrahaga aytmoqchi edim. Ammo u nayt u osmonlarda yurgan edi. Hech kimning so‘zini eshitmas, hech gap qulog‘iga kirmas bir holda edi. Zotan, oradan ko‘n vaqt o‘tmadi ham. Qushlar yetib keldilar.
— Abrahaga nima bo‘ldi?
— Abrahani oxirgi daf’a oti yerda dumalab yotganda ko‘rdim. Egaridan tushasolib qochib borayotgan edi. Orqasidan: «Yigit bo‘lsang, qochma, Abraha, boshimizga bu baloni sen keltirding, la’nati!» deb baqirdim. Oyoqlarimda turolmasdim. U ham yerga cho‘kdi. Eng oxirgi ko‘rgan manzaram shu bo‘ldi: birdan dunyo qorong‘ulashganini his qildim, holbuki, ko‘zlarim ko‘r bo‘lgan ekai. Undan keyin kim nima bo‘lganini bilmayman. Chunki hamma o‘z jonini saqlamoq dardida har tarafga qochar, faryod qilar edi. Biron kishi boshqa birini o‘ylaydigan zamon emas edi. Orasira Abrahaga yog‘ilayotgan la’natlar eshitilardi. Men ham jo‘r bo‘lib la’natlashga kirishdim. Ammo baqirchaqirlarimizning hech qanday foydasi yo‘q edi!.. So‘ngra sudralibsudralib, qaerga ketayotganligimni ham bilolmay, u la’nati maydondan uzoqlashdim. Mana, ko‘rib turganingdek, umrimning poyonini tilanchi lik bilan o‘tkazyapman.
— Fil nima bo‘ldi?
 Filga nima bo‘lganini sira bilmayman. Shundan keyin Unays o‘rnidan turdi:
— Ollohning himoyasida ekanligingizga aminman. Bu Bayt ham, hech shubha yo‘qki, Ollohning uyidir, —deb xayrlashib ketdi.
— Yana kelgin, kutamiz, ey Unays, istagan vaqtingda kel, — dedi Abdulmuttalib.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 01:51:00
* * *
«Fil voqeasi»dan ellik ikki kun o‘tgan, rabiulavval oyining o‘n biridan o‘n ikkinchisiga o‘tar kechasi.
Eron hukmdori Xusrav uyquda ekan, birdan sakrab o‘rnidan turdi. Yer mudhish tarzda larzaga kelgan edi.
Atrofni ko‘zdan kechirdi: hech o‘zgarish yo‘q. Ayoli ham o‘sha silkinishdan uyg‘onib ketgan edi. Tush ko‘ribmiz, shekilli, deb yana qaytib yotdilar. Ammo uxlay olmadilar. Chunki tashqarida odamlarning ovozlari, hayqiriqlar eshitilar edi. Bu orada xizmatchi eshikni takillatdi.
—   Nima bo‘ldi?
—   Saroy yiqildi, sultonim, holimiz xarob!.. Xusrav yotog‘idan sakrab turdi, apiltapil kiyindi.
Haqikatan ham saroyning bir qismi xarobaga aylangan edi. Qubbalar cho‘kkan, devorlar qulagan edi. Vayrona ostida qolgan bir xizmatkor bor ovozi bilan dodlardi.
Yashab bo‘lmas holga kelgan saroyning atrofidagi uylarga ajabki, uncha zarar yetmabdi. Ertalab bu sirli voqea haqida berilgan ma’lumotda o‘n to‘rtta minoraning yiqilgani qayd etildi.
Xusrav tushdan so‘ng vazirlarini majlisga chaqirdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 01:51:32
* * *
   Eronliklarning muqaddas otashgohlari ham bu tunda g‘alati voqealarga duch keldi. Bu yer ularning ibodatxonalari bo‘lib, ming yillardan beri hech o‘chmagan shu olovga sig‘inishar edi.
   O’choqchilik vazifasini bajaradigan kishi diniga bo‘lgan hurmati yuzasidan hamda podshohdan qo‘rqqanidan u olovni tinmay yoqar edi. Yolg‘iz vazifasi otashni so‘ndirmaslik, doim yoqib turish edi. Orasira qipqizil o‘t shakliga kelgan otashga o‘zi ham sajda qilib olar, unga yolvorar, bandalik qilar, keyin esa, yig‘ib qo‘ygan o‘tinlaridan birikki dona tashlab qo‘yar edi. Necha yillardirki, vazifasini muhabbatu ixlos bilan bajarib kelardi. Agar olov o‘chib qolgudek bo‘lsa, oqibati yaxshi bo‘lmasligini o‘zining ismidek yaxshi bilardi. Hatto uning va barcha otashparastlarning e’tiqodicha, olovning o‘chib qolishi Tangrining yashamasligini istash degan gap edi. Har borada Tangriga qarzdor bo‘lganidek, uni yashatmoq otashparast xizmatkorning burchi edi.
   Atrofidagi odamlar singari uning fikrlashi ham bu e’tiqod doirasidan chiqmasdi: «Demak, men olov yoqishni kanda qilsam, Tangri yashamaydi», derdi.
   Biroq u: «Hayoti mening qo‘limda bo‘lgan Tangri qanday qilib meni va butun olamlarni yarata oladi?» deya o‘ylay olmasdi, bunday o‘ylashga qobil ham emasdi.
   Lovullab yonayotgan olovning ustiga bir necha bog‘ o‘tinni hurmat bilan qalagach, kir sholchaning ustiga cho‘kdi. Qalangan o‘tinlar yonib bitgunga qadar bemalol bir necha soat vaqt o‘tardi.
   Yengilgina uyqu bosgandek bo‘ldi. Havo astasekin isiy boshlagan bu kunlarda tunlari olovning oldida o‘tirish rohatijon edi.
   Shirin uyqu ila ko‘zlarining yumilganini his qildi. Biror daqiqa o‘taro‘tmas xurrak ota boshladi.
   Necha soat uxlaganini bilmaydi. Xo‘rozlarning qichqirig‘i uni uyg‘otib yubordi. Qalagan o‘tinlariniig yonmaganligiga ko‘zi tushdiyu o‘choqchi o‘rnidan sakrab turdi. Holbuki, o‘tinlarni qalayotganida ularning tagida qipqizil otash bor edi!
   «Ho‘l o‘tin tashladimmikan», dedi o‘zicha. Vaholanki, 6u yerga ho‘l o‘tin kelmaydi. O’tiilarning bari qupquruq edi. Ustidagi o‘tinlar yonmaganidek, tagidagi otash ham so‘na boshlabdi. Darhol cho‘g‘larni o‘rtaga to‘plab puflay boshladi. Ammo barcha urinishlari zoe ketdi. Otash xuddi boshqa birov tomonidan atay so‘ndirilayotgandek edi. Bir oz o‘tib, katta otashgohda olovdan asar ham qolmadi.
O’choqchi hayron bo‘lib, o‘rnidan turdi. Qo‘rkuvdan rangi oqarib ketgan edi.
— O’chdi, o‘chib qoldi... — deb yig‘lamsirardi. Olovni o‘chirib qo‘yganligi uchun kallasi ketishi aniq edi. Kamida cho‘g‘ning ustiga o‘tqaziladi! Shu bo‘lg‘usi manzarani tasavvur eta boshladi hatto. Turgan joyida qotib turaverdi. Ishonib, ko‘n yillardan beri sig‘inib kelgan Tangrisi o‘chib, kulga aylangan edi. Nihoyat:
 O’chib qoldi, o‘chdi! — deb baqirachaqira, saroyga tomon chopdi.
   Ko‘chalar jimjit edi. Uning baqirig‘ini eshitganlar nima bo‘lganini bilish uchun tashqariga qaradilar va ko‘chada «Yenib bitdi» degandek yugurib ketayotgan o‘choqchini ko‘rib, hech narsa bo‘lmagandek, yana ichkaryga — uylariga kirib ketdilar.
   Uchoqchi o‘zining shovqinidan odamlarning bezovta bo‘lishlarini ham o‘ylamas, «O’chib qoldi, o‘chdi», deya baqirib, jinni singari sarsari chopardi. Saroyga yetib borgach, uning baqirchaqiriga quloq solishga odamlarning toqati yo‘kligini ko‘rdi: saroy vayron bo‘lib yotardi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 01:52:11
* * *
   Eronning bosh qozisi Mubadon ertalab uyqudan dili xufton bo‘lib turdi. «Nima bo‘ldi?» deb so‘raganlarga: «Hech narsa», deya javob berdi. Nonushtadan so‘ng bir ma’mur kelib, Xusrav uni tush paytida o‘tkazilajak majlisga chaqirayotganini aytdi.
   Mubadon tushga yaqin og‘irog‘ir qadamlar ila saroyga tomon yo‘l oldi.
Husrav shoh raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda saroyning o‘n to‘rt minorasi yiqilgani ma’lum bo‘ldi. Husrav:
— Saroy xuddi tamalidan buzilgandek bo‘ldi, bu dahshatli hodisadir, — dedi.
Bosh qozi Mubadon so‘z oldi:
— Bu tunda tushimda bemaza voqealar ro‘y berdi. Dajla daryosining qirg‘og‘ida edim. Birdan bir necha sarkash tuya ko‘rdim. Og‘izlaridan ko‘piklar sachrar edi tuyalarning. Oldilaridagi arab otlarini Dajlaga haydab kelardilar. Shu asnoda avval otlar, so‘ngra tuyalar Dajladan suzib o‘tib, Eron yerlariga yoyila boshladilar. Qaerga qarasam, bu tuyalardan boshqa biror narsa ko‘rmadim. Qo‘rquv ichra uyg‘ondim. Bu tushimning saroyda ro‘y bergan hodisaga aloqasi bormikan, degan o‘yda aytyapman. Bu orada yig‘ilishga yuksak martabadagi bir ma’mur kirib keldi. Xusrav:
—   Nima gap? — deb so‘radi. Ma’mur:
—   Sultonim, falokat, — dedi.
—   Nima bo‘ldi? Ma’mur:
—   Otash o‘chibdi, sultonim, — dedi. Xusrav:
—   Tushunmadim, otash o‘chibdi, deysanmi?
—   Ha, sultonim, otash o‘chibdi.
Birdan Xusravning yuzi sarg‘aydi. Yig‘ilishdagilarning ham ranglari o‘zgardi.
— Chaqir menga, o‘sha la’natini! — dedi. Ichkariga irkit bir odam kirdi. Inson qanchalik
urinsada, bu odamdan ham isqirtroq bo‘la olmasdi.
— Qani, aytchi, rostdan o‘chdimi otash?
—   Ha, o‘chdi, sultonim.
—   Nega qaramading? Sening vazifang nima o‘zi?
—   Qaradim, sultonim. Butun g‘ayratim bilan o‘tin qalasam ham, baribir o‘chdi.
—   Otashchi oldinga birikki qadam tashlab, boshini bir oz ko‘targach, soqolini ko‘rsatdi.
—    Puflayotganimda yondi, sultonim, — dedi. Xusrav ma’murga:
—   Tezda olov takror yoqilsin. Ertaga bu odamni o‘sha otashda yoqib jazolayman, — dedi.
Tashqariga olib chiqayotganlarida o‘choqchi:
—    Mayli, jazolang, biroq mening aybim yo‘qku, — deya e’tiroz bildirdi. Qo‘rqqanidan oyoqlari yurolmaydigan holga kelgan edi. O’choqchi chiqib ketgach, Xusrav:
—    G’alati narsalar ro‘y bermoqda, hech tushunolmay qoldim, — dedi.
Shu payt yana bir xabarchi kelganini aytdilar.
— Darrov kirsin, — dedi Xusrav, yig‘ilishdagilarga qarab:
— Yana bir falokat xabari bo‘lsa kerak.
Ustiboshi tuproqqa belangan bir odam kirib keldi. Xusrav:
— Tezroq gapir, nima bo‘ldi? — dedi.
— Sultonim, Sava ko‘li shu kechada qurib bitibdi. Usha srdagi dono keksalar ham: «Hech qachon katta bir ko‘l bir kechada qurimaydi. Bunda qandaydir g‘ayritabiiylik bor. Tezda sultonimizga xabar beringlar», deyishdi. Darrov otga minib keldim, ― dedi.
— Yaxshi qilibsan.
Aslida, «Yaxshi qilibsan»ga arziydigan xsch narsa yo‘k edi. Bu yaxshi xabar emasdi. Katta bir ko‘l o‘zidano‘zi bir kechada qanday qilib va nima uchun quriydi? Shoh aqlga sig‘maydigan bu xodisalardan gangirab qoldi. Otash... Shuncha yildan beri yonib kelgan, oson yonsin deb maxsus quritilgan o‘tinlar bilan yoqiladigan olov qanday qilib o‘chadi?!
O’riidan turdi. Majlis a’zolari ham yig‘ilish tugadi deb o‘ylab, o‘rinlaridan turdilar.
— Hammamiz birgalikda otashgohga boramiz, — dedi Xusrav.
Otashgohga borib, u yerdagilarning chorasizliklarini ko‘rgach, shoh tang qotdi. Haqiqatan ham olov yonmayotgan edi. O’zi birmabir o‘tinlarni tekshirib ko‘rdi: o‘tinlar qupkuruq. Ammo yonmasdi.
Bir necha soat yoqishga urindilar. Natija bo‘lmagach, shoh otashgohni tark edi.
Podshoh otashgohdan chiqar ekan:
   O’choqchining aybi yo‘q ekan, uni kechirdim, — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 01:53:43
*   * *
O’sha tunda odamlar Samova soyi to‘libtonshb oqqanini ko‘rdilar. Holbuki, bu soy necha yillardan beri suvsiz qaqrab yotgan edi.

*   * *
Xusrav yuz bergan aql bovar kilmas hodisalarni oydinlashtirib bera oladigan bir odam so‘rab, Busra podshohi No‘‘mon ibn Munzirga maktub yo‘lladi. No‘‘mon Abdulmasih ibn Hayyom degan donishmandni Xusravning huzuriga jo‘natdi.
Abdulmasih bo‘lib o‘tgan voqealarni Xusravning o‘z og‘zidan enshtgach, shunday dedi:
— Bu haqda hech narsa deya olmayman. Ammo Shom tomonlardagi Jabiya degan joyda tog‘am Sotih yashaydi, u kishi bilan maslahatlashib, keyin oldingizga kelsam...
— Unda darhol yo‘lga chiq, — dedi sulgon Xusrav. Abdulmasih bu g‘alati hodisalarni tog‘asi qanday sharhlashini bilmoq uchun Shomga jo‘nab ketdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 01:54:19
*   * *
O’sha, Xusrav saroyida vayronaliklar sodir bo‘lgan kecha tijorat maqsadida Makkaga borgan bir yahudiy olimi g‘alati holga tushdi. Nihoyat, yonidagi Hishom, Valid va O’tbaga qarab:
— Bu tunda orangizda bir bola tug‘ildimi? dedi. Hech kutilmagan gap edi bu. Tomdan tarasha tushgandek ma’nosiz bir savol edi. Hishom hayron bo‘lib:
— Xayolishta qayokdan keldi bu savol? — dedi.
— Qayoqdan kelganini keyin tushunib olasiz. Menga javob bering, bu kecha orangizda bir bola tug‘ildimi?
—    Biz bola tug‘maymiz.
—    Ustimdan kulmanglar...
— Ustingdan kulayotganimiz yo‘q. Biroq bu ahvolingda sen birpasdan keyin bola tug‘vorasan, shekilli.
— Yana meni mazax qilayotibsan, Hishom! Valid gapga aralashdi.
— Sen o‘zing mazaxlashga arziydigan gap qilyapsanda. Bu kecha bola tug‘ilishi yo tug‘ilmasligi bilan nima ishimiz bor? Boshqa ishimiz yo‘qmi? Endi bir kamimiz «Bu kecha kim bola tug‘di?» deb butun Makka vodiylarini kezib chiqishimiz qoluvdi. Lot va Uzzo haqqi aytamanki, sen o‘zing bizni ustingdan kulishga majburlayapsan. Kani, aytchi, maqsading, darding nima o‘zi? Nima demoqchisan bu bilan? Yahudiy pinagini ham buzmasdan:
— Bu tunda bir yulduz paydo bo‘ldi, — dedi. Utba qah-qah otib kuldi:
— Mayli, shu so‘zingga butun qalbimdan ishonay. Ammo paydo bo‘layotgan yulduzlarning hisobi son mingta. Yulduzlar har kecha paydo bo‘ladi, — dedida, oldida turgan sharob to‘la qadahni yahudiyning basharasiga sepib yubordi. So‘ngra xizmatkorini chaqirib: — Darrov ikki chelak suv keltir. Bu yahudiy haliveri o‘ziga kelolmaydi, shekilli, — dedi.
Yahudiy yig‘lamokdan beri bo‘lib turardi. Yuzidagi sharobni artar ekan, dedi:
— Haliyam ustimdan kulyapsizlar, holbuki... Shu payt Valid uning oldiga kelib, boshidan ushladi va tepaga qaratib:
— Holbuki, osmonda bir yulduz naydo bo‘ldi, shundaymi? Utba, kel, shu odamning ko‘zi qinidan chiqib ketgunicha yirib och, birmabir yulduzlarni sanasinchi,—dedi.
   Uch kishi shirakayf holda yahudiyni rosa mazax qilardilar. Lekin yahudiyning og‘zidan faqat o‘sha so‘z chiqardi. Amallab boshini Validning qo‘lidan ajratgach, yana: — Bu kecha bir yulduz paydo bo‘ldi, deyapman sizga, Ahmadning yulduzi. Ollohning oxirgi payg‘ambarining yulduzi. Bu kecha bu payg‘ambar shu shaharda tug‘ilgan bo‘lishi kerak. Barcha muqaddas narsalar haqqi qasam ichamanki, u Ollohning eng so‘nggi payg‘ambaridir. Endi Isroil o‘g‘illaridan payg‘ambarlik ketdi. Qo‘llaridan kitob ham ketdi. Yahudiy olimlarining qadrie’tibori qolmadi endi. Bu ularning o‘ldirilajaklari haqida berilgan hukmdir. Arablar bu payg‘ambar tufayli jaholatdan xalos bo‘ladilar. Ey qurayshliklar, sevininglar, endi, vallohi (Ollohga qasamki), sizlar butun dunyoga eri1nmokdek sharafga ega bo‘lasizlar, — deb o‘rnidan turib, chiqib ketdi.
Makkaning tor ko‘chalarida uyiga borayotgan chol, yonidan o‘tib ketgan bir yahudiyning «Bu kecha Ahmadning yulduzi paydo bo‘ldi, bu kecha Ahmadning yulduzi porlaydi, biz mahv bo‘ldik», degan so‘zlarini eshitib: «Tentak...» deb qo‘ydi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 01:55:12
* * *
Bunday g‘aroyib hodisalar ro‘y berar ekan, nur yuzli bir ayol ham atrofida nimalar sodir bo‘layotganini anglamok uchun o‘ngso‘liga qarab qo‘yar, orasira osmonga tikilib qolar, hayronligi ortar edi.
Necha oydirki, homilador edi. Ammo og‘iroyoq ekanini hech ham bilmadi, ya’ni, homilalik alomatlari hech ko‘rinmadi. Kunlar, oylar o‘tar ekan, qornidagi yetim bolasini, qachon ko‘rar ekanman, deb o‘ylab xavotirlanardi.
Bolasining otasi Abdullohning vafot etganiga bir necha oy bo‘lgan edi. Shomga savdo uchun ketib, qaytishda Yasribda (Madinada) tog‘alarining oldida o‘lgan edi. Abdulmuttalib oilasi uning o‘limiga aza tutib, ko‘p vaqt ko‘z yoshi to‘kkan, Makka xalqi ham bu navqiron yigitning bevaqt o‘limidan ko‘p qayg‘urgan edi.
Yosh kelinchak Omina o‘lgan eriga ko‘p yig‘lagan, mungli she’rlar yozgan, tug‘ilajak bolasini ko‘rolmay bevaqt olamdan o‘tgan Abdulloh sha’niga marsiyalar bitgan edi.
Endi esa, faqatgina bolasi bilan ovunishni o‘ylardi. Bu bola Ominaning birinchi farzandi edi. Atrofidagilardan homilalik belgilari haqida ko‘p narsalar eshitar, ammo ulardan birortasi ham o‘zida sodir bo‘lmaganidan lol edi. Uning bu ahvolini ko‘rgan ba’zi ayollar hayron bo‘lib:
— Qo‘shni, bu Omina tobora go‘zallashib ketayotir. Homiladorman deb bizni aldayotgan bo‘lmasin tag‘in, — deyishardi.
Nihoyat, rabiulavval oyining o‘n biridan o‘n ikkisiga o‘tar kechasi to‘lg‘oq tuta boshladi. Darrov qo‘shni ayollardan ikkitasini chaqirtirdi. Shifo va Fotima degan qo‘shnilari, Ummu Ayman degan joriyasi uning yonida turishdi.
Necha yillardan beri bola tug‘diraverib ko‘zi pishib ketgan bu ayollar uydagi favqulodda holatni ko‘rib hayron qoldilar. Uyda chiroq yo‘q edi. Ammo unga ehtiyoj ham qolmadi. Chunki uy kunduz kabi yorug‘ edi. Faqat, bu yorug‘lik quyoshdan bo‘ladigan yorug‘likka hech o‘xshamas edi. Omina atrofida umrida sira uchratmagan go‘zal mavjudotlarning bayram qilayotganlarini ko‘rdi. Omina yotgan bu xona kichik, go‘zal mavjudotlar esa, bunday xonalarning yigirmatasiga ham sig‘maydigan darajada ko‘p edi. Ular uchun xuddi devor yo‘kdek, bemalol kirib kelaverardilar — xonaning devorlari bu go‘zal maxluqlar uchun mutlaqo to‘sqinlik qilmasdi. Bu sevinch, bu bayram nimaning sharofati? Bu go‘zal xilqatlar kimlar o‘zi? Bu mavjudotlarni boshqa xotinlar ham ko‘ryaptimi?!
Omina bu savollarning javobini bilmasdi. U haggo, tush ko‘ryapman, deb shubhalanayotgan ham edi.
Xursandchilik qilayotganlar Ollohning so‘nggi payg‘ambari endi dunyoni sharaflarga burkayajagi haqida so‘zlashardilar.
Shifo va Fotima xonimlar uyta kiribchiqib turishibdi, doyalik vazifalarini ado etishmoqda edi. Shu vaqt Omina bir necha go‘zal ayol yoniga kelib o‘tirganini ko‘rdi. Bu ayollarning xech qaysisini tanimasdi. Ammo ulardagi ko‘ngilga yaqinlik dunyoning hech bir ayolida yo‘q edi. Yuzlaridan yog‘ilib turgan nur har tarafni oydinlatardi. Omina ular bilan ko‘rishdi. Kelganlar o‘zlarini tanishtirdilar:
— Mening ismim Maryam. Iso alayhissalomning onasiman.
— Mening ismim Osiyo. Misrda xudolik da’vosi bilan chiqqan Fir’avnning xotini edim.
Omina hech tanimagan, ammo ilk ko‘rishidayoq ko‘ngliga yaqinlik ila o‘rnashgan bu muhtarama ayollarning tashrifi bilan ta’rif etilmas bir farog‘atga erishdi. Atrofda nurdan yaratilgan xilqatlarning shodiyonasi davom etardi. Bu orada Shifo xonim:
— Mujda, mujda... — deya baqirdi.
Qo‘lida go‘zallar go‘zali bir chakaloq bor edi. Bu go‘dak aslida Shifo xonimning emas, balki haligi nurli xilqatlarning qo‘lida turgandek edi. Go‘dak kindigi kesilgan va sunnat qilingan holda tug‘ilgan edi.
Doya ayollar hayrat ichida qolishdi. Omina bolasini juda oson tuqqan edi. Hech qanday og‘riq, azoblanish, dard chekish yuz bermadi. To‘g‘rirog‘i, Omina atrofdagi shodxurramlikni tomosha qilarkan, yonidagi muhtarama ayollarning suhbatini tinglarkan, Shifo xonim qo‘liga tutqazgan mujda bilan ona bo‘lganini bildi, xolos.
«Olamlarga rahmat bo‘lgan oxirgi va eng buyuk paygambarning onasi» bo‘lish sharafi Ominaga nasib etgan edi!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 01:55:48
* * *
Omina «nurli bola»sini bag‘riga bosarkan, atrofida hali ham shodiyonalar davom etardi. O’zlarini Maryam, Osiyo deb tanitgan ayollik olamining sultonlari birbirlarini va Ominani tabriklar edilar.
― Bu tug‘ilgan bola dunyo va oxiratning sultonidir. Olloh taolo uni butun olamlarga rahmat o‘laroq jo‘natdI Ollohning eng sevgili bandasi va eng ulug‘ Rasuli sening o‘g‘lingdir. Senga baxtu saodatlar tilaymiz, ey butun onalarning eng baxtlisi Omina! — der edilar.
Shifo xonim:
— Muborak bo‘lsin, Omina! — der ekan, turmushga chiqqanidan beri Ominaning yuzida oydek porlab turgan nurning yo‘qolganini, endi bu nur quchog‘idagi bolasining yuzida porlayotganini ko‘rib, hayrati ortdi. Fotima xonim ham qaradi: Ominadagi nur bolasiga o‘tgan edi.
Tong otar chog‘ida Omina qo‘ynida bolasi bilan yotarkan, olamlarning sultonini kutib olish uchun kelgan behisob farishtalar sevinch ila yana malakut olamiga qaytdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 01:56:28
* * *
Ka’baning Hijr deyilgan qismida do‘stlari bilan o‘tirib suhbatlashayotgan Abdulmuttalib Ominaning nurli o‘g‘il tuqqanini eshitib, go‘daklardek sevindi. Yigitlik davrida bevaqt o‘lgan jigarporasi Abdullohning bir omonati o‘laroq u chaqaloqni tezroq bag‘riga bosgisi keldi. Darhol o‘rnidan turib, Safo tepaligiga qarab chopdi. Ominaning uyiga kirib keldi:
— Nevaram qani?
Ayollar yo‘rgakni unga berdilar. Abdulmuttalib chaqaloqning yuzini ochib, aql bovar qilmas darajadagi go‘zal nabirasini ko‘rdi. Uni bag‘riga bosib, yonoqlarini hidlar ekan, jannatdan kelgan xushbo‘y hid ekanligiga aniq ishonar edi. Ko‘zlaridan tomchilagan yoshlar sevinch yoshlari edi.
— Hech bir ko‘z bundan ham go‘zal go‘dakni ko‘rmagan. Hech bir ona bundan ham go‘zal bola tug‘magan. Qasam ichamanki, hech kimning nevarasi mening nevaramdan go‘zal emas! — dedi.
   Bir muddat go‘dakka qarab qoldi. Karagani sari ko‘ngli sevgi, marhamat va shafqat bilan to‘lardi. Bir onda marhum o‘g‘li Abdulloh ko‘z o‘ngiga keldi. Ammo bu nabirasi minglab Abdullohlarning o‘rnini bosadiganday. Bir vaqtlar peshonasida porlagan, keyin Abdullohga, keyin Ominaga o‘tgan nur, nihoyat, asl egasini topganini ko‘rib turardi. Nevarasini bag‘riga bosdi. Ka’baga kirdi, duo qildi, so‘ngra uyga qaytib keldi. Hali ham quchog‘idagi bolasini tomosha qilardi.
   Ayollar ovozlarini chiqarmay Abdulmuttalibni tomosha kilishar, to‘g‘rirog‘i, uni nabirasining gul yuziga boqib his etayotgan saodat tuyg‘usiga xalal bermasli» uchun miq etmay turishar edi.
   Abdulmuttalib nabirasini quchoqlagancha, yana Ka’baga ketdi. Ichkari kirib, duo qildi. So‘ngra yana kelinining yoniga qaytdi. Soatlarcha boqsa ham to‘ymaydigan nevarasini yana bir bor hidlagach, qizi Safiyaga uzatdi:
   — O’g‘limni onasiga ber, — dedi. Turib chiqib ketdi. Shu onda qalbi osmon qadar kengayganini his qildi, sevinchdan uchadigandek edi. Abdulmuttalib kelinining uyidan sevinchi ichiga sig‘may chikdi. To‘g‘ri Ka’baga bordi. Shukronalik bildirib, Ka’bani tavof qildi. Nevarasiga qanday ism qo‘yishni o‘yladi. Husni jamoliga, sha’niga loyiq bir ism qo‘yish lozim edi. Muhammad...
   Birdan zehniga bu ism o‘rnashib oldi. Zulmat ichida chaqmoqdsk chaqnadi bu ism. Ota-bobolaridan hech birining oti bunday emas edi. Tanilgan, mashhur ismlardan ham emasdi. Hazrati Ibrohimdan beri davom etib kelayotgan va ma’lum bo‘lgan ismlarni xayolidan birmabir kechirdi. Hech qaysisi bu qadar e’tiborni tortuvchi emasdi. Yana qabila raislari, tanishbilishlarining ismlarini birmabir xotirladi. Biroq qalbiga hukmini o‘tkazayotgan, butun qalbini egallagan pinhona bir qudrat unga barcha eslagan ismlarini zexnidan chetlatar, yana aylanibo‘rgilib «Muhammad» ismi ko‘ngliga kelaverar edi. Undan boshqa barcha ismlar, uning nazarida, ko‘rimsiz, zaif, bo‘lmagurdek edi. Bu pinhona qudrat Abdulmuttalibni nevarasiga «Muhammad» ismini qo‘yishga majburlayotgan, boshqa ism qo‘yishiga yo‘l qo‘ymayotgan edi.
Omina bolasini buvasining qo‘liga berarkan, hayajonini bosib so‘radi:
Otajon, nevarangizga qaysi ismni munosib ko‘rasiz?...
Abdulmuttalib quchog‘idagi malak yuzli bolaga yana bir qarab:
— «Muhammad» qo‘yamiz, ~ dedi.
Ominaning ko‘zlari kulimsirab, yuzida mamnuniyat belgisi paydo bo‘ldi. Go‘yoki ko‘pdan beri orzu qilgan niyati amalga oshgandek edi. Abdulmuttalib o‘zi qo‘ygan ismga kelinining ham sevinganini ko‘rib, juda mamnun bo‘ldi:
   — Bilasanmi, qizim, kimdir meni shu otni qo‘yishga undayotgandek. Zehnimga faqat shu ism o‘rnashib olgan. Boshka ismni o‘ylasam ham, darrov o‘rnini «Muhammad» egallab olaveradi. Fikring qanday, yaxshi ism shekilli? dedi.
Omina kulimsirab javob berdi:
— Men ham bolamga «Muhammad» deb ot qo‘yishni niyat qilgan edim. Tushimda ham «Muhammad» ismini qo‘yishim amr etildi. Men o‘g‘ilchamning buyuk inson bo‘lishidan umidvorman.
Abdulmuttalib kelinining gaplarini ma’qulladi:
— Albatta, mening nabiram insonlarning eng buyugi bo‘lajak.
Makka raisi va hoshimiylar avlodining kattasi Abdulmuttalib, kelinining ham roziligi bilan, quchog‘idagi nevarasiga insoniyat tarixidagi eng buyuk va eng muborak ismni berdi. «Sening isming Muhammad bo‘lsin, bolam», dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 01:58:23
* * *
Saodatli tavalluddan yetti kun o‘tgach, Abdulmuttalib katta ziyofat berdi. Uch kun davom etgan bu ma’rakada bolachaqalari bilan butun makkaliklar, tashqaridan kelgan mehmonlar, hatto tilanchilikdan boshqa hech ishga yaramaydigan ko‘taram ko‘r Unays ham qatnashdilar.
Ziyofat asnosida mehmonlar:
— Nevarangga qanday ism berding, Abulharis (ya’ni, Abdulmuttalib)? — deb so‘radilar.
— Otini «Muhammad» qo‘ydim.
— Nega otalaringdan birortasining ismini qo‘ymasdan, bu ismni qo‘yding?
— Osmonda Olloh, yerda insonlar uning go‘zal sifatlarini madh etishsin, deb shu ismni qo‘ydim.
Go‘dakni ko‘rganlar Abdulmuttalibni qutladilar:
— Bunday shirin, bunday go‘zal nevarang bilan haqiqatan maqtansang yarashadi, ey Abdulmuttalib, —dedilar.

* * *
Omina bolasini uch yoki yetti kun emizdi. Keyin amakisi Abu Lahabning joriyasi Suvayba vaqtinchalik sut ona qilib belgilandi. Avvallari amakisi Hamza va Abu Salama degan bir bola sut emgan ko‘kraklarni bu safar payg‘ambarlar xalqasining oxirgi va ulug‘ sohibi ema boshladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 01:59:43
* * *
Abdulmasih necha kunlar yo‘l yurib Jabiyaga yetib kelganida, tog‘asi Sotih o‘lim to‘shagida yotardi. U shuncha yo‘ldan kelib bunday noxush xabarni eshitishni sira istamasdi. Chunki Xusravning topshirig‘i oddiy topshiriq emas edi.
Sotih jiyanining salomiga alik ham olmadi. Chunki salomni eshitadigan holi yo‘q edi uning. Umrining so‘nggi daqiqalarini yashayotgan edi.
Salom yana takrorlandi. Sotihdan yana sas chiqmadi. Abdulmasih:
—   Yaman diyorining kattasi soqovmi? Yoki karmi? Yo bo‘lmasa, o‘zi o‘lganda, ruxi osmonga uchib ketganmi? — deya Sotihni madh etuvchi she’rini aytdi. Shu iayt Sotihning ko‘zlari xiyol ochildi va qiynalaqiyiala javob bergandek bo‘ldi:
—   Abdulmasih tuyasiga minib Sotihning oldiga keldi, holbuki, Sotih kabrga kirish oldida... Ey Abdulmasih, seni sosoniy malik o‘z saroyining yiqilishi, otashning so‘nishi, Mubadonning tushi haqida ma’lumot olmoq maqsadida jo‘natgan...
Sotih yana jim bo‘lib koldi. Abdulmasih uning gapirishini kutardi. Sotih esa, o‘layo‘lay deb zo‘rg‘a nafas olardi. Nihoyat, so‘zida davom etdi:
— Ey Abdulmasih, vahiy takrortakror o‘qilganda, aso sohibiga payg‘ambarlik berilganda, Samova soyi suvga to‘lganda, Sava ko‘li quriganda, forslarning ibodatgohida otash so‘nganda, bilki, o‘sha paytda Shom shahri Sotih uchun Shom bo‘lmoqlikdan chiqqandir. Eronliklarning yiqilgan minoralari nechta bo‘lsa, o‘shancha sulton saltanat surar, keyin esa, boshlariga ne sho‘rish tushsa, shuni ko‘rarlar, — dediyu, so‘zini davom ettirolmadi. Darmonsizlikdan holsizlanib, dudoqlari yumildi. Bir necha nafasdan so‘ng harakatsiz qoldi. Shunday qilib, uzoq yillar davom etgan umr poyoniga yetdi.
Sotih dafn etildi. Abdulmasih uning javoblarini Xusravga bildirish uchun darhol yo‘lga chikdi.
Xusrav javobni eshitib, ancha o‘ziga keldi. «O’n to‘rt malik kelibketguncha nimalar bo‘lmaydi», dedi o‘zicha.
Uning hisobkitobi — saltanat maqomida uzoq yillar to‘yibto‘yib podshohlik qilish edi. Hali u qora kunlar kelguncha, hech bo‘lmasa, yuz ellik yil, balki ikki yuz yil o‘tar, deb o‘ylardi Xusrav.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 02:01:43
III
BANI SA’D YURTIDA

Sut ona

Sa’d ibn Bakr qabilasi Makka atrofida obro‘e’tibori va jo‘mardligi bilan tanilgan edi. Odamlari insofli, havosi va suvi toza, zabonlari ham begona so‘zlar aralashmagan asl arabcha edi. Shu sababdan Makkaning boy oilalari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarini Sa’d ibn Bakr qabilasiga jo‘natardilar. Bolalar bu qabila ayollarining sutlari bilan quvvatlanishar, ganlashishni ham o‘sha yerda o‘rganishar, Makkada o‘sgan bolalarga qaraganda sog‘lom va baquvvat bo‘lishar edi.
Qabila ayollari yilda ikki marotaba Makkaga enishar, naslnasabli oilalarning bolalarini olib, qishloqlariga qaytishar, ularni emizganlari uchun olgan haq va hadyalari oila tirikchiligiga ko‘mak bo‘lar edi.
Fil voqeasidan uch oy o‘tgach, qabila ayollari odatdagidek erta tongda yo‘lga chiqishga kelishdilar. Kun chiqmasdan yo‘l boshida yig‘ildilar. Ayol-erkak bir guruhni tashkil qildi. Emizish muddati tugagan bolalar o‘z ko‘kaldoshlari, do‘stlari bilan xayrlashdilar. Onalari bag‘riga qaytish quvonchi hamda do‘stu birodarlaridan ajralish iztirobi ularni xayajonga solgan edi. Sut emizgan onalar bolalarni ota-onalari ko‘liga topshirgach, oladigan haq va sovg‘asalomlarini hisoblashar, boshqa jiHatdan esa, ikki yil mobaynida o‘zlari emizgan bolalaridan ayrilish iztirobini ham his etishar edi. Balki, ayriliq boshqa xech ko‘rishmaslik ma’nosida abadiy ay| riliq bo‘lar. Holbuki, onalar ular uchun ming xil aziyat chekkan, norasidalar og‘riganda birga dardini tortganlar, kechalari shirin uyqularini buzib, go‘daklar boshida nechanecha tonglarni bedor ottirib, tuni bo‘yi ularga alla aytib chiqqanlar. uyosh chiqishiga juda oz vaqt qolgan edi.
— Yuringlar, ey Bani Sa’d xalqi, bo‘lmasa, kech qolasizlar, — degan ovoz eshitildi.
Qisqa bir vidolashuvdan so‘ng bolalarni qo‘llaridan tutib, quchoqlariga olib ko‘tarib, ba’zilarini eshak yoki tuyaning ustiga o‘tqizib, yo‘lga chiqdilar.
—    Kech qolmanglar, onajon, kutamiz.
—    Bizni unutma, Shayba.
—    Yana ko‘rishamiz, Xanzala.
— Yaxshi qolinglar, Fotima, — degan ovozlar eshitilardi.
Ko‘zlar namlanib, yosh aylana boshlardi.
Karvon chang ko‘tarib olg‘a borar ekan, zaif bir eshak  sekin yurib, orqada qola boshladi. Eshak egalari qancha qistamasinlar, borgan sari karvon bilan oradagi masofa uzayar edi.
— Halima, tezroq yurgiz buningni, — dedi qo‘shnisi. Halima kuchsiz va qari hayvonning yelkasiga halacho‘pni birikki marta nuqidi. Eshak qadamini bir oz tezlatdiyu, lekin sal o‘tmay, yana avvalgi holiga tushib oldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 02:02:17
Halima dugonalaridan orqada qolishni hech istamasdi. Chunki erta borganlar tez ishni bitirardi. Makkada Halima kelsin, bolamizni unga beramiz, deb hech kimning ko‘zi uchib turgani yo‘q, albatta. Vaqtli borganlar o‘zlari xohlagan oilaning bolasini olib, ko‘proq pul qo‘lga kiritadilar. Kechikkanlar bola topolmay qaytishlari ehtimoli ham bor edi.
—    Bugun eshagimizning fe’li aynib qoldimi, Halima?
—    Har kuni shunday emasmidi, Haris? Axir, u qarib qoldiku, tobora quvvati ketmoqda.
—    Lekin boshqa kunlari bunchalik emasdi, binoyidek yurardiku...
— Balki kasaldir?
Harisning oilasi orqada qolganini ko‘rib, sheriklari uni kutib turipggan ekan, ular yetib kelishganida savolga tutishdi:
—    Bugun juda orqada qoldinglar, Haris?..
—    Eshakni yurgizolmayaimiz.
― Bu ketishda juda kech qolasizlar.
— Shunaqaga o‘xshaydi.
Haris qo‘lidagi xalacho‘p bilan eshakni urdi.
— O’ldirsang ham shu ketishda ketaveraman, deydiya
jonivor.
Yukini yengillashtirish kerak edi. Bolani eshakning ustidan tushirib, quchog‘iga oldi. Usti yengillashgan eshak endi tez yurishi lozim edi. Biroq bu tadbir ham uning yurishini tezlashtirmadi.
—    Halima, bu eshak boshimizga balo bo‘ladi, shekilli. Yetolmaymiz. Bizga bola qolmaydi.
—    Shunday bo‘ladiganga o‘xshaydi. Qara, odamlar bizdan rosa uzoqlashib ketdilar. Juda orqada qolib ketdik.
— Ishqilib, bolasiz qaytmaylikda.
Halima ko‘ksini ushladi. «Bola topsak ham, emizdiradigan sutim yo‘q», dsmoqchi bo‘ldi, ammo ayta olmadi. Agar bola topsalar, nima bo‘ladi? Halimaning hozirdan unga rahmi kela boshladi. Sho‘rlik go‘dakni to‘ydirmasdan turib, qanday qilib pul oladi? Lekin qo‘lidan nima ham kelardi. Sutga baraka berish uning qo‘lida emasdi, yomg‘irni ham u yog‘dira olmasdi. Mavsum esa, tobora kuruqlashib boryapti, haftalar bo‘yi yomg‘ir yog‘maydi. Qurg‘oqchilik bois oziqovqat kamayib ketgan, binobarin, Halima ham qornini zo‘rg‘a^ to‘yg‘izar edi. Shu sababli ko‘kragida sut kam edi. O’zining o‘g‘liga yetmaydigan sut qanday qilib emikdosh bolaga yetadi?! Ammo tirikchilik vajhidan bu yumushni davom ettirishga majbur. To‘g‘ri, bir tuyalari ham bor. Ertalab uydan och chiqib ketadi, kechqurun uyga yana och qaytadi: yemish yo‘q. Oqshom tuyadan ozgina sut sog‘iladi, u ham o‘zining bolasini zo‘rg‘a to‘ydirardi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 02:03:05
Makkaga kelganlarida dugonalari allaqachon ishlarini bitirgan edilar. Barchasi naslu nasabi baland oilalarning bolalarini olishgan, mo‘maygina pulga ham ega bo‘lishgan edi.
— Kech qolding, Halima.
— Shunday bo‘ldi, nimayam qilardik. Halima kech qolganidan siqilgan edi.
Darhol mahallalarni aylanib, emizgani bola topishga kirishdi. Eri o‘g‘li Abdulloh bilan birga bir joyda kutib turadigan bo‘ldilar.
Ka’baga yo‘naldi. Duch kelgan odamdan so‘rayverdi:
— Bu yerlarda emizdiriladigan bolasi bor oila yo‘qmi?
Ka’baning soyasida o‘tirgan bir cholni ko‘rsatdilar.
— Anavi o‘tirgan odam — Abdulmuttalib, nevarasiga sut ona qidirayotgan edi, so‘rab ko‘rchi, — dedilar.
Halima Abdulmuttalibga yaqinlashdi:
—    Emizish uchun bola qidirayotgan edim, — dedi.
—    Qaysi qabiladansan, qizim?
— Sa’d ibn Bakr qabilasidanman. Haris ibn Abduluzzoning xotiniman.
— Bir yetim bola bor, uni senga beraman. Umid qilamanki, undan yaxshiliklar ko‘rasan.
Halimaning yuzi o‘zgardi.
—    Yetimmi?
—    Ha, yetim.
— Unday bo‘lsa, boshqa bir bola qidirayin, — deb nari ketdi. «Yetim uchun necha pul xam berardilar?» deb o‘yladi ichida. Bolaning qornini to‘yg‘azishi uchun avval o‘zining qornini to‘yg‘azmog‘i lozim. Tomoqdan biron narsa o‘tmasa, ko‘krakdan nima ham chiqardi. Yetim uchun berilgan pul uni ta’minlay olmasdi.
Aylandi. Maxallalarni kezdi. Bolasi bor deyilgan uylarning eshiklarini birmabir taqillatdi. Birinchi eshik ochildi. Zaifa, qoracha ayol chiqdi.
— Emizdiriladigan bola qidiryapman. Bolangiz bor ekan, deb eshitdim.
Uy egasi:
— Boshqaga bermoqchimiz, — deb ichkariga qaytib kirib ketdi.
Boshqa biri esa:
— Yarim soat avval olib ketishdi, — dedi. Halima shu asnoda bir necha uyni surishtirib chiqdi. Boy oilalar bolalarini unga bergilari kelmadi. Ba’zilari berib bo‘lishibdi. Faqirlarnikini esa, Halima olmadi. Eng oxirgi eshikni ham takillatdi, eshikni ochgan ayol:
—   O’zingning bolang bormi? deb so‘rab qoldi.
—   Bor.
—   Suting uni to‘ydira olyaptimi? Halima javob bermadi. «Ha, to‘ydiryanti» deb yolg‘on
gapirishga uyaldi. Boshini egdi, uydan uzoqlashdi.
Halima mag‘lub bo‘lgan edi. Ilk uchragan bolani yetim ekan deb olmadi, ba’zilar bolalarini bermadi, ba’zi lari boshqalariga berib bo‘lgan edi. Xullas, barcha eshiklar unga yopiq edi, go‘yo ilk bolani yetim degani uchun intiqom olishayotgandek.
Borib eshagini yaxshilab urgisi keldi. Al-Amini eshakdan olmoqchi bo‘ldi. Teztez yurib, eri bilan bolasi kutib turgan joyga bordi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 02:03:53
Quyosh botish arafasida edi.
—   Nima bo‘ldi? — dedi eri Haris.
—   Bir yetimdan boshqa bola yo‘q. Qolganlarni o‘rtoqlarim olib bo‘lishibdi.
— Demak, bu yil nasibamiz kesilibdida.
— Shundayga o‘xshaydi. Faqirlarning pul beradigan ahvoli yo‘q. Boylarda bola qolmabdi. Bolasi bor boshqalari esa menga berishni istamadilar.
Halima bu gaplarni aytar ekan, ko‘zlari yoshlandi, «Ustimdan kuldilar», degan so‘zni ayta olmasa xam, ko‘zlaridagi yoshdan shu ma’noni uqsa bo‘lardi.
—    Yo olti oy o‘tishini kutamiz, yoki o‘sha yetimchani olamiz. Sen nima deysan, Halima?
—    Dugonalarim bittadan bola bilan qaytayotganda, men bolasiz ketishni istamayman. Ammo bir yetim uchun berilajak ozgina pul bizga yetarmidi. Bir qarorga kela olmayapman. Lekin boshqa bir qarorim bor.
— Qanday qaror ekan?
— Shu ko‘r bo‘lgur eshakni o‘lguncha urish. Haris:
Eshakni ursang, darrov bir bola olib kelib berishlarini bilsam, birgalashib urardik. Halima o‘ylanib qoldi:
— Ha, albatta, eshakni urganimiz bilan hech kim bizga bola keltirib bermaydi.
— Yetim bola uchun nima berar ekanlar?
— So‘ramadim. Yetim ekanini eshitiboq «Kimi ham bor ediki, biror narsa bersa», deya nari ketdim.
O’ylanib qoldilar. Eshak u yokdanbu yoqqa yurib, cho‘kirtaklarni yeb, bir amallab qornini aldab turar edi.
—   Tezroq bir qarorga kelaylik, Halima, shom tushay deb qoldi.
—    Sening fikring qanday, Haris?
—    Men aniq bir narsa ayta olmayman. O’zing nima xohlasang, shuni qil.
—    Bo‘lmasa, men bu yetimni olsammikan, bolasiz qaytishdan uyalyapman.
—  Bilganingni qil. Balki, bir yetimni olganimiz tufayli uyimizga baraka kelar.
Halima so‘zni cho‘zib o‘tirmasdan o‘rnidan turdi va Ka’baga qarab ketdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 02:05:00
* * *
   Abdulmuttalib ketmaket kelayotgan ayollardan hech birining nevarasini emizishga rozi bo‘lmayotganligidan xafa edi. Kelayotgan ayollar bolaning yetim ekanligini eshitgach, qaytib ketishar, hatto sut haqi qancha bo‘lishini ham so‘ramas edilar.
   Balki bunda bir hikmat bordir, deb o‘ziga tasalli berardi. Aslida, bolaning yetim ekanligini aytmasa ham bo‘lardi. Ammo so‘z boshlashi bilan, xuddi o‘rgatib qo‘yilgandek, bolaning yetim ekanligini aytib yuborar edi. Go‘yo ichidan kelayotgan bir nido ulug‘ qudrat egasining, bu bolani faqat munosib sut onaga berish lozim, undan boshqasi olmasligi kerak, degan da’vatini takrorlayotgandek edi.
   Haq masalasi, aslida, unchalik muhim emasdi. Hech kim, Abdulmuttalib sut onaga yetarli haq bermaydi, deya olmasdi. Go‘dakning otasi bo‘lmasa ham, bobosi bor edi, axir. Bir bolaning hali tug‘ilmasidan oldin otasidan ajralib qolishi esa, bola uchun ayb yoki nuqson emas edi. Binobarin, bola sifatida nevarasining hech qanday aybi yo‘q edi. Ko‘rganlarni hayratda qoldiradigan darajada husnli edi u. Dunyoning butun bobolari nabiralariga ko‘ra bir safga tizilsa, safning eng boshida, ha, mutlaqo eng boshida Makkaning hokimi, Qurayshning raisi Abdulmuttalib turgan bo‘lardi. Bu jihatdan Abdulmuttalibga ayni darajada teng keladigan hech bir shaxs mavjud emas, mavjud desa, aql bovar qilmas edi.
   Nevarasiga tikilgani sari Abdulmuttalibning qalbi bo‘lakcha bir mehrmuhabbat hislariga to‘libtoshar, ichidagi bir nido: «Bu bola o‘xshashi yo‘q buyuk inson bo‘lajak», der edi. Ba’zan Abdulmuttalib Ka’baning devoriga suyanib o‘ylar, kechasini kunduziga qo‘shgan bu bolani bunchalik sevishining sababini axtarar, «Ajabo, keksaligim tufayli iroda zaifligiga duchor bo‘ldimmi?» der, ammo bunday fikrni hazm qilolmas edi. Chunki Muhammaddan boshqa ham, o‘zga o‘g‘ilqizlaridan bir necha nevaralari bor edi. Ularni xam jondilidan sevardi. Biroq Muhammadga kelganda, unga bo‘lgan sevgisini til bilan ta’riflashning sira iloi yo‘q edi. Go‘yoki bu boladagi go‘zallik, shirinlik, ko‘ngilga yaqinlikni tillar, hatto dillar ta’rif etolmaydigandek.
   Uning yetim ekani rost, biroq ota-onasi bor bolalardan kam joyi ham yo‘q, ular uchun qancha haq berilsa, Muxammad uchun ham ulardan kam berilmaydi. Abdulmuttalibning xasisligini kim ko‘ribdi? Har tarafda «Yaylovda insonlarni, tog‘ boshlarida hayvonlarni to‘ydiradi», deya shuhrat topgan, dasturxonidan mehmonning keti uzilmagan Abdulmuttalib Muhammadining sut ona hakkini berishdan qocharmidi?!
   Ammo kelgan har ayol bolaning yetim ekanini eshitiboq hech nima demay qaytib ketishlarida, albatta, bir hikmat bordir. Ehtimolki, ulug‘ Olloh bu ayollarni o‘zining oliy hukmi ila orqaga qaytarayotgandir. Muhammadiga loyiq bo‘lgan sut onaning kelishi uchun kuttirayotgandir. Orasira Abdulmuttalibning ko‘ngli Mavloga yo‘nalib:
— Ollohim, meping bu yetimchamga eng shafqatli, eng pok ko‘ngilli sut onani yubor, yaramasini orqaga qaytar, deya yolvorardi. Bu orada Halimaning qaytib kelayotganini ko‘rib, ko‘ngli joyiga tushdi.
— Bola qaerda?
Abdulmuttalib kulimsiragancha, o‘rnidan turdi.
— Ortimdan yur, — dedi.
Halima Abdulmuttalibning orqasidan yurdi.
Go‘zal bir ayol:
Xush keldingiz, otajon, xush keldingiz, opajon,— deb ularni kutib oldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 02:06:43
Halima uyga kirganida totli bir hidni tuydi. Bunday atirni u hech hidlamagan edi. Qabilada har bir ayol o‘ziga atir separdi, ammo bu atirni na Halima, na qabilaning boshqa ayollari bilishardi.
Uyning bir burchagida emizikli go‘dak yotardi. Tagiga yashil ipak mato to‘shalgan, chaqaloq esa, oq jun matoga o‘ralgan bo‘lib, shirin uyquda yotar edi. Ta’rifga sig‘mas darajada chiroyli edi u.
Halimaning yuragi jiz etdi. Malaklar kabi go‘zal bo‘lgan bu chaqaloqni emizish uchun onasidan olsayu, biroq uni to‘ydira olmasa, och qoldirsa...
Achinarli bir hol edi bu. Uyda o‘z bolasi xursand bo‘lib qachon to‘ygan ediki!.. Nechanecha oylar davomida o‘g‘lining og‘ziga sutsiz, aldamchi mammalar kirib chiqayotganini eslash uning ko‘nglini bezovta qildida, endi kiynalish navbati bu go‘dakka keldimi, deb o‘ylab, ichidan ezildi. Shu yoshda tul qolgan yoshgina xonimga qaradi, keyin ota yuzini ko‘rmasdan yetim qolgan chaqaloqqa tikildi, yana yuragi jiz etdi. Abdulmuttalib burchakdagi taxtaga o‘tirib:
— Qizim, bu ayol Sa’d ibn Bakr qabilasidan, ismi Halima, — dedi.
Omina kelgan bu ayolning sut ona ekanini fahmladi. Halimaning ortiqcha vaqti yo‘q edi. Uxlayotgan chaqaloqni ko‘tarib olish uchun engashdi. Shu vaqt chaqaloq uyg‘onib, Halimaga boqdi. Halima bu nigohning to yuragiga qadar borib yetganini his qildi. Bir onda butun vujudini shafqat va marhamat tuyg‘usi qopladi. Endi hech narsa bermasalar ham, bu bolani olmasdan keta olmasdi. Dugonalarining bu bolani ko‘rmay ketganliklarini o‘ylarkan, sevinchdan titrab ketdi. Uni ko‘rgan har qaysi sut ona darrov yopishsa yopishardiki, tashlab ketishi amrimahol edi. Yoniga o‘tirdi, avaylab quchog‘iga oldi. Suti qurigan mammalarini chiqarib, bolaning gul kurtaklariga o‘xshash dudoqlariga tekkizgisi keldi. O’ng mammasini go‘dakning og‘ziga tutdi. Shu onda Halima hayratga tushdi, ko‘ksida totli bir rohatlanish sezdi. Yoqimli tuyg‘u edi bu. Sut kelayotganini bildiruvchi his edi bu. Darhaqiqat, chaqaloq uni ema boshladi.
   Halima ko‘kragining sutga to‘lganiga, ayniqsa, shunday sharoitda sutga to‘lganiga hech aqli bovar qilmasdi. O’zi kabi boshqa xotinlarning ham sutlari yo‘q edi. Tizzalarida yotgan bolasi bir kuni bu sutsiz mammalariga ancha andarmon bo‘lgach, ochlikdan yig‘iga tushgan, Halima ham ko‘zyosh to‘kib unga jo‘r bo‘lgan edi. Dunyoga keltirib, ammo qornini to‘ydirolmagan bolasi uchun mo‘lmo‘l yosh to‘kkandi bu ko‘zlar o‘shanda.
   Ajabo, endi ana shu mammalar sutga to‘la edi. Quchog‘idagi bola sutga zor bu mammadan to‘yibto‘yib emardi. Go‘dak bir oz emgandan so‘ng Halima mammasini tortdi, bolani yana bag‘riga bosib, boshqa mammani berdi. Ammo chaqaloqning dudoqlari yopildi va mammani emmadi. Har qancha urinsada emmadi. Takror o‘ng mammasini tutgan edi, oldi, ema boshladi.
Vaqt ziq edi, ortiq kechikmaslik lozim edi.
— Endi men ketishim kerak, — deya bolani quchog‘idan qo‘ymagan holda, o‘rnidan turdi.
Abdulmuttalib:
—    Bolamni olasanmi, ey Halima, — dedi.
—    Olaman. Endi u mening bolam.
—    Juda yaxshi. Faqat shuni yaxshi bilginki, biz bolamizning sut haqqini boshqa oilalar beradigan hakdan kam bermaymiz. Ortiqcharoq berishga harakat qilamiz. Umidvormizki, bolamning hurmatiga xonadoningizga barakot yog‘adi. Faqat, sendan iltimosimiz, bolamga o‘z farzanding kabi yaxshi qara.
   Halima Ominaga qaradi. Har bir ona kabi, bolasidan ayrilish g‘ami uning ham yuzidan bilinib turar, ko‘nglini to‘ldirgan kadarga ko‘zlaridan oqayotgan yoshlar esh bo‘layotgan edi. Bolasini so‘nggi marta bag‘riga bosib, hidlagach, gul yuzlaridan to‘yib o‘pgach, Halimaning qo‘liga tutarkan, «bolam», deya ingrandi.
   Halimaning ham ko‘zlari yoshlandi. Birgina farzandidan, tug‘ilmasdan burun yetim qolgan bolasidan ayrilmoq osonmi? Bu onaga tasalli berish lozim edi.
—Xavotir olma, singlim, unga o‘z bolamday qarayman, menga ishonaver, — dedi Halima.
Eshikdan chiqar ekan, to‘xtadi. Ominaga qarab:
—   U atirdan menga ham bir oz ber!
—   Qaysi atirdan?
—Bolangga sepgan atirdan. Qasam ichamanki, bunday hidni hali Sa’d ibn Bakr  qabilasidagilar hidlamaganlar. Bersang, sepib, hidlab yurardim.
Omina ko‘zlariga kelgan birikki tomchi yoshni yashirib o‘tirmadi, hafif g‘amgin tovushla:
— U mening bolamning hididir. Unga atir sepmasangiz ham bo‘ladi, — dedi va endi oylab ko‘rolmaydigan bolasini takror hidlab: — Xayr bo‘lmasa, sizlarni Ollohga omonat etdim, — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 02:07:31
* * *
Haris Halimani kuzatgach, yonida qolgan Abdullohni ovutmoq uchun xayoliga kelgan har chorani qo‘llab ko‘rdi. Ammo qorni och bolani sutdan boshqa hech narsa bilan tinchitib bo‘lmasligini juda yaxshi bilardi: Yana shuni ham yaxshi bilardiki, Halimaning mammalaridagi yolg‘iz Abdullohga yetmayotgan sut endi ikki bolani och qoldirishi aniq edi. U sho‘rlik bolaning yetimligi yetmagandek, uni yana ochlik ham kutmovda va bir dard ikki bo‘lishi turgan gap edi. Hammasiga sabab — yo‘qchilik, qurg‘oqchilik. Bu ikki sabab bir bo‘lib, o‘g‘lini to‘ydirishdan ojiz bo‘lgan bir ayolni emizishga bola qidirishga majbur qildi. Avvallari saharga qadar bir bolaning faryodi ila uyg‘ongan oila, endi uyqudan tamoman voz kechadigan bo‘ldi, boshlariga tor kelgan dunyo mukammal bir zindon holiga aylanadigan bo‘ldi.
   Quyosh botmoq uchun ufqqa narvon qo‘ygan ham ediki, Halima bola quchoqlagan holda qaytib keldi. Yuzida mamnunlik alomatlari bor edi. Haris bu mamnuniyatni savdoning yaxshi bo‘lganligidan deb bildi.
— Xursand ko‘rinasan, Halima?
— Ha, xursandman. Chunki gul yuzli bir bola bilan kelyapman.
Haris «gul yuzli bo‘lish qorin to‘ydirmaydiku», degandek bokdi, ammo...
— Avval bolani bir ko‘rchi, — dedi Halima va go‘dakning yuzini ochdi. Yo‘rgakda yotgan chaqaloqning haqiqatan bir bola ekanligiga ko‘zlari ishonmadi Harisning. Ta’rifga sig‘maydigan darajada totli bir bo‘y taralardi undan.
   Halima o‘tirdi. O’ng mamma yana Muhammadning gul dudoqlariga o‘rnashdi, chap mamma Abdullohga berildi. Abdulloh ilk emishdayoq og‘zini to‘ldirgan va tug‘ilganidan beri o‘zi zor bo‘lgan ona sutini to‘yibto‘yib ema boshladi.
   Ko‘p o‘tmay, ikkala bola ham uyquga ketdilar. Haris ko‘rib ishonmagan bu holni hayratla tomosha qilardi. Abdullohni va bu go‘dakni to‘ydirayotgan bu qadar mo‘l sut qaerdan kelastir?
   Endi navbat o‘zlariga keldi. Har bir oila singari ular ham tuyalarini sog‘ib sutini ichishga majbur edilar. Bir najot bo‘lib qolar degan niyatda yelini quribqaqshagan tuyaga yaqinlashdilar. Tuya emchaklari sutga to‘la edi. Tuyada me’yoridan ortiq darajada sut bor edi. Holbuki, Haris bu qadar sutni o‘ngida emas, tushida ko‘rsa ham rozi edi.
   Oylar mobaynida uyquga to‘ymagan oila a’zolari bugun birinchi marta bemalol uxladilar. Abdulloh ilk marotaba yig‘lamasdan uxladi. Halima uyqusini bo‘lmasdan ertalabgacha uxlashning mazasini birinchi marta totdi.
   Ertalab tuyasining mo‘lko‘l sut berganini ko‘rib, Haris buning shunchaki bir tasodif emasligini faxmladi:
— Halima, juda muborak, baraka keltiruvchi bir bola olib keldingda oilamizga, — dedi.
   Qisqa muddatli oldiberdidan so‘ng Bani Sa’d qabilasi orqaga qaytdi. Halimaning eshagi yana qiynaydiganga o‘xshardi. Ammo bu daf’a chopqillab oldinga tushdi, qabila xalqi orqada qolib keta boshladi. Qabila ayollari bu safar Halimaga qarab qichqirdilar:
— Boshingga rahmat yog‘sin, Halima, sal sekinroq yur.
Halima dugonalaridan ayrilishni istamasdi. Biroq eshak to‘xtamaslikka jazm qilgandek edi. Haris eshakning ipini tortib turib, oldiga o‘tdi va to‘xtatdi. Hamrohlari yetib kelgach, qo‘yib yuborilgan eshak yana chopqillab, hammadan o‘zib keta boshladi.
—    Haris, bu kechagi eshak emas, shekilli! Dedilar qabiladoshlari.
—    O’sha, kechagi eshagimiz, — dedi Haris.
—    Jonim, kecha sizlarni yo‘llarda xunob qilgan eshak bugun poygaga chiqmagandir. Qaragin, poygada chopayotgandek.
—    Otamning boshi haqqi aytamanki, bu kechagi eshakdir.
Birisi so‘zga aralashdi:
— Ha, bilib turibmiz, kechagi eshak. Biroq bugun boshqacha bo‘lib qolibdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 02:12:28
* * *
Bani Sa’d qabilasining yerlari ko‘pdan beri suvsiz, qurg‘oq edi. Molhol yeyishga o‘t topolmasdi. Qo‘y va tuyalar yaylovga och ketsa, yaylovdan yana och qaytardi. Qorinlari bo‘mbo‘sh, mammalari qupquruq edi.
Halimaning mollari esa, ham qorinlari to‘q, ham yelinlari sutga to‘lib qayta boshladi. Halimalar xonadoniga baraka kirgan edi. Qabila xalqi ham buni sezdi. Hamma, shu qatori bolalar ham, Muhammadning kelishidan mamnun edilar.
— Bizning mollarimizni ham Halimaning mollari o‘tlaydigan joyda o‘tlatinglar, — deyishardi ular.
Cho‘ponlar:
— Hammasini bir joyda o‘tlatyapmiz. Birgalashib olib borib, birga olib qaytyapmiz. Ammo nima bo‘layotganini tushunolmayapmiz. Ularning hayvonlari to‘yib, to‘qqaytyapti, bizniki och qaytyapti. Hayvonlarning o‘t yemasdan to‘yib qolishi, yemish yemasdan turib sut berishi aql bovar qilmaydigan sirligicha qolayotir... Halima ba’zan bilib turib, ba’zan yodidan chiqarib, Abdulloh emadigan chap mammasini Muhammadga tutsa, Muhammadning gul dudoqlari darhol yopilar, «Birodarimning haqqini ema olmayman, menga o‘z mammamni ber», degandek bo‘lib, sevimli yuzini u yoqqabu yoqqa olib qochar edi. Bundan tashqari Halima Muhammadning tagini bulg‘ab qo‘yganligini, biror marta bo‘lsin, ko‘rmadi. Kelgan kunlaridan beri ikki chaqaloq ham ertalabgacha uxlar, ona, ota va boshqalar bezovta bo‘lishmas — kechalari bolalari yig‘lashmas edi. Janobi Mavlo Muxammadning bezovta bo‘lmasligi uchun Abdullohning beshigini malaklarga tebrattirayotgandek edi.
— Halima qiz, qanday xushbo‘y hid kelyaptiya, vallohi, bu chaqaloqda bir gap bor, — deyishardi odamlar. O’sha kuni Makkaga bola olgani birgalashib borganlar Abdulmuttalibning nabirasini yetim deb olmaganlari uchun ming pushaymon bo‘lishar edi.
Kunlar Halimaning saodatli kunlari o‘laroq o‘ta boshladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 02:13:17
* * *
   Muhammad komil inson bo‘lib voyaga yetayotgan edi. Sakkiz oyligidayoq gapira boshladi, bir oy keyin esa, bemalol ganlashadigan bo‘ldi. Ikki yoshdan o‘tgach, sutdan chiqib, sog‘lom kuchli bir bola bo‘ldi. Endi onasining bag‘riga qaytish vaqti kelgan edi. Bir kuni ertalab birodari Abdulloh, opasi Shayma, do‘stlari bilan xayrlashdi va Sa’d ibn Bakr qabilasi yurtidan ayrildi. Halima va Haris bilan birga Makkaga ravona bo‘ldilar. Onasi, bobosiga yetishish payti kelgan edi. Ortidan unga qo‘l silkib kuzatayotgan qardoshlarining ko‘zlari yoshli edi.
   Ominaning o‘g‘liga yetishishi o‘ta hazin bir manzara edi. Ikki oyligidayoq ajrashgan bolasining hasrati ancha yig‘ilib qolgan edi. Halima va Haris uniig ikki yil mobaynida kechirgan umrini, boshlaridan o‘tgan g‘aroyib hodisalarni aytib berdilar. Hartomonlama mamnun edilar. Muhammadning har kuni tinch uxlagani, yotog‘ining doim tozaligi, sut onasi va otasini aslo xafa qilmagani, qardoshlari bilan sira urishmaganligini Ominaga batafsil hikoya qilib berdilar.
   — Biz Muhammadni o‘z o‘g‘limizdek tarbiyaladik, bag‘rimizga bosdik, sevdik, — dedilar. — Chunki u tashrif buyurgach, uyimizga baraka yog‘di, yuzimizga qon yugurdi, bolalarimizning, molhollarimizning qorni to‘ydi. Xonadonimizda doimo totuvlik hukm surdi, huzurhalovatga erishdik. Bilamizki, siz uning haqiqiy onasisiz. Bundan keyin Muhammad yoningizda qoladi. Ammo bizni o‘ylantirib qo‘ygan, hatto qo‘rqitayotgan bir narsa bor...
—    Nima ekan u? — deb so‘radi Omina.
—    Makka vabosi...
   Ominaning ko‘zlari toldi. Haqiqatan ham shu kunlarda Makkada vabo illati tufayli ko‘p odamlar, ayniqsa, yosh bolalar qirilib ketayotgan edi. Bu vabo Muxammadga ham yuqishi ehtimoli bor edi.
   Vabo — oldi olinmas o‘lim bo‘roni, butun Makka ko‘chalarida qattiq esmoqda, istagan eshikdan kirib, duch kelganni yiqitmoqda. Hech kimning ko‘zyoshiga qaramayotir. Har kuni, har ko‘chada bir o‘lim. Vabo bo‘roni Abdulmuttaliblar eshigini qachon taqillatishini, bu oila qachon qurbon berishini hech kim bilmaydi. Bir tarafda, dunyoning yagona injusi Muhammad, boshqa tarafda, o‘t o‘rganday insonni o‘rayotgan vabo...
   — Bolam shu yerda qolsin...                           Ushbu so‘zni ayta olmadi Omina. Bilib turib jigarnorasini tahlikaning quchog‘iga otishga rozi qilolmadi ko‘nglipi. Chorasiz edi. Hasratiga chidamoq, sog‘ qolsa, bu balo daf’ bo‘lgach, ko‘rishmoq umidida yana qaytib Halima bilan ketishga ruxsat berdi.
   Biroq, ikki yillik chekkan hasratini o‘g‘lini faqatgina bir necha soat ko‘rish bilan aritib bo‘lmadi. Omina o‘g‘lining ustidagi ko‘ylagini yechdi. Yangisini kiydirdi. Asl maqsadi uning xidi, terlari singgan bu ko‘ylakni olib qolib, hidlab yurish, hasratini ketkizishga harakat qilish, uyqusiz tunlarida oqqan ko‘z yoshlarini bu ko‘ylak ila artish edi.
Ayriliq vaqti kelganda, bolasiga:
   — Xayr, sog‘omon yetib bor, seni Ollohga omonat etdim, — dedida, ko‘zlari yoshlandi.
Halimaning qo‘lidan ushlagancha, orqasiga qayrilibqayrilib qarab ketayotgan bolasiga tikilib qoldi. Ko‘ngli uning orqasidan ketayotgandek edi. Ular ko‘zdan g‘oyib bo‘lgach, xonasiga kirdi, yig‘ladi, to‘yibto‘yib, bo‘zlabbo‘zlab yig‘ladi.
   Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, qo‘shni xonadondan yuksalgan bir faryod Makka vabosining yana bir ochiq eshik topganini, yana bir qurbon olganini, bir xayot shamini o‘chirganini bildirdi.
   Qalbi orzikdi. Har narsaga qodir bo‘lgan buyuk qudrat sohibiga duolar qildi, niyozlar atadi. Bolasi bilan yana qayta ko‘rishish tilagini ko‘zyoshlariga yo‘g‘irib, Yaratuvchiga havola etdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 02:14:03
* * *
Abdulmuttalib nabirasini ko‘rib, ko‘zlariga ishonmadi. Ikki yilda bunday baquvvat, kelishgan bola bo‘lishini o‘ylamagan edi. Ammo tom o‘ylaganidek, nevarasi go‘zal edi. Ayni choqda, kelishi bilan ketishi bir bo‘lgan Muhammadidan ayrilayotganidan dili qorong‘i edi.
Halimalarga yetarli darajada haq berildi. Vaholanki, Halima butunlay haq olmaslikka ham rozi edi, chunki u haqini har kuni olayotgan edi.
Halima xonadonining barakasi ila qaytgach, uyda hamma xursand bo‘ldi. Onasi, buvasi bilan bir kungina birga bo‘lib, so‘ngra ayriliq oqibatida shodlik va qayg‘uni bir vaqtning o‘zida his qilgan Muhammad ham ikki yil birga o‘ynabkulgan og‘aynilariga qo‘shilib, ularning quchog‘iga otildi.
Halima bilan Haris bu bolaga ko‘p qarzdor bo‘lib qolganlarini, unga yanada mustahkamroq bog‘langanliklarini his etdilar, uylarining asl ustuni shu bola ekanini yana bir karra angladilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 02:17:59
* * *
Oradan bir muddat vaqt o‘tdi. Bir kuni Abdulloh shoshilib uyga kirdi. Nihoyatda hayajonlangan, yuzida qo‘rquv sharpasi bor edi.
—Ikki odam kelib qurayshlik birodarimni ushlab olib yotqizdilarda, ko‘ksini yordilar, — deya oldi bazo‘r.
Halima devonalarcha o‘rnidan sakrab turdi. Haris tangqariga otildi. Shayma ham orqalaridan yugurdi. «Qurayshlik birodar» uning orqa tarafida yuzi so‘lg‘in holda tik turardi. Halima borasolib uni bag‘riga bosdi:
—Nima bo‘ldi, bolam, nega gul yuzing so‘lg‘in? Bolaning javobi ham qo‘rqitdi, ham o‘ylantirib qo‘ydi:
—Oq kiyimli ikki odam keldi. Meni yerga yotqizib, ko‘ksimni yordilar, ko‘ksimdan bir narsalarni chiqardilar. «Mana bu shaytonning nasibasi bo‘ladi», deb nariga otdilar. Biri suv keltirib, yuragimni o‘sha suv bilan yuvdi, keyin ko‘ksimni berkitdilar.

Halima bu so‘zlarni eshitar ekan, yoqasini tutdi. Hech kim bu bolaning yolg‘on so‘zlashini xayoliga ham keltira olmasdi. Ammo uning na ustida, na turgan joyida qon izlari bor edi.
—    Qaerda bo‘ldi bu voqea, o‘g‘lim?
—    Xuddi shu yerda!
Halima yana atrofni qaradi. Hech narsadan nomnishon yo‘q: na qon, na suv, na «shaytonning nasibasi» deb otilgan narsa!
—    Bolam, balki tush ko‘rgandirsan, uxlayotgan edingmi?
—    Yo‘q, uxlamayotgan edim, lekin bu tush ham emas, xayol ham emas.
Halima Abdullohga qaradi:
— Senga kim aytdi bularni?
— Hech kim aytmadi. Men o‘zim ko‘rdim, ikkovining ham kiyimi oq edi.
Haris:
— Ko‘ksingni och, ko‘rayinchi, — dedi
Muhammad ko‘ksini ochdi. Bilinarbilinmas chiziqning borligi ma’lum bo‘ldi.
—    Qani, qaerga ketdi u odamlar?
—    Birdan g‘oyib bo‘ldilar.
Halimaning boshi egildi. Haris ham biror nima deya olmadi.
Bu hodisa Halimani ham, Harisni ham xiylagina dovdiratib qo‘ydi. Halima oqshomga qadar ichiga chiroq yoqsa yorishmay, ko‘zlari g‘amli, o‘y bosib yurdi. Harisning ham boshi egik edi.
Hayotlari guldek yashnab kechayotgan paytda birdaniga bunday hodisaning sodir bo‘lishi ko‘ngilga xush yoqadigan narsa emas edi.
Halima kechgacha qurayshlik bolasini poyladi, biror o‘zgarish ko‘ra olamanmi, deya kuzatdi. U o‘tgan voqeaning oqibati zararli bo‘lib chiqishidan qo‘rqardi. Ammo Muhammadning xattiharakatlari ham, gapso‘zlari ham odatdagidek edi. Hamishagidek shirinshirin so‘zlashar, kular edi.
Lekin Halimaning ichiga qurt tushgan edi. Mabodo yana o‘shanday hol ro‘y berib, boshiga biror falokat kelsa, nima bo‘ladi?.
Dardini Harisga aytdi. Haris ham shunday qo‘rquv ichida ko‘ngli bezovta ekanligini bildirdi. Birgalashib gaplashdilar, maslahatlashdilar. Barcha mulohazalar bolani hech bir ziyonzahmat yetkazmasdan onasi va buvasining qo‘liga topshirishga borib taqalar edi.
Holbuki, Muhammad bu xonadonning saodat ustuni, barakot manbai edi. Qurg‘okchilik, ochlik shiddat bilan Sa’d ibn Bakr qabilasini zabtiga olar ekan, shu bolaning hurmati uchun bu oilaga baraka yog‘ilar, o‘zlari sezmaganlari holda to‘qchilik, farovonlik ichida yashar edilar.
U ketsa nima bo‘ladi? Tuyalar yana hozirgidek mo‘lko‘l sut beraveradimi? Odamni xursand qiladigan darajada farovonlik bo‘laverarmikan?..
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 02:18:58
Ko‘zlarda yosh, yuzlarga xafalik soya solgan holda bir qarorga keldilar: Muhammad uyiga olib boriladi, onasiga topshiriladi. Bu qarorni eshitganlari zahoti Shayma bilan Abdulloh yurakbag‘irlari orziqib ketganligini his qildilar. Kichkina Abdulloh hatto:
— Qurayshlik birodar ketsa, hamma narsaning hammazasi ketadi! — deb yubordi.
Halima tuni bo‘yi Muhammadning boshiga bir necha marta keldi, bu uyda so‘nggi tunini o‘tkazib, bemalol uxlayotgan bolaning yoniga tiz cho‘kdi. Uning mushkanbar bo‘yi taralib turgan nafasini to‘yibto‘yib iskadi.
Endi bundan buyon bu xonada bunday hid taralmaydi.
Uni emizish uchun har quchog‘iga olganida, har ko‘ksiga bosganida ko‘ngli jannat bog‘larida yurgandek hislarga to‘lar edi. Bu gul yuzli bolaning tag‘in och qolishini, tag‘in kelib ko‘ksini iskalashini har daf’a alohida bir sog‘inch bilan kutardi. Mammasini uning og‘ziga tutar ekan, ko‘gshncha sevinchdan hayajonlanib titrardi. U emar ekan, atrofini farishtalar o‘rab olar yoxud o‘zi nurlar olamiga g‘arq bo‘lar, ruhi aql bovar qilmaydigan yuksakliklarda parvoz etar edi...
Ajabo, kelajakda uning buyuk inson bo‘lib yetishganini butun olam bilganida Halima hayot bo‘larmikan? Uning atrofini o‘rab olgan bu devorlar mushkanbar sepilganday totli bir hidga endi burkanmaydi.
Ancha vaqtlar o‘tgandan keyin ham uydagi hidning qanday hid ekanini so‘ragan xotinlarga Halima:
—   Bu Muhammadning hidi, — deb javob berardi. Ayollar esa:
—   Aljirama, Muhammad yo‘qku bu yerda? — deyishardi.
Ammo Halima yolg‘on gapirmas edi. Muhammadning nafasi, kiygan libosi, hatto uning qo‘li tekkan bola soatlab gullar kabi bo‘y taratardi. Muhammad qaysi bola bilan o‘ynagan bo‘lsa, o‘sha bola bilan gaplashganlar:
— Sen bugun Muhammad bilan o‘ynabsanda, — derdilar.
Hatto ko‘r odam ham yoniga yaqinlashgan bolaning qurayshlik Muhammad ekanini nayqardi. Bu hid Hazrati Odamdan beri dunyoga kelgan va qiyomatgacha olamga keladigan insonlar ichida faqat va sraqat ungagina xos edi...
Halima o‘sha tun tonggacha uxlayolmay, ko‘p marotaba uyg‘onib ketaverdi. Har uyg‘onganida, kelib Muhammadni hidlardi. Har safar ichi orziqiborziqib ketardi, xar daf’a ichida bir nimalar o‘pirilib ketganini his qilardi.
Halima bu kechaning uzayib ketishini, quyoshning sekin chiqishini, kechaning bu qimmatli mehmoni bu uyni yana bir oz muddat obod qilishini istardi. Uni uyida mehmon qilish zavqini Halima yana bir oz totsin, axir.
Ammo, aksincha, tun tez tugab borayotgandek edi. Xo‘rozlar quyoshning chiqin!ga xozirlik ko‘rayotganidan xabar bera boshlagan edi. Ortiq yota olmadi. Bolasining yoniga o‘tirdi. Ayriliqning yaqinlashganini his qilgan ko‘zlaridan yosh tomchilari to‘kila boshladi.
Xo‘rozlar qichqira boshladi. Halimaning dardi ularga begona edi. To‘xtamay, ketmaket qichqirishardi. Bu ovozlar shirin uyquda yotgan go‘dakning oromini buzdi. U ko‘zlarini ochdi, qarasa, tepasida enagasi o‘tiribdi, ikki qo‘lini cho‘zib unga talpinarkan, xiyol kulimsirab, «Onajon!» dedi.
Halima ortiq chiday olmadi:
— Gul yuzli, shirin so‘zli bolaginam, — deya bag‘riga bosdi va ho‘ngrab yig‘lab yubordi.
— Onajon, nega yig‘layapsiz?
— Chunki bugun Makkaga tuqqan onangning oldiga ketasan, ajralishamiz, jigarim. Ammo sendan ajralish men uchun shu qadar og‘irki...
O’rnidan turdi, kiyindi, yo‘lga hozirlik ko‘rildi, akaukalar o‘pishib xayrlashdilar. Qari, kulrang eshak xizmatga hozirlandi. Yo‘lga chiqdilar. Silkinayotgan qo‘llar, yoshlangan ko‘zlar ortda qola boshladi.
— Teztez kelib tur, Muhammad.
— Seni juda ham sog‘inamiz, hech unutmaymiz, ey qurayshlik qardosh!
Bu ovozlar anchagacha eshitilib turdi. Nihoyat, ovozlar eshitilmay, silkinayotgan qo‘llar ko‘rinmay qoldi. Bir ozdan so‘ng bir tepalikdan oshilgach, Sa’d ibn Bakr qabilasi ham ko‘rinmay qoldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 02:19:39
Muhammad butunlayga ketayotgan edi. Lekin koinot qadar teran bir poklik va samimiylik to‘la qalbida bu qardoshlarga vafodorlik va mehrmuhabbat bilan yo‘g‘rilgan tuyg‘ular hamisha topilar edi.
Makkaning yuqori mahallasiga yetib kelganlarida, Halima bir muhim ish yuzasidan vaktincha Muhammadni yolg‘iz qoldirib ketdi. Ishini bitirib qaytib kelganida Muhammadni qoldirib ketgan joyidan topa olmadi. Chapga, o‘ngga qayrildi, ko‘rinmadi. Tumonat odam orasida hali u yoqqa, hali bu yoqqa yugurib qidirdi. So‘ngra birdaniga qo‘lini peshonasiga qo‘yib:
— Xudo ko‘rsatmasin... — deya ingrab yubordi.
Bir daqiqagina ko‘ringan va tushuniksiz g‘alati ishlarni qilib g‘oyib bo‘lgan u ikki begona kishi yana kelgan bo‘lsachi? Agar shunday bo‘lsa, Halimaning qo‘lidan hech nima kelmasdi. Qaerdan kelgani, qaerga ketgani noma’lum, bir daqiqagina ko‘rinib, so‘ngra g‘oyib bo‘lgan mavjudotlarga kimning ham kuchi yetardi?
Yana bolani qoldirib ketgan joyiga qaytib keldi. Hech zot ko‘rinmasdi.
—    Bolajonimni ko‘rmadingizmi?
—    Qanaka edi bolang?
—    Dunyodagi eng go‘zal bola edi.
—    Yo‘q, ko‘rmadik.
Yana u yokdanbu yoqqa yugura boshladi. Halima uzoqlashib ketgach, haligi ayollardan biri ikkinchisiga:
—   O’g‘il odatda ota-onaga tortadi. Bu onadan shu qadar chiroyli bola tug‘ilishiga aqlim yetmaydi, — dedi.
—   Har bir ona uchun o‘z farzandi dunyodagi eng shirin, eng go‘zal bola bo‘lib ko‘rinadi, singiljon, — dedi unga ikkinchisi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 02:20:43
* * *
Abdulmuttalib Ka’baning soyasida, asr tushib kun salqinlasha boshlaguncha dam olgandan keyin og‘irog‘ir qadamlar tashlab uyi tomon yo‘l oldi. Shundaygina darvozasi oldiga yetganida, jonholatda yugurib kelayotgan bir xotinni ko‘rib qoldi. Biron tashvish uni shu ahvolga solgani ayon edi. Makkaning oqsoqoli o‘laroq har bir odamning dardini tinglash uning vazifasi edi. Ayol ham o‘z navbatida uni uzokdan ko‘riboq tanigan edi.
— To‘xtab turing, ey Abdulmuttalib! — deb baqirdi. Qattiq sarosimada edi u. Bu ayol Abdulmuttalibning ko‘ziga tanish ko‘rindi. Yoniga yetib kelgach:
— Men Halimaman, — dedi.
— Tanidim, nevaram qaerda? — deb so‘radi Abdulmuttalib.
— Uni qidirib yuribman.
Abdulmuttalib esankirab qoldi, bir qo‘li bilan devorga suyanar ekan:
— Nimalar deyapsan o‘zi? — dedi.
Halima bir necha og‘iz gap bilan ahvolni tushuntirdi. Abdulmuttalib larzaga tushgan edi. Darhol o‘zini tutib oldida:
— Zinhor Omina eshitmasin, — dedi.
Saldan keyin yaqin kishilari, xizmatkorlariga xabar berdi. Hamma Abdulmuttalibning nevarasini qidirishga tushdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 02:21:43
* * *
Qurayshning hoshimiylar sulolasidan chiqqan va Sayyidul Mursalin bo‘lish yo‘lida davom etayotgan kichkina Muhammad Halima qoldirib ketgan joyni nega tark etdi, qaerga ketdi, nega yana o‘sha joyga qaytib kelmadi yoki kelganida enagasini topa olmadi?..
Bu savollarga javob berishdan ojizmiz.
Bozor tarqalib, hech kim qolmagan, qosh qoraya boshlagan edi. Bo‘lib o‘tgan voqeadan Omina hamon bexabar edi.
Makkaning yuqori qismida, qo‘llarida mash’alalar ko‘tarib Muhammadni qidirishga chiqqanlar birdan:
—Shu yerdaman! Men Abdulmuttalibning nevarasiman! — deb baqirgan bir bolaning ovozini eshitib qoldilar.
Ko‘p o‘tmay, sevikli nevara bobosining quchog‘ida edi.
— Jigargo‘sham, men Abdulmuttalibman, bobong senga qurbon bo‘lsin, aylanay, — der edi u.
Hayajoni tarqab, o‘ziga kelgan go‘dak Ominaga topshirildi.
O’sha kecha Halima Ominaning mehmoni bo‘ldi. Uyiga baraka keltirgan bolajonining uyida tunadi.
Halima ertasi kuni uyiga qaytib ketdi. Omina eng yaqin kishisi, suyukli farzandini bag‘riga bosdi. Munis va mehribon onaning o‘z jigargo‘shasiga qovushishi yuragiga cheksiz huzur bag‘ishladi. Har jihatdan barkamol va yetuk bo‘lajak insonning onasi ekanligi beqiyos bir baxtiyorlik tuyg‘usini bag‘ishlagan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 02:22:17
*   * *
Sevimli Muhammad Bani Sa’d qabilasidan ko‘pgina shirin taassurotlar bilan qaytdi. Enagasi, otasi, ukalari, o‘rtoqlari va qo‘shnilar...
Shuningdek, insonlarning ba’zi bir burchakda turgan jonsiz, foydasiz bir toshga sig‘inishlari bilan bog‘liq xotiralar ham ushbu taassurotlar ichida edi.

*   * *
Abdulmuttalibning ko‘ngli tinchlangan edi. Nevarasining kun sayin ulg‘ayib, kamol topib borayotgani uni behad quvontirardi. Uni bir kun ko‘rmasa, turolmasdi. Ka’baning soyasida to‘shab olgan ko‘rpachasida yonboshlab o‘tirarkan, yuragida bir bo‘shlik his etar, faqat Muhammad chopib kelganidan keyingina yengil nafas olar, yuragini siqayotgan holat darhol uni tark etar edi.
Abdulmuttalib o‘ta bosiq, purviqor, og‘irvazmin bir odam edi. Shu darajada salobatli ediki, na o‘g‘illari, na Makkaning aslzodalari u o‘tirgan ko‘rpachaga o‘tirishga botina olardilar. Uning qarshisida odob saqlab turardilar. Ba’zan suyukli nabirasi kelib bobosining tizzasiga o‘tirmoqchi bo‘lsa, amakilari uni turg‘izib yuborishar, ammo Abdulmuttalib:
— Nevaramni o‘z holiga qo‘yinglar, — der va u chopib kelib, yana bobosining tizzasiga o‘tirib olar edi.

* * *
«Fil yili» deb ataluvchi mash’um sanadan buyon ikki yarim yil o‘tgan edi. Tamim qabilasining boshliqlaridan Abu Kuhofaga o‘g‘illik bo‘lgani haqida xushxabar keldi.
Bolaga «Abdulloh» deb ism berildi. Arablarning odatiga ko‘ra, keyinroq Abu Bakr laqabi berilajak buyuk zot mana shu go‘dak edi. Onasini Ummul Xayr, ya’ni, Yaxshilik va Ezgulikning onasi, deb atar edilar. Asl ismi Salmo edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 08:01:01
IV
ABVODA QAZILGAN MOZOR


Bir necha yil o‘tdi. Suyukli nevara olti yoshga to‘ldi. Abdulmuttalib tom ma’noda shafqat panohiga aylangan, onabolaning har bir ehtiyojini ziyoda qilib qondirar edi. Ammo Omina kun sayin so‘lib borar, yuragida qandaydir bir dard paydo bo‘lgan edi. Mana, olti yildan oshibdiki, beva yashaydi. Bir kuni Abdulmuttalibga:
—   Ichimni bir dard yondirmoqda, otajon, — dedi.
—   Nima bo‘ldi, qizim?
—   Bilmadim. Lekin hech taskin topolmayapman. Abdulmuttalib boshini egdi, oppoq soqoli ko‘ksiga
tushdi, xiyol o‘yga toldi, so‘ngra:
— Shu, bir sayohat qilib kelsang, qanday bo‘larkan, qizim, — dedi.
— Qaerga ham borardim.
— Yasribga bor. Tog‘alaringni ko‘rib kelasan. Hamda... — Abdulmuttalibning ko‘zlari yoshlandi. Omina ham xuddi shu ahvolda edi. — Xdmda Abdullohning qabrini ziyorat etarsan.
Omina bu maslahatga rozi bo‘ldi. Go‘yoki keksa Abdulmuttalibning yuragidagi orzularini o‘qiganday edi.
— Qachon yo‘lga tushay, otajon?
— Qachon xohlasang, o‘shanda. O’sha tomonga boradigan bironbir karvonga omonat qo‘shib yuboraman. Borib, biroz dam olib kelasan.
Bir kuni Abdulmuttalib Yasribga boradigan bir yo‘lovchi karvonni topgani haqida xabar keltirdi. Omina Zuhra qabilasiga borib, qarindoshlari bilan xayrlashdi. So‘ngra karvonga qo‘shildi. Yonida suyukli o‘g‘li Muhammad bilan joriyasi Ummu Ayman ham bor edi. Ular ikki tuyaga minib oldilar.
Ertalablari tongsahardan yo‘lga tushilar va qoq tushgacha yurilar, so‘ngra to‘xtab dam olinar edi. Asr payti — qunning tafti qayta boshlagach, yana yo‘lga tushilar, tuyalar yana xizmatini davom ettirar edi. Qumlar ustidan og‘irog‘ir odimlayotgan bu jonzotlar bitmastuganmas sabrtoqat bilan Makka va Yasrib orasidagi bepoyon yo‘lni bosib o‘tardilar. Orasira tuyalarni g‘ayratga solish uchun o‘qiladigan she’rlar quloqqa eshitilib qolarDi. Ko‘z qamashtiradigan darajada cho‘zilib ketgan kumlar ustida soatlarcha yo‘l davomida bironta ham dov-daraxt uchramasdi. Ba’zan bir nechagina xurmo daraxtining, boshlarini boshlariga qo‘yib xasratlashayotganday turgan holatiga duch kelinardi, tepada uchib yurgan qushlar ko‘rinib qolar, ular yo‘lovchilarga shu yaqin orada suv borligidan darak berar edilar. Shunda to‘xtab meshlarga suv to‘ldirilar, tuyalar sug‘orilar va yana yurish davom etar edi.
Yo‘l bir necha kun davom etdi. Kun necha marta chiqib, necha marta botdi. Nihoyat, bir kuni yashil xurmo daraxtlari bilan qoplangan go‘zal bir shahar ko‘rindi.
— Ana Yasrib, ana Yasrib!.. — deb hayqirganlar bo‘ldi.
Yo‘lovchilar uzoq va mashaqqatli safardan keyin yengil nafas oldilar. Sevindilar. Sevinishga to‘la haqli edilar. Chunki uzoq yo‘l davomida qaroqchilarning hujumiga duchor bo‘lmagan, yirtqich hayvonlarga ro‘baro‘ kelmagan edilar. Eng muhimi, necha kunlardan beri chang-to‘zon ichida, tuyalarning ustida chayqalachayqala davom etgan safar tugagan edi.
Shaharga kirishgach, Omina birinchi uchratgan odamga: Najjor o‘g‘illarining manziliga bormoqchi edik, — dedi.
U odam boshi bilan ishora qildi:
— Tuyangni mana bu yo‘ldan hayda.
Nihoyat, ko‘zlangan manzilga yetib keldilar. Makkadan kelgan mehmonlar xursandchilik bilan kutib olindilar. Najjor o‘g‘illari Abdulmuttalib tug‘ilib, voyaga yetgan qabila edi. Onasi Salmo ushbu qabilaning qizi edi.
Omina kelgan kunning ertasiga bir qabr tepasiga bordi, yig‘lab o‘tirdi. Bu Abdullohning qabri edi. Kunlardan bir kuni erta tongda Makkadan kuzatgan, orqasidan o‘pkasi to‘lib, tikilib qolgan Abdullohini oradan olti yarim yil o‘tgach, mana shu tarzda ziyorat qilib turardi. Ammo ko‘rgani shunchaki bir hovuch tuproq emas edi. Bu tuproqning ostida tirik qolishi uchun behad fidokorliklar ko‘rsatgan mard va go‘zal yigit Abdullohning chiriy boshlagan suyaklari yotardi.
Tirik qolishi uchun yuzta tuya qurbon etilgan Abdulloh...
Makkalik bir xotin tomonidan «Menga uylansang, senga yuzta tuya beraman», deya turmush qurish taklif etilgan Abdulloh...
Koinot payg‘ambarining otasi bo‘lganidan bexabar, uning gul yuzini bir martagina bo‘lsa ham ko‘rmasdan ajal o‘qiga duchor bo‘lgan sho‘rlik Abdulloh shu yerda yotardi.
Omina mozor boshiga tiz cho‘kdi. Ne qilarini, nima deyarini bilmay, sokin o‘tirib qoldi. Ko‘zlari mozor tuprog‘iga tikilgan edi. Shu holatda nimalarni o‘yladi, ko‘z oldidan nimalar o‘tdi, u yerda qancha vaqt qolib ketdi — noma’lum. Ko‘zlaridan oqib yonog‘iga tushgan yoshlarni ham balki sezmadi yoki artishni lozim ko‘rmadi.
Barvaqt hayotdan ko‘z yumgan xojasi uchun yig‘lash ayb emas edi. Hayotining ayni baxor chog‘ida, endigina uylangan yigit, safardan qaytarkan, kasalga chalinib vafot qilgan edi. Olti yildan ortiqroq vaqtdan beri ichini yondirib kelayotgan hasrat tuyg‘usi ahyonahyonda alangalanar, Ominaning yurakbag‘rini tilkapora qilar edi. Shu onda yursa ham, o‘tirsa ham, kulsa ham, doimo qalbida yashab kslgan, faqat sevgili yorigagina daxldor bo‘lgan tuyg‘ular Ominaning ko‘nglini o‘rtardi, ko‘nglidagi g‘amalam ko‘zlaridan shashqator yosh bo‘lib oqardi.
Omina qabrning tepasida qachongacha turganini o‘zi ham bilmasdi. Bilsa ham, biron narsani farqlay olmasdi. Na bozor bilan, na rastalar bilan ishi bor edi. Kaytdi, tog‘alarinikiga keldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 08:01:48
* * *
Najjor o‘g‘illarining mahallasidagi bolalar yangi bir do‘st orttirganlaridan behad xursand edilar. Xushbichim, ochiq chehrali, shirinsuxan, kuchli, baquvvat bir bola edi u. Ammo janjal, to‘polonni sira ham xush ko‘rmasdi. Urishayotgan bolalarni ko‘rsa, ajratib qo‘yardi, yarashtirardi. Ko‘llari, yuzi toza, kiygan kiyimi ozoda. Makkadan Hoshim o‘g‘illarining xonadonidan kelgan edi u.
Bir kuni Omina suyukli o‘g‘lining eshikdan juda xursand holda kirib kelganini ko‘rdi. Uni bu holatda ko‘rish Ominani tinchlantirar, unga orom bag‘ishlar edi. Omina o‘g‘lini bag‘riga bosdi:
— Bugun juda xursandsan, o‘g‘ilginam, — dedi.
 Ha, onajon. Bilasizmi, men suzishni o‘rgandim. Ominaning yuragi hapriqib ketdi:
—   Kaerda?
—   Odi ibn Najjorning hovuzida.
— Ehtiyot bo‘l, bolajonim, biron ziyonzahmat yetmasin.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 08:02:57
* * *
Mehmonlar bir oy qolib ketdilar. Bu orada suyukli Muhammad bolalar bilan do‘stlashib oldi. Tog‘alarining o‘g‘illari bilan birgalikda o‘yinlar o‘ynadi.
Bir kuni Najjor o‘g‘illarining yurti bilan xayrlashdilar. Omina Makka tomon yo‘l oldi.
—   Yana kelgin, Omina.
—   Sizlarni sog‘inamiz.
— Bizlardan Abdulmuttalib oilasiga salom aytgin...— deyuvchilarning salomatlik tilashlaridan so‘ngyo‘lga chiqdilar.
Ortda qolganlar shirin xotiralar og‘ushida edilar. Biri mahzun yuzli Omina haqida, boshkasi yuzidan nur yog‘ilib turuvchi o‘g‘li haqida bahs qilardi.
Omina bu safardan juda mamnun bo‘ldi. Xojasining kabrini ziyorat qildi, qarindoshlari bilan diydor ko‘rishdi. Makkadan ko‘ra iqlimi ancha yengil va yumshoq bo‘lgan Yasribda, xurmo daraxtlarining soyasida, go‘zal bog‘rog‘larda ko‘ngildagidek dam oldi. Endi Abdulmuttalib oilasini ham rosa sog‘ingan edi.
Bir necha kunlik safardan so‘ng oqshom payti Abvo deb ataluvchi bir kishloqqa yetib kelib, to‘xtadilar. Chunki Omina holdan toygan, o‘zini yomon his kilayotgan edi. Bu ahvolda uzoqqa stib bora olmasligi ayon. Bu yerda bir necha kun dam olib, darmonga kirsa, yana yo‘lga chiqish mumkin bo‘lardi.
Arablarning g‘oyat mehmondo‘stligi shu yerda yaqqol ko‘rindi: Omina mehmoni bo‘lgan xonadon mutlaqo notanish edi, shunday bo‘lsa ham, uni quchoq ochib kutib olishdi. Ammo kasali tobora avj ola boshladi. Ummu Ayman Ominaga qanday qilib bo‘lsa ham yordam bermoqchi bo‘lar, ammo chorasiz edi; gul yuzli jigargo‘shasi Muhammad ham o‘ta g‘amgin holda, hayot shami sekinsekin so‘nib borayotgan bechora onasiga qarab ichi o‘rtanar edi.
Uy egalarining tajribasi ham, Ummu Aymanning g‘ayrati ham, purziyo go‘dakning yonayotgan yuragi ham taqdirga bitilgan hukmni o‘zgartira olmadi. Omina tobora joni bo‘g‘ziga tiqilib kelayotganini his etarkan, boshida yuzlari mahzun jigari ko‘zlariga qattiq tikilib turganini sezib, unga tomon burildi. Bolasini o‘ziga tortdi. Endi zo‘rbazo‘r qimirlayotgan lablar uning gul yuzlaridan o‘pdi. Uning muborak isidan hidlab, o‘pkasini to‘ldirdi. Majolsiz qo‘llari bilan ko‘ksiga bosdi. Kelajakda Ollohning har turli ne’mati va rahmatining eng buyuk timsoli, dunyo va oxiratning sultoni, nabiylar sarvari bo‘lmish bu go‘dakni dunyoga o‘zi keltirgan, aMmo uni to‘yibto‘yib bag‘riga bosa olmagan, to‘yib seva olmagan edi. Holbuki unga o‘zidan yaqin, unda o‘zidan ko‘prok haqqi bo‘lgan kimsa yo‘q edi.
So‘nggi daf’a ko‘rayotganini bilib, qaytaqayta tikildi. Shundan keyin ichichidan toshib kelayotgan histuyg‘ular, titroq kalimalar baytlar holida tilidan to‘kila boshladi:
— Ey dahshatli ajal o‘qiga duchor bo‘lgan, Ollohning lutfi va yordami bilan yuz tuya evaziga xalos bo‘lgan zotning farzandi!.. Olloh seni muborak va umringni ziyoda qilsin. Agar tushimda ko‘rganlarim to‘g‘ri bo‘lsa, sen jalol va ikrom sohibi Olloh tomonidan Odam farzandlariga halol va haromni ajrata olishni o‘rgatish uchun payg‘ambar sifatida jo‘natilasan. Sen Islomni — bobong Ibrohimning dinini tiklash uchun jo‘natilasan. Olloh seni millatlar bilan birgalikda yashab kelgan butlardan, butparastlikdan qutqarajak. Tug‘ilgan har jonzot o‘lajak, har yangi narsa eskirajak, ko‘p bo‘lgan kamayib bitajak, foniy bo‘lajak. Darvoke, msn ham o‘laman. Ammo doim kishilar qalbida yashayman. Chunki pok, durust bir farzand tug‘dim, o‘zimdan keyin xayrli bir yedgorlik qoldirmoqdaman...
Omina ortiq gapirolmay qoldi. Nafasi siqar, peshonasi sovuq terdan jiqqa ho‘l bo‘lgan edi. Endi ortga qaytilmaydigan umr yo‘lining tugagani, so‘nggi qadamlarini bosib o‘tganiga qat’iy ishonch hosil qilgan edi. So‘nggi daf’a o‘g‘lining diydoriga to‘ymoqchi bo‘ldi. O’zini zo‘rlab, zo‘rg‘a, bir necha soniyagina qaray oldi. Keyin chuqur bir nafas olib, hayotdan ko‘z yumdi. Vujudi jonsiz, harakatsiz qoldi.
Ummu Aymanning dodfaryodi tirik yetim bo‘lib qolgan go‘dakning yig‘isi bilan qo‘shilib ketdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 08:06:51
* * *
Ominaning vazifasi insoniyatning saodat rahbarini, raqibi va tengi yo‘q sultonini qornida ko‘tarib yurish, tug‘ishdan iborat edi. Bu vazifani vafo bilan bajargan, biroq o‘zining dunyosi o‘ziga vafo qilmagan edi. Turmush qurgan yili eri vafot etdi, yagona ovunchog‘i bo‘lgan farzandidan necha yillargacha ayrildi, undan keyin uni bag‘riga bosish baxtiga endigina erishganida, qarshisiga o‘lim farishtasi keldi.
Uning oxirati qanday bo‘lar edi? Oqibati nima bo‘lar edi?
 Biz uni jannat ne’matlari orasida ko‘rishni istaymiz, albatta. Ammo bu savolga to‘g‘ri javob berishga biz ojizmiz. Bu mavzuni Ominani Habibi Akramiga ona qilgan buyuk Ollohga qoldirish, bizningcha, eng ma’qul ishdir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 08:12:14
* * *
Gul yuziga yomg‘ir kabi ko‘zyoshi ingan go‘dak Ummu Aymanning qo‘lida ko‘rdi o‘zini. Uning mehrshafqati bolaning qalbini ardoqladi. Cho‘l deyishga loyiq bir qum daryosining o‘rtasida, ularni odamgarchilik tufayli mehmon qilgan oilaning uyida onasidan judo bo‘lish, uni begona tuproq qo‘yniga topshirish va bir umrga undan ajralish g‘oyat og‘ir savdo edi.
Omina Abvo qishlog‘ining qumli tuprog‘iga qo‘yildi. Bu fojia nurli chehra egasiga qattiq ta’sir qilgan edi. U onasining ustiga tortilgan tuproqdan ham og‘irroq g‘am yuki ostida qolganini his etdi.
Shundan keyin azobli safar boshlandi. Ummu Ayman bir tuyaga mindi. Ota-onasidan ajralgan g‘irt yetimni quchog‘iga oldi. Ikkinchi tuyani yetaklab yo‘lga chiqdi.
Abvo qishlog‘idan uzoqlashib ketganlaridan keyin ham orasira orqasiga qarab ko‘yayotgan go‘dakning ko‘zlaridan tinmay yosh okar, ba’zan «Onam, onajonim» degani eshitilib qolar, ammo Ummu Ayman uni bag‘riga bosar, boshini silar, onalik mehri bilan sochlarini hidlar edi. Tuya ustida chayqalachayqala davom etgan bu mashaqqatli safar besh kun deganda ioyoniga yetdi. Nihoyat, Makka vodiyi ko‘rindi. Ka’baning yonidan o‘tib, Abdulmuttalibning uyiga yaqinlashdilar.
Abdulmuttalib qarshisida nevarasini ko‘rganda, dunyoga qayta kelgandek bo‘ldi. Ko‘zyoshlari bilan quchog‘iga otilgan nevarasini shu qadar sog‘ingan, shu qadar mushtoq bo‘lgan ediki...
Ammo nevarasi o‘ta g‘amgin ko‘rinardi. — Onang qani, bolajonim, — dedi u. Shu onda bir faryod etishildi. Ummu Ayman bo‘lgan voqealarni yig‘labyig‘lab so‘zlab berdi. Abdulmuttalib buni ko‘zyoshlari bilan tingladi. Endi bobosining issiq quchog‘i uning yagona panohi edi. Shu bilan barobar go‘yoki u bobosiga emas, balki bobosi unga muhtoj edi. Abdulmuttalib uni yonidan jildirmas, bir gapi ikki bo‘lmaydigan darajada mehribonlik ko‘rsatar edi.
Ummu Ayman esa, uning enagasi va eng yaqin do‘sti bo‘lib qolgan edi.
— Zinhor nevaramni ko‘zdan qochirmagin. Sening va zifang faqat shundan iborat.
Bu ko‘rsatma Ummu Aymanga berilgan edi. Joniga rohat bag‘ishlagan amr edi bu. Chunki Ummu Ayman buni shunchaki bir vazifa deb bilmas, balki chin ko‘ngildan bajarar edi. Har ikkalasining orasida ham juda teran bir mehrmuhabbat tuyg‘usi bor edi. U ham Ummu Ayman haqida «Tuqqan onamdan keyingi onamdir», deya iltifot ko‘rsatarkan, butun qalbini bag‘ishlagan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 08:14:48
V
ABDULMUTTALIBNING MEHR QUCHOG’I


Abdulmuttalib nevarasiga mehrmuhabbat va marhamat ko‘rsatibgina qolmay, unda o‘zgacha va ulug‘sifat bir shaxsiyatga xos belgilarni ko‘rgani uchun orasira qiladigan ishi xususida u bilan yashirincha pichirlashib, maslahatlashib olgan kezlari ham bo‘lardi.
Nevarasi ham uning siymosida faqatgina bobosini emas, balki chin do‘st, ajralmas o‘rtoqni xam ko‘rgan edi. Abdulmuttalib qanchalik och bo‘lmasin, nevarasi bo‘lmasa, dasturxonga o‘tirmas yoki o‘tirsa ham, to u kelgunga qadar taomga qo‘l tekkizmas edi.
Abdulmuttalib xonasida yolg‘iz o‘tirgan chog‘larda uning huzuriga taklifsiz kira oladigan yagona odam ham nevarasi edi; boshqa odamlarning esa, bunday qilishga haqqi yo‘q edi.
Abdulmuttalib, odatdagidek, Ka’baning soyasiga to‘shalgan ko‘rpachasining ustida chordona qurgancha, atrofidagilar bilan suhbatlashardi. Gap shu yilgi qurg‘oqchilik haqida bordi. Ancha paytdan beri ko‘kdan bir tomchi ham yomg‘ir tomchilamagan edi Makka tuproqlariga. Hammaning birdanbir tashvishi suvsizlik bo‘lib qoldi.
— Har tong uyg‘onganimda ko‘zim samoda bo‘ladi, —dedi biri.
Boshqasi qo‘shimcha qildi:
— Shu ketishda 6u yil hammamiz och qolib, qirilib ketamiz.
Haligi kishi yana so‘z oldi: ~ Ilohlarning xam biz bilan ishlari yo‘q... Atrofni o‘rab turgan yuzlarcha butlarga ko‘z qirini tashlagandan so‘ng:
— O’zlari suvga muhtoj emasda. Bizning muhtoj yoki muxtoj emasligimiz ularni sira qiziqtirmaydi, — dedi.
Uning yonida turgan birisi ming‘irladi:
— Zotan, tosh emasmi ular? Boshqa birisi:
— G’azablariga uchramaylik tag‘in, yetar endi, — dedi. Biroq o‘zini tutolmasdan: — Iloh sifatida g‘azabla nishlari kerakmi yoki bizning ahvolimizni ko‘rib achinishlari lozimmi, buni ham bilmaymiz, — dsdi.
Bu gaplarni aytarkan, «ilohlar g‘azablansa ham, biron narsaga kuchi yetmaydi», degandek bo‘lgan edi. Ammo yana biri uning xayolidan kechgan gaplaridan ham o‘tib tushdi:
— Shuncha yillardan beri ularning qoshida bosh egib kelamiz. Lekin muhtojlikka giriftor bo‘lganimizda toshdek qotib tursinlar deb emas, axir!
Bu odamning shu onda til tortmay o‘lishi yoki boshiga ko‘kdan bir olov parchasi kelib tushishidek ilohiy jazo berilishini kutganlar ham bor edi.
— Sen haddingdan oshib ketding, hoy yigit!
Shu gapni aytib ilgariga qadam tashlagan birini boshqasi to‘xtatdi.
— Bu odam ilohlarii haqorat qildi, ammo uni sen o‘z holiga qo‘yaver, toki jazoni ham ularning o‘zlari bersin.
— Ha, ha, qo‘llaridan kelsa, jazoni ular bersinlar...
Har kalladan bir gap chiqar edi.
— Yomyair duosiga bir chiqsak, qanday bo‘lar ekana? Nima deysan, ey Abdulmuttalib?
Bir daqiqada mavzu o‘zgardi. Yaxshi bir taklif edi bu. Aslida, maqsad janjallashish emas, suvsizlikka chora topish edi. Yuzlaridagi sovuq va shiddatli ifodalar yumshadi. Yuzlar Abdulmuttalibga o‘girildi.
— Ajoyib bo‘ladi. Ertaga tongda chiqamiz. Atrofga xabar berildi. Hammaning dardi bir edi.
Taklif hech qanday e’tirozsiz qabul etildi.
Tarqalishar ekan, haligi odamning:
—Iloxlar ekaningizga shakshubhamiz yo‘q, ammo xolimizga beparvoligingiz ham ayon... — deb po‘ng‘illag‘illagani eshitildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 08:16:11
* * *
Abdulmuttalib kechani behalovat o‘tkazdi. Qaytaqayta uyg‘onib ketaverdi. Miyasi qahatchilik g‘urbatlarini o‘ylash bilan ovora edi. Tong otganda uni ko‘rganlar, durustgina uxlab, dam olgan, deya olmasdilar.
Tongsaharda Ka’baning atrofiga to‘plangan yuzlarcha kishilik bir jamoa Abdulmuttalibning kelishini poylardi. U xam o‘zini kuttirib qo‘ymadi. Yoniga suyukli nevarasini olib, jamoani boshlab ketdi. Bu jamoada erkaklardan tashqari ayollar va bolalar xam bor bo‘lib, hammasi bir xil tuyg‘ular og‘ushida Abu Qubays tepaligi tomon yo‘l tortdilar.
Abu Qubays juda yaqin edi. Ka’badan atigi bir necha yuz odim narida qad ko‘targan edi.
Og‘irog‘ir qadam tashlab, to‘xtabto‘xtab, nafaslarini rostlab, tepalikka chikdilar. Pastda Ka’ba ko‘rinar, o‘ngdan ham, chapdan ham cho‘zilib kelgan vodiylarning bari Ka’ba joylashgan yerda qo‘shilib ketar edi.
Abdulmuttalib xalqning o‘rtasida to‘xtadi, chuqur nafas oldi. Suyukli nevarasi ham yonida edi. So‘ngra nigohlari ko‘kning adadsiz teranliklariga qadaldi:
— Ollohim, shu yetimning hurmati haqqi sendan yomg‘ir so‘raymiz... — deya duo qila boshladi.
Osmonda yomg‘ir yog‘ishini ko‘rsatadigan bironta ham belgi — bulut parchasi yo‘q edi. Ammo qurayshliklar yana yomg‘ir so‘rar, arzi hol etar edilar. Bugun bo‘lmasa ertaga, ertaga bo‘lmasa indinga yog‘ajak yomg‘irga ham bajonidil rozi edilar. Shu orada Abdulmuttalibning yonida turgan nur yuzli bolaning ham qo‘llarini ko‘targani, barmoqlari bilan ko‘k yuziga ishora qilgani ko‘rindi.
Abdulmuttalib qaytaqayta «Ollohim, mana shu yetimning hurmati uchun...» deb duo qilar, hamma «Omin», deb unga jo‘r bo‘lar edi.
Shu asnoda ufqda kichik bir bulut parchasi paydo bo‘ldi. Tezlik bilan, orqasidan birov quvlayotganday, ilgarilab kelaverdi. Ammo bunchalik kichik bulut parchasidan biron narsa kutib bo‘lmasdi. Holbuki, bundan yuz marta katta bulut keltiradigan yomg‘ir ham yetarli emasdi.
Bulut yugurganday ilgarilar ekan, tobora kattalashar, Abdulmuttalibning duolariga «Omin» deb ko‘shilgan xalq bu holni diqqat va hayajon bilan kuzatar edi. Xuddi kichkina bir tugun holida bo‘lgan bulut yaqinlashgan sari ochilib, yoyilibkengayib borardi.
Uning orqasidan oqib kelayotgan bulutlar ko‘rindiyu duoning qabul etilganiga shubha qolmadi. Yuzlarga tabassum balqdi. Ko‘zlardan sevinch ifodasi o‘laroq yoshlar oqarkan, boshlariga birikki yomg‘ir tomchisi tusha boshlaganini sezdilar.
Hammayoqni larzaga solib gumbirlagan momoqaldiroq «Tarqalinglar, duoingiz qabul etildi...» deyayotgandek edi. Odamlar sevinch qichqiriqlari bilan tepadan pastga ena boshladilar.
Abdulmuttalib sevinganidan yig‘lardi. Soqolidan oqib tushayotgan yoshlarini artarkan:
— Bu yomg‘irni Olloh bizga sening hurmating uchun berdi, bolam, — dedi u nevarasiga.
Chaqmoq chaqar, momoqaldiroq gumburlab, vodiylarni yoritib yuborar edi. Salgina oldin bir necha kundan keyin bo‘lsa ham yomg‘ir yog‘ishiga rozi bo‘lganlar uylariga yetgunchayoq shalabbo bo‘ldilar.
Bu voqeadan keyin Abdulmuttalib haqida she’rlar to‘qildi. Buyuk inson deb tan olindi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 08:16:42
* * *
Arablar izlarga qarab bashorat qilish sohasida ulkan tajribaga ega edilar. Qum ustida qoldirilgan oyoq iziga qarab kishini hayratga soladigan darajada mukammal va to‘g‘ri bashorat qilardilar. Bir hayvonning iziga qarab, uning qaysi qabilaga tegishli ekanligini aniqlashar, yonmayon yurib ketgan ikki kishining oyoq izlaridan ularning erxotinmi, otabolami yoki do‘stbirodarmi ekanligini to‘g‘ri ayta olardilar. Bu sohada Mudlij qabilasi barcha qabilalardan o‘tib ketgan edi.
Bir kuni Mudlij qabilasidan Makkaga kelgan bir necha kishi ko‘rkamlarning ko‘rkami bo‘lmish, yuzlaridan nur yog‘ilib turuvchi, ochiq chehrali bir bolaga duch keldilar. U boshqa bolalar bilan o‘ynayotgan edi. Bamisoli yulduzlar orasidagi o‘n to‘rt kunlik oydek ajralib turardi u o‘rtoqlaridan. Yoniga yaqinlashdilar. Shu on qorachadan kelgan bir ayol:
— Bolaga tegina ko‘rmang, — dedi. Bu ayol Ummu Ayman edi. Odamlardan biri hech sarosimaga tushmay, dedi:
 —Yemonlik qilmoqchi emasmiz. Boshqasi qo‘shimcha qildi:
— Bunday bir ma’sum go‘dakka yomonlik qilish uchun shaytonni ham yo‘lda qoldiradigan darajada johil bo‘lish kerak.
— U holda nima istaysiz?
—    Faqat yoqtirib qoldik. Shunday, sinchiklab qaramoqchi edik, xolos.
—    Maqsadingiz nima? Nega boshqa bolalarga qaramaysiz?
Biz bu bolada hech bir bolada bo‘lmagan g‘aroyib hollarni ko‘rdik. Ijozat ber, bir oz yonimizda tursin. Ummu Ayman Muhammadni chaqirdi:
   Beri kel, o‘g‘lim, mana bu amakilaring seni ko‘rishmoqchi.
Ular Muhammadga boshdanoyoq chuqur razm soldilar. Ayniqsa, oyoqlariga tikilib qoldilar. Keyin boshini siladilar. Ummu Aymanga tashakkur bildirdilar.
— Bu kimning o‘g‘li?
— Abdulmuttalibning o‘g‘li. Haligi odam boshini chayqadi.
— Aslzoda bir oilaning farzandi ekanligiga shak-shubha yo‘q.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 08:17:44
* * *
Sakson yoshga kirgan bir inson vaqtining ko‘pini dam olish bilan o‘tkazadi. Abdulmuttalib ham shunday hayot kechirar, Ka’baning soyasida ko‘rpachasini yozib hordiq chiqarar edi.
Muallaqanavis shoir Zuxayrning bir baytini xotirladi u: «Hayotning og‘ir yuklaridan charchadim. Haya, kim sakson yil yashasa, hayotdan ham charchashi begumon», degan edi Zuhayr. Abdulmuttalib ham ayni shu holatda edi. Tig‘ kabi, tutgan joyini kesadigai qirchillama yigit bo‘lganiga o‘zi ham ishonmaydigan darajada keksaygan edi. Boshida bironta ham oqarmagan soch tolasi, soqolida bironta ham qora mo‘y qolmadi. Bunday yoshga yetgan har qanday kishi kabi, u ham vaqtisoati kelib ajal o‘z domiga tortadigan daqiqalarni poylab, bir chekkada dam olib o‘tirardi.
— Salom senga, ey Abdulmuttalib!
   Salom bo‘lsin sizga, ey mudlijliklar. Marhamat qilinglar, mana bu yerga o‘tiringlar.
Kelganlar o‘tirdilar. Abdulmuttalib ulardan hol-ahvol so‘radi. Mudlij qabilasidan tanishlari bor edi ular haqida surishtirdi. Shundan keyii ularning Kelish sababini so‘radi. Biri:
—Bugun bolalar orasida juda chiroyli bir go‘dakni ko‘rdik. Yonidagi ayol sening o‘g‘ling ekanligini aytdi.
— Ha, u mening o‘g‘lim, yana ham to‘g‘rirog‘i, nevaram. Odam birikki soniya jim bo‘lib qolgach, gap boshladi:
— Biz bolani ko‘rib qiziqib koldik va unga chuqur razm soldik. Bizning fikrimizcha, maqomi Ibrohimdagi oyoq izlari bilan bu bolaning orasida juda yaqin va chambarchas bog‘liqlik bor. Biz o‘zimizning mezon va me’yorimizdan kelib chiqib ayta olamizki, bu bola payg‘ambarlar avlodidandir.
Abdulmuttalib bu xulosadan juda mamnun bo‘ldi.
To‘g‘ri, dedi, maqomi Ibrohimdagi izlar bu go‘dakning katta bobosining oyoq izlaridir. Chunki u izlar payg‘ambar Hazrati Ibrohimga oiddir. Biz esa uning avlodidanmiz. Men naslimizga mansub bobolarimning ismlarini sanaysanay Adnanga qadar chiqa olaman. Adnan esa, ma’lumingizkim, Hazrati Ibrohim naslidandir.
Oradan bir necha kun o‘tdi. Abdulmuttalib Najron qozisi va rohibi bo‘lgan bir do‘sti bilan yeuhbatlashib o‘tirardi. Rohib o‘z maslagidan kelib chiqib, diniy mav zulardan bahs yuritar, necha asrlardan beri payg‘ambar yuborilmaganini so‘zlar edi. Hazrati Isoning davridan
beri yuz emas, bir necha yuz yil o‘tgan, kelishi muqarrar va lozim bo‘lgan bir payg‘ambar kutilayotgan edi. Rohib so‘zlarini shu tarzda davom ettirdi:
— Biz Ismoil o‘g‘illari naslidan kelajak va payg‘ambarlarning so‘nggisi bo‘lajak bir payg‘ambarning sifatlarini kitoblarda o‘qib yuribmiz. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, bu payg‘ambar yuzaga chiqadigan joy shu yer, ya’ni, Makka shahridir.
Rohib kelajak payg‘ambar haqida atroflicha ma’lumotga ega edi. Ko‘zlarining rangi, oyoqlarining shakli, ikki yelkasining o‘rtasida joylashgan bir belgiga kadar o‘ziga xos xususiyatlarini ham bilar edi. Abdulmuttalib uning so‘zlarini zo‘r qiziqish, o‘ta e’tibor bilan tinglardi. Shu on suyukli nevarasi kelib, bobosining yoniga o‘tirdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 08:18:53
— Ey Abdulmuttalib, bular sira ham uydirma emas. Diniy kitoblarda yozilgan... — Rohibning gapi og‘zida, ko‘zlari birdan hozirgina kelgan bolaga qadalgan edi. Diqqat bilan kuzatdi. Kuzlari, qo‘llari, oyoqlari, badaniga sinchiklab qaradi.
— Bu kimning bolasi, ey Abdulmuttalib? — dedi.
—    Mening o‘g‘lim.
—    Bo‘lishi mumkin emas aslo.
—    Nega endi?
Rohib juda sekin ovoz bilan pichirladi. Xuddi gapini bola eshitishini xohlamayotganga o‘xshardi.
—    Chunki bu bolaning otasi o‘lgan bo‘lishi kerak.
—    Nega shunday deb o‘ylaysan?
— Menga qara, ey Abdulmuttalib, bu bola senga boyadan beri gapirayotgan payg‘ambarning sifatlariga ega. Sen uning otasi ekanligingni aytding. Holbuki, bizning diniy kitoblarda yozilishiga qaraganda, bu bola yetim bo‘lishi kerak edi. Sen uning otasi bo‘lishing mumkin emas.
Abdulmuttalib uning so‘zlarini tasdiqladi.
—   To‘g‘ri ganirasai. Haqiqatdan ham bu bolaning otasi, ya’ni mening o‘g‘lim, hali u tug‘ilmasdan oldin vafot etgan edi. Men bobosiman. Ammo o‘z o‘g‘limdan ham ortiq ko‘raman uni. U ko‘zimning oqu qorasidir.
—   Endi o‘zingga kelding, ey Abdulmuttalib. Ammo bu bolani ehtiyot qilishing lozim. Yahudiylar uni ko‘rarko‘rmas taniydilar. Bilib qolsalar, biron zarar yetkazishlari ehtimoldan xoli emas.
Bu so‘zlar Abdulmuttalibni nevarasiga yana ham qattiqroq bog‘lab qo‘ydi.
Abdulmuttalib hayotining so‘nggi kunlarini yashayotganini chuqur his etardi. Zamondoshlari havas qilsa arzigudek bir umr kechirgan edi u.
Har kimga yaxshi muomalada bo‘ldi, kattakichik barchaning hurmatini qozondi. Faqirlarni to‘yg‘azdi, bevalar, yetimlarga yordam qo‘lini cho‘zdi, umr bo‘yi biron marta ham zinoga yaqinlashmadi, yaqinlashganlarni ham xush ko‘rmadi.
Ichkilikni yoqtirmasdi. Chunki ichkilik ichuvchilarning qanday sharmandali ahvolga tushganlariga ko‘p guvoh bo‘lgan. Bunday qabohat ishlarga sira ham toqati yo‘q, viqor va odob egasi edi. Makkaning hokimi sifatida, o‘g‘rilik kilganlarning ko‘llarini kestirar, qo‘lidan kelgancha, qiz bolalarning o‘ldirilishiga to‘sqinlik qilar edi. Yomonlik qilgan kimsa qo‘lga tushsa, qamchi bilan savalardi. Oxiratga ishonar, Ollohning borligi, qudratli va buyukligiga shubha qilmas edi. O’z zamonida keng tarqalgan butlarga sig‘ingansig‘inmagani esa, bizga qorong‘i.
Ramazon oyi kelgan kuni oziqovqat olib, Makkaga yaqin Xiro tog‘iga chiqib ketar, u yerda yolg‘iz qolib, o‘zicha ibodat etar, o‘yxayolga tolar edi. Bu ishni ilk marotaba u qilgan, shundan keyin tarkidunyochilik odatini xush ko‘ruvchilar paydo bo‘ldi, xalkning shovqinsuronli hayotidan chekilib, bu tog‘da bir oy davomida yolg‘iz yashashga havasmandlar ko‘paydi. U yerda qanday ibodat qilingani esa, yana bizga noma’lum.
U haqda tadqikotchi Ko‘ksol «Uzun bo‘yli, yoqimli, sabrli, aqlli, tarbiyali, dunyoqarashi keng, sarvqomat, mard va saxiy kishi edi», deb ma’lumot beradi.
Makkaliklar uni «Ikkinchi Ibrohim» derdilar. Barcha arablarning Payg‘ambar Ibrohim alayhissalomga bo‘lgan chuqur hurmatlarini nazarga olsak, makkaliklarning Abdulmuttalibga qay darajada hurmatehtirom ko‘rsatganliklarini tasavvur etishimiz qiyin bo‘lmaydi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 08:19:43
Ka’baga doir butun xizmatlar Abdulmuttalibning boshchiligi ostida yuritilar, hech kimsa Makkaga undan boshqa kishini hokim qilishni o‘ylamas edi. Chunki Abdulmuttalib bu maqomga zo‘ravonlik bilan emas, muruvvati, fazilati va sharafi bois kelgan, aqli raso va aslzoda qabila boshliqlari uni bu maqomga loyiq deb topganlar. U bu maqomga munosib emas, deb biron kishi da’vo qila olmasdi. Chunki Makka xududida yapyuvchi biron kimsa Abdulmuttalibdan yomonlik ko‘rganini iddao etolmas, aksincha, undan yaxshilik ko‘rganini e’tirof qilar edi.
Bir kuni Abdulmuttalib dardga chalindi.
Barcha urinishlar, shifo izlab yelibyugurishlar behuda bo‘ldi. Tobora o‘lim soati yaqinlashib kelayotgani ravshan edi. Abdulmuttalib dardi bedavoga yo‘liqqanini anglagan, o‘zidan keyin to‘qqiz o‘g‘il, olti qizi va bir etak nevaralari qolmoqda, ammo uning o‘yfikri bosh qotirishga loyiq deb bilgan suyukli nevarasida edi. Uni nima qilish, kimga qoldirish to‘g‘risida o‘ylardi. Shu kunga qadar uni ko‘lidan kelgancha tarbiyalagan, hech narsada kamsitmagan, ustiga gard yuqtirmaslikka uringan, unga haqiqiy ota, tengi yo‘q bobo bo‘lgan edi. Ammo Abdulmuttalib ham foniy bir borliqdir. Unga ham endi ajal yaqinlashgan, o‘lim farishtasi eshik qokib kelayotgan edi.
Orasira hushidan ketadi, o‘zini bilmay qoladi. Shunday kezlarda «Muhammadim, suyukli Muhammadim...», deya bosinqiragani eshitilib qoladi. O’ziga kelganda esa, yana tamomila uning tashvishi bilan band bo‘ladi.
Bir paytlar Muhammadning otasini, ya’ni, o‘zining o‘g‘li Abdullohni qurbon qilishga bel bog‘lagan kunlarni esladi. Agar o‘sha qasamini bajarsa, bugun qalbini larzaga solib, keksa yuragini yondirayotgan bu mehrmuhabbatning sohibi ham bo‘lmasdi.
Ammo butun olamlarga Ollohning behisob rahmati shu bolaning vositasida, u orqali yog‘ilishi kerak edi. Insoniyat uning rahbarligida haq yo‘lni topajak, saodat yo‘liga kirajak. Ollohga eltuvchi yo‘lni eng mukammal tarzda insonlarga u ko‘rsatajak edi. Shu bois bir emas, ming Abdulmuttalib til biriktirsa ham, ilohiy qudrat buning oldini olar va Abdullohni qutqarar edi. Koinot sarvarining uning naslidan, uning o‘g‘li sifatida dunyoni sharafga burkashi azaliy va ilohiy takdirning zarurati edi.
—    Otika!
—    Labbay, otajon.
—    Suv ber.
Otika darhol keltirilgan Zamzam suvidan idishni to‘ldirib berdi. Abdulmuttalib bir necha qultum ichdi.
—    Shifo bo‘lsin, otajon.
—    Omon bo‘l, bolam.
—Esingizdami, otajon, Zamzamni qazigan kunlaringiz?
Abdulmuttalib bosh irg‘adi. «Ha», deb pichirladi. Saldan keyin Otika chiqib ketdi. Abdulmuttalibning xayolidan o‘tmish kunlari kechdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 08:20:35
ZAMZAM

Ropparosa qirq yil oldin bo‘lib o‘tgan edi bu voqea. Bir kuni Abdulmuttalib Ka’baning «Hijr» deb ataluvchi qismida qaylula uyqusida edi. Peshin payti olovdek qizdiradigan quyosh taftidan hamma salqinga qochib uxlagani kabi, Abdulmuttalib ham yotib uxlagan edi. Tush paytidan boshlanadigan bu uyku asrning o‘rtalarida, salqin tushgach, tugar va arablar buni «qaylula» derdilar. Bu soatlarda hamma ishini tashlab, salqin joy qidirib qolardi. Chunki jazirama issiq faqat mehnat qilishgagina emas, hatto sayr etishga ham imkon bermasdi.
Abdulmuttalib tush ko‘rdi. Tushida yoniga bir odam kelib:
— Tibani qazi, dedi.
— Tiba qaer o‘zi?
Odam javob bermay, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Abdulmuttalib uyyungach, bir muddat bu tushi haqida o‘ylab qoldi. Hech qanday ma’no bera olmadi. «Har doim ko‘riladigan tushunarsiz ro‘yolardan biri bo‘lsa kerak», degan xulosaga keldi.
Ertasi kuni yana aynan o‘sha yerda uxlayotgan edi. Tushida yana notanish bir odam kelib unga:
—   Barrani qazi... — dedi.
—   Barra qaer? Nega u yerni qazishim kerak?..
Odam javobni ham kutmay va boshqa hech narsa demay, g‘oyib b)'ldi.
Tiba nima? Barra nima? Nega u joylar qazilishi kerak? Bu savollarga javob berishdan ojiz edi u.
Uchinchi kuni yana o‘sha odam keldi. Bu safar:
—   Madnunani qazi! — deb buyurdi.
—   Madnuna nima, u qaerda?
Odam javob berish o‘rniga yana g‘oyib bo‘lishni afzal ko‘rdi.
Abdulmuttalib endi har uxlaganida biron yerni qazish buyurilishiga ishonch hosil qilgan edi.
To‘rtinchi kuni yotar ekan, «Ko‘raylikchi, bugun qaerni qazir ekanmiz», deb o‘yladi. Hakiqatan ham, tushida yana o‘sha odam keldi.
—   Zamzamni qazi! — dedi.
—   Zamzam nedir?
— Zamzam hech tugamaydigan, kamaymaydigan bir suvdir. Sen to‘pto‘p bo‘lib keladigan hojilar jamoasiga undan ichirasan. U suv qurbonlik konlari oqizilib to‘planadigan joylar bilan axlatlar to‘kilgan joylarning orasidadir. Olachipor qarg‘a qag‘illaydigan joyni topgin, u yerda bir chumoli uyasi bor. Bu odam nihoyat asl maqsadni gapirgan edi. Necha kundan beri aytolmayotgan gaplari, demak, shulardan iborat ekanda. Abdulmuttalib uyqudan uyg‘ongan zahoti yontevarakka alangladi. Ko‘zlari qurbonliklar so‘yilib qonlari oqizilgan, chiqindisupirindilar to‘kilgan yerni qidirardi. Shu orada qorni va qanotlari oq bir qarg‘aning qag‘illayotganini ko‘rdi. Tushida ko‘rganlari to‘g‘ri chiqishiga shubhasi qolmadi. O’sha tomonga yo‘l oldi, qarg‘aga yaqinlashib bora boshladi. Ammo u qochmasdi. Ehtimol, qazishi lozim bo‘lgan yerni aniq ko‘rsatish uchun ketmayotgandir. Nihoyat, juda yaqin borgach, «pirr» etib uchib ketdi. Abdulmuttalib qarg‘a qo‘nib turgan joyning shundaygina yonboshida gavjum bir chumoli uyasi borligini ko‘rdi. Haqiqatan ham bu yer qurbonliklar so‘yilgan va axlatlar to‘kilgan joyning qoq o‘rtasi edi. Bu joyni yaxshilab tanib olish uchun belgilab qo‘ydi. Ka’baning eshigi tomonda edi. Ka’bagacha va maqomi Ibrohimgacha bo‘lgan masofani o‘lchadi. Endi kelib shu yerni qazishdan boshqa chora qolmagan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 08:21:24
Buyuk bobosi payg‘ambar Ismoil hazratlari zamonidan qolgan suv, muborak bir quduk borligi haqida hamma qatori u ham bilardi. Ammo necha yuz yillar davomida Makka ahlining ham, kelibketuvchi hojilarning ham ehtiyojlarini to‘lato‘kis qondiradigan bu quduq Jurhum qabilasi odamlarining axloqsizligi va johilligi oqibatida vayron etilib, berkitib tashlangan edi. Mag‘lubiyatga uchragan jurhumliklar Makkani tark etar ekanlar, quduqni ham ko‘mib ketgan edilar.
Vaqt o‘tishi bilan Zamzamning qaerda bo‘lgani ham unutildi, oti boru, o‘zi yo‘q narsaga aylandi. Ichiga Ka’baga tegishli anchamuncha oltin buyumlar ham ko‘milib ketgan quduqni topib ochish buyuk bir sharafga noil bo‘lish bilan barobar, Ollohning lutfi va karamiga sazovor bandasigagina bunday saodat nasib etishi mumkin edi!
Oqshom tushgach, o‘g‘li Horisga:
—    Ertaga birga ter to‘kib ishlashimizga to‘g‘ri keladi, — dedi. Uning qiziqsinib qarab turganini ko‘rib izoh berdi: — Zamzam qudug‘ini qaziymiz.
—    Ammo, otajon, biz uning qaerda joylashganini bilmaymizku? — deya Horis otasining yuziga qaradi. «Tushunmadim» demoqchi edi. Abdulmuttalib qisqagina bir javob berdi:
— Tushimda ko‘rsatildi.
Horis uchun mazkur javob yetarli edi. Otasiga bo‘lgan ishonchi behad edi. Abdulmuttalibning o‘sha paytda qo‘li ishga kelib kolgan birgina o‘g‘li Horis edi.
Ertalab tongsaharda qurayshliklar Abdulmuttalibni belkurak va cho‘kichni olib kayoqqadir ketayotganini ko‘rdilar.
Kecha belgilab ketgan joyiga keldi.
— Ollohim, muborak bo‘lsin... — deya cho‘kichni yerga urdi. Otabola birga qaziy boshladilar.
—   Hormang endi, yo Shaybatul hamd!..
—   Salomat bo‘ling.
—   Nima qilayotirsiz?
—   Ko‘rib turibsiz, shu yerni qaziyapmiz.
—   Ammo nima maqsadda?
—   Bu yer Zamzam kudug‘ining o‘rni.
Shundan keyin Abdulmuttalib ketmaket to‘rt kun davomida ko‘rgan tushlarini gapirib berdi. Odamlar istehzo aralash jilmaydilar.
— Tushda ko‘rgan narsa bilan ish bitar ekanmi? —dedalar.
Abdulmuttalibga hurmati baland bo‘lganlar esa:
— Bunda bir gap bo‘lsa kerak, — deya ishning natijasini kutish va shunga qarab hukm chiqarishni ma’qul topdilar.
Abdulmuttalib zerikmasdan, umidvor bo‘lib ishini davom ettirardi. Nihoyat, quduqning ustiga bir qopqoq kabi yopilgan toshni topdiyu ko‘zlari yoshlandi. Qo‘llarini ko‘tarib, Ollohga shukr qildi. Endi tushining haqiqat ekanligiga va bu vazifa unga ilohiy yo‘ldan berilganiga batamom ishondi.
Tepasiga kelibketib, ishini ajabsinib tomosha qilganlar, komil ishonch ila, behuda urinyapsizlar, deya o‘ylaganlar quduqning topilganini ko‘rishdiyu darhol cho‘kich va belkuraklarini qo‘llariga olib yetib kelishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 08:21:49
Abdulmuttalib:
—Xo‘sh, nega keldingizlar, tinchlikmi? — deya so‘radi.
—   Quduqni birga qaziymiz.
—   Bunaqasi ketmaydi.
—   Ammo bu sharafga biz ham sherik bo‘lishni istaymiz. Chunki bu bobomiz Ismoil payg‘ambarning qudug‘idir.
—   Bunday qilib bo‘lmaydi. Chunki bu vazifa faqat menga buyurildi.
Odamlar o‘jarlik qildilar:
U holda sening qazishingga ham yo‘l qo‘ymaymiz. Yo birga kaziymiz, yoki sen ham qazimaysan.
—   Unda shu paytgacha qaerda edingizlar?
—    Quduqning joyi qaerdaligini bilmasdikda.
— Men ham bilmasdim, ammo quduqning o‘rni faqat menga ko‘rsatildi.
— Biz ham endi bu ishga qo‘shilishni xohlaymiz.
— Men esam, bu sharafni siz bilan bo‘lishishni istamayman.
Odi ibn Navfal Abdulmuttalibga tegishdi:
—   Abdulmuttalib, sen yolg‘iz bir kishisan. Birgina o‘g‘lingdan boshqa yordamching yo‘q. O’jarlik qilaverma, bizga qarshi chiqma.
—   Ey Odi, aynan sening shunday deyishing insofdan emas. Axir, otang Navfal otam Hoshimning himoyasi ostida bo‘lgani yodingdan chiqdimi?
—   Sen ham amaking Muttalibning xonadonidan panox topguningga qadar tog‘alaring Najjor o‘g‘illarining yonida bo‘lmaganmiding?
—   Ey Navfal o‘g‘li, sen meni farzandlarimning ozligi bilan ayblamoqchimisan? Xudo haqqi qasamlar bo‘lsinki, agar Olloh menga o‘nta o‘g‘il bersa, ulardan birini Ka’baning yonida qurbon qilaman.
Munozara tobora qizir edi. Bu ketishda janjalga aylanishi hech gap emas edi. Birovlar Abdulmuttalibni haq deb bilsa, boshqalar raqiblarining tarafida edilar. Axiyri Abdulmuttalib:
— Bu muammoni hakam hal qilsa, roziman. Kimga desangiz, o‘shanga boramiz. Uning chiqargan hukmiga siz ham rozi bo‘lasiz, men ham. Bu taklif maqbul deb topildi.
— Abdulmuttalib insoflilik qildi, — dedilar.
Natijada Shom aslzodalaridan Sa’d ibn Huzaym qozi sifatida taklif etildi. Abdulmuttalib bunga rozi bo‘ldi.
Ertasi kuni Abdulmuttalib qarindoshlaridan ba’zi kishilarni olib yo‘lga chiqdi. Qarshi tomonda esa, quraysh qabilalarining har bittasidan bir kishidan bor edi. Birgalikda yurib, birgalikda dam olish uchui to‘xtashar, so‘ng yana birgalikda yo‘llarida davom etishar edi.
Kun qizdirgandan qizdirardi. Uzoq yo‘l yurishlarini inobatga olib, o‘ta ehtiyotkorlik bilan ish tutsalar ham, Abdulmuttalib va uning hamrohlarining suvlari tugadi. Suvsizlik ularni xoldan toydirdi, toqatlarini toq qildi. Abdulmuttalib ahvolni tushuntirib, qarshi tomondagilardan suv so‘radi.
— Sizga bersak, biz ham suvsiz qolamiz. Abdulmuttalib ulardan bu javobni kutmagan edi. Chunki o‘zi hech kimsa haqida bunday o‘ylamas, o‘z nonini ham boshqalar bilan bo‘lishib yer edi. Ko‘rabila turib bir insonni suvsizlikda o‘lim changaliga tashlab ketolmasdi. Ammo ular shunday qildilar.
Tillari tanglayiga yopishgan, tuya ustida o‘tirishga ham majollari qolmagan edi. Suvsizlik va jazirama issiq ta’sirida to‘g‘ri fikrlash ham mumkin bo‘lmay qoldi. Oralarida sarosimaga tushganlar xam bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 08:22:46
— Mozorimizni shu yerga kaziylik, o‘limimizni kutaylik, — deyishdi ba’zilar.
Eng oqilona taklif shu yerda bir oz dam olgach, yana yo‘lda davom etish bo‘ldi. Tuyalaridan tushdilar. Hammalari bir qatorga tizilib o‘tirishdi. Qarshi tomondagilar ularni kuzatishar, natija qanday bo‘lishini kutishar edi. Shu ahvolda bir oz o‘tirishdi. Umidsizlik bilan birbirlariga tikilishar, kim ko‘proq yashar ekan, deb o‘ylashar edi. Oramizda o‘lmay, qutulib qoladiganlar bo‘lar, deb vasiyatlar qilishdi.
Abdulmuttalib vijdon o‘tida yonardi. Ammo bu fojiaviy ahvolga tushishlariga o‘zi sababchi bo‘ldi. Chunki yonida o‘tirib o‘limini kutayotgan bu insonlar uning da’vosini qo‘llabquvvatlash uchun yo‘lga chiqqan edilarda.
Abdulmuttalib quruqshagan lablar, tugagan darmonlar, chekilgan iztiroblarga va boshlariga tushgan musibatdan umidsizlangan birodarlariga tikilar, har birining o‘rniga qaytaqayta o‘lishga ham rozi his etar edi o‘zini. Yo‘lda davom etishga kuchlari yetmas, yonatrofdan biron yordam kelishi ham ehtimoldan yiroq edi. — Yotib o‘lma, sudralib o‘l!..
Nido yuragining tubidan kelardi. Vijdoni azoblanar ekan, bunday qo‘l qovushtirib o‘tirishdan foyda yo‘kligini xayolidan o‘tkazdi.
Birodarlarining umidsizlarcha boqishlari ta’sirida bir amallab tuyasiga mindi. Tuyaning ustida o‘tira olmaydigan darajada majolsiz edi. Tuya yura boshlaganda esa, yerga tushib ketay dedi, hayvonning ustida yonboshlab qoldi. Qaerga ketayotganini o‘zi ham bilmaydi, balki suv toparman, deb o‘yladi.
Yuz qadam ham yurmagan ediki, tuyaning oyog‘i birdan nimagadir botdi. Abdulmuttalib qattiq chayqalib, yiqilib tushay dedi. O’zini o‘nglashga urinar ekan, ko‘zlari yiltiroq bir narsaga tushdi. Qaytakayta tikilib qaradi. Yo‘q, yanglishmagan edi: tuyaning oyog‘i botgan joydan suv qaynab chiqardi. Suv tobora tez oqa boshladi. O’sha paytda butun vujudini qamrab olgan xursandlik hissini hech qachon ta’riflab berolmasa kerak. O’zini yerga otdi. Bu orada tuya ham oyog‘ini haligi joydan chiqarib oldi.
Engashdi. Yuzqo‘llarini yuvdi, to‘yibto‘yib suvdan ichdi. To‘satdan hayotga yangi kelganday bo‘ldi, qalbini chulg‘ab olgan umidsizlik hissi batamom barham topdi. Urnidan turdi, hamrohlarini baqirib chaqirdi.
— Hoy birodarlar, bu yoqqa kelinglar. Olloh bizga suv berdi.
Quloqlar 6u ovozga ishonishni istamasdi. Ammo hozir hazil payti emas edi. Qolaversa, Abdulmuttalibning ovozi jonli, ishonch bag‘ishlovchi edi.
Umidsizlikning chilparchin bo‘lishi tizzalarga darmon kirgizdi. Turdilar, sudralasudrala, Abdulmuttalib ketgan tomonga ilgarilay boshladilar. Darhaqiqat, u yerda suv bor edi. Tinmay oqardi. Abdulmuttalib raqiblariga ham yuzlandi, ularni ham taklif etdi.
Tuyalarga suv berildi, meshlar to‘ldirildi. Qaytaqayta ichdilar. Endi yo‘lga chiqilsa ham bo‘lardi. Odi ibn Navfal Abdulmuttalibga o‘girildi:
—   Xudo haqqi, ey Abdulmuttalib, da’voni sen yutding. Hukm bizga qarshi chiqdi. Endi sen bilan Zamzam masalasida boshqa tortishmaymiz. Cho‘lning o‘rtasida bu suvni yetkazgan Olloh Zamzamni ham senga berganiga endi shubhamiz qolmadi. Qani, endi sog‘omon Makkaga qaytaylik, — dedi.
—   Ya’ni, endi qoziga murojaat qilishga hojat qolmadimi?
— Ha, Makkaga qaytamiz.
Makkaga qaytdilar. Bu voqea Abdulmuttalibning obro‘yini yanada oshirdi. Qaerda ekanligini hech kim bilmaydigan Zamzam qudug‘ining o‘rni ko‘rsatilishi, beshak o‘lim kutilayotgan daqiqalarda Ollohning lutfi va karami o‘laroq suvning oqa boshlashi uning ma’nan yuksak bir odam ekanligidan dalolat berardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 08:23:37
Abdulmuttalib o‘g‘li Horis bilan birgalikda yana Zamzamni qazib, tozalay boshladi. Safar chog‘ida sodir bo‘lgan bu voqea oilalarda, yig‘inlarda bahs etildi. Qazish davomida dastavval Ka’ba xazinasiga tegishli bo‘lgan ba’zi oltin haykallar, qilichlar va zirhlar topildi. Yuqorida eslatilgan Jurhum qabilasi Makkani tark etarkan, Ka’ba xazinasidagi bu qimmatbaho ashyolarni ham Zamzamga ko‘mib ketgan edilar.
Bu bebaho buyumlar yana qurayshlarning hasadini qo‘zg‘adi. Qoziga murojaat qilmaganliklaridan yana pushaymon bo‘ldilar.
— Ey Abdulmuttalib, bu ashyolarga biz ham sherik bo‘lishimiz lozim.
Abdulmuttalib peshonasidan oqayotgan terlarni artdi.
— Nega?
—   Chunki bu kuduk bizning buyuk bobomizniki. Bu ashyolar esa, xazinasidan qolgan buyumlardir.
—   Bu yerni men qazidim. Demak, ashyolar ham meniki bo‘lishi lozim. Modomiki sizlar bunga karshi ekansizlar, muammoni kur’a tashlab hal qilsak, deyman.
— Qanaqasiga?
—   Ikki qur’a Ka’ba uchun, ikkitasini men uchun va ikkitasini siz uchun tashlaymiz. Kimning haqqiga nima chiqsa, shuni oladi. Hissasiga hech narsa chiqmagan tomon mahrum bo‘ladi.
—   Bo‘pti, rozimiz. Ey Abdulmuttalib, senda insof bor ekan.
Abdulmuttalib Ka’ba uchun sariq, o‘zi uchun qora va qurayshlar uchun oq — ikkitadai o‘q tanladi. Mashhur Hubal butining yoniga bordilar. Butning xizmatkoriga o‘qlar berildi. Hamma qattiq hayajon ichida edi. O’qlar bir xaltaga solindi. Dastavval, ikki kiyik uchun ikki o‘q olindi. Ikkalasi ham sariq edi. Bular Ka’baning haqqi ekanligi tan olindi. So‘ngra qilichlar uchun bir o‘q olindi. Qora edi. Abdulmuttalib «Bu mening haqqim», dedi. Zirh uchun so‘nggi o‘q olinishi kerak edi. So‘nggi o‘q olingach, Abdulmuttalib yengil nafas oldi, kulimsiradi. Bu ham uning hissasi edi. Qurayshlar yana kuruk qoldilar.
Keyinroq Abdulmuttalib oltin kiyik haykallarini Ka’baning eshigiga o‘rnatdi. O’zining hissasiga tushgan oltin buyumlarni ham eritib, ingichka tolalar holiga keltirdi va Ka’ba eshigini ushbu oltin tolalar bilan qoplatdi.
O’zining hissasiga shuncha oltin tushgani holda, ularni Ka’baga sarflagani Abdulmuttalibning obro‘e’tiborini yana oshirdi.
Bu iaytlarda Makkada bir necha quduk bor edi. Odamlar o‘sha quduqlarning suvini iste’mol qilardilar. Zamzam qudug‘i ochilgach, bu muborak suvning ham Ka’baga yaqinligi, ham boshqa quduqlarnikidan mazaliroq bo‘lgani bois, hamma o‘sha suvdan ola boshladi. Ammo qancha ko‘p suv olinmasin, Zamzam suvi kamaymas edi. Ustigaustak, bu suv buyuk bobolari payg‘ambar Ismoil alayhissalomning a’moli bo‘lishdek alohida fazilatga ega edi. Qurayshlar buni boshqa arablar oldida ustunroq ekanliklarining belgisi deb bilardilar.
Darhaqiqat, Zamzam bulog‘i haj mavsumida kelgan minglarcha insonlarning xotiralariga muhrlanib qolardi, boshqa suvlarning oldida bu suvning e’tibori qullar oldida bir sultonning e’tibori kabi bo‘lar edi. Qonibqonib ichgan kishi yana ichgisi kelar, hatto uni ichganda, sut ichgandek, to‘qlik his etar edi. Natijada butun umri Makkada o‘tadigan, xohlagan paytida bu muborak suvdan icha oladigan kishilarga havas bilan qarashardi.
Haj ibodatlarini bajo keltirib bo‘lgan zahoti to‘g‘ri Zamzam tomonga yugurishar, to‘yibto‘yib ichishar edi. Zotan, yondiruvchi quyosh tafti ham insonni majburan o‘sha tomonga undar, qaytaqayta ichishga majbur qilar edi.
Abdulmuttalib haj mavsumida hajga kelgan kishilarga o‘g‘illari bilan birgalikda shaxsan o‘zi Zamzam suvidan tarqatardi. Uni ichganlar necha yuz yillardan beri oti boru, o‘zi yo‘q bu muborak quduqni qayta kashf qilgan, o‘zlariga ushbu totli suvdan ikrom etgan kishiga hurmat, muhabbat va minnatdorlik tuyg‘ulari bilan qarashardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:11:50
BIR QURBON YUZ QURBON

Oradan ancha yillar o‘tdi. Bu yillar Abdulmuttalibning sochidagi oq tolalarning sonini tobora ko‘paytirib bordi. Bunga sari unga bo‘lgan hurmat va muhabbat tuyg‘ulari ham ortar edi. Makkada hammaga so‘zi o‘tadigan, xotinmierkakmi, yoshmiqarimi, hamma buyuk inson deb biladigan yagona odam u bo‘lib qoldi.
Shu yillar davomida farzandlari ham ko‘paydi. O’nta o‘g‘li bor edi: Horis, Zubayr, Abdulloh, Abu Tolib, Hoji, Diror, Mukavvim, Abu Lahab, Abbos, Hamza.
Bir kuni Abdulmuttalib alam bilan qo‘lini peshonasiga urdi, Zamzam qudug‘ini qazitan kunlarda qilgan bir nazrini eslashga majbur bo‘ldi. Og‘ir ahvolga tushib qolganida berilgan johilona qaror endi uni vijdon iskanjasiga olgan edi. Nima qilishni, qanday yo‘l tutishni bilmasdi...
Nihoyat, Abdulmuttalib qat’iy qarorga keldi: «Mard odam qilgan nazrini bajo keltiradi!» dedi o‘ziga. Bolalarini atrofiga to‘plab, qarorini bildirdi. Oralaridan bittasi qurbon etilishi kerak edi.
Qalblarni hayajon to‘lqini larzaga soldi. Hech biri otasining bu qarorini tabriklay olmasdi. E’tiroz bildirishning ham o‘rni bo‘lmadi. Jon savdosi edi bu. BoP1ini qilichga tutib berish, hayotining ayni ilk bahorida, bila turib o‘zini o‘lim changaliga topshirish chin ko‘ngildan qabul etiladigan bir ish emas edi.
Yuraklar teztez ura boshlagan, ko‘zlar yer suzadi. Boshini ko‘tarib, atrofidagilarning ahvolini ko‘rishga ham jur’at yo‘q.
Ko‘n kutishdan foyda chiqmasdi. Abdulmuttalib yurishga amr etdi. Oldinda o‘zi, ortida bo‘lajak qurbonliklar — bolalari Ka’ba tomon yo‘l oldilar. Uyda dodfaryod ko‘tarib onalar, ko‘z yoshi to‘kib opasingillar qoldilar. Bolalarga aytishga biron og‘iz so‘z, tasalli toiilmas edi. Tilakdan boshqa chora yo‘q. «Senga bu fojiadan panoh tilayman, jigarim», deyishdan boshqa oson tilak yo‘q edi. Lekin qaysi ona bir o‘g‘lini qutqarish evaziga boshqasini olovga tashlay oladi?!
O’lim yo‘lovchilari uchun bu safar qancha davom etdi? Uzoqmi yoki qisqami? Yo‘l davomida kim nimalar haqida o‘yladi? O’lim qur’asi menga tushsinda, akaukalarim xalos bo‘lsin, degan birontasi bo‘ldimi?..
Abdulmuttalib bir ozdan so‘ng g‘azab va tushkunlik holatida berilgan johilona qarorini amalga oshirishi, nazrini bajo keltirmoq uchun qo‘lini qonga belashi kerak edi. Egnilariga gard yuqtirishni ham istamaydigan o‘g‘illaridan birini bo‘g‘izlab qurbon qilishi kerak edi. Ammo sochlari oqargan, yoshi anchagina o‘tib qolgan chog‘da bilagiga bunday quvvat keladimi yoki yo‘qmi, bilmasdi.
Nihoyat, Ka’baga yetib keldilar. Ka’baning ichiga o‘rnatilgan Hubal ismli butning yoniga tizilib turdilar. O’sha yerga qo‘yilganidan beri biron kimsaning dardiga darmon bo‘la olmagan bu tosh parchasi ularning kelganidan ham bexabar edi. Tosh ma’budning xizmatchisi esa, mudhish bir voqea yuz berganini sezdi.
   Kuning xayrli bo‘lsin, ey Abdulmuttalib, — dedi.
—   Qurbonlik qilmoqchiman.
—   Nimaga? Ne maqsadda?
Abdulmuttalib qisqa qilib ahvolni tushuntirdi. Haligi odam o‘zini yo‘qotib qo‘ydi, so‘ngra:
   Sen buni qilolmaysan, ey Abdulmuttalib, — dedi.
— Nega qilolmas ekanman?
Chunki sendek mulohazali, sendek aqli raso, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan bir inson bunday johillikka qanday qo‘l ursin?! Sen qurayshlarning faxrisan, quraysh o‘rnak oladi sendan. Ochlarni to‘yg‘azgan, hatto qurtqumursqaning ham rizqini o‘ylovchi bir insonsan, o‘z farzandingni qanday qurbon qilasan?!
Men bir paytlar qasam ichganman. Mard odam qasamini buzmaydi!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:12:36
Shu gaplarni aytgach, o‘g‘illari tomon o‘girildi: «Bering o‘qlaringizni», dedi.
Birinketin ismlari yozilgan o‘qlarni keltirib topshirar edilar. O’qlar xaltaga solindi. Abdulmuttalib but xizmatchisining yuziga karadi:
— Kani, bitta o‘qni olginchi, — dedi.
Xizmatkor qo‘lini xaltaga tiqdi. Endilikda yurak
lar bo‘g‘izga tiqilgan, xayajonlar so‘nggi nuqtasiga yetgan edi. Yuzlar bo‘g‘rikdi, lablar qaqrab ketdi. Xaltaning ichidan chiqadigan o‘q kesilajak boshni tayin etar, qolganlariga hayot bag‘ishlar edi.
Nihoyat, o‘q chiqdi, xizmatkor pichirlab ismni o‘qidi: «Abdulloh». Bo‘g‘izlariga tiqilgan nafaslar sal yengillashganday bo‘ldi. Hayoti qil ustida turganlarning so‘nik ko‘zlari yarq etib ochildi. Kim nima desa desin, bu bir jon bozori, jon savdosi edi, hech kimning «Abdullohning o‘rniga men qurbon bo‘lay», deyishi kutilmas edi.
Ammo Abdulloh bunday ahvolda emas. Bir oz avvalgi hayajon o‘rnini dahshatli qo‘rquv va itoatgo‘ylik tuyg‘usi egalladi.
Abdulmuttalibning bolalari orasida eng suyukli, eng ko‘rkami edi u. Boshqa akaukalarida bo‘lmagan aslzodalik, ustuvorlik unda borlitini hamma bilardi. Shu bois, Abdulmuttalib uni boshqa bolalaridan ham ortiq ko‘rardi. Orasira:
— Abdulmuttalib, sening bu o‘g‘lingda alohida bir ko‘rkamlik, alohida bir aslzodalik bor. U hamma farzandlaringdan ham yoqimliroq, istarasi issiq... __ deganlar bo‘lgan edi.
Shunday bo‘lsa ham, Abdulmuttalib o‘zi boshlagan ishning bunaqa natijasiga e’tiroz bildira olmasdi. «Qaytadan qur’a tashlaymiz» yoxud: «Kel, ey Abu Lahab, Abdullohning o‘rniga seni qurbon qilaylik», deya olmasdi.
Abdullohning qo‘lidan tutdi. Qurbonlik so‘yiladigan joy bo‘lmish Safo tepaligi tomon yo‘l oldilar.
Bu aql bovar qilmas ish haqida eshitgan yuzlarcha qurayshiylar Safo tepaligi tomon yugurib kela boshladilar. Ayolu erkak, bolalaru qariyalar yig‘lagan, qizikish, hayajon, qo‘rquv va afsus bilan Abdulloh hamda uning otasiga tikilib turar edilar. Safo tsialigiga borishgach, Abdulmuttalib Abdullohni ikki qo‘li bilan dast ko‘tarib yerga stqizdi. Bir paytlar mehr bilan, muhabbat bilan silagan sochlari qumga belandi. So‘nggi nafasini olish oldidan mahzun bir chshra, mahzun bir nigoh ila yonatrofga qaradi. Bu nigohlar umidsiz edi.
— Bering xanjarimni...
— Yo‘q, bermaydilar, ey Abdulmuttalib! Sen bunday qilolmaysan!
Abdulmuttalib boshini ko‘tardi. Qarshisida «Dorunnadva» («Maslahat uyi») a’zolaridan bir necha kishi turardi. Oralaridan Mug‘iyra ibn Abdulloh ismlisi so‘zlarini takrorladi: — Qilolmaysan bu ishni sen, ey Abdulmuttalib!
— Nega endi qilolmas ekanman?
— Chunki Abdulmuttalib bo‘la turib sen bu ishni qilsang, boshqalar nima qiladi? Ertaga boshqalar ham o‘g‘lini qurboi qilgisi kelib qoladi. Yomon ot chiqarasan, la’natlarga giriftor bo‘lasan. Qolaversa, farzandi qurbon qilingan onalar doim oldin seni qarg‘aydi
lar. Biz bu vahshiyona ishni uzilkesil to‘xtatishga, unga to‘sqinlik qilishga ahd etdik.
 Ammo bu mening qasamimdir, bajo keltirmasam bo‘lmaydi, axir...
— Qasam bo‘lsa — bo‘lar, har narsaning iloji bor. Ahvolingni yengillatish uchun biron chora topamiz.
— Qanday chora?
— Bizning bu borada tajribamiz yo‘q. Ammo hijozliklar bunday muammolarni hal etishga usta. Shuning uchun sen darhol Hijoz kohinining huzuriga bor. Ahvolni tushuntir. Agar qurbon qilishing kerak desa, qurbon kilarsan, bo‘lmasa, bergan maslahatiga qarab ish tutasan.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:13:03
Abdulmuttalib bu taklifga norozilik bildirmadi.dbdullohni qo‘yib yubordi. Akaukalar va shu yerga yirilgan aholining yuzlarida mamnunlik ifodasi paydo bo‘ldi. Bir ozdan so‘ng Abdulmuttalibning uyida sevinch ko‘z yoshlari bilan birgalikda zo‘r bayram boshlandi.
Shundan keyin Abdulmuttalib Abdullohni olib Yasribga bordi. Kohinning Haybarga ketganini eshitib, u yerga xam bordi. Bir rivoyatga ko‘ra, bu safar Shomgacha davom etdi.
Abdulmuttalib kohin ayolga dardini anglatdi. Kohin ayol uning so‘zlarini tinglab bo‘lgach, «Ertaga keling!» dedi. Ertalab otabola yana ayolning huzuriga bordilar. Kohin:
Sizning yurtingizda bir odamga to‘lanadigan tovonning miqdori qancha va u nima bilan o‘lchanadi? deb so‘radi.
— O’n tuyaga teng keladi.
—U xolda darhol yurtingizga qayting. O’g‘lingiz bilan o‘nta tuyani bir yerga qo‘yib, qur’a tashlang. Agar o‘g‘lingizga chiqsa, tuyalar sonini ko‘paytiring va takror tashlang. Shu tariqa, qur’a to tuyalarga chiqqunga qadar tashlashni davom ettiring. Shoyad, Robbingiz rozi bo‘lsa, qur’a albatta tuyalarga chiqajak.
Uning huzuridan chiqib, Makkaga qaytdilar. O’nta tuya bir tomonga qo‘yildi. Abdulloh esa, ikkinchi tomonga. Abdulmuttalib Ollohga iltijo qilib, o‘g‘liga hayot bag‘ishlashini so‘radi. Qur’a Abdullohga chikdi. Yana o‘nta tuya keltirildi. Qaytadan qur’a tashlandi. Yana Abdullohga chikdi. Tuyalar soni o‘ttizta bo‘ldi. Abdulloh qora terga botgan, Abdulmuttalib tinmay duo qilardi.
Tuyalar soni qirqtaga yetdi, ellikta bo‘ldi. Har safar xaltadan Abdullohning o‘qi chiqardi. Shu yo‘sinda to‘qqiz marta qur’a tashlandi, ammo natija o‘zgarmadi. Bu bir tasodif emasdi. Har narsaga hokim va qodir bo‘lgan buyuk Mavloning irodasi shunday bo‘lgani ayon edi. Nihoyat, tuyalar soni yuztaga yetkazildi va yana qur’a tashlandi. Shu on qur’a tashlayotgan odamning quvnoq qichqirig‘i eshitildi. Bu qutulishning alomati edi. Abdulmuttalib ko‘zlaridan oqqan yoshlarni artdi, o‘g‘lini bag‘riga bosdi. Amr etdi. Tuyalar Safo tepaligiga olib borib so‘yildi. Go‘shtlari shundaygina qoldirildi. Kambag‘allar oldi, hayvonlar yedi, musofir va g‘ariblarga ziyofatlar berildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:13:44
* * *
Bu voqea sodir bo‘lganda Abdulloh necha yoshda edi?.. Bir qorindan talashib tushgan Abu Tolibdan katta edimi yoki kichik? Bu voqea yuz bergan kunlarda oilaning eng kichik farzandlari bo‘lgan Abbos va Hamza tug‘ilganmidilar yoki yo‘qmi?.. Bu savollarga aniq javob berishdan ojizmiz.
Agar ular tug‘ilgan bo‘lsalar, Hamza endi tug‘ilgan chaqaloq yoki hali bir yoshga ham to‘lmagan go‘dak, Abdulloh esa, ayni uylanadigan yoshdagi o‘spirin bo‘lgani xaqiqatga yaqinroqdir. Chunki Abdullohning o‘g‘li bo‘lmish Payg‘ambarimiz bilan amakilari Hamza o‘rtasidagi fark atigi ikki yil edi, xolos.
Ehtimol, Abdulmuttalib nazrini bajo keltirish uchun o‘g‘il farzandlarining soni o‘ntaga yetishini kutmagandir. Chunki uning olti nafar qizi ham bor edi. Yoki bu voqea Hamza tug‘ilganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan va qurbonlikdan qutulgan Abdulloh vaqt o‘tkazilmay uylantirilgan edi. Bunday og‘ir sinovdan keyin suyukli o‘g‘lini qurbonlikdan saqlab qolgan Abdulmuttalib endi xotirjam edi. Hayotida osoyishga kunlar boshlandi.
Abdulloh yetuk va komil inson edi. Yuziga bir qaragan kishi yana qaragisi keladigan darajada husnli va yoqimli edi. Boy bir xotinning unga «Agar meni xotinlikka olishga rozi bo‘lsang, senga yuzta tuya hadya etaman», degani fikrimizning yorqin dalilidir. Abdullohning bunday taklifni rad etishi esa, mol-dunyo va boylikka u qadar ahamiyat bermasligi, osoyishta bir oilaga ko‘proq muhtoj bo‘lgan komil inson ekanligi belgisidir.
Mustahkam bir oila qursa, baxtiyor yashasa, deya orzu qilgan Abdulmuttalib suyukli farzandini yoniga olib, Makkaning aslzoda oilalaridan va Qurayshning yigirma beshta kiborlar urug‘idan biri bo‘lgan Zuhra qabilasiga bordi. Azaldan yaxshi taniydigan do‘sti Vahbni topdi va qizi Ominani o‘g‘li Abdullohga so‘radi. Uning bu taklifi mamnuniyat bilan qarshilandi va ikki yosh nikohlandilar.
Abdulloh qurayshlarning odatiga ko‘ra, uch kungacha otasining uyida qoldi. So‘ngra suyukli xotinini qlib, o‘zining qadrdon go‘shasiga qaytdi. Omina oilada yolg‘iz farzand edi. Bu uning ilk va nggi turmushi bo‘lib, qiska vaqtdan keyin beva qolishni xamda olamlarga rahmat bo‘lib kelayotgan buyuk payrambarimizga onalik qilish sharafiga muyassar bo‘lishini xali u bilmasdi. Yangigina turmush qurgan ikki yosh juda qisqa muddat birga bo‘ldilar. Nikohdan keyin xali ikki oy xam o‘tmay, dbdulloh Shomga yo‘l olgan karvonga qo‘shilib safarga chiqdi. Qaytishda bir dardga chalindi. Nihoyat, Yasrib shaxriga kelgach, ortiq yo‘l yura olmasligini angladi. Hamroxlariga buvisi Salmo tomonidan tog‘alari bo‘lmish Najjor o‘g‘illarinikida qolajagini bildirdi va otasiga salomini yetkazishlarini so‘radi.
Birodarlari uni shu yerda qoldirib, yo‘llarida davom etdilar. Abdulmuttalibni topib ahvolni tushuntirdilar. Abdulmuttalib darhol katta o‘g‘li Horisni Yasribga jo‘natdi. Kechani kecha, kunduzni kunduz demay yo‘l yurgan Horis Yasribga borganida, ancha kech qolganini angladi. Chunki Abdulloh hayotdan ko‘z yumgan va Nabiga ismli bir qarindoshining bog‘iga ko‘milgan edi.
U ham olamlar sarvari payg‘ambarimiz Muhammad solallohu alayhi vasallamning otasi bo‘layotganidan bexabar holda dunyodan o‘tgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:14:27
AZIM DARAXTNING QULASHI
Uchinchi o‘ksizlik

Abdulmuttalib quruqshagan lablarini ho‘llashni istardi. Rosa o‘tmish kunlarning xotiralariga berilgan edi.
—   Safiyya!
—   Labbay, otajon!
—   Suv ber...
Safiyya Zamzam suvidan keltirdi. Abdulmuttalib bir necha ho‘plam yutdi.
—   Muhammadim qani?
—   Hozir keladi, otajon, qarayinchi.
— Yonimda o‘tirsin. Usiz yashashning qizig‘i ham qolmadi.
Safiyya Muhammadni chaqirish uchun chiqib ketdi.
Kasal ko‘rgani kelgan bir qo‘shniga ro‘baru keldq. Ichkariga kirib, xabar berdi. U odam kirdi.
—   Qalaysan, yo Shaybatul hamd? Ahvoling durustmi?
—   Rahmat, salomat bo‘l. Tuzukman.
—   Qanday sezyapsan o‘zingni?
— Mana, ko‘rib turibsan. Daqiqa sayin o‘lim yaqinlashmoqda.
—   Unday dema, yo Abdulmuttalib.
—   Nega?   
—Sen hali ko‘p yashaysan. Bizga bosh bo‘lib turishingkerak. Sendan bo‘lak Makka xalqining boshini biriktirib, bir bayroq ostida to‘playdigan hech kim yo‘q.
Abdulmuttalib bu so‘zlarga javob bermadi. Keyin o‘tganketgandan gaplashib o‘tirdilar.
— Bobojon, meni chorlabsiz.
Boboning behol yuzida hazin bir kulimsirash paydo bo‘ldi.
— Sensiz turolmay qoldim, o‘g‘lim, yonimga kel.
Yotoqning yoniga o‘tirdi. Abdulmuttalib qo‘lini uzat
di, nevarasining qo‘llarini ushlab, lablariga olib bordi. Qaytaqayta o‘pib, hidladi.
— Bu go‘dak yonimda o‘tirmasa, yashagim kelmay qoldi. Otasi ham juda yoqimtoy yigit edi, — dedi Abdulmuttalib va og‘ir xo‘rsindi. Keyin qisqa xotiraga berildi: —Ha, haqiqatan ham yoqimtoy edi. Boshqa bolalarimdan ham ortiq ko‘rardim uni. Ammo bu mehrning oqibati yaxshi bo‘lmadi, o‘zing bilasan. Biroq bu nevaram Abdullohimni unuttirdi. O’zim ham bola bo‘lib qoldim. Muhammadim bo‘lmasa, aqldai ozishim hech gap emas.
Darhaqiqat, Hoshim o‘g‘illari orasida bu bolaga o‘xshashi ham, tengi ham yo‘q.
Abdulmuttalib e’tiroz bildirdi:
— Hoshim o‘g‘illari, dema. Makkada tengi yo‘q, de. Hatto butun dunyoda, butun insonlar ichida tengi yo‘q jigargo‘shamning. Hayot bo‘lsang, hali ko‘rasan, mening bu nevaram juda buyuk bir inson bo‘ladi. Mening nomim uning bobosi bo‘lganim uchun unutilmaydi, qalblarda mangu yashaydi.
Bir ozdan so‘ng qo‘shni chiqib ketdi. Abdulmuttalib qizlarini chaqirdi. Hammasi kelib yoniga o‘tirishdi. Ularga birmabir tikildi.
— Umrim poyoniga yetib qolganga o‘xshaydi. Uzog‘i bilan yana bir necha kun yashasam kerak. Hozir sizlarni huzurimga chorlaganimnipg boisi — men o‘lgach, qaysi yiringiz qanday marsiyalar kuylashingiz, nimalar deb yig‘lashingizni ko‘zim tirikligida eshitmoqchiman, —
Safiiya otasining gapini bo‘ldi:
— Otajon, nega bunday deysiz? Siz hali ko‘p yashaysiz. Xudo xohlasa, tuzalib ketasiz.
Abdulmuttalibning majolsiz lablarida bir kulimsirash paydo bo‘ldi.
— Qizim, endi taqdirga tan berishlaring kerak. Biz endi qaridik. Bir oyog‘imiz yerda bo‘lsa, ikkinchisi go‘rda. Qolaversa, bundan keyin yashashning qizig‘i ham yo‘q Faqat...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:15:01
Abdulmuttalib so‘zlarini davom ettira olmadi. Ko‘zlari yoshlandi. Kasallik ovozini ham zaiflashtirgan edi. Bu daf’a ichichidan xuruj qilib chiqqan hasrat ko‘zlarida namoyon bo‘lgan, bo‘g‘ziga tiqilgan edi. Qizlari Abdulmuttalibdek ulug‘ bir zotning ko‘zlarida yosh ko‘rishga odatlanmagan edilar. Po‘latdek mustahkam irodasi bilan tanilgan edi u. Viqorini yo‘qotmagan, hech kim raqiblik qilolmaydigan bir maqomga erishgan, xalqiga sidqidildan xizmat ko‘rsatgan edi. Hayratlanib qarab qoldilar. Abdulmuttalib nevarasining boshini siladi. So‘ngra davom etdi:
— Ammo bu go‘dakning tengsiz bir inson bo‘lajak kunlarini ko‘rish uchun yashashga rozi bo‘lardim.
So‘ngra, qizlariga o‘girildi:
— Men o‘lgandan keyin o‘qiydigan marsiyalaringizni o‘z qulog‘im bilan eshitsam, deyman.
Bu gapdan so‘ng opasingillar birbirlariga qarab qoldilar. Otalari talab qilayotgan ish hayotda ilgari hech ko‘rilmagan bir ish edi. Ammo otalari shuni istardi.
Dastlab Safiyya boshladi:
— Yarim tunda yo‘l o‘rtasida turib bir o‘lim xabarini jar solayotgan odamning ovozi ko‘zlarimdan yosh oqizdi. Shu zamon ko‘zlarimdan oqayotgan yoshlar inju donalari kabi yonoqlarimga dumalab tusha boshladi. Bu nola aslo ojizlik va kuchsizlik nimaligini bilmagan, xammaga inkor etib bo‘lmaydigan darajada faqat va faqat yaxshilik qilgan ulug‘ bir zot uchun; har tomonga ezgulik ulashgan, katta obro‘e’tibor va sharafning merosxo‘ri,
«Shaybatul xayr» deb nom olgan Abdulmuttalib uchundir?
Odamoxun, mard, diyonatli bir kishiki, unga yetadigani olamda yo‘q! Basavlat, keng yelkali, suyagi yirik, qavmi orasida hurmatga sazovor bir kishi! Uyi musofirlar uchun doimo ochiq, keng va yorug‘ uydir. Qahatchilik kezlari og‘ir ahvolga tushganlar uchun barakali bir yomg‘ir kabi edi. Benihoya jo‘mard, saxiy: qullar ham qul egalari ham unga muhtoj bo‘lmay iloji yo‘q. Agar shonsharaf tufayli kishi abadiy yashasa, bu kishi Abdulmuttalibdan boshqasi bo‘lolmas edi. Ammo dunyoda hech kim abadiy yashamaydi...
Abdulmuttalib Safiyyaning aytuvini diqqat bilan tingladi.
— Shunday deb yig‘laysanmi, Safiyya?
—   Otajon, tilim bormaydi, nega bizni buncha qiynaysiz?
—    Yo‘q, yo‘q, axir o‘zing ham aytyapsanku, dunyoda abadiy qolish yo‘q, deb.
Shundan keyin Barraga o‘girildi:
— Sen nimalar deysan, Barra?..
Barra ko‘zlaridan oqqan yoshlarni artdi, so‘ngra marsiyasini boshladi:
— Ey ko‘zlarim, aslinasli pokiza, tabiati xush, so‘ralganda ziqnalik qilmagan bir sharaf egasi uchun ko‘iko‘p injular sochib, menga yordamchi bo‘ling. U doimo uyida musofir uchun o‘choq yoqilgan, musofirini ochiq chehra bilan kutib olgan martabasi ulug‘ bir kishi, ya’ni, Shaybatul hamd Abdulmuttalibdir. U karam sohibi, izzat, sharaf, chin fazilat egasi, yumshoqtabiat, musibatlar ko‘payganda saxiyligi, exsoni ortadigan zotdir. Qavmi orasida oy kabi charaqlagan bir fazilat sohibi bo‘lganidan munoqashasiz tan olingan kishidir. Unga o‘lim o‘tgan yillar va taqdir abgor qilmagan holda, soppa-sog‘lomligida kelib yopishdi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:15:23
Barra marsiyasini tugatdi. Abdulmuttalib Otikaga o‘girildi:
— Sen nimalar deysan, qizim?
Otika marsiyasini boshladi:
— Ko‘zlarim, yordamchi bo‘ling menga. Sirasira ziqnalik qilmangki, hamma uyquga tolgandan keyin to‘yib-to‘yib yig‘layin...
Keyin Ummu Hakim Bayzo, Umayma va Arvo marsiya aytdilar.
Abdulmuttalib ularning marsiyalarini diqqat bilan tingladi. Ularga chin dildan samimiy minnatdorligini bildirdi.
Kechqurun ovqatlanganlaridan keyin bolalarining hammasi Abdulmuttalibning qoshiga kelib o‘tirdilar.
Quruqshagan lablarini birikki qultum Zamzam suvi bilan ho‘llagandan keyin ularni faxrlansa arzigudek kilib voyaga yetkazganiga shukrona bildirib, dilidagilarni tiliga chiqardi:
— Eng katta tashvishim ko‘zimning nuri, suyukli nabiramni... — shunday der ekan, Muhammadga qaradi, —kim boqadi, qanday boqadi? Qani, gaiiring, kim uni o‘z panohiga oladi?
Eng katta o‘g‘li Horis javob berdi:
— Har birimiz unga o‘z farzandimizdek qaraymiz. Uyimizda yurganidan faqat xursand bo‘lamiz, otajon. Abdulmuttalib bu so‘zlardan mamnun bo‘lgan edi.
O’g‘illaridan Zubayr, Abu Tolib va Abdullohning onalari bir bo‘lib, Bani Mahzum qabilasidan Fotima binti Ayz edi.
Abdulmuttalib Muhammadini mana shu ikki amakisiga toshnirib ketinshi maqsadga muvofiq deb bilardi. Boshqa bolalaridan ham unga nisbatan faqat yaxshilikni kutsada, bularni afzal ko‘rishining boisi Abdulloh bilan onalarining bir ekanligi edi.
— Men hammangizdan xursandman. Ichingizdan qaysi biringizga buyursam xam, uni o‘z panohiga bajonidil olishlaringizga aminman. Faqat Abu Tolib bilan Zubayr Abdullohga tug‘ishgan qardosh bo‘lganlari uchun qur’a ularga tashlanishi kerak, deb o‘ylayman.
Shundan keyin yonida jimgina turgan nevarasiga o‘girildi:
— Sen qaysi amakingni tanlaysan, o‘g‘lim? Muhammad bu savolga javob bermadi, darrov o‘rnidan turdi va borib Abu Tolibning quchog‘iga otildi. Bu orada tashlangan qur’a ham Abu Tolibga chiqib, masala uzilkesil hal bo‘ldi.
Abu Tolib anchadan beri orzu qilib kelgan niyatiga yetgan kishidek juda xursand bo‘ldi. Xayrlasharkan, Abdulmuttalibning ruxsati bilan jiyanini yetaklab uyiga olib ketdi. Shu shart bilanki, har kuni bobosining oldiga kelib turadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:15:47
* * *
—   Fotima!
—   Tinchlikmi, yo Abu Tolib?
—   Qara, kimni olib keldim...
Fotima uydan chikdi, xo‘jasining yonida Muhammad turardi. Egildi, yonoqlaridan o‘pdi.
—   Xush kelding, bolam, — dedi.
—   Xushvaqt bo‘ling, yangajon.
—   Fotima, endi Muhammad biz bilan turadi. Bizning o‘g‘limiz bo‘ladi.
—   Naqadar yaxshi xabar keltirdingiza, yo Abu Tolib.
Shundan keyin yana egildi, qayta quchoqlab o‘pdi.
— Xonadonimizga xush kelding, o‘g‘lim, endi men senga onalik qilaman. Sen men uchun o‘z o‘g‘illarimdan xam sevimliroq, qadrliroq, azizroq bo‘lasan, jigarim.
Bu so‘zlar samimiyat to‘la bir qalbning ifodasi edi. Tom ma’noda sevgi, mexrshafqat va marhamatga to‘liq edi bu yurak. Muhammadni tug‘ilgan kunidan boshlab yaxshi ko‘rib qolgan edi Fotima. Uni ko‘rgan, tanigan odam borki, yoqtirib qolishi turgan gap edi.
Hali shu yoshga kirib ota yuzini ko‘rmagan, onadan barvaqt yetim qolgan, ammo timsoli yo‘q bir ko‘rk, mukammal bir odob va tarbiya egasi bo‘lgan bu go‘dakka shu kunga qadar doim shafqat va marhamat nazari bilan boqqan, 6u shafqat va marhamat vaqt o‘tishi bilan ta’rif etib bo‘lmaydigan bir mehrmuxabbatga aylangan, o‘z onasi kabi sevib qolgan, o‘z onasi kabi ko‘ngli xush bo‘lgan edi. Hoshim o‘g‘illari orasida yashnab ochilgan, so‘lmaydigan bir gul edi u.
Abu Tolib uyiga baraka va saodat kelgani haqida Fotima bilan hamfikr edi. O’sha kecha otasining kasali og‘irlashganidan tilkapora bo‘lgan yuragi, ayni paytda, boshiga saodat toji kiydirilgani to‘g‘risidagi ishonchga ham to‘liq edi. Yotog‘iga kirganida ham, ko‘ngli dam otasida bo‘lar, g‘am chekar, dam suyukli jiyani haqida o‘ylar, uning qoshiga kelib huzurhalovat topar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:16:24
* * *
Ko‘p o‘tmay Abdulmuttalib vafot etdi. Makkani motam chulg‘ab oldi. Xalq tom ma’noda qattiq qayg‘uga cho‘mgan edi. Chunki Abdulmuttalib kuchga, zo‘ravonlikka, qudratga emas, adolat, ezgulik va saxovatga tayanib ish ko‘rardi. Butun hayoti davomida faqat jinoyatga va jinoyatchiga, faqat yomonga va yomonlikka qarshi kurashdi, doimo olijanob kishilar, odob va fazilat sohiblari bo‘lganlar safida, eng oldinda turdi. Doimo ezilganlarning yordamchisi bo‘ldi, yetimlar, bevalar uni o‘zlarining pushtipanohlari deb bildilar. U faqat Hoshim o‘g‘illarining emas, balki butun qurayshlarning xam boshlig‘i hisoblanardi. Unga qarshi martaba talashib chiqqanlar ham, zo‘ravonlik qarshisida emas, balki qaerdan kelgani noma’lum bo‘lgan qandaydir ma’naviy kuchlarning Abdulmuttalibga yordam berayotganini ko‘rib, ortiq bahslashishga jur’at qilolmasdilar. Masalalar doimo Abdulmuttalibning foydasiga hal bo‘lar, bu esa boribborib uni Makkaning hokimi, qurayshlarning boshlig‘i bo‘lishdek yuksak martabaga ko‘targan edi.
Hoshim o‘g‘illarining uyidan faryod ko‘tarildi. Bu faryod sakson yil tippatik turgan, tobora yantbyashnagan, ildizlari xalqning ko‘nglidan chuqur joy olgan azamat bir daraxtning qulaganini bildirardi. Bu azamat daraxt qanchadanqancha yo‘lovchilarga o‘zining soyasida orom bergan, qanchadanqancha bevabechora, yetimesirlar^ushbu daraxtning mevasi bilan oziqlanganlar.
Yig‘isig‘i tezda Hoshim o‘g‘illarining xonadonidan oshib, Umayya, Mahzum, Odi, Zuhra... o‘g‘illari deb ataluvchi boshqa xonadonlarga ham ko‘chdi. Qisqa vaqt ichida ulardan ham o‘tib, yashin tezligida butun Makkaga tarkaldi.
Abdulmuttalib o‘ldi... Abdulmuttalib o‘ldi...
Ikki jumladan iborat bu qisqa, ammo o‘ta mash’um xabar har kirgan quloqni qomatga keltirdi, har eshitgan ko‘ngilni larzaga soldi. Keksa ham yig‘ladi, yosh ham; xotin ham yig‘ladi, erkak ham; Makka shahrini g‘amanduh bulutlari qoplab oldi.
Abdulmuttalibning jasadi sidr daraxtining yaproqlari bilan yuvildi. Bu unga bo‘lgan hurmat tuyg‘usining bir ifodasi edi. Shu kunga qadar Makkada hech bir shaxsning janozasi uchun bunday ish qilinmagan edi. Shahar ichida ochiq bo‘lgan bironta ham tijorat joyi yo‘q edi, hammasi yopildi. Bundan keyin do‘konlar, bozorlar bir necha kungacha yopiqligicha qoldi
Eng nafis yaman matolari bilan o‘ralgan jasad tobuti bilan birgalikda ko‘tarildi. Qo‘lmaqo‘l olinib, uydan olib chiqib ketildi. Ortidan sonsanoqsiz odamlar ergapshb, Hojun qabristoniga yo‘l oldilar.
Yig‘lab ketayotgan odamlar orasida yuragi o‘rtangan bir gul yuzli go‘dak ham bor edi. Ko‘zlaridan g‘amandux ichida nurli yoshlar tomchilayotgan bu bola uning uchun yig‘lashga hammadan ko‘ra munosibroq edi. Chunki uning eng ko‘p sevgan kishisi mana shu bobosi edi. U shunday bir qariya ediki, nevarasining olamlarga rahmat bo‘lgani haqida xushxabar kelgan kunlarni ko‘rmadi, ammo uning ana shunday oliy maqomga loyiq bo‘lishiga ishondi, sevilishi ibodat hisoblangan bu zotni go‘daklik chog‘idayoq kashf etib, telbalarcha yaxshi ko‘rdi. Butun insoniyatga, dunyo va oxirat saodatining rahbari bo‘lajak payg‘ambarimizga ota-onasiz qolishning Al-Amini unuttirdi, yolg‘izlik, yetimlikning hasratlarini tindirdi. Buyuk Olloh unga mana shunday muqaddas vazifani bergan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:16:56
Ummu Ayman hammani dog‘u hasratda tashlab ketayotgan xo‘jayinining ortidan yoshli ko‘zlari bilan tikilib qolarkan, ko‘pchilikning orasida yana bir juft yoshli ko‘zni ko‘rdi. Bu ikki yil oldin Abvoda onasining janozasidan qon yig‘lab olib kelgan, bag‘riga bosib ilk bor tasalli bergani Muhammad edi.
«Qani o‘g‘lim? Men usiz ovqat yemayman», deya ochlikdan qiynalsa ham, Muhammad kelmaguncha ovqatini yemaydigan qariyaning ortidan Ummu Ayman ham ho‘ngrabho‘ngrab yig‘lardi... U bir yetimga bo‘lgan bu mexrshafqati va marhamati bois dunyoda yuz yillar davomida unutilmas bir sharafni qoldirib ketastgan edi. Dunyoning hsch bir burchagida tengi yo‘q muborak bir suvni qayta kashf etib, chidab bo‘lmas jaziramada qovrilayotgan xalqqa hadya etishi ham uning martabasini yanada oshirgan edi.
Bir iaytlar tuyada amakisi Muttalibning orqasiga mingashib Yasribdan kelgan kichkina bir bola va «Bu kim?» deb so‘raganlarga hazil aralash: «Abdi» (qulimdir) javobi berilgani uchun Abdulmuttalib (Muttalibning quli) laqabini olgan, asli ismi Shayba bo‘lgan mana shu qariya, endilikda hamshaharlarining yelkasida dunyoni tark etayotgan edi. Garchi xalq bergan bu ismning ma’nosi «Muttalibning quli» degani bo‘lsada, xuddi «Makkaning va Qurayshning xomiyi» kabi yangrardi.
Ehtimol, uning asl ismi unutilmasin deganlar kuruk «Shayba» deyishni munosib ko‘rmay, «Shaybatul xayr», «Shaybatul hamd» degan bo‘lsalar ajab emas.
So‘nggi vazifasini ado etish orzuyi bilan ortidan borganlar uning buyuk bobosi Qusay ko‘milgan joyga — Hojun kabristoniga eltdilar. Motam so‘zlari, yig‘isig‘i ostida uni shu yerga dafn edilar.
Dunyoda sevilishi ibodat hisoblangan, bashariyatning huzurhalovat va saodat rahbari bo‘lgan payg‘ambarlar sarvarini cheksiz bir muhabbat bilan yaxshi ko‘rgan, unga beqiyos mehrshafqat va marhamat bilan quchog‘ini ochgan bu keksa oxiratda qanday sharafga muyassar bo‘lajak, qanday kutib olinajak?
Sarvari olamning da’volariga chek qo‘yish uchun bor kuchkudratini ishga solgan Abu Jahl, Abu Lahablar kabi u ham jahannamga boradimi? Yoki Habibi Adibiga qilgan beminnat xizmati, ko‘rsatgan mehrshafqati uchun har narsaga qodir Ollohning rahmatiga sazovor bo‘ladimi?..
Shu satrlarni yozar ekanmiz, bu qariyaga salomu salovotlarimizni yo‘llaymiz.
Olloh cheksiz marhamat, bitmastuganmas mehrshafqat sohibidir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:17:38
VI
ABU TOLIB XONADONIDA


Abu Tolib Hojun qabristonidan qaytganida ko‘zlari tinimsiz oqqan yoshlardan qinqizarib ketgan edi. O’z otasini, xossatan, Abdulmuttalibdek tengi yo‘q bir otani qora tuproqqa topshirish osmonmi, axir?! O’zi ham uyjoyli, kamolatga yetgan bir kishi, oila boshlig‘i edi, lekin ushbu achchiq damlarda o‘zini himoyasiz qolgan, yetim bir boladek his etdi. Bu hol uzoq davom etmadi. Uzoq davom etishi mumkin ham emas edi. Chunki uning o‘ziki himoyaga muhtoj bo‘lsa, himoyasi ostidagilarning, tom ma’nodagi yetimesirlarning holi ne kechadi?
O’sha kuni kechqurun Abdulmuttalibning uyida bo‘lgan katta oilaviy yig‘inda bir ovozdan Abu Tolib oila boshlig‘i etib tayinlandi. Endi u Hoshim o‘g‘illari xonadonining rahbariga aylandi. Bu degan so‘z, endi u otasining o‘rnini egallagan edi. Farqi Abdulmuttalib qurayshning barcha urug‘lari tomonidan saylangan, yuksak hurmat ko‘rsatilgan bir mavqe sohibi edi. Abdulmuttalibning o‘g‘li va Hoshim o‘g‘illarining raisi o‘laroq Abu Tolib ham otasidek obro‘e’tibor, shonsharafga sazovor bo‘lishi uchun hali vaqt kerak, otasining yo‘lidan shahdam odimlar bilan yurishi darkor edi.
Shu haftada uning uyiga ko‘chib o‘tgan suyukli jiyaniga tom ma’noda chuqur mehrmuhabbat hissini tuyardi. Bu mehrmuhabbatning uch sababi bor edi. Hayotining ayni bahor chog‘ida begona yurtda xazon bo‘lgan sevimli ukasining o‘g‘li ekanligi;uning boshqa bolalarnikiga o‘xshamagan mukammal bir odob va tarbiyaga egaligi bularga qo‘shimcha tarzda, buyuk Ollohning uni o‘ziga xos bir muxabbat bilan sevdirishi.
Abu Tolib bir kuni shu xususda xotini Fotimai Asadiyyaga gapirdi.
— Otam bu bolani deb devona bo‘lar, usiz turolmas edi. Endi bu holat menga o‘tganga o‘xshaydi. Meningcha, uning taqdiri o‘ziga xos bo‘lishi kerak. Biz bu taqdirning xizmatchilarimiz, — dedi.
Fotima ham uning fikrini tasdiqladi:
— To‘g‘ri ganiryapsiz, Abu Tolib. Men ham shunday holatni boshdan kechirmoqdaman. Hatto o‘z bolalarimdan ham ortiq ko‘raman shu Muhammadni. Ba’zan o‘ylab qolaman va o‘zimdan so‘rayman: «Ajabo, tuqqan onasi Omina ham bu go‘dakni men sevganchalik yaxshi ko‘rarmidi?» Bu hakda sizning fikringizga tamomila qo‘shilaman. Dar haqiqat, uning uchun tayin etilgan alohida taqdir bo‘lsa kerak. Biz ushbu takdirning xizmatchilari, ammo sharafli xizmatchilarimiz. Umrim bo‘yi shu go‘dakka xizmat qilsam ham, aslo og‘rinmayman.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:18:13
* * *
Fotima xonim kunlar o‘tgani sayin o‘z fikrining nakadar to‘g‘ri ekanligiga tobora ko‘proq ishonch hosil qilardi. Chunonchi, bu go‘dak uxlaydigan yotok, u o‘tirgan xona, kiygan ko‘ylagi mushku anbarlar singari xushbo‘y hid taratardi. O’z bolalari o‘rnidan qovog‘i solingan, ko‘zlari shapaqlangan va, ko‘pincha, tajang bo‘lib turganlari holda, Muhammad uyqudan turganida ko‘zlari top-toza, yuzi gul suvi bilan chayilganday tiniq bo‘lardi. O’z bolalari och qurtqumursqalarday dasturxonga hujum qiladilar, u esa, hammaning dasturxon atrofiga o‘tirishini, ovqatga avval kattalar qo‘l uzatishini kutadi, ovqatni shoshibpishib, talashib emas, hatto kattalarga o‘rnak bo‘ladigan darajada odob va kamtarlik bilan yeydi. Qizi Ummu Xoniyning, o‘g‘li Oqil va boshqa bolalarining ham unga o‘xshashini naqadar istashini bilsangiz edi. Hammadan qizig‘i, bu go‘dakning shu qadar go‘zal axloq va odob, tarbiya va kamtarlikni kimdan, qaerdan o‘rgangani edi. Chunki shu kungacha xuddi ko‘chmanchilardek hayot kechirdi. Endigina sakkiz yoshga to‘lgan bo‘lishiga qaramay, uchta boshqaboshqa oilada tarbiya topdi. Avvalo, Sa’d ibn Bakr qabilasida Halimalarning, so‘ngra onasining va, nihoyat, bobosining qaramog‘ida bo‘ldi. Uchta boshkaboshqa oilada tarbiyalanishning ijobiy emas, odatda salbiy ta’siri bo‘lishi kerak edi. Shunday muhitda o‘sishiga qaramay, hamma qatori bir bola bo‘lishining o‘zi ham katta gap edi. So‘nggi ikki yil davomida, bobosining qaramog‘idaligi chog‘ida bir so‘zi ikki bo‘lmadi. Yetim bir bolaning bunday sharoitda tantiq, injiq va o‘jar bo‘lib ketishi turgan gap edi. Shunga qaramay, kattalarning havasini keltiradigan darajada odobga ega bo‘lganini e’tirof etish sira ham mubolag‘a emas.
Bir kecha erxotin orasida shunday suhbat bo‘lib o‘tdi:
—    Bir narsani sezyaisizmi, ey Abu Tolib?
—    Xo‘sh, nima ekan, ey amakimning qizi? Uyimizga kun sayin baraka kirmokda. Muhammad,
uyimizga kelgan kundan beri dasturxonga tortilgan onqat, kam bo‘lsa ham, hammaga yetmokda.
—   Ha, gaping to‘g‘ri, xotin. Bu o‘zgarishni men ham anchadan beri sezib yuribman. Ochig‘ini aytsam, Muhammadni bu yerga olib kelayotganimda, uyimizning torligi meni o‘ylatib qo‘ygan, ikki luqma kam ovqat yeymiz endi, degan edim. Ammo, aksincha, dasturxon atrofidan oldingidan ham ko‘ra to‘yibroq turmoqdamiz, shunday emasmi?..
—   Men shunga aminmanki, Muxammad uyimizga o‘zi bilan birga baraka ham olib keldi. Kecha uni Zubayr uyiga olib ketganida, dasturxonga har kungiday ovqat qo‘ydim, bolalar to‘ymadilar. O’zim ham yarim och qoldim.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:18:53
Abu Tolib xotinining so‘zlarini tasdiqladi:
—Uyimizga barakaning kirishi bevosita jiyanim bilan bog‘liq ekanligiga endi shakshubha yo‘q.
Shu kundan keyin dasturxon atrofiga o‘tirgan bolalarning ovqat kelishi bilan shoshibpishib qo‘l uzatishlariga chek qo‘yildi. Abu Tolib bu masalada o‘z bolalariga sira ham muruvvat qilmas, «Shoshilmang, oldin Muhammad kelib o‘tirsin», der, ovqat yeyishni oldin unga boshlatib, so‘ngra bolalarining dasturxonga qo‘l uzatishiga ruxsat berar edi.
Bir kuni Fotima xonim dasturxonga bir kishi zo‘rg‘a to‘yadigan mikdorda ozgina sut qo‘ydi. Sut ichib bo‘lingach, ovqat tortilishi kerak edi. Har doimgidek, avval nur yuzli Muxammad ichdi. Ammo sut xaliveri tugaydiganga o‘xshamasdi. Dasturxondan hamma to‘yib turgandan keyin ham yana bir kishiga yetadigan miqdordagi sut hech qo‘l tekkizilmagandek turardi. Nigoxlar birbirlari bilan to‘qnashdi, ma’noli qarashlar bilan birbirlarini angladilar.
Ummu Ayman uning ovqatga bo‘lgan qiziqishi haqida shunday degan edi: «Bolaligida biron marta ochlikdan yoki chanqoqlikdan shikoyat qilganini eshitgan emasman. Ertalab bir qultum Zamzam suvidan ichardi, unga ovqat berish uchun chiqqanimizda, «Yegim kelmayapti, qornim to‘q», deb javob berardi».
Abu Tolib jonidan ortiq suygan jiyanining oilaga moddiy kulfat keltirmasligiga, aksincha, moddiy yordam keltirganiga kat’iy yuponch hosil qildi. Ba’zan o‘zi uchun solingan o‘ringa suyukli jiyanining kelib yotganini ko‘radi, bu holni kulimsirab qarshilaydi. Ba’zan o‘zi ham uning yoniga cho‘ziladi, Muhammadning yoqimli hidiga mast bo‘lib uyquga ketadi.
Abu Tolib mehrmuhabbati ziyodaligi bilan ham otasining o‘rnini egallay boshladi. Kun sayin jiyaniga bo‘lgan mehrining ortib borayotganini oddiy so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Ertangi kunning eng buyuk kishisini yolgiz qoldirishni istamagan buyuk Olloh Abdulmuttalibdan so‘ng bu daf’a Abu Tolibning ko‘nglini unga boglagan, mehr otashini uning yuragida yondirgan edi. Jiyani bo‘lmasa, o‘z farzandlari bilan ovuna olmas, yuragi siqilib ketar edi.
«Oyog‘iga biron tikan kirsaya» yoki «Boshidan oftob o‘tib, gul yuzini kuydirsachi» yoxud «Bolalarimdan birontasi qo‘pol muomala qilsaya» yoki «Mahallaning beodob bolalari uii xasra qilishsachi...» kabi miyasidan o‘tgan ming xil fikrlar ichini kemirar, ko‘z oldida bo‘lmasa, bezovtalanaverar, hech xotirjam bo‘lolmas edi. Qisqa muddat yonida bo‘lmasa, ko‘ngli ham u bilan ketar, u qoshiga kelgach, yengil nafas olar va qalbi osoyish topar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:19:42
Xox Abdulmuttalibning, xoh Abu Tolibning bo‘lsin, unga nisbatan mehrshafqat va marhamat tuyg‘usi bir otaning o‘z farzandiga bo‘ladigan mehrmuhabbatidan ham ortiq edi.
Abdulmuttalibning o‘g‘illari ichida salobati va tadbirkorligi jihatidan eng ko‘p o‘xshashi Abu Tolib edi. U akaukalarining eng kattasi emas edi. Eng kambag‘ali edi, desak ham, xato bo‘lmas. Molmulki yo‘q edi. Bir nechtagina tuyasi bor edi. Ana shu tuyalarning sutini iste’mol qilib, kun kechirardilar. Tijorat ishi bilan kamdankam shug‘ullanar, ro‘zg‘or uchun zarur miqdordagiqa mablag‘ topib kelar edi. Ammo yuragi keng, ko‘ngli boy edi. Hech kimga hasad qilmasdi. Ko‘p kishilar ortiq darajada ruju qo‘ygan ichkilikning tomchisini ham og‘ziga olgan emas, zino bilan hech ishi bo‘lmagan edi. Bu jixatdan ham otasi bilan ayni bir fikrda edi. So‘zlari e’tiborga loyiq, bema’ni gap va behuda ishdan qochar, ojizlarga yordam berar, mazlumlarni himoya qilar, ezilganlarga hamdard bo‘lar, g‘ariblarga yo‘l ko‘rsatar, hech kimning dilini behuda og‘ritmas edi.
Mana shu sabablar tufayli undan boyroq, yosh jihatidan kattaroq bo‘lgan akalari u yokda qolib, Hoshim o‘g‘illari uning atrofiga to‘planishni ma’qul ko‘rdilar, uni o‘zlariga oila boshlig‘i etib sayladilar.
U, albatta, aynan Abdulmuttalibning o‘zginasi emas edi. Ammo astasekin otasining izidan ergashib borayotgan edi. Bu ketishda butun Makka xalqi hurmat qiladigan bir hokim bo‘lingi ham turgan gap edi. Mansab va martaba uni qiziqtirmasdi. Zotan, uni ota yo‘lidan boshlayotgan sabab ham shu edi.
Eng kamida Hoshim o‘g‘illarining boshlig‘i va yetakchisi bo‘lgan Abu Tolib jiyaniga tuygan beqiyos mexrmuhabbati bois bolaga aylanar, uni xursand qilish uchun har qanday fidokorlikka tayyor edi.
Shu ma’noda Fotima xonim ham xojasi Abu Tolibdan sira qolishmasdi. Bu shunchaki bir musofirga ko‘rsatiladigan izzatikrom yoki bir yetimga taskin berishlik emas, yoinki nazokatlilikning namoyishi emas edi. Ishq otash darajasidagi zo‘r bir muhabbat edi. Yuragida ona o‘z farzandiga nisbatan tuyadigan pokiza tuyg‘ular jo‘shardi uning.
Fotima xonim o‘z bolalaridan oldin uni yuvintirar, sochlarini tarar, o‘rnini solib berar edi. Har doim unga sidqidildan mehr bilan xizmat ko‘rsatardi. Chunki u kelgan kunidan beri o‘z bolalariga o‘xshab, yiqqanini to‘zitib tashlamadi, aytilgan gapga quloq soldi, berilgan savolga hozirjavob bo‘ldi, buyurilgan ishni so‘zsiz bajardi. Janjalto‘polon qilmadi, shovqin solib uyni boshiga ko‘tarmadi. Farishtalardek ruhi pok, yuzi nurli, kiyimlari ozoda.
O’z bolalari ertalab kiyib chiqib ketgan kiyimlarini kechqurun changtuproqqa belab, kirchir qilib kelap ekanlar, uning toptoza, gulday ochilib kelishiga nima desa bo‘lardi? Chaqirilmasa ham, yangasiga yordam berish uchun yugurib kelishi, oldindan xuddi iandnasihat qilingandek aqlga, mantiqqa uyg‘un ravishda ish tutishi uni sevdirmay kimni sevdirsin?
Yana, ayni mahalda, Buyuk Yaratuvchi Fotimaning qalbiga ham hokim bo‘lganligini unutmaslik lozim!
Abu Tolib qaerga borsa, jiyanini ham birga olib ketar, doim yonida bo‘lishini istar edi. Ertalab uyg‘ongani zahoti uning uyqudan turganturmaganini tekshiradi, uyg‘onadigan iaytini sabrsizlik bilan kutadi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:20:47
BULUTLARGA QILINGAN ISHORA

Bir yoz mavsumi bu diyorlarga qurg‘oqchilikni keltirdi. Odamlar har kuni ertalabdan osmonga tikilishar, bir parcha bulut ko‘rinib qolarmikan, deb umid qilishar edi. Oqshom tushib, qosh qorayganda yana bulutsiz — yomg‘irsiz o‘tgan kui uchun g‘amanduh... Ka’baning atrofini o‘rab turgan sonsanoqsiz butlar endi biron ishga yaramaydi, degan tushuncha tobora ko‘proq kshnilarning ongini egallay boshladi.
Kunlardan bir kuni boylardan birining eshigi ochilib, undan bir kul chiqdi. Qo‘lida bir tovoq to‘la qaymoq bor edi. Qa’ba tomonga to‘g‘ri yo‘l oldi. Yuzida aks etayotgan ifodani tushunish qiyin edi. Yuragi siqilgan, istagan narsasiga eriigolmagan bir kishiga o‘xshar edi. Ka’bagacha keldi. Bir to‘da butlarning orasidan o‘tdi. Xo‘jayini ismini aytgan butning qoshiga bordi, tovoqni uning oldiga qo‘ydi va orqasiga qayrildi.
Bu qaymoq xo‘jayini tomonidan, yomg‘ir yog‘ishiga shafoatchi bo‘lar, degan umidda bu butga berilgan bir noradek gap edi. Ehtimol, bu qaymoqning hurmati uchun yeru ko‘kning egasi bo‘lgan Ulug‘ Mavloga yolvorar, yomg‘ir yog‘dirish iziini olar.
Qul qupquruq jonsiz toshning oldida istaristamas qoldirgan qaymoqdan hech ko‘zini uzolmasdi. Shu tariqa o‘n besh qadamcha orqaga yurdi, o‘tirdi: juda g‘amgin edi. Bu birinchi marta kelishi emasdi. Shu kungacha qanchaqancha tansiq nozne’matlardan olib kelgan, bu jonsiz toshning oldiga yuragi achishaachisha qoldirib ketgan. 96
Umri bo‘yi jondili bilan xizmat qilgan bu uyda o‘sha xoshchalik qadri, hurmati yo‘q edi uning. Shu tovoqda keltirgan qaymokdan na biron marta tatib ko‘rgan va na tatib ko‘rshn uchun taklif etilgan. Qaymoq o‘rniga yegan kaltaklarining esa, sonsanog‘i yo‘q. Yelkasida yegan kaltaklarining qatorqator izlari bor. Doimo beminnat xizmat qilgan, xizmati evaziga xo‘rlangan, kamsitilgan, uribdo‘pposlangan. Holbuki, bu jonsiz toshning u oilaga bergan hech qanday foydasi yo‘q. Ammo dunyoqarashi tor bo‘lgan xo‘jayini har safar fursati kelganda, eng tansik nozne’matlarni unga jo‘natishdan tiyilmas edi.
Mabodo eshitib qolsalar, qamchilar ostida o‘ldirib yubormasliklariga ishonchi yo‘q, bo‘lmasa, o‘tirib bu qaymoqni maza qilib yeyishga rozi edi u. Ammo yurakyuragigacha singib ketgan ko‘rquv hissi bunga yo‘l qo‘ymadi.
O’tirib, g‘amanduh va hasrat bilan qaymoqqa qaray boshladi. Ko‘p o‘tmay, yugurib kelgan bir kuchuk qaymoqni to‘yib, zo‘r ishtaha bilan paqqos tushirdi. Saldan keyin oyog‘ini ko‘tardi va butning ustini bulg‘ab, yana yugurib ketdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:21:35
Qulning butun vujudi titrab ketdi, yuragiga muzday suv sepilgandek bo‘ldi. Ichi yondi. Chunki og‘zining suvi oqaoqa, hidlabhidlab keltirgan, ammo bir luqma olib yeyishga ham jur’at qilolmagan qaymoq bir kuchukning nafsiga yem bo‘lgan edi. Ammo shundan keyin itning tap tortmay, butni ho‘llab ketishi unga berilgan jazo, undan olingan o‘chday ta’sir qildi.
Turli bema’ni odatlarga boy bu shaharda qanchadanqancha oziqovqat, sovg‘asalomlar butlarga hadya etilar, ammo nozne’matlarning huzurini daydi mushuklaru itlar ko‘rar edi.
Erta tongdan boshlab kuni bo‘yi, ba’zan kechalari ham qoshlariga kelib, sajda qilib, yomg‘ir so‘raganlar yetarli darajada yolvorganliklariga, lozim bo‘lgan darajada iltijo etganliklariga ishongach, u yerdan ketishar, ammo kelganlarida qanchalik loqayd va sokin bo‘lsalar, ketganlaridan keyin ham shunchalik hissiz qolgan butlarning ustlarini ho‘llab ketadigan itlarni quvib yuborishga ham ojiz bo‘lgan tosh parchalari ekanliklariga yo aqllari yetmas, yo parvo qilmas edilar.
Berilgan hadyalar, qilingan nazru niyozlar, hammaHammasi bekor ketdi. Ko‘kda hamon na bir parcha bulut, na yomg‘irdan darak bor edi. Yer yana suvga chanqoqligicha hasrat ichida qoldi. Hayvonlar ochlikdan azoblanib, suvsizlikdan qiynalib qolaverdilar.
Qaerda bir suhbat yoki yig‘in bo‘lsa, yagona muammo qurg‘oqchilik edi. Qo‘ldan kelgan barcha choralar sinab ko‘rilgani, ammo hech qanday natijaga erishilmagani bahs etilar, ilohlarning ko‘ngillarini ololmaganliqlaridan so‘zlashar edi. Bu orada ikki yilcha oldin Abdulmuttalibning Abu Qubaysda o‘qigan yomg‘ir duosini esladilar. Hozir oramizda bo‘lsa edi, yana yomg‘ir duosiga chiqishni taklif etardik, deganlar bo‘ldi. Axiyri Hoshim o‘g‘illarining yo‘lboshchisi Abu Tolibga iltimos qilishga qaror berildi. Nima bo‘lganda ham Abu Tolib Abdumuttalibning o‘g‘li edi. Uning qoni jo‘sh urardi yuragida.
Abu Tolib uyiga kelgan bir qancha quraysh qariyalarini iltifot bilan ichkariga taklif etdi. Salomlashdilar. Kelganlardan biri:
Sening huzuringga bosh urib kelishimizning asl sababi, ey Abu Tolib, yomg‘ir duosiga chiqishingni so‘rashdir. O’zing ham ko‘rib turganingdek, suvsizlikdan qirilayotirmiz. Hayvonlarimiz holdan toydi. Biz uchun yomg‘ir duosiga chiqsang, qanday bo‘larkana?!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:22:01
Abu Tolib bu taklifni o‘rinli deb topdi: — Bajonidil roziman. Ammo bizning kuchimiz duodan boshqasiga yetmaydi.
Saldan keyin uyidan chiqdi. Yoniga suyukli jiyanini olib, yo‘lga tushdi. Ka’baga keldi, Ka’baning devoriga suyandi. Boshini ko‘tardi va duo qila boshladi. Xalq unga qo‘shilib takrortakror «Omin» deb turdi.
Har doimgidek, bu kun ham osmon bulutsiz edi. Duo qabul bo‘lgan takdirda ikkiuch kun ichida yomg‘ir yog‘ishi mumkin edi. Abu Tolib butlarga emas, Janobi Haqqa iltijo qilardi. Zotan, ular Janobi Haqning borligini tan olishar, butlarni esa, Olloh taolo bilan odamlar o‘rtasidagi vositachi, homiy deb bilar edilar.
Shu asnoda Abu Tolibning yonidagi ma’sum go‘dakning ham ko‘llarini ko‘tarib, barmoqlari bilan ko‘kka ishora qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu inyura bilan ko‘kda ko‘ringan bir narsani ko‘rsatardimi yoki Buyuk Yaratuvchi tomonidan ko‘tarilgan edimi u qo‘lchalar? Bu haqda hech kim bilmaydi. Ammo yaxshilab qaraganlarida, Muhammad barmog‘i bilan ko‘rsatgan tomonda bir bulutning ufqdan oshib o‘tgani va shamol tezligida ilgarilab kelayotgani ko‘rindi. Orqasidan takror va takror paydo bo‘lgan bulutlar uni ta’qib eta boshladilar. Ko‘p o‘tmay, Makka ustini qora bulutlar qopladi. Abu Tolib hali duosini tamomlab ham ulgurmagan edi. Pastga tushgan bir necha yomg‘ir tomchisi shodlik qichqiriqlariga sabab bo‘ldi. Baland ovozda yangrayotgan «Omin» so‘zlari bu safar sevinchga to‘la edi. Yomg‘ir duosi uchun to‘planganlarni yomg‘ir tarkab ketishga majbur etdi. Yuzlardan oqayotgan tomchilar yomg‘ir suvi edimi yoki shodiyona ko‘z yoshlarimi, buni farqlash qiyin. Garchi duoni Abu Tolib o‘qigan bo‘lsada, Qodir Egamiz yomg‘irni kimning xurmati uchun berdi?!
Abu Tolib bu savolning javobini juda yaxshi bilardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:22:41
*   * *
O’sha kecha ko‘pgina oilalarda Abu Tolibning duoga chiqqani to‘g‘risida bahs yuritildi. Zotan, duoni boshidanoxirigacha o‘z quloqlari bilan eshitganlar bor edi. Ular Abu Tolibning qaytaqayta:
— Ollohim, ushbu ma’sumning hurmatiga, Ollohim, bu yetim hurmati... — deya yonidagi nurli go‘dakni shafoatchi qilganidan xabardor edilar.
Ulardan biri:
— Nima bo‘lsa ham, u bola barmoqlari bilan ko‘kkainyura qilgach, bo‘ldi. Go‘yo ko‘kdan bulutlarni bu yoqqa chorlagandek ko‘rindi menga, — derdi.
Boshqasi:
— Bu bolada bir gap bor. Ikki yil oldin Abdulmuttalibning duosini eshitgan edim. U ham «Bu yetimhurmatiga...» deb duo qilgan edi, — dedi. Ayollardan biri:
— Xo‘sh, butlarimizchi? Butlarimiz nima qildi? —deb so‘radi.
—   Nima qilardilar, hech narsa, — dedi uning eri. Boshqa biri yanada ochiqroq qilib aytdi:
—   Ya’ni, tosh qotib turaverdilar. Tashqarida yomg‘ir hamon seldek quyardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:23:18
*   * *
Bir kuni Makkaga mashhur bashoratchi keldi. Kishining yuzidagi, qo‘llaridagi yo‘llarga qarab uning kelajagi haqida ma’lumot berardi. Har kim bolasini uning huzuriga olib kela boshladi. Unga ko‘rsatishdi, gaplarini jon quloqlari bilan tinglashdi. Abu Tolib ham jiyani bilan birgalikda kelgan edi. Bu yerda ularning ham kelishi tasodif edimi yoki Abu Tolib jiyanida zohir bo‘lgan va kun sayin oydinlashayotgan ustuvor xislatlar haqida gapirib, bu odamning qanday ma’lumot berishiga qiziqqanmidi? Bu narsa bizga qorong‘i.
Bashoratchining atrofi xuddi ari uyasiga o‘xshardi. U Hoshim o‘g‘illarining yetakchisi Abu Tolibning ham yonida bir bola bilan kelganini ko‘rdi. Darhol ishini yig‘ishtirib, ularga o‘girildi. Ammo atrofdagilar uni o‘z holiga qo‘yadigan emasdilar. Har tarafdan baqiribchaqirib, ularga qarashni so‘ray boshladilar.
—   Abu Tolib olib kelgan bolani o‘tqazib yuboring mening yonimga.
—   Onang qoqindiq, bolam, Abu Tolibning navbati hali kelganicha yo‘q, mening nevaramii ko‘rib qo‘y.
—   Axir, uning yonidagi bolada g‘aroyib xislatlarni ko‘ryapman.
—   Tushunarli, lekin bizning ishimizni ham ertaga qoldirma.
Abu Tolib bashoratchining to‘satdan jiyaniga o‘girilgani va boshqa bolalarni ko‘rishdan qo‘l siltaganini ko‘rgach, «Yana biron zarari tegmasin», deya jiyaniga qayrildi:
— Qani, o‘g‘lim, sen uyga boraverginchi, — dedi.
U odam har ikki gapning birida «Abu Tolib qaerda?» deb so‘rardi. Birdan uni ko‘rib qoldi:
—   Qaerdasan, ey Abu Tolib?
—   Ko‘rib turganingdek, shu yerdaman.
—   Yoningdagi bola qani?
—   Uyga jo‘natdim.
Bashoratchi o‘rnidan turdi. Abu Tolibning qo‘lidan tutib, bir necha odim chetga olib o‘tdi va:
— U bolaga diqqat bilan qara, shuni yaxshi bilginki, u oddiy bir bola emas. Voyaga yetganda ham oddiy inson bo‘lmaydi, — dedi pichirlab. So‘ngra Abu Tolibga qattiq tikildi:
— Qasam ichaman, qaytaqayta qasam ichib aytamanki, so‘zlarim to‘g‘ri chiqadi! — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:24:17
SHOM SAFARI
Rohib Buhayra

Fil hodisasi sodir bo‘lganidan beri o‘n ikki yil o‘tgan edi.
Har yili yoz mavsumida Shom, qishda esa Yaman tomonlarga safarlar uyushtirilar, karvonlar jo‘natilar, shu tariqa savdosotiq, tijorat ishlari yuritilar edi. Ammo yo‘l hech vaqt xavfxatarsiz bo‘lmasdi. Harom oylaridan tashqari (harom oylari — zulqa’da, zulhijja, muharram va rajab) qilingan safarlarda kunning barcha — yigirma to‘rt soati ichida ham qaroqchilar hujumiga uchrash hech gap emas. Shuning uchun doim bunday hujumga tayyor turish lozim edi. Bundan tashqari, karvonning butun safar davomida batartib yo‘l yurishini tashkil etish va ta’minlash, to‘xtash va yo‘lga chiqish paytlarini belgilab olish, yo‘lda uchraydigan qabilalar bilan uchrashib, ularning ko‘magidan foydalanish uchun bir yo‘lboshchiga ehtiyoj bor edi.
Shu munosabat bilan qurayshlarga so‘zi o‘tadigan, hurmat va e’tiborga loyiq bir kishi karvonga boshliq etib tayinlanardi, yoniga esa, yetarli darajada qurollangan askarlar olinardi.
Bu yil karvonboshilik mas’uliyati Abu Tolibning zimmasiga tushdi. Abu Tolib kuchli hayajon ichida edi. Chunki savdosotiq bilan shug‘ullanadigan qurayshiy borki, uning karvonda ozmiko‘pmi hissasi bo‘ladi. Makkadan chiqilgandan keyin nariberisi bilan biror ikki oy davom etadigan bu safar paytida karvonga yetadigan har qanday ziyonzahmat uchun u javobgar bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, mana, to‘rt yildirki, biron kun ham ajralmagan suyukli jiyanidan uzoqda bo‘lishini o‘ylardi.
Dastlab Muhammadni o‘zi bilan olib ketmoqchi bo‘ldi. Ammo shu kungacha bironta ham karvon turli tahlikalarga, bosqinlarga uchramasdan yo‘l bosganini hech kim bilmaydi. Yirtqich hayvonlarning hujumiga ham duch kelish mumkin edi. Shular haqida o‘ylar ekan, uni olib ketish bilaturib xavfga qo‘yish bilan barobarligini his etdi. Ikkinchi tomondan, jiyanining yolborguvchi nigohlariga dosh berolmas, ammo safarning og‘ir bo‘lishi mumkinligini, yo‘l qiyinchiliklarini o‘ylab, uni tashlab ketishni afzal hisoblar edi.
101
Abu Tolib to ketadigan kunlarigacha taraddudlanib yurdi. Karvon yo‘lga chikadigan kun. Endigina tong otgan edi. Akaukalar Abu Tolibni kuzatgani keldilar. Necha kundan beri uni ikkilanishga majbur etgan jiyani bir burchakda qimtinib turardi. Uning ham borishi yoki shu yerda qolishi haqida shu choqqacha biron og‘iz gap aytilmagan. Hamma narsa tayyor bo‘lgach, Abu Tolib akaukalari, opasingillari bilan xayrlashdi. Bolalarining, nihoyat, nurli jiyanining yonoqlaridan o‘pdi.
— Sizlarni xudoga topshirdim... — deya tuyasiga mindi. Shu payt Muhammad tuyaga yaqinlashdi va uning jilovidan tortdi. Ma’sum nigohlarini amakisiga qadadi:
— Meni ham yeningizga oling, amakijon. Msni tashlab qayoqqa ketyapsiz? Kimga tashlab ketyapsiz meni? O’zini zo‘rg‘a tutib turgan Abu Tolib ortiq dosh berolmadi.
— Qani, min tuyaga, seni ham olib ketaman. Qarindoshlari bunga rozi bo‘ladiganga o‘xshashmasdi.
— Bunday bir kichkina go‘dak yo‘l azobiga qanday chidaydi? Qolaversa, safar chog‘ida duch kelishi mumkin bo‘lgan xavfxatarlarni o‘zing ham juda yaxshi bilasanku!
— Ammo men unga yo‘q deya olmayman.
— Bolani bila turib olovga tashlay olmaysan. Abu Tolib jiyaniga o‘girildi:
— Qani, amakilaring, ammalaring nima demoqdalar?— dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:26:04
Muhammad tuyaning jilovidan mahkam ushlab olgan, ko‘zlari namli, istagida qat’iy edi. Abu Tolib yana qarindoshlariga qaradi:
—   Olib ketaman, — dedi.
—   Bo‘lmaydi, ey Abu Tolib, aslo rozi emasmiz.
— Xudo haqqi, qarorim qat’iy. Endi undan hech ham ajralolmayman!
Shundan keyin qo‘lini uzatdi, sevinch bilan uzatilgan kichkina qo‘llardan ushlab tuyasiga mingashtirdi va kutib o‘tirmay, yurishga farmon berdi. Karvon sekinasta yo‘lga tushdi, orqada qo‘llar silkinar edi.
—    Muhammadga yaxshilab qara, ey Abu Tolib.
—    Oy borib, omon qaytinglar.
— Rashidun madhiya... — kabi ovozlar birbiriga
qo‘shilib ketdi.
Kun tikkaga kelganida, bir necha vodiyni orqada qoldirgan karvonga ilk bor to‘xtash amri berildi. Jazirama issiq taftidan qaytguncha shu yerda dam olinib, so‘ngra yana yo‘lga chiqiladigan bo‘ldi.
—   Qalay, o‘g‘lim, yo‘l yokdimi?
—   Siz bilan birga ekanman, nega yoqmasin, amaki! O’tirdilar, bir necha dona xurmo yedilar. Abu Tolib
jiyanining ustiga choyshab yopdi.
—Qani, endi bir oz mizg‘ib olginchi, jigarim, —dedi.
—Sizchi, amakijon?
—Men karvonni ko‘zdan kechirib chiqaman, so‘ng yotaman.
Shundan keyin unga orom tilab, karvonni tekshirgani o‘rnidan qo‘zg‘aldi.
Tuyalar cho‘kkan, hamma bir tarafga tizilib o‘tirar edi. Abu Tolib soqchi tayinlashni lozim ko‘rmadi. Chunki hozir harom oylari edi. Bu mavsumda qaroqchilar hujum qilmasdilar. Aylanib keldi. Cho‘kkan tuyaga suyanib o‘tirdi va shu holda uxlab qoldi.
— Uxlayapsizmi, amakijon?
Abu Tolib jiyanining yoqimli ovozidan uyg‘onib ketdi. Atrofiga nazar tashladi. Hamma o‘rnidan turgan, uni noylab turar edilar. Darhol u ham turdi, tuyasiga mindi, jiyanini orqasiga o‘tirgizdi:
— Yuramiz... — dedi.
Yurish boshlandi. Kuyonshing tafti qaytgan edi. Nafas olsa bo‘ladigan darajada issiq... Bir ozdan so‘ng latif bir shabada esa boshladi.
Kun botgach, yurish yanada zavqli bo‘ldi. Yo‘lovchilar charchog‘ini yoyish uchun xursandchilik qilipshi istashardi. She’rlar, sharqiylar o‘qildi, qo‘shiqlar kuylandi. Tuyalar ham o‘z navbatida she’r ohangiga mos ravishda shahdam odimlab yurdilar. Zotan, tong saharda va kechki paytlarda yo‘l yurish ancha oson edi.
Safar davomida yo‘lovchilar u yoqbu yoqdan gaplashib borishdi, o‘tmishda bo‘lib o‘tgan achchiqchuchuk voqealarni eslashar edi. Abu Tolib yelkasiga bosh qo‘yib uyquga ketgan jiyanini to‘yib orom olsin deya karvonni to‘xtatdi. Soqchilar qo‘yildi. Karvon ahli hordiq chiqara boshladi. Abu Tolib ham ko‘zlariga kelgan uyquni yengolmay, jiyanining yoniga cho‘zildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:27:22
* * *
Erta tongda yuklar tuyalarning ustiga ortildi. Yana yurish boshlandi. She’rlar qo‘shiqlarga ulandi. Kun tikkaga kelguncha ancha yo‘l bosib o‘tildi.
Musiqadan juda xushlanadigan, tili bilan gapirolmasalar xam, qo‘shiqning ohangiga ko‘ra og‘irog‘ir yoki teztez, hattb yugurish darajasida odimlab ketayotgan tuyalar qumlarga botabota yo‘l bosar, ustlaridagi yo‘lovchilar chayqalibchayqalib borar edilar. Uzoqda bir tepalik ko‘rinadi, tezda undan oshib o‘tishadi, ikkinchi, uchinchi tepaliklar shu tariqa ortda qolaveradi. To‘rt taraf ham qum, chang-to‘zon, tuproq. Daqiqa sayin tobora kuchliroq qizdirayotgan quyosh qush uchsa qanoti, odam o‘tsa oyog‘i kuyadigan bunday sahroda biron kishini yiqitishi, suvsizlikdan telbaga aylantirishi xech gap emas edi. Yolg‘iz Olloh biladi, yuz yillardan beri bu qumlar necha ming martalab quyoshning ayovsiz harorati tufayli olovotashga aylangan, qanchadanqancha yo‘lovchiniig qonini miyasiga uradigan darajada qizdirgan, saldan keyin esa — kech tushib havo salqinlashgach, ustida yotganlarni sovuq qottirgan ekan...
Yo‘lda davom etilarkan, sayyohlarning yuz-ko‘zlari changga botdi. Tashnalikni bosish uchun meshlardagi suvdan ozoz ichildi.
— Safarimiz yaxshilik bilan tugamasa kerak, —dedi to‘satdan yo‘lovchilardan biri.
Boshqasi uning yuziga tikildi.
—   Nega bunday deyapsan, tinchlikmi o‘zi?
—   But olish esdan chiqibdiku?!
 Ha ya, to‘xtachi, balki biron kishi olgandir.
—   Safar tashvishi bilan bo‘lib yodimizdan ko‘tarilibdi. Nahot ikki kun deganda esimizga kelsa!..
—   Hadeb kuyunaverma, bordir bironta but olgan kishi.
Oqshom payti to‘xtashga amr berilgach, Abu Tolib jiyanini ham olib, yuz kishidan kam bo‘lmagan karvonni ko‘zdan kechirib chiqmoqchi bo‘ldi.
Musofirlar uchbesh kishilik guruhlarga bo‘linib o‘tirishardi. Yemishlari xurmo, ichmishlari sut edi. Bir necha kishi tuyani sog‘ish bilan ovora. Ammo o‘rtada sut sog‘iladigan idish yo‘q, sut to‘g‘ridanto‘g‘ri qumning ustiga sog‘ilmoqda edi.
— Bular nima qilishyapti, amakijon?
— Qani, ko‘raylikchi.
Abu Tolib vaziyatni tushungandek bo‘ldi.
—   Sanam olib kelgan hech kishi yo‘qmi? — deb so‘radi. Oralaridan bittasi boshini ko‘tarmay javob berdi:
—   Hech kimda yo‘q.
Yetarli miqdorda sut sog‘ilgach, yerdagi qumtuproqdan Loy hosil bo‘ldi. Ehtiyotkorlik bilan olindi, so‘ngra shakl yasala boshlandi. Ozmiko‘pmi butga o‘xshagan bir narsa hosil bo‘ldi. O’rtaga qo‘yildi, keyin odamlar uning atrofida boshlarini yerga qo‘yib, sig‘ina boshladilar.
But yasalgani haqidagi xabar butun karvon bo‘ylab tarqaldi. Sal naridagilar ham kelishdi. O’ttizqirq kishilik bir olomon to‘plandi. Hammalari mana shu loy sanamning qarshisida boshlarini yerga qo‘yib, sajda qilishar, kaftlarini ochib unga yolvorib, atrofida gir aylanishar edi.
Har biri aqli joyida, qilgan ishini biladigan odamlar edi. Bu ayanchli ahvolga achinmasdan iloj yo‘q edi. Bu notavon odamlar o‘yin o‘ynamayotgan edilar. Ammo yosh bolalar ham bunday holga aslo rozi bo‘lmaydigan bir ish bilan mashg‘ul edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:27:46
Toatibodat birmuncha vaqt davom etdi. Shundan keyin birinsirin tarqaldilar. Birov yerga choyshab to‘shadi, yana birov tuyasiga suyandi, shu tariqa qattiq uyquga ketdilar. O’ yerdan jilgan ikki kishi orasidagi mana bu suhbatni eshitganlar bo‘ldi:
—   Yaxshiki, bunday bir chora topildi. O’ziyam rosa sog‘ingan edim butimni.
—   Yaxshisi, o‘zimning butimni olib yuraman endi. Usiz qilingan ibodat ruhimni yengillashtirmadi mening.
—   Aslida shundaykuya, ammo nima qilasan. Safar deb qo‘yibdilar buni. Butlarimiz shuni hisobga olib bizni ma’zur tutsalar, ajab emas.
Karvon ahlining ko‘pchiligi shu fikrda yakdil edi.
Maza qilib uxlashni ma’qul ko‘rgan bir yigit bilan butga sig‘inib kelgan birodari orasida esa, shunday hangoma bo‘lib o‘tdi:
— Borganingda yaxshi bo‘lardi. Odamning ruhi yengil tortadi.
—   Men yengil tortmas edim.
—   Nimaga?
— Axir, o‘zing o‘ylab ko‘r, tuyani sog‘dilar, suti bilan qorgan loydan vaqtinchalik but yasadilar. Sig‘inib bo‘lishgach, bir burchakka otdilar. Shunday emasmi?
—   Ha, shunday. Men bunday butga sig‘inishni istamayman.
—   Nimalar deyapsan o‘zi?
—   Nimani eshitgan bo‘lsang, shuni.
— Ammo bunday deyishing to‘g‘ri emas. Safarda bo‘lsak, boshqa ilojimiz yo‘qda, axir. Yo‘limiz xavfxatarga to‘la. Boshimizga biron falokat tushmaydi, deb xech kim kafolat berolmaydi.
—   Shu loy sanamga sig‘insak, keladigan balo daf bo‘ladimi?
—   Baribir, sening fikring noto‘g‘ri. Makkada si 1 g‘inganlarimiz ham tosh yoki yog‘och parchasi emasmi?
—   Shundaylikka shundaykuya, ammo ular ota-bobolarimizdan qolgan ilohlar. Ularning qarshisida bunday narsalar esga kelmaydi. Ular haqiqiy iloh bo‘lmasalar, ota-bobolarimiz ularga sig‘inisharmidi?
—   Ertaga bizning farzandlarimiz ham shunday deydilar.
—   Shunday derlar ham, ammo sizlar bu ishga yengilelpi qarayapsizlar. Shunchaki qo‘lbola yasab olgan loybutni iloh demoqdasizlar. Ertaga uyga qaytganimizda, bizning bu ishimizdan xabardor bo‘lgan Hubal ne deydi, Lot, Uzzo,iManot, Isof, Noila kabi ilohlarimiz nima derkan? Yo‘q, azizim, masala sizlar o‘ylaganchalik ko‘ngilxushlik masalasi emas aslo. Yo butni yoningda olib yur, yo bunday soxta ibodatga chek qo‘y.
—   Agar masalaga chuqur yondashsak, butni bu yerga olib kelishimiz ham unga bo‘lgan hurmatsizlik emasmi? Olamiz, qo‘yamiz, yana olib yuramiz. So‘ngra, qoshida bosh egib sig‘inamiz, undan yordam so‘raymiz...
Suhbat shu yerda bo‘lindi. Chunki aql bilan o‘ylab ko‘rganda, bu masala tobora boshi berk ko‘chaga kirib qolayotgan edi. Ilohlar haqida bilibbilmay munozara qilib, boshga balo orttirgandan ko‘ra, suxbatni shu yerda tugatish afzal ko‘rildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:27:59
To‘rtinchi kun...
Tush payti to‘xtashga amr berilgach, yo‘lovchilar o‘ngu so‘lga yoyildilar. Birov ehtiyoj yuzasidan xilvatroq joy qidirar, birov yuklarni tushirar, birov esa, to‘rvasidan chiqargan xurmoni yer edi. Tuyalar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, deyarli hech kimning ishi yo‘q.
Yo‘lga chiqilgandan beri hali tuyasiga bir qultum suv, bir kaft yem bermaganlar ham bor edi. Chunki bu jonivor yeyish, ichish masalasida eng sabrli, nima berilsa, shunga qanoat qiladigan, o‘n kungacha yemayichmay yo‘l yura oladigan beozor bir hayvon edi. Shu bois biron kimsa ham tuyasining och yoki tashnaligi haqida o‘ylamasdi.
Shu asnoda atrofga tarqalganlardan biri qo‘lida chiroyli bir shaklli tosh ko‘tarib keldi. Ko‘rganlar rosa suyundilar. Endi kechqurun tuya sog‘ib, loy qorib but yasashga hojat kolmagan edi. Chunki butning o‘rnini bosadigan yaxshiroq bir vosita topildi. Har holda, bir odamning qornini to‘ydiradigan sut behuda sarf bo‘lmaydigan bo‘ldi.
— Balki, haqiqatan ham bir ilohdir bu...
Bu gapni toshning ustidagi changlarni artayotgan birisi aytgan edi. Boshqa biri uning ehtimolini tasdiqladi:
— Balki...
— Bizga butun safar davomida sig‘inishimizga bemalol yetadi bu but. Tozalangan tosh hurmat bilan yuklarning orasiga joylashtirildi. Kechqurun dam olish uchun to‘xtaganlarida, u o‘z vazifasini bajarishi kerak bo‘lardi.
Bir necha soat davom etgan qaylula uyqusidan so‘ng yuklar tuyalarning ustiga ortildi, yana yurish boshlandi. Yana qatorqator tepaliklardan oshib o‘tildi.
Quyosh tepalar orqasiga berkina boshlagan edi. Eng oldinda ketayotgan tuya cho‘ktirildi. Ustidan sakrab tushgan odam bir necha qadam oldinda qum ustida yotgan chiroyli bir toshga qarab yugurdi.
— Mana, haqiqiy sanam, mana haqiqiy iloh... — deb qichqirdi.
Yana tuyasiga mindi. Sal orqaroqda kelayotgan birodari unga yetib oldi
— Ko‘rsat qani, og‘ayni, — dedi.
Qaradi. Haqiqatan ham chiroyli bir tosh edi. Rangi ham o‘zgacha edi. Hamma tomoni sipsilliq, xuddi mukammal ishlov berilganga o‘xshardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:28:48
* * *
Boyagi yigit qo‘lini yuklarining orasiga tikdi. U yerdan chiqargan toshga birpas qarab turgach, otib yubordi. Bu tosh tushki dam olish iaytida topilgan va butun safar davomida but deb tan olingan tosh edi. Kim biladi, balki bir boshqa yo‘lovchi ham uni topar, tangri deb o‘z qabilasiga olib ketar yoki safar tugagach, itqitib yuborar.
Safar yana bir necha kun davom etdi. Nihoyat, bir kuni qoq tushda to‘xtash amri berildi. Soyasidan panoh topish mumkin bo‘lgan bir necha daraxt qoshiga yetib kelingan edi. Oldinda bir bino ko‘rindi. Bundan avval ham shu yerdan o‘tgan yo‘lovchilar bu yerda hech kim bilan yuz ko‘rishmaydigan bir rohib yashashini bilardilar.
— Yana bu qovog‘i soliq odamning go‘shasi oldida dam olishga to‘xtadik, — deganlar eski tajribalariga suyanib shunday fikr bildirdilar.
Buhayra donishmand dindor kishi edi. Kichik yoshidan boshlab shu maslakning etagidan tutgan, o‘z ishiga sodiq bir odam edi. Necha yillardan beri shu ibodatxonada uzlatda yashaydi, kelganketganlarga pandnasihat qiladi, o‘zi kirgan yo‘lga da’vat etadi.
Buhayraning ibodatxonasi Makka — Shom yo‘li orasida qad ko‘targani bois, ayniqsa, yoz oylarida bu yerga ko‘plab karvonlar qo‘nib o‘tardi.
Buhayra ibodatxonaning shundaygina yonidagi daraxtzorda to‘xtab dam olishni odat qilgan karvonlarning oldiga borar, ular bilan suhbatlashar, ammo ular rohibning so‘zlarini beparvolik bilan tinglashar, butlarga sig‘inishning bema’niligini gapirganda esa, qovoqlarini solib olishar edi. Hadeb shunday bo‘lavergach, Buhayra ulardan yuz o‘girib, yo‘lovchi karvonlarga endi beparvo bo‘lib qolgan edi.
Oradan bir necha yil o‘tdi, rohibning bir paytlar karvon huzuriga peshvoz chiqib pandnasihatlar qilishlari unutildi. Shu bois odamlar u haqda «odamovi bir kishi» deb o‘ylaydigan bo‘lishdi.
Yillar shu yo‘sinda o‘tar, na kelganlar Buhayra 6ilan ko‘rishishni orzu qilar, na Buhayra ularning qarshisiga peshvoz chiqar edi. Faqat daraxtzorda dam olish uchun to‘xtaganlar ibodatxonaning yonidagi quduqdan suv olishar, so‘ngra yana yo‘llarida davom etishar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:29:20
* * *
Ibodatxonada Injil o‘qish bilan band bo‘lgan Buhayra uzoqdan kelayotgan bir karvonni ko‘rib qoldi. Ko‘rdi, ammo bu karvon bilan bog‘liq bo‘lgan bir g‘aroyib sirsinoatga ham ko‘zi tushdi. Chunki ko‘rinarko‘rinmas bir bulut parchasi ham karvon bilan birgalikda kelayotgan edi.
Ko‘zlarini ishqaladi, yana qaradi, yanglishmayotgani aniq edi. Bir ozdan so‘ng karvon kelib daraxtzorda to‘xtaganida, bulut ham ularning ustida muallaq turib qoldi.
Hech ham hazili yo‘q g‘aroyib hodisa edi bu. Bir bulut yoki bulutga o‘xshagan ma’naviy shamsiya edi bu. Rohib karvonda hurmati baland, buyuk bir zot borligiga ortiq shubha qilmas edi.
Darhol o‘rnidan turdi. Xizmatkorlariga ovqat tayyorlab, dasturxon yoyishni buyurdi. Bir odam jo‘natib, butun karvon ahlini ziyofatga taklif etdi.
Yo‘lovchilar bu taklifning ma’nosini tushuna olmadilar. Chunki bunday mehmondo‘stlikni sira ham kutmagan edilar. Kelgan odam butun karvon ahlini ziyofatga taklif qilganida, gumonsiray boshladilar:
— Yana noto‘g‘ri eshitgan bo‘lmagin, birodar?
— Har holda, xo‘jayining, darhol bu yerdan ketishsin, degan bo‘lsa keragov.
— Yaxshisi, yana bir so‘ra, aniqla...
Chopar Buhayraning nima buyurganini juda yaxshi bilardi.
— Gapim rost. Hatto sizlar uchun ovqat pishirishni ham buyurdi.
Abu Tolib uning so‘zlarini bo‘ldi:
— Sen yana orqangga qayt, nima deganini yaxshilab bil. Biz u yerga borganda, xo‘jayining haydab yubormasligiga ishonchimiz komil emas.
Buhayraning odami tush ko‘rmayotgan edi. Ammo u ham ustozining necha yillardan beri kelganketganlar bilan sira ham qiziqmaganini, sira bunday ish qilmaganini bilardi.
Shu orada ibodatxonaning eshigi oldida ko‘ringan Buhayra qo‘l siltay boshladi, «Marhamat, bizning go‘shamizga xush kelibsiz», deyayotgandek bo‘lardi. Endi haqiqat ro‘yrost anglashilgan edi.
Chopar Buhayraning buyrug‘ini takrorladi:
— Karvondagi hamma kishi taklif etildi. Hech kim orqada qolmasin.
Abu Tolib hammaning bu taklifga hozirlanishini buyurdi. Faqat suyukli jiyanini qoldirib, yuklarning oldida turib turishni tayinladi. Karvon ahli katta bir jamoa bo‘lib ibodatxona sari yo‘l oldi.
—   Nahotki shu rost bo‘lsa, ey Buhayra, bunday saxiylikning boisi nedir?
—   Sendan bunday taklifni sira kutmagan edik, ey Buhayra.
Aslida Buhayra ham ularni taklif etmoqchi emasdi.
— Gaplaringiz to‘g‘ri. Ammo bugun kayfiyatim o‘zgacha. Shunday, o‘zim bir o‘tirib, sizlar bilan suhbatlashay, dedim...
Suhbat shu yo‘sinda boshlandi. Buhayra ziyofat chog‘ida yo‘lovchilarni birmabir ko‘zdan kechirdi. Ko‘zi tushgan zahoti qalbi huzurga to‘ladigan bir chehrani qidirardi ularning orasidan. Qaytaqayta qaradi, kutgan odami bularning orasida yo‘q edi. Yanglishganini angladi. Demak, bu safar ko‘zlari uni aldabdida.
Ularning yonidan ketdi, derazadan karvon turgan joyga yana bir bor qaradi. Ma’naviy shamsiyaning hamon o‘sha yerda turganini ko‘rdi. Darhol mehmonlarning yoniga qaytdi:
— Karvon ahlidan kim qoldi u yerda?
— Ha, kichkina bir bola bor edi, uni poyloqchi
qilib qo‘yib keldik.
—   Uni ham olib kelinglar.
—   Ammo u kichkina bir bola.
— Mayli, bola bo‘lsa ham, iltimosimni qaytarmanglar...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:30:22
Abu Tolib rohibning iltimosiga rozi bo‘ldi. Bir kishini yubordi. U shu yerda jimgina o‘tirgan nurli bolani yetaklab olib keldi. Qiziqishi ustun kelib tashqariga chiqqan Buhayra butun diqqate’tiborini ko‘zlariga to‘plagan edi.
Bir ozdan so‘ng u shamsiyabulutning ham harakatga tushganini va shu tomonga kelayotganini ko‘rib, hayratdan dong qotdi. Yuragi to‘xtab qolishidan cho‘chidi. Umrida bunchalik hayajonlanganini hech eslay olmasdi. Bir qo‘lini ko‘kragiga qo‘yar ekan, Ollohning suyukli bir bandasi bilan ro‘baro‘ bo‘layotganiga ortiq shubha qilmas edi.
— Yo Ollohim...
Bu so‘zlar Buhayraning teztez urayotgan yuragidan chiqayotgan samimiy tuyg‘ular edi. Yuzmayuz kelgan nurli go‘dak uni ushbu tuyg‘ularga chulg‘agan edi. Shu onda shamsiyabulut ham ularning tepasiga kelib to‘xtadi. Buning
bulut emasligiga qasam ichishga tayyor edi u. Hech ko‘rmagan g‘aroyib bir soya edi. Bulut emasligi ayon, chunki bulut bo‘lsa, soyasi ham bo‘lardi.
Ziyofat tugaguncha undan ko‘zini uzmadi. Kitoblarda o‘qigan belgilarni undan qidirardi. Go‘dak qora qosh, qora ko‘zli edi. Boshi kattagina bo‘lib, gul rangini yodga soladigan tiniq bir chehrali edi. Barmoqlari etli, suyaklari yo‘g‘on, nigohlari jonli, doim kulimsirab turardi.
Buhayra Abu Tolibga o‘girildi:
— Bu bolaning ismi nima? — deb so‘radi. Muhammad.
 Ijozat bersangiz, undan ba’zi narsalarni so‘ramoqchi edim.
— Marhamat, so‘rayvering. Abu Tolib jiyaniga o‘girildi:
— O’g‘lim, bu amakingning savollariga javob ber, xo‘imi?
Dasturxon atrofida o‘tirganlar ovqatlarini yeb bo‘lishgach, endi bu qariya bilan Muhammad ibn Abdulloh orasida o‘tayotgan savoljavobni kuzatib, quloq sola boshladilar.
Sendan ba’zi narsalarni so‘ramoqchiman. Lot bilan Uzzoga bo‘lgan muhabbating haqqi, to‘g‘ri javob ber.
Bu so‘zlar kulimsirab turgan bolaning qovog‘i uyulishiga sabab bo‘ldi.
 Lot bilan Uzzoning nomidan qasam ichtirib mendan hech narsa so‘rama. Olloh haqqi, mening ularga nisbatan bo‘lgan nafratimni so‘z bilan ifodalashim qiyin.
Buhayra bu savolni berish bilan kutilgan ilk javobni olgan edi. Arablarning suhbatlarini tinglar ekan, «Lot bilan Uzzoga bo‘lgan mehrmuhabbatim haqqi», deya birbirlariga qasam ichishlaridan u voqif edi. Ammo u o‘qigan diniy kitoblarda yozilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu bola Lot bilan Uzzo singari butlarga faqat nafrat hissini tuyishi kerak edi.
Hech kim kutmagan bu javob karvondagi ba’zi kishilarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Chunki Muhammad nafratlanadigan butlarni o‘zlari bilan olib kelmaganliklaridan qattiq afsuslangan kishilar shular edi.
—U holda sendan so‘raydigan savollarimga, Ollohga bo‘lgan muhabbating haqqi, to‘g‘ri javob ber.
—   Bajonidil, qulog‘im senda.
—   Qanday uxlaysan?
111
G’aroyib bir savol edi bu. Bema’ni savol sifatida qabul qildilar. Ancha keksayib qolgan Buhayra nodonlik qilayotganga o‘xshardi. Inson uxlayotganda qanaqasiga o‘z uyqusi haqida xabardor bo‘lsin? Uning qanday uxlashini boshqa birovdan so‘rash darkor edi. Nigohlar Abu Tolibga qadaldi. Abu Tolib:
— Shiringina uxlaydi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:31:50
Uyqusida ham uyg‘oq paytidagi singari benihoya yoqimtoy, demoqchi edi. Ammo kutilmagan javob Abu Tolibning bu so‘zlariga o‘rin qoldirmadi:
— Ko‘zlarim uxlagTdi, ammo ruhim, qalbim doimo uyg‘oq. Odamlar birbiriga qarashdi. G’aroyib bir javob, deb o‘ylaganlar bo‘ldi. Abu Tolib ham ajablanib qoldi. Buhayra bu daf’a yonidagilarga o‘girildi:
—   Bu bolaning ko‘zlaridagi qizillik haqida nima deysizlar? Yo‘l azobining ta’sirimi yoki kasallik asoratimi? Yoki tug‘ilganidan beri shunaqami?
—   Uning ko‘zlari hamisha shunaqa bo‘lgan va hozir ham shunday.
Bu javobni bir necha kishi birdaniga aytdi. So‘nggi so‘z yana Abu Tolibniki bo‘lishi kerak edi. U birodarlarining gaiini tasdiqladi:
— Darhaqiqat, uning ko‘zlari tug‘ilganidan beri shunaqa.
Shundan keyin Buhayra boladan ko‘ylagini ko‘tarishni buyurdi. Badaniga diqqat bilan razm soldi. Ikki kurak suyagining orasida kattagina, xolga o‘xshash belgi bor edi. Biroq xol emas edi. Yoxud u yerga tuklar yig‘ilgan, yoxud go‘sht parchasi qotib qolganga o‘xshardi. Ammo bunday hol hali inson zotida kuzatilmagan edi. Shu bois uni ta’riflash ham g‘oyat mushkul. Shu belgini ko‘rgach, ko‘ylagini tushirtirdi.
Tarixlarda tafsiloti keltirilmagan yana bir necha savol berildi, kutilgan javoblar olindi. So‘shra Buhayra:
— Orangizda bu bolaga eng yaqin kishi kim? — deb so‘radi.
—    Menman.
—    Xo‘p, u senga kim bo‘ladi?
— O’g‘lim bo‘ladi.
Buhayra «yo‘k» degan ma’noda bosh chayqadi. Abu Tolib uning maqsadini tushundi:
— Xo‘sh, nega otasi bo‘lolmas ekanman?
—   Chunki bu bolaning otasi o‘lgan, yetim bo‘lishi kerak.
—   Qayokdan bilasan?
—   Qayoqdan bilishimni saldan keyin gapirib beraman. Hozir esa, sen to‘g‘risini ayt, haqiqatan ham bu bolaning otasimisan?
—   Yo‘q, amakisiman. Ammo otasidan ham ko‘proq yaxshi ko‘raman uni.
—   U holda, ey Abu Tolib, sen darhol bu jiyaningni o‘z yurtiga jo‘nat. Yahudiylar unga biron zarar yetkazishidan ehtiyot bo‘l. Chunki ular men bu bolada ko‘rgan fazilatlardan voqif bo‘lsalar, unga bir balo qilishga urinishlari beshakdir. Jiyaning kelgusida buyuk martabaga sazovor bo‘lishi tayin.
Shundan keyin o‘n ikki yoshlar chamasidagi eng buyuk insonning qo‘llaridan tutdi:
— Olamlarning xo‘jayiii mana shu boladir. U kelgusida olamlarning Robbi bo‘lgan Ollohning rasuli bo‘ladir. Ollohning olamlarga rahmat o‘laroq jo‘natadigan payg‘ambari mana shu! — dedi.
Abu Tolib birdaniga ko‘z o‘ngida martabasi oshgan qariyadan so‘radi:
— Xo‘sh, aytchi, sen bularni qaerdan bilasan?
Oldimizda turgan mana shu muqaddas kitobdan. Bu kitob Ollohning so‘nggi payg‘ambari Makka shahrida, yaqin zamonda yuzaga chiqishi xaqida ma’lumot beradi. Ushbu payg‘ambarning o‘ziga xos xususiyatlari ham mazkur kitobda keltirilgan.
Abu Tolib kelibketgan shuncha karvonlarga qayrilib ham boqmagani holda, ularni chin ko‘ngildan mexmon qilgan qariyaning asl maqsadini tushuna boshladi.
Endi yo‘lga chiqish payti ham yetib qolgan edi. Xayrlashildi va yurish boshlandi. Ularning orqasidan ancha paytgacha qarab qolgan Buhayra yonidagi xizmatkoriga o‘girildi:
—    Ko‘ryapsanmi?
—    Nimani?
—   Haligi bolaning tenasidagi narsani? Xizmatkorlar birbirlariga ma’noli qarab ko‘yishdi.
—   Ha, ha, ko‘ryapmiz.
Bir ozdan keyin biri ikkinchisiga: «Endi toza qaribdi bu chol», dedi. Buhayraning ko‘rganini hamma ham ko‘rishga qodir emasdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:32:59
* * *
Buhayra karvon orqasidan to ular ko‘rinmay, karvon ko‘targan chang-to‘zon yotguncha qarab turdi. Ibodatxonaga qaytarkan, «Ming afsuski, umrimning kuz fasli tugamoqda», deb ming‘irladi. Vaqtisoati yetib, o‘n ikkio‘n uch yoshlarda bo‘lgan bu bola voyaga yetib, unga nabiylik va risolat berilganda, bu qariyaning ustiga tortilgan qora tuproq, kim biladi, necha marta oyoqosti qilinib, shamollar uning xoklarini qay taraflarga uchirib ketarkan?
Buhayra bu xayollardan namlangan ko‘zlarini kaftlari bilan artdi va osmonga tikilib:
Ollohim, naqadar go‘zal bu bola, naqadar go‘zal bu bola, Ollohim... — derdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:33:51
SUIQASD QILISHMOQCHI!

Karvon Busraga yetib borgach, Abu Tolib ortiq yurishga istagi yo‘qligini bildirdi. Rohib Buhayraning so‘zlariga beparvo qarab bo‘lmasdi. Yuragini bir qo‘rquv egallab, vujudvujudigacha singib ketgan bezovtalikdan qutulish mushkul bo‘lib qoldi. Orasira ko‘z oldida rohib Buhayraning siymosi gavdalanar, oldiga kelib Muhammadning qo‘lidan tutar va: «Olamlarning xo‘jayini mana», deyayotgandek bo‘lar edi.
Abu Tolib jonidan ortiq ko‘rgan jiyanining rostdan ham ana shunday martabaga sazovor bo‘lishini juda-juda xohlardi.
Abu Tolibning Busradan uyga qaytish haqidagi buyrug‘iga karvon ahli sira xam afsuslanmasdan rozi bo‘ldi. Chunki ular qo‘llariga kutilganidan ham ko‘proq daromadni kiritgan edilar. Buning ustiga yana davom etadigan yo‘l azobidan qutulishgan, maqsadlariga ortig‘i bilan yetishgan edilar.
Bu orada uch begona kishi Busraga kelgan karvonga, yana ham to‘g‘rirog‘i, undagi ko‘rkam bir bolaga qiziqib kolgan edi. Bu uch maslakdosh o‘zaro qisqa, ammo uzilkesil qarorga kelinadigan bir majlis o‘tkazdi.
— Nima deysan, yo Zubayr?
— Meningcha, bu o‘sha bola. Ammo ishonchim qat’iy emas. Sening fikringchi?
— Men ham sening fikringga qo‘shilaman. Mabodo shunday bo‘lsa, endi yahudiylarning saltanati bitdi, deyaver.
Tammom amaliy yo‘l tutishni afzal ko‘rardi:
— Eng yaxshisi, bu bolani bir xilvatroq joyga olib borib, undan kerakli narsalarni so‘rab bilish, uzil kesil ishoich hosil qilingan taqdirda, darhol saranjomlab qo‘ya qolish kerak.
— To‘g‘ri ganni aytding, ey Tammom.
Sekin bolaga yaqinlashdilar. Ammo uning yonida uzun bo‘yli, basavlat, yelkador bir kishi turar, orasira karvonga farmon berar edi. Uch maslakdosh yahudiyni ko‘rgan zahoti sekin qo‘lini qilichining dastasiga olib bordi va fitnachilarning ko‘ziga tik qaradi. Haligi uch hamfikr lommim demay ko‘zdan yo‘krldi.
Lekin ish shu bilan bitmadi. Bolaning yolg‘iz qolish ehtimoli bor edi. Uzokdan karvonni ta’qib eta boshladilar. Biroq amakisi go‘yo undan bir soniyaga ham ajralmaslikka qasam ichganga o‘xshardi. Karvon har doimgidan ham qisqa vaqt ichida savdosotiq ishlarini bitirib, Busrani tark etdi.
Maslakdoshlarning ichini it tatalay boshladi. Bu ishni qilmaslik ular uchun jinoyatdek gap edi. Agar haqiqatan ham bu o‘sha bo‘lsa, yahudiylar davru davron surgan zamon bitgan hisob edi.
Dariso birodarlarini bir chekkaga boshladi:
— Menga qaranglar, agar bu bola o‘sha bo‘lmasa, ma’sum, begunoh bir bolaning uvoliga qolamiz. Eng yaxshisi, hoziroq orqalaridan yo‘lga chiqaylikda, rohib Bu hayrani topib, uning fikrini ham eshitaylik. Ehtimol, kelayotganlarida u bilan uchrashishgandir. Yoki qay tishlarida ko‘rishishar. Nima qilishni rohib Buhayra bilan ko‘rishgandan keyin kelishib olamiz.
Bu tadbir sheriklarga ma’qul bo‘ldi. Chunki o‘ta ehtiyotkorona bir tadbir edi.
— To‘g‘ri o‘ylabsan, ey Dariso, — dedi sheriklari. Uch tuyaga mingan bu uch kishi Busrani tark etgan karvonni izmaiz ta’qib etib, yo‘lga chiqdi. Ular qaerga borishadi, nima ish qilishmoqchi — hech kim bilmasdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:35:25
* * *
Buhayra kutilmagan mehmonlarni bu uch maslakdoshni ibodatxonaga taklif etdi. Har biri bilan alohida-alohida salomlashib chiqdi. Oldilariga dasturxon soldi. Qorinlari to‘ygach, Zubayr:
— Sen bilan bir yashirin ish haqida maslahatlashishga keldik, ey Buhayra, — dedi.
— Juda yaxshi, maslahatlashamiz.
— Yaxshisi, chiqib, hech kim eshitmaydigan joyda gaplashsak.
Ibodatxonadan chiqdilar, bir daraxtning soyasiga o‘tirdilar.
— Bu yerda gaplashilgan gaplarni faqat shu daraxtlar eshitishi mumkin, xolos. Ularning ham sir saqlashlariga shubha yo‘q, — dedi Buhayra.
Zubayr gap boshladi:
— Bir necha kun oldin Busraga Hijoz tomonlardan karvon keldi... — deya voqeani so‘zlab berdi va so‘zlarini shunday davom ettirdi: — Endi sening fikringni bilsak, devdik, ey Buhayra, qani, aytginchi, bu karvon va g‘aroyib bolani ko‘rdingmi?
—   Ko‘rdim va gaplashdim.
—   Xo‘sh, nimalarni gaplashding? Buhayra o‘tirgan joylariga ishora qildi:
— Xuddi mana shu yerda to‘xtadilar. Uzoqdan kelayotganlaridayoq tepalarida bulut kabi bir narsaning harakat qilayotganini ko‘rib, karvonga qiziqib qoldim...
Buhayra bo‘lgan voqeani tafsilotlari bilan so‘zlab bergach, so‘radi:
— Demak, u karvon Busrani tark etdi, shundaymi?
— Ha, bizdan oldin bu yerdan o‘tgan bo‘lishlari kerak.
Buhayra qo‘llarini tizzasiga urdi:
— Attang, zo‘r fursatni boy beribman, — dedi.
Tammom:
—Mana, biz ana shunday fursatni boy bermaslik uchun shoshmoqdamiz.
—   Tushunmadim.
—   O’sha bolani o‘ldiramiz. Buhayra titrab ketdi:
— Qilolmaysiz bu ishni! Qilishingiz kerak ham emas!!!
— Nega?
— Agar bu bola rostdan xam o‘sha bo‘lsa — darvoqe, men bunga yuz foiz kafilman — bu ishga kuchingiz yetmaydi. Chunki buyuk Olloh uni panohida asraydi. Sizlarning shum niyatingiz amalga oshishiga aslo yo‘l qo‘ymaydi. Bekorga juvonmarg bo‘lib ketasizlar, ammo unga zarar yetkaza olmaysizlar. Butun dunyo odamlari birlashsa ham, uning payg‘ambar bo‘lishiga va yuksaklardan berilgan vazifani ado etishiga to‘sqinlik qilolmaydi. Ammo bu bola bo‘lajak payg‘ambar bo‘lmasa, u holda bir ma’sumning uvoliga qolasizlar. Menga desa, sizlar bu shum niyatingizni shu yerda qoldiringlarda, orqaga, yurtlaringizga qaytinglar.
Buhayra to‘g‘ri gapni aytgan edi. Kitoblarda yozilgan ma’lumotlar azaliy taqdirdan bahs etardi. Bu taqdirni o‘zgartirish, unga to‘sqinlik qilish hech kimsaning ko‘lidan kelmas. To‘sqinlik qilishga uringanlarning holiga voy, faqat Ollohning hukmi bajo bo‘lar, Ollohning irodasi doim ustun, doim g‘olib kelar edi.
Zubayr e’tirof etdi:
— Ishning bu tomonini biz o‘ylamagan ekanmiz, ey Buhayra, bizni to‘g‘ri yo‘lga solding, — dedi.
Shundan keyin xayrlashdilar va Busraga qaytdilar. Abu Tolib va karvon ahli bu mojarodan bexabar edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:35:56
YANA BUTLAR QOSHIDA

Abu Tolib jiyanining butlarga nisbatan befarq ekanligini bilardi, ammo rohib Buhayraning huzurida aytganidek, ularga qarshi cheksiz nafrat hissini tuyishidan bexabar edi. Safardan qaytgach, yo‘l taassurotlarini gapirib berarkan, Buhayraning go‘shasida bo‘lib o‘tgan voqeani ham butun tafsilotlari bilan so‘zladi.
— Haqiqatan ham, uni butlarning qoshiga hech olib borolmadik, — dedilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:36:35
* * *
Har yili makkaliklar Buvona butining yonida to‘planishar, o‘sha kuni maxsus marosimlar o‘tkazilar, sochsoqollar olinar, janjallashganlar yarashar, qurbonliklar so‘yilar edi. Kun botgunga qadar bu marosimlar davom etardi.
Amakilar va ammalar bu yil o‘n ikki yoshga to‘lgan jiyanlarini ham ushbu diniy marosimga olib borishga qat’iy ahd qilishdi. Abu Tolib:
— Muhammad, bu yil sen ham Buvonaning qoshiga borasan, — dedi.
Ammo olgan javobi ko‘ngliga o‘tirishmadi. Jiyani u yerga borishni sira ham istamadi. Abu Tolib boshliq amakilariyu ammalari Muhammaddek itoatli bolaning birdaniga «Bormayman» deb qat’iy qarshilik ko‘rsatishini va o‘jarlik qilishini sira kutishmagan edi.
—   Unday dema, o‘g‘lim, ilohlar g‘azablanadilar. Buning oqibati yaxshi bo‘lmaydi. So‘ngra boshingga falokat yog‘diradilar...
   Bu so‘zlarning zarracha ham foydasi bo‘lmadi.
Axiyri yalinibyolvorib, ko‘ndirdilar. Bunday bir ma’sum go‘dak qalbining ilohlarga qarshi tushunib bo‘lmas darajada kin va nafrat hissiga to‘liq ekanligini hech jihatdan izohlay olmasdilar.
Butning qoshiga keldilar. Har bir kishi uning qoshida egilar, duo qilar, istaklarini bayon etar edi. Abu Tolib ham bordi, u ham boshqalarning ishini takrorladi. So‘ngra amakilar, ammalari xuddi o‘sha amallarni ado etishdi.
Shunchaki tosh parchasi edi Buvona. Abu Tolibdek aqli raso, hurmati joyida, viqor va salobat egasi bo‘lgan bir kshpining toshga, jonsiz borliqqa sig‘inishi ham kulgili, ham ayanchli edi.
Ulkan bir xonadon — Hoshim o‘g‘illarining yetakchisi Abu Tolib...
Boshqalarga aql o‘rgatadigan, yaxshilikka boshlaydigan, aqli va tadbiriga hamma ishonadigan, so‘ziga hamma quloq soladigan Abu Tolib...
Ha, o‘sha Abu Tolib tosh parchasi qarshisida naqadar egilmoqda! Qanday qilib shunday odam toshlarga iloh deb qararkan?
Boshqa amakilari ham sevilgan, hurmati joyida bo‘lgan kishilar edi. Nurli Muhammad Abu Tolib boshliq amakilariyu ammalarini ham yaxshi ko‘rar, xurmat qilar edi. Ammo ularning bu bema’ni xattiharakatlariga, inson qadrini pastga uradigan 6u turfa qiliqlariga hech tushuna olmasdi.
— Qani, Muhammad, sen ham tiz cho‘k buyuk Buvonaning qoshida.
Bu «Sen ham biz kabi bo‘l, toshtaxtalarning quli bo‘lganingni tan ol» deyish bilan barobar edi.
Yo‘q, u aslo bunday qilolmaydi. Xohlagani taqdirda ham, uni ertaning buyuk payg‘ambari o‘laroq yetishtirayotgan Olloh bunga izn bermas, yo‘l qo‘ymas edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:37:29
Muhammad qotib turardi. Go‘yo bu taklifni hech ham eshitmagandek edi. Ikkinchi bor murojaat etildi:
— Qani, Muhammad, ko‘p kuttirma!
Kelishi mumkin bo‘lgan balolarning oldini olish uchun qarindoshlari Buvonaga yolvorishar, bola bo‘lgani, yetimligi bois, uning bu illatini kechirishini o‘tinar edilar.
Bu orada Muhammad yuzi sarg‘ayib, tizzalari qaltiray boshladi. Bahaybat bir maxluq yaqinlashayotganidan dahshatga tushgandek, qo‘rquv izlari bor edi yuzida. Ammasi darhol uni quchog‘iga oldi. Muhammad hushidan ketdi.
Iloh Buvona darg‘azab bo‘ldi, deb tushunishdi. Yoshgina bolaning Buvona kabi mashhur butga qarshi oyoqqa turishi aql bovar qilmaydigan jasorat namunasi edi.
— Tashqariga chiqqim kelyapti...
Olomon orasidan olib chiqib, xilvatroq joyga bordilar.
— Nima bo‘ldi, jigarim?
— Yonimga oppoq ko‘ylakli, uzun bo‘yli bir odam keldi. «Ey Muhammad, zinhor bu butga qo‘l tekkizma», dedi. Qo‘rqib ketdim. Yana butlar boshga balo keltirmasin, deb u yerdan uzoqlashdilar. Uyga kelganlaridan keyin ham Muhammadning yuz ifodasida hamon ro‘y bergan voqeaning ta’siri bor edi.
Uni uyda qoldirib, yana butning qoshiga ketdilar. Chala qolgan amalni oxiriga yetkazish kerak edi. Kechqurun qaytganlarida, qurbonlik go‘shtidan ham keltirdilar.
— Qara, Muhammad, senga qurbonlik go‘shtidan olib keldik.
Muhammad zarracha ham xursand bo‘lmadi. Aksincha:
— Men uni yemayman. Bir parchasini ham og‘zimga olmayman! — dedi.
Yana biror korhol yuz bermasin, deb uni bu safar zo‘rlamadilar.
Shundan keyin Muhammadni biror marta ham butlarga sig‘inishga da’vat qilmadilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:38:04
* * *
Sa’d nomi berilgan but oddiy qoyatosh parchasidan iborat edi. Ammo Kinona qabilasi unga alohida bir Hurmat bilan qarardi. Olib kelingan qurbonliklar shu yerning o‘zida so‘yilar, koni esa, ushbu qoyaning ustiga oqizilar edi. Xalq uyimizga baraka kirsin deb kelar, qo‘llarini qonga surar, mollarini ham kasal bo‘lmasin deb shu yerga olib kelar edi.
Bir kuni tuyalarini oldiga solib haydab keltirgan bir odam shu yerda ma’lum muddat qolib duo o‘qimoqchi, baraka so‘ramoqchi bo‘ldi. Biroq yuzlarcha hayvonning qoni bilan irkit holga kelgan bu butqoyani ko‘rgan tuyalar hurkib, yontevarakka tarqalib ketdilar. Egasi ularnito‘xtatish uchun behuda urinardi. Jilovidan tutilgan tuyalar ham tek turmasdilar, qaytaga, uni ham qum ustida sudrab ketardilar. Qora terga botgan bu odam bir amallab o‘rnidan turganida, yontevaragida bitta ham tuya qolmaganini ko‘rdi. Qo‘liga tushgan toshni bor kuchi bilan Sa’dga qarata otarkan:
— Ollohning qaxriga uchragur, tuyalarimni qochirib yubording!.. — deb baqirdi.
Ksyin tuyalarini qidirib ketdi. Amallab hammasini bir joyga to‘pladi. «Endi bu yerni yelkamning chuquri ko‘rsin», deya orqasiga qaytib ketar ekan, shunday baytlarni o‘qirdi.'
«Biz Sa’dning qoshiga keldik, ishimizga baraka bersin deb. Holbuki, u bizning iishmizni bo‘ldirmadi. Endi biz Sa’dning qullari emasmiz. Zotan, u boshqa qoyalar kabi bir parcha tosh emasmi? Na adashganga yo‘l ko‘rsatar, na yordam».

* * *
Otasi bir bosqin paytida o‘ldirilgan Imron ulQays ismli bir shoir intikom o‘tida yonib yurardi. Bu borada butlarning fikrini bilmoqchi bo‘ldi. Hubal butining yoniga kelib fol ochdi. Uch marta ham «O’ch olma» degan yozuv chiqqach, o‘qini butga qarata otdi va:
— Razil ekansan! — deya hayqirdi. — O’ldirilgan sening otang bo‘lsaydi, sira ham unday demasding! So‘ngra asabiy holatda shaxdam yurib ketdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:39:40
* * *
Abu Tolib daromadi uncha ko‘p bo‘lmagan kishi edi. Shu yili o‘n ikkidan o‘tib o‘n uch yoshga qadam qo‘ygan nurli Muxammad uning bu ahvolini yaxshi bilar, unga yordamchi bo‘lishni juda-juda xohlar edi. Bundan tashqari, bekorchilik uni zeriktirardi.
Bir kuni amakisiga qo‘ylarni o‘zi boqib kelmoqchi ekanligini bildirdi. Amakisining, bu uydagilar sen ish qilmasang ham xafa bo‘lmaydilar, deganiga qaramay, iltimos etaverdi.
Nihoyat, uning istagiga rozi bo‘ldi. Abu Tolibning suruviga qo‘shnilardan ham qo‘ylarini qo‘shganlar bo‘ldi. Shu yo‘sinda u o‘ziga ish topgan, o‘zi yashayotgan oilaga ozgina bo‘lsada foydasi tegishidan benihoyat xursand edi. Har bitta qo‘y uchun qo‘shimcha bir qirotdan haq ham olardi.
Makka aslzodalari uchun qo‘y boqish uyatli kasb emasdi. Peshona teri to‘kib pul ishlash ham ayb sanalmasdi.
Qo‘y boqib yurganida kabos degan o‘simlikning yetilgan mevalaridan tanlabtanlab yegani, uzoq paytgacha o‘sha kunlarni shirin xotira sifatida eslab yurgani ham ma’lum. Oradan qirq besh yilcha keyin o‘sha yerlardan o‘tarkan, birodarlariga kabosning qoralari yaxshi yetilgan va mazali bo‘lishini, qo‘y boqib yurgan kunlarida buni totib bilganini so‘zlab bergan edi.
Makkada ba’zi kechalari ko‘ngilochar bazmlar uyushtirilardi. Bunday bazmlar «samar» yoki «musamara» deb atalardi.
Bu bazmlar ko‘rishga arziydigan, ko‘ngilochar marosim ekanligi nurli Muhammadning ham qulog‘iga chalingan edi. Bir kuni kechqurun cho‘pon o‘rtog‘idan suruviga ham qarab turishni iltimos qildi. Borib «samar» bazmini ko‘rmoqchiligini aytdi. O’rtog‘i rozi bo‘lgach, yo‘lga tushdi. Makkaga keldi. Uylardan birida xursandchilik qilinayotganini ko‘rdi.
Odamlar rosa yig‘ilgan. Uzoqyaqindan kelganlar kirib, tomosha qilmoqda. So‘rasa, to‘y bo‘layotgan ekan. U ham kirdi. Bir daraxtning ostiga o‘tirdi. U yerdan hamma yoq ko‘rinib turardi. Ammo o‘tiraro‘tirmas uyqu bosib, ko‘zlarini yumishga majbur qildi. Va u ertalabgacha shu yerda qolib ketdi. Xursandchilik tun yarmigacha davom etib, mehmonlar uyuylariga tarqalishar ekan, daraxt tagida uxlab qolgan yigitchani ko‘rdilar, biroq uni bezovta qilmadilar.
Ertalab yuziga tushgan quyosh nurlari uni uyg‘otdi. Atrofiga qaradi. Hech kim yo‘q edi. O’rnidan turib, qo‘ylarining oldiga ketdi. O’rtog‘i nimalarni ko‘rganini so‘ragan edi, kecha nima bo‘lganini o‘zi xam bilmasligini, uxlab qolganini aytdi.
Oradan birmuncha vaqt o‘tdi. Yana o‘rtog‘idan qo‘ylariga qarab turishni iltimos qildi. Yana Makkaga keldi. Bazm bo‘layotgan bir joyga kirdi. Ammo u yana o‘z holiga qo‘yilmadi, azaliy taqdir g‘olib chiqdi. Yana bazmni ko‘rmay, ertalabgacha rohatbaxsh uyqu og‘ushida bo‘ldi.
Bu uning bazmni ko‘rish maqsadidagi so‘nggi urinishi bo‘ldi. Bundan keyin hech qachon tungi bazmni tomosha qilishga qiziqmadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:41:40
ARSLON BOLASI

Fil hodisasidan buyon o‘n to‘rt yil o‘tdi.
Bani Mahzum qabilasining obro‘li oilalaridan birida, bir ayol to‘lg‘oq azoblaridan qiynalayotir...
Atrofida yordam berish uchun chaqirilgan doya xotinlar bor.
Oykuni to‘lgan Xontama Mahzum qabilasining aslzodalaridan Hoshimning qizi va hurmati baland oiladan bo‘lmish Xattobning umr yo‘ldoshi edi.
Xotinining oykuni yaqinlashgan sari Xattob: «Albatta o‘g‘il bo‘lishi kerak, tushundingmi?» deb qaytaqayta tayinlardi. Qiz bolaning otasi bo‘lishga aslo rozi emas edi u. Buni o‘yladi deguncha, peshonasida paydo bo‘lgan terlarni jahl bilan sidirib tashlar, tishlarini g‘ijirlatib, keskin ovoz bilan:
— Xattobdek bir odamning farzandi albatta o‘g‘il bo‘lishi kerak! — deya po‘ng‘illab, qo‘llarini musht qilib tugar edi.
Xattob singari tajang, serjaxl, baquvvat, jasur va dovyurak, ustigaustak, o‘ta shafqatsiz odam xalq orasida kiz bolaning otasi sifatida tanilmasligi kerak edi. Xattob o‘g‘il ko‘rishi kerak! Faqat shundagina ko‘ksini kerib, hech kimdan qimtinmay yura oladi.
Tug‘ish payti yaqinlashgan sari Xattobning ichini kemirgan bezovtalik va ko‘rkuv uni battar tajang qilib qo‘ydi. Doim aytgani aytgan, degani degan bo‘lgan Xattob tushgan yerini yondiradigan cho‘g‘ga aylangan edi. Uyga gursgurs qadamlar bilan kirib kelishi hammani qaltiratar, tinchini buzar edi.
Bir kuni ertalab Xontama to‘lg‘oq boshlanganini bildirdi. Shunda Xattob:
— Zinhor menga qiz tuqqaning haqida xabar berma. Okibatini o‘zing ham yaxshi bilasan! — deya uydan chiqib ketdi.
Ko‘zlaridan chaqnagan o‘t «Oqibatini o‘zing bilasan» so‘zlarining tagida mudhish bir tahdid borligini bildirardi.
Doya xotinlar Xontamaning ko‘zlari ichida mildirab turgan, mahzun hislar ifodasi bo‘lmish achchiqachchiq yoshlarii ko‘rib, unga ming xil tasalli berishga urina boshladilar. Xontama qo‘rquvdan to‘lg‘oq azobini ham unutganday bo‘ldi.
Keksa, tajribali bir ayol:
— Qizim, xafa bo‘lma. Nima eksang, shuni o‘rasan. Xattob shuni ham bilmaydigan darajada johil emas. Men buni Xattobning yuziga aytishdan ham toymayman,—dedi.
Shunga qaramay, qo‘rquv, bezovtalik, iztirob hislari tobora ortdi va, nihoyat, yangi tug‘ilgan chaqaloqning chinqirig‘i yangradi. Shu choq:
— Xushxabar, Xattobga xushxabarni yetkazinglar, o‘g‘illi bo‘ldi! — degan qichqiriq ham eshitildi. Xattob Ka’bada do‘stlari bilan birga o‘tirar ekan:
— Yo Bushra! Yo Bushra!.. — deb hayqirgan bir choparning yugurib kelayotganini ko‘rib, ko‘ngli tinchidi.
Unga shunday xushxabar keltirilishi kerak edi va, albatta, o‘g‘illi bo‘lishi darkor edi. Chunki hech kimsa, ha, ha, Makka bo‘yicha hech kim Xattobning oldiga chiqib: «Xushxabar, qizlik bo‘lding», deyishga jur’at qilolmasdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:42:00
Yugurib kelgan bola Xattobning qoshiga kelib to‘xtadi:
— Suyunchi ber, o‘g‘illik bo‘lding, — dedi.
Xattob necha kunlardan beri o‘pkasini to‘ldirib nafas ololmagan edi. Ko‘zlarida yonayotgan uchqunlar sevinch yoshlariga aylandi, yuziga tabassum yugurdi. Bolaning boshini silarkan:
— Suruvning ichiga kirginda, xohlagan qo‘ylaringdan ikkitasini ol, — dedi.
Bola xursand bo‘lib ketdi.
Xattob shu kungacha ham marxamat va mehrmuhabbatdan mutlaqo mahrum kishi emasdi. Faqat, keyingi paytlarda uning ovoziga jahl, tajanglik oshino bo‘lgan, ko‘pchilikni cho‘chitib qo‘ygan edi.
Xattob juda baxtli edi shu onlarda. Umrida necha marta bu darajada sevinganini eslamoqchi bo‘ldi, ammo tabriklayotgan birodarlarining ovozi uning xayolini bo‘lib yubordi. Yana ham to‘g‘rirog‘i, Xattob do‘stlari bilan o‘tirganini endi esladi:
—   O’g‘lingning otini nima deb qo‘yasan, ey Xattob! Xattob o‘ylab o‘tirmay javob berdi:
—   Umar, o‘g‘limning ismi Umar bo‘ladi!
—   Injiq bola bo‘lmasa edi...
Xattobning nigohlari uning so‘zlarini bo‘lib qo‘ydi. Bu qarashda qat’iy bir haqiqatdan bahs etuvchi matonat bor edi. «Xattobning o‘g‘li aslo injiq bo‘lmaydi», deyishni istardi. Kechqurun uyiga kelganda tutqazilgan chaqaloqqa qarar ekan, bolaning kutilganidan ham dovyurak, jasur va mard bir yigit bo‘lishini sezgan edi. Bola emas, xuddi arslonning o‘ziya!
—Umar, bu o‘g‘limning oti Umar bo‘ladi, — dedi. Xotiniga o‘girildi: — Sog‘lig‘ing qalay, Xontama, durust misan? Uylaganimdan ham go‘zal bir bola tug‘ibsan. Endi qiz tug‘sang ham, ming marta roziman, — dedi. Xattob juda xursand edi. Hatto qo‘shni ayolning:
— O’g‘lim, inson nima eksa, shuni o‘radi. Bu nimasi, xotiningga shunchalik do‘qpo‘pisa qilganing? Bir ayol qornidagi bola qiz bo‘lsa, uni qanday qilib o‘g‘il bolaga aylantiradi?.. — deb bergan tanbehiga:
— Haqlisiz, xolajon, — dedi.
Yo‘rgakda, hech narsadan xabarsiz, shiringina uxlayotgan go‘dak ertaning Umar ibn Xattobi bo‘lajagi, faqat Makka ahli emas, butun Arabiston, butun dunyo, hatto qiyomat kunigacha tug‘iladigan barcha insonlar uni Islomning buyuk xalifasi, beqiyos adolat sarvari Umar ibn Xattob sifatida tanishlari hozir hech kimga ma’lum emas, ammo shunday bo‘lishi begumon edi.
Fil voqeasining o‘n yettinchi yili...
Bani Mahzum qabilasining bir joyda turmaydigan, sho‘x, janjalkash, qilig‘idan shayton ham qochadigan bir o‘spirini bor edi. Amr ibn Hishom ibn Mug‘iyra...
Kuchli, baquvvat yigit edi. Shu bilan birga, aqlli ham edi. Ammo u, bu aqlini durust insonlarga yarashadigan tarzda ishlatmas, janjal ko‘tarish, odamlar ustidan tazyiq o‘tkazish vositasi o‘laroq ishlatishni afzal ko‘rar edi. Boybadavlat, so‘zi ko‘pchilikka o‘tadigan oilaning farzandi edi u.
Boylik, kuchqudrat va aql jamuljam edi unda. Ammo ularni oqilona bir yo‘lga soladigan inson yo‘q edi o‘rtada. Shuning uchun ham Amr ibn Hishom tom ma’noda tantiq o‘spirin bo‘lib o‘sdi. Fursat topdi deguncha, atrofdagilar bilan janjallashar, har safar yonidagi hamtovoqlarining ham aralashuvi bilan ustun va g‘olib chiqar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:42:31
Bir kuni Abdulloh ibn Jud’onning uyida berilgan ziyofatda hoshimiylardan Abu Tolibning jiyani Muhammad ibn Abdulloh bilan yonmayon o‘tirib qoldi. Ziyofatga kelganlar anchagina edi. Amr ibn Hishom o‘zi bemalolroq o‘tirishni bahona qilib, yonidan Muhammad ibn Abdullohni turg‘izib yuborish payiga tushdi. Asl maqsadi bemalol o‘tirish ham emas, janjal chiqarish edi. Janjal ko‘tarmasa behalovat bo‘ladigan ko‘ngli unga tinchlik bermas, yonidagilar bilan urishishni xohlar edi.
Ikkalasi ham yosh jihatidan teppateng edilar. Amr ibn Hishom Muhammad ibn Abdullohni sekinsekin turta boshladi. Bir, ikki, uch marta turtgach:
— Nima qilyapsan? — dedi Muhammad.
Amr ibn Hishom qo‘pollik bilan javob berdi:
— Boshqa joyga borib o‘tir, bezovta bo‘lyapman. Muhammad ibn Abdulloh hammani uyaltirib qo‘yadigandarajada odob va tarbiya egasi edi, ammo surbet Amr ibn Hishomning bu haqoratiga indamay ketolmasdi. Amrning bezbetligi haddidan oshgach, ikkalasi birbiriga yopishib ketdilar. Amr bu janjalda ham yengib chiqishiga ishonardi. Shu kungacha hech kimdan yengilmagan, qolaversa, raqibidan bir oz gavdaliroq ham edi. Biroq olishish davomida tobora Muhammad ibn Abdullohning qo‘li baland kela boshladi. Bir payt Muhammad Amrni qattiq itarib yuborgan edi, u yerga yiqilib, yumalab ketdi, oyog‘idan qon oqa boshladi. Oraga tushganlar ularni ajratdilar.
Islom tarixida asl ismi unutilib, Abu Jahl sifatida taniladigan Amr ibn Hishomning oyog‘ida bu yara izi to o‘lgunicha koldi.
Birovlarning oldida past tushishni bilmagan Amr qurayshlardan ko‘pchilikning oldida sharmanda bo‘ldi. Bu voqea Amr ibn Hishomning ko‘ksida o‘chmas bir qasos o‘tini alangalatib ketdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:44:11
FIJOR URUSHI

Yigirmanchi yil...
Hiro hukmdori Nu’mon ibn Munzir har yilgidek bu yil ham katta bir karvon to‘plagai edi. Karvon savdosotiq mollarini tashirdi. Arablar orasida mashhur bo‘lgan Ukoz, Majanna, Zulmajoz kabi bozorlarda aylanib, savdosotiq kilar, mol ayirboshlar edi.
Biroq arab qabilalari o‘rtasida turg‘un murosatartib bo‘lmaganligi tufayli har daqiqa biron to‘daning hujumiga uchrab, karvonning mollari galontaroj etilishi xavfi bor edi. Shu bois safar chog‘ida qabilalar taniydigan, hurmat qiladigan, qolaversa, ishonchli bir kishi karvonga boshchilik qilishi zarur edi.
Ehsonlari tillarda doston bo‘lgan Hiro hukmdori Nu’mon ibn Munzirning saroyi sovg‘asalom undirish umidida kelgan ko‘pdanko‘p arablarni ko‘rgan. Bugun ham Barroz ibn Qays va Urva ibn Utba hukmdoriiig qoshida o‘tirardilar.
Nu’mon yo‘lga hozirlangan karvonni esonomon arab qabilalari orasidan olib o‘tib, manzilga yetkazadigan bir odamni axtarayotganligini bildirdi.
Barroz:
— Kinonaliklardan muhofaza etishni men zimmamga olaman, dedi.
Nu’mon:
— Men ayniqsa najid va tixomaliklardan qo‘riqlay oladigan odamni qidiryaiman, — dedi.
Bu daf’a Urva so‘zga qo‘shildi:
— Men sen qidirayotgan odamman.
—   Kinonaliklardan ham qo‘riqlay olasanmi? — dedi Barroz.
—   Albatta, hatto butun insoniyat qarshi tursa ham, muhofaza eta olaman.
—   Qo‘lingdan kelmaydi, — deya e’tiroz bildirdi Barroz. — Men bo‘lmasam, karvonni Kinona kabilasidan o‘tkaza olmaysan.
—   Sen o‘zing kimsan? Kinonaliklar seni axloqsizliging tufayli qabiladan haydab yubormadilarmi?
Barrozning jahli chiqdi. Bir onda ko‘nglida paydo bo‘lgan kin va dushmanlik hissini oddiy so‘z bilan ta’riflash qiyin edi. Ko‘nglidan shunday fikr o‘tdi: «Hali qarab tur, sendan alamimni olmay qo‘ymayman».
Nu’mon bu vazifani Urvaga topshirdi, karvon yo‘lga chikdi. Barroz ham karvonga qo‘shildi.
Fadaq degan manzilga yetganlarida, to‘xtash amri berildi. Shu iaytgacha hech qanday korhol yuz bermagan edi. Fadaqda to‘xtaganlarida, Urva Barrozni qo‘lida fol o‘qlarini aylantirayotgan holda ko‘rib:
— Nima qilyapsan, ey Barroz? — deb so‘radi.
Seni o‘ldirishga ruxsat bormiyo‘qmi deb fol ko‘ryapman.
Urva gapni hazilga burdi:
Kuchqudrating yetarmikan bu ishga?!
Zotan, Barroz ham hazil tariqasida aytgan edi. O’ldirmoqchi bo‘lsa, bunchalik ochiq gapirmasdi.
Saldan keyin Urva ko‘ngilxushlikka berildi. Ichdi, sarxush bo‘ldi, qo‘shiq aytib, raqsga tushdi. Natijada bexush holda chodirga eltdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:48:24
Tun yarmidan oqkan, hamma qattiq uyquda edi. Ammo bu paytning kelishini sabrsizlik va hayajon bilan kutayotgan bir kishi uyg‘oq. U oyoq uchida yurib, sekinasta Urvaning chodiri tomon yo‘l oldi.
Chodirning pardasi sekin yirtildi. So‘ngra ichkariga bir ko‘lanka kirdi. Ehtiyotlik bilan ish tutardi u. Qo‘lida qilich... Urva vujudiga sekingina kirgan tig‘ og‘rig‘idan cho‘chib uyg‘ondi va tepasida qilich yalang‘ochlab turgan kishini ko‘rib, sarxushligidan asar ham qolmadi. O’ziga kelib, bu odamning Barroz ekanligini bildi. Uni hali o‘ldirib yubormagani uchun pushaymon bo‘ldi, biroq endi vaqt o‘tgan edi.
— Ollohga bo‘lgan muhabbating haqqi, meni o‘ldirma, Barroz. To‘g‘ri, tan olaman, men seni qattiq ranjitdim.
Biroq hozir Barroz gai uqadigan holatda emasdi. Nu’mon ibn Munzirning huzurida bo‘lib o‘tgan voqeadan beri qulay fursat kelishini poylardi. Qolaversa, hozir uni o‘ldirmasa, ertaga o‘zining omon qolishi gumon edi. Qo‘lidagi qilich yuqoriga ko‘tarildi, so‘ngra zarb bilan pastga tushdi. Shundan keyin bo‘g‘iq ingrash eshitildi va tipirchilash yuz berdi. Barroz shu bilan tinchymadi, oyog‘i ostida tipirchilab yotgan dushmaniga yana bir bor qilich urib tamomila yerga qanishtirib qo‘ydi. Birikki soniyadan so‘ng Urvaning vujudi butunlay tinchib qoldi.
Barroz o‘chini olgach, yengil tortib, chodirni tark etdi. Bu mahal Urvaning yuragi urishdan to‘xtagan edi. Holbuki, unga bir necha daqiqa oldin ham ichgan sharobining ta’sirida dunyo go‘zal ko‘rinar, yuzlarcha tuyadan nborat karvon va karvon olib ketayotgan behisob boylikning boshida turganidan faxr tuyar edi.
Barroz Urvani o‘ldirgandan keyin karvonni Haybar tomonlarga boshlab bordi, kuchi yetganicha mollarning bir qismni o‘zlashtirib ham oldi. Haybarga borib, endi yopig‘liq qozon yopigligicha qoldi, deb o‘ylagan edi. Vaholanki, uning Urva bilan birga yo‘lga chiqqani ma’lum, ammo Urvaning qayoqqa g‘oyib bo‘lgani noma’lum edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:52:52
* * *
—   Nima maqsadda bu yerga keldingiz?
—   Urvani qidiryapmiz, unda ishimiz bor. Barroz yonidagi buyumlarni ko‘rsatdi:
— Bittangiz mana bu narsalarga qarab turing, ikkinchingiz men bilan yuring.
Bittasi ngu yerda qoldi. Sherigi esa, Barrozning orqasidan ergashdi. Ozroq yurib, bir vayronaning ichiga kirdilar. Ichkaridan faryod ko‘tarildi, qandaydir to‘sto‘polon bo‘ldi. Keyin Barroz u yerdan yolg‘iz o‘zi chiqdi. Narsalarni qorovullab qolgan yigitning yoniga keldi.
— Urva o‘rtog‘ing bilan birga seni ana u yerda kutibturibdi, — dedi. Birga yurdilar. Ichkariga kirdilar. Yigit hamon Urva bilan do‘stini ko‘rishdan umidvor edi. Ochiq turgan eshikdan oldin Barroz, so‘ngra yigit kirdi. Ammo kirarkirmas, sherigining qonga belanib yotgan jasadiga ko‘zi tushib, darhol qurolga yopishdi. Biroq kech qoldi — Barroz chaqqonlik bilan uning ko‘ksiga xanjar qadadi. Shunda ham so‘ng bor kuchini yig‘ib, Barrozga yopishdi. Uchbesh soniyalik olishuv bo‘ldi. Nixoyat, yigitning qo‘llari bo‘shashdi, ko‘zlari olaydi, kulcha bo‘lib,erga yiqildi. Barroz xanjarini sug‘urib olib o‘likning ko‘ylagiga artdi. Keyin uni o‘z holiga ko‘yib, hech narsa bilmagan kishidek, sovuqqonlik bilan vayronani tark etdi.
Bir necha daqiqa tipirchilab, keyin tinchib qolgan jasadlarga vayronaning devorlarigina guvoh bo‘ldi.
Kim edi bu odamlar? Urvada nima ishlari bor edi? Uning o‘lganini eshitib, qotildan o‘ch olish niyatida yo‘lga tushdilarmi? Yoki boshqa sabab bilan qidirayotgan edilarmi? Bu kabi savollarning javobi shu kungacha ham noma’lumdir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:54:25
* * *
Barroz Kinona, Urva esa, Qays qabilasidan edilar. Uzok yillardan beri an’ana tusiga kirgan udumga ko‘ra, urvaning qasosi, albatta, olinishi shart edi. Vaqtisoati kelib bu jiyoyat ochilajak, Qays qabilasiga mansub bo‘lgan havozin urug‘i Kinonaning ustiga yurish qilishi begumon edi. Quraysh esa, Kinonaning bir urug‘i edi.
Bir qabiladan ayol yoki erkak, katta yoki kichik, yaxshi yoki yomon odam o‘ldirilsa bo‘ldi, o‘lgan kishining qabilasi oyoqqa turar, qotilni topib o‘ldirar edi. Hech bo‘lmasa, qotilning qarindoshlari yoki qabilasi nishonga olinar, ulardan bir yoki bir necha odam o‘ldirilar edi. Bu esa, ikkinchi tomonda qasos olish niyatini tug‘dirar, qon da’vosi kattalashar, ba’zan ikki qabilaning ham birorta a’zosi qolmaguncha urush davom etaverar edi. Ulgan kishining kim ekanligi muhim emas edi. Ikki qabiladosh o‘zaro ashaddiy dushman bo‘lsa ham, agar ulardan biri boshqa qabila a’zosi tomonidan o‘ldirilsa, uning o‘chini olish uchun bor g‘ayrati, imkoniyatini ishga solish har bir qabila a’zosining, haggo ashaddiy dushmanining ham burchi edi. Bundan sal oldinrok, yuz bergan kelishmovchilik, janjal, adovat unutilar, kechagi kungacha ham nafratlanib, dushman deb bilib kelgan odamning o‘chini olish uchun qilichlar qinlaridan chiqarilib, yo‘lga tushilar edi.
Qotilning tomonidagilarda ham ayni o‘sha odat hukmron edi. Qabilaning har bir a’zosi bu jinoyat uchun javobgar hisoblanar, qo‘lga tushgan zamon qotil deb qabul qilinar, shunga ko‘ra jazo berilar edi.
Barroz odobsiz, axloqi buzuq kimsa edi. Shu sababli qabilasidan ham quvib yuborilgandi. Bu voqea barcha qabilalar orasida keng e’lon qilingan, hammaga ma’lum edi. Biroq baribir uning bu jinoyati Kinonaga va Kinonadan tarqalgan urug‘larning zimmasiga tushar, bir necha urug‘ buning uchun javobgar bo‘lar edi.
Buni yaxshi bilgan Barroz, butun axloqsizliklariga qaramay, bir maktub yozib, ahvolni bayon etib, urugaga tayyor turishlarini bildirishni o‘yladi. Qurayshning oqsoqollaridan Harb ibn Umayyaga jo‘natgan maktubida Urvani o‘ldirganini ma’lum qildi.
Harb ibn Umayya maktubni olgan zahoti sarosimaga tushdi. G’azabga mindi, o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Darhol keksa, tajribali qabiladoshlarini bir joyga to‘pladi.
Majlisdagilarning hammasini birdaniga hayajon hissi qamrab oldi. Hammaning ilk bor qilgan xulosasi Harb ibn Umayya hali ular kelmasdan oldin o‘ylagan fikr edi: «Qaysi Aylon qabilasi endi bizdan o‘ch olmay qo‘ymaydi!»
— Buni men ham bilaman, ko‘z yumib ketishlariga sira ham ishonmayman. Ammo bu muammoni qanday hal qilsak bo‘ladi?
— Axloqsiz, ablah, boshimizga bitgan balo bo‘ldi.
— Dunyoda undan odobsizi yo‘q. Surbetlikda tengi yo‘q bir nodon u.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:54:39
Harb ularning so‘zini bo‘ldi:
— Barrozni qarg‘ashdan, so‘kishdan hech qanday foyda yo‘q. Agar foydasi bo‘lsa, orqasidan rosa qarg‘ab, po‘staini qoqardik. Shu paytda yonimizda bo‘lsa ham, oyoq qo‘lini bog‘lab: «Mana Urvaning qotili, xohlaganingizni qiling», derdik. Ikki kundan keyin bu mash’um xabar ularning ham qulog‘iga yetib boradi. Ana unda oldini olib bo‘lmaydigan yomon ishlar yuz beradi. Men sizlarni uni qarg‘ash uchun emas, kutilmagan muammoni hal qilish chorasi to‘g‘risida birgalashib bosh qotiraylik, degan maqsadda chakirdim. Xo‘sh, nima qilamiz?
Bir kishi o‘rtaga shunday fikr tashladi:
— Eng yaxshisi, ular xujum uchun oyoqqa turmaslaridan oldin borib uzr so‘rash va, kerak bo‘lsa, Urvaning tovonini to‘lash.
Bu taklifni o‘rinsiz degan kishi bo‘lmadi. Biron kimsa e’tiroz bildirmadi. Darhol tayyorgarlik ko‘rildi va yo‘lga chiqildi.
Urvaning amakivachchasi Abu Baro Amir ibn Malik ularni izzatikrom bilan kutib oldi. Shirinsuxanlik qildi, yaxshilab ziyofat berdi. Uning mehmondo‘stligiga javoban: «Urvani bizning qabiladoshimiz Barroz o‘ldiribdi», deyishga tillari bormadi. Natijada:
— Najid bilan Tixoma orasida qandaydir ishlar bo‘libdi, ammo masala hamon oydinlashmadi... — deya gap boshladilar.
Ammo Abu Baro kosaning tagidagi nim kosani tushunmadi. «Nima bo‘ldi?» deb so‘ramadi. Ular ham ortiq gapira olmay qoldilar. So‘ngra xayrlashib, yo‘lga tushdilar.
Ular ketib, oradan birikki soatlar o‘tgach, bir chopar kelib, Abu Baroga mash’um xabarni yetkazdi. Abu
Baro larzaga tushdi. Demak, qurayshlik mehmonlar bekorga kelishmagan ekanda? Birdai g‘azablanib ketdi:
— Harb ibn Umayya meni mazax qilib, aldab ketdi. Zotan, qurayshlarning qo‘lidan hiyladan boshqa nima kelardi?! Xudo nomi bilan qasam ichib aytamanki, endi bironta ham kinonalik Ukoz bozoriga oyoq bosolmaydi!
Masala birdaniga shiddatli tus oldi. O’zi salgina oldin samimiyat bilan kuzatgan qurayshliklarga qarshi Baroning qalbi kin va adovat hissiga to‘libtoshdi. Qo‘llariga tushsa, burdaburda qilib tashlashga tayyor edi ularni. Qisqa vaqt ichida tezlik bilan yo‘lga hozirlangan bir kichik harbiy guruh Harb ibn Umayya bilan uning birodarlari iziga tushdi.
Quyosh botay deb qolgan edi. Qurayshliklar belgilangan ishning uddasidan chiqolmaganliklaridan bezovta bo‘lib orqaga qaytmokda edilar. Biri ochiqchasiga voqeani so‘zlab bermaganliklaridan pushaymon bo‘lsa, boshqasi «Ochiqchasiga gapirsak, bundan ham battar ahvolga tushardik», derdi. Shu payt kimdir orqasiga qarab, chang-to‘zon ko‘tarib kelayotgan guruhni ko‘rdi va:
— Endi holimizga voy! — deb baqirib yubordi. Hamma orqaga qaradi. Qo‘llar beixtiyor qilichlarning dastasiga bordi. Muqarrar bir to‘qnashuv bo‘lishi ayon edi. Har holda, ular Qaysi Aylondan bo‘lishlari kerak edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:55:16
— Tez bu yerdan yo‘qolishimiz kerak. Ular yetib olgunlarigacha. Haram hududiga kirib olsak, bo‘ldi. Agar Qaysi Aylondan bo‘lsalar, omon qolganimiz shu. U qabiladan bo‘lmasalar ham, hech narsa yo‘qotmaymiz.
Bu gapni qaysi biri aytdi, noma’lum. Bundan boshqa chorani o‘ylab o‘tirishga ham fursat yo‘q edi. Taklif e’tirozsiz qabul etildi,
Tuyalar orqalariga urilgan qamchilarning zarbi bilan Makka tomon lo‘killab chopib ketdilar.
Quvlashmachoq boshlandi.
Oldindagilarning shoshilmay yo‘llarida davom etib turib, birdaniga tezlikni oshirganlari orqadan kelayotganlarning g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shdi. Qamchilar zarb bilan urilgach, tuyalar jon achchig‘ida yugurar, oradagi masofa esa, tobora qisqarib borar edi.
Nixoyat, orqadagilar yetay deb qoldi. Orada o‘q otsa yetadigan masofa bor edi, xolos.
—To‘xtanglar, qurayshning olchoqlari. Urvaning qoni yerda qolmas!
—   To‘xtang, qochmang qotillar!
—   O’ch olamiz!
—Mard bo‘lsangiz, qochmang! Harb ibn Umayya qulog‘ining shundaygina yonidan vizillab uchib o‘tgan o‘qning borib qumga qadalib qolganini ko‘rdi. Dahshatga tushdi. Qochishning ortiq foydasi yo‘q edi. Biroq Haram hududiga kirishlariga ham juda oz masofa qolgan edi.
— Biz ham ularga o‘q yog‘diramiz. Bu gapni Harb aytdimi yoki boshqasimi, farqiga borib bo‘lmadi. Qo‘llar darhol o‘qyoyga uzatildi. Bir tomondan, qochib borardilar, ikkinchi tomondan, orqadagilarga o‘q yog‘dirardilar.
—   To‘xtanglar, yakkamayakka olishaylik!
—   Qochish — qo‘rqoqning ishi... Ammo qurayshliklar bu kabi so‘zlarga quloq solma
dilar. Bir necha barobar ko‘p kuchga qarshi urushga chiqish o‘zlarini bila turib o‘lim changaliga topshirish, demak edi.
O’q yog‘dirayog‘dira davom etayotgan quvlashmachoq nihoyat orqadagilarning sur’atini pasaytirdi. Xohlaganlaridek ta’qib eta olmay qoldilar. Quyosh tepaliklarning ortiga o‘tib berkinganida, qochoqlar yengil nafas oldilar: ular Haram hududiga kirib ulgurgan edilar. Orqadan quvib kelganlar nochor to‘xtadilar. Chunki bu hudud ichida urushish, qon to‘kish gunoh va harom edi. Qon da’vosi uchun qo‘lga qurol olganlar boshqa bir harom ishga qo‘l ura olmasdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:55:31
— Ey qurayshliklar, bu daf’a qutulib qoldingiz. Ammo Urvaning qoni yerda qolmaydi. Siz bilan Ukozda uchrashguncha ajralishamiz. Uchrashuv joyi Ukozdir, dedilar ta’qibchilar.
Harb ibn Umayya ilk tahlikadan oson qutulgailiklarining xursandchiligi va yaqin kelajakda boshlariga tushajak ko‘rgilikning dahshati natijasida tug‘ilgan qaramaqarshi histuyg‘ular og‘ushida Barrozning yetti pushtini bo‘ralab so‘kdi. Shu paytda qo‘liga tushsa, uni tug‘ilganiga ming pushaymon yegizishga, bisotidagi barcha qiynash usullarini shafqatsizlarcha qo‘llashga tayyor edi. Ammo, ming afsuski, Barroz bu paytda o‘zi qo‘lga kiritgan molmulkini sarflab kayfu safo surar, qurayshlarning, xususan, Harb va uning birodarlarining axvollari qandayligini bilmas, bu haqda o‘ylamas Harbning birodarlari ham Barrozni g‘oyibona tinmay so‘kardilar. Zotan, shu daqiqalarda Barrozni la’natlashdan bo‘lak biror ishni qoyilmaqom qilib ado etolmasdilar ham. To ko‘ngillari bo‘shaguncha qarg‘abqarg‘ab, keyin yo‘llarida davom etdilar.
Endi beparvo bo‘lish dushmanga taslim bo‘lish bilan teng edi. Ikkala tomon ham g‘ayrat bilan urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Kelibketuvchilar har ikki qabilaning tayyorgarligi xususida biridan ikkinchisiga xabar yetkazib turardi.
Nihoyat, Qaysi Aylon qabilasi orqalaridan havozinning boshqa urug‘ va elatlarini ham ergashtirib Shamta degan joygacha keldi. Bayroqlarini Abu Baro ko‘tarib olgan, urushni u boshqarmoqchi edi. Quraysh va Kinonaning bosh qo‘mondonligini esa, Harb ibn Umayya o‘z zimmasiga oldi.
Bu urush harom oylariga to‘g‘ri keldi. Shu sababli urushga hech kimning hushixohishi yo‘q edi. Biroq qabilaning mudofaasi ham g‘oyat zarur. Hech kim havozinliklarga taslim bo‘lib, «Marhamat, bizni nima qilsangiz, ixtiyoringiz», deya olmas edi. Urushish uchun emas, mudofaa uchun bu jangga rozi bo‘ldilar.
Yilning to‘rt oyi — ketmaket keladigan zulqa’da, zulhijja, muharram va rajab oylari hisoblanardi. Bu oylarda janjalto‘polon bo‘lmas, bosqinchilik qilinmas, molmulk talontaroj etilmas, odam o‘ldirilmas, yo‘l to‘silmas edi. Har kim bu oylar keldi deguncha, xavfxatardan uzoq bo‘lish saodatiga erishar, xohlagan yerga, bozorlarga borar, joniga qasd qilishlaridan yoki molmulki talontaroj bo‘lishidan xavfsiramas edi.
Biroq bezorilik qilmasa turolmaydigan yoki qulay fursatni boy berishni istamagan kimsalar, masalan, boy karvonni tuzoqqa tushirishni istagan kuchli qabila shu oylarda niyatiga erishib qolardi. Harom oylarida bunday falokatga duchor bo‘lishlari mumkinligini sira xam o‘ylamagan bechoralar:
—   Axir, hozir harom oylari emasmi, nega bosqin qilayotirsizlar? — deya ajablanib qarasalar, bosqinchilar:
—   Bu oyning haromligi boshqa oyga ko‘chirildi, — deb shum maqsadlarini amalga oshiraverardilar.
Shu yo‘sin — xarom oyini xam o‘zgartirib, xavfsiramay yo‘lga chiqqanlarni tuzoqqa tushirish tadbiri «Nasi’» deb atalardi. Ko‘pgina begunoh kishilar shu tariqa qaroqchilarning ko‘lida o‘lib ketar, mollari talontaroj etilar edi.
Umuman, ko‘pchilikning bu oylarga nisbatan hurmati baland edi. Mabodo mazkur oylarda urush bo‘lib qolsa, bunday urushlar Ollohga qarshi ko‘tarilgan isyon deb qaralgani uchun «Harbul fijor», ya’ni, «Gunoh qilinadigan urush» deb atalardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:55:47
* * *
Abu Tolib fijor urushi to‘g‘risida qarashlarini Hoshim o‘g‘illariga bildirdi:
— Harom oylari ichidamiz. Bu urushga qatnashishni to‘g‘ri deb bilmayman. Boshqa akaukalar ham shu fikrda edilar. Biroq bunday qaltis paytda faqat ko‘ngilga qarabgina ish tutib bo‘lmasdi. Qurayshga kelgan xavfxatarni qaytarishda ularning ishtiroki lozim ekanligi uqtirildi. Nihoyat, Zubayr boshchiligida urushga qatnashdilar. Abu Tolib ham orasira, yonida suyukli jiyani bilan kelib, jangda ishtirok etardi. Ammo Muhammad bu urushda shaxsan qatnashmas, qarshi tomondan otilgan o‘qlarni yig‘ib, amakilariga olib borib berar edi.
Qachon Abu Tolib jiyani bilan jangda qatnashsa, o‘sha kuni qurayshlarning qo‘li baland bo‘lardi.
— Ey qurtqumurskayu qushlarga ham mehribon bo‘lgan, hojilarga suv ulashgan buyuk zotning o‘g‘li, sen kelganing hamon bizning qo‘limiz baland bo‘ladi. Nima qilardi bizning yonimizdan ketmasang? — derdilar. Buni Abu Tolibga bog‘lashardi, uning yonidagi Buyuklarning Buyugi hurmatiga shunday bo‘lgani xayollariga ham kelmasdi.
Abu Tolib bunga javoban:
— Sizlar zulmdan, xaqsizlikdan, qarindoshlik iplarini uzishdan voz kechinglar, shunda men ham sizlardan ayrilmayman, — derdi.
Arablar o‘rtasidagi urushlar dastlab har ikki tomondan bittadan askarning chiqib, yakkamayakka olishuvi bilan boshlanardi. G’olib askar o‘ldirilgan jangchining qurollari va ko‘ylagini olib jang maydonidan chekinar yoxud ikkinchi bir yigitni o‘zi bilan olishuvga chaqirar edi.
Jang ba’zan to quyosh qizdirguncha shu zaylda, yakkamayakka olishuvlar holida davom etar, ba’zan esa, ikki shi olishib bo‘lgani hamon hamma baravariga hujumga utar, ikki tomonning askarlari aralashquralash bo‘lib ketar edi. Kim kimga duch kelsa, shu bilan urushar, kun kattik qizdira boshlagandan keyingina jang to‘xtar edi. Peshindan keyin yoki ertasi kun jang yana shu tarzda boshlanardi.
Urushning so‘nggi kuni. Erta tongda boshlangan jang qaysi aylonliklarning foydasiga hal bo‘layotgan, kinonalik va qurayshliklar mag‘lubiyatga uchrayotgan, ko‘p odamlar o‘ldirilgan edi. Biroq peshindan keyin kinonaliklar jang qilish usulini o‘zgartirdilar va qaysi aylonliklarni qilichdan o‘tkaza boshladilar. Tengmateng jang borar, ikkala tomon ham bugun uzulkesil g‘alabaga erishishni xohlar edi.
Bu ketishda Qaysi Aylonning kuni bitishi hech gap emasdi. Umidsizlarcha urishar edilar. Urva xam, Barroz ham unutilgan, hamma o‘z jonini saqlab qolish tashvishida edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:56:03
Ayni shunday qaltis daqiqalarda bahaybat tuyaga mingan yovqur bir kishi ikki tomonning o‘rtasiga otilib chiqdi va bor ovozda:
— Ey Mudor o‘g‘illari!.. Ey Mudor o‘g‘illari!.. —deb hayqira boshladi.
Mudor kinona va havozinliklarning katta bobolari edi. Bu ikki qabila Mudorda birlashardi. Haligi odam «Mudor o‘g‘illari» der ekan, birdaniga har ikkala tomonga ham murojaat qilgan edi. Nihoyat, jang to‘xtadi.
— Nima istaysan bizdan? — dedilar.
— Sizlarni bu ishdan yaxshiroq, xayrliroq bir ishga da’vat etaman.
—   Xo‘sh, nima ish ekan u?
—   Sulhdir. Sizlarni sulh tuzishga chaqiraman.
—   Qanaqa sulh?
—   Sizlardan o‘lganlarning tovonini to‘laymiz, bizdan o‘lganlarning qonini Xudo yo‘liga bag‘ishlaymiz.
—   Kim bo‘yniga oladi bu ishni? TovonnI kim to‘lay olar ekan?
—   Men, men to‘layman.
—   Kimsan sen?
— Qurayshlardan Utba ibn Robia. Minnatdorlik tuyg‘ulariga to‘liq nigohlar Utbaga qadaldi. Qilichlar qinlariga solindi. Ikki tomon o‘liklarni bittabitta yig‘ib ola boshladi. O’liklar sanab chiqilganda, qaysi aylonliklardan yigirma kishi jangda o‘lgani ma’lum bo‘ldi.
Utba ibn Robia va’dasini takrorladi:
— Bu yigirma kishining tovonini to‘lash mas’uliyatini zimmamga olaman.
Necha kunlardan beri davom etayotgan, bu ketishda ikkala qabila xam qirilib ketishi ayon bo‘lgan urush shu zaylda nihoyasiga yetdi.
Bunday shartni bajarish oson emasdi. Berilishi va’da qilingan tovon odam boshiga yuz tuya hisobi bilan jami ikki ming tuya demak edi.
Bu bir ulkan boylik bo‘lib, kattakatta yigirma suruv degani edi. Aqlga sig‘maydigan bu ulkan tovonning qanday to‘lanishi hammani qiziqtirardi.
— Xo‘sh, qanday qilib to‘laysan?
— Garov sifatida sizlarga odamlarimizni beramiz. Tovonni to‘lab bo‘lganimiz hamono ularni qaytarib yuborasizlar.
Qirq kishilik bir guruh qaysi aylonliklarga garovga topshirildi. Ular orasida Harb ibn Umayyaning o‘g‘li Abu Sufyon va qurayshlarning aslzoda xonadoniga mansub Hakim ibn Hizom ham bo‘lgan.
Yigirma yoshga to‘lgan, Buyuklar Buyugi bo‘lmish qirchillama o‘spirinda tom ma’noda johillik sababli kelib chiqqan bu urushdan ana shunday taassurotlar qoldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:56:29
SHARAFLI AHDLASHUV
Xilful fuzul

Makka hammaning ehtiromiga sazovor tabarruk shahar edi. Chunki insonlarning Ollohga ibodat qilishlari uchun ilk bor bino etilgan muqaddas dargoh hisoblanmish Bayt («Ollohning uyi») shu yerda edi. Bu Baytning, ya’ni Ka’baning qurilish o‘rnini tayin etgan, qurishni buyurgan Olloh taolo bo‘lsa, uni qurganlar Ibrohim va Ismoil payg‘ambarlar edi. Shu bois Makka shahrining muborak shahar ekanligiga hech shubha yo‘q edi. U yerda Ollohga ibodat qilinar, u yerda Haq Sohibiga sig‘inilar, bu yerga kelganlar har qanday tajovuz va adolatsizlikdan emin bo‘lar edilar.
Biroq vaqtlar o‘tishi bilan Makka xalqi o‘z manfaatlari yo‘lida muqaddas bir zaminda yashayotganliklarini unutayozdilar. Haqsizlik, tajovuzkorlik evaziga esada, manfaat hamma narsadan ustun bo‘la boshladi. Makkaga kelgan hojilarga sovuq muomala qilish, tujjorlarning mollarini haqini to‘lamasdan olish odat tusiga kirdi. Ornomus oyoqosti bo‘ldi.
Bir kuni Zabid degan joydan kelgan bir savdogar mollarini ko‘tarasiga yaxshigina narxga Os ibn Voilga sotdi. Savdogar omadi chopganidan juda mamnun bo‘ldi. Os ibn Voil boshqa xaridorlar singari, uning molini kamsitmadi, bahosini ham tushirmadi. «Aslzoda oilaning farzandi, yaxshi tarbiya ko‘rgan odam ekan», deb o‘yladi savdogar. Tarbiyasiz bir odam bo‘lsa, yo molini kamsitar, yo arzimagan pulga sotib olish uchun hamma chorani qo‘llab ko‘rar edi.
— Qani, endi bularni uygacha olib borish kerak, azizim, — dedi Os.
Savdogar bajonidil rozi bo‘ldi. Mollar uyga olib borilib, joylashtirildi. Savdogar yuzidan oqqan terlarni artar ekan, haqli ravishda, pulining darhol berilishini kutardi. Ammo bunday bo‘lmadi. Os ibn Voil:
—   Asrdan keyin kel, haqingni berayin, — dedi.
Bu gap savdogarga uncha yoqmadi. Darhol haqini olib orqaga, Zabidga yo‘l olmoqchi edi. Chunki endi Makkada turishning ortiq hojati qolmagan edi.
Ammo Osning ishontiruvchi ko‘rinishi savdogarni bir oz xotirjam qildi. U yoqbu yoqni aylanib yurdi. Zamzam suvidan ichdi. Ka’bani tavof etdi. Asrdan so‘ng keldi. Os uyida yo‘q ekan. Eshigining tagida ancha poylab turdi. Oqshom payti Os keldi, ammo savdogarni tanimaslikka olib, uyga kirib ketmoqchi bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:56:55
—   Otajon, bir daqiqa to‘xta. Os to‘xtadi.
—   Nima istaysan?
—   Pulimni...
—   Qanaqa pul?
—   Hali ertalab mendan mol sotib olgan eding.
—   Ha, ha, endi esladim, ertaga kel.
—   Ammo, bugun asrdan so‘ng beraman, degan eding... Os uning so‘zini bo‘ldi:
—   Ertaga, dedimku, ertaga. Hozir meni tinch qo‘y.
—   Ammo mening ilojim yo‘qda.
—   Tushundim, ertaga kel, dedimku.
Zabidlik odam yorug‘ dunyosi qorong‘u bo‘lib, qaytib ketdi. Ichini it tirnardi. Ertalab tarbiyali odam singari mol xarid qilgan, xaqhuquqdan gaggargan, oladigan molini kamsitish axloqsiz ekanligini so‘zlagan Os endi butunlay o‘zgarib qolgan edi. Balki qarzini inkop etishi ham endi hech gap emasdir. O’zini tanimaslikka solgani shundan dalolat berardi.
Savdogarning qo‘lidan hech narsa kelmasdi. Osnikidan juda xafa bo‘lib qaytdi. Kechani Ka’bada o‘tkazdi. Erta tongda Osning eshigini qoqdi. Ichkaridan «Ertaga kelsin», deb yubordilar. Yana eshikni qoqdi, xaqkini talab qildi. Ammo Os balanddan keldi.
 Axir, men o‘z haqqimni talab qilmoqdaman.
— Ertaga dedikku.
— Men ertagacha kuta olmayman.
— Men ham bugun bera olmayman.
— U xolda molimni qaytarib ber.
— Tushunmadim.
— Molimni qaytarib ber, deyapman.
— Hazillashyapsanmi?
— Nega hazillasharkanman?
— Savdolashib, menga sotdingku o‘zing?
— Ha, sotdim.
— U xolda mol endi seniki emas, meniki bo‘ldi.
— Ammo mening xaqqimchi?
— Hakking qochib ketmaydi, beramiz.
—   Qani, ber, bo‘lmasa...
—   Ertaga dedimku.
—   Kecha keldim, bugun beraman, deganiding.
—   Xo‘sh, kecha nima degan ekanman?
—   Ertaga beraman, deding.
—   Juda soz. Bo‘pti, gapim gap, ertaga beraman.
—   Men haqqimni olmasdan hech qayoqqa ketmayman.
— To‘g‘ri tushungan bo‘lsam, sening ta’ziringni berib qo‘yish kerakka o‘xshab qoldi.
Shundan keyin Os ichkariga qarab:
— Hoy, kim bor, bu yoqqa kel! — deya chaqirdi. So‘ng savdogarga o‘girildi: — Yaxshilikcha ketasanmi yoki boplab adabingni berishsinmi?
Zabidlik kaltak yeyishni xohlamasdi.
—    Xo‘p. Demak, ertaga kelaymi?
—    Yo‘q.
—    Yo alhazar, qachon bo‘lmasa?
—    Endi kelmaysan!
—  Axir, bu o‘ta adolatsizlik, zulm emasmi?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:57:28
Qani, yo‘qolchi bu yerdan, hoy ahmoq! Adolatni libkelib endi sendan o‘rganamizmi? Daf bo‘l! Savdogar bekordan-bekorga kaltak yemaslik uchun u odan ketdi. Ka’baga bordi, butlarga sig‘inayotganlar bilan gaplashdi, qabila boshliqlarini ko‘rdi. Abdu’d, Maxzum, Jumoq, Saxm, Odiy o‘g‘illarining xonadonlarida bo‘ldi. Dardini ularga gapirib berdi. Biroq  hech qanday foyda topmadi, umidsizligi kuchaydi.
—    Os ibn Voil singari ulug‘ bir zotda qarzi bor inson sharafli bir inson degan gap, — dedilar.
—   Sharaf insonning qornini to‘yg‘azmaydi. Menga pulimni yoki molimni undirib beringlar.
—   Sen nimalar deyapsan o‘zi! Os kabi ulug‘ martaba egasini bunday arzimas bir ish uchun bezovta qilish ayb emasmi?
—    Os shunaqa ulug‘ zot, sharafli kishimi?
—    Albatta, sen nima deb o‘ylayapsan?
—    Sharafli inson qarzini o‘z vaqtida beradi.
—    Qani, yo‘qolchi 6u yerdan.
Zabidlik savdogar qabila boshliqlarining ba’zilaridan mana shunday sovuq muomala ko‘rdi, ba’zilari gapirgani ham qo‘yishmadi, ba’zilari esa: «Men bu ishga aralashmayman», dedi, yana boshkasi: «Mening Osga bas keladigan kuchim yo‘q», deb jo‘natdi.
Kimga uchrasa, hamma uni quruk qaytardi. Barcha eshiklar uning yuziga yopildi. Ayon bo‘ldiki, zabidlik savdogarning dodini tinglab, mushkulini oson qiladigan odam Makkada yo‘q edi.
Ertalab tong saharda Ka’baning yonida haqsizlikka uchraganidan, Osning adolatsizlik qilganidan dod solib sochlarini yulayotgan, ko‘ylaklarini yirtib, arziga quloq soladigan odam qidirib yurgan bir musofirni ko‘rdilar.
Bu so‘nggi chorasi zoe ketmadi. Masjidi Haromda suhbatlashib o‘tirganlar unga quloq tutdilar. Nihoyat arzini tinglaydigan va uni haqli deb hisoblaydigan bir necha kishini topganidan, zabidlik savdogar g‘oyat xursand edi.
Ilk bor oyoqqa Zubayr qalqdi.
— Adolatsizlikku bu! Zulm va haqsizlikka qarshi kurash har bir nomusli odamning vazifasi. Mard kishi zulmga nisbatan beparvo qololmaydi! ~ deb baqirdi. Abdulmuttalibning o‘g‘li to‘g‘ri gapirmoqda.
— G’ariblarga yordam berish ham sharaf, ham farzdip!
Nihoyat, Abdulloh ibn Jud’onning uyida uchrashish va ushbu masala yuzasidan munozarani davom ettirishga kelishdilar. Makkaning yosh va obro‘e’tiborli ulug‘laridan biri bo‘lgan Abdulloh ibn Jud’on mehmonlarni quchoq ochib kutib oldi. Majlisda Hoshim, Muttalib, Zuhra, Horis va Taym o‘g‘illaridan ushbu qabilalarning vakili bo‘lib kelganlar bor edi. Oralarida eng yoshi, amakilari bilan kelgan Muhammad ibn Abdulloh edi. U endigina yigirma yoshdan oshgan edi. Biroq hech kim uning kattalarning orasida o‘tirganidan og‘rinmadi. Chunki u yoshi bilan bo‘lmasa ham, aqli va dunyoqarashi, tarbiyasi va xulqi, kattalarga yarashadigan nutqi bilan ulug‘vor edi. Ulug‘lar ham havas qiladigan darajada buyuk edi. Shu bois hech kim «Bu o‘spirin bizning oramizda nima qilib o‘tiribdi», deb ham o‘ylamasdi. Mehmonlar dasturxon atrofiga o‘tirishdi. Ye6, ichdilar. Shundan keyin muammo o‘rtaga tashlandi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:58:25
—   Agar zo‘ravonlarga qarshi lommim demasak, bundan battar haqsizliklar ro‘y bermasligiga kim ham kafolat bera oladi, — dedi biri.
—   Os bu ishni birinchi marta qilayotgan bo‘lsa ham mayli edi...
—   Bunday haqsizlikka yo‘l qo‘ygan faqat Os emas. Os ulardan biridir, xolos.
—   Hozir indamasak, vaqti kelib, hozirgi kunlarni ham qo‘msab qolamiz. Gapimga ishonaveringlar.
—   Bu ketishda qurayshlarning obro‘yi bir chaqaga arzimay qoladi.
—   Makkaga kelgan musofirlar, xatto hojilar ham tobora bizdan qo‘l siltab ketmoqdalar...
Qisqasi, ulardan hech biri bu ishning shundayligicha qolishini istamasdi. Bundan tashqari, o‘zlari xam borgan joylarida ana shunday muomalaga duch kelishlari mumkin edi. Bu yerda haqhuquqi toptalgan odam imkon topdi deguncha, boshqa bir qurayshlikdan bo‘lsada, haqqini undirib olardi. «Makkaliklar xohlagan zulmini qilaversin, ammo borgan joylarida izzatikrom, e’tibor ko‘rsin», deb hech qaerda yozib qo‘yilmagan edi.
Haj mavsumi yaqinlashgan, binobarin, bu masalada qat’iy qarorga kelish har qachongidan ham zarur edi. Xozir zulqa’da oyi. Atigi bir oydan so‘ng xaj mavsumi boshlanadi. Ziyoratchilarni yaxshi kutib olish, ularning osoyishtaligini ta’minlash, bu bilan ularning yana va yana kelishlariga zamin hozirlash darkor edi. Chunki Makkaga keluvchi musofir va hojilar qancha ko‘paysa, ^akkaning obro‘yi ham shuncha ortar, tijorati ravnaq topar edi.
Nihoyat, Abu Tolibning singlisi Bayda (yoxud Otika) o‘rtaga bir idishda mushku anbar keltirdi. Mehmonlarning hammasi unga birmabir barmoqlarini botirdilar.
Bu arablarning o‘ziga xos qasamyod marosimi edi. Ba’zan shunday xushbo‘y hidli narsaga, ba’zan qon va shunga o‘xshash narsalarga barmoqlarini botirib, qasamyod etardilar. Qasamdan qaytmasliklarini bildiruvchi bir dalil hisoblanardi bu.
Shundan keyin ilk qasamyod so‘zlari yangradi: «Toki dengizda birgina soch tolasini ho‘llashga yetadigan suv bor ekan, Sabr va Hiro tog‘lari qad ko‘tarib turar ekan, doimo mazlumning yonida, unga yordamchi bo‘lishga, zolimdan haqqini olguncha qo‘llabquvvatlashga, faqirlarga saxovat ko‘rsatishga Olloh nomi bilan qasamyod qilaman».
Bu qasamyod ayni tarzda bir necha bor takrorlandi. Bu qasamyod «Xilful fuzul» (ya’ni «Fazilatli kishilarning fazilatli ish tutish uchun qilgan qasamyodi») nomi bilan ataldi.
Bu nom necha yuz yillar oldin ham arablar orasida xuddi shu ma’noda bir bitim tuzgan uch kishining nomlari bilan aloqador edi. Ular Fazl ibn Fazola, Fazl ibn Vadoa, Fazl ibn Horis ismli uch o‘rtoq edilar. Mardonavor bir bitim tuzishgan, mazlumning yonini olib, zolimga qarshi, haqsizlikka qarshi kurashgan, shu tariqa necha asrlargacha arablar orasida yaxshi nom qoldirishgan edi ular. O’sha boshlangan yo‘lni bu safar Abdulloh ibn Jud’onning uyida yig‘ilganlar davom ettirmoqchi edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:59:14
* * *
— Os!.. Ooos!.. Tashqariga chiq!
Os tashqariga chiqdi. Bir to‘da odamlarga ro‘baro‘ keldi.
— Nima gap, nimalar bo‘lyapti?
—Sendan zabidlik shaxsning haqqini undirishga keldik.
Os taraddudlanib qoldi.^Ishning bunday tus olishini mutlaqo kutmagan edi. O’zicha, u masalani batamom hal qildim, deb o‘ylagan edi. Savdogar birikki joyda nolib, arzi hol qiladida, daf bo‘lib ketadi, deb kutgan edi. Ammo shu onda turli qabilalardan vakillari bo‘lgan bir guruh odam qarshisida lol turardi.
—   Zabidlik bilan nima ishingiz bor? — deb so‘radi ulardan.
Zubayr ularning nomidan javob berdi:
—   Qasamyod qildikki, bugundan boshlab haqsizlikka uchragan har qanday kishi bizning himoyamiz ostida bo‘ladi. Makkalik bo‘lsin, musofir bo‘lsii, hech kimga nisbatan zulm qilinishiga yo‘l qo‘ymaymiz.
—   Bermasamchi?
Abdulloh ibn Jud’on gapga aralashdi:
— Ko‘zingni och, Os! Bizni so‘nggi chorani qo‘llashga majbur etma!
Zubayr qo‘shimcha qildi:
— Darhol savdogardan qarzingni olib chiq. Chunki uni olmasdan ketmaymiz.
Os vaziyat qaltis ekanligini angladi. Ichkariga kirdi. Bir ozdan so‘ng pulni olib chiqib, Abdulloh ibn Jud’onga uzatdi.
Zabidlikni topib, haqini berdilar.
— Haqqing shunchamidi?
Savdogar yig‘lamsirab «Ha» ishorasini berdi va:
—    Sizlar bo‘lmasalaringiz, haqqimni ololmasdim,— dedi minnatdorona.
—    Mana endi uyingga xursand bo‘lib qaytishing mumkin. Makkada takror haqsizlikka uchrasang, bizga murojaat et, unutma.
Savdogar juda xursand bo‘lib, xayrlashdi.
«Xilful fuzul»ning a’zolari ancha yengil tortdilar. Yuzlarida tabassum paydo bo‘ldi. Axir, Makkadek muborak shaharda yashovchilarga munosib bir ishning uddasidan chiqqan edilar. Bundan buyon amalga oshiriladigan xayrli ishlarning muqaddimasi edi bu.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 09:59:27
Majlisning yigirma yoshli a’zosi Muxammad ibn Abdulloh bu bitimdan qalbida paydo bo‘lgan huzurhalovat tuyg‘usini, ko‘ngil rohatini o‘ttiz yil o‘tgach ham unutmadi. Bir kuni birodarlariga shunday hikoya qilib berdi: «Abdulloh ibn Jud’onning uyida bo‘lgan bir ahdlashuvda ishtirok etdim. Bunday sharafdan voz kechish evaziga dunyoning eng go‘zal ne’matlarini bersalar ham, aslo rozi bo‘lmasdim. Islom dini vujudga kelganidan keyin ham mana shunday ahdlashuvga taklif etsalar, sira ikkilanib o‘tirmasdan borardim».
Abdulloh ibn Jud’onning uyidagi ahdlashuv natijasi o‘laroq bir jamoaning Os ibn Voil uyiga borib, uni tiz cho‘ktirgani voqeasi tezda butun Makkaga ma’lum bo‘ldi.
Ko‘p o‘tmay Xos’om kabilasidan bir kishi Makkaga haj yoki umra niyati bilan keldi. Yonida Qotul ismli bir qizi ham bor. Qiz juda go‘zal edi.
Nubayh ibn Hajjoj bu qizga bir ko‘rishda oshiqi beqaror bo‘lib qolib, zo‘ravonlik bilan olib qochdi.
Qizning otasi bu zo‘ravonlikdan telba bo‘layozdi. Har tomonga yugurib dod soldi. Ko‘rganlar unga «Xilful fuzul» a’zolariga uchrashishni tavsiya etdilar. Bu odam Ka’baga keldi:
— Ey «Xilful fuzul» a’zolari!.. Ey «Xilful fuzul» a’zolari!.. — deb baqira boshladi.
Uning baqirig‘ini eshitgan «Xilful fuzul»chilar har tomondan kelib, atrofini o‘rab olishdi.
— Nima deysan?
—   Nubayh ibn Hajjoj qizim Qotulni zo‘rlik bilan olib qochib ketdi.
—   U holda biz bilan birga yur.
Katta bir jamoa Nubayh ibn Hajjojning uyiga bordi.
Nubayh eshigining oldiga kelgan bir to‘da odamni ko‘rib hushyor tortdi. Ularning nima maqsadda kelganliklarini sezdi. Olib qochgan qizni unga nikohlab, «Qo‘sha qaringlar», deyish uchun kelmaganliklari ayon edi. Kelganlar xo‘mrayib turardilar.
—   Nima ish qilding sen, yo Nubayh!
—   Nima qilibman?
—   Bu odamning qizini zo‘ravonlik qilib olib qochibsan.
—   Ammo men uni qattiq sevib qoldim. Undan ajralsam, o‘laman.
—   Uni sevib qolgan bo‘lsang, otasining roziligini olishing kerak edi.
—   U holda Qotulning otasidan so‘rayman. Qizning otasidan so‘radilar:
—   Qizingni Nubayhga berasanmi?
   Yo‘q.
Nubayh yolvordi:
— Nima xohlasa, shuni beraman.
Ota uzilkesil javob qildi:
Qizimni qaytarib bersin, boshqa xech narsa istamayman. Bu safar Nubayhga shunday amr berildi:
Hoziroq qizni shu yerga olib chiqasan. Aks holda, o‘zingdan ko‘r. Hech bo‘lmasa, bir kecha u bilan ko‘ngilxushlik qilay. Aslo bo‘lmaydi. Bir tuyaning sogimi qadar muddat ham kutmaymiz. Darhol olib chiq. Nubayh mag‘lub bo‘ldi. Bunday katta jamoaga bas kelish kiyin edi. Indamay uyiga kirib ketdi. Qizni olib chiqib, otasiga topshirdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 10:00:57
* * *
«Xilful fuzul»ning sharafli a’zosi Muhammad ibn Abdullohning har jihatdan yetuk yigit ekanligini xamma tan olardi. Biron kimsa barmogi bilan ko‘rsatadigan qusuri yo‘q edi uning. Qo‘iol, bema’ni gap gapirmasdi, biror aybli ish qilmagan. Jismi ham, ruxi ham pok va go‘zal edi. Ko‘pchilikning iiyunchini qozongan, obro‘e’tiborga sazovor bo‘lgan edi.
Endi ko‘iincha unga Muhammad ibn Abdulloh deb emas, «Al-Amin» deya murojaat etardilar. Biron kimsa uning «ishonchli odam» ekaniga shubha kila olmasdi.
Unga «Amin» ismini berganlar naqadar haqli ekanliklariga tobora ko‘proq ipgonch hosil qila boshlagan edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 10:01:22
SALMON FORSIY

Isfahon shahrining Jay qasabasida Salmon ismli bir o‘smir yashardi. Otasi qasaba raisi edi. O’g‘lini devonalarcha yaxshi ko‘rar, boshiga biron falokat tushmasin, deya hech yolg‘iz tashlab ketmas, hech qayoqqa yubormas edi.
Salmon bolalik, hatto ilk o‘smirlik chog‘ini ham, xuddi bir joriyadek, to‘rt devorning ichida o‘tkazdi. Dindor bir yigit bo‘lib ulg‘aydi. Oilasidan olgan diniy tarbiyaga ko‘ra, u ham majusiylikka (otashparastlikka) e’tiqod qilardi. Bir kuni bir ibodatxonaga kirib olib duo o‘kiyotgan, nimalarnidir pichirlashayotgan odamlarni ko‘rdi. Salmon ularni zavq bilan kuzata boshladi.
Oradan bir necha soat o‘tgan bo‘lsada, Salmon hanuz ularni tomosha qilardi. Balki shu daqiqalarda yolg‘izlik tufayli yuragida naydo bo‘lgan o‘kinch o‘rnini bir oz yengillik, xushnudlik egallagan bo‘lsa ajab emas. Chunki Salmon bu dindorlarni hayrat bilan kuzatarkan, yuzida xiyol tabassum paydo bo‘ldi. Oqshom payti odamlar tarqala boshladilar. Salmon ulardan birini to‘xtatib:
— Bu, sizlarning diningizning asosi qaerga borib taqaladi? Qanaqa din o‘zi? Diningizni menga chuqur va atroflicha o‘rgatadigan odamni qaerdan topsam bo‘ladi? — dedi.
— Shom shahridan, — degan javobni oldi. Salmon boshi egik holda ibodatxonadan chikdi. U o‘zicha shunday deb pichirladi: «Xudo haqqi, ularning dini biznikidan xayrliroq, biznikidan mukammalroq ekan».
Shu kunlari otasi Salmonni bir joyga ish bilan jo‘natdi. Salmon uzoq vaqt yo‘q bo‘lib ketdi. Qattiq sarosimaga tushgan ota darhol uning izidan odam jo‘natdi, ammo o‘g‘lining u joyga bormagani ma’lum bo‘ldi. Uni qidirib chiqqan kishilar yonatrofni qaytakayta qarab keldilar. Biroq Salmondan darak yo‘k edi.
Otaning xayoliga har xil yomon o‘ylar kela boshladi. Xunuk bir xabar eshitmayinda, deb xavotirga tushdi. Ammo kun botib, qorongi tusha boshlagach, Salmon hech iarsa bo‘lmagandek uyga kirib keldi. Yuziga diqqat bilan qaragan kishi uning o‘zgarib qolganini sezishi qiyin emasdi. Yuragiga g‘ulg‘ula tushgan ota mehr, shafqat, qo‘rquv va g‘azab hislari ayqashuyqash bo‘lib ketgan bir ovozda:
—Qaerlarda yuribsan, o‘g‘lim?! — deb so‘radi. Salmon o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan voqealarni gapirib berdi. So‘zlarini shunday davom ettirdi:
— Mening tushunishimcha, ularning dini biznikidan xayrliroqdir. Otasi ashaddiy majusiy edi. Eng to‘g‘ri din ota-bobolarimizning dinidir, dedi u!
— Yo‘q, ota, xudo haqqi, ularning dini biznikidan yaxshi, biznikidan mukammalroqdir. Ota o‘zlarining dini ustunroq ekanligini uqtirishga xarchand urinmasin, Salmon fikridan qaytmadi. Otasining jahli chiqib ketdi. So‘zini o‘tkaza olmagach, o‘g‘lining oyoqqo‘lini bog‘latdi va bir xonaga qamab qo‘ydi.
Oyoqqo‘llarga solingan kishan o‘spirinning ongini yanada tiniqlashtirgan, dunyoqarashi hududlarini kengaytirgan edi. Salmon endi o‘zining haqli ekanligiga shubha qilmasdi. Qulay fursatni poylay boshladi. Kalisoda tanishgan odamlariga xabar jo‘natdi: Shomdan bir karvon kelsa, ma’lum qilishlarini iltimos qildi.
Yuragi mexrshafqatga to‘la ota har kuni o‘g‘lidan xushxabar chiqishini kutardi. Unga pandnasihat qildi, tahdid soldi, har xil yo‘llarni sinab ko‘rdi, hech biri foyda bermadi. So‘nggi chora sifatida qamoq muddatini uzaytirishga qaror qildi. Jigarporasi, jondan aziz farzandining begona dinga kirishiga hech rozi bo‘lolmas edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 10:01:49
Shunday kunlardan birida Salmonga Shomdan bir karvon kelgani to‘g‘risida xabar yetdi. Salmon xabarchidan ular anik ketadigan kunda yana xabar yetkazishini o‘tinib so‘radi. Bu qamok muddati davomida Salmon majusiylikdan ko‘ngli soviy boshlagan, yuragiga tushgan uchqun alangalangan edi. Qattiq hayajon ichida karvon ketadigan kunni poylar, o‘zi uchun yangi bo‘lgan dinga kirishdan boshqa hech narsa haqida o‘ylamas edi.
Nihoyat, xushxabar keldi. Salmon darhol kishanlarini yechdi, vaqtni o‘tkazmay, uyidan chiqib ketdi. Bu uning ota uyini uzilkesil tark etishi edi. Endi bu uyga qaytib kelmoqchi emas, qaytish haqida o‘ylamas ham edi.
Karvonga qo‘shildi. Uzoq davom etgan safardan so‘ng Shomga yetib bordi. Vaqtni boy bermay, nasroniy dinining eng ulug‘ vakilini qidirdi. Ko‘rsatdilar. Salmon uning huzuriga bordi, boshidan kechirgan voqealarni so‘zlab berdi. Bu dinga kirish uchun chekkan azoblari va qilgan fidokorliklarini tilga olib o‘tdi. So‘zlarini shu tarzda yakunladi:
— Endi izn bersang, sen bilan birga qolay, senga va kalisoga sidqidildan xizmat qilayin. Bu dinni shaxsan sendan o‘rganib, sen bilan birgalikda ibodat qilayin!
Bu odam Salmonning so‘zlarini diqqat bilan tingladi, uning samimiy bir o‘spirin ekanligini angladi. Iltimosini qabul etdi. Salmon sevinch bilan uning qo‘llarini siqdi.
Endi Salmon majusiylikdan voz kechgan, nasoro
bo‘lgan edi. Dinga xizmatda kamchilikka yo‘l ko‘ymas, ibodat chog‘larida riyokorlik qilishni sira xam o‘ylamas edi. Endi bu kalisoda u bir necha yil qolib ketdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 10:02:04
* * *
Ammo Salmonning ruhoniydan mamnuniyati uzoqqa bormadi. Bu odam benihoya darajada riyokor ekan. Xalqqa qilgan nasihatlariga o‘zi amal qilmas, aksincha ish tutar edi.
Boylikka o‘ch edi. Boybadavlatlar sadakalarini unga keltirib:
— Sen faqirlarni bizdan ko‘ra yaxshiroq bilasai, bizning nomimizdan shu pullarni berib qo‘ysang, — der edilar.
Ammo ruhoniyning ko‘liga tushgan pullar faqirlarga yetib bormas edi. Oltin va kumush to‘ldirilgan xumlarining soni yettitaga yetdi.
— Avvalo, sizlarni to‘ldirishim kerak, faqirlarga keyin berilsa ham bo‘laveradi, — deya ruhoniy tushum pullarni xumlariga to‘kardi. Salmon uning bu qallobligini xalqqa kanday yetkazsam ekan, deb ko‘p o‘yladi. Lekin uddasidan chiqishiga ko‘zi yetmasdi.
Bir kuni ochko‘z ruhoniyning eshigi qattiqqattiq chertildi. Chertayotgan ajal edi. Qaytib ketish uchun kelmagan edi. Xohlasaxoxlamasa, uni huzuriga kiritishga majbur edi ruhoniy. Ko‘zlari oltinkumushga liq to‘la yettita xumga qadalgan ruhoniy o‘lim sharbatini so‘nggi tomchisigacha ichdi va umri bo‘yi: «Zinhor boylikka berilmang, pulga aldanmang, boylikka banda bo‘lmang, bularning hammasi — foniydir...» deya jar solgan, ammo hammadan ko‘proq o‘zi mukkasidan beriltan mol-dunyoni bir zumda tark etib ketdi.
Qavmlar ko‘z yoshi to‘kar, uni katta hurmat bilan dafn etishga hozirlik ko‘rar edi. Ularning samimiy qayg‘usi Salmonning bardoshini toshirgan so‘nggi tomchi bo‘ldi:
— Bu odam beodob, riyokor bir kimsa edi. Yig‘lashingizga ham arzimaydi!.. — deb baqirdi. Odamlar g‘azablanib ketdilar:
—Nimalar deyayotganingni bilasanmi o‘zing?
—Necha yillardan beri xizmatini qilgan odaming haqida bunday deyishga uyalmaysanmi?!
147
— O’lgan odamning ketidan gapirish ayb bo‘ladi...
Ammo Salmon so‘zidan qaytmadi:
— Men nima deyayotganimni yaxshi bilaman. Gap shundaki, sizlar unga sadaqalaringizni keltirib, faqirlarga tarqat der edilaringiz. U esa, xammasini o‘zining hamyoniga urardi. Istasalaringiz, o‘sha pullar turgan joyni ko‘rsataman, — dedi.
— Qani, ko‘rsat!
Xalq bir necha daqiqadan so‘ng og‘ziburni barobar to‘ldirilgan xumlarning yonida turardi. Xumlar ag‘darildi. Ko‘zlar qinidan chiqib ketayozdi. Bu beqiyos boylikni tushda emas, o‘ngda ko‘rayotgan edilar! Ruhoniy xaqidagi fikrlari bir soniyada teskarisiga o‘zgardi.
—   Ablah, haqiqiy mal’un ekan.
—   Haqiqiy shaytonning o‘zginasi...
— Necha yillardan beri bu iflosga aldanib kelgan ekanmiz... — kabi kin va adovatga to‘la xitoblar yangradi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 31 Dekabr 2008, 10:02:12
Asabiylashganlar orasida yillar bo‘yi ularni aldab, kuchini zulukdek so‘rib kelgan ruhoniyni rosa qarg‘aganlar ham bo‘ldi:
— Biz uni yerga ko‘mmaymiz, bunga u noloyiq.
So‘nggi qaror edi bu. Ruhoniyning jasadini sudrab olib ketdilar. Bir daraxtga osdilar. O’tgan-ketgan uni toshbo‘ron qildi.
Salmon xalqning ko‘zi o‘ngida to‘kilgan boylikdan bir paqir (tiyin) olishni ham istamadi.
Kalisoga bu daf’a xalqning hurmati va ishonchini qozongan boshqa ruhoniy tayin etildi. Salmon endi uning xizmatini qila boshladi.
Bu odamni Salmon yaxshi ko‘rib qoldi. Undan ko‘ra mukammalroq ibodat etadigan, mol-dunyoga uningdek ko‘ngilsiz, oxiratga uning kabi havasmand odam borligiga ishonmasdi. Ammo tez orada uning ham boshiga ajal keldi. Aslida mol-dunyoga hech ko‘ngil qo‘ymagan bu odamning hayotdan ko‘z yumishi ham qiyin bo‘lmadi. O’zi juda havasmand bo‘lgan oxirat yo‘liga ketdi. U yerda izzatikrom ko‘rishiga umid bilan ketdi.
Ruhoniy so‘nggi nafaslarini olarkan, unga o‘ta vafodorlik bilan xizmat etgan Salmon:
—   Meni kimga tashlab ketyapsan? Sendan keyin kimning etagidan tutaman? — deganida u:
—   Ishonsa bo‘ladigan kishilar oz qoldi. Mosulda bir rohib do‘stim bor, uning huzuriga bor... — dedi.
U o‘lgach, Salmon uzoq yig‘ladi. Shomni tark etarkan, necha yillar davomida birbiriga tamomila qaramaqarshi bo‘lgan ikki kishining xizmatini qilgani evaziga hech narsaga erishmagan edi. Bu xizmatni u din yo‘lida beg‘araz o‘tagan, xizmati evaziga pul ishlashni biron marta hatto o‘ylab ham ko‘rmagan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:17:22
XADICHANING SAVDO KARVONI

Makka ziroat shahri emasdi, ya’ni, u yerda dehqonchilik rivoj topmagan edi. Chunki bu shahar bir necha vodiy kesishgan yalangda qad ko‘targan bo‘lib, tuprog‘i va iqlimi ziroatga o‘ng‘aysiz edi.
Bu yerga ilk daf’a xotini Xojar bilan o‘g‘li Ismoilni tashlab ketgan buyuk payg‘ambar Hazrati Ibrohim ularni yolg‘iz krldirmaslik uchun Saniyyatul Vado’da duo o‘qib: «Ey Robbimiz, men zurriyotimdan bir qismini ekinsiz bir yalang vodiyda, sening hurmating uchun, qadrli Bayting oldida qoldirmoqdaman...» deya iltijo qilgan paytlari u yer yapyalang, yashillikning urug‘i ham ko‘rinmaydigan bir vodiy edi. Shundan keyin necha yuz yillar o‘tib, necha avlodlar kelib ketdi, Hazrati Ibrohim da’vat etgan Islom e’tiqodi unutildi, Ka’baning atrofi butlarga to‘ldi, biroq Makka vodiyi hamon ekinsiz, hamon yalangligicha qolgan edi.
Bu sharoit makkaliklarni chet o‘lkalarga chiqishga, tijoratga zo‘r berishga undadi. Har bir makkalikning ozmiko‘pmi savdosi bor edi. Har kim o‘z boyligi va qobiliyatiga yarasha savdosotiq bilan shug‘ullana boshladi. Asosan, yoz mavsumida Shomga, qishda esa Yamanga tijorat karvonlari qatnar, har bir makkalik imkoniyatiga qarab ushbu karvonlarga qo‘shilar, vakilini jo‘natar yoki ketayotganlardan biriga molini omonat topshirar edi.
Yakka o‘zi karvon uyushtira oladigan darajada badavlat shaxslar ham bor edi. Huvaylidning qizi Xadicha o‘shandaylardan biri edi.
Xadicha bag‘oyat go‘zal ayol edi. Dastavval, Otik ibn Oiz ismli kishiga turmushga chiqdi, undan bir qiz ko‘rdi. Otik ko‘p o‘tmay vafot etib, Xadicha beva qoldi.
Keyinroq Xadicha Abu Xala ismli bir kishi bilan ikkinchi marta turmush qurdi. U bilan bir necha yil yashadi. Ammo Basra tomonlarda tarqalgan vabo ko‘p kishilar qatori Xalani ham hayotdan olib ketdi. Abu Xaladan Hind ismli o‘g‘li va Zaynab ismli qizi tug‘ildi.
Taqdir taqozosi bilan ikkinchi marta tul qolgan Xadicha boshqa turmush qurishni o‘ylamadi. Otasi ham o‘lib ketgach, uning ixtiyorida qolgan benihoya boylikdan tijorat uchun foydalanishga qaror qildi. Oilaviy turmushda chap kelgan tolei tijorat sohasida yarqiradi. Kun sayin boyligi ortib bordi va tijoratda Makkaning eng oldi savdogarlari qatoriga kirdi.
Ham beqiyos mol-dunyo, ham tengsiz go‘zallik singari ikki boylikning egasi bo‘lgan Xadicha ushbu har ikkala boylik orzuyidagi ko‘pgina kishilarning takliflarini rad etdi, ortiq turmush qurmasligini bildirdi.
Har bir makkalik kabi, u ham Shomga, Yamanga karvonlarini jo‘natar, har gal karvonni boshqarib borishga bir kishini yollar, unga katta mikdorda haq to‘lar edi. Karvonboshilik mas’uliyatini zimmasiga olgan odam Xadichaning nomidan savdosotiq ishlarini yuritar, mollarini sotar, borgan joyidan mol olar, qaytib kelgach, Xadichaga hisob berar edi.
Xadicha jo‘natgan 6u odamlari qanday ish tutganliklari, bergan hisoblariga yarasha xattiharakat qilganqilmaganliklarini alohida nazorat etar, bu masalada Maysara ismli sodiq bir qulidan foydalanar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:18:52
Maysara kichik yoshidan beri uning nanohida ulg‘aygan, bekasining sof vijdoni, yuksak axloqi va fazilatlariga, haqiqiy insonligiga chin ko‘ngildan ishonib e’tiqod qo‘ygan, uni o‘z onasidek e’zozlar edi. Quli bo‘lgani uchun emas, hurmatga loyiq insonligini tan olgani uchun sidqidildan xizmat qilardi.
Maysara har safar karvon bilan birga borib, birga qaytardi. Ketar ekan, xonimafandisidan ajrashayotganidan g‘amgin, ammo ikkinchi tomondan, uning xizmatida bo‘lgani uchun ko‘ngli xotirjam ketar; qaytar ekan, yana xonimafandisiga emas, onasi huzuriga qaytayotgandek xursandchilik qalbini to‘ldirar edi. Shundan keyin Maysara Xadichaning yoniga o‘tirib, safar davomida ko‘rganlarini birmabir gapirib berardi. Shu orada karvonboshining xattiharakatlari, savdosotiq naytida o‘zini qanday tutgani, karvondagilarga qanday muomalada bo‘lganini ham ma’lum qilardi.
Xadicha Maysaraning ulkan tajriba va yaxshi xulq egasi ekanligiga ishonar, shu uchun u bergan hisobotga ko‘ra ish tutar edi. Keyingi safar karvon bilan boshqa odamni jo‘natar, ammo Maysaraning hisobotidan ma’lum bo‘lardiki, bu karvonboshiga ham ishonib bo‘lmas ekan.
Unda Xadicha nega Maysaraning o‘zini karvonboshi qilib qo‘ya qolmas edi?
Buning javobi Maysaraning qul ekanligiga borib taqalardi. Karvonda bo‘lgan hech bir kimsa qulning amriga itoat etishga toqat qilolmaydi. Xalq uchun ozod inson bo‘lish yaxshi xulq sohibi bo‘lishdan ko‘ra afzalroq edi.
Maysaraga ozodlik berish ham kifoya qilmasdi. Ozod qul ham, o‘sha paytdagi shartsharoitlarga ko‘ra, karvonboshi bo‘lolmasdi. Uzoq safarga chiqadigan karvon yo‘l davomida uchraydigan qabilalar bilan uchrashar, suhbatlashar, lozim bo‘lsa, ularga og‘irligini solib, ularning yordami, qo‘llabquvvatlashiga sazovor bo‘lar edi. Arabiston singari, hech qanday qonun va tartib bo‘lmagan, faqat kuchqudrat ahamiyatga ega bo‘lgan bir o‘lkada ozod etilgan qulning qo‘lidan ko‘p ish kelmasdi.
Maysaraning peshonasiga kichik yoshdayoq qullik tamg‘asi urilgan edi. Bunday tamg‘a bosilmagan taqdirda ham shuhrati Makkadan tashqarilarga tarkalgan aslzoda oiladan emas. Shu sababli Xadicha, unga qattiq ishonsa ham, karvonboshilikka tayinlay olmasdi.
Maysara hayotidan mamnun edi. Chunki xonimafandisi unga nisbatan shafqatsiz xo‘jayin emas, shafkatli bir ona bo‘lib qolgan. Bekasi unga hech qachon qo‘lidan kelmagan ishni buyurmagan, xo‘rlamagan, kamsitmagan ham.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:20:38
* * *
Yigirma beshinchi yil...
Fil voqeasi yuz berganda o‘n besh yoshli qiz bo‘lgan Xadicha endi qirq yoshga chiqdi. Go‘zal axloq egasi bo‘lgani bois makkaliklar unga «Tohira» laqabini berdilar. Bu so‘zning ma’nosi pokiza, iffatli, fazilatli ayol demak edi. Tohira laqabi Xadicha onamizga chindan ham juda mos edi.
Xadichaning bu yil ham karvon jo‘natish niyati bor edi. Ammo kimni boshliq qilib yuborishni bilmay, boshi qotdi.
O’ziga ma’lum odamlarning barini atroflicha bilib olgan. U odamlarni foyda keltirmaydi deb ham bo‘lmasdi, albatta. Biroq ular to‘g‘risida Maysaraning fikri yaxshi emas edi. Sinalmagan odamni yollashga esa, ko‘ngli chopmasdi.
151
Shu sababli barcha tanishbilishlariga ishonchli karvonboshi topishga yordam berishlarini so‘rab odam jo‘natdi. Tog‘asi Hakim ibn Hizom, qarindoshlaridan Huzayma va o‘rtog‘i Nafisa ham ishonchli odam qidirish bilan ovora bo‘ldilar.
Nihoyat, Hoshim o‘g‘illaridan Abu Tolibning jiyani Muhammad ibn Abdullohni tavsiya etdilar. U haqda ko‘pchilik yaxshi fikrda edi. Makkaliklar uni bejiz «Al-Amin» deb atamaganlar axir. Ayni paytda Muhammad bekor edi. Agar roziligi olinsa, ko‘ngildagi ish bo‘lardi. Xadichaga tavsiya ma’qul tushdi. Ilgari ham bu yigit haqida yaxshi gailar eshitgan edi. Darhol Abu Tolibga jiyanining karvonboshilikka roziligini bilish uchun odam yuborildi.
Boylik borasida Abu Tolibning sira biri ikki bo‘lmagan, tolei kulmagan edi. Hoshim o‘g‘illarining boshchisi bo‘lsada, doimo kambag‘al yashadi, kosasi hech oqarmadi. Bu yil ham ahvol o‘shao‘sha, hatto yanada og‘irlashdi.
Yigirma besh yoshga kirgan jiyanining ahvoli ham amakisinikidan pesh emasdi. Otasidan unga durustroq molmulk qolmagan.
Bir kuni Abu Tolib jiyani bilan birga o‘tirib, nochor ahvoldan chiqish choralari xususida suhbatlashdilar. Abu Tolib jiyaniga shunday dedi:
— Xadicha Shom tomonlarga safarga jo‘natish uchun hozirlagan karvoniga ishonchli yo‘lboshchi qidirayotgan emish. Unga shu to‘g‘rida uchrashib ko‘rsang, qanday bo‘larkin? Taxminimcha, bajonidil rozi bo‘lsa kerak. Aslidaku, o‘zimga qolsa, seni Shomga aslo jo‘natmas edim. Ammo ko‘rib turibsan, boshqa hech qanday choramiz qolmadi. Buyuk Amin bu so‘zlarni diqqat bilan eshitdi.
— Amakijon, siz nima desangiz, menga shu ma’qul, —dedi.
Endi buni Xadichaga bildirish qolgan edi, xolos. Uning rozi bo‘lishi muqarrar edi. Harholda, Makkada jiyanidan ortiqroq odamni topishi mushkul. Xadicha bunday imkoniyatni qo‘ldan bermasa kerak.
Shu payt bir chopar kelib, Xadichaning salomini yetkazdi va Abu Tolibdan jiyanini karvonboshi sifatida jo‘natishga rozilik so‘rayotganini bildirdi.
Abu Tolib masala bu qadar oson hal bo‘lishini sira kutmagan edi. Nasibasi go‘yo oyoq ostidan chiqqandek bo‘ldi. To‘lanadigan haq to‘g‘risida kelishib olish uchun u Xadichaning uyi tomon yo‘l oldi.
— Jiyaning Muhammad to‘g‘risida juda ko‘p yaxshi gaplar eshitdim, — deb so‘z boshladi Xadicha. — Shu paytgacha safarga otlantirgan karvonboshilarimdan ham yaxshiroq, ishonchliroq karvonboshini qidirib yuruvdim. Mana, nihoyat, ko‘nglimdagidek odam topildi, deb o‘ylayman.
Ha, sen haqsai, ey Xadicha. Jiyanim seni mamnun etadigan odobaxloq va tarbiya egasidir. Biroq hisobli do‘st ayrilmas, deganlar. Men unga to‘lanadigan haqni kelishib olsak, degan maqsadda keldim. Unga nima berasan?
—   Boshqalarga berganimning ikki hissasini.
—   Kelishdik.
Taklif etilgan haq talashibtortishishga aslo o‘rin qoldirmadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:22:27
* * *
Tayyorgarlik tamom bo‘lgach, karvon Buyuk Amin boshchiligida Shom safariga chikdi. Buyuk Amin karvonning eng boshida borardi.
Xadicha u bilan ilk bor yuzmayuz uchrashganda umrida hali bu qadar pokiza, tamizli va ko‘rkam odamni ko‘rmaganiga va bundan keyin ham ko‘rmasligiga ishonch hosil qildi.
Yo Robbim!.. deyishdan o‘zini tiya olmay qoldi u. Bunday chehra egasidan yolg‘onchilik, hiylanayrang yoki riyokorlik kutilmasdi.
Ularga «Sog‘ borib, salomat qaytishlarini» tilar ekan, karvonning chindan ham esonomon boribkelishini ko‘ngli bilan sezdi.
Maysara karvonning eng oxiridan joy oldi. Ikki kun yo‘l yurganlaridan so‘ng oldidagi ikki tuyaning beto‘xtov oqsoqlanayotganiga ko‘zi tushdi. Tuyalar tobora battar oqsoqlana boshladi. Bu ketishda ko‘p o‘tmay yura olmay qolishlari begumon edi. Ahvolni bildirish uchun ulovini jadallatdi. Ammo karvonboshiga yaqinlashay deb qolganda... ko‘zlarini ishqalashga majbur bo‘ldi. U ko‘rgan narsa faqat tushga kirishi mumkin edi. Karvon boshi Muhammad ibn Abdullohning ustida uchib borayotgan ikki xilqat unga soyabon tutib borardi. Tushida ham bunday g‘aroyib hodisani ko‘rmagan Maysara hayratdan qotib qoldi.
Bu xilqatlarning soyasi yo‘q edi!
Hamma u ko‘rgan narsani ko‘rayotganmikan? Miyasiga daf’atan urilgan bu fikrdan o‘ziga kelgan Maysara yonidagi odamning qo‘liga turtdi:
— Bu galgi karvonboshimiz juda yoqimli yigit ekana, nima deding?
Haligi odam boshini ham ko‘tarmay:
— To‘g‘ri aytasan, men ham shunday fikrdaman, dedi.
Maysara undan bu javobni olishdan ham ko‘ra, haligi xilqatlarni ko‘ryaptimiyo‘qmi, shuni bilmoqchi edi.
Ajabo, bular farishtalarmikan? Muhammad ibn Abdulloh farishtalar xizmatini qiladigan shunday buyuk kishimikan?
Maysara unga yaqinlasharkan: — Orqada ikki tuya yura olmay qoldi, — dedi. Qisqa muddatga to‘xtadilar. Birgalikda oqsoq tuyalarning qoshiga bordilar. Chindan ham tuyalarning ahvoli og‘ir, oyoqlari shishib ketgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:24:39
Buyuk Amin tuyasidan tushdi, oqsoq tuyalarning oyoqlarini ushlab, ohista siypaladi, oyoqlarining tagiga barmoqlarini tekkizdi. Shundan keyin ularning yonidan nari ketdi. Maysara Muhammadning harakatlarini zo‘r qiziqish bilan kuzatardi.
Tuyalar birdan jonlandilar. Ikki daqiqa oldin yura olmaydigan holatda bo‘lgan tuyalar go‘yo bular emasday, shahdam odimlab ketdilar. Oldindagi tuyalardan o‘zib ketishga urinayotgandek edilar.
Maysaraning hayrati yanada oshdi. Boshqa karvonboshi bo‘lsa bunday ahvolga tushgan tuyalarni hech ikkilanmay so‘ydirar, butun safar davomida ziyofat qilib berar edi. Holbuki, Muhammad bunday qilmadi. Bunday qaraganda, u ham xuddi boshqalarday ish qildi. Shunchaki, tuyalarning ahvoli bilan yaqindan tanishdi, xolos. Lekin tuyalar shundan keyin qayta tug‘ilgandek tetik odimlab ketgani hayratga solardi kishini.
Bu voqeani shu karvon safida borayotgan Xadichaning qarindoshi Huzayma ham ko‘rdi. Huzayma karvonboshining oddiy odam emasligiga qanoat hosil qildi.
Maysara g‘aroyib ko‘lankaning to qosh qoraytuncha ularni ta’qib etib borganini kuzatdi. Kechqurun shu haqda o‘yladi, kunduzi shu hakda bosh qotirdi, xullas, yuragi nimanidir seza boshladi.
Erta tongda yana yo‘lga otlanildi. Birmuncha muddat o‘tib, quyosh charaqlab chiqdi. Maysara yana karvonning oxirida borayotgan edi. Faqat, ba’zan karvonning boshiga qarabqarab qo‘yar, kechagi hodisa yana takrorlanadimiyo‘qmi, shuni o‘ylar edi. Hozircha xilqatlar ko‘rinmasdi. Ammo kun tikkaga kelib, quyosh ayovsiz qizdira boshlagach, ular yana paydo bo‘ldi.
Butun safar chog‘i shu hol davom etdi. Nihoyat, Buxayraning manziliga keldilar. Keksa rohib o‘lgan ekan. O’n uch yil oldin, bolaligida ko‘rgan bu zotni bugun, yigirma besh yoshga kirgan chog‘ida ko‘rganida, kim biladi, nima qilar, qanchalik quvonar edi. Uning o‘rnida Nastura ismli bir rohib ishlayotgan edi. Maysara bilan azaldan tanish bo‘lganliklari sababli quyuq suhbatlashdilar. Muhammad ibn Abdulloh esa, bir necha yil oldin shu yerdan olgan taassurotlarini eslab, daraxt tagida hordiq chiqarardi.
Rohib Nastura daraxt tagida dam olayotgan Buyuk Amin haqida ba’zi ma’lumotlarga ega bo‘ldi, o‘zi ham u haqda nimalardir dedi. Ammo Buhayra singari unga oshiq bo‘lib, hayajonga tushmadi. Yoniga borib, yaqindan tanishishni ham lozim ko‘rmadi.
Karvon manzilni tark etdi. So‘nggi bekat Busrada bo‘ldi. Busrada xam katta bozor bor edi. Shu yerda savdosotiq qilib, ishlarni bitirib qaytishga qaror qilindi. Maysara oldingi safarlarda Shomgacha borgan edi, shu bois, u yerda ko‘proq foyda olinadi, deb o‘ylardi. Ammo karvonboshiga e’tiroz bildirolmadi.
Mollar bozorga tushirildi. G’aroyib bir hol yuz berdi. Mollar hech kimsa sota olmaydigan yuqori narxlarda juda tez sotila boshladi.
Maysara sal orqaroqda turar, oldisotdiga aralashmas, balki buyurilgan ishnigina bajarar edi. Muhammad ibn Abdulloh qo‘lidagi molni sotar ekan, uni ortiq darajada maqtamasdi. Sotib olayotganda kamsitish, sotayotganda ortiqcha maqtash odati yo‘q edi unda.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:25:52
Shu payt bir yahudiy bilan oralarida anglashilmovchilik sodir bo‘ldi. Yahudiy ularning Haram ahlidan ekanliklarini bilgani uchun:
— Lot va Uzzo haqqiga qasam ich, bo‘lmasa ishonmayman, — dedi.
Muhammad ibn Abdulloh qipqizarib ketdi, chakka tomirlari bo‘rtib chikdi:
— Men bugungi kungacha ularni o‘rtaga qo‘yib qasam ichmaganman. Hatto basharalariga qiyo ham boqmaganman. Yonlaridan o‘tsam, yuzimni o‘girib o‘tib ketaman, — dedi. Yahudiy bu safar, u holda bilganingcha qasam ich, deb o‘tirmadi.
— Sening aytganingcha bo‘la qolsin, — dedi va shu bilan olishberish tugadi.
Maysara eshitgan gaplariga birorbir ma’no berishdan ojiz edi. Muhammad nega Lot va Uzzo kabi butlardan bunchalar nafratlanar ekana?.. Makka xalqi, ustigaustak, xoshimiylar ham butlarga katta ahamiyat berardilar.
Yahudiy ketar ekan: «O’sha bo‘lishi kerak, albatta, o‘sha...» derdi o‘ziga o‘zi.
Maysara teztez yurib, yahudiyga yetib oldi.
—   Nimalar deyapsan? — dedi.
—   Nimani nima debman?
— Xo‘jayinim haqida bir narsalar deb ming‘irlayotganingni o‘z qulog‘im bilan eshitdim.
Yahudiy Maysaraning yuziga tikildi:
— Mening bilishimcha, bu odam Payg‘ambardir. Bizning olimlarimiz kitoblarda sifatlarini keltirib o‘tgan payg‘ambar shu odam bo‘lishi kerak, — dedi.
So‘ngra Maysaraning javobini ham kutmay, ketib qoldi. Kim nima desa, desin, bu galgi daromad har doimgidan sezilarli darajada ko‘p edi. Olinishi kerak bo‘lgan mollarni ham juda arzon narxda xarid qilishdi. Bir necha kun davom etgan savdosotikdan so‘ng qaytish tayyorgarligi boshlandi. Shu orada Maysara, karvonboshining taklifiga ko‘ra, u bilan bir dasturxondan ovqatlandi. Holbuki, shu paytgacha hech bir karvonboshi unga bunchalik iltifot ko‘rsatmagan edi. Faqat buyruq berib, xizmat kutgan edilar. Yana, Maysara oldilariga qo‘yilgan taomning g‘alati tarzda barakali bo‘layotganini ham o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Lekin endi bu xil g‘aroyibotlarga ancha ko‘nikib qoldi, ortiq: «Bu qanaqasi bo‘ldi, tushimmi yo o‘ngimmi?» demas edi. Biroq har jihatdan yetuk va mukammal bu zotning butlar haqidagi tushunchalarini hech tushuna olmadi. Ularga sig‘inish u yoqda tursin, yonidan o‘tayotganda yuzini o‘girib olishiga nima desa bo‘ladi? Ilohlar nechuk unga bu nafratiga yarasha jazo bermaydilar, boshiga nega kulfat yog‘dirmaydilar?
Yo‘l bo‘yi karvonboshidan ilohlar haqida boshqa biron og‘iz ham gap eyashtmadi. To‘xtabto‘xtab, ammo hech qanday xavfxatarga uchramasdan ilgarilar edilar. Shu yo‘sinda tepaliklardan oshib o‘tildi, vodiylar, cho‘llar ortda qoldi. Marruz Zahron degan manzilga yetganlarida, Maysara borib Xadichaga xabar berish istagini bildirdi. Ruxsat etilgach, yo‘lga chiqib, tezlikda bekasining huzuriga yetib bordi. Karvonning esonomon qaytib kelgani haqidagi xushxabarni aytdi. Safar davomida sodir bo‘lgan va alohida diqqatga sazovor g‘aroyib hodisalarni birmabir so‘zlab berdi.
Xadicha juda mamnun bo‘ldi. Derazaning oldiga o‘tirdi. Karvonning yo‘liga ko‘z tika boshladi. Vujudi o‘zi ham yenga olmagan ajib bir hayajonga, intizorlik tuyg‘ulariga to‘liq edi. Peshin vaqti. Uzoqdan karvonning qorasi ko‘rindi. Eng oldinda Muhammad ibn Abdulloh kelardi, boshi uzra esa, Maysara so‘zlagan «soyabon»...
Karvon tuyalari so‘ng marta cho‘kdi, yuklar tushirildi. Karvonboshi karvon sohibasi tomon yo‘l oldi. Salom berdi, sog‘salomat borib kelganliklari, foyda kutilganidan ham ko‘p bo‘lgani, hech qanday korhol yuz bermagani, birorbir xatolikka yo‘l qo‘yilmagani haqida donadona qilib gapirib berdi. Shundan keyin izn so‘rab, amakisining huzuriga ketdi.
Xadicha olib kelingan mollarni Makkada juda tez va baland narxda sotganida xursandchiligi ikki barobar oshdi.
Maysaraning ma’lumotlari favqulodda edi. Bunday olijanob tabiatli, farishtalargagina yarashadigan xulq sohibini yer yuzidan topish amrimahol edi.
Endi yanada ko‘proq haq to‘lash sharti bilan bo‘lsada, Muhammad ibn Abdullohni keyingi safarga ham ko‘ndirish, uni karvonboshi qilib jo‘natiya1 lozim edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:26:54
BAXTLI NIKOH

Karvon qaytgandan buyon bir necha kun o‘tdi. Bir kuni Muhammad ibn Abdullohni ko‘rgani Nafisa keldi. Holahvol so‘rashgach, maqsadga o‘tdi:
— Seni uylanishdan to‘xtatib turgan narsa nima, ey Muhammad?
— Qo‘limda uylanishga yetadigan pulim, mablag‘im yo‘q.
— Molmulki, husnijamoli, yashrafi beqiyos ayol sengaturmush qurishni taklif etsa, qanday javob qilarding?
—   Kim ekan?
—   Xadicha.
—   Bu qanday bo‘ladi? Mumkinmi shunaqasi?!
—   Ishning u tomonini menga qo‘yib ber.
—   U holda, bu taklifga roziman.
Nafisa ushbu javobni olgach, xayrlashdi. Bo‘lgan voqeani Xadichaga so‘zlab berdi. Xadicha bu safar shunday xabar jo‘natdi:
—Ey amakimning o‘g‘li! Oramizda qarindoshlik munosabatlarining borligi, qavmingiz orasida sharafli xonadonga mansubligingiz, yaxshi shaxsiyatingiz, go‘zal axloq va sa’jiyaga egaligingiz bois siz bilan turmush qurish orzuimdir.
Ahvol Abu Tolibga bildirildi. Ammaxolalar, amakilar, bu turmush to‘kis bir turmush bo‘ladi, deb baholadilar. Abu Tolib boshliq hoshimiylar Xadichaning uyiga sovchilikka bordilar. Xadicha qo‘y so‘ydirib, ziyofat tayyorlagan edi. Taomlar tanovul qilingach, Abu Tolib so‘z oldi. Ularni Ibrohim va Ismoil payg‘ambarlar nasliga doxil etgan, Ka’baga xizmatchilikni nasib aylagan Ollohga xamdu sanolar o‘qidi. Jiyani Muhammad ibn Abdullohning kambag‘al, biroq yuksak fazilatlarga ega bir yigitligini ta’kidlab, uning Xadicha binti Huvaylidga ko‘ngli moyil ekanligini bildirdi.
Xadichaning amakisi Varaqa ibn Navfal ham bir necha so‘z dedi. So‘ngra, taklifni mamnuniyat bilan qabul etganliklarini aytdi. Shu tariqa, nikoh marosimi nihoyasiga yetdi. Mahr sifatida Xadichaga yigirmata tuya beriladigan bo‘ldi.
Bu baxtli nikohda ishtirok etganlar har ikki tomonning birbiriga juda munosibligi to‘g‘risida yakdil edilar. Kuyov yigirma besh, kelin qirq yoshlarda edi.
Endi Xadichaning ko‘ngli butkul xotirjam bo‘ldi. Ishlarini idora qiladigan, tijoratini yuritadigan xo‘jayini bor. Hech kimsa gard yuqtira olmaydigan mustaxkam va baxtli oila qurilgan edi.
O’sha kunlarda fil voqeasidan yigirma besh yil ikki oyu o‘n kun o‘ttan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:28:27
JASUR BIR BOLA
Umar

O’n ikki-o‘n uch yoshlarga kirgan Umar otasi Xattobning amriga muvofiq tuya boqa boshlagan edi. Bani Maxzumdan boshqa ba’zi oilalarning tuyalari ham uning suruviga qo‘shilar, shu zaylda Umar har kuni qosh qorayguncha tuyalarni boqish bilan ovora bo‘lar edi. Aslida o‘n ikki yoshda bo‘lishiga qaramay, uzun bo‘yli, baquvvat bir yigitchaga o‘xshardi. Tengdoshlari ichida unga bas keladigani topilmasdi. Hatto o‘zidan bir necha yosh katta yigitchalarni ham kurashda yengish Umarga qiyin ish emasdi. Fursat topdi deguncha kurashar, o‘n besho‘n yetti yoshli yigitlarni yiqitar, chavandozlik, merganlik bilan shug‘ullanishga ham vaqt ajratar edi. Ko‘rganlar: «Umar otasi Xattobdan ham o‘tib ketishi shubhasiz», derdilar hayratdan o‘zlarini tiya olmay.
Vaholanki, Umar shafqat nimaligini bilmaydigan otaning farzandi o‘laroq voyaga yetardi. Bir paytlari o‘g‘illik bo‘lgani uchun o‘zida yo‘q sevingan Xattob arzimaydigan bir nuqsonga ham ahamiyat berar, qullarning yelkasida sinashni ermak qiladigan qamchisini goh-goh Umarning yelkasiga ham jahl va shiddat bilan tushirib qolar edi.
Umar ustmaust tushayotgan qamchi zarbalariga tishini tishiga qo‘yib bardosh berar, otasiga gap qaytarmas, isyon ko‘tarmas edi. Bu holni vaqt o‘tishi bilan, jon o‘rtovchi mashq, deb qabul qilishga odatlandi.
Umardan kaltak yegan bolalar, uning yelkasida qolgan qamchi izlarini ko‘rib yengil tortishar, shu tariqa undan go‘yo o‘ch olganday sevinishar edi.
Xattob Umar tug‘ilganda xotini Xontamaga, endi qiz tug‘sang ham, lommim demayman, deb va’da bergan va shu va’dasiga amal qilgan edi. Chindan xam Umardan keyin qiz ko‘rishdi, unga Fotima deb ism berishdi. Endi Xattob qizning otasi bo‘lishdan uyalmasdi, chunki uning qo‘li hovuchiga sig‘maydigan, dovyurak, jasur Umari bor. Bahona topildi deguncha uni ayovsiz kaltaklashiga qaramay, jonidan ortiq ko‘rardi, bu kaltaklar Umarni pishitadi, deb o‘ylardi.
Bir kuni uzoqdan o‘g‘lining kurashayotganini kuzatdi. Umar har biri o‘n uch, o‘n to‘rt yoshlarda bo‘lgan uchta bolaga birdaniga kurashishni taklif etgan, taklif qabul qilingan zahoti bo‘ronday yopishib, uchalasini xam bir hamlada yiqitgan edi. Xattob bu manzarani kuzatarkan, o‘zini tuta olmay: «Mening arslon o‘g‘lim!» deb yubordi.
Adabiyotchilarga xos durustgina nutqi bor edi. Kelajakda yetuk bir xatib bo‘lishi ayon edi. Nasldan naslga o‘tib kelayotgan va alohida hurmat bilan qaraladigan notiqlik san’atini shaxsan otasidan o‘rgandi. Yana, Umar mashhur shoirlarning she’rlarini ham bir zumda yodlab olar, o‘qir, tuyalarning ketida, qiradiru yaylovlarda aylanib yurar ekan, bu she’rlar unga hamroh bo‘lar edi.
Jo‘shqin daryolar yo‘lida uchragan narsani buzib, vayron qiladi, daraxtlarni yiqitadi, uylarni buzadi, hayvon suruvlarini sudrab ketadi, o‘tgan joylarini botqoqlikka aylantiradi, ammo ilm va texnika vositasida kurilgan to‘g‘onlar quturgan u suvlarni to‘xtatadi, insoniyatning xizmati uchun bo‘ysundiriladi, beqiyos foyda keltiradi. Umar ham xuddi ana shunday jo‘shqin daryoga o‘xshardi. Uning tomirlarida qo‘rqinchli imkoniyatlar pinhona oqardi. Bu imkoniyatlarni to‘g‘ri yo‘lga soladigan, insoniyat xizmatiga yo‘naltiradigan ustozmurshid topilsa, nur ustiga nur, biroq bunday bir murshiddan mahrum qolsa, keltiradigan zarari ham behad bo‘lishi kutilardi.
Bundan keyin shamollar qanday esadi, oldindagi kunlar nimalarni keltiradi, hali noma’lum edi!..
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:30:33
SUYUKLI KICHKINA MAHBUS
Zayd

Qalb qabilasining bolalari orasida endi yetti yoshga to‘lgan, qorachadan kelgan, ko‘zlari kulib turuvchi bir go‘dak alohida ko‘zga tashlanib turadi. Zayd edi uning ismi. Bolalar orasida o‘ynabkulib kechgan yetti yil orqada qolayotgan edi. Otasi Horisa o‘g‘ilchasini juda yaxshi ko‘rar, ustiga gard ham yuqtirmas edi. Bu go‘dakning boshqa bolalardan ko‘ra shafqatliroq, qobil bir inson bo‘lishiga chin yurakdan ishonar, buni ko‘zlaridan o‘qib turar edi.
Chindan ham Zayd tamizli, pokiza inson bo‘lib yetishayotganini ko‘rsatar, oqqorani, yaxshiyomonni ajrata olar edi.
Bir kuni Zayd onasi bilan birga ko‘shni qabilaga mehmonga bordi. Bu qabila Toyy qabilasi deb atalardi. U yerda qarindoshlarinikida bir necha kun turib kelmoqchi edilar. Zayd tezda bu yerda ham tengdoshlarini topib, do‘stlashib oldi.
Bir kuni erta tongda Zayd noxush shovqinu to‘sto‘polondan uyg‘onib ketdi. Nima gap, nima bo‘ldi, deyishga ham fursat qolmadi. Qilichlarning shaqirshuquri, otlarning kishnashi, dodfaryodlar, qichqiriqlar hammayoqni tutib ketgan.
Ko‘p o‘tmay Zayd o‘zini notanish va dag‘al qo‘llar iskanjasida ko‘rdi. Qattiq siqib ushlab olgan bu odam uni qayoqqadir sudrab borardi. Har tomondan eshitilayotgan chinqiriqlar, faryodlar, qarg‘ishlar orasida Zayd ham «Yordam bering!.. Qutqaring!..» deya baqirardi. Ammo behuda edi.
Hamma o‘z jonini omon saqlab qolish tashvishiga tushgan, hech kimning birov bilan ishi yo‘q. Ko‘p o‘tmay Zaydni u yerdan olib ketdilar. Ko‘z oldida qolgan so‘nggi manzara yerda tipirchilab yotgan bir necha otu jonsiz jasadlar bo‘ldi. Ancha uzoqlashib ketganlaridan keyin ham haligi to‘sto‘polon, dodfaryodlar kuloqlari ostida jaranglab turdi.
Qaerga ketayotganini bilmasdi. Qo‘llari bog‘langan, bu yo‘llarni birinchi marta ko‘rishi. Oqshom tushgach, uni bir daraxtning tagiga o‘tqazib, o‘sha daraxtga mahkam bog‘lab qo‘ydilar. Shunday o‘tirgai holda tong ottirishi kerak edi. Undan nimani istaydilar, nega uni olib qochdilar, undan boshqa olib qochilganlar ham bormi?.. Zayd bu savollarga javob topadigan ahvolda emas edi. Charchoq, g‘amalam jonidan o‘tib ketgan, onasiga nima bo‘lganidan ham bexabar edi. U o‘tirgan joyida uxlab qoldi. Ertalab yig‘labyig‘lab uyg‘ondi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:31:02
Yana yo‘lga tushdilar. Zayd o‘zi bilan birga boshqa bolalarning ham asir etilganlarini ko‘rdi. Oralarida ayollar ham bor edi. Onasini qidirgan nigohlari umidsiz toldi.
Qo‘loyoqlari bog‘langan holda tuyalarga o‘tqizilgan asir bolalar o‘z ixtiyorlaridan tashqari, azobuqubatli safarga chiqqan edilar. Safar bir necha kun davom etdi. Orasira ko‘tarilgan dodfaryodlarni kaltaklar bilan bostirar edilar.
Gavjum bir bozorga kirib bordilar. Yuklar yechildi. Bolalarning bo‘yinlariga ular chiqara olmaydigan qilib yo‘g‘on iilar maqkam bog‘landi. Bolalar birbirlariga matashtirib, bog‘lab qo‘yildi.
Bozor ochildi. Bu joy qul bozori edi. Har tomondan kelgan savdogarlar qul bozoriga ham kirar, o‘zlari uchun ma’qul xizmatchi sotib olishga harakat Qilar edilar. Ba’zan narx juda baland bo‘lar yoki qulning bunday narxga arzimasligi ta’kidlanar edi. Mana, hozir ham odamlarni hayvonlar singari bittaikkitalab sota boshladilar.
Shu orada Zayd uchun savdolashganlar ham bo‘ldi. Uning ma’sum qarashlari xaridorlarning diqqatini o‘ziga tortar, lekin so‘ralgan narxga ko‘nmay qaytib ketar edilar. Xaridorlar garchi o‘zlari olmasalarda, «Buncha yoqimtoy bo‘lmasa...» deb undan uzoqlashardilar.
Axiyri, o‘zini makkalik deb tanishtirgan Hakim ibn Hizom ismli bir odam ikki bolani sotib oldi. Ulardan biri Zayd edi. Zayd uchun to‘rt yuzlik, so‘ng olti yuzlik dirham to‘landi.
Zayd birgalikda sotilgan birodari bilan hali bu azobli safar boshlangandayoq tanishib olgan edi. Chunki bir xil takdir ba’zan do‘stlik iplarini juda mustahkamlaydi.
Uzoq bir safar boshlandi. Kechayu kunduz tinim bilmay yo‘l bosdilar. Nihoyat, Makka shahriga yetib kelishib, safar tugadi.
Ularni sotib olgan odamning uyiga bir kundan keyin benihoya darajada go‘zal, istarasi issiq, ustboshi ozoda bir ayol taklif etildi va bolalarni shu ayolning oldiga chiqardilar.
Zayd ilk boqishdayoq bu ayolga nisbatan ko‘nglida iliq bir tuyg‘u paydo bo‘lganini sezdi. Modomiki otasining bag‘riga qaytmas ekan, modomiki shu ikki kishidan biriga xizmatchi bo‘lish manglayiga yozilgan ekan, qo‘yib bersalar, shu ayolga xizmat qilishni tanlagan bo‘lardi. Ammo, ayonki, bu tanlash haqqi zinhor unga berilmagan edi. Shu onda hech kimsa: «Kel, bolaginam Zayd, kimni tanlasang, shu bilan krl», demaydi. Zaydning istagi so‘raladigan kunlar endi ortda qoldi. Balki endi qadrdon go‘shasiga hech qaytmas, umri qullikda xizmatda o‘tar...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:31:59
Diqqatni tortuvchi jozibali nigohlari ayolga qadalgan. Qalbida: «Meni tanlasin, Ollohim!..» degan duolar yangrar edi. Biroq ayol Zaydning sohibiga qaradi:
— Ulardan qaysi birini men uchun olgan eding, Hakim, — dedi.
— Tanlamadim. Ammam qaysi birini xohlasa, o‘shaniolar, devdim.
— Zo‘r odamsan, Hakim.
—   Men kimning jiyaniman, ammajon?.. Sen balki unutgandirsan, ammo mening ammamning ismi Xadichadir.
—   Minnatdorman, Hakim. Demak, ulardan birini o‘zim tanlayman.
— Albatta, ammajon.
Zayd Xadicha ismli bu ayolning gaplarini ham yoqtirib qoldi. Do‘sti nimalar haqida o‘ylayotganini bilmaydi, o‘zining bu ayolga mehri tushgani chin edi. Xadicha bolalarga o‘girildi:
— Oting nima sening, o‘g‘lim?
— Otim Zayddir, xonim. Xadicha jiyaniga qaradi:
— Mana shu bolani, ya’ni, Zaydni olaman. Endi ayt
chi, senga necha pul berishim kerak?
—   Kerak emas, amma.
—   Nima deganing bu?
—   Bu bola Hakimning ammasiga hadyasidir.
Bir soatdan so‘ng Zayd yangi xonimining ortidan yangi uyga yo‘l oldi. U endi rasman qul bo‘lgan edi. Hali sakkiz yoshga ham to‘lmasdan boshlangan bu qullik qachongacha davom etarkin? Balki hayoti endi doim shu tarzda o‘tar, ozodlik nimalipshi ham unutib yuborar?..
Nima sababli, qaysi aybi uchun qul qilinganini bilmas edi u. Ehtimol, ota-onasining dog‘ida, qullikda o‘lib ketishi ham hech gap emasdir.
Zayd uydagi xizmatchilar bilan tanishdi. Uning vazifasi nimalardan iborat ekanini o‘rgata boshladilar. Oqshomga yaqin hali yangi kelin hisoblangan Xadichaning xo‘jasi kelgani va uning huzuriga chiqishi tayinlandi.
Zayd Muhammadning huzuriga chiqqanda hayajondan titrab ketdi. Qarshisida yuzidan nur yog‘ilib turgan inson turardi. Dunyoda hech kim bu insonchalik go‘zal bo‘la olmasligiga qasam ichishga tayyor edi go‘dak. Olloh barcha go‘zalliklarni ushbu odamda mujassamlantirgan ekan, degan kishi sira ham mubolag‘a qilmagan bo‘lardi.
Bunchalik istarasi issiq, jonga tutash insonni ilgari na Zayd, na boshqasi ko‘rgan edi.
— Hakim ibn Hizom senga olib kelgan quli shumi?
 Ha, yo Muhammad.
—    Ismi nima ekan?
—    Ismi Zayd.
Zayd Muhammad ismli bu insonning o‘ziga shafqat va mehr bilan boqqanini ko‘rdi. Qalbini qandaydir ajib his qamrab oldi. Darrov borib qo‘lini o‘pdi. Upilgan qo‘l xuddi mushku anbar singari yaaroyib va xushbo‘y hid taratardi. Bu qo‘llar Zaydning boshini siladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:33:04
Cho‘lda suvsiz qolgan kishi bir piyola suvga qanchalik tashna bo‘lsa, Zayd ham shirin so‘zga shunchalik muhtoj edi. Bu oila Zaydga shunday iltifot ko‘rsatgan bu nurli insonning qarashlari Zaydning ichichini kemirayotgan sog‘inch va o‘kinch, azobuqubat hislarini, benihoya
163
charchog‘u barcha iztiroblarini bartaraf etgandek, unga qayta hayot bag‘ishlagandek bo‘ldi.
—   Xadicha, bu bolani menga hadya qilishni istarmiding?
—   Agar bunday tuhfa sizni mamnun etsa, bajonidil. Shu bugundan boshlab Zayd butunlay sizniki, sizning ixtiyoringizdadir.
Xadicha tuhfasidan erining bag‘oyat xursand bo‘lganini uning nigohlaridan o‘qib olgan edi. Zayd esa, bir kunning o‘zida uchinchi kishining qo‘liga o‘tgan edi. Nur yuzli odam Zaydga o‘girildi, uning boshini takror siladi:
— Zayd, shu daqiqadan e’tiboran sening qullik hayoting tugadi. Endi sen ozod va erkinsan. Xohlagan kuning, xohlagan joyingga ketishing mumkin.
Zayd quloqlarining qizib ketganini sezdi. Quloqlarini kuydirgudek ta’sir qilgan bu xabarni eshitgani hamon yuragi o‘rnidan qo‘zg‘algandek bo‘ldi. O’sha zahoti farishtasimon nurli Muhammadning qo‘llariga yopishdi, ko‘zyoshlari bilan ho‘l qilgan mushku anbar hidli bu qo‘llarni to‘yibto‘yib o‘pdi, ko‘zlariga surtdi.
Zayd o‘sha kecha unga ozodlik bag‘ishlagan farishtasimon kishi bilan uning umr yo‘ldoshi haqida o‘ylab yotdi. Qo‘llarini o‘pganda taralgan xushbo‘y hid hamon dimog‘idan ketmagan edi. Uyqudan uyg‘onganida ham darhol uni esladi, uning porloq chehrasi hech ko‘z o‘ngidan ketmasdi.
Ertalab u bilan birga bir dasturxon atrofida o‘tirib nonushta qildi. U bilan birga tashqariga chikdi, ko‘cha aylandi. O’tirishturishi, gaplari, yurishi, odamlar bilan salomlashishlari... har bir xattiharakati Zaydga chuqur ta’sir qilar, tobora uqubatlari, bozorda hayvondek sotilishi bois yuragida alangalangan alamli histuyg‘ular, qabilasini, ota-onasini sog‘ingani — hammahammasi uning nurli yuziga bir qarashda unut bo‘lgan, bu histuyg‘ularning o‘rnini Muhammad ibn Abdullohga va uning oilasiga nisbatan paydo bo‘lgan ulkan hurmat, mehrmuhabbat hissi egallagan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:34:02
DARDLI BIR OTA

Horisa xotini bilan o‘g‘li mehmonga ketgandan so‘ng bir hafta o‘tgach kelgan ma’shum xabar natijasida telba bo‘layozdi. Chunki Toyy qabilasi bosqinga uchragan, birovlar o‘ldirilgan, boshqalar asir qilib olib ketilgan edi. O’lganlar orasida xotini, olib qochilganlar orasida suyukli o‘g‘li Zayd bor edi. Yuragi hasrat o‘tida yondi Horisaning. Darhol harakatga tushdi. To‘rt tomonga xabar yubordi. Zora biron xushxabar bo‘lsa, deb duch kelgan joyni so‘rabsurishtirdi. Biroq barcha urinishlari zoe ketdi, jigargo‘shalaridan hech qanday xabar topmadi. Kechalari ko‘ziga uyqu kelmas, kunduzi yuragi huzurhalovat bilmas edi. Shundan boshqa dardi, tashvishi yo‘q edi. Ba’zan xilvatroq bir joyga chekinar, g‘amgin qo‘shiqlar kuylab, to‘xtovsiz ko‘zyoshi to‘kar edi.
O’lgan xotinini unutgandek bo‘ldi. Ammo o‘g‘li Zayd uchun yuragida paydo bo‘lgan hasrat dog‘ini hech ketkaza olmasdi. Dalaga chiqdi. Lekin qo‘li ishga bormadi, ishlay olmadi. Qabiladoshlari uning so‘nik chehrasini ko‘rib achinar edilar. Orasira «oh» chekib qo‘yardi. Har «oh» chekkanida ichidagi otash alangalanardi. Endi uni qaerda ko‘rib qolsalar, «Ko‘zi yoshli Horisa» deb ataydigan bo‘ldilar.
Bir kuni qabiladoshlari uning shunday deyayotganini eshitib qoldilar:
«Zaydni eslab tinimsiz yig‘layman, unga nima bo‘lganini bilmayman. Ajabo, sog‘omonmikan? Yo bo‘lmasa, ajal olib ketdimi uni?.. Xudo haqqi, hech bilmayman, Ollohdan uni so‘rayman.
Zayd o‘g‘lim, qaerlarda qolding? Oh, nima qilardi bir kun sening qaytib kelishingni bilsam? Quyosh chiqsa, menga seni eslatadi, kun botsa, yana seni o‘ylayman. Esgan shamollar ham sening xotirangni olib keladi, Zayd!..»
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:34:30
* * *
—    Men sanab chikdim, ropparosa uch yuz oltmishta.
—    Buncha ko‘p bo‘lmasa?
— Bilmasam. Lekin men bittabittalab sanab chiqdim.
Bu odamlar butlarning soni to‘g‘risida suhbatlashardilar. Chiidan ham ular kattakichik, gavjum va tarqoq bir suruvni esga solardi. Muqaddas Ka’baning yonatrofiga terib qo‘yilgan edi ular.
Zaydni aslida hayratga solgan voqea hajga kelgan ko‘pgina odamlarning — erkagu xotinning birgalikda qipyalang‘och holda Ka’bani tavof etayotganlari edi. Ayollarning ham, erkaklarning ham egnida hech qanday libos yo‘q edi. Oralarida ba’zilargina ko‘ylakchan xolda Ka’bani aylanardi.
Qiziqib, ulardan bu marosimning boisi nima ekanligini so‘radi va shunday javob oldi:
— Bu insonlar Ka’baga gunohlaridan xalos bo‘lish uchun keladilar. Ollohdan o‘z gunohlarini so‘rar ekanlar, engilbosh bilan Uning uyini tavof etishni noto‘g‘ri deb hisoblaydilar, shu sababli yalang‘och holda ziyorat qiladilar. «Ham bu liboslarda senga qarshi gunoh qildik, ham ayni qiyofada Sening uyingta keldik», deyishni o‘zlariga munosib ko‘rmaydilar. Ular yo Quraysh, yo Kinona, yo Huzoa kabilalaridan biron kishining kiyimini olib kiyadilar va shu holatda Xudoga sig‘inadilar yoxud yalang‘och tavof etishga majburdirlar. Nomlari sanalgan qabilalarning a’zolari esa, ko‘ylaklarini yechmasdan Ka’bani tavof qilishlari mumkin.
Aslida, shunga o‘xshash bema’ni va ahmoqona ishlar qurayshiylar tomonidan o‘ylab chiqarilgan edi. Exromlik chog‘larida sutdan qatiq ivitishni, suzma va yog‘ olishni, so‘ygan hayvonlarining yog‘ini iste’mol etishni, qildan o‘rilgan chodirda hordiq chiqarishni taqiqlagan, yana haj mavsumini harom deb e’lon qilgan, Quraysh, Kinona va Huzoa qabilalaridan boshqa qabilalarning o‘z liboslari bilan Ka’bani tavof etishlariga ijozat bermagan, «Yo bizning kiyimlarimizni kiyib, yo qipyalang‘och bo‘lib tavof qilasizlar», deb turib olgan ham shular edi.
Orada aellarning ham uyalib, qimtinib Ka’baning atrofida aylanayotganlari ko‘zga tashlanib qolardi. Hatto bir ayol qo‘llari bilan avrat joylarini berkitishga urinar va ziyoratgohni aylanarkan: «Bugun vujudimning bir qismi, xatto butun tanam ochiq. Ammo men ochiq joylarimga qaraganlarni la’natlayman», der edi.
Zayd bu g‘aroyib hodisalarni tomosha qilib, hajga uzoqyaqin shaharlaru o‘lkalardan kelgan turlituman musofirlar orasida aylanib yurdi. Bir nayt yo‘lning chekkasida suhbatlashib o‘tirgan kishilarga duch keldi. Ko‘zlarini ishqaladi, qaytaqayta ularga tikildi. Ular Qalb qabilasidan edilar. Zaydning qabiladoshlaridan biri xam uni ko‘rarko‘rmas.
— Ana, Horisaning o‘g‘li Zayd, — deb qichqirib yubordi.
Qalbliklar suyunib ketdilar. Zayd ularning yoniga borib o‘tirdi.
— Hush kelibsizlar.
—   Xushvaqt bo‘l, yo Zayd, tuzukmisan?
—   Tuzuk ham gapmi, a’loman.
—    Bu yerda nima qilib yuribsan?
Zayd qabilasidan ayrilganidan buyon boshidan kechirganlarini so‘zlab berdi. Hozir hayotidan g‘oyat mamnun ekanligini bildirdi.
Odamlar unga otasining ahvolini so‘zlab berdilar. Uning hasratida jinnidevona bo‘lganini, hamma joyni qidirib yurgani, g‘amgin qo‘shiqlar aytishi, tinmay ko‘zyosh to‘kishlarini ma’lum qildilar.
— Otamga salom aytinglar. Mendai xavotir olmasinlar. Bu yerda hoshimiylardan Muhammad ibn Abdullohning panohidaman. U dunyodagi eng ajoyib insondir. Menga qilgan yaxshiliklarini, fazilatlarini hech unuta olmayman, — dedi.
Qabiladoshlari:
— Sening gaplaringni albatta otangga yetkazamiz, —dedilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:36:08
* * *
Xadicha endi tijorat ishlarini yuritadigan, karvonlarini boshqaradigan ishonchli odam qidirish tashvishidan qutulgan edi. Har kuni yangi bir fazilatini kashf etayotgan jufti halolini tobora qattiqroq seva boshladi. Totuv oila qurganini, ayol kishi orzu etishi mumkin bo‘lgan eng buyuk xuzurhalovatga — xotirjamlikka endi yetishganini juda qisqa vaqt ichida tushunib oldi.
Turmush qurganlaridan bir yil o‘tgach, Xadicha o‘g‘il ko‘rdi. Uni Qosim deb atadilar. Arablarning odatiga ko‘ra, ota-ona tug‘ilgan ilk farzandining ismiga nisbat qilingan bir laqab olar edilar. Shunga binoan Muhammad ibn Abdulloh endi «Abul Qosim», ya’ni Qosimning otasi, Xadicha esa «Ummu Qosim» deb ham atala boshladilar.
Abdulmuttalibning suyukli nevarasi Muhammad Al-Amin bir kuni bolaligini esladi va cheKsiz sevinch hissiga berildi. Chunki qarshisida turgan ayol bir paytlari uni emizgan Halima asSa’diya edi. Kichikligida onasining ixtiyoriga topshirib ketganidan beri hech ko‘rishish imkoni bo‘lmagan edi.
— Xush kelibsiz, onajon!.. — deya quchoq ochib kutib oldi enagasini.
Suyukli enaga ham bunday iltifotdan juda xursand bo‘ldi. Necha yillardan beri ko‘rishmagan, tuqqan farzandidek bo‘lib qolgan jigarporasiga yetishishning hayajonini bazo‘r bosib turardi. Bir paytlar o‘zi emizgan, shuning sharofati ila oilasiga fayzu baraka olib kirgan murg‘ak go‘dak endi karvon bilan tijorat qiladigan, o‘ttiz yoshlarga qadam qo‘ygan jasur bir yigit bo‘lib yetishgan edi.
Makka xalqi haqli ravishda «Al-Amin» laqabini bergan buyuk Muhammad suyukli enaga onasini uyiga boshlab ketdi, alohida izzatikrom ko‘rsatdi. Umr bo‘yi unga bajonidil xizmat qilishga ham tayyor edi. Ammo sut onasi yana Bani Sa’d qabilasiga qaytishi kerak edi. U yonida yigirma tuyadan iborat sovg‘a bilan uyiga yo‘l oldi.
Avval shu bolaning hurmatidan uyiga baraka kirgan edi, endi esa, unga katta boylik, molmulk sovg‘a qilindi. Buyuk Amin ham qadrli enaga onasini sha’niga munosib tarzda izzatikrom va tuhfalar bilan kuzatganidan xursand edi.
Rivoyatlarga qaraganda, suyukli enaga keyingi marta Hunayn urushidan so‘ng kelib, olamlarga rahmat bo‘lgan o‘g‘lining xuzurida musulmon bo‘lgan.
Bugun Madinaning Baqi’ qabristoniga kirgan va chap tomondan yuqoriga to‘g‘ri uch yuz metrcha ilgarilaganlar yo‘lning chap tomonidagi tuproq uyumining oldida bir muddat to‘xtab, shu yerga dafn qilingan suyukli onaning Rasuli Amin payg‘ambarimizga sut bergan Halima asSa’diya ekanligini nazarda tutib, uning ruhi pokiga fotiha o‘qisalar, nur ustiga nur bo‘lardi.
Agar shu qabr chindan ham uniki bo‘lsa, hazrati enaga umrining so‘nggi kunlarida Madinaga hijrat qilgani va aziz ruhini shu yerda tuproqqa taslim etgani ayon bo‘ladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:38:12
* * *
Soib ibn Abdulloh halol bir odam, tarbiya ko‘rgan insofli savdogar edi. Yetimlarga mehrshafqatli ekani, mehmondo‘stligi, qo‘niqo‘shnilar bilan ahil yashashi hammaga ma’lum edi. Shom va Yaman tomonlarga tijorat safarlariga chiqar, yilning ma’lum mavsumlarida ochiladigan mashhur bozorlarga qatnar edi.
Soib shu bozorlarga qatnaydigan Xadicha xonim nomidan savdosotiq qiladigan Muhammad ibn Abdullohni juda yoqtirardi. Uning oldisotdi chog‘idagi halolligiga, odamlarga bo‘lgan munosabatdagi nazokatiga qoyil qolardi. Xoh Makkada bo‘lsin, xoh safar chog‘larida o‘zini tutishi har jihatdan havas qilsa arzigudek edi. Holbuki, shaharda — tanishlarining orasida boshqacha, safarga chiqqanda mutlaqo boshqacha bo‘lib qoladigan kishilarni Soib ko‘p ko‘rgan edi. Elda oldisotdi paytida o‘z molini ortiqcha maqtaydigan, xarid qilishda biron ayb topadigan, so‘zlari ishonchli bo‘lishi uchun butlarni o‘rtaga qo‘yib qasam ichadigan mug‘ombir savdogarlar ham ko‘p edi.
Birovning nomidan narsa sotadiganlar esa, ko‘pincha, makonlariga qaytib kelganlarida ahvolni ro‘yrost gapirmasdi, muttahamlik qilardi. Ya’ni, bozorda qo‘lga kiritilgan daromad boshqa bo‘lardiyu, sarmoya egasiga hisobi berilgan daromad boshqa.
Tijorat ishining ko‘p nozik jihatlarini tijorat paytida o‘rgangan, shu asnoda aql bovar qilmaydigan talay hiylanayranglarni ko‘rgan Soib bunday insofsizlikdan dili og‘rir, halol bir savdogar bo‘lish, halol daromad evaziga qorin to‘ydirishni hamma narsadan afzal bilar edi.
Bir kuni o‘zi ixlos qo‘ygan Muhammad ibn Abdullohga hamkorlikda ish qilishni taklif etdi. Bu hamkorlik vaqtinchalik bir ish edi. Bozorlarda hamkorlikda mol olibsotish, bozor tugagach yoki mollar sotilgach, daromadni teng bo‘lishib olish ma’nosidagi hamkorlik edi bu. Ikkitomonlama shartnoma tuzildi.
Bu hamkorlikdan ikkalasi ham mamnun bo‘ldilar. Bunday hamkorlik, do‘stlik keyin ham davom etdi. Bu hamkorlikning yoqimli xotiralari uzoq vaqtlargacha unutilmadi, yillar o‘tib uchrashib qolganlarida ham quvonch bilan esladilar...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:40:10
* * *
Abdulloh ibn Abu Xamsa Abul Krsimdan bir miqdor mol oldi. Lekin yonida mol haqiga yetadigan miqdorda puli yo‘q edi. Ammo u insofli kishi bo‘lgani uchun keyinroq qarzini olib kelishiga izn berildi. Aniq bir kun tayinlandi. Shundan keyin Abdulloh: «Meni falon yerda kutasan, yo Abul Qosim, falon soatda uchrashamiz», dedi. So‘ngra xayrlashdilar.
Va’dalashilgan kun yetib keldi. Ammo Abdulloh ibn Abu Xamsa kelmadi. Bir ozdan keyin kelib qolar, deb kuta boshladi.
Oradan bir necha soat o‘tdi. Biroq hech kim kelmadi. Oqshom tushdi hamki, hech kim kelmadi. Muhammad ibn Abdulloh kechasi shu yerda yotib qoldi. Ertalabdan yana, Abu Xamsa va’dasining ustidan chiqadi, degan ilinjda to kechqurungacha intizor kutdi.
Abdulloh va’dasi esiga tushib, kelishilgan joyga yugurib kelganida, uchinchi kun ham o‘tib borayotgan edi.
— Ey yigit, mening toza adabimni berding. Uch kundan beri seni shu yerda kutib o‘tiribman, — dedi. Abdulloh uzr so‘radi. Maqsadi uni aldash bo‘lmagani, yodidan ko‘tarilgani sababli shunday bo‘lib qolganini aytdi.
Abdulloh keyinchalik shu voqeani eslar ekan:
— Agar men uning o‘rnida bo‘lsam, bergan so‘zimning ustidan chiqay deb uch kungacha kutib o‘tirmasdim. Kutgan taqdirimda ham, qarzdor kishi mendan bunchalik oson qutulmasdi, — degan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:41:01
* * *
Qalb qabilasining haj safaridan qaytgan kishilari to‘g‘ri uylariga kirib bordilar. Hech kim gaplashmay, dastlab butlarining qoshiga yaqinlashdilar. Qo‘llarini unga surkadilar. Ketayotganda ham shu alfozda xayrlashgan edilar. Arablarda odat shunaqa edi. Safar davomida xaloskor bo‘lishlari, baraka keltirishlari va tahlikalardan muhofaza etishlari uchun shunday qilinardi.
Bir ozdan so‘ng ko‘zlari yoshli Horisani tondilar. Xushxabar keltirdik, ey Horisa, o‘g‘lingni topdik, — dedilar.
Horisa hech kutilmagan daqiqada bunday xushxabarni eshitib, eshushini yo‘qotib qo‘ydi, ularning bo‘yniga osildi.
— Rostmi? Qasam iching, tangrilar nomidan qasam iching!
Yig‘lashni ham, sevinishni ham bilmasdi. Bir amallab o‘zini tutib oldi. So‘ngra ukasini qidirib topdi. Bor boyligini bir xaltaga solib, ukasi bilan birga yo‘lga chiqdi.
Safar uzoq davom etdi. Har daqiqa soatlar kabi cho‘zilgandek bo‘lib tuyulardi. Horisa betoqat edi. Go‘yo oxiri yo‘kday tuyulayotgan yo‘lga qaytaqayta tikilar, ayovsiz qizdirayotgan quyoshga yolvorgudek boqar, bir daqiqa bo‘lsada ertaroq Makkaga yetish uchun tuyasini tinmay qamchi bilan savalar edi.
— Tezroq, tezroq yur, jonivor. Zaydimni juda sog‘inganman, — derdi.
Yo‘l bo‘yi otashin she’rlar o‘kib bordi. Ko‘zlaridan oqayotgan yoshlarni artib ham o‘tirmadi. Nihoyat, akauka Makkaga yetib bordilar. Duch kelgan kishiga:
— Muhammad ibn Abdullohni qidiryapmiz! — der edilar.
Yana bir necha kishidan so‘radilar. Hamma ularga hoshimiylarning manzilini ko‘rsatardi. Nihoyat, bir kishi:
— Uni Ka’baning yonidan topasiz, — dedi. Baytning yoniga keldilar. So‘radilar, ko‘rsatishdi. Horisa ko‘rsatilgan odamni ilk bor ko‘rganidayoq izlagan odamini topganiga, qalbida Zaydni beshak qutqarishiga qat’iy ishonch tug‘ilgan edi. Bu muborak chehra, marhamat va shafkatga to‘la bu nigohlar, ishonch tug‘diradigan bu sumbat bir qarashdayoq Horisaga ko‘p narsani anglatgan edi.
—   Al-Amin senmisan, ey purziyo kishi?
—   Ha, menman.
— Ya’ni, Abul Qosim, Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttalib?
— Ha, ha, menman. Maqsadingiz nima?
Horisa yutindi. So‘ngra maqsadga o‘tdi:
— Ey Abdullohning o‘g‘li, ey Abdulmuttalibning, ey Hoshimning o‘g‘li! Ey qurayshlarning buyugi. Sizlar Haram xalqisizlar va Harami Sharifning qo‘shnilarisiz. Baytullohning yonida mahbuslarning asorat kishanlarini yechib, musofir va ochlarni to‘ydirasizlar. Sizlar bilan birga bo‘lgan o‘g‘limizni so‘rab keldik. Sen uni ozod qilishimiz uchun xohlagan narxingni aytib, bizni shod-xurram va minnatdor qil. Biz senga o‘sha pullarni beraylik, uning evaziga sen o‘g‘limga erkinlik ber.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:41:45
Horisaning kuyibpishib aytgan bu so‘zlarini diqqat bilan tinglagan Abul Qosim unga shunday savol berdi:
—   O’g‘lingiz kim?
—   Zayd ibn Horisa.
— Sizning taklifingiz durust, ammo buning boshqa bir chorasi ham bor.
— Qanday chora?
— Zaydni shu yerga chaqirtiramiz. Istaganini qilsin. Agar siz bilan qaytib ketishni istasa, marhamat, olib ketaverasiz. U holda qutqarish uchun pul berishingizga ham hojat qolmaydi. Agar men bilan qolishni istasa, u holda men ham meni tanlagan kishini zinhor hech narsaga almashtirmayman.
— Xudo haqqi, sen o‘ta darajada insofli va adolatli kishi ekansan. Biz sening taklifingga bajonidil rozimiz.
Zaydga xabar berildi. Horisa hayajondan titrardi: nahot bir necha daqiqadan so‘ng jigargo‘shasini ko‘rsa!.. Nahot uni bag‘riga bosib, yuragining hasrat dog‘larini yuvsa!..
Nihoyat, Horisa qo‘lini peshonasiga tutdi. Ko‘z oldi qorong‘ilashib ketdi. O’rnidan sakrab turdi. O’g‘liga yopishdi, mahkam quchoqlab, to‘yibto‘yib o‘pdi, hidladi.
Otabolaning uzoq ayrilikdan keyingi uchrashuvi o‘ta ta’sirchan edi. Sevinch ko‘zyoshlari bilan yo‘g‘rilgan bu holat birmuncha vaqt davom etdi.
—   Ey Zayd, bu odamlarni taniyapsanmi?!
—   Ha, mana bu kishi otam, bunisi esa, amakim.
—Otang seni olib ketish uchun kelibdi. Mening senga bo‘lgan mehrmuhabbatim, shafqatimni o‘zing ham juda yaxshi bilasan. Hozir yo meni tanlab shu yerda qol, yoki ularni tanlab uyingga bor.
Zayd hech ikkilanmay javob berdi:
— Men hech kimni sizdan ustun qo‘yolmayman, sizdan afzal ham ko‘rmayman. Siz menga ham ota, ham ona o‘rnidasiz. Albatta, siz bilan qolaman. Horisa quloqlarining qizib ketganini his etdi.
— Qaroring qat’iymi, Zayd? Bizni emas, uni tanlayapsanmi?
— Ha.
Horisa hushidan ketib qolayozdi. Amakisi:
—   Ming afsus, jiyan. Nahotki sen ozodlikni emas, qullikni tanlaysan? Qul bo‘lishni otang va amakingning panohida bo‘lishdan ustun qo‘yib, o‘z yurting va o‘z go‘shangga qaytishni istamaysan?
—   Men 6u buyuk Insondan ko‘rgan yaxshiliklarimni hech narsaga almashtira olmayman. Uning yonida qolaman.
Horisa hamon tush ko‘ryapman deb o‘ylar edi.
— O’g‘lim, biz hazillashish uchun kelmadik, — dedi.
— Men ham hazil qilayotganim yo‘q, otajon, rost so‘zlayotirman.
Ortiq Horisaning qo‘lidan hech narsa kelmas edi. Shu payt Abul Qosim Muhammad ibn Abdulloh Zaydning qo‘lidan tutdi. Ka’baning Hijr deb ataluvchi qismiga olib bordi, bir toshning ustiga chiqardi va shu yerdagilarga xitoban:
— Ey insonlar, shohid bo‘linglar: Zayd mening o‘g‘limdir, uni o‘zimga farzand qilib olayotirman, u mening merosxo‘rim bo‘ladi! — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:42:28
Horisa va uning ukasi bu so‘nggi xattiharakat natijasida yonayotgan yuraklariga muzday suv sepilgandek bo‘lganini his etdilar. Endi «Bo‘lar ish bo‘ldi», deyishdan o‘zga chora qolmagan edi. Bundan keyin Zayd «ibn Horisa» emas, «ibn Muhammad» deb atalajak va uzoq yillargacha shunday bo‘lib qoladi. Horisaning Zayddan ajralishi qiyin bo‘ldi. Necha yillar uning hasratda kuyibyongan, beto‘xtov oqqan ko‘zyoshlaridan rangi siniqqan, nihoyat, uning xabarini eshitib, boryo‘g‘ini yuklab, qush bo‘lib, qanot yoyib uchgudek bo‘lib yetib kelgan, umidlari katta edi.
Ichida ming xil histuyg‘u jo‘sh urgan Horisa uyiga ajoyib bir inson bo‘lib qaytdi. Hidi hamon dimog‘idan ketmagan suyukli farzandidan judo bo‘lish takdiriga yozilgan ekan. Ammo o‘g‘li endi asir emas edi. Erkinlikdan mahrum bir qul, xizmatchi emas edi. Qo‘llaridan zo‘rlik bilan tortib olinmagan edi. Otasi va amakisini ham sevaseva tark ettiradigan darajada sevilishga munosib deb bilgan nur yuzli bir insonning yonida qolishni shaxsan o‘zi afzal ko‘rgan edi.
Horisa ba’zan shularni o‘ylab ko‘ngliga taskin berar, ba’zan g‘unchadek jigargo‘shasini ortiq ko‘rmasligi esiga tushib, yig‘lab ketar edi. Qo‘ylarining ko‘pligi bilan shuhrat qozongan Qalb qabilasi uzokdan ko‘rina boshlaganda ham Horisaning soqolidan hamon yoshlar dumalanib oqar edi. Xadicha yana bir o‘g‘il ko‘rdi. Uning ismini Abdulloh qo‘yishdi. Juda chiroyli, juda yoqimtoy bu bolaga otasi «Tayyib», «Tohir» laqablarini bergan edi. Ba’zan «Abdulloh», ba’zan «Tayyib», gohida esa «Tohir» deb suyar edilar, uni yeru ko‘kka ishonmasdilar. Oradan bir necha oy o‘tdi. Avval Qosim, so‘ngra Abdulloh hayotdan ko‘z yumdilar. Bu judolik ota-onani chuqur qayg‘uga soldi.
Zayd ham o‘zi kechagina yelkasiga opichib, o‘ynatib yurgan bu go‘daklarning vafotidan qayg‘urib, ularning ota-onasi bilan birga yumyum ko‘zyoshi to‘kdi. Keyinroq Xadicha xonim birinketin Ruqayya, Zaynab va Ummu Gulsum ismli uch qiz ko‘rdi. Uchala qizcha ham istarasi issiq, nurli go‘daklar edi. Qizchalarni ko‘rgan odamlar «Olloh bu oilaga alohida lutfu karam ko‘rsatmoqda», deyishdan o‘zlarini tiya olmasdilar. Xadicha bir qarashdayoq kishi diqqatini tortadigan, ko‘ngillarga osudalik bag‘ishlovchi farzandlar tuqqanidan, eriga farishtalarni yodga soluvchi go‘daklarni hadya etganidan xursand edi. Go‘dakligidayoq o‘lib ketgan farzandlari Qosim bilan Abdullohning hasratini bu qizchalariga qaraganda unutar, ba’zanba’zan yuragida og‘riq paydo qiladigan darajadagi achchiq xotiralar bu go‘daklar tufayli esdan chiqar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:43:07
Muhammad birinketin o‘lib ketgan go‘daklari uchun achchiqachchiq ko‘zyoshi to‘kdi, ammo ko‘nglini bo‘shatar ekan, taqdiridan rozi ekanligini ham aytardi, demak, shunday bo‘lishi kerak edi, deb o‘ylardi. Farzandidan judo bo‘lganda yetuk insonga yarashmaydigan dodfaryod chekib yiyalash, yoqasini yirtish kabi qiliqlar unga xos emas edi.
Ketganlar uchun kuyibpishishdan ko‘ra, keyin tug‘ilgan qizlar tarbiyasiga e’tibor berish muhimroq edi. Shunday bo‘ldi ham.
Birbirlarini sevgan, tushungan, xurmat qiladigan, har qanday muammoni xam murosai madora bilan hal etadigan bu ota-ona qurgan oila ushbu go‘daklarning porloq ruhiy olamiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Ular urishjanjalni, yomon so‘zni bilmaydigan, uyat so‘z eshitganda yuzlari lovlov yonadigan, hayoliandishali qizlar bo‘lib ulg‘aydilar.
Ota-ona farzandlari odobidan mamnun edilar. Ularni ko‘cha emas, aynan mana shu oila tarbiyalagani ko‘zga yaqqol tashlanib turardi. Ko‘rganlar: «Muxammad ibn Abdulloh bilan Xadichaning farzandlari bundan o‘zgacha bo‘lishlari mumkin emas», deydigan noyob gulg‘unchalar bo‘lgan edi bu qizlar.
Ko‘chada o‘ynab yurganda bolalar uylaridagi butlar haqida ham bahslashardilar. Shubhasiz, bu hol uyda ota-onalaridan eshitgan gaplarning natijasi edi. Ba’zi bolalar hatto qo‘lidagi oxirgi xurmosini ham yemasdan:
—   Buni sanamga yediraman, — deb uyiga qarab yugurib ketardi. Bir ozdan so‘ng o‘sha bola yana qo‘lida xurmo bilan qaytib chiqib: «Sanam yemadi», derdi. So‘ngra:
—   Yemasa yemasin, o‘zimning og‘zim yo‘qmi? — deb yeb qo‘yardi.
Bolalarning bunday ayanchli ahvolini ko‘rib Zaynab o‘zlarining uylarida sanam yo‘qligini eslardi. Ruqayya opasidan so‘raganida:
— Otam, ular ham ko‘chadagi toshlardan biri, deydilar, — degan javobni olgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:43:35
*   * *
Kun sayin ulg‘ayib, husniga husn qo‘shilayotgan qizlar qarilik sari yo‘l olgan onalariga uyro‘zg‘or ishlarida yordamlashishar, og‘irini yengil qilishar edi. Hech bo‘lmasa, hali beshikda yotishdan boshqa narsaga kuchi yetmaydigap, yig‘lash o‘rniga kulimsiraydigan Ummu Gulsumni ovutishda, unga yoqimli ovozda alla aytishda yordamchi bo‘lishar edi.
Mahalladagi ba’zi bolalar kabi orsiz, badaxloq emas edilar. Bu ham Xadicha xonim uchun yuksak ne’mat edi. Ularga boqarkan, «Kim biladi otalari shu yoshda qanaqa bo‘lgan ekan?..» deb shirin xayol surardi.

*   * *
Birinketin Kosim bilan Abdullohni olib ketgan ajal bir kuni kelib endiendi ochilayotgan bu g‘unchalarni ham olib ketarmikan? Yoki kun sayin chiroy ochib borayotgan bu go‘daklarning ulg‘ayib, biron go‘shaga kelin bo‘lib boradigan kunlari ham keladimi?..
Ular esa beg‘ambeg‘ubor holda, Xadicha xonim tevaraklarida yugurgilabo‘ynab yurishar, ba’zan yonoqlarini tutib: «Bitta o‘pib qo‘ying, otajon, bitta o‘pib qo‘ying, onajon...» deya erkaliklar qilishar edi. Xadicha onamiz bu shodon qizchalariga qarab turarkan, yuraklarining tubtubini bu hazin o‘ylar ishg‘ol etardi. «Ollohim, sen nimani xayrli deb bilsang, shuni qil!» der edi go‘yo.
— Nur yuzli, anbar hidli Muhammadimning hurmati uchun bolalarimni o‘zing asra, Ollohim!.. — deya iltijo qilar edi...

* * *
Fil hodisasidan o‘ttiz ikki yil keyin Makka aslzodalaridan biri Valid ibn Mug‘iyra ham o‘g‘il ko‘rdi. Kelajakda nomi Islom tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan bu go‘dak mashhur Xolid ibn Valid edi. Tutgan joyidan kesadigan, qo‘rquv nimaligini bilmaydigan bir inson bo‘lib yetishajak u. Musulmon bo‘lguncha ham, musulmon bo‘lganidan keyin ham jasorat, mardlik va dovyuraklikning jonli timsoli bo‘lib tanilajak.
Valid arslon bolasidek bir farzandga ota bo‘lganidan bag‘oyat xursand edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:44:31
KA’BA HAKAMLIGI

Ka’ba Hazrati Ibrohim davridan beri doim tabarruk hisoblanib kelar, Ka’baga xizmat doimo ulkan sharaf hisoblanar edi. Bu muqaddas dargohning hajmi u qadar katta bo‘lmay, balandligi ham odam bo‘yidan salgina yuksak edi. Payg‘ambar Hazrati Ibrohim (a.s) naslidan bo‘lgan Adnan (yoki Himyar sultoni Mubba) davridan boshlab Ka’baning ustiga chodir yopish odat tusiga kirdi. Bu chodir har yili almashtirilar, yangilanar edi.
Biroq 6u muborak qadamjo asrlar o‘tib ta’mirlashga muhtoj holga keldi va dastlab Amalika, so‘ngra Jurhum qabilalari tomonidan ta’mirlandi. Fil hodisasidan o‘ttiz besh yil keyin shiddatli yomg‘ir natijasida sel paydo bo‘ldi va Ka’baning poydevoriga zahmat yetkazdi. Devorlari nurab, yiqilay deb qoldi. Xalq bu muborak Baytning yiqilishi mumkinligidan qattiq tashvishda, juda bezovta edi. Ka’baning ichi sel oqiziqlaridan hosil bo‘lgan balchiqqa to‘ldi.
Ustiga ustak, bir kuni atrofga xushbo‘y hidlar taratish maqsadida bir ayol Ka’ba yonida olov tutatibdi. Oqibatda bir uchqun sachrab Baytning chodiriga tushib, yondirib yubordi. Bu yong‘in xalqni dahshatga soldi. O’zi yiqilay deb turgan Ka’ba mazkur voqeadan keyin battar xarob bo‘ldi. Bu ahvolda Bayt yana qachongacha turishi mumkin, buni hech kim bilmasdi.
Makkaning zodagonlari shu xususda suhbatlashdilar. poydevorigacha buzib qaytadan qurishga qaror qildilar. Biroq hech kim muborak Baytni buzishga jur’at etolmasdi. Uni buzishga bel bog‘lagan kishining boshiga kulfat tushadi, degan tushuncha hukmron edi.
Dastavval, bunday og‘ir mas’uliyatni Valid ibn Mug‘iyra zimmasiga oldi.
—   Sizlarning maqsadingiz buzishmi yoki islohmi? —deb so‘radi hamshaharlaridan. Ya’ni, Ka’bani vayron etish, haqorat qilish uchun buzmoqchimisizlar yoki uni qayta qurish, mustahkamlash uchunmi, demoqchi bo‘ldi.
—   Maqsadimiz, albatta, islohdir, — deb javob qilishdi.
— U holda Olloh isloh uchun bu ishga qo‘l urganlarga jazo bermaydi. Shu ishni men boshlayman. Ollohim, bizning maqsadimiz ezgulikdir, xolos, — dedi. Shundan keyin yiqilay deb turgan toshlarni tushira boshladi. Aholi uzoqdan tomosha qilar, Validning boshiga balo yog‘ilishini kutar edi. Birok hech qanday korhol yuz bermadi. Valid ishini davom ettiraverdi.
— Yaxshisi, ertaga ertalabgacha kutaylik, — deyishdi tomoshabinlar. Bu taklif hammaga ma’qul bo‘ldi. Ammo Valid maqsad Ka’bani buzish emas, uni mustahkamlash ekanligini yana bir bor takrorladi.
— Bu ahvolda Bayt qancha vaqt ham tura olardi, —dedi u.
Ertalab Validning kelishini zo‘r qiziqish bilan kutdilar. U soppasog‘ kelib, yana ish boshladi. Bu daf’a hamma unga ko‘shildi. Qisqa vaqt ichida Ka’baning devorlari yiqitildi. Hazrati Ibrohim qo‘ygan poydevorgacha buzildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 00:45:28
Validning otasi Mug‘iyra ibn Abdulloh Maxzumiy baland bir joyga chiqib, bu yerda ishlayotganlarga qarata xitob qilib, bu Bayt Ollohga daxldor muborak, muqaddas Bayt ekanligini, bu dargohga ishlatiladigan qurilin1 ashyolari har xil shubhalardan yiroq, peshona teri bilan topilgan halol mablag‘ evaziga sotib olinishi lozimligini uqtirdi. Zino yo‘li bilan, o‘g‘rilik hisobiga, sudxo‘rlik evaziga, muttahamlik, ayyorlik yoki zo‘ravonlik qilish bilan topilgan pulning bu Bayt qurilishiga sarflanmayajagini ta’kidladi.
Shuidan keyin Valid ibn Mug‘iyra boshchiligidagi bir necha kishidan iborat hay’at Qizil dengizda, Jiddaga yaqin joyda halokatga uchragan kemaning parchalarini va undagi ashyolarni sotib olib keltirish uchun yo‘lga chiqdi. Ajoyib tasodif edi bu. Yana ham to‘g‘rirog‘i, Ollohning karami insonlarga go‘zal tasodif tarzida yetishgan edi. Chunki kemadagi yuk Habashistonda qurilishi rejalashtirilgan bir cherkov uchun Rum hukmdori tomonidan Misrdan jo‘natilgan qurilish ashyolari edi. Halokatga uchragan kema endi ortiq suza olmasdi. Kemadagi ashyolar xarid qilindi. Kemadagi me’mor ham katta haq evaziga Bayt qurilishiga yollandi. Ka’baning devorlari quraysh qabilalariga bo‘lib berildi. Ya’ni, har bir devor bir qabila tomonidan qurilishi kerak edi. Bu masala qur’a tashlash yo‘li bilan hal etildi. Eshik o‘rnatiladigan tomon Abdumanof o‘g‘illarining zimmasiga tushdi. Hoshimiylar Abdumanof o‘g‘illarining bir urug‘i edi. Zuhra qabilasi ham abdumanofliklarga sherik hisoblanardi. Boshqa tomonlarni ham ikkiuch qabila birlashib quradigan bo‘ldi. Me’mor Bakom tosh tashib keltirishni buyurdi. Erkaklar tosh, xotinlar ohak tashiy boshladilar.
Yelkasida tosh tashiyotgan erkaklar, tosh qiyib yubormasin, deya bellariga bog‘lagan peshbandlarini kavatqavat qilib yelkalariga, toshning ostiga qo‘yib ishlar edilar. Abul Qosim Muhammad ibn Abdulloh ham amakilari bilan birgalikda tosh tashirdi. Amakisi Abbos yara bo‘layozgan yelkalariga bir oz yengillik berish uchun peshbandini yechdi, boshqalar kabi taxlab yelkasiga tashladi.
— Yo Amin, sen ham mendaqa qilib ol, qiynalmaysan, — dedi.
Bu taklif bir tomondan yaxshi edi. Odamning yelkasi ancha rohatlanardi. Ammo, ikkinchi tomondan, bunday qilinsa, xunuk vaziyat yuzaga kelardi.
— Qani, qani, yo Amin, qara men ham shunday qilib oldim... Tag‘in, o‘zing bilasan. Yelkangni ehtiyot qil deyapmanda.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 01:08:04
Yo‘ldan ozdiruvchi bunday da’vatlarga qarshi turolmay, Amin ham peshbandini yechib, yelkasiga qo‘ydi. Ammo shu payt libosi tushib ketdi. Libosini yerdan ko‘tardiyu, bu ishni zinhor qilmaslikka o‘ziga so‘z berdi. Shu voqeadan keyin to umrining oxirigacha hech kim uni yarim yalang‘och holda ko‘rmadi. Toshlar keltirilib, inshoot qurila boshlandi. Me’mor toshlarni ustalik bilan qalab, binoni tiklar, xalq g‘ayrat-shijoat bilan unga yordamlashar edi. Devorlar ko‘tarildi. Bir odamning ko‘ksigacha yetadigan balandlikka yetdi. Endi Hajarul asvadni o‘z o‘rniga qo‘yish kerak edi. Ammo bu ishni kim qiladi; kim bu sharafga munosib hali noma’lum edi.
Bu muammo birdan hamjihatlik muhitini o‘zgartirib yubordi. Ka’bani qurish ishida ishtirok etayotganlar orasida yuzaga kelgan do‘stona va birodarlik muhiti sovuqlashib, hamma obro‘ talashib, aslzodalik da’voiga berildi. Har bir qabila o‘zini bu sharafga munosib deb hisoblar, ikkinchi yoki uchinchi darajaga tushib qolishni sira istamas edi.
Qurilish to‘xtab, janjal boshlandi. Qabilalar orasidagi munozara kechgacha cho‘zilib ketdi. Hamma o‘zinikini ma’qullar, hech kim boshqaning gaiini eshitishni xohlamas edi.
Natijada Bani Abdu’dor janjalni battar avjiga chiqardi. Hammaning ko‘zi oldida qon to‘la bosh chanog‘ini o‘rtaga qo‘yib, ichiga qo‘llarini botirib, qasam ichdilar. Bani Odiyy ham qasamga qo‘shildi. Bu qasamning ma’nosi so‘nggi tomchi qonimiz qolguncha shu yo‘lda kurashamiz, demak edi.
Boshqa qabilalar ham shunday fikrda edilar. Ular ham to o‘lmagunlaricha Hajarul asvadni o‘rniga qo‘yish da’voidan voz kechmaslikka azmu qaror qilgan edilar.
Qilichlar qinlaridan bir marta sug‘urilsa, qaytib joylariga kirishi oson bo‘lmasdi. Balki yillarcha davom etadigan qon da’volarining eshigi bir ozdan so‘ng ochilishi hamda Ka’baning yonida to‘kilgan qonlarning hisobkitobi avloddanavlodga surib ketishi hech gap bo‘lmay qolgan edi.
Aslida, Makka va uning yontevaragi Haram vodiyi hisoblanardi, ya’ni, janjalsuron, urush qilinmaydigan muborak bir zamin edi. Bu zaminda har kimning joni va moli xavfdan xoli edi. Ammo Hajarul asvadni o‘z o‘rniga kim qo‘yadi, degan muammo ularning ko‘zinigina emas, qalbini ham ko‘r qilib qo‘ydi, Haram vodiyida, hatto muqaddas dargoh bo‘lmish Ka’baning yonida, Ka’baning qurilishida ekanliklarini unutdilar.
Tortishuvning beshinchi kuni, qo‘llar qilichlarga uzatilgan qaltis bir vaziyatda u yerdagilarning eng ulug‘ yoshlisi Abu Umayya Mug‘iyra ibn Abdulloh o‘rtaga otildi:
— To‘xtang, to‘xtang, ey insonlar! — deb baqirdi u.
— Gapir, nimani istaysan, ey qariya.
— Urush, janjalto‘polon bilan ish bitmaydi. Bundan tashqari, sizlar bu muqaddas Baytning xizmatchilarisiz. Urush qilsangizlar, bu muborak dargohga nisbatan xurmatsizlik qilgan bo‘lasizlar. Holbuki, bu janjal nimadan kelib chiqdi? Unga bo‘lgan cheksiz hurmat
extiromingizdan! Shunday emasmi?
— U holda nima qilish kerakligini ayt bizga.
— Masalaning yechimini bir hakamning ixtiyoriga qoldiringlar. Muammoni u xal etsin.
— Kimnn hakam qilamiz, kimga topshiramiz bu ishni? Abu Umayya so‘zlari ta’sir qilganidan xursand bo‘lib ketdi. «Bani Shayba» darvozasini ko‘rsatdi.
— Shu darvozadan birinchi bo‘lib kirgan kishini o‘zimizga xakam qilamiz.
Bu taklif hammaga ma’qul bo‘ldi. Kimning kelishini hech kim bilmas, shuning uchun bu tadbir adolatsiz hisoblanmas edi.
— Ma’qul taklif.
— Ha, juda ma’qul. Bu darvozadan ilk bor kirgan kishi xakam bo‘ladi. Hamma «Bani Shayba» darvozasiga tikildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 01:08:30
* * *
Abul Qosim Muhammad ibn Abdulloh Ka’ba qurilishi uchun hamma qatori tosh tashigan, ammo janjal boshlangach, ketib qolgan edi. Bema’ni, tuturiqsiz munozaralarga toqati yo‘q edi uning.
Oradan bir necha kun o‘tgandan keyin vaziyat o‘zgargano‘zgarmaganini bilish uchun yana Ka’ba tomonga yo‘l oldi.
Ka’baning atrofini o‘rab turgan va Masjidi Haram deb ataluvchi keng dargohning bir necha darvozasi bor edi. Ularning eng oldingisi bo‘lmish «Bani Shayba»dan ichkariga kirdi. Kirarkirmas:
— Al-Amin... Al-Amin... Mana, Amin keldi...
— Amin keldi, uning hakamligiga rozimiz... — kabi ovozlar eshitildi. Yuzlarda tabassum paydo bo‘lgan, keskin vaziyat birdaniga yumshagan edi.
—    Nima gap? Mendan nima istaysizlar?
—    Oramizda hakam bo‘lasan...
Masalani tushuntirdilar. Qanday yo‘l bilan uni hakam qilganliklarini izohladilar. Oxirida yana Abu Umayya so‘z oldi:
— Sening insofing, adolatingga ishonamiz, ey Abu Qosim. Oramizda hakamlik qilib, to‘g‘ri hukm chiqar, —dedi. Buyuk Amin atrofidagilarga:
— Menga bir ko‘ylak keltiring, — dedi.
Olib keldilar. Muhammad uni yerga to‘shadi. Hajarul asvadni (Qora toshni) uning ustiga qo‘ydi.
— Har bir qabiladan bir kishi mana shu ko‘ylakning bir uchidan tutsin, — dedi. Yengil nafas oldilar. Ko‘zlarda mamnuniyat hissi balqidi. Utba ibn Robi’a, Abu Zam’a ibn Asvad, Abu Huzayfa ibn Mug‘iyra, Kays ibn Odiyy kabi kishilar ko‘ylakning to‘rt uchidan tutdilar. Barobar ko‘tardilar. Muqaddas tosh o‘rnatilishi lozim bo‘lgan joygacha keltirib, tepaga ko‘tardilar. Shu onda Al-Amin bu muborak toshni quchog‘iga olib, joyiga o‘rnatib qo‘ydi. Butun kelishmovchiliklar bir zumda bitdi, bema’ni urushning oldi olindi, hamma bu adolatli hukmdan rozi bo‘ldi.
— Xudo haqqi, al-Amin adolatli, oqilona hukm chiqardi, — dedilar.
Ka’ba oldingisidan ikki baravar yuksak qilib qayta qurildi. Eshigi bir odam bo‘yidan sal balandroq bo‘ldi. Ashyolar yetarli bo‘lmagani bois Ka’baning bir oz joyi ochiq qoldirildi. Bu yer «hotiym» deb atalardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 01:09:01
* * *
Keyingi yili ham qurg‘oqchilik boshlandi. Bu degani, makkaliklar uchun yangi, yana bir og‘ir, azobuqubatli mavsum keldi demak edi. Qurg‘oqchilik azobi boshqa akaukalardan ham ko‘proq Abu Tolibni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi.
Bir kuni Al-Amin amakisi Abbosga ro‘baro‘ bo‘ldi.
— Marhamat qil, yo Amin...
— Bilasizki, amakim Abu Tolibning ahvoli yaxshi emas. Farzandlari ko‘p. Uning bittadan bolasini panohimizga olib, yordam bersak qanday bo‘larkin? Abbos bu taklifga rozi bo‘ldi. Abu Tolibning uyiga bordilar. Maqsadlarini bildirdilar. U xursand bo‘ldi.
— Tolib bilan Oqilni o‘zimga qoldiring, boshqalaridan istaganingizni oling, — dedi. Abboe Ja’farni, Al-Amin esa, Alini o‘z qaramoqlariga oldilar. Shu yo‘sinda Abu Tolibning kenja o‘g‘li Ali bolalik chog‘idan e’tiboran insoniyatning fazilatxonasidan panoh topgan, saboqlarini shu yerdan ola boshlagan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 01:11:28
YANA SALMON

Salmon Mosulga bordi. Rohib tavsiya etgan odamni topdi. U ta’rif etilganidek, samimiy inson ekan. Keyin u ham o‘lgach, uning tavsiyasiga ko‘ra, Nusaybinga ketdi. Nusaybindagi rohibning qazosi yaqinlashgach, u Salmonni Onado‘lining Ammuriya shahrida (hozirgi Amirdog‘da) yashovchi bir tanishining huzuriga jo‘natdi.
Shu tariqa, bir necha marta boshpanasini o‘zgartirgan Salmon ularni ham topdi. Bir rivoyatda naql qilinishicha, Anqaraning bir kalisosida (ushbu kaliso Hojibayram jome’ masjidi yonida hali ham mavjud) boshqa bir ruhoniyning xizmatida o‘n yil qolib ketdi. So‘nggi marta Ammuriyada xizmatini qilgan ustozini juda yaxshi ko‘rib qolgan, unga ixlosi baland edi. U ham boshqa din arboblari singari o‘z maslagiga sodiq, haqdan boshqa so‘zni so‘zlamas edi. Salmon uning panohida diniy vazifalarini bajarar ekan, ozroq mablag‘ ham orttirdi, qo‘yechki, sigir sotib olib, bokdi. Biroq muqarrar ajal bu ruhoniyning ham eshigini qoqib keldi. Salmon endi nima qilishi kerakligi, kimning huzuriga bosh urib borishni undan ham so‘radi. Ruhoniy ohista gap boshladi:
— Ey Salmon, zamon juda o‘zgarib ketdi. Yaxshi odam larning ko‘pi o‘lib ketdi. Endi shu bepoyon dunyoda seni omonatga tashlab ketishga arziydigan odam ham qolmadi. Bu so‘zlar Salmonning ko‘nglini cho‘ktirdi. Ko‘zlarida yosh qalkdi. Biroq ruhoniy hali gapini tugatmagan edi. Ovozi xirillar, gapirishi ham tobora qiyinlashib borar edi. Bir oz tin olgach:
— Lekin, ey Salmon, Ollohning so‘nggi payg‘ambari keladigan kunlar juda ham qinlashib qoldi... Ismi AhmadMuhammaddir... Bu Payg‘ambar Tixoma taraflardan, Haram xalqining orasidan chiqadi... Ilk qiyinchiliklarga uchraganida xurmozor bir shaxarga, meningcha, Yasribga ko‘chadi... Bu Payg‘ambar sadaqa olmaydi... Hadyani qabul qiladi... Orqasida, ikki kurak suyagining o‘rtasida payg‘ambarlik muhri, belgisi bo‘lishi kerak...
Ruhoniy yana jim bo‘lib qoldi. Og‘irog‘ir nafas ola boshladi. Peshonasida ter tomchilari hosil bo‘ldi. Salmon pirining manglayidagi terlarini artdi, og‘ziga bir necha tomchi suv tomizdi.
— Endi bu Payg‘ambarga yetishishga umidim qolmadi. Agar sen uni topa olsang, darhol unga iymon keltir. Uning fikrini tasdiqla. Uning yo‘liga kir. Buyurgan hamma ishlarini qabul qil va astoydil bajar. Salmon bu so‘zlarni zo‘r diqqat bilan tingladi, xuddi xazina topib olgan kishidek suyunib ketdi. Shundan keyin, bu Payg‘ambarning amru farmonlariga qay darajada quloq tutishi kerakligini bilib olish uchun so‘radi:
—   U Payg‘ambar dinimizni tark etishni buyursa ham, bajarishim kerakmi?
—   Ha, hech ikkilanma. Chunki uning har bir gapi ayni haqiqatdir. Ollohning roziligi uning amrini bajarish bilan barobardir. Buyuk Olloh jo‘natgan har bir payg‘ambaridan Muhammadning zamonigacha yashagan takdirda unga iymon keltirish va unga yordamchi bo‘lishlari to‘g‘risida va’da olgan, hamma payg‘ambarlar ham ummatiga eng so‘nggi payg‘ambar bo‘lgan AhmadMuhammadni vasiyat qilgan, uning atrofida, uning ummati o‘laroq to‘planishni buyurgan. Bu suhbatdan keyin ko‘p o‘tmay ruhoniy vafot etdi.
Salmon Ammuriyada yana bir muddat qoldi. Bir kuni savdosotiq ishlari bilan Onado‘lga kelgan va endi o‘z yurtlariga qaytayotgan Qalb qabilasining karvoni haqida eshitdi. Salmon borbudini yig‘ishtirib ularga berish evaziga o‘zini Haram vodiyiga olib borishlarini so‘radi. Sigirlariyu echkilarini ularga berdi. Shu tariqa yo‘lga chiqildi. Biroq Vodiul Quro degan joyga yetganlarida qalbliklar so‘zlaridan qaytdilar va uni qul qilib bir yahudiyga sotib yubordilar.
Salmon atrofida xurmo daraxtlarini ko‘rib, ruhoniy ta’riflagan joy aslida shu yer bo‘lsa kerak, deb o‘yladi. Ammo unday emas ekan. Keyinroq Qurayza qabilasiga mansub xo‘jayinining amakivachchasi bo‘lmish boshqa bir yahudiy uni sotib oldi va birgalikda Yasribga jo‘nadilar. Salmon qul bo‘lish evaziga bo‘lsa ham, borgan yeri ta’riflangan joyga uyg‘un ekanligini ko‘rib, g‘oyat quvondi. Buyurilgan ishlarni bajonidil bajarib, ruhoniy kelishidan xabar bergan Buyuk Payg‘ambarni kuta boshladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 01:44:27
YAHUDIY OLIMLARI

Shom tomonlarda Hazrati Musoning dinini qabul qilgan, ilm va ibodat bilan baravar shug‘ullanadigan bilimdon yahudiy bor edi. U kichik yoshidan boshlab toatibodatga berilgan, zamonasining yetuk olimlaridan saboq olgan, bundan tashqari, mustaqil ravishda bilimini oshirishdan erinmaydigan inson edi.
Bir kuni qo‘niqo‘shnilari va do‘stu birodarlari uning safarga hozirlik ko‘rayotganiga shohid bo‘ldilar.
— Qaerga, ey Hayyibon, yo‘l bo‘lsin? — dedilar.
—   Ko‘chib ketayotirman. Hijoz tomonlarga borib yashamoqchiman.
—   Nega endi dabdurustdan, ey Hayyibon? Nega bizni tashlab ketasan. Bu yerda bizdan yomonlik ko‘rdingmi?
Yo‘q, aslo. Hech kimdan yomonlik ko‘rmadim. Ammo ko‘nglim o‘sha tomonlarga chorlamoqda.
— Nima qilasan u tomonlarda? O’zing savdogar bo‘lmasang...
— Gaplaringiz to‘g‘ri, savdogar emasligim aniq. Ammo Olloh rizqimizni berar degan umidda ketayotirman. Hayyibon shunday deb ular bilan xayrlashdi. Ertalab tong saharda bir oiladan iborat kichik karvon yo‘lga chiqdi. Yo‘lovchilar ilgarilagan sari, qadambaqadam iqlim o‘zgarar, yamyashil Shomning o‘rniga ondasonda xurmozorlar uchraydigan vohalar kela boshladi. Bir necha kunlik yo‘ldan so‘ng xurmozorlar ham ko‘rinmay qoldi. Shomning latif iqlimiga moslashgan oila kutilganidan ham uzoqqa cho‘zilib ketgan yo‘llardan, ba’zan kelajakka umid bilan qarab, ba’zan tushkunlikka tushib ilgarilab borardi. Hayyibon goho bir ufkdan ikkinchi ufqqa qadar cho‘zilgan qumsahrolarni, goho quyosh qizdirganda yaltyalt qilgan, dengizdan farqi yo‘q sarobni tomosha etaeta, qora terlarga botabota, tili tanglayiga yopishayopisha oldinga siljirdi. Bir tomchi suvga tashna qolgan paytlar ham bo‘ldi...
Haybarda tanishgan yahudiylar uni quchoq ochib kutib oldilar. Ilmi bilan amali bir bunday pokdomon din arbobiga munosib hurmatda bo‘lishlarini izhor etib, shu yerda qolishini so‘radilar.
Ammo Hayyibon mehmondorchilik muddatini cho‘zib yuborishni istamadi.
— Niyating qaer, ey Hayyibon?
— Yasribgacha bormoqchiman.
— Bu yer Yasribdan ko‘ra xushmanzara, xushhavo, tuprog‘i unumdor.
— Shunday bo‘lsa ham, niyatimiz qat’iy, ketmasak bo‘lmaydi.
Bir ozdan so‘ng karvon yana yo‘lga tushdi.
Bani Qurayza yahudiylari bir kuni mahallalarida Hayyibon ismli bir olimni mehmon qildilar. Shomdan kelayotgani, Yasribda makon tutmoqchi ekanligini gapirdi u.
— Mana, Yasrib, qo‘l uzatsang yetadigan masofada. Chindan ham Yasribga juda yaqin qolgan edi. Ularning orasida qolish taklifiga rozi bo‘ldi. Ko‘pdan beri istagan joyiga kelgan edi. Lekin bu yerda nima qiladi? Ilmini oshirish uchun kelmagan, axir. Chunki bu srda Shomdagidan zo‘rroq olimlar yo‘q edi. Bu yerda mulki ham yo‘q edi. Savdogar emas edi. Ilmi va axloqini ko‘rgan yahudiylar unga yer, bog‘ ham ajratib, ekin ekib, ro‘zg‘or tebratishga imkoniyat yaratdilar. Hayyibon tinmay o‘qib, ibodat qilib, ibratli hayot kechira boshladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 01:46:36
Qurg‘oqchilik mavsumi kelganda yahudiylar uning xuzuriga to‘plandilar, yomg‘ir duosiga chiqishini so‘radilar
— Yo‘k, bu ishni qilolmayman. Avval muhtojlarga sadaqa berishingiz kerak.
—   Qanchadan beramiz?
—   Bir mikdor xurmo yoki ikki mikdor arpa.
U istagan miqdorda muhtojlarga sadaka tarqatildi. Shundan keyin ular bilan birgalikda yomg‘ir duosiga chikdi, yalinibyolvordi. Janobi Haq yomg‘ir yubordi.
Yana bir necha bor yomg‘ir duosiga chiqildi. Har safar xalq sevinch bilan qaytdi. Bir kuni Hayyibon kasal bo‘lib qoldi. Ancha qarigan, vujudi ham holdan toygan edi. Uni ziyorat qilishga keldilar. Salomatlik tiladilar. Biroq Hayyibon vaqtsoati yaqinlashganini sezdi. Bir kuni o‘zini bir oz durust his etgach, kurayzaliklarga xabar berdi.
— Ey yahudiy millati, men Shomdek to‘kinsochiy va baraka oshibtoshib yotgan zaminni tark etib, sizlarving bu qurg‘oqchil yerlaringizga nima uchun kelganimni bilasizlarmi? — dedi.
Bilmaymiz. Albatta, sening bundan ko‘zlagan alohida maqsading bo‘lishi kerak.
— Bu yerga yaqin orada yuborilajak Payg‘ambarni kutish uchun kelgan edim. Zero, Yasrib uning hijrat qilib joylashadigan vatanidir. Bu paytgacha unga payg‘ambarlik vazifasi berilar, men ham uning diniga kirib saodat toparman, deb umid etdim. Biroq umrim poyoniga yetganini sezib turibman. Unga yetishish menga nasib bo‘lmas ekan. Shuni yaxshi bilib qo‘yingki, uning payg‘ambarlik vazifasini olishiga juda ham oz vaqt qoldi, sharpasi boshingiz ustida turibdi, desam sira yanglishmayman. Unga ishonib, dinini qabul etishda boshqalar sizlardan o‘tib ketmasin. Chunki u zimmasiga o‘ziga bo‘ysunmaganlarga qarshi qilich ishlatish va bolalarini asir qilish vazifasini ham oladi. Zinhor sizlarni uning diniga kirishdan hech kim to‘smasin...
Hayyibon shu gaplarni aytib, jim bo‘lib qoldi va bir necha kundan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi. Qurayza qabristoniga dafn etildi. Hayyibonning bu so‘zlari nechog‘li samimiy edi? Jo‘natiladigan so‘nggi payg‘ambarning da’vat kunlarigacha yashasa, chindan ham iymon keltirib, musulmon bo‘larmidi? Ilohiy iroda uni qanday kutib oladi? Ertaga — hisobkitob kuni unga qay tarzda muomala qilinadi?
Biz bu savollarning javobini bilmaymiz. Ammo uning bu yo‘lda vatanni tark etgani, shu yo‘lda turli mashaqqatlarga duch kelgani va maqsadini amalga oshirish uchun uzoq safarga chiqqanini bilamiz. Biroq u yuragidagi armon bilan o‘lib ketdi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 01:47:02
* * *
Yasribning butga sig‘inadiganlar mahallasi...
Salama ibn Salom ismli, gapga tushunadigan va boshqalarga tushuntira oladigan yoshdagi bir bola... Uylariniig yonidagi bir toshda o‘tirar va olomonga qarata hayajonli nutq so‘zlayotgan yahudiy qo‘shnisini zo‘r maroq bilan tinglar edi.
U yahudiy to‘plangan odamlarga qiyomat kuni kelishi, butun jonzotlarning qirilib ketishi, keyin qayta tiriltirilishi, yaxshiyomon amallarning o‘rtaga ko‘yilib, hisobkitob qilinishi, insonlarning bu hisobkitobdan so‘ng jannatga yoki jahannamga kirishi haqida gap uqtirar edi.
Uning so‘zlarini tinglayotganlarning hammasi mushriklar edi. Na oxiratni, na qayta tirilishu na hisobkitob va na mezonni bilardilar.
— Menga qara, ey rohib, sen bu gaplaringga chindan ham ishonasanmi? Sening aytayotganlaring muqarrar ravishda sodir bo‘ladimi?
— Albatta.
—    Ya’ni, ichida jannat va jahannam mavjud bo‘lgan bir olamda insonlar qayta tiriltirilnb, hisobkitob qilinadi, shundaymi?
—    Ha. Nimani o‘rtaga qo‘yib qasam ich, desangiz, hammasiga tayyorman.
So‘ngra atrofida yig‘ilganlarga birmabir karab chiqdi.
— Istardimki, uyimda tandirga olov yoqib meni yondirsangiz, zora, men shu olovda yonib kul bo‘lsamu, ertangi kun u dunyoda do‘zax azobidan qutulsam. Tinglovchilardan biri gapga aralashdi.
— Jabr senga qo‘shni, o‘z joningga jabr qilastirsan. Bu gaplaringni tasdiqlaydigan daliling bormi? Yahudiy ko‘zlarini Makka tomonga qaratdi. Ufqlarga termuldi, so‘ngra qo‘llari bilan ishora qilib, shunday dedi:
— Mening so‘zlarimni tasdiqlaydigan inson mana shu tomonlardan yaqinda vazifasiga chaqiriladigan bir payg‘ambardir. Yaxshi. Xo‘sh, biz uni qachon ko‘ramiz? Yahudiy 6u daf’a eshikning oldida o‘tirgan Salama ibn Salmonni ko‘rsatdi:
— Mana shu bola balog‘atga yetsa, ko‘radi.
Bu so‘zlar Salamaning ongiga muxrlanib, uzoq yillardan keyin ham unutilmaydigan bir xotira bo‘lib qoldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 01:48:26
* * *
Bir kuni Yasribning yerli aholisi bo‘lmish mushriklar bilan yahudiylar orasida kichik bir kelishmovchilik chikdi. Mushriklar ko‘n edi. Aslida qo‘rqoq bir millat bo‘lgan yahudiylarning ko‘pdan beri popugini pasaytirib qo‘yishgan, ular lommim demaydigan bo‘lib qolgan edilar. Qachonki, bir janjal chiqsa, Hazraj va Avs qabilasi yahudiylardan ustun kelar, yahudiylar esa, mag‘lubiyat Al-Amini tortar edilar.
— Bir kuni sizlarni adabingizni beramiz, ey Yasrib xalqi, — deyishardi yahudiylar.
— Bugun adabimizni berishga kim xalaqit beryapti?
— Bugun sizlarning qo‘lingiz balandligini inkor etolmaymiz.
—   Har doim shunday bo‘ladi! Bilib qo‘yinglar!
—   Mana, ko‘rarsizlar, bir kun kelib bizning kunimiz ham tug‘ib qolar.
—   Tushlaringizni suvga aytinglar. Yasrib doimo yahudiylarni chig‘iriqdan o‘tkazadigan bir tegirmon bo‘lib qolaveradi. Bir kuni kelib, go‘ringizni qaziydigan bitta yahudiy ham qolmaydi.
—   Unisi hali noma’lum. Biz kutayotgan Payg‘ambar kelsin, o‘shanda kim g‘olibu kim mag‘lub bo‘lishi ayon bo‘ladi. Ko‘rasizlar hali, sizlar bilan boshqacha hisoblashamiz, Od va Iram qavmlari kabi yo‘q bo‘lib ketasizlar!..
Yahudiylarning nimaga shama’ qilayotganini tushunib yetmagan mushriklar qo‘pol muomalaga o‘taqoldilar:
— Qani, daf’ bo‘linglar bu yerdan, la’nati yahudiylar!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 01:52:17
HAQ DIN YO’LIDA
Xaniflar

Makkada bayram. Makkaliklarning deyarli hammasi shahar ko‘chalariga chiqqan. Ular bir butning atrofiga to‘planganlar. Qurbonliklar so‘yilib, butga baxshida etilayotir. Qilingan qurbonliklardan butlar nimani tushunganliklari hech kimni qiziqtirmaydi.
Shu bayram kuni bu odamlarga qo‘shilmay, ularning kulgili xattiharakatlarini bir chekkada kuzatib turgan to‘rt kishi ham bor edi. Ular juda g‘amgin edilar.
— Qavmimiz tutgan yo‘l hech ham to‘g‘ri emasda...
Haqiqiy din bu din emasligiga qasam ichishim mumkin.
— Gaping to‘g‘ri, ey Varaqa. Men ham sening fikringga qo‘shilaman. Mana, masalan, qoshida qurbonlik so‘yilayotgan bu but, meningcha, boshqa toshlardan sira farq qilmaydi. Hech kimga foydasi ham yo‘q, zarari ham.
Bu so‘zlarni so‘zlagan Zayd ibn Amr edi. U yana birodarlariga qarab:
— Men qat’iy qaror qildim: darhol yo‘lga tushamanda, haqiqiy dinni izlayman. Meningcha, haq din payg‘ambar Ibrohimning dinidir, — dedi.
— Ha, albatta, Ibrohimning dinidan boshqa haq dinning yo‘qligiga aminman.
Suhbat shu tarzda davom etdi. Qisqa vaqt ichida yo‘lga tushishga ahdlashib, tarqaldilar. Bular — Varaqa ibn Navfal, Zayd bin Amr, Usmon ibn Huvayris, Abdulloh ibn Jahsh edi. Ammo bu yig‘ilish va suhbat Fil hodisasiga nisbatan qaysi yili bo‘lgani noma’lum.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 01:54:11
* * *
Varaqa ibn Navfal Shom tomonlarga ketdi. Uchrashgan din arboblarining ta’sirida xristianlikka kirdi. O’qish, yozishni o‘rgandi. Xristian diniga oid kitoblarni o‘qidi. Ibroniy, ya’ni, qadimgi yahudiy tilini o‘rganib, Tavrotni ham mutolaa qildi.
Makkaga qaytganda yahudiylikni ham, xristianlikni ham chuqur o‘rganib olim bo‘lgan, hatto Tavrotdan, Injildan ba’zi narsalarni yodlab olgan edi. Ba’zan yahudiy tilida o‘qigan diniy kitoblarining mazmunini arab tilida so‘zlab berardi. Ammo na birovni xristianlik diniga chorlardi, na Makka ahlidan biror kishi uning oldiga kelib: «Ey Varaqa, payg‘ambar Iso alayhissalomning dinini menga ham o‘rgat, men uning diniga kirishni istayman», der edi. U o‘z holicha, to‘g‘ri ekanligiga ishongan xristianlik diniga sodiq bo‘lib qolaverdi. Birov kelib: «Sening butlarimizga ibodat qilganingni ko‘rmay qoldik. Endi oramizga qo‘shilmasang, bo‘lmaydi», demadi ham. Vaqt o‘tib Varaqaning ko‘zlari xiralashdi. Yaxshi ko‘rmaydigan bo‘lib qoldi. Lekin o‘qigan kitoblarida yozilgan ma’lumotlar yodida edi. Chunonchi, Tavrot va Injilda o‘qiganida bir necha oyatning endi keladigan Payg‘ambar haqidagi xushxabari uning zehniga o‘rnashib qolgan, bu so‘nggi Payg‘ambarni intizorlik bilan kutar edi. U zot shu Makka shahridan chiqadi deb ishonchi komil edi. Orasira makkalik tanishlariga chuqur razm solar, «Ajabo, bulardan qaysi biri payg‘ambar bo‘lishi mumkin, saodat toji ulardan qaysi birining boshiga kiygizilar ekana?!» deb o‘ylab qolardi. Kimga payg‘ambarlik unvonini munosib ko‘rishini, albatta, Olloh o‘zi yaxshiroq biladi.
— Nima bo‘lardi, ey Rabbim, meni o‘sha Payg‘ambarga yetishtirsang...
So‘nggi paytlarda Varaqa shu duoni pichirlab aytib yuradigan bo‘lib qoldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 01:56:48
* * *
Usmon ibn Huvayris Shomga bordi, o‘sha yerda muqim o‘rnashdi. U ham xristianlikni qabul qildi. Bundan tashqari, Shom hokimiga makkaliklar ustidan arz etib, agar ularning ustiga muntazam bir qo‘shin bilan yurish uyushtirilsa, u yerlarni osongina fath qilish mumkinligiga ishontirdi.
Hokim o‘zining qo‘li ostida xizmatda bo‘lgan ikkinchi darajali boshqa bir hokimga maktub yozib, Usmon ibn Huvayrisdan berib yubordi. Maktubda qo‘shin bilan Makka ustiga yurin1 qilish va u yerlarni ishg‘ol etish buyurilgan edi.
Hokim ibn Jafna bu farmonni bajarish uchun tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Shu paytda uning maqsadidan voqif bo‘lgan darveshlar guruhi Ibn Jafnani ziyorat qilish uchun izn so‘radilar. Ibn Jafna huzuriga tashrif buyurgan tarkidunyochilardan so‘radi:
— Xo‘sh, xizmat?
— Ey malik, Haram xalqi ustiga qo‘shin bilan yurish qilish niyatingni eshitdik, shu to‘g‘rimi?
— Ha, to‘g‘ri. Menga buyurilgan farmon shu.
— Ey malik, bizlar seni yaxshi ko‘ramiz. U yerlarni bosib olsang, bundan bizga hech qanday ziyonzahmat yetmaydi. Ammo u yerda «Ka’ba» deb ataluvchi, payg‘ambar Ibroxim zamonidan qolgan bir Bayt borki, Olloh hech kimsaning bu Baytga qo‘l ko‘tarishiga, unga hujum qilishiga rozi bo‘lmaydi. Chunonchi, bundan bir necha yil oldin Yaman tomonlardan kelgan katta qo‘shin Makkaga yetay deb turganda, Ollohning qarg‘ishiga uchrab, mahv bo‘lib ketdi. Bu ayni haqiqatdir. Zinhor bunday ishga bel bog‘lamagin, — dedilar.
Shundan keyin Fil hodisasini tafsilotlari bilan so‘zlab berdilar.
— Bularni faqat va faqat yaxshilik tilab gapirib berdik, ey malik. Boshingga bir kulfat tushsa, biz uchun benihoya qayg‘uli bo‘ladi — dedilar.
Ibn Jafna ularni kuzatgach, kichkina bir tekshiruv o‘tkazib, Abraha lashkarining fojiaviy halokati haqida aniq ma’lumot oldi. Darhol tayyorgarlikni to‘xtatdi. Usmon ibn Huvayrisni huzuriga chaqirtirdi. Haram hududini fath etishga bunday imkoniyat yaratib bergani uchun tashakkur bildirdi. Bu hali xamir uchidan patir, deya bir necha ko‘ylak hadya etib, egniga kiydirdi. Usmon yangi libos kiygani uchun kechqurun tanasining qattiq qichishayotganini sezdi. Qashingan edi, yaralar paydo bo‘ldi. Uzini tobora yomon his qila boshladi. Shundan keyin birdaniga:
— Yo, alhazar... — deb yubordi.
Ammo vaqt o‘tgan edi. Ko‘ylagiga zahar surtilganiga hech shubhasi qolmadi. Darhol yechdi. Biroq endi hech narsani o‘zgartirib bo‘lmasdi. Sekinasta o‘limi yaqinlashaverdi.
Bir necha soatdan so‘ng ibn Jafnaning huzuriga kirganlar unga Usmon ibn Huvayrisning tipirchilabtipirchilab, jon berganini bildirdilar.
— Bizga qazigan chohga o‘zi yiqildi, — dedi hokim.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 01:58:37
*   * *
Abdulloh ibn Jahsh turli joylarga bordi, ko‘p odamlar bilan muloqotda bo‘ldi. Nihoyat, u ham xristianlikka kirdi. Bu din uning qalbiga huzur va osoyishtalik bag‘ishladi. Abdulloh qidirgan narsasini topganiga ishonchi komil edi. Yana Makkaga qaytdi va u yerda tinch hayot kechira boshladi.

*   * *
Zayd o‘rtoqlari bilan xayrlashib, uyiga kelgach, maqsadini avval xotini Safiyyaga bildirdi. Hadromiyning qizi Safiyya bundan sira xursand bo‘lmadi. Erini juda yaxshi ko‘rardi. Yaxshi xulqli, pokiza va suyukli inson edi. Kelishgan, basavlat bir kishi edi. Uzoq vaqt undan ayrilishini hech ham xohlamadi.
— Ketma, Zayd, shu yerda yonimda qol, sensiz turolmayman, — dedi.
Ammo Zaydning ahdi qat’iy edi. Bu shunchaki aytilgan gap emas, ko‘nglining tubtubigacha singib ketgan dunyoqarash edi. Erxotin hech kelisha olmadilar. Zayd ketish fikridan bir daqiqaga bo‘lsada, qaytmadi. Safiyya ketkizmayman, deb o‘jarlik qilib turib oldi. Zayd Safiyya ko‘rsatgan hamma vajlarni sabrtoqat bilan tingladi, uni ko‘ndirishga urindi, keyin:
— Ammo men, albatta, haq dinni topishim kerak. Bu yo‘lda har kanday og‘irchilikka, yo‘kotishlarga ham tayyorman, — dedi.
— Xo‘p, biz sensiz nima qilamiz? Zayd o‘g‘liga ishora qildi:
— Mana, Said. Bolamni bag‘ringga bosib, o‘zingni ovutarsan.
Kelajakda lsannat xushxabarini hayotlik chog‘idayoq oladigan bu kichkina bola «Asharayi mubashshara»dan (iayg‘ambarimiz jannati bo‘lganliklaridan xushxabar bergan o‘n kishidan) biri bo‘lgan Said ibn Zayd hazratlari edi.
Biroq bu bahona Safiyyani ishontirolmadi.
— Aytishga oson. Lekin ayol uchun erining o‘rni boshqa, o‘g‘ilning o‘rni boshqa. Bahstortishuvlar shu tarzda cho‘zilib ketdi, Zayd xotinini hech ko‘ndirolmadi. Oxiri, u rozi bo‘lmasa ham, yo‘lga chiqishga qaror berdi. Safiyya ham, o‘z navbatida, uni qanday qilib bo‘lsada, olib qolishga qat’iy kirishdi. Nixoyat, axvolni Zaydning amakisi Xattobga gapirib berdi. Xattob Zaydga pandnasihat qildi, do‘q urdi. Haq din haqidagi xomxayolni miyangdan chiqarib tashla, deb qattiq ogohlantirdi. Xattob Zaydning xam amakisi, ham akasi edi. Zaydning bobosi Nufayl o‘lganida, orqasidan ikki o‘g‘il va xotini qolgan edi. Biri oldingi xotinining o‘g‘li Amr, ikkinchisi endi beva qolgan xotinidan tug‘ilgan Xattob. Nufaylning ta’ziyasi kuni g‘alati hodisa ro‘y berdi. Azaga kelgan xotinlar dod solib yig‘lar edilar. Arab odatlariga ko‘ra, yaxshi xislatlari ta’rif etilgan marsiyalar o‘qilardi. Shu payt Nufaylning o‘g‘li pusib borib, bir xoiaga kirdi. Chapga, o‘ngga alangladi. Hech kimning u bilan ishi yo‘qligidan foydalanib, bir zumda qo‘ynidan chiqargan ro‘molni o‘gay onasining boshiga yopdi.
Ayol bir sapchib tushdi. Biroq endi bo‘lar ish bo‘lgan, ro‘mol boshiga yopilgan edi. Bundan buyon Amr o‘gay onasining yakka xo‘jayini bo‘lish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Istasa unga o‘zi uylanadi, istasa, boshqa birovga sotib yuboradi. Chirkin, ammo keng tarqalgan odat edi bu. Eri o‘lgan xotin marhumning janozasi o‘qilayotganida aza tutsinmi yoki erining yaqin qarindoshlaridan biri to‘satdan boshiga yoiadigan ro‘moldan saqlanish yo‘llari haqida bosh qotirsinmi? Boshiga og‘ir kulfat tushgan ayol yo butun dardini unutib, faqat shu haqdagina o‘ylashi va ovlanishdan qutulishi, yo boshiga tushadigan ishga rozi bo‘lishi, ikki yo‘ldan birini tanlashi kerak edi. Uchinchi yo‘l yo‘q edi.
Marxum uydan olib chiqib ketilgach, ov muddati tugardi. Amr ugay onasining boshiga ro‘mol yopish orqali egalik huquqini qo‘lga kiritgach, uni birovlarning ixtiyoriga topnshrib qo‘yish niyatida emasligini ochiqoydin bildirgan edi. O’ziga ma’qul bo‘lgan paytda unga uylandi. Bu nikohdan Zayd ismli bir o‘g‘il dunyoga keldi.
Zayd ulg‘aygach, qavmining bu ahmoqona odatlariga qarshi qalbida jirkanish hissi uyg‘onganini his etdi. Toshlarga, daraxtlarga tangri deya sig‘inishning bema’niligini angladi. Bunday xattiharakatlar noto‘g‘riligini aytishdan tap tortmadi. Ammo bu yo‘lda ilk bor unga qarshi chiqqan odam ham amakisi, ham onasi bir aka bo‘lgan Xattob edi. Zayd Xattobdan rosa kaltak yedi.
Shundan keyin Safiyya har safar Zaydning yo‘lga tayyorgarlik ko‘rayotganini sezdi deguncha, Xattobga xabar jo‘natar, masala shu bilan hal bo‘lar edi. Ammo bir kuni kslib bu choratadbirlar ham foyda bermay qo‘ydi. Erta tongda o‘zini bir ishni nazorat qilish uchun chiqib ketayotgandek ko‘rsatgan Zayd kechqurun uyiga qaytmadi. Safiyya o‘g‘li Said bilan uning orqasidan qon yig‘lab qoldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 01:59:25
* * *
Zayd Haram zaminini tark etgach, kunlarcha yo‘l yurdi. Duch kelgan joyda din arboblari haqida surishtirdi, ko‘nglida yonayotgan dardi bedavoga malham qidirardi. Nihoyat, bir xristian ruhoniyi uning savollariga shunday javob berdi:
 Senga Iso alayhissalomning diniga kirishni tavsiya etaman.
—    Isoning dini meni qoniqtirmaydi.
—    Nega?
—   Chunki Hazrati Iso yakkayu yolg‘iz bir Ollohga iymon keltirishni buyurar edilar. Sizlar bitta Ollohni uchtaga yetkazdingizlar. Olloh birdan ortiq bo‘lsa, uchta bo‘ldi nima, uch yuzta bo‘ldi nima?! Masalan, mening vatanimdagilar uch yuzdan ortiq iloh bor deb e’tirof etadilar, o‘shalardan qanday farqlaring bor?
    Sen Isoning birgina Ollohga sig‘inishni buyurganini qaerdan bilasan?
— Chunki Olloh yakkayu yagonadir. O’ziga sherik qo‘shishni amr etadigan kishini payg‘ambarlik vazifasiga tayinlashi mumkin emas. Demak, bu — sizlarning ishlaringiz, ya’ni, uch iloh bordir, deb payg‘ambar Iso emas, sizlar aytasizlar. Birikki soniya to‘xtab qoldi, uning gaplarini diqqat bilan, hayrat bilan tinglagan ruhoniyning ko‘zlariga tik boqdi:
—   Men esa, faqat yakkayu yagona Ollohga ishonishni amr etuvchi dinni qidiryapman.
—   U holda senga, iymon keltirsang, hidoyat topadigan bir din haqida ma’lumot berayin.
—    Qaysi din ekan u?
—   Ibrohim alayhissalomning dinidir.
—   U holda menga uning moxiyatini tushuntirsang.
—   Tushuntira olmayman.
—   Nega?
—Chunki u dinning asl mohiyatini, o‘zagini, mazmunini o‘zim ham bilmayman, biladigan biron kishining borligiga ham ishonmayman. Zayd u yerdan namli ko‘zlar bilan chikdi. Yana yo‘lga tushdi.
— Ollohim, sen shohid bo‘lginki, men Ibrohim payg‘ambar dinining tarafdoriman. Shu din yo‘lida yashashni, shu din yo‘lida o‘lishni orzu qilaman, — deya yo‘l bosdi.
Shundan keyin og‘irog‘ir qadam tashlab ketayotgan tuyasining ustida o‘tirgan holda Ibrohim payg‘ambar tanitgan Ollohga sajda etish maqsadida boshini tuyaning bo‘yniga egdi. «Ollohim, Ollohim, senga qanday ibodat qilishni bilolmayaiman», deya so‘zlandi.
Shom tomonlarda uchratgan bir rohibga o‘z hayotini gaiirib berdi. Shunda rohib:
—Ey makkalik birodar, tushunishimcha, sen Ibrohim payg‘ambarning dinini qidirayotirsan. Sen qidirgan dinni biluvchining yoki shu dinga kirgan bir kishining borligiga ko‘zim yetmaydi. U yahudiy emas edi, xristian ham emasdi. Pok va samimiy bir e’tiqod bilan Ollohga topinishni buyurgan payg‘ambar edi. Yahudiylik ham, xristianlik ham payg‘ambar Ibrohimdan (s.a.v.) keyin kelgan dinlardir. Ibrohim payg‘ambar namoz o‘qir, sajda qilar va ibodatlarida sening vataningda qad ko‘targan Baytga yo‘nalar edi. Zero, u Baytni ham o‘zi Ollohning amriga muvofiq qurgan edi. Sen hoziroq orqaga qayt, o‘z yurtingga bor. Chunki Olloh sening qavmingdan, sening yurtingdan bo‘lgan bir kishiga vazifa beradiki, u payg‘ambar Ibrohim tomonidan keltirilgan haqiqiy tavhid va xaniflar dinini o‘rgatadi. U Ollohning eng suyukli bandasidir. Zayd bundan ortiq ma’lumotga ega bo‘lolmasligiga ishonch hosil qilib, Makkaga qaytdi. U uchrashgan din arboblari bergan eng so‘nggi ma’lumot qidirganini o‘z yurtida topajagini ko‘rsatardi.
Yurtiga keldi. Odamlar hamon butlarga sig‘inishar, hamon ularga qurbonliklar qilishar edi. Tanishlari undan:
— Nima qilding, nima bo‘ldi? — deb so‘radilar.
— Varaqa xristianlikni qabul etdi. Ammo u din menga to‘g‘ri kelmadi. Men payg‘ambar Ibrohimning diniga e’tiqod qo‘ydim, — dedi.
— U nimaga inonardi?
—Nimaga inonganini bilmayman. Lekin nimaga inongan bo‘lsa, men ham shunga e’tiqod qiltandek qabul qilishini Ollohdan tilayman.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:00:50
*   * *
Bir kuni Zaydni ushbu so‘zlarni pichirlab yurganida ko‘rib qoldilar:
— Rabbim, chin ma’noda sening amringga tayyorman. Senga qul bo‘lib, bandalik qilib buyrug‘ingni bajarishni istayman. Xayrni xohlagan bandangman, mutakab bir, muttaham emasman. Ollohim, yuzimni faqat senga burganman. Menga qanday muomala kilsang ham, baribir senga iltijo qilaman. Zayd shu so‘zlarni aytib bo‘lgach, yerga egildi va boshini sajdaga qo‘ydi.

*   * *
Zayd shafqat va marxamatli bir kishi edi. Ayniqsa, qiz bolalarni tiriklayin tuproqqa ko‘mishlariga chidab turolmasdi.
Bu axmoqona hukmni bajarishga bel bog‘lagan bir otaga shunday degan edi:
— Shu go‘dakni menga ber. O’z panohimda tarbiyalab, voyaga yetkazaman.
Zayd shu yo‘sinda bu go‘dakni o‘lim changalidan qutqardi. Yillar o‘tib, o‘sha go‘dak balog‘atga yetdi, husniga husn qo‘shildi, go‘zal qiz bo‘ldi. O’shanda qizning otasiga shunday taklif qildi:
— Xohlasang, kizingni ol. Xohlasang, yana mening qaramog‘imda qolaversin.
Zayd shu yo‘l bilan anchagina ma’sum go‘daklarning jonini omon saqlab qolgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:02:26
* * *

Xattob o‘z ukasi va, ayni paytda, jiyani ham bo‘lgan Zaydning boshqacha odam bo‘lib qaytganidan sira ham xushnud emas edi. Uni qo‘lidan ushlab, butlarning qoshiga olib bordi.
    Kani, bir ko‘ray, Zayd, bularga sajda kilginchi, — dedi.
Zayd bu taklifga aslo rozi bo‘la olmas edi. Zinhor ularga sajda qilmaslik uchun shuncha payt begona yurtlarda qolib ketgan, yuragini yondirayotgan otashni so‘ndirish uchun qanchadanqancha cho‘lu biyobonlarni oshib o‘tgan edi. Yulduzlar charog‘on etgan osmon ostida yolg‘iz o‘zi qanchadanqancha kechalarni mijja qoqmay o‘tkazdi, qanchadanqancha safar zahmatlariga yuzida tabassum bilan bardosh berdi, «Ollohim, seni qidiryapman. Ollohim, sen payg‘ambar Ibrohimga (a.s.) jo‘natgan diningni qidirmoqdaman», deya ko‘zyoshlarini oqizdi. Endi Xattob tugul, butun jahon odamlari qo‘shilishib ham bu nochor maxluklarning qoshida uni bosh egishga majbur etolmasdilar.
—    Men butlarga sajda qilmaslik uchun shuncha paytgacha begona yurtlarni kezib yurdim, — dedi.
—    Xo‘sh, ularning chindan ham iloh ekanliklariga endi ishondingmi?
—    Yo‘q. Ular aslo haqiqiy iloh emasdirlar. Ularga toatibodat qilish odamlarga hech qanday naf keltirmaydi. Ulardan uzoq yurish ham xech bir zararga sabab bo‘lmaydi. Xattob ishning cho‘zilib ketishini sira ham xoxlamasdi. Fe’li bunga yo‘l qo‘ymasdi. Masalani shartta hal etishga qaror berdi. Zaydni rosa kaltaklagandan so‘ng, endi bu tentaklikka barham berish payti keldi, deya uni yolg‘iz qoldirdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:03:03
* * *
Makkaning Jidda tomonidagi Baldok deb ataluvchi manzilida yashovchi Abdulmuttalibning nevarasi Muhammad ibn Abdulloh Zayd ibn Amr bilan hamfikr edi. Zayd butlarga bosh egish u yoqda tursin, ulardan qattiq nafratlanadigan Muhammad ibn Abdullohni juda yaxshi ko‘rar, unga ixlosi baland edi. Ammo ancha paytdan buyon axtarayotgan buyuk kishisining yonginasida o‘tirib, u bilan birgalikda suxbatlashayotgandan mutlaqo bexabar edi. Faqat ugina emas, bu haqiqatdan u paytlari Muhammad ibn Abdullohning o‘zi ham bexabar edi...
Oldilariga dasturxon keltirib yoydilar. Go‘shtdan tayyorlangan taom qo‘yildi. Butlarga qurbonlik maqsadida so‘yilgan molning go‘shti emas edi, albatta. Shunday bo‘lsada, Zayd unga qo‘lini ham tekkizmadi va shunday dedi:
—Men na sizlarning butlar uchun so‘ygan qurbonlik go‘shtingizdan yeyman va na Ollohdan boshqasining ismini zikr etib so‘yilgan mol go‘shtini. Molholni yaratgan Ollohdir. Uning yashashi uchun ko‘kdan suv yuborgan, yerdan o‘to‘lan o‘stirib qo‘ygan ham Ollohdir. Shuni bilaturib ham Ollohga shak keltirasizlar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:03:51
* * *
Bir kuni yaxshi odamligi bilan shuhrat qozongan savdogar bo‘lmish Abu Bakrning qizi Asmo Ka’ba yonidan o‘tib ketayotgan edi. U yerda butlarga sig‘inish bilan band bo‘lganlarga qarata shunday deya boshladi:
— Ey qurayshliklar, Xudo haqqi, orangizda mendan boshqa payg‘ambar Ibrohimning diniga e’tiqod qilgan kimsa yo‘kdir. Zinodan uzoq yuring. Chunki uning oqibati faqirlikdir. Olloh uchun so‘yilmagan molning go‘shtini ham yemang. Keyin shunday mazmundagi baytlarni o‘qidi: «Men yuzimni zalvorlizalvorli tog‘larni, qoyalarni ko‘tarib turgan shu yerni yaratganga o‘girdim. Men ko‘nglimni totli suv yuklari bilan to‘libtoshgan bulutlarning egasiga topshirdim. Shamollar kimning amriga binoan u yokdanbu yoqqa va, aksincha, esib turgan bo‘lsa, men xam o‘shaning yo‘liga kirdim, uiga banda bo‘ldim».
Asmoning bu yerda ortiq turishi xavfli edi. Chunki u yerdagilar Zaydga dushman bo‘lib, nafratdan o‘zlarini qo‘yarga joy topolmayotganlardan edi. Janjalto‘polon boshlanib ketishi hech gap emas edi. Xattobning fikricha, Zayd toza adabini yegan, endi aqli kirib qolgan bo‘lishi kerak edi. Lekin, hayhot, u o‘z fikridan qaytmabdi. Ibrohim diniga sodiq qolibdi. Qaerga borsa, qaerda o‘tirsa, Ibrohimning dinidan gap boshlar, butlarning oddiy toshlardan iborat ekanligini ochiqoydin gapirar edi.
Xattob uni ikkinchi marta tarbiyalash kerak degan fikrga keldi. U juda baquvvat edi. Chinor niholi kabi bir o‘spirin bo‘lgan o‘g‘li Umarni hech ayamay do‘pposlagan paytlari bo‘lib turardi. Ammo Umar kaltak yerkan, otasiga bo‘lgan xurmati bois lommim demasmidi yoki kuchi yetmasligini bilgani uchun azoblarga chidarmidi — bunisi bizga ma’lum emas.
Chindan ham juda baquvvat, jasur Xattob Zaydni oldiga solib, uyiga olib keldi, ikkinchi marta yana rosa kaltakladi. Bu kaltaklardan so‘ng navbat pandnasihatlar, tanbehu do‘qpo‘pisalarga keldi. Bu ham kor qilmagach, yana kaltakladi va:
— Bundan buyon Makka tuprog‘iga qadamingni bosmaysan. Chunki endi odam o‘lmasliging ravshan... — deya quvib yubordi.
Vaziyat juda keskinlashgan edi. Ulim xavfi tug‘ildi. Shunint uchun Zayd vatanini tark etdi. Ammo Makkadan uzoqlashishni o‘ylamasdi. Makka yaqinidagi tog‘u toshlardan, g‘orlardan ianoh topdi. Ko‘zyoshi to‘kib, otashin she’rlar o‘qib, o‘ziga tasalli berib yurdi. Dunyoda qolgan birgina orzui yaqinda keladigan so‘nggi payg‘ambarga yetishish, uning oyog‘iga qo‘ngan changlarni ko‘zlariga surtish ekanligini ko‘kka termulatermula qaytaqayta takrorlardi.
Xattob Makka yoshlaridan bir guruhini to‘nlab, Zaydni qaerda ko‘rib qolsalar, toshbo‘ron qilishga ko‘ndirdi. Zayd biron xabar eshitib qolarman, degan umidda har kelganida, ushbu bezorilarni uchratar, ular otayotgan toshlarga nishon bo‘lar edi.
Bu ish bir necha bor takrorlandi. Shundan keyin Zayd yana Shom tomonlarga bosh olib ketdi. Yo‘l yurib borar ekan, shu mazmundagi baytlarni o‘qir edi:
«Hodisalar aql tarozisiga solinsa, men bir Ollohga banda bo‘lamanmi yoki bir dona ilohga? Men Lotdan ham Uzzodan voz kechdim. Jasoratli va sabrtoqatli kishi aslida shunday qilishi kerak. Men na Uzzoni iloh deb tan olaman, na uning ikki qizini va na Bani Amrning ikki butini ziyorat qilaman. Bizning birgina Robbimiz borki, men faqat unga iyayunaman. Chunki eshushim hali joyida...»
U Shomga bu gal yangi din qidirib bormadi. Faqat yuragida yonayotgan otash alangasini pasaytirmoqchi edi, xolos. U uchratgan bir rohib:
—    Qaerdan kelyapsan, ey tuyakash, — dedi.
—    Ibrohim naslining yurtidan.
—    Xo‘sh, maqsading nima?
—    Haqiqiy dinni qidiryapman.
— U holda sen tezda o‘z yurtingga qayt. U dinni keltiradigan payg‘ambar yo shu kunlarda chiqdi, yo chiqish arafasidadir.
Zayd darhol qaytdi. Nima bo‘lsa bo‘lsin, Makkaga kirishga qat’iy ahd qildi. Bosgan har bir qadami uni tobora Haram hududiga yaqinlashtirardi. Lekin Arzi Laxm degan joyga kelganida, peshonasida sovuq terlar paydo bo‘ldi.
Atrofini notanish odamlar o‘rab olgan edilar. Bular, ehtimol, qaroqchilar edi. Zaydni ular ham tanimasdilar. Zayd ulardan qutulish uchun hamma narsasini berishga tayyor edi. Ammo bu odamlarning uni qo‘yib yuborin1 niyatlari yo‘q edi. Axiyri Zayd og‘ir zarba yeb, bu dunyodan abadiy ko‘z yumdi. Bu paytda qurayshliklar beto‘xtov ravishda Ka’bani ta’mirlash bilan mashg‘ul edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:04:37
* * *
Uning o‘limiga yig‘laganlar orasida Varaqa ibn Navfal ham bor edi. U Zaydning sha’niga shu baytlarni o‘qidi: «Ey Amrning o‘g‘li, sen to‘g‘ri yo‘lni topding. Pokiza hayot kechirding, ayovsiz kuydiradigan jahannam otashlaridan uzoqlashding. Bu sening yakkayu yagona bo‘lgan, tengi yo‘q Ollohga ishonishing va bema’ni butlarga sig‘inishdan voz kechishing tufaylidir. Ba’zan inson yerning stmish qavat ostida bo‘lsa ham, Robbining rahmati yetib boraveradi».

* * *
Fijor urushining qahramonlaridan biri sifatida bizga oldingi boblardan tanish bo‘lgan Umayya o‘g‘li Harb bir safar chog‘ida vafot etib, yo‘ldoshlari uni o‘lim joyida dafn kilgan edilar. Makkaga kelishgach, uning o‘lganligi haqida xabar berdilar. U mash’um xabarni eshitganlar Harbning qab ri qaerdaligini so‘radilar. Oralaridan shoirtabiat bittasi shunday javob berdi:

Va qabru Harbin bi makoin kafr,
Va laysa qurba qabri Xdrbin qabr.


Ya’ni: «Harbning qabri suvsiz bir cho‘ldadir. Uning qabri yonida boshqa qabr yo‘kdir».
Shunday deb ta’riflashga majbur bo‘lgan edilar. Chunki qaytib borsalar, kaerga ko‘mganlarini ko‘mganlarning o‘zlari ham topa olmasdilar.
Endi amaviylarning yetakchisi Harbning o‘gli Abu Susryon bo‘lib qoldi. Makkada eng oldi aslzoda o‘n kishi bo‘lsa, o‘shalarning biri Abu Sufyon edi, desak sira yanglishmaymiz.
Ka’ba kayta qurilayotgan kunlarda Sakif qabilasining mashxur shoiri Umayya ibn Abu Solt Abu Sufyon bilan birgalikda Shom yo‘lida edi. Bir xristianlar qishlog‘ida dam olish uchun to‘xtadilar. Qishlokdagi bir necha kishi shoir Umayya ibn Abu Soltga hurmat ko‘rsatishib, uni sovg‘alar bilan siyladilar. O’zini mehmonga chaqirdilar. Umayya ular bilan birga ketdi va anchagacha u yerda qoldi. Qaytib kelgandan so‘ng egnidagi kiyimlarini yechdi, qoiqora boshqa bir libosga burkandida, Abu Sufyondan:
— Xristian olimlaridan biri bilan uchrashishni istaysanmi? — deb so‘radi.
Abu Sufyon hech ikkilanmay javob berdi:
—    Yo‘q.
—    Nega?
— Chunki menga xush yoqadigan gapni aytsa, unga ishonmayman. Yoqmaydigan gap gapirsa, jahlim chiqadi. Umayya yana yolg‘iz o‘zi ketdi. Qaytib kelganida, tun yarmidan oqqan edi. Xursand edi, cho‘zilib yotdi. Tong otdi hamki, ammo Umayyaning ko‘zlariga sira uyqu kelmadi. Chehrasidan horg‘inligi shundaygina bilinib turardi. U indamas, Abu Sufyon ham gapirmas edi. Nihoyat, Umayya sukunatni buzdi:
—   Yo‘lga chiqmaymizmi?
—   Xohlasang, chiqaveramiz.
Safar yana davom etdi. Ikki kun yurdilar. Umayya hamon gapirmas, xayoli nimalar bilandir band edi. Uchinchi kuni:
 Biron nima desangchi, ey Abu Sufyon! — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:05:19
— Xo‘sh, o‘zing nega indamaysan, Umayya? Xudo haqqi, huv anavi og‘aynilaringni qishlog‘iga borganingdan keyin og‘zingga talqon solib, qulf urib qo‘yganmisan, deb o‘ylagan edim. Hech seni shu ahvolda ko‘rgan emasman. Nimalar bo‘lganini tushuntirsangchi?
— Mengaku, hech narsa bo‘lgani yo‘q. Men faqat o‘sha qayta tiriltirilishni o‘ylasam, qo‘rquvga tushib ketyapman.
—   Qanaqa qayta tirilishdan?
—   O’lgandan keyingi tirilish haqida gapiryapman.
—   O’lgandan keyin qayta tirilish to‘g‘risidagi fikring chinmi?
—   Albatta, o‘lishimiz muqarrar, so‘ngra tirilishimiz ham.
—   Mening fikrimga qo‘shilsang, yaxshiroq bo‘lardi.
—   Qanaqa fikr ekan?
—O’lgandan so‘ng qayta tirilmaysan. Ajr uchun ham chaqirilmaysan. Buni meni aytdi deyaver. Umayya achchiqachchiq kuldi:
— Mening ustimdan kulma, Abu Sufyon. Qasam ichib aytamanki, har kimga o‘lganidan keyin qayta hayot beriladi. Hisobkitob qilinadi va natijada odamlarning bir qismi jannatga, qolgani jahannamga kiradi. Abu Sufyon kinoyali ohangda so‘radi:
—   Olim do‘sting fikricha, senga jannatdan joy tegadimi yoki jahannamdan?
—    Bu hakda na do‘stim biladi va na men. Suhbat shu bilan tugadi. Umayya Abu Sufyonning gap uqmas befarosatligidan kuyundi. Abu Sufyon ham qovog‘ini solib olgan do‘stiga ko‘z ostidan kulimsirab qarab qo‘ydi. Shomdan qaytayotganlarida yana bir qishloqqa duch keldilar. Umayya yana u yerdan xayoli parishon bo‘lib qaytdi. Abu Sufyon endi uning nima haqda qayg‘urayotganini bilar, biron yangilik bo‘lsa, o‘zi gap boshlar, deb hech narsa to‘g‘risida so‘ramas edi. Sukunatni yana Umayya buzdi:
— Nima deysan, yo Abu Sufyon, shu, bir chekkaroq joyga o‘tib gaplashsak. Bir chekkaga o‘tdilar.
— Gapirsangchi, yo Abu Sufyon?
—    Nima to‘g‘risida? Sening eski safsatang to‘g‘risidami?
—    Utba ibn Robiya haqida gapir. U zulm, haqsizlikdan uzoq yuradigan kishimi?
Ha, Xudo haqqi, xuddi sen aytgandek adolatparvar odam.
—Qarindoshlarining xukuqini himoya qilib, qarindoshurug‘chilikka rioya etishni buyuradimi?
 Ha, Robiyaning o‘g‘li chindan ham shunaka.
— Otasi tomonidan ham, onasi tomonidan ham aslzoda oiladanmi?
— Bu ham to‘g‘ri.
— Kurayshlarning ichida undan sharafliroq boshqa kishini bilasanmi?
—   Yo‘q, bilmayman.
—   Faqir va muhtoj bir kishimi?
—   Yo‘q, juda boybadavlat odam.
—   Yoshi nechada?
—   Ancha katta.
Bunday savoljavobdan so‘ng Umayya g‘o‘ldiradi:
 Molmulk va yosh... Mana, Utbaning ikkita katta nuqsoni.
Abu Sufyon uning nima demoqchiligini tushunmadi.
— Bsma’ni gaplarni qo‘ygin. Hech ham unaqa emas. Molmulk va yosh Utbaga faqat shonsharaf keltirdi. Umayya Abu Sufyonga yovqarash qildi:
—   Men gapimni bilib gapiraman. Mening gapim ayni haqiqatdir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:06:07
—   Sen menga ochiq gapirmayapsan, Umayya! Nimanidir yashiryapsan. Qani, maqsadingni tushuntirchi! Umayya e’tiroz bildirdi:
—   Yo‘q. Kelajakda sodir bo‘lajak hodisalar hali mening so‘zlarimni yodingga soladi. O’shanda gaplarimning mag‘zini chaqishga urinib ko‘rarsan.
—   Azizim, axir, biron narsani yorilib gapirmasang, o‘shanda nimani eslayman?
— O’sha, xayolparishon holatda qaytib kelganimni ko‘rganingda men qishloqda uchrashgan olimdan yaqinda yuboriladigan so‘nggi payg‘ambar haqida gapirib berishni iltimos qilgan edim. Oramizda shunday suhbat o‘tdi: «U arab millatiga mansubdir», dedi. «Azizim, arab bo‘lishini men ham bilaman. Qaysi arablardan?» deya so‘radim. «Arablar haj uchun borib ziyorat qiladigan Bayt joylashgan shahardan». «Darhaqiqat, bizda ham (Toif shahrida) arablar ziyorat qiladigan bir bayt bor». «U Quraysh qabilasidan chiqadi...» Shu tarzda bo‘lgan voqeani so‘zlab borayotgan Umayya qolgan gaplarni quyidagicha davom ettirdi:
—Boshimdan qaynoq suv quyib yuborilgandek bo‘ldi. Umrimda bu qadar kuchli hayajonga tushmagan edim. Dunyo va oxirat saodatini qo‘ldan boy berganimga uzilkesil ishonch hosil qildim. Chunki bu so‘nggi payg‘ambarlik vazifasi menga berilishidan umidvor edim. Shundan keyin:
«Xo‘sh, unda bu Payg‘ambarning sifatlari qanaqa va u kim o‘zi?» deb so‘radim.
«O’rta yoshlarga yetganda payg‘ambarlik vazifasi beriladigan inson. Zulmdan, haqsizlikdan uzoq yuradi. Qarindoshlik xaqhuquqlaglgai nazorat qiladi. Shunday qilishni tavsiya etadi. Uzi faqir, ammo ham ota, ham ona tomonidan aslzodalar xonadoniga mansub. Xalq orasida obro‘e’tiborga sazovor. Yordamchilari ko‘pincha farishtalardir», deb javob qildi.
— Umayya, sening bu gaplaring g‘irt uydirma rivoyatlardan boshqa narsalar emas. Agar Olloh iayg‘ambar yuboradigan bo‘lsa, hech shubha qilma, yoshi ulug‘ va sharafli kishini tanlaydi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:07:29
UKOZ BOZORI

Ukoz arablar ko‘p yillardan beri savdosotiq qiladigan eng katta va markaziy bozor edi. Bu yerda oldisotdining har xil turini uchratish mumkin edi. Uzoquzoq manzillardan chiqib, bepoyon cho‘llar osha yo‘l bosgan karvonlar bir tomoni Shom, ikkinchi tomoni Yamanning ko‘pgina shahar va qasabalaridan keltirilgan mollarini shu yerga tushirar edilar. Shom bilan Yaman orasida cho‘zilib ketgan yuzlarcha chaqirimlik masofa Ukozdan ham katta va mashhurroq biror bozorni bilmasdi. Bu qadar gavjum, xaridori bunchalik ko‘p bozorni yuz yillar bo‘yi arab millati ko‘rmagan.
Bir tomonda oziqovqat va kiyimkechaklar, ikkinchi tomonda ayolu erkak, bolalardan iborat qullar o‘z xaridorlarini poylar edilar. Yana bir tomonda esa, mol bozori joylashgan edi.
Shu orada har tarafda doshqozonlar qaynar, kelibketuvchilarga ovqatlar tortilar edi. Maxsus vazifa berilgan kishilar esa:
— Yeyishga ovqat, yotishga boshpanasi yo‘qlar, qarzini to‘lashga puli bo‘lmaganlar, bu yoqqa keling... Dushmanidan qo‘rqqanlar, bu yoqqa keling. Ozodligini saqlab qolishga pul topolmaganlar, bu yoqqa, falon kishining yoniga keling... — deb baqiribchaqirib yurardilar. Shoirlar she’rlarini o‘qir, notiqlar baland joylarga yoki biror tuyaning ustiga chiqib nutq so‘zlar edilar. Xadichaning mollarini bozorga olib kelgan Buyuk Amin Abul Qosim Muhammad ibn Abdulloh ham bu yil Ukoz bozorida savdosotiq qilardi. Bozor maydonining o‘rtasida qizil tuyaning ustiga chiqib olib xalqqa qarata xitob etayotgan bir qariyaning so‘zlarini oxirigacha diqqat bilan tingladi. Bu kishi Iyad qabilasiga mansub mashhur Quss ibn Soida edi. U arab qabilalari orasida chiroyli nutqi bilan shuhrat qozongan edi. Qariya arab adabiyoti uchun ajoyib bir namuna bo‘la oladigan nutqini shunday tarzda boshladi:
— Ey odamlar, eshitmadim demanglar, eshitganlar darmonda, eshitmaganlar armonda. Bir narsani o‘rgandingizmi, undan foydalanishni ham biling. Shubha yo‘qki, yashagan o‘ladi, o‘lgach, nomi o‘chadi. Kelajakda takdirda nima bo‘lsa, albatta, o‘sha yuz beradi. Yomg‘ir va o‘simliklar... Oziqovqat va nozne’matlar... Otalar, onalar, jamoalar va yakkayolg‘iz kishilar... Ibrat beruvchi dalillar, so‘ngra yana dalillar...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:08:30
Ko‘kda xabar bor, yerda esa, ibrat. Qorong‘i kecha burjlari bilangina birgalikda moviy, dunyo vodiylari bilan dunyo, dengizlar to‘lqinlari bilan dengizlardir... Menga nimalar bo‘layotir o‘zi? Odamlarning ketayotganini ko‘ryapman, holbuki, bu odamlar boshqa qaytmayotirlar. U joyda qolishga rozi bo‘lib, o‘sha joyda qoldilarmi yoki qoldirildilaru uyquga toldilarmi?.. Quss haqiqiy bir qasam bilan, to‘g‘ri yo‘ldan toymay, gunoh ishlarga yaqinlashmay sof yurak bilan ont ichadiki, Ollohning shunday dini borki, u din sizning hozirgi diningizdan g‘oyat mukammalligi, sevimli va haqiqiyligi bilan haq dindir. Bir payg‘ambari bordirki, endi uning zamoni yaqin, soyasi ustingizda yuribdi. Unga yetishgan va iymon keltirgan, yo‘lidan yurib hidoyatga yetishganlar naqadar baxtli bo‘ladilar. Unga qarshi chiqqan va isyon ko‘targanlarning esa, holiga voy... G’aflatda qolganlar, kechmish asrlar va o‘sha asrlarda yashagan ummatlar halok bo‘ldilar. Ey Iyad ahli, qani, qaerda otalar va bobolar? Qaerda qamchisidan qon tomgan, shiddatidan oyog‘i ostidagi yer larzaga kelgan o‘sha fir’avnlar? Qaerda muhtasham binolarni bunyod etib, tillayu kumush bilan bezatganlar? Qani mol-dunyo, avlodajdodlar qani? O’zidan ketib quturgan, o‘lartirilariga qaramay boylik to‘plagan, men sizning eng buyuk Robbingizman, degan Namrud qaerda, qani? Ular sizlardan ko‘ra boyroq emasmidilar? Ular qaerda, qani? Ular sizdan ko‘ra, ko‘iroq umr kechirdilarmi? Dunyo tegirmoni ularni ham toshlarning ostiga olib bosibyanchib tashlamadimi? Endi ularning chirigan suyaklari va bo‘mbo‘sh bo‘lib qolgan go‘shalarigina qoldiki, u yerlarni qurtqumursqalar jonlantirmokda... Yo‘q, ish sizlar o‘ylaganingizdek, oson va oddiy emas, aslo! Yakkayu yagona Olloh bor, ibodatga munosib zoti Oliy Udir. Tug‘magan, tug‘ilmagan.. o‘lmaydigan... boqiy va cheksiz qudrat sohibidir U... Utmish avlodlarimiz hayotiga chuqur nazar solsak, ko‘plab ibratli misollarni topishimiz mumkin. O’limga olib boruvchi va muqarrar bo‘lgan yo‘llarni ko‘rganimda, qavmimning yoshmiqarimi, kattamikichikmi, hammasi vaqtisoati bilan shu yo‘lga kirishini muigahada etganimda, ketganlarning orqaga qaytmaganini va kolganlar ham boqiy umr kechirmasligini tushunganimda, shunga qat’iy ishonch hosil qildimki, bandalarining boshiga keladigan o‘lim mening boshimga ham keladi...
Quss ibn Soida gaplarini tugatdi. Afsusli tomoni shundaki, «Ollohning bir iayg‘ambari bordir, zamoni juda yaqinlashib qoldi», der ekan, uni tinglayotganlar orasida o‘sha shonli Nabiyning, olamlarga raxmat bo‘lajak o‘sha Buyuk Rasulning borligidan, hamma katori, u ham bexabar edi. Hatto yaqin yillar ichida vazifa olishi azaliy taqdir zarurati bo‘lgan Buyuk Payg‘ambarning o‘zi ham...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:08:47
O’sha bozorda savdosotiq qilgan o‘ttiz oltio‘ttiz sakkiz yoshlardagi Al-Amin Quss ibn Soida tilga olgan haqiqatlar xaqida keyin ham teztez o‘ylardi. Insonlar tom ma’noda tushkunlik botqog‘iga tobora chuqurroq botib borayotgan edilar. Bu ayanchli hayot tarzi o‘zining boryo‘qligidan ham bexabar jonsiz toshlarni ibodatga loyiq ma’bud deb ishonish asosiga qurilgan edi.
Arzimaydigan bir bahona ham katta janjalning chiqishiga sabab bo‘lardi. Go‘daklik chog‘ida tiriklayin tuproqqa ko‘milgan qizlarni ko‘rgandi. Bu chirkin, vahshiyona odat tobora keng tarqalmoqda. Sharob har qanday ziyofatning doimiy ne’matiga aylangan. Ichmaydiganlar barmoq bilan sanoqli darajada kam. Ollohning yaratgan shifobaxsh ne’matlari xisoblanmish xurmo, uzum singari mevalardan harom ichkilik tayyorlanar va uni iste’mol qilganlar ixtiyoriy jinnilikka berilar edilar. Odamlar xuddi hayvonlardek bozorlarda sotilar, so‘ngra sotib olinganlar tomonidan hayvonlardek ishlatilar edi. Bu bechora qullarning ham o‘zlari singari bir insoi ekanliklari haqida o‘ylamasdilar.
Ba’zan bu ahmoqona odatlarga qarshi chiqqan kishilar uchrab turardi. biroq ular xalqning dardiga darmon bo‘lishga qodir emas edilar. Hotami Toyiyning shon va sharaf da’voida qilgan, keyinchalik tillarda doston bo‘lgan saxiyligi; Zayd ibn Amrning o‘ldirilayotgan go‘daklardan bir nechasining hayotini saqlab qolishi; Abu Bakrning insonlik sharafiga nomunosib, deya butga sig‘inmasligi, sharob ichmasligi va zinodan uzoq yurishi; Quss ibn Soidaning Ukozda kelishiga oz qolgan bir payg‘ambar haqida ma’lumot berishi... Bular butun bir millatni, insoniyatni jaholatdan xalos etish uchun yetarli emas edi. Bular jo‘shqin oqar daryoning yuzidagi ko‘piklar yanglig‘ gap edi, xolos. Butun shiddati bilan kuturib oqayotgan bu jaholat daryosini muazzam bir to‘g‘on yordamidagina to‘xtatish mumkin edi. Bu esa, Ollohning ko‘magiga munosib bir Payg‘ambargina qodir bo‘lgan ish edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:09:11
* * *
Muhammad Al-Amin haetining o‘ttiz to‘qqiz yilu olti oyini yashab bo‘ldi. Mashaqqatli xayot so‘qmoqlaridan shu kungacha yetib keldi. Tug‘ilmay turib otasidan, olti yoshida onasidan, sakkiz yoshida bobosidan judo bo‘lishning achchiq alamlarini tortgan, Abu Tolibning uyida yigirma besh yoshga to‘lgunga qadar faqirona hayot kechirgan, shundan keyin Xadichaga uylanib, beqiyos boylik, mol-dunyoni idora qila boshlagan edi.
O’qish, yozishni bilmasdi. Bu sohada hech kimdan saboq olmagan edi. Yaxshi tarbiya olish uchun bironbir ustoz huzuriga jo‘natilmagan edi ham. Aslida, bunga imkoniyat ham yo‘q edi, zarurat ham. Chunki har jihatdan havas qilsa arzigudek odob, xulqatvor egasi bo‘lib yetishgan, hech kimning unga odob muallimi bo‘lishiga hojat yo‘q edi. Yonatrofda uning barcha fazilatlariga guvoh bo‘lgan, duch kelgan kishiga laqab beradigan xalq unga ham uzoq sinovlardan so‘ng «Al-Amin» laqabini munosib ko‘rgan edi.
Uni «Al-Amin» deb atay boshlaganlaridan beri ancha yillar o‘tib ketdi. Hech kim uni bu laqabga noloyiq deb bilmasdi, hatto shunday deb o‘ylamasdilar ham. Hech kim, bu laqabni unga berib yanglishgan ekanmiz, demadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:09:20
INTIZOR KUTILGAN TONG

Muhammad ibn Abdulloh bir kuni yolg‘iz o‘zi shaharning chekkasida sayr qilib yurgan edi.
— Salom senga, ey Ollohning Rasuli!.. — degan sas keldi.
Chapga, o‘ngga qayrilib qaradi. Hech kim yo‘q. Ovoz esa, yaqindan kelgan edi. Eshitilgandek bo‘lishi mumkin emas.
— Assalomu alayka, yo Rasululloh!..
Ikkinchi marta yana shu ovozni eshitdi. Yana yon atrofiga alangladi. Hech kim yo‘q. Biron joyga yashirinib chaqiryaptimi, desa, unday joy ham emas edi bu yer.
— Salom bo‘lsin senga, ey Ollohning payg‘ambari!.. Uchinchi marta eshitganda, ovozni ham, ovoz kelgan joyni ham aniqladi: bu ovoz bir toshdan chiqayotgan edi. Al-Amin u yerdan uzoqlashdi.
Ollohning Rasuli nima degani? Kimga qaratilgan ovoz edi bu? Buning ma’nosi nima edi?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:13:02
* * *
Endi Al-Amin g‘alati tushlar ko‘ra boshladi. Bu tushlarning o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, ayni tarzda o‘ngida ham ro‘y berardi. Qolaversa, u bunday tushlarni birikki martagina emas, olti oy davomida muttasil ko‘rdi. Ahvol shu darajaga yetdiki, kunduzi sodir bo‘lgan bir voqeaning oqibati qanday bo‘lishini o‘sha kechasi ko‘rgan tushi yordamida gapirib berishi mumkin edi. Chunki bu ro‘yolar quyosh singari musaffo, yorug‘ tushlar edi. Tafsilotlari bizga qorong‘i bo‘lgan bu tushlar boshlanganidan beri besh oydan ko‘proq vaqt o‘tgan, ramazon oyi yaqinlashayotgan edi. Endi Buyuk Aminning yuragida qandaydir yolg‘izlikka intilish hissi paydo bo‘ldi va bu intilish tobora kuchaygandankuchaydi. Ko‘chada, bozorda, hatto uyida ham hech tinchiy olmasdi, o‘ta bezovta bo‘lib qoldi. Kimsasiz, tanho o‘zi qoladigan joylarga intilardi. Xalq orasida ham uning dilini og‘ritgan, ta’bini xira qilgan odam bo‘lmadi.
Uyida esa biron kelishmovchilik bo‘lishi mumkin emasdi. Xotini Xadicha, qizlari Ruqayya, Zaynab va Ummu Gulsum, boqib olgan o‘g‘li Zayd va o‘z panohida voyaga yetkazgan Alidan shikoyati yo‘q edi. Qolaversa, qizlari Ruqayya bilan Ummu Gulsumni amakisi Abu Lahabning ikki o‘g‘liga, Zaynabni esa, Xadichaning singlisining o‘g‘li Abul Osga unashtirib ko‘ygan edilar. Ro‘zg‘ordan kamchiligi yo‘q edi. Shunday bo‘lsa ham, ichichidan yolg‘izlikka kuchli intilish hissini tuyar va bu hisni hech yenga olmasdi. Ramazon oyi boshlangan kunlarda bu tuyg‘u unga butunlay tinchlik bermay ko‘ydi.
Aslida, bir necha yillardan buyon Ramazon oyi boshlanganida Makka xalqidan ba’zi kishilar kabi u ham Hiro tog‘iga chiqib tanho qolishni, u yerda bir oy yashab, o‘tganketganlarga mehmondo‘stlik qilishni, odamlarning johilliklaridan uzoq bo‘lishni odat tusiga kiritgan edi. Makkaga qaytgach, avval Ka’bani tavof etar, so‘ngra uyi tomon yo‘l olardi. Bu yil ham ramazon oyini o‘sha yerda o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Bu istagi shu qadar kuchli ediki, agar ketmasa, birov uni zo‘rlab olib boradigandek his etar edi o‘zini.
Qalbidan kechayotgan histuyg‘ularni eng yaqin kishisi, uni hammadan ko‘ra yaxshiroq tushunadigan umr yo‘ldoshiga ochdi. Xadicha uning fikriga tamomila qo‘shildi. Shundan ksyin Muhammadga ozikovqat, yegulik narsalar tayyorladi. Al-Amin o‘z ortidan unga butun borlig‘i bilan maftun bo‘lgan xotini, qizlari, Zayd va Alining:
— Xayr, ko‘rishguncha xayr! Bizni u yerda eslab tur, otajon... — degan ovozlarini eshitaeshita, uyidan uzoqlashdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:13:43
* * *
Xadicha Muhammad bilan turmush qurgan kundan beri uni fazilat yo‘lida tobora kamolot cho‘qqisi sari ilgarilayotgan holda ko‘rar, doimo sevibardoqlar, u bilan oila qurganiga sira ham pushaymonlik tuymas edi. Xadichada unga nisbatan cheksiz ishonch tuyg‘usi bor edi. So‘nggi paytlarda bir toshning unga: «Salom senga, ey Ollohning Rasuli!..» deganini aytganida: «Yolg‘on gapirayotirsan, axir, tosh ham gapiradimi? Toshning gaiirganini kim eshitgan ekan?» deb e’tiroz bildirmadi. Yoki: «Ehtiyot bo‘l, bu tag‘in jinu shaytonlarning ishi bo‘lmasin?!» demadi, aksincha, bu gaplarni eshitib, ich-ichidan quvondi, ko‘nglida yaqin orada bu g‘alati hodisalarning hammasi oydinlashsa kerak, degan fikr paydo bo‘ldi.
Bu daf’a undagi yolg‘izlikka intilish hissini ham yana yaxshilikka yo‘ydi, ma’naviy olamdan uzatilgan bir qo‘lning o‘ziga chorlayotganiga ishonchi komil edi.

*   * *
Muhammad biror soat yo‘l yurgach, Hiro tog‘iga yaqinlashdi. Endi yuqoriga ko‘tarilishi kerak edi. Toshlarga tirmashdi. Xuddi oldinda birov chaqirayotgandek balandlikka ko‘tarilardi. Nihoyat, bir g‘orning og‘ziga yetib borganida:
— Shu g‘orda qolaver... — degandek bir ovoz ichichidan kelib, quloqlari ostida yangradi. Endi unda yana balandroqqa chiqish istagi qolmagan edi.
U o‘zini go‘yo ilohiy bir olamdan idora etilayotgan qo‘llar tortibtortib, aynan mana shu g‘or og‘ziga olib chiqqan kabi his qildi.
Muhammad g‘orga yaxpshlab o‘rnashib oldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:16:15
*   * *
Oradan kunlar o‘tdi.
Xadicha bir kuni qarshisida Muhammad Al-Aminni ko‘rib benihoya sevindi. U yeguligi tugaganligi tufayli uyiga kelgan edi. Tez fursatda oziqovqat tayyorlandi. Yana uyidan chiqdi. Ka’bani tavof etgach, o‘ziga maskan tutgan g‘orga qarab jo‘nadi.
Taqdir uni har tomondan qurshab olib, kuzatib turgandek edi. Na Makkada turishiga yo‘l qo‘yar, na boshqa biror g‘orga joylashishiga ijozat berardi.
Muhammad yana o‘sha g‘orga joylashdi.
Al-Amin g‘orda nima qilar edi?
Bu narsa tarixlarning tubsiz teranliklarida pinhon kolgan bir sirdir.
O’qishyozishni bilmagan, yonida suhbatdoshi yo‘q, muayyan dinni qabul qilmagan va unga ibodat etish bilan band bo‘lmagan odam g‘orda nima ish qilishi mumkin edi? Muhammad hatto keyinlari ham u yerda vaqtini qanday o‘tkazgani haqida hech gapirmagan edi.
Ehtimol, buyuk Amin farishtalar olamidagi qat’iy qarorga binoan ilohiy hukm bilan odamlardan uzoqlashtirilgandir. U yerda ertangi kunning yagona va buyuk haloskori bo‘lishi uchun zarur quvvayi ma’naviyya sekin-sekin ruhiga singdirildi. Ammo u o‘zida faqat insonlardan uzoqlashishga kuchli ehtiyoj sezdi, g‘orda buning lazzatini, sururini, rohatini his etdi.
Muhammad Hiro tog‘larining tik qoyalari orasida joylashgan bu g‘ordan zalolatning kuturgan sellariga va jaholatning shiddatli bo‘ronlariga asira bo‘lgan odamlarning kutsiz, irganch hayotlari tufayli fayzini yo‘qotgan muborak shaharni uzoqdan kuzatdi. Ovqati tugagandagina Makkaga tushib, tezgina yegulik ozig‘ini g‘amlab, yana ruhiyatini ardoqlayotgan g‘or tomon yo‘l olardi. Ramazon oyining yigirma olti kuni o‘tgan, tun cho‘kkan edi. O’sha kecha ham juda oddiy, faqirona solingan o‘rniga yotdi. Har kechadagi singari uyquga ketdi. Erta tongda uyg‘ondi. Yanada to‘g‘rirog‘i, g‘alati tarzda kimdir tomonidan uyg‘otildi. Qaytib uxlay olmadi. Oradan birmuncha vaqt o‘tdi, to‘satdan g‘orda umrida hech ko‘rmagan bir xilqat paydo bo‘ldi. Bu tush emas, o‘ngi edi. Ollohning maxsus vazifa bilan jo‘natilgan vaxiy farishtasi Jabroil edi u.
Fagjshta Al-Amin Muhammadga:
— O’qi!.. — dedi.
U xayajon ichida javob berdi:
— Men o‘qishni bilmayman.
Farishta Al-Aminni ushlab, qattiq silkitdi. Bu unday siqar ediki, Buyuk Amin suyaklarining qisirlaganini his etdi. So‘ngra, qo‘yib yubordi va yana:
—   O’qi!.. — deb buyurdi.
—   Men umrimda o‘qigan inson emasman.
Farishta yana uni yoqasidan mahkam tutdi, yana siqib, bo‘g‘a boshladi. Shu darajada qattiq siqar, azob berar ediki, Buyuklar Buyugi kuchining qolmagani, darmoni ketganini sezdi. Bir insonning bunchalik azobga chidashi mo‘‘jiza edi. Yana ko‘yib yubordi, yana buyrug‘ini takrorladi:
—   O’qi!..
—   Men o‘qigan odam emasman.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:18:33
Boshqacha javob berishi ham mumkin emas edi. Shu kungacha o‘qishni o‘rganmagan edi. Nima o‘qishi lozimligini ham bilmasdi. Farishta uni uchinchi marta tutib, siqqanda Al-Amin butunlay holdan toydi, endi bu dunyodan umidini batamom uzdi, taqdirga tan berdi.
Bu daf’a farishta besh oyatdan iborat ilk vahiyni Muhammadning xotirasidan sira ham o‘chmaydigan qilib ruhi va ongiga singdirdi:
«Yaratgan zot bo‘lmish Parvardigoringiz nomi bilan o‘qing! U insonni laxta qondan yaratgan. O’qing! Sizning Parvardigoringiz qalamni (ya’ni, yozishni) o‘rgatgan o‘ta karamli zotdir. U zot insonga uning bilmagan narsalarini o‘rgatdi» (Qur’oni Karim, Alaq surasi, 1—5oyatlar). Shundan keyin farishta g‘oyib bo‘ldi.
Buyuk Amin umrida ko‘rmagan, uchratmagan, eshitmagan, xayoliga ham kelmagan g‘aroyib hodisa qarshisida o‘zini yo‘qotib qo‘ygan, qattiq larzaga tushgan edi. O’qishyozishni bilmaydigan odamga qaytaqayta «O’qi!» deb buyurilishi, o‘qishni bilmasligini aytdi, deguncha, qiyinqistoqqa olinishining boisi nimada edi? Nima uchun farishta vahiy etilgan bu besh oyatni darhol bayon qila qolmadi?
Bu xilqatning yomon niyatda kelmagani anik edi. Chunki u behad kuchqudratga ega edi. O’zining gavdasi, savlatiga qaraganda, ancha kuchli bo‘lgan Muhammad ibn Abdulloh ham hatto uning qarshisida «Men o‘qigan inson emasman», deyish bilangina cheklandi, uni qattiq tutib, qiynagan, yoqasidan olib, siqqanda ham qarshilik ko‘rsatmadi «Nima qilyapsan, o‘zi?» deya olmadi, uchinchi marta qiynaganida:
— Yetar endi, haddingdan oshma!.. — deb yubormadi.
Endi g‘orni tark etib, uyiga qaytish hissi uning butun vujudini chulg‘ab oldi. Juda qattiq qo‘rquvga tushgan, eshushidan ayrilayozgan edi. G’ordan chiqqan paytida osmon shafaqlana boshlagan edi. Havoda sahar vaqtining sarinligi bor edi.
Kechqurun Muhammad ibn Abdulloh tarzida kirgan gordan u tong saharda Muhammad Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bo‘lib chiqqan edi. Yer yuzini so‘nggi marta sharafla bezaydigan Buyuk Payg‘ambar bilan samovot orasida bundan buyon yigirma uch yil davom etadigan muloqot Hiro tog‘idagi ushbu muazzam marosimdan boshlangan: ilk vahiy qalbi pok Muhammadga Jabroili Amin yordamida tushirilgan, ongiga naqsh etilgan edi.
Bir ozdan keyin quyosh butun hashamati bilan charaqlab chiqishi kerak. Koinot yaratilgandan beri hali biron kunning tongida quyosh shu darajada xayrli, bu darajada qutlug‘ xabar bilan chiqmagandir! Ammo asl ma’naviy quyosh Hiro tog‘ining tik qoyalari orasidagi g‘orda porlagan, butun koinotni qamrab olajak rahmat timsoli, hidoyatning eng buyuk va so‘nggi yo‘lboshchisi, Ollohning eng sharafli, eng suyukli, eng Buyuk Payg‘ambari o‘laroq qoyalar orasidan sekinasta pastga enib kelardi. Butun borlig‘ini qamrab olgan va larzaga solgan bu muazzam hodisa tufayli tug‘ilgan hayajon hali ham bosilmagan edi. Qalbida esa, unga o‘qishni buyurgan o‘sha qudratli xilqat vahiy etgan so‘zlar takrorlanardi:
211
— Yaratgan zot bo‘lmish Parvardigoringiz nomi bilan o‘qing!..
Qoyalardan pastga tushib, tekis yo‘ldan yurib ketdi. Makka tomonga burildi. Uyiga kelgunga qadar g‘orda bo‘lgan voqea ko‘z oldidan ketmadi. Farishta o‘qigan oyatlar butun o‘yxayolini band etgan edi. Xayoli shu qadar band ediki, hatto so‘nggi paytlarda doim salom beradigan bo‘lib qolgan toshning salomiga ham diqqati chalg‘imadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:20:00
* * *
Xadicha xonim quyosh endigina charaqlab chiqqanda to‘satdan uyga kirib kelgan erining yuzida g‘alati o‘zgarish ko‘rdi. Bu muborak chehra hali g‘orda yuz bergan voqeadan o‘ziga kelib ulgurmagan, xiyol titrar edi.
— Mening ustimni yoping, tezroq yoping, — dedi Muhammad.
Ustiga ko‘rpa yopildi. Anchagacha shunday yotdi. Bir oz tinchlangach, bo‘lgan voqeani Xadichaga gaiirib berdi.
— Juda ham qo‘rqib ketdim, — deya so‘zlarini tugatdi.
Aqli raso ayol bo‘lmish Xadicha ko‘pdan buyon kutayotgan xushxabar kelganini angladi. Bu voqea oddiy voqealardan emasdi. Insonlarni zalolatdan hidoyatga boshlaydigan Payg‘ambarga ilk oyatlarning nozil qilinishi, albatta, shu qadar vahimali bo‘lishi kerak edi. Xadicha sira ham ikkilanmadi. Payg‘ambarning, qolaversa, olamlarga rahmat bo‘lmoq maqsadida vazifa olgan eng Buyuk Payg‘ambarning umr yo‘ldoshiga munosib bir viqor, ishonch va qat’iyat bilan:
— Kallo... vallohi la yuhzi kallahu abada... —dedi.
«Yo‘q, Olloh seni aslo, hech vaqt o‘z holingga tashlab qo‘ymaydi. Chunki sen har doim qarindoshlariga g‘amxo‘r, musofirlarga mehmondo‘st, ojizlarga yordamini ayamagan, faqirlarni to‘ydirib, falokatga uchraganlarga madad qo‘lini cho‘zib kelgan buyuk insonsan», degani edi bu.
Shundan keyin Xadicha Muhammadning (s.a.v.) qo‘lidan tutib, amakivachchasi Varaqa ibn Navfalning huzuriga olib bordi.
— Tingla, amakimning o‘g‘li, — dedi Xadicha. Varaqa Payg‘ambarimizning (s.a.v.) so‘zlarini zo‘r diqqat va hayajon bilan tingladi. Buyuk Payg‘ambar so‘zlarini tugatganida, ortiq hayajonini bosib tura olmadi:
— Quddus... Quddus... — deya baqirib yubordi. — Bu ko‘rganing Buyuk Ollohning Musoga (a.s.) yuborgan Ruhul Quddusi, Nomusi Akbaridir (Bular Jabroil alayhissalomning boshqacha nomlari). Keyin birdan Varaqa o‘zining ancha qarib qolganini eslab qoldi. Ko‘pdan beri din arboblari, diniy kitoblar kelish zamoni juda yaqinlashib qolganidan xabar bergan payg‘ambarga nihoyat yetishgan edi. Ammo endi uning yoshi ancha ulug‘, bir oyog‘i yerda bo‘lsa, bir oyog‘i go‘r labida edi. Bir paytlar Sirf qavmi singari tushkunlikka tushmaslik, ular singari butlarning quliga aylanmaslik uchun vatanini tark etgan, nechanecha haftalab yo‘l yurgan, dindor kishilar bilan uchrashgan, haqiqatga yetishish yo‘lida qanchadanqancha zahmatlar chekkan edi. So‘ngra xristianlikni qabul qilgan, biroq yaqin orada kelajak payg‘ambar haqida shaxsan o‘zi kitoblardan ma’lumotlar to‘plab, uning yo‘liga intizor ko‘z tutgan edi.
Mana, endi uning uyida payg‘ambarlikning dastlabki ziyolari taralgan saodatli damlarda Varaqaning hayot shamchirog‘i so‘nayotgan edi. U og‘ir xo‘rsinib qo‘ygach, so‘zlarini shunday tarzda davom ettirdi:
—Qaniydi, xalqni yangi dinga da’vat qiladigan kunlaringda yoshgina yigit bo‘lsam. Qavming seni yurtingdan haydab chiqargan paytda sog‘salomat bo‘lsam...
—Ular meni haydaydilarmi?
—Ha. Chunki odamlarni sen kabi biror dinga da’vat qilgan payg‘ambarlarning hammasi dushmanlikka uchraganlari tarixdan ma’lumdir. Agar o‘sha kunlargacha yashasam, senga kuchim yetganicha yordam beraman.
213
Varaqa qattiq hayajonlangan, qaytaqayta: — Subhanolloh... Subhanolloh. Bu Musoga tushirilgan Nomusdir, Jabroildir, — der edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:20:18
*   * *
Necha yillardan buyon orziqib kutilgan xushxabarga yetishish kuvonchi ta’sirida Xadichaning ruhi alg‘ovdalg‘ov bo‘lgan, qalbidagi bu to‘ntarishni oddiy so‘zlar bilan ifoda etish qiyin edi. Ollohning eng suyukli bandasi, eng buyuk va eng so‘nggi Rasulining umr yo‘ldoshi bo‘lishdek ulkan saodat toji o‘zining boshiga kiydirilganini o‘ylaganda, ko‘zlarida sevinch yoshlari porlar, bunday armonning ushalishidan tug‘ilgan histuyg‘ular yuzida nurdek balqib tajalli etar edi.
Shu kunga qadar yashagan hech bir ayol Xadicha noil bo‘lgan sharaf va saodatga erishmagani, bundan keyin ham erishmayajagiga ishonchi komil edi.

*   * *
Hiro g‘oridagi buyuk voqeadan keyin masala yopdiyoidi bo‘lgandek edi. Oradan kunlar o‘tsa ham, u farishta boshqa ko‘rinmadi. Bir, ikki, uch, besh, o‘n besh, yigirma kuncha vaqt o‘tdi hamki, Jabroildan darak yo‘q edi. Shundan keyin Muhammadning yuragi siqila boshladi, yana Hiro g‘origa boradigan bo‘ldi, ammo u yerda farishtani hech uchrata olmasdi. Ba’zan yurak siqilishi so‘nggi, avj nuqtasiga yetar va Muhammad tushkunlikka berila boshlardi, ba’zan esa, umidsizlik hissi shu darajaga yetardiki, u tog‘ning tepasigacha tirmashib chiqib, o‘sha yerdan o‘zini pastga tashlab yuborishga ham tayyor bo‘lardi. Ammo o‘sha onda ko‘z oldida farishtaning qiyofasi paydo bo‘lib:
— Yo Muhammad, hech shubhasiz, sen Ollohning rasulisan, — derdi.
Bu uning yuragida yonayotgan otash alangasini pasaytirar edi. Goho yolg‘iz kezib yurgan paytlarida ba’zi tosh va daraxtlar:
— Salom senga, ey Ollohning rasuli! — derdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:22:38
* * *
Xadicha ilk bor kelgan farishtaning yana tashrif buyurgani haqidagi xushxabarni zo‘r hayajon va intizorlik bilan kutar, eri har gal tog‘dan qaytganida biron yangilik bormikan, degan umidda uning yuziga tikilar edi. Ammo Xadicha xonim o‘ta sabrtoqatli, matonatli ayol zdi, masala shu holicha qolib ketmasligiga, erta tongda kuyoshning albatta balqishiga ishonardi.

* * *
Buyuk Payg‘ambarning yurak siqilishlari, navbatdagi ilohiy uchrashuvni orziqib kutishlari necha kun yoki necha oy davom etganini biz aniq bilmaymiz. Har holda, bu kutish ikkiuch yilgacha cho‘zilib ketmagani ham, yoki bir hafta, o‘n kungina davom etmagani ham aniq. Bu uzilishning sababi Buyuk Payg‘ambarni yanagi vahiyni kutib olish uchun lozim darajada intiq qilish, uni kutib olishga tayyorlash maqsadi bo‘lsa kerak...
Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) bir oycha yashaganidan keyin Hiro tog‘idan odatdagidek Makkaga qaytastgan edi, Batni Vodiyga yetib kelganida birdan:
 Yo Muhammad!.. Yo Muhammad!..   deb chaqirgan bir ovozni eshitdi. Benihoya baland, qo‘rqinchli bir ovoz edi bu. Chapga, o‘ngga qaradi. Hech kim ko‘rinmadi.
— Yo Muhammad!.. Yo Muhammad!..
Rasululloh (s.a.v.) boshini ko‘tardi. Butun vujudi titrab ketdi. Yuragiga g‘ulg‘ula tushdi, qo‘rquvdan cho‘kkalab o‘tirib qoldi. Bu Hiroda kelgan farishta edi. Butun ufqni to‘sib qo‘ygan, ta’rifi so‘zga sig‘maydigan bahaybat bir mavjudot qiyofasida namoyon bo‘lib turar edi. Muhammad (a.s.) teztez yurib, u joydan uzoqlashdi, uyiga keldi. Hamon dag‘dag‘ titrardi.
— Mening ustimni yopinglar, o‘rab qo‘yinglar, —dedi. Yuzqo‘lini yuvdirdilar. So‘ngra yotqizib, ustini yopib qo‘ydilar. Bir muddat qimirlamay yotdi. Biroq ko‘p yotishiga ruxsat yo‘q edi. Endi u o‘zi ixtiyoricha emas, balki unga bashariyatga hidoyat yo‘lini ko‘rsatish uchun payg‘ambarlik vazifasini bergan Mavlosining istagiga binoan harakat qilishi kerak edi. Endi iloxiyot olamining bashariyat bilan bo‘lgan aloqasi tiklangan, iloxiy irodani insonlarga yetkazish payti kelgan edi.
Aslida u tug‘ilgan kunidan beri o‘z holiga tashlab qo‘yilmagan edi. Uni yo‘rgakda yotganida enagasiniig bir ko‘kragini qo‘yib, ikkinchisini emishga chorlagan qudrat... Bobosi bilan yomg‘ir duosini o‘kiyotganida, barmoqlari bilan ko‘kka ishora qilishga undagan qudrat... Safar chog‘ida yura olmay qolgan tuyalarning oyoqlariga uning muborak qo‘llarini uzattirib tekkizdirgan qudrat... Uning oldiga yoyilgan dasturxonga barakot yog‘dirgan kudrat... Uning muborak vujudiga, vujudidan chiqayotgan terga xushbo‘y hidlar ato etgan qudrat...
Mana shu qudrat egasi endi o‘zini tanita boshlagan edi. Shu kungacha Al-Aminning o‘zi ham sezmagan holda uning uchun atalgan vazifaga da’vat etardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:22:55
Endi u hayotining «Muhammad ibn Abdulloh»lik davrini tamomlab, «Muhammad Rasululloh»lik davriga kirgan edi. Bu safar uzoq yotishiga yo‘l qo‘yilmadi. Jabroil Amin Muhammad Aminni topib, uning muborak qalbini vahiy nuri bilan to‘ldirdi. Faqat bu daf’a Hirodagidek, Hirodan kelayotgan iaytida ko‘ringanidek uni ko‘rquvga solmadi. Ollohning jo‘natgan ikkinchi amrini qanday bo‘lsa, shu tarzda yetkazdi va yana g‘oyib bo‘ldi. Buyuk Payg‘ambar qalbiga muxrlangan ilohiy xitobni takrorladi:
«Ey (liboslariga) burkanib olgan zot, turingda, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring! Yolg‘iz Parvardigoringizni ulug‘lang! Liboslaringizni pok tuting! Butlardan yirok bo‘ling!» (Qur’oni Karim, Muddassir surasi, 1 — 5oyatlar).
Nabiyi Akramga (s.a.v.) ikinchi ilohiy amr kelgan va uni yotgan joyidan turishga majbur etgan edi. Nozil qilingan ikkinchi vahiyni ham ilk marta Xadicha eshitdi. Sevinchidan o‘zini qo‘yishga joy topolmay krldi. Necha yillardan beri ko‘ksida ardoqlab kelgan umidini hech qachon uzmagan, ertangi kunni oldindanoq ko‘rgandek bo‘lgan, eriga «Yo Muhammad» deb emas, «Yo Rasululloh», deb murojaat qiladigan kunlarni kutaverib ko‘zi to‘rt edi. Mana, endi bu umid haqiqatga aylandi.
 Yo Rasululloh, sizning payg‘ambarligingizga ilk bor iymon keltirgan kishi men bo‘ldim, — dedi. Bu ovozda chuqur samimiyat bor edi. Bu ovoz buyuk Olloh Habibi Adibiga loyiq ko‘rgan, ayollar dunyosining sharaf toji bo‘lishga eng munosib xotinga xos ulug‘vorlik va teran ma’noga ega edi.
Imon keltirganlar yagona safga tizilgan kunda eng oldinda, hech kim egallay olmaydigan birinchi o‘rinda bir kishigina turadi... Bu maqomu martabaga Makkaning mushriklariga xam o‘zini «Tohira — Pokiza ayol» deya tanitish sharafiga muyassar bo‘lgan, jannatga kiradigan ayolarning sultoni, buyuk Xadicha — «Xadichatul Kubro roziyallohu taolo anho» hazratlari musharraf bo‘lajak...
Nabiyi Akram (s.a.v.) bu xushxabarni olganida Xadicha benihoya darajada mamnun bo‘ldi. Holbuki, buning o‘rniga u: «Yolg‘on gapiryapsan. Sen o‘zi kimning boshini aylantiryapsan?..» deyishi, buyuk da’voning buyuk bayrog‘i hilpiragan dastlabki kunda uni to‘xtatishga urinishi ham mumkin edi. Yo‘q. U eng so‘nggi va eng Buyuk Payg‘ambarning — rahmat va hidoyat yo‘lboshchisining ilk odimidan boshlaboq yakka o‘zi hech ikkilanmay «Haqqa yurish yo‘liga» qo‘shildi. Fil voqeasidan qirq yil o‘tgan va har tomonda g‘aflat, zalolat va jaholatning eng yorqin namunalari qadam sayin uchrab turgan bu kunlarda Makkada bir payg‘ambar paydo bo‘ldi, lekin hozircha uning o‘z xotinidan iborat bittagina ummati bor edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:27:30
OYDINLIKLAR SARI
Imon yo‘lining ilk yo‘lovchilari

(Sobiquni avvalin)

Endilikda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun hayotlaridagi eng muhim, ya’ni, dunyoga kelishlaridan kutilgan maqsad va g‘oyaning amalga oshirilish davri boshlangan edi. Boshqa insonlar Olloh taoloni tanish va unga bandalikni (qullikni) bajo keltirish uchun yaratilgan bo‘lsalar, Rasululloh (s. a. v.) yana bir buyuk g‘oya asosida yaratilgan edilar. Boshqacha qilib aytganda, faqat Ollohni tanish va Unga sig‘inish uchungina emas, balki Uni tanitish, Unga qay tariqa sig‘inishni o‘rgatish uchun yaratilgan edilar. U zotga hidoyat yo‘liiing eng buyuk rahbari bo‘lish vazifasi yuklatilgan edi. Ilk jo‘natilgan vahiy orqaliyoq mazkur vazifaga da’vat etildilar:
«Ey (liboslariga) burkanib olgan zot, turingda, (isnonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring! Yolg‘iz Parvardigoringizni ulug‘lang! Liboslaringizni pok tuting! Butlardan yiroq bo‘ling!» (Muddassir surasi 1-5-oyaatlar) Endi Muhammad ibn Abdullohning hayotidagi tojirlik davri nihoyasiga yetgan, u zotning «Muhammadun Rasululloh» bo‘lishday buyuk davrlari boshlangan edi.
Kunlardan bir kun Rasululloh Makkaning yuqori qismida aylanib yurganlarida ro‘paralaridan Jabroil alayhissalom chiqib qoladilar. Bu uchrashuv endi u zotni qo‘rquvga solmaydi. Aksincha, ko‘rgan zahotlariyoq Rasuli Akram (s. a. v.) quvonib ketadilar. Jabroil alayhissalom tovonlarini yerga bir uradilar va o‘sha urilgan joydan suv otilib chiqadi. Bu suv bilan tahorat qiladilar. Payg‘ambarimizga (s. a. v) ham o‘zlari ko‘rsatganday ravishda tahorat olmoqni buyuradilar Rasululloh (s. a. v) xuddi Jabroil alayhissalom ko‘rsatganlariday tahorat oldilar: dastlab qo‘llarini yuvdilar, og‘izburunlarini chayqadilar, so‘ngra yuzlarini, keyin esa, qo‘llarini tirsaklarigacha yuvib, boshlariga mash tortdilarda, nihoyat oyoqlarini to‘piqlariga qadar yuvib, pokladilar. Shundan so‘ng Jabroil alayxissalom imomlik qildilar va ikkovlon birgalikda namoz o‘qishdi.
Muhammad (s. a. v.) uylariga qaytgach, vahiy farishtasi ko‘rsatgan tarzda yana tahorat qildilar. Bu taho ratdan maqsad — U zotni birinchi bo‘lib Payg‘ambar sifatida tanish sharafiga muyassar bo‘lgan Xadicha onamizga o‘rgatish edi1. Hazrati Xadicha onamiz Muhammad (s. a. v.) ummmatining ilk bor namoz o‘qigan vakilasi bo‘lishdek ulug‘ baxtga ham shu yo‘sinda noil bo‘ldi.
O’sha paytda kelgan vahiy va o‘qilgan namozdan Makka ahli bexabar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:28:14
* * *
Payg‘ambarimizning (s. a. v.) tarbiyalari ostida bolalik chog‘larini nihoyasiga yetkazayotgan Ali bir kuni uy ichida g‘aroyib xattiharakatlar bo‘layotganini ko‘rib qoldi.
— Nima qilyansizlar? — deb qiziqib so‘radi.
— Ollohga ibodat qilyanmiz, namoz o‘kiyapmiz, —degan javobni eshitdi.
Shundan so‘ng Ali ulardan shu kunga qadar noma’lum bo‘lgan bir haqiqatni eshitdi. Olloh taolo yuborgan bir payg‘ambar va payg‘ambariga da’vat yuki yuklangan din haqida dastlabki ma’lumotga ega bo‘ldi. Ayni choqda, Ali ham mazkur dinga da’vat etildi.
— Bir oz o‘ylab ko‘rsam, — deb izn so‘radi.
—   Yaxshilab o‘ylab ko‘r, Ali. Bu dinni qabul qilmaydigan bo‘lsang ham, bu haqda hozircha birovga gapirmay tur, — degan javobni eshitib:
—   Faqatgina otam Abu Tolib bilan maslahatlashsam— dedi.
O’sha kuni Ali yursa ham, o‘tirsa ham, xayoli shu mavzu bilan band bo‘ldi. Hatto tunda ham shu haqda bosh qotirib, tongga qadar mijja qoqmadi. Tong otishi hamonoq Payg‘ambarimiz (s. a. v.) huzurlariga oshiqdi va:
 Mening imonim komilki, Siz Ollohning payg‘ambarisiz, da’vat etayotgan diningiz esa, haq dindir! — dedi.
219
— Abu Tolib bilan maslahatlashdingmi, ey Ali?
— Yo‘q. Olloh meni yaratar ekan, Abu Tolib bilan maslahatlashmadi. Men ham Ollohni tanish uchun u bilan maslahatlashishga ehtiyoj sezmadim. Shu tariqa Ali (r. a.). shahodat kalimalarini aytib, Islom diniga kirgan ikkinchi mo‘min bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:31:33
* * *
Ko‘p yillar davomida bu uyning farzandi o‘laroq tarbiya topib, o‘spirin yoshiga yetgan Zayd ham Ollohning Rasuli (s. a. v.) Yslomni da’vat etganlarida, hech ikkilanmadi:
— Men shohidmanki, Siz Ollohning bandasi va payg‘ambarisiz, — dedi.
Shunday qilib, bir necha yillar muqaddam dunyoning saodat uyiga farzand sifatida kirib kelgan Zayd onasi Xadicha va Ali ibn Abu Tolibdan so‘ng uchinchi musulmon bo‘lish sharafiga yetishdi.

* * *
Abu Kuhofaning o‘g‘li Abu Bakr ko‘pchilikning hurmatiga sazovor bo‘lgan sog‘lom fikrli, durust bir savdogar edi. Shu kunga qadar butlarga biron marta ham bo‘yin egib sig‘inmagan, foydasi tegmaydigan, hatto o‘zini himoya eta olmaydigan bir toshdan odamga qanday naf bo‘lishi mumkin, degan fikrda yurardi. Ma’budlik bilan tosh va daraxt o‘rtasida biron munosabat bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlar edi.
Holubki, o‘sha damlarda aqli raso, xalq orasida hurmate’tiborga ega, jamoat orasida sharafli hisoblangan ko‘pgina kishilar bu tosh sanamlar qarshisida bosh egardilar. Buni ular shunchaki ko‘ngilxushlik uchun emas, balki ibodat uchun qilardilar. Toshlarga astoydil sig‘inar edilar.
Ichkilik iste’mol qiluvchilarning naqadar xarob holga tushayotganini ko‘rgan Abu Bakr og‘ziga tomchi sharob olmagan, ayni chokda, insonlik sharafiga nomunosib bo‘lgan zino ham qilmagan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:31:50
Vaholanki, o‘sha paytlarda zino oddiy bir hol edi, uning har xil turlari keng tarqalgan edi. Hatto ba’zilar aslzoda hisoblanuvchi kishilardan farzand orttirishni orzu qilib, shu maqsadda o‘z jufti halolini o‘shanday kishilarning ixtiyoriga topshirar, so‘ngra xotini homilador bo‘lganbo‘lmagani oydinlashgunga qadar unga yaqinlashmas edi1. Keyinroq esa, o‘zlariga bunday inoyat qilgan kishilarga sovg‘asalomlar ham jo‘natar edilar. Buning natijasida jamiyatda naslnasabi noma’lum bolalar ko‘paygan edi. Homilador emasligi aniq bir ayol bir vaqtning o‘zida sakkizo‘n kishi bilan zinoda bo‘la olar, bu chirkin ish ayol to homila orttirgunga qadar davom etar edi. Bola tug‘ilgach, haligi kishilarning hammasi ayolning huzuriga to‘planar, ayol ularning ichidan kimni tanlasa, o‘sha odam bolaga otalik qilar va bunga hech kim e’tiroz bildirmas edi.
Sudxo‘rlik ham jamiyatda chuqur ildiz otgan edi. Puldorlar tomonidan qurilgan bu «tegirmon» faqirlarni, ojizlarni chig‘irikdan o‘tkazar, ular peigona teri bilan qo‘lga kiritgan daromad to‘ppato‘g‘ri sarmoya berib turganlarning cho‘ntaklariga borib tushar edi.
Zamona zo‘rniki edi. Ojizlar doimo azobuqubatga giriftor, xech kim o‘zini xavfsiz sezmas, o‘zaro ishonch tuyg‘usi qolmagan edi. Bir qabiladan ikkinchi qabilaga mol olib borib sotish va bunda salomat qolib daromad orttirish mushkul masalaga aylangan edi.
Qon to‘kish og‘ir gunox bo‘lmay qolgan edi. G’azab otiga mingan, qasos alangasida yonayotgan biron kishi dushmanining bosh chanog‘ida sharob ichishga qasamyod etishdan ham tap tortmas va bu ontini so‘zsiz bajarar edi.
Xalq orasida obro‘e’tibor qozongan shoirlar she’rlarida o‘zlarining odobsizliklarini ham ifoda etaverardilar. Chunonchi, muallaqa shoirlaridan Amr ibn Kulsum bunday degan edi: «Zinhor biron kimsa bizga qarshi johillik qilishga otlanmasin. Aks holda, biz ham johillarning johilligidan foydalanib, johillik bilan javob qilamiz».
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:32:05
Ularning orasida sog‘lom fikrli, fazilatli kishilar ham yo‘q emasdi. Ammo borlarining ham hayotda xuzurHalovati, tinchi yo‘q edi. Chunonchi, sof vijdonli, chin insoniy fazilatlar sohibi bo‘lgan Abu Bakr ham bu muhitda bo‘g‘ilgan, joni halqumiga kelgan edi. O’tirib chin dildan suhbatlashadigan, dardini ishonib ocha olaDigan kishilarning soni barmoq bilan sanoqli edi.
 Abu Bakrning eng ishonchli, har jihati bilan taqdirlashga loyiq yagona birodari Bani Hoshim urug‘idan Ab dulmuttalibning nevarasi Muhammad ibn Abdulloh edi. Uni anchadan beri — Xadicha bilan turmush qurgan kezlaridan tanir, el orasida yoshligidan «Al-Amin» deb tanilgan bu insonning tom ma’noda ishonchli ekanligiga shubhasi yo‘q edi. U bilan do‘stlashganining boisi ham shu. Orada o‘tgan yillar bu do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamladi, ikki do‘st birbirlariga ko‘rko‘rona emas, samimiyat va fazilat uzatgan qo‘llar bilan bog‘landilar.
O’ttiz sakkiz yoshga kirgan Abu Bakr hayotida anchamuncha narsani ko‘rib qo‘ygan, ammo o‘zi yashayotgan jamiyatdan qattiq nafratlanar edi.
Shunday fikrlar bilan yashayotgan Abu Bakr bir kuni Muhammad ibn Abdullohning huzuriga otlandi. U bilan dardlashaman, bu mazmunsiz hayotdan qutulish choralarini birgalashib axtarishni taklif etaman, deb o‘yladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:32:29
* * *
- Yo‘l bo‘lsin, yo Muhammad?
- Sening huzurinpa kelayotirman, yo Abu Bakr...
— Men ham sening oldingga ketayotgan edim, ey vafoli do‘stim.
Ikki do‘st xilvatroq joyga chekindilar. Bir necha oydan beri davom etayotgan g‘aroyib tushlar, shundan keyin yolg‘izlikka bo‘lgan intilish hissi va Hiro tog‘ida kelgan farishta... haqlarida gapirildi. Nihoyat, Abu Bakr yakkayu yolg‘iz Ollohdan boshqa iloh tanilmaydigan haq dinga da’vat etildi.
Abu Bakr zarracha ham ikkilanmadi. Chin ko‘ngildan chiqayotgan samimiy so‘zlar bilan:
— Guvohlik beramanki, ey Muhammad, Olloh yolg‘izdir, undan boshqa hech bir iloh yo‘qdir. Yana guvohlik beramanki, sen uning quli va rasulisan, — dedi.
Abu Bakrdan xuddi mana shu javob kutilgan edi.
Shu yo‘sinda musulmonlar — Muhammad alayhissalom ummatlari to‘rt nafar bo‘ldi. Komil insonlar ichida birinchi o‘rinni Abu Kuhofaning o‘g‘li Abu Bakr (r.a.) egallagan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:32:42
* * *
Hazrati Abu Bakr o‘ttiz sakkiz yillik hayoti davomida bu kecha bo‘lgani kabi osoyishta bir hissiyot bilan yotog‘iga kirganini eslay olmasdi.
O’zining va barcha olamlarning yaratuvchisini tanish
sharafiga erishdi. Unga ishonish bilan yuraklar huzurxalovat topishini o‘z tanasida his qildi.
Yotog‘iga kirar ekan, ichichidan otilib kelayotgan bir samimiyat bilan:
— Ashhadu alla ilaxa illalloh va ashhadu anna Muxammadan ‘abduhu va rosuluh, — deya takrorlar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:32:57
* * *
Makkaning pastqam bir ko‘chasi...
O’ttiz yoshlardagi tarbiyali, uyatchan bir yigit... Hazrati Abu Bakrning so‘zlarini jon qulog‘i bilan tinglamoqda...
Yakkamayakka qurilgan bu suhbat birmuncha davom etdi. Suhbat so‘ngida qo‘l siqishdilar. Xayrlashar ekanlar, Hazrati Abu Bakr:
— Bu bir sir bo‘lib qolishi kerak, ey Usmon! Xudo haqqi, seni ezgulikka da’vat etdim. So‘zlarimni yaxshilab o‘ylab ko‘r, — dedi. Ajralishdilar.
Affon o‘g‘li Usmon tafakkurini larzaga solgan, dunyoqarashini beqiyos kengaytirgan bir taklifga yuzmayuz kelgan edi. Abu Bakr:
—Bu butlar jonsiz narsalardir. Biron kimsaga na foydasi bor ularning va na ziyoni... Yaxshilab o‘ylab ko‘r, so‘zlarimning to‘g‘ri ekanligini anglayajaksan. Uylarimizning poydevoriga ishlatadigan toshlardan, tog‘larda, qiradir va vodiylarda mavjud toshlardan hech farqi yo‘kdir bu butlarning, — degan edi.
Aqli raso kishining boshqacha xulosaga borishi imkonsiz ham.
Erta saharda Usmon Abu Bakrni qidirib topdi.
— Meni Muhammad ibn Abdullohning huzuriga olib bor, dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:33:06
Hazrati Abu Bakr samimiyligiga ishonsa bo‘ladigan yoshlar bilan birmabir uchrashib, ularga buyuk haqiqatni tushuntira boshladi. Har gal yakkamayakka uchrashar, butlar haqida gan ochar, yolg‘iz Ollohdan o‘zga hech bir ma’budning yo‘qligini uqtirar, suhbatdoshida yaxshi ma’nodagi bir o‘zgarishni sezsa, shundan keyingina Muxammad Rasulullohdan (s. a. v.) gap boshlar edi. Zubayr ibn Avvom Abu Bakr bilan uchrashgan ikkinchi yigit edi. Unga ham Usmonga aytilgan gaplar uqtirildi. Zubayr sevimli, hurmatli kishisi Abu Bakrning so‘zlari safsata bo‘lishi mumkinligini hatto tasavvur ham qilolmasdi. Qolaversa, Abu Bakr unga payg‘ambar deb tanitgan Muhammad ibn Abdullohni o‘zi ham juda yaxshi tanir edi. Chunki Zubayrning onasi Safiyya Muhammad ibn Abdullohning ammasi bo‘lgani uchun ularning orasida yaqin qarindoshlik rishtalari mavjud edi.
Ammo Zubayrga buning o‘zi yetarli emasdi. Azalazaldan an’anaga aylangan va bobodan otaga, otadan bolaga asrlar davomida o‘tib kelgan hayot tarzidan butunlay voz kechishi kerak, bu ish esa oson emas edi. Shu kunga qadar telba emasligiga ishonchi komil bo‘lgan ko‘plab insonlar — birgina so‘z bilan yuzlarcha kishilardan iborat qabilalarni harakatga keltira oluvchi boshliqlar, shoirlaru notiqlar... hammahammasi butlarga sig‘inib keladilar. Ular ma’bud deb e’tiqod qo‘ygan butlarni toshdan bo‘lak narsa emas, deyish g‘oyat mushkul edi.
Shunday o‘yxayollar bilan oradan bir necha soat o‘tdi.
«Men aqlli bo‘lsam, nega endi aqlimni ishlatmayin?!»
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:33:17
Yashinday miyasiga kelib urilgan bu fikr Zubayrni eskilik sarqitidan xalos etib, aql bilan ish yuritishga undadi. Butlarni iloh deb biluvchi e’tiqod kishani o‘zo‘zidan parchalanib ketdi.
Abu Bakr bilan ikkinchi marta uchrashganda, butlar endi uning uchun ham toshga aylangan, jonsiz va ahamiyatsiz bir narsa bo‘lib qolgan edi.
Meni tog‘amning o‘g‘li bilan uchrashtir, yo Abu Bakr,— dedi hayajon ila.
Bir muddat o‘tgach, Hazrati Xadicha onamizning imon mash’alasi yongan uyida Zubayr ibn Avvom ismli bir yigit ham qalbining tubidan otilib chiqqan va umr bo‘yi unga sodiq qoladigan haqiqatni har bir kalimasi ustida to‘xtabto‘xtab takrorladi: «Ashhadu alla ilaha illalloh...»
Nabiylar sarvari tug‘ilgan kechani eslovchilar o‘sha kecha Ominaga yordam berish uchun kelgan ikki ayoldan biri Shifo xonim bo‘lganini juda yaxshi biladilar.
Ushbu hodisadan ropparosa o‘n yil o‘tgach, Shifo xonim ham bir o‘g‘il tuqqan, unga Abdi Amr deb ism qo‘ygan edi. Abdi Amrni ayrimlar «Abdulka’ba» deb ham atashardi.
Xullas, yaxshiyomon xotiralarga boy yillar o‘tib, Abdi Amr ham o‘ttiz yoshga kirdi. Aslida hayotining eng lazzatli onlari ham o‘sha yillarda o‘tgan bo‘lsa ajab emas.
Bir kuni Abdi Amr o‘zi ulkan hurmat bilan qaraydigan savdogar tomonidan fikrlashga da’vat etilganida, qo‘llarini peshonasiga qo‘yib, chuqur o‘yga tolish majburiyatini his etdi.
— Juda soz, yo Abu Bakr, men bu mavzu to‘g‘risida yaxshilab bosh qotirayin, — dedi u.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:33:30
Rasululloh (s. a. v.) jondan aziz do‘stlari Abu Bakr bilan birgalikda huzurlariga Abdi Amr ham kelganini ko‘rib, juda mamnun bo‘ldilar. Chunki u ham imon keltirish, hidoyat va saodat yo‘liga kirish uchun kelgan edi.
Abdi Amr shahodat kalimalarini so‘yladi. Kufr va inkor yo‘lini bundan keyin butunlay tark etish evaziga bu buyuk yo‘lni qozondi.
 ¾ Sening isming Abdurrahmon bo‘lsin...
Unga bu muborak ismni payg‘ambarlarning eng buyugi berdilar. O’zlariga sevimli bo‘lgan bu ismni doimo — bu dunyoda ham, oxiratda ham hamrohlari bo‘lajak bir yig‘itga berdilar. Yillar o‘tib ham, nabiylar sarvarining tillaridan: «Ismlarning eng go‘zali Abdulloh va Abdurrahmondir», degan so‘zlarni eshitgan choqlarida o‘zini «Abdi Amr» bo‘lishdan xalos etgan va «Abdurrahmon» bo‘lish sharafiga sazovor qilgan Rasulullohga (s.a. v) mehr to‘la nigohlari bilan boqipsh shubhasiz edi bu yigitning.
Ismi bilan birga jismi ham, ruhi ham o‘zgargan edi uning. Butun vujudi bilan ko‘hnaeskidan mukammal yangiga o‘tgan edi Abdurrahmon.
Abdurrahmon ibn Avf imon yo‘lida hamroh bo‘lajak ilk musulmon birodarlari bilan tanishdi. Ular xanuz barmoq bilan sanoqli edilar. Payg‘ambarimiz (s. a. v) xonadonlari a’zolarini hisobga olmaganda Abu Bakr, Usmon, Zubayr va o‘zi...
Bu hisobga Zaydni va hali balog‘at yoshiga yetmagan Alini ham qo‘shsak, jami olti kishi bo‘lardilar. Bepoyon dunyoda, dunyoning asl Sohibi va Yaratuvchisiga e’tiqod qilgan, Uni inkor etmaydigan, qudratda Unga teng keladigan boshqa bir mavjudotni bilmaydigan olti kishi...
Abdurrahmon tahorat qilish, namoz o‘qishni o‘rgandi. Namoz o‘qir ekan, o‘qilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni takrorlaytakrorlay, yodlab oldi. Bundan buyon butun hayoti davomida har namozning har rakatida o‘qish lozimligi uktirilgan Fotiha surasini shaxsan Payg‘ambarimiz alayhissalomning tillaridan eshitdi: «Alhamdu lillahi robbil ‘Al-Amin...» «Hamdu sano barcha olamlarning Parvaridigori bo‘lmish Olloh uchundir. Mehribon va Rahmli, Jazo Kunining egasi, Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina madad so‘raymiz. O’zing bizni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilgin. (Bizlarni) shunday zotlarning yo‘liga (boshlagin)ki, Sen o‘zing ularga (to‘g‘ri yo‘lni) in’om qilgansan ular (Sen tomondan) g‘azabga duchor bo‘lmaganlar va zalolatga ketmagan (adashmagan)lardir».
Kelajakda Olloh taolo tayinlaydigan vaqtga qadar, hech kimsaga bu hakda og‘iz ochmaslik, odamlarning ko‘zi tushadigan joyda namoz o‘qimaslik uqtirildi. Bir ozdan keyin Sa’d ibn Vaqqos musulmon bo‘lish sharafiga erishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:34:09
* * *
Xolid ibn Said ibn Os uyqudan uyg‘onib, yuragi teztez urayotganini his etdi. Bir tush ko‘rgan edi, shu haqda suhbatlashish uchun uyidan chiqdi.
- Yo‘l bo‘lsin, ey Xolid?
- Al-Aminning huzuriga ketayotirman, ey Abu Bakr.
- Nechuk?
—Bugun kechasi bir tush ko‘rdim. Unga so‘zlab bermoqchiman. Sen ham eshitsang, foydadan xoli bo‘lmas...
Ular birgalikda Rasulullohnig (s. a. v.) uylari tomon yo‘l olishdi. Ko‘rgan tushini yo‘lakay gapirib berdi:
— Vahshatli bir jarlikning shundoqqina yoqasida emishman. Birdan notanish kimsa pastga itarib yubordi. Qutulishim amri mahol edi. Shu orada birdan Al-Amin Muhammad ibn Abdulloh paydo bo‘ldiyu belimdan dast ko‘tarib, qutqarib qoldi. Unga shu tushni aytib, qanday ta’bir qilishini eshitmoqchiman.
— Yaxshi o‘ylabsan, ey Xolid. Ehtimol Olloh taoloning o‘zi senga hidoyat tilagan bo‘lsa, ajab emas.
Xolid ibn Said yangi bir dinning tarqalayotganini va kechagi kunga qadar Al-Amin Muhammad ibn Abdulloh sifatida tanigan kishisi bugunga kelib payg‘ambarlik vazifasiga tayin etilganligini yo‘lda Hazrati Abu Bakrdan eshitdi.
Bu paytda Nabiyi Akram (s. a. v.) Ajyod degan bir joyda edilar.
Bizni nimaga da’vat qilasiz, yo Muhammad?
- Sizni Ollohdan boshqa xech bir ilohning yo‘qligini va Muhammad Ollohning payg‘ambari ekanligini tasdiqlashga... shu damgacha sig‘inganimiz jonsiz — foyda xam, zarar ham bermaydigan butlardan voz kechishga da’vat qilaman.
— Men guvohlik beramanki, Siz da’vat qilayotgan din haq dindir. Siz esa, Ollohning rasulisiz.
Shundan keyin Xolid ko‘rgan tushini gapirib berdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:35:55
* * *
Bir kuni o‘ta ojiz, qashshoq bir cho‘non qo‘ylarini o‘tlatib yurarkan, ikki kishiga duch keldi.
- Sen kimning qo‘yboqarisan? — deb so‘rashdi ular.
- Uqba ibn Abu Muaytning...
- Bizni sut bilan mehmon qila olasanmi?
 Sut borkuya, ammo men oddiy qo‘yboqarman, sut bilan mehmon qilishga haqqim yo‘q. Menga ishonib topshirilgan narsaga xiyonat qilolmayman.
— Xo‘p. Unda bizga suti sog‘ilmaydigan bironta qo‘yni ko‘rsatginchi.
Qo‘yboqar suruvdan bir qo‘yni ajratdi.
— Mana shu qo‘y sog‘ilmaydi, dedi.
Yuzidan nur yog‘ilib turgan kishi qo‘yning oyoqlarini kerdi, duo qildi. Birdan qo‘yning emchaklaridan sut oqa boshladi. Ikkinchi kishi bironta idish olib kelishni buyurdi. Qo‘yboqar yonida olib yuradigan sopol tovoqni uzatdi.
Sut sog‘ildi, avval sutii sog‘gan kishi ichdi, so‘ngra o‘rtog‘iga berdi. Qolgan sut qo‘yboqarga taqdim etildi. Hammasi ichib bo‘lingach, qo‘yning emchaklari yana eski holiga qaytdi. Bir oz oldin sut sog‘ilgan emchaklarga sira ham o‘xshamay qoldi.
—Ey olijanob zot, bu qo‘yga qanday duo o‘qiding?
Uni menga ham o‘rgatasanmi? — dedi qo‘yboqar.
- Oting nima?
- Otim Abdullohdir. Mas’udning o‘g‘liman.
—Seni yakkayu yagona Ollohning borligiga ishonish
ga va butlarga sig‘inishdan voz kechishga da’vat etaman.
Rasululloh (s. a. v.) shularni so‘zlarkanlar, Abdulloh ibn Mas’udning boshini silar: «Olloh senga marhamati bilan muomala buyursin, qulligingda davom etishini nasib qilsin, sen o‘rganishga qodirsan», der edilar.
Abdulloh kalimai shahodatni aytdi. Endi u imon lashkarining jisman zaif, ammo imoni kuchli bir askariga aylandi.
O’shanda mo‘minlarning soni o‘nga yakinlashib qolgan edi.
Sal keyinroq Talha ibn Ubaydulloh, Abu Ubayda ibn Jarroh, Abu Salama, Arqam ibn Abu Arqam, Usmon ibn Maz’un, Ubayda ibn Horis ibn Abdulmuttalib musulmon bo‘ldilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:36:12
* * *
Bir paytlar Yaman tomonlardan kelib Bani Mug‘iyra xonadonidan panoh topgan Yosir u yerda Mug‘iyra o‘g‘illari tomonidan Sumayya ismli bir joriyaga uylantirilgan, bu nikohdan Ammor va Abdulloh ismli ikki farzand dunyoga kelgan edi.
Oradan yillar o‘tdi va bu bolalar bolog‘at yoshiga yetdilar.
Bir kuni Ammor Makka ko‘chalarida aylanib yurganida birikki kishining Muhammad ibn Abdulloh (s. a. v.) haqlarida bahslashishayotganini eshitib qoldi. Suhbat diqqatni tortadigan darajada qizg‘in edi. Shaxsan o‘zini ko‘rishni xohladi. U hakda surishtirdi. Nihoyat, Arqam ibn Abu Arqamning uyida ekanliklarini bildi va darhol shu tomonga jo‘nadi. Suhayb ibn San’on Rumiy ham o‘sha yerda edi. Ammor hayron bo‘ldi:
— Bu yerda nima qilib yuribsan, ey Suhayb? — deb so‘radi.
— O’zingchi, yo Ammor?
— Men ichkariga kirmoqchiman va Muhammad Aminning so‘zlarini tinglamoqchiman.
— Mening fikrim ham xuddi shunday.
Birgalikda ichkariga kirdilar. Ma’naviyat olamidan taralib, Muhammad ibn Abdullohning dudoqlaridan to‘kilayotgan so‘zlarni tingladilar, bu kalom har jihatdan go‘zal va mukammal ekanligiga ishonch hosil qildilar, ikkisi ham kalimai shahodat keltirib, imonli bo‘ldilar.
Oqshomga qadar Arqamning uyida qoldilar.
Ko‘p o‘tmay, Ammorning otasi Yosir, onasi Sumayya va ukasi Abdulloh ham musulmon bo‘ldilar. Shu tariqa butun oila a’zolari Islom diniga kirgan, ko‘ngillari Rasululloh ko‘rsatgan maqsadga yo‘nalgan edi.
Qisqa vaqt o‘tib, Usmon ibn Maz’un ham ikki ukasini yetaklab, Payg‘ambar (s. a. v.) huzurlariga keldi. Kudoma bilan Abdulloh akalari singari imon va Islom sharafiga noil bo‘ldilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:36:31
Buyuk payg‘ambar Hazrati Ibrohim alayhissalomning tavhid dinini tiklash maqsadida hidoyat yo‘liga chiqqan, ammo orzuiga yetisha olmay hayotdan ko‘z yumgan Zayd bu kunlarda hayot bo‘lsa, kim biladi deysiz, qanchalar xursand bo‘lardi. Ammo takdirdan qochib qutulish xaqqi hech kimsaga berilmagan. Ammo Zaydning kichik yoshda yetim qoldirib ketgan o‘g‘li Said bor edi. Mana shu kunlarda u voyaga yetgan, kamgap, yuvosh, tarbiyali bir o‘spirin bo‘lgan edi. Uni amakisi Xattob boqib olgan, qizi Fotimaga uylantirib ham qo‘ygan, Saidning singlisi Otikani esa, o‘g‘li Umarga olib bergan edi. Shu yo‘sinda Said bilan Umar pochchaqayinog‘a bo‘lgan edilar. Ammo pochchalardan biri o‘ta tajang, serjahl va dovyurak, ikkinchisi esa, o‘ta darajada yuvosh va kamgap...
Bir kuni Said haqiqat olamidan kelayotgan bir da’vatga quloq tutdi. Unga Ollohdan boshqa hech bir iloh yo‘qligiga ishonish taklif etildi. Haqli bir taklif edi bu. Otasi Zayd mana shunday bir taklifga ro‘baro‘ bo‘lish, Ollohga olib boruvchi eng to‘g‘ri yo‘lning murshidiga qovushish uchun butun vujudi bilan behisob chillalarda o‘tirgan edi.
Haqqa va ezgulikka chorlovchi bir da’vatga quloq tutmaslik mumkin emasdi. Qisqa vaqt ichida rafiqasi Fotimaning qalbida ham imon nuri porladi. Shu tariqa yosh erxotin birgalikda shahodat keltirdilar va musulmon bo‘lish zavqini totdilar.
Bu orada Hazrati Abu Bakr qizi Asmoning ham musulmon bo‘lgani haqida xushxabar keltirdi.
Yana Habbob ibn Aratt, Umayr ibn Abu Vaqqos, Mas’ud alKoriy, Salit ibn Amr, Ayyosh ibn Abu Robia va xotini Asmo, Xunays ibn Huzofa, Amir ibn Robia musulmonlarning safiga qo‘shildilar.
Bir zamonlar haq dinni topish maqsadida uzoq safarga otlangan va xristianlikni qabul qilib Makkaga qaytgan Ubaydulloh ibn Jaxsh ham shahodat keltirdi va musulmon bo‘ldi.
Abu Tolibning o‘g‘li va Hazrati Alining akasi Ja’far, uning umr yo‘ldoshi Asmo binti Umay, Xatib ibn Horis xotini Fotima binti Muzallal, Xatibning ukasi Xattob ibn Horis va xotini Fukayha binti Yasor,
Ma’mar ibn Horis, Usmon ibn Maz’unning o‘g‘li Soib, Muttolib ibn Azhar, xotini Ramla, Nuaym ibn Abdulloh, Amir ibn Fuhayra, Xotib ibn Amr, Utba ibn Robiashshg o‘g‘li Abu Huzayfa, Vaqid ibn Abdulloh... — bular yashirin da’vat kunlarida musulmon bo‘lganlar jumlasidan edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:36:42
* * *
Payg‘ambar (s. a. v.) tushgan oyatlarni unut bo‘lmasligi va saqlash qulay bo‘lishligi uchun yozdirib qo‘yardilar. Yozilgan oyatlar qo‘lmako‘l o‘tib tarqalar, istaganlar ularni yodlar edilar.
Vahiy kelgan paytlarda Janobi payg‘ambarimiz (s.a. v.) xotiradan chiqarib qo‘yishdan xavotirlanib, Jabroili Amin bilan birgalikda qaytaqayta o‘qishga va yod olishga harakat qilardilar.
Yuksak devondan kelgan amr u zotga faqat tinglashni buyurdi: «(Ey Muxammad, Qur’onni) tezroq (yodlab) olish uchun tilingizni u bilan qimirlatmay (kichirlamay) qo‘yaqoling! Zero, uni (sizning dilingizda) jamlash ham, (tilingizda) qiroat qildirish ham Bizning zimmamizdadi]). Bas, qachon biz (ya’ii, Jabroil farishta) uni (ya’ni, har bir vahiyni) o‘qib bitganimizdan so‘nggina siz ham uni o‘qishga ergashing. So‘ngra uni (Qur’onni) bayon qilib berish ham, albatta, bizning zimmamizdadir» (Qibmat surasi, 16—19; Imom Buxoriy, 6jild, 79bet.) .
Nabiyi Akmal bundan keyin yuz bergan holatlarini shunday ifoda etgan edilar:
«Vahiy holati tugagach, o‘zo‘zidan qalbimga jo bo‘lib qolardi» . (Imom Buxoriy, 1/3.)
Yana bir safar esa: «Xuddi qalbimga kitob yozilayotganini xis etaman» (Ibn Hishom. O’sha asar, 1 /253.) degan edilar.
Endigi vazifa bu oyatlarni insonlarga bayon etish va ularni Islomga da’vat qilish edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:36:51
* * *
Nabiylik vazifasi ilk bor yuklangandan beri oradan ikki yil o‘tdi. Xattob o‘g‘li Umarning uyida birdan sevinch kichqirig‘i eshitildi.
Ertangi kunning buyuk insoii bo‘ladigan, payg‘ambarining sunnatlarini shaxsan o‘z hayoti orqali namuna qiladigan va sahobalarning ilk saflaridan o‘rin olaligan bu go‘dakka Abdulloh ismi berildi.
Ammo Abdulloh shu onda o‘ziga bu ismning berilganidan ham bexabar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:37:08
* * *
Abu Tolib bir kuni Makkadan tashqarida kezib yurarkan, kutilmagan manzaraga duch keldi. Oldinda jiyani Muhammad Al-Amin, undan bir oz orqada o‘g‘li Ali birgalikda ibodat qilardilar.
- Nima qilayotirsizlar, ey Abul Qosim?! Bu tutgan yo‘llaringizni qanday tushunsa bo‘ladi?
- Amakijon, bu Olloh yuborgan dindir. Farishtalarining, payg‘ambarlarining va xususan bobomiz Ibrohimning (s. a. v.) dinidir. Olloh taolo menga ushbu dinga da’vat qilish vazifasini topshirdi. Siz esa, ey amakijon, men uchun eng samimiy, yaqin, qadrli va hidoyatga qovushishini orzu etadigan kishimsiz. Bu da’vatni qabul etishga, qo‘llabquvvatlashga eng loyiq bo‘lgan kishim ham sizsiz.
Abu Tolib javob berdi:
— Ey jiyanim, men ota-bobolarimning dinidan voz kechishga jur’at qilolmayman. Ammo qasam ichib aytamanki, toki men hayot ekanman, biron kimsa senga yomonlik qilolmaydi.
Shundan so‘ng o‘g‘li Ali tomonga o‘girildi:
— Amakingning o‘g‘li seni faqat xayrli ishga da’vat etibdi. Undan ayrilma, — dedi (Ibn Hishom. O’sha asar, 1/263.).
Endi vahiy uzluksiz ravishda kela boshladi: «Ey (kiyimlariga) o‘ralib olgan zot, kechasi (bedor bo‘lib, namozda) turing! Faqat ozgina — u (kecha)ning yarmida (uxlab orom oling) yoki (uyquni kechaning) yarmidan ham bir oz kamaytiring yoxud unga (bir oz) ziyoda Qiling va Qur’onni tartil bilan tilovat qiling! Zero, Biz sizga og‘ir So‘zni — Qur’onni tushirajakmiz. Albatta, kechasi (ibodat uchun bedor bo‘lib) turish juda og‘ir yukdir va (lekin u paytda kunduzgi bezovtaliklar bo‘lmagani uchun) eng to‘g‘ri so‘zdir. Albatta, siz uchun kunduzi uzun — tinimsiz mashg‘ulot bordir (shu sababli kechalari bedor bo‘lib ibodat qiling). Parvardigoringizning nomini (mudom) yod eting va Unga butunlay berilib (chin ixlos bilan bandalik qiling)! (U) mashriq va mag‘ribning Parvardigoridir. Hech qanday iloh yo‘q, faqat Uning O’zigina bordir. Bas, siz (o‘zingiz uchun) Unigina vakil (homiy) qilib oling!» (Muzzammil surasi, 1-9.  Dorimiy. «Sunan», 1/3.)
Nabiyi Akram janobimiz ushbu oyatlar orqali kechalari ham toatibodat qilishga da’vat etildilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:37:19
* * *
O’sha kunlari nomi hali tarixlarda bitilmagan bir odam johiliya davrining jirkanch bir odatini amalga oshirish harakatida edi.
Bu odamning shiringina, sevimli bir qizchasi bor bo‘lib, uni juda ham yaxshi ko‘rardi. Chaqirgan zahoti «Labbay, otajon!» deb qoshiga yugurib kelar, ota-onasi uni o‘pishar, bag‘rilariga bosib erkalatishar edi.
Shunday kunlarning birida u otini eshitib, otasining qoshiga chopqillab keldi. Har doimgiday, quchog‘iga otildi.
Ota uni qo‘llaridan tutdi, ikkovlon birgalashib ko‘chaga chiqdilar. Uylaridan hali uncha uzoqlashishmagan edi. Ota unga ajoyib va xushta’m oziqovqatlar haqida ganirar, yaqinda qarindoshlaridan birining to‘yida unga sovg‘a tariqasida beriladigan ko‘ylak haqida bahs etar edi.
Shu asnoda qizcha birdan itarib yuborilganini his etdi. Otabola hozirgina yonidan o‘tgan quduk qizchani qayta chiqmaydigan kilib o‘z domiga yutdi. Ammo yirtqichlargagina yarashadigan bu ishni qilgan otaning quloqlariga:
— Yo abatah!.. Yo abatah!.. — tarzidagi ingroq ovoz keldi. Otaning so‘nggi marta eshitgan so‘zlari shu bo‘ldi. Peshonasida paydo bo‘lgan sovuq terlarni artib, yashin tezligida bu yerdan uzoqlashdi. Kim biladi, bechora qizcha yana qancha payt u yerda «Otajon!» deya ingragan ekan2.
Madina davrida musulmon bo‘lgan bu odam mazkur voqeani payg‘ambarimizga so‘zlab berganida, Rasululloh (s. a. v.) soqollari ho‘l bo‘lib ketguncha yig‘lagan edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:37:35
* * *
Bir kuni Umar qavatiga olti yoshlar chamasidagi qizini olib, Makkadan tashqariga yo‘l oldi.
Xilvat bir joyga keldilar. Umar yelkasidan belkuragini oldi va chuqur qaziy boshladi.
— Nima qilyapsiz, otajon? Nega qaziyapsiz bu chuqurni?! — dedi qizi atrofida girdikapalak bo‘lib.
— Bu yerga seni ko‘maman, — deb javob qildi Umar.
Qizchaning rangi oqarib ketdi. Otasini yaxshi odam deb o‘ylardi. Ayni chokda, otasining biron gapni zoe gapirmaydigan odam ekanligini ham juda yaxshi bilardi. Ko‘zyoshlariga to‘lgan nigohlari otaga qadaldi:
- Otajon, meni o‘ldirmang!..
- Sen hiqillamay tur!
Bu so‘zlardan keyin ham yolvorish behuda edi. Yagona chora qochish edi. Jon shirin, qizcha o‘lishni istamasdi.
Peshonasidan oqayotgan terlarni artaarta qum qaziyotgan Umar, birdan: «To‘xta qochma!» deb baqirdi va qizining orqasidan chopa ketdi.
Jonholatda qochayotgan qiz bechoraning ortidan yetib kelgan ota dag‘al qo‘llari bilan sochlaridan tutib, qat’iy siltab to‘xtatdi. Shundan keyin sudrabsudrab, chuqurning yoniga olib keldi.
Qazish davom etar, go‘dakning ko‘zyoshlari ham beto‘xtov yerga yumalanar edi.
Shu asnoda Umar qo‘lidagi belkurakni yerga qattiq urdi va natijada bir siqim tuproq sochilib, Umarning yuz-ko‘zi changga belandi. Yerga o‘tirib qoldi va ko‘zlarini ishqalay boshladi.
Otasini bu holatda ko‘rgan qizcha sakrab o‘rnidan turdi:
Otajon, meni o‘ldirsangiz, soqolingizni kim taraydi? Yuzlaringizni kim tozalaydi?!  — deya barmoqlari bilan Umarning soqollarini taray boshladi.
Umar uni ilkis itarib yubordi. Sapchib o‘rnidan turib, yana qaziy boshladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:37:52
Bir oz o‘tgach, Umar to‘xtab qoldi. Boshini egdi, bir muddat o‘yga toldi. Yig‘layotgan qizchasiga ko‘zi tushdi. Olti yilga yaqin silabsiypalab, erkalab kelgan jigari edi u. Bunday yaqin kishisining joniga qasd qilish oson emasdi...
Orada ko‘ngliga bu ishdan voz kechish fikri ham keldi. Qizchasining qo‘lidan tutib, Makkaga qaytishni ham o‘yladi. Shunday qilganida, qanchalar sevinardi bu ma’suma go‘dak... yana hayotga qaytgandek bo‘lardi. Kim biladi, hozir uyda qanday alamli damlar kechayotgan ekan, qanchalar ohlar chekilayotgan, ko‘zyoshlar to‘kilayotgan ekan?!
Ammo bu ishning boshqa jihati ham bor edi. Umar qizini olib ketdi, qo‘llari titrab orqaga qaytarib olib keldi, deb ustidan birodarlari kulishmaydimi? Umr bo‘yi qizi oldidagi vijdon azobiga qanday chiday oladi?
Bir necha soniya vaqt shunday fikrlar og‘ushida o‘tdi. Soatlar, hatto kunlarga tatirli birbiriga zid fikrlar yashin tezligida miyasidan o‘tdi. Shundan so‘ng yana belkurakka yopishib, chuqur qaziy boshladi.
Yetarli darajada qaziganiga ishonch hosil qilganida, yerda faryod urib yotgan qizcha ham dahshatli fojia soati yetib kelganini sezdi, yalinchok nigohlarini otasiga qadadi.
Ammo otaning ko‘zlaridan olov sachrardi. Qiz yana tez o‘rnidan sakrab turdi va takror qocha boshladi.
Umar yana qizining ortidan yugurdi, yetib olib qattiq ushladi. Endi qutulish chorasi qolmagan edi. Qizcha hadeb «Otajon, otajon!» deya chinqirar, siltanar edi.
Bir latta kabi uloqtirilgai ma’sum vujud chuqurning chetlariga tegib pastga yumalab ketdi. Umarning baquvvat qo‘llari tuproq uyumini chuqurga tashlar ekan, oyoqlari so‘nggi kuchini yig‘ib chuqurdan chiqib ketishga urinayotgan go‘dakni bosib turardi. Boshiga shuvillab tuproq to‘kilib, ko‘zlari ham tuproqqa to‘lgan qizcha birikki chiranishdan so‘ng harakatlari bo‘shashdi, ketmaket ustiga tushayotgan tuproq uni tobora bosib, nafasini siqa oshladi.
Oyoqlari ostidagi vujudning nihoyat chiranishdan to‘xtaganini anglagan Umar yengil nafas oldi. Peshonasidagi terlarni artib tashladi va qolganqutgan tuiroqni ham chuqur ustiga tashlab, ishini tugatdi.
O’sha kecha uyda hech kimning ovozi chiqmadi. Umar har doimgidan ham asabiy edi. Uning bu qo‘rqinchli holati uyda biron kimsaning churq etib og‘iz ochishiga yo‘l qo‘ymadi. Faqat, qo‘llar orasira ko‘zlardan yumalagan yoshlarni artardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:38:10
OCHIQ DA’VAT SARI ILK ODIM
Yaqin qarindoshlar

Hiro tog‘idagi g‘orda ilk bor farishtaning kelgani va «O’qi!» degan amr berilganidan buyon uch yilga yaqin vaqt o‘tdi. Atrofdan toza ruhli insonlar puxta bir tanlov asosida ushbu dinga da’vat etildi, ancha-muncha muvaffaqiyat ham qozonildi. Da’vat qilinganlar orasida kullar va ozod kishilar, ayollar va erkaklar, boylar va kambag‘allar bor edi.
Olloh taolo «Sobiquni avvalin» deb atagan bu sharafli insonlar butlarning qoshida bosh egish haqoratidan qutulib, Ollohning huzurida sajda qilish saodatiga erishgan edilar.
Bir kuni Rasulullohga (s. a. v.) ushbu muxim amr keldi:
«Eng yaqin qarindosh^urug‘laringizni (Ollohning azobidan) ogohlantiring! O’zingizga ergashgan mo‘min kishilar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni, ularga xushxulq bilan kamtarona muomalada bo‘ling)! Bas, agar ular itoatsizlik qilsalar, u holda: «Albatta, men sizning amalingizdan poqdirman», deb ayting. G’olib va mehribon (Olloh)ga tavakkul qiling! U sizni o‘zingiz (namoz uchun) turayotgan vaqtingizda ham, sajda qilguvchilar orasida ham, (imom bo‘lgan holingizda namoz ruknlarining biridan ikkinchisiga) ko‘chayotgan (vaqtingizda ham) ko‘rib turur. Shakshubhasiz, u eshitguvchi, bilguchi zotdir».(Shuaro surasi, 214-220.)
Kelgusi mashaqqatli kunlarga qarab ilk odim shu yo‘sinda qo‘yildi. Endi din musulmonlikni qabul qilmagan taqdirda xam uni sir saklaydigan ishonchli kishilar doirasidan tashqariga chiqayotgan, ilk odim yaqin qarindoshlardan boshlanayotgan edi.
Janobi payg‘ambarimiz mexmon bo‘lib kelgan ammalariga ahvolini bayon etdilar. Ziyofat berib, qarindoshlarini dinga da’vat qilish fikrida ekanliklarini gapirdilar.
— Istasang, shunday bir ziyofat uyushtir. Ammo zinhor Abdul Uzzoni (Abu Lahabni) taklif etma. Chunki u sening da’vatingni biribir qabul etmaydi, — deyishdi ammalar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:39:22
Ular ukalari Abu Lahabning fe’lini yaxshi bilishardi. Suvni orqaga oqizishga ham qurbi yetishi, o‘ta o‘jarligi yaxshigina ma’lum edi. Ammo «yaqin qarindoshlar» ichida Abu Lahab ham bor edi, amakilari edi. Buyuk devondan kelgan amrni o‘zgartirish yoki kechiktirish mumkin emasdi. Bir kishigina to‘yadigan miqdorda go‘sht pishirildi.
Yana, bir kishiga loyiq sut tayyorlandi. Amakilar, ammalar va ulardan tashqari boshqa yaqin qarindoshlar taklif etildi. Dasturxonga tortilgan go‘shtdan avval Hazrati payg‘ambarimiz oldilar. So‘ngra mehmonlarga: «Marhamat!» deyildi. Hamma to‘ygunicha yedi. Ammo go‘sht hamon hech tegilmaganday holda qolgan edi.
Navbat sutga keldi. Nabiyi Akmal janobimiz boshlab ozgina ichdilar. Keyin mehmonlar icha boshladilar. Hamma ichgandan keyin ham sut sira kamaymadi.
Endi Payg‘ambari Zamon janoblari maqsadni so‘zlamoqchi edilar. Ammo shu payt Abu Lahab dik etib o‘rnidan turdi. Aftiangori o‘zgarib:
— Xudo haqqi, bu odam bizni sehrladi! — deb baqirdi.
Azbaroyi.asabiylashganidan, portlaguday ahvolda edi, baqiribchaqirardi. Mashvaratning bu tarzda davom etishidan yaxshilik kutib bo‘lmasdi. Mehmonlar birinketin tarqaldilar.
Ertasi kuni yana ziyofat chaqirildi. Abu Lahab yana bir qilik chiqarmasin deb endi u taklif etilmadi. Ammo Bani Hoshimning takror yig‘ilganlarini eshitib, taklifsiz keldi. «Sen taklif etilmagan edingku, nsga kelding?» deyilmadi.
Mehmondorchilik so‘nggida bir kun oldingi razilligini takrorladi. Og‘ziga kelgan gaplarni qaytarmadi. So‘zlarini:
— Qarindoshlariga sen kabi yomonlik qilgan kimsa hali hayotda bo‘lgan emas, — deb tugatdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:39:38
Kayfiyat yana buzildi. Asl maqsad oydinlashmasdan, mehmonlar yana tarqalib ketdilar.
Xo‘sh, Abu Lahabning niyati nima edi? Nega janjal chiqarish payida bo‘ldi? Qirq yildan beri hammaning takdiru tahsiniga sazovor bo‘lib kelgan jiyanini noqulay ahvolga solishdan nima uchun bunchalik xushlanardi?
Buning yagona sababi quyidagi voqea edi:
Bir kuni Abu Lahab ukasi Abu Tolib bilan janjallashib qolib, uni yotqizib oldida, bo‘g‘a boshladi. Voqea ustiga mazkur jiyani yetib keldi va Abu Tolibning tarafini oldi. Abu Lahabni uning ustidan itarib, yiqitib yubordi. Shundan keyin kaltaklash navbati Abu Tolibga o‘tdi.
Abu Lahab mana shu voqeadan keyin jiyaniga dushman bo‘lib qolgan. «Buni hech qachon unutmayman!» degan edi.
Abu Laxab kek saqlovchi odam edi. Hasadgo‘ylik il236
lati bor edi unda. Ichidan yondirayotgan bu kek va hasad uning haqqa boradigan yo‘lini taqataq berkitgan, so‘z eshitadigan, so‘z tushunadigan holatda emas edi.
Holbuki, Nabiyi Akram (s. a. v.) oradagi bu sovuqchilikni bartaraf etish uchun ikki nuridiydalari, sevikli qizlari Ruqayya bilan Ummu Gulsumni Abu Laxabning ikki o‘g‘liga unashtirib, yaxshi niyatda yaqinlashishni istagan edilar. Ammo bu tadbir ham Abu Lahabning ichini yondirayotgan tuyg‘ularini so‘ndirmadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:40:33

* * *
Oradan anchamuncha g‘amgin kunlar o‘tdi. Jabroili Amin kelib yuqorida keltirilgan amrni yana takrorladi. Amr ado etilmasa, azob kelishi haqida xabar berdi.
Janobi payg‘ambarimiz qarindoshlarini yana taklif etdilar. Ovqat yeyildi, sut ichildi, sal keyin Rasululloh (s. a. v.) darhol o‘rinlaridan turib, shunday so‘z boshladilar:
— Mard yigit oila a’zolariga yolg‘on gapirmaydi. Men esa, hammaga yolg‘on gaiirgan taqdirimda ham, sizlarga so‘ylamayman. Jami insonlarni aldasam ham, sizlarni alday olmayman. Shunday ekan, ey Abdulmuttalib avlodi! Qasam ichib aytamanki, men keltirgan narsadan ham sharafli va foydali bir narsani hali hech bir inson o‘z qavmiga keltirgan emas! Men sizlarga dunyo va oxiratning saodat va sharafini keltirdim. Olloh taolo menga sizlarni ushbu dinga da’vat etishimni buyurdi. O’zidan boshqa hech bir ma’bud bo‘lmagan Olloh nomidan qasam ichib aytmanki, men Uning butun insoniyatga va xususan sizlarga yuborgan payg‘ambariman!.. Sizlar xuddi uyquga ketganday bir kuni kelib o‘lishingiz, uyqudan turganday qayta tirilishingiz muqarrardir. Shundan keyin qilgan amallaringizning hisobini berasizlar. Yaxshiliklaringizga javoban yaxshilik ko‘rasizlar, yomonliklaringizning jazosini tortasizlar. Jannat ham, jahannam ham abadiydir. Orangizda menga akaukalik qilib, qaysi birlaringiz yordamchi bo‘lasiz?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:42:21
Rasululloh (s. a. v) so‘zlarini shu tarzda yakunladilar. Ammo biron kishidan sado chiqmadi. Hamma birbiriga qaradi, boshlarini egdi. Oraga og‘ir sukunat cho‘kdi. Nihoyat, hali balog‘atga yetmagan Ali oyoqqa turdi.
— Oralaringda eng kichigi va zaifi menman. Ammo men Sizga bajonidil yordamchi bo‘laman, — dedi.
Alining bu xattiharakati u yerdagilarni kuldirdi. Ayrimlar Abu Tolibga qaradi.
Abu Lahab yana janjal chiqarishga urinardi:
— Agar uning bu so‘zlarini boshqa arablar ham eshitib oyoqqa tursalar, o‘zimizni qutqara olmaymiz, bizni laqillatyapti bu, — der, u yerdagilarning ko‘ngliga vaxima solishga urinar edi.
Abu Tolibnint jahli chiqdi:
— Hey ko‘rqoq! Nimalar deyapsan o‘zi? Toki biz tirik ekanmiz, xudo nomi bilan qasam ichamaiki, Muhammadga yordamchi bo‘lamiz, qo‘riqlaymiz! — dedi.
Mashvaratda Abu Lahabning fikrini quvvatlaydigan biron kishi ham chiqmadi. Imon yo‘liga kirilmasada, Abu Lahab singari ochikdanochiq Muhammadga qarshi chiqqan biron kimsa bo‘lmaganining o‘zi ham yaxshi bir natija edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:43:41
* * *
Da’vat yo‘lida yana bir odim qo‘yildi. Janobimiz:
«Bas, siz o‘zingizga buyurilgan ishni yuzaga chiqaring va mushriklardan yuz o‘giring!» (Xijr surasi, 94.) amrini oldilar.
Endi ishni yashirincha yuritish davri tugagan edi. Yaqinuzoq, tanishnotanish hamma kishilar bu da’vatdan boxabar bo‘lishi kerak edi.
Nabiyi Akram janobimiz maqsadlarini amalga oshirish uchun makkaliklar eng muhim ishlarni bajarishda tutadigan yo‘lni tutdilar. Ka’ba yaqinidagi Safo tepaligiga chikdilar, qo‘llarini quloqlarita qo‘ydilar va bor ovozlari bilan:
— Yo sabaxax, yo sabaxax!.. — deb baqirdilar. Muhim bir muammo yuzaga chiqqani hammaga ma’lum bo‘ldi. Makkaliklar Ka’ba atrofiga to‘ilana boshladilar. Kela olmaganlar odam jo‘natishdi.
Rasululloh (s. a. v.) atroflarini o‘rab olgan ommaga xitoban:
— Ey qurayshliklar, sizlarga shu tog‘ning etaklarida bir suvoriy qo‘shini hujum qilishga tayyor turganini aytsam, menga ishonasizlarmi? — dedilar.
Taraddudlanmay javob berishdiki:
— Sening yolg‘on gapirganingni hali shu paytgachaeshitmadik, yo Amin! Albatta, ishonamiz!
— U holda, ma’lumingiz bo‘lsinkim, men sizlarga buyuk, og‘ir va mashaqqatli azobning kelishidan oldin yetishgan bir xabarchiman. Sizlarni Ollohdan boshqa hech bir ma’budning yo‘qligiga va men Uning Rasuli ekanligimni qabul etishga da’vat qilaman. Agar qabul etsalaringiz, jannatga kirishingizga to‘la kafolat beraman. Qabul etmasangizlar, sizlarga bu dunyoda ham, oxiratda ham foyda berolmayman! (Imom Muslim. 4/1877.)
Shu on uning so‘zi bo‘lindi. Eng oldingi qatorlardan birida turgan soqolli odam yerdan bir tosh olib, unga qarata otdi:
— La’nat senga, qo‘llaring akashak bo‘lgur, bizni shuning uchun bu yerga to‘pladingmi?! — deb hayqirdi.
Kim bo‘ldi bu odam? Kim bo‘lardi? Payg‘ambarimizning amakilari, yana o‘sha Abu Lahabda. Amakiliriki shunday munosabat bildirarkan, begona kishilardan nima ham kutib bo‘lardi? Kelganlar, boshlari egik holda, tarqaldilar. Holbuki, oralaridan mard bir yigit chiqishi kerak edi, va:
 ¾ Darhaqiqat, sendan hech mahal yolg‘on gap eshitmadik. Ammo bu daf’a abadiy saodatga erishish yoki undan mahrum bo‘lishday bir muammo qarshisida turibmiz. Ollohning payg‘ambari ekanligingni qanday isbot qilasan? — deyishi kerak edi.
Qaerga boshlasa, o‘sha tomonga ketaveradigan olomon emas, nima qilayotganini, nimalar qilishi lozimligini biladigan, bilishni istaydigan insonlar jamoasi ekanliklarini ko‘rsatishlari, javob va isbot talab etishlari kerak edi. Qisqasi, Abu Lahabning bu xattiharakati bu yig‘inning tarqalib ketishiga sabab bo‘lmasligi darkor edi.
Buyuk Payg‘ambarimiz (s.a.v.) u yerni o‘ta g‘amgin ravishda tark etdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:44:11
* * *
Abu Lahab Safo tepaligidan qaytarkan, zimmasiga tushgan vazifani ado etganiga amin edi. Bir necha kungina avval qarindoshlari orasida ko‘rsatgan sehrjodulari yetmaganday, ustigaustak, butun Quraysh qabilasini o‘ziga jalb etishga kirishganiga befarq qaray olmasdi.
Aks holda, bu ishning natijasi muvaffaqiyatli tugar va Muhammad Amin ulkan shuhrat sohibi bo‘lar, Abu Lahabday bir kishini soyada qoldirajak mavqelarga erishar edi...
Mukammal o‘ylangan bir sovuq urush yo‘lini tutishdan boshqa chora yo‘q, degan fikrga keldi u. Muhammadni yolg‘izlatib qo‘yish hamda muvaffaqiyatsizlikka uchratish uchun qo‘lidan nima kelsa, orqaga surmasdan o‘shani qilishga ahd etdi. Xotini Ummu Jamil ham unga hamfikr edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:45:56

* * *
Shu kundan e’tiboran hatto darvozasi ham bir bo‘lgan qo‘shnining, ya’ni Muhammad Aminning uylariga devor ortidan toshlar kelib tu!na boshladi. Erta saharda uydan chiqqanlarida, eshik tagiga tashlangan axlatga duch keldilar. Oyog‘iga botsin, degan niyatda yo‘lakka yoyib tashlangan tikanlarni ko‘rdilar. Axloqsizlarcha 6u xattiharakatlar johil erxotin o‘rtasida xuddi musobakalashayotganday ulkan g‘ayrat bilan davom ettirildi.
Abu Sufyonning singlisi va Abu Laxabning umr yo‘ldoshi bo‘lgan Ummu Jamil Rasululloh (s a. v) janobimizga ro‘baro‘ kelib qolganda ba’zan:
- Shaytoningdan qanday xabarlar bor? — deb kinoya qilar, ba’zan qovog‘ini solib olar, yana gohida:
- Ne xabar ko‘klarda?.. Ko‘raylikchi, bugun qanday safsatalar bilan millatni aldar ekansan? — deya ming‘irlab, u zotni bezovta qilar edi.
Natijada Jabroili Amin ilohiy devondan qat’iylashgan, o‘zgarmas bir hukmni Rasulullohga (s. a. v.) yetkazdi:
«Abu Lahabning qo‘llari qurigay (halok bo‘lgay)! Aniqki) u quridi (halok bo‘ldi)! Molmulki va kasb qilib topgan narsalari unga asqotgani yo‘q! Yaqinda uning o‘zi ham, uning o‘tin orqalagan, bo‘ynida pishiq toladan, eshilgan arqoni bo‘lgan xotini xam (lovullab turgan) alangali do‘zaxga kirajak!» (Masad surasi, 1—5. 240)
Oliy bir haqiqat va adolat bor edi bu surada. Payg‘ambarning amakilari bo‘lsa ham, Haqqa bo‘yin egmagan, Mavloyi Zuljalolga itoat etmagan kishi o‘z boshini yeyishi, jazosini tortishi muqarrar edi.
Bu sura aylanib, Abu Lahabning qulog‘iga ham yetib bordi. Qattiq g‘azablanib ketdi:
— Mana ko‘rasan, ey Muhammad, haqiqiy urush endi boshlanadi. Kimning qo‘li qurishi, kim mag‘lubiyat azobini tortishi aslida endi oydin bo‘ladi! — deb g‘o‘ldiradi.
Shundan keyin devordan axlat tashlashlar yanada avj oldi va Rasulullohning hovlilari yurib bo‘lmas holatga keltirildi. Janobi payg‘ambarimiz esa, bu razilliklarga javoban:
— Ey Abdu Manof o‘g‘illari, bu qanday qarindoshlik, axir?! Bu qanday qo‘shnichilik? — derdilar. Har kuni alohida bir sabrtoqat, alohida bir sabot bilan bu aziyatlarga nisbatan yuraklarini keng qildilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:46:21
Payg‘ambar janobimiz eshikdan chiqishlari bilan duch keladigan fojiaviy manzaraga orasira bir nodon xotinning qahqahasi ham qo‘shiladigan bo‘ldi. Bu xotin o‘zini tiya olmay:
— Amr etginda, shaytoning kelib hovlingni tozalab ketsin, — deb baqirar edi.
Bir kuni Abu Lahab g‘alati bir holga duchor bo‘ldi. Har kungi odatini kilib, axlatlarni bir iflos chelakka solib, Muhammadning hovlisiga to‘kish uchun ketayotgan edi. Endi to‘kaman deb turganida, allaqanday baquvvat qo‘llar orqasiga chang solganini his etdi. O’girilib qaradi. Qarshisida ukasi Hamza turardi.
— Nima qilyapsan?.. — dedi Abu Lahab dovdiragancha. Hamza ortiq kutib turmadi:
— Menga ber chelakni! — deya shartta oldida, bir hamla bilan akasining boshidan to‘kib yubordi. Sochsoqoli rasvo bo‘lgan, yuz-ko‘zidan yuvindilar oqayotgan Abu Lahab ruhi singari jirkanch bir ovoz bilan chinqirdi:
— Ahmoq, dinsiz!
Hamza g‘urur bilan, rasvoyi jahon bo‘lgan akasiga tikilib turar, yengil kulimsirar edi. Abu Lahab g‘o‘ldiradi:
— Uyalmaysanmi shunday qilishga?
Bu hali holva edi. Chunonchi, Hamza dediki:
— Yo‘q, sira ham uyalmayman. Qaytaga, juda mamnunman. Sen o‘zing har kuni ukangning o‘g‘liga shunday ifloslikni qilganda, nega uyalmading? Bu ishni boshqalar qilsa, oldini olish o‘rniga, sening bu qadar pastkashlik qilishing ayb emasmi?
Abu Lahab Masad surasini o‘kidi:
— Xo‘sh, bunga nima deysan? Odam o‘z amakisini ham do‘zaxi qiladimi?
 Sen shunga loyiq bo‘lding, yo Abu Lahab. Qani aytchi, unga bu darajada telbalarcha razillik qilgan yoki qilayotgan yana kim bor? Oldin sen unga qarshi dushmanlarcha harakatga kirishdingmi yoki u senga bekordanbekorga shu so‘zlarni aytdimi? Nega boshqa amakilari haqida bunday demadiyu, sen haqingda shunday gapirdi? Men qo‘rqamanki, ey Abu Lahab, ukangning o‘g‘li tomonidan berilgan bu xabar, bejiz emasdir...
Abu Lahab asabiylashgan tarzda teztez yurib, uyiga kirib ketdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:47:00
* * *
Bir tomondan amakilari Abu Lahabning bitmastuganmas odobsizliklari, ikkinchi tomondan esa, boshqa qo‘shni Uqba ibn Abu Muoytning xuddi Abu Lahab bilan raqobat qilayotganday ko‘rsatayotgan aziyatlari natijasi Rasululloh (s.a.v.) Ka’baga yaqin bir joyda istiqomat qiluvchi Arqamning uyiga ko‘chdilar.
Butun oila ko‘chdimi yoki faqat paygambarimizning o‘zlari tong saharda ketib, oqshomda qaytib kelardilarmi?
Bizningcha, ikkinchi taxmin haqiqatga yaqinroq bo‘lsa kerak. Ehtimol payg‘ambarimiz (s.a.v.) ertalabdan kechgacha u yerda bo‘lgandirlar. Hatto ba’zan kechalari ham o‘sha yerda yotib qolgandirlar va shu yo‘sinda xotinlariyu qizlarini qo‘shnilarining bezovta qilishlaridan xalos etgan bo‘lsalar, ajab emas.
Zaifa ayollarga qarshi uyushtiriladigan bunday harakatlarni arablar o‘ta chirkin ish deb baholardilar. Ayniqsa, buiday harakatlarni Hazrati Xadicha shaxsiga yo‘naltirishni qo‘shnilari niyat qilmaganlar. Mana shu sabablarga ko‘ra, uydan vaqtincha chiqish bilan payg‘ambarimiz janoblari oila a’zolarini tinchlikxotirjamlikka erishtirdilar. Shu voqelik ikkinchi taxminning haqiqatga yaqinroq ekanligini tasdiqlaydi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:47:13
* * *
Abu Lahab va uning xotini Ummu Jamil o‘zlarini do‘zaxi deb e’lon qilgan Rasulullohdan (s.a.v) o‘ch olish uchun yana bir ishga qo‘l urdilar. O’g‘illari Utba bilan Muattibga:
— Muhammadning qizlarini rad etasizlar. Yo bizni, yo ularni tanlanglar, — dedilar.
Natija shu bo‘ldiki, bir xabar jo‘natilib, unashtirish rishtalari uzilgani bildirildi. Ba’zi rivoyatlarga ko‘ra, bu unashtirish emas, nikox rishtalari edi.
O’larning fikricha, bu harakat Rasuli Amindan (s.a.v) olingan ajoyib bir intiqom edi. Ichichlaridan xursand bo‘lishdi. Iflos otapg bilan yongan va yonajak yuraklari bir oz tinchidi go‘yo.
Hikmati cheksiz Mavlo shu vasila bilan Habibi Adibini og‘ir bir yukdan xalos etganini uning xali o‘n gulidan biri ochilmagan qizlarini bunday sharafsiz bir oilaning kelinlari bo‘lish haqoratidan uzoq tutganini ular tushuna oladigan darajada farosatli emas edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:49:12
NIZO VA QIYNOQLAR

Bir kuni oqshomga yaqin Abu Dubb vodiyidan o‘tayotganlar bir qancha yoshlarning g‘aroyib xattiharakatlar bilan mashg‘ul ekanliklarini ko‘rib qoldilar. To‘xtab, kuzata boshladilar. Bu orada yoshlar namoz o‘qib bo‘ldilar. Axnas ibn Sharik ismli yo‘lovchi ularga murojaat etdi:
— Nimalar bilan shug‘ullanganingizni so‘rasam bo‘ladimi?
— Ko‘rib turganingday, ibodat qilayotirmiz.
— G’aroyib hodisa.. sanamingiz qani?
— Qanaqa sanam?
— Birodar, «qanaqa sanam»ing nimasi? Odatdagi sanamda.
—Biz oddiy sanamlarga sig‘inmaymiz.
Abu Sufyon suhbatta aralashdi:
— Ya’ni, buyuk Xubal kabi, Lot va Uzzo kabi sanam demoqchi.
— Ular ham boyagiboyagi tosh emasmi? Boshqa toshlardan nima farqi bor ularning?
Bahs shu yo‘sinda qizib ketdi. Kelganlar haligi musulmon yoshlarning ustidan kula boshladilar. Vaziyat tobora keskinlashar edi. Sa’d tezda asabiylashdi.
— Hoziroq daf bo‘linglar bu yerdan! — deya shiddatlandi.
— Voyvoy, ko‘rqib ketdik. Nima, bizni quvib yubormoqchimisan? — deya mazax qilishdi ular.
— Albatta! Tez yo‘qolinglar bu yerdan!
— Ma’lum bo‘ldiki, sen kaltak yeging kelyapti ekan, ey Sa’d. Seni bir oz tarbiyalab qo‘ymasak bo‘lmaydiganga o‘xshaydi, toki tilingni hadeb uzaytiravermagin.
Yuqoriroqda bir kalla suyagi turardi. Sa’d uni olmoqchi bo‘lib cho‘zildi. Oldiyu eng oldinda turgan yigitning boshiga tushirib yubordi. Suyak qattiq tushib, haligi yigitning boshini yordi, yuzi qora qonga belandi. Pichoq suyakka borib qadalgan, bo‘lar ish bo‘lgan edi. Shu bois ikkinchi kishining ham adabini bermoqchi bo‘ldi. Ammo endi o‘zi ta’zirini yeb qolishi ham mumkin edi. Shuni sezib, darhol orqaga chekindi. Qocha boshladilar.
Ilohiy vahiy kelganidan beri mushriklar bilan ilk bor yuz bergan to‘qnashuv mana shunday sodir bo‘ldi. Bu yo‘lda birinchi marta qon Sa’d ibn Abu Vaqqos tomonidan oqizildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:49:42
* * *
Sa’d ibn Abu Vaqqos yuqorida bayon qilingan janjaldan so‘ng ortiq yashirinishning foydasi yo‘qligini bilardi. Makkada bu janjal haqida eshitmagan kimsa qolmadi hisob.
Shunchaki bir janjal bo‘lsa, balki birikki joyda gagshrilib, tezda unutilib ketardi. Ammo bu favqulodda hodisa bo‘lib, hali ko‘plarga noma’lum bo‘lgan din yo‘lidagi kurash edi. Shu bois uzoqyaqindan juda ko‘p kishilarning diqqatini tortdi.
Sa’dning onasi Hamna voqeani eng oxirgi bo‘lib eshitganlardan biri edi. Zotan, Sa’d ham endilikda uyiing bir burchagiga biqinib olib, namozini shu yerda o‘qiy boshlagan edi. Kun botmasdan (ya’ni, asr vaqti) ikki rakat va bomdod vaqti (kun chiqmasdan) ikki rakat namozlarinigina o‘qiyotgan edi. Shunday bo‘lsa ham, uyda o‘qiyotgan bu namozlarni uzoq vaqt onasidan yashirib yurish imkonsiz edi.
— O’g‘lim, bu nima qilganing? — deb so‘radi bir kuni onasi.
— Namoz o‘qiyapman, sevimli onajonim.
 Ya’ni, haligi janjalning chiqishiga sabab bo‘lgan namozmi bu?
 ¾Yo‘q, onajon. Janjalga bu namoz sabab bo‘lmadi. Ularning odobsizliklari, bizning ustimizdan kulishlari, yomon so‘zlarni aytishlari sabab bo‘ldi.
— Xo‘p, shunday deylik, eshitishimcha, sen Abdulmuttalibning nevarasiga qo‘shilgan emishsan? Uning diniga kiribsan?
— To‘g‘ri, onajon, uning diniga kirdim. Butlarga kullik qilishdan qutuldim. Osmonu falak va yerni yaratgan buyuk Ollohning huzuriga boshimni qo‘yib sajda qilish saodatiga sazovor bo‘ldim.
— Muhammad senga nimalarni amr etadi?
— Ular bizga butlardan yuz o‘girishni, yakkayu yolg‘iz Ollohga ishonishni, faqat Ungagina sajda qilib, namoz o‘qishni, qarindoshlarga, barcha odamlarga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lishni buyuradilar.
— Xo‘sh, ota-ona qarindoshlar ichida eng yaqini emasmi?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:50:51
— Albatta, shunday, onajon.
— U holda men sendan, darhol Muhammad bilan aloqangni uzishni talab etaman.
— Bu ish qo‘limdan kelmaydi, onajon.
Hamna har nima evaziga bo‘lsa ham, o‘g‘lini o‘zining eski dinida ko‘rishni istardi.
— Menga qara, o‘g‘lim, meni yaxshi ko‘rsang, bu dindan qaytasan. Yaxshi ko‘rmasang, u holda bilganingni qil.
— Onajon, seni naqadar yaxshi ko‘rishimni o‘zing bilasan. Ammo men kirgan bu yo‘l yo‘llarning eng to‘g‘risi, dinlarning eng go‘zalidir. Ulsam ham, bu yo‘ldan toymayman, ortiq tortishib o‘tirishning hojati yo‘q. Ona bu safar so‘nggi chorani ishlatmoqchi bo‘ldi.
U holda shuni yaxshi bilginki, ey Sa’d, sen bu dindan voz kechguningga qadar, qasam ichib aytamanki, hech narsa yemayman ham, ichmayman ham. Yo eski diningga qaytasan, yoxud onangning qotiliga aylanasan. Oqibatda noming nafratu la’natlar bilan tilga olinadigan bo‘ladi, o‘g‘ilginam.
Shunday so‘zlarni aytib, uydan chikdi. Safoga, Marvaga bordi. Usha tenaliklarga o‘rnatilgan Isof va Noila butlariga qo‘lini surdi va uyiga qaytdi. Shu yo‘sinda o‘lim ro‘zasini tuta boshladi.
Kech bo‘ldi. Kun botib tui cho‘kdi. Tong otdi. Ayol hamon so‘zida turar, yemas ham, ichmas ham edi.
Sa’dning orasira bu bema’ni isyondan kaytarish uchun qilgan xattiharakatlari zoe ketdi. Ayol unga faqat: «Qaytasanmi?» der, istagan javobni ololmagach, gapso‘zni ham yig‘ishtirar edi. Yemay, ichmay, Sa’d bilan gaplashmay davom ettirilgan o‘lim ro‘zasi tufayli uchinchi kunning oqshomiga borib onaning darmoni qolmadi. Xo‘rozlar tong otganidan xabar berganlarida, ayol xam hushidan ketgan edi.
Ikkinchi o‘g‘li Umora uni hushiga keltirish uchun yuziga suv sepdi. O’ziga kelishi bilan:
— Sa’d nima qildi? — deb bosinqiradi.
— Shu yerdaman, onajon.
— Qaytdingmi?.. Ota-bobolaringning diniga qaytdingmi?..
— Yo‘q, endi qaytolmayman, onajon.
Ona yaia xushidan ketdi. Suv ichirishga urindilar. Og‘zini cho‘p bilan ochib, zo‘rlab ovqat quydilar. Ayol bir zumga yana o‘ziga keldi va qo‘liga ilingan bir kaltak bilan Sa’dning burniga urdi. U hadeb la’natlar yog‘dirar, duoyibad qilar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:51:27
Sa’dning burni yaralandi... O’lguniga qadar o‘sha yaraning izi yaxshiyomon kunlaridan bir xotira o‘laroq qoldi.
Sa’d burnidan oqayotgan qonga qaramay, onasining qarshisida tiz cho‘kdi.
— Sevikli onajonim, — dedi, — seni juda yaxshi ko‘rishimni bilasan. Lekin shuni ham yaxshi bilginki, yuzta joning bo‘lsa, ko‘z o‘ngimda yuz marta o‘lsang ham, men bu dindan voz kecholmayman. Endi istasang, bu bema’ni o‘jarlikka barham ber va ovqatingni ye, istamasang, yema...
Shundan keyin mahzun bir ahvolda, ko‘zlaridan achchiqachchiq yoshlar oqib, o‘rnidan turdi. Dardini yengillatishni istadi.
Ona dunyoda eng sevimli jigargo‘shasiga qanday qilib bu tarz munosabatda bo‘ladi, uni kufrga qaytarish uchun qanaqasiga bu nodonlikka boradi? Bundan buyon onasiga qanday munosabatda bo‘lsin? Orada bir ip uzildi, endi uni qanday qilib qaytadan tugunsiz bog‘lash mumkin, axir?
Shular haqida Payg‘ambardan (s.a.v.) so‘ramoqchi, U zotning muborak tillaridan eshitadigan so‘zlari bilan ko‘ngliga taskin bermoqchi edi. Ammo bular haqida so‘rashga fursat bo‘lmadi. Chunki malaklar olamidan kelgan yangi bir ilohiy hukm yer yuziga taralayotgan, payg‘ambarimiz u vahiyni qabul qilish bilan ovora edilar.
Sa’d qalbi to‘la hurmat tuyg‘ulari bilan nabiylar tojining so‘nggi sohibi bo‘lmish Buyuklar Buyugining huzuriga kirganida, U zotning muborak yuzlarida hali ham vahiyning ta’siri sezilib turar edi.
Sa’d bir necha soniya bu muborak chehraga tikilib qoldi. Diqqat bilan, o‘ta sinchkovlik bilan qaradi. Qo‘rqiladigan, tashvishlanadigan bironta ham nuqtachizgi yo‘q edi bu chehrada. Go‘yoki vujudlaridagi yurak yoritayotgan edi bu yuzlarni. O’ yurak qanchalar sof bo‘lsa, bu yuz ham shunchalar pok, shunchalar purziyo edi. Yurakda yo‘q narsa, yuzlarida ham yo‘q edi. Bu muborak yuzga qaragan ziyrak kishi: «Shubhalanaman, bu yuz menda ishonch tug‘dirmadi», deyishi aslo mumkin emas edi. Hech kimsaga nisbatan yomonlik qilishni ravo ko‘rmagan bu nuroniy chexra ishonchlilikning xamma belgilarini o‘ziga jo etgan edi.
Bir daqiqadan so‘ng yozuv taxtasi sifatida keltirilgan kurak suyagiga Nabiyi Akmalning (s.a.v.) og‘izlaridan «to‘kilgan» vahiy kalimalari naqsh etildi:
«Biz insonga ota-onasini (ya’ni, ularga yaxshilik qilishni) amr etdik. Onasi unga ojizlik ustiga ojizlik bilan homilador bo‘ldi (ya’ni, qornidagi xomila kattargan sari onaning holi qurib zaiflasha borur), uni (ko‘krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (kelur). (Biz insonga buyurdikki) «Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Yolg‘iz O’zimga kaytajaksan!» Agar ular seni o‘zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo‘rlasalar, u holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo‘lsalarda) dunyoda eng yaxshi muomalada bo‘lgin va o‘zing Menga ijobattavba qilgan kishilarning yo‘liga ergashgin! So‘ngra O’zimga qaytursizlar, bas, Men sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berurman». (Luqmon surasi, 14-15)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:52:50
Sa’d ortiq savolga o‘rin qolmaganini his etdi. So‘ramasa ham, miyasini g‘ovlatayotgan savollarga javob topgan edi.
Yer yuzida faqat ikki inson orasida bo‘lib o‘tgan, ammo haqiqatan ham ulkan ahamiyatga ega bu voqea malaklar olamidan xususiy bir farmon kelishiga sabab bo‘lgan, toki yer yuzida ona va o‘g‘il bor ekan, doimo o‘timli bo‘lajak bir hukm kelgan edi.
Ayol ham o‘z navbatida o‘lim ro‘zasiga barham berdi... (Ibn Kasir. Tafsir.)
Zubayr ibn Avvomning onasi Safiyya Janobi payg‘ambarning ammalari edi. Otasi Avvom esa, Fijor jangida halok bo‘lgan.
Zubayrning musulmon bo‘lganini amakisi eshitib, yuzi burishib ketdi. Jiyanining bu ishidan aslo xursand bo‘lmagan edi u.
— Eshitganlarim rostmi, ey Zubayr? — deb so‘radi jahldan o‘zini zo‘rg‘a tiyib.
— Qaysinisi, amaki?
— Ya’ni, sabiy (yulduzlarga sig‘inuvchilardan) bo‘lganmishsan?
— Aslo, amakijon. Hech kachon sabiy bo‘lolmayman, — deb javob kidi Zubayr. Uning to‘g‘ri so‘zli ekanini amakisi bilardi.
— Demak, tuhmat qilishibdida... —. dedi va suhbat shu bilan tugadi.
Oradan o‘tgan bir necha kun davomida amaki bu xaqda boshqa o‘ylamadi. Ammo tasodifan uni namoz o‘kiyotganda ko‘rib kolib, fig‘oni ko‘kka ko‘tarildi.
— Sen tunov kuni menga yolg‘on so‘zlabsanda, Zubayr?— dedi.
Men yolg‘on gaiirmadim. Unday niyatim xam yo‘q, amakijon!
— Ya’ni, Muhammadning da’vatiga yurib, uning diniga kirganingni inkor kilasanmi?
— Yo‘q, hech qachon inkor qilmayman. Muhammad ibn Abdullohning diniga kirganim rost, ammo u sabiy emas, men ham. Hozir ham Yaratganga sajda qilayotgan edim.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:53:43
— Masala endi oydinlashdi, — dedi amakisi. — U holda, amaking sifatida darhol eski diningga, otang Avvomning va mening dinimga qaytishingni talab etaman.
— Bunday qilolmayman, amakijon.  Jiddiy gapiryapsanmi, Zubayr?!
Amakisining bunday deyishi o‘ta tabiiy bir hol edi. Chunki tushida ham Zubayrning bunaqa javob berishiga ishonmasdi. Hayrat va g‘azab ichida berilgan savolga Zubayr g‘oyat xotirjamlik bilan:
— Albatta, amakijon, jiddiy gapiryanman, ~ deb javob qildi.
— Men seni amakiga qarshi chiqadigan bola bo‘lasan deb sira kutmagan edim. Shu kungacha bunday xattiharakatni ko‘rmadim. Demak, endi butunlay o‘zgaribsanda?!
Zubayr anchagacha pandnasihat tingladi. Ammo bular foyda bermadi. Nasihatlar kor qilmagach, qo‘loyog‘i bog‘landi. Bir xonaga qamab qo‘yildi.
Oradan yigirma to‘rt soat o‘tdi. Bu jazo yetarli bo‘lishi kerak edi. Tong saharda amakisi Zubayrning qo‘loyog‘ini bo‘shatish uchun yoniga kirdi.
«Kechiring, amakijon, mendan xato o‘tdi, pushaymonman...»
Zubayrdan shu gapni eshitish, uni bag‘riga bosish, ko‘zlaridan o‘pib, o‘zining afsuslarini ham aytishni istardi. Hali o‘n oltio‘n yetti yoshlarda bo‘lgan, yaxshiyomonni farqlamaydigan jiyaniga otalik qilish uning vazifasi edi, axir.
— Qalaysan, yo Zubayr?!
— Ko‘rib turganingday, amakijon.
— Ya’ni, pushaymon bo‘lmadingmi?..
Shunday derkan, olib kirgan butini Zubayrnnig oldiga qo‘ydi.
— Qani, bunga sajda qilginda, u ham o‘z navbatida seni afv etsin.
Zubayr achchiqachchik kuldi:
Bir toshning qoshida qanday qilib egilib sajda qilaman, axir?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:54:04
Amakisining ko‘zi qonga to‘ldi:
— Aqldan ozdingmi, Zubayr? Nimalar deyotganingni bilasanmi? Necha yillardan beri men unga sig‘inib kelaman. Sening otang, onang, bobolaring ham hammasi uning qoshida sajda kilganlar! — Shundan keyin butga o‘girildi va yig‘lamokdan beri bo‘lib: — Afv et uni, nima qilayotganini bilmaydigan bir bechora, aldanibdi, hali juda yosh u... — deya yolvordi. So‘ng yana Zubayrga o‘girildi: — Tushundim, endi seni yaxshilik bilan yo‘lga sololmas ekanman, — deya hurmat bilan butni olib, tashqariga chiqib ketdi.
Bir ozdan so‘ng eshikning tagiga o‘tin kalandi. Olov yoqildi. Xona tutunga to‘la boshladi. Zubayr dimoqni bo‘g‘uvchi bir tuman og‘ushida kolgan edi. Tinmay aksirar, nafas olishi og‘irlashar, ko‘zlari, tomog‘i o‘t kabi yonar edi.
Shu onda Nabiyi Akramning (s.a.v.) ushbu muborak so‘zlari quloqlari ostida jaranglay boshladi:
«Uch narsa bordir, kimki mana shu uch narsaga ega bo‘lsa, komil bir imon sohibi demakdir: 1) Olloh taolo va Rasulini boshqa har qanday borliqdan ko‘ra ortiq sevish; 2) bir insonni faqat Ollohning roziligi uchun yaxshi ko‘rish; 3) takror kufrona xayotga qaytishdan olovga tashlanganday qo‘rqish va nafratlanish». (Imom Buxoriy. 1/9. 250)
Zubayr zo‘rg‘azo‘rg‘a nafas olar, ko‘zlari va burnidan tinimsiz yoshu suv oqar, chakkalari lo‘qillab og‘rir edi. Xonaga to‘lgan tutun orasida «Ollohim, sabr ber...» tarzida iltijo qilar, uning so‘zlari beshak oliy devongacha yuksalayotgan edi.
Nihoyat, og‘irog‘ir nafas olishu beto‘xtov aksirishlar so‘nggi bor «Ollohim!» degan so‘z bilan to‘xtadi. Zubayrning yerga yiqilgani ma’lum bo‘ldi. Olov o‘chirildi, eshik ochildi. Xonadagi tutun tashqariga chiqib, o‘rniga toza havo kirdi. Zubayrni tashqariga olib chiqdilar. Yuziga sovuq suv sepib hushiga keltirdilar. Ko‘zlarini ochganda, tepasida amakisi turardi. Ammo hamon boshini ko‘tarishga majoli yo‘q edi. Qaytaqayta suv sepildi. Amakisi yonidagi butga ishora qildi. Zubayr nigohlari bilan javob berishga urindi: «O’lsam o‘laman, ammo unga qul bo‘lmayman», deyishni istardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:54:22
— Demak, fikringda sobitsan, shundaymi, Zubayr?! Zubayr pichirlab javob berdi:
— O’lish bu jonsiz toshga sajda qilishdan yaxshiroqdir.
— So‘nggi so‘zingmi shu?
— Yo‘q, bugina emas.
— U holda sendan so‘nggi so‘zingni so‘zlashingni kutyapman.
— La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh. Mana, mening so‘nggi so‘zim. Doimo shu bo‘lajak.
Zubayrning yuziga shiddatli bir musht kelib tushdi. Keyin yana o‘t yoqildi, xona yana bo‘g‘uvchi tutunga to‘la boshladi. Takror uzuqyuluq, davomli aksirishlar boshlandi. Ko‘p o‘tmay Zubayr hushidan ketdi.
Bu zulm bir necha bor takrorlandi. Natija o‘zgarmadi. Hammasida qaytish taklif etildi, hammasida bu taklif rad etildi. Axiyri, amakisi «Odam bo‘lmaydi» deb hukm chiqardi va qo‘yib yubordi.
Zubayr ibn Avvomning onasi Safiyya Jaiobi payg‘ambarimizning ammalari edi. O’g‘liga berilgan bu qiynoqlarga uning munosabati qanday bo‘ldi? Rozi bo‘ldimi yoki rozi bo‘lmasa ham, qarshilik ko‘rsatishga jur’at eta olmadimi? Yoxud uning noroziligi hech kimga bildirilmadimi? Bu savollarning javobi tarix zulmatlariga ko‘milgandir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:55:09
* * *
Usmon ibn Affon musulmon bo‘lgan kunlarda o‘ttiz yoshlar chamasi bir qirchillama yigit edi. O’rta bo‘yli, bug‘doyrang tanli, go‘zal yuzli, sersoqol edi. Tozalikni yaxshi ko‘rar, doim ozoda kiyinib yurar edi.
Musulmon bo‘lgan kungacha ham og‘ziga ichkilik olmagan. Rasulullohning (s.a.v.) ammalari bo‘lmish Ummu Hakim Bayzoning qiz tomondan nevarasi edi.
Ma’lum bir paytgacha uning musulmon bo‘lganini hech kim bilmadi.
Hakim ibn Abul Os bir kuni jiyani Usmon ibn Affonni namoz o‘qiyotganida, xuddi jinoyat ustida ushlab olgandek, ko‘rib qoldi.
— Nimalar bo‘lyapti, Usmon? Nimalar qilayotirsan o‘zi?
Usmon yumshoq ovoz bilan javob berdi:
— Namoz o‘qiyapman, amakijon.
— Ya’ni, ibodat qilayotirsan, shundaymi?
— Ha.
— Xo‘sh, sanaming qani? U kaerda?
— Men sanamga sig‘inmayman. U bir tosh bo‘lagi, xolos, — dedi Usmon va olamlarni yolg‘iz Olloh yaratganini, Undan boshka hech bir iloh yo‘qligini so‘zladi. Hakim bu gaplarni eshitgan hamon tepa sochi tikka bo‘ldi.
— Sen bularni qaerdan va kimdan o‘rganding? — dedi darg‘azab bo‘lib.
— Muhammad Amindan o‘rgandim. Haqiqat ekanligiga butun qalbim bilan ishonaman.
— Ko‘zingni och, Usmon, sening uyatchan bir yigit ekanligingdan foydalanib, yo‘ldan ozdirayotgan bo‘lmasinlar, tag‘in.
— Yo‘q, amaki, men vasvasaga solinmadim, ishondim. Shu butlar iloh ekanligini qabul etsam, ana unda yo‘ldan ozgan bo‘laman.
— Bu jiddiy gap emas, Usmon!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:55:36
Orasira do‘qpo‘pisali, ba’zan nasihatomuz davom etgan uzoq bahslashuvdan keyin Usmon arqonlar bilan bog‘landi. Qamok muddati bir necha kun davom etdi. Ammo Hakim jiyanining bu mavzuda o‘ta samimiy ekanligiga ishonch hosil qildi. Kelib arqonni bo‘shatdi va xohlagan ishini kilishga izn berdi.
Abu Uxayxa Abdulmuttalibning nevarasi Muxammad Amindan biron nuqson topmasada, so‘nggi paytlarda u chiqargan din muammosidan xursand emas edi.
Chor atrofda ko‘plab yoshlarning Muhammadga qo‘shilayotganini eshitib, xushyor turish va tadbirkor bo‘lish lozimligini xis etdi. Chunki o‘g‘illarini ham vasvasaga solib, yo‘ldan ozdirish ehtimoli bor edi.
Birinchi chora sifatida o‘g‘illariga Hazrati Muxammad va u zotga imon keltirganlar bilan uchrashishni taqiqlab qo‘ydi. An’anaviy hayot tarzlarinint o‘zgarishini, kechirayotgan shirin turmushlarining buzilishini sira ham istamas edi u.
Bir kuni qulog‘iga yetib kelgan xabardan larzaga tushdi. Odamlar o‘g‘li Xolidning Makkadan tashqaridagi bir vodiyda namoz o‘qiyotganini ko‘rishibdi.
Darhol boshqa o‘g‘illarini o‘sha yerga jo‘natdi. Uni ushlab olib kslishni buyurdi. Borib qarasalar, haqiqatdan xam namoz o‘qiyotgan ekan. Xolid otasi Abu Uxayha Said ibn Osning huzuriga keltirildi.
— Sen qavmingning butlariga til tekkizishganini bila turib ham Muhammadning diniga kirdingmi? — deya Abu Uxayha o‘g‘lini bu devonalikdan voz kechirishga urindi. Ammo Xoliddan:
— Men devona bo‘lganim yo‘q. O’z aqlim bilan e’tiqod etib Muhammadning diniga kirdim. U bizga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdi. O’lsam o‘laman, lekin bu yo‘ldan aslo toymayman! — degan javobni oldi.
Abu Uxayxa o‘rnidan sapchib turib, qo‘lidagi xivchinni bor kuchi bilan Xolidning boshiga tushirdi. Shu tariqa ikkiuch marta qattiq savaladi. Tinim bilmay, nafas olmay savalardi u, Nihoyat, xivchin sindi. Holbuki, Abu^ Uxayha xali xumordan chiqmagan edi.
— Yo‘qol ko‘zimdan, nodon! — deya hayqirdi. — Bugundan boshlab sening rizqingni qiyaman!
Xolid bir ahvolda bo‘lishiga qaramay, boshini zo‘rg‘a ko‘tarib, dedi:
— Har kimning rizqini Olloh beradi. Siz rizqimni kessangiz xam men ochdan o‘lmayman.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:55:47
Xolid uyning bir xilvat burchagiga qamab qo‘yildi. Qo‘loyog‘i bog‘langan, suv va ovqatdan maxrum etilgan edi. Ota:
— Agar birontangiz Xolid bilan gaplashsangiz, Xolidga berganimdan ko‘ra ham og‘irroq jazo beraman! deb tahdid qildi oila a’zolariga.
Xolidning qamalganiga uch kundan oshganida, Abu Uxayha eshiqdan boshini suqdi:
— Eshushingni yig‘ib oldingmi? — deb so‘radi.
— Ha.
— U holda Muhammad va uning dini haqida menga nimalarni gapirmoqchi bo‘lsang, marhamat.
Xolid chuqur nafas oldi va gap boshladi:
— Muhammad Ollohning rasulidir. U da’vat etayotgan din esa, Haq dindir. Eng to‘g‘ri yo‘l Uning yo‘lidir.
Abu Uxayha o‘zini yo‘qotib qo‘ydi:
— Ey axloqsiz, nodon, hozirgina eshushimni yig‘ib oldim, degan sen emasmiding?!
Xolid ojiz bir ovoz bilan javob berdi:
— Eshushim joyida bo‘lgani uchun ham toshlarni ma’bud deb qabul qilmayman, axir... — dedi.
Abu Uxayha boshqa o‘g‘illariga buyurdi: Xolidni ko‘tardilar va boshini muzday suvga tiqdilar. Necha kundan beri ochlikdan va suvsizlikdan darmoni qurigan Xolid birpasda hushidan kstdi. Buni ko‘rib suvdan chiqardilar. Bir necha daqiqa shunday yotdi. O’ziga kelgan zahoti yana suvga tushirildi. Qarshilik ko‘rsatishga kuchi qolmagan Xolid yana hushini yo‘qotdi. Bu qiynoq uch marta takrorlandi, keyin to‘xtatdilar. Olib borib yana qamab qo‘ydilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:55:55
Kechasi sekin eshik ochilib, umr yo‘ldoshi Umayna kirdi. U eriga ovqat olib kelgan edi.
— Senga xushxabar keltirdim, ey Xolid, — dedi sevinch yoshlarini oqizib, — bugundan boshlab men ham sening diningga kirdim. Men ham butlardan voz kechib,
yolg‘iz Olloh borligiga imon keltirdim. Muhammad Amin Ollohning rasuli ekanligiga shubham qolmadi.
Xolid benihoya xursand bo‘lib ketdi, ammo bu xursandchilikni izhor etishga ham darmoni yo‘q edi. Ko‘zlarining ichida g‘irapshra porlagan xushnudlik ziyosini ko‘rishga esa, qorong‘ilik xalaqit berardi.
Xolid olib kelingan ovqatni yedi. Sal bo‘lsa ham, darmonga kirdi. Yechilgan arqonni shu yerda qoldirdi, so‘ngra ota xonadonini butunlay tark etib, chiqib ketdi.
Ertalab Xolidni qamab qo‘yilgan xonadan topa olmagan Abu Uxayha nima qildi? Xolidning xotiniga jabr qilindimi? Umayna xonim xam o‘sha kechasi Xolid bilan birga chiqib ketdimi yoki vaqtincha yana uyda qoldimi? Bizga qorong‘i.
Faqat shu narsa ayonki, Xolidga ko‘rsatilgan jabru jafolar uning yaqinlariga qattiq ta’sir qildi. Chunonchi, xotini Umaynaning musulmon bo‘lishi buning srqin dalilidir. Ko‘p o‘tmay, Xolidning ukasi Amr ibn Said xam Rasululloh (s.a.v.) janobimizning huzurlarida shahodat keltirdi va musulmoi bo‘ldi.
Shu voqsadan keyin Xolid uyiga qaytmadi. Makka tog‘laridagi g‘orlardan panoh topdi. Shu yerlarda toatibodat qilib yurdi. Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga bordi, qarshilariga tiz cho‘kdi, u zotdan taralayotgan xushbo‘y islardan bahramand bo‘ldi, qalblarga huzur bag‘ishlovchi kalomlarini tingladi.
Imon keltirgandan so‘ng takror kofirona hayotga qaytishdan olovdan qo‘rqqanday qo‘rqib chekingan Xolid og‘ir sinovdan o‘tgan, komil imon sohibi ekanligini hayotini xavf ostiga qo‘yib isbotlagan edi. Asl mukofot oxiratda olinadi. Ammo u halihozirdanoq, buyuklarning buyugi Payg‘ambarimizning huzurlaridayoq mukofotini ola boshladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:56:05
* * *
Amr ibn Abasa Sulaym qabilasidan bo‘lib, qavmining yashash tarzidan norizo bir kishi edi. Ularning butga sig‘inishdek jaholatga berilgani uni kuyuntirardi.
Ko‘pincha, safar chog‘larida rohiblar bilan suhbatlashib qolsa, ular yaqin vaqtlarda Hijoz tomonlardan bir payg‘ambar chiqadi, deb gapirishardi. Shu bois Amrning ikki qulog‘iyu ikki ko‘zi Makkada bo‘lib qoldi. Har safar Hijozdan keladigan kishilarning yo‘lini poylar, ulardan «Makkada yana nima gaplar bor?» deb surishtirar edi. Nihoyat, bir kuni makkalik yo‘lovchilar bir yangilik topib keldilar.
— Gan ko‘p, ey Amr, — dedi ular. — Makka xuddi bir doshqozondek qaynamoqda Abdulmuttalib avlodidan Muhammad ibn Abdulloh ismli birisi payg‘ambarlik da’vosi bilan o‘rtaga chikdi. Hozir hammaning og‘zida shu gaplar bo‘lib qoldi...
Amr bir daqiqa ham vaqtini boy bermay, darhol tuyasiga mindi va Makka tomonga yo‘l oldi.
Qidirgan odamini topgan onda bir zum hayratdan lommim deyolmay qoldi. Karshisida yuzidan nur yog‘ilib turuvchi, bag‘oyat kelishgan, yoqimli bir inson turar edi. Ko‘zlari bu odamning g‘oyat samimiy, rostgo‘y ekaniga bir dalildek porlardi. Uzoq yillik hayotiy tajribalariga suyangan hassos yuragi go‘yo: «Bu odamga ishonmasang, dunyoda boshqa ishonsa bo‘ladigan insonni qidirishing behuda!» deyayotgandek, teztez ura boshladi. Yoniga o‘tirdi, ba’zi bir narsalarni so‘radi. So‘ngra:
— Juda soz. Men ham sening yo‘lingni tanladim, senga imon keltirdim! — dedi.
Shahodat kalimalarini keltirdi, musulmon bo‘ldi.
Rasulullohning (s.a.v.) yonlarida qolishni, U zotga qo‘lidan kelganicha yordam berishni istardi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uning bu fikrlariga qo‘shilmadilar.
— Sen bu yerda qolsang bo‘lmaydi. Ko‘rib turibsan, hozir vaziyat juda og‘ir. Sen yaxshisi hozir uyingga qayt va mening g‘olib chiqqanimni eshitgan zahoting kelib menga qo‘shil, — deya maslahat berdilar.
Amr ibn Abasa Rasuli Kibriyoning bu amrlariga bajonidil rozi bo‘ldi va o‘sha zahotiyoq uyiga qaytib ketdi.
Yillar o‘tar, biron xushxabar eshitib qolarman, degan umidda Amr kelganketganlardan Makkadagi ahvol haqida so‘rabsurishtirar edi. (Imom Muslim. 1 /569.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:56:19
* * *
G’ifor qabilasida o‘z holicha kun kechirib yuradigan akauka bo‘lardi. Akaning ismi Abu Zarr, ukasining ismi Unays edi. Bir kuni, Makkada payg‘ambar chiqibdi, degan xabar quloqlariga chalindi. Abu Zarr:
— Tuyangga minu, hoziroq Makkaga yo‘l ol, ey Unays. Bular mish-mish gaplarmi yoki haqiqatmi ekanini bilib kel, — dedi.
Unays akasining istagini bajo keltirish uchun Makkaga borib keldi.
— Qanday xabarlar keltirding, ey Unays?!
— Bir odamni ko‘rdim. Ezgulik tarfdori, yomonlikning dushmani ekan. Biroq xalq unga qarshi.
Abu Zarr bu javobdan qoniqmadi:
— Dardga davo, chanqoqlikni bosadigan javob bo‘lmadi bu gaplaring, ey Unays! — dedi yuragi tipirchilab.
So‘ngra to‘rvasini yelkasiga osib, qo‘liga hassasini olib, o‘zi yo‘lga tushdi. Makkaga keldi. Hech kimdan hech narsa haqida so‘ramadi. Zamzam suvidan ichib, bir chekkada xayol surib o‘tiraverdi. Oqshom tushgan, kun koraya boshlagan edi. Hamma birinketin tarqala boshladi. Bir ozdan so‘ng Haramda deyarli hech kim qolmadi. Kechani shu yerda o‘tkazishdan o‘zga chora yo‘q edi.
Shu payt xali balog‘at yoshiga yetmagan bir o‘smir unga yaqinlashdi.
— Adashmasam, musofirga o‘xshaysan, shundaymi? —deb so‘radi.
— Ha, musofirman.
— Marhamat qil, biznikiga boramiz.
Abu Zarr o‘rnidan turdi. Bolaning ketidan uylariga bordi. Ovqatlandilar. Arablarning odatiga ko‘ra, undan kim ekanligi, qaerdan kelganligi so‘ralmadi. Musofir ham bu to‘g‘rida hech narsa demadi.
Tongsaharda Abu Zarr «zora izlaganimni topsam», degan umidda uydan chiqib ketdi. Kech bo‘ldi hamki, Muhammad ibn Abdulloh haqida hech bir xabar eshitmadi. Korong‘i tushar mahali u yana kechagi joyiga borib o‘tirdi. Bir payt:
— Hoy musofir, kecha mehmon bo‘lgan uyingni yo‘qotib qo‘ydingmi? — degan ovozni eshitib, Abu Zarr o‘girildi va kechagi o‘emirni ko‘rdi. O’rnidan turib, yana u bilan ketdi.
Uchinchi kun ham yana ortiqcha gapso‘zsiz o‘sha uyning mehmoni bo‘ldi. Tong otdi. Kelganidan beri ropparosa uch kun o‘tgan, u hamon izlagan kishisini topolmay sarson edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:56:39
— Hoy musofir, nega hech indamaysan? Bu yerlarga nima maqsadda kelding? Kdni, gapirchi, balki yordamim tegib qolar? — dedi haligi o‘smir.
— Agar so‘zlarimni sir tutishga va’da bersang, aytaman.
— Menga ishonaver.
— U holda gap bunday. Muhammad ibn Abdulloh ismli bir kishini qidirayotirman. Payg‘ambarman deb da’vo qilayotgan emish. Topa olsam, u bilan suhbatlashmoqchi edim. Menga yordam bera olasanmi?
— Sen qidirayotgan odam amakimning o‘g‘li bo‘ladilar. Mening ismim Ali, hoziroq u kishining huzurlariga borishimiz mumkin. Orqamdan izmaiz borasan. Agar xavfli bir narsani sezsam, devornnig tagiga qaytib kelamanda, senga ishora qilaman. Sen meni kutmay, tez orqaga kaytishing kerak bo‘ladi. Agar devorning yoniga kaytib kelmasam, sen ham men kirgan uyga kirasan,
xo‘pmi?
— Meni xursand qilib yubording, ey Ali, — dedi Abu Zarr omadi chopganidan boshi ko‘kka yetib. Va turli-tuman hayajonu hislar og‘ushida Alining ketidan yurib ketdi. To‘g‘ri Rasulullohning uylariga bordi.
Kirdilar... Abu Zarr Rasulullohni ko‘rarko‘rmas butun vujudini titroq bosdi. Bir oz vaqt shu taxlitda kechdi. So‘ngra o‘zini tutib olib:
— Keltirgan dining haqida menga gapirib bersang, —dedi.
Islom dinining mohiyati, mazmun, maqsadini shaxsan payg‘ambarimizning tillaridan eshitishga musharraf bo‘ldi. Tinglab o‘tirar ekan, qalbi tobora xuzurhalovatga to‘layotganini his etardi. Payg‘ambarimiz gaplarini tugatgach, zo‘r hayajon va samimiy ishonch bilan:
Msn shohidlik beramanki, Ollohdan boshqa hech bir ma’bud yo‘qdir. Yakkayu yagonadir, tengi ham, o‘xshashi ham, sherigi ham yo‘qdir. Yana shohidlik berib aytamanki, sen Uning bizlarga yo‘llagan rasulisan! — dedi.
Nabiyi Akram (s.a.v.) g‘oyat mamnun bo‘ldilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:56:51
¾ Ey Abu Zarr, sen hozircha bu ishni sir saqla. Yurtingga qayt. Ishimiz baroridan kelib, g‘olib chiqqanimizni eshitganingda, kelib bizlarga qo‘shil, — deya tayinladilar.
¾ Ey Ollohning rasuli, sizni haq payg‘ambar qilib jo‘natgan Parvardigorimizga qasamlar bo‘lsinki, ovozim boricha Makka xalqiga bu haqiqatni yetkazmaguncha hech qaerga kstmayman!
Shundan keyin Abu Zarr Ka’ba yoniga keldi va va’dasiga binoan qichqira boshladi:
 ¾ Ey makkaliklar! Eshitmadim demanglar!..
Shovqinsuron tinib, hamma musofirning yuziga tikilib qoldi. Odamlarning diqqatini jalb etishga muvaffaq bo‘lgan musofir bor ovozda da’vosini e’lon etdi:
— Ashhadu alla ilaha illolloh va ashhadu annaMuhammadan ‘abduhu va rosuluh.
Bu muborak sas Masjidi Haramda ilk yangragan shahodat kalimalari edi. Tomog‘i yirtilguday bo‘lib, bor kuchi bilan baqiraverdi. Ovozi Ka’baning devorlaridan Masjidning burchakburchaklarigacha tarqaldi. Qurilgandan beri bu so‘zlarga mushtoq bo‘lgan Ka’ba, ushbu muborak jumlani sog‘ingan Masjidi Haram xuddi jonlanganday bo‘ldi. Butun koinotning muazzam tuzumi mana shu so‘zlar asosiga qurilgan, desak sira yanglishmaymiz. Shu paytgacha xali hech bir inson bu yerda bunday xayrli so‘zlarni so‘zlamagan, bu so‘zlar azaldan abadiyatga qadar saodat va fazilatning yagona va mutlaq kalitiga aylangan edi.
Shu kungacha hech kim qilolmagan ishni qilgan musofirga nisbatan minnatdorlik va shafqat hissila to‘lgan bir necha nigoh Muborak baytning egasiga yo‘naldi: «Ollohim, O’zing uni panohingda asra», deya iltijo qildi.
Boshqa ko‘p kishilarning esa, yuzlari burishdi. Ilk ikkilanish hissi uzoq davom etmadi. Musofir uchinchi marta kalimai shahodatni keltira boshlagan edi hamki, o‘rnidan sapchib turganlar bo‘ldi:
— Ovozini o‘chiring bu tirranchaning!..
— Uring, ayamang bu ablahni! — degan ovozlar bir-biriga qorishib ketdi.
Abu Zarrning ustiga bostirib kela boshladilar. Yomrirdek birinketin yog‘ilgan ton1lar, shapalog‘u kaltaklar uni yerga yiqitdi.
Ustiga yopirildilar. So‘kinish, qarg‘ish va kaltaklar hech to‘xtamas edi.
Bu orada Abbos ularning orasiga kirdi. Abu Zarrning ustiga yotib oldi.
— Uyat sizlarga! Shuncha kishi birgalashib, bir musofirni o‘ldirmoqchisiz? Ertaga tijorat yo‘lingiz G’ifor qabilasidan o‘tishini unutdingizmi? Torting qo‘lingizni!
Abu Zarr rosa do‘pposlangan, zo‘rg‘a nafas olar edi. Vujudi qaqshab og‘riq berar, bu og‘riqlarga chidayolmay ishrar edi. Tonggacha shu ahvolda qiynalib yotdi. Ammo ko‘ngli zarracha yaralanmagan edi. Qalban o‘ta xotirjam, o‘ta tinch edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ertasi kuni ya’ni Ka’bga bordi, yana baqiribchaqirib kalimai shahodatni takrorlay boshladi. Yana ustiga yopirilib, kaltaklay boshladilar. Bu daf’a ham uni Abbos o‘limdan qutqarib qoldi.
Imon va Islomning timsoli bo‘lgan kalimai shahodat makkaliklarga ilk bor Abu Zarr tomoiidan ushbu tarzda e’lon etilgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:57:04
* * *
Dbu Lahabning yuzsizligi endi ayni shaklda Muhammadning ikkinchi bir qo‘shnisi Uqba ibn Abu Muoytga o‘tgan edi.
U xam uyida yig‘ilib qolgan axlatlarni devordan oshirib Rasulullohning (s.a.v.) hovlilariga to‘kar, ba’zan eshiklarining tagigacha sochib yuborar edi.
Bir kuni yana axlatlarni endi to‘kay deb turganida birdan kimdir chaqirib qoldi.
— Shoshmay tur, ey Uqba! — derdi bu ovoz. O’girildi. Ovoz egasi Tulayb edi... U tez-tez yurib Uqbaning oldiga keldi. Kulimsirab:
— Qani, buni menga berchi, — dedi.
— Nima qilmoqchisan, yo Tulayb? — deb so‘radi Uqba dovdirab.
Tulayb ortiq kutib o‘tirmay, sharta axlat chelakni oldida, Uqbaning baqiribchaqirishiga qaramay, boshidan sochib yubordi. Axlat Uqbanish sochsoqoli, ustboshini rasvo qildi. Tulayb ikki odim orqaga tisarilib tomosha qilarkan, qahqaxa otib kuldi:
— Mana endi bir odamga o‘xshading, ey Uqba, —dedi.
— Arvo, hoy Arvo!..
Abdulmuttalibning qizi eshikni ochganida, g‘aroyib bir manzaraga duch keldi. Ostonada Tulaybni mahkam tutgancha, ustboshi axlatga belangan Uqba ibn Muoyt turardi. O’qba yoshi ancha katta, Tulayb esa, qirchillama bir yigit. Manzara benihoya kulgili edi. Zotan, Arvo o‘zini tiya olmay, qahqaha otib yubordi.
— Nima gap, ey Uqba?!
— O’g‘lingning ishini bir ko‘rib qo‘y! — dedi Uqba darg‘azab holda.
Arvo birdan kulgidan to‘xtab, jahl ila o‘g‘liga o‘girildi:
— Nimaga bunday qilding, Tulayb?..
Tulayb bo‘lgan voqeani ro‘yi rost gapirib berdi. Shundan so‘ng Abdulmuttalibning qizi Arvo yana Uqbaga qaradi:
— O’g‘limning ishidan juda xursandman, Uqba! Undan faxrlansam arziydi. Muhammad ibn Abdulloh menga jondoshqondosh jiyan, bunga esa, tog‘avachcha bo‘ladi. Sening shu razil ishni qilayotganingni ko‘rabila turib indamay o‘tib ketganida edi, ana unda xafa bo‘lardim.
Sen qilmishingga yarasha jazo tortibsan. Endi o‘g‘limni qo‘yib yuborginda, tezroq bu yerdan daf bo‘l! — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:57:56
BILOL HABASHIY

Bilol ibn Abu Raboh habash — qopqora tanli, uzun bo‘yli, bir oz bukri, sochlariga oq tushgan, siyrak soqolli bir qul edi. Makka aslzodalaridan Umayya ibn Xalafning quli edi.
Umayya Bilolning musulmon bo‘lganini eshitib, quturib ketdi. O’ziga qaram bo‘lgan bir odamning ruxsat so‘ramay, hatto u bilan maslahatlashishni ham lozim ko‘rmay, dinini o‘zgartirganiga chidayolmay koldi.
— Chaqiring menga o‘sha axloqsizni!
Bir ozdan so‘ng Bilolni uning qarshisiga keltirdilar.
— Muhammadning diniga kirgan emishsan?!
— Ha, uning diniga kirdim va haqiqiy huzur-halovatni o‘sha dindan topdim, — deb javob qildi Bilol mag‘rur qiyofada.
— Juda soz. Ammo endi u dindan qaytasan!
— Aslo!
— Tushunmadim.
— Dunyo ostinustun bo‘lib ketsa ham, bu dindan qaytish haqida o‘ylab ham ko‘rmayman!
Umayya boshqa qullariga o‘girildi.
— Olib boring buni! — dedi.
Bilolni qamchi bilan savalay ketishdi. Har zarba urilganda qamchi yalang‘och badanida uzunuzun iz qoldirar edi. Umayya shaxsan o‘zi bu qamchilashni nazorat qilib turardi.
Bilol har savalanganda:
— Ahad!.. Ahad!.. Ahad!.. — der edi.
Umayya bir ishora bilan savalashni to‘xtadi. U qulining so‘zlariga qiziqib qolgan edi.
— Qamchilar sonini sanayapsanmi? — deb so‘radi kinoya ila.
— Yo‘q.
— Bo‘lmasa, nega har qamchi yeganingda «bir... bir...bir...» deyapsan?
— Ollohu ahad (ya’ni, Olloh birdir) demoqchi edim.
—Tushunarli. Bu so‘zingdan qaytmaguningcha va ilohlarimizga sig‘inmaguningcha kaltaklanaverasan.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:58:14
Umayya yana ishora qildi. Qamchi havoga ko‘tarilib vizillar ekan, Bilolning:
— Hech qachon... toki tirik ekanman, meni butlarga sajda qilayotgan holda ko‘rmaysan! — degani eshitildi.
Qamchilarning vazillashi davom etar, «Ahad... Axad.» so‘zlari ham ularning zarbasiga hamohang ravishda takrorlanar edi.
Umayya quliga dag‘dag‘a qildi:
— Agar biron marta sekinroq urganingni sezib qolsam, sening ham abjag‘ingni chiqaraman, bilib qo‘y!!!
Darhaqiqat, u hazillashmayotgan edi. Necha qamchi tushganini Bilol ham, uni savalayotgan do‘sti ham bilmas edilar. Shunga qaramay Umayya:
— Ur, yana ham qattiqroq ur! Yo qaytsin, yo o‘lib ketsin, der edi. Yuzida zarracha rahmshafqat alomati ko‘rinmasdi.
— Bilol hushidan ketdi, ey Umayya.
— Ur! Ataylab shunday qilmokda.
Bilol chindan ham hushidan ketgan edi. «Ahad... Ahad...» degan ovoz ham eshitilmay qoldi.
Behush vujudga tushirilayotgan qamchi zarbalari endi iz qoldirmay, Bilolning yelkasini qora qonga belar edi. Nixoyat, xoin bir juft ko‘zdan qilingan «etar» ishorasi bilan kaltaklash to‘xtatildi. Umayya murodiga yetgan kishiday yengil tortib:
— Sharobimni olib keling, — deb baqirdi.
Ikkinchi kun...
Holdan ketgan Bilolni Umayyaning qoshiga olib kelganlarida, oyog‘ida turolmas edi.
Umayya xonaning bir burchagida turgan butni ko‘rsatdi va Bilolga ishora qildi. «Qani, unga sajda qilginchi!» degani edi bu.
Bilol butga yaqinlashdi. Umayya yengil nafas oldi. Nihoyat odam bo‘libdi, deb o‘yladi. Uningcha, demak, qamchilar zarbasi zoe ketmabdi... Bilol butga yaqinlashdiDa, kuchli bir nafrat bilan uning basharasiga tupurdi:
— Sizlar iloh deydigan bu but o‘zining borligidan Ham bexabar bir toivdir! Siz...
Ortiq so‘zga ulgurmadi. Umayya saichib borib, jonHolatda Bilolni tepib yubordi. Bilol yerga yiqildi.
Yana qamchilash... Bilol qachongacha kaltaklanganini Ham farqlay olmadi. Ammo hushidan ketgungacha «Ahad... Ahad...» deyishdan to‘xtamadi.
Umayya mahallasidagi bolalarni chaqirdi. Ularga pul berib, bo‘yniga arqon solinib, qo‘llari orqasiga bog‘langan Bilolni ko‘rsatdi:
— Ko‘ryapsizlarmi mana bu dinsizni?.. Mana, sizga ota-bobolarining dinidan qaytgan bir xoin. Vazifangiz — buni ko‘chalarda sudrab toshbo‘ron qilshi. Qani, bir g‘ayratingizni ko‘rsatingchi, agar topshirig‘imni ko‘ngildagiday bajarsalaringiz, yana pul beraman.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:58:41
Qanday maza! Ham nul ishlashadi, ham ko‘ngilxushlik qilishib, bir dinsizga jazo bsrishadi!..
— Yur, qani, ko‘raylikchi, hoy dinsiz!
— Yur tezroq, ablah! Birlari kaltak bilan Bilolni kaltaklagan, boshqalari bo‘ynidagi arqondan ushlab tortqilagan holda... bu g‘aroyib va achinarli «tomosha» Makka ko‘chalari bo‘ylab yuraketdi. Orqadan Umayya:
— Dadil bo‘linglar, bolalar! Shunday qilinglarki, dinidan qaytganiga pushaymonlar yesin! — deb baqirib qoldi.
— Yur, qani, tangrilarga til tekkizgan badbaxt!
— Yur, xoin!
Bir gomondan haqoratu kaltaklar, ikkinchi tomondan Biloliing to‘xtovsiz takrorlayotgan «Ahad... Ahad...» degan so‘zlari birbiriga qorishib ketdi.
Chekilayotgan bu aziyatlar Olloh yo‘lida ekanligi, har bir kaltak ma’naviyat olamidan yuksaklarga otilgan bir odim ekanligi haqidagi ishonch Bilolning borlig‘ini qamrab olgan edi. Oxiri o‘lim bilan tugasa ham, abadiy saodatga boshlovchi yo‘lga kirilgani va ilgarilayotganiga bo‘lgan samimiy ishonch...
Ko‘chamako‘cha ayovsiz sudralib yetkazilgan bu ozoru sitamlar kechqurun nihoyasiga yetdi. Bolalarga va’da qilingan mukofot tarqatildi.
Ertasi kuni ko‘chalar yana Bilolni sudrayotgan bolalarning ko‘ngilxushlik maskaniga aylandi. Ular Bilolni ayamay urar, so‘kar, ustiga tupurar edilar. Bilol sir boy bermasdi. Ularning «yuryur»lari unga: «Yur Ollohning roziligi uchun», deya eshitilardi go‘yo.
Bolalar ko‘chalarni aylanib chiqqach, Makkaning tashqarisiga yo‘l oldilar. Makka vodiylari bo‘ynida arkoi bilan sudralayotgan qora tanli bir odamni va uni savalaysavalay, sudraysudray oldiga solib haydab ketayotgan bolalarni hazin va g‘amginlik bilan tomosha qilardi.
Bolalar bu odamning ba’zan: «Bir... bir... bir..» deyayotganini eshitishsa, ba’zan: «Yaratgan zot bo‘lmish Parvardigoringiz Nomi bilan o‘qing. U insonni laxta qondan yaratgandir. O’qing! Sizning Parvardigoringiz qalamni (ya’ni, yozishni) o‘rgatgan o‘ta karamli zotdir. U zot insonga uning bilmaganlarini o‘rgatdi», degan tilovati quloqqa chalinardi.
Bir kuni Umayya ibn Xalaf bu «tomosha»ni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish uchun keldi. Bolalar baqiribchaqirib Bilolni hamon sudrab yurardilar.
 Bolalar, to‘xtanglar! — dedi Umayya.
To‘xtadilar. Kattagina bir tosh keltirishni buyurdi. Bu qoyatosh ikki kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan darajada og‘ir edi. Och va chankrq, necha soatlardan beri tinimsiz sudrab yurilgan Bilolni chalqanchasiga yotqizdilar. Qo‘loyoqlarini arqonlab, ikki tomoniga qoqilgan qoziqlarga bog‘ladilar. Shundan keyin haligi og‘ir tongai ko‘tarib, Bilolning ko‘kragiga qo‘ydilar.
Bu og‘ir yuk ostidagi Bilolning tili og‘zidan osilib qolgan, ko‘zlari kosasidan chiqquday bo‘lib olaygan, bo‘yin tomirlari srilib ketgudek bo‘rtgan edi.
Tagidan olov kabi qaynoq toshlar badanini kuydirsa, ustidan qoyatosh bosar, nafas olishiga to‘sqinlik qilar edi. Butun bu jabru sitamlarga qaramay, Bilol hamon «Olloh birdir» deyishga urinardi.
— Xo‘sh, qalay, hali ham Muhammadning dinida qolasanmi? Bu Umayyaning ovozi edi. Bilol esa, bir gapni takrorlardi:
— Olloh birdir, Olloh birdir...
Umayya jahl bilan tepib yubordi. Bilolning buyragi yorilib ketay dedi.
Qasam ichib aytamanki, Muhammadning dinidan voz kechib, toki Lot va Uzzoga sajda qilmaguningcha, shu ahvolda yotaverasan! — deb baqirdi jazavada.
Ammo Bilol hushidan ketgan edi, bu gaplarni eshitdimi yoki yo‘qmi — noma’lum qoldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:59:05
* * *
Cho‘g‘day qizigan shag‘al toshlar ustiga yana bir necha kun yotqizildi, har kuni, odatdagidek, ustiga og‘ir toshlar bostirilib qo‘yilardi.
Bir kuni mana shunday qiyinqistov ichida azoblanib, ingrab yotar ekan, yonginasida shunday suhbat bo‘lib o‘tdi:
— Ollohdan qo‘rqmaysanmi, ey Umayya? Bu bechoraga qachongacha azob berasan?
— Uni sen yo‘ldan urding. Endi xohlasang, o‘zing qutqarib ol. Bo‘lmasa, amin bo‘lki, toki o‘lgunicha qiynayman.
— Xo‘p, unda mening taklifimni eshit: Qistos ismli bir qulim bor, xohlaysanmi, Bilolga almashaman.
— Roziman, yo Abu Bakr. Ammo bir shart bilan...
— Nima ekan sharting?
— Qistosning xotini bilan qizi ham meniki bo‘ladi.
— Kelishdik.
— Ustiga yana ikki yuz dirham pul ham berasan.
— Imonsiz ekansan, Umayya. Insof, odamgarchilik, fazilat degan narsalardan zig‘ircha ham yo‘q ekan senda. O’yalmaysanmi? Oldisotdi shu bilan tamom.
— Bo‘pti. Roziman. Boshqa shartim yo‘q.
O’sha zahoti Bilolning ustidagi og‘ir toshlar bir chskkaga otildi. Arqon yechildi. Abu Bakr qo‘llarini madadga cho‘zib, Bilolning turishiga ko‘maklashdi. Birgalikda u yerdan uzoqlashdilar. Hazrati Abu Bakrning Bilolga aytgan ilk so‘zlari shu bo‘ldiki:
— Bilol, Olloh roziligi uchun seni qullikdan ozod qildim. Shu daqiqadan boshlab ozod va erkinsan, —dedi.
— Olloh sendan rozi bo‘lsin, yo Abu Bakr.
Abu Bakr o‘zida yo‘q shod holda uzoqlashib borayotgan Bilolni ko‘zda yosh ila kuzatib qolar ekan, qalbining tubidan otilib chiqayotgan hamdu sanolarini Buyuk Mavloga arz etar edi:
— Ollohim, senga ming shukrlar va hamdu sanolar bo‘lsin. Shu onda Bilolning o‘rnida men azoblanayotgan bo‘lishim, ammo uningchalik sabr qilolmasligim mumkin edi... — derdi.
Shu damda Bilol ko‘proq quvondimi yoki Abu Bakrmi — bunisi faqatgina ularni yaratgan Buyuk Zotga ayondir. Qullarining mezoni bu quvonch darajasini o‘lchashga yetarli emas. «Olloh roziligi uchun bir qulni ozod etgan kishining ozod etilgan qulning har bir a’zosiga muqobil a’zolari jahannamdan ozod qilinadi».
Bu ilohiy hukmga noil bo‘lganlarning eng ustun, eng mukammal namunasi bu dunyoda Abu Bakr bo‘lsa, oxiratda ham Abu Bakr bo‘lajakdir. Olloh undan rozi bo‘lsin.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 02:59:34
* * *
Abu Bakrning insoniyatga ibrat bo‘larli savob ishlari bugina emas. Takdiri ilohiy Lavhul Mahfuzda «Payg‘ambarlardan so‘ng keladigan ilk qator»ga uning ismini qayd etgandir.
Jabroili Aminni firishtalar yer yuziga kuzatib kolishdi. Nabiylar sultoniga Robbul Olamindan navbatdagi farmon kelayotgan edi.
Bir zumda Nabiyi Akramni vahiyning isi tutib ketdi. Nafaslari yonlaridagilarga ham eshitilarli darajada chuqurchuqur chiqar edi. Ilohiy qudrat Sayyidul Anbiyo bo‘lish vazifasini yuklagan habibini vahiy yuborilgan olamga olib kirgan edi.
Bir muddat o‘tib, nafas olishlarining sekinlashuvidan ayon bo‘ldiki, Nabiyi Akram (s.a.v.) vahiy holatidan chiqib, o‘zlariga kela boshladilar. Payg‘ambarimiz yana o‘zlari yashab turgan olamga qaytarildilar. Muborak dudoqlaridan navbatdagi ilohiy hukm butun pokizaligi va samimiyligi bilan mo‘minlarning qulog‘iga quyila boshladi:
«Vallayli iza yag‘sha...»
«(Borliqni zulmatga o‘rab) kelayotgan kechaga qasam, yorishib ko‘ringan kunduzga qasam. Erkak va ayolni yaratgan Zotga qasamki, shakshubhasiz, sizlarning sa’yharakatlaringiz xilmaxildir. Ana endi kim (o‘z moldavlatidan kambag‘albechoralarga berilishi lozim bo‘lgan zakot va boshqa sadaqotlarni) ado etsa va (Ollohdan) qo‘rqsa hamda go‘zal oqibatni (ya’ni, jannatni) tasdiq etsa, bas, Biz uni oson yo‘lga muyassar qilurmiz. Endi kim baxillik qilsa va (o‘zini Olloh huzuridagi ajrmukofotlardan) behojat bilsa hamda go‘zal oqibatni yolg‘on desa, bas, Biz uni og‘ir yo‘lga «muyassar» qilurmiz! Va u (do‘zaxda) halok bo‘lgan vaqtida molu dunyosi unga foyda bermas! Shakshubhasiz, hidoyat yolg‘iz Bizning zimmamizdadir. Shakshubhasiz, oxirat ham, dunyo Ham yolg‘iz Biznikidir. Bas, Men sizlarni lovullab yonib turgan olovdan — do‘zaxdan ogohlantirdim. O’nga faqat (Haqni) yolg‘on degan va (imone’tiqoddan) yuz o‘girgan badbaxt kimsagina kirur! O’zi pokdomon bo‘lib, moldavlatini (yaxshilik yo‘lida) sarf qiladigan taqvodor zot u (do‘zax)dan yiroq qilinur. Uning huzurida — zimmasida biron kimsaga qaytariladigan ne’mat yo‘kdir, U faqat eng oliy zot bo‘lmish Parvardigorining yuzini — rizolitini istab (moldavlatini sarf qilur). Va yaqinda (Parvardigori unga ato etadigan mukofot — jannat ne’matlaridan) rozi bo‘lur» (Vallayl surasi, 1 — 21.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:00:22
Olloh taoloning tahsinu takdiriga munosib zot bo‘lishdek bir saodatga erishgan Abu Bakr (r.a.) xursandligidan ko‘zyosh to‘kardi.
Umar qo‘lidagi qamchini bir chekkaga uloqtirib, peshonasidagi terlarni artar ekan, o‘zi anchadan beri kaltaklayotgan Lubaynaga qarab:
— Achinganimdan emas, charchaganim va zerikkanimdan to‘xtadim, shuni yaxshi bilib ko‘y, — dedi.
Umar bejiz bunday demayotgan edi. Otasi Xattobning merosxo‘ri sifatida unga otadan ko‘p narsa meros qolgan, jumladan, jasorat, kuchquvvat, shafqatsizlik, serjahllik va shu kabi xislatlar ham otameros edi.
Lubaynaning onasi Nahdiyya ham ayni tarzda kaltaklanayotgan edi, hatto qamchi ostida ezilib ado bo‘layotgan qizi Lubaynaga achinishga ham imkoni yo‘q edi.
Umar Lubaynani so‘nggi marta «insof»ga chaqirdi, yana rad javobini oldi.
— Xo‘sh, Lubayna, hozir yana savlashimni bilasanmi? — dedi tutoqib.
Albatta. Qolaversa, bu kaltaklash sen charchaguningcha davom etishini ham bilaman. Ammo bu azobuqubatlar mening imonimni yanada mustahkamlaydi, xolos.
Yana qamchilash boshlandi.
Lubayna bilan uning onasi Nahdiyya Umarning joriyalari emasdilar, qo‘shni bir beva xotinning cho‘rilari edilar. Umar o‘sha ko‘shnisining hurmati yuzasidan bu ishga qo‘l urgan, go‘yo eri yo‘q bir xotinning hojatini chiqarayotgandek his qilar edi o‘zini. Urganda ham ayamasdan, bor kuchi bilan urardi. Bir payt jahli jazavaga aylanib, qamchini bir chetga uloqtirdida, qiz bechoraning tomog‘iga yopishib, dag‘al panjalari bilan bo‘g‘a boshladi. Lubayna Umarning qo‘llarini o‘zidan itarar, bo‘g‘ziii bo‘shatishga urinar edi. Ammo uning qarshiligi uzoqqa cho‘zilmadi, sal o‘tmay zaif qo‘llar bo‘shashdi, shalvirab tushdi va Lubayna yerga yiqildi.
Umar uni o‘lib qolgan bo‘lsa kerak degan xayol bilan qo‘yib yubordi. Ammo hali ham jahlidan tushmagan edi. Ko‘rkuv va dahshat ichida qizining ahvolini kuzatayotgan onaning ustiga yoiirildi, uni ham bo‘g‘ib hushidan ketkazdi...
Oradan kunlar o‘tdi. Onabola bir kuni qo‘l tegirmonida bug‘doyni un qilayotgan edilar. Xo‘jayinlari bo‘lmish ayol tepalarida turib olib, bu sho‘rliklarni hakorat etardi:
— Agar ota-bobolarimizning diniga qaytmaydigan bo‘lsalaringiz, sizlarga kun berish yo‘q. Yo o‘lib qutulasizlar, yo o‘zlaringga o‘xshagan bitta dinsiz kelib sotib olsa...
Shu payt yonatroflaridan shahdam bir ovoz yangradi:
— Juda soz. Men ularni sotib olaman! Gapirayotgan Hazrati Abu Bakr edi.
Savdo bir zumda tugadi. Lubayna va Nahdiyya o‘zlarida yo‘q xursand edilar.
— Ishingizni ta!nlang. Har ikkalangizni ham Ollohning roziligi yo‘lida ozod qildim. Shu daqiqadan e’tiboran erkinsizlar.
Cho‘rilar bir onda yangi hayotga qadam bosgan edilar.
— Ijozat bering, shu ishimizni tugatsakda, so‘ngra bu yerdan ketsak.
— Endi bu yog‘i o‘zlarishta havola.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:00:36
Hazrati Abu Bakr atrofini o‘rab olgan farishtalarning duolariyu Ollohning roziligiga erishgan edi. Uning haqiga chin ko‘ngildan o‘qilgan duoyu iltijolar Mavloning yuksak dargohiga yetib borgan, eng maqbul duolar qatoridan o‘rin olgan edi, insha Olloh.
Onabola bu uyda cho‘rilik bilan bog‘langan va hurriyatga erishish bilan natijalangan so‘ngi ishlarini tugatar ekanlar, ham u zolim ayolning, ham Umarning g‘azabidan qutulganliklariga tinmay shukr qilar edilar. Ulug‘ zot bo‘lmish Abu Bakrning ortidan zo‘r havas va minnatdorlik tuyg‘ulari ila uzoq vaqt qarab qoldilar.
Rasululloh (s.a.v) bir kuni Ka’baga yaqin bir yerda namoz o‘qiyotgan edilar. Amr ibn Hishom (Abu Jahl) chidab o‘tirolmadi, nimadir qilib bo‘lsada, janjal chiKargisi keldi. Asabiy holatda payg‘ambarimizning ustlariga bostirib keldi.
— Bundan keyin yana shu yerda namoz o‘qiyotganingni ko‘rguday bo‘lsam, holingga voy! — dedi vahshat bilan.
— Bordiyu qaysarlik qilsang, qavmimni, qabilamni yordamga chaqirib bo‘lsa ham, bu yerdan haydab chiqaraman!
Holbuki, Rasululloh (s.a.v.) Amr ibn Hishomning do‘qpo‘pisasi tufayli vazifalarini tark etolmas, namozni to‘xtata olmas edilar. Chunki u kishiga vazifa yuklagan, payg‘ambar qilib jo‘natgan zot Amr emas. Binobarin, Muhammad (a.s.) uylariga kaytib kelganlarida, Jabroili Amin Janobi Haqning salomini — navbatdagi vahiyni keltirdi. Bu vahiy ilk bor tushirilgan beshta oyatning davomi edi:
«Darhakiqat, inson o‘zini boybehojat ko‘rgach, albatta, tug‘yonga tushar — haddidan oshar. Albatta, yolg‘iz Parvadigoringga qaytishing bordir! (Ey inson), bir bandani (ya’ni, Muhammad alayhissalomni) namoz o‘qigan vaqtida (namozidan) to‘sadigan kimsani ko‘rdingmi?! Xabar berginchi, agar u (namoz o‘qiguvchi) o‘zi To‘g‘ri Yo‘lda bo‘lsa yoki (o‘zgalarni) taqvoga buyursa, (uni namozdan va taqvodan to‘sgan kimsa halok bo‘lmasmi?) Xabar berginchi, agar u (namozdai to‘suvchi kimsa Ollohning kitobini) yolg‘on desa va yuz o‘girsa, albatta, Olloh (uning barcha qilmishlarini) ko‘rib turishini bilmasmi?! Yo‘q! Qasamki, agar u (bunday gumrohlikdan) to‘xtamasa, albatta, Biz uning peshona sochidan — o‘sha yolg‘onchi, adashgan peshona sochidan tutarmizda (jahannamga otarmiz)! Bas, u o‘zining jamoasini (yordamga) chaqiraversin. Biz esa, azob farishtalarini chaqirajakmiz! Yo‘q! Siz unga itoat etmang va Ollohga sajdaibodat qilib, (U zotga) yaqin bo‘ling!» (Rahmon surasi, 1—9.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:01:20
* * *
Bir kuni son jihatidan hali uncha ko‘p bo‘lmagan sahobalar suhbatlashib o‘tirar edilar. Suhbat orasida:
— Xudo hakqi, qurayshliklar Qur’onning ochiq-oydin o‘qilganini hali biron marta ham eshitganlari yo‘q. Bironbir mard yigit o‘rtaga chiqib, Qur’ondan tilovat qilsa, zo‘r ish bo‘lardida, — dedilar.
Kichkina bo‘yli, ozg‘ingina bir odam otilib chikdi: Mana men, men tilovat qilaman! — dedi. Bu odam Uqba ibn Abu Muoytning sobiq quli Abdulloh ibn Mas’ud edi.
— Yo‘q, u shunday bir odam bo‘lsinki, toki boshiga biron falokat tushsa, orqasida madad beradigan kishi tursin, — deyishdi.
— Meni Olloh o‘z panohida asraydi! — deya javob qildi Abdulloh va o‘rtaga chiqdi. Masjidi Haramga kirdi. Baland ovoz bilan avval: «Bismillahir rohmanir rohiym...» dedi va «arRohmanu ‘allamal Qur’on...» deya tilovat qila boshladi.
Odamlar orasidan:
— Nimalar deyapti Ibn Ummu Abd?
— Shoshmay tur, eshitaylikchi... — degan ovozlar eshitildi.
Abdulloh bor kuchi bilan baqirib Qur’onni tilovat qilar edi. «Mehribon (Olloh) Qur’onni ta’lim berdi. U zot insonni yaratib, unga (dilidagi maqsadini ayon eta olish uchun) bayonni (nutqni) ta’lim berdi. Quyosh ham, oy ham (aniq) hisobo‘lchov bilan (joriy bo‘lur). O’to‘lan ham, dovdaraxt ham (yolg‘iz Ollohga) sajda qilur bo‘yinsunur. U zot osmonni baland qilib qo‘ydi va sizlar toshtarozuda tug‘yonga tushmasliklaringiz, (ya’ni, o‘zgalarga zulm qilmasliklaringiz) uchun mezon — tarozuni o‘rnatdi. (Ey insonlar, o‘zaro oldiberdi muomalalaringizda) to‘g‘ri, adolat bilan tortinglar va tarozudan urib qolmanglar!..» (Alaq surasi, 619.)
Ibn Mas’ud ortiq davom ettira olmadi.
— Bu odam Muhammaddan o‘rgangan narsalarini o‘qiyotgan bo‘lmasin tag‘in?.. — deya xavotirlik bilan berilgan savolga:
— Ha, gapingiz to‘g‘ri. Men hozirgina tilovat qilgan Qur’on oyatlarini bizga Muhammad Rasululloh o‘rgatdilar, — deb javob qildi.
Shu payt bir to‘da odam Abdullohning ustiga bostirib kela boshladi. Uni yerga yotqizib, ayamay do‘pposlay ketdi. Birmuncha kaltaklab xumordan chikdi shekilli, to‘da uni o‘z holiga qo‘yib tarqaldi.
Ibn Mas’udnig yuz-ko‘zi shishib ketgan edi. Birodarlarining huzuriga kelganda, ular nima bo‘lganini darrov sezdilar.
— Biz mana shu ahvolga tushishdan qo‘rqqan edik, ey Abdulloh!
— Menga hech narsa bo‘lgani yo‘q, — dedi ibn Mas’ud. — Men ulardan ancha ustun ekanligimni ayovsiz kaltaklayotganlarida ham his etib turdim. Istasangiz, ertaga yana ularni Qur’onni tinglashga majbur qilishim mumkin.
— Bas, yetar endi. Sen zimmangga tushganini ziyoda qilib bajarding.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:01:46
* * *
Qurayshliklarning oqsokolariyu aslzodalari Makkada yuzaga kelgan vaziyatdan g‘oyat bezovta edilar. O’rtaga chiqqan va kundankunga mustahkamlanayotgan, tarafdorlari tobora ko‘payib borayotgan bu din bir kun kelib boshlariga bir balo keltirishidan, qo‘llaridagi kuchqudratdan ham mahrum etib, oddiy insonlarga aylantirib qo‘yishidan qattiq qo‘rqa boshladilar. Bu ketishda kechagina bir chaqalik qadri bo‘lmagan qullar, joriyalar ertaga boshlariga chiqib, obro‘e’tiborli kishilarga aylanishlari, ular bilan teng va hatto ustun bo‘lib ketishlari hech gap emas edi. Birov odam o‘rnida ko‘rmagan Bilol singari, Ibn Ummu Abd kabi qullarning, cho‘ponlarning oxiratda havas qilsa arzigudek mavqelarga erishishi haqidagi mish-mishlar juda keng tarqaldi. Shuning uchun temirni qizig‘ida bos deganlaridek, o‘z vaqtida bu ofatning oldini olish kerak, degan xaslda edi 6u aslzodalar.
Valid ibn Mug‘iyra boshchiligida yoshi ulug‘roq bir necha kishi Abu Tolibning eshigini qoqib kelishdi. Abu Tolib ularni iliq kutib oldi. Izzatikrom ko‘rsatib, ichkariga taklif etdi.
Birpas u yoqbu yoqdan gaplashib o‘tirdilar. So‘ngra gan jiyani o‘rtaga chiqargan yangi dinga borib takaldi.
— Jiyaning bizning ilohlarimizga til tekkizdi. Ularni haqorat qildi. Bizning aqli raso kishilarimizni ahmoklikda aybladi. Akani ukadai ajratdi. Farzandni otaga, qulni xo‘jayiniga dushman qildi. Biz oramizdagi qarindoshlik aloqalariga futur yetmasin deya bu muammoni o‘zing hal etishingni so‘rab keldik. Kechagi kungacha yaxshigina davom etib kelgan do‘stligimiz buzilmasa, deymiz, — deyishdi.
Abu Tolib bir kunmasbir kun shunday bir yo‘qlov bo‘lishini, mana shunday bir taklif ham aytilishini bilardi. Suyukli jiyaniga so‘zi o‘tadigan kishi sifatida amakilari orasidan uni tanlashlari ham tabiiy edi. Abu Tolib ular kutgandek, «Sizlarning diningiz mening ham dinimdir, sizlarning ma’budlaringiz mening ham ma’budimdir. Bu muammo sizni kanchalik bezovta qilsa, meni ham shunchalik tashvishlantiradi. Shu bois bu masalani menga ko‘yib beravering. Jiyanimning popugini pasaytirib qo‘yish mening vazifam», demadi. Zotan, bunday deya olmasdi ham. O’rniga:
— Haqlisizlar, gaplaringiz to‘g‘ri, — deyishdan nariga o‘tmadi. Bular shunchaki taskin beruvchi so‘zlar edi, xolos.
— Bu muammoni qanchalik tez hal qilsang, shunchalik yaxshi bo‘ladi, ey Abu Tolib! — deyishdi kelganlar va xayglpashib chiqib ketishdi.
Yo‘lda borisharkan, oralarida birlari:
— Nima deysan, ey Amr? Xomush ko‘rinasan? — deb qoldi.
Amr ibn Hishom quruqqina javob qildi:
— Nimaga xursand bo‘lishim kerak ekan? Axir, bu odam sizlarning ko‘zlaringizga qarab turib, yosh bolani avragandek avrab chiqarib yubordiku? — dedi va qo‘shimcha qildi: — Abu Tolib shu kungacha bu ishlardan bexabar edi deb o‘ylaysizlarmi? O’ning Muhammadni to‘xtatish niyati bo‘lganida, bugungacha qo‘l qovushtirib o‘tirarmidi? Mana, ko‘rasizlar, Abu Tolib uning yo‘liga kirmasa ham, unga yordam berib, himoya kilishda davom etaveradi. Bu so‘zlarimga yaqin orada ishonasizlar.
Amrning bu so‘zlari ba’zilarni ajablantirdi, boshqalarni o‘ylantirib qo‘ydi. Umayya ibn Xalaf:
 Ey Hishom, ilohim so‘zlaring noto‘g‘ri bo‘lib chiqsin, dedi.
Qani endi yanglishgan bo‘lsam...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:02:20
* * *
Abu Tolib mehmonlarni kuzatgach, peshonasini qashladi. Endi buyuk bir sinov ostonasiga kelib qolganini his etdi.
Jiyani bu ishga kirishar ekan, niyati bir mojaroni boshlash bo‘lmagani kundek ravshan edi. Ilohiy bir maqomdan farmon olganiga Abu Tolibning shubhasi yo‘q. Shu bois bu da’vodan voz kechmasligi aniq. Kelgan mehmonlarning esa, bu da’voga qo‘shilishlariga umid ham qilib bo‘lmasdi. Abu Tolib ikki o‘t orasiga tushib qoldi. O’zini panaga olib, meni bu ishlarga aralashtirmanglar, nimaiki muammo bo‘lsa, o‘zaro hal qilib olaveringlar ham deya olmas edi.
Amr ibn Hishomning Nabiylar Sarvariga «Ikkinchi marta bu yerda namoz o‘qiganingni ko‘rmay...» deb do‘kpo‘pisa qilganidan keyin tushirilgan oyatlar aylanibaylanib uning qulog‘iga ham yetib bordi. O’ta jahldor va jangari odam bo‘lgan Amr bularni eshitib, g‘azabdan ko‘karib ketdi. Atrofda esa, uni yanada asabiylashtirishni, yanada gijgijlashni istovchilar turar edi.
 Har doim shu yerda namoz o‘qiyveraman deganmish...
— Sen unga hech narsa qila olmaysan. Chunki azob farishtalari kelib, sochlaringdan tortib jahannamga itarib yuborar emish...
Bu gaplarni eshitgan sari Amr o‘zini haqoratlangandek his etardi.
— Ortiq so‘zga hojat yo‘q! deb baqirdi bir kuni. — Qasam ichib aytamanki, uni bu yerda namoz o‘qiyotganini ko‘rsam, oyoqlarim bilan bo‘ynini ezg‘ilab, burnini yerga ishqalayman!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:02:37
YOSIR OILASI VA AMMOR

Ammor oilasi musulmon bo‘lganini eshitib qolgan Mug‘iyra o‘g‘illari tomonidan qiyinqistovga olindi.
Amr ibn Hishom qabilasining qullari bo‘lgan Ammor oilasiga qarshi qilinayotgan jabru jafolarga shaxsan o‘zi ham qatnashar, hatto nazorat etar edi. Barcha takliflar, tahdidu do‘qpo‘pisalar ham zoe ketdi, qaytib butlarga sajda qilmasliklari ayon bo‘ldi. Dastlab Ammorning onasi Sumayya ikki tuyaning orasiga keltirildi. Bir qo‘li bilan bir oyog‘i tuyalardan biriga, ikkinchi qo‘li bilan ikkinchi oyog‘i boshqa tuyaga bog‘landi. Tuyalar ikki tomonga haydalganda, oyoqqo‘lar mumkin darajada kerildi, tanasi yirtilib ketguday bo‘ldi. Bu azobuqubatni ta’riflashga so‘z ojiz edi. Sumayya og‘riqlarga chidayolmay, dodfaryod ko‘tardi.
Tuyalar joylariga qaytarildilar, qo‘llar bo‘shashdi. Amr ibn Hishom Sumayyaga yaqinlashdi:
— Xo‘sh, qalay ekan, maza qildingmi?
— Muhammadni inkor etsang, bu azobuqubatlardan
o‘sha zahoti qutulasan.
— O’lsam ham uni inkor etmayman, — deya javob qildi Sumayya bo‘g‘iq ovozda.
Amr tuyakash xizmatkorlariga ishora qildi. Shu choq bir faryod ko‘klarga yuksaldi...
Bu paytda Ammorning otasi Yosir ham shundoqqina xotiniiing yonboshida qamchi bilan savalanastgan edi. Ammor va uning ukasi Abdullohga ham zulm qilinayotgan edi.
Ramda deb ataluvchi dashtda oilaviy tarzda qiynoqqa olingan bu insonlar yonidan bir kuni Rasululloh o‘tib qoldilar. Nabiyi Akram (s.a.v.) bu ayanchli ahvolni ko‘rib, yuraklari ezildi.
— Sabr qilinglar, ey Yosir oilasi! Sabr qilinglar, ey Yosir oilasi! Sizlarning mukofotingiz jannatdir. Sabr qilinglar, ey Yosir oilasi... — dedilar.
Qum ustida sudralayotgan Yosir:
Zamon doim zo‘ravonniki bo‘laveradimi, yo Rasululloh?! — dedi.
Bu savol javobsiz qoldirildi, ammo Iayg‘ambari Zamon:
— Ollohim, Yosir oilasidan rahmatingni, mag‘firatingni darig‘ tutma, deb yolvordilar. Qalblari g‘am-alamga to‘liq holda u yerni tark etdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:02:49
Yosir oilasining so‘nggi kuni edi. Sumayya hamon ikki tuyaning orasida bog‘loqlik. Tuyalar teztez ikki tomonga haydalar, dodfaryod ko‘tarilar, Sumayyaning vujudi qoq ikkiga ajralib kstayozgandagina tuyalar yana joylariga qaytarilar edi. Eng achinarlisi shunda ediki, Sumayyaning bu qadar azoblanishini ko‘rabila turib na Yosir, na Ammor unga yordam bera olar edilar. Chunki ular ham iskanja ostida edilar.
Amr qo‘lidagi sharob to‘la kosani bo‘shatdida:
Sen aslida Muhammadning o‘ziga oshig‘u beqaror bo‘lgansan. Shuning uchun uning diniga havas qo‘yding, shunday emasmi? — dedi haqoratlab.
Shu damda badaxloq Amrning yuziga bir tufursa, Sumayyaning yuragida armoni qolmas edi. Ammo bu ahvolda shuning ham imkoniyati yo‘q edi.
— Uyatsiz, olchoq! — deya oldi, xolos.
Amr qo‘lidagi kosani yerga uloqtirdi, tuyalar ustida o‘tirgan xizmatkorlariga keskin ishora qildi. Xizmatkorlar tuyalarni shunday qattiq savalashdiki, jonholatda ikki tomonga yugurib, Sumayyaning tanasini ikkiga bo‘lib yubordilar. Bu ham yetmaganday, Sumayya so‘nggi nafasini chiqarar ekan Amr qo‘liga nayza olib, bor kuchi bilan unga sanchdi. So‘nggi va bo‘g‘iq bir faryod ko‘tarildiyu hozirgina tipirchilab turgan vujud qimirlamay qoldi.
Ushbu onda xizmatga doim shay farishtalar Olloh yo‘lida birinchi bo‘lib shahidlik sharbatini ichish baxtiga muyassar bo‘lgan Sumayyaning ruhini oldilar. Samovotga uchgan va yuksalgan sari ma’naviy, abadiy bir hayotga erishayotgan aziz ruh orqasida ming bir azob bilan tipirchilaytipirchilay harakatsiz qolgan tanani osongina tark etgan edi.
Islom dinida ilk imon keltirgan Xadichatul Kubro hazratlari bo‘lsa, bu yo‘lda ilk shahidlik martabasiga erishgan inson Sumayyadir. Hali uning orqasidan qanchaqancha shahidlar keladi, jonlarini Olloh yo‘lida sevaseva beradigan yuzlarcha, minglarcha kishilar uning qatoridan o‘rin oladilar. Ammo Ollohga ilk vosil bo‘lgan shahdid o‘laroq, ikki tuya orasida jon olib jon berayotgan bir paytda Ollohning eng ashaddiy dushmani tomonidan eng mahram joyiga sanchilgan bir nayza bilan shahid etilgan nozik vujudli Sumayya baribir ulariing oldida turadi.
Sumayyadan keyin eri Yosir ham shafqatsizlarcha qiynoqlarga ortiq dosh berolmadi. U ham aziz ruhini jannati oliyaga olib ketish uchun kelgan farishtalarga topshirdi. Shu yo‘sin, shahidlar daftarining ilk ikki sahifasi Yosirlar oilasiga bag‘ishlangan edi.
Ammor avval onasi, so‘ngra otasining og‘ir azobuqubatlar ichida shahid etilganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:03:10
Unga hamon zulm qilinardi. Ko‘z o‘ngida og‘ir qiynoqlar ostida ota-onasining shahid bo‘lishi yuragini tilkapora qilib, dardiga dard qo‘shib yubordi.
Nihoyat, Ammorning boshini suvga tiqdilar. Nafasi qaytgan Ammor hushidan ketgach, suvdan chiqarib olindi. Xo‘sh, nima deysan? Hali ham Muhammadni payg‘ambar deb da’vo qilaverasanmi?
— Ha... u haqiqiy payg‘ambardir...
Yana boshi suvga tiqildi. Yana hushidan ketdi. Bu safar suvdan chiqarilganda, ichiga ancha suv ketgan, rangiro‘yi oqargan edi. Ammor o‘lim daqiqalari yaqinlashayotganini sezdi. Ortiq bardoshi qolmadi. Bu odamlardan esa, rahmshafqat kutib bo‘lmasdi.
— Xo‘sh, endi nima deysan? Muhammad hali qam sen uchun payg‘ambarmi?
Ammor sindi:
— Yo‘q, endi payg‘ambar emas... — dedi.
— U yolg‘onchidir, de.
— U yolg‘onchidir.
— Lot va Uzzochi?
— Lot va Uzzo ilohlarimizdir...
Amrning ko‘zlarida zafar uchqunlari chaqnadi.
— Mana, endi o‘zingga kslding, binoyiday aqling bor ekanku? Ota-onang kabi ahmoqlarcha o‘lib ketmading, — deb baqirdi.
Qiynoq to‘xtatildi. Ammor ko‘yib yuborildi.
Bu xabar musulmonlar orasida shiddatli bo‘ron kabi tez tarqaldi. Sumayya bilan Yosirning bu yo‘lda jon berganini eshitib, ko‘zyoshi to‘kkanlar, bu daf’a Ammorning ortidan yig‘ladilar. Unga achindilar. Ammo uning uchun to‘kilgan yoshlar va chekilgan ohlarning ma’nosi boshqa edi.
— Hayf senga, Ammor... esiz. Atigi bir qadam qolgan ediya, bardosh berishing kerak edi, bardosh.
Keyingi paytlarda musulmonlarning ham, mushriklarning ham bittagina bahslashadigan mavzui mana shu voqea bo‘lib qolgan edi.
— Qanday bardoshli odamlar ekana, qoyil!
— Xudo haqqi, agar shunday zulm menga nisbatan qilinsa, butlarni qarg‘ashni talab etsalar, hali qiynoq boshlanmasdanoq Lotning ham, Uzzoning ham, Xubalning ham yetti pushtini aymay qarg‘ab tashlardim.
Davrada qahqaha ko‘tarildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:03:41
* * *
Bular qul emas edi. Yoki zaif, orqasida suyanchig‘i yo‘q kishilar ham emas edi. Qullarga ko‘ngilxushlik uchungina azob beradigan, azob berayotganidan rohatlanadigan, iskanja ostidagi qulning faryodiga yoki qiynalishiga emas, balki yelkasida qamchi qoldirayotgan izlarga zavqlanib boqadigan, ularni kaltaklashga buyurib qo‘yib, o‘zlari sharobdan ichaicha: «Otam uchun ur, bobom uchun ur!..» deb qiyqiradigan, ba’zan kamchini o‘z qo‘liga olib: «Mana bunday, mana bunday urish kerak!» deya ta’lim beradigan nastkash odamlar edi bular.
Ular o‘zlari kaltak azobini totib ko‘rmaganlar. Kichik yoshdan, balki hali ona qornida ekanligidanoq qullarni kamsitib, so‘kiburib, turtib katta bo‘lgan kimsalar edi bular. Bir paytlar: «Jigargo‘shamni afv eting, xo‘jayin...» deya yolvorgan ota-onalar endi o‘zlari farzandlarining ko‘z o‘ngida bu kichik xo‘jayinlar tomonidan qamchilanar, azob berilar, uyatsiz qarg‘ishlarga duchor etilar edilar.
Qullarni inson qiyofasida yaratilgan bir hayvon deb biluvchi, ularning haqxuquki bormiyo‘qmi deya bosh qotirmaydigan, lekin dunyodagi barcha yumushlarni ular bajarishi kerak degan fikrda sobit turuvchi kishilar edi bu kimsalar!..
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:04:13
* * *
«Lot va Uzzo ilohlarimizdir...»
Yolg‘onlarning yolg‘oni bo‘lmish bu so‘zlarni Ammor chin ko‘ngildan, samimiy ishonch bilan aytmagan edi. Ammo yuragi o‘ta bezovta, o‘ta notinch edi. Ko‘pincha uni azoblagan dushmanlarining ustiga bostirib borishni, «Lot ham, Uzzo ham boshlaringdan qolsin!» deb hayqirishni istardi.
«Ajabo, chindan ham dinimdan yuz o‘girdimmi?.. Ajabo, Rasululloh (s.a.v.) mening 6u ahvolimga nima der ekanlar? Endi U zotning yuzlariga qanday qarayman?» degan o‘yxayollar girdobida qiynalar edi.
Ammo o‘sha kecha tonggacha mijja qoqmadi. Kechqurunga borib, rangiro‘yi somonday sarg‘ayib ketdi. Ichi chiroq yoqsa yorishmas, qalbi ming xil o‘yfikr, ming xil andisha ichida o‘rtanar, vijdon azobi to‘xtovsiz qiynar edi.
Tun yarmida turib: «Ollohim, meni afv eta olasanmi?!» deya yolvorar, iltijo qilar edi.
O’ylayo‘ylay, axiyri bir qarorga keldi: fursat topildi deguncha Rasulullohning huzurlariga bosh urib boradi, bor gapni to‘kib soladi. Agar u zot, imonni qo‘ldan boy beribsan, degudek bo‘lsalar, u holda uni bu ahvolga solganlarning ustiga bostirib boradida, o‘ldirganicha mushriklarni o‘ldirib, so‘ngra o‘zi ham bu yo‘lda jon beradi.
Rasululloh (s.a.v.) bilan ko‘rishadigan, U kishining muborak yuzlariga yana bir bor boqadigan, shirinsuxan so‘zlarini yana bir bor eshitadigan kunni zo‘r intizorlik bilan kutdi. Shunday imkoniyat tug‘ilgan kuniyok vaqtni g‘animat bilib, darhol Rasulullohning huzurlariga bosh urib bordi. Ko‘zlarida nam...
— Nima bo‘ldi, yo Ammor? — deya so‘radilar U sharafli zot.
— Meni zo‘rlab dindan qaytarmoqchi bo‘ldilar, kufr so‘zlarni aytishga majbur qildilar, yo Rasululloh.
— Xo‘sh, qalbing nima deydi?
— Qalbim imonga to‘liqdir!
Shundan keyin Ammor onasi va otasiga qilingan shafqatsizliklarni, ularning qay tariqa o‘ldirilganini yig‘i aralash gapirib berdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:05:04
— Agar yana zo‘rlasalar, talab qilgan so‘zlarini aytaver, — deya ijozat berdilar Rasululloh. So‘ngra atroflarini o‘rab olgan sahobalariga o‘girildilar: — Ammor imoni mustahkam bir insondir. Imon nuri uning suyaksuyaklarigacha singib ketganiga ishonchim komil, —dedilar.
Ushbu damda Ammordan baxtiyor odam dunyoda bo‘lmasa ksrak. Shu kungacha og‘ushida bo‘lgani ruhiy azob birdan o‘z iskanjasini bo‘shatgan edi. Ko‘zlariga yosh quyildi. Ammo bu yoshlar endi g‘amalam yoshlari emas, sevinch yoshlari edi.
Ammor keyinroq bundan ham ko‘proq xursand bo‘lishini hozir bilmas edi. Aslida, ushbu mashavaratda hozir bo‘lgan boshqa kishilar kabi, u ham bu xushxabardan qoniqqan edi.
Ayni onlarda farishtalar olamidan Rasulullohga yetkazish uchun navbatdagi ilohiy farmonning chopari yo‘lga chiqqanini qaydan ham bilar edi!
Darvoqe, bu farmon Nabiyi Akramning (s.a.v.) muborak chehralariga tabassum yugurtirdi:
«Kim Ollohga imon keltirganidan keyin (yana qaytib) kofir bo‘lsa, (Ollohning g‘azabiga uchrar). Lekin kim qalbi imon bilan orom olgani holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, (uning imoniga ziyon yetmas). Ammo kimning ko‘ngli kufr bilan yoziladigan bo‘lsa, bas, unday kimsalarga Olloh tomonidan g‘azab va ulug‘ azob bordir. Bunga sabab ular hayoti dunyoni oxiratdan afzal bilganlaridir. Olloh esa, kofir qavmni hidoyat qilmas. Olloh unday kimsalarning dillarini, Quloqlarini va ko‘zlarini muhrlab qo‘ygandir. Ular g‘ofil kimsalardir. Shakshubha yo‘qki, ular oxiratda ziyon ko‘rguvchilardir».
Bu oyatlar Payg‘ambarimizning (s.a.v.) nazoratlari ostida Nahl surasining 106—109-oyatlari sifatida qayd etildi.
Endi hech kim «Ammor dindan qaytibdi», deya olmasdi. Uning imonli, mo‘min banda ekanligiga Olloh taoloning o‘zi ham, Uning sharafli Rasuli ham shohid bo‘lgan edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:05:43
AMR IBN HISHOM ABU JAHL

Bir kuni Masjidi Haramda o‘tirganlarning yuzida shayton kulgi zohir bo‘ldi. Oralaridan bittasi lommim demay qo‘llari bilan Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rsatdi. Bu ishora bahona bo‘ldiyu uchqun alanga oldi. Amr birodarlarining biron nima deyishini kutib ham o‘tirmay o‘rnidan turdi va koinot faxri bo‘lmish Payg‘ambar tomon qadam tashladi. O’tirganlar ortdan uni zo‘r hayajon bilan kuzata boshladilar. Hammani bitta masala qiziqtirayotgan edi: Amrning bu tashabbusi qanday natija keltirar ekan?
— O’ylashimcha, Amr Abu Tolibning jiyanini bu safar ayab o‘tirmasa kerak, — dedi birovi.
— Menimcha esa, ish bu bilan bitmaydi, — dedi boshqasi.
Bular shu tariqa bahslashar ekan, Amr Ka’ba qarshisida namoz o‘qib o‘tirgan Rasulullohga (s.a.v.) yaqin boraverdi. So‘ng...
Bu yokdan kuzatib o‘tirganlar Amrning birdaniga ortta tisarilganini, qattiq qo‘rquv ichida chekina boshlaganini ko‘rdilar. Hech kim bu holatga bir ma’no bera olmadi.
Bir necha odim ilgarilamoqchi bo‘lgan Amr yana tuyqus ortiga kaytdi. Nihoyat, yuzlari sarg‘ayib ketgan bir aliozda birodarlarining yoniga keldi.
— Yo Abul Hakim, senga nima bo‘ldi? — deb so‘rashdi hangomatalab oshnalari.
Haqiqatni yashirishga ham Amrning holi yo‘q edi. Asabiy va titroq bir ovozda voqeani tushuntira ketdi:
— Yoniga yaqinlashganimni bilaman, birdan o‘rtamizda ichi olovga to‘la bir chuqur ochilib kelayotganini ko‘rib qoldim. Umrimda bunchalik lovullab yonayottan olovni ko‘rgan emasman. O’sha chuqurga tushib ketmaslik uchun orqaga chekinishga majbur bo‘ldim, — dedi.
— Boshingdan oftob o‘tib ketibdi, Abul Hakim. Xayolga berilibsan...
— Men xayolga beriladigan odammanmi?
— To‘g‘rikuya, ammo bu yerda o‘tirgan shuncha odamning ko‘zi ko‘r bo‘lmasa kerak?!
Amr kulgiga qolishni sira istamas edi.
— Lovullab olov yonib turgan o‘sha chuqurni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim, axir. Sal bo‘lmasa, yuzlarim kuyar edi...
— Xo‘sh, unda sen aytayotgan o‘sha chuqur endi qayoqqa g‘oyib bo‘ldi?
Amr nima deyishini bilmay qoldi. Boyagi joyga qaytib bordi, diqqat bilan razm soldi. Ammo o‘rtada na chuqur bor edi, na olov.
— Haya, — deya po‘ng‘illadi, — meni sehrlagan bo‘lsa kerak.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:06:01
— Qo‘rqqaningdan ko‘zingga ko‘ringan bo‘lmasin tag‘in, ey Amr? — deyishda sheriklari kinoyaomuz ohangda.
— Men hech kimdan qo‘rqmayman!
— Ammo biz avvaliga senga borma dedik, ogohlantirdik, o‘zing quloq solmading.
Amr o‘rnidan turdi. Uyida bir oz dam olmasa, bu hayajonini haliveri to‘xtata olmasligiga amin bo‘lgan edi.
Qurayshlarning oqsoqollari yig‘ilishib Abu Tolibning uyiga borganlaridan buyon ham, mana, birikki oy o‘tib qoldi, ammo Payg‘ambarning (s.a.v.) da’vatlari aslo susaymadi.
Valid ibn Mug‘iyra Amr ibn Hishomni kechki payt uyida qabul qildi. Utirib, rosa suhbatlashdilar, kun sayin keskinlashayotgan vaziyat to‘g‘risida fikr almashdilar. Hoshimiylarning yetakchisi bilan yana bir uchrashishga qaror qildilar.
Ertasi kuni yana Abu Tolibning uyiga keldilar. Kelasolib, dag‘dag‘a qila boshladilar:
— Yo uni bu da’vosidan qaytarasan, yoxud bizning qahrg‘azabimizdan muhofaza etishdan voz kechasan! —deb masalani ko‘ndalang qo‘ydilar.
Abu Tolib jiyanining fazilatlarini, ustunliklarini uqtirishga urinsa hamki, foydasi bo‘lmadi.
 Bilamiz. Biz ham uni yolg‘onchi deyayotganimiz yo‘q. Yomon ham demaymiz. Ammo bizning ilohlarimizga til tekkizishini aslo istamaymiz. Bu taklifimizga rozi bo‘lsa, unga har qancha yordam berishga tayyormiz.
Abu Tolib ikki o‘t orasida qolgan edi.
— So‘zlaringizni unga uqtirishga urinib ko‘raman, bu masalani hal qilishga qo‘limdan kelganicha g‘ayrat qilaman, — deya oldi, xolos.
Ular chiqib ketganlaridan so‘ng boshini qo‘llarining orasiga olib, uzoq vaqt o‘ylanib qoldi. Pastga tupuray desa, soqoliga, balandga tupuray desa, mo‘yloviga tegadi...
Jiyani «hech qanaqa foydasi ham yo‘q, zarari ham» degan butlarga ulkan Makka xalqi katori Abu Tolib ham sig‘inar edi. Shu e’tiqod bilan qanchaqancha aqli raso kishilar yashabo‘tib ketgan edi Makkada.
Ammo har jihatdan fazilat namunasi bo‘lgan jiyaniga biron narsa ham deya olmasdi. Odamlarni da’vat etayotgan dinining, ularga buyurayotgan ibodat va axloqning hech bir nuqsoni yo‘q edi. Kamchilik topish uchun vijdonsiz odam bo‘lish kerak. Holbuki, Abu Tolib insofu tavfiqli, vijdonli bir inson edi.
Miyasida chuvalashgan ming xil o‘yfikrlar ila kurashayotgan Abu Tolib birmuncha vaqt o‘tgandan keyin bolalaridan biriga buyurdi:
 Menga Muhammadni chaqirib kel.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:06:12
* * *
— Meni chaqirdingizmi, amaki?
Abu Tolib aqli raso, vazmin bir kishi edi:
Kel, o‘g‘lim, yonimga o‘tir, dedi mehribonlik ila. So‘ngra bo‘lgan voqeani batafsil gapirib berdi va oxirida: — O’g‘lim, ko‘rib turganingday, endi men ham ancha keksayib qoldim. Meni kuchim yetmaydigan bir ishga aralashtirma, bolam, — dedi.
Rasululloh (s.a.v.) bu so‘zlarni eshitib, ko‘ngillari g‘ashlandi. Ajabo, bu so‘zlar: «Endi men seni himoya qila olmayman», deganimikan? Yoshli ko‘zlarini amakilariga qaratdilar:
— Amaki, men bu ishga o‘z boshimcha bilan qo‘l urayotganim yo‘q. Qasam ichib aytamanki, bu da’vatdan voz kechish uchun o‘ng qo‘limga quyoshni, chap qo‘limga oyni qo‘ysalar yoki meni ikki dunyo podshohi qilsalar ham, bu vazifamni tark eta olmayman. Yoki bu yo‘lda o‘lib keta
man! — dedilar qat’iy.
Keyin o‘rinlaridan turdilar. G’amgin alpozda chiqib ketdilar.
Abu Tolib jiyanining yoshli ko‘zlarini ko‘rib, dili vayron bo‘ldi. Umr bo‘yi uni xafa qilmaslik uchun necha martalab fidokorlik qilgan edi. Endi uning bu ahvoliga rozi bo‘la olarmidi?
— Suyukli jiyanim!.. — deb chaqirdi ortlaridan. Payg‘ambarimiz qaytdilar. Abu Tolib dilidagi gapni aytdi:
— Xo‘p, sen vazifangni bamaylixotir bajaraver. Qasamlar bo‘lsinki, toki men tirik ekanman, senga hech kim zarar yetkaza olmaydi, — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:06:45
ESLI-HUSHLI QARIYA
Utba ibn Robia

Masjidi Haramda suhbatlashib o‘tirgan kimsalardan biri birodarlariga yangi bir taklifni kiritdi:
— Menga qaranglar, do‘stlar. Ko‘rib turibsizlarki, shahrimizda yuzaga kelgan vaziyat tobora keskinlashmoqda. Kechagi kunga qadar hammamiz uchun eng suyukli, ishonchli bir odam bo‘lgan Al-Amin bugun endi maydonga chiqib, tangrilarimizni rad etdi, aqlli, obro‘li kishi
larni g‘ofillik va gumrohlikda aybladi.
— Ha, ha, xuddi shunday bo‘ldi.
— Menimcha, Muhammadning huzuriga borib, uning asl maqsadini bilishimiz kerak. Shu eng ma’qul tadbir, deb o‘ylayman. Shoyad shunda muammoning yechimi ham oson bo‘lsa.
— Rost aytasan, ey Abul Valid, uning huzuriga borib gaplashgin.
Bu paytda Rasuli Mukarram (s.a.v) janobimiz Masjidi Haramning bir burchagida o‘tirgan edilar. Abul Valid U zotning yonlariga keldi, salomlashdi, holahvol so‘radi. So‘ngra shunday deb gap boshladi:
— Ey jiyan, sen oramizda naslnasabi ulug‘, aslzoda bir oilannig farzandisan. Hammamiz seni hurmat qilamiz. Ammo... sen yo‘q yerdan bir masala chiqarding u, qavmingni notinch qilding, jamoamizni tarqatding. O’y fikrlarini xato deding, xattixarakatlarini ahmoqlikka sanading. Ma’budlarini, dinlarini bema’ni deding. Ota-bobolarimiz, seningcha, kufrona hayot kechirgan bo‘lib chiqdilar... Endi, menga yaxshilab quloq sol, senga bir qancha takliflarni arz etaman, biri bo‘lmasa, boshqasi ma’qul bo‘lar.
— Gapir, ey Abul Valid, qulog‘im senda.
Utba birinketin takliflarini bayon eta boshladi:
— Ey qardoshimning o‘g‘li, agar sen molmulk orttirish uchun ushbu da’vo bilan chiqqan bo‘lsang, davlatimizdan bir qismini senga beraylik, ichimizda eng boy badavlat odam sen bo‘lasan. Agar shonsharaf, obro‘e’ti bor, martaba uchun bu ishga qo‘l urgan bo‘lsang, seni o‘zi
mizga boshliq qilib qo‘yaylik. Shunda sendan so‘ramay biron ish ham qilinmaydi. Shox bo‘lish orzuida bo‘lsang, seni o‘zimizga podshoh qilaylik. Agar ko‘zingga allam balo jinu shaytonlar ko‘rinib vasvasaga solishayotgan bo‘lsa, boryo‘g‘imizni sarflab bo‘lsa ham, seni zo‘r tabiblarga ko‘rsatib davolataylik. Chindan ham ba’zan odamlarda shunday holat bo‘lib turadi, davolanmaguncha jinlardan xalos bo‘lolmaydilar...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:07:00
Utba, bir qaraganda, haqli edi. Kechagi kunga qadar hech kimning xayoliga ham kelmagan bir ishni o‘rtaga qo‘ygan va uni yuritish uchun zo‘r g‘ayrat ko‘rsatayotgan insonning asl niyati, uningcha, yukorida sanab o‘tilgan maqsadlardan biri bo‘lishi mumkin edi. Ammo chuqurroq razm solinsa, bu masalaga Utba yuzaki yondashgani ravshanlashadi. Chunki bu vazifa Muhammad Aminning shaxsiy tashabbusi emas, balki ilohiy bir vazifa edi. Da’vat etilgan din va yashash tarzi ham o‘ziga xos, mukammal bir voqelikdir.
Utba va uning kabi o‘ylaydiganlar yangi dinga kirsalar, nimalarini yo‘qotadilar, eski yashash tarzlarini saqlab qolsalar, nimaga erishadilar?
Bir qarashda to‘g‘ri gapirayotgandek bo‘lgan Utbaning zimmasiga tushgan mas’uliyat shu kungacha kechirib kelgan hayot tarzlarini atroflicha muhokama etishi va uni yangi din keltirgan xukmlar bilan solishtirish, oradagi farqlarni ko‘rsatib, agar o‘ziniki yaxshiyu yangi din yomon bo‘lsa, o‘shandagina: «Bizni zararga yetaklaydigan, axloqsizlikni tashviq etadigan, insonlarday yashash huquqimizdan maxrum qiladigan... yo‘lga chaqirishdan maqsading nima, ey Muhammad?!» deyishi ksrak emasmidi?
«Sen bizning shohlarimizni yerga urding, aqlli odamlarimizni beaql deding..» kabi umumiy gaplar qaysi dardga davo, qaysi yaraga malham bo‘la olardi?! O’z navbatida, Rasululloh ham o‘rtaga chiqib butlarga madhiyalar yog‘dirib, arablarning johilona hayotini maqtay olmas edilar... «Zinoning, fahshning har turini mukammal tarzda ijro etasizlar, sizlar bilan faxrlansak arziydi», ham deya olmasdilar. «Qullaringizni itlaringizchalik xam qadrlamaysiz, bu juda ham to‘g‘ri. Ularga ozodlik bersangiz, la’natlanasiz», deya olmasdilar, axir. Sarvari Anbiyo (s.a.v.) Utba Validning so‘zlarini dikkat bilan tingladilar. Nihoyat:
— Gaping tugadimi, ey Abul Valid? — dedilar.
— Ha, tamom qildim.
— U holda endi sen ham menga quloq sol. Rasululloh (s.a.v.) avval «Bismillahir rohmanir rohiym» dedilar. So‘ngra Sajda surasini o‘kiy boshladilar:
«Alif, Lam, Mim. Bu kitobning (ya’ni Qur’onning) nozil qilinishi, hech shakshubhasiz, barcha olamlarning Parvardigori tomonidandir. Boisi: «Uni (Muhammadiing o‘zi) to‘qib olgan» derlar?! Yo‘q, u (ya’ni, Qur’on) sizdan ilgari biron ogohlantiruvchi kelmagan qavmni (oxirat azobidan) ogohlantirishingiz uchun Parvardigoringiz tomonidan (nozil qilingan) haqiqatdir. Shoyad ular hidoyat topsalar. Olloh osmonlar va Yerni hamda ularning o‘rtasidagi bor narsalarni olti kunda yaratib, so‘ngra arshni egallagan Zotdir. Sizlar uchun Undan o‘zga biron do‘st va oqlovchi yo‘qdir. Axir, eslatmaibrat olmaysizlarmi?! U osmondan yergacha bo‘lgan barcha ishni tadbir qilib — boshqarib turur, so‘ngra (6u ishlarning barchasi) sizlarning hisobingizda ming yilga teng bo‘ladigan bir kunda (ya’ni, qiyomatda) Uning O’ziga qaytarilur. Mana shu (Olloh) g‘oyib va hozirni biluvchi, qudratli va mehribondir. U barcha narsani chiroyli qilib yaratgan Zotdir. U insonni (ya’ni, Odam atoni) dastavval loydan yaratdi. So‘ngra uning nasli avlodini haqir bir suvdan iborat bo‘lgan nutfadan paydo qildi. So‘ngra uni rostlab, ichiga O’z (dargohidagi) jondan kiritdi. U Zot sizlar uchun quloq, ko‘z, dillarni naydo qildi. Sizlar esa kamdankam shukr qilursizlar»...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:07:12
Rasululloh (s.a.v.) shu yerda to‘xtab o‘rinlaridan turdilar va «Ollohu akbar» deb yana sajdaga egildilar, muborak peshonalarini Robbining huzurida tuproqqa qo‘ydilar. «Buyuk Robbimni har turli nuqson va qusurlardan pok deb bilaman», dedilar. Buni uch marta takrorladilar, so‘ngra yana «Ollohu akbar» deya o‘rinlaridan turdilar.
Utba ibn Robia qo‘llarini orqasiga qilib olgan, xiyol engashgan holda U zotning so‘zlarini tinglar va xattiharakatlarini kuzatar edi.
Rasulullohning yana davom ettirishga og‘iz juftlayotganlarini ko‘rib, qo‘li bilan «etar» ishorasi ko‘rsatdi va:
— Bo‘ldi qil, oramizdagi qarindoshchilik hurmati, bo‘ldi qil, yo Amin!.. — dedi.
Ushbu damda Nabiy Akram (s.a.v.):
— Sen .ham aytganlarimni eshitgan bo‘lding, ey Abul Valid. Mana, eshitganing kalom, mana — sen, — dedilar.
Utba o‘rnidan turdi. Sandiroqlabsandiroqlab, ishi unmagan odamdek bir holatda bu yerdan uzoqlashdi.
Utbaning ahvoli o‘tirganlar o‘rtasida muhokamaga sabab bo‘ldi:
— Xudo haqqi, Utbaning kelishi boshqacha...
Xuddi kaltak yegan odamga o‘xshaydi.. Yiqilgan pahlavonga o‘xshab, chayqalibchayqalib kelmoqda... — deganlar bo‘ldi.
Bu orada Utba ham do‘stlarining sniga yetib keldi.
— Nima gaplar bo‘ldi, ey Utba?! — deya so‘radi Umayya ibn Xalaf.
— Bir so‘z eshitdim... Xudo haqqi, bunday so‘zlarni hali umrimda hech eshitmaganman! Qasam ichib aytamanki, bu so‘zlar she’r ham emas, kohinlarning so‘zi ham emas, ammo juda g‘aroyibdir! — Utba majlisdagilarga ko‘z qiri bilan bir qarab qo‘yib, yana davom etdi: — Xudo haqqi kurayshliklar, ushbu so‘zlarni eshitsalaringiz, sizlar ham o‘ylanib qolasizlar. Bu odamni, yaxshisi, o‘z holiga qo‘yaylik. Qasamlar bo‘lsinki, u keltirgan bu kalom hademay ufqlar osha butun jahonga yoyilib, katta shonshuxrat qozonadi. Agar arablar uni mag‘lub etsalar, sizlar ham maqsadlaringizga erishasiz. Agar, aksincha, u arablarni tiz cho‘ktirsa, bilinglarki, uning g‘alabasi va sharafiga sizlar ham sherik bo‘lasizlar va o‘shanda insonlarning eng mas’ul, eng baxtiyor qavmiga aylanasizlar.
 Yol alhazar! Ey Utba, u seni sehrlab qo‘yibdiku! Utba gapni cho‘zishning endi foydasi bo‘lmasligini sezdi. Utba kelgan xulosaga kelishlari uchun ular ham kamida ushbu kalomni tinglashlari kerak edi. Xayrlashar ekan:
— Men o‘z qarashimni bildirdim. Sizlar qanday o‘ylaysizlar, ixtiyorlaringiz, — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:07:25
* * *
Utba bir necha kungacha uyidan tashqariga chiqmay yotdi. Bir kuni kimdir yo‘qlab keldi.
— Hoy, Utba, bormisan?
Chaqirgan odam Amr ibn Hishom edi.
— Kel, kiraver, Abul Hakim, — deya Utba uni uyiga taklif etdi.
O’tirdilar. Holahvol so‘rashilgandan so‘ng Amr:
— Kelishimning sababi shuki, go‘yo sen ham diningdan qaytgan emishsan. Eshitishimga qaraganda, Muhammadni va uning dinini juda ham yoqtirib qolganmishsan. Uning safiga qo‘shilmoqchi ekansan. Xalq hozir senga yordam uyushtirish bilan mashg‘ul.
— Ko‘p valdirama, ey Amr.
— Valdirayotganim yo‘q. Agar Muhammad beradigan ikki luqma ovqati uchun diningni o‘zgartirayotgan bo‘lsang, biz senga mol-dunyo yig‘ib beraylik, boybadavlat qilaylik, degan harakatdamiz.
Utba asabiylashdi:
— Xudo haqqi, shu bugundan boshlab Muhammad bilan boshqa gaplashmayman! Juda yaxshi bilasizlarki, qurayshlarning orasida mendan boyroq kishi yo‘q. Ammo shunisi ham ayni haqiqatki, men undan hali hech kim eshitmagan g‘aroyib so‘zlarni eshitdim. U so‘zlar menga shunday qattiq ta’sir qildiki, axiyri chiday olmay qoldim va unga «jim bo‘l!» dedim. Xuddi u o‘qigan kalomda xabar berilgan azobuqubatlar mening boshimga yog‘ilayotganday bo‘lib tuyulaverdi.
— Biz ham shu qo‘rquv tufayli dinini o‘zgartirgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladik, yo Utba...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:07:38
* * *
Tun yarmidan oqqan. Qandaydir bir yolg‘iz sharpa Muhammad Amin (s.a.v.) uylari tomon pusib yaqinlashar edi. Ko‘chada undan boshqa hech zog‘ yo‘q. Aslida u ham hech kimga ko‘rinmaslik uchun shunday paytni tanlaganga o‘xshardi.
Rasululloh (s.a.v.) uylariga kelganlari hamon do‘stu birodarlari — sahobalar o‘rab olishdi. Haligi sharpa ichkaridagilarning suhbati bemalol eshitiladigan panaroq bir joy tanlab, o‘sha yerga yashirindi.
Uning orqasidan ketmaket, ammo birbiridan xabarsiz, yana ikki sharpa kelgan edi.
Uchinchi bo‘lib kelgan kishi oldingi ikkitasining kelganidan bexabar, ikkinchi sharpa ham birinchisidan bexabar edi.
Amr ibn Hishom boshqa payt va boshqa joy bo‘lganida «Hoy, kimsizlar? Qani, bu yoqqa chiqinglar?!» deb do‘q qilar edi. Ammo hozir do‘qio‘pisaning mavridi emasdi. Ular ham o‘zi singari Muhammad Aminning kalomini tinglashga kelganliklarini payqadi.
Uchalasini ham bir savol qiziqtirar edi: «Xo‘sh, qanaqa kalom ekan u, Utbaday bir ulug‘ zotni xayolga tolishga majbur qilgan?» Ammo Muhamad Al-Aminning yonlariga kirib: «Qani, menga ham Utbaga o‘qigan narsalaringni o‘qichi?» deyishga g‘ururi yo‘l qo‘ymasdi. Chunki agar U zotning huzurlariga kirsa va Utbaning gaplari rost bo‘lib chiqsa, bu dargohdan parishon chiqishi turgan gap edi.
Shuning uchun hech kimga bildirmay, yashirincha kelib quloq solishni eng ehtiyotkorona chora deb topdi. Tun yarmidan oqqanda kelishni afzal ko‘rgani shunda. Ammo xuddi uni ta’qib qilayotganday kelib bir burchakka yashiringan va ichkariga ko‘z tikkan bu ikki odam kim bo‘ldi ekan?
Amrning butun vujudi quloqqa aylanib, ichkarida o‘qilayotgan Qur’onni tinglashga bsrilib ketdi. Ugba kabi, kupiakunduzi ochiqchasiga kelib eshitmay to‘g‘ri qilganini angladi. Chunki haqiqatan ham bu kalom juda g‘aroyib, ilohiy ta’sirga ega edi.
Tong otib, xo‘rozlar qichqira boshladi. Amr va uning noma’lum ikki hamrohi bu yerni darhol tark etishlari lozimligini bildilar. Amr o‘rnidan turib, oldinga yurdi. Bir necha odimdan keyin birdan to‘xtab qoldi:
— Abu Sufyon?.. Demak, sen xam kelibsanda?!
— Haha, to‘g‘ri toiding. Xo‘sh, sen o‘zing nima qilib yuribsan bu yerda, ey Amr?!
Bu orada uchinchi sharpa ham ularga yaqinlashdi. Axnas ibn Shariq ekan.
— Darxol bu yerdan ketishimiz kerak, — dedi Abu Sufyon. — Biron kimsa ham bizni bu yerda ko‘rmasin.
Qolganlar ham ayni shu fikrda edilar, jo‘nab qolishdi.
Oradan yigirma to‘rt soat o‘tib, keyingi kunning tongi endi yorisha boshlaganda, bu uch maslakdosh yana shu yerda uchrashib qoldilar.
— Bu yerga boshqa kelmayman demaganmiding, ey Amr?— deya hayratlandi Abu Sufyon.
— O’zingchi, sen ham shunday devding, shekilli? Axnas bu bahsga chek qo‘ydi:
— Uchalamizning ham yuzimiz birbirlarimizning oldimizda shuvut bo‘ldi. Endi tezda bu yerdan qoramizni o‘chiraylik.
Uchinchi tongda ham xuddi o‘sha voqea takrorlandi. Uchalasi ham birbirlariga bu yerga boshqa kelmaslik to‘g‘risida yana va’da berdilar.
 Endi bugungisi ayg‘oqchiligimizning so‘nggi kuni bo‘lsin, birodarlar, — dedi Abu Sufyon. Biz boshqalarni zo‘ravoilik qilib bo‘lsa ham bu dindan qaytarishga urinsagu, o‘zimiz bu yerda biqinib olib gap poylasak... Bu holatimizni odamlar ko‘rib qolsa, yaxshi ish bo‘lmaydi.
Chindan ham bu ularning so‘nggi ayg‘oqchiligi bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:07:51
* * *
O’sha kuniyoq tush payti Axnas Abu Sufyonning huzuriga yo‘l oldi. Borib eshigini taqillatdi. Abu Sufyon uni xuddi kutib o‘tirganday edi.
— Xush kelibsan, yo Axnas... — deb ichkariga taklif etdi.
Axnas hassasini bir chekkaga qo‘yib, o‘tirdi.
Mana, Muhammadning kalomini ham eshitding, ey Abu Xandala, bular haqida nima deysan? Abu Sufyon boshini egdi.
— Ey Abu Sa’laba, senga nima desam ekana? Bilasanmi, men uning ba’zi bir so‘zlarining ma’nosini tushundim, niyatini ham angladim, ammo ba’zilarining na ma’nosini, na maqsadini ilg‘adim.
Axnas:
— Men ham xuddi shunday ahvoldaman, ey Abu Sufyon, dedida, hassasiga tayanib chiqib ketdi.
So‘ngra Amr ibn Hishomning uyiga bordi.
— Ey Abul Hakim, — dedi, — Muhammadning kalomi haqida qanday fikrdasan?
Amr birdaniga portlab ketdi:
— Nima ham derdim? Biz Abdumanof o‘g‘illari bilan sharaf musobaqasiga chiqqanmiz. Ular musofirlarga izzatikrom ko‘rsatadilar. Biz ham mehmondo‘stlik qilamiz. Faqirlarga ko‘mak beradilar. Biz ham ularning og‘irini yengil qilamiz. Ular ehson etadilar, biz ham ehson qilamiz. Har jihatdan ular bilan teng bo‘lib turganimizda, endi ular bizning payg‘ambarimiz bor, unga ko‘kdan vahiy kelmokda, deya boshladilar. Bu da’vo bilan biz aslo kelisha olmaymiz. Qasam ichamanki, unga quloq ham solmaymiz, tasdiq xam etmaymiz. Bugun ham, ertaga ham, umuman hech kachon!..
Axnas bu yerdan ham noaniq bir kayfiyatda chiqib ketdi.
Oradan bir necha kun o‘tdi. Mug‘iyra ibn Shu’ba Amr ibn Hishom bilan birgalikda Makkada aylanib yurishgan edi. Mug‘iyra Rasulullohni (s.a.v.) tanimas edi. Bir payt qarshilaridan nur yuzli bir kishi chiqib qoldi.
— Ey Abul Hakim, seni Olloh va Rasuliga da’vat etaman. Kel, bu da’vatni qabul et, — dedi u.
Amr ibn Hishomning qovoqtumshug‘i osilib ketdi. Yo Muxammad, sen bizning ilohlarimizga til tekkizishdan voz kechasanmi yoki yo‘qmi? Sen bu vazifani ado etayotganingni tasdiqlovchi shohidlarni qidiryapsanmi? Mana, biz shohidmiz. Bo‘ldi, yetar endi. Qasam ichamanki, agar sening so‘zlaring haq va to‘g‘ri ekanligiga ishonganimda, bir daqiqa ham ikkilanib o‘tirmay, da’vatingni qabul etardim, — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:08:17
Rasululloh ularni xoli qoldirib, yo‘llarida davom etdilar.
Amr ibn Hishom Mug‘iyraga o‘girildi:
— Aslida, uning so‘zlari haq va to‘g‘ri ekanligini bilaman. Ammo mening oldimda bitta katta to‘siq bor,—dedi.
 Qanaqa to‘siq ekan u, ey Abul Hakim?
— Qusayb o‘g‘illari Ka’baning hijobat (ustini yopish) xizmati bizga oiddir, dedilar. Xo‘p, dedik. Ikoya (ibodat) xizmati bizniki, dedilar. Qarshilik ko‘rsatmadik. Nodva bizning qo‘l ostimizda bo‘ladi, dedilar. Qabul etdik. Yanvo (bayroq) biznikidir, deyishdi. Bunga ham
ko‘ndik. Ular yetimesirlarga ziyofat berishdi. Biz ham ularni to‘ydirdik. Endi bo‘lsa, bizning bir payg‘ambarimiz ham bor, deyishmokda. Mana shunisiga aslo chidayolmayman, rozi ham bo‘lolmayman. G’ururim yo‘l qo‘ymaydi.
Hazrati Abu Bakr sotib olib ozodlikka chiqargan qullar, rasman azobuqubatlardan xalos bo‘lgan bo‘lsalar ham, duch kelingan joyda haqorat etilish xavfidan yoki mushriklarning kutilmagan hujumlaridan batamom qutulmagan edilar.
Ayni chokda musulmonlar safiga endi qo‘shilayotganlarga ham mushriklar azobuqubat berayotgan edilar. Masalan, Umar ibn Xattob bilan Amr ibn Hishom Zinnura ismli bir cho‘rini goh birgalashib, goho esa, galmagal qiynashar, charchagunlaricha kaltaklashar edi. Shuningdek, Ummu Ubays ismli bir ayol va uning cho‘ri qizi ham mana shunaqa musibatlarga ma’ruz qilingan edilar.
Ummu Ubaysni och va suvsiz qoldirib, butunlay sillasi quriganida kaltaklay boshlar edilar. Nihoyat, bir kuni Ummu Ubays bu jabru sitamlarga ortiq bardosh berolmadi va:
— Lott va Uzzo tangrimi? — deb so‘raganlarida:
— Ha, — deb javob qildi.
Unga o‘sha atrofda turgan bir isqirt butni ko‘rsatib:
— Bu ham tangrimi? — dedilar.
— Ha.
— Ofarin, mana endi aqling kiribdi. Gumrohlar murodiga yetgan edilar. Ollohga imon keltirishdan bo‘lak hech qanday aybi yo‘q begunoh ayolni qo‘llaridan kelganicha azoblab, uning og‘zidan noshar’iy so‘zlarni eshitish baxtiga muyassar bo‘ldilar.
Ummu Ubays ehtimol Ammorga berilgan ruxsatni eshitib, hayot bilan o‘lim birbiriga juda yaqinlashgan bir damda ushbu ruxsatdan foydalangandir. Ehtimol, bir inson bardoshi so‘nggi nuqtaga yetgach «Ollohim, o‘zing kechir», deya qalbi imondan orom olgani holda shu so‘zlarni majburan so‘zlagandir. Chunki uning qalbi mustahkam imon nuri bilan sug‘orilgan edi. Aks holda, och, chanqoq qolsa ham, qamchi ostida, urayotgan kishi charchagunga qadar kunlab kaltak yeyishiga hojat qolmasdi, talab etilgan kufrona so‘zlarni o‘sha zahoti aytib, azobUKubatlardan qutulib qo‘yaqolardi.
Ummu Ubays bilan qizi ham buyuk Abu Bakrning olijanobligi tufayli sotib olindilar va ozodlikka erishdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:08:28
Kunlardan bir kuni Rasululloh (s.a.v) Masjidi Haramda namoz o‘qib o‘tirganlarida, qo‘shnilari va ashaddiy dushmanlari bo‘lgan Uqba ibn Abu Muoyt kelib qoldi va egnidagi peshbandini (qiyiqchasini) yechib, tuyqus Nabiyi Akramning (s.a.v.) bo‘ynilariga soldi va bor kuchi bilan bo‘g‘a boshladi. Shuning ustiga Hazrati Abu Bakr kelib qoldi va o‘sha zahoti Uqbaga yopishdi. Uni Payg‘ambar (a.s.) ustlaridan nari itarib yubordida:
Robbim Ollohdir degani uchungina bir begunoh odamni o‘ldirmoqchimisan?! — deb hayqirdi.
Ammo bu bilan janjal to‘xtamadi, aksincha, battar avj oldi. Bu urto‘polon chog‘i Abu Bakr bir necha yengil jarohat oldi.
Oradan kunlar o‘tdi. Rasululloh (s.a.v.) yana Masjidi Haramga keldilar. Robbilarining huzurida turdilar. U zotning bu yerda namoz o‘qiyotganlaridan avval ham darg‘azab bo‘lgan bir guruh mushriklar oldiniga o‘zaro ma’nolima’noli qarab olishdi. Muncha ham o‘jar bo‘lmasa, degan ma’nodagi 6u qarashlar ularning Rasulullohdan g‘oyat norozi ekanliklarini bildirar edi.
— Bu riekorni qaranglar!.. Kani, orangizda mard bormi? Kim falon kuni so‘yilgan tuyaning qornini olib kelib, uning ustiga yopa oladi? — dedi kimdir.
Ehtimol, bu so‘zlarni Amr ibn Hishom aytgandir. Nima bo‘lganda ham badbaxt va gumroh bittasi o‘rnidan sapchib turib, darrov tuyaning eshini olib keldi. Bu odam Rasulullohning qo‘shnilari Uqba ibn Abu Muoyt edi. Shu onda Rasuli Muhtaram (s.a.v.) sajda holatida edilar. Uqba eshni olib kelib, u zotning ustlariga tashladi.
Shunday bir qahqaha ko‘tarildiki, Masjidi Haramning devorlari larzaga keldi. «Biz g‘olib bo‘ldik», deganlari edi bu.
Rasululloh (s.a.v.) sajda holatida uzoq qoldilar, biron kishining kelib qorinni ustlaridan olib tashlashini kutdilar. Ammo hech kim jur’at etib kelib, u kishini bu holatdan qutqaza olmadi.
Musulmonlardan biri chopib Nabiyi Akramning (s.a.v) uylariga bordi va yuz bergan voqeani bayon qildi. Kichkina Fotima buni eshitgan zahoti Masjidi Haram tomonga yugurdi. Otasining qoshiga yetib kelganida qorin hamon u kishining ustlarida edi. Liboslari iflos
bo‘lib, batamom rasvosi chiqibdi. Mushriklar qahqaha otib kulishar, birbirlari bilan hazillashib, Rasulullohni mazax qilishar edi. Fotima ularni qarg‘ayqarg‘ay qorinni olib tashladi. Rasululloh (s.a.v.) o‘rinlaridan turdilar. Qabihona zavqshavq bilan tomosha qilayotgan badbaxtlarga tikildilar. So‘ngra Ka’baga o‘girilib, qo‘llarini ko‘tardilar:
— Ollohim, qurayshlarni senga havola etaman. Ollohim, qurayshlarni senga xavola etaman. Ollohim, qurayshlarni senga havola etaman. Ollohim, Abu Jahl Amr ibn Hishomni, Utba ibn Robiani, Shayba ibn Robiani, Valid ibn Utbani, Umayya ibn Xalafni, Uqba ibn Abu Muoytni, Umora ibn Validni senga havola etaman! — dedilar.
Kahqahalar birdan tindi. Yoniq bir yurakdan yuksalgan bu duoning qaerlargacha yetib borishini bu gumrohlar ham savhi tabiiy ila sezdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:08:42
Rasulullohning dillari og‘ritilgan, zulm etilgan va haqorat qilingan edilar. Shunday ahvolda u zotning muborak va munavvar qalblaridan otilib chiqqan mazkur duoibad Dargohi Izzatga yuksalib, orqaga kuruk qaytarilishi mumkinmidi?! Buyuk Ollohning huzurida u kishining tilagi qabul etilmasa, kimniki qabul etiladi? Qolaversa, Olloh taolo zulm ko‘rgan kishining, agarki u kofir bo‘lsa ham, duosini qaytarmaydigan Zotdir. Holbuki, mushriklar bezovta qilishga uringan bu qalb egasi Robbul Olamin uchun butun koinotdan ham qimmatliroqdir. Ancha yillar oldin Jabroil va Mikoil singari ikki ulug‘ farishta yuborilib, bu qalb sohibi ilohiy bir amaliyot sari yo‘naltirilgan edi. Sarvari Koinot bo‘lib yetishishi uchun maxsus tarzda tarbiya etilgan, hozirlangan edi. Bu qalbga buyuk Olloh o‘ziga noma’qul bironta ham tushunchani, histuyg‘uni singdirmagan. Ollohning olamlarga bo‘lgan rahmati ushbu Qalbdan taralar edi. Shunday ekan, bu duo orqaga kuruk Qaytarilishi ham mumkin emasdi. Chunonchi, «Albatta, Ollohga va Uning payg‘ambariga ozor beradigan kimsalarni Olloh dunyoda ham, oxiratda ham la’natlagandir va ular uchun xor kiluvchi azobni tayyorlab qo‘ygandir» (Ahzob surasi, 57.)
 Hukmi qabohatga berilgan mana shu kimsalarning bo‘yniga abadiy osib qo‘yilgan edi. Rasulini har qanday qadr-qimmatdan xam ustun qo‘yadigan Mavloning o‘zgarmas va uzilkesil hukmi edi bu.
Nabiyi Akram (s.a.v.) darhol u yerdan uzoqlashdilar. Vahiyning ilk kunlaridayoq Mavloning «Libosingni pok tut!» deb bergan amrini bajarishga shoshildilar.
Qachonki bir mo‘min bandaning oyog‘iga tikan kirsa, bitta gunohidan forig‘ etilar ekan, bu hodisadan so‘ng Rasululloh (s.a.v.) qay darajada e’zozlanishlari va yuksaklarga ko‘tarilishlarini tasavvur etish unchalik qiyin bo‘lmasa kerak.
Har kuni bironbir yaramas qiliq ko‘rsatib, payg‘ambarimizning (s.a.v.) qalblariga ozor yetkazishga urinadigan yoki boshqalarni shunga tashviq etadigan Maxzum qabilasidan bo‘lmish Amr ibn Hishom shu tariqa abadulabad la’natlanishga loyiq laqab oldi: Abu Jahl... Bu so‘zning ma’nosi o‘ta darajada axloqi buzuq, beodob degani edi. Odobsizlik, axloqsizlikning asl o‘zak mevasi bo‘lgan «badbaxt» ma’nosiga ham to‘g‘ri kelar edi. Bu davrning nomi «johiliya davri» edi. Abu Jahl esa, ushbu davrning eng mukammal vakili, tom ma’noda o‘ta darajada orsiz, johil, nodon va badbaxt bir odami edi. U bundan keyin ham o‘zining ushbu laqabga har jihatdan loyiq ekanini ko‘rsatdi. Rasululloh (s.a.v.) unga «Abu Jahl» deb laqab qo‘yganlarida naqadar haqli bo‘lganlarini u o‘zining fe’li bilan isbotladi.
Bundan oldin, namoz o‘qiyotganlarida Abu Jahl u kishini bezovta qilmokchi bo‘lganida, uning qarshisida olovdan bir jarlikni paydo qilgan va uni qo‘rquvga solgan Buyuk Olloh nima uchun bu chirkin xattiharakatning oldini olmadi — bunisi faqat Uning O’zigagina ayondir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:09:00
* * *
Yana bir kun Rasululloh (s.a.v.) Ka’baning soyasida o‘tirgan choqlarida yonlariga dinga kirgani uchun yonib turgan gulxan ustiga yotqizilgan Xabbob ibn Aratt yaqin keldi. Ummu Anmor bergan bu azobdan holi juda parishon edi. Bir necha kishining davrasida o‘tirgan Rasulullohning ro‘baro‘lariga o‘tdi. Kimdir:
— Yo Nabiyalloh, biz uchun yordam so‘rab duo qilmaysizmi? — dedi.
Rasululloh dedilar:
— Sizlardan avvalgilarni chuqur qazib ichiga tushirar, so‘ngra arra bilan uni tiriklayin ikkiga bo‘lib tashlar edilar, shunday qiynoqlar ham uni dindan qaytara olmasdi. Temir taroq olib, suyaklarigacha botirib tarashlashardi, ammo, uni dinidan voz kechira olishmasdi. Qasam ichamanki, Olloh taoloning o‘zi bu ishlarning yakunini xayrli qiladi. Inshoolloh, shunday kun keladiki, agar bir yo‘lovchi San’odan chiqib Xadramutgacha bormoqchi bo‘lsa, butun safar davomida faqat Ollohdan va qo‘ylariga hujum qilishi mumkin bo‘lgan bo‘rilardangina qo‘rqadi. Ammo sizlar bir oz shoshqaloqlik qilyansizlar, azizlarim, — dedilar.
— Yo Nabiyalloh, bo‘lmasa, o‘zimizga o‘lim tilab yotaverarkanmizda?.. Zamona zo‘rniki, deb Ummu Anmorga o‘xshaganlar, Xabbobga o‘xshaganlarni shunday ko‘yga solsa ham, indamay ketaveraylikmi?
— Yo‘q!.. — dedilar Rasululloh qat’iy ohangda.
 — Ayanchli ahvolga tushib qolyapmiz, axir. Sabrtoqatimiz tugayapti.
 — Birontangiz ham boshingizga musibat tushsa, o‘zingizga o‘limni tilamang. Agar shunday bir ahvolga tushib qolsalaringiz, juda bo‘lmasa: «Ollohim, hayotda qolish men uchun xayrli bo‘lgan muddat davomida o‘zing panohingda asra, o‘lish men uchun xayrliroq bo‘lgan damda o‘ldirsang ham roziman», denglar.
Xabbob va uning yaqin birodarlari bu hadisi sharifni o‘zlariga tamoyil qilib oldilar. Sabrlarining so‘nggi darajasigacha chidashga, bardoshlari so‘nggi nuqtaga yetgandan keyin ham sabrtoqat etishga, ammo aslo o‘limni tanlamaslikka qaror qildilar.
Toqqa chiqib borayotgan odam bir cho‘qqiga tirmashib yuqoriga intilar ekan, «Mana shunisi so‘nggisi bo‘lsa kerak», deb o‘ylaydi. Bu cho‘qqini zabt etib, ikkinchisiga duch kelganida, yana ayni fikr o‘tadi xayolidan. Ammo uni oshib o‘tish uchun ham o‘zida kuch topadi. So‘ngra uchinchi cho‘qqi keladi va hokazo...
Haqiqatga erishish mashaqqati ham shunga o‘xshaydi. Buni bilganlar oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘yadilar. Xabbob va uning do‘stlariga ham ushbu yo‘l ko‘rsatilgan edi. Ya’ni, bu aziyatlarning orqasida hali yana battar azoblar ham borligini va ular hali oxirgi emasligini o‘ylab sabr etish kerakligi yodga solingan edi. Ammo bu azobuqubatlar vaqtisoati kelib nihoyasiga yetishi, to‘kilgan terlar, chekilgan mehnatlardan so‘ng osoyishta va huzurhalovatli kunlar kelishi ham muqarrar edi.
Tishlar yana g‘ijirladi, bilaklar yana kuch-quvvatga to‘ldi. Har qanday zulmga nisbatan: «Bundan ham dahshatliroq bo‘lishi mumkin edi», degan tushuncha ostiga va: «Hali Olloh meni bu tortgan jabru sitamlarim uchun albatta munosib tarzda mukofotlaydi», degan ishonch bilan ko‘kraklar kerildi.
Binobarin, oradan ko‘p yillar o‘tib, Xabbobning xayoliga ham kelmagan saodatli damlar boshlanganida, zulm uchun emas, balki shifo uchun, ya’ni og‘ir kasalini davolatish uchun qornini yetti marta kuydirganlarida Xabbob sabrtoqatning ajoyib namunasini yana bir bor namoyish etdi va Rasulullohga bo‘lgan sadoqatini quyidagi jumlalarda ifoda qildi: «Agar Rasululloh (s.a.v.) o‘shanda o‘limni tanlashni taqiqlamaganlarida, albatta, u zulmlarga dosh berolmay o‘limni afzal ko‘rgan bo‘lardim...»
...Nihoyat Ummu Anmor Xabbobga ortiq zulm qilishning befoyda ekanligiga ko‘zi yetdi va xohlagan dinida qolishiga rozi bo‘lib, uni qo‘yib yubordi.
Xabbob tushirilgan Qur’on oyatlarini zo‘r ixlos bilan yod olar, boshqa mo‘‘minlarga ham o‘rgatishni o‘zining muqaddas burchi deb hisoblar edi. Shu jihatdan u ilk Qur’on o‘rgatuvchilar qatoridan o‘rin oldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:09:28
* * *
Nabiyi Akram (s.a.v.) xonadonlarida yana bir baxtiyor oila kurildi. Kunlardan bir kuni Rasululloh (s.a.v.):
— Jainati ayol bilan turmush qurishni istagan mard bo‘lsa, Ummu Aymanga uylansin,— deb marhamat qildilar.
Ummu Aymanni onalaridek yaxshi ko‘rardilar. Kichik yoshdan boshlab undan ko‘pgina yaxshiliklar ko‘rgan, onasiz qolgan kunlarning Al-Amini uning quchog‘ida unutgan edilar.
Bu ishga ikkinchi bir yaxshi ko‘rganlari, asrandi farzandlari Zayd xohish bildirdi.
¾ Men unga uylanaman, yo Rasululloh.
Bu iaytlarda u yigirma yoshli qirchillama yigit bo‘lgan edi.
Shunday qilib, Zayd bilan Ummu Ayman Faxrul mursalin (s.a.v.) tomonidan o‘qilgan nikohdan so‘ng erxotin bo‘ldilar. Bu paytda O’mmu Ayman ellik yoshlardan oshgan edi.
Har ikkalasi ham Rasululloh (s.a.v.) yaqin kishilari edilar.
Rasulullohning ikki balog‘atga yetgan qizlari — Ruqayya bilan Ummu Gulsum Abu Lahabning ikki o‘g‘li tomonidan rad etilgan edilar. Yana ham to‘g‘rirog‘i — Buyuk Olloh payg‘ambarining ikki suyukli qizini do‘zaxilar oilasiga kelin bo‘lishdan xalos etgan edi. Ruqayyyani ilk musulmonlardan bo‘lgan Usmon ibn Affonga nikohlab berdilar. Shu yo‘sinda Usmon musulmonlik bilan birga, Rasulullohning (s.a.v.) kuyovi bo‘lishdek, xayoliga ham keltirmagan sharafga muyassar bo‘ldi. Shu jihatdan unga «ZinNur» (Nur sohibi) laqabi juda ham yarashib tushdi. Uni shunday atay boshladilar.
Payg‘ambarimiz oldinroq qizlari Zaynabni xolalarining o‘g‘li Abul Osga bergan edilar. Abul Os hazrati Xadichaning singlisining jigarbandi edi. Musulmonlikka kirmagan edi. Ammo Zaynabga nisbatan doimo xurmatda bo‘ldi, aslo dilini og‘ritmadi.
Hazrati Xadicha to‘y xotirasi sifatida qiziga anchamuncha sovg‘asalom, sarpolar jo‘natgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:09:56
«ESKILARDAN QOLGAN BIR AFSONA»

Mo‘minlarga qarshi jabru sitamlar bilan bir qatorda istehzoyu kinoyalar ham keng o‘rin ola boshladi. Imon keltirganlarning asosiy ko‘pchiligi zaif, faqir va qullar tabaqasiga mansub kishilar bo‘lgani bois, duch kelgan joyda mazax qilishar, alohida bir kinoya va kesatiqqa mavzu bo‘lar edilar.
Imon keltirganlarning jannatga, gumrohlarning esa, jahannamga doxil bo‘lishlari haqidagi hukm ularni, ayniqsa, ajablantirdi. Qanaqasiga qullar jannatga kirar emishu, ularning xo‘jayinlari bo‘lmish bu aslzodalar jahannamda shatirshutir yonarmish... Bu hukm quruq safsatadek tuyulardi kofirlarga. Ularning fikricha, bunaqa bo‘lishiga aql bovar qilmas emish...
Dorunnadvada yig‘ilgan majlis ahllari ushbu mavzudan gap boshladi:
Muhammadga ishonganlar oxiratda rohatfarog‘atda bo‘larmish. Bilol, Ammor, Yosir kabilar jannatga kirishi muqarrarmish.
Uqba ibn Abu Muoyt gapga aralashdi: Muhtaram amakiga ham ikki taklifnoma chiqarildi, xabarlaring bormi?
—  Qanaqa taklifnoma ekan u?
— Jahannamga — olovlar ichida kabob bo‘lishga chaqirishyapti. Abu Lahabni u yerda sixga tortib, kabob qilar emishlar. — So‘ngra Abu Sufyonga o‘girildi:
— Qara, Abu Sufyon, qanday vafodor pochchang bora? Jahannamga ham xotinisiz ketmas emish bu odam.
Abu Sufyon lablarini burishtirdi:
— Ey aziz birodarlar, axir jannat ham, jahannam ham shunchaki bir afsonaku.
­— Nimalar deyapsan? Hech ham afsona emasda, qolaversa, Ummu Jamilning bo‘yniga arqon ham osilgan bo‘larmish.
Abu Jahl ilib ketdi:
— Abu Lahab g‘irt to‘ng‘iz ekan, bilmay yurganakanmiz. U yerda ham ozmiko‘pmi daromad keltiradigan bir ish topgan emish, xotiniga o‘tin tashitib, ro‘zg‘orini butlar emish, — dedi va ko‘z qirini Abu Lahabga tashlab davom etdi: — Bizning jiyanimiz ham payg‘ambar bo‘lga
nida, biz ham bir gulxanga tashlanarmidik. Afsuski, bizga tole yor bo‘lmadida.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:10:27
Abu Lahab ortiq chiday olmadi:
— Tolsimizning baland bo‘lgani qaergacha bordi? Ko‘rib turganingizdek, jiyanimiz bizni olovga tashlamoqchi. — Shundan keyin kulimsirab davom etdi: — Bizga hamroh bo‘ladigan mard bordir ichlaringda? Bizni u yerda sog‘intirib qo‘ysalaring, insofdan bo‘ladimi? Sizlarsiz biz nima qilamiz jahannamda?..
— Sen menga ham yoningdan joy ajratib qo‘y. Bu ketishda u yokda boshpanasiz qolishimiz ham hech gap emas.
Uqba yana ilib ketdi:
— Menga qara, hoy Amr, yangi ismingni bilasanmi o‘zing?
— Yo‘g‘a, hech narsadan xabarim yo‘q.
— Sening yangi oting «Abu Jahl» bo‘lgan. Ha, ha, «Abu Jahl».
Nodir ibn Horis qahqaha otib kulib yubordi:
— Ota-onangga qirq yil yolvorsang ham, senga bunday laqab berishni xayollariga keltira olmasdilar. Ha ha ha...
Abu Sufyon uning so‘zini kesdi:
— Azizlar, qo‘yinglar endi 6u hazillarni. Bo‘ladigan gaplardan gaplashaylik.
— Bu din haqida «bo‘ladigan gaplar»ning o‘zi shuda,— dedi Abu Jahl. — To‘g‘ri, durust, xayrli bir din
bo‘lsa, bu qullar bizdan oldin harakatga tusharmidilar? Demak, endi Xabbob jannatga kiradi. Mozorda allaqachon o‘ligi chirib bo‘lgan Yosir bilan Sumayya jannatga kirarmishda, o‘shanday qullardan qirqtasini sotib olishga qurbi yetadigan Uqba jahannamga kirarmish. «Payg‘ambar»ning muhtaram amakisi olovlar ichida jizg‘anak bo‘larmish... Io‘q, bunaqasi ketmaydi!.. — So‘ngra atrofdagilarni birbir ko‘zdan kechirdida: — Balki oranglarda uni qabul etganlar bordir? — deb so‘radi. Hech kimdan sado chiqmadi.
— Xo‘sh, uning g‘aroyib kalomiga nima deysan, Abul Hakim?
— Nima derdim, ey Uqba, nodonlarning savolini beryapsan. Hammasi eskilardan qolgan bir afsonada.
Nodir ibn Horis qo‘shimcha qildi:
— Men sizlarga undan ham qiziqroq afsonalarni aytib berishim mumkin.
Ayni shu damda Jabroili Amin galdagi vahiyni keltirib, Rasulullohning (s.a.v.) qalblariga singdirilayotgan edi: «Kofir bo‘lgan kimsalar imon keltirgan zotlar haqida: «Agar (bu Qur’on) yaxshi bo‘lganida (anavi yalangoyoqlar) unga bizlardan ilgari bormagan bo‘lur edilar», dedilar. Ular o‘zlari u (Qur’on) bilan hidoyat topishmagach: «Bu eski uydirmadir», dedilar. U (Qur’on)dan ilgari Musoning peshvo va rahmati bo‘lgan Kitobi (Tavrot) bor edi. Bu (Qur’on) arabiy lisondagi (o‘zidan avval nozil bo‘lgan barcha ilohiy Kitoblarni) tasdiqlaguvchi bir Kitobdir. U zolimkofir bo‘lgan kimsalarni (oxirat azobidan) ogohlantirish uchun va chiroyli amal qilguvchilarga (jannat haqida) xushxabar bo‘lish uchun (nozil qilingandir). Albatta, «Parvardigorimiz Ollohdir» degan, so‘ngra (To‘g‘ri yo‘lda) ustuvor bo‘lgan zotlar uchun xavfu xatar yo‘qdir va ular g‘amgin bo‘lmaslar. Ana o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda mangu qolurlar. (Bu) ular qilib o‘tgan amallarining mukofotidir ». (Ahqof surasi, 11-14.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:10:54
HOJILARGA NIMA DEYMIZ?

Haj mavsumi yaqin qoldi. Bu paytda har tomondan haj ziyoratini ado etish uchun ko‘plab insonlar Makkaga oqib keladi.
Qo‘yib bersa, Muhammad ibn Abdulloh (s.a.v.) ularni ham o‘z diniga da’vat qilishi turgan gap. Buning oldini olish har narsadan ham zarur. Beparvo bo‘lish — keyin pushaymon qildiradigan bir qator voqealar oqimiga hozirdanoq taslim bo‘lish demak edi. Bugungi kungacha qurayshlarning orasida martabasi ulug‘, so‘zi o‘tadigan ko‘pgina kishilarning obro‘yi bir pul bo‘lishi mumkin edi.
Bu muammoni atroflicha muxokama etish va bir qarorga kelish uchun mushriklarning ulug‘lari Dorunnadvada yig‘ilib, mashvarat o‘tkazdi.
To‘rda Valid o‘tiribdi. Uning ikki yonidan Abu Jahl va Nodir o‘rin olishdi. Abu Sufyon, Abu Lahab, Ukba, Munabbih, Nabix, Umar, mashhur polvon Rukona, Os, Umayya, ukasi Ubayy, Asvad, Utba, Abdulloh ibn Abu Umayya, Shayba, Abu Uxayha... kabi qavmlarining oqsoqollari majlisdagi joylarini egalladilar. Hoshimiylardan birortasi bu majlisga chaqirilmadi. Garchi Abu Lahab hoshimiylardan bo‘lsa ham, uning e’tiqodi va dunyoqarashi bu yerdagilarga kundek ravshan edi.
Majlisni Valid ibn Mug‘iyra ochdi.
Haj mavsumining yaqinlashgani va Muhammad ibn Abdullohga qarshi boshlanishi kerak bo‘lgan kurash bugungi majlisning bosh masalasi ekanligini ma’lum qilgach, so‘zini shunday davom ettirdi:
— Mukammal bir tashviqot yuritishimiz darkor, bu masalada bir yoqadan bosh chiqarmasak, mag‘lubiyatga uchrashimiz muqarrardir. Har kim o‘zboshimchalik qilib, bi
rimiz ikkinchimizning so‘zimizni tinglamasak, musofirlar bizdan shubhalanadilar. Endi har kim o‘z fikrini bildirsin. Muxammadni kim deb, qanaqa qilib tanishtirishimiz ma’qulroq bo‘ladi? Uni shunday tasvirlaylikki, kelgan hojilar undan o‘zlarini olib qochsinlar.
— Qulog‘imiz senda, ey Abdushshams!..
— Qaysi yo‘ldan yurishni ma’qul desang, hammamiz shunga rozi bo‘lamiz.
— Men oldin sizlarning fikringizni bilmoqchiman. O’z fikrimni hammangizdan keyin aytaman. Balki menikidan ham ko‘ra ma’qulroq fikr chiqib qolar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:11:20
— Haqlisan, ey Valid. Birinchi taklif bildirildi:
— Uni yolg‘onchi deb tanitaylik. Valid boshini chayqadi.
— Oramizda qirq yildan beri yashab kelayotgan bu odamning biron marta bo‘lsa ham yolg‘on gapirganini eshitgan kishi bormi? Bu so‘zga hech kim ishonmaydi, hatto o‘zimiz ham.
— Telba desak, qanday bo‘larkan?
— Qanaqasiga jinni bo‘lsin? Hech telbalarni ko‘rmaganmisizlar o‘zi? Muhammadning gapso‘zi, xatti-harakati telbalarnikiga o‘xshaydimi? Telbalarda kuzatiladigan chiranish, depsinish, vasvasalar, tutruqsiz gapso‘z va harakatlar bormi unda? Biz shunday chora topishimiz kerakki, unga nafaqat begonalar, balki o‘zimiz ham ishonaylik.
— Folbin deylik, mana shu narsa unga yarashadi.
—  Biz bugungacha ko‘pgina folbinlarni ko‘rdik, ularning bema’ni gaplarini eshitdik. Ammo uning so‘zlari bilan folbinlik orasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Qolaversa, Muhammadni ko‘pdan beri taniysizlar, uning hech folbinlarga ishi tushganini ko‘rganmisizlar?
 — Eng to‘g‘risi — uni shoir deb tanitaylik, — dedi yana biri.
 — Azizim, biz she’rni his etmaydigan, she’r o‘qimaydigan odamlar bo‘lsak ham, boshqa gap edi. She’rning hamma turini bilamiz. Qasam ichamanki, bu o‘tirganlar ichida sheriyatni mendan yaxshirok biladigan kishi yo‘q. Ammo uning kalomi shs’r emas. Bunday desak, bizga hech kim ishonmaydi.
— Jodugar deylik bo‘lmasa.
— Hechamda. Uning joduga aloqador ishi yo‘q. Kuf-suf qilmasa, ichida bir nimalarni bidirlamasa, qanaqasiga jodugar bo‘lsin?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:11:43
Valid takliflarni shu tariqa rad etdi. Biron kimsa: «Axir, haqiqatni ko‘rabilaturib inkor etishdan nima foyda?» deyolmas edi.
—U holda endi gap yana o‘zingda qoldi, ey Abdushshams. Bizning hamma takliflarimizni rad etding. Sen nima deb o‘ylaysan. Nima deyishimizni istaysan, qani,
gapir.
Valid boshi egik xolda birmuncha jim bo‘lib qoldi. Qaysi tomonga yursa xam, oxiri berk ko‘chaga borib taqalishi ayon edi. Yo tuhmat qilish, yo mag‘lubiyatga rozi bo‘lish kerak. Uchinchi yo‘l ham bor edi: Olloh Rasulining bayrog‘i ostiga to‘planish, abadiy saodat tojini kiyish. Ammo...
Boshlar egilgan, miyalar g‘uvillar edi. Validning basharasi dambadam bujmaya boshladi. Ishontirsa bo‘ladigan chora topishga urinardi u. Lekin nimani o‘ylasa, baribir to‘g‘ri keltira olmasdi. Nihoyat, boshini ko‘tardi.
— Xudo haqqi, uning so‘zlarida o‘zgacha bir joziba, o‘zgacha bir soflik va ta’sirchanlik bor. Mevasi sarxil bir daraxt go‘yoki... Xudo haqqi, unga qarshi aytiladigan har qanday gap bema’ni bo‘lib chiqishi aniqdir.
Biron kimsadan sado chiqmasdi. Abu Jahl ham o‘yga toldi: «Bo‘lmasa, hoy qariya, sen bizni aylanibo‘rgilib mag‘lubiyat sari yetaklamokchimisan?!» deyishdan o‘zini zo‘rg‘a tiydi.
Sukunat uzoq davom etmadi. Abu Jahl endi so‘z boshlay deb turganida, yana Valid gaiirib ketdi:
— Eng yaxshisi — uni sehrgar deymiz. Axir, u begunoh odamlarni dinidan qaytarmoqda, otasidan, xotinidan, ukasidan, qabilasidan ko‘nglini sovutmoqda.
Nihoyat masala hal bo‘ldi. Maqsadlari Muhammad alayhissalomga bir laqab berish, hamma joyda uni shu laqab bilan atash edi, shunga erishdilar. Endi Rasulullohni (s.a.v.) hojilarga sehrgar deb tanishtirishga, «Zinhor unga yaqinlashmanglar, aks holda, keyin hech ham o‘zlaringga kelolmaysizlar», deb tuhmat qilishga kelishib oldilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:12:22
JAHANNAMNI QO’RIQLAYDIGAN O’N TO’QQIZ MALAK

Rasululloh (s.a.v.) bu bo‘lib o‘tgan majlis haqida boshqa tarafdan xabardor qilindilar. Hamma narsani ko‘ribbilib turadigan Buyuk Olloh vahiy farishtasini jo‘natib, Dorunnadvada to‘plangan ittifoqchilarga aloqador ushbu oyatlarni tushirdi: «Chunki qachon (qiyomat qoyim bo‘lgani haqida xabar berib) burg‘u chalinganida, ana o‘sha kun qiyin kundir! Kofirlarga oson bo‘lmagan (kundir)! Men so‘qqabosh holida yaratgan kimsani o‘zimga qo‘yib bering! Men unga kengmo‘l moldavlat va hoziru nozir o‘g‘illarni (ato) qildim. Yana unga (hayotning barcha ne’matlarini) qulayoson qilib qo‘ydim. So‘ngra u yana ziyoda qilishimni tama qilur. Yo‘q (uning tamasi behudadir)! Chunki u bizning oyatlarimizga qarshilik qiluvchidir. Yaqinda Men uni bir xarsangtoshga duchor qilaman. Chunki u (Qur’onni eshitgach, bu ilohiy Kitobga qanday tuhmat qilish to‘g‘risida) o‘yladi, reja tuzdi. Halok qilingur, qanday reja tuzdiya?! Yana halok qilingur, qanday reja tuzdiya?! So‘ngra u (o‘ylagan rejalariga) qaradi. So‘ngra (Qur’ondan biron ayb topa olmagach, peshonasini) tirishtirdi va (aftini) burishtirdi. So‘ngra (Hakdan) yuz o‘girdi va kibrhavo qildi. Bas, u: «Bu (Qur’on Ollohning so‘zi emas, balki) faqat (avvalgilardan) naql qilinayotgan bir sehrdir. Bu faqat basharning so‘zidir», dedi. Yaqinda men uni Saqarga (jahannamga) kiritajakman. Saqarning nima ekanligini siz qaerdan ham bilar edingiz. U (biron kofirni) qoldirmasqo‘ymas (U besh yuz yillik masofadan) insonlarga yaqqol ko‘rinib turguvchidir. Uning ustida (o‘n to‘qqiz farishta qo‘riqchilik — egalik qilur). (Muddassir surasi, 8 — 30.)
Qavmi orasida bitta deb hisoblanadigan, tengi va timsoli yo‘q ulug‘ zot sifatida tanilgan Valid uchun beqiyos bir tahdid, ulkan bir azob xabari edi bu. Mazkur oyatlarni mo‘minlar birbirlariga o‘qib berdilar. Xotini musulmon bo‘lganlarku uylarida ham bu oyatlarni takrorladilar. Nihoyat, bir kuni bu oyatlar mushriklarning ham quloqlariga yetib bordi.
— Bu dinning safsata ekanligi mana endi aniq bo‘ldi, — dedi Uqba. — Shuhrati Shomdan Yamanga qadar tarqalgan Validdek bir odam jahannamga tusharmishu, qayokdagi yalangoyoqlar jannatga kiritilarmish... Men bunga qoyil emasman.
— Xo‘sh, unda «o‘n to‘qqizta» degan raqamga nima deysiz? Muhammad uqtirgan jahannamda o‘n to‘qqizta azob farishtasi bor emish.
— U holda do‘zax unchalik katta joy emas ekanda.
Abu Jahl birovning so‘zini eshitadigan holatda emas edi.
— Agar o‘rtaga chiqib jar solsam, unday o‘n to‘qqizlardan qanchaqanchasini atrofimga to‘playman. Qarang, Ibn Abu Kabsha sizlarni o‘n to‘qqiz kishi bilan qo‘rqitmoqchi. Sizlar esa, ulkan bir jamoasiz. O’ntao‘nta bo‘lib birlashganda ham bir kishiga bas kelolmaysizlarmi?
Abu Asvad Jumohiy qahqaha otdi:
— Tashvishlanmanglar, men o‘ng yelkamga o‘ntasini, chap yelkamga qolgan to‘qqiztasini olib avrab turaman, sizlar sollanasollana jannatga kirib olasizlar.
Suhbat ana shunday hajv ohangida davom etar ekan, Validning ko‘ngli hech tinchlanmas edi. Yurakyuragidan chiqayotgan bir nido uning butun vujudini titratar, «Sen Muhammadning behuda, yolg‘on gapirganini hech eshitganmisan? Vaqtisoating yaqin endi, tayyorgarligingni ko‘raver, ey Valid!» deya hayqirar edi.
— Nimalarni o‘ylab qolding, amaki? Valid duduqlanib:
— O’zim... shunday... hech nima, — dedi.
— Juda o‘ychan bo‘lib qolding, ochig‘ini gapiraver.
— Shu, Muhammadning so‘nggi kalomi borku... Abu Jahl kuldi:
— Qo‘ye, amaki, dunyoga kuruq safsataning ustida bosh qotirishga kelibmizmi biz?!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:13:05
* * *
Mushriklarga yangi mavzu topilgan edi. Duch kelgan joyda musulmonlarni mazax qila boshlashdi.
— O’n to‘qqiz kishi bor emisha? Har birini jaxannamning bir burchagiga bog‘lab chiqamiz. So‘ngra u yerda ham hokimiyat bizniki bo‘ladi...
Kuch ishlatishga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, pahlavon Rukona o‘zini ko‘rsata boshlardi. Duch kelgan musulmonni turtibsurib:
— Nima gaplar bor sizlarning o‘n to‘qqiz farishtangiz tomonlarda? Xudo haqqi, hammasining adabini, mana, o‘zim beraman! — der, so‘ngra karshisidagi musulmon bilan yengil sinov namoyishiga kirishar edi.
Hamma yerda o‘n to‘qqiz farishtaning jahannamdan vazifa olishi haqidagi gap!
Shu asnoda Rasulullohning (s.a.v.) qalblari ushbu mavzuni yoritib beradigan oyatlar bilan yo‘g‘rildi:
«...va biz faqat kofir bo‘lgan kimsalarni sinash uchun u (farishta)larning sanog‘ini (o‘n to‘qqizta) qildik. Toki kitob berilgan kimsalar (ya’ni, yaxudiy va nasroniylar o‘zlarining ilohiy kitoblari bo‘lmish Tavrot va Injilda ham do‘zax qo‘riqchilari bo‘lgan farishtalarning sanog‘i o‘n to‘qqizta ekanligi aytilganini ko‘rib, Qur’onning Olloh tomonidan nozil qilingan Haq Kitob ekanligini) aniq bilgaylar va imon keltirgan zotlarning imoni yanada ziyoda bo‘lgay va Kitob berilgan kimsalar ham, mo‘minlar ham (do‘zax qo‘riqchilarining
sanog‘i to‘g‘risida) shakshubha qilmaydilar. Va toki dillarida maraz bo‘lgan kimsalar va kofirlar: «Buni misol qilish bilan Olloh nima demoqchi?» degaylar. Olloh o‘zi xohlagan kimsalarni mana shunday yo‘ldan ozdirib qo‘yur va O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Parvardigoringizning qo‘shinlarini (ya’ni, farishtalarning qancha adadi va qanday sifatda ekanliklarini) yolg‘iz Uning O’zigina bilur. U (ushbu oyatlarda ta’riflangan jahannam) faqat insonlar uchun eslatmadir». (Muddassir surasi, 31.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:13:29
O’LIMDAN KEYINGA DOIR

Jannat va jahannam dunyo hayoti tugagandan so‘ng boshlanadigan abadiy hayot bilan bog‘liq manzillardir. Holbuki, arablarning ba’zilari o‘lgandan so‘ng qayta tirilishiga ishonsa ham, ko‘plari hamma narsa faqat 6u dunyodagi hayotdan iborat, deb ishonar edi.
Abu Jahl Payg‘ambarga (a.s.) tushirilgan so‘nggi oyatlar ta’sirida larzaga kelgan Valid ibn Mug‘iyraga tasalli berar ekan, bo‘lmaydigan kuruk safsatadan iborat u dunyo uchun qayg‘urish bema’nilikdir, deb uqtirmoqchi bo‘lardi.
Nag‘sadar bexuda, asossiz gap... Inson o‘ladi, tuproq ostida chiriydi, yuzlarcha, minglarcha insonlarning o‘lik vujudi, chirigan suyaklari tuproqning ostida birbiriga qo‘shilibaralashib ketadi. Shamollar ularni har tomonga uchirib ketadi, oqar suvlar bu tuproqlarni qaerlargadir oqizib ketadi, dengiz to‘lqinlari esa, dengizlarga cho‘kib o‘lganlarning jasadini har tomonga sochib yuboradi; baliqlarga, yirtqich hayvonlarga yem bo‘lganlar, yong‘inlarda jon berib kullari ko‘kka sovurilganlar, quruq cho‘llarning qumlari orasida yo‘q bo‘lib ketganlar...
Demak, ular bir kun kelib qayta tirilar ekanda... Ertaklar ham bunchalik uydirma bo‘lmas! Bundan minglarcha yil oldin yashaganlar, minglarcha yil keyin yashaydiganlar... ha, ha, ularning hammasi kayta va yangi hayotga qovushadilar emish.
Bu tuproqlar yana go‘sht va suyak bo‘ladi, ularga yana qayta jon baxsh etiladi va u behisob insonlar hisobkitob qilinadi, ajrmukofot oladi yoki azobga uchratiladi... Bo‘lishi mumkinmi shunaqasi?..
Ollohning cheksiz qudratiga ishonmagan inson qiyomatda sodir bo‘ladigan hodisalarga qaydan ham ishonardi? Ikkita tuya so‘yilib, suyaklari birbiriga aralashtirilsa, eng aqli raso inson ham bu suyaklarni ajrata olmaydi. Holbuki, yer yuzida kattakichik minglarcha tur jonivor bor edi. Ularning har bir navidan nechanecha millyonmilyardlari yashab, o‘lib ketgan. Shu damda oyoqlari ostidagi tuproq, kim biladi, qancha hayvonlar, qancha insonlarning go‘shti va suyaklaridan hosil bo‘lgan ekan?
Kim buni bilib beradi?! Xullas, bunday bo‘lishi aslo mumkin emas!
Darxaqiqat, insonning qo‘lidan bu ish kelmaydi. Inson ongi shu yerga kelganda taqqa to‘xtaydi, bundan ortig‘ini tasavvur ham qila olmaydi. Ikki tuyaning suyaklarini birbiridan ajrata olmagan inson aqli ikki yuz tuya, ikki yuz ot, ikki yuz insonning suyaklarini qanday qilib ham ajratadi?
Dorunnadvada «aql o‘yini» qilayotganlar shunday qarorga keldilar: o‘lgandan keyin qayta tirilish yo‘qdir, chunki bu imkonsizdir, dedilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:13:45
Rasulullohning (s.a.v.) qo‘shnilaridan Odiyy ibn Robia u kishining yonlariga kelib:
— Qani, gapir, sen qiyomat deb atayotgan kuning qachon keladi, qanaqa bo‘ladi, nimalar bo‘ladi? — deb so‘radi.
Payg‘ambar (s.a.v.) tushuntirdilar, u tingladi. Shundan keyin Odiyy bunday dedi:
Yo Muhammad, sening bu gaplaring g‘irt uydirmadir. Sen gapirayotgan narsalarni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rsam ham ishonmayman, tasdiqlamayman. Demak, Olloh bu tarqalib ketgan suyaklarni bir joyga yig‘adi, shundaymi?! Bu aqlga sig‘maydigan narsa, axir...
Rasululloh (s.a.v.) uni tashlab chiqib ketdilar.
— Ollohim, bu nodon qo‘shnilarim Odiyy ibn Robia va Axnas ibn Shariqqa qarshi meni kuchli, sabrli qil, —deya duo o‘qiy boshladilar.
Nabiyi Akram (s.a.v.) qaytib uylariga kelganlarida vahiyning isi u zotning vujudlarini qamrab ola boshladi. Qiyomat surasining ilk oyatlari pokiza qalblariga yozilar edi:
«Men qiyomat kuniga qasam ichurman. Va men malomatgo‘y nafsga qasam ichurmanki, (hech shakshubhasiz, qayta tirilib hisobkitob qilinursizlar)! Inson bizni uning (chirib, tuproqqa aylanib ketgan) suyaklarini hargiz to‘play olmas, deb gumon qilurmi?! Io‘q. Biz uning barmoqlarini (ham) tiklab joyiga keltirishga qodir bo‘lgan Zotdirmiz! Balki inson kelgusi hayotida (ham) fisqfujur (gunoh amallarni) qilmoqni istab: «Qiyomat kuni qachon o‘zi?» deb so‘rar?! Bas, (ko‘rgan dahshatlaridan) ko‘z qamashib, (osmondagi) oy ham tutilgan holda, kuyosh va oy birlashtirilgan vaqtda — ana o‘sha Kunda u inson: «(Bu baloofatlardan) qaerga qochib qutulish mumkin?» deb qolur. Io‘q! (Ey inson, Ollohning g‘azabidan qochib qutuladigan) biron bopshana yo‘kdir! U Kunda yolg‘iz Parvardigoring (hukm qilgan joy)ga qaror topishgina bordir. U Kunda insonga (hayoti dunyodalik chog‘ida) qilib o‘tgan va (o‘zidan keyin) qoldirgan (barcha) narsalarning (ya’ni, yaxshiyomon amallarning) xabari berilur. Balki (u Kunda) inson — garchi o‘z uzrbaxonalarini (o‘rtaga) tashlasakeltirsada — (uning barcha a’zolari) o‘zining ziyoniga guvohlik berguvchidir!» (Qiyomat surasi, 1-15.)
Bu oyatlar mushriklarga o‘qib berilganida, ular bu teran ma’noli, sermazmun kalomni tushunishni, hatto bu haqda bosh qotirishni ham istamadilar. Chunki bu to‘g‘rida qanchalik ko‘p o‘ylasalar, shunchalik ta’sirlanar, aqllari qabul etayotgan haqiqatdan qochib qutulishga joy topolmay qolar edilar.
Eng osoni — mutlaqo e’tibor bermaslik, tinglamaslik, «E, bore», deb qo‘l siltab ketish edi.
Ammo suyaklarning yig‘ilishi u yoqda tursin, barmoq uchlarining ham tasdiq etilishiga nima deysiz? Yuz yillar o‘tib, insonlarning barmoq uchlaridagi aql bovar qilmas sirlar yuzaga chiqqanida, hayratdan barmoqlarini tishlaydigan kunlar kelishi muqarrar. Bir insonning barmog‘i uchlaridagi izlarning boshqa bir insonda bo‘lmasligi... buni insoniyat tarixi davomida har bir inson uchun alohidaalohida tasdiq etgan Buyuk Qudrat, butun olamlarni yo‘kdan bor qilgan Qudrat, albatta, ularni ikkinchi marta qayta yaratishi, qayta xayot berishi muqarrardir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:13:57
Ammo buni tushunishni istamagan kishiga uqtirishdan, ishonmaslikka oldindan qaror qilib qo‘ygan kishini ishontirishdan, yoki bo‘lmasa, ishonmasa ham, «ishondim» deyishga majbur etishdan kimga nima foyda?
Shunisi beshakki, mo‘minlar ushbu haqiqatni tan olganliklari uchun ezilar, haqoratlanar, mazax qilinar edilar. Huzuridan panoh topib, dardini aytib yengil tortadigan, jiddiylik bilan hayot haqiqatlari to‘g‘risida bahs yuritadigan mard kishini topolmay garang edilar.
Imon keltirganlarning ichida boylardan bitta Abu Bakr bor edi, xolos. Bitta Xadicha bor edi. Qolganlar ko‘pi faqir, zaif, kambag‘albechoralar...
Yonatrofda esa, hamma kofir, dushman, insofsiz... Tashqarida quyoshning haroratidan ham baland, yondiribkuydiruvchi, qo‘rqinchli bir muhit hukmron, shunisi kishining yuragini siqar, bezovta qilar edi. «Men mo‘minman» deyish xavfli, olamlarni yaratgan Buyuk Ollohga ibodat qilish taqiqlangan; ustiga qo‘ngan pashshalarni ham qo‘riy olmaydigan butlarni: «Bular bir toshdir», deyish ayb...
Bunday muhitdan bo‘g‘ilgan mo‘minlar huzurhalovatni faqat Nabiyi Akmalning (s.a.v.) mashvaratlarida topar, ruhlarga orom beruvchi, ko‘ngillarni poklovchi suxbatlaridan yengil nafas olar edilar.
O’n to‘rt kunlik to‘lin oy chiqqan bir kecha edi. Rasulullohdan (s.a.v.) Qiyomat surasining: «U kunda mo‘minlarning yuzlari yashnab, Parvardigorlariga boqib turguvchidir» (22 — 23) oyatlarining mazmunini izohlab beringni so‘radilar. Shu ma’noda:
— Yo Nabiyalloh, biz Qiyomatda Robbimizni ko‘ramizmi? dedilar. Faxri Olam (s.a.v.) janoblari ko‘kdagi oyga qaradilar. Osmonda bitta ham bulut parchasi yo‘q edi. Oy xuddi unga qaraganlarning yuzlarini nurlantiradigandek yorqin porlab turardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:14:10
* * *
— Sizlar xuddi shu oyni ko‘rib turganingizdek, Robbingizni ham tiniqravshan ko‘rasizlar, — dedilar va qo‘nshmcha qildilar: Agar quyosh chiqmay turib va botmasdan oldin namoz o‘qishga kuchingiz yetsa, zinhor bunga beparvo bo‘lmangiz.
Habibi Akmalning (s.a.v) namoz masalasida bildirgan fikrlari atroflarini o‘rab olgan mo‘minlarga yangi bir hayajon, yangi bir zavqshavq berdi. Bugun Robbini ko‘rmasa ham, xuddi ko‘rib turganday samimiyat va xoksorlik bilan namoz o‘qiganlar, ertaga uni ko‘rish sharafiga muyassar bo‘ladilar! Bugunning mukofotini ertaga u yerda oladilar!
Ichlari huzurxalovatga to‘liq holda Payg‘ambarimiz (a.s.) bilan xayrlashdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:14:26
VAHIYNING BIR MUDDAT TO’XTAB QOLISHI

Tushayotgan har yangi oyat mo‘minlarga quvvat bag‘ishlar, mushriklarni esa, quturtirgandan quturtirar edi. Risolat kela boshlaganidan buyon salkam besh yil o‘tgan, uning uch yilida yashirin, keyingi ikki yilda ochiq da’vat qilina boshlagan edi. Ammo bu yillar zo‘r mashakqatlar ichida o‘tdi.
Mushriklar mo‘minlarning ovozini o‘chirish, Islom tug‘ilgan kunlaridayoq bo‘g‘ib tashlash uchun butun kuchqudratlarini ishga soldilar, g‘ayratlarini sira ham ayamadilar, har kuni yangi bir razillik, yangi bir zulmni tadbiq etdilar.
Shu kunlargacha teztez kelib turgan Jabroili Amindan uchto‘rt kun ketmaket darak bo‘lmay qoldi. Yana bir necha kun o‘tdi, Jabroil alayhissalom hamon kelmasdilar. Mo‘minlar tashvishga tushib, Rasululloh (s.a.v.) siqila boshladilar.
Jabroili Aminning kelishi Nabiyi Akramning (s.a.v.) yengil tortishlari demak edi. U keldi deguncha, qalblari orom ola boshlar, ko‘zlarida tabassum yashnar, zavqlanar, mushriklarning qilayotgan zulmlari, yetkazayotgan ozorlariga qarshi yanada sabrliroq bo‘lib qolar edilar.
Bu uzilishning uch kun davom etganini naql qiluvchi rivoyatlar ham bor bo‘lsada, Rasulullohning (s.a.v.) shikoyat qilishlariga hamda vahiy kelmay qolganidan mushriklar ham xabardor bo‘lishi darajasiga yetganiga qaraganda, oradan anchamuncha vaqt o‘tgani muqarrardir. Shunga ko‘ra, bu uzilish uch emas, o‘n uch yoki yigirma uch kun davom etgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Chunki o‘sha kunlarda Abu Lahabning xotini Ummu Jamil fursat topdi deguncha Rasulullohga uchrab:
— Mana endi shaytonni ham charchatibsan. Qara, seni tashlab ketdi, — deb baqirgan edi.
Holbuki, bunday bo‘lishi aslo mumkin emas. Olloh taolo Habibi Adibidan bezmas, ko‘ngli qolmas, uni tark etmas. Tark etadigan, bezadigan bandasiga payg‘ambar o‘laroq, Sarvari Anbiyo o‘laroq mas’uliyat yuklarmidi?
Binobarin, o‘sha kuni Nabiyi Akmal (s.a.v.) chehralarida tabassum paydo bo‘ldi. Chunki Jabroili Amin bu safar butun bir sura bilan tushgan edilar.
Mo‘minlar nihoyat yengil tortdilar. Qog‘oz, qalam kel tirildi. Shundan keyin Janobi Payg‘ambarimiz vahiyni donadona qilib o‘qiy boshladilar: «Vazzuha, vallayli iza saja...» «Choshgoh vaqtiga qasam. (O’z zulmati bilan choratrofni) qoplab o‘rab olgan kechaga qasamki, Parvardigoringiz sizni tark etgani ham, yomon ko‘rib qolgani ham yo‘q. Albatta, oxirat siz uchun dunyodan yaxshiroqdir. Yaqinda Parvardigoringiz sizga (shunday ne’matlar) ato eturki, siz (u ilohiy marhamatlardan) rozi bo‘lursiz. Sizni yetim holda topgach, boshpana bermadimi? U Zot sizni gumrohg‘ofil holda topib, (Haq yo‘liga) hidoyat qilib qo‘ydiku! U Zot sizni kambalg‘al holda topib, boy qilib qo‘ydiku! Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang! So‘rovchi gadoni esa, haydamang! Parvardigoringizning (sizga ato etgan payg‘ambarlik va boshka barcha) ne’mati haqida bo‘lsa, so‘zlang». (Vaz-Zuha surasi)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:14:51
Bu sura Rasulullohni (s.a.v.) bolalik chog‘laridan qolgan xotiralar sari yetakladi. Yetim bir go‘dak bo‘lganlarini, avval bobolari, so‘ngra amakilarining quchog‘ida ota-onasiz kechirgan kunlarini esladilar. Risolatdan avvalgi hayotlari ham pokiza edi. Endi esa, eng pokiza zotlarga ham namuna bo‘ldilar. O’zlari yetimlikda o‘smagan takdirda ham, bir yetimni xo‘rlashlari, qalbiga ozor berishlari, ranjitishlari aslo mumkin emas edi.
Ammo shu o‘rinda nozik bir jihat bor. Buyuk Olloh yetimga shaxsan o‘zi mehrshafkat ko‘rsatadi. Buyuklar buyugi Rasuliga ham uni xafa qilish, ozor berish huquqini bermasligini ochiqoydin bayon etadi, shu tariqa biron kimsaning yetimga qarshi bo‘lishini o‘ylashiga ham rozi bo‘lmasligini uqtiradi.
Otasi yoki onasi ajal o‘qiga nishon bo‘lgan bir go‘dakning ilohiy takdir taqozosi bilan yuragi yonishining ustiga yana musht tushirgan kishiga ilohiy bir jazo berilishi, ma’naviy bir musht tushirilishi shu yo‘sin ma’lum qilindi.
Xo‘sh, yetimning boshini silagan, ko‘z yoshini artgan kishining mukofoti qanday bo‘ladi?
Rasululloh (s.a.v.) o‘zlariga jimgina qarab turgan birodarlariga o‘rta barmoqlari bilan ko‘rsatkich barmoklarini yonmayon qilib ko‘rsatdilar:
— Yetimga kafil bo‘lgan kishi bilan men jannatda mana shu ikki barmog‘im singari barobar bo‘lamiz, —dedilar.
Bunday lo‘nda, bunday aniq ifoda bo‘lishi mumkin emas. Bunday mukofotga sazovor bo‘lgan kishining «Men yana boshqa narsa ham istayman», deyishiga o‘rin qolmagan edi.
Nabiyi Akram (s.a.v.) huzurlaridagilar orziqib kutilgan vahiyga qovushishdek baxtdan mast holda tarqaldilar...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:15:00
* * *
Mo‘minlar har kuni, imkon topildi deguncha, Rasulullohning (s.a.v.) yoniga to‘planishar, kelgan oyatlarni eshitib yod olishar, yod olgan oyat va suralarni birbirlariga o‘qib berishar, oyatlarning mazmuni haqida o‘zaro bahs yuritishar yoki Rasulullohdan ularning izohini tinglashar edi.
Shunday kunlardan birida ValFajr surasi tushirildi. Suraning bir qismi inson tabiatini ta’riflashga bag‘ishlangan edi:
«Bas, endi inson qachon Parvardigori uni imtihon qilib, aziz qilib qo‘ysa va unga ne’mat ato etsa, darhol: «Parvardigorim meni aziz qildi», der. Endi qachon uni imtihon qilib, rizqini tang qilib qo‘ysa, darhol: «Parvardigorim meni xor qildi», der. Yo‘q (sizlar gumon qilganlaringizdek, izzatikrom boylik bilan, xorzor qilish kambag‘allik bilan bo‘lmas)! Yo‘q, sizlar yetimni izzatikrom qilmassizlar! Miskinbechoralarga taom berishga ham birbirlaringizni targ‘ib qilmassizlar. Merosni esa, (o‘z ulushlaringizga o‘zgalarnikini ham) qo‘shib yeyish bilan yeyaverursizlar! Yana, mol-dunyoni qattiq muhabbat bilan yaxshi ko‘rursizlar!» (15 — 20).
Insonga Robbi xiyonat qiladimi?
Insonni inson qilib yaratgan Robbi haqida bu so‘zlarni insonligini unutganlargina aytishi mumkin.
Bu yerda Risolat taxtining sultoni ushbu muborak so‘zlarni bayon etdilar:
«Musulmonlarning ichida eng xayrli uy — ichida yetim panoh topgan uydir. Musulmonlarning eng yomon uyi esa — ichida bor yetimga yomon muomala qilingan uydir».
So‘ngra muborak barmoqlaridan ikkitasini juftlab, yonlarida o‘tirganlarga ko‘rsatdilar va: «Men bilan yetimning kafili bo‘lganlar jannatda mana shunday bir bo‘lamiz», dedilar,
ValFajr surasi o‘sha kuni mo‘minlarga o‘zgacha tarzda qattiq ta’sir qildi, borliqlarini eritib yubordi. Qalblari o‘zgarganday, ruhlari poklanib, qayta tug‘ilganday bo‘ldilar.
«Yo‘q, (bunday kirdikorlaringizdan qaytingiz!) qachon yer (zilzilaga tushib, barcha narsa) chilnarchin qilinganda, Parvardigoringiz(ning hukmi) va farishtalar safsaf bo‘lib kelganda, o‘sha kunda jahannamni ham (yaqin) keltirib qo‘yilganda, ana o‘sha Kunda inson (bu ko‘rganlaridan) eslatmaibrat olur. (Ammo u Kunda) bu eslatmaibrat(ning foydasi) qayoqdan tegsin?! U: «Ex, koshki edi men hayot vaqtimda (solih amallar) qilib o‘tgan bo‘lsam», deb qolur! U Kundagi (Ollohning) azobi kabi hech kim azoblay olmas, va u Zotning (kishan va zanjirlar bilan) bog‘lashi kabi hech kim bog‘lay olmas. (U Kunda hayoti dunyodan Olloh taoloning va’dasiga ishonib imon va ezgu amallar bilan o‘tgan mo‘minlarga xitob qilib, deyilur): «Ey xotirjam, sokin jon, sen (Olloh ato etgan ne’matlardan) rozi bo‘lgan (va Olloh taolo tomonidan sening amallaringdan) rozi bo‘lingan holda Parvardigoring (huzuri)ga qayt! Bas, (solih) bandalarim qatoriga kirgin va mening jannatimga kirgin!» (21—29 oyatlar).
Bu oyatlar, ayniqsa, Hazrati Abu Bakrni mast qildi. Ko‘zlarida shunday oqibatga erishish, shunday baxtsaodatga yetishishning umid uchqunlari iorlamagan kimsa yo‘q edi. Bu saodatga erishish, bu cheksiz ma’naviy zavkni totish kimga nasib bo‘ladi? Buni yolg‘iz Ollohning o‘zi biladi.
— Yo Nabiyalloh, — dedi Abu Bakr, — bu qanday go‘zal, qanday ajib bir mukofot.
Rasululloh (s.a.v.) nigohlarini unga yo‘lladilar:
Yo Abu Bakr, Buyuk Olloh sen o‘layotganingda xuddi mana shu so‘zlarni bayon etadi, — dedilar.
Hazrati Abu Bakr bu xushxabarni eshitib, xuddi hozirning o‘zidayoq ushbu mukofotga sazovor bo‘layotganday, dunyoda yashayaptimi yoki oxiratdami — bilmay qoldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:15:24
VIJDON AZOBI VA OVCHI YIGIT

Rasululloh (s.a.v.) bir kuni Safo tepaligida o‘tirgan edilar. Bemisl kofir Abu Jahl, yonida birikkita hamtovoqlari bilan, o‘sha yerdan o‘tib qoldi. Rasuli Zishonni (s.a.v.) ko‘rgani hamon tepa sochi tikka bo‘ldi. O’zo‘zidan so‘kinib ketdi. Payg‘ambar (s.a.v.) sir boy bermay, javob ham qilmay o‘tiraverdilar.
So‘kinishlariga hech qanday javob bo‘lmagan sari Abu Jahl battar asabiylashdi. Og‘ziga kelganini qaytarmay haqorat qila boshladi. Ustiga ustak, hamtovoqlari bilan bir bo‘lib, U zotga qarata tosh, tezak ham otishga tushdi.
Payg‘ambar janobimiz yana javob qilmadilar. O’rinlaridan turib, indamay u yerdan ketib qoldilar. Qo‘rkkanlaridan emas, u battolni Ollohga havola etganlari uchun ham lommim demagan edilar.
Abu Jahl esa, hamon orqadan so‘kinardi. Bu jirkanch hodisaga tashqaridan ikki zotgina guvoh bo‘ldi. Biri — hamma narsani ko‘ribbilib turuvchi Buyuk Olloh bo‘lsa, ikkinchisi — Abdulloh ibn Jud’onning bir cho‘risi edi... Bu ayol ushbu damda baquvvat bir erkak bo‘lishni, sapchib turib borib Amr ibn Hishom va uning hamtovoqlariga yaxshigina saboq berib qo‘yishni istar edi...
Holbuki, Muhammad ibn Abdulloh (s.a.v.) uning qarindoshi emasdi. Qolaversa, o‘zi ham musulmon bo‘lmagan. Ammo unda insoniylik, muruvvat tuyg‘usi baland edi. Begunoh bir kishining haqoratlanayotganini ko‘rabilaturib lommim demaslik, menga desa o‘lib ketmaydimi qabilida befark bo‘lish odamga emas, hayvonga munosib bir tuyg‘u bo‘lardi. Holbuki, ozod ayol ham emas edi. Ammo hurfikrli, oqila edi. Uning o‘ziga xos bir haq tuyg‘usi, adolat tuyg‘usi, vijdoni bor edi. Va shu onda bu vijdoni o‘zining dinida bo‘lmish Abu Jahlni haqsiz va zolim deb topgan, ayblayotgan edi.
Ko‘zi ochiq va insof o‘lchovlarini yo‘qotmagan har bir odam: «Bunday chehrali inson yomon bo‘lishi mumkin emas», deya tan oladigan Inson shunday haqoratlansa, shunday xo‘rlansa!... Boz ustiga, bu kabi ishlarni Abu Jahldek bir nursiz, yuzidan yomonlik yog‘ilib turadigan odam qilsa, qanday toqat etib bo‘ladi?
Bu fikrlar cho‘riga hech tinchlik bermay qo‘ydi. Shu payt yonidan Payg‘ambarning (a.s.) amakilari Hamza o‘tib borayotganini ko‘rib qoldi. Shoshapisha:
— Ye Hamza! Ye Hamza! — deb ortidan chaqirdi. Hamza to‘xtadi. Qarasa, bir cho‘ri.
— Nima deysan, ey cho‘ri? — deya so‘radi.
— Senga bir dardimni aytmoqchiman. Ammo, aslida, u mening dardim emas.
— Tushuntiribroq gapirsangchi.
— Birikki soat oldin shu yerda bo‘lganingda, menaytmoqchi bo‘lgan voqeani o‘z ko‘zing bilan ko‘rgan bo‘larding.
— Yana hech narsani tushunmadim. Ochiqroq gapir! Cho‘ri bo‘lib o‘tgan voqeani batafsil aytib berdi.
So‘ngra so‘zlarini shunday davom ettirdi:
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:15:34
— Abdulmuttalibning mard o‘g‘li Hamza ov ovlab yuraversinda, bu yerda Amr ibn Hishom uning jiyanini toshbo‘ron qilsin, ustiga yomg‘irdek haqorat yog‘dirsin!.. Ahvol shunday bo‘lsa ham, sen yo‘lingdan qolma, ey Hamza, ovingning ketidan qolma. Ammo shuni ham yaxshi bilib qo‘yginki, qadri yo‘q mendek bir cho‘rining ham vijdoni bu voqeani ko‘rib larzaga tushdi, parishon bo‘ldi. Endi boraver...
Hamza nihoyatda darg‘azab bo‘ldi. Imon keltirmagan edi, ammo suyukli jiyanini Amr ibn Hishomning haqoratlashiga ham indamay ketolmas edi. Shuningdek, cho‘rining nashtardek o‘tkir va kinoyali so‘zlari Hamzaning jonjonidan o‘tib ketdi. Ka’ba tomonga shahdam yo‘l oldi.
Hamza har kuni ovga chiqar, shu tariqa ko‘ngilxushlik qilar edi. Ovdan qaytayotganda Ka’bani tavof etar, do‘stlari bilan bir oz suhbat kurib, so‘ngra uyiga qaytar edi.
Masjidi Haramga borganida, bir davrada o‘tirgan Abu Jahlni ko‘rib qoldi. To‘g‘ri ustilariga bostirib boraverdi va hech narsa demay, qo‘lidagi yoyni otib, Abu Jaxlning boshini yaraladi. Abu Jahlning boshidan qon oqa boshladi. Bu voqea shu qadar tez ro‘y berdiki, hech kim hech narsani tushuna olmay qoldi. So‘ngra birdan xushlariga kelib, sapchib turdilar va Hamzaga hujum qilishga shaylandilar.
— Nima gap, ey Hamza? Yoki dahriy bo‘ldingmi? Hamza ko‘zlarini Abu Jahldan uzmas edi.
— Jiyanimni bekordanbekorga haqorat qilish mard yigitning ishi emas! — deb hayqirdi. — Mana, men ham uning dinidaman, uning yo‘lidan yurmoqdaman, mard bo‘lsang, maydonga chiq!
 Hamzaning bu gulduros ovozi butun Masjidi Haramdagilarga ulkan bir yangilikni baralla e’lon etgan edi. Bu so‘zlarga javoban qanday ham yo‘l tutib bo‘lardi?!
Yonatrofdagilar mazkur voqeani muhokama qilishga tushdilar. Abu Jahl bir qo‘li bilan boshidagi yarasini silay boshladi. Qon uning aftibasharasini jirkanch bir holga solgan edi. Do‘stlari hanuz unga qarab turishar, bir ishorasini kutishar edi.
Abu Jahl ularga o‘girildi:
— Abu Umora (Hamza) haqlidir. Men bugun uning jiyanini bekorga ranjitdim. O’z navbatida u mendan jiyanining Al-Amini oldi, — dedi.
Voqeaning bunday yechim topishini hech kim kutmagan edi. Chunki bunaqa adolat, insoniylik tuyg‘usi Abu Jahlga xos emas edi. Tushda ham Abu Jahl bu darajada haqparvar bo‘la olmasdi, axir. Qolaversa, yonida do‘stlari bor, boplab Hamzaning ta’zirini berishi mumkin edi. Boshidan qonlar oqaoqa, Hamzani jazolay olishi mumkinligini bilaturib, bunday muomala qilish har qanday mard yigitning ham qo‘lidan kelavermaydi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:16:11
Muqarrar janjalning oldi olindi. Abu Jahl Hamzaga qarshi lommim demadi, aybdor ekanligini tan oldi. Abu Jahlga kerakli saboqni berdim, degan fikr bilan Hamza u yerni tark etdi.
Unchamuncha odamlar tarqalgandan keyingina Abu Jahl niqobini olib tashladi:
— Hamza jahl ustida borib Muhammadga qo‘shilmasin tag‘in, deb qo‘rkdim. Qo‘yaveringlar, bir marta urgani bilan hech narsa bo‘lib qolmaydi...
Masalaning asl mohiyati mana shunda edi.
Hamza uyiga keldi. Qalbini qandaydir ajib bir huzurhalovat qoplagan. Hatto begona bir cho‘rining vijdonini azoblagan bu jirkanch hodisaga yaxshigina bir javob bilan barham bergani, Abu Jahlga jazosini o‘z qavmi va qabilasining ko‘zi o‘ngida bergani ayniqsa ko‘ngildagiday ish bo‘ldi. Ammo jahl ustida aytib yuborgan so‘zlarichi? Nimadan darak beradi u? «Men ham uning dinidaman!» dedi. Holbuki, shu bugunga qadar bu Haqda hali hech jiddiy bosh qotirib ko‘rmagan.
Jiyaniga bo‘lgan ishonchi cheksiz edi. To‘g‘ri so‘zli, odobli inson. Modomiki, u shunday da’vo bilan mayDonga chiqqan ekan, albatta, niyati xolis bo‘ladi; odamlar aytayotganidek, bir mojaro chiqarish orzuida boshlamagan bu ishlarni — Hamzaning qanoati shunday edi.
Badaxloq akasi Abu Lahab singari, unga dushman ham bo‘lmadi, ammo ota-bobolaridan meros bo‘lib kelayotgan dinini o‘zgartirish zaruratini ham hozircha his etgani yo‘q edi... Shayton Hamzani kitiqlar, Abdulmuttalibning dinini tark etishiga hech rozi bo‘lmas edi. Miyasi xuddi bir jang maydoniga aylandiqoldi.
«O’lim ham insonga dinidan voz kechishdan ko‘ra yaxshirokdir. Necha yillardan beri qoshlarida bosh egganing ilohlar yuziga qanday qaraysan? Xubal, Lot, Uzzo, Manot, Isof, Noila... bular nima bo‘ladi? Hammalaridan voz kechasanmi?»
«Ammo jiyaning insonlarni yomonlikka chaqirayotgani yo‘q. Toshlar va yog‘ochlarga qul bo‘lish jaholatidan kutulishga, yolg‘iz Haqqa qul bo‘lishga chaqirmokda. Haqqa hurmatda, toatibodatda bo‘lishga chorlamokda».
Hamzaning zehni goho shaytonning vasvasalari, goho qalbidan, aqlidan yuksalayotgan faryodlar munozarasidan alg‘ovdalg‘ov bo‘ldi. Tonggacha mijja qoqmadi. Quyosh chiqa boshladi, ammo Hamza hali ham uxlamagan edi. Hanuz yuqoridagi ikki qaramaqarshi fikrning kurashi bilan band edi xayoli.
«Tur! Yaxshisi jiyaningning kalomini tingla! Dardingni borib unga ayt!»
To‘satdan paydo bo‘lgan bu fikr xayolidan yapshn tezligida o‘tdi. Eng maqbul chora shu edi. Darhol o‘rnidan turdi, jiyanining huzuriga bordi. Unga cho‘ri bilan uchrashgan daqiqadan tortib shu paytgacha bo‘lgan voqealarni va xayolidan o‘tgan fikrlarni bayon qildi. Rasululloh (s.a.v.) unga Islom dini haqida ma’lumot berdilar. Jannat va jahannam, ne’mat va azobni yodiga soldilar. Nihoyat, Olloh taoloning ham yordami yetishdi. Vasvasa bulutlari birinketin tarqalib ketdi. Lotlar, uzzolar tom ma’noda bir tosh sifatida aks eta boshladi. Shahodat kalimalarini keltirdi va musulmon bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:16:21
Rasululloh (s.a.v.) amakilarining musulmon bo‘lgani bois cheksiz sevindilar. Abu Jahlning haqoratlari bergan dil og‘rig‘ining o‘rnini qatqat mamnuniyat hislari qopladi.
Abu Jahl ham ushbu kechani behalovat o‘tkazdi. «Hamza johillik qilib Muhammadga ergashib ketsaya?» degan savol ertalabgacha unga tinchlik bermadi.
«U imon keltiradigan bo‘lsa, shuncha yildan beri indamay yurarmidi?! Jiyanini sendan ko‘ra yuz chandon, ming chandon yaxshiroq biladi, sen sira ham tashvishlanma».
Abu Jahl ba’zan mana shunday o‘yxayollar og‘ushida yengil tortgandek bo‘lardi. Oldidagi qadahni qaytaqayta to‘ldirib bo‘shatar ekan, ichayotgan sharobidan ham ko‘ngliga bir tasalli axtarardi. Ammo bunday osoyishtalik damlari o‘tkinchi edi, bir necha daqiqadan so‘ng o‘tardiketardi.
«Odamlarga aslo ishonib bo‘lmaydi. Ertaga Validning, Nodirning, Uqbaning, hatto Abu Lahabning ham musulmon bo‘lganini eshitasan, o‘shanda zinhor o‘zingni yo‘kotib qo‘ymagin», degan bir shivirshivirni qalbining tubtubidan his etardi.
Abu Jahl bir necha marta: «E bore, bir Hamzaning musulmon bo‘lgani bilan bu ish boshlanmaydi ham, bitmaydi ham. Bo‘lar ish bo‘lar», deya o‘zini yupatishga urindi, bo‘lmadi.
Ammo ko‘ngil deb qo‘yibdilar buni: na so‘zni tushunadi va na farmonni bajaradi! Turib u yoqbu yoqqa yurdi, bo‘lmadi, o‘tirib sharob ichdi, bo‘lmadi. Borib cho‘rilari bilan ko‘ngilxushlik qilmoqchi bo‘ldi hamki, qalbi taskin topmadi.
Xullas, u ham Hamza kabi kechani uykusiz o‘tkazdi... Aylanibaylanib xayoli yana boshi berk ko‘chaga kirib qolaverdi. Bir chora tonish kerak, Hamzaning ko‘nglini ovlash, bir amallab uni o‘z dinida qoldirish darkor...
Erta tongda to‘g‘ri Abu Lahabnikiga yo‘l oldi. Unga dardini aytmoqchi, ukasiga pandnasihat qilishini so‘ramoqchi edi. Hayajon ichida borarkan, bir «sovuq» xabar uni butkul sarosimaga solib qo‘ydi. Yo‘ldayoq eshitdiki, «Hamza musulmon bo‘libdi!»
Abu Jahl yangilikni ilk bor ma’lum qilgan odamning yoqasiga yopishib, ko‘ylagini yirtib yuboray deydi:
— Hazillashma men bilan, jiddiy gapiryapsanmi?! —dedi.
— Albatta, jiddiy. Salgina oldin o‘zidan eshitdim. Qo‘lini peshonasiga qo‘ydi. Bu xabar uning ko‘ksiga nashtar urganday bo‘ldi. Bir necha soniya ko‘zi yumuq Holda turib qoldi, so‘ngra lablari bujmayib, xuddi ilon zahar sochayotganday vishillab shunday dedi:
— Shoshmay tur, Hamza!.. Seni ham yo‘q qilmasam, otimni boshqa qo‘yaman!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:16:36
MAXSUS BIR DUO

— Ollohim, bu dinga yo Umar bilan, yo Amr bilan quvvat ber...
Mo‘minlar orasira Rasulullohning (s.a.v.) shunday duo qilayotganlarini eshitib qolishar, «Omin» (duoimizni qabul ayla, yo Robb) deyishar edi. Bu duoning albatta qabul bo‘lishini bilishar, ammo hidoyati Robboniyga qaysi biri erishishi ularga qorong‘i edi.
Qoyatoshdan ham qattiq bu yuraklarning yumshashi oson emasdi. Musulmonlarga doimo sovuqqina tikilishga odatlangan bu nigohlar, bu daf’a ularga iliqqina, marxamat bilan qaray olarmikan? Tog‘lar o‘rnidan qo‘zg‘alib, dunyo ostinustin bo‘lib ketganda ham, bu odamlarni hidoyat yo‘lida ko‘rishni hech kim tasavvur qila olmasdi. Ammo Ollohning rahmati, hidoyati cheksiz, chegarasiz ekanligi ham ayni haqiqatdir. Bu ikkisidan biriga ilohiy nazar bir yo‘nalsa darhol o‘zgarish yuz berib, muzlar erishi, tosh yuraklar mumdek erishi turgan gap.
Ha, Umar ibn Xattob bilan Amr ibn Hishom (Abu Jahl) Makkaning eng so‘zi o‘tkir ikki odami... Biri bilak kuchi, jasorati va dovyurakligi, mardligi va uddaburonligi bilan shuhrat qozongan, ikkinchisi qavmi orasidagi kuchqudrati, shaytonlarga ham nand beradigan yaramasligi bilan shuhrat topgan, har ikkalasi ham zako zinapoyasining so‘nggi pog‘onasigacha ko‘tarilgan kimsalar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:16:47
* * *
Haj mavsumi.
Bu safargi hojilar orasida musulmonlikni qabul etgan bironta ham kishi yo‘q. Chunki xar tomondan imonga olib boruvchi yo‘llar to‘sib qo‘yilgan, kelgan har bir karvonga «yangi va uydirma» bir dinning o‘rtaga chiqarilgani uqtirilgan, dinni keltirgan kishi esa, sehrgar deb bildirilgan edi.
Go‘yoki «bu sehrgar yuz yillardan beri ota-bobolaridan qolib kelayotgan dinlarini xush ko‘rmas» emish. Qurayshga kiradigan hamma qabilalarni johil va nodonga chiqarib qo‘ygan, baobro‘ kishilarni ahmoq der, ilohlarga til tekkizar, odamlarni ota-onasi, qarindoshurug‘i, qabilasidan sovutar, fitna urug‘ini sochar» emish. Eng yomon tomoni — «uning yoniga uchrashish uchun bir borgan kishi o‘zini uning sehridan xalos eta olmas»mish.
Kelganlarga, agar aqllari joyida bo‘lsa, Valid, Utba singari tajribali, muhtaram zotlarning nasihatlarini tinglash, Muhammad ibn Abdulloh bilan uchrashishdan qochish fikri singdirildi.
Bu yo‘lda zo‘r g‘ayrat bilan qilingan tashviqotlar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Butun Arab yarim orolida dong taratgan, o‘zini tan oldirgan bir qabilaning kattayu kichigi «bu sehrgarning yomonligi» haqida gapirib tursa, ishonmay bo‘ladimi, axir. Qani, shaxsan o‘zim borib ko‘rayinchi, deyish boshga balo orttirish demak edi.
Shunday bo‘lsada, Nabiyi Akram (s.a.v.) hojilarning orasida yurardilar, ular bilan suhbatlashishni, Islom dinining ustivor asoslari haqida so‘zlab berishni istardilar, ammo kim ham u kishiga quloq solardi deysiz. Ustiga ustak, qizg‘ish soqolli, qizg‘ish yuzli bir odam orqalaridan soyadek ergashib, quchog‘iga to‘ldirib olgan toshlarni U zotga qarata birbir otib borarkan:
— Zinhor aldanmanglar, qurayshlarning tinchini buzgan sehrgar xuddi mana shu kishidir. Uni yaqindan taniyman, chunki u mening jiyanimdir, — derdi.
Hali shaharga kirmaslaridanoq «Zinhor gaplariga ishonmanglar», deb ogohlantirilgan bu nur yuzli insonni hojilar ko‘rar, pokiza qalb egasiga o‘xgaatsalarda, «ziyoni tegmasin yana», degan o‘yda o‘zlarini olib qochar edilar.
— Qavming seni bizdan ko‘ra yaxshiroq biladi. Shuning uchun kel, bizni o‘z holimizga qo‘y, — deya qayrilib ketardilar.
Shu tariqa bu haj mavsumida mushriklarning g‘ayrati o‘zlari kutgan samarani berdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:17:11
HABASHISTON SARI

Do‘qpo‘pisa, ziyonzahmat va zulmlarning aksarisi, odatda, hech kimi yo‘q, madad beruvchi bir himoyachisi ham bo‘lmagan mo‘minlarga nisbatan qilinardi. Masalan, Hamzaga birov bir narsa demasdi. Ammo zaif, ojiz, chornochor qullar ozodlikka erishgan bo‘lsalarda, mushriklarning dag‘dag‘ayu aziyatlaridan qutulmagan edilar.
Kundankunga avj olayotgan bu hodisalar mo‘minlarning sabrkosasini to‘ldirayozdi. Musulmonlarga qilinayotgan bu zulmlarni bartaraf eta olmaslik Rasulullohni (s.a.v.) juda ham xafa qilar, ammo hech ma’qul bir chora topa olmay, hayron edilar. Nihoyat, bir kuni ularga:
— Hozircha Habashistonga borib turinglar. U yerda bir xukmdor bor, uning hokimiyati ostidagilarga aslo zulm qilinmaydi, uning panohida yashovchilar xuzurhalovatda, emin yashaydilar. Umid qilamanki, Janobi Haq u yerda sizlarga osoyishtalik beradi, dedilar.
Mo‘minlar birbirlari bilan shu masalani muhokama qilib, bir qarorga keldilar, so‘ngra yo‘lga hozirlik ko‘ra boshladilar. Ketishga ahd qilgan kishilar aniqlandi, qaysi kuni yo‘lga chiqish belgilandi.
Safar tadorigini ko‘rayotganlar orasida Rasulullohning (s.a.v.) nuridiydalari — endigina kelin bo‘lgan Ruqayya bilan uning umr yo‘ldoshi Usmon ibn Affon ham bor edilar.
Mashhur Utba ibn Robianing o‘g‘li Abu Huzayfa va uning xotini Saxlo, Abu Salama ibn Abdul Asad va xotini Ummu Salama, Amir ibn Robia va rafiqasi Laylo... Bular erxotin bo‘lib ketayotganlar. Bulardan tashqari, yana yakkayakka ketayotganlar ham anchamuncha edi. Zubayr ibn Avvom, Mus’ab ibn Umayr, Abdurahmoi ibn Avf, Usmon ibn Maz’un, Suxayl ibn Bayda, Abu Sabra ibn Abu Ruhm, Xotib ibn Amr va Abdulloh ibn Mas’ud va boshqalar...
Tayyorgarlik yashirin ravishda bordi va qisqa muddat davom etdi.
Bir kuni tong saharda Nabiylar Sarvarining suyukli qizlari Ruqayya bir eshakka mingan holda, yonida eri bilan, Makkani tark etdilar. Juda ham g‘amgin bir ayrilik bo‘ldi bu. Balki endi bir necha yilgacha ota-onasi, opasingillarini ko‘rmasligi ham mumkin edi. Ammo bu safar davomida doimo ularning yodi bilan yashashi aniq. Chunki ko‘ngillar bir, maqsad bir.
Ota ular boradigan joyda hokimiyat tepasida adolatli bir hukmdor turganini aytgan edilar... Ammo bu yerda qolayotganlarning holi nima kechadi? Bu zulm, jabru sitamlar shu bilan to‘xtarmikan, nihoyasiga yetarmikan bu istehzo va kamsitishlar?..
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:17:43
* * *
Amir ibn Robianing xotini Laylo maydachuyda kiyimkechaklarni yig‘ishtirib, eshagiga yuklar ekan, birdan cho‘chib tushdi.
— Yo‘l bo‘lsin,. ey Abdullohning onasi, biron safarga otlandingmi, deymana?
Kim ekanligini bilish uchun Laylo boshini o‘girishiga hojat yo‘q, kimligi ma’lum edi. Shuning uchun butun jasoratini yig‘dida, xotirjam javob qildi:
Ha, yo Umar, Ollohning dargohi keng, erkin nafas olishimiz mumkin bo‘lgan bir yurt qidirib yo‘lga tushmoqchimiz. Axir, sizlar bizni og‘ir ahvolga solib qo‘ydingizku? Ayovsiz ezib, xo‘rladilaringiz. O’z vatanimizda osoyishta yashashimizga qo‘ymadilaringiz. Umid qilamizki, Olloh bizga ham bir boshpana berib qolar. Juda soz. Olloh yo‘ldoshingiz bo‘lsin...
Laylo Umarning ovozida qandaydir ma’yuslik, achinish ohanglarini sezdi. Aslida, u juda g‘amgin edi, ichi yonardi, ho‘ngrab yig‘lab yubormaslik uchun to‘xtovsiz ravishda lablarini tishlar edi. Uyini, go‘shasini, tug‘ilib o‘sgan vatanini tark etish osonmi?
Balki mana shu g‘amginlik bois Umarning ovozida ma’yuslik bordek tuyulgandir. Yoki Umar chindan ham unga achindimi?
Bir ozdan keyin eri Amir kelgach, unga bor gapni so‘zlab berdi. Amir xotinining kuzatishlariga unchalik ahamiyat bermadi.
— Nima, Umar musulmon bo‘ladi deb o‘ylayapsanmi?!
— Ha, nimagadir ko‘nglimda shunaqa fikr uyg‘ondi. Qilgan zulmlariga pushaymonlik hissi bor edi, nazarimda.
— Aqlim bovar qilmaydi, — dedi Amir. — Xattobning eshagi ham musulmon bo‘lmaguncha, Umar musulmon bo‘lmaydi.
Suhbat asnosida tayyorgarlik ham tugadi. Jondan aziz vatanlarini tark etar ekanlar, oldindagi eshakka «Chuh!» dedilar.
Boshqaboshqa vaqtlarda, go‘yo birbirlaridan bexabar kabi yo‘lga chiqqan xotin va erkaklardan iborat o‘n besh kishini Jidda yo‘li birlashtirdi. O’n bittasi erkak, to‘rttasi ayol edilar. Birlashganlaridan so‘ng, mabodo orqamizdan xabar topib yana ta’qib etib yurmasinlar, degan o‘yda teztez yurib ketdilar.
Jiddada endi yo‘lga otlanib turgan bir kemaning ustidan chiqib qoldilar. Darhol yo‘lkira kelishildi. Odam boshiga yarim dinordan to‘g‘ri keldi. Kemaga o‘tirdilar. Vaqtni yo‘qotmay, kema tez yo‘lga chiqdi.
Mushriklar bu safar to‘g‘risida kechroq bo‘lsada, xabar topib, o‘sha zahoti orqalaridan ta’qib eta boshladilar. Jidda soxiliga keldilar, ammo ulgurmadilar. Uzoqdan qorasi tobora kichiklashib borayotgan kemaga bittasi ishora qilib:
— Ana ular, huv anavi kemada ketyaptilar, — dedi.
Kema sohildan anchamuncha uzoqlashib ketgan edi, orqaga kuruk qaytishdan o‘zga chora qolmadi ularga.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:18:10
* * *
Habash o‘lkasining bagri keng edi. Kemada kelgan shuncha yo‘lovchini sig‘dirgan, 6u o‘n besh kishi bilan torayib qolmasdi. Boriga qanoat qiladigan, ahvollaridan shikoyat etmaydigan bu kishilar tezda Habash yurtiga o‘rnashib oldilar.
Ular tinchxotirjam toatibodat qila boshladilar. Hech kim taeyiq etmaydi. Makkadagi hayotning butkul aksi. Osoyishta kunlar boshlandi. Abu Jahl, Abu Lahab, Umar ibn Xattoblar bu yerda yo‘q. Ammo Makkaning dog‘ihasrati, Rasulullohning (s.a.v.), Ka’baning, u yerda qolgan mo‘minlarning sog‘inchi bor edi bu ko‘ngillarda. Bu yerdagi odamlarni birov tanimaydi. Oralarida bironta ham musulmon yo‘q. Shunday bo‘lsa ham, habashistonliklar ularni quchoq ochib kutib oldilar, og‘irlarini yengil qilib, ko‘makchi bo‘ldilar. Toatibodatlariga esa, aralashmas edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:18:24
* * *
Makka...
Rasulullohni (s.a.v.) jinni bo‘lib qolibdi, degan mish-mishlar tarqatildi. U yerbu yerda gap ochilsa, uni shayton vasvasaga solib qo‘ygan, deb gaiirishar edi. Hatto huzurlariga kelib, u kishiga ochiqoydin:
— Sen jinnisan, — deganlar ham bo‘ldi.
— Axir, gaplaring to‘g‘ri bo‘lsa, bizga dalil qilib farishtalarni ko‘rsat, — derdilar.
Gap eshitadigan, gap uqadigan ahvolda emas edi ular. Aslida, gap uqish uchun kelmagan edilar.
— Yoningda farishtalar bo‘lmasa, biz bilan gaplashma, ehtiyot bo‘l... — derdilar.
Har kim og‘ziga kelganini qaytarmas edi. Bu so‘zlar g‘ofil bandalarning, gumroh kimsalarning istehzo, kinoyalaridan iborat edi.
Rasulullohni (s.a.v.) telba deb mish-mish tarqatganlar o‘zlari ham telba emas edi. Aqli joyida, eshushli odamlar edi.
Tijorat sohasida ilonning yog‘ini yalagan, mug‘ambir, ayyor kipshlar bor edi oralarida. Ularni aldab, qo‘llaridagi molni olib qo‘yish amrimahol edi. Haj mavsumi yaqinlashgan sari, bo‘lg‘usi tashviqotlarda bir yoqadan bosh chiqarib ish tutaylik, aks holda, musofirlar shubhalanib qoladilar, deb kelishib olishlari ularning yetarli darajada aqllari bor ekanligini ko‘rsatmaydimi?!
Rasuli Akramning (s.a.v.) esxushlari joyidamiyo‘kmi ekanini ajrata oladigan layoqatli kimsalar edi ular. Necha yillar u zot bilan maslahatlashib, u kishining o‘gitlaridan o‘rnak olib ish tutgan va nihoyat «Al-Amin» deb ism berganlar ham o‘sha gumrohlardir. Bu sifat insonlarga berilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi, eng ulug‘ bir nom edi. Buyuk Olloh xam o‘z habibini «Amin» deb sifatlagan, axir.
Ular bu mish-mishlar bilan musofirlar tugul, o‘zlarini ham alday olmay garang bo‘lib yurganlarida, Rasulullohni (s.a.v.) navbatdagi vahiy isi qamrab oldi. Muborak qalblariga ilohiy kalom ushbu oyatlarni yoza boshladi:
«Nun. Valkalami va ma yasturun...»
— Nun... Qalam va (u bilan farishtalar) bitadigan bitiklarga qasamki, siz — Parvardigoringizning marhamati bilan — majnun emasdirsiz. Albatta, siz uchun (kofirlarning bunday ozorlariga sabrtoqat qilganingiz sababli) bitmastuganmas ajrmukofot bordir. Albatta, siz ulug‘ Xulq ustidadirsiz. Yaqinda qaysilaringiz (ya’ni, sizmi yoki ularmi) majnun ekanliklaringizni siz hali ko‘rajaksiz, ular ham ko‘rajaklar. Albatta, Parvardigoringizning O’zi Uning yo‘lidan ozgan kimsalarni juda yaxshi bilguvchidir va U hidoyat topguvchilarni ham juda yaxshi bilguvchidir. Bas, sizning haq payg‘ambarligingizni va Qur’onni «yolg‘on» deguvchi kimsalarga itoat etmang! Ular sizning ko‘ngilchanlik — murosa qilishingizni istarlar, shunda ular ham ko‘ngilchanlik qilurlar. Yana siz har bir tuban qasamxo‘r, g‘iybatchiyu gap tashuvchi, yaxshilikni man qilguvchi — 6axil, tajovuzkor, gunohga botgan, qo‘pol va bulardan tashqari, benasabharomi kimsaga itoat etmang! U molmulk va o‘g‘illar egasi bo‘lgani uchun (o‘zidan ketib) qachon unga Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Bular avvalgilarning afsonalariku!» der. Yaqinda biz uni tumshug‘idan tamg‘alab qo‘yajakmiz!» (Qalam surasi, 1-16.)
Bu oyatlar mushriklarga o‘qib berilganda, ular portlaguday darg‘azab bo‘ldilar.
Telba deb mish-mish tarqatganlari 6u odamning nimasi telba? Qaysi ishi, qaysi so‘zi jinnilarning so‘zi va ishlariga o‘xshaydi?..
Oyatlarda ta’kidlangan «Ulug‘ bir xulq ustida» ekanligi to‘g‘risidagi haqiqatni qaysi vijdonli odam inkor eta oladi?
Butun o‘jarliklariga qaramay, qalblaridan sug‘ura olmagan haqiqat — Rasulullohning (s.a.v.) to‘g‘ri so‘z, ishonchli inson ekanliklari edi. Bu oyatlarga karshi «E, bore, bularning hammasi g‘irt bo‘hton... Oramizda bu jirkanch illatlarni o‘zida jamlagan kimsa yo‘q...» deyishga jur’at eta olishmas edi, chunki xuddi shunday sifatlarga ega kishi oralarida borligini hech kim inkor qila olmasdi.
Har kim o‘zicha bu hakda bosh qotirar, taniqli va baobro‘, mol-dunyosi hamda o‘g‘illari ko‘p bo‘lgan kishilarni birmabir aql suzgichidan o‘tkazar edi.
Axnas ibn Shariq, Valid ibn Mug‘iyra, Abu Jahl Amr ibn Hishom va shu kabilar bu oyatlar o‘zlari haqida ekanligiga ishonch hosil qildilar. Ammo hammani o‘ylatib va ajablantirib qo‘ygan bir sifat bor ediki, bu ham bo‘lsa, haligi kishining «benasabharomi» (ya’ni, zinodan tug‘ilgan) farzand ekanligi edi...
Ojiz banda o‘zining qanday yo‘l bilan ona qorniga tushganini qaerdan ham bilsin?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:18:40
* * *
— Onajon, Muhammad meni bir qator jirkanchillatlar bilan sifatlab tanitdi. O’ylabo‘ylab, chindan ham ularning ba’zilari menda borligini inkor eta olmadim. Ammo bir jihat meni juda ajablantirib qo‘ydiki, uni hech miyamdan chiqara olmayapman. Bu jihatni faqat sen tushuntirib, izohlab berishing mumkin.
— Xo‘sh, nima gap ekan, o‘g‘lim?
— Benasabharomi deb ta’kidlamokda. Buni sendan boshqa kim ham bilardi? Endi to‘g‘risini ayt, men zino yo‘li bilan tug‘ilganmanmi?
Ona og‘ir ahvolga tushib qolgan edi. O’g‘li o‘jarlik qilib turib olgach, ochig‘ini aytishga majbur bo‘ldi:
— Ug‘lim, senga hozir bir haqiqatni ochiqoydin so‘zlab beraman. To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ish qilganimni yaxshilab o‘ylab ko‘r. So‘ngra, agar istasang, meni o‘ldirib yuborsang ham mayli.
Birikki soniya chukur nafas oldi. Hayajonini bosib olgandan so‘ng, haqiqatni ocha boshladi:
— Otang boy, ammo jismonan zaif, hezalak bir odam edi, hech bola bo‘lmadi. Molmulki begonalarga qolmasin, deb bir cho‘pon bilan qo‘shildim. Shundan keyin sen tug‘ilding...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:18:55
* * *
Bu suhbat Valid ibn Mug‘iyra bilan onasi orasida bo‘lib o‘tganligini tasdiqlovchi rivoyatlar bor. Ammo bu unchalik aniq ma’lumot emas. Chunki johiliya davrida zino juda keng tarqalgan, shu yo‘l bilan tug‘ilgan bolalar ham oz emas edi.

* * *
Qalam surasining keyingi oyatlarida esa, makkaliklarning Haqqa bo‘yin egmaydigai, o‘z kuchidan boshqa kuchni tan olmaydigan toifasiga ibrat bo‘lsin, deb bir misol keltiriladi: Makkadan uncha uzoq bo‘lmagan Yaman diyorida juda katta mevali bog‘ning bir egasi bo‘lgan ekan. Har yili hosil pishganida, kambag‘almiskinlarning haqulushlarini ajratib berar ekan. Lekin u kishi vafot etgach, mevazor bog‘ga ega bo‘lib qolgan farzandlari boshqa yo‘lni tutadilar. Quyidagi oyatlarda Olloh taolo o‘sha hodisa haqida hikoya qiladi:
«...Darhakiqat. Biz ularni (Makka ahlini ocharchilik va qahatchilik bilan) baloladik. Biz (ilgari) bog‘ egalarini ham xuddi shunday (mahrumlik bilan) balolagan edik. O’shanda ular albatta uni (ya’ni, bog‘ning hosilini) ertatongda (kambag‘almiskinlarga haqulush) ajratmagan hollarida uzib oligiga qasam ichgan edilar. Bas, (tunda) ular uyquda bo‘lgan chog‘larida u (bog‘)ning ustida Parvardigoringiz tomonidan bo‘lgan aylanguvchi (baloolov) bir aylandiyu, u (bog‘ning hosili) uzilgandek bo‘ldiqoldi. Ular esa, erta tongda turishib, «Agar (hosilni) uzmoqchi bo‘lsangizlar, ziroatgohlaringizga yura qolinglar», (deb) birbirlarini chaqirdilar. So‘ng: «Bugun u (bog‘da hosil uzayotgan vaqtda) ustlaringizga biron miskin kelib qolmasinda», (deyishib) birbirlariga pichirlashgan hollarida jo‘nab ketdilar. Ular tongsaharlab bordilar. Endi qachonki, uni (ya’ni, kuyib kulga aylangan bog‘larni) ko‘rishgach, (avval): «Shakshubhasiz bizlar yo‘ldan adashib qoldik», dedilar, so‘ng bu o‘zlarining bog‘lari ekanini bilishgach: «Yo‘q, bizlar (bog‘imizdan) mahrum bo‘libmiz», dedilar. Ularning insoflilari: «Men sizlarga (Ollohga) tasbeh aytib shukr qilmaysizlarmi, demaganmidim?» degan edi. Ular (endi vaqt o‘tgach): «Parvardigorimizni poklaymiz. Darhaqiqat, bizlar o‘zimizga zulm qilguvchi bo‘ldik», dedilar. So‘ng ular birbirlariga boqib, malomat qilisha boshladilar. Ular dedilar: «Ey, o‘lim bo‘lsin bizlarga! Darhaqiqat, bizlar haddan oshguvchi bo‘ldik. Shoyadki, Parvardigorimiz bizlarga u (bog‘)dan ham yaxshirog‘iga almashtirib bersa. Bizlar, albatta, yolg‘iz Parvardigorimizga intilguchidirmiz». (Ollohning amridan chetga chiqqan kimsalar uchun) mana shunday azob bordir. Agar bilsalar, oxirat azobi, shakshubhasiz, yanada kattarokdir. Albatta, taqvodor zotlar uchun Parvardigorlari huzurida nozne’mat bog‘lari bordir. Axir, Biz musulmonlarni jinoyatchikofir kimsalarga barobar qilurmizmi?» (Qalam surasi, 17-35.)
Haqiqiy adolat shunday emasmi? Zolimga ham mukofot, mazlumga xam mukofot tamoyili tatbiq etilsa, to‘g‘ri bo‘ladimi, axir?
Mehnatkash bilan dangasa bir bo‘lsin, ezgulik qiluvchi kishi bilan g‘arazgo‘y, baxil kimsalar teng bo‘lsin, bir xil muomala ko‘rsin...
Sog‘lom fikrlaydigan kishi aslo bunga rozi bo‘lolmasdi. Shu sababdan bo‘lsa kerak, Olloh taolo: «Ollohga taslim bo‘lgan itoatgo‘y mo‘minlarni bosh ko‘tarib inkor etuvchi kofirlar bilan teng qo‘ymayman» mazmunida xabar berdi.
Rasululloh (s.a.v.) Jabroildan olgan salomlarini egasiga yetkazdilar:
— Ey Xadicha, Jabroil senga Ollohning salomini keltirdi, — dedilar.
Adab va fazilat namunasi bo‘lgan buyuk Xadicha namli ko‘zlarini artib, javob berdi:
— Salom Olloh taolodir. Har qanday salom undandir. Jabroilga ham salomu salavot bo‘lsin.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:19:12
FAVQULODDA BIR TAKLIF

Abu Tolibga qilingan ikkinchi taklif ham behuda bo‘lgan, aksincha, jiyanini himoya qilishda davom etayotgan edi.
Kunlardan bir kuni Abu Tolibning eshigini taqillatib, mushriklarning oqsoqollari uchinchi va so‘nggi daf’a keldilar.
— Ey Abu Tolib, — dedilar. — Biz oldin ham sening huzuringga bosh urib keldik, ahvolimizni bayon etdik. Sen quloq solmading. Bu ketishda oramizni qilich bilan ochiq qilishga to‘g‘ri keladiganga o‘xshaydi. Bu safar endi so‘nggi marta, ammo yangi bir taklif bilan keldik.
— Qanaqa taklif ekan u?
— Umora ibn Valid ibn Mug‘iyrani senga taklif qilamiz.
— Xo‘sh, nima qilibdi Umoraga?
— Juda yaxshi bilasanki, ey Abu Tolib, Umora qurayshiy yoshlar ichida kuchquvvat va aql jihatidan birinchi o‘rinda turadi. Yoshlar ichida undan yoqimligi yo‘q. Ishbilarmon bir yigit. Uni senga beramiz, evaziga sen Muhammadni bizning ixtiyorimizga topshirasan. Shu bilan muammo hal bo‘ladi.
— Juda soz. Sizlar mening jiyanimni nima qilasizlar?
— O’ldiramiz.
Abu Tolib quloqlariga ishonmadi.
— Jiddiy so‘zlayapsizlarmi?
— Albatta.
— Demak, sizlar mening o‘g‘limni olib, o‘ldirasizlar, buning evaziga men sizlarning o‘g‘lingizni tarbiyalayman, shundaymi?! Sizlarning bu takliflaringizga hatto tuya ham rozi bo‘lmasa kerak. Hayvonga ham to‘g‘ri kelmaydigan ishga qanday qilib meni ko‘ndirmoqchi bo‘ldilaringiza? Istasalaringiz, oldin o‘g‘illaringizni menga beringlar, men uni o‘ldirayin, shundan keyin o‘g‘limni sizlarga beraman.
— Mayli, ammo bizning o‘g‘limiz sening o‘g‘ling qilayotgan ishlarni qilayotgani yo‘q. Sening o‘g‘ling bizning ilohlarimizni haqorat qilyapti, bizlarni gumrohlikda ayblayapti, jamoamizni tarqatyapti, qarindoshni qarindoshdan sovutib, dushmanga aylantiryapti.
Abu Tolib javob berdi:
— Xudo haqqi, mening o‘g‘lim sizlarning o‘g‘lingizdan xayrliroqdir. Insonlarni ham xayrli ishlarga va fazilatga da’vat etyapti...
Munozara birmuncha vaqt davom etdi. Xayrlashayotgan choqlarida mushriklar so‘nggi so‘zlarini ifoda etdilar:
— Shuni bilginki, ey Abu Tolib, muammo ochiqligicha qoldi. Yo jiyaningni tiyib qo‘yasan,  yo bu masalani hal etguncha va yoxud ikki tomondan biri yo‘q bo‘lgungacha sen bilan kurashamiz! Qaysi birini istasang, shuni tanla, — dedilar va teztez yurib chiqib ketdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:19:24
* * *
Bir ish bilan Makkadan tashqarida aylanib yurgan Nodir «Hojun» qabristonining yonidagi tepalikda o‘tirgan odamni ko‘rgan zahoti, quvonganidan yorilib ketayozdi. Chunki u yerda Rasululloh o‘tirar edilar. U kishini bunday yolg‘iz holatda hech uchratmagan edi.
«Hozir uni bir yoqlik qilishning ayni fursatidir» — buni Nodirning ichidagi ikkinchi shaxs pichirlaganday bo‘ldi guyo. Uni sevinchdan o‘zini yo‘qotar holatga solgan mana shu vaziyat edi.
Nima qilib bo‘lmasin, bu yakkamayakka olishuvda yengmog‘i darkor edi. Chunki Muhammad ibn Abdulloh ham qarab o‘tirmasligi aniq. O’zini o‘ldirish niyatida orqasidan pusib kelgan odamga darhol taslim bo‘lib, «Marhamat, azizim, nima qilmoqchi bo‘lsang, qilaver. Ammo orqaga chekinsang, sendan ko‘nglim qoladi», demaydi, albatta.
Sekinasta yaqinlashar ekan, miyasi hamon qulay bir reja tuzish bilan band edi. Pusib borib, birdaniga ustiga tashlanish, ilk zarbani shu tariqa berish eng oqilona yo‘l edi. Yana bir necha qadam yurgan Nodir birdan to‘xtab qoldi, ko‘zlarini ishqaladi, yana sinchiklab qaradi. Yo‘q, ko‘rayotganlari tush emas edi. Ajabki, jimgina, ovoz chiqarmay, sokin o‘tirgan Muhammadning atrofida bir nechta arslon aylanib yurardi.
Nodir qo‘lini chimchiladi. Qo‘rqqanidan shunday ko‘rindimi? Yo‘q, u unchamunchaga qo‘rqmaydi. Zero, qo‘rqqanida edi, g‘animini ko‘rgan zahoti o‘ldirishga chog‘lanarmidi, hatto yolg‘iz uchratib qolganidan quvonib ketarmidi? Ammo ko‘rayotganlari chin edi. Yana birikki odim tashlamoqchi bo‘ldi. Bu daf’a arslonlar ham unga
qarab yura boshladilar. Og‘zilarini dahshatli ravigada ochib kelayotgan bu arslonlarga behudaga yem bo‘lishni kim istardi?! Orqaga qaytish yoki ularga yem bo‘lish...
Nodir: «Jonimni bozordan sotib olganim yo‘q», dedi o‘ziga o‘zi va fursat borida juftakni rostlab qoldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:20:17
* * *
Bu paytda Maryam surasi tushayotgan edi.
Bu muborak sura Zakariyo, Yahyo, Maryam, Iso, Ibrohim, Muso va Idris payg‘ambarlar (alayhissalom) haqidagi qissalarning zikridan iborat edi:
«Ushbu kitobda Ibrohim (qissasi)ni ham zikr qiling! Darhaqiqat, u juda rostgo‘y payg‘ambar edi. Eslang, u otasiga: «Ey ota, nega sen eshitmaydigan, ko‘rmaydigan va senga biron foyda yetkaza olmaydigan butga ibodat qilursan? Ey ota, darhaqiqat, senga kelmagani ilmma’rifat menga keldi. Bas, sen menga ergashgin, ssni haq yo‘lga hidoyat qilurman. Ey ota, sen shaytonga ibodat — qulliq qilmagin. Chunki shayton Rahmonga osiy bo‘lgandir. Ey ota, haqiqatan, men senga Rahmon tomonidan azob yetib, (do‘zaxda) shaytonga do‘styaqin bo‘lib qolishingdan qo‘rqurman», deganida (otasi) aytdi: «Sen mening xudolarimdan yuz o‘giruvchimisan, ey Ibrohim?! Qasamki, agar sen to‘xtamasang, albatta seni toshbo‘ron qilurman va (yoki) meni butunlay tark et!» (Ibrohim) dedi: «Omon bo‘l. Endi Parvardigorimdan seni mag‘firat qilishini so‘rarman. Shakshubhasiz, u menga mehribon bo‘lgan Zotdir. Men sizlardan ham, sizlar Ollohni qo‘yib, iltijo qilayotgan butlaringizdan ham chetlanurman va (yolg‘iz) Parvardigorimga iltijo qilurman. Parvardigorimga iltijo qilganim sharofatidan (sizlar kabi) badbaxt bo‘lib qolmasman, deb umid qilurman». «Bas, qachonki (Ibrohim) ulardan va ular Ollohni qo‘yib sig‘inayotgan butlaridan chetlangach, biz unga (farzandlari) Ishoq va Ya’qubni hadya etdik va barchalarini payg‘ambar qildik. Shuningdek, ularga O’z fazlu marhamatimizdan in’om etdik. Va ular uchun rost va yuksak maqtovlarni barqaror qildik» (41-50).
Bir paytlar buyuk Payg‘ambar Hazrati Ibrohim (s.a.v.) otasi Ozarga shu so‘zlarni aytgan va otasi unga qarshi chiqqan. Bugun Ollohning so‘nggi payg‘ambari ham qavmini, qabilasini butlardan uzoq tutish, butlarga qullikdan qutqarish uchun ayni da’vatni qilayotgan va ayni natijani olayotgan edi.
Rasululloh (s.a.v.) ushbu oyatlar bilan bog‘liq ravishda shunday ma’lumot berdilar:
«Qiyomat kuni Payg‘ambar Ibrohim (s.a.v.) Ozar bilan uchrashadi. Ozar yuz-ko‘zi chang-to‘zonga belangan, parishon bir ahvolda bo‘ladi. Ibrohim (s.a.v.) unga deydiki:
— Men senga foniy dunyoda «Menga qarshi isyon qilma, so‘zimga kir», demaganmidim? Mana, qanday ahvolga tushganingni endi o‘zing ham ko‘rib turibsan. Otasi shunday javob qiladi:
— Bugun ortiq senga qarshilik ko‘rsatmayman. Nima desang, shuni bajo keltiraman.
Hazrati Ibrohim (s.a.v.) Janobi Haqqa iltijo kiladi:
— Yo Robb, sen menga insonlar qayta tiriladigan ushbu kunda meni g‘amgin qilmaslikka va’da bergan eding. Sening rahmatingdan judo bo‘lgan otamni parishon bir holatda ko‘rishdan ortiq g‘amqayg‘u bormi menga?! Lutfan uni menga bag‘ishla, Robbim!..
Olloh taolo shunday buyuradi:
— Men jannatni kofirlarga harom qildim. — Shundan keyin yana Ibrohimga murojaat etiladi: — Ey Ibrohim, bir qara, oyoqlaringning ostidagi narsa nima?!
Qarasa, qonga belangan bir sirtlon yotibdi. Shunday ahvolga solingan otasi Ozar buyuk Payg‘ambarning ko‘zlari oldida oyoqlari ostidan olinib, jahannamga uloqtiriladi».
Bu so‘zlarni tinglagan musulmonlarning boshlari egildi, ko‘zlari namlandi. Bir payg‘ambar, qolaversa, nayg‘ambarlarning otasi hisoblanuvchi buyuk payg‘ambar Ibrohim (s.a.v.) ham otasini jahannam azobidan qutqarishga ojizdir, degani edi bu.
Yuraklar ko‘rquvga to‘ldi, nafaslar siqildi. Chehralarni g‘amginlik egalladi. Qiyomat kunining dahshatlari ko‘z oldilarida namoyon bo‘lgandek edi. Qalblar Buyuk Ollohga yo‘naldi. Qiyomat kunining dahshatli daqiqalarida Nabiyi Akramdan uzokda qoldirmaslikka, u zotning sharafli bayroqlari ostidan o‘rin olishga izn berishini so‘rab iltijo qildilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:20:37
* * *
Os bin Voil boshini ko‘tarib, qarshisida turgan odamga mag‘rurona qaradi:
— Nima istaysan? — dedi.
— Haqimni, — dedi u odam.
— Azizim, axir, kishi haqini hadeb so‘rayveradimi?.. Ustigaustak, sen mendek bir mo‘‘tabar odamni shu arzimagan narsalarni deb bezovta qilyapsan, uyalmaysanmi?!
— Ilk kelganimdayoq qarzingni uzganingda, ikkinchi daf’a yoningga kelmasdim.
Os qarzini berish niyatida emasdi.
— Menga qara, Xabbob, — dedi, — senga qarzimni hoziroq to‘lashim mumkin. Ammo bir shartim bor.
— Qanaqa shart?
— Muhammadni inkor etasan. O’shanda darhol pulingni olib ketaverasan.
Xabbob boshini chayqadi:
— Aslo! Sen o‘lib qayta tirilguningcha ham qarzingni berishingni kutishga tayyorman, ammo uni inkor etmayman! — dedi.
Os kesatiq aralash so‘radi:
— Demak, men o‘lgandan keyin qayta tirilaman, shundaymi? Sen bunga chindan ham ishonasanmi?
— Albatta, chin yurakdan ishonaman.
— U holda mening yoqamni qo‘yib yubor, ey Xabbob. Modomiki o‘lgandan so‘ng qayta tirilsam, o‘shanda hammolmulkim bo‘ladi, men senga qarzingni ortig‘i bilan to‘layman. — Xabbobga qattiq tikilib: — So‘z beraman, Xabbob, o‘shanda ortig‘i bilan to‘layman! — deb takrorladi.
Xabbob qattiq xafa bo‘ldi. Endi karzini bu dunyoda ololmasligiga ishonch hosil qilgan edi.
«Ollohim, haqimni O’zingga havola etaman», deb Ollohga yolvordi. Uning bu faryodi yuragidan samimiy chiqayotgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:20:49
Ko‘p o‘tmay Buyuk Olloh Rasuli Akramning muborak qalbiga Xabbobning mazkur faryodi bilan aloqador ushbu oyatlarni singdirdi: «(Ey Muhammad) Bizning oyatlarimizga kofir bo‘lgan va: «Qasamki, albatta, (oxiratda ham) menga molmulk va bolachaqa ato etilur», degan kimsani ko‘rdingizmi? U g‘oyibdan xabardor bo‘ldimikin yoki Rahmon dargohidan ahdu paymon oldimikin?! Yo‘q! Albatta, Biz uning aytayotgan so‘zini yozib qo‘yurmiz va uning uchun azobni ziyoda qilurmiz. U aytayotgan (mol-dunyo)ga Biz merosxo‘r bo‘lurmiz va u huzurimizga yolg‘iz holda kelur». (Maryam surasi, 77-80.)
Rasululloh ushbu oyatlarni o‘qiganlarida Xabbobning yonayotgan yuragiga muzdek suv sepilganday ta’sir etib, u yana xotirjam bo‘ldi. Bu mavzuda sahobalar Rasulullohning shirin suxanlaridan quyidagi hodisani tingladilar:
Isroil o‘g‘illaridan bir odam boshqa biridan ming dinor qarz berib turishni so‘radi. U odam pulni shohidlarning huzurida berish istagini bildirganda, qarz so‘ragan odam:
«Olloh taolo shohiddir, shuning o‘zi kifoya», dedi.
«U holda menga kafolat keltir», deb so‘radi.
«Olloh taoloning kafilligi kifoya qilur», degan javobni oldi.
«Gaping to‘g‘ri. Olloh taolo ham kafil, ham shohiddir», dedi va ming dinorni sanab berdi. Qaytarib beriladigan muddat, oy kun va vaqti, joyi belgilandi.
U odam pulni olgach, dengizda kemaga o‘tirib ketdi.
Qarzni to‘lash vaqti yaqinlashgach, va’daga binoan, sohilga keldi. Bir kemaga o‘tirib ahdlashgan joyga yetib borishi kerak edi. Ammo hali kemadan darak yo‘q. O’ylab-o‘ylab, qo‘liga bir yog‘och bo‘lagini oldi. Orasini o‘yib ochdi, ming dinorni joylashtirdi, qisqa qilib: «Bu falon odamga tsgishlidir», deb yozdi, so‘ngra yorgan joyini mahkamlab berkitib, dengizning qirg‘og‘iga keldi:
«Ollohim, o‘zing bilasanki, men falon kishidan ming dinor qarz olgan edim. Mendan kafolat so‘radi. «Olloh taoloning kafilligi yetar», deb javob qildim. Shohid so‘radi. «Olloh taoloning shohidligi yetar», dedim. Sening kafilligingga va shohidligingga rozi bo‘ldi. Ammo, mana bugun — qarzimni to‘lashim kerak bo‘lgan kunda dengizning u tomoniga suzib o‘tishim uchun kema topa olmadim. Bu pullarni endi O’zingga omonat qilib topshiraman», dedi va yog‘ochni dengizga otib, qaytib ketdi.
Dengizning u tomonida qarz bergan odam ham sohilga chiqqan, biron kema kelib qolsa, mendan qarz olgan odam pulimni olib kelar, dsb kutar edi. Hech kim kelmadi. Birmuncha kutdi, so‘ngra suv yuzasida qalqib turgan yo‘g‘ongina bir g‘o‘laga ko‘zi tushdi. Qiziqsinib, suvdan oldi. O’tin qilarman, degan o‘yda uyiga olib keldi. Yorib ko‘rsa, ichidan pul va maktub chiqdi...
Oradan bir necha kun o‘tib, qarzdor keldi, ming dinorni chiqarib, qarz berganning oldiga qo‘ydi.
«Xudo haqqi, senga qarzimni o‘z vaqtida to‘lash uchun rosa kema poyladim, ammo kema kelmadi. Qasam ichib aytamanki, oldinroq kelishga harakat qildim, lekin uddasidan chiqa olmadim», deb uzrini aytdi.
«Juda soz. Sen menga bir narsa jo‘natganmiding?» «Aytdimku, vaqtida bu yoqqa o‘tadigan kema topolmadim...» «Ammo Olloh taolo sening g‘o‘la ichiga solib jo‘natgan pullaringni menga yetkazdi va qarzingni to‘ladi. Endi mana bu pullaringni qaytib olginda, salomat bo‘l», dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:21:06
HABASHISTON SARI YANA BIR SAFAR

Habash o‘lkasiga ilk hijrat qilganlar Makkada qolganlar uchun yaxshi bir imkoniyat yaratgan, xalos eshigini ochgan edilar. Endi Makkadagi mo‘minlar ularning orqasidan borishlari mumkin edi yoki shu yerda qolib, uzluksizdavomli zo‘ravonlik va xo‘rliklarga bardosh berishlari lozim edi.
Har kungi haqoratlar sabr kosalarini tobora to‘ldirib bordi. Hech qachon ortga qaytmaslik sharti bilan kufrdan voz kechgan bu insonlarning asl maqsadlari — bundan bu yog‘iga kufroniy hayotdan abadiy uzoq bo‘lish va imonlarini davom ettirish edi.
Nihoyat, Abu Tolibning o‘g‘li Ja’srar ham ketishga qaror qildi. Xotini Asmo binti Umays bilan birgalikda yo‘lga chikdi. Uning ortidan Habash safariga otlanganlarning soni ortdi. Ikkinchi muhojirlar qofilasi sakson ikki erkak, o‘n ayol Makkani tark etdilar. Bu gal yo‘lga chiqqanlar orasida Ja’fardan tashqari, Amr ibn Said, Xolid ibn Said va har ikkalasining xotinlari, Ubaydulloh ibn Jaxsh va uning xotini Ummu Habiba, Abdulloh ibn Mas’ud, Mikdod ibn Amr, Abu Ubayda ibn Jarroh kabi taniqli insonlar bor edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:21:17
* * *
Abu Uxayha o‘sha kunlarda og‘ir dardga chalingan edi. Behol edi, o‘rnidan turishga ham majoli yo‘q edi. Ammo hanuzgacha o‘g‘li Xolid, kelini Umayna va ikkinchi o‘g‘li Amrdan darg‘azab edi, ularni hech kechira olmas edi.
— Xudo xohlasa, kasallikdan turib yana darmonga kirsam, Ibnul Kabshaning (Rasulullohning) ta’zirini o‘zim beraman. Makkada uning Tangrisiga ibodat qilinmaydi! der edi. Ichida so‘nmas bir qasos o‘ti bor edi. Tobora alangalanayotgan, tobora kuchayayotgan bir olov...
Xolid ibn Said Makkani tark etish arafasida otasining qanday qasam ichganini eshitib koldi va qo‘llarini ko‘tarib:
— Ollohim, uni bu kasallikdan qutqarma! — deb duoibad qildi.
Shundan keyin xotini bilan yo‘lga tushdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:22:02
* * *
Makkada mo‘minlarning soni tobora kamayar edi. Bittadan, ikkitadan bo‘lib shaharni tark etayotganlar xatto hech kim bilan xayrlashmadilar. Chunki ularning yo‘lga otlanayotganliklarini mushriklar eshitib qolguday bo‘lsa, to‘sqinlik qilishga urinishlari muqarrar edi.
Keyingilar oldin borgan birodarlarini topdilar. Ularning yoniga o‘rnashdilar. Q1u yo‘sinda Hashabistonda musulmonlarning mahallasi vujudga keldi. Aholisi ayol-erkak hammasi bo‘lib yuz kishidan ko‘proq bo‘lgan kichik bir mahalla...
Bu yerda osoyishta turmush kechira boshladilar. Hech kim ulardan nima uchun «yolg‘iz Ollohga» ibodat qilyapsizlar, deb surishtirmas edi. Ular ham, o‘z navbatida, mahalliy xalqning diniga aralashmadilar.
Habashliklarga da’vat qilingani yo ulardan bironbir kishining bu da’vat va tushuntirishlar tufayli musulmon bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.
Ehtimol, «Begona yurtdan kelib bizni dinimizdan qaytardilar», degan ma’noda fitna qo‘zg‘alishidan, o‘rtalaridagi munosabat buzilib qolishidan, natijada Makkadagi kabi og‘ir ahvol yuzaga kelishidan andisha qilgan bo‘lsalar ajab emas. Axir, habashliklar ham ularga dushman bo‘lib qolsalar, butunlay oxirgi boshpana ham qo‘ldan ketishi turgan gap edi. Qolaversa, ilk muhojirlar orasida Makka hasratida yonib adoyi tamom bo‘layozganlar ham yo‘q emas edi.
Ja’far ibn Abu Tolib va uning birodarlari Habashistonga ko‘chib kelgandan beri Makkadan ilk xabar keldi. «U yoqda ahvol qanday ekan?» deb ilhaq edilar, hammani qiziqtirib turgan savol javobini topdi. Abu Jahlning hamon «Abu Jahl», Abu Lahabning «Abu Lahab» bo‘lib qolgani anglashildi. «Demak, hanuz eski hammom, eski tos ekanda», deb o‘yladilar.
Rasulullohdan (s.a.v.) kelgan salom ko‘ngillarga huzur bag‘ishladi. Mijjalar namlandi, ko‘zlar yoshga to‘ldi. Buyuklar buyugining salomini olib yig‘lab yuborganlar orasida ko‘zlaridan nur donalarini oqizgan Ruqayya ham bor edi. Ayniqsa, uning sog‘inchi ikki hissa edi: ham ota sifatida, ham Sayyidul Anbiyo o‘laroq... Onasi Hazrati Xadicha, singillari Ummu Gulsum, Zaynab va Fotima ko‘z o‘ngidan ketmas, bir kun ular bilan qayta ko‘rishishni, bo‘yinlariga osilib, to‘yib-to‘yib o‘pishni juda-juda istar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:22:41
* * *
Musulmonlar imi-jimida Makkani tark etdilar, hech kimga bildirmay yo‘llarida davom qildilar, ammo Makkada huvillab qolgan uylari nima bo‘ladi, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Bir emas, o‘n emas, yuzdan ortiq makkalik ona vatanini tark etib ketadiyu, u yerdagilar bundan bexabar qolaveradimi?
Bir necha kungacha ularning eshiklari ochilmadi, azbaroyi bezovta qilish uchungina qidirilganda, topishmadi — shuning o‘ziyoq yangi bir hijrat amalga oshirilganini ko‘rsatdi.
Bu daf’a qurayshliklar orasida sarosima boshlandi. Hijrat nima maqsadda qilingani ustida toza bosh qotirishdi. Turlituman taxminlar o‘rtaga tashlandi. Nihoyat, Habashiston najojiysiga (podshohiga) ikki kishilik bir hay’at jo‘natishga qaror qilishdi. Os ibn Voilning o‘g‘li Amr bilan Abdulloh ibn Abu Robiaga ushbu vazifa topshirildi.
Amr ibn Os arablar orasida tan olingan o‘ta ayyor va mug‘ambir to‘rt dahriydan biri edi. Qancha yashagan bo‘lsa, shuncha payt uning bu xislati o‘ziga qo‘l kelgan.
Habashiston xukmdori boshliq saroy amiramaldorlariyu cherkov xodimlariga qimmatbaho sovg‘asalomlar tayyorlandi. Katta umidlar bilan yo‘lga chiqildi. Habashistonga yetib borgach, avval hukumat arkonini ziyorat qildilar. Ularga sovg‘asalomlar taqdim etildi. Hukmdorga arz etilmoqchi bo‘lgan masalada yordam berishlari so‘raldi. So‘ngra xukmdorning xuzuriga qabul qilindilar. Habashliklarning odatiga ko‘ra, yergacha egilib sajda qildilar va salom berdilar. Olib kelingan sovg‘alarni topshirdilar. Hukmdor:
— Bu yerga nima maqsadda keldingiz? — deb so‘radi. Amr ibn Os so‘z boshladi:
— Ey hukmdor, biz Makkadek bir joydan uzoq masofani bosib sening yurtingga keldik. Oramizda o‘z o‘rnini bilmagan yalangoyoqlarning bir guruhi dinini o‘zgartirdi, ota-bobolarining dinidan qaytdi. Ota-onasi, qarindoshurug‘lariga qarshi chiqdi. Kechagi kunga qadar topinayotgan ilohlariga til tekkizdilar. Biz ularni yo‘lga solmoqchi bo‘ldik. Ammo bunga muvaffaq bo‘la olmadik. Ular o‘rtaga chiqargan dinni biz xam bilmaymiz, sen ham... Bizning dinimizga qaytmadilar, sening diningga kirmaganliklari ham aniq. Biz ular Makkada boshlagan fisqu fasodni bu yerda ham chiqarib, sizlarning boshingizga bitgan balo bo‘lmasinlar, deb xavotirdamiz. Shularni nazarda tutib, qavmimizning ulug‘lari bizni sening huzuringga jo‘natdilar. Bu yerda ham bir ko‘ngilsizlik chiqarishlaridan oldin ularni bizning ixtiyorimizga topshirsang. Makkaga qaytarib olib ketardik, shu tariqa sizlar ham kutilmagan mojaro, korholdan emin bo‘lar edilaringiz.
Hukmdorga bu so‘.zlar yoqmadi.
Navbat saroy ahliga keldi:
— Ey xukmdor, biz u odamlarning kim ekanligini bilmaymiz. Ularni hammadan ko‘proq o‘z qavmining va killari yaxshi biladilar. Eng to‘g‘risi — Makkadan jo‘natilgan bu odamlarning so‘zlariga ishonib ish tutishdir. Agar ular yaxshi odamlar bo‘lganida, o‘z yurtlarini, qarindoshurug‘larini tashlab bu yerga kelmas edilar.
Hukmdor ularning so‘zlarini bo‘ldi:
— Yurtimga kelib mendan panox so‘ragan musofirlarni he yo‘qbe yo‘q to‘satdan birovlarning ixtiyorigatopshira olmayman. Ularni huzurimga chaqirtirib, so‘zla
rini eshitaylik, shundan keyingina uzilkesil qarorga kelaman. Menga ularni topib kelinglar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:22:58
Darhol chopar jo‘natildi. Chopar musulmonlarni topib:
— Sizlarni hukmdorimiz huzuriga chorlamoqda, —dedi.
Ja’far va uning do‘stlari bu taklifning ma’nosini tushunmadilar.
— U bizlarni nima maqsadda chaqirtirdi? — deb so‘radilar xavotirlanib.
Chopar vaziyatni tushuntirdi: ularni istab kelganlarning ham, hukmdorning ham so‘zlarini batafsil hikoya qilib berdi. Bu xabar mo‘minlarning dillarini siyoh qildi. Necha vaqtlardan beri zulm ko‘raverib bezillab qolgan, ammo Habashistonda endigina orom ola boshlagan qalblarini yana xavotirlik chulg‘ab oldi: «Bu yerda ham bizni topishibdida», degan sarosimali o‘y bor edi har birining yuz ifodasida.
Tez orada hukmdorning huzuriga yetib bordilar. Ularni kutib olgan saroy xizmatchilari ichkarida qanday muomalada bo‘lishlari kerakligini tushuntirdilar:
— Kirgan zahoti sajda qilib, yerni o‘pib salom berishlaring kerak, — dedilar.
— Biz faqat yolg‘iz Ollohga sajda qilamiz, bandasiga sajda qilmaymiz, — deb javob qilishdi mo‘minlar.
— Nima uchun?
— Dinimizning, Payg‘ambarimizning amri shudir.
Ichkariga kirdilar, salom berdilar.
Amr ibn Os bir chekkada turar edi. Gap boshladi:
— Salgina oldin sizga ularning ahvoli haqida gapirib bergan edim, ey hukmdor. Mana, o‘zingiz xam ko‘rib turganingizdek, gaplarim to‘g‘ri chiqdi. Bular osiy, itoatsiz kishilardir, — dedi.
Hukmdor unga javob bermadi, huzuriga kelgan odamlarga qaradi.
— Qani, aytinglarchi, yurtimizga nima maqsadda keldilaring? Bu odamlar nima uchun orqalaringdan qidirib kelibdi? — deya so‘radi.
Ja’far ibn Abu Tolib so‘z oldi:
— Ijozat bersangiz, do‘stlarimning nomidan men gapirsam.
— Marhamat, ganiraver.
— Bu odamlardan so‘rab ko‘ringchi, ey hukmdor, bizasir tushgan qullarmidik, bizlarni zo‘rlab olib ketishni istasalar?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:24:00
Hukmdor Amr ibn Osga o‘girildi:
— Xo‘sh, bunga nima deysan?
— Yo‘q, ular qul emaslar.
— Yana so‘rang, ey hukmdor, biz noxaq qon to‘kkan yoxud odam o‘ldirgan jinoyatchilarmidikki, bizni o‘zlarining ixtiyoriga topshirishingizni talab etsalar?!
— Qani bunisiga nima deysizlar? Bular qotilmi? Yoxud boshqa biron ayblari borligidan qidiryapsizlarmi?
— Yo‘q, ular qotil emaslar. Nohaq qon to‘kmadilar,— deb javob qilishdi kelganlar.
— So‘nggi marta so‘rangchi, xukmdorim, biz biron kishining molini olib pulini to‘lamagan, omonatiga xiyonat qilgan kimsalarmizmi? Bizda haqlari bormikan?
— Xo‘sh, ey Amr?
Amr bu savolga ham rostini javob qildi:
— Yo‘q, bu odamlar hech kimdan qarzdor emaslar! Hukmdor ushbu savoljavobdan so‘ng Amr ibn Osga qayrildi:
— U holda, ey Amr, bu odamlarni nima uchun, qanday haq bilan ixtiyoringizga topshirilishini istaysan? Menga buni ochiq bayon qilib ber.
Amr hech kutilmagan bu savol qarshisida o‘zini yo‘qotib qo‘ydi.
— Bular bizning dinimizdan voz kechdilar, Muhammadga qo‘shilib, uning diniga kirdilar, — dedi.
Hukmdor yana Ja’farga qaradi:
— Eski diningizni nima uchun tark etdilaring? U dindan chiqqan bo‘lsalaring, mening dinimga ham kirmasalaring, u holda sizlarning diningizning asl mohiyati va asosi nimadan iborat, shuni menga tushuntiringlar?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:24:33
Ja’far dediki:
— Ey olampanoh, biz johil bir millat edik, butlarga topinardik, o‘limtiklarning go‘shtini yerdik, axloqsizlik qilardik, qo‘shnilarimizning diliga ozor yetkazardik. Kuchlilarimiz zaiflarimizni ezar edi. Olloh taolo bizga avvaldan ornomusli, aslzoda, ishonchli, olijanob inson sifatida ma’lum bo‘lgan kishini Payg‘ambar qilib jo‘natgunga qadar bizning ahvolimiz shunday edi. U payg‘ambar bizni Ollohga va Uning yolg‘iz ekanligiga, Unga ibodat qilishga, otalarimiz va bizlar topinayotgan tosh xamda butlarni qalbimizdan uloqtirib tashlashga da’vat etdi. To‘g‘riso‘z bo‘lishni, omonatga sadoqatni, qarindoshurug‘chilik munosabatlariga xurmat bilan qarashni, qo‘niqo‘shnilar bilan ahil yashashni, harom narsalardan va qon to‘kishdan chekinishni buyurdi. Axloqsizlikdan, yolg‘on so‘zlashdan, yetimning molini yeyishdan, nomusli ayollarga tuhmat qilishdan man etdi.
Yolg‘iz Ollohga sig‘inishni, Unga sherik qilmaslikni, namoz o‘qishni, sadaqa berib molmulkimizni halollashni, ro‘za tutishni tavsiya qildi... Biz uning payg‘ambar
ligini tan oldik, tasdiqladik. Unga imon keltirdik. Ollohdan keltirgan har bir xukmni qabul etish sharti bilan unga bo‘ysundik. Yolg‘iz Ollohga ibodat qildik. Unga hech narsani sherik qilmadik. Bizga harom degan narsalarni harom deb, halol deganlarini halol deb qabul etdik. Ammo johil qavmimiz bizga dushmanlik qilib, benihoya azob-uqubat, jabru sitam ko‘rsatdi. Dinimizdan voz kechishga, Ollohga ibodatdan man etib, butlarga bosh egishga majbur qila boshladi. Jirkanch xattixarakatlarni yana halol va to‘g‘ri deb hisoblashga zo‘rladilar. Bizdan ustun kelib, zulm qilib, og‘ir ahvolga solishgach, biz bilan dinimiz orasiga kirgach, sizlarning yurtingizga boshpana axtarib keldik, seni boshqalardan afzal ko‘rdik, sening do‘stligingga ishondik va, ey olampanox, sening panohingda osoyishta turmush kechirishga umid qilib keldik.
— Juda soz, endi nega mening huzurimda egilib, yer o‘pmaganingizni izoxlab bering.
—Bizning dinimizda Ollohdan o‘zga hech kimsaga sajda qilinmaydi. Payg‘ambarimizning bizga o‘rgatgan salom shakli shundaydir. Biz birbirimizga va hatto
Ollohning Rasuli bo‘lgan payg‘ambarimizga ham mana shunday salom beramiz.
Hukmdor Amr ibn Osga o‘girildi:
Mendan panoh istab kelgan va men haqimda yaxshi fikrda bo‘lgan bu odamlarni yurtimdan haydab chiqarish yoki sizlarning ixtiyoringizga topshirish uchun biron sabab ko‘rmadim, — dedi.
Ja’far va uning birodarlariga ruxsat berildi, chiqib ketdilar. Yuzlarida sevinch yog‘dulari porlar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:24:55
* * *
O’ta ayyor va mug‘ambir bo‘lgan Amr shunchalik osongina mag‘lub bo‘lishni sira xam istamasdi.
— Ertaga ularning boshiga shunday bir kulfat solayinki, sen ham hayronu lol qolgin, — dedi sherigiga.
Abdullohning eti uvishib ketdi.
— Amr, kel, ularni o‘z holiga qo‘yaylik. Nima bo‘lganda ham ular o‘z qavmimizdan, qolaversa, qarindoshlarimiz. Yurtlaridan, molmulkidan judo bo‘ldilar. Kel, qo‘y, bilganlaricha yashayversinlar.
Amr uning gaplariga quloq ham solmadi:
Ertaga ko‘rasan, zo‘r mojaro bo‘ladi, dedi.
Ko‘zlagan rejasini amalga oshirmay qo‘ymasligiga qasam ham ichdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:25:23
* * *
Ertasi kuni mo‘minlarning qoshiga yana chopar keldi.
— Hukmdorimiz yo‘qlayaptilar, — dedi.
Ko‘ngillarini yana tashvish, hishayajon qamrab oldi.
Xavotir to‘la nigohlar yana birbirlariga qadaldi. Bu qarashlar juda g‘amgin edi.
Ja’far do‘stlariga tasalli bsrdi:
 — Qani, ketdik, — dedi. Ollohning buyurgani bo‘ladi.
 — Bu safar ham sen gapir, ey Ja’far, — deyishdi sheriklari.
Bu daf’a hukmdorning majlisi yanada gavjum edi. Qiyofalaridan din arboblari ekanligi aniq bo‘lgan odamlar ham kelgan, qo‘llarida kitoblar...
Hukmdor majlis ahliga birmabir qarab chikdi.
— Mana bu odamlarning da’vo qilishlaricha, sizlar Hazrati Iso (a.s.) haqida yomon so‘zlar aytar emishsizlar. Qani, o‘z og‘izlaringiz bilan aytinglarchi, Iso (s.a.v) hakida nimalarni bilasizlar?
Masala oydinlashdi. Amr Hazrati Isoni «Olloh» deb biluvchi va ishonuvchi nasroniylarga ta’sir qilish uchun hiyla yo‘liga o‘tgan edi.
Ja’far so‘z oldi va shunday dedi:
 — Ey olamianoh, Hazrati Iso Ollohning bandasi va rasulidir. Pokiza, ma’sum va bokira bo‘lgan Maryamga Ollohning yuborgan kalimasi va ruhidir. Biz u hakda mana shunday ma’lumotga egamiz.
 — Juda soz, siz Payg‘ambaringizdan nimalarni o‘rgandingiz?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:25:33
— Biz Payg‘ambarimizdan Olloh vahiy etib tushirgan Qur’on oyatlarini o‘rgandik.
— Qani, shulardan menga o‘qib berchi bo‘lmasa! Ja’far Maryam surasidan o‘qiy boshladi:
— (Ey Muhammad) ushbu kitobda Maryamni zikr qilding: U o‘z ahli oilasidan chetga — kun chiqar tomonga borib, ulardan berkinib olgan paytida, Biz unga o‘z ruhimizni (ya’ni, Jabroilni) yubordik. Bas, u (Maryamga) busbutun (ro‘yrost) odam bo‘lib ko‘rindi. (Maryam
unga); «Men Rahmonga (ya’ni, Ollohga) sig‘inib, sendan panoh berishni iltijo qilurman. Agar (Ollohdan) qo‘rquvchi bo‘lsang (menga ziyon yetkazmagin)», dedi. (Jabroil) aytdi: «(Qo‘rqmagin) men faqat senga bir pokiza o‘g‘il hadya qilish uchun (kelgan) Parvardigoringning elchisidirman, xolos». (Maryam) dedi: «Menga odamzod tegmagan bo‘lsa, buzuq ayol bo‘lmasam, menda qayoqdan farzand bo‘lsin?!» (Jabroil) aytdi: «Shunday, Parvardigoring ayturki: «Bu (ish) Menga osondir. Biz u (bola)ni odamlar uchun oyat — mo‘‘jiza va O’z tomonimizdan bo‘lgan rahmatmarhamat qilurmiz. Bu bitgan ishdir. Bas, (Maryam) unga homilador bo‘lib, u bilan birga yiroq bir joyga ketdi. Bas, to‘lg‘oq azobi uni bir xurmo daraxtining shoxiga olib bordi (va u shoxga osilgan holda ko‘zi yorigach) dedi: «Qani, mana shu (kundan) ilgari o‘lib ketsamu, butunlay unutilib ketsam edi». Shunda (xurmo daraxtining) ortidan (Jabroil) nido qildi: «G’amgin bo‘lma, Parvardigoring (oyoq) ostingdan bir ariq oqizib qo‘ydi. (Mana shu qurib qolgan) xurmo daraxtining shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini tashlar. Endi sen yebichgin, shodxurram bo‘lgin. Bas, agar odamzoddan birontasini ko‘rib qolsang (va u sendan bu bolaning otasi haqida so‘rasa), u holda: «Men Rahmon yo‘lida ro‘za tutmoqni nazr (axd) qilganman, bas, bugun biron insonga so‘zlamayman», degin». So‘ig (Maryam bolasini) ko‘targan holda kelganida, ular: «Ey Maryam, sen hech kim qilmagan ishni qildingku! Ey Xorunning singlisi, sening otang yomon odam emas, onang ham fohisha emas ediku!» dedilar. Shunda (Maryam so‘zga og‘iz ochmasdan bolasiga) ishora qildi (ya’ni, uning o‘zidan so‘ranglar, dedi). Ular aytdilar: «Beshikdagi go‘dak bilan qanday so‘zlashurmiz?!» (Shu payt chaqaloq, ya’ni, Iso tilga kirib) dedi: «Men Ollohning bandasidirman. U Zot menga Kitob — Injil ato etdi va meni payg‘ambar qildi. Yana meni qaerda, bo‘lsam, xayru barakotli qildi va modomiki hayot ekanman, namozni (ado etishni) va zakotni (ato etishni) amr qildi. Shuningdsk, (Olloh) meni onamga mehribon qildi va meni sitamkor badbaxt qilmadi. Menga tug‘ilgan kunimda ham, vafot bo‘ladigan kunimda ham, qayta tiriladigan kunimda ham tinchlikomonlik bo‘lur». Ular (ya’ni, yahudiy va nasroniylar) shakshubha qilayotgan Iso ibni Maryam (haqida Ollohning) Haq so‘zi mana shudir. Olloh uchun hech qanday bola tug‘ish joiz emas — U Zot (bunday nuqsondan) pokdir. U biron ishni qilmoqni istasa, faqat unga «Bo‘l», der. Bas, (o‘sha ish) bo‘lur. (Iso aytdi:) «Albatta, Olloh Parvardigorim va Parvardigoringizdir. Bas, unga bandalik qilingiz! Mana shu haq yo‘ldir!» (16 — 36).
Bu oyatlarni tinglar ekan, hukmdorning (Najoshiyning) ko‘zlaridan yoshlar oqar edi. Din arboblarining orasida ham yig‘laganlar bo‘ldi. Hukmdor ko‘zyoshlarini artib:
— Bu kalom Isoga va Musoga tushirilgan manbadan keladi. Ularning qandillari yog‘du olgan chashmadan ziyoolur, — dedi. Egildi, yerdan bir cho‘p olib, dedi: — Haqiqatdan, asl Iso sizlar bayon qilganlaring Isodan mana shu cho‘pchalik ham farq qilmaydi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:25:41
Bu gapni eshitib, din odamlari po‘ng‘illay boshladi.
Hukmdor:
— Xudo haqqi, sizlar nima deb po‘ng‘illasangiz ham, asl haqiqat mana shudir, — dedi va mo‘minlarga o‘girildi: — Sizlarga ruxsat. Bemalol, tinchxotirjam yashayveringlar. Sizlarni har qanday xavfxatardan muhofaza etishni o‘z zimmamga olaman. Sizlarga yomonlik qilgan kishi meninggina emas, Ollohning ham qahriga uchragay. Sizlarga choh qaziganning o‘zi o‘sha chohga yiqilur, sizlarni haqorat qilgan kimsa jazosini topqusidir. Oltin hadya etishsa ham, sizlardan birontangizni bezovta qilishlariga toqat qilolmayman!
Amr ibn Os bu safar ham mag‘lubiyatga uchraganini bilib, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi.
Hukmdor qurayshlar olib kelgan sovg‘asalomlarni qaytarib berishni buyurdi.
— Mening bu hadyalarga ehtiyojim yo‘q. Qo‘limdan zo‘rlab olingan mulkimni Olloh menga qaytarganida va xalqimni menga itoat ettirganida, U mendan pora olmadi. Men ham pora olib, sizlarning nohaq talablaringizni bajo keltira olmayman. Sovg‘asalomlaringizni olinglarda, tezda bu yerdan jo‘nab ketinglar, — dedi.
Amr rasman quvilgan edi. Saroydan qovoqtumshug‘i osilib, parishon, abgor bir ahvolda chiqdi. Cheksiz bir adovat tuyg‘usi bilan kelgan bu gumrohlar orqaga qaytishga majbur bo‘lgan edilar.
Mo‘minlar esa, aksincha, u yerdan xursand bo‘lib, Ollohga shukronalar bildirib chiqib ketdilar. Nabiyi Akramning (s.a.v.) «U yerda adolatli bir hukmdor bor, umid qilamizki, u sizlarni o‘z panohiga olib, xavfxatardan asraydi», deb buyurganlari eslariga tushdi. Bu xotira yonoqlarga sevinch va sog‘inch to‘la yoshlarni oqizdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:25:49
* * *
Rasululloh (s.a.v.) ko‘chada jondan aziz amakilarining himoyasi ostida vazifalarini ado etar, uylarida esa, ulkan bir fidokorlik va sog‘lom dunyoqarash o‘rnagi bo‘lgan umr yo‘ldoshlarining yonida hordiq chiqarib, orom olar edilar. Go‘yoki Abu Tolib va Hadicha u zotga vazifasini to‘lato‘kis ado eta olishlari uchun xizmat qilishda kimo‘zar musobaqasiga kirishgandek edi.
Bir kuni Habibi Adibimiz qurayshiylardan anchamuncha kishi to‘plangan ochiq bir joyda Najm surasini o‘qidilar. Suraning oxiri sajda oyati bilan tugar edi. O’qib bo‘lgach, o‘rnilaridan turib, sajda qildilar. U yerga to‘planganlarning hammasi — mo‘min ham, mushrik ham beixtiyor sajdaga qo‘shildilar. Hatto belini buka olmaydigan bir qariya ham egildi, yerdan bir hovuch tuproq oldi, peshonasiga surtdi: «Men uchun mana shu amalning o‘zi sajda o‘rniga o‘tar», dedi.
Mo‘minlar ushbu oyatda Ollohga sajda va ibodat qilish amri berilgani uchun sajdaga egilgan edilar. Ammo mushriklarchi? Xo‘sh, ularni sajdaga chorlagan narsa nima edi?! Ehtimol, Qur’oni Karimning beqiyos va mukammal kalomi ularning ko‘ngillarini qamrab olgan bo‘lsa ajab emas. Uzlarini unutgudek holda ilohiy kalomning jozibasiga mahliyo bo‘lgan edilar. Shu asnoda Rasululloh (s.a.v.) sajda qilganini ko‘rib, ortidan mo‘minlar ham sajdaga egilgach, beixtiyor ravishda ular ham sajda qilgan edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:25:58
* * *
Bu xabar aylanibaylanib Habashistonga ham yetib bordi. Ammo og‘izdanog‘izga o‘tib, mubolag‘alar bilan boyigan bu xabar Habashistonda «Butun Makka xalqi Rasulullohning orqasida saf tortib, xuzuri ilohiyga (ya’ni, ilohiy huzurga) bosh qo‘ygan emishlar», degan tarzda tarqaldi.
Bu xabarni jiddiy qabul qilgan bir qator mo‘minlar sevinchdan qanot yozib uchguday bo‘ldilar. Darhol vatanga qaytish hozirligi ko‘rila boshlandi...
Nihoyat, kunlardan bir kuni musulmonlarning anchagina qismi Habash o‘lkasini tark etdi. «Qaydasan, Makka», deya yo‘lga tushdilar. Qaytayotganlarning orasida Rasulullohning (s.a.v.) kuyovlari Usmon ibn Affon va nuridiydalari Ruqayya ham bor edi. Hammasi bo‘lib o‘ttiz uch erkak va uch ayol edilar.
Habashistonda qolganlar ketayotganlarni achchiqachchiq ko‘z yoshlari bilan kuzatib qolarkanlar, birodarlari qurayshiylarning hiyla tuzog‘iga ilinganliklariga shubha qilmasdilar.
Uzoq davom etgan quruqlik va dengiz safaridan so‘ng Jiddaga yetib keldilar. Shundan keyin yana yo‘l boshlandi. Endi ko‘pi bilan uch kundan so‘ng Ona vatan ostonalariga yetib borishadi. Ka’bani tavof etishadi.
Ammo yo‘lovchilar Makka tomondan kelayotgan bir kishiga duch kelganlaridan keyin xursandliklari bir zumda barham topdi. Ko‘ngillarga g‘ashlik cho‘kdi. Peshonalarda sovuq ter tomchilari paydo bo‘ldi. Keyingi, undan keyingi yo‘lovchilar ham dastlabki yo‘lovchining xabarini tasdiqlashdi. Makka sari tashlanayotgan har bir qadam endi tashvishlariga tashvish qo‘shar edi.
Jiddiy bir muzokara qildilar. Nima qilish kerakligi haqida bahslashdilar.
Hech kim bekordanbekorga o‘lib ketishni istamasdi. Orqaga qaytishni ham xayollariga keltirmasdilar. Birgina yo‘l qolgan, u ham bo‘lsa, shu kungacha ashaddiy dushmanlari bo‘lib kelgan mushriklardan birining himoyasini so‘rash...
Bu arablarning ajoyib va olijanob odatlaridan biri edi. Mardonavor, jasurona bir xattiharakat edi. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, himoya so‘ragan kishining iltimosi rad etilmas, panoh istaganga qarshi qilich ko‘tarilmas edi.
Qabila ahlidan bir ayolning etagiga bosh urish yoki qabila chodirlaridan birining arqonini ushlash o‘sha qabiladan panoh istaganlikni bildirar, so‘ngra himoya so‘raganning afv etilgani, himoya ostiga olingani e’lon etilar va shu kundan e’tiboran qabila orasida erkin yurish xaqqi berilar edi. Unga nisbatan qilingan tajovuz bundan buyon uni o‘z panohiga olgan kishiga tajovuz deb baholanardi. Uni har qanday xavfxatardan saqlash, himoya ostida bo‘ladigan muddat davomida osoyishta yashashiga shartsharoit yaratish har bir qabila a’zosining burchiga aylanardi.
Nochor ahvolda qolgan musulmonlar arablarning ushbu odatlaridan foydalanishga majbur bo‘ldilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:26:13
* * *
O’g‘li Xolid ibn Said tomonidan «Ollohim, uni 6u kasallikdan qutqarma», deb duoibad qilingan Abu Uxayxa Said ibn Os necha oylardan beri yopishgan og‘ir kasallik tufayli to‘shakka mixlangan, bu darddan forig‘ bo‘lmagan edi.
— Bir kishi seni yo‘qlab kelibdi, — dedilar.
— Ichkariga taklif qiling.
Xonaga bir odam kirdi. Abu Uxayhadan holahvol
so‘radi. So‘ng o‘zini tanitib, nima maqsadda kelganini bildirdi:
— Makkaga yaqin bir joyda Usmon ibn Affonni ko‘rdim. Habashistondan qaytayotgan ekan, himoyangga olishingni so‘radi, — dedi.
Abu Uxayha bu taklifni qabul qildi. Bir soatlardan keyin Makka ko‘chalariga jarchi chiqarildi. Har ko‘cha boshlarida:
— Ey Makka xalqi, shuni bilingki, Usmon ibn Affon va uning xotini Ruqayya Abu Uxayha Said ibn Osning himoyasiga olindi. Biron kimsa uni bezovta qilmasin, ziyonzahmat yetkazishga urinmasin!.. — deya e’lon etildi.
Shundan keyin Abu Uxayha chopar jo‘natib, Jidda yo‘lidan Usmon ibn Affonni topdirib keldi.
Ruqayya Nabiylar Sarvari bo‘lgan otasining bo‘yinlariga osilar ekan, ho‘ngrab yig‘lab yubordi. Necha oylardan buyon qattiq sog‘ingan onasi, singillariga yetishdi. Har kim o‘zining achchiqchuchuk xotiralarini so‘zladi. Usmon ibn Affon ham endi bemalol Rasulullohning huzurlariga borib keladigan bo‘ldi. Boshqa mo‘minlarning ko‘pchiligi ham bittadan kishining himoyasiga kirdilar. Masalan:
Abu Salama — tog‘asi Abu Tolibning,
Abu Xuzayfa¾ Umayyya ibn Xalafning,
Mus’ab — Nodir bin Xorisning,
Zubayr — Zam’a ibn Asvadning,
Abdurrahmon Asvod ibn Abdi Yag‘usning,
Usmon ibn Maz’un¾ Valid ibn Mug‘iyraning,
Amir ibn Robia — Os ibn Voilning,
Abu Sabr — Axnas ibn Shariqning,
Xotib ibn Amr Xuvaytib ibn Abdul Uzzoning himoyasidan panoh topdilar.
Ma’lumki, bu kishilar musulmonlar qo‘llariga tushganday bo‘lsa, boplab ta’zirlarini berish orzuida yurgan, mo‘minlarga dunyoni zindon qilgan kishilar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:26:22
* * *
Abu Tolib jiyani Abu Salamani ximoyasiga olgani mushriklarga xush yoqmadi. Mahzum qabilasiga mansub bir necha kishi yana uning huzuriga keldilar.
— Yo Abu Tolib, — dedilar, ukangning o‘g‘lini himoyangga olding, ko‘ndik. Ammo bu safar hech bo‘lmasa Abu Salamani bizning ixtiyorimizga topshirasan, — deb talab qildilar.
— Yana nimalarni istaysizlar? — deb javob kildi Abu Tolib. — Muhammad ukamning o‘g‘li, Abu Salama esa, singlimning farzandidir. Jigarlarimdan birining o‘g‘lini himoya kilolmasam, ikkinchisining o‘g‘lini qanday himoya qilaman? Qolaversa, kimni himoyamga olishni sizlar bilan maslahatlashishim kerakmi?
Kelganlar, o‘jarlik qilib turib olgan, qanday qilib bo‘lmasin, bu safar Abu Salamadan voz kechishga undar edilar. Oxirida Abu Lahab jim turolmadi:
Endi haddilaringdan oshyapsizlar. Va’dasi uchun bu odamni bunchalik tanqid qilishga, unga bu qadar tazyiq o‘tkazishga haqlaring yo‘q. Jahlimni chiqarmanglarda, xoziroq o‘jarlikni bas qilib, bu yerdan daf bo‘linglar. Aks holda, men ham unga qo‘shilamanu Muhammadni har bir ishida ko‘llabquvvatlayman, maqsadiga yetgunga qadar yordam beraman! — dedi.
Ko‘zlaridan g‘azab uchqunlari sachraguday asabiylashib aytgan bu so‘zlari kelganlarni jim bo‘lishga majbur qildi.
— Mana, hozir ketamiz, aytganingni bajo keltiramiz, ey Utba, — dedilar.
Abu Tolib ukasi yonini olganidan juda ham mamnun bo‘ldi. Shu ma’noda minnatdorchiligini bildirib, bir qasida o‘qildi. Birgalikda Muhammadga yordamchi bo‘lishga chaqirdi. Ammo Abu Lahab bu taklifga hech kanday javob kilmadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:26:33
* * *
Abdulloh ibn Mas’ud, Abu Uxayha bin Jarroh singari bir necha kishi hech kimdan himoya so‘ramadilar, kechasi yashirincha shaharga kirdilar.
Kimdan himoya so‘rashni bilmagan Salama ibn Hishom, Ayyosh ibn Abu Robia, Hishom ibn Os, Abdulloh ibn Suxayl va yana bir necha kishini esa, qo‘lga olib qamab qo‘ydilar.
Usmon ibn Affon va uning rafiqasini o‘z himoyasiga olgan Abu Uxayhaning o‘g‘li Xolidga cheksiz aziyatlar yetkazgani, «Agar ushbu kasaldan tursam, ortiq Muxammadning tangrisiga ibodat qilinmaydi!» deganlari ayni haqiqatdir. Bu ham bo‘lsa, johiliya davriga xos mantikka zid voqeliklardan biri edi.
Bu orada Rasulullohga (s.a.v.) Asr surasi tushirildi.
«Asr vaqtiga qasamki, (barcha) inson ziyonbaxtsizlikdadir. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, birbirlariga Haq (yo‘li)ni tavsiya etgan va birbirlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabrtoqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchidir)lar».
Sevikli Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sabr bilan bog‘liq ravishda ushbu rivoyatni naql qildilar:
«Olloh taolo jannat va jahannamni yaratgandan keyin Jabroili Aminni jannatga yubordi:
— U yerni bir ko‘zdan kechir, — dedi.
Jabroil jannatga borib kelgandan so‘ng Robbul Olaminga murojaat qildi:
— Sening izzat va sharafingni o‘rtaga qo‘yib qasam ichamanki, u yer haqida eshitgan har kim albatta o‘sha yerga kiradi, — dedi.
Shundan so‘ng Olloh taolo amr etdi, jannatning atrofi nafs orzu kilmaydigan amallar bilan o‘raldi. Takror Jabroilga:
— Yana bir borginchi, — deb buyurdi. Qayta borib ko‘rdi, so‘ngra:
— Sening shoning haqqi qasamlar bo‘lsinki, u yerga hech kim kira olmasa kerak, deb qo‘rqa boshladim, —dedi.
— Endi jahannamga borib, u yerni ham ko‘rib kel. Jabroil borib keldi:
— Shoningga qasamlar bo‘lsinki, u yerni eshitgan bironta odam u yerga kirishni orzu qilmasa kerak.
Olloh taolo yana amr etdi, jahannamning atrofi nafs orzu qilishi mumkin bo‘lgan narsalar bilan to‘ldirib tashlandi. Jabroilga:
— Yana borib kel, — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:26:42
Bordi, ko‘rdi va qaytib kelgach:
— Shoningga qasam bo‘lsinki, hech kim u yerdan kutula olmasa kerak, deb ichim uvishib ketdi, — dedi».
Bu rivoyat jannati bo‘lish uchun talab etiladigan sabrtoqat haqida bir ibratli misol bo‘ldi.
Usha kecha mo‘minlarning ko‘plari uyquga yotar ekanlar Afzali Anbiyoning (s.a.v.) quyidagi so‘zlarini qaytaqayta esladilar:
«Bir musulmonning boshiga charchoq, kasallik, taqdir taqozosi bo‘lgan g‘amkulfat tushishidan tortib, tikan botishigacha uni bezovta qiladigan nimaiki tushsa, Olloh taolo bu bezovtaliklarni o‘sha musulmonning gunohlaridan o‘tish uchun kafforat hisoblaydi».
Ammo bu azobuqubatlarning nihoyasi bormi? Va’da qilingan natija qachon kelajak? Sabr davri qachon tugaydi? Huzurhalovat, tinchlikosoyishtalik davri qachon boshlanadi? Aziyatu haqoratlar izmaiz yuraveradimi? Bu yo‘lning oxiri bormi?
Ko‘ngillar yaqinda tushirilgan Sharx surasini yodga oldi:
«Bas, albatta, har bir og‘irlikmashaqqat bilan birga bir yengillik ham bordir. Albatta, har bir og‘irlikmashaqqat bilan birga bir yengillik ham bordir» (56).
Bu oyatlarda har bir mashaqqatdan keyin emas, balki ayni o‘sha mashaqqat bilan birga yengillik borligi ikki bor ta’kidlanadi. Buni ikki xil ma’noda tushunsa bo‘ladi. Birinchisi: har bir qiyinchilikdan keyin shu qadar tez osonlik keladiki, go‘yo ular ikkisi birga, yonmayon turgandek bo‘ladi. Bas, demak qiyinchilikka ro‘baro‘ kelganda, noumidlikka aslo hojat yo‘q. I|skinchi ma’no: bir kishining imoni, e’tiqodi sababli biron og‘irlik tushsa, u kishi hargiz bundan ranjimasligi lozim. Zero, u oxiratdagi osonlikka — mangu saodatga dunyoda tortayotgan ayni mana shu qiyinchiligi sharofati bilan, ya’ni, qiyinchilikka sabrtoqat qilgani sababli erishishi mumkin. Demak, u kishi tortayotgan muvaqqat mashaqqatning o‘zida uning uchun mangu baxtsaodat bor ekan.
Ammo nima bo‘lganda ham, tutilgan yo‘l to‘g‘ri, Olloh roziligiga uyg‘un bir yo‘l edi... Aql ushbu yo‘lni ko‘rsatar, vijdon boshqa bir yo‘lni tanlashga rozi bo‘lmas edi. Bugun mushriklarning qo‘li baland bo‘lsa ham, mo‘minlarning vijdoni ular uchun qiynalar, «Ollohim, ularga ham hidoyat yo‘lini ko‘rsat, ularni ham bu jaholat botqog‘idan xalos et!» tarzidagi duolar tun yarmidan o‘tganda ham Buyuk Dargoh sari yo‘nalar edi.
Bu sura tushirilganda mo‘minlar bir joyga yig‘ilgan edilar. Davradan g‘oyat mamnun holda, ushbu oyatlarni takrorlaytakrorlay tarqaldilar.
Bugungi kunga qadar chekilgan zahmatlar hisobini Buyuk Ollohdan boshqa hech kim bilmas edi. Ertaga ularga yana yangi mashaqqatlar qo‘shiladi. Ammo bir kuni bo‘ron to‘xtashi, yoqimli xushhavo shabadalar esa boshlashi, bo‘g‘uvchi tumanlar o‘rnini musaffo havoga bo‘shatib berishi, Abu Jahllarning saltanati qulashi, Ollohning mo‘min bandalari hokim bo‘ladigan kunlarning kelishi ham muqarrardir.
Habashistondan qaytganda o‘zlariga bironbir himoyachi topganlar shaharda bemalol aylanib yurishar, topa olmaganlar esa, mazaxga uchrab, goh kaltaklanishar, goho xaqoratlanar edilar. Birmuncha vaqt shu zaylda o‘tdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:26:59
* * *
Valid ibn Mug‘iyra uni ziyorat qilishga kelgan Usmon ibn Maz’unni xursand bo‘lib kutib oldi, yoniga taklif etdi. Usmon ko‘rsatilgan joyga o‘tirganda keyin gap boshladi:
— Ey Abdushshamsning otasi, sendan menga bergan himoyangni qaytib olishni iltimos qilib keldim.
Valid hayron bo‘lib:
 Nima uchun? Birov seni bezovta qildimi? Mening himoyamdan norozimisan? — dedi.
— Hech kim menga ozor bergani yo‘q. Ammo men ham rozi emasman!
— Nega endi? Hech kim ozor bermasa, baribir norozi bo‘lsang? Ochiqroq gapirchi.
— Noroziligimning boisi, — dedi Usmon, birodarlarimdan bir qanchasi haqoratga uchrayanti, do‘pggoslanishyapti, shunday paytda mening tinchxotirjam, bemalol yurishim yoqmayapti. Yo ular ham men kabi huzurhalovatda yashashlari kerak, yoxud men ham ular singari azobuqubat tortishim kerak. Mana shu munosabat bilan meni o‘z himoyangdan chiqarsang. Menga Ollohning himoyasi ham kifoya qilur.
Valid Usmonning bu fikrini g‘aroyib bir xulosa deb tushundi.
— Agar chindan ham shuni istasang, u holda Masjidi Haramga borginda, u yerda o‘z ixtiyoring bilan mening himoyamni rad etganingni ochiq e’lon qil. Chunki men «Valid bergan himoyasini qaytib oldi» deyishlarini aslo istamayman, — dedi.
So‘ngra birgabirga Masjidi Haramga bordilar. Usmon, Valid ibn Mug‘iyraning ahdiga vafo qilganini, himoyasini insof bilan davom ettirganini, biroq o‘zi bu himoyani rad etganini e’lon qildi va shu yo‘sinda himoyasi nihoyaga yetdi. Valid ham qisqagina qilib, himoyani tzad etgan kishini himoya qila olmasligini bayon etdi. O’sha yerdagi kishilar bunga shohid bo‘ldilar.
Usmon u yerdan ketdi. Bir ozdan keyin o‘n beshyigirma kishilik bir jamoaga duch keldi. Mashhur shoir Labid she’r o‘qir, atrofidagilar uni zavq bilan, diqqat bilan tinglar edilar. Usmon ham to‘xtadi, she’rga quloq tutdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:28:05
Labid shunday der edi:
— Diqqat qiling, Ollohdan boshqa har qanday borliq foniydir, yo‘q bo‘lishga mahkumdir.
 — Ofarin, juda to‘g‘ri!
Buni aytgan Usmon edi. Nigohlar unga qadaldi. Labid, garchi tasdiq etilgan bo‘lsa ham, so‘zlari bo‘linganidan ranjigan edi.
O’qishda davom etdi:
— Har qanday ne’mat ham so‘ngida zavol topajak, qo‘ldan chiqajak...
— Yolg‘on gapirding, jannat ne’matlari zavol topmaydi!..
Endi bu juda xaddidan oshdi, deb o‘yladilar. Labid toqat qila olmadi.
— Ey qurayshiylar, qasamki meni xafa qildingiz, asabimni buzdingiz. Nimalar bo‘lyapti o‘zi, bu odam kim? Qaerdan kelib qoldi?
— Sen unga iarvo qilma, ey Labid! Aqlsiz, tentak bir yigit u. Qavmidan, dinidan qaytgan dahriylardan biri bu.
Shunday der ekan, Abdulloh ibn Abu Umayya bor kuchi bilan Usmonning yuziga musht tushirdi. Usmonning ko‘zi ko‘karib ketdi.
Sa’d ibn Abu Vaqqos ham shu yerda edi. Bu ahvolga beparvo qarab turolmadi, jim turishni ep ko‘rmadi, u ham Abdullohni bir urdi. Abdullohning burnidan tirqirab qon oqib, chayqalib ketdi. Janjal avjiga minmasdan, odamlar oraga kirib, ularni ajratib qo‘yishdi.
Usmon himoyani rad etganidan buyon hali bir soat ham o‘tmagan edi. Valid uni bu ahvolda ko‘rib:
— Ey Usmon, ey jiyan, himoyamni rad etmaganingda, shoyad bu janjal chiqmas, bunday ayanchli ahvolga tushmas eding, — dedi.
Usmon javob berdi:
— Men afsus chekayotganim yo‘q. Olloh yo‘lida ikkinchi ko‘zimni ham bajonidil tutib berishim mumkin. Men Robbimning oxiratda beradigan mukofotidan umidvorman. O’sha asl mukofotdan mahrum bo‘lishdan qo‘rqaman.
— Istaysanmi, seni qayta o‘z himoyamga olaman?!
— Yo‘q. Men yolg‘iz Ollohdan panoh tilayman.
Valid Usmonning bu qadar mustahkam e’tiqodi va imoniga qoyil qoldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:28:23
HAQLI BO’LISH YETARLIMI?

Abu Bakr (r.a.) orasira Rasulullohga (s.a.v.) ko‘pchilikning o‘rtasiga chiqib baralla da’vat qilishni taklif etar, Nabiyi Muhtaram (s.a.v.) janobimiz esa:
— Yo Abu Bakr, biz hali son jihatidan ozchilikmiz, — deb javob qilardilar.
Hazrati Abu Bakrning o‘jarligi tutgach, Rasululloh (s.a.v.) ham ortiq yo‘q deya olmadilar, uning taklifini qabul qildilar. Masjidi Haramga bordilar.
Har bir musulmon qabiladoshlarining orasidan o‘rin oldi. Rasululloh (s.a.v.) bir chekkaga o‘tirdilar. Shundan keyin Abu Bakr (r.a.) o‘rnidan turdi va majlis ahlini baland ovoz bilan Islom diniga da’vat etdi.
Endi gap boshlagan edi hamki, yonatrofdan luqma tashlaganlar bo‘ldi, ovozlar borgan sari avjiga mindi, Abu Bakrning so‘zlari eshitilmay qoldi.
— Ovozini o‘chiring shu dahriyning!
— Bering jazosini!..
Bir zumda Abu Bakrning ovozi uzilib qoldi, Utba oyog‘idagi poyafzalini yechib, uning yuziga urar, qorniga ayamay tepar edi. Janjal uzoq davom etmadi. Yerda behush yotgan Abu Bakrning burni pachoq bo‘lgan, ammo yuzidan ajralmay qolgan edi. Shu asnoda Masjidi Haramda o‘z qabiladoshlarining orasida o‘tirgan musulmonlar ham hujumga uchrab, rosa kaltaklandilar.
Taym qabilasidan bir necha kishi Hazrati Abu Bakrni bir choyshabga yotqizib, uyiga olib ketdilar. Tirik qolishiga umid yo‘q edi.
Ko‘p o‘tmay Masjidi Haramda bir e’lon paydo bo‘ldi:
«Agar ushbu kaltaklash natijasida Abu Bakr jon taslim etsa, Utba Taym qabilasidan omonlik ko‘rmaydi. Hamma buni yaxshi bilib qo‘ysin!..»
Yana Abu Bakrning yoniga qaytdilar. Hamon behush edi. Orasira uni chaqirib ko‘rishar, ammo javob olisholmas edi. Kun botgach, pichirlagani eshitildi:
— Rasulullohning ahvoli nechuk? Qabiladoshlarning yuraklari siqildi.
— O’zing o‘lim to‘shagidasanku, shunda ham Muhammadni o‘ylaysana?
Abu Bakr ularning gapini eshitmadi, yana hushidan ketdi.
Kabiladoshlari onasi Ummul Xayrga murojaat qilib:
— Sen unga biron narsa yedir, suv tomizib, chanqog‘ini bos, — dedilar. Va u yerdan chiqib ketdilar.
Oradan yana xiylagina vaqt o‘tdi. Ummul
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:28:57
Xayr o‘g‘liga qoshik bilan nimadir ichirishga urinar, ammo Abu Bakrning og‘zi ochilmas edi.
— Rasululloh qay ahvolda?..
Ummul Xayr qoshiqni o‘g‘lining og‘ziga yaqinlashtirar ekan:
— Xudo haqqi, o‘rtog‘ingga nima bo‘lganini bilmayman, o‘g‘lim, — dedi.
— Xattobning qizi Ummu Jalilni topib undan so‘ra. Ummul Xayr yo‘lga chiqdi. Said ibn Zaydning uyiga bordi. Eshikni taqillatdi.
— Qizim, — dedi Ummul Xayr, — Abu Bakr senga salom yo‘lladi va Muhammad ibn Abdullohning holahvoli to‘g‘risida so‘radi.
— Men na Abu Bakrni taniyman va na Muhammad ibn Abdullohni!
— Ammo, qizim, meni sening qoshingga o‘g‘lim jo‘natdi, Xattobning qizidan so‘ra, — dedi.
— Degan bo‘lsa, menga nima? Men ularni tanimayman. Qay ahvolda ekanini bilmoqchi bo‘lgan odam o‘zi boradi.
— Ug‘lim juda og‘ir ahvolda yotibdi, o‘zi borolmaydi. Fotima (Ummu Jalil) bir chorasini topdi:
— Agar istasang, o‘g‘lingning huzuriga o‘zim boraman.
— Juda yaxshi bo‘lardi.
Birgalikda uydan chiqdilar. Abu Bakrnikiga bordi
lar. Xonasiga kirganlarida, u hamon behush edi. Bir faryod ko‘tarildi:
— Kofirlar! Fosihlar! Seni hali shu ahvolga soldilarmi? Iloyo Ollohning O’zi jazosini bersin bu gumrohlarning!
Abu Bakrni tanimayman degan yosh juvonning gaplari edi bu.
— Rasulullohning (s.a.v.) ahvoli kalay?
— Onang shu yerda, so‘zlarimizni eshitib qolishi mumkin.
— Onamning zarari tegmaydi. Bemalol gapiraver.
— Yaxshi. Rasululloh sog‘salomatdirlar.
— Qaerdalar?
— Arqamning uyida.
— Borib, o‘z ko‘zim bilan ko‘rishim kerak.
— Bu ahvolda bora olmaysan, deb qo‘rqaman. Bu gapni ikkala ayol baravariga gapirdilar.
— Xudo haqqi, Rasulullohni ko‘rmagunimcha, tomog‘imdan bir luqma ovqat ham, bir yutum suv ham o‘tmaydi, dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:29:50
Oradan yana bir necha soat o‘tdi. Tashqariga sukunat cho‘kdi. Shundan keyin Abu Bakr ikki ayolning yelkalariga tayanib, sudralasudrala Arqamning uyiga bordi.
Rasululloh (s.a.v.) yarim tun kelganda Abu Bakrni bu ahvolda ko‘rib, yuraklari tilkapora bo‘ldi, uning peshonasidan o‘pdilar. Muborak qalblariga ulkan qayg‘u cho‘kdi.
— Ota-onam senga fido bo‘lsin, — deya ingradi Abu Bakr, bu men uchun dard emas. Ammo anavi battol yuzimga yomon urdi...
Birikki soniya dam olib, yana davom etdi:
— Mening onam o‘ta xayrli, mehribon ayoldir. Duo qiling, yo Rasululloh, duo qilingki, Olloh taolo unga ham hidoyat bersin va jahannam azobidan xalos etsin. Abu Bakrning onasi uchun duo qilindi va Ummu Xayr u yerdan musulmon bo‘lib qaytdi.
Shu damda Abu Bakr azob berayotgan og‘riqlarini ham unutgan edi.

* * *
Rasululloh (s.a.v.) orasira qo‘llarini duoga ochar, «Ollohim, bu dinga Umar ibn Xattob bilan yoxud Amr ibn Hishom bilan quvvat ber», deb iltijo qilar edilar.
Mo‘minlar bu duoga «Omin» derdilar. Farishtalarning ham ushbu duoga «Omin» deb qo‘shilganliklariga hech shubha yo‘q.
Olloh har narsaga qodir. Uning qudrati qarshisida imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. Payg‘ambar Dovudning (a.s.) qo‘lida temirni yumshatgan, toshlarni, temirlarni yo‘nishga qodir Buyuk Olloh istasa, bu toshbag‘irlarning qalblarini yumshatishi ham hech gap emas.

Birinchi kitob bitdi
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Intizor kutilgan tong (1-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2009, 03:36:38
Saodat asri qissalari: Intizor kutilgan tong. 1-kitob

(http://www.ziyouz.com/images/books/saodat1.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=280)

Muallif: Ahmad Lutfiy
Hajmi: 1,95 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=280)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2899.0)