forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:13:00

Nom: Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (2-kitob). Oydinliklar sari
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:13:00
Ahmad Lutfiy

SAODAТ ASRI QISSALARI

Oydinliklar sari

2-kitob


BUYUK MO’JIZA

Makka ahli orasida mishmish tarqatildi: go’yo Rasululloh Qur’onni o’zlari o’ylab chiqargan emishlar, so’ngra Olloh kalomi deb odamlarni yo’ldan ozdirayotgan emishlar.
Bu g’irt tuhmat edi. U kishining yolg’on gapirmayotganlarini mushriklar juda yaxshi bilishardi. Bolaliklaridan hammaning ko’zi o’ngida to’g’riso’z, durust bir inson bo’lib o’sgan Rasulullohning o’ta andishali ekanliklarini ko’p bor sinashgan edi. Qur’on uydirma bo’lsa, o’sha zahoti issig’ida bu ishning tagiga yetish mumkin edi. Chunonchi, Olloh taolo navbatdagi bir oyatni tushirib bu masalani butkul oydinlashtirdi:
«Ayting (Ey Muhammad): «Qasamki, agar bor insu jin mana shu Qur’onning o’xshashini keltirish yo’lida birlashib, bir-birlariga yordamchi bo’lsalarda, uning o’xshashini keltira olmaslar». (Al-Isro surasi, 88)
Nabiyyi akram (s.a.v.) insonlarga yetkazgan ilohiy, muqaddas bir kitob bo’lmish Qur’onni «uydirma, inson kalomi» deganlarga haq va adolat bilan fursat berildi. Unga o’xshash bir kalomni aytishning uddasidan chiqsalar, tamom, shu bilan Muhammadning da’vosi nihoyasiga yetar, mag’lubiyatga uchrar edi.
«Olloh kalomidir», deya takdim etilayotgan Qur’on arab tilida, mushriklar esa, arabchaning eng mukammal jihatlarini ham chuqur biladigan, adabiyotga zo’r havas bilan qaraydigan qavmlardan edilar. She’r o’qishar, o’qiganda ham juda mukammal, turganni yugurtiradigan, yugurganni to’xtatadigan, janjal chiqarishga yoki janjalni to’xtatishga qodir she’rlarni o’qir, ham nasr yo’lida, ham nazm yo’lida istagan adabiy ifodani tan
Muhim eslatma: kitobning qayerida bo’lmasin, «vahiy keldi», «oyat tushdi» yoki «Qur’onning balog’atli ifodasi» deyilar ekan, albatta Qur’oni karimning, oyatlarning asli tushunilsin. Bu kitobda oyatlarning ma’no tarjimalari berilyapti, xolos. Тarjima Qur’on bo’la olmaydi. (Muharrir.)
Kitobdagi Qur’oni karim ma’no tarjimalari Alouddin Mansurga oiddir.
qid qila olishar edi. Ularning orasida Damashqdan to Yamangacha dong’i ketgan shoirlar bor edi. Ularga bir necha og’iz shirin so’z va maqtov aytilsa yoki bir nechta qizil tuya va’da qilinsa, kifoya, bu ulkan muammo tez hal bo’lardiko’yardi.
Abu Jahlga xushxabar jo’natildi. Agar Qur’onning kalomiga o’xshash bir so’z yo bir xitob aytilsa, bu masalaga barham beriladi, deyildi. Ammo bu xushxabar uni xursand qilish o’rniga damini ichiga yuttirdi. Abu Sufyon ham jim bo’lib qoldi. Axnas ibn Shariq ham bosh egdi. «Men sizlarga Muhammad hikoya qilayotgan afsonalardan ham qiziqroq masallar aytib berishim mumkin», degan Nadr ibn Horis xam go’yoki og’ziga talqon soldi.
«Insu jinlar birlashib, bir-birlariga yordamchi bo’lsalar ham, 6u Qur’onga o’xshash kalomni keltira olmaslar», deyilibdimi, ajabo?! O’ho’, shuyam ish bo’ptimi, qani, ko’raylikchi», deya yeng shimarib, Qur’ondan xam go’zal nasriy yo nazmiy asarni o’rtaga qo’ygan kishiga kim nima ham deya olar edi?
Ammo bunga hech kim jur’at qilmadi. Тog’ni o’rnidan qo’zg’atish, ummonlarni suzib o’tish balki mumkindir, ammo bu ilohiy kalomga o’xshashini yaratish kimsaning qo’lidan kelmasdi.
Shu tariqa bunday musobaqaga chorlov javobsiz qoldi. «Mana, Qur’onga teng keladigan kalomni men bayon etaman!» deydigan bir mard topilmadi.
Bu orada Fil surasi tushirildi:
«(Ey Muhammad,) Parvardigoringiz fil egalarini qanday (halok) qilganini ko’rmadingizmi? U zot ularning (Ka’batullohni vayron qilish uchun qo’llagan barcha) hiylanayranglarini barbod qilmadimi? U zot ularning ustiga sopoldan bo’lgan toshlarni otadigan to’pto’p qushlarni yuborib, ularni (qurtqumursqalar tomonidan) chaynab tashlangan somon kabi (ilmateshik) qilib yubordi!»
Bu oyatlarni eshitganlarning xayolida bundan qirq yettiqirq sakkiz yil muqaddam bo’lib o’tgan fojiali voqea qayta jonlanganday bo’ldi. Oltmish ming kishilik juda katta bir qo’shinning bir necha daqiqadayoq osmondan yomg’irdek yoqqan mayda toshlar bilan mahv etilishi, oldilariga solib haydab kelgan filning Ka’ba tomonga yurishdan chekinishi va shunga o’xshash g’aroyib hodisalar...
Qubas ibn Ashyam o’sha zamonga oid xotirasini bunday bayon etgan edi:
«Onam meni orqasiga opichib oldi. Abraxa lashkari yer bilan yakson bo’lgan joyga bordik. Filning sasib ketgan ko’kimtir jasadi meni shu qadar qo’rquvga soldiki, o’shanda biz ko’rgan manzarani eslasam, hanuzgacha ko’z oldimdan ketmaydi».
Rasulullohdan achchiq bir mag’lubiyatga uchragan mushriklar buning alamini qanday olish haqida tinimsiz bosh qotirdilar.
— Ibn Abu Kabsha umr bo’yi urinsak ham qo’limizdan kelmaydigan bir ishga taklif etib, bizni sharmanda-yu sharmisor qildi. Endi biz ham unga qiyomat kunigacha urinib uddasidan chiqa olmaydigan bir ishni taklif etaylik, shundagina uni mag’lub etamiz, — degan fikr o’rtaga tashlandi. O’sha zahoti turlituman mulohazalar yog’ila boshladi.
— Shoshmanglar, birodarlar. U shunday bir ish bo’lishi kerakki, undan mushkulroq bir ishni topish mumkin bo’lmasin. O’rniga mana bunday qilsak bo’larkan, deyilmasin.
Bu ham to’g’ri fikr edi. Boshlar egildi. Zehnlar butkul shu muammo bilan band bo’ldi.
—Daraxtni yurgizsin...
—Suvni teskari tomonga oqizsin...
Lekin bu takliflar ma’qul ko’rilmadi. Nihoyat, Abu Jahl fikr bildirdi:
—Oyni ikkiga bo’lsin: bir bo’lagi bir tepalikning, ikkinchi bo’lagi boshqa tepalikning ustida charaqlab tursin, so’ngra yana birlashtirib, asl holiga qaytarsin, dedi.
Bu gap hammaga ma’qul bo’ldi, yuzlarda tabassum balqdi. Hech kim bundan zo’rroq taklifni kirita olmas edi. Ko’kda charaqlab turgan, yetishish mumkin bo’lmagan oyga kim ham hukmini o’tkaza oladi? Bu hatto tasavvur qilib bo’lmaydigan bir ish edi. Valid Abu Jahlga minnatdorona boqdi:
—Ofarin, yo Amr, hech kim bundan mushkul, bundan qiyinroq bir ishni o’ylab topa olmas edi, — dedi.
—Bugundanoq Ibn Abu Kabshaning mag’lubiyatini ko’rib turgandayman, — dedi Umayya.
Utba esa:
— Agar bu safar ham bizni mag’lub etsa... — deyayotgan edi, Valid uning so’zini bo’ldi:
— Yo’g’e, ey Utba, bu safar uning mag’lub bo’lishiga ishonaver, — dedi.
So’ngra nigohlarini Abu Jahlga qadadi:
— Obbo cho’chqayey! — dedi, keyin boshqalarga qarab davom etdi: — Naqadar mug’ambir odam ekanini bilsangiz edi.
Abu Jahl bu iltifotdan mamnun bo’lib ketdi:
—Rahmat senga, amakijon, — dedi.
Abu Lahab ham Abu Jahlni qutladi:
— Uning bema’ni, behuda da’vosi mana endi barbodbo’ladigan bo’ldi. Va sen  hoshimiylarga isnod keltirgan bu payg’ambarlik safsatasiga barham berasan. Men bosh
liq barcha hoshimiylar buning uchun sendan juda minnatdor bo’lamiz, ey Amr! — dedi.
Bu majlis Makkadan sakkiz chaqirimcha naridagi Mino degan joyda o’tkazildi. Risolat taxtining oxirgi va eng ulug’ sultoni janobi payg’ambarimiz ham o’sha kuni Minoda edilar.
U zotni o’zlari to’plangan joyga taklif etishlari qoldi, xolos. Хabar jo’natildi, ko’rishmoqchi bo’lganlari bildirildi.
Ollohning seviklisi (s.a.v.) taklifni qabul qilib, ularning yoniga keldilar.
— Bizga payg’ambarligingga doir ochiqravshan dalil kerak, — deyishdi.
— Nima xohlaysizlar?
— Oyni ikkiga bo’l,  dedi Abu Jahl.  Bir parchasi Abu Qubays (Safo) tepaligi, ikkinchi bo’lagi Qayqaon tepaligi ustiga kelsin. Buni hamma ko’rganidan so’ng bu ikki parcha yana bir-biriga yopishsin. Agar haqiqatan payg’ambar bo’lsang, shuni qilasan, eplay olmasang, hikoyang bu yerda tugaydi.
Nabiyyi akram (s.a.v.):
—Mayli, — dedilar.
—Olloh taolo sizlar aytayotgan ishni ro’yobga chiqarsa, nima bo’ladi? Mening haqiqatan payg’ambar ekanimga ishonasizlarmi?
— Albatta, — dedi Amr ibn Хishom.
— Bo’lmasam, parvardigorimdan shunday bo’lishini tilayman.
Abu Jahl qo’shib qo’ydi:   Sharti bor, bu taklifimiz bugun kechasi amalga oshishi kerak, boshqa kun emas...
Yig’ilish tugadi. Rasululloh bu yerdan ketganlaridan keyin Uqba ibn Abu Muoyt andishalandi:
—Biz talab qilgan mo’’jizani agar ko’rsatsa, imon keltiramiz, deb so’z berdinga, ey Amr!
—Agar oyni ikkiga bo’lsa, haqiqatan unga payg’ambar deb ishonamizmi? — deya Umayya ham taraddudini izxor etdi.
—Hech qachon, hech qachon! U biz talab qilgan narsani bajara olmay adoyi tamom bo’ladi va bu masala shu yerda yopiladi! — deb Abu Jahl yer tepindi va so’zida davom etdi: — Mino tuproqlari abadiyyan g’alabamizning kuyini ijro etgay. Biz uning payg’ambarligiga aslo ishonmaymiz!
Har ikki tarafni ham sabrsizlik, hayajon qopladi. Mo’miilar Rasulullohga qilingan bu taklifni eshitgach, Ollohga sig’ina va iltijo kila boshladilar:
— Ollohim, sevikli payg’ambarimizga yordam ber!..
Har bir nafasda shu duo,  har odimda shu iltijo takrorlanardi go’yo. Тillar so’zlamas, dudoqlar qimirlamas, qalblar riyodan yiroq bir samimiyat va hayajonga yo’g’rilgan bu iltijolarni tilga chiqarmay turiboq Robbul Olamiynga — yuraklardagi jamiki siru asrordan xabardor Buyuk Mavloga havola etar edi.
Mushriklar bayramona kayfiyatda. Boshlari har vaqtdagidan ham tik va mag’rur. Bir necha soat keyin qozonilajak buyuk g’alabani hozirdanoq nishonlashayotgan edi. Ularning nazarida, tunda oxirgi va og’ir zarba berilib, Ibn Abu Kabshaning ham, uning yo’liga kirganlarning ham hisob daftarlari shu kecha yopilg’usi edi.
Mushriklar bir-birlarini tabriklashardi:
—Bu gal Amr ibn Хishom jon joyidan ushladi lekin!..
—Burchakka shunday siqib qo’ydiki, endi qo’ldan qutulolmasligi aniq!..
Va hokazo gapso’zlar...
Nom: Re: "SAODAТ ASRI QISSALARI" Oydinliklar sari. 2-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:13:53
* * *
Shoshqaloqlik nimaligishg bilmaydigan quyosh har kungiday o’z vaqtida botdi. Kun g’irashira qoraya boshlaganida sharqdan hafif bir oydinlik paydo bo’ldi, sal o’tmay endiendi o’n to’rt kunni oshatgan oy astasekin ko’rina boshladi.
Odamlarning qalbini so’ngsiz hayajon qamrab olgan, bu hayajon tobora shiddatlanib borar edi. Nafas olishlar qiyinlashdi, yuraklar bo’g’izlarga tiqilguday bo’ldi.

—Mana, oy ham tug’di.
—Тug’ish ham gapmi, odam baravar balandladi.
—Qarab tur, hozir qavmdoshing qo’liga bir qilich oladida, oyni o’rtasidan bo’lib tashlaydi.
—So’ngra ikkala bo’lagini ikki tomonga tepib yuboradi. Qarabsanki, biri bu tarafga, ikkinchisi anavi tomonga qarab dumalaydi. So’ngra bir hushtak chalib, kelinglar, arslonlarim, desa, yana chopqillab kelishadi...
Kesatiqlar ketidan qahqahalar...
Abu Jahl, Abu Sufyon, Abu Lahab, Valid, Nadr kabi ashaddiy kofirlar bir joyda turisholmas, u yoqdanbu yoqqa borib kelishar, atrofdagi gapso’zlarga pinhona quloq tutishar edi.
Ko’kda bitta ham bulut parchasi ko’rinmaydi. Quyosh botishi bilan yulduzlar birinsirin ko’rina boshlab, behisob darajaga yetdi. Go’yoki ular ham imon bilan kufr o’rtasidagi bu kurashni tomosha qilishga chiqqanday edi.
Oy har doimgiday sokin. Bir ozdan so’ng uning ustida qilinajak mislsiz bellashuvdan bexabar. Muhtasham, ammo yorqin siymosi bilan dunyoni zimiston qorong’iligidan qutqarayotganidan baxtiyor. Necha mingming yillardan buyon Ollohning amriga bo’yinsunib, yaxshiyomon milyonlab insonga zamon o’tayotganidan darak berib kelar, ba’zan nozik bir hilol, ba’zan yumaloq barkash shaklida ko’rinib, quyosh botgach zimiston qorong’ulikka mubtalo bo’lgan kishilarga yo’l ko’rsatar edi.
Ilk inson yaratilganidan buyon davom etayotgan imon va kufr mujodalasini, yulduzlar kabi u ham ko’kdan tomosha qilib kelgan, isyonchi, zulmkor, haqsiz, insoniylik chegarasidan oshib, buyuk Ollohga qarshi gumrohlik qilgan ko’plab qavmlarning yer bilan yakson etilishiga shohid bo’lgan edi. Suvga cho’ktirildi, to’fonda halok qilindi, shiddatli zilzilalar vujudga keltirilib, yerga yuttirildi — bularning hammasini ko’rdi. U qavmlarning har biri payg’ambarlaridan mo’’jiza ko’rsatishni talab etgan, shunda ham ishonmagan, oqibatda boshlariga baloni sotib olgan edilar.
Ammo... oyni ikkiga bo’lishni talab qilish o’tgan ummatlardan hech birining xayoliga ham kelmagan edi.
Nom: Re: "SAODAТ ASRI QISSALARI" Oydinliklar sari. 2-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:14:22
* * *
Rasululloh (s.a.v.) Robbul Olamiynning cheksiz rahmat va marhamatiga, benihoya karam va ehsoniga suyan
dilar. So’ngra mislsiz bir itoatgo’ylik ila natijani kuta boshladilar. O’zlarini payg’ambar qilib jo’natgan buyuk Olloh, albatta, yordamsiz qoldirmaydi; albatta, mushriklar oldida suyukli rasulini uyaltirib qo’ymaydi.
Atrofda anchamuncha choratadbirlar ko’rib qo’yilgan, mushriklar g’alaba qozonganlariga yuz foiz ishonib qolgan edilar. Go’yo bir ozdan so’ng Muxammad ibn Abdulloh «Men taslim bo’ldim, payg’ambarlik da’voimdan voz kechdim», deydiyu ular musulmonlarga qarshi harakatga o’tishadi, ularga achchiq saboq berishadi...
Bu orada oy anchagina yuksalib qoldi. Shu vaqt... ko’rib turgan ko’zlar ham ishonmaydigan hodisa ro’y berdi: oy haqiqatan ikkiga bo’lindi. Orasiga pichoq kiradigan darajada yoriq paydo bo’ldi. Abu Jahl shoshib qoldi:
—Nadr!.. Nadr!.. — deya baqirdi.
—Nima deysan, Хudo urgur!
—Ko’ryaisanmi shuni?
Nadr joni azob ichida, zo’rg’a javob berdi:
— Ko’r emasman, ko’rib turibman.
Qaytaqayta tikilib, hech ishongilari kelmaydi. Oyning ikki parchasi borgan sayin bir-biridan uzoqlashayotganining guvohi bo’ldilar. Endi inkor etishning hech iloji yo’q edi. Mushriklarning yuraklari qinidan chiqib ketganidan nima qilishlarini bilmay qolishdi.
Nihoyat, oyning bir parchasi Abu Qubays, ikkinchi parchasi qarshi tomondagi Qayqaon tepaliklarining ustiga borib turdi. Shunda Payg’ambar alayhissalom yonlaridagilarga:
— Shoxid bo’linglar, — dedilar. Keyin ikki kishiga alohida xitob qildilar: — Ey Abu Salama ibn Abul Asad, ey Arqam ibn Abul Arqam, shohid bo’linglar!
Keyin oyning ikki parchasi bir-biriga yaqinlasha boshladi. Nihoyat, bir odimlik, bir qarichlik masofa qoldi. Orasiga zo’rg’a bir pichoq sig’adigan darajada yoriq xiyol miqdor turdi, so’ng u ham yo’q bo’ldi.
Oy bir muddat bemisl jang maydoniga aylangan, endi asl holiga qaytib, yana avvalgiday sokinlik va salobat kasb etgan edi.
Rasululloh (s.a.v.) ularga va’dalarini eslatib, imon keltirishni taklif qildilar, birok foydasi bo’lmadi.
Nom: Re: "SAODAТ ASRI QISSALARI" Oydinliklar sari. 2-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:15:02
***
Zo’r bir g’alabani kutgan edilar, uzilkesil mag’lubiyatga uchradilar, bu hol mushriklarni sarosimaga solib ko’ydi. Sarosimadan birinchi bo’lib Abu Jahl qutulganday bo’ldi:
— Muxammadning sehrini ko’rdinglar, mukammal sehr qildi, bu yengib bo’lmaydigan sehrdir!.. — U ovozi boricha baqirar, shallaqilikdan boshqa yo’l tutishning iloji qolmagan edi unga. — Oy yorildi degan gap behuda, u ko’zlaringizni bo’yadi, sehrlab qo’ydi, bo’lmagan ishni bo’lganday qilib ko’rsatdi.
Natija qanday bo’larkan, deya tahlikada turgan mo’minlar ham ro’y bergan hodisadan dabdurust o’zlariga kelolmadilar. Hech kim: «Sen imon keltiraman deb so’z bergan eding, darrov imon keltir, aksincha...» deydigan holda emasdi.
Abu Jahl payg’ambarimizning qarshilariga chiqib:
— Sen zo’r sehrgar ekansan. Favqulodda sehr qilding. Ko’zlarimizni bog’lading. Bo’lmagan narsani bo’lgandek ko’rsatding. Lot va Uzzoga ming bora qasam ichamanki, dunyoda sendan ham zo’rroq ko’zbo’yamachi yo’q. Ammo bir kechakun o’tsin, bizni laqqilatganing va yolg’onchiliging o’shanda fosh bo’ladi. Bizni sehrlagandirsan, lekin olisdagilarning ko’zlarini bo’yay olmaysan. Shahar tash qarisidan keladigan odamlardan surishtiramiz, siring ochiladi qo’yadi.
Nom: Re: "SAODAТ ASRI QISSALARI" Oydinliklar sari. 2-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:15:34
** *
Nihoyat bir karvon keldi. Holahvol so’rashilgach, oyning yorilgani haqida gap ochildi. Abu Jaxl:
— Muhammad ibn Abdulloh bizning ko’zlarimizni shamg’alat qildi, shuning uchun sizlarni poylab turgan edik. Yo’lda biron antiqa hodisani ko’rganko’rmaganla
ringizni bilmoqchimiz, — dedi.
So’rashga so’radilaru... so’raganlariga pushaymon bo’ldilar. Chunki karvondagilar xam yo’lda xudda shunday bir xodisaning shohidi bo’lgan edilar. Birlari olib birlari qo’yib oyning ikkiga bo’lingani voqeasini butun tafsiloti bilan hikoya qilib berdilar. Abu Jahlni go’yo pichoqsiz so’ydilar. U sho’rlik ruhan ezildi, parishon bo’ldi. Bir tog’ni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirsa ham, bunchalik holdan toymas edi balki. U boshqacha javobni kutgan, musofirlar u hodisani ko’rmadik
desalar, borib Rasulullohni armoni chiqquncha so’kmoqchi edi. Nochornoiloj:
— Bir sehr bu, mislsiz sehrdan bo’lak narsa emas! — deyishdan nariga o’tolmadi.
* * *
Bu orada farishta Jabroil Rasulullohga (s.a.v.) Janobi Haqning salomini keltirdi, ushbu hodisalarga aloqador quyidagi oyatlarni u zotning qalblariga muhrladi:
«(Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi va oy ham ikkiga bo’lindi. U (mushrik)lar bir mo’’jiza ko’rsalar, undan yuz o’giradilar va: «Bu har doimgi sehrku!» deydilar. Ular (payg’ambarni) yolg’onchi qildilar va havoyi nafslariga ergashdilar. Har bir ish joyini topgusidir (ya’ni, garchi kofirlar yuz o’girsalarda, bu haq din yer yuzida qaror topadi). Holbuki, ularga (ilgari o’tgan kofirlarning) xabarlaridan iborat bir narsa — yetuk hikmat keldiki, unda (kufru zalolatdan) tiyilish (lozim ekanini uqtiruvchi iboratlar) bor edi. (Lekin ular o’zlarining kufrlaridan tiyilmadilar). Bas, (ularga hech qanday) ogohlantirish foyda bermas. (Ey Muhammad,) endi siz ulardan yuz o’giring!» (Qamar surasi 1-6 oyatlar.)
Nom: Re: "SAODAТ ASRI QISSALARI" Oydinliklar sari. 2-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:17:17
G’ARAZLI ISТAKLAR

Oradan kunlar o’tdi. Rasulullohga (s.a.v.) mushriklardan yana bir taklif keldi. «Kel, bir masala yuzasidan suhbatlashib olaylik», deyishgan edi ular.
Borsalar, mushriklarning mashhur boshliqlari kutib olishdi.
Rasululloh (s.a.v.) oyning ikkiga bo’linishi hodisasining nechog’lik haq ekanini aniqlash uchun bu mushriklar yonatrofdan shu xususda so’rabsurishtirganlarini bilardilar va endi haqiqatni tan olishgan bo’lsa kerak, deb o’yladilar. Ammo mutlaqo boshqacha vaziyatning ustidan chiqdilar.
— Seni bu yerga chaqirishimizning boisi, endi sen bizdan uzr so’rashing kerak, ey Muhammad. Тo’g’ri, seni tug’ilganingdan beri taniymiz. Pokiza, halol yashaganingni bilamiz. Shuning uchun ham senga «Amin» (ishonchli) laqabini berdik. Ammo oxiroqibatda sen hech kim bilmaydigan bir dinni o’rtaga chiqarding. Bizning dinimizni va butlarimizni ayblading. Aqli joyida bo’lgan qanchaqancha kishilarimizni ahmoqqa chiqarding. Jamoalarni tarqatding, otani boladan ajratding. Oramizda yuzaga kelgan ziddiyatlarga biz emas, sen aybdorsan...
Shundan keyin bir paytlar Utba qilgan taklif va va’dalarni eslatishdi. Bunisi endi o’taketgan yuzsizlik edi. O’zlarini shunday tutishardiki, oy hodisasida xuddi Rasululloh emas, ular g’olib kelganday; gap ohanglarida ham dag’dag’a, do’q-po’pisa...
— Sizlar va’da qilayotgan narsalarning birontasi menda yo’q, lekin mol-mulkingizga egalik qilish, sharaf sohibi bo’lish, saltanat surish kabi niyatim ham yo’q.
Olloh taolo meni sizlarga payg’ambar qilib jo’natdi, muqaddas kitobini tushirdi. Sizlarga ne’mat va mag’firatdan, azobdan xabar yetkazuvchi bo’lishimni buyurdi.
Men sizlarga Rabbimizning risolatini yetkazdim, sizlarga samimiy munosabatda bo’ldim... Men Rabbimning risolatini tablig’ etayotirman va sizlarga yaxshilikni ravo ko’ryapman. Agar men olib kelgan bu dinni qabul etsangizlar, dunyo va oxiratda eng ulug’ sharafni, nasi
bani qo’lga kiritgan bo’lasizlar. Agar maqbul ko’rmasangiz, sizlar bilan mening oramizda Olloh hukm bergunga qadar sabr qilaman.
Rasululloh (s.a.v.) so’zlarini tinglab o’tirganlardan biri:
— Yo Muhammad! Sen aytgan narsalarni qabul eta olmaymiz. O’zingga ham ma’lumki, yurtimiz tor. Тirikchiligimiz tang ahvolda. Parvardigoringdan so’ra, shu tog’larni o’rtadan olib, yurtimizni kengaytirsin. Shomu Iroqdagi soylar kabi ariqlar oqizib qo’ysin, to’qlik
farovonlikka erishaylik. O’tgan bobolarimizni tiriltirib bersin, xususan, Qusayy ibn Kilobni. Yaxshi chol edi. Undan sening dining haqida haqmi yo botilmi ekanini so’rashimiz kerak. Agar istaklarimizni bajarsang, Qusayy ham diningni haq desa, barchamiz seni tasdiqlaylik, agar botil desa, seni yolg’onchi deb bilaylik.
Bu so’zlarning bari bema’ni va behuda edi. Haqiqatni izlovchi insonga yarashmaydigan so’zlar.
Ularning talablari qondirilgan taqdirda ham imon keltiradilarmi ?
Payg’ambar insonlarga mo’’jiza ko’rsatish uchun yuborilmaydi. Ammo insonlar ulardan payg’ambar ekanligiga hujjat talab qilsalar, albatta bajarishlari kerak
va payg’ambarliklarini isbotlashlari lozim. Bunday mo’’jiza mukammal shaklda, hammaning ko’zi o’ngida, hech kim e’tiroz bildira olmaydigan tarzda ko’rsatildi. Shunday ekan, qaytaqayta mo’’jiza istash mazax qilish emasmi? Bundan maqsadlari nima?
—Mening vazifam bu emas, — dedilar Janobimiz. — Mening vazifam insonlarga haq dinni tablig’ etishdir. Qabul qilsangizlar, dunyo va oxiratda eng buyuk nasibani qo’lga kiritgan bo’lasizlar. Qabul etmasalaringiz, sizlar bilan oramda Olloh o’z hukmini berguncha sabr etaman, uning sharafli buyrug’ini bajarishga g’ayrat qilaman.
—Bu talabimizni bajarishdan bosh tortding, u holda parvardigoringdan so’ra, payg’ambarligingni tasdiqlaydigan bir farishta yuborsin. U farishta seni bizdan qo’riqlasin. Bu farishta bizga oltindan, kumushdan saroylar, bog’lar qurib bersin, biz ham senga bu ishingda yordam beraylik.
— Sizlar so’rayotgan ishlar mening zimmamda emas. Parvardigorim mendan bularni so’ramaydi, meni bunday ishlarga vazifador qilmagan. Men sizlarga Ollohning
ne’matlari haqida mujda yetkazuvchi, azobidan ogoh etuvchi bir elchiman.
— Хo’p, parvardigorim istasa, qiladi, deyapsan, qani, osmonni ustimizga parchaparcha qilib tushir, agar bu ishni ado etmasang, aslo payg’ambarligingga ishonmaymiz.
—Bu Ollohning ishi, xohlasa qiladi. Gap cho’zilib, mazax tusini oldi.
—Ollohni va farishtalarni chaqir, ko’raylik!..
—Osmonga chiq!..
—Yulduzlardan bir qasr qurdir!.. — kabi kurakda turmaydigan talablarni qo’ya boshlashdi. Ish jiddiylik chegarasidan chiqib ketgach, Rasululloh ularning oldidan ketdilar. Ammalari Otikaning o’g’li Abdulloh ibn Abu Umayya ul zotning orqalaridan ergashdi.
Yo Muhammad, qavming senga shuncha taklif etdi, Qabul etmading. So’ngra toki Olloh huzuridagi darajangni bilish uchun o’zlariga ayrim narsalarni so’radilar, ularni ham qila olmading. Va’da qilgan azobingni Hoziroq keltirishingni so’radilar, qo’lingdan kelmadi. Qasamlar bo’lsinki, senga mutlaqo ishonmaymiz. Hatto kO’k toqiga bir narvon qo’yib, ko’z o’ngimizda u yerga chiqsang va yozuv yozilgan bir sahifa olib kelsang, sen bilan birga to’rtta farishta ham sening payg’ambar ekanligingga shohidlik qilish uchun kelsalar, ont ichamizki, shunda ham senga ishonmaymiz, seni tasdiq etmaymiz!

Rasululloh (s.a.v.) hech narsa demadilar. Deyishlariga hojat ham yo’q edi. «Shuncha ishlarni qilsang ham, baribir ishonmayman», deb turgan odamlarga nimani ham uqtirib bo’lardi?! Bular shunchalik iflos, g’arazgo’y edilarki...
Rasululloh (s.a.v.) uyga g’amgin qaytdilar. Хalqini jaholatdan saodatga da’vat etgan, ammo evaziga faqat dushmanona muomala ko’rgan, nohaq haqoratga uchragan, mazax qilingan inson, albatta, xafa bo’ladida.
Ammo vahiy farishtasi Jabroil (a.s.) nabiylar maqomining Sultonini kutayotgan, mushriklar bilan bo’lgan uchrashuv ma’naviyat olamidan kuzatilib turganini bildiruvchi va taskinbaxsh oyatlarni bu zoti sharifning pokiza qalblariga yozish uchun kelgan edi:
«Va dedilar: «Тoki bizlar uchun mana shu yerni yorib, bir chashma chiqarib bermasang, biz senga hargiz imon keltirmaymiz. Yo sening xurmozor, uzumzor bog’ing bo’lib, uning o’rtasidan yorib daryolar paydo qilmasang; yoki o’zing da’vo qilganingdek, osmonni ustimizga parchaparcha kilib tushirmagunigacha; yoki Olloh va farishtalarni oldimizga keltirmaguningcha; yoki sening oltindan bir uying bo’lmagunicha; yoxud o’zing (ko’z oldimizda) osmonga ko’tarilmaguningcha, (hargiz senga imon keltirmaymiz). Тoki bizlarga o’qiydigan biron kitob tushirmas ekansan, bu (osmonga) ko’tarilishingga ham hargiz ishonmaymiz». Ayting: «Ey pok Parvardigorim, men faqat elchipayg’ambar bir odam edimku!» Odamlarga hidoyat kelgan paytida, faqat: «Olloh (farishtalarni emas, balki) odamzotni payg’ambar qilib yuboribdimi?!» degan so’zlarigina ularni imon keltirishlaridan to’sdi. Ayting: «Agar bu Yerda (odamlar emas, balki) farishtalar maskan tutib yurganlarida edi, albatta, biz (ya’ni, Olloh) ularga osmondan farishta payg’ambarni tushirgan bo’lur edik». Ayting: «Men bilan sizlarning o’rtamizda Ollohning o’zi yetarli guvoxdir. Albatta, u bandalaridan ogoh va (ularni) ko’rib turguvchi zotdir». (Al-Isro, 90-96.)
Har kelishida alohida bir joziba va alohida bir bade’ uslubda keluvchi Qur’on oyatlari odamlarni har
gal yangi bir ta’sirchanlik ila larzaga solar, o’xshashini keltira olmasliklarini har gal ularning ongiga yanada mustahkam qilib muhrlar edi.
Mushriklar yengilishini bilaturib qaytaqayta maydonga tushaveradigan va botbot mag’lubiyatga uchraydigan ayanchli «polvon»ga o’xshashardi. Mag’lubiyat alamini biror yuz marta tortgan bo’lishsa ham, lekin hanuz tavba qilishmagan edi. Koshki Qur’on bir tushishda hammasi birdan tushirilsaydi, deyishardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:09:04
*   * *
Abu Lahabning o‘g‘illaridan Utayba bir kuni Rasulullohning (s.a.v.) Qur’on o‘qib o‘tirganlari ustidan chiqib qoldi. Yuzga tupurgandek bir badbaxtlik qilib o‘tdi. Ketidan «Ollohim, jonovarlaringdan birini uning boshiga balo qil», duosi Janobi Haqqa yo‘naldi. Utayba jigaridan tutilganini his qila, uzoqlashdi.

*   * *
Bir kuni Tulayb uyiga ajib bir holatda kirib keldi.
— Nima bo‘ldi, o‘g‘lim?
—    Tog‘amning o‘g‘li keltirgan dinga kirdim, onajon! — dedi Tulayb sevinchi ichiga sig‘may.
—    Yaxshi qilibsan, bolam. Uni doim qo‘llabquvvatyaash sening vazifangdir, — dedi ona.
U payg‘ambarimizning ammalari Arvo edi.
Muhtaram o‘quvchilarimizning yodida bo‘lsa, Tulayb ilgari payg‘ambarimizning eshiklari ostonasiga najosat to‘kmoqchi bo‘lgan Uqba ibn Abu Muoytning ta’zirini bergan edi...
— Siz nega jiyaningizni qo‘llabquvvatlamayapsiz, onajon, nega uning diniga kirmayapsiz? Akangiz Hamza ham musulmon bo‘libdi, — dedi Tulayb.
Bu xususda ko‘p gapirishga ehtiyoj qolmadi. Ona shahodat kalimasini aytib, jiyanining payg‘ambarligini tasdiqladi. Ketidan singlisi, ya’ni, payg‘ambarimizning yana bir ammalari Sofiya ham Islom dinini qabul qildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:09:40
DUO QABUL ETILDI
(Hazrati Umar)

—Abu Tolibga kilgan murojaatlar javobsiz qoldi, do‘stlar! — dedi Valid ibn Mug‘iyra.
Abu Jahl uni ko‘llabquvvatladi:
— Javobsiz qolmadi, bizni yaxshigina avradi, —dedi.— «Uni menga qo‘yib beringlar», deb jiyanining boshini siladi.
Valid ibn Mug‘iyra so‘zida davom etdi:
— Bu ishning naqadar jiddiyligini unutmaylik. O’z vaqtida chorasini ko‘rmaganimiz uchun, mana, pushaymon bo‘lib o‘tiribmiz. Ko‘rib turibsizlarki, u kundan kun kuchayib bormoqda, qo‘lida mudhish yarog‘i bor... Shoirlarimizni, eng zo‘r notiqxatiblarimizni ham dog‘da qoldirdi. Buning ustiga, u juda kuchli sehrgar bo‘lsa. Ko‘rdingiz, osmondagi oyga ham hukmini o‘tkazdi: uni ikkiga bo‘ldi. Xullas, bu ish qancha cho‘zilsa, shuncha zarar.
Abu Jahlga qolsa, masalani shartta-shurtta hal qilib qo‘yaqolsa.
— Bu ishni kim tez va ustalik bilan uddalasa, yuz tuya hadya etiladi, — deya e’lon qildi. Majlis ahliga birmabir nigoh tashlab chikdida: — Ya’ni, o‘ldirgan kishiga, demoqchiman, — deb qo‘shib qo‘ydi.
Ammo negadir hech kim birdaniga yuzta tuyalik bo‘lib qolishni istamadi. Chunki bu ishning oqibatini hamma bilardi. Axir, hoshimiylar: «Nima ham qilardik, taqdir ekanda...» deb indamay ketavermaydilar.
— Xo‘sh, yuz tuyaga da’vogar yo‘qmi oralaringda?!
— Shunchalar oson bo‘lsa, marhamat, o‘zing uddalab qo‘yaqol! Yuzta tuyang begona ham bo‘lmaydi, — deyishdi.
Abu Jahl bu mantiqiy e’tiroz va taklifga javob bermaslikni afzal ko‘rdi. Lekin peshonasida sovuq ter tomchilari paydo bo‘ldi.
Yana bir muddat orada jimlik hukm surdi.
— Bu ishni Xattobning o‘g‘lidan boshqa hech kim eplay olmaydi!
Nigohlar momaqaldiroqdek tuyqus yangragan bu ovoz egasiga tomon o‘girildi. Qarshilarida mardonavor chehrali, ko‘zlari jasurona boquvchi bir yigit turardi. Jasorat va matonat, kuchqudrat timsoli, qo‘rkuv nimaligini bilmaydigan yigit... Agar shamoldek tez, bo‘rondek shiddatli ruhiyat sohibiga yodgorlik o‘rnatish lozim bo‘lsa, tom ma’noda eng munosib inson Umar ibn Xattob edi.
Birdan hamma tilga kirdi:
— Ha, juda to‘g‘ri, bu ish faqat Umar ibn Xattobning qo‘lidan keladi, — deb bidirlab ketishdi.
Darhaqiqat, bu gaplarda jon bor edi. Chunki uni yillar davomida sinaysinay, juda yaxshi bilib olgan edilar. Umar deganda, xayollarda «tutgan joyidan kesadigan dovyurak va mard yigit» jonlanar edi.
So‘zlarida riyokorlik yo‘q, ammo uni gijgijlash uchun yana bir nimalar deyishlari ham mumkin edi.
Umar o‘rnidan turdi, shahdam qadamlar bilan uyiga qarab yo‘l oldi.
Habbob ibn Aratt Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida shaxsan u zotning muborak tillaridan eshitib yod olgan Qur’on oyatlarini atrofdagilarga yetkazib o‘rgata boshladi.
O’sha kunlarda Toha surasi tushgan bo‘lib, bir necha oyatini teri parchasiga yozib olgan, samimiy oilaviy do‘sti bo‘lmish Said ibn Zaydning uyiga borib, ularga o‘rgatishga kirishgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:10:29
* * *
Nuaym ibn Abdulloh yo‘lda Umar ibn Xattobni uchratdi. U ro‘paradan kelardi. Qo‘llari qilichining qinida, qadamlari shahdam. Titrab ketdi.
— Yo‘l bo‘lsin, yo Umar?! — dedi bir shumlikni sezib.
Umar ko‘zlaridan uchqun sachratib, Nuaymga boqdi va mag‘rur bir ohangda:
— Muhammadni o‘ldirishga ketyapman! — dedi.
Nuaym boshidan kaynoq suv quyilganday seskandi.
Qalbiga kirgan titroq tizzalarinida qaltirata boshladi.
—   Muhammad ibn Abdullohni aytyapsanmi?..
—   Xuddi shunday.
—   Nega endi?
— Nega bo‘lardi? U otabobolarining dinidan yuz o‘girdi, ma’budlarimizga til tekkizdi, aqlli birodalarimizni ahmoqlikda aybladi, Qurayshlar jamoasini to‘zitib yubordi.
17
—   Sen bu ishning uddasidan chiqolmaysan, yo Umar!
—   Nega eplay olmas ekanman?
—Nega deganda, agar bu ishni qilsang, Bani Abdumannof seni sog‘ qo‘ymaydi.
Umarning ko‘zlaridan yana uchqunlar sachray boshladi. Dabdurust qilichining dastasiga yopishdi va:
— Tag‘in sen xam uning yo‘liga kirganlardan bo‘lmagin?! — dedi dag‘dag‘a bilan.
Nuaym qo‘rqib ketdi. Beixtiyor:
— Sen oldin o‘zingning oilangdagilarni tiyib ol, keyin menga dag‘dag‘a qilasan, — deb yubordi.
Umar esankiradi:
—   Mening oilamga nima qilibdi?
—   Singling Fotima bilan kuyoving Said...
—   Iyy, demak?..
—   Ha, ular ham musulmon bo‘lishgan.
Umar bir zum lom-mim deyolmay qoldi, so‘ngra qat’iy qarorga kelganday:
— Dastlab ularning ta’zirini beraman! — dedi.
Umar Saidning uyiga yaqinlashganida, ichkaridan allaqanday ohangli ovozlarni eshitdi. Yaqinroq kelib, qulog‘ini ding qildi.
Bu bir begona ovoz edi.
Eshikni zarb bilan taqillatdi.
Uydagilar sarosimaga tushdilar. Fotima eshik tomonga yugurdi. Ochganida, akasi Umarga ro‘baro‘ keldi.
—Xush kelibsan, akajon...
Umar ichkariga kirdi, yonatrofiga alangladi.
—Tashqaridan eshitganim ovozlar qanaqa ovoz edi?
—O’zaro gaplashib o‘tiruvdik. Boshqa nima ham bo‘lardi...
—Ikkalangiz ham Muhammadning diniga kirgan emishsiz. Agar shu gap rost bo‘lsa, mendan xafa bo‘lmanglar.
Said Umarning so‘zlarini kesdi:
—Yo Umar, haq dinning nima ekanini bilish payti kelmadimikan?.. Butlarga topinish nodonlik ekanini nahotki tushunmasang?
Bema’nilik... Umarga bunday deyishga Saidning qanday haddi sig‘di ekan?! Darhol unga o‘girildi, qulochkashlab bir musht urdida, yerga qulatdi. Ustiga minib oldi. Fotima eriga yordam uchun Umarni orqaga tortgan edi, u ham bir tarsaki yedi. Bu tarsaki uning yuzlaridan qon tirqiratdi. Dovdirab qolgan Fotima bir muncha muddat jim qoldi. So‘ngra Umarning qarshisiga ko‘ndalang bo‘ldi. Uning tomirlarida ham Xattobning qoni oqar edi. Bir emas, bir necha ayolga yetib ortadigan darajada jasoratli edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:12:38
—Ha, ha, yo Umar, shuni yaxshi bilginki, biz ham musulmon bo‘ldik. Haq yo‘lga, saodat yo‘liga kirdik. Butlarga qul bo‘lishdan qutuldik. Ashhadu alla ilaha illalloh va ashxadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh, — dedi.
Fotimaning yuzidan oqib ko‘ksigacha tushayotgan qon... tarsaki zarbidan tanib bo‘lmaydigan ahvolga kelgan chehra... ustigaustak, ona arslon kabi hayqirgan ovoz — bular Umarga qattiq ta’sir qildi, uni larzaga soldi. Bir ayolni, qolaversa, jondan aziz singlisini ayamay urishi to‘g‘rimidi?..
Saidning ustidan turdi. Chayqalib borib, bir burchaka o‘tirdi.
—   Haligi o‘qiyotgan narsalaringni ber, bir ko‘rayin, — dedi. Ovozi o‘zgargan, shashti ancha pasaygan edi.
—   Yo‘q, — dedi Fotima, — buning hech ham iloji yo‘q.
—   Nega?
—   Chunki uni yirtib tashlaysan.
—   Qaytarib beraman.
—   Ishonmayman.
Umar birdan turib ketdi.
—   Umarning so‘zi so‘zdir, ey Fotima! Makka atroflarida hali hech kim Umar so‘zidan qaytganini ko‘rgan emas. Otamning boshini o‘rtaga qo‘yib qasam ichamanki, Umar so‘zidan qaytmas! Qani, endi bu yoqqa olib kelchi, o‘sha o‘qiganlaringni bir ko‘ray.
—   Lekin u Ollohning kalomi yozilgan toptoza sahifadir. Sen esa mushriksan. Hech bo‘lmasa, bir daf’a yuvinib kel.
Umar bu taklifga rozi bo‘ldi. Yuz-qo‘lini yuvdi, qaytib kelib o‘tirdi. Fotima berkitgan teri parchasini olib, Umarga uzatdi.
«To, ha. (Ey Muhammad,) Biz senga bu Qur’onni qiynalib jafo chekishing uchun emas, balki (Ollohdan) qo‘rqadigan kishilarga pandnasihat bo‘lsin uchun nozil qildik. (U) yerni va yuksak osmonlarni yaratgan zot tomonidan nozil qilingandir. (U zot) O’z arshini egallagan Rahmondir. Osmonlardagi, yerdagi va ularning orasidagi hamda tuproq ostidagi bor narsa Uningdir» (Toha, 1-16.)
Umar shu yergacha o‘kidi, boshini ko‘tarmay, ming‘irladi:
— Juda g‘aroyibku... Demak, bizning bu tangrilarimizning hech qanaqa qadri yo‘q ekanda?..
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:14:06
Bir muddat xayolga cho‘mib qoldi, so‘ngra yana o‘qishda davom etdi:
«Agar sen oshkora gapirsang ham (va yoki xufyona gapirsang ham, U zotga barobardir). Zero, U sirni ham, eng maxfiy narsalarni ham bilur. Ollohdan o‘zga (hech qanday) tangri yo‘q. Faqat Uning O’zi bordir. Uning uchun eng go‘zal ismlar bordir» (Toha, 1-16.)
Umar yana to‘xtadi, yana fikrga toldi. Ollohdan o‘zga iloh yo‘q bo‘lsa, u holda Lot kim, Uzzo kim, Xubal kimdir?.. Ular iloh emasmi?..
Bu fikr uning miyasidan yashin tezligida o‘tdi. Ammo yetuk bir notiq, mukammal bir adib bo‘lgan Umar endi o‘zi o‘qiyotgan ilohiy kalomga butunlay berilgan edi:
«Senga Muso haqidagi xabar keldimi? Esla, u (uzoqdan) bir olovni ko‘rib, ahli oilasiga: «(Shu yerda) turinglar, men bir olov ko‘rib qoldim, shoyadki sizlarga undan biron cho‘g‘ olib kelsam yoki shu o‘t oldidan biron yo‘l (ko‘rsatuvchi) topsam», dedi. Bas, qachonki u (olovning yaqiniga) kelgach, «Ey Muso», degan nido eshitildi: «Men sening Parvardigoringman. Endi kavushlaringni yechgin. Chunki sen muqaddas Tuvo vodiysidasan. Men seni (payg‘ambarlikka) tanladim. Bas, (o‘zingga) yuboriladigan vahiyga quloq tut! Darhaqiqat, Men Ollohdirman. (Hech qanday) iloh yo‘q, faqat Men bordirman. Bas, sen Mengagina qullik qil va Meni zikr etish uchun namozni to‘kis ado et! Toki har bir jon qiladigan say’harakati sababli jazolanishi uchun (qiyomat) soati albatta kelguvchidir. (Lekin) Men (qiyomat qachon qoyim bo‘lishini) yashirishni istayman. Bas, seni (qiyomatga) ishonmaydigan va havoyi nafsiga ergashgan kimsalar undan to‘smasinlarki, u holda halok bo‘lursan...» (Toha, 1-16.)
Fotima bilan Said qo‘rquv ichida Umarni kuzatib turardilar. Orasira uning zo‘r hayrat ila boshini saraksarak qilayotganini ko‘rdilar.
Bu orada Habbob ham bir joyga berkinib olganicha, nafasini yutib, natijani kutar, «Ollohim, Habibi akramingning duosini qabul et», deya tinmay yolvorar edi. Hozir bir jihatdan uning hayotmamot masalasi hal bo‘layotgan edi. Chunki agar ish chappasiga ketguday bo‘lsa, Umar uni ham sog‘ qo‘ymasligi aniq edi... Nihoyat Umar boshini ko‘tardi:
— O’ta jozibali, ta’sirchan kalom ekan bu, — dedi.
Shu birgina jumla takapuka bo‘lib turgan yuraklar
ga orom bag‘ishladi. Ko‘ngillar tinchlandi. Erkin nafas ola boshlashdi.
Habbob yashirinib turgan joyidan chikdi.
— Yo Umar, fikrimcha, Rasululloh (s.a.v.) janoblarining duolari qabul bo‘lganga o‘xshaydi. Chunki u zotni: «Ollohim, bu dinga Umar yoxud Amr bilan quvvat ber!» deya duo qilayotgan holatlarida ko‘rgan paytlarim bo‘lgan, — dedi.
— Ollohning rasuli hozir qaerda? Fotima javob berdi:
—   Agar biron ishkal chiqarmaslikka so‘z bersang, aytamiz.
—   Qasam ichaman, unga hech qanday yomonlik qilmayman!
—   Juda soz, ular hozir Arqamning uyidalar. Umar Habbobga o‘girildi:
—   Oldimga tushda, meni o‘sha yoqqa boshla, — dedi. Habob o‘rnidan turdi. Umar yana qilichini qiniga soldi, birgalikda yo‘lga tushishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:15:43
* * *
Arqamning uyida tashqarini kuzatib turgan kishi shoshapisha ichkariga kirdi. Umarni belida qilichi bilan kelayotganini ko‘rdim, dedi. Yuz ifodalar bir zum jiddiy tus oldi. Yuraklarni hayajon to‘lqini qopladi. Nigohlar sarosimali edi.
— Umar yaxshi bir niyat bilan kelayotgan bo‘lsa, marhamat, kirsin. Aks holda, uni o‘zining qilichi bilan o‘ldiramiz!
Jiddiy ovoz edi bu. Boshlar bu so‘zlarni aytgan kishiga tomon o‘girildi: Rasululloh (s.a.v.) janobimizning amakilari Hamza ibn Abdulmuttalib edi gapirgan. Nabiyyi akram (s.a.v.):
— Ichkariga taklif qiling, kirsin, — dedilar va o‘rinlaridan turib kuta boshladilar.
Umar kirib, huzuri Nabaviyda to‘xtadi. Rasululloh (s.a.v.) uning yoqasidan tutdilar:
— Ey Xattobning o‘g‘li, sen umringning oxirigacha shunaqa bo‘lib qolaverasanmi?! — dedilar.
So‘ngra muborak yuzlarini ko‘klarga karatib, rahmat iltijo qiluvchi bir ovoz bilan:
— Ollohim, bu Xattobning o‘g‘li Umardir! Ollohim, Islom dinini Umar ibn Xattob bilan quvvatlantir! — deb yolvordilar.
Ushbu voqea guvohlari miq etishmas, lekin eng samimiy tilaklar bilan ichlarida chin yurakdan «omin» der edilar.
Umar tiz cho‘kdi. Shunday holatda ham o‘rtacha bir odam bo‘yi keladigan gavdali Umarning boyagina uchqun sachrab turgan ko‘zlari endi Rasulullohga (s.a.v.) qarashdan uyalgandek yer chizar edi. Dag‘al ovozi o‘ta darajada yumshoq ohangga o‘ralib chiqdi:
— Men bu yerga musulmonlikni qabul qilish uchun keldim. Ollohga va Rasuliga imon keltiraman.
Risolat shohi Janobimizning (s.a.v.) qalblari bir onda nash’aga to‘ldi. Buyuk Olloh duolarini qabul qilgan, Umardek bir shaxsiyatni imon keltirish uchun oyoqlari tagiga boshlab kelgan edi. Baland ovozla: «Ollohu akbar!» deb hayqirdilar.
Faxrul Mursalinning (s.a.v.) xursandliklariga boshqa mo‘minlar ham qo‘shilishdi. Ular ham «Ollohu akbar!» deb qichqirishdi. Makka ko‘chalari bu takbir ovozlaridan titraguday bo‘ldi. Buyuk Umarning Islomga kirishini Sarvari anbiyo (s.a.v.) va sahobalar go‘yoki to‘p otish bilan qarshilaganday bo‘ldilar.
Umarning yuragi qattiqlikda toshlarga ham dars berar, o‘tkirlikda gavharni ham yo‘nishga qodir edi. Shunday odam Faxri Olam payg‘ambarimizning duolari va rahmat suvlari bilan poklanib shashtidan qaytdi. Yo‘lga buyuk Payg‘ambarni o‘ldirish uchun chiqqan Umar shu onda Rasululloh (s.a.v.) qoshlarida imon keltirish uchun tiz cho‘kdi. Komil ishonch ila kalimai shahodatni so‘zladi.
Bu hodisa mo‘minlarga tom ma’noda bir bayram bo‘ldi. Axir, shu kungacha nomiyoq ko‘plarni zir titratib kelgan ashaddiy dushmandan qutulib, butun borlig‘i bilan maqtasa arzigulik bir do‘st qozonilgan edi.
Din u bilan aziz bo‘lajak, quvvat va sharaf topajak edi. Rasululloh (s.a.v.) uning musulmon bo‘lishi uchun dargohi ahadiyatga yolvorib necha bor duo qilgan ulug‘ inson edi u. Kishilik tarixida uning bu sharafiga sheriklasha oladigan ikkinchi bir shaxs bo‘lmagan va bo‘lmas ham.
O’sha kunlarda Umar o‘ttiz to‘rt yoshlar chamasi bir pahlavon yigit edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:16:56
* * *
Umar ketgach, jonini hovuchlab qolgan Fotima bir necha soat tashvishga ko‘milib o‘tirdi. Ajabo, Rasululloh (s.a.v.) qaerda ekanliklarini aytib xato qilmadimmikan, deb o‘ylar, so‘ngra akasining bir so‘zli mard yigit ekanini eslab, ko‘ngliga taskin berar edi. Shu payt qulog‘i olisdan takbir ovozlarini eshitdi. Yaqinlashgan sari ovozlar balandlashardi. Bir to‘da odamlar «Ollohu akbar!» deb baqirishar, ko‘chalar larzaga kelgan edi.
Nimalar bo‘layotganini bilish uchun tashqariga chiqqanlar yaqin atrofda e’tiborga loyiq hech nimani ko‘rmay, uylariga qaytib kirib ketdilar.
Kechga yaqin Fotima akasining musulmon bo‘lganini eshitib, sevinchidan telba bo‘lib qolayozdi.
Arqam ibn Abul Arqamning uyi o‘sha kuni katta bir bayram sevinchiga to‘ldi. Buyuk bir mo‘‘jiza, xushxabar edi bu. Endi musulmonlar zabardast Umar vositasida Ollohning yordamiga sazovor bo‘lajak, huzurhalovat topajaklar. Musulmon bo‘lganidan beri jabrsitamlar ichra chig‘nangan mo‘minlarga, albatta, katta sevinch bag‘ishlagan edi bu hodisa.
Umar u yerda Rasululloh (s.a.v.) tillaridan Islom dinining hukmlarini tingladi. Payg‘ambar (s.a.v.) donadona qilib gapirar, haqdan va haqiqatdan so‘zlar, insonning aqliga ne daraja bo‘lsa, ruhiyatiga va qalbiga ham shu daraja xitob etar edilar. Har bir so‘zlari Umarning ichki dunyosini pokladi, kufr va shirkka to‘la qalbi imon va Islom nuri ila yo‘g‘rildi.
— Yo Nabiyalloh, biz har jihatdan haq va chindinga kirdik, shunday emasmi?
—Shunday.
—U holda nima uchun bu yerga yashirinib o‘tiribmiz? Sizni haq din bilan jo‘natgan Ollohga qasamlar bo‘lsinki, meni xamon mushrik deb biluvchi har majlisga borib musulmonlikka kirganimni ochiq aytaman!
Umar Rasululloh (s.a.v.) bilan xayrlashib, chiqib ketdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:17:32
* * *
Ertasi kuni tong saharda Abu Jahlning eshigi taqilladi.
Umar ibn Xattob keldi, deb xabar berdilar Abu Jahl o‘rnidan sapchib turdi. Qiziqarli bir xabar eshitishiga ishonchi komil edi.
Marhamat qil, yo Umar, xush kelibsan, jiyan deya qarshiladi.
Meni ichkariga taklif qilasan deb o‘ylamayman, yo Nimaga endi, yo Umar? Eshigim sen uchun har doim Men Ollohdan o‘zga hech bir iloh va ma’budning iuqligiga hamda Muhammad ibn Abdulloh Ollohning bandasi va rasuli ekaniga imon keltirdim. Senga ushbu xushxabarni ma’lum qilish uchun keldim. Abu Jahlning to‘satdan avzoyi o‘zgardi
Gaplaring jiddiymi, yo Umar?! deb duduqlandi. Miyasiga bir narsa kattiq urilganday bo‘lgan edi Umar unga javoban:
    Ashhadu alla la ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh, deyish bilan cheklandi.
Abu Jahlning bir zumda qovoqtumshug‘i osilib ketdi.
Olloh sening jazoingni bersin, keltirgan xushxabaring boshingdan qolsin! dedida, zarb bilan eshikni uning yuziga yopdi.
Shu tariqa orada mavjud bo‘lgan qarindoshlik va dustlik aloqalari ham uzildi. Yo‘llar ajraldi. Abu Jahl g‘azab va kin hirsi bilan uyiga kirib ketdi Umar huzur va zavq hissi bilan yo‘lida davom etdi
Quli qilichiiiig dastasida, har 0n janjal chiqib qolsa, otilishga hozir, ko‘zlari, o‘tkir nigohlari unga karaganlarning yuraklarini tilkapora qiladigan bu mard inson, mo‘minlarga zulm qilinayotir, deb eshitgan xar bir kucha, har bir burchakni zarracha ham qo‘rqmay ailanib chivdi. Qaysi majlisga borsa, qaerda bir to‘p mushrikni uchratsa, o‘sha yerda to‘xtadi va shahodat kalimalarini baland ovozlarda aytdi, so‘ngra ularning bunga javooan munosabatlarini kutib turdi
Umar kecha uni o‘ldirishga qasd kilgan edingku, yo Umar! dedi birovi.
To‘g‘ri. Biroq u haq dinni keltirganiga ishondim va musulmon bo‘ldim.
—   U holda bundan buyon bizdan uzoq yur.
—   Uzoq yurmasam nima bo‘ladi?..
Boshqa kishi bo‘lganida, bu savoliga javob tayyor edi, ammo uni Umarga qarpsh aytish mushkul. Bunday paytlari mushriklar jim bo‘lib qolar, boshlari egilar edi.
Xabar yashin tezligida butun Makkaga tarqaldi. U qaerga otlansa, xali o‘zi bormasidan uning musulmon bo‘lgani haqidagi xabar yetib borardi.
Nihoyat gavjum bir jamoa karshisida yaia shahodat kalimalarini keltirar ekan, oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘yganlar uning ustiga tashlandilar. Shiddatli bir to‘polon, ursur boshlandi. Umar qarshisiga kim kelsa, bir urishda yiqitar, bir zarba bilan safdan chiqarar edi. Ammo buncha odamga qarshi uzoq vaqt bas kelishi mahol edi. Sekinsekin mag‘lubiyati yaqinlasha boshladi. Shunda birdan:
— Nima gap, nima to‘polon?! — degan bir ovoz eshitildi.
Bu Os ibp Voilniig ovozi edi.
— Umar dinini o‘zgartiribdi, — deyishdi unga.
— O’zgartirsa, sizning ishingiz nima? Odam chinyurakdan istab boshqa dinga kiribdi, xo‘sh, nima bo‘pti?
Qani, tez tarqalinglarchi?
Bu so‘zlar ta’sirini ko‘rsatib, janjal tugadi. Yig‘ilganlar birinsirin tarqalishdi.
Oradan bir necha kun o‘tdi.
— Yo Rasululloh, tashqariga chiqaylik, mushriklarga Islomning qudratini namoyish etaylik. Ka’ba yonida namoz o‘qiylik.
Payg‘ambarimiz bu taklifga rozi bo‘ldilar. Musulmonlar ikki qator bo‘lib tizildilar. Bir safning boshida Umar ibn Xattob, ikkinchisining boshida Xdmza ibn Abdulmuttalib, shahdam odimlar bilan Ka’ba tomon yo‘l oldilar.
Bunday vaziyatga mushriklar ilk bor ro‘baro‘ bo‘layotgan edilar, shu bois ularni hayrat ichida, hayajon ila kuzata boshlashdi. Eshiklaridan mo‘ralab qaraganlar shu kungacha egik holatda ko‘rishga odatlangap boshlarpi eidi tippatik holda ko‘rdi. Qo‘rquv to‘la boqishlar o‘rnini zavqli, xotirjam nigohlar egallagan edi.
Masjidi Haramda to‘xtadilar. Umar o‘zlarini qiziqish va adovat ila kuzatayotganlarga o‘girilib, baland ovozda hayqirdi:
— Shu yerda ibodat qilamiz, namoz o‘qiymiz. Joni shirin bo‘lganlar bizdan uzoq tursin. Bolalarini yetim, xotinlarini beva qoldirmoqchi bo‘lganlar esa, bizga qarshi chiqaversin!..
Afzali anbiyo (s.a.v.) imomliklarida shu yerda namoz o‘qildi. Hech kim yaqinlashishga jur’at qilmadi. Namoz tugagach, tarqalishdi.
Mo‘minlarning ko‘nglida bayram sururi. Shunday natijani necha yillardan beri orziqib kutdilar. Yaqin kunlarda Hazrati Abu Bakrning qistovi bilan ko‘chaga chiqqanlarida mag‘lub bo‘lgan edilar. Ammo bugun... Hech qanday korhol yuz bermadi, bir kimsa lom-mim ham deya olmadi.
Utba deysizmi, Validmi, Abu Sufyonmi — hammahammalari bu sahnaning tomoshabini bo‘lishdan nariga o‘tolmadilar. Umarning nigohidan olov chaqnatib qilgan tahdidiga javoban: «Bekorlarni aytibsan», deya olmadilar. Rasululloh (s.a.v.) «Yo Rab, bu dinni Umar ibn Xattob yoki Amr ibn Xishom bilan aziz qil», deb o‘qigan duolarining ilk mevasi shu zaylda olingan edi. Mushriklar ustidan qozonilgan ilk zafar edi bu.
Bir paytlar Abu Zarr musulmon bo‘lgani haqida maia shu masjidda jar solgan, ammo buning evaziga rosa do‘pposlanib, Abbosning yordami bilangina o‘limdan zo‘rg‘a qutulgan edi.
Abdulloh ibn Mas’ud ushbu masjidda mushriklarni Qur’onni eshitishga majbur etgan, so‘ngra u ham rosa kaltaklangan edi.
Hazrati Abu Bakr hushidan ketguncha, burni yuzidan ajralmaydigan holga kelguncha mazkur masjidda do‘pposlangan edi.
Ammo Umarga qarshi hech kim lom-mim deya olmadi. Buyuk Payg‘ambarimizning duoyu iltijolari mana shu zaylda o‘rnini topdi, musulmonlar ilk bor erkin nafas olishga muvaffaq bo‘ldilar. Bundan buyon Umar Makkada yashar ekan, qo‘llarini u yokdanbu yoqqa sollab bemalol yurajak, bozoro‘charga borajak, ochiqchasiga namoz o‘qib, Qur’on tilovat qilajak edi, ammo Abu Jahl unga «ortiq haddingdan oshma» deyishta jur’at qilolmasdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:17:54
YAKKAMA-YAKKA OLISHUV

Rukona ibn Yazid bir kuni Makkadan tashqarida aylanib yurganida Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rib qoldi.
«Bu qulay bir tasodifmi yoki fojialarning boshlanishimi?» deb o‘yladi. Yelg‘iz edi. Yonida unga yordam beradigan hech kimi yo‘q edi. Yakkamayakka olishishi yoki indamasdan o‘z yo‘lida davom etishi mumkin edi. Aslida, bir necha kishini birdan yiqitishiga Rukonaning ishonchi komil edi. Ammo... ko‘kdagi oyni ham hukmiga yurgizgan «sehrgar»ga bir nima qilib bo‘larmidi?
—   Ey Rukona, Ollohdan qo‘rqmaysanmi? Seni da’vat qilayotganim ushbu dinga kirmaysanmi?
—   Sening payg‘ambar bo‘lganingni bilsam, so‘zlayotganlaring rost ekaniga ishonsam, hech ikkilanmay qabul qilardim.
—   Juda soz, sen bilan kurash tushib, yelkangni yerga ishqalasam, payg‘ambar ekanimga ishonasanmi?
Rukona mushtumini tugdi. Endi bunday taklifni rad etib bo‘lmasdi.
—   Men roziman.
—   Xo‘p, u holda kurashamiz.
Rukona faqat mana shu yo‘l bilan niyatiga erishishi mumkin edi. Ushbu qulay fursatdan oqilona foydalansa, mislsiz bir ishning uddasidan chiqqan bo‘lardi.
Bir-birlarining yelkalaridan tutdilar. Rasuli akram (s.a.v.) uni bir siltagandayoq yiqitdilar, yelkasini yerga ishqaladilar.
Rukona qarshilik ko‘rsatishga ham ulgurmay qoldi. Nima bo‘lganini hali anglab yetmasdan, zo‘rg‘a o‘rnidan turdi:
—Yo Muhammad, yana bir marta kurashaylik, — dedi. Bekorga bunday demagan edi u. Chunki raqibining osongina bunday bir natijaga erishganini hatto tushida ko‘rsa ham ishonmasdi. Nazariga ilmadi, ahamiyat bermadi va shu beparvoligining jazosini achchiq mag‘lubiyat bilan totdi.
Rasululloh (s.a.v.) bu taklifni qabul qildilar. Rukona juda ham suyunib ketdi. Bu daf’a Rasulullohning yelkalaridan qattiq ushladi va albatta g‘olib bo‘lish ishtiyoqida ayovsiz siqdi. Ammo ko‘z ochibyumguncha bo‘lmay, yana yerga yiqildi. Hech narsani tushunmay qoldi, qanday yengilganini ham farqlay olmadi. Sharmanda bo‘lgan edi. U yoqbu yoqlarda ko‘pchilikning orasida: «Rukona bilan kurash tushdim, bir emas, ketmaket ikki marta mag‘lub etdim», deyishi mumkin edida. Endi Quraysh orasida ko‘krak kerib yurish unga harom bo‘ldimi?
— Yana bir kurashsak, deyman, rozimisan, ey amakimning o‘g‘li?
Bu taklif ham kabul qilindi. Uchinchi marta yelkalar tutashdi. Rukona kurashga bo‘rondek otildi. Qarori qat’iy edi. Ammo bu ham yordam bermadi, bir zumda yana yerga quladi. Hech e’tirozga o‘rin yo‘q bir haqiqat shundan iborat ediki, bahaybat bir polvon kichkina bir bolani qanday qilib to‘pdek irg‘itsa, xuddi shunday bo‘lgan, Rukona nafasini rostlaguncha yerga ag‘anab tushgan edi...
To‘rtinchi marta yana kurashni taklif etishga andisha qildi. Uni yenga olmasligiga yuz emas, besh yuz karra ishongan edi. O’rnidan turdi.
—   Men guvohlik beramanki, ey Muhammad, sen tengi yo‘q bir jodugar ekansan. Xudo haqqi, ushbu o‘rtamizda bo‘lib o‘tgan kurash ham aql bovar qilmaydigan ishdir,— dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:21:02
—   Xohlasang, bundan ham g‘aroyib hodisani ko‘rsataman senga.
— Ko‘rsat! — dedi Rukona.
Payg‘ambar (s.a.v.) oldinda turgan bir daraxtga qarata xitob qildilar:
— Ollohning izni bilan yonimga kel!
Rukona ko‘zlariga ishonmay qoldi. Yer yorilgan, daraxt xuddi tuproq ostidan yurib kelayotganday ilgarilar edi. Daraxt o‘tib bo‘lgan joy o‘sha zahotiyoq yana asl holatiga qaytardi. Keldi, Rasulullohning (s.a.v.) qarshilarida to‘xtadi.
Rukona tushimmio‘ngimmi degandek barmoqlarini tez tishlab ko‘rdi. Uyg‘oq ekani beshak, ammo hozir qarshilarida turgan daraxt bir necha daqiqa oldin yuz qadamcha narida turgani ham haq edi. Sarvari Olamga (s.a.v.) o‘girildi:
— Chin qalbimdan ishonch bilan aytamanki umrimda bunday sehrni ko‘rmaganman. Endi bu daraxt o‘z joyiga qaytsinchi.
Rukona ko‘rgan bu mo‘‘jizasining qadrini bilmasdi, yaxshilikka yo‘ymadi, Ollohning qudrati haqida o‘ylashni ham istamadi. Rasululloh (s.a.v.) unga achinib qaradilar. So‘ng daraxtga o‘girilib: — Ollohning izni bilan o‘z joyingga qayt, — dedilar. Daraxt kelgan yeriga keta boshladi. Borib, avvalgi joyiga o‘rnashdi.
Rukona u yerdan tom ma’noda mag‘lub va parishon bo‘lib qaytdi. Mushriklarning yoniga borib, bunday dedi:
—   Sizlar Muhammadning yordami bilan butun dunyoni qoshlaringizda tiz cho‘ktirsalaringiz bo‘ladi. Men undan ko‘ra nafasi o‘tkirroq jodugarni umrim bino bo‘lib ko‘rgan emasman.
—   Nima bo‘ldi, ey Rukona?! — deb so‘rashdi mushriklar.
Rukona bo‘lib o‘tgan voqeani bir boshdan so‘zlab berdi.
Bir kuni sahobalardan biri:
— Yo Ollohning rasuli, johiliya davrida qilgan xatolarimiz, gunohlarimiz uchun ham javobgar bo‘lamizmi? — deb so‘rab qoldi.
Davrada o‘tirganlarning ko‘nglidagi savol edi bu. Har birlarining o‘sha davrda ozmi-ko‘pmi xatolari, gunohlari bor edi. Bu xotiralarning aksarisi alamli, odamni uyaltiradigan edi.
Ayniqsa, Umar ibn Xattobning butun vujudi titrab ketdi. U qilgan gunohlarning sonsanog‘i yo‘q. Bir necha yildan beri mo‘min-musulmonlarga yetkazgan aziyatlarining o‘ziyoq boshqa hisobga ehtiyoj qoldirmaydigan darajada edi.
Hamma Rasulullohning (s.a.v.) javoblarini tahlika ichra kuta boshladi. Nihoyat, javob yangradi.
— Islomga kirganidan keyingi hayotini sog‘lom tarzda kechirgan kishi johiliya davridagi hayoti uchun javobgar bo‘lmaydi. Ammo musulmon bo‘lganidan keyin ham gunohda davom etsa, oldingilari uchun ham javobgar bo‘ladi.
Irodasini yaxshilik yo‘lida qo‘llay olgan mo‘minlar uchun ajoyib bir xushxabar edi bu. Ollohning cheksiz rahmat va marhamati imon keltirgan va imoniga sodiq qolib solih amallarni bajaruvchilarni shu zaylda mukofotlar edi.
Ammo bu mujdani eshitsa ham, Umar astoydil: «Endi hamma narsa boshidan boshlanar ekan, xotirjam bo‘lsam ham bo‘laverar ekan», deya olmas edi. Masalan, dodfaryod ichida tiriklayin tuproqqa ko‘milgan qizi va holdan toyguncha kaltaklangan kishilar nima bo‘ladi? Bu ishlari beqiyos bir zulm edi. Bu zulmining asorati Ollohga sajda qyluvchi insonlarning yuzlarida, ko‘ksida, yuragida hanuz armon bo‘lib, dog‘ bo‘lib turardi. Ularni rozi qilgan bo‘lsa ham, o‘rtada o‘rtanayotgan vijdon bor. Bu vijdon azobidan qutulish oson emas...
Mo‘minlar uning Islomga kirishini ulkan ne’mat va davlat deb baholadilar. Uning himoyasida o‘zlarini bemalol his etib, boradigan joylariga uning yonida xotirjam, hech narsadan qo‘rqmay boradigan bo‘lishdi. O’zining ularga foydasi tegayotganini ko‘rgan Umar ham bundan faxrlanar, Rabbiga hamdu sanolar, shukronalar keltirar edi.
Ba’zan kechmish kunlarini xotirlashib, safar chog‘ida loy yo shunga o‘xshash narsalardan but yasab sig‘inganlarini gapirishsa, u ham qo‘shilib kular, aql bovar qilmaydigan bema’niliklarga qanday yo‘l qo‘yishganini o‘ylab hayron qolar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:21:34
* * *
Makkalik mushriklar yuzaga kelgan jiddiy vaziyatdan aslo mamnun emasdilar. Ish tobora chappasiga ketayotgan edi.
«Yulduzlar kelsin, uylarimizning tomlariga qo‘nsin, sening payg‘ambar ekaningni tasdiqlashsin...» deyishga ortiq jur’at etolmasdilar. Chunki bu talabni ham bajara olishiga endi shubha qolmagan edi.
Hanuzgacha Rukona Ollohning qudratini tan olmas, bo‘lib o‘tgan voqealarni esa, boshqacha talqin qilar edi.
— Uch marta ketmaket yelkamni yerga ishqaladi. Manot haqqi, qanday yiqitganini ham ilg‘amay qoldim. Daraxtni oldimizga chorlaganida: «Qani, Rukonaning ustiga yur», deb yuborsaya, deb jonim xalqumimga tiqildi. Azbaroyi qo‘rqib ketganimdan daraxtni o‘z joyiga qaytarishini iltimos qildim. Otamning boshi bilan qasam ichaman, yulduzlarni yerga tushir desangiz, buning ham uddasidan chiqadi, — der edi.
Utba ibn Robia so‘z oldi:
— U bizning kuchimiz yetmaydigan bir kalokga suyanyapti. Darxaqiqat, o‘sha kalomga o‘xshash bir kalomni hech bir adib yo shoirdan eshitmadik. Bizga munosib bo‘ladigan ish shundan iboratki, biz ham unga ilmiy bir ustivorlik bilan javob beraylik, shu yo‘l bilan uni mag‘lub etaylik. Unga hech qachon javobini topa olmaydigan savollar bilan murojaat qilaylik.
— Juda soz, zo‘r gaplarni gapirding, ammo bizda ilm nima qilsin?
Utba o‘ylanib qoldi.
— Buning oson yo‘li bor, — dedi. — Yasribga boramiz, u yerda yahudiy olimlari bor. Ular bilan uchrashib, yordam so‘raymiz. Ular chuqur bilimga egadirlar. Menimcha, eng ma’qul yo‘l mana shudir.
Bu fikrga e’tiroz bildiruvchilar bo‘lmadi. Nadr ibn Horis bilan Uqba ibn Abu Muoyt mana shu vazifaga tayinlandilar. Qisqa vaqt ichida yo‘lga hozirlik ko‘rgach, tuyalariga mindilar.
—Ammo qattiq hushyor bo‘linglar, — dedi Abu Jahl.
— Ulardan savollarni va javoblarini eshitayotganingizda, yoningizda zinhor kimsa bo‘lmasin. Aks holda, javoblar sizlardan oldin Muhammadning qulog‘iga yetib kelishi mumkin. Bundan tashqari, u yerni tark etgach, tilingizga mahkam bo‘linglar. Og‘zibo‘shlik qilib, sir boy berib qo‘ymanglar tag‘in. Makkaga iloji borcha tez yetib kelishga harakat qilinglar.
—Xo‘p, xush qolinglar.
Bir necha odim yurilgach, Nadr tuyasini to‘xtatdi:
— Sizlar ham bu yerda tillaringizga mahkam bo‘linglar. Og‘zilaringizdan gullab qo‘ymanglar niyatimizni.
Shundan so‘ng Nadr yana tuyasiga qamchi urdi. Necha kunlar davom etadigan bu safar kimning g‘alabasi bilan tugar ekan, ajabo?..
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:21:58
* * *
Davs qabilasining mashhur shoiri Tufayl ibn Amr bir ish bilan Makkaga keldi. Makkada anchamuncha tanishlari, do‘stbirodarlari bor edi.
Mashhur shoir izzatikrom bilan kutib olindi. Holahvoli so‘raldi. Ziyofat chog‘ida: «Muhammad ibn Abdulloh ismli bir jodugar paydo bo‘ldi, duch kelgan odamni jin urganday o‘ziga sehrjodu qilib olayotibdi», deb uqtirildi. Bir qator misollar keltirildi. Unga kim quloq solsa, tuzog‘iga ilinishlari muqarrar ekanligi, shu bois qadamni o‘ylab bosish, hushyor bo‘lish kerakligi ta’kidlandi.
Bu mavzuda Tufayl juda ko‘p gap eshitdi. Boshqa bir majlisda ham shu xususdagi suhbatga duch keldi.
Oqibatda Tufayl ibn Amr, yana to‘satdan duch kelib qolsam, bilmasdan bironta gapini eshitib tuzog‘iga tushib qolmayin tag‘in, deb quloqlariga paxta tiqib oldi. Makka ko‘chalarida shu taxlitda aylanib yurdi.
Ishlarini bitirdi. Tanishlari bilan ko‘rishib suhbatlashdi, ertasi kun tong saxarda Masjidi Haramga bordi. Bu dargoh makkaliklarning ham ibodat qiladigan, ham u yoqbu yoqdan suxbatlashib o‘tiradigan joyi edi.
— Ana, kelyapti, — deyishdi.
Tufayl qaradi. Barvasta bir kishi viqor bilan yurib kelardi. Chehrasidan nur yog‘ilar, kishiga ishonch bag‘ishlaydigan bir ko‘rinishdagi odam edi. «Bunday yoqimli odamning jodugar bo‘lishi bir oz g‘alatiroq emasmikan?» deb xayolidan kechirdi.
Tufayl qarasa, o‘zidan boshqa hech kimning qulog‘iga paxta tiqilmagan. «Dunyodagi eng ahmoq odam emasman, nega endi boshqalar qo‘rqmagan kishidan men qo‘rqishim kerak? Ular o‘zini olib qochmayotgan kishidan men chekinishim kerakmi? Aqlhushim joyida, iroda qo‘limda, qani, bir eshitib ko‘raychi, nimalar der ekan. Yoqsa qabul qilaman, yoqmasa, hech kim meni qabul etishga zo‘rlamaydi...»
Tufayl quloqlaridan paxtani olib uloqtirdi, Muhammadning so‘zlarini diqqat bilan tinglay boshladi.
Hali hech kim eshitmagan, eshitolmaydigan g‘aroyib edi bu so‘zlar! Muhammad ibn Abdullohning chehrasi naqadar nuroniy va go‘zal bo‘lsa, bu kalom ham shunday go‘zal, mukammal va jozibali edi.
Bu so‘zlar sehrjodu emasdi. Tufayl mashhur shoir sifatida Arabistonni kezib chiqqan, tajribasi yetarli. Safar chog‘ida jodugarlar bilan ham uchrashgan, ularning bema’ni, tutruqsiz gaplarini eshitgan. Ammo bu So‘zlar zimniga o‘ziga xos bir mukammallik yashiringan edi. Har qanday zo‘r adib, otashin shoir ham bu kalom qarshisida dovdirab qolardi. Tufayl shu kunga qadar o‘qigan eng ta’sirchan baytlarni eslashga urindi. TTTundan keyin zehnidan Imraul Qays, Torofa, Zuhayr, Amr, Ontara, Labid, Horis, Xonsa, O’sha, Nabig‘a kabi dong‘i ketgan shoirlarning eng zo‘r she’rlarini bir-bir o‘tkazdi. Ular she’riyat cho‘qqisini zabt etgan eng oldi shoirlar edi, ammo ularning she’rlari, nutqlari hozir tinglayotgani bu kalom qarshisida jo‘n bir narsa bo‘lib qolardi.
Bir muddatdan keyin Rasululloh (s.a.v.) masjiddan chiqib ketdilar. Tufayl ham izlaridan yo‘lga tushdi.
Nabiyyi akram uylariga yetib kelganlarida, Tufayl u zotni to‘xtatdi. Avval o‘zini tanitdi, so‘ngra bunday davom etdi:
— Yo Muhammad, qavming seni menga boshqacha qilib tanitdi. Sehrjodusiga mubtalo bo‘lmagin tag‘in, deb ogohlantirishdi. Shunday yomonlashdiky, natijada quloqla rimga paxta tiqib olishdan o‘zga chora topmadim. Biroq baribir qiziquvchanligim tutib, kalomingni tinglashga qaror berdim. Mukammalligiga qoyil qoldim. Shuning uchun izingdan ergashib, shu yergacha keldim. Endi menga keltirgan diningni tushuntir.
Rasululloh (s.a.v.) Tufaylni ichkariga taklif qildilar. Islom dinining asoslarini tushuntirdilar, Ollohning kalomidan o‘qib berdilar. Tufayl hidoyat imomi bo‘lmish Rasulullohning so‘zlarini tinglaganidan so‘ng fikrini shu tarzda bayon etdi:
— Xudo haqqi, ushbu dindan ko‘ra haq din, o‘qiganingdan ko‘ra ustun bir kalom bo‘lmasa kerak. Men sening diningga kiraman.
Tufayl shu tariqa necha yillardan beri butun o‘zligini asoratda saqlab kelgan butparastlik kishanlarini uzdi, qalbini Olloh va rasuliga nisbatan bo‘lgan mehr-muhabbatdan boshqasiga o‘rin qoldirmaydigan tarzda pokladi, kalimai shahodat keltirib, musulmon bo‘ldi.
—Yo Rasululloh, men qavmim orasida baobro‘, e’tiborli kishiman. Hoziroq yurtimga qaytib, ularga Islom dinini tushuntiraman. Faqat, sizdan Ollohga duo qilib
turishingizni va menga qavmimni ishontirishga qodir bir oyatalomat berishini so‘rashingizni o‘tinaman.
Rasululloh (s.a.v.):
— Ollohim, unga dalil bo‘lajak bir oyatalomat ber, — deb duo qildilar.
Tufayl saodat yo‘lining ulug‘ yo‘lboshchisi bilan xayrlashdi va yurtiga jo‘nadi. Makkada xech kim, eng yaqin mushrik birodarlari ham uniig musulmon bo‘lganini bilmay qolaverishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:22:10
* * *
Nadr bilan Uqba bir necha kunlik yo‘l azobidan so‘ng Yasrib xurmozorlariga yetib keldilar.
Shaharda bir muddat sayr qildilar, o‘ngchapni kezdilar. Qaynuqo’, Nazir, Qurayza qabilalarining yahudiylari bilan uchrashdilar. Nihoyat, yahudiylar orasida bilimdonligi bilan tanilgan eng zukko birikki kishiga dardlarini ochdilar, maqsadlarini tushuntirdilar.
Bu odamlar chindan ham o‘qimishli, ko‘pni ko‘rgan kishilar ekan. Ulardan biri bunday dedi:
— Sizlarga uchta savolni javoblari bilan bayon qilamiz. Bu savollarga payg‘ambardan bo‘lak hech kim to‘g‘ri javob qila olmaydi. Agar bu savollarga to‘g‘ri javob qilsa, hech shubhalanmangki, u asl payg‘ambardir, uning yo‘liga kiring va unga itoat qiling. Javob bermasa, soxta payg‘ambarligi ayon bo‘ladi. U holda bunga qarshi qanday ish tutish o‘zlaringizga havola.
Nadr bilan Uqba bu uchrashuv va suhbat oralarida sir bo‘lib qolishini pltimos qildilar. «Chunki u shunday chapdast jodugarki, shivirshivirdan ham bir zumda xabar topadi», dedilar. Shundan keyin tuyalariga mindilar, «Qaydasan, Makka?» deb yo‘lga tushdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:22:25
* * *
Bu orada Os ibn Voil Rasulullohning (s.a.v.) o‘g‘il farzandlari yo‘qligini ulkan bir illat sifatida olamga yoya boshlagan edi. Bir majlisda so‘z olar ekan, shu fikrni o‘rtaga tashladi:
— U abtardir, — dedi.
«Abtar» degani nasli davom etmaydigan, zurriyotsiz bir kishi ma’nosini bildiradi. Qiz farzandga zig‘ircha ham axamiyat bermaydigan, avlod faqat erkak farzand vositasida davom etadi, degandek bema’ni ishonchga mubtalo bo‘lganlar uchun bu voqelik katta bir qusur hisoblanishi tabiiy edi, Ammo o‘zidan keyin insonlar orasida rahmat bilan eslashga arzigulik hech narsa qoldirmagan, o‘lganidan keyin ham la’natlanadigan badbaxtlar o‘zi asl abtarlar emasmikan?
Olloh payg‘ambar qilib jo‘natgan sharafli bir insonga tap tortmay loy chaplash g‘irt abtarlik emasmi?..
Bu fikr mushriklarga juda xush yokdi. Qaerda musulmonlarni ko‘rib qolsalar, «Payg‘ambaringiz abtardir», deya shilqimlik qiladigan bo‘ldilar. Mo‘minlarning qalblari qattiq ozorlandi.   
— Nega endi? Gulg‘unchadek qizlari bor, o‘shalar bilan davom etadi nasllari. Qolaversa, u zbt xotiralarda mangu yashaydilar, — deb javob berardilar.
Tez orada Jabroili Amin Rasulullohga (s.a.v.) Robbul Olamiyndan salom keltirdi. G’amqayg‘uga berilmaslikni, g‘amgin bo‘lishga boshqalar loyiq ekanini yodlariga soldi.
«Albatta, Biz sizga Kavsarni ato etdik. Bas, Siz Parvardigoringiz uchun namoz o‘qing va (jonliq) so‘yib qurbonlik kiling! Albatta, sizni yomon ko‘rguvchi kimsaning dumi qirqilgandir (ya’ni, benomu nishon yo‘q bo‘libketgguvchidir)!» (Al-Kavsar surasi.)
Mo‘minlar bu suraii o‘qiganlarida mushriklar o‘zlarini qo‘yarga joy topodmay qoldilar. «Yaxshiyamki bu fikr mendan chiqmabdi», tarzidagi o‘y-xayollar bilan ovunishga urindilar. Nima bo‘lsa ham, ko‘p yillik tajribalari bor: aytgan gaplari har doim ayni tarzda ro‘y berishiga shu qadar odatlanishgan ediki...
Biroq «abtar» laqabini o‘rtaga tashlagan kimsa bor. Bir majlisda ushbu oyatlar to‘g‘risida bahs ochildiyu:
— Muhammad ham seni abtarlikda aybladi, — deyildi.   
Os ibn Void sir boy bermagan kishi bo‘lib, yelkalarini qisib qo‘yaqoldi. Ammo naq nishonga otilgan o‘q kabi, qalbiga muhrlangan bu so‘zlarning ta’siridan qutulish oson emasdi. Bunisi xamir uchidan patir edi, xolos. Dunyoda abtarlik sari tashlangan ilk odim edi uning uchun. Asrlar o‘tib ham u kishilar tomonidan la’natlanajak, nihoyat, buyuk Hisob Kunida ilohiy dargohga turtinasurtina, yuziga chaplangan shu tamg‘a bilan borajak.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:23:02
* * *
Tufayl manziliga yaqinlashib kelganida, birdan seskanib ketdi. Oldi birdan yaraqlab ketdi. Avvaliga yuz bergan hodisani hech tushuna olmadi, so‘ngra bu narsa peshonasida yarqirib turgan bir nur ekanini payqadi. Sultoni Anbiyo hazratlarini esladi.
— Ollohim, qavmim meni bu holatda ko‘rsa, balki yoqtirmas, uni boshqa bir joyimga muhrla, — deya iltijo qildi.
Bu daf’a yog‘du qo‘lidagi hassasiga tushdi. Oldini bemalol ko‘rib turar, hassani qaysi tomonga o‘girsa, o‘sha tomon yorishib ketar edi.
Tufayl shu zaylda qabilasiga kirib bordi. U kelar ekan, yo‘l davomida unga hamroh bo‘lib kelayotgan ziyoni qabila ahli ham ko‘rdi.
Tufayl o‘sha kecha otasi bilan xotiniga Islom dini haqida so‘zlab berdi. Ikkalasi ham hech taraddudlanmay imon keltirdilar.
Shundan keyin Tufayl qavmini da’vat etishga chiqdi, ammo hech bir natijaga erisholmadi. Haq va eng to‘g‘ri din shu dindir, butlar sizlarni hech qanday azobdan qutqara olmaydi, desa ham, unga quloq solguvchilar bo‘lmadi. Jahli chiqqan Tufayl qavmining ustidan shikoyat qilish uchun yana Makkaga yo‘l oldi.
Yasribga ketgan Uqba bilan Nadr Makkaga qaytdilar.
Abu Jahl, Utba, Valid singari uchto‘rt kishi yig‘ilgan majlisda bor gapni so‘zlab berdilar. Yahudiylar o‘rgatgan savollarni qaytardilar. Shundan keyin Rasulullohga (s.a.v.) xabar jo‘natishdi. Nabiyyi akram (s.a.v.) kelganlarida:
—   Sendan ba’zi narsalarni so‘ramoqchimiz, — deyishdi.
—   Marhamat, ey Nadr, so‘rayver, — degan javob bo‘ldi.
—   Bizga g‘ordan panoh topgan yigitlarning ajoyib hollari haqida so‘zlab ber. Sharqdan G’arbgacha dunyoni kezib sayohat qilgan ulug‘ hukmdor haqida xabar ber va ruhning mohiyatini tushuntir.
Rasululloh (s.a.v.):
— Sizlarga bu narsalar haqida ertaga ma’lumot beraman, — dedilar va u yerdan chiqib ketdilar.
Jabroili Amin ushbu savollarning javoblarini albatta keltiradi, deb umid qilardilar. Ammo oqshom tushdi hamki, Jabroil kelmadi. Ikkinchi, uchinchi kun ham Jabroilni kutish bilan o‘tdi.
Mushriklar sevinchdan terilariga sig‘mas edilar. Ertaga degan edi, ammo, mana, bir haftadirki, hanuz javob bera olmayapti, deb malomat qila boshladilar.
—Ha, nima bo‘ldi «payg‘ambarimiz»ga?..
—   Hali ham javoblarini tartibga solish bilan bandmilar?..
—   Endi yolg‘onlar nihoyasiga yetdi. Bu safar yengildingiz.
Mo‘minlar bu istehzoyu kinoyalar to‘la mazaxlarga javoban:
— U bir payg‘ambardir. Olloh nima desa, shuni qiladi, — deyish bilan kifoyalanardilar. Ammo odobaxloq va tarbiyaning ko‘chasidan o‘tmagan, qo‘pol, shartaki mushriklar gap uqmas edilar.
— Endi Muhammadning hiylanayranglari o‘tmaydi, —deb zavqlanardilar.
Nadr ibn Horis bilan Uqba ibn Abu Muoyt chinakam qahramonlarga aylanishdi. Ular olis safarlardan yaxshi bir natija bilan qaytishgan, muzaffar zarbani mo‘ljaliga urishgan edi go‘yo. Ayniqsa, Nadr ibn Horis ko‘krak kerib, mag‘rurlanib yurarkan:
— Kelinglar, sizlarga Muhammadning nayranglaridan ham zo‘rroqlari haqida hikoya qilib beraman, —der, atrofiga yig‘ilganlarga safarlari chog‘ida eshitgan ertaklarini so‘zlab berar edi.
Nihoyat o‘n besh yil singari uzoq o‘tgan o‘n besh kundan so‘ng xushxabar keldi.
Jabroili amin Rasuli aminga Olloh taoloning vahiyini yetkazdi.
— Nega bizni bunchalik intizor qilib qo‘yding, yo Jabroil?
Jabroil bu savolga o‘zi javob qilmadi. Chunki Janobi Haq bu savolga ham Qur’onning bir oyati bilan javob bergan edi:
«Biz yolg‘iz parvardigoringizning amrifarmoni bilangina nozil bo‘lurmiz. Oldimizdagi oxirat ham, ortimizdagi dunyo ham, dunyo va oxirat o‘rtasidagi barcha ishamallar ham yolg‘iz Uningdir. Parvardigoringiz unutguvchi emasdir» (Maryam, 64.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:23:38
ASHOBI KAHF

«Kahf (g‘or) sahobalari» deb ataluvchi dovyurak yigitlar o‘z davrlarida butga sig‘inishni rad etib, bu yo‘lda butparst bir podshohga qarshi fidoyilarcha bosh ko‘targanlar. Ular yettisakkiz nafar bo‘lib, o‘zlariga yetkazilgan zulmlarga qaramay, imonlarida mustahkam qolgan edilar. Bir ilojini topib, zolim podshohning zindonidan qochishga muvaffaq bo‘ldilar. Oxirida bir g‘orga yetib keldilar. Ta’qibdan qutulishlariga va jonlarini saqlab qolishlariga bois bo‘lgan bu g‘or ichida Janobi Haqqa yolvordilar: «Ey Rabbimiz, bizga o‘z tomoningdan bir rahmat ehson qil, og‘irimizni yengil etib, ishlarimizni o‘ngidan keltir», deb duo o‘qidilar. Juda ham holdan toygan edilar, bir zumda g‘orning bir devoriga suyanib, uyquga ketdilar. Ortdan qolmay yetib kelgan kuchuklari ham g‘orning og‘ziga cho‘zilib, oyoqlarini uzatdi.
Qattiq uyquga toldilar. Kunlar, haftalar... oylar... yillar... Ketmaket asrlar o‘tdi. Quyosh nurlari ertalab g‘orning bir tomoniga, peshindan keyin narigi tomoniga tushar, uxlayotganlar ba’zan chapga, ba’zan o‘ngga o‘girilib yotar edilar. Yuzlaridan hech kim ularni uzoq zamonlardan beri uxlab yotibdi demasdi. Asrlar bo‘yi davom etgan bu uyqu ularning tashqi qiyofalarini zarracha o‘zgartirmadi. Na sochsoqollari o‘sdi, na vujudlarida bir chirish, aynish hodisasi ro‘y berdi. Hatto tirnoqlari ham o‘smadi.
Oradan uch yuz yil o‘tdi. Yigitlar uyg‘ondilar. Uyquga to‘ygan, toza miriqib damlarini olgan edilar.
— Birodarlar, rosa uxlabmiza? Nazarimda, bir necha kun uxlagandayman.
— Yo‘g‘e, atigi bir kechayu bir kunduz uxlagan bo‘lsak kerak.
Ba’zilari bu fikrga ham qo‘shilmadi.
— Menimcha, undan ham kamroq uxladik.
— Qancha uxlaganimiz yolg‘iz Ollohga ayon. Darhaqiqat, Ollohdan o‘zga hech kim ular qancha vaqt uxlaganlarini bilmas edi. Bila olmas ham edi. Ularga ayon va aniq bo‘lgan narsa miriqib uxlaganlariyu endi rosa ochiqqanlari edi.
— Bittamiz borib non va oziqovqat olib kelaylik, — deyishdi.
Boradigan kishi hech kim bilan ortiqcha gaplashmaydi, nihoyatda nozik muomala qiladi, pinhona boribpinhona keladi, deya maslahat qilindi. Va oralaridan bittasi yo‘lga tushdi. Shaharni aylandi, yonatrofni kuzatdi. G’alati bir o‘zgarish yuz bergandek. Ikki kecha oldingi shaharga sira ham o‘xshamasdi. Bundan tashqari, shahar ahli ham butunlay begona, bironta tanish kishi uchramadi. Ammo bu narsalarga u ortiqcha qiziqmasligi, bular bilan mashg‘ul bo‘lmasligi kerak edi. Podshohning odamlari ko‘rib qolsa bormi, oqibati yaxshi bo‘lmasdi.
Non sotib olish uchun bir nonvoyxonaga kirdi. Qo‘l uzatib, non berishini so‘radi. Biroq sotuvchi non berish o‘rniga tikilib qoldi.
— Qaerdan olding bu pulni? — deb so‘radi qiziqsinib.
— Qaerdan olardim, o‘zimning pulim.
—Ammo, o‘g‘lim, bu pullar necha yuz yillardan beri ishlatilmaydiku? Bu bir necha yuz yil oldin yashagan ajdodlarimizning puli. Hatto bobom ham bu pulni ishlatgan emas.
— Otajon, meni mazax qilmang.
—   Mazax qilayotganim yo‘q, bolam. Biroq bu pul bugun bu shaharda o‘tmaydi.
—   Juda g‘aroyibku? Axir, biz kuni kecha ham shu pullarni ishlatib yuruvdik.
Gapso‘z ko‘payishi mumkin edi. Pulini qaytarib oldida, boshqa nonvoyxonaga bordi. U yerda ham ayni shu muomalani ko‘rdi. Lekin masala shu bilan hal bo‘lmadi. Bir zumda odamlar to‘planib, uning atrofini o‘rab oldilar, tushunarsiz savollar bera boshladilar:
— Mana, bizning pulimiz! — deb ko‘rsatdilar chindan ham ular boshqacha pul edi.
Nihoyat, ulardan biri:
— Bu pul uch yuz yil oldin yashab o‘tgan Daqyonus ismli bir podshohning davrida muomalada bo‘lgan, —deb qoldi.
Yigit quloqlariga ishonmas, uning ko‘z o‘ngida bir-biridan g‘aroyib hodisalar ustmaust qatlanar edi.
«Kimsiz? Qaerdan keddingiz, qaysi podshohning o‘lkasidansiz? Kasbingiz nima?» kabi savollar qalashib ketdi. Eng yaxshisi — tezroq shahardan chiqib ketish edi. Ulardan qutulib, g‘orga tomon yo‘l oldi. Izidan shaharliklar ta’qib qilib kela boshladilar. Yigit ulardan burunroq do‘stlarining qoshiga yetib bordi. G’aroyib hodisalarni hikoya qilib berdi.
Orqadan ta’qib qilib kelgan kishilar o‘sha g‘orni topganlarida, ichkarida yettisakkiz nafar cho‘zilib yotgan jasadni topdilar. Tekshirib ko‘rdilar: hammasining o‘lgani aniq edi. Bu g‘ariblarning kimlar ekanini aniqlay olmadilar. Shu bois «Ashobi Kahf» — «G’or do‘stlari» deb nom berdilar.
Keyinroq ustlariga qabr yasadilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:24:03
* * *
Tushirilgan oyatlarda mana shu insonlar haqida bahs yuritilgan edi. «Ular Rabbilariga imon keltirgan yigitlar edi. Biz ham ularning hidoyatini orttirdik, imonlariga quvvat berdik», deyilar edi. «Bizshshg Rabbimiz koinot va yerning Rabbidir», deganlari zikr qilinardi. Va nixoyat, ularning g‘orda uyg‘oq kishilardek uxlaganlari, dahshatli bir manzara hosil qilganlari hikoya etilar va Rasulullohga (s.a.v.) bunday xitob qilinardi: «Agar ularni bir ko‘rsangiz, orqaga qaramay qochardingiz va ichingiz qo‘rquvga to‘lar edi».
Necha kishi ekanlari va g‘orda qancha vaqt uxlab qolganlari haqida Ollohdan o‘zga hech kim aniq bilmasligi ta’kidlangan oyatlardan keyin Rasulullohga (s.a.v.) bunday amr berilgan edi:
«Va biron narsa haqida: «Men albatta ertaga qilguvchiman», deya ko‘rmang, magar, «Inshaolloh» — Olloh xohlasa, deng. Bu so‘zni aytishni unutib qoldirgan vaqtingizda (yodingizga tushishi bilan) Parvardigoringizni zikr qiling (ya’ni, «inshaolloh» deng) va: «Shoyad Parvardigorim meni bundan ham yaqinroq, to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilsa, deng!» (Qaxf, 23-24)
Mushriklar tomonidan berilgan savollarga «ertaga sizlarga javobini aytaman», deb, ammo «inshaolloh» deyilmagani oqibatida kutilgan vahiy ancha vaqt kelmay qolganligi shu tariqa ayonlashdi. Bu voqea Rasululloh boshliq barcha mo‘minlarning ko‘ngillariga unutilmas bir pand va yodnoma bo‘lib muhrlandi.
Kahf surasida Zulqarnayn ismli hukmdor haqida ham ma’lumot berildi.
Ruhga aloqador savol birgina oyat bilan javobini topdi:
«Sizdan ruhjon haqida so‘raydilar. Ayting: «Ruh yolg‘iz Parvardigorim biladigan ishlardandir». Sizlarga juda oz ilm berilgandir» (Al-Isro, 35.)
Nabiyyi akmal (s.a.v.) bu oyatni Isro surasiga qayd etishni buyurdilar. Ushbu oyatlar mushriklarga o‘qib berildi. Buyuk Payg‘ambar og‘izlaridan chiqayotgan so‘zlarni hayronlol bo‘lib tingladilar.
— Bizga, ertaga javob beraman, degan eding, ammo va’dangning ustidan chiqmading, endi bu javoblaring hisob emas, — dedilar.
Holbuki, Yasribda olingan ma’lumotga ko‘ra, agar ushbu savollardan biriga qisqa, ikkitasiga uzun-uzun javob qilsa, bilingki, u payg‘ambardir, deyilmaganmidi? Yahudiylar ma’lum qilganlaridek va hatto undan ham mukammalroq javoblar edi bular.
Ammo maqsad uzum yeyish emas, bog‘bonni kaltaklash bo‘lgach, u ma’lumotlarning haqiqatga to‘g‘ri kelishkelmasligi muhim emas edi. Javob vaqtida berilganida qabul qilardik, endi hisobga o‘tmaydi, deyish g‘irt bema’nilik emasmi?!.
Jabroili amin ushbu masala bilan bog‘liq quyidagi oyatni keltirdi:
«Ayting: «(Ey mushriklar,) xabar beringizchi, agar (ushbu Qur’on) Ollohning huzuridan bo‘lsayu, sizlar unga kofir bo‘lsangizlar va bani Isroildan bo‘lgan bir guvoh ham u (Qur’on)ning o‘xshashi (yolg‘iz Olloh tomonidangina nozil bo‘lishi)ga guvohlik berib, imon keltirsayu, sizlar (unga imon keltirishdan) kibrhavo qilsangizlar (ya’ni, sizlar eng zolim odamlar bo‘lib qolmaysizlarmi?!) Albatta, Olloh zolim qavmni hidoyat qilmas»(Axkof, 10)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:24:25
HAZRATI MUSO VA XIZR

Qahf surasida hikoya qilingan Muso va Xizr alayhissalom qissasini Payg‘ambar janoblari bunday bayon qildilar:
«Bir kuni Muso (a.s.) Isroil o‘g‘illariga xitob qilish uchun o‘rnidan turdi va go‘zal bir nutq so‘zladi. Shunda undan:
— Insonlar ichida eng bilimdoni kimdir? — deb so‘rashdi.
— Menman, — deb javob kildi.
Hazrati Muso bu savolga «Olloh biladi, Olloh kimga eng ko‘p bilim bersa, o‘shadir», degan shaklda javob qilmagani uchun Janobi Haq uni ogohlantirdi:
— Ey Muso, mening sendan ko‘ra bilimliroq qulim bordir.
— Kimdir u, ey Parvardigor?
— Ikki dengiz tutashgan joyda senga ro‘baro‘ bo‘ladigan odamdir, u qulim sendan ko‘ra bilimliroqdir.
— Ey Parvardigorim, sening o‘sha quling bilan ko‘rishsam, deyman. Uni qaerdan topsam bo‘ladi?
   Savatga tuzlanxan bir baliqni solib yo‘lga tush. Baliq qaerda tirilsa, qulimni shu yerdan topasan.
Xazrati Muso xizmatini qilib yuradigan bir o‘spirin bilan yo‘lga tushdi. Baliqning jonlanganini ko‘rdi deguncha xabar berishni qaytaqayta tayinladi.
Birmuncha yurgach, dengiz sohiliga yetib kelishdi. Kun bo‘yi yurganlari uchun rosa charchashgan edi. Bir qoyaning tagiga o‘tirib hordiq chiqara boshlashdi. O’spirin yigit ovqat tayyorlash bilan bandlik paytida savatda yotgan baliq birdan jonlanib, o‘ZINi dengizga otdi. Bu hodisa nihoyatda tez sodir bo‘ldi. Safar nihoyasiga yetgan, qidirilayotgan odam shu yakinatrofda 0o‘lishi kerak edi.
Ammo o‘spirin Hazrati Musoga bu xabarni yegkazishni unutdi. Takror safar boshlandi. To‘xtovsiz davom etgan yo‘l yana ularni charchatdi, ochiqtirdi.
    Olib kel ovqatni, qornimizni to‘ydiraylik,  dedi Hazrati Muso.
O’spirin birdaniga boyagi voqeani esladi:
    Ie, esimdan chiqibdiqu?! Hali qoyaning tagiga dam olish uchun o‘tirganimIZDa baliq jonlanib, o‘zini dengizga otgan edi. Buni sizga aytmoqchi bo‘lib turuvdim, negadir unutibman. Bu xayolparishonlikka yolg‘iz shayton sababchi.
Hazrati Muso hayajonlanib ketdi.
    Biz kutgan dam ayni o‘sha daqiqa edi. Xoziroq qaytamiz.
Boyagi qoyaning tagiga qaytdilar. Manzilga yetib kelganlarida, ularni kutib turgan bir odamga ro‘baro‘ bo‘ldilar.
    Olloh senga bergan bilimlaridan hech bo‘lmasa bir qismini o‘rganish uchun yoningda yursam, nima deysan?
Odam bunday javob berdi:
    Sen men bilan do‘st bo‘lishga toqat qilolmaysan Asl mohiyatini bilmagan masalalarning yechimiga bardosh berolmaysan. Ey Muso, sen Ollohning ma’lum qilgan
bir qator bilimlaridan boxabarsan, men ularni bilmayman. O’z navbatida, men ham Olloh bildirgan ba’zi bilimlarga egaman, sen ulardan bexabarsan. Shuning uchun sen men bilan birodarlik qilishga dosh berolmaysan.
Hazrati Muso iltimos qildi:
 Inshaolloh, mening sabrtoqatli bir hamroh ekanligimga amin bo‘lasan. Hech bir ishingga aralashmayman e’tiroz bildirmayman.
 Juda soz, agar menga hamroh bo‘lishni shunchalik istasang, men o‘zim izohlab, tushuntirib bermagunimcha, ishning hikmatini so‘zlab bermagunimcha, hech narsa to‘g‘risida so‘rama.
Bu taklif jonu dil bilan qabul qilindi. Birgalikda yo‘lga tushdilar. Bir kemaga o‘tirdilar. Ulardan kira haqi olishmadi.
Dengizning o‘rtasiga borganlarida, ismi Xizr bo‘lgan haligi odam qo‘liga tushgan bir boltani olib, bor kuchi bilan kemani chopa boshladi. Bu voqelik shunchaki bir hazil emas, o‘ta jiddiy edi. Uni aqldan ozgan deb ham bo‘lmasdi. Bunday bema’ni xattiharakatni ko‘rib indamaslik mushkul edi.
— Sen kemadagilarni cho‘ktirmoqchimisan, nima balo? Bu juda xavfxatarli ish, axir!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:24:59
Xizr unga ma’noli bir qarash qildi:
— Men bilan birga bo‘lishga toqat qilolmaysan, demaganmidim?
Hazrati Muso darhol ahdini esladi.
— Unutganim uchun meni ma’zur tutasan, do‘stim. Iltimos, meni ayblama. Do‘stligimizga putur yetmasin.
Xizr hech narsa demadi. Yo‘lda davom etdilar. Shu orada kemaning bir chekkasiga qaldirg‘och kelib qo‘ndi. Dengizga tumshug‘ini tiqib chiqardi. Xizr qushni ko‘rsatib, dedi:
—   Ey Muso, anavi qushni ko‘ryapsanmi?
—   Ha.
— U qush tumshug‘ini dengizga tiqib chiqarganida, dengiz suvi qancha kamaysa, sen bilan mening ilmim ham Ollohning ilmidan shunday nisbatnigina tashkil etadi.
Ehtimol Hazrati Musoga buyurilgan bu safarning eng og‘irnozik nuqtasi ham ushbu so‘zlar va hodisa bo‘lsa ajab emas.
Dengiz safari tugadi. Endi quruqlikda keta boshladilar. Hech qancha vaqt o‘tmay, o‘ynab yurgan bolalarga duch keldilar. Xizr bolalardan birini tutib oldi va hech narsadanhech narsa yo‘q o‘ldirib yubordi. Hazrati Muso dahshatdan o‘zini yo‘qotib, lolhayron bo‘lib qoldi. Bunday voqeani ko‘rabilaturib ham indamay turolmas edi.
— Begunoh bir norasidani nobud qildingmi, a?.. Xudo haqqi, misli ko‘rilmagan bir jinoyat qildingsen!.. — dedi tutoqib.
Xizr unga o‘girildi:
— Menga hamroh bo‘lishga bardosh berolmaysan, demaganmidim?
Hazrati Muso yana uzr so‘radi.
—Agar bundan keyin yana sening ishingga aralashsam, ortiq men bilan do‘st bo‘lish-bo‘lmaslik sening ixtiyoringda, — dedi.
Yana yo‘l yurib ketdilar. Uzoq va azobli yo‘lchilikdan so‘ng qattiq charchab, ochikdilar. Yetib borgan qishloqlarining xalqidan non so‘radilar. Ammo hech kim ularni mehmon qilishni xohlamadi. Yiqilay deb turgan bir devorning yonidan o‘tib borayotgan edilar. Xizr qo‘lini tekkizgan edi, devor asl holiga qaytdi. Ochlik holdan toydirgan Muso yana betoqatlik qildi.
— Istasang, mana shu xayrli ishing uchun pul olarding. Hech bo‘lmasa, qornimizni to‘yg‘azar edik, — dedi.
Xizr Hazrati Musoga o‘tirildi:
— Endi ajralishmasak bo‘lmas ekan, ey Muso!.. Yo‘lda bir necha hodisa ko‘rding, ammo sabr qilmay, qarshilik bildirding. Mayli, ajralishimizdan oldin senga o‘sha hodisalarning asl mohiyati va sababini tushuntirib beray, — dedi. So‘ng boshladi: — U kema dengizchilik qilib kun ko‘radigan kambag‘al yo‘qsillarniki edi. Orqalarida esa, har bir yaxshi kemani zabt etib o‘zlashtirib oladigan bir hokim bor edi. Istadimki, kemaning biron joyini ishdan chiqarayinda, podshoh uni ololmasin. Go‘dakni nobud qilganimga kelsak, uning otaonasi imonli kishilar edi. Shuning uchun ularni o‘zlaridan chiqqan bir kofir sirtmog‘iga olmasin degan tashvish bilan bolani o‘ldirdim. Istadimki, Rabbim uning o‘rniga pokiza bir farzand bersin. Devor masalasida esa, u o‘sha shaharda yashovchi ikki yetimga qarashli edi. Tagiga shu yetim bolalarga atalgan bir xazina ko‘milgan edi. Otalari yaxshi inson o‘tgan. Rabbim tiladiki, bolalarning ikkalasi o‘sibulg‘aysin, balog‘at yoshiga yetib, xazinalarini kavlab olsin. Bu ham Rabbimdan kelgan bir marhamat edi. Men bu ishlarni o‘z boshimcha qilmadim. Mana, sen tushunib olishga hovliqmalik qilgan hodisalarning asl mohiyati va asosi».
Kahf surasida hikoya qilingan diqqatga sazovor ushbu qissa bilan Rasulullohning (s.a.v.) o‘sha kunlardagi ahvollari orasida qandaydir o‘xshashlik bor edi. Chunonchi:
Rasulullohdan (s.a.v.) uch savolning javobi talab qilinganida, «Inshaolloh, javobini ertaga beraman», demadilar va shu yo‘sinda kurayshliklar oldida noqulay ahvolga tushib qoldilar. O’n besh kun davom etgan mashaqqatli kutishlardan so‘ng kelgan vahiy bundan buyon hech bir ishni «inshaolloh» demasdan qilmaslik to‘g‘risida ogohlantirdi.
Hazrati Muso ham deyarli shunday ahvolga tushgan edi. U ham Ollohga havola etmasdan, «Insonlarning eng bilimdoni menman», degan, natijada uzoq va hayajonli bir safarga chiqishiga to‘g‘ri kelgan va Xizr vositasi ila uning bilim doirasi qushning tumshug‘iga siqqan suvcha ekani qiyos qilinib ibrat berilgan edi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:25:15
* * *
Davs qabilasidan shikoyat uchun kelgan Tufayl Rasuli akramga (s.a.v.) otasi va xotini musulmon bo‘lganlari haqida xushxabar ham keltirdi. Biroq qavmining bu xususda beparvolik qilganini, bundan yuragi siqilganini aytdi.
— Yo Rasululloh, Davs qabilasi maishatga berildi, to‘g‘ri gapni uqmaydigan bo‘lib qolibdi, ularni duoyibad qiling.
Sarvari Olam (s.a.v.):
— Ollohim, Davs qabilasiga hidoyat yo‘lini ko‘rsat. Ularga o‘zing marhamat qil, — deya yolvordilar. So‘ngra Tufaylga o‘girilib: — Qani, endi qavmingning huzuriga bor. Ularni Haq yo‘liga da’vat qilishni davom ettir. Nazokatli bo‘l, shirinsuxanlik bilan din asoslarini tushuntir, — dedilar.
Tufayl xayrlashib chiqib ketdi.
Bu safar da’vat usuli o‘zgardi. Xuddi buyruq berayotganday balanddan kelgan avvalgi Tufayl endi shirinsuxan, nazokatli Tufaylga aylangan edi. Islom dini tez orada Davs qabilasining orasida ham tarqaldi.
Xalq oddiy toshlarga qul bo‘lish jaholatidan qutulishning lazzatini tota boshladi.
Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) olti sahobalari — Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdulloh ibn Mas’ud, Bilol va nomi rivoyat etilmagan yana uch kishi bilan suhbatlashib o‘tirgan edilar. Bir odam keldi.
—   Qurayshning yo‘lboshchilari sen bilan uchrashishga kelmoqchilar, — dedi.
—   Marhamat, kelaverishsin, suhbatlashamiz, — dedilar Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.).
— Biroq... elchilik qilayotgan odamning ko‘zlari davrada o‘tirganlarga tikilib qoldi, — bular yoningda bo‘lmasin. Ular biz bilan bir joyda o‘tirishidan or qilamiz. Agar ularni quvib yuborsang, sening yo‘lingga kirishimiz ham mumkin.
Chindan ham musulmon bo‘lmoqchi edilarmi? Yoki bu ham Janobi payg‘ambarimizga tayyorlangan navbatdagi tuzoqmi?
Shuncha yildan beri imonlari bois aql olmas har qanday zulm va iskanjaga o‘zini tutib bergan insonlarga: «Qani, ketinglar bu yerdan, hozir ulug‘ zotlar tashrif buyurishadi», desalar, to‘g‘ri bo‘ladimi?
Janobi payg‘ambarimiz (s.a.v.) elchiga: «Yo‘q, ularni quvmayman!» demadilar. Deyishga ulgurmadilar ham. Birmuncha sukut saqlab turgan hollarida navbatdagi vahiy keldi va donadona qilib o‘qiy boshladilar:
«Bu (Qur’on) bilan o‘zlari uchun Ollohdan o‘zga na bir do‘st va na bir oqlovchi bo‘lmagan holda Parvardigorlari dargohida to‘planishdan qo‘rqadigan zotlarni qo‘rqiting! Shoyad ular (gunoh ishlardan) parhez qilsalar. Ertayu kech Parvardigorining yuzini istab Unga iltijo qiladigan zotlarni (huzuringizdan) haydamang! Sizning zimmangizda ularning hisob-kitoblaridan hech narsa yo‘kdir va sizning hisob-kitobingizdan ularning zimmalarida hech narsa yo‘qdir. Bas, ularni haydab zolimlardan bo‘lib qolmang!» (An’om, 51-52)
Javob mushriklarga yetib borganida, ular qahqaha otib kulishdi:
— Oramizda Ollohning ikromiga sazovor bo‘lganlar shularmi?.. Bu qanaqasi? Abu Jahl kabi, Valid kabi, Utba kabi bir ishora qilsa butun bir qabilani oyoqqa turg‘izadigan kishilar bir chekkada qoladida, Abdulloh ibn Mas’ud singari cho‘ponlar, Bilol kabi yeyishga non topa olmaydigan ozod qullar, Ammor kabi kiyishga kiyimi yo‘q faqirlar Ollohning ikromiga munosib bo‘ladimi?!
Endi ushbu mavzu kinoyaga aylandi. Qaerda kambag‘al bir mo‘minni ko‘rishsa, mazax qila boshlashdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:25:36
— Ey oramizdan Ollohning ikromi uchun tanilgan ulug‘ zot, ey sharafli kishi! Iltimos, bizni sharafingga sherik qilgin!.. deb baqirishar, qahqaha ko‘tarishar edi.
Bu istehzolar mo‘minlarni yo‘ldan ozdirolmadi. Olloh taoloning o‘zi ularga atab oyatlar tushirgan va martabalarini ko‘targan ekan, bu sharafni mushriklar qaytarib ololmaslar ham. Ko‘p o‘tmay Nabiyyi akram (s.a.v.) sahobalariga quyidagi oyatlarni o‘qidilar:
«Bizlarning oramizdan ana o‘shalarga Olloh in’om qilgan emishmi?» deyishlari uchun ularning ba’zilarini boshqalari bilan ana shunday imtihon qildik. Axir, shukr qilguvchilarni Olloh yaxshiroq bilguvchi emasmi?! Qachon sizning oldingizga Bizning oyatlarimizga imon keltiradigan zotlar kelsalar: «Sizlarga tinchlik bo‘lsin, Parvardigoringiz O’z zimmasiga rahmat qilishni yozgandir. Sizlardan kim bilmasdan biron yomonlik qilsa, so‘ngra o‘sha yomonligining ketidan tavba qilib, (o‘zini) tuzatsa, bas, (gunohi kechiriladi), adbatta, (Olloh) mag‘firatli, mehribondir», (An’om, 53-54) deb ayting.
Qildan qiyiq axtaradigan mushriklar hamoy ushbu mavzuni muhokama qilardilar. Ulardin biri:
— Bu masala endi juda me’yoridan chiqib ketdi. Agar durust va haq din bo‘lganida, bu yalangoyoqlardan oldin biz uni taqdirlar, qabul etar edik. Modomiki bu dinni bizdan oldin ular qabul etgan ekanlar, shuning o‘zi bu yo‘lning botil ekanidan dalolatdir. Haq bilan nohaqni ajratish kelibkelib shularga qoldimi?
Bu fikr shu yerda o‘tirganlarga eng oqilona va mantiqiy bir fikr bo‘lib tuyuldi. Ammo bir jihat unutildi yoki atay e’tibor berilmadiki, bu jihat aql bilan boylik orasidagi munosabat edi. Ya’ni, boy odam aqlli bo‘ladi, demoqchi edilar. Boy va aslzodalardan bemaslahat o‘z boshicha ish tutgan bilollar va habboblarning qo‘lidan keladigani faqat xato qilishdir.
Tashviqot shu taxlit boshlandi.
Musulmonlarni dindan qaytarish mumkin bo‘lmay qolgan esada, halihozircha atroflaridagilarni bu «ofatdan qutqarishning imkoni bor edi». O’lganniku tiriltirib bo‘lmaydi, ammo hali joni omonlarni saqlab qolish, ularning ahmoqona bir qarorga kelishining oldini olish lozim», degan fikrda edilar. Xo‘sh, ular bu tashviqotlarida qay darajada samimiy edilar? Bu fikrga chindan ham ishonarmidilar yoki, aksincha, musulmonlarni kamsitish, Islom dinini botil bir din qilib ko‘rsatish maqsadida tutilgan yo‘lmidi bu?
Aslida, ularni bu yo‘lni tutishga majbur etgan narsa g‘urur, kibru xavo edi. Shu kungacha aytgani aytgan, degani degan bo‘lib keldi ularning, endi bu mavqedan tushib qolish, Bilol bilan, Ammor bilan, Habbob bilan bir qatorda turish qo‘rquvi tinchlarini o‘g‘irlagan edi...
Bu yoqda esa, Jabroili amin Janobi Haqning galdagi vahiyini yetkazdi:
«Kofir kimsalar imon keltirgan zotlar haqida: «Agar (bu Qur’on) yaxshi bo‘lganida (anavi yalangoyoqlar) unga bizlardan ilgari bormagan bo‘lar edilar», dedilar. Ular o‘zlari u (Qur’on) bilan hidoyat topishmagach, «Bu eski uydirmadir!» dedilar» (Imom Termiziy, 5/451 Ahqof, 11.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:27:13
* * *
Bir kuni mushriklar hazrati Payg‘ambar alayhissalomga yana bir taklif bilan murojaat qilishdi:
— Sen oramizda hech kim bilmaydigan bir dinni keltirding, dastavval bizga Rabbingni tanit, — deyishdi.
Nabiyyi akram (s.a.v.) ularga Ixlos surasini o‘qib berdilar:
— «Ayting (Ey Muhammad): «U Olloh birdir. Olloh (barcha hojatlar bilan) ko‘zlanuvchidir (ya’ni, barcha hojatlar Undan so‘raladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir). U tug‘magan va tug‘ilmagandir. Va hech kim u zotga teng emasdir» (Ixlos surasi 48)
Qisqa^ ammo o‘ziga xos, teran va ixcham bir ta’rif edi bu. O’sha zamonning insonlari uchun kifoya qiladigan ma’lumotni beradigan, nechanecha, asrlardan keyin ham olimu ulamolarni hayratda qoldiradigan bir ta’rif!
Ammo butlarga qul bo‘lganlarning zehni buni hech qachon qamrab ololmas, anglamas edi.
— Shunaqa ham tangri bo‘ladimi? — deyishardi. Shunday deyishdi ham.
Rasululloh (s.a.v.):
— «Ey insonlar, bir masal aytilganda, bas, uiga quloq tutingiz! Aniqki, sizlar Ollohni qo‘yib iltijo qilayotgan butlar agar barchalari birlashganlarida ham, bir chivin yarata olmaslar, agar chivin ulardan biron narsani tortib olsa, uni (o‘sha chivindan ham) qutqarib olabilmaslar. (Demak, o‘sha butlardan hojatini ravo qilishni) so‘raguvchi (mushrik) ham, so‘ralguvchi (butlar) ham nochornotavondir » (Haj, 73.)
Haqiqatning ushbu tarzda ifoda etilishi ularni g‘azablantirdi. Ammo g‘azablanish lozim edimi?
«Yo‘q, bu g‘irt yolg‘on. Asl haqiqat mana bunday bo‘ladi...» deyishlari, qaerda xato qilinayotir, qaerda yanglish bayon etilayotir, birmabir ko‘rsatishlari kerak edi. Holbuki:
— Eng yaxshisi, bir yil hammamiz birgalikda butlarga ibodat qilaylik, bir yil esa, sening Rabbingga sig‘inaylik. Qaysi biriga sajda qilish to‘g‘ri ekanini vaqt ko‘rsatadi, — deyishdi.
Bu bema’ni taklifni Payg‘ambar (s.a.v.) qabul etishlari mumkin emasdi. Shunday qilsalar, vazifalariga xiyonat qilgan bo‘lardilar.
«Ayting: «Men Ollohdan o‘zga — sizlar iltijo qilayotgan butlarga bandalik qilishdan qaytarilganman». Ayting: «Sizlarning havoyi nafslaringizga ergashmayman. Zero, u holda yo‘ldan ozurman va hidoyat topguvchilardan bo‘lmay qolurman». (An’om, 56.)
Payg‘ambar bo‘lmaslaridan oldin ham nafratlangan butlarga payg‘ambar bo‘lganlaridan keyin qanaqasiga sajda qiladilar? U zotning vazifalari butlarning oddiy bir tosh ekanini insonlarga uqtirish emasmidi?
Shundan keyin Rasululloh (s.a.v.) Haq taolodan kelgan va, xususan, mushriklarga ham o‘qib berilishi amr etilgan ushbu muborak surani ochiqchasiga o‘qidilar:
—«Ayting (ey Muhammad): «Ey kofirlar! Men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmasman. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Olloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qilguvchi emasman. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Olloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar. Sizlarning diningiz o‘zlaringiz uchun, mening dinimo‘zim uchundir!» (Kofirun surasi.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:28:37
* * *
Boshqa payt Rasululloh (s.a.v.) bir fursatini topib mushriklarning boshliqlari — Makka zodagonlari bilan bahs qilishga muvaffaq bo‘ldilar. Ularga Islom dinining asoslarini bayon eta boshladilar. Mehmonlarining musulmon bo‘lishini judajuda xohlardilar. Chunki ular Islomga kirsa, keng imkoniyatlar ochilar, ularning ta’siriga berilib ikki o‘t orasida yurganlar yoki ularga sodiq kishilarning ham musulmon bo‘lishlariga sharoit yaratilar edi. Hech bo‘lmaganda, Makkada Islom dinini bemalol, ochiqchasiga yetkazish imkoniyati tug‘ilishi, mo‘min-musulmonlar ayovsiz zulm, haqorat va kinoyalardan qutulishlari mumkin edi. Suhbat ayni qizigan choqda, bir kishi kelib qoldi.
— Yo Rasululloh, Olloh senga o‘rgatgan narsalaridan menga ham o‘rgat, — deb iltimos qildi.
Bu odam Abdulloh ibn ummi Maktum edi. Ko‘zlari ojiz edi. Nabiyyi akramning ovozlarini eshitib turar, ammo kimlar bilan suhbatlashayotganlarini bilmas edi. Har doimgiday, Payg‘ambarning tabassum bilan, shirinsuxanlik bilan qarshilashlarini kutdi, ammo bu gal unday bo‘lmadi. Suhbat to‘xtamadi. «Marhamat qil, ey ummi Maktumning o‘g‘li», deyilmadi. Bir hisobga u «Menga o‘rgat» deb iltimos qilgan narsalarini boshqalarga o‘rgatayotgan edilar. Bir chekkaga o‘tirib, diqqat bilan tinglasa, u ham maqsadiga erishar edi.
— Yo Rasululloh, buyuk Olloh senga o‘rgatganlarini menga ham o‘rgat, — dedi u yana.
Yana hech kimdan sado chiqmadi. U yerdagilar ham: «Kel, bir burchakka o‘tir, mana, sen so‘rayotgan narsalar o‘rgatilmoqda...» deyolmadilar. Axir, Abdulloh ibn ummi Maktum bilan biron soatlardan keyin suhbatlashsalar ham bo‘ladiku. Qolaversa, Abdulloh ibn ummi Maktum «Ikki daf’a Rasulullohga eshitiladigan qilib gapirdiy, javob bo‘lmadi, buning bir hikmati bo‘lsa kerak», deyishi darkor emasmidi?
Yo‘q, unday deyilmadi, bunday bo‘lmadi, uchinchi marta ovozini balandlatib:
— Yo Nabiyalloh, Ollohning senga o‘rgatganlarini menga ham o‘rgat!.. deb baqirdi.
Bu tushunmovchilikdan Faxri Koinotning (s.a.v.) yuraklari siqildi. Yuzlari burishdi va teskari qarab oldilar.
Mehmonlar o‘rinlaridan qo‘zg‘alishdi. Shu payt Rasulullohni (s.a.v.) vahiy isi qamrab  oldi.
Nihoyat, Buyuklar Buyugi bo‘lgan payg‘ambarimizning nigohlari Abdulloh ibn ummi Maktumni qidirdi. Unga tabassum bilan qaradilar. Atroflarida hozir turganlar vahiy bilan Abdulloh o‘rtasida qandaydir bog‘liqlik borligini tushundilar.
So‘ngra vahiy donadona qilib o‘qildi. Bu Abasa surasi edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:29:03
«(Payg‘ambar, alayhissalom) o‘zining oldiga kelgan ko‘zi ojiz kishiga qoshlarini chimirdi va (undan) yuz o‘tirdi. (Ey Muhammad), siz qaerdan bilursiz, ehtimol u (sizdan o‘rganadigan ilmu ma’rifati yordamida o‘z gunohlaridan) poklanar. Yoki pandnasihat olarda, so‘ng u pandnasihat unga foyda berar?! Endi (O’z mol-mulki bilan imondan) istig‘no qilib turgan kimsaga kelsak, bas, siz o‘shanga yuzlanmoqdasiz! Holbuki, u (o‘zining kufridan) poklanmasligi sababli sizga biron ziyon yetmas! Endi (Ollohdan) qo‘rqqan holda oldingizga yuguribelib kelgan zotga kelsak, bas, siz undan chalg‘ib — yuz o‘girib olmokdasiz! Yo‘q (siz aslo bunday qilmang)! Albatta, (Qur’on oyatlari) bir pandnasihatdir. Bas, kim xohlasa, undan pandnasihat olur» (Abasa, 1-12.)
Rasululloh (s.a.v.) tanbeh olgan edilar. Holbuki, ibn ummi Maktumdan jahllari chiqmagan, faqat mushrik zodagonlarning Islomga kirishiga umid qilgan edilar.
Nabiyyi akram (s.a.v.) shu ahvolda Abdulloh ibn ummi Maktumga «Sening qilmishing Rabbimdan tanbeh eshitishimga sabab bo‘ldi», demadilar. Boshqalarga esa, «Mening band ekanimni ko‘rib turgan edinglar, nega bu hakda unga shipshib qo‘ymadinglar», deb gina qilmadilar. Balki egnilaridan jubbalarini yechib, yerga to‘shadilar va:
— Kel, Rabbim meni tanbeh qilishiga sababchi bo‘lgan ey sharafli inson! — deya unga lutfu karam ko‘rsatib, yonlariga o‘tqazdilar. Ko‘nglini ko‘taradigan gaplar gapirdilar.
Shundan so‘ng Abdulloh ibn ummi Maktum Rasulullohning (s.a.v.) yonlarida alohida o‘ringa, alohida hurmatga sazovor bo‘la boshladi. Har kelganida Faxri Ko inot payg‘ambarimiz jubbalarini yechib uning tagiga to‘shaydigan bo‘ldilar.
Ko‘zi ojiz bir odamga o‘z vaqtida javob qilmagani uchun payg‘ambarlar Sultoniga tanbeh berilishi kimning ham aqliga kelardi? Hatto payg‘ambarga ham Olloh taolo boshqalarni kamsitishga izn bermasligiga bundan yorqin misol bormi?!.
Holbuki, o‘rtada na kamsitish bor edi, na ozorlangan ko‘ngil. Ammo Olloh taolo rasulining salgina beparvo bo‘lishini ham istamas edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:30:23
* * *
«Bas, qachon (quloqlarni) kar qilguvchi (dahshatli qichqiriq) kelganda (ya’ni, sur ikkinchi marta chalinib, barcha xalryiqqa qaytadan jon ato etilganda, har bir inson o‘zI bilan o‘zi bo‘lib qolur). U kunda kishi o‘z og‘ainisidan ham, onasi va otasidan ham, xotiniyu bola-chaqasidan ham qochur! (Chunki) ulardan har bir kishi uchun u Kunda o‘ziga yetarli tashvish bo‘lur! U Kunda (mo‘minlarning) yuzlari yorug‘, kulguvchi va xurram bo‘lur. Va u Kunda (kofirlarning) yuzlari ustida changg‘ubor bo‘lib, u yuzlarni qarolik qoplab olur! Ana o‘shalar fisqu fujur qilguvchi kofirlarning o‘zidir!»
Abasa surasi shunday so‘zlarla tugar edi.
Ko‘ngillar bo‘shashib ketdi... Qur’onning balog‘atli ifodasini shaxsan Rasululloh (s.a.v.) janoblarining tillaridan eshitganlarning yuzlarida g‘amginlik va bezovtalik alomatlari paydo bo‘ldi. Bugun bu dunyoda kishi ko‘zining oqu qorasi bo‘lgan, ko‘kraklarga mehr bilan bosiladigan go‘daklardan, issiqqina bag‘ridan taskin topilgan ota va onadan, bir qorindan talashib tushgan akauka va opasingildan, bir yostiqqa bosh qo‘yilgan umr yo‘ldoshdan... ha, ha, hamma bir-biridan qochajak edi.
Nega, nima uchun qochadi inson?!
Chunki har kim muhtoj, har kimning birovdan oladigan, boshqasiga beradigani bor. O’zini qutqarishga ojiz inson kimga ham yordam ko‘rsatadi, kimning ham dardiga darmon bo‘la oladi?..
To‘g‘ri, o‘sha kuni yuzi yorug‘ bo‘ladigan insonlar ham bo‘ladi. Ammo bunday sharaf kimlarga nasib etadi? Bu ham yolg‘iz Ollohga ayon.
Rasulullohning (s.a.v.) qiyomat kunidan bahs etishlari, insonlar o‘lganlaridan keyin yana qayta tirilish
larini takror va takror ta’kidlovchi oyatlarni e’lon qilishlari qurayshlik zodagonlarga sira yoqmagan edi.
— Qiyomat hech qachon bo‘lmaydi, tushundingmi, bo‘lmaydi! Hech qachon!
Rasulullohga (s.a.v.) shunday dag‘dag‘a qilar ekanlar, go‘yo bu so‘zlariga boshqalarni ham ishontirishga qat’iy azm qilganga o‘xshar edilar. Go‘yo Nabiyyi muhtaram (s.a.v.) ularga taslim bo‘lib: «Tushundim. Chindan ham qiyomat bo‘lmaydi, yanglishgan bo‘lsam kerak», deydigandek.
Chetdan kelganlarni iloji boricha Rasulullohdan (s.a.v.) uzoq tutish uchun bor imkoniyatlarini ishga solardilar.
— Xohlaysizlarmi, o‘libchirib ketganingizdan, vujudingizdagi hamma a’zo yo‘q bo‘lib ketganidan keyin yana qayta tirilishingizni uqtiradigan bir odamni ko‘rsatamiz... — deyishar, musofirlarning diqqatini shu yo‘sin o‘zlariga jalb etgandan keyin: — Ollohga
bo‘hton qilayotirmi yoki telbasifat bo‘lib qolganmi, bilmaymiz... — deb ig‘vo qilishar edi.
O’zlarini haqparvar, samimiy qilib ko‘rsatib, go‘yo «boshga bitgan balo»dan insonlarni xalos etish uchun jon kuydirayotganday tutardilar. Go‘yo niyatlari sof...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:32:06
CHIRIGAN SUYAKLAR

Ubay ibn Xalaf qo‘lidagi belkurakni bir chekkaga uloqtirdi, peshona terlarini artdi va tuproq orasidan ko‘ringan bir chirik suyakni qo‘liga oldi.
Suyak shunchalik mo‘rt bo‘lib qolgan ediki, barmoqlari bilan ezg‘ilasa, kulga aylanishi turgan gap edi. Shu qadar ko‘hnaki, bir necha asr oldin o‘lib ketgan bir odamning suyagi bo‘lishi ham mumkin.
To‘ppato‘g‘ri Rasululloh (s.a.v.) uylariga yo‘l oldi. Borib payg‘ambarimizga, sen tutayotgan yo‘lning boshi berk, bema’ni, tutruqsiz safsatalaring bilan xalqni yo‘ldan ozdirishni hoziroq bas qil, demoqchi edi.
Rasulullohni (s.a.v.) topdi, qo‘lidagi suyakni ko‘rsatdi, ezg‘iladi, so‘ngra barmoqlari orasidan puflagan edi, suyak urvoqlari uchib ikkinchi qo‘lining kaftiga tushdi. Bu kukunni yana pufladi, har tomonga to‘zib ketdi. So‘ngra Nabiyyi muhtaram (s.a.v.) janoblariga qattiq tikilib:
— Qani, endi gapirchi, ey Muhammad, bularga kim hayot bera oladi?! — dedi.
Rasululloh (s.a.v.) darhol javob berdilar:
— Bularga Olloh hayot beradi, seni esa, jahannamga uloqtiradi!Ubayning rangi ro‘yi oqarib ketdi. «Seni esa jahannamga uloqtiradi!» deya hozirjavoblik bilan aytilgan gap uni larzaga solgan edi.
Oxiratga ishonmasa ham, nashtardek o‘tkir bu so‘zlar nishonga tekkan edi.
Aslida, Rasulullohga (s.a.v.) qarshi kin va adovat tuyg‘usida bo‘lgan Ubayning dushmanlik hislari yanada kuchaydi.
Qalbi kinu adovatga, ko‘zlari qonga to‘lgan Ubay qayoqqa ketayotganini ham bilmay, teztez yurib ketdi.
Ubayning bu xattiharakati malaklar olamida noxush bir xabar sifatida kutib olindi. Jabroili amin Yosin surasiga qayd etilgusi oxirgi oyatlarni keltirdi:
«Inson, Biz uni nutfadan — bir tomchi suvdan yaratganimizni, endi esa banogoh u (O’zimizga) ochiq qarshilik qilguvchi bo‘lib qolganini ko‘rmadimi?! U Bizga: «Chiribbitgan suyaklarni kim ham tiriltira olur?» deb misol keltirdiyu, (ammo) o‘zining (bir tomchi suvdan) yaralganini unutib qo‘ydi. (Ey Muhammad,) ayting: «U (chirigan suyak)larni dastlab (bir tomchi suvdan) paydo qilgan zotning O’zi qayta tiriltirur. U (O’zi yaratgan) barcha xalqni bilguvchidir». U sizlar uchun yamyashil daraxtdan olov paydo qilgan zotdir. Bas, sizlar o‘shandan o‘t yoqursizlar. Osmonlar va yerni yaratgan zot yana ularning o‘xshashini yaratishga qodir emasmi?! Yo‘q (albatta, qodirdir)! Uning O’zigina yaratguvchi va bilguvchidir. Biron narsani (yaratishni) iroda qilgan vaqtida Uning ishi faqatgina «Bo‘l» deyishidir. Bas, u (narsa) bo‘lur — vujudga kelur. Bas, barcha narsaning egaligi O’z qo‘lida bo‘lgan (Olloh har qanday aybu nuqsondan) pok zotdir. Yolg‘iz Ungagina qaytarilursizlar!» (Yosin, 77-83)
Ubay «Seni esa jahannamga uloqtiradi» deyilgan so‘zlarning ta’siridan astasekin qutulayotgan bir paytda Rasulullohdan (s.a.v.) ushbu oyatlarni eshitdiyu vujudi battar titrabqaqshab ketdi. Endi butunlay o‘zini yo‘qotib qo‘ygan, nima qilishini bilmay garang bo‘lib qolgan edi.
—    Yo Muhammad, mening bir uchqur otim bor. Unga maxsus yem yedirib, shaxsan o‘zim parvarish qilib boqayotirman. O’sha otimga minib sen bilan urushaman va albatta seni o‘ldiraman, shuni yaxshi bilib qo‘y! — dedi.
—   Aksincha, men seni o‘ldiraman, yo Ubay! — degan javobni eshitib, battar dovdiradi.
— Hali buni vaqt ko‘rsatadi.
O’sha kuni Ubay uyiga juda horg‘in va xayolparishon qaytdi. Sababi so‘ralgan edi, javob bermadi. Qaytaqayta so‘rayverilgach, titroq ovozda:
—   Bugun Muhammad menga «Seni o‘ldiraman», dedi,— tarzida javob qildi.
—   Azizim, bo‘larbo‘lmas gaplarni ko‘nglingga olaverasanmi? — deb uning ruhini ko‘tarmoqchi bo‘lishdi uyidagilar.
—   To‘g‘rikuya, lekin Muhammad hech qachon yolg‘on gapirmaydida?!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:32:18
* * *
AzdShanuya qabilasining vakillaridan Dimod Makkaga kelganida qurayshliklar hamon Rasulullohga (s.a.v.) qarshi ig‘vo yog‘dirish bilan band edilar.
— Zinhor Muhammad ibn Abdullohga yaqinlashmagin, ey Dimod!
—   Nega endi?
—   Chunki u bir telba, quturib ketgan jodugardir.
—   Bunga aslo shubha qilma.
— Men ham bir qarashda jinni bilan aqllini ajrata olaman. Umrim jinnilar bilan gaplashagaplasha o‘tdi.
—Juda yaxshi, Dimod. Ammo o‘zingni ehtiyot qil. Bir turtinsang, keyin o‘zingga kelolmay yurasan.
— Nasihatlaringiz uchun tashakkurlar.
U yerdan ketdi va Rasulullohning (s.a.v.) yonlariga keldi. Uzini tanitdi.
— Men ko‘p xastalarni ko‘rdim, davoladim. Olloh shu yo‘l ila xohlaganiga shifo beradi. Istaysanmi, sendan ham 6u jinnilik kasalining ketishi uchun sa’y harakat qilsam, — dedi chin dildan. Rasululloh (s.a.v.) uning so‘zlariga bunday javob qildilar:
— Hamdu sano Ollohga maxsusdir. Unga hamd aytamiz, Undan yordam tilaymiz. Olloh kimga hidoyat beradigan bo‘lsa, uni bu to‘g‘ri yo‘ldan ozdiradigan hech kimsa topilmas. Zalolatda qoldirgaii kimsaga ham hech kishi hidoyat bera olmas. Shohidlik beramanki, Ollohdan o‘zga ibodatga loyiq hech bir ma’bud yo‘kdir; birdir, sherigi yo‘kdir.
Dimod go‘zal bir balog‘at namunasi bo‘lgan bu so‘zlarni dikqatla tingladi. Shu zahoti yana zshitgisi keldi.
— Bu so‘zlarni bir marta aytasan xolosmi, ey Muhammad? — dedi yutoqib.
Rasululloh (s.a.v.) aynan takrorladilar. Dimod boshini eggancha quloq solib o‘tirardi. Bir muddat bu kalomlarni zehnida o‘lchab ko‘rdi, tortdi, so‘ngra:
— Yana bir marta qaytar shu so‘zlaringni!.. — dedi.
Takrorladilar; tingladi, o‘ylandi, so‘ngra dediki:
— Vallohi (Ollohga qasamki), men kohinlar bilan, sehrbozlar bilan, shoirlar bilan ko‘rishdim, ularning so‘zlarini rosa tingladim, lekin bu so‘zlarga o‘xshaydigan hech bir kalom eshitmadim. Qo‘lingni ber, musulmon bo‘lib senga tobe bo‘laman.
Dimod ayni choqda ham o‘zining nomidan, ham qavmining nomidan Rasulullohga (a.s.) bay’at berayotgan edi. So‘ng xo‘shlashdi. (Ibn Kasir. «Siyar», 1/452. 56)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:32:40
* * *
Ibn Mas’ud (r.a.) bir xotirasini bunday naql etadi: «Bir kuni Nabiyyi akram janoblaridan, Olloh taoloning nazdida eng yomon gunoh nima, deb so‘radim.
— Olloh taologa biron narsani teng va sherik qilishdir. Holbuki, seni yaratgan ham Udir, — deb javob qildilar.
— So‘ngra eng yomonichi? — dedim.
— Ovqatingga sherik bo‘lishidan qo‘rqib farzandingni o‘ldirishing.
— Uchinchisichi, yo Rasululloh?
— Qo‘shningning xotini bilan zino qilishingdir, —deb buyurdilar.
Yomonlik va fisqfasod yo‘lining sarkardalariga tobe bo‘lib, Rasulullohga (s.a.v.) qarshi chiqqan, uning yo‘liga kirishdan o‘jarlik bilan bo‘yin tovlaganlarning ahvoli bunday bayon etildi:
«U kunda bu zolim qo‘llarni (barmoqlarni) tishlab, afsus nadomat qilib der: «E, qaniydi men ham payg‘ambar bilan bir yo‘lni tutganimda! O’lim bo‘lsin menga, qaniydi men falonchini do‘st tutmaganimda edi! Aniqki, menga eslatma — Qur’on kelganidan so‘ng o‘sha (falonchi) meni yo‘ldan ozdirdi». U kunda shayton (hayoti dunyoda o‘ziga ergashgan barcha) insonni yordamsiz qo‘yguvchidir». (Furqon, 27-29.)
Shu orada Rasulullohning (s.a.v.) quyidagi xadislari ham xotiralarga muhrlandi: «Yaxshi do‘st bilan yomon do‘stni mushk sotuvchi bilan o‘t puflovchiga qiyoslash mumkin. Mushk sotuvchidan yo sen sotib olasan, yo u senga sovg‘a qiladi. Yeki uning yonida tursang ham, xushbo‘y xiddan lazzatlanasan. Yomon do‘st esa, o‘t puflovchiga o‘xshaydi. Yo o‘t puflab uchqun sachratib, libosingni yondirib yuboradi, yoki sassiq hiddan bezovta bo‘lasan».
Mo‘minlar rioya qilishlari kerak bo‘lgan odobaxloq qoidalari, qurayshlarga va xususan o‘zlariga yomon munosabatda bo‘lgan qishilarga nisbatan qanday muomala qilish kerakligi Furqon surasida bayon etildi. Shuningdek, fozil mo‘minlarning sifatlari ham ko‘rsatildi:
«Rahmonning suyukli bandalari Yerda tavozu’ bilan yuradigan, johil kimsalar bema’ni xitob qilgan vaqtida ham «Omon bo‘linglar» deb javob qiladigan kishilardir. Ular kechalarni Parvardigorga sajda qilib va (joynamoz ustida) tik turib bedor o‘tkazadigan kishilardir. Ular: «Parvardigoro, O’zing bizlardan jahannam azobini daf qilgin. Darhaqiqat, uning azobi ketmasmangu azobdir. Darhaqiqat, u eng yomon qarorgoh va eng yomon joydir», deydigan kishilardir. Ular infoqehson qilgan vaqtlarida isrof ham, xasislik ham, baxillik ham qilmaslar. (Balki, ehsonlari) ana o‘sha (xasislik bilan isrof) o‘rtasida mo‘‘tadil bo‘lur. Ular Olloh bilan birga boshqa bir ilohga iltijo qilmaslar va Olloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar va zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holda mangu qolur». (Furqon, 63-69.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:33:04
Bu oyatlar ko‘pgina mo‘minlarni xayolga toldirib qo‘ydi. Ko‘zlar namlandi, xotiralarda o‘tmishda bo‘lib o‘tgan alamli, or qiluvchi voqealar jonlandi.
Egilgan boshlar, bir zumda kulimsirashni unutgan ko‘zlar va beixtiyor olingan chuqur nafaslaru xo‘rsinishlar ularga dunyoni tor qilib qo‘ydi. Chunki tarix qa’riga yashiringan va bundan keyin hech qachon takrorlanmaydigan bu xotiralar bir daqiqa ichida ko‘z oldilarida namoyon bo‘lgan, «O’tmishingda men ham borman», deyayotganday, vijdon azobini kuchaytirgan edi. Bularning hammasini jazo va mukofotni berguvchi yolg‘iz Olloh biladi.
O’sha kecha ko‘pgina kishilar mijja qoqmadilar, u yokdanbu yoqqa ag‘anab tong ottirdilar.
Nihoyat boshlari egik holda Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga keldilar. «Yo Rasululloh, dardimizga darmon bo‘ladigan bir chora toping, axir, biz adoyi tamom bo‘ldik», dedilar. Sababi so‘ralganida:
— Biz johiliya davrida zino ham qildik, odam ham o‘ldirdik, Ollohdan boshqa butlarga qaytaqayta sig‘indik, — deya javob berdilar.
Nabiyyi akram (s.a.v.) janoblarining izoh berishlariga hojat qolmadi. Ushbu damda vahiy malagi Jabroili amin Sarvari Olamning huzurlariga tushgan edi. Mo‘minlarga shafoatchilik qiluvchi payg‘ambarimiz (a.s.) yangi kelgan vahiyni o‘qidilar:
«Magar kim tavba qilsa va imon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Olloh ana o‘shalarning yomonlik (gunoh)larini yaxshilik (savob)larga aylantirib qo‘yur. Olloh mag‘firatli, mehribon zotdir. Kim tavba qilib, yaxshi (amallar) qilsa, bas, albatta U Ollohning rizosiga (mag‘firatiga) qaytgan bo‘lur. Ular (ya’ni, Ollohning suyukli bandalari) yolg‘on guvohlik bermaslar va lag‘v (behuda so‘z yo amal) oldidan o‘tgan vaqtlarida olijanoblik bilan (ya’ni, undan yuz o‘girgan hollarida) o‘turlar. Ularga Parvardigorlarining oyatlari eslatilgan vaqtida, u (oyatlarga) gung va ko‘r hollarida tashlanmaydilar (balki ularni bilibanglab amal qilurlar). Ular: «Parvardigoro, O’zing bizlarga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan shodxurramlik hadya etgin va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin», deydigan kishilardir. Ana o‘shalar sabrqanoat qilganlari sababli jannatdagi yuksak darajalar bilan mukofotlanurlar va jannatda farishtalar tomonidan salom va omonlik bilan qarshi olinurlar. Ular o‘sha joyda mangu qolurlar. U eng go‘zal qarorgohmanzildir. (Ey Muhammad, mushriklarga) ayting: «Agar duoiltijo qilmas ekansizlar, Parvardigorim sizlarga parvo qilmas. Bas, sizlar (U zot yuborgan payg‘ambarni) yolg‘onchi qildingiz. Endi, albatta, (azob-uqubat) sizlarga lozim bo‘lur». (Furqon, 70-77.)
Rasulullohning (s.a.v.) ko‘zlarida porlagan sevinch uchqunlari mana shunday ifoda etildi. Bu oyatlar mo‘minlarning ko‘ngliga tasqin, qalblariga orom berdi. Ko‘zlarga sevinch to‘la yoshlar balqib chiqdi. Ollohga hamdu sanolar va shukronalar keltiruvchi ovozlar yuksaldi.
Ayanchli xotiralarga boy moziy ertaga yaxshilik bo‘lib qaytishi, Janobi Haqning rahmatiga sig‘inganlar mangu baxtsaodatga erishishlari shu yo‘sinda va’da qilingan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:33:24
* * *
«Ular kechani joynamoz ustida tik turgan hollarida, sajda qilib o‘tkazurlar» oyati mo‘minlarga kechalari o‘qiladigan namozning ziyoda bo‘lishi haqida alohida ma’lumot berdi. Hamma eng shirin uyquga ketganida, nafs xohishlaridan qutulib, Buyuk Yaratuvchi bilan yakkamayakka qolish, uning huzuriga bosh qo‘yish mo‘minlarga o‘zgacha huzurhalovat baxsh etardi.
Nabiyyi akram (s.a.v.) kechalarni ibodat qilib o‘tkazishni istaganlarga bunday o‘git berdilar:
— Shoni buyuk Rabbimiz, kechaning so‘nggi uchdan bir qismida dunyo samosiga qadar pastlab: «Menga duo qilguvchilar yo‘qmi, qabul qilsam? Mendan so‘rovchilar yo‘qmi, so‘raganini bersam? Mendan mag‘firat so‘raguvchilar yo‘qmi, gunohlaridan o‘tsam?» deb amr qiladi. Bu voqelik har kecha barqarordir.
Payg‘ambarimiz ushbu so‘zlari bilan, kechaning so‘nggi qismidan oqilona foydalaning, demoqchi bo‘lgan edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:34:18
MO’MINNING YASHASHGA HAQQI BORMI?

Payg‘ambarlik kelganidan buyon yetti yil o‘tdi. Qurayshiylar qo‘llagan bir qator jiddiy choratadbirlar foyda bermadi. Natijada mushriklar Makkaning yuqori qismida joylashgan Hojun qabristoni yonida favqulodda bir yig‘ilish o‘tkazdilar. Qiska vaqt ichida kelingan qarorga ko‘ra, Muhammadning qarindoshlari bo‘lmish Bani Hoshimga qarshi birgalikda harakat qilish va surunkali bir muomala qatag‘oni uyushtirishga kelishildi. Ulardan qiz olinmaydigan, qizlarini ularga bermaydigan, savdosotiq munosabatlari uziladigan va bu qarorga amal qilmaganlar jazolanadigan bo‘ldi.
Agar bu qaror ko‘ngildagidek natija bersa, xoshimiylar va Muttalib o‘g‘illari Muhammaddan yuz o‘girajak, yakka bo‘lib qolgan insonni esa, mag‘lub etishlari oson bo‘ladi.
Qarorlarining qat’iyligini ko‘rsatish uchun moddamodda qilib yozib, Abu Tolibni chaqirtirishdi va o‘qib berishdi, jiyanini ixtiyorlariga topshirmasa, bu qaror shafqatsizlarcha amalga oshirilishini uqtirishdi.
— Jiyanim uchun har qanday fidokorlikka ham tayyorman, — dedi Abu Tolib. — Kerak bo‘lsa, so‘nggi tomchi qonim qolguncha sizlarga qarshi urushaman. Butun hoshimiylar va Muttalib o‘g‘illari ham men bilan hamfikrdirlar. Qo‘llaringdan kelganini qilinglar!
Qabila boshliqlari bundan bir ish chiqishidan umidlarini uzib, boshqacha qarorga kelishdi: qatag‘on sharoitlari yozilgan qog‘ozni Ka’baning ichiga osib qo‘ydilar. Shu tariqa qatag‘on rasman boshlandi.
Abu Tolib Hoshim va Muttalib o‘g‘illarini bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishga, Rasulullohni (s.a.v.) qo‘llabquvvatlashga chaqirdi. Hammalari va Makka mo‘minlari «Shi’bi Abu Tolib» nomi berilgan va Abu Tolib yashaydigan mahallaga ko‘chib o‘tdilar. Qaramaqarshilik, ziddiyat avjiga mindi. Abu Jahl va Abu Lahab singari ashaddiy mushriklar bozoro‘charlarni aylanib yurishar, mo‘minlarning biron narsa xarid qilishi yoki sotishiga yo‘l qo‘ymas edilar. Ba’zan ular berganidan ham ko‘proq pul berib, pishay deb turgan savdoni buzishar, sotmoqchi bo‘lgan narsalarini esa, kamsitishga urinar edilar.
Abu Tolib kechalari ham Rasululloh (s.a.v.) janoblarini yolg‘iz qoldirmas, yo o‘zi, yo o‘g‘illaridan, yo qarindoshlaridan bittasi payg‘ambarimizning uylarida qolib, posbonlik qilar, biron tajovuzga uchrab yurmasin tag‘in, deb bor g‘ayratini ishga solar edi.
Hoshim o‘g‘illaridan Abu Tolibning mahallasiga Abu Lahabgina ko‘chib kelmadi. Har doimgiday, u mushrik hamtovoqlari bilan qolishni afzal ko‘rdi, qarindosh-urug‘laridan yuz o‘girdi.
Hazrati Umar va Hamzadan boshqa hech kim tashqarida bemalol yura olmay qoldi. Boshqalar mahalladan tashqariga chiqquday bo‘lsalar, ayovsiz kaltaklanishar, haqoratu azob-uqubatlarga duchor qilinishar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:36:34
Tashqaridan ham hech narsa olib kelib bo‘lmay qoldi. Zero, tikandan boshqa narsa o‘smaydigan bu yerda dehqonchilik qilish, sabzavot ekib hosil olish mumkin emasdi. Shu bois uylarda bor oziqovqatni mumkin darajada tejab iste’mol qilish yo‘li tutildi. Bu masalada qo‘niqo‘shnilar bir-birlariga yordamchi bo‘ldilar. Abu Tolib bor bisotini shu yo‘lda sarflab tutatdi. Rasululloh (s.a.v.) bilan Hazrati Hadicha qo‘l ostilaridagi hamma narsani shu yo‘lda sarfladilar. Butparast bo‘lsalar ham, faqatgina qarindosh-urug‘chilikning haqqihurmati uchun shuncha aziyat chekayotgan va lom-mim deb ham nolimagan kishilarga tarqatdilar.
Ammo uydagi oziqovqat qanchaga ham yetardi? Bir oila boybadavlat bo‘lgan taqdirda ham necha oilani to‘ydira olardi?
Oziqovqatlar qattiq tejabtergab yeyilishiga qaramay, tugadi. Mudhish bir ocharchilik boshlandi. Erta tongda och turganlar bir burda ham non yemay kunni o‘tkazar, keyingi kunni yana ochlikda kutib olar edilar. Hayvonlar och, odamlar och. Ochlikdan madori qurigan go‘daklarning yig‘isig‘ilari, dodfaryodlari atrofda bemalol eshitiladi. U yerbu yerda o‘sadigan daraxtlarning yaproqlari yeyila boshlandi. Teri parchalari chaynalib shimildi. Topilgan har qanday hayvonning qorni, ichakchavog‘i hech ikkilanmay pishirilar va dasturxonga tortilar edi.
Mana shunday og‘ir mashaqqatlarga qaramay, xoh Hoshim o‘g‘illaridan, xoh Muttalib o‘g‘illaridan bir erkak yoki ayolning Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Bizning ilohlarimizga til tekkizding, dinimizni yo‘q qilishga urinding, oqibatda mana shu baloga giriftor bo‘ldik. Mana, ko‘r qanday ahvolga tushganimizni...» demadi. Shunday deganini bilmaymiz.
Bu hol bir hafta, bir oy yo bir yil emas, naq uch yil davom etdi. Mashaqqatlarning xilmaxili bilan to‘lgan uch yil. Hayot xar kuni bir boshqa, achchiqalamli tomonini ko‘rsatardi.
Bir kuni qorong‘u tushib, ko‘chalarga jimjitlik cho‘kkanidan keyin o‘rkachiga un to‘la qoplar ortilgan bir tuya Abu Tolib mahallasi sari yo‘l oldi. Mahallaning boshiga yetib kelgan odam tuyaning jilovini bo‘yniga osdi, so‘ngra orqasidan qo‘llari bilan bir necha marta shapatilab, «Chuh jonivor», dedida, o‘zi qaytib ketdi, qorong‘ulik ichida g‘oyib bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:36:49
Bu odam Hishom ibn Amr edi.
Tuya sho‘rlik kimning ham uyiga borardi? Shunday umid kilgan ediki, birorta odam uchratsayu uyiga yetaklab borib, ustidagi yukning hammasini tezda yashirib, keyin qo‘niqo‘shnilarga bo‘lishtirib bersa...
Hishomni bu insonparvarlikka, g‘amxo‘rlikka chorlagan narsa mahalladan tashqarida ham bemalol eshitilib turgan yig‘isig‘i, dodfaryodlar edi. Ular ham o‘ziga o‘xshagan inson, qolaversa, u bilan bir urug‘ning vakili edilar.
Hakim ibn Hizom ham ammasi Hazrati Hadicha uchun oziqovqat jo‘natgani, yana boshqa bir necha kishi ham ana shunday yo‘l tutib, musulmonlarga hamdard bo‘lgani tarixdan ma’lum.
Bir kuny'; Hishom ibn Amr yana uch tuyaga oziqovqat yuklab Abu Tolib mahallasiga jo‘natayotganida, mushriklar sezib qs^lishdi. Ertalab Abu Jahl boshchiligida mushriklar o‘rtasida o‘tkazilgan majlisda so‘roqqa tutildi, tanbeh berildi, kelishilgan qarorning hukmlariga zid ish tutmaslikka ont ichilgani eslatildi. Abu Jahl:
— Bizning maqsadimiz begunoh odamlarga zulm qilish emas, — dedi. — Niyatimiz jamoamizni tarqatgan, ilohlarimizni ayblagan... va gap uqmas, o‘jar anavi jodugarni tartibga chaqirib qo‘yish. Yo uni bu yo‘ldan qaytaramiz, yo Abu Tolib boshliq butun qarindosh-urug‘lari undan yuz o‘giradilar.
Shu asnoda Hishomni ayamay hakorat qilishdi.
O’zini himoya qilishga uning qurbi yetardi. Bu xattiharakati vijdonli kishiga munosib bir ish ekanini ayta olardi. «Men bu ishni, kech bo‘lsa ham, qilganimdan baxtiyorman. Shuncha begunoh inson xotin, bola-chaqasi bilan hamda qarindosh-urug‘imiz bo‘lishlariga qaramay, ochlikka mahkum etilib, ularga yordamchi bo‘lishga ham izn bermaganlar uyalishi kerak», deya olardi. Ichidan ana shunday fikrlar o‘tgan, ammo shu fikrini bayon etgani bilan birov «Hishom to‘g‘ri gapiryapti, biz juda noinsoflik qildik», demasdi.
Shuning uchun u dilidagi gaplarni emas, talab qilinayotgan gaplarni gapirdi:
— Bu so‘nggisi bo‘ladi. Endi shu ishni qilayotganimni ko‘rmaysiz, — dedi.
Boshqa bir kuni Hakim ibn Hizom ammasiga un jo‘natmoqchi bo‘lib turgan edi, Abu Jahlga duch keldi. Bu manzara Abu Jahlga battar yoqmadi.
—   Bularni orqaga qaytarasan, ey Hakim, — dedi.
—   Nima uchun?
— Chunki bu mahallaga oziqovqat kirmasligi kerak, biz bunga ruxsat bermaymiz.
—   Men ularni ammamga jo‘natmoqchiman.
—   Hech kimga jo‘nata olmaysan.
— Men bilan ishing bo‘lmasin. Ammamga yordam berish uchun sening ijozatingga muhtoj emasman.
Abu Jahl ruhan madad istab yonida turgan Abul Baxtariyga qaradi. Ammo u Haqim ibn Hizomni yoqladi. Natijada/bahsmunozara boshlanib ketib, mojaro alaloqibat Abul Baxtariy qo‘liga ilingan bir suyak Abu Jahlning boshiga tushishi bilan tugadi. Abu Jahl g‘azabini bosa olmagan Abul Baxtariyning mushtlariga nishon bo‘lib, yerga quladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:37:06
* * *
Qatag‘on uch yil davom etdi. Unga yo‘lakay yana bir qator alamli hodisalar qo‘shilib ketdi.
Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) amakilari Abu Tolibni izlab topdilar va Ka’ba ichki devoriga osib qo‘yilgan qarorni yog‘och qurtlari yeb bitirganini, qog‘ozda faqat «Ollohim, sening noming bilan» degan ma’noga to‘g‘ri keladigan «Bismika Ollohumma» iborasigina qolganini bildirdilar. Abu Tolib hayron bo‘ldi:
— Qaerdan bilasan shunday bo‘lganini? — deb so‘radi.
— Rabbim ma’lum qildi, — deb javob qildilar Rasululloh (s.a.v.).
Abu Tolib darhol borib Quraysh zodagonlarini to‘pladi.
—   Bir taklif bilan keldim, — dedi.
—   Xo‘sh, qanaqa taklif ekan u, Abu Tolib?
—   Jiyanim Muhammad, Ka’baga osib qo‘ygan qarornomalaringizni yog‘och qurtlari yeb bitirdi, faqat «Bismika Ollohumma» iborasig^gaa qoldi, deb da’vo qilmoqda. Bolaligidan beri sin&b kelamanki, hamisha uning gaplari to‘g‘ri chiqqan. Shuning uchun huzurlaringizga bir narsani taklif qilishga keldim.
—   So‘zla taklifingni, ey Bani Hoshimning yo‘lboshchisi! — deyishdi.
— Hozir birgalikda Ka’baga boramizda, u yerga osib qo‘ygan qog‘ozlaringizni olib ko‘ramiz. Agar Muhammadning da’vosi to‘g‘ri chiqsa, sizlar bu bema’ni qatag‘onga chek qo‘yasizlar. Insonlarni ochyalang‘och, chornochor holda, bilaturib o‘lim changaliga topshirishdan voz kechasizlar. Bu yerda qavmingiz, qabiladoshlaringiz va ularning oilalari jon olibjon bermoqdalar. Agar jiyanimning gaplari yolg‘on bo‘lib chiqsa, u holda Muhammadni o‘sha zahotiyoq ixtiyorlaringizga topshirishga so‘z beraman.
Muhammad ibn Abdullohning Ka’baga kirmagani aniq. Bu daf’a o‘lim farmonini o‘z qo‘li bilan imzolaganday edi. Mushriklarning yuzlarida tabassum ifodasi paydo bo‘ldi. Nihoyat zafarga olib boruvchi yo‘l ochilgan edi. Bir zum ham ikkilanmadilar.
— Biz rozimiz, yo Abu Tolib, — dedilar.
Birgalikda borib Ka’bani ochdilar. Diqqat bilan qaradilar. Darhaqiqat, ahdnoma ilvirab ketgan edi.
— Bunday bo‘lishi aslo mumkin emas, — dedi birov.
Abu Tolib so‘radi:
— «Bo‘lishi mumkin emas» deganing nimasi? Ka’baning kaliti sizlarda bo‘lsa, bu yerga kimni kiritish kiritmaslik sizlarning ixtiyorlaringda bo‘lsa... Endi orada yuzaga kelgan muammoni uzilkesil hal etish fursati keldi.
Abu Jahl so‘z qo‘shdi:
— Men aminmanki, jiyaning o‘taketgan bir usta jodugar ekan. Undan buyukroq jodugar hali dunyoga kelgan emas, kelmaydi ham!..
Vaziyat birdan o‘zgardi. Bir oz oldin «Juda soz, rozimiz...» deya, xabar to‘g‘ri chiqqan taqdirda, qatag‘onga chek qo‘yishga so‘z bergan qishilar go‘yoki bular emas, boshqalar edi. To‘ng‘illayto‘ng‘illay tarqaldilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:37:22
* * *
Musulmonlarga yordam berayotganida qo‘lga tushib qolgan Hishom insonparvarlikka tom munosib bir ish qilgani uchun Abu Jahldan va boshqa birodarlaridan eshitgan haqoratni hech hazm qila olmadi.
Sababsiz xaqoratlar Hishomga alohida bir quvvat berdi. Bu masalani hal qilish va g‘alabaga erishish uchun qo‘lidan keladigan hech bir tashabbusni ortga surmaslikka qaror berdi. Qarorni amalga oshirish uchun Zuxayr ibn Abu Umayyaning uyiga bordi.
Zuxayr Rasulullohning (s.a.v.) ammalari Atikaning o‘g‘li edi.
—   Salom, yo Zuxayr!
—   Salom senga ham, ey Hishom.
—   Qalaysan?
—   Durustman.
—   Durustsan, ammo tog‘alaring og‘ir ahvolda ekanlarini ko‘rabilaturib, qanaqasiga xotirjam bo‘lasan, qanaqasiga yeganichganing tatiydi, hayronman. Men shunga qat’iy ishonamanki, agar Amr ibn Hishomning tog‘alariga qarshi shunday bir bitim tuzilsa, u buni zinhor qabul qilmagan bo‘lardi.
—   Bu bilan nima demoqchisan?.. Men nima ham qila olardim, yolg‘iz bo‘lsam... Qasamki, yonimda yana bitta mening fikrimni tasdiqlaydigan birodarim bo‘lsaydi, o‘sha qog‘ozni bartaraf etib, bema’ni qatag‘onga chek qo‘ygan bo‘lardim.
—   U holda, qani, qo‘lni tashla, senga kerakli odam, mana, menman.
—Juda soz, unda uchinchi bir hamfikrni topaylik.
Hishom u yerdan chiqib, Mut’im ibn Odiyning qoshiga bordi. Holahvol so‘rashilgandan keyin maqsadini bayon etdi, yuzaga kelgan vaziyatning o‘ta jiddiy ekanini uqtirdi.
Mut’im insofli bir odam edi, ammo u ham yolg‘izligini pisanda qildi.
— Yana bir odam bor, yordam berishga tayyor, — dedi Hishom.
—   Kim?
—   Mana, men.
—   Juda soz, u holda yana bir kishini topishimiz kerak.
—   Uchinchi kishi ham bor, Zuxayr ibn Abu Umayyadir.
— To‘rt kishi bo‘lsak, yana ham yaxshi bo‘lardi.
Hishom ibn Amr bu yerdan ham chiqib, Abul Baxtariynikiga bordi. Uni ham o‘ylagan ishiga rozi qildi. Keyin Zam’a ibn Asvaj ibn Abdumuttalib bilan uchrashdi.
Bu besh maslakdosh o‘sha kuni kechasi Hojun qabristonining biqiniga yig‘ildilar, bo‘lg‘usi ishlarining rejasini tuzdilar. Zuxayr:
— Men boshlayman, sizlar esa, meni qo‘llab-quvvatlaysizlar, — dedi.
Bir qarorga kelinib, uyuylariga tarqaldilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:37:59
Ertalab Zuxayr pokiza liboslarnii kiyib uyidan chikdi. Borib, Ka’bani yetti marta tavof qildi. Keyin o‘sha yerga yig‘ilgan xaloyiqqa qarata:
— Ey Makka xalqi! Hoshimiylar ochlikdan qirilib ketar ekanlar, bizning yeganichganimiz tatiydimi? Xudo haqqi, nohaqlikning timsoli bo‘lgan qarindosh-urug‘chi
likni ildizidan qo‘poruvchi bitim yozilgan 6u sahifa burdaburda qilinmaguncha o‘tirmayman! — deb xitob qildi.
Abu Jahl masjidning bir burchagida o‘tirgan edi. Qulog‘iga chalingan bu so‘zlar uni o‘rnidan sapchib turishga majbur qildi.
— Bekorlarni aytibsan, u qog‘oz hech qachon yirtilmaydi! — deb baqirdi.
Zam’a ibn Asvad muiozaraga aralashdi:
— Aslida yolg‘onchi sensan, yo Amr! Biz bunday nohaq bitim tarafdori emasdik.
Abul Baxtariy:
— Zam’a to‘g‘ri gapirmoqda, — dedi. — O’sha sahifada yozilgan hukmlarga bizlar aslo rozi emasdik. Endi ham noto‘g‘riligini e’tirof etamiz. Mut’im ham shu fikrni tasdiqladi:
— Har ikkalangiz ham haq gapni gapirdingiz. Boshqacha gap yolg‘on bo‘lgan bo‘lur edi. Biz bu sahifada yozilgan noma’qul gaplar uchun Ollohdan kechirim so‘raymiz,— dedi.
Abu Jahl bu yerda bir gap borligini sezdi.
— Bu bir maslahatli kengashdan chiqayotgan quruq safsatadir. Sizlar oldindan kelishib olib, endi xalqning ko‘zini bo‘yamoqchisizlar, — dedi.
Ushbu hodisa sodir bo‘layotganida, Abu Tolib ham shu yerda edi, ammo u lom-mim demay, bir chekkada o‘tirib tomosha qilar edi.
Shu choq Mut’im o‘tirgan joyidan turdi. To‘g‘ri borib, Ka’baga kirdi, sahifani osig‘lik turgan joyidan oldi. Hammaning ko‘zi o‘ngida, kutib o‘tirmay, yirtib tashladi.
Shu zayl Makkada uch yildan beri davom etib kelgan umumiy zulmga chek qo‘yildi. Musulmonlarnnig sabrtoqati tugayozgan edi, sahifa yirtilib, muammo ham hal bo‘ldiqo‘ydi.
Holbuki, Abu Jahl so‘nggi zarba beriladigan kunlar yaqinligini, yana uzog‘i bilan bir yoki ikki oydan so‘ng pichoq borib suyakka taqalishini juda yaxshi bilardi. Yo o‘lim, yo Muhammadni Quraysh zodagonlariga taslim etish kabi ikki yo‘ldan biri tanlanadigan kunni sabrsizlik bilan kutib kelayotgan edi. Ovqat pishgan, sovusin deb o‘choqdan tushirilgan, o‘tirib yeyish fursati yaqinlashgan edi. Hazilakam gapmi, bugungi kun uzoq uch yil kutildi, nihoyat tole’ endi kulib boqay deb turgan mahalda bir zumda boy berildiya. Og‘zini ham ochishga ulgurmay qoldi: sahifa yirtilib, bitim bekor qilindi.
Darrov yugurib borib Mut’im, Zam’a, Zuxayr va Hishomning ustiga otilish, pishib turgan oshni buzganlarining hisobini so‘rash istagi miyasiga urildi. Ammo masala shu bilan hal bo‘lmasdi, aksincha, fojialiqonli bir to‘qnashuv boshlanib ketishi mumkin edi. Ko‘pchilik qatag‘onning bekor etilishini xursandlik bilan kutib oldi. Abu Jahl va uning hamtovoqlari esa, g‘azabdan burnilarini tishlaguday bo‘ldilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:38:37
Abu Tolibning mahallasiga nochor ko‘chib o‘tganlar yana o‘z uylariga qaytdilar. Ochlikdan tinkamadori kurigan yosh go‘daklarning og‘ir ahvolidan ko‘pdan beri azob chekib kelayotgan otaonalar o‘sha kecha pishillab uyquga ketgan jigargo‘shalarining yonida sevinch ko‘zyoshlarini to‘kdilir.
Uch yilday uzoq bir muddat davomida ko‘p mashaqqatlarga zo‘r matonat bilan bardosh berib kelgan, insonga xos sadoqat tuyg‘usining eng yuksak namunalarini ko‘rsatgan karindoshlariga Abu Tolib samimiy minnatdorligini izhor etdi. Endi Makkada hayot yana avvalgi holiga qaytgan edi.
«Alif, lom, mim. Juda yaqin joyda Rum mag‘lub bo‘ldi. Lekin ular bu mag‘lubiyatlaridan so‘ng bir necha yil ichida albatta g‘alaba qilajaklar. Avvalu oxir barcha ish Ollohning (izmida)dir. O’sha kunda mo‘minlar Olloh (rumliklarni) g‘olib qilgani sababli shodlanurlar. Olloh O’zi xohlagan kishini g‘olib qilur. U qudrat va rahmshafqat egasidir. (Bu) Ollohning va’dasidir. Olloh O’z va’dasiga xiloflik qilmas. Lekin buni ko‘p odamlar bilmaslar». (Rum, 16.)
Abu Bakr ushbu oyatlarni o‘qirkan, Ubay ibn Xalaf unga kinoyali bir qarash qildi:
—   Bu haqda ham senga Muhammad xabar berdimi?! — dedi.
—   Xuddi shunday. Lekin bular uning so‘zlari emas, Ollohning kalomidir.
—   Sizlar yolg‘on to‘qishdan boshqa ishni ham bilasizlarmi o‘zi? Qaerda bir bema’ni gap paydo bo‘lsa, albatta sizlardan chiqqan bo‘ladi, yo Abu Bakr! Men seni aqli raso odam deb o‘ylardim, Azaldan beri shu fikrimda sobit edim. Biroq Muhammadga qo‘shildingu sen ham aqldan ozding, shekilli. Holbuki, sen «Insonni kamsitadi, ornomusga qoldiradi», deb sharobni ham o‘zingga harom qilgan kishisan.
—Hozir ham shunaqaman.
—   Juda soz. U holda nega bu bema’ni gaplarga ishonasan?
—   Bu xabar bema’ni emas, yuz karra to‘g‘ri chiqadigan bashoratdir.
—   Xo‘p, mayli, u holda kel, garov o‘ynaymiz! Men o‘nta tuya tikaman.
Bu ikki odamdan biri ko‘zi bilan ko‘rib turgan narsagagina ishonsa, azaldan buyon davom etib kelayotgan voqeahodisalardan chiqariladigan aqliy xulosalarga tayansa, ikkinchisi Buyuk Ollohdan kelgan xabarga ishonar edi.
Hazrati Abu Bakr (r.a.) tezda Rasulullohni (s.a.v.) topdi va bo‘lib o‘tgan voqeani so‘zlab berdi. Faxri Olam (s.a.v.) janoblari «bir qancha yil» iborasi uch bilan o‘n yil orasidagi muddatni bildirishini aytdilar.
—Vaqtini uzaytir, tuyalar sonini ko‘paytir, — deb buyurdilar.
Ubay hazrati Abu Bakrning (r.a.) yana qaytib kelganini ko‘rib, shoshib qoldi:
— Pushaymon bo‘ldingmia? — dedi.
— Yo‘q, pushaymon emasman, agar rozi bo‘lsang, tuyalar sonini ko‘paytiramiz, — dedi Abu Bakr (r.a.). Yuzta tuya qo‘yaman, vaqtni esa, to‘qqiz yilgacha cho‘zamiz.
— Roziman, — dedi Ubay.
Shu tariqa o‘ynalgan garov o‘timliligini saqlab qolar, rumlarning eronliklar ustidan g‘alaba qozonganlari haqida xabar kelganida Hazrati Abu Bakr yuzta tuyani Ubayning merosxo‘rlaridan olajak edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:38:54
TIL BILMAS TEMIRCHI

Mushriklar har kuni bir ig‘vo to‘qib chiqarardilar. Bu safar:
— O’zi yozgan narsalarni «Ollohning kalomi» deb xalqqa taqdim etmoqda, — deya boshladilar.
Majlislarning kun tartibida mana shunga o‘xshash so‘zlar bo‘lib qoldi. Mo‘minlar hamon aqlsizlikda ayblanardilar.
— O’z qo‘li bilan yozganlarini sizlarga o‘qisa, «Ollohning kalomidir» deb ishonaverasizlarmi? Aqllaringiz joyidami o‘zi? Yoki eshushlaringizni yeb qo‘yganmi
sizlar?
Bu gaplar mo‘minlarga qaytaqayta aytildi. Nihoyat Ankabut surasiga tushirilgan quyidagi oyatlar bu masalani ham oydinlashtirdi:
«Siz (o‘zingizga Qur’on nozil qilinishidan) ilgari biron kitobni o‘qigan emas edingiz va o‘z qo‘lingiz bilan xat ham yozgan emas edingiz. Aks holda, buzg‘unchi kimsalar albatta shubhaga tushgan bo‘lur edilar. Yo‘q, u (Qur’on) ilm ato etilgan zotlarning ko‘ngillaridagi aniqravshan oyatlardir. Bizning oyatlarimizni faqat zolimlargina inkor qilur». (Ankabut, 48-49)
Rasulullohning (s.a.v.) hayotlarini qirq yildan beri yaqindan bilib kelganlar tillarini tishlashga, qo‘llarini peshonalariga urishga majbur bo‘lishdi. U zotning savod chiqarmaganlarini, o‘qishyozishni bilmasliklarini juda yaxshi bilishardi. Ammo har tomondan o‘rgimchak to‘ri singari o‘rab olgan kibr, kin va adovat, nafrat tuyg‘ulari ularning ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘ydi. Ko‘ngillari gap uqmaslikka qasam ichganday, yangiyangi ig‘volarni o‘ylab chiqarish bilan band, zehnlari faqat mana shu yo‘lda ishlar edi.
Payg‘ambarlarning eng buyugi Muxammad (s.a.v.) orasira asli rumlik bo‘lgan bir temirchining huzuriga borar, u bilan suhbatlashib o‘tirar edilar. Bu odam uzoq yurtdan kelib, Makkada muqim bo‘lib qolgan edi. Chetdan kelgan va arabchani yoshligidan o‘rganmagan musofir odam arabchani qanchalik bilsa, u ham shu darajada bilar, gapirilgan gapni zo‘rg‘a anglar, maqsadini ham arang tushuntirar edi.
Bir kuni mushriklar vayronadan xazina topganday xursand bo‘lib ketishdi.
—   Muhammad ibn Abdulloh so‘ylayotgan kalomini mana shu temirchidan o‘rganar ekan, — deya ig‘vo boshlashdi.
—   Haya... U do‘konga juda serqatnov bo‘lib qolgan, ammo temirchida arzigulik bir ishi yo‘q ediku. Biron buyurtma bergani ham noma’lum. Nega shu narsani shuncha paytdan beri sezmadika, — deganday qo‘llar peshonalarga urildi. Chashma kashf etilgan, endi undan suv chiqarish kerak edi. Ha, shakshubhasiz, bu kalomlarni o‘sha temirchi yozdirar ekanda...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:39:28
Chindan ham ajoyib bir «kashfiyot» edi bu. Bir zumda hammayoqqa gap tarqaldi: «Abdulmuttalibning nevarasi hammani maftun etadigan bu jozibador so‘zlarni rumlik temirchidan o‘rganayotgan ekan, u odam har borganida nimalarnidir yozib berarkan...» degan mishmishlar paydo bo‘ldi.
Ammo bu mishmishlarning ham tagi puch, mantiqsiz edi. Necha yildan buyon beozor, begunoh mo‘minlarni qon qustirib kelganlar shu oddiy temirchining tanobini tortib qo‘ya olmasmidilar? «Birodar, sen haddingdan oshyapsan. Ko‘rib turibsanki, yurtimizda fitnafasod qo‘zg‘aldi. Ota bolani, bola otani tanimaydigan bo‘ldi. Bularning barchasiga sen aybdorsan. qadamingni o‘ylab bos!..» deyishlari mumkin ediku?
Ko‘plab insonlarni o‘z ona yurtini tark etishga majbur qilgan zulmlarning mingdan biri bu temirchiga qilinsa edi, shu zahoti og‘zi yopilar, lom-mim demaydigan bo‘lar edi.
Qolaversa, uni o‘ldirganlari takdirda ham javobini so‘raydigan, «Uning orqasida, mana, biz turibmiz, boshidan bir tola sochini tushirib ham ko‘ringchi!..» deydigan qudratli madadkori ham yo‘q edi.
Yoki masalani yaxshilikcha hal etish yo‘li ham bor edi. Ya’ni: «Ol, mana senga o‘nta eng a’lo urg‘ochi tuya... Faqat tilingni tiysang, bas. Bundan so‘ng Abdulmuttalibning nevarasi bilan sirlashishni to‘xtatsang bo‘ldi», deyish qiyinmidi?
«Bularni yozib berishing evaziga Muhammad qancha pul beradi?» deb so‘rab olib, to‘laydigan pulning bir necha barobarini berib, anchamuncha sahifani yozdirib, Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga borishsa, «Bu kalomning o‘xshashini keltiringlar, degan eding, mana, ko‘r. Qolaversa, ayni manbadan keltirdik. Endi da’voingdan voz kech!» desalar bo‘lmasmidi?!
Lekin masalaning boshqa bir tomoni ham bor. Ya’ni, bu temirchi nasroniy dinida edi. Bir nasroniy o‘zining yetuk dinidan voz kechib, boshqa bir dinni o‘rtaga chiqararmidi?
Bu qadar go‘zal, bu qadar latif va ta’sirchan kalomni so‘zlashga qodir bo‘lgan bir inson nega: «Bu mukammal kalomning adibi menman», deb o‘rtaga chiqmaydi, butun shonsharaf, obro‘e’tiborni boshqa birovga ehson qiladi?
Nihoyat Jabroili amin keldi. O’ylamaynetmay og‘ziga kelgan gaplarni aytib yurgan mushriklarga yana bir bor tanbeh beruvchi oyatni payg‘ambarimizning (s.a.v.) qalblariga singdirdi:
— «Aniqki, Biz ularning: «(Qur’onni Muhammadga) biron odam o‘rgatmokda» deyayotganini bilurmiz. Lekin ularning bu da’volari puchdir, chunki ular ishora qilayotgan kimsaning tili ajamiy (ya’ni, arabiy emas), bu (Qur’on) esa, ochiqravshan arabiydir». (Nahl 103)
Birikki kun ichida butun shaharga tarqalgan mishmishlar bir zumda to‘xtadi, sutning yuzidagi ko‘piklar singari yo‘q bo‘ldi. Qo‘pdan beri lom-mim demay kelayotgan vijdonlar qisqa vaqt ichida o‘zini ko‘rsatdi:
— To‘g‘ri, bu odam oddiy arab tilini eplab gapirolmaydiku, qanaqasiga shunday bir mukammal kalomni yozib bersin, — deya boshlashdi.
Temirchini tanimaydiganlar, navbatdagi vahiyning haqiqatga qanchalik mos yoki mos emasligini bilish uchun Marva tepaligi atrofida maskan tutgan rumlik temirchining do‘koni sari yo‘l oldilar.
— Horma endi, Jabr. Nimalar qilayotirsan?
Jabr kelganlarga kulimsirab qaradi:
— Men kilyapman ish... — dedi. O’chokdagi temirni ko‘rsatib, ishora qildi: — Temir...
Bu odam chindan ham yumaloqyostiq qilib gapirdi. Uning gapirayotgan so‘zlarini to‘liq tushunishni istagan kishi u sarf qilgan g‘ayratchalik g‘ayrat sarflashi kerak edi.
Nochor u yerdan lablarini burishtirib chiqib ketishdi.
Bechora temirchi, bo‘lib o‘tgan voqealardan bexabar, butun kuchqudratini ishga solib, temirni yassilash bilan ovora edi.
Asl bir arab farzandiga ustozlik qilganini u qayoqdan ham bilsin?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:39:43
*   * *
Rasululloh (s.a.v.) Rabbilaridan kelgan oyatlarni sahobiylariga yetkazdilar:
«Imon keltirgan, o‘z imonlarini zulm (shirk) bilan aralashtirmagan zotlar — ana o‘shalar xotirjam bo‘lguvchidirlar va o‘shalar hidoyat topguvchidirlar». (An’om, 82.)
G’amgin bir ovoz egilgan boshlarga, namlangan ko‘zlarga tarjimon bo‘ldi:
— Yo Rasululloh, — dedi, — oramizda zulm qilmaganlar ham bormikan?..
Benihoya sof, benihoya samimiy so‘zlar edi bu. Olloh va’da qilgan buyuk bir ne’mat bizga nasib etmas ekanda, deya xavotirga tushgan bir yurakdan faryod bo‘lib otilib chiqqan ovoz edi.
Rasululloh (s.a.v.) bu so‘zlarni so‘ylaganga o‘girildilar:
— Olloh taolonnig murodi sizlar tushunayotganday emas. Bu oyatdagi zulm shirk ma’nosidadir. Luqmoni Hakimning o‘g‘liga ta’kidlagan so‘zlarini eshitmaganmi sizlar? U o‘g‘liga: «Hech shubha qilmaginki, shirk benihoya bir zulmdir», degan edi, — deb marhamat qildilar. (Imom Buxoriy, 6/20.)

*   * *
Rasululloh (s.a.v.) namoz o‘qiyotgan choqlarida Qur’oni karimni baland ovoz bilan tilovat qilardilar. Bir kuni u kishining tilovatlarini eshitgan mushriklar g‘oyat haddan oshib, tarbiyasizlarcha, yuzsizlik qildi:
— O’qiganni ham, uni tushirganni ham, keltirganni ham... — deb so‘kindi.
Bundan o‘zlari zavqlandi ham. Har safar Qur’on tilovatini eshitganda so‘kishni ko‘ngillariga tugib qo‘ydi. Ammo bu orada Janobi Haq Nabiyyi akramiga jo‘natgan bir farmon bilan masalani isloh qildi:
«Siz namozingizni baland ovozda, oshkora qilib ham yubormang (toki mushriklar eshitib, Qur’onni haqorat qilmasinlar) va o‘ta maxfiy ham qilib yubormang (toki sahoblaringiz tinglab foydalansinlar). Shularning o‘rtasidagi yo‘lni tuting!» (Al-Isro, 110; Imom Buxoriy, 5/229.)
Shundan keyin Rasululloh (s.a.v.) namozni past ovozda o‘qiydigan bo‘ldilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:40:09
* * *
Rasululloh (s.a.v.) sahobalariga qilinayotgan jabr, zulm va haqoratlar ilohiy devonda yozib borilayotgan edi. Ularning jazosi beriladigan, afsuslanib barmoqlarini tishlaydigan kunlar ham kelishi muqarrar.
Chunonchi bir kuni Rasululloh (s.a.v.) ko‘kka qarab qo‘llarini duoga ochdilar:
— Ollohim, ularga Yusuf payg‘ambar davrida keltirganing qahatchilikni keltir! — deya iltijo qildilar.
Natijada yomg‘irlar yog‘may qoldi, dahshatli qurg‘oqchilik boshlandi. Bu qurg‘oqchilik shu qadar mudhish tus oldiki, ochlikdan majolsiz qolgan insonlar osmonga tikilganlarida faqat bir tumanni, tutunni ko‘rayotganday bo‘lardilar.
Butlar xar doimgiday gung va soqov edi. Shu kungacha ular biron ishning chorasini topa olmagan, bu safar ham qurg‘oqchilikka qarshi biron tadbir topadiganga o‘xshamas edi.
Zehnlar o‘tmish kunlarning xotiralariga berildi. Abdulmuttalib, Abu Tolib yomg‘ir duosiga chiqqan kunlarni esladilar. Ushanda ular bilan birga bo‘lgan nur yuzli go‘dak ko‘z o‘nglariga keldi.
Abu Tolib hali hayot. Uning yonida bo‘lgan nurli bola esa, hozir kapkatta kishi. Ammo endi ularning huzuriga bosh urib borishga, «Iltimos, yomg‘ir duosiga chiqaylik», deyishga betlari chidamasdi. Qilinishi mumkin bo‘lgan har qanday haqorat qilingan, jabrzulmning hamma turi sinab ko‘rilgan, ashaddiy bir dushman kabi, ularga nisbatan ayovsiz bir siyosat yurgizilgan edi. Bularning barchasini bir chekkaga yig‘ishtirib qo‘yib, xuddi hech narsa bo‘lmagan kabi kelish, holahvol so‘rashib, duo qilishini so‘rash uchun o‘ta orsiz, yuzsiz, uyatsiz, pastkash bir odam bo‘lish kerak.
Ammo qurg‘oqchilik tobora shiddatli tus olar, xalqni butunlay umidsiz qilib qo‘yayotgan edi. Duosi beshak qabul qilinadigan ulug‘ zotga bosh urib borishdan o‘zga chora qolmadi...
Niqoyat, bu ishni Abu Sufyon zimmasiga oldi. Buyuklar buyugining huzurlariga bordi. Zulmga uchragan, haqqi qo‘lidan tortib olingan mazlumlarga xos bir yalinchoq ovozda:
— Ey Muhammad, sen Ollohga itoat, qarindoshlarga ezgulik qilishni amr etasan. Holbuki, qavming ochlikdan o‘ladigan ahvolga tushdi. Ollohga bir duo qilsang, hammamiz ham bu ofatdan qutulardik.
Shu zaylda Abu Sufyon endi so‘nggi so‘z Rasulullohga (s.a.v.) tegishli ekanini, oxiroqibatda u zotning hukmlari o‘tishini, koinotning Buyuk Egasi oldida qurayshlarning emas, Habibi akramining iltijosi mo‘‘tabar bo‘lishini ushbu murojaat bilan ochiq-oydin e’tirof etgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:41:03
Bu so‘zlarni so‘zlar ekan, yillar davomida aql bovar qilmas nene zulmlarni mo‘minlarga ravo ko‘rganlar go‘yo ular emasdi. Go‘yoki Abu Tolib mahallasiga mo‘minlarni hibs etib, uch yil ocharchilikda qoldirganlari yodlarida yo‘q,..
— Juda soz, — deb ko‘ndilar janobi Sarvari Olam. — Bordiyu duoim qabul bo‘lsa, imon keltirasizlarmi?!
Abu Sufyon samimiy bir ovoz bilan javob berdi:
— Xalq to‘xtovsiz ravishda bir ovozdan yolvormoqda. Ey Rabbimiz, bizni bu azobdan xalos et, endi imon keltiramiz, deya iltijo qilmoqda. — Shundan keyin qo‘shimcha qildi: — Ahvolimiz mana shunaqa, iltijolarimiz ham shunday.
Necha marta berilgan va’dalar qanday buzilgan bo‘lsa, bu so‘zga ham ular osongina xiyonat qilishlari mumkin edi. Yana jodugar deyishlari, yana yolg‘onchi, folbin, shoir... kabi bo‘htonlar yog‘dirishlari begumon edi. Ammo Rasululloh (s.a.v.) yaxshilikni ravo ko‘rdilar. Qolaversa, mo‘minlarga shuncha yillardan beri qilingan jabrzulmning alami olingan edi.
Abu Sufyon so‘zlarida davom etdi:
— Gapimga ishon, o‘tinaman, ey Muhammad, osmon ko‘zimga xuddi bir tuman kabi xira ko‘rinadigan bo‘lib qoldi. Azaldan moviy, tiniq bo‘lib kelgan samovat ham o‘zgarib kolgandek. Bundan tashqari oyoqqa turishim bir azob, yurishim bir azob, uyda ovqat deb zorlanayotgan go‘daklarga biron yegulik topish yana bir bedavo dard.
Abu Sufyon rost gapirar edi.
Och me’dalar onglarga hukm qila boshlagan, ko‘zlar, nigohlar mahzun, tizzalar qaltirar, ko‘k yuzini esa, xira bir tuman qoplab olgan edi.
Buyuk Olloh ham navbatdagi oyatlarila hol chindan ham shunday ekanini tasdiqladi:
«Bas, (ey Muhammad,) siz osmon ochiq (ya’ni, barchaga ko‘rinadigan) tutunni keltiradigan kunga ko‘z tuting. U (tutun barcha) odamlarni o‘rab olur. Bu alamli azobdir. Shunda ular: «Parvardigoro, o‘zing bizlardan bu azobni aritgin. Albatta, bizlar imon keltirguvchidirmiz», deydilar». (Duxon, 10-12.)
Natijada Rasuli muhtaram (s.a.v.) qahatchilikning bekor qilinishini so‘rab duo o‘qidilar. Ofat bartaraf bo‘lganidan darak berib, yomg‘irlar yog‘di, hayot yana eski holiga qaytdi.
Mashaqqatli kunlar unutildi. Abu Sufyonning va’dasini hech kim, hatto Abu Sufyonning o‘zi ham eslamadi. Endi hech kim bu va’daning ustidan chiqmasligini o‘zining otini bilganday yaxshi bilardi Abu Sufyon.
Ammo bu xiyonat shundayicha qolib ketaveradimi?
Ushbu savolga javob tariqasida Buyuk Olloh bunday amr etdi:
«Ular uchun qayoqdan ham (boshlariga tushgan bu ofatlardan) eslatmaibrat olish bo‘lsin?! Holbuki, ularga ochiq payg‘ambar (ya’ni, Muhammad a.s.) keldi, so‘ngra undan yuz o‘girdilar va «(Unga Qur’on birovlar tomonidan) o‘rgatib qo‘yilgan, (u) majnun», dedilarku?! Albatta, biz bu azobni (sizlardan) bir oz (vaqtgacha) aritguvchidirmiz, sizlar ham, shakshubhasiz, (o‘z kufru isyonlaringizga) qaytguvchidirsizlar. Biz dahshatli ushlash bilan ushlaydigan kunda (ya’ni, Badr jangida yoki qiyomat kunida biz ulardan) intiqom olurmiz. Zero, Biz intikom olguvchidirmiz». (Duxon, 13-16.)
Bu intiqom yaqin kelajakda, Badr jangida boshlanajak va to qiyomat kunigacha davom etajak. (Imom Buxoriy, 2/15 — 19 va 6/39.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:42:43
MASHHUR SHOIR O’SHA QANDAY ALDANDI?

O’sha dong‘i butun Arab yarim oroliga tarqalgan ulug‘ shoir edi. Bakr ibn Voil o‘g‘illaridan bo‘lgan bu mashhur shoir Rasululloh (s.a.v.) haqlarida ozmiko‘pmi eshitgan. Islom dini keltirgan ahkomlar va Qur’ondan ba’zi oyatlarni tinglagan, «Borib uning diniga kirayin», deb tuyasiga minganu Makkaga yo‘l olgan edi.
Yo‘l bo‘yi Rasululloh (s.a.v.) haqlarida o‘ylab keldi, u zotni madh etuvchi she’rlar o‘qidi.
Nihoyat bir kuni oftob botay deb turganida Utba ibn Robianing uyiga yetib keldi. Ko‘pdan beri ko‘rishmagan qadrdon do‘stlar quchoq ochib ko‘rishdilar.
— Xush kelibsan, ey aziz do‘stim, — deb qarshiladi Utba.
— Sizlarni juda sog‘indim, ey Utba! — dedi O’sha.
O’sha kecha O’sha Utba ibn Robianing aziz mehmoni
bo‘ldi. Izzatikrom, iltifot ko‘rsatildi. O’sha go‘zal she’rlardan o‘qib berdi.
Shu asnoda Abdumuttalibning nevarasi Muhammad ibn Abdulloh haqida bitilgan bir qasidani ham o‘qidi.
Utba arablarning odatiga xilof ish tutmaslik uchun O’shaning kelishidan asl maqsadini so‘ramadi. Biroq maqsad shundoq ham ma’lum edi. O’shaning to‘satdan Rasululloh (s.a.v.) to‘g‘rilarida gap boshlaganini boshqacha izohlab bo‘lmas edi.
—   Rosa charchagansan, ey O’sha, vaqtliroq yotib damingni ol, boshqa gaplarni ertaga gaplashamiz.
—   Gaping to‘g‘ri, Utba. Yo‘l azobi — go‘r azobi, deb bekor aytishmagan. Ko‘zlarim yumilib ketyapti, yotsam, yotaqolay.
Ko‘p o‘tmay eshitila boshlagan hurrak uning qattiq uyquga ketganini bildirdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:44:09
* * *
Tun yarmida Abu Jahlning eshigi taqilladi. Ovozidan Utba ibn Robia ekanini tanidi. Ayonki bunday bemahalda behuda kelmagan. Bir muddat suhbatlashdilar. Xayrlashar ekanlar, Abu Jahl:
— Men borguncha, uni hech qayoqqa chiqarma! — deb tayinladi.
Utba qorong‘ulik ichida g‘oyib bo‘ldi. Orqasidan eshik yopilaryopilmas ming‘irlagan ovoz eshitildi: «Hap senimi, to‘ng‘iz shoir... Uning diniga kirib bo‘psan!..»
Abu Jahl o‘sha kecha mijja qoqmay u yoqdanbu yoqqa ag‘anab chikdi. Xayoli O’shani qanday qilib fikridan qaytarish bilan band edi. Uyquga ketsa, tushiga kirar, uyg‘onsa, yana u haqda o‘ylar edi.
Shunday ulug‘ shoir ham aqlsizlik qilsa, musulmonlarning kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shilib, yanada haddilaridan oshib ketmaydilarmi?..
Ertalabgacha O’shani bo‘ralab so‘kib chikdi.
Tongsaharda Utbanikiga kirib keldi. Yuzida ayyorona bir tabassum ifodasi bor edi.
— Xush kelibsan, ey Shoir, bizni juda xursand qilding, — deb O’shaga iltifot ko‘rgazdi. O’sha ham shunga munosib javob qildi:
— Xush vaqt bo‘l, ey Abul Hakam.
Abu Jahl o‘tirdi. Tuya suti bilan mehmon qilindi. Holahvol so‘raldi. Nihoyat Abu Jahl O’shadan kelish maqsadini so‘radi.
— Muhammad ibn Abdullohning diniga kirish uchun keldim, ey Abul Hakam, — deya javob berdi O’sha soddadillik bilan.
— Nima?!
O’sha qabilasiga yetib borgan ba’zi bir xabarlar haqida so‘zlab berdi. Yangi din xususida shaxsan payg‘ambarning o‘zidan ma’lumot olib o‘rganish niyatida ekanini bildirdi.
— Lekin, — deya gap boshladi Abu Jahl, — bir dinga kirgach, o‘sha dinning hukmlariga qat’iy rioya qilish lozimligini ham bilsang kerak?!
— Albatta.
— Juda soz. U holda Muhammadning zinoni taqiqlaganini bilasanmi?
O’sha lablarini burishtirdi:
 — Bilmas edim. Lekin yoshim o‘tib, zino ham xush yoqmay qoldi, bundan keyin zinodan uzoq turish endi men uchun u kadar qiyin bo‘lmasa kerak.
— Xo‘p, mayli.. Ichkilik haqidachi, ichkilik haqida nima deysan? Axir, u ham taqiqlangan.
—Tushunmadim.
—   Muhammad ichkilikni ham taqiqlayapti. O’sha ko‘zlarini kattakatta ochdi.
—   Mana bunisi endi chatoq ekan, — dedi.
—   Ya’ni?
— Ya’ni, ichkilikni juda yaxshi ko‘raman. Undan voz kechishim mushkul bo‘ladi.
O’shaning kayfiyati buzildi. Abu Jahlni titrok bosgan edi. Sukunatni Utba buzdi.
— Qanday qarorga kelding, ey O’sha?
— Ish chappasiga ketdi. Yaxshisi — hoziroq uyga qaytib, bir yil davomida to‘yibto‘yib sharob ichib olishim kerak. Bir yildan so‘ng kelib uning diniga kiraman. Bundan boshqa chora ko‘rmayapman.
—   Uylaymanki, bu eng ma’qul fikr bo‘lsa kerak.
   Utba kosa to‘la xurmo sharobini, g‘alaba bilan qutlayotganday qilib, ularning oldiga surib qo‘ydi. O’sha singari aqli raso kishining o‘ylab ish qilishi lozimligini ham qo‘shimcha qildi. Dong‘i Yamandan Damashqqacha ketgan bir shoir yangi bir dinga kirsayu, uning hukmlariga rioya qilmasa, obro‘yi tushib ketishini ifoda etdi.
O’sha xayrlashdi.
—   Yana kelgin, kutib qolamiz, ey shoirlarnnig sultoni!
—   Yana kelib, uylarimizga fayz kiritishingdan umidvormiz, ey O’sha!
—   Sizlar ham xush qolinglar, do‘stlar. Bir yildan so‘ng, haha, yana bir yildan so‘ng kelaman, xayr!
O’sha to‘g‘ri maslahat bergan do‘stlariga qaytaqayta minnatdorlik bildirib, ketdi. Bir yil davomida to‘yibto‘yib sharob ichish haqida o‘ylayo‘ylay, Makkani tark edi.
Niyatiga yetgan hamtovoqlar u ko‘zdan g‘oyib bo‘lguncha orqasidan kuzatib turishdi. So‘ngra bir-birlariga tikilishdi:
—   Iflos shoir, jinniligi tutib fikridan qaytmasa edi, deb shunday qo‘rqdimki...
—   Juda ayyorsanda, ey Abul Xakam. Lot haqqi qasam ichamanki, agar men shayton bo‘lsam, ishlarimni bitirishdan oldin maslahatlashish uchun qirq marta bo‘lsa ham eshigingni taqillatardim sening.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:48:13
* * *
O’sha shunday uzoq yo‘lni bosib, zahmat chekib Makkaga yetib kelganida, hech bo‘lmasa bir marta Rasululloh (s.a.v.) bilan ko‘rishishi lozim emasmidi?
Bu jihatdan uni ma’zur tutib bo‘lmaydi, deb o‘ylaymiz.
Abu Jahl bilan Utbaga kelsak, ular mushriklarga xos vazifani bajargan edilar. Umrlarini imon va irfon lashkarini to‘xtatish va mahv etish yo‘lida sarflagan kishilardan: «Juda yaxshi o‘ylabsan, ming afsuski, biz hali ham imon keltirishga jur’at qilolmadik, seni samimiy qutlaymiz, ey O’sha!» deyishlarini kutib bo‘lmas edi, albatta.
O’sha ketdi. Aytganiday, butkul ichkilikka berildi. Ketmaket sharob ichardi. Ichgan sari zavqlanar, zavqlangan sari yana ichar edi.
Bir yildan so‘ng ichkilikka chek qo‘yaman, deb o‘yladi.
Ammo u kunlargacha yetib borolmasligini ajal eshigini taqillatib kelganida bildi. Tutgan joyidan kesadigan, olmasdan ketmaydigan ajal o‘z ishini qildi: O’sha hayot bilan vidolashib, ko‘zlarini yumdi.
Bir yil yashasa, kelib musulmon bo‘larmidi yoki «Hali ham ichkilikka to‘ymadim», deb yana bir yil ichkilikka berilarmidi?
Bular qiyomat kuni bo‘ladigan xisobkitobga havola etiladigan mavzudir. Uni ham, uni aldaganlarni ham hisob-kitob qiladigan Buyuk Olloh nima qilishni, qanday yo‘l tutishni, albatta, bizdan ko‘ra yaxshiroq biladi.
Ammo uzoq yo‘lni mashaqqat chekib bosib kelgan, lekin ilk daf’a eshitgan birikki og‘iz so‘zgayoq aldanib, nur yuzli payg‘ambar (s.a.v.) bilan uchrashmay ketgan O’shaga achinmay ham bo‘lmaydi. (Ibn Xishom. «Assiyratunnabaviyya», 2/25 — 28.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 01:48:50
* * *
Janobi payg‘ambarimiz (s.a.v.) qurayshiylarni abadiy saodat yo‘liga chorlar ekanlar, ular bu ishni qanday qilib bo‘lsa ham buzishga urinishdan hech charchamas edilar.
«Hech bo‘lmasa, bu Qur’on ikki shaharning hokimi bo‘lgan ulug‘ martabali kishilardan biriga tushirilmasmidi?» kabi mishmishlar tarqala boshladi bu gal.
Ikki shaharning hokimlari deb tan olingan kishilar Makkada Valid ibn Mug‘iyra, Toifda Urva ibn Mas’ud Saqafiy edi. Hatto Valid bu boradagi fikrini ochiqchasiga ifoda etib: «Muhammad «Olloh kalomidir» deb da’vo qilayotgan so‘zlar chindan ham Olloh kalomi bo‘lganida, menga yoxud Urva ibn Mas’udga tushirilardi», degan.(Qurtubiy tafsiri, 16-83.)
Nihoyat, navbatdagi oyatlar bu masalani ham hal etdi:
«Yana ular: «Bu Qur’on ikki qishloqning biridan bulgan ulug‘ odamga nozil qilinganida edi», dedilar. (Ey Muhammad,) Parvardigoringizning rahmati (bo‘lmish payg‘ambarlik)ni o‘shalar taqsimlaydilarmi?! Yo‘q (aslo unday emas)! Ularning hayoti dunyodagi maishat-tirikchiliklarini ham ularning o‘rtalarida Biz O’zimiz taqsimlaganmiz va ba’zilari ba’zilarini qo‘l ostiga olib (ishlatish) uchun ayrimlarini ayrimlaridan baland daraja-martabalarga ko‘tarib qo‘yganmiz. Parvardigoringizning rahmati payg‘ambarlik esa, ular to‘playdigan narsa (mol-dunyo)laridan yaxshiroqdir». (Zuhruf, 31-32.)
Bu masalada yana haddidan oshganlar, payg‘ambarlarga berilgan narsalar bizga ham berilmaguncha imon keltirmaymiz, dedilar.
Janobi Haq bema’ni taklifu istaklar bilan suyukli rasulini bezor qilgan makkaliklarga bir javob va payg‘ambariga bir tasalli tariqasida ushbu oyatlarni tushirdi:
«Qachon ularga (Muhammad payg‘ambar ekanligi hakida) biron oyat kelsa, «To bizga ham Ollohnnig payg‘ambarlariga berilgan oyatlarga o‘xshash oyatlar berilmagunicha, hargiz imon keltirmaymiz», dedilar. Olloh payg‘ambarlik vazifasini qaerga qo‘yishni yaxshiroq bilguvchidir. Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib o‘tgan hiylanairanglari sababli Olloh huzurida xorlik va qattiq azob yetajakdir». (An’om, 124)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 02:05:54
QAYG’U YILI
Fidokor amakining o‘limi

Abu Tolib ancha keksayib qoldi. Ortiq hayot mashaqqatlarini ko‘targuday holi ham qolmadi. Otasi Abdulmuttalibning vafotidan buyon qirq yilga yaqin vaqt o‘tdi axir. Bir kuni u kasalga chalindi va yotib qoldi.
Quraysh zodagonlaridan Utba, Shayba, Abu Jahl Umaiia, Abu Sufyon va yana bir necha kishi uni ziyorat kdldilar. «Tuzalib ketgin», dedilar. Gap orasida:
 Ey Abu Tolib, biz seni hurmat qilamiz. Bu kasallik seni to‘shakka mixlab qo‘yibdi. Agar biron korhol yuz bersa, yaxshi bo‘lmaydi, deb qo‘rqamiz. Shuncha paytdan beri jiyaning bilan bizlarning o‘rtamizda davom etib kelayotgan qaramaqarshilikni bilasan. Uni hozir chaqirtirginda, mumkin bo‘lsa, o‘zaro bir bitimga kelishaylik. Uning bizga zarari tegmasin, bizdan ham unga ziyon-zahmat yetmasin, — dedilar.
Abu Tolib bu taklifni ma’qul ko‘rdi. Xabar yubordi. Rasululloh (s.a.v.) darhol yetib keldilar. Ashaddiy kofirlarning ham shu yerda ekanini ko‘rdilar. Amakilarining yonboshiga o‘tirdilar.
Abu Tolib charchagan, horg‘in tovush bilan gap boshladi:
— Ey jiyanim, bular qavmning ulug‘laridir. Sen bilan bir bitim tuzish uchun kelishibdi.
Rasululloh (s.a.v.):
— Juda soz, amakijon, — deya mehmonlarga o‘girildilar: — Sizlardan birgina kalima talab qilinyapti. Shuni aytsalaringiz, natijada butun arablar sizlarning hokimiyatingiz ostida bo‘ladilar. Arab bo‘lmaganlar ham sizlarnnig yo‘lingizga va diningizga kiradilar.
Abu Jahl shoshibpishib:
—   Bir emas, o‘nta kalima so‘zlashga ham tayyormiz. Otangning boshi haqqi, shu muammoga chek qo‘yaylik endi,— dedi.
—   «La ilaha illalloh» deysizlar va barcha butlardan voz kechasizlar!
Ular hayratdan «Ana xolos!» deya chapak chalib yubordilar. Bu bilan «Bo‘lmaydi!» demoqchi edilar. Xafsalalari pir bo‘ldi.
—   Yo Muhammad, sen shuncha ilohni yolg‘iz bir ilohga aylantirmoqchimisan?!
—   To‘g‘risi, bu juda bo‘lmag‘ur narsa, — deya o‘rinlaridan turdilar, istehzoga to‘liq qarashlar bilan xonadan chiqib ketdilar.
Qiyofalarida, odim otishlarida hamon kibr va mag‘rurlik ifodasi... Yo‘lda borarkanlar, hayratlarini yashira olmasdilar:
—   Nahotki undan boshqa hech kim bunaqa narsalarni bilmasa? Uning diniga o‘xshash bir din haqida eshitgan odam bormi hech?..
—   Azizim, uydirma qanaqa bo‘ladi? Katta bir shaharda shuncha inson yashasayu, yolg‘iz ungagina vahiy keladimi? Bunaqa bo‘lmaydi, axir...
— Menga Abu Tolib juda parishon bo‘lib ko‘rindi, — dedi Umayya. — To‘shakdan qaytib turmasa kerak.
—   Yaxshi odam, mard odam, ammo shu jiyani masalasida xaddan tashkari o‘jarlik qildida.
—   Bu o‘jarlik endi uzog‘i bilan bir hafta davom etadi. Shundan keyin, mana ko‘rasiz, maydon o‘zimizga qoladi.
—   Onadan tug‘ilganiga pushaymon bo‘ladigan kunlar amakisining ajali bilan birgalikda kelsa shoyad...
Shu tarz suxbatlashasuhbatlasha, tarqaldilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 02:44:51
Abu Tolib ajali yaqin ekanini sezardi. Yonida o‘tirgan va Islom ahkomlaridan bahs etgan jiyani bir muddat o‘tgach, ijozat so‘rab, xayrlashdi. U ketar ekan, Abu Tolibning ko‘zlaridan bir necha tomchi achchik yosh to‘kildi. Bu ko‘zyoshlari tugab borayotgan umr shamchirog‘i uchun emas, otasidan keyin bor kuchqudrati va g‘ayratini ishga solib, o‘ta samimiylik bilan bajarib kelgan g‘oyat ahamiyatli vazifadan ayrilishga majbur qolgani uchun to‘kilayotgan edi. Chunki yana bir necha kun o‘tgach, so‘nggi nafaslarini berajak va har bir inson bo‘ysunishga majbur bo‘lgan iloxiy hukmga u ham itoat etajak, hisob va jazo olamiga ketajak, ammo ukalari o‘zidan keyin bu qutlug‘ vazifani davom ettira olmasdi.
Birinchi ukasi Abu Lahab Makkada so‘zi o‘tadigan, obro‘yi baland bir kishi. Biroq Rasulullohga (s.a.v.) ashaddiy bir dushman ko‘zi bilan qaradi.
Ikkinchi ukasi Abbosning ham qo‘lidan kelmaydi bu ish. Bunday mas’uliyatli va xavfli bir vazifani zimmasiga oladigan holatda emas edi u. Tijoratga, sudxo‘rlikka mukkasidan ketgan. Rasulullohni (s.a.v.) himoyasiga olgan takdirda qurayshiylarning unga dushman bo‘lib qolishidan va oqibatda tijorat va sudxo‘rlik ishlari chappasiga ketishidan qo‘rqardi.
Yana bir ukasi Hamza esa, musulmon bo‘lgan. Musulmon bo‘lgan kishining so‘zi o‘tmas, himoyasi ham tan olinmas edi1.
Hol shunday ekan, jiyani himoyasiz qolishi muqarrar. Ushbu damda ko‘zlaridan oqib soqolini ho‘llayotgan yosh tomchilarining sababi mana shu fikrlar edi.
Bir paytlar otaonasidan, keyinroq bobosidan judo bo‘lib qolgan, go‘daklik paytida boqib olgan suyukli jiyanini, hozirda katta bir kishi bo‘lib yetishganiga qaramay, dushmanlar bilan qurshalgan bir holatda tashlab ketishga majbur bo‘layotgani uni yig‘latayotgan edi.
Qurayshiylarning nene tahdidu tazyiqini mardlarcha bartaraf etgan, unga dushmanlik bilan cho‘zilgan qo‘llarga doimo so‘nggi tomchi qoni qolguncha qarshi turishini va bundan juda ham faxrlanishini ko‘krak kerib hayqirgan, bu gapni bir marta emas, o‘nyigirma martalab qaytargan edi. Va Rasulullohga (s.a.v.) qarshi qilingan har qanday xujum uning mard, jasur va o‘limdan qo‘rqmas ko‘ksiga duch kelib chilparchin bo‘lar edi.
Bitta ekanku, mingta Abu Jahl bo‘lganida ham, bosgan qadamini orqaga qaytib olgan emas. Natijada uch yil davomida ochlikka qarshi kurashishiga to‘g‘ri keldi, necha marta o‘lim xavfi yaqinlashganida, jirkanch narsalarni yeyishga ham o‘zini majbur qildi, daraxt po‘stloqlarini kemirdi, o‘lgan hayvonlarning terilarini, tirnoqlarini chaynab shimidi, me’dasining faryodini eshitmaslik uchun qorniga tosh bog‘ladi, juda qattiq qiynalgan paytlarida yerga dumalab ag‘anadi, biroq suyukli jiyanini kechayu kunduz qo‘riqlashdan charchamadi. Vijdoni bo r hech bir inson hech bir musulmon: «Abu Tolib yana mana bunday qilishi kerak edi... Men Muhammadni undan ham yaxshiroq himoya etardim», deya olmaydi. Deguday bo‘lsa, o‘ylamaynetmay, hovliqmalik qilib aytilgan gap bo‘ladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:21:02
* * *
Bir necha kundan keyin Abu Jahl bilan Abdulloh ibn Abu Umayya birgabirga yana Abu Tolibni borib ko‘rishdi.
Aslida, ularning orasida ko‘p yillardan beri davom etib kelayotgan, ba’zan yaxshi, ba’zan achchiq xotiralar bilan to‘la do‘stlik rishtalari bor edi.
Ehtimol, mug‘ambir Abu Jahl kasal yotgan bir do‘stini ziyorat qilish bahonasida u o‘lim sari ketyaptimi yoki hayotga qaytyaptimi ekanini aniqlash uchun kelgan bo‘lishi ham mumkin.
Ular kasalning yoniga o‘tirar ekanlar, ushbu damda Rasululloh (s.a.v.) ham kelib qoldilar. Amakilaridan Holahvol so‘radilar, tasalli berdilar. Narigi tomonga o‘tirdilar.
O’tirdilar, ammo jondan aziz amakilarining ahvoli ancha yomonlashganini, o‘limga yana bir odim yaqinlashganini sezdilar. Abu Tolib endi bir necha hafta emas, bir necha kun ham yashay olmasligi ayon bo‘lib qolgan edi. Unga so‘nggi soatlarida bo‘lsa ham, bir yaxshilik qilishlari mumkin edi:
— Amakijon, bir martagina bo‘lsa ham, «La ilaha illalloh», deng. Toki men vaqtisoati kelganida, Ollohning huzurida bunga guvohlik bera olayin, — dedilar.
Payg‘ambar (s.a.v.) shunday der ekanlar, Abu Jahl bilan uning birodari:
— Yo Abu Tolib, Abdulmuttalibning dinidan yuz o‘girasanmi?! — deb uni qaytarishga urinishdi.
Payg‘ambarlar sultoni takrortakror o‘tindilar, bir marta bo‘lsa ham tavhid kalimasini so‘zlang, deya yolvordilar, biroq anavi ikkalasi har safar Abdulmuttalibning dinini yodiga solar, imon keltirishiga to‘sqinlik qilar edi.
Abu Tolib jim. Ahyonahyonda ingrab ko‘yar, har nafas olganida ko‘ksi ko‘tarilibtushib, xirillagan bo‘g‘iq tovush eshitilar edi. Ko‘p vaqti qolmaganini bilish qiyin emasdi. Mador butkul qochdi. Suhbatdoshlarga javob berishga ham majol yo‘q.
Olamlarning Sultoni, ko‘zlarimizning nuri sevgili payg‘ambarimiz qirq yildan beri juda ko‘p yaxshiliklar ko‘rgan amakilarining kufr devoridan oshib o‘tib imon doirasiga kirishini orzu qilar, oxiratda — buyuk shafoat haqqi berilgan onda suyukli amakilarining qo‘lidan tutishni, unga qila oladigan eng katta yordamlarini berishni xohlar edilar.
Shu asnoda Abu Tolibning lablari qimirladi, pichirlash ohangida shu so‘zlari eshitildi:
— U Abdumuttalibning dinidadir.
Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayyaning yuzlarida shaytoniy bir tabassum paydo bo‘ldi. Ko‘zlarida zafar uchqunlari porladi. «Amakingni ham senga berib qo‘ymadik. Oxiroqibatda zafar biz tomonda bo‘ladi», deyayotgandek kinoyali nigohlar Rasulullohga (s.a.v.) qadaldi.
Payg‘ambar (s.a.v.) janoblarining dardlari beqiyos edi. Hayotda eng ko‘p yordamini ko‘rgan va juda suyukli amakilarini abadiy yo‘qotish ostonasida edilar. Bu ayriliq qaytishi bo‘lmagan bir ayriliq edi.
— Taqiqlanadigan kungacha sizning afv etilishingiz uchun duo qilaman, amakijon, — dedilar va u yerdan chiqib ketdilar. (Imom Buxoriy. 2/98.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:21:20
* * *
Abu Tolib nima uchun imon keltirmadi?
Jiyanini shu qadar yaxshi ko‘rgan bir inson uning hurmati uchun bir martagina bo‘lsa ham «La ilaha illalloh» deya olmasmidi?
Buning sabablarini yolg‘iz Olloh biladi. Biz ojizona aqlimiz ila faqat taxmin qilishimiz mumkin. Ehtimol, imon keltirsam, Rasulullohni (s.a.v.) himoyaga olish imkoniyatidan mahrum bo‘lib qolaman, deb xavotirlangandir. Chunki qurayshlar orasida beqiyos bir obro‘e’tibori bor edi. Ammo imon keltirsa, bu e’tiborga putur yetib, mushriklar Rasulullohga (s.a.v.) qarshi har qanday fitnafasodni qo‘zg‘ay olar edilar.
Axir, bir paytlar qurayshlarning suyukli, hurmatli bir ulug‘ kishisi bo‘lgan Abu Bakr imon keltirganidan so‘ng butunlay mensimay qo‘yilgan, hatto xushidan ketgunicha kaltaklangan edi. Va o‘sha kundan e’tiboran kimsani himoyasiga olish huquqidan mahrum bo‘ldi. Aks holda, Habashistondan qaytgan musulmonlar Valid ibn Mug‘iyra, Abu Uxayxa, kabi mushriklarning himoyasiga kirishga majbur bo‘larmidilar?..
Xo‘sh, unda hayotining so‘nggi kunlarigacha sodiq bo‘lib qolgan dinini o‘lim to‘shagida yotganida o‘zgartira olmasmidi? Jiyanini chaqirtirib, hech kimga eshittirmay, uning qulog‘iga kalimai tavhidni so‘zlab, bu ishni sir saqlashni iltimos qilsa bo‘lmasmidi?
Bular Abu Tolib uchun mushkul emasdi. Ushbu kalimani keltirsa, jiyani benihoya quvonishini ham bilardi.
Bu masalani uning Rasulullohga (s.a.v.) aytgan quyidagi suzlari oydinlashtiradi:
— Ey suyukli jiyanim! Olloh haqqi, agar sening va bolalaringning boshiga balolar yog‘dirib, yomonlik qilishlaridan tashvishlanmaganimda va qurayshiylar, o‘limdan
qo‘rqib shunday dedi, tarzida bo‘hton yog‘dirishlaridan andisha qilmaganimda, hech ikkilanmay shu so‘zlarni aytgan bo‘lardim. Hatto boshqa bir maqsadniyat bilan bo‘lmasa ham, azbaroyi seni xursand qilish uchungina so‘zlardim.
Mana shu ikki xusus tufayli Abu Tolib oxiratga kalimai tavhidni so‘zlamay ketdi balki...
Birinchidan, suyukli jiyanini qo‘riqlash va himoya qila olish uchun bo‘lsa, ikkinchidan, «Abu Tolib o‘zi boqib katta qilgan yetimining diniga kirdi, o‘limdan keyingi hayot uni qo‘rqitdi», deyuvchilarning muhokamasidan jiyanini xalos etish uchun imon keltirmagandir...
Ammo toki insoniyat bor ekan, yer yuzida bittagina musulmon qolgunicha ham, Sayyidi anbiyoga beminnat xizmat qilgani evaziga Abu Tolibning nomi xotiralarda yashayveradi, mehr-muhabbat va hurmat bilan tilga olinaveradi...
Ammo ikkita ashaddiy mushrik oldida sir boy bermaslik niyatida, so‘nggi daqiqalarda bo‘lsa ham, atigi bir marta, loaqal yashirin tarzda kalimai tavhidni so‘zlamagani noxush qabul qilinaversa kerak...
Balki u, so‘zlaydigan bo‘lsam, birovdan yashiribqo‘rqib emas, ochiqchasiga xitob qilib hayqiraman. Yorug‘ yuz bilan, ko‘krak kerib, hech kimdan andisha qilmay so‘zlayman. Bugungi kungacha jiyanimni himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lmaslik uchun shu yo‘lni tutdim, bugundan e’tiboran esa, qurayshlar orasida musulmonman, degan xayolni ko‘nglidan kechirgan bo‘lsa ajab emas. Yoki qalban intilsa ham, bilaturib shirk hayotida qolishni tanlagan bo‘lishi ham mumkin.
Bular yolg‘iz Ollohga ma’lum narsalar.
Rahmati cheksiz bo‘lgan Buyuk Olloh ertaga Habibi adibiga qilgan ushbu xizmatlari evaziga Abu Tolibga nisbatan qanday muomalada bo‘lajak? Rasulullohni (s.a.v.) sevuvchi har bir mo‘minning qalbida Abu Tolib uchun hosil bo‘ladigan yara to qiyomat kunigacha bitmayajakdir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:22:16
* * *
Bir kuni Ali (r.a.) sarosima ichida, nafasi bo‘g‘iziga tiqilib kirib keldi. U otasining o‘limi haqida xabar olib kelgan edi. Bu xabarning ma’nisi qurayshiylar uchun necha yillardan buyon oshib o‘tish imkoniyati bo‘lmagan devorning yiqilishi demak edi.
Rasululloh (s.a.v.) amakilarining o‘limidan qattiq g‘amqayg‘u chekdilar. Achchiqachchiq ko‘zyoshlarini to‘qdilar.
Bu mash’um xabardan bunchalik ta’sirlanishlarining boisi amakilari o‘zlariga, Islomga samimiy xizmat qilgan bo‘lishiga qaramay, imon doirasiga kirmay vafot etgani edi.
Abu Tolib ortidan g‘amalamga botganlar bilan bir qatorda, sevinchdan bayram qilayotgan odamlarni ham qoldirib ketdi.
Rasululloh (s.a.v.) amakilarining janozasiga bordilarmi, dafn etish marosimida ishtirok etdilarmi?
Bu savolga javob beradigan ikkita rivoyat bor.
Birinchi rivoyatga ko‘ra, Ali (r.a.) keladi va:
— Yo Rasululloh (s.a.v.), keksa va mushrik amakingiz vafot etdi. Uni kim ko‘madi? — deb so‘raydi.
Rasululloh (s.a.v.):
— Borginda, o‘zing ko‘mib kelgin, biroq to qaytib kelguningcha hech kim bilan gaplashma... — deb ogohlantiradilar. Kelganidan keyin esa, g‘usl qilishni buyuradilar va Alini duo qiladilar.
Bu rivoyat unchalik to‘g‘ri bo‘lmasa kerak, degan fikrdamiz.
Ikkinchi rivoyatda hikoya etilishicha esa, payg‘ambarimiz (a.s.) ko‘mishda ishtirok etadilar va «Qarindoshlik munosabatda xayr-mukofot topasiz, amakijon!» deya duo qiladilar. (Ibn Kasir. «Siyar». 2/124.)
Ushbu rivoyat, har holda, haqiqatga yaqinroq bo‘lsa ajab emas.
Rasulullohga (s.a.v.) mushrik va munofiqlarning janoza namozini o‘qish hamda ularning kabrini ziyorat qilish man etilgan. Ammo bu taqiq Makka davri hayotlariga taalluqli bo‘lmagan.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:22:30
* * *
Rasululloh (s.a.v.) suyukli amakilarining afv etilishi uchun qo‘llarini ochib, buyuk dargohga tikilar, tinimsiz iltijo qilib yolvorar edilar.
Nihoyat Qasos surasining 56oyati tushdi:
«(Ey Muhammad,) aniqki, siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmassiz, lekin Olloh o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. U hidoyat topguvchi zotlarni yaxshiroq bilguvchidir». (Imom Buxoriy, 247.)
Bu oyat payg‘ambarimizga tasalli beruvchi oyat edi.
Shu munosabat bilan yana bir oyat tushirilgan, degan fikr ham bor. Masalan, Imom Buxoriy Abu Tolibning vafoti bilan bog‘liq hadislarni izohlar ekan, faqat mana bu oyat tushirilganini ta’kidlaydi:
«Na payg‘ambar va na mo‘minlar — mushriklar agarchi qarindoshlari bo‘lsa ham — ularning do‘zax egalari ekanlari aniq ma’lum bo‘lganidan keyin, mushriklar uchun mag‘firat so‘rashlari joiz emasdir». (Tavba, 113.)
Albatta, ushbu oyat mavzuimizga aloqadordir, bunga shubha yo‘q, ammo bu oyat Tavba surasiga kiritilganini, Tavba surasi esa Makka fathidan so‘ng tushirilganini nazarimizdan qochirmasligimiz darkor.
Bundan tashqari, Tavba surasi eng oxiri nozil qilingan sura ekani haqidagi qarashlar ham mavjuddir. («Manohilul-Irfon», 1/9096.)
Qisqasi, bu oyatning nuzul vaqti bilan Abu Tolibning vafoti orasida kamida o‘n yillik farq borligi aniqdir...
Boshqa amakilari Abbos Rasulullohni (s.a.v.) topdi va oralarida bunday suhbat bo‘lib o‘tdi:
— Amaking Abu Tolib o‘layotganida yonida edim. Lablari qimirlayotganday bo‘ldi. Darrov qulog‘imni og‘ziga tutdim va so‘zlashini sen orzu qilib yurgan kalimalarni
aytganini eshitdim, — dedi.
Payg‘ambarimiz qisqagina qilib javob berdilar:
— Men eshitmadim. (Ibn Kasir. «Siyar». 2/124.)
Abu Tolibning vafotidan so‘ng hali bir hafta ham o‘tmasdan bir kuni Rasululloh (s.a.v.) uyga bosh va yuzko‘zlari changto‘zonga belangan holda kirib keldilar.
Qizlaridan biri yig‘lab peshvoz chiqdi. Rasululloh (s.a.v.) boshlarini yuvib tozalar ekanlar, qizlariga tasalli berardilar:
— Qo‘y, yig‘lama, qizalog‘im, Olloh taolo otangni panohida asraydi. — So‘ngra amakilarini eslab, shunday dedilar: — Abu Tolib hayotlik chog‘ida quraysh menga qarshi xohlaganini qila olmagan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:30:20
YANA BIR MISLSIZ YO’QOTISH

Rasululloh (s.a.v.) amakilarining o‘limi bois qalblariga to‘lgan g‘am-g‘ussadan hali batamom qutulmagan edilar, qutulishlari ham juda mushkul edi. Chunki uning vafotini g‘animat deb bilgan mushriklarning qadam bosishlari birdan o‘zgargan, haqoratlar, istehzoyu kamsitishlar o‘n chandon ortgan edi.
Ustigaustak, bu orada Hazrati Hadicha onamiz kasal bo‘lib qoldi. Oltmish olti yoshlarga kirgan edi. Qirq yoshida uchinchi marta, ammo juda baxtli bir oila qurgan, yigirma olti yilga yaqin davrdan beri bu nikoh keltirgan huzurhalovat va saodatdan bahramand bo‘lib kelgan, umr yo‘ldoshining zimmasiga yuklangan og‘ir mas’uliyatni yengillatish uchun imkoni boricha yordamini ayamagan, bu yo‘lda mumkin bo‘lgan har qanday moddiy va ma’naviy oraga bosh urgan, xursandligida ham, g‘amginligida ham hamdard va sherik bo‘lib, u kishining eng yaqin do‘stiga aylangan edi. Yigirma olti yil davom etgan oilaviy hayotlari davomida u zot bilan turmush qurganiga biron marta ham pushaymon bo‘lmagan, erini ham pushaymon qildirmagan edi. U zoti sharifga biri biridan shirin, gulg‘unchadek yoqimtoy farzandlar hadya etgan, dardlariga hamdard bo‘lib, boshlariga kulfat tushgan kezlarda tasalli bergan edi.
Biroq bu foniy dunyoda hech kim abadiy yashamas, binobarin, u ham dunyodan ko‘z yumajak, ortida yoshli ko‘zlar, sevgi va hurmat bilan xotirlaydigan ko‘ngillar qoldirajak edi.
Kasal bo‘lib to‘shakka mixlanganida, ortiq o‘rnidan turmasligiga, bu dunyodan abadiy ko‘z yumishi vaqti yaqinlashganiga amin bo‘ldi.
So‘nggi o‘n yil davomida yuz bergan ziddiyatlar, mojaro va to‘polonlar uning vujudini holdan toydirgan edi. Yotoqqa mixlanganidan keyin tobora mumdek erib borayotgani aniq bo‘lib qoldi.
Ammo bu charchoqhorg‘inlik faqat jismiga tegishli edi. Ruhiyati va ichkima’naviy olamiga kelsak, hamon baquvvat, xuddi vayrona uydan yangi va baland, keng va shinam uyga ko‘chib o‘tayotgan insondek huzurhalovatda edi.
Dunyoda ekilishi mumkin bo‘lgan eng serhosil urug‘ni ekkan, eng ulug‘ Payg‘ambarning rahbarligi va homiyligi ostida ekkan, oxiratda ham buning evaziga hech kim ololmaydigan hosilni olajak, jannatda o‘zi uchun qurilgan va Rasululloh (s.a.v.) boshlab kiradigan ko‘shkka o‘rnashajak, inshaolloh!
Shu jihatdan, o‘lim uning uchun jannat hayotining boshlanishi edi. Olloh taolonnig rahmatiga, lutfu karami va mislsiz ehsoniga noil bo‘lish demak edi.
Oxirat olamiga fayz kiritishi bois, malaklar uning qarshisiga peshvoz chiqib:
— Xush kelibsiz, ey Rasulullohning (s.a.v.) fidokor umr yo‘ldoshi, tengi yo‘q jufti haloli! — deya kutib olishar, kelajakda jannatdagi ko‘shkiga ko‘chib o‘tguniga qadar, Olloh taoloning aziz mehmoni sifatida izzatikrom ko‘rar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:31:14
Bu dunyoda Ollohning rasuliga muhabbat qo‘ydi, hech kimning qo‘lidan kelmaydigan oilaviy osoyishtalikni barqaror qildi. Buning evaziga Olloh taolo ham uni mehmon qilib, rohatfarog‘atga qovushtirajak, ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan, bandasining xayoliga ham kelmaydigan ne’matlarini ehson etajak, inshaolloh!
Ulug‘ Hadicha!.. Ayollar olamining ulug‘ malikasi Hadicha onamiz u yerda Rasululloh (s.a.v.) kelgunlariga qadar Robbul Olamiynning mehmoni bo‘lajak...
Ammo ikkinchi jihatdan, bu o‘lim Rasulullohdan (s.a.v.), suyukli farzandlaridan, muvaqqat bo‘lsa ham, ajralish demak edi. Ularni foniy dunyoda, dushmanlar tomonidan qilinajak jabrzulm, yetkazilajak ozoru ziyon-zahmatlar halqasiga tashlab ketish demak edi. Mana shu jihatdan, o‘lim achchiq va fojeali bir voqea edi...
Payg‘ambarlar Sultoni (s.a.v.) bir g‘amdan forig‘ bo‘lmay turib, ikkinchi bir g‘amga giriftor bo‘ldilar. Uzoq yillar davomida hech bir erkak xotinidan ko‘rmagan sadoqat va mehrni undan ko‘rgan, mushriklar bergan shuncha ozoru jabru jafolarni uning yonida yengillatib unutgan, dardlariga uning huzurida darmon topgan edilar.
Tarixdan ma’lumki, Abu Tolibning vafotidao‘N so‘ng ko‘p o‘tmay Hadicha onamiz buyuk jannatga chorlab kelgan malaklar hamrohligida olis yo‘lga otlandi. So‘nggi nafasini berar ekan, lablari orasidan: «Ashhadu alla ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh» so‘zlari chikdi.
Bu so‘zlarni insoniyat tarixida ilk bor so‘zlash sharafi ham u zotga berilgan edi. Shu so‘zlar bilan Islomdan avvalgi hayotini tugatib, sharafli imon hayotini boshlagan edi. Hozir ham oxirat olamiga ushbu shahodat kalimalarini keltirib ilk odimini otdi, dunyo hayotini shu so‘zlar bilan tugatdi.
Rahmat farishtalari keldilar, uning atrofini o‘rab oldilar:
— Salomlar bo‘lsin sizga, ey Rasulullohning zavjasi! Qo‘rqmang, g‘amgin bo‘lmang, va’da qilingan jannat mujdasi — xushxabarini yetkazish uchun keldik. Biz dunyoda sizga do‘st edik, oxiratda ham yana biz do‘st bo‘lamiz. Istagan narsangiz, istagan tilagingizni bajo keltirishga hoziru nozirmiz. Mag‘firati cheksiz, rahmati beqiyos Rabbingizning mehmoni bo‘lish uchun oxirat olamiga marhamat qiling, — dedilar1.
Rasululloh (s.a.v.) mujda bergan saodat yurtiga malaklar hamrohligida ketar ekan, ortida unutilishi mumkin bo‘lmagan aziz xotiralarni va uning uchun duo qilajak, yaxshilik bilan esga olajak eng xayrli oilani tark etdi.
Rasululloh (s.a.v.) boshliq butun oila va hatto barcha mo‘minlar bu musibatdan qattiq ta’sirlandilar. Bu qadar qisqa vaqt ichida Nabiyyi akmalning (s.a.v.) eng sevimli va eng yaqin ikki kishisining to‘satdan vafot etishi ularni ham qattiq larzaga soldi. Bu yil mo‘minlar orasida «huzun yili» («qayg‘u yili») deb ataladigan bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:31:32
* * *
Makkaning Hojun qabristoni Hazrati Hadichaning muborak vujudlari ili sharaflandi.
Hazrati Hadicha onamiz vafot etganlaridan keyin Rasululloh (s.a.v.) uylari motamxonaga aylandi; huvillab qolganday edi. Xuddi endi hayotning qizig‘i ham qolmagandek.
Rasululloh (s.a.v.) bir necha kungacha uylaridan chiqmadilar.
Qalblari g‘am-g‘ussaga to‘lgan. Kamiga qurayshiylar haddan tashqari quturib ketdi.
Bu vaziyat yuragi kin va adovatga to‘la Abu Lahabning ham rahmini keltirdi. Bir kuni jiyanining yoniga keldida:
— Yo Muhammad, Abu Tolib hayotlik chog‘ida qanday yurgan bo‘lsang, shunday erkin yuraver. Lotni o‘rtaga qo‘yib qasam ichamanki, hech kim senga ziyon-zahmat yetkaza olmaydi, — dedi.
Makka ko‘chalarida jar solindi:
— Bugundan e’tiboran Abu Lahab jiyani Muhammad ibn Abdullohni himoyasiga oldi. Biron kimsa unga qarshi ziyon-zahmat yetkazishga urinmasin!
Bu e’lon qurayshiylarning oyoqqo‘lini yana ipsiz bog‘lab qo‘ydi. Rasululloh (s.a.v.) yana xuddi Abu Tolib hayot chog‘idagidek bemalol yura boshladilar. Hech kim u kishiga nisbatan odobsizlik qila olmay qoldi, biror yomonlik kilishga zotan jur’ati ham yetishmas edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:31:53
* * *
Usmon ibn Maz’unning xotini Havla bir kuni Rasulullohni (s.a.v.) ziyorat etishga keldi va muddaoga ko‘chaqoldi:
— Yo Rasululloh, Hadichaning yo‘qligi bilinyapti, — dedi.
O’sha kuni u Janobi Payg‘ambarimizni (s.a.v.) yana uylanishga rozi qildi. Savda binti Zam’a bilan hazrati Abu Bakrning qizi Oyisha ikkalasini nomzod o‘laroq ko‘rsatdi va ularga sovchilik qilish vazifasini zimmasiga olib, u yerdan chikdi.
Savda yoshi ancha katta, to‘ladan kelgan, og‘irvazmin harakatli bir ayol edi. Eri o‘lib, besholtita farzandi bilan beva qolgan.
Nabiyyi akramdan (s.a.v.) kelgan taklifni mamnunlik bilan kutib oldi. Lekin atrofida parvona kabi o‘ralashib yurgan farzandlarini nima qilishni bilmay hayron edi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.):
— Men bilan turmush qurishingga farzandlaringning xayolidan boshqa to‘siq yo‘qmi? — deb so‘ragan edilar, Savda:
— Boshqa to‘siq yo‘q, — deb javob qildi.
Shunday qilib, payg‘ambarlikning o‘n uchinchi yili ramazon oyida Savda «Mo‘minlarning onasi» (Ummul mu’minin) bo‘lish sharafiga erishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:32:09
* * *
Abu Jahl bir do‘sti bilan Abu Lahabnikiga keldi. Holahvol so‘rashganidan keyin maqsadini bayon qildi:
— Jiyaningdan Abdulmuttalibning hozir qaerda ekanini bir so‘rab ko‘rgina?! — dedi.
Bu savol Abu Lahabning ongiga muhrlandi. Rasulullohga (s.a.v.) ilk duch kelganidayoq shuni so‘radi:
— Qavmi bilan bir joyda, — degan javobni oldi.
Abu Lahab ortiqcha kavlashtirib o‘tirishni xohlamadi. Biroq Abu Jahl bu javobdan qoniqmadi:
— Jiyaning bu bilan, Abdulmuttalib jahannamda, demoqchi, — dedi.
Abu Lahabning ko‘zlariga qon to‘ldi, sapchib o‘rnidan turdi va jiyanining uyiga yo‘l oldi...
Bu kelishda Abu Lahab yana eski Abu Lahab holiga qaytgan edi. Bugungacha qilib kelganidan ham ortiqroq dushmanlik qilishni, bundan buyon uni holjoniga qo‘ymasligini baqirib-chaqirib ma’lum etdi.
Chindan ham shunday bo‘ldi. Dastlab himoyasini bekor qildi. So‘ng fursatini topdi deguncha, yomonliklarini boshladi. Himoyaning bekor bo‘lganidan xabar topgan va tish qayrab yurganlar ham harakatga o‘tdilar.
Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) endi uylariga kiray deb turganlarida, bir daydi to‘satdan u kishining muborak boshlariga tuproq sochib yubordi. Bu odobsizligidan o‘zi mamnun ham edi.
Nabiyyi akram (s.a.v.) g‘amgin qiyofada uyga kirdilar.
Suyukli qizlaridan biri qoshlariga yugurib keldi.
— Otajon! Kim bunaqa qildi, otajon?! — deb yig‘lab yubordi.
Bu odobsizlikni kim qilgani muhim emas edi, u qilmasa, boshqa birisi qilishi aniq edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:33:56
TOIF SAFARI

Rasululloh (s.a.v.) endi Makkada ko‘chaga chiqa olmay qoldilar. Qaerga borsalar, odamlardan kinoya, so‘kishlar eshitardilar. Qur’on tilovat qila boshlasalar, atrofda mushriklar atay baqiribchaqirishar, childirma urib, qarsak chalib, ruhan ezmoqchi bo‘lishar edi.
Nihoyat Makkani tashlab chiqib ketishni, vazifalarini boshqa yokda ado etishni ixtiyor qildilar. Yonlariga tutingan o‘g‘illari Zaydni olib, Toif sari yo‘l oldilar.
Bir necha kunlik safardan so‘ng Toifga yetib bordilar. U yerda imon keltirgan kishilarni uchratish ehtimoli bor edi. Ularning yordamida Makka xalqining odobsizliklarini to‘xtatish imkoni topilsa xam ajab emas. Toifda so‘zlari o‘tadigan uch kishi bor edi: akaukalar Abdu Yalil, Mas’ud va Habib.
Ammo kutganlarining teskarisi bo‘ldi. Uchala akauka imonga kelish tugul, Rasulullohni mazax qila boshlashdi. Shunday haqoratomuz so‘zlar yog‘dirishdiki, bu borada hatto makkaliklardan ham o‘tib tushishdi.
—   Modomiki imon keltirmas ekansizlar, loaqal bu suhbatimizni sir tutishlaringizni iltimos qilaman. Makkaliklar zinhor bundan xabardor bo‘lishmasin.
—   Yo‘o‘q, hunaring ketmaydi. Makkaliklarga bor gapni albatta yetkazamiz, zudlik bilan, — deyishdi.
Ularning gap uqmas kishilar bo‘lib chiqqani xam mayli, hatto arablarga xos mehmondo‘stlik, musofirga hurmat kabi odatlarni xam oyoqosti qilishdi. «Shunday jiddiy bir inson qanaqasiga yolg‘on gapirishi mumkin?» deb o‘ylab ham ko‘rishmadi.
Rasululloh (s.a.v.) ularning yonidan xomush chiqib ketdilar. Yana Makkaga, yana ashaddiy dushmanlarining orasiga qaytishlari kerak edi. Biroq tinchgina ketishlariga ham qo‘yishmadi.
Badbaxt bir kimsa Faxri Koinot janoblarini toshbo‘ron qilishni buyurdi. Nima qilarini bilmay yurgan bezori bolalar ko‘ngillarini xushlaydigan bir ermak topilganidan shodlanib, ishga kirishishdi. Qullar, bolalar so‘kaso‘ka, Rasuli akramning (s.a.v.) orqalaridan tosh, kesak yog‘dira boshlashdi. Shovqinsuron ichra ikkinchi buyruq eshitildi:
— O’ldirib qo‘yishdan ehtiyot bo‘linglar!..
Buning ma’nosi — katta tosh otma, belidan yuqorini mo‘ljallama, degani edi. O’ldirib qo‘ysalar, olinajak intiqomdan, Quraysh bilan uzoq yillar yovlashishga to‘g‘ri kelishidan qo‘rqishardi.
Zayd Rasulullohning (s.a.v.) goh o‘ng, goh chap tomonlariga, goh orqalariga o‘tar, toshlarga o‘zini tutib berib, Buyuk Payg‘ambarimizni — tutingan otasini muhofaza etishga urinar edi. Shunga qaramay, Rasulullohning (s.a.v.) oyoqlari qonga belandi. Toifdan chiqqanlaridan keyin ham toshbo‘ron allaqancha joygacha davom etdi. Eshitmagan haqoratlari qolmadi.
—   Yolg‘onchi!..
—   Bore, payg‘ambar emish!..
—   Ollohga qarshi yolg‘on gapirishdan uyal!.. Nihoyat buyruqni qoyilmaqom qilib bajarganlariga qanoat hosil qilgan toiflik daydilar ortlariga qaytib ketdi. Bir badbaxt oxirgi toshini otar ekan:
— Bu kunni hech unutma, ey yolg‘onchi payg‘ambar! —deb baqirib qoldi.
...Rasululloh (s.a.v.) bu kunni haqiqatdan ham unutmadilar, unuta olmadilar. Yillar o‘tib, suyukli xotinlari Oyisha onamiz (r.a):
— Yo Rasululloh, Uhud jangidan ko‘ra ham achinarli, alamli kun bo‘lganmi?! — deb so‘raganlarida, Toif voqeasini eslab, u savdolarni bir boshdan gapirib bergan edilar. O’sha kundagiday g‘am-g‘ussaga cho‘mgan boshqa kunni eslay olmasliklarini ta’kidlagan edilar...
Daydilar qaytib ketishgach, Rasululloh (s.a.v.) bir oz dam olish maqsadida yo‘l ustidagi bog‘ning chekkasiga borib o‘tirdilar. Qo‘llarini ochdilar. Mavloi Zuljalolga iltijo qila boshladilar:
— Ollohim, quvvatim ozligini, chorasiz qolganimni faqat senga arz etaman, odamlar orasida bu qadar xor bo‘lganimdan yolg‘iz Senga shikoyat qilaman. Ey marhamatlilarning marhamatlisi Ollohim! Dorga osilganlarning, ezilganlarning va mening ham Rabbim sensan! Menikimlarga yo‘liqtiryapsan? Ifloslarcha qarshilagan g‘urbat elgami yoki dushmanlargami topshirding ishimni?! Agarku, Sen men bandangga g‘azabnok bo‘lmasang, bu aziyatlarga parvo ham qilmayman. Biroq Sendan keladigan salomatlik va quvvatga yanada intizorman. G’azabingga duchor bo‘lishdan qo‘rqib, Sening nuringga sig‘inamanki, zulmatlarni ziyoga aylantirgan, dunyo va oxirat ishlarini tartibga solgan narsa Sening o‘sha nuringdir. Toki Sen rozi bo‘lguningga qadar biz har jihatdan Sendan xushnud va mamnunmiz. Kuch va qudrat yolg‘iz Senga oiddir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:34:45
* * *
Nabiyyi akram (s.a.v.) panoh topgan bog‘ Utba ibn Robia bilan uning ukasi Shaybaniki edi. Tasodifmi yoki zaruratmi, bu paytda ular ham bog‘da edilar. Rasululloh (s.a.v.) kelib shu yerga o‘tirganlarini, toifliklarning hujumi va odobsizliklariga nishon bo‘lganlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Endi bu voqeaning yashirin joyi qolmadi. Toifliklardan sir saqlash iltimos etilgan, ularku ko‘nmadilar, bordiyu ko‘ngan taqdirlarida ham, makkalik ashaddiy dushmanlaridan ikkitasi bu voqeaning guvohi bo‘lgan edi.
Utba ham, Shayba ham Rasululloh (s.a.v.) keltirgan dinni va Islomga da’vat harakatini sira ma’qul ko‘rmagan.
Parishon bir ahvolda, oyoqlari qonga belanib o‘tirganlaridan toifliklarga gap uqtirolmaganlarini bilishdi va rosa quvonishdi. Ammo, har holda Makkada «alAmin» deb sifat berilgan bu mo‘‘tabar zotning — hamshaharlarining haqoratga uchragani ularni bir jihatdan g‘amgin ham qildi.
Utba o‘zining ko‘nglidan o‘tayotgan his-tuyg‘ularning ifodasini ukasi Shaybaning yuzida ham ko‘rgach:
— Addos! — deb xizmatkorini chaqirdi. Xizmatkor yugurib kelgach: — Bir bosh uzum olginda, huv anavi kishiga eltib ber, — dedi.
Addos bog‘dan uzum uzib, bu g‘alati yo‘lovchiga eltdi. Rasululloh (s.a.v.) «Bismilloh...» deb uzumni yeya boshladilar.
Addos Rasulullohning (s.a.v.) yuzlariga tikildi.
—   Xudo haqqi, bu so‘zni o‘lkamizda hech kim ishlatmaydi, — dedi.
—   Qaysi yurtdansan, ey Addos, qaysi dindansan? — deb so‘radilar Hazrati payg‘ambarimiz (s.a.v.).
—   Ninova xalqidanman. Nasroniy diniga mansubman.
—   Demak, solih bir kishi bo‘lmish Yunus ibn Mattoning diyoridan ekansanda?!
— Yunus ibn Mattoni qaerdan bilasan?
— U mening maslakdoshim edi, payg‘ambar edi. Men ham Ollohning rasuliman.
Addosning ko‘zlariga yosh keldi. Egilib, Rasulullohning (s.a.v.) boshlari, qo‘llari va oyoqlaridan o‘pdi, musulmon bo‘ldi.
Utba bilan Shayba bog‘ ichidan ularni diqqat bilan kuzatib turishardi.
— Ko‘rdingmi, uni ham sehrladi, — dedi biri.
— Go‘yoki yaxshilik kilmoqchi bo‘ddik, evaziga esa, qulimizni dinidan qaytardi, — dedi ikkinchisi.
Bir ozdan keyin Addos ularning yoniga qaytib keldi. Yuzida mamnunlik ifodasi...
—   Bu nimasi, ey Addos, borib u odamning qo‘loyoqlaridan o‘pdingmi!
—   Bu odam dunyodagi eng ulug‘ insondir. Men uning payg‘ambar ekaniga imon keltirdim.
— Qaerdan bidding uning payg‘ambarligini?
—   Gapso‘zlaridan. U aytgan gaplar faqat payg‘ambarlardangina chiqadi.
—   Menga qara, ochig‘ini aytsam, bu gaplaring menga yoqinqiramay turibdi. Ehtiyot bo‘l, u seni diningdan qaytarishi mumkin. Shuni yaxshi bilginki, sening dining uning dinidan xayrlirokdir.
Addos bu so‘zlarni javobsiz qoldirishni afzal ko‘rdi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:35:04
Rasululloh (s.a.v.) Makkaga qaytdilar. Yo‘lda ketarkanlar, Jabroil (a.s.) bir xabar keltirdi: agar payg‘ambar istasa, Makkada ro‘paramaro‘para turgan Abu Qubays bilan Qayqaon tog‘larini bir-biriga urib, makkaliklarni yo‘q qilib yuborish taklif etildi. Rasululloh (s.a.v.) rozi bo‘lmadilar. Ularning naslidan loaqal bittasining Islom diniga kirishi buncha dushmanning o‘limidan ko‘ra sevinchli hol ekanini bildirdilar.
Jinlar Olloh bergan qobiliyat tufayli har xil qiyofaga kira oladilar, uzoq masofalarni bir zumda bosib o‘tadilar, samolarga yuksalishga ham qodirdirlar... Ular ondasonda ko‘klargacha ko‘tarilib, farishtalarning o‘zaro suhbatlariga quloq tutib, ko‘pgina ma’lumotlarni bilib olar edilar. Biroq bir kuni ko‘kning darvozalari yopib qo‘yildida, jinlar malaklarning sirli suhbatlarini tinglashdan mahrum bo‘ldilar. Oliy dargohlarga chiqishlari taqiqlab qo‘yildi.
O’zaro fikrlashdilar, lekin baribir bu taqiqning ma’nosini tushuna olmadilar. Nima uchun yo‘l yopildi — aqllari olmas edi. Oralaridan bittasi yer yuzini aylanib chiqishni taklif etdi.
— Menimcha, yer yuzida bu ishga aloqador biron gap bo‘lgan bo‘lsa kerak, — dedi.
Bu hodisa Rasulullohga (s.a.v.) vahiy kelgan kunlarga to‘g‘ri kelar edi.
Jinlar bir qarorga kelgach, to‘pto‘p bo‘lib yer yuzini keza boshlashdi. Hammayoqni yaxshilab kuzatib, diqqatga sazovor nimaiki ko‘rinsa, atroflicha o‘rganib chiqishardi.
Nubuvvatning o‘ninchi yili keldi.
Ilk vahiy kelgan kundan beri o‘n yil o‘tgan, jinlar hanuz biron yangilik topish umidini uzishmagan edi.
Bir kuni Makka bilan Toif orasidagi Nahla degan bir joyda ikki kishini ko‘rishdi. Hali kun chiqmagan, u ikki odam ilk saharda ibodat bilan mashg‘ul edi. Bir guruh jin ularni sinchiklab kuzatish maqsadida, yaqiiroq kelishdi.
Odamlardan biri xiyol oldinda, ikkinchisi shundoqqina uning o‘ng tomonida turar, oldindagisi eng mukammal til bilan xam ifoda etib bo‘lmaydigan darajada go‘zal, jozibali va maftunkor bir kalomni juda yoqimli bir ohangda o‘qiyotgan edi.
— To‘xtanglar, qulod solinglar!.. — deyishdi jinlar bir-birlariga.
Mislsiz darajada ta’sirchan, hech kim eshitmagan bir kalom edi bu!
Bir-birlarining ustiga chiqib ketguday zich turgan jinlar Rasululloh (s.a.v.) tilovat qilayotgan Qur’on oyatlarini oxirigacha mast bo‘lib tinglashdi.
Ulardan biri:
— Shubhasiz, ko‘kning darvozalarini berkitgan voqelik xuddi mana shudir. Ollohga qasam bo‘lsinki, mana shudir! — dedi.
Namoz o‘qib bo‘lingach, qidirgan narsalarini topganlariga amin bo‘lib, u yerni tark etishdi.
Rasuli Kibriyo (s.a.v.) ham, Zayd (r.a.) ham jinlar keluvidan bexabar edilar.
Ko‘p o‘tmay Jabroili amin Buyuk Ollohning salomini keltirdi:Ahqof surasining 29 — 32oyatlarini payg‘ambarimizga yetkazdi:
«(Ey Muhammad,) eslang: Biz sizning oldingizga bir guruh jinlarni Qur’onni tinglasinlar deb yuborgan edik. Bas, qachonki ular (Qur’on tilovatiga) hozir bo‘lishgach (bir-birlariga): «Jim turinglar», dedilar. Endi qachonki tilovat tugatilgach, ular o‘z qavmlari oldiga ogohlantiruvchi bo‘lgan hollarida qaytib ketdilar. Ular dedilar: «Ey qavmimiz, darhaqiqat, bizlar Musodan keyin nozil qilingan, o‘zidan oldingi (ilohiy kitob)larni tasdiq qilguvchi bo‘lgan haq (din)ga va To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiladigan bir kitobni — Qur’onni tingladik. Ey qavmimiz, Ollohga da’vat qilguvchi (Muhammad a.s.ning da’vati)ni qabul etinglar va unga imon keltiringlar, (shunda Olloh) sizlarning gunohlaringizni mag‘firat qilur va sizlarga alamli azobdan panoh berur. Kim Ollohga da’vat etguvchi (da’vati)ni qabul qilmasa, bas, u Yer yuzida (biron joyga) qochib qutulguvchi emasdir va uning uchun (Ollohdan) o‘zga (Uning azobidan qutqaruvchi) «do‘stlari» ham yo‘qdir. Ana o‘shalar ochiq zalolatdadirlar».
Bu gaplarni eshitib turgan boshqa jinlar hayron edilar.
— Nimalar deyapsizlar o‘zi? — deb so‘rashdi.
Rasulullohdan (s.a.v.) Qur’on tinglagan jinlar so‘zlarida davom etishdi:
— «Darhaqiqat, bizlar haq yo‘liga hidoyat qiladigan bir ajib Qur’onni eshitdik va darhol unga imon keltirdik. Bizlar (endi) Parvardigorimizga hargiz biron narsani sherik qilmasmiz». (Jin, 2.)
Musulmon jinlarning bu da’vatini qabul qilganlar bo‘ldi va ular deyishdi:
«Albatta, bizlarning ichimizdagi ahmoq (iblis) Olloh sha’niga («U zotning xotini va bolasi bor», deb) nohaq so‘z aytar edi. Albatta, bizlar ins ham, jin ham Olloh sha’niga hargiz yolg‘on so‘zlamas, deb o‘ylar edik». (Jin, 45.)
Buning ziddi o‘laroq jinlarning bir qismi kofirligicha qoldi. Olloh taolo Jin va Ahqof suralaridan ushbu oyatlarni indirib, sharafli rasulini bu holatlardan, o‘rtada o‘tgan gapso‘zlardan xabardor etdi. (Imom Buxoriy, 1/187.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:35:17
* * *
Rasululloh (s.a.v.) Makkaga tobora yaqinlashar ekanlar, Hiro tog‘ining etaklariga yetganda to‘xtadilar. Bu yerdan u yog‘iga xotirjam ketish imkoni yo‘q, bemalol shaharga kirishga mushriklar yo‘l qo‘ymasligini juda yaxshi bilar edilar.
Shu payt Huzo’a qabilasidan bir odam uchrab qoldi.
— Menga xolis bir xizmat qilmaysanmi? — deb so‘radilar Rasululloh (s.a.v.).
—   Bajonudil, — dedi yo‘lovchi.
—   U holda Makkaga borginda, Axnas ibn Shariqni top. Muhammad ibn Abdullohning yonidan kelayotirman, «Rabbim jo‘natgan din va payg‘ambarlik vazifasini ado etishim davomida meni o‘z himoyasiga olarmikan?» deb so‘radilar, degin.
Yo‘lovchi ketdi. Axnasni topib, bor gapni so‘zlab berdi. Axnas o‘zining boshqa qabiladan ekanini bahona qilib, uni quruq qaytardi. Yo‘lovchi qaytib kelganida, Rasululloh (s.a.v.) takror iltimos qildilar:
— Yana bir marta bormaysanmi men uchun? — «Mayli» javobini olgach, dedilar: — Suxayl ibn Amrni top, o‘sha gaplarimni unga bildir.
U yana Makkaga bordi va yana quruq qaytib keldi. Suxayl ham «Amr ibn Luay nasliga mansub kishilar Ka’b naslidan bo‘lganlarni himoya qilolmas», degan javob bilan bu taklifni rad etgan edi.
Haligi odam uchinchi marta ham Makkaga borib kelishga rozi bo‘ldi va bu safar Mut’im ibn Odiynikiga bordi. Mut’im bu taklifga rozi bo‘ldi.
Tong otgach, Mut’im qavatiga o‘g‘illarini olib, barchalari qurollangan holda Hiro tog‘i etaklariga keldi va Rasulullohni (s.a.v.) boshlab, Makka sari yo‘l oldi. Shaharga kirganlarida yo‘llarini Abu Jahl to‘sdi:
— Muhammadning diniga kirdingmi yoki uni himoyangga oldingmi? — deb so‘radi.
—   Diniga kirmadim, himoyamga oldim. Abu Jahlning afti burishdi.
—   O’t u holda, — dedi to‘ng‘illab.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:35:44
BUYUK DA’VAT VA TASALLI
(Me’roj)

Rajab oyining yigirma oltinchi kunidan yigirma yettinchi kuniga o‘tar kechasi. Rasululloh (s.a.v.) uchun bu kun g‘oyat qayg‘uli bir tarzda o‘tayotgan edi. Amakilari va suyukli xotinlarining birinketin o‘limi, Toifdan Makkaga alamli qaytish va makkaliklarning behisob xunrezliklari...
Azbaroyi yuraklari siqilganidan o‘sha kecha uyga ham bormadilar. Ka’baning «xotiym» nomi berilgan yarim devorli qismida yotib qoldilar.
Jabroil (a.s.) uyg‘otganida, u keltirgan xabardan
Rasululloh (s.a.v.) benihoya quvonib ketdilar, qattiq hayajonga tushdilar. Buyuk Olloh u kishini malaklar dunyosiga sayohat qildirishni iroda etgan edi.
Sayyidul avvalin va oxirin payg‘ambarimizning ko‘ksilarini Jabroili amin yordi; muborak yuraklari zamzam suvi bilan yuvildi, imon va hikmat nuri ila yo‘g‘rildi, so‘ngra yana berkitib qo‘yildi.
«Biz sening ko‘ksingni ochib, kengaytirmadikmi? Sendan vujudingni bemador qilgan, belingni bukkan og‘ir yukni olib tashladik, shonsharafing va martabangni yuksaltirdik...» oyatlarida ushbu hol aks ettirilar ekan, bundan payg‘ambarlar sultoni o‘sha kunlarda nihoyatda tushkunlikda yurganlari ham ochiq ko‘rinib turardi.
Eng ulug‘ va beqiyos iltifot eng mashaqqatli kunlarga to‘g‘ri kelgan, mushriklar ozor bergan ko‘ngil ko‘ngillarning yaratuvchisi Buyuk Ollohning bu taklifi bilan orom olgan, yana qayta huzurhalovat topgan edi.
Ehtimol «ko‘ksini yorish» kabi g‘aroyib hodisa Sultoni anbiyoni (s.a.v.) mazkur safarga tayyorlagan quvvat muolajasi bo‘lgandir. Shu kungacha ko‘rmagan olamlarni sayr etib tomosha qiladilar, birovning xayoliga kelmaydigan hodisalarning guvohi bo‘ladilar.
Jabroili amin «Buroq» ismli bir otni ham yetaklab kelgan edi. Benihoya darajada uchqur va chopag‘on bo‘lgan bu ot eshakdan xiyla balandroq, oddiy otlardan bo‘yi xiyla pastroq bir hayvon edi.
Bir zumda Quddus shahriga yetib borishdi. Baytul Maqdis shu yerda joylashgan bo‘lib, payg‘ambarlarning ruhlari shu yerda bu zoti sharifni kutib olishga to‘plangan edi.
Payg‘ambarlar jamoat bo‘lib, Rasulullohning (s.a.v.) imomliklarida ikki rakat namoz o‘qishdi. Azalda Imomilanbiyo val mursalin bo‘lishi taqdir qilingan Ulug‘ Payg‘ambarga (s.a.v.) bog‘lilik shu tariqa namoyish etilgan, u zotning ortlaridan saf tortib payg‘ambarlar imomi ekanliklari qabul etilgan va tasdiqlangan edi.
Bu payg‘ambarlarning har biri ummatlariga, agar o‘sha zamonga yetsalaringiz, Rasulullohga (s.a.v.) imon keltiringlar, deb tavsiya etishgan va buyurishgan edi. Bu tavsiyaga ma’no olamida, ularning o‘zlari ham sodiq bo‘lib qolganlaridan dalolat berardi bu namoz... U zotni eng ulug‘ yo‘lboshchi deb tan olganlari shu yo‘sinda ifoda etildi.
Shundan keyin Rasululloh (s.a.v.) «me’roj» nomi berilgan ishga binoan ko‘kka yuksala boshladilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:36:18
Payg‘ambarimiz (a.s.) bu haqda hikoya qilar ekanlar: «Men me’rojdan go‘zalroq, ko‘z qamashtiradigan g‘aroyibroq narsani ko‘rmadim. Sizlardan vafot etadigan kimsalar uni ko‘rishga muvaffaq bo‘ladilar, o‘lganlar unga tikilganlarida hayronu lol qoladilar», degan edilar.
Qur’onda ushbu ilohiy safar haqida shunday deyiladi:
«(Olloh) bir kecha, o‘z bandasi (Muhammad)ni unga oyatmo‘‘jizalarimizdan ko‘rsatish uchun (Makkadagi) Masjidil Haromdan (Quddusdagi) Biz atrofini barakotli qilib qo‘ygan Masjidil Aqsoga sayr qildirgan (barcha aybu nuqsondan) pok Zotdir. Darhaqiqat, u eshitguvchi, ko‘rguvchi zotdir».
Dunyo samosiga yetib borganlarida, Jabroil bir eshikni taqillatdi.
—   Kim u?
—   Jabroilman.
—   Yoningdagichi?
—   Muhammad Rasulullohdir (s.a.v.).
—   Unga taklif yuborildimi?
—   Ha.
Eshik ochildi, ichkariga kirdilar.
Rasululloh (s.a.v.) u yerda o‘tirgan odamni ko‘rdilar. O’ng va chap tomonida qandaydir sharpalar bor edi. O’ng tomoniga qaragan payti mamnunlik bilan kulimsirar, chap tomoniga qarasa, qayg‘uga berilar va yig‘lar edi. Nabiylar sarvarini (s.a.v.) ko‘rgach:
— Marhamat qil, ey solih Payg‘ambar, solih o‘g‘il,—deb qarshilariga peshvoz chiqdi.
Rasululloh (s.a.v.) Jabroildan «Bu kim?» deb so‘radilar.
— Bu Odamdir. Yonidagi sharpalar uning nasliga mansub insonlardir. O’ng tomondagilar jannati, chap tomondagilar esa, do‘zaxi kishilardir. O’ngga qarasa, jannati avlodlarini ko‘radi, mamnun bo‘lib kulimsiraydi, chop tomonga qarasa, do‘zaxilarni ko‘radi, qalbi g‘am-g‘ussaga to‘ladi va yig‘laydi.
Rasululloh (s.a.v.) Odam alayhissalom bilan xayrlashib, u yerni tark etdilar. Ikkinchi osmonga ko‘tarildilar.
Har osmonning kirish darvozasi oldida dunyo osmo
niga kirishdan oldin bo‘lib o‘tgan savoljavob takrorlanar, so‘ngra eshik ochilar edi.
Ikkinchi osmonda Yahyo va Iso payg‘ambarlar bilan,
Uchinchi osmonda Yusuf payg‘ambar bilan,
To‘rtinchisida Idris payg‘ambar bilan,
Beshinchisida Horun payg‘ambar bilan,
Oltinchisida Muso payg‘ambar bilan,
Yettinchisida Ibrohim payg‘ambar bilan uchrashdilar (alayhimussalom).
Jabroili amin yo‘llarida duch kelgan har bir payg‘ambarni alohidaalohida tanitar, ular ham o‘z navbatida:
— Xush kelibsan, ey qadrli qardosh, suyukli Payg‘ambar! — deya salomalik qilishar edi.
Yettinchi qavat osmondan keyin Rasululloh (s.a.v.) shunday bir olamga chiqarildilarki, «Na makon bor unda, na tuproq va na samo» deya ta’riflanadigan, yana ham to‘g‘rirog‘i, ta’rifiga so‘z ojiz bo‘lgan bir olam...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:36:39
«Sidratul muntaho» deb ataluvchi maqomga keldilar. Hech kim ko‘rmagan, bilmagan bu ilohiy olam haqida hikoya qilar ekanlar, payg‘ambarimiz: «Sidratul muntahoni shunday ranglar qamrab olgan ediki, buni oddiy so‘zlar bilan tasvirlab berolmayman», degan edilar.
O’sha yerda Jabroili amin Nabiyyi akmalga (s.a.v.) yana bir bor asl qiyofasida ko‘rindi. Payg‘ambarimiz uni bu qiyofada ilk bor Hiro tog‘idan Makkaga qaytayotganlarida ko‘rib, juda qo‘rqib ketgan edilar. Lekin bu safar Rasululloh (s.a.v.) qo‘rqmadilar. Ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan bu azimlik Buyuk Ollohning yaratgan qullaridan biriga xos edi, xolos.
Oddiy bir inson Jabroilni mana shunday qiyofada ko‘rishini tasavvur ham qilolmaydi. Jabroilning azamatini takdirlashdan ojiz bo‘lgan inson Buyuk Ollohning azmini anglashi, tasavvur doirasiga sig‘dirishi aslo mumkin emas. Bandasiga faqat ojizlik ila sajda qilish buyurilgan xolos.
Ushbu me’roj kechasida Rasululloh (s.a.v.) jannat va jahannamni ko‘rdilar, u yerda mukofot oladigan va jazo tortadigan insonlarga guvoh bo‘ldilar.
Shunishdek, mazkur kechada Robbul Olamiyn suyukli payg‘ambarini huzurida qabul etdi. Ta’rifga sig‘maydigan g‘aroyib damlar edi bu. Nabiyyi akram (s.a.v.) Buyuk Ollohni ko‘rish va u bilan yuzmayuz suxbatlashish sharafiga muyassar bo‘ldilar.
Bu uchrashuvda nimalar suxbatlashilgani haqida ortiqcha ma’lumot yo‘q. Lekin bu uchrashuvdan payg‘ambarimiz kuniga ellik marta namoz o‘qish vazifasini olib, u Oliy dargoxni tark etdilar. Qaytishlarida Hazrati Muso (a.s.):
— Men Isroil o‘g‘illarini bu masalada yetarli darajada sinab ko‘rdim. Qayt Rabbingning oldiga, bu namozlarning bir qismini kamaytirishini so‘rab yolvorgin,— dedi.
Haq taologa qilingan iltijo oqibatida o‘n vaqt namoz ato etildi. Hazrati Muso takror yuqoridagi gaplarni yodlariga soldilar, Rasululloh (s.a.v.) qayta iltijo qildilar. Shu zaylda dastavval kuniga ellik marta o‘qilishi buyurilgan namoz takrortakror niyozlar tufayli besh vaqt o‘qilishi farz etilib tasdiqlandi. So‘ngra Janobi Haqdan bunday xitob keldi:
«Ye Muxammad, bu bir kechakunduzda o‘qiladigan besh vaqt namoz ellik vaqt namozga teng bo‘ladi. Ya’ni, har bir o‘qilgan namozga o‘n namoz savobini ato eturman. Shuningdek, bandalarimdan kim bir yaxshilik qilishga azm etib, uni ado eta olmasa, bir savob, ado eta olsa, o‘n savob ato qilurman. Endi kim biron yomon ishni — gunohni qasd qilsayu, uni amalga oshirmasa, u kishiga gunoh yozilmas, agar o‘sha yomon niyatini amalga oshirsa, bir gunoh yozilur».
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:37:14
* * *
Hazrati Muso (a.s.) bilgan narsa Rasulullohga (s.a.v.) ma’lum emasmidi? Ellik ikki yoshga kirgan, hayotda ko‘pgina tajriba orttirgan va keyingi o‘n yil ichida turlituman yaxshiyomon kishilar bilan yuzmayuz bo‘lgan va, bundan tashqari, Buyuk Olloh tomonidan mustasno bir qobiliyat egasi etib yaratilgan Nabiyyi muhtaram hazratlari (s.a.v.) ellik vaqt namoz o‘qish insonlarga og‘ir va malol kelishini bilmasmidilar?..
Bu voqelikni bir jilvayi Rabboniy sifatida baholash joizdir. Ya’ni, Rabbimizning qudrati va cheksiz marhamatini yana bir bor namoyon etishi deb tushunish to‘g‘riroq bo‘lsa kerak. Qolaversa, ikkinchi tomondan, bu hodisa insonlarga avval o‘tgan ajdodlarining tajribasiga tayanish lozimligini yana bir bor uqtiradi. Olloh taoloning dastlab ellik vaqt namozni farz etib tayinlashi, so‘ngra bir evaziga o‘n mukofot tamoyiliga ko‘ra, uni ellik vaqtdan besh vaqtgacha tushirishi ham ayni jilvayi Rabboniy doirasiga kiradi.
Bu muhim safarning Rasulullohga (s.a.v.) eng og‘ir damda, qattiq tushkunlikka tushgan chog‘larida qildirilgaii va o‘sha kecha oddiy so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan g‘aroyib safardan yangi va pokiza bir ruh, tuganmas bir g‘ayratshijoat va quvvat bilan qaytganlari shubhasizdir. Rasululloh (s.a.v.) o‘sha kecha Olloh taoloning jamolini to‘yibto‘yib ko‘rib olganlari ham aniq. Lekin «Payg‘ambarimiz Janobi Haqni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish uchun yetti qavat osmonni, jannatni va jahannamni oshib o‘tdida, so‘ngra Olloh taoloning ko‘shkiga yetdi...» tarzidagi fikr va tushunchaga berilmaslik darkor.
Payg‘ambarimiz o‘sha kecha butun osmon qavatlarini oshib o‘tgan, jannatlarni sayr qilgan, behisob darajada hikmat va g‘aroyibotga to‘liq hodisalarni ko‘rgan, tomosha qilgan edilar. Ammo bular alohida voqelik. Olloh gaoloni ham o‘sha kechada ko‘rganlari esa, alohida bir voqelikdir. Olloh taoloni ko‘rish uchun albatta safar qilishlari, ma’lum bir masofani bosib o‘tishlari lozim emas edi.
«Bu uchrashuv nima uchun me’roj kechasiga to‘g‘ri keldi?» degan savolning javobi yolg‘iz Ollohga ma’lumdir. Bizlarga bu mavzuda fakat «Olloh xohlaganini qiladi va qilgan ishi uchun hech kimning oldida javobgar bo‘lmaydi», deyish joizdir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:37:44
* * *
Rasululloh (s.a.v.) o‘sha kecha takror Masjidi Aqsoga qaytdilar. Yana Buroq vazifaga chaqirildi. Yana o‘sha tezlikda Makka sari yo‘l olindi.
Dajnon deb ataluvchi joyga kelganlarida tanish bir karvonga duch keldilar. Karvondagilar yerga cho‘zilib uxlab krlishgan edi. Og‘zi bog‘log‘liq meshlarida suv bor ekan, Rasululloh (s.a.v.) ulardan birining meshini ochib, suvidan ichdilar va yana qayta berkitib, yo‘lda davom etdilar.
Safar Makkada, boshlangan joyida tugadi.
Ba’zi bir rivoyatlarda bu safar Abu Tolibning qizi va Alining opasi Ummu Xoniyning uyidan boshlangani va yana shu yerda tugagani naql qilinadi.
O’sha kechaning tongi...
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) masjidda o‘tirar edilar.
Yonlariga Abu Jahl keldi va odatdagidek shilqimlik qila boshladi:
—   «Buyuk dargox»dan qanday xabarlar bor, do‘stim? Rasululloh (s.a.v.) jiddiy tarzda javob qildilar:
—   Bugun kechasi safarda bo‘ldim.
—   Ie, qanaqa safarda?
—   Quddusga, Aqso masjidiga borib keldim. Abu Jahl qahkaha otdi.
— Bir kechada shuncha uzoqqa borib, yana qaytib kelishga xam ulgurdingmia?
— Xuddi shunday.
Abu Jaxlning miyasiga bir fikr urildi. Ajoyib bir fursat, deb o‘yladi.
— Juda soz, bu so‘zlarni qavming oldida qaytarishga jur’at qila olasanmi?
— Albatta.
Abu Jahl tuyqus xazina topgan odamday, bor kuchi bilan bakira boshladi:
— Bu yoqqa kelinglar, ey Bani Ka’b ibn Luay, kelinglar, ey qurayshiylar!..
Biri xaqiqat, boshqasi jaholat vakili bo‘lgan bu ikki kishining yonma-yon turganiii ko‘rganlar ularning qoshlariga to‘plana boshlashdi. Abu Jahl jangda rakibini yenggan jo‘jaxo‘rozdek kerilib turardi. Hech bo‘lmaganda, zavqli bir sahna sodir bo‘ldiku, deb o‘ylardi.
Nihoyat gavjum bir xaloyiq to‘plandi. Masjidi Haramning ubu burchagida o‘tirganlar ham yugurib kelishdi. Oralarida mo‘minlar ham bor edi, mushriklar ham. Har ikkala tomon ham manamana sodir bo‘ladigan voqeani zo‘r hayajon bilan kutib turardi.
— Qani, hozirgina menga aytgan gaplaringni qaytarchi!.. — Abu Jahlning ovozida «Mard odam so‘zidan qaytmas» shaklidagi manmanlik ifodasi bor edi.
Nigohlar nuroniy payg‘ambarimizga qadaldi. U zoti sharif (s.a.v.) yana o‘ta jiddiy va vazmin ohangda:
— Bu kecha sayohatga chiqarildim. Aqso masjidiga borib keldim, — dedilar.
Abu Jahlning ko‘zida zafar uchqunlari porladi.
— Ya’ni, Quddusga borib ke.vdim, demoqchi, — deya hayqirdi. So‘ng Rasulullohga o‘girildi: — Shunday emasmi?
— Xuddi shunday!
Abu Jahl kechirilmas bir gunoh ish qilib qo‘ygan jinoyatchini qo‘lga tushirgan kuchli bir qo‘mondon kabi:
— Xo‘sh, bu yolg‘onga bizni qanday ishontirmoqchisan? —dedi, so‘ngra atrofda to‘planib turgan xaloyiqqa o‘girildi: — Shu yolg‘onga ishonadigan kishi bormi?!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:38:23
Har holda, ozgina bo‘lsada, durustroq fikrlaydigan, masalani hartomonlama oydinlashtirishni istaydigan bir kishi bor ekan, o‘sha taklif kiritdi:
— Oramizda Quddusga borib kelgan odamlar bor, uning gapi to‘g‘rimiyolg‘onmi ekanini o‘shalar tasdiqlaydi... Endi bizga Aqso masjidini ta’riflab ber.
Rasulullohning (s.a.v.) shu kungacha Quddusga bormaganlarini hamma besh qo‘lday bilardi. Mushriklarning fikricha, bu kecha Quddusga borib keldim, degan da’vo mana endi puchga chiqajak, yolg‘on gapirgani ma’lum bo‘lajak edi.
Bu taklif hammaga ma’qul tushdi. Bormaganko‘rmagan bo‘lsa, u yerni kanday qilib ta’riflab berardi? Borgan bo‘lsa, ko‘rishi, ko‘rgan bo‘lsa, ta’riflab berishi lozim.
Ammo Rasululloh (s.a.v.) Aqso masjidiga va Quddusga tomosha uchun bormagan edilarku? Na Aqsoga chuqurroq razm soldilar, na Quddusni tomosha qildilar — bu ham bir haqiqat edi.
Lekin Buyuk Olloh rasulini shunday vaziyatda yordamsiz qoldirarmi?
Bir zumda Rasululloh (s.a.v.) ko‘z o‘nglarida Aqso masjidi gavdalandi. Xuddi qarshidagi devordan beriroqda in’ikos etayotgandek edi. Muborak ko‘zlari Aqso masjidida, tillari esa, ko‘rganlarini birmabir hikoya qilib bera boshladi.
Quddusga ko‘pchilik borib kelgan, hammasining o‘ziga yarasha taassuroti, xotirasi bor edi. Aqso masjidining ko‘rinishi haqida savolga tutishdi. Biri eshigi haqida so‘rasa, boshqasi devorlari, devordagi naqshlari haqida so‘rar, yana biri yonatrof haqida surishtirar edi. So‘ralgan joylar darhol Rasulullohning (s.a.v.) ko‘z oldilariga keltirilar, xuddi oyinada ko‘rib turganday javob qilar edilar. Nihoyat savoljavob tugadi.
— Hammasini to‘g‘ri ta’riflading, ey Muhammad! Xudo haqqi, juda to‘g‘ri! — deb tan berishdi imtihonchilar.
Abu Jahlning yuragi siqilib ketdi, terlar peshonasidan oqardi. Yuz karra aniq zafar endi qo‘lga kiray deb turganida birdan mag‘lubiyatga uchrashning ta’siri edi bu.
Ammo yuragi siqilgan faqat Abu Jahl emas edi. Abu Lahab, Nadr ibn Horis, Umayya ibn Xalaf ham xuddi shunday holatda edilar. Quddusga bormagani aniq bo‘lgan bir kishi bir kechada shu yoqqa borib kelganini da’vo qilsa va undan oldin boribkelganlarning shu mavzudagi savollariga mufassal javoblar bersa, kim nima ham deya olardi?
—   Bu yerdan Quddusgacha tuyada bir oylik yo‘l, kaytishga yana bir oy ketadi. Inson qanaqasiga bir kechada borib kela oladi? — deb yelkalarini qisishar edi.
—   Hoy birodarlar, mening bir fikrim bor, — deb baqirdi kimdir. Hamma unga qaradi. — Bizning Shom yo‘lida karvonlarimiz bor. Modomiki Aqso masjidigacha borib kelganini da’vo qilar ekan, bizga o‘sha karvon haqida ma’lumot bersin.
Rasululloh (s.a.v.) hech taraddudlanmay javob bera boshladilar:
— Yo‘lda ketayotganimda falonchilarning karvoniga duch keldim. Bitta tuyalari qochgan ekan, uni qidirishayotgan edi. Ularga xitob qilib, tuyalarining turgan joyini ko‘rsatdim. Qaytayotganimda Dajnon vodiyida falonfalonlarning karvoniga duch keldim. O’zlari uxlab
yotgan edilar. Og‘zi bog‘liq bir meshdagi suvlarini ichib, og‘zini yana mahkamlab qo‘ydim.
— Xo‘sh, ular Makkaga qachon yetib kelishadi?
— Erta tongda, ayni quyosh chiqqan daqiqada Tan’im tepaligi tomondan shaharga kirishadi. Oldilarida kulrang bir tuya bo‘ladi, uning bir tomoniga oq, ikkinchi  tomoniga qora tusli yuk ortilgandir...
Tabiiyki, bu xabar aql bovar qilmaydigan bir xabar edi. Bu ma’lumotni payg‘ambarimizga Jabroili amin yetkazgan edi.
Mushriklar bir oz yengil tortganday bo‘lishdi.
Chunki quyosh chiqar ekan, u bergan ma’lumot bilan haqiqatda ro‘y beradigan voqelik orasida hech yo‘q ozgina farqi bo‘lar, axir. Karvon yo quyosh chiqqanidan keyin, yo oldin kelishi mumkinku! Hamma narsa soniyasoniyasigacha to‘g‘ri kelishi amri mahol emasmi?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:38:46
* * *
Hazrati Abu Bakrning eshigi xuddi birov tepayotganday qattiq taqilladi. Sapchib o‘rnidan turib eshikni
ochdi. Kelgan odam hovliqqanicha, nafasi bo‘g‘ziga tiqilguday bo‘lib yangilikni so‘zladi:
— Anavi jodugar do‘sting, bu kecha Aqso masjidiga borib keldim, deb da’vo qilmokda.
—   Ya’ni, Ollohning rasuli Muhammadmi (s.a.v.)?!
—   Ha.
— Juda to‘g‘ri gapiribdi. U hech qachon yolg‘on da’vo bilan chiqqan emas.
Xabarchining kutgani boshqacha munosabat edi. Abu Bakrning so‘zlari uni dovdiratib qo‘ydi. Qaytib ketar ekan, quloqlariga ishonmasdi. «Bunchalik bo‘lishi mumkin emas...» der edi o‘ziga o‘zi.
Ushbu voqea Hazrati Abu Bakrga abadiyatga qadar faxrli bir laqab berilishiga sababchi bo‘ldi. Endi u kishini to qiyomatgacha barcha mo‘minlar «Abu Bakr Siddiq» deb atay boshlaydilar. Bu laqabni unga Nabiylar sarvari berdilar. «Juda to‘g‘ridurust inson» degan ma’noni bildirar edi bu muborak so‘z!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:39:54
* * *
Tongsaharda anchamuncha mushriklar Tan’im yo‘liga karvonni kutib olish uchun chiqishdi. Yana ham to‘g‘rirog‘i, «Yo‘lovchilar kun chiqqanida keladi», shaklida berilgan xabarni chippakka chiqarmoqchi edi ular.
Shafaq oqara boshlagan, yuzlarda hayajon ifodalari sezildi. Yuraklar har doimgidan ham tezroq ura boshlagan, odamlar asabiy va sabrsiz.
— Menga qolsa, shu gal ish tamom, — dedi kimdir.
— Hech yo‘q birikki soniyaga farq qilar, axir, —dedi boshqasi.
— Ana undan keyin ko‘rasan Amr ibn Hishomning qanday intiqom olishini.
— Endi uni himoya qiladigan Abu Tolib ham yo‘q. Shu tarz gapso‘z davom etar ekan, oralarida umidsiz bo‘lganlar ham bor edi.
— Hecham qo‘lidan kelmaydigan bir ishni buyuraylik, deb rosa bosh qotirgan kunlarimizni unutdilaringmi? Ko‘kdagi oyni ikkiga bo‘lganinichi? Hoy birodarlar, sharmanda bo‘lib qolmaylik tag‘in. Kutilgan vaqt yaqinlashganida, ikki kishi baland joyga chiqarildi. Biri kunchiqar tomonni, ikkinchisi Tan’im yo‘lini kuzatib turishdi. Kim ko‘rsa, shu zahoti baqirib xabar berishi kerak edi.
Abu Jahl sabrsiz, ba’zan boshini ko‘tarib haligilarga qaraydi:
— Nima gap? — deb so‘raydi.
— Hech nima ko‘rinmayapti, — degan javob uni battar bezovta qiladi.
Kun chiqishiga daqiqalar ham emas, soniyalar qoldi. Abu Jahl so‘nggi marta yuqoriga qaradi. Yo‘lpoyloqchining ko‘zlari olisda, tinimsiz tikiladi. Ko‘rsa, albatta, darhol javob berardi.
— O’zingni bos, — dedi Umayya Abu Jahlga, — bu safar biz albatta g‘alaba qozonamiz!
Ubay ibn Xalaf uning fikrini tasdiqladi:
— Mana, quyosh ham chiqay deb qoldi. Shu paytgacha kelmagan karvon to‘satdan kelib qolarmidi?..
Quyosh har doimgiday o‘z vaqtida chiqishga, karvon ham Makkaga bir daqiqa bo‘lsada, oldinroq yetib olishga shoshilishar, quyosh ham, karvon ahli ham ulkan bir da’voning isboti yo inkori uchun musobaqalashayotganlaridan o‘zlari bexabar edi.
Rasululloh (s.a.v.) payg‘ambarlik vazifasini bergan Buyuk Ollohning yordamiga ishonar, rasulini yolg‘onchi qilmasligiga amin edilar. Har daqiqa, har soniyada eng pokiza minnatdorlik tuyg‘ulari bilan Rabbiga yo‘nalgan qalblari ushbu damda yana Unga, faqat Unga iltijo qilar edi. Quyoshni yaratgan U, dunyoni yaratgan U, har ikkalasiga O’zi istagan nizomni bergan ham Udir. Iroda etmasa, karvon yurolmas, Uning irodasisiz to‘xtamas. Borishni istagan joyiga, U xohlagan paytdan oldin yoki keyin borishi ham mumkin emas.
Abu Jahl va uning hamtovoqlari qanchalik sabrsiz va bezovta bo‘lsalar, Rasululloh (s.a.v.) shunchalik vazmin va xotirjam edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:40:55
Quyoshning ilk nurlari porlaydigan soniyalar keldi. Abu Jahl hamon sokin turgan Rasulullohga (s.a.v.) qaradi.
— Mana endi seni yo‘q qilaman! — deya ming‘irladi. — Qolaversa, bu safar yoningda shu paytgacha himoya qilib kelgan anavi nodon, o‘jar amaking ham bo‘lmaydi.
Tishlarining orasidan ilonning zahari kabi sochilgan bu so‘zlarni Rasululloh (s.a.v.) eshitmadilar. Chunki ushbu damda yo‘lpoyloqchilar birdan baravariga baqirib qolishgan edi.
— Nima gap, ey falonchilar?
Endi ikkalasi alohidaalohida javob berdi:
—   Kun chiqdi!
—   Karvon ko‘rindi!
Axnas ibn Shariq qo‘lidagi hassasini bor kuchi bilan yerga urdi.
— Bunday tole’ning... — deb boshlangan so‘zlarini uyatsiz so‘kinish bilan tugatdi.
Mo‘minlar xursandlikdan yig‘lab yuborishdi, Rasululloh (s.a.v.) bilan birgalikda Ollohga hamdu sanolar ayta boshlashdi.
Ulug‘ Umar Abu Jahlga yaqinlashdi:
—   Endi imon keltirishing kerak, ey Amr, — dedi.— Muruvvatli iison bundan boshqacha yo‘l tutmas.
—   Daf’ bo‘l, Umar, hozir sening gaplaringni tinglaydigan xolim yo‘q.
— Xo‘sh, daf’ bo‘lmasam, nima qilarding?!
Bu ovoz Umarning olov sachragan ko‘zlari ifodasi edimi yoki kufrga qarshi bitmas-tugunmas bir kin va intiqomga to‘liq yuragidan otilib chiqqanmidi?
Abu Jahl 6u ko‘zlarga bir soniyagina tikilib turdi, so‘ng Umar bilan yakkamayakka olishib ko‘rsammikan, degan o‘y yashin tezligida miyasidan o‘tdi. Ammo...
«Shu bor obro‘yimni ham yo‘qotmay tag‘in» deganday, mag‘lub nigohlari yerga qadaldi. Oyoqlari uni orqaga tortdi.
Mo‘minlarga Olloh hadya etgan buyuk imon timsoli bo‘lmish Umar mustahkam bir qal’ani yodga soluvchi gavdasi bilan Islom zafarini namoyish etib turar edi. Eshitganlarni titroqqa soladigan gulduros bir ovozda:
— Xo‘sh, endi nima deysizlar? Yana birontangiz qarshi chiqasizmi? — deb hayqirdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:41:09
Hech kimdan sado chiqmadi. O’zaro pichirlab: «Bunchalik bo‘lishi mumkin emas axir...» deganlar bo‘ldi.
Biroq berilgan xabarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi hali to‘la aniqlanmagan edi. Bir muddat kutib turishdi. Karvon kela boshladi. Nigohlar eng oldindagi tuyaga qadalgan. Oldinda kulrang bir tuya edi, ikki yonboshida oq va qora — ikki qop yuk.
Karvondagilar, bizlarni kutib olishga chiqishibdi, deb o‘ylashdi. Asl maqsadlarini bilishmasdi. Shuning uchun:
— Kelishimizni qayokdan bilaqoldinglar? — deb so‘rashdi. Savollari savol bilan qarshilandi:
— Kecha qaerda to‘xtab hordiq chiqardingizlar?
— Dajnon vodiyida, — deb javob qildi karvon ahli.
—   Obbo shayton tushmagurey!
—   Nima bo‘ldi?
—   Nima bo‘lgani bilan ishlaring bo‘lmasin. Shundan keyin:
—   Oralaringda bir ichim suvi o‘zidan o‘zi g‘oyib bo‘lib qolgan kimsa bormi? — deb so‘rashdi.
—   Ha, menman o‘sha suvsiz qolgan odam. Yotishdan oldin meshimda aniq suv bor edi, ertalab turib icharman, deb o‘ylovdim. Ertalab qarasam, suv yo‘q. Ammo meshning og‘zi berk. Birodarlarimdan so‘rabsurishtirdim. Hech kim, «Men ichuvdim», demadi. — Bo‘lib o‘tgan voqealarni bir-bir so‘zlab bergach, atrofiga hayron boqdi: — Nimalar bo‘lyapti o‘zi, bizga bunday tushuntirib bersalaringizchi, — dedi.
Abu Jahl asabiy bir ovozda g‘o‘ldiradi:
— Jodugarlik tajribalarini o‘tkazyapmiz. Dunyoning eng mashhur jodugari o‘zimizning qabiladan chiqdi. Ha...
Haqni ko‘rish va his etishdan mahrum bu kishilar, shunchalar ochiq-oydin mo‘‘jizani ham, har doimgiday, «sehrjodu» deyishdan nariga o‘tmagan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:43:34
* * *
Sayyidul anbiyo (s.a.v.) janoblari bir kechada Aqso masjidiga borib kelganlarini so‘zlab bergach, kofirlarning gumrohligi yanada ortgani, hatto imon keltirganlardan ba’zilari ham: «Bunaqasi bo‘lishi mumkin emas», deya dindan chiqib ketganlari rivoyat qilinadi. (Ibn Kasir. «Siyar», 2/96. 112)
Ammo dinidan qaytganlarning ismlari saqlanib qolmagan.
Faxri Koinotning (s.a.v.) shu kungacha bergan har bir xabarlarini ma’qullab, tasdiqlab kelgan va bu yo‘lda xar kanday jabrzulmga mardlarcha ko‘krak kergan mo‘minlarning payg‘ambarimiz bir kechada Aqso masjidiga borib kelganlarini aytganlari uchungina u kishining dinlaridan chiqib ketishi bo‘lmag‘ur gap. Qolaversa, Rasuli akram (s.a.v.) bu safarni tasdiqlovchi ochiq-oydin dalillarni keltirganlar, bunga hatto Abu Jahldek ashadiy mushriklar ham e’tiroz bildira olishmagan.
Rasuli muhtaram (s.a.v.) o‘zlaridan so‘ralgan savollarga javob bera olmay qolganlarida ham boshqa gap edi. O’shanda, ba’zi mo‘minlar dinidan qaytdi, deyishning ma’nosi bo‘lar edi.
Ustigaustak, karvonning yetib kelar vaqti haqidagi xabarlarining to‘g‘ri chiqishi, munkirlar ham imonga kelishlariga arzigulik voqea edi.
Me’roj hodisasidan keyin mo‘minlar kuniga besh vaqt namoz o‘qiydigan bo‘lishdi.
Bundan oldin ular kuniga atigi ikki mahal — kun chiqishi va kun botishidan oldingina namoz o‘qishar edi.
Rasululloh (s.a.v.) o‘sha kechadan e’tiboran har galgi namozlarida o‘sha g‘aroyib safarning — Mavlo huzuriga borishning ma’naviy huzurini tuyadigan bo‘ldilar. Har namoz u zot uchun o‘ziga xos bir me’rojga aylandi.
Xolis niyat ila Parvardigori huzurida qoim bo‘ladigan har bir mo‘min uchun ham namoz bir me’rojdek bo‘lib qoldi.
Rasulullohning (s.a.v.) g‘aroyib safarlari ro‘y bergan me’roj kechasi haqida Isro surasida hikoya etiladi. Shuningdek, mo‘minlar rioya qilishlari zarur bo‘lgan diniy va axloqiy hukmlar ham shu surada keldi.
Olloh taolodan o‘zga hech bir narsani iloh qilmaslik zarurligi yana bir bor takrorlangach, otaonaga hurmatda bo‘lish, qarindosh-urug‘, qo‘niqo‘shni va musofirlarga yordam berish, farzandlarni kambag‘allikdan qo‘rqib o‘ldirishdan tiyilish, zinodan uzoq yurish, odam o‘ldirmaslik, yetimning haqini yemaslik, tarozidan urmaslik, xoksor bo‘lish va kibru havoni tark etish kabi hukmlar bayon qilindi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:44:55
* * *
Mushriklar bilan musulmonlar orasidagi ziddiyat shu darajaga yetdiki, natijada hazrati Abu Bakr (r.a.) ham Makkani tark etishga qaror berdi. Mushriklar uni o‘z holiga qo‘ymas, tinchgina toatibodat qilishiga ham yo‘l bermas edi.
Boshqa musulmon birodarlari kabi, Habashistonga hijrat qilmoqchi bo‘ldi. Vaziyatni Rasulullohga (s.a.v.) tushuntirdi. Ijozat olgach, safar xaltasiga kerakli mikdorda oziqovqat soldida, Makkani tark etdi. Qalbi g‘am-g‘ussaga to‘lgan, nihoyatda parishon edi.
Barqul g‘amodga yetib borganida Qora xalqining yo‘lboshchisi Molik ibn Dag‘innaga duch kelib qoldi. Azaldan bir-birlarini tanishar edi.
— Yo‘l bo‘lsin, yo Abu Bakr? — deb so‘radi Molik ibn Dag‘inna.
—   Habashistonga ketyapman.
—   Ha, yaxshi. Unda mol-mulking qani?
—   Tijorat uchun borayotganim yo‘q...
Hazrati Abu Bakr bor gapni qisqacha so‘zlab berdi. Ibn Dag‘inna diqqat bilan tinglar ekan, yuragida e’tiroz tug‘ildi.
— Yo Abu Bakr, sendek mo‘‘tabar zot shunday bir arzimas sabab bilan vataningni tark etib chiqib ketishing to‘g‘ri emas. Haydab chiqarishlari ham insofdan emas. Sen kambag‘allarga yordam qo‘lini cho‘zadigan, qarindosh-urug‘lik aloqalarini hurmat etadigan, mazlumlarning og‘irini yengil qiladigan, musofirga izzatikrom ko‘rsatadigan olijanobinsonsan. Men seni himoyaga olaman, qayt yurtingga! O’z shahringda Parvardigoringga xohlaganingday ibodat qilaver.
Birgalikda Makkaga qaytdilar. Ibn Dag‘inna qurayshiylar orasida so‘zi o‘tadigan, obro‘e’tiborli kishi edi. Quraysh zodagonlari bilan uchrashdi.
—   Abu Bakrday mo‘‘tabar bir odam vatanidan haydalmasligi kerak, — dedi.
—   Sen uni himoyangga olganingga, albatta, biz qarshi emasmiz, — deb javob qilishdi makkaliklar, — ammo bu masalada ba’zibir shartlarimiz bor.
— Xo‘sh, qanaqa shartlar ekan ular?
— Abu Bakr ibodatini uyida qilsin, namozni ham uyida o‘qisin, nima qilmoqchi bo‘lsa, uyida qilsin. Qisqasi, bizni bezovta qilmasin. Chunki xotinlarimizni, bola-chaqalarimizni bir baloga yo‘liqtirib qo‘ymasin, deb qo‘rqamiz.
Ibn Dag‘inna bu taklifga rozi bo‘ldi, hazrati Abu Bakr ham shartlarni qabul etdi. G’urbat ellarda hasrat chekib yurgandan ko‘ra, mana shunday shartlar ostida bo‘lsa ham Rasulullohning (s.a.v.) yonlarida qolish ma’qul edi unga.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:45:11
* * *
Bir kuni hazrati Abu Bakr uyining oldini masjidga aylantirishni o‘yladi. Shu yerda namoz o‘qiy boshladi.
Nozik tabiatli bir inson emasmi, abadiy mo‘‘jiza bo‘lgan Qur’oni karim go‘yoki uning qalbining teranliklariga inib borar va u yerdan totli ohang ila yo‘g‘rilib chiqib kelar edi. Ba’zan azob oyatlari uning ruhida g‘alayonlar ko‘tarar, Ollohning lutfu karamidan bahs etadigan oyatlar esa, jannat shabadalarini estirayotganday bo‘lar edi.
Mahalla bolalari uni tomosha qila boshlashdi, ayollar uning ko‘zyoshlarila, yoniq ovozla o‘qiyotgan Qur’oniga quloq tutadigan bo‘lib qolishdi.
Bu vaziyat qurayshiylarni betoqat qildi. Ayollar va bolalarga bu yoniq ovozning, bu ko‘zyoshlarning ta’sir etib qolishidan qo‘rqishdi.
Ibn Dag‘innaga xabar jo‘natishdi. U darhol yetib keldi va nima gapligini surishtirdi.
— Biz sening himoyangni tan olganmiz, ammo Abu Bakr uyida ibodat qilsin deb shart qilib qo‘ygan edik...— deya vaziyatni batafsil tushuntirishdi. — Yo Abu Bakr shartlarimizga amal qilsin, yoxud sen himoyangdan voz kech.
U Abu Bakrning uyiga kelib, qurayshiylarning xohishlarini anglatdi. Hazrati Abu Bakr uni noqulay ahvolga solib qo‘yishni istamadi.
— Menga Ollohning himoyasi kifoya, sening himoyangdan voz kechaman, — dedi.
Arablarning odatiga ko‘ra, birga Quraysh zodagonlarining huzuriga borishdi. Hazrati Abu Bakr Ibn Dag‘innaning himoyasidan o‘z ixtiyori bilan voz kechayotganini, bunda uning zarracha aybi yo‘qligini e’lon etdi.
Molik ibn Dag‘inna ko‘ngli xotirjam bo‘lib iziga qaytdi. Hazrati Abu Bakr uchun esa, yana eski — notinch, behalovat kunlar boshlandi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:45:25
BOZORLARDA QILINGAN DA’VAT

Arablarning uchta yirik va mashhur bozori bor edi, ular: Ukoz, Majanna va Zulmajoz. Avvali Shavvol oyida Ukoz bozori ochilar va bu yerda savdosotiq bir oycha davom etar edi. So‘ngra Majannada yigirma kunlik bir bozor ochilar, u yerdan esa, Zulmajozga ko‘chilar edi.
Bozor mavsumi tugagach, haj mavsumi boshlanar, karvonkarvon bo‘lib safarga chiqqanlar Ka’bani tavof etish uchun Makka sari yo‘l olar edilar.
Rasuli mukarram (s.a.v.) haj qilish maqsadida Makkaga kelgan qabilalar orasida yurib, ularni Islomga da’vat eta boshladilar. Yenlarida qabilalarning kelib chiqishi, naslikasbi xususida keng va atroflicha biladigan Hazrati Abu Bakr bor edi. Duch kelingan kdbila a’zolaridan avval kim ekanligi so‘ralar, so‘ngra ularning qoshiga o‘tirib, Islom dinidan bahs etar edilar. Abu Lahab ham qarab turmas, u ham eski vazifasi bilan band bo‘lar edi.
— Ishonmanglar unga! Bolalarni otalariga dushman qilgan jodugar mana shu bo‘ladi! Oilalarni buzgan, erni xotindan ajratgan ig‘vogar mana shu odamdir! —deb baqirib yurardi.
Ba’zilar istehzo va haqoratomuz ohangda bu dinni qabul etolmasliklarini bildirardilar. Ammo Rasululloh (s.a.v.) sira ham umidsizlanmay, boshqa bir qabilani da’vat qila boshlar edilar. Ba’zilar ochiqdanochiq savdolashishga tushishardi:
— Xo‘p, agar biz seni qo‘llabquvvatlasak va muvaffaqiyatga erishsak, hokimiyatni bizga topshirasanmi? Shunga rozimisan? — deyishardi.
Haqqa da’vat etayotgan zot bunga javoban ham haq so‘zni so‘zlar edilar:
— Hamma narsa Ollohning xohishirodasi bilan bo‘ladi. U istagan bandasiga hokimiyat beradi.
— U holda 6u ish bizga to‘g‘ri kelmaydi. Biz bu ishni deb jonimizni jabborga beraylik, hayotimizni xavf ostiga qo‘yaylik, arablarning dushmanligiga uchraylik, ularning o‘qlariga nishon bo‘laylikda, so‘ngra qo‘lga kiritilgan g‘alabaning o‘ljalaridan boshqalar bahramand bo‘lsinlar?! Yo‘q, unaqasi ketmaydi.
Har bir qabila biron bahona yoki biron «kamchilik» topib, bu dinga kirishdan o‘zlarini olib qochardi.
Nihoyat Rasululloh (s.a.v.) Hazraj qabilasidan bo‘lgan olti kishilik bir guruhga yuzlashdilar. Ular Minoning Aqoba deb ataluvchi joyida to‘xtashgan edi.
— Kimsizlar? — deb so‘radilar Faxri Koinot (s.a.v.).
— Yasribdan keldik. Hazraj qabilasidanmiz, — deb javob qilishdi.
Rasululloh (s.a.v.) ularga Islom dini to‘g‘risida so‘zlab berdilar. Ollohning payg‘ambari ekanlarini, o‘zlariga kitob tushirilganini ta’kidladilar. Muqaddas Qur’oni karim oyatlaridan o‘qib berdilar.
Hazrajliklar bir-birlariga tikilib qolishdi. Ma’noli qarashlar qilishdi bir-birlariga. So‘ngra bittasi pichirlagudek past ovozda:
 Yahudiylar ma’lum qilgan payg‘ambar shu odam bo‘lsa kerak. Unga imon keltirishda zinhorbazinhor yahudiylar bizdan o‘tib ketmasligi kerak, — dedi.
Rasululloh (s.a.v.) so‘zlab bergan narsalar juda go‘zal, maftunkor va ta’sirchan bo‘lib, insonga fazilat va odob sabog‘ini berar edi. Aqli raso kishi bu narsalardan yuz o‘girishi to‘g‘ri bo‘lmas edi. Shuningdek, payg‘ambar ekanini ta’kidlayotgan bu zotning chehrasidan nur yog‘ilar, vujudidan xush bir bo‘y taralar edy. Samimiy bir tushuncha, pokiza bir qalb egasi ekani shundoqqina ko‘rinib turardi.
— Senga ishonamiz, ey ulug‘ inson. Shubhasiz, sen Ollohning bizga rahmat qilib jo‘natgan payg‘ambarisan, — deyishdi bir ovozdan.
Rasululloh (s.a.v.) sevinib ketdilar. Shu paytgacha boshqa qabilalarga qilgan da’vatlari zoe ketgan, qalblari g‘am-g‘ussaga to‘lgan bo‘lsa, endi bu imon uchqunlari yuraklariga orom bag‘ishlagan edi.
Hazrajliklar birmabir o‘zlarini tanitishdi:
—   Abu Umoma As’ad ibn Zurora.
—   Avf ibn Horis.
—   Rafi’ ibn Molik.
—   Qutba ibn Amr.
—   Uqba ibn Amr.
—   Jobir ibn Abdulloh.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:45:54
Ba’zi rivoyatlarda bu ilk uchrashuvda hazrajliklar sakkiz kishi bo‘lgani naql qilinadi. Yuqorida ismlari keltirilganlardan tashqari yana Muoz ibn Afro va Uboda ibn Somit ham borligi bildiriladi.
— Shu kunlarda o‘z qavmimiz bilan ham, qavmimizga mansub bo‘lmagan yahudiylar bilan ham kelisholmay turibmiz. Oramizga dushmanlik va yomonlik urug‘lari kirib qoldi. Umid qilamizki, sen tufayli Olloh taolo oramizdagi tushunmovchilikni bartaraf etib, yana qardoshlik urug‘larini sochadi. Biz yurtimizga qaytib, qabiladoshlarimizni ham sening diningga da’vat qilamiz. Agar Olloh ularni mana shu din ustida to‘plab birlash tirsa, biz sendan minnatdor bo‘lamiz.
Shundan so‘ng Rasululloh (s.a.v.) bilan xayrlashib, yurtlariga qaytib ketishdi.
Shu yo‘sinda Yasrib shahrida ham Islom dinining urug‘lari sochildi.
Bular Yasribga borib, mazkur sharafli va muborak dinni tushuntirajak, unga da’vat etib, o‘zlari singari imoni baquvvat musulmonlarni yetishtirajaklar.
Buyuk Olloh insoniyat uchun yoygan, lekin makkaliklar xo‘rlagan bu barakotli dasturxon atrofiga madinaliklar o‘tirajak, qurayshiylar oyoqosti qilgan bu muborak ne’matni avs va hazrajliklar boshlariga ko‘tarajaklar kelgusida.
Islom tarixida ismlari juda oz ma’lum bo‘lgan bu sharafli insonlarning nomlari oltin harflar bilan yozilsa va har bir mo‘min-musulmon qalbi to‘ridan joy olsa, arziydi.
Ular insoniyatning saodat rahbaridan olgan omonatni Yasribga tarqatish maqsadida yo‘lga chiqar ekanlar, Nabiyyi akram (s.a.v.) xam ko‘ngillari g‘oyat ko‘tarilgan holda boshqa musofirlar bilan uchrashish uchun joylaridan jildilar.
Bir yildan keyin yana haj mavsumi boshlanganida, Yasrib shahridan imon nuri ila bezangan o‘n ikki kishi keldi. Ular orasida, o‘tgan yili Rasulullohning sahobalari qatoriga kirishga musharraf bo‘lgan olti kishi ham bor edi. Ular bir yil oldin ko‘rgan Ulug‘ Payg‘ambarlarini sog‘ingan, u zotning muborak yuzlarini ko‘rish, maftunkor suhbatlaridan bahramand bo‘lish uchun qanot yoyib, uchguday bo‘lib kelishgan edi.
Rasululloh (s.a.v.) ular bilan avvalgi uchrashgan joylarida uchrashdilar. Kelganlar hammalari musulmon edi. Yasribda ham yana ko‘pgina kishilar musulmon bo‘lganlari haqida xushxabar yetkazishdi. Bundan buyon qanday xukmlarga rioya qilishlari kerakligini so‘rab o‘rganishdi. Suyukli payg‘ambarimiz bilan Yasrib musulmonlari orasida bir shartnoma tuzildi. Tarixda bu shartnoma «Birinchi Aqoba bay’ati» nomi bilan qayd etilgandir.
Bu yig‘ilishda Rasululloh (s.a.v.): — Ollohga hech bir narsani sherik qilmaslik, o‘g‘rilik qilmaslik, zinodan uzok bo‘lish, norasida go‘daklarni o‘ldirmaslik, hech kimga bo‘hton yog‘dirmaslik, xayrli ishlarga qarshilik ko‘rsatmaslikka menga so‘z bering!.. Sizlardan so‘zida turganlarga mukofot berishni Olloh va’da qiladi. U har qanday nuqsondan pok va marhamatli zotdir. Mana shu hukmlarga rioya kilaman deb evaziga foniy dunyoda azoblarga qolinsa, bu azoblar oxiratda mag‘firatga aylanadi. Bulardan bittasiga amal qilmaganlar esa, Ollohning irodasiga havoladir. Xohlasa, gunohlarini afv etadi, xohlasa, azob beradi, — dedilar.
O’n ikki kishi Rasulullohning (s.a.v.) ushbu so‘zlarini takrorlab qasamyod qildilar.
Rasulullohga (s.a.v.) qasamyod qilish sharafiga sazovor bo‘lgan yasriblik bu insonlar quyidagilar edi:
1.   As’ad ibn Zurora.
2.   Avf ibn Horis.
3.   Muoz ibn Horis.
4.   Rafi’ ibn Molik.
5.   Zakvon ibn Qays.
6.   Uboda ibn Somit.
7.   Yazid ibn Sa’laba.
8.   Abbos ibn Uboda.
9.   Uqba ibn Amr.
10.   Qutba ibn Amr.
11.   Malik ibn Tayyixon.
12.   Uvaym ibn Soida
Aqobada ko‘ngillari poklangan mo‘min-musulmonlar vatanlariga qaytar ekanlar:
— Ye Rasululloh, biz bilan birga bir odam jo‘nating, qavmimizga Qur’onni o‘rgatsin, — dedilar.
Faxri Koinot (s.a.v.) janoblarining muborak chehralarida mamnunlik izlari ko‘rindi. Bu samimiy bir iltimos edi. Bundan buyon makkaliklar xor kilgan tavhid mash’alasini yasribliklar baland ko‘tarajak, ildizli imon ko‘chati o‘sha muborak tuproqlarga o‘tqazilajak, bu beqiyos ko‘chat muborak hosillarini o‘sha yerda bejarak edi.
Mus’ab ibn Umayr ushbu vazifaga eng munosib inson edi. Chaqirtirildi, Yasribda Qur’on o‘rgatish vazifasiga loyiq deb topilgani bildirildi. Mus’ab bu vazifani g‘oyat mamnunlik bilan qarshiladi. «Eng xayrligingiz Qur’onni o‘rgangan va uni o‘rgatadiganingizdir», deb buyurgan ulug‘ Rasul bu da’fa uni ushbu sharafga noil qilgan edilar.
Mus’ab imon keltirganidan so‘ng oilasidan badarg‘a etilgan edi. Rasulullohning (s.a.v.) payg‘ambarliklarini tasdiqlaguniga qadar tom ma’noda shohona hayot kechirgan, xohlagan narsasi unga doim muhayyo, eng tansiq taomlar u istagan damda hoziru nozir bo‘lgan. Eng noyob kiyimlar kiyib, shahzodalardek davru davron surib kelgan edi. Biroq imon keltirganidan so‘ng hamma narsa birdaniga teskarisiga o‘zgardi, qadrdon go‘shasidan haydaldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:46:06
YASRIB IMON QARORGOHIGA AYLANADI

Mus’ab yo‘lga chyqish uchun hozirlik ko‘rmadi. Chunki egnidagi eski libosidan boshqa hech vaqosi yo‘q edi. Darhol, «Qaydasan, Yasrib?» deya yo‘lga chiqdi. Amr ibn Ummi Maktum unga yordamchi etib tayinlandi.
Mus’ab hamrohi bilan birga uzoq davom etgan yo‘lchilikdan so‘ng Yasribga yetib borishdi. Musulmonlar bilan tanishishdi. Shaharda butun oilasi bilan Islom diniga kirganlar ham bor edi. Mus’ab bilan Amr ularga Qur’onni o‘rgatish bilan bir qatorda, ikkinchi tomondan, hali bu yangi dinga kirmaganlarni Islomga da’vat etishardi. Yasribliklar Islomga o‘z ixtiyorlari bilan, chin ko‘ngildan qabul etib kirayotganlarini ko‘rib quvonishar, Ollohga xamdu sanolar aytishar edi. Endi bu yerda Abu Jahl ham, Abu Laxab xam yo‘q edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:46:16
* * *
Bir kuni As’ad ibn Zurora mehmoni Mus’abni olib, Bani Abdul Ashhal mahallasiga bordi. Bir bog‘da musulmonlar yig‘ilib, suhbat qurishmoqchi edi.
Oldindan kelishilgan qarorga ko‘ra, u yerda yoshlar to‘planishdi. Suhbat boshlandi. Mus’ab gapirar, ular tinglashar edi. Suyukli payg‘ambarimizning go‘zal odobaxloqlari, mislsiz fazilatlari, beqiyos sabrtoqatlari haqida hikoya qilindi.
Birdan As’ad Mus’abning so‘zini bo‘ldi:
— Menga qara, Mus’ab, anavi kelayotgan odam Bani Abdul Ashhalning yetakchilaridan biri. Agar uni Ollohning birligiga ishontira olsak, zo‘r ish bo‘lardida, dedi.
Bu kishi Usayd ibn Xuzayr bo‘lib, qabilaning ikki oqsoqolidan biri edi. Qovog‘i soliq. Yuragi siqilayotgani shundoqqina ko‘rinib turardi. Ularning tepasiga kelib, ilon po‘st tashlaydigan behayo so‘zlarni aytib so‘kindi, so‘ngra:
— Asl niyatlaringiz nima o‘zi? — deya gap boshladi.— Bu yoshlardan nima istaysizlar? Bir guruh pokiza, samimiy yigitlarni yo‘ldan ozdirmoqchimisizlar?
Agar jonlaringizdan umidlaringiz bo‘lsa, hoziroq bu yerdan daf bo‘linglar!
U nayzasini mahkam ushlab olgan, ko‘zlaridan olov chaqnar, ovozi shiddatli edi.
Mus’ab bir zumda Rasulullohni ko‘z oldiga keltirdi. U zotning yumshoq tabiati, jozibali tabassumlari, shirin suxanlari yodiga keldi.
  Bir nafas o‘tirsang, suhbatlashsak, yaxshi bo‘larmidi? Da’voimizni eshitib ko‘rar eding. Dilingga xush kelsa, qabul qilarsan. Yoqmasa, biz xam sizlarni ortiq bezovta qilmas edik.
Shiddatli nigohlar bir oz yumshaganday bo‘ldi. Yuzdagi ifoda ham o‘zgardi.
 — Haqli gap aytding, — dedi. Qo‘lidagi nayzasini yerga sanchib ko‘ydi va chordona qurib o‘tirib oldi.
Mus’ab gap boshladi. O’tmishdagi joxilona hayotlari, so‘ngra Rasululloh (s.a.v.) va u kishi insonlarga keltirgan din, Olloh taolo nozil qilgan kitob haqida donadona qilib so‘zlab berdi.
— Xo‘sh, u holda menga o‘sha kitobdan ba’zi bir narsalarni o‘qib bera olasanmi? — dedi Usayd.
Mus’ab «Bismilloh» deb Qur’onni tilovat qila boshladi. Ko‘ngillarning tubtubigacha yetib borayotgan, hech bir adib va shoir tasavvuriga ham sig‘dira olmaydigan bu mukammal ifodalar ruxini ostinustin qilayotganini his etdi Usayd. Tilovat qilinayotgan ushbu ilohiy kalomni diqqat bilan tinglar ekan, qandaydir ko‘rinmas kuchlar unga ta’sir ko‘rsatib, hidoyat yo‘liga chorlayotganini sezdi.
— Naqadar go‘zal, naqadar latif kalom bu!.. — dedi hayajonlanib.
So‘ngra Mus’abga o‘grilib:
—   Bu dinga qanday kiriladi? Sizlar qanday kirgansizlar? — deb so‘radi.
—   G’usl qilib poklanasan, pokiza liboslarni kiyib, shahodat kalimalarini keltirasan va namoz o‘qiysan.
Usayd ortiq ikkilanib o‘tirmadi. Bog‘ning bir chekkasiga borib g‘usl qildi, libosini tozaladi va Mus’abning yoniga keldi hamda shahodat kalimalarini aytdi. So‘ngra o‘rnidan turdi va o‘rgatilgandek qilib namozga turdi.
Ko‘ngillarga xotirjamlik va mamnunlik hissi cho‘kdi. Bu tuyg‘ular ko‘zlarga ham balqib chiqdi.
— Endi yana bir odam qoldi. Shunday odamki, agar unga ham musulmonlikni qabul qildira olsak, ortiq hech qanday xavfxatar qolmaydi... — dedi Usayd va o‘rnidan turib, kelgan tomoniga qaytib ketdi.
Sa’d ibn Muoz uni zo‘r qiziqish bilan kutib turardi. Ammo Usayd shashtidan qaytgan holda kelayotganini ko‘rib, ko‘ngli g‘ash bo‘ldi. Yonidagilarga:
— Qasamki, birodarimizda ketayotgandagi shashti yo‘q, dedi.
— Nima qilding? — deb so‘radi u yetib kelganida.
Usayd javob berdi:
—   Haligi ikki kishi bilan gaplashdim. Lekin ularning ishida zararli hech nimani payqamadim. Bu orada Bani Horisa xolangning o‘g‘liga bir yomonlik hozirlaganlarini eshitdim, — deb javob qildi Usayd.
—   As’ad ibn Zuroragami?
—   Ha.
Sa’d darhol o‘rnidan turib, As’adlar o‘tirgan boqqa tomon yo‘l oldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:46:49
* * *
U ham shahdam odimlar bilan, buzuq vajohat bilan keldi. U ham xuddi Usayd kutib olingan tarzda kutib olindi. Shundan keyin u ham Mus’ab o‘qib bergan Qur’on oyatlarini tingladi:
«Ho, mim. Ochiqravshan kitobga — Qur’onga qasamki, albatta, Biz uni sizlar aql yurgizishingiz (ma’nomazmunini fahmlashingiz) uchun arabiy Qur’on qildik. Darhaqiqat, u Bizning dargohimizdagi Asl kitobda (Lavhul Mahfuzda bitilgan) yuksak (martabali) va hikmatli (Kitobdir). Bas, (kufru isyonda) haddan oshuvchi qavm bo‘lganlaringiz uchun Biz sizlardan bu eslatmani burib (sizlarni o‘z hollaringizga tashlab) qo‘yurmizmi?! Biz avvalgilarga ham ancha payg‘ambar yuborganmiz. Ular ham o‘zlariga kelgan har bir payg‘ambarni masxara qilib kulgan edilar. Bas, Biz ulardan, (Makka kofirlaridan) kuchli-quvvatliroqlarini ham halok qilganmiz. (Ushbu Qur’onda) avvalgilarning masalqissalari o‘tdiku!» (Zuxruf surasi 1— 8oyatlar.)
Bu oyatlar Sa’d ibn Muozning yuragidagi g‘azabni bartaraf etdi va yumshoq ko‘ngil qilib qo‘ydi. Tinglab bo‘lgach, yuz ifodasining birdan o‘zgarib, muloyim bo‘lib qolishi ruhiyati ham ostinustin bo‘lganidan darak berar edi.
Shu zayl qabilada so‘zi o‘tadigan, hurmati baland ikki mo‘‘tabar zot musulmon bo‘ldi.
Sa’d ibn Muoz ham qaytib qavmining oldiga kelganida, butunlay boshqacha bo‘lib qolgan edi.
—   Men sizlarga kimman? — deb so‘radi.
—   Bizning yo‘lboshchimizsan, — deyishdi.
Sa’d oldin kalima keltirdi, so‘ngra so‘zlarini shunday davom ettirdi:
—Ollohga va rasuliga imon keltirmaguningizcha ayollaringiz bilan ham, erkaklaringiz bilan ham gaplashishni o‘zimga harom deb bilaman.
Bu so‘zlar Bani Abdul Ashhalga qattiq ta’sir qildi. U yerda o‘tirganlarning hammasi birinketin kalima keltirdilar. Usha kuni kechgacha Bani Abdul Ashhaldan musulmon bo‘lmagan bironta ham oila qolmadi.
Bundan buyon da’vat ortiqcha qiyinchiliksiz, muvaffaqiyat bilan yurgizila boshladi. Islom da’vatiga chin ko‘ngildan berilgan bu insonlar har kuni bir xushxabar, har kuni yangi bir madad olishar edi. Makkada o‘tgan har bir kun tobora og‘ir va mashaqqatli kechayotgan bir paytda Yasrib xalqi, xuddi bir-birlari bilan musobaqa qilayotganday, tobora shahdam odimlar bilan imon yo‘lidan ilgarilar edi. Yasrib musulmon mehr qo‘yadigan, u yerda yashashdan o‘zini baxtiyor his etadigan imon shahriga aylanib borardi.
Ketmaket bir necha oy o‘tdi. Keyingi haj mavsumida Yasrib shahridan besh yuz kishilik bir karvon Makka tomon yo‘l oldi. Ular orasidagi yetmish uch erkak va ikki ayol ayniqsa o‘zlarini baxtiyor his etardilar. Bulardan Payg‘ambar (alayhissalom) bilan bir yil oldin tanishgan va o‘shandagi suhbat hamon ko‘z oldida turgan ba’zilari u zotni yana ko‘rish, hali ko‘rmasdan turib payg‘ambarligiga ishongan boshqalari esa, Rasulullohga yetishish hissi bilan to‘libtoshar edi.
Abdulloh ibn Amr ibn Harom qabilasi orasida hurmati baland, so‘zi o‘tadigan bir kishi edi. U ham haj niyatida safarga chiqqan edi. Karvonda ba’zan bironta do‘sti bilan suhbatlashib, ba’zan yakka o‘zi to‘xtabto‘xtab, xayolga tolib borardi.
Ka’b ibn Molik uning yoniga keldi.
—   Qalaysan, ey Abu Jobir?
—   Yaxshi, rahmat.
—   Yaxshi ekaningga ko‘zim yetmayaptida.
—   Xo‘sh, unda qanaqa ekanman?
— Bu ketishda jahannamga o‘tin bo‘ladigandek ko‘rinyapsan ko‘zimga.
Bu gap istehzo emasdi. Bu ovozda haqorat ifodasi ham yo‘q edi. Yarim hazil, yarim chin ohangida aytilgan bir so‘z edi.
Abdulloh kulimsiradi:
— Nega ekan endi?
Ka’b Abdullohning tuyasiga yopilgan xurjunga qo‘lini tiqdi, u yerdan bir tosh chiqardi.
—   Bu nima? — deb so‘radi.
—   Hammaga ma’lum narsaku.
—   Ya’ni, bir iloh, shundaymi?
— Shubhang bormi?
Ka’b kuddi.
— Iloh, ammo gung va soqov, kuchsiz va nochor bir iloh... Qisqasi, bir toshdan o‘zga narsa emas, — deya qo‘lidagi toshga yengilengil urib qo‘ydi. — Qara, kaltak yeyayotganini ham bilmaydi. — Do‘stiga birikki soniya o‘ylab olishga fursat berdi. So‘ngra: — Qani, endi
aytchi, bu ilohing xurjunda nima bilan mashg‘ul edi? Sen uni olmaguningcha, boryo‘qligi ham noma’lum edi, to‘g‘rimi? Keyin qo‘lidagi toshni uloqtirib yubordi. —Qara... dedi.
Abdullohning ongi ostinustin bo‘lib ketdi. «Bu qanday ilohki, Ka’bning qo‘lida o‘yinchoq qilib o‘ynatilsa ham, lom-mim demasa?» degan o‘y o‘tdi.
Ka’b:
— Endi gaplarimga quloq sol, ey Abu Jobir, biz sening jahannamga o‘tin bo‘lishingni aslo istamaymiz, chunki sen aqli raso, hurmati baland, baobro‘ bir odamsan.
— Gaplaring to‘g‘ri, Ka’b. Asl muddaong nima o‘zi?
— Biz yapyangi va to‘ppato‘g‘ri, haq va hidoyat diniga kirdik, — dedi Ka’b. — Bu din insonga inson ekanini uqtiradigan, toshlarga asir bo‘lishdan xalos etib, hamma narsani yaratgan Ollohga yo‘naltiradigan, insonni axloqiy fazilatlar bilan yanada bezaydigan bir dindir...
Ka’b taniqli shoir emasmi, nutqi ravon va go‘zal edi. Islom dinini bor iste’dodini ishga solib ta’rifladi. Abdulloh uning gaplarini boshi egik holda, diqqat bilan tingladi.
Bir ozdan so‘ng yo‘lda davom etish uchun o‘rinlaridan turdilar. Tosh but yotgan joyida qolaverdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:48:43
* * *
Baro’ ibn Ma’rur ham qavmi orasida so‘zi o‘tadigan bir kishi edi. Hajga bu gal musulmon sifatida borardi. Yo‘lda birodarlariga xitob qildi:
—   Namoz payti bu muborak Baytga orqamizni o‘girib o‘qishimiz yuragimni g‘ash qilmoqda. Bundan buyon namozni Damashq tomonga qarab emas, Ka’baga qarab o‘qiymiz.
—   Xudo haqqi, eshitishimizcha, Rasululloh (s.a.v.) namozda Damashq tomonga qarab o‘qir ekanlar. U kishidan boshqacha ish tuta olmaymiz.
—   Sizlarni bilmaymanu, lekin men bundan buyon shunday qilaman.
—   Ey Baro’, podadan ayrilganni bo‘ri yer, deydilar...
— Meni o‘z holimga qo‘yinglar. Safar shu tarzda davom etdi.
Makkaga keldilar. Baro’ ibn Ma’rur Ka’b ibn Molikka murojaat qildi:
— Yur, birodar, tezroq Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga boraylik. Yo‘lda qilgan ishim yuragimga g‘ulg‘ula solib, tinchlik bermayapti.
Birgalikda ketishdi. Ular hali Rasulullohni ko‘rishmagan, ammo so‘rabsurishtirib tezroq topishdan umidvor edi.
— Muhammad ibn Abdullohni qaerdan topsak bo‘ladi? Ya’ni, Abdulmuttalibning nevarasini?
Bir makkalik odam sal oldinroq u kishini ko‘rgan edi.
—   Abdulmuttalibning o‘g‘li Abbosni taniysizlarmi?— deya so‘radi. «Ha» javobini olgach, yo‘l ko‘rsatdi:
—   U holda Masjidi Haramga boring. O’sha yerda Abbosning yonida o‘tirgan kishi siz qidirayotgan odam bo‘ladi.
Abbosni savdogar bo‘lgani uchun tanishardi.
Masjidi Haramga borishdi. Yonatrofiga razm solishdi va Abbosni ko‘rib qolishdi. Yonida o‘tirgan odam butun vujudi ila «Muhammad ibn Abdulloh men bo‘laman», deyayotgandek edi.
Kelgan kishilar shu yerga o‘tirishdi.
Rasululloh (s.a.v.) amakilariga o‘girildilar:
— Bu kishilarni taniysizmi, ey Abul Fazl?
— Ha, bular qavmlarining yo‘lboshchilari bo‘lmish Baro’ ibn Ma’rur va Ka’b ibn Molikdir, — dedi Abbos.
—   Ya’ni, mashhur shoir Ka’bmi?
—   Xuddi shunday.
«Demak, Rasululloh (s.a.v.) men haqimda eshitgan ekanlarda?! degan o‘ydan Ka’b juda ham quvonib ketdi.
Ka’b va Baro’ Ollohga va Rasulga imon keltirganlarini aytishdi. Nabiyyi akram (s.a.v.) g‘oyibona Islomga kirganlarini eshitib, bu odamlardan g‘oyat mamnun bo‘ldilar. Ular bilan birmuncha vaqt suhbatlashib o‘tirdilar. Suhbat orasida Baro’ ibn Ma’rur:
— Yo Rasululloh, bu yoqqa kelayotganimizda manavi muqaddas dargohga orqamni o‘girib namoz o‘qishga hech ko‘nglim bo‘lmadi. Shuning uchun boshimni Ka’ba tomonga qilib sajdaga turdim. Ammo hamrohlarimning ishlariga xilof ravishda yo‘l tutganim uchun yuragim g‘ashlandi. Siz nima deysiz? — deb so‘radi.
Rasululloh (s.a.v.):
— Qiblani o‘zgartirmaslik kerak edi, — dedilar. Lekin «Yana eski holingga qayt», deb talab ham qilmadilar. Xayrlashar ekanlar, tashriq kunlarida, avvalgi safardagi kabi, Aqobada uchrashishga kelishib oldilar.
Kunduz kuni qabiladoshlari bilan birga bo‘lib, kechqurun odam oyog‘i tinganidan keyin sekinsekin, bittaikkitalab Aqobada to‘planmoqchi bo‘lishdi. Hech kim uzoq kutilmasin, uxlab qolgan kishi uyg‘otilmasin, deyildi. Ketarda mehmonlar ko‘ngillaridagi gapni ochishdi:
— Ey Ollohning rasuli, sizga 6u yerda ziyon-zahmat yetkazilayotgani va dilingizga ozor berilayotganidan aslo rozi emasmiz. Bizning yurtimizga ko‘chib o‘ting, huzur halovatda, sizga ishonadigan, itoat qiladigan kishilar orasida yashang. Ushbu taklifimizga kechqurun uchrashganimizda uzilkesil javob bering, — deyishdi.
Kelishilgan vaqtda Rasululloh (s.a.v.) amakilari Abbos bilan birgalikda Aqoba tomonga yo‘l oldilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:49:05
* * *
Yasribdan kelgan musofirlar har doimgiday kechqurun allamahalgacha suhbatlashib o‘tirishdi. So‘ngra ko‘zlar yumila boshladi. Ko‘p o‘tmay uyquga ketishdi.
Ular orasida uxlab qolmaslikka tirishib, o‘zgacha hayajon ichida o‘tirganlar ham bor edi. Ular sheriklarining hammasi to‘la uxlab bo‘lgunicha bir muddat kutishdi. Keyin bittabitta bo‘lib o‘ta ehtiyotkorlik bilan, hatto bir-biriga bildirmay, ajralib chiqa boshlashdi. Chunki biron tasodif ila musulmon bo‘lmagan sheriklarining uyg‘onib ketish ehtimoli ham yo‘q emas edi.
Zulhijja oyining o‘n birinchi (yoki o‘n ikkinchi) kuniga o‘tar kechasi edi. Osmonda oy va yulduzlar charaqlab turardi. Atrof jimjit, teran sukunat cho‘kkan.
Aqobaga kelganlarida Rasululloh (s.a.v.) amakilari ikkalalari ularni kutib turgan edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:49:17
* * *
Avval Abbos so‘z boshladi:
— Ey hazrajliklar, Muhammad bizning oramizda baland bir mavqe’ga ega ekani sizlarga ham ma’lum. Biz uni qabiladoshlarimizdan muhofaza etish ucho‘n himoyamizga olganmiz. Qavmi orasida qanchalik sharafli inson bo‘lmasin, o‘z shahrida himoya ostida yashashga majbur bo‘lmoqda. Shu bois u bizni tashlab sizlarning yurtingizga ketishga qaror berdi. Agar sizlar qilgan takliflaringizga vafo ko‘rsatsalaringiz, uni himoya qila olsalaringiz, nur ustiga nur. Biroq agar uni yolg‘iz qoldirsalaringiz va og‘ir ahvolga solib qo‘yadigan bo‘lsalaringiz, hoziroq ochig‘ini aytib, uni o‘z holiga qo‘yinglar. Chunki uni qavmi bundan keyin ham himoya eta oladi. (Imom Buxoriy. 5/130.)
Abbosning so‘zlari to‘g‘ri emasdi. Payg‘ambarliklarini e’lon etganlaridan beri o‘tgan o‘n yildan ortiqroq vaqt ichida Abbos jiyani uchun hech nima qilmagan edi. Imon keltirmagan, lekin unga madadkor ham bo‘lmagan edi. Hech bo‘lmasa, akasi Abu Tolibning vafotidan so‘ng uni himoyasiga olishi mumkin edi. Yoki Toifdan qaytgan Rasulullohni (s.a.v.) panohiga olganida, u begona kishilardan himoya so‘rashga majbur bo‘lmasdi. Abu Tolibning, Abu Lahabning himoyasini tan olgan qurayshiylar uning himoyasini rad etmasdilar. Ustigaustak, u Abu Tolib singari kambag‘al emasdi. Qurayshiylar orasida obro‘e’tiborga sazovor, badavlat bir kishi edi. Ka’ba xizmatlaridan «Siqoya», ya’ni, hojilarga suv tarqatuvchilik lavozimini egallagan edi.
Abbos akasi Abu Tolibga bergan qarzi evaziga, to uni qaytib olgunicha, siqoya vazifasini akasidan so‘ragan, Abu Tolib bunga majburan rozi bo‘lgan edi...
Yasrib xalqi nomidan As’ad ibn Zurora so‘zladi. U Abbosga xitoban bunday dedi:
— Ey bizga ishonchsizlik bildirgan odam! Payg‘ambarimizni «insonlarning eng suyukli kishisi» deyish bilan nimani nazarda tutganingni yolg‘iz Olloh biladi. Biz butun qarindosh-urug‘larimizdan aloqalarimizniuzib guvohlik beramizki, bu zot Ollohning  rasulidir. Uni Olloh jo‘natgandir. Keltirgan dini ham haq dindir. Payg‘ambarimiz haqida orzu qilgan tinchlik xotirjamlikni ta’minlashga qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz. Buni biz rad etmaymiz.
So‘ngra As’ad Rasulullohga (s.a.v.) o‘girildy:
—Siz ham gapiring, yo Rasululloh, o‘zingiz uchun nimalarni istaysiz. Parvardigoringiz uchun nimalarni istaysiz?
Rasululloh (s.a.v.) javob berdilar:
—   Xursandlik kezlarida ham, g‘amtashvishli kunlarida ham so‘zimga kirish va itoat etish; yetishmovchilik kunlarida ham, mo‘lko‘lchilikda ham yordam berish; yaxshilikka buyurib, yomonlikdan voz kechishga, Olloh yo‘lida ish tutishga, bu yo‘ldan ozdirmoqka urunuvchilarga quloq tutmaslikka, sizlarning qoshingizga borganimda o‘z shaxsingizni, oilangizni va farzandlaringizni ximoya qilganingiz kabi, meni ham muhofaza etishga va’da beringlar.
—   Juda soz, ushbu istaklaringizni bajarsak, bularning evaziga beriladigan mukofot qanday bo‘ladi?
— Odlohning roziligi va jannati bordir.
—   Bayayonudil rozimiz. Lekin biz yaxudiylar bilan bir shartnoma tuzgan edik. Endi ushbu shartnomani xam buzamiz. Sizning orzuistaklaringizni bajo keltirgan taqdirimizda, Olloh sizni muzaffar qilsa, bizni tashlab, yana qabiladoshlaringiz orasiga qaytasizmi?
—   Yo‘q, bo‘ndan so‘ng sizlarning qoningiz mening qonim, sizlarning hayotingiz mening hayotim, sizlarning o‘limingiz mening ham o‘limimdir. Men sizlardanman, sizlar mendansiz. Sizlar kim bilan jang qilsalaringiz, men ham o‘sha bilan jang qilaman, kim bilan murosa qilsalaringiz, o‘sha bilan murosa qilaman.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:49:28
Yasribdan Salim ibn Avfning o‘g‘illaridan Abbos ibn Uboda so‘z boshladi:
— Ey hazrajliklar, siz bu odamga qanday va’da berayotganiningizni bilasizlarmi? — dedi.
— Ha, bilamiz.
— Bu ahdpaymoningiz bilan oqu qora tanli barcha insonlarga qarshi urushishga so‘z berdingiz. Agar siz bir kun kelib mol-mulkingizga, boyligingizga ziyon-zahmat yetishidan, yaqinlaringizning boshiga kulfat tushishidan qo‘rqib, Rasulullohni (s.a.v.) yolg‘iz qoldiradi
gan bo‘lsangiz, hoziroq bu zotni o‘z holiga qo‘ying. Agar o‘sha paytda uni yolg‘iz qoldiradigan bo‘lsangiz, u holda dunyo va oxiratda misli ko‘rilmagan razillik va rasvolikni qilgan bo‘lasiz. Agar ushbu taklifingizga, mol-mulkingizga zarar yetishi va yaqinlaringizning o‘ldirilishi evaziga bo‘lsa ham, vafo qila olsangiz, uni yurtingizga boshlab boring. Qasam ustiga qasamlar bo‘lsiiki, dunyo va oxiratda qilinishi mumkin bo‘lgan eng xayrli ish shudir, — dedi.
Abul Haysam Molik ibn Tayyixon xayqirdi:
— Biz bu bitimga, mollarimizga ziyon yetishi, yaqinlarimizning qilichdan o‘tkazilishi evaziga bo‘lsa ham, amal qilamiz. Yo Rasululloh, va’damizga vafo qilsak, buning mukofot nima bo‘ladi?
— Jannat bo‘ladi.
Navbat Baro’ ibn Ma’rurga keldi:
— Qo‘lingizni tashlang, yo Rasululloh, men qasamyod qilamanki, siz sanab o‘tgan shartlarni albatta bekamu ko‘st bajaramiz. Sizni haq Payg‘ambar qilib jo‘natgan Ollohga qasamlar bo‘lsinki, shaxsimiz va oilamizni qanday qo‘riqlasak, sizni ham shunday qo‘riqlaymiz. Ishoning bizga, yo Rasululloh, Alloh haqqi, biz jangari xalq bo‘lib, urushlarda tajriba orttirganmiz. Shuning uchun sizni har qanday dushmandan muxofaza etishga tayyormiz.
Rasulullohning (s.a.v.) qo‘llaridan ushlab olgan Baro’ ushbu so‘zlarni Payg‘ambarning ko‘zlariga tikilib so‘zlagan edi. Shu onda u bu ko‘zlar qa’rida jannat bog‘larini ko‘rayotganiga aslo shubha qilmas, ushbu daqiqalarda ko‘nglidan o‘tayotgan his-tuyg‘ularni ifoda etish uchun o‘zi kabi bitta emas, mingta Baro’ ham yetmas edi.
Shundan keyin As’ad ibn Zurora, Abul Haysam Molik ibn Tayyixon, Ka’b ibn Molik... Rasulullohning (s.a.v.) qo‘llaridan ushlab so‘z berdilar. Ularning so‘zlarini boshqa musulmonlar xam takrorladilar. Yetmish ikki erkak va ikki ayol birinketin, bergan so‘ziga amal qilishini va 6u yo‘lda jonlarini fido qilishga ham tayyor ekanini bildirdi.
Shu zaylda bay’at (qasamyod) marosimi nihoyasiga yetdi.
Rasuli akram (s.a.v.):
— Oralaringizdan o‘n ikki kishini vakil etib tayinlang, — dedilar.
To‘qqiztasi Hazraj, uchtasi Avs qabilasidan, hammasi bo‘lib o‘n ikki nomzod bir ovozdan yoqlanib ko‘rsatildi. Ular quyidagilar edi:
hazrajliklar:
1.   Abu Umoma As’ad ibn Zurora
2.   Sa’d ibn Rabi’
3.   Abdulloh ibn Ravoha
4.   Rafi’ ibn Molik
5.   Baro’ ibn Ma’rur
6.   Abdulloh ibn Amr ibn Harom
7.   Uboda ibn Somit
8.   Sa’d ibn Uboda
9.   Munzir ibn Uboda avsliklar:
10.   Usayd ibn Huzayr
11.   Sa’d ibn Haysama
12.   Rafoa ibn Abdulmo‘nzir Rasululloh (s.a.v.) ularga:
— Havoriylar Hazrati Isoga qavmlari nomidan kafil bo‘lganlari kabi, siz ham qavmingiz nomidan kafil bo‘lasiz, men ham o‘z qavmimning musulmonlari nomidan kafilman, — deb marhamat qildilar.
Ammo ular, Hazrati Isoning havoriylarini ancha orqada qoldirajak, ular erishgan sharafdan yuksakroq shonsharaf, martabalarga muyassar bo‘lajak edilar. Hazrati Iso bilan Hazrati Muhammad oralarida qanday farq bor bo‘lsa, havoriylar bilan ular orasida xam shunday farq bor edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:49:41
Ular «Nuqobai isna ashar» (O’n ikki vakil) deb ataladigan bo‘lishdi.
Yasrib musulmonlari shu tariqa, qorong‘i bir kechada, insoniyat tarixining baxtli bir qaroriga kelgan, ularga bitmastuganmas sharaf, bexadbeadad saodat keltiradigan bir bitimni tuzishga muvaffaq bo‘lishgan edi.
Kechagi kunga qadar ham Arabistonning oddiy bir shahri bo‘lgan Yasrib bundan buyon abadiy va mangu, muborak va muqaddas bir shahar bo‘lish unvoniga erishgan edi. Qiyomat kuniga qadar har bir musulmonning yuragi mazkur shaharning toshu tuprog‘iga talpinajak, har bir qarich yeri koinot kabi qadrli va aziz bo‘lib qolajak edi.
Bitim tuzishda ishtirok etgan va hatto vakil etib saylanishga muvaffaq bo‘lganlardan Ka’b ibn Molik keyinchalik bu bitimni hayotidagi eng aziz xotira deb baholagan, Badr jangida ishtirok etishdan ham yuksakroq martaba deb bilgan.
Makkaning gumrohlari shirk botqog‘iga tobora chuqurroq g‘arq bo‘lib, yana bir kechani musulmonlarni haqoratlash bilan o‘tkazayotgan bir vaqtida, Yasribning mard yigitlari ushbu kechada imkoniyat doirasidagi eng sharafli ishning uddasidan chiqishdi. Endi ular Rasulullohning (s.a.v.): «Sizning qoningiz mening qonim, sizning hayotingiz mening hayotim, sizning o‘limingiz mening o‘limim», degan marhamatlariga loyiq ulug‘ insonlarga aylanishdi.
O’zlari bu zotni endigina ko‘rishdi, ammo ellik yildan beri u kishi bilan yonma-yon yashagan odamlar ham farqiga bormagan jihatlarini ko‘rishdi va Ollohning olamlarga rahmat etib jo‘natgan ulug‘ Payg‘ambarining qadriga haqiqiy yetishdi.
Ayni shu damda tepalarida ilonning vishillashiga o‘xshash bir ovoz eshitildi:
— Ey xaloyiq! Muzammamni va sobiiylarni ko‘rishni istaganlar bu yerga kelsin, mana ular, sizlarga qarshi urush ochish uchun tayyor turishibdi.
Ovoz tobora ko‘tarilib, yoqimsiz bir qichqiriqqa aylandi. «Muzammam» deb Rasulullohni (s.a.v.) nazarda tutgan edi. O’zlarining ismlari «Muxammad» maqtalgan, madhga loyiq ko‘rilgan degan ma’nolarni ifodalar edi. Ammo mushriklar hozir u kishini buning butunlay teskarisi bilan atashdan ham tap tortmagan edi. Bu so‘zning ma’nosi «yomon», «maqtovga nomunosib» demak edi.
Rasululloh (s.a.v.):
— Mana, Aqobaning olchog‘i shu kishi bo‘ladi! Bu ovoz Ibnu Uzaybning ovozidir, — dedilar va ovoz kelayotgan tomonga o‘girildilar: — Eshityapsanmi, ey Ollohning dushmani, bu yerdagi ishimni bitirgach, sening ta’ziringni beraman! — dedilar. So‘ngra yana birodarlariga o‘girildilar: — Endi tezda joyjoylaringizga qaytinglar.
Abbos ibn Uboda:
— Yo Rasululloh, sizni haq payg‘ambar o‘laroq jo‘natgan Ollohga qasamlar bo‘lsinki, agar xohlasangiz, ertaga qilichlarimizni qo‘lga olib, Minodagilarga qarshi otlanamiz, — dedi.
Rasululloh (s.a.v.) uni bu fikridan qaytardilar:
— Biz bunday amr olmadik, darhol joylaringizga qaytinglar! — dedilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:54:52
* * *
Choshgoh vaqti o‘tib borayotgan bir palla edi. Yasribliklar to‘xtagan joyga bir guruh qurayshliklar keldi. Abdulloh ibn Ubay ibn Salulni qidirib topishdi.
— Eshitishimizcha, Muhammad ibn Abdullohga yurtingizdan panoh berish uchun taklif qilgan emishsizlar. Ustiga ustak, biz bilan urush boshlashga qaror bergan emishsiz. Shuni yaxshi bilinglarki, biz sizlar bilan urushishni aslo istamaymiz, — deyishdi.
Ibn Salul bu so‘zlarni hayron bo‘lib tingladi. Qurayshliklar uning shu holatidanoq bu gaplarning shunchaki mishmish ekanini anglashdi.
Ibn Salul:
— Xudo haqqi, gaplaringizdan hech narsa anglamadim. Men odamlarimga ishonaman, qabiladoshlarim orasida bunday muhim ishni men bilan maslahatlashmay qilishga hech kim jur’at eta olmaydi. Bu masalada ko‘ngillaringiz xotirjam bo‘laversin, — dedi.
Mo‘minlar bu suhbatga aralashmasdan, sukut saqlab turishdi.
O’rtada biron shubhali harakatning alomatlari ko‘rinmasdi. Boz ustiga, mushriklardan bir necha kishi ketmaket qasam ichdi, shundan keyin masala butkul oydinlashganday bo‘ldi. Qurayshliklar:
— Juda soz, modomiki qasam ichar ekansizlar, sizlarga ishondik, — deyishdi.
Makkada haj vazifasini ado etib bo‘lgach, yasribliklar ham tinchxotirjam yurtlariga qaytishdi. Endi Faxri Koinot payg‘ambarimizning (s.a.v.) tashrif kunlarini orziqib kuta boshlashdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:55:22
* * *
Amr ibn Jamuh ismli yasriblik bir oqsoq qariya bor edi. Necha yillardan beri «Manot» degan butini izzatikrom bilan uyining to‘rida saqlab keladi. Har kuni uning qoshiga kelib, ta’zim bajo keltiradi. Yana bir necha kishi ham xuddi u kabi uyda but saqlab, o‘shanga sig‘inib yurardi.
O’g‘li Muoz esa, imon keltirgan, hatto Aqoba qasamyodida ham ishtirok etgan edi. Muoz ismli yana bir qarindoshlari ham bor edi. Xullas, ikki Muoz birgalashib, kunlardan bir kuni Manotni o‘g‘irlashdi.
Amr ibn Jamux o‘sha kuni tongda hech narsadan xabarsiz uyqudan uyg‘ondi. Nonushta qildi, so‘ngra butning qoshiga bordi. Ammo... Manot joyida yo‘q edi.
— Mening Manotim qani? — deb hayqirdi.
Hech kim «men ko‘rdim» demadi.
— Bu qanaqasi, Manot oyoq chiqarib qochib ketdimi bo‘lmasa?
Jahl bilan uyidan chikdi. U yoqbu yoqni aylanib yurdi. Bani Salama mahallasiga borganida, sarosima ichida qotib qoldi. Buti o‘sha yerga to‘kilgan axlatga qorishib yotardi.
Darhol qo‘liga olib, artibsurtib tozaladi va uyiga keltirib xushbo‘y atirlardan purkadi, eski joyiga qo‘yib qo‘ydi.
— Xudo haqqi, seni haqorat qilgan odam kim ekanini bilib qolsam, dunyoni ko‘ziga tor qilar edim! —dedi va tiliga kelgan shirin so‘zlar bilan Manotning ko‘nglini ko‘targanday bo‘ldi.
Amr g‘azabdan titrabqaqshar, ilohga qarshi bunday «pastkashlik» qilgan kishilarning dahriyligiga hayron edi.
Ertasi kuni ushbu voqea yana takrorlandi. Nihoyat uchinchi kuni ham butni joyidan topa olmagach, miyasiga qon urdi. Bu ish aslida ilohning emas, Amrning ustidan kulish edi. Butni so‘nggi marta axlatdan yana tozalab yuvib, yana atir purkar ekan, qilichini uning yoniga osib qo‘ydi.
— Xudo haqqi, bu razillik kimning ishi ekanini bilmayman. Agar qo‘lingdan kelsa, mana, qilich, endi o‘zingni o‘zing himoya. qilishga urinib ko‘r! — dedi darg‘azab bir alfozda.
Kechasi tush ko‘rdi: bir itning jasadini topdilar, butga bog‘ladilar, bani salamaliklar axlat to‘kadigan, suvsiz bir quduqqa olib borib tashladilar...
Ertalab uyg‘onib qarasa, kechagi joyida faqat qilichgina turibdi. Butni qidira boshladi. Oxiroqibat yana uni axlat to‘kilgan chuqurdan topdi. Umrida bunaqa ranjimagan, parishon bo‘lmagan edi.
— Ey Amr! — deya o‘ziga xitob qilib yubordi. — Sen aqli raso, tushungan, boshqalarga aql o‘rgatadigan bir odamsan, bu chindan ham iloh bo‘lsa, shunday ayanchli ahvolga tusharmidi... G’aflat uyqusidan uyg‘onish payti kelmadimikan endi, ey Amr!
O’zining ichki xitobiga hech bir e’tiroz bildira olmadi. So‘ngra... oyoqlarining ostida yotgan butni olib yerga urdi: but parchaparcha bo‘ldi.
— Agar iloh bo‘lsang, itning o‘ligiga ilashib, axlat to‘kiladigan chuqurda nima qilib yotibsan? — deb baqirardi u.
Oyoqlarining ostida yotgan parchaparcha yog‘ochlarga qaradi. Ularning qarshisida «iloh» deb necha yillar sig‘inib kelgan edi, oqargan sochlari ushbu jaholat yillaridan qolgan xotira, axir.
— Qanchalik ahmoq bo‘lgan ekanmana, — deb po‘ng‘illadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:55:52
IMON YURTI YASRIBGA HIJRAT

Yasriblik musulmonlarning samimiyligi va sadoqati Rasulullohni (s.a.v.) juda ham mamnun qilgan, endi mo‘minlar erkin nafas olishi mumkin bo‘lgan boshpana topishlariga juda oz vaqt qolgan edi.
O’sha kunlardan birida payg‘ambarimiz bir tush ko‘rdilar. Tong otgach, birodarlariga:
— Tushimda xurmozor bir shaharga hijrat qilganimni ko‘rdim. Men bu shahar Yamoma yoki Hajar bo‘lsa kerak, deb o‘ylagan edim. Yaqinlashgach, bu shahar Yasrib ekaniga amin bo‘ldim. Olloh sizlarga qardoshlarni nasib ettirdi, omonlikda yashaydigan bir yurt berdi, — deb mujdaladilar.
Shundan keyin Makkada yashirincha tayyorgarlik boshlandi. Keyinroq ayrimlar hech kimga bildirmay Yasrib yo‘liga chiqdi. Orada Jaxshning oilasi barcha qarindosh-urug‘lari bilan birgaliqda uylarini tark etib, jami yigirma erkak va sakkiz ayol Yasrib sari yo‘l oldi.

* * *
Abu Jahl, Abbos ibn Abdulmuttalib, Utba ibn Robia bir kuni Makkaning yuqori qismida aylanib yurganlarida eshiklariga qulf urilgan tashlandiq uylarni ko‘rib qolishdi. Bular Jaxsh o‘g‘illarining uylari edi. O’tba: «Har bir oila ma’lum muddat osoyishta turmush kechirsada, bir kun kelib halovati buziladi...» ma’nosidagi bir bayt o‘qidi. So‘ngra:
— Jaxsh o‘g‘illarining maskani ham huvillab qolib dida... — dedi.
Abu Jahl:
— Kuyunishingga arzimaydi, ey Utba, otasi noma’lum kishilar uchun yig‘lanmaydi, — dedi. So‘ngra Abbosga o‘girilib: — Unutma, ey Abbos, bu jiyaningning kirdikorlaridan biridir. Jamoamizni tarqatdi, arablar orasidagi obro‘yimizni tushirdi, — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:56:22
* * *
Abu Salama Abdulloh ibn Asad Rasulullohdan (s.a.v.) ruxsat olgan zahoti yo‘l tayyorgarligini ko‘ra boshladi. Xotini Ummu Salamani bir tuyaga mindirdi, quchog‘iga o‘g‘li Salamani berdi, o‘zi esa, tuyaning jilovidan ushlab, yo‘lga tushdi.
Bani Mug‘iyradan bir necha kishi uning yo‘lini to‘sdi.
— Xo‘sh, yo‘l bo‘lsin, kuyov? O’zing qaerga borsang boraver, lekin bizning qizimizni tashlab ket! Biz uni sening ixtiyoringga berib qo‘ymaymiz! — deyishdi, ustiga yopirilishdi.
Nima qilmoqchi ekanlari ma’lum edi. Buncha ko‘p odamga kuchi yetmasligi ham aniq.
Abu Salama zo‘rg‘a qutuldi va Yasribga qochib ketdi. Ikkinchi tomondan Abu Salamaning qabiladoshlari bo‘lgan Bani Asad kelishdi. Kichik Salamani ularga berishni talab qilishdi. Yuzaga kelgan janjal oqibatida kichik Salamaning qo‘li chiqdi. Nihoyat, Bani Asad ustun kelib, bolani olib ketishdi.
Uch kishidan iborat oila shu zayl har tomonga tarqalib ketdi.
Abu Salama qochib qutuldi. Makkada qolsa, mushriklar uii sog‘ qo‘yishmas edi. Ummu Salama Bani Mug‘iyraga mehmon bo‘ldi. Bu majburiy bir mehmonlik bo‘lib, unga nisbatan yomon muomala qilinmasada, o‘z ixtiyoriga ham qo‘yishmas edi. Kichkina Salama esa, otasining qabiladoshlari orasida qoldi. Bundan keyin voqealar qanday rivojlanadi, tarqalgan oila qachon diydor ko‘rishadi, bu yog‘i yolg‘iz Ollohga ayon edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:56:39
* * *
Ummu Qays tul qolgan, ammo go‘zal bir ayol edi. Bir kuni eshigi taqilladi. U bilan turmush qurishni istagan bir odamdan sovchi edi.
— Hozir bunday narsalar ko‘nglimga sig‘maydi. Fursatini topdim deguncha, Yasribga ketaman, — deb javob qilib qutuldi.
O’sha chopar bir kundan so‘ng ayni taklif bilan yana keldi, yana taklifi rad etildi. Takliflar hech to‘xtamas, har qanday istagi bajo keltirilishi bildirilar edi. Nihoyat:
— Men Yasribga ko‘chib ketmoqchiman. U yerga hijrat qilsa, turmushga chiqaman, — deyishdan boshqa chora topmadi.
Taklif ijobiy kutib olindi. Biri Olloh va rasulining rizoligi uchun, ikkinchisi Ummu Qaysga o‘ylanish uchun Yasribgacha bo‘lgan uzoq yo‘lni ming bir mashaqqat bilan bosib o‘tdilar. To‘y bo‘ldi. Kuyov musulmonlar orasida «Ummu Qaysning muhojiri» deb tanildi. (Fathul Boriy, 1/3; Muslim. Navaviy sharxi, 13/55. 136)

* * *
Bir yilga yaqin vaqt o‘tgan, Ummu Salama eridan biron xabar ola olmagani kabi, zo‘rlab tortib olingan farzandining ahvolidan ham bexabar edi. Qabiladagilar izzatikromni joyiga qo‘yishar, lekin qabiladan tashqariga chiqishiga izn berishmas edi.
Eridan va farzandidan ajralgan Ummu Salama Abtox degan joyga bir necha marta borib keldi. Har safar borganida, ko‘zyoshi to‘kib alamidan chiqar edi.
Kunlardan bir kuni yana Abtoxga chiqdi. Yig‘lab o‘tirar, yonoqlaridan achchiqachchiq yoshlar oqar edi. Qarindoshlaridan biri uni bu ahvolda ko‘rib, ortiq toqat qila olmadi:
— Bu bechora ayolni qachongacha qiynaysizlar? Bekordanbekorga ham eridan, ham farzandidan judo qilish insofdanmi?! — dedi.
Bu so‘zlar odamlarga ta’sir qildi. Ummu Salamaga:
— Istasang, eringning oldiga ketaver, — deb ruxsat berishdi.
Izn berilgan zahoti Ummu Salama yo‘lga tushmoqchi bo‘ldi.
Bu orada Bani Asad ham jigargo‘shasini keltirib qo‘liga berdi. Ummu Salama bir tuyaga mindirildi, quchog‘iga o‘g‘lini oldi, yolg‘iz o‘zi yo‘lga tushdi.
Tan’im degan joyga kelganida, Usmon ibn Talxaga ro‘baro‘ bo‘ldi.
—   Yo‘l bo‘lsin, ey Ummu Salama?!
—   Yasribga.
—   Nega yoningda hech kim yo‘q?
—   Olloh bor.
— Xudo haqqi, seni yolg‘iz qoldirib ketolmayman, — deya Usmon tuyaning jilovidan ushladi.
Yo‘lga tushdilar. Soatlarcha yo‘l bosdilar. Bir joyga yetganda ozmoz xordiq chiqarish uchun to‘xtashdi. Usmon tuyani cho‘ktirdi va o‘zi nariroq borib turdi. Ummu Salama tuyadan tushib bo‘lgach, kelib tuyani yetakladida, borib bir daraxtga bog‘ladi. O’zi xam yuqoriroq bir joyga o‘tib yotdi. Oradan bir necha soat o‘tdi. Ummu Salama uyg‘ondi. Usmon tuyani yetaklab kelib, cho‘ktirdi va yana bir oz orqaroqqa chekinib turdi.
— Qani, min tuyaga, ey Ummu Salama, — dedi.
Yana tuyaning jilovidan ushlab, yo‘lga tushdilar. Butun safar necha kunlab shu tariqa kechdi...
Yasribning shundoqqina bo‘sag‘asidagi Qubo nomli qishloqqa yaqinlashganlarida Usmon tuyaning jilovini uzatdi:
—   Ey Ummu Salama, ering Abu Salama maskan tutgan qishloq shu. Bu yog‘iga endi o‘zing yetib olasan, — dedi.
—   Ming tashakkur, ey Usmon! Olloh seni panohida asrasin.
Usmon yo‘lni Makka sari soldi.
Ummu Salama uning bu olijanobligini hech unutmas, yillar o‘tib ham minnatdorlik his-tuyg‘usi bilan eslab yurar edi.
Usmon o‘shanda musulmon emas edi. Yana yillar davomida mushrik bo‘lib qolajak, bu darajada ezgulikka to‘liq qalbi yana butlarga sig‘inishda davom etajak edi.
Ummu Salama qishloqqa yetib keldi. Ko‘p o‘tmay Abu Salama xotini va o‘g‘li bilan yana qayta diydor ko‘rishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:56:53
* * *
Makka har kuni bittaikkitalab xufyona Yasribga yo‘l olgan ahli bilan xayrlashar edi. Ammo bu safargi muhojirlar Habashistonga hijrat qilganlar kabi g‘amgin va parishon emasdilar. Chunki Payg‘ambarlar Sultoni (s.a.v.) ularning orqasidan yetib borishlariga ishonchlari komil edi.
Tug‘ilib o‘sgan shaharni tashlab chiqib ketish og‘ir, albatta. Lekin imonida sobit qolish uchun mo‘minlarga boshqa yo‘l, boshqa chora qolmagan edi.
Yashirincha ketishlariga bois esa, mushriklarning qo‘llariga tushib qolguday bo‘lsalar, qamab qo‘yilishlari aniq edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:57:04
BUYUK UMARNING MAKKANI TARK ETISHI

Umar ibn Xattob ham hijrat qilishga qaror berdi. Ilk musulmonlardan Ayyosh ibn Robia va Xishom ibn Oslar bilan Makka — Yasrib yo‘lini birgalikda bosib o‘tishga kelishib oldilar. Rasulullohdan (s.a.v.) izn olindi. Ertalab hali kun chiqmasidan oldin Tanobud degan joyda uchrashishga qaror qildilar. Tanobud Makkadan o‘n chaqirim uzokda edi.
— Tonggacha yetib bormagan kishi kutilmaydi. Borganlar yo‘lda davom etaveradi, — deyishdi. Tayyorgarlik ko‘rish uchun uyuylariga tarqaldilar.

* * *
Masjidi Haramda baland bir ovoz yangradi. U yerda hozir bo‘lganlar cho‘chib boshlarini ko‘tardilar.
— Menga kuloq soling, ey xaloyiq!
Albatta, hayqirayotgan odam Umar ibn Xattob edi. Zotan, undan bo‘lak odam bunday ishga jur’at qilmagan bo‘lardi. Umar (r.a.) o‘qyoyini qo‘liga olgan, qilichini qiniga solgan vaziyatda turardi. Hamma unga diqqat bilan qarayotganini ko‘rib, shunday davom etdi:
— Ey mushriklar! Men ham hijrat qilishga qaror berdim. Yasrib shahriga ketmoqchiman. Orangizda onasini yig‘latishga, xotinini beva, bolalarini yetim qoldirishga havasmandlar bo‘lsa, ertaga kun chiqar paytida Sharifga borsin, o‘sha yerda kutaman...
Bu e’lon eng baland pardalarda, kar ham eshitadigan darajada kuchli tovushla qilindi. Ammo kimsadan sado chiqmadi. Umar bir oz kutdi. Javob bo‘lavermadi. Ka’bani yetti marta tavof etdi. Atrofdagilar uni kuzatish bilangina cheklandilar. Tavofini tugatib, shahdam odimlar bilan masjiddan chiqib ketdi.
Orqada qolganlar uning xattiharakatidan o‘zlaricha xulosa chiqardilar: «Juda mard odamda shu Umar, osiy bo‘lishi tugul, undan battar bo‘lsa ham, unga yomonlik qilishdan qochish kerak!..»
— Ko‘rmayapsanmi, Abul Hakam (Abu Jahl) ham lom-mim demadiku!
— Oson ekanmi, axir, bu lof emas, naq Umarku?!
Oralarida shunga o‘xshash gapso‘zlar o‘tdi, xolos.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:57:57
* * *
Ayyosh bilan Umar (r.a.) Tanodubda uchrashdilar. Hishom kelmagan edi. Qarorga ko‘ra, uni kutib o‘tirmadilar, darhol yo‘lga tushdilar. Yasribgacha biron korhol yuz bermadi. Shaharning Avoli degan joyida Umayya ibn Zayd o‘g‘illarinikida mehmon bo‘ldilar.
Ko‘p o‘tmasdan Abu Jahl ukasi Horis bilan birga Yasribga keldi, Ayyosh ibn Robiani topdi. U amakilarining o‘g‘li va ona bir ukalari edi.
— Yemon bir ish qilding, ey Ayyosh! Sen qaytib Makkaga bormaguningcha, onang sochini taramaslikka, hatto soyaga o‘tmaslikka qasam ichdi. Bechora onangni 6u azobdan qutqarishing kerak, — deyishdi.
Ayyosh bu so‘zlarga ishondi. Hazrati Umar oraga kirdi:
— Ey Ayyosh, zinhor ularning so‘zlariga ishonma. Aldab, seni yo‘ldan urmoqchilar, birodar. Onang sochi qurtqumursqaga to‘lgach, tarashga, quyoshning qizig‘ida qolib boshidan kun o‘tgach, soyaga chekinishga majbur bo‘ladi. Mening so‘zimga kir, Makkaga qayta ko‘rma.
Ammo Ayyosh Hazrati Umarchalik irodali emas, buning ustiga, uning zaif joyidan ushlashgan edi.
— Onam qasam ichibdi, — dedi o‘ksib.
— Aldanma, bu gaplarning hammasi g‘irt yolg‘ondir. Bu odamlar hozirgacha doim yolg‘on gapirib kelganlarini unutma!
Abu Jahl jiddiy turib yana avvalgi gapini takrorladi:
— Onangga rahm qil, ey Ayyosh. Quyosh tig‘ida o‘tiribdi... Qasam ichgana... Soyaga chekinmasa, ahvoli nima bo‘ladi? Kim biladi, balki hozir kunning tig‘iga dosh berolmay hushidan ham ketgandir.
Aslida, g‘urbat hissidan, vatan hasratidan ezilgan Ayyosh ketish tarafdori edi.
—   Men bu yerda senga qaram bo‘lib qoldim, ey Umar. Borib hech bo‘lmasa mol-mulkimdan olib kelay, — dedi:
—   So‘zim so‘z, molimning yarmi seniki bo‘lsin, birodar.
— Baribir ular bilan birga qaytib ketmasam bo‘lmaydi.
Hazrati Umar uni bu qaroridan voz kechtira olmasligini tushundi. Nochor:
— Do‘stim, shu tuyam senga. O’zi zotdor, yuvosh. Bir minganingcha, ustidan tushma. Biron shubhali narsani sezsang, qochib qol, — dedi.
Yo‘lga otlandilar. Ayyosh onasini og‘ir ahvoldan qutqarish va vatan hasratidan xalos bo‘lish xayoli bilan hayajonda, Abu Jahl bilan ukasi esa, uni bunchalik osonlikcha yo‘ldan urganlaridan behad xursand edilar.
Safar bexavotir davom etdi. Abu Jahl bu g‘amxo‘rligi uchun Ayyoshni alqar, onaning farzanddagi haqqi har qanday boshqa haqdan ustun ekanini qaytaqayta ta’kidlar edi. Yo‘lga chiqqanlaridan beri orasira suhbat Ayyoshning onasiga borib taqalar, har gal yolg‘onyashiqlar ustmaust taxlanar edi. Abu Jahl:
— Eng oxirgi kun boshidan suv quymagunlaricha hushiga kelmadi sho‘rlik xotin, — deb xo‘rsindi.
—Shunchalik bo‘lguncha unga qarab o‘tiraverdilaringizmi? Soyaga chiqarib qo‘ysalaringiz bo‘lmasmidi?
— Necha marta soyaga oldik, ammo koshki ko‘nsa. Hushiga keldi deguncha, o‘rnidan sakrab turadida, «Yokding meni Ayyosh!» deb baqirib, yana quyoshning tig‘iga chopadi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:58:40
Horis qo‘shimcha qildi:
—   Aslida, o‘ylab qarasang, biz nafaqat onangni, seni ham qutqarmoqchi bo‘ldik. Chunki onang bevaqt o‘lib ketsa, sening boshingga biron kulfat tushishi begumon.
—   Kim biladi, seni ko‘rsa, onang boyoqish rosa suyunsa kerak. Sen ham yangi hayot boshlasang, ajab emas.
Safar shunga o‘xshash suhbatlar bilan davom etdi. Makkaga yaqinlashdilar. Oldinda Abu Jahl bilan Horis, Ayyosh ularning orqalarida... Bir mahal Abu Jahl:
— Bizning tuyamiz rosa charchadi, tuyalarimizni almashtirsak, nima deysan? — deb qoldi.
Ayyosh bu taklifga rozi bo‘ldi va tuyasini cho‘ktirdi. Shu orada bir-birlariga ma’noli qarab olgan akauka to‘satdan uning ustiga yopirildilar. Ayyosh ikki kishiga bas keladigan darajada baquvvat emas edi. Ikki daqiqa o‘tibo‘tmay, oyoqqo‘li bog‘log‘lik holda tuyaga yuklandi.
Abu Jahl Makkaga muzaffar qo‘mondon kabi kerilib kirib keldi. Bir jinoyatchini qo‘lga tushirgan shovvozdek, atrofidagilarga mag‘rurona ko‘z tashlar, unga qarab turganlarga:
— Aqlingiz bo‘lsa, sizlar ham ahmoqlarning ta’zirini mana shunday berasiz, — deb baqirar edi.
Dastlabki jazo sifatida Ayyoshga yuz qamchi urildi. Onasining soch taramaslikka qasam ichgani haqidagi safsataga ishonganiga ming pushaymon bo‘ldi. Qo‘loyog‘i bog‘langan holda qamab qo‘yildi. Hijratga bular bilan birga chiqishga kelishgan Hishom ham tutilibqamalganini shu yerda bildi.
Qamoq hayoti o‘z nomi bilan qamoq hayoti edi. Bu yerda hech kimning beklardek kun kechirishiga izn berilmas, to‘xtovsiz ravishda jabru sitam yetkazilar edi.
Hazrati Umarning (r.a.) nasihatiga quloq solmagan va Abu Jahldek bir axloqsiz mushrikning so‘zlariga ishongan Ayyosh bundan boshqacha jazolanishi mumkin emasdi.
Hazrati Umar bilan Abu Jahl ikki qaramaqarshi qutbga o‘xshardilar. Biri haq va adolatning, ikkinchisi jaholat va tushkunlikning timsoli.
Haq va adolat g‘olib kelgan joyda Umar, shirk va fisqu fasod avjiga mingan joyda Abu Jahl hukm surar edilar...
Hazrati Umar ham, Abu Jahl ham o‘zlari mansub bo‘lgan qutbning eng mukammal vakillari edilar.
Haq va adolat mavzuida Hazrati Umarga, pastkashlik va razolat xususida Abu Jahlga bas keladigan kishi yo‘q edi.
Ayyoshning nasihatga quloq solmagani, o‘zboshimchalik qilgani musulmonlar orasida noxush qarshilandi. Necha yillardan buyon musulmonlarga hisobsiz aziyatlar yetkazgan Abu Jahlning so‘zlariga aldangani... hech bir aqlga sig‘mas edi. Tavba qilsa ham, kechirilmasligi haqida bahslashdilar, bilaturib o‘zini o‘tga tashladi, dedilar. (Ibn Kasir. «Siyar», 2/220.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 03:59:47
* * *
Mus’ab ibn Umayr Sa’d ibn Muozning xonadoniga kelib tushdi. As’ad ibn Zurora esa, Rasulullohning (s.a.v.) amakilari Hamza ibn Abdulmuttalibni mehmon qilishga musharraf bo‘ldi. Rasulullohning (s.a.v.) nuridiydalari Ruqayyaga, uning umr yo‘ldoshi bilan birga, uyidan joy berish sharafi Avs ibn Sobitga nasib bo‘ldi. Shu yo‘sin vatanini tark etgan va Yasribdan boshpana izlab borganlarga kutganlaridan ham ziyoda izzatikrom ko‘rsatildi. Umr bo‘yi birgalikda yashagan qarindoshlari, otalari, akalari, ukalari, hamshaharlari ularni quvgan bir paytda, butunlay begona, notanish insonlar tomonidan «Ollohning bir ne’mati» o‘laroq hurmat va izzat, e’zozu qadr topishdi.
Endi bemalol, tinchxotirjam ibodat qilish imkoniyati yaraldi. Makkadagi kabi, namoz o‘qish uchun xilvatroq joy qidirishga to‘g‘ri kelmas, mushriklar ko‘rib qolmasaydi, degan hadik bezovta qilmas edi.
Qaerga borilsa, qaerga qaralsa, chehrasi gulgun, yuzlaridan imon va samimiyat nurlari porlab turuvchi insonlarga duch kelinar edi.
Makkada imon keltirish ayb, gunox, jinoyatdek bir gap bo‘lsa, bu yerda imon keltirmaslik ayb va gunoh edi. Makkada musulmonlarga jabru zulmlar yetkazilgan bo‘lsa, bu yerda Islomga kirmaganlarga zarracha ozor berilmas edi. Jahannam hayoti tugagan, jannat hayoti boshlangan edi go‘yo. Maysazor uzra saf tortib jamoat bo‘lib namoz o‘qiyotganlarni ko‘rgan ko‘zlar yoshlanar, «Ollohim, shukrlar bo‘lsin, bizni shu kunlarga ham yetkazding...» der edilar.
Bir paytlar chidab bo‘lmas azob-uqubatlardan shikoyat qilish uchun Rasulullohning huzurlariga kelgan va «Yaqin kelajakda San’o shahridan Xadramutga qarab yo‘lga chiqqan kishilarga, qo‘ylariga xujum qilishi mumkin bo‘lgan bo‘ridan boshqa hech narsa havf solmaydi», tarzida javob olgan Habbob ham mana endi osoyishta hayot kechira boshladi. Tanasiga qizdirilgan temirlar bosib ayovsiz azob berilgan Ummu Ammor ham, qarzingni oxiratda olarsan, deb kinoya qilgan Os ibn Voil ham endi tarixda qolib ketgandek. Bundan buyon Yasribda faqat musulmonlarning so‘zi o‘tar, aytganlari bo‘lar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:00:06
* * *
Bu orada Abu Bakr (r.a.) ham izn so‘rab keldi:
—   Yo Rasululloh, do‘stu birodarlarim birinketin hijrat qilib Yasribga ketishdi. Menga ham ijozat berasizmi?
—   Shoshmay tur, yo Abu Bakr. Olloh taolo senga yaxshi bir hamroh berishidan umid qilayotirman.
—   Yo Rasululloh, siz bilan birga?..
—   Ha, yo Abu Bakr.
Hazrati Abu Bakr o‘zida yo‘q xursand bo‘ldi.
Shu kundan boshlab uyidagi eng zotdor ikki tuyani alohida, samura daraxtining bargi bilan boqishga kirishdi. Bundan buyon hatto erkin nafas ham olib bo‘lmaydigan bu muborak shahardan bir daqiqa bo‘lsada oldinroq chiqib ketadigan kunlarini intizorlik bilan kuta boshladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:11:23
SUIQASD QARORI

Makka huvillab yotardi go‘yo. Musulmonlardan Hazrati Abu Bakr, Ali, Suhayb hamda qamab qo‘yilgan va tazyiq ostidagi yana bir necha kishigina qolishgan, lekin ular ham bu yerni tark etadigan kunlarini orziqib kutishar edi.
Qurayshlik zodagonlarning boshi qotdi. Bu ko‘chishga ular befarq qarab turolmas edilar. Mazkur muammoni uzilkesil hal etish uchun Dorunnadvada jiddiy bir yig‘ilish o‘tkazdilar. Majlisga Bani Hoshimdan faqat Abu Lahabgina kiritildi. Jami yuzga yaqin mushrik to‘plandi. Abu Jahl, Utba, Shayba, Abu Sufyon, Umayya, Nadr, Abul Baxtariy, Zam’a, Hakim, Nubayh, Munabbih ibn Hajjoj va shunga o‘xshaganlar majlisning to‘rida.
— Birodarlar, — deya gap boshladi Abu Jahl, —ko‘rib turibsizlar, Muhammad yo‘ldan ozdirgan kishilar birinketin oramizdan ketdilar. O’zlariga Yasribdan boshpana topdilar. Ertaga Muhammad ham ularning orqasidan yo‘lga tushishi, balki u yerda biz bas kelolmaydigan bir qo‘shin to‘plashi mumkin. Ular Yasribda zaiflashib qoladilar, bu yerda ming bir mashaqqat ichida yuritgan da’volaridan voz kechadilar, degan bema’ni xayollarga berilib yurmanglar tag‘in.
— Xo‘sh, bu bilan nima demoqchisan?
— Demoqchimanki, Muhammad hali ham oramizdadir. Agar bu yerdan chiqarib yuborsak, ortiq uni qo‘lga tushirishimiz va undan o‘chimizni olishimiz mumkin bo‘lmay qoladi. Darhol uzilkesil bir qarorga kelishimiz kerak. Bu masalada sizlar qanday fikrdasizlar? Har kim fikrini tortinmasdan, ochiq-oydin bayon qilsin.
Dastlab Abul Baxtariy so‘zladi:
— Uning oyoqqo‘llarini kishanlab qamab qo‘yaylik, to o‘la-o‘lguncha hibs hayotini kechirsin. Zuhayr va Nabig‘a kabi shoirlarning kunini solaylik boshiga.
Bir chekkadan ovoz chiqdi:
— To‘g‘ri fikr emas bu!
Gap tashlagan kishi eshikka yaqin bir joyda o‘tirar edi. Yaxshi kiyingan, ammo hech kim uni tanimas edi.
— Kimsan o‘zing, ey qariya? — deya so‘rashdi.
—   Najiddanman, shahringizga bir yumush bilan kelgan edim. Ushbu yig‘ilish haqida eshitdim. Fikrlaringizni bilish va, zarur bo‘lsa, birgalashish uchun shu yerga keldim.
—   U holda bu fikr nimaga noto‘g‘ri ekanini tushuntir.
—   Uni hibsga olsangiz, ko‘p o‘tmay Yasribdagi do‘stlari bundan xabardor bo‘ladilar. Ular ustingizga yurish boshlab, to Muhammadni qutqarmagunlaricha sizlar bilan urushaveradilar. Buning oqibati yaxshi bo‘lmaydi.
— Gaping to‘g‘ri, ey qariya...
Asvad ibn Robia so‘z oldi:
— Men uni Makkadan haydab chiqarishni taklif etaman. Bizdan ajralsin, bizni o‘z xolimizga qo‘ysinda, xohlagan tomoniga ketaversin.
Qariya o‘rnidan sapchib turdi:
— Bu ham bo‘lmaydi. Shuncha yildan beri unga tazyiq o‘tkazdingiz, foyda berdimi? Tobora ishi ilgariladi, xolos. Endi agar tazyiqdan xalos bo‘lsa, butun arab qabilalarini qanday qilib o‘ziga bo‘ysundirib olganini bilmay qolasizlar. Bu yerdan ketib, kuchqudrat yiqqach, odamlariga yetkazgan ziyon-zahmatlaringizni unutib, shunday qoldirib ketadi, deb o‘ylaysizlarmi?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:15:33
Utba ibn Robia:
— Ma’lum bo‘ldiki, sen juda aqlli, tajribali kishi ekansan, yaxshisi, eng ma’qul fikrni o‘zing aytaqol, —dedi.
Qariya vazminlik bilan javob qildi:
— Albatta, men ham fikrimni bildiraman. Faqat, yana kimdan qanaqa fikr chiqadi, bilmoqchiman.
Abu Jahl so‘z oldi:
— Xudo haqqi, men hech biringiz kutmagan bir taklifni o‘rtaga tashlamoqchiman.
— Xo‘sh, qanday taklif ekan u?
— Har bir qabiladan aslzoda, mard bir yigitni tanlab olamiz. Ularning hammasi baravariga qilich bilan hujum qilib, baravariga zarba tushiradilar. Shu bilan bu masalaga chek qo‘yamiz. Uning qoni to‘kilgani uchun hamma qabilalar birday javobgar bo‘ladilar. Shunda Abdumanof o‘g‘illari ham buncha qabilaga qarshi intiqom da’vosi bilan chiqishga jur’at qilolmaydilar. Tovon haqi olishga rozi bo‘lishdan o‘zga chora qolmaydi. Biz ham tovonini to‘laymizda, butun mushkulliklardan qutulamizqo‘yamiz.
Qariya sevinib ketdi:
— Mana bu boshqa gap. Bu odam juda to‘g‘ri gapirdi, eng ma’qul yo‘l shudir. Boshqa har qanday chora-adbir zoe ketadi.
Insoniyat tarixida eng razil, eng mal’un qaror shu tariqa chiqarilgan edi. Abu Jahl bilan o‘sha mal’un qariya majlisni o‘zlari xohlagan usulda olib borib, ko‘ngillaridagi rejani tuzishdi.
Olloh taoloning muborak Bayti yonida Ollohning eng suyukli bandasi, eng buyuk payg‘ambarining o‘lim farmoni imzolandi. Ustiga ustak, «Dorunnadva» deb ataladigan bu bino Rasulullohning (s.a.v.) katta bobolari Qusay tomonidan xalqning muhim masalalari hal etiladigan joy o‘laroq kurilgan edi.
Abu Jahl so‘zida davom etdi:
— U holda darhol harakatga o‘tish darkor. Masalani shu bugun kechasiyoq hal qilib qo‘yaqolaylik. Hamma o‘z qabilasidan bittadan vakil sifatida mard yigitni ko‘rsatsin.
Kimdir davradagilarni ogohlantirdi:
— Zinhor bu yerdan biron shivir tashqariga chiqmasin. Bugun biz uchun so‘nggi fursatdir.
Og‘izlar mahkam berkitildi, aqllar mard yigitlarni qidira boshladi.
Dorunnadva eshigidan xorg‘in bo‘lib chiqdilar. Endi Muhammadning kuni bitdi, degan xayol og‘ushida mushriklar uyuylariga tarqaldilar.
Najidlikman deb da’vo qilgan u mal’un qariyani o‘sha kungacha hech kim ko‘rmagan, tanimas edi. O’sha kundan keyin ham Makkada boshqa ko‘rinmadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:16:20
*   * *
«Yo Muhammad, bu kecha har doim yotadigan to‘shagingda yotmasliging kerak». Jabroili amin bu ilohiy amrni yetkazib, qurayshliklarning mash’um qarorlari xabarini bildirdi. Yasrib shahriga hijrat qilish farmonini keltirdi.
Isro surasining 80-oyati o‘laroq Qur’ondan o‘rin olgan oyati karima Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qalblariga singdirildi:
«Va ayting: «Ey Rabbim, meni durust bir kirish bilan yangi yurtimga kiritgin. Durust bir chiqish bilan eski yurtimdan chiqargin hamda men uchun o‘z dargohingdan madadkor bir quvvat ato qilgin».
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) Hazrati Alini chaqirdilar.
— Bu kecha mening to‘shagimda sen yotasan. Yashil rangli choyshabimni yopinib uxlaysan. Ular senga hech qanday zarar yetkazmaydi, — dedilar.
So‘ngra hijrat farmoni kelganini bildirdilar.
Uylarida mushriklar omonat qoldirgan ulbul qimmatbaho ashyolar bor edi, bittabitta ko‘rsatdilar, egalariga topshirishni uqtirdilar. Shundan keyin peshin payti uydan chiqib ketdilar. Ko‘chalarda hech kim yo‘q edi. Qaylula vaqti bo‘lgani uchun hamma soyasalqinga chekingan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:16:35
*   * *
— Otajon! Rasululloh (s.a.v.) keldilar!
Hazrati Abu Bakr hayajonlanib o‘rnidan turib ketdi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bunday paytda keladigan odatlari yo‘q edi, har holda juda muhim ishlari bo‘lsa kerak.
Rasululloh (s.a.v.) ichkari kirdilar. Muborak chehralaridan jiddiy bir voqea yuz berganini uqsa bo‘lardi.
— Xoli qolsak, yo Abu Bakr! — dedilar.
Hazrati Abu Bakr Asmo bilan Oyishaga qaradi:
— Bular mening qizlarim, yo Rasululloh, andisha qilmasangiz ham bo‘ladi.
Nabiyyi akram (s.a.v.) o‘tirdilar.
— Olloh taolo menga Makkadan chiqish va Yasribga ko‘chish iznini berdi, — dedilar.
—   Unda sizga yo‘ldosh ham tayin etilgandir?
—   Ha, yo‘ldosh ham tayin etildi.
Hazrati Abu Bakrning ko‘zlaridan tirqiragan yoshlar uning sevinch darajasini ko‘rsatar edi. Oyisha shu kunga qadar odam suyunganida yig‘lashini ko‘rmagan, hozir ilk bor ko‘rib turishi edi.
—Yo Rasululloh, manavi ikki tuyani shu safar uchun boqib kelayotgan edim, xohlaganingizni tanlab oling.
Rasululloh (s.a.v.) bosh tortdilar:
— Men meniki bo‘lmagan tuyaga minmayman.
— U holda mendan sovg‘a bo‘lsin, yo Rasululloh, —dedi Abu Bakr.
— Sovg‘a sifatida ham qabul qilmayman.
Shunda Abu Bakr holni tushundi va:
— Men ularning ikkalasini sakkiz yuz dirhamga sotib olgan edim, — dedi.
Nabiyyi muhtaram (s.a.v.) to‘rt yuz dirham to‘lab tuyalardan birini tanlab oldilar.
— Bu tuyamga Qasva (kesik quloq) otini beraman, —dedilar.
Safar rejasi pishitib olingach, payg‘ambarimiz uylariga qaytdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:16:49
* * *
Rasuli akram (s.a.v.) ketganlaridan keyin Abu Bakr kelishuvga binoan Abdulloh ibn Urayqitnikiga yo‘l oldi. U Makka — Yasrib yo‘lini juda yaxshi bilar edi. Abu Bakr kelganida, u qaylula uyqusini olib yotgan ekan. Uyg‘otildi. Ichkaridan ovoz berdi:
— Kim u?
— Eshigingni ochgin, keyin ko‘rasan kimligimni, —dedi Abu Bakr.
Sal o‘tmay eshik ochildi. Ostonada Abdulloh ibn Urayqit paydo bo‘ldi. Xavotirda chiqqan bo‘lsa kerak, eshigi tagida turgan Abu Bakrni ko‘rib chehrasi sal ochildi. Ichkariga taklif qildi.
— Yakkamayakka gaplashish mumkin bo‘lgan xilvatroq joyga o‘tsak, — dedi Abu Bakr. Abdulloh jiddiy bir masala muhokama qilinishini angladi. Xilvatroq joyga o‘tdilar.
— Bu yer xoli, ko‘ngling xotirjam bo‘lsin, yo Abu Bakr, — dedi Abdulloh.
Shunday bo‘lsada Hazrati Abu Bakr pichirlab dedi:
—   Bizni Yasribga boshlab borasan.
—   Qachon?
—   Uch kundan keyin.
—   Juda soz. Necha kishisizlar?
—   Ikki kishi.
—   Ikkinching kim?
—   Muhammad ibn Abdulloh.
—   Tushunarli.
— Ammo bu gap ikkalamizning o‘rtamizda qolishi kerak.
— Menga ishonaver, yo Abu Bakr.
Hazrati Abu Bakr o‘zi bilan birga ikki tuyani ham yetaklab kelgan edi.
—   Bu tuyalar hozircha sening uyingda qoladi. Uch kundan so‘ng erta tongda ularni yetaklab borib, bizni Savr tog‘idagi g‘ordan olasan va birgalikda yo‘lga chiqamiz.
—   Kelishdik, yo Abu Bakr. Demak, uch kundan so‘ng, dushanba kuni, erta tongda, Savr tog‘idagi g‘orda...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:17:12
* * *
Oqshom qorong‘uligi cho‘kishi bilan Habibi akmalning (s.a.v.) uylari qurshab olindi. Dorunnadvada majlis o‘tkazganlarning ko‘plari shu yerda hozir bo‘ldi.
Ehtimol, to‘satdan hujum qilish rejasini tuzgan bo‘lsalar, ajab emas. Qo‘liga qilich olgan mard yigitlar ham tanlangan, bittaikkita bo‘lib, burchakburchaklarga o‘tirib olishgan edi.
Abu Jahlning jag‘i tinmas, baland va kinoyali ovozda:
— Ey xaloyiq, Muhammadga imon keltiring. Agar uning yo‘lidan yursangiz, arablar va arab bo‘lmagan insonlarga hokim bo‘lasiz. Imon keltirmasangiz, o‘lgandan so‘ng jahannamda yonib kul bo‘lasiz. Gaplarim hazil emas, jiddiy, o‘ylab ko‘ring, — deb baqirardi.
Rasululloh (s.a.v.) ichkaridan javob qildilar:
— Ha, bu gaplarni men gapirdim. Jahannamga kiradiganlardan biri esa, sensan...
Ehtimol suyukli payg‘ambarimiz (s.a.v.) ularga uyda ekanlarini yana bir bor bildirib qo‘yish uchun ovoz bergandirlar...
Bir muddat o‘tdi. Payg‘ambar (s.a.v.) Hazrati Ali bilan, oila a’zolari bilan xayrlashdilar. Eshikni ochdilar. Yosin surasini o‘qidilar.
Xo‘sh, uy atrofini o‘rab olganlar nima qilishdi? Hech nima. Ular xususida: «Va biz ularning oldilaridan bir to‘siqparda, ortlaridan bir to‘siqparda qilib, ularni o‘rab qo‘ydik. Bas, ular ko‘ra olmaslar», oyatida bayon etilgan hodisa ro‘y berdi.
Chindan ham ularni g‘aflat bosib, payg‘ambarimizning chiqqanlarini hech kim payqamay qoldi. Go‘yoki ular boshqa bir olamda, payg‘ambarimiz boshqa bir olamda... Bo‘lmasa, shundoqqina yonlaridan o‘tib ketdilar, oyoq tovushlarini ham hech kim eshitmadi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:17:25
* * *
Hazrati Abu Bakr mijja qoqmay Rasulullohni kutib o‘tirardi. Bu kecha hayotining takrorlanmas, eng aziz safariga chiqajak, payg‘ambarlar imomiga yo‘ldosh bo‘lish sharafiga muyassar bo‘lajak edi. Ikki ko‘zi yo‘lda.
Kech bo‘lib, hammayoqqa sukunat cho‘kdi. Mo‘ljaldagi vaqt yaqinlashgani sari Hazrati Abu Bakrning qalbidagi hayajon tobora kuchayar, imon to‘la yuragi tobora tez, tobora toshqin ura boshlagan edi. Ko‘zlari qorong‘ulikka tikilgan. Nihoyat, uzokdan bir sharpa yaqinlashib kelayotganini ilg‘arilg‘amas, qo‘lini ko‘ksiga bosdi. Darhaqiqat, hayajonlanishga haqli edi, chunki kelayotgan kishi Olamlarning Sultoni, hidoyat imomi edi.
Rasulullohning (s.a.v.) eshikni taqillatishlariga hojat qolmadi.
— Marhamat qiling, otaonam sizga qurbon bo‘lsin, yo Nabiyalloh! — deya Abu Bakr ostonadayoq kutib oldi.
Hazrati Abu Bakr yiqqan bor pulini hamyoniga soldi. Ozroq yegulik narsa ham oldi. Uyning orqa tomonidagi bir teshikdan ketmaket chiqdilar va Makkaning janubig‘arb tomonida joylashgan Savr tog‘i tomon yo‘l oldilar.
Toqqacha uch chaqirimcha yo‘l edi. Taxminan bir soatlarda bosib o‘tsa bo‘ladi. Ammo kecha qorong‘i, qo‘llarida chiroq ham yo‘q. Yo‘lda iz qoldirmay ketmoqchi edilar. Shu bois Rasululloh (s.a.v.) ba’zan poyafzallarini ham qo‘lga olib yurishga majbur bo‘ldilar. Zimiston kechada yalangoyoq toqqa tirmashish oson emas.
G’orning og‘ziga kelganlarida, Hazrati Abu Bakr ijozat olib, ehtiyot uchun ichkariga avval kirdi. Qo‘llari bilan paypaslab, tekshirib chiqdi. U yoqbu yog‘ini tuzatib, o‘tiradigan holatga keltirdi. Ichkarida yirtqich hayvon yoki zaharli hashorat bo‘lishi mumkin edida. So‘ngra taklif qildi:
— Marhamat qiling, yo Nabiyalloh!
Sultoni anbiyo (s.a.v.) «Bismilloh...» deya ichkariga kirdilar. Sal o‘tmay Hazrati Abu Bakrning tizzalariga bosh qo‘yib, uyquga ketdilar.
Hayajon, charchoq va baxtiyorlik mujassam bo‘lgan bu daqiqalarning har bir soniyasi Abu Bakr uchun bir umrga teng, bir umrga tatirli edi. Koinot yaratilganidan beri hech bir insonga bunday sharaf berilmagan. Bu saodat damlarini til bilan ifoda etish u yokda tursin, yuragiga ham sig‘dirolmas edi.
Birdan iliklarigacha qaqshatgan og‘riqni his etdi. Bu og‘riq saodat damlariga halaqit berib qolmasinda, deya orziqdi. Qimirlamay o‘tiraverdi. Lekin butun vujudini titroq bosgan edi. Tizzasiga boshlarini qo‘yib yotgan Rasulullohni (s.a.v.) bezovta qilmaslik uchun bu azobga dosh berishga urinardi.
Akmali anbiyo (s.a.v.) yuzlariga tomgan bir juft ko‘zyoshidan uyg‘onib ketdilar.
— Nima bo‘ldi, yo Abu Bakr?
Titroq bir ovozda:
— Oyog‘imni ilon chaqdi, yo Nabiyalloh! — deya javob qildi Abu Bakr.
Qachonlardan beri sokin g‘orda birdan g‘alag‘ovur paydo bo‘lishi inida yotgan ilonni bezovta qilgan, tashqariga o‘rmalarkan, inining og‘zini to‘sib qolgan oyoqqa duch kelgan edi. Bu oyoq Abu Bakrga tegishli ekanini u jonivor qayokdan bilsin?!
— Bu yoqqa uzat oyog‘ingni, — dedilar Sarvari koinot (s.a.v.).
Bir kuni Damashq safari chog‘ida yura olmay qolgan tuyalarning oyoqlarini silab qayta quvvat baxsh etgan bu muborak qo‘llar bu daf’a «Yori g‘or»ning (G’ordagi do‘stning) oyog‘iga malham bo‘ldi: U Zoti sharif og‘izlaridan ozgina tupuk olib ilon chaqqan joyga surkadilar. Og‘riq taqqa to‘xtadi.
Damashq safari chog‘ida bu qo‘llar payg‘ambar bo‘lishini bilmagan Muhammad ibn Abdullohniki edi, bugun esa, Sarvari anbiyo ekanini, olamlarga rahmat o‘laroq jo‘natilganini bilgan Sayyidul avvalin val oxirin Imomul Anbiyo val mursalin Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamniki edi. Ammo har ikkala marta ham bu muborak qo‘llardan shifoni indirgan zot Buyuk Ollohdir...
Hazrati Abu Bakr butun insoniyatni jaholat botqog‘idan xalos etish uchun kelgan payg‘ambarimizga benihoya minnatdorlik tuyg‘ulari bilan bokdi.
— Ming tashakkur, otaonam sizga qurbon bo‘lsin, yo Rasululloh, — dedi.
Ikki do‘st o‘z xayollari bilan band bo‘ldilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:17:34
* * *
Hazrati Ali yotoqqa kirib, ustiga yashil choyshabni yopdi. Yetishdan oldin va ertalab uyqudan uyg‘onganida payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘qishni tavsiya etgan duoni pichirlay boshladi:
«Rabb o‘laroq Ollohdan, din o‘laroq Islomdan, payg‘ambar o‘laroq Muhammaddan rozi bo‘ldim. Men uchun boshqa bir ma’bud, boshqa bir din, boshqa bir payg‘ambar yo‘q. Ollohim, sening lutfu karaming bois oqshomga yetdik, sening lutfu ehsoning bois kelgusi kunga yetishamiz. Sen bergan hayot bilan yashaymiz, sening irodang bilan o‘lamiz. Biz faqat O’zingga qaytamiz».
To‘shakda Rasulullohning (s.a.v.) hidlari bor edi. Bu muborak hiddan mast bo‘lgan Ali ko‘p o‘tmay qattiq uyquga cho‘mdi...
Ali yotoqqa kirar ekan, uyning atrofida payg‘ambarimizni o‘ldirishga qaror qilgan mushriklarning aylanib yurganini va bu yerda yuzaga kelgan vaziyat o‘ta jiddiy ekanini juda ham yaxshi bilardi.
Bu to‘shakka kirish, bu choyshabni yopish bir jihatdan o‘limga tik boqish demak edi.
Biroq Rasululloh (s.a.v.) unga: «Senga biron zahmat yetkaza olmaydilar», degan edilar. Bu bashoratga u o‘zining ismi Ali ekaniga ishonganday ishonar edi.
Uni mana shu shartlar ostida Habibi akramning to‘shagiga yotqizgan buyuk Olloh bu fidokorlikning mukofotini ham albatta ziyoda qilib berajak. Ulug‘ Abu Bakrga «Yori g‘or»lik naqadar mislsiz bir sharaf bo‘lsa, mard va fidokor Aliga Rasulullohning to‘shagida o‘tkazgan bu kecha shupchalik qadrli edi.
Amallar hisob-kitob qilinadigan kunda, eng ulug‘ fazilat sohiblari xam mana shunday beqiyos sharafga noil bo‘lgan Abu Bakr va Alini ko‘rganda barmoqlarini tishlab qolishlari ajab emas. Hazrati Ali bu muborak to‘shakda xotirjam uxlar ekan, Hazrati Abu Bakr ham tizzasiga Rasululloh (s.a.v.) bosh qo‘yib yotganidan benihoya baxtiyor edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:17:54
* * *
Uyning atrofini o‘rab olganlar hanuz Rasulullohni (s.a.v.) uyda deb bilishar, bunga shubha qilishmas edi. Zo‘r hayajon bilan tong otishini kutishardi. Uyga kechasi xujum qilishdan ularni qaytargan narsa, bir insonni uyida o‘ldirish o‘ta chirkin ish deb hisoblanishi edi.
Qolaversa, shoshishning zarurati yo‘q. Qush bo‘lsada, uchirmaslikka bel bog‘lab kelishgan edi ular bu yerga. Yillar davomida alangalanib kelgan intiqom o‘tini shu tariqa o‘chirishmoqchi edi. Axir baribir ushbu eshikdan chiqadi, boshqa iloji yo‘q. O’sha damda bu gala bo‘rondek yopiriladi, bor kuchini ishga solib, unga xujum qiladi, shu tariqa o‘n yildan beri har qanday qarshilikka qaramay yuritib kelingan da’voga barham beriladi...
Abu Jahl qilichini siypaladi.
— Seni mana shu kun uchun saqlab keldim, buni o‘zing juda yaxshi bilasan, — dedi.
Yigitlardan biri gap qotdi:
— Sening yordamingsizoq o‘zimiz uning masalasini hal etsakchi?
Abu Jahl «bo‘lmaydi» demoqchidek boshini saraksarak qildi:
—   Uni qirq bo‘lakka parchalasangiz ham, bu qilich o‘z vazifasini biladi.
—   Muhammadga seningchalik adovat hissini tuygan boshqa bir odamni ko‘rmadik, yo Abul Hakam!
—   Ishonching komil bo‘lsin, bundan keyin ham aslo ko‘rmaysan.
Xo‘rozning qichqirig‘i Abu Jahlning yuzida vahshiyona bir sevinch alomatlarini uyg‘otdi. Bir burchakda kutib turgan Umayya og‘irvazmin qadamlar bilan unga yaqinlashdi.
— Turaqol endi, xo‘rozlar qichqirdi, — dedi.
— Ha, endi uning so‘nggi uyg‘onishi bo‘ladi bugun... Ubay ibn Xalaf qattiq ovoz berdi:
— Hey Muhammad, tur endi, qolgan uyquni u dunyoda davom ettirasan!..
Bu tongni u alohida hayajon bilan kutdi. Bu tong qilinadigan hujumda Muhammadning o‘ldirilishi xov birda o‘zi haqida imzolangan o‘lim farmonining bekor qilinishi demak edi. Payg‘ambarimizning bir paytlar, «Sen meni emas, men seni o‘ldiraman» deganlarini hech unuta olmagan, qachon Rasulullohning nomlarini eshitsa, «u seni o‘ldirajak» degan bir ovoz eshitilayotganday bo‘lar edi.
U ham bu muazzam zafar nashidasidan bahramand bo‘lish uchun kelgan, ammo ichichidan tinchlik bermayotgan bir tuyg‘u uni bir oz chekkaroqdan turib tomosha qilishga majbur etgan edi. Har holda, agar u ham jon achchig‘ida qarshilik ko‘rsatishga uriiib, bu qarshilik asnosida tasodifan Ubayni o‘ldirib qo‘yishi hech gap emas edida.
Hayajon qanchalik zo‘r bo‘lsa xam, vaqt har doimgiday o‘z maromida o‘tar edi. Ketmaket eshitilayotgan xo‘rozlarning ovozlari quloqlarni teshib yuborguday bo‘ldi. Yer yuzi sekinasta yorisha boshladi, shafaq ortida tug‘ilayotgan quyoshni kutib olish tantanasi boshlangan edi go‘yo.
—   Tezroq chiqaqol endi, quyosh, sabrkosamiz to‘layozdiku.
—   Tashvishlanma, albatta chiqadi... Chiqadi va... — So‘zlarini davom ettira olmadi. Ichkaridan allaqanday sharpa tovushlari kela boshladi. Qo‘llar qilichlarning sopiga yopishdi. Bir ozdan so‘ng eshik ochilib... Ali ibn Abu Tolib ko‘rindi.
Abu Jahl oldinga otildi:
—   Hoy, sen kimsan, bir ko‘rayin?!
—   Nima, meni tanimayapsanmi?
— Ollohning qahriga uchragur, seni juda yaxshi taniyman, ammo u qaerda?..
—   Kim u?
—   Amakingning o‘g‘li... Muhammad ibn Abdulloh.
—   Bu yerda yo‘q...
— Yolg‘on gapirma, ey Ali, nima, bizni laqma deb o‘ylayapsanmi?
— Ishonmasang, tekshirib ko‘r.
Abu Jahl ichkariga qaradi. Chindan ham yo‘q edi. Mushriklar telba bo‘lib qolayozdilar.
Asablar buzildi.
Uning shu uyga kirib ketgani ham, qaytib chiqmagani ham, ayni choqda, uyda yo‘qligi ham xaq edi. Vo ajabo...
— Shu uyga kirganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Manot haqqi, ko‘rdim.
— Kecha kechqurun gapirganini eshitmagan bo‘lsam, otamning boshi itlarga yem bo‘lsin!
Oqshomdan beri hayajon bilan, vahshiy bir orzu bilan qilingan hisob-kitoblar behuda ketgan edi. Alining yoqasiga yopishishdi.
—   Qani, gapir, qaerga ketdi?
—   Kecha kechqurun chiqib ketgan.
—   Yolg‘on gapirma. Kechadan beri shu yerdamiz.
Yana tekshirib ko‘rildi. Yana qidirildi, ammo barcha urinishlar zoe ketdi. Shu payt kimdir telbanamo bakirdi:
— Tezroq Abu Bakrni qo‘lga olish kerak!
Darxaqiqat, Payg‘ambar (s.a.v.), ularning nazarida,
Abu Bakr bilan birga bo‘lishi mumkin edi. Hammalari o‘sha yoqqa shoshilishdi. Eshikni Asmo ochdi.
—   Otang qaerda?
—   Bilmayman,
Darg‘azab Abu Jahl o‘zini tutolmay, Asmoning yuziga bir tarsaki tushirdi. Bu tarsaki Asmoning qulog‘ini yirtib yubordi, ziragi ham qayoqqadir uchib ketdi.
Zirak hali borib yerga tushmasidanoq ma’naviyat olamida bu voqea qayd etib qo‘yildi. Asmoning daftarida ushbu tarsaki bilan bog‘liq alohida bir sharaf sahifasi ochildi. Chunki bu shunchaki bir tarsaki emas edi. Ollohning eng suyukli bandasini Ollohning eng ashaddiy dushmanlarining biridan mudofaa etish yo‘lida to‘sqinlik qilgani uchun tushirilgan edi bu tarsaki... Uning mukofotini bevosita Janobi Haq o‘zi berajak, Asmoni mamnun etajak.
Kelganlar telbavoriy odimlar bilan u yerdan ham chiqib ketishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:18:05
*   * *
— Ey xaloyiq, eshitmadim demanglar, Muhammad ibn Abdullohni yoki Abu Bakr ibn Kuxofani o‘likmitirimi tutib kelgan odamga yuz tuya mukofot beriladi!.. Jarchi butun Makkaga ushbu xabarni soldi.
— Oh, koshki edi... — deganlar bo‘ldi.
— Shundoqqina burunlarining tagida ekanligida masalasini hal qilmay, endi g‘ayratga minishibdida, —deganlar ham bo‘ldi.
Har bir qabiladan qo‘lida qilich ushlay oladigan yigitlardan ikkitadan qurollanishdi. Hammayoqni ostinustin qilib, qidira boshlashdi.

*   * *
— Mana, sizlar qidirayotgan odamning izi mana 6u bo‘ladi, yonidagisi esa hamrohiniki...
— U holda ushbu izlarning ortidan olg‘a.
Mushriklarning yuzlarida mamnunlik ifodalari paydo bo‘ldi. Ayni izlar ortidan teztez yurib ketishdi.
— Izlar manavi yerda tugabdi.
— Ko‘p valdirama, — dedi Utba. — Ular qush emaski, qanot yoyib uchib ketgan bo‘lsalar.
Iztopar birmuncha o‘ylanib qoldi:
— Bu yog‘iga yalangoyoq ketishibdi, — dedi.
Yana ilgarilashdi. Nihoyat Savr tog‘ining etaklariga yetib borishdi. Sekinasta toqqa tirmashib yuqoriga chiqa boshlashdi. Bu yerda qidirilayotganlarning izlarini topish igna bilan quduq qazishga barobar edi. Shu bilan birga, bu odam o‘z ishining ustasi ekanini namoyish etar, mukofot tariqasida beriladigan yuzta tuya uning g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:18:17
*   * *
Rivoyatlarga qaraganda, Rasululloh (s.a.v.) do‘stlari bilan g‘orga kirib ketgach, bir o‘rgimchak kelib g‘orning og‘ziga in to‘qib tashlagan ekan.
Bo‘lmaydigan ish emasdi bu. Hazrati Abu Bakr, Rasululloh (s.a.v.) hordiq chiqarib bir oz rohatlansinlar, deya jon kuydirib turgan bir pallada chaqqan ilon ham kimni chaqib olganidan mutlaqo bexabar edi. G’or og‘zini to‘ri bilan berkitgan o‘rgimchak ham kimga xizmat qilayotganini bilmasdi. Oydayilda birov tasodifan kelib qolmasa, inson zoti qadam bosmaydigan bunday joylarga o‘rgimchakning to‘r to‘qishi, albatta, tabiiy bir holda.
Bu o‘rgimchak aynan ushbu vazifani ado etish uchun yaratilgan bo‘lsa ham ajab emasdi.

*   * *
Hazrati Abu Bakr uzokdan elaselas eshitilayotgan ovozlarni aniqlash uchun g‘or og‘ziga quloq tutdiyu, peshonasida sovuq ter tomchilari paydo bo‘ldi. Tovushlar tobora shu yoqqa yaqinlashib kelar edi.
Ko‘p o‘tmay, bir necha kishi to‘ppato‘g‘ri g‘orga qarab yo‘naldi. Eng oldinda mudlijlik izquvar, qolganlar uning ortida. Orada besholti odimgina masofa qoldi.
— Ye Rasululloh, anavi odamlar oyog‘iga qarasayam, bizni ko‘radi.
Hazrati Abu Bakr haddan tashqari hayajonlanar, ammo bu hayajoni o‘zidan ham ko‘ra ko‘proq Rasululloh uchun qayg‘urayotganidan edi. Unga karshi bironbir axloqsizlik qilib qolinmasin, ishqilib unga biron ozor yetkazilmasinda, degan tashvishda edi.
Habibi akmal Muhammad Mustafo (s.a.v.) bir oz egildilar va o‘ta vazminlik bilan:
—   Hech siqilma, Olloh biz bilan, — dedilar.
Hazrati Abu Bakr payg‘ambarimizning ovozlaridagi
matonatni, ruhiyatlaridagi sabot va jasoratni ko‘rib, o‘zini tutib oldi. Axir, u payg‘ambarimiz «siqilma» deydigan darajada hayajon va qo‘rquvga tushgani shubhasiz edi.
G’or yaqiniga kelgan odam komil ishonch bilan:
— Qidirayotgan odamlarimiz mana shu atrofda. Shu yergacha kelganlari aniq, lekin bu yerdan hech qayoqqa ketmagan bo‘lishlari kerak, — dedi.
Umayya e’tiroz bildirdi:
— Bekor gap. Axir, 6u yerga odam oyog‘i yetmagani shundoq ko‘rinib turibdiku.
Izquvar ham past kelgisi yo‘q:
— Ammo bu odamlar qush emaslarki, bundan bu yog‘iga uchib ketgan bo‘lsalar?..
—   Tushunarli, sen rosa charchabsan... Bu orada mushriklardan biri:
—   Vaqtimizni zoe ketkazyapmiz, — deb qoldi. Istar-istamas u yerdan qaytishdi. Izquvar hamon:
— Shu yerda ekaniga aminman. Bu odamlar o‘zo‘zidan g‘oyib bo‘lishlari mumkin emas, — derdi.
Ammo bu voqeaning yagona izohi bor, u ham bo‘lsa, Olloh taolo suyukli payg‘ambarini dushmanlarining ixtiyoriga topshirib qo‘ymasdi. Ha, Buyuk Olloh Habibi adibini dushmanlariga taslim etmaslikni iroda qilgan bo‘lsa, odamlarning ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar bo‘lib, aqli ishlamay qolishi hech gap emas.
Ular ketgach, Hazrati Abu Bakr yengil nafas oldi. Xursand bo‘lib, Rasulullohning (s.a.v.) yuzlariga qaradi. Rasululloh (s.a.v.):
— Yo Abu Bakr, ikki do‘stga Olloh taolo ham do‘stlik qo‘lini uzatib tursa, kim bizga tahdid sola olardi? Ulardan qo‘rqishga hojat qolarmi? — dedilar.
Bu paytda Makka g‘alvirdan o‘tkazildi, ostinustin qilindi. Qidirilmagan, tekshirilmagan bironta ham xonadon qolmadi. Savr tog‘idagi g‘orni hisobga olmaganda, hammayoq o‘ta jiddiylik bilan qarab chiqildi. Ammo ular hech yerda yo‘q, go‘yo qush bo‘lib uchib ketganday edilar...
Hazrati Abu Bakrning o‘g‘li Abdulloh tun yarmidan oqqanida Savr tog‘idagi g‘orga keldi. Otasi bilan Rasulullohga (s.a.v.) kunduzi bo‘lib o‘tgan voqeahodisalarni birmabir so‘zlab berdi. Uydan ovqat keltirgan edi, berdi. Shundan keyin, hali tong otmasidan, turib xayrlashdi va uyiga qaytib ketdi. U ketganidan keyin, Hazrati Abu Bakrning cho‘poni Amr ibn Fuxayra qo‘ylar suruvini haydab, Abdulloh o‘tgan yo‘llardagi izlarni yo‘qotdi.
Bu quylar ikki «Yori g‘or»ning sutga bo‘lgan ehtiyojlarini ham qondirdi.
G’orga payshanba kuni kechqurun kirilgan bo‘lsa, juma, shanba va yakshanba kunlari ham shu zayl o‘tkazildi. Uch kun davomida uydan ovqat tashib turildi, yangiyangi xabarlar keltirildi. Makkaliklar hamon ularni qidirayotganlari, hanuz umidsizlanmaganlari bildirildi.
Uchinchi kuni ovqatni Asmo olib keldi. Ammo ovqat solingan xalta bilan meshning og‘zini nima bilan bog‘lashni bilmay bir oz boshi qotdi. So‘ngra hech ikkilanmay belbog‘ini yirtib, ikkalasining ham og‘zini mahkam bog‘ladi. Rasululloh (s.a.v.) uni kulimsirab kuzatib turar edilar.
— Unga jannatda ikki belbog‘ ehson qilinajak, — deb marhamat qildilar. Shu kundan boshlab Asmo «Zotun nitoqayn», ya’ni, «Ikki belbog‘li xonim» deb ataladigan bo‘ldi.
Ovqatlar olindi. Ko‘p o‘tmay Abdulloh Hazrati Abu Bakrning olti ming dirhamga yaqin jamg‘armasini olib keldi. Otasiga topshirib, vidolashdida, qaytib ketdi.
Endi Abdulloh ibn Urayqitni kuta boshlashdi. U tuyalarni olib kelsa, shu bilan bu tarixiy safar boshlanajak edi.
Abdulloh ibn Urayqit mushrik edi. Rasululloh (s.a.v.) bilan Hazrati Abu Bakrning qaerdaliklarini besh qo‘lday bilardi. Ularni topgan kishiga va’da qilinayotgan mukofot unga yo‘lboshlovchiligi evaziga beriladigan haqdan kamida o‘n marta ortiq edi. Shunday bo‘lishiga qaramay, nima uchun ular haqida mushriklarga xabar bermadi, unga omonat qilingan sirni saqladi?..
Ularning qaerda ekanlarini bildirish Abdulloh uchun hech qanday qiyinchilik tug‘dirmasdi. Holbuki, yo‘l boshlab borish g‘oyat xavfli va mushkul bir ish edi. Uning ustiga, qurayshiylar bilib qolsalar, hujum qilishlari muqarrar bo‘lib, yo‘ldayoq o‘lib ketishi, juda bo‘lmasa, ushbu ishi uchun ayovsiz jazolanishi hech gap emasdi.
Kamida to‘rt yuz oltmish chaqirimlik yo‘lni og‘ir shartsharoitlar ostida bosib o‘tish va yana Makkaga qaytish tashvishichi? Oldinda kamida yigirma kunlik mushkulotmashaqqat bor... Lekin 6u voqelikka qaramay, sog‘lom fikrli, durust axloqli inson bo‘lgan Abdulloh ibn Urayqit payg‘ambarimizga ko‘maklashishga jazm etgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:19:02
* * *
G’orda kechgan uch kechayu uch kunduz gapso‘zsiz, sukut saqlab o‘tirishmagandir, albatta. Ammo mazkur muddat davomida qanday suhbatlar o‘tgani haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan emas. Imom Buxoriy va boshqa muhaddislarning kitoblarida Hazrati Abu Bakrning bu tarixiy safari haqida berilgan ma’lumotlarda ham g‘orda bo‘lib o‘tgan suhbatlarga doir hech gap yo‘q. Payg‘ambarlarning eng buyugi (s.a.v.) bilan insonlarning eng ulug‘i (r.a.) oralarida sir bo‘lib qolgan 6u voqelik bir qarashda tom ma’nodagi mashaqqat to‘la kunlar edi. Ammo ma’no jihatidan favqulodda boy, so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan darajada fayz va barakaga to‘liq kunlar bo‘lgan. Payg‘ambarimiz ushbu voqelikni qisqagina shunday izohlagan edilar: «Hech siqilma, Olloh biz bilandir...» Va yana: «Ey Abu Bakr, ikki do‘stga Olloh taolo ham do‘stlik qo‘lini uzatib tursa...»
Bu o‘rinda sukut saqlashdan o‘zga chora qolmaydi. Bu yerda oddiy ko‘ngillar qanot qoqolmaydi. Rasululloh (s.a.v.) va u kishining sevimli do‘stlaridan boshqa jami insonlar bu ma’no olamining orqasida saf bog‘lab turishga majburdirlar.
Uch kun davom etgan, ammo ta’rifi uch asrga ham sig‘maydigan bu hayotni oddiy so‘z bilan bayon etish amri maholdir. Hazrati Abu Bakr shu bois bo‘lsa kerakki, hayotining baxtiyor damlari haqida hech kimga hikoya qilmaslikni afzal ko‘rgan edi.
Rasululloh (s.a.v.) uchun Me’roj kechasi qanday ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, Hazrati Abu Bakr uchun ham ushbu kunlar shunchalik aziz edi. Muhammad ummati orasida boshqa hech kim bunday sharafga muyassar bo‘lmagan, bo‘lmas ham edi.
G’orda o‘tkazilgan kunlarning har bir daqiqasi ma’no jihatidan bir yetuk insonning umriga teng edi. Hazrati Xadicha onamiz ummat orasida ilk imon keltirish sharafiga sazovor bo‘lib, qanday ulug‘ va tengsiz martaba egasiga aylangan esa, Hazrati Abu Bakr ham bu hijrat safarida payg‘ambarimizga yo‘ldosh bo‘lishdek beqiyos bir martabani qozongan edi. Bu do‘stlik Islomdan oldin boshlangan, umr bo‘yi eng mukammal tarzda davom etgan, vafotlaridan keyin oxiratda ham qalin do‘st bo‘lib qolishlari shubhasizdir...
Insonlarga buyuk o‘rnak namunasi bo‘lgan Hazrati Umarday ulug‘ zot Abu Bakrning g‘orda o‘tgan bu baxtiyor damlari haqida bunday degan edi: «Xudo haqqi, Abu Bakrning g‘orda o‘tkazgan o‘sha bir kechasi Umardan va Umar oilasidan ham xayrlirokdir. Abu Bakrning g‘orda o‘tkazgan bir kuni Umardan ham, oila a’zolaridan ham xayrlirokdir». (Ibn Kasir. «Siyar», 2/237.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:19:19
*   * *
Asmo bunday deydi:
«Otam pullarining hammasini olib ketgan edi. Bobom Abu Kuhofa ranjidi.
— Uylashimcha, u sizlarni og‘ir ahvolga solib ketdi, — dedi.
Bobomning ko‘zlari ojiz edi. Bir xaltacha chag‘ir tosh yig‘dim. Otam pullarini saqlaydigan to‘rvaga soldim. Og‘zini mahkamlab berkitdim. So‘ngra uni bobomga ko‘rsatdim, qo‘llariga tutqazdim.
— Qarang, bobojon, mana, pullarning hammasi shu yerda turibdi, — dedim.
Bobomning ko‘ngli joyiga tushdi.
— Juda soz. Sizlarga shuncha pul tashlab ketgan ekan, endi xotirjam bo‘lsam ham bo‘laveradi. Bu pullar sizlarga yetib ortadi ham, — dedi.
Holbuki, otam bizga hech narsa qoldirmagan edi. Men bu ishni bobomni yupatish uchun qilgan edim».

*   * *
Hazrati Abu Bakr bu safarga chiqarkan, bolalarini pulsiz, och va beiloj, parishon holda tashlab ketibdida, deb o‘ylanmasligi kerak. Pulining hammasini olgani bilan uyida yana bir suruv tuya, qo‘y, oziqovqat va kiyimkechak qoldirgan edi. U zamonning shartsharoitlari bilan qiyoslansa, bir oilaning maishatiga yetarli darajada edi. Bugungi kun odami u paytlardagi voqealarga baho berishda har narsa bozordan pulga sotib olinadigan bugungi holatga solishtirmasligi kerak. Bundan tashkari, Abu Bakr tez orada oilasini ham Madinaga ko‘chirib ketish niyatida edi. Darhaqiqat, oradan hech qancha vaqt o‘tmay, ularni ham yoniga oldirdi. Mana shu sabablar tufayli uyda pul qoldirishiga zarurat yo‘q edi.
159
Yana bir boshqa mulohaza shuki, Abu Bakrning yo‘lga olib ketgan bu olti ming dirham puli eslarni yo‘qotib qo‘yar darajadagi katta sarvat edi. Bemalol bir necha kishini boy kilib yuboradigan miqdor edi. Kim biladi, ehtimol yo‘lda ularni tutib Qurayshga qaytarib topshirishni ko‘zlagan biror guruhga duch kelishar, shunday hol ro‘y bersa, bu pullarni berib qutulib ketish xayoli ham yo‘k emasdi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:19:36
G’ORDAN CHIQISH

Nihoyat, kutilgan soat keldi. Abdulloh ibn Urayqit tuyalarni keltirdi. Savr g‘orining ro‘parasida to‘xtatdi. Vaqtni o‘tkazmasdan tuyalarga mindilar. Rasululloh (s.a.v.) qo‘llarini ko‘tardilar:
— Meni yo‘qdan bor qilgan Ollohga hamdlar aytaman. Ollohim, dunyo balolariga qarshi menga yordam ber. Zotingga nisbatan itoatli, durust ho‘ylarimda meni sabotli qil. Senga suyukli bo‘lishimni nasib et. Insonlarning qo‘llariga tashlab qo‘yma... Zaiflarning Rabbisan, mening Rabbim ham O’zingsan. Osmonlaru yerni yoritgan, qorong‘uliklarni aritgan, avvalgilaru keyingilarning ishlarini tartibga solgan nuringga sig‘inaman. G’azabing kelib boshimga tushishidan asrashingni so‘rayman.'.. Ne’matingning zavol bo‘lishidan, intiqomingning kelib qolishidan, sen bergan ofiyatning baloga aylanishidan va har turli g‘azablaringdan yana Senga sig‘inaman. Kuchim yetgan qadar sendan xushnudman, yo Parvardigor! Kuch va quvvat faqat Seningladir! — deya murojaat qildilar. (Ibn Kasir. «Siyar», 2/234. )
Keyin safar boshlandi. O’sha kuni rabiul avval oyining to‘rtinchi kuni, dushanba edi.
Makka shahrini ko‘rib qolish imkoni bor so‘nggi joyda ulovlarini to‘xtatdilar. Tushdilar. Qalblaridan xazin bir tovush tarala boshladi:
«Vallohi, sen Olloh yaratgan eng xayrli shaharsan. Olloh eng sevgan joy sensan. Zo‘rlab chiqarilmaganimda edi, seni aslo tashlab ketmas edim». (Imom Termiziy, 5/722.)
Bu joy Xazvara degan bir tepalik edi. Hayotlarining ellik uch yilini goh totli, goh achchiq ming turli holatlarda kechirgan yurtlari bilan shu tarz vidolashgach, yo‘lda davom etdilar. Rasululloh (s.a.v.) mahzun, Hazrati Abu Bakr ham mahzun. Ertasi to peshingacha shu holatda ketishdi. Bir tog‘ tagiga tin olish uchun qo‘nishdi.
Yaqin orada bir cho‘pon poda boqib yurardi.
—   Bizga ozgina sut bera olmaysanmi? — deb so‘radilar Rasululloh (s.a.v.).
—   Berardim, ammo sog‘in qo‘yim yo‘qda, — deb uzr so‘ragan bo‘ldi cho‘pon.
— Sog‘ib ko‘rsak, ruxsat berasanmi?
— Mayli. Lekin bir qultum ham sut topolmasalaring kerak.
Rasululloh (s.a.v.) bir echkini tutdilar, duo qildilar, echkining emchagini siladilar va «Bismilloh...» deya sog‘a boshladilar. Echkisining tizillatib sut berayotganini ko‘rib, cho‘ponning esi og‘ib qolayozdi.
Sutdan hammalari bir-bir ichdilar.
Cho‘pon hayron edi. Axir, bu echki ham, xuddi boshqalari kabi sut bermasligini qat’iyyan bilardida.
— Olloh xaqqi, ayt, sen kimsan o‘zi? — deb so‘radi Rasulullohdan. — Qasam ichamanki, senga o‘xshaganini ko‘rmaganman.
—   Aytaman, ammo sir saqlashing lozim bo‘ladi.
—   Sir tutaman.
—   Men Muhammad Rasulullohman.
— Ya’ni, Quraysh, dinini o‘zgartirdi, sotdi, degan odamlari senmisan?
— Ular shunday deydilar.
—   Men sening Payg‘ambar ekaningga shahodat etaman. Sening yo‘lingdan boraman, — dedi cho‘pon.
—   Hozir bunga kuching yetmaydi. Kut, mening muvaffaqiyat qozonganimni eshitganing zahoti huzurimga kel, — deb marhamat qildilar Payg‘ambar (a.s).
Bir muddat istirohat qilishib, so‘ng cho‘pon bilan xayrlashishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:20:04
* * *
Suroqa ibn Molik qurayshiylar Rasulullohni yoki hamrohlarining o‘ligini yo tirigini keltirganga yuz tuya va’da berishganini eshitib tipirchilab qolgan:
— Oh, qani endi shu ishni men qilsam! — deb ahd qilgan edi.
Mudlij qabilasidan bir necha kishi bilan suhbatlashib o‘tirganlarida, ustlariga bittasi keddi:
— Uch kishilik yo‘lchilarni ko‘rdim. Oldimdan sohilga tomon o‘tib ketishdi. Muhammad ibn Abdulloh bilan sheriklari bo‘lishi mumkin, — deb qoldi.
Suroqa titradi.
— Yo‘q, ular emas. Sen ko‘rganing falon-falonchilar bo‘ladi. Sal oldin ularni ko‘ruvdim, — deb yolg‘onladi. Ortiq o‘tirolmay qoldi. Ozgina gaplashgan bo‘ldiyu turib ketdi.
Uyga borib cho‘risini chaqirdi:
— Otimni hozirla, silohimni ol, tepalik ortida meni kut, — deya tayinladi.
Cho‘p bilan fol ochgan edi, afti burishib ketdi. Chunki, «bu ishni qilma» degan cho‘p chiqib o‘tiribdi! Parvo qilmadi. Sal o‘tmay, uyning orqa tomonidan chiqib, tepalik sari yo‘l oldi. Qo‘lida faqat nayza bor edi.
Tepalikdan oshib o‘tganida, otini safarga shay holda ko‘rdi. Mindiyu yo‘lchilarning izlaridan ot soldi. U shoshardi. Hali davradoshlarini ham bekorga aldamadi. O’rtaga qo‘yilgan yuzta tuyaga sherik chiqishini aslo istamas edi u.
Oldindagilar uch kishi edilar. Ammo ularga bas kela olaman deb hisoblardi. Bunaqa ishlar ko‘p boshidan o‘tgan. Nene mojarolarni ko‘rmadi Suroqa...
Ularga xilvat bir joyda yetib olish uchun otini rosa choptirdi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:20:17
* * *
Xazrati Abu Bakr kimdir ularni ta’qib qilib kelayotganini sezdi. Aytay dedi. Keyin fikridan qaytdi. Kim biladi, u ham yo‘lovchi bo‘lishi mumkin. Payg‘ambar (alayhissalom)ni tashvishga qo‘yib nima qiladi?
Ammo oradagi masofa qiskargan sari ko‘ngliga xavotir indi. Qolaversa, u oddiy yo‘lovchiga ham uncha o‘xshamasdi.
— Yo Rasululloh, bir otliq kelyapti, yaqin kepqoldi, — dedi nihoyat.
Janobi payg‘ambarimiz orqaga o‘girildilar va:
— Ollohim, uni to‘xtat, — dedilar.
Birdan otning oyoqlari qumga botib qoldi. Suroqa ot ustidan uchib, dumalab ketdi.
Bu bir ajib hol edi. Hech ot oyog‘i botadigan joy emas. U yerbu yerining lat yeganiga ham qaramay, yana folcho‘plarini oldi. Yana «qilma» degan cho‘p chiqdi. Orqasiga qaytib ketay desa, yuz tuya... Takror otiga mindi, takror uchib tushdi. Yana turdi, yana mindi. Shu qadar yaqinlashdiki, hatto Rasulullohning (s.a.v.) Qur’on o‘qiyotganlarini eshita boshladi.
Payg‘ambar (a.s.) o‘girilib qaragan edilar, o‘sha zahoti Suroqa uchinchi marta uchib tushdi. Ot yana tizzalarigacha qumga botib ketdi. Tipirchilar, lekin oyoqlarini qumdan chiqara olmas edi.
— Yo Muhammad! Tushundim, bu ishlar tasodif emas. Sening aloqang bor bu yerda. Bizni qutqar, — dedi.
Suroqa shum fikridan qaytgan edi. Qarshisida doimo ishi yurishib, da’vosida tobora muvaffaq bo‘lib borayotgan ulug‘ bir inson turganiga qat’iyyan ishondi. Kelish maqsadini samimiyatla so‘zlab berdi, pushaymonligini izhor etdi. So‘ngra:
— Menga bir xat qilib bering, — dedi. Keyinchalik shu yozuv bilan u o‘zini tanitmoqchi edi.
Rasululloh (s.a.v.) Abu Bakrga:
— Istaganini yozib ber, — deya amr etdilar.
Bir suyak parchasini topib, ustiga xat bitib, qo‘liga berishdi. Suroqa uni o‘q xaltasiga solib qo‘ydi. Yemak bermoqchi edi, qabul qilishmadi. Bir o‘qni uzatib:
— Yo‘llaringda mening chorvamni boqib yurgan cho‘ponga duch kelasizlar. Shu o‘qni berib, xohlagan bir hayvonni olishlaring mumkin, — dedi.
Yana qabul qilishmadi.
— Unda sizlarga qanday yordam bersam ekan?
— Orqamizdan tushganlar bo‘lsa, o‘shalarni izlariga qaytarib tursang bo‘ldi, — deyishdi.
— Juda yaxshi, xotirjam bo‘linglar.
Hijrat yo‘lovchilari olg‘a bosishdi. Suroqa ortiga qaytdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:20:38
* * *
Erxotin Abu Ma’bad bilan Ummu Ma’bad Makka — Yasrib yo‘li ustiga bir chodir tikib, yo‘lchilarga yemakichmak sotib kun ko‘radigan bir oila edilar. Qabilalari o‘zi boshqa tarafda, bu yerdan bir oz uzoqda edi.
Muborak yo‘lchilar yetib kelishganida Ummu Ma’bad yolg‘iz, eri yo‘q edi.
—   Salom senga, ey Ummu Ma’bad!
—   Salom sizlarga, ey toza yuzli yo‘lchilar!
—   Bizga sotadigan nimang bor?
— Afsuski, hech bir narsa qolmadi. Ilgaridagi qabilaga qadar yetib olsalaringiz, yeyishga ulbul topasizlar.
Rasulullohning (s.a.v.) shu yaqin o‘rtada yotgan bir qo‘yga qarab turganlarini ko‘rib, so‘ziga ilova qildi:
— Oyog‘idayam turolmaydigan bir qo‘y... Yurolmagani uchun qoldi bu yerda.
— Shuni sog‘ishimizga izn berasanmi?
Ummu Ma’bad labini burdi:
— Vallohi, uning joni bor, xolos. Sut qayoqda. Ammo ko‘ngillaringiz sinmasin, bir ko‘ringlara.
Rasululloh (s.a.v.) qo‘llarini qo‘yning sirtiga qo‘ydilar. Duo qildilar. Qo‘y birdan tetiklanaverdi. Idish to‘lguncha sog‘dilar.
— Ich, ey Ummu Ma’bad, — dedilar.
— Sen ich, ey nur yuzli kishi. Uni ichishga avval sen loyiqsan.
Takrortakror takliflardan so‘ng Ummu Ma’bad sutdan ichdi. So‘ngra yo‘lchilar ham bir-bir ichdilar. Keyin yana sog‘ib, Abu Ma’bad kelsa ichar, degan niyatda o‘sha yerda qoldirdilar. Xayrlashisharkan:
— Ey Ummu Ma’bad, bu qo‘yni so‘ymanglar, — deb tayinladilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:20:48
* * *
Abu Ma’bad qaytib kelgach, sutni ko‘rib hayron bo‘ldi. Chunki shuncha sut beradigan sog‘in hayvonlari yo‘q edi.
— Qayoqdan keldi bu? — deb so‘radi xotinidan.
— Yuzidan nur, qo‘lidan baraka, dilidan rahmat yog‘ilib turgan bir odam keldi, anavi qo‘yimizni sog‘di,— deb javob qildi Ummu Ma’bad.
— Qani, u odamni ta’riflachi. Quraysh axtarayotgan odam shu bo‘lsa kerak.
Ummu Ma’bad Rasulullohni (s.a.v.) ta’riflay boshladi:
— Nur kabi porloq, go‘zal ho‘yli, go‘zal yuzli bir odam ekan. Qorni katta emas, boshi kichik emas, toza yuzli, qirmiziga tortgan ko‘zli, uzungina sochli. Ovozida shiddat bor, ko‘zi surmali, uzun bo‘yinli, qalin soqolli, jim turganida viqorli, so‘zlashganida hikmatli, gaplari totli va ochiq, behuda gap aytmaydigan, suvning oqishi kabi mayin so‘zlaydigan odam. Uzokdan ko‘rilsayoq insonlarning eng qiymatlisi ekani bilinadigan, yaqindan boqilganida eng chiroylisi ekani muhaqqaq bo‘lgan bir zot. Uzoqdan ko‘rgan ayb topolmas, yaqindan ko‘rgan bir qusur topmas. Ikki shox orasidagi bir shox edi (uch kishi edilar). Lekin uchalasining ichida nur yuzlisi, bo‘yi mo‘‘tadili bo‘lgani u. Birodarlari uning atrofida parvona, so‘zlasa, tinglaydilar, amr etsa, zudlik bilan ado etadilar, xizmatini qiladilar...
Abu Ma’bad xotinining so‘zini kesdi:
— Demak, ey Ummu Ma’bad, xoynahoy bu kishi Quraysh axtarayotgan odamning xuddi o‘zginasi. Duch kelsam, unga birodarlik taklif qilardim. Butun kuchim bilan shunga intilaman, — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:21:08
*   * *
Ummu Ma’bad Rasulullohning (s.a.v.) tavsiyalariga ko‘ra, u kuchsiz, holsiz qo‘yni so‘ymakdan voz kechdi. Bundan boshqacha qarorga kelmasdi ham. Chunki u zotning qo‘li tegishi bilan jonlangan, xuddi oyoqlarini bog‘lab turgan iplar bir-bir uzilgan edi.
O’sha kundan e’tiboran bu qo‘y oilaning baraka manbai bo‘ldi. Eng qattiq qurg‘oqchilik pallalarida ham yelinlari limlim to‘lib, oilaning sutga ehtiyojini butkul qopladi. Rasuli muhtaram (s.a.v.) uni sog‘gan kunlaridan beri yigirma sakkiz yil bu oilaga xizmat qildi. Rasulullohdan (s.a.v.) bir yodgorlik bo‘lib qoldi.
Ummu Ma’bad har sog‘ganida hijrat yo‘lchilarini xotirlar, har daf’a: «Yaxshiyamki aqlim yetib, Rasulullohning tavsiyasini tutganim», deya qo‘yning sag‘rinini silab qo‘yar edi.

*   * *
Yasrib tarafdan bir changto‘zon ko‘tarildi. Hazrati Abu Bakr bundan tashvish chekmadi, chunki tahlika u tomondan kelmasdi.
Darhaqiqat, u bir karvon edi. Karvon ahlidan biri shoshib keldi. Zubayr ibn Avvom ekan. Mamnunlik tuyg‘ularila quchoqlashishdi. Bunday bir safar chog‘i bunaqa do‘stlar bilan ko‘rishish naqadar yaxshi hol!.. Har ikki taraf ham sevinishdi.
— Yasribdagi musulmonlar yo‘lga chiqqanlaringizni eshitishgan, sabrsizlik bilan kutishyapti, — dedi Zubayr.
Bu xabar Rasulullohni (s.a.v.) sevintirib yubordi. Tez yo‘lga tushishni foydali deb bildilar. Zubayr bergan oq liboslarni kiyib, tez vidolashib, yo‘lga chikdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:21:21
* * *
«O’ligini yo tirigini keltirganga yuz tuya...» deya katta mukofotning qo‘yilishi hijrat hodisasining har majlisu yig‘inlarda gapirilishiga sabab bo‘lgan, har yerda har kim bu yo‘lchilardan bahs etar, so‘z qabiladan qabilaga o‘tib, to Yasribga qadar yetib kelgan edi.
Hisob-kitob qilindi, necha kunda Yasribga kirib kelishlari taxmin etildi. Tongning ilk soatlaridan e’tiboran yo‘llar ko‘zlanadigan bo‘ldi. Kattakichik juda ko‘p odam soatlarcha yo‘lga boqdi. Tush issig‘i qiziguncha nigohlar ufqlarda kezdi. Ko‘zlar toliqdi, ammo kutilayotganlardan darak bo‘lmadi.
Tushki istirohatga chekilishdi. Chunki bu issikda na yo‘l yurib, na ularni poylab bo‘lar edi. Ehtimol asr sarinligi cho‘ksa, kelib qolarlar, deyishdi.
Oqshomga qadar juda ko‘p insonlarning ko‘zi yo‘llar kezdi, qotdi.
Bu orada Sultoni Zishon (s.a.v.) janobimiz «Omiym» degan joyga yetib keldilar. Shu yerda yetmishga yakin odamlari bilan birlikda Burayda ibn Husayn Nabiyyi akram (s.a.v.) janobimizni uchratdi. Bir muddat suhbatlashdilar. Hazrati payg‘ambarimiz unga Islom dinini anglatdilar va musulmon bo‘lishga taklif qildilar.
Burayda hamrohlari bilan birga musulmon bo‘ldi.
Makkada yillarcha davom etgan mujodalada qo‘lga kiritilmagan buyuk bir natijaga bu yerda tezgina erishilgan edi.
Hayvonlarining oz sut berayotganidan shikoyat qilgan edi, Rasulullohdan barakat duosini oldi. Olamlar Sarvaridan Maryam surasining ba’zi oyatlarini o‘rgandi. Boshidagi matoni nayzaning uchiga bog‘lab, «Shaharga bayroqsiz kirishingiz uyg‘un bo‘lmaydi», deya Janobimizni kuzatib qoldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:21:57
YASRIBDA MUJDA SASLARI

Yasribliklarning hisob-kitobi aslida to‘g‘ri bo‘lgan edi. Makkadan chiqqan odam jiddiy bir yo‘l bossa, Yasribga falon muddatda yetib keladi, degan taxminida xato qilmagan edi. Faqat, ular e’tiborga olmagan jihat — Janobi payg‘ambarimizning (s.a.v.) uch kun Savr tog‘idagi g‘orda turib kolishlari edi. Bundan, albatta, yasribliklarning xabari yo‘q edi.
Ikkinchi kun oqshomga qadar cho‘zilgan kutishlar ham yuzlarga bir tabassum keltirmadi.
Uchinchi kun erta soatlardan boshlab uylarning tomlariga chikdilar. Xurmo daraxtlariga tarmashdilar. «Ollohim, rasulingni bizga sog‘salomat qovushtir. Sen har narsaga qodirsan...» duolari Ulug‘ Mavloning dargohiga yuksalaverdi.
Tushki issiq boshlangunga qadar ilk mujda sasini baralla e’lon etish umidida sabrsizlarcha yo‘l qaradilar, qaradilar...
Daqiqalar, soatlar bir-birini quvalardi. Yana kutilayotganlar ko‘rinmadi, yana erkin nafaslar olinmadi. Ko‘zlar yana horg‘in, ko‘ngillar yana mahzun va andishali qoldi.
Imomul anbiyo valmursalin janobimiz esa, Zubayr ibn Avvomdan olgan xabardan so‘ng yurishlarini tezlashtirgan, mo‘minlarni bir on ilgari faraxlantirish, yo‘lini kutayotganlarga bir on ilgari qovushish uchun istirohat muddatlarini ham ozaytirgan edilar.
Kun tikkaga kelib, issiq zabtiga olganda odamlar qaylula uyqusini urish uchun tomlardan tushdi. Bu orada bir yumush ila uyining tomiga chiqqan bir yahudiy olisda kelayotgan oppoq libosli yo‘lchilarni ko‘rib qoldi.
— Mujda, ey Yasrib xalqi, kutgan odamlaringiz kelayotir!.. — deb qichqirdi. Ovozining boricha qichqiraverdi.
Birdan hamma qalqdi. Erkagu xotin, bolayu baqra yana tomlarga, daraxtlarga chikdi. Oq libosga burkangan uch yo‘lchi tobora yaqinlashishar edi.
Shaharga jon kirdi.
— Ollohning rasuli kelayotir!..
— Buyuk Payg‘ambar kelyapti!.. — deya bolalar ham qichqiraqichkira, nash’a ichida irg‘ishlayirg‘ishlay, kattalarning sevinchiga sherik bo‘lishar edi.
Yahudiylar Rasulullohga (s.a.v.) biror zarar yetkazmasin tag‘in, degan andisha yildirim tezligida zehnlarni qopladi. Zudlik bilan qilichlarini tutib, janobi payg‘ambarimizni qarshilash uchun shoshildilar.
Bu sirada Sarvari Olam (s.a.v.) ham issiqning va charchoqning ta’sirila bir xurmo daraxtining soyasida tin olishga to‘xtagan edilar.
Besh yuzga yaqin odam «Ollohu akbar!.. Otlohu akbar!..» deya Rasulullohga peshvoz chikdi.
Bir muddat soyada hordiq chiqargan payg‘ambarimiz Qubo qishlog‘iga keldilar va Kulsum ibn Hidmning uyiga mehmon bo‘ldilar. Hazrati Abu Bakr Hudayb ibn Isof xonadoniga qo‘noq bo‘ldi.
O’sha kecha Qubo xalqi qishloqlariga tongga qadar nur yog‘ilib turganini ko‘rganday bo‘ldi. Hech bo‘lmaganda, Kulsum ibn Hidmning uyi haqiqiy bir jannat bog‘chasiga aylangan edi.
Makkada qolgan insonlarning dushmanlik guyg‘ulari kabi, endi qovushganlari yasribliklarning sevgilari ham o‘lchovga sig‘adigan darajada emasdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:22:34
* * *
Eng og‘ir sharoitlar ostida yuritilgan diniy tablig‘ vazifasi eng so‘ng chora qolmaguncha ham to‘xtatilmagan, jiddiy shaklda hayotlariga suiqasd tayyorlangani ma’lum bo‘lganidan so‘nggina, bu vazifani tashqaridan turib davom ettirish niyatida hijrat qilingan edi.
Yasrib mo‘minlarining, sizni har qanday sharoitda ham o‘zimizni va oila a’zolarimizni qo‘riqlaganday qo‘riqlaymiz, deya so‘z berganlariga qaramay, Rasuli akram (s.a.v.) avval barcha musulmonlarni kuzatib bo‘lgachgina xijrat qilishlari botayotgan kemani eng oxirda tark etadigan Ulug‘ Darg‘a ekanlaridan edi. «Men ketyapman, sizlar orqamdan borarsizlar», tarzida ish tutish u Zoti Sharifning (s.a.v.) xayollariga ham kelmasdi!..
Bu hijrat asnosida istasalar edi, Jabroili amin u kishiga yo‘lboshchi bo‘lishi mumkin edi. Malaklar hech zahmat yetkazmay xohlagan yerlariga eltib qo‘yishardi. Shunday bir istak bo‘lganida, Ulug‘ Mavlo Habibi adibining duosini qaytarmas, orzuini bajo keltirar edi.
Ammo bu zot har turli mashaqqatlarni bo‘yinga olib, shunday tahlikali yo‘lchilikni tanlagan, mushrik bo‘lishiga qaramay, Abdulloh ibn Urayqitni o‘zlariga yo‘lboshlovchi kilib olgan edilar. Bu tutimlarining sababi —har turli g‘ovlarni matonat ila yengib o‘tishni va qiyinchiliklarga chidashni maqsad qilib olganlaridan, har ishni o‘sha ishning bilag‘oniga topshirish yo‘lini zehnlarga jo etish g‘oyasini ko‘zlashlaridan edi.
Ishni bilag‘oniga qildirilishi lozimligini Hazrati Payg‘ambarimiz bu harakatlari bilan anglatmasalar, yana qanday anglatishlari mumkin edi?!.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:22:43
*   * *
Abdulloh ibn Urayqit zimmasiga yuklangan vazifani to‘lato‘kis ado etdi. So‘zida turgan, darhaqiqat, taqdirga loyiq tarzda yo‘lboshlovchilik qilgan bu odamga tashakkur bildirib, haqini ziyoda qilish ham foydadan xoli emasdi.
Chunonchi, uni mamnun etib, kutganidan ham ziyoda haq to‘ladilar.
Suroqa ham Rasulullohga (s.a.v.) bergan va’dasida turdi. Makkaga qaytar ekan, hamon har tomonda zo‘r berib hijratchilarni qidirib yurishganini ko‘rdi.
—   Yo‘l bo‘lsin? — deb so‘raydi.
—   Muhammad bilan uning hamrohlarini topishga, — deb javob qilishadi.
—   Qoyilman sizga. U bu yerdan o‘tadiyu, yuzta tuyani bila turib men o‘zimni ko‘rmaganga olamanmi? Suroqa hali aqldan ozgani yo‘q. Qaytinglar, boshqa yoqdan axtaringlar, yana qo‘ldan chiqazib o‘tirmanglar. Ammo shuni yaxshi bilinglarki, u bu tomonlarga kelguday bo‘lsa, yuzta tuya meniki bo‘ladi!
Mushriklar qaytib ketadilar. Ular boshqalarni qaytaradilar.
Suroqa chindan ham bu yo‘lni berkitgan, yuzta tuya ilinjida ketmaket kelayotgan guruxlarni qaytarish usulini topgan edi.
Rasululloh (s.a.v.) Quboga yetib borgailari haqidagi xabarni eshitgachgina, ko‘ngli xotirjam bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:23:02
*   * *
Suhayb ko‘pdan beri Rasululloh (s.a.v.) bilan birgalikda hijrat qilish orzuida edi. Biroq Buyuk Olloh suyukli payg‘ambarshshng faqat Hazrati Abu Bakr bilan hijrat qilinshni ma’kul ko‘rdi. Shu bois uning bu orzui ushalmay qoldi. Rasululloh (s.a.v.) hatto oila a’zolarini ham o‘zlari bilan birga olib ketmagan edilar.
Rasululloh (s.a.v.) ketganlarini eshitgan zahoti u ham safarga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Endi uni Makkaga bog‘lab turadigan hech narsa qolmagan edi. O’qyoyini, kerakli miqdorda oziqovqatini olib, vaqtni o‘tkazmay yo‘lga tushdi.
Biroq orqasidan eshitilgan dag‘dag‘ali ovoz uni bir oz cho‘chitdi:
— Yo‘l bo‘lsin, ey Suhayb?!
—   Sizlardan qutulmoqchiman... Parvardigorimga erkin toatibodat qilish mumkin bo‘lgan bir joyga ketayotirman.
—   Bu hunaring o‘tmaydi, seni qo‘yib yubormaymiz. Bu yerga qo‘ling bo‘sh kelib, so‘ngra boyiginda, tuz yegan tuzlug‘ishta tuiurib ket ekanda.
—   Men bu yerdan butunlay ketmoqchiman.
—   Biz esa seni hech qayoqqa jo‘natmaymiz.
— Sizlar menga yaqinlashguningizgacha bir nechtangizni yer tishlatib ulguraman. O’q otishda mergan ekanimni yaxshi bilasizlar. Bilmaganlar sinab ko‘rsin. Shundan keyin qilichimni olamanda, bir tomchi qonim qolguncha kurashaman. Istasangiz, marhamat, keling. Ammo insof qilsangiz, boshqa taklifim xam bor.
— Qanaqa taklif ekan u?
— Shu kungacha yiqqan mol-mulkimni beraman. Evaziga meni o‘z holimga qo‘yasiz.
— So‘zlaring jiddiymi, ey Suhayb?
— Menku jiddiy aytyapman, lekin sizlar ham jiddiyat bilan so‘z berishingiz lozim.
—   Gapimiz gap. Taklifishta rozimiz. Orqaga qaytib, Suhaybning uyiga kelishdi.
—   Shu yerni qazinglar.
Darhol qaziy boshlashdi. Ko‘p o‘tmay yuzlarda mamnunlik ifodasi paydo bo‘ldi.
—   Mana, uyimdagi bor davlatim shu. Bundan tashqari, mening nomimdan falon xotinning oldiga borsangiz, ikki xalta omonatim bor, sizlarga beradi. Boshqa gapingiz yo‘qmi?
—   Birgina gapimiz qoldi: istagan joyingga omoneson yetib ol, ey Suhayb. Xudo haqqi, sen so‘zingning ustidan chiqding, biz ham va’damizga xiyonat qilmoqchi emasmiz.
Suhayb Makkani tark etdi. Darhaqiqat, hech kim uni bezovta qilmadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:23:36
* * *
Rasululloh (s.a.v.) ketganlaridan bir necha kun o‘tgach, odamlar Ali ibn Abu Tolibni «Abtox» deb ataluvchi joyda, tepalikda ko‘rdilar.
— Kim amakivachchamga omonat qo‘ygan bo‘lsa, kelib mendan olsin, — derdi u.
Egalari kelib omonatlarini oldilar. Rasulullohning topshiriqlarini bajarib bo‘lgach, Ali ham «Qaydasan, Yasrib» deya darhol yo‘lga tushdi. Kechalari yurib, kunduzlari yashirinar edi.
Rasululloh (s.a.v.) dastlab Kulsum ibn Xddmdan xurmo yoyadigan joyni hadya etishini so‘radilar. Namozgoh qilmoqchi edilar. Kulsum bu taklifdan boshi osmonga yetdi. Nuroniy yuzli payg‘ambarimiz o‘sha yerda namoz o‘qiy boshladilar. Mo‘minlar bilan so‘qqabosh Sa’d ibn Haysamaning uyida uchrashardilar.
Kubo qishlog‘ida masjid qurishga bel bog‘ladilar.
— Menga Xorradan tosh olib kelinglar, — deb bu yurdilar. Mo‘minlar darhol ishga kirishishdi. Bir zumda toshlar uyulib ketdi. Shu asnoda payg‘ambarlar sultoni Muhammad Rasululloh (s.a.v.) masjidning qibla devorini shaxsan o‘zlari chizdilar, so‘ngra qo‘llariga bir toshni olib, ushbu devorning poydevoriga qo‘ydilar.
Hali ham shu qishloqda mehmon edilar. Lekin ilk ish o‘laroq bir ibodatxona qurishni lozim topdilar. Masjid poydevori insoniyat erishishi mumkin bo‘lgan eng ustivor imon ishqi tuyg‘ulari bilan qo‘yildi. Bu masjidning qurilishini rejalashtirgan va uning tamal toshini qo‘ygan inson esa, payg‘ambarlar imomi, ulug‘ Rasululloh (s.a.v.) edilar.
Payg‘ambarimiz yori g‘or birodalariga o‘girildilar:
— Siz ham bir tosh qo‘ying, yo Abu Bakr.
Hazrati Abu Bakr bajonudil rozi bo‘ldilar.
Tosh keltirib, janobi payg‘ambarimiz (s.a.v.) qo‘ygan toshlarining yoniga qo‘ydilar.
— Siz ham bir tosh qo‘ying, yo Umar.
Hazrati Umar ham bir toshni olib Hazrati Abu Bakr toshining yoniga qo‘ydi.
— Yo Usmon, bir tosh qo‘ying.
U ham qo‘ydi.
Shundan keyin Rasululloh (s.a.v.):
— Hamma toshini qo‘ysin, — deb buyurdilar.
Shu yo‘sinda masjidning devorlari Olloh roziligidan boshqa hech narsani umid qilmagan kamsuqum insonlar tomonidan qad ko‘tara boshladi.
Bir necha kun ichidayoq Kubo masjidi qurib bitkazildi. Ulug‘ hidoyat yo‘lining beqiyos yo‘lboshchisi endi namozlarini shu yerda o‘qiy boshladilar.
— Xushxabar, yo Rasululloh, Ali keldi! Payg‘ambarimiz fidokor Alini ko‘zyoshlari bilan kutib oldilar, qattiq quchoqlab, bag‘rilariga bosdilar.
Alining rosa charchagani shundoqqina ko‘rinib turardi. Ammo u ham og‘ir mashaqqatlar endi orqada qolganini his etgan, Ollohning nafakat insoniyat, balki butun koinotga rahmat qilib jo‘natgan Rasuli Zishoni bilan diydor ko‘rishgach, charchog‘ini ham unutgan edi. Holbuki, necha kunlar yayov yurib bosib o‘tilgan yo‘llar uni rosa holdan toydirgan, oyoqlari qavarib, yorilib ketgan edi.
Alining yorilib ketgan oyoqlarini ko‘rib Janobi Payg‘ambarimiz shafqat va marhamat daryosi bo‘lgan qalblaridan otilib chiqqan ko‘zyoshlarini to‘xtata olmadilar. Muborak qo‘llari bilan Alining oyoqlarini siladilar. Ali bu qo‘llarning taftidan yengil tortib, bir zumda og‘riq ham bosildi.
Rasululloh (s.a.v.) chiqib ketganlaridan keyin Makkada sodir bo‘lgan voqealarni birmabir so‘zlab berdi. Omonatlarni egalariga topshirganini bildirdi. So‘ngra endigina musulmonlikni qabul etgan bir beva ayolning mehmoni bo‘ldi.
Shu asnoda Suhayb ibn Sin’on ham yetib keldi. Rasululloh (s.a.v.) bilan diydor ko‘rishdi.
Payg‘ambarimiz uni:
— Juda to‘g‘ri ish tutding, barakali oldisotdi qilding, ey Suhayb! — deya taqdirladilar.
Suhayb bu gapdan ham hayron, ham xursand bo‘lib ketdi.
— Yo Rasululloh. Makkadan chiqqanimdan buyon hech kim mendan oldinga o‘tib ketmadi. Xoynahoy bu xabarni sizga Jabroili amin yetkazgan bo‘lsa kerak, — dedi...
Qisqa vaqt ichida qurib bitkazilgan masjidning ilk imomi Rasulullohning (s.a.v.) shaxsan o‘zlari bo‘ldilar. Bu masjid dunyo turguncha turajak, mo‘minlarning qalbida alohida, muborak, muqaddas o‘rin tutajak edi.
Necha yillardan buyon Yasrib shahrida bir yahudiyning quli sifatida xizmat qilib kelayotgan Salmon bir kuni daraxt ustida xurmo terish bilan band edi. Xo‘jayini daraxtning tagida turardi. Shu asnoda xo‘jayinining bir qarindoshi keldi. Mezbon unga joy ko‘rsatdi.
—   Xafahol ko‘rinasan, — dedi.
—   To‘g‘ri topding.
—   Nima bo‘ldi?
— Makkada payg‘ambarlik da’vosi bilan chiqqan odam Quboga kelganmish. Hozir Avs qabilasi ham, Hazraj qabilasi ham uning atrofida parvona.
Salmon bu so‘zlarni eshitar ekan, hayajondan quloqlarigacha qizarib ketdi. Daraxtdan sakrab pastga tushdi, kelgan odamning yoqasiga yopishdi.
— Nima deding, nima deding? Xudo haqqi, gaplaringni yana bir qaytargin!
Shu zahoti Salmonning orqasiga qamchi tushdi.
— Sening nima ishing bor? Tur, yo‘qol bu yerdan!.. Salmon o‘zini tutib oldi va orqaga chekindi. Oqshom tushgunga qadar o‘tgan soatlar yillarday cho‘zilib ketganga o‘xshardi. Nihoyat ishini tugatib ijozat olgach, bir oz xurmo olib Quboga yo‘l oldi.
Rasulullohni (s.a.v.) topdi, keltirgan xurmolarini oldilariga qo‘ydi.
— Anchamuncha sadaqa berishim kerak edi aslida. Oz bo‘lsa ham, ko‘pday ko‘ring, — dedi.
— Men sadaqa olmayman, — deb javob qildilar Rasululloh (s.a.v.) va Salmon keltirgan xurmolarni do‘stlariga tarqatib berdilar.
Bir muddatdan keyin Salmon izn so‘rab tashqariga chiqar ekan, «bu birinchi», deya ming‘irlab qo‘ydi o‘zicha. Qorong‘u kechada Yasribga yo‘l olar ekan, «yana ikkitasi qoldi», der edi o‘ziga o‘zi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:23:58
YASRIBGA HARAKAT. ILK JUMA NAMOZI

Rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.) Savr tog‘idagi g‘ordan chiqqanlarida rabiul avval oyining dushanba kuni bo‘lgan. Quboga o‘n ikki kun deganda, ya’ni, o‘n beshinchi rabiul avval kuni yetib kelganlar. U kun juma kuni edi. Quboda o‘n to‘rt kun dam olgach, ayni yigirmato‘qqizinchi rabiul avvalga to‘g‘ri kelgan juma kuni yana otlanib, Yasrib sari yo‘lga chiqqanlar.
Orada to‘rt chaqirimcha masofa bor edi. Atroflarida Makkadan ko‘chib kelgan muhojirlar va Yasribda ularni quchoq ochib kutib olgan ansorlar. Payg‘ambarimiz hijrat safariga chiqish oldidan sotib olgan Qasva ismli tuyalariga mingan edilar. Orqa o‘rkachiga Hazrati Abu Bakrni mingashtirib oldilar.
Salim ibn Avf oilasi maskan tutgan «Rauna» deb ataluvchi joyga yetib kelganlarida vaqt qoq tush edi. Tuyalarini to‘xtatib, pastga tushdilar. Hamma peshin namozini o‘qishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Holbuki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Islom dinida haftada bir marta ado etiladigan juma namozini o‘qimoqchi edilar.
Dastlab sunnat namozi o‘qildi. Payg‘ambarimiz oyoqqa qalqdilar. Diqqat bilan tikilib turgan sahobalariga qarata ilk juma xitobini qildilar:
— Ey insonlar, sizlarni najotga eltadigan amallarni bajarishda hushyor bo‘ling. Shu narsani yaxshi bilingki, barchalaringiz vaqtisoati kelib foniy dunyodan ko‘z yumasiz, suruvingizni cho‘ponsiz qoldirasiz. So‘ngraqiyomat kuni Rabbimiz sizlarga pardasiz, tarjimonsiz shunday deydi: «Mening rasulim senga kelib dinimni yetkazmadimi? Men senga mol-dunyo berib ehson qilmadimmi? O’zing uchun nimalar qilding?» Shunda bandasi bechora yonatrofga alanglaydi. Qaraydiki, hech kim yo‘q. Oldiga qarasa, jahannamdan o‘zga hech narsa ko‘rinmaydi. Shunday ekan, kuchingiz yetganicha, bir xurmoning yarmini birodaringizga bo‘lishib berish orqali bo‘lsa ham, o‘zingizni do‘zax o‘tidan qutqarishga harakat qiling. Chunki u yerda yaxshi amallar evaziga uning o‘n mislidan yetti yuz misligacha ajr beriladi. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh...
So‘zlarini tugatib, Muhammad Rasululloh (s.a.v.) o‘tirdilar. Qisqa muddat dam olgach, yana o‘rinlaridan turdilar va quyidagi tarzda gapira boshladilar:
— Hamdu sano Ollohgadir. Unga hamdu sanolar aytaman. Undan yordam so‘rayman. Nafs balosidan, gunohlardan qochib Ollohga sig‘inamiz. Olloh bandasini hidoyatga erishtirsa, hech kim uni yo‘ldan ozdira olmaydi. Jaholat botqog‘iga cho‘ktirganini esa, hech kim qutqara
olmaydi. Men guvohlik beramanki, Ollohdan o‘zga hech bir iloh, ma’bud yo‘qdir. Yolg‘izdir, sherigi yo‘qdir. Eng go‘zal kalom Olloh taoloning muqaddas kitobidir. Olloh kimning yuragini ushbu kitobi bilan ziynatlantirsa, kufrdan qutqarib Islom diniga kirgizsa va u Ollohning kitobini bandalarining so‘zlaridan ustun qo‘ysa, salomatga, saodatga erishibdi demakdir. Chunki u so‘zlarning eng go‘zali, eng ta’sirchanidir... Olloh sevgan narsani seving. Olloh taoloni chin yurakdan, butun borlig‘ingiz bilan seving. Ollohning kalomidan, uni zikr etishdan zerikmang. Qalbingiz nafsingizga asir tushmasin. Chunki Qur’on Ollohning yaratgan narsalaridan tanlangani va saralanganini ifoda etadi. Olloh taolo kitobida amallarning eng xayrlisi, itoatning eng qadrlisi, so‘zlarning eng ta’sirchanini bayon etib, insonlarga yetgan turlituman rizqlarning harom va haloli unda belgilangandir. Shunday ekan, Ollohga toatibodatlaringizni davom ettiring, unga hech narsani sherik qilmang, uni jondilingiz bilan seving. Tillaringiz so‘zlagan chiroyli so‘zlaringizni amalda tasdiqlab, Ollohga sadoqat ko‘rsating. Yuragingizni Ollohning roziligiga uyg‘un sevgi tuyg‘usi bilan to‘lg‘azing. Hech shubha qilmangki, Olloh taolo amrining buzilishidan g‘azabga keladi. Salom bo‘lsin sizlarga, ey do‘stlarim.
So‘ngra Rasululloh (s.a.v.) imomlik qildilar, ikki rakat namoz o‘qidilar. Kecha namozlaridagiday, baland ovozda o‘qidilar.
Shu zayl ilk juma namozi o‘qildi. Islom dini vujudga kelganidan buyon o‘tgan yillar ichida ilk bor ulkan bir jamoat, hech bir xavfxatarsiz, tashvishsiz namoz o‘qidi.
Namoz o‘kib bo‘lingach, Ulug‘ Yo‘lovchi yana tuyaga mindilar. Yori g‘orlarini yana orqaga mingashtirdilar. Ikkala tomonlari mo‘minlar bilan qurshalgan holda Yasrib sari yo‘l oldilar.
Payg‘ambarimiz Qasvaning jilovini qo‘yib yuborgan edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:24:11
Yo‘llar, uylarning tomlari odamlarga to‘lib ketgan. Erkagu ayol, kattayu kichik, bolabaqra — hamma xursand.
Bolalar:
— Rasululloh keldilar!.. Ollohning payg‘ambari kelyaptilar!.. — deb tinmay baqirib-chaqirar edilar.
Yosh qizlar: «Tola’ albadru ‘alayna min saniyatil vado’...» deb boshlanadigan baytlarini qo‘shiq qilib kuyladilar:
Vado’ tepaliklari uzra (o‘n to‘rt kunlik) oy ko‘rindi.
Ollohga da’vat etuvchi paydo bo‘lgach,
bizga ham shukr qilish vazifasi tushdi.
Ey Ollohning rasuli, sen bizning oramizga yuksak
bir din bilan kelding,
Keldingu bizlarga sharaf berding...

— Ey Ollohning rasuli, uyimizga marhamat qiling!.. Sizga xizmat qilishni sharaf deb bilguvchi bir oilaning mehmoni bo‘lmaysizmi?..
O’ta samimiylik bilan qilingan bu taklifga Rasululloh (s.a.v.) qanday javob bera olardilar?..
Har birining ko‘ngli samimiyat va sevgiga to‘liq insonlarni qanday rad etadilar? Qanday qilib ularga: «Yo‘q, sizlarnikiga kirishni istamayman», deya olardilar? Binobarin ularning ko‘ngillarini ranjitmaslik uchun tuyalarining jilovini qo‘yib yubordilar. Qaerga qo‘nish masalasini xal qilishni ilohiy dargoh ixtiyoriga topshirdilar.
Yo‘l o‘rtasida turib, tuyaning jiloviga osilib:
— Yo Rasululloh, mana bizning uyimiz, ichkariga marhamat qiling, bizni bu sharafdan mahrum etmang!.. — deya yoshli ko‘zlar bilan yolvorgan insonlarning dillarini og‘ritib bo‘larmidi?
Har gal ularga: «Tuyani o‘z holiga qo‘yinglar. U o‘ziga buyurilganini bajaradi...» deb javob berardilar.
Tuya jimgina yo‘lida davom etar, chapga, o‘ngga qarayqaray ilgarilar edi.
Nihoyat Najjor o‘g‘illarining uylariga yaqinlashishdi. Tuya keyinchalik Nabiyyi akram masjid qurdirgan, bugun qad rostlab turgan ochiq joyga yetganida cho‘kdi.
Rasululloh (s.a.v.) tuyadan tushmadilar. Tuya turdi, bir oz oldinga yurib yana orqaga qaytdi va haligi joyga cho‘qdi. Bo‘ynini cho‘zib, bo‘kira boshladi. Shundagina:
— Inshaolloh, manzilimiz shu joydir, — deya tuyadan tushdilar payg‘ambarimiz (s.a.v.).
Atroflarida amrlarini kutib turgan odamlarga o‘girildilar:
— Bu yerga eng yaqin uy kimniki? — deb so‘radilar.
Abu Ayyub Xolid ibn Zayd otilib chiqdi:
— Mening uyim, yo Rasululloh, mana, shundoqqina oldimizda.
Shundan keyin xotini bilan birgalikda tuyaning ustidagi yukni, egarjabduqni tushirdilar va aziz mehmonlarni uylariga boshlab kirdilar.
Sultoni anbiyo payg‘ambarimiz Bani Najjor qizlarining «Biz Bani Najjor qizlarimiz. Muhammad bizga qo‘shni bo‘lganidan baxtiyormiz», deya o‘qigan she’rlarini tinglab, Abu Ayyubning uyiga kirdilar.
Abu Ayyub Ollohning rasulini mehmon qilish sharafiga muyassar bo‘lganidan g‘oyat xursand edi. U ham boshqa musulmonlar kabi ushbu sharaf toji uning boshiga kiygizilishini orzu etgan edi. Qubo qishlog‘idan shu yergacha jilovi qo‘yib yuborilgan holda og‘irog‘ir qadam bosib kelgan tuya har bir uy oldidan o‘tar ekan, hayajoni kuchaygan, nihoyat uning uyi oldidan o‘tayotganida:
— Ollohim, endi to‘xtat bu tuyani!.. — deyishdan o‘zini tiya olmagan edi.
Ammo bu voqelikdan nafaqat Abu Ayyub va Ummu Ayyub, balki butun Najjor o‘g‘illari, butun madinalik musulmonlar xursand bo‘ldilar.
Rasululloh (s.a.v.) har uyga birdaniga mehmon bo‘lolmasdilar, albatta. Shu bois bu masalani hal etishni Buyuk Ollohga havola qilgan edilar. Har narsaga qodir bo‘lgan Ollohga ishonishdan o‘zga baxt bormidi mo‘minlar uchun!
Ko‘chalarda xamon «Rasululloh keldilar!.. Ollohning ulug‘ payg‘ambari shahrimizga fayz kiritdi!..» degan ovozlar eshitilib turardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:24:36
HIJRAT YURTIDA ZAFARLAR

Atrofni o‘rab olgan xushbo‘y vahiy quchogi,
Malaklar ila birga Jabroil kelgan chogi,
Ta’sis bo‘ldi u yerda buyuk irfon o‘chogi,
Bir yonda shonli Badr, bir yonda Uhud togi,
Qarorgohi Nabiydir Madinaning tuprogi.
Ko‘ngil u yerda topur shifoni har dardiga,
U yerdan yo‘l topilur Rabbimning jannatiga.
Ming salom, ming tahiyya u shaharning ahliga.
Xohlang «Yasrib» deysizmi, xohlang, go‘zal «Madina»,
Tanlagandir yurtp deya Habibi adibiga.
Nur gulidir sahrosi, nurdir yashil qubbasi,
Malaklarga o‘rnakdir ham Xazraj, hamda Avsi.
Abu Bakri, Umari, Zaynabi va Oyishasi...
Bir o‘lkaki, masjidi — go‘zal jannatp bogchasi.
O’sha yerdan yuksaldi jahonga azon sasi.


* * *
Madinaning Bani Najjor mahallasidagi boloxonali muborak uy...
Uning boshqa uylardan farqli bir ahamiyat qozonishi mumkinligi shu kungacha hech kimning tushiga ham kirmagan edi. Hatto xonadon sohibi Abu Ayyub Xolid ibn Zaydning o‘zi ham necha soatlar avval bu uyda farishtalar Nabiylar Sultoni payg‘ambarimizni (s.a.v.) kutib olish shodiyonasiga tayyorgarlik ko‘rganlarini xayoliga keltirmagan. Bu xonadonda Ollohning eng oxirgi va eng buyuk payg‘ambari mehmon bo‘ladi. Uning bu yerda to‘xtashini, bu yerda qo‘nim topishini, bir qaraganda, uy sohibi Abu Ayyub istadi, ammo xaqiqatda buyuk Olloh taqdir etgan edi...
* Eskidan «Yasrib» deb atalib kelgan bu shaxar Hazrati Rasululloqga (s.a.v.) ikkinchi vatan bo‘larkan, o‘sha kunlardan beri «Payg‘ambar shaxri» ma’nosida «Madinatun Nabaviyya» kiskacha «Madina» deb atala boshlandi. (Muxarrir izohi.)
Boshini ko‘targan holda bir o‘ngga, bir chapga burib ilgarilayotgan tuya bu xonadonning ostonasiga o‘z xohishi bilan cho‘kmagan edi. Zero, Nabiylar sarvari bu tuya xususida: «Unga tegmanglar, u ma’lum bir vazifaga ma’murdir», deb ta’riflaganlar. Binobarin, belgilangan joydan bir qadam ham u yeqbu yoqqa o‘tib ketishi imkonsiz edi. Butun dunyo birlashsa ham, uni shu cho‘kkan joyidan boshqa bir yerga cho‘ktirolmasdi.
Boshiga baxt qushi qo‘nganini ko‘rib, ko‘zlari sevinch yoshlariga to‘lgan Abu Ayyub tushda ham ko‘rilmaydigan bir tolening o‘ziga nasib etganini nihoyat his eta boshladi. Payg‘ambarimizga:
—   Ey Rasululloh, siz lutfan yuqoriga chiqing, men ayolim bilan pastda turaqolamiz, — dedi.
—   Ey Abu Ayyub, bizga va bizni ko‘rgani kelganlarga qulayroq yer pastki qavatdir...
E’tirozga o‘rin qolmadi. Eru xotin shu kecha Rasululloh (s.a.v.) joylashgan xonaning ustida qanday yotib uxlashlarini tasavvur etdilar. Xonaning bir burchagiga qisilib yotishdan boshqa chora yo‘q edi. Ammo ish shu bilan bitmadi. Obdasta ag‘darildi. Darhol yopinchiq ko‘rpalarini suv ustiga tashladilar. Pastga chakka o‘tish xavfi takapukalarini chiqarayozgan edi. Hech kimga nasib bo‘lmagan saodat bu kecha ularga nasib etgan, endi qo‘ldan kelgancha xurmat va ikrom ko‘rsatish lozim bo‘lgan bir paytda, tepalaridan chakka o‘tkazib yuborilsa... Axir, Nabiylar sarvari o‘sha zahoti uyquga tolgan bo‘lsalarda, yo‘l charchog‘i hali ketmagan edi.
Uyda yopinadigan boshqa hech narsa yo‘q edi.
Abu Ayyub bilan xotini shu kecha necha bor uyg‘ondi. Har uyg‘onganida «Rasululloh (s.a.v.) pastimizda yotibdilar, biz bo‘lsak, u kishining ustlarida bemalol dam olib yotibmiz», degan xijolatli tuyg‘u hech tinchlik bermasdi.
Tong otgach, Rasulullohga (s.a.v.) yana yuqoriga chiqishni taklif etishdi. Rasuli akram (s.a.v.) yana ayni javobni berdilar. Bu kez Abu Ayyub odob, imon va vijdon azobidan sizib chiqqan bir ifoda bilan:
— Siz pastda qolarkansiz, biz yuqoriga chiqa olmaymiz, ey Rasululloh — dedi. Bu samimiy ifodalar o‘rinlar almashishi uchun go‘zal bir vosita bo‘ldi.
Nonushta qilindi. Quyosh bir mikdor ko‘tarildi. Bani Najjor oilalaridan yoshyosh qizlar daf (childirma) chalib, bir ovozdan:
«Najjor qizlarimiz biz, ne baxt, ne saodat! Qo‘shni bo‘ldilar bizga payshmbar Muhammad (s.a.v.)», baytini o‘qiy boshlashdi. Nabiyyi akram (s.a.v.) tashqariga chiqdilar, kulimsiragan holda:
—   Sizlar meni yaxshi ko‘rasizlarmi? — deya so‘radilar.
—   Ha, ey Ollohning rasuli, yaxshi ko‘ramiz, — degan javoblar yangradi.
—   Ollohga qasam, men ham sizlarni yaxshi ko‘raman. Vallohi, sizlarni sevaman. Olloh shohid, ko‘nglim sizlar bilandir, — dedilar Sarvari Olam (s.a.v.) to‘lqinlanib.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:24:51
*   * *
Rasululloh (s.a.v.) ziyoratga kelganlar bilan ko‘rishdilar. Madinani aylangani ko‘chaga chiqdilar. O’rin bo‘ldi deguncha do‘stlariga Islom dinining ahkomidan og‘iz ochardilar.
Bu orada yahudiy olimlarining kattalaridan Abdulloh ibn Salom ham Rasulullohning suhbatlarini eshitib qoldi.
— Ey insonlar, oralaringizda salomni va salomlashishni yo‘lga qo‘ying. Mehmonlaringizga ikrom ko‘rsating. Qarindosh-urug‘ingizga hurmat bilan muomala qiling. Hamma uyquga ketsa, siz Ollohga ibodat qiling, salomatlik ila jannatga kirgaysiz! — der edilar u zot.
So‘zi go‘zal, dilbar, nutqi viqorli bir shaxsiyat edilar. Abdulloh u yerdan ketar ekan, ichida tipirchilagan bir tuyg‘u tilga kirdi: «Bu chehraning egasi yolg‘onchi bo‘lolmaydi».

*   * *
O’sha kecha Xuyayy va Abu Yasir ismli ikki yahudiy akauka, uylariga so‘lg‘in bir holda qaytishdi. Boshlari egik, qo‘llari tolg‘in, iyaklari osilib ketgan. Go‘yo dahshatli bir narsa ro‘y bergandek yo biror noxush xabar olgandek yoki haqoratlangandek.
Xuyayyning qizi Safiyya har oqshom otasini yo‘ldayoq qarshilar, quchog‘iga otilar edi. Bu oqshom ham uzoqdan ko‘riboq chopqillab keldi, ammo otasi go‘yo hech narsa ko‘rmaganday yonidan o‘tib ketdi.
Ichkari kirishdi. Sassizsadosiz o‘tirishdi. Vaqt xiyla o‘tdi, lekin ko‘zlaridagi so‘lg‘inlik o‘zgarmadi. Nihoyat, Abu Yasir tilga kirdi. Boshini ko‘tarmasdan, yerdan ko‘zini uzmay, so‘z boshladi:
—   Seningcha, o‘sha odam haqiqatan shumikan? Xuyayy g‘amgin, kin aralash ohangda javob qildi:
—   Aslo shubham yo‘q, mutlaqo o‘sha...
—   Ya’ni, uni tanidinga, aminmisan shunga?
—   Ha.
—   Xo‘sh, endi nima qilish kerak deb o‘ylaysan? Biror fikring bormi?..
—   Dushmanlik va kin, — dedi Xuyayy. — To o‘lgunimcha, o‘ligim bilan mozorga kirgunimcha kin va dushmanlik qilaman...
Shu yerda gapi uzildi.
Safiyya ham bu gaplarni eshitdi, lekin hech narsa anglamadi. O’lgunicha dushmanlik qilinadigan odam kim edi? Uning gunohi ne? Otasiga, amakisiga yoki oila a’zolariga nima yomonlik qilgan u?
«Kim bu odam, otajon? Bizga nima yomonlik qildi?» — Safiyyaning ko‘zlarida shu savollar yozilgan edi. Bu ko‘zlar bir oz so‘ngra amakisiga ham tikildi, ammo javob topmadi. Otasidan, amakisidan sado chiqmadi. Qani qovoqlari ochilsa. Aksincha, tishlari g‘ichirlar, hamon huzursiz bir holatda edilar. Safiyya bu vaziyatda biron javob olish imkoni yo‘qligini angladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:25:29
* * *
Oradan kunlar o‘tdi. Safiyya uylariga kelgan bir necha yahudiy bilan otasining suhbatlarini eshitib qoldi. Tushunishicha, shaharlariga bir payg‘ambar kelgan. Makkada uni sig‘dirmaganlari uchun Avs va Hazraj qabilalari uni bu yoqqa taklif qilishibdi. Hozir Bani Najjor mahallasiga o‘rnashgan emish.
Mehmonlardan biri:
— Ko‘pdan beri kutayotganimiz payg‘ambar shu emas
mi? — dedi.
Xuyayy yuragi siqilgan holda:
— Ha, o‘sha, — dedi.
— Nimaga unda jim turibmiz? Nega darhol imon keltirmayapmiz? Qachondan beri arablarni u bilan qo‘rqitayotgan edikku!..
Xuyayy unga «anqovlik kilma» deganday ma’noda:
— Bu odam Horun payg‘ambarning naslidan emas, ya’ni, sen o‘ylayotgan yahudiylardan emas. Biz esa, o‘z naslimizdan, dinimizdan bo‘lmagan payg‘ambarning ketidan ergashmaymiz! — dedi.
Shivirshivir shu tariqa davom etdi.
As’ad ibn Zurora kelganini xabar qilishgan edi, Nabiyyi akram (s.a.v.) uni eshikda kutib oldilar:
— Marhamat, ey As’ad, ichkari kir!
As’ad bir sadr keltirgan ekan, shunga ishora qilib:
— Buni siz uchun yasattirdim, ey Ollohning rasuli, ustida yotib, istirohat etarsiz, devdim, — dedi.
Rasulullohning (s.a.v.) chehralariga quvonch alomatlari indi. Hadya Rasulullohni sevintirganini ko‘rib, As’adning ko‘zlari yoshlandi. Sayyidul anbiyo hazratlarining bunday arzimas xizmatga shu qadar mamnun bo‘lishlarini kutmagan edi.
Ammo payg‘ambarimizni xursand qilgan narsa moddiy qiymati jihatidan arzimas bo‘lmish sadr emas, balki uni yasattirib, hadya qilgan insonning samimiyati va nozik tuyg‘usi edi.
Sadr saj daraxtidan yasalgan, xurmo novdalari ila to‘qilgan, ustiga bir bo‘yra solingan.
Samimiy va xolis niyatda qilingan bu hadyadan payg‘ambarimiz (s.a.v.) haqiqatan juda ham xursand bo‘lgan edilar. Shu kundan e’tiboran to umrlarining oxirigacha As’addan aziz esdalik sifatida shu sadrda uxladilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:26:11
* * *
Abu Ayyub bilan xonimi xonadonning muborak mehmoniga taom tayyorlab, dasturxon tuzishar, ortgan qisminigina barakot tilab o‘zlari yeyishar edi. Boshqa mo‘minlar ham qarab turishmadi. Ular ham pokiza niyat ila ovqatlar tayyorlab, Abu Ayyubning uyiga keltirishar, Olloh roziligiga erishish umidida Sarvari anbiyoga tortiq qilishar edi.
Ilk safar o‘n yo o‘n bir yoshlardagi bir bola taom keltirdi.
— Ey Ollohning rasuli, bu ovqatni onam berib yubordilar, — deya ma’sum ko‘zlarini payg‘ambarimizga tikib, ostonada turib qoldi.
—   Oting nima? — deb so‘radilar Rasululloh.
—   Zayd ibn Sobit...
Ertangi kunning buyugi Zayd... Ollohning kitobini ilk bor rasman qog‘ozga tushirib, Islom ummatiga abadiy xotira qoldiradigan Zayd... Rasulullohning sahobalari orasida Hazrati Abu Bakr va Umarlardan (r.a.) ilk bora Qur’oni Karimni bir joyga to‘plash, yozish vazifasini olishga loyiq ko‘rilgan Zayd... So‘nggi nafasigacha bu saodat tojiga dog‘ tushirmay yashaydigan va ertaga Robbul Olamiyn huzuriga «xatla bitilgan ilk Qur’on» bilan boradigan sharafli inson...
Keltirgan ovqati sutga non to‘g‘rab va sariyog‘ solib tayyorlangan taom edi, Zayd u yerdan qalbi mehrga to‘lib qaytdi. Ketidan Rasulullohning rahmat va barakot tilab qilgan duolari Oliy Devonga yetkazildi.
— Yaxshi bor, Zayd. Asrlar davomida senga ko‘ngil to‘la hurmatlar va salomlar yetib tursin!..
Payg‘ambarlar imomi (s.a.v.) «Bismilloh» deb endi taomga qo‘l cho‘zgan ham edilarki, Sa’d ibn Uboda tirit bilan qaynatma go‘sht olib kelib qoldi.
Rasululloh (s.a.v.) Abu Ayyubning uyida ekanlar, hamma qo‘ldan kelganicha izzatikrom qilgisi kelar, payg‘ambarga xizmatlarini taklif etishar, Ollohdan rahmat va barakotlar tilashar edi.
Bir kuni Abu Ayyub idishni olgani kirib, xonimi tayyorlab bergan sarimsoqli taomga Rasululloh qo‘l tekkizmaganlarini ko‘rdi. Rasululloh (s.a.v.) izoh berdilar:
— Ichida sarimsoq bor ekan.
Abu Ayyub payg‘ambarimizning nima demoqchi ekanlarini to‘la tushunmadi.
—   Sarimsok harommi, ey Rasululloh! — deya so‘radi xavotirlanib.
—   Yo‘q, ammo mei yemayman. Chunki men sen ko‘rmaydigan va gaplashmaydigan Jabroili amin bilan ro‘paramaro‘para so‘zlashaman, — dedilar.
Shundan keyin Rasulullohning dasturxonlariga piyozli va sarimsoqli ovqatlar qo‘yilmadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:26:48
* * *
Hijrat safari chog‘i o‘rkachida Rasulullohni keltirgan tuya mutlaqo bir farishtaning, buyuk bir ehtimol ila, Jabroili aminning idorasi ostida edi. Kelib cho‘kkan joyi esa, Koinot Egasi tarafidan «Masjidi Nabaviy» sifatida tayin etildi. Buyuk Mavlo payg‘ambarlar imomining (s.a.v.) shu yerda ibodat qilishini, muborak vujudining shu yerda qolishini xohlagan edi.
Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni Madina kattalariga tuya cho‘kkan maydonni ko‘rsatib, masjid qurish uchun sotib olmoqchi ekanlarini aytdilar.
Muoz ibn Afro:
 Bu yer mening himoyamdagi Sahl va Suxayl ismli ikki yetim bolaga qarashlidir. Men ularniig ko‘nglini olaman, bu yerni esa Olloh rizosi uchun beraman, — dedi.
Bu taklif qabul etilmadi. Madinaliklarning, hatto maydon egalari bo‘lmish yetim bolalarning samimiy takliflari ham rad etildi. Hazrati Abu Bakrdan (r.a.) qarz olib, yerning haqini berdilar.
Shunday qilib, Rasuli akram (s.a.v.) bir masjid qurish uchun ozgina yerni ham pullariga sotib oldilar.
Muoz bilan do‘stlarining takliflari moddiy jihatdan rad etildi. Lekin ish bu bilangina bitmas edi. Bundan bu yog‘i endi kdlblarning asroridan voqif bo‘lgan Buyuk Mavloning yo‘rig‘i ila boshqariladigan, ma’naviyat olamidagi muomala unga ko‘ra yuritiladigan bo‘ldi. Olloh taolo bu taklif egalarining maqsadg‘oyalarini bilardi. «Maydonni bizdan hadya sifatida qabul eting», deyayotganlar bu so‘zlarini til uchida aytyaptilarmi yoki chin ko‘ngildan aytyaptilarmi — takliflarga Oliy Devonda shu tomondan qaraladigai, shu jihatdan baho beriladigan bo‘ldi.
Masjid quriladigan maydonda bir necha tup xurmo bor edi, kesildi. Ilgari u yerga ko‘milgan birikki mushrikning qabri ochilib, suyaklari boshqa joyga ko‘chirildi. Yer tekislandi. Bir yondan g‘ishtlar quyila boshlandi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:27:34
* * *
Rasululloh Madinani sharaflantirgan ilk kunlarda musulmon bo‘lganlardan biri Ummu Sulaym xonim edi, Eri Molik Islomni qabul etmadi. O’n yoshga qadam bosgan bir o‘g‘illari bo‘lib, ismi Anas edi. Ummu Sulaym yolg‘izgina Anasining ham Islomga kirishini istardi. Xaqiqiy ma’noda odam bo‘lishini orzu qilardi. Shu sababdan unga shahodat kalimasini ayttirishga, Muhammad Ollohning quli va elchisi ekaniga ishontirishga harakat qilardi. Eri Molik bundan norozi edi. O’zi Ummu Sulaymning musulmonlikni qabul qilganiga qarshi, endi o‘g‘ilchasini ham shu yo‘lga yetaklayotgani sabr kosasini to‘ldirdi.
—   O’g‘limning e’tiqodini buzma, — dedi. Xotini bunga javoban:
—   Men uning e’tiqodini buzmayapman, — dedi.
Eru xotin orasida chiqqan murosasizlik oxiri borib janjalga a11landi. Baqirchaqiru so‘kishlardan keyin Molik uydan chiqib ketdi. Ittifoqo, yo‘lda bir dushmaniga duch kelib, urushib ketishdi va Molik halok bo‘ldi.
Anas yetim, Ummu Sulaym beva qoldi. Ummu Sulaym Islomni qabul qilishiga qattiq qarshilik ko‘rsatgan erining o‘limiga ko‘p mahzun bo‘lmadi. Faqat bundan buyon dinining buyruqlarini bemalol ado qiladigan va bu masalada unga hech kim to‘sqinlik qilmaydigan bo‘ldi.
Bu orada Rasululloh (s.a.v.) tutingan o‘g‘illari Zaydni Abu Rofiy degan bir madinalik bilan qo‘shib, yo‘lga chiqardilar. Ular Makkaga borib, u yerda qolgan bola-chaqalarini olib kelishlari kerak edi.
Abdulloh ibn Salom Makkadan kelgan aziz mehmonni bir martagina ko‘rgan, suhbatini olgan, qalbida kenglik va rohat his etgan edi. Bir muddat kutdi, taraddudlandi. Ammo kunlar o‘tgan sayin u zotga tobora yaqinlik sezaverdi.
Bugungi ishni ertaga ko‘ymaslik kerak. Ayniqsa, bunday muhim bir masalaga loqaydlik qilish yaxshilik keltirmaydi. Otasining va bobosining eshigini qoqib, «Qani, yuringlar endi...» degan ajal bir kuni yana kelib qolsa, «Ey voh!..» degan bilan ish bitmaydi, qaboxat faqat o‘ziga oid bo‘ladi...
«Qat’iy qarorga kelish uchun bir borib ko‘rishing kerak, ey Ibn Salom!» dedi o‘ziga va o‘ychan odimlar ila yo‘lga tushdi.
Anchadan beri so‘nggi payg‘ambarning zuhur etishi kutilmokda edi. U zot Madinaga ko‘chib kelmaslaridan oldinoq juda ko‘p sifatlarini Tavrot orqali tanirdi. Shaharga kelgan kunlari uni olomon orasida ko‘rdi, qalbida, bunday odam yolg‘onchi bo‘lmaydi, deb qanoatlandi. Ikkinchi bor ko‘rganida va so‘zlarini eshitganida, bu qanoati yanada mustahkamlandi.
Qabiladoshlari bo‘lmish yahudiylarning 6u ishga qarshi chiqishlarini bilardi. O’zlaridan bo‘lmagan payg‘ambarga ikki dunyodayam ishonmasliklari aniq. Bir necha yil avval Tavrotni o‘qigan otasi Salomning: «Chiqadigan bu payg‘ambar Horun avlodidan bo‘lsa, unga imon keltiraman va uni qo‘llabquvvatlayman, aks holda, inkor etaman», degani hanuz xotirida. Ehtimol otasi bu so‘zni o‘g‘liga ertaga tutishi lozim bo‘lgan yo‘lni o‘rgatish uchun so‘zlagandir.
Otasi allaqachon hayotdan ko‘z yumib ketdi. Tirik bo‘lganida ham imon keltirmasligini o‘sha vaqtda ma’lum qilgan. Lekin bu kelgan kishi haqiqatan payg‘ambar bo‘lsa, unga imon keltirmaslik qandoq bo‘larkin? Yillarcha Tavrot o‘qidi. Agar Tavrotni o‘qish unga qaysarlik va inkor keltirsa, bilaturib Haqqa qarshi chiqishni o‘rgatsa, Tavrot o‘qimaydigan johillardan ham johilroq sanalmaydimi? Hech bir ahmoq bilaturib o‘zini olovga tashlagan odamdan ham ahmoqroq bo‘lolmaydi, axir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:28:25
Ishni tez hal etgani ma’qul. Yahudiylarning tazyiqi boshlansa, balki bunday muhim masalani hal etolmay qolishi mumkin. Hisob kuni Janobi Haqqa: «Yahudiy qavmdoshlarimning so‘zidan chiqolmadim, shuning uchun imon keltirolmadim», deydimi? Aqldan bo‘ladimi shu ishi? Shoyad bu kelgan kishi payg‘ambar bo‘lmasa, masala o‘zo‘zidan hal bo‘lardi...
Abdulloh ibn Salom mana shunday o‘ylar og‘ushida Abu Ayyubning eshigiga kelib qoldi.
— Mehmoningiz bilan ko‘rishmoqchiman, — dedi.
Nabiyyn akmal (s.a.v.) hazratlariga xabar berildi.
Abdullohni ichkariga da’vat etdilar. Holahvol so‘ralgach, Abdulloh asl maqsadga o‘tdi:
— Yo Muhammad, sen payg‘ambarlikni da’vo qilyapsan! Izn berasanmi?! Bir necha savol bersam?
 Xohlaganingniso‘ra, — dedilarRasululloh(s.a.v.).
—   Qiyomat alomatlaridan birinchisi nima?
—   Insonlarni sharkdan g‘arbga suradigan otashdir.
—   Jannatga kirganlarning ilk yemishi nadir?
—   Baliq jigarining osilib turgan qismi.
—   Bola nima uchun otaga, onaga tortadi?
— Erkak suvi ayolnikidan o‘tib, ustun kelsa, bola otaga, ayolning suvi erkaknikidan o‘tib, ustun kelsa, onaga tortadi.
Har uch savolga olingan javob ibn Salomni to‘la qoniqtirdi. Abdulloh yana ko‘plab savol berishi mumkin edi, chunki oxirgi payg‘ambar sifatlari haqida anchagina ma’lumotga ega edi. Ammo, insof bilan qaraganda, shuning o‘zi ham kifoya edi. Boshqa narsa so‘ramadi.
—   Men guvohlik beramanki, yo Muhammad, siz Ollohning rasulisiz, — dedi.
Rasulullohning (s.a.v.) yuzlarida mamnunlik nishonalari paydo bo‘ldi. Hanuz yo‘l charchog‘idan forig‘ bo‘lmagan edilar, desa bo‘lardi. Tavrotni o‘qiyverib suv qilib ichib yuborgan bir yaxudiy olimi o‘z istagi bilan kelib imon keltirishi butun charchokdarini tarqatib yubordi.
Abdulloh uyiga qaytib, oila a’zolarini to‘pladi.
—   Sizlarga yashirin va muhim xabarim bor, — dedi. Qarindosh-urug‘lari sergaklanishdi.
—   Nima ekan u?
— Hayotimning eng muhim va eng saodatli qarorini berdim.
— Tinchlikmi?
— Ollohning oxirgi payg‘ambari bilan tanishdim va uning dinini qabul qildim.
—   Rostdanmi? — deb ajablandi ammasi.
—   Albatta, rostdan.
— Qanday qilib Musoning dinini tark etding? Ollohning g‘azabidan qo‘rqmaysanmi?
— Men Muso payg‘ambarning dinini tark etganim yo‘q, aksincha, uning amrini va ummatiga qilgan vasiyatini bajo keltirdim. Bu kelgan payg‘ambarni Muso, eng so‘nggi keladigan payg‘ambar, deb mujdalagan edi. Unga imon keltirish bizning vazifamizdir. Agar imon keltirmasak, Tavrotning hukmini poymol etgan bo‘lamiz hamda Muso payg‘ambarning vasiyatiga amal qilmagan bo‘lamiz.
— Yaxshilab tekshirdingmi? Tag‘in adashayotgan bo‘lmagin?!
— Tekshirdim, ammajon, sinab ham ko‘rdim. Boz ustiga, uni ko‘rarko‘rmas, eski qadrdonimday tanidim. Munozara ortiq davom etmadi.
O’sha kuni kechki ovqatga Abdullohning uyiga yig‘ilganlarning hammasi yangi dinga — Islomga kirdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:29:03
Abdulloh u kecha bir tush ko‘rdi. Ta’rifi bitmas darajada keng va ko‘rkam bir bog‘, bog‘ o‘rtasida bulutlarni teshib o‘tguday bir ustun qad rostlagan. O’zi ham bu ustun tagida turgan emish. Bir sado eshitdi:
—   Qani, shu ustunga chiq!
—   Men bunga chiqolmayman.
Bu orada o‘rtada bir yordamchi paydo bo‘ldi. Abdullohning libosidan tutib ko‘tardi. Abdulloh uning vositasida bemalol yuqoriga chiqa boshladi. Chiqdi, chiqdi. Nihoyat, tepadagi tutqichga yopishdi. Va mahkam o‘rnashib oldi... Ayni sado yana:
— Bu tutqichni mahkam ushla, — dedi.
Uyg‘onganida, qalbida huzurhalovat his etdi. Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga shoshildi. Ko‘rgan tushini ipidanignasigacha hikoya qilib berdi.
Rasululloh (s.a.v.) unga kulimsirab, tushini ta’vil etdilar:
— Bog‘ Islom dinidir. U ustun Islom ustunidir. Yopishganing tutqich esa, to o‘lguningcha Islomda qolishingga alomatdir, — deb mujda berdilar.
Kechagi muhim qarorining naqadar to‘g‘ri va o‘rinli ekani ma’naviy olamda ham tasdiqlangan edi. Abdullohning ko‘ngli huzur va sukunatga to‘ldi. Ilmining foydasini ibn Salom shunday ko‘rgan edi.
O’sha kunlari nozil bo‘lgan bir oyatda: «Kufr keltirganlar: «Sen payg‘ambar emassan», deydilar. Aytginki: «Sizlar bilan mening o‘rtamizdagi da’voni hal etishga Ollohning shohidligi va Kitob ilmidan xabardor (kishi) kifoyadir», (Ra’d surasi, 43-oyat) deyildi. Bu oyatdagi «Kitob ilmidan xabardor (kishi)» deganda Abdulloh ibn Salom va u kabilar nazarda tutilganiga shubha yo‘q.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:29:31
* * *
Makka. Rasululloh (s.a.v.) bu shaharni tark etganlaridan beri u kishidan tuzukroq xabar ololmagan ikki qizlari bir kecha eshiklarining ohista sasla taqillayotganini eshitdilar. Shu qadar ohista, eshik qoqayotgan odam go‘yo, qo‘shnilar eshitmasin, deyayotganday edi.
Opasingilni birdan hayajon qopladi. Tun yarmida kim ham kelishi mumkin?! Bir-birlariga tikildilar va eshikka yaqinlashdilar.
—   Kim u? — deya so‘roqladilar.
—   Men Zaydman.
Shivirlab aytilgan bu kalimalar opasingildagi qo‘rquvni bir onda ketkazdi. Ko‘ngillarini sevinch qopladi. Ovoz egasini darhol tanidilar. Eshikni ochdilar.
— Qalaysizlar, Ummu Gulsum, Fotima?
— Yaxshimiz, ey Zayd, o‘zing ham omonmisan? Otamdan nima xabar bor?
Zayd Janobi Rasulullohning (s.a.v.) salomlarini yetkazdi. O’zlarini Madinaga olib ketmoq uchun kelganini tushuntirdi.
Nihoyat yaxshi xabarlar keldi, ko‘ngillarga suv sepildi.
Tayyorgarlik uzoq cho‘zilmadi. Ummu Gulsum, Fotima, payg‘ambarimizning xotinlari Savda, enaga (Zaydning xotini) Ummu Ayman, o‘g‘li Usomalar hozirlik ko‘rib, tez orada yo‘lga chiqildi.
Boshqa tarafdan Abu Bakrning o‘g‘li Abdulloh onasi va singlisi Oyishani olib, ular ham Madina sari yo‘l olishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:30:09
* * *
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Madinada yashay boshlaganlariga bir oy bo‘lganida Qubo qishlog‘idan eski tanishlari — bir necha musulmonlar kirib keldi. Yuzlarini g‘am bosgan, ko‘zlarida mahzunlik. Odatda do‘st do‘stni ko‘rsa sevinadi, ammo do‘sti g‘amtashvishda bo‘lsa, qanday sevinadi odam?
— Salom bo‘lsin sizga, ey Ollohning payg‘ambari!
—   Sizlarga ham salom bo‘lsin, ey qubolik mo‘minlar.
—   Achchiq xabar bilan keldik, yo Nabiyalloh. Kulsum ibn Hidm vafot etdi...
Haqiqatan ham achchiq xabar edi. Bu xabardan Rasululloh (s.a.v.) g‘amgin bo‘ldilar. Quboda Kulsumning uyida mehmon bo‘lgan edilar. Birodarlarini olib, tezda yo‘lga chiqdilar.
Kulsum, ko‘p mushriklar qatori, umrini butparastlikda o‘tkazgan, sochlarini butga sajda qilaqila oqartirgan odamlardan edi. Ammo hayotining oxirgi yilida Makka taraflardan esgan shirin bir shamol unga yangi bir hayot va ruh hadya qildi. Bu shamol uning ko‘zlarini ochdi, kechgacha oldida bosh qo‘yib, ibodat qilgan butlari biror iloh bo‘lolmasligini, ular oddiy tosh yoki quruq yog‘ochgina ekanini angladi.
So‘nggi yil pushaymonlik yili bo‘ldi. O’tgan kunlarining zarar ila, ziyon ila o‘tganini faqat shahodat kalimasini aytgan onida, Makkadan esgan shirin shamolning hidini jigarlariga singdirganidan keyin angladi. Aqlini ishlata olgan insonlar kabi yashamaganini, o‘zini yaratgan Rabbini o‘ylamasdan hayot kechirganini tan oldi. Shu kunga qadar iloh deb bilgan butlariga haqorat nazari ila qaramaguncha rohat qila olmasdi, sindirib parchalamaguncha huzur topa olmasdi.
O’lim kunining astasekin yaqinlashib qolganini o‘ylashi uni ko‘zlarda yosh ila Rabbining ulug‘ dargohiga olib ketdi. Juda ko‘p kishilar hurrak otib uxlayotgan soatlarda mag‘firat tilab yolvorishlar ila ingrab turdi.
Mehmonnavoz bir zot edi. Musofirlarga ikrom qilib xushlanadigan, yo‘lovchilarga yordam berib huzur topadigan bir tabiat sohibi edi. Ammo bir kuni kelib Olamlarning sultoni, Payg‘ambarlar imomi ham uning uyida mehmon bo‘lishini hatto xayolidan o‘tkazmagan edi. Lekin takdir bu yo‘lda ko‘rindi, dunyo va oxiratning tanho Janobi uning eshigiga keldi. Qariyb ikki haftacha bu uy Rasulullohning (s.a.v.) nafaslari ila, muborak borlikdari ila yangidan insho etildi, koinotning qalbi bu uyda ura boshladi.
Kulsum bir juma kuni Rasulullohni (s.a.v.) Madinaga kuzatarkan, hayotining oxirgi oyini yashayotganini bilmagan edi, albatta. Bir oy burun Kulsum Olamlarning sultonini salomat yurti bo‘lmish Madinaga kuzatgan bo‘lsa, mana, endi Rasululloh (s.a.v.) uni yana bir salomat yurtiga, abadiy huzur va sukunat olamiga malaklarning sherikligi va yo‘ldoshligida kuzatib qo‘ydilar. Kulsum Ollohning rasulini imkoniyati boricha izzatladi, hurmat qildi, Ulug‘ Olloh ham rasuliga ikromda bo‘lganni sha’niga loyiq bir shaklda ikrom ila hurmat etajak, kutganidan ziyoda e’tibor qilajak.
Ulug‘ Olloh rasuli eng muhtoj bo‘lgan onida uni mehmon qilgan, ikrom ko‘rsatgan insonni unutib, mukofotsiz qoldirarmidi? Bunday bo‘lishini hatto faraz ham qilib bo‘lmaydi. Zotan, Rasululloh (s.a.v.) payg‘ambarimiz, Kulsumni xos bir omonating o‘laroq oxirat olamiga yo‘lchi qilgin, deya Rabbilariga murojaat qilar, rahmating ila, mag‘firating ila, lutfing yla va qaraming ila muomalada bo‘lgin, deb yolvorar edilar.
Rasululloh (s.a.v.) bir oy oldin o‘z qo‘llari bilan qurgan va Qubo qishlog‘ining aziz ahliga hadya etgan masjidda Rabbilarining huzurida turib, ashoblariga imom bo‘lib, namoz qildilar. Toptoza qo‘llar, toptoza ko‘ngillar tashigan edi bu masjidning toshlarini. Bu masjidning poydevorlarida fakat Ollohga qullik tuyg‘usi yotadi, erishilmas darajada bir hurmat va sevgi bu muborak binoning poydevorlariga joylashgan edi.
Kulsumni ko‘rinishida qora tuproqqa, ammo haqiqatda jannat bog‘laridan bir bog‘chasiga o‘z qo‘llari bilan ko‘mgan Rasuli kibriyo mahzun bir ko‘ngil ila Quboni tark etdilar. Qisqa bir vaqt tanish bo‘lishdi, ammo abadiyatga qadar unutilmaydigan bir xotira qoldi Kulsumdan.
Kulsum jazo va hisob kunida Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida «Qubodagi uy sohibi» o‘laroq munosib joy oladi, inshaolloh.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:30:49
*   * *
Rasululloh (s.a.v.) qizlari ila ko‘rishishlari juda hayajonli bir sahna edi.
Otalariga o‘lim hukmini o‘qigan Makka shahridan bunday oppaoson chiqib, Madinadek bir imon yurtiga qazosizbalosiz yetishish hazilakam gap emasdi. Ummu Gulsum va Fotima bir necha kun davom etgan charchoqli va hayajonli yo‘lchilik endi ortda qolganidan va sevikli otalarining bag‘riga olinganlaridan sevinch ko‘zyoshlarini uzoq vaqt to‘xtata olmadilar.
Ruqiya sal oldinroq eri Usmon ibn Affon bilan birga hijrat qilib kelgan edi. U ham hamshiralarini bir-bir bag‘riga bosdi, yaqin bir yildan beri ko‘rmagan opasingillarini to‘yato‘ya hidladi, to‘yato‘ya yig‘ladi.
Endi Makkada opalari Zaynab qoldi. U xolavachchasi Abul Osga tur^mushga chiqqan edi. Undan Madinaga faqat salom keldi. O’zi qachon keladi, qachon otasini ko‘radi — noma’lum edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:31:14
*   * *
Quyilgan g‘ishtlar qurib, masjid qurilishi boshlandi. Rasululloh (s.a.v.) birinchi toshni o‘z qo‘llari bilan qo‘ydilar. Undan keyin payg‘ambarimizning amrlari ila Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali (r.a.) galmagal bittadan tosh qo‘ydilar.
So‘ngra har kimga keltirgan toshini qo‘yishga izn berdilar. Poydevor ma’lum bir balandlikka yetgach, g‘isht tera boshlashdi.
191
G’ishtlar xiylagina katta,. bir donasini bir kishi bazo‘r ko‘taradigan darajada og‘ir edi. Rasululloh (s.a.v.) g‘ishtni ham, tuproqni ham o‘zlari tashidilar. Yillarcha bu xotirani rivoyat qilgan shohidlar u zotning changga, tuproqqa belangan muborak vujudlarini doim ko‘rib turgandek gapirishar edi.
Zilzambil g‘ishtlarni yelkaga qo‘yib yo qo‘ltiqlab inshoot sari borarkanlar, Sarvari olam (s.a.v.) «Ollohim, bu tashiyotgan yukim Haybarning xurmosi yo boshqa hosili to‘la yuk emas. Qasam ichaman Rabbimga, bu yanada toza, yanada xayrli bir yukdir...» ma’nosiga yaqin bir baytni aytardilar, mo‘minlar ham u zot bilan birga ayni shu baytni sevinch bilan takrorlashardi.
Vujudlar masjidga tuproq va g‘isht tashiydi, ko‘ngillar bu masjidda sajda qilinadigan Robbul Olamiynga yo‘nalgan. Sevinchla takrorlanayotgan bu baytlar ko‘ngillarning eng teran go‘shalarida jo bo‘lgan tuyg‘ularni, tushunchalarni ifodalamokda edi.
Ha, bu zamin, bu tuproqlar yanada xayrli, yanada pokizadir. Haybar yahudiylari olamni fasodga to‘ldirishga bir sarmoya o‘laroq to‘plagan yuk bilan bu tuproqlarni tenglashtirib bo‘larmidi? Haybarning xurmolari Ollohning bir ne’matidir, insonlarning qornini to‘yg‘azardi, xolos. Ammo bu tuproq va bu g‘ishtlar bilan insho etiladigan masjid qiyomatgacha mo‘minlarning sevikli ibodatgohiga, ziyoratgohiga aylanajak va «Payg‘ambar masjidi» unvoniga ega bo‘lajak. Bu masjidda o‘qilgan bir namoz boshqa masjidlarda o‘qilgan ming namozdan afzal bo‘lajak, yillab gunohlarga botib ketgan qalblar bu yerga kelib hurmat yuzasidan sajdaga bosh qo‘yajak va onasidan tug‘ilgandek pokiza holga kelajak edi. Bunday bir masjidning toshituprog‘i Haybarning yomonlik va fasod uchun yig‘ilgan yuklaridan albatta xayrliroq bo‘ladi.
Nabiyyi akram (s.a.v.) ba’zan: «Ollohim, hayot faqat oxirat hayotidir. Ansorni ham, muhojirni ham yorlaqashingni tilayman», ma’nosida bayt o‘qir edilar. Ba’zan bu baytda so‘zlar o‘zgarar, «Ollohim, mukofot oxiratda o‘zing beradigan mukofotdir. Ansorga ham, muhojirga ham saxiylik qilishingni, ikromehson etishingni tilayman», der edilar va quchoqlaridagi g‘ishtga muborak peshona terlari to‘kilsada, yuzlarida tabassum ila ishlar edilar. U zotning bu holatlari hech bir manfaat ko‘zlamasdan, xolis Olloh rizosi yo‘lida ter to‘kayotgan pok qalbli insonlarga g‘ayrat berib, oxiratda erishiladigan qiymatli mukofotni ko‘z oldilariga keltirib qo‘yardi.
Ish kizg‘in davom etarkan, mo‘minlardan biri: «Payg‘ambar ishlayapti, bizlar o‘tiramizmi? Bu holimiz ojizlarga yarashadigan hol bo‘ladiku», ma’nosida bayt o‘qidi. Atrofdagilarga yoqib tushdi bu bayt. Ish orasi endi hamma: «La’in qoadna vannabiyyu ya’mal...» baytini takrorlay boshladi.
Bu baytpi kim biladi necha marta takrorladi Ammor... G’ishtga borayotganida ham, g‘isht ko‘tarib qaytayotganida ham og‘zidan shu bayt tushmadi. Madinalik bir ishchi bu baytni ilk bor Ammordan eshitib, go‘yo o‘ziga kinoya qilinayotgandek tuyuldi. Takrorlangan sari uning jig‘iga tega boshladi.
— Menga qara, Sumayyaning o‘g‘li, — dedi, — ertalabdan beri nima deb shivirlayotganingni bilib yuribman. Bas qil, yetar endi. Yo‘qsa, shu tayoq bilan burning ni o‘lchab qo‘yaman.
Ammor unga ma’sum nazar bilan boqdi. Aqliga, hatto xayoliga ham kelmaydigan tarzda baholangan edi uning so‘zlari. Holbuki, bu so‘zlarni so‘ylagan sari Rasuli kibriyoga yana bir odim yaqinlashayotgandek his qilar, u zotning borliqlarini tashqarida emas, qalbining teranliklarida tasavvur etayotgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:31:32
Biroq boyagi odamning gapini Nabiyyi akram (s.a.v.) ham eshitdilar, shu sababli Ammorning: «Men bu baytda seni nazarda tutmaganman», deyishiga hojat qolmadi.
— Bu odamlar Ammor bilan nimani tortishadilar? Ammor menga ko‘z qarog‘im kabi yaqindir, — dedilar.
Ehtimol Rasululloh (s.a.v.): «Ammorni ko‘zimning qoracho‘g‘ini asragandek asrayman, unga urilgan tayoq menga urilgandekdir...» demoqchi bo‘lgandirlar. Payg‘ambarlar imomi sayyidimizning bu iltifotlari uchun Ammor hatto burniga tayoq tushishiga ham sevinchla rozi bo‘lardi.
Imoni mustahkam ekani xossatan Qur’on oyatlarida bayon qilingan Ammor haqida Nabiylar sarvari yana: «Ammor bopshdan tirnog‘igacha imon bilan to‘ladir, imon uning iliklarigacha kirgandir», deya marhamat qilganlar. Sayyidimizning bu kungi iltifotlarini eshitgan
Ammorga endi qo‘rquv va tashvish hech narsa bo‘lmay qoldi!
Ammor boy emasdi. Ollohning va rasulining rizoliklariga erishish yo‘lida biron sarfxarajat (ehsonin’om) qila olmagan. Ammo imkoni bo‘lganida ko‘p narsasini emas, hamma narsasini hech o‘ylamasdan beradigan darajadagi bir sevgi bilan payg‘ambarimizga bog‘langan edi. Abadiy saodatga u zotning irshodi ila erishgan, axir. U zot o‘l degan joyda o‘lish u uchun bir sharaf va obro‘ masalasi zdi.
Ammo bu iltifotdan Ammorning boshi g‘urur ila ko‘tarilmadi, shukr tuyg‘usi bilan, minnat hissi bilan egildi. Ko‘nglining eng teranliklaridan kelgan, hech qanday yomon his kirlatmagan sof va tiniq so‘zlar malakut olamiga yuksaldi: «Ollohim, senga hamd aytaman va shukr qilaman...»
Shivirlab aytilgan bu birgina jumlaga ayni tiniqlikda bo‘lgan bir necha tomchi ko‘zyoshi hamroh bo‘ldi. Lekin buni biron kishi sezmadi. Chunki bu issiqda, og‘irog‘ir toshlarni tashirkan, shundoq ham peshonalardan rezareza ter to‘kilayotgan edi.
Bu terlar ham, bu ko‘zyoshlar ham ertaga ayriayri, shu bilan birga, o‘zaro musobaqalashayotgandek qiymat qozonib, Nabiyyi akmal hazratlarining: «Kim Olloh rizosi uchun bir masjid qursa, Olloh ham uning uchun jannatda bir ko‘shk quradi», degan mujdalari ro‘yobga chiqajak. Xullas, masjid qurilishi Olloh rizosi uchun olingan nafaslar, Olloh rizosi uchun tashlangan qadamlar, tashilgan g‘ishtlar, qorilgan loylar hamrohligida davom etardi.
Bir necha kun o‘tdi...
— Buni qarang, yo Rasululloh, meni o‘ldiradi bular, o‘zlari ko‘tara olmaydigan yuklarni menga yuklashyaiti,— deb qoldi Ammor.
Darhaqiqat, hamma bittadan g‘isht tashisa, uning orqasiga ikkita yuklashibdi. Terlab-pishib ketgan, chang va tuproq ter bilan qorishib ajib bir tusga kirgan, bu tus yuk ostida xorigan vujudga ayri bir rang qo‘shar edi. Hazrati payg‘ambarimiz (s.a.v.) kulimsiradilar.
Bu holatni ko‘rgan va kelajakda «Mo‘minlarning onasi» unvonini oladigan Ummu Salama (r.a.) aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) sayyidimizni uning sochlariga qo‘ngan changtuproqni qoqayotgan holatda ko‘rdim. Derdilarki: «Sho‘ring qursin, ey Summayyaning o‘g‘li... seni o‘ldiradiganlar bular emas, seni o‘ldiradiganlar yo‘ldan ozgan bir jamoatdir».
Ancha keyin Hidoyat imomi bo‘lmish janobimiz (s.a.v.) atrofdagilarga qarab:
— Ammorni osiy bir jamoat o‘ldiradi, — dedilar.
Ammorning ichida bir uchqun jizillagandek bo‘ldi...
Nimaligi noma’lum, qisqa bir muddat ichida kelib ketadigan bir uchqun. Keyin: «Men ham insonman, haq uzra bo‘lay, haq yo‘lda o‘lay, qanday o‘lsam ham», degan xayoldan lablarida bir kulimsirash sezildi. Zotan, dunyoning oxiri ham o‘lim bilan bitmaydimi, axir?
Bu o‘yfikrlar Ammorning zehnini mashg‘ul qilar ekan, Rasululloh hazratlarining (s.a.v.) qo‘llari uning yelkasini silar edi:
— Ey Sumayyaning o‘g‘li, hammaga bittadan mukofot bo‘lsa, sening mukofoting ikki barobar beriladi. Dunyodan eng so‘nggi nasibang esa, bir ichishlik suvli sut bo‘ladi. Seni yo‘ldan ozgan jamoat o‘ldiradi, — dedilar yana.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:31:48
Bu so‘zlar masjidda ishlayotgan ishchilar orasida yoyildi. Nigohlar Ammorga ayricha bir ma’no ila boqa boshladi. Qachon sodir bo‘lishini yolg‘iz Olloh biladigan xosiyatsiz bir mujodala va bu mujodalada Ammorning joniga qasd qilajak osiy bir jamoatning xayoli keldi ko‘ngillarga. Demak, Ammor tabiiy bir o‘lim bilan o‘lmayajak, dunyodan oxiratga shahidlik unvonini ham olib, oddiy inson yetishishi mumkin bo‘lgan eng ustun martabani qozonib ketajak.
Qanday ajib qismat...
Demak, bu oilaning har bir a’zosi shahid bo‘lajak. Oliy Devonning jazo va hisob-kitobi uchun qurilgan kunda «shahidlar oilasi» sifatida borajaklar huzuri Mavloga...
Yillarcha avval dastlab onasi Sumayya, keyin otasi Yosir mushriklarning qo‘lida ingrabingrab jon bergan edilar. Islom bayrog‘i ko‘tarila boshlagan yillarning ilk ikki shahidi bo‘lishdek barhayot bir nom qozongan edilar. Yolg‘iz qolgan Ammorning imoniga Olloh va rasuli birgalikda guvohlik bergan. Koinot chevrasida bundan ham ortiq guvohlik topib bo‘ladimi? Ammorning o‘zi ham bir paytlar kufr yo‘liga qaytmagani uchun iskanjaga tobe’ tutilgan. Hayotining oxirgi damlarida esa*haqning va adolatning tarafini tutgani uchun joniga qasd qilinajak.
Dunyoning hech bir narsasiga sohib bo‘lmagan, biroq dunyo evaziga ham topib bo‘lmaydigan bir sharafni kichik qalbidagi imon bilan, hurmat bilan, muhabbat bilan topgan Ammor!.. Asrlar berisidan sizga sevgilarimiz, hurmatlarimiz va salomlarimiz!..
Madinada Qur’ondan ilk nozil bo‘lgan sura Baqara surasi bo‘ldi. Vaqtivaqti bilan, turli hodisalarga aloqador o‘laroq oyatlar tushar, Rasululloh (s.a.v.) Makkada bo‘lganidek, bu oyatlarni qaysi suraga va qaysi oyatdan oldin va keyin yozishlarini ashoblariga bildirar edilar. Bu ham payg‘ambarimizning qalblariga kelgan ilhom natijasida bo‘layotgani shubhasiz bir haqiqat edi.
Madinadagi yahudiylarga ajdodlariga berilgan ne’matlarni eslatib kelgan oyatlar Baqara surasidan joy oldi: «Ey Bani Isroil, sizlarga in’om qilgan ne’matimni eslanglar va Menga bergan va’daahdga vafo qilinglar. Shunda men ham ahdga vafo qilaman. Va mendangina qo‘rqinglar. Sizlardagi narsani (Tavrotni) tasdiq etgan holda nozil qilgan narsamga (Qur’onga) imon keltiringlar. Uni birinchi inkor qiluvchilardan bo‘lmanglar. Va oyatlarimni qiymati oz narsalarga alishtirmanglar va mendangina ehtiyot bo‘linglar. Haqni botilga aralashtirmanglar va bilgan holingizda haqni berkitmanglar. Namozni to‘kis ado qiling, zakotni bering va ruku’ qilguvchilar bilan birga ruku’ qiling. Odamlarni yaxshilikka chorlab, o‘zlaringizni unutasizlarmi? Holbuki, o‘zlaringiz kitob (Tavrot) tilovat qilasizlar. Aqllaringizni yurgizmaysizlarmi? Sabr va salot (namoz o‘qish) bilan madad so‘ranglar. Albatta, u (namoz o‘qish) og‘ir ishdir. Magar o‘zlarining Parvardigorlariga ro‘baro‘ bo‘lishlarini va shubhasiz unga qaytajaklarini biladigan shikastanafs zotlarga (og‘ir emasdir). Ey Bani Isroil, sizlarga in’om qilgan ne’matimni va sizlarni butun olamdan afzal qilgan paytimni eslanglar. Birov birov tomonidan hech narsa o‘tay olmaydigan, hech kimdan oqlov qabul qilinmaydigan va (gunohlari uchun) evaz ham olinmaydigan — yordam berilmaydigan Kundan qo‘rqinglar» (Baqara, 40 — 48).
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:32:01
Yahudiylarga Baqara surasida ilk xitob ana shunday boshlandi. Odob hududidan tajovuz etmasliklari ana shunday tavsiya etildi. Ular Rasulullohni (s.a.v.) tanishlari va imon keltirishlarining o‘zgacha bir qiymati bor edi. Chunki kelishi kutilayotgan payg‘ambarni butun vasflari bilan tanishlarini va darhol unga imon keltirajaklarini ilgariroq ko‘p marotaba takrorlab yurardilar. Boz ustiga, ularning bu oxirgi payg‘ambarga imon keltirishlari haqida to Hazrati Muso (a.s.) zamonlarida bobolaridan olingan bir ahd bor edi. Bu ahdga vafo qilsalar, ikki misl ajr va mukofotni berishi xususida Ollohning va’dasi bor edi. Chunki ular, avvalo, Hazrati Musoga ishongan va Olloh yuborgan ahkom bilan amal etgan bo‘lsalar, keyinchalik Hazrati Muhammadga (s.a.v.) ishonib, tablig‘ etayotganlari dinni qabul qilgan bo‘lardilar. Har ikkala payg‘ambarni yuborgan ham Olloh taolo ekani va har ikki payg‘ambar ham bir Ollohga ibodat qilishga chaqirgani uchun, agar ergashgan taqdirlarida, mukofotni ikki hissa olishlari tabiiy edi. Bordiyu Rasulullohni (s.a.v.) birinchi bo‘lib ular inkor etsalar, unda juda yomon bo‘ladi. Chunki ba’zan insonlar: «Kutilayotgan payg‘ambarni yahudiylar bilardilar. Bu kelgan o‘sha payg‘ambar bo‘lsa, yahudiylar undan chekinisharmidi?» tarzida o‘ylashi mumkin edi.
Hayhot, yahudiylardan faqat Abdulloh ibn Salom va uning oila a’zolarigina imon keltirdi, boshqalari hech jur’at qila olmadi. Boz ustiga, hozirdanoq fitnafasodni boshlab: «Sizlarni zo‘r bir sehr qildik. Hech o‘g‘il ko‘rmaysizlar endi va shu tariqa qisqa vaqt ichida naslingiz yer yuzidan yo‘qolib ketadi», deb mo‘minlarga ruhiy ta’sir etishga urina boshlashdi.
Chindan ham orsiz, fitna va fasod ahli bo‘lmish yahudiylarning qo‘lidan bunday bir ish kelmasligi aniq, ammo kuchlari yetganida, bunday pastkashlikka ham hech taraddud etmasdan borgan bo‘lardilar.
Bu tashviqot mo‘minlardan bir qismining ko‘ngliga ta’sir ko‘rgazgandek ham bo‘ldi. Ular shunday hol bo‘lishi mumkinligiga to‘la ishonmasalar ham, ayni chokda, qat’iy shaklda rad ham qilmayotgan edilar. Lekin hazrati Abu Bakr va Umar (r.a.) kabilar bunday tashviqotlarga aslo parvo qilmaganlari shubhasizdir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:32:21
* * *
Rasululloh (s.a.v.) o‘zlarini ko‘rish uchun kelgan Ummu Sulaymga izn berdilar. Butun sarmoyasi samimiyat bo‘lgan bu ayol ichkari kirdi. Bir bolaning qo‘lidan tutib olgan. Bolaning ko‘zlarida zukkolik balqib turardi.
197
—   Marhamat, ey Ummu Sulaym, xush kelding, — deya qarshiladilar Sarvari olam.
—   Xushvaqt bo‘ling, ey Ollohning rasuli,—dedi.— So‘ngra so‘zini shunday davom ettirdi: — Yo Nabiyalloh, Madinaliklar sizga hadyalar berdilar, bir narsalar ikrom etdilar. Mening esa, beradigan hadyam, ikrom qilishga arzigulik biron narsam yo‘q. Shu kichik Anas mening o‘g‘limdir. Zukko bir bola. Buni bir hadya o‘laroq qabul eting, sizga xizmat qilsin.
Bu samimiy ifodalar payg‘ambarimizni to‘lqinlantirib yubordi. Mamnuniyat ila qabul etdilar. O’n yoshlardagi Anas bundan buyon Rasulullohning (s.a.v.) xizmatlarida, u Zoti Sharifning tarbiyalarida yetishadigan bo‘ldi.
Ummu Sulaym u yerdan Nabiyyi akmalning (s.a.v.) duolarini olib ayrildi. Aslida, berilgan hadyalar navbatga qo‘yilsa Ummu Sulaymning hadyasi hech qachon ikkinchi o‘ringa tushmagan bo‘lar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:34:08
*   * *
Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) sahobalari bilan suhbat qurib o‘tirgan edilar, kuchli zabardast odam ichkari kirdi. Ozgina xurmo olib kelibdi.
— Sizni pok inson deb eshitdim. Yaxshi insonga shu xurmolarni hadya etgim keldi, qabul qilasizmi? — dedi
Payg‘ambarimiz unga:
— Hadyani qabul etamiz, — deya javob berdilar. Sahobalariga tutib, so‘ngra o‘zlari ham yeya boshladilar. Payg‘ambarimiz bu odamni ilgari bir marta Qubo qishlog‘ida ko‘rgan edilar. O’shanda u sadaqa deya bir miqdor xurmo keltirgan edi.
Bir oz suhbatlashib o‘tirdida, ketarkan, negadir: «Bunisi ikkinchisi», deb qo‘ydi.
Bu odam necha yillardan beri oxirgi payg‘ambarni kutayotgan Salmon edi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:34:43
*   * *
Abu Zarr Islom dinini qabul etganini Makkada ilk bor ochiqchasiga ifoda etgach, ustmaust ikki kun badanlari ko‘karibqabarib ketgunicha kaltaklangan, so‘ngra Rasulullohning (s.a.v.) ko‘rsatmalari bilan G’ifor qabilasiga qaytib, Makkaga boshqa kelmagan edi. Sultoni anbiyo hazratlarining (s.a.v.) Madinaga hijrat qilganlarini eshitib, endi o‘zining ham yo‘lida biron to‘siq qolmaganini his etdi va tayyorgarligini ko‘rib, yo‘lga chiqdi. Payg‘ambarimizning huzurlariga keldi. Endi Rasulullohning (s.a.v.) amrlari ostida harakat qilishdan boshqa o‘yfikri yo‘q edi. Dunyodan matlabi yolg‘iz shu bo‘lib qoldi.
Eski nomi «Yasrib» bo‘lgan Madina shahrining obhavosi makkalik muhojirlar uchun noqulay edi. Aslida, Madinaning mahalliy aholisi ham shaharlarining obhavosidan mamnun emas edilar. Muhojir mo‘minlar garchi makkaliklarning zulmidan xalos bo‘lgan bo‘lsalarda, yuraklari hali ham Makka sevgisi ila to‘la edi. Tug‘ilib o‘sgan, sevinchliqayg‘uli ko‘pgina xotiralariga guvoh yurtni unutish osonmi, axir?..
Shu sababli Rasululloh (s.a.v.) orachira qo‘llarini ko‘tarib: «Ollohim, sen bizga Makkani sevdirganingdek, hatto undan ham kattaroq sevgi bilan Madinanida sevdir. Ollohim, o‘lchovlarimizga, tarozilarimizga baraka ber. Madinani bizning sihatimizga muvofiq holga keltir. Bezgakni Juxfa darasiga ko‘chir», deya yolvorar edilar.
Masjid qurilishi asnosida unga devordarmiyon qilib Rasulullohga (s.a.v.) uy ham qurilayotgan edi. Bu hovli qizlari va zavjalariga mo‘ljallandi.
Bu orada As’ad ibn Zurora betob bo‘lib koldi. Yo‘tal tutar, zo‘rg‘a nafas olar edi. Payg‘ambarimiz orachira bu vafoli do‘stni ziyorat etdilar va shifolar tiladilar.
Bir kuni qayg‘uli xabar keldi. As’ad vafot etibdi. Nabiyyi akram (s.a.v.) ko‘p mahzun bo‘ldilar.
As’ad Makkada payg‘ambarimiz bilan ko‘rishgan va Islom dinini qabul etgan ilk olti madinalikdan biri edi. Madinada ilk bor kichik bir masjid insho etgan va, bir rivoyatga ko‘ra, payg‘ambarimizning hijratlaridan avval madinalik mo‘minlarni to‘plab juma namozlarini u qildirgan, madinaliklarning payg‘ambarimiz bilan har galgi uchrashuvlarida u ishtirok etgan, saylangan o‘n ikki vakildan biri edi.
Mus’ab ibn Umayr Madinaga Qur’on va din muallimi o‘laroq kelganida, uni Ollohning va rasulining aziz bir omonati sifatida qabul qilgan, uyidan joy bergan, kechakunduz u bilan birga harakat etib, hijrat boshlanishidan oldinoq Yasrib shahrini mo‘minlar uchun
«Imon va Islom yurti» holiga keltirgan edi. Aqobada payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan qilingan ahdlashuvlarning eng ko‘zga ko‘ringan qiymatli shaxsiyati As’ad edi. Ismi kabi o‘zi xam eng baxtiyor, eng saodatli inson bo‘liga sharafiga haqiqatan loyiq bir zot edi.
Ammo... Rasulullohga (s.a.v.) va u kishining sevgilariga to‘ymasdan, xizmatidan ko‘ngli to‘lmasdan dunyodan ayrilgani bir xaqiqat edi. O’lim to‘shagida ichini to‘ldirgan narsa dunyodan ayriliq iztirobi emas. Ammo Xddoyat imomidan (s.a.v.) ayrilishning otashi qalbiii yokdi. Uzoq yillar but oldida egilaverib bukilgan bellarini Rasululloh (s.a.v.) yordamlarida to‘g‘rilab, hayotining keyingi davrini keragiday foydali o‘tkazgan, orqasidan Rasulullohning (s.a.v.) ko‘zlarini yoshlantiradigan darajada aziz bir xotira qoldirgan, asrlar keyin keladigan mo‘minlar havas qilib, hurmat va ko‘zyoshlari ila qutlayajaklari bir sharaf va saodatning sohibi o‘laroq o‘tgan edi dunyodan...
Nabiyyi akmal hazratlarining (s.a.v.) ko‘zlarining nuri Ruqayya ham Mus’abdan keyin uning uyini sharaflantirgan, haftalar, oylar davomida As’adning uyi bir xonai saodat bo‘lgan va 6u uyning devorlari Ruqayyaning xushbo‘y hidli nafaslari bilan, Habibi Xudo haqida qilingan suhbatlarning nuri bilan bezangan edi.
Ajal o‘qi otilmagan, takdir va tayin etilgan hayot muddati tugamagai bo‘lganida edi, Janobi Rasulullohga (s.a.v.) to‘yibto‘yib xizmat etib qolish uchun kim biladi yana nimalar qilmagan bo‘lar edi.
Masjidi Nabaviyning yoniga qurilayotgan, Rasulullohga (s.a.v.) mo‘ljallangan xonalarning tezroq bitishini jondildan istardi. Bu orzui ro‘yobga chiqmasdan dunyodan ayrilayotganini anglagach, o‘zidan keyin qolayotgan uch qizini zavjalariga oid xonalarda parvarishlashni payg‘ambarimizga vasiyat etdi. Xonalar bitgan bo‘lganida, ehtimol bir xonasida loaqal bir kecha qolishni u zotdan iltimos qilgan bo‘lardi.
Yuragining oxirgi urishida tilidan «Muhammad Ollohning rasulidir» so‘zi chiqdi. Zotan, musulmon bo‘lganidan beri oxirgi so‘zining mutlaqo shu muborak kalima bo‘lishini tilar edi. Oradan o‘n yil o‘tib... ha, olamlarning va xususan o‘zining sayyidi bo‘lmish Rasuli akramga (s.a.v.) o‘n yil so‘ngra qovushish uchun oxirgi nafasini berdi. Dunyo hayotida Ollohning rasuliga Madinani bir imon va tinchlik yurti o‘laroq hozirlagan edi. Ulug‘ Mavloning ham unga oxiratni bir huzur va ikrom yurti o‘laroq hozirlashi va payg‘ambariga qilingan bu qiymatli xizmatni o‘z sha’niga loyiq tarzda mukofotlashi aniq.
Nabiyyi akram (s.a.v.) uni o‘z qo‘llari bilan yuvdilar va kafanladilar. Baqi’ qabristoniga omonat qo‘yish uchun yo‘lga chiqildi. Janozani payg‘ambarlar imomi Rasululloh (s.a.v.) olib borardilar. Go‘yo u borayotgan olamda unga eng mustasno maqomni shaxsan o‘zlari tanlamoqchi bo‘lgandek, kutib olishga kelgan malaklarga va butun malakut olamiga uni tanitmoq, «As’ad sizga Ollohning rasuli tarafidan topshirilayotgan eng aziz omonatlardan biridir», deydigandek bir holatda edilar.
As’adni kabrga Olloh yaratgan eng muborak qo‘llar qo‘ydi. Raxmat malaklari uni haqiqiy bir omonat o‘laroq, loyiq bo‘lgan izzat va ikrom bilan qarshi oldilar.
Baqi’ qabristoniga dafn qilingan ilk musulmon As’ad ibn Zurora bo‘ldi.
As’ad bu joyning ilk va aziz mehmoni bo‘lajak va keyinchalik ajali yetgan qardoshlarini malaklar ila birgalikda kutib olajak edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:35:25
* * *
Ashobi kirom As’adning qabriga tuproq tashlash bilan mashg‘ul bir paytda sal chetroqda o‘tirgan Rasululloh (s.a.v.) yelkalarini ochdilar, orqalaridagi odamga: «Kel, ko‘r», degandek qaradilar. Bir necha odim orqada turgan odam go‘yo bu taklifni kutib yurgandek, shoshapisha yaqinlashib egildi va ikki kuraklari orasida xol va tuk qorishig‘idek ko‘ringan mayin qizg‘ish parchaga diqqat bilan boqdi. Keyin esa, Rasulullohning (s.a.v.) oldilariga o‘tib, qo‘llaridan tutdida:
 Men shahodat beraman, siz Ollohning oxirgi payg‘ambarisiz. Siz keltirgan hamma iarsa rost va hakdir,— dedi.
Bu odam eronlik Salmon edi. Otashparastlikdan kutulish va Olloh rozi bo‘lgan dinni topish uchun yillarcha avval ota uyini tark etgan va bu yo‘lda uzoq vaqt papazlarga va usquflarga xizmat qilgan, keyinchalik sarsonsargardon bo‘lib, oxiri Yasribga keltirilib, bir yahudiyga qul sifatida sotilgan Salmon...
Ko‘p yillar oldin xizmatida bo‘lgani bir papaz (pop) unga: «Endi seni dunyoda omonat qilib topshiradigan biron kimsa yo‘q. Ammo kelishi juda yaqin bo‘lgan bir payg‘ambar borki, soyasi boshing ustida desam ham bo‘ladi...» deya oxirgi payg‘ambar haqida ba’zi ma’lumotlarni bergan va, ayniqsa, sadaqa olmasligini, hadyani qabul etishini va ikki kuragi orasida nubuvvat muhri borligini aytgan edi.
201
Salmon Rasulullohga (s.a.v.) Quboda sadaqa deya xurmo bergan, payg‘ambarimiz qabul etmagan edilar, keyinroq Madinada hadya deb taqdim etganini olib yegan edilar. Endi nubuvvat muhrini ham ko‘rsa...
Payg‘ambarimizning bir do‘stlari vafot etganini eshitgach, shoyad shu bahonada kuraklari orasini ko‘rib qolsam, deya qabristonga keldi, Faxri Olam (s.a.v.) sayyidimizning orqalariga turib oldi. Ayni o‘sha damda payg‘ambarimiz orqalarini ochib: «Kel, ko‘r», deb ishora qildilar. Endi Salmonning hech shubhasi qolmadi: izlaganini topgan, uzoq yillar yelkasida ko‘tarib yurgan og‘ir yukdan bir zumda kutulgandek bo‘lgan edi.
Chuqur bir nafas oldi. Rasuli kibriyoning (s.a.v.) ko‘zlariga tabassum bilan boqdi. Bu nigoh bilan umri bo‘yi chekkan butun iztiroblari, butun jafolari ichidan sizib chiqib ketganini his qildi. Go‘yo kuchli esgan bir shamol ruhining teranliklarigacha kirib va jismini ezar holatdagi iztiroblarini uchirib olib ketgandek bo‘ldi. Bu nigohla jannat bog‘larida sayr qilib yurgandek tuyg‘ular bilan to‘lgan edi ichi.
Usti yopilayotgan qabrga taraddudsiz kira olardi shu onda. Chunki izlaganini topgan edi. Rasulullohga (s.a.v.) to‘yibto‘yib xizmat qilishdan boshqa dunyoda hech bir orzui qolmadi. Bundan keyin yashayajagi qirq besh yil davomida bundan boshqa maqsadi bo‘lmadi ham.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:36:30
* * *
Bani Najjor vakillari payg‘ambarimizning huzurlariga kelib:
—   Yo Nabiyalloh, o‘zingizga ma’lum, As’ad ibn Zurora bizning qabiladan edi. Endi uning o‘rniga bir vakil tayinlang, — deyishdi.
—   Sizlar mening tog‘alarimsiz. Uning o‘rniga sizlarning vakilingiz menman, — deya javob berdilar Habibi Mavlo sayyidimiz. Bu muomala bilan ham Bani Najjorni sevishlarini, ham As’adning do‘stligiga ko‘ngillarida mustasno bir o‘rin berganlarini ko‘rsatgan bo‘ldilar.

*   * *
As’ad ibn Zuroraning vafoti yahudiylarning yangi bir fitna bilan o‘rtaga otilishlariga sabab bo‘ldi. Darhol og‘izlari ochildi: «Haqiqatan payg‘ambar bo‘lsa edi, shunday yaqin birodari darrov o‘lib qolarmidi?» deya boshladilar.
Qanday ma’nosiz, g‘alati bir so‘z edi bu!
Holbuki, shu yahudiylar Muso va Horunning (a.s.) vafotlarini qabul qiladilar, ularning payg‘ambarliklariga ham ishonadilar. Ularning o‘limlari payg‘ambarliklarini inkor etmaydiyu, Rasulullohning birodarlarining o‘lishi qanday qilib u zotning payg‘ambarliklariga soya tashlaydi?!
Bunday betayin so‘zlari og‘izdanog‘izga o‘tib payg‘ambarimizning (s.a.v.) quloqlariga ham yetib keldi. Payg‘ambarimiz achinib ketdilar. Imon keltirmaslik uchun shu qadar kulgili holatlarga tushadigan qaysarlarning bu harakatlari haqiqatan achinarli edi.
— Abu Umomaning (ya’ni, As’adning) vafoti juda yomon talqin qilindi. Payg‘ambar bo‘lganida do‘sti o‘lmas edi, deyayotgan emishlar. Holbuki, men o‘zimga ham, bir do‘stimga ham kelgan o‘lim farmonini orqaga surolmayman, — deya marhamat qildilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:37:39
*   * *
Masjid inshosi nihoyasiga yetdi. Uchta eshik qo‘yildi, eshiklarning chekkalari tosh bilan o‘raldi. Eshiklardan biri bugungi qibla devoriga to‘g‘ri keladi. Bir eshik «Bobi Rahmat», boshqasi «Bobi Jibriyl» deb nomlandi. Rasulullohning (s.a.v.) xonalariga ochiladigan eshik «Bobi Jibriyl» edi.
Masjidning usti xurmo shoxlari va po‘stloqlari bilan yopildi. Yerga shag‘al toshlar to‘shaldi. Bezak o‘laroq hech narsa qilinmadi. Eni taqriban qirq besh, bo‘yi qirq metr edi.
Mehrob Quddus tomonga BaytulMaqdisga qaratildi. Ammo payg‘ambarimizning ko‘ngillari namozda Ka’bani qibla qilish orzui bilan to‘la edi. Orachira ko‘zlarini samoga tikib: «Ollohim, qalbimdagini o‘zing bilasan», degandek Masjidi Haramga yo‘nalish amrini kutayotganlarini arz etardilar.
Madinaga kelganlariga yetti oy bo‘lganida, payg‘ambarimiz (s.a.v.) uy sohibi Abu Ayyub alAnsoriyga tashakkur bildirib, o‘z xonalariga ko‘chib o‘tdilar.

*   * *
Bir kuni Hazrati Abu Bakr (r.a.) Rasuli akramni ziyorat etdi:
— Yo Rasululloh, qizingiz Fotimani o‘zimga so‘rab keldim, — dedi.
Hazrati Fotima, roziyallohu anho, u kunlarda o‘n sakkiz yoshda edilar. Hazrati Abu Bakr esa ellik birellik ikki yoshda. Bu turmushni orzu etishi Sultoni anbiyoga (s.a.v.) yana ham yaqin bir qarindoshlik aloqasini o‘rnatish istagidan edi. Ilgariroq qizi Oyishani (r.a.) payg‘ambarimizga unashtirgan, shu tariqa Sarvari olamga ham kuyov, ham qaynota bo‘lish orzuida edi.
Rasululloh (s.a.v.) bu taklifni qabul etmadilar. Hazrati Abu Bakr (r.a.) Payg‘ambar alayhissalomning o‘zini juda sevishlarini bilardi. Rad javobini berganlaridan tushundiki, bunda mutlaqo bir hikmat bor.
Bir necha kundan keyin ayni istak bilan Hazrati Umar (r.a.) ham murojaat qildi va ayni rad javobini oldi. Va u ham bunda bir hikmat bo‘lsa kerak, degan tushuncha va ishonch bilan ayrildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:40:14
*   * *
Do‘stlaridan biri bunday taklifni Hazrati Aliga (r.a.) qildi:
— Yo Ali, Hazrati Fotimaning qo‘lini so‘rasang bo‘lmaydimi?..
Hazrati Ali bu taklif egasiga ma’noli qarab:
—   Abu Bakr bilan Umarning rad etilganlaridan xabarim bor, — dedi va qo‘shimcha qildi: — Holbuki, har ikkalalari ham insonlar orasida payg‘ambarimizga eng yaqinidirlar...
—   Nima qipti? Sen Rasulullohning qarindoshlarisan. Uylanadigan yoshga allaqachon yetgansan. Sen ham bir marotaba so‘rab ko‘r. Rad javobini olsang, Abu Bakr va Umar nimani yo‘qotgan bo‘lsalar, sen ham o‘shani yo‘qotasan, xolos...
Bu so‘zdan keyin Hazrati Ali turib Nabiylar sultonining (s.a.v.) huzurlariga bordi. Biroq gapni nimadan boshlashni bilolmay, xiyol muddat jim o‘tirdi. Uning mushkulini Rasulullohning (s.a.v.) o‘zlari oson qilib qo‘yaqoldilar:
— Yo Ali, mendan Fotimani so‘rab keldingmi? —dedilar.
Maqsad hosil bo‘lgan edi. Hazrati Alining (r.a.) ko‘zlaridan: «Mening ham aytmoqchi bo‘lganim, ammo uyalganimdan gapira olmayotgan narsam shu edi», degan ma’noni uqsa bo‘lardi. Minnatdor nigohla boqib, hayajon va mamnuniyat sezilib turgan va odob bilan bezalgan bir ifoda ila:
— Ha, dedi.
Bundan keyin ichidagi bo‘ronlarning yo‘nalishi o‘zgardi. Qanday javob olar ekan? Muborak lablardan chiqajak so‘z to quloqlariga yetib kelguncha sabri yetarmikan?!
Rasulullohning (s.a.v.) yuz ifodalarida rad javobidan asar yo‘q edi. Mamnun emasliklarini ko‘rsatuvchi biron alomat ham sezilmasdi.
Sultoni Anbiyo o‘rinlaridan turib, ichkari kirdilar. Qizlari Fotimaga, jiyanlari Ali uni so‘rayotganini bildirdilar.
Hazrati Fotimaning yuzi gul rangini oldi. Boshlarini egdilar, javob bermadilar.
Bir muddat keyin Hazrati Ali Rasulullohning (s.a.v.) huzurlaridan bunday ne’matni nasib etgani uchun Ollohga hamd aytib chikdi. To‘y keyinroq qilinadigan bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:40:43
* * *
Sirma ibn Anas keksa bir odam edi. Ilgaridan o‘zicha mustaqil bir hayot tarzini yashab kelar, bunday hayotni tanlashi Hazrati Ibrohim alayhissalomning dini bo‘yicha yashash orzuidan edi.
Uyining bir chekkasini ibodatgoh qilib ayirgan va junub yo hayz holida bo‘lganlarni bu ibodatgohga yaqinlashtirmas edi. Butlarni tark etganini ko‘rganlar uning ibodatxonasiga kelib:
— Sen o‘zingcha nima qildim deb o‘ylayapsan, ey Abu Qays? — deb so‘rasalar, Sirma xotirjam:
— Ibrohimning Rabbiga ibodat qilyapman, — deb javob qilardi.
U rostgo‘y bir odam edi. She’r aytish qobiliyati ham bor edi. «Agar boshqalar ish boshiga kelsa, ularga hasad etmang. Biroq siz amir bo‘lsangiz, adolatli muomala qiling», deganini eshitganlar bor.
Rasulullohning (s.a.v.) Madinaga kelganlarini eshitgan zahotiyoq qiziqib, o‘zi shaxsan borib ko‘rishdi. Faxri Olam sayyidimizning yonlaridan chiqarkan, qidirganini topgan va yangi bir hayotga qadam qo‘yayotgan insonday mamnuniyat balqidi yuzlarida. Bu yangi dinning insonga faqat yaxshilik va saodat keltirishiga ishondi, ko‘pdan beri o‘zi «Ibrohimning dini» deb yurgan, biroq aslini, asosini bilmagani haq dinni tanladi, angladi. Qolgan umrini endi musulmon o‘laroq o‘tkazajak edi.

* * *
Ummu Sulaym aqlli va tadbirli ayol edi. Bir kuni Abu Talxa uning eshigini taqillatib keldi. Uchto‘rt kun avval uylanish taklifini qilgan, endi shuning javobini olgani kelgan edi.
—   Marhamat qiling, ey Abu Talxa! — deya qarshiladi Ummu Sulaym.
—   Senga uylanish taklifi qilgan edim, ey Ummu Sulaym.
—   Xudo haqqi, ey Abu Talxa, so‘zni cho‘zmokchi emasman. Sizdek odam rad etilmas. Biroq men musulmon bo‘ldim, siz bo‘lsangiz, musulmon emassiz, butga topinasiz. Shu sababli siz bilan turmush qura olmayman.
— U bir ilohdir, axir.
— Yo‘q, u iloh emas. Sizga foyda ham, zarar ham bera olmaydigan bir g‘o‘ladir. Siz topinayotgan o‘sha butni falon duradgor yasadimi? O’tga tashlasangiz, yonib ketishini bilmaysizmi?
Abu Talxa bu tarzda qarshilanishini hech kutmagan edi. U yerdan o‘yga cho‘mgan holatda qaytdi. Ummu Sulaymning tik aytgan so‘zlari qalbiga o‘kdek qadaldi. Ha, o‘sha butni duradgor kesibrandalab shakllantirganini inkor eta olmaydi. Yog‘ochning bir g‘o‘lasi o‘laroq keltirilgan, so‘ngra kesibyo‘nib oddiy bir but shakli berilgan. Ammo bu holga kelgach, yog‘ochlikdan chiqib, ilohlik rioyasiga yuksalgan edi, axir. Endi u g‘o‘la emas, yog‘ochga aloqasi yo‘q ortiq...
Bir necha kun shunday o‘y-xayollar bilan kezib, bir kuni yana Ummu Sulaymning eshigi yoniga kelib qoldi. Yana ayni taklifni qildi, javob yana o‘shanday bo‘ldi:
— Men musulmon bo‘ldim, ey Abu Talxa. Siz bilan turmush qurish menga halol emas. Agar musulmon bo‘lsangiz, sizga boraman va mahr ham so‘ramayman.
Abu Talxa o‘ylab ko‘rishga izn so‘radi. Keyingi kelishida, endi qat’iy qarorini bergan edi. Ummu Sulaymning oldida kalimai shahodatni aytdi. «Ollohdan boshqa hech bir iloh yo‘qligiga, Muhammad (s.a.v.) Ollohning quli va rasuli ekaniga ishondim va guvohlik beraman», dedi.
Shunday qilib, judayam orzu etgani uylanishning to‘sig‘i o‘rtadan ko‘tarildi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, Abu Talxa uylanish uchungina musulmon bo‘lgan emasdi. O’yladi, tekshirdi, butlarning haqiqatan ham bir tosh, yog‘och bo‘lagi ekanini angladi va ularni birmabir o‘z qo‘li bilan sindirib parchaladi. Bundan bu yog‘iga umr bo‘yi samimiy bir musulmon o‘laroq qolib, Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) taqdirlaydigan va tabriklaydigan hayot tarzini yashab o‘tajak edi.
Ummu Sulaym ahdini unutmadi:
— Tur, ey Anas, — dedi u o‘g‘liga, — Abu Talxa bilan turmush qurishga qaror berganimni qarindoshlarga yetkaz.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:41:18
* * *
Mo‘minlar endi nima qilib bo‘lmasin Madinada yashashni istashar, ammo Makka zodagonlari bunga yo‘l qo‘ymaslikka tirishishar edi. Ayniqsa, Avs va Hazraj qabilasidan musulmon bo‘lmagan ba’zi kishilar makkaliklarning do‘qpo‘pisasi ostida qoldi. Oralariyuta qo‘shilgan mo‘minlarni Madinadan haydab chiqaringlar, aks holda, boshlaringga balo kelsa, bizdan ko‘rmanglar, deb qo‘rqita boshlashdi. Qo‘shin to‘plab Madiiaga xujum qilamiz, ana unda ho‘lu quruk baravar yonadi, deb xabarlar jo‘natishar, tadbirli bo‘lishga chaqirishar edi.
Ammo endi kech edi. Chunki bu yerda endi mo‘minlarning so‘zi kesardi. Natijada, madinalik mushriklar ikki o‘t orasida qolishdi. Yurtlariga kelib joylashgan mo‘minlarga ham: «Jo‘nanglar, borib otalaringning dalasini haydanglar, bu yerda sizlarga nima bor?!» deyishga qurblari yetmasdi, makkalik mushriklarga ham: «Qani, daf bo‘linglar, kim bo‘libsizlarki, bizga do‘q urasizlar!..» deya olmasdilar.
Sarvari anbiyo hazratlari (s.a.v.) necha yillardan beri imon mash’alini so‘ndirish uchun kurashayotganlarning jim turmasligini bilardilar. Bu orada Madinaga tahdid yog‘dirilayotganining xabarini oldilar va shu zaxoti mo‘minlarni yana ham kuchli holga keltirish istagida oralarida xususiy ma’noda bir qardoshlik qurishga qaror berdilar.
Arablar qarindoshlik bog‘lariga, qavmiyat tuyg‘ula riga nihoyatda bog‘liq bir millat edi. Keyinroq «makkalikmadinalik» ayirmachiligi qo‘zib, musulmonlarning orasi buzilishi mumkin edi. Haqiqatan ham, hozirgacha chiqqan janjallar aksariyat arzimas uchqunlardan olovlangan, haq yoki nohaqni ayirmasdan, har kim aqrabosining va qavmining tarafini ola boshlar edi.
207
Mo‘minlar bir-biriga qardosh qilinsa, oqibati go‘zal bo‘lishi aniq edi. Shu sababli payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir kuni Ummu Sulaymning uyida bir makkalik, bir madinalik qilib «muhojir — ansor qardoshligi»ni ta’sis etdilar.
Ummu Sulaym, arab odatiga ko‘ra, o‘rtaga ichida kofur bo‘lgan bir tovoq olib keldi. Bir-biriga qardosh qilingan har ikki kishi qo‘llarini bu tovoqqa botirib, qardoshlik ahdini tuzdilar. Bu qarindoshlikning natijasi o‘laroq, biri vafot etib qolsa, ikkinchisi unga merosxo‘r bo‘lishi kerak edi. Bir-birlariga har sohada yordamchi bo‘lib, moddiy va ma’naviy dastak vazifasini ado etishlari lozim edi.
Bu qardoshlik tufayli makkaliklar anchagina g‘ariblikdan qutuladigan bo‘ldilar. Eng yaqin qarindoshdan ham yaqinroq bir qardoshga erishganini bilib, ko‘ngillari rohat topdi. Madinaliklar esa, ularning yillar davomida olgan Qur’on ilmidan, din axloqidan foydalanadilar endi.
— Kel, ey Abu Bakr!.. Sen ham kel, ey Xorija!
Ikkisi ham keldi. Qo‘llarini tovoqqa botirdi. Rasululloh (s.a.v.) ularga Olloh yo‘lida qardosh bo‘lganlarini ta’kidladilar. Ikki odam bo‘lib kelgan Abu Bakr bilan Xorija endi bu yerdan qardosh bo‘lib, qo‘lni qo‘lga berib chiqishdi.
— Kel, ey Xattob o‘g‘li Umar!.. Va, ey Itbon ibn Molik, sen ham kel!
Ular ham qardosh qilindi. Hammani ayricha, shirin bir hayajon qoplagan edi. Bir oz so‘ngra Rasululloh (s.a.v.) taraflaridan kim bilan qardosh qilinish hayajoni...
Ana shunday davom etgan marosim nihoyasida:
Usmon ibn Affon — Avs ibn Sobit
Talxa ibn Ubaydulloh — Ka’b ibn Molik
Mus’ab ibn Umayr — Abu Ayyub alAnsoriy
Abdurahmon ibn Avf — Sa’d ibn Rabi’
Abu Ubayda ibn Jarroh — Sa’d ibn Muoz
Ammor ibn Yosir — Sobit ibn Qayslar... qo‘lniqo‘lga berib ayrildilar. Har muhojirga bir ansor qardosh bo‘lgan edi. Shu orada bir mahzun ovoz eshitildi:
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:41:33
— Yo Rasululloh, menga bir qardosh bermadingiz.
Do‘stlaridan barchasiga qo‘lidan tutadigan bir qardosh berilgan edi, nega unga berilmasin?
Nabiyyi akram (s.a.v) janobimiz tabassum qilib, unga o‘z qo‘llarini uzatdilar:
— Sening qardoshing men bo‘lay, ey Ali, — dedilar.
Eng oxiriga qolganga eng buyuk qardosh nasib etgan, sabr evaziga holva qozongan edi. Bunday qutlug‘ bir marosim uyida bo‘lganidan ayniqsa Ummu Sulaym nihoyatda mamnun edi. Bu bir oddiy hodisa emas, axir. Bunday muhim bir ish uchun Rasuli kibriyo (s.a.v.) uning uyini tanlashlari Ummu Sulaym oilasiga hurmatlaridan va muhabbatlaridandir, bu hodisa Olloh taoloning unga bir ikromi bo‘ldi.
Sa’d ibn Rabi’ yangi topgan qardoshi Abdurahmon ibn Avfni qo‘lidan tutib, uyiga boshlab keldi.
— Ey qardoshim, mana, uyim. Darhol ikkiga bo‘lamiz, yarmi seniki bo‘ladi. Ikki xotinim bor. Boq, qaysinisini yoqtirsang, taloq qilaman, nikohingga olasan, — dedi Sa’d.
Abdurahmon tabassum bilan:
— Moling ham, oilang ham o‘zpngga muborak bo‘lsin, birodarim. Sen menga bozorni ko‘rsatib qo‘ysang, bo‘ldi, —dedi.
Birgalikda Qaynuqo’ bozoriga bordilar. Abdurahmon bir oz yurib, oldisotdi uchun olomon ichiga kirib ketdi.
Oqshom mehmon bo‘lib qoladigan uyiga o‘sha kuni topgan foydasidan bir mikdor yog‘ va qatiq olib qaytdi.
Shu kundan e’tiboran Rasululloh (s.a.v.) huzurlaridan chiqdi deguncha bozorga yo‘l olar, savdosotiq bilan mashg‘ul bo‘lib, qardoshi Sa’d ibn Rabi’ oilasiga yuk bo‘lmaslikka harakat qilar edi.
Muhojir va ansor o‘rtasida qurilgan qardoshlik et bilan tirnoq, ko‘z oqi bilan qoracho‘g‘i orasidagi bog‘liqlik darajasida quvvatli bo‘lgan edi. Bunday holatda kim muhojirlarni madinaliklardan ayira oladi? «Boring, ishingizni qiling, Yasrib sizning otangizdan qolgan dalami?...» deyishga kimning haddi sig‘adi? Endi Makka mushriklarining tahdidlaridan biroi foyda chiqishi hakida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas edi.
Madinalik musulmonlardan Sa’d ibn Uboda birikki kun ko‘rinmadi. Kasal bo‘lib qolganidan xabar topgan Rasululloh (s.a.v.) bir eshakka mindilarda, yoilariga Zaydning o‘g‘li Usomani olib, bemorni ziyorat maqsadi bilan Sa’dning mahallasiga yo‘l oldilar.
Yo‘lda bir to‘p olomonga duch keldilar. Musulmon, mushrik va yahudiy aralash o‘tirib olib gaplashishayotgan ekan. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘sha yerga yetganda ulovni to‘xtatdilar. Eshak to‘xtagan joyida birikki depsindi. Yig‘ilganlar ichidan Abdulloh ibn Ubayy ibn Salul choponining bari bilan burnini berkitib:
— Bizni bu yerda changga botirma, — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:41:42
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) jamoatga salom berdilar.
Ularni Ollohning birligini qabul etishga chaqirdilar, bir miqdor Qur’on o‘qidilar. Ibn Salul gapga aralashdi:
—   Ey kishi, aytganlaring juda yaxshi narsalar. Ammo bular chindan ham haq va to‘g‘ri bo‘lsa, bizni bezovta qilma, yo‘lingdan qolma, sening oldingga kim borsa, bularni o‘shalarga tushuntirasan. Musulmonlardan Abdulloh ibn Ravoha uning so‘zini bo‘ldi:
— Ey Ollohning payg‘ambari, siz biz o‘tirgan joyga marhamat qiling. Biz sizning suhbatingizni va Qur’on o‘qishingizni yoqtiramiz. Bizning orzuimiz shudir, —dedi.
O’ngso‘ldan quvvatlovchi turli ovozlar eshitildi. Bu ahvolda o‘rtada bir janjal chiqishi turgan gap edi. Nabiyyi akram (s.a.v.) oraga kirib, olomonni tinchlantirishga urindilar. Nihoyat ovozlar jim bo‘ldi va payg‘ambarimiz u yerdan ketdilar.
Sa’d ibn Uboda yotokda ekan. Rasululloh (s.a.v.) kelganlarining xabari berilgan zahoti ichini bir sevinch kopladi, ta’rif etilmas tuyg‘ular uning ruhini o‘radi.
Kelgan aziz mehmon unga shifolar tiladilar. Suhbat asnosida yo‘lda bo‘lgan hodisani anglatdilar. Abdulloh ibn Ubayyning qo‘pol muomalasini aytib berdilar.
— Xafa bo‘lmang, yo Rasululloh, — dedi Sa’d, —uning qusuriga parvo qilmang. Siz tablig‘ qilayotgan bu dinning xushxabari bizga yetib kelgan paytlarda Yasrib xalqi uni rais qilib ko‘tarmoqchi, boshiga toj kiydir moqchi bo‘lib turgan edi. Olloh taolo sizga bergan ne’mati bilan uning raisligini to‘sib qo‘ygach, avval ko‘rgan hurmat va e’tiborini yo‘qotdi, mana shu narsa unga og‘ir keldi.
Rasululloh (s.a.v.) Sa’dning uyidan qaytib kelayotganlarida yo‘lda bir yigitchani uchratdilar. U bir qo‘yni so‘ygan, endi terisini shilish bilan ovora, lekin hech uddalay olmayotgan edi. Payg‘ambarimiz uning yaqiniga keldilar.
— Qani, o‘tib turchi, senga buni qanday qilishni ko‘rsataman, — dedilar.
Yigitcha nariroq chekildi, Rasuli akram (s.a.v.) qo‘llarini teri bilan et orasiga suqib, terini ajrata boshladilar. Qo‘ltiq ostiga kelgunga qadar ajratdilar. Yigitcha mamnuniyat bilan kuzatib turardi. Bir tomonni shilib ko‘rsatgach, chekkaga o‘tib:
— Mana shunday qil, — dedilarda, yana yo‘lda davom etdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:41:55
* * *
Abdulloh ibn Salomning musulmon bo‘lgani xabari hali yahudiylarga yetib bormagan edi. Bir kuni Abdulloh payg‘ambarimizning (s.a.v.) yonlarida ekanida yahudiylarning ziyoratga kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Ibn Salom:
—   Yo Rasululloh, yahudiylar tuhmatchi, fasod chiqarishdan xushlanadigan bir millatdir. Mening musulmon bo‘lganimni eshitsalar, turlituman yomon gaplarni aytadilar. Iltimos, bundan oldinroq ulardan men haqimda so‘rab ko‘ring, — dedi va o‘zi chekkaga o‘tib yashirinib turdi. Yahudiylar kelishdi:
—   Assomualayka, yo Muhammad!1 — deyishdi tillarini burib.
—   Va alaykum, — deb javob qildilar Rasuli akram (s.a.v.).
O’tirishdi. Holahvol so‘raldi. Gap orasida Rasululloh (s.a.v.):
— Abdulloh ibn Salom qanday odam? U haqida qanday fikrdasizlar? — deb so‘radilar.
— U bizning sayyidimiz, ulug‘imiz. Otasi ham otalarimizning sayyidi bo‘lgan. Eng yaxshimiz, eng olimimiz udir, — deb javob qilishdi yahudiylar.
Bu so‘zdan keyin Abdulloh berkingan joyidan chiqdi:
— Ey yahudiylar, Ollohdan qo‘rqing va sizga kelgan bu dinni qabul eting. Ollohga qasam ichamanki, siz uning payg‘ambar ekanini bilasizlar. Men uning Olloh yuborgan payg‘ambar ekaniga imon keltiraman va tasdiq etaman. Ya’ni, uni Tavrotdagi vasflari bilan taniyman va sizga ham tanityapman, — dedi.
—   Yolg‘on gapiryapsan, ey Salom o‘g‘li!
—   Sen axloqsiz, yolg‘onchisan!..
— Zotan, har doim boshimizga bir fitna chiqarib yurasan...
Har og‘izdan bu kabi ovozlar... Salgina avval «eng yaxshimiz, eng olimimiz» deya ta’riflangan ibn Salomga endi bu qadar nafratli munosabat...
Abdullohning gapi to‘g‘ri chiqdi: qanday qavm ekanlarini qisqa vaqt ichida o‘zlari isbotlab berishdi. Lisoni hollari ila go‘yo: «Bizga ishonib bo‘lmaydi. Qanday muomala qilishimizni hech kim bilmaydi. Hozir ok degan bo‘lsak, ketidan qora deyishimiz ham mumkin», degandek bo‘lishdi.
Abdullohni «sayyidimiz» deganlar go‘yo ular emas.
Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga imon keltirish uchun kelishmagan edi, darhakiqat, imon keltirmasdan ketishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:42:21
* * *
Bir kuni kechasi Madinada qattiq shovqinsuron bo‘lib qoldi. Odamlar cho‘chib uyqudan uyg‘onishdi. Ayrimlar shovqin kelayotgan tarafga yugurdi. Yo‘lda Rasulullohga (s.a.v.) duch kelishdi. U zot Abu Talxaning «Mandub» degan otiga minib olgan ekanlar.
— Qo‘rkmanglar, hech narsa bo‘lgani yo‘q. Xavotir olmanglar, hech gap yo‘q, — derdilar otdan tushayotib. —Mandub mukammal ot, shamoldek yeldi o‘ziyam.
Ajablanarli hol. Axir, Mandub chopqir ot emasdi. To‘g‘rirog‘i, shu paytgacha uning tuzuqquruq yurganini ham hech kim ko‘rmagan. Balki payg‘ambar (s.a.v.) otning yomon yurishiga kesatib shunday degandirlar? Yo‘q, o‘xshamaydi. Rasulullohning bu so‘zlari takdirlovchi so‘zlar edi. U zotning so‘zlari chin haqiqat edi.
Shovqin ko‘tarilganida nima bo‘lganini bilish uchun hali odamlar yo‘lga tushmasidanoq Nabiyyi akram (s.a.v.) yaqin qo‘shnilari Abu Talxaning otiga minib, gumburlagan joyga qushdek uchib borib, bilib qaytayotgan edilar. Darhaqiqat, Mandub Rasululloh minganlarida go‘yo oyoqlari yechilib ketgandek uchdi.
Shundan keyin Abu Talxa qachon Mandubni minsa, shamol kabi yelar, chopqir bir ot bo‘lgan edi.
Kichkina Anasni payg‘ambarimizga (s.a.v.) xizmatchi qilib bergan Ummu Sulaym oilasiga Olloh tarafidan berilgan mukofotlarning bittasi shumikan, ajabo?!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:42:45
*   * *
Masjid qurilib bitgach, payg‘ambarimiz (s.a.v.) namozni faqat o‘sha yerda o‘qiydigan bo‘ldilar. Shu paytgacha namoz vaqti kirganida qaerda bo‘lsalar, o‘sha yerda ado etardilar. Ba’zan bir xurmo daraxtining soyasida, ba’zan biror uy devori tagida, hatto ba’zi vaqtlar qo‘y qo‘ralarida ham o‘qir edilar.
Yumushlardan xoli mo‘minlar namoz vaqti yaqinlashganida masjidga kelishar, kutib turishar edi.
Ishlik mo‘minlarga, umuman, erkagu ayol barcha musulmonlarga namoz vaqtini bildirish va namozga chaqirish uchun nimadir qilishga ehtiyoj sezildi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu mavzuda sahobalari bilan maslahatlashdilar. Avval jamoat bilan o‘qiladigan namozning fazilatlari haqida gapirdilar. Keyin namoz vaqtini qanday qilib xalqqa bildirish masalasini o‘rtaga tashladilar. Kimdir qo‘ng‘iroq chalishni maslahat berdi. Boshqa bittasi, baland bir joyda olov yoqish kerak, dedi. «Nimadir chalish kerak yoki biror bayroq tikaylik», degan takliflar ham bo‘ldi. Lekin o‘sha kuni bularning hech biri maqbul ko‘rilmadi. Hozircha «Assolatu jame’a!» (Namoz jamlaydi) deb chaqirishda davom etadigan bo‘lishdi. Ammo, ma’lumki, Janobi Haq ularga kelajakda eng chiroyli bir yo‘l ko‘rsatadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:43:25
*   * *
Madinalik musulmonlardan Abdulloh ibn Zayd tush ko‘rdi. Yashil libosli bir kishi, qo‘lida qo‘ng‘iroq bor emish.
«Ey Ollohning quli, qo‘ng‘irog‘ingni menga sot», debdi Abdulloh.
«Nima qilasan?»
«Shuni chalib, xalqqa namoz vaqtlarini bildiraman».
«Men senga yanada go‘zalroq bir yo‘lni ko‘rsataman, xohlaysanmi?»
«Albatta».
«Namoz vakti kirganida baland ovoz bilan bunday deysan: «Ollohu Akbar, Ollohu Akbar. Ollohu Akbar, Ollohu Akbar, Ashhadu alla ilaha illalloh. Ashhadu alla ilaha illalloh, Ashhadu anna Muhammadarrasululloh. Ashhadu anna Muhammadarrosululloh. Hayya ‘alassolah. Hayya ‘alassolah. Hayya ‘alalfalah. Hayya ‘alalfalah. Ollohu akbar. Ollohu akbar. La ilaha illalloh».
Abdulloh uyg‘ondi. Yashil libosli kishining aytganlari aniqtiniq esida qolgan edi. Turasolib Rasulullohning huzurlariga chopdi.
— Ey Ollohning elchisi, bir tush ko‘rdim... — deya bir boshdan gapirib berdi.
Payg‘ambarimizning qalblariga bu tushning ilohiy bir ta’lim ekanini anglatuvchi rohatbaxsh bir tuyg‘u keldi.
— Inshaolloh, bu to‘g‘ri va sodik tushdir. Bilolga o‘rgat buni. Shu so‘zlar bilan namoz vaqtini e’lon etsin. Chunki uning ovozi senikidan jaranglirokdir.
Abdulloh Bilol bilan birga bir uyning tomiga chiqdilar. U tushida o‘rgangan kalimalarni aytib turar, Bilol esa, bu muborak jumlalarni jarangdor ovozda takrorlar edi:
— Ollohu akbar, Ollohu akbar...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:43:48
* * *
Umar ibn Xattob uyg‘ongan bo‘lsada, hali to‘shakdan turmagan edi. Madina uzra «Ollohu akbar. Ollohu akbar...» sadolari tarala boshladi. Shunda u o‘rnidan sapchib turdi. Shoshilib, kiyimini kiyarkiymas eshikka qarab chopdi. Ayolining:
—   Nima bo‘ldi, ey Xattob o‘g‘li, qayoqqa shoshyapsiz? — degan savoliga ham javob bermasdan, masjidga yugurdi. Bilol azonni tugatgan ham ediki, libosining bir uchi yerga sudralgan holda Umar hansirab kirib keldi.
—   Sizni elchi qilib yuborgan Ollohga qasamki, Bilol aytgan azonni tushimda eshitdim, — dedi u.
Bu so‘zlar payg‘ambarimizni (a.s.v.) battar mamnun qilib yubordi.
— Bu ne’mati uchun Ollohga hamd bo‘lsin! — dedilar.

* * *
Rasulullohning masjidlariga ayollar ham chiqishar edi. Jamoatga qo‘shilib, namoz o‘qishardi. Payg‘ambar (s.a.v.) belgilagan tartibga ko‘ra, oldingi safda erkaklar, keyin bolalar, keyin esa, ayollar turishardi. Ko‘pgina erkaklarning kiyimlari nochor edi. Rukuga egilganlarida avratlari ochilib ketmasligi uchun ba’zilari kiyimning bir uchidan ushlab turishga majbur edi. Shu tufayli Nabiy (s.a.v.) ayollarga erkaklar rukudan turgunlaricha bosh ko‘tarmaslikni, erkaklarga esa, namoz tugab, ayollar tarqalib ketgunlaricha o‘rinlaridan qimirlamaslikni buyurdilar.
Bir suxbat orasida u Zot bunday dedilar:
— Azon aytishda va birinchi safda turishda qanchalik savob va mukofot borligini bilsalar edi, odamlar o‘zaro talashib qolmaslik uchun qur’a tashlashdan boshqa yo‘l topmasdilar. Agar namozning birinchi takbiriga yetib olishning savobini bilsalar, musobaqa qilayotgandek chopib kelgan bo‘lardilar. Xufton va bomdod namozlarida qanday ajrlarga erishishlarini bilsalar edi, emaklab bo‘lsa ham masjidga kelgan bo‘lardilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:44:21
* * *
Qubo qishlog‘ida bir-birlariga qarindosh bo‘lgan ikki oila orasida janjal chiqib, urisha boshlashdi. Bu xabar Madinaga yetib kelganida Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalariga:
— Turinglar, o‘sha yoqqa boramiz, yarashtirib qo‘yaylik, — dedilar va bir necha sahobalari bilan yo‘lga tushdilar. Qishloqqa yetib kelgach, Amr ibn Avf urug‘larini to‘plab, ularni yaratishtirib qo‘ydilar, dardlariga hamdard bo‘ldilar.
Namoz vaqti kirgan bo‘lishiga qaramay, Payg‘ambarning (s.a.v.) hali ham qaytmaganlarini ko‘rgan Bilol Abu Bakr hazratlarining oldiga kelib:
— Ey Abu Bakr, namozni o‘qib bering, — dedi. Shundan boshqa chora ham yo‘q edi. Hazrati Abu Bakr mehrobga o‘tib, namozni boshladi. Ular namozdalik paytlarida Rasululloh ham yetib keldilar va darhol safga qo‘shilib, imomga iqtido qildilar. Payg‘ambarning kelganini sezganlar chapak chalib Abu Bakrga bildirmoqchi bo‘lishdi. U esa bu ishoratlarni sezmay, namozni davom ettiraverdi. Nihoyat, orqasiga qayrilib qarab, Rasulullohning ham namozda turganlarini ko‘rdi. Payg‘ambarimiz imomlikka o‘tib, namozni oxiriga yetkazdilar. Salom bergach, jamoatga qarata bunday xitob qildilar:
— Ey mo‘minlar, namozda siz tarafdan muhim bir ish sodir bo‘ldi — chapak chaldingizlar. Bilinglarki, chapak chalish ayollarga xosdir. Agar namozda biron narsani bildirishga ehtiyoj sezsalaring, «Subhanolloh» denglar. Shunda imom eshitib qaraydi, holatdan boxabar bo‘ladi. Va sen, ey Abu Bakr, men ishora qilsam ham, namozni tugatishingga nima monelik qildi?
Hazrati Abu Bakr odob bilan:
—Abu Kuhofa o‘g‘lining Payg‘ambarga imomlik qilishga haqki yo‘q, — deb javob berdi.
Makkada nikohi o‘qilgan Hazrati Oyisha hali ham otasining uyida edi. Hali yosh ekani sababli to‘y kechiktirilgan edi. U balog‘at yoshiga yetgach, Hazrati Abu Bakr Rasulullohga (s.a.v.) Oyishani uylariga olib ketish vaqti kelganini bildirdi. Onasi Ummu Rumon Oyishani ko‘chadan chaqirib, ayollar yig‘ilgan uyga olib kirdi.
—   Xayrli bo‘lsin, muborak bo‘lsin! — deya qutlayqutlay, ayollar uning sochlarini taray ketdilar. Keyin onasi Ummu Rumon uni qo‘lidan ushlab, Rasulullohning huzurlariga olib bordi:
—   Ey Rasululloh, bu sizning xonimingizdir. Muborak bo‘lsin! — dedi.
Ummu Rumon bir muddat turgach, payg‘ambarimizdan ruxsat oldida, uyiga qaytdi.
To‘y marosimisiz va ziyofatsiz o‘tgan bu muborak nikoh payg‘ambarimizning (s.a.v.) Madinaga kelganlaridan yetti oy keyin (shavvol oyida) sodir bo‘ldi.
Shavvol oyi Rasulullohning Hazrati Oyishaga (roziyallohu anho) uylanishlaridek saodatli hodisa orqasidan ikkinchi sevinchga yo‘l ochdi: Zubayr ibn Avvomning ayoli, Hazrati Oyishaning opasi Asmo o‘g‘il ko‘rdi. Chaqaloqni yo‘rgakka o‘rashib, Nabiyyi akram (s.a.v.) huzurlariga olib keldilar. Sultoni anbiyo payg‘ambarimiz bir xurmo olib, og‘izlarida yaxshilab chaynadilarda, chaqaloqning og‘ziga soldilar, tanglayini ko‘tarib qo‘ydilar. Keyinchalik Abdulloh ibn Zubayr nomi bilan shuhrat topadigan bu chaqaloqning og‘ziga kirgan ilk narsa payg‘ambarimizning tupuklari va chaynagan xurmolari edi.
Abdulloh hijratdan so‘ng muhojirlar orasida tug‘ilgan ilk o‘g‘il chaqaloq edi. Bundan faqatgina Zubayr oilasi emas, balki barcha musulmonlar sevindilar. Bundan buyon yahudiylarning: «Biz sizlarni sehrladik, endi sizlardan o‘g‘il bola tug‘ilmaydi», degan so‘zlarining zarracha qiymati qolmadi.
Hazrati Oyisha yangi chaqaloqqa xola bo‘lgan edi va jiyani Abdullohga qattiq mehr qo‘ydi. O’zi farzand ko‘rmadi, ammo jiyaniga bo‘lgan shu muhabbati tufayli uni «Ummu Abdulloh» deb atay boshlashdi.
Kelajakda uni bundan ham yuksak sharaf kutardi. Ulug‘ Olloh Nabiyyi akmal payg‘ambarimizning (s.a.v.) barcha ayollari qatori uni ham «Ummul mu’minin» unvoni ila mukofotlaydi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:44:41
* * *
Bilol (r.a.) yangi vazifasini zavq bilan bajarar edi. Bor ovozi ila «Ollohu akbar», deb Ollohning buyukligini kunda besh marta olamga e’lon etar, bunga hech kim to‘sqinlik qilmas edi.
«Olloh birdir» degani uchun iskanjaga olgan, qiynab qon qusdirgan, dunyoni ko‘ziga qorong‘u qilgan Umayya ibn Xalaf qani? Qani, endi kelib, «Uchir ovozingni!» deb ko‘rsinchi.
Bilol qo‘lini kulog‘iga qo‘yib, to Makka ko‘chalarigacha, Umayya ibn Xalafning uyigacha eshittirmoqchidek bo‘lib, jondiddan «Ollohu akbar, Ollohu akbar», deb bor kuchi bilan hayqirardi.
Bir safar bomdod namoziga azon chaqirish uchun kelganida, Sarvari anbiyo payg‘ambarimiz hali uyquda ekanlar. Eshik oldida to‘xtadi. «Assolatu xoyrum minannavm» (Namoz uyqudan afzaldir) deb ovoz berdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu sasdan uyg‘onib, mamnun bo‘ldilar va:
— Ey Bilol, shu so‘zlaringni doim bomdod namozi azoniga qo‘shib ayt, — dedilar.
So‘zlari Bilolga oid, zarurati Ollohning rasuli tarafidan tasdiqlangan bu jumla to Qiyomatga qadar har bomdod namozida yangrayajak va Biloldan unutilmas xotira sifatida yod etilajak.
Bu orada payg‘ambarimizning (s.a.v.) ushbu muborak so‘zlari ham qalblarga jo bo‘ldi:
— Azonni eshitganda: «Ey Ollohim, ey bu nuqsonsiz da’vat va o‘qiladigan namozning egasi Rabbim, payg‘ambarimiz Muhammadga vasila va fazila martabalarini nasib et. Uni O’zing va’da qilgan maqomi mahmudga yetkaz», degan kishini oxiratda shafoatimga olaman.
217
Shundan keyin ashobi kirom Rasuli akarimning yana bir ta’limotlari ila, azon aytilayotganida muazzinning aytganlarini aynan takrorlaydigan bo‘lishdi. Faqat «Hayya ‘alassolah» va «Hayya ‘alalfalah»dan keyin «La havla va la quvvata illa bilah», deyishar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:45:32
*   * *
Masjidning bir tarafida usti yopiq bir supa bor edi. Bu supani Payg‘ambar (s.a.v.) kimsasiz, bo‘ydoq mo‘minlarga ajratdilar. Shu yerda yotib turuvchilar boshqa mo‘minlar jo‘natib turadigan yemishlar bilan kun kechirishardi. Ularning vazifalari Qur’onning ma’nolarini anglash, Rasulullohning hadislarini tinglash va o‘rganish edi.
Boshpanalari o‘sha suna bo‘lgani uchun ularni «Ashobi suffa» (supa ahli) deb atashdi.

*   * *
Usoma bir muddat tashqarida o‘ynadi. Keyin chopib payg‘ambarimizning uylariga kirarkan, yiqilib tushdi. Yuzi yorilib, qon oqa boshladi.
— Tur, ey Oyisha, Usomaning yuzini tozala, — dedilar payg‘ambarimiz (s.a.v.).
Ammo Oyisha rag‘bat ko‘rsatmadi. Usoma qora tanli edi, buning ustiga, chang bosgan yuziga qon chaplanib, bir g‘alati bo‘lib ketgan. Uni ko‘rib, Hazrati Oyishaning yuzi burishdi. Rasululloh (s.a.v.) qayta buyurib o‘tirmadilar. Hazrati Oyishaning bu qilig‘ini uning yoshligiga yo‘ydilar va o‘zlari turib borib, Usomani quchdilar. Yuzini yuvdilar, jarohatiga lablarini qo‘yib, qonni so‘rib oldilarda, tupurib tashladilar. Keyin:
— Usoma qiz bo‘lsaydi, uni chiroyli kiyintirib, kelin bo‘lgunicha xarajatini o‘zim ko‘tarardim, — deb qo‘ydilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:46:15
*   * *
Abdulloh ibn Ubayy ibn Salul Madinada taniqli kishilardan edi. Hatto Rasululloh (s.a.v.) hijrat etishlari arafasida Madina ahli uni o‘zlariga rais qilib
saylamoqchi bo‘lib turishgan edi. U agar Islomni qabul etsa, yaxshi natijalar ko‘lga kirishi mumkin, degan o‘yda payg‘ambarimizga (s.a.v.):
— Ey Rasululloh, Abdulloh ibn Ubayyning oldiga borsangiz, yaxshi bo‘lardi, — deyishdi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu taklifni qabul etdilar. Eshakka minib, yonlariga bir necha sahobalarini olib, ibn Ubayyning mahallasiga qarab yo‘lga tushdilar.
Abdulloh ibn Ubayy mehmonlarni ochiq yuz bilan qarshilamadi.
— Sal nari tur, vallohi, eshagingning hidi ko‘nglimni aynityapti, — dedi atay qitmirlik bilan.
Odatda, hech kim bunday kutib olinmasdi. Bu so‘zlar tarbiya ko‘rgan odamning gapi emas. Ibn Ubayyning qo‘shnisi Abdulloh ibn Ravoha payg‘ambarimizning javoblariga o‘rin qoldirmadi:
— Ollohga qasamki, sening hidingdan Rasulullohning eshaklarining hidi yaxshiroqdir.
Abdulloh ibn Ubayy jahli chiqib, so‘kindi. Birpasda ikkalovi solisha ketdi. Bir-birlariga musht tushirishar, hatto poyafzallarini otishar edi. Payg‘ambarimiz oraga tushib, ularni ajratib qo‘ydilar.
Bu keluvdan hozir bir natija chiqmasligini bilib, u yerni tark etdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:46:54
* * *
Juma namozi endi Masjidi Nabaviyda o‘qila boshladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xutbada qisqa va sermazmun ifodalar ila mo‘minlarning aqllariga va ruhlariga xitob etardilar. Namozdan mo‘minlarning qalblari poklanib chiqardi.
Juma namozi kunning eng qizigan paytiga to‘g‘ri kelardi. Dalada yo bog‘da ishlaydiganlar to‘g‘ri o‘sha yerdan kelishardi. Ularning jundan to‘qilgan kiyimlaridagi hid havoni aynitib, issiq kunda nafas olishni battar qiyinlashtirardi. Rasululloh (s.a.v.) bu vaziyatni tuzatishga kirishdilar. Mo‘minlarni haftada tsamida bir marta yuvinishga, imkon bo‘lsa, juma kuni alohida bir libos kiyib masjidga chiqishga va xushbo‘y atirlardan sepishga da’vat qildilar. Juma kunlari masjidda yuzaga kelayotgan noxush vaziyat shu yo‘l bilan yo‘qoldi.
O’sha kunlari Makka mushriklarining Rasulullohga (s.a.v.) suiqasd uyushtirish ehtimoli ma’lum bo‘ldi. Ashobi kirom hushyor tortdi. Xossatan, Payg‘ambar (s.a.v.) tadbir bilan harakat qilish zaruriyatini his etdilar. Kechalarni bedor o‘tkazishga majbur bo‘ldilar.
219
Bir kecha uyqusizlik so‘ng haddiga yetganida, u Zoti Sharifning ko‘ngillaridan: «Qani endi do‘stlarimizdan birontasi kelsayu men bir oz uxlab olsam», degan istak kechdi. Ko‘p o‘tmay tashqaridan qilichning sharaqshurug‘i eshitildi. Payg‘ambarimiz:
— Kim u? — deb so‘radilar. Tanish bir ovoz:
— Menman, ey Rasululloh. Sa’d ibn Abu Vaqqosman, — dedi. So‘ngra yakinroq kelib, maqsadini bayon etdi: — Ey Rasululloh, yoningizda qorovul bo‘lib tursam, siz ozgina dam olsangiz, degan edim.
Faxri koinot (s.a.v.) hazratlari Ollohga shukr etib, darhol uyquga toldilar.
Bir necha kun davom etgan bu hushyorlik balki to‘satdan qilinishi mumkin bo‘lgan hujumning oldini olgandir. Balki mo‘minlarni xavotirga solib, bezovta qilgan u xabar yanglish bo‘lgandir. Har holda, ko‘ngilsiz hodisa ro‘y bermadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:47:04
* * *
Bir kecha Usayd ibn Huzayr va Abbod ibn Bishr shom namozidan keyin ketmasdan, xuftongacha masjidda kolishdi. Xuftonni o‘qigach, Payg‘ambar (a.s.v.) bilan suhbat qurishdi. Keyin ruxsat so‘rab, uylariga ketishdi.
Ikki birodar Payg‘ambar (a.s.v.) huzurlaridan chiqib manzil tomon ketar ekanlar, oldilarida bir nur paydo bo‘ldi. Ular yurgan sari nur ham ildamlar, yo‘llarini yoritib borar edi. Ikki o‘rtoq qadamlari qaerga tushayotganini, nimani bosayotganlarini ko‘rib turishardi. Ular ajralgach, nur ham ikkiga ajraldi. Biri Usaydning, ikkinchisi Abbodning yo‘liga shu’la tashlab, uylarigacha kuzatib qo‘ydi. Keyin nur g‘oyib bo‘ldi. Ikki do‘st buni Ollohning ikromi deb bildi.
Rasululloh (s.a.v.) Madina xalqini, ya’ni, musulmoniyu musulmon bo‘lmagan barchasini bir tanbir jon etmoqqa niyat qildilar. Bu bilan tashqaridan kutilayotgan hujumlarga qarshi Madinaga kuchli ichki osoyishtalik o‘rnatilishi mumkin edi. Yahudiylarning kattalari bilan uchrashdilar. Ikki tomonga foyda beradigan bir shartnoma ularga ham lozim edi.
Bu shartnomada: musulmonlar va yahudiylarning o‘z dinlarida erkin bo‘lishlari, shaharni har qanday hujumlardan birgalashib mudofaa etishlari; bir-birining dushmani bo‘lgan biron qabila bilan shartnoma tuzmasligi; qurayshliklarga yordam berilmasligi; zulm va haqsizlik qilganlarni himoya etmasligi; biron kelishmovchilik chiqsa, Rasulullohga murojaat etishlari lozim, degan muhim moddalar bor edi.
Madina kechagi kunga nisbatan yanada quvvatli, yanada osoyishta holatga keldi. Muhojirlar bilan ansorlar o‘rtasida birodarlik vujudga kelishi bilan musulmon bo‘lmagan madinaliklar bilan yahudiylar oraga solishi mumkin bo‘lgan fitnafasodning oldi olingan bo‘lsa, butun Madina xalqi qattiq e’tibor bergan bu shartnoma tufayli tashqi munosabatlarda ham mavqe’lari xiyla ko‘tarildi.
Hazrati Abu Bakr, Bilol va Amir ibn Fuhayra qattiq betob bo‘lib qolishdi. Isitma xuruj qilgan choqlarda Abu Bakr hushidan ketar, alahsirab: «Har inson oila a’zolari orasida tong ottirar, holbuki, o‘lim unga chakmonining kamaridan ham yaqinroqdir», ma’nosidagi baytni takrorlar edi.
Yonida yotgan Bilol ham shunday holatda edi. «Oh, bir tungina bo‘lsa ham, dimog‘imda maysalarning hidini tuyib, Makka vodiyida tunasam edi. Bir kungina bo‘lsa ham, Majannaning suvi boshida mehmon bo‘lsam... Shoma va Tofil tepaliklarini ko‘rarmikinman...» kabi baytlarni o‘qir, ba’zan bu baytlar ketidan: «Ollohim, Utba ibn Robiaga, Shayba ibn Robiaga, Umayya ibn Xalaflarga la’nat yog‘dir. Ular bizni vafo yurti bo‘lgan bu shahardan qanday surib chiqargan bo‘lsalar, Sen ham ularni rahmatingdan chiqar», deb duoibad etar edi.
Bemorlarning ziyoratiga kelganlar orasida Hazrati Oyisha ham bor edi. U ham, boshqalar qatori, bemorlardan holahvol so‘rar, ko‘pincha ulardan javob ololmas, alahsirab o‘qilgan she’rlarni tinglabtinglab qaytib ketar edi.
Bir kuni yana ularni ko‘rib qaytarkan, ularning ahvolidan Rasulullohni xabardor etdi:
—   Qattiq isitma tutib, na birovning gapini tushunadilar, na o‘zlarining gaplarini anglaydilar, — dedi. Nabiyyi akram (s.a.v.) Ulug‘ Ollohga yuzlandilar:
— Ollohim, Makkani sevdirganing kabi, hatto undanda ustun bir sevgila Madinani ham bizlarga sevdir. Toshtorozularimizga barakot ber. Kelgan bu ofatni Juhfaga ko‘chir, — deya duo qildilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:47:19
* * *
Rasululloh bir safar namoz insonni poklashi haqida gapirdilar. Bu suhbat asnosida: «Albatta, namoz yomonlik va buzuqlikdan saqlaydi», ma’nosidagi oyat mo‘minlarning qalbiga yana bir marta naqsh etildi. Payg‘ambarimiz (a.s.v.) so‘zlarida shunday davom etdilar:
—   Birontangizning eshigingiz oldidan oqib o‘tadigan ariq bo‘lsayu har kuni unga besh marta tushib yuvinsangiz, tanangizda kir qoladimi?
—   Yo‘q, kir qolmaydi, ey Nabiyyalloh, — deyishdi.
—   Besh vaqt namoz mana shu ariq kabidir. Bu namoz vositasida Olloh gunohlarni, xatolarni yuvadi, — dedilar.
Rasuli kibriyo payg‘ambarimiz (s.a.v.) tahoratdan mavzu ochdilar:
— Bir musulmon tahorat olar ekan, yuzini yuvganida, ko‘zi bilan qilgan gunohlari to‘kiladi. Qo‘llarini yuvganida, qo‘llari bilan qilgan gunohlari to‘kiladi, oyoqlarini yuvganida, gunohning ustida tashlagan qadamlari afu etiladi. Natijada inson gunoh qilmaganday pokiza holga keladi. Ummatim Qiyomat kuni mahsharga tahorat olganda yuvadigan a’zolari nurli bo‘lib keladi. Bu nurni ziyodalashtirmoqchi bo‘lganlar shuni bilib harakat qilsin, — dedilar.
Rasululloh (s.a.v.) tahoratda misvok ishlatib, og‘iz va tishlarni toza tutishning ma’naviy jihatdan foydasini tushuntirar ekanlar:
—Mo‘minlarga og‘ir bo‘lmaganida, har tahoratda misvok ishlatishga buyurgan bo‘lardim, — dedilar.
Bularni eshitgan va Rasulullohni yaqindan taniganlar haqiqatan ham Faxri koinot payg‘ambarimizning har tahorat olganda misvok ishlatishlarini esladilar.
O’sha kuni masjiddan chiqqanlarning quloqlariga quyilib qolgan mana bu so‘zlarning umri abadiydir:
— Bir kishining jamoat bilan o‘qigan namozi uyida yoki bozorda yolg‘iz o‘zi o‘qigan namozidan yigirma besharaja ustundir. Kishi uyida chiroyli tahorat olgach, jamoat bilan namoz o‘qish maqsadida masjid tomon yo‘lga tushsa, tashlagan har bir qadami uni bir daraja yuksaltiradi, har bir qadamda bitta gunohi to‘kiladi. Namozda turganida, farishtalar: «Ollohim, unga marhamat qilgin», deya qaytaqayta murojaat etadilar. Bu hol u kishi keyingi namozni kutishi muddatida ham davom etadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:47:34
*   * *
Usoma yana bir kuni o‘shandagiday alfozda kirib keldi. U ko‘cha changitib rosa o‘ynagan, yuzlari vo‘jalaq bo‘lib ketgan, ter va tuproq qorishib, qarab bo‘lmaydigan holga kelgan edi.
Nabiyyi akram (s.a.v.) uni ko‘rdilaru yuvintirib qo‘yish uchun o‘rinlaridan qo‘zg‘aldilar. Ammo bu gal Hazrati Oyisha sal ilgariroq sapchib turdida:
— Menga qo‘ying uni, yo Nabiyyalloh, o‘zim yuvintiraman, — dedi.
Nabiylar sarvarining yuzlarida mamnuniyat ifodalari balkdi. Tabassumga yo‘g‘rilgan bir ovozda:
— Ey Oyisha, uni sev, chunki men uni sevaman, —dedilar.
Sal o‘tmay Usoma ozoda bo‘lgan edi. (Imom Termiziy, 5/677.)

*   * *
Bir kuni janobi Rasululloh (s.a.v.) masjidning qibla tarafida ozgina tupukni ko‘rib qoldilar. Ko‘ngillari g‘ashlandi. Qo‘llaridagi kaltak uchi bilan olib tashladilar. So‘ngra jamoatga o‘girilib:
— Ichlaringda kim o‘zidan Ollohning yuz o‘girishini istaydi? — deb so‘radilar.
Boshlar quyi egildi, kimsadan javob chiqmadi. Janobimiz savollarini takrorladilar:
— Kim u oralaringizda o‘zidan Ollohning yuz o‘girishini orzu qiladigan?
Yana sado chiqmadi. Uchinchi marta so‘ragaklarida:
—   Hech qaysimiz orzu qilaymiz, yo Rasululloh, — deyishdi to‘planganlar.
—   Namoz o‘qigani turgan kishiga Olloh taolo rahmatini qibla tomondan yuboradi. Shuning uchun hech kim qiblaga qarab tupurmasin. O’ng tarafiga ham tupurmasin. (Tupurgisi kelib qolsa,) chap tomoniga chap oyog‘i turgan joyga tupursin. Agar joy tor bo‘lsa, — dedilar va bo‘yinlariga tashlangan ro‘molning uchiga tupurib qatladilarda: — Shunday qilsin, — dedilar.
Buning ma’nosi ro‘molchasiga tupursin demak edi.
Kimning tuiurgani noma’lumligicha qoldi.
— Menga ozgina atir keltiringlar.
Yosh yigitcha o‘rnidan turdi, birpasdan keyin hovuchida atir bilan kirib keldi. Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) qo‘llaridagi kaltak uchini atirga botirdilar va u bilan tupuk tushgan joyni siypalab qo‘ydilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:47:46
*   * *
Bir necha kishi masjidga kelganida namoz allaqachon boshlangan, endi rukuga borilayotgan palla edi. Chopqillab kelib namozga qo‘shilib olishdi. Janobimiz (s.a.v.) namozni tugatgandan keyin jamoatga o‘girildilar.
— Nimaga chopdilaring bunaqa? — deb so‘radilar.
—   Namozga yetib olishga shoshildik, — deb javob qilishdi.
—   Boshqa safar bunday qilmanglar. Huzur va xotirjamlik bilan, vazminsalobatli odimlar bilan kelinglar namozga. (Hatto kech qolgan bo‘lsangiz ham.) Yetishgan qismingizni jamoat bilan o‘qing, oldinroq o‘qib qo‘yilgan qismini keyin o‘zingiz tugatib qo‘ying, — deya marhamat qildilar.

*   * *
Makka...
Bir zamonlar «Agar Olloh mening bu kasalimga shifo berib, tuzalib ketsam, ibn Abu Kabshaning (ya’ni, payg‘ambarimizning) ta’zirini berish bo‘ynimga qarz bo‘lsin. Makkada uning xudosiga ibodat qilinmaydi!» deya qasam ichgan Abu Uxayha oradan ko‘p yillar o‘tganiga qaramay, og‘ir darddan qutula olmadi.
O’g‘li Xolid musulmon bo‘lgach uydan chiqib ketganicha loakal bir bora qaytib kelmadi. Qo‘liga tushsaku, o‘zi biladi nima qilishini: avval rosa ta’zirini beradi, keyin qiziqib qolgan bu yangi diningni tark et, otabobolaringning eski diniga qayt, deb buyuradi.
Ammo, na chora, Xolid uyiga kelmadi. Bu yoqda kasali ham yoqasini qo‘yib yubormayapti. Sham kabi kundankunga erib bitdi Abu Uxayha.
Nihoyat bir kuni... haha, bir kuni ajal o‘qi otildi. So‘nggi nafas olindiyu Ollohga va rasuliga dushman bo‘lgan birining hayot daftari yopildi oxir...
Azob farishtalari keldi, uning habis ruhini tanasidan judo etdilar va Ollohning rasuliga dushmanligining hisobini so‘rash uchun olib ketdilar.
— Sizlar kimsizlar? Men Abu Uxayhaman, Makkaning eng ko‘zga ko‘ringan shaxslaridan ekanimni duch kelgan odamdan so‘rashlaringiz mumkin! — ham deya olmadi.
Haqiqatan, Makka shahri kufrning boshchilaridan bo‘lmish nufuzli shaxsiyatlarning biridan judo bo‘lgan edi. Ayni chokda, musulmonlar ham ashaddiy dushmanlarining biridan qutuldilar. Xolid ibn Said otasining o‘limidan xabar topmadi. Xabar topganida ham hech xafa bo‘lmasdi. Ya’ni, o‘g‘lini haq yo‘ldan qaytarishdan boshqa ishi bo‘lmagan, Islom dinini tug‘ilgan joyida bo‘g‘ishga harakat qilgan bunday insonning o‘limi xafa bo‘lishga ham arzimas edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:48:00
* * *
Madina...
Bir guruh musulmon ayollar payg‘ambarimizni ziyorat qilgani keldi.
—   Ey Ollohning rasuli, erkaklar doimo sizning yoningizda qiymatli suhbatlaringizni tinglaydilar. Ammo biz ayollar bundan mahrummiz. Erkaklar suhbatingizdan bahra oladilar, biz esa, quruq qolganmiz. Biz uchun ham bir kunni tayin etsangiz va bizga ham dinimizni o‘rgatsangiz, — dedilar. Ayollarning bu taklifi ma’qul ko‘rildi.
—   Falon kuni falonchi xotinning uyida to‘planinglar, — dedilar.
O’sha kun kelgach, Payg‘ambar (a.s.v.) aytilgan yerga bordilar, ayollarga o‘z vazifalari xususida ma’ruza qildilar. Suhbat mobaynida ularga sabrli bo‘lishni tavsiya etdilar.
— Ichingizdan biringizning mabodo uchta farzandingiz olamdan o‘tgan bo‘lsayu buning alamlariga sabr etgan bo‘lsangiz, bu sabringiz uchun jahannamdan to‘sguvchi bir parda bo‘ladi, — dedilar.
Ayollardan biri so‘radi:
— Ikkita farzandidan ayrilgan bo‘lsachi?
— Unga ham shunday, — deb javob qildilar payg‘ambarimiz (a.s.v.). Eshitib o‘tirganlar farzand soni emas, balki ko‘rsatilgan sabrtoqat muhim ekanini tushunib
etdilar.
Suhbatlari uncha uzun bo‘lmadi. Zero, payg‘ambarimiz (s.a.v.) ko‘p gapirishni yoqtirmas edilar. Ammo «kelishi bilan ketishi bir bo‘ldi» deyishlariga ham o‘rin qoldirmadilar. Chunki kim bilan suxbat qilmasinlar, uni zeriktirib qo‘ymaslik, qalbini, ruhini qondirish kabi maqsadlar u zotning asosiy maqsadlaridan biri edi. Bevaqt, beo‘rin, ma’nosiz gaplar gapirish tabiatlariga zid ishlardandir. Chanqagan tuproq suvga qanday muhtoj bo‘lsa, tinglovchilar ham suhbatga shunday bir ehtiyojlari borligini sezmaguncha bironbir ma’ruza qilishni to‘g‘ri deb bilmasdilar, ammo tablig‘ etilishi lozim haqiqat bo‘lsa, avval tinglovchilarning yetarlicha diqqatnazarlarini o‘zlariga jalb qilib, keyin asl masalani tushuntirardilar. Har xil ishlov berish uchun temirni avval qizdirib olish lozim bo‘lganidek.
Darhaqiqat, Rasuli kibriyo janoblari (s.a.v.) ayollarga: «Sizlarga ham anglatmoqchi bo‘lgan narsalarim bor», deb ularni bir yerga to‘plab ma’ruza qilishlari ham mumkin edi. Ammolekin ularning bunday suhbatlarga ichdan ehtiyoj sezishlarini va madaniy bir jasorat ila kelib shunday istaklari borligini o‘z og‘izlari bilan arz etishlari muhim edi. Chunki payg‘ambarimiz shunaqa suhbatlargina ko‘proq foydali bo‘lishiga ishonchlari komil edi.
Bundan buyon Rasululloh (s.a.v.) haftaning ma’lum kunlarida ayollarga xususiy ma’ruzalar qiladilar, ayollar ham Nabiyyi akram hazratlarining (s.a.v.) faqat o‘zlari uchun qiladigan bunday ma’ruzalarini tinglashga musharraf bo‘ladilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:48:28
Bir odam payg‘ambarimizdan (s.a.v.) yordam so‘rab keldi:
— Bu odamga yordam beringlar, mutlaqo ajru mukofotini topasizlar, — dedilar Sarvari olam. So‘ngra qo‘shib qo‘ydilar: — Mo‘minlar bir-birlari ila devorlari g‘isht bilan o‘ralgan bino kabi bo‘lishi kerak. — Barmoqlarini bir-biriga chalishtirib, mana bunday deya ishorat qildilar. Yana davom etdilar: — Mo‘minlar shafqat va marhamat borasida bir-birlariga nisbatan yagona vujud kabidirlar. Shundayki, bu vujudning bironbir joyida og‘riq yoki zarar paydo bo‘lsa, o‘sha vujudning boshqa qismlari ham bu og‘riqni baham ko‘radilar, behalovat bo‘ladi. Bir musulmonning boshiga musibat tushsa, boshqalar ham bunga chora topishi lozim...
Tul ayolga yoki faqir kimsaga yordam berish uchun ishlasa, kunduzlari ro‘za tutib, kechalari ibodat qiladigan kishi kabi maqbul bo‘lishini anglatdilar. Bu orada:
— Har bir musulmon kishi sadaqa berishi lozimdir, — dedilar.
Faqir musulmonlarning nigohlari payg‘ambarimizga (s.a.v.) qadaldi: «Qanday qilib sadaqa beraylik, o‘zimiz sadaqaga muhtoj holdamizku?» degan ma’noda jovdirardi bu ko‘zlar. Oralaridan birlari ko‘pchilikning his-tuyg‘ulariga tarjimon bo‘ldi:
—   Yo Rasululloh, inson sadaqa beradigan biron narsaga ega bo‘lmasa, nima qilsin? — deya so‘radi.
—   Ishlab topadi. Ham o‘zi ishlatadi, hamda sadaqa beradi.
Bu safar boshqa tomondan savol keldi:
— Bunga ham kuchi yetmasachi, nima qiladi?
— Unda muhtoj odamlarga bilak kuchi bilan yordam qilsin.
—   Buning ham ilojini qilolmasachi?
—   Yaxshilikni amr va tavsiya etadi.
—   Buni ham qila olmasachi?!
— Sharr ishlardan o‘zini tiyadi, boshqalarga zarar bermaydi. Bu ham o‘sha odam uchun sadaqadir.
Keyin Payg‘ambar (s.a.v.) savol berdilar:
—Daraxtlar ichida yaproqlarini to‘kmaydigan va bu holi ila mo‘min insonga o‘xshaydigan bir daraxt bordir. Qani, aytingchi, bu qaysidaraxtdir? Bir boshdan sanay boshlashdi. U yonbu yondan har xil daraxt nomlari aytildi, ammo hech biriniki to‘g‘ri chiqmadi. Va nihoyat:
—   O’zingiz ayting, ey Ollohning rasuli, — deyishdi.
—   Xurmo. Hammalaring eng ko‘p ko‘rgan, eng ko‘p bilganlaring daraxtdir.
Sahobiylar javobni uzoqlardan qidirishgani bois topa olishmagan edi.
Nabiyyi akram (s.a.v.) bu mavzuda bunday izohlar qildilar:
— Mo‘min kishining holati haqiqatan ham ajablanarli, hayratomuzdir. O’ziga xush yoquvchi, sevintiruvchi bir hodisa ro‘y bersa, Rabbiga shukr qiladi. Bu esa, o‘zi uchun xayrli bo‘ladi. Qiyinchilik, musibat kabi hodisalar yetsa, sabr etadi. Bu ham uning uchun xayrli bo‘ladi.
O’tirganlar masalani bu tomondan o‘ylab ko‘rgach, yaproqlarini hech bir mavsumda to‘kmaydigan xurmo daraxti bilan chin mo‘min orasidagi o‘xshashlikni juda yaxshi anglab yetdilar. Birisi issiqsovuq mavsumlarda ham barglarini to‘kmay yamyashil qolsa, ikkinchisi xursand va xafa qilguvchi hodisalar qarshisida shukr va sabr ila o‘zini muvozanatda saqlab, har ikki holda ham foyda topadi, savob oladi. Bunday muvozanatni saqlay olmaganlar va Olloh bergan ne’matga qovushganida haddidan oshib ketgan, biron musibat kelsa, yoqasini yirtib dodfaryod ko‘tarib, sabr ko‘rsatmay, har ikki holatda ham savobdan mahrum bo‘layotgan insonlar yo‘q emasdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:48:42
O’sha kuni masjiddan chiqayotganlar Hazrati Payg‘ambardan (s.a.v.) bunday muborak so‘zlarni eshitdilar:
— Ollohu taolo bir qulini sevsa, Jabroilga (a.s.) vahiy etadi: «Men falonchi bandamni sevdim, sen ham sevgin», deya amr qiladi. Hazrati Jabroil ham o‘sha kishini yaxshi ko‘radi. So‘ng samo ahliga: «Olloh taolo falon kulini sevadi, sizlar ham uni sevingiz», deya xitob qiladi. Samo ahli ham uni sevadi. Buning ketidan esa, yer yuzida Ollohni sevuvchi insonlarning qalblariga uning sevgisi joylashtiriladi.
Rasululloh hazratlarining suhbatlaridan bahramand bo‘lganlar o‘sha kuni ruhlari to‘ygan, ko‘ngillari yuvilgan, yuzlari topatoza, porloq holda uylariga qaytdilar.
Umar ibn Xattob ham uyiga tomon yo‘l olarkan, o‘g‘ilchasi Abdulloh uning qo‘liga osildi.
—   Otajon!
—   Nima deysan, o‘g‘lim?
— Payg‘ambarimiz yaproqlari to‘kilmaydigan daraxtni so‘radilarku?..
— Ha, ha. Xo‘sh?..
— Men o‘sha zahoti uning xurmo daraxti ekanini bildim, — dedi Abdulloh sevinchdan ko‘kka sapchigudek bo‘lib.
—   Juda yaxshi, ammo nega aytmading?
—   U yerda hamma mendan katta edi, uyaldim.
— Aytganingda boshim osmonga yetardi. Birov menga qizil tuya hadya etsa ham, bunchalik sevintirmasdi.
Otao‘g‘il shu tarzda suhbatlashasuhbatlasha keldilar uylariga. Umar ibn Xattob fikrli, zehnli va odobli o‘g‘li borligidan g‘oyatda mamnun va baxtiyor bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:49:03
* * *
Bir kuni payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom bir qancha ashoblari bilan birga yahudiylarning oldiga bordilar va ularni Islom diniga da’vat etdilar. Imon keltirsalar, beriladigan savobning buyukligini tushuntirdilar. Yuz o‘girsalar, chekadigan azoblarning shiddatini ham xabar berdilar. Ammo yahudiylar haliberi imon keltiradiganga o‘xshashmasdi.
— Keltirgan bu yangi dining haq din emas, — deyishdi.
Muoz ibn Jabal so‘zga aralashdi.
— Ey yahudiylar, qasam ichamanki, sizlar uning Ollohning rasuli ekanini bilasizlar. Unga payg‘ambarlik vazifasi berilmasdan avval sizlar bilan qilgan bahs munozaralarimizda bizlarga nima deganlaringizni eslang. Keladigan yangi payg‘ambarni barcha sifatlariyu xususiyatlari ila bilamiz, demabmidingiz? U kelsa, unga imon keltiramiz va sizlarning kuningizni ko‘rsatamiz, deb yurganlar sizlar emasmi?
Rofi ibn Xuraymila boshini tebratdi:
— Biz hech qachon unday demaganmiz. Olloh taolo Musoning kitobi Tavrotdan keyin hech qanday kitob tushirmagan va hech qanday payg‘ambar ham yubormagan, —dedi.
Yonida turgan do‘sti Vahb ibn Yahudo «to‘g‘ri aytmoqda» degan ma’noda boshini irg‘ab, uning gapini tasdiq etdi.
Shunday qilib, avvalgi hollarini biladigan va bu haqiqatlarni ulardan necha marotabalab eshitib yurgan insonlar qarshisida hamda o‘zlari to‘lasicha tanib turganlari haq payg‘ambar huzurida ko‘rabilaturib inkor etarkanlar, hatto yuzlari qizarmadi. Ammo bu yuzlar ertaga hisob va jazo kunida qizarajak, pushaymonlik terlarini to‘kajakdir.
Robbul Olamiyndan payg‘ambarimizga vahiy olib kelish vazifasi yuklatilgan farishta Jabroili amin (a.s.) Sarvari koinotning qalblariga ushbu oyatlarni vahiy etdi:
«Yahudiylar Ollohning qadrini keragicha (keragi Qadar) taqdir etmadilar. Chunki ular: «Olloh hech bir insonga hech bir narsa nozil qilmagandir», dedilar.
Ularga deki: «Musoning insonlarga bir nur va hidoyat o‘laroq olib kelgan va siz uni bo‘lakbo‘lak (qog‘oz) varaqlar holida o‘zingizga yoqqanini e’lon qilib, ammo ko‘p qismini yashirganingiz Kitobni (Tavrotni) kim nozil qildi? Siz va otalaringiz bilmagan narsalar sizga o‘rgatilgandir». Ey rasulim, sen: «Ularni tushirgan Ollohdir», de. Keyin ularni tark et, botil gapso‘zlari bilan ovunib turatursinlar» (An’om, 91).
Bu oyat ularga tablig‘ etilgan damda ham ularning holida bir o‘zgarish sezilmadi. Yahudiylarning yuzlari yana qizarmadi. Chunki ularning maqsadlari haqni qidirib, haqqa bog‘liq bo‘lish emas edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:49:17
* * *
Ikki kishi bir-biri bilan tortishib qolib, ikkisi ham juda yomon asabiylashdi. Hatto shundayki, birining bo‘yin tomirlari yorilib ketar darajada bo‘rtib, yuzining rangi va shakli ham o‘zgarib ketdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ularni ko‘rarko‘rmas:
— Men bir kalima bilaman, shoyad bu odam o‘shani aytsa, ichidagi achchiqlanish daf’ bo‘ladi. O’sha kalima: «Rahmati Ilohiyyadan quvilgan shaytonning sharridan Olloh panohiga sig‘inaman» (A’uzu billahi minashshay tonir rojiym) so‘zidir, — dedilar.
Payg‘ambarimizning bu so‘zlarini eshitganlardan biri o‘sha odamning yoniga bordi. Rasulullohdan (s.a.v.) o‘rganganlarini unga takrorladi va:
— Shaytondan Ollohga sig‘in, — dedi.
Haligi odam kosasida gildirab o‘ynab turgan ko‘zlarini unga burdi:
— Menda g‘ayritabiiy bir hol ko‘ryapsanmi? Jinni manmiki shaytondan panoh tilaydigan holga tushgan bo‘lsam? Sen meni o‘z holimga qo‘y, — dedi.
Kelgan kishi iziga qaytdi. Shu payt payg‘ambarimiz (s.a.v.) yonlaridagilarga:
—   Mard, pahlavon deb kimga aytadilar, bilasizlarmi?! — deya hayqirdilar.
—   Pahlavon deb kuragini hech kim yerga tekkiza olmaganga aytiladi, — deb javob qilishdi.
—   Yo‘q, — dedilar ulug‘ Payg‘ambar (s.a.v.), — asl pahlavon jahli chiqqanda o‘ziga hokim bo‘lgan kishidir.
Inson o‘zini qo‘lga olishi osonmi? Ammo haqiqiy tarozi ishlaydigan Oliy mahkamada eng zo‘r pahlavon sifatida g‘azabini bosa olganlarninggina toshi bosadi.
Qirq marotaba mag‘lub bo‘lsa ham, hech narsa bo‘lmagandek yana oyoqqa turadigan, yana o‘sha iddao bilan maydonga otiladigan nafsining qarshisida doimo uyg‘oq, doimo bardam va qarorli bo‘lish har kimning ham qo‘lidan kelmaydi. Ko‘ngillar yuz yillar qa’rida qolib ketgan bir xotirani Qur’on oyatlaridan topib chiqardi. Payg‘ambarlardan Yusuf (a.s.) ham: «Men nafsimni aybsizdir, yaxshidir, deb yonini olmayman. Hech shubha yo‘qki, nafs doimo yomonlikka chorlaydi», demaganmidi?!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:49:41
* * *
Bir kuni Payg‘ambar (s.a.v.) bomdod namozidan keyin ko‘rgan tushlarini aytib berdilar:
— Qora tanli, sochi to‘zg‘igan bir ayolni ko‘rdim.
Madinadan chiqib ketdi va Juhfada to‘xtadi, — dedilar.
Buni nima ma’noda ta’bir qilarkinlar, deganday nigohlar u Zoti sharifning og‘zilariga qadaldi. Nihoyat izox berildi:
— Men bu ro‘yoni Madinadagi vaboning Juhfaga uloq tirilganligi ma’nosida tushundim, — dedilar.
Bu tushning haqiqatini ertagayoq xalqning o‘zi ko‘zi bilan ko‘radi, ichida yashaydi va haqiqat ekaniga shoxid bo‘ladi.
Chindan xam o‘sha kuniyoq esa boshlagan yoqimli shamol eski Yasrib havosini yangi Madina havosiga almashtirdi. Madina butunlay boshqa madina bo‘ldi. Bu shamol shaharga hech qachon chiqmaslik sharti bilan joylashib olganday o‘zboshimchalik qilayotgan zolim bir illatni hech qachon qaytib kelmaydiganday qilib surib ketdi. To‘shaklarda mixlanib yotganlar ruhlariga bu shamol yangilanish berdi, ichichlariga qadar to‘yibto‘yib nafas olishning naqadar farahli ekanini his etdilar. Bahor kela boshlagan sayin daraxtlarning qupquruq tanalariga suv yugurishi kabi hayotbaxsh edi bu holat. Har tarafni kuydirib, siqibbo‘g‘ib qo‘yadigan havosi bilan tanilgan Yasrib shahri bundan buyon go‘zal, toza havosi bilan, yoqimli shamollari bilan xotiralardan joy olguvchi Madina shahriga aylandi. Sevgili payg‘ambarini Makka mushriklarining zulmlaridan qutqargan Olloh endi uni Yasrib bezgagiga tashlab qo‘yarmidi hech?!
Chunki koinotning yuragi bu yerda urmoqda edi. Borliq olamiiing yagona sohib va egasi Janobi Haq Habibi adibini Yasribday kasallik o‘chog‘ida emas, balki ruhlarga farahlik berguvchi Madinaday bir shaharda saqlashni murod etib, sevgili payg‘ambarining duosini qabul etdi va bu kasallikni u yerdan bartaraf qildi.
Bundan so‘ngra payg‘ambarimiz Madinani sevajak, muhojirlar ham sevajaklar va Makkadan ko‘ra ham ko‘proq Madinaga bog‘lanajaklar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:50:30
* * *
Madina musulmonlaridan Abu Mas’ud kunlardan bir kuni xizmatchisidan jahli chiqib, qo‘liga ilingan kaltak bilan savalay ketdi. Urgan sari g‘azabi jo‘shib, yanada ko‘p, yanada tez ura boshladi. Birdan yangragan shiddatli ovozdan o‘ziga keldi.
— Ey Abu Mas’ud, shuni bilib qo‘y!..
Bu kim bo‘ldi? Nima istaydi o‘zi? Ovozning shiddatidan hatto qo‘lidagi kaltakni ham yerga tushirib yubordi. Ammo hali ham g‘azabda va asabiy edi.
Haligi ovoz yana bir bor gumburladi:
— Ey Abu Mas’ud, bilib qo‘y!..
Majburan qayrilib qaradi, qaradiyu yuzi qipqizil bo‘ldi. Qalbini butkul egallagan g‘azab bir onda xijolatga aylandi.
Hamisha kulimsirab yuradigan, ko‘rgan kishi yana bir bor ko‘rishni orzu qiladigan bu muborak yuzga hozir shunday bir haybat o‘rnashgan ediki, Abu Mas’udning iliklarigacha titrab ketdi. Bu chehra egasi Madinaga kelganidan beri suhbatlarini Abu Mas’ud bir necha bor tinglagan, ammo bu daraja keskin va amirona bir ovozlari ham borligini kutmagan edi.
Odimmaodim yaqinlashar ekanlar, Payg‘ambar (s.a.v.): «Ey Abu Mas’ud, bilib qo‘y!..» deb takrorlar edilar. Nihoyat, Abu Mas’ud yonlariga bordi. Boshi egik, xijolatda, o‘ziga berilajak hukmga rozi aybdor vaziyatida kuta boshladi. Payg‘ambar (s.a.v.) so‘zlarini bunday tamom qildilar:
— Ey Abu Mas’ud, bilib qo‘y: Ollohu taoloning senga nisbatan qudrati sening shu xizmatchiga nisbatan qudratingdan ko‘ra ustundir!
Qilgan ishidan pushaymon bo‘lgan inson javob berdi:
— Ey Ollohning rasuli, bundan buyon hech qachon hech qaysi xizmatchini urmayman. Bu xizmatchim esa, Olloh rizosi uchun hur va ozoddir.
Sevgili payg‘ambarimiz dedilar:
— Agar uni ozod qilmaganingda, senga mutlaqo jahannam otashi ilashar, seni parishon qilar edi. (Muslim, 3/1280.)
Xizmatkor esa, yangi bir hayotga erishib, hurriyatini qo‘lga kiritdi. Olamlarning sarvari bo‘lmish payg‘ambarimizga (s.a.v.) mamnuniyat to‘la ko‘zlar bilan boqdi.
Abu Mas’ud bu hodisani do‘stlariga aytib berganida, ko‘plarning yuzi o‘zgardi. Har kim bir miqdor alam his etdi. Chunki xizmatchini faqat Abu Mas’ud savalab turmasdida. Binobarin, payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytgan jazo yolg‘iz Abu Mas’udga tegishli emas edi. Ammo xizmatchi tanbehdakkiga haqiqatan loyiq bo‘lsachi? Buni aniqlaydigan bir chegara bormi?
Nihoyat bu mavzuda aniq bir ma’lumotga ega bo‘lish va harakatlarini shunga ko‘ra qilishni istaganlardan biri keldi va hammaning ko‘zi oldida:
— Ey Ollohning payg‘ambari, xizmatkorimni necha marotaba kechirishim kerak? — deb so‘radi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:50:46
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu savolni javobsiz qoldirdilar. Ehtimol bu ishni ularning o‘z vijdonlariga havola qilmoqchi bo‘lgandirlar? Sahobiylar bu zotning: «Sizlardan biringiz o‘z nafsiga xush yoqadiganini mo‘min qardoshiga ham orzu etmagunicha haqiqiy ma’noda mo‘min hisoblanmaydi», deganlarini bilishardi. Bu so‘ralgan savolga ham shu muborak so‘zlar nuri ostida o‘zlari javob topishlari lozimligiga ishorat qilgandirlar? Ya’ni: «Men ham bir xizmatchi bo‘lishim mumkin va o‘zimga qanday muomala etishlarini orzu etaman?» deya xattiharakatlarini hisob-kitob qilib ko‘rishlarini istagandirlar?
— Ey Ollohning iayg‘ambari, xizmatkorimni necha marotaba ma’zur ko‘rib afv etishim kerak?
Yana javob bermadilar. Bu savolni eshitmadilar go‘yo...
«Savolingiz javobini men Abu Mas’udga aytdimku, axir. Sizlar ham undan boshqacharoq hukmga loyiq emassizlar».
Balki Buyuk Payg‘ambar (s.a.v.): «Ollohning seni qay darajada ma’zur ko‘rishini istasang, sen ham xizmatchinpga shunchalik ma’zur ko‘r, ma’nosida bir xulosa chiqarib olishlarini istagandirlar? Ammo savol berguvchi bu mavzuni mutlaqo Nabiyyi akmalga (s.a.v) xal etdirishni xohlar va shunga qaror qilgan edi. Ehtimol u, hamma o‘z tushunchasi bo‘yicha yo‘l tutishidan ko‘ra, eng salohiyatli og‘izdan chiqadigan farmonni tinglashi xayrliroqdir, deya o‘ylar? Balki bu mavzuda o‘zining tushunchasi yetarli emasdir yoki ilohiy bir amr ostida takrortakror so‘ragisi kelayotgandir. Ishqilib, uchinchi bor yana so‘radi:
— Ey Rasululloh, xizmatkorimni necha marotaba ma’zur ko‘rib, afv etishim kerak?
Bu safar payg‘ambarimiz unga yuzlandilarda, donadona qilib:
— Har kuni yetmish marotaba! — dedilar. (Termiziy, 4/336.)
Jovdiragan nigohlar bir-biriga qadaldi. Boshlar
bu tahdidkorona xitobdan beixtiyor ikki yoqqa tebrandi. Yaqinyaqingacha og‘ir ishlarga mo‘ljallangan, xo‘rlangan va bo‘larbo‘lmas bahonalar ila tayoq yeb kelgan xizmatkorlar bundan buyon emin-erkin nafas oladigan, atrofga boshlarini bemalol ko‘tarib qaraydigan va yomon so‘z eshitmaydigan bo‘ldilar. Nabiylar sultoni (s.a.v.) bu mavzuni bir oz oydinlatish uchun qo‘shimchalar qildilar:
— Ular sizlarning og‘ainilaringizdir. Olloh ularni sizga yordamchi o‘larok bergan ekan, og‘ainilar o‘rtasida qanday muomala lozim bo‘lsa, shunday muomala qiling. Har kim o‘zi yeydigan taomdan unga ham yedirsin, o‘zi kiygan kiyimlardan kiydirsin, kuchi yetmaydigan
ishlarga buyurmasin. Bordiyu unga og‘ir ish taklif qilib qolsa, o‘zi ham yordamlashsin. Ichingizdan birontangiz xizmatchisiga beixtiyor qo‘l ko‘tarib qolsa, Ollohni xotirlasinda, darxol qo‘lini tushirsin...
Bu nasihatlar o‘sha yerda hozir bo‘lganlarning quloqlariga isirg‘a kabi taqildi. Suhbatda ishtirok etmagan, ammo o‘sha kundan keyin o‘zlariga qilinayotgan muomalalarning o‘zgarganini ko‘rgan xizmatchi va cho‘rilar bu holga hech tushuna olmadilar. Ammo keyinchalik buni Ollohning payg‘ambari tomonidan esgan totli, rahmat shamollariga bog‘ladilar, uning bir lutf va ikromi ekanini anglab yetdilar. Endi xonadonlarda qul va cho‘rilarga yanada insofli, yanada marhamatli va shafqatli munosabat qilinadigan bo‘ldi. Qul va cho‘rilar xo‘jayinlari o‘zlariga «o‘g‘lim», «qizim» kabi shirin so‘zlar bilan murojaat eta boshlaganlarini sezdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:51:07
* * *
Hazrati Umar (r.a.) bilan birga hijrat etgan, ammo Abu Jahl bilan ukasining hiylalariga aldanib Makkaga borgan Ayyosh ibn Robia va hali Makkadan chiqmay turib qo‘lga tushirilgan Salama ibn Hishom hibs etilgan edilar. Bundan tashqari, hijrat qilish imkonini topa olmagan bir qancha mo‘min Makkada qattiq tazyiqlar ostida edi.
Bir bomdod namozida Payg‘ambar (s.a.v.) ikkinchi rakatda rukuga egildilar. So‘ngra rukudan turgach, sajdaga bormay, qo‘llarini ko‘tardilar:
— Ollohim, Salama ibn Hishomni, Ayyosh ibn Robiani va qiynoq ostida qolgan boshqa mo‘minlarni sen o‘zingqutqar. Ollohim, sen ham Mudor qabilasiga tazyiqingni orttir. Yusuf payg‘ambar davrida berganing ochlik, qiyinchilik kabi, ularga ham yo‘qchilik ber, — deya duo etdilar. Keyin «Ollohu Akbar» deb sajda qildilar. Namozni tugalladilar.
Bunday duolar bomdod namozidan to xufton namozigacha davom etib, bir necha kun takrorlandi.

* * *
Abdulloh ibn Ubayy Rasulullohni (s.a.v.) yomon kutib olganidan hech pushaymon emas edi. Ziyoratga kelgan insonni 6u shaklda qarshilash tarbiyasizlik, hurmatsizlik ekanini, albatta bilardi. Arab urfodatlariga ko‘ra, mehmonga ikrom ko‘rsatilishi lozim. Bu xunuk va qo‘pol xattiharakatlarini hech kim aslo kechirmas.
Bir kuni madinalik bir necha mo‘min uni ko‘rgani kelishdi. Imon keltirishni taklif qilishdi. Ammo Ibn Salul bunday taklif qilganlarning og‘ziga urdi:
— Oralaringizdagi bir guruh ahmoqlarga o‘xshab biz ham imon etaylikmi? — dedi.
Unga anglatildiki, imon keltirish ahmoqlik emas, aksincha, haqiqiy aqlli kishi Ollohni bir deb bilishi va Hazrati Muhammadni (s.a.v.) payg‘ambar deb qabul qilishi lozim. Yana aytildiki, qilib turgan va yana davom ettirish niyatida bo‘lgan bu harakati buzg‘unchilikdan boshqa narsa emas. Ammo Ibn Salul bu ogohlantirishlarni qabul etmadi:
— Bizning maqsadimiz Yasribda sizlar buzgan tartibtuzumni yangidan tiklash va tuzatishga harakat qilishdir. Aqllaringiz bo‘lsa, bu buyuk so‘zlarga quloq solasizlar, — deya javob berdi.
Ibn Salulday bir kimsa yo‘lga kirmasligiga qanoat hosil qilgan holda u yerni tark etdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:51:21
* * *
Havosi kundankunga yaxshi bo‘lib borayotgan Madinada avvaldan suv taqchilligi masalasi bor edi. «Rumo» deb atalgan qudukdan boshqa chuchuk suvli quduqlari yo‘q hisobi. Rumoga esa, bir yahudiy xo‘jayin. Musulmonlar u yerdan xohlagancha suv ololmasdilar. Yahudiy suvini pulga sotar, tekinga hech kim bir tomchi ham suv icholmas edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham bu quduq suvidan bir gal ichgan va xushlangan edilar.
— Bu quduqni sotib olib, o‘zi qatori boshqa musulmonlarning ham idishlarini to‘ldirib, evaziga jannatda yanada xayrli bir quduqqa sohib bo‘lishni kim xohlaydi? — deya xitob qildilar bir kuni.
Bu muborak xitob tezda ta’sirini ko‘rsatdi. Ya’ni, oradan hech qancha vaqt o‘tmasdanoq Hazrati Usmon (r.a.) quduq egasi yahudiyning huzuriga bordi. Quduqni sotgin, deb taklif qildi. Yahudiy ko‘nmadi.
—   Hech bo‘lmasa yarmini sot! — dedi.
—   Yarmini qanaqa qilib sotaman?
— Quduqdan bir kun sen foydalanasan, bir kunmen.
Yo‘li topilganidan yahudiy sevindi:
— Mana bu boshqa gap! Bunday qilsa bo‘ladi. Narxini bozorga sol, — dedi.
Natija shu bo‘ldiki, Hazrati Usmon uning hovuchiga o‘n ikki ming dirhamni sanab solib qo‘ydi.
Shundan keyin Hazrati Usmonga tegishli kunlarda suvga xaridor birdaniga ortib ketdi. Mo‘minlar kelib ikki kunlik ehtiyojlariga yetarli suvni olib ketardilar. Quduqqa yahudiyning xo‘jayinlik galida hech kim kelmay qo‘ydi. Narx ham birdaniga tushib ketdi. Yahudiy shoshib qoldi. Xaridorni o‘ziga tortish uchun u ham narxini tushirdi. Baribir bo‘lmadi.
Chunki sherigi Usmon navbati kuni suvni tekinga tarqatayotgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:51:36
* * *
Ilk musulmonlardan Usmon ibn Maz’un ibodatga mukkasidan ketgan odam sifatida tanilgan edi. Dunyoga hech mayli qolmagan. Yagona fikri mo‘lko‘l ibodat qilish va ibodatlariga to‘siq bo‘luvchi har narsani hech o‘ylanib o‘tirmay tark etish. Uylangan, ammo faqat so‘zda uylangandek. Oilali, ammo oila hayotini yuritmasdi, bo‘ydokdek yashardi. Nazarida, oila hayoti uni haq yo‘ldan chiqaradigandek, oxirat hayotiga ham xalaqit qilayotgandek bo‘lar, fikriyodi o‘zini bu hayotga oldirib qo‘ymaslik edi. Bu ishda shunday chuqurlashib ketdiki, hatto erlik his-tuyg‘usini o‘ldiradigan, hech qachon oila haqida o‘ylamaydigan mash’um bir yo‘lni ham sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Bu ishini Ollohga qullik qilish yo‘lida qo‘yadigan qutlug‘ qadam deb bildi.
Uning ichdan kelgan bu orzui sekinasta yonidagilarga ham ta’sir etib, ashobdan ba’zi yoshlar bu yo‘lni tanlamoqchi ham bo‘ldi.
Nihoyat bir kuni Usmon payg‘ambarimizga (a.s.v.) dardini ochdi. Nima qilmoqchiligini aytdi. Ammo shiddatli qaytariqqa uchradi. Qat’iyyan bunday bir mash’um ishni qilmaslik buyurildi. Usmonning fikriga ergashgan yosh musulmon yigitlar ham bu rejalaridan tezda voz kechdilar.
Usmon esa, uyida yana ibodatda davom etdi. Bir kuni payg‘ambarimiz (s.a.v.) uning uyi yonidan o‘tarkanlar, eshigining ikki chetiga ikki muborak qo‘llarini tirab turib, bunday dedilar:
— Ey Usmon, Olloh seni bir ruhbon' qilib yaratmagan. Ey Usmon, Olloh meni ham ruhbonlik ta’limi uchun yubormagan. Ey Usmon, shuni yaxshi bilib ol: Ollohning menga bergan vazifasi ruhbonlikni o‘rgatish ishi emasdir. — So‘ngra so‘zlarida davom etib, ushbularni qo‘shimcha qildilar: — Olloh huzurida eng xayrli din qulaylikni amr etadigan pok Islom dinidir.
Payg‘ambarimiz unga: «Butkul ibodatga berilib ketgan bu hayotingni to‘g‘ri deb topmadim», demoqchi edilar.
Usmon esa, ko‘p ibodatdan boshqa narsani o‘ylaydigan holda emasdi. Axir, Olloh rozi bo‘ladigan diniy hayotni eng chiroyli shaklda o‘rgatuvchi Buyuk Payg‘ambarning shahrida yashasa... Bundan tashqari, o‘zi shu Buyuk Payg‘ambarga emikdosh bo‘lsa... Namozlarini bu zotning orqasida turib o‘qisa... Eng muhimi — haq din ila musharraf bo‘lgan bo‘lsa... ibodatini u ko‘paytirmay kim ko‘paytirsin?! Boshqalardan bir necha barobar ko‘p ibodat qilib, oxiratga olamolam namozlar olib ketish qanday yaxshi!..
Shu orada Usmonning ta’sirida yanada ko‘proq ibodat qilib qolish g‘ayratiga mingan yana uch yigit Nabiyyi akramning (sollallohu alayhi vasallam) uyda yo‘q paytlarini poylab turib, xonai saodatlariga keldi va ayollaridan payg‘ambarimizning uydagi ibodatlarini o‘rgandi. Ammo olingan javob ularni mutlaq qoniqtirmadi. Tasavvurlarida boshqacha — nihoyatda ko‘p bo‘lishi kerak edida. Bunchalik ibodatni oz deb bilishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:52:13
— Albatta, u Ollohning rasuli, shunday ekan, uning hech qanday gunohi yo‘q. Dunyosi ham, oxirati ham kechirilgan, ta’minlangan. Ollohu taolo nega ko‘p ibodat qilmading, deb payg‘ambarini otashga tashlamaydiku, axir! Bizlarchi? Bizga bu ibodatlarning o‘zi kifoya qilarmidi? Bu qadar oz ibodatlarimiz najot topishimizga yetarlimikan?
Bu savolga uchovining ham javobi bir xil bo‘ldi: «Yo‘q! Aslo!» deyishdi. Ulardan biri:
—   Shu kundan e’tiboran men tunlari uxlamayman, faqat ibodat qilib chiqaman, — deya qasd etdi.
—    Men uylanmayman, — dedi ikkinchisi.
— Men kunlarimni doimo ro‘za tutgan holda o‘tkazaman, — dedi uchinchisi.
Yigitlar payg‘ambarimizning (a.s.v.) xotinlari va qizlarining ko‘z o‘ngida shunday qarorga kelib, u yerdan ayrilishdi.
Rasululloh (s.a.v.) uyga kelib, bu xabarni eshitdilaru ko‘ngillari xijil bo‘ldi. Darxol masjidga kirdilar. U yerda o‘tirganlarga ham voqeani anglatib, bunday xitob qildilar:
— Shuni yaxshi bilinglarki, sizlarning ichingizda Ollohdan eng ko‘p qo‘rqadigan kishi menman. Shu bilan birga, men ro‘za tutaman ham, tutmagan kunlarim ham bo‘ladi. Tunlari ibodat qilaman, ammo yotib uxlayman ham. Ahli ayolim bilan oilaviy hayotni ham yuritaman. Mening yo‘lim va sunnatim mana shudir. Mening sunna timdan yuz o‘girgan esa, mendan emasdir.
Darhaqiqat, ibodatning shakli, vaqti, miqdori doimo u zot ko‘rsatganiday bo‘lishi kerak edi. Boshqa birovlar o‘rtaga chiqib ko‘rsatgan shakl, vaqt va miqdorga o‘z aqlicha aralashishi, ularni kam deb hisoblashiga hojat yo‘q va bunday harakat ma’nosiz, xato harakat bo‘lardi. Ollohning payg‘ambari U bo‘lganidan keyin Ollohga ibodat qilish yo‘lini ko‘rsatish ham Unga oid bo‘lishi kerak emasmi?
Masala shu tariqa hal qilingan bo‘ldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uylariga kelgan haligi uch yigitga ham, boshqa mo‘minlarga ham eng go‘zal va eng yaxshi bir shaklda dars berdilar. Ammo Usmon ibn Maz’unning bu voqeadan xabari yo‘q, u uyida ibodati bilan mashg‘ul edi.
Bir kuni Usmonning xotini Havla xonim Rasulullohning (s.a.v.) uylariga keldi. Ahvoli parishon. Payg‘ambarimiz ayollari undan hol so‘radilar. Havla eri Usmonning butkul bir bo‘ydoq yigitday hayot kechirayotganidan, erxotinlik aloqasini tamoman to‘xtatib qo‘yganidan shikoyat qildi.
— Kechalari uzundanuzoq namoz o‘qiydi, kunduzlari tinimsiz ro‘za tutadi, — dedi.
Kechqurun Rasuli akram uyga qaytganlarida xotinlaridan bu xabarni eshitdilar. Darhol Usmonga odam jo‘natdilar. Usmon ham hayallamay yetib keldi.
—   Chaqirtirgan ekansiz, ey Ollohning rasuli, — dedi.
—   Ey Usmon, sen mening sunnatimdan yuz o‘girdingmi?!
Bu savol qarshisida Usmon seskanib ketdi:
—   Olloh saqlasin! — dedi shoshapisha. — Men sizning sunnatingizni mahkam ushlab, shunga ko‘ra yashashga kechakunduz harakat qilib yotibmanku.
—   U holda shu haqiqatni bilib ol, ey Usmon: men ham uxlayman, ham namoz o‘qiyman. Ham ro‘za tutaman, ham ovqat yeyman. Ayolimga yaqinlik ham qilaman. Ey Usmon, Ollohdan qo‘rq, shuni unutmaki, ayolingning ham senda xaqqi bordir. Nikohning yelkangga yuklagan vazifalarini bajar. Kelgan mehmonning senda haqqi bordir, ularga bir narsalar ikrom et. O’z nafsingning ham senda haqqi bordir, vujudingni keragicha dam oldir. Ro‘za tut, ammo tutmagan kunlaring xam bo‘lsin. Tunlari ibodat ham qil, dam ham ol.
Unga aytilgan bu tavsiyalardan so‘ng payg‘ambarimiz (s.a.v.) hammaga taalluqli ushbu muborak so‘zlarni aytdilar.
— Qurbingiz yetadigan amallarni qilishga ahamiyat bering. Shuni yaxshi bilingki, Ollohu taolo sizning amallaringizga evaz berishdan zerikmaydi, ammo siz zerikasiz. Ollohu taologa amallarning eng xush yoqadigani — oz bo‘lsa ham, davomli bo‘lganidir.
Zerikish ichra qilingan ibodatning foydasi bo‘lmaganidek, tartibsiz, ammo ko‘p ibodatdan oz bo‘lsin, davomli va tartibli qilingan ibodat yanada xush ekanligi shu tariqa bilib olindi.
Usmon ham Rasulullohning (s.a.v.) bu tavsiyalariga kuchi yetganicha amal qilish niyati bilan u yerdan ayrildi. Oradan bir necha kun o‘tib Usmonning xotini Havla chiroyli, yasantusan kiyingan holda payg‘ambarimizning (a.s.v.) ayollari ziyoratiga keldi. Endi xo‘jayini Usmon ham sekinasta oilaviy hayotni yashay boshlagan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:52:36
*   * *
Orasira endigina balog‘at yoshiga yetgan bir yahudiy yigitcha masjidni supuribsidirib turardi. Uchto‘rt kun ko‘rinmay qoldi. Janobi payg‘ambar (s.a.v.) xavotir olib, ketidan surishtirdilar. Kasal bo‘lib qolgan ekan. Rasululoh (s.a.v.) darhol birikki do‘stlari hamrohligida yahudiy bolani ziyorat qilgani bordilar. Ollohdan shifo tiladilar. U yoqbu yoqdan ancha suhbatlashib o‘tirishdi. Nihoyat payg‘ambar alayhissalom yigitchaga musulmon bo‘lishni taklif etdilar.
Yigit ne deb javob qilarini bilmay, otasining ko‘zlariga termuldi. «Nima qil deysiz, otajon?» degandek iltijo ma’nosi bor edi uning 6u qarashida.
Otasi ham kasallikdan kundankunga shamdek erib borayotgan o‘g‘liga qaradi. Hali o‘n gulidan bir guli ochilmagan, endiendi yigit bo‘lib kelayotibdi, shu yoshida dunyo bilan vidolashsa... O’lim tomon qadambaqadam yaqinlashayotganini ko‘zi ochiq har bir inson ko‘rib turardi. Dunyodan nasibasini ololmagan go‘dakning hech bo‘lmasa oxirati porloq bo‘lsin...
Shularni xayolidan kechirarkan, ota shafqat va marhamatomuz bir ovozla:
— O’g‘lim, Abul Qosimga itoat et, — dedi.
Yigitcha ham shunday javobni kutib turganday, sha
xodat kalimalarini aytib, musulmon bo‘ldi.
Bir ozdan keyin Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) u yerdan ketarkanlar, yo‘lyo‘lakay:
— Bu yigitni jahannamdan qutqargan Ollohga hamd etaman, — dedilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:53:12
*   * *
Anas bir oqshom uyga kech keldi. Onasi Ummu Sulaym xavotirlanib o‘tirgan ekan.
— Qaerda qolding, o‘g‘lim, — deya qarshiladi.
— Payg‘ambarimiz meni bir yerga jo‘natdilar, — deb javob qildi Anas faxr ila.
— Kimga jo‘natdilar? Nima ish bilan?
— Bu bir sirdir, onajon. Payg‘ambarimizga oid bir sir.
Ummu Sulaym o‘g‘lining katta odamlarday bo‘lib qolganidan mamnuniyat sezdi:
— Unday bo‘lsa, hech kimga aytako‘rma, o‘g‘lim. Bir sir o‘laroq qolsin, — dedi.
Nima edi bu sir?
Payg‘ambarimizdan, Anasdan va xabar jo‘natilgan kishidan boshqa hech kim keyinchalik ham bu sirdan xabardor bo‘lmadi. Hattoki Anas uzoq yillar keyin, oppoq soqolli bir chol bo‘lib, o‘lim to‘shagida yotganida ham o‘sha omonatga xiyonat qilmadi. Samimiyat ila xizmatini qilib turgan Sobit alBunoniyga dediki:
— O’sha sirni hozirgacha ham bir kimsaga aytmadim. Agar uni hayotimda kimgadir aytishim mumkin bo‘lganida, uni albatta senga aytardim. Ammo bu endi abadiy bir sir o‘laroq qoladi... (Muslim, 4/1926.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:53:29
* * *
Madinalik musulmonlardan Sa’d ibn Muoz bir kuni umra qilish niyati bilan Makkaga yo‘l oldi. Shaharga yetib kelgach, eski tanishi Umayya ibn Xalafning uyiga tushdi, Umayya Madinaga kelsa, Sa’dning mehmoni bo‘lar, Sa’d doim Umayyaning yonida qolar edi.
Suhbat mobaynida Sa’d Ka’bani tavof etmoqchi ekanini aytdi.
— Qaysi payt tavof qilsam yaxshi bo‘ladi? — deb so‘radi.
Eng munosib vaqt peshindan keyin hamma qaylula uyqusiga ketgan payt deb topildi. Birga chiqishdi, Ka’baga borishdi. Sa’d tavof qila boshladi. Aksiga olib, Abu Jahl ham o‘sha yerda ekan. Ko‘zlariga uyqu kelmay chiqqan, shekilli.
— Kim bu odam? — deb so‘radi Umayyadan.
— Yasribdan Sa’d ibn Muoz, mehmonim, — dedi Umayya.
Abu Jahlning tepa sochi tikka bo‘ldi. Sa’dning qarshisiga chiqdi:
— Menga qara! — dedi o‘shqirib. — Sen shu onda istaganingcha Ka’bani tavof qilyapsan. Holbuki bizning jamoatimizni to‘zitib ketgan Muhammadga va sheriklariga shaharlaringdan boshpana berib, yordam qildilaring. Qasam ichamanki, agar Umayyaning himoyasida bo‘lmasayding, bu yerdan sog‘omon chiqib ketolmasding.
Sa’d ibn Muoz Abu Jahlning bu tarbiyasizlarcha muomalasi qarshisida asabiylashdi.
— Agar sen mening Ka’bani tavof etishimga to‘sqinlik qiladigan bo‘lsang, men undan battarrog‘ini qilaman!
— Nima qila olarding?
—Shom tijorat yo‘lini kesib qo‘yaman.
Umayya oraga kirdi:
— Ey Sa’d, gapingni qaytib ol. Qarshingdagi odam bu vodiy xalqining kattasi va xo‘jayini.
«Ey, qurib ketsin bunaqa xo‘jayin, yer yutsin bunday kattani!» deya xayolidan kechirdi Sa’d, So‘ngra:
— Ey Umayya, — dedi qizishib. — Hech shubha qilmaginki, U keltirgan din kundankunga tarqalib kengayib, ufqlargacha yoyiladi. Bu yerlarda ham dinning hukmi o‘tadigan bo‘ladi. Hech kim 6u dinning yoyilishiga monelik qila olmaydi.
Umayya uning so‘zini bo‘ldi:
— Ey Sa’d, toki biz tirik ekanmiz, 6u yerlarga u oyoq bosolmaydi. Sen ham buni bilib qo‘ygin!
Dahanaki jang tobora avjga mindi. Sa’d ham o‘zini tutolmay qoldi.
—Senga kelsak, ey Umayya, — dedi, — men Ollohning rasulidan seni o‘ldirishlarini eshitdim.
Umayyaning rangi oqarib ketdi.
— Makkada o‘ldirarkanmi? — deb so‘radi.
— Unisini bilmayman, — dedi Sa’d, — ammo bu so‘zni shaxsan o‘zlaridan eshitdim, ishonaver.
—   O’zi o‘ldirarmishmi?
—   Uni ham bilmayman.
Endi mehmondorchilik bo‘lmasligi tayin, na mehmon sifatida Sa’dning va na mezbon sifatida Umayyaning bunga kayfiyati qoldi. Shu bois Sa’d o‘sha yerdayoq tuyasiga mindida, «Qaydasan, Madina?» deya jo‘nab ketdi.
Mojaroni kuzatib turgan Abu Jahl olovga yana o‘tin qalamoqchi bo‘ldimi:
—   Nima gap, ey Umayya, birdan oqaribbo‘zarib ketding? — deya o‘smoqchiladi.
—   Eshitmadingmi yasriblikning so‘zlarini, ey Abul Hakam?
—   Eshitdim, nima bo‘libdi?
—   Meni, o‘ldiraman, debdiku.
—   Aytsa, aytar. Keliboq o‘ldirayotgani yo‘qku.
—   Ammo, bilasanki, Muhammad yolg‘on gapirmaydi.
Abu Jahl asabiylashdi:
— Yolg‘on gapirmasa, bor, sen ham uning diniga kir, qani, nega turibsan?!
Umayya boshi egilgan holda:
— Uning diniga kiradigan bo‘lganimda, sen bilan maslahatlashib o‘tirmasdim, — dedi va xomush uyiga yo‘l oldi.
Uyida xotini xavotirla kutib oldi.
— Senga nima bo‘ldi, o‘ychan ko‘rinasan?
Umayya bo‘lgan voqeani aytib berdi. Xotinining ko‘nglidan «Muhammad yolg‘on gapirmaydi» degan so‘z bilan birga, bir achchiq fig‘on sizib o‘tdi.
«Endi qochib qutulolmasang kerak», degan ma’noda erining yuziga qaradi.
Umayya xotinidan bir gap kutib o‘tirmay, qarorini bildirdi:
— Eng yaxshi chora Makkadan tashqariga chiqmaslik.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:53:42
* * *
Juma namozlariga Rasuli akram (s.a.v.) katta ahamiyat berardilar. Bir kuni yana 6u mavzuda to‘xtalib, bunday dedilar:
— Kim chiroyli tahorat olib, juma namozi uchun masjidga kelib, jimgina xatibga quloq solib tinglasa, uning ikki juma orasi qilgan gunohlari kechiriladi, xam uch kun ortig‘i bilan. Lekin kim xutbaga keragicha e’tibor qilmasa va, masalan, o‘ynab o‘tirsa, behuda ish qilgan va mukofotdan mahrum qolgan bo‘ladi. Juma kuni masjidlarning eshiklariga farishtalar kelib o‘tiradi, kelganlarni navbat bilan qayd etib boradi. Ilk kelganlar bir tuyani qurbonlik qilgandek savob oladilar. Keyinroq kelganlar bir sigir, undan keyingilar shoxli bir qo‘chqor qurbon qilgandek hisob qilinadilar. To‘rtinchi guruh tovuq, beshinchi guruh esa, tuxum sadaqa qilgandek savobga erishib, Ollohga yaqinlikni orzulagan insondek muomala ko‘radilar. Imom xutba o‘qishi uchun minbarga chiqqanida, malaklar ham daftarlarini yopib, masjidga kiradilar va xutbani tinglaydilar.
Payg‘ambarimiz juma namoziga alohida bir kiyim kiyishni odat qilgan edilar. Xutba o‘qiydigan joyda jamoatga qarab o‘tirib, azonni eshitar, keyin turib bir xurmo ustuniga tayanib, Ollohga hamd ila bir va’z boshlar, mo‘minlarga tavsiyalar qilar, yaxshilik va saodatga olib boradigan yo‘llarni ko‘rsatar, barcha mo‘minlar haqiga duolar qilar edilar.
Xutba orasida qisqa bir muddatga o‘tirib, keyin yana turardilarda, hamd ila boshlagan xutbalarini davom ettirardilar.
Xutbadan keyin jamoatga imom bo‘lib, ikki rakat farz namoz o‘qirdilar. So‘ngra Sultoni anbiyo (s.a.v.) bunday degan edilar:
— Kim jumadan keyin namoz o‘qimoqchi bo‘lsa, to‘rt rakat namoz o‘qisin.
Ba’zan payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘zlari uyda ikki rakat namoz o‘qigan paytlari xam bo‘lgan. Natijada Rasulullohning (s.a.v.) ashoblari farzni o‘qigandan keyin to‘rt yoki olti rakatdan namoz o‘qiy boshlaganlar. Ba’zilar to‘rt, ba’zilar olti rakat o‘qirdi. Vaqtning bo‘sh yo tig‘izligiga qarab, ba’zan to‘rt, ba’zan olti rakat o‘qiydiganlar ham bor edi.
Bir suhbatda Rasululloh (s.a.v.) yaxshi amallarning dunyoda ham najot vasilasi bo‘lishini anglatdilar:
— Sizdan avvalgi ummatlardan uch kishi birgalikda yo‘lga chiqdi. Kechani o‘tkazish uchun bir g‘orga kirdi. Ittifoqo, tog‘dan bir tosh tushib, g‘orning og‘zini ber kitib qo‘ydi. Buni ko‘rgach, o‘zaro shunday deyishdi: «Qilgan biron yaxshi amallarimizni aytib, Olloh taolodan madad so‘rashdan boshqa bizni biron narsa qutqara olmaydi». Ulardan biri bunday dedi: «Ollohim, mening keksa onam va otam bor. Ularni yedirmasdan ichirmasdan oldin bolalarimga ham, hayvonlarimga ham bir narsa bermasdim. Bir kuni o‘tin olib kelish uchun ketgan edim. Kechroq qaytdim. To ovqat tayyor bo‘lguncha, uxlab qolishibdi. Uyg‘otishga haddim sig‘madi. Ikkinchi yoqdan, ovqatni oilamga ular yemasdan oldin berolmasdim ham. Tovoqni qo‘limdan qo‘ymay, ularning uyg‘onishlarini tonggacha kutib chiqibman. Bolalarim atrofimda yig‘lashadi. Nihoyat otaonam uyg‘ondiyu sutlarini ichirib, ko‘nglim tinchidi. Ollohim, bu ishni sening roziliging uchun qilganimni tasdiq etang, bizga kenglik ber, bu toshdan kelgan baloni ketkaz», dedi. Bu hikoyadan keyin toshxiyol surilib tirqish paydo bo‘ldi. Lekin qutulib chiqib ketish uchun u kifoya emasdi. Hamrohlardan ikkinchisi so‘z boshladi: «Ollohim, amakimning bir qizi bor edi. Insonlar ichida menga undan seviklisi yo‘q edi. Bir ayol qanchalik sevilishi mumkin bo‘lsa, men ham uni o‘sha darajada sevardim. Ko‘nglim tusagan ishni qilmoqchi bo‘ldim, ko‘nmadi. Nihoyat yurtimizga qurg‘oqchilik keldiyu uni menga muhtoj qildi. Orzuimni bajarishga ko‘nish sharti bilan unga yuz yigirma dinor berdim. Qabul etdi. Endi maqsadimga yetay deb turganimda: «Ollohdan qo‘rq va muhrimni nohaqlik bilan, nikohsiz buzma», dedi. Darhol orqaga chekildim, bergan pulimdan ham voz kechdim. Ollohim, buni sening roziliging uchun qilganimni tasdiq etsang, bizga kenglik ber va bu toshdan kelgan balodan xalos qil», dedi. Tosh yana bir oz surildi. Lekin ochilgan tirqishga hali ham odam sig‘masdi. Shunda uchinchisi hikoyasini boshladi: «Ollohim, men bir necha ishchi ishlatdim. Hammasiga haqlarini berdim. Ammo ichlaridan birisi haqini olmadi, tashlab ketdi. Men uning haqini ishlatdim, hatto shu darajadaki, natijada anchamuncha molga sohib bo‘ldim. Ma’lum vaqt o‘tgach, oldimga keldi va: «Ey Ollohning bandasi, menga ber haqimni», dedi. «Ko‘rib turganing shu tuya, sigir, qo‘y va xizmatchilar senikidir», dedim. «Ey Ollohning bandasi, meni mazax qilyapsanmi?» dedi. «Mazax qilmayapman, bular seniki», dedim va ahvolni tushuntirdim. Haligi odam hech narsa qoldirmasdan hammasini olib ketdi. Ollohim, buni sening roziliging uchun qilganimni qabul etsang, bizga kenglik ber va bu toshdan kelgan balodan bizni xalos qil», dedi. Shu payt tosh yana bir oz ochildi va u yerdan chiqib ketdilar...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:53:51
* * *
Rasululloh (s.a.v.) Muoz ibn Jabal bilan qayoqqadir ketayotgan edilar. Yolg‘iz ikkalalari. Rasuli akram (s.a.v.) birdan:
—   Ey Muoz! — deb chaqirib qoldilar.
—   Labbay, ey Ollohning rasuli!
Biron narsa desalar kerak, degan qanoatda Muoz kutdi, biroq payg‘ambarimizdan boshka sado chiqmadi. Shu holda ancha jim ketdilar. Endi hech narsa demasalar kerak, deb o‘ylagan ham ediki:
—   Ey Muoz! — deb qoldilar yana.
—   Labbay, yo Rasululloh. Amringizga muntazirman. Lekin u yana behuda kutdi: ancha yurib qo‘yganlariga qaramay, bir og‘iz ham so‘z aytilmadi. Endi umidini uzgan paytda uchinchi marta xitob yangradi:
— Ey Muoz!
Boshqa odam bo‘lganida... Ammo chaqirayotgan Ollohning rasuli edi, Ollohning rasuli esa, maqsadsiz bir ishni qilmaydi! Shu bois bu gal ham intizorlik ila javob qildi:
— Labbay, yo Rasululloh...
Shunda Payg‘ambar (s.a.v.):
— Bandalar ustida Olloh taoloning haqqi nima ekanini bilasanmi? — dedilar.
— Olloh va rasuli yaxshi biladi, — dedi Muoz.
— Ollohning bandalari ustidagi haqqi ibodat qilishlari, hech bir narsani unga sherik qilmasliklaridir.
So‘z shu yerda tugadi. Yo‘lchilik davom etdi.
—   Ey Muoz! — dedilar yana Sarvari olam (s.a.v.).
—   Labbay, yo Rasululloh!
— Bandalar buni qilganlari taqdirda Olloh taoloning ustida bandalarning haqqi nima bo‘ladi, bilasanmi?
—   Olloh va rasuli yaxshiroq biladi.
—   Ularga azob bermasligidir.
— Bu xushxabarni insonlarga yetkazsamda, sevinsalar, maylimi, yo Rasululloh?!
— Unda ular tanbal bo‘lib qolishadi...
Suhbat shu yerda to‘xtadi. Safar davom etardi. Nabiyyi akramning (s.a.v.) asl maqsadlari — avval diqqatni jalb qilib, aytilajak so‘zni Muozning zehniga mustahkam joylashtirmoq edi. Shunchaki eshitib qo‘yadigan gap emasdi bular. Bunday bir usulni qo‘llashdan murodlari endi anglashildi. Harholda, bu so‘zlar asrlar keyin keladigan ummatga ham ayni soflik ichida yetkazilishi uchun aytilgan edi. Zehnlarga joylashtirish uchun eng qulay va samarali choratadbir edi bu.
Bir oz yana yurgach, yerga cho‘kishdi. Muoz vujudi Rasulullohning (s.a.v.) muborak vujudlariga tegatega yonma-yon qilgan bu safarining zavqini hech qaerdan topa olmas, bu saodatni hech bir narsa evaziga almashtirishni istamas edi.
Ammo ish bu bilan tugamaydiganday edi. Nabiyyi akram (s.a.v.) Muozning qo‘lidaya tutdilar:
— Ey Muoz, Ollohga qasamki, men seni yaxshi ko‘raman. Har namozingdan keyin mutlaqo ushbu duoni o‘qishingni tavsiya etaman: «Ollohim, seni zikr etish, senga shukr qilish va senga chiroyli ibodat qilishim uchun menga madad ber».
Muoz ko‘zlarining ichiga qarab gapirayotgan Rasulullohning (s.a.v.) bo‘yinlariga yopishib quchoqlab olay dedi. Ollohning eng ulug‘ rasuli, yana buning ustiga qasam bilan, uni sevishini aytayotgan edi! Ichidagi hayajonni, sevinchni anglata olish uchun Muozning bir emas, ming tili bo‘lsa ham, yana yetmas edi. Ko‘zlarining ichigacha bir issiklik singdi. Keyin yosh tomchilari holida oqdi bu sevinch ifodalari. Rasulullohning unga maxsus tavsiya etgan duolarni poklik ichra Mavlosiga aytarkan, lablari hayajon va sevinchdan titrar edi.
Muoz bu safarni qalbining eng tubida aziz bir xotira o‘laroq saqladi. O’qigan har namozining orqasidan qo‘llarini ko‘tarib, Rasulullohning qo‘llariga tegib turibdi, degan xayol va tushuncha ila «Ey Muoz, vallohi, men seni yaxshi ko‘raman» so‘zlarini eshitaeshita, o‘rgatilgan u duoni takror etdi: «Ollohim, seni zikr etishim, senga shukr qilishim va senga chiroyli ibodat qilishim uchun menga madad ber».
Muoz hayotining oxirigacha bu duoda davom etdi. O’sha safarning xotirasini umri bo‘yi qalbining teranliklarida, faqat o‘ziga xos bir tarzda asrabavayladi. O’lim to‘shagida yotganini, dorul baqoga ko‘chish vaqti yetganini anglabhis etgan paytida u shirin xotirani o‘zi bilan mozorga olib ketishga ko‘ngli rozi bo‘lmadi. Ko‘z o‘ngida o‘sha muborak safar qaytadan jonlandi. Go‘yo Nabiyyi akramni (s.a.v.) orqalaridan quchoqlagan: «Sizni tashlamayman, sizdan ayrilmayman, yo Rasululloh!» deya yopishib olganday...
O’yga cho‘mgan ko‘zlari bir muddat shunday qoldi. Keyin bu safarni butun tafsiloti bilan gapirib berdi...
Endi ikkinchi bir safar boshlanayotgan edi. Yana Rasuli akram (s.a.v.) hamrohliklarida, yana u zotning izlaridan davom etuvchi abadiy hayotning, oxirat olamining safari...
Muoz (r.a.) oxirat olamiga ana shunday xotiralar hamrohligida ko‘chdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:54:06
* * *
Madinalik musulmonlardan juda faqir bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib, yordam istadi.
—   Uyda ishga yaraydigan hech narsang yo‘qmi? — deb so‘radilar Sarvari Olam.
—   Bitta ko‘rpamiz bor, — dedi u odam, — yarmini ostimizga to‘shaymiz, yarmini ustimizga yoiamiz. Yana bir idishimiz bor.
— Ularni menga keltir. Borib olib keldi. Payg‘ambar (s.a.v.) ularni qo‘llariga oldilarda, atrofdagilarga ko‘rinarli darajada balandga ko‘tarib:
— Bu ikkisini sotib olmoqchi bo‘lgan bormi? — deb e’lon qildilar.
— Men ularga bir dirxam beraman, — dedi kimdir.
— Bir dirhamdan ko‘proq beradigan yo‘qmi?
Ovoz chiqmadi.
— Bir dirhamdan ortiqroq beradigan yo‘qmi? —deb yana so‘radilar.
Yana hech kimdan javob bo‘lmadi. Payg‘ambarimiz uchinchi marta takrorladilar. Bu gal boshqa bir kishi:
— Men ikki dirhamga olaman, — dedi.
Payg‘ambarimiz ko‘rpa bilan idishni unga berib, pulni
oldilar. Haligi odamga:
— Bu ikki dirhamning biriga yegulik biron narsa olda, oilangga yedir. Ikkinchisiga bir bolta sotib olib, mening oldimga kel, — dedilar.
Odam ketdi va bolta olib keldi. Payg‘ambarimiz uni o‘z qo‘llari bilan sopladilar.
— Bor, o‘tin olib kelib sot. O’n besh kungacha seni ko‘rmayin, — dedilar.
Boyagi odam chiqib ketdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:54:26
* * *
O’sha kunlar bo‘lsa kerak, Rasululloh (s.a.v.) yonlarida hozir bo‘lgan yettisakkiz sahobiy bilan ko‘risharkanlar, birdan so‘rab qoldilar:
— Ollohga va rasuliga bay’at qilmaysizlarmi (har
amriga bo‘ysunish haqida so‘z bermaysizlarmi)?
Hamma hayron bo‘ldi. Umr bo‘yi har bir buyruqlarini bajarishga so‘z berganlariga hali hech qancha bo‘lmagan edida.
— Biz sizga bay’at qilgan edik, yo Rasululloh, —deyishdi.
Payg‘ambarimiz bu gapni go‘yo eshitmadilar.
— Ollohning rasuli bilan ahdlashmaysizlarmi? —dedilar.
Yana o‘sha javob berildi. Bunday bir ahdlashuv bo‘lgani, hali ko‘p vaqt o‘tmagani ham eslatildi. Payg‘ambarimiz yana eshitmagandek, uchinchi marta taklifni takrorlaganlaridan keyin sahobiylar qo‘llarini uzatdilar.
— Biz sizga har amringizni bajarishga so‘z bergan edik. Bu gal qanday ish uchun bay’at qilamiz, ey Ollohning rasuli? — deya so‘rashdi.
Shunda Janobi Payg‘ambar (s.a.v.):
— Ollohgagina qullik qilishga, unga hech narsani shirk qo‘shmaslikka, besh vaqt namozni o‘qishga va menga itoat qilishga so‘z beringlar. Hamda... — deya bir muddat to‘xtab turdilarda, pichirlagan ovozda qo‘shimcha qildilar: — Hamda hech kimdan biron narsa istamang, tilanmang.
Rasuli kibriyoning (s.a.v.) bu tavsiyalari shu yerda hozir bo‘lganlarga haqiqiy ma’noda ta’sir etishi aniq edi. Ulardan biri bo‘lmish Avf ibn Molik oradan yillar o‘tib, bu hodisa bilan aloqador xotirasini anglatar ekan, bunday degan edi: «Ot ustida turganda qamchisi tushib ketganlar bo‘lardi, ammo uni olib berishni ham yerda turganlardan iltimos qilishmas edi» (ya’ni, o‘zlari tushib olishardi).
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:54:38
*   * *
Salmon musulmon bo‘lganidan beri fursat topgan zahoti masjidga kelar, Rasulullohning (s.a.v.) orqalarida namoz o‘qish saodati ila sharaflanib qaytar edi. Juma namozlariga kela olmagan paytlari ham bo‘ldi, ichi yondi. Buning iztirobini chekar ekan, qullarga juma namozi farz emasligini o‘rgangach, bir oz xotirjam tortdi. Ollohning eng oxirgi payg‘ambarining da’vatini qabul etganlardan bo‘lishdek bir baxt ichida yashardi. Ammo ayni chokda, birovning quli edi. Ex, uni kufr hayotidan qutqarib imonga qovushtirgan Ulug‘ Mavlo bir kun kelib qullikdan ham qutqarib, hurriyatini qo‘liga berarmikan?!
Shu onda xo‘jayini bilan o‘rtalarida biron kelishmovchilik yo norozilik yo‘q edi. Salmon ko‘rsatilgan ishlarni istalganidan ham chiroyli bajarar, shuning uchun hech kim uning ibodatlariga aralashmas edi.

*   * *
Muharram oyining o‘ninchi kuni yahudiylarda bir o‘zgarish ko‘rildi: ular yemasichmas edilar. Rasululloh (s.a.v.) sababini so‘radilar:
— Olloh taoloning Musoni (a.s.) Fir’avndan, askaridan qutqargan kundir bu kun. Shuning uchun ro‘za tutamiz, — deb javob berishdi.
Payg‘ambari zamon (s.a.v.) sahobalariga o‘girildilar:
— Biz Musoga ulardan ham yaqinroqmiz, unga do‘st bo‘lishga ulardan ko‘ra loyiqroqmiz, — dedilar va hamon o‘sha kuniyoq ro‘zaga niyat etdilar. Ashobi kiromga o‘sha kunni ro‘za bilan o‘tkazishni buyurdilar.
Keyingi yili Hazrati Musoga yana ham bog‘liqlikning bir alomati o‘laroq o‘sha kundan oldingi va keyingi kunlarni ham ko‘shib, Muharram oyining to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi kunlarini ro‘zador holda o‘tkazishni maqsad qilib qo‘ydilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:54:58
* * *
Abu Zarr hayotida bir kuni shunday hodisa ro‘y berdi, undan olgan sabog‘i umriga tatigulik bo‘ldi. Bu bahonada esa, Islom dinining insonlar o‘rtasidagi munosabatga doir yana bir olijanob hukmi joriy bo‘ldiki, barcha mo‘minlar to qiyomatgacha hayotlarida bu hukmga qat’iy rioya etajaklar.
Xullas, Abu Zarr qora tanli bir odam bilan janjallashib qoldi. Urtada qattiq gaplar o‘tdi. Abu Zarr unga hatto:
— Onang arab emas sening, ey qora xotinning o‘g‘li! —deb yubordi.
Bu so‘zlar u odamga haddan tashqari og‘ir keldi. Darhol Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga borib shikoyat qildi. Payg‘ambarimiz Abu Zarrni chaqirdilar:
— Ey Abu Zarr, senda johiliyat axloqi bor ekan. Qanday qilib bir insonni onasiga qarab ayblaysan?
Abu Zarr o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi:
— Ey Ollohning rasuli, kimdir kimnidir so‘ksa, onasi yo otasini so‘kadida, dedi. Bu e’tiroz bilan u ikkinchi bor xatoga yo‘l qo‘ydi.
Payg‘ambarimiz unga avvalgi so‘zlarini takrorladilar.
Abu Zarr bu ikkinchy tanbehdan keyingina o‘ziga kela oldi.
Darhaqiqat, haligi odam unga og‘ir so‘zlar aytgan bo‘lishi mumkin, lekin Rasululloh (s.a.v.) komillikni undan kutayotgan edilar. Chunki Abu Zarr Islom dinini ilk qabul qilganlardan bo‘lib, bu dinga ko‘ngildan bog‘lanib ketgan edi. Binobarin, Payg‘ambari zamon (s.a.v.) Abu Zarrda endi o‘jar va qo‘pol bir odamni emas, kechirimli, mehribon va muomalali insonni ko‘rmoqchi edilar. To‘g‘ri, u odamga uning aytganiga qaragaida o‘n barobar qattiq gapirish hech qiyin emas, ammo bu ish nafsga ergashish, shaytonning chaqirig‘ini qabul etishning bir natijasi bo‘lardi, xolos. Rasulullohning (s.a.v.) tarbiyalari ostiga kirgan bir inson bilan bunday qo‘pol muomala orasida biron munosabat bo‘lishi mumkinmi?
Qolaversa, u odamning qo‘polligiga javoban bu ham og‘ir so‘zlar aytsa, albatta rozi bo‘ladi, nafsi shodlanadi, lekin kechirsa, Ollohning roziligiga erishib, yaxshilik va fazilat yo‘lida go‘zal o‘rnak bo‘ladi.
Bir insonni kimdan tug‘ilganiga qarab ayblash johiliyat davridan qolgan ayanchli bir illat sifatida endi aslo takrorlanmasligi kerak edi. Qorani ham, okni ham Olloh yaratganini bilaturib, Abu Zarr bunday muomalasi bilan qusurni kimga ag‘darayotganini o‘ylab ko‘rdimikan?
Dunyoga qaysi onadan va qaysi otadan kelishini kim tayin eta olibdiki, bu odam ham Abu Zarrning haqoratiga yo‘liqmaslik uchun otaonani tanlay oladi? Kim o‘zining qora yoki oq rangda dunyoga kelishiga aralasha olganki, bu odamning onasi ham o‘z rangini tayin etsin?
Shunday ekan, bu odamni onasi, uning rangi va millatidan ayblash qaysi o‘lchovlarga sig‘adi? Bunga johiliyat axloqi deyilmasa, nima deyiladi, axir?!
Payg‘ambarimiz unga: «Senda johiliyat axloqi bor ekan», der ekanlar, mana shularni tushuntirmoqchi edilar.
Holbuki, Abu Zarr kim edi? Kaltaklanishini bilaturib, mushriklar huzurida, Islom dinini qabul etganini ilk bor hayqirib e’lon qilgan bir odam! Uning Islom dinidan boshqa o‘lchovi bo‘ladimi?
Pushaymon bo‘ldi Abu Zarr. O’shandan keyin to hayotining so‘nggigacha birovni onasi yoki otasi tufayli ayblamadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:55:15
* * *
Bir xotin Rasulullohni izlab, masjidga keldi. Dardini aytib, shifo tilashlarini so‘ramoqchi bo‘lgan ekan. «Marhamat, gapir, qulog‘im senda», degan ma’nodagi qarash bilan kutib oldilar. Xotin bundan jasoratlandi, maqsadini bemalol ayta olishiga qanoat hosil qildi.
— Ey Ollohning payg‘ambari, men tutqanoq kasaliga yo‘liqqanman. Iltimos, bu kasallikni aritishini so‘rab Ollohga duo qilsangiz. Kelishdan maqsadim shu edi,— dedi.
251
Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) javoblari uni katta imtihon ostonasiga olib kelib qo‘ydi:
— Istasang, sabr qil, buning evaziga senga jannat beriladi. Istasang, senga ofiyat berilishi uchun Ollohga duo qilaman.
«Istasang, dunyo rohatini, istasang, oxirat huzurini tanla», deganlari edi bu.
Bir onda dunyo hayoti ko‘z o‘ngida gavdalandi. Kichik bir qizcha... to‘laqonli bir ayol... tushuncha va muomalasi og‘irbosiq komil bir inson... beli bukilgan keksa kampir... va nihoyat yelkalar ustida oxirgi safarga ketayotgan bir foniy...
Bu muhokama juda qisqa vaqtda kechdi. Qarorini shaxsan o‘zi, azmu iroda to‘la bir ovoz ila berdi:
— Sabr qilaman!..
Qisqagina bu javobdan Rasulullohning (s.a.v.) yuzlarida nur jilvalandi va shu’lalar paydo bo‘ldi, mamnuniyat izlari ko‘rindi. Bu javob mustahkam bir imonga, sof bir tushuncha va niyatga dalolat qilardi. Dunyoning foniyligiga haqiqatan ishongan, oxiratni boqiy deb bilgan bir insongina shunday javob qila olardi.
Rasululloh (s.a.v.) ekkan irshod urug‘lari hozirdanoq ko‘karib kurtak ota boshlagan edi.
Ayol yana bir muddat turdida, so‘ng boshqa bir narsa iltimos qildi:
— Yo Nabiyalloh, tutqanoq tutgan paytida badanim ochilib qoladi, shundan uyalaman. Duo qiling, badanim ochilib qolmasin, — dedi.
Payg‘ambar (s.a.v.) qo‘l ochib, duo qildilar. Masala o‘sha yerdayoq hal bo‘ldi. Payg‘ambarimizning bu niyozlarining rad etilmasligi aniq edi.
Ayol kelgan tarafiga qaytib ketar ekan, jannati ayol ekaniga ishongan bir zot orqasidan havas bilan qarab qoldi...
U ko‘zdan g‘oyib bo‘lgach, Rasululloh (s.a.v.) sheriklariga bunday izoh berdilar:
— Mo‘minga kelgan har musibat tufayli Olloh taolo uning yaxshiligini orttiradi. Yoki yomonliklaridan birini o‘chiradi. Garchi bu musibat oyog‘iga tosh botishi yo tikan kirishi bo‘lsa ham.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:55:35
* * *
Bomdod namozi o‘qildi. Jamoat nigohi Payg‘ambarga (a.s.) qadalgan. Go‘yo «suhbatingizni sog‘indik», deyayotgandek. Rasuli akram (s.a.v.) ashoblarini ko‘p intizor qilmadilar. Bosiqvazmin ohangda, chertibchertib so‘z boshladilar.
— Qiyomat kuni insonlar eng avval namozdan so‘roq qilinadilar. Ulug‘ Olloh xamma narsani juda yaxshi bilgani holda malaklardan: «Qarang bandamning namoziga, hammasini ham o‘qibdimi yoki o‘qimagan namozlari ham bormi?» deb so‘raydi. Qaraydilar. O’qimay qoldirgan namozi bo‘lmasa, «Namozi to‘liq», deb yozadilar. Bordiyu o‘qilmay qolgan namozlari borligi qayd etilsa, unda Olloh taolo: «Qarangchi, ko‘shimcha nafl namozlari bormi?» deydi. Qaraladi. Agar nafl namozi bo‘lsa, Ulug‘ Mavlo: «Bandamning qazo namozi o‘rnini nafl namozlar bilan to‘ldiring», deb marhamat qiladi. Undan keyin boshqa amallari hisob-kitob qilinadi. Inson umrini qaysi yo‘lda o‘tkazgani, ilmi bilan nima amal qilgani, molini qanday topib, qaerga sarflagani, badanini qaysi yo‘lda qaritgani va hokazo savollarning javobini bermaguncha, qiyomat kuni turgan joyini tark eta olmaydi. Qiyomat kuni eng avval uch toifa hisob-kitob qilinadi: Biri dunyo xukmiga ko‘ra shahid hisoblangan odam. U Olloh taoloning huzuriga keltiriladi. Ulug‘ Mavlo unga berilgan ne’matlarni xotirlatadi. U ham bu ne’matlarga erishganini e’tirof etadi. «Xo‘sh, bu berilgan ne’matlar evaziga nima qilding?» «Sening yo‘lingda jang qildim va oqibatda jonimni bu yo‘lda berdim, shahid bo‘ldim». «Yolg‘on aytyapsan. Sen aslida falon odam jasur, qahramon desin deb jang qilding, kutganing gaplar sen haqingda aytildi. Shunday qilib orzuingga erishgan bo‘lding. Endi bu yerda sening bizdan oladigan narsang qolmadi». Keyin buyuriladi: yuztuban sudrab olib boriladi va do‘zaxga otiladi. Ikkinchi toifa ilm o‘rgangan va boshqalarga o‘rgatgan, Qur’on o‘qigan bir odamdir. U ham huzuri Ilohiyga keltiriladi. Olloh taolo unga ham ne’matlarini eslatadi. U ham bu ne’matlarni e’tirof etadi. Keyin o‘zaro bunday savoljavob kechadi: «Bu ne’matlar evaziga sen nimalar qilding?» «Ilm o‘rgandim, o‘rgatdim va sening roziliging uchun Qur’on o‘qidim». «Yolg‘on aytyapsan. Sen aslida olim desinlar, deya ilm o‘rganding. Qur’onni chiroyli o‘qir ekan, desinlar uchun o‘qiding. Kutganing gaplar sen haqingda juda ko‘p aytildi. Orzuingga erishding hisob». Keyin buyuriladi: yuztuban sudralib, jahannamga tashlanadi. Uchinchisi Olloh boy qilib qo‘ygan, turlituman mol-mulk bergan kimsadir. U odam ham keltirilib, ne’matlar eslatiladi. U ham bu ne’matlarga erishganini e’tirof etadi. «Xo‘sh, bu ne’matlar evaziga sen nima qilding?» «Sen sarflashni buyurganing hech bir yo‘lni qoldirmadim, har birini doim sening roziliging yo‘lida sarfladim». «Yolg‘on aytyapsan. Sen aslida falonchi juda saxiy desinlar, deb bu ishlarni qilding. Orzu qilganlaring aytildi. Bu yerda bizdan oladigan narsang qolmadi». Keyin buyuriladi: u odam ham yuztuban sudralib, do‘zaxga eltiladi. ...Ey ashobim, endi aytingchi, sizningcha, «muflis» deb kimni aytiladi?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:56:12
— Bizningcha, muflis pulimoli bo‘lmagan kishidir, yo Nabiyalloh!
Payg‘ambarimizni bu javob qoniqtirmadi. So‘zlarini bunday davom ettirdilar:
— Mening ummatimdan asl muflis shunday kishidirki, qiyomat kuni o‘qigan namozi, tutgan ro‘zasi, bergan sadaqa va zakoti bilan keladi. Shu bilan birga, falonchini so‘kkan, falonchiga tuxmat qilgan, falonchining molini yegan, boshqa birisining qonini to‘kkan, yana birini urgan bo‘ladi. Yaxshilik va savoblaridan unga beriladi, bunga beriladi, ustidagi haqlar to‘lanmasdan yaxshiliklari tugab qolsa, ularning xato va gunohlaridan olinib, bu odamga yuklanadi. Keyin esa, gunohi savobidan og‘ir kelib qolgan bu odam do‘zaxga tashlanadi. Mana, ummatimning muflisi shudir. Shu bilan birga, bir kishi chiroyli amallar qilib Parvardigoriga yaqinlik hosil qiladi. Hattoki Janobi Mavlo uni sevgi va rizosi ila o‘raydi. Qiyomat kuni hisob-kitob qilinar ekan: «Sen shu xatoni qilding, shu ayb ishni bajarding», deya unga eslatiladi.^ U odam ham hamma qilganini qabul va e’tirof etadi. O’shanda Olloh taolo: «Men dunyoda sening gunohlaringni, ayblaringni yashirdim, bugun esa kechib yuboraman», deya marhamat qiladi. Shunday qilib, u odam najot topadi. Yetti toifa inson bor, hech bir soya bo‘lmaydigan qiyomat kunida ularni Olloh taolo xususiy o‘laroq o‘z Arshi soyasida ko‘lankalatib rohatlantiradi. Bular: adolat bilan hukm qilgan amir (boshliq); Ollohga ibodat sevgisi bilan o‘sgan o‘spirin; qalbi masjidlarga bog‘liq inson; Olloh yo‘lida bir-birlarini sevgan, bu sevgi ila bir oraga kelgan, bu sevgi ila ayrilgan ikki inson; obro‘li go‘zal bir ayol tarafidak shahvoniy maqsad uchun chaqirilgani holda: «Men Ollohdan qo‘rqaman», degan va bu taklifni rad etgan inson; o‘ng qo‘li berganini chap qo‘li bilmaydigan darajada yashirin sadaqa qiladigan inson; yolg‘iz o‘zi qolganida Olloh taoloni eslab ko‘zlari yoshga to‘lgan odam... Ey ashobim, sizlardan har biringiz bilan Robbul Olamiydn qiyomat kunida gaplashadi. O’rtada tarjimonsiz gaplashadi. Inson o‘shanda o‘ng tomonga qaraydi. Faqat dunyoda qilgan amallarini ko‘radi. Chap tomoniga qaraydi, yana amallarini ko‘radi. Oldiga qarasa, qarshisida jahannam bor...
Rasululloh (s.a.v.) bularni aytgach, bir zum tin oldilarda so‘zlarida shunday davom etdilar:
— Har kim qilingan amalni kichik ko‘rmasdan, bir xurmoning yarmisi bilan bo‘lsa ham, do‘zax o‘tidan saqlanishning imkonini qilsin.
Rasululloh (s.a.v.) suhbatni shu yerda tugatdilar.
Ko‘ngillar haqiqatan ham dunyodan ayrilib, boshqa bir olamda kezib, qo‘rqibtitrab, ham yana umidvor bo‘lgan edi. Qudrati hamma narsani qamragan Ulug‘ Mavloning huzurida ojiz bir qul o‘laroq hisob bera olish, bu hisobdan yorug‘ yuz bilan chiqa olish oson emasdi.
Kelishiga hech shubha bo‘lmagan bir Kunda yorug‘ yuz bilan hisob bera olish uchun bu dunyodalikdayoq yenglarni shimarib g‘ayrat qilish lozim edi. Qiyomat boshlanganida hatto o‘z dardiga chora topa olmay qoladigan insonlarning rizosi uchun emas, Olloh rizosi uchun ish qilish lozim bo‘lardi.
Masjiddan chiqqanlarning har biri pok bir niyat bilan, aslo riyokorlik qorishmagan yorug‘nurli tushunchalar bilan tarqalishdi. Nabiyyi akramning (s.a.v.) bu suhbatlari ko‘zlarni yoshlatib, ko‘nillarni larzaga keltirgan edi. Eshitganlarning har biri go‘yo eritilib, uyuylariga yangidan qolipga quyilgandek butkul o‘zgarib tarqaldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:56:26
* * *
Oradan bir necha kun o‘tib, Hazrati Abu Bakr (r.a.) yo‘lda Xanzalani uchratdilar. Ichida dardi bor odamdek xomush edi.
—   Qalaysan, Xanzala?
—   Uncha emas, — dedi u mujmal qilib.
—   Nega?
—   Munofiq bo‘lib qoldim.
—   Aminmisan shunga?
— Albattada.
—   Nima deyayotganingni bilasanmi o‘zing? Nima bo‘ldi, tushuntiribroq ayt!
—   O’zing bilasan, ey Abu Bakr, biz payg‘ambarimiz huzurlariga ko‘p boramiz, U janob bizga oxirat olamidan, jannatu jahannamdan gapirsalar, ko‘zim bilan ko‘rgandek, o‘sha olamda yashayotgandek bo‘lib o‘tiraman. Biroq ul zotning yonlaridan chiqib, oilamga qaytishim bilan aytilgan narsalarni unutib, shu olam tashvishlariga ko‘milib qolaman. Qisqasi, payg‘ambarimiz oldilarida boshqacha, bu yoqda boshqacha yashayotgandekman. Munofiq bo‘lmay nimaman? Mening uyqumni qochirgan narsa shu.
Hazrati Abu Bakr uning holatini tasdiq etdilar:
— Ollohga qasam, bu hol yolg‘iz sening boshingda emas, hammamiz shu ahvoldamiz, ey Xanzala!
—    Men bu haqda Rasulullohga aytmoqchiman.
—    Unda birga boramiz.
Borishdi, Rasuli kibriyo janobimizning huzurlariga kirishdi. Xanzala hammasini gapirib berdi. Payg‘ambarimiz jim eshitdilar, so‘ngra dedilar:
— Jonim qo‘lida bo‘lgan Ollohga qasam, agar mening yonimdagi o‘sha holatni davom ettira olganingizdami edi, to‘shaklaringizga yotar mahal ko‘chalarda kezib yurar ekansiz, malaklar kelib siz bilan qo‘shqo‘llab ko‘rishar edi. Lekin, ey Xanzala, tavsiya etaman: bu holatni avayla, uzmaslikning payida bo‘l, vaqtivaqti bilan davom ettir...
Xanzalaning ko‘ngli yorishib, ancha taskin topdi. Rasulullohning (s.a.v.) eng yaqin do‘stlariki shu holatga tushayotgan bo‘lsa, qo‘rqmasa ham bo‘larkan. Zotan, Rasululloh (s.a.v.) insonning toqati yetadigan narsalarni o‘ylab: «Ey Xanzala, bu holatni vaqtivaqti bilan davom ettir», deb marhamat qilgan edilar. Payg‘ambarimiz huzurlaridan chiqar ekan, endi u «munofiqlarga o‘xshab qolyapmanku», degan boyagi hisdan tamomila forig‘ bo‘lgan edi.
Keyinchalik Xanzala Rasulullohning (s.a.v.) Usmon ibn Maz’unni chaqirib. «Senda xotiningning ham haqqi bor...» deya uni tanqid etganlarini esladi. To‘g‘rida, modomiki dunyoda yashayotgan ekansan, bu olamdan tamomila aloqani uzib ham bo‘lmaydida.
Xanzala uyida bola-chaqalari bilan mashg‘ul ekan, ichini tirnagan bir kun avvalgi og‘riqni bu safar sezmadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:56:37
*   * *
O’n besh kun menga ko‘rinma, deb jo‘natilgan odam yuzida mamnuniyat balqib kirib keldi. Payg‘ambari zishon janobimiz uni ko‘rib tabassum qildilar. Nimalar bilan mashg‘ul bo‘lganini so‘radilar.
— Yo Rasululloh, aytganingizdek o‘tin to‘pladim, keltirib sotdim. Bugungacha o‘n dirham pul yig‘dim. Oilamga ozuqa va kiyim oldim, — dedi u.
Buni eshitib Payg‘ambarimiz (a.s.v.) xursand bo‘lib ketdilar:
— Sening peshona teri to‘kib turmushingni tebratishing qiyomat kuni yuzingda tilanchilikning dog‘lari paydo bo‘lishidan xayrlidir. Tilanib bir narsalar so‘rashga uch toifa kishilar loyiqdirlar: agar nihoyat darajada faqir bo‘lsalar, to‘lash juda qiyin bo‘lgan qarzga botib qolsalar va yana qarindoshning xun haqqi yuklanib qolsa... joizdir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:56:48
*   * *
Masjidga bir odam kirdi, bir burchakka o‘tdi va namoz o‘qiy boshladi. Janobi payg‘ambarimiz (s.a.v.) uchto‘rt kishi bilan suhbat qurib o‘tirgan edilar. Haligi odam namozini yov quvgandek shoshqaloqlik bilan o‘qir, boshini sajdaga qo‘yarqo‘ymas ko‘tarar edi. Birpasda namozini tugatib, davraga keldi. Salom berdi. Janobimiz unga alik oldilarda, orqasidan:
— Qayt, boshqatdan namoz o‘qi, chunki sen namoz o‘qimading hisob, — dedilar.
Odam indamadi. Borib, ayni namozni boshqatdan o‘qidi. Kelganida, salomiga alik olinarkan, oldingi amr yana takrorlandi:
— Qayt, namoz o‘qi, chunki sen namoz o‘qigan bo‘lmading.
U odam yana bir narsa demadi, yana ayni shitob bilan namozini o‘qidi, tugatdi, keldi. Uchinchi marta namozga qaytarilganida samimiy bir ifoda bilan dedi:
— Sizni payg‘ambar qilib yuborgan Allohga qasamki, bundan boshqacha namozni bilmayman. Bundan chiroyliroq o‘qish ilmiga ham ega emasman. Namozimni qanday o‘qiy, menga o‘rgating, yo Rasululloh.
Janobi payg‘ambarimiz (s.a.v.) tushuntira boshladilar:   ,
— Namozga turganingda «Ollohu akbar» deb takbirayt. Keyin o‘zingga oson bo‘lgan, yodlagan joyingdan Qur’on o‘qi. So‘ngra ruku’ga bor va harakatsiz turib qolguningcha ruku’ holida tur. Keyin tiklan va bir oz harakatsiz tik tur. Undan keyin sajdaga bor. Sajdada ham qimirlamasdan birpas kut. Undan keyin o‘tir. Kut, darrov ikkinchi sajdaga ketib qolma... butun namoz davomida shunday qil. Shoshilma.
Xdligi kishi endi namozini xuddi Rasululloh (s.a.v.) ta’riflaganlaridek tarzda o‘qish uchun masjidning bir chekkasiga o‘tdi.
Namoz mo‘minning Parvardigoriga qulligi ifodasidir. Shuning uchun ham u huzur va sokinlik bilan o‘kilishi lozim. To‘g‘ri, durust, buyurilganidek o‘qilsa, namoz insonni yomonliklardan, buzuqliklardan uzoq tutadi, asraydi. Namozning boshidan oxirigacha Janobi Mavloning huzurida yuzlanib turgandek turish kerak.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu holatni tushuntirish uchun ashoblariga qaradilar:
— Olloh taolo bunday marhamat qiladi: «Men namozda o‘qiladigan Fotiha surasini bandam bilan o‘z oramda ikkiga taqsim etdim. Yarmisi menga, yarmisi unga oiddir. Bandamga esa, u nima istasa, shu berilajak». Inson namozda: «Hamd Olamlarning parvardigoriga maxsusdir», deganida, Olloh taolo: «Bandam menga hamd aytdi», deydi. «U Rahmon va Rahmlidir», deganida, «Bandam mening ulug‘ligimni e’tirof etdi», deydi. «Sengagina ibodat qilamiz, Sendangina madad so‘raymiz», deganida, «Mana shu men bilan bandam orasida bo‘lgan qismdir. Bandamning so‘ragani unga beriladi», deydi. «(Yo Rabbim) bizni ne’mat ehson qilgan bandalaringning yo‘li bo‘lmish to‘g‘ri yo‘lga hidoyat ayla, g‘azabga duchor bo‘lgan va zalolatga yo‘liqqanlarning yo‘liga emas», deganida, «Mana bu qism bandamga oid bo‘lganidir. Bandam so‘ragan narsa unga berilajak», deydi.
Sayyidul anbiyo hazratlarining bu aytganlariga ko‘ra, bir inson namoz o‘qir ekan, Olloh taolo bilan so‘zlashgandek bo‘ladi. Olloh taolo faqat bir rakatning o‘zida uch bor «Bandam so‘ragan narsa unga beriladi», desa, endi namozning ahamiyati haqida boshqa so‘zga ehtiyoj ham qolmaydi. Endi bandaning vazifasi namozni jiddiyat bilan o‘qish. Namozda «Sengagina ibodat qilamiz, Sendangina madad so‘raymiz», der ekan, bu so‘zni kimga aytayotganini idrok etishi lozim. Huzuri ilohiyda turishi, Rabbiga ibodatini manzur etishi, uning huzurida boshini sajdaga qo‘yishi lozim. Qalbini Parvardigori bilan aloqasi yo‘q narsalar, namoz o‘tayotgan kishiga yarashmaydigan tushunchalar bilan band etish, mashg‘ul qilish insonni yo‘ldan ozdiradigan holatlardir. Bunday o‘qilgan namoz insonni qanday qilib yomonliklardan va buzuqliklardan qaytarsin?!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:57:09
*   * *
Madinalik uchto‘rt musulmon bir rohib bilan suhbatlashar edi. Endigina o‘spirinlik chog‘iga yetishgan Salama ibn Salama u odamni ko‘riboq tanidi va eski bir voqeani xotirladi.
Bir necha yil burun uni shu uylarining yonida yonib gapirayotganini ko‘rgan edi. Oxiratdagi azobga yo‘liqqandan ko‘ra, gurillab yonayotgan tandirga otilishni afzal ko‘radigan odamga o‘xshar edi u. So‘zlarini hayronlik bilan tinglayotganlarga u Makka tarafni ko‘rsatib, ana shu yerdan bir payg‘ambar chiqadi va mening bu so‘zlarimga shohid bo‘lasizlar, degan edi. Hayajon bilan aytgan bu so‘zlari Salamaning xotirasiga juda qattiq muhrlanib qolgan ekan, hozir uni ko‘riboq esladi.
— O’shanda Makka tarafdan payg‘ambar chiqadi, deb aytgan sen emasmiding?
— Ha, men edim.
— O’sha Payg‘ambarga imon keltiramiz va sizlarning ta’ziringizni beramiz, deganchi, kim edi?
— Ha, biz edik, — dedi u bo‘shashibgina.
— Xo‘sh, unda nega imon keltirmayapsizlar? — dedi Salama.
Rohib anchagina tullak ekan.
— To‘g‘ri, lekin, — dedi chaynalib, — bu sizlarning odamingizda, biz kutayotgan payg‘ambar emas...
Hanuz tomirlarida o‘spirinlik qoni qaynab turgan Salama bu oriyatsiz rohibning bo‘g‘ziga yopishishga tayyor ediyu, lekin o‘zini bosdi. Qizig‘i, o‘sha kungi samimiyat ham, bugungi tullaklik ham bir odamga oid edi. Ollohning o‘zi asrasin bunaqa munofiqlikdan.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:57:21
* * *
   Bog‘ga kirib qo‘liga tushgan toshni xurmo daraxtiga otayotgan bola yelkasiga tushgan qo‘lni his etgunga qadar zavqi olamjahon edi. Har otganida birikki xurmo to‘kilib, u yugurib borar, oliboq og‘ziga tiqar, yeb bo‘lib, yana toshbo‘ronni boshlar edi. Qo‘lga tushganini anglagach, yuragini qo‘rquv bosdi va pushaymonda qoldi.
— Endi qilmayman, amakijon!..
Lekin bu so‘z yetarli bo‘lmadi.
— Bu sening birinchi tosh otishing emasku? — dedi haligi odam va yoqasidan tutgancha masjidga olib keldi.
— Yo Rasululloh, — dedi u odam, — bu bolaga kuchimiz yetmayapti. Xurmolarga tosh otishdan boshqa ishi yo‘q.
Janobi Rasululloh (s.a.v.) bolaga qaradilar.
—   O’g‘lim, xurmolarga nega tosh otasan?
—   Yegim keldi...
— Endi bunday qilma, ostiga to‘kilganidan ye, —dedilar Sarvari olam. Keyin boshini silab, «Ollohim, bu bolaning qornini to‘yg‘az!» deb duo qildilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:57:34
*   * *
O’sha voqeadan bir necha kungina o‘tib, ko‘zyoshlarini artib, masjidga bir bola kirib keldi va Rasulullohga (s.a.v.) yaqinlashdi. O’ksinishlarini zo‘rg‘a tiyib:
— Ey Ollohning payg‘ambari, qornim juda ochqab, bir bog‘ga kirdim. Daraxtga zo‘rg‘a chiqib, bir xurmo shodasi uzdim. Bir qismini yeb, qolganlarini cho‘ntagimga joyladim. Egasi tutib olib toza kaltakladi. Ustiga ustak, ko‘ylagimni yechib oldi, — dedi va yana yig‘lab yubordi.
Rasululloh (s.a.v.) u odamni ayttirib keldilar. U salom berib kirdi va so‘ralgach, bolaning aytganlarini takrorladi.
Payg‘ambarimiz unga:
— Bir bolani urishdan oldin u bilmagan odobni o‘rgatish va qornini to‘yg‘azish kerak. Endi unga ko‘ylagini qaytarib ber, — dedilar.
Boyagi odam bolaning qo‘lidan tutib olib ketdi. Ko‘ylagi qaytarib berildi, qorni to‘yg‘azildi. Chiroyli so‘zlar bilan ko‘ngli olindi. Shu bilan birga, bir zambil xurmo ehson qilindi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:57:46
*   * *
Bir kuni Abu Talxa uyiga juda mahzun qiyofada qaytdi. Ummu Sulaym uni ko‘rib tashvishga tushib qoldi.
— Nima bo‘ldi? Nega xafa ko‘rinasiz? — dedi qayg‘urib.
—Janobi Payg‘ambarimizning ovozlari menga juda past eshitildi. Qorinlari ochligini payqadim. Bir narsalar jo‘natsakmikan?.. Uyda yeydigan nimang bor? — dedi u.
Ummu Sulaym darrov ikkita arpa non ko‘tarib chiqdi. Ro‘molchaga o‘rib, Anasning beliga bog‘ladida:
— Bo‘laqol, Rasulullohga olib bor, — deb tayinladi.
Anas kelganida Nabiyyi zishon janobimiz masjidda o‘tirar edilar.
— Abu Talxa yubordimi seni? — deb so‘radilar Sarvari olam.
—   Ha.
—   Yemak bilanmi?
— Ha, ikkita non berib yuborishdi, — dedi u.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yonlaridagilarga qarab, «Qani,
yuringlar, ketdik», dedilar. Hammalari birga turdilar. Anas ular kelishayotganini bildirish uchun yugurib ketdi.
Abu Talxa payg‘ambarimiz katta bir jamoat bilan kelayotganlarini eshitib, tashvishlanib qoldi. Ularga, uyda buncha odamga yetarli ovqat yo‘q edi, deb bo‘lmasa... Ichkariga, Ummu Sulaymning oldiga kirdi.
— Ishimiz chatoq, onasi, uyda yeydigan narsa yo‘qligida... — dedi u.
Ummu Sulaym sokinlik bilan:
— Olloh va rasuli har narsaning yaxshisini biladi, dedi.
Abu Talxa noiloj tashqari chiqib, kelganlarni kutib oldi:
—    Marhamat, yo Rasululloh. — Va Sarvari olamga yaqinlashib xijolatomuz pichirladi:
—    Ey Ollohning rasuli, biz yuborgan non faqat o‘zingizga yetadigancha edi.
Rasululloh (s.a.v.) tabassum qildilaru, hech narsa demadilar. Kelib, ikkalalari ichkari kirishdi.
— Ey Ummu Sulaym, — dedilar payg‘ambarimiz, —uyingda nima bo‘lsa, keltir.
Anas orqali jo‘natilgan non kelti^ib qo‘yildi. Ummu Sulaym uning ustiga yog‘ idishdan bir miqdor yog‘ qo‘shib qorishtirdi. Keyin payg‘ambarimiz bir duo o‘qidilarda:
— Ey Anas, tashqaridagilardan o‘n kishini chaqir, —dedilar.
261
O’n kishi kelib o‘tirishdi va to‘yguncha yeyishdi. Ular turib, yana o‘n kishi kirdi. Ular ham yeb, chiqishdi. Shunday qilib, Anas yettisakkiz marta odam chaqirdi. Har gal o‘ntadan kirib to‘yguncha ovqat yeganlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Odamlarning och ekanlari aniq edi. Dasturxonga ham o‘sha nondan bo‘lak hech narsa qo‘yilmadi. Lekin tovoqdagi yemak kamaymas, hatto undan ham ko‘proq ko‘rinar edi.
Hamma to‘yib chiqqach, payg‘ambarimiz ham «Bismilloh» aytib yeya boshladilar. U zot ham qorinlarini to‘yg‘azib, turdilar.
So‘ng duo qilib, shunday barakali ziyofat uchun tashakkur aytib qaytdilar. Bu voqea Abu Talxa oilasi uchun unutilmas bir xotira bo‘lib qoldi. Keyin ular ham o‘tirib, ovqatning qolganini bismilloh bilan tanovul qila boshladilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:58:01
* * *
Ashobi kirom bir suhbat kutar edi. Habibi Xudo (s.a.v.) ancha kundan beri ular bilan suhbat qurmagan, suhbatni esa, sog‘inishgan edi. Temirni qizig‘ida bosmoqchi bo‘lishdi. To‘qni ovqatlantirish, suvga qongan insonga sharbat ichirish qiyin. Ammo Nabiyyi akram sayyidimiz ashobi kiromdagi chanqoqlikni ochiqravshan ko‘rib turardilar.
— Bani Isroilda uch kishi bor edi, — deb boshladilar suhbatni u zot. — Biri olabula etli, biri kal, uchinchisi esa ko‘r... Olloh taolo ularni bir imtihon qilishni xohladi va bir farishtani jo‘natdi. Farishta haligi olabula etlining yoniga kelib:
«Nimani eng ko‘p orzu etasan?» dedi.
«Go‘zal bir rang va chiroyli bir tanani. Insonlar jirkanadigan bu suratdan qutulsam... Hamisha shuni orzu etaman», dedi.
Farishta uni bir marta silagan edi, o‘sha ondayoq istaganidek qiyofaga kirib tuslandiqoldi. Farishta so‘radi:
«Qaysi molni eng ko‘p sevasan?»
«Tuyani», dedi u.
Endi tug‘ay deb turgan urg‘ochi tuya berildi. Farishta:
«Olloh sening uchun bu tuyani barakotli qilsin», deb duo qildi va qaytdi. Haligi odam sevinchdan boshi osmonga yetar holatga tushdi.
Farishta kalning oldiga keldi:
«Sen eng ko‘p orzu etgan narsa nima?» dedi.
«Chiroyli sochim bo‘lsa va odamlar jirkanadigan holatdan qutulsam... mana shu eng ko‘p orzu etgan narsam», dedi u.
Farishta uni ham silagan edi, o‘sha zahoti u odam tuzalib qoldi. Chiroyli bir soch berildi unga.
«Endi sen yaxshi ko‘rgan molni ayt. Qay birini eng yaxshi ko‘rasan?»
«Sigirni», dedi.
Unga ham tug‘ay deb turgan sigir berildi. «Olloh sening uchun bu sigirni barakotli qilsin», deb duo qildida, farishta u yerdan ham qaytdi.
Nihoyat ko‘rning oldiga keldi:
«Eng ko‘p orzu etgan narsang nima?» dedi unga.
«Ko‘zlarni, — dedi ko‘r. — Qani endi Olloh menga ko‘rishni nasib etsa».
Farishta uni ham silagan edi, uning ham ko‘zlari ko‘radigan bo‘ldi.
«Eng ko‘p sevgan moling qaysi?»
«Qo‘y», dedi u.
Unga ham tug‘ay deb turgan bir qo‘y berildi. So‘ng farishta duo qilib qaytdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:58:29
Oradan yillar o‘tib, berilgan hayvonlar tug‘di, ko‘payishdi. Qilingan duoning barakotidan vodiy to‘la tuyaga, yana biri vodiy to‘la sigirga, boshqasi vodiy to‘la qo‘ylarga ega bo‘ldi. Hammalari hayotlaridan mamnun. Orzulariga erishgan. Shunda bir kuni farishta badaniga oq tushgan odamning oldiga aynan uning avvalgi holida — olabula etli inson qiyofasida keldi.
«Juda faqir odamman, musofirman, chorasiz qoldim. Manzilga yetib olishim uchun avvalo Ollohdan, qolaversa, sendan umid qilaman. Senga bunday go‘zal ko‘rkni, bunday qaddiqomatni bergan, bu qadar mol ehson qilgan Olloh haqqi, menga bir tuyangni bersang, toki manzilimga yetib olsam», dedi.
Birdan u odamning kayfiyati buzilib, xo‘mrayib qaradi:
«Mening zarur ishlarim shunchalik ko‘pki, qaysinisiga ulgurishimni bilmayman. Senga hozir yordam berolmayman», dedi bosh chayqab.
Shu so‘zlardan keyin farishta atay:
«Men seni tanigandek bo‘lyapman, — dedi. — Sen bir zamonlar odamlar jirkanadigan ola-bula tanli bir kishi emasmiding? Ustigaustak, faqir ham eding, shekilli? Olloh senga bu ne’matlarni baxsh etmasa, qaerdan olarding?»
«Yanglishyapsan, — dedi boyagi odam, — meni boshqa birovga o‘xshatyapsan, shekilli. Bu mol menga otabobomdan meros kolgan».
«Yolg‘onni yamlamay yutdingku. Omin, Olloh seni eski holingga qaytarsin», deb farishta duo qildi, haligi odam shu zahoti eski holiga kaytdi. Molu mulk bir xayoldek bo‘lib qoldi.
Farishta u yerdan chiqib, kal odamning oldiga o‘sha kalning eski qiyofasida keldi. Unga ham dardini «to‘kdi». Birinchi odamga aytganlarini unga ham aytdi. Undan ham avvalgining javoblariga o‘xshash javob oldi. Unga ham:
«Agar yolg‘on aytayotgan bo‘lsang, Olloh seni asl holingga qaytarsin», deb duo kildi, uning ham qo‘lidan ne’mat ketdi. U ham xuddi avvalgidek bir faqir odamga aylandi. Molu mulkidan asar ham qolmadi.
Farishta shunday qilib, ko‘rning oldiga ravona bo‘ldi. Uning oldiga xuddi avvalgi qiyofasida, ko‘r inson shaklida keldi.
«Men faqir bir odamman, musofirman, chorasiz qoldim. Manzilimga yetib olishim uchun yordamingga muhtojman. Ko‘zlaringning nurini qaytarib bergan Olloh haqqi, menga bir qo‘y hadya qil», dedi o‘tinib.
Bu odam unga chindanam achinib, ko‘mak berishga oshiqdi.
«Rost so‘zlaysan, chindan ham men ilgari ko‘r edim. Olloh menga ko‘zlarimni qayta ehson etdi. Olloh rizosi uchun hadya etganim bo‘lsin. Shu bilan mushkuling oson bo‘lsa, men roziman», dedi.
Shunda farishta uning yelkasiga qokdi va:
«Moling o‘zingga buyursin. Bu sizlarga Olloh taolo tarafidan bir imtihon edi. Sen Ulug‘ Mavloning rizosiga noil bo‘lding. Birodarlaring esa, g‘azabga duchor bo‘ldilar», dedi.
Rasululloh (s.a.v.) so‘zlagan bu qissada o‘zini bilgan inson uchun ko‘p ibratlar bor edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:58:41
* * *
Bir kuni bomdod namozi o‘qib bo‘lingach, Rasululloh (s.a.v.) sayyidimiz ko‘rgan tushlaridan so‘z ochib qoldilar:
— Men uyquda edim, odamlar qator qilib oldimdan o‘tkazila boshladi. Har birining egnida ko‘ylak. Ba’zilariniki ko‘ksiga ham yetmas darajada, ba’zilariniki undan ham kalta. Shu orada menga Umar ibn Xattob ko‘rsatildi. Uning ko‘ylaklari yerni supuradigan darajada uzun edi.
— Buni nimaga yo‘ydingiz, yo Rasululloh?..
— Din tuyg‘usiga yo‘ydim, — dedilar Sarvari olam. Yoshlangan ko‘zlar bu gapni eshitib o‘tirgan Hazrati
Umarni (r.a.) izlab topdi, tomosha qildi. Chunki bir vaqtlar dinning eng katta dushmani mana shu Umar edi, deyilsa, kim ham ishonardi?!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:58:55
* * *
Yana bir kuni Rasululloh (s.a.v.) ashob davrasida o‘tirgan choqlarida vahiy holatiga tushib, muborak qalblari ko‘ichilik mo‘minlar intizor kutayotgan bir ishga izn beruvchi oyatlar bilan to‘la boshladi. Ashob Qur’on oyatlarini eshitishga intiq holda qilt etmay o‘tirardi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ularni ko‘p kuttirmadilar. Uzlariga keliboq, indirilgan vahiyni ularga ma’lum qildilar:
«Hujumga uchrayotgan zotlarga mazlum bo‘lganlari sababli (jang qilish) izni berildi. Albatta, Olloh ularni g‘olib qilishga qodirdir. Ular o‘z diyorlaridan faqatgina «Bizning Parvardigorimiz (yagona) Ollohdir», deganlari uchun quvilgan zotlardir» (Haj, 39 — 40).
Rasuli zishon (s.a.v.) janobimiz bu oyatlarni o‘qiganlari zamon ko‘zlarda bir ajib nur porladi. Qalblarda qatqat yig‘ilib qolgan yuk chuqur bir nafas olish bilan tashqari otilgandek bo‘ldi. Ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan, biroq qattiq alamiztiroblarga to‘la bu yuk ko‘p yillardan beri yig‘ilib yotgan edi.
Bu yuk o‘n uch yil tosh qotib yotgan edi, endi ko‘chdi go‘yo. Lekin o‘zi bir pulga qimmat, do‘zaxga o‘tin bo‘lishdan boshqa hech bir qiymati bo‘lmagan kishilarning haqoratlariga, mazaxlariga, iskanjalariga qarshi bitmastuganmas bir sabrbardosh bilan to‘la edi, axir bir kun ko‘chishi kerak edi, endi ko‘chdi. Endi mushtga qarshi musht, qilichga qarshi qilich bilan ja*vob berish imkoni ochilgan, jang izni berilgan edi. Endi ularning barcha haqoratlari, odobsizliklariga qarshi qad rostlash, dars berish payti kelgan edi.
Ollohdan bu izn kelgach, Rasululloh (s.a.v.) mushriklarning ko‘p yillik dushmanlik harakatlariga qarshi bir tadbir sifatida Shom yo‘lini nazorat ostiga olishga qaror berdilar. Amakilari Hamzaning amriga o‘ttiz kishilik suvoriy ajratdilar. Bir oq bayroq berib, duo qildilar va yo‘lga kuzatib qo‘ydilar.
Maqsadlari Makka karvoni qaytyaptimiyo‘qmi ekanini aniqlash va ularga tahdid solish edi. Guruh faqat makkalik muhojirlardan iborat bo‘lib, ular mushriklarning jafosini xo‘b tortgan kishilar edi. Ular bu vazifani bajonudil qabul qildilar. Yana shunisi muhimki, ular hozirgacha Olloh rizosi uchun sabr etgan bo‘lsalar, endi Ollohning izni va ijozati bilan, yana Uning roziligi uchun bu vazifani bajarishga kirishdilar. Bu izn berilmaganida, ular oxirgi nafaslari qolguncha ham yana sabr qilishlari, bardoshla kutishlari mumkin edi. Ular shunday odamlar edilarki, agar shu onda izn bekor qilingani bildirilsa, sidqidil bilan bo‘ysunib, qaytishlari ham qiyin emasdi.
Ular yo‘l bo‘yi Makkada kechgan hayotlarini xotirlab, payg‘ambarimizning suxbatlarini eslab ketishdi. Ollohning kitobidan oyatlar, suralar o‘qishdi. Bu yo‘lga Ollohning rizosi uchun chiqqanlarini bir zum bo‘lsada, unutishmadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:59:08
* * *
Abu Jahl uch yuz kishi himoyasida Makkadan olib chiqqan karvonini esonomon Shom tuprog‘iga yetkazib borishga muvaffaq bo‘lgan edi. Savdosotiq qilindi, tanishlar bilan ko‘rishildi, yeyildiichildi. Shuncha yo‘l zahmatlariga yarasha qo‘lga kiritilgan foyda yomon bo‘lmagan edi. Endi faqat salomat Makkaga yetish, to‘rt ko‘zla kutayotgan yaqinlari bilan qovushishgina qoldi.
Yebichib, qaytish tadorikiga tushildi. Tuyalarni jo‘shtirish uchun she’rlar o‘qildi, hikoyalar aytildi, birinketin sharob kosalari bo‘shatildi. Hatto yo‘lga tushib ham xursandchilik to‘xtamadi. Tuyaga minib olgan Abu Jahl orasira yonidagi ko‘zadan sharob quyib ichib olar, so‘ng yo‘l zahmatini unutib, uzoqlarga cho‘zilib ketgan qum sahrosiga bepisand nazar tashlab qo‘yar edi. Ba’zan ortiga qarab, uning amri bilan harakat etayotgan karvondan shavqlanib ketar edi. Nihoyat u ko‘zada qolgan oxirgi qultum sharobni ham ichib tugatib, orqasidan kelayotgan odamni imlab chaqirdi.
— Ol buni, menga sharob to‘la ko‘za keltir.
— Xo‘p bo‘ladi, Abul Hakam.
Abu Jahl endi dam berish payti kelmadimikin, deb karvonga boqdi: haqiqatan ham changtuproqqa belangan yuzlarda bir horg‘inlik aks etar, tuyalar zo‘rg‘a qadam tashlar edi.
— To‘xtanglar!
Bu buyruqni orqadagilarga yetkazish uchun yana kimdir takrorladi. Tuyalar to‘xtab, yuklar tushirila boshladi. Endi dam olish kerak edi. Ammo...
—   Bu nimasi?! — Abu Jahl bir oz oldinroqqa uzanib boqib, hayron qoldi. Oldinda bir karvon ko‘rinardi. Tijorat karvoni desa, otliqlar tobora yaqinlashib kelayotirlar. Yuklari ham yo‘q. Qo‘li darhol qilich bandiga yopishdi. Qaroqchilarku!.. Yana ko‘zlariga ishonmay, qo‘lini peshonasiga qo‘yib qarashga majbur bo‘ldi.
—   Voy padarla’nat, bular, axir... Makka qochoqlariku? — deya shivirladi u. Buning orqasidan og‘zidan shaloq so‘zlar chiqib ketdi. O’zi hayratdan dong qotdi. Orqadan yetib kelganlar ham ularni tanib, darhol saf bo‘lib tizila boshlashdi. Mudofaaga o‘tmay iloj yo‘q. Qarshilaridan kelayotgan otliqlarning boshida hammaga tanish xoshimiy naslidan bo‘lgan odam ko‘zga tashlanar edi. Uni Hamza ibn Abdulmuttalib derdilar. Abu Jahl u musulmon bo‘lgan kun tarixini o‘zining boshida qolgan chandiqdan yaxshi eslar edi.
—   Hay, sizlar nima xohlaysizlar? — deb baqirdiu.
—   Nimani xohlashimizni bizdan yaxshiroq bilasizlar! — degan javob bo‘ldi.
Javob ochiq bo‘lmadi, ammo bundan ham ochiq javob bo‘lmasdi. Abu Jahl bu bir hovuch odam qarshisida osongina taslim bo‘lib, «Mana, tuyalar, yuklari bilan sizlarniki bo‘laqolsin, faqat o‘zimizga tegmang», deydigan odam emasdi. Qolaversa, yonida uch yuz kishilik yordamchisi bor. U beixtiyor qo‘lini qilichiga cho‘zdi.
—   Sizlarni birmabir qilichdan o‘tkazib, kallalaringni Masjidi Haramga olib borardimu, ko‘limni qonga bulg‘agim yo‘q. Yaxshisi, daf bo‘lishlaringni tavsiya etaman.
—   Biz ham xuddi shu gaplarni senga aytamiz, ey Abu Jahl! Faqat, kallalar Masjidi Haramga emas, Madinaga olib boriladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 04:59:41
So‘zlar borgan sari shiddatlanib, qilichlar qinidan chiqishiga unchalik ko‘p vaqt qolmadi hisob.
267
Musulmonlar boryo‘g‘i o‘ttiz kishi edi. Har biri o‘n kishiga qarshi jang qilishi kerak. Dushmanlarning oldida go‘yo bir hovuchday. Biroq qalblarida imon bor edi. Ichlarida yillar bo‘yi tortilgan azob, ko‘rilgan haqoratlarning intiqomi qatlanib yotardi. Ustiga ustak, mushriklar bilan jangga izn berildi, maydonni ularga tashlab ketgilari kelmasdi.
Makkaliklarchi, ular ham shuncha peshona ter bilan qo‘lga kiritgan mollarini «Olinglar, sizlarniki bo‘laqolsin», deb osonlikcha tashlab ketadiganlardan emasdilar. Hammani qo‘yib shu qochoq makkaliklardan qo‘rqadilarmi? «O’ttiz kishidan qo‘rqib, karvonni tashlab qochish uyatku! O’limku!»
Ikki taraf qilich yalang‘ochlashga shay turgan bir paytda yugurib kelayotgan bir odam ko‘rindi. «To‘xtanglar, shoshmanglar!» deb baqirar edi. To‘xtashdi. U Juhayna qabilasidan Majdiy ibn Amr edi. Uning har ikki taraf bilan shartnomasi bor edi.
— Nima gap, nima demoqchisan?
U o‘rtaga kirib, goh ularning oldiga, goh bularning oldiga chopdi. Axiyri hammani tinchlantirib, chiqishi aniq bo‘lib turgan janjalning oldini oldi. Hamza ibn Abdulmuttalibning do‘stlari Madinaga qaytishdi, Abu Jahl karvonidagilar bir oz muddat dam olganlaridan so‘ng Makkaga qarab jildi.
Majdiy musulmon emasdi, biroq sulhni va tinchlikni sevadigan, janjalni yoqtirmaydigan bir fitrat egasi edi. Rasululloh (s.a.v.) bo‘lgan voqeani eshitib, xolis insoniylik qilgan Majdiyni taqdirladilar.
Makkaliklarning kayfiyati buzilgan edi. Ular o‘z boshlariga o‘zlari balo sotib olganlarini anglab qoldilar.
—   Qo‘limizda imkon bo‘laturib, ta’zirlarini berib qo‘ymadik. Endi boshimizga balo bo‘lishlari tabiiydir!
—   Bugungacha qon qustirganingiz odamlarning endi kelib sizlarga himoyachi bo‘lishlarini kutganmidingizlar?— deganlar bo‘ldi.
—   Muhammad va do‘stlarining ketganiga ikki yil bo‘lyapti. Ishqilib ular bir ish chiqarmasinlar deb duo qilaylik, — deyishdi boshqalari.
Xiyla vaqt kasal bo‘lgan Valid ibn Mug‘iyra ziyoratiga Abu Jahl kelganini eshitib, sevindi.
— Demak, safardan qaytibdida? — deb pichirladi.
Chindan xursand qiladigan xabar edi bu. Chunki haf
talab yurib boriladigan Shomdek bir mamlakatga karvonni olib borish, qaroqchilarning bosqinidan esonomon qaytish oson ish emasdi.
— Kasaling boshingdan arib, tezroq shifo top, amakijon.
—   Sog‘ bo‘l, ey Abul Hakam.
—   Qalaysan?
— Yomon emas, kundankunga tuzalib boryapman. O’zing yaxshi qaytdingmi?
Abu Jahl Shomdagi savdosotig‘i yaxshi bo‘lganidan gapirib, qaytishdagi ko‘ngilni xira qilgan voqeadan so‘z ochdi:
— Nima bo‘ldi, tinchlikmi?
— Abdulmuttalibning o‘g‘li Hamza o‘ttiz kishi bilan yo‘limizni to‘sib chiqdi.
Valid titrab ketdi:
— Abdulmuttalibning o‘g‘liya?
— Ha, ammo tezda daf etdik. Ketmasa, hammasini u dunyoga jo‘natib, kallalarini olib kelgan bo‘lardik.
— Hamza mard odam...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:00:06
—   Mardlikka mard, ammo biz bittaga o‘nta edik. Lot haqqi, hammasini sixdan o‘tkazardik.
—   Ammo bu voqea yaxshilik belgisi emas. Shom yo‘li endi tahlikali bo‘lib qolibdi. Bu gal o‘ttiz kishi bilan chiqqan bo‘lsa, endigi safar yuz o‘ttiz kishi bilan chiqmaydi deb kim aytadi?
— Qo‘rqma, amakijonim, ularga osonlikcha taslim bo‘ladigan odam yo‘q!
Valid xo‘rsindi.
—   Men dunyodan ayrilishimga emas, Ibn Abu Kabshaning ta’zirini berolmaganimga achinaman. Ishqilib, dunyodan ko‘zim ochiq ketmasa edi.
—   Xafa bo‘lma, amakijonim, — dedi Abu Jahl, — bu ishni o‘zim oxiriga yetkazaman. Amin bo‘laver!
Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) sayyidimiz: «Mening masjidimda o‘qilgan bir namoz, boshqa masjidlarda o‘qilgan ming namozdan afzaldir. Faqat Masjidi Haram bu hukmdan mustasnodir», deb marhamat qildilar. Buni eshitgan Salama o‘g‘illari uylarini tark etib, masjidga joylashish taraddudiga tushib qolishdi. Shunday qilsalar, masjidga yaqin bo‘lib, namozlarini bemalol o‘qishar, hammasidan ham Nabiyyi akramga (s.a.v.) qo‘shni bo‘lib qolishar edi.
Sultoni anbiyo hazratlari sakkizo‘n oilalik bir guruhning bunday bir orzuga berilganini eshitib, ularni chaqirdilar:
— Ey Salama o‘g‘illari, siz masjidga kelishda tashlagan kadamlaringizni hisobga olmabsizku!
Salama o‘g‘illariga shu tanbehning o‘zi kifoya qildi. Zotan, ular buni xolis Olloh rizosi uchun qilib, go‘shalarini tark etishmoqchi edi. Masjidi Nabaviyning yonida va ulug‘ sayyidimizga yaqin bo‘lishni istashgan edi.
Ammo payg‘ambarimiz ular joylarida qolishlarini istadilar. Istadilarki, ma’naviy birdamlik masofaning uzoqyaqinligida emas, balki sidqidil yaqin bo‘lishdadir.
Salama o‘g‘illari o‘z yurtlarida qolishdi. Ammo bahonada Rasulullohning (s.a.v.) ma’naviy qo‘shnilariga aylanib va masjidga qarab tashlagan qadamlarining har biri uchun bittadan qusurlari afv etilishi va har bir qadam uchun bir daraja savob olishlarini bilib olishgan edi. Bu odimlar o‘zlarini Olloh roziligiga yana bir odim yaqinlashtirishini bilib olishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:00:18
* * *
Rasululloh (s.a.v.) kechalari faqat o‘zlarigagina farz bo‘lgan tahajjud namoziga uyg‘onar, Parvardigorlari devonida turar, uzunuzun suralar o‘qib, Mavlo huzurida turishning quvonchi va lazzatini his etar edilar. Bir paytlar me’roj ila sharaflantirgan Zot bilan yolg‘iz qolish saodatini, sevinchini tuyar edilar. Namozlarining har oni ayricha bir qiymatga ega edi, ammo Janobi Payg‘ambarimiz eng buyuk zavqni boshlarini sajdaga qo‘yganda tuyardilar. «Insonning Parvardigoriga eng yaqin holati», deb tushuntirar edilar bu onni. Ba’zan sajdada uzoq kolib, «Ollohim, gunohlarimni o‘zing kechir... Kattayu kichigini, avvalgisiyu keyingisini, oshkorasiyu maxfiyini... hammasini kechir, Rabbim», deb duo qilardilar.
Hazrati Oyisha (r.a.) yotgan bo‘lsalar, Rasululloh
sajda qilayotganlarida qo‘llari bilan yengil turtib qo‘yardilar, Oyisha onamiz oyoqlarini yig‘ib, payg‘ambarimiz boshlarini sajdadan ko‘targanlarida yana takror uzatardilar. Uyni yoritadigan chiroq yoxud sham ham yo‘q edi.
Ammo bu uylar Olloh rasulining nafaslari bilan xushbo‘ylanar, ibodatlarining, duolarining, niyozlarining nuri ila oydinlanar edi.
Payg‘ambarimiz nega boshqa bir xonada o‘qimaydilar namozlarini? Yoki Hazrati Oyisha nega boshqa xonada uxlamaydilar? Chunki uyning oshxonasiyu yotoqxonasiyu mehmonxonasi... bari birgina shu xonadan iborat edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:00:51
* * *
Makka...
Rasululloh (s.a.v.) Makkani tark etganlariga bir yarim yilcha bo‘lib qolgan, ammo hali u yerda hijrat qila olmagan, mushriklar tazyiqidan qutula olmaganlar bor edi.
Utba ibn G’azvon bir kecha uyida yolg‘iz o‘zi xufton namozini o‘qidi. Tashqariga eshitilmaydigan darajada past ovoz bilan Qur’on tilovat qila boshladi. Ichidan boshqacha bir g‘ariblik bosib kelardi. Unga hidoyat yo‘lini ko‘rsatgan, abadiy saodat kalitini bergan payg‘ambarimiz (s.a.v.) allaqachon Makkani tark etib ketganlar, birodarlari ham sekinasta ko‘chib, u yoqni vatan tutishdi. Kim biladi, u yerda qanday huzur ichida zkanlar? Hozirgacha Qur’ondan yana bir necha oyat va suralar kelgan bo‘lishi kerak, holbuki, Utbaning ulardan hech xabari yo‘q. Boz ustiga, qachon kelishi noma’lum o‘lim yoqasiga yopishsa, «To‘xtab tur, men hali Rasululloh oldilarga bormoqchiman», deya olmaydiku?
Ko‘zlaridan oqqan yosh ila shu o‘ylarga borib, Utba axiyri qo‘lini duoga ochdi:
— Ey Rabbim, o‘z yurtimda g‘arib bo‘lib qoldimku. Sevikli payg‘ambaringga loyiq ko‘rgan Yasribingda menga ham bir qarichgina yering yo‘qmi? Men qulingni bu kufr yurtiga tashlab qo‘yma, Ollohim.
Ertakech aziz ko‘rgan insoniga yetishish umidini uzmadi, lekin hozircha yo‘li ham ochilmadi.
Qo‘llarini samoga, ko‘nglini Mavloga ochgan Utba duoda qancha qolganini o‘zi bilmasdi. Faqat ko‘zqovoqlari og‘irlashganini his etgach, turdi, yotog‘iga uzandi.
Bir payt eshigi taqillaganday bo‘ldi.
Utba buni uyqu aralash eshitayotgan edi. Balki tushidadir? Yo‘q, keyin yana aniqroq eshitildi. Utba tush ko‘rmayotganini anglab, sakrab turdi. Eshikka yaqin borib so‘radi:
271
—   Kim u?
—   Men, Miqdod ibn Amr... Kuttirmasdan ochdi.
— Tinchlikmi, Miqdod, muncha yarim kechada kelmasang?
— Jimm, — deb pichirladi kelgan odam.
Ichkari kirishdi. Miqdod vaqtni o‘tkazmay, maqsadga ko‘chdi:
— Bir qarorga keldim: uch kundan so‘ng yo‘lga chiqaman.
—   Nima haqida gapiryapsan, ey Miqdod, tushunmadim?
—   Ko‘riqchi bo‘lib yozildim. Shomga karvon ketayotir. Uch kundan keyin jo‘naymiz. Ular bilan boraturib, bir fursat topamanu «Qaydasan, Yasrib», deb qochaman. Boshqachasiga 6u yerdan ketib bo‘lmaydi, tushunding?
Utbaning sevinchi ichiga sig‘may, g‘alati bo‘lib ketdi.
—   Gaplaring jiddiymi, Miqdod?
—   Jiddiy bo‘lmasa, shunaqa vaqtda kelarmidim.
— Men ham sen bilan birgaman, Miqdod. Bu safarda birga bo‘lamiz.
— Oldingga shuning uchun keldimda.
Mikdodni kim yo‘lladi bu yoqqa? Yo duolari ijobat bo‘layotirmi?..
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:01:09
* * *
Rasululloh (s.a.v.) karvon Shom safariga chiqqanini eshitishlari bilanoq katta amakilari Horisning o‘g‘li Ubaydaga oq bayroq berib, amriga oltmish kishilik bir muhojir guruh ajratdilarda, qarshi olishga jo‘natdilar.
Ahya suviga yetganda, u yerda turgan karvonga ro‘para kelib, to‘xtashdi. Karvon ahli ularga begona emasdi. Ular ham Madinadan kelganlarni tanishdi. Darhol asablari taranglashib, vajohatlari o‘zgardi.
Lekin taraflarning bir-biriga hujum qiladigan niyati yo‘q edi. Zotan, Rasululloh (s.a.v.) ham ularga jang qilishni buyurmagan edilar.
Shu payt karvondan ikki kishi ajrab chiqib, uchib kela boshladi. Bor kuchi bilan musulmonlar tomon yugurar edilar.
—   Qaranglar, qochishdi... — dedi kimdir.
—   Tuting, ushlang ularni, — deb baqirishdi. Ammo quvlash endi foydasiz edi. Ikki o‘rtada to‘qna
shuv chiqishiga sabab bo‘lsa bo‘lardiki, ularni tutib bo‘lmasdi.
Miqdod bilan do‘sti Utba nihoyat musulmonlarga qovushib, ko‘zlarida sevinch yoshlari yiltiradi. Necha oydan buyon Makkadan xabar ololmagan muhojirlar esa, do‘stlarini qaytaqayta bag‘rilariga bosishardi. Go‘yo karvon bu ikki do‘stni qardoshlariga topshirish uchun yo‘lga chiqqan va bu marosim Ahya suvi bo‘yida ado etilayotganday edi.
— Ko‘rasan, ey Miqdod, sen bilan hisoblashamiz hali! — deb baqirishardi u yoqdan.
Ammo Mikdod endi hur edi.
— Hisob-kitob bo‘lishi muhaqqaq, qilgan ishlaringizning jazosini olasizlar, o‘shanda pushaymon bo‘lasizlar! — deb javob qiddi.
Mikdod bilan Utba Rasulullohga (s.a.v.) ko‘zyoshlar ichida qovushishdi. Shuncha vaqt keyin bo‘lsa ham yana topishishgan, yana u zotning ruhlarga hayot baxsh etguvchi suhbatlariga musharraf bo‘lishgan edi.
Miqdod va do‘stlari masjid yonidagi faqir musulmonlar turadigan supada mehmon qilindilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:01:55
* * *
Bu orada mushriklardan Kurz ibn Jobir ismli bir kishi Madinadan uch mil masofadagi o‘tloqlarga yashirincha kelib, u yerda o‘tlab yurgan tuyalar va sigirlarni oldiga solganicha, Makkaga haydab keta boshladi. Bu hodisa madinaliklarni ochikdanochiq maydonga chorlash edi. «Sizlar uyqudasizlar, o‘z mollaringizga ham egalik qila olmaysizlar«, deyish bilan barobar edi.
Payg‘ambarimiz oq bayroqlarini Hazrati Aliga berdilar. Asrandi farzandlari Zaydni Madinada voliy etib qoldirdilarda, Kurzni ta’qib etib, yo‘lga chiqdilar.
Kurz ham shunday bir natija chiqishini, musulmonlar: «Bir nechta tuyami? Ketsa ketibdida», demasliklarini, ta’qib etmay qo‘ymasliklarini juda yaxshi bilardi. Shu sababli xabar Madinaga yetib borguncha, kechakunduz yo‘l yurib, ancha masofaga yetib olgan edi.
Badr mavzeiga kelguncha qilingan ta’qib natijasiz chiqqach, Kurz bilan hisob-kitob keyinga qoldirilib, orqaga qaytildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:02:57
* * *
Qurayshliklar tirikchiliklarini ta’minlash uchun ketmaket karvon jo‘natishga majbur edi. Musulmonlar esa, bu karvon yo‘llarini nazoratlariga olib, qurayshliklarni qiyin ahvolga solishga va mag‘lub etishga g‘ayrat qilishar edi. Bu havfdan osonlikcha qutula olmasliklarini anglasalar, bas edi. Rasululloh (s.a.v.) goho shaxsan o‘zlari bu guruhlar bilan birga yo‘lga chiqar edilar. Shunday vaqtlari ba’zan Sa’d ibn Ubodani, ba’zan Sa’d ibn Muozni Madinaga vakil qilib qoldirardilar. Amr ibn Ummu Maktumni ham vakil qilgan paytlari bo‘ldi.
Bu vakil tayinlashda ba’zan Hazraj qabilasidan, ba’zan Avs qabilasi kattalaridan tanlashlari, ba’zan esa, bu ishni muhojirlardan biriga yuklashlari bejiz emasdi. Bu bilan u zot Madina musulmonlarining har biriga alohida e’tibor berayotganlarini va har birining ko‘nglini olish yo‘lini tutayotganlarini ko‘rsatardi.
Nabiyyi akram (s.a.v.) Madinadan Quraysh karvonlarini ta’qib etib chiqqan kezlarida biror marta ham ularga duch kelmadilar. Shunga qaramay, bu safarlarda ba’zi qabilalar bilan bir-birlariga zarar bermaslik haqida yoxud tajovuz paytida hujum qilganlarga yordam ko‘rsatmaslikka doir shartnomalar tuzildi. Shunday qilib, avval Madina atrofidagi qabilalardan kelishi mumkin bo‘lgan zararning oldi olindi. Chunki kurayshliklar Madinaga hujum qilganlari taqdirda ham endi bu atrofdagi mushriklardan yordam olisholmaydi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:03:24
* * *
Hijratga ham o‘n yetti oy bo‘layotgan edi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) janoblari Abdulloh ibn Jahsh qo‘mondonligi ostida sakkizo‘n kishilik bir guruh hozirladilarda, qaerga borishlari va nima qilishlarini aytmadilar. Abdullohni chaqirib, qo‘liga bir maktub tutqazdilar:
— Do‘stlaring bilan ikki kun yo‘l yurgach, bu maktubni ochasan, buyrug‘imga ko‘ra harakat qilasan. Do‘stlaringdan hech birini bu amrimning ijrosiga majburlama, — dedilar.
Abdulloh birodarlarini olib, yo‘lga chikdi. Nima maqsadda ketishayotganini hech kim bilmasdi. Biroq ko‘ngillarida Rasululloh (s.a.v.) amrlari bilan ketilayotganini
bilishar, shu holning huzurini tuyib borishar edi. Modomiki u zotning amrlari bilan ketilayotgan ekan, ko‘ngillarda ham u kishining xotiralari bo‘lishi lozim. Safarda go‘yo u zot ham borday safar bo‘lishi, borliklari his etilishi, yurganda ham, to‘xtaganda ham birga yurishlari, birga to‘xtashlari lozim edi. Xuddi shunday qilindi ham. Ortda qolgan xotiralar yodga olindi, butga topinadigan mushrik holidan har bir qadamini Olloh rizoligi uchun tashlaydigan, har odimida Imomul anbiyo (s.a.v.) bilan birga bo‘lish orzuila yashaydigan kishilar holatiga olib kelgan Aziz Do‘stning go‘zal so‘zlari zikr qilindi. U zot Olloh taolodan olgan va insonlarga yetkazgan Qur’on oyatlari suhbatlarga vasila bo‘ldi.
Ikki kunlik safar ana shunday o‘tdi. Yo‘l davomida xurjundan bittaikkita xurmo yeb qorinlar to‘ydirildi, meshlardagi ilib qolgan suvlar ichildi. Vujudlar charchadi, ammo ko‘ngillar Ko‘ngil Sultonini eslashlar bilan tin oldirildi. Xuddi tashlagan har odimlarila Rasulullohga (s.a.v.) yanada bir oz yaqinlashishar, borliqlarini ichlarida yanada kuchli bir tuyg‘u bilan his qilishar edi.
Bir gal dam berilganida Abdulloh maktubni chiqardi. Oldin o‘zi o‘qidi. «Amringiz bosh ustiga, yo Rasululloh!» dedida, birodarlari eshitadigan tarzda takrorladi:
«Bu maktubni o‘qigach, Makka bilan Toif orasida joylashgan Naxla mavqeiga bor. U yerda Qurayshni kuzat, ma’lumot olda, bizga xabar keltir».
Keyin payg‘ambarning safar oldidan aytganlarini ma’lum qildi:
— Hech biringizni bu buyruqni bajarishga zo‘rlamasligim haqida payg‘ambarimizdan amr olganman. Kim Madinaga qaytmoqchi bo‘lsa, qaytsin. Bu qaytish aslo ayblanmaydi, ma’zur ko‘riladi.
Ammo hech kimdan sado chiqmadi.
— Sen nima deysan, ey Abu Huzayfa?!
Abu Huzayfa «Bu savoling qanaqasi...» degandek qaradi. Birikki soniya shunday qarab turdi. So‘ng ko‘zlari aytib turgan ma’nolarni tiliga ko‘chirdi:
— Biz nima deyishimizni ilgari aytib qo‘yganmiz, ey Abdulloh. Yurtimizni, oilao‘chog‘imizni, otalarimiz to‘plagan mo‘l sarvatni hammasini Rasulullohga bog‘lanishga qilgan ahd ila tark etganmiz. Endi biz uchun bu yo‘ldan qaytish yo‘q, — dedi u.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:03:56
Abu Huzayfa mashhur Utba ibn Robianing o‘g‘li edi, musulmon bo‘lgach, katta bir sarvatdan ayrilganiga hech shubha yo‘q.
Abdulloh ketmaket boshqa birodarlari — Ukkosha ibn Mihsanga, Sa’d ibn Abu Vaqqosga, Utba ibn G’azvonga, Vohid ibn Abdullohga, Xolid ibn Bukayrga, Suxayl ibn Bayzoga, Amr ibn Robiaga qarab chiqdi.
Ular bosh silkib, yengil ishoratlar berishdi: «Abu Huzayfa aytgan qarorda qat’iymiz, qaytish yo‘q». Tez bir qarorga kelishdi: endi bu yerda turishning foydasi yo‘q. «Kaydasan, Naxla?» deb yo‘lga chiqishdi.
Yo‘lda Sa’d bilan Utba navbatmanavbat minib borayotgan tuya qochib, ish o‘zgardi. Ikki oshna tuyani quvalab ketdi. Ancha kutishdi, hech darak bo‘lavermagach, Abdulloh yurishga izn berdi.
Naxlaga yetib kelishdi. Ko‘p o‘tmay Toif tarafdan kichik bir karvon kelib, u ham to‘xtadi.
Tarix hijratning ikkinchi yili, jumadul oxir oyining so‘nggi kuni edi.
Mo‘minlardan Ukkosha ibn Mihsanning sochi olingan edi. Karvondagilar buni ko‘rib, «Bu odamlar umraga kelayotgan bo‘lishsa kerak», deb uncha tashvishga tushishmadi. Oqshom bo‘lay deb qolgan. Ertaga rajab oyi boshlanib, har turli janjal, hujumlar to‘xtatiladigan — «harom qilingan oylar» hukmi kuchga kirardi. Ammo bugun jumadul oxirning so‘nggi kunimi, rajab oyining boshimi ekanini musulmonlar aniq bilisholmadi. Shu bois karvonga hujum qilishqilmaslik xususida bir qarorga kelolmadilar. Ammo Vohid ibn Abdulloh: «Ortiqcha taraddud yaxshi emas», dediyu bir o‘q uzib qo‘ydi. Qarshi tarafdan bir odam yerga yiqildi.
O’lgan Amr ibn Hadramiy ekan.
Endi o‘q yoydan chiqqan, qaytish ilojsiz edi. O’lganni ham tiriltirib bo‘lmas.
Qilichlar qinidan chiqarildi, hujumga tashlanishdi. Karvon ahli qochishdan bo‘lak choralari yo‘qligini ko‘rib, hamma narsalarini tashlab, Makka tarafga surib yubordilar. Ammo bungacha oralaridan Usmon ibn Abdulloh va Hakam ibn Kayson tutilib asir olindi.
Bu voqea Makkada katta shovshuvga sabab bo‘ldi, chindan ham yuraklariga bir qo‘rquv tushdi. Endi Shom yo‘li ular uchun bir xayolga aylanib qolgan, Qurayshning ikki jon tomiridan biri kesilgan edi.
Ayniqsa, o‘lgan Amrning ukasi Amir nihoyatda g‘azab
landi, musulmonlardan birini o‘ldirib, bosh chanog‘ida sharob ichishga qasamlar ichdi. Har yoqda gap mavzui Amrning qon haqqi haqida, intiqom haqida edi. Bu qonning hisobi albatta so‘raladi, uning alami yerda qolmaydi.
—   Harom oyda hujum iznini Muhammad kimdan oldi? Da’vat qilayotgan yo‘lining to‘g‘ri emasligiga bundan ortiq dalil bormi? — dedi ba’zilar.
—   Xabar jo‘natib, asirlarimizni so‘raylik. Harom oyda qilgan hujumlarining hisobini so‘raylik, — derdi boshqalari.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:04:05
*   * *
Karvon musulmonlarning qo‘liga o‘tgan edi.
Quyosh botdi hamki, ufqda ingichka bo‘lib yangi oy yuz ko‘rsatdi. Demak, shu oqshomdan Rajab oyi kirayotgan edi. Abdulloh ibn Jahsh:
— Ey birodarlar, — dedi, — ko‘rib turibsizlar, karvon biznikidir. Lekin buning beshdan birini Rasululloh uchun ayirib, qolgan qismini bo‘lishamiz.
Hech kim e’tiroz qilmadi. Taqsim tugadi. Abdulloh asirlardan Hakam ibn Kaysonni o‘ldirmoqchi edi, birodarlari unashmadi. «Rasulullohga olib boramiz, ul zot hal qilsinlar», deyishdi.
Ammo Madinada Rasululloh (s.a.v.) voqea tafsilotini eshitib, xafa bo‘ldilar: «Men sizlarga harom oyda janjal chiqaringlar demagan edim», dedilar. Ayirilgan ulushni qabul qilmaganlarida bular butkul sarosimaga tushib qolishdi. Buning ustiga, Madinada qolgan birodarlari ham bu ishdan ranjishgan, «Sizlarga buyurilmagan ishni qilibsizlar», deb malomat qilishar edi.
Lekin bu noxush voqealardan eng ko‘p yahudiylar quvonishdi. «Ana, boshlariga o‘zlari balo sotib olishdi, endi jang bo‘lishi aniq», deyishardi. Quraysh bu ishni shunday tashlab qo‘ymasligi, qon da’vosi qilib chiqishi haqida vaysashar edi. Ularning fikricha, musulmonlar endi og‘ir bir mag‘lubiyatga uchrashlari aniq. Qolgani oson, ularni o‘rtadan ko‘tarish yahudiylarga qiyin emas.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:04:15
*   * *
Rasululloh (s.a.v.) asirlarni Islomni qabul etishga da’vat qilib ko‘rdilar. Hakam Rasulullohning (s.a.v.) bu takliflarini behayo so‘zlar bilan qarshi oldi. U umri poyoniga yetganini sezib tili yechilgan bir insonga o‘xshardi.
277
Og‘zidan chiqayotgan behayo so‘zlar Hazrati Umarni qizdirdi:
— Ruxsat eting, ey Ollohning rasuli, buning bo‘ynini uzib tashlay! — dedi u.
Ammo Janobimiz izn bermadilar. Usmon ham taklifni qabul etmadi, musulmon bo‘lmadi.

* * *
Makkaliklar kelishdi. Kishi boshiga bir ming olti yuz dirhamdan fidya to‘lab, asirlarni olib ketmoqchi bo‘lishdi. Lekin Rasululloh (s.a.v.) bu taklifni qabul etmadilar:
— Makkada kolgan ikki birodarimiz bor. Qaerda ekanlarini bilmaymiz. O’shalar salomat qaytishsa, fidyalaringizni olib, do‘stlaringizni ozod qilamiz. Agar bizning u ikki odamimizni qo‘lga tushirib, o‘ldirgan bo‘lsalaring, biz ham asirlarni o‘ldiramiz, — dedilar.
— Xo‘p, mayli, ammo harom qilingan oyda odam o‘ldi rilganiga nima deysan, ey Muhammad?!. Sen bu harakating bilan haromni halol hisoblamadingmi? Shumi insonlarni yaxshilikka chaqirayotganing? — deyishdi ular.
Shunda Abdulloh ibn Jahsh va uning do‘stlari o‘sha oqshom Rajabning hilolini ko‘rganlarini aytib, to‘qnashuv harom oyda kechmaganiga shohidlik berishdi. Xuddi shu asnoda Nabiiyyi akram (s.a.v.) vahiy holatiga tushib, jim qoldilar va oradan bir muddat o‘tib Rabbul Olamindan kelgan oyatlar donadona qilib o‘qildi:
«Sizdan harom oy (urush harom bo‘lgan oyda jang qilish) haqida so‘radilar. Ayting: «U oyda jang qilish katta gunohdir. Ollohning yo‘lidan to‘sish, Unga ishonmaslik va Masjidul Haramdan (ya’ni, Makkadan) to‘sish va undan ahllarini quvib chiqarish Olloh nazdida ulug‘roq gunohdir. Fitna (aldash) o‘ldirishdanda kattaroq gunohdir. Ular (kofirlar) qo‘llaridan kelsa, to diningizdan qaytargunlaricha sizlar bilan urushaveradilar. Sizlardan kim o‘z dinidan qaytib, dinsiz holda o‘lsa, unday kimsalarning qilgan amallari dunyoyu oxiratda behuda ketur. Ular do‘zax egalaridir va unda abadiy qolajaklar». (Bakara, 217.)
Ularga ana shunday javob berildi. O’zlarini doimo aybsiz, istagan narsalarini qilishda hur, qilgan har ishlarini to‘g‘ri va xayrli sanab yurgan, aybni doimo boshqalardan qidiradigan Qurayshga: «To‘xtang, oldin o‘zingizning qilganlaringiz to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi bilib oling!» deyilgandek bo‘ldi go‘yo.
«Rabbim Ollohdir», deyishdan boshqa «gunohi» bo‘lmagan kishilarni turlituman qiynoqlarga solgan qurayshiylar bu ishni go‘yo eng tabiiy haqlari deb bilar edi. Yillab musulmonlarni iskanja ostida kiynar ekanlar, endi hech kutilmaganda harom oylar masalasi birdan ahamiyat kasb etib qopti. Sumayyaning qoni to‘kilar ekan, Yosirning qoni oqizilar ekan, Bilolning ustiga og‘ir toshlar qo‘yib, azoblanar ekan, Habbobning badani qizigan temirlar bilan kuydirilar ekan, qo‘loyoklari bog‘liq insonlar ochnahor qoldirilib, tutunlar ichida bo‘g‘ilishga mahkum etilar ekan, bo‘g‘ilguncha boshi suvga tiqib turilganlar iztirob chekar ekanlar, hech so‘z yuritilmagan, hech esga kelmagan harom oylar endi eslariga kelib qolibdi?! O’ldirilganlar ichida qoni qizil bo‘lgan faqatgina Amr ibn
Hadramiy ekanmi?!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:04:27
*   * *
Bu oyatlar kelgach, Rasululloh (s.a.v.) o‘zlari uchun ajratilgan beshdan bir ulushni oldilar. Lozim bo‘lgan joylarga ulashib, tarqatdilar va shu bilan Abdulloh ibn Jahsh hamda do‘stlari «Xato qilibmizda» deb ichini kemirayotgan g‘ashligu xavotirlar barham topdi.
Bir necha kundan so‘ngra qochgan tuyaning orqasidan ketgan Sa’d ibn Abu Vaqqos bilan do‘sti Utba Madinaga yetib kelishdi. Buni ko‘rib Rasulullohning (s.a.v.) yuzlariga tabassum yoyildi.
Endi asirlarni qaytarib berishga mone’ bo‘ladigan narsa qolmagan edi. Ular ozod qilingach, payg‘ambarimiz yana bir bor Islom dinini taklif etdilar. Bu safar ham Usmon rad etdi, biroq Hakam:
— Nima u Islom deyayotganing?.. — deb so‘radi.
Payg‘ambarimiz unga tushuntirgan edilar, o‘sha zahoti kalima keltirib, musulmon bo‘ldi. Shunday qilib, ikkinchi marta yoqasini qilichdan qutqarib, nihoyat Islom dinini tanlash bilan saodat tojini kiydi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:04:37
*   * *
Mikdod ibn Asvad do‘sti Utba bilan birga masjidning yonidagi Supa nomi berilgan joyda tunab qolardi. Rasululloh (s.a.v.) ularga uchta echkini ko‘rsatib, «Bularni sog‘ib, birgabirga ichamiz», degan edilar.
Miqdod birodari bilan sutni sog‘ib ichishardida, Rasulullohga (s.a.v.) tegishlisini olib qo‘yishar edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) kechalari kelib, uyg‘oqlarning o‘zigina eshitadigan qilib salom berar va sutlarini ichib ketar edilar.
Bir oqshom Miqdod anchagina och qoldi. O’zining ulushiga qoniqmay, yana ichgisi keldi. Ammo payg‘ambarimizga ajratilgan sutni ichib qo‘ysa, ayb bo‘lmasmikin? Keyin nima deydi? «Sizni emas, o‘zimni o‘yladim, ey Ollohning rasuli», deydimi?
Lekin ochlik uni har ko‘ylarga solib, yana o‘ylar edi: «Payg‘ambarimiz ansor do‘stlarining oldiga ketdilar, qorinlarini to‘yg‘azib kelsalar, ehtimol bu kecha sut ichmaslar?»
Shu xayol bilan payg‘ambarimiz uchun ajratilgan sutni oldida, oxirgi tomchisigacha ichib qo‘ydi. Ichdiyu, ko‘nglini yana g‘ashlik o‘rab kelib, tashvish bosdi. Ichichidan qalbini yoqibyondiradigan bir ovoz eshitilardi go‘yo:
«Nima qilib qo‘yding, ey Miqdod? Payg‘ambarga tegishli narsani ichib qo‘ydinga?! Kelib sutni topa olmasalar, nima degan odam bo‘lding?! Makkadan 6u yerga ul zotning haqqini yemoq uchun kelgan ekansanda?»
Shunga o‘xshash hayqiriklar ichini kuydirib, o‘tda qovurdi. Ustida bir yopinchig‘i bor edi. Yotganida boshiga tortsa, oyoqlari, oyoqlarini berkitsa, boshi ochilib qoladigan. Shunga o‘ranib oldi.
Ammo qani endi uxlay olsa! Do‘stlari xurrak ota boshlaganlari holda, u hali ham uyg‘oq edi. Uxlab qolishiga umidi ham yo‘q edi. Bu orada Rasululloh (s.a.v.) keldilar. Past ovozda salom berdilar. Salomni faqat Miqdodning o‘zi eshitdi. U miq etmay yotibdi.
Sarvari olam masjidga kirib, ikki rakat namoz o‘qidilar. Bu namoz ichini it tirmalayotgan Miqdodning nazarida juda ham uzoq davom etdi. Ana, turdilar, ana, masjiddan chiqyaptilar... Miqdod vijdoni qiynalib, peshonasini ter bosdi.
Rasululloh (s.a.v.) sut idishni bo‘sh ko‘rganlari zamon Miqdodning ichida qo‘pgan bo‘ron sirtiga chikdi. Bu orada Muhtaram Sayyidimiz boshlarini samoga ko‘tardilar:
— Ollohim, meni to‘yg‘azganni sen to‘ydir, mening chanqog‘imni ketkazganning chanqog‘ini sen qondir, — dedilar.
Birdan Miqdod xotirjam torta boshladi... «Bir ichishlik sut uchun Rasululloh duoibad qiladilar deb o‘ylab katta xato qilib qo‘yganingni bilasanmi?» deya o‘zini o‘zi malomat qila boshladi. Darhol pichoqni qo‘lga olib, echkilarning oldiga bordi. Birini so‘yib, Rasulullohga in’om etmoqchi bo‘ldi. Biroq uchalasining ham bo‘g‘oz ekanini eslab, bu fikridan qaytdi. Echkilarni yana bir sog‘ib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Uchalasidan bir ichishlik sut chiqdi. Qaytib Rasululloh hazratlarining oldilariga keldi.
—   O’zlaring ichdilaringmi? — deb so‘radilar ul zot.
—   Ha, ey Ollohning rasuli, faqat siz qoldingiz. Marhamat, siz ham iching!.. — dedi Miqdod.
Payg‘ambarimiz sutni ichdilar. «Ollohim, bu ichgan sutimizni yanada barakali qil, bizga bu ne’matingni orttir», deb duo qildilarda, qolganini Miqdodga berdilar.
— Yana bir oz ichsangiz bo‘lardi, yo Rasululloh! Rasuli akram (s.a.v.) yana bir oz ichdilar, so‘ng unga uzatdilar. Miqdod qolganini ichdi, ancha xotirjam tortib, avvalgi holatini ko‘z o‘ngiga keltirdi va birdan uni kulgi tutdi. O’zini bosa olmay kula boshladi.
— Mikdod, sening bir ayyorliging bor!.. — dedilar Rasululloh.
Mikdod bo‘lgan voqeani gapirib berdi. Payg‘ambarimiz kulimsiradilar.
—   Bu Ollohning bir rahmati va ikromidan bo‘lak narsa emas, ey Mikdod, — dedilar ul zot. — Oldinroq aytganingda, birodarlarimizni ham uyg‘otar edim, ular ham ichishardi...
—   Ey Ollohning payg‘ambari, siz ichdingiz, men ichdim, endi kim ichsa ichsin, ishim bo‘lmaydi, — dedi Miqdod.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:04:46
* * *
Makka...
Boshlariga balo bo‘lgan bu madinaliklarga qarshi bir chora izlashar, ularning ta’Zirini berib qo‘yishning zo‘r bir yo‘lini topish haqida bosh qotirishar edi. Ishni shunday tashlab qo‘yib bo‘lmaydi, chunki kechayotgan har kun ularning foydasiga kechayotgan, ular tobora kuch to‘plab olishayotgan edi. Nima qilish kerak? Qurayshiylarning asosiy mavzui shu bo‘lib qoldi.
281
O’rtaga katta bir sarmoya qo‘yishni, undan tushadigan foyda hisobidan qo‘shin to‘plash va madinaliklarning ustiga qo‘qqisdan hujum qilishni ham rejalashtirishdi. Ammo oqibati nima bo‘ladi, buni o‘ylab ko‘rishmasdi.
Axiyri ana shunday sherikchilik bilan bir karvon hozirlandi. Unga katta ulush qo‘shganlardan bittasi Abu Uxayha edi.
Karvon raisligiga ustamonlikda shuhrat topgan Abu Sufyon tayinlanib, Amr ibn Os va jasur bir pahlavon bo‘lgan Mahrama ibn Navfal unga yordamchi bo‘lib yo‘lga chiqishdi. Qo‘riqchilikka va boshqa xizmatlarga yana juda ko‘pgina odamlar jalb etildi. Ming tuyadan iborat va sarmoyasi ellik ming dinor keladigan bu karvon tongda Makkadan chiqib, Shomga qarab yo‘l oldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:05:01
IKKI QIBLALI MASJID

Madina...
Barzo ibn Ma’rurning xotini hech kutilmaganda uyiga Rasululloh (s.a.v.) kelishlarini eshitib qoldiyu g‘alati bo‘lib ketdi. Eri o‘lganidan beri dilini toshdek ezib turgan g‘amtashvishlar ham allaqayoqqa tarqab, yuragi teztez ura boshladi. So‘ng quloqlari qizib, uni bir hayajon bosdi. Allaqanday shirin bir hayajon... Ko‘zlariga yosh qalqib, marjonmarjon sevinch yoshlarini to‘karkan, beva ayol, samo moviyliklariga qarab pichirlardi:
— Ollohim, senga qanday shukr qilishimni bilolmayapman...
Ko‘p o‘tmay intizor kutilgan ovoz eshitildi:
— Assalomu alaykum!
— Sizga ham salom bo‘lsin, ey Ollohning rasuli. Marhamat, keling. — Otasi o‘lganidan beri bu uyning kattasi bo‘lib qolgan Bishr Payg‘ambarlar sayyidini quvonchi ichiga sig‘may kutib oldi. So‘ngra keksa onasi keldi:
—Uyimizga xush keldingiz, sharaflar keltirdingiz, ey Ollohning rahmat payg‘ambari... — dedi u.
Rasuli akram (s.a.v.) hazratlari ular bilan bir oz suhbatlashib o‘tirgach, ovqat keltirilib, yeyildi. Shu orada yaqindagi masjidda azon aytilib, ular peshin namozini o‘qish uchun chiqishdi. Sayyidi koinot janobimiz mehrobga o‘tdilar. Orqalarida saf tortib turgan mo‘minlar bilan birga namozga turishdi. Ikki rakat o‘qilib, uchinchi rakatga turilgan edi. Jamoat huzur ichida edi. Janobi Haqqa taqdim etishlari lozim bo‘lgan ibodat shaxsan Ollohning Rasuli ishtiroklarida o‘talmoqda edi. Nubuvvat yo‘lining sultoni ul zot edilar. Ollohga qullik yo‘lining eng ulug‘ rahbari ham u kishi edilar. Rabbul Olamiynga qanday qulliq qilinishini eng yaxshi biladigan ham, uni bizzot Janobi Mavlodan o‘rgangan va insonlarga o‘rgatgan ham u zot edilar.
Hamma huzurli va xotirjam. Lekin shu onda Nabiyyi muhtaram janoblari qanday holatda ekanlarini bilib bo‘lmasdi. Chunki Jabroili amin payg‘ambarimizga Janobi Mavlodan navbatdagi vahiyni keltirgan edi. Payg‘ambarimiz ham namozlarini davom ettirar, ham Jabroili amin o‘qiyotgan Qur’on oyatlarini eshitar edilar:
«Goho yuzingiz samoda kezganini ko‘ramiz. Bas, albatta, biz sizni o‘zingiz rozi bo‘lgan qiblaga buramiz. Yuzingizni Masjidul Haram (Makka) tomonga buring! (Ey mo‘minlar, sizlar ham) qaerda bo‘lsangizlar, yuzlaringizni uning tarafiga buringiz! Kitob berilgan zotlar, albatta, buning Parvardigorlari tomonidan (kelgan haq hukm) ekanini biladilar, Olloh ular qilayotgan amallardan g‘ofil emasdir». (Baqara, 144.)
Vahiy holati o‘tgach, Sayyidul avvalin val oxirin janobimiz vaqtni o‘tkazmasdan, turgan joylarida burila boshladilar. Qalblarida «aniq Ka’ba tomonga yo‘nalganlik» ilhomi kelgach, to‘xtadilar. Namozlarini buzmadilar.
Jamoat hech kutilmaganda Rasulullohning turgan joylarida yuzlarini ular tomonga burib, namozini davom ettirayotganlarini ko‘rib, buning ilohiy bir amr ekanini payqashdi, darhol ular ham saflarini buzmay Rasulullohning (s.a.v.) orqalaridan joy olishdi. Endi bir necha soniya oldingi qibla orqada qolgan edi. Ilk ikki rakat Baytul Maqdisga qarab o‘qilgan bo‘lsa, oxirgi ikki rakat Ka’bai Muazzamaga qarab o‘qildi.
Namoz tugashi bilan Rasululloh (s.a.v.) yuzlariga mamnunlik balqib chiqdi. Ko‘pdan beri Ulug‘ Mavlodan so‘ralgan narsa hosil bo‘lgan, istaklari bajo keltirilgan edi. Ashoblarning: «Nega bu tomonga o‘girildik, yo Nabiyyalloh?» deyishlariga hojat qolmadi. Chunki bir oz avval Jabroili amin qalblariga jo qilgan vahiy ularga donadona qilib o‘qib berildi.
Bir necha yil musulmonlarning qiblasi bo‘lib turgan Baytul Mavdis bu vahiy bilan endi bnr xotiraga aylanib, yuzlar bilan birga ko‘ngillar ham Masjidul Haram tomonga o‘girildi. Masjidul Haramga qarab ilk namoz o‘qilgan bu masjid keyinchalik «Masjidi qiblatayn», ya’ni, «Ikki qiblali masjid» nomi bilan mashhur bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:05:14
* * *
Rasululloh (s.a.v.) ilk yumushni o‘z masjidlaridagi mehrob o‘rnini o‘zgartirishdan boshladilar. Asr vaqti masjidga kelganlar bu yerdagilar boshqa bir tarafga qarab namoz o‘qishga hozirlanishayotganini ko‘rishdi. Biron yanglishlik bormi yoki ters ko‘rinyaptimi — ajrata olishmadi.
Lekin Rasululloh (s.a.v.) eng oldinda turib imomlikka o‘tishga tayyorlanar edilar. Namozdan keyin masjid ahli bir-birlaridan «Nimaganega?» deb so‘rovchilarga Rasuli akram (s.a.v.) peshin payti vahiy kelganini bildirdi.
Kubo masjidida bomdod namozini o‘qiyotganlar bir ovozni eshitishdi. Ovoz egasi janobi Rasulullohning Ka’baga qarab namoz o‘qiganlarini, shuning uchun endi hamma Ka’baga o‘girilishi lozim ekanini aytardi. Namozni buzmasdan saf holida o‘girilishdi va shu holda tugallashdi.
Ehtimol bu xabarni keltirgan odam kecha Madinaga borib, u yerdan kechqurun Quboga qaytgan va bomdod namoziga masjidga chiqqan bir kishidir. Bu yerdagilar ham ko‘pdan beri Rasululloh (s.a.v.) qiblaning Ka’ba tarafga yo‘nalishini orzu etib, Mavloi Zuljalolga duo qilib yurganlarini bilishardi va ertamikechmi ro‘yobga chiqishiga ishonishardi. O’sha orzu ro‘yobga chiqibdi. Bir insonning xabari bilan namozda qiblani o‘zgartirib, Ka’baga o‘girilishlarining sababi shu edi.
Qiblaning o‘zgartirilishi yahudiylarga og‘ir bir zarba bo‘ldi. Chunki bu burilish Rasululloh (s.a.v.) janoblarining haqiqatan ham payg‘ambar ekanlarini ularga yana bir isbot qildi. Oxirgi payg‘ambar haqida Tavrotda berilgan ma’lumotlar ichida ul zotning qiblasi o‘zgartirilishi va u Makkadagi Ka’baga qarab yo‘nalishi aniq aytilgan edi. Va o‘z so‘zida turguvchi Olloh buni ro‘yobga chiqarib, kimlarni quvontirdi, kimlarni zabun etdi.
O’zaro uyushtirilgan yig‘inda shu masalani ham tilga olishdi, endi nima qilishlari, qanday yo‘l tutishlari haqida tortishishdi. Din peshvolari ham inkori mumkin bo‘lmagan bir haqiqat ro‘parasida turishganini bilishardi. Eng to‘g‘ri yo‘l — katta otabobolari tarafidan Hazrati Musoga (a.s.) berilgan ahdga ergashib, Rasulullohga (s.a.v.) imon keltirish edi.
Ammo ne ko‘rgulikki, ichlarini yondiribkuydirayotgan hasad va boshqa millatdan chiqqan payg‘ambarga bo‘yinsunishga rozi emasliklari ularga to‘sqinlik qilar, imon keltirish u yovda tursin, imon keltirganlarni imonlaridan qaytarish choralarini izlashar edi.
Og‘izlarini pichoq ham ocholmasdi. Basharalaridan qalblaridagi iztirobalam chidab bo‘lmas holga kelganini aniq ko‘rish mumkin. Nihoyat jimlikni Ibn Suriyya buzdi:
—   Nima qilamiz, do‘stlar, bu ish jimlik bilan hal bo‘lmaydi? — dedi u. Siqilganidan yorilar holga kelgan boshqa bittasi javob berdi:
—   Mayli, jim turmadik deylik, ammo bu ishni hal eta olishimizga ishonasanmi?
Bu luqmaning ma’nosi «Masalan, men ishonmayman», demak edi.
— Nima demoqchisan, ey Xuyay?
—    Shuni demoqchimanki, biz jim tursakturmasak, yurish amri berilgan bu karvon yuraveradi. Jim turmaganda, nima qila olardik? Yoki hozirgacha jim turmay nimaning oldini olabildik? Menga shunday tuyulyaptiki, bu da’vo oxirigacha muvaffaqiyat bilan davom etadi va biz davom etishini bilib turganimiz bu da’voning qurbonlari bo‘lib ketamiz.
—    Xo‘sh, — dedi Ka’b ibn Ashraf, — shunday, qo‘loyog‘imizni bog‘lab o‘tiraveramizmi? Yoxud Avs va Hazraj mahallalari orasida aylanib, «Payg‘ambaringizning Yasribga ko‘chganidan keyin qiblasini payg‘ambar Ibrohimning qiblasiga burishini biz bilardik. Mana, haq payg‘ambar ekanining bir alomati budir!» deymizmi?..
—   Bunday demoqchi emasman. Ammo o‘rtada bir haqiqat bor va biz bu haqiqatni bilaturib inkor etish bilan o‘zimizni olovga tashlayapmiz! Oldindanoq bu da’voni qozonishini bilardik... va unga qarshi chiqqanlar parishon bo‘lib qolishlarini ham... Endi yana xuddi shu narsalarni bilib, mag‘lub bo‘lishimizni anglab turib, unga qarshi chiqyapmiz. Bu biz uchun ayanchli oqibat.
— Bas, behuda so‘zlar bilan o‘tkazadigan vaqtimiz yo‘q, dedi Ibn Suriyya o‘rnidan keskin turib. Biron narsa qilish kerak. O’ylang, o‘ylang...
Kelishilgan qarorni tom tatbiq etish niyati bilan yig‘in oxiriga yetdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:05:23
* * *
Hech qancha o‘tmay musulmonlar orasiga tarqab ketishdi. Ustakorlik bilan «samimiy» fikrlarini bildira boshlashdi.
Natijada ba’zilar orasida: «Qibla o‘zgarmasdan oldin o‘lgan birodarlarimizning holi nima bo‘ladi endi?» degan savollar tug‘ilib qoldi.
Boshqa tarafda yana bir yahudiy mo‘minlarning g‘ashiga tegib:
—   Endi ancha gangib qoldilaring, qaerga burilishni ham bilmaysizlar. Ko‘raylikchi, ertaga qiblalaringiz qayokda bo‘larkan? — der edi.
—   Xo‘sh, kechagi qiblaning nimasini yoqtirmay qoldilaring? Uning Ka’badan farqi nima? Modomiki Ka’ba tarafga o‘girilar ekansizlar, shu paytgacha nega jim turib edilaring? — derdi boshqasi.
Duch kelgan mo‘minga shunga o‘xshash savollar berilar edi.
Ka’b ibn Ashraf boshliq bir guruh yahudiy Rasulullohni (s.a.v.) ziyorat etgani keldi.
— Assomu alayka, yo Muhammad, — deyishdi ko‘risha yotib.
Hazrati Oyisha birdan sergak tortdilar va:
—   La’natlar ham, musibatlar ham sizlarning ustingizga yog‘ilsin. Boshingizdan balo arimasin, — deb qarg‘ab berdilar.
—   O’zingni bos, ey Oyisha, Olloh taolo har ishda yumshoq muomalada bo‘la olganni sevadi.
—   Lekin, Rasululloh, nima deganlarini eshitdingizmi? Ular sizga «assalomu alayka» demadi, «assomu alayka» dedi axir.
—   Bilaman. Men ham shuning uchun ularga «Va alaykum» (o‘zingizga ham shunday bo‘lsin) deyapmanku. Ularning menga duoibadlari hech o‘tmaydi. Ammo mening duolarim ularning boshiga kelgay.
Rasululloh (s.a.v.) ularga nega «va alaykum salom» demay «va alaykum» deb qo‘yaqolganlari yaqqol anglashqlib, ular talvasaga tushib qolishdi. Bechora yahudiylar har kelishlarida «Assomu alayka, yo Muhammad!» deyqshar va har daf’a ayricha bir zavq olib, miyiqlarida kulishar edi. Demak, ul zot ularning barcha beodobliklarini bilib turar ekanlarda?!
Nima bo‘lganda ham, bo‘lar ish bo‘ldi; kelish sabablarini anglatishdi:
— Agar eski qiblangga qaytsang, biz ham sening diningni qabul etishimiz mumkin bo‘lardi, — deyishdi ular.
Rasululloh (s.a.v.) janobimiz yahudiylarning imoi keltirishlarini judajuda orzu etardilar. Buni yahudiylar ham yaxshi bilishardi. Shu yo‘l bilan «xo‘p, bo‘pti», dedirmoqchi bo‘lishdi. Avval rozi qildirib olib, keyinroq, .«Odamlarning xohishiga qarab o‘zgaribtuslanadigan bir din bilan bizning nima aloqamiz bor?» deb yuz o‘girib ketishmoqchi edi.
Ammo Rasululloh (s.a.v.) qisqa va lo‘nda qilib, ular kutmagan javobni berdilar:
— Men faqat Ollohning amrini yetkazadigan bir payg‘ambarman, xolos.
Bu deganlari, ilgari Baytul Maqdisga Rabbimning amri bilan o‘girilgan edim, endi ham Masjidul Haram tarafga yana Rabbimning amri bilan o‘girildim. U kaysi tarafga buyursa, o‘sha tarafga burilaman, sizning xohishingiz bilan emas, deganlari edi!..
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:05:34
* * *
Fitnakor tashviqot ta’sirini o‘tkazib, bir necha kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga savol bilan keldi:
— Qiblaning o‘zgarishidan oldin vafot etgan qardoshlarimizning holi nima kechadi? — deyishdi ular.
Bu savolni ba’zi sofdil mo‘minlarning zehnlariga joylashtirish uchun chiqqan yahudiylar Hazrati Umar kabi zotlarga duch kelsalarku, darhol ovozlari o‘chib qolardiya. «Biz hozirgacha Baytul Maqdisga o‘z istagimiz bilan yo‘nalibmizmi?» degan javob olishlari tayin edida. Biroq yahudiylar kimning yonida qanday tashviqot qilishni bilishardi.
Ammo Olloh har narsani ko‘rguvchi va bilguvchi zot edi. Bu masalaga ham o‘zi vahiy yuborib oydinlik kiritdi. Jabroil keltirgan oyatlar xuddi shu hakda edi:
«Odamlardan aqlsizlari: «Ular (musulmonlar)ni ilgari qaragan qiblalaridan qanday narsa yuz o‘girtirdi?» deydilar. Ayting: «Mashriq ham, mag‘rib ham Ollohnikidir. U o‘zi xohlagan kishilarini haq yo‘lga hidoyat qiladi». (Bakara, 142.)
Keyinroq qiblaning o‘zgartirilishidan xikmat nima ekani anglatildi:
«Siz ilgari qaragan qiblani Biz faqatgina kim Payg‘ambarga ergashib, kim orqasiga qaytib ketishini bilish uchun qilganmiz, xolos. Shubhasiz, bu og‘ir ish. Magar Olloh hidoyat qilgan zotlargagina (og‘ir emasdir). Olloh imonlaringizni (ya’ni, imon bilan o‘qigan namozlaringizni) zoe qilguvchi emas. Albatta, Olloh odamlarga mehribon va rahmlidir». (Bakara, 143.)
Buning ketidan esa, yahudiylarning beburd va munofiq ekanliklari, ularga ishonmaslik eslatildi:
«Kitob berilgan zotlar albatta buning Parvardigorlari tomonidan (kelgan haq hukm) ekanini biladilar. Olloh ular qilayotgan amallaridan g‘ofil emasdir». (Baqara,144.)
Nihoyat ularning qanchalik o‘jar va o‘zibilarmon ekanliklari ochiqravshan ta’riflab berildi:
«Qasamki, agar siz kitob berilgan kimsalarga bor mo‘‘jizalarni keltirsangiz ham, ular qiblangizga boqmaydilar. Siz ham ularning qiblasiga boqquvchi emassiz. Ular (yahudiylar va nasroniylar)ning birovlari birovlarining qiblasiga boqquvchi emas. Agar farazan Sizga kelgan bilim (vahiy)dan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashsangiz, u holda, shubhasiz, zolimlardan bo‘lib qolasiz». (Bakara, 145.)
Bu oyatlarning so‘ngida Ulug‘ Mavlo mo‘minlarga xitoban yana shunday marhamat qildi:
«Biz kitob ato etgan kimsalar (yahudiy va nasroniylar) Uni (Muhammad payg‘ambarni) o‘z farzandlarini tanigan kabi taniydilar. (Ya’ni, o‘zlarining ilohiy kitoblarida u hakda o‘qiganlar.) Va, albatta, ulardan bir guruhi bilganlari holda haqiqatni berkitadilar». (Bakara, 146.)
Mana shu oyatlar tushgan kezlarda Hazrati Umar Abdulloh ibn Salomni qidirib topdi va:
—   Rostini ayt, haqiqatni bilasizlarmi? — deb so‘radi.
—   Ey Umar, men o‘g‘limning haqiqatan ham menga oid ekanidan shubhalanishim mumkin, ammo Rasululloh (s.a.v.) haqida hech shubhalana olmayman, — dedi u. —Chunki kitoblarimizda berilgan ma’lumotlar to‘lig‘icha u zotda mujassamdir. Bugun Rasulullohni (s.a.v.) inkor etayotganlar johilliklaridan yoki u zotning payg‘ambar ekanligiga qaror berolmaganlaridanmas, yahudiy bo‘lmagan bir inson payg‘ambar etib tayinlanganini hazm qila olmaganlaridan shunday qilmoqdalar. Yo‘qsa, biz u zotning bu yerga hijratidan keyin qiblaning Ibrohim (a.s.) qiblasiga chevrilishini o‘z ismimizdek bilamiz.
Kuchli jaladan keyin ko‘chalarda to‘planib qolgan axlatu xascho‘plarni suv qanday oqizib, sidirib tashlasa, nozil bo‘lgan oyatlar ham yahudiylarning fitnalaridan yuzaga kelgan huzursizliklarni ana shunday uloqtirib tashladi. Rasululloh (s.a.v.) ham, barcha mo‘minlar ham bu holdan mamnun bo‘lishdi.
Rasuli akram (s.a.v.) esa, endi samoga hamd va shukr tuyg‘ulari bilan to‘lib boqar, har namozda buyuk bobolari qurgan va Parvardigorlari buyurgan muqaddas qiblaga yuzlanar ekanlar, o‘zgacha bir huzur tuyar edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:05:44
* * *
Kunlardan birida zargar yahudiy bilan unga taqinchoq yasattirishga kelgan cho‘ri o‘rtasida kelishmovchilik chikdi. Yaqinorada hech kim yo‘q edi. «Endi fursat keldi», deya yahudiy qo‘liga ilingan og‘ir bir tosh bilan cho‘rining boshiga tushirdi. Do‘konini yopib, juftakni rostlayotganida ayolning so‘nggi nafasini chiqarganiga amin edi.
Sal vaqtdan keyin u yerdan o‘tib ketayotgan musulmonlar quloqlariga ingrash ovozi chalinib, chopib kelishdi. Bechora ayolni zambilga solib, Rasululloh (sa.v.) xuzurlariga olib borishdi. Rasuli akram sayyidimiz atay musulmonlarning nomini atab, undan so‘ray boshladilar:
— Seni falonchi shu holga soldimi?
Ayol gapira oladigan vaziyatda emasdi. Ko‘z ishorati bilan «yo‘q» dedi.
— Falon kishimi sen o‘ldirmoqchi bo‘lgan? — dedilar yana.
«Yo‘q» dedi u bosh chayqab.
— Falon yahudiymi? — dedilar axiyri zargarning nomini atab.
— Ha, — dedi ayol zo‘rg‘a bosh silkib.
Odamlar mo‘‘jizadan hayratda qoldilar. Rasululloh (s.a.v.) janoblari qalblariga ilhom yo‘li bilan bildirilgan jinoyatchini o‘z nomi bilan atagan edilar. Ammo u zot bu masalada ilhom ila bildirilgan narsaga tayanib emas, guvohlarga ishonib ish ko‘rishni lozim topdilar. Buning uchun cho‘ri gapirishi yoki «Meni falonchi o‘ldirmoqchi bo‘ldi», deb iqror bo‘lishi kerak edi. Holbuki, cho‘ri gapira oladigan holda emasdi. So‘nggi nafasini olayotgan edi.
Payg‘ambarimiz shu boisdan unga ikki marta «Seni falonchi o‘ldirmoqchi bo‘ldimi?» deb birovlarning nomini atay so‘ragan va uning «yo‘q» javobini olgan edilar. Bu esa, yonlaridagi insonlarga cho‘rining «nima deyayotganini ^biladigan darajada aqli joyidaligini» ko‘rsatish uchun edi. Uchinchi gal esa, tasodifan emas, ilhom yo‘li bilan bildirilgan ismni aytdilar va «ha» javobini oldilar.
Yonlaridagi odamlarga: «Bu cho‘rining qotili falon yahudiy ekani menga ilhom yo‘li bilan bildirildi», desalar, ular shubhalanmasliklari ham mumkin edi. Ammo musulmon bo‘lmaganlarchi? Ular yana fitna chiqarmaydi deb kim ayta oladi? Shuning uchun ham Rasululloh (s.a.v.) eng maqbul yo‘lni — guvohlarga tayanib ish ko‘rishni ma’qul ko‘rdilar.
Islom shariatida eng to‘g‘ri yo‘l shu edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:05:55
* * *
Cho‘rini narigi dunyoga jo‘natganiga va buni hech kim ko‘rmaganiga amin bo‘lgan yahudiy ma’lum vaqtdan keyin yana do‘koniga qaytdi. Bu masala endi hech ochilmaydi, bostibosti bo‘lib ketadi, deb o‘ylardi u. O’zi ahmoq emaski, birovga «Men falon cho‘rini o‘ldirdim», deb gullab qo‘ysa.
Bittagina ehtimol bor. U ham bo‘lsa, toshning tilga kirishi, «Falon yahudiy meni bu cho‘rining boshiga tushirib uni o‘ldirdi», deyishi kerak. Hech qachon bunday bo‘lmasligiga ko‘ra, yopiqliq qozon yopiqligicha qolgan edi.
Ammo ichida negadir xotirjamlik yo‘q edi. Tosh pachoqlab beo‘xshov holga kelgan u yuz ko‘z o‘ngiga kelar, ba’zan ko‘zlarining ichiga suqilib kirmoqchiday bo‘lar edi. Shunda qotil boshini egniga suqib, cho‘rining suratidan uzoq bo‘lishga urinardi. Orasira silkinib qo‘yadi, ko‘zlarini uqalaydi, qarshisida qo‘rqinchli hech narsa yo‘qligini ko‘radi, ammolekin sal o‘tmay xorg‘in ko‘zlardan istifoda etgan xayol takror qarshisidan joy oladi.
Nihoyat, o‘zini qo‘lga olib, endi ishga kirishgan ham edi, qarshisida tikilib turgan musulmonlarning ko‘z qarashlaridan esankiradi.
—   Nima istaysanlar?
—   Seni Rasululloh so‘rayaptilar, — deyishdi ular.
—   G’alatiku? Nima qilarmish meni?
—   Oldin boraylik, o‘sha yerda ma’lum bo‘ladi.
—   Hozir vaqtim yo‘q, ishdan qutulay, — dedi atay.
—   Hozir bormasang, bo‘lmaydi.
U istar-istamas, hatto isyonkor bir holda o‘rnidan turdi. Tixirlik qilsa, oldilariga solib, haydab ketishlari ham tayin. Bir o‘zi ularga bas kela olmas edi.
—Mening Muhammad bilan biron munosabatim yo‘qku. Savdosotiq ham qilgan emasman, — dedi u.
— Bir cho‘ri masalasida chaqiryaptilar.
Yahudiyning tili tanglayiga yopishib, oyoqlari qaltiradi.
— Nima bo‘libdi unga? Qanaqa cho‘ri?.. — dedi hayajondan tili zo‘rg‘a aylanib.
— Borsang, bilasan.
Yahudiyning a’zoyi badanida titroq turdi. Hech kim ko‘rmagan ediku, tosh ham gapirmagandir, ammo Muhammad qaydan bilibdi ekan, deb pichirladi u. Uchinchi ehtimol uning xayoliga ham kelmasdi.
Usha paytda oqibatini o‘ylamagani uchun o‘ziga la’natlar o‘qidi. Qochib qutulsamikan yoki yolvorib jonini qutqarsa bo‘larmikan? U boraborguncha har turli bahonalar izlab bordi.
Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida unga jonsiz bir jasad ko‘rsatildi, nega o‘ldirgani so‘raldi. Yahudiy jasadni ko‘rgan zahoti tanidi, lekin hech taraddudsiz:
— Men o‘ldirmadim, tanimayman uni, — deb turib oldi.
Buni aytishga aytdiku, ammo rangi quv o‘chib, oqarib ketganini yashirolmadi.
Unga cho‘ridan qanday javob olingani aytildi. Nihoyat, oldida yagona yo‘l qolganini anglab, jinoyatni e’tirof etdi.
Ayni jazo unga ham hukm etildi. U yerdan hukm ijro etiladigan joyga olib ketishar ekan, oxirgi marta cho‘riga nafrat nazari bilan bokdi. Keyin pushaymonligi qo‘rquv bilan qorishib ketdi. Rangi qum o‘chgan bir ahvolda, butun vujudi titrabqaltirab, oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab borarkan, mayyitdan farqi qolmagan edi.
291
Oxirgi so‘z berildi. U cho‘rini eslab, «Koshki seni hech tanimasaydim», deya oddi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:06:06
*   * *
Abu Ofak asli yahudiy edi. Yuz yigirma yoshga yetgan, beli bukilib, zo‘rg‘a yurardi. Qarigan sayin kuchi tiliga ko‘chib, ezma bo‘lib qoldi. Bo‘larbo‘lmas ishlarga aralashaveradi.
Rasululloh (s.a.v.) Madinani sharaflantirganlaridan beri o‘ziga yangi bir «ermak» topdi, hamma yerda musulmonlarga, ayniqsa, payg‘ambarimizga til tekkizmasa turolmaydigan bo‘lib qoldi. Madinaning tub aholisi bo‘lgan Avs va Hazraj qabilalari kechagina oralariga kelib qo‘shilgan bir odamning atrofida parvonadek aylanib, har so‘zini bir amrdek qabul etayotganlarini Abu Ofak masxaralab kular edi.
Bu holat musulmonlarga og‘ir botar, qo‘lidan hech ish kelmaydigan vaysaqi choldan qutulishni, hech bo‘lmasa, ovozini o‘chirishni istashar edi.

*   * *
Ko‘pdan beri Hazrati Usmonning (r.a.) ta’bi xira edi. Xotini Ruqayyaning kasali kundankunga og‘irlashib, so‘lib borardi.
Bu holat Rasulullohni (s.a.v.) ham anchagina mahzun etdi. Necha yillar davomida u ko‘rmagan jafo qolmagan, Madinaga ko‘chib ikki kungina tinchosuda hayot kechirgan suyukli qizlarini tuzalmas bir kasallikning changalida ko‘rgan edilar.
Ollohning taqdirida nima yozilgan bo‘lsa, o‘sha bo‘lishi aniq edi. Suyukli qizlarini ko‘rgani har kelganlarida oldidan qayg‘uga botib chiqar edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:06:19
*   * *
Sha’bon oyi tugar ekan, mo‘minlarga saodatga eltguvchi yana bir ibodatga chorlab, yangi amr keldi: «Ey mo‘minlar, sizlarga ro‘za sizlardan oldingilarga farz qilingani kabi farz qilindi. Uni ado etsalaringiz, taqvodor bo‘lasizlar» (Baqara,183), deyilar edi oyatda.
Keyingi oyatlarda bu ro‘zaning Ramazon oyida tutilishi, kasal yoki musofir bo‘lganlargina boshqa kunlarda tutib berishlari anglatildi. O’sha kecha hamma bundan buyon har yili bir oy muddat bilan Ramazon oyi ro‘zasi farz qilingani xabarini uylariga olib qaytdi.

* * *
Nihoyat Sha’bon oyining oxirgi kuni keldi. Rasululloh (s.a.v.) o‘rinlaridan turdilar. Masjidning old qismidagi xurmo daraxtidan bo‘lgan ustunga suyangancha, ashobga murojaat etdilar:
— Ey insonlar, ulug‘ va muborak bir oyning soyasi ustingizga tushib turibdi. Bu oyning ichida ming oydan ham xayrli bir kecha bordir. Shunday oyki, Olloh taolo uning kunduzlarini ro‘za bilan o‘tkazib, kechalarini ibodat bilan ziynatlashingizni munosib ko‘rgandir. Bu oyda o‘ziga farz bo‘lmagan biron xayrli ishni qilib, Ollohga yaqinlik qilishga uringan kishi boshqa oylarda farzni ado etgan kabidir. Bu oyda bir farzni bajargan esa, boshqa oylarda yetmish farzni qilgan kabidir. Bu oy sabr oyidir, sabrning savobi va natijasi jannatdir. Bu oy ko‘maklashuv oyidir, mo‘minning rizqi orttiriladigan oydir. Kim bu oyda bir ro‘zadorni mehmon qilib, izzatikrom qilsa, bu yaxshiligi unga gunohlari uchun mag‘firat, jahannamdan qutulish bo‘ladi. Uning ajr va mukofotidan kamaytirmaslik sharti bilan narigisiga ham ayni savob yetadi.
Shu yerda Rasulullohning (s.a.v.) so‘zlari kesildi:
— Ey Ollohning payg‘ambari, bitta ro‘zadorni iftor qildiradigan ovqatni hammamiz ham topa olmaymizku, — deyishdi ba’zilar.
Janobi Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar:
— Olloh taolo bu savobni bittagina xurmo yoki birqultum suv bilan yoxud bir piyola sut bilan ro‘zasini ochtirganga ham bergay, — deb javob berib, yana so‘zlarida davom etdilar:— Xizmatkorining yukini yengillatgan kishini Olloh taolo kechiradi va jahannamdan ozod qiladi. Bu oyda to‘rt narsani mahkam ta’qib eting. Bu to‘rttadan ikkisi bilan Rabbingizni rozi qilasiz, ikkisiga esa, juda muhtojsiz. Rabbingizni rozi qiladiganingizikki xusus: kalimai shahodatga yopishib, uni ko‘pko‘p takrorlash va Olloh taolodan mag‘firatini so‘rashdir. Juda muhtoj bo‘lganingiz ikki narsa esa: Olloh taolodan jannatni istash, do‘zax azobidan Ollohning panohiga sig‘inish. Kim bir ro‘zadorga suv bersa, Olloh taolo ham unga o‘z hovuzidan suv ichiradiki, uni ichgach, jannatga kirgunga qadar hech chanqamaydi.
Rasululloh (s.a.v.) sayyidimiz so‘zlarini bitirgach, ko‘ngillar bir kun keyingi ro‘zani va ro‘za oyi bo‘lgan Ramazonni orziqib kutadigan holatga keldi.
Ro‘za arablar bilmaydigan narsa emasdi. Islom dini kelmasidan avval ham ro‘za tutadiganlar bo‘lardi. Faqat payg‘ambarimiz tablig‘ etgan Ramazon ro‘zasini hech qachon unday ro‘zalar bilan taqqoslab bo‘lmasdi.
Parvardigoriga ko‘ngil berganlar uchun bu oyda tutiladigan ro‘za tengi yo‘q bir ibodatga aylandi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:06:26
* * *
O’sha yili Ramazonning ilk kuni yoz oyining oxirgi chorshanbasiga to‘g‘ri kelgan, bomdod namoziga chiqqanlarning barchasi ro‘zaga niyatlangan edi. Sayyidi koinot hazratlarining yuzlari barq urib turardi. Har doimgidan xursand ekanlariga shubha yo‘q. Fayzini, barakotini kechagi suhbatda anglatganlari ushbu muborak oyga yetishish va bir oy muddat bilan Rabbilariga ibodat nizomi ichiga kirish ul zotni albatta xursand etib, saodatmand qiladida! Buning ustiga, tunda Jabroili amin yana yangi xushxabar keltirdi: bundan buyon Ramazon oylarida Qur’oni karimning o‘sha kunigacha nozil bo‘lgan qismini birgalikda o‘qib, yana bir bor xatm qiladigan bo‘ldilar.
Vahiy farishtasi Jabroil o‘qiydi, Sarvari anbiyo jim tinglab o‘tirishlari kerak. Lekin bu tinglash quloq bilan emas, qalb bilan, ruh bilan, ko‘ngil bilan bo‘lar, mohiyatini Ollohdan va rasulidan boshqa hech kim bilmaydigan bir tilovat va tinglash bilan tunlar bezalar edi. O’qilgan har oyatda payg‘ambarimizning ayri bir xotiralari bo‘lardi. Har bir oyatning qaerda, qachon, qaysi sabab bilan nozil qilinganini yaxshi biladigan ham ul zot edilar.
Jabroili aminni tinglar ekanlar, ba’zan Hiro tog‘ining qiyaliklari orasida berilgan «O’qi» amrini eslar, ba’zan uylarida vahiyning ta’siridan qutulish uchun yotoqqa kirganlarida nozil bo‘lgan «Ey (liboslariga) burkanib olgan zot, turingda, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring» (Muddassir, 1 — 2) oyatlari bilan titrar, ba’zan Safo tepaligida insonlarga ilk bor da’vat qilgan kunlarining xotiralari bilan yashar edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:06:39
*   * *
Ro‘za tutayotganlar og‘ir shartlar ostida kun bo‘yi davom etadigan bir ibodatni ado etish sevinchini Ollohning ne’matlariga erishish sevinchi bilan qovushtirdilar.
Rasululloh (s.a.v.) janoblari ozgina suv bilan ro‘zalarini ochib, birikkita xurmo yedilar.
—Tashnalik ketdi, tomirlar ho‘llandi, inshaolloh, mukofotimiz tasbit etildi. Ollohim, sening roziliging uchun ro‘za tutdim, sening rizqing bilan ro‘zamni ochdim,— dedilar. Keyin jamoatning oldiga o‘tib, shom namozini o‘qidilar.
Yozning oxirgi kunlari emasmi, havo issiq va charchatadigan edi. Dalasida ishlaydiganlar bor, ularning bardosh berishi yana ham qiyinroq. Shu bilan birga, chekilgan har bir mashaqqatga yarasha qiymati ham borligiga hech shubha yo‘q edi.
Arablarda oqshom ro‘za ochilganidan keyin uxlagunga qadar bo‘lgan vaqt iftor muddati hisoblanar, uxlab qolgan kishi qayta ro‘za tutgan bo‘lar va ro‘zadorga harom qilingan barcha narsalar o‘sha ondan e’tiboran unga ham taalluqli bo‘lib qolar edi.
Qays ibn Sirma oqshom bo‘lgach, dalasidan horibcharchab uyiga qaytdi. Xotiniga:
— Yeydigan biron narsang bormi? — deb so‘radi.
— Uyda yeydigan hech narsa yo‘q, qo‘shnilardan bir so‘raychi, — deb ayol chiqib ketdi. Biroq ayol qaytib kelmasidan qattiq uyqu bosib, uxlab qoldi.
Qo‘shnilardan bir mikdor yemak ko‘tarib kelgan ayol uni uyqu holida ko‘rib, achinib ketdi: «Voy sho‘rim, endi tamom?..» dedi pichirlab.
Chunki bo‘lar ish bo‘lgan edi, endi uyg‘onsa ham yeya olmas edi. Shunday qilib, Qays ertangi kunning ro‘zasini darmonsiz vujud va och qorin bilan boshladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:06:48
*   * *
Hazrati Umar o‘sha tong Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga keldi. «Boshimga bir ish tushdi», deb kecha uxlagandan keyin xotini bilak aloqa qilib qo‘yganini aytdi.
Rasululloh (s.a.v.) janobimiz bu mavzuda hech narsa demadilar. Ehtimol vahiy kelishini kutayotgandirlar. Yoxud Ulug‘ Mavlo masalani Qur’on oyati bilan hal etajagi uchun rasuliga javob berishiga izn bermadimi?
295
Qaysni ham o‘sha kuni borgan sari kuchayib borayotgan qattiq holsizlik ushladi. Nihoyat, oqshom tushib, ro‘zasini ochishga imkon topa olmay hushidan ketdi. Uning ahvoli ham Rasulullohga bildirildi.
Rasuli akramning (s.a.v.) yuzlarida vahiy alomatlari ko‘rinib, ma’lum vaqt o‘tgach, Sayyidimiz Olloh taoloning ushbu amrini o‘qib eshittirdilar:
«Sizlarga ro‘za kechasida xotinlaringizga qo‘shilish halol qilindi. Ular sizlarning libosingiz, sizlar ular uchun libossiz (ya’ni, erxotin bir-biriga kishi libosga muhtoj bo‘lgani kabi muhtojdirlar). Olloh sizlar o‘zlaringga xiyonat qilayotganlaringni bilib, tavbalaringni qabul qildi va sizlarni afv etdi. Endi ular bilan (ro‘za kechalarida ham bemalol) qovushingiz va Olloh sizlar uchun yozgan narsani (farzandni) talab qilingiz. Va to tongda oq ip qora ipdan ajraladigan paytgacha yebichaveringlar. So‘ngra kechgacha ro‘zani benuqson qilib tutinglar. Masjidlarda e’tikofda bo‘lgan chog‘ingizda (kechalari ham) ular (xotinlaringiz) bilan qo‘shilmang! Bular (yuqorida mazkur bo‘lgan hukmlar) Ollohning chegaralaridir. Bas, ularga yaqinlashmangiz! Odamlar harom ishlardan saqlanishlari uchun Olloh o‘z oyatlarini mana shunday ochiqravshan bayon qiladi (Baqara, 187).
Bu oyatlar gablig‘ etilganidan keyin kelgan yengillik ashobi kiromning yuzlarida mamnunlik alomati o‘laroq ifoda topdi.
Keyinroq Nabiylar sarvari (s.a.v.) ashobni kechasi turib ovqatlanishga tashviq etdilar:
— Saharlik qiling. Chunki saharlikda baraka bor. Kunduz tutadigan ro‘zaga saharda ovqatlanib quvvat to‘plang. Kecha ibodatiga bardosh bera olish uchun qaylula uyqusidan foydalaning, — dedilar.
O’sha oqshom mo‘minlar uyuylariga sevinch ila qaytishdi. Ular bundan buyon saharlikdan foydalanib, kunlik ibodatga to‘q qorin bilan borishar edi. Ro‘za amrini bildirish uchun kelgan oyatdagi «Olloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga og‘ir bo‘lishini istamaydi» (Baqara, 185) buyrug‘i ana shunday imkonlar ochdi.
Kechalari saharlikka turganlar kunlari behuda o‘tkaziladigan kun emasligini bilib ro‘za ibodatiga kirishishar, Olloh roziligiga erishish orzui bilan kalimai tavhid o‘qishar, Qur’on o‘qishar, mag‘firat so‘rab, duo qilishar edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) anglatgan baraka ana shu tomondan tajalli etardi.
Biroq bu nima?
Bilolning tanish ovozi ila yuksalgan azon saharlik qilayotgan odamlarga yebichishni to‘xtatishlari lozimligini bildirayotgandek edi. Uylaridan chiqqan kishilar sharq tarafga qarab, ufqda bironbir yorishganlik alomatini ko‘ra olmadi. Hali tong otmagan edi. Bu holatga ko‘ra, hali yebichish vaqti tugamagan edi.
— Bunda bir xayr bo‘lsa kerak, — deyishdi azon aytilishidan bir hikmat izlab. Chunki yanglishib, Ollohning chegaralarini poymol qilib qo‘yilsa, nima bo‘ladi? Kechagina tushgan oyatda bekorga «Bular Ollohning chegaralaridir. Bas, ularga yaqinlashmangiz!» (Baqara,187) deyilmagandir? Lekin...
Oradan sal fursat o‘tib, yana azon ovozi yangradi. Bu gal Amr ibn Ummu Maktum azon aytar edi.
Bu paytda kunchiqar tarafda g‘irashira yerishganlik alomatini ko‘rishdi.
Bu azondan so‘ng bomdod namozi uchun Rasulullohni (s.a.v.) kuta boshlashdi. Oradan bir oz vaqt o‘tib Sarvari olam chiqdilar. Birga namoz o‘qishdi. So‘ng janobimiz ashoblariga qarab:
— Sizni Bilolning azoni chalg‘itib, saharlik qilishdan to‘xtatib qo‘ymasin. U ibodat uchun turadiganlarga tongning yaqin ekanini bildirish va uxlab yotganlarni uyg‘otish uchun aytildi. Yana sizni ufkda tikka ko‘ringan yorug‘lik ham chalg‘itmasin. Ufqqa yassi bo‘lgan tong yorishishini kutinglar. Amr ibn Ummu Maktum o‘qiydiganazongacha yebichaveringlar, — deb marhamat qildilar.
Shunday qilib, masala ravshanlashdi. Keyingi kechalarda Bilolning azoiini eshitganlar: «Olloh sendan rozi bo‘lsin, ey Bilol», deb tashakkur bildiradigan, Amr aytadigan azonga qadar bemalol yebichadigan bo‘lishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:07:02
* * *
Rasulullohga (s.a.v.) bir xabar yetdiki, uni aniqlash maqsadida ikki kishini vazifalantirdilar. Jimgina Madinani tark etib, Shom yo‘liga chiqishni, Makkadan Shomga ketgan karvonning qaytishi haqida ma’lumot olishni va vaqt o‘tkazmasdan qaytib kelishni tayinladilar.
Zimmalariga vazifa yuklangan Basbas bilan Odiy bir kuni erta tongda xech kimga bildirmasdan Madinadan chiqib ketishdi.

*   * *
Ramazon oyining ilk kunlaridan birida Rasulullohii (s.a.v.) bunday bir savol bilan qarshilashdi:
— Nima deysiz, yo Rasululloh, farz namozlarini o‘qisam, Ramazon ro‘zasini tutsam, Olloh harom qilgan narsalarni harom bilib, ularga tegmasam, halol qilganini halol bilib, ulardan foydalansam va bularga xech narsani ko‘shimcha qilmasam, jannatga kira olamanmi?
Payg‘ambarimizning javoblari birgina so‘zdan iborat bo‘ldi:
— Ha.
— Vallohi, men ham bularga biron narsani qo‘shimcha qilmayman. (Muslim, 1/44.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:07:20
*   * *
Abu Sufyon Shom safaridan kutganidan ham ko‘proq foyda topgan holda qaytar edi. Bu foydaning hammasi Muhammad va ashobini, qolaversa, butlarning qiymatini bir pulga chiqargan yangi dinni o‘rtadan ko‘tarish uchun sarflashga mo‘ljallangan edi. Shunday qilib, Lot va Uzzoning obro‘yini takror yuksaltirmoqchi bo‘lishdi. Bu karvon orqali qo‘lga kiritilgan pul bilan Makkada buzilgan eski tartib takror tiklanib, baxtli kunlarni boshlashmoqchi edi.
Ketayotganlarida biron mashmasha chiqmadi. Qaytishda ham hech gap bo‘lmasligi uchun nihoyat darajada hushyorlik lozim edi. Shu sababli Abu Sufyon karvondan ayrilmay, o‘ngu so‘lni nazorat qilar, Madinaga yaqin joyda biron ishkal chiqishidan tashvishlanib, ko‘zlari to‘rt bo‘lib kelar edi. Hijozga yaqinlashgan sayin negadir xavotiri ham ortdi.

*   * *
Shom karvoni Hijoz tuproqlariga kirib borgani haqida xabar yetib kelgan bo‘lsada, jo‘natilgan ikki odamdan hanuz darak yo‘q edi. Ayni paytda Jabroili amin Rabbul Olamindan shunday xushxabar yetkazdi: ikki (Eslatma: O’sha kunlarda xali zakot bilan haj farz kilinmagan edi.) natijadan biriga mutlaqo erishilajak — yo tijorat karvoni qo‘lga kiritilajak, yoxud karvonni qo‘riqlash uchun keladigan qo‘shin ustidan qat’iy bir zafar qozonilajak edi.
Darhol to‘planish amri berildi. Payg‘ambarimiz (a.s.) ashobga qarata bunday dedilar:
— Qurayshning katta karvoni kelay deb qoldi. Qani, darhol yo‘lga chiqinglar. Umid qilamizki, Olloh taolo uni sizlarga nasib etgay.
Tayyorgarlik uchun ajratilgan muddat nihoyat darajada qisqa bo‘lsada, so‘raladigan narsalar ko‘p ekan.
— Yo Rasululloh, singlim betob. Unga men qarashim kerakmi yoki o‘g‘li Abu Umoma qolishini munosib ko‘rasizmi?
Payg‘ambar (a.s.) Abu Umomaga o‘girildilar:
— Sen onangning yonida qol, xizmatini qil, — dedilar.
Bu bilan tog‘ajiyan orasidagi kelishmovchilik bartaraf etilib, tog‘a — Abu Burda safarga chiqish imkoniga ega bo‘ldi.
Boshqa bir kelishmovchilik ota bilan o‘g‘il o‘rtasida chiqdi. Madinalik Haysama ismli yoshi o‘tib qolgan qariya, bu yurishda shahidlik martabasiga er^ishib qolish uchun qulay fursat keldi, deb hisobladi. O’g‘lim Sa’d uy ishlarini bemalol idora eta oladigan yoshda, deb qistab qo‘ymadi. Lekin o‘g‘li hech ko‘nmasdi.
— Otajon, bu ishning oxirida shahidlik bor, jannat bor. Boshqa masala bo‘lganida, amringizni jonim bilan bajarardim, — der edi u.
Bu ishni qur’a bilan hal etishga qaror berildi va qur’a o‘g‘ilga chiqib, Haysama bu orzuini keyinchalik amalga oshirish umidi bilan uyda qoldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:07:41
* * *
Ummu Varaqa Nabiyyi akram janobimizga xitob qildi:
— Yo Rasululloh, bu sharafga men ham erishishni istayman. Yaradorlarga qarab yuraman. Olloh taolo balki menga ham shahidlikni nasib etar.
Payg‘ambarimiz bu ayolga mamnuniyat ila boqdilar:
— Sen uyingda o‘tir, Qur’on o‘qi, ey Ummu Varaqa! Olloh taolo shunda ham senga shahidlikni nasib etadi.
Ummu Varaqa yoshi bir yerga borib qolgan ayol edi. Ayni choqda, shu kungacha tushirilgan Qur’on suralarini yod olgan xotinlardan biri edi. Janobimizning tavsiyalariga e’tiroz bildirmadi.
— Buyrug‘ingiz bosh ustiga, yo Rasululloh! — dedi va uyiga yo‘l oldi.

*   * *
Usmon ibn Affonning ham ko‘zlari jovdirardi. Go‘yo «Men nima qilay, ey Rasululloh?!» deya so‘rayotganday edi. Rasuli akram (s.a.v.) uning ham Madinada qolishini lozim ko‘rdilar.
— Sen Madinada qol, Ruqayyaga qarab tur, — dedilar.
Ruqayyaning kasallanib qolgani hazrati Usmonni bu g‘azotga chiqishdan to‘sdi. Ruqayya shoshilinch safarga otlangan otasini «Bu ko‘rib turganim balki oxirgi ko‘rishimdir», degan xayolda va g‘oyat qisqa bir vaqt ichida ko‘ra oldi, xolos...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:07:50
*   * *
Bu safarda Madinaning yerli xalqi bo‘lmish ansor ham ishtirok etayotgan edi. Ular bu kungacha qilingan va ba’zan Payg‘ambar (a.s.v.) ham qatnashgan safarlarning hech biriga ishtirok etishmagan edi. Urush bo‘ladimiyo‘qmi, qat’iy ma’lum bo‘lmagani uchun ortiqcha aslaha olishmadi. Buning ustiga, madinalik musulmonlardan bir qismi ham qatnashmayapti.
Xullas, soni uch yuzdan sal ortiq bir lashkar Madinadan yo‘lga chikdi.

* * *
Butun safar davomida quloqlari ding kelayotgan Abu Sufyon Rasululloh janobimizning (s.a.v.) Madinadan chiqqanlari xabarini olarolmas, G’ifor qabilasidan Zamzam ibn Amr ismli bir odamni yigirma dinor evaziga yolladi.
— Oyog‘ingni qo‘lga olib Makkaga borasan. «Karvoningizni Muhammad va uning ashobi qo‘lga kiritmasidan burun Badr mavqeiga yetib kelinglar, aks holda, karvondan umidlaringni uzinglar», deysan, — degan topshiriq ila kuzatib qoldi.
Keyin ey voh demaslik uchun ko‘riladigan boshqa bir tadbir yo‘q edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:08:03
* * *
Makkada boshqa xil hodisalar kechardi. Rasulullohning (s.a.v.) ammalaridan Otika bir tongda akasi A6bosni yoniga chorladi. Yuzida qo‘rquv alomatlari zuhur etar edi. Abbos xavotirlanib:
—   Senga nima qildi, singiljon, g‘amgin ko‘rinasan?— deb so‘radi.
—   Bir qo‘rqinchli, tush ko‘rdim, ey Abbos, — deb javob qildi Otika.
— Qanaqa tush ekan u?
— Tuyaga mingan bir odam keldi. Abtohga kelib to‘xtadi. Baland ovoz ila: «Ey vafosizlar, shoshiling, uchkun davomida qilichlarimiz zarbidan o‘lim topadiganingiz janggohga yetib keling!» deb baqirdi. So‘ngra yana takrorladi: «Ey vafosizlar, yetib keling!» Keyin yana takrorladi: «Ey vafosizlar, yetib keling uch kun davomida o‘ladiganingiz janggohga. Nimaga qarab turibsizlar?!» Xaloyiq bu baqiriqqa javoban uning atrofiga to‘plandi. Lekin u tuyasini haydab qoldi. Masjidi Haramga kirdi. Ka’baning orqasiga o‘tib to‘xtadi. Orqasidan kelgan odamlar atrofini o‘rab olgan edi. U yana baland ovozda: «Ey vafosizlar!..» deya haligi gaplarni yana uch marta takrorladi. Tuyasini haydadi. Abu Qubays tepaligiga chikdi. Makkaga ro‘baro‘ bo‘ldi. Baland ovozda uch daf’a ayni shaklda baqirdi. So‘ngra bir qoya parchasini ko‘chirib, tepadan pastga dumalatdi. Katta tezlik ila tushgan qoya parchalanib ketdi, har bir parchasi Makka uylaridan biriga teng kelardi.
Otika tushini aytib tugatar ekan, Abbos nihoyatda hayajonlangan edi.
— Ammo bu tushni hech kimga aytmagin, ey Abbos,—deb tayinladi Otika. — Oramizda qolishi lozim.
— Sen bundan tashvish chekma, — dedi Abbos.
Bir ozdan keyin Abbos ijozat so‘rab o‘rnidan turdi. Yo‘lda borarkan, boyagi tushning ta’siridan hech qutulolmas, o‘ziga kelolmas edi.
— Ko‘zlarimga nima bo‘ldi, seni bunday ahvolda ko‘ryapman, ey Abbos?
Boshini ko‘tardi. Utba ibn Robianing o‘g‘li Valid ekan. Javob bergunicha bo‘lmay, yana qaytarib so‘radi:
— Boshingga nima tashvish tushaqoldi?..
— Yur bunday, — deb Abbos uni bir chetga tortdi va hammasini aytib berdi. — Ammo shu gap shu yerda qolsin. Zinhor birov eshitmasin, xo‘pmi? — deb so‘zini oldi.
— Menga ishonaver, ichimga tushdi — xumga tushdi,— dedi Valid.
Otika Abbosga qay darajada ishongan bo‘lsa, Abbos ham unga shu darajada ishondi. Ammo ertasi kuni Abbos Ka’bani tavof qilaturib, u yerda to‘planganlarni ko‘rdiyu g‘alati bo‘lib ketdi. Ular bir narsa haqida qizg‘in gaplashishayotgan edi. Tavofni tugatyb, yonlariga bordi. Abu Jahl uni ko‘rishi bilanoq irjayib:
— Otikaning tushi haqida gaplashayotgan edik, —dedi.
Abbos talmovsiradi:
— Qanaqa tush?..
Abu Jahl yana mazax qilganday kuldi.
—   Qachon paydo bo‘laqoldi bu xotin payg‘ambar?
—   Nima demoqchisan sen o‘zi?
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:08:31
— Aytmoqchimanki, erkaklaringizning payg‘ambarligi yetmagandek, ayollaringiz ham chiqyaptimi endi? Singling Otika bashoratchi bo‘pqoptimi, uch kun ichida urushib mag‘lub bo‘ladiganimiz joyjoylarga chorlayotgan bittasini ko‘rgan emish... Xo‘p, biz uch kun kutamiz. Aytgani to‘g‘ri chiqsa, hay, to‘g‘ri chiqmasa, ko‘radiganlaringni ko‘rasanlar: xotinlaringizning yolg‘onchi ekanini har tarafga yoyamiz.
Abbos bu aytilgan gaplar asossiz ekanini, Otika bunday tush ko‘rmaganini aytib tonishdan nariga o‘ta olmadi. Ammo o‘zi Validga gullab qo‘yganidan pushaymon edi. Endi uni qidirib topganidan, so‘kkanidan nima foyda? «O’zing singlingning sirini saqlay olmadingku, men sening siringni qanday saqlay?» deyishi aniq.
O’q yoydan chiqqan edi. Nima qilsa ham, endi bu gapning yoyilishining oldini ololmaydi. Ayniqsa, Abu Jahldek odamning og‘ziga qulf solib bo‘lmaydi. Abbos, ichi pushaymonlik o‘tida yonib, uyiga qaytdi.
Xabar uyga undan oldda yetib kelibdi. Ayollar Abbosni o‘rtaga olib, og‘zi bo‘shligi uchun har chekkadan koyiy ketishdi.
— Abu Jahl obro‘yimizni bir pul qilsinu, sen og‘zingni ocholmay o‘tiraverdingmi?..
—   Senga ishonish kerak ekanku, ey Abbos.
—   Abdulmuttalibning qizlarini haqorat etsalar ham, sen indamay turdingmi? Bo‘lmasa, borib Abu Jahl bilan o‘zimiz hisob-kitob qilib qo‘yaylik unda!
Ular shunday gaplar bilan Abbosni burchakka tiqib qo‘yishdi. U ikki o‘t orasida yonardi. Validni topay desa, ayb o‘zida: sirni yashirolmadi. Abu Jahlga esa, teng kelib bo‘lmaydi.
— Sen Abdulmuttalibning o‘g‘li ekaningni ko‘rsata olmagan bo‘lsang, biz uning qizi ekanimizni isbotlaymiz. Bundan keyin u bilan hisob-kitob qilish bizning ishimiz, oramizdan chetga chiqib turishing mumkin.
Abbos chiday olmadi:
— Sizlar... sizlar ertaga ko‘rasizlar... — deb otilib chiqib ketdi.
Ertasiga o‘rnidan turganida ham shu qarori qat’iy edi. Shu ahd bilan uyidan chiqib, Masjidi Haramga keldi. Abu Jahlni izladi. Sal oldinroqda ekan. Darhol o‘sha tomonga qarab:
— Yo Abul Hakam! Yo Abul Hakam! — deb baqirdi.
Abu Jahl unga qaramay, dabdurustdan Safo tepaligi tomonga yugurib keta boshladi. Abbos uni oldiniga qo‘rqqanidan qochyapti, deb o‘yladi. Biroq, e’tibor bersa, yana anchagina kishi o‘sha tarafga qarab chopib borayotir. Nima bo‘pti ekan deya Abbos ham ularning ketidan birgalashib Safo tepaligiga chopdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:08:40
* * *
Abu Sufyon yigirma dinorga yollab jo‘natgan Zamzam kechakunduz yo‘l yurib, nihoyat Makka vodiyiga kirib keldi. U uch kundan beri tuyasini to‘xtatmay yugurtirib kelar edi. Tuyadan tushiboq ko‘ylagini yirtib, parchaladi. Yuganni ters o‘girdida, tuyaning burnini kesdi va yana unga mindida, Batni Vodiy degan joyga kelib ayyuhannos solib baqira boshladi:
— Ey Quraysh qavmi, falokat!.. Ey Quraysh qavmi, falokat!.. Abu Sufyon bilan jo‘natgan mollaringning yo‘lini Muhammad va ashobi to‘sishdi! Yordam, yordam!
Yugurib kelganlar burnidan qon oqib pishqirayotgan tuyaning ustida yoqapoychasi vayron, sochi to‘zg‘igan bir odamning bor kuchi ila qichqirayotganini ko‘rdilar.
— Nima gap? Nima bo‘ldi?
Ammo u odam bularning savollariga parvo qilmas, o‘z gapidan qolmay, «Yetishing, mollaringizni qutqaring», deb chaqirar edi.
Maydonga yetarlicha olomon to‘plangach, u battar jazavaga tushib hayqirdi va:
— Molu jon kerak bo‘lsa, ey Quraysh, Badrga yetishing! — deb qistashga tushdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:08:50
*   * *
Endi Abu Jahlning yoqasidan olishga hojat qolmagan edi. Otikaning tushi o‘ngidan kelayotganga o‘xshar edi. O’sha xabarchi kelib, insonning eng qiymatli borlig‘i, ba’zan jon tomiridan ham ortiq ko‘rguvchi moli qo‘ldan ketayotganini xabar qilar, qonlar qaynab miyaga urgan, asablar taranglashib, odamlar o‘ngu so‘lga yugura boshlagan edi.
—   Bu Xadramiyning karvoni emas! Muhammad bu gal yaxshigina ta’zirini yeydi! — deb bakiribchaqirishardi.
—   Otlaning! Qani, ketdik! Qani, Muhammad bilan hisob-kitob qiladigan bormi?!
Xalq qisqa vaqtda qurollandi. Hech qanday qo‘mondon bu qadar qisqa vaqtda bu qadar osonlikla qo‘shin to‘play olmasdi.
Ammo Abu Jahl bunga erishgan, yillar bo‘yi yig‘ib yurgan alamini birato‘la olmoq fursati yetgan edi. Yo‘lda yeyish uchun ozuqa olishsa, bas. Uni ham boylar o‘z zimmalariga olyaptilar. Faqat tezroq otlanmok kerak! Tezroq!..
Ikki soat ichida barcha hozirliklar ko‘rilib, ular dabdaba bilan yo‘lga chikishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:09:00
*   * *
Ka’baning bir burchagida o‘tirgan Umayya ibn Xalafning haliberi qo‘zg‘alish niyati yo‘q edi. Biroq yaqinlashib kelayotgan Uqba ibn Abu Muoytni ko‘rgan zahoti ichiga bir xavotir tushdi.
U fasodchi bir mashmasha yoki fitna chiqarmoqchi ekani turqidan ma’lum edi. Uqba kelib, burqsitib chekkancha Umayyaning atrofida aylana boshladi va bu ham yetmagandek atay Umayyaning yuziga birikki tutun pufladi. Xotinlarga qilinadigan 6u odatdan Umayyaning g‘azabi qo‘zg‘adi.
— Bu nima qiliq, ey Uqba! — deb o‘shqirdi u. Ovozida tahdid ham bor edi.
Uqba indamay qilig‘ida davom etaverdi. Ana shunda Umayyaning joni halkumiga keldi.
— Hoy, men senga aytayotibman! Bas qilasanmiyo‘qmi?
Uqba bu gal qilig‘ini qo‘yib, mazaxli ovozda dedi:
— O’zi ayollar o‘rtasida o‘tirsang ham, yarashadigan bo‘pqopti.
U ochikdanochiq haqorat qilmoqda edi.
— Og‘zingga qara! Nima deyayotganingni bilasanmi?
— Bilgandachi! Qavming jangga ketayotgan bir paytda sen xotinlarga o‘xshab nima qilib yalpayib o‘tiribsan?
Umayya sekin turdi. Nafratla Uqbaga qarab turib, bir og‘iz «Pastkash!» dediyu nari ketdi.
Yomon bo‘ldi. Obro‘li odamlar oldida haqoratga uchradi. Shoshmay tursin! Lekin yoshini bahona qilib urushga chiqmoqchi emasdi. Qolaversa, ichiga qo‘rquv solib, nafratini toshirgan yolg‘iz Uqba emas. Bir necha oy avval madinalik birodari Sa’d ibn Muozdan xunuk xabar eshitgan edi. Rasululloh uni o‘ldirar emish! Shundan beri Umayya umrining oxirigacha Makka tashqarisiga chiqmaslikka qaror bergan edi.
U o‘zini mazax qilib, ayollar toifasiga qo‘shgan Uqbaga: «Bu jangga chiqish men uchun o‘lim bilan barobar, sen nimani ham bilarding?» deyolmasdi. U holda yana qo‘rqoqlikda ayblanar, yana mazaxlarga uchrar edi. Nima bo‘lsa ham peshonamdagini ko‘rdim, deb ketaverish ham oson emas.
Uyga kelganida boshidan tutuni chiqar edi.
— Bu nima hol, ey Umayya? — degan xotiniga hamzarda qiddi:
— So‘rama!
Keyin o‘tiribo‘tirib, axiyri, bo‘lgan voqeani ochishga majbur bo‘ldi. Ammo shu orada ichkariga xizmatkor kirdi. Umayya battar asabiylashib:
— Nima kerak senga? — deb urushib berdi.
— Abul Hakam siz bilan ko‘rishmoqchi, — dedi u.
Umayyaning rangi oqarib ketdi. «Baloga yo‘liqibmanku», degandek bosh tebratdida:
— Bunisi anavinisidan ham o‘tadi, — deb to‘ng‘illagancha o‘rnidan turdi.
Endi qutula olmasligini aniq bilardi Umayya. Shunday bo‘lsada, ming bir bahonalar ro‘kach qilib, talay uzrlarini aytib ko‘rdi. Ammo Abu Jahl hech birisiga ko‘nmay, o‘z so‘zida turib oldi.
— Makkaning ulug‘i bo‘lgan sendek bir odam bu safarda ishtirok etmasang, holimiz harob. Sening qolganingni eshitganlar ham ketishni xohlamaydilar. Eng yaxshisi, biz ishning o‘rta yo‘lini tutaylik, — dedi u.
— Qanaqasiga?
— Biz bilan birga yo‘lga chiqib, bir necha kun yurasan. Keyin yashirincha Makkaga kaytib kelasan. Rozimisan?
Umayyaga xo‘p demakdan boshqa chora qolmadi. Abu Jahlning kelganini eshitgan ondayoq hammasini anglagan, tepasida «o‘lim qo‘ng‘irog‘i»ning chalina boshlaganini quloqlari bilan eshitgandek bo‘lgan edi. Istar-istamas, «Mayli», dedi.
Darhol xizmatkorini jo‘natib, Makkaning eng chopqir tuyasini sotib oldirdi. Tahlika yaqinlashgan zahoti unga minib Makkaga qochishni mo‘ljalladi. Zotan, bundan bo‘lak chorasi ham qolmagan edi uning.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:09:13
* * *
Abu Lahab betob yotar edi. Shu holda safarga qo‘shilishi imkonsiz. Shunga qaramay, Osiy ibn Hishomni chaqirdi.
—   Ey Osiy. O’zing bilasan, mendan to‘rt ming dirham qarzdorsan!
—   Bilaman, ey Abu Lahab. Ammo buni to‘lashim uchun menga bir oz vaqt kerak. O’zingga ma’lum, xozir qiyin ahvoldaman. Pul beradigan vaziyatda emasman.
—   Qarzingni to‘lashning oson bir yo‘lini aytsam, nima deysan?
«Oson yo‘l bilan qanday to‘lash mumkin?» Osiy hayron bokdi.
— Nima demoqchi ekaningni tushunolmadim.
Abu Lahab boshini yostiqdan ko‘tarishga harakat qildi, katta bir ehson qilmoqchi ekanini anglatadigan bir ohangda dedi:
—   Bu safarga mening nomimdan ishtirok etasan. Men ham sendan to‘rt ming dirhamni olgan hisoblanaman.
—   Rozimisan?
Osiy uning taklifini chorasiz qabul etdi.
Mushriklarning zodagonlari qavmni bu jangga tashviq etishda bir-birlaridan qolishmas edi.
— Ey qurayshliklar, molu mulkingiz qo‘lingizdan ketyapti. Ertaga Muhammad do‘stlari bilan birga Makkagacha keladi, bunga shubhangiz qolmasin. Sizlardan hech kim bu jangdan chetda qolmasligi kerak. Ulov istaganga mana tuya, yemak istaganga mana ozuqa, qurolim yo‘q deganga mana qurol!..
Suxayl ibn Amr, Zam’a ibn Asvad, Tuayma ibn Odiyy kabi zodagonlar bir-birlari bilan musobaqa qilayotgandek targ‘ibottashviqot yuritishardi.
Natijada to‘qqiz yuz ellik kishilik bir lashkar to‘plandi. Suvoriylarning soni oltmishtaga yetdi. ShundgM olti yuz kishi zirhli edi. Bir necha soat ichida amalga oshgan 6u ishlardan so‘ng Abu Jahl yurish haqida amr berdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:09:30
* * *
Rasululloh (s.a.v.) Madinadan chiqqanlarida Ramazonning sakkiz yoki o‘n ikki kuni o‘tgan edi. Uch yuzdan ziyod kishidan iborat qo‘shin bilan borardilar. Ichlarida ot mingan boryo‘g‘i ikki kishi edi, boryo‘g‘i oltmish kishigina zirhli edi.
Yetmish tuyalari bor edi yonlarida. Qo‘shin uchto‘rt kishidan iborat guruhguruh bo‘lib borardi. Tuyalarga navbatmanavbat minishardi. Rasulullohning (s.a.v.) hamrohlari Ali ibn Abu Tolib bilan madinalik musulmonlardan Abu Luboba edi. Kimning navbati kelsa, tuyaga minar, qolganlari yayov ketar edi.
Payg‘ambar (s.a.v.) janobimiz tuya ustida borarkanlar, navbatni hamrohlariga berish vaqti kelishi bilan tuyani cho‘ktira boshlagan edilar, ikki hamroh mone’lik qilib turib oldi:
— Ye Rasululloh, siz tushmang, sizning o‘rningizga biz yuramiz.
Ul zot unamadilar:
— Sizlar yurishga mendan chidamliroq emassizlar.
—   Ammo biz bu bilan Olloh beradigan ajru mukofotga umidvormiz.
—   Mening Olloh rahmatiga bo‘lgan ehtiyojim siznikidan oz emas. — Shunday deb Rasululloh (s.a.v.) tuyadan tushdilar va hamrohlari yurgancha muddat piyoda yurdilar.
Ilk qo‘noq «Ravha» degan joyda berildi. Rasuli akram (s.a.v.) qo‘shinni ko‘zdan kechirdilar. Bola yoshida bo‘lganlar ham bor edi. Ularni bir tarafga ayirdilar. O’shalar orasida Zayd o‘g‘li Usoma, Hazrati Umarning o‘g‘li Abdulloh va Zayd ibn Sobit ham bor edi. Keyin payg‘ambarimiz (s.a.v.) hamrohlariga qarab:
307
— Sen ham bir chetga o‘t, ey Abu Luboba, — dedilar.
Abu Luboba ko‘zlari g‘iltillab Rasulullohga (s.a.v.)
qaradi. «Men yosh bola emasmanku, yo Nabiyalloh!» demoqchi bo‘lar edi u. Biroq unga Madina voliyi etib vazifalantirilgani aytildi. Rasululloh (s.a.v.) qaytib kelgunlaricha bu vazifani yuritishi kerak edi u.
Osim ibn Odiyy bilan Horis ibn Xotib Abu Lubobaga yordamchi qilib berildi. Abu Luboba payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir tarafga ayirgan bolalarga qarab:
—Qani, yuringlar, qorako‘z oshnalarim, — dedi ko‘zi yoshlanib. Hanuz bolaligim poshsholigim davridan chiqmagan, biroq Sultoni anbiyoning yonlarida ul zot bilan elkamaelka turib kurashaman deb havas qilgan o‘smirlar ko‘zlarida yosh bilan qaytib ketishdi.
Bir oz istirohat etib charchog‘i yozilgan qo‘shin yana payg‘ambarimiz (s.a.v.) rahbarliklarida yo‘lga tushdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:09:54
* * *
Mardligi va jasorati bilan tanilgan Hubayb Madinaning mahalliy aholisidan edi. Rasululloh (s.a.v.) Quraysh karvonini qarshilash uchun yo‘lga chiqqanlarini eshitishi bilan, anchamuncha mol-dunyo qo‘lga kiritarman, deb otiga mindida, qo‘shin ketidan tushdi.
Vabara degan joyga yetib kelganida, qo‘shindagilar uni ko‘rib yuzlariga mamnunlik qalqib chiqdi. Jasur va bahodir bir odamning qo‘shilgani kimni xursand etmaydi! Rasululloh (s.a.v.) janobimiz undan nega kelganini so‘radilar. Hubayb maqsadini ikki og‘iz so‘z bilan aytaqoldi:
— Sizga yordam berish va bir miqdor mol-dunyoga ega bo‘lish uchun. Xo‘p, Olloh va rasuliga imon keltirdingmi?
—   Yo‘q!
— Qayt u holda! Biz bir mushrikka qarshi boshqa mushrikdan yordam olmaymiz.
Bu so‘z Hubaybning qaytib ketishiga kifoya qildi. Madina yo‘lidan ma’lum vaqt yurgach, oniy bir qaror bilan yana qaytdi. Shajara deyilgan joyda musulmonlarga yetib oldi. Biroq Rasululloh (s.a.v.) undan olgan javoblariga qarab, uni yana qaytarib yubordilar. Istar-istamas qaytib ketdiyu, lekin jon bozori deyilmish bunday safardan uningdek bir bahodirni qaytarib yuborishdagi sababni o‘ylab qoldi. «Nima bo‘lsa bo‘lsin, kel, yordam ber», deyish o‘rniga: «Bir mushrikka qarshi boshqa mushrikdan yordam olmaymiz», deyilgani odamni chuqur o‘yga toldirdigan bir narsa edi.
Tavba, bir mushrikni boshqa mushrikka qirdirishning nimasi yomon ekan? Ikki mushrikdan qaysi biri o‘lsa ham, bir dushman kamaygan bo‘lmaydimi, deb o‘ylar edi u. Hamonki shunday ekan, ikki marta ketmaket qaytarilishi «O’lsak ham, qolsak ham bu bizning ishimiz, haq yo‘lda bo‘lganlarning ishi» ma’nosini ifodalar edi. Endi bu dinning haq din ekaniga boshqa dalil izlab o‘tirmadi. Uchinchi bor qaytdi! Otining boshini qo‘shin ketayotgan tarafga burdi. Baybo deyilgan joyda yana ularga yetib oldi.
— Mana, yana keldim, — dedi u.
Yana o‘sha savol so‘raldi.
—   Ha, — dedi Hubayb bu gal. — Men Ollohning birligiga va sizning payg‘ambar ekaningizga imon keltirdim.
—   Unda yur biz bilan, — dedilar Rasuli akram (s.a.v).
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:10:13
* * *
Abu Sufyon karvonni tinch, baloqazosiz olib kelayotgan edi. Lekin musulmonlar Madinadan yo‘lga chiqqanlarini eshitishi bilan tinchligi buzildi. Birdan hujum uyushtirib qolishlari unga uyqu bermas, ko‘zi olazarak edi. Ba’zan oldinga o‘tib ketib, ba’zan o‘ngu so‘lni aylanib, xavfxatardan xabardor bo‘lishga harakat qilardi.
Bir kuni shu tarz karvondan oldinga o‘tib, Badr degan joyga yetib keldi. Majdiy ibn Amrni uchratdi. Ular ilgaridan tanish edilar.
— Muhammadning odamlaridan birontasiga duch kelmadingmi, ey Majdiy? — dedi u.
— Mening ular bilan nima ishim bor, uchratmadim.
— Menga qara, ey Majdiy, ortimdan bir karvon kelyapti. Bu karvonda butun Makka xalqining moli bor. Agar biron narsani bilib turib, bizdan yashirayotgan bo‘lsang, yaxshi ish bo‘lmaydi. Bu karvon Muhammadning do‘stlari qo‘liga o‘tsa, Quraysh bilan sening orangga aba
diy dushmanchilik tushib, joningni qutqarolmaysan. Keyin dengizlarda bir qilni ho‘l qiladigancha suv qolgunga qadar buning hisobini sendan so‘raydilar.
Majdiy sal oldinroqdagi bir quduqni ko‘rsatdi.
— Shu yerga ikki notanish odam kelib, tuyalarini cho‘ktirdida, ma’lum vaqtdan keyin idishlarini suvga to‘ldirib ketdi. Ular bilan gaplashganim yo‘q. Shuning uchun kim ekanlarini bilolmadim, — dedi u.
Abu Sufyon u ko‘rsatgan yerga borib, tuya go‘ngini titib ko‘rdi. Yuzi bujmayib, shumshaygan bir suratda qaytdi. Lablari orasidan shu so‘zlar to‘kildi:
— Qasamki, bular Yasrib yemlarini yegan tuyalardir.
Keyin tez tuyasiga mindida, jadallab yurib ketdi.
Endi to‘xtamoqchi bo‘lib turgan karvonga yetib, yo‘lni o‘zgartirish amrini berdi. Ular Badr vodiyini chap tomonda qoldirib, sohil tomon yo‘naldilar. Qo‘noqlab dam olish safar rejasidan chiqarib tashlandi.
Karvon kechakunduz demay jadallab, Makkaga yetib olishga urinar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:10:26
* * *
Ro‘za musofirlarni holsizlantirib qo‘yishi shubhasiz edi. Shu sababli Rasululloh (s.a.v.) ularga ro‘zalarini buzishlarini amr etdilar. Lekin bu amr taraddud bilan qarshi olindi. Ajabo, payg‘ambarimiz nima qilar ekanlar? Ashoblariga ro‘zani buzdirgach, o‘zlari ro‘zada davom etadilarmi? Ehtimol, ul zotning nima qilishlarini kutib, shunga yarasha harakat lozimdir?
Buni ko‘rgan payg‘ambarimiz qo‘llaridagi suv idishni hamma ko‘ra oladigan qilib ko‘tardilarda, suv ichdilar va:
— Mana, men ro‘zamni buzdim, sizlar ham buzinglar, — dedilar.
Ul zotning bu harakatlarini ko‘rgandan keyin taraddudlanishga o‘rin qolmadi. Hamma ro‘zasini (keyin qazo qilish niyati bilan) ochdi.
Shu orada xabarchilar yetib kelishdi. Abu Sufyon idora etib kelayotgan karvon Badr mavqeidan sohil tomonga burilib ketibdi. Buni eshitib mo‘minlarning hafsalasi tushib ketdi.
Ammo kelgan xabar faqat shundangina iborat emasdi: Makkadan yo‘lga chiqqan katta bir qo‘shin Badr mavqeiga yetib kelmokda ekan!..
Nabiyyi akram (s.a.v.) ashoblarini bir joyga to‘pladilar. Vaziyatni yana bir bor birgalikda ko‘zdan kechirish lozim edi. Endi karvonni qo‘lga tushirish imkoni yo‘qligini bildirib,dushman bilan to‘qnashib jang qilish lozimmiyo‘qmi haqida so‘radilar. Yuzlar burish
di, ko‘zlar orzu etilmagan bir holatga duch kelinganidan xayolga toldi.
— Biz urush uchun chiqmadik. Maqsadimiz karvonni qo‘lga kiritish ediku, — deganlar bo‘ldi.
Ularning bu holatini keyinchalik Qur’on anglatib: «(O’shanda) ular, go‘yo ko‘rib turgan hollarida o‘limga haydab ketilayotgandek» (Anfol, 6.) bir xolat olganlarini ifoda etdi. Payg‘ambarimiz savollarini yana bir bor takrorladilar. Berilgan javob yana mamnun qiladigan emasdi.
— Bizning ular bilan urushadigan kuchquvvatimiz yo‘q. Biz karvonni o‘lja qilib, qo‘lga kiritish umidida chiqqan edik, — deyishdi.
Rosti, bu javoblar Rasululloh (s.a.v.) hazratlariga yoqmadi. Karvonni qo‘lga kiritishlarini yoxud kelayotgan qo‘shinga qarshi kurashib g‘alaba qozonishlarini Olloh taolo va’da qildi, shu va’daga muvofiq, endi karvon o‘tib ketganiga ko‘ra, qo‘shin bilan jang qilishlari lozim edi. Ijobiy bir javob kutib:
—Sizlar nima deb o‘ylaysizlar, ey insonlar? — deb so‘radilar.
Axiyri, Hazrati Abu Bakr so‘z so‘radi. O’rnidan turib, chiroyli so‘zlar aytdi. Uning orqasidan Hazrati Umar turdi. U ham Rasulullohni mamnun qiladigan so‘zlar aytdi. Nihoyat Mikdod ibn Asvad turdi:
— Ey Ollohning rasuli, Olloh taolo qaerga xohlasa, o‘sha yerga boshlang. Biz hamisha siz bilanmiz. Qasam ichamanki, biz Bani Isroilning Hazrati Musoga: «Sen bor, Parvardigoring bilan birga jang qil. Biz mana shu yerda kutib turamiz», degani kabi demaymiz. Biz deymizki: «Siz, marhamat, Rabbingiz bilan birga jang qiling, biz ham siz bilan birga jang qilgaymiz», deb aytamiz.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:10:33
Miqdod do‘stlariga bir qarab olib, so‘zida davom etdi:
— Sizni hak din bilan yuborgan Ollohga qasam ichamanki, bizni Barki Gamodgacha oborsangiz ham, chekinmaymiz, jasorat bilan boramiz, siz maqsadingizga yetishguncha jang qilamiz.
Bu so‘zlardan Rasulullohning (s.a.v.) yuzlariga nur, qalblariga huzur yugurdi. Mikdodga xayrli duolar qilib, yana:
— Ey insonlar, fikrlaringni aytinglar, — deb so‘radilar.
311
Shundan keyin Sa’d ibn Muozning:
—   Yo Rasululloh, bizni nazarda tutayotgan ko‘rinasiz, shundaymi? — degan ovozi eshitildi.
—   Ha, sizlarni nazarda tutyapman, ey Muozning o‘g‘li,— dedilar ul zot.
Sa’d o‘rnidan turdi:
— Yo Nabiyalloh, biz sizga imon keltirib, sizni tasdiq etganmiz. Siz keltirgan Islom dinining haq din ekaniga guvohlik berganmiz. Sizga quloq solishga, sizga itoat qilishga so‘z berdik, qasam ichdik. Shu bois, ey Ollohning rasuli, istagan tomoningizga boshlang. Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Ollohga qasamki, bizga dengizni ko‘rsatsangiz va sho‘ng‘isangiz, ichimizdan hech bir kimsa ortda qolmay siz bilan birga sho‘ng‘iymiz. Bizni dushmanlarimiz bilan uchrashtirsangiz, uni ham chin ko‘ngildan qabul etgaymiz. Biz jangga qarshi sabrli, dushman qarshisida sadoqatli kishilarmiz. Umid qilamanki, Olloh taolo bizdan sizni mamnun qiluvchi harakatlar ko‘rsatajak. Qani, bizni Ollohning barakatlariga tomon boshlang, ey Rasululloh! Sa’d ibn Muozning bu nutqi Rasuli akramning ko‘ngillarini xushnud qilib, mo‘minlarning qalbiga jasorat baxsh etdi.
Hozirga qadar gapirganlar faqat muhojirlar edi. Ansoriylar nomidan yolg‘iz Sa’d so‘zladi. Ular Rasululloh (s.a.v.) janoblarini faqat Madinaning ichida himoya qilishga so‘z berganlar. Hozir esa, Madina tashqarisida edilar. «Bizning ahdimiz Madinaga tegishli edi», desalar, ularga hech kim hech narsa deya olmasdi. Badr Madinadan bir yuz ellik chaqirim uzoqda.
Sa’d ibn Muoziing jasorat va imon to‘la gaplaridan keyin Rasululloh (s.a.v.) janoblari:
— Yuringlar, men sizlarga xushxabar yetkazaman: Olloh taolo menga ikki narsadan birini va’da bergandir. Qasam ichamanki, men dushmanlarning urushib mag‘lub tushadigan joylarini ko‘rayotgandekman, — deb bashorat berdilar.
Endi maqsad bir edi, qo‘shin jangga otlandi. Ular «Badr» deb atalguvchi va o‘sha kunga qadar bozor joy sifatida tanilgan yerga yo‘l olishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:10:43
*   * *
Quraysh qo‘shini qo‘nibko‘chib olg‘a kelardi. Boylar navbati bilan qo‘shinni to‘ydirish vazifasini zimmalariga olgan edi. Bir kun o‘nta, boshqa kuni to‘qqizta tuya so‘yilardi. Abu Jahl, Utba, Shayba, Umayya, Hakim ibn Hizom, Abbos, Nazr ibn Horis, Nubayh va Munabbih kabilar bu xarajatlarni ko‘tarishayotgan edi.
Yo‘lda Abu Sufyonning elchisi yetib keldi. Karvon sog‘omon Makkaga yo‘nalgani xabarini berib, xojasiga Makkaga qaytaveringlar, dedi.
Bu xabar Abu Jahlga yoqmadi:
— Biz Badrga bormasdan qaytmaymiz. U yerda uch kun yebichamiz, cho‘rilar qo‘shiq aytadilar. Arablar ko‘ngil xushliklarimizni ko‘rishsin. Shundan keyingina qaytsak yarashadi, — dedi.

*    * *
Abu Sufyon karvonni Makkaga olib borgach, hamma narsani bir joyga joyladi. Hech kimga hech narsa bermadi. Badr nihoyasini kutishga qaror qilgan, ertaindin kerak bo‘lib qoladi, der edi. Bu karvondan kelgan foyda Muhammad va uning ashobiga qarshi jangga sarflanishi ma’lum edi.
Abu Sufyonning xabarchisi turib, yo‘lga tushdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:10:51
* * *
Elchi keltirgan xabarni Umayya ibn Xalaf boshliq bir necha kishi buyuk bir mujda sifatida baholashdi.
Karvon sog‘omon Makkaga o‘tib olgan, shuncha mol qutqarib qolingan, boshqacha aytganda, jangga hojat qolmagan edi, rostda, endi bekordanbekorga o‘zni o‘lim kuchog‘iga otishdan nima foyda? Qolaversa, endi Umayya Abu Jahlni osongina ko‘ndiradi. Axir, va’dasi bor ushgag...
Ammo mal’un Abu Jahl hozirgacha nima qilib bo‘lsa ham, uni yetaklab yurgan, sur zulukdek yopishgancha qo‘yib yubormagan, uni nakd o‘limga olib borar edi.
Mashhur Utba ibn Robia bilan ukasi Shayba ham kelgan xabardan sevinishdi.
Umayya ulardan avvalroq otni qamchilagisi kelib, Abu Jahlni qidirib ketdi va:
— Men qaytyapman, ey Abul Hakam, — dedi uni topib.
— Qaerga qaytasan? — dedi u tushungisi kelmay.
— Makkagada, axir, va’dang esingdan chiqdimi?
U kuldi:
—   Sen yosh bolaga o‘xshab qolibsan, ey Umayya. Makkadan chiqqanimizdan beri ruxsat so‘raysan...
—   Ammo sen ham yarim yo‘ldanoq qaytarib yuborishga so‘z bergansan.
—   So‘z berganman, to‘g‘ri. Hali ham so‘zimda turibman. Ammo oldin hech bo‘lmasa Badrga boraylik, birikki kun ayshishrat qilaylik, keyin qaytaverasanda.
— Badrgacha borish shartmi?
Abu Jahl bolasidan arazlagan ota kabi ohangda so‘zlandi:
— Joningko‘zishtashirinko‘rinibketyaptiya, Umayya... Xuddi Muhammad kelib shuncha odam ichidan bitta seni o‘ldiradigandek. Qo‘rqoqlik ham evi bilanda...
Umayya endi taqdirga tan berishdan boshqa chora qolmaganini angladi. O’zi o‘ziga la’natlar o‘qiy boshladi, har nima qilib bo‘lsa ham Makkada qolmagani uchun o‘zini ayblardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:11:02
* * *
Abu Sufyonning elchisi k.elishi bilan yuragiga suv sepilganlardan yana biri Axnas ibn Sharik edi. Mol qutqarilgach, jon yo‘qotishdan nima ma’no bor, dedi u. Axnasning yoniga yana bir necha kishi qo‘shildi. Yashirincha bir qarorga kelishdi: tez orada Makkaga qaytish kerak.
— Lekin, do‘stlar, — dedi Axnas pichirlab, — bu qaytishni qo‘shindan qochish deb o‘ylashmasin tag‘in. Yomon otliqqa chiqib qolmaylik. Shunday qilaylikki, hamma bizning qaytishimizni to‘g‘ri deb topsin. Vadirvudur qilib yurmasin. Aks holda, Abul Hakamning tiliga tushib qolsak bormi, holimizga voy.
Kelishuv uzoqqa cho‘zilmadi. O’zaro bir reja tuzishdida, tarqalishdi.
Quyosh tik bo‘lib, kun qizigach, dam olishga izn berildi. Bir muddat istirohat qiddilar. Asr vaqtida bir oz salqin tushib, yana yo‘lga tushildi. Biroq qo‘shin judayam shoshmas edi. Darvoqe, nimaga ham shoshsin? Karvon allaqachon yetadigan joyiga yetib bo‘lgan. O’zlari esa, Badrga ayshishrat uchun ketishayotir. Hali uch kun yebichishadi, o‘ynabkulishadi. Bu orada kun botib, tuyalarni g‘ayratga keltirish uchun she’rlar o‘qila boshladi. Qo‘shiq aytayotganlar ham bor edi.
Shu vaqt qo‘qqisdan Axnas ibn Sharik tuyasidan yiqilib tushdi. Atrofidagilar yugurib kelishdi. Baqircha qir bo‘lib qoldi. Birpasda yerga cho‘zilib yotgan Axnasning qovurg‘a suyagi singanligi aniqlandi. Ustigaustak, bechorani ilon ham chaqib olibdi. Qiynalib to‘lg‘onayotgan Axnas:
— Men sizlarga yuk bo‘ldim. Agar jang bo‘lib qolsa, menga baribir qarayolmaysizlar. Tashlab ketinglar. Urush chiqmasa ham, ayshishratingizni buzmay. Yaxshisi...
Uning holini ko‘rganlar nariberi zambil tayyorlab, tuyaning ustiga ortib bog‘lashdi. So‘raganlarga esa:
— Bechora tuya ustida mudrab qolibdi, — deb tushuntirishar edi.
Axnasning o‘zi ixrab, javraganijavragan edi:
— Birodarlar, ma’zur ko‘ringlar, tashvish bo‘ldim sizlarga, — deb go‘yo xijolat ham bo‘ldi.
Nihoyat barcha tayyorgarliklar tugab, do‘stlari Axnasni olib, Makka tomon yo‘lga chiqishdi. Hech qancha yurmay Axnas boshini ko‘tardi:
— Endi meni yechishlaring mumkin, — dedi u.
Reja ko‘zlanganidan ham muvaffaqiyatliroq chiqqan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:11:12
* * *
Quraysh qo‘shini hamon Badr yo‘lida, lekin musulmonlar tomonidan biron tahdid yo‘qligi uchun hech kimning jangga ham, qo‘lini qonga bo‘yashga ham ishtiyoqi yo‘q edi.
Faqat Abu Jahl bunday o‘yda emas. U nima qilib bo‘lsa ham, bir imkon topib, ikki tomonni urushtirib qo‘yishni mo‘ljallardi. Shunday qilibgina ichini yoqibqovurayotgan otashni so‘ndirishi mumkin. Keyin Madina masalasini hal etsa bo‘ladi. Busiz Shom yo‘liga kafolat bor ekanmi? Qolaversa, har doim bunday katta qo‘shin to‘plab bo‘lmaydi. Nima qilsa ekan? Akasi uch oy oldin o‘ldirilgan Amr ibn Xadramiyni gijgijlasinmikan? Urush chiqishi uchun intiqom da’vosidan zo‘rroq nima bor?..
Qo‘shinga qo‘shilib kelgan Muttalib o‘g‘illaridan Juhaym bir kuni titrabqaqshab uyg‘ondi:
—   Nima bo‘ldi, ey Juhaym, xotirjam uxlayolmagan ko‘rinasan? — dedi sheriklari.
—   Yomon tush ko‘rdim, — dedi u hamon o‘ziga kelolmay.
— Rabbing asrasin, nima ko‘raqolding?
Juhaym zo‘rg‘a tilga kirdi:
— Otga mingan bir odamni ko‘rdim. U baland ovozda Utba ibn Robia, Shayba ibn Robia, Umayya ibn Xalaf singari Quraysh ulug‘larini chaqirardi. Keyin qo‘lidagi pichoqni yonidagi tuyaga g‘archcha sanchdida, haydab yubordi. Tuya jon achchig‘ida o‘zini qo‘shin ichiga urdi. Hammadan dahshatlisi — tuyadan tizillab otilayotgan qon edi. Qo‘shinda o‘sha qon bilan bulg‘anmagan hech kim qolmadi... Hali ham titrayotgan Juhaym o‘zini qo‘lga ololmasdi:
— Meni qo‘rquvga solgan mana shu tush... — dedi.
Bu tush uni eshitganlarga ham ta’sir qildi. Zotan, jangga borayotgan qo‘shinda bunday bir tush yaxshi ta’sir qoldirmasdi. Yuraklar bir ezginlikni his etdi, ko‘ngillarga qo‘rquv tushdi.
Ozgina vaqtdan keyin qo‘shinda pichirpichir boshlandi. Hammaning og‘zida Juhaymning tushi. Hamma Makkada Otika ko‘rgan gush bilan bu tushni solishtirar, ular o‘rtasida bir bog‘liqlik topar edi. Ilgaridanoq qaytish fikrida yurganlar bu tushni bahona qilib, darhol qimirlab qolishdi. Bu ahvolda Badrga qadar borish bila turib o‘limga borish demak edi.
— Bekordanbekorga boshga balo orttirib olishdan nima ma’no bor?
— Men bu ishning oxirini xayrli ko‘rmayapman.
Bu tarzdagi gaplarni har tarafdan eshitish mumkin edi.
Ayniqsa, Umayya ibn Xalaf bu voqeani eshitgan zahotiyoq rangi oqarib ketdi. Tuyaga pichoq sanchgan odam shaxsan uning ismini atab chaqirganmish!.. Eshitib, peshonasini muzdek ter bosdi. Sarg‘aygan chehra titroq lablar ila beixtiyor:
— Bu odam bizni to‘g‘ri o‘limga olib ketyapti! — deb yubordi.
Abul Hakam bu tushni eshitgani hamon jahli boshiga tepdi:
— Yana nima deb valdiraydi bular?! — deya baqirdi g‘azablanib. — Mana sizlarga yana bitta payg‘ambar!.. Nimaga birdan payg‘ambarlar ko‘payib ketdi, tushunolmadik. Xotinlargacha hamma o‘zicha hukm chiqaradiya! Hali ko‘rasizlar, ertaga biz ularning boshiga nimalar solishimizni!..
Abu Jahlning bu so‘zlari eshitganlarni hushyor torttirdi. Chunki bu so‘zlari bilan u mutlaqo bir urush chiqarish niyatida ekanini oshkor etib qo‘ygan edi. Pichoqdek keskir tili, o‘kdek botuvchi ko‘zlari bilan Abu
Jahl hech kimni og‘iz ochishga qo‘ymas, ovoz chiqarganni quturgan itdek talar edi. Endi qo‘shinga o‘lim safariga chiqqanlarning jimjitligiga o‘xshash o‘ychanlik cho‘kdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:11:20
* * *
Badrga kelgan Islom lashkari Rasululloh (s.a.v.) buyruqlari bilan to‘xtadi. Qo‘shin bu yerda jabha olishi kerak edi.
— Yo Rasululloh, o‘z istagingiz bilan to‘xtadingizmi yoki Olloh taolodan vahiy keldimi? — deb so‘radi Hubob.
— O’z istagim bilan to‘xtadim, — dedilar ul zot.
— U holda, ey Ollohning rasuli, jang uchun bu yer qulay emas. Izn bersangiz, Badr qudug‘ining yoniga o‘rna shaylik. Atrofdagi boshqa quduqlarni esa, ko‘mib tashlaylik. Shunday qilsak, mushriklarning suv yo‘llarini kesgan bo‘lamiz.
Taklif qabul etildi. Darhol quduq yoniga ko‘childi. Bu tadbir faqat mushriklarni suvsiz qoldirish uchungina emas edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Quraysh lashkaridan suv olishga yo ichishga kelganlarga tegmaslikni avvalroq tayinlab qo‘ydilar.
Musulmonlar tepaning shundoqqina orqasiga mushriklar joylashganidan bexabar shu yerga qo‘nishdi. Go‘yo bir-birlari bilan kelishib olgandek, ayni vaqtda bir-birlariga juda yaqin yerga tushishgan edi. Orada faqat bitta tepalik...
Shu vaqt Quraysh lashkaridan suv topish bilan vazifalangan bir necha kishi quduq izlab yurib, kutilmaganda uch yuz kishilik qo‘shinga duch kelib qoldi. Ularni tutib, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keltirishdi. Bu paytda payg‘ambarimiz namoz o‘qiyotgan edilar.
—   Sizlar kim bo‘lasizlar? — deb so‘rashdi ulardan.
—   Biz Quraysh qo‘shini suvchilarimiz.
—   Yolg‘on to‘qimayapsizlarmi?
—   Yo‘q. Biz qo‘shinga suv topish uchun chiqqanmiz.
—   Sizlar Abu Sufyonning odamlari ekaningizni inkor etyapsizlarmi?
—   Yo‘q. Biz Abu Sufyonga tegishli emasmiz! Yo‘lda kelayotganimizda ular Makkaga yetib olganini eshitdik.
Shunda musulmonlardan biri qizishib:
— Bu odamlarni kaltaklash kerak. Ungacha to‘g‘risini yashiraverishadi, — dedi.
Birpasda g‘avg‘o qo‘pib, ularni o‘rtaga olib ura ketishdi. Ular «Abu Sufyonning odamlari ekaningizni, karvon qaerdaligini aytmaguningizcha do‘pposlanaverasizlar», debhar chekkadan piypalashar edi.
Bu ketishda tamom bo‘lishlarini anglagan mushriklar yagona qutulish yo‘lini izlab qolishdi va:
— Ha, e’tirof etamiz, biz Abu Sufyonning odamlarimiz, — deyishdi axiyri.
— Ha, aqlingiz bor ekanku! — deyishdi tutib keltirganlar. Bu bilan «Urkaltak yaxshi narsada, birpasda aqlni kirgizib qo‘yadi», deganday bo‘lishdi. Yuzlarga tabassum yoyildi. Tayoq fasli bitdi.
— Endi aytinglarchi, Abu Sufyon qaerda?
— Ehtimol, Makkadadir.
— o‘g‘risini aytinglar, bo‘lmasa, yana yeysizlar...
— To‘g‘risini aytyapmiz. Abu Sufyon yetadigan joyiga yetib olgan.
Bu orada payg‘ambarimiz namozlarini bitirdilar va darhol o‘rtaga tushdilar:
— Hoy mo‘minlar, sizlarga nima bo‘ldiki, bular rost so‘zlasa, urib, yolg‘on gapirsa, ishonyapsizlar?!
Keyin boyagi odamlardan Quraysh qo‘shini qaerda ekanini so‘radilar.
— Anavi ko‘rinib turgan tepaning orqasidamiz, — deb javob qilishdi.
—   Qo‘shinda qancha kishi bor?
—   Aniq aytolmaymiz.
—   Kunda nechta tuya so‘yasizlar?
— Bir kuni to‘qqizta, boshqa kuni o‘nta.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ashobga qaradilar.
— Ularning soni to‘qqiz yuz ellik bilan ming orasida. Bular aldamayapti, — dedilar.
Ushlangan odamlar qo‘yib yuborildi. So‘ng payg‘ambarimiz ashoblari bilan Badr sahrosini aylanib, ko‘zdan kechira boshladilar. Orasira to‘xtab:
— Bu yerda falonchi o‘ladi, 6u yerda falonchi o‘ladi, — deb bashorat qilar edilar.
Rasulullohning (s.a.v.) yonlarida borayotgan Abu Xuzayfa otasi Utba o‘ladigan joyni ko‘rganida ichidan zil ketib, ingrab yubordi.
Shu vaqt Nabiyyi akram (s.a.v.) to‘xtab, bunday duo qildilar:
«Ollohim, Quraysh kibr bilan, g‘urur bilan kelib, qarshimizda turibdi. Senga qarshi kurashmoqchi, rasulingni yolg‘onchiga chiqarmoqchi. Ollohim, va’dangda turib o‘zing qo‘lla, yordamingga muhtojman. O’zing ularni rasvo qil».
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:11:31
* * *
Hayoti davomida ko‘p tajriba orttirgan Sa’d ibn Muoz bu jang «jiddiy bir jon bozori» bo‘lishini bilar edi. Bozorga kelgan har inson kuchi yetganicha eng yaxshisini, eng qiymatlisini olishni istaydi. Mushriklar ham eng ko‘p Rasulullohga (s.a.v.) qasd qilishlari muhaqqaq edi. Sho‘ boisdan ham ko‘proq u zotni asrash, muhofaza etish lozim, deb o‘ylab, Sa’d payg‘ambarimiz oldilariga keldi:
— Ye Rasululloh, ijozat bering, siz uchun bir kapa quraylik. U yerda ulovingiz doim hozir tursin. Keyin biz dushman bilan to‘qnashaylik. Agar Olloh taolo bizga zafar nasib etsa, qanday yaxshi! Bu, zotan, biz juda orzu qilgan narsadir. Agar, Xudo ko‘rsatmasin, jangni qo‘ldan bersak, ulovingizga minasizda, orqada qolgan do‘stlarimizga yetib olasiz. Orqamizda shunday do‘stlarimiz borki, biz sizni ular sevganidan ortiqroq sevolgan emasmiz! Ular bu safarimizda jang bo‘lishini bilishganida, aslo orqada qolmay siz bilan yo‘lga chiqqan bo‘lishar edi. Umid qilaman, Olloh taolo ularni sababchi qilib sizni asraydi va ular ham siz bilan birga harakat qilib, Islom da’vosini yuksaltajaklar.
Rasululloh (s.a.v.) hazratlari Sa’d ibn Muozning bu so‘zlaridan mamnun bo‘lib, bu samimiy tuyg‘ularini tashakkurla, duo ila kutib oldilar. Ashob bilan birga darrov bir chodir qurishga kirishdilar.
Bu orada yomg‘ir yog‘a boshladi. U bir tekis shitirshitir yog‘ar, yoqqan sari badanlardan ham ko‘ra ko‘proq ruhlarni tozalayotgandek bo‘lar edi. Har tomchisi go‘yo badanlarga emas, ruhlarga singib quvvat berar, jasorat baxsh etar edi. Hech kim umrida bunaqa hodisaga duch kelganini eslayolmasdi. Bu yomg‘ir tomchilari xuddi quvvat tomizg‘isiga o‘xshardi. Bir oz avval «Biz karvonni mo‘l yo‘lga tushgan edik, jang uchun chiqmagan edik», deb turganlar ham boshqacha bo‘lib qoldi.
Yomg‘ir tinganida ko‘ngillarda qo‘rquv degan narsadan asar ham qolmadi, hamma qarshisidan chiqqanlarni bemalol maydondan haydab chiqara oladigan odamlarga aylandi. Kelajakda bu rahmat yomg‘iri haqida Qur’onda ham so‘z kelishini hozircha ular bilishmas edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:11:44
* * *
Ertasiga Quraysh qo‘shini kelib, mo‘minlarning qarshisida to‘xtadi.
U kechani ular allaqanday huzursizlikda o‘tkazishdi. Xdr onda mo‘minlar hujum qilib qolishi mumkin degan xavotirda bazo‘r tong ottirishdi. Holbuki, musulmonlar bunday tuyqus hujum qilishga, hatto o‘zlari uchun navbatchilar qo‘yishga ham imkonsiz edilar. Ularni chidab bo‘lmas bir uyqu elitdi, qovoqlari bir-biriga yopishib qolayotganday edi. Dushman qarshilarida turganini, ular qorong‘ulikda ham hujum qilib qolishi mumkinligini hech kim o‘ylamas edi. Makkaliklar tongni allaqanday uyqusizlikla qarshilagan bo‘lsa, mo‘minlar tiniqib uyg‘onishdi. Zo‘rlab uxlatilgan kabi edi ular. Lekin bu uyqu ruhlariga istirohat berish uchun Olloh taolo tushirgan bir sokinlik uyqusi bo‘lgani hozircha hech kimning xayoliga kelmasdi. Ertalab turib jangga hozirlik ko‘rishar ekan, uyqu quchog‘idan hali to‘la qutulolmayotganlar ham bo‘ldi. Hatto Abu Talxa qo‘lidagi qilichni ikki marta yerga tushirib yubordi.
Tong otgach, ikki tomon bir-birini yaqindan aniq ko‘rdi.
Abu Jahl bilan Munabbih ibn Hajjoj va yana bir qanchalarining yuzlariga shaytoniy bir kulimsirash balqib chiqdi. Qarshilaridagi dushman nyhoyati bir hovuch, mijig‘lab tashlashga ham arzimaydigan darajada ozchilik edi. Bular bilan jang qilib o‘tirishning hojati yo‘qdek. Ustilariga bir bora yurish bilan yanchib tashlash mumkin edi. Ha, albatta, bitta qo‘ymay yanchib tashlash kerak. Aks holda, ko‘payib, boshga bitgan balo bo‘ladilar.
—   Bir hovuchgina odam biz bilan urushishga chiqqanlariga nima deysan, ey Abul Hakam?
—   Nima ham derdim, zotan, ular nima qilishayotganini avval ham bilishmas edi!..
—   Menimcha, o‘z qonlariga o‘zlari tashna bo‘lishgan, ajal bularni Badrga yetaklab kelgan!..
—   Bir ozdan keyin ko‘radilar Quraysh karvoni yo‘lini to‘sish qanaqa bo‘lishini!..
—   Menga qolsa, bunday fursat yana qaytib kelmaydi, umrimiz bo‘yi ham topa olmaymiz, ey Abul Hakam, — dedi Munabbih.
— Bu kun ularning holiga voy bo‘ladigan kundir, ey Munabbih! — dedi Abu Jahl dushmani ko‘ziga barmoq bilan sanarli darajada oz ko‘rinib.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:12:04
* * *
Erta tongda mo‘minlar ham qarshilarida unchalik katta qo‘shinni ko‘rishmadi. To‘qqiz yuz ellik yoki ming kishiga borarda, deb taxmin qilishgan edi, holbuki, bular boryo‘g‘i ikki yuz ellik yoki, nari borsa, uch yuz atrofida edi. Hech kim Quraysh lashkari mo‘sulmonlarnikidan ko‘proq deya olmasdi.
Buyuk Mavloning har narsani qamragan qudrati yana pinhona qoldi. Birorta odam: «Ular aslida ko‘pchilik, lekin Olloh ularni bizga oz ko‘rsatyapti», degan xayolga kelmadi.
Mushriklar raqiblari oz ko‘ringani uchun ham jangga oshiqayotgan edilar. Musulmonlar ham qarshilarida o‘zlarinikichalik mikdordagi bir olomonni ko‘rib, jasoratlari ortdi. Raqiblari ko‘p ko‘ringanida, ehtimol, ko‘zlari qo‘rqar va jasoratlari sinarmidi...
Abu Jahl hali urush boshlanmay turib bu zafarni qanday qutlashni o‘ylar, Makkaga muzaffar bir qo‘mondondek kirib borish xayoli bilan go‘yo havoda uchib yurar edi.
Utba ibn Robia hali ham ichidagi g‘ulg‘uladan qutulmadi. Bu yergacha ko‘ngilsiz kelganlardan biri u edi. Yo‘lda qaytishga choralar qidirdi, lekin har gal Abu Jahl bir bahona topib, yoqasidan qo‘yib yubormadi.
Yana bir harakat qilib ko‘rsamikan?
Bu orada musulmonlar rajab oyi kiradigan kuni o‘ldirib qo‘ygan Amr ibn Hadramiyning ukasi Amir paydo bo‘ldi. U yoqasini yirtib, o‘rtaga tushib keldi va o‘zinio‘zi urib, ayyuhannos sola boshladi. «Akamning qoni qolsinmi, uning qasosi olinmasinmi?!» deb baqirardi u. Bu hol odamlarning qonini qizitib, urush chiqarishga undashdan bo‘lak narsa emasdi.
O’tayotgan har bir vaqt jang sari otilgan odimlardan iborat edi. Utba nima qilishni o‘ylab turar ekan, oldiga Hazrati Hadichaning jiyani Hakim ibn Hizom kelib qoldi. Keyin oralarida bunday suhbat kechdi:
— Abadiy bir sharafga erishishni xohlaysanmi, ey Utba?
—   Albatta, xohlayman! — dedi u sal garangsib.
—   Bu urushning oldini ol! — dedi Hakim.
—   Qanday? Chorasi bo‘lsa, ayt.
— Amr ibn Xadramiyning haqhuqukini zimmangga ol. Shunda urushga ham barham beriladi.
Utbaning yuziga sevinch qalqib chiqdi:
— Nega olmay, olaman, ey Hakim, — dedi u.
Utbadek bir odam uchun bu ish hech ham qiyin emas
edi. Fijor jangida o‘ldirilganlarning hammasiniig xun haqlarini zimmasiga olgan odam uchun bu nima bo‘pti? Xamirdan qil sug‘urishdek gapku!
U vaktni o‘tkazmay o‘rnidan turdi, atrofidagilar eshita oladigan baland ovozla, turganlarga murojaat etdi:
— Ey qurayshliklar, qarshingizda Muhammad va uning do‘stlaridan iborat bir olomon bor. Ular bilan to‘qnash sangiz, yo tog‘angizning, yoki amakingizning o‘g‘lini, yoxud qavmingizdan bironta odamning yostig‘ini quritasiz. Bir biringizga nafrat sotib olasiz. Yaxshisi, qaytib ketingda, uni arablarga qo‘yib bering. Agar arablar uni yengishsa, ish o‘zo‘zidan bitgan bo‘ladi. Agar Muhammad g‘olib kelsa, shuni bilingki, u erishadigan zafar sizning zafaringiz bo‘ladi. O’shanda u ham siz bilan yaxshi muomala qiladi, rahmdillik ko‘rsatadi. Men esam, ular o‘ldirib qo‘ygan Amr ibn Xadramiyning xun haqqini o‘z zimmamga olaman. Shularni aytmoqchi edim...
Hakim ibn Hizom Utbaning taklifini Abu Jahlga yetkazgani borib, uni zirhini moylayotgan holda topdi.
— Senga bir taklif bilan keldim, ey Abul Hakam, — dedi.
Abu Jahl o‘tirgan joyidan «Yaxshi taklif bilan kelganga hech o‘xshamaysan», degandek ko‘z qirini tashlar ekan:
— Nima taklif ekan, ayt, — dedi.
— Utba ibn Robia bu jangning oldini olish uchun Amr ibn Xadramiyniig xun haqqini bo‘yniga olishga va’da beryapti. Buni xalq oldida oshkora aytib, u yerdagilarni guvoh tutdi.
Abu Jahl o‘tirgan joyidan saichib ketdi. Qoni qaynab:
— Demak, Muhammad va do‘stlarini ko‘rishi bilai Utbaning o‘takasi yorilibdida, — deb baqirdi. — Yo‘q, bugun Muhammad bilan orani ochdi qilamiz. Ungacha Badrdan bir qarich jilish yo‘q. Shuni yaxshilab qulog‘ingga quyib ol, ey Hakim! Undan ko‘ra, sen hozir borda, Utbaga sharob ichirib ovozini o‘chir!
— Oxirgi so‘zing shumi, ey Abul Hakam?
— Ha, oxirgi so‘zim shu! Bugun ularga o‘lim farmonini o‘z qo‘llarim bilan imzolayman.
Suhbat shu yerda uzildi. Abu Jahl «Endi meni xoli qo‘y» degandek yomon qarab qo‘ydi. Hakim u yerdan umidini uzib qaytdi. Buning ustiga, Amir ibn Xadramiy xam o‘zini har tarafga urib: «Utbaga sharob ichiringlar, qo‘rquvdan yorilgan yuragiga malham bo‘ladi», deb bakirar edi.
Makka hududida Amir ibn Xadramiyga o‘xshaganlardan necha barobar ustun obro‘ga ega bo‘lgan tinchliksevar Utba xozir qo‘rqoqlikda ayblaiayotgan edi... Yana kim tomonidan — Amir ibn Xadramiy tarafidan... Utbaning unga o‘xshagan qancha qullari bor edi. Shu bois ham bu darajada hakrratga chiday olmagan Utba qiziq ustida birinchi bo‘lib o‘rtaga chiqishga qaror berdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:12:36
* * *
Ramazon oyining o‘n yettinchi kuniga to‘g‘ri kelgan juma tongida mo‘minlar hali ham uyqu eltgan ko‘zlari bilan masrurlanib turishar edi. Bir kun oldin yoqqan yomg‘ir yerni rosa yumshatgan bo‘lsada, oyoq botmas, bemalol yursa bo‘ladigan holatda edi.
Malakut olamida vaziyat undan ham boshqacharoq edi. Bir guruh farishtalar Badr jangida qatnashish vazifasini olib, shay turar edilar. Ulug‘ Mavlo ularga: «Albatta, men sizlar bilan birgaman, bas, sizlar imon keltirgan zotlarning (g‘alaba qozonishlariga ishonchlarini) mahkamlanglar. Men kofir kimsalarning dillariga qo‘rkuv solajakman. Bas, ularning bo‘yinlarini uzinglar, butun — hamma barmoqlarini chopinglar», deb amr qilgan edi. (Anfol, 12.)
Bundan tashqari, Jabroil farishta Payg‘ambarlar imomi sayyidimizning yonlariga tushib, Janobi Mavlodan salom keltirdi, ketmaket yuborilguvchi uch ming farishta bilan yordam berajagini yetkazib suyuntirdi.
Rasuli akram (s.a.v.) shundan keyin kapa ostidan chikdilar, ehtimol, bu kelgan vahiy natijasi o‘laroq qo‘llaridagi bir hovuch shag‘al toshni mushriklar tomonga otarkanlar: «Yaqinda o‘sha jamoat yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar» (Qamar, 45.) oyatini o‘qidilar.
O’sha damda Hazrati Umar boshlanay deb turgan jang hayajonini unutdi. Necha yillardan beri o‘qigan, ammo ba’zi sirini aqli ololmagan oyatning ma’nosini shu onda tushunib yetganidan sevindi. Necha marta o‘qigan bo‘lsa, o‘shancha marta: «Kim ekan u yengilib, ortlariga qochadigan jamoat?» degan savolning javobini zehnida izladi. Hozirgiday hayajonli bir onda qanoat berguvchi bir javob topajagi xayoliga ham kelmagan edi.
Rasululloh (s.a.v.) otgan shag‘al toshchalar xar yonga tartibsiz sochilgan, har bittasi bir mushrikka tegib, ularni dovdiratib qo‘ygan edi. Keyinroq Qur’oni karimda bu narsaga oydinlik kiritilib, Olloh: «Ey Muhammad, ularning yuziga qo‘lingizdagi bir siqim toshchalarni otgan paytingizda siz otmadingiz, balki Olloh otdi»,    (Anfol, 17.) deya bu ne’matni xotirlatdi.
Rasululloh (s.a.v.) shundan keyin ashob yoniga kelib, ularni g‘ayratlantiradigan, Alloh ayt deb buyurgan so‘zlarni aytdilar: «Parvardigoringiz sizlarga uch ming ko‘kdan tushirilgan farishta bilan madad berishi kifoya qilmaydimi?.. Agar sabr qilsangiz, sizlarga hujum qilsalar, Parvardigoriigiz sizlarga besh ming belgili farishta bilan madad berur». (Oli-Imron 124-125.)
So‘ng Olloh taoloning mana 6u amrini tablig‘ etdilar:
«Ey mo‘minlar, kofirlarning hujumiga duch kelganingizda ularga orqa o‘girmanglar (ya’ni, qochmanglar). Kim o‘sha (urush kunida jang yo‘sinini o‘zgartirish yoki boshqa bir guruh (musulmonlar)ga qo‘shilishdan tashqari holatda ularga (kofirlarga) orqa o‘girib qochsa, bas, u Olloh tarafidan g‘azab bilan ketibdi va uning joyi jahannamdir. Naqadar yomon oqibata!». (Anfol, 15-16.)
Shundan keyingina qo‘shinni tartibga keltira boshladilar. Qo‘llaridagi tayoqcha bilan ba’zilarni oldinga, ba’zilarni orqaga ishorat qilar edilar. Shu asno tayoqlari ila Savod ibn G’oziyaning oldinga surilishini ishora etgan edilar, u jiddiy tarzda:
— Siz mening badanimni og‘ritdingiz, ey Ollohning payg‘ambari. Olloh sizni adolat va haq din ila yuborgandir. Men ham buning haqqini so‘rayman, — deb turib oldi.
G’alatiku! Shu arzimagan narsadan odamning joni og‘rir ekanmi? Payg‘ambarimizning ham bunday niyatlari yo‘q edi. Bo‘lishi ham mumkin emas. Ashob har chekkadan Savodga xo‘mrayib qaradilar. Go‘yo: «Esini yeganmi bu? Besh daqiqadan keyin boshlanadigan jangda o‘qlar sanchilib, qilichlar insofsizlarcha chopishi mumkin bo‘lgan bir badanga yengilgina tegib o‘tgan bir tayoqchaning og‘ritishi qayoqqa boradi?» demoqchi edilar.
Shunday bo‘lsada, Rasululloh (s.a.v.) qorinlarini ochdilar:
— Kel, ey Savod, haqqingni ol, — dedilar ul zot.
Savod yaqinlashib keldiyu qattiq quchoqlab oldi. Ra
sulullohnint qorinlariga yuzlarini surtib, hurmatla o‘pib qo‘ydi va:
— Haqqimni oldim, yo Rasululloh, — dedi.
—   Nega unday qilding, ey Savod? — deb so‘radilar Rasuli akram.
—   Yo Rasululloh, vaziyatni o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Hozir bormiz, Xudo biladi, birpas turib nima bo‘lamiz. Shuning uchun men istadimki, bu dunyodan ayrila turib, oxirgi marta sizning muborak badaningizga tekkan holda ketay, Rabbimning huzuriga shunday boray, dedim.
Rasululloh (s.a.v.) hazratlari Savodni duo qildilarda, safni tartibga keltirib, kapalariga qaytdilar. Qo‘llarini ko‘tarib yana duo qila boshladilar: «Ollohim, bu qo‘shin mahv bo‘lsa, senga ibodat qilinmay qo‘yadi. Ollohim, va’dang bor edi, bizdan ayama. Yolg‘iz o‘zingdan yordam so‘rayman. Boshqadan talab qilmayman. O’zing bizni unutma».
Payg‘ambar janobimiz duo qilardilar, hazrati Abu Bakr orqalarida «Omin» deb turardi. Qo‘llarini samoga ko‘targan kezda Rasulullohning ridolari yelkalaridan tushib keta boshlar, hazrati Abu Bakr uni ko‘tarib qo‘yar edi.
Sultoni anbiyo sayyidimizning bunchalik yolvorishlarini ko‘rgan Hazrati Abu Bakr: «Duolaringiz kifoyadir, yo Nabiyalloh. Rabbingiz sizga yordam berajak», deb taskin bermoqchi ham bo‘ldi. Shu asnoda Sarvari olam janobimizning ko‘zlarini yengil bir uyqu bosib kela boshladi. Jang arafasida bunday uyqu bosib kelishi g‘alati edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uyquning uzo‘zidan kelmasligini, Janobi Haqning hususiy bir muomalasi ekanini anglab, boshlarini qo‘ydilarda, yotdilar. Juda ham qisqa davom etgan bu uyqudan uyg‘onganlarida lablari tabassum qilar edi.
— Xushxabar, ey Abu Bakr. Olloh taoloning yordami yetishdi. Ana, Jabroili Amin changto‘zon ichra keldi, otining yuganini ushlab turibdi, — deb ma’lum etdilarda, ashob tomon yurdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:12:46
* * *
Bu vaqt qarshi tarafdagilarni hayajonlantirish tashvishini chekayotgan Abu Jahl: «Ey Xudo, agar mana shu (Qur’on) sening dargoxingdan kelgan haqiqat bo‘lsa, ustimizga samodan tosh yog‘dirgin yoki bizlarga alamli azob keltirginchi», (Anfol, 32.) der edi.
Xuddi shu payt ikki kishini olib kelishdi. Bular Xuzayfatul Yaman bilan uning otasi edi. Abu Jahl ularni boshdanoyoq kuzatar ekan:
—    Qaerga ketyapsizlar? — deb so‘radi.
—    Yasribga, qayoqqa bo‘lardi, — deyishdi ular.
— Yolg‘on gapirmanglar, sizlar Muhammadga yordamga boryapsizlar.
— Nega endi, biz Yasribga ketyapmizku.
—   Menga qaranglar, — dedi Abu Jahl, — hozir sizlar bilan pachakilashib o‘tirishga vaqtim yo‘q. Muhammadga yordam bermaslikka va to‘g‘ri Yasribga qarab ketishlaringizga qasam ichinglar, qo‘yib yuboraman, aks xolda, shu yerdayoq o‘ldiramiz.
—   Qasam ichamiz: Muhammadga yordam bermay, to‘g‘ri Yasribga ketamiz.
—   Borynglar, ozodsizlar. Faqat, shuni bilinglarki, agar ahdni buzsalaring, oqibati yomon bo‘ladi.
Abu Jahlning ko‘zlari chaqnab turishidan bu so‘zlar mutlaqo jiddiy ekaiini bilsa bo‘lar edi. Keyin esa, ularni tutib turganlarga qarab:
— Qo‘yib yuboringlar, ketaversin, — deb buyurdi.
Huzayfa bilan otasi oyoqlariii qo‘lga olib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga chopishdi va yetib kelishgachgina nafas rostlashdi. Qurayshliklar tutib olib, Abu Jahl bilan yuzlagdtirishganini aytib:
— Ammo Olloh biladi, biz sizga yordamga kelayotgan edik. Mana, murodimizga yetdik, — deyishdi.
Nabiylar sarvari (s.a.v.) janobimiz ularning ishini ma’qullamadilar:
— Tezda Madinaga qaytinglar. Ularga bergan so‘zla ringizni ado etinglar, — deb buyurdilar. — Biz esa, mushriklarga qarshi Ollohdan yordam so‘raymiz.
Huzayfa bilan otasi Rasulullohning (s.a.v.) amrlari bilan Badrdan chiqishdi.
Nihoyat ikkala qo‘shin bir-biriga ancha yaqinlashdi. M}^shriklar qo‘shinidan ba’zilar musulmonlar qurshab olgan quduqdan suv ichgani kela boshlashdi. Shunda mo‘minlar ularning yo‘lini to‘sishdi. Buni eshitib payg‘ambarimiz (s.a.v) oraga tushdilar:
— Qo‘yinglar, ichishsin, — deb rozilik berdilar.
Hatto mashhur Hakim ibn Hizom ham sheriklari bilan birga kelib suv ichib qaytdi.
Shu orada ansordan Horisa ibn Suroqa kuduk oldiga keldi. Lekin u suv ichib ulgurmadi. Dushman tomonidan otilgan o‘q Horisaning bo‘g‘ziga sanchildi. Horisa ansorning ilk shahidi o‘laroq shu yerda jon berdi.
Badr jangi boshlandi hisob...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:12:58
* * *
Mushriklardan birinchi bo‘lib Amir ibn Xadramiy o‘rtaga otildi. Unga qarshi Hazrati Umarning ozod qilingan xizmatkori Mihja chiqdi.
Biroq Amir otgan o‘q uni o‘sha zahoti shahid etdi. Shunday qilib Amir akasining intiqomini olgan bo‘ldi.
Bu orada Quraysh qo‘shinidan Asvad ibn Abdul Asad musulmonlarning qudug‘iga qarab yo‘naldi. Albatta, suv ichaman deb yoki quduqni barbod etaman deya qat’iy bel bog‘lab kelardi. Qaerga borsa, fitnafasod chiqarib yuradigan, olovga moy sepadigan bir odam ekani uning kelishidan shundoq bilinib turardi.
Sal oldin kelganlarga hech kim hech nima demagan, yeuvlarini ichib ketishgan edi. Ammo bu odamning «Birontasi mening mushugimni pisht deyolmaydi, osadiganimni osaman, so‘yadiganimni so‘yaman!» deyayotgandek bir alpozda xo‘rozdek kekkayib kelishi xamiyatlariga tegdi. Hazrati Hamza qarshisiga chiqdida, bir qilich solib oyog‘ini kesib yubordi. Asvad Badrni boshiga ko‘taradigan bir faryod ila o‘zini yerga otdi. O’lsa ham qasamini bajo keltirishga azm etganday, tezlik ila o‘rmalab kelib, o‘zini quduqqa tashladi. Ortidan shoshgan Hamzaning ikkinchi zarbasi ichish uchun hozirlangani quduqni unga mozor qildi. Oyog‘idan va ikkinchi zarba yegan joyidan otilayotgan qonlar quduq suvini ichib bo‘lmas holga keltirdi, fitnafasod urug‘i bo‘lgan Asvadning o‘limi ham insonlar uchun boshqacha bir (buzg‘unchilik bilan) yakun topgan edi.
Keyinroq uning jasadi qudukdan chiqarib tashlandi.
Shu asnoda Quraysh lashkaridan uch kishi o‘rtaga chiqdi.
— Yo Muhammad, marding bo‘lsa, bizga qarshi maydonga chiqar! — deyishdi.
Ulardan biri Utba ibn Robia edi. Yonidagilar: biri o‘g‘li Valid, ikkinchisi akasi Shayba. Ularga qarshi ansordan uch kishi chiqdi. Utba ulardan kimliklarini so‘radi. Madina xalqidan ekanlarini bilgach:
— Bizning sizlar bilan ishimiz yo‘q. Orqangizga qaytib, makkaliklardan yuboringlar, — deyishdi. Keyin baland ovoz bilan: — Yo Muhammad, o‘zimizning qavmdan tengimizni chiqar! — deb baqirishdi.
Abu Huzayfa o‘rnidan turdi. To‘g‘ri harb maydoniga qarab yura boshladi. Holbuki, qarshisida otasi, birodari va amakilaridan biri turishar edi. Rasululloh (s.a.v.) janobimiz darhol vaziyatga aralashdilar:
— O’tir joyingga, ey Abu Huzayfa! — dedilar.
Bu amr Abu Huzayfani ortiga qaytardi va joyiga o‘tirishga majbur etdi.
Janobi Sarvari koinotning nigohlari ashobini bir-bir oralab chiqa boshladi. Maydondagilardan istagiga loyiq insonlarni axtardi.
— Tur, ey Hamza! Tur, ey Ubayda! Tur, ey Ali! — dedilar.
Uchalalari darhol oyoqqa qalqishdi. Bular lashkar orasida Janobi Rasulullohga (s.a.v.) eng yaqin aqrabo edilar.
Hamza amakilari edi.
Ubayda katta amakilari Horisning o‘g‘li.
Ali boshqa amakilari Abu Tolibning o‘g‘li.
Bu uch kishi barobar yurib, maydonda kutayotganlarning qarshisidan joy olishdi. Ko‘zlariga mag‘far tutilgani uchun kelganlarning kimligini yaxshi bilib bo‘lmasdi. Har birlari raqiblarining kim ekanini so‘rab oldilar:
Utbaning qarshisida Ubayda,
Validning qarshisida Ali,
Shaybaning qarshisida esa Hamza turishardi. Hatto yosh jihatidan ham bir-birlariga teng kelib qolishgan edi.
O’zaro tanishib olishgandan so‘ng jang boshlandi. Hamza bilan Ali raqiblarini bir qo‘ldayoq jonsiz holga keltirib qo‘yishdi. Utba bilan Ubayda esa, bir-birlarini yaralashgan, o‘ldirishmagan edi. Yerdamga yetib kelgan Hamza bilan Alining qilichlari Utbaning boshida bir yaltiradiyu lahza o‘taro‘tmas Utba ham Badr tuproqlariga jonsiz dumalab tushdi.
Mo‘minlar baland ovozla takbir keltirishdi:
—   Ollohu akbar!
—   Ollohu akbar!
Badr sahrosi bu takbir sadolari quchog‘ida tebrandi.
Quraysh rahbarlaridan bo‘lmish Utba mulohazali, sulhparvar, yaxshiliksevar bir odam sifatida tanilgan edi. Shunday odam qaysarlik va hasadga botib, so‘nggi nafasini Ollohning rasuliga qarshi maydon o‘qish, unga qarshi qilich ko‘tarish bilan berdi. Abadiy saodatni qozona olishi uchun g‘oyat ko‘p xususiyatlari bo‘lganiga qaramay, u bularga qiymat berishni bilmadi. Bevosita Janobi Rasulullohning (s.a.v.) og‘izlaridan eshitgani va eshitib titragani Qur’onning azamati qarshisida imon keltirishi lozim edi, u esa, Abu Jahlning yonini oldi, hakka qarshi yo‘lni ustun qo‘ydi. Endi uning hayot daftari yopildi, ustiga: «Rasulullohga qarshi qilich ko‘targani uchun o‘ldirildi», tarzida ilova yozilgan holda hisob-kitob manziliga olib ketildi. Abadiy falokatning yo‘lovchisi bo‘lganidan boshqa bir dalil izlashning hojati yo‘q edi.
Uning qo‘shinni orqaga qaytarish yoki, hech bo‘lmaganda, o‘zi ayrilib ketish xususida ko‘rsatgan harakati, ajabo, uning tinchliksevar ekanidan edimi, yo‘qsa, yaqinlashib kelayotgan ajal o‘qining unda paydo qilgan qo‘rkuvidan edimi? Bu savolga javob berishning endi hech qanday ahamiyati qolmadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:13:09
* * *
Utbaning qilichi Ubaydaning oyog‘ini kesgan, kesilgan joyidan qon bilan birga ilik oqardi. Uning rangi quv o‘chib ketgan edi. Payg‘ambarimiz oldilariga keltirilganida:
— Yo Rasululloh, men shahidmanmi? — deb so‘ray oldi.
— Ha, shahidsan... — dedilar Rasuli akram.
Endi Ubayda uchun oqayotgan qoni ham, chiqadigan joni ham alohida ahamiyat qozongandi. «Olloh yo‘lida halok bo‘lgan shahidlar haqida: «Bular o‘liklar» demangiz! Yo‘q, ular tiriklardir, lekin sizlar sezmaysizlar». (Baqara, 154.) oyatida berilgan xushxabarni o‘ylar, olgan har nafasida abadiy saodat sari yana bir odim yaqinlashayotganini his etib turar edi.
Jang qizish arafasida edi. Ikki taraf bir-biriga yana ham yaqinlashib kelaverdi. Rasululloh (s.a.v.) lashkarga qarab, qisqa bir xitob qildilar:
— Jonim qo‘lida bo‘lgan Ollohga qasam ichamanki, bugun ular bilan urushgan, olg‘a yurgan, qochmay sabr qilgan kishini hamda o‘ldirilganlarni Olloh mutlaqo o‘z jannatiga kirgizgay! — dedilar.
Rasululloh (s.a.v.) janobimiz bu so‘zlarni aytar ekanlar, qo‘lidagi xurmoni yeyish bilan mashg‘ul bo‘lib turgan Umar ibn Xumom:
— Qanday yaxshi! Demak, men bilan jannat orasida anavilarning meni o‘ldirishidan boshqa hech narsa yo‘q ekanda? — dedi. Xurmoni otib yubordida, qilichiga yopishib jang maydoniga sho‘ng‘idi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:13:22
* * *
Bu asno Abu Jahl Quraysh qo‘shinini g‘ayratga keltirishga urinib, baland ovozda va’z ayta boshladi:
— Sizlar Utbaning, Validning, Shaybaning o‘ldirilganiga parvo qilmanglar. Ular shoshilishdi. Asl jang qiladigan paytda bekordanbekorga jon berishdi. Ko‘rasizlar hali, Muhammadni tutib arqonlar bilan bog‘laymiz. Har biringiz ulardan birini o‘ldira olasiz. Ammo sizlar hozir o‘ldirmanglar tiriklay tutinglar. Ularga dinlaridan yuz o‘girib, Lot va Uzzoni inkor etishning nima ekanini ko‘rsatib qo‘yaylik!
Rasululloh (s.a.v.) orachira kapalariga kirar, sajdaga bosh qo‘yib Mavlolariga iltijo etar edilar.
Jang endi qiziyotgan bir paytda birov Abdurahmon ibn Avfni sekin turtganday bo‘ldi. Qarasa, bir o‘spirin.
— Amakijon, siz Abu Jahlni taniysizmi? — dedi u.
—   Taniyman. Nima edi?
—   Menga uni ko‘rsating?
—   Nima qilasan uni?
—O’ldiraman. Uning Rasululloh sha’nlariga yomon so‘zlar aytganini, haqorat qilganini eshitdim. Jazosini bersam.
— U holda mendan ayrilma.
Oradan ikki daqiqa ham o‘tmagan edi, boshqa tarafidan yana bir o‘spirin Abu Jahlni so‘radi. U bilan ham oralarida xuddi boyagiday savoljavob o‘tdi.
So‘ng ikki taraf umumiy hujum bilan bir-biriga kirishib ketdi. Hamma o‘z qarshisidagi odamga hujum qilar, urushar, yaralar yoki o‘ldirar edi.
Shu payt askarlar orasida goh o‘ngga, goh chapga qayrilib, lashkarini jangga tashviq etayotgan Abu Jahlni ko‘rgan Abdurahmon yonidagi o‘spirinlarga imladi:
— Ana, sizlar so‘rayotgan Abu Jahl shu odam bo‘ladi, — dedi uni ko‘rsatib.
Ikki o‘smir go‘yo bir-birlari bilan musobaqalashayotgandek o‘sha yoqqa otildilar va Abu Jahl ila urusha ketdilar. Biroq Abu Jahl ikki hamladayoq ikkalasini ketmaket shahid etdi. Bulardan birining ismi Muazziz, ikkinchisiniki Avf edi.
Shu orada Amr ibn Jamuxning o‘g‘li Muoz jang asnosi Abu Jahlga duch kelib qoldi va bir zarba bilan Abu Jahlning oyog‘ini chopib tashladi. Abu Jahl jon holatda faryod etib, yerga yiqilar ekan, uning o‘g‘li Ikrima yordamga yetib keldi va Muozning qo‘liga qilich soldi. Uning qo‘li bir parcha terida osilib qoldi. Ammo Muoz oqayotgan qoniga ham, chekayotgan og‘rig‘iga ham qaramay, jang qilishda davom etdi. Bir payt keldiki, osilib turgan qo‘li unga xalaqit berayotganini ko‘rdi. Egildida, liqillab turgan qo‘lini oyog‘i ostiga olib turib, yelkasini kuch bilan siltadi, qo‘li uzilib tushdi. Qilichini ikkinchi qo‘liga olib, yana dushman sarflariga oralab ketdi.
Abu Jahl esa, endi o‘rnidan turib, jangni davom ettira oladigan holda emasdi. Shu asno madinalik yigitlardan Muoz ibn Afro unga duch keddi. Abu Jahl yotgan^erida chirnirak bo‘lib aylanar va faryod qilar edi. Yigit qilichini ko‘tardida:
— Ollohning dushmaniga mana shunaqasi yarashadi! — deb butun kuchi ila tushirdi. Abu Jahl endi faqat tipirchilar edi, xolos. Muoz unga yana uchto‘rt qilich urdi. Nihoyat Abu Jahl qimirlamay ham, ovoz chiqarmay ham qoldi. Yigit «buning ishi bitdi» deya u yerdan ayrildi.
Shunday qilib, Muozlardan biri uning oyog‘ini chopgan, jang qilolmaydigan holga keltirgan bo‘lsa, ikkinchisi uni nak do‘zaxning eshigigacha oborib qo‘ydi. Olamlarga raxmat o‘laroq yuborilgan ulug‘ payg‘ambarni haqorat etgan kimsaning jazosi ana shunday berilgan, u dunyoga kelganiga pushaymonlar qilib, yarim o‘lik, yarim tirik holda yotar edi.
331
Endi bu yog‘iga Muozlarning ikkisi ham o‘lishga tayyor edi. Rasulullohga (s.a.v.) yetkazgan xo‘rliklarning, mo‘minlarga qilingan iskanjalarning intiqomini bir yo‘la kufrning eng katta vakili bo‘lmish Abu Jahldan olgan edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:13:36
Boshqa tarafda Rasulullohning amrlari bilan o‘liklar va yaradorlar ichidan Abu Jahlni qidirishardi.
Abdulloh ibn Mas’ud uni topgan paytda Abu Jahl so‘nggi nafasini olayotgan ekan. Darxol bo‘ynini bosib, soqolidan ushlab tortdi. Abu Jahl ko‘zlarini ochib, qarshisida bir paytlar o‘zi mensimaydigan, hatto odam o‘rnida ko‘rmaydigan qo‘ycho‘ponni ko‘rdi. Ibn Mas’ud:
— Ey Ollohning dushmani, nihoyat Olloh seni mana shunday rasvo etibdiku! dedi.
Abu Jahl zo‘rg‘a og‘zini ochdi:
—   Ey qo‘y cho‘poni... chiqish juda qiyin... juda qiya... bir yerga chiqibsan. Menga aytchi, g‘alaba qaysi tarafda?.. — deb so‘radi.
—   Ollohga va rasuliga imon keltirganlarning tarafi g‘olib kelyapti, — dedi cho‘pon.
Gap bunday davom etishi mumkin emasdi. Hali atrofda bir-biriga nayza sanchayotgan, yiqilganlarni chopib tashlayotganlar bor edi. Qisqasi, suhbat payti emasdi. Ibn Mas’ud uning boshidan sovutini chiqarishga urinarkan, Abu Jahl qimirlashgada holi kelmasdi. Qilich zarbalaridan badani tilimtilim bo‘lib ketgan edi. Nihoyat, ibn Mas’ud sovutni chiqardida, Abu Jahlning qilichini olib, bor kuchi bilan bo‘yniga soldi. Abu Jahl bir tipirchilab jon beraqoldi.
Shu onning o‘zida yonboshida kutib turgan azob farishtalari azobning eng dahshatlisini tottirish uchun uning yuziga, orqasiga urib, ruhini olib ketdilar.
Endi bu dunyoda Abu Jahl yo‘q. Dunyolarga farmon o‘qish vasvasasi bilan Ollohning rasuliga qarshi chiqib, xayoliga kelgan yaramasliklardan qaytmagan Abu Jahl, shunday qilib, Badr maydonida mag‘lub o‘laroq cho‘zilib yotar edi.
Bu xabar Rasulullohga (s.a.v.) ulkan bir mujda bo‘ldi. Olloh taologa hamdu shukrlar aytib, yonlarida turganlarga, «Bu millatning eng katta fir’avni mana shu edi», dedilar.
Musulmonlar katta bir dushmandan xalos bo‘ldilar. Makka hududlarida Rasulullohga va musulmonlarga qarshi undan kattaroq dushman yo‘q edi. Umrini Ollohning rasuliga va diniga dushman o‘laroq o‘tkazgan, bilmaganidan emas, hasadi tufayli musulmon bo‘lmagan, Islom dinini u tug‘ilgan kunlardayoq bo‘g‘ib tashlashga intilgan odamning o‘zi Badr maydonida mana shu tarz yo‘q bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:13:51
* * *
Jang borgan sari qizib borar ekan, Rasululloh (s.a.v.) duolar va niyozlar bilan Parvardigorga qo‘l ochib yolvorar, mo‘minlarga nusrat ato etib, kofirlarning qalblariga qo‘rquv solishini so‘rar edilar. Qolaversa, mushriklar ma’naviy tarafdan ancha cho‘kib qolishdi. Ko‘kdan tushirilgan farishtalar ham ularni qisib, Ollohning «bo‘yinlariga uringlar, barmoqlarini chopinglar», degan amrini ado etishar edi. Mushriklar ruhiy jihatdan tushkunlikka tushib, moddiy tarafdan holsizlikka yo‘liqib borardi.
Mushriklarni o‘zlarining adadlaricha ko‘rib jasoratlangan mo‘minlar esa, bu jasoratning ortib borayotganini sezib turishar, qo‘rquv nimaligini bilishmas edi. Go‘yo qarshilariga faqat o‘ldirilish, kuvlanish va asir olinish uchun bir qo‘shni yuborilgandek.
Rasululloh (s.a.v.) ashobga qarata:
— Ma’lumki, hoshimiylardan ba’zilari va yana boshqa bir necha kishi bu jangga o‘z istaklari bilan kelishmagan. Shu sababli, hoshimiy o‘g‘illaridan biriga, Abul Baxtariyga, Abbosga duch kelganlar, ularni o‘ldirmasin, — dedilar.
Bu so‘zlar Abu Huzayfaga og‘ir botdi. Chunki bir oz avval o‘ldirilgan va balki jasadlari hali sovib ulgurmagan Utba uning otasi, Valid,akasi, Shayba amakisi edi.
— Qanday yaxshi, — deb pichirladi u, — otalarimizni, akalarimizni, qabila a’zolarimizni o‘ldiraylikda, Abbosga kelganda unga tegmaylik! Xudo haqqi, agar uchratsam, bo‘yniga qilich solganim bo‘lsin.
Abu Huzayfaning bu so‘zlari og‘izdanog‘izga o‘tib, Rasulullohgacha yetib bordi. Yonlaridan hech ayrilmagan Hazrati Umarga:
— Nima deysan, ey Abu Xafs, Olloh rasulining amakisi qilich bilan o‘ldiriladimi? — dedilar. Hazrati Umarning g‘azabi qaynadi.
— Ruxsat bering, shu munofiqning bo‘ynini uzib tashlayin, ey Ollohning rasuli, ~ dedi.
Biroq Nabiyyi akram (s.a.v.) Abu Huzayfaning munofiq emasligini, samimiy bir musulmon ekanini yaxshi bilardilar. Lekin o‘rtada yanglish bir tushuncha bor edi, Eng yaqinlaridan birato‘la uch kishining jang boshidayoq ko‘zi oldida o‘ldirilishi osonlikcha hazm qilinadigan voqea emasdi, albatta. Bunday hayajonli damda, ustiga ularning imonsiz ketganlarining iztirobi qo‘shilib, Abu Huzayfa tuyg‘ularini jilovlay olmay qoldi va:^ «Ajabo, Hazrati Payg‘ambar bu damda yaqinlariga qayg‘uryantimi?» degan yanglish tushunchaga bordi.
Oddiy sharoitda payg‘ambarimizning «qarindosh qayg‘usida haqsizlik qilish» holatiga tushmasliklarini u yaxshi bilardi. Chunki uning inyunchi shu edi. Ul zotning Olloh nomidan haq va adolatni yoyadigan payg‘ambar ekanlariga ko‘ngil qo‘ygani uchun ham hamma narsasini tashlab, u zotning da’vatlarini qabul etgan edi.
Shu boisdan ham Rasululloh (s.a.v.), u munofiq emas, deb aytdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:14:01
* * *
Umayya ibn Xalaf endi tushovdan bo‘shaldi. Uni zo‘rlab Badrga olib kelgan va hech qo‘yib yubormagan Abu Jahl jangda o‘ldi. Endi bu yog‘iga Makkaga qaytib ketishiga hech kim qarshilik qila olmaydi. Zotan, hamma o‘zi bilan o‘zi ovora. Lekin ketishga musulmonlar izn berarmikanlar? Shu alpozda jang maydonidan boshini qutqarib olib chiqib keta olarmikan?
Ochig‘i, u bir jon bozorining o‘rtasida edi. Chor tarafda ingrab yotgan, jon berayotgan insonlar cho‘zilib yotar, qochayotganlar, quvlayotganlar bor edi. Kimdir asir ushlaganni bog‘lash bilan, kimdir yotqizganini chopish bilan va qurolini olish bilan mashg‘ul. Yaralanganlarning, boshi yorilganlarning faryodlari osmoiga o‘rlar, qonlar ichida cho‘zilib qolgan tuyalarning, otlarning o‘kirishlari insonga g‘alati bir seskanish solar edi. Oqqan qonlar Badr maydonini qizilga bo‘yadi.
Hech kim tanimaydigan inson emasda Umayya. Uni ko‘rganlarida. «Qo‘yaveringlar, ketaversin u bechora», deb tashlab qo‘ymasdilar uni. Bir paytlar musulmonlarni qon qustirish savdosiga berilganini bilmaydigan odam yo‘q.
Qolaversa, bu kun Badr maydonida yurib bo‘lmasdi, xohlagan tarafga ketib bo‘lmasdi. Har qadamda bir jasad, bir yaralangan inson yoki hayvon yotar edi. Bunday sharoitda qochish ham, quvlash ham qiyin. Qochayotganning oyog‘i bir jasadga qoqilsa, qonli tuproqda sirg‘anib yuztuban yiqilishi aniq. Quvlagan odam unga yetib olishi, tepasiga kelib o‘ldirishi ham tayin. Yoki buning aksi bo‘lishiyam mumkin...
Ikkiuch odim narida baqirtirabaqirtira so‘yilgan bir kallaga duch kelib, Umayyaning tizzalari qaltirab ketdi. Atrofni tutgan qon hidi uning vahimasiga vahima qo‘shar edi. Bunday bir qassobxonadan jonini sog‘omon qutqarish uchun Umayya butun dunyosini berishga tayyor edi.
Axiyri u o‘g‘li Alining qo‘lidan tutdi. Biron qutulish yo‘lini topish ilinjida keta boshlashdi. Birdan Abu Jahlning jasadiga duch kelishdi. Butun hayotining kinini, nafratini qo‘shib jasadga tupurdi. O’zi bilgan eng boloxonador so‘kishlardan bir qanchasini yo‘llab va u bilan shu tarz vidolashganidan so‘ngra yana ilgari keta boshladi. Otabola jang maydonining chekkasiga chiqib olishga harakat qilishar edi. Lekin harb maydoni tugamas, uning chekichegarasi yo‘qdek edi. Agar bir chekkaga chiqa olsa va qo‘liga bironta tuyami yoki otmi ilinsa, o‘zi bilardi, darhol: «Qaydasan, Makka?» deya surib yuborgan, undan keyin bir emas, mingta Abu Jahl kelsa ham, Makka tashqarisiga qadam bosmagan bo‘lar edi. Ammo hozir...
Qo‘lidan tutgan o‘g‘li bilan jasadlarni aylanib, yordam so‘ragan yaradorlarga zarra parvo qilmay ketib borisharkan, bir necha sovutni ko‘tarib olgan odamga ro‘para kelib qolishdi. Uni ko‘rgan zahoti Umayya sevinchdan aqldan ozayozdi. Umrida bunchalik sevingan emasdi.
— Ey Abdu Amr! — deb chaqirishdan o‘zini tiya olmadi.
Odam o‘zini eshitmaganga oldi. Umayya aqlini yig‘ib olib, yana qayta chaqirdi:
— Ey Abdul Iloh! Ey Abdul Iloh!
Odam bu safar o‘girilib qaradi. Bu, shubhasiz, Abdurahmon ibn Avf edi.
— Iya, senmisan, ey Umayya? — dedi u. Umayya tanilganidan sevinib ketdi.
— Qo‘y u sovutlaringni, mening qo‘limdan ushla... Men senga undan ham ko‘prog‘ini beraman.
Hazrati Abdurahmon o‘ylab o‘tirmay sovutlarni tashladi. Uzi o‘ldirgan odamlarning sovut va qurollari edi bular. Bir chekkaga qo‘yib, keyin yana jangga kirmoqchi bo‘lib turgan edi.
Umayya nafasini ancha rostladi. Necha yillardan beri bunchalik qo‘rqqanini va uning ketidan bu darajada sevinganini eslamaydi. Bu darajada dahshatli manzarani ko‘rmaganiga qasam icha oladi. Hech qachon hayotidan bu qadar umidini ham uzmagan edi. Butun umr his etmagan pushaymonlikni bugun his kildi. O’zi doim maqtab kelgan Abu Jahlga nisbatan hatto Muhammadga nisbatan tuyganidan ham ortiq nafrat va alam tuygan edi. Uning jasadiga tupurgan paytda his qilgan nafratni mabodo musulmonni ko‘rsa yo unga tupursa ham his etmasdi.
O’lim panjasida turgan yoqasini endi qutqardi hisob. Asirlik uning uchun hayotga yangidan tug‘ilishdek bo‘lardi. Ertaga istagancha fidya berib jonini qutqara oladi. U dunyo qadar mol sohibi edi, bu mol o‘zini va o‘g‘lini qutqarish yo‘lida sarflanmasa, nimaga yaraydi, axir? Hatto bunday bir kunda uni qutqarib qolgani uchun «Abdul Iloh» degani Abdurahmonga istaganidan ham ortiqcha pul bera olardi.
Ammo yasriblik oshnasi Sa’d ibn Muoz yetkazgan xabarga nima deyish kerak? Ilgaridan beri yolg‘on gapirmasligini aniq bilgani Muhammad uni o‘ldirishini aytgan bo‘lsa va shu onda uning bir odami tomonidan asir olingan bo‘lsa, bu gal o‘limdan qanday qutulib qolishi mumkin? O’ni asir qilgan Abdurahmon mabodo bir majburiyat ostida qolsa, o‘zi payg‘ambar deb ishongan va uning yo‘lida hamma narsasini tark etgan zotga qarshi chiqib: «Umayyaning tukiga ham tekkizmayman! U mening asirimdir!» deya olarmikan?
Ammo... Ha, bir paytlar o‘zi nihoyasiz aziyatu iskanjalar bilan qiynagan Bilol ham bor. Shu damda agar u ko‘rib qolsa, boshiga yog‘diradigan balolardan qutulishi amri mahol. Bilol borib Hazrati Muhammadga (s.a.v.): «Bu odam meni rosa qiynagan, aziyatlar bergan, bulardan sizning ham xabaringiz bor, endi uni menga qo‘yib bering», deb qolsachi...
Takror arosatda qoldi Umayya. Durustroq fikr yuritishga ham qodir emasdi. Bir ongina oldin dunyoning eng katta sevinchini his etgan bo‘lsa, uning orqasidan hayotdan umidini uzgan odam holiga tushib qoldi. U o‘zi sezmagan tarzda Abdurahmonning qo‘lini bor kuchi ila siqib, unga yolvorib qaradi:
— Qo‘yib yuborma... zinhor qo‘yib yuborma mening qo‘limni, ey Abdul Iloh, mening sersut tuyalarim ko‘p...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:14:09
* * *
Rasulullohning (s.a.v.) muazzinlari Bilol ibn Abu Raboh jang maydonida qo‘lida qilichi bilan bir o‘ngga, bir so‘lga otilar, duch kelgani btan olishib ketaverar edi. Yaxshi bir muazzin edi, ammo yaxshi bir jangchi hisoblanmasdi. Lekin shunga qaramay, qarshisida Ollohning dushmanlari, rasulnint dushmanlari turibdi. Musulmonlarga insondek hayot kechirishlariga yo‘l qo‘ymay kelayotgan, Ollohning nurini so‘ndirish musobaqasiga kirishgan bir guruh. Ularga qarshi tushirgan har qilich zarbasi ruhida yig‘ilib qolgan va hech sug‘urib tashlayolmaydigan iztiroblariga, alamlariga bir darmondek kelar, ko‘ngliga bir yengillik berar edi. Bu yo‘lda o‘ldirilsa, parchaparcha qilinsa ham, g‘am chekmasdi. Lekin oxirgi bir orzui bor edi. U ham bo‘lsa, Makkadaligida ming xil aziyat va jafolarni ravo ko‘rgan va faqat Ollohning birligiga ishongani uchungina chidab bo‘lmas iskanjalarga solgan Umayya ibn Xalaf bilan yakkamayakka urusha olish. Uning do‘zax o‘tinini eslatadigan katta vujudiga qilich urishning zavqini totish, uni baqirtirabaqirtira o‘ldirish.
Mana shuni ham qila olsa, u uchun ish tamom, so‘ngra Badr shaxidlariga qo‘shilib, ulap kabi jon bersa, g‘ami, qayg‘usi yo‘q.
Nima bo‘lganda ham, g‘alabaning yuzi musulmonlarga kula boshladi. Bilol sevinasevina, bunday bir g‘alabaning qurboni bo‘lishga rozi edi, faqat bir shart bilan: Umayyadan olishi kerak bo‘lgan qasosini shu maydonda, shu Badr sahrosida olsa bo‘lgani!
Ammo bu olomon, bu taloto‘p orasida inson izlaganini topa olishi juda mushkul, bir tasodif ila uchrashib qolish imkoni bor edi, xolos.
Bilol orachira:
— Ollohim, ko‘rsat menga Umayyani, ko‘rsat menga din dushmanini!.. — deya niyoz qilib, Ulug‘ Dargohga murojaat etardi.
Birdan qarshisida qo‘l ushlashib kelayotgan uch kishini ko‘rdiyu «Ollohu Akbar» deya baqirib yuborishdan o‘zini tiyolmadi. Oldin ko‘zlarini ishqaladi, keyin yana bir oz qaradi. Onasidan tug‘ilganidan beri bu darajada hayajonlanmagan bo‘lsa kerak. Hatto o‘zi ozod qilib yuborilgan kun ham bunchalik sevinmagandir.
Qarshisidagi uch kishidan biri Umayya ibn Xalaf edi!
U ortiq boshqalarga qaramasdi, ular kim ekanining ahamiyati yo‘q edi unga.
Bilolning zehni yillar avvalgi voqealarni yashin tezligida xayolidan o‘tkazar ekan, Umayyaning yuzlari uni ko‘rib burishib ketdi. Shu onda Bilolning sevinchi kuchlimidi yoki Umayyaning qayg‘usi kuchlimidi — yolg‘iz Ollohga ayon. Umayya bor kuchi ila Abdurahmonning qo‘lini yana qattiqrok siqdi, beixtiyor ravishda:
— Sizning sutga ehtiyojingiz yo‘qmi, ey Abdul Iloh?.. — dedi.
«Sizga mo‘lko‘l sut beradigan bir poda tuya berishim mumkin, faqat hayotimni qutqarsangiz, bas», demoqchi edi u. Biroq ketmaket «Ollohu Akbar», «Ollohu Akbar» deya baqirib takbir aytib kelayotgan Bilolni hozir kim ham to‘xtata yo jim qila oladi. Qo‘lidagi qonga belangan qilichi bilan havoda yoylar chizayotgan Bilol:
— Mana, Ollohning dushmani, kufrning qo‘rboshisi Umayya ibn Xalaf... U endi mendan qutulmaydi! — deya baqirardi.
Umayya go‘dakdek sof bir shafqat istagandek ohangda Abdurahmonga: «Yolvoraman, bizni qo‘yib yuborma», der ekan, ko‘zini Biloldan uzolmas edi. Bilol uchun o‘ldirilishi juda zarur bo‘lgan Umayya Abdurahmon uchun yaxshigina manfaat manbai edi. Shu sababli u: «Yo Umayyaning jasadi shu yerda qoladi, yoxud men o‘laman», deb qichqirayotgan Bilolga qarab baqirdi:
— Ey Bilol, bular mening asirlarim. Ularga tegolmaysan!
Tegmoq nima degani? Bilol unga tegmas ekanmi? To‘g‘ramchilab tashlaydi, etini parchaparcha qiladi, jahannamga uloqtiradi!
Ko‘rgan u zulmlarining intiqomini olmasdan, dunyoga kelganiga ming pushaymonlar yedirmasdan Umayyani o‘z holiga tashlab: «Uzr, sening asiring ekanini bilmabman», deb o‘tib ketish Bilolning lug‘atida yo‘q. Bunday bir ishga tushida ham rozi bo‘lmaydi. Abdurahmonning nima degani yoki nima deyishining ahamiyati yo‘q unga. Bor ovozi bilan bo‘g‘zidagi tomirlar yorilib ketar holatda:
— Bu yoqqa kelinglar, Ollohning dushmani Umayya ibn Xalaf bu yerda... U qutulsa, men qutulmayman! deb baqira boshladi.
Atrofda yuzlarcha har xil ovozlarning baland g‘ovuri bo‘lmaganida Bilolning tovushini Badr sahrosining narigi chekkasida turganlar ham eshitishlari mumkin edi. Shunga qaramay, o‘ngu so‘ldan kelganlar Umayyaning atrofini o‘rab olishdi.
Abdurahmon ibn Avf bir narsalar demoqchi bo‘lar ediyu, ammo unga hech kim quloq solmasdi. U faqat hujum qilayotganlarga qarshi Umayyaning oldiga o‘tib ko‘ksini kera olar edi. Nihoyat shunday ham qildi. Ammo orqadan, o‘ngdanso‘ldan kelayotganlarga qarshi nima ham qila olardi? Bularning hammasini to‘xtatib qolishga imkoni yo‘q. Bu orada bir qilich zarbasi Umayyaning o‘g‘li Alining bir oyog‘ini uzib tashladi. Bu achinarli holatni ko‘rgan, jigarporasining qonlar ichida yerga cho‘zilganiga shohid bo‘lgan Umayya nihoyat darajada nola bilan qichqirib yubordi. Abdurahmon bunday nolali bir faryodni umri mobaynida eshitmagan edi. Bu vaziyatda hujum qilayotganlarga so‘z uqtirish imkoni qolmadi.
— Sen endi o‘zingning boshingni o‘zing asra, ey Umayya, bu yog‘ini endi men eplay olmayman — dedi Abdurahmon.
Umayya uchun o‘ngu so‘ldan tahdid qilayotgan qilichlarga nishon bo‘lishdan boshqa bir ish qolmadi. Dunyo ostinustin bo‘lsa ham, foydasiz edi. Sal vaqt o‘tmay katta bir daraxtdek, vujudi qonlarga belanib yerga cho‘zildi.
— Mana senga!.. Bunisiniyam ol mendan, Raboh o‘g‘li Biloldan!.. — deya hayqirgan bir ovozdan keyin tushirilgan oxirgi zarba Umayyaning ishini tugatdi.
Umayyani Bilol ko‘rib qolgan payt bilan nimtalangan jasadning oyoq ostlariga dumalagan vaqt orasida hech qancha fursat o‘tmadi. Lekin shu ozgina fursat ichida Umayya bilan Bilolning zehnlaridan butun bir umr xotirasi kechgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:14:23
* * *
Sa’d ibn Muoz yonida bir necha kishi bilan birga Sultoni anbiyo janoblariga qo‘riqchilik kilardi. Rasululloh (s.a.v.) qaerga borsalar, soyadek ergashib borar, ehtimoli bo‘lgan hujumga qarshi hushyor turar edi. Mo‘minlarning qo‘shinidan ilk o‘ldirilishi mo‘ljallangan odam ham Rasululloh edilar. Mushriklardan biron kimsa «Bu Ollohning rasuli, unga tegish mumkin emas», deyishni xayoliga ham keltirmasdi, Kapadan jangning qanday ketayotganini kuzatib turgan payg‘ambarimiz Ollohning va’dasi ro‘yobga chiqqanini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Endi mo‘minlar qochayotganlarning orqasidan tushishgan edi. Yetib olingani tutilib, asirga olinardi. Ayni manzarani Sa’d ibn Muoz ham ko‘rib turar, ammo yuzidan xursand emasga o‘xshar edi.
—   Ey Sa’d, sen bu ishlardan shod ko‘rinmayotgandeksan?..
—   Ha, ey Ollohning rasuli, negadir ko‘nglim g‘ash. Bo‘layotgan bu ishlar Ollohning yordami bilan mushriklar ustidan qozonilgan ilk g‘alabamizdir. Ularni asir olib o‘tirmaslik kerakmidi... — dedi u.
Albatta, bir tomondan, yillar davomida mushriklarning mo‘minlarga yetkazgan aql olmas qiynoqlarining xotirasi, ikkinchi tomondan, imonning kufr ustidan to‘la g‘olib kelishining sog‘inchi Sa’d ibn Muozni shunday xulosaga olib kelgan edi. Ammo ishning uchinchi bir tomoni ham bor edi: u Rasulullohdagi buyuk shafqat hissi, ulkan sabr va bemisl tadbirdir. Sa’d umri davomida bu jihatlarga hali ko‘p bor guvoh bo‘lajak.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:14:37
* * *
Rasululloh (s.a.v) «o‘ldirmanglar» degan kishilaridan biri Abul Baxtariy edi. Musulmonlarga qarshi haddan tashqari bir harakat qilmagan inson edi, hatto qurayshliklarning payg‘ambarimizga qarshi uyushtirgan qatag‘onning kech bo‘lsada buzilishida Abul Baxtariyning hissasi bor. Uning bu yaxshiligini unutmagan payg‘ambarimiz ana shunday bir afv chiqardilar.
Madinalik mo‘minlardan Mujazzar urush nihoyasida bir tuya ustida jang maydonini tark etayotgan ikki kishiga duch keldi. Bulardan biri Abul Baxtariy edi. Oldilarini to‘sdi. Endi qutulay deganda tutilishgan edi ular.
— Sen Abul Baxtariy emasmisan? — deb so‘radi Mujazzar.
— Ha, to‘g‘ri topding.
— Rasululloh «Abul Baxtariyni ko‘rsalaringiz, o‘ldirmanglar», dedilar. Shuning uchun ozodsan, ketaver! — dedi.
— Xo‘sh, o‘rtog‘imchi, nima bo‘ladi u?
Xudo haqqi, payg‘ambarimiz bu imtiyozni faqat senga berdilar, boshqaga emas.
Abul Baxtariyning yuzi burishdi.
— Men do‘stimdan ayrilolmayman: yo birga ketaman, yoki birga o‘lishga roziman. Makka ayollarining «O’zining hayotini deb do‘stini tashlab ketibdi», degan ta’nalarini eshitishga toqatim yo‘q, — dedi.
Mujazzar Abul Baxtariyning bu vafodorona harakatiga javoban, «Mayli, sizlarni ko‘rmadim hisob, yo‘llaringiz ochiq, ketaveringlar», deya olmadi. Abul Baxtariy ham do‘stini tashlab ketishni o‘ziga ep ko‘rmadi.
Hazrati Payg‘ambarning (a.s.v.) amrlarini bajarish va Abul Baxtariy bilan urushmaslik yo‘lida Mujazzarning qilgan g‘ayrati foyda bermadi. Natijada qilichlar yalang‘ochlandi. Abul Baxtariy «Nomuslik kishi do‘stini tashlab ketmaydi: yo o‘ladi, yoxud boshqa biron yo‘lini topadi», ma’nosida bir bayt o‘qib, tuyadan tushdi. Jang boshlandi. Qilichlar ishga tushdi. Bu kichikkina jang Abul Baxtariy bilan do‘sti Junoda qonlariga belanib yerga qulashlari bilan natijalandi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:14:48
* * *
Urush nihoyalab qolgan edi. Qurayshliklar «Qo‘lingni tut, Makka!» deya jon halpida qochishardi. Urush boshlanmasidan avval bir hovuchgina bo‘lib ko‘ringan musulmonlardan qanday qilib yengilishganini o‘ylab tagiga yeta olishmas edi.
Orqalaridan quvlab kelgan musulmonlar ushlaganlarini asir olib qaytishar edi. Boshqa qism musulmonlar esa, ular tashlab qochgan g‘animatlarni to‘plash ila mashg‘ul. Avval ham ishorat etilganidek, Sa’d ibn Muoz boshchiligidagi guruh jang bitganiga qaramay, har ehtimolga qarshi Rasululloh janobimizning qo‘riqchiligi vazifasini bajarmokda edi. Hazrati Abu Bakr bilan Umar butun jang davomida janobimizning (s.a.v.) yonlaridan hech ayrilmadilar.
Shu yerda bir muammo chiqdi — o‘ljalarning qanday taqsimlanishi masalasi ko‘tarildi. O’lja to‘plaganlar, bizga ko‘proq tegishi kerak, degan g‘oyani ilgari surishsa, mushriklarni quvlaganlar, biz bo‘lmaganimizda g‘animat to‘plashga imkon toparmidingizlar, deyishar, Rasulullohni (s.a.v.) qo‘riqlab turganlar esa, bizning ham haqqimiz oz emas, deb bahslashishar edi.
Janobi Sarvari olam (s.a.v.) masala kattalashmasidan burun yopilishi uchun kelgusida tushishi ehtimoli bo‘lgan bir vahiy ila bu ishni hal etishni munosib ko‘rganlarini so‘ylashlari bilan ovozlar kesildi. Ya’ni, hozircha o‘ljalar bir joyda turadi, keyinroq, Janobi Haq qanday bir yo‘l ko‘rsatsa, unga ko‘ra harakat qilinadi.
— Yo Rasululloh, sizdan bir iltimosim bor, — deb qoldi Sa’d ibn Abu Vaqqos.
—   Nima ekan u istaging?
—   Mana shu qilichni menga bersangiz...
U o‘ljalar orasida qaragan ko‘zlarni o‘ynatib turgan bir qilichni ko‘rsatayotgan edi. Ammo Janobi Rasululloh bu taklifni o‘rinli ko‘rmadilar.
— Bu qilich na seningdir va na menimdir, ey Sa’d. O’lja taqsimida chekingga tushsa, olarsan, — dedilar.
Sa’d u yerdan ketdi. Ish u istagandek bo‘lmadi. Zotan bir qilich edi istagani. Bu jangda u bir emas, o‘n qilichga loyiq qahramonliklar ko‘rsatdi. Bunday qilichga ega bo‘lganidan keyin ham uni uyiga bezak qilmoqchi emasdi, yana Olloh yo‘lida ishlatishni, yana dushmanga qarshi u bilan solishishni o‘ylardi. Qisqasi, Sa’d 6u qilichning haqqini munosib tarzda qaytaradigan, «Bu qilich egasini topmabdi», degizmaydigan bir yigit edi.
O’zi ilk musulmonlardan. Bugunga qadar 6u yo‘dda g‘oyat ko‘p mashaqqatlar chekkan, devonadek sevgani onasini ham «Islom dinidan qaytasan» degani uchun rad etgan, hatto bu masalada unga aloqador oyatlar ham tushgan. Bu oyatlarda kelgan amrni hujjat tutib Sa’d onasiga yana barcha onalarga ko‘rsatiladigan hurmatni, ikromni ko‘rsatgan, lekin dinining amrlarini ham eng samimiy tushunchalar ostida ado etgan. Holbuki, istagani yolg‘iz bir qilich edi. Hech bo‘lmasa, o‘ljadan chekiga tushadigan ulush o‘rniga shu qilich berilsa bo‘lardi.
Bu kabi o‘y-xayollar Sa’d ibn Abu Vaqqosni takror Janobi Rasulullohning huzurlariga keltirdi.
—   Yo Rasululloh, shu qilichni sizdan o‘tinib so‘rayman, — dedi takror.
—   Ey Sa’d, bu qilich na seningdir, na menimdir. O’lja tarqatishda hissangga tushsa, olarsan, — degan javobni eshitdi yana.
Bu daf’a Sa’d pushaymon bo‘ldi. Ado etilmaydigan narsani taklif etganiga endi ishondi. Bo‘lmasa, Janobi Rasululloh uni tugul, boshqa har qanday insonni ham rad etmasliklarini bilardi.
Ko‘nglidan: «Ishqilib Olloh bu harakatimga bir jazo tayin etmasaydi», degan hadikxavotir kechdi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:15:04
* * *
Musulmonlar shahidlarini bittabittadan topdilar. Jami o‘n uch shahid bergan edilar. Sa’d ibn Abu Vaqqosning ukasi Umayr hamda Badr jangida qatnashish uchun otasi bilan qur’a tashlashgan Sa’d ibn Haysama ham shahidlar orasida edi. Utba ibn Robiadan jarohat olgan Ubayda ibn Horisning ahvoli ham borgan sari og‘irlashmoqda. «Men ham shahidmanmi, yo Rasululloh?» degan savoliga «Ha» javobini olganiga qaraganda bu foniy dunyoga qaytish imkoni yo‘q edi hisob. Ammo o‘lishni ham istaydigan holda emasdi.
Shahidlar Janobi Rasulullohning (s.a.v.) amrlariga muvofiq Badrga dafn etildi.
Mushriklarning o‘ligi oltmishdan ortardi. Kufrning boshlig‘i Abu Jahldan tortib, Qurayshning rahbarlaridan allaqanchasi endi hayotda emasdi. Qo‘lga tushirilgan asirlarning hisobi ham yetmishdan ko‘p edi. Janobi Rasulullohning amakilari Abbos, kuyovlari Abul Os, Hazrati Alining akasi Oqil, Qurayshning mashhur xatibi va dongdor odami bo‘lgan Suhayl ibn Amr, yana Rasulullohga dushmanliklari ila nom qozongan Uqba ibn Abu Muoyt ila Nadr ibn Horis... kabi kishilar qo‘llari bog‘liq holda taqdirlarini kutib turishardi.
Badr maydonida sochilib yotgan buncha jasad shunday ochikda tashlab qo‘yilmasdi, albatta. Bu ishlardan keyin Qurayshdan bir kimsa kelib ularni ko‘mishi ham dargumon. Shu sababdan ertasi kuni o‘sha atrofdagi katta bir chuqurlikka jasadlarni ko‘mish amr qilindi.
Ilk keltirilgan jasad Utba ibn Robianiki edi.
Abu Huzayfa otasining ko‘milish jarayonini yuragi uzilib, mahzun bir qiyofada, parishon bir ko‘ngil ila ko‘rib turdi.
— Xafamisan, ey Abu Huzayfa? — deb so‘radilar. Rasululloh (s.a.v.).
Abu Huzayfa boshini ko‘tardi.
— Otam eslihushli, hodisalarning tadbirini olishni biladigan, yaxshiliksevar bir odam edi. Mana shu xususiyatlari uni astasekin Islom diniga olib keladi, deb umid qilardim. Buning aksi o‘laroq, kofir holida o‘lim topib ketgani meni ezyapti.
Rasululloh (s.a.v.) Abu Xuzayfani duo qilib, yo‘llariga ketdilar.
Abu Xuzayfa otasi o‘ldirilgan joyga yana bir bor bokdi. Bir kun burun: «Utba ibn Robia jon beradigan joy mana shu yerdir», deb Rasululloh (s.a.v.) ko‘rsatganlari joy edi. Undan nari ham, beri ham emas.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:15:18
Boshqa mushriklar ham bir-bir keltirildi; chuqurga tashlandi. Shu tariqa yigirma to‘rtinchi jasad qo‘yilgach, ustiga tuproq tortish amri berildi.
Umayya ibn Halafshshg jasadi shishib ketgan edi. Aslida ham beso‘naqay bo‘lgan vujudi shishganidan keyin yanada g‘alati bir holga tushibdi. Zirhini ham yechmasdan, o‘lgan joyida qoldirishdi, ustiga tuproq tortishdi. Boshqa jasadlar bittadan, ikkitadan qilib, atroflaridagi chuqurlarga ko‘mildi.
U kecha o‘sha yerda qolindi. Uchinchi kun tongda yo‘lga otlana boshlashdi. Janobi Rasululloh (s.a.v.) ulovlarini hozirlashni buyurdilar. So‘ng qayoqqadir keta boshladilar. Bir necha odam ortlaridan ergashdi. «O’zlarining bir ishlari bilan ketayotgan bo‘lsalar kerak», deb o‘ylashdi boshqalari. Janobimiz jasadlar ila to‘ldirilgan chuqur boshiga keldilar. O’sha yerda to‘xtadilar. Go‘rdagilarga qarata:
— Ey ahli qolib! — deya xitob qildilar.
So‘ngra chuqurga ko‘milganlarni birmabir otini aytib, chaqira boshladilar. Orqalarida turganlar hayratla qotishgan edi.
— Ey Utba ibn Robia, ey Shayba ibn Robia, ey Umayya ibn Xalaf, ey Abu Jahl ibn Hishom... sizlar Rabbingiz qilgan tahdidning haq ekanini endi bildilaringizmi?! Men Rabbimning menga qilgan va’dasini haq topdim. Sizlar payg‘ambaringizga qarshi juda yomon ishlar qildingiz. Meni sizlar yolg‘onchi hisobladingiz, biroq odamlar meni tasdiq etdilar. Sizlar meni yurtimdan zo‘rlab chiqardingiz, odamlar bag‘rilariga bosdilar. Sizlar menga qarshi urushga chiqdingiz, odamlar menga yordam qildilar. Shu onda Ollohga va rasuliga imon keltirgan kishilar sifatida o‘lishni istarmidingiz? Ha, endi sizlar Rabbingizning takdirini haqiqiy ma’nosila topdingizmi?.. Men Rabbimning menga oid va’dasini haq topdim...
Janobi Rasululloh (s.a.v.) so‘zlarini shu yerda to‘xtatdilar. Bu xitobni orqada xayrat va hayajon ichra tinglab turganlardan Hazrati Umar (r.a.) o‘zini tutolmadi:
— Ey Ollohning payg‘ambari, bu sasigan lsasadlarga gapiryapsizmi? Ular o‘lib ketmaganmilar?! — dedi.
Nabiyyi akram (s.a.v.) unga «holat sen o‘ylagandek emasdir» degan ma’noda qarab:
— Sizlar mening ovozimni ulardan yaxshiroq eshityapmiz deb o‘ylamanglar. Ammo menga javob berishga ularning qurblari yetmaydi, — deya marxamat etdilar.
So‘ngra ortlariga qaytdilar, ulovlarining yoniga keldilar va yurish amrini berdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:15:27
* * *
Badrda tirik qolgan mushriklar kechakunduz Makkaga qarab yo‘l yurdilar. Eng avval Haysuman degan kishi yetdi.
Lashkar ketganidan beri ulardan bir xabar ololmagan, ammo yuz foiz ishonch ila zafar mujdasini kutib yashaganlar Haysumanning parishon bir holda shaharga kirib kelganini ko‘rib, ko‘ngillariga vahim oraladi.
— Qanday xabarlar keltirding, ey Haysuman? — deyishdi. — Bizga tushuntir.
Haysuman atrofini o‘rab olganlarga shunday bir ko‘zqarash qildiki, go‘yo bu bilan: «Men sizlarga nimani ham tushuntiraman, holimdan o‘zlaring anglab olmayapsizlarmi?» deyayotgandek bo‘ldi. Ammo mushriklar baribir o‘zlari orzulagan javobni kutishar, «Muhammadning holini parishon qilib qaytdik. O’zimiz qay ahvolda kelgan bo‘lsakda, biz g‘alaba qildik», deyishini istashar edi. Nihoyat Haysuman tilga kirdi:
— Utba ibn Robia o‘ldirildi. Shayba o‘ldirildi. Abul Hakam (ya’ni, Abu Jahl) o‘ldirildi... — deya bir-bir sanashga tushib ketdi.
— Nimalar deyayotganingni o‘zing bilasanmi?
— Senga bir balo bo‘lmaganmi, ishqilib?
Haysuman ularning savollariga parvo qilmas, hamon
«Falonchi o‘ldirildi. Pismadonchi o‘ldirildi...» deya sanar edi.
—   Xup, Umayya ibn Xalafchi?
—   O’ldirildi.
—   Abul Baxtariychi?
—   O’ldirildi...
Har kim esiga kelib qolgan odamni so‘rar, u esa, birgina so‘z ila: «O’ldirildi», deya javob qilar edi. Bu daraja vahimali oqibatni hech kim kutmagan edi. Kunlar o‘tgan sayin qat’iy bir g‘alabani kutib yashaganlarga bunday bir mag‘lubiyatni anglatish chindan ham og‘ir edi.
Ilk hushini yig‘ib olgan kishi Umayya ibn Xalafning o‘g‘li Safvon bo‘ldi. U sal ilgarida, Xijr degan joyda o‘tirgan edi. Yonidagilarga past ovozda shivirladi:
— Bu odam esini yeb qo‘ygan ko‘rinadi. Meni so‘ranglarchi, nima derkin, ko‘ramiz.
Hozirgi vaziyatda bundan ma’qul yo‘l yo‘q edi xam. Ichlaridan biri kelib so‘radi:
— Xo‘p, Safvon ibn O’mayyadan xabar bormi? U ham o‘ldirilgan bo‘lmasin tag‘in?
Haysuman o‘girildi, Hijr tarafga boqdi va:
— Anavi yerda devor tepasida o‘tiribdi, — dedi.
Endi uni birov telba deya olmasdi. Yolg‘on so‘ylamayot
gan bo‘lsa, unda qat’iyyan mag‘lub bo‘lganlariga ishonishga to‘g‘ri kelardi.
— Menga qara, — dedi birovi, — agar bizni aldayotgan bo‘lsang, holingga voy! — So‘ngra Ka’ba atrofini o‘ragan butlarga ishorat qildi: — Hamma butlarning la’nati boshingga yog‘ilsin!.. Haysuman so‘zini qisqa qildi:
— Bularning va yana men bilmagan ilohlarning holiga qasam ichamanki, aytganlarim to‘g‘ridir! Mening bu so‘zlarimga yaqin orada o‘zlaringiz ham ishonch hosil qilasizlar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:15:39
* * *
Makkaga birinchilardan bo‘lib qaytib kelganlar orasida Janobi Rasulullohning (s.a.v.) amakilaridan Horisning o‘g‘li Abu Sufyon ham bor edi.1 Har ehtimolga qarshi undan ham so‘rab ko‘rilsa, zarar qilmaydi. Chunki hech kim Haysuman keltirgan xabarga ishonishni istamas, hamma zafardan so‘z ochilishini orzu qilar edi. Ular so‘ramagan takdirlarida ham, Abu Sufyon jim o‘tirmas edi.
— Nima yangiliklar bor, ey Abu Sufyon?
Abu Sufyon so‘zni cho‘zib o‘tirmadi. Zotan, arablar ezmalikni yoqtirishmas edi.
— Vallohi, biz Muhammadning lashkariga ro‘baru kelganda, ular bilan urusholmadik. Butkul o‘zgarib qolgandek edik. Ular esa, jon olguvchilardek, kimimizni o‘ldirdilar, kimimizni asir qildilar. Hech kimdan ayb yo qabohat topmoqchi emasman. Ammo shunisi haqiqatki, biz yer bilan ko‘k orasida, kulrang otlarga mingan porloq yuzli, turlituman notanish suvoriylar bilan qarshilashdik. Vallohi, hech kim ularning hamlasiga dosh berolmas, bir narsa ham qila olmas edi.
— Mayli. Utba, Shayba, Abul Hakam... kabi ulug‘larimizni o‘ldi deb eshitdik, shu to‘g‘rimi?
Abu Sufyon: «Sizlar nimalarni so‘rayotirsiz?» degan kabi qaradi va:
— Har biri ko‘zimiz o‘ngida o‘ldirildi, — dedi. Abu Sufyonning ortidan kelganlar ham ayni voqeani hikoya qilishdi. Ular anglamagan, kalavaning uchini topmagan joyi shu ediki, muhorabadan oldin bir hovuchgina bo‘lib ko‘ringan, tayyorgarligi haminqadar bir askariy qism qarshisida harbiy tayyorgarligi puxta katta bir lashkar qanday qilib bu qadar parishon bo‘ldi?! Hodisani bu jihatdan o‘rganganlar: «Biz eng kamida ulardan besh barobar ko‘p edik», deyishardi.
Makka endi jiddiy bir motam havosi ila chulg‘andi.
Janobi Rasulullohning (s.a.v.) lashkarlari Badr jangidan so‘ng to‘g‘ri Madinaga qarab yo‘l oldi. Kechani Usayl vodiyida o‘tkazishdi. O’sha tun Janobi Payg‘ambarning uyqulari kelmadi.
Sahobiylari so‘rashdi:
— Nimaga uxlamayapsiz, yo Rasululloh?
— Qulog‘imning tagida Abbos amakim ingraganday bo‘lyapti, — deb javob qildilar Rasuli akram.
So‘ragan kishi indamay u yerdan turib ketdi. Oradan hech qancha o‘tmay Sultoni anbiyoga bu ingroq eshitilmay qoldi. Sababini so‘radilar. Abbosning qo‘lbog‘lari yechilganini aytishdi.
  — Unda boshqa asirlarning ham bog‘lari bo‘shatilsin, — deb amr qildilar.
Ertasi tongda asirlar Janobi Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga keltirildi. Islomning bosh dushmanlaridan Nadr ibn Horis Janobi Payg‘ambarning iltifotlariga arzimas edi. Ichiga o‘lim qo‘rquvi tushdi. Anchadan beri yaxshi taniydigan Mus’ab ibn Umayrga yolborishga tushdi:
— Menga ham sheriklarimga ko‘rsatilganidek iltifot ko‘rsatishini do‘stingdan rijo qilib ber.
Nadr bir zamonlar Habashistondan qaytgan va o‘zlarini himoya qila oladigan bir odam axtargan Mus’ab ibn Umayrni himoyasiga olgan va shaharga bemalol kirib kelishini ta’minlagan edi. Endi o‘sha kunlarni eslatib, Mus’abning yordamchi bo‘lishini xohlardi. Ammo Nadrning yaxshiligidan yomonligi ortiq, u yetkazgan azob-uqubatlarni hech narsa ila o‘lchab bo‘lmasdi. Mus’ab unga shularni eslatdi, kirdikorlarini sanadi. Lekin Nadr mazlum bir odam kabi, ilgarigi zamonlarda obro‘e’tibor ila yashagan yaxshi bir inson kabi, har kim o‘tgan ko‘prikdan men ham o‘tsam nima qilibdi, deganday yalinardi. Nihoyat, Janobi Rasululloh (s.a.v.)
— Tur, ey Ali, Nadr ibn Horisning bo‘yniga ur! —deya buyurdilar.
Hazrati Ali turdi. Bu orada Mikdod ibn Asvad ham otilib turdi:
— Rasululloh! Nadr mening asirimdir. Bilasiz, kambag‘alman. Uning evaziga unchamuncha dunyolik bo‘lar mikanman, deb o‘ylagan edim, — dedi.
Ammo Janobi Payg‘ambar buyruqlarini takrorladilar. Shu zahoti bir qilich qinidan shiddatla sug‘urilib, havoda shuv etdi...
Nadrning vujudi hali tuproqqa tushmasidan azob farishtalari atrofini o‘rab olishdi, endi hech bir narsa uning istagiga tashlab qo‘yilmaydigan bir olamning xukmi ijro etilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Janobi Rasululloh (s.a.v.) asrandi farzandlari Zaydni tuyalariga mindirdilar, Abdulloh ibn Ravohani unga hamroh qilib, Madinaga xushxabarni yetkazishga yubordilar. Bu ikki birodar Madinaga tobora yaqinlashar ekanlar, yuraklari olib borayotgan xushxabarlarining sevinchi ila to‘la edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:15:49
* * *
Muzaffar Islom lashkari Irquz Zubya degan joyga yetganida Janobi Rasululloh to‘xtash amrini berdilar. Bir muddat hordiq chiqarilganidan so‘ng yana yo‘lga otlanisharkan, Janobi Payg‘ambar Osim ibn Sobitga murojaat qildilar.
—   Buyuring, ey Ollohning rasuli! — dedi Osim.
—   Borginda, Uqba ibn Abu Muoytning bo‘ynini uz! Bu so‘zni eshitgan zahoti Uqbaning yuzi oqardi, tizzalaridan darmon qochdi:
—   Ey Muhammad, menga ham har kimga qilganingni qil. Ularni o‘ldirsang, meni ham o‘ldir. Ulardan tovon puli olsang, mendan ham ol. Meni o‘ldirsang, sag‘irlarimga kim qaraydi?
—   Sen ularni Ollohga qo‘yda, o‘zing jahannamga kirishingni tomosha qil, — degan javob oldi.
Sal o‘tmay, Osim ikkinchi bir amr olib, qilichini Uqbaning bo‘yniga soldi. Uqbaning tanasi bir tomonga, boshi ikkinchi tomonga yumaladi. Shu taxlit Sarvari anbiyoning (s.a.v.) ashaddiy yana bir dushmani dunyo ila vidolashdi, qilmishlarining jazosini olib, oxirat olamiga jo‘natildi.
Har kimga qilingani o‘ziga ham qilinishini orzulagan Uqba bu orzuida haqlimidi? Bu kunga qadar o‘zi boshqalar kabi bo‘la oldimi? Shu kungacha ishlamagan vijdoni nimaga endi bugunga kelib haq talab qilib qoldi?..
Bir zamonlar Ka’bada namoz o‘qib o‘tirgan Payg‘ambarning (a.s.v.) ustlariga tuyaning ichakchavog‘ini tashlagan bu vijdon hech ishlash havasida emasdiku.
Bu orada Utba bilan yakkamayakka olishuvda yaralangan va yo‘lda tobora og‘irlashib qolgan Ubayda ham so‘ng nafasini oldi. Janobi Mavloning huzuriga «Badr shahidi» sifatida ketdi.
Usmon ibn Affon Rasulullohning (s.a.v.) amrlariga binoan Madinada qolib, Badr jangida qatnasha olmagan edi. Keyingi kunlarda kasalligi zo‘rayib ketgan xotini Ruqayyaning yonida va xizmatida bo‘lish vazifasi yuklangan edi unga.
Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligiga kirildi. Rasululloh (s.a.v.) ketganlariga o‘n besh kun bo‘lgan, ammo hanuz bnr xabar olinmagan edi. Ruqayya endn bu kasallikdan sog‘ayib turib ketishiga, takror salomatli kunlarga yetishiga umidi tobora so‘nib borardi. Yolg‘iz orzui — sevimli otajonini bir marta ko‘rib qolish, oxirgi nafasini u zotning gul yuzlariga boqaboqa berish bo‘lib qoldi.
Bu paytda u yigirma ikki yoshlarda edi. Umrining keyingi o‘n yilini azob ustiga azob ichra kechirdi. Nihoyat Madinaga kelibgina erkin nafas olish imkoniga endi erishganida shunday bir dardning panjasiga tushdiki, yoqasiga yopishgancha, to jonini olmagunicha qo‘yib yubormaydigandek edi.
Hazrati Usmon har gal uyiga qaytganida «Dadamdan biror xabar bormi?..» degan iltijoli boqishlarga duch kelar, bir xushxabar yetkazish orzuila yonar, ammo ketganlardan hech bir darak ololmas edi.
Bir kuni uyiga hovliqib kirdi.
— Janobi Rasulullohdan xabar bor! — deya qichqirdi.
So‘nik ko‘zlarda bir nur porladi. So‘lg‘in yonoqlarga bir rang yugurganday bo‘ldi. Hazrati Usmon voqeani anglatdi:
— Janobi Rasululloh Islom lashkari ila birga Badr makonigacha boribdilar. Karvon oldinroq o‘tib ketgan ekan. Karvonni qo‘rishga chiqqan Quraysh qo‘shini Badrga kelgani uchun jangdan qochib qutulib bo‘lmaydigan bir vaziyat yuzaga kelibdi. Janobi Payg‘ambarimiz
ga yordam berish niyatida kelayotgan Huzayfa bilan otasini mushriklar tutib olishibdi. Musulmonlarga yordam bermasliklari xususida qasamlarini olibgina qo‘yib yuborishibdi... — deya voqeani bir-bir gapirib berdi. So‘ngra so‘zlarini bunday yakunladi: — Rasulullohning amrlari ila ular Madinaga qaytishibdi va salomlar keltirishibdi.
—   Ahvol qanday ekan? — deb so‘radi Ruqayya bemajol.
—   Hali urush boshlanmasidan ular bu yoqqa yo‘l olishgan ekan.
Bular Ruqayya xonimning dardiga shifo bo‘ladigan darajadagi xabarlar emasdi. Ayni chokda, otasidan bir salom olish ham unga ko‘p narsalar berdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:16:01
Bu jangda har qanday holda ham musulmonlar zafar qozonajagiga doir bir tuyg‘u bor edi ichida! Orasira: «Ular Ollohning nurini (ya’ni, Islomni) og‘izlari (ya’ni, behuda gaplari) bilan o‘chirmoqchi bo‘ladilar Olloh esa, garchi (kofirlar) xohlamasalarda, faqat o‘z nurini to‘la (ya’ni, har tarafga) yoyishni istaydi» (Tavba, 32.) oyati zehniga kelar, har gal bu oyatni o‘ylaganida otasining vazifasi hali tamom bo‘lmaganini, Ollohning yordami bilan zafar mo‘minlarga nasib bo‘lajagini his qilar edi.
Umridan endi haftalar emas, kunlar ham qolmaganini ichki bir sezgi ila seza boshladi. Orqasidan Abdulloh ismli bir yetimidan bo‘lak qoldiradigani yo‘q edi. Uni so‘ng daf’a o‘pib, hidini iskaladi. Shundan keyin ochmoqqa ham qurb topolmayotgan ko‘zlarini yumdi. Endi otasining xayolila yakkamayakka qolgan edi. So‘ngra bir daf’a: «Ollohdan boshqa hech bir iloh yo‘qdir, otam Muhammad Mustafo Ollohning rasulidir», so‘zlari eshitildi og‘zidan.
Keyin unda ko‘rilgan boryo‘q harakat ko‘ksining bilinarbilinmas ko‘tarilib tushishi bo‘ldi. Bir shifo umidida holidan xabar olgani chiqqan qo‘shni xotinlar uni dudoqlari qurigan, chehrasi so‘lg‘in, ammo nurli bir holatda ko‘rdilar. Bu xolatila Ruqayya yo‘qlab chiqqanlar bilan sassiz vidolashayotgandek edi. Opasingillari Ummu Gulsum, Fotima ham uning boshi tepasida edilar.
Ruqayya xonim ko‘p sog‘ingani, bir martagina ko‘ra olish uchun yonibkuygani tabassumli bar yuz egasi bilan ko‘ngil va ma’no olamida ro‘baro‘ keldi. Dunyodan o‘tarkan, oxirgi orzui u Zotning qo‘llarida jon berish emasmidi, axir?! Mana, Payg‘ambarlar imomi bo‘lgan otasi uning qarshisida qo‘llarini ochgan ko‘yi kutib turardilar. Bir on bo‘lsada avvalroq quchoqlariga kirmak uchun intildi. Shu onda yonida hozir turgan malaklar bir momiqni sug‘urgandek jonini oldilar va Rasulullohning ruhoniyatlari bilan quchoqlashtirdilar. Sevgili Ruqayya foniy olamdan ko‘chganini va abadiy olamga o‘tganini farqlaganmi edi?.. Ehtimol bu o‘lim uning uchun yotog‘idan turib Sultoni anbiyo janobimizning bag‘irlariga ketishdan iborat bo‘lgandir...
Usmon ibn Affon o‘zini «Zin nur» (Nur egasi) nomi ila sharaflantirgan gulini yo‘qotgan, iztirobi va qayg‘usi ham shunga yarasha edi. Lekin qanchalik g‘am chekmasin, qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bor. Vaqt o‘tkazilmasdan mayyit yuvildi, kafanlandi, so‘ngra Baqi’ qabristoniga eltildi. Mo‘minlar Ruqayyani yelkalariga olishning achchiq saodatini tuyib, dilga keltira olmaganlari taassuf tuyg‘ularila, ko‘zyoshlarila yo‘l bosdilar. Sultoni anbiyo (s.a.v.) janobimiz qaytib kelsalar, qoldirib ketgan gullarini topolmaydilar endi. Buni o‘ylagan ko‘ngillarning ko‘zyosh to‘kishi tabiiy edi.
As’ad ibn Zurora vafoti munosabati ila ochilgan va ochilib bir mo‘minni bag‘riga olgan Baqi’ tuproqlari bu gal Rasulullohning (s.a.v.) ko‘z nurlarini — Ruqayyalarini ham quchog‘iga olayotgan edi. Mo‘minlar qazgan, malaklar esa bir jannat bog‘chasiga chevirgan qabrga g‘amgin qo‘llar u aziz omonatni taslim etdi. So‘ngra birinketin tashlanayotgan tuproqlar qabrning og‘zini qaytadan yopdi.
Shu asnoda uzoqdan takbir sadolari eshitila boshladi. Mo‘minlarni ayricha bir hayajon chulg‘adi. Nimadir sodir bo‘lgani muhaqqaq edi. Quloqlarini ding qildilar.
—   Ollohu Akbar!.. Ollohu Akbar!.. Usoma hayajon ichra:
—   Bu dadamning ovozi! — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:16:12
* * *
Madinalik yahudiylar, mushriklar va bir guruh munofiqlar ham hayajon ichida, ular ham necha kundan beri bir xabar kutayotir. Faqat, ular kutayotgan xabar...
Uchto‘rt kun avval Huzayfa bilan otasi Madinaga kelishgan, uch yuz kishilik tayyorgarliksiz musulmonlar qo‘shinining qarshisida puxta hozirlik ko‘rgan to‘qqiz yuz ellik kishilik lashkar turganini aytishgan. Bu ahvolda Qurayshning g‘alaba qozonishi tayin, shubhaga o‘rin yo‘q edi. Shoyad bu g‘alaba ila Madinadagi eski totli kunlari qaytib kelsa...
Madinada jangga bormay qolgan mo‘minlar ham bor edi, ammo ular juda ozchilik. Ularni yo‘lga solish va yoki qilichdan o‘tkazish uncha og‘ir ish emas.
Eng kamida ikkiyoqlama zug‘um orasida qolgan va jon qo‘rquvi bilan mo‘minlar orasiga kirgan munofiqlarning endi kuni tug‘ajak, hech bo‘lmasa, mo‘minlar bilan birga masjidda «yotibturish» zahmatidan qutulajaklar. Ham musulmon bo‘lib ko‘rinish, ham kufr hayotiii davom ettirish, kufrning sog‘inchi ila yashash oson emas axir.
Huzayfa bilan otasining kelganiga ham bir necha kun bo‘ldi, ammo hanuz bir xabar yo‘q. Musulmon bo‘lganlar ham, bo‘lmaganlar ham xushxabar kutishadi, lekin bu ikki guruh kutayotgan mujda bir-biridan boshqacha. Kunlar o‘tarkan, ko‘zlar yo‘llarni yanada kuchli istak bilan qarardi. Kimlar changini ortida qoldirib, «Mujdalar bo‘lsin, suyunchi, suyunchi: kufrning boshi kesildi!!!» deguvchi bir xabarchini kutsa, kimlar changtuproqqa belangan, yoqavayron, yaralijarohatli bir alpozda orqaoldiga qaramay qochib keluvchi odamlarni ko‘rarmikanmiz, degan sog‘inch to‘la nigohlarini yo‘llarga qadagan edi.
Nihoyat, kutilgan on keldi. Janobi Rasulullohning (s.a.v.) tuyalariga minib kelgan Zaydni ko‘rgan dushmanlarning ko‘zlari porladi. Demak, u jonini zo‘rg‘a qutqarib qolgan, sevgan otajonini ham tashlab qochgan, degan xayolga bordilar.
Ammo Zaydning ko‘zlarida g‘amqayg‘udan asar yo‘q, aksincha, sevinch bor edi. Zafar qozongan insonlardagina bo‘ladigan sevinch...
Jonini saqlab qolgan inson sevinmaydimi? Zehnlarga shunday bir fikr ham keldi. Chunki odam jangda jonini qutqarsa, o‘tirib olib yig‘lamaydiku.
Shoshapisha peshvoz chiqib, atrofini o‘rab oldilar. To‘planganlarning ko‘pi mushriklar va yahudiylar edi. Zayd odamlarga bir-bir boqib chiqdi, o‘zi taniydigan mo‘minlarni uchratmadi. Ha, peshvoz chiqqanlarning aksarisi mo‘min emasdi. Holbuki, Badrga Madina musulmonlarining hammasi ham bormagan edi.
Bu ishda bir ishkal borga o‘xshaydi! Yahudiylar bilan mushriklar Janobi Rasulullohning (s.a.v.) Badrga ketganlarini g‘animat bilib, shaharda qolgan musulmonlarning boshiga bir balo solgan bo‘lishmasin tag‘in?! Qani Abu Luloba? Holbuki, Rasululloh (s.a.v.) uni Ravhadan orqaga qaytarib yuborgan va Madina voliyi qilib vazifalantirgan edilar!.. Hech bo‘lmaganda, o‘g‘li Usoma qani? Axir, birinchi navbatda u chopib kelishi, «Dadajonim!» deb bag‘riga otilishi lozim emasmidi?!
Ammo Masjidi Nabaviy o‘z o‘rnida turibdi. Buzilmagan. Ayni choqda, xushxabar kutgan odamlarga xos bir sevinch bilan chopib kelib: «Xush kelding, qardoshim!» degan bir inson topilmagani ham rost.
Bir soniya ichida kechgan bu va shu kabi tushunchalar Zaydning qalbidan zehniga, zehnidan qalbiga ko‘chib turdi. Eng kamida, ko‘ngilga yoqmaydigan bir holat borligiga shubha yo‘q edi. Shu bilan birga, Janobi Rasululloh (s.a.v,) uni bu zafarning mujdachisi sifatida yo‘llagan edilar, endi shu vazifasini bajo keltirishi lozim. Yuziga ahmoqona ko‘z tikkan va uning: «Ado bo‘ldik! Quraysh qo‘shini bizlarni qilichdan o‘tkazdi», deyishini kutganlarga shunday bir nigoh soldi va so‘ngra:
— Ollohu akbar! Ollohu akbar! — deya hayqirdi.
Odamlar bu hayqiriq nimani anglatishini dabdurustdan bilolmadilar. Zayd endi ochiqroq so‘yladi:
—   Abu Jahl o‘ldirildi! Utba ibn Robia o‘ldirildi!.. Buyuk bir zafar qozondik. Ollohu akbar!.. Ollohu akbar!..
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:16:24
—   Hazil qilma bizga, ey Zayd, to‘g‘risini xabar ber!— deb ko‘rishdi. Javobiga yana: «Ollohu akbar!.. Ollohu akbar!..» takbirini eshitishdi.
—   Zayd, gaplaring jiddiymi? Ustimizdan kulma sen!
Zaydning nigohlaridan: «Nega ustlaringizdan kulayin?» degan ma’noni uqsa bo‘lardi.
Uning baland ovozda takbir aytishi eshiklarning ochilishiga, devor ortidan boshlarning uzanishiga sabab bo‘ldi. Bu orada Ummu Sulaym chiqib keldi. Kulgisini yo‘qotgan ko‘zlarla, g‘amlarga botgan yuzlarla chopib keldi.
—   Bizga xushxabarmi keltirding, ey Zayd, — deya so‘radi hayajon ichra.
—   Ha, ey Ummu Sulaym, biz zafar qozondik, Qurayshga og‘ir bir zarba berdik. Anchasini asir oldik. Lashkar orqamdan kelyapti. Ammo menga nima bo‘lyaptiki, seni g‘amgin holda ko‘ryapman?
Ummu Sulaym ko‘zlaridan oqqan yoshlarni artishni ham lozim ko‘rmasdan, javob berdi:
— Biz bugun Rasulullohning ko‘z nurlarini, Ruqayyalarini tuproqqa qo‘ydik. Janobimiz kelib endiuni ko‘rmaydilar...
Zaydning ichidan bir otash tashiga otilib chiqqanday bo‘ldi. Quloqlarining uchigacha vujudi lovlov yonayotganini his etdi. Tuyadan tushdi, jilovini Ummu Sulaymga tutqazdi va o‘zi to‘g‘ri Baqi’ qabristoniga qarab chopa ketdi. Yo‘lda qo‘llarida ketmonu kuraklar ila kelayotgan mo‘minlarni uchratdi. Bir-birlariga otilishdi. Ko‘zlardan tinmay yoshlar oqardi. Bu yoshlar qayg‘u bilan sevinch bir-biriga yo‘g‘rilib to‘ldirgan qalblardan ko‘zlarga ko‘tarilib kelgan samimiy tuyg‘ularni ifodalar edi.
Zayd g‘alaba mujdasini qisqa jumlalar ila anglatdi. Keyin Usmon ibn Affonga va boshqa mo‘minlarga ta’ziya izhor etdi. Uning ko‘zlari ham tug‘ilganidan beri ko‘z o‘ngida o‘sgan singlisi Ruqayya uchun yosh oqizmoqda edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:16:35
*   * *
Bu xabarning to‘g‘riligiga ayniqsa yahudiylar ishonishni istashmasdi, madinaliklarga to‘satdan achchiq xabarni ro‘baro‘ qilmaslik uchun hozircha bildirishmayapti, astasekin mag‘lubiyatlari aytiladi, degan fikrni atrofga yoyishga harakat qilishardi.
—Mana ko‘rasizlar, yaqinda ahvol o‘zgaradi. Muhammadning uch yuz kishilik palapartish qo‘shini qaerda, Kurayshning lashkari qaerda!.. Mana, Zayd ham Muxammadning tuyasida qochib jonini qutqarib qolgan, — deyishardi.
Iloji boricha ta’sirchan shaklda har tarafda shunday tashviqot qilinardi. Shu qadarki, hatto Usoma ham otasining qoshiga kelib:
— Dadajon, haqiqatan biz zafar qozondikmi? —deb so‘rashga majbur bo‘ldi.
Zayd uning boshini siladi:
— O’g‘lim, otangning gapi yolg‘on emas, yolg‘on gapirmaydi ham! — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:16:43
* * *
Nabiyyi akram (s.a.v.) Uqba ibn Abu Muoytni ham boshini tanasidan judo qildirmak suratida jahannamga yo‘llaganlaridan keyin Quraysh ulug‘larining ko‘zlarini o‘lim qo‘rquvi chulg‘ab oldi. Endi orqamaketin hammalarining ham bu ko‘prikdai o‘tajaklari, Madinaga borgunga qadar ko‘ziga sal bunday ko‘ringanlar bittabittalab o‘ldirilajagi qanoati zehnlariga o‘rnashdi...
Bu o‘ylar bir odamni harakatga keltirdi. Yonida uni qo‘riqlab kelayotgan kishiga:
— Ruxsat bersang, peshob qilib olsam, zo‘rg‘a turibman, — dedi.
Izn berildi. U odam xiyla nariga bordi, cho‘kdi, ehtiyojini chiqaradigan bir vaziyat oldi.
Qo‘riqchi uni, bemalol o‘tirsin, deya orqasini o‘girdi. Fursat keldi deya yirik dudoqli odam oyog‘ini qo‘liga olib qocha boshladi. Bir muddat o‘tib qo‘rikchi o‘girildi va asirini joyida topmay baqirib yubordi:
— Evoh! Suhayl ibn Amrni qochirdik!..
Bu xabar bir onda yoyildi. Janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) darhol Suhaylni ushlashni, hatto qarshilik qilsa, o‘ldirishni buyurdilar. Bir necha kishi atrofga yoyilishdi. Izmaiz quvayotganlar orasida Janobi Rasuli akram ham bor edilar. Hech qancha o‘tmasdan Suhayl Payg‘ambarlar imomi sayyidimizni ko‘rib, ortiq qochmasdan taslim bo‘ldi. Qochganining jazosi o‘laroq qo‘llari bo‘yniga bog‘landi. Endi to Madinaga yetgunga qadar shu ahvolda ketishga majbur edi.
Suhayl va uning sheriklarining kunlari o‘zlariga qachon navbat kelishini kutib va kutuvdan tug‘ilgan qo‘rquv ila kecha boshladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:16:51
* * *
Jangda qo‘lga kiritilgan o‘ljalar hali ham taqsimlanmagan edi. Olloh taolo bu masalada nimani buyurishi kutilardi. Zero, o‘lja masalasi g‘oyat nozik ish bo‘lib, uni ko‘ngil amri bilan hal etib bo‘lmasdi.
Nihoyat, Janobi Rasulullohning muborak yuzlarida vahiy kelayotganidan darak berguvchi bir ajib hol ko‘rindi. Endi Janobimiz bu dunyo ila aloqalari uzilgan, bir boshqa olamga kechgan kabi edilar. Vujudlaridan duvduv terlar oqar, lekin u Zoti sharif balki terlar oqayotganini ham sezmas edilar.
Bu holatlarini ko‘rib, atrofdagilar jim qolishdi. Boshlar egildi. «Rabbimiz nimani buyursa, amri boshimiz ustiga!» degan ma’noni anglatuvchi kutish boshlandi.
Ancha vaqtdan keyin Nabiyyi akram (s.a.v.) atrofga tabassumli nigoh tashladilar. Yana bir ozdan so‘ng vahiyni donadona qilib o‘qiy boshladilar:
«(Ey rasulim!) Sizdan o‘ljalar haqida so‘raydilar. Ayting: «O’ljalar Olloh va payg‘ambarnikidir. Bas, Ollohdan qo‘rqingiz va oralaringizni o‘nglangiz. Agar mo‘min bo‘lsangizlar, Ollohga va uning payg‘ambariga itoat qilinglar». Albatta, Olloh (nomi) zikr qilinganida, qalblariga qo‘rqinch tushadigan, oyatlari tilovat etilganida imonlari ziyoda bo‘ladigan va Rabbilarigagina suyanadigan kishilar (haqiqiy) mo‘minlardir. O’lar namozni to‘kis ado etadilar va biz ularni bahramand qilgan narsalardan infoq qiladilar. Ana o‘shalar haqiqiy mo‘minlardir. Ularga Rabbilari huzurida (ya’ni, jannatda) darajalar, mag‘firat va ulug‘ rizq bordir. (Bu o‘lja taqsimotida chiqqan mojaro) xuddi mo‘minlardan bir guruhi (urushni) aniq yomon ko‘rib turgan hollarida, Parvardigoringiz haq hukm bilan sizni uyingizdan (janggohga) chiqarganga o‘xshaydi. (O’shanda) ular ko‘rib turgan hollarida o‘limga haydab ketilayotgandek, siz bilan aniqravshan bo‘lgan haqiqat (ya’ni, urushga chiqish) to‘g‘risida bahslashgan edilar. O’shanda (ey mo‘minlar) Olloh ikki toifadan (ya’ni, karvon yo qo‘shindan) birini sizlar uchun (o‘lja) qilishga va’da bergan edi. Sizlar qurolyarog‘siz toifa (ya’ni, karvon) o‘zingiz uchun bo‘lishini istagan edingiz. Olloh esa, o‘z so‘zlari bilan haqiqatni muqarrar etishni va kofirlarning dumini qirqishni iroda qilgan edi. U garchi jinoyatchiosiylar yomon ko‘rsalarda, haqni haq, botilni botil qilish uchun (shunday iroda qilgan edi). O’shanda Rabbingizdan madad tilaganingizda, u sizlarga ijobat qilib: «Albatta, Men sizlarga ketmaket keladigan minglab farishta bilan madad beraman», dedi. Olloh faqat xushxabar bo‘lsin deb va ko‘ngillaringiz xotirjam bo‘lishi uchun shunday qildi. G’alaba faqat Ollohning dargohidan ^bo‘lur. Haqiqatan, Olloh g‘olib va hikmatli zotdir. O’shanda xotirjam bo‘lishingiz uchun sizlarni O’z tarafidan uyquga cho‘mdirgan va poklab, sizlardan shaytonning vasvasasini ketkazish uchun hamda qalblaringizni bir va qadamlaringizni sobit qilish uchun ustingizga osmondan suv (yomg‘ir) tushirgan edi. (Ey Muhammad,) o‘shanda Rabbingiz farishtalarga: «Men, albatta, siz bilan birgaman, bas, sizlar imon keltirgan zotlarning (g‘alaba qozonishlariga bo‘lgan ishonchlarini) mahkamlanglar! Men kofir kimsalarning qalblariga qo‘rquv solaman. Bas, ularning bo‘yinlarini uzinglar va hamma barmoqlarini chopinglar», deb vahiy qilgan edi. Bunga sabab ularning Ollohga va uning rasuliga qarshi turganlaridir. Kim Ollohga va uning rasuliga qarshi tursa, bas, albatta, Ollohning jazosi kattikdir. (Ey kofirlar,) mana shu sizning (jazoingiz)dir, bas, tortaveringlar! Albatta, kofirlarga yana do‘zax azobi ham bordir. Ey mo‘minlar, kofirlar(ning hujumlari)ga duch kelganingizda, ularga orqa o‘girmanglar (ya’ni, qochmanglar). Kim o‘sha (urush) kunida jang yo‘sinini o‘zgartirish yoki boshqa bir guruh (musulmonlarga) qo‘shilishdan tashqari holatda ularga (kofirlarga) orqa o‘girib qochsa, bas, u Olloh tarafidan g‘azab bilan ketibdi va uning joyi jahannamdir. Naqadar yomon oqibata! Bas, (ey musulmonlar,) ularni siz o‘ldirmadingiz, balki Olloh o‘ldirdi. (Ey Muhammad, ularning yuziga qo‘lingizdagi bir siqim tuproqni) otgan paytingizda, siz otmadingiz, balki Olloh otdi. Va (bu g‘alabani Olloh) o‘z tomonidan mo‘minlarga chiroyli in’om bo‘lsin deb qildi. Albatta, Olloh eshitguvchi va bilguvchidir. (Ey mo‘minlar,) mana shu (sizlarning mukofotingizdir). Albatta, Olloh kofirlarning hiylasini zaif qilguvchi zotdir». (Anfol 1-18.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:17:00
Bu suraning davomidagi oyatlar ham o‘ljalardan va Badr jangidan bahs etardi:
«Agar Ollohga va (haq bilan nohaqning) ajralish kunida — ikki jamoa to‘qnashgan kunda bandamiz (Muhammad)ga tushirganimiz (oyatlar va farishtalardan iborat) narsaga imon keltirguvchi bo‘lsangizlar, bilinglarki, o‘lja qilib olgan narsalaringizning beshdan biri Olloh uchun, payg‘ambar uchun va u zotning qarindosh-urug‘i, yetimlar, miskinlar va musofirlar uchundir. Olloh hamma narsaga qodirdir. O’shanda sizlar (Madinaga) yaqinroq tarafda, otliqlar (ya’ni, sizlar o‘lja qilib olmoqchi bo‘lgan karvon) esa sizlardan quyiroqda (dengiz sohili bo‘ylab ketmoqda) edi. Agar mushriklar bilan jang qilish uchun (avvaldan) va’dalashganlaringizda, biron muayyan vaqtga kelisha olmagan bo‘lar edingizlar. Lekin Olloh halok bo‘lguvchilar (ya’ni, kofirlik yo‘lini tutguvchilar) ochiq hujjat bilan (ya’ni, Ollohning mo‘‘jizasiga guvoh bo‘lgan hollarida) halok bo‘lsinlar, tirik qolguvchilar (ya’ni, imonga kelguvchilar) ham ochiq hujjat bilan tirik qolsinlar, deb qilinadigan ishni (ya’ni, musulmonlarning g‘alaba qozonishlarini, kofirlarning mag‘lub bo‘lishlarini) amalga oshirish uchun (sizlarni tasodifan to‘qnashtirib qo‘ydi). Shakshubhasiz, Olloh eshitguvchi, bilguvchidir. (Ey Muhammad,) sizga tushingizda Olloh ularni oz ko‘rsatganini eslang! Agar sizga ularni ko‘p ko‘rsatganida edi, albatta sizlar sustlashib qolgan va bu ish (ya’ni, kofirlarga qarshi jangga kirishish) xususida tortishib qolgan bo‘lar edingizlar. Lekin Olloh sizlarni bundan saqladi. Albatta, u dillarni egallab olgan sirlarni bilguvchidir. (Ey mo‘minlar,) Olloh qilinadigan ishni amalga oshirish uchun to‘qnashgan paytlaringizda sizlarning ko‘zingizga ularni kam qilib ko‘rsatganini, ularning ko‘zlariga esa sizlarni oz qilib qo‘yganini eslanglar! Barcha ishlar Ollohga qaytarilur». (Anfol, 41-44.)
Bu oyatlarni yetkazganlaridan so‘ng Janobi Rasululloh (s.a.v.) o‘ljaning beshdan bir qismini bir tomonga ayirib qo‘ydilar, qolganlarini suvoriylarga ikki, yayovlarga bir hissadan qilib, tengmateng taqsimladilar. Zotan, qo‘shin ichida boryo‘g‘i ikki kishigina otliq edi.
G’azotda ishtirok etolmagan, ammo Rasululloh (s.a.v.) taraflaridan bir vazifa yuklanib qoldirilgan va yo qatnashishni xoxlagani holda bora olmaganlar ham bor edi, Janobimiz ularga ham bir hissadan ajratib berdilar. Ruqayyaning eri Usmon ibn Affon, Madinaga voliy etib tayinlangan Abu Luloba, Badr g‘azoti deb yo‘lga chiqqan, lekin tuyadan yiqilib jarohatlangani uchun majburan ortiga qaytarib yuborilgan ikki kishi shular jumlasidandir.
Shahidlarning oilalariga ham bir hissadan ajratildi.
Shundan keyin Janobi Faxri koinot Sa’d ibn Abu Vaqqosga o‘girildilar.
— Kel, ey Sa’d, — deb yonlariga chorladilar.
Sa’d Rasulullohni kuzatdi. Ichini bir qo‘rquv va hayajon qopladi. «Ajabo?» der, biroq u yerga yaqinlasha olmas edi.
Darxaqiqat, Badrdan beri ko‘z tikib kelgani qilich Janobi Nabiyyi akram (s.a.v.) hissalariga tushgach, yuragi ko‘ksiga sig‘mas darajada ura boshladi. Bitta qilich uchun shuncha yalinganimning jazosi o‘laroq men haqimda bir vahiy inadiyov, endi jazo olishim muhaqqaq, hali ko‘rasan, ey Sa’d, deb mulohaza yuritardi u.
—   Bu qilichni senga berishimni xohlagan edinga?
—   Ha, ey Ollohning rasuli.
— O’shanda, bu qilich na senikidir va na menikidir, deb javob qilgan edim. Ammo endi bu qilich mening hissamga tushdi. Men esam, uni senga hadya qilaman, — dedilar Rasululloh yuzda tabassum ila.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:17:09
Sa’d ko‘ksini siqib turgan g‘ashlikdan sevgili payg‘ambari so‘zlarini tugatishlari bilangina qutula oldi. Mamnuniyatla jilmaydi. Ollohning rasuliga tashakkurlarini biyadirdi. Ustmaust ikki daf’a murojaat etadigan darajada qiymat bergan edi bu qilichga. Ammo endi uning Yayada boshqacha, yanada ustun qiymati bo‘lajak, umrining boricha uni haq yo‘lida qo‘llayajak, uni Rasulullohning (s.a.v.) bir hadyasi, Badrdek unutilmas bir zafarning bir xotirasi o‘laroq bilajak.
— Sen ham kel, ey Ali!
Hazrati Ali (r.a.) «Labbay!» deya chopib keldi. Janobi Payg‘ambarimiz qo‘llarida yana bir qilich tutib turardilar. U aslida Hajjoj o‘g‘li Munabbihga tegishli bo‘lib, Quraysh orasida xos o‘laroq «Zulfiqor» oti bilan mashhur edi. Shuni Aliga uzatdilar:
— Mening hadyam bo‘lsin, — deb marhamat qildilar. Bular o‘ljadan ilk daf’a ajratilgai beshdan bir hissa hisobidan berilayotgan edi. Ali bilan Sa’d Janobi Rasulullohdan ayricha bir ikrom ko‘rganlarining sevinchi ila joyjoylariga qaytdilar.
Madinada qolgan musulmonlar Badrdan qaytayotgan birodarlarini buyuk g‘alaba bilan qutlash uchun shahardan tashqari chiqishdi va ularni «Ravxo» degan joyda kutib olishdi. Badr sari borilayotganida ham Janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ilk qo‘noq qilib shu joyni tanlagan edilar. Yoshlarni shu yerdan orqaga qaytarib yuborgan edilar...
Usayd ibn Xubayr odob, hurmat bezagan bir ovoz ila:
— Ey Ollohning rasuli, zafaringizni Olloh muborak qilsin! — deya tabrikladi, so‘ngra bir oz o‘kincharalash tuyg‘ular bilan davom etdi: — Ammo, qasam ichamanki, sizni jangga emas, karvonni qarshilashga chiqqansiz deb o‘ylagan edim. Aks holda, aslo bu yokda qolmagan, mutlaqo siz bilan birga borgan bo‘lar edim.
Bu so‘zlarning samimiy ekanini Rasululloh (s.a.v.) janobimiz shaxsan o‘zlari tasdiqladilar:
— To‘g‘ri aytyapsan, ey Usayd, — dedilar.
Tobora Madinaga yaqinlashilarkan sayyidimiz (s.a.v.) Rabbilariga shukrlarini bunday ifoda etardilar:
— «Ollohdan boshqa hech bir iloh yo‘qdir. Yagonadir, hech bir sherigi yo‘qdir. Mulk Unga oiddir. Hamd Unga maxsusdir. U har narsaga qodirdir. Unga qaytamiz, xatolarimiz uchun Unga tavba qilamiz. Qulligimizda doimmiz. Rabbimizga hamd aytamiz. Ulug‘ Olloh
va’dasini o‘rinlatdi, quliga yordam berdi va bizga qarshi to‘plangan dushman guruhlarini O’zi tormor etdi».
Nihoyat, Janobi Rasululloh (s.a.v.) lashkar bilan birga shaharga kirib keldilar. Madinadan chiqayotganlarida Ollohning va’dasiga ishonib va suyanib yo‘lga otlangan edilar, endi bu va’daning tom va mukammal shaklda ro‘yobga chiqqanini ko‘rib qaytdilar. Mavlolariga so‘ngsiz hamd va shukrlar arz etib keldilar.
Bu paytda Ramazon oyi oxirlab qolgan edi. Shu sababdan shaharga kirarkirmas takror ro‘za tuta boshlashdi. Ramazon oyi chiqqanidan keyin Badr kunlarida tutilmagan ro‘zalar miqdoricha ro‘za tutib beriladi endi.
Asirlar uymauy taqsimlandi. Qochishga uringan Suxayl ibn Amr qo‘llari bo‘yniga bog‘liq holda Rasuli akramning (s.a.v.) uylariga keltirildi. Payg‘ambarimizning xotinlari Savda ta’ziya bildirish uchun qo‘shninikiga chiqib ketgan edi. Uyga qaytib, qabilasining ko‘zga ko‘ringan kishilaridan bo‘lmish Suxaylni qo‘li bo‘yniga bog‘li holda ko‘rdiyu hayajonini bosa olmadi:
— Ey Abu Iazid! O’zingizni bunday arqonlatgandan ko‘ra, sharafingizla o‘lishni eplay olmadingizmi?! —deya hayqirdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:17:21
Savdaning bu ishi Janobi Rasulullohga (s.a.v.) og‘ir botdi. Payg‘ambar zavjasi bo‘lishdek bir saodat tojini boshiga kiygan Savda qozonilgan zafar bilan avvalo Sarvari anbiyo janobimizni qutlashi lozim bo‘lgani holda, bir mushrikka bunday deyishi uzrli emasdi. Bu jangni mushriklar boy berganidan qayg‘u chekayotgan kabi bir tuyg‘u ichiga kirgan edi. Shu sababdan o‘zi loyiq bo‘lgan ozorni bizzot Sultoni anbiyo janobimizdan eshitdi:
— Ey Savda, — dedilar Payg‘ambari Zishon, — sen bu so‘zlarni Ollohga va rasuliga qarshi aytyapsanmi?
Janobimizning ovozlaridagi ranj va jiddiyyatdan Savda esini boshiga yig‘di.
— Yo Rasululloh, sizga payg‘ambarlikni bergan Olloh nomiga qasam ichamanki, Abu Yazidni qo‘llari bo‘yniga bog‘li holda ko‘rib, o‘zimni tiya olmay qoldim, — deb javob qildi.
Suxayl baxil kishilardan emasdi. Sarvati ko‘p, o‘zi jo‘mard edi. Bulardan tashqari notiq bir xatib edi. Usoma ham uni tanib:
— Yo Rasululloh, bu odam Makkada xalqqa tirit1 tarqatgan kishi emasmi? — deb so‘radi.
361
Shunda Janobimiz:
— Ha, o‘sha. Lekin bu ishinyng orqasida Ollohning nurini so‘ndirishga ham harakat qilardi, — deb javob berdilar.
Boshqa asirlar ham uyuylarga taqsimlanib, har biriga insonday muomala etish buyurildi. Bu buyruq asirlarni uyaltiradigan darajada o‘rniga qo‘yib ado etildi. Qo‘lga qanday yemak tushsa, eng yaxshisi ularga berildi. Avval ularning qorni to‘yg‘azilardi.
Savda esa, nojo‘ya harakatining jazosini kuta boshladi. Eng qo‘rqadigani — taloq olish va «Mo‘minlarning onasi» degan sharafni yo‘qotish edi. O’zining navbatini Hazrati Oyishaga (r.a.) berish evaziga taloq qilinmaslikni so‘rab, o‘rtaga rijochi odam qo‘ydi va afv etildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:17:34
* * *
Janobi Rasulullohning (s.a.v.): «Saharlik qilinglar va yenglar. Chunki saharlikda baraka bor», degan tavsiyalariga muvofiq yana saharliklar boshlandi, yana ro‘za ibodati davom ettirildi. Olloh farq qilgan g‘oyat qiymatli bu ibodatni uyg‘oq ko‘zlar bilan, uyg‘oq qalblar bilan boshlashning huzuri tuyildi. «Bismilloh...» bilan, Buyuk Mavlo madadkor bo‘lsii degan tilaklar bilan yemaklar yeyildi, keyin «Ollohim, Sening xushnudligingga erishish niyatila ro‘za tutyapman», degan tushuncha ostida kunbo‘yi davom etadigan ibodatlar boshlandi.
Rasululloh (s.a.v.) sahobalari bilan bir suhbat chog‘ida bunday tavsiyalar qildilar:
— Ro‘za tutgan odam yomon so‘zlar so‘zlamasin, johillik qilib qo‘pol ishlar qilmasin. Agar birorta odam unga yomon so‘z aytsa yoki g‘avg‘o chiqarmoqchi bo‘lsa, javob bermasin, «men ro‘za tutganman... men ro‘za tutganman...» deb o‘zini qo‘lga olishga harakat qilsin.
Qisqa va serma’no ifodalar edi bu gaplari. Ro‘za tutgan kishining tiliga, qo‘liga va tom ma’nosila nafsiga hokim bo‘lishi lozimligini anglatardi. Mo‘min bir tomondan Ollohga ibodat holida tursayu, ikkinchi tomondan boshqalar bilan g‘avg‘olashib yurishi, noxush ishlar qilishi hech yarashmas edi, birovning noxush ishlariga ham javob bermasligi,  ibodat holida ekanini doimo yodda tutishi tavsiya etiddi.
Janobimiz (s.a.v.) bu mavzuni quyidagi so‘zlari bilan yanada oydinlashtirib berdilar:
— Ro‘za tutganlardan qanchasining erishgani faqat ochlikdir. Kechalari ibodatga turadigan yana qancha odamning qo‘lga kiritgan foydalari faqat uykusizlikdir. Olloh taolo bunday marhamat qiladi: «Insonning har bir amaliga qatqat ko‘paytirib javob beriladi. Bir yaxshilikka o‘n mislidan yetti yuz misligacha savob va mukofot beriladi. Ammo ro‘za menga oiddir. Unga qiymat berish ham O’zim biladigan ishdir. Chunki ro‘za tutgan odam xohishlarini, ovqat yeyishga bo‘lgan istaklarini Mening roziligimni qozonish maqsadida tark etadi».
Janobimiz (s.a.v.) bildirgan 6u mukofotlar u Zot anglatganlari kabi ro‘za tutgan kishilarga ekanida shubha yo‘q. Birovni ranjitmasdan, birovlarning johilliklariga javob bermasdan, ibodat holida ekanini yodda saqlab, bu vaqtlarining qadrini o‘rniga qo‘ya olgan insonlarga nasib etardi bu mukofotlar.
Hazrati Rasululloh (s.a.v.) so‘zlarini bunday davom ettirdilar:
— Ro‘za tutgan odam tuyadigan ikki farog‘at bor: biri og‘zini ochib Ollohning ne’matini totgan vaqtda, ikkinchi Rabbiga qovushgan va ro‘zasining mukofotini olgan
vaqtda... Olloh nazdida ro‘za tutgan odamning og‘zining hidi sizlar mushkka bergan qiymatdan ham ustundir. Jannatda «Rayyon» deb atalgan bir eshik bor. Ro‘za tutganlar Qiyomat kuni shu eshikdan kirajaklar. U kun farishtalar tomonidan: «Ro‘za tutganlar qani?!» deb chorlanishadi. Kelishadi va u eshikdan kirishadi. Eng oxirgilari kirib bo‘lganlaridan keyin u eshik yopiladi va boshqa hech kim bu bu eshikdan ichkari olinmaydi.
— Yo Rasululloh, jannatning hamma eshiklaridan chaqiriladigan va kiradiganlar bo‘ladimi? — deb so‘radi Abu Bakr.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:18:00
— Ha. Umid qilamanki, sen jannatning hamma eshiklaridan chaqiriladigan baxtli inson bo‘lasan, — deb mujdaladilar Janobimiz (s.a.v.).
Nigohlar havas bilan boqdi Hazrati Abu Bakrga... Qulog‘idan kirgan bu jumlaning quvonchini ruhining eng teran burchaklarida his etgan, borlig‘ining butun zarralariga singdirgan bir insonday, ko‘zlaridan oqayotgan yoshlarga ham parvo qilmay yig‘lardi Abu Bakr...
Bunday maqomga uning har jihatdan loyiq ekanini kim inkor eta olardi!
Bu orada masjidga bir xotin kirib, Rasulullohga (s.a.v.) murojaat qilib qoldi:
— Ey Ollohning payg‘ambari! O’g‘lim Horisani qanday yaxshi ko‘rishimni bilasiz. Yana bilasizki, siz bilan birga ketdi, lekin qaytmadi. Agar u jannatda bo‘lsa, sabr qilaman. Bordiyu unday bo‘lmasa, men to‘kadigan ko‘zyoshlarimni bir ko‘ring, — dedi.
Onaning nolai zorini eshitib turganlarning xayolida suv ichaman deb quduq boshiga yetib, bir daydi o‘qqa uchragan Horisa jonlandi. Janobimiz javob qildilar:
— Nimalar deyapsan, ey ona, sen faqat bitta jannat bor deb o‘ylaysanmi? Ko‘p jannatlar bor. Sening o‘g‘ling Firdavs jannatidadir.
Yuragi yoniq ona:
— E voh, endi sabr qilsam bo‘ladi, — deya xotirjam uyiga ketdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:19:22
* * *
Janobi Rasululloh (s.a.v.) asirlarga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan muomala xususida ashoblari ila maslahatlashdilar. Hazrati Abu Bakr (r.a.) ularning hayotlarini saqlab qolish, tovonpuli olib ozod etib yuborish fikrida edi.
— Ey Ollohning payg‘ambari! Bular sizning qabiladoshlaringiz va aqrabolaringizdir. Men ulardan fidya olishni va hayotlarini saqlab qolishni maqsadga muvofiq ko‘raman. Ulardan oladiganimiz mablag‘ biz uchun kofirlarga qarshi kurashimizda quvvat bo‘ladi. Yana, umid qilinadiki, Olloh taolo ham shoyad ularga hidoyat bersa, hatto bizga madadkor bo‘lsalar ham ajab emas.
Rasuli akram Hazrati Umarning (r.a.) fikrini so‘radilar:
— Sen nima deysan, ey Xattobning o‘g‘li?
— Vallohi, men Abu Bakrdan boshqacha fikrdaman. Meningcha, biz bunday qilishimiz kerak: menga buyuring, aqrabomdan falon shaxsni o‘ldirayin, Aliga amr qiling, og‘abeyi (akasi) Oqilni o‘ldirsin. Hamzaga buyuring, birodari Abbosning boshini olsin. Toki Olloh taolo qalblarimizda mushriklarga nisbatan bir marhamat tuyg‘usi bo‘lmasligini dushmanlarimizga bildirsin. Bular mushriklarning boshliqlari, zararli, tishtirnoqli raislaridir.
Hazrati Umarning bu qarashi Badr jangining ruhiga ham juda mos edi. Har ikki tarafni qo‘shsa, bir ming yuz kishidan ko‘p ham oshmaydigan raqiblarning tarkibi, darhaqiqat, odamni ajablantirarli darajada g‘alati edi: bir tarafda Hazrati Ali, boshqa tarafda akasi Oqil; bir tarafda Hamza, u tarafda akasi Abbos... turishardi. Yana, shuningdek, bir-biriga juda yaqin qarindosh insonlar bir-birlariga qarshi qurol ko‘targan holatda edilar. Masalan, Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) saflaridan joy olgan Abu Huzayfaning otasi, akasi va amakisi mushriklarning oldi qatorlarini ishg‘ol etishar edi.
Bu jang qanday boshlangan bo‘lsa, shunday tugashi, boshlanishiga uyg‘un shaklda davom etishi lozim edi. Ham, shu kunga qadar qilingan hisobsiz razilliklarning yaxshigina bir jazosi berilgan bo‘lar, «Rabbim Ollohdir» deyishdan boshqa «aybi» bo‘lmagan insonlarga yetkazilgan musibatlarning intiqomi ham shu taxlit olinar edi.
Ashob orasidan Hazrati Umarning fikriga bir Sa’d ibn Muoz qo‘shildi. U ham, to Badr urushi davom etar ekan, qochganlarning asir qilinishlarini xush ko‘rmaganini, tutilgan joylarida o‘ldirilishlarini to‘g‘ri deb Janobimizga arz etgan edi.
Boshqa ko‘pchilik Hazrati Abu Bakrning fikrini qabul etdi. Chunki asirlardan olinadigan haq hisobiga ozmiko‘pmi farovonlikka erishishardida. Qurayshdan intiqom olish mavzuiga kelinsa, zotan Badrda yetarlicha intiqom olindi ham. Qozonilgan zafarni kamsitishga hech kimning haqqi yo‘q.
Natija shu bo‘ldiki, Janobi Rasululloh ko‘pchilikning fikriga qo‘shildilar. Asirlardan tovonpuli olinib, evaziga ozod qo‘yib yuborishga qaror berildi.
Bu xabar asirlar orasida sevinchla qarshilandi. Yo‘lda Nadr ibn Horisning va Uqba ibn Abu Muoytning o‘ldirilishi juda ko‘plarining ko‘zlarini qo‘rqitgan, o‘zlarini kelgusida bo‘g‘izlashga hozirlab qo‘yilgan qo‘ylar kabi tasavvur eta boshlashgan edi. Yo‘lda Suxayl ibn Amrning qochishga urinishi ham shundan edi.
Makkaga odam yuboriladigan va, «Asirlarning egalari kelsin», deyiladigan bo‘ldi. Olinajak tovonpulining eng ko‘p miqdori to‘rt yuz dirham edi. Kambag‘alroq oilalardan uch yuz, ikki yuz, hatto yuz dirham olingan hol ham bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Yanvar 2009, 05:20:02
* * *
Janobi Payg‘ambarimizning amakilari Abbos keltirildi. Rasululloq (s.a.v.) unga:
— O’zing bilan birlikda jiyanlaring Oqil bilan Navfalning hamda ittifoqching Utbaning ham tovon pullarini sen to‘laysan, — dedilar.
Abbos buncha odamning tovonpulini to‘lash bir yoqda tursin, hatto o‘zi uchun ham bir tiyin bergisi yo‘q edi. Umr bo‘yi tijoratga va foizga ishlagan zakosi bu yerda o‘zini ko‘rsatajak edi:
— Men musulmon edim, — dedi. — Jangga kelmoqchi emasdim, Quraysh meni zo‘rlab keltirdi.
Janobi Payg‘ambarimiz bu uzrni qabul etmadilar:
— Sening musulmonliging yo musulmon emasligingni Olloh biladi. Aytganing to‘g‘ri bo‘lsa, mukofotini ham Olloh beradi. Ammo holat shuki, jangda asir oldik. Sen ham bizning qarshimizda bizga qarshi urushganlar bilan birga eding. Shu onda tovonpulini to‘lashga maj bursan.
Abbos yana ayyorlik qilmokchi bo‘ldi:
—   Meni tutganlaringizda yonimda faloncha mikdorda oltinim bor edi, oldilaring. O’shani tovonpuli hisoblashlaring mumkin, — dedi.
—   Bo‘lmaydi, — deb javob qildilar Janobi Rasululloh. — Biz ularni urush o‘ljasi o‘laroq qo‘lga kiritganmiz.
—   Ammo mening ulardan boshqa molim yo‘q. Meni Makka ko‘chalarida tilanchilik qilib yurishga majbur etasanmi, ey Muhammad?
—   Xo‘p, ammo u oltinlar qani? Ularga nima bo‘ldi?
—   Qaysi oltinlarni aytyapsan.
— Ummul Fazlga omonat qo‘yib kelganing oltinlar... Esingdami, u bilan vidolashayotib: «Bu safarda boshimizga nelar kelishini bilmaymiz. Mabodo qaytmasam, bular senga bo‘ladi, mana bu qismini esa, Fazl, Abdulloh, Ubaydulloh va Qusamga bo‘lib berasan»,  demaganmiding?..
Abbos hayratini yashira olmadi:
—   Ajabo, bularni senga kim xabar berdi?.. Qasam ichaman, oltinlarimni unga berayotganimda va bu so‘zlarni so‘zlayotganimda o‘rtamizda boshqa hech kim yo‘q edi!..
—   Olloh xabar berdi, — deb javob qildilar Rasuli akram (s.a.v.).
— Men shohidlik bildiramanki, sen Ollohning rasulisan, — deb yubordi Abbos.
Bu suhbat ashobi kirom ishtirokida bo‘layotgan edi. Abbosning musulmon bo‘lishi hammani sevintirdi. Shu bilan birga, u baribir istanilgan tovonpulini to‘lash majburiyatida qoldirildi. Ham eng baland qiymat bo‘lgan to‘rt yuz dirham hisobida...
Kimdir taklif kiritdi:
— Yo Rasululloh, izn bersangiz, amakingiz Abbosdan tovonpuli olinmasin.
Janobimiz bu taklifni keskin rad etdilar.
— Vallohi, boshkalardan qanday to‘liq olingan bo‘lsa, bu kishiga ham birday munosabatda bo‘linglar!— dedilar.

Ikkinchi kitob bitdi
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Oydinliklar sari (2-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 01:33:15
Saodat asri qissalari: Oydinliklar sari. 2-kitob

(http://www.ziyouz.com/images/books/saodat2.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=281)

Muallif: Ahmad Lutfiy
Hajmi: 2,04 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=281)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2902.0)