forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:19:54

Nom: Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (3-kitob). Olamlarga porladi quyosh
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:19:54
Ahmad Lutfiy

SAODAТ ASRI QISSALARI
Olamlarga porladi quyosh

3-kitob

Nurulloh  Muhammad  Raufxon tarjimasi


BADR INТIQOMI UChUN QASAM

Abu Laxab Makkada krlgan, kasalligi tufayli Badr jangiga bora olmay, o’rniga boshka odamni yollab jo’natgan edi. Ketganlar izidan kunlab yo’l poyladi. Zafar suyunchisini keltiradigan odamni kutdi. Shunday xabar kelsa, yuziga kaytadan kon yugurishi, yangi hayot boshlanishi aniq. Bir kuni kelib: «Ortiq g’am chekma, ey Abu Lahab. Bag’ringda yongan otashni so’ndiradigan natijaga erishyapmiz. Mana, Muxammadning qonli ko’ylagi, mana, do’stlarining kesilgan boshlari!»deydigan xushxabarchiga suyunchisiga nimalar bermasdi, nimalar!..
Bunday xabar uni takror oyoqqa turg’azishi, takror sihhatli kunlarga qovushtirishi mumkin edi. Ketganlarning xar biri karvondagi molu mulkini qutqarish azmi bilan ketgani joniniboshini ayamay urushadi degani edi. Eh imkonini qilib, Makkadan qochganlarning hayot daftarlarini yopa bilsalar edi, arzirli ish qilgan bo’lardilar. Qo’shin ketganidan bir necha kun keyin Abu Sufyon karvonini Makkaga olib kelganida, Abu Lahabning me’dasi bulandi. Yaxshilikdan dalolat emasdi bu holat. Endi lashkar jangga kutilgan darajada istak bilan kirishmaydi. Chunki urushni zarur qilgan eng katta sabab o’rtadan ko’tarilgan edi.
Karvonning kelgani to’g’risida mujda berganlarga javoban:
— Juda go’zal... demak, sog’salomat yetib kelibdida!.. — dedi. Ammo ichidan: «Kelsa ham, jang tugaganidan keyin kelsa edi», degan qirindi o’tdi.
Qo’shin yo’lga chiqqan kunlari chaqnagan umidi hali tamomai so’nmagan edi. Buning ustiga, ularning yurishi davom etgani to’g’risidagi xabar yuragiga bir miqdor suv sepdi. Chiqmagan jondan umid. Boshlarida kimsan Abu Jahl turibdi, u odamni sevintiradigan natijaga erishmasdan ko’ymaydi, degan qanoat ila ovundi.
Ammo bir kuni... Ha, bir kuni Haysuman ismli bittasi katta mag’lubiyat xabarini olib kelganini eshitgach, belidan zarba yegan odamga o’xshab qoldi. Majolsiz bir sasla ketmaket boloxonali so’kishlardan o’zini tiya olmadi. Ishongisi kelmagani bilan bu shum xabar tobora yoyilib borayotgan edi. Abu Laxab yanada kengroq ma’lumot olishni xohlardi. Хiyol yengillik sezgan bir kuni o’rnidan turdi, ukasi Abbosning uyiga keldi. O’tirdi.
U tinmay hansirar, alamini to’kibsoladigan odam axtarar edi. Bu orada ukasi Horisning o’g’li Abu Sufyon ham o’sha yerga kelib qoldi.
— Qani, voqealarni bir tushuntirchi, jiyan. Asl xabarlar senda, — dedi Abu Lahab.
Abu Sufyon jangga birinchi bo’lib Utba, Shayba va Valid chiqishganini aytgach, amakisidan:
— Ularning qarshisiga chiqqanlar kimlar ekanini bilasanmi? — deb so’radi.
— Yo’q, — deb javob qildi Abu Lahab.
—Тaxmin etib ko’rchi qani?
Abu Lahab «Jonimni qiynab yubording, meni toliqtirmasdan o’zing aytaqol», deyar darajadagi holsiz bir sas ila:
— Qaydan bilaman?.. Uchta ahmoq chiqqandirda chiqqan bo’lsa, — dedi.
Abu Sufyon davom etdi:
— Ularga qarshi mening ukam Ubayda, sening ukang Hamza va amakim Abu Тolibning o’g’li Alilar chiqishdi. Yakkama-yakka jang boshlanib, oradan hech qancha o’tmasdan biznikilar yer tishlashdi. Ulardan faqat Ubayda yaralandi, menimcha, hozir o’lgan bo’lsa ham kerak.
Abu Lahabning xayolidan: «Koshki loaqal bittaga kamaygan bo’lishsa», degan o’y kechdi, ammo o’zi bunga e’tibor bermadi. Abu Sufyon so’zida davom etdi:
— Aslida, amakijon, biz u yerga urushish uchun bor magan edik. Urushmadik ham... Faqat ularga orqamizni o’girib qochdik. Ular esa, ko’ngillari tusaganini qilishdi — xohlaganlarini o’ldirishdi, xohlaganlarini asir olishdi. Bir qismimiz qochib qutuldik. Lekin bu masalada hech kimga til tekkizib yo qo’rqoqlikda ayblab bo’lmaydi. Biz bir guruh suvoriylarni ko’rdik. Ular yer bilan osmon o’rtasida edi. Otlarining oyoqlari yerga tegmasdi. Vallohi, ularga qarshi biz hech narsa qila olmadik. Hech kim hech narsa kila  olmasdi ham.
Abu Sufyon anglatgan voqealardan Abu Lahabning yelkalari cho’kdi, yuzi burishdi. Makka qo’shinning mag’lubiyat bilan qaytishini hatto tushida ko’rsa ham sabr etolmas edi. Holbuki, o’zidan bir necha barobar oz bo’lgan musulmonlardan yengilgan, boz ustiga, Makkaning hamma ko’zga ko’ringan kishilari yo o’ldirilgan, yo asir etilgan edi. Bu ko’rguliklar Abu Laxabni o’lmasdan burun o’limga yetaklaganday bo’ldi. Necha kunlardan buyon xastaligi tufayli chekkan og’riq va iztirobi bu eshitganlari bilan ikki barobar kuchaydi. Shu onda tuyayotgan qayg’udan xoli bo’lsa edi, yana bir necha oy kasal yotishga jondilidan rozi bo’lardi.
Abu Sufyon keltirgan xabarni Abbosning xotini Ummul Fazl bilan quli ham eshitib turishardi. Ummul Fazl bilan o’g’li sal oldinroq musulmon bo’lishgan, qul xam Islom dinini qabul etgan edi. Abu Sufyon: «Mingan otlarining oyoqlari yerga tegmasdi...»deya so’zlarini tugatgani zamon Abbosning quli o’zini tuta olmay qoldi, mushtini taxtaga urib:
— Vallohi, ular malaklardir! — deya baqirib yubordi.
Uning sevinchla baqirib yuborishi shundoq xam yorilar holga kelib turgan Abu Lahabning yuragini battar sikdi. Qoni qaynagan bu qizil soqolli odamning mushti g’azabdan shiddatli havolanib, qulning yuziga kelib tushdi. Qul nima bo’lganini bilmay qoldi. Тo’g’rirog’i, u o’zining qul ekanini, hatto juda zaif, juda oriq ekanini ham unutdi. Qulning hur kishiga og’iz ochishga haqqi yo’qligini bilishiga qaramay, Abu Lahabga tashlandi. Butun hirsikuchi o’sha kuni bir yerga to’plangan Abu Lahab uni bir siltashda ostiga oldi va do’pposlay boshladi.
Bu ishlar juda tez sodir bo’ldi. Abu Lahab hamon tapiratupur musht solardi. Ummul Fazl bu mojaroning shunchaki bir tomoshabini bo’lib qolmadi, qo’liga ilingan bir tayoqni olib, Abu Lahabning boshiga tushirdi. Nima bo’lganini bilmay qolgan Abu Lahab jon achchig’ida qulni qo’yib yuborib, o’rnidan tura boshladi. Shunda Ummul Fazl:
— Хo’jayini yo’qligida uni egasiz deb o’yladingmi?! — deya hayqirdi.
Abu Lahabning boshi yorilgan edi. Oqayotgan qon qizil soqolidan pastga inardi. Kin va adovat to’la nigohla birikki soniya Ummul Fazlga qarab turdida, so’ngra bir og’iz so’z demay, uyiga yo’l oldi.
Butun g’ururi oyoq osti qilingan edi. Abdulmuttalibning o’g’li, Qurayshning peshvolaridan, boy bir odam bo’laturib, bitta qulni deb xotin kishidan tayoq yeb qaytadimi ukasining uyidan? Bunday munosabatga qanday dosh beradi?..
Uyiga yetib ostonadan o’tarkan: «Shubxasiz, bu ham Muxammad boshimizga solgan balolardan biri», deya xayolidan kechirdi.
Alamidan yorilay dedi. Pecha yillardan beri kechasini kunduzga ulab ochgan bu mujodalani shu tahlit bir mag’lubiyatla yopishi mumkinligi yetti uxlab tushiga ham kirmagan edi. Zaif deb bilgani, atrofiga karokchilar galasini to’playapti deb o’ylagani Muxammad astasekin kuch yikqan, ulkan Arabistonning eng peshqadam qabilasi bo’lgan Qurayshni bir musht ila parishon qilgan edi.
Qachonlardan buyon endi ilk marta vujudida bir kuch sezib, g’ayrat qilgan edi, ammo uyiga popugi ancha pasayib qaytdi. Yana yotog’iga kirib, avvalgidek inqillay boshladi. Lekin endi bu inqillashlari faqat xastaliklardangina emasdi. Тortilgan mag’lubiyatning, bir qul tufayli xotin kishidan yegan tayog’ining va oyoq osti qilingan obro’yining ham ingroqlari bor edi ularda.
Eh... qani endi u kunlar! Хotini Ummu Jamil bilan birga har kuni Muhammadning eshigi tagiga tikanlarni va iflos narsalarni tashlab yurgan Abu Laxab qayerda qoldi?! Hozir ustiga ko’rpasini yopib olishgada ojiz kolgan, ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan mag’lub bo’lgan Abu Lahab bilan u kunlarning tengsiz Abu Lahabi orasida qorli tog’lar paydo bo’lganini gapirib o’tirishga xojat bormi? Qani endi bir kunga... ha, bir kunginaga Yasribga bora olsa, yana uning eshigi tagiga qo’liga tushgan barcha iflos narsalarni, botganda zahri jondan o’tadigan darajadagi tikanlarni ham tashlay olsa... Hech bo’lmasa, loaqal bir martagina bor nafratiyu adovatini qo’shib, yuziga baqiribchaqira olsa, yuragini portlatadigan darajada to’lgan dushmanlik hislarini bir karra bo’lsin to’kib sola bilsa...
Хullas, o’shandagina bu dunyodan bearmon ketadi Abu Lahab! O’shanda «hayotining asosiy kunini»yashayajak, «Men ham endi yashagan hisoblanaman», deya to’shagida rohat ila jon berajak.
Eski... ko’p eski kunlar keldi xayoliga. Bir zamonlar «Menga yordamchi bo’la oladigan o’nta o’g’lim bo’lsaydi, birini qurbon qilar edim», deya qasam ichgan Abdulmuttalib, keyinroq kur’a tashlab aniqlangan qurbon, ya’ni, inisi Abdullox... birbir ko’z oldidan kechishdi. O’shanda Abdulloh qurbon qilinganida, hozir Muhammad balosiga hech kim yo’liqmagan bo’lardi. G’azabi qaynadi, birdan ko’pirdi:
— Odamlarga aql ulashilganida sen qayerda eding, dumbul?! — deb yubordi. Тupurmoqchi bo’ldi, lekin holi yetmay, tupugi soqolidan nari o’tmadi. Go’yo bu so’zlari va bu tupugi bilan otasi Abdulmuttalibni ayblar, Abdullohni qurbon qilmagani va boshlariga bunday bir baloni qoldirgani uchun jiyanidan ololmagan intiqom alamini uning xotirasidan olishga harakat qilar edi.
Nom: Re: "SAODAТ ASRI QISSALARI" Olamlarga porladi quyosh. 3-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:20:23
* * *
Ramazon oyining chiqishiga ikki kun qolganida janobi Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bir suhbat qurdilar va unda fitr sadaqasi haqida ma’lumot berdilar. Ramazondan keyin keladigan shavvol oyining ilk kunini Olloh taolo mo’minlarga bayram qilib berganini, u kun yeyishichish va maza qilish kuni ekanini, u kunda faqirlarni xursand etish uchun kattakichik, erkakayol, ozod yoki qul har kim kishi boshiga bir kunlik yemak tarqatishini va bu ishni hayit namozini o’qimasdan oldin ado etishi lozimligini so’zladilar. Beriladigan narsa xurmo, bug’doy, arpa, mayiz kabi kundalik yemishlardan iborat edi. So’zning mazmuni bir jumlada jamlanardi, ya’ni: faqirlarni u kuni och yurishdan qutqaringlar.
Janobi Rasululloh hayit kuni bomdod namozidan keyin hayit namozi o’qiladigan joyga to’planishni, balog’at yoshidagi erkak va xotinlarning hozir bo’lishlarini amr etdilar. Bundan oy ko’rgan ayollargina mustasno qilindi: ular namoz o’qimaydilar, bir chekkada turadilar.
Janobimiz hayit tongida bomdod namozini masjidda o’qidilar. Keyin Madinaning sharqiy tomonida joylashgan maydonga keldilar. Bu yerga erkak-xotin barcha musulmonlar to’planishgan edi.
Ularga xayitga aloqador so’zlarni aytdilar. Vazifalarini tushuntirdilar. So’ng azonsiz va iqomatsiz ikki rakat namoz o’qishdi. Namozning xar rakatida uch martadan qo’shimcha takbir aytdilar, xayit namozining xutbasi sifatida bir suhbat qilmoqchi ekanlarini bildirdilar.
— Istaganlar xutbani tinglasin, istaganlar ketsin, — deya marhamat qildilar.
Suhbatni Ollohga hamdu sano aytish bilan boshladilar. Old qatorlarda har qachongidek erkaklar turishardi. Хotinlar ham ovozni eshitsinlar uchun qator oralab, ularga yaqin keldilar. Bilol ham yonlarida edi. Bir qo’llari bilan Bilolning qo’lidan ushlagan holda ularga xam nasihat qildilar. Suxbat orasida mana bu oyati karimani  o’qidilar:
«Ey Payg’ambar, qachon sizning oldingizga mo’minlar kelishib, sizga o’zlarining Ollohga biron narsani sherik qilmasliklariga, o’g’rilik qilmasliklariga, zino qilmasliklariga, (kambag’allik yoki sharmanda bo’lishdan ko’rqib) o’z bolalarini o’ldirmasliklariga va qo’loyoqlari o’rtasida to’qib oladigan bo’htonni qilmasliklariga (ya’ni, farzandsizlik sababli erlaridan ajralib qolmaslik uchun biron tashlandiq bolani topib, go’yo u qo’loyoqlari o’rtasidan chiqqandek, ya’ni, o’zlari tuqqandek erlariga: «Mana shu bola sendan bo’ldi», deb bo’hton qilmaslikka) hamda biron yaxshi ishda Sizga itoatsizlik qilmasliklariga qasamyod etsalar, Siz ularning qasamyodlarini qabul qiling va ular uchun Ollohdan mag’firat so’rang! Albatta, Ollox mag’firatli, mehribondir» ( Mumtaxana surasi 12-oyat.)
Bu oyatlarni o’qiganlaridan so’ng, xotinlardan:
— Sizlar shu holatda bo’lishga so’z berasizlar mi? — deya so’radilar.
Ichkaridan bir xotin oyoqqa qalqdi.
—Ha,  ey  Ollohning payg’ambari,  so’z  beramiz, dedi.
—U holda sadaqa beringlar. Chunki sizlarning ko’plaringiz jahannamning o’tinlarisiz.
Bu daf’a qirmiziga tortib ketadigan qora yuzli xotin o’rnidan turdi:
 Nima uchun bunday, ey Ollohning payg’ambari? deb so’radi.
—Chunki sizlar hollaringizdan ko’p shikoyat qila sizlar, erlaringizning haqqini inkor etasizlar, siz larga doim yaxshilik qilib kelgan bo’lishsada, bittagina arzimas yomonlik ko’rsalaringiz, «Men sendan nima yaxshilik ko’rdim?»deysizlar.
Bu orada xotinlar ko’llarida borini sadaqa qilib bera boshlashdi. Kim barmog’idagi uzugini, kim qo’lidagi bilaguzugini, yana kim qulog’idagi isirg’asini chiqarib, Hazrati Bilolning etagiga tashlar edi. Hazrati Bilol esa:
— Otam-onam sizlarga qurbon bo’lsin, keltiring lar,  deb turdi.
Shu bilan bayram tugadi, odamlar tarqalishdi. Nabiyi akram janobimiz boshqa yo’ldan qaytdilar. Hayitga kelayotib, ro’zador emasliklarini bildirish uchun, bir nimalar yeb   olganlari ham ma’lum bo’ldi.
Nom: Re: "SAODAТ ASRI QISSALARI" Olamlarga porladi quyosh. 3-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:21:21
* * *
Abu Lahab Ummul Fazldan yegan tayog’ining alamida yotib olganidan keyin bir marta ham belini ko’tarmadi. Kunlar o’tgan sayin tuzalib ketish umidi tobora so’nib borardi. Badaniga tarikdektariqdek toshma toshib ketdi. Ozayish o’rniga ko’payib boradigan, ko’iaygan sari ketidan chidab bo’lmas og’riqlarni keltiradigan bu xastalikni arablar «odasa»xastaligi deydilar. Qizamiq deb tushunsa ham bo’ladi. Ehtimol, bu toshmalar ichini to’ldirgan azoblarning uchlaridir.
Тoshmalar avval suv oldi, keyin yiringlab ketdi. Abu Lahabning vujudi hali u o’lmay turib sasiy boshladi. Shu qadarki, farzandlari ham uning badaniga qo’l tekkiza olmay, hididan yaqiniga yo’lay bilmay qolishdi.
Тoshma toshganining yettinchi kuni edi. Abu Lahabning ko’zlari birdan kattakatta ochilib ketdi. Karshisida shu damgacha hech ko’rmagan, hech bir inson qaray olmaydigan darajada qo’rqinchli va bahaybat mahluqlar turardi. Holbuki, bir soniya avval bu yerda ulardan asar ham yo’q edi. Ungidan, chapidan, oldidan, ortidan qurshab olishdi. Bittasini bir marta ko’rgan odamning aqldan ozishi turgan gap edi. Kayerdan keldi bular, ichkariga qanday kirdi? Bu yerda ularning nima ishlari bor? Bularni na so’rashning imkoni bor, na uni anglashga vaqt...
—Sening iflos va murdor joningni jahannamga eltish uchun keldik, qara...
«Quturgan»kalimasi ham to’la ifoda eta olmaydigan holatda Abu Lahab bir otash dengizini, bir olov dengizini ko’rdi. Chekichegarasi bo’lmagan bu otash va olov dengizi yolg’iz o’zi uchun hozirlanganini his qildi. Bu orada jiyani «Olloh kalomidir»deb o’qigan so’zlar xotiriga keldi: «Abu Lahabning qo’llari qurisin, halok bo’lsin! (Aniqki) u quridi — halok bo’ldi! Molmulki va kasb qilib topgan narsalari unga asqotmadi. Yaqinda u va uning o’tin orqalagan, bo’ynida pishiq toladan eshilgan arqon bo’lgan xotini (lovullab turgan) alangali do’zaxga kirajak!»Bu sura quloqlari ostida yana bir bor o’qilganday bo’ldi.
Hozirga qadar suyanib kelgan boyligi bu otash dengiziga nisbatan hech narsa edi. Hatto katta Makka shahri ham tog’lariyu vodiylari bilan birga bu olov dengizi qarshisida tirnoqdek joy olmasdi.
«Nima?! Bu yerga men kiramanmi?.. Yanglishyapsizlar, men Abdulmuttalibning o’g’li Abu Lahabman... Adashayotgan bo’lmanglar tag’in...»deya olmadi.
Zotan, bunday degizib qo’yadigan siyoqlari yo’q edi ham. Baqirtirabaqirtira, turlituman qiynoqlar ila ruhini jasadidan ayirdilar. Shu onda sassiq vujudi harakatdan to’xtadi. Ruhi esa, unga berilgan buyuk bir fursatni qadrlamaganiga ming pushaymonda edi. Ollohning rasuliga qarshi yuritgan chirkin muxolafatning jazosini tortgusidir.
Aslida, uning boshiga davlat qushi qo’ngan edi. Koinotning gul yuzli sarvari uning ukasining o’g’li bo’lib tug’ildi, ko’zlari o’ngida, hech kimsa qusur topolmaydigan bir fazilat egasi bo’lib ulg’aydi. Uning har holini bilar, bironta boshqa kimsa uningchalik yaqindan tanimas edi. Ammo u bu ne’matlardan foydalanishni o’ylamadi, ne’matni o’zidan qochirdi.
Abu Laxabning o’lmasdanoq losh holiga kelgan jasadi o’sha kuni uyida qoldi, ko’milmadi. Ikkinchi kun o’g’illari uni ko’mmoqchi bo’lishdi, ammo jasad yaqiniga yo’lab bo’lmaydigan darajada bir hid tarqatardiki, yaqinlashgan kimsaning dimog’ini adoi tamom qilardi. Shuning uchun u kuni ham ko’ma olishmadi. Sassiq hid endi butun mahallaga taxdid sola boshladi. Хalq Abu Lahabning o’g’illarini o’rtaga oldi:
—Bir otangizni ko’mishga qurbingiz yetmaydimi? Afsuslar bo’lsin sizlarga!  — deyishdi qo’niqo’shnilar.
—Biz undan biror xastalik yuqib qolmasin deb qo’rqyapmiz, — deya javob qilishdi o’g’illari.
— Bunday tashlab qo’ysalaring, butun mahallaga yoyi ladiku u xastalik...
Keyinroq pul berib, odam yollandida, uzoqdan turib ustiga suv sepib yuvildi va Makkaning yuqori tarafiga ko’mildi. Islomning, xossatan Janobi Rasulullohning ashaddiy dushmanlaridan biri shu tahlit maydondan daf bo’ldi.
Nom: Re: "SAODAТ ASRI QISSALARI" Olamlarga porladi quyosh. 3-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:25:32
* * *
Badrdagi mag’lubiyat butun Makka xalqini shiddatli bir zilzila kabi qalqitib yubordi. Jangga qatnashgan hamma ulug’lar yo o’ldirilgan, yo asir olingan edi. Faryod va fig’onlar ko’kka o’rladi. Bu holat Abu Sufyonga yoqmadi. O’rnidan turdi va Masjidi Haramga to’plangan xalqqa xitob etib, bunday dedi:
— O’lgan yaqinlaringizga yig’lamang. Ularga marsiya aytmang. Mabodo yig’lasangiz, Muhammadga va uning sheriklariga nisbatan tuygan kin va adovat hislaringiz yengillashib qoladi. Ham ularni xursand etgan, o’zlaringizni ularga masxara qildirgan bo’lasiz. Тoki ular bilan to’qnashib intiqomimizni olmagunimizga qadar xushbo’ylar surtish va xotinlaringiz bilan birga yotishni o’zlaringizga harom qilishingiz lozim. — Keyin o’zi
to Badrning intiqomini olmagunicha yuvinmaslikka xalq oldida qasam ichdi.
Abu Sufyonning bu xitobi va xarakati u yerdagilarga ta’sir etdi. Тijoratga aqli yetadigan ba’zilari esa: «Ortiqcha dardli ko’rinadigan bo’lsak, Muhammad va uning ashobi bizdan mo’l-mo’l pul undirib qolishning payiga tushadi», deyishdi.
Kimlari ongli ravishda, kimlari uningbuning aybsitishidan andisha qilib, bu tavsiyani qabul etgan bo’lishdi.
Abu Sufyonning xotini Hind mashxur Utba ibn Robianing qizi edi. Badrda yaqinlaridan eng ko’p kishi o’lgan odam shu ayol bo’ldi. O’g’li Hanzala, otasi Utba, jiyani Valid va amakisi Shayba o’ldirilgan, boshqa o’g’li Amr asir olingan... Bu voqealarni eshitgan zahoti eshushini yo’qotdi, ammo ko’zidan bir tomchi ham yosh chiqarmadi.
—Sen ham yig’lamayapsanmi, ey Hind? — deb so’rashdi.
—Yig’idan foyda borligini bilganimda, to’xtamasdan yig’lar edim. Ular orasidan ham eng sevimlilari o’ldirilganini ko’rmagunimcha qayg’um aslo so’nmaydi, — dedi va otash sachratib turgan ko’zlariga uyg’un bir ovozda qo’shimcha qildi: — Qasam ichaman, otamni va amakimni o’ldirgan Hamzaning jigarini sug’urib olamanda, tishlarimning orasiga olib chaynayman! Qasam ichaman... qasam ichaman!..
Makka ahlining qaroriga qiyinchilik bilan bo’lsa ham amal qilinar, hech kimning ko’zidan yosh chikmas edi. Faqat keksa va ko’zlari ko’r Asvad yoniga qulini olib orasira shaxar tashiga chiqib turishida bir sir bormiyo’qligini negadir hech kim o’ylab ko’rmasdi.
Haqiqatan ham, Asvad ikki kunning birida Makka
Haqiqatdan ham, Asvad ikki kunningbirida Makka tashiga chiqar, o’g’li Zam’a bilan Oqiylning, nevarasi Horisning xotiralarini eslatadigan vodiylarga borar, u yerda bosibbosib, o’lguday mast bo’lguncha ichar, armoni boricha yig’lar va orada kuliga:
— Bu ishimni hech kim ko’rmasin, eshitmasin, — deb qo’yar edi.
Nom: Re: "SAODAТ ASRI QISSALARI" Olamlarga porladi quyosh. 3-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:25:56
*   *   *
Mashhur shoir Umayya ibn Abu Salt bir vaqtlar haq dinni axtargan, bu yo’lda go’zal she’rlar bitgan bir odam edi. Тoza, durust fikrlari bilan bir qatorda, payg’ambarlik menga beriladi, degan bir qanoati xam bor edi.
Hiro g’orida nubuvvat mujdasi Janobi Rasulullohga (s.a.v.) berilishi Umayya ibn Abu Saltda hasad tuyg’ulari qo’pishiga sabab bo’ldi. Unga tegishli haq haqsiz ravishda boshqaga berilganday, endi Janobi Rasulullohni rohatsiz qiladigan she’rlar yozib, hasadini ochiq izhor eta boshladi. Birmuncha vaqt Тoifda yashadi. Shom taraflarga qilingan bir sayohatdan qaytishda yo’li Badrga tushdi. Bu paytda endi jang tamom bo’lgan, mushriklarning ustiga tortilgan tuproq hali sovib ulgurmagan edi.
Umayya do’stlari uchun ko’zyoshlari to’kdi. O’sha yerda aytgan bir she’rida «Payg’ambar bo’lganida, aqrabolarini bu yerda o’ldirarmidi?»degan so’zlar bor edi.
So’ngra tuyasini haydab, Тoifga yo’l soldi. Bundan keyin Umayya uchun birgina safar qolgan edi. Oxirat safari... Ammo u yerda rohat topadimi, yaxshi kutib olinadimiyo’qmi, buni bilmasdi.
So’nggi nafasini chiqargan vaqtida ichidagi hasad va kufrning jazosini berish vazifasi bilan kelib kutib turgan farishtalar jonini sug’urishdi va olib ketishdi.

Nom: Re: "SAODAТ ASRI QISSALARI" Olamlarga porladi quyosh. 3-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:26:38
* * *
Bu orada Madinaga asirlar uchun belgilangan fidyalar (tovon pullari) kela boshladi. Fidyasi olinganlar ozod qilib yuborilardi. Ko’p qismi shu tariqa bo’shatildi. Bir necha asir ansor bolalariga o’qishyozishni o’rgatish sharti bilan afu etildi. Afu evaziga har bir asir o’ntadan bolani o’qitib berishi talab qilindi.
Shoir Abu Azza pulsizboyliksiz odam edi. Uning butun boyligi tilijag’idangina iborat edi, deb aytsa bo’ladi. O’zini qutqarishga hech bir narsasi yo’q. Ammo u ham hayotining bag’ishlanishini istardi.
— Bizga qarshi gap aytmaslikka so’z bera olasanmi? — deb so’rashdi undan.
Abu Azza bu taklifni sevinch bilan kabul etdi:
—Ha, so’z beraman. Ont ichaman, sizlarga qarshi bitta ham so’z demayman!
—Qani, unda ko’ngling tusagan joyga ketaver, deyishdi.
Bu tarz oson qo’yib yuborilgan Abu Azza hayotga yangidan kelgan insondek, shodxurram Madinadan chiqib ketdi. Ketarkan, Janobi Rasulullohning (s.a.v.) mardliklarini, jo’mardliklarini vasf qiluvchi bir she’r o’qib borardi.
* * *
Abul Os uchun yuborilgan mollar ichida bir gardonlik chiqdi. Buni ko’rib, bir juft ko’z yoshga to’ldi. Shunday bir ko’zki, Ulug’ Mavlo ulardan ham qadrli boshqa bir ko’z yaratmagandir.
Bu voqeaning shohidlari ko’zyoshning sababini bilmoqchi bo’lishdi:
— Sizni nima injitdi, yo Nabiyalloh? — deb so’rashdi.
Nabiyyi akram janobimiz (s.a.v.) Abul Osning fidyasi orasidan chiqqan gardonlikni ko’rsatdilar. Bu narsani qizlari Zaynab jo’natganini, unga esa, sevikli zavjalari Hadicha (r.a.) sep o’laroq taqdim etganini aytib berdilar. Yillarcha avval qilingan sep va kelinlik liboslari ichida nur yuzli Zaynab ko’z o’ngilariga keldi. Ayollar olamining bosh toji Hazrati Hadicha bu gardonlikni o’z qo’llari bilan Zaynabning bo’yniga taqib turgan holatini esladilar.
Janobi Rasulullohning (s.a.v.) ko’zlarini yoshlatgan mana shu xotira edi.
— Rozi bo’lsalaringiz, Abul Osning fidyasini qaytarib beringlar, — dedilar.
Ko’ngil to’la samimiyatla javob qilishdi:
— Mingdan ming rozimiz, yo Rasululloh!
Bir necha kishining og’zidan birdan chiqdi bu so’zlar. Hatto Abul Osni asir olgan Abu Ayyub Ansoriy ham shu so’zlarni aytganlar orasida edi.
Abul Os fidya olinmasdan qo’yib yuborilayotgani,, evaziga Zaynabni darhol Madinaga yuborishi lozimligi tushuntirildi. Bu taklifni Abul Os qabul etdi.
Otasiga paygambarlik vazifasi berilarberilmas Islomni qabul qilgan Zaynabning bundan bu yog’iga Abul Osning xotini bo’lib qolishi mumkin emasdi. Lekyn Nabiyyi akram janobimiz qiyinkistovlarga to’la xayotlari davomida uni ajratib, yonlariga olish imkonini topmagan edilar.
Abul Os musulmon bo’lish taklifini qabul etmadi. Kelishuvga binoan Zaynabni Ya’jaj vodiyida mo’minlar qo’liga topshiradigan bo’ldi.
Mikraz ibn Hafs Suhayl ibn Amrni qutqarishga kelgan, lekin fidya olib kelmagan edi.
Uning o’rniga meni ushlab turinglar. Qarzini keltirmasa, o’rniga meni o’ldirasizlar,  dedi. Mikrazning bu taklifi qabul etildi. Ayni choqda, Hazrati Umarning (r.a.) ham bir taklifi bor edi. Vaqtni o’tkazmasdan, aytaqoldi:

Ey Ollohning rasuli, izn bersangiz, Suhaylning old tishini sug’urib olay. Тoki gapirganida tili tashqariga otilib chiqib, sizga qarshi biron narsa deya olmasin.
Suhaylning pastki labi tirtiq edi, bu kamlik qilganiday, tishlari ham sug’urib olinsa, odamlar oldida bemalol gapira olmay, har og’iz ochganida tili tashqariga chiqib ketaverib, birovga bir gapni uqtirolmaydigan bo’lib qolishi turgan gan edi.
Lekin Rasululloh (s.a.v.) janobimiz bu taklifni kabul qilmadilar:

Hech kimning tanasiga nuqson yetkazmayman, ey Umar,  dedilar.  Jazosiga Olloh taolo menga ham aynan shunday qilishidan qo’rqaman. Payg’ambar bo’lsam ham, bunaqa ishni qilishga haqqim yo’q. Lekin, ey Umar, bir kuni u sen ayblamaydigan, hatto maqtaydigan bir
joyda chiroyli gapirib paydo bo’lishidan umid qilamiz.
Тishlarini sug’urib tashlash taklifi tushganida sovuq ter to’ka boshlagan Suxayl chuqur nafas oldi. Fidyasini topib kelish hamda o’zining o’rniga asirlikda qolayotgan Mikrazni qutqarish niyatida Madinani tark etdi.
Nom: Re: "SAODAТ ASRI QISSALARI" Olamlarga porladi quyosh. 3-kitob (Ahmad Lutfiy)
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Oktyabr 2008, 13:27:33
* * *

Makka...
Bir xotin kishining faryodi ko’klarga yuksalib, Asvadni rohatsiz qildi. Quliga buyurdi:
Chiqib qarachi, nimaga yig’layapti 6u xotin?..
Qul sal o’tmay qaytib kirdi.
— Тuyasini yo’qotgan ekan, shunga yig’layapti, — dedi. Asvad o’zini tutolmay qoldi:
— Demak, bu xotin bir tuya uchun ko’zyoshi to’kyapti, uyqularini yo’qotyapti, shundaymi? Ayt unga: tuyasiga emas, Badrda o’ldirilgan raislarga yig’lasin... Bilib qo’yinglar, ular o’lib, ayrim kimsalar ish boshiga keldi. Badr jangi bo’lmaganida, ularga raislik nasib
qilarmidi?..
Bu so’zlar bilan u Abu Sufyonni nazarda tutardi. Aytmoqchi ediki, Abu Sufyongacha ham raislikka loyiq kishilar topilar edi. Asvadni asil dardli qilgan ham Badrda o’lganlar uchun yig’lashning taqiqlanishi bo’ldi.
O’sha kecha Asvad to’yibto’yib ko’zyoshlari to’kib chikdi. Uning bu ahvolini ko’rganlar Abu Sufyonning taqiqini ham nazarpisand qilmay, uzoq-uzoq yig’lashdi, marsiyalar aytishdi. Janobi Rasululloh va ashobi haqida bo’larbo’lmas so’zlar so’ylashdi. Badr mag’lubiyatining intiqomini olmasdan tinch yashamaslik fikri hammasini birlashtirib turardi. Yolg’iz shoir Abu Azza jim edi. Marsiya to’qigin, Muhammadga qarshi so’zlar aytgin, deb taklif etilganida:
— Men hayotimni tilimni tiyib yurish evaziga qutqardim, — deb javob qilardi.

* * *

Janobi Rasululloh (s.a.v.) boshchiliklarida Islom lashkarining Badrda qozongan g’alabasi Madinani ostinustun qilib yubordi. Endi o’rtada lof emas, balki haqiqiy bir kuch bor edi. Hijoz o’lkalarida buyuk bir nom sohibi bo’lgan, butun qabilalardan ustun bir qadrga ega Qurayshdek qabilani tormor etish hazilakam gapmi?
Bu zafar bir kun kelib Madinada rais bo’lish haqqi to’lasicha qo’liga o’tishidan umid qilib yurgan Ibn Salul kabi shaxslarni shoshirib qo’ydi. Kundankunga zaiflashib borayotgan obro’e’tibor endi tamoman qo’ldan chiqajagidan dalolat edi bu zafar.
Atrofida so’zini tinglaydigan, uni katta sanaydigan bir guruh bor edi. Ammo uning soni Madina xalqiga nisbatan olganda barmoq bilan sanarli darajada oz. Ular hali ham butga topinishar, hali ham eski dinlariga  amal  qilishar  edi.   Lekin  bu  bir  xovuch  kishi bilan o’rtaga otilib, mo’minlarni maydondan siqib chiqarishning iloji yo’q. Ikkinchi tomondan, ilgaridan nizolashib yurishgani yaxudiylar oldiga borib, «Endi biz ham sizlardanmiz», deya olishmaydi. Eng yaxshi chora — ko’ngillariga o’tirinqiramagan Islom dinini qabul etgan kabi ko’rinib, o’zlariga kafolat olish bo’lib qoldi. Aks holda, ishlar chappa ketishi, balki u ona yurtida yashay olmay qolishi ham tayin. Holbuki, musulmon bo’lganini ochiqchasiga aytsa, unchamuncha e’tibor topishi, hayotini izga tushirib olishi mumkin. Bu orada «payg’ambar»deyishayotgan odamni biror nayrang ishlatib, adabini berib qo’yish imkoni ham topilib qolarmidi.
Abdulloh ibn Ubayn bu kabi o’yxayellar og’ushida, xalqning ko’zi oldida musulmon bo’lganini e’lon etdi, shahodat kalimalarini so’yladi.
Uning Islomni qabul qilishi avvallari unga e’tibor ko’rsatib kelganlarni sevintirdi. Kechagi kunga qadar ichi kin va nafratga, g’azabga to’la odam qanday qilib musulmon bo’larkan?..
O’zi kabi hanuz arosatda yurgan odamlar uning uyiga kelib, ziyorat etishdi va:
—Bir gap eshitdik, shu to’g’rimi, ey Ibn Salul? — deb so’roqlashdi.
—Nimani eshitdilaring? Biron ajablanarli ish bo’ptimi?
—Haa, shunisi ortiqcha, ey Ibn Salul. Buni hech bo’lmasa bizga aytma. Kechaga qadar ham Muhammadga va odamlariga otash iurkab kelgan sen emasmiding?
—Men edim.
—Endichi?
—Endi yanayam otash purkayman. Kelganlar battar hayron bo’lishdi.
—Hech narsa anglamadik, — dedi biri.
— Mendan bundan ortiq so’z olmaysan ham. Abdulloh ibn Ubayy ibn Salul ularga shunday bir nigox tashladiki, go’yo bu bilan: «Anglaydigan saviyada emassizlar», demokchi bo’ldi. Keyin shu o’yini so’zlar bilan davom ettirdi:
—Anglashilmaydigan bir narsa yo’q. Sizlar Ibn Salul ham o’sha ahmoqlar yo’lidan borib, Muxammadga imon keltirajagiga darrov ishonib ko’yaqoldingiz. Holbuki, bu ishim ularga qarshi bir hiyladir, bir o’yindir, yanayam ochiqroq aytsam, aldovdir. Ammo buning uchun sabrli bo’lish lozimligiga sizlar ham iqrorsizlar, albatta.
Masala oydinlashdi. Ibn Salul qal’ani ichidan yemirish yo’lini tanlagani ma’lum bo’ldi. Ayrim shartlar ostida bundan aqlli bir yo’l tutib bo’lmasdi xam. Ibn Salul xaqiqatdan uzoqni ko’radigan odam ekanini ularning nazarida isbot etgan edi.
Bittadanikkitadan bo’lib borib shaxodat kalimalarini aytishga, ularning yonida ulardek bo’lib ko’rinib yurinna qaror berildi.
Shu kundan boshlab Ibn Salul bilan uning do’stlari ham masjiddan joy olishdi. Musulmonlar oliy devonda turib Robbul Olamin huzurida sajdaga bosh qo’yganlarida ular xam yotibturishdi. Ko’zga tashlanishga xarakat qilishar, o’zlarini yaxshi musulmon kabi ko’rsatishga zo’r berishar edi. Ammo bir imkon tug’ildi deguncha mo’minlarga Rasululloxni (s.a.v.) qusurli ko’rsatib, ularni sovutishdan va Madinada yana eski hayotni jonlantirishdan  boshqa  maqsad  va  g’oyalari   yo’q  edi.


Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:26:25
* * *
Ona tarafidan yahudiy bo‘lgan mashhur shoir Ka’b ibn Ashraf Badrda mushriklar yo‘liqqan mag‘lubiyat alamini jonjonidan tuyganlardan edi. O’zi tanigan ko‘p insonlarning o‘ldirilishi uni shunday g‘amga botirgan edi, nariberisi yo‘q. Kim biladi, makkaliklarning qayg‘usi qay daraja bo‘lsa... Borib ularni ko‘rmaguncha, ko‘ngilhol so‘ramaguncha, ular bilan birga ayni dardni totmaguncha ichi chiqmasligini angladi. Tonglardan birida tuyasiga minib, Madinani tark etdi.
Badr tuproqlariga yetganida yuragining eng teran joylaridan chiqqan la’natlarni yog‘dirdi. Hali qonlari ham qotib ulgurmagan do‘stlarini ko‘zyoshlar bilan yodga oldi. Nihoyat, kunlab yurayura, bir oqshom Makka ko‘chalariga kirdi.
Ka’b Makkada musofir hisoblanmasdi. Uni mamnuniyatla uyida mehmon qilishga tayyor ko‘plab oilalar bor edi. Ollohning rasulini qabul etmagan va u zotni hijratga majbur qilganlarning ko‘ngli Ka’b singari kimsalar bilan huzur topardi, albatta.
Darhaqiqat, u qora kunda hamdard bir do‘st sifatida kutib olindi. Makka majlislarining to‘ri unga berildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:28:06
* * *
Abul Os Makkaga kelgach, xotini Zaynabga vaziyatni tushuntirdi.
— Seni jo‘nataman deb otangga so‘z berdim, hozirligingni ko‘raverishing mumkin, — dedi.
Zaynabiing Abul Osdan shikoyati yo‘q edi. Yoqimtoy, aqllihushli, havas qilsa arzigulik ahloqli bir odam. Ayni choqda, qalbi imon nuriga yopiqligicha qoldi, otabobosidan o‘tib kelgan dinini tark etmadi. Bu vaziyatda biri musulmon, boshqasi mushrik bo‘lgan er-xotin qanday birga yashay oladi? Kolaversa, ko‘pdan beri hech huzur topmagani Makka shahri, ayniqsa, Badr jangidan keyin odamni bo‘g‘adigan, nafas olib bo‘lmaydigan holga keldi. Otasining yashash haqqini tan olmagan bu shahar Zaynabga tamomila bir zindonga aylandi. Endi bu yerda unga kulib qaraydigan bir chehra axtarish, samimiy bir do‘st topish xayoliga ham kelmaydigan bir ish edi. Shu sababdan erining gapini xushxabar o‘laroq qabul etdi, zudlik bilan hozirlik ko‘ra boshladi.
Abu Sufyonning xotini Hind keldi.
—   Otangning yoniga ketayotgan emishsan? — dedi eshikka suyangan ko‘yi.
—   Bekor gap, — deb javob qildi Zaynab bir shumlikni sezib.
—   Mendan yashirishning hojati yo‘q, qizim. Yo‘lda biror zarurating chiqib qolsa, tez ta’min qila olaman, erkaklarga hech lozim bo‘lmagan ba’zi narsalarga xotin kishi ehtiyoj tuyishi mumkin. Bu masalada mendan uyalib o‘tirma.
—   Tashakkur, zarur bo‘lsa, aytarman, — dedi Zaynab.
Xindning ovozida samimiyat manaman deb turardi. Harholda Zaynabda shunday kanoat hosil bo‘ldi. Lekin baribir unga: «Ha, ketyapman», deb ochiqcha ayta olmadi.
Nihoyat, bir kuni Abul Osning ukasi Kinona uni tuyaga o‘rnatilgan bir mahfaga mindirib, yo‘lga chiqardi. Zaynab o‘sha paytda homilali edi.
Janobi Rasulullohning (s.a.v.) qizlari Madinaga otlanganini eshitgan Asvadning o‘g‘li Habbor yoniga bitta o‘g‘ribezorini olib, uning orqasidan yetib keldi. Kinona: «Nima qilyapsan» deyishga ham ulgurmay, nayzasini mahfaga sanchdi. Mahfa qattiq silkinib ketdi va Hazrati Zaynab yerga dumalab tushdi. Tusharkan, kattagina bir toshga borib urildi. Habbor ikkinchi daf’a tashlandi. Ammo endi Kinona o‘zini o‘nglab olgan edi, uning oldini to‘sib chiqdi.
— Olchoq harif, xotin kishiga qo‘l ko‘targani uyalmaysanmi?! — dedi.
Habbor ham bo‘sh kelmadi:
—   Uni bu yerdan sog‘ chiqarishimizni umid qilyapsanmi sen? — dedi po‘pisa qilib.
—   Sochidan bir tuki to‘kilishiga ham yo‘l qo‘ymayman!
—   Otasi Badrda nima ishlar qilganini bilmaysanmi, ey Kinona?!
—   Sizlar ham borib o‘sha otasidan olinglar intiqomingizni!..
—   Olajagimiz intiqomning ilki buni o‘ldirish bo‘ladi..
Shunday dsya Habbor takror xujum qildi, lekin bu gal Kinona ko‘ksini qalqon qilib, to‘xtatib koldi. Endi ikkalasi olishib ketishdi. Habborning orqasidan kelganlar ham bor edi, ular ortdan tahdid sola boshlashdi. Kinona qarasa, ish chapiasiga ketayotibdi.
— Bu ishni o‘lgunimcha oxiriga oboraman. Toki tirik ekanman, unga biror zarar yetkazmaysanlar! — deya hayqirdi.
Taxdid jiddiy edi. Kinonaning boqishlari Habborni hushyor torttirdi. «Shunisi ham yetar», deya qaytib ketishga majbur bo‘ldi. Orqadan kelganlarning ichida Abu Sufyon ibn Horisa ham bor edi. U:
— Nimaga buncha johillik kilyapsan, Kinona?.. Kup pakunduzi bu xotin yo‘lga chiqariladimi, axir? Muhammad bilan oramizda o‘tgan gapso‘zlarni bilmaysanmi?
—Xo‘p, nima qilayin?
—Hozir Makkaga qayt, oradan bir necha kun o‘tsin. Keyinroq qorong‘ida, odamlarga sezdirmasdan olib chiqib ket, — dedi Abu Sufyon.
Kinonaga bu taklif ma’qul keldi. Qo‘rquvdan titrab o‘tirgan Zaynab naridan-beri tuzatilgan mahfaga qaytadan mindi. Makkaga karab yo‘l olishdi.
Buyuk bir quvonch bilan yo‘lga chiqqan edi. Endi esa hayajon va kayg‘u ichida qaytib boryapti. Yolg‘iz o‘zim ketaveraman, deya olmasdi. Sultoni anbiyoning qizlari, deb kim ham uni boshiga ko‘tarardi? Haqiqatan, unday qilishmadi, aksincha, o‘ldirmoqchi bo‘lishdi.
Bir necha soat oldin endi hech qachon qaytmaslik niyatida tashlab chiqib ketgan uyiga qayg‘u va g‘amga botib qayta kirib keldi. Ustigaustak, boyagi hujum natijasida qornidagi bolasi ham tushib qolgan, hozir yotsayu tin olsa, boshqa hech bir narsani o‘ylaydigan holda emas edi.
Bu orada Faxri koinot janobimizdan yo‘lyo‘riq olgan ikki kishi Madinadan Makkaga qarab yo‘lga chiqdi. Ulardan biri Janobi Payg‘ambarning tutingan farzandlari Zayd, ikkinchisi esa, ansorlardan bir zot edi. Ta’limot bunday bo‘ldi: Makka yaqinida Ya’jaj vodiyiga borishadi, u yerda Hazrati Zaynabni kutishadi, so‘ng olib qaytishadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:28:39
* * *
Oradan bir necha kun o‘tdi. Zaynab ozmiko‘pmi hordig‘ini chiqardi, o‘zini takror yo‘lga chiqishga tayyor his qildi.
Kechalardan birida, ko‘chalarda elning oyog‘i uzilgan pallada Abul Osning eshigi yana ochildi. Avval bir odamning sassiz sharpasi, ketidan tuya chiqdi. Ustidagi maxfada Sarvari olamning (s.a.v.) sevikli qizlari Zaynab o‘tirardi.
Kimsasiz ko‘chalarda ovoz chiqarmaslikka harakat qilib borilardi. Nihoyat, Makka uylari orqada qoldi. Endi itlarning ondasonda ulishidan boshqa ovoz eshitilmasdi. Kufrning va shirkning tuban qorong‘uligida g‘aflat uyqusiga tolganlar bu daf’a Makka injusining shahardan chiqib ketayotganini bilmay qolaverishdi.
Biror baloqazo yetmay, Ya’jaj vodiyiga kelishdi. Kichkinaligidan beri bir uyda birga ulg‘aygan, bir dasturxondan taom yeb, bir quduvdan suv ichgan Zayd yana bir sherigi bilan ularni kutib turgan ekan, topishdi. Zaynabni Ollohning va rasulining omonati o‘laroq qabul qilib olishdida, Madina sari yo‘lga ravona bo‘lishdi.
Makkaliklar uchun Zaynab bir dushmanning qizi edi, binobarin, mushriklar uning joniga suiqasd qilib, kasos olishlari mumkin — mana shunday holda Makkani tark etgan Zaynab endi turli izzat-ikromga va hurmatga loyiq bir inson sifatida yo‘lini davom ettirdi.
Uzoqdan Madina tog‘lari ko‘zga tashlandi. Bu narsa Sultoni anbiyo hazratlariga yaqinlashganlarining mujdasi edi. Zaynab qushday yengil bo‘lib qolganini xis etdi. Alhamdulilloh, ikki yildan beri ko‘rmagan otasiga endi yetajak, chekkan butun jabru jafolarini ota bag‘riga bosh qo‘yish ila unutajak. Qani endi tuya yanada tezroq, yanada ildamroq yursa! Hali ko‘rmay turib sevib qolgani bu shaharga bir on bo‘lsada ilgariroq kirib borsa!
Mana, yo‘l ham oxirladi. Bani Najjor mahallasida, otasi ilk daf’a qo‘ngan ko‘chalarda Zaynab ham tuyasidan tushdi va o‘sha atrofga qurilgan hujrai saodatga shoshildi. Ko‘zyoshlar, hasrat va sevgi tuyg‘ulari to‘libtoshgan bir qalb ila Sultoni anbiyoga otildi. Lablari faqat:
— Otajonim, mehribonim... sizni shunchalar sog‘indimki... — deya shivirlar edi.
Rasululloh (s.a.v.) uzoq vaqt ayrilikda qolgan farzandlarini bag‘rilariga bosdilar. Ta’rif etilmas bir hayajon ila:
 —Xush kelding, qizim, — dedilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:28:58
* * *
Hali ham asirlarni qutqarish uchun yaqinlari kelib turishardi. Mashhur Valid ibn Mug‘iyraning o‘g‘li Valid ham asirlar orasida edi. Bir kuni uning ikki akasi Xolid bilan Hishom uni qutqarish maqsadida Madinaga kirib kelishdi.
Validga o‘gay aka bo‘lguchi Hishom talab etilgan pulni bergisi kelmadi. Ancha davom etgan tortishuvlardan keyin, nihoyat, otalari Valid ibn Mug‘iyraning sovutiyu qurollarini berib, Validni qutqarishdi. Makka sari yo‘lga chiqishdi. Madinadan oltmish chaqirim yurgach, Zulhulayfa degan joyga yetib qo‘nishdi. Ovqatlanishdi, hordiq chiqsin deb bir oz uxlashdi.
Bir payt Valid asta o‘rnidan turdi. Hamrohlari uxlab yotganiga ishonch hosil qilgach, kelgan izidan qayta boshladi. Kaydasan, Madina, deb yo‘l oldi.
Aka-ukalar anchadan keyin uyg‘onishdi. Yonlarida Validni ko‘rmay, hojat bilan biron joyga o‘tgan bo‘lsa kerak, degan xayolda xiyla vaqt kutib o‘tirishdi, ammo darak bo‘lmadi.
— Makkaga ketib qolgan bo‘lsa kerak, — dedi Hishom.
— Nimaga bizni tashlab ketadi? Birga ketardik-ku?..
Bu orada Xolid Makkaga emas, Madinaga qarab ketgan izlarni ko‘rib qoldi.
—    Valid yana Yasribga qaytgan bo‘lmasin, Hishom? — dedi ajablanib.
—    Vallohi, nima deyarimni ham bilmay qoldim.
Ammo u yoqqa nega ketadi? Axir, o‘zi o‘sha yoqdan kelyaimizku?!
Xolid bir necha soniya o‘ylanib turdida: Valid Yasribga yashirincha borib, u yerda bir-ikkitasini o‘ldirib kelmoqchidir balki?
Shu fikr aqlga to‘g‘ri kelardi. Ammo endi o‘zlari nima qilishadi? Madinaga qaytib borib, uni izlasinlarmi? Unda Valid xaqiqatan xaligiday ish qilgan bo‘lsa, qo‘lga tushib, o‘lib ketishlari turgan gap. Xo‘sh, nima qilishsin?
—   Bu ahvolda Makkaga ham bormaylik, ey Hishom. Borib: «Validni ham qutqardik, ham qutqarmadik», deyish menga og‘ir keladi, — dedi Xolid.
—   Uning ustiga, otamizning sovuti bilan qurolini berib qo‘yganmiz... — deya quvvatladi Hishom.
—   Qani, korinni bir to‘yg‘azib olaylikchi, ungacha aql ham kirib qolar.
Ovqatlanib bo‘lishgach, Xolid birodariga o‘girildi:
—   Mening qarorim Yasribga yana bir marta borish, nima bo‘lganbo‘lmaganini o‘rganishdir. Akdlli, «Valid qani?» deb so‘raganlarga tuzukquruq javob berish imkoniga ega bo‘lamizku, sen nima deysan?
—   Lot haqqi, men ham ayni shunday fikrdaman, ey Xolid. Qani, ketdikmi?
Yasribga yo‘l olindi. Soatlarcha yurilgach, Yasrib xurmozorlari ko‘zga tashlandi. To‘g‘ri Bani Najjor mahallasiga kelib tushishdi. Janobi Rasulullohni (s.a.v.) topib, vaziyatni tushuntirmoqchi bo‘lishdi. Boshqa birortasiga masala ochilsa yoki Valid biron kor-hol qilib qo‘ygan bo‘lsa, uning o‘rniga bularga jazo berishlari mumkin.
Masjid oldida tuyalaridan tushishga hozirlanisharkan, Xolid ko‘zlarini kattakatta ochib, to‘planib o‘tirganlarga boqdi.
—   Men ko‘rayotganimni sen ham ko‘rayapsanmi, Hishom?-dedi shivirlab.
—   Ha, — dedi Hishom ham g‘alati bir ovozda, — ko‘rganimdan ko‘rmaganim yaxshi edi.
Valid masjid oldidagi o‘sha odamlar orasida, ular bilan gaplashib o‘tirardi.
—   Xo‘sh, nimaga kelding bu yerga? — deb so‘rashdi akauka undan.
—   Ko‘rib turibsizlarku, do‘stlarim bilan gaplashib o‘tiribman, — deb javob kildi Valid.
—   Xo‘p, mayli, ammo nega qaytib kelding?
—   Musulmon bo‘lish uchun.
—   Ozgina nariroqqa borsak bo‘ladimi?
Valid o‘rnidan turdi, birgalashib sal nari o‘tishdi. Bir chekkaga borib, Xolid asta so‘radi:
—   Jiddiy gapiryapsanmi, Valid?
—   Jiddiy bo‘lmasa, atay qaytib kelarmidim. Birdan Xolidning jig‘ibiyroni chiqdi.
—   Ahmoq! Musulmon bo‘lish niyating bor ekan, nimaga bizlarni bu yerga keltirding, nega o‘zingni qutqarish uchun otamizdan qolgan aziz yodgorlikdan ayrilishimizga sabab bo‘lding?.. Oilada uni qanday qadrlashimizni o‘zing ham juda yaxshi bilardingku!
—   Men Qurayshning: «Valid badal pulini to‘lashdan qochib musulmon bo‘ldi», deyishini istamadim. Har kim kabi menga ham fidya to‘lansin, keyin kelib o‘z xohishim bilan musulmon bo‘lganimni aytay, deb orzu qildim.
— Xo‘p, endi nima qilasan?
— Endi bu yerda qolaman, hayotim bu yerda davom etadi — qarorim shu.
— Unday qilma, — dedi Xolid, — hozir sen biz bilan birga Makkaga bor. Seni ozod etganimizni, sog‘-omon keltirganimizni odamlar ko‘rsin. O’z istaging bilan musulmon bo‘lganingni anglat yoki anglatma. Shundan keyin xohlagan tarafingga ketaver. Har kim borib asirini qutqarib keldi, ammo Valid ibn Mug‘iyraning o‘g‘illari bo‘sh qo‘l bilan kaytib kelishdi, deyilishi bizga munosib emas. Yo‘qsa, Zulhulayfada seni topmaganimizdan keyin o‘shanaqasi ketib qolgan bo‘lar edik.
Validga bu fikr ma’qul ko‘rindi. Yangi topgan do‘stlari bilan xayrlashib, yo‘lga chiqdi.
Makkaga yetguncha kor-holsiz kelishdi. Lekin Makkaga yetib kelishdiyu ish o‘zgardi. Validni tutib, hibsga tashlashdi.
Shu tariqa Makkaga hibs etilganlarning soni Ayyosh ibn Robia bilan Salama ibn Hishomdan keyin uchtaga yetdi.
Janobi Rasululloh (s.a.v.) Validning hiyla bilan Makkaga olib ketilganini va u yerda qamab qo‘yilganini eshitib, xafa bo‘ldilar.
Bomdod namozlarida rukudan rostlanganlarida: «Ollohim, Valid ibn Validga, Salama ibn Hishomga, Ayyosh ibn Robiaga va siquv ostida qolgan boshqa zaif mo‘minlarga najot ber. Ollohim, Mudor qabilasiga qiynoqni kuchaytir. Ularga Yusuf (a.s.) davridagidek qahatchilik ber. Senga va elchingga qarshi bosh ko‘targan Lihyon, Ri’l, Zakvon va Isayya kabilalarini la’natla», deya duo qila boshladilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:29:37
* * *
Jubayr ibn Mut’im yaqinlaridan ba’zi kimsalarning fidyasini olib Madinaga kelgan edi. Rasuli akram (s.a.v.) Jubayrga izzat-ikrom ko‘rsatdilar.
Oqshomga yaqinlashganda Jubayr masjidning bir burchagida uxlab qoldi. Shom namoziga kelganlar u yerda bir mushrik uxlab yotganini ko‘rishdi. Azon aytildi. Janobi Rasululloh namozni boshladilar, Jubayr qulog‘iga chalingan totli bir ovozdan uyg‘onib ketdi.
«Bas, (ey Muhammad,) siz (insonlarga Qur’on oyatlari bilan) pandnasihat qilavering! Chunki Parvardigoringizning ne’matmarhamati bilan kohinfolbin ham, majnun ham emasdirsiz. Balki ular (mushriklar): «(Muhammad) bir shoirdir. Bizlar unga zamon hodisotbalolari (etishi)ni kuturmiz, derlar?! Ayting: «Kutaveringlar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardanman (ko‘ramiz, baloga kim yo‘liqar ekan)» (Tur, 29-31.)
Jubayr bu o‘qilgan oyatlar latifliklariga asir bo‘lib qoldi.
Janobi Rasululloh Olloh o‘zlariga bergan mustasno qobiliyat ila o‘qir, hech bir adib erisha olmaydigan darajadagi ilohiy kalomni qalblarga singdirar edilar. Jubayr yotgan yerida bu iloxiy kalomni tingladi, tingladi...
Mo‘minlar Rasululloh (s.a.v.) janobimiz bilan birgalikda rukuga ketishdi, ketma-ket ikki sajda qilishdi va takror tik turishdi. Janobimiz yana ovoz chiqarib o‘qiy boshladilar.
«Balki ular (sizni xalok qilish uchun) biron hiylanayrang qilmokchidirlar?! U holda o‘sha kofir bo‘lgan kimsalarning o‘zlari hiylanayrangga giriftor bo‘lurlar! Balki ular uchun Ollohdan o‘zga biron «iloh» bordir?! Olloh ularning shirklaridan pokdir! Agar ular (ustlariga ularni halok qilish uchun) osmondan bir bo‘lakparcha tushayotganini ko‘rsalar (o‘shanda ham imon keltirmaslar balki), «Bu to‘plangan bulutdir», derlar. Bas, (ey Muhammad,) Siz ularni toki o‘zlari halok qilinadigan kunlariga ro‘baro‘ bo‘lgunlaricha tark qiling!
U kunda ularning hiylanayranglari biron foyda bermas va ularga yordam ham berilmas! Albatta, zolimkofir bo‘lgan kimsalar uchun bundan (qiyomat kunidan) ilgari (shu dunyoda) ham azobuqubat(lar) bordir, lekin ularning ko‘plari (buni) bilmaslar. (Ey Muhammad,) Siz Parvardigoringizning hukmiga sabr qiling, zotan Siz shakshubhasiz Bizning ko‘z o‘ngimizda (hifzu himoyamizda)dirsiz va (tongda uyqudan) turgan paytingizda Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni barcha aybnuqsondan) poklang! Shuningdek, kechadan (bo‘lgan soatlarda) va yulduzlar yuz o‘girib ketgach (ya’ni, sahar paytlarida) ham U zotga tasbeh ayting!»  (Tur, 42-49).
Rasululloh (s.a.v.) Tur surasining eng so‘nggi oyatini bu tariqa o‘qigach, «Ollohu akbar» deb rukuga egildilar. Mo‘minlar ham u zot bilan birga egilishdi...
Jubayr avval Janobi Rasuli akramning Qur’on tilovat qilganlarini yo eshitmagan va yo eshitishni istamagan. Biroq hozir xuddi ko‘ngli yo‘g‘rilgandek, yapyangi bir ruhga sohib bo‘lgan edi.
Namozdan keyin Janobi Rasulullohning yonlariga bordi. Asirlar haqida gaplashdi. So‘z orasida Mut’im xotirlandi. Shunda Rasuli akram:
— Ey Jubayr, agar otang Mut’im sog‘ bo‘lib, manavi sassiqlar haqida iltimos bilan kelsa edi, uning yuz xotiri uchun hammasini ozod qilib yuborishim mumkin edi, — dedilar.
Jubayr bu ko‘rishuvdan musulmon bo‘lmadi, biroq u yerdan ketarkan, eshitgani Qur’on ila ko‘ngli ko‘klarda uchganini ham inkor etmasdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:29:56
* * *
Makkaliklar Ka’b ibn Ashrafni bir ota kadrdon, qora kunlariga yaraydigan bir do‘st kabi kutib olishdi. Bunday bo‘lmaganida, to Madinadan chiqib Makkagacha atay ta’ziya bildirish uchun kelarmidi! Boz ustiga, Muhammadning dushmanlari huzuriga borib, ularga qo‘l uzatishning tahlikasi ham bor. Madinada yashaydigan bir inson sifatida Janobi Rasulullohni (s.a.v.) tabriklashi, avsliklarni, hazrajliklarni qutlashi lozim bo‘lgani xolda, ularga qilich ko‘targan insonlarni topib kelish buyuk bir jasorat namunasi edi.
Ka’b qaysi majlisda ishtiroq etsa, hurmat-e’tibor ko‘rdi, uylarning to‘riga chiqarildi. Xossatan, «ahli qolib» nomi berilgan o‘liklar haqida to‘qigan marsiyalari tildantilga o‘tib yurar, har kadamda uning she’rlarini o‘qiyotgan bolalarni uchratish mumkin edi.
Ayniqsa, Abu Sufyon mamnun edi. Hazilakam gapmi: Madinadan Ka’b ibn Ashrafday bir shoir kelib, musulmonlar haqida hajviyalar aytib tursa! Darhaqiqat, u Qurayshning butun tuyg‘ularini she’rga solar, o‘zi yig‘lar, o‘zgalarnida yig‘latar edi.
Bir kuni suhbatlashib o‘tirganlarida, Abu Sufyon uni hakamlikka chorladi:
— Biz semizsemiz tuyalarni so‘yib, xalqqa tarqatadigan, musofirlarga izzat-ikrom ko‘rsatadigan kishilarmiz. Kuchsizlarga yordam beramiz, ular bajara olmagan ishlarni zimmamizga olamiz. Hajga kelganlarga yemak-ediramiz, suv ulashamiz. Aqrabomizni himoya qilamiz, xabar olib turamiz...
Abu Sufyon bularni aytarkan, o‘zining ziqnaligini tilga olishni istamadi. Mazkur hollar, umuman olganda, Kurayshda borligini birov inkor etolmaydi, ammo...
Keyin Janobi Payg‘ambarimizdan so‘z ochdi:
—Bizlarning birligimizni buzdi. Ilohlarimizga til tekkizdi. Aklli kishilarimizni ahmoqlikda aybladi. O’g‘ilni otadan ayirdi, — dedi. So‘ngra asosiy muddaoga ko‘chdi: — Seningcha, biz to‘g‘ri yo‘ldamizmi yo Muhammadmi?
Ka’b hech taraddudlanmasdan javob berdi:
— Albatta, ularga qaraganda sizlar to‘g‘ri yo‘ldasizlar!
Bu javob Abu Sufyonni xursand qilib yubordi. Es-xushi joyida, so‘zi-suhbati jo‘yali, nomi atrofda mashhur bir shoir bergan hukm to‘g‘ri bo‘lmasa, bundan to‘g‘risi kaerdan topiladi?!
Ka’b Makkada bu kabi alahsirashlar bilan o‘zining nafratini ifodalar ekan, bu yokda Jabroili amin Sarvari olam janobimizga (s.a.v.) Kur’oni karimning ushbu oyatlarini keltirdi:
«Kitobdan nasibador bo‘lgan kimsalarning but va sanamlarga sig‘inayotganlarini hamda kofir kimsalar haqida: «O’shalar imon egalari bo‘lgan musulmonlardan to‘g‘riroq yo‘ldalar», deyayotganlarini ko‘rmadingizmi? O’lar Olloh la’natlagan kimsalardir. Kimni Olloh la’natlar ekan, bas, hech qachon uning uchun biron yordamchini topa olmaysiz»  (Niso, 51-52.)
Ka’b va boshqa mushriklarning Rasulullohga va do‘stlariga qarshi ayttan she’rlaridan bir qismi Madinaga yetib keldi. Mo‘minlar orasidan she’r aytishga kobiliyati borlar bu hajviyalarga javoblar berishdi. Ka’b ibn Molik, Abdulloh ibn Ravoha va Hassan ibn Sobit o‘shanday shoirlardan edilar. Hatto Hassan ibn Sobit Janobi Rasulullohning (s.a.v.) amrlari ila she’rlarini masjidda baralla o‘qigan. Janobimiz unga:
— Ayt, aytaver, ey Hassan, Jabroil senga madad beryapti, — deya marhamat qilganlar.
Musulmon shoirlar yozgan bu she’rlar bir jihatdan dushmanga uning o‘z silohi ila javob berish ma’nosini ifodalar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:30:13
* * *
Ikki kishi Ka’baning «Hijr» deb ataluvchi pastak devorli qismida uzoq shivirlashib turishdi. Nihoyat, qo‘llarini siqishib xayrlashishdi. Ayrilisharkan, ular o‘zaro axdlarini yana bir bor takrorlashdi:
— So‘z berasan, shundaymi?
— So‘zim so‘zdir, ey Umayr. Sen Safvonga bemalol suyanishing mumkin...
Biri to‘ppato‘g‘ri uyiga bordi, qilichini olib, o‘zi keltirgan zaharni tig‘iga surkay boshladi. Endi bu qilichda odamning har qanday joyidan kichkinagina bir yara ochish bilan uni oppaoson o‘ldirish mumkin edi. Xotini uning ishlarini tushunmadi. O’rtada urush yo‘q, binobarin, qilichga zahar surtilishiga ham bir sabab mavjud emas edi.
— Nima qilganing bu, ey Umayr? — deb so‘radi.
— Hozircha hech narsa so‘ramasang, yaxshi bo‘lardi, —dedi eri javob o‘rniga.
Xotin boshqa surishtirmadi, eri ishini bitirdi.
Shom qorong‘iligi tushgach, bir nechta xurmo tamaddi qilgan bo‘ldida, qilichini oldi. Belbog‘iga takdi. Indamay tashqari chiqdiketdi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:30:49
* * *
Madina masjidida do‘stlari bilan suhbat qurib o‘tirgan Hazrati Umar (r.a.) bir ish bilan tashqariga chiqdi. Qarasa, shu atrofga bir tuya endi cho‘ktirilayotgan ekan. Tuya egasini taniganday bo‘ldi. Sal yaqin bordi, diqqat bilan boqdi.
—   Sen Umayr emasmisan? — deb so‘radi.
—   Ha, men Umayrman.
Jin kabi, shayton kabi bir odam sifatida mashhur edi u. Ekmasdan yeyman deydigan, tegirmondan butun chikadigan odamlar toifasidan edi.
Hazrati Umarning xayolidan: «Bu odam yaxshilik bilan kelmaganov», degan o‘y o‘tdi. O’sha zahoti ichkari qaytib kirdi.
— Yo Nabiyalloh, Umayr ibn Vahb kelibdi. Bu odam yaxshi niyatda kelmaydi, — dedi.
— Uni bu yoqqa olib kir, — dedilar Rasuli akram.
Hazrati Umar, keyin kutilmagan biror mojaro chiqmasin tag‘in, deya Umayrni mahkam ushlab, ichkari olib kirdi.
— Nima sababdan kelding, ey Umayr?
— O’g‘limga bir yaxshilik qilishlaringizni iltimos qilib keldim.
—   Yoningdagi qilichchi?
—   Qilich bizga foyda berdimi?..
— Safvon ibn Umayya bilan Hijrda qilgan ahd haqida nima deysan?
Umayr tili orqasiga tortib ketgandek bo‘ldi.
— Qanaqa ahd? — dedi zo‘rg‘a.
Janobi Rasululloh (s.a.v.) unga Safvon bilan oralarida kechgan o‘sha kelishuvni gapirib berdilar:
— Sen Safvon ibn Umayyaga bunday deding: «Badrda bunchalik odamimiz o‘lganidan keyin ortiq yashashning qizig‘i qolmadi. Qarzdorman, ammo to‘lashga hech vaqoim yo‘q. Mendan keyin farzandlarim qiynalmaganida edi, borib Muhammadni o‘ldirar edim», deding. Safvon sening bu so‘zlaringga javoban: «Agar sen bu ishni qilsang, men qarzingni o‘tayman, bolalaringga qarab turaman», dedi. Shu tarz yashirindanyashirin kelishib oldilaringiz va sen meni manavi qilich bilan o‘ldirishniyatida kelgansan.
Umayr hayronlik ichra tinglar edi. Oxirida esini yig‘di va dedi:
— Ha, ey Muhammad, voqea xuddi sen aytgandek bo‘ldi. Safvon ikkalamiz bu gapso‘zlarni hech kim eshitmaydigan darajada xufiyona qilgan edik. Endi men ham ishonamanki, sen haqiqatan payg‘ambar ekansan, — dedi va shahodat kalimalarini aytdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:31:37
* * *
Bir kuni Jabroili amin yana Rasululloh (s.a.v.) janobimizga ro‘baro‘ keldi. Olamlar Rabbidan salomlarni va Baqara surasiga tegishli ayrim oyatlarni keltirdi. Nabiyyi akram har safargidek avval faqat tingladilar, Jabroili amin u oyatlarni o‘qidi. Robbul Olaminning qudratila bu vahiylar keltirilgan holiday Janobi Payg‘ambarning toptoza qalblariga yozildi.
Sayyidimizning vahiy holatiga kirganlarini anglagan ashob boshlarini eggan bo‘yi buyuk bir hayajon ila kuta boshlashdi. Pashsha uchsa eshitiladigan darajada sassiz, lekin ko‘ngillari Mavloga yo‘nalgancha kechgan bu vaqtda ashobi kiromning bu holini istehzo ila kulib tomosha qilib turgan bir necha tole’sizlar ham yo‘q emasdi.
Nihoyat, Nabiyyi akram (s.a.v.) sayyidimiz boshlarini ko‘tardilar. Atrofga boqdilar. Vahiy kotiblari hozir bo‘lsin, demoqchi bo‘ldilar. Lekin ashoblari yozuv lavozimotlari tayyor qilinguncha ham kutishga sabrlari chidamay oshiqishardi, ilohiy xabarlarni U Zoti sharif tablig‘ eta boshladilar:
«Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, o‘zlari mo‘min bo‘lmaganlari holda «Ollohga va oxirat kuniga imon keltirdik», deydilar. Ular Ollohni va imonli kishilarni aldamoqchi bo‘ladilar va o‘zlari sezmaganlari holda faqat o‘zlarinigina aldaydilar. Ularning dillarida maraz bor edi, bas, Olloh marazlarini yanada ziyoda qildi. Ular uchun qilgan yolg‘onlari sabab alamli azob bordir. Ularga: «Yer yuzida buzg‘unchilik qilmanglar», deyilsa, «Biz isloh qiluvchilarmiz», deydilar. Ogoh bo‘lingizkim, ular albatta buzg‘unchilardir, lekin o‘zlari buni sezmaydilar. Ularga: «Mana bu kishilardek imon keltiringlar», deyilsa, «Shu pastkashlarga o‘xshab mo‘min bo‘lamizmi?» deydilar. Ogoh bo‘lingizkim, ularning o‘zlari tuban kimsalardir, lekin buni bilmaydilar. Imon keltirgan zotlarga yo‘liqqanlarida: «Biz ham imon keltirdik», deydilar. O’zlarining shaytonlari (boshliqlari) bilan xoli qolganlarida esa: «Biz albatta sizlar bilan birgamiz, faqat (ularning ustidan) kulmokdamiz, xolos», deyishadi. Olloh ularning ustidan kuladi va o‘z tug‘yonlarida adashibuloqib yurishlarini davomli qiladi. Ular haq yo‘lning o‘rniga zalolatni sotib olgan kimsalar bo‘lib, bu savdolarida foyda qilmadilar va to‘g‘ri yo‘lga yuruvchilardan bo‘lmadilar...»  (Baqara, 8-16).
Kim edi bular? Ismlari aytilmadi, ammo sifatlari va kilgan ishlari tufayli yo‘liqajaklari achchiq natija ma’lum etildi...
Payg‘ambarlar imomi (s.a.v.) bu oyatlarni o‘qiyotganlarida hozir bo‘lganlar orasida munofiqlarda bor edi. Lekin ular sas chiqarmadilar, «Bizni aytyapti, bizni nazarda tutyapti», degandek sur bo‘lib o‘tiraverdilar.
Bu oyatlar yurakda buyuk bir portlash hosil qildi. Qalbida kufr ishonchi bo‘lib, tilida imon so‘zlarini aytish...
Ba’zilar vijdonlari bilan ro‘baro‘ bo‘lib, o‘zlarining xolatlarini jiddiy taftish qilib olishdi. «Men Ollohga va oxirat kuniga ishondim», so‘zlarini qay darajada samimiyat bilan aytganini tekshirib ko‘rishdi xayolan.
Bu orada Janobi payg‘ambarimizning kuyidagi so‘zlari madadga yetib keldi, nafsi bilan mujodala qilib turganlarga yo‘l ko‘rsatildi:
«Uch narsa bordir... bu uch narsa kimda bo‘lsa, imonning mazasini haqiqiy lazzati ila totadi. Bular:
a) Olloh va rasulini har narsadan ortiq sevish;
b) yaxshi ko‘rgan odamini faqat Olloh rizosi uchun yaxshi ko‘rish;
v) takror kufr hayotiga qaytishni xuddi olovga otilayotgan kabi yomon deb bilish...»
O’lchovlar endi shu mezonlarga ko‘ra olindi. Vijdonlar: «O’lim kelsa ham, imon hayotidan ortga kaytish yo‘q!» degan karorga keldi. Yana butlar huzurida sajda qilish, yana ularni ilox deb qabul etish... xayollariga sig‘maydigan achchiq bir xotira bo‘lib qoldi. U ilohlar sindirilgan, tashlangan, qulatilgan edi. U butlarni iloh deb bilgan ko‘ngillar endi bu vujudlardagi ko‘ngillar emasdi. Endi u kunlarga kulibjirkanib boqadigan, Olloh qo‘rquvi ila nafas oladigan, Olloh sevgisi ila ish ko‘radigan ko‘ngillar joylashgan edi bu vujudlarga. U kunlardagi hollarini soddalikdan, ongsizlikdan ko‘rishar, hidoyatda doim qolishni so‘rab Janobi Haqqa niyoz etishar edi. Mana shular «xolis mo‘minlar» bo‘lib, hech kim ularni munofiq demasdi.
Mo‘minlar orasida o‘zlarini ularday ko‘rsatib, oraga suqilib kirib olgan bozorchi munofiqlar ham bu oyatlarni hikoya tinglaganday eshitishdi. Bevosita o‘zlari haqidagi bu oyatlar ularning quloqlaridan nariga o‘tmadi. Ular kalblarini Qur’on oyatlarining teran ma’nolariga yopib olishgan edi. Shu sababdan ushbu oyatlarni eshitgan mo‘minlarning shoshib qolganlarini ular istehzo ila tomosha qilishdi. Oyatlar zalvoridan mo‘minlarda g‘imirlab qolgan havotirni bema’ni deb bilib, kulib yubormaslik uchun lablarini tishlab turishdi.
Ha, Janobi Rasululloh (s.a.v.) bu munofiqlarni nommanom aytib bermadilar. Modomiki aytmadilarmi, mo‘minlar orasida bemalol yurishga, ularning ahvolini yaqindan ko‘rib o‘rganishga, makkaliklar haqida aytiladigan so‘zlarni ham bemalol eshitib yurishga kim xalal berardi?..
Lekin namoz ularga og‘ir kelardi. Oldin tahorat olish kerak, keyin ularga qo‘shilib yotibturish kerak... shu ma’nosiz harakatlar bo‘lmasa edi... Kamiga, tongning ilk pallasida Bilolning azoni... Har tong issiq o‘rnini tashlab, totli uyqusini qanday aritarkin bu odam!.. Yana, uning ovozi bilan uyg‘onish dardi bo‘lmasa edi...
Ammo endi bu odamlarni yurtlaridan chiqarib yuborish imkoni yo‘q, binobarin, majburan bu dardga chidaydilarda, ovoz chiqarmaydilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:32:07
* * *
Mo‘minlar orasida ibodatga qattiq yopishgan, dunyoga ko‘ngilsizligi va ilgisizligi bilan tanilgan Usmon ibn Maz’un xastalandi. Kunduzgi ro‘zalarniyu tungi ibodatlarni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Oila a’zolari qayg‘u ichida qolishdi...
Nihoyat, asirlar masalasi bitdi. Ayni o‘sha kunlari kelgan oyatlar mo‘minlarning yuraklarini hayajonga soldi. Bu oyatlarda asirlarga qattiqqo‘l munosabatda bo‘lish yo fidya olish bahsi tilga olinib, bu haqda bunday deyilgan edi: «Agar Ollohning hukmi azaliyida (bilmasdan qilingan xatoning kechirilishi) yozib qo‘yilmaganida edi, albatta, sizlarga tovon olganinglar sababli ulug‘ azob yetgan bo‘lur edi. Endi o‘lja qilib olgan narsalaringizni halolu pok holda yeyaveringlar va Ollohdan qo‘rqinglar! Albatta, Olloh mag‘firatli va mehribondir»  (Anfol, 68-69.)
Janobi Rasulullohning ko‘zlari yoshlandi.
— Agarda bu aytilgan azob yuborilganida, Umar ibn Xattob bilan Sa’d ibn Muozdan boshqalar qutula olmasdi, — dedilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:32:29
* * *
Shu paytlarda Makkada qolgan musulmonlardan keksa Jundab ibn Damra kasal bo‘lib qoldi. Makka hayotidan maza kochgan, ayniqsa, Badr voqealaridan keyin bu shahar jahannamga aylangan edi. Buning ustiga, Jundab fursat tolib hijrat qila olmadi. O’zini g‘arib sezdi. Hayot ortga ketib, o‘lim bilan nihoya topayotgan edi. Tugab borayotgan umrining hech yo‘qsa oxirgi birikki kunini Hazrati Payg‘ambar (a.s.) xuzurlarida kechirishni istar edi. Ertaga agar undan: «Shuncha mo‘min hijrat kildi, sen nimaga kolding? Nega mo‘minlar diyoriga ko‘chmading?.. Mushriklar orasida qolishni ne bois afzal ko‘rding?..» deb so‘ralsa, bularning javobini berish oson bo‘lmasdi. To‘rt o‘g‘li bor edi, yoniga chorladi.
—   Meni bu yerdan olib ketinglar, Madinaga yetkazinglar, — dedi.
—   Ammo, otajon, kattiq kasalsiz, yo‘lga bardosh beradigan xolda emassiz, — deyishdi o‘g‘illari.
— Borishim kerak, so‘nggi orzuim shu.
Samura ismli o‘g‘li akaukalarini bir chekkaga tortdi va:
— Keyin pushaymon bo‘lamiz. Otamiz bizni o‘stirib voyaga yetkazdi, biz uning oxirgi orzuyini bajo keltirmadika, deb afsuslanib qolamiz. Eng yaxshisi, Madinaga olib borib qo‘yaylik, — dedi.
— Lekin bu holda tuyada o‘tirolmaydilarda...
—   Tuya ustiga bir mahfa xozirlab, yotok qilib beramiz.
—   Otamizga ham, bizga ham juda og‘ir bir safar bo‘ladi lekin.
Axiyri Samuraning taklifini qabul etishdi. Jundab tuya ustiga o‘rnatilgan yotoqqa joylashtirildi. Hatto tushib ketmasin deb bog‘lab qo‘yildi. Oqshomlardan birida Makka bilan vidolashishdi.
Jundab so‘ng bir daf’a bo‘lsin Ka’bani tavof qilishni judajuda istardi. Lekin buning imkoni qani? Boshini o‘sha tomonga o‘girdi. Ko‘zlaridan sizgan ikki tomchi yosh ila orzudagi bu Uy sog‘inchini tilga keltirdi:
— Alvido, ey muborak Bayt!.. Balki endi aslo ko‘rishmasmiz... — deya g‘o‘ldirardi tomog‘iga yosh tiqilib.
Makkaning oxirgi uylari ham ortda qolib, endi Jundabning ko‘z o‘ngida yolg‘iz Janobi Rasulullohning (s.a.v.) siymolari jonlanib turaverdi. Havo issiq, lablar quruqshagan. Akaukalar ondasonda suv idishining og‘zini otalarining labiga tutishadi. Goxo:
— Qaerga keldik? — deb so‘rab qo‘yadi Jundab. Ikkigagshing birida: — Hali ham yetib kelmadikmi? — deydi. — Yana qancha qoldi? — deb so‘raydi.
Savollar teztez takrorlanavergach, akaukalar bir-birlariga andishali qarashdi.
—   Yasribga yetolmay qolamizmikan?
—   Qariyb umidni uzib qo‘ydim.
—   Men ham shunaqa o‘ydaman.
—   Lekin baribir umid qilish kerak...
Hali yo‘lning o‘ndan bir qismi bosib o‘tilmagan edi. Holbuki, Jundab safar tugab qolgan bo‘lsa kerak, degan qanoatda edi. O’ninchi daf’a so‘radi:
—   Samura!..
—   Labbay, otajon!
—   Yetmadikmi haliyam?
—   Yo‘q, otajon, hali yetmadik.
—   Hozir qaerdamiz?
—   Tan’imga keldik.
—   Demak, hali ham Makkada ekanmizda... Jundab yana o‘z olamiga cho‘mdi. Akaukalardan biri:
—   Shu yerda bir to‘xtasak, — deb maslaxat soldi. Hech kim e’tiroz bildirmadi. Tuya cho‘ktirildi. Qarasalar, Jundabning yuzida jon alomati yo‘q.
— Ota!.. Otajon!..
Jundab bu xitoblarga javob bermadi. Chunki endi mahfa ichra yotgan Jundabning ruxi allaqachon malaklarning qo‘llarida o‘zi qattiq orzu qilgani Madina masjidiga borgan, Sarvari olam janoblarining jamollarini ko‘rgach, keyinchalik topishish sharti bilan ruhlar olamidagi o‘rnini olgan edi...
Jundab o‘sha yerga dafn etildi. Uning hijrat niyati ila yo‘lga chiqqani, ammo bunga erishmay yo‘lda vafot etganining xabari Madinaga ham yetib bordi. Ba’zilar:
— Eh, ilgariroq yo‘lga chiqib, hijrati yarim yo‘lda uzilib qolmaganida, muxojirlar toifasiga qo‘shilib mukofotini to‘liq olganida qanchalik yaxshi bo‘lardi, — deyishdi.
Lekin bu masalada taroziga qo‘yiladigan narsa Jundabning niyati, ixlosi edi. Zohiran, xijrat yarim yo‘lda qoldi, yo‘lning o‘rtasiga ham yetmasdan ajal keldi. Ammo malakut olamida bu yo‘lchilik qanday baholangan, qanaqa muomala ko‘rgan ekan?..
Masala Qur’on oyatlari bilan hal qilindi. Olloh taoloning kalomi bu hodisaga oydinlik kiritish uchun Nabiylar sarvarining (s.a.v.) qalblariga quyildi:
«Kim Olloh yo‘lida hijrat kilsa, Yer yuzida ko‘p panoh bo‘lgudek joylarni va kengchilikni topgay. Kim uyidan Olloh va Uning payg‘ambari sari muhojir bo‘lib chiqib, so‘ng (shu yo‘lda) unga o‘lim yetsa, muhaqqaqki, uning ajrimukofoti Ollohning zimmasiga tushar. Olloh mag‘firatli, mehribon zotdir»  (Niso, 100).
Bu orada yana «Ummu Qaysning muhojiri» degan nom ham chiqqan edi. Gap asnosida ba’zan shu ibora tilga olinib turardi. Rasululloh (s.a.v.) ham eshitdilar.
Voqea bunday bo‘lgan: Makkada Ummu Qays ismli chiroyli bir ayol bor edi. Bir kishi uni sevib qolib, uylanish taklifini qilgan. Lekin rad etilgan. U odam «Xo‘p, mayli», deb qo‘yaqolmagan. Ikkinchi, uchinchi daf’alar ham kelgan. Ummu Qaysning ostonasiga tanda qo‘yib olgan. Oxiri u xotin:
— Men Ollohni va rasulini deb Makkadan ketishga qaror berdim. Agar mutlaqo uylanishni istasa, Yasribga borishi lozimdir, — degan va o‘zi hijrat qilgan.
Oshiq bu mujdani olgani zahoti bir qarorga kelib, u ham yo‘lga chiqqan. Makka bilan Madina orasidagi masofani shunday bir savdoning otashini so‘ndirish uchun kesib o‘tgan.
Ummu Qays Ollohga va rasuliga qovushish uchun hijrat qilgani, u odam esa, Ummu Qaysga erishish niyatida ortidan yo‘lga chiqqani elga ham oshkor bo‘lgan va unga «Ummu Qaysning muhojiri» lakabi berilgan edi.
Voqea aytib berilgach, Rasuli akram (s.a.v.) bunday marhamat qildilar:
— Amallar niyatlarga qarab baholanadi. Insonga ham faqat niyatidagi beriladi. Shunday ekan, kim Ollohni va rasulini deb hijrat qilsa, bu hijrati Ollohga va rasuliga oid sifatida qayd etiladi. Kimning hijrati qo‘lga kiritiladigan dunyo moliga va yo nikohiga oladigani xotinga yo‘nalgan bo‘lsa, uning hijrati ham o‘zi hijrat etgan narsaga oid sifatida kayd etiladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:32:51
* * *
Ramazon oyi chiqib, shavvol kirdi. To shomga qadar kuyoshning taftidan yonganqovrilgan Madinaga, nixoyat, bir oz shom salqinligi tusha boshladi.
Bani Najjor urug‘idan Salim ibn Umayr beixtiyor:
— Kuningni ko‘rsataman sen qari xo‘kizning! — deb yubordi va tishlarini bir-biriga qattik bosdi.
Oldidan yahudiy shoirlaridan Abu Ofak o‘tib qoldi, u bu yerdan aylanib, o‘zining mahallasiga, Amr ibn Avfning uyiga tomon ilgarilar edi. Oxirgi paytlari shu yahudiy cholning tili juda uzayib qoldi. Janobi Payg‘ambarimizga ishonishgani, u kishining amrlariga bo‘yinsunishayotgani uchun ko‘pdan beri madinaliklarni ayblaydigan, ustlaridan kuladigan qiliq chiqardi. O’zi bir yuz yigirma yoshga kirgan. Endi qaridim, bir chekkada tinch yuray, demasdan, hali ham kuchayganikuchaygan. Salimning tishlari g‘ichirlashi shundan edi.
O’sha kecha Salim xufton namozidan keyin Bani Najjor mahallasidan chiqib. Asassizsadosiz Amr ibn Avf maxallasiga qarab yurdi. O’ngdaso‘lda kezdi. Uy oldilarida, xilvat joylarda gaplashib o‘tirganlarga quloq soldi. Abu Ofakning ovozini izladi. Nihoyat, bir go‘shaga kelib to‘xtadi. Topdi. Bir burchakka o‘tib, jim kuta boshladi.
Oradan ancha muddat o‘tdi. Bu orada Salim bir necha marta qilichining qabzasini paypaslab qo‘ydi. Go‘yo, tayyor tur, demoqchidek edi.
Nihoyat, davralardagilarni esnoq tuta boshladi. Ovozlarda tobora uyqusirash alomatlari zohir bo‘ldi. Vaqt allamahal bo‘lib qolganini aytib, bittadanikkitadan tarqalishdi.
— Sen ham endi uyingga bor, ey Abu Ofak, — deyishdi.
Javobni eshitib, Salim titrab ketdi:
— Men shu yerginada uxlay qolaman, — dedi Abu Ofak.
— O’zing bilasan.
Kechaga yana sokinlik cho‘kdi. U yerbu yerdan kelayotgan it ovozlari ba’zan bu jimlikni buzib turardi.
Salim turgan yerida bir muddat poyladi. Avval qilichini asta qinidan sug‘urdi. Keyin berkinib turgan joyidan chiqib, oyoq uchlarida Abu Ofakka yaqinlashdi. Bu keksa shoir o‘limi ostonaga kelganidan, so‘nggi nafaslarini olib turganidan xabarsiz edi.
Qilich to‘g‘ri kelib uning ko‘ksiga urildi. Keyin Salim bor kuchi bilan qilichni buradi. Bo‘g‘iq va ko‘rqinchli bir ovoz chiqdi. Chunonam chirpandiki...
Abu Ofakning ko‘chalarni tutib ketgan hayqirig‘idan uyg‘onib ketganlar to yotoqlaridan tashqariga chiqqunlaricha Salim shoshgancha uyiga kirib ketdi...
Mahalla ahli Abu Ofakning so‘nggi nafaslari ustiga chiqib keldi.
— Kim chopdi?
— Kim seni bu ahvolga soldi? — degan savollar javobsiz qoldi. Abu Ofak o‘ldi.
Ertalab uning jasadi ko‘milarkan, marosimga yig‘ilganlar orasida ba’zilarning alamdan ko‘zlari qonga to‘lgan edi. «Eh, bilsak edik, haqqini olardik!» degandek armonlar tillarga ko‘chdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:33:13
* * *
Hazrati Umarning kuyovi Hunays Badrdan yarador bo‘lib kaytgan edi. Doridarmon unga foyda bermadi, vafot etdi. Hazrati Umar qizi Hafsaning tul qolganiga qanchalik qayg‘urgan bo‘lsa, Hunaysdek bir insonning o‘limiga ham shu qadar xafa bo‘ldi. G’am chekdi, ammo Badr kabi shonli urush bergan jarohat bilan yashash va u jarohat oqibatida o‘lish ham shunday bir insonga munosib edi. Hunays dunyodan yosh ketdi, lekin bir inson oxiratga olib bora oladigan ko‘p narsalarga erishib ketdi. Toki insoniyat bor ekan, u ham eslanajak va «Badr ashobidan edi», deyilajakdir.
Janobi Rasululloh (s.a.v.) Hunaysning janozasida hozir bo‘ldilar. Bu Zoti sharifning va boshqa mo‘minlarning duolari oxirat xayotida Hunaysga eshlik qiladigan bo‘ldi.
Hazrati Umarning qizi Hafsa shu kungacha Hunays bilan birga huzurhalovatda kechgan turmushining oz vaqt ichida bunday yakun topishini sira kutmagan edi. Erini so‘ng safarga ko‘zyoshlari ila kuzatib qolarkan, o‘ksik qalbiga hech bir yupanch topa olmasdi. Endi u tul xotin. Endi u otasi Umarning yonida yashaydi. Endi...
Quraysh Ka’bani ta’mirlagan yili tug‘ilgani e’tiborga olinsa, Hafsa o‘sha kunlari yigirma bir yoshlarda edi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:33:53
* * *
 Zakot amri tushdi Oliy dargohdan: «Namozni to‘kis ado kiling va zakotni bering! Uzingiz uchun nima yaxshilik qilgan bo‘lsangiz, uni Olloh huzurida topajaksiz. Shubhasiz, Olloh qilgan amallaringizni ko‘rib turguvchidir»  (Baqara, 110.)
Janobi Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) boylarga mollarining qirqdan birini zakot sifatida keltirishni buyurdilar. Dala va bog‘lardan chiqqan hosilning esa, o‘ndan biri (ushri) zakot o‘laroq beriladigan bo‘ldi.
Zakot va sadaqalarning ma’naviy holatini janobi Rasululloh bunday tushuntirdilar: «Agar bir odam toptoza bo‘lgan molidan sadaqa bersa — zotan, Olloh taolo ham faqat toptozasini qabul etadi — u sadaqa bitta xurmo bo‘lsa ham, Olloh taoloning muhofazasi ostida ko‘payib turadi. Hatto bir tog‘dan ham katta bo‘lib ketadi. Birovingiz otingiz yo tuyangizning bolasini parvarishlaganingiz kabi».
Bu mavzuda tushgan oyatlar mo‘minlarga yo‘l ko‘rsatar edi: «Olloh yo‘lida mollarini infoq-ehson qiladigan kishilarning misoli xuddi har bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni undirib chiqargan bir dona donga o‘xshaydi (ya’ni, qilingan bir yaxshilik yetti yuz barobar bo‘lib qaygadi). Olloh istagan kishilariga bir necha barobar qilib beradi. Olloh (fazlu karami) keng, bilguvchidir. Mollarini Olloh yo‘lida sarflab, so‘ngra bergan narsalariga minnat va ozorni ergashtirmaydigan zotlar uchun Parvardigorlari huzurida ulug‘ ajr bordir. Ular uchun hech qanday xavfu xatar yo‘q va ular g‘amgin bo‘lmaydilar. Yaxshi gap va kechirish ketidan ozor keladigan sadaqadan yaxshiroq. Olloh behojat va hakimdir. Ey mo‘minlar, bergan sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang!». (Baqara, 261—264)
Bu oyatlar mo‘minlarga nima qilish va qanday qilish lozimligini ko‘rsatdi.
Mo‘minlardan boylari zakotlarini chiqarib keltirishdi. Janobi Sarvari anbiyo (s.a.v.) bu zakotlarni beruvchilarning nomlaridan joyiga tarqatar edilar.
Ashob orasida eri kambag‘alu, ammo otasidan meros tegishi sababli boy bo‘lib qolgan xotinlar ham bor edi. Abdulloh ibn Mas’ud bu holga chiroyli misollardan biri edi. Zaynab xonim eri Abdullohga:
— Rasululloh janobimiz: «Sadaqa beringlar. Ziynat ashyolaringizdan berib bo‘lsa ham, bu vazifani ado etinglar», dedilar. Siz Rasulullohning (s.a.v.) oldilariga boring, agar sizga bersam, sadaqa o‘rnida o‘tsa, sizga beraman, o‘tmasa, boshqalarga beraman, — dedi.
— Men uyalaman, o‘zing bor, — dedi Abdulloh (r.a.).
37
Zaynab janobi Payg‘ambar (s.a.v.) uylariga kelganida u yerda yana bir xotiyani uchratdi. U ham ayni shu maqsadda kelgan ekan. Xotinlarning baxtiga bir ish bilan Bilol chiqib qoldi. Ular vaqtni g‘animat bilib, ahvolni tushuntirishdi:
— Janobi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirib, erlarimizga va yonlaridagi yetimlarga bergan narsalari miz sadaqa o‘rniga o‘tisho‘tmasligini bilib bering, ammo bizning kimligimizni aytmang, — deyishdi.
Hazrati Bilol (r.a.) ichkari kirdi va voqeani anglatdi.
—   Kim ular? — deb so‘radilar Rasululloh (s.a.v.).
—   Ansordan bir xotin bilan Zaynab.
—   Kaysi Zaynab?
—   Abdullohning xotini.
—Ikkalasiga ham ikkitadan savob bor. Biri yaqiniga yordam kilishning savobi, ikkinchisi sadaqa qilishning savobi, — deya marhamat qildilar.
Zaynab bilan u xotin mamnun bir holda uyuylariga ketishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:34:25
* * *
Janobi Rasululloh faqir oilalar uchun zakotsadaqa mavzuida bir tushuncha berdilar:
— Olloh yo‘lida xarjlangan bir dinor... bir qulni ozod qilish uchun xarjlangan bir dinor... kambag‘al odamga berilgan bir dinor... Mana shularni o‘ylanglar, bular ichida eng ko‘p savob keltiradigani oila a’zolariga berilganidir.
Bu gaplar faqir oilalarga tasalli bo‘ldi.
Sadaka bergisi kelgan, ammo birovga bersa, o‘zi yoki bolalari och qoladigan odamlarga tegishli edi bu so‘zlar. Bu ahvoldagi kishilar «Qani edi imkonim bo‘lsayu men ham sadaqa bersam», desa, uyida bolalariga yedirgani yemak ham hakiqiy sadaqa kabi qiymat qozonadigan bo‘ldi endi.
Shu bahona ashobning zehniga yana bir narsa joylashdi: sadaqa tarqatish g‘oyasi bilan uyinio‘chog‘ini xonavayron qilishga aslo hojat yo‘q ekan.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:34:41
* * *
Moldunyo va boylik xirsi odamni zakot bermaslikdek bir holga tushirib qo‘yishini anglatib, Janobi Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar:
 Zakotini o‘tamagan sarvat sohibining puli do‘zax olovida qizdiriladi, laxcha cho‘g‘ holiga keltiriladi. U bilan biqinlari va peshonasi kuydiriladi. Bu ish uzunligi ellik ming yil bo‘lgan bir kunda qullar orasida Olloh taolo hukmi o‘qilguniga qadar davom etadi. Keyin unga jannatga yo jahannamga eltadigan yo‘l ko‘rsatiladi. Tuyalarining zakotini bermagan kishi esa, teptekis yerga yotqiziladi, zakoti chiqarilmagan tuyalar uning ustidan tepkilab-ezg‘ilab o‘tadi. Eng oxirgi tuya o‘tganidan keyin oldingilar yana qaytadan o‘ta boshlaydi. Bu ish ham uzunligi ellik ming yil bo‘lgan bir kunda Olloh taolo qullar orasida hukmini o‘qiguniga qadar davom etadi. So‘ngra unga jannatga yo jahannamga eltadigan yo‘li ko‘rsatiladi...
Bu mavzudagi yana bir suhbatlari xotiralarga bunday naqshlandi:
— Qiyomat kuni tuya o‘z egasining oldiga eng semirgan paytdagi holida keladi. Vaqtida haqqini bermagani uchun uni tovoni bilan bosadi, ezg‘ilab o‘tadi. Qo‘y keladi egasining oldiga, u ham eng semirgan paytdagi holida bo‘ladi va tuyoqlari bilan bosib, shoxlari bilan suzib o‘tadi. Uning haqlaridan biri chanqagan paytida sug‘orilmaganidir.
Keyin Nabiyyi akram (s.a.v.) so‘zlarini bunday davom ettirdilar:
— Ishqilib, birortangizni qiyomat kuni ma’ragan qo‘yini yelkasiga orqalagan holda ko‘rmayin. Meni ko‘rgan zahoti: «Yordam ber, yo Muhammad!» deydi, men esam u paytda sizlarga hech ish qilib berolmayman, vaqtida senga tablig‘ qilgan edim, deyman.
Janobimizning (s.a.v.) zakot va sadaqa mavzuidagi ushbu so‘zlari ham quloqlarga sirg‘a bo‘ldi:
— Faqat ikki kishiga havas qilinadi: biri Olloh unga mol bergan, uni haq yo‘lda xarjlashga g‘ayrat qilgan odam, ikkinchisi, Olloh unga foydali ilm bergan, u esa o‘sha ilmi bilan hukm etadigan yoki boshqalarga o‘rgatadigan odamdir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:35:09
* * *
Zakotga molning eng yomonini ajratish hollari ham sezildi. Bunda ham yaxshilik qilingan, vazifa ado etilgan bo‘ladi hamda qo‘ldan borligiyo‘qligi uncha bilinmaydigan mol chiqqan bo‘ladi.
Masalan, bog‘dagi xurmolardan faqir musulmonlarga xurmo bog‘lamlari yuborganlar ham bor edi. U bog‘lamlar masjidga osilar, kelganketganda muhtojlar bittadanikkitadan olib yeyishar edi. Bir kuni Janobi Rasululloh (s.a.v.) devorda osilib turgan xurmo bog‘lamlarini ko‘rib, hassalari bilan unga ishorat qilarkanlar:
— Buning egasi xohlasaydi, yanada yaxshisini yuborgan bo‘lardi. Endi o‘zi ham qiyomatda mana shunaqa yomon xurmo yeydi, — dedilar.
Bu mavzuda tushgan oyat masalaga yana ham oydinlik kiritdi:
«Ey mo‘minlar, kasb qilib topgan narsalaringizning halolpokizalaridan va Biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalardan infoq-ehson kilingiz! Ehson qilish uchun ulardan o‘zingiz faqat ko‘z yumib turib oladigan — pastnopoklarini tanlamangiz! Va bilingizki, albatta, Olloh behojat va hamdu sanoga loyiq zotdir». (Bakara, 267.)
Ko‘zi ochiq odam ololmaydigan darajada yomon va qadrsiz mollarni sadaqa tarzida berishlar shu tariqa o‘nglangan, Ollohning roziligiga erishishni orzu kiladiganlar yaxshi va chiroyli mollaridan sadaqa va zakot berishlari talab qilinayotgan edi.
Boylarga zakot buyurilgach, zakotga va sadaqaga mollarning yomoni va qadrsizini ajratish taqiqlangach, fursatdan foydalanib, tilanchilikka o‘tib olganlar ham bo‘ldi. Janobi Rasululloh (s.a.v.) bunday tubanlikdan qaytarib:
— Bir kishining arqon olib, erta tongdan toqqa borishi va o‘tin to‘plab, keltirib sotishi, topganining bir qismini yeb, boshqa qismini sadaqa qilishi ungabunga qo‘l ochib tilanishidan yaxshidir, — deya marhamat etdilar.
Bu gaplarni eshitganlar avvalroq nimalardir so‘rab kelgan odamga Payg‘ambar (a.s.) uyidagi narsalardan ba’zisini sottirib, puliga bolta oldirib, o‘tin terib sotishga yuborganlarini eslashdi.
Ammo Janobi Rasulullohning o‘zlari ham, oila a’zolariyu akrobolari ham zakot va sadaqa olishlari mumkin emasdi. Ular bunday bir narsa olsalar ham, sadaqa o‘laroq qabul etilmas va boshqatdan berishlari lozim bo‘lar edi. Shuning uchun na ularga biron narsa berilar va na ular olishar edi.
Janobi Xotamul anbiyo (s.a.v.) bir kuni yerdan bir xurmo topib oldilar.
— Buning sadaqa bo‘lishi ehtimolidan qo‘rqmasaydim, yerdim, — dedilar.
Keyinroq yana bu borada bunday marhamat qildilar:
— Ba’zan uyda yotog‘im xonasida xurmo ko‘raman. Lekin sadaqa bo‘lib qolishi ehtimolidan qo‘rqib, yeyishdan tiyilaman.
Mo‘minlar orasida ba’zan hadyani qaytarib: «Mendan ham muhtojroqqa ber», deydiganlar ham bor edi. Umar ibn Xattob (r.a.) ora-sira unga Rasululloh (s.a.v.) biron nima bermoqchi bo‘lsalar, shunday javob qilgan edi. Bir marta yana shunday qilmoqchi bo‘lganida, Sayyidul anbiyo (s.a.v.) unga bunday dedilar:
— Buni olda, ishlat. Yoki sen ham boshqasiga sadaqa qilib yubor. Ko‘z tikmasdan, ilinj qilmasdan... mana shundan extiyot bo‘l!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:35:28
* * *
Abu Talha keldi.
—   Marhabo, ey Abu Talxa, — deb kutib oldilar Sarvari koinot. — Nima gaping bor edi?
—   Ey Ollohning rasuli, Janobi Mavlo: «Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha xargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz», (Oli-Imron, 92) deb marhamat qilgan. Mening eng sevgan molim «Bayraxo» degan bog‘imdir. Uni men Olloh roziligi uchun sadaqa sifatida ayirdim. Siz uni endi eng loyiq bo‘lgan yo‘lda ishlating. Men uning ajrini va mukofotini Olloh taoloning huzurida topishimga ishonaman.
Abu Talhaning bu so‘zlari Janobimizni mamnun etdi. Mard odam edi Abu Talha! Ollohga va rasuliga samimiyat bilan bog‘langan bir inson! Bu galgi harakati ham taqdirla karshilandi:
— Juda go‘zal, juda xush ish qilding... Foyda keltiradigan mol, ortadigan, barakali bo‘ladigan tijorat bu. Nima deganingni eshitdim, ey Abu Talha, uni yaqinlaring orasida taqsimlashingni uyg‘un deb bilaman.
— Aytganingizdek bo‘ladi, ey Rasululloh.
Shu tariqa Bayraxo bog‘i Abu Talhaning amakivachchalari va boshqa yaqinlari o‘rtasida taqsim etildi.
Bayraxo bog‘iga janobi Rasululloh ham ondasonda kirib, dam olib, qudug‘idan suv ichib turar edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:35:49
* * *
Ka’b ibn Ashraf Makkada ancha kun izzat-ikrom ko‘rdi, mushriklarning to‘la qalblariga takrortakror kin va intiqom urug‘larini ekib, ularni gijgijlab qo‘ygach, nihoyat, do‘stlari bilan vidolashdi va Madinaga kaytdi. Vazifasini keragicha ado etgan bir inson sezadigan huzurga to‘la edi ko‘ngli.
Yahudiylar ham uni sha’niga loyiq bir tarzda kutib olishdi. Chunki Ka’b faqat o‘z nomidan emas, balki barcha yahudiylar salomini Qurayshga yetkazgan, hammalari qilishi kerak bo‘lgan ishni qilib kelgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:36:02
* * *
Bir kuni faqir ashoblardan bir guruhi Rasululloh (s.a.v.) janobimizga murojaat qilib qoldi:
— Yo Rasululloh, boybadavlat kishilar oliy darajalarni qo‘lga kiritadilar: biz kabi namoz o‘qiydilar, biz kabi ro‘za tutadilar, bulardan tashqari, mollarining ortig‘i hisobidan zakot va sadaqalar ham beradilar. Biz bunisini qilolmaymiz, — deyishdi.
Janobi Rasululloh ularga tasalli berdilar:
— Olloh taolo sizlarni sadaqa savobiga va mukofotiga erishtiradigan imkonlar bermadimi? — dedilar va savollariga o‘zlari javob qilib, so‘zlarini bunday davom ettirdilar: — Sizlarning har «Subxanalloh»  deganingiz bir sadaqadir, har «Alhamdulilloh» deyishingiz bir sadaqadir, har «Ollohu akbar»  deyishingiz bir sadaqadir. Yaxshilikka buyurish bir sadaqadir, yomonlikdan voz kechirishga harakat bir sadaqadir, xotinlaringiz ila qovushishingiz bir sadaqadir.
Ashob keyingisiga hayron bo‘ldi:
— Yo Rasululloh, buni qanday tushunaylik? Ham shahvoniy istaklarimizni qondiramiz, ham savob olamizmi?
Sarvari koinot janobimiz kulimsiradilar:
— Nima deysizlar: inson bu orzuyini xarom yo‘lda amalga oshirsa, qilgan u zinosi tufayli gunoh qozonarmidi?..
Bu savol qarshisida ashob sukut etdi. «Albatta, ulkan gunoh sodir etardi», derdi go‘yo. Janobimiz so‘zlarini davom ettirdilar:
— Xuddi shuning kabi, shahvoniy istagini halol yo‘lda qondirgan taqdirda ajr va savobi bordir.
Yana dedilar:
— Ikki kalima bor — aytish oson, Olloh taologa g‘oyat sevimli va mezonda tosh bosadigan ikki kalima!
Ashoblarning ichlari qizidi, bilgilari keldi, maroqli ko‘zlariii Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) tikishdi.
— «Subhanallohi va bihamdihi» va «Subhanallohilaziym» kalimalaridir, — dedilar.
So‘ngra bu kalimalarga bog‘liq bunday ma’lumot berdilar:
— Bir kimsa samimiy tilaklarla, toptoza tuyg‘ularla kunda yuz daf’a «Subhanallohi va bihamdihi»  desa, daryo ko‘niklari qadar ko‘p gunohi bo‘lsa ham, Olloh taolo uni mag‘firat qiladi.
Janobi Rasululloh bu kalimalarni Olloh taolo malaklar uchun xos bir zikr va tasbex o‘laroq tanlaganini ham bayon etganlaridan keyin endi ortiqcha so‘zga xojat qolmadi. O’sha kuni ayrimlar u majlisdan turib ketmasdanoq buni o‘zlariga bir vazifa sifatida qabul qildilar.
Ayni shu savol bilan yana bir guruh keldi. Sadaqa va zakot berolmayotganlaridan o‘ksik ekanlarini anglatdi. Shuida Faxri olam (s.a.v.) janobimiz:
—Sizdan oldingilarga yetib olishingizni va sizdan keyingilarni orqada qoldirishingizni mumkin qiladigan bir narsani o‘rgatishimni xohlaysizlarmi? — deya taklif qildilar.
Kim xohlamasdi buni?! Axir, bunday taklifni naqd Ollohning elchisi aytyapti! So‘zi so‘zlarning eng to‘g‘risi, yo‘li yo‘llarning eng chiroylisi bo‘lgan Rasululloh sayyidimiz!..
Hamma birday mamnuniyat ila: «Ha, xohlaymiz», deb javob qildi. Shunda Janobimiz:
— Har namoz ketidan o‘ttiz uch martadan «Subxdnalloh», «Alhamdulilloh», Ollohu akbar» denglar. Bu tasbehingiz «La ilaha illallohu vahdahu la sharika lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay'in qodiyr» kalimasini qo‘shganda yuzga yetsin, — deya marhamat qildilar. — Buni shunday ado etganning gunohlari daryolarning ko‘piklari qadar ko‘p bo‘lsa ham, Olloh taolo uni mag‘firat qiladi.
Faqir musulmonlar Rasuli akram bilan xayrlashib ketarkanlar, sevinchlari beqiyos edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:36:26
* * *
Bir sahobiy qarasa, Ammor nimadir qilyapti. Tushunmadi.
—   Nima qilyapsan, ey Ammor? — deb so‘radi qiziqsinib.
—   Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘rgatgan bir tasbehni qilyapman.
—   Nima ekan u tasbeh? Men ham qilgim kelyapti.
 Ammor bunga javoban: «Bu tasbehni biz kabi faqir mo‘minlarga o‘rgatdilar, senga aytmayman», deya olmasdi. Ollohning rahmati so‘ngsizdir. Bir kishiga bergani qancha ko‘p bo‘lmasin, boshqasiga beradigani kamayib qolmasdi. O’rgatdi.
Oradan bir necha kun o‘taro‘tmas bu tasbeh mo‘minlar o‘rtasida keng yoyildi. Boy ham, fakir ham ayni tasbehni aytadigan bo‘ldi.
Kelib, Rasululloh (s.a.v.) janobimizdan shu masalani yana so‘rashdi:
—   Ular ham biz aytayotgan tasbehni o‘rganib olishdi, ular ham biz nima qilsak, shuni qilishyapti? — deyishdi.
—   Bu narsa Ollohning ikromi va ehsonidir, xohlaganicha beradi, — deb marhamat qildilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:36:47
* * *
Achchiq xabar keldi: Usmon ibn Maz’un vafot etdi, deyishdi. Bu xabar Nabiyyi akram (s.a.v.) janobimizni nihoyatda qayg‘uga soldi. Samimiy bir musulmon edi. Uyiga bordilar. Peshonasidan o‘pdilar. Ko‘zlaridan oqqan muborak yoshlar Usmonning yuziga tomar edi.
Usmonga va oilasiga boshpana bergan Ummu Alo ismli xotin qayg‘uga botgan, yig‘lar edi.
— Ollohning rahmatini tilayman senga, ey Usmon. Hech shubha qilmaymanki, Olloh senga ikrom ko‘rsatgandir, derdi.
Janobimiz unga yuzlandilar:
—   Qaerdan bilasan Ollohning unga ikromda bo‘lganini? — deb so‘radilar.
—   Qurboningiz bo‘lay, ey Ollohning rasuli, bilmayman, ammo shunday umid qilaman. Bu so‘zlarni aytishimga sabab — Usmonning go‘zal ahloqidir.
— Usmon hozir haqiqiy olamga ketgan. Men uning haqida xayrli umid qilaman. Ammo garchi men Ollohning payg‘ambari bo‘lsamda, menga qanday muomala ko‘rsatilishini bilmayman.
Bu so‘zlar Ummu Aloga ta’sir etdi.
— Agar Usmon haqida bularni ayta olmasam, demak, boshqasi haqida hech bir narsa aytmayman, — dedi.
Usmonning jasadi hozirlanib, do‘stlarining yelkalarida oxirat safariga chiqdi. Hayoti davomida qilgan yaxshiyomon amallar unga hamroh edi. Bir ozdan keyin do‘stlari ortga qaytishga majbur bo‘lishadi, shunda u amallari ila yolg‘iz qoladi.
Usmon qabriga qo‘yildi. Ustiga tuproq tortib bo‘lingach, Janobi Rasululloh (s.a.v.) bir tosh keltirib, Usmonning bosh tarafiga qo‘ydilar.
Muhojirlardan Baqi’ qabristoniga ilk ko‘milgan erkak Usmon ibn Maz’un bo‘ldi.
Qabristonda Payg‘ambarimiz (a.s.) bir xotinni ko‘rdilar. Yoqasini yirtar, piypalanar, baqirachaqira yig‘lar edi. Yonidan o‘tastib unga:
— Ollohdan qo‘rk va sabr qil, — dedilar.
Xotin boshini ko‘tardi. Dardiga birovning aralashishini istamasligini bildiradigan bir ifoda ila:
— Bor, ishingni qil. Mening boshimga kelgan dard sening boshingga kelgan emas, — dedi. Bu so‘zlari bilan: «Sen nimani ham tushunar eding? Mening yonimga bolasi o‘lgan kelsin!» demoqchi bo‘lardi.
Holbuki, Rasululloh janobimiz Badrdan qaytganda qizlarining vafoti ustidan chiqqanlariga hali hech qancha bo‘lmagan edi. Qolaversa, hozir ko‘milgan Usmon ham u zotning emikdosh ukalari edi.
U yerdan mahzun qaytdilar, to‘g‘ri uylariga qarab ketdilar. Orqalaridan kelayotganlar u xotinga:
— Sen gaplashgan odam Sarvari koinot janobimiz edilar. Ollohning payg‘ambari edilar u kishi, — deyishdi.
Xotin alam ichida aytib yuborgan so‘zlariga pushaymon yedi. Yig‘idan to‘xtab, to‘g‘ri Janobi Rasulullohning uylariga bordi. Ichkari kirmoqchi edi, ammo izn so‘ragani bir odam topmadi. Xayolida Payg‘ambar bir saltanat sursa kerak, degan o‘y bor edi. Payg‘ambarimizning bittagina hujradan iborat uylari uni hayratlarga tushirdi. Ichkari kirdi.
— Bilmasdan bir qusurga yo‘l qo‘ydim, bolamni yo‘qotganimning iztirobidan shunday deb yuboribman. Uzr so‘rayman, — dedi.
Rasululloh (s.a.v.) javoban:
— Sabr faqat zarba ilk kelgan onida ko‘rsatiladi,— deyish bilan kifoyalandilar.
Janobi Payg‘ambarimiz uning yig‘lashini taqiqlamagan edilar. Chunki insonga toqati yetmaydigan narsani taklif etish Islom tabiatidan emasdi. Jigarporasi o‘lgan bir insonga xafa bo‘lmaslikni, yig‘lamaslikni tavsiya etish qiyin bo‘lgan ishga buyurish bilan barobar edi.
Inson farzandlari va yoxud otaonasigagina emas, balki yaqinlariga ham yig‘laydi. Ko‘zyoshlari to‘kishi mumkin. Darhaqiqat, Janobi Rasulullohning o‘zlari ham Usmon ibn Maz’un o‘limi sababli yig‘laganlar, ko‘zyoshlari Usmonning yuziga tomgan.
Janobimizning u xotindan talab qilganlari — yig‘layotganda haddan oshiradigan, Ollohning takdiriga norozilik ma’nosini tashiydigan so‘z va harakatlardan qochish, yoqa yirtib, kiyimlarini porapora etib, johillarning harakatlariga o‘xshab ketadigan ishlarni qilmaslik edi.
Ertasi kun Ummu Alo yana Payg‘ambari zishonning huzurlariga keldi.
— Yo Rasululloh, tushimda bir oqar suv ko‘rdim. Usmon ibn Maz’unga oid emish. Sharqirab oqardi, —dedi.
Janobimiz:
— Bu ko‘rganing Usmonning amallaridir, — deb javob qildilar.
Usmon haqida g‘oyat nekbin fikrda bo‘lgan xotin tushining bu shaklda ta’bir qilinganidan xursand bo‘lib ketdi. Uyiga jo‘narkan, xuzuri cheksiz edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:37:40
* * *
Zulhijja oyining to‘qqizinchi kuni bomdod namozidan so‘ng Janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) jamoatga eshitarli bir ovozda: «Ollohu Akbar, Ollohu akbar. La ilaha illallohu vallohu akbar. Ollohu akbar va lillahil hamd», dedilar.
Shu ondan e’tiboran yigirma uch vakt namozning har farzidan keyin salom berilgach, bu muborak takbir aytiladigan va hayitning to‘rtinchi kuni asr namozidan keyingi takbir ila nihoya topadigan bo‘ldi.
Zulhijja oyining o‘ninchi kuni qurbon hayiti deb e’lon etildi. Barcha musulmonlar hayit namozi o‘qiladigan joyga to‘planishdi. Ramazon hayitida bo‘lganidek, erkagu xotin jam bo‘lishdi. Yana azonsiz, qomatsiz ikki rakat namoz o‘qib berdilar. Keyin tik turib xutba aytdilar, nasihatlar qildilar.
Uyga qaytib, qurbonlik uchun avvaldan hozirlab qo‘yganlari qora qo‘chqorning oldiga o‘tdilar.
— Pichoqni keltir, — dedilar.
Pichoq keltirildi. Janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qo‘chqorni yotqizdilar:
— Bismillah, Ollohu akbar! Ollohim, bu qurbonlikni Muhammad nomidan, Muhammadning oila a’zolari nomidan, Muhammadning ummati nomidan qabul et! — deya duo qilib pichoqni tortdilar.
Janobimiz qurbonlik go‘shtlarining oilada yeyilishini, qo‘shnilarga, faqirlarga tarkatilishini amr va tavsiya etgan edilar. O’zlari so‘ygan go‘sht ham shu tarz taqsimlandi. Qolaversa, Rasululloh o‘sha kuni yegan ilk taom qurbonlik go‘shtidan bo‘ldi. Demak, endi bundan bu yog‘iga shunday bo‘ladi, hayit namozi o‘qilgunicha hech narsa yeyilmay turiladi. Holbuki, Ramazon hayitida (iyd namozidan oldin) Payg‘ambarimiz xurmo yeb olganlari ma’lum edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:38:14
* * *
Shu kuni Hazrati Oyisha (r.a.) xuzurlariga bayram ila tabriklash uchun ikki yosh kiz keldi. Qo‘llarida daf (childirma) bor edi. O’tirishdi. Daf chalib, qo‘shiqlar kuylay boshlashdi. Aslida, o‘zlari ashulachi emasdi, ularning maqsadlari — bayramni shodxurramlik ila, nash’a ila o‘tkazish edi, xolos. O’tgan yillarda yuzaga kelgan, «Buas urushi» deb nom olgan urushga aloqador qo‘shiqlar kuylashdi.
Bu orada Rasululloh (s.a.v.) ichkari kirdilar. Orqalarini o‘girib, yotdilar.
Yana birpas o‘tib Hazrati Abu Bakr (r.a.) kelib qoldi. Manzara uni hayron etdi. Asabiy bir ovozda:
— Demak, Janobi Rasululloh huzurlarida shayton cholg‘ularini chalishmi?! — dedi. Qizi Oyishaga g‘azabli boqdi.
Rasululloh (s.a.v.) janobimiz bu yoqqa o‘girildilar.
— Ey Abu Bakr, ularni o‘z holiga qo‘y. Har millatning bayrami bo‘ladi, bugun bizning bayramimizdir, —dedilar.
Hazrati Abu Bakr odob bilan kelib o‘tirdi. Zero,
Jaiobi Rasululloh (s.a.v.) ko‘rib turib ishga aralashmayotgan bo‘lsalar, uning aralashishi to‘g‘ri bo‘lar.midi, axir?..
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:39:37
* * *
Habashiy yoshlar masjidda nayzaqalqon bilan jang o‘yinini o‘ynashardi.
— Tomosha qilishni xohlaysanmi, ey Oyisha? - dedilar Rasuli akram.
— Ha.
Hazrati Oyisha masjidga qaragan eshik og‘zida, Rasulullohning (s.a.v.) orkalariga turdi.
Iyagini Sarvari anbiyoning yelkalariga, yonog‘ini yonoqlariga qo‘yib, tomosha qila boshladi. Sultoni anbiyo qoni jo‘shib o‘ynayotgan yoshlarni harxar zamonda shavqlantirib turardilar:
— Ha, Arfida o‘g‘illari!.. Bo‘sh kelmaysizlar!.. Ha, kani!..
Faxri olam (s.a.v.) janobimizning yonoklariga yonog‘ini qo‘ygan va gul hidlari kabi hushbo‘y nafaslarini tuygan holda davom etayotgan bu tomosha Hazrati Oyisha (r.a.) onamizning qo‘nglini shodlantirar edi. Nihoyat, janobimiz unga o‘girildilar:
—   Yetadimi? — dedilar.
—   Yetadi, bo‘ldi.
Ikkovlari birga ichkariga kirib ketishdi. Bu tomosha Hazrati Oyisha uchun unutilmas xotiralardan bo‘lib qoldi. Yillarcha keyin, yoshlar bunday narsalarni orzu qiladilar, deya o‘zini o‘rnak ko‘rsatib anglatdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:40:07
* * *
Zulhijja oyi Qurbon hayitidan boshqa yana bir bayramga hozirlik ko‘rayotgan edi.
Janobi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) sevimli qizlari Fotima bilan jiyanlari Alining nikoh to‘ylari shu oyda qilindi.
Rasuli akram Badrda olingan o‘ljalarning beshdan birini Olloh taoloning amriga binoan aqrobolariga, faqirlarga va musofirlarga tarkatgan, jiyanlari Hazrati Aliga ham bir tuya ehson etgan edilar. Badrda xar kim kabi o‘z hissasini olgan Ali (r.a.) ham shu tariqa ikki tuyali bo‘lib qoldi.
To‘y xozirligi uchun birikki qurush (tanga) tonishi lozim edi. Shu niyatda Bani Qaynuqo’ qabilasidan bir zargarga borib uchrashdi. Tog‘larga borib, u yerlardan «Izhir o‘ti» to‘plashga va keltirib zargarlarga sotishga karor berildi. Kuni ham tayin etildi.
O’sha kuni ikkala tuyasini ansorlardan birining bog‘iga keltirib bog‘ladi. Endi o‘tni solishga qop va arg‘amchi va boshqa narsalar topib kelish kerak. Shularni toisa, keyin zargar bilan birga o‘t terishga ketishardi.
Bu pallada Hamza ibn Abdulmuttalib do‘stlari bilan birga shu yakin o‘rtadagi bir uyda hamrxo‘rlik qilib o‘tirishardi. Mezbon ayol ham hamr tarkatadi, ham qo‘shiq kuylaydi. Uyga kiribchiqib yurganida bir gal ko‘zi ro‘parada turgan ikki tuyaga tushadi. Sarxush edi. Hamzaga qarab ikki bayt o‘qidi. Ma’nosi bunday edi.
«Ey Hamza, semiz tuyalarga boq. Uy oldidagi maydonda oyoqlari bog‘li turishibdi. Qani, Hamza, qada bo‘g‘izlariga pichoqni, bo‘yinlarini qonga bo‘ya, eng nafis bo‘laklaridan ichkilik uchun qozon kabob hozirlashga shoshil!»
Hamza o‘tirgan o‘rnidan turib ketdi. Qilichini ko‘liga oldi. Bir necha daqiqa ichida ikkala tuya qonga belanib yotardi. O’rkachlari kesilgan, jigarlari ajratib olingan.
— Bularni qovurib dasturxonga tort! — deya kelib joyiga o‘tirdi.
Saldan keyin Hazrati Ali yelkasida qop ila qaytib keldiyu... ko‘zlariga ishonmay qoldi. Ikkala tuyasi ham jonsiz, qonga botib yotardi. Nima qilarini bilmay, bir muddat lol qoldi. So‘ng ko‘rganlardan so‘ragan edi, amakisi Hamzaning ishi ekani aytildi.
Shoshilinch ortiga qaytdi. Rasululloh (s.a.v.) xuzurlariga borganida ko‘zlaridan yoshlar okardi. Voqeani yig‘lab turib anglatdi.
Sayyidul anbiyo (s.a.v.) hazratlari yonlariga Ali bilan Zaydni (roziyallohu anhum) olib, Hamza o‘tirgan uyga bordilar. Kirishga izn so‘radilar. «Marhamat», deyilgach, ichkari kirdilar. O’tirish hali davom etar, Qadahlar biri ketidan biri bo‘shatilar edi.
Nabiylar sultoni janobimiz achchiqachchiq so‘zlar ayta boshladilar. Hamza Rasulullohga (s.a.v.) boshdan oyoqqacha qarab chiqdi, keyin oyokdan boshgacha qaradi va:
—   Sen mening otamning quli emasmisan? — dedi.
 Shunda Rasululloh (s.a.v.) Hamzaning dahshatli darajada mast ekanini angladilar. Bunday holda eng to‘g‘ri yo‘l u yerdan ketish edi.
O’ngacha Olloh taolo hamr haqida bir hukm tushirmagan edi. Avval ichib yurganlar imon keltirganlaridan so‘ng ham ichishda davom etaverishdi. Lekin uni avvaldan ichmaydiganlar ham bor edi. Ichkilik odamni gapirgan gapini bilmaydigan qilib qo‘yadi, aqlini oladi, hushyor payti odam uyaladigan ishlarni ham hech bir tap tortmasdan qildiraveradi, deyishardi ular. Yoki yana, avval ichib, mast holda qilgan ishlariyu gapirgan gaplaridan keyin uyalib yuradigan bir toifa ham bor edi. Hazrati Ali va Hazrati Abu Bakr hech ichmaganlardan edilar.
Janobi Rasululloh (s.a.v.) ichkilik keltiradigan buzuqlik va uyatli hollarni bilganlari holda, bu mavzuda Olloh yuboradigan axkomni kutganlari uchun do‘stlariga hozircha bir narsa demasdilar. Vaqti kelib, bu dinning Asl Egasi kerakli ochiqlamani qilishiga ishonar edilar...
— Ey Ali, Fotimaga mahrga nima berasan, — deb so‘radilar Faxri koinot (s.a.v.).
Hazrati Ali nima ham bera olardi. Butun boyligi amakisining qilichila kasod bo‘lgan bo‘lsa. Aslida, otasi Abu Tolib ham boy bo‘lmagan, endi Hazrati Ali hozirgacha zo‘rg‘a kun kechirar, qo‘lida sarvati yo‘q edi.
Yo Rasululloh, bir otim bilan bir sovutimdan bo‘lak hech bir narsam yo‘q, — dedi.
Janobimiz otning doim lozim bo‘lishini aytdilar, sovutini sotishini ma’qul ko‘rdilar. Sovut sotuvga chiqarilgan edi, xaridor ham topila qoldi. Uni Usmon ibn Affon (r.a.) to‘rt yuz sakson dirhamga sotib oldi. Hazrati Ali (r.a.) aqchani hamyoniga solib, endi uyga jo‘nayman deb turganida, orqasidan:
— Bir daqika shoshmay tur, ey Ali, — deb Usmon ibn Affon chakirib qoldi.
— Nnma deysan?
— Sen jangchi odamsan. Senday bir kishiga sovut kerak bo‘lmasa, kimga kerak bo‘lsin? Shu sovutni mendan hadya sifatida lutfan qabul et.
Ali kulimsiragan bir ovozda:
—Hozir uni senga sotmadimmi men? — deya so‘radi.
— Sotding, ammo men uni senga hadya kilyapman. Men dan ko‘ra ko‘proq o‘zingga loyiqdir. Sening biror jangga sovutsiz chiqishingni xayolimga keltira olmayman.
Usmon ibn Affonning yuzini va ovozini bezab turgan samimiyat chin yuragidan kelayotganiga hech shubha yo‘q edi. Hadyasi qabul etilmasa, ezilishi turgan gap.
— Tashakkur aytaman, ey Usmon, Olloh senga ham seni gunoxdan to‘sadigan bir sovut nasib etsin, — deb duo qildi Ali.
Shunday qilib, Hazrati Ali o‘zining sovutini hamda to‘rt yuz sakson dirhamni olib, uyiga keldi. Usmonning bu ishi xabarini yetkazgan edi, Janobimiz (s.a.v.) ham g‘oyat mamnun bo‘ldilar. Usmonning haqiga duolar qildilar...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:40:35
* * *
Nikohga to‘planishdi. Janobi Rasululloh (s.a.v.) sevikli qizlari Fotimani jiyanlari Aliga nikohlab berayotganlarini e’lon etdilar. Hazrati Ali javoban Hazrati Fotimani nikox bilan olganini va o‘ziga turmush o‘rtoq sifatida qabul etganini bildirdi.
Marosimga yig‘ilganlarga harholda biror ovqat tayyorlash lozim edi. Biroq hech narsa yo‘q. Hazrati Ali bu gal yana sovutni garovga qo‘yib, bir yahudiydan birmuncha aria oldi, ansordan bir kishi ko‘y keltirgan ekan, o‘sha so‘yilib, pishirildi. Janobi Rasululloh keltirgan xurmo bilan zaytun yog‘i o‘rtaga qo‘yilganida, o‘sha zamonning yaxshigina bir dasturxoni paydo bo‘ldiqoldi. O’tirishdi, maza qilib yeyishdi.
Rasululloh janobimizning Hazrati Fotimaga bergan seplari — uy ashyolari ham ko‘p emasdi. Ikkita libos, bitta qo‘ltegirmon, qo‘y terisidan bitta po‘stak, bitta yostiq, bitta meshkob, bitta cho‘mich, elak, yotish va o‘tirishga mo‘ljallangan bitta taxtasupa... kabi g‘oyat oddiy narsalardan iborat edi.
Bulardan tashqari, u Zoti sharif dilbandlariga hech bir ota bera olmaydigan adab va tarbiya berganlar, bundan keyin keladigan barcha qizlaru xotinlarga o‘rnak bo‘lishga loyiq bir qiz qilib parvarishlagan edilar. Qalbi imonla to‘la, yuzi bu imonning nurila porlagan, to yurishigacha har jihatdan otasiga o‘xshagan Hazrati Fotima...
Hazrati Fotima har holi bilan otasining qizi ekanini isbotlayajak va Ulug‘ Mavlo sevgili payg‘ambarining naslini uning nasabila davom etishini munosib ko‘rajak edi.
Har kuni va har tun senga yuraklarimiz to‘la salomlar, hurmatlar bo‘lsin, ey Sevgilimizning sevikli qizi!..
Ummu Ayman va boshqa ba’zi ayollar Hazrati Fotimaning kelin uyini bezatishdi, ko‘rpalar to‘shashdi.
Nabiyyi akram janobimizning duolarini olib, yangi uylilar bir-birlariga qo‘shib qo‘yildi. Shundoq ham har jihatdan buyuk inson bo‘lgan Hazrati Ali endi Rasulullohning (s.a.v.) kuyovi va Hazrati Fotimaning eri bo‘lishdek ulkan bir sharafning ham sohibi bo‘lgan edi.
Oradan bir necha kun o‘tib, Bani Najjordan Horisa ibn Nu’mon yangi kelinkuyovlarga bir uy hadya etdi. Horisa bundan avval ham muhojir birodarlaridan bir qanchalariga bittadan uy hadya etishdek baxtga musharraf bo‘lgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:41:12
* * *
Musulmonlar Badrga yo‘l olishganida: «Balolarga giriftor bo‘lsin va bittasi ham qaytmasin», degan orzuda bo‘lgan yahudiylar mo‘minlarning tushlarda ko‘rganda ham toqat qilib bo‘lmaydigan darajadagi zafar bilan qaytishganini hech hazm etolmayotgan edilar. Buning natijasida ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keluvchi mojarolar chiqara boshlashdi. Ka’b ibn Ashraf bilan keksa shoir Abu Ofakning boshlariga tushgan kun ham ularni to‘xtatmagan, aksincha, yanada keskin vaziyat yuzaga kelgan edi.
Bir kuni Janobi Rasululloh (s.a.v.) do‘stlari bilan birga Bani Qaynuqo’ yahudiylari huzuriga bordilar va ularni to‘plab, xitob qildilar:
— Ey qaynuqoliklar! Ollohdan qo‘rqing! Qurayshning boshiga kelganiga o‘xshash bir intiqom sizlarning ham boshingizga kelishi mumkin. Mening Olloh yuborgan payg‘ambar ekanimni bilasiz, buni kitobingizda o‘qib turibsiz. Buning ustiga, Olloh taolo sizlardan menga ishonishingiz to‘g‘risida ahd ham olgan. Shunday ekan, Islom dinini qabul eting va o‘zlaringizni qutqaring! Ichlaridan biri so‘z oldi. Xo‘rozlangan bir ifoda ila
— Ey Muhammad, sen bizni o‘zingning qavming deb o‘ylayapsan. Harbdan, urushdan bexabar qavmga duch kelib, otni qamchilab kolay, deyishing seni aldab qo‘ygan bo‘lmasin. O’zingga kelib olishingni tavsiya etaman. Bordiyu sen bilan jang qilish majburiyatida qolsak, bizning qanday urushqoq ekanimizni pushaymonlik ichra ko‘rasan.
Janobi Rasululloh (s.a.v.) ortlariga qaytdilar. Odamlar bunday jur’atli, jasoratli so‘zlarni nimaga tayanib so‘zlayaptilar? Kimga ishonyaptilar. Holbuki, harbni tushunadigan, yaxshi urushadigan millat emas ular. Qolaversa, Kitoblaridan olgan bilimlari Janobi Rasulullohning (s.a.v.) bu ishni oxiriga yetkazajaklaridan, vazifani mukammal shaklda ato etajaklaridan darak berib turibdi. Bu ishlari bilib turib, o‘zlarini o‘limga va olovga tashlash bilan barobardir.
Janobimiz Madinaga qaytib kelganlarida Jabroili amin ham u zotga tablig‘ etish uchun Olloh taoloning ushbu farmonini keltirgan edi: «(Ey Muhammad,) kufr yo‘lini tutgan kimsalarga ayting: «Shakshubhasiz, (bu dunyoda) mag‘lub bo‘lasiz va (oxiratda) jahannamda to‘planajaksiz. Naqadar yomon joy u! (Ey yahudiylar,) sizlar uchun biri Olloh yo‘lida jang qilgan, ikkinchisi kofir bo‘lgan ikki guruh orasidagi to‘qnashuvda ibratli hodisa bo‘lgan edi. Ular (musulmonlar) o‘z ko‘zlari bilan (kofirlarning) ikki barobar ko‘p ekanini ko‘rib turar edilar. Olloh esa, O’zi istagan kishilarni g‘olib qilish bilan qo‘llabquvvatlaydi. Albatta, bu voqeada fikr egalari uchun ibrat bordir». (Oli Imron,12-13).
Bu oyat Qaynuqo’ yahudiylariga tablig‘ etildi. Ammo bir quloqlaridan kirib, ikkinchisidan chiqib ketdi go‘yo. Endi borabora surlashishgan, ipni uzadigan holga kelishgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:41:53
* * *
O’sha kunlari Qaynuqo’ yahudiylaridan bir zargarning do‘koniga bir musulmon xotin kirdi. Buyurtma bermoqchi edi. Zargar unga joy ko‘rsatdi, ishga kirishdi. Shu payt boshqa bir yahudiy sezdirmasdan do‘konga kirib, xotinning qo‘ylagi etagini yelkasiga ignatugma ila qadab qo‘ydi. O’zi bir chekkada turdi. Saldan keyin zargar ishni bitirgach, xotin taqinchoqlarini olib, endi o‘rnidan turmoqchi bo‘lganida... do‘konni qahqaha ovozlari tutib ketdi. Xotin sarosimada kulayotganlarga boqdi va o‘zi mazax qilinayotganini sezdi. Nomus kuchidan baqirib, yahudiylarni so‘ka boshladi.
Xotinning faryodi bozorda yurgan bir musulmonning qulog‘iga yetib, u chopib do‘konga keldi. Ahvolni tushunib, yahudiylarga tashlandi. Birini o‘ldirdi. Hammalari yigitning ustiga yopirilib, uni ham o‘ldirishdi.
Endi g‘isht kolipidan ko‘chgan edi.
Musulmonlar zudlik bilan bir lashkar tashkil etib, Rasululloh (s.a.v.) boshchiliklarida kelib, qaynuqoliklarni har tarafdan qamal qilib olishdi. Biror kimsani ichkari kiritishmadi, biror kimsani tashqari chiqarishmadi. Qamal o‘n besh kun davom etdi. Nihoyat, Kaynuqo’ yahudiylari taslim bo‘lishdan boshqa chora qolmaganini anglashdi.
O’zini musulmon qilib ko‘rsatadigan mashhur munofiq ibn Ubayy ibn Salul shoshib kelib, Janobi Rasulullohni (s.a.v.) izlab topdi.
— Yo Muhammad, mening do‘stlarimga ikrom va ehson qil, dedi.
Janobimiz uning bu taklifini javobsiz qoldirdilar. U so‘zlarini takrorladi, yana javob ololmadi. Endi qo‘lini Janobi Rasulullohning (s.a.v.) ko‘ylaklari ichiga sukdi. Sukarkan, uchinchi daf’a so‘radi.
Rasuli akram shunday asabiylashdilarki, atrofdagilar ham buni yaqqol sezishdi.
— Nadomatlar bo‘lsin senga, meni xoli qo‘y, — dedilar.
Ammo u munofiq ketadigan kayfiyatda emasdi. Yahudiylarning o‘ziga qilgan yaxshiliklarini aytar, ularga ham yaxshilik va ehson qilinishini istar, agar yahudiylarga yomonlik ko‘rsatilsa, boshlariga bir balo sotib olishlarini tinmay javrar edi.
Nihoyat, Rasululloh istamaygina u yerdan ketdilar. Ammo ularni Madinadan chiqarib yuborishni buyurdilar. Bu sirada yana oyati karima indirildi. Unda bunday deyilardi: «Ey mo‘minlar, yahudiylar va nasroniylarni do‘st tutmangiz! Ularning ba’zilari ba’zilariga do‘stdirlar. Sizlardan kim ularga do‘st bo‘lsa, bas, u o‘shalardandir. Albatta, Olloh zolim qavmni hidoyat qilmas. Bas, siz dillarida maraz bo‘lgan kimsalar: «Bizga biron balo yetishidan qo‘rqamiz», degan hollarida ular (kofirlar) tomonga shoshayotganlarini ko‘rasiz. Shoyad Olloh musulmonlarga g‘alaba bersa yoki O’z huzuridan (bu munofiq kimsalarni sharmanda qiladigan) biron ishni keltirib, ular ichlarida yashirgan narsalariga nadomat qiluvchilarga aylanib qolsalar». (Moida, 51-52)
Bu oyatlar tushgan paytda Qaynuqo’ yahudiylari afvini tilab, ular nomidan iltimos bilan kelmoqchi bo‘lib turgan Uboda ibn Somit Rasululloh (s.a.v.) hazratlarini topib, uzrma’zur tiladi, nima qilmoqchi bo‘lganini, endi o‘sha niyatidan voz kechganini aytdi.
Orada yahudiylardan bir necha kishi Uboda huzuriga kelib:
— Sen bizning ittifoqchimiz eding, bizga bugun yordam bermasang, kachon yordaming tegadi? — deyishdi.
Uboda ularga yangi tushgan oyatlarni o‘qib berdi. So‘ngra endi bu ittifoqning davom etmasligini, agar ular bilan do‘st bo‘lsa, Ollohning va rasulining do‘stligini yo‘qotib qo‘yishini tushuntirdi. Oxirida bunday dedi:
— Menga Ollohning va rasulining do‘stligi kerak. Bu do‘stlikni hech bir narsaga alishmayman. Bu yo‘lda hamma narsadan ayrilishimni bilsam ham, natija o‘zgarmaydi!
Undan endi foyda chiqmasligini anglagan yahudiylar bu gal Abdulloh ibn Ubayy ibn Salulni o‘rtaga qo‘ymoqchi bo‘lishdi. Tushgan oyatlar bilan u uncha hisoblashib o‘tirmasdi. Uboda shu damgacha yahudiylarga ittifoqdosh bo‘lib kelgani tufayli bir kun emas bir kun boshiga balo tushishi mumkinligidan qo‘rquvda kechalari uyqusi qochib chiqsa, Ibn Ubayy yahudiylarni qanday qutqarish dardiga mubtalo bo‘lib, fikrizikri shu bilan band edi. Qalbi avvaldan ular bilan bir va doimo bir bo‘lib qolajak, hech qachon musulmonlarga nisbatan sevgi qalbidan o‘rin olmayajak.
U yana keldi. Yana Rasulullohni rohatsiz etajak, yahudiylarni Madinada qoldirish choralarini axtarajak.
Janobimiz o‘tirgan uyning eshigida Uvaym ibn Saidaga duch keldi.
— Yo‘l bo‘lsin, ey Ibn Salul? — deb so‘radi Uvaym undan.
— Muhammadda gapim bor edi.
— Bu gal u zotni bezovta qilishingga ruxsat bermayman, ey Ibn Salul!.. Vaqt borida g‘azabimni qo‘zg‘otmasdan bu yerdan ket.
Uning jahli chiqdi. Ibn Ubayydek bir odamga bunday muomala qilishga kimning haddi sig‘adi?.. G’azabli nigoh tashladi: «Yo‘limdan qoch!» demoqchi bo‘ldi. Uvaymni yo‘ldan qochirishga shu qarashimning o‘zi kifoya degan ishonchda olg‘a bosdi. Ammo Uvaym uni qattiq itarib yubordi. Ibn Ubayy yuzi bilan devorga urildi. Qon chiqib, soqoliga siza boshladi. Uning bu holini yahudiylar ham ko‘rishdi va endi ish bitganini anglab yetishdi. Ibn Ubayy bu holga tushirildimi, ortiq Madinada orqa qilsa bo‘ladigan odam qolmaganini tushunishdi.
Ibn Ubayy o‘zini salpal o‘nglab oldida, kin va nafrat to‘la ovozda:
— Menday bir odamgaya?.. Balolar bo‘lsin sizlarga! — deya bu yerdan ketdi.
Nabiyyi akram (s.a.v.) hazratlari Qaynuqo’ yahudiylariga Madinadan uch kun ichida chiqib ketishni amr qildilar. Zinhor hazili yo‘q edi bu amrning. Yahudiylar qisqa vaqt ichida hozirlik ko‘rishdi. O’zlari chiqargan fitna va fasod tufayli pushaymon bo‘labo‘la shaharni tashlab chiqib ketishdi. Orqalarida ularning haydalishidan rozi bo‘lmagan bir qism munofiqlar hamda ikki yahudiy qabilasi — Bani Nazir va Bani Qurayza qoldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:42:23
* * *
Makka...
Abu Sufyon Badr uchun to musulmonlardan intiqom olmagunicha xushbo‘y sepmaslik va xotin bilan yotmaslik to‘g‘risidagi qasamida davom etardi. Badrda asir tushgan o‘g‘li Xanzalani yo‘lini topnb, fidya to‘lamasdan qutqardi. Ya’ni, Makkaga umra ziyoratiga kelgan bir keksa musulmonni ushlab hibs etdi va to o‘g‘li kelmagunicha uni qamoqda tutib turishini bildirib, masalani shu tariqa hal etdi.
Qani endi ushoqcha bo‘lsa ham intiqom olishning yo‘li topilsaydi!.. Hech bo‘lmasa, Badrdan beri davom etib kslayotgan bekorchi hayotiga chek qo‘yishni istardi. Keyin shu dardda yurganlardan ikki yuz nafarlik bir kuch to‘pladida, Madina sari yo‘l oldi. Orada uch milcha masofa qolganida qo‘nishdi.
Abu Sufyon sheriklarini o‘sha yerga qo‘yib, yolg‘iz o‘zi Madinaga jo‘nadi. Bani Nazir yahudiylariga keldi. Salom ibn Mishkamning uyida mehmon bo‘ldi. Unga izzat-ikromlar ko‘rsatildi. Hamdard edilar, umumiy dushmanlari xususida gaplashishdi. Abu Sufyon Janobi Rasulullohning (s.a.v.) Madinadagi xolatlari haqida ma’lumot oldi. Bu ma’lumotlar ham uning aftini burishtirdi, ham yonayotgan yuragiga suv sepdi. Bir tomondan, Hazrati Rasululloh Madinada tobora kuchayib borayotganlarini, Islom dini yoyilganini eshitib, g‘ami va andishasi yanada ortgan bo‘lsa, bunga muqobil, hamon yahudiylarga ta’sir etisholmaganini, oradagi dushmanlik har kun bir odimdan ortib borayotganini bilib, ozmiko‘pmi farahlik tuydi. Zotan, yahudiylarning qalblari ham islomiyat bilan isinib qolishidan va bugungi holidayam mag‘lub etolmagan dushmanining kattakatta kuchga ega bo‘lib olishidan qo‘rqardi.
Shu kecha sheriklarining oldiga qaytdi. Tongda bir necha kishini Urayz degan joyga yubordi. Ular kelib, atrofi devorlar bilan o‘ralgan bir xurmozorga o‘t qo‘yib yuborishdi. Bog‘ egasini va o‘sha yerdagi kishini o‘ldirishdi. So‘ngra tez Abu Sufyonnning yoniga qaytishdi. Ortiq bu yerda bir soniya ham qolishning imkoni yo‘q edi. Intiqom olindi xisob. Darhol harakat amrini berdi. Xabar yetib borsa, orqalaridan tushilishi aniq edi.
Ayni onda ortlaridan hech kim quvlamayotgan bo‘lsa ham, yashin tezligida qochib qolishdi.
Nabiylar sarvari (s.a.v.) janobimiz voqeadan xabardor bo‘lgan zahotlari Abu Lubobani Madinaga vakil etib qoldirib, yon-atroflaridagi bor odam bilan izga tushdilar. Lekin Abu Sufyon anchagina yo‘l bosib qo‘ygan edi. O’yfikri madinaliklar yetib olmasidan burun tezroq Haram hududiga kirib olish edi.
Ta’qib etuvchilar jadal kelisharkan, bir joyda kimdir hayrat to‘la ovozda:
 Anavi qopga qaranglar! — deb yubordi.
Yo‘l chetidagi qop ularga g‘aroyib ko‘rindi. Otdan tushib, ochib ko‘rishdi. Ichida qovurilgan un bor edi. Bunaqa unni «sevik» deyishardi.
— Qo‘yinglar uni, ishimizni qilaylik.
Ta’qib davom etdi. Sal yurganlaridan keyin ikkinchi, so‘ng uchinchi qoplarga duch kelishdi. Masala anglashildi. Abu Sufyon tuyalar tezroq yursin deb yemakka xozirlangan seviklarini yo‘llarga tashlab ketgan edi. Ular yana bir maqsadni — orqadan kelayotganlarni birmuncha muddat qoplar bilan ovora qilishni va o‘zlari yanada uzoqlashib olishni ko‘zlashgan ko‘rinadi.
Qarqaratul Qudrgacha ta’qib etib borishdi, so‘ng Rasululloh (s.a.v.) to‘xtashga amr berdilar. Yetolmagan bo‘lishsa ham, ammolekin ularni xo‘b qo‘rqitishgani aniq edi.
Qaytishda ta’qibchilardan biri:
— Ey Ollohning payg‘ambari, bu yurishimiz biz uchun g‘azot o‘rniga o‘tadimi? Bundan ajr va mukofot olamizmi? — deb so‘rab qoldi.
— Ha, — deb marhamat qildilar Rasuli akram (s.a.v.).
Hech bir to‘qnashuvsiz kechgan bu ta’qib yo‘lda yotgan unlar nomi bilan «Sevik g‘azoti» deb ataldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:43:00
* * *
Ubayy ibn Ka’b ashob orasida Qur’onni eng yaxshi biladiganlardan edi. Nabiyyi akram (s.a.v.) xazratlarining taqdirlashlariga sazovor bo‘lgan, Qur’on o‘rganmoqchi bo‘lganlar ustun qo‘yishlari lozim sanalgan to‘rt kishidan biri sifatida ko‘rsatilgan edi. Qolgan uch do‘sti Abdulloh ibn Mas’ud, Muoz ibn Jabal va Abu Huzayfaning ozod etilgan quli Salim edilar.
Ubayy bir kuni masjidda yolg‘iz o‘zi Olloh rizosi uchun namoz o‘qimokda edi, chaqirib kolishdi:
— Ey Ubayy ibn Ka’b!
U paytlari hali namozda o‘ngso‘lga qarash ayb sanalmas edi. Muhim ehtiyoj yuzaga kelsa, ba’zan namozda gaplashishar, hatto salom berilsa, alik olishar edi. Ubayy o‘zi juda yaxshi taniydigan, hurmat tuyadigan bu ovoz egasiga qayrilib qaradi, ammo namozini buzmadi. Tugatib, o‘rnidan turdi va ehtirom ila yonlariga bordi.
— Amringizga muntazirman, ey Ollohning rasuli, — dedi.
— Birinchi chaqirig‘imni eshitmadingmi?
—   Eshitdim, ey Ollohning payg‘ambari, lekin namoz o‘qiyotgan edim.
«Ey imon keltirganlar, Olloh va rasuli sizni sizga hayot beradigan narsalarga chorlaganida, ularga ijobat qiling!..»  (Anfol, 24.) oyatini sen bilmaysanmi, ey Ka’b.
—   Bilaman, yo Rasululloh, bunday xatoga ikkinchi yo‘l qo‘ymayman.
Namoz o‘qilayotgan bo‘lsa ham, agar Sarvari anbiyo chorlab qolsalar, kechiktirmasdan itoat etish lozimligini Ubayy shu tariqa o‘rganib oldi. Rasululloh (s.a.v.) hazratlari uning namoz o‘qiyotganini bilaturib chaqirdilarmi, bunda buyuk bir hikmat borligini u o‘ylashi lozim edi. Chunki Olloh taolo nomidan namozga buyurgan va eng buyuk ibodat namoz ekanini ta’lim bergan Janobimiz o‘zlari yaxshi ko‘rgan bir do‘stlarini bekordanbekorga chaqirmasdilar, axir.
— Kur’onning eng buyuk surasini bu masjiddan chiqmasdan senga o‘rgatishimni xohlarmiding? — dedilar Rasuli kibriyo (s.a.v.).
— Albatta, yo Rasululloh!
Janobimiz Ubayyning ko‘lidan tutdilar, suhbatla
shib, masjid eshigi sari boshladilar. Ubayy bunday baxtli onning uzoq davom etishini orzu qilganidan, odimlarini yanada sekinlatgisi kelardi. Faxri koinot (s.a.v.) esa, go‘yo takliflarini unutganday edilar. Ubayy qarasa, masjiddan chiqib ketib qolishadi. Eshikning yoniginasiga kelganlarida, nozik bir harakat ila Sultoni anbiyoni to‘xtatdi.
— Masjiddan chiqmasdan Qur’onning eng buyuk surasini o‘rgatishni va’da qilgan edingiz, ey Ollohning rasuli, — dedi.
Nurli yuzda bir paytda ham mayin tabassum, ham takdirlash alomatlari zohir bo‘ldi.
— Namozda nimani o‘qiysan? — deb so‘radilar.
—   Fotiha surasini o‘qiyman, ey Ollohning payg‘ambari.
—   Qur’onning eng buyuk surasi shudir, ey Ubayy. Olloh taolo bu sura kabi shonli bir surani Zaburda ham, Tavrotda ham, Injilda ham, hatto Qur’onda ham nozil etgan emasdir. U har namozda takrorlanishi lozim bo‘lgan eng ahamiyatli suradir.
Ubayyning xursandligini hech bir narsa bilan o‘lchab bo‘lmasdi. Nabiylar Sarvarining (s.a.v.) qo‘llarini tutib, yerda yuryaptimi yo ko‘kda uchyaptimi, bilmas darajada ustun bir ma’naviy quvonch, qoniqish va lazzat tuygan, xuddi jannat bog‘larida kezayotgandek his etar edi o‘zini. Qur’on ichida eng qiymatli sura Fotiha surasi ekanining haqiqati anglatilgani bir shodlik bo‘lsa, uni ana shu Qur’onning tablig‘iga ma’mur Rasuli karim (s.a.v.) yetkazganlari Ubayy uchun qo‘sha shodlik edi.
Bundan buyon Ubayy namozlarida bu surani o‘kiyotganida va yo Rasuli kibriyo janobimizning og‘izlaridan eshitayotganida o‘zini ayricha bir xotiraning ostonalarida ko‘rajak va doim o‘sha onning xayolila mast bo‘lajak edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:44:33
* * *
Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) Bani Sa’laba «Zu Amarr» degan joyda to‘ilanayotganini, Madinaga bosqin qilishga hozirlanayotganini eshitdilar. Darhol lashkarni yig‘ishga buyurdilar. To‘rt yuz ellik kishi to‘plandi.
Hazrati Ruqayyaga qarayman deb Badrda ishtiroq etolmagan Usmon ibn Affon bu daf’a yana Madinada qolishga majbur bo‘ldi. Janobimiz uni to qaytib kelguncha o‘rinlariga vakil qilib tayinladilar.
Lashkar qo‘zg‘aldi. Zu Amarrga yaqinlashganda Jabbor ismli kishini tutib olishdi. Jabbor musulmon bo‘ldi va mo‘minlar lashkarini Bani Sa’laba to‘plangan joygacha boshlab bordi. Ammo musulmonlar kelayoltanidan xabar topgan odamlar tarqab, tog‘ tepalariga chiqib ketibdi. Xatto baland tepalarda yurganlari ham ko‘rinib turardi.
Lashkar shu yerga qo‘ndi. Lekin sel kabi bir yomg‘ir yog‘ib, kiyimlarini shalabbo qilib yubordi. Rasuli akram hech kimning ko‘zi tushmaydigan bir chetga o‘tib, ustlarini yechdilar, yaxshilab siqib, yoyib qo‘ydilar. So‘ngra o‘sha atrofga yonboshlab, bir oz tin ola boshladilar. Saldan keyin uxlab koldilar.
Tepadan kuzatib turganlar g‘atafonliklar ichida eng jasur yigitlaridan xisoblangan biriga:
— Ey Du’sur, senday bir yigitga bunaqa fursat har doim ham kelavermaydi, — deyishdi.
Du’sur javob bermadi, ammo bu maqtovdan jazavalanib, ko‘zi va qo‘li qilich axtarib qoldi. Bittasini shartta oldiyu pastga ena boshladi.
Oradan hech qancha o‘tmay, u shaytoniy bir iljayish bilan Payg‘ambari zishonning (s.a.v.) tepalarida turardi. Hazilakam gapmi, oyog‘i ostida yotgan bu odam lashkar qo‘mondoni edi!
—   Ko‘zlaringni och, ko‘raylik, ey oshna! — dedi istehzo bilan. Rasululloh uyg‘onib ketdilar. Shundoq boshlari ustida qo‘lda qilich yalang‘ochlagan holda bir odam turardi.
—   Shu onda seni mening qo‘limdan kim qutqara oladi? — dedi u odam pishillab.
Keskin bir tarzda:
— Olloh! — deb javob qildilar Rasuli akram. «Ollohim, meni bu odamning sharridan asra!»  deb iltijo etdilar.
Du’sur titrab ketdi, qo‘lidan qilichini tushirib yubordi. Rasululloh (s.a.v.) uzanib qilichni qo‘lga oldilar, o‘rinlaridan turdilar va:
— Endi seni mening qo‘limdan kim qutqara oladi? — dedilar.
Ikki-uch soniya ichida ish bu qadar chappasiga aylanganidan Du’sur dong qotdi. Hozirgina Janobimizni yaxshigina tuzoqqa tushirganiga amin edi. Qo‘lidan chiqarish niyati ham yo‘q edi. Bunaqa ishlarda uning rosa tajribali ekanini hamma bilardi, qadrlardi. Bularga qaramay, xozir uning o‘zi qo‘lga tushib o‘tiribdi.
— Meni kechirsang, ikkinchi senga qarshi urushmayman, — deb rijo qildi.
Sultoni anbiyo janoblari unga Islom dinini kabul etishni taklif qildilar. Du’sur shahodat kalimalarini aytib, musulmon bo‘ldi. Hazrati Payg‘ambar do‘stlarini chaqirdilar. Kelishdi. Vaziyatni anglatdilar. So‘ngra Du’surga izn berildi, sheriklarining yoniga ketdi. Qilichi yana unga kaytarib berilgan edi.
Butun bo‘lib o‘tgan bu xodisalarni tepadan qiziqib kuzatib turishardi. Maqsadni amalga oshirolmay qaytib kelgan Du’surni malomat bilan qarshilashdi.
—   Xayf senga, ey Du’sur. Shuniyam eplayolmading. Holbuki, sendan umidimiz katta edi.
—   Undan ham katta ish qildim, — dedi javoban Du’sur.
—   Ha, avval unga qilichingni taslim etding, keyin bu yoqqa hayoti bag‘ishlangan odam sifatida qaytib kelding, shumi? Yo yana biror gaping bormi?
— Albatta bor... Men uning qarshisiga chiqib: «Ko‘limdan seni kim qutqaradi?»  dedim. U faqat «Olloh»  deb javob qildi. Shu payt xaybatli bir odam paydo bo‘lib, ko‘ksimga musht tushirdi. Qo‘limdan qilich uchib ketdi. O’zimni o‘nglab, bunday qarasam, endi qarshimda u turardi. Qo‘lida men tushirib yuborgan qilich. Ammo ko‘ksimga kim urganini bilmayman. U yerga borganimda yo‘q edi, urganidan keyin yana yo‘q bo‘lib qoldi.
— Ko‘zingga ko‘ringandir, — deyishdi ishonmay.
— Mening o‘rnimda bo‘lganlaringda bunaqa demas edinglar. Qolaversa, men uning dinini qabul qilib keldim. Aqllaringiz bo‘lsa, unga qarshi chiqish xavasidan voz kechinglar. Mening gapim shu, — dedi Du’sur.
Shu tariqa Rasululloh (s.a.v.) hazratimiz bu gal ham urush qilmasdan Madinaga qaytib ketdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:45:27
* * *
...Hazrati Usmon (r.a.) Ruqayyaning vafotiga hech ko‘nikolmasdi. Teztez qabri boshiga borib turar, u yerdan mahzun qaytishlarini do‘stlari ko‘rishar edi.
Bir kuni uni bu ahvolda Hazrati Umar (r.a.) uchratdi.
— G’amingni aritadigan bir chora topishimizni istaysanmi, ey Usmon? — dedi u.
—   Qanday chora ekan?
—   Qizim Hafsani senga nikohlab beraman.
Usmonning ko‘zlari bug‘landi, so‘ng Ruqayyaning xayoli jonlandi. Tuproqqa berganiga to‘qqiz oy bo‘libdi, ammo hanuz kalbida yashardi, umrining oxirigacha aziz xotira bo‘lib qolishi muqarrar edi.
Hafsani yaqindan tanimasdi. Uning ustiga, Ruqayyaday bir xotin bo‘sh qoldirgan joyni kim to‘ldira olardi?..
—   Birikki kun o‘ylab ko‘rsam... — dedi.
—   Albatta.
Hazrati Umar musulmon bo‘lmasidan avvalgi xolida ham mard inson sifatida tanilgan edi. Hazrati Usmonday toza, durust, yaxshiliksevar bir odamga kizini taklif etarkan, Hafsaga yaxshi bir er topgangina bo‘lmasdi. Usmon ham boshqalar topa olmaydigan bir qayinota topar, qizi Hafsa ham Usmonga yarashgulik xotin bo‘lar edi. Shu tariqa, bir jihatdan, Usmonning dardi yengillashsa, ikkinchi jihatdan, baxtli bir oila vujudga kelar edi.
Ikki kun o‘tgach, Usmon javobini aytdi:
—   Hozir uylanish ko‘nglimga sig‘may turibdi. Umar ham qistamadi.
—   Uzing bilasan, ey Usmon, — dedi ko‘ydi.
O’sha kunlari Sultoni anbiyo (s.a.v.) Hazrati Abu Bakr (r.a.) bilan bir masalada yashirin maslaxat qildilar. Bunday xos maslahatlarda doim ishtiroq etadigan uchinchi shaxs — Hazrati Umar (r.a.) bu gal yo‘q edi. Maslahat nima ustida bo‘lgani keyinroq bilindi...
Oradan bir necha kun o‘tdi. Hazrati Usmondan mujmal javob olgan Hazrati Umar Hazrati Abu Bakrning oldiga bordi.
— Qizim Hafsani sening nikohingga bersam, nima deysan, ey Abu Bakr? — deb so‘radi.
Hazrati Abu Bakrning ko‘zlari yerga indi. Bo‘ladi yo bo‘lmaydi ham demadi.
Hazrati Umar birodari sukutining ma’nosini tushundi. Yuragi siqildi. Bunday hol uning tabiatiga uyg‘un emasdi. To‘g‘rini to‘g‘ri, egrini egri deb o‘rgangan o‘zi bunday bir taklif qarshisida qolsa, «Mayli, men roziman» derdi yoki «Yo‘q, uylanmayman», deb javob bergan bo‘lardi. Uning bu ishdan ko‘zlagan yagona maqsadi — g‘oyat samimiy do‘stlari bilan yanada yaqinlik hosil qilish edi. Bo‘lmasa, qaysi ota kelib, qizimni senga nikohlab beray, deydi?!
Usmon qabul etmadi bu taklifni. Rasulullohning qizi o‘rnini kim bosa olardi, desa, Umar uni haqli deb biladi, ammo Abu Bakrga nima bo‘ldi? Hech bo‘lmasa, samimiyat bilan ham: «Sening qizingni olmayman», deyishi kerak ediku, axir.
Oradan sukutli, uzoq emas, ammo har ikkisi uchun uzoq tuyulgan bir vaqt o‘tdi. Hazrati Umar xafa bo‘lgani aniq bilinib turgan alfozda u yerni tark etdi. Orkasidan Abu Bakr «To‘xta, ey Umar, seni xafa qilmoqchi emasman», demadi.
Ha, Abu Bakr bunday demadi, ammo kattiqqattik kadamlar bosib ketayotgan bu mard insonning ortidan mamnuniyat ila boqib qolarkan: «Shukr qil, Rasululloh menga fikrlarini ochdilar. Yo‘qsa, bu yerdan xursand chiqar edingu, lekin buyuk bir sharafni ko‘ldan boy bergan bo‘larding, ey Umar!» deya shivirlab qoldi.
Buyuk Umar bu gal chindan ham xafa bo‘lgan edi. Samimiyat tuyg‘ulari ila yaxshilikni o‘ylagan edi, biroq kutganiga erishmadi. Bu holda unga tasalli bera oladigan birgina zot bor edi. Umar o‘sha zotning huzuriga bordi.
— Yo Rasululloh! Hunaysning vafotidan keyin qizim Hafsa tul qolgan. Uni Usmonga taklif etdim, kabul qilmadi. Keyin Abu Bakrga tavsiya etdim, javob ham bermadi, — dedi uzilib.
Rasululloh janobimiz kulimsiradilar.
— Xafa bo‘lma, ey Umar, Olloh Usmonga sening qizingdan ham xayrli bir xotin, senga Usmondan ham xayrli bir kuyov berdi. — dedilar.
Butun xafagarchilik bir onda tarqaldi ketdi. Va hammasi tushunarli bo‘ldi.
Hazrati Umar bunday bir saodatni «O’ylab ko‘raychi», deb qarshilaydigan inson emasdi. Janobi Rasulullohga qizi Hafsa tugul, jonini berishga ham tayyor edi.
Shu tariqa bir necha oydan beri «Badr shahidining tul xotini» bo‘lgan Hafsa kutilmagan bir saodatning ostonosida ko‘rdi o‘zini...
Bu yokda O’smon ham Ruqayyadan bo‘shagan o‘rinni Hazrati Rasulullohning (s.a.v.) ikkinchi qizlari Ummu Gulsum egallashini eshitib, mahzunligi sevinchga aylandi. Shu zahoti ko‘nglidan: «Xayriyat, Umarning taklifini qabul qilmabman», degan o‘y o‘tdi...
Hazrati Abu Bakr ham endi Hazrati Umarga ochiq gapirsa bo‘ladi.
—   Ehtimol, o‘sha kuni mendan jahling chikkandira, ey Umar? — deb so‘radi.
—   Ha, sendan ranjigan edim. Hech bo‘lmasa, manfiy javob ham bermadingda, ey Abu Bakr.
— Agar Rasululloh janobimizning Hafsani sendan so‘rash niyatlarini bilmaganimda, bu taklifingga jon-jon deb rozi bo‘lardim. Hazratimiz og‘iz ochmasalar, men talabgor bo‘lardim. Lekin o‘shanda kiziigni Payg‘ambar (alayhissalom) so‘rash niyatidalar, deb ham aytolmasdim. Endi meni ma’zur ko‘rasanmi, ey Umar? Masala butkul hal bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:46:20
* * *
Hijratning uchinchi yili rabiulavval oyida Usmon ibn Affon Rasulullohning (s.a.v.) nur yuzli qizlari Ummu Gulsumga uylandi.
Ruqayyaga o‘talgan maxr aynan Ummu Gulsumga ham berildi. Bu bilan Janobimiz ikki opa-singil orasida farq ajratmagailarini ham anglatdilar go‘yo. Usmon avval Ruqayya tufayli «Zinnur» (Nur egasi) degan nom olgan bo‘lsa, endi «Zinnurayn» (Ikki nur egasi) bo‘ldi. Ummu Gulsum o‘n yilcha avval amakisi Abu Lahabning o‘g‘liga bo‘lishib qo‘yilganida Ollohning bir ikromi tufayli ulardan qutulgan, otasining uyida, uning tarbiyasi ostida o‘sgan edi. Otasi tortgan azoblarga sherik bo‘ldi. Opa-singillari orasida otasiga eng ko‘p xizmat qilgani ham u edi. Chunki opalari Zaynab bilan Ruqayya turmushga chiqib ketishgan, Fotima esa, payg‘ambarlikning ilk yillarida hali yosh qizcha edi. Bu sababdan Makka davrida Rasulullohning (s.a.v.) doimo yonlarida, doimo birga shu qizlari Ummu Gulsum bo‘ldi, sevikli otaning hamdardhamkori bo‘lish sharafiga eng ko‘p u erishdi.
Endi kelin bo‘ldi. Opasi qurgan uyni davom ettirish vazifasi zimmasiga tushdi. Bu uyda har qadamda opasining bir xotirasiga duch kelajak, uyidagi ashyoning hammasi unga: «Meni bir vaqtlar sevgili opang ham ishlatgandir», deyajak edi. Tasalli beradigan bir tarafi shu ediki, sag‘ir yoshida yetim qolgan jiyani Abdullohga endi begona ayol emas, o‘zi onalik kiladi, uni yetimlik iztiroblaridan kuchi yetgan qadar uzoq tutadi.
Usmon ibn Affon xushko‘rinishli, vafokor, takdirtahsinga loyiq bir inson edi. Aks holda, Payg‘ambar xazratlari (s.a.v.) ikkinchi marta uni kuyov qilib tanlarmidilar?! Ummu Gulsum bo‘lg‘usi yostikdoshining axloqi chiroyli ekanini opasi Ruqayyadan ko‘p eshitgan, o‘zi ham yaqindan ko‘rgan, tanigan edi.
Ummu Gulsum ota uyini mana shunday tuyg‘ular ostida tark etdi. Usmon ibn Affonning uyiga kelib, jiyani Abdullohni bag‘riga bosdi, yonoqlaridan o‘pdi va:
— Bugundan e’tiboran onang men bo‘laman, — dedi.
Usmonning uyida ikkinchi nur tarala boshladi. Saodat toji ikkinchi marta boshiga qo‘ndi. Endi butkul bitmasa kerak deb o‘ylagan qalb yarasi bundan keyin shifo tonajak, ayni choqda, ko‘p vaqtlar unga, jannat bog‘larida yuribman, deb o‘ylatadigan darajada baxt ato etgan Ruqayya ham aziz bir xotira o‘laroq yashayajak edi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:47:29
* * *
Makka...
Qurayshiylar tijorat qilmasdan turolmasdi. Ammo endi ancha cho‘chib qolishgan, bunday safarga chiqishga avvalgiday jasoratlari yetishmas edi. To‘planishdi, maslaxatlashishdi. Nihoyat, Asvad ibn Muttalibning tavsiyasiga ko‘ra, Najid cho‘li orqali borib kelishga qaror qilishdi. Karvonning bu yo‘ldan o‘tishi Muhammadning va asxobining xayoliga ham kelmaydi. Bir necha sherik o‘rtada tashkil qilgan katta sarmoyali karvon Safvon ibn Umayya amri ostida yo‘lga tushdi.
Mushriklardan Nuaym ibn Mas’ud bir ish bilan yashirincha Madinaga kelib, yahudiylardan Kinona ibn Abu Xuqoyqning mexmoni bo‘lgan edi. Kechasi o‘tirishdi. Qo‘shnilar, tanishbilishlar to‘planishib, icha boshlashdi. Bu ichkilik dasturxonida mo‘minlardan Salit ibn No‘‘mon ham bor edi.
O’tirganlar birinketin bo‘shatilgan qadahlardan rosa mast bo‘lgach, tillardagi tushov xiyla bo‘shaldi. Nuaym Makka haqida so‘zladi. Safvon ibn Umayya yetakchiligida yo‘lga chiqarilgan karvon haqida butun tafsilotlari bilan tilidan bol tomizdirib so‘zlab berdi. «Makkadan yo‘lga chiqqan karvon» xabari o‘tirganlardan Salit ibn No‘‘monning hushini joyiga keltirdi. Qo‘lidagi qadahni qo‘yib, diqqat bilan quloq sola boshladi.
Nuaym mastlikdan kelayotgan nash’a ichida chiroyli bir suhbat bo‘layotganini bilib turar, ammo so‘zlarining oxiri qaerga borajagini hech o‘ylamas edi.
Salit eshitganlarini unutib qo‘yishdan cho‘chib, endi ichkilikdan tiyildi. Yana bir oz suhbat davom etib, keyin o‘tirish tarqaldi. Salit uyiga jo‘narkan, bir joyga yetganida hech kimga bildirmay yo‘lni boshqa yoqqa soldi. Tez orada u Janobi Rasulullohning (s.a.v.) eshiklari tagida turardi. Eshitganlarini oqizmaytomizmay yetkazdi.
Erta tongda qilingan birinchi ish Zayd ibn Horisa amirligida to‘plangan yuz kishini tez yo‘lga chiqarish bo‘ldi. Ular qaerga, nima uchun ketganini hech kim bilmay ham qoldi. Jumadil oxir oyi tugab borayotgan kunlar edi. «Qorda suvi» deb ataladigan joyga qo‘ngan Quraysh karvonidagilar uzoqda ko‘tarilgan changto‘zon nimaga dalolat etishini oldiniga anglashmadi. Kim biladi kimligini, deyishdiqo‘yishdi. Ko‘ringandan qochaveri1nsa, uylarini topolmay qolishadiku bunaqada.
Ammo oradan kechgan qiska vaqt qo‘llarini pushaymonlikda peshonalariga urishlariga sabab bo‘ldi. Kelayotganlar begona emasdi, Badrda urushishgan yigitlar edi ular. Endi karvonni qutqarish amrimahol. Badrda kuchlar birga uch bo‘laturib yengilishgan edi, bu gal ular ikki barobar ko‘p. Qarshilik ko‘rsatish o‘limni oldindan bo‘yinga olish bilan barobar. Shu bois «Molmi, jonmi?» mavzuida qisqacha muhokama qilib olishdi, hammalari bir ovozdan Makka yo‘lini tutishni ma’qul ko‘rishdi. Qo‘lga ilinganini olib qocha boshlashdi.
Hech kimning burni ham qonamadi. Mushriklardan G’urot ibn Hayyon asir olindi, qolganlariga yetish imkoni yo‘q edi. Karvon esa qanday bo‘lsa, shundayligicha Madinaga haydab ketildi.
Janobi Rasululloh (s.a.v.) karvonning beshdan birini ayirdilar. Qiymati yigirma ming dirham turardi. Demak, hammasi u yoqbu yog‘i bilan yuz ming dirhamlik mol edi. Ajratilgan beshdan bir qism Janobi Rasulullohning (s.a.v.) oilalariga, yaqinlariga, yetimlarga, faqirlarga va yo‘lda qolganlarga tarqatildi.
Ish shunday bo‘ldiki, xuddi Safvon ibn Umayyaga bu karvonni Zayd boshchiligidagi musulmonlar guruhiga oborib topshirish vazifasi yuklanganu u vazifasini esonomon uddalagandek. Endi xotirjam Makkaga qaytsa bo‘ladi. Shunday qildi ham. Zotan, bundan boshqa nima qila olardi.
Hali Badr alami arimay turib bu karvonning qo‘ldan chiqishi yara ustiga sepilgan qalampirtuz bo‘ldi. Endi chidab bo‘lmaydi, endi tezda nimadir qilish lozim.
Badrdan oldin Abu Sufyon keltirgan karvondan tushgan daromadni o‘ch olish uchun ishlatishga qaror qilishgani bois hozirgacha saqlab turishgan edi. Qabilamaqabila yurib, musulmonlarga qarshi jang uchun yordam so‘rashga kelishishdi. Atrofda zo‘r tashviqot boshlandi. Biroq shoir Abu Azza ovoz chiqarmas, go‘yo og‘zini pichoq bilan ham ochib bo‘lmas edi. Sen ham ubu narsa de, kabilida qilingan takliflarga javoban «Muhammadga so‘z berdim, hayotimni tilimni tiyish evaziga qutqardim», der, so‘zida turar edi. Nihoyat, Safvon ibn Umayya bilan Jubayr ibn Mut’imning qaytaqayta iltimoslari, kelajakda ba’zi ehtiyojlarini qoplash va’dalari qarshisida sindi, xo‘p dedi. U ham qabilamaqabila yura boshladi.
Bu galgi hozirlik Badr tayyorgarligiga o‘xshamasdi. O’lim bor, qaytish yo‘q, degan qat’iy yo‘riq asosida hozirlik ko‘rishar, albatta bir natijaga erishajaklariga ishonishar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:48:40
* * *
Bomdod namozidan keyin Nabiylar Sultoni (s.a.v.) o‘zlariga yo‘nalgan nigohlarda bir suhbat sog‘inchini tuydilar:
— Ey insonlar! Yomonliklarni tark eting, Rabbingizning yo‘liga qayting, tavba qiling. Ollohning mag‘firatini tilang. Men ham kunda yuz daf’a Ollohga tavba qilaman, — deya so‘z boshladilar.
O’tirganlar bu ifodalarni ko‘ngil olamlariga muhrlab qo‘yishdi. Kelajakdan qo‘rquvi va xavfi bo‘lmagan Buyuk Payg‘ambar yuz daf’a tavba etsa, bizlarning sho‘rimiz quribdi, degan xayollarga borishdi.
— Barcha inson xato qiladi, xato qilganlarning engxayrlisi esa, xatolaridan kaytgan va Ollohga tavba etganlaridir.
Demak, inson xato kilganidan ko‘ra ko‘proq xatodan tavba etmagani uchun azobga yo‘liqadi. Hech xato qilmaslik insonlik ishi emas. Hatto Olloh taolo qulining xatosiz ekaniga emas, xato qilganidan keyin tavba etishiga ahamiyat beradi. Chunki Janobimiz: «Agar sizlar xato qilmasangiz, Olloh taolo sizlarni o‘rtadan ko‘taradi va o‘rningizga xato qiladigan, ammo bu xatosi tufayli Olloh taoloning kechirishini tilaydigan qullarini yaratadi. Ular Ollohga yolvoradi, mag‘firat etishini so‘raydi. Olloh ham ularni kechiradi», deya marhamat qilganlar.
So‘ngra Nabiyyi akram (s.a.v.) hazratlari so‘zlarini bunday davom ettirdilar:
― Mo‘min tavba etsa, Olloh taolo tavba etgan u kishi tuyadigan farahlikdan ham yuksak farahlik tuyadi. Bir odam yemakichmak yuklangan tuyasi bilan bir cho‘lda ketayotgan edi. Uyqusi keldi, bir daraxt tagiga yotib uxladi, tuyasi esa, uzoqlab ketdi. Odam uyg‘onib, yonida tuyasini topmadi. Bir tepaga chiqdi, hech narsa ko‘rmadi, ikkinchi, uchinchi tepaga chiqdi, yana hech narsa ko‘rmadi. Qaytdi. «Eski joyimga boramanda, o‘lgunimcha uxlayman», deb qo‘lini boshi ustiga qo‘yib, o‘limini kutish uchun yotdi. Birdan qarasa, tuyasi yugurib kelyapti. Yuklari ham joyjoyida. Odam sevinch bergan bir shoshqinlik ila shukr burchini o‘tab: «Ollohim, sen mening Rabbimsan, men esam, sening qulingman», dedi.
Payg‘ambarlar Imomi bu tamsilni bayon qilgach:
—   Xullas, Olloh taolo tavbasi sababidan tuyasini topgan bu odamdan ham ortiq sevinadi, — deb qo‘shib qo‘ydilar.
—   Yo Rasululloh, Olloh taolo qulining tavbasini qachongacha qabul etishini ayting, — deyishdi.
Ayni vaqtida berilgan savol edi bu. Inson bir xato qiladi, yana qiladi, xatolar ketma-ket ro‘y berib turadi. Bu inson gunohlari uchun qo‘rqmaydi, hisobkitob etilish qo‘rquvini yillarcha hech his qilmaydi. Keyin bir kun keladida, tavbaga kirishadi, pushaymon bo‘lganini Mavloiga arz etishga chiqadi. Bunaqalar uchun tavba imkoni bormi?
Nabiylar Sultoni birgina jumla bilan bu masalaga ochiqlik kiritdilar:
— Olloh taolo qulining tavbasini joni bo‘g‘ziga kelmagunicha qabul etadi.
Yana:
— Olloh taolo kunduzi gunoh qilganning tavbasini qabul etish uchun kechasi qo‘lini ochadi va to tongga qadar kutadi. Kechasi gunoh qilganning tavbasini qabul etish uchun esa, kunduzi qo‘lini ochadi va kutadi. Bu hol to «Kuyosh botgan yeridan chiqquniga qadar» davom etadi, — deb marhamat qildilar.
Bu so‘zlarni Janobi Payg‘ambarimizning ashoblari «Olloh taolo qulining tavbasini har on qabul etishga hozir, qul tavba qilsa, kifoya», degan ma’noda anglashdi.
— Sizlardan avval yashab o‘tganlar orasida bir odam bo‘lgan. To‘qson to‘qqiz kishini o‘ldirgan edi. Nihoyat, bir kuni unda pushaymonlik tuyg‘usi uyg‘ondi. Yer yuzida eng olim inson kim, deb surishtirdi. Bir rohibni tavsiya etishdi. Haligi odam rohibning oldiga bordi. «To‘qson to‘qqizta odam o‘ldirganman. Menga tavba qilishimga imkon qolganmi? Gunohlarim kechirilishi mumkinmi?» deb so‘radi. Rohib: «Yo‘q», deb javob qildi. Shunda u odam, modomiki men uchun qaytish imkoni qolmagan bo‘lsa, seni ham o‘ldira qolay, hammasi bo‘lib yuztaga yetsin, dedi-da, rohibni ham o‘ldirdi. Lekin ko‘nglidagi pushaymonlik tuyg‘usi bari bir ketmadi. Bunaqa hayotga chek qo‘yishni istardi. Yana eng bilag‘on odamni surishtira ketdi. Bu gal unga boshqa olimni ko‘rsatishdi. Uning huzuriga bordi. «Yuzta odam o‘ldirganman, tavba qilsam bo‘ladimi? Kechirilishimdan umid bormi?» deb so‘radi. «Ha, — deb javob qildi haligi olim. — Olloh bilan uning quli orasiga kim kira oladi, kim to‘siq bo‘la oladi?» Bu javob uning ichida umid uchquni porlashiga vasila bo‘ldi. Sevindi. «Lekin — dedi olim, — buning uchun falon shaharga borasan va o‘sha yerda Ollohga ibodat qiladigan odamlarga qo‘shilib, ular bilan birga Ollohga ibodat qilib yurasan. Bir marta ham o‘z yurtingga qaytmaysan. Chunki bu yerda seni yomonliklarga boshlagan va boshlaydigan yomon kishilar bor. Ularning ta’siridan qutulishing lozim». Odam bu amrni olib, darhol o‘sha shaharga yo‘l oldi. Ammo kutilmaganda kelgan ajal uning oldidan to‘sib chiqdi. Yarim yo‘lda vafot etdi. Rahmat farishtalari ham, azob farishtalari ham uning boshida to‘planishdi. Rahmat farishtalari: «Bu odam tavba qilib, Ollohga yo‘nalgan holda bu yergacha keldi. Uni biz olib ketishimiz kerak», deyishdi. Azob farishtalari esa, aksincha: «U umrida hech yaxshilik qilmagan. Ustigaustak, yuzta odamni o‘ldirgani ham aniq. Biz olib ketamiz», deyishdi. Masala farishtalar o‘rtasida hal etilmagach, ularga inson qiyofasida boshqa bir farishta yuborildi. Uni ko‘rib, yonlariga chorlashdi: «Seni hakam tayin etamiz, oramizda adolat bilan hukm chiqarib ber», deb vaziyatni tushuntirishdi. U o‘yga botdi, so‘ng: «Chiqqan manzili bilan bormoqchi bo‘lgan manzilining orasini o‘lchanglar. Hozir yotgan joyi qaysi tarafga yaqinroq bo‘lsa, hukm shunga ko‘ra chiqarilsin. Borar joyiga yaqin bo‘lsa, rahmat malaklari, kelgan tarafiga yaqin bo‘lsa, azob malaklari olib ketishsin», deb taklif etdi, Juda o‘rinli bir hakamlik bo‘lgan edi, mamnuniyatla* qabul etishdi. Masofa o‘lchangan edi, borar manzilita yaqin yerda vafot etgani aniqlandi. Shu tariqa uni rahmat farishtalari olib ketishdi...
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) anglatgan tamsilda «u chiqqan manzil» dan maqsad ehtimol u yashagan eski xayot tarzi, «borar joyi va tavba qilganidan so‘ng borib yashamoqchi bo‘lgan joyi» esa, yangi hayot tarzini ifoda etardi. Ya’ni, bu odamning ko‘ngli yana eski kunlarga qaytishga moyil edimi yoki gunoh hayotiga aslo qaytmaslikni istayotgan edimi? Hakam I1nga shu jihatdan qaragan edi.
So‘ng Janobi Rasululloh (s.a.v.) Olloh taoloning ushbu oyatini o‘qidilar:
— «Mening o‘z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: «Ollohning rahmatmarhamatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta, Olloh (o‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning o‘zigina mag‘firatli, mexribondir» (Zumar, 53).
Rasuli kibriyo janobimiz mavzuni bunday bog‘ladilar:
Olloh taolo buyuradi: «Kim bir yaxshilik bilan Mening huzurimga kelsa, unga qilgan yaxshiligining o‘nmislicha mukofot bordir. Istasam, bu mukofotni orttiraman. Kim bir yomonlik bilan kelsa, jazosi qitgan yomonligiga teng bo‘lgan azobdir. Lekin istasam, kechib
yuboraman. Kim menga bir qarich yaqinlashsa, myon unga bir arshin yaqinlashaman. Bir arshin yaqinlashganga bir quloch yaqinlashaman. Menga yurib kelganga chopib peshvoz chiqaman. Yer yuzini to‘ldiradigan gunoh bilan kelganni, agar shirk qo‘shmagan bo‘lsa, o‘sha gunohlari tengi
da kechirish bilan kutib olishim mumkin».
Sayyidul mursalin (s.a.v.) hazratimizning bu suhbatlari ko‘ngillarni bir boshqa tongga, bir boshqa oydinlikka qovushtirib yubordi. Ulug‘ Mavloning qullariga marhamatini, lutf va karamini shunday chiroyti tushuntirib berdilarki...
Bu go‘zal tushuntirish...
Rasululloh (s.a.v.) hazratlari Mavlo xususida so‘zlarkanlar, ovozlaridagi erishilmas bu ado...
Bularni til bilan ifodalab bo‘ladimi?!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:49:15
* * *
Masjidda shovqin ko‘tarilib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) hujrai saodatlari bilan masjidni to‘sib turgan o‘rtadagi pardani ko‘tardilar.
— Nimalar bo‘lyapti, ey Ka’b? — deb so‘radilar u yerdagilardan.
Ka’b ibn Molik yonida turgan ibn Abu Hadradni ko‘rsatdi:
— Bu odam mendan qarzdor edi, shuni hech ololmayapman, yo Rasululloh. G’avg‘oimizning sababi shu.
Janobi Rasululloh u odamga boqdilar. Payg‘ambar masjidida yoqasidan tutilgan bir inson holatiga tushgani, bu ham yetmagandek, shu holi ustiga hazrati Rasulullohning chiqib qolganlari uni ruhan ezayotgani shunday qiyofasidan bilinib turardi. Faxri koinot (s.a.v.) janobimiz Ka’bga o‘girildilar, keyin ko‘llari bilan ishorat qilib, qo‘yib yubor, dedilar. Ka’b maqsadlarini tushundi: «Mening hurmatimga qarzingning yarmidan voz kechasanmi?» demoqchi edilar go‘yo. Ka’b shoshapisha:
—   Hay, hay, voz kechaman, yo Rasululloh, — dedi. Janobimiz endi ibn Abu Xadradga qaradilar:
—   Tur, qolgan qarzingni o‘ta, — dedilar.
Asr namozi yaqinlashgach, Rasululloh (s.a.v.) do‘stlari bittadanikkitadan bo‘lib masjidga kela boshlashgan edi. Payg‘ambarimiz qarshilariga bir odam keldi. O’tirmadi. Nimanidir so‘ramoqchi edi. Rasululloh «Nima gaping bor?» degan ma’noda unga qaradilar.
— Ey Ollohning rasuli, jazoga loyiq bir ish qilib qo‘ydim, hukmingizni bering, — dedi u.
— Nima qilding?
— Shahar chekkasida bir xotinni tutdim, o‘pdim, quchoqladim. Keyin Ollohning azobini xotirladim va huzuringizga keldim. Jazoingizga muntazirman.
Hazrati Umar (r.a.) so‘zga aralashdi:
— Olloh sening bu aybingni yopibdi (ya’ni, o‘rtada shohid yo‘q), koshki o‘zing ham yopgan bo‘lsangu, kelib bu yerda so‘zlamasang edi, — dedi.
Janobimiz na u odamga bir narsa dedilar va na hazrati Umarga.
Odam bir chekkaga o‘tib o‘tirdi. Oradan bir muddat vaqt kechdi. Hech o‘zini bosa olmadi. Pushaymonlik uni ezar edi. Yana Janobimizning (s.a.v.) yonlariga keldi.
— Yo Rasululloh, menga bir jazo tayin eting, — Dedi.
Lekin yana javob ololmadi. Namoz vaqgi yaqinlashib qolgan, haligi kishi ustida bu gunohini his etibhis etib, namozga turishni istamayotgan edi. Peshonasini ter qopladi, axir u Rabbul Olamin huzurida gunoh qilgan bir inson kabi qo‘l bog‘lab turishni orzu etayotgan edi. Ibodatini taqdim etganida Mavlosining «Bu gunoh bilan keldingmi huzurimga?» deyish ehtimoli qalbini titratar, tipirchilatar edi. Bu ishni oxiriga yetkazish, olajak jazosi kanday bo‘lsa ham, vijdon huzuriga kovushish uchun yolvorgan bir ovozda:
— Ey Ollohning payg‘ambari, ey payg‘ambarlar imomi, men bir gunoh ishlaganimni e’tirof etyapman va jazoimning berilishini istayapman, — dedi.
Nabiylar Sultoni (s.a.v.) xuddi javob berishga chog‘langandek boshlarini ko‘tardilar, lekin unga emas, muazzinlarning eng buyugi bo‘lgan zotga qaradilar.
— Tur, ey Bilol, azonni ayt va bizlarni rohatga qovushtir! — dedilar.
Haligi odam jazosini olishga qay darajada talninayotgan bo‘lsa, Nabiylar Sultoni (s.a.v.) «Rabbingizning huzuriga marhabo, Uning huzurida sajda qilish saodatini his qilishga marhabo» degan e’lonning jaranglashini undan ko‘proq orzu qilayotgan edilar. Yana bir me’roj qilmak, totib ko‘rmagan odam bilmaydigan u muborak onning hayajolini yana tuymak, peshindan to asrgacha oradagi vaqtni Mavlo sog‘inchi ila kechirganlarini yana arz eta olmak, xuzuri ilohiyga qabul etilish saodati ichra hamd va shukrona takdim etmak... va shu onlarda Mavlo huzurida qusurga yo‘l qo‘ymak, odobga to‘g‘ri kelmaydigan bir holga tushish andishasila erimak...
Mavqe va maqom yuksalgan sari odob shartlari noziklashadi. Har qanaqa odamning Olloh huzurida bezanishi lozim bo‘lgan odob bilan Hazrati Abu Bakr bezanishi lozim bo‘lgan odob bir emas. Ayniqsa «Olamlar Rabbining seviklisi» bo‘lish baxtiyorligiga erishgan Rasuli kibriyoning Mavlo huzuridagi odoblari hayollarga sig‘mas bir o‘lchovda bo‘ladi. Shu sababdan namozda Ulug‘ Mavlo huzurida turgan Sarvari koinot (s.a.v.) janobimiz o‘ziga xos me’roj qilarkanlar, bu me’rojga loyiq bo‘lgan odobni bir on bo‘lsada xotirlaridan chiqarmas edilar.
Hazrati Bilolning (r.a.) yoniq ovozi «Ollohu akbar, Ollohu akbar!» e’lonini atrofga taratgan mahal malakut olamining eshiklari ochilgan va farishtalar ham Nabiylar Sultonining (s.a.v.) imomliklarida huzurga kirish, eng yuksak odob qoidalari bilan qulliklarini izhor etish uchun safga turgan edilar.
Azon bitgach, Janobimiz (s.a.v.) o‘rinlaridan turdilar, ulug‘ bobolari Ibrohim payg‘ambar (a.s.) qurib ketgan Ka’ba tomonga yuzlanib, namozni boshladilar.
Namozdan keyin masjiddan chiqib ketdilar. Haligi kishi ham shoshapisha ortlaridan tushdi. Hodisadan xabardorlardan Abu Umoma (r.a.) ham, nima bo‘larkin, degan qiziqishda ularga ergashdi. Nihoyat, u odam Rasulullohga (s.a.v.) yetib oldi.
— Ey Ollohning payg‘ambari, men bir ayb ish qildim, jazoimni bering, — dedi yana.
Nabiylar Sarvari janobimiz yuzidan pushaymonlik xislari balqib turgan odamga o‘girildilar:
— Uydan chikayotganingda chiroyli tahorat olmadingmi? — dedilar.
—   Ha, oldim.
—   Keyin biz bilan birga namoz o‘qimadingmi?
—   Ha, yo Rasululloh, siz bilan birga o‘qidim.
— Senga yana nima kerak, Olloh gunohingni kechirdi, jazoingni ko‘tardi, — dedilar Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.).
Abu Umoma u odamning Rasululloh huzurlaridan buyuk bir sevinch bilan ayrilganini ko‘rdi. Nihoyat, bir soatlik vaqt ichida Janobi Payg‘ambarimizga to‘rt dafa’ qaytaqayta yuzlanib jazo berilishini istash darajada pushaymonlik his etishning ortidan, janobi Haq gunohidan o‘tganini shaxsan Ollohning rasulidan eshitiya1 uni o‘lchovsiz mamnuniyat og‘ushiga otdi, bu mamnuniyat ta’siri uning ko‘zlaridan yoshlar oqizdirdi, quloqlarigacha borgan issiq hayajon dolg‘asi birpasda butun vujudini qopladi.
«Uni kechiktirgan, qalbini portlar darajaga keltirgan narsa pushaymonligi bo‘lsa kerak1', deb o‘yladi Abu Umoma. So‘ngra bir necha kun avval bir suhbatda Rasulullohning so‘zlaridan yodida qolgan jumlani ko‘nglidan o‘tkazdi: «Barcha inson xato qiladi, xato qilganlarning eng yaxshisi xatosidan qaytgan va Ollohga tavba etganlaridir...»
— Janobimiz bu hadisi sharifni xuddi shu odamlar uchun so‘zlagan bo‘lsalar kerak, — deb pichirladi. Oyog‘i yerga tegmay to‘g‘ri uyiga yo‘l olgan xatokorning ketidan yana o‘sha ohangda shivirladi: — Tabriklayman seni, ey xato qilganlarning eng yaxshisi bo‘lgan baxtli inson!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:49:55
* * *
Badr jangida Utba bilan urushib yaralangan va Madinaga yetib ulgurmasidan shahidlik sharbatini ichgan Ubaydaning xotini Zaynab binti Huzayma avvaldan yordamsevarligi bilan tanilgan ayol edi. Musulmon bo‘lmasidan avval ham faqir va muhtojlarga qo‘li ochiq edi. Shu bois ham uni «Ummul masokin» («Faqirlar onasi» ) deb atashardi. Bu ishlari Islom dinini qabul qilganidan keyin ham davom etdi. Olloh rizosi uchun kuchi yetganicha yedirdi va kiydirdi. Ammo takdir ekan, birinchi eridan ajralgan, ikkinchi eri Ubayda esa, Olloh uchun jon bergan, Zaynab ikkinchi marta tul qolgan edi.
Badr jangidan bir yil o‘tdi. Ramazon oyi keldi. Ilk kunlaridan birida eshigi taqilladi. Unga «Mo‘minlarning onasi» bo‘lish sharafi taklif etildi. Olamlarga rahmat bo‘lib kelgan Muhammad Mustafoga (s.a.v.) xotin bo‘lishga rozimisan, deb qo‘li so‘raldi .
Bu taklifni esi bor ayol rad etarmidi. Butun holi bilan bu sharafga loyiq edi u, ruxan ham bu sharaf uchun hozirlanganday edi go‘yo...
Mamnuniyat bilan roziligini bildirdi. Bunday saodat topishni unga Olloh xohlab turgan bo‘lsa, Payg‘ambar istab turgan bo‘lsa, baxtini ular orasidan axtarayotgan bir qul sifatida Zaynabxonim nima deya olardi!
Shu tariqa Ramazonning ilk xaftasida u uyini tark etdi. «Ummul masokin» martabasidan «Ummul mu’minin» martabasiga yuksalib, Payg‘ambarlar sultoni (s.a.v.) janobimizning uylariga kirdi. Hamma jixatdan bu xayotga loyiq bo‘lgan Zaynab uchun dunyoda bundan ortiq nasiba yo‘q edi. Bu baxtni hech bir narsaga alishmasdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:50:37
* * *
Ramazonning o‘rtalari, Fotima (r.a.) uzatilganiga o‘n oylar bo‘lgan. Bir kun suyunchli xabar keldi:
— Ey Ollohning rasuli, Fotimadan nevarali bo‘ldingiz!..
Qizlari Fotimaning yoniga keldilar, bir hovuch nurday chaqaloqni quchoqlariga oldilar. O’ng qulog‘iga azon, chap qulog‘iga qomat aytdilar va «Hasan» deb ism qo‘ydilar. Jujuqning og‘ziga kirgan ilk narsa Rasululloh og‘izlarida chaynab yumshatilgan xurmo bo‘lagi bo‘ldi.
Bu orada Makka shahri qozon kabi qaynar, intiqom uchun qizg‘in bir hozirlik ko‘rilar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:50:54
* * *
Saharliklar davom etar, mo‘minlar kunlarini ro‘za ibodati bilan bezashar edi. Olloh xozirlagan savobni olish ishonchi bilan yashardi.
Asr namozidan keyin Sarvari anbiyo (s.a.v.) ashobga o‘girildilar, Mavlo huzurida nurlangan yuzlarini nurlanish istagan ko‘zlarga qaratdilar.
Hamisha go‘zal edilar. Ammo ba’zan vahiy ketidan yoki namozdan so‘ng shunday bir holga tushar edilarki, u zotga boqqan ko‘zlar bu go‘zallikka va xaybatga bardosh bera olmasligini anglar va yerga qaratilar edi. Hozir ham shunday bir holat ro‘y berdi. Nigohlari masjid ichida sayr etib, bir chetda jim o‘tirgan odamda to‘xtadi. Kulimsiradilar.
— Ey Ubayy! — deya ovoz berdilar.
Ubayy ibn Ka’b darhol oyoqqa turdi.
—   Labbay, yo Nabiyalloh! dedi. Odob bilan, hurmat bilan qoshlariga kelib o‘tirdi.
—   Olloh taolo senga Bayyina surasini o‘qishimni buyurdi, ey Ubayy, dedilar Hazrati Rasululloh (s.a.v.).
Bu so‘zlar Ubayyning quloqlarini qizdirdi. Ko‘zlari hayajondan yondi.
— Mening ismimni aytib, shuni buyurdimi, yo Nabiyalloh?!
— Ha!
Ubayy ichidan quyilib kelgan yoshlarni to‘xtatishga urinib ham ko‘rmadi. Zotan, yig‘layotgan faqat u emasdi. Bunday saodatli mujdani eshitganlar orasida ham ko‘zlarini silaganlar bo‘ldi.
— Qulog‘im sizda, yo Rasululloh, Rabbimning amriboshim ustigadir.
Payg‘ambarlar imomi (s.a.v.) janobimiz bu xos amrni joyiga keltirish uchun «Bismillah...» ni aytdilar va o‘qiy boshladilar:
«Ahli kitobdan va mushriklardan bo‘lgan kofir kimsalar to ularga ochiq xujjat kelgunicha (kufrdan) ajraguvchi bo‘lmadilar. (U ochiq hujjat) Olloh tomonidan (yuborilgan) bir Payg‘ambar (ya’ni, Muhammad alayhissalom bo‘lib, ularga) ichida eng to‘g‘ri yozuvlar — hukmlar bo‘lgan pokiza sahifalarni (ya’ni, Qur’onni) tilovat qilur. Kitob ato etilgan kimsalar faqat ularga ochiq hujjat — Payg‘ambar kelganidan keyingina bo‘linib qetdilar (ya’ni, ayrimlari o‘sha o‘zlari kutgan payg‘ambarga imon keltirdilar, ayrimlari esa unga kofir bo‘ldilar)! Holbuki, ular faqat yagona Ollohga, u zot uchun dinni xolis qilgan, to‘g‘ri yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga va namozni to‘kis ado etishga hamda zakotni (haqdorlarga) ato etishga buyurilgan edilar. Mana shu to‘g‘ri yo‘ldagi (millatning) dinidir. Albatta, ahli kitobdan va mushriklardan bo‘lgan kofir kimsalar jahannam o‘tida bo‘lib, o‘sha joyda mangu qolurlar! Ana ushalar eng yomon mahlukdirlar. Albatta, imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar, ana o‘shalar yaralmish jonzotlarning eng yaxshisidirlar. Ularning Parvardigorlari huzuridagi jazomukofotlari — ostidan daryolaR oqib turadigan mangu jannatlardir. Ular o‘sha joyda abadulabad qolguvchidirlar. Olloh ulardan rozi oo‘ldi, ular (Ollohdan) rozi bo‘ldilar. Bu (mukofot) Parvardigorlaridan qo‘rqqan kishi uchundir».
Nabayni hech bir o‘lchovga sig‘mas ehtirom va hayajon bilan tingladi bu surani. Oldiniga butun vujudining titrayotganini his etdi. Keyin bu hol asta-sekin o‘tdi, kalbiga huzur va sokinlik indi. Bu huzur bergan ma’naviy quvonch va lazzatni Ubayy umrida hech his etmagan edi. Ma’no olamlarining sultonidan kelayotgan tilovat og‘ushida o‘zini yo‘qotdi. Elaselas bilgani — ruxining Hazrati Rasululloh tilovatlari bilan xuddi hamirday yo‘g‘rilayotgani edi.
Ubayy bu surani yoddan bilardi. Necha marta o‘qigan, hatto Janobimiz og‘izlaridan ham goh namozda, goh namozdan tashqarida eshitgan, ammo hech birida hozirgi tilovat payti his qilgan lazzatni, xuzurni, titroqni, hayayasonni tuymagan.
Sura oxiriga yetgach, Rasululloh (s.a.v.) janobimiz ulug‘ Mavloning xos ikromiga noil bo‘lgan Ubayyga tabrikona va taqdirona nigohlarini qaratdilar. Ubayyning kezida balqigan yolqin uning ruhi yapyangi hayotni boshlayotganini, ma’no olamlaridan kelgan rahmat epkinlaridan nafas olayotganini bildirib turardi. U endi bir soat oldingi Ubayy emasdi. Axir, ismini Olloh taoloqing O’zi tilga olibdi, Habibi adibini (s.a.v.) Unga alokador maxsus vazifa bilan vazifalantiribdi. Ashob ichida ko‘plar jon berishga tayyor darajadagi buyuk bir sharaf edi bu!
O’sha kecha Ubayy sevinch ko‘zyoshlarini to‘kdi. Payg‘ambariga bu bandasining otini bildirib o‘qishini buyurgan Rabbiga hamdu sanolarini taqdim etdi. Ruhida mavj urgan tuyg‘ularni tilda ifodalash imkonsiz edi. O’sha kuni his qilgan baxtga hayoti davomida erishgan emasdi. Ajabo, Qur’onni Rasululloh (s.a.v.) janobimizning taqdirlariga loyiq darajada chiroyli o‘qiydigan Ubayyga Qur’onga bo‘lgan xizmatining bir mukofoti edi bu!
Tili qimirlamas, ko‘ngli bir narsalarni shivirlar edi go‘yo...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:51:51
YUKSALISH

UHUD JANGI
Qulga berilgan topshiriq

Badr jangi mag‘lubiyatidan bir necha oy o‘tgan bo‘lsada, kalblarda intiqom tuyg‘usi hali pasaymagan edi. Qurbonlarni unutish aslo mumkin emasdi. O’tkir pichoqdek kayralgan tishlar, olovdek yonib uchqun sachratgan ko‘zlar hammahammasi bir narsani bildirardi — ish Badr jangi bilan tugamagan.
Jubayr ibn Mut’im qadahini yana bir bor xurmo sharobi bilan to‘ldirar ekan, ichkariga kirgan qopqora qulga boshdanoyoq razm soldida:
— Seni muhim bir ish uchun chaqirdim, — dedi. Qul lom-mim demay turardi. Jubayr so‘zida davom etdi: — Bilasan, amakim Tuayma Badrda halok bo‘ldi. Sen ama kim uchun qasosimni olib bersang, degan edim.
Bir necha soniya jim qoldi. Keyin ko‘zlarini zanji qulning ko‘zlariga tikib:
— Muhammadning amakisi Hamzani o‘ldirasan. Bir amakiga bir amaki... O’shandagina yuragimda yonib turgan olovga suv sepiladi, — dedi.
Zanji qul e’tiroz bildirdi:
— Hamzani o‘ldirish...
Jubayr bir imo bilan uning so‘zini kesdi:
— Vahshiyday odamga bunday gaplar yarashmaydi. Sen urganingni o‘ldiradigan kishisan. Agar Hamzani o‘ldir sang, qullikdan ozod bo‘lasan.
Vahshiyning ko‘zlari birdan chaqnadi. Keyin esa, ikkilangandek sukutga cho‘mdi.
— Nega o‘ylanib qolding?
—   Hamza bilan yuzma-yuz kelish o‘limga tik borish demakdir. Ozodlik yaxshi narsa, lekin o‘lim undan achchiqroq...
—   Bo‘ldi, ko‘p ezmalik qilma, — dedi Jubayr, — Hamza bilan yuzma-yuz kelmaysan. Uni uzoqdan turib o‘ldirasan, payt poylab nayza otasan. Sendan boryo‘g‘i talab qilinayotgani ana shu. Bundan keyin senga boshqa yumush yo‘q. Asosiy ishing nayza otib mashq qilishdan iborat bo‘ladi. Istagan joyingga borib shug‘ullanishing mumkin. Bir kuni menga: «Tuaymaning intiqomini oldim!» deb kelsang bo‘lgani.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:52:06
* * *
Vahshiy mergan odam edi. Qo‘lidan chiqqan nayza nishonga xatosiz borib tegardi. Shunday bo‘lsa ham, tinimsiz mashq qila boshladi. Bir kuni endi galdagi mashg‘ulotga otlangan edi, pakana, qarashlari sovuq bir xotin yo‘lini to‘sib chiqdi:
—   Qaerga buncha shoshyapsan, yog‘ tulumi?
—   Otishni mashq qilishga.
— Menga qara, Vahshiy, kimning jazosini berishga tayyorlanayotganingni bilaman. Agar chindan Hamzani o‘ldira olsang, mendan ham alohida mukofot olishingni unutma. Seni albatta xursand qilaman.
— Hamzani o‘ldirish oson ish emas.
— Bilaman oson emasligini, — dedi xotin va qo‘li bilan ko‘ksiga mushtladi: — Shu yerimda bir otash yonadi. Toki Hamza tirik ekan, bu otash so‘nmaydi. Agar qalbimga shifo bersang, o‘zing ham shifo topasan!
Vahshiy javob o‘rniga miyig‘ida kulib, yo‘liga ketaverdi. Keyin ham o‘sha xotinga bir necha marta duch keldi, har safar undan:
— Qalbimga shifo ber, mendan ham shifo topasan, ey Vahshiy, — degan so‘zni eshitardi.
Bu xotin mashhur Utba ibn Robianing qizi va Abu Sufyonning xotini Hind edi. Badr jangida to‘rt yaqinidan — o‘g‘li Hanzala, otasi Utba, inisi Valid va amakisi Shaybadan judo bo‘lgan edi u.
Mushriklar Badr janginiig intiqomini olish uchun musulmonlarga qarshi kuch to‘nlash niyatida qabilamaqabila yurib yordam istashardi.
Bir yil avval naqd o‘lim og‘zidan qutulib qaytgan va o‘shandan beri bu qutulishning huzuri ichida kun kechirayotgan shoir Abu Azza eshigiga kelgan mehmonlarni sevinch bilan kutib oldi.
—   Sendan yordam so‘rab keldik, ey Abu Azza!
—   Qo‘ysalaringizchi
—   Bu nima deganing?
— Yordam so‘rab sizlarning huzuringizga men borsam bo‘lardi. Chunki sizlar boybadavlat kishilarsiz. Menga o‘xshash qancha odamning maoshini ustlaringizga olsangiz ham, sizlarga og‘irlik qilmaydi. Men kimman, ertaga nima yeyishini bilmaydigan bir odamman.
— Biz buni bilamiz.
— Unday bo‘lsa, maqsadingizni ochiq ayting, — dedi Abu Azza.
Muhammadga qarshi qo‘shin to‘plashga qabilalarni aylanyapmiz, bizga qo‘shilsang, degan edik... Abu Azza birdaniga qovog‘ini soldi:
—   Bu istaklaringizni bajara olmayman!
—   Nega?
Chunki Muhammad mening hayotimni saqlab qoldi. Men unga tilimni tiyib yurishga so‘z berdim. Agar bugun yashayotgan bo‘lsam, uning yaxshiligi tufaylidir, buni unutmasligim lozim.
—   So‘z bergan bo‘lsang, bugungacha va’dangda turganing yetadi. O’zing yaxshi bilasan, Badrda ozmuncha odamlarimizning qoni to‘kildimi?.. Intiqom olmasdan qanday tinch yashaymiz?..
—   Intiqom olishingizni men ham istayman. Ammo men u yerda tilimni tiyishga qanday so‘z berganimni menga o‘xshab o‘lim bilan yuzma-yuz kelmay turib aslo tushunmaysizlar.
Abu Sufyon bilan Jubayr ibn Mut’im qanchalik urinishmasin, Abu Azzani ko‘ndira olishmadi. Hafsalalari pir bo‘lib, ortga qaytishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:52:28
* * *
Quraysh ulug‘laridan bir necha kishi Amr ibn Luayy o‘g‘illari qabilasida mehmon bo‘lishdi. Maqsad mashhur jangchi Amr ibn Abdi Vudd ismli kahramonni bo‘lajak urushga da’vat etish edi. Ammo Amr bir necha oydan buyon to‘shakka mixlangan holda jarohatlarini davolatardi. Badr jangida olgan yaralari hali tuzalmabdi.
Nima bo‘ldi senta, ey Amr? Seni bu xolda ko‘rishga hecham o‘rganmaganmiz.
Bu so‘zlar ko‘nglini ko‘tarish uchun aytilmayotgani kunday ravshan edi.
Jang maydonida sherday hamla qilib, raqiblarini osonlikcha yengib tashlaydigan Amr xalq orasida komati bukilmas jangchi sifatida tanilgan edi. Bu shuhrati tufayli ko‘plab karvon egalari uni karvonlariga ko‘riqchi qilib safarga chiqishardi. Katta pul evaziga u ko‘riqchilik qilgan karvonlar esonomon manzilga yetib olar, hech bir qaroqchi to‘dasi u qo‘riqlayotgan karvonlarga ilikishga jur’at etmasdi.
Ammo Badr jangida unday bo‘lmadi. qo‘rquv nimaligini bilmagan va mag‘lubiyatning ma’nosiga yetmagan Amrday bir pahlavon Badrda zarbalarga dosh berolmadi, jarohatlanib, zo‘rg‘a jon saqlab kochib koldi... Amr mehmonlarga bunday dedi: — Ko‘rib turibsiz holim qandayligini. Bu ahvolda qo‘lga qilich olishimning iloji yo‘q. Ammo qasam ichib aytamanki, ular bilan urushib intiqom olmaguncha g‘usl qilmayman va atir surtmayman. Bir kun kelib ular yana qarshilarida Amrni ko‘radilar!
Ortiqcha so‘zga hojat qolmagan edi. Da’vatchilar bu yerdan ham ko‘ngillari cho‘kib qaytishdi.
Bu orada bir necha marta boribkelib, oxiri Abu Azzaning ko‘ngli olindi: u mushriklar bilan birga qabilalarni aylanib, musulmonlarga qarshi tashviqot olib borishga rozi bo‘ldi. Buning evaziga Jubayr ibn Mut’im uning oila ahlini oziqovqat, kiyimkechak bilan ta’minlashni zimmasiga oldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:52:39
* * *
Badrga puxta tayyorlanmasdan, shoshapisha borilgan edi. Ammo bu gal madinadagilardan ancha ko‘p kuch bilan yo‘lga chiqishganiga ishonchlari komil.
Ko‘shinga qo‘mondonlik qilayotgan Abu Sufyon xotini Hindni ham o‘zi bilan birga oldi. Undan tashqari Abu Jahlning o‘g‘li Ikrima, Umayya ibn Xalafning o‘g‘li Safvon, Amr ibn Os, Talha ibn Abu Talha... kabi Makkada mashhur hisoblangan o‘n to‘rt kishi ham o‘z ahli ayollarini olib yo‘lga chiqadigan bo‘lishdi. Ayollar uchun tuyalarning ustida alohida mahfalar hozirlandi.
Ularning vazifasi yo‘l davomida, xususan jang vaqtida trvul chalib, qo‘shiq aytib, jangchilarni jasoratlantirishdan iborat edi. Kolaversa, ayollarni jang maydonida tashlab kochish oriyati jangchilarga qo‘shimcha kuchg‘ayrat baxsh etadi. Xullas, ikki yuz otlik, yetti yuz zirhli askar — jami uch ming kishilik qo‘shin hozir bo‘ldi. Bir necha oydan beri nayza otishni mashq qilayotgan, ko‘rinishidan yog‘ to‘ldirilgan qora tulumni eslatuvchi Vaxshiy ham qo‘shinning oldingi saflaridan joy oldi. Uning birdan-bir maqsadi Hamzani o‘ldirish va ozodligini qo‘lga kiritish edi.
Ayollarning qo‘shikqa o‘xshab ketadigan chaqiriqlari jo‘rligida qo‘shinga yurish amri berildi. Tarix Ramazon oyining 25-kuni edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:52:57
AMAKIDAN OLINGAN MAKTUB

...Qubo qishlog‘idagi do‘stlarini ziyorat qilishga kelgan Rasululloh (s.a.v.) masjiddan chiqayotganlarida bir kishi ro‘paralariga chivdi.
— Buni amakingiz Abbos yubordi, - deb bir maktub uzatdi.
Haligi kishi uzoq yo‘l yurib xoldan toygani shundoq ko‘rinib turardi.
Nabiyyi akram maktubni olib Ubayy ibn Ka’bga o‘qitdilar. Xatda: «Uch ming kishilik qo‘shin Makkadan yo‘lga chiqdi. Ustlaringizga bostirib bormoqda. Tadbirini ko‘ringlar», deb yozilgan edi.
Rasululloh (s.a.v.) darxol Madinaga qaytdilar. To‘ppato‘g‘ri Sa’d ibn Rabi’ning uyiga kelib, u yerda xatni yana bir marta o‘qitdilar. Hech kimga ovoza qilmay choratadbir ko‘rish lozim edi. Ammo xat o‘qilayotganida eshik orqasida turgan xotin uni eshitib qoldi. Tez orada butun Madina aholisi makkaliklar qo‘shin tortib kelayotganidan xabardor bo‘lishdi.
Rasululloh (s.a.v.) Hubob ibn Munzirga g‘anim haqida ma’lumot yig‘ish va vaziyatni o‘rganib kelish vazifasini topshirdilar. Hubob ko‘rganlarini faqat Rasuli akramga so‘zlab berishi kerak edi.
Makkaliklar ba’zi joylarda to‘xtab, qo‘shinga dam berib, yana yo‘llarida davom etishardi. Istirohat qilingan joyda tuyalar so‘yilib, aroqxo‘rlik kilinar, ko‘shiq aytib, qilichlar charxlanar edi.
Qo‘shin Abvo qishlog‘ida to‘xtaganida bir kishi ovozi boricha:
— Menga quloq tuting, ey Quraysh jamoasi! Agar aqlingiz bo‘lsa, so‘zimni yerda qoldirmaysiz! — deb baqirdi.
Hamma u tomonga qaradi.
— Nima demoqchisan?!
— Muhammadning onasi shu qishloqda vafot etgan. Uning qabrini ochib suyaklarini qo‘limizga olsak, — deb atrofga bir nazar tashladi. Shaytonga o‘xshab iljayib, yana so‘zida davom etdi: — Agar Badr jangida bo‘lganiday mag‘lubiyatga uchrasak, suyaklar bizga qo‘l keladi. Xotinlarimizni kaytarib ber, evaziga onangning suyaklarini olasan, deymiz.
— Bu safar biz yengilmaymiz!
— Biz mag‘lub bo‘lish uchun ketayotganimiz yo‘q, qasos olishga boryapmiz. Qasos olishga!
Har tomondan chiqayotgan ovozlardan haligi kishining dami ichiga tushib ketdi. Ammo yana kimdir uning fikrini ma’qulladi:
— Bu suyaklar baxonasida talay moldunyoni osongina qo‘lga kiritish mumkin.
Abu Sufyonning xotini Hind ham qabrni ochish tarofdori edi.
— Bu fursatni qo‘ldan boy bermaslik kerak, — dedi u. Boshqa bir kishi e’tiroz bildirdi:
— Qabih ishga qo‘l urmoqchi bo‘lyapsizlar. Ellik yil avval o‘lgan bir xotinni qo‘yaylik, qabrida tinch yotsin. Unda nima gunoh?! Bu ish qilinsa, Huzoa va Bakir qabilalari qarab turarmidi? Ular ham bizga qarshi xuddi shu ishni qilishsa, unda nima bo‘ladi?..
Bu so‘z makkaliklarni xovuridan tushirdi. Hind va unga hamfikr bir necha kishi qo‘llarini musht qilib baqirishsa ham, foydasi bo‘lmadi.
Payg‘ambarlar Sultonini dunyoga keltirgan, ammo uni to‘yib bag‘riga bosa olmay ajali yetgan Omina bu munozaralardan xabarsiz, sokin yotar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:53:14
* * *
Shavvol oyining beshinchisiga to‘g‘ri kelgan payshanba kuni tong payti qo‘shin Madina ufqlarida ko‘rindi. Uhud tog‘i etaklarida qarorgox qurildi. O’shanda, milodiy xisobga ko‘ra, mart oyining yigirma ikkinchi kuni edi.
Josuslikka yuborilgan Hubob ibn Munzir qaytib keldi. Vaziyatni Rasuli akramga tushuntirdi. Otlar, tuyalar, zirhli askarlar, ularning soni, jangga tashviq etuvchi xotinlar ham kelgani, xullas, ko‘rgan narsalarini bir-bir aytib berdi.
—   Bu hakda hech kimga og‘iz ochma, ey Hubob...
—   Bosh ustiga, yo Rasululloh!
O’sha kecha Rasuli akramning uylari atrofida tonggacha navbatchilar turishdi. Ular faqat Olloh rizosi uchun Uning elchisini asrashni o‘zlarining eng muqaddas vazifalari deb bilgan kishilar edi. Oralarida Sa’d ibn Muoz, Usayd ibn Huzayr va Sa’d ibn Uboda kabi qabila raislari ham bor edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:53:29
JANGDAN BIR KUN AVVAL

Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozini o‘qib bo‘lgach, sahobalarga o‘girilib dedilar:
— Bu kecha bir tush ko‘rdim. Tushimda so‘yilgan bir sigirni, qilichim teshilib qolganini va qo‘limni mustahkam bir sovutga solganimni ko‘rdim.
— Ey Ollohning rasuli, bularni nimaga yo‘ydingiz?
— So‘yilgan sigir do‘stlarimdan ba’zilarining shahid bo‘lishini bildiradi. Qilichimning teshilgani oilamizdan bir kishining shahodatiga ishorat. Qo‘limni solganim sovut esa, Madinadir.
Tush ta’birlangach, Rasuli akram (s.a.v.) Uhud tog‘iga kelib o‘rnashgan dushman ko‘shinlari haqida ma’lumot berdilar. Madinada kolib, shaharni mudofaa qilish fikrida ekanlarini aytdilar. Abdulloh ibn Ubayy ibn Salul ham bu fikrga qo‘shilishini bildirdi.
Ammo ko‘pchilik musulmonlar boshqacha fikrni ilgari surishdi. Ular, ayniqsa Badr jangida qatnasha olmaganlar dushman bilan yuzma-yuz kelib, yakkama-yakka jang qilishni istashardi. Rasuli akramning amakilari Hamza va unga o‘xshab jang qilishni xush ko‘ruvchilar ham shu fikrni qo‘llashdi. Devor ortidan turib dushmanga uzoqdan o‘q va tosh otishni o‘zlariga ep ko‘rishmasdi.
Badr jangidagi g‘oliblik qalblarga jasorat baxsh etgan edi. Bu safar ham g‘alaba qilishga qat’iy ishonch bor edi. Zero, shahid bo‘lishdan hech kim qo‘rqmasdi.
O’lgan shahid, qolgan g‘oziy bo‘lganidan keyin, yana nimadan qurqish kerak?
 Sizga Kitobni nozil qilgan Olloh haqqi, ular bilan yuzma-yuz jang qilishimiz lozim!
 Ostonamizga kelib turishganida savashmasak, qachon savashamiz?!
 Ey Ollohning rasuli, biz bu kunni orziqib kutdak. Shu kunga yetkazishini so‘rab Ollohga yolvorar edik Mana, g‘anim o‘z oyog‘i bilan yurib keldi.
Ye Nabiyalloh, bizni jannatdan mahrum qilmang' Ruhim qudrat qo‘lida bo‘lgan Olloh haqqi aytamanki, jannatga kirishni judajuda orzu qilaman...
Rasuli akram bu so‘zni aytgan Nuaym ibn Malikka yuzlanib, suradilar:
  Nima bilan jannatga kirmoqchisan?
 Ollohga va rasuliga bo‘lgan muhabbatim bilan. Yana jang maidonini tashlab qochmaslik bilan. Tug‘ri aytasan, ey Nuaym.
Darhaqiqat, uning bu so‘zlari Rasulullohning o‘zlari tasdiq etadigan darajada cheksiz muhabbat va hurmatdan darak berardi. Bu sevgi va hurmat hissi cheksiz oulgani kabi, unga beriladigan ajru mukofot ham adoqsiz bulishi muqarrar edi! Endi ko‘pning shu fikrda ekani kunday ravshan bo‘ldi.
 Rasulullohga (s.a.v.) nisbatan qalblarda tuyilgan muhabbatning cheksizligi, jannatga va Ollohning jamoliga erishish orzuyida yonish, shahid bo‘lish istagi, baloag‘ta, yaxshilikdan dalolat. Ammo shu o‘rinda o‘ylab ko‘rilishi lozim bo‘lgan nihoyatda nozik bir jihat bor edi: Badrga borilayotganda boshqalar karvonni qo‘lga kiritishni orzu qilgan bir vaqtda Rasuli akram ko‘proq dushmanga yuzma-yuz kelib, jang qilishni istagan edilar. Holbuki bu gal hamrohlaridan: «Sizlar qanday fikrdasizlar, deb so‘ramadilar, balki Madinada qolib shaharni mudofaa qilishni to‘g‘ri yo‘l deb o‘ylashlarini bildirdilar. Aslida, sahobalar Rasuli akramning bunday xarakat tarzlaridagi noziklikni fahmlashlari va:
 Modomiki siz shunday fikrda ekansiz, biz ham fikringizga qushilamiz», deyishlari lozim edi.
 Rasulullohning (s.a.v.) bunday qarorga kelishlariga kurgan tushlari sabab bo‘ldi. «Qo‘limni mustahkam bir sovutga soldim, deganlarida Madinada qolib mudofaaga utishning foidaliroq ekani nazarda tutilgan edi.
 Musulmon bo‘lganini aytsa ham, hanuz eski xulqidan voz kechmagan Abdulloh ibn Ubayy ibn Salul bu borada Rasuli akram bilan hamfikr chiqishi ajablanarli bo‘ldi. Zimdan ish yuritib, payti kelganda musulmonlarga orqadan zarba berishdan ham toymaydigan bu odam negadir bu daf’a Rasulullohni qo‘lladi:
— Biz har safar shahardan chiqib jang qilganimizda, albatta yengilganmiz. Shaharda qolib mudofaaga o‘tgan paytimizda dushmanlarimiz mag‘lub va parishon holda ortlariga qaytib ketishgan — dedi.
Ammo mushriklar Madina bog‘larini payhon qilib ketishlari turgan gap edi. Chunki ular o‘zlari bilan olib kelgan uch mingtacha tuyani o‘tloqlarga, bog‘larga qo‘yib yuborishar va qaytib ketarda: «Musulmonlarni uylaridan chiqmaydigan qildik», deb maqtanishlari tayin edi. Ortlarida esa, payhon qilingan ekinzorlar va bog‘lar qoladi...
Shularning mulohazasiga borib, aksariyat musulmonlar dushman bilan yuzma-yuz jang qilish tarafdori bo‘lib chiqishdi. Natijada ko‘pchilikning fikri inobatga olinib, g‘anim bilan ochiq savashishga qaror qilindi. Mushriklar qarorgoh qurgan Uhud tog‘i etaklarida jang qilishga kelishib olindi. Hamma bo‘lajak g‘azotga hozirlik ko‘rish uchun uyuyiga tarqaldi.
Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, Amr ibn Jamuh to‘rt o‘g‘lini yetaklab Rasuli akramning huzurlariga keldi.
—   Yo Rasululloh, siz meni mana shu cho‘loq oyoqlarim bilan jannatda oqsoqlanib yurishimni xohlaysizmi?
—   Xohlayman. Ammo Olloh taolo siz kabilarni jangdan ma’zurli hisoblab, uyingizda o‘tirishingizga izn bergan. Istasangiz, jangda qatnashishingiz ham mumkin!
Rasululloh (s.a.v.) uning o‘g‘illariga qarata bunday dedilar:
— Sizlar esa uni jangdan qaytarishga urina ko‘rmanglar. Inshaolloh, otalaringiz shahidlik maqomiga erishgay!
Amr o‘ziga berilgan bunday fursatdan ko‘ngli sevinchga to‘lib, uyiga yo‘l oldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:53:42
* * *
Abdulloh ibn Haram Rasulullohning (s.a.v.) xuzurlariga kirganida, Sarvari koinot uni har doimgidek ochiq chehra bilan kutib oldilar.
— Ey Ollohning payg‘ambari, bu kecha bir tush ko‘rdim. Badrda shahid bo‘lgan Mubashshir tushimga kirqbdi, o‘rtamizda bunday suhbat kechdi:
«Yaqinda bizga qo‘shilasan, ey Abdulloh».
«Sen hozir qaerdasan?»
«Jannatda».
«Seni Badrda o‘ldirishgan ediku!»
«Olloh bizga yangidan hayot bag‘ishladi, biz tirikmiz», dedi u.
Abdulloh Sarvari anbiyoning huzurlaridan qaytar ekan, butun vujudi shahid bo‘lish istagida yonar edi. uyiga kelgach, o‘g‘li Jobirni chaqirdi.
— O’g‘lim, ertaga jangda shahid bo‘lish umidim bor. Men o‘lsam, yetti singling sening karamog‘ingda qoladi. Keyin bir qancha qarzlarim bor. Ularni ham uzishingni vasiyat qilaman.
Shundan keyin Abdulloh bu dunyodan ayrilish va oxirat mulkiga ko‘chishga ma’nan hozirlik ko‘ra boshladi. uning holati yangi qurilgan go‘zal uyga ko‘chish uchun kjlarini yig‘ib muntazir turgan kishining holatiga o‘xshardi. Dunyo borgan sari ko‘ziga begona ko‘rinardi. 5ir tomondan esa, Rasulullohdan ayrilish hissi, qarovchiga muxtoj yetti qizni va hali voyaga yetmagan o‘g‘lini koldirib ketish tuyg‘usi yuragini o‘rtar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:54:03
* * *
Juma namoziga azon aytildi. Rasuli akram (s.a.v.) xutbada mo‘minlarni sabr va matonat ko‘rsatishga, har ishda jiddiyatli bo‘lishga da’vat etib gapirdilar. Xutba tugashi bilan Abdulloh ibn Ubayy ibn Salul har doimgi luzumsiz odatiga ko‘ra, o‘rnidan turib:
— Ey insonlar, Ollohning rasuliga itoat etinglar, so‘zlariga quloq tutinglar va undan yordamingizni ayamanglar,  dedi va yana joyiga o‘tirdi.
Bu so‘zlarni aytishga hojat yo‘q edi. Chunki hech kim uqing so‘zlari tufayli itoat etmas yoki itoatini orttirmas edi. Qolaversa, u «Itoat etmang» deganida ham hech narsa o‘zgarmasdi. Rasuli akram uning bu behuda harakatiny yaxshilik bilan qabul qilib, unga hech narsa demadilar
Namoz o‘kib bo‘lingach, Rasululloh (s.a.v.) silohlarini taqish uchun uylariga kirdilar. Eng yaqin do‘stlari Hazrati Abu Bakr bilan Umar ibn Xattob (roziyallohu anhumo) ham unga ergashishdi. Sovutni kiyishlariga, qurolni taqishlariga ko‘maklashishdi.
Tashqariga chiqqanlarida xalq to‘planib, nimanidir muhokama etayotgan edi. Payg‘ambarning (s.a.v.) fikrlariga karshi o‘laroq Madina tashqarisida jang qilishni eplaganidan ko‘pchilik endi pushaymon bo‘la boshlagan edi. Ayniqsa, Avs qabilasi ulug‘laridan bo‘lmish Sa’d ibn Muoz bilan Usayd ibn Huvayr Rasuli akramni shaxar tashida jang qilishga majbur etganlari uchun odamlarni malomat qilishardi. Shu bois xalq orasidan pushaymonlik ohanglari to‘la ovozlar chiqdi:
—   Ey Ollohning payg‘ambari, Sizni xushlamagan ishingizga majburladik. Bizni afv eting, qanday jang qilishimizni istasangiz, o‘shanga buyuring — deyishdi ular.
—   Bir payg‘ambar jang qilishga qaror berib, sovutini kiyganidan so‘ng yana ortga qaytishi ma’qul ish emas. Men sizlarga fikrimni bildirganimda qabul etmadingiz. Endi faqat olg‘a yuringlar. Sizlarga tavsiyam shuki, Ollohdan qo‘rqinglar, dushman bilan yuzma-yuz kelganda sabrbardoshli bo‘linglar. Olloh sizlarni nimaga buyurgan bo‘lsa, shuni qilinglar.
Bu orada Bani Najjor qabilasidan Molik ibn Amrning o‘ligini Rasuli akram turgan joyga olib kelishdi. Mo‘minlar saf tortishdi, janoza namozi o‘qildi. So‘ng o‘lik qabristonga olib ketildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:54:17
* * *
Silohlanganlar yig‘ila boshladi. Ming kishilik bir qo‘shin to‘plandi. Rasuli akramning buyruqlariga binoan Amr ibn Ummi Maktum Madina voliyi sifatida shaharda qoladigan, namozlarni o‘qib beradigan bo‘ldi.
Muxojirlarning tug‘i Mus’ab ibn Umaxgrga, Avs qabilasi tug‘i Usayd ibn Huvayrga, Hazraj qabilasi tug‘i esa Sa’d ibn Ubodaga topshirildi. Harakat amri berilishiga sanoqli daqiqalar qolgan edi. Shu payt kimdir:
—   Sizga Ollohning salomi bo‘lsin, yo Nabiyalloh! — deb qoldi.
—   Senga ham Ollohning salomi va rahmati va barakoti bo‘lsin, ey Hanzala, — deb javob qildilar Sarvari koinot.
Yigit so‘zida davom etdi:
— Bu kecha uylanyapman, yo Nabiyalloh. Qo‘shin bilan chiqmasam ham, ertalab yetib olsam, bo‘ladimi? Bu kecha meni iznli deb hisoblaysizmi?
Albatta, ey Hanzala, Uhudda ko‘rishguncha senga ruxsat.
Hanzala qalbi sevinchga to‘lib uyiga yo‘l oldi.
Rasuli akramdan jangga qatnashish uchun izn olgan Amr ibn Jamux uyiga kelishi bilanoq g‘usl qildi Keyin qurolini yelkasiga osib, qiblaga yuz burdida, kaftlarini ko‘targan holda yolvora boshladi.
 Ollohim, menga shahidlikni nasib et. Bu yerlarga yana qaytib kelishimga yo‘l qo‘yma!
Uzoqdan uni kuzatib turgan xotini titrab ketdi. U oqsoq bu mo‘ysafidni oxirgi marta ko‘rib turganiga amin edi.
Anchagacha shu holda turib qolgan Amr ohista o‘rnidan qo‘zg‘alib, qilichini qo‘lga oldi va oilasi bilan vidolashgach, g‘azotga otlandi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:54:33
UHUD TOG’I SARI

Qo‘shinga harakat buyrug‘i berilganida kech kira boshlagan edi. Shayhayn degan manzilga yetib kelganlarida Rasululloh (s.a.v.) kechani shu yerda o‘tkazishga ko‘rsatma berdilar. Atrof ko‘zdan kechirilgach, kerakli joylarga soqchilar qo‘yib chiqildi. Endi bemalol dam olinsa bo‘lardi.
Ba’zi mo‘minlar ertangi jang haqida, unda qanday harakat qilish xususida bosh qotirib, halovatlarini hozirdanoq yo‘qotib qo‘yishgan edi. Qo‘nshn ichida bir huzursizlik va hadiksirash boshlangani bilinib turardi. Ayniqsa, Abdulloh ibn Ubayy ibn Salul hali ham qovoqlari osilgan holda atrofdagilarga bu ish to‘g‘ri bo‘lmagani, ko‘rabilaturib, xalq o‘limga keltirilgani johillarning so‘ziga kirilgani haqida so‘ylar, tajribalilarga quloq solinmaganini tushuntirishga urinar, tinmay javrar edi.
Rasululloh (s.a.v.) janobimiz istamaganlari holda qo‘shinni Madinaning tashiga chiqishga zo‘rlaganlar xatolarini kech bo‘lsa ham anglashdan hosil bo‘lgan pushaymonlikni his qilishayotgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:54:48
* * *
Ertalab Rasuli akram (s.a.v.) qo‘shinni ko‘zdan kechirdilar. Safda voyaga yetmagan bolalar ham bor edi. Ularni ajratdilar. Zayd ibn Sobit, Usoma ibn Zayd, Abu Said Xudriy, Samura ibn Jundub, Rofi’ ibn Hadij, Abdulloh ibn Umar kabi hali o‘n besh yoshga ham to‘lmagan bolalar Madinaga qaytarib yuboriladigan bo‘ldi.
— Yo Nabiyalloh, Rofi’ o‘q otishga juda mohir, ko‘shinda qolsa, foydasi tegadi, deb o‘ylaymiz.
Bu so‘zlar aytilayotganida Rofi’ yana ham bo‘ychanroq ko‘rinish uchun oyoq uchiga turib oldi. Taklif kabul qilindi. Rofi’ qo‘shin safidan o‘rin oldi.
Shu payt Samura ibn Jundub ham o‘gay otasi Muray ibn Sinonga yaqinlashib:
— Otajon, Rofi’ jangda katnashishga ruxsat oldi. Axir, men kurashda uni yiqitamanku, — dedi.
Muray unga indamadi. Rasululloh (s.a.v.) yoniga kelgaiida o‘g‘lining talabini ma’lum qildi. Bir ozdan so‘ng davra qurilib, ikki talabgor kurash uchun maydonga tushdi. Bu kurash Samuraning foydasiga hal bo‘ldi. Bir necha daqiqa tomoshabinlarga bo‘lg‘usi jang hayajonini unuttirdi bu kurash, ularni ham bir damga bolalik yillariga eltdi go‘yo. Samura jangda qatnashish xuquqini qo‘lga kiritdi.
Bu bolalar o‘limning ma’nosiga tushunmaydi, deb ham bo‘lmasdi. Ular jangdan sog‘omon chiqishlariga hech kimning ko‘zi yetmasdi. Lekin hademay o‘zlaridan bir nscha barobar ko‘p dushman bilan yuzma-yuz kelishlarini juda yaxshi bilgan bu beg‘ubor go‘daklar ortga qaytib ketmaslik uchun har narsaga tayyor edilar.
Kurash tugagach, Rasuli akram (s.a.v.) qo‘shinga murojaat qildilar:
— Bizni dushman qo‘shiniga duch keltirmay Uhudga elta oladiganlar bormi?
Abu Haysama bu vazifani bajarishini ma’lum qildi. Shu tariqa u old qatorga o‘tib, qo‘shinni yo‘lga boshladi.
—   To‘xtanglar, qaerga boryapsizlar? — deb baqirib qoldi kimdir. Bu ovoz Mirbo’ ibn Hayzi ismli shu yerlik ko‘zi ojiz bir odamniki edi. Qo‘shin unga tegishli bo‘lgan daladan o‘tayotganini sezib qolgani uchun baqirayotgan edi u.
—   Sen Ollohning payg‘ambari bo‘lsang ham, mening yerimdan ruxsatsiz o‘tishga haqqing yo‘q!
— Tinchlan, ey odam, biz dushman bilan jang qilishga boryapmiz.
Mirbo’ hech kimga quloq solgisi yo‘q edi. Hovuchidagi tuproqni sovurarkan:
— Bu tuproqni sendan boshqasiga sochmasligimni bilib qo‘y, ey Muhammad, — derdi.
Ba’zilar uning ustiga tashlanishdi. Adabini berib qo‘ymoqchi bo‘lishdi. Abdul Ashhal qabilasidan Sa’d ibn Zayd unga yetib, qo‘lidagi nayza bilan boshiga soldi. Voqeaga darhol Rasuli akram (s.a.v.) aralashdilar:
— Qo‘yinglar, bu odam ko‘r... Ko‘zi ham ko‘r, qalbi ham ko‘r, — dedilar.
Mirbo’ning qabiladoshlaridan bir necha kishi uning yonini olib chiqishdi. Janjal naqd bo‘lib qoldi. Shu payt Usayd ibn Xudayr olg‘a otildi:
— Urishsak, urishaveramiz. Ammo u odam Rasululloh janobimizga nima deganini eshitmadilaringmi? —deya baqirdi.
Rasululloh (s.a.v.) Usaydni tinchlantirdilar, so‘ngra qo‘shinga yo‘lda davom etishni buyurdilar. Nihoyat, Quraysh qabilasini chetlab, Uhud tog‘iga yetib kelindi. Qo‘shin toqqa orqa qilib, Madinaga yuzlangan holda qarorgoh qurdi. Janobi Payg‘ambar moxir nayzachilardan ellik kishini ayirib, Abdulloh ibn Jubayrni ularga boshliq qilib tayinladilar va «Aynayn» deb atalgan yo‘lni ko‘rsatib, bunday dedilar:
— Sizning vazifangiz bizni orqadan muhofaza qilishdir. Orqa tomondan kelishi ehtimol bo‘lgan otliqlarni nayza otib qaytaring. Jangda yengsak ham, yengilsak ham, mening ko‘rsatmamsiz joyingizdan bir qadam jilmang. Dushmanni oldimizga solib quvganimizni, o‘lja yig‘ishga tushganimizni ko‘rsangiz ham, men odam yubormagunimcha bu yerdan qimirlamang. Ular bizni mag‘lub etib, jasadlarimiz ustiga qushlarning qo‘nganini ko‘rsangiz ham, men amr kilmagunimcha joyingizni tashlab ketmasligingiz lozim! — deb qattiq tayinladilar. So‘ngra ashobga yuzlandilar: — Jabroil qalbimga shu haqiqatni vahiy etdi. Hech bir inson dunyoda o‘ziga taqdir qilingan rizqni qo‘lga kiritmasidan ajali yetmaydi. Kech bo‘lsa ham, taqdir qilingan rizq o‘z egasini topadi. Ko‘zingizni oching, Ollohdan qo‘rqing va rizq payida bo‘lgan vaqtingizda chiroyli yo‘l tuting, — dedilar.
Bu yer bozor emas, jang maydoni edi. Ko‘pi bilan yarim soatdan so‘ng to‘qnashuv boshlanib, dushmanga ro‘bara kelishlari, hayotmamotlari hal bo‘lishi turgan gap edi. Shunday muborak bir onda nega Rasuli akram bunday dedilar?
Aslida, Rasulullohni (s.a.v.) bu gapni aytishga undagan bir sabab bor edi va bu sabab hech qancha vaqt o‘tmay ayon bo‘lishi kerak edi.
Oppoq libosli Abdulloh ibn Jubayr boshchiligidagi o‘qchilar tepa ortidagi joylarini egallashdi. Rasuli akram boshqalarga buyruqsiz jang boshlamaslikni tayinlab, o‘zlari o‘sha tepalikka chiqib bordilar. Dushman mana shu tomondan hujum qilishi mumkin, deb aylanma yo‘lni ko‘rsatdilar. Avvalgi ogoxlantirishlarini yana bir marta takrorlagach, qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib:
— Ollohim, ularga vazifalarini tushuntirib berganimga o‘zing shohid bo‘l, — dedilar.
Bu orada qo‘shin ichida bir taraddud boshlandi. Masala tezda ayon bo‘ldi. Safdan ajralib, Madinaga otlangan Abdulloh ibn Ubayy ibn Salul:
— Bu yerda o‘zimizni o‘limga topshirishning nima ma’nosi bor, hech tushunmadik, — deb hayqirar edi.
Unga hamfikrlar ham ortidan ergashishdi. Shunday qilib, jami uch yuzga yakin kishi qo‘shinni tark etdi.
Abdulloh ibn Ubayy musulmonligini ma’lum qilganidan beri payt poylab, fitna va fasod chiqarishni, shu yo‘l bilan mo‘minlarga zarba berishni o‘ylab yurardi. Mana, endi Uhud tog‘i etaklarida, bir necha barobar ustun kuchga ega Makka mushriklari bilan yuzma-yuz kelinganida, musulmonlarning oyog‘idan chalish uchun bundan yaxshiroq imkon qayta kelishi mumkin emasligini bildi. Har biri intiqom otashida yonayotgan uch ming kishilik lashkar qarshisidan o‘ziga bo‘ysungan uch yuz kishini olib, jang maydonini tark etishi hazilakam ish emasdi. Uch yuz kishi degani boryo‘g‘i ming kishilik musulmon qo‘shinning uchdan biri degani edi. Bunday bir harakat bilan Abdulloh ibn Ubayy qo‘shinning belsuyagini sindirgan hisoblanardi. Chunki qolgan yetti yuz kishini qilichdan o‘tkazish oson bo‘lib qolardi.
Ularni bu chirkin qarorlaridan qaytarish uchun yonlariga borgan Abdulloh ibn Amr ibn Haram:
— Nima qilib qo‘yganingni o‘zing bilasanmi, ey Ibn Ubayy? — dedi.
Ibn Ubayy kibr bilan javob berdi:
— Ha, ey Abdulloh, ishimni bilib qilyapman. Qurayshning tayyorgarligini va kuchini ko‘rib turibsan, bu yerda qolib o‘zimizni o‘limga tutib berishimizning nima ma’nosi bor? Men Madinadaligimizdayoq fikrimni aytganman. Ammo sizning odamingiz johillarning so‘zini biznikidan ustun ko‘rdi.
Abdulloh ibn Amr Hazrati Payg‘ambarga qarshi bunday yo‘l tutish yaxshi emasligini aytib, musulmonlarni shunday og‘ir damda tashlab ketishning zararini tushuntirishga urinib ko‘rdi. Ammo gaplari ta’sir qilmadi. Shu xolda ancha yo‘l bosib ulgurishgan edi. Abdulloh ibn Amr endi ularni qaytara olmasligini anglab, bunday deb hayqirdi:
— Ey Ollohning dushmani, Olloh sizlarni o‘z rahmatidan benasib qilsin! Hech ham shubha qilmanglarki, Olloh taolo payg‘ambarini sizlarga muhtoj qilib qo‘ymaydi!
Abdulloh shu so‘zlarni aytib, ulardan ajraldi va Uhud tog‘i tomon yo‘l oldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:55:09
* * *
Uylanganiga endi bir necha soat bo‘lgan Hanzala hali tong yorishmay o‘rnidan turdi va apiltapil kiyina boshladi. Yesh kelinchak mashhur munofiq Abdulloh ibn Ubayy ibn Salulning qizi edi. Hanzalani to‘xtatdi.
—   G’usl qilishingiz kerakku... yoki unutdingizmi?! — dedi.
—   Yo‘q, unutganim yo‘q. Ammo jang boshlanmasidan avval Uhudga borishga Rasulullohga va’da qilganman. Ketishim kerak.
Hanzala qilichini qo‘liga oldi va tong qorong‘usida Uhud tog‘i tomon ketdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:55:44
* * *
Muhayriq yahudiy olimlaridan edi. Tavrotdan olgan ma’lumoti Makkadan hijrat qilgan zot haqiqatda payg‘ambar ekanini ko‘rsatib turardi. Ammo u Abdulloh ibn Salomga o‘xshab vaqtida payg‘ambarga imon keltirmagan, keyinchalik esa, yahudiylarning tazyiqidan qo‘rqib musulmon bo‘lishga jur’at etolmagan edi.
Rasululloh (s.a.v.) qo‘shinni olib, jangga ketganlaridan keyin u endi haqiqatga yuz burishning fursati yetdi, degan fikrda bir yerga yig‘ilib o‘tirgan qavmdoshlarining huzuriga keldi:
—   Ey yahudiylar, Muhammad Ollohning haq payg‘ambari ekanini juda yaxshi bilasizlar. Turinglar, borib unga yordam beraylik, — dedi.
—   Bugun shanba. Biz hech qaerga borolmaymiz, jang ham qilolmaymiz. Buni o‘zing ham bilasan, ey Muhayriq! — deb javob qilishdi ular.
Muhayriq jahli chiqib baqirib yubordi:
— Qurib ketsin shanba kunlaringiz!
Xunobi chiqqan holda ulardan uzoqlashdi. Bir necha qarindoshini yig‘ib, bunday dedi:
— Butun molmulkimni vaqf qilaman. Uni qaerga sarflashni Muhammad ibn Abdulloh hal etadi.
Keyin shahd bilan uyiga kirib, qurollanib chiqdi va Uhudga yo‘l oldi. Jang boshlanmay turib musulmonlarning qarorgohiga yetib keldi. Rasuli akramning yonlariga kelib, o‘zini tanishtirdi va kalimai shahodat keltirib, musulmon bo‘ldi. Jangda shahid bo‘lsa, butun molmulkini vaqf etganini ma’lum qilgach, qo‘shinning oldingi safidan o‘rin oldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:56:31
* * *
Madinaning Bani Zafar mahallasida yashaydigan Quzmon o‘zi musulmon bo‘lgan bo‘lsa ham, qalbdan imonning mazasini topmagan kishilardan edi. Qo‘shin Uhud tog‘iga ketganida u uyida o‘tirishni afzal bildi. Ertalab ko‘chaga chiqqanida bir xotin unga:
— Sening bizdan nima farqing bor? — deb qoldi. Yana bir xotin qo‘shimcha qildi:
— Sening yurtingga dushman bostirib keladi, Makkadan kelgan muxojirlar dushmanga qarshi jangga ketadi, sen bo‘lsang, o‘zing madinalik bo‘laturib xotinlarday uyingda o‘tirsang...
Quzmon hech narsa demadi. Chunki ayollar haq so‘zni aytishgan edi. U jimgina uyiga qaytib kirdi. Bir ozdan keyin qurollangan holda chiqdi va Uhud tog‘iga yo‘l oldi. Qarorgohga kelganida, hali jang boshlanmagan edi. Hech kimga bir og‘iz so‘z aytmay, safga qo‘shildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:57:19
* * *
Erta tongda Madinaga kirib kelgan asli madinalik Amr ibn Uqaysh shaharda g‘arib bir holatni sezdi. Hamma tomonda xotinxalaj, erkaklardan esa asar ham yo‘q. Hayron bo‘lib, bir ayoldan so‘radi:
— Nimalar bo‘lyapti o‘zi bu yerda?
Ayol unga qurayshliklar bostirib kelishganini, hamma ularning hujumini qaytarish uchun Uhudga ketganini aytdi.
Amr darxol qurolini qo‘lga olib, yo‘lga tushdi. Jang boshlanmay turib Uhudga yetdi va Rasulullohning (s.a.v.) yonlariga kelib:
— Bu yerga Qurayshga qarshi jang qilish uchun keldim. Istasangiz, avval musulmon bo‘lib, keyin jangga kiray. Istasangiz, avval jang qilib, keyin Islomni qabul qilay, — dedi.
— Avval musulmon bo‘l, keyin jang qil!
Amr Rasuli akram (s.a.v.) xuzurlarida kalimai shaYa hodat keltirib, Islom dinini qabul etdi, keyin jangchilar safiga qo‘shildi.
Oradan bir necha soat o‘taro‘tmas, Amr xali bir vaqt namozini o‘qishga ham ulgurmay, Islom dini buyurgan ibodatlarning hech birini bajarishga fursat topmay, ammo eng martabalisini ado etib, shahidlik sharbatini ichajak va o‘zini jannatning eshigi oldida ko‘rajak.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:58:18
IKKI DO’STNING DUOSI

Qo‘shin dushmanga qarshi saf tortib turar ekan, Sa’d ibn Abu Vaqqos tirsagidan bir kishi turtayotganini payqab, yoniga qaradi.
—   Menga qara, — derdi u kishi.
—   Gapir, ey Abdulloh, qulog‘im senda.
—   Odamlardan xoli bir joyga o‘taylik Nariroq borishdi. Abdulloh ibn Jaxsh gap ochdi:
— Ko‘rib turibsan, ey Sa’d, hozir jang boshlanadi. Balki bugun umrimizning oxirgi kunidir. Duo qilaylik deb chaqirdim seni. Avval sen duo qil, men «omin» deb turaman. Keyin men duo qilaman, sen «omin» deysan.
— Roziman, ey Abdulloh. Avval Sa’d duoga qo‘l ochdi:
— Ollohim, meni jang qilishga mohir, sarsari bir dushmanta yuzma-yuz qil. U bilan mardonavor savashay. O’zing meni qo‘lla, dushmanni yer tishlatay, qurolini, kiyim-kechaklarini tortib olay.
U duo qilganida Abdulloh har namozda tilga olinadigan muborak kalimani qaytarib, «omin, omin» deb turdi.
Navbat Abdullohga keldi:
— Ollohim, jang qilishga mohir, sarsari bir dushmanga yuzma-yuz kelishni menga ham nasib ayla. Jang qilaylik, u meni shahid etsin. Kiyimlarimni yechib olsin, burnim, quloqlarimni kessin. Shu holda Sening
xuzuringga boray. «Ey bandam, senga nima bo‘ldi. Burning, quloqlaring qani?» deb so‘raganingda, men: «Ollohim, ularni Sening va payg‘ambaringning yo‘lida jang qilganimda kesdilar», deb aytay va Sen tasdiqla, ey Ollohim!
Abdulloh duosini tugatib, hayajon bilan tinglayotgan do‘stiga qaradi:
—   Ey Sa’d, nima uchun «omin» demayapsan?
—   Omin, omin.
Keyin har ikki do‘st bir-biriga Olloh subhonahu va taolo huzurida uchrashishni tilab, vidolashishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2009, 09:59:24

57
DUSHMAN SAFLARIDA

Abu Sufyon, nima qilib bo‘lsa ham Bani Abduddorni musulmonlarga qarshi gijgijlash kerak, degan o‘yxayol bilan band edi. Ularga qarata:
— Badrda nimalar qilib qo‘yganingizni, Qurayshni qanday sharmanda etganingizni hamma ko‘rdi. Bu gal ham shunday qiladigan bo‘lsangiz, oldindan tug‘ni bizga bering. Bu sharafli ishni harom qilmang, — dedi.
Bu gapdan Bani Abduddorning jahli chiqdi.
— Hali jang boshlansin, bizning nimalarga qodir ekanimizni o‘shanda ko‘rasizlar. Tug‘ ko‘tarishga loyiq mizmi, yo‘qmi, bir ozdan keyin ma’lum bo‘ladi! — deyishdi qizishib.
Abu Sufyonning maqsadi ham ularga aynan shu gapni gapirtirish edi.
Bu orada Quraysh xotinlari dovul chalib, qo‘shiq ayta boshlashdi.
Olg‘a ketar bo‘lsangiz, poyandozlar to‘shaymiz.
Bilingki, biz qochoqmas, g‘oliblarni xushlaymiz.
Olg‘a otilib chiqing, sizga quchoq ochaylik.
Suyib erkalangancha, qo‘ynimizga olaylik.
Ammo agar qaytsangiz, sevish yo‘q, deb aytamiz.
Sizdan ayri, so‘qqabosh bizlar uyga qaytamiz.

Abu Sufyonning xotini Hind boshchiligidagi bu xotinlar hozirdanoq urushni olovlantirish vazifalarini keragidan ortik darajada ado etishga kirishishgan edi.
Qo‘shinning o‘ng tomonidan suvoriylar o‘rin olishdi. Ularga Xolid ibn Valid qo‘mondonlik qilardi. Chap tomondagi qismni mashxur Abu Jahlning o‘g‘li Ikrima boshqarardi. Abu Sufyon bosh qo‘mondon sifatida qo‘shinning o‘rtasida turdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 01:53:28
YAKKAMA-YAKKA OLISHUVLAR

Janggga hamma tayyor bo‘ldi. Quraysh qo‘shinidan Talha ibn Abu Talha o‘rtaga chiqib, baland ovoz bilan musulmonlarga xitob qildi:
— Biz o‘lsak, jahannamga ketar emishmiz, siz o‘lsangiz, jannatga emish. Qani, ichingizda jannatga ketishni yoki meni jahannamga yuborishni xohlovchi mard bo‘lsa, chiqsin o‘rtaga, bir jang qilaylik.
Talha bir necha daqiqa oldin Abu Sufyon gijgijlagan Abduddor o‘g‘illaridan edi. U maydonda ko‘p kutib qolmadi. Islom lashkari safidan bir yigit otilib chiqib, qarshisiga keldi.
—   Kimsan o‘zing?
—   Abu Tolibning o‘g‘li Aliman.
Xazrati Alining chikishini kutmagan Talha esankirab qoldi. Birinchi xujum qilgan kishi yengadi, degan o‘y bilan qilichini ko‘tarib raqibiga tashlandi. Hamlasi natijasiz qoldi. Navbat Hazrati Aliga keldi. Bilagi quvvatga to‘lgan Xazrati Ali qilichini xavoda birikki o‘ynatdida, Talxaning ustiga tushirdi. Birinchi hamladayoq bir sonidan judo bo‘lgan Talxa yerga yiqildi. Jon achchig‘ida bo‘g‘zidan otilgan faryod Uxud tog‘lariga urilib sado berib ulgurmasidanoq musulmonlarning takbirlari atrofni larzaga keltirdi.
Hazrati Ali ikkinchi marta yana qilich tushirmokchi bo‘lgan edi, ammo raqibi yolvorishga tushdi.
— Olloh haqqi, qarindoshlik haqqi, urma, ey Ali... Havoga ko‘tarilgan qilich bu safar sekin pastga tushdi. Hazrati Ali orkdsiga qaytib, safga qo‘shildi.
— Nega yana qilich solmading, ey Ali?
— U Olloh hakki va qarindoshlik haqqi qasam ichdi. Boshqa qo‘l ko‘tara olmasdim.
Maydonga yana birn otilib chiqdi. U Talxaning akasi Usmon edi. Musulmonlardan Hamza ibn Abdulmuttalib davraga tushdi. Hazrati Hamza ilk hamladayoq raqibining qo‘lini chopib tashladi. Ikkinchi urishida Usmon yerga yiqildi. Favvoraday otilib chiqqan qon ichra Usmonning ichki a’zolari ko‘rinib turardi. Shundan so‘ng Abduddor o‘g‘illari ketma-ket maydonga tushishdi, lekin hammasi musulmon jangchilar poyida yer tishlab qolaverishdi. Eng oxiri Talhaning o‘g‘li Musofiy o‘rtaga chiqib, raqib istadi. Qarshisiga chiqqan Osim ibn Sobit:
— Mana senga, ol buni Abu Aqloxning o‘g‘lidan! —deb bir o‘q otdi. O’q xatosiz nishonga tegdi. Musofiy yerga cho‘zildi. Qurayshdan bir necha kishi chopa kelib, uni maydondan olib chiqishdi. Bir soat avval o‘ldirilgan erining o‘limidan o‘ziga kelolmay turgani ustiga o‘g‘lining ham o‘lib borishi Sulofaning yongan yuragini qul qilib yubordi. Sulofa Quraysh xotinlariga qo‘shilib Uhudga kelgan edi. U chalajon o‘g‘lining boshini tizzasiga qo‘ydi:
— O’g‘lim, kim seni bu ko‘yga soldi?
Jon talvasasida tipirchilayotgan vujuddan xirillagan ovoz eshitildi:
— Bilmayman... kimligini... lekin Abu Aqloxning o‘g‘li... deganday bo‘ldi...
Sulofa qon to‘lgan ko‘zlarini osmonga qadab: «Osim ibn Sobit» deb g‘o‘ldiradi. Shu topda ayol urg‘ochi arslonga o‘xshab bo‘kirib yubordi:
— Endi mendan ko‘rasan, Osim! Butun tangrilar nomiga qasamki, sening bosh chanog‘ingga sharob quyib ichmagunimcha dunyo menga harom bo‘lsin!
Shu so‘zlarni aytganicha, jon taslim qilgan o‘g‘lining boshini yerga qo‘yib, o‘rnidan turdi. Keyin:
— Osim ibn Sobitni o‘lik yoki tirik xolda menga topshirgan kishiga yuzta tuya beraman, bilib qo‘ying, ey Makka ahli! — deya baqirdi.
Bu ovoz ayol kishining emas, yarador qonlonning na’rasiga o‘xshardi. Daxshatli edi, alanga bo‘lib yonayotgan yurakdan chiqayotgani bilinib turardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 01:54:18
* * *
Bir payt Rasuli akram (s.a.v.) ko‘llaridagi qilichga ishora qilib:
— Haqqini berish sharti bilan bu qilichni mendan kim oladi? — deb atrofga nazar soldilar.
—   Men olaman!
—   Men olaman, yo Rasululloh (s.a.v.)!
Bir necha kishi qilichni olish istagini bildirdi. Xohlovchilar orasida Hazrati Abu Bakr, Hazrati Umar, Zubayr ibn Avvom, Sa’d ibn Abu Vaqqos va boshqa mashhur kishilar bor edi. Ammo Rasululloh (s.a.v.) ularning ovozini eshitmaganday, «Haqqini berish sharti bilan bu qilichni mendan kim oladi?» deyishdan to‘xtamas edilar.
Ikki-uch marta «Men olaman, men olaman, yo Nabiyalloh!» degan Zubayr ibn Avvom yana orzuyiga yetisha olmadi.
— Ey Ollohning payg‘ambari, bu qilichning haqqi nima ekan?
Rasuli akram (s.a.v.) bu savolni bergan kishiga qarab, bunday xitob qildilar:
—   Ey Abu Dujona, bu qilichning haqqi egilibbukilib qolgunga qadar dushman boshida o‘ynatmoqdir.
—   Unday bo‘lsa, haqqini ado etish sharti bilan bu qilichni menga berishingizni so‘rayman, yo Rasululloh!
Rasuli akram (s.a.v.) qilichni unga uzatdilar. Abu Dujona qilichni olgach, belidagi qizil lattani yechib boshiga o‘radi. Ilgaridan muhim janglarga boshiga qizil latta bog‘lab kirish unga odat bo‘lib qolgan edi. Keyin safdagi o‘rnini egalladi. Yakkama-yakka olishuv tugab, endi jangning asosiy qismi boshlanayotgan edi. Har ikki tomon ham birdaniga hamlaga o‘tdi. To‘qnashuv boshlanishi bilan Abu Dujona qilichini ko‘tarib, mag‘rur bir yurish qilib dushman safiga yaqin bordi. Rasuli akram (s.a.v.) jang maydonida bo‘lsa ham uning bu yurishiga munosabatlarini bildirdilar.
— Bunday yurish Olloh taologa xush kelmaydi. Lekin jang maydoni bundan mustasno.
Bu gapdan Abu Dujona xabarsiz edi. Zero, u haqqini ado etish uchun olgan qilichini dushman ustida o‘ynatish bilan band edi. U bor kuchi bilan «Yo Olloh!» deb qilich solar, urganini yo o‘ldirar, yoki jangga yaroqsiz holatga keltirar edi. Boshda qizil bog‘ich, ko‘zlarida o‘t chaqnab dushmanni larzaga solgan bu pahlavon qo‘shinning bir tomonidan kirib, narigi tomonidan chiqdi. U dovul chalib qo‘shiq aytayotgan xotinlar turgan chaylaga keldi. To‘satdan ovozi boricha baqirib jangchilarni g‘alayonga keltirmoqchi bo‘layotgan Abu Sufyonning xotini Hindga ko‘zi tushdi. Abu Dujonani ko‘rgan xotinlar qocha boshlashdi. Hind ham jon talvasasida xotinlarga ergashib qochayotganida, Abu Dujona uni quvib yetdi va boshiga qilich ko‘tardi. Ammo qilich xavoda ko‘tarilganicha qolib, Abu Dujona taqqa to‘xtadi: «Rasulullohning qilichlarini bir xotinning qoni bilan bulg‘amayman», degan andisha uni bu ishdan qaytargan edi.
Boshida o‘ynab turgan qilichdan joni halqumiga kelib baqirib qochayotgan Hind «hozir tushadi, hozir tushadi» deb turganida, qilichdan darak bo‘lavermagach, chukur nafas olib, orqasiga qaradi. Uzoqda boshiga qizil bog‘ich o‘ragan odamning qaytib ketayotganini ko‘rib, yangidan dunyoga kelganday suyunib ketdi.
Shu alfozda endi har tomonga tumtaraqay bo‘lib qochayotgan jangchilarga qarab: «Hayf sizga, ey Abduddor o‘g‘illari! Hayf sizga, ey lashkarning orqasida qolganlar! Uring dushmanni, kesing, to‘g‘rang, o‘ldiring ularni!» deb baqirdi. Keyin yonidagi xotinlarga jo‘r bo‘lib she’r o‘qishga tushdi:
«Olg‘a ketar bo‘lsangiz, poyandozlar to‘shaymiz.
Bilingki, biz qochoqmas, g‘oliblarni xushlaymiz...»
Hind aytayotgan she’r jangchilarning faryodlari ummoniga qo‘shilib yo‘q bo‘lib ketar, hech kimga ta’sir qilmas edi. Jon asrash qayg‘usida har tomonga qochayotgan jangchilar uning she’rini eshitadigan holatda emasdilar.
Abu Dujona yana maydonga tushib birinketin dushmanni yer tishlatayotganini ko‘rib turgan Zubayr ibn Avvom o‘zicha: «Rasululloh qilichlarini u odamga berganlarida ming bora haq ekanlar», dedi-da, o‘zi ham jangga kirishib ketdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 01:55:26
* * *
Yetti qizini o‘g‘li Jobirga qoldirib vasiyat qilgan va: «Ertaga shahid bo‘lishdan umidvorman» degan Abdulloh ibn Amr ilk to‘qnashuvdayoq mushrikning zarbasidan qulagan, shahodat sharobini ichgan edi. Uhud tuprog‘idagi ilk shahid Abdulloh ibn Amr bo‘ldi.
Bir kun avval Rasululloh (s.a.v.) xuzurlariga kelib: «Siz meni mana shu cho‘loq oyoqlarim bilan jannatda oqsoqlanib yurishimni xohlaysizmi?» degan Amr ibn Jamuh ham shahid bo‘ldi. Uning qurollanib yo‘lga chiqishdan avval: «Ollohim, bu yerlarga yana kaytib kelishimga yo‘l qo‘yma», deya qilgan duosi ham shu tariqa ro‘yobga chiqqan edi.
Bu orada Hanzala ibn Amr jang maydonida Abu Sufyonga duch kelib, kuvonchdan ko‘zlari chaqnab ketdi. Bunday fursatni osonlikcha qo‘lga kiritib bo‘lmasdi. Uni o‘ldirish jangga nuqta qo‘yish degan gap edi. Qolaversa, musulmonlarning eng katta dushmanini yo‘q qilish sharafiga muyassar bo‘lardi. U vaqtni qo‘ldan boy bermay, hujumga o‘tdi. Abu Sufyon mingan otning oyog‘iga bir qilich solgan edi, ot yerga cho‘kdi. Abu Sufyon sakrab turib jangga kirishdi. Goh u, goh bu hamla qilib, yakkama-yakka olishuv bir necha daqiqa davom etdi. Nihoyat, Hanzala bor kuchini to‘plab bir qilich soldi, Abu Sufyon qulab tushdi. Hanzala darhol uning ustiga tashlanib, yerga bosdi. Bir qo‘li bilan soqolidan tutamlab, ikkinchi qo‘li bilan qilichini tutdi. Oyoqlari ostida jon holatda tipirchilayotgan Abu Sufyon hayotdan butunlay umidini uzgan edi.
Qalbi quvonchga to‘lib ketgan Hanzala qilichini osmonga ko‘tardi. Lekin raqibining boshiga tushirishga ulgurmadi. Avvaliga joyida qattiq bir sapchib tushdi, keyin vujudini boshdanoyoq kesib o‘tgan bir og‘riq his etdi. Undan keyin esa...
...shundoqqina yonboshidan chiqib kelib atrofini o‘rab olgan g‘oyatda go‘zal, xush, yoqimli mavjudodlarni ko‘rdi. Ular Hanzalaning qo‘llaridan tutib:
«Seni olib ketgani keldik, Hanzala. Sen oxirgi nafasinggacha Olloh va rasuliga bergan so‘zingga sodiq qolding. Endi esa Rabbing va’da qilgan jannatga noil bo‘lish vaqti keldi. Ammo avval seni chiroyli bir shaklda yuvintiramiz», deyishdi.
Hanzala ularga: «Hali jang tugagani yo‘qku!.. Men qaerga ketaman?..» deya olmadi. Ortiq so‘z aytishga quvvati qolmagan edi. Badanidan otilib chiqayotgan qonga qo‘shilib darmoni ham ketgan edi. Oxirgi nafasini berib, o‘zini malaklarning qo‘liga topshirdi...
Shaddot ibn Asvad Hanzalaning bag‘riga urgan qilichini sug‘urib oldi. So‘ngra yerda cho‘zilib yotgan safdoshiga qo‘lini uzatib:
—   Tur o‘rningdan, ey Abu Sufyon, — dedi.
   Hayotdan butunlay umidini uzgan Abu Sufyon endi onadan tug‘ilgan odamday bo‘lib o‘rnidan turdi. O’limdan qaytganiga sira ishongisi kelmasada, sevinchi ichiga sig‘masdi.
— Juda ham paytida kelding, ey Shaddot, — dedi u. — Lot haqqi qasam ichib aytamanki, hayotdan umidimni kesgan edim. U meni qo‘yday so‘ymoqchi bo‘ldi. Vaqt ziqligi uchun Shaddot yana jangga kirishib ketdi.
Abu Sufyon oyog‘i ostida jonsiz yotgan Hanzalaga kin va nafrat to‘la ko‘zlari bilan qarab:
— Kim kimni yakson qilganini ko‘rdingmi, ey bechora?.. — deb g‘o‘ldiradi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 01:56:34
* * *
Rasulullohning (s.a.v.) amakilari Hamza va jiyanlari Ali (Olloh ulardan rozi bo‘lsin) dushmanning dodini berib jang qilishardi. Sa’d ibn Abu Vaqqos, Zubayr ibn Avvom, Miqdod ibn Asvad singari pahlavonlar jang maydonida arslondek hamla qilib, raqiblarini yer bilan yakson etishardi. Ayniqsa, Sa’d ibn Abu Vaqqos jangga atay mohir, sarsari dushmanlarni tanlab olar, ularni birinketin yer tishlatayotganidan kuvonchi ichiga sig‘mas edi. Maydonda halok bo‘lganlarning aksariyati mushriklar edi.
Xotinlarga kalaka bo‘lishdan orlanib Uhudga kelgan Quzmon munofiq bo‘lsada, epchillik bilan qilich o‘ynatib, oldidan chiqqan har raqibni yer tishlatar, o‘zining hakiqiy jangchi, mohir qilichboz ekanini ko‘rsatar edi.
Quraysh qo‘shini kelganiga pushaymon bo‘la boshlagan bir holat yuzaga keldi. Suvoriylar qo‘mondoni Xolid ibn Valid, g‘alaba qozonishning birdan-bir yo‘li musulmonlarga orqa tomondan hujum qilish, degan qarorda qo‘l ostidagi otliqlarni olib, tog‘ning orqa tomoniga yo‘l soldi. Ammo Aynayn so‘qmog‘iga kelganida, musulmonlar avvaldan tadbirini ko‘rib, bu yerga ellik nafar o‘qchi qo‘yganlariga guvox bo‘ldi.
U otliqlar bilan orqasiga qaytdi. Lekin, negadir u yerdan uzoqlashgisi kelmay, o‘sha atrofda aylanib yurdi.
Quraysh qo‘shini asta-sekin tarqalib keta boshladi. Ba’zilar jon saqlash ilinjida allaqachon Makka yo‘lini tutgan edi. Badrdagidek bu gal ham g‘alaba madinaliklar tomonida ekani aniq bo‘lib qoldi.
Xolid ibn Valid yetti yuz kishilik bir guruhning uch ming kishilik qo‘shinni oldiga solib quvishini hech ham aqliga sig‘dirolmasdi. Buning ustiga, uch ming kishilik qo‘shin mudofaa uchun emas, qasos olishga kelgan edi. Xolid qochayotganlarni nafrat bilan kuzatib turar, lekin hamon jang maydoniga kirmasdan payt poylar edi.
Aynayn so‘qmog‘ida soqchilik qilayotgan guruh ortiq joylarida tura olmay qoldi. Chunki endi jang nihoyasiga yetay deb qolgan, sheriklari maydonda o‘lja yig‘ishga tushib ketishgan edi. To‘satdan kimdir:
— Ketdik, biz ham o‘lja yig‘amiz. Nega qarab turibmiz, jang tugadiku!.. — dedi.
Soqchilarning boshlig‘i Abdulloh e’tiroz bildirdi:
—   Rasulullohdan buyruq kelmagunicha bu yerdan qimirlamaymiz!
—   Buyruq kelishiga hojat yo‘q. Jang tugadi, qara, dushman qochyapti.
—   Qochsa ham, buyruqsiz bu yerni tashlab ketish yaxshi emas.
—   Ko‘rib turibsanku, hamma o‘lja yig‘yapti. Bunga bizning ham haqqimiz bor.
—   Sizlar Rasulullohning amrini oyoqosti qilyapsizlar.
—   Yo‘q, oyoqosti qilganimiz yo‘q. Rasululloh jang tamom bo‘lguncha bu yerda soqchilik qilishimizni istagan edilar. Mana, vazifamizni ado etdik.
Munozara uzoq davom etsa, pastdagi o‘ljadan quruq qolishlari turgan gap edi. Darhol pastga ena boshlashdi.
Abdulloh ibn Jubayr yonida qolgan bir nechta hamrohi bilan shu yerda soqchilikni davom ettirmoqchi bo‘ldi. Chunki ular turgan joy jang maydonining qon tomiri sanalardi. Lekin bunday muhim bir nuqtada to‘rtbesh kishi bilan hech narsa qilib bo‘lmasdi.
Ketganlar jang maydoniga hali yetibetmay, soqchilikka qolganlardan bir kishining:
— Ey voh, tamom bo‘ldik! — degan faryodi quloqlarni qomatga keltirdi.
Hammalari birdaniga orqaga qayrilib, ne ko‘z bilan ko‘rishsa, Xolid ibn Valid boshchiligidagi suvoriylar bostirib kelishardi. To‘qnashuv mo‘minlarning mutlaq mag‘lubiyati bilan tugab, bir necha daqiqadan keyin ulardan faqatgina jonsiz jasadlar qolishi tayin edi.
O’lim haq. Ammo Abdulloh ibn Jubayrni boshqa narsa qiynardi. U va qo‘l ostidagi soqchilar Rasuli akramning mendan buyruq kelmagunicha shu yerdan qimirlamanglar, degan amrlariga itoatsizlik qilishdi. Ertaga buning hisobini kim beradi, kim javob beradi bunga?!
Ammo vaqt ziq, otliqlar bostirib kelishayotgan edi. Abdulloh hamroxlariga baqirdi:
— O’q otinglar!..
Yoylardan ketma-ket o‘q uza boshlashdi. Biroq o‘q bilan ularni qaytarish imkonsiz. Mo‘minlar qilichlarini qindan sug‘urishdi. To‘qnashuv qizib ketdi. Mohir jangchi, usta qilichboz Xolid ibn Valid askarlariga to‘rtbesh kishi bas kela olarmidi. Holbuki, yolg‘iz Xolidning o‘zi ularning hammasini yengishi mumkin.
Abdulloh Abu Jahlning o‘g‘li Ikrimaning qilichi ostida jon berar ekan, hamrohlari umidsiz bir holda karshilik ko‘rsatishardi.
Oradan bir necha dakiqa o‘tib, qilichlarning jangirjungiri tindi. Otliqlar shaxd bilan pastlikka tushib borishardi, orqalarida ilmateshik bo‘lib ketgan jonsiz jasadlar qolayotgan edi.
— Ey Quraysh, qochmang, orqaga qayting!
Bu ovozni eshitib musulmonlar ham, qochayotgan mushriklar ham orqaga qarashdi. Yuqoridan Xolid boshchiligidagi otliqlar yopirilib kelishardi. Orqa tomondan qilingan bu hujum musulmonlarni dovdiratib qo‘ydi. Birpasda jangdagi vaziyat o‘zgarib, mushriklar foydasiga hal bo‘lgan edi. Musulmonlar ikkitomonlama qurshovda qolishdi.
Bir yigit bo‘kirgancha musulmonlar ustiga bostirib kelardi.
—   Bittadan emas, podaday bo‘lib kelinglar. Hammangizni so‘yib tashlayman! — derdi u. To‘satdan oldidan chiqqan, boshiga qizil latta tang‘igan jangchini ko‘rib, qilichini havoga ko‘tardi. Yakkama-yakka jang uzoqqa cho‘zilmadi. Boshini tang‘ib olgan jangchining shiddatli zarbasidan haligi maqtanchoq yigitning vujudi ikkiga bo‘lindi. Ketidan:
—   Abu Dujona Rasulullohning qilichini ana shunday o‘ynatadi! — degan ovoz eshitildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 01:58:04
SHAHIDLAR SAYYIDI

Xazrati Hamza to‘qnashuv boshlanganidan beri sakkiz kishining hayotiga nuqta ko‘ydi. Uning qarshisiga kelgan hech bir dushman omon qolmasdi. Ammo jang boshlanganidan buyon qadambaqadam uni kuzatib yurgan yog‘ tulumiday qora tanli quldan bexabar edi. Qulni urush umuman qiziqtirmasdi. Jangda qaysi tarafning g‘olib chiqishi uning uchun ahamiyatsiz. Shu boisdan u jang maydonida sarsari kabi u yokdanbu yoqqa yurar, dushmanga arslonday xujum qilayotgan hazrati Hamzani tinmay kuzatardi.
Bu orada xalq ichida «xotin sunnatchisi» laqabi bilan tanilgan Ummu Anmorning o‘g‘li Sibo’ «Menga karshi chiqa oladigan bormi!» deb baqirib kela boshladi.
Ajal uni Hazrati Hamzaga ro‘baro‘ qildi.
— Bu yoqqa kel, ey xotin sunnatchisining o‘g‘li!
Bu gap Sibo’ga yoqmadi. U darrov qilichini havoga ko‘tarib raqibiga tashlandi. Ammo hamlasi natijasiz qoldi. Hazrati Hamza qilichini dast ko‘tarib, uning boshida o‘ynatdi va zarb bilan tushirdi. Sibo’ kimga duch kelganini endi tushungan, ammo kech bo‘lgan edi. Birinchi zarbadayoq yer tishlagan Sibo’ ikki narsadan pushaymon edi. Birinchisi, xayotdan ko‘z yumayotgani, ikkinchisi esa, darxol yoqasiga yopishgan va jazo berish uchun hozirlangan o‘lim farishtalari nazdidagi qo‘rquv.
Hazrati Hamza raqibini mahv etgach, qaddini rostlab oldi va atrofga bir qur ko‘z yugurtirdi. Qo‘lida nayza tutgan qopqora bir qulni ko‘rdi va u tomonga yugurdi. Ammo to‘satdan oyog‘i bir chuqurga tushib, yerga yiqildi. O’rnidan sakrab turmoqchi edi, ulgurmay qoldi. Orqasidan soyadek ergashibyurgan Vahshiy fursatdan foydalanib, nayzasini otdi. O’q xatosiz nishonga tegdi. Biqinidan kirgan nayza kindigining ostki qismidan teshib chiqdi. Hazrati Hamza jon holatida ikki-uch qadam tashladiyu, qaytib yerga yiqildi.
Uning yiqilganini ko‘rgan bir necha sheriklari yordamga yugurib kelishdi. Ammo endi hazrati Hamza nafas olmay yotar edi. Ular noiloj jasadni qoldirib, yana jangga kirishib ketishdi.
Musulmonlar kelganida o‘zini panaga olgan Vahshiy, nihoyat, jasad yonida hech kim qolmagach, asta-sekin yaqinlashdi. Avval nayzasini tortib chiqardi. Keyin pichog‘ini olib, hali sovib ulgurmagan jasadni ko‘kragidan qornigacha yordi. Jigarini sug‘urib oldi va shahd bilan yurib ketdi.
Vahshiy niyatiga yetdi. U Rasulullohni eng ko‘p g‘amga solgan va eng ko‘p ko‘zyoshi to‘ktirgan og‘ir jinoyatni amalga oshirgan va o‘zini la’nat yomg‘iriga tutdirganini hali bilmas edi.
«Olloh (Uning) rasuliga aziyat yetkazganlarni dunyoda va oxiratda la’natlagandir...» oyati bilan Vahshiy orasida qanday munosabat borligi bizga noma’lum. Mag‘firati cheksiz, ammo azobi shiddatli bo‘lgan Olloh taolo qiyomatda bu kimsaga qanday muomala qilishi ham faqat Ollohning O’ziga ayon. Lekin shu narsa aniqki, Rasululloh (s.a.v.) umrlarining oxirigacha bu qayg‘uli xotirani unuta olmayajaklar va kunlarning birida musulmon bo‘lganini aytib huzurlariga kelgan qotil Vahshiyga qarata: «Iloji boricha ko‘zimga ko‘rinmaslikka harakat qil. Menga amakimni eslatyapsan», deyajaklar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:00:06
* * *
Xolidning hujumi tufayli jang maydonidagi vaziyat musulmonlar zarariga o‘zgarganidan so‘ng kayfiyati ancha ko‘tarilgan Hind qarshisida Vahshiyni ko‘rib seskanib ketdi. Hamma joyi qonga belangan Vahshiy unga yakinlashib, qo‘lidagi jigarni bo‘yi barobar ko‘tardi va:
—   Mana, sen xohlagan sovg‘a, ey Hind! — dedi.
—   Kimning jigari bu?
—   Hamza ibn Abdulmuttalibniki!..
Bu gapni eshitgan Hind devonalarcha u yoqdanbu yoqqa chopib: «Qasdimni oldim... Qasdimni oldim!» deya baqira boshladi.
Keyin jigarni Vahshiyning qo‘lidan oldi va tepalik tomonga yo‘naldi. Baland bir nuqtaga chiqqach, jigarni havoga ko‘tarib, baqirishga tushdi:
— O’chimni oldim. Mana, Hamzaning jigari! Rahmat senga, ey Vahshiy! Toki tirik ekanman, hatto qabrimda suyaklarim chirigunga qadar sendan minnatdor bo‘laman, katta rahmat, tashakkur senga, ey Vahshiy!
Shu tobda ayoldan (insondan) ko‘ra ko‘iroq vahshiy bir sirtlonga o‘xshagan Hind jigarni og‘ziga olib kelib, hirs bilan tishladi. Uzib olgan iarchani chaynay boshladi. Lekin yuta olmadi, nafrat bilan tupurib tashladi.
Nihoyat, tepalikdan pastga tushib, Vahshiyga yaqinlashdi va ustidagi bor qimmatbaho taqinchoqlarini unga berdi.
— Makkaga kaytganimizda, seni alohida xursand qilaman. Endi meni Hamza yotgan joyga boshlab bor, —dedi.
Jang maydoni bo‘ylab yurib ketishdi. Haligina Makka yo‘lini tutib qocha boshlagan mushriklar qaytadan ustunlikni qo‘lga kiritgan edilar. Shu boisdan ham ikkisi qo‘rqmay ildam borardi.
Yetib kelishganida, Hamza hamon yerda cho‘zilib yotarDi. Hind zaharxanda bilan iljayib bir necha daqiqa jasadni tomosha kilib turdi. Hozir nazarida o‘g‘li Hanzala, otasi Utba, birodari Valid va amakisi Shayba Qo‘l ushlashib huzuriga kelganday edi. Qahramon Hamza... Janglarda ajal shamolidek esib, raqiblarga qiron keltiradigan mardi maydon Hamza endi oyoqlarining ostida yotardi. Uning qorni yorilib, ichakchavoqlari otilib chiqqan, vujudidan hamon qon sizar edi.
— Bu ham senga kamlik qiladi, ey Hamza! Seni burdalab tashlamasam, ichimdagi qasos alangasi so‘nmay qolaveradi, — deb baqirdi Hind. Keyin Vahshiyga yuzlanib: — Menga pichog‘ingni ber! — dedi.
Vahshiy uning niyatidan xabarsiz, pichoqni uzatdi. Hind jasad ustiga cho‘kka tushib, uning burni va kuloqlarini kesib oldi. Ikki odim yurgach, yana ortiga kaytib, jasadning jinsiy a’zosini kesdi. Shu tariqa Hamzaning vujudidan to‘rt parchani kesib oldi.
Xotinlar yoniga qaytib kelgach esa, ularga qo‘lidagilarni ko‘rsatib:
— Otamning o‘chini oldim! — deya devonalarcha baqira boshladi. Keyin hammaning ko‘z o‘ngida yerga o‘tirib o‘sha parchalarni pichoq bilan maydalab to‘g‘rashga tushdi. Ip olib ularni ipga tizdi. Bo‘yniga munchoq, ikki qo‘liga ikkita bilakuzuk, oyoqlariga esa halhal qilib taqib oldi.
Uning bu harakati xotinlarga ma’kul tushib, ular ham qo‘llariga pichoq olib jang maydoniga tarqalib ketishdi. Endi ular ham uchragan shahidning quloqburunlarini va jinsiy a’zolarini kesishadi, o‘zlariga bilakuzuk va halhal yasab olishadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:03:21
* * *
Sa’d ibn Abu Vaqqos bilan tog‘ning xilvat bir go‘shasida samimiy duo qilgan Abdulloh ibn Jahsh o‘sha kuni hali oqshom tushmasidan shahidlik sharbatini ichishni va Rabbining huzuriga borishni sabrsizlik bilan kutar edi. Vaqtivaqti bilan dimog‘iga nafis bir hid urilib, jannat nasimini tuygandek huzur qilardi. Qilich ko‘tarib o‘ngu so‘liga hujum qilar ekan, o‘lmasidan burun bitta bo‘lsa ham mushrikni yer tishlatishni xohlardi. To‘satdan oldidan chiqqan bir jasadni ko‘rib, seskanib ketdi. U tog‘asi Hamzaning jasadi edi. Abdullohning ko‘zlariga qon to‘ldi. Endi tog‘asi uchun qasos olishni niyat kildi. Shu payt o‘zi tomon kelayotgan Abul Hakam ibn Axnasga ko‘zi tushdi. Qilichini ko‘tarib unga peshvoz chiqdi. Yakkama-yakka olishuv Abul Hakamning g‘alabasi bilan tugadi. Abdulloh yarador bo‘lib yerga yiqildi. Uni chalajon holatda tashlab ketishni o‘ziga ep ko‘rmagan Abul Hakam raqibining vujudiga ketma-ket qilich soldi. Badani ilmateshik bo‘lib ketgan Abdulloh jon taslim qildi. Uning o‘lganiga ishonch hosil qilgan Abul Hakam achchiq bir istehzo bilan uzoq qarab turdi. Rosa humordan chiqqanidan so‘nggina uzoqlashdi.
Bir ozdan keyin esa, Quraysh xotinlari kelib, ertalab Abdulloh qilgan duoning qolgan qismini ro‘yobga chikarish uchun uning burni va quloqlarini kesa boshlashdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:03:54
NIZO

Mushriklar urushga tezroq nuqta qo‘yish uchun Rasulullohga (s.a.v.) hujum qilishga kelishib olishdi. Butun kuchlarini to‘plab, u zotga qarab yo‘nalishdi. Shu tobda nimalar bo‘layotganini bilmay qolgan musulmonlar bir-birlari bilan urushib keta boshlashdi. Usayd ibn Hubayrni ansorlar yaralab qo‘yishdi. Uni yarador qilgan ansorni esa boshqa bir musulmon ustmaust ikki marta qilichladi. Huzayfa musulmonlar qilichlayotgan odamni ko‘rib:
— U mening otamku, tegmanglar unga! — deb hayqirdi.
Ammo kech bo‘lgan edi. Mo‘ysafid ota qilichlar zarbiga dosh berolmay, yerga quladi. Huzayfa:
— Nima qilib qo‘ydingiz?! Otamni o‘ldirdingiz! Ollohning o‘zi kechirsin! — deya oldi, xolos.
Ba’zi musulmonlar qo‘shindan ajralib, tog‘ tomonga keta boshlashgan, «Yonimga keling! Yonimga keling!» deya chorlayotgan Rasuli akramning so‘zlarini hech kim eshitmas edi. Ketganlar ichida Rasulullohning kuyovlari Usmon ibn Affon ham bor edi. Ular shu ketishganicha, jang tugab, oradan uch kun o‘tganidan keyin Madinaga kirib kelishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:04:45
XOSIYATSIZ QASAMYOD

Mushriklardan to‘rt kishi — Sa’d ibn Abu Vaqqosning inisi Utba, Rasululloh (s.a.v.) «seni o‘ldiraman» deb aytgan Ubay ibn Xalaf, Abdulloh ibn Kamia va Abdulloh ibn Shihob bir joyga yig‘ilib, maslahat qilishdi.
— To‘ppato‘g‘ri Muhammadga xujum qilsak nima deysizlar?
— Nima ham derdik, axir asl maqsadimiz shuku.
— Unday bo‘lsa, uni o‘ldirish yoki shu yo‘lda halok bo‘lishga qasamyod qilaylik.
To‘rtta qo‘l bir-birini siqdi. Ma’lum va noma’lum barcha tangrilar nomiga qasam ichildi. Keyin «Muhammad yashasa, mening yashamaganim bo‘lsin!» deya o‘rinlaridan turib, hujumga o‘tishdi.
Ibn Kamia Rasulullohning (s.a.v.) yonlarida tug‘ ko‘tarib turgan Mus’abga qilich soldi. Bir qo‘li uzilib tushgan Mus’ab ikkinchi qo‘li bilan tug‘ni ko‘tarib oldi. Keyingi zarbadan ikkinchi qo‘li ham uzilib tushdi. Uchinchi zarba uni yerga yiqitdi.
Mus’abni shahid etgan Ibn Kamia orqasiga qayrilib, bor kuchi bilan: «Muhammadni o‘ldirdim!» deb ba sh qira boshladi. Bu ovoz har ikki tomondagilarga ham qattiq ta’sir qildi. Shusiz ham tarqala boshlagan mu 1 sulmonlar o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishdi. Qo‘llari qilich tutmaydigan holga keldi. «Payg‘ambar o‘lgan bo‘lsa, yashashning nima ma’nosi bor?» deya oxirgi nafasgacha jang kilib, darhol shahid bo‘lishni va Rasulullohga (s.a.v.) yetishishni o‘ylaganlar bo‘ldi. Ular Hazrati Umar bilan ukasi Zayd ibn Xattob, Ali ibn Abu Tolib kabi mujohidlar edilar.
Ba’zi musulmonlar «Payg‘ambarimiz o‘ldirilgan bo‘lsa, bu ishga nuqta qo‘yilibdi. Endi urushishdan nima foyda?» deb jang maydonini tashlab ketishdi. «Rasululloh vafot etgan bo‘lsa, uni payg‘ambar qilib yuborgan Olloh o‘lmaydi, u boqiydir. Bu da’vodan qaytish yo‘q!» deya muqaddas yo‘ldan voz kechmaganlar ham bo‘ldi. Hazrati Abu Bakrning tutingan ukasi Horija ibn Zayd, Sa’d ibn Robi’ kabi musulmonlar shular jumlasidan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:07:08
JANGDA QATNASHGAN BIRDAN-BIR AYOL

Nasiba eri Zayd ibn Osim va ikki o‘g‘li bilan birga jangga keldi. U yaradorlarning jarohatini bog‘lash uchun matolar olib kelib, hamshiralik qilayotgan edi. Ammo musulmonlar tang ahvolda qolganidan keyin u ham qo‘liga qilich olib, dushmanga qarshi savasha ketdi. Ular oila a’zolari bilan Rasulullohning (s.a.v.) atroflarida qalqon bo‘lib, mushriklarning hujumini qaytarishardi.
Ug‘li Umoraning yarador bo‘lganini ko‘rgan Nasiba yugurib kelib, yarasini bog‘ladi va:
— Tur, o‘g‘lim, dushmanga qarshi jang qil! — dedi.
Buni ko‘rib Rasuli akram:
— Har kimning ham qo‘lidan kelavermaydigan sabrmatonat ko‘rsatding, ey Ummu Umora! — deya unga tahsin aytdilar.
Bir payt Ummu Umora Hazrati Payg‘ambarning:
— O’g‘lingni yaralagan odam ana, — deganlarini eshitdi.
Darhol o‘sha odamga tashlandi. Birinchi zarbadayoq uni oyog‘idan yaralab yerga yiqitdi. U o‘rnidan turib qochmoqchi bo‘lganida, bir necha qayta qilich solib, o‘ldirdi.
Mus’abni shahid etgan ibn Kamia yana hujumga o‘tgan edi. Bu gal u Nasibaga duch keldi. Nasiba qilichini ko‘tarib hamla qildi. Qilich nishonga tegmadi. Ibn Kamia hamla qildi. Nasiba bo‘ynidan yaralandi.
Rasululloh (s.a.v.) Umoraga qarab:
— Onangning yarasini bog‘la! — dedilar.
Yara bog‘landi. Ko‘p qon yo‘qotganiga karamay, Nasiba yana jangga kirib, Rasulullohga (s.a.v.) hujum qilganlarning hamlasini qaytara boshladi.
Bir rivoyatda Payg‘ambarimizning «Uhud kuni qay tomonga qaramay, Ummu Umoraning jang qilayotganini ko‘rar edim», deganlari naql etiladi.
Ushanda Ummu Umora Janobi Payg‘ambarimizga o‘z orzuyini bunday bayon etgan edi:
— Ey Ollohning rasuli, jannatda sizga qo‘shni bo‘lishimni so‘rab Ollohga iltijo qiling.
Jang qizib turgan bir paytda Olloh yaratgan eng muborak qo‘llar samoga ochilib, Anbiyolar Sultonining tilidan: «Ollohim, ularni jannatda menga hamrox qil!» degan niyozi Robbul Olaminga izhor etildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:07:28
* * *
Abul Hakam ibn Axnas o‘zida yo‘q shod edi. Abdulloh ibn Jahsh va yana bir musulmonni shahid etib, o‘ziga ishonchi tag‘in ham ortdi. Endi Zakvon ibn Qaysga duch keldi. «Sen qutulsang, men qutulmay qolay», deb darhol unga tashlandi. Bir ozdan keyin Abul Hakamning lablarida sovuq iljayishning izlari ko‘rindi. Chunki uchinchi qurboni bo‘lgan Zakvon oyog‘ining ostida qonga belanib yotar edi. U jasaddan qilichini sug‘urib olar ekan, o‘zicha maqtandi:
— Abul Hakamga qarshi chiqqan kishining oqibati shunday bo‘ladi... Qaniydi buni bilsang!
Qilichini artmoqchi bo‘ldi, fikridan qaytdi, qon tomib turgan qilich yana ham yaxshi ko‘rinadi, deb o‘yladi.
Shu tobda: «Mana senga Abu Tolibning o‘g‘lidan!» degan ovozni eshitib, orkasiga o‘girildi. Haqiqatan ham Hazrati Ali u tomonga otilib kelayotgan edi.
Qilichlar xavoda bir-biriga to‘knashdi. U butun kuchini qo‘llariga to‘plab, bir necha marta qilich soldi. Foydasi bo‘lmadi. Hazrati Ali:
— Urush mana bunday bo‘ladi, ey Abul Hakam, — deya qilich solgan edi, uning bir sonini kesib ketdi.
Uxud tog‘lariga urilib parchalangan achchik faryodga hech kim ahamiyat bermadi. Chunki to‘rt taraf bunday faryodlarga to‘lgan, zarbalar bir tomonning kayfiyatini ko‘tarsa, boshqa tomonning jon achchig‘ida oxvoh chekishiga sabab bo‘layotgan edi.
Abdulloh ibn Jahshning vujudini parchaparcha qilganida vaxshiy bir lazzat tuygan Abul Hakam endi vujudini yaralagan qilich zarbidan o‘zi jon xolatda tipirchilar edi.
Hazrati Ali Abul Hakamning boshini tanasidan judo qilib, shu tariqa yaqinlari uchun qasos olgan bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:07:49
* * *
Safvon ibn Umayya urushning oxirlaridan mamnunlik sezarkan, Badrda otasini o‘ldirganlarni axtarib u yokdanbu skqa yurar, qasos o‘tida yonayotgan qalbiga taskin izlar edi. Xuddi bir oz avval ko‘shinning old saflarida shataloq otib qochganlardan biri u emasday. Endi u ishning juda oson va xavfsiz yo‘lini topganday bo‘ldi. Jangga unchalik ham kirishib ketmasdan, chekkachekkada aylanar va yarador, urushga yaroqsiz yotgan musulmonlarni ko‘rgan joyida bitta-bitta o‘ldirar edi. Bir payt u yerda tipirchilab yotgan yaradorga duch keldi. Bu odam ansorning ulug‘laridan biri Xorija ibn Zayd edi. Safvon uni ko‘rishi bilan sakrab otidan tushdi va qilichini yalang‘ochlab, o‘zini qaxramonlarcha xis etib, havoda birikki o‘ynatdida, zarb bilan tushirdi. Xorija oxirgi marta bir kimirlab, jon berdi.
Xorija salgina oldin: «Janobi Rasululloh o‘lgan bo‘lsalar, u zotni Payg‘ambar qilib yuborgan Olloh bokiydir, o‘lmaydi!» deya jangga otilganlardan va ansor orasida Hazrati Abu Bakrga birodar tutingan inson edi.
Bir oz o‘tgach, Safvon yerda cho‘zilib yotgan yana bir yaradorning xayotiga nuqta ko‘ydi. Keyin esa, qo‘lidan ish kelishiga va o‘zi bir nima olishi mumkinligiga ishonch xosil etgandek, shaxd bilan jang maydoniga yurdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:08:18
* * *
Tushkunlikka tushib, majolsiz qilich solayotgan musulmonlar: «Kelinglar, Janobi Payg‘ambarimiz bu yerdalar, tiriklar!» degan nidoni eshitib, jonlanib ketishdi. Bu ovoz Ka’b ibn Malikniki edi. Ovoz kelgan tomonga shoshib yura boshlashdi. Rasululloh (s.a.v.) atroflarida to‘planib, jonli bir xalqa hosil qilishdi.
Shu paytgacha Rasuli akramdan bir nafas ham ajralmay jang qilgan kishilardan ba’zilari dushman o‘kiga o‘zlarini qalqon qilib shaxid bo‘lishgan, boshqalari esa, atroflarida hamon parvonadek aylanib, yov hujumini qaytarishar edi. Zayd ibn Osim, xotini Nasiba, ikki o‘g‘li Hubayb va Umora shular jumlasidan edilar. Abu Talha esa, Rasulullohning (s.a.v.) oldilariga o‘tib, yirik jussasini qalqon etib, bu tarafga otilgan nayzalarni bir-bir qaytarib kolardi. Rasululloh (s.a.v.) o‘zlariga oti.tgan o‘k va nayzalarni ko‘rish uchun boshlarini ko‘targanlarida, u:
— Ey Ollohning payg‘ambari, jonim sizga fido bo‘lsin, boshingizni ko‘tarmang, o‘q tegishi mumkin, — deb xavotirini izhor qilardi.
Sultoni anbiyo yonlariga keltirilgan o‘k to‘rvalarini Abu Talhaning oldiga bo‘shatishga buyurardilar.
Sa’d ibn Abu Vakqos ham Rasuli akramning yonlarida turib, dushmanga o‘q otardi. Rasululloh (s.a.v.) unga o‘q uzataturib: «Ot, ey Sa’d, otaonam senga fido bo‘lsin», der edilar. Rasululloh (s.a.v.) umrlari davomida boshqa hech bir kishiga bunday demaganlar.
Sahl ibn Hunayf moxir o‘qotar edi. Abu Talha va Sa’d bilan birga u ham har tomondan och bo‘rilarday tashlangan dushman xujumini katta fidokorlik bilan kaytarib turdi. Rasulullohga qo‘riqchilik qilayotganlardan yana biri — Ziyoda ibn Horis og‘ir yaralanib yerga yiqildi. Hazrati Payg‘ambar uni yonlariga keltirishni buyurdilar. Ziyodani olib kelishdi. Rasululloh (s.a.v.) uning boshini tizzalariga oldilar. Oxirgi nafasida Ziyoda Olloh taolo yaratgan eng muborak yuzga ko‘zlarini tikib turardi. U koinot yaratilganidan beri hech kimga nasib etmagan bir saodatga erishgan, olamlarga raxmat sifatida yuborilgan Sultoni anbiyoning xushbo‘y quchoqlarida sarxush holatda yotar, ko‘zlarining tubtubiga bokar, unda til bilan ta’riflash mushkul bo‘lgan olamlarni ko‘rar edi.
Hazrati Yusufni (a.s.) ko‘rgan xotinlar barmoqlarini kesib olganlarini bilmay kolishgan edi. Hazrati Yusufning ham, boshqa barcha payg‘ambarlarning ham sultoni bo‘lgan Rasuli akramning chehralariga mahliyo Ziyoda u zotning quchoqlarida jon taslim etsa, ne baxt! Ziyoda jaroxatidagi og‘riqni butkul unutgan va Faxri koinotning go‘zal yuzlariga tikilib, tomosha qilayotgan edi. Hatto bu orada yetib kelgan o‘lim farishtasi hamirdan qil sug‘urganday jonini tanasidan sug‘urib olganini ham sezmay qoldi.
Shu tarzdagi go‘zal o‘lim bilan tarixda nom qoldirgan bu muhtaram inson Rasuli akramga bitmastuganmas sevgi bilan bog‘langani shubhasizdir. Ehtimol, u yashirin tabiatli bir kishi bo‘lib, shu damgacha ochilmagan bir sandiq kabi krlgan va Nabiylar Sultoniga nisbatan sevgisini tilga chiqara olmagandir?! Ammo kalblardagi eng yashirin tuyg‘ularni ham juda yaxshi bilguvchi Haq taolo uni oxirgi nafasda bo‘lsa ham sevgan kishisiga qovushish saodatiga erishtirdi va achchiq o‘lim sharobini ta’rifsiz bir totlilikka aylantirib takdim etdi. Jang qizib, o‘lim tahlika solib turgan bir iaytda Rasulullohning bunday yo‘l tutishlari, albatta, sababsiz emasdi. Rasululloh (s.a.v.) bu ishni, shubhasiz, Haq taolodan kelgan bir ilhom bilan qilgan edilar. O’zlarini olamlarga rahmat qilib yuborgan Parvardigorning izmi bilan Ziyodaning qalbini bu rahmatdan to‘ldirar ekanlar, Ziyoda o‘layotgan odamday emas, balki asrlar bo‘yi suvsiz qolgan tashna inson kabi bu raxmatni qonibqonib ichar edi.
Ollohim! Ularga ehtiromda bo‘lgan bandalaringga ham bunday saodatni nasib etishga Sen, albatta, qodirsan! Rahmatingdan umidvor bo‘lib, duoga qo‘l ochganlar, qo‘llari bo‘sh qaytmasligiga ishonch ila Sening bu ehsoningni istaydilar. Ziyodaga ham, uni oxirat safariga kuzatib qolgan muborak zotlarga ham adadsiz va cheksiz salomlar bo‘lsin...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:08:38
* * *
Mushriklarning hujumi tinay demasdi. Rasululloh janobimizni o‘ldirishga yoki bu yo‘lda o‘zi o‘ligaga qasam ichgan Utba ibn Abu Vaqqos otgan tosh u zotning yuzlariga, Abdulloh ibn Shihob otgan tosh esa, peshonalariga tekkan edi. Orqasidan kelib Mus’abni shahid etgan ibn Kamia Rasulullohga qilich soldi. Qilich Hazrati Payg‘ambarning ustlaridagi zirhdan o‘tmagan bo‘lsada, uning zarbidan muvozantlarini yo‘qotib, chuqurlikka yiqilib tushdilar.
Ibn Kamia o‘zicha g‘oyat sharafli ishni do‘ndirgan edi. Bu yerdan uzoqlasharkan, ortidan Rasululloh (s.a.v.) «Olloh seni zalil va iarishon etsin», deb qo‘ydilar. Qilich zarbidan Rasulullohning dubulg‘alari ezilib ikki halqasi yonoqlariga botgan edi. Sheriklari u zotni qo‘llaridan tortib chuqurdan chiqarishdi. Yuzlaridan qon okarkan, Hazrati Rasul: «O’z Payg‘ambarining yuzini qonga bo‘yagan bu qavm qanday najot topsin?» deya ularning abadiy saodatdan mahrum qolishayotganidan afsuslarini bildirdilar. Keyin u muborak dudoqlardan ushbu niyoz samoga yuksaldi: «Ollohim, qavmimni o‘zing hidoyat qil, nima qilayotganini ular o‘zlari ham bilmaydi».
Jangning eng shiddatli nuqtasi Rasulullohning atroflarida davom etardi. Mushriklar to‘xtovsiz hujumga o‘tar, musulmonlar esa ko‘ksilarini qalqon qilib matonat ko‘rsatishar edi.
Talha ibn Ubaydulloh Rasulullohga qilingan bir hamlani qo‘li bilan qaytarib, Janobimizni qutqarib qoldi. Bu zarbadan keyin uning qo‘li bir umrga harakat qilmaydigan bo‘ldi. Faqat bitta barmog‘inipsha qimirlata olardi.
Ammo, afsuski, oradan o‘ttiz uch yil o‘tib, Hazrati Ali xalifa bo‘lganida, bay’atga birinchi bo‘lib qo‘l uzatgan Talhaning majruh qo‘llariga ishoratan ba’zi kishilar bu bay’atni xosiyatsizlikka yo‘ydi. O’shanda hech kim chiqib: «Nimalar deyapsizlar? Talhaning qo‘li o‘g‘rilikda yoki g‘ayri mashru’ biron ishda emas, balki Ollohning rasulini qutqarishda yaralangan. Bu jaroxat moldunyo bilan sotib olib bo‘lmaydigan bir sharaf nishonasidir», demadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:08:55
* * *
Do‘stlarining birinketin halok bo‘layotgani Rasulullohni (s.a.v.) g‘amga botirdi. Mutlaq g‘alabaga erishilayotgan bir paytda amrga bo‘ysunmagan bir guruhning itoatsizligi va ochko‘zligi bunday holga sabab bo‘lgan edi. Bu mag‘lubiyatning uvoli «Jasadlarimiz ustida kushlarning qo‘nganini ko‘rsangiz ham, men amr qilmaguncha joyingizni tark etmang!» degan buyruqni bajarmay, joylarini tashlab ketgan o‘qchilarning bo‘ynida edi. Rasululloh (s.a.v.) ushbu qayg‘uli voqeaga: «Birodarlarimizning bu ishi insofdan bo‘lmadi», deyish bilan munosabatlarini bildirdilar.
Rasululloh (s.a.v.) tog‘ning chiqish noqulay bo‘lgan joyiga chekinish fikrida edilar. Shunday kdlishsa, mudofaa oson bo‘lardi. Shu maqsadda o‘sha tomonga yura boshlaganlari asnosida: «Ubayy ibn Xalafning hujumidan xavotirdaman. Kim uni ko‘rsa, menga xabar qilsin», deb ulgurmaslaridan qayyokdandir Ubayy ibn Xalaf paydo bo‘ldi va: «Muhammadni menga ko‘rsatinglar, u bilan hisobkitobim bor», deb qoldi. Yo‘lini to‘smoqchi bo‘lganlarga Rasululloh (s.a.v.): «Qo‘yinglar, kelaversin», dedilar.
Ubayy otini jilovlab:
— Ey Muhammad, sen najot topsang, men topmaganim bo‘lsin, — deya tashlandi.
Rasululloh (s.a.v.) yonlarida turgan Xoris ibn Simnaning nayzasini olib, unga peshvoz chiqdilar. Ammo Ubayy qochishni afzal ko‘rdi. Rasululloh (s.a.v.) otgan nayza uning bo‘yniga tegib, yaralandi. Ubayy qorni tars yorilgandek bir alfozda:
— Muhammad meni o‘ldirdi! Muhammad meni o‘ldirdi!.. — deya faryod solib, qocha boshladi.
Uni bu holda ko‘rgan sheriklari masxara qilishga tushishdi:
—   Qo‘yinglar, bakiraversin, axir uning yarasi juda og‘ir! Hech bo‘lmasa, kuchi yetganicha bo‘kirib olsin.
—   Vahvah, Ubayy, onang seni shu holga tushsin deb tuqqanmidi?
—   Boshqa kishi bo‘lganida bunday jarohat bilan yarim soat ham yashay olmasdi! Sen haqiqiy erkaksan, ey Ubayy...
Ustida shuncha mazaxkulgi bo‘lishiga qaramay, Ubayyning talvasasi arimagan edi. Bittasi unga tanbex berdi:
— Yosh bolaga o‘xshaysana, senga yarashmaydi bu kiliq. Bo‘yningdagi yara kichkina bir chizikdan boshqa narsa emasku!
Ubayy e’tiroz bildirdi:
— Sen nimani bilarding, Muhammad Makkadaligida «Seni o‘ldiraman!» deb aytgan edi. U hech qachon yolg‘on gapirmagan. Men bu yaradan qutula olmayman, o‘laman, dedi.
Ubayy rost so‘zlayotgan edi. O’limga olib kelishiga hech kimning aqli bovar qilmaydigan kichginagina yara uni jisman ham, ma’nan ham parishon etdi. Haqiqatdan ham u xalos topishi mumkin bo‘lmagan bir baloga uchragan edi. Uni masxara qilganlar ko‘p o‘tmay bu haqiqatga iqror bo‘lishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:09:17
* * *
Rasululloh (s.a.v.) hamrohlari bilan qoyaga chiqa boshlashdi. Ishni oxiriga yetkazib, Islomni tagtomiri bilan yo‘q qilib yuborishni niyat qilgan mushriklar musulmonlarni qadambakadam ta’qib etib borishardi. Ularning niyatlaridan xabardor bo‘lgan Rasululloh (s.a.v.) qo‘llarini ko‘tarib duo qildilar:
— Ollohim, endi ular bu yoqqa chiqa olmasinlar... Duolari ijobat bo‘lib, mushriklar qancha harakat qilmasin, bir qadam ham yuqoriga o‘rlay olmadilar.
Endi Rasululloh (s.a.v.) yuzlariga sanchilgan halqa parchalarini chiqarishga fursat yetgan edi. Abu Ubayda ibn Jarroh halkalarni tishi bilan sug‘urmoqchi bo‘ldi. Yuzi Rasulullohning (s.a.v.) muborak yuzlariga tekkanida o‘zi qaerda, qanday ahvolda ekanini ham unutayozdi. Halqa parchalarini sug‘uraman deb Abu Ubaydaning ikki tishi sindi va bu siniq tishlar uning uchun bir umrlik aziz xotira bo‘lib qoldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:09:40
ABU SUFYON VA HAZRATI HAMZA

Abu Sufyon jang susaya boshlagan paytda xotinlar bo‘yinlariga taqib olgan narsalarni ko‘rdi. Xotinlardan qon hidi kelib turardi. Ularning qarashlaridan vahshiy bir huzurlanishni uqish qiyin emasdi. Abu Sufyon gap nimadaligini fahmladi. Mushriklar qo‘mondoni g‘urur bilan qadam tashlab ulardan uzoqlashdi. Hamzaning (r.a.) jasadi yotgan joyga keldi. Nayza bilan uning dudoqlarini turtib:
— Mana, totib ko‘r, ey saksog‘on qushi! Qilgan ishlaringning jazosini endi totib ko‘rchi, — dedi.
U yerda harakatsiz yotgan boshni nayzasi bilan nafratla eviribchevirar, burunquloqlari kesib olingan bu muborak boshni butkul tanib bo‘lmas holga keltirib, go‘yo umridagi eng baxtli onlarni yashayotgaidek bo‘lar, bu shirin xayollaridan ajralgisi kelmas edi. Shundanmi, yonida Axobish qabilasining raisi Xulays ibn Zabbon paydo bo‘lganini ham, so‘zlariga quloq solib turganini ham bilmay qoldi.
Abu Sufyonning bu ishi Xulaysga yoqmadi. Faqatgina tarbiyasiz ko‘cha odamlarigina bu ishni qila olardi. Uzini tutib turolmadi.
— Ey kinonaliklar, ko‘ringlar qurayshlik janobning ahvolini, qaranglar u nima qilyapti? Hamzaning yuzida et qolmadi. Ilmateshik kilib tashladi! — deb baqira boshladi.

Abu Sufyon bu gaplardan o‘ziga kelganday bo‘ldi va: — Uyat senga, ey Xulays. Bu haqda hech kimga og‘iz ochma. Bir xatolik o‘tdi, — deya oldi, xolos.
Rasulullohni (s.a.v.) o‘ldi deb eshitib umidlari kesilgan ba’zi musulmonlar jang maydonini tashlab, Madinaga yo‘l olishgan edi. Tez orada bu shum xabar Madinaga ham yoyildi. Munofiklarning yuzi kular ekan, musulmonlarning uylari motamxonaga aylandi. Hazrati Fotima (r.a.) boshchiligidagi bir necha xotin Uxudga otlandi. Ummu Ayman yo‘lda jangdan qochib kelayotgan kishilarni ko‘rganda ularga tosh otib, malomat kila boshladi:
—   Bering menga qilichingizni, men jang qilay, siz xotinlarga o‘xshab borib uyingizda ip yigirib o‘tiring... — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:10:20
QIYOMATLI DO’ST SA’D IBN RABE’

Rasulullohning (s.a.v.) yuzlariga botgan halqachalar chiqarilgan pallalarda qizlari Fotima yetib keldi, padari buzurgvorini sog‘salomat ko‘rib yig‘lab yubordi. Jang nihoyalay deb qolgan bir paytda Rasululloh (s.a.v.):
— Menga Sa’d ibn Rabe’ haqida xabar keltiringlar. Uni ko‘rsalaringiz, salomimni yetkazinglar, — deya amr qildilar.
Muhammad ibn Maslama bilan Ubayy ibn Ka’b ikkisi uni kidirib ketishdi. Yarador va shahidlar orasidan uni topish amrimahol edi. Muhammad ibn Maslama bir necha marta uning otini aytib chaqirdi. Axiyri: «O’lik bo‘lsa ham, Rasulullohning amrlarini yetkazganim bo‘lsin!» deb baland ovozda baqirdi:
— Ey Sa’d, Rasululloh meni sendan xabar olishga yubordilar, senga salom aytdilar!
Yenginasidan chuqur olingan bir nafas eshitildi. Juda ham past bir ovoz:
— Mendan ham Rasulullohga salom yetkazinglar... — derdi.
Bu orada Ubay ibn Ka’b ham yetib keldi.
—   Ey Sa’d, Hazrati Payg‘ambar sening ahvolingni so‘radilar, — dedi.
—   Rasulullohga salom aytinglar. Men hozir jannatning isini tuyib turibman. Sizlarga kelsak, shuni yaxshi bilinglarki, toki tirik ekansizlar, Rasulullohga bir ziyon yetsa, Olloh taolo hech qanday uzringizni qabul qilmaydi.
Sa’d shu so‘zlarni aytib, jon taslim etdi.
Muhammad ibn Maslama bilan Ubayy aziz shahidni shu holida qoldirib, orqalariga qaytishdi. Rasululloh uning shaxid bo‘lganini eshitib: «Ollohim, Sa’dni izzat va ikrom bilan kutib ol, undan rozi bo‘l», deb duo qildilar va bu muhtaram zotning Ollohga va rasuliga chin ko‘ngildan, ixlos bilan bog‘langan inson ekanini aytdilar...
Ha, payg‘ambarlardan boshqalar orasida bir inson yetishishi mumkin bo‘lgan eng yuksak martaba budir. Shunday bir insonki, jon bozori qurilgan bu pallada, chekilgan buncha aziyat orasida, payg‘ambarlarning eng buyugi Janobimiz taraflaridan xossatan axtariladi, salom yo‘llanadi, ahvoli so‘raladi... Shahid bo‘lganini eshitgach esa, izzat-ikrom bilan kutib olinishi uchun Ulug‘ Mavloga iltijo qilinadi...
Shunday bir insonki, insonning haqiqiy qiymatini biladigan Olloh taolo va Uning sharafli rasuli uning samimiyatiga guvohlik berayotir. Bu sharafdan ustun sharaf kutish, bunaqa odamni insonlik hududining eng old saflaridan izlamaslik sharafning va fazilatning ma’nosini bilmaslikdir.
Ollohim, ularni boshimizga toj qilish saodatidan bizlarni mahrum etma!.. Sa’dga ham, Sa’dni qo‘lidan tutib Haqqa eltgan Janobimizga ham bitmastuganmas salomlar, sevgilar!..
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:11:04
BIR YILDAN KEYIN BADRDA UCHRASHAMIZ[/b]

Jang nihoyasiga yetgan edi. Madinadan kelgan Hazrati Oyisha, Fotima, Ummu Sulaym, xullas, jami o‘n to‘rt ayol yaradorlarni muolaja qilish bilan band edilar.
Abu Sufyon uchto‘rt hamrohi bilan iloji boricha musulmonlar turgan joyga yaqinroq keldi va baland ovozda: «Muhammad tirikmi, yo‘qmi?» deb so‘radi. Javob bo‘lmagach, Hazrati Abu Bakr bilan Umarni so‘radi. Yana javob ololmagach, Abu Sufyon:
—   Demak, hammasi o‘libdi, — dedi.
—   Bekor aytibsan, hammamiz sog‘miz!
Abu Sufyon bu ovozdan Hazrati Umarni tanidi.
—   Gaping rostmi, ey Umar? — deb so‘radi.
—   Albatta, rost.
— Unday bo‘lsa, shuni bilib qo‘yki, bugun biz Badrning qasosini oldik. Kelgusi yil yana sizlar bilan uchrashamiz. Uchrashuv yerimiz Badr sahrosi bo‘ladi! — So‘ngra Abu Sufyon g‘alaba sarhushligi ichida baqirib she’r o‘qishga tushdi:
«Ey Abu Sufyon!.. Shunday bo‘lar jang...
G’alaba navbat bilandir.
Bir u tomonga, bir bu tomonga mayl etar,
Quduqning idishi kabi bir tushar, bir chiqar...
Mana, senga Badr mag‘lubiyatining alami chiqarilgan kun...
Badrda o‘ldirilgan Hanzalaga javoban
Uhudda ham bir Hanzalaning qoni to‘kildi...»

She’rini tugatgach, yana baqirdi:
—   Yuksal, ey tangrimiz Hubal, yuksal, ey Hubal! Shunda Rasululloh (s.a.v.) bu yoqda turib:
—   Unga javob bermaysizlarmi? — dedilar.
—   Nima deylik, ey Nabiyalloh?
— Olloh eng ulug‘dir, eng buyukdir, denglar, — dedilar.
Hazrati Umar baland ovoz bilan Rasulullohning (s.a.v.) so‘zlarini takrorladi. Abu Sufyon:
—   Bizning Uzzo (degan eng sharafli bir but)imiz bor, sizlarning Uzzolaringiz yo‘q, — dedi. Bu so‘zlarga ham yana Rasulullohning (s.a.v.) amrlari bilan:
—   Olloh bizning Mavloimizdir, sizlarning mavlolaringiz emasdir, — degan javob qaytarildi.
Abu Sufyon o‘qiyotgan she’r bilan Payg‘ambar janobimiz ayttirgan javoblar o‘zaro vazn va qofiyada juda uyg‘un kelayotgan edi. Abu Sufyon bu she’riy munozarani bunday yakunladi:
— Ey Umar, o‘liklaringizni sizlarga yoqmaydigan ba’zi holatlarda ko‘rasizlar. Mening buyrug‘im bilan qilinmadi bu ishlar. Ammo to‘sqinlik ham qilmadim. Unutma, kelgusi yil uchrashuv joyimiz Badr bo‘ladi!
Hazrati Umardan «kelishdik» degan so‘zni eshitgach, orkasiga qaytib ketdi.
Quraysh qo‘shini qisqa vaqt ichida ketishga hozirlik ko‘rib, Makka yo‘lini tutdi. Yo‘lakay Madinaga kirib ziyon yetkazmasinlar, degan xavotir bilan Rasululloh (s.a.v.) Hazrati Alini kuzatuvchi qilib yubordilar. Hazrati Ali qaytib kelganida, Rasululloh (s.a.v.) so‘radilar:
— Ular otlarga minishdimi yoki tuyalargami?
— Tuyalarga minishdi, otlarni esa yonlariga olishdi.
— Demak, Makkaga yo‘l olishibdi.
Abu Sufyon va uning qo‘shini muzaffar qadamlar bilan Makka tomon borar ekan, izidan la’nat va g‘azab ta’qib etib kelayotganidan bexabar edi.
Ular ketgandan keyin Rasululloh (s.a.v.) yarador va o‘liklarni oralab yura boshladilar. Manzara chidab bo‘lmas darajada achinarli edi. Ba’zi shahidlarning burunlari, quloqlari, jinsiy a’zolari kesilgan, jasadlar tanib bo‘lmaydigan ahvolda edi. Parishon holda yotgan amakilariga ko‘zlari tushdi. Qayg‘ularining cheki yo‘q edi. Umrlarida boshqa hech bir hodisaga bunchalik kuymagan, g‘amga botmaganlar. Rasululloh (s.a.v.) jasad boshida turib:
— Bundan ham achchiqroq musibat ko‘rmasam kerak. Bu qadar qayg‘uli hodisaga duch kelmaganman, — dedilar. Keyin ko‘zlarida yosh bilan sahobalarga yuzlanib: — Samoda «Hamza Olloh va rasulining arslonidir» degan yozuv bor. Buni menga Jabroil xabar berdi, — dedilar.
Shu payt yakinlashib kelayotgan ammalari Safiyyaga ko‘zlari tushib, Zubayr ibn Avvomga:
— Onangni orqaga qaytar, — dedilar.
Zubayr qaytarmoqchi bo‘ldi, lekin Hazrati Safiyya qaytishni istamadi.
— Ukamga nima qilishganini bilaman, Olloh yo‘lida bunga ham, bundan yomonrog‘iga ham roziman, — dedi.
Rasululloh (s.a.v.) qo‘llarini amakilarinyng ko‘ksilariga qo‘yib duo qilayotganlarida Safiyya ham yetib keldi. Hamza (r.a.) jasadi boshiga o‘tirib olib, ovozsiz yig‘lay boshladi. Bir ozdan keyin Hazrati Fotima (r.a.) kelib unga qo‘shildi. Rasululloh (s.a.v.) ham o‘zlarini tutolmay, achchiq ko‘zyoshlarini to‘kdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:12:48
JOBIR VA OTASI ABDULLOH

Madinadan shoshib kelganlar orasida hali balog‘at yoshiga yetmagan Jobir ibn Abdulloh ham bor edi. Jobir Madinada otasi bilan xayrlashar ekan, uni boshqa tirik holda ko‘ra olmasligini sezgan edi. Shahid otasining jasadini ko‘rmoqchi bo‘lganida, kattalar ruxsat berishmadi. Jobir ularning karshiliklariga qaramay, o‘zini otasi yotgan tomonga urdi. Borib ustidagi matohni ko‘tardi. Burdaburda qilib tashlangan bir jasadni ko‘rdi.
Yosh to‘la ko‘zlarini atrofdagilarga qadadi: «Bu mening otam ekanini qaerdan bilaman?» degandek bo‘ldi.
Kattalar uning maqsadini nigohlaridan uqib olishgan edi. Ulardan biri jasadning oyoq barmoqlarini ko‘rsatdi: «Biz uni shu barmoqlaridan taniy oldik».
E’tirozga asosi qolmadi. Bir kun avval xayrlashaturib, uni o‘pib, to‘yibto‘yib hidlagan, «Dunyoda Rasulullohdan keyin sendanda azizroq bir borlig‘im yo‘q, ey o‘g‘lim...» deya vasiyat qilgan otasi endi qiymalab tashlangan jasad holida yerda yotardi.
Otasining vujudi qanday parchalangan bo‘lsa, uning ham yuragi shu tahlit parchalangan edi hozir. Ko‘zidan tinmay yosh oqardi, atrofdagilar yig‘lama deb tasalli berishardi. Rasululloh (s.a.v.) unga shu so‘zlarni aytdilar:
— Otang uchun yig‘lasang ham bo‘ladi, yig‘lamasang ham. Shuni yaxshi bilginki, sizlar uni ko‘targunlaringcha ustida malaklar soya solib turadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:14:56
* * *
Vaqtni o‘tkazmay shahidlarni ko‘mish kerak edi. Janoza namozlarini eng buyuk zot imomliklarida eng muborak jamoat o‘qidi. Hech bir shahid yuvilmadi va kafanlanmadi. Faqat, Hanzalani malaklar yuvibpoklab qo‘ygani Rasulullohni hayratga soldi. Madinaga kaytgach, uning bir kechalik zavjasidan ahvolni so‘rashajak, u: «Ertalab g‘usl qilishga ham ulgurmay jangga yo‘l olgan edi», deb javob berajak. Bundan tashkari, Hanzala shahidlar orasida burni va quloqlari kesilmagan birdan-bir shaxid edi. Quraysh xotinlari unga rahm qilgani uchun emas, balki mushrik va kofir otasi Abu Amir Roxib uning yoniga hech kimni yo‘latmagani uchun shunday bo‘lgan edi.
Shahidlar qabrga ikki kishidan qilib qo‘yildi. Hazrati Hamza bilan Mus’ab ibn Umayr birga ko‘mildi.
Mus’abning jasadini olib kelishganida, Rasululloh (s.a.v.) ushbu oyatni o‘qidilar:
«Mo‘minlar orasida o‘zlari Ollohga bergan (U zotning yo‘lida jihod qilib, shahid bo‘lish haqidagi) ahdu paymonlariga sodiq bo‘lgan kishilar bordir. Bas, ulardan (ayrim) kishilar o‘z ahdiga vafo qildi (ya’ni, shahid bo‘ldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid bo‘lishga) intizordir. Ular (munofiqlarga o‘xshab Ollohga bergan axdu paymonlarini) o‘zgartirganlari yo‘q» (Ahzob, 23).
Oyatni eshitganlar Rasuli akram janobimiz nima demokchi bo‘lganlarini anglashdi. Janobimiz (s.a.v.) ko‘mish uchun keltirilgan xar ikki kishidan qaysi biri Qur’onni ko‘proq bilishini so‘rab, ko‘p bilgan shahidni yerga qiblaga yakinroq kilib qo‘yar edilar.
Ba’zi musulmonlar o‘zlariga tegishli shahidlarni Madinaga olib ketmoqchi bo‘lishdi. Tuyalarga ortib yo‘lga chiqishdi. Bu orada Amr ibn Jamuhning o‘g‘illari ham otalarini tuyaga ortishdi. Lekin tuya tuyoqlari yerga mixlangandek turib olib, bir qadam ham oldinga jilmadi. O’ngga yoki chapga boshlaganlarida bemalol yurar, boshini Madina tomonga burishgan zahoti esa, taqqa to‘xtab qolar edi. Bunda bir hikmat bo‘lsa kerak, deb Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga borib, voqeani tushuntirishdi.
Rasululloh (s.a.v.) bu holni ilohiy ishoradan deb qabul qildilar va olib ketilgan shahidlarni ham qaytarib, Uhudda ko‘mishga buyurdilar. Amrlari ijro etildi. Shu tarika Amr ibn Jamuhning: «Ollohim, menga shahidlikni nasib et. Bu yerlarga yana qaytib kelishimga yo‘l qo‘yma», deb qilgan duosi tamomila ijobat bo‘lgan edi.
Barcha shahidlar ko‘mib bo‘lingach, Rasululloh (s.a.v.) sahobalarga yuzlanib:
— Turinglar, saf tortinglar, Parvardigorimga munojatimni arz qilayin, — dedilar.
Hamma baravar o‘rnidan turib, Sultoni anbiyoning orqalarida saf tortishdi. Rasululloh (s.a.v.) mung to‘la qalblarini Hak taologa ochib, niyoz etdilar:
— Ollohim, barcha maqtovlar Senga xosdir. Ollohim, Sen keng qilib qo‘yganni toraytiradigan, tor qilib qo‘yganingni kengaytiradigan hech kim yo‘q. Sen hidoyat qilmaganni to‘g‘ri yo‘lga boshlaguvchi, Sen hidoyatga boshlaganni yo‘ldan ozdurguvchi topilmagay. Sen bermaganni bera oladigan, berganingga to‘siq bo‘ladigan kuch mavjud emas. Yaqinlashtirganingni uzoqlashtirguvchi, uzoqlashtirganingni yaqin keltirguvchi yo‘qdir. Ollohim, barakotingdan, rahmatingdan, ikromingdan va xazinangdan bizga mo‘lko‘l nasibalar ber.
Ollohim, tugamaydigan, o‘zgarmaydigan doimiy ne’matingni istayman. Muhtojlik kunlarda yordam berishingni, qo‘rqinchli kunda halovat bag‘ishlashingni istayman. , Bizga berganing va bermaganing narsalarning yomonligidan Senga sig‘inaman, Ollohim. Bizga imonni sevimli qilgaysan, qalbimizni bezatgaysan. Kufrni, fosiqlikni va isyonni yomon qilib ko‘rsatgaysan va bizni to‘g‘ri yo‘lning yo‘lchilari jumlasidan qilgaysan.
Ollohim, bizni Islom dinida bo‘lgan holimizda vafot ettir. Musulmonlarni bizga sevimli qil, solih bandalarning jumlasidan ayla. Pushaymon bo‘lmay, fitnaga berilmay yashashni nasib et.
Ollohim, payg‘ambaringni yolg‘onchi qilib, Sening yo‘lingdan adashtirish uchun chiqqan kofirlarni yo‘q qil. Azobingni va ofatingning yomon oqibatini ularning ustiga tushir!..
Ashobi kirom Sarvari koinotning bu duolariga chin ko‘ngildan «omin» deb turishdi. Duo tugagach, Rasululloh (s.a.v.) hazin bir ovoz bilan bunday dedilar:
— Men buning shohidiman. Shubhasiz, Olloh yo‘lida yaralangan bir kishini qiyomat kunida Olloh taolo yarasidan qonlar oqib turgan holda keltirajak. Yarasidan oqayotgan qonining rangi qon rangidir, ammo hidi mushkning hidiga o‘xshash bo‘ladi.
Mushriklar jang maydonida tashlab ketgan o‘liklarni musulmonlar ham ularning qilmishlariga javoban xor qilish imkoniga ega edilar. Bu ular uchun qasos yo‘li bo‘lishi mumkin edi. Lekin Rasuli akram ilohiy nazoratda edilar va har bir harakatlari kuzatib turilgan edi. Chunonchi, bu xususda qanday yo‘l tutish Jabroil (alayhissalom) keltirgan vahiy vositasida aniq bo‘ldi:
«(Ey mo‘minlar,) agar sizlar (o‘zingizga yetgan biron ziyonzahmat uchun) intiqom olmoqchi bo‘lsangizlar, u holda faqat sizlarga yetkazilgan ziyon barobarida intiqom olingiz. (Ammo) agar (intiqom olmay) sabrtoqat qilsangizlar, albatta, sabr qilguvchi kishilar uchun (bu intiqom olmoqdan) yaxshiroqdir. (Ey Muhammad, bu da’vat yo‘lida sizga yetgan ozoraziyatlarga) sabrtoqat qiling. Yolg‘iz Olloh yordami bilangina sabr qilishga qodir bo‘lursiz. Ularning (ya’ni, mushriklarning dinga kirmaganliklari) ustida mahzun bo‘lmang. Ularning makru hiylalaridan siqilmang ham! Zotan, Olloh taqvodor va chiroyli amallar qilguvchi zotlar bilan birgadir»  (Nahl, 126-128).
Bu oyatlar nozil bo‘lishi bilan Rasululloh (s.a.v.) mushriklarning jasadlarini xor qilishga izn bermadilar. Jazoni ham, mukofotni ham Olloh taolo irodasiga qoldirishni ma’qul ko‘rdilar.
Madina sari yurishga amr berildi. Shu tariqa Uhudda yuzga yaqin shahid qoldirib, bir kun avval kelgan yo‘llaridan qaytib ketishdi. Uhudda qolgan shahidlarning aniq soni to‘qson yettita edi.
Sahobalar Rasulullohning (s.a.v.) amrlariga bo‘ysunishsa, g‘alabaga erishishlari, aksincha, amrni bajarishmasa, mag‘lub bo‘lishlari yana bir marta ayon bo‘ldi. Aynayn so‘qmog‘iga qo‘yilgan soqchilar amrga itoat etib, joylarini tark etishmaganida, bugun musulmonlar shu yo‘ldan g‘olib sifatida o‘tib borishlari shubhasiz edi.
Albatta, ular musulmon qo‘shinini parishon va mag‘lub etish uchun joylarini tashlab ketishgani yo‘q, balki ko‘zlarini sehrlagan o‘lja dardi davosi yo‘q dardlarning boshga tushishiga sabab bo‘lgan edi. Ajabo, ular joylarida turishganida, Rasululloh (s.a.v.) ularga: «Sizlar jangga qatnashmadilaringiz, o‘ljadan ulush olish/a haqlaringiz yo‘q», deydilar, degan xayolga borishdimi yoki qalblarida jang qilganlarga nisbatan oz o‘ljaga ega bo‘lish xavotiri bor edimi?..
Rasululloh (s.a.v.) jangdan avval ularni so‘qmoq yo‘lga qo‘yib, bu yerdan qimirlamaslikni qattiq tayinlagandan so‘ng, «Hech bir inson o‘ziga takdir qilingan rizqqa ega bo‘lmay turib o‘lmaydi, Ollohdan qo‘rqing va rizqingizni pok, halol yo‘llardan qidiring», deb aytgan so‘zlaridagi xikmat shu tariqa kunday ravshan bo‘ldi! Rasuli akram (s.a.v.) bu so‘zlarni ayni paytida aytgan edilar. Ammo ko‘zlarni qoplab olgan molmulk xirsi shuncha shahid berishga, yuzlarcha qalblarning yonishiga, xotinlarning tul, bolalarning yetim qolishiga sabab bo‘ldi!
Rasululloh (s.a.v.) bu mavzuga ortikcha kirishishni lozim ko‘rmay, «Birodarlarimiz bizga nisbatan insofli harakat qilishmadi», deyish bilan kifoyalandilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:17:40
UHUDDAN QAYTISH

Madina aholisi mag‘lubiyat haqidagi xabarni eshitgan, shahid va yaradorlar haqida ba’zi ovozalar yetib kelgan edi. Ko‘zlarda yosh, kalbda xavotir bilan hamma yo‘lga chiqib, yaqinlarini kutar, tezroq diydor ko‘rishish ilinjida ko‘z tikar edi.
Nihoyat, uzoqdan qo‘shin ko‘rindi. Ko‘plar yarador vujud bilan qaytayotgan edi. Ayniqsa, Rasulullohning (s.a.v.) mudofaa jangi haqidagi takliflariga qarshi chiqqan kishilarning jarohatlari yana ham og‘irroq edi. Jahshning qizi Hamna avval ukasi Abdulloh ibn Jahshning shahid bo‘lganini eshitdi. Tavakkul bilan «Albatta, biz Ollohning qullarimiz va albatta yana Unga qaytamiz» mazmunidagi «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un» oyatini o‘qidi. So‘ngra: «Olloh uni rahmatiga olsin va mag‘firat qilsin», dedi.
Hamnaning yaqinlaridan ikkinchi shahid tog‘asi Hamza edi. Buni eshitganida ham haligi oyatni o‘qidi. Ollohning mag‘firatini tiladi. Shahidlar sanalayotgan edi. Saldan keyin eri Mus’ab ibn Umayrning o‘lganini eshitdiyu o‘zini tuta olmay, dod solib yubordi. Rasululloh (s.a.v.) bu xolni ko‘rib: — Xotinning nazdida erning alohida o‘rni bor, — deb qo‘ydilar.
Dinor oilasidan bir xotin ham yaqinlaridan uch kishini intiklik bilan kutardi. Uning otasi, ukasi va eri Uxudga ketishgan edi. Kutgan kishilaridan hech birini ko‘ra olmadi. Ammo ularning shahid bo‘lganini eshitganida, o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Matonat ko‘rsatdi, hurmat va odob ila Rasulullohga yaqin kelib:
— Ey Ollohning payg‘ambari, Siz sog‘ bo‘lgandan keyin boshga tushgan boshqa musibatlar ahamiyatsizdir! — dedi. Bu so‘zlar imon nuri bilan ziynatlangan, Olloh va rasuliga tobe’likning eng yuksak martabasiga yetishgan bir qalbdan chiqayotgan samimiy tuyg‘ular ifodasi edi. Birgina jumladan iborat, lekin bu jumlaning qiymatiga loyiq qadr topilajak joy ham bittaginadir. Bu so‘zlarni Ulug‘ Mavlo qadrlagani ham endi Uning huzuriga borilganida aniq bo‘lajak...
Qo‘shinga peshvoz chiqqanlar orasida o‘n to‘rt yashar bolakay ham bor edi. U ham jangga qatnashishni istagan, lekin Rasululloh (s.a.v.) ruxsat bermaganlari uchun qaytishga majbur bo‘lgan edi. Hozir u qaytganlar ichidan otasini qidirib, u yoqdanbu yoqqa yurar, tezroq quchog‘iga otilishni istar edi. Nihoyat, Rasululloh (s.a.v.) unga ko‘zlari tushib:
—   Abu Said Xudriy emasmisan? — deb so‘radilar.
—   Xuddi shunday, ey Ollohning rasuli.
—   Otang haqqiga Ollohdan mag‘firat so‘ra!
Abu Said Rasulullohning maqsadlarini tushundi. Otasiz qolganini va endi uyga yolg‘iz qaytishini o‘ylab, yuragi o‘rtandi. Ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi. Uyida intik bo‘lib xushxabar kutib o‘tirganlarga borib: «Otam shahid bo‘libdi», deyishning naqadar og‘ir ekanini his etib, ezildi. Endi oila tashvishlari o‘zining yelkasiga tushajak. Ham yetimlik alami, ham yosh boshiga oila boshlig‘i bo‘lish mas’uliyati unga baravariga tushgan edi.
Madinaga kirayotganlarida, Rasululloh (s.a.v.) Sa’d ibn Muozga qarab:
—Sizlar masjidgacha borib o‘tirmanglar. Uylaringizda dam olinglar, yaradorlaringizga qaranglar, —dedilar.
Hamma uyuyiga tarqaldi. Ammo Sa’d Rasululloh (s.a.v.) bilan masjidga bormasa, ko‘ngli tinchimasligini bilardi, ayrilmadi.
Rasululloh (s.a.v.) yaradorlarni masjidda davolash haqida ko‘rsatma berib, sovutlarini yechish uchun uylariga kirdilar. Qilichlarini hazrati Fotimaga (r.a.) uzatib, tozalashni buyurdilar. Sovutni yechaturib, bunday dedilar:
— Mushriklar endi hech ham bizga ziyon yetkaza olmaydi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:18:14
* * *
Musulmonlarning yengilib qaytishi, xususan, shahid bergan oilalarda bolalar va xotinlarning faryodlari ba’zi kishilarning ichichidan suyunib, yuzida sovuq kulgi ifodalari ko‘rinishiga sabab bo‘ldi. Ular qalbi nifoq va kufrga to‘la kishilar toifasi edi. O’lgan musulmonlar uchun yahudiylarning o‘tirib ko‘zyosh to‘kishi albatta aqlga sig‘masdi.
Munofiqlar esa, aksincha, bu mag‘lubiyatni o‘zlari uchun zafar deb tushunishardi. Mushriklar qozongan g‘alabani o‘zlarinikiday bilishar, burchakburchakka o‘tib olib, bir-birlarini tabriklashar edi.
Ibn Salul, men buyukman, o‘ylaganlarim to‘g‘ri, degan ma’noda:
— Gapga quloq solishganida, u yerda jon bermagan bo‘lishardi. Bormanglar, dedik, ammo gap uqtira olmadik, — derdi.
—   Tushuntira olmagan bo‘lsang, xafa bo‘lma, ey Ibn Salul, qurayshliklar ularga tushuntirib qo‘yishdi. Sen hech qachon bu qadar chiroyli tushuntira olmasding.
—   Aslini olgandaku, ular bu tarzda gap «uqqanlari» dan men g‘oyatda xursandman.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:18:49
* * *
Mushriklar kechasi kelib Rasulullohga (s.a.v.) suikasd qilishlari ehtimoli borligi uchun musulmonlar navbat bilan soqchilik qila boshlashdi.
Rasululloh (s.a.v.) shom va xufton namozlariga Sa’d ibn Muoz bilan Sa’d ibn Ubodaga suyanib chiqdilar. Jisman bu darajada charchagan Janobi Payg‘ambarimiz ruhan yanada horg‘inroq ekanliklari tabiiy hol edi.

* * *
Makkaga qaytayotgan mushriklar Aqiq degan joyda qo‘shinga dam berishdi. Istirohat asnosida bir yerga yig‘ilib, ahvolni muhokama qilishdi.
Ular g‘alabaga erishib, Badr jangidagi mag‘lubiyatning qasosini olishgan edi. Ammo zafarning cho‘qqisiga chiqib turib, musulmonlarni tagtomiri bilan quritib yuborishga imkon tug‘ilib turgan bir paytda jangni to‘xtatib, orqaga qaytib ketish hech qaysi mantiqqa to‘g‘ri kelmasdi. Xal qiluvchi bir damda ular butunlay tormor qilinmasa, nega shuncha yurib kelindi, qurbonlar berildi? Axir, Uhudda ulardan ham anchamuncha odam o‘ldi.
Abu Sufyonni siqishtira boshlashdi:
—   Qo‘limizga tushganlarida, ildizlarini quritmay turib yana qo‘yib yuborganimizning sababini bizga tushuntirib ber! — deyishardi ular.
—   Biz nima uchun bu yerga keldik? Nima, mag‘lub bo‘lib orkaga qaytyapmizmi? Ularni qo‘yday bir-bir pichoqdan o‘tkazish imkoniyati tug‘ilgan bir paytda nega ortga qaytdik?
—   Hali ko‘rasizlar, ular ertaga yana kuch to‘plab ustimizga bostirib kelishadi, boshimizga balo bo‘lishadi.
Abu Sufyon bu ta’nalarga javob berishdan ojiz edi. O’zining katta xatoga yo‘l qo‘yganini endi tushuna boshladi. Intiqom olindi, bu dars ularga yetadi, deb o‘ylabdi. Holbuki, musulmonlarni oxirigacha tormor etishganida, katta xavfdan butunlay qutulgan bo‘lishardi.
Abu Sufyonning peshonasidan quyilayotgan terlar ichidan o‘tayotgan qirindilarning alomatlari edi. Lekin bu borada Safvon ibn Umayyaning fikri boshqacha edi.
— Qaytib borib ikkinchi marta to‘qnashsak, ishimiz g‘alaba bilan tugashiga men ishonmayman, — derdi Safvon. — Ibn Salul bilan qaytganlar va hali hech jang ga kirmagan madinaliklar qasos olishga bir tushib ketishsa...
— Nima bo‘lardi unda?
— Bizni pishgan tovuq go‘shtiday yeb qo‘yishardi.Munozaradan hech qanday natija hosil bo‘lmadi. Kech tushib, dam olish payti keldi. Qolaversa, hamma jang qilib, yo‘l yurib charchagan, shunday holatda kaytadan Madinaga yurish imkonsiz bir ish edi. To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun eng maqbul yo‘l tong ottirish.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:19:55
TA’QIB
(Hamro ul-Asad safari)

Rasululloh (s.a.v.) mushriklarning kaytib kelishidan xavotirda edilar. Bomdod namozidan keyin Bilol (r.a.):
—Rasulullohning amrlari: dushman ta’qib etiladi! Ammo kecha jangga qatnashmaganlar bu safarga ham qatnashmaydi! — deya jar solib Madina ko‘chalarini aylanib chiqdi.
Xuddi shu iaytda bir tijoratchi Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga kelib, hozirgina Makkadan qaytganini, yo‘lda Abu Sufyonning qo‘shini istirohat uchun to‘xtab, Madinaga qayta hujum qilish masalasini muhokama qilishayotganini xabar berdi. Uning bu xabari Rasulullohning (s.a.v.) to‘g‘ri taxmin qilganlarini isbotladi. Bundan boshqa yo‘l yo‘q edi.
Kecha jangdan qaytganlardan hech kim: «Mening urushadigan holim yo‘q», demadi. Musulmonlar darhol amrga itoat etib, Rasulullohning (s.a.v.) muborak tug‘lari ostida saf tortishdi.
— Yo Rasululloh, men Uhudda qatnasha olmadim. Chunki otam menga bu yerda qolib singillarimga qarab turishni buyurgan edilar. Izn bersangiz, bu safarga men ham qo‘shilsam.
Jobir ibn Abdullohning bu samimiy so‘zlarini Rasululloh (s.a.v.) qabul qildilar. Uhud jangida qatnashmagani holda bu safarga chikishiga izn berilgan yagona kishi Jobir bo‘ldi.
Dushanba kuni ertalab yo‘lga chikishdi. Rasululloh (s.a.v.) yana sovutlarini kiyib olgan, faqatgina ko‘zlari ko‘rinib turar edi.
Olti yuz o‘ttiz nafarlik qo‘shinning aksariyati yaradorlar edi. Madinada Rasulullohning (s.a.v.) o‘rnilariga yana Abdulloh ibn Ummi Maktum imom bo‘lib qoldi. Qo‘shinning tug‘i Hazrati Alining (r.a.) ko‘liga berildi. Madinadan o‘n olti chaqirim uzoqlikdagi Hamro ulAsad degan joyga yetib kelganlarida, qo‘shinga dam bsrildi.
—Ana u odamni qaranglar!
Hamma sergaklanib, ishora qilingan tomonga qaradi. Yerda yotgan bir kishi bu ovozdan cho‘chib uyg‘ondi va sakrab turib, orqasiga qaramay qocha boshladi. Yarador bo‘lmagan bir necha kishi uning orqasidan quvib ketishdi. Ko‘pdan quyon qochib qutulmas — uni darrov tutib olishdi.
—   Voh, voh, shoir Abu Azzani ko‘rish baxtiga muyassar bo‘libmiz!
—   Jonim senga fido bo‘lsin, ey Osim, meni qo‘yib yubor, yo‘limda ketay.
—   Biz kelmay turib ketsang, bo‘lardi. Ammo endi ketishingga ruxsat yo‘q, ey Abu Azza!
Abu Azza umrida hozirgidek hayajonlanmagan, bu qadar o‘zini yo‘qotmagan, yuragi bunchalik kin va nafratga to‘lib toshmagan edi. Uni uyg‘otmasdan, shu holda tashlab ketgan makkaliklarni, ayniqsa, Safvon ibn Umayya bilan Jubayr ibn Mut’imni bo‘ralab so‘kar, orqalaridan butun boshli qo‘shinga yetarli la’nat yog‘dirar edi.
Keyinroq ichini pushaymonlik hissi chulg‘adi. Bir tiyin ham olmasdan hayoti bag‘ishlangan kunlarni esladi. Undan istalgani fakat tilini tiyishi edi. Aybini kechirgan odamlarga bilaturib xiyonat qilishning jazosini balki bu safar hayoti bilan o‘tashi lozimdir? Bu baloni boshiga o‘zi o‘z qo‘llari bilan keltirganini o‘ylagan sari telbaday bo‘lib qoldi. Yuzini g‘am, pushaymonlik, qo‘rquv, g‘azabu nafratdan paydo bo‘lgan bir mahzunlik qopladi.
«Ey kallavaram, aybingni kechirganlarga qarshi qo‘shin to‘plash senga qolganmidi?! Tuf sening aqlingga ham, tilingga ham!» deb tinmay o‘ziga malomat qila boshladi.
Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga kirib kelganida ko‘zlarida kandaydir umid uchqunlari porlaganday bo‘ldi. Chunki yana avvalgiday yolvorib, kechirimga erishish imkoni bor.
— Yo Muhammad, men Uhudga o‘z istagim bilan chiqmadim, majbur qilishdi. Bu safar ham meni kechirishingni so‘rayman.
Ijobiy munosabat sezilmadi. Endi yig‘loqi bir ovozda yalinishga tushdi:
— Buning ustiga, hali voyaga yetmagan qizlarim bor. Xo‘p desang, hayotimning qolgan kismini ularni parvarishlash bilan o‘tkazsam. Kasam ichib aytamanki, bundan keyin senga karshi bir ogiz ham gapirmayman!
Abu Azza to‘g‘ri so‘zladi. Bundan keyin u Rasuli akramga karshi bir og‘iz ham gapirmaydi, gapira olmaydi! Chunki hayoti nihoyasiga yetgan, ajal kelib yoqasiga yopishib bo‘lgan edi. Rasululloh (s.a.v.) uning so‘zlarini oxirigacha tinglab, bunday hukm o‘qidilar:
— Vallohi, endi yuzlaringni Makkaga surmaysan. Muhammadni yana bir marta aldadim, deb ham aytolmaysan. Mo‘min bir masalada ikki martaba aldanmaydi...
Kechani shu yerda o‘tkazadigan bo‘lishdi. Rasululloh (s.a.v.) o‘tin yig‘ib kelishni buyurdilar. Bir necha joyda o‘t yoqildi. Bundan maqsad, katta bir qo‘shin kelyapti, degan fikr uyg‘otish va mushriklarning ko‘zini qo‘rqitish edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:20:51
* * *
Huzoa qabilasidan Ma’bad ismli bir kishi Makkaga ketayotib, yo‘lda musulmonlar qo‘shiniga duch keldi. Rasulullohga (s.a.v.) yaqinlashib salom berdi va ko‘ngil so‘radi. Huzoa qabilasi musulmonlikni qabul qilmagan, Ma’bad ham Islomga kirmagan, shunday bo‘lsada, Rasulullohni hurmat qilishar, sevib ardoqlashar edi.
Bir necha daqiqa o‘tirib suhbatlashdi, keyin xayrlashib, yana yo‘lida davom etdi. Ravho deb atalgan mavzedg Abu Sufyonga duch keldi. Abu Sufyon uning musulmoi emasligini bilardi.
— Bizga qanday xabaring bor, ey Ma’bad? Ma’bad jiddiy ohangda:
— Xabarim sizni mamnun qilmasligi mumkin, ey Qurayshning ulug‘i! — dedi.
— Xo‘sh, nima gap ekan?
—   Muhammad Madinadan katta qo‘shin bilan yo‘lga chiqqan. Mag‘lubiyatning alamini olish va temirni qizig‘ida bosish maqsadida butun Yasrib xalqi qo‘lniqo‘lga berib kurashga otlanishgan. Bu gal ularga bas kelishlaringga ishonmayman.
—   Nimalar deyapsan, ey Ma’bad? Biz ularni tavbalariga tayantirib kelyapmizku, xabaring yo‘qmi?
—   Sizlar, butun Yasrib xalqi Uhudda bo‘ldi, deb o‘zlaringni ovutyapsizlar, xolos. Ammo haqiqatda bunday emas va tez orada buni bilib olasizlar.
— Ular hozir qaerda?
— Aniq bir nima deyolmayman. Men ularni Hamro ul-Asadda ko‘rdim. Menga shunday tuyulyaptiki, sizlar bu yerdan ketmay ularning otlari ko‘zlaringga ko‘rinib qolishi mumkin, —dedi-da, ular bilan hayrlashdi.
Bu paytda Madina sari ketayotgan kichik bir karvon Ravhoga yetib keldi. Abu Sufyon karvondagilardan:
—   Qayoqqa ketyapsizlar? — deb so‘radi.
—   Yasribga, — degan javob berishdi.
—   Qanday yumush bilan?
—   Oziqovqat izlab.
—   Sizlarga bir taklifim bor.
—   Qanday taklif ekan, ey qurayshlik?
— Mening gaplarimni Muhammadga yetkazsalaring, evaziga Ukozga kelganlaringda tuyalaringga mayiz ortib yuboraman. Taklifim ma’qulmi?
— Albatta, bunday taklifga yo‘q deb bo‘larmidi!
— Unday bo‘lsa, Muhammadga uchrab: «Abu Sufyonni ko‘rdik. Ular yana ustlaringga bostirib kelib, sizlarni qilichdan o‘tkazmoqchi», deb aytinglar.
— Keyinchi?
— Bor gap shu, xolos. Bu ishni bajarsalaring, bo‘ldi. Karvondagilar xursand bo‘lib, bir-birlariga qarashdi. Bir og‘iz gapni yetkazishdan osonroq ish bormi? Uzlari ham o‘sha yoqqa ketishayotgan bo‘lsa.
—   Ma’qul, ey Abu Sufyon, so‘zingni Muhammadga yetkazishimizga ishonching komil bo‘lsin.
—   Sizlar ham qoplaring mayizga to‘lishidan shubhalanmanglar. Unutmanglar, Ukozda uchrashamiz.
Ahdu paymon qilishib, karvon Madinaga yo‘l oldi. Abu Sufyon a’yonlarga yuzlanib:
— Sizlar qanday fikrdasizlar? — deb so‘radi.
Birinchi bo‘lib Safvon ibn Umayya so‘z boshladi:
— Men Makkaga ketish tarafdoriman. Musulmonlardan o‘chimizni olib, ularning ta’zirlarini berdik. Ma’bad aytgan gailar rost bo‘lsa, ish nima bilan tugashini hech kim bilmaydi. Makkaga mag‘lub bo‘lib kirib borishni istamayman.
Abu Sufyon Safvonning so‘zini ma’qullab:
— Men ham shu fikrdaman, ey Umayya o‘g‘li, — dedi va ovozini yana ham balandlatib davom etdi: — Darhol yo‘lga chiqamiz, vaqtni boy bermay, ketishga tayyorgarlik ko‘rilsin.
— Abu Sufyon, lekin...
Abu Sufyon qo‘shin ichidan kimningdir boshlab ulgurmagan so‘zini bo‘lib, kat’iy ohangda bunday dedi:
— Ammo-lekini yo‘q. Sizlar erishgan g‘alabamizni pisand qilmayapsizlar. Qo‘lga kiritilgan bunday sharafni boy berishga qarshiman. Qani, ketdik.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:21:22
* * *
Qo‘shin Makka sari jildi. Uhud jangidan, umuman olganda, hammaning ko‘ngli to‘lgan edi. Shu bilan birga, g‘alaba ularga qimmatga tushdi. Uhudda ko‘plab makkaliklarning jasadlari qoldi. O’g‘li va eridan ketma-ket judo bo‘lgan Sulofa hamon tishlarini g‘ijirlatib, «Hali mendan ko‘radiganingni ko‘rasan, Osim!» deb g‘o‘ldirab borardi. G’alabaga erishilgan bo‘lsa ham, qadrdonlarini tuproqqa berib qaytish og‘ir edi.
Abu Sufyonning esa, quvonchi ichiga sig‘maydi. Badr jangida yo‘qotgan qarindoshlari uchun motam libosini kiygan xotini Hind bir yildan beri uni yaqiniga yo‘latmasdi. Mana endi qasos olinib, xotini motam libosini yechadigan bo‘ldi. U yana xotini bilan birga bo‘lishini o‘ylab, qattiq hayajonga chulg‘andi.
Qo‘shin she’r va raqslar jo‘rligida Makkaga tobora yaqinlashardi. She’rlari qurayshliklarning qahramonlarcha kurashib, musulmonlarni Uhud tog‘i etaklarida mag‘lub va parishon holda tashlab kelayotganlari haqida edi. Ayniqsa, dovul chalib qo‘shiq aytayotgan, ora-sira chir aylanib raqs tushayotgan xotinlarning shodligi cheksiz. Shahidlarning badanlaridan kesib bo‘yinlariga taqib olgan parchalar badbo‘y hid chikara boshlagani ham ularning ta’bini buzmasdi. Hatto ular bo‘yinlaridagi et parchalarini bir-birlariga ko‘rsatib maqtanishar, falonchinikidan kesib oldim, deb ko‘zko‘z qilishar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:21:35
UMIDSIZ BIR YARADOR

Ko‘shin safida borayotganlar ichida g‘alaba nashidasidan hech ham bahra ololmagan birdan-bir kishi Ubay ibn Xalaf edi. U ora-sira qattiq uh tortib ko‘yar, «Men bu yaradan qutulmayman», deyishdan tinmasdi. Uning bu holatini ko‘rgan hamrohlari mazax qilib ustidan kulishar, bo‘ynidagi salgina tilinib ketgan ahamiyatsiz yarasiga qarab, bir-birlariga gap otishar edi:
— Voh-voh, juda yomon yarador bo‘libdi...
— Ubayning o‘rnida boshqa odam bo‘lganida fig‘oni falakka chiqardi. Chidab turishiga kryilman.
Ubay haqiqatdan ham azob chekayotgan edi. Hamrohlarining zaxarxandalari esa, yarasiga tuz sepgandek ta’sir qilardi.
— Sizlar meni masxara qilyapsizlar.
— Yo‘q, nega endi masxara qilar ekanmiz. Shunday yara bilan kanday tirik yurganingga hayronmiz, xolos.
— Lot haqqi, qasam ichib aytamanki, Muhammad seni ado qilibdi, ey Ubay. Yaraga qaranglar, yara emas bu, naq o‘lim chuquri!
Ammo Ubay haqli edi. Uning ichida bir qo‘rquv yashiringan. To‘g‘riso‘zligi uchun «Amin» deb nom chiqargan bir kishi «Seni o‘ldiraman», deb aytdimi, uning so‘zini nazarpisand qilmaslik mumkin emas.
Yo‘l yurgan sari Ubayning vujudidagi og‘riq kuchayib, axiri yerga yiqilib yotib qoldi. Endi o‘zini hech kim ko‘tarib ketmasligini, bu qumlikda abadiy qolib ketishini sezdi.
Quloqlari shang‘illab, xayolida faqatgina «Seni men o‘ldiraman, ey Ubay!» degan nido aylanardi. Qo‘llari bilan quloqlarini qattiq siqsa ham, bari bir shu so‘zlar eshitilaverar, vahimadan ichiyu tashi dirdir titrar edi.
Hamrohlari uning hazillashmaganiga, dardi chindan ham jiddiy ekaniga nihoyat ishonch hosil qilishdi, lekin unga yordam berishdan ojizliklarini ham tushuna boshlashgan edi.
«Qani aytchi, chirigan shu suyakka kim hayot bera oladi?» deb masxara qilgani esiga tushdi.
Ubayni hammadan ham dahshatga solgan narsa bu savolga olgan javobi edi:
«Ularga Olloh hayot beradi va Olloh seni jahannamga tiqadi!
Hamisha to‘g‘ri so‘zlagan bu muborak insonning javobidan dahshatga tushmasdan iloji yo‘q.
To‘satdan ko‘zlari olaydi, qiyofasi qo‘rqinchli tus oldi. Unga qarab turganlar lolu hayron edilar.
—   Senga nima bo‘lyapti, ey Ubay?
—   Oh, jonim...
Ubay bir nimalar demoqchi bo‘lib o‘zini majburladi, lekin kuchi yetmadi. Endi orqaga qaytish mumkin bo‘lmagan bir yo‘lga kirgan va bu yo‘lning oxiri, sodiq Zotning xabari ila, jahannamga tutashgan edi. Uning ko‘ziga dahshatli mavjudotlar ko‘rina boshladi. Ta’rifiga til ojiz bu mavjudotlar uni chambarday o‘rab olayotganday, bu chambar borgan sari toraya boshladi... O’lim farmoni bilan kelgan malaklar uning iflos ruhini orqasiga uriburib chiqarib olib ketishdi. Yerda esa, nafas olmay yotgan jasad qoldi. Shu damgacha hech narsani tushunmay qarab turgan hamrohlari endi hamma narsaga tushunib yetishdi va Ubayning loshini qumga ko‘mib, yana yo‘llarida davom etishdi.
Uning o‘limi deyarli hech kimni qayg‘uga solmadi. Bir cholning o‘limi g‘oliblik nash’asi surishlariga xalaqit qilsinmi? Qolaversa, Uhudda qanchaqancha navqiron yigitlarni tuproqqa bergan makkaliklar uchun uning o‘limi hech narsa emas.
Qo‘shin Makkaga yaqinlashganida, Hazrati Hamzaning (r.a.) qotili Vahshiyga jarchilik vazifasi topshirilib, yo‘lga chiqarildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:22:04
* * *
Rasululloh (s.a.v.) Hamro ulAsaddan chiqqanlarida bir karvonga duch keldilar. Karvondan bir kishi ajralib, xuzurlariga keldi va Ravhoda Abu Sufyonga duch kelishganini aytdi, so‘ng uning xabarini qanday bo‘lsa, shu holicha yetkazdi. Buni eshitib Rasululloh (s.a.v.):
— Hasbunalloh va ne’mal vakil, — deb ko‘ydilar.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Makka qo‘shini yo‘lida davom etgani haqida xabar keldi. Rasululloh (s.a.v.) ham qo‘shinlariga Madinaga qaytishni buyurdilar.
Ikkinchi jang ro‘y bermadi, ammo shu holatda ham| musulmonlar mushriklardan cho‘chimasliklarini isbot etishdi.
Uhud jangi paytida bir necha hamrohi bilan birga jang maydonini tashlab chiqib ketgan Usmon ibn Affon uch kun Jal’ob tog‘ida turdi, keyin Madinaga qaytib keldi. U Rasululloh (s.a.v.) Hamro ulAsad safaridan qaytganlaridan so‘ng huzurlariga kirib, kechirim so‘radi. Nabiyyi akram janobimiz unga og‘ir so‘z aytmadilar, faqatgina:
— Siz tog‘ning etagini tutib uzoqlashdingiz, — deb qo‘ydilar, xolos.
«Qochganingizni ko‘rdim: ketdingiz, lekin qaytib kelmadingiz», deganlari edi bu.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:22:21
XOSIYATSIZ MEHMON

Uhudda mushriklar birinchi zarbaga uchrashlari bilan jangni tashlab qochgan Muoviya ibn Mug‘iyra o‘ziga tinch bir joyni topib olib yotdi. Tezda uyquga ham ketdi. Uyg‘onganida esa... Jang tugabdi, mushriklar Makkaga ketib qolishibdi ham. Birikki kun o‘ngso‘lda tentirab yurdi. Keyin Madinaga keldi. So‘rabso‘rab Usmon ibn Affonning uyini topdi va eshigini taqillatdi. Eshikni Ummu Gulsum ochdi.
—   Usmon ibn Affonni izlayapman.
—   Uyda yo‘qlar.
—   Uni ko‘rmasdan ketolmayman, qarzim bor edi. Usmonni topib kelishdi. Muoviyaga ko‘zi tushgan Usmonning ta’bi xira tortdi.
— Yaxshi ish qilmading kelib, ey Muoviya, qaytib ketsang, xursand bo‘lardim. Nima qilasan, o‘zingni ham, meni ham baloga qoldirib, — dedi Usmon (r.a.). «Olloh bizga yetar, U kanchalar yaxshi vakildir».
— Xo‘sh, sen meni himoya qilmasang, kim himoya qiladi?
Shu damgacha ovozini ham o‘rinsiz balandlatmagan Us monday odam uni ko‘kragidan itarib: «Yo‘qol bu yerdan! Uxudga kel, bizni bu holga tushir, deb seni chaqirganmidik?!» deya olarmidi hech.
Noiloj uyiga kirgizdi. Holbuki, Madinada yuzlab mujohidlarning hali yarasi bitmagan, qon oqib turgan edi.
Bomdod namozidan keyin Rasululloh (s.a.v.):
— Muoviya ibn Mug‘iyra bu kecha Madinada tunagan, uni qidirib topinglar, — dedilar.
Hamma uni qidirishga tushdi. Lekin hech qaerdan darak bo‘lmadi. Muoviya Hazrati Payg‘ambarga ikki marta kuyov bo‘lib, «Zinnurayn» nomini olgan Usmon ibn Affonday bir kishining uyida yashirinib yotganini kim ham xayoliga keltirardi. Shu boisdan uning uyi qidirishga hojat bo‘lmagan uylar sirasiga kiritildi. Ammo shunday bo‘lsa ham, Usmon (r.a.) xavotirda edi. Rasululloh (s.a.v.): «Muoviya Usmonning uyida yashirinib yotibdi», deb qolsalar, nima bo‘ladi? Yaxshisi, buning bir ilojini qilish kerak. Shu xayol bilan Usmon (r.a.) o‘zi masjidga kelib Rasulullohning huzurlarida tiz cho‘kdi:
— Ey Ollohning payg‘ambari, Muoviya mening uyimda. Uni men yashirib, panoh berdim.
Usmon Rasulullohning: «Yaxshi, ey Usmon, sen panoh berganga biz ham panoh berdik», deyishlarini kutgan edi. Lekin unday deyilmadi.
Rasulullohning (s.a.v.): «Sen Uhuddan qochib ketganing yetmagandek, yana qanday qilib bizning dushmanimizni yashirasan?!» deyishlarini kutganlar ham bo‘ldi. Lekin bunday ham demadilar. Voqea yoqmagani ochiq edi. Zotan, Uhud falokatini keltirganlarga boshpanoh berish xush yoqadigan ish emasdi.
Usmon (r.a.) yolvorar, Rasululloh (s.a.v.) jim turar edilar. Nihoyat:
— Uch kun ichida Madinadan chiqib ketishi sharti bilan... — dedilar va Usmonning iltijolarini istamaygina qabul qildilar.
Usmon (r.a.) chuqur nafas oldi. Atrofda turganlar Rasulullohni bunday qarorga kelishga majbur etgan yalinchoqlikdan mamnun bo‘lishmadi. Lekin shunday bo‘lsa ham, Muoviya Madinada uch kungacha bemalol aylanib yurishi mumkin edi.
Vaziyat Muoviyaga tushuntirildi. Uch kungacha Usmonning uyida mehmon bo‘lishi, ammo to‘rtinchi kuni Madinada ko‘rinsa, o‘ldirilishi aytildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:22:49
* * *
Madina motamxonaga aylangan. Deyarli har bir uydan dodfaryod eshitiladi. Rasululloh (s.a.v.) qadrdon amakilarini yana bir bor eslab, qalblari o‘rtangan holda:
— Faqat Hamza uchun hech kim yig‘lamaydi, — dedi
O’sha kuni oqshom payti eshitilgan yig‘i ovozi Hazrati Payg‘ambarning e’tiborlarini tortdi. «Olloh va rasulining arsloni, shahidlarning ulug‘i» degan ovozlar keldi. Tashqariga chiqib, masjid eshigida yig‘layotgan xotinlarga ko‘zlari tushdi. Keyin:
— Endi uylaringga kaytinglar. Olloh sizlardan rozi bo‘lsin, sizlar vazifalaringni bajardilaring, — deya marhamat qildilar.
Rasuli akramdan duo olgan bu ayollar Sa’d ibn Muoz, Usayd ibn Huvayr, Sa’d ibn Ubodaning xotinlari edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:23:19
MEHMONNING KETGISI YO’Q

Muoviyaga ajal o‘qi otib bo‘lingan edi. U o‘ziga berilgan muhlat ichida Madinada tentirab yurdi. Ammo to‘rtinchi kuni butun borlig‘ini vahima kopladi. O’zini o‘zi o‘limga tutib berayotganini sezib turardi. Qolaversa, Rasululloh (s.a.v.) hamrohlariga: «Muoviyani falon joydan topasizlar», deb aytgan va, agar topilsa, o‘ldirishni buyurgan edilar. Ammor bilan Zayd ibn Xorisa o‘zlariga yuklatilgan bu topshiriqni eshitib, darxol o‘rinlaridan turishdi va aytilgan tomonga yo‘l olishdi.
— Hayot daftaringni yopadigan payt keldi, ey Ollohning dushmani!
Qo‘qqis aytilgan bu so‘zdan Muoviya bir sapchib tushdi. Orqasiga o‘girilib, o‘ziga karab turgan ikki kishini kurdi.
Men endi yo‘lga chiqmoqchi edim, — dedi. — Uch kundan beri ketmay nima qilding? Muoviya lommim deya olmadi. Ortiqcha so‘zga hojat yo‘q, taqdirdan qochib bo‘lmaydi. Havoga dast ko‘tarilgan qilich uning hayotiga nuqta qo‘ydi. Muoviya bu yerga qon to‘kish maqsadida kelgan edi va o‘zining qoni to‘kildi. Ikki sherik vazifasini bajargach, qaytib ketishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:23:54
BUYUK MAVLONING UHUDGA BYERGAN QIYMATLARI

Endi Uhud jangi haqida umumiy bir xulosa chiqaryash mumkin edi. Jabroil (alayhissalom) Olloh taolodan Payg‘ambarga (s.a.v.) vahiy keltirdi. Qur’oni karimning navbatdagi oyatlari Rasulullohning qalblariga quyila boshladi:
«Agar (endi Uhudda) sizlarga jarohat yetgan bo‘lsa, (Badr jangida) u qavmga ham xuddi shunday jarohat yetgan. (Toki ibrat bo‘lsin, deb) va Olloh haqiqiy imon keltirgan kishilarni bilishi hamda oralaringdan shahidlarni saralab olishi uchun bu kunlarni (ya’ni, g‘alaba va mag‘lubiyat kunlarini) odamlar orasida aylantirib turadi»  (Oli Imron, 140-141.)
Uhud jangi haqida shu tariqa umumiy bir xulosa bildirilgandan keyin, mo‘minlarga murojaat qilindi:
«(Ey mo‘minlar,) yoki Olloh sizlarning ichingizdan kim haq yo‘lda kurashganu, kim sabrtoqat qilganini mutlaqo bilmay turib, jannatga kiramiz, deb o‘yladingizmi?! O’limga ro‘baro‘ bo‘lishingizdan ilgari uni orzu qilar edingiz. Mana, endi (Uhudda) uni ko‘zingiz bilan ko‘rib turibsiz. Muhammad faqat bir payg‘ambar, xolos. Undan ilgari ham payg‘ambarlar o‘tgandir. Bas, agar u vafot qilsa yoki o‘ldirilsa, ketingizga (kufrga) qaytib ketasizmi?! Unda kim ketiga qaytib ketsa, Ollohga biron ziyon yetkaza olmas. Olloh esa (yo‘llarida qaytmay) shukr qilguvchi bandalarini munosib mukofotlaydi»  (Oli Imron, 142-144.)
Darxakiqat, Uhud mo‘minlar uchun tom ma’noda katta imtihon bo‘ldi. Bu imtihondan fazilat cho‘qqisiga erishganlar ham, undan nasibasini ololmaganlar ham o‘tkazilishdi. Mazkur oyatlar ularning barchasiga bir xilda taalluqli edi. Bu oyatlarni eshitganlar Abdulloh ibn Jahshni, Mus’ab ibn Umayrni, Sa’d ibn Robi’ni, Anas ibn Nadrni, Hamza ibn Abdulmuttalibni ko‘rganday bo‘lishdi. Ular Olloh yo‘lida jihod qilib, sabr va matonat ko‘rsatishga eng yorqin o‘rnak edi. Abu Dujona, Ali ibn Abu Tolib, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Talha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvomlar xaqiqatda qahramon bo‘lishdi. Hamma ularga havas qilardi, ularga o‘xshashga intilardi.
Rasulullohni (s.a.v.) o‘ldi deb o‘ylab, jang maydonini tashlab ketganlarning boshlari egilib qoldi.
«Jasadlarimiz ustiga qushlar qo‘nganini ko‘rsangizv ham, mendan buyruq kelmagunicha shu joydan qimirla manglar!» degan amrni olganlariga qaramay, joylarini tashlab ketib, mag‘lubiyatga sababchi bo‘lganlar qayg‘u biYa lan esga olindi.
Jang maydonini tashlab, Madinaga yo‘l olgan yoki tog‘larga chiqib ketganlar qilmishlaridan mingming pushaymon bo‘lishdi.
Olloh taolo nozil qilgan oyatlar takror-takror o‘qilib, xar kim o‘ziga saboq olishi lozim edi.
«Har bir jon faqat Ollohning izni bilan va aniq belgilab qo‘yilgan muddatda o‘ladi. Kim dunyo savobini istasa, unga o‘sha istagan narsasini berurmiz. Kim oxirat savobini istasa, ungada istagan narsasini bsrurmiz. Va shukr qilguvchilarni munosib mukofotlaymiz. Qanchadan qancha payg‘ambarlar o‘tgan, ular bilan birgalikda ko‘pdan : ko‘p xudojo‘ylar jang qilishgan. Hamda Olloh yo‘lida o‘zlariga yetgan mashaqqatlar sababli sustkashlik zaiflik qilishmagan va (dushmanlariga) bo‘yin egishmagan. Olloh mana shunday sabr qilguvchilarni sevadi. Ularning aytgan gaplari faqat bunday edi: «Parvardigoro, gunohlarimizni va ishlarimizdagi xatolarimizni mag‘firat ayla, qadamlarimizni sobit qil va bu kofir qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil!»  Bas, Olloh ularga ham bu dunyo savobini va ham oxiratdagi go‘zal ajrni ato etdi. Olloh chiroyli amal qilguvchilarni sevadi». (Oli Imron, 145-148.)
«Olloh o‘z va’dasining ustidan chiqdi — sizlar Uning izni bilan kofirlarni qira boshladingiz. To sustkashlik qilib, (Payg‘ambarning) amru farmonlari borasida talashibtortishgan va Olloh sizlar yaxshi ko‘rgan narsa (g‘alaba)ni ko‘zingizga ko‘rsatib qo‘yganidan keyin Payg‘ambarning amridan bosh tortgan paytingizgacha (bu ustunlik davom etdi). Orangizda dunyo istagan kishilar ham bor edi. So‘ngra sizlarni imtihon qilish uchun ularning (ustidan g‘oliblikni olib, mag‘lubiyat tomonga) burib yubordi. Endi gunohlaringizni afv qildi. Olloh imon egalariga fazlu marhamat sohibi bo‘lgan zotdir. (Ey mo‘minlar,) hech kimga boqmay (maydondan) chiqib ketgan paytingizni eslang! Holbuki, Payg‘ambar ortingizdan sizlarni chorlamoqda edi. Bas, sizlardan (g‘alaba, o‘lja) narsalarga va sizlarga yetgan (engilish, qurbonlar) narsalarga mahzun bo‘lmasliklaringiz uchun Olloh sizlarga g‘am ustiga g‘am berdi. Olloh kilayotgan amallaringizdan xabardordir». (Oli Imron, 152-153.)
Uhud jangining ertasigayoq Rasulullohning (s.a.v.) da’vatlariga bo‘ysunib, Hamro ulAsad safariga chiqqan va yaralaridan qon tomib turganiga qaramay, sabrbardosh ko‘rsatgan mard o‘g‘lonlar u yerdan Olloh va rasulining rizosiga noil bo‘lgan holda qaytishdi. Ular xaqida kelgan oyatlarda Haq taolo bunday marhamat qiladi:
«Ularning orasidagi chiroyli itoat qilgan va Ollohdan qo‘rqqan zotlar uchun ulug‘ ajrmukofotlar bordir. Unday zotlarga ayrim kimsalar: «Quraysh odamlari sizlarga qarshi (sanoqsiz lashkar) to‘plagan, qo‘rqingiz!» deganlarida, bu gap ularning imonlarini ziyoda qildi va: «Bizga yolg‘iz Ollohning O’zi kifoya. U zot eng yaxshi ishonchli vakildir!» dedilar. Bas, u yurishdan biron noxushlik yetmay, Ollohning ne’mat va fazli bilan qaytdilar. Ular Ollohning rizoligini istadilar. Olloh esa ulug‘ fazlu marhamat sohibidir». (Oli Imron, 172-174.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:25:17
MUNOFIQ BIR «QAHRAMON»

Uhud jangida yarador bo‘lganlar bir-bir ziyorat qilinib, o‘lim to‘gaagida yotganlar shaxidlik martabasi bilan muborakbod etilayotgan kunlar edi.
Jangga bormay, Madinada yurganida xotinlarning malomatiga qolgan, achchiq gaplarga chiday olmay, kurol ko‘tarib Uhudga otlangan va qaxramonlarcha jang qilgan Quzmon ham og‘ir yarador bo‘ldi. Uyiga kelganlar uni ko‘rib, uzoq yashay olmasligini tushunishdi.
— Ey Quzmon, seni tabriklaymiz! O’sha kuni dushman ahvolini tang qilganingga Olloh huzurida biz shohidmiz. Jannat safari muborak bo‘lsin! Quzmon boshini tebratib, e’tiroz bildirdi:
— Nima bilan tabriklab, kanday xushxabar haqida gapiryapsizlar? Men faqat o‘z qavmimning sharafi uchun jang qildim. Shu narsa bo‘lmaganida, jang qilmasdim.
Bu gap ziyoratga kelganlarga og‘ir botdi. Taxsinga loyiq xizmat qilgan bu odamning aytgan so‘zlari kishini qayg‘uga solib qo‘yar, bu so‘zlar qarshisida hatto yig‘lash ham ozlik qilar edi. Axir, mushriklarning qanchadanqanchasini yer tishlatgan Abu Dujona qanday taqdirlansa, Ali ibn Abu Tolib qanday tabriklanishi kerak bo‘lsa, Quzmon ham shunday taqdir va tabrikka loyiq edi. Ammo, afsuski, u o‘zining din yo‘lida kelib, Olloh rizosi uchun jang qilmaganini va bu ishidan oxiratda ajrmukofot umid etmasligini ochiq aytib turibdi!
Ziyoratchilar uning oldidan ko‘ngillari xira bo‘lib, g‘amgin holda chiqishdi. Oralaridan bir kishi sheriklariga savol berdi:
—   Nahotki eslay olmayotgan bo‘lsalaring?!
—   Nimani? — deb so‘rashdi qolganlar.
— Rasulullohning: «Bu odam do‘zaxiydir!» deganlarini.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:26:03
* * *
Ziyoratchilar ketganidan keyin Quzmonning dardi yana ham og‘irlashdi. Endi tuzalmasligiga, shu ahvolda o‘lib ketishiga aqli yetgan edi. Ortikcha qiynalib, azob chekishning ma’nosi yo‘q, baribir o‘laman, degan o‘y bilan qo‘lini o‘q to‘rvasiga uzatdi. Ilingan bir o‘qni olib, o‘tkir tig‘ini bilagiga qo‘yib, bor kuchi bilan vujudiga ' botirdi. Jon achchig‘ida orqaga tisarildi. Ko‘zlari olayib, qon otilib chiqayotgan qo‘liga qaradi. Lablari o‘xshovsiz tirjayganday bo‘ldi...
Bilagidan oqayotgan qon ozaygan sari uning hayot bilan aloqasi uzilib borar edi. Nihoyat, yuzidagi etlar uchishdan to‘xtab, chiqargan nafasi o‘pkasiga qaytmay, tinchidi. Xozirgina tirik yotgan vujuddan qonga belangan sovuq bir jasad qoldi.
Shu tariqa «qavm va qabilasi uchun qahramonlarcha jang qilgan yigit» unvonini qo‘lga kiritib, maqsadiga erishgan Quzmon, imon nuridan bebahra kolib, shahidlik martabasini inkor qilgan, Rasulullohni (s.a.v.) tasdiq etish saodatidan o‘zini mahrum etgan edi. Oradan yuz yillar o‘tajak, hadis kitoblarida uning shon va sharaf yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgani, ammo buni Olloh rizosini o‘ylab qilmagani haqida xabarlar yozilajak.
Quzmon haqidagi gaplar Rasulullohga (s.a.v.) yetkazilganida, «Ollohu akbar! Men Ollohning payg‘ambariman, bu haqikatga shohidman!» dedilar.
Shundan keyin Bilol o‘rnidan turib, baland ovoz bilan bunday dedi:
— Jannatga faqatgina Islom dinini qabul qilib, imon keltirganlar kiradi. Olloh taolo bu dinga gunoxkor kishining qo‘li bilan bo‘lsa ham quvvat beradi. Buni payg‘ambarimiz aytdilar!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:26:18
* * *
Yazid ibn Xotibning ziyoratiga kelganlar uni o‘lim to‘shagida ko‘rishdi. U Rabbining huzuriga borishga tayyorlanardi, so‘nggi nafasi qolgan edi.
— Jannat safari muborak, ey Yazid! — deb ko‘ngil so‘rashdi.
Balki Yazid bu so‘zni eshita olmagandir! Lekin 6oshida turgan otasi Xotib jahl bilan:
— Jannat deganingiz nima o‘zi?! Bir ko‘kargan bog‘cha xolosmi?! Valloh, o‘g‘limni aldadingiz, uning hayotiga zomin bo‘ldingiz, — dedi.
Xotibning bunday muomalasi uning imon nuridan benasib qolganini bildirardi. Ziyoratchilar bu yerdan ham g‘amgin holda chiqib ketishdi.

* * *
Rasululloh (s.a.v.) Xuzayfani yonlariga chaqirdilar. Jangda bir xato tufayli o‘ldirilgan otasi uchun fidya berdilar. Ammo Xuzayfa o‘ziga berilgan u narsalardan hech birini olib qolmadi, sadaqa qilib tarqatdi.
Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) Jobir ibn Abdullohni ko‘rib qoldilar. U juda ham g‘amgin edi. Hamon shahid bo‘lgan otasini unutolmasdi.
— Seni mahzun ko‘ryapman, ey Jobir.
— Ey Ollohning rasuli, bilasiz, otam o‘ldirildi. Qaramog‘imda singillarim bor. Buning ustiga, otamning qizlari ham mening bo‘ynimda qolgan.
— Olloh taolo bilan otang o‘rtasida hech qanday pardasiz — ochiq bo‘lib o‘tgan suhbat haqida xabar beri shimni istaysanmi?
— Istayman, ey Rasululloh!
— Olloh taolo bunday dedi: «Ey bandam, tila tilagingni, bajo keltiray». «Ollohim, sendan tilagim, meni yana dunyoga qaytar. Sening yo‘lingda ikkinchi marta shahid bo‘lishni xohlayman». «Shu qarorim qat’iyki, o‘lganlar boshqa qaytmaydilar!» «Rabbim, unday bo‘lsa, orqamda qolganlarga holimdan xabar ber!» Shundan so‘ng, Olloh taolo ushbu oyati karimalarni nozil qildi:
«Olloh yo‘lidagi jangda o‘ldirilgan zotlarni hargiz o‘liklar deb o‘ylamang! Yo‘q, ular tiriklardir! U zotlar Olloh O’z fazlu karami bilan bergan ne’matlardan xushnud hollarida baxramand bo‘lmoqdalar va hali ortlaridan yetib kelmagan birodarlariga hech qanday xavfu xatar yo‘qligi va g‘amgin bo‘lmasliklari haqida xushxabar bermoqdalar. Ular Olloh tomonidan bo‘lgan ne’mat va fazlu karam haqida hamda o‘zlariga jarohat yetganidan keyin ham Olloh va rasuliga bo‘ysungan mo‘minlarning ajrmukofotini Olloh zoe qilmasligi hakida xushxabar beradilar». (Oli Imron, 169-171).
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:26:34
MAKKAGA XUSHXABAR

Uhud jangidagi ilk zarbadanoq ba’zi mushriklar Makkaga qarab qochgan edi. Shu boisdan, bu yerga birinchi bo‘lib, Makka qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi, degan xabar yetib keldi.
Badr jangida bir hovuch kishidan yengilgan qo‘shinning ikkinchi marta ham yengilishi tabiiy. Ammo bu safar g‘alabaga ishonchlari juda katta edi. Buning ustiga, avvalgidan bir necha barobar ustun kuch bilan bostirib borishgan. Bu galgi jangdan faqatgina g‘alaba haqida xushxabar kutilayotgan edi.
Makka ahli ikkilanish ichida qoldi. Hech kim mag‘lubiyat haqidagi xabarga ishongisi kelmasdi. Ikki kundan keyin Hajun kabristoni boshida bir odam ko‘rindi. U tepalikka chiqib:
— Bu yoqqa kelinglar, ey Quraysh! Yig‘ilinglar, ey Quraysh! — deb baqira boshladi.
Hamma tepalik sari yugurdi. Bakirayotgan Vahshiy edi.
—   Xushxabar! Muhammad va sheriklarining boshiga kulfatlar yog‘dirdik, ularni qilichdai o‘tkazdik. Bunday mag‘lubiyatni umrlarida ko‘rishmagan! — dedi u.
—   Gaping rostmi, ey Vahshiy! Biz sizlarni mag‘lub bo‘ldi deb eshitgan edik.
Qora qul vahshiyona nigoh bilan yig‘ilganlarga bir-bir qarab chiqdi:
— Gaplarimga ko‘p o‘tmay ishonasizlar, hademay ular kelishadi.
Olomon tarqaldi. Vaxshiy pastga tushib, bir chekkada turgan odamga yaqinlashdi. Bu odam o‘zining egasi Jubayr ibn Mu’tim edi.
— Endi bo‘lgan voqeani menga bir boshdan gapirib ber, ey Vaxshiy. Faqat bor gapni gapir.
 Demak, u boyagi gaplarga ishonmagan ekan.
—   Lot va Uzzo haqqi qasam ichib aytamanki, xalqqa aytganlarimning hammasi to‘g‘ri.
—   Ya’ni, chindan ham sizlar g‘olib keldingizlar, sen Hamzani o‘ldirding, shundaymi?
— Albatta.
— Qani, o‘tir, qanday o‘ldirganingni menga so‘zlab ber.
Vahshiy bo‘lgan voqeani gapirib berdi.
— Badr kunidan beri ichimni yoqibkuydirgan otashni so‘ndirding. Men bergan so‘zimda turaman. Shu ondan e’tiboran sen ozod bo‘lding. Yana alohida mukofot ham olasan, — dedi Jubayr.
Tez orada qo‘shin Makkaga kirib keldi. Xotinlar dovul chalib, qo‘shiq aytishib, qo‘llariga, bo‘yinlariga taqib olgan takinchoqlarini ko‘zko‘z qilib kelishardi. Abu Sufyon uyiga kirishdan oldin Hubal butining poyiga borib tiz cho‘kdi va shukronalarini bildirdi.
Endi ular Badr jangidan buyon o‘zlariga harom qilib olgan atir sepish, yuvinish va zavjalari bilan qo‘shilish kabi imkonlarni qaytadan ko‘lga kiritishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:27:38
MEROS KIMGA TEGISHLI?

Madina.
Uhud jangida bir qancha musulmon shahid bo‘lib, ularning oilalaridagi hayot maromi o‘zgardi. Xotinlari tul, bolalari yetim qoldi. Shahidlarning molmulki u kungacha davom etib kelayotgan johiliyat odatlariga binoan merosxo‘rlariga o‘tdi.
Nabiyyi akram (s.a.v.) joriy etgan birodarlik nizomi meros bobida ham amal qilib, birodarlar boshqa merosxo‘rlardan xaqdorroq sanalishar edi.
Ammo bu nizom uzoq davom etmadi. Badr jangidan keyin nozil bo‘lgan oyatlarda Olloh taolo: «Qarindosh bo‘lganlar Ollohning Kitobida bir-birlariga boshqalardan ham ko‘ra yaqinroq va loyiqrokdirlar», deya marhamat qildi. Bu oyat muhojirlar bilan ansor o‘rtasidagi birodarlik tuyg‘ularini zadalamagan holda ularning bir-birlariga merosxo‘r bo‘lishlarinigina bekor qilgan edi.
Jangda shahid bo‘lgan Sa’d ibn Rabi’ning orqasida xotini bilan ikki bolasi qolgan, ikkalasi ham qiz edi. Johiliyat odatlariga ko‘ra, Sa’dning ukasi kelib, mol-mulkini egallab oldi, kizlarini, oilasini merosdan mahrum qoldirdi.
Tul xotinning boshqa daromadi bo‘lmay, bolalarining och qolishi mukarrar edi. Bir kuni u ikki qizini olib, masjidga keldi.
Yo Nabiyalloh, shu bechoralar Sa’dning yetimlari. U shahid bo‘lib, Ollohning rahmatiga erishdi, lekin bular parishon qoldi. Sa’dning molmulkini ukasi olib ketdi.
O’lgan bir kishiga uning bolalaridan ortiqroq kim ham voris bo‘la olardi? Odat shunaqada, deyish bilan masalani hal qilib bo‘lmasdi. Ammo bunga vaqti kelib hukm berish Olloh taoloning haqqi edi. Shu boisdan Rasululloh (s.a.v.) ham «bunday qiling» deb bir maslahat bera olmas edilar. Faqat aytgan gaplari shu bo‘ldi:
— Olloh taolo bu xususda xukmini bildiradi. Hozir esa, uyingizga boring.
Ular qaytib ketishdi. Johiliyat qonunlariga binoan qiz bolalar bir umr merosdan maxrum qilingan edi. Balog‘atga yetmagan bolalar ham, ular jangda qatnasha olmaydi, deb ko‘pincha merosdan mahrum qilinardi. Qolaversa, otalari shahid bo‘lib, molmulkidan ajraganlar faqatgina shular emas, ular son-sanoqsiz edi.
Oradan ko‘p o‘tmay, Rasulullohning holatlari o‘zgardi: vahiy kela boshladi. Hukm nozil bo‘lgach, Rasululloh (s.a.v.):
  Sa’d ibn Rabi’ning bolalari bilan ukasini chaqiringlar, — deb ko‘rsatma berdilar. So‘ngra xozirgina kelgan vahiyni takrorladilar:
«Olloh farzandlaringizga (tegishli meros) haqida bir o‘g‘il uchun ikki qiz ulushi barobarida meros berishni amr qilur. Agar merosxo‘rlar ikkidan ortik ayol bo‘lsa, ularga er qoldirgan narsaning uchdan ikkisi, agar yakka qiz bo‘lsa, unga (merosning) yarmi tegur. Agar marhumning farzandi bo‘lsa, otaonasining xar biriga qoldirgan merosidan oltidan biri tegur. Endi agar farzand bo‘lmay, faqat otaonasi (merosxo‘r) bo‘lsa, u holda onasiga uchdan biri tegur, (qolgani otasiga tegishlidir). Agar uning akaukalari bo‘lsa, onasiga oltidan biri tegur. (Qolgan qismi esa otasiga tegadi, zero, marhumning akaukalarini yediribkiydirish va uylab joylash otaning zimmasidadir. Bu taqsimotlar) marhum qilgan vasiyat va uning qarzlari ado etilganidan keyin bo‘lur. Otaonalaringiz va farzandlaringizning qaysi birlari sizlar uchun foydasi teguvchiroq ekanini bilmaysizlar. (Binobarin, o‘zingizga qolsa, meros taqsimotini ham adolat bilan hal qila olmaysiz. Shu boisdan, kimga qancha meros tegishi) Olloh tomonidan qat’iy farz qilib qo‘yildi. Albatta, Olloh bilim va hikmat egasi bo‘lgan zotdir»  (Niso, 11).
Sa’d ibn Rabi’ning bolalari bilan ukasi keldi. Rasuli akram (s.a.v.) vahiy oyatlarini ularga ham o‘qib berdilar. Keyin mazkur oyatlarning hukmiga binoan ilk marta merosni taqsimladilar.
— Sa’dning bolalariga merosning uchdan ikkisini, zavjasiga sakkizdan birini berasan, qolgani seniki bo‘ladi, — dedilar.
Sa’dning xotini quvonchdan baqirib yubordi:
— Ollohu Akbar! Ollohu Akbar!
Bunday adolatli xukmdan suyunganidan o‘zini tuta olmagan bu ayol Rasulullohning (s.a.v.) huzurlarida turganini ham unutib, takbir aytayotgan edi. Toleidan o‘zida yo‘q xursand bo‘ldi. So‘ngra bolalarining qo‘lidan tutib, shaxd bilan uyiga yo‘l oldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:28:15
* * *
Ibn Salul musulmon bo‘lganini e’lon qilganidan beri masjidga kelib namoz o‘qir edi. Uning musulmon bo‘lishi boshqa musulmonlarni shodlantirdi. Ammo, afsuski, Uhud jangida fitna chikarib, u hammaning qalbini yaraladi.
Juma kuni masjidga kelib, o‘zining doimiy joyiga o‘tirdi. Rasululloh (s.a.v.) xutba o‘qib tugatishlari bilan o‘rindan turdi:
— Ey insonlar! — dedi. Lekin gapini davom ettira olmadi. Bir kishi etagidan tortib, jerkib berdi:
—   O’tir joyingga, uyatsiz!
—   O’tir, Ollohning dushmani!
—   Sen avval qilgan ishingdan uyal!
Har tarafdan yog‘ilgan ta’na qarshisida u:
— Men nima yomon ish qilibman? — deya oldi, xolos. O’zini qo‘lga olishga urinarkan: — Vallohi, unga dastak bo‘lish harakatida edim, — deya to‘ng‘illadi. Lekin so‘ziga hech kim kuloq tutmayotganini ko‘rib, o‘rnidan turdida, masjid eshigi tomon yo‘naldi.
— O’zingga yomonlik tilama. Kel, Rasululloh (s.a.v.) senga Ollohdan mag‘firat so‘rasinlar. Sen u kuni haqikatan ham yomon ish qilding, — deyishdi unga.
— Vallohi, men uchun mag‘firat so‘ralishini xohlamayman.
Ibn Salul shunday dedi-da, qovoq solib, jahl bilan masjidni tark etdi.
Uhud jangi haqida makkaliklar ham, madinaliklar ham she’rlar bitishdi. Mushriklar qanday qilib qasos olganlari va g‘alabaga erishganlari haqida yozishardi. Musulmonlar esa shahid bo‘lganlarga marsiyalar aytishar va Uhud jangining intiqomini olishlari, ertamikechmi bari bir g‘alaba qilishlari xususida so‘z yuritishar edi.
Endi Xasson ibn Sobitning navbati kelgan edi. Badrga ham, Uhudga ham qatnashmagan va bundan buyon hech bir jangda ishtiroq etmaydigan Xassonning ham qo‘llay oladigan yagona quroli bor, u ham bo‘lsa, tili edi. Endi uning quroli ishga tushajak, jang shu sohada davom etajak.
Makkaliklarning musulmonlarni nishonga olib yozgan she’rlari unga, Ka’b ibn Molikka, Abdulloh ibn Ravohaga yetkazildi, ular bu she’rlarga javoblar yozishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:30:16
* * *
Makkaliklarni g‘alaba bilan tabriklashga atrofdagi qabilalardan ziyoratchilar kela boshlashdi. Mamnuniyatlarini izhor etishdi, o‘lganlar uchun ta’ziyalar bildirishdi. Qabilalariga qaytib kelib, Osim ibn Sobitning boshini keltirgan kishiga Sulofa yuzta tuya va’da kilgani haqidagi xabarni qavmdoshlariga yetkazishdi.
Xaqiqatan, yuzta tuya katta boylik sanalardi. Anchamuncha odam yuzta tuyaga ega bo‘lish uchun umr bo‘yi ishlashga ham yo‘q demasdi. Yo‘lini qilib Osimni tuzoqqa tushirgan kishi boybadavlat bo‘ldi hisob.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:31:27
ASAD O’G’ILLARIGA BERILGAN DARS

Musulmonlarning Uhudda yengilganlarini eshitib, Bani Asad kabilasi bunday qulay fursatdan foydalanib qolgisi keldi. Madinaga yurish qilishga hozirlik ko‘ra boshladi. Vaqtni o‘tkazmay harakat qilish lozim. Ko‘p kuch sarflamay, katta o‘ljani qo‘lga kiritish uchun bundan qulayroq imkoniyatni topish qiyin deb o‘ylashdi.
Madinadagi qarindoshlarini ko‘rishga kelgan Valid ismli bir kishi hamr ichib mast bo‘lgach, qabilasining urushga tayyorlanayotganini og‘zidan gullab qo‘ydi. Bu xabar zudlik bilan Rasulullohga (s.a.v.) yetkazildi.
Rasuli akram yuz ellik kishilik bir qo‘shin to‘plab, Abu Salamani qo‘mondon qilib tayinladilar va unga Qatan mavzeiga borib, Asad o‘g‘illari qabilasiga dars berib qo‘yishni, molmulklarini o‘lja qilib olishni buyurdilar.
Abu Salama Rasuli akramning emikdoshlari edi. Xushxulq, toza qalbli bu kishi Uhud jangida yaralangan bo‘lib, endi tuzalgan edi. Qo‘shin darhol yo‘lga chiqdi. Urush xabarini olib kelgan Valid ibn Zuhayrning o‘zi ko‘shinga yo‘l ko‘rsatib bordi. Eng yaqin yo‘llardan o‘tildi.
Qatan suvi boshida chorvalarini boqib yurgan cho‘ponlar lashkarni ko‘rib qocha boshlashdi. Uchtasi qo‘lga olindi, qolgani qochib qutuldi. Ular halloslab kelib, bo‘lgan voqeani qavmlariga aytib berishganida, hammaning qalbiga g‘ulg‘ula tushdi. Tezroq har yoqqa tarqab ketgan ma’qul, degan xayolga kelishdi.
Bu asnoda Abu Salama qo‘shini ham yetib keldi. Darhol saflar olindi va jang holatiga kelindi. Ammo Asad o‘g‘illari tarqala boshlagan edi. Sa’d ibn Abu Vaqqos birinchi zarbadayoq urib o‘ldirgan bir kishi bilan badaviy o‘ldirgan bir musulmonni aytmaganda, jang bo‘lmadi hisob.
Keyin o‘nggaso‘lga bo‘linmalar chiqarilib, Asad o‘g‘illariga tegishli barcha hayvonlar bir joyga to‘platildi. O’ljaning beshdan bir qismi ajratildi, yo‘l ko‘rsatib kelgan Validning xizmat haqi ham berildi. Nihoyat, Madina sari yo‘l tutildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:32:14
* * *
Janobi Rasulullohga (s.a.v.) payg‘ambarlik berilganidan buyon hali ichkilik ichish haqida biron hukm va taqiq kelmagan edi. Shu boisdan ham, Islom dinini qabul qilgan va qilmagan ko‘p kishi ichkilik ichardi. Xurmo va uzumdan olingan hamrlar xumlarda saqlanar, uylarda, majlislarda mo‘lmo‘l ichilar, mehmon kelsa, ikrom qilinar edi...
Ichganlar, tabiiyki, mast bo‘lib, muvozanatlarini yo‘qotishar, bo‘larbo‘lmas so‘zlarni aytib, yarashmagan qiliqlar qilishar edi. Ichgan kishilardagi bunday chirkin xolatlarni ko‘rib yoki o‘zlari bir marta ichganda tushgan holatlaridan uyalib, boshqa ichmay ketganlar ham bor edi.
Bir kuni Hazrati Umar (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga keldi:
— Ichkilik haqida nima deysiz, ey Ollohning rasuli? — deb so‘radi. Bu savol yolg‘iz Hazrati Umarnigina emas, boshqa ko‘plab musulmonlarni ham qiziqtirar edi.
Nabiyyi akram (s.a.v.) Umar ibn Xattobga (r.a.) Olloh taolodan kelgan ushbu oyatni o‘qib berdilar.
«Sizdan araq (ichkilik) va qimor haqida so‘raydilar. Ayting: «Bularda katta gunoh va odamlar uchun foydalar bor. Bularning gunohi foydasidan kattarokdir»  (Baqara, 219.)
U yerda xozir bo‘lgan sahobalar oyatni eshitishdi. Hazrati Umar bu hakda qat’iy hukm kelishini kutgan edi. Nozil bo‘lgan bu oyat bilan ichkilikka tamoman chek qo‘yishning imkoni yo‘q. Ammo bu hukmlar insonlarni yaratgan va ularni juda yaxshi bilgan Olloh taolo huzuridan kelgan. Albatta, Olloh nimaga hukm qilishni o‘zi juda yaxshi biladi. Hazrati Umar (r.a.) shu boisdan boshqa narsa so‘ramadi. Chunki Rasululloh unga: «Sen bularning hukmi hakida so‘rading, Mana, Ollohdan kelgan hukmlar», desalar, Umar nima ham deya olardi.
Oyatni eshitgan ba’zi kishilarning yuzlarida tabassum ko‘rindi. Bular hech ichmaydigan yoki ichishni tark etgan kishilar edi.
Ba’zilar esa, modomiki ichish katta gunoh sanalar ekan, boshqa ichmaganimiz bo‘lsin, deb ichkilikdan butunlay voz kechishdi.
Shunga qaramay, xali ichkilikni tark etmaganlar ham bor edi. Ular uylarida sharob tayyorlaydigan va ichmasdan turolmaydigan kishilar toifasi bo‘lib, mazkur oyatdan boshqa xulosa chiqarishdi.
— Ey Ollohning payg‘ambari, qo‘ying, biz bularning foydali tomonidan o‘z nasibamizni olaylik, — deyishardi ular.
Rasululloh (s.a.v.) ularga: «Bu gapni qanday gapirasiz! Katta gunox ekanini eshitmadingizmi?» ham demadilar. Chunki Olloh taolo bu oyatni yuborish bilan ichkilik va qimorni qat’iyyan taqiqlashni maqsad qilmagan edi.
Shundan keyin ichmaydiganlar ichadiganlarni ayblashmadi, ichadiganlar esa ichmaydiganlarga malomat qilishmadi. Bu xususda yangi hukm nozil bo‘lguncha hamr ichilaverildi, qimor o‘ynalaverildi.
Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) ahli kitoblardan bo‘lgan yahudiylar bilan uchrashdilar. Ularni Islomga da’vat etdilar.
— Sen bizning imon keltirishimizni haqiqatan ham istaysanmi, ey Muhammad? — deb so‘rashdi ular.
Bunday savolning o‘zi ortiqcha edi. Axir, nima uchun istamasinlar? Payg‘ambarning birdan-bir maqsadi ham odamlarning imon keltirishlari emasmi?!
— Bizga haqiqatan Ollohning payg‘ambari ekaningni isbotlashing lozim!
O’zlari bilib turgan narsaga isbot talab qilish... Holbuki, yahudiylar vijdonlariga quloq solsalar edi, aynan o‘zlari bu zotning haq payg‘ambar ekanini isbotlovchi dalilga — Kitobga ega ekanlarini tan olishlari kerak edi. Hozirgi holatlari esa, oqib turgan daryo bo‘yidagi odamdan suvning oqayotganiga isbot talab qilishga o‘xshash bir narsa edi.
— Bizga samodan bir kitob tushir, u ichida senga imon keltirishimiz lozimligi yozilgan bir kitob bo‘lsin. Shundagina qalblarimiz xalovat topib, senga imon kel tiramiz, — deyishdi.
Olloh taolo ularning bu istagini bajo keltirishga, albatta, qodir. Ammo bu odamlarning so‘zlari samimiy emas. Bunga eng katta dalil o‘zlari ishongan va doim yonlarida olib yuradigan Kitoblari edi. Avvalgi Kitoblarda ta’riftavsiflari kelgan bir payg‘ambarning qaytaqayta mo‘‘jiza ko‘rsatishiga hojat yo‘q. Qolaversa, ularning xohlaganlari bajo keltirilganida ham, inkorda davom etib, imonga kelmasliklari aniq. Bunga javoban Haq taolodan vahiy keldi: «(Ey Muhammad,) ahli Kitob sizdan ko‘kdan bir kitob tushirishingizni so‘raydi. Musodan bundan ham kattaroq narsa so‘rashgan: «Bizga Ollohni ochiq ko‘rsat!» deyishgan edi. Shunda zolimliklari sababli ularni chaqmoq urgan edi. So‘ngra ularga aniqravshan hujjatlar kelganidan keyin buzoqni xudo qilib olishdi. Buni ham afv etdik va Musoga ochiq hujjat ato etdik. Axdni buzganlari sababli ustlariga Tur tog‘ini ko‘tardik va ularga: «Bu darvozadan sajda qilgan holingizda kiringiz», dedik. Yana ularga: «Shanba kunlari (baliq ovlash bilan) haddingizdan oshmang», dedik hamda ulardan qattiq ahdpaymon oldik. So‘ngra ahdu paymonlarini buzganlari, Ollohning oyatlarini inkor qilganlari, Payg‘ambarni nohaq o‘ldirganlari va «Dillarimiz qulf» deganlari sababli (Biz ularni la’natladik). Yo‘q! Balki kufrlari sababli Olloh ularning dillarini muhrlab qo‘ygandir. Bas, kamdankamlari imon keltiradilar. Yana kofirliklari va Maryam xususida ulug‘ bo‘hton qilganlari sababli hamda: «Ollohning payg‘ambari bo‘lgan al-Masih Iso binni Maryam xususida ulug‘ bo‘hton qilganlari sababli (Biz ularni la’natladik). Holbuki, ular uni o‘ldirganlari ham, osganlari ham yo‘q. Faqat ular uchun (boshqa birov Isoga) o‘xshatib qo‘yildi, xolos. Albatta, Iso haqida talashibtortishgan kimsalar uning (o‘ldirilgano‘ldirilmagani) haqida shubhada qolganlar. U haqda faqat gumonlarga beriladilar, xolos. Uni o‘ldirmaganlari aniqdir. Balki, uni Olloh o‘z xuzuriga ko‘targandir. Olloh qudrat va hikmat egasi bo‘lgan zotdir»  (Niso, 153-158).
Shu tariqa yahudiylarning yuzlari shuvit bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:32:49
* * *
Bir kuni Hazrati Abu Bakr Rasulullohning huzurlariga kelib:
— Ey Ollohning payg‘ambari, menga namozda o‘qiladigan bir duo o‘rgating, — dedi.
Rasuli akram (s.a.v.) unga bunday duoni tavsiya etdilar: «Ollohim, men o‘zimga ko‘p zulm qildim. Sendan boshqa gunohlarimni kechirguvchi yo‘qdir. Meni zotingga xos bir mag‘firat ila afv et, marhamatingni darig‘ tutma. Shubhasiz, Sening mag‘firating ham, marhamating ham cheksizdir».
Hazrati Abu Bakr Janobi Rasululloh (s.a.v.) o‘rgatgan bu duoni, xususan, namozda salomdan avval o‘qir edi2.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:33:46
* * *
Rasuli akram (s.a.v.) katta buvilari Salma tomonidan qarindoshlari va xolalari Ummu Haramning uyiga keldilar.
Ummu Haram Ummu Sulaymning singlisi va Anas ibn Molikning xolasi, Uboda ibn Somitning esa, jufti haloli edi. Ummu Haram Rasulullohni ko‘rib, quvonib ketdi.
— Xush kelibsiz, ey Ollohning payg‘ambari, — deya joy ko‘rsatdi va taom keltirdi.
Rasululloh (s.a.v.) taomdan keyin bir oz yotib uxladilar. Ummi Haram uyiga nur olib kirgan jiyanining nafaslarini eshitib, yuzlarini tomosha qilib o‘tirdi. Sal fursatdan so‘ng Rasululloh (s.a.v.) tabassum qilib ko‘zlarini ochdilar.
—   Sizni kuldirgan narsa nima, ey Ollohning rasuli? — deb so‘radi Ummu Haram maroqlanib.
—   Ummatimdan g‘azotga chiqqan va dengizga chiqqan bir guruhni ko‘rdim. Zafar quchib, dushmanlarini mag‘lub etgan podshohlar kabi edi ular.
—   Ey Rasululloh, Ollohga duo qiling, meni ham o‘shalar qatoridan qilsin.
Rasululloh (s.a.v.) xolalari uchun xos duo qildilar. Bu orada takror uyqu bosib keldi. Ummu Haram «duo qabul qilingan bo‘lishi shubhasiz» degan ishonch bilan kuta boshladi. Ko‘p o‘tmay, Rasululloh (s.a.v.) ikkinchi marta uyg‘ondilar. Yana yuzlarida tabassum.
— Ummatimdan Olloh yo‘lida jihodga chiqqan bir guruh g‘oziylar ko‘rsatildi menga, — dedilar.
— Duo qiling, ey Nabiyalloh, men ham ulardan biri bo‘lay.
Bu marta Ummu Haramning xohishi bajo keltirilmadi. O’rniga «Siz birinchilardansiz» degan javob bo‘ldi.
Ummu Haram uyida qilingan bu duoning natijasini bir necha yillardan keyin ko‘rajak, dengiz yo‘li bilan kemada jihodga chiqqan bir guruh g‘oziyning safida u ham bo‘lib, bir orolga (ehtimol, Qibris oroliga) qadam qo‘yishi bilan otdan yiqilib shahid bo‘lajak edi. (Buxoriy, 3/201.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:36:05
* * *
Ka’b ibn Molikning joriyasi har tongda qo‘ylarni haydab Sal’ tog‘iga borar, o‘tlatib kelar edi. Bir kuni to‘satdan bir qo‘yning tipirchilab yotganini ko‘rdi. U yoqbu yog‘iga qarab, birovni yordamga chaqirmoqchi bo‘ldi. Lekin tog‘da o‘zidan boshqa hech kim yo‘q edi. Bari bir o‘ladi, degan o‘yda keskir bir toshni olib, «Bismilloh, Ollohu akbar» dedi-da, qo‘yning bo‘yniga bosdi.
Kech tushib, qaytayotganida so‘yilgan qo‘yni ham birga olib keldi. Joriya so‘ygan qo‘yning go‘shti yeyiladimi? Ka’bning uyida bahs boshlanib ketdi. Axiyri, Ka’b:
— Men Rasulullohdan bemaslahat hech ish qilmayman, — deb munozaraga nuqta qo‘ydi.
Ertasiga masalani Rasulullohga tushuntirib bergach, go‘sht yeyiladi, degan fatvo bilan uyiga qaytdi. (Buxoriy, 3/61.)
Bir kuni sahobalar Rasulullohdan (s.a.v.) ushbu qissani eshitdilar:
 Bir kishi yer sotib olgan edi. Yerni ag‘darayotganida bir idish topib oldi. Idish to‘la oltin edi. Idishni olib, yerni sotgan kishining huzuriga keldi va uning oldiga qo‘ydi.
«Ha, do‘stim, bu nima?»
«Ko‘rib turibsan, oltin to‘la idish».
«Xo‘sh, nima bo‘libdi?»
«Bu senga tegishli».
«Tushunmadim».
«Bu oltinlar seniki, ya’ni, sen menga sotgan yerdan chiqdi».
«O’zing bilasan, men senga yerni sotganman, qolgani bilan ishim yo‘q».
«Ammo men sendan bu oltinlarni emas, yerni sotib olganman. Menga tegishli bo‘lmagan bir narsaga ko‘l tekkizmayman».
Ikkisi ham oltin o‘ziga tegishli emasligini iddao qilishar va, harom bo‘ladi, degan andishada unga qo‘l urishmas edi. Axiyri, ishonchli bir kishini hakam qilishga kelishib olishdi. Borib masalani tushuntirishdi. Hakam ularning gaplarini eshitganidan so‘ng:
«Farzandlaringiz bormi?» deb so‘radi.
«Mening o‘g‘lim bor», dedi biri.
«Mening qizim bor», dedi ikkinchisi.
«Unday bo‘lsa, farzandlaringizni bir-birlariga uylantiringlar va oltinlarni ularga beringlar».
Hukm aynan tatbiq etildi. Shu tariqa, ikkala kishi ham o‘zlarining to‘g‘ri inson ekanlarini ko‘rsatishgan edi. (Buxoriy, 4/150.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:40:45
RAJI’ ARIG’I BO’YIDAGI XIYONAT

Bir kuni Osimning otasi Sobit huzuriga salom berib kelgan bir necha kishini uyida mehmon qildi. Ularga taom berdi.
Mehmonlar o‘zlarining Adal va Qora qabilalaridan ekanlarini va Islom diniga bo‘lgan ishtiyoqlari tufayli Madinaga kelganlarini aytishdi. Rasululloh (s.a.v.) bilan tanishish niyatlari borligini bildirishdi.
Osim xursand bo‘lganidan ko‘zlari chaqnab ketdi. Otasi Sobit esa, bunday pok niyat bilan kelgan mehmonlarni Karshi olish imkonini bergan Ollohga hamdu sanolar aytdi.
Ertasiga Rasuli akramning (s.a.v.) huzurlariga ravona bo‘lishdi.
— Yo Rasululloh, bizga Qur’on o‘rgatib, Islomni tushuntiradigan odamlar bering, chunki qabilamizda Isdomga bo‘lgan rag‘bat juda kuchli, — deyishdi mehmonlar.
Keyin mehmonnavozlik qilgan Osimni yoqtirib qolganlarini aytib, yuboriladigan odamlar ichida uning albatta bo‘lishi istagida ekanliklarini bildirishdi. Ular Osimni qabilalariga olib borib, mexmon qilishni juda ham xohlayotganlarini izhor etishdi.
Ularning taklifi qabul qilinib, Osim ibn Sobit, Marsad ibn Abu Marsad G’onaviy, Xolid ibn Bukayr, Xubayb ibn Adiy, Zayd ibn Dasinna, Abdulloh ibn Toriqlardan iborat muallimlar guruhi ular bilan birga yo‘lga chiqdi.
Rasululloh (s.a.v.) Marsadni guruh rahbari etib tayinlagan edilar. Yo‘lda suhbatlari qizidi. Dars yo‘ldayoq boshlanib ketdi. Ular Olloh rizosi uchun Islom dinini o‘rgatadigan muallimlarning hurmatini joyiga qo‘yib borishardi. Huzayl suvining bo‘yiga (bu atroflar Raji’ deb atalardi) yetganlarida ozgina to‘xtaydigan bo‘lishdi. Namoz o‘qib bo‘lgach, yotib dam olishdi.
Hamma uyquga ketgan paytda bir kishi sekin boshini ko‘tarib, ovoz chiqarmasdan o‘rnidan turdi. Oyoq uchida ancha narilab olgach, yugura boshladi. Ko‘p o‘tmay, qabilasiga yetib bordi.
Qabiladoshlariga:
— Hozir Raji’ arig‘i bo‘yida yotishibdi, — degan xabarni yetkazdida, o‘zi tezda chopib orqasiga qaytdi va joyiga kelib yotib oldi. Bir necha daqikadan keyin esa qilich va nayzalar bilan qurollangan yuzga yaqin odam aytilgan joyda paydo bo‘lib, yotganlarni o‘rab olishdi.
Baland ovozlardan cho‘chib uyg‘ongan musulmonlar boshlarida kurolli odamlarni ko‘rib, qilichlariga yopishishdi. Madinadan chiqqanlaridan beri musulmonlarga hurmat ko‘rsatib kelgan haligi odamlar chopib qabiladoshlari tomonga o‘tib olishdi. Ulardan bir kishi oldinga chiqib:
— Sizlarni o‘ldirmoqchi emasmiz. Taslim bo‘linglar, bizlarni ovora qilmanglar, — deb baqirdi. Taklif qabul qilinmadi.
— Vallohi, biz sizlarni o‘ldirmoqchi emasmiz. Maqsadimiz sizlarning evazingizga qurayshlardan bir nimalar undirish, xolos. Taslim bo‘lsalaring, sizlarga hech qanday ziyon yetkazmaslikka qasam ichamiz.
Bu gaplar olti do‘st orasida qisqacha munozaraga sabab bo‘ldi. Guruh rahbari Marsad:
— Biz mushriklarning so‘ziga ishonmaymiz. Ular ning himoyasini qabul etishimiz mumkin emas, — dedi. Osim bilan Xolid ham shunday fikrda edilar.
— Bu yergacha, qavmimiz Islomni qabul qilmoqchi, deb bizni aldab kelganlarning bundan bu yog‘iga ham so‘zlarida turishlariga shubhadamiz, — deyishdi.
Xubayb, Zayd va Abdulloh esa, ularning qasamlariga ishonib taslim bo‘lishni zararsizroq deb hisoblashdi. Shu sababdan qurollarini tashlashdi.
Osim bilan ikki do‘sti darhol hujumga o‘tishdi. Uch kishining yuz kishiga bas kelishi oson emas, albatta. Ular shahid bo‘lishlarini juda yaxshi bilishardi, ammo bekorga o‘lib ketgandan ko‘ra, bir nechta bo‘lsa ham, g‘animni gumdon qilib o‘lgan afzalroq edi. Ustlariga och bo‘rilarday tashlangan yuz kishining orasiga kirishdi, qilich solishdi, qirishdi. Ammo oxirida o‘zlari ham solingan qilichlarga, sanchilgan nayzalarga, otilgan o‘qlarga nishon bo‘lishdi. Jang ko‘pga cho‘zilmadi. Avval Osim, keyin Marsad bilan Xolid ham birinketin shahid bo‘lishdi.
Bu xiyonatning sababchisi Osimning boshi uchun yuzta tuyani mukofot qilib qo‘ygan makkalik Sulofa edi.
Jang tugab, navbat qolgan uch kishiga keldi. Ularni ham tutib, qattiq bog‘lashdi. Qurollar taslim etilganiga qaramay, bunday bog‘lanishlariga Abdulloh rozi bo‘lmadi.
— Sizlar hozirdan bergan va’dalaringda turmayapsizlar, — dedi.
Uning gapiga hech kim quloq solmadi. Qo‘qqisdan boshiga tushgan qilich zarbidan Abdulloh yerga yiqildi. Xolid ibn Safvon bir kishiga imlab:
— Endi Osimning boshini tanasidan judo qilaversak ham bo‘ladi, — dedi.
Imo olgan kishi Osimning jasadi yotgan joyga bordi. Ammo yaqinlasha olmadi.
—   Tez bo‘lsangchi, nima, o‘likdan qo‘rqyapsanmi?
—   Osimning ustida arilar bor.
—   Nima qilibdi ari bo‘lsa, sen boshini uzaver. Uzoqdan buyruq berishdan osoni yo‘q.
   Aksiga olib, arilar borgan sari ko‘payayotgan edi. Ular hech kimga yopishmas, lekin Osimga yaqinlashgani ham qo‘ymas edi.
Ko‘plashib ishni bitkazishmasa bo‘lmasligi oydinlashdi. Hammalari birgalashib arilarni to‘zitib yubormoqchi bo‘lishdi. Lekin arilar ularni tumtaraqay to‘zitib yubordi. Birining ko‘zi, birining yuzi shishgan ko‘yi chekinishga majbur bo‘lishdi.
Ish tobora kulgili tus olayotgan edi. Tirigida kuchlari yetgan odamning o‘ligiga yaqin kelolmay boshlari qotdi. Ko‘rilgan hamma choralar chippakka chiqdi. Nihoyat:
— Yaxshisi, qorong‘i bo‘lishini kutaylik, bekorga uringanning foydasi yo‘q, — deyishdi.
Bu taklifni qabul qilmasdan boshqa ilojlari ham yo‘q edi.
Ajablanarlisi shuki, boshqa ikki jasadning ustida bitta ham ari yo‘q. Osimning usti esa butkul ari bilan qoplangan edi.
Oqshom tushgach, «Endi arilar ketib bo‘lgandir», deb o‘ylab kelganlar o‘ylarining teskarisiga guvoh bo‘lishdi: qorong‘ida ham arilar jasad ustidan ketishmabdi.
Kecha yarimlaganda momaqaldiroq gumburlay boshladi, chaqmoqlar chaqdi, ketidan paqirlab quyganday qattiq yomg‘ir yog‘di.
— Menimcha, bu qaysar arilarni faqatgina shu yomg‘ir kochirishi mumkin.
— Bilmadimda. Ko‘rasan, yana qaytib kelishadi.
—   Ular ham Osimning qiymatini bilishyapti. Qara, boshqa jasadlarga yaqin yo‘lashmayapti.
—   Kallasini bizga qoldirishsa bo‘ldi, tanasi ularniki bo‘lsin.
Tong oqara boshlagach, yuzta tuya qiymatidagi boshni tanasidan judo qilishga shoshilganlarning ko‘zlari qinidan chiqquday bo‘ldi: Osim g‘oyib bo‘lgan, boshqa ikki jasad esa, joyidan jilmay yotardi. Atrofni qidirib chiqishdi, undan nomu nishon topishmadi. Tayyor boylik qo‘llaridan chiqib ketganiga sabab bo‘lgan arilarni so‘ka boshlashdi.
Osimning arilar tomonidan muhofaza qilinganiyu keyin jasadni sel oqizib ketganini bu odamlar hech qachon tushuna olmasdilar. Ular Sulofa e’lon qilgan mukofotni eshitishgan, ammo Osimning: «Ollohim, mening jasadimga mushriklarning qo‘l tekkizishiga yo‘l qo‘yma!» degan duosidan bexabar edilar.
Endi birdan-bir ish ikki asirni yaxshigina pullash edi. Asirlarni olib, Makkaga otlanishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:41:10
* * *
O’sha kunlari Bani Amir qabilasining raisi, xalq orasida «Muloibul asinna» (Nayza o‘ynatuvchi) laqabi bilan tanilgan Abu Baro’ (Amr ibn Molik) Madinaga keldi. Rasulullohni (s.a.v.) ziyorat qilib, hadyalar berdi. Rasululloh (s.a.v.), agar Islomni qabul qilmasa, sovg‘alarini olmasliklarini aytib, unga Islom dini haqida ma’lumot berdilar.
Abu Baro’ Rasuli akramning (s.a.v.) so‘zlarini berilib tingladi. Aytilgan ganlar unga ma’qul bo‘ldi.
—   Bu dinni tushuntiradigan odamlarni yuborsangiz, yaxshi bo‘lar edi. Najd tomonlarga ham bu dinning yoyilishini umid qilaman, — dedi.
—   Yuborgan odamlarimizga Najd xalqi zarar bermasa deb xavotirdaman.
—   Men ularni himoyamga olaman, — dedi qat’iy ohangda Abu Baro’.
Qabilasiga qaytib kelgach, qavmiga ham Rasululloh (s.a.v.) yuboradigan odamlarni himoyasiga olganini ma’lum qildi. Ammo Abu Baro’ning jiyani Amir ibn Tufayl bu himoyani qabul etmadi.
Nabiyyi akram janobimiz ashobi suffadan qirq kishilik bir guruhni ayirib yo‘lga chiqardilar. Guruh boshlig‘i etib Munzir ibn Amrni tayinladilar.
Hijriy to‘rtinchi yilning safar oyida din tablig‘i va ta’limi vazifasi yuklatilgan bu guruh Najd yo‘liga kuzatildi.
Yo‘lda Mauna degan quduqqa yetgunlaricha hech bir kor-hol yuz bermadi. Quduq boshida dam berildi. Amr ibn Umayya bilan Munzir ibn Muhammadga birodarlarining tuyalarini o‘tlatib kelish vazifasi yuklatilib, ular vazifalarini ado etgani ketishdi. Qolganlar quduqning teparog‘idagi bir g‘orga dam olgani kirib ketishdi.
Endi maqsadga o‘tish payti kelgan edi. Guruh boshlig‘i Munzir gap boshladi:
—   Janobi Rasulullohning maktublarini yetkazib, ularga Islom dinini tushuntirib beradigan ko‘ngilli odam kerak, — dedi.
—   Mana men o‘sha ko‘ngilli! — deb otilib chiqdi. Haram ibn Milhan.
—   Juda yaxshi, sen borgin bo‘lmasa, ey Haram! — dedi Munzir.
Haram ibn Milhan maktubni olib, qabila qarorgohiga qarab ketdi. Rais turgan joyga kelib, uzoqdan ovoz berdi:
—   Yaqinroq borsam, maylimi?
—   Kelaver.
Haram yana oldinga yurdi. Amir ibn Tufaylning qarshisida to‘xtadi.
— Men Ollohning rasuli yuborgan elchiman, — dedi va maktubni uzatdi.
Amir maktubni oldi. Lekin o‘qishni xayoliga ham keltirmadi. Bunday e’tiborsizlik Haramga yoqmadi.
— Shahodat keltiramanki, Ollohdan boshqa hech bir iloh yo‘q. Yana shahodat keltiramanki, Muhammad Uning bandasi va rasulidir. Siz ham...
Haram gapini tugatishga ulgurmadi. Bir qalqib tushdi va ko‘zlari olayib ketdi. Ayni onda bir qo‘li ko‘ksiga bordi va orqasidan sanchilib ko‘kragidan teshib chiqqan nayzaning uchini ushladi. Birikki qadam tashlagan bo‘ldi, lekin tizzalari bukilib, ko‘z oldi qorong‘ulashdi. Shu joyga quladi. Uning og‘zidan chiqqan oxirgi gap: «Ka’baning Rabbiga qasamki, men erishdim... Vallohi, men erishdim...» degani bo‘ldi.
Ko‘ksidan va orqasidan otilayotgan qon darmonini kesdi. Tipirchilabtipirchilab, birikki nafas oldiyu harakatdan to‘xtadi.
Amir ibn Tufayl orqadan hujum qilib elchini shahid etganidan keyin qo‘shni qabiladan yordam so‘radi. Abu Baro’ning qabilasi yordam berishdan bosh tortdi. Ammo Usayya, Ri’l, Zakvon qabilalari darhol yordamga shoshilishdi.
Haram ibn Milhan kelavermagach, xavotirga tushgan hamrohlari ahvolni o‘rganish uchun g‘ordan tashkariga chiqishdi. Ko‘zlari tushgan manzara hech ham ko‘ngilni tinchlantiradigan emasdi. Katta bir olomon ustlariga bostirib kelayotganini anglashdi. Holat yaxshilikdan dalolat bermasdi. Bular musulmonlarni mehmon qilish uchun kelmaganlari kundek ravshan edi.
Guruh boshlig‘i Munzir ularning oldilariga chiqdi.
— Bizning sizlar bilan hech olib bermagan joyimiz yo‘q. Orani ochinglar, yo‘limizga ketaylik. Biz Payg‘ambarimizning bir topshiriqlarini bajarishga ketyapmiz, — dedi.
Ular bu so‘zga javob berishmadi. Xuddi eshitmagandek. Qurshovni yanada tor ola boshlashdi. Musulmonlarni qattiq siquvda yoqalamoqchi bo‘lishardi. Nihoyat, qo‘llar qilichlarga uzandi.
Musulmonlar ichida Urva ibn Mas’udni ko‘rgan mushriklar:
— Ey Urva, sen istasang, chiqib ketishing mumkin. Senga ziyon yetkazmaymiz, — deyishdi.
Urva e’tiroz bildirdi:
— Hayotim ham, o‘limim ham do‘stlarim bilan birgadir. Do‘stlarim o‘ldirilar ekan, mushriklarning himoyasida tirik qolish nomusiga chiday olmayman, — deb hayqirdi. So‘ngra yuzini osmonga qaratib: — Ollohim, bizning ahvolimizdan sevikli Payg‘ambarimizni xabardor qil va u zotga salomimizni yetkaz, — deya duo qildi.
Jang boshlandi. Bir kishi kamida besholti kishi bilan jang qilishga majbur edi. Bu ahvolda mag‘lub bo‘lish turgan gap. Buni yaxshi tushungan mo‘minlar kutulib qolish uchun emas, balki hech bo‘lmaganda bitta mushrikni yer tishlatib shahid bo‘lish uchun jang qilishardi.
Ollohning dinini tablig‘ etish va Rasulullohning topshiriqlarini bajarishdan boshqa maqsadi bo‘lmagan bu muborak insonlar Bi’ri Mauna, ya’ni, Mauna qudug‘i mavzeida birinketin jon berishdi.
Bu jinoyatchi qavm go‘yo «qahramonliklar» ko‘rsatganidan so‘ng maydonda yotganlarni bir-bir ko‘zdan kechirib chiqdi, o‘rtada tirik jon qolmaganiga ishonch hosil qilmoqchi bo‘lishdi. Ka’b ibn Zayddan tashqari barcha mo‘minlar jon taslim etishgan edi. Ka’b faqat hushidan ketgan, lekin o‘likka o‘xshab yotar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:41:51
* * *
Tuyalarni o‘tlatgani ketgan Amr ibn Umayya bilan Munzir ibn Muhammad bo‘lib o‘tgan voqealardan butunlay xabarsiz edilar. Qaytish chog‘ida birodarlari qo‘ngan makon tepasida qushlar uchib yurganini ko‘rishdi.
—   Ko‘ryapsanmi ana u kalxatlarni?
—   Nima bo‘lishi mumkin?
—   Bilmadim, bir sababi bordir...
—   Nima bo‘lsa ham tezroq boraylik.
Ular tuyalarni oldilariga solib, yurib ketishdi.
—   Negadir, ichim g‘ash bo‘lyapti.
—   Gapirma, menga ham shunday tuyulyapti.
Bir ozdan keyin oldilaridan chiqqan xotin ularga achchiq xabarni yetkazdi. Pastga qarashdi. Jang tamom bo‘lgan, mushriklar o‘liklar atrofida aylanib yurishardi. Hamrohlari yerda cho‘zilib yotishibdi. Ular bunday zarbani hech ham kutishmagan edi.
— Endi nima qilamiz?
Hamrohlarning mungli ko‘zlari bir-biriga umidsiz tikildi.
— Borib Payg‘ambarimizga xabar beraylik.
— Msn boshqacha fikrdaman, ey Amr! Do‘stlarimizni bu holda ko‘rib turib, ketolmayman. Men ham ularga o‘xshab jang qilaman, ularga o‘xshab shahid bo‘lishni istayman.
Gapni cho‘zib o‘tirishmadi. Ikkovlari vidolashgach, Munzir pastga tusha boshladi. Qilichini qo‘lga olib, darhol hujumga o‘tdi. Jang uzoq davom etmadi. U ham og‘ir zarbadan qulab, qonga belandi. Do‘stlari qatoridan joy oldi.
Amr bu sahnani ko‘zyoshi to‘kib yuqoridan ko‘rib turardi.
—   Ana, yana bittasi tepadan qarab turibdi.
—   Tutinglar uni.
Hamma birdan Amr turgan tepalikka qarab yugurdi. Darhol tutib olib, qo‘loyoqlarini bog‘lashdi. Amir ibn Tufaylning huzuriga olib kelishdi.
— Shuncha hamrohlaringni o‘ldirganimizni ko‘rib nima uchun qochib ketmading?
—   Men Mudor qabilasidanman.
—   Tushunarli.
Amir ibn Tufayl bu so‘zni «mudorlik mudorlikka qilich ko‘tarmaydi» degan ma’noda tushundi. Qo‘liga qaychi olib, Amrning peshonasidan sochini tutamladi va kesdi.
— Onamning qasami bor edi. Uning nomidan seni ozod qilaman, bor, yo‘lingga ketaver.
Amr afv qilingach, ulardan uzoqlashdi va bo‘lgan voqeani Rasulullohga (s.a.v.) xabar qilish uchun Madinaga yo‘l oldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:42:41
* * *
Oqshom cho‘kib, shahidlarning boshn uzra aylanib uchayotgan kalxatlar Bi’ri Mauna atrofiga qo‘na boshladi. Bu orada shahidlar orasida yotgan va ba’zan ingrab qo‘yayotgan bir vujud qimirlab qoldi. Salqinlik cho‘kkani unga bir oz quvvat berdi. Asta-sekin emaklashga tushdi. Jigarlarini to‘ldirgan qon hidi unga battar uyushiqlik bergan, battar majolsiz holga keltirgan edi. Bu holi bilan Madinagacha yetib bora oladimi? Buning javobini qachon esishi ma’lum bo‘lmagan ajal shamoli tayin etajak edi. Balki bir necha odimdan keyin darmoni qurir, izsizkimsasiz yo‘lda hayoti nihoyasiga yetar. Dushmanlari qo‘yib ketgan bironta poyloqchining bir zarbasi unga oxirat yo‘lini ko‘rsatib qo‘yishi ham mumkin. Na turishga kuchi yetadi, na qochib qutulishga. Qurolli odamga qarshi biron nima qila olishi esa hech bir aqlga sig‘maydigan ish.
Orqasida qolayotgan qo‘rqinchli manzaraga mahzun nigoh bilan yana bir qarab oldida, emaklashda davom etdi. «Agar Rasulullohga stishsam, salomlaringizni yetkazaman», deb shivirladi.
U tashlab ketayotgan jasadlar endi nima bo‘ladi? Emaklashdan boshqaga kuchi yetmaydigan Ka’b ularni bittabittalab ko‘ma olmasdi... Qirq kishi uchun mozor qazish, ularni bittabitta keltirib joylash, ustlariga tuproq tortish uning holatidagi odam qila oladigan ish emasdi.
Vujudiga yetgan jarohatlar joniga chidab so‘lmas og‘riqlar berardi. Bu yaralarni bog‘laydigan, unga yordam beradigan kimsa yo‘q. Boradigan, panoh topadigan yer ham yo‘q edi.
Qon daryosiga aylangan bu tuproqlardan u tezroq uzoqlashishni istardi.
Atrofida kalxatlarning qiyqiriqlaridan boshqa hech qanday ovoz eshitilmasdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:44:45
* * *
Amr ibn Umayya joni omonda, ammo do‘stlaridan judo bo‘lgan holda yo‘lga chiqdi. Ketib borar ekan, bor kuchi bilan tishlarini g‘ijirlatar, «hali ko‘rsataman senlarga», deb ko‘yar edi. Kuchi yetsa edi, g‘animlarni burdaburda qilib tashlagan bo‘lardi. Ammo shuncha kishiga qurol ko‘tarib borgandan ko‘ra, tirik qolib hamroxlari uchun qasos olish ma’qulroq ko‘rindi unga. Achchiq xotpralardan ko‘ngli ezilib ketgan Amr kechakunduz yo‘l yurib, Madinaga yaqin Qarqara degan joyga keldi. Qanot vodiyining boshlanish qismi hisoblanardi bu yerlar. Shu joyda ikki kishiga duch keldi.
— Qaysi qabiladansizlar, oshnalar? — deb so‘radi.
— Bani Amir qabilasidanmiz, — deb javob qilishdi ular.
Amr titrab ketdi.
—   Rostdanmi? — deb so‘radi.
—   Albatta.
—   Unday bo‘lsa, bir qabiladan ekanmiz hisob.
—   Qanday qilib?
Amr peshonasidan qirqib olingan sochini ko‘rsatdi.
— Buni Amir ibn Tufayl kesdi. Onasi bir kulni ozod qilishga qasam ichgan ekan, meni ozod qildi.
Shu tariqa do‘stlashib olishdi. Bir oz suhbat qurib o‘tirgach, dam olishga yotishdi. Ikki hamrohining uxlab qolganiga to‘la ishonch hosil qilgan Amr sekin ulardan birining qilichiga qo‘l uzatdi. Havoga ko‘tarilgan qilich ilk tushishda yotganlardan birining kornidan kirib orkasidan chiqdi. Dahshatli faryoddan uyg‘onib ketgan ikkinchisi hech narsaga tushunmay:
— Nima bo‘lyapti? — deyishi bilan bo‘yniga qilich zarbasi kelib tushdi. U ham yerga cho‘zildi.
Amr ularning tipirchilab jon berishlarini tomosha qilib turib:
Bi’ri Maunada o‘ldirilgan do‘stlarning qasosi mana shunday olinadi! — dedi.
Shu tariqa ichidagi qasos oloviga oz bo‘lsa ham suv sepilgandek bo‘lgan Amr jasadlarni qoldirib, Madinaga yo‘l oldi.
Amr hozirgina o‘ldirilgan odamlarning Madinadan, Rasulullohning huzurlaridan yangi kiyimkechaklar kiyib, sovg‘asalomlar bilan qaytayotganidan bexabar edi. Buning ustiga, Rasululloh (s.a.v.) u odamlarning qo‘liga bittadan kafolat xati bergan bo‘lib, ular yo‘lda uchraganlarga bu hujjatni ko‘rsatib, bemalol ketaverishlari mumkin, Amr buni bilmas edi. U katta bir ishni bajarib kelayotganidan mamnun, ammo do‘stlarining o‘limiga bu odamlar zarracha ham aybli emasliklarini xayoliga ham keltirmagan edi...
U Rasulullohning huzurlariga kirib, bo‘lgan voqeani bir boshdan gapirib berdi. Eshitganlar dahshatga tushib ketishdi. Rasululloh (s.a.v.) shuncha do‘stlarining shahid bo‘lganini eshitib qayg‘uga botdilar. Amr yo‘lda uchratgan ikki odamni qanday o‘ldirganini gapirib, o‘tirganlar xursand bo‘lishsa kerak, deb o‘ylagan edi. Lekin unday bo‘lmadi.
— Ey Amr, men kafolat xati bergan ikki odamni o‘ldiribsan. Ularning qonlari uchun men badal to‘layman.
Shu paytgacha yaxshi ish qilganiga ishonib turgan Amr hayron qoldi. O’tirganlar unga voqeani tushuntirishdi.
Rasululloh (s.a.v.) qattiq g‘amga botdilar. Bir tomondan, Olloh rizosi uchun Islomni yetkazish maqsadida yuborilgan shuncha do‘stlari shaxid bo‘libdi, ikkinchi tomondan, kafolat berilgan ikki odam, bilmaslikdan bo‘lsin ham, o‘ldirilibdi! Bu ishlar odamni qayg‘uga solmasinmi?!
Oradan bir necha soat o‘tib, yana bir sovuq xabar yetib keldi: Madinaga Osim ibn Sobit bilan uch do‘sti ularni olib ketayotgan odamlarning qabilasi qo‘ygan tuzoqqa tushib, shahid qilinishibdi, Hubayb bilan Zayd esa, asir olinishibdi.
Birinchi xabarning alami ketmay turib kelgan bu ikkinchi qora xabar Janobimizning g‘amlariga g‘am qo‘shdi, musulmonlarning ko‘ngillarini parishon etdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:46:44
IKKI ASIR

Xubayb bilan Zaydni asir olgan Adal va Qora qabilasining yigitlari Makkaga kelib asirlarni bozorga solib, tanishtirishdi. Xaridor ko‘p edi. Zaydni Safvon ibn Umayya sotib oldi. Uni otasi Umayyaning o‘chini olish uchun o‘ldirmoqchi edi. Xubaybni esa bir necha oila bir bo‘lib sotib olishdi. Ikkalasi ham zanjirband qilindi. Endi jazo amalga oshiriladigan kunni kuta boshlashdi.
Ikki do‘st bir-biridan alohida joyda saqlanishar, ammo bir xil holatni boshdan kechirishar edi. Ikkisi ham sabr va tavakkul bilan, Qur’on tilovatiyu namozlar bilan qalblarini Olloh taologa va Rasuli akramga yo‘naltirgan holda kunlarni tunga, tunlarni kunga ulashar edi.
Xubaybga ovqat olib kelgan xotin uning qo‘lidagi uzumni ko‘rib, ichida «Butun boshli Makka shahrida topilmaydigan uzum buning qo‘liga qaerdan keldi ekai?» deb qo‘ydi. Xubayb undan «O’ldirishlaridan bir kun avval menga xabar ber», deb iltimos qildi. Xotin rozidik bildirdi.
Kunlar shu tahlitda o‘tib borar edi. Bir kuni yana ovkat olib kelgan xotin:
—   O’ylashimcha, ertaga senga yegulik keltirmasam kerak, — dedi.
—   Rahmat senga. Yana bir iltimosim bor, menga bir pichok keltirsang, soqolimni olishim kerak edi.
Xotin rozi bo‘lib chiqib ketdi va bir ozdan keyin o‘gay bolasidan pichoqni berib yubordi. Pichoqni berishga berdiyu, lekin birdaniga ichiga g‘ulg‘ula tushdi. Bolamga ziyon yetkazishi mumkin, deb o‘ylab, orqasidan halloslab keldi. Lekin bolani Xubaybning tizzasida ko‘rib, ko‘ngli joyiga tushdi. Bolaning boshini silab, erkalatib o‘tirgan Xubayb xotinni ko‘rib, gap nimadaligini tushundi va:
— Biz nohaq birovning joniga qasd qilmaymiz, — dedi.
Zayd esa Safvon ibn Umayyaning uyida o‘tkazgan kunlarida biror marta ham og‘ziga go‘sht olmadi. But va sanamlarga atab so‘yilgan hayvonlarning go‘shtini tanovul qilmasligini aytdi.
— Xo‘sh, senga qanday taom beraylik unda? — deb so‘raganlarga:
— Faqat sut bering, — deb javob kildi. Asiringni och qo‘yibsan, degan malomatni eshitishdan uyalgan Savfon unga ko‘pko‘p sut berib turdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:47:55
* * *
Ertasiga xaloyiq to‘planib, Xubayb bilan Zaydning qatl marosimini tomosha qiladigan bo‘ldi. Tan’im yo‘lini yoshu qari, erkagu ayol to‘ldirib yuborgan edi. Bolalarga: «Badrda otalaringizni o‘ldirganlar mana shular», deb tushuntirilib, qo‘llariga nayza va tayoqlar berilgan edi. Ular Zayd bilan Xubaybga yaqinlashib, tayoqlari bilan urishar, nayza suqishar, shu tariqa kasos olishar edi. Urinibsurinib borayotgan ikki do‘st bir payt yonmayon turib qolishdi. Bir-birini sabrli va sabotli bo‘lishga chaqirib, yana ikki tomonga ajralishdi.
Nihoyat, qatl maydoniga yetib kelishdi. Xubayb atrofdagilarga yuzlanib:
— Ruxsat bersalaring, ikki rakat namoz o‘qib olsam, — dedi.
— Bo‘pti, ruxsat.

U nkki rakat namoz o‘qidi. Xaloyiq uning yuzida qo‘rquvdan asar ham ko‘rmay, xayron qarab turar edi. Xubayb salom berib namozini tugatgach:
— O’limdan qo‘rqib namozni cho‘zdi, deyishlaringdan andisha qilmaganimda, ko‘proq o‘qigan bo‘lar edim, —dedi.
Hukmni bajaradigan vaqt keldi. Uni bir daraxtga bog‘lashdi.
— Ey Xubayb, senga oxirgi bir taklifimiz bor... Dinimizga qaytsang, joning omonda qoladi. Aks holda, ko‘rib turibsan, o‘lim bilan sening orangda hech qancha masofa qolmagan.
— Yo‘q, aslo dinimdan voz kechmayman.
Shu payt Qurayshdan bir kishi so‘radi:
— Ey Xubayb, hozir o‘z uyingda o‘tirgan bo‘lishingni va sening o‘rningda Muhammad bo‘lishini xohlarmiding? Uning qurboni bo‘layotganingni bilib turibsan. Butun bu musibatlar boshingga u tufayli keldi...
Xubayb hech ikkilanmay javob berdi:
— Aslo!.. Oyoqlariga kirgan bir tikanni bo‘lsada, men uchun fido sifatida berish zahmatini u zotga ravo ko‘rmayman.
Ortiq gapdan foyda yo‘q edi. Xubayb boshini qibla tomonga burdi:
— Ollohim, shu onda salomimni payg‘ambaringga yetkazadigan hech kimsam yo‘q. Mening salomimni Janobimga O’zing yetkaz... Ollohim, ularni bittama-bitta hisobga olib qo‘y, parchaparcha qil. Bittasiniyam omon qo‘yma!.. — deb duo qildi.
Uning badduosi xalqning ovozini kesdi. Qattiq hayajonga, hatto qo‘rkuvga tushishdi. Badduodan yog‘iladigan balodan omon qolish uchun, odatlariga ko‘ra, hamma birdaniga yerga uzala tushib yotib oldi. Hatto Abu Sufyon oldida tik turgan va yerga yotish esiga kelmagan o‘g‘lini beliga bir tepib, yuztuban yerga yotkizgan edi.
Keyin Xubayb ushbu she’rni o‘qiy boshladi:
Men musulmon holda o‘lsam, bas.
Boshqasiga qilmayman g‘am.
Jonsiz qolgan mening vujudim
Qay tomonga tushsa, bari bir,
Parvoyimga kelmaydi aslo...

Uni ortiq gapirtiraverishdan foyda yo‘q edi. Bolalarni uning ustiga gijgijlashdi. Bolalar nayzalarini naridan-beri suqishar, joniga ozor berishar edi. Bundan maqsad, Hubaybni qiynash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bolalarga «qasosimizni oldik» degizdirish edi.
Nihoyat, Maysara ismli bir kishi u yerdagi bolalardan eng kichigiga nayzani ushlatdi. Hubaybning ko‘ksiga sanchdi, uchi orqasidan chiqdi. Achchiq bir faryod aralash kalimayi shahodat eshitildi. Xirillagan ovoz «Muhammad Ollohning rasulidir» deyayotgan edi. Oxirgi nafasini shu muborak so‘z bilan berish orzuyida yashagan edi. Eng oxirgi so‘zi imonning bir jumla holidagi ifodasi bo‘lmish shu muborak so‘z bo‘ldi.
Endi navbat Zayd ibn Dasinnaga keldi. Unga ham dinidan qaytish taklif qilindi, rad etdi. Abu Sufyon unga yaqin keldi:
—   Hozir sen farzandlaring yonida o‘tirsang, sening o‘rningda bu yerda Muhammadning bo‘ynini uzsak bo‘lmasmidi? Shunaqa bir orzuying yo‘qmi, ey Zayd? — deb so‘radi.
—   Qo‘y bu gaplaringni, ey Abu Sufyon... Shu onda u zotning oyoqlariga bir tikan kirishiga ham ko‘nglim rozi bo‘lmaydi.
Abu Sufyon «bunday sadoqatga aql ishonmaydi» degan ma’noda boshini qimirlatdi. Axir, o‘lim bo‘sag‘asida odam avvalo o‘zini o‘ylashi lozim emasmidi?! Bu yerga to‘planganlarning bir qismi bunaqa holatda ko‘p narsalarni fido qilib yuborishi tayin.
Nihoyat, Zayd ham Safvon ibn Umayyaning quli Nistos sanchgan nayza bilan shahid etildi.
Marosim nihoyasiga yetib, odamlar tarqala boshladi. Makkaga qaytisharkan, hamma bu hayajonli sahnadan bahs etar, xossatan, Xubaybning badduosi haqida gapirar edi. Badduo qilingan paytda kimning yotib olganiyu kimning qoya orqasida saqlanmoqchi bo‘lganini eslab ketishdi. Bundan buyon Xubaybning o‘lim oldidan qilgan badduosi uylarda, majlislarda eng ko‘p tilga olinadigan mavzu bo‘lajak...

* * *
Madinada, Rasululloh janobimiz (s.a.v.) huzurlarida o‘tirganlar buyuk payg‘ambarning: «Unga ham salom bo‘lsin», deganlarini eshitishdi. Maroqli nigohlar Sarvari koinotga qadaldi. Nabiylar Sultoni ularga shu onda Xubaybning shahid bo‘lgani haqidagi xabarni aytdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:48:27
ABU SALAMA

Uhud jangida olgan yaralari tufayli anchagacha to‘gnakda yotgan Abu Salama (r.a.), nihoyat, tuzaldi, xatto Rasululloh (s.a.v.) uni yuz ellik kishilik bir qo‘shinga raxbar etib tayinlab, dushmanga qarshi jangga ham otlantirdilar. O’ziga yuklatilgan vazifani sharaf bilan ado etgan Abu Salama safardan qaytgach, bir necha kun soppasog‘ yurganiga qaramay, to‘satdan bezovta bo‘lib, to‘shakka yotib qoldi. Xotiniga karab:
— Mening bu holimga nima deysan, ey Ummu Salama? — dedi.
— Nima ham der edim, ey amakimning o‘g‘li?
— Endi to‘shakdan turmasam kerak, deb o‘ylayman. Kunim bitganga o‘xshaydi.
— Olloh senga sixat va ofiyat berishga qodir.
—   Rabbim xar narsaga qodir. Ammo bu kasallik meni olib ketadiganga o‘xshaydi. Men o‘lgandan keyin yana erga tegishingni istar edim. Tul kolishingga rozi emasman. Olloh senga mendan xayrliroq bir er nasib etsin.
—   Unday dema, ey Abu Salama. Bundan keyin men erga tegib nima qilaman?
Abu Salama xotinini qattiq sevgani va xurmat qilgani uchun ham shupday dedi. U o‘zidan keyin Ummu Salamaning qiynalishini istamas edi. Shuning uchun ham to‘shakda yotgan holda Ollohga yolvorib, Ummu Salamaga o‘zidan ham xayrliroq bir er nasib etishini tilab, duo qildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:49:07
OTADAN MEROS QOLGAN QARZLAR

Jobir ibn Abdullohga (r.a.) Uhudda shahid bo‘lgan otasidan katta qarz va boqishga muhtoj yettita qiz qoldi.
Qarz berganlar asosan yahudiylar edi. Bir kuni ular qarzlarini so‘rab kelishdi.
—    Menga muhlat beringlar, otamdan qolgan qarzlarning hammasini to‘layman, — dedi Jobir.
—    Muhlat bermaymiz, ey Jobir! Ko‘rib turibsan, xurmo yig‘ish mavsumi ham kelyapti. Shuning uchun qarzingni o‘z vaqtida to‘lasang, yaxshi bo‘lardi.
—    Ammo bog‘dagi xurmolarning hammasini bersam ham qarzga yetmaydi.
Unisini bilmaymiz. Biz ertaga ertalab qarzni olishga kelamiz.
Ular ketishgach, Jobir o‘ylanib qoldi. Ahvoli tang, nima qilarini bilmay, ancha o‘tirdi. Axiyri voqeani Rasulullohga arz qiladigan bo‘ldi. Bismilloh, deb o‘rnidan turib, masjidga yo‘l oldi.
Uning arzini eshitgan Rasuli akram (s.a.v.) darhol qo‘lidan tutib, yahudiylarning uyiga bordilar. Ulardan karzning bir qismini keyinga qoldirishni iltimos qilsalar ham, ular unashmadi.
«Ertaga bor xurmoni olamiz, yetmasa, bog‘ning o‘zini ham qarz o‘rniga olishimiz mumkin», deb turib olishdi.
Ammo Rasululloh (s.a.v.) bunga rozi bo‘lmadilar. Ertasiga Jobirning uyida uchrashadigan bo‘lishdi. Rasuli akram (s.a.v.) Jobirga xurmolarini terib, navlariga qarab alohidaalohida qilib yig‘ib qo‘yishni buyurdilar. Jobir xurmolarni to‘plagach, Rasuli akramni kutib o‘tirishi, xurmoga qo‘l tekkizmasligi lozim edi.
Butun oila ishga kirishdi. Xurmolarni amr qilingan shaklda yig‘ishdi, to‘pto‘p qilib uyushdi.
Ertasiga Rasululloh (s.a.v.) Hazrati Umar bilan birga kelib bog‘ni aylandilar, xurmo uyumlari oldida bir necha daqiqa turgandan keyin Jobirga:
— Qarzingni to‘lig‘icha to‘la, — dedilar va ketdilar.
Yahudiylar kelib, xurmo uyumlarini ko‘rishdi.
—   Hammasi shumi, ey Jobir?
—   Ha, bori shu.
— Biz oladiganimizni to‘liq olmay, bu yerdan ketmaymiz, shuni bilasana?
— Bilaman, kecha aytgansizlar.
— Yaxshi, ammo bular qarzingning yarmiga ham yetmaydi.
—   Bir yo‘lini qilarmiz.
—   Xo‘sh, uyga ham olib kirdingmi?
—   Yo‘q.
—   Unda bo‘lsa, qanday yo‘lini qilmoqchisan, qiziq? Yahudiylar bir-birlariga ma’noli qarab qo‘yishdi.
—   Qani, bolakay, xurmolarni o‘lchashga boshla. Jobir yaxshi navli bir xurmo uyumi boshiga o‘tirib oldida, birinketin o‘lchov idishiga solib o‘lchab, qoplarga to‘ldira boshladi. Birinchi qop to‘ldi. Keyin ikkinchi, uchinchi qop ham xurmoga to‘ldirildi. Ammo uyum qanday bo‘lsa, shunday turar, hech ham kamaymas edi.
Yahudiylarning og‘izlari lang ochilib qarab turishar, tillari so‘zga aylanmas edi. Nima bo‘lganini tushunolmay, angrayib qolishdi. Ular birinchi marta bunday ahvolga tushayotgan edilar.
Hamma qoplar xurmoga to‘ldi. Kun qizdirayotgani va vujudida ter suvday oqayotganiga qaramay, birinketin qoplarni to‘ldirayotgan Jobir hali birinchi uyumning ham tugamaganidan hayron qotgan yahudiylarga o‘girilib:
—   Yana qancha olasizlar? — deb so‘radi. Bu gap bilan Jobir: «Rasulullohning mo‘‘jizalarini ko‘rib qo‘yinglar!» demoqchi edi.
—   Yo‘q, bolakay, yetadi. Ammo senga bugun tole’ kulib bokdi. Xurmolaringga barakot yog‘di. Aks holda, bu bog‘dagi xurmolarning hammasini berganingda ham otangning qarzini uzolmas eding.
— Bo‘pti, endi yaxshi boringlar.
Yahudiylar ketishdi. Jobir qolgan xurmolarni qopga to‘ldirar ekan, payg‘ambarining xurmati yuzasidan barakot bergan Parvardigoriga hamdu sanolar aytardi.
Qolgan xurmolar o‘n yetti qop bo‘ldi. Bu miqdor Jobirning oilasiga bemalol yetarli edi. Jobir to‘g‘ri Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga shoshdi. Bo‘lgan voqeani aytib berdi.
— Buni Umar ibn Xattobga ham ayt, ey Jobir! —deb marhamat qildilar Janobimiz.
— Bosh ustiga, ey Ollohning payg‘ambari.
Jobir Hazrati Umarni (r.a.) topib, unga ham holatni gapirib berdi. Hazrati Umar kulib turib:
— Men Rasulullohning bog‘ni bekorga aylanmaganlarini o‘shanda tushungan edim, — dedi (Buxoriy, 2/84.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:51:08
* * *
Abu Baro’ning himoyasi e’tiborga olinmay, shuncha musulmonlarning Bi’ri Maunada shahid etilishi, so‘zining poymol bo‘lishiga o‘z jiyani sababchi bo‘lgani uni ko‘p g‘amga botirdi. Sharafini yerga urgan, odamlarning yuziga qarayolmaydigan qilib qo‘ygan bir ish bo‘ldi o‘ziyam. Bir tomondan, Janobi Rasulullohga (s.a.v.) odam yuborib, yuz bergan hodisadan chekkan qayg‘uhasratini izhor etgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘g‘li Rabiani jiyani Amirni o‘ldirishga jo‘natdi. Ammo Rabia bo‘sh xarakat qildi. Otgan nayzasidan Amir otdan yiqildi, ammo yengilgina jaroxat bilan qutulib qoldi.
Bu orada Abu Baro’ yo‘lda o‘ldirilgan ikki kishi «chun Rasulullohdan (s.a.v.) uyalmaynetmay tovon so‘rady. Holbuki, so‘rashiga hojat yo‘q edi. Nega deganda, rasuli akram (s.a.v.) avvalboshdanoq ular uchun tovon xo‘lashni bo‘yinlariga olganlari ma’lum. Ajab, ikki kishi uchun tovon so‘rashga aqli yetgan Abu Baro’ o‘zi ximoyaga olgan qirq yigitning o‘limi uchun boryo‘g‘i qayg‘usini bildirish bilan kifoyalandi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:51:30
YAHUDIYLAR TUZOG’I

Bani Nazir yahudiylari bir kuni sakkizo‘n kishidan iborat mehmonlarni qarshilashdi.
— Xush kelding, ey Muhammad, bizga sharaf keltirding, — deyishdi kutib olayotib.
Qatordagi Abu Bakr, Umar, Ali, Sa’d ibn Muoz, Sa’d ibn Uboda, Usayl ibn Hujayrga (roziyallohu anhum) bir-bir qarab chiqishdi.
Rasululloh (s.a.v.) ularga Bani Amir qabilasidan ikki kishini Amr ibn Umayya ularga omonlik berilganini bilmasdan o‘ldirib qo‘yganiyu ular uchun tovon to‘lanajagini anglatdilar. So‘ngra avvalgi bitimga binoan ulardan yordam so‘rab kelganlarini ma’lum qildilar. Taklif ochiq chehralar bilan qabul qilindi.
— Albatta... Zimmamizdagi majburiyatimizni ado etamiz. Faqat, oldin marhamat qil, o‘tirib dam ol, taomlarimizdan yegin, — deyishdi yahudiylar.
Rasululloh (s.a.v.) hamrohlari bilan bir uyning soyasiga borib o‘tirdilar. Yahudiylarning mehmondorchiligini kuta boshladilar. Bahonada Madinadan bu yerga kelguncha tuyilgan charchok ham chiqadi.
Bu payt yahudiylar zudlik bilan bir joyga yashirincha yig‘ilishdi. Zehnlarini qora niyatlar qoplab olgan edi. Huyayy ibn Ahtob pichirlab gap boshladi:
— Bu odamni boshqa bunday vaziyatda qo‘lga tushira olmaymiz. Aqlimiz bo‘lsa, fursatdan foydalanib qolaylik.
— Nima qila olamiz? — deb so‘rashdi sheriklari.
—   Har narsa qilish mumkin. Masalan, soyasida o‘tirgan uylarining tomiga chiqib, ustiga tosh yumalatsa bo‘ladi.
—   To‘g‘ri, falokat yuz berdi, deb ko‘yaqolamiz. Tovon to‘lasak ham mayli, uni yo‘q kilganimiz qoladi.
Ko‘zlarida shaytoniy bir tabassum porladi.
— Bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarish yahudiylar uchun eng katta ahmoqlik bo‘lar edi.
— Faqat, endi bu ishni isini chiqarmay amalga oshiradigan bir odam topish kerak. Ko‘zi o‘tkir, qo‘llari baquvvat bir kishi.
Sallom ibn Mishkam gapga aralashdi:
Lekin ehtiyot bo‘linglar, bunaqa narsalar unga. bildirib turiladi. Hozirgi gaplarimiz ham unga yetkazilmayapti, deya olmayman. Agar shunday bo‘lsa, boshingizga baloni sotib oldingiz hisob.
Huyayyning yuragi siqildi. Ovozini ko‘tarib:
Sen endi bizning ishimizni buzma. Pishgan oshga sovuq suv solishning yaxshi emasligini bilasan. Sallom bir gapdan qolgisi yo‘q edi.
— Menimcha, sizlar bu oshni pishirolmaysizlar, ustlaringizga to‘kib yuborasizlar, — dedi.
Boshqa birov jirtakilik qildi:
— Sening og‘zingdan kachon yaxshi gai chiqadi, ey Sallom? Hech bo‘lmasa, bizga halaqit berma, gapimizni tugataylik. Yaxshisi, bir chetda o‘tib, qarab tur. Bekorga vaqtimizni olyapsan.
Nihoyat bir qarorga kelishdi.
—   Endi bizga qo‘rqmas bir odam kerak.
—   Mana men borman!
—   Qaroring jiddiymi, ey Amr?
—   Ha, jiddiy. Huyayy oraga qo‘shildi:
—   Amr bu ishni bajaradi. Men unga ishonaman.
—   Ketdik bo‘lmasa, vaqtni o‘tkazmaylik.
Katta bir qoya parchasini inqillaysinqillay, qonter to‘kib, uyning tomiga chiqarishdi. Endi uni pastga qulatish qoldi, xolos. Amr qo‘lining orqasi bilan terli peshonasini artdi, keyin sekin engashib, pastga qaradi. Birdan yuzi burishdi. Keyin og‘zidan tupuk sochib, so‘kinib yubordi.
So‘ngra hamrohlariga qarab:
— Yo‘q, ketib qolibdi, — deya pichirladi.
Bir dunyo mehnat chekildi, shuncha ter to‘kildi, endi ishni bitirish navbati kelganida butun rejasi barbod bo‘lib chiqdi.
— Bekorga charchaganimiz qoldi.
— Nimaga endi bekorga bo‘larkan? Toshni tepalaridan tashlab yuboraylik, hech bo‘lmasa bir nechtasini o‘ldiramiz.
Amr hamrohlariga o‘qrayib qaradi.
—   Aqling joyidami o‘zi?
—   Nima qilibdi aqlimga?
—   Biz shuncha aziyatni Muhammadni o‘ldirish uchun chekdik, duch kelgan odamni o‘ldirish uchun emas. Hozir bu toshni yumalatib pastdagilarni ezib tashlarmiz, lekin boshimizga balo orttirgan bo‘lamiz.
—   Sheriklari kutib turganiga qaraganda, qaytib kelishi ham mumkin, — deb qoldi bittasi.
— Qani, kutaylikchi.
Hayajon ichida kuta boshlashdi. Anchagacha poylashdi, lekin vaqtlari bekorga ketdi, xolos.
Indamay o‘rinlaridan turib ketgan Rasululloh (s.a.v.) boshqa qaytib kelmadilar. Rosa yo‘l qarab o‘tirgan hamrohlari, nixoyat, o‘rinlaridan turishdi, u yoqbu yoqni qidirgan bo‘lishdi. O’tkinchilardan so‘roqlashdi. Bir odam:
—   Men uni Madina yo‘lida ko‘rdim, — dedi.
   Ajablanarli ish... Insoniyatga adab darsi berish, ahloqning eng oliy namunalarini shaxsan yashab ko‘rsatish bu zotning vazifalari emasmidi? Qanday qilib indamay ketish mumkin? Birga kelishgan, ko‘ngillari bir, imonlari bir bo‘lgan do‘stlariga bir og‘iz «Men ketyapman», deb qo‘ymasdan ketib qolishlarini qanday tushunsa bo‘ladi?
Bu ishda, albatta, bir hikmat bo‘lishi lozim! Hozircha bular bilmayotgan qandaydir gap bor? «Ollohning rasuli bir ishni qilsa, unda mutlaqo bir hikmat bo‘ladi», degan tushuncha ostida Madina yo‘li tutildi. Sahobalar gap nimadaligidan xabarsiz edilar.
Bani Nazir yahudiylaridan bir nechtasi o‘ljasini Qo‘ldan chiqargan ovchiday angrayib qolishdi. Sallom ibn Mishkam ularga qarab: «Men sizlarga nima devdim?!» deyishdan to‘xtamas edi.
Sahobalar ikki soat yurib, Madinaga yetib kelishdi va Nabiylar sultonini (s.a.v.) shu yerda ko‘rib, ko‘ngillari tinchidi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:52:17
* * *
Endi Bani Nazir yahudiylarining paytavasiga qurt tushgan, yuraklari g‘ulg‘uladan takapuka edi. Ibn Suriya ko‘plarning ichini kemirayotgan andishani tilga keltirdi:
— Bu yerdan ketib qolishi tasodif emas, albatta, xabardor qilingan bo‘lishi kerak. Shubhasiz, shunday. Endi bu yog‘iga nima qilish haqida bosh qotiraylik. Mendan so‘rasalaring, xozirdan sezib turibman, ashkrldashqollaringizii yig‘ishtirib, yurtingizdan kuvilasizlar. Kuchlaring yetsa, o‘zlaringni himoya qilinglar. Lekin qutulishlaring uchun eng maqbul bo‘lgan bitta yo‘l bor.
— Qanday yo‘l ekan u?
— Uning dinini qabul qilib, vatanda qolish. Bu yo‘l Muso iayg‘ambarni ham mamnun etadigan, uning rizosiga sabab bo‘ladigan eng to‘g‘ri yo‘ldir!
—   Biz bunday qilolmaymiz.
—   Hozirgacha qaerda eding?
— Bu aklingni o‘zingga saqlab ko‘y, ey Ibn Suriya. Ibn Suriya bu e’tirozlarga qoniqarli javob berishdan ojiz edi.
— Men bilganimni aytdim, xolos.
— Sen o‘sha bilganingni ham ichingda saqla, tushundingmi!
Ertasi Muhammad ibn Maslama Bani Nazirga kelib, uni Rasululloh (s.a.v.) yuborganini aytdi, payg‘ambar hayotiga qasd qilganlarining jazosi sifatida o‘n kun ichida yurtlarini tashlab chiqib ketishlari kerakligini ma’lum qildi va so‘zini bunday tugatdi:
— Istagan xar narsangizni olib ketishingiz mumkin. Lekin o‘n kundan keyin bu yerda qolgan biron kishi qo‘lga tushadigan bo‘lsa, boshidan judo qilinadi.
Bu xabar Bani Nazir yahudiylarini dahshatga soldi. Qovoqlar osilib, ko‘zlarda yosh aylandi, gunohkor boshlar egildi.
Qasd qilganlar past bo‘lgan edi.
Bir joyga to‘planib vaziyatni muhokama qila boshlashdi. Yolg‘iz o‘zlari musulmonlarga bas kela olmasliklarini bilishardi. Oldinlari bir-birlariga dushman bo‘lgan Avs va Hazraj kabilalari esa, Makkadan kelgan payg‘ambarning (s.a.v.) sa’yharakati bilan birlashib, qonqardoshga aylangan. Qolaversa, endi ularning safiga makkalik muhojirlar ham kelib qo‘shilgan. Xullas, Madina musulmonlariga qarshilik ko‘rsatish aqlsizlikdan boshqa narsa emasligi yahudiylarga ayon edi.
Yig‘ilish ko‘pga cho‘zilmadi. Qanday qarorga kelishgani ularning burushgan yuzlaridan shundoq ko‘rinib turardi. Ko‘p o‘tmay, ko‘chada o‘ynab yurgan bolalarning bir-birlariga: «Yurtimizni tashlab ketar ekanmiz», degan gaplari quloqqa chalinib qoldi.
Ketishga tayyorgarlik boshlandi. Olib ketiladigan narsalarni hisoblashga kirishildi.
Odamlarning ruhi cho‘kib, ko‘ngli sinib, biri qovog‘idan qor yog‘ib dardini aytsa, birovi boshlariga bu kunni solganlarga la’nat o‘qirdi. Ba’zilar madinalik payg‘ambarni ayblasa, boshqalar Huyayy ibn Ahtob bilan sheriklarini aybdor deb bilar edi.
Safar tadorigi bilan ovora bo‘lgan Nazir yahudiylari bu paytda Madinada o‘tkazilayotgan bir yig‘ilishdan xabarsiz edilar. Majlisda chordona qurib o‘tirib olgan Ibn Salul odamlarni vatanlaridan haydash noto‘g‘ri ekani haqida og‘iz to‘ldirib va’z o‘qir edi.
— Malak xabar bergan emish: «Ular hayotingga qasd qilmoqchi bo‘ldilar», degan emish... Kim ko‘ribdi uni?..
Ibn Salul pisanda qilib g‘o‘ldirar, o‘zini bechoralarning himoyachisi qilib ko‘rsatar edi.
— Mendan so‘rasalaring, bu bechoralarga yordam beraylik, deyman. Ularga xabar yuboringlar, yurtlarida qolaverishsin. Kerak bo‘lsa, biz yordam beramiz. Qurayza va G’atafon yahudiylari ham ko‘maklashishadi. Shunda biz uning o‘zini qo‘rqitgan hamda bechoralar yurtlarini tashlab ketishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lamiz.
Bu gan Ibn Salulni o‘rab o‘tirgan munofiqlarga ham ma’qul tushdi. Oqshom tushishi bilan tuyali bir kishi Bani Nazir kabilasi tomonga yo‘l oldi. Unga Madinada munofiqlar ma’qullagan xabarni yetkazish vazifasi topshirilgan edi. Xabarchi Bani Nazir aholisini jasoratli bo‘lishga va madinaliklardan qo‘rqmaslikka chaqirishi, ularga dalda berishi kerak edi.
Huyayy ibn Ahtob yasriblik do‘stini uyida mehmon qildi. Ibn Saluldan kelgan xabarni xursand bo‘lib eshitdi. Ichiga yorug‘lik kirdi.
— Modomiki bunday kunda yordamga keladigan do‘stlarimiz bor ekan, biz hech qaerga ketmaymiz, shu yerda qolamiz. Otalarimizdan yodgor bo‘lgan tuproqni tark etish niyatida emasmiz, — dedi u.
Huyayy mehmonini kuzatib turib, Ibn Salulga salom yetkazishni tayinlagach, uyiga kirdi.
— Xaqiqat bor ekanku! — dedi o‘ziga o‘zi va chuqur nafas oldi.
Ertasiga xalq orasida «ketmas ekanmiz, yurtimizda qolar ekanmiz», degan gap yashin tezligida tarkaldi.
Yosh-qari hammaning ustidan tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi, hamma xursand, ayniqsa, bolalarning quvonchi cheksiz edi.
Keyin Madinaga bir odam yuborildi. Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga kirgan xabarchi:
— Biz yurtimizni tashlab ketmaymiz. Hech qaerga ketishni istamaymiz! — dedi.
Buni eshitib, Rasuli akram (s.a.v.) qo‘shin to‘plashga amr qildilar. Darhol saf tortgan qo‘shin rabiulavval oyida Bani Nazir qabilasiga karab yurish kildi.
Ikki soatda Nazir qal’asiga yetildi. Uzoqdan bir ko‘shin kelayotganini ko‘rgan yahudiylar tezda qal’a ichiga kirib, darvozalarga qulf osishdi.
Qal’a qurshovga olindi. Qal’aga kirishchiqish imkoni kesildi. Yahudiylarga taslim bo‘lish taklif qilindi. Ammo ular bu taklifni rad etishdi.
Ular qal’alariga xaddan tashqari ishonishar edi. Madinaliklar tugul, hech qanday dushman bu qal’ani oshib o‘tolmaydi, deb o‘ylashardi. Qolaversa, Bani Nazir qabilasi Ibn Saluldan va boshqa yahudiylardan keladigan yordamdan ham umidvor edi. O’shanda qal’adan chiqib jang kilishadi, musulmonlarning ta’zirini berib qo‘yishadi.
Kech kirdi. Qal’a ichida yahudiylar o‘zaro majlis boshlashdi. So‘z olganlar bir-birlariga dalda berib, ertasiga keladigan yordam haqida ishonch bilan og‘iz ko‘pirtirib gapirishardi. Ularning fikricha, musulmonlar Madinadan yetib kelibdimi, demak, Ibn Salul ham tez orada kelishi kerak.
Ertasiga Madina yo‘liga umidvor tikilgan ko‘zlar yerdan chang ko‘tarilishini kuta boshladi. Vaqt juda sekin o‘tayotgandek tuyulardi. Ammo hech kimning qorasi ko‘rinmas, yerdan chang ko‘tarilmas edi. Asr vaqti o‘tib, quyosh nuri so‘na boshlashi bilan umidlar ham so‘na boshladi.
Kechagi yig‘ilish umidsiz ma’ruzalar bilan davom etdi. Huyayy birikki yo‘talib, gap boshladi:
— Onadan tug‘ilgandan beri bunday ahvolga tushmagan bo‘lsak kerak. Bu musibat boshimizdan ketadimi yoki bizni ular mahv etadimi? Bilmayman. Madinalik do‘stlarimiz yordamga kelishsa, bu balodan qutulamiz. Ammo yordam kelmasachi, unda...
Huyayy so‘zini davom ettira olmadi. Bir oz kutdi.
U yoqbu yoqqa ko‘z tashlab, sukutga cho‘mdi. Keyin chuqur nafas olib:
— Xo‘sh, — dedi, — qani, do‘stlar, aytinglarchi, unda nima qilamiz?
Hamma jim edi. Shu alfozda qancha vaqt o‘tgani hech kimga ma’lum emas.
Bir payt kimdir ovoz chiqardi:
— Kutamiz!
Zero, kutishdan boshqa ilojlari ham yo‘q edi. Qamalning ikkinchi va uchinchi kuni ham o‘tdi. Ammo na Madinadan va na boshqa yahudiylardan sado chiqdi. Umidlaridan asar qolmadi. Keyin yuraklarini ko‘rkuv hissi chulg‘ab oldi. Hamma dirdir titrar, tillari bir so‘zga aylanmas edi.
Shu kungacha jonlarini himoya qilishiga qattiq ishongan qal’a devorlari endi ko‘zlari o‘ngida salobatini yo‘qotgan, qalblaridagi jasorat tuyg‘usi ham so‘nibso‘nib biggan edi. Musulmonlar agar istasalar, qal’a devorini bemalol oshib, ichkariga kira oladigandek tuyula boshladi ularga...
«Nima qilsak ekana?»
Bu savol hammaning yuragini o‘rtayotgan, lekin hech kim qonikarli javob ololmayotgan dardning ifodasi edi. Ko‘chalarda jonli murdalar kabi izg‘ib yurgan erkaklarni, ularga umidsizlarcha mo‘ltiragan xotinlarni ko‘rish mumkin edi.
Nima uchun musulmonlar hamon xujum qilishmayotganini va nega qal’a devoridan oshib o‘tishmayotganini hech kim bilmasdi.
Avvalgi uch kundan keyin bir-biridan battar yana uch kun o‘tdi. Bu uch kunning kechalari kunduzlaridan barbod, kunduzlari kechalaridan qorong‘u edi. Shoshqinliklari eng so‘ng darajaga yetgan bir onda ko‘zlari birdan qo‘rquvdan ochildi, kalblariga bo‘lakcha bir og‘riq kirdi. Musulmonlar qo‘llarida bolta bilan qal’a atrofidagi xurmo daraxtlarini kesar, tashlab ketilgan uylarni buzar edilar. Chiqib to‘sqinlik qilishga kimsada hol yo‘q. Qal’a devorlariga chiqishdi:
— Yo Muhammad, buzg‘unchilikni taqiqlagan va qoralagan o‘zing emasmi? Daraxtlarni kesib, uylarni buzishing nimasi? — deb baqirishdi.
So‘zlari javobsiz qoldi. Kesish davom etaverdi.
Nihoyat, yahudiylar bir joyga yig‘ilishdi, xolatni rosa muhokama qilishdi. Ammo ichlarida: «Qilichlarni olib, bostirib boraylik! O’lsak, erkakka xos tik o‘laylik , deydigan bir mard topilmadi. Go‘yo qalblarini yuqoridan bir qo‘rquv hissi bosib turgandek edi. Axiyri:
Sulh taklif qilaylik. Shartlarini bajarishdan boshqa choramiz yo‘q, — degan gap bilan masalaga nuqta qo‘yildi.
Takliflarini Rasulullohga (s.a.v.) yetkazishdi. Taklif qabud etilgach, ko‘chishga tayyorgarlik ko‘ra boshlashdi. Yengil yuklarining hammasini olib, uzun bir karvon holida yo‘lga chiqishdi. Xotinlar eng chiroyli kiiimlarini kiyib olgan, ba’zilari dovul chalib, ba’zilari qo‘shiq aytib borishar edi. To‘yga borayotgandek, shodxurram ko‘rinishga harakat qilishardi.
Shu holda Madinaga kirdilar. Madina bozoridan shodxurram o‘tdilar. Oldinga tushib olib o‘ynab borayotgan semizsemiz o‘yinchi xotinlarni, yuzlardagi sevinch va shodlikni ko‘rgan odam ularni yurtlarini tashlab ketishyapti deb o‘ylamas edi. Xalq ularning bu aqlga sig‘mas hollarini tomosha qilardi. Madina ko‘chalari uzoq iillardan beri bu xil xurramlikka guvox bo‘lmagan.
Nihoyat, ular o‘zlariga yordam berishni va’da qilib suzida turmagan munofiqlarning qalblarini ezuvchi qushiqlar aytaayta, uzoqlashishdi. Saldan keyin ovozlari o‘chdi. Yuzlarida namoyish etgan soxta sevinchilari bitdi, ko‘shiqlari to‘xtadi. Ko‘zlariga alamli yosh tomchilari qo‘shilib keldi, bo‘g‘izlarida bog‘langan yig‘i tugunlari yechildq. Bir soat oldin xursandchilikdan o‘ynagan insonlarni hozir yig‘i ichida ko‘rgan odam avvalgi sevinchlar haqqqiy edimi, yo endigi mahzunlik haqiqiymi, ajrata olmasdi.
Nazir yahudiylaridan bo‘shagan qal’aga kirganlar vaironaga aylangan uylarga duch kelishdi. Hammasi uyini buzgan, odam o‘tirmaydigan holga keltirgan edi. Ammo Madina shu tariqa bir fasod uyasidan xalos bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:52:29
* * *
Do‘stlaridan ajralish alamini tuygan munofiqlar ularning orqasidan hasratla qarab kolishdi. Yordamga jur’at qilmaganlari uchun o‘zlariga malomat yog‘dirishardi.
Musulmonlar esa, bo‘lib o‘tgan ishlardan xursand edilar. Ayniqsa, Bani Nazir masalasi bir kimsaning burni qonamasdan hal qilingani quvonchli edi. Holbuki, ular bunchalik osonlik bilan yurtlarini tashlab ketadilar deb birov o‘ylamagan edi.
Shu palla Rasuli akram (s.a.v.) janobimizda vahiy xolati ko‘rildi. Ovozlar tindi, hurmat va hayajon hislari to‘la kutish boshlandi. Bir ozdan keyin Janobimiz (s.a.v.) Xashr surasining muborak oyatlarini o‘qiy boshladilar:
«Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Ollohga tasbeh aytdi. U qudrat va hikmat Sohibidir. U ahli Kitoblardan (yahudiylardan) kofir bo‘lgan kishilarni birinchi to‘plashdayok o‘z diyorlaridan haydab chiqargan Zotdir. (Ey mo‘minlar,) sizlar ularning chiqib ketishlarini o‘ylagan ham emas edingiz. Ular ham o‘zlarining ko‘rg‘onqal’alarini Olloh(ning azobi)dan to‘sguvchi deb o‘ylagan edilar. Bas, Olloh(ning azobi) ular hisobga olmagan tomondan keldi va dillariga qo‘rqinch soldi. Ular (uylarini) o‘z qo‘llari va mo‘minlarning qo‘llari bilan buzurlar. Bas, ey aql egalari, (ularning ahvolidan) ibrat oling! Agar Olloh ularga surgunni yozmaganida, albatta, ularni mana shu dunyoda (qatl qilish yoki asirlik bilan) azoblagan bo‘lur edi. Ular uchun oxiratda do‘zax azobi ham bordir. Bunga sabab ularning Olloh va Uning payg‘ambariga qarshi turganlaridir. Kim Ollohga qarshi tursa, bas, albatta, Ollohning jazosi qattiqdir. (Ey mo‘minlar,) sizlar (Bani Nazir xurmozorlaridan) biron xurmo daraxtini kesdinglarmi yoki uni o‘z poyasida turgan holida qoldirdinglarmi, bas, (sizlar qilgan har bir ish) Ollohning izniirodasi bilan va u fosiqitoatsiz kimsalarni rasvo qilish uchun (bo‘ldi). Olloh o‘z payg‘ambariga ulardan o‘lja qilib bergan narsalarning ustiga sizlar otu tuyalarni o‘ynatibchoptirib borganlaringiz yo‘q (ya’ni, u o‘ljalarni sizlar mashaqqat chekib, jangjadal bilan qo‘lga kiritganlaringiz yo‘q), lekin Olloh payg‘ambarlarini O’zi xohlagan kimsalardan (mana shunday) ustun qilib ko‘yur. Olloh barcha narsaga Qodirdir. Olloh qishloqshaharlarning (kofir) aholisidan O’z payg‘ambariga o‘lja qilib bergan narsalar — toki sizlardan boybadavlat kishilar o‘rtasidagina aylanib yuraveradigan narsa bo‘lib qolmasin uchun — Ollohniki, Payg‘ambarniki va (u zotning) qarindoshurug‘lari, yetimlar, bechoramiskinlar va yo‘lovchimusofirlarnikidir. Payg‘ambar o‘zi sizlarga ato etgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar va Ollohdan qo‘rqinglar! Albatta, Ollohning jazosi qattiqdir»  (Hashr, 17)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:53:00
OLLOHNING UYINI TOZALAGAN AYOL

Ummu Mihjan Madinaning Avali mavzeida yashaydi. Uyi uzoq bo‘lishiga qaramay, har kuni masjidga kelib, Payg‘ambarlar imomining (s.a.v.) orqalarida turib namoz o‘qish saodatini his qilib yuradi. Bundan tashqari, masjidni supuribtozalashni ham o‘ziga vazifa qilib olgan.
«Modomiki Olloh mening qalbimni shirk va kufrdan tozalagan ekan, men ham Uning uyini toza tutayin», deb o‘zi bu sharafli vazifani ado etish tashabbusi bilan chiqqan.
Kambag‘al bo‘lishiga qaramay, qalbi go‘zal tuyg‘u va tushunchalarga boy bo‘lgan bu ayol masjidni tozalagani sari qalbi ham tozalangandek bo‘lar, ruhida halovat his etar edi.
Bir kuni u bemor bo‘lib, to‘shakka yotib qoldi. Rasulullohning (s.a.v.) orqalarida turib namoz o‘qish saodatidan ayrilib koldi. Birdan-bir orzuyi — tezroq sog‘ayib, masjidga borish, buyuk imomning orqasida turib namoz o‘qish edi. Kuloqlari ostida hamon ul sevikli Janobining (s.a.v.) yoqimli ovozlari eshitilib turar, qalbi Olamlar Parvardigorining huzurida sajdaga boshqo‘yish orzuyida jo‘sh urardi.
Bir necha kun masjidda ko‘rinmaganidan keyin buyuklar buyugi Janobimiz (s.a.v.) surishtirdilar.
— Kasal bo‘lib qoldi, ey Ollohning payg‘ambari, — deb javob qilishdi qo‘shnilari.
Bu xolni eshitgan zahoti Rahmat payg‘ambari Avalimahallasiga shoshildilar. Ba’zilar ildamroq borib, ; xasta ayolga suyunchi xabarini yetkazishdi.
— Xushxabar, ey Ummu Mihjan, Rasululloh janoblari seni ziyorat qilishga kelyaptilar, — deyishdi.
Ummu Mihjan bu xabarni eshitib, sevinchdan o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoldi. Kasallikdan holsiz qolgan yuragi teztez ura boshladi. Peshonasidan ter oqdi. Hech qancha o‘tmay, yoqimli bir ovoz qulog‘iga chalindi:
— Assalomu alaykum!
Minnatdorlik tuyg‘ulari bezagan majolsiz bir ovozda:
— Va alaykum assalom, ey Ollohning rasuli, deb kutib oldi Ummu Mihjan bu sharafli mehmonni.
Ziyorat uzoq davom etmadi. Ammo ma’no olamida bu qisqa vaqtning qiymati g‘oyatda baland edi. Xayrlashilarkan, unga oxirat olamida mamnun etarli izzat-ikromlar ko‘rsatilajagiga hech kim shubha qilmasdi.
Rasululloh (s.a.v.) keyin ham vaqtivaqti bilan bu ayolning ahvolini qo‘shnilaridan so‘rab turdilar. Kasali og‘irlashgani aytildi. Rasuli akram (s.a.v.) ularga:
— Agar vafot etsa, mening xabarim bo‘lmay dafn qilmanglar, — dedilar.
Bir oqshom taqdir maqomidan chiqqan farmon ila ajal o‘qi otildi. Ummu Mixjan Ollohga va rasuliga xizmat ishqi bilan yo‘g‘rilgan toptoza ko‘nglini Oliy Mavlo yuborgan o‘lim malaklariga taslim etdi.
Uni darxol yuvib, kafanlashdi. Dafnga tayer bo‘lganidan so‘ng yo‘lga chiqishdi. Ammo bu payt xufton namozi o‘qib bo‘lingan, Rasululloh (s.a.v.) uyquga ketgan edilar.
Janozaga kelganlar g‘amgin bo‘lishdi. Mahalla ahli ichida ham o‘ziga xos o‘rni bo‘lgan, ayniqsa, Rasululloh (s.a.v.) ziyorat etganlaridan keyin yana ham obro‘yi oshib ketgan Ummu Mihjan, demak, bu so‘nggi mukofotga erishmasdan qora tuproqqa kiradigan bo‘ptida, deb o‘ylashdi.
— Demak, nasibasi shu ekan...
—   Janobi Rasulullohni bezovta qilishimiz to‘g‘ri bo‘lmas.
—   Uyqudaliklarida ham vahiy kelib kolishi mumkin. Yana bir xato ish qilib qo‘ymaylik...
Shu xil mulohazalardan keyin Rasuli akramning (s.a.v.) ishtiroklarisiz dafn kiladigan bo‘lishdi. Baqi’ qabristoniga keltirishdi, janozasini o‘qishdi va dafn etishdi. Ollohdan unga rahmat tilab, ortlariga qaytishdi.
Ertasiga Rasululloh (s.a.v.) yana u hakda so‘raganlarida:
— Tuproqqa qo‘yildi, ey Rasululloh, — deb javob qilishdi. — Aslida uni dafnga tayyorlab, sizga kelgan edik. Uxlab yotgan ekansiz, bezovta qilgimiz kelmadi.
— Yuringlar bo‘lmasa.
Imomul anbiyo (s.a.v.) sahobalari bilan birga Baqi’ qabristokga yo‘l oldilar. Qo‘shnilar Ummu Mihjanning qabrini ko‘rsatishdi. Rasululloh (s.a.v.) qabr yonida to‘xtadilar, hamroxlari orqada saf tortishdi. To‘rt marta takbir keltirgan xolda ruku va sajda qilmay o‘qilgan namozdan keyin, Olloh taolodan rahmat tilab ortlariga kaytdilar.
Ummu Mihjanning ruhi shod bo‘ldi, ma’no olamida buyuk ikromlarga erishdi, Buyuk Mavlo ulug‘ payg‘ambarining hurmati yuzasidan Ummu Mihjanga u xayoliga keltira olmagan ne’matlarni yomg‘ir kabi yog‘dirishga albatta qodirdir.
Shunday bir namozda hozir bo‘lishni, u baxtiyor kishilar orasida va payg‘ambarlar imomining orkalarida safda turishni chin ko‘ngildan orzu qilganlar uchun Ummu Mihjan ruhiga fotihalar yuborishlariga yo‘l doimo ochiqdir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:53:20
* * *
Kichik Abdulloh rahmatli Ruqayyadan kolgan yodgor edi. Onasi yosh ketganidan keyin anchagacha o‘ziga kelolmay yurgan bolakayni bir kuni Ummu Gulsum bag‘riga bosdi.
— Endi men sening onang bo‘laman, jonim, — dedi.
Xola onaning o‘rnini bosa olarmikan? Juda qiyin... Ammo Abdullohga xolasiday mehribon o‘gay onaning topilishi ham oson emas edi. Albatta, Abdulloh uni xola sifatida ko‘raveradi, lekin onasidan his qilgan shafqat va sevgini undan ham his etajak.
Bir kuni Abdulloh o‘ynab yurganida, to‘satdan bir xo‘rozning hujumiga uchrab, yiqildi. Dodvorshga chopib chiqqanlar uni og‘izburni qonga to‘lgan bir holda qutqarib olishdi. Uyga olib kirishganida Abdulloh narishon bir ahvolda edi.
Holati o‘nglanavermagach, Ummu Gulsum dadasiga odam yubordi. Sarvari anbiyo (s.a.v.) muhim bir ish bilan band bo‘lganlari uchun borolmasliklarini bildirdilar. Beradigan ham, oladigan ham Buyuk Mavlo deb qo‘ydilar.
Bolaning ahvoli yana ham og‘irlashavergach, ikkinchi marta odam yuborildi. Bu gal Janobimiz (s.a.v.) bir necha sahobalari bilan birga yetib keldilar. Bola o‘layotgan edi. Quchoqlariga oldilar. Ko‘zlaridan yoshlar oqa boshladi. Sa’d ibn Uboda chidab turolmadi:
— Ey Ollohning payg‘ambari, siz ham yig‘laysizmi? Axir, siz Ollohning payg‘ambarisiz?! — dedi.
Nabiyyi akram (s.a.v.) bunday javob qildilar:
— Bu holat Ollohning bir rahmatidir, bandalarining qalbiga solgandir. Olloh taolo faqat shafqatli bandalariga shafqat ko‘rsatadi.
Janobi Rasululloh (s.a.v.) avvalroq qizlaridan ayrilgan edilar, ketidan nabiralari ham vafot etganini ko‘rib, yurakbag‘irlari dog‘landi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:53:42
* * *
Qurayza yahudiylaridan birining uyida xizmatkor bo‘lgan Salmon, nihoyat, Islom dinini qabul etib, orzuyiga yetishdi. Imkon topdi deguncha darhol Rasuli akramning huzurlariga chopar, yonlarida soatlab o‘tirib, orkalarida namoz o‘qigach, ko‘ngli taskin topib, ishiga qaytar edi. Har gal qaytishida oilasidan ayrilib, safarga ketayotgan, bir necha kunlik ozig‘ini olib olgan odamning holiga tushardi. Rasulullohni ko‘rmagan yoki xuzurlariga bora olmagan kunlari vaqtini u zotning xayollari bilan, u kishidan eshitgan totli so‘zlar yodi bilan o‘tkazar, ma’naviy birgalikni davom ettirishga harakat kilar edi. Ishlab turgan onida hanuz yonboshida Rasululloh janobimiz o‘tirgandek bir holatga tushar, kechqurun yotayotganida esa, bitta xonada uyquga borayotgandek, «Olloh rohatli uyqu bersin, ey Salmon!» degudek yonginasida his etardi janobini. Bu shunday bir ayriliq ediki, bu ayriliq ichida birgalik eng go‘zal ma’nosi bilan davom etar edi.
Bir kuni u yana ziyoratga kelganida Rasuli akram unga xo‘jayini bilan uchrashib, ozodlik so‘rashini maslahat berdilar.
Salmon xo‘jayini bilan gaplashdi. Xo‘jayini rozi bo‘ldi:
— Evaziga menga uch yuzta xurmo ko‘chati ko‘kartirib berasan. Ustiga yana qirq uqka oltin ham berasan, — dedi.
Salmonga bu taklif og‘ir edi. Qirq uqqa oltin to‘rt yuz dirham degani bo‘lib, uni topish oson ish emasdi. Lekin, boshqa tomondan, Janobi Payg‘ambar unga bu yo‘lni tavsiya etganlar.
Salmon bo‘lib o‘tgan savdoni Rasulullohga (s.a.v.) borib aytdi. Bu xabar uning do‘stlarini mamnun qildi. Ko‘chatlarni qisqa fursatda topish mumkin edi. Masjiddagilar har bittalari uchbeshtadan nihol taklif etishdi va tezda uch yuzta xurmo ko‘chati qilindi. Rasululloh (s.a.v.) Salmonga:
— Qani endi ko‘chatlar uchun uch yuzta chuqur qazginda, keyin menga xabar ber, — dedilar.
Salmon ketdi. Kuchli odam emasmi, ish uni qo‘rqita olmasdi. Birpasda aytilgan chukurlarni qazib bo‘ldi. Joy tayyor bo‘lganini eshitib, Rasululloh (s.a.v.) sheriklari bilan yo‘lga chiqdilar. Kelib xurmo ko‘chatlarining har birini ko‘llari bilan ekib chiqdilar.
Endi nihollarning tutib ketishi kutiladi, chunki yahudiylar ularning ko‘karganini, mevaga kirganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari kerak edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:54:02
* * *
Rasululloh (s.a.v.) Hazrati Oyishaning xonasida o‘tirganlarida Asmo ismli madinalik bir ayol kelib, ul zot bilan o‘zini qiziqtirgan masalada uchrashishga izn so‘radi. Kirishga ruxsat berildi.
—   Yo Rasululloh, oyboshi holati tugagan xotin kanday tozalanadi, namozini qanday boshlaydi? — deb so‘radi Asmo.
—   Xushbo‘y sepilgan jun olib, o‘sha bilan poklanasan.
— Men u bilan qanday poklanaman, yo Nabiyalloh! Janobimiz (s.a.v.) bundan ortiq tushuntirish imkonini topa olmas edilar.
—   Subhonalloh!.. Poklan shunday!.. — dedilar.
—   Ammo men u bilan kanday tozalanaman?
Ayol juda ham sodda edi. Rasuli akramning (s.a.v.) gaplarini u butun badanni jun bilan tozalab chiqish kerak ekan, degan ma’noda tushungan edi.
Bu holni ko‘rib turgan Hazrati Oyisha onamiz u ayolni bir turtdi. Asmo u tomonga qaradi.
— Bu yoqqa kel, — dedi Hazrati Oyisha ishora bilan.
Asmo bordi. Pichirlab bir nimalarni gaplashishdi. Hazrati Oyisha unga qanday tozalanib, qay tarzda namoz o‘qish kerakligini tushuntirib bergach, Asmo ketdi. (Buxoriy. 1/81.)
Demak, oldin toza bir bo‘z parchasi yo jun tutami bilan odob joylarini tozalaydi, keyin namozga olganday shaklda tahorat oladi. Undan so‘ng butun vujudini yuvadi. Bu orada Asmo Janobi Rasulullohning g‘oyatda uyatchan ekanlarini, bir og‘iz ganni aytaturib, yuzlarining qizarib ketganini ko‘rdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:54:19
MISKINLARNING ONASI XAZRATI ZAYNABNING VAFOTI

Ramazon oyi boshida saodat tojini kiyib, «mo‘minlarning onasi» degan sharafli nomga erishgan Zaynab binti Huzayma nikohidan hali uch oy o‘tmay turib, kasal bo‘lib qoldi. Kunlar o‘tdi, lekin xastaligi tuzalmadi. Xuddi vujudni ko‘rpaga yopishtirib, «Endi sen yotishing kerak, turmagin», deydigan turidan edi uning kasalligi.
Endi o‘ttizga kirgan Hazrati Zaynab Qurbon hayiti kunlaridan birida koinotning eng sharafli joyi bo‘lmish xonasidan qurbon o‘laroq Dargohi Subhoniyyaga arz etilajagini qaerdan bilsin?! O’lim farishtasiga uning jonini olish haqida iloxiy farmon berilgan. Garchi u eng buyuk payg‘ambarning zavjasi va nikohlariga endi uch oy to‘lgan bo‘lsada, Oliy Farmon bajarilishi lozim edi.
O’zini Rasuli akramga xotin bo‘lishdek saodatga noil etgan taqdiridan rozi bo‘lgan Hazrati Zaynab ayni taqdirning kelajakda yana kovushtirish uchun dunyodan ayrilishiga doir chiqargan hukmiga ham sevaseva rozi bo‘lajak. Uni kutib olishga kelgan va: «Biz sening dunyo va oxiratdagi do‘stlaringmiz, joning orzu etgan, ko‘ngling istagan har narsa senga oiddir. Mag‘firati so‘ngsiz, marhamati cheksiz Rabbingning ziyofatiga xush kelibsan...» degan farishtalar hamrohligida dunyo hayotini tark etdi. Pok xotinlari uchun hozirlangan ulug‘ maqomlarga erishdi. Shu tariqa Hazrati binti Huzayma hali Janobimiz tirikliklarida ajal sharbatini ichgan ikkinchi ayollari bo‘ldi.
Musulmonlikni qabul qilgunicha ham miskin va bechoralarga doimo yordam qo‘lini uzatuvchi bo‘lib tanilgan va atrofda «Ummul masokin», ya’ni, kambag‘albechoralarning onasi, degan nom olgan Zaynab ortidan musaffo xotiralar va samimiy sevgilar qoldirib ketdi. U tom ma’noda «mo‘minlarning onasi» bo‘lish sharafiga loyiq fazilatlar egasi ekaniga juda ko‘plar shohid bo‘lgan. Bular ham hammasi bir sharafku, lekin eng katta sharaf bu yokda edi. Ya’ni, Zaynabni uning orzuyi bilan turmush o‘rtog‘ilikka tanlagan Rasululloh janobimiz (s.a.v.) undan rozi va xushnud edilar. «Erini rozi qilgan holda o‘lgan xotin» haqida Janobimiz bergan mujda, avvalo, unga va Hazrati Xadichaga yetajak va ular jannat xotinlari ichida «Janobi Sarvari olam rozi bo‘lgan holda dunyoni tark etgan xotinlar» sifatida mustasno bir o‘rin olajaklar.
Mo‘minlar uni Baqi’ qabristoniga ko‘mishdi. Malaklar uning qabrini jannat bog‘chasi kabi bezatgan edilar. Bu yer uning jasadi uchun to qiyomatgacha xush bir istirohatgoh bo‘lajak, aziz ruhi esa, Buyuk Mavloning mehmoni bo‘lish uchun yuksaklarning yuksagi olamlarga ko‘tarilajak.
G’ariblarga yordam berishni voz kechilmas bir vazifa etib tayinlagan Buyuk Mavlo «miskinlarning onasi» bo‘lgan va payg‘ambarining xos omonati o‘laroq dargohiga kelgan Hazrati Zaynabni Zoti Ahadiyatiga loyiq ilohiy ikromlariga burkashi shubhasiz edi.
Payg‘ambarning xotini ekanini ham hali to‘la anglab ulgurmasidan dunyodan ketish alami o‘rnini, inshaolloh, bu yoqda ko‘rajagi so‘ngsiz izzat-ikromlar bosib ketajak. («Al-Isoba», 4/315).
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:54:35
BIR BEMOR ZIYORATI

Ummu Soib kasal bo‘lib qoldi. U to‘shakda yotib ham dirdir titrardi. Ba’zan isitmaning zo‘ridan o‘zini qo‘yarga joy topolmasdi.
Uning bemorligini eshitgan Rasululloh (s.a.v.) bir necha do‘stlari bilan ziyoratiga keldilar.
— Olloh shifo bersin, ey Ummu Soib... Nima bo‘lyapti? Bezgak tutyaptimi? — deb marhamat qildilar.
Xotin bo‘g‘iq ovoz bilan javob berdi:
—   Xummaga chalindim shekilli. Xudo olsin bunaqa kasallikni.
Kasallikni so‘kma, ey Ummu Soib! Chunki, o‘choqqa tushgan va yongan temirning zangini olov qanday tozalasa, kasallik ham insonning gunohlarini shunday tozalab ketkizadi ( Muslim, 4/1993.)
 Hazrati Zaynab avvalroq Abdulloh ibn Jahshning xotini bo‘lgan va Uhud jangidan keyin to‘rtinchi yil oxirlarida yana turmushga chiqib, beshinchi yili vafot etgan, degan rivoyat ham bor. Ummu Salama onamizning: «Janobi Rasululloh (s.a.v.) meni vafot etgan Zaynab binti Xuzaymaning xonasiga ko‘chirib o‘tdilar», mazmunidagi rivoyatlari to‘g‘ri bo‘lsa, biz bu yerda bergan tarix to‘g‘ri bo‘ladi va unda Hazrati Zaynab onamiz Janobi Rasulullohdan (s.a.v.) oldin Ubayda ibn Hornsnint nikoxida bo‘lgani antlashiladi. Ma’lumki, Ubayda Badr jangida ilk o‘rtaga chikkal uch kishidan biri edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:54:59
* * *
Bemorligi sababli ibodatini to‘liq ado etolmaganidan ko‘ngli cho‘kkan Ummu Soib Rasulullohning (s.a.v.) ziyoratlaridan keyin bir oz o‘ziga kelgandek bo‘ldi, qolaversa, kasallik ham Ollohning bir rahmati ekanini u bilib oldi.
Ziyoratga birga kelganlar Rasuli akramning (s.a.v.): «Mo‘minning oyog‘iga aziyat berib bir tikan kirsa yoki bundan ham og‘irroq musibat kelsa, Olloh taolo uni bir daraja yuksaltiradi yoki bir xatosini o‘chiradi», deganlarini eshitishdi.
Darhaqiqat, bu ziyorat Ummu Soib uchun Olloh taoloning bir rahmati va ehsoni bo‘ldi. Uning Haq taolo huzurida bir qiymati bor ekanki, Olloh olamlarga raxmat bo‘lgan nayg‘ambarini ziyoratga yuboribdi!
Bu ziyorat mo‘minlarga Rasuli akramning (s.a.v.) ushbu muborak so‘zlarini eslatgan edi:
— Qiyomat kunida Olloh taolo bandasi bilan bunday savoljavob qiladi:
«Ey Odam bolasi, xasta bo‘ldim, meni ziyorat qilmading!»
«Ey Parvardigorim, men Seni qanday ziyorat qilaman. Sen Robbul Olaminsan!»
«Falon bandam kasal bo‘lganida, uning ziyoratiga bormading. Uni ziyorat kilganingda, uning yonida Meni va Mening rizoimni topishingni bilmadingmi?.. Va, ey Odam bolasi, sendan kornimni to‘ydirishni so‘radim, to‘ydirmading!»
«Ey Parvardigorim! Men Seni qanday to‘ydiraman? Sen Robbul Olaminsan!»
«Falon qulim sendan qornini to‘ydirishingni so‘radi, to‘ydirmading. Uning qornini to‘ydirganingda, bergan taoming evaziga Mendan mukofot olishingni bilmas edingmi?.. Va, ey Odam bolasi, sendan suv so‘radim, menga suv bermading!..»
«Ey Parvardigorim, Sen Olamlarning Rabbisan! Men qanday qilib Senga suv bera olaman?»
«Falon bandam sendan suv so‘radi, unga suv bermading. Suv berganingda, mukofotini Mening huzurimda olishingni bilmasmiding?»  Bu xususda Rasuli akram (s.a.v.) yana bunday marhamat qildilar:
— Kim bir xastani ziyorat qilsa, jannat xurfalariga erishadi.
—   Jannat xurfalari nima degani, yo Nabiyalloh?
—   U jannatda terilgan mevalardir. (Muslim, 4/1989.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:55:44
ABU SALAMANING VAFOTI

Bir kuni Ummu Salamaning tul, bolalarining esa yetim qolishi xaqida Farmon chiqdi. Bu Farmon darhol Abu Salama vujudida ta’sirini ko‘rsatdi. Ko‘zlardan nur so‘ndi, uni hayotga bog‘lab turgan tolalar uzilar holga keldi. Uning ahvolini ko‘rganlar kuni bitganini payqab, darhol Rasulullohga (s.a.v.) xabar jo‘natishdi. Janobimiz vaqtni o‘tkazmasdan tez yo‘lga tushdilar. Uning uyiga yaqinlashganlarida, yig‘i tovushini eshitdilar. Bu yig‘i Abu Salamaning vafotidan darak bsrardi. Ajal kelgan, umri oxiriga yetgan edi. Kelishi kutilayotgan odam garchi payg‘ambarlar sultoni, koinotning sarvari bo‘lsa ham, hukm o‘zgarmas, vaqt kechiktirilmas edi.
Uning uchun har narsasini fido qilajak darajada sevgan Ulug‘ payg‘ambarni ko‘ra olmay dunyodan ketdi Abu Salama. Endi diydor narigi dunyoga qoldi. Xuddi kelayotgan janobini ko‘rishni istagan kabi ochiq qolgan edi ko‘zlari...
Rasululloh (s.a.v.) uning ochiq ko‘zlarini kaftlari bilan yopdilar. Keyin faryod chekayotgan xonadon ahliga qaradilar:
— O’zlaringizga yaxshilikdan boshqasini istamanglar. Chunki farishtalar sizlarning so‘zlaringizga «Omin» deb turishibdi.
Keyin Buyuk Mavloga yuzlandilar:
«Ollohim, Abu Salamaning gunohlarini kechir. Hidoyatga erishganlar orasidagi darajasini yuksaltir. Oilasiga uning o‘rnini to‘ldiradigan bir kishini nasib et. Ey Ollohim, bizni va uni afv et. Uning qabrini keng va yorug‘ qil!»
Jasadni yuvib, kafanlashdi. Baqi’ qabristoniga eltib ko‘mishdi. Shu tariqa Usmon ibn Maz’undan keyin Rasuli akramning emikdoshlari va ammalarining o‘g‘li bo‘lgan Abu Salama hayotdan ko‘z yumdi. Ortda uni yod etadigan, yaxshiliklarini eslab yuradigan, unga Ollohning rahmatini tilaydigan ko‘p do‘stlarini qoldirib ketdi. Bu voqea xijratning to‘rtinchi yili rabiulavval oyining o‘ninchi kuniga to‘g‘ri kelgan edi.
Oradan bir necha kun o‘tib, Ummu Salama Payg‘ambarlar sultonining (s.a.v.) huzurlariga keldi.
— Ey Ollohning payg‘ambari, Abu Salama o‘ldi, uning orkasidan qanday duo o‘qishimni maslahat berasiz?
Rasuli akram (s.a.v.) marhamat qildilar:
— Bunday duo qil: «Ollohim, meni ham, uni ham mag‘firat et. Menga undan yaxshiroq birisini nasib ayla».
Ummu Salama buyuklar buyugiga tashakkur bildirib, ortiga qaytdi. Sahar vaqtlarida, besh vaqt namozdan keyin Ollohning Oliy dargohiga qo‘llarini ochib, Rasuli akram o‘rgatgan duoni takrorlay boshladi. Yillar davomida achchiqtotli ko‘n xotiralarni birgabirga kechirgan turmush o‘rtog‘ining gunohlarini kechishini so‘rab yolvorar, ketidan Janobi Payg‘ambari tavsiya etgan duoni ham ilova etar edi. Ammo har duo qilganida Abu Salamaning vafoli bevasi sifatida zehnidan «Men uchun Abu Salamadan ham yaxshirog‘i bo‘lishi mumkinmi?» degan o‘y chaqmoqdek o‘tar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:56:13
ZOTUR-RIQO G’AZOTI VA JOBIR

Nazir yahudiylari Madinani tashlab ketganidan beri ikki oy o‘tgan. Jumodilavval oyida Madinaga kelgan bir tijoratchi Muhobir va G’atafon qabilalari musulmonlarga qarshi kuch to‘plashayotgani xaqida xabar berdi.
Bu xabar Rasuli akramga (s.a.v.) yetkazildi. Tez orada yig‘ilgan to‘rt yuz (boshqa bir rivoyatda: yetti yuz) kishilik qo‘shin Rasulullohning qo‘mondonliklarida darhol yo‘lga chiqdi. Madinada qolganlarga imomlik qilish vazifasi Usmon ibn Affonga topshirildi.
Musulmonlar uzoqdan G’atafon qabilasi askarlarini ko‘rib to‘xtashdi. Peshin vaqti bo‘lgan edi. Rasulullohning (s.a.v.) orqalarida saf tortib namozga turishdi. G’atafonliklar musulmonlar qurollarini yerga qo‘yib namoz o‘qiy boshlashganini ko‘rib, quvonib ketishdi. Ularni ibodat qilib turgan joylarida yanchib tashlashdan osonroq ish yo‘q edi.
—   Qaniydi ularning bunday qilishlarini avvaldan bilsakda, ustlariga bostirib borsak...
—   Ular bir kunda besh marta shunday ibodat qilishadi. Keyingi namoz o‘qishlarini kutaylik bo‘lmasa.
— Mayli, kutib, tayyor bo‘lib turamiz. Imkoniyatni qo‘ldan bermasligimiz kerak. Aks holda...
G’atafonliklar o‘zlaricha shu kabi rejalarni tuzib turgan bir paytda Jabroil, alayhissalom, Robbul Olamin huzuridan yuborilgan ilohiy farmonni Rasulullohning (s.a.v.) qalblariga vahiy etayotgan edi:
«(Ey mo‘minlar,) safar qilib boshqa yerlarga borganingizda, agar kofirlar fitnasidan qo‘rqsangizlar, namozingizni qasr (qisqa) qilib o‘qishlaringizning gunohi yo‘qdir. Chunki kofirlar sizlarga ochiq dushman kimsalardir. (Ey Muhammad,) qachon Siz (jang maydonida) mo‘minlar orasida bo‘lib, ularga imom bo‘lgan holda namoz o‘qimoqchi bo‘lsangiz, ulardan bir toifasi qurollangan hollarida Siz bilan namozga tursinlar. Bas, qachon sajda qilishgach (ya’ni, namozning bir rakagini o‘qib bo‘lishgach), orqalaringga borib, (sizlarni ko‘riqlab) tursinlar va hali namoz o‘qimagan boshqa toifa kelib Siz bilan birga namoz o‘qisinlar! Ular ham ehtiyot choralarini ko‘rib, qurollanib olsinlar. Kofirlar sizlar qurolyarog‘ va asbobanjomlaringizdan g‘aflatda bo‘lgan paytingizda ustingizga birdaniga hamla qilishni istaydilar. Agar yog‘ingarchilikdan aziyat cheksangizlar yoki bemor bo‘lsangizlar, qurollaringizni yechib qo‘yishingiz gunoh emas. Ammo zhtiyotkorlik (yo‘lini) tutinglar. Albatta, Olloh kofirlar uchun xor qilguvchi azobni taysrlab qo‘ygandir. Namozni ado qilib bo‘lganlaringizdan keyin ham turgan, o‘tirgan va yonboshlagan paytlaringizda doim Ollohni yod etingiz! Bas, qachon (biron joyga muqim o‘rnashib) xotirjam bo‘lgach, namozni to‘kis ado etingiz! Albatta, namoz mo‘minlarga (vaqti) tayinlangan farz bo‘ldi». (Niso, 101-103.)
Mazkur oyatlar mo‘minlarga o‘qib berildi. «Saloti Xavf» (qo‘rquv namozi) deb atalgan bu ibodat qanday bajarilishi tushuntirildi. Nihoyat, asr namozining vaqti kirdi. Mo‘minlar ham, ularni poylab turgan kofirlar ham hayajonlanishayotgan edi. Bir tomon ilk marotaba namozlarini yangi — g‘ayriodatiy tartibda o‘qishni o‘ylayotgan bo‘lishsa, ikkinchi tomon hujum vaqti yaqinlashganidan suyunishayotgan edi. Bilol azon chaqirdi. Yahudiylarning qo‘li qilichlariga uzandi.
Bu tomonda Rasululloh (s.a.v.) safning oldiga o‘tib, namozga turdilar. Ammo askarlarning hammasi safga turishmadi. Bir guruhlari dushman tomonga qarab qurol ko‘tarib turar ekan, ikkinchi guruh qurollarini yonlariga qo‘yib, Rasuli akramning orqalarida turib namoz o‘qir edi. Rasululloh (s.a.v.) ruku va sajda kilib, ikkinchi rakatni o‘qishga turganlarida, mo‘minlar o‘zlari alohida qisqa kilib yana bir rakat namoz o‘qishdi va salom berib turishdi. Darhol hamrohlari bilan joy almashib, sokchilikka o‘tishdi. Bu gal joy almashgan soqchilar Rasuli akramning orqalaridan turib namoz o‘qiy boshlashdi. Ularga ham bir rakat namoz o‘qitgan Rasululloh (s.a.v.) salom berib turganlaridan keyin, ular o‘zlari yana bir rakat o‘qib, salom berishdi.
Shu tariqa har ikki guruh bir rakatni Ollohning payg‘ambari bilan, bir rakatni o‘zlari o‘qigan holda ikki rakatdan namoz o‘qib, Haq taoloning amrini bajargan bo‘lishdi. Ular dushman ro‘parasida turganlariga qaramay, qisqa namoz o‘qib, qullik farzlarini bajo keltirishdi.
Bu holni uzoqdan kuzatib turgan kofirlar kutilmagan bunday tadbir oldida nima qilishni bilmay qolishdi. Endi musulmonlarga hujum qilishning ma’nosi yo‘q edi. Ibodatlarini bunday mustahkam tadbir bilan o‘tkazgan musulmonlarni yengish oson emasligini tushunib yetgan dushman asta-sekin tarqala boshladi. Hech qancha vaqt o‘tmay ininiga kirib ketgan g‘animdan asar ham qolmaganini ko‘rgan musulmonlar orqaga qaytadigan bo‘lishdi. Qochgan dushmanni ta’qib etish yo‘lidan borilmadi.
G’azotga chiqqanlar orasida Jobir ham bor edi. Aksiga olib, uning qari tuyasi yaxshi yura olmasdi. Qaytishda hammadan keyinga qolib ketdi. Qo‘lidagi xivich bilan tuyani qancha urib tezlamasin, foyda bo‘lmadi, tuya o‘zi eplaganicha bittabitta qadam bosib borardi. Jig‘ibiyroni chiqib, nima qilishini bilmay qolgan bir paytda: «Nima gap o‘zi?» degan ovozdan seskanib ketdi. Rasuli akramni ko‘rib, yelkasidan tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi.
— Shu tuyani deb hammadan orqada qolib ketdim, ey Nabiyalloh!
— Cho‘ktir uni!
Jobir tuyani cho‘ktirdi. Rasululloh (s.a.v.) ham tuyalarini cho‘ktirib, yerga tushdilar.
— Xivichingni menga ber!
Rasululloh (s.a.v.) Jobirning xivichi bilan bir necha marta tuyaning orqasiga urdilar. Keyin:
— Qani, min tuyangga! — deb buyurdilar.
Mindi. Tuya bir zumda o‘zgarib qoldi. Janobi Rasulullohning (s.a.v.) tuyalari bilan baravar chopibchopib yura boshladi. Jobir xursand, payg‘ambarlar Buyugiga iliq nigohlarini tikib borar, go‘yo bu qarashi bilan: «Siz bo‘lmaganingizda yarim yo‘lda qolib adashgan, Madinaga yetolmagan bo‘lardim. Minnatdorman sizdan, ey Ollohning sharafli payg‘ambari!» deyayotgandek bo‘lar edi. Bir payt Hazrati Rasululloh (s.a.v.):
—Bu tuyani menga sotasanmi, ey Jobir? — deb qoldilar.
—Yo‘q, Rasululloh, sotmayman, hadya qilishim mumkin.
—   Bo‘lmaydi, uni menga sot.
—   Unda bir narx ko‘ying.
—   Bir dirhamga ber.
— Bo‘lmaydi, ey Ollohning rasuli, aldangan bo‘laman.
—   Ikki dirham beraman.
—   Bo‘lmaydi.
Rasululloh (s.a.v.) narxni ko‘tarar, Jobir esa, tinmay «bo‘lmaydi» der edi.
— Unda bir ukka (qirq dirham) beraman.
— Chindan ham shuncha berishga rozimisiz, yo Nabiyalloh?
—   Ha.
—   Unday bo‘lsa, tuya sizniki.
—   Bo‘pti, oldim.
—   Faqat, Madinagacha minib borishimga ruxsat bering. Yetib borganimizdan keyin uni sizga topshiraman.
Rasululloh (s.a.v.) rozi bo‘ldilar. Yana suhbatlashib, yo‘lda davom etishdi.
—   Hali uylanmadingmi, ey Jobir?
—   Uylandim, yo Rasululloh.
—   Tul xotin oldingmi, qizmi?
—   Tul xotin.
—   Qiz olsang bo‘lmasmidi, bir-biringiz bilan chakchaqlashib, yashardingiz?..
—   Ey Ollohning rasuli, xabaringiz bor, otam Uhudda shahid bo‘lib, yettita singlim menga qoldi. Shuning uchun ularni boqib, yuvibtaraydigan bir xotin olishni afzal ko‘rdim.
—   Yaxshi qilibsan. Inshaolloh, oxiri xayrli bo‘ladi. Hali Sirorga yetib boraylik, bir tuya so‘yishni buyuramiz. Bir kun o‘sha yerda tunab qolamiz. Xotining ham kelganimizni eshitib, senga yostiqlar to‘shaydi. Jobir «qaniydi shunday bo‘lsa» degandek boshini kimirlatib qo‘ydi.
— Vallohi, ey Nabiyalloh, hatto yostig‘imiz ham yo‘q!
— Bo‘ladi, dedilar buyuk Payg‘ambar (s.a.v.) va yana qo‘shib qo‘ydilar: — Uyingga borganingda, tadbirli ish qil, Ollohdan xayrli farzand so‘ra.
Nihoyat, Sirorga yetib kelishdi. Janobi payg‘ambarimiz (s.a.v.) tuya so‘yishni amr qildilar. O’sha kuni u yerda qolib, keyin yana yo‘lga otlanishdi. Jobir Rasulullohdan ruxsat olib qo‘shindan ajralib chiqdi va Madinaga shoshdi. Uyiga borib, bo‘lgan voqeani xotiniga gapirib berdi. Rasulullohning (s.a.v.) tavsiyalarini aytdi.
— Janobimizning amr va tavsiyalari bosh ustiga, — dedi xotini.
Madinaga kelgan Rasululloh (s.a.v.) ertalab eshiklari oldida cho‘kkan tuyani ko‘rib, nima bo‘lganini so‘radilar.
—   Jobir olib keldi, — degan javob bo‘ldi.
—   Jobirning o‘zi qani?
—   Shu yerda edi.
Chaqirishdi, Jobir yetib keldi. Rasuli akram Bilolga qarab:
— Jobirga bir ukqa ber, — dedilar.
Jobir Bilol bilan birga ketdi. Bilol qaytaqayta sanab, unga bir uqqa berdi. Yaxshi savdo bo‘ldi, degan o‘yda Jobir orqasiga qaytdi. Lekin hali hech qancha yurmagan ham edi, Rasulullohning (s.a.v.) uni yana chaqirayotganlarini eshitdi. Ko‘nglidan: «Savdo yoqmadimikan?» degan xayol o‘tdi. Chopib keldi.
— Labbay, ey Ollohning rasuli!
—   Jilovni ushla, bu tuya mendan senga hadya bo‘lsin.
   Jobir kuloqlarining yonayotganini his etganday bo‘ldi. Hech o‘ylamagan-kutmagan g‘aroyib ishlar...
— Rahmat sizga, ey Ollohning payg‘ambari!
Tuyasining jilovidan tutib uyiga qaytdi. Berilgan pul hazilakam emas. Boshqacha aytganda, buncha pulning qiymatini u hali tushunib ham yetmagan edi.
O’sha kuni pulni alohida bir joyga qo‘ydi. Boylik sifatida bir kuniga yarab qolishi uchun emas, balki Rasululloh (s.a.v.) baxsh etgan bir ikrom bo‘lgani uchun shunday qildi. Qancha ehtiyoji bo‘lsa, o‘sha puldan sarflar edi.
Vaqtlar o‘tadi, Rasuli akram (s.a.v.) vafot etadilar, Ul muborak zotdan keyin xalifalari ham birinketin dunyodan o‘tishadi, Jobir qirq yildan ko‘proq vaqt davomida bu pulni ishlatadi. Har gal puldan bir qism olganida, Rasululloh bilan birga chiqqan «Zoturriqo» safarini eslaydi. Yurmay qolgan tuyasini Aziz Payg‘ambarning yurgizganlari ko‘z oldidan o‘tadi.
Nihoyat, bir kuni tarixda jirkanch dog‘ bo‘lib qolgan «Harra voqeasi» sodir bo‘ldi. Yazidning buyrug‘i bilan hujum qilib, begunohlarning qonini to‘kkan, Masjidi Nabaviyni otlariga saysxona o‘rnida foydalangan, yuzlab bokira kizlarning nomusiga tegib, homilador qoldirgan badbaxt qo‘shin Madinani talontaroj etadi. Qarshilik ko‘rsatgan muhojir va ansorlar qatl qilinadi. O’sha kuni bosqinchilarning qo‘li Jobirning barakali xazinasiga ham tegmay qolmaydi. «Bu pullarni Rasulullohdan xotira sifatida asrayapman, unga teginmanglar», degan gai, tabiiyki, u badbaxtlarning quloqlariga yetmas edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:56:39
ZOTUR-RIQO G’AZOTI VA JOBIR

Nazir yahudiylari Madinani tashlab ketganidan beri ikki oy o‘tgan. Jumodilavval oyida Madinaga kelgan bir tijoratchi Muhobir va G’atafon qabilalari musulmonlarga qarshi kuch to‘plashayotgani xaqida xabar berdi.
Bu xabar Rasuli akramga (s.a.v.) yetkazildi. Tez orada yig‘ilgan to‘rt yuz (boshqa bir rivoyatda: yetti yuz) kishilik qo‘shin Rasulullohning qo‘mondonliklarida darhol yo‘lga chiqdi. Madinada qolganlarga imomlik qilish vazifasi Usmon ibn Affonga topshirildi.
Musulmonlar uzoqdan G’atafon qabilasi askarlarini ko‘rib to‘xtashdi. Peshin vaqti bo‘lgan edi. Rasulullohning (s.a.v.) orqalarida saf tortib namozga turishdi. G’atafonliklar musulmonlar qurollarini yerga qo‘yib namoz o‘qiy boshlashganini ko‘rib, quvonib ketishdi. Ularni ibodat qilib turgan joylarida yanchib tashlashdan osonroq ish yo‘q edi.
—   Qaniydi ularning bunday qilishlarini avvaldan bilsakda, ustlariga bostirib borsak...
—   Ular bir kunda besh marta shunday ibodat qilishadi. Keyingi namoz o‘qishlarini kutaylik bo‘lmasa.
— Mayli, kutib, tayyor bo‘lib turamiz. Imkoniyatni qo‘ldan bermasligimiz kerak. Aks holda...
G’atafonliklar o‘zlaricha shu kabi rejalarni tuzib turgan bir paytda Jabroil, alayhissalom, Robbul Olamin huzuridan yuborilgan ilohiy farmonni Rasulullohning (s.a.v.) qalblariga vahiy etayotgan edi:
«(Ey mo‘minlar,) safar qilib boshqa yerlarga borganingizda, agar kofirlar fitnasidan qo‘rqsangizlar, namozingizni qasr (qisqa) qilib o‘qishlaringizning gunohi yo‘qdir. Chunki kofirlar sizlarga ochiq dushman kimsalardir. (Ey Muhammad,) qachon Siz (jang maydonida) mo‘minlar orasida bo‘lib, ularga imom bo‘lgan holda namoz o‘qimoqchi bo‘lsangiz, ulardan bir toifasi qurollangan hollarida Siz bilan namozga tursinlar. Bas, qachon sajda qilishgach (ya’ni, namozning bir rakagini o‘qib bo‘lishgach), orqalaringga borib, (sizlarni ko‘riqlab) tursinlar va hali namoz o‘qimagan boshqa toifa kelib Siz bilan birga namoz o‘qisinlar! Ular ham ehtiyot choralarini ko‘rib, qurollanib olsinlar. Kofirlar sizlar qurolyarog‘ va asbobanjomlaringizdan g‘aflatda bo‘lgan paytingizda ustingizga birdaniga hamla qilishni istaydilar. Agar yog‘ingarchilikdan aziyat cheksangizlar yoki bemor bo‘lsangizlar, qurollaringizni yechib qo‘yishingiz gunoh emas. Ammo zhtiyotkorlik (yo‘lini) tutinglar. Albatta, Olloh kofirlar uchun xor qilguvchi azobni taysrlab qo‘ygandir. Namozni ado qilib bo‘lganlaringizdan keyin ham turgan, o‘tirgan va yonboshlagan paytlaringizda doim Ollohni yod etingiz! Bas, qachon (biron joyga muqim o‘rnashib) xotirjam bo‘lgach, namozni to‘kis ado etingiz! Albatta, namoz mo‘minlarga (vaqti) tayinlangan farz bo‘ldi». (Niso, 101-103.)
Mazkur oyatlar mo‘minlarga o‘qib berildi. «Saloti Xavf» (qo‘rquv namozi) deb atalgan bu ibodat qanday bajarilishi tushuntirildi. Nihoyat, asr namozining vaqti kirdi. Mo‘minlar ham, ularni poylab turgan kofirlar ham hayajonlanishayotgan edi. Bir tomon ilk marotaba namozlarini yangi — g‘ayriodatiy tartibda o‘qishni o‘ylayotgan bo‘lishsa, ikkinchi tomon hujum vaqti yaqinlashganidan suyunishayotgan edi. Bilol azon chaqirdi. Yahudiylarning qo‘li qilichlariga uzandi.
Bu tomonda Rasululloh (s.a.v.) safning oldiga o‘tib, namozga turdilar. Ammo askarlarning hammasi safga turishmadi. Bir guruhlari dushman tomonga qarab qurol ko‘tarib turar ekan, ikkinchi guruh qurollarini yonlariga qo‘yib, Rasuli akramning orqalarida turib namoz o‘qir edi. Rasululloh (s.a.v.) ruku va sajda kilib, ikkinchi rakatni o‘qishga turganlarida, mo‘minlar o‘zlari alohida qisqa kilib yana bir rakat namoz o‘qishdi va salom berib turishdi. Darhol hamrohlari bilan joy almashib, sokchilikka o‘tishdi. Bu gal joy almashgan soqchilar Rasuli akramning orqalaridan turib namoz o‘qiy boshlashdi. Ularga ham bir rakat namoz o‘qitgan Rasululloh (s.a.v.) salom berib turganlaridan keyin, ular o‘zlari yana bir rakat o‘qib, salom berishdi.
Shu tariqa har ikki guruh bir rakatni Ollohning payg‘ambari bilan, bir rakatni o‘zlari o‘qigan holda ikki rakatdan namoz o‘qib, Haq taoloning amrini bajargan bo‘lishdi. Ular dushman ro‘parasida turganlariga qaramay, qisqa namoz o‘qib, qullik farzlarini bajo keltirishdi.
Bu holni uzoqdan kuzatib turgan kofirlar kutilmagan bunday tadbir oldida nima qilishni bilmay qolishdi. Endi musulmonlarga hujum qilishning ma’nosi yo‘q edi. Ibodatlarini bunday mustahkam tadbir bilan o‘tkazgan musulmonlarni yengish oson emasligini tushunib yetgan dushman asta-sekin tarqala boshladi. Hech qancha vaqt o‘tmay ininiga kirib ketgan g‘animdan asar ham qolmaganini ko‘rgan musulmonlar orqaga qaytadigan bo‘lishdi. Qochgan dushmanni ta’qib etish yo‘lidan borilmadi.
G’azotga chiqqanlar orasida Jobir ham bor edi. Aksiga olib, uning qari tuyasi yaxshi yura olmasdi. Qaytishda hammadan keyinga qolib ketdi. Qo‘lidagi xivich bilan tuyani qancha urib tezlamasin, foyda bo‘lmadi, tuya o‘zi eplaganicha bittabitta qadam bosib borardi. Jig‘ibiyroni chiqib, nima qilishini bilmay qolgan bir paytda: «Nima gap o‘zi?» degan ovozdan seskanib ketdi. Rasuli akramni ko‘rib, yelkasidan tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi.
— Shu tuyani deb hammadan orqada qolib ketdim, ey Nabiyalloh!
— Cho‘ktir uni!
Jobir tuyani cho‘ktirdi. Rasululloh (s.a.v.) ham tuyalarini cho‘ktirib, yerga tushdilar.
— Xivichingni menga ber!
Rasululloh (s.a.v.) Jobirning xivichi bilan bir necha marta tuyaning orqasiga urdilar. Keyin:
— Qani, min tuyangga! — deb buyurdilar.
Mindi. Tuya bir zumda o‘zgarib qoldi. Janobi Rasulullohning (s.a.v.) tuyalari bilan baravar chopibchopib yura boshladi. Jobir xursand, payg‘ambarlar Buyugiga iliq nigohlarini tikib borar, go‘yo bu qarashi bilan: «Siz bo‘lmaganingizda yarim yo‘lda qolib adashgan, Madinaga yetolmagan bo‘lardim. Minnatdorman sizdan, ey Ollohning sharafli payg‘ambari!» deyayotgandek bo‘lar edi. Bir payt Hazrati Rasululloh (s.a.v.):
—Bu tuyani menga sotasanmi, ey Jobir? — deb qoldilar.
—Yo‘q, Rasululloh, sotmayman, hadya qilishim mumkin.
—   Bo‘lmaydi, uni menga sot.
—   Unda bir narx ko‘ying.
—   Bir dirhamga ber.
— Bo‘lmaydi, ey Ollohning rasuli, aldangan bo‘laman.
—   Ikki dirham beraman.
—   Bo‘lmaydi.
Rasululloh (s.a.v.) narxni ko‘tarar, Jobir esa, tinmay «bo‘lmaydi» der edi.
— Unda bir ukka (qirq dirham) beraman.
— Chindan ham shuncha berishga rozimisiz, yo Nabiyalloh?
—   Ha.
—   Unday bo‘lsa, tuya sizniki.
—   Bo‘pti, oldim.
—   Faqat, Madinagacha minib borishimga ruxsat bering. Yetib borganimizdan keyin uni sizga topshiraman.
Rasululloh (s.a.v.) rozi bo‘ldilar. Yana suhbatlashib, yo‘lda davom etishdi.
—   Hali uylanmadingmi, ey Jobir?
—   Uylandim, yo Rasululloh.
—   Tul xotin oldingmi, qizmi?
—   Tul xotin.
—   Qiz olsang bo‘lmasmidi, bir-biringiz bilan chakchaqlashib, yashardingiz?..
—   Ey Ollohning rasuli, xabaringiz bor, otam Uhudda shahid bo‘lib, yettita singlim menga qoldi. Shuning uchun ularni boqib, yuvibtaraydigan bir xotin olishni afzal ko‘rdim.
—   Yaxshi qilibsan. Inshaolloh, oxiri xayrli bo‘ladi. Hali Sirorga yetib boraylik, bir tuya so‘yishni buyuramiz. Bir kun o‘sha yerda tunab qolamiz. Xotining ham kelganimizni eshitib, senga yostiqlar to‘shaydi. Jobir «qaniydi shunday bo‘lsa» degandek boshini kimirlatib qo‘ydi.
— Vallohi, ey Nabiyalloh, hatto yostig‘imiz ham yo‘q!
— Bo‘ladi, dedilar buyuk Payg‘ambar (s.a.v.) va yana qo‘shib qo‘ydilar: — Uyingga borganingda, tadbirli ish qil, Ollohdan xayrli farzand so‘ra.
Nihoyat, Sirorga yetib kelishdi. Janobi payg‘ambarimiz (s.a.v.) tuya so‘yishni amr qildilar. O’sha kuni u yerda qolib, keyin yana yo‘lga otlanishdi. Jobir Rasulullohdan ruxsat olib qo‘shindan ajralib chiqdi va Madinaga shoshdi. Uyiga borib, bo‘lgan voqeani xotiniga gapirib berdi. Rasulullohning (s.a.v.) tavsiyalarini aytdi.
— Janobimizning amr va tavsiyalari bosh ustiga, — dedi xotini.
Madinaga kelgan Rasululloh (s.a.v.) ertalab eshiklari oldida cho‘kkan tuyani ko‘rib, nima bo‘lganini so‘radilar.
—   Jobir olib keldi, — degan javob bo‘ldi.
—   Jobirning o‘zi qani?
—   Shu yerda edi.
Chaqirishdi, Jobir yetib keldi. Rasuli akram Bilolga qarab:
— Jobirga bir ukqa ber, — dedilar.
Jobir Bilol bilan birga ketdi. Bilol qaytaqayta sanab, unga bir uqqa berdi. Yaxshi savdo bo‘ldi, degan o‘yda Jobir orqasiga qaytdi. Lekin hali hech qancha yurmagan ham edi, Rasulullohning (s.a.v.) uni yana chaqirayotganlarini eshitdi. Ko‘nglidan: «Savdo yoqmadimikan?» degan xayol o‘tdi. Chopib keldi.
— Labbay, ey Ollohning rasuli!
—   Jilovni ushla, bu tuya mendan senga hadya bo‘lsin.
   Jobir kuloqlarining yonayotganini his etganday bo‘ldi. Hech o‘ylamagan-kutmagan g‘aroyib ishlar...
— Rahmat sizga, ey Ollohning payg‘ambari!
Tuyasining jilovidan tutib uyiga qaytdi. Berilgan pul hazilakam emas. Boshqacha aytganda, buncha pulning qiymatini u hali tushunib ham yetmagan edi.
O’sha kuni pulni alohida bir joyga qo‘ydi. Boylik sifatida bir kuniga yarab qolishi uchun emas, balki Rasululloh (s.a.v.) baxsh etgan bir ikrom bo‘lgani uchun shunday qildi. Qancha ehtiyoji bo‘lsa, o‘sha puldan sarflar edi.
Vaqtlar o‘tadi, Rasuli akram (s.a.v.) vafot etadilar, Ul muborak zotdan keyin xalifalari ham birinketin dunyodan o‘tishadi, Jobir qirq yildan ko‘proq vaqt davomida bu pulni ishlatadi. Har gal puldan bir qism olganida, Rasululloh bilan birga chiqqan «Zoturriqo» safarini eslaydi. Yurmay qolgan tuyasini Aziz Payg‘ambarning yurgizganlari ko‘z oldidan o‘tadi.
Nihoyat, bir kuni tarixda jirkanch dog‘ bo‘lib qolgan «Harra voqeasi» sodir bo‘ldi. Yazidning buyrug‘i bilan hujum qilib, begunohlarning qonini to‘kkan, Masjidi Nabaviyni otlariga saysxona o‘rnida foydalangan, yuzlab bokira kizlarning nomusiga tegib, homilador qoldirgan badbaxt qo‘shin Madinani talontaroj etadi. Qarshilik ko‘rsatgan muhojir va ansorlar qatl qilinadi. O’sha kuni bosqinchilarning qo‘li Jobirning barakali xazinasiga ham tegmay qolmaydi. «Bu pullarni Rasulullohdan xotira sifatida asrayapman, unga teginmanglar», degan gai, tabiiyki, u badbaxtlarning quloqlariga yetmas edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:57:28
* * *
Salmon uchun ekilgan nihollarning bittasidan tashqari hammasi ko‘kardi. Rasululloh (s.a.v.) buni ko‘rib xursand bo‘ldilar. Unmay qolgan bitta niholga ishora qilib:
—   Buni kim o‘tqazdi? — deb so‘radilar.
—   Umar o‘tqazgan edi, — deyishdi.
Rasuli akram (s.a.v.) u niholni yerdan sug‘urib olib, qaytadan o‘tqazdilar. Oradan bir necha kun o‘tib, u ham ko‘karajak, hatto bu nihollar shu yilning o‘zida hosilga kirajak.
Qolgan qirq uqqa oltinni to‘lash uchun Salmon yana bir oz sabr qilishga majbur edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:59:04
ICHKILIKLI MEHMONDORCHILIK

Bir kuni Abdurrahmon ibn Avf bir necha do‘stini uyiga kechki ovqatga taklif kildi. Taom tortildi. Dasturxonga aroq ham qo‘yildi. Ketma-ket qadahlar bo‘shatila boshlandi. Hamma shig‘il mast bo‘ldi. Namoz vaqti kirganida, safga turishdi. Imomlikka o‘tgan kishi Kofirun surasini o‘kiy boshladi, lekin eplayolmadi: «Ayting: «Ey kofirlar, men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmasman» oyatidan keyin adashdi, «Holbuki, biz siz ibodat qilganga ibodat qilamiz», deb yubordi.
Jamoatdan ba’zilar: «Bo‘lmadi, xato o‘qildi», dedi. Lekin bo‘lar ish bo‘lgan, namoz tugagan edi.
Ertasiga o‘zlariga kelishgach, kechagi voqeadan uyalib, yuzlari qizardi. «Nima qildik?.. Bir marta shunaqa bo‘p qoldi... Mast edik...» Voqea atrofga yoyildi. Yuraklarni o‘rtaydigan bu xabarni eshitgan Umar ibn Xattob (r.a.): «Ollohim, o‘zing bizga ochiq hukm bildir», deya iltijo etib, Rasulullohning xuzurlariga shoshildi, masalani tushuntirdi.
Haqiqatan qayg‘uli voqea edi. Lekin Rasululloh janobimiz (s.a.v.) bu mavzuda o‘zlaricha bir narsa demaslikka harakat qilib, Buyuk Mavloning vahiyi hal etishini kutdilar. Ko‘p o‘tmay Olloh taolo o‘z farmonini ushbu oyat bilan bildirdi:
«Ey mo‘minlar, to gapirayotgan gaplaringizni bilmaguningizcha mast holingizda namozga yaqin kelmanglar!»  (Niso, 43.)
Rasululloh (s.a.v.) mazkur oyatni xossatan Umar ibn Xattobga (r.a.) o‘qib berdilar. Chunki bu masalada u murojaat qilgan edi.
Hazrati Umar tabiatan sharobning qat’iyan taqiqlanishini istar edi. Holbuki, «Mast holatingizda namozga yaqin kelmanglar» amrining yana bir ma’nosi «sharob qat’iyyan taqiqlangan emas» deganidir. Ichishni istaganlar bu oyat hukmiga ko‘ra yana ichaverishlari mumkin edi.
Hazrati Umar: «Ollohim, bizga ochiq bir hukm yubor», deya niyoz qilib, Rasulullohning (s.a.v.) huzurlaridan chiqdi.
Qullarining har holatini juda yaxshi biladigan Buyuk Mavlo boshqa masalalarda bo‘lgani kabi, ichkilik masalasida toqat ko‘taradigan darajada bir hukm yuborishni murod etgan, shu sabab qat’iy hukm qilishi uchun vaqt kerak edi.
Buyruq darhol musulmonlar orasida yoyildi. Bilol (r.a.) Madina ko‘chalarida yurib: «Mast holatlaringizda, nima qilayotganlaringizni biladigan bo‘lgunlaringizcha namozga yaqinlashmanglar, harom qilindi!» deb jar solib chiqdi.
Ba’zi mo‘minlar «Demak, Rabbimiz mast kishini huzuriga qabul qilmas ekan, ichishni tashlash kerak», deya tavba qilib, ichkilikxo‘rlikni bas qilishdi.
Shunday bo‘lsa ham, xufton namozini o‘qigach, xurmo sharobidan bir necha qadah ho‘plab oladiganlar hamon topilardi. Bomdod bilan peshin namozlari orasidagi uzun muddatdan foydalanib ichadiganlar ham bor edi. Lekin bu yo‘lni tutganlar nari borsa uchbesh kishi edi, xolos.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:59:24
* * *
Bomdod namozini buyuk Imomning orqalarida saf tortib o‘qigan sahobalar namoz tugagach, Nabiyyn akram janobimizning nigoxlarida balqigan sevinch alomatlarini ko‘rishdi.
— Tushimda o‘zimni jannatda ko‘rdim. Chiroyli bir saroy va saroy oldida tahorat olayotgan bir ayol... U xotin Ummu Sulaym edi.
Hamma yalt etib Anasga, so‘ngra Abu Talxaga qaradi. Bunday baxtli onaga va bunday mas’ud xotinga aloqadorlik tufayli ular tabrikka loyiq edilar, albatta. Abu Talha xotinining ismi tilga olinganini hamda uni Rasuli akram (s.a.v.) jannatda ko‘rganlarini aytganlari zahoti ko‘zlariga quyilib kelgan yoshlarni artishni ham unutdi.
Xotinini eng yaqindan biladigan u, haqiqatan jannati ayol ekaniga ham, albatta, u guvoh bo‘la olardi.
Rasuli akram (s.a.v.) janobimiz so‘zlarini davom ettirdilar:
— Yonimdagilardan: «Bu saroy kimniki?» deb so‘radim. «Umar ibn Xattobniki», deyishdi. — Keyin Umarga yuzlanib: — Ey Umar, men u saroyga kirishdan tiyildim. Chunki sening qizg‘anchiqliging esimga tushdi, —dedilar.
Bu gapni eshitib, Umar ibn Xattob (r.a.) ko‘zlariga yosh oldi.
Otaginam sizga fido bo‘lsin, ey Ollohning payg‘ambari. Nahotki sizdan ham qizg‘ansam!
Umarga havas bilan boqqan ko‘zlar uni nigohlarila tabriklashni istashardi. Xayollarda avvalroqda o‘tgan bir xotira jonlandi. O’shanda Janobi Payg‘ambarimiz tushlarida bir piyola sut hadya etilganini, bu sutni ichib, qolgan qismini Umarga tutganlarini gapirib bergan edilar. «Bu sutning ta’birini nimaga yo‘ydingiz, ey Ollohning Payg‘ambari?» degan savolga: «Ilmga», deb javob qilgan edilar.
Necha yillar ilgari musulmon bo‘lishini so‘rab Janobi Mavloga iltijo qilingan buyuk Umar bu duoga haqiqatan loyiq bo‘lganini odamlarga har holi bilan isbotlab keldi. Bir zamonlar «Xattobning eshagi musulmon bo‘lsa bo‘ladi, Umar musulmon bo‘lishi qiyin», deganlar uning tuganmas bir kin bilan musulmonlarga dushman bo‘lganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgan edi. Ammo ulug‘ Payg‘ambar va Ulug‘ Ollohning rahmatiga erishgach, xatto ilk musulmonlar ham havas bilan qaraydigan, jannatdagi ko‘shkini Payg‘ambar tushida ko‘rgan bir insonga aylandi.
Shuning uchun hech kim «Umarning nima fazilati borki, Payg‘ambar janobimiz uning jannatdagi saroyidan bahs ztyantilar?» deyishni xayoldan ham kechirmadi.
Ikkinchi tomondan, aqlli, tadbirli xotin bo‘lgan Ummu Sulaymning jannatda ko‘rilishi ham g‘oyatda yoqimli edi. Bu tush bejiz emas. Hali tirik bir xotinni, agar uning oxiratdagi xayoti go‘zal bo‘lmasa edi, Janobi Mavlo sevikli payg‘ambariga jannatda tahorat olayotgan bir holatda ko‘rsatmas edi.
Abu Talha bilan Anas ko‘rilgan tush haqida Ummu Sulaymni suyunchilashdi. Ko‘zlaridan yosh oqizdirib, Rabbiga shukrlar aytaroq tingladi u. Ammo u: «Endi menga shunisi yetar», deb qullikni yig‘ishtirib qo‘yadigan xotin emas edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 02:59:51
* * *
Bir safar chog‘i qo‘lga kiritilgan o‘ljaning beshdan bir qismidan kattagina bir oltinni Janobi Rasululloh (s.a.v.) Salmonga hadya qildilar va xo‘jayiniga berib, qarzidan qutulishini buyurdilar.
Bu oltin qarzni to‘lashga yetmas edi, ammo uni Salmon bir paytlar ko‘chat o‘tqazgan muborak qo‘ldan oldi.
Kirk uqqa oltin donalab o‘lchandi. Oltindan keragicha kesib, yahudiyning ko‘zi oldida tortilib va bittabitta berildi. Yahudiy ham, Salmon ham «er teskari aylansada, bu oltin qirq uqqa chiqmaydi» deb o‘ylagan oltin parchasi, netong, qarz to‘langanidan keyin ham kamaymasdan turar edi.
—   Mendan qarzingni to‘la oldingmi, do‘stim?
—   Ha, oldim, ey Salmon.
 Unday bo‘lsa, kelishuvimizga binoan men ozod bo‘lishim kerak.
— Ha, shu ondan e’tiboran sen hursan, istagan tomoningga ketishing mumkin.
Salmon uzoq yillar qo‘lida ishlagan xo‘jayini bilan xayrlashdi. Endi uning butun hayoti Janobi Rasulullohning (s.a.v.) yonlarida, xizmatlarida o‘tajak. Bundan keyin u juma namozlarini buyuk Imomning orqalarida turib ado qiladi. Badr va Uhud janglariga qatnasha olmagani uni o‘ksitgan edi, ammo keyingi g‘azotlarning hech biridan qolmaydi. Doimo Rasuli akramning (s.a.v.) qavatlarida bo‘ladi.
Shunday qilib, Salmon fazilat pillapoyalarini bittabittalab bosabosa, nihoyat, Janobi Sarvari anbiyoning (s.a.v.) huzurlariga va o‘zlari mehrmuhabbat qo‘yadigan do‘stlarining davrasiga yetishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:00:17
IKKINCHI BADR

Uhud jangida istalgan natijaga erishgan va Makkaga g‘olib ko‘mondon bo‘lib qaytayotgan Abu Sufyon o‘sha kuni jang maydonini tark etar ekan: «Kelasi yili sizlar bilan uchrashadigan joyimiz Badr bo‘ladi!» deya hayqirgan edi.
«Bundan so‘ng biz musulmonlarni hamisha yenga olamiz!» deya g‘ururga ketib va Uxuddagi g‘alabadan mast bo‘lganidan raqiblariga so‘nggi va hal qiluvchi zarbani Badrda berishiga qattiq ishonar edi!
Oradan oylar o‘tdi. Shu o‘tgan vaqt undagi bu qat’iyatni ham sekinasta so‘ndirdi. Badr kunlari yaqinlashgan sayin ichiga bir qo‘rquv, g‘ulg‘ula tushib, bir necha yuz chaqirimlik joyga borish zahmatini endi yaqindan his eta boshladi.
Yil qurg‘okchilik bilan o‘tardi. Buning ustiga, musulmonlar intiqom orzuyi bilan urushga otlanishgan. «Qanday bo‘lmasin, muammoni Makkadan ajralmagan holda hal qilish kerak», degan karorga keldi. Bir kuni Ka’bani tavof etayotgan bir odamni ko‘rib, ichidan sevinch bosib keldi.
— Nahot, ko‘rib turganim Nuaym ibn Mas’ud bo‘lsa?! — dedi totli bir ovozda.
—   Ha, ey Abu Sufyon, adashmading, menman?
—   Qayoqlardan so‘raymiz?
—   Yasrib tomonlardan.
—   Qani, gapir, nima gaplar u yoqlarda?
— U yoqdagi gaplar seni quvontiradigan emasov, ey Qurayshning buyugi.
— Nimaga bunday deb o‘ylaysan?
— Muhammad va o‘rtoqlari Uhud kuniga badal bo‘lsin deb sen bilan Badrda uchrashishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
— Hazillashmayapsanmi, ishqilib?
Nuaym qo‘lini Ka’ba devoriga tegizib:
— Bu Baytning yonida xazil harom ekanini bilasanku! Buni men ham yaxshi bilaman! — dedi.
Abu Sufyon yutindi:
— Bu yilimiz qurg‘oqchilik bilan o‘tdi. Vaholanki, jang qila olishimiz uchun tuyalarimizga o‘t, bizga esa sut kerak. Xullas, bunday sharoitda urushga chiqib bo‘lmaydi. Menga qara, sen hozir shu safaring nihoyasida yigirmata tuyali bo‘lib qolishni xohlaysanmi?
Nuaym anoyilardan emas. Iigirmata tuyaga nafaqat xozirning o‘zida, balki o‘n yil keyin bo‘lsa ham egalik qilishga jonjon deb rozilik berar edi.
— Albatta, xohlayman. Ammo buning evaziga bajaradigan ishimni bilishim kerak.
— Sening ishing darhol Yasribga yo‘l olish va u yerdagilarga bizning katta qo‘shin bilan Badrga borishga shay turganimiz xabarini yetkazishdir. Xullasi kalom, musulmonlarni Badr safariga chiqishdan olib qolsang, karabsanki, yigirmata tuya seniki.
— Ishonsam bo‘ladimi senga, ey Abu Sufyon?
— Albatta, — dedi Abu Sufyon va shu yoqqa yaqinlashib kelayotgan Suxayl ibn Amrni ko‘rsatdi: — Mana senga bir kafil!
Suhayl kelgach, unga masala tushuntirildi. U kafil bo‘lishga rozilik bildirdi.
Endi Makkada vaqtni bekorga o‘tkazishdan ma’no qolmadi. Ishlarini tezda bitirdida, katta boylikni tezroq qo‘lga kiritishni o‘ylab, yo‘lga chiqdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:00:35
* * *
Badrda ikkinchi bor urushish va Uhudda shahid bo‘lganlarning qasosini olish uchun hozirlik ko‘rilayotgan kunlardan birida Makkadan g‘alati bir xabar keldi: Abu Sufyon oldiga tushib bo‘lmaydigan bir qo‘shin to‘plab kelayotganmish! Boz ustiga, bu gal ishni Uxuddagi tarzda qoldirmoqchi emas. Masalani tagtomiri bilan xal etarmish, Islom da’vosiga uzilkesil barham berib, Islom nomi hech qachon tilga olinmaydigan qilib qo‘yishga qattiq bel bog‘laganmish...
Badrga borish o‘limga borishdek tuyulib qoldi. Yaxshisi, Madinada qolish, hatto sulh tuzish uchun Abu Sufyonga iltimos bilan bir xay’at yuborish foydali ko‘rindi. Nuaymning qo‘shibchatilgan mubolag‘ali tashviqotlari, ayniqsa, bu yolg‘onlar munofiku yahudiylar suzgisidan o‘tganidan keyin ko‘pchilikni vahimaga solib qo‘ydi. Go‘yo hech kimda Badrga borishga havas qolmagandek...
Faxri koinot payg‘ambarimiz Abu Sufyonning «Badrda ko‘rishaylik» mazmunidagi da’vatini kabul kilgan edilar! Bu va’dadan qaytish haqida esa o‘ylab ham o‘tirish ortiqcha. Ul zoti muborak ashob orasidagi sarosimani eshitib: «Yolg‘iz kolsam ham, baribir Badrga boraman!» deya qarorlari kat’iy ekanini ma’lum kildilar.
Hazrati Abu Bakr, Umar kabi buyuklar bu kabi tashviqotlarga parvo qilishmadi. Biroq xalq orasida yoyilayotgan mishmishlardan Sultoni anbiyo hazratimizni xabardor etib turishdi.
Rasululloh janobimizning matonatli qarorlari mo‘minlarga jasorat baxsh etdi. Axir, bu safarning oxiri o‘lim bilan yakunlangan takdirda ham, shahidlik martabasi qo‘lga kiritilajak!
Tayyorgarlik avj oldi. Qisqa fursat ichida bir ming besh yuz kishilik qo‘shin yig‘ildi va Hazrati Ali ko‘targan bayroq ostida Madinadan yo‘l chiqdi. Oralarida o‘n otliq bor edi, xolos. Faxri koinot janobimizning tavsiyalariga binoan, bu qo‘shin yonlariga tijorat mollarini ham oldi.
Yuz ellik chaqirimlik yo‘lni goh yurib, goh to‘xtab va har qadamda ichlaridagi qo‘rquvning o‘rnini jasoratga to‘ldira-to‘ldira bosib o‘tishdi.
Badrda, har yildagidek, bozor ochilgan, savdo boshlangan edi. Madinadan kelgan bir ming besh yuz kishilik guruh qo‘shilgach, savdosotiq yanada jonlanib ketdi. Bu guruh jangga kelganmi yoxud tijoratgami ekanini bilish qiyin edi. Biroq bir yil oldin Uhudda bo‘lib o‘tgan urushning hisobi shu yerda olinishi barchaga ayon! Bozorga kelganlar, bir tomondan, oldisotdi qilisharkan, boshqa tomondan, birikki kun ichida to‘satdan boshlanib qoladigan urush ostonasida turishganini his etib xayajonlanishardi. Chunki Madina karvoni qurolli qo‘shin holida kelib qo‘shilgani odamlardagi hayajonni yanada orttirib yubordi. Kechi bilan birikki kunda Abu Sufyonning ko‘shini ham paydo bo‘ladi va Badr «hayotmamot bozori» ga aylanadi!
Makka qo‘shini kelguncha kutish kerak. Bu orada urushdan hech chekinmaganlarini isbotlash uchungina mo‘minlar tijorat mollarini o‘rtaga to‘kishdi, hatto oldiberdini boshlab yuborishdi.
Uhuddan keyin Rasululloh janobimizga, Hamro ulAsad degan joyda ko‘rishaylik, degan Ma’bad alJuhaniy Payg‘ambarimizning Badrga kelganlarini eshitib, darrov yo‘lga tushdi. Badrga yaqin qolganida birdan tuyasi hurkib, Makka tomon surib ketdi. To‘xtatishning hech iloji bo‘lmadi. Qayoqqa bormoqchi ediyu, qayoqqa kelib qoldi, degandek, Ma’bad yana tuyaning «istagi» bilan Makkada paydo bo‘ldi. Vaholanki, u yurtidan Makkani ko‘zlab chiqmagan edi.
— Xush kelibsan, ey Ma’bad! Qanday xabarlar olib kelding bizga?
— Xabarlarimdan xushlanmasangiz kerak, ey Abu Sufyon!
— Eshitaylikchi, qanday gaplar ekan.
— Kelarda yo‘lim Badrga tushdi. Aslida, bu yerga kelmokchi emasdim. Mana shu tuya Badrga yetganda xurkib, meni bu yoqlarga surgaladi. Yo‘qsa, Badrdan uyimga qayt moqchi edim.
— Xo‘sh, Badrda nima gaplar?
—   Badrda bu yil tumonat odam. Muhammad va o‘rtoqlari bir ming besh yuz kishilik qo‘shin bilan kelgan. Odamlari xuddi urushga kelmagandek xotirjam, yuzlarida qo‘rquv alomatini ko‘rmaysan. Tijorat mollarini ham olib kelishgan.
—   Nimalar deyayotganingni o‘zing bilasanmi, ey Ma’bad?
—   Nega bilmas ekanman. Yosh bolamanmi, tentakmanmi?!
— Muhammadga yollangan bo‘lmagin tag‘in?
— Mendan shubhalanayotgan bo‘lsalaringiz, boringlar, hakiqatni o‘z ko‘zlaring bilan ko‘rasizlar!
Suhbat shu yerda uzildi. Abu Sufyon eshitgan xabarini shoyad uydirma bo‘lib chiqsa, degan o‘yda tekshirgisi keldi. Qani, endi boshqa bir xabarchi kelsayu Yasrib xalqi qo‘rquv ichida ekanining va yana Yasribda kutib turganining xabarini yetkazsa! Abu Sufyon ham yengil nafas olsa...
Demak, Nuaymning urinishlari foyda bermabdi. Io‘lga chiqishdan o‘zga chora qolmagan edi!
Abu Sufyon shoshilinch ikki ming kishilik qo‘shin tayyorlab, yo‘lga tushdi. Biroq bu safar na Abu Sufyonda Uhud yo‘lidagi hayajon, na qo‘shinda avvalgi intiqom tuyg‘usi qolgan edi! Aksincha, qadam bosgan sayin qalblarini qo‘rquv, andisha egallab borardi. Xohishsiz odamlar bilan boshlangan bu yurish Majanna suvi bo‘yida to‘xtadi. Bir rivoyatga ko‘ra, ular Usfon degan joygacha yetib kelishgan.
Abu Sufyon bundan ortiq olg‘a yurolmasligini tushunib yetdi. Qo‘shinga qarata so‘zlagan nutkida bu yil qurg‘oqchilik kelganini ta’kidladi. Shu ahvolda raqib bilan to‘qnashish qimmatga tushishini aytdi. «Agar menga qo.tsa, orkaga qaytish oldinga yurishdan to‘g‘riroqdir, yana o‘zlaring bilasizlar», deb so‘zini yakunladi.
Abu Sufyonning bu qisqa nutqi ko‘pchilikning tuyg‘ulariga tarjimon bo‘ldi. Yuraklarga bir farahlik indi. Ko‘zlarda mamnuniyat nurlari ko‘rindi. Ko‘ngillardagi g‘ashlik chuqur bir nafas bilan tashqariga otildi. Temirni qizig‘ida bosishni yaxshi ko‘radigan Abu Sufen vaqt o‘tkazmay qo‘shinga orqaga qaytish amrini berdi.
Ko‘shinning tezda yana Makkaga qaytib kelishi hammani hayron qoldirdi. Urushdan qaytayotganlarga hech ham o‘xshashmaydi. Yaradorlar, qo‘lsizoyoqsizlar yo‘q. Buning ustiga, shu qadar qisqa vaqt ichida Badrgacha borib kelish mumkin emas. So‘rab-surishtirildi, qo‘shinning orqaga qaytish sabablari aniqlandi. Malomatlar boshlandi:
— Sizlar jangga emas, ayron ichishga borgan ekansizlarda! — deyishdi.
Obro‘yimizni bir pul qildilaring! Qo‘shindagilarning bu haqli malomatlarga javoblari:
— Utirgan joylaringda gapirish oson, — deyish bo‘ldi.
Makkada qolganlar ham past ketay deyishmasdi:
— Sizlarni Badrga birov majburlab olib ketdimi?! Yana jangga, deb kim sizlarga yalindi? Avvalgi Badrda qavmimizning buyuklarini yo‘qotgan edik, bu safargisi bizning sharafimizni ham olib ketdi!
Safvon ibn Umayya Abu Sufyonni aybladi:
Sen Muhammad bilan izdoshlariga yangi bir jasorat berishga borganday bo‘lding! — dedi.
Xullas, bu qo‘rqoqlikni, bu aybni yuvish kerak edi. Endi yanada katta bir qo‘shin to‘plab, salobat bilan Madina ustiga yurishga qaror berildi. Atrofdagi qabilalardan brdam so‘raldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:00:52
* * *
Badrda qilingan tijorat musulmonlarga mo‘ljaldan ham ko‘p foyda keltirdi. Bu yerda sakkiz kun turishdi. Makka tomon jimjit, raqiblarning kelmasligi aniq bo‘ldi. Nihoyat, musulmonlar Nabiyyi akmal janobimiz boshchiliklarida orqaga qayta boshladilar. Bu gal bir yo‘la ikki xil tijorat amalga oshdi: ham Olloh va rasulining rizoligiga noil bo‘lishdi, ham hamyonlari pulga to‘ldi.
Ushbu voqeaning izohi o‘laroq nozil bo‘lgan oyati karimalarda Oliy Mavlo bunday marhamat qildi:
«Bas, (u yurishdan) biron noxushlik yetmay, Ollohning ne’mat va fazli bilan qaytdilar. Ular Ollohning rizoligini istadilar. Olloh esa ulug‘ fazlu marhamat sohibidir. Albatta, o‘sha (sizlarni vasvasaga solmoqchi bo‘lgan) shaytonning o‘zidir. U sizlarni o‘zining do‘stlaridan (kofirlardan) qo‘rqitmoqchi bo‘ladi. Bas, agar mo‘min bo‘lsangizlar, ulardan qo‘rkmangiz, Mendan qo‘rqingiz!»  (Oli Imron, 174-175.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:01:30
HAVAS BILAN BOSHLANIB, MAHZUNLIK BILAN TUGAGAN NIKOH

Rasululloh janobimizning tutingan farzandlari Zayd bir yil oldin uylanayotganida turmushi baxtli o‘tishiga ishongan edi. Zaynabdek go‘zal, oliy nasab, qiyin axvolda qolganlarga yordamini darig‘ tutmaydigan kizga uylanar ekanu, baxtli bo‘lmaydimi?!
Bu samimiy, shirin xayollarining tez kunlarda haqiqatga aylanishini kutib yurdi. Lekin orzuyi ro‘yobga chiqmasligi unga tobora ayon bo‘la boshladi. Bolaligidan payg‘ambarlar Sultoni janobimizning (s.a.v.) tarbiyalari ostida voyaga yetdi. Ul zotni ota deb bildi, dasturxonlarida ovqat yedi, birga hayot kechirdi. Tarbiya va odob, insoniylik fazilati jihatidan u insonlarning oldingi safidan joy olishi shubhasizdir. Taassufki, oila hayoti u kutganichalik bo‘lmadi, to‘g‘rirog‘i, Ummu Aymanda topganini undan bir necha bora go‘zal Zaynabda topolmadi.
Zaynab o‘z nasli va go‘zalligi bilan faxrlanar edi. Rasulullohning zavjalariga qarar, ulardan hech kam ko‘rmasdi o‘zini. Shunday o‘yxayollarda yurar ekan, ozod qilingan bir qulning nikohida ekani unga bir tole’sizlik bo‘lib tuyuladida, albatta. Aslida, Zaynab eriga ozod bo‘lgan qul sifatida karashdan voz kechganida edi, yuzaga chiqqan ko‘p huzursizliklar barham topib ketardi. Yoxud Zayd o‘rtalaridagi bu tengsizlikni hisobga olib, uylanish masalasini avvaldan o‘rtaga qo‘ymaganida edi, ish batamom o‘zgacha xal bo‘lardi.
Oila qurganlarining ilk kunlaridanok er-xotin o‘rtasida paydo bo‘lgan va borgan sayin kattalashgan muammo, nihoyat, jiddiy tus oldi. Xo‘sh, bu holda ayb kimda bo‘lishi mumkin?! Yo har ikkalalari tengmateng aybdormi?! Bu mavzuni qo‘limizda mavjud manbalar yordamida izohlashning imkoni yo‘q...
Bir kuni Zayd Faxri koinot janobimizning xuzurlariga keldi. Ammo bu gal nixoyatda ezgin bir holatda edi. Dardini Rasulullohgagina ayta olardi. Zaynabga uylanganidan buyon bo‘lib o‘tgan mojarolarni birmabir gapirib berdi. Faxrul mursaliyn: «Men qurilgan bu oiladan xushlanmagan edim. O’shanda tushunishni xohlamading», demadilar. Harholda, bir paytlar uni farzandlikka qabul qilganlar va har bir dardiga malham bo‘lishni vazifalari deb bilganlar, shuning uchun Zaydning gaplarini oxirigacha eshitdilar. Zayd so‘zlarini:
—   Men ortiq birga turolmayman, ey Ollohning payg‘ambari! — deya yakunladi.
—   Ayolingga egalik qil va Ollohdan qo‘rq! — dedilar Rasuli akram (s.a.v.).
Zayd qaramaqarshi o‘ylar, ziddiyatli tuyg‘ular girdobida uyiga qaytdi. Ayoliga egalik qilish va Ollohdan qo‘rqish... Bular yaxshi narsalar... Zayd Ollohdan qo‘rqadigan inson! Ammo bu yerda Ollohdan qo‘rqishning ma’nosi — Janobi Mavlo huzurida xisob berar ekan, ayoli oldidagi vazifalarini risoladagidek bajaribbajarmaganligi xususida vijdoni taskin topadigan darajada ish tutgani, tinchtotuv yashab ketish uchun lozim bo‘lgan har qanday fidokorlikni eng yaxshi tarzda ado etgani va bunga ishonch xosil qilgani, bularni Olloh rizoligi uchun bajargani... Oila buzilishiga sabab bo‘ladigan xatti-harakatlardan uzoq turish va bu kabi holatlar ayoli tomonidan sodir etilsa, sabr va muloyimlik bilan, muammoni sulh yo‘li orqali hal etish... Ertaga bu oila ajralishi bilan nihoya topsa, ajralishga sababkor shaxs bo‘lmaslik...
Ha, Payg‘ambarga xos tavsiya edi bu... Uylanish xususida Ollohdan qo‘rqishning ma’nosi ustida o‘ylagan Zayd bu bir jumla ustida fikr yuritgani sayin keng ma’nolar bilan to‘lib borayotganini ko‘rdi. Ammo endi oilaviy turmushning mazasi qochgan, er-xotin ayriayri yo‘llardan kelayotgan yo‘lovchilar kabi bo‘lib kolishgan edi. O’rtada bu ko‘ngilsizliklar qatraqatra tomayotgan bir kosa bo‘lib, har tomchi u sabr kosasini to‘ldirar, bir kuni bu kosaning to‘libto‘kilishi ayon edi.
Bu orada Jabroili amin keldi, Rasuli akram janobimizga Zayd bilan Zaynab orasidagi kelishmovchilik ajralish bilan tugashini hamda keyinchalik Zaynab ul zotning o‘zlariga zavja qilib berilajagini bildirdi.
Zayd ikkinchi bor Sarvari olamning oldilariga keldi. Ilk kelishida olgan tavsiyalarga amal qilishga rosa uringani, ammo orada o‘tgan shuncha kun ichida oilasi bilan munosabatlari tuzalish o‘rniga yana keskinlashganini aytdi. Oxirida ajralish haqida so‘z ochib, bu boradagi fikrlarini so‘radi.
Sayyidul bashar (s.a.v.) bu safar ham Zaydni xotiniga egalik qilishga va Ollohdan qo‘rqishga buyurib jo‘natdilar.
Ammo ko‘p o‘tmay Zayd uchinchi bor keldi va:
— Yo Nabiyalloh, men Zaynabni qo‘yib yubordim, — dedi.
Endi oila rishtasi uzilgan, uni kayta bog‘lab bo‘lmasligi aniqlashdi. Shu tariqa katta bir havas bilan boshlagan turmushini Zayd katta xafaqonlik bilan tugatdi.
O’zaro mexrsiz huzurhalovatli oila qurib bo‘lmasligiga yana bir bor qanoat hosil kilgan Zayd bu hodisadan keyin Ummu Ayman bilan avvalgi turmushiga qaytdi. Zaynab esa o‘zi yoqtirmagan bir hayotni orqada qoldirib, boshini ozod qildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:02:20
* * *
Ramazon oyi keldi. Mo‘minlar yana saharlikka tura boshlashdi. Buyuk Mavloning rizoligi uchun yeyishichishni tark etib, quyosh botgunga qadar ro‘zani buzadigan barcha amallardan uzoq yurishning ma’naviy lazzatini totishar edi. Rasululloh (s.a.v.) janobimiz kechalari tarovih namozini masjidga chiqib o‘qib berardilar. Jamoat safi ikkinchi va uchinchi kecha yanada ortdi. To‘rtinchi kechasi Payg‘ambarimiz masjidga chiqmadilar. Odamlar tarovih namozini farz deb o‘ylab qolish ehtimollari bor edi. Shuning uchun chiqmaganlarini bildirib, bundan keyin bu namozni har kim yo uyida yolg‘iz, yo masjidda o‘qishi mumkinligini tavsiya qildilar.
Bir kuni janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) masjidda ashob bilan suhbat qurib o‘tirganlarida, yonlariga qattiq xafa ekani rangro‘yidan shundoq bilinib turgan bir odam keldi.
—   Yo Nabiyalloh, tamom bo‘ldim, yondim! — dedi u.
—   Nima u seni tamom qilgan?
—   Ro‘za xolimda ayolimga yakinlik qilib qo‘ydim.
—   Ozod qilishga bir quling bormi?
—   Hozirgacha hech qulim bo‘lgan emas.
—   Unda uzluksiz ikki oy ro‘za tuta olasanmi? Kelgan odam afsus bilan boshini chayqadi:
— Ey Ollohning rasuli, boshimga kelgan bu balo men ayni ro‘zadorligimda sodir bo‘ldi.
— Oltmish faqirni to‘ydirishga kuching yetadimi?
— Sizni haq din ila yuborgan Ollohga kasamki, faqirni to‘ydirishga hech qurbim yetmaydi.
Boshqa bir chora qolmagan edi. Rasululloh janoblari unga kutib turishni aytdilar. Haligi odam bir chekkaga o‘tib o‘tirdi. Rasululloh ashoblari bilan suhbatni davom ettirdilar.
Ittifoqo, o‘sha payt Payg‘ambarimizga bir zambil to‘la xurmo keltirilib, faqirlarga tarqatilishi so‘raldi. Payg‘ambarimiz:
—   Qani u yongan odam?! — deya ovoz berdilar.
—   Shu yerdaman, yo Rasululloh.
— Mana buni olda, kambag‘allarga sadaqa qilib tarqat.
Kelgan kishi o‘zining engilboshiga termuldi. «Bu holimga qarasangizchi, yo Nabiyalloh» degisi kelardi. Keyin shunday dedi:
— Mendan ham kambag‘alga tarqatamanmi, ey Ollohning payg‘ambari?! Kasam ichaman... ha, ha, Ollohga qasamki, Madinani o‘rab olgan shu kora toshloq orasida mendan kambag‘alroq inson yo‘q!
Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oziq tishlari ko‘rinadigan darajada kulib:
— Unda, bu xurmoni olib borib, oilangga yedir — deya marhamat qildilar. ( Buxoriy; 2/236.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:03:21
BAXTLI TURMUSH

Shavvol oyining ilk kunlari. Ummu Salama uzoq yillar bir yostiqqa bosh ko‘ygan erining g‘amini unutishga harakat qilardi. Hech kimga turmushga chiqmay, xatto bunday takliflarni qabul qilmay, o‘ziga oro bermay, joiz bo‘lgan to‘rt oyu o‘n kunlik idda muddatini tugatdi. Rasululloh (s.a.v.) janobimizning tavsiyalariga binoan o‘zi va marhum eri haqiga Olloh taolodan raxmat va mag‘firat tilab, chin dildan, samimiy duo qilardi.
Bir kuni uy ishlari bilan ovora ekan, eshik taqilladi. Kelgan Umar ibn Xattob edi.
—   Salom senga, ey Ummu Salama!
—   Senga ham salom bo‘lsin, ey Xattobning o‘g‘li!
— Rasululloh nomlaridan elchi bo‘lib keldim xuzuringga.
— Marxabo, yo Umar!
Aziz mehmon uyga kirdi.
— Janobimiz (s.a.v.) sening qo‘lingni so‘rayaptilar, ey Ummu Salama!
Ummu Salama Hazrati Umarning bunday bir taklif bilan kelganini aqliga sig‘dirolmadi. Tugun endi ochildi... Oylardir, «Abu Salamadan xayrliroq yana kim bo‘lishi mumkin?» savolining javobini qidirdi, biroq «Rasululloh janoblari bunday duoni bekordanbekor tavsiya qilmagandirlar» degan o‘yda duosini og‘zidan qo‘ymay keldi. Endi esa... Bunday bir taklif rad etilmas, hatto taraddudla qarshilanmas edi.
Ammo ko‘pni ko‘rgan bir xotin edi Ummu Salama... Yillar davomida achchiq va totli ko‘p xotiralar uning ruhini nene hayot tajribalari bilan yo‘g‘irgan.
Har bir mo‘mina ayol faqat orzu qila oladigan eng baxtli nikoh taklifi... va bu taklif Ollohning rasulidan chiqishi!.. Biroq Ummu Salama bu sharafga noil bo‘lishdan ham ko‘ra ko‘proq bu sharafni muhofaza qila bilishning yanada ahamiyatli ekanini tajribasila bilar edi.
— Juda yaxshi taklif bilan kelibsan, ey Xattobning o‘g‘li. Biroq men rashkchi bir xotinman. Bundan tashqari, karovga muhtoj yetimlarim bor. Payg‘ambar janobimizni ranjitadigan biror nojo‘ya xatti-harakat sodir etib qo‘yamanmi deb qo‘rqaman. Payg‘ambarlar imomi hazratimizga salom va xurmatlarimni yetkaz va ul Zoti bobarakotning takliflarini qabul qila olmasligimni ayt.
Buyuk Umar bu odob, bu tarbiyadan lol xolda u yerdan chiqib ketdi. Onglilikning, viqorli bir tuyg‘uning asari edi bu muomala! Oyog‘ining ostigacha kelgan bebaho ne’matni «Rasululloh janobimizning ko‘ngillarini o‘ksitib qo‘ysama?» degan andisha ila rad etish... Ummu Salama bu munosabati bilan ham Rasulullohning takliflarini rad etdi, ham Ollohniig roziligiga noil bo‘ldi.
Rasuli akramni hurmat qilgan har bir kishi biror maktabda o‘qimagan Ummu Salamaning bu harakati qarshisida lol qolib, unga chuqur hurmatehtirom ko‘rsatishi tabiiydir...
Ey ayollar dunyosining gultoji, ey Sultoni anbiyoning sharafli xotini, ey mo‘minlarning suyukli onasi! Xoki poyingizni ko‘ziga to‘tiyo qiladiganlardan Sizga bitmastuganmas salom va hurmatlar bo‘lsin! Dengizlarda bir tomchi suv qolgan muddatgacha, Yer yuzida nafas olguvchi bir inson qolgunga qadar Muhammad ummatidan salom va sevgi bo‘lsin Sizga!
Ummu Salamaning javobi Sarvari anbiyoga yetkazildi. Bu safar Sultoni anbiyo janobimiz Umar ibn Xattobni yonlariga olib, Ummu Salamaning uyiga o‘zlari tashrif buyurdilar. Ummu Salama teri oshlab o‘tirgan ekan, darrov ishini yig‘ishtirdi. Qo‘llarini yuvib, muhtaram mehmonlarga peshvoz chiqdi. Ichi xurmo tolasi bilan to‘la bir ko‘rpachani payg‘ambarlar imomining ostlariga to‘shadi.
Rasululloh ayni taklifni igaxsan o‘zlari yana bir bor takrorladilar. Odob va hurmat ila bezangan ifodalar bunday bo‘ldi:
— Yo Nabiyalloh! Sizning bu taklifingizni qabul etmaslik qo‘limdan kelmaydi. Afsuski, men o‘ta rashkchi bir ayolman. Sizni ranjitib qo‘yishdan qo‘rqaman! Boz ustiga, qarovga muhtoj yetimlarim ham bor. Ular sizga yuk bo‘lishadi. Qolaversa, yoshim ham bir joyga borib qolganini ko‘rib turibsiz.
Rasuli kibriyo (s.a.v.) bunday javob qildilar:
— Rashkingni Olloh taolo ketkazadi. Qarilikka kelsak, men ham sen kabiman. Bolalaring esa mening bolalarimdir.
Ilgari surilgan barcha e’tirozlar shu tariqa bartaraf etildi. Ummu Salama gapni cho‘zib o‘tirmadi.
— Turing, ey Umar, meni Rasulullohga nikohlang! — dedi.
Shunday qilib, Ummu Salama akli, tajribasi va odobi bilan, umr bo‘yi harakat qilinsa ham erishish mushkul bo‘lgan buyuk bir martaba sohibasi bo‘ldi.
U vafot etgan Zaynab binti Huzaymaga tegishli xonaga joylashtirildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:05:27
* * *
Rasululloh nikohlaridagi xotinlar shu tariqa to‘rt nafarga yetdi: Savda, Oyisha, Hafsa va Ummu Salama (Olloh ularning barchalaridan rozi bo‘lsin).
Rasuli akram xar kecha ulardan birining yonida qolar edilar. Savda bu xisobdan tashqari edi. Badr jangidan so‘ng olib kelingan asirlar orasida Suhayl ibn Amrni ko‘rib, Savda o‘zini tutolmasdan: «Qo‘loyog‘ingni bunday bog‘latgandan ko‘ra, obro‘ bilan o‘lib ketganing yaxshi emasmidi?!» deya baqirib yuborgan, uning bu noloyiq xatti-harakati janobi Payg‘ambarimizga yoqmagan edi. Savda qilgan ishiga pushaymon yedi, albatta. Gunohini kechirtirishga ko‘p urindi. Hatto bir kun taloq olib qolishdan qo‘rqib yurdi. O’zi kari va anchagina semiz bo‘lgan Savda Rasuli akramga kelib:
— Birdan-bir tilagim o‘lgunimcha zavjangiz bo‘lib qolishdir. Meni ko‘yib yubormang! Bu yaxshiligingiz evaziga men navbatimni Oyishaga beraman, — dedi.
Janobimiz bu taklifni qabul qildilar. Savda ramziy o‘laroq «Zavjoti tohirot» (Payg‘ambarimizning pokiza ayollari) orasida qoldi.
Ummu Salama nikohning ilk uch kunini Rasululloh (s.a.v.) bilan birga o‘tkazdi. Bundan bu yog‘i endi u ham belgilangan tartibga rioya qiladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:06:04
HANDAQ JANGI

Bani Nazir yahudiylari Madinadan ko‘chirilayotganida bayram qilgandek, o‘ynabkulib ketganlari aytildi. Ushanda qo‘llarida daf, ko‘shiq aytishar, yuzlarida sevinch bordek edi. Yillar davomida ko‘nim topgan eski kulbasini tashlab, yangi saroylarga ko‘chib o‘tayottan kabi shodlik. Bu hollarini ko‘rganlar: «Ko‘pdan buyon bunaqa quvnoq odamlarni ko‘rmagan edik», deyishdi.
Ammo ularning ichlariga chiroq yoqsa yorimas, ko‘ngillari qon yig‘lab borishar edi. Yaxshiyomon kunlari o‘tgan diyorlarini tashlab ketishning alami yondirardi ichlarini. Kulib turgan ko‘zlar tubida yoshlar, tabassum ortida g‘ijirlagan tishlar bor edi. Ittifoko, ancha yo‘l yurilganidan so‘ng tantanali namoyishlari o‘rnini kurakda turmaydigan so‘kishlar oldi. Endigi hollarini ko‘rgan kishi, bular hozirgina Madinadan o‘ynabkulib o‘tgan yahudiylar edi, deyolmasdi. G’amgin bo‘lishlari tabiiy: «Tashakkur senga, ey Muhammad! O’zi ancha paytdan beri ketamiz deb turganidik. Muammoimizni osongina hal qilding», desinlarmi bo‘lmasa.
Qalblarda so‘ngsiz hasad bor edi. Faxri koinot janobimizning oxirgi payg‘ambar ekanlarini bilib turib imon keltirmayotganlari mana shu hasad tufayli edi. Surgun voqeasi bu hasad ustiga sepilgan qalampirtuz bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:07:01
* * *
Mana shunday kunlarning birida «Abu Sufyon ikki ming kishilik ko‘shin bilan Badrga kelyapti ekan», degan xabarni eshitishdi. O’sha kun yahudiylarga chinakam bayram bo‘lib ketdi. Uhuddagiga o‘xshab, bu safar yana musulmonlar ustidan g‘alaba kozonilishiga shubxalari yo‘q edi. Bu g‘alaba bilan qurayshiylar yahudiylarning ham intiqomini olgan hisoblanishardi.
Oradan bir necha kun o‘tgach, boshqa bir xabar keldi: Abu Sufyon Badrga bormay, Majannadan orqasiga qaytibdi. Hammaning qovog‘i osildi, umidlari puchga chiqdi. Madinani tark etganlaridan buyon yuraklarida paydo bo‘lgan g‘amanduh avvalgidan ham ortdi.
Bu dardga bir chora topilishi, yuraklarga taskin beradigan, yuzlarga tabassum baxsh etadigan ishlar qilinishi kerak.
Nazir yahudiylarining peshvolari yig‘ilishdi. Bular Sallom ibn Abu Huqayk, Huyayy ibn Ahtob, Kinona ibn Rabi, Havza ibn Qays, Abu Ammor kabi kishilar edi. Oralarida Voil qabilasidan ham vakillar bor. Ko‘p cho‘zilmagan bu yig‘ilish so‘ngida Makkaga borishga, mushriklarni musulmonlarga qarshi gijgijlashga kelishib olishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:07:24
* * *
Abu Sufyon yahudiy mexmonlarini ochiq yuz bilan kutib oldi, izzat-ikromlar ko‘rsatdi. Tez orada mushtarak dardlardan bahs ochildi, umumiy dushman haqida nari-beri gaplar aytildi. Abu Sufyon fursatni qo‘ldan boy beradigan ojiz kishilardan emas edi.
 Ey aziz insonlar! — deya so‘z boshladi u. — Sizlar Muhammad va uning o‘rtoqlarini yaqindan taniysizlar. Bizni ham bilasizlar. Diniy kitoblaringizdan olgan ma’lumotlarga suyangan holda haqimizdagi hukmni sizlar beringlar. Gapning to‘g‘risini aytinglar: kelisha olmayotganimiz bu din borasida biz haqlimizmi yoki Muhammad haqlimi?!
Qanchalik haqparast odam!.. Naqadar adolatsevar bir kishi!..
«Sen bu xususda vijdoningni hokim qilsang, to‘g‘ri xukmga erishish uchun ko‘p kutishingga xojat qolmaydi, ey Abu Sufyon!»
Bu majlisda vijdonlar gapirsa edi, bu yig‘ilishda haq va adolat tuyg‘usi hokim bo‘lsa edi, Abu Sufyonning savoliga ana shunday javob berilardi! Oldida sharob qadahlari yumalab yotgan, kovurilgan tuya go‘shtini paqqos tushirayotgan yahudiylar bu so‘zlarni gapiradigan layoqatda bo‘lganlarida ish osonlashar va Abu Sufyonning bu samimiyati ortida riyokorligi va orsizligi yotgani ma’lum bo‘la qolardi.
Biroq yahudiylarning bu yerga kelishdan maksadlari anik. Inchunin, Abu Sufyonning savoliga beriladigan javob ham tayyor edi. Ilm va irfon nomidan gapirganday, haq va xaqiqatdan bahs yuritganday bir qiyofada berildi javob:
 Sizlarning diningiz uning dinidan xayrliroqdir. Sizlar haq va adolatga undan ko‘ra yaqinroq va loyiqroq insonsizlar.
Bu «to‘g‘ri» so‘zga kim nima ham deya olardi?.. Mana, yillar davomida «ilm ahli» sifatida tanilgan kishilar chiqargan hukm!
Katta bir hayotdan to‘plangan tajriba, uzoq yillar din kitoblari ustidagi tadqiqotlaridan qozonilgan ilm shunday xulosaga kelsa va bularni haqli deb tursa, ortiqcha gapga o‘rin qoptimi!.. «Bu ishni johillardan ham bir so‘rashimiz kerak», deydigan hollari yo‘qki... Ham bu odamlar Muhammadni va u keltirgan dinni ipidanignasigacha tekshirib chikkan, xaq din ekani yo emasligini obdan o‘rgangan bo‘lishlari kerak. Haq din bo‘lganida hammadan oldin bu dinni shular qabul etmasmidi?!
Xullas, uchrashuvning ilk qismi ana shunday tilyog‘lamaliklar bilan tugadi. Har ikki tomon ham bu uchpa shuvdan mamnun edi. Tezda bir qarorga kelishib olishdi. Chunki dushmanlari bir, maqsad ham bir edi: Madinaga va musulmonlarga karshi urush ochish lozim! Lekin endi u jang birikkita musulmonning o‘ldirilishi yoki shunchaki bir g‘alabaga erishish bilangina tugaydigan jang bulmaidi. Chunki bunday urush musulmonlarni yo‘llaridan qaitarmaidi, balki g‘ayrat, shijoatlarini orttiradi, dinii tuyg‘ularini qamchilaydi.
Bu safar so‘nggi va asosiy zarba berish lozim Yeryuzida Muhammaddan va uning dinidan asar ham qolmasin. Urushdan ko‘zlangan yagona maqsad ana shu bo‘lmog‘i kerak!
Bu taklif e’tirozsiz qabul qilindi.
Biroq bunday natijani qo‘lga kiritish uchun har qachongidan kuchliroq bo‘lishimiz zarur. Do‘stlarimiz bizga yerdam qullarini uzatsinlar. Bu ishda najotni faqat Quraishdangina kutish noto‘g‘ri. Bo‘ldi, bu yo‘lda sizlarga oxirigacha yordam bepish bizning burchimiz.
Unday bo‘lsa, turinglar qasamyod etishga
Birga turishdi va Ka’ba yopinchig‘i yoniga kelishdi Ko‘kraklarini Ka’baga tirashdi. «Muhammadga qarshi bir jon bir tan bo‘lib, o‘zaro yordamlashgan holda urushishga» so‘z berishdi.
Abu Sufyon ham, kelgan yahudiylar ham bu kelishuvdan xursand edilar. Bu ish g‘alaba bilan yakunlanishiga qattiq ishonishardi.
 Yaxshiyam Badrga bormay qaytgan ekanmiz, dedi Abu Sufyon, yo‘qsa, mag‘lubiyat alamini totishimiz hech gapmas edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:08:43
* * *
 Rasulullohning (s.a.v.) qalblariga indirilgan oyatlarda bu masala boshqa bir jihatdan talqin qilindi.
Kitobdan nasibador bo‘lgan kimsalarning but va sanamlarga sig‘inayotganlarini hamda kofir kimsalar haqida: O’shalar imon egalari bo‘lgan musulmonlardan kura tug‘riroq io‘ldadirlar», deyayotganlarini ko‘rmadingizmi.;; Ular Olloh la’natlagan kimsalardir. Kimni Olloh la’natlar ekan, bas, hech qachon uning uchun biron yerdamchini topa olmaysiz». (Niso, 51-52.)

* * *
Yahudiylar bir necha kun makkaliklarning qadrdon mehmonlari bo‘lgach, samimiy iltifotlar ila kuzatilib, ortga qaytishdi.
Yo‘lda G’atafon qabilasi ularni chuqur izzat-ikrom bilan kutib oldi. Masala butun tafsilotlari bilan tushuntirilishiga hojat bo‘lmadi, bu yerda ham takliflar qabul qilindi. Keyin atrofdagi qabilalar bir-bir kezib chiqildi. Borgan joylarida ko‘rilgan rag‘bat kelajakda kozonilajak g‘alaba hazilakam bo‘lmasligini ko‘rsatardi.
Har tarafdan qo‘shinlar Makkaga tomon oqa boshladi. Ekilgan fitna urug‘larining bu qadar mo‘l hosil berishi ko‘ksilarini tog‘day ko‘tarib yuborgan, «Qoyil bu yahudiylarga», deyishdan o‘zlarini tiyolmay qolishgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:09:03
HANDAQ QAZILMOQDA

Xabar Madinaga yetib keldi. Badr va Uhuddagi qo‘shindan bir necha bor ko‘p sonli qo‘shinning yo‘lga chiqayotgani ma’lum bo‘ldi.
Uhud jangi oldidan janobi Payg‘ambarimizning buyruq va tavsiyalariga qulok solinmay, dushman bilan shahardan tashqarida jang qilishga qaror berish natijasida ko‘rilgan katta talofat musulmonlarning ko‘zini ochgan, bu safar nihoyatda ehtiyot bo‘lishni taqozo etar edi.
Yaqindagina qullikdan ozodlikka chiqqan va butun vaqtini Payg‘ambarlar imomining yonlarida va u kishining xizmatlarida astoydil bel bog‘lab o‘tkazayotgan Salmon:
— Yo Nabiyalloh!.. Bizning o‘lkamizda handaq qazib shaharni mudofaa qilish usuli bor, — dedi.
Batamom yangi va arablar bilmaydigan mudofaa yo‘li edi bu. Qaror berilib, darhol qazish ishlari boshlab yuborildi. Vaqt qisqa, qilinadigan ish esa ko‘p. Mo‘minlardan bir qismi qazir, bir qismi qazilgan tuproqni tashir edi. Rasuli akram ham bu ishda shaxsan o‘zlari ishtiroq etdilar, tuproq tashidilar. U zotni changtuproqqa belanib, ter to‘kato‘ka ishlaganlarining guvohi bo‘lganlar bu xotiralarini yillarcha keyin ham hozirgina ko‘rib turgandek aytib yurishgan.
Erta tongdan to shomgacha ish davom etardi. Rasuli akram (s.a.v.) ishlayotganlarning g‘ayratshijoatini oshirish uchun: «Ollohim, haqiqiy hayot faqat oxirat hayotidir. Ansorni ham, muhojirni ham o‘zing afv et» mazmunidagi baytni o‘qir, o‘qiyotganda qora terga botib ishlayotganlarga kulimsirab qarab qo‘yar edilar. Ular esa payg‘ambarlarning eng buyugiga boshqa bir bayt bilan javob qaytarishardi: «Bizlar, o‘lguncha jihod qilamiz, deb Muhammadga (s.a.v.) bog‘liqlik so‘zini bergan kishilarmiz».
211
Ba’zan Janobimiz o‘qiyotgan baytlarining so‘zlarini o‘zgartirar, vazn va qofiyasini ham almashtirar edilar va: «Ollohim, mukofot oxirat mukofotidir. Ansorga ham, muxojirlarga ham barakotli mukofot ber», desalar, bunga javoban mo‘minlar: «Bizlar to tirikmiz, Islom dinida bardavom bo‘lishga Janobimiz Muhammadga (s.a.v.) bog‘liqlik so‘zni berdik», baytini o‘qishar edi.
Rasululloh ba’zan Abdulloh ibn Ravohaning ushbu baytini o‘qirdilar: «Ollohim, sen bo‘lmasang, hidoyat yo‘lini topolmas, sadaqa bermas, namoz o‘qiy olmas edik. Ustimizga huzur va sukunat indir. Dushman bilan to‘qnashganimizda oyoqlarimizga kuch, qalblarimizga matonat ber. Ular bizga nisbatan nohaqlik qildilar, fitna chiqardilar, biz esa bu fitnadan o‘zimizni chetga oldik va yiroq turdik».
Rasuli kibriyo «chetga oldik va yiroq turdik» ma’nosidagi oxirgi «abayna» kalimasini aytayotganda ovozlarini balandlatar, «abayna... abayna...» deya takror qilar edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:09:22
* * *
Handaq qazilayotganida nihoyatda katta bir xarsangtosh chiqdi. Mo‘minlar qancha urinishmasin, uni parchalay olishmadi. Ittifoqo, holdan toygan sahobalardan biri Payg‘ambarimizga:
—   Ey Ollohning payg‘ambari, bir ulkan toshga duch keldik, qancha urinmaylik, uni bo‘laklashga kuchimiz yetmayapti, — dedi.
—   Men ham bir urinib ko‘raychi, — deb marhamat qildilar Rasuli akram va handaqqa tushdilar. Qo‘llaridagi asbob bilan toshga qattiq urdilar. Xarsangtosh maydamayda bo‘lib ketdi. Boshqa bir rivoyatda bu toshni uch zarbada parchalaganlari, har safar toshga urganlarida navbati bilan Yaman, Shom, Eron hududlari fath etilajagini marhamat qilganlari aytiladi.
Havo sovuq, ish qiyin, oziqovqat tanqis edi. Sharoit og‘ir bo‘lishiga qaramay, mo‘minlar jonlarini ayamay ishlashar, munofiqlar esa yo o‘zlarini go‘yo ishlayotgan kabi ko‘rsatar, yo payt poylab, bittaikkitadan juftakni rostlab qolishar edi.
Mo‘minlar juda zarur bo‘lgandagina Payg‘ambarimizning oldilariga kelar, u kishiga sharoitni tushuntirib, ruxsat so‘rashar edi. Bu orada Buyuk Mavloning muqaddas vahiyini olib kelayotgan Jabroili amin payg‘ambarlar Sultoni Muhammadga (alayhissalom) ushbu oyatlarni yetkazdi:
«Albatta, mo‘minlar Ollohga va Uning payg‘ambariga imon keltirgan zotlardir. Ular (Payg‘ambar) bilan biron muhim ish ustida bo‘lgan vaqtlarida to undan izn so‘ramagunlaricha ketmaslar. Sizdan izn so‘raydigan zotlar — ana o‘shalar Olloh va Uning payg‘ambariga imon keltiradigan zotlardir. Endi qachon ular sizdan ba’zi bir ishlari uchun izn so‘rasalar, bas, ulardan o‘zingiz xohlagan kishilarga izn bering va Ollohdan ularni mag‘firat qilishini so‘rang. Albatta, Olloh mag‘firatli, mehribondir. (Ey mo‘minlar,) Payg‘ambarni chaqirishni o‘rtalaringizda bir-birlaringizni chaqirish kabi qilmangizlar (ya’ni, u zotni hurmatehtirom bilan: «Ey Ollohning payg‘ambari», deb chaqiringlar). Sizlardan berkingan hollarida (Payg‘ambar huzuridan) sug‘urilib chiqib ketadigan kimsalarni Olloh yaxshi bilur. (Payg‘ambarning) amriga xilof ish qiladigan kimsalar o‘zlariga biron fitnakulfat yetib qolishidan yoki alamli azob yetib qolishidan hazir bo‘lsinlar! Ogoh bo‘linglar, osmonlar va Yerdagi bor narsa, shakshubhasiz, Ollohnikidir. U zot sizlar ustida turgan narsani (ya’ni, mo‘min yo munofiqligingizni) ham, (barcha bandalar) Uziga qaytariladigan (qiyomat) kunini ham yaxshi bilur, bas, ularga (o‘sha kunda) qilib o‘tgan amallarining xabarini berur. Olloh barcha narsani bilguvchidir»  (Nur, 62-64.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:09:48
BARAKOTLI BIR ZIYOFAT

Yaqinda uylangan bir yigit keldi:
— Ey Ollohning payg‘ambari, uyimga borib kelishimga ruxsat bersangiz, — dedi.
Rasululloh unga izn berdilar. Yigitning orqasidan esa, «Ollohim, Jobirni kechirishingni so‘rayman», deb duo qildilar. Chunki nozil bo‘lgan oyatda ana shunday duo qilinishi buyurilgan edi. Jobir uyiga keldi. Ayoliga:
— Hazrati Payg‘ambarimizning nihoyatda och qolganlarini sezdim, uyimizda yeyishga nima bor? — dedi.
—Ozgina arpa bilan bitta ulog‘imiz qolgan. Jobir uloqni so‘ydi, arpani tuydi. Go‘shtni pishirish uchun qozonni o‘choqqa osdi. So‘ng orqasiga qaytib keldi va Rasuli akramga:
— Ey Allohning payg‘ambari, yeyishga ubu narsa tayyorladim. Bizning uyimizga marhamat qilsangiz. Yoningizga birikki kishini ham olsangiz bo‘ladi, — dedi shivirlab.
— Nimalar hozirlading o‘zi, ey Jobir. Jobir uyidagi tayyorgarlikni aytdi.
— Ham ko‘p, ham ajoyib, — dedilar Payg‘ambarimiz. — Darhol ayolingning yoniga bor, men bormay qozonni o‘chokdan olmasin, nonni ham tandirdan uzmay tursin. Keyin u yerda ishlayotganlarga qaradilar. Baland ovozda:
— Qani, yuringlar, Jobir hammamizni ziyofatga chaqiryapti, — dedilar.
Bu e’lonni eshitgan Jobirning peshonasini ter qopladi. Quloqlariga ishonmas edi. Hamma eshitmasin, deb shivirlagan holda chaqirilgan bu kichkinagina ziyofatiga hammaning taklif qilinishini xayoliga ham keltirmagan edi. Endi bu gaplarni tahlil qilib o‘tiradigan holat emas. Nima bo‘lsa ham, uning uyiga hamma chaqirilgani ayon! O’rnidan turib: «Yo‘q, men sizlarni uyimga taklif «qilmayapman, hech qanday ziyofat yo‘q!» deya baqira olmasdi axir. Nochor uyiga yo‘l oldi. Hayajondan bo‘g‘ilayozgan edi u.
—   Xotin, sharmanda bo‘ldik. Rasululloh xazratlari butun handaqchilarni — muxojiru ansorni uyimizga olib kelyaptilar, — dedi.
—   Janobi Payg‘ambarimiz qancha ovqatimiz borligini so‘radilarmi?
—Ha, so‘radilar.
— Unday bo‘lsa, tashvish tortishning hech hojati yo‘q. Olloh va rasuli nima qilishni bizdan yaxshi biladi. Bu javob Jobirdagi tashvishni ancha ketkazdi.
Uylanishdan oldin ko‘pni ko‘rgan, tajribali, fahmfarosatli, singillariga onalik qila oladigan bir xotin olish orzuyida edi. Ushalgan orzuyining mevasini ko‘rayotgan edi xozir. Bu qadar mehmonni qanday kutib olarkanman, deya talvasaga tushganida, xotinining bu holatni buyuk bir tavakkul bilan kutib olishi Jobirni hayratga soldi.
Bir ozdan so‘ng sakkiz yuzdan oshiq, ochlikdan sillasi qurigan bir jamoat Hazrati Payg‘ambarimizga ergashib, Jobirning uyiga yetib keldi. Janobimiz ayolga:
— Sen menga yordam ber, non pishiradigan bir ayol chaqir va go‘shtni menga qoldir, — dedilar.
Kelgan ayolning yordami bilan pishirilgan nonlar Rasulullohga berilar, nabiylar Sarvari esa non ustiga go‘sht qo‘yib o‘rtoqlariga uzatar edilar.
Ana shunday davom etdi bu ziyofat. Rasulullohning yonlariga navbat bilan kelishar, nasibasini olganlar xursand, bir chekkada o‘tirib qornini to‘yg‘azar edi. Bu holatni ko‘rib, Jobirning ko‘zlari quvonchdan porlab ketdi.
Kelgan mehmonlarning hammasi to‘ydi, biroq non ham, go‘sht ham tugamadi. Qozondagi ovqatdan hech olinmagan edi go‘yo. Ziyofat tugaganidan so‘ng Rasuli akram (s.a.v.) Jobirning xotiniga:
— Bularni sen yegin, qo‘shnilaringga ham ber, — deya marhamat qildilar.
O’sha kuni go‘sht kechgacha to‘xtovsiz ravishda qo‘shnilarga tarqatildi.
Ziyofatdan keyin mehmonlar qazish ishini davom ettirish uchun yana handaqqa yo‘l olishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:10:27
* * *
Boshqa bir kuni Bashir ibn Sa’dning xotini kichik qiziga bir tuguncha berib:
— Otangga yo tog‘angga olib bor, — dedi. Qizcha yo‘lga tushdi.
Handaqda ishlayotganlar ichida otasini yo tog‘asi Abdulloh ibn Ravohani izlab, u yoqbu yoqqa qarab yurar edi. Ittifoqo, bir ovoz keldi:
— Qani, bu yoqqa kelchi, qizalog‘im!
Chaqirgan Hazrati payg‘ambarimiz edilar. Qizcha u kishining yonlariga keldi.
— Qo‘lingdagi nima?
—   Ey Ollohning payg‘ambari, onam yuborgan tushlik vqat. Otam bilan tog‘amga olib boryapman.
—    Qani, keltirchi.
Rasululloh hovuchlarini ochdilar. Qiz tugunni bo‘shatdi. Tugundagi xurmolardan ikki hovuchlari to‘lmadi. Rasuli akram bir dasturxon yozilishini buyurdilar. Qo‘llaridagi xurmolarni dasturxon ustiga sochib tashladilar. Yonlaridagi bir kishiga:
— Ishlayotganlarni ovqatga chaqir, — deya marhamat qildilar.
Handaqda ishlayotgan hamma dasturxon atrofiga to‘plandi. Barchaning qorni to‘yib, yana ishga qaytdi. Vaholanki, dasturxonda tugundan olib tashlangan bir hovuch xurmo turar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:10:43
* * *
Qazish ishi, oraorada mo‘minlarning kayfiyatlarini ko‘taruvchi, imonlariga quvvat beruvchi voqeahodisalar bilan bezanmokda edi. Qazilgan tuproq zambillarda tashilar, kaytishda bu zambillarga tosh yuklab keltirilib, bir joyga yig‘ilar edi. Bu toshlar dushmanga karshi qo‘llaniladi.
Salmon o‘ta barvastabaquvvat, ishning ko‘zini biladigan odam. Kilgan ishi ko‘zni quvontirardi. Xuddi ibodat qilayotganday nash’a bilan, charchash nimalipshi bilmasdan, g‘ayrat ila mexnat qilayotganini ko‘rib, xayron qolmaslik mumkin emasdi.
Bir gal muhojirlar bilan ansor o‘rtasida Salmonning kimligi to‘g‘risida tortishib qolishdi.
 Salmon ancha yillar ilgaridan yurtimizda yashaydi. Shu sababli uni ansorlardan deb bilish lozim!
Yo‘q, u Madinaning maxalliy xalqidan emas. Tashqaridan kelgani hammaga ma’lum. Kim nima desa desin, u muhojirlardan hisoblanadi!
Bu gapso‘zlar aslida Salmonga nisbatan musulmonlarning sevgi-hurmat to‘la ifodalari edi. Bu samimiy bahsga Payg‘ambarimizning o‘zlari chek qo‘ydilar:
— Salmon bizdan. U bizning oila a’zolarimizdandir!
Salmon hayajondan titrayozdi. Dunyoda eshitishi mumkin bo‘lgan eng buyuk taqdirlovchi so‘z edi bu! Har kanday o‘lchov-mezon vaqti bilan o‘zgaradi, arzimas holga keladi, biroq o‘zgarmaydigan, kiymatini yo‘qotmaydigan o‘lchov Olloh va rasulining o‘lchovidir. Insoniyat tarixi tanigan eng mukaddas, eng aziz oila payg‘ambarlar sarvarining oilasi emasmi?! Bu oilaning xizmatkori bo‘lish ham tasavvurga sig‘mas, erishilmas sharafku! Holbuki, Ollohning rasuli Salmonni o‘z oilalaridan sanab, tengsiz bir saodat baxsh etgan edilar bu sahobaga!
Kutmagan edi bunday bir iltifotni... Bunga loyiq ekanini bir zum bo‘lsada xayoliga ham keltirmagan edi. Maqsadi va g‘oyasi Rabbining amrlarini kuchi yetganicha to‘la ado etish, Payg‘ambarning yo‘llaridan qilcha adashmay yurish, Olloh va rasuli «o‘l» degan joyda hech ikkilanmay o‘lish dunyoda bulardan boshqa katta umid orzuyi yo‘q edi uning!
Ko‘zlarini bezagan yoshlarni artishga ehtiyoj sezmay, buyuk bir g‘ayratshijoat bilan yana ishiga sho‘ng‘ib ketdi. Qalbi Rabbiga yo‘nalgan. Buyuklar Buyugi vositasida unga ehson etilgan bu izzat-ikrom uchun Rabbiga hamd va shukrlar aytar, ora-sira go‘zallikda beqiyos bo‘lmish Payg‘ambariga qarab qo‘yar, u zotning gul yuzlarini xayoliga naqsh etishni xohlar edi.
Makka...
Ko‘zishta qara, ey Abu Sufyon. Bu safar jiddiyroq xarakat qilaylik. Uhudda bo‘lganidek, ishni yarim yo‘lda qoldirsak, hozirdanoq uylarimizga qaytganimiz durust.
Yo‘q, yo‘q! Bu so‘nggi yurishdir. Qaytishimizda Muhammadni ortiq nafas olmayotgan holda ko‘rasan. O’rtoqlaridan ham birontasi tirik qolmaydi.
—   Badrda sakkiz kun turishibdi. Oldisotdi qilib, qo‘llarini siltabsiltab ketishibdi. Quraysh qo‘shini yo‘ldan orqaga qaytgani, qo‘rqib, xa, ha, qo‘rqib, yuragini hovuchlab, qaytgani hamma yerda ovoza.
—   Bu safar oldingilarning alami chiqadi, ishonaveringlar gapimga.
—   Chiqmasa, shu qadar insonning bir joyga to‘planganiga achinaman.
Xossatan, yahudiylarning gijgijloviga uchganlar Madinada bitta ham musulmonni qoldirmaslik orzuyi bilan ilgarilashardi. Nihoyat, uzoqdan Madina tog‘lari ko‘rindi.
— Ertaga bu yerlarda burgut, qarg‘aquzg‘unlar bayram kilishadi. Ularga katta bir ziyofat tayyorlab beramiz.
 Mana shu qilichlarimiz, nayzalarimiz tayyorlaydi ularning bu dasturxonini.
— Hozirdanoq yer bilan yakson o‘liklarni ko‘rganday bo‘lyapman.
Shu kabi o‘zaro suxbatlar qurishib, ular Madina yaylovlariga kelib qo‘nishdi. Faqat bu safar hayvonlari uchun mo‘lko‘l ozuqa topisholmadi. O’to‘lan o‘rilgan, somon yig‘ib olingan edi. Uhudda bo‘lganidek, dalalarni, bog‘larni payhon etish imkoniyatidan mahrum qolishgan edi.
Abu Sufyon josuslari olib kelgan xabarni eshitib, aqldan ozayozdi.
— Nimalar deb aljirayapsan o‘zi?! — deb baqirdi.
— To‘g‘risini aytyapman. Shahar atrofi keng va chuqur handaq bilan o‘rab olingan.
— Ammo... bu bo‘lishi mumkin emas.
— Ko‘zlarimiz bilan ko‘rganimizni aytyapmiz. Shaharga kirishning imkoni yo‘q.
Abu Sufyon boshini bir zum quyi soldi va o‘yga toldi. Bunday vaziyatga duch kelishini xatto xayoliga keltirmagan edi. Arablarga umuman notanish, hech qo‘llanilmagan mudofaa qarshisida urushishga to‘g‘ri kelyapti! Toleidan norozi bo‘lib, qattiq so‘kindi.
—O’zim borib, ko‘zim bilan ko‘rishim kerak! — dedi. Yoniga bir necha kishini olib olg‘a yurdi. Handaqni va uning ichida ishlayotganlarni ko‘rdi. Handaqning eni, bo‘yi va chuqurligini chamalab xisobladi, keyin fikrini yonidagilarga bildirdi:
— Bu handakdan o‘tish juda ham qiyin bo‘ladi. Yahudiylar ham shu fikrda ekanliklarini bosh chayqab ma’lum qilishdi.
Xandaqning u tomonida saf tortib turgan mo‘minlar shunchaki bularning istiqboliga chiqishmagan axir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:12:56
XIYONAT

Yarim tun.
Kurayza yahudiylarining raisi Ka’b shirin uyqusini chala qoldirishga majbur bo‘lib o‘rnidan turdi va eshikka tomon yurdi.
— Kim u! — deb so‘ragan edi, kelgan kishi ovoz berdi:
— Men Huyayy ibn Axtobman.
Ka’b titradi. «Bu odam yaxshi niyatda kelmagan bo‘lsa
kerak?» degan o‘y o‘tdi xayolidan.
— Mendan nima istaysan?
— Xayf senga, ey Ka’b, odam degan mehmonni ham shunaqa kutib oladimi?! Avval eshikni och, ichkariga kirayin.
Ka’b eshikni ochmadi. Gapni cho‘zib o‘tirmay, to‘g‘risini aytaqoldi:
—   Menga qara, ey Huyayy, sen xosiyatsiz bir odamsan. Shu paytgacha seni shunday deb taniganman. Hozir ham mening uyimga bir baloni boshlab kelayotganga o‘xshaysan. Bilib qo‘y, men Muhammad bilan sulh tuzganman. Bu sulhni buzishni istamayman. Shuni ham aytib qo‘yay, hozirgacha men undan faqat vafo ko‘rdim, to‘g‘rilik ko‘rdim.
—   Xayf senga, ey Ka’b, avval eshigingni ochmaysanmi, odamga o‘xshab gaplashaylik.
— Yo‘q, ocholmayman.
— Sen aslida meni, ovqatimni yeb ketadi, deb qo‘rqib ichkariga kirgizmayapsan. Xasis, ovqating boshingdan qolsin.
—   Olloh baloingni bersin, kir ichkariga, shumqadam!
—    Men dunyoning shonsharafiyu saodatini oyog‘ing ostigacha olib kelsamu, ostonang oldida haqorat qilib kuvishing nimasi, ey Ka’b?! Afsus, afsus, nasibasiz odam ekansan! Shu onda yengib bo‘lmas qo‘shinni qo‘mondonlari, obro‘li zotlari bilan birga Madina ostonasiga olib kelib qo‘yibman. Qo‘shin Rumadagi sel toshqiniday bir vajohatda hozir. Muhammadni va atrofidagilarni yerdan o‘to‘lanni yulib olganday qo‘pormaguncha ortga qaytmaslikka kelishdik!
Bu gaplarni eshitgan Ka’b bunday javob berdi:
—   Gumburlagan, chaqqan, biroq yerga bir tomchi ham yomg‘ir tashlamagan bulut! Sening so‘zlaring ana shundan boshqa narsa emas! dedi Ka’b va kechaning bu soatida kelgan xosiyatsiz mehmonni yana bir bor boshdanoyoq sinchiklab tekshirdi. So‘ngra yolvorgansimon bir ovozda:
—    Ey Huyayy, agar bir yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, bizni tinch qo‘y va darhol bu yerdan ket. Chunki mening Muhammaddan ko‘rganlarim faqat to‘g‘rilikdir, vafodir.
Huyayy rasman kuvilishiga qaramay, ketmadi. Qo‘ynidan kirib qo‘ltig‘idai chiqdi va, nixoyat, Ka’bni aldashga muvaffaq bo‘ldi. Shu shart bilanki, mabodo keltirilgan qo‘shin ishni chala tashlab ketadigan bo‘lsa, Huyayy keladi va Ka’b bilan birga Qurayza yahudiylariga qo‘shiladi; boshga kelgan musibat birga baham ko‘riladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:13:17
* * *
Dushman kelishiga qazish ishlari ham nihoyasiga yetdi. Faqat bir joydagina handaq sal sayoz va sal ensizroq bo‘lib qolgan edi. Janobi Rasululloh asosiy xavf shu joydan kelishidan xavotirlanib, bu joyni alohida himoya qilishni o‘yladilar.
Mo‘minlar xayajonlanishar edi. Chunki shu kunga qadar bunchalik katta qo‘shinni ko‘rishmagan edi. Bu orada Qurayza qabilasidan kelgan bir elchi nabiylar Sultoni Hazrati Payg‘ambarimizni topdi va ular o‘rtadagi shartnomani buzganlarini ma’lum kildi.
Bu xabar yaxshilikdan dalolat emasdi... Shular tinch turganida, hech bo‘lmasa, ulardan keladigan xavfning oldini olishga vaqt ketkazilmasdi. Vaxolanki, endi ular ham dushman qo‘shini safidan joy olishibdi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tuyqus kelgan bu xabarning to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini aniqlash uchun Sa’d ibn Muoz bilan yana uch kishini vakil qilib yo‘lga chiqardilar. Xabar to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, mavhumroq ifodalar bilan tushuntiriladi. Agar yahudiylar xali ham eski kelishuvga sodiq qolgan bo‘lsalar, vaziyat ochiqoydin aytiladi.
Vakillar ahvol yanada yomon ekaniga guvoh bo‘lishdi. Ustigaustak, yahudiylar Payg‘ambarimiz haqlarida yomon va bo‘larbo‘lmas gailar tarqatishgan edi. Ogohlantirishlariga qaramay, o‘rtalarida hech qanday xaq va hukuq qolmaganini aytishdi.
Kat’iyatli Sa’d ibn Muoz ularga o‘zlari tushunadigan tilda javob berdi. So‘ngra vakillar Madinaga qaytishdi.
— Adal va Kora, — deyishdi.
Nabiylar Sultoni (s.a.v.) janobimiz darrov angladilar. Adal va Kora qabilalari qanday xiyonat qilgan bo‘lishsa, Qurayza ham so‘zidan qaytdi, xiyonat qildi deyishgani edi bu.
Payg‘ambarimiz handaq yonida toshlar bilan o‘rab qo‘yilgan vaqtinchalik masjidga kirdilar, ko‘ylaklariga o‘ranib, ancha paytgacha o‘tirdilar. Ehtimol, har doimgidek, Buyuk Mavlodan madad so‘ragandirlar, yahudiylarning xiyonatlari karshisida mo‘minlarning dovdirab qolmasliklarini istab duo qilgandirlar. Nihoyatda xafa ekanliklari bilinib turardi.
Munofiqlarga yana qulay fursat tug‘ildi: mo‘minlarni cho‘chitish maqsadida zavqshavq bilan tashviqot qila boshlashdi:
— Muhammad bizga Kisroning, Qaysarning saroylariga egalik qilishimizdan gapirgan edi. Vaholnki, bu yerda biz hatto kichik hojatga ham borolmaydigan holdamiz. Gapining turumi bormi o‘zi...
Bu kabi yoqimsiz gapso‘zlar bilan mo‘minlar o‘rtasiga fitna, qalblariga qo‘rquv solishga harakat qilishardi.
— Ollohning rasuli bizga va’da kilganlarning bari yolg‘on ekan. Qaytinglar, ey Yasrib xalqi, hech bo‘lmasa jonlaringizni saqlab qolinglar! — deganlar chiqdi.
Bu orada haqiqiy mo‘minlar dushman qo‘shinini ko‘rgan zahotlari: «Olloh va Rasulining bizga bergan va’dasi mana shudir. Olloh ham, Rasuli ham to‘g‘ri xabar berdi», deyishdi. Dushmanlarning nihoyatda ko‘p qo‘shin bilan kelishi ularning imonlarini orttirdi, xolos.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:13:43
* * *
Mushriklar handaqni ko‘rib bir oz dovdirashgai bo‘lsa ham, biroq «Nima ham qilardik, nasibamiz qo‘shilmagan ekan, qaytish kerak», deyish uchun kelishmagan edi Madinaga. Binobarin, yo‘lini topib handakdan o‘tishga va jang qilishga qaror berishdi. Bir necha kun o‘tsin deb fursat poylashdi, oraorada hujumlar uyushtirishdi. Lekin har gal musulmonlarning otgan o‘q va toshlariga duch kelib orkaga qaytishdi.
Uhud jangining taniqli qo‘mondoni Xolid ibn Valid vaqtni bekor o‘tkazmaslik uchun otliq askarlari bilan bir necha marta hujumga tashlangan bo‘lsa ham, hatto u ham bir ish chiqara olmadi. Biroq o‘qlar va toshlar otib, kichikkichik to‘qnashuvlar bo‘lib turardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:14:06
* * *
Mushriklarning hujumidan keyin ayollar va bolalar shahar ichidagi katta musofirxonalarga joylashtirildi. Mashhur shoir Xasson ibn Sobit ham ularning yonida qoldi.
Bir kuni ayollar joylashgan bino atrofida Qurayza yahudiylaridan u yoqbu yoqqa alanglab yurgan bir kishi ko‘rindi. Yaxshi niyatda aylanib yurmagani aniq edi. Rasulullohning ammalari Safiyya uning bu yurishini yoktirmadi.
— Ey Xasson, bor, shu odamni o‘ldir! — dedi. Xasson g‘alati qarash qildi:
— Bunday ish qo‘limdan kelsa, sizlar bilan birga Qolarmidim?
Safiyya uni ko‘p qistamadi. Xasson biror urushda qatnashmagan, hech safarga chiqmagan, chiqolmaydi ham. Tili qilich kabi keskir, ammo qo‘li qilich tuta olmasdi.
Ish o‘ziga qolganini his qilgan Abdulmuttalibning jasur qizi ro‘molini yaxshilab o‘radi, qo‘liga bir tayoq oldi, eshikni ochib ko‘chaga chiqdi. Asta-sekin borib, «chaqirilmagan mehmon» ning boshiga tayoq bilan tushirdi. U odam nima bo‘lganini ham bilolmay yer tishladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:14:41
* * *
Rasuli akram (s.a.v.) dushman kuchlari yalpi hujum boshlamasidan oldin qanday bo‘lmasin uni kuchsizlantirmoqchi bo‘ldilar. Odam yuborib, Fazora qabilasining raislari Uyayna ibn Xisn bilan Xoris ibn Avfni huzurlariga chaqirtirdilar. Raislar hayotlariping kafolatlanganiga ishonch hosil qilgach, kelishdi. Paygambarimiz ulardan:
— Madinaning dala va bog‘laridan chiqadigan mahsulotlarning uchdan birini olsalaring, jang qilmay kaytib ketasizlarmi? — deb so‘radilar.
Ikki rais bir-biriga qaradi. Pirovardida bunday javob berishdi:
— Bu taklifni qabul qilamiz!
Faxri koinot (s.a.v.) bu masalada Avs va Hazraj qabilasi raislarining ham fikrini bilmoqchi bo‘ldilar. Sa’d ibn Muoz bilan Sa’d ibn Ubodani chaqirdilar. Vaziyatni tushuntirib: «Sizlar nima deysizlar?» deb so‘radilar.
—   Yo Nabiyalloh, Olloh taoloning vahiyi bilan shu qarorga keldingizmi? — deyishdi ular.
—   Yo‘q. Faqatgina sizlarning xuzurhalovatingizni o‘ylab shunday yo‘l tutmoqchiman.
—   Ey Ollohning rasuli, unday bo‘lsa, biz bunaqa kelishuvga rozi emasmiz. Chunki bu odamlar umr bo‘yi bizning xurmolarimizni faqat yo mehmon bo‘lib, yoxud sotib olib yeya olishgan. Mushriklik paytimizda ham ular hatto mushugimizni pisht deyisholmasdi, endi biz Islomga kirganimizdan keyin hosillarimizga egalik qilishsinmi?! Ular bilai bizning o‘rtamizni faqat qilich ajratib qo‘yadi.
Bu so‘zlardan so‘ng Janobimiz:
— Unday bo‘lsa, ana ular, mana sen! — dedilar. Sa’d ibn Muoz uzanib, Usmon ibn Affonning qo‘lidagi axdnomani tortib oldi. Hali guvohlar yozilmagan, imzo qo‘yilmagan edi. Shartta yirtib, otdi. Uyayna:
— Bu ahdnoma sizlarning foydangizga bo‘lardi. Quraysh qo‘shiniga dosh beradigan holda emassizlar, — dedi.
Usayd ibn Hudayr gapga aralashdi:
— Qani, tezroq tuyoqlaringni shiqillatinglarchi bu yerdan. Qo‘llaringdan kelganini qilinglar.
Uchrashuv tugadi. Uyayna bilan Xoris orqalariga qaytishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:14:59
AMR IBN ABDI VADD

Arablar bir shaharni uzoq vaqt ishg‘ol qilib turishga o‘rgangan emaslar. Bu safar ham ishning tezda bitishini, g‘olib va mag‘lubning tez aniq bo‘lishini istashardi. Faqat hozir ro‘paralaridan hatto tushlarida ham ko‘rmaganlari bir handaq chiqqan, yo‘llari to‘silgan edi. Uzoquzoqdan otilgan toshlar, o‘qlar bilan bu ishni bitirishning imkoni yo‘q. Bir necha kun ana shunday o‘tdi.
Nihoyat, bir kuni Amr ibn Abdi Vadd boshchiligida besh kishi otlarini qattiq niqtab xandaqdan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
Amr, yoshi o‘tgan bo‘lishiga qaramay, ancha epchil, mard va jasur kishi edi. Badr jangida yaralangan, shu sababdan Uhudda qatnasholmagan. Badrning intiqomini olmaguncha yuvinmaslikka, mushkanbar surmaslikka qasam ichgan edi. Otini qichab olg‘a yurdi, musulmonlarga yaqinlashgach, bor ovozi bilan hayqirdi:
— Men bilan kim olishmoqchi bo‘lsa, kelsin!
Hech kim bu taklifni qabul qilishni xohlamasdi. Nihoyat, Ali ibn Abu Tolib (r.a.) o‘rnidan turdi:
— Yo Nabiyalloh, ruxsat bering, unga qarshi men chiqay, — dedi.
— O’tir, ey Ali, bu Amrdir.
Hazrati Ali Rasulullohning bu buyruqlarini eshitgach, o‘tirishdan boshqa iloji qolmadi.
Nabiyyi akram bu so‘zlari bilan Amrning haqiqatan xavfli odam ekanini bildirgan edilar. Amr endi:
— O’lgach jannatga kirishiga ishonadiganlar qani?! Qaerda qoldilaring!? Men bilan kuch sinashadigan bir mard topilmaydimi orangizda? — deyishga o‘tdi.
Haqiqatan mard kishi emasmi, o‘ziga yarashiqli bir ovozda baqirayotgan edi. Ovozidan o‘lim hidi kelar edi go‘yo. Bir muddat kutdi. Yana hech kim unga ro‘baro‘ bo‘lmadi.
Amrning xo‘roz kabi qichqirishiga chidab turolmagan Hazrati Ali yana u bilan olishishga ruxsat so‘radi, lekin Payg‘ambarimiz avvalgi so‘zlarini takrorlagach, yana joyiga o‘tirishga majbur bo‘ldi. Biroq bu dardga bir chora topilishi kerakku! Yuzlarcha musulmonning qarshisiga bemalol chiqsa, bemalol maydon o‘kisa... Axir, uning ovozini o‘chirish kerak emasmi? Amr haddidan oshmoqda edi:
Baqiraverib, ovozim bo‘g‘ildi. Yo‘qmi jannatni sog‘ingan? Tezroq yuboraqolay o‘sha yoqqa!.. deya hayqirar ekan, Hazrati Ali (r.a.) uchinchi bor o‘rnidan turib ketdi va:
Yo Nabiyalloh, ruxsat bering, bu bilan olishayin! — dedi.
Rasuli akram uchinchi bor ayni so‘zni aytdilar:
— Ey Ali, bu Amrdir.
Amr bo‘lsa ham, u bilan olishmoqchiman. Men ham Aliman!
Alining bu gaplaridan so‘ng Rasululloh zulfiqor deb nomlanuvchi qilichlarini unga berdilar. Zirhlarini ham unga kiydirdilar. «Ollohim, Badrda Ubaydani, Uhudda Hamzani olding, endi Alini menga bag‘ishla», deya duo qilib kuzatdilar.
Amr qarshisida boshdanoyoq zirh bilan o‘ralgan, ko‘zlarigina yiltirab turgan raqibni ko‘rdi.
—   Kimsan o‘zing? — deb so‘radi.
—   Ali ibn Abu Tolibman.
—   Otang mening do‘stim edi. Otangning yuzxotiri, xaqqihurmati, seni o‘ldirishni xohlamayman. Qaribqartayganlar, bu dunyodan nasibasini olgan, hayotdan umidini uzgan biror kishi yo‘qmi? Kelsin o‘shalar, ularni jo‘natay narigi dunyoga.
—   Bekorchi gaplarni ko‘yatur, ey Amr! — dedi Hazrati Ali. — Eshitishimcha, sen urushayotgan odamingning ikki taklifidan birini bajo keltirar emishsan. Mening ham senga ikki taklifim bor.
—   Qanday takliflar?
—   Islom dinini qabul qilishga chaqiraman seni.
—Bu ish hech ham mumkin emas! Boshqa taklifingniayt.
—Men bilan jang qil bo‘lmasa.
—Ammo sen hali yoshsan. Seni o‘ldirmoqchi emasman.
—Men esam, aksincha, seni o‘ldirishni jonjon deb istayapman.
Amrning boshiga kon quyilganday bo‘ldi. Bir yosh nigitning hayotini uning o‘ziga bag‘ishlamoqchi bo‘lsayu, undan bunday qo‘pol javob olsa?! Kechirib bo‘lmas holat bu! Endi bu ishga chek ko‘yish kerak!
Amr qilichini sug‘urdi va otini Hazrati Alining ustiga surdi.
— Ey Amr, sendek jasur kishiga shunaqa kurash yarashadimi hech? Sen otdasan, men yayov.
Amr bu e’tirozga javob bermadi. Darxol otidan tushdi. Otning oyoqlariga qilich tortdi. Tomirlari kesilgan ot o‘sha joyida yiqildi. Sho‘rlik jonivor ikkinchi zarba bo‘yniga tushishidan bexabar edi. Bu zarbadan so‘ng u o‘zini o‘nglayolmadi.
Yovvoyi hayvondek kuturgan Amr qo‘rqinchli bir ovozda:
 Mana, men ham yayov bo‘ldim, ey Ali! — deb haykirdi.
Olishuv boshlandi. O’zaro hujumlar bilan bir-birini sinagan ikki bahaybat jangchi g‘olib chiqish uchun butun kuch va mahoratlarini ishga solishardi. Osmonga o‘rlayotgan changto‘zondan o‘rtadagi jang qanday ketayotgannni bilish mumkin bo‘lmay qoldi. Vaqt o‘tgan sayin Amr osongina yengib bo‘lmaydigan bir raqibga duch kelganini fahmlay boshladi. O’zi yoshi o‘tib qolgan, hatto anchamuncha qarigan edi. Qarshisida esa, yigirma uch — yigirma to‘rt yoshlardagi chayir yigit. Bu ishni tezda bir yoqlik qilmasa, vaqtdan yutqazishi tayin. Ana shularni hisobga olgan Amr qilichini baland ko‘tarib, zarb bilan urdi. Qilich Alining qalqonini kesib, boshini jarohatladi. Darhol qarshi hujumga o‘tgan Ali zulfiqorni shiddatla raqibiga soldi. Bu zarbadan uzoq yillar mardligi va qahramonligi bilan dong taratgan Amrning boshi tanasidan judo bo‘ldi va qum ustida bir to‘p kabi yumalab ketdi. Boshsiz qolgan vujud bahaybat daraxt tanasi yanglig‘ «gup» etib quladi yerga.
Hali nimalar bo‘lganidan bexabar, ammo nihoyat darajadagi hayajon bilan natijani kutayotgan musulmonlar sal o‘tmay, o‘zlari taniydigan ovozning yuksak pardalarda «Ollohu akbar, Ollohu akbar!» deya takbir keltirganini eshitishdi. Bu ovoz ularning ichlaridagi hayajonni quvonchga chevirib yubordi.
Amrning yerga cho‘zilganini ko‘rgan Diror bilan Navfal birgalikda Hazrati Aliga tashlandi. Bular Amr bilan birga o‘tgan to‘rt kishidan ikkisi edi. Hazrati Ali ularga peshvoz chiqdi. Lekin ular jang qilishdan qochishni afzal ko‘rishdi. Orqadan yetib kelgan Alining o‘rtog‘i Zubayr Navfalni kuvib yetdi va bir qancha zarba bilan uning xayot daftariga nuqta ko‘ydi.
Handaqning bu tarafidagi mushriklar bo‘layotgan voqealarni alam va iztirob bilan kuzatib turishardi. Amrdek ishonchli, jasur bir kishining yerda jonsiz yotishi achinarli hol edi, albatta. U shunday Amr ediki, Uhudga chiqishi uchun Quraysh qabilasi uni maxsus taklif bilan chaqirtirgan. U qo‘shilgan karvonga xujum qilishga hech kim botingan emas.
Bir safar chog‘ida karvonga hujum qilgan qarokchilar guruhiga bir o‘zi bas kelgan, ularning dodini bergan. Umar ibn Xattob bu voqeaning shohidlaridan edi.
Qaytaqayta maydonga chorlaganida, hech kim yurak yutib «Men chiqaman», demagani, Hazrati Aliga Rasuli akram: «Utir, ey Ali, bu Amrdir», deya u bilan jang qilishga darhol ruxsat bermaganlari shundan edi.
Handaqning chetiga kelgan bir necha mushrik:
— Amrning jasadini bizga toshnirsangiz, evaziga o‘n ming dirham pul berishga rozimiz! — deya baqirishdi.
Bu taklif Janobimizga yetkazilganida, ul Zoti muhtaram:
 Jasad o‘zlaringizga buyursin. Biz o‘lik puli olmaymiz, — dedilar.
Va jasad topshirildi.
Abu Sufyonga Amrning o‘zboshicha handaqdan o‘tgani yoqmagan edi. Axir, atrofini o‘rab, uniyam, to‘rtala sheriginiyam osongina o‘ldirishlari mumkin edida. Holbuki, o‘rab olishga ham hojat qolmadi. Amr yakkama-yakka olishuvda raqibining zarbasidan jon berdi. Abu Sufyon aftini burishtirib:
Bu kun bizga juda ham xosiyatsiz keldida, — dedi va jang maydonidan uzoqlashdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:15:33
UMUMIY TAARRUZ

Shahar yigirma kundan beri qamalda bo‘lishiga qaramay, biror natija ko‘rinay demasdi. Tobora ko‘pchilik betoqat bo‘lib: «Bu ishning oxiri bormi o‘zi?!» deya boshlashdi.
Nihoyat, boshqa kabilalar bilan ham maslahatlashilganidan keyin Abu Sufyon yalii hujumga buyruq berdi. Ertalabdan to shomgacha to‘xtovsiz davom etgan toshbo‘ron kun botgandan so‘nggina tindi.
Qamal boshlanganidan beri bunaqa og‘ir kun bo‘lmagan edi. Ikkala tomonning ham ozuqalari tugadi, ochlik hammaning sillasini quritdi. Havo borgan sayin sovib, kechki ayoz odamlarning suyaksuyaklaridan o‘ta boshladi.
Avs qabilasining kattasi Sa’d ibn Muozga bir o‘q tegib, bo‘yin tomirini kesib yubordi. Yarasi jiddiy edi. Sa’d oyoqda turolmay qoldi. Darhol uni jang maydonidagi masjid vazifasini o‘tab turgan chodirga keltirib qo‘yishdi. Sa’d:
Ollohim, qurayshiylar bilan orada bir jang qolgan bo‘lsa, shu janggacha meni yashat. Agar bu jang so‘nggisi bo‘lsa, menga shahidlikni nasib ayla. Ammo msnga qurayzaliklarning oqibatini ko‘rsat, — deya ingrardi.
Kun botgan, ko‘pgina musulmonlar kabi, Hazrati Umar ham peshin va asr namozlarini o‘qishga fursat topolmagan edi. Mushriklarga la’nat aytib kelar ekan, Rasuli akramning: «Olloh ularning (mushriklarning) go‘rlarini olovga to‘ldirsin, bizga o‘rta namozni vaqtida o‘qishga fursat berishmadi», deganlarini eshitdi. Demak, namozni o‘qiyolmagan faqat u emas ekan. Shu asno Olloh taoloning «Barcha namozlarni va xususan o‘rta namozni saqlanglar...»  (Baqara, 238) oyatidagi «o‘rta namozdan murod asr namozi ekani ma’lum bo‘ladi.
Namozni endigina ado etib bo‘lishgan edi hamki, G’atafon qabilasidan Nuaym ibn Mas’ud ismli bir shaxs Janobimiz bilan ko‘rishmoqchi ekanini aytib, qo‘shin qarorgohiga keldi. Uni Rasuli akramning huzurlariga keltirishdi.
— Ey Ollohning rasuli, men siz olib kelgan dinni qabul etganman. Musulmon bo‘lganimdan hech kimning xabari yo‘q. Menga xohlagan ishingizni buyuring, bajarayin. Unchamuncha ishni uddalaydiganlardanman, — dedi u.
Rasululloh (s.a.v.) xursand bo‘ldilar:
— Ammo sen yolg‘iz boshing bilan nima ham qila olarding?! Agar kuching yetsa, ularni (dushmanni) bizlardan uzoqlashtirishga urinib ko‘r. Chunki harb tadbir olish va chora topish hamdir. Nuaym vaqtni o‘tkazmay, yangi olgan vazifasini ado etishga ketdi.
Aslida, u ham barcha qatori bir odam edi. Bir paytlar Abu Sufyon yigirma tuya evaziga yollab, musulmonlarni Badrga chiqishdan aynitish uchun yuborgan kishi shu edi.
Nuaym bu safar nimalar qiladi? Bu daf’a u qiladigan xizmat o‘tgan kunlarining kafforati bo‘larmikan?! Yo‘lyo‘lakay ishning rejasini tuzib bordi. Ko‘p o‘tmay, Qurayza yahudiylariga ulashdi.
— Xush kelibsan, bizni rosa xursand qilding, ey Nuaym! — deb kutib olishdi yahudiylar.
— Xushvaqt bo‘linglar, ey qurayzalik do‘stlar.
—   Nima xabarlar olib kelding bizga? Nuaym aftini burishtirdi.
—   Xabar ko‘p, uning ustiga, yaxshi xabarlar emas.
—   Qanday yomon xabar ekan?
— Yomoni... — dsdi Nuaym va bir oz to‘xtab qoldi. — ...Sizlarga hurmatimni, sadoqatimni bilasizlar, shunday emasmi?
Albatta, ey Nuaym, seni ishonchli, yaxshi do‘st deb bilamiz.
—   Unday bo‘lsa, ey Qurayza xalqi, so‘zlarimga yaxshilab quloq solinglar. Quraysh ieshvolaridan bir necha kishini garovga olmay, zinhor urushga kirmanglar. Bu kishilarni xavfsizligingizning kafolati sifatida garovda ushlab turishlaring lozim.
—   Bunga nima ehtiyoj bor, ey Nuaym? Bizdan nimanidir sir tutyapsan, shekilli?
—   Xayriyat, tushuna boshladilaring.
—   Nimani aytmoqchi eding, gapiraver.
Nuaym ovozini yanada pasaytirib, muxim bir sirni ochayotgandek, bunday dedi:
— Ey Qurayza xalqi, shuni yaxshi bilinglarki, Quraysh bilan G’atafon qabilalarining vaziyati sizlarnikiga o‘xshamaydi. Bu yurt sizlarning yurtingiz. Mollaringiz, ayollaringiz, bolachaqalaringiz hayoti shu tuproqqa bog‘liq. Xohlasalaring ham, bu yerdan chiqib ketolmaysizlar. Quraysh va G’atafon qabilalariga kelsak, ular Muhammad bilan jang qilish uchun kelishdi. Sizlar ularga hamdard, hamdam bo‘ldilaring. Biroq ularning yurti bu yerda emas. Mollari, ayollari, bolalari o‘zvatanlarida qolgan. Yutishsaku, xo‘bu xo‘b, do‘ppilaritor kelib qolsa, «Makka, qayoqdasan?» deb sizlarni
Muhammad bilan yolg‘iz qoldirishadida, badar ketishadi.
Nuaym atrofida o‘ziga diqqat bilan quloq solib turganlarga bir-bir ko‘z tikib, so‘zida davom etdi:
— Muhammad qarshisida yolg‘iz qolsalaring, bir nima qila olmasliklaringni bilishlaring kerak. U paytda sizlarni faqat mag‘lubiyat kutadi.
Nuaymning gaplariga hech kim e’tiroz bildirmadi. E’tiroz bildirisholmasdi ham. Yigirma kundan oshibdiki, ko‘zga ko‘rinadigan biror natija bo‘lmayaiti. Havo kundankunga sovib borar, yemak kamaygan, sabr kosalari to‘lgan edi. Asrlar osha hech ko‘rilmagan, eshitilmagan, o‘rganilmagan jang turiga duch kelgan arablarning bu qadar uzoq davom etuvchi qamalga chidashlari qiyin edi.
—   Eng to‘g‘ri gapni gapirding, ey Nuaym!
—   Vallohi, yagona yo‘l shu.
— Bizning do‘sgimiz ekaningni isbotlading, ey Nuaym!
Nuaym rahmatlar va chuqur minnatdorliklar ostida kuzatildi.
Ko‘p o‘tmay, u Quraysh qo‘shini o‘rtasida paydo bo‘ldi. Abu Sufyonni topdi. Salomalikdan so‘ng Abu Sufyondan sir saqlashi haqidagi va’dasini olib, quyidagilarni aytdi:
— Yaxshi bilasizki, yahudiylar Muhammad bilan tuzgan ahdnomalarini buzganlariga pushaymon bo‘lishdi. Bir hay’at jo‘natib, undan kechirim so‘rashibdi va ahdnomani yangilashni taklif qilishibdi. Muhammadga: «Istasangiz, Quraysh va G’atafonning garovga olingan peshvolarini sizga yuboraylik, ularning boshlarini tanalaridan judo qiling. Va biz taklifimizda samimiy ekanimizga ishonch hosil qiling. Keyinchalik esa, birgalashib ularga tomon yurib, hammasini gumdon qilamiz», deyishibdi.
Abu Sufyon bu yangilikni g‘oyat diqqat bilan tingladi. Nuaym gapni ko‘p cho‘zib o‘tirmadi:
— Muhammad bu taklifni qabul qildi. Vey, Abu Sufyon, mabodo yahudiylar sizdan garov uchun odam so‘rab kelsa, ahmoq bo‘lmang. Sizga aytadiganlarim shular edi. Endi menga ruxsat bering, ketayin.
So‘ngra to‘g‘ri G’atafon qabilasiga keldi. G’atafon o‘zining qabilasi. Bu yerda obro‘e’tibori, hurmati bor uning. Qurayshga aytganlarini ularga ham takrorladi.
Erta tongda Ikrima ibn Abu Jahl boshchiligida bpr hay’at Qurayza yahudiylari xuzuriga keldi. Ularni Ka’b ibn Asad va boshqa yahudiylar kutib olishdi. Hay’at raisi Ikrima:
— Ey qurayzaliklar, sizlarga ma’lumki, biz yurti mizda emasmiz. Tuyalarimiz, otlarimiz o‘lib bitdi. O’zimiz parishon holga tushdik. Bu urushning oxiri kelsin, dsymiz. Ertaga ertalabdan hammamiz baravariga hujumga o‘tsak, yaxshilab savashsak. So‘ng hammamiz ishlarimizni bitirib, uyuyimizga qaytsak. Nima deysizlar?
Qurayzaliklar nomidan Ka’b gapirdi:
— Ey Ikrima, bilasan, ertaga shanba kuni. Biz shanba kuni hech bir ish qilmaymiz. Ilgari bu kunda birorish qilishga uringanlarning boshlariga kelgan balo musibatlardan vokifsan. Yana bir gapni aytishni istardim. Muhammadga qarshi jangga kirishdan oldin sizlardan bir necha kishini garovga ushlab turishga karor kildik. Chunki, aytib bo‘lmaydi, jangda yutkazsak, sizlar bizni bu odam bilan yolg‘iz tashlab ketasizlar. Bizning eea, u bilan yakka kurashishga toqatimiz yo‘q. Kelganlarga masala ayon bo‘ldi. Ortiqcha muzoqaraga ham hojat qolmadi. O’rinlaridan turishdi. Nuaym haqli ekan, — deyishdi qaytisharkan.
—   Bularni yahudiy deb ko‘yishibdi.
— Buguigacha yahudiylarning tuturuqsizligi xaqidagi gaplardan boshqa narsa eshitmadik. Mana, hakikiy basharalari yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Abu Sufyon bu xabarni eshitgach, ulug‘lar bilan tezda maslahatlashdi. Qabul qilgan karorlarini yahudiylarga yetkazishdi.
— Hatto bir kishini ham garovga bermaymiz! Agar biz bilan birga turib jang qilmoqchi bo‘lsalaring, marhamat, jang qilamiz. Yo‘qsa, ixtiyorlaring o‘zlaringda!
Qurayzaliklarga bu qaror kelgach, Nuaymning gapi rostligiga ishonch hosil kilishdi. O’z navbatida, ular ham Abu Sufyonga elchi jo‘natishdi. Toki garovga odam olinmas ekan, yahudiylarning urushga kirmasliklarini bildirishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:15:55
* * *
Yalpi hujum uyushtirilganidan ikki kun o‘tdi. Sa’d ibn Muoz chodirda davolanayotgan edi. Rasululloh (s.a.v.) ora-sira uning ahvolidan xabar olib turardilar.
Asr namozi o‘qib bo‘lingan. Faxri koinot janobimiz muborak qo‘llarini duoga ko‘tardilar: «Ey Kitob yuborgan, ey hisobni tezda qilguvchi Ollohim! Dushman ko‘shinini tarqat, tormor et. Ey qiyin ahvolga tushib qolganlarning yordamchisi, ey axvoli tanglarga madad berguvchi Rabbim! Dardalamim, kadarim, xafagarchiligimni ketkaz, bizni halovatga qovushtir. Mening va do‘stlarimning boshiga kelgan musibatlarni O’zing ko‘rib turibsan...»
Duo qilarkanlar, Janobimizning yuzlarida mamnunlik izlari ko‘rindi. Qo‘llarini qayta bor ko‘tarib: «Shukrlar bo‘lsin, Ollohim, shukrlar bo‘lsin, Ollohim...» der edilar.
Shunday og‘ir bir vaziyatda Rasulullohning yaxshi kayfiyatda bo‘lishlarini hech kim aqliga sig‘dirolmas edi.
Biroq Sarvari olamdagi bu holni ko‘rgan mo‘minlar endi og‘ir damlar tugaganini, mashaqkatlar ortda qolganini, Olloh taoloning yordam va’da qilganini, samolarga ko‘tarilgan qo‘llarning bo‘sh qaytmaganini fahmlashdi.
Quyosh botishga hozirlanayotgan edi. Ufqlarga qizillik yugurgan, tog‘lar ko‘kqizg‘ish tus ola boshlagan. Havo anchagina iliq. To‘satdan bir shamol turdi. Borgan sari kuchayib, yerdagi chag‘ir qumlarni ham havoga uchirib, bir zumda hammayoqni ostinustun qilib yubordi. Kechki ovqat tayyorlash uchun yoqilgan olovlar o‘chdi, qozonlar ag‘nadi, chodirlar quladi. Ko‘z ochib bo‘lmas, hech kim nima qilarini, qaerga borishini, qaerda jon saqlashini bilmas edi. Atrofdagi tuya ovoziyu otlarning tahlikali kishnashlari cho‘kayotgan qorong‘ulikka o‘zgacha bir dahshatli tus berardi.
Buzilgan biror narsani tiklashning iloji yo‘q. Hamma jon talvasasida u yoqdanbu yoqqa yuguradi.
Musulmonlarning ahvoli ham yaxshi emasdi. Ochlik, sovuq shamol va darmonsizlik hammani qiynab qo‘ygan. Nabiyyi muhtaramning yonlarida boryo‘g‘i uch yuztacha kishi qolgan, ko‘plar chodirlarning iplaridan ushlab olgan, qotib qolganday edi go‘yo.
Payg‘ambarlar Sultoni bir muddat namoz o‘qigandan so‘ng:
— Qaysi biringiz borib menga Qurayshning vaziyatidan xabar keltiradi? O’sha odamni jannatda menga sherik kilishni Rabbimdan so‘rayman, — deya marhamat qildilar.
231
Hech kimdan sassado chiqmadi. Ikki va uchinchi daf’a so‘rovlari ham javobsiz qoldi. Shunda Nabiyyi akram:
— Ey Huzayfa! — deya chaqirdilar.
Huzayfaning javob bermasligi mumkin emasdi:
— Amringizga muntazirman, ey Ollohning Payg‘ambari.
— Ovozimni eshitsang ham, nega javob bermading?
— Yo Nabiyalloh, ochlikdan va sovukdan tomirlarim qotib qoldi. Asablarimni titroq tutdi. Iyaklarim bir-biriga yopishib qolgani uchun ovoz chikara olmadim.
— Qani yo‘lga tush, dushmanning vaziyatini bilibkel. Oldimga qaytib kelguningcha zinxor bir kor-hol chiqaraman deb o‘ylama!
Payg‘ambarimiz qo‘llarini yuqoriga ko‘tardilar, Ulug‘dan Ulug‘ dargohga bunday niyoz qildilar: «Ollohim, uni oldidan, orqasidan, o‘ngidan, so‘lidan, tepasidan va ostidan xifzu himoyangga olgin!»
Huzayfa Rasulullohning amrlarini ado etish uchun yo‘lga tushdi. Birdan hayron qoldi. Hammomga kirgan kabi isib ketgan edi vujudi. Titrash, sovuk qotish tark etdi uni. Iliq va yokimli bir xavo o‘rab oldi tanasini. Huzayfa ortiq ochlik va darmonsizlik ham sezmas, ko‘rkuvdan asar qolmagan edi.
Quraysh qo‘shiniga keldi. U yoqbu yoqqa yurdi. It egasini tanimaydi. Binobarin, uni ko‘rishlari bilan: «Shu odam Huzayfa emasmi? Darhol tuting!..» deyish hech kimning xayoliga kelmas edi. Nihoyat, Huzayfa Abu Sufyon turgan yerga keldi. U gapirar, yonidagilar eshitar edi:
— Ey Quraysh jamoasi, siz o‘z yurtingizda emassiz. Ko‘rib turibsiz, tuyalarimiz, otlarimiz mahv bo‘ldi. Qurayzaliklar bizga xiyonat qildi. Kutilmagan takliflar bilan oldimizga keldi. Bu shamol bizni parishon etdi. Qozonlar ag‘anadi, olovlar o‘chdi, chodirlar quladi. Men sizlarga vatanimizga qaytishdan boshqa hech bir yo‘lni tavsiya qilolmayman. Mana, men yo‘lga chiqyapman.
Abu Sufyon gapini tugatib o‘rnidan turdi, bir necha qadam naridagi tuyasining arqonini yecha boshladi. Ittifoqo, Huzayfaning qo‘li o‘qdonga bordi. Olgan o‘qni yoyga ko‘ydi va Abu Sufyonni nishonga olib, yoyni orqaga tortdi. Xuddi shu damda Rasuli akramning: «Zinhor bir kor-hol chiqaraman deb o‘ylama», degan so‘zlari yodiga tushdi. Tortilgan yoy asta o‘z holiga qaytar ekan, hech narsadan xabarsiz Abu Sufyon Huzayfaning g‘ichirlagan tishlarini ortda qoldirib, qorong‘ulik ichida ko‘zdan yo‘qoldi. Naqd bir o‘limning eshigidan qaytganini bilmas edi u.
— Qani, Haramga qarab olg‘a!..
Uloviga shu buyrukni berganlar Abu Sufyonning orqasidan yo‘lga tushishdi.
Bu orada Makka yo‘lini qo‘yib, Qurayza yahudiylariga tomon boshi egilgan holda ohista yurib borayotgan bir kishi ko‘rindi. Bu odam qurayzaliklarga Payg‘ambarimiz bilan o‘rtasida tuzgan ahdnomalarni buzdirgan va agar bir kor-hol bo‘lsa, kelib qurayzaliklarga qo‘shilishga so‘z bergan Huyayy ibn Axtob edi.
Xolid ibn Valid bilan Amr ibn Oss ikki yuz kishilik otliq bilan picha poylab turishdi. Hamma ketib bo‘lgach yo‘lga chiqishmoqchi edi.
Huzayfa qaytib kelganida Janobimiz namoz o‘kiyotgan edilar. Shu onda atrofning birdan sovuganini his etdi. Rasululloh namozlarini tugatib, Huzayfa keltirgan xabarga quloq tutdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:16:30
* * *
Ertalab quyosh chiqqanida maydonda mushriklar yo‘q, tuyalariyu oziqovqatlarini tashlab, allaqachon tarqalib ketishgan edi. O’ljalar to‘plandi, Payg‘ambarimizga olib kelindi.
Nabiyyi akram Madinaga qaytish haqida buyruk bsrdilar. «Endi xujum qilish navbati sizlarga keldi. Bundan keyin Quraysh sizlarning ustingizga kela olmaydi!» deya marhamat qildilar.
Tuyada Madina ko‘chalarida borar ekanlar: «Ollohdan o‘zga hech bir iloh yo‘q. Mulk Unikidir. Hamdu sano Unga xosdir. U xar narsaga qodirdir. Qaytyapmiz, tavba etamiz. Qullikda doimmiz. Rabbimizga hamdimizni takdim etamiz. Olloh va’dasining ustidan chiqdi; quliga yordam berdi va yakka O’zi bu qo‘shinlarni tormor qildi», der edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:16:54
* * *
Makka yo‘lida ko‘li bo‘sh, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan va butun umidlari puchga chiqqan holda borayotgan Abu Sufyon kin va nafrat tuyg‘ulariga to‘la bir maktub yozib, Madinaga jo‘natdi. Xatda bunday deyilgan edi:
233
«Bismik Allohumma (Ollohim, sening noming ila).
Men Lot va Uzzoga, Isof va Noilaga, Hubalga qasam ichib aytamanki, sizlarning tomiringizni quritmaguncha orqaga qaytmaslik niyati bilan katta qo‘shin to‘plab ustingizga bostirib kelgan edim. Sen esa biz bilan to‘qnashishni istamading. Handaqqa suyanib hiyla ishlatding. Holbuki, arablar bunday narsani bilmaydi. Arablarning bilgani nayza va qilichlardir. Sening handaqqa tayanishingdan maqsading faqat bizning qilichlarimizdan va ochiq urushishdan qochish edi. Uhud kunidek bir kunni boshingga solgumdir!»
Maktub Rasulullohga yetkazilganida, uni o‘qitdilar, eshitdilar va quyidagicha javob yozdirdilar:
«Ollohning rasuli Muhammaddan Abu Sufyon Saxr ibn Harbga! Maktubing menga yetib keldi. Uzoq yillardan buyon shayton seni Olloh taologa qarshi mag‘rur qildi, aldab keldi. Ustimizga bostirib kelishdan maqsading — bizning tomirimizni quritmaguncha qaytmaslik bo‘lgani haqidagi so‘zlarga kelsak, Olloh taolo yo‘l qo‘ymaydigan ish bu. Haq taolo go‘zal natijani bizga berajak. Bir kuni mening Lot va Uzzoni, Isof va Noilani, Hubalni qanday parchaparcha qilishimni ko‘rasan. Buni sening esingga solaman, ey G’olib o‘g‘illarining ahmog‘i!»  («Insanul uyun», 2/ 657.)
Bu maktub ham Abu Sufyonning maktubini olib kelgan odamning qo‘liga berildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:17:32
QURAYZA YAHUDIYLARI SARI

Sarvari koinot Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yigirma kundan oshgan og‘ir damlarning charchog‘ini chiqarish uchun uylariga keldilar. Qurollarini olib qo‘ydilar, yuvinib, peshin namozini masjidga chiqib o‘qidilar. Namozdan so‘ng hamma uyuyiga tarqaldi, Faxri koinot ham qaytib uyga kirdilar. Asr namozi yaqinlashmoqda edi. Ittifoqo, ko‘rgan kishining havasi keladigan, chiroyli yuzli, basavlat, lekin ustiboshi changtuproq, qurollangan bir odam ko‘rindi. Uning kelganini hech kim bilmay qoldi.
U kim ekanini Oliy Mavloning xos ilhomi orqali Payg‘ambarimizgina bilar edilar.
Yo Rasululloh, tashladingizmi qurolingizni?! Biz xanuzgacha qurollarimizni tashlamadik. Rabbim sizga salomlar yo‘llamoqda. Qani, yuring, ketamiz!
— Qayoqqa?
— Bu tomonga! deya Qurayza qabilasi yashaydigan makon tarafga ishora qildi. Men ketyaimai, siz yetib borguningizcha ularni bir silkitib qo‘yay.
Qurayza qabilasiga olib boradigan yo‘l ustida turgan musulmonlar Kalb qabilasidan Dihya ismli kishini zirhli va qurollangan holda ko‘rishdi. U xaybat bilan odim otib borardi. Bir qaragan ikkinchi qarashga botinolmaydigan darajada daxshatli edi vajohati. «Dihyaday chiroyli odam, demak, shunaqa azamatli ham ekanda!» deb hayratlanishdi. U yolg‘iz edi. G’ayratidan, xozir yetib boradiyu to‘polon ko‘tarib yuboradi, oldidan chiqkanni yer tishlatadi, hammani parishon etadi, deb o‘ylash mumkin edi.
Nima qilmoqchi o‘zi bu odam?! Uzoq davom etgan va xaqiqatan hammaning joniga tekkan g‘avg‘olardan keyin bu qadar hirs bilan va bir o‘zi qanday savdoni boshlayapti?! Odamlar hech narsa tushunmay lab burgancha qolaverishdi.
Dixya qiyofasida kelgan Jabroili amin (a.s.) ketarketmas, Rasululloh (s.a.v.) Bilolni chaqirdilar, unga kerakli ko‘rsatmani berdilar. O’zlari darhol qurollarini yana takdilar.
Bu orada sahobalardan biri ko‘chamako‘cha aylanib: «Rasululloh buyurdilar: hech kim Qurayza yurtiga bormasdan asr namozini o‘qimasin, tez to‘planinglar!..» deb jar solib chiqdi.
Charchoqlar bir zumda unutildi. Mo‘minlar qurollarini olib ko‘chaga otilishdi. Ollohning va rasulining amri bajo etilishi kerak, axir.
Yo‘l oxirlar ekan, quyosh ham botish pallasiga kirdi. Qurayzaga yetib borguncha botishi mumkin. Shu sababli ba’zilar: «Rasuli akramning asl maqsadlari bizni tezlatish edi. Niyatlari amalga oshdi. Endi vaqtini o‘tkazmay namozimizni o‘qib olganimiz yaxshiroq», deyishdi va namozlarini yo‘lda ado etishdi.
Boshqa guruh mo‘minlar esa: «Janobimiz, Qurayzaga bormay asrni o‘kimanglar, deganlar», deb yo‘lda namoz o‘qishmadi. Shu bilan birga, namozini o‘qiganlar o‘kimaganlarga Hech narsa demadi. O’qimaganlar ham o‘qiganlarga biror qattiq gap gapirmadi. Vaziyatdan xabardor bo‘lgan Janobimiz esa «Falonchilar to‘g‘ri yo‘l tutibdi», demadilar. Bu bilan har ikki guruh ham maqsadga muvofiq ish qilganini anglatgan bo‘ldilar. O’zlari o‘shanda asr namozini yo‘lda o‘qidilarmi yoki Qurayzaga borib o‘qidilarmi bu yog‘i bizga qorong‘u.
235
Qurayza qabilasiga birinchilardan bo‘lib yetib kelgan Hazrati Alini yahudiylar qattiq haqoratlar bilan kutib olishdi. Haqoratlarining bir qismi Rasulullohning (s.a.v.) sha’nlariga yo‘naltirilgan edi.
Mo‘minlar birinketin kelib, qal’aning atrofini o‘rab olishdi. Shom qorong‘usi cho‘kar ekan, bir tomondan, qal’aning atrofini qurshagan, boshqa tomondan, asr namozini o‘qishga tutingan yuzlarcha mo‘min bir joyga to‘plandi.
Endi yahudiylar bu ish ular istaganday yakunlanmasligini anglab yetishdi. Qal’a darvozalarini yaxshnlab berkitishdi. Tashqaridan otilgan o‘q va toshlarga o‘q va toshlar bilan javob qilishdi.
Bir necha kun davom etgan qamal natijasida oziqovqatlari tugay boshlagach, qabila ulug‘laridan Qays ibn Nabboshni Rasuli akramga (s.a.v.) jo‘natishdi.
Qays bir paytlar Bani Nazir xalqiga qilingan muomalaga rozi ekanliklarini, musulmonlar izn berishsa, bu yerdan ketishlarini, hatto mollarini ham tashlab ketishlarini aytdi, biroq uning takliflaridan birontasi ham qabul etilmadi. Unga hech bir shartsiz taslim bo‘lishdan boshqa yo‘l yo‘qligi tushuntirildi.
Qays uchrashuv natijasini yetkazish uchun Qurayza xalqiga qaytdi. Oradan ancha vaqt o‘tdi. Qal’a ustidan bir kishi:
— Abu Luboba bilan ko‘rishmoqchimiz! — deya baqira boshladi.
Abu Luboba izn olib, qal’a ichiga kirdi. Uni xotinlar, bolalar dodfaryodlar bilan kutib olishdi. Ho‘ngirho‘ngir yig‘lashar edi.
—   Dardimizga darmon bo‘l, ey Abu Luboba!
—   Bizga bo‘lgan do‘stligingni bugun ko‘rsat!
—Jonimizni saqlab qol!
Yalinib-yolvorayotganlarning son-sanog‘i yo‘q. Qarshisidagilarning ko‘zyoshlari Abu Lubobani iztirobga soldi, yuragini ezib yubordi.
— Nima deysan, ey Abu Luboba, taslim bo‘laylikmi? Bizga taslim bo‘lishni tavsiya etasanmi?
— Ha.
— Xo‘p, ammo unda nima bo‘ladi?! Bizning holimiz ne kechadi?!
Abu Luboba bu savolga javob bermadi. Faqat bir qo‘li bilan soqolini ko‘tardi. Ikkinchi qo‘lini qilich qilib bo‘g‘ziga tiradi, «Sizlarni o‘lim kutadi», demoqchi bo‘ldi.
Shu zahoti — u hali «qilich qo‘li» ni pastga tushirmay turib, ichida chaqmoqday chaqqan bir og‘riqni sezdi. «Sen Ollohga va payg‘ambariga xiyonat qilding!» degan og‘riq edi bu.
Ortiq bir og‘iz ham gapirmadi, bu yerda boshqa turmadi ham. Qipqizil bir yuz, qo‘rdek yongan yurak bilan qal’adan chiqdi. Unga ishonch bildirib yuborgan buyuk Payg‘ambarning yonlariga shuvut yuz bilan borolmaydi endi, «Sizga xiyonat qildim», deyolmaydi!
To‘g‘ri Madinaga yo‘l oldi. Uyiga kirdi, bir arqon oldi. Qilib qo‘ygan ishini uyidagilarga aytib berdi va:
— Endi meni masjidning ustunlaridan biriga bog‘langlar. Olloh taolo tavbamni qabul qilgunicha bog‘loqliq qolaman, — dedi.
Shu tariqa, ustunga bog‘langan Abu Luboba faqat namoz o‘qish uchungina arqonni bo‘shatar, keyin yana bog‘latib qo‘yar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:18:04
* * *
Abu Lubobaning bu ishi Janobi Payg‘ambarimizga tushuntirilganida U zot:
— Oldimga kelganida edi uni kechirishini so‘rab, Rabbimga yolvorardim. Ammo u shunday yo‘l tutibdimi, Janobi Mavloning hukmini kutishimiz kerak, — deb marhamat qildilar.

* * *
Qamal boshlanganiga o‘n besh kuncha bo‘lib qoldi. Tashqaridan ichkariga oziqovqat kiritishning sira iloji yo‘q. Yeyishga hech vaqo qolmadi. Ka’b ibn Asad Qurayzaning peshvolari bilan oxirgi marta yana bir bor maslahatlashdi.
— Nima bo‘layotganini ko‘rib turibsizlar. Bizga uchta yo‘l qolgan. Uzaro maslahatlashib, bu yo‘llardan birini tanlaylik, — dedi Ka’b. — Birinchisi, bu odamning yo‘lidan borish va u olib kelgan dinni qabul qilish. Eng ishonchli yo‘l shu. Qasam ichib aytamanki, uning Olloh vazifalantirib yuborgan payg‘ambar ekani hammamizga ochiqoydin ayon bo‘lgan. Kelishi haqida Kitobimizda xabar berilgan payg‘ambar bu odamdan boshqa emas. So‘zimga quloq osib, unga imon keltirsangizlar, jonlaringiz, xotinbolalaringiz va mollaringizni saqlab qolasizlar.
Bu gaplar eshituvchilarning qulog‘iga yoqmadi. G’o‘ldiray boshlashdi. Oralaridan bir kishi:
— Biz Tavrotdan va Tavrotning hukmidan ayrilmaymiz. Tavrotni qo‘yib, boshqa bir kitobning hukmiga itoat qilmaymiz! — dedi
Bu gapga hech kim e’tiroz bildirmadi.
— Keyingi taklifingni ayt, ey Ka’b, qulogimiz senda! — deyishdi.
— Birinchi taklifimga rozi bo‘lmasalaring, kelinglar, bolalarimiz bilan xotinlarimizni o‘ldiraylik, orqamizda hech kim qolmasinda, o‘zimiz xayotmamot jangiga kiraylik. Mag‘lubiyatga uchrasak, ortimizdan xavotirimiz yo‘q. G’alabaga erishsak, xotin ham topiladi, bola ham...
Bu taklif ham hech kimga ma’qul bo‘lmadi. G’amgin yuzlar battar burishdi, qovoqlardan qor yog‘ildi go‘yo.
—   Ey Ka’b, biz bu bechoralarni o‘ldirsak, unda kim uchun urushamiz?!
—   Bo‘pti, sizlarga oxirgi taklifimni aytaman. Bilasizlar, bu oqshom shanba kechasidir. Biz bu shanbani qadrlashimizni bilganlari uchun, extimol, Muhammad va uning do‘stlari ertaga bizdan hech narsa kutishmaydi. Gapimga kirsalaring, qal’adan chiqamiz, ularni g‘aflatdalik paytlarida yoqalaymiz. Umid qilamanki, zafar qozonamiz. Endi o‘zlaringning fikrlaringni aytinglar.
—   Sen bizning shanbamizni o‘ldiryapsan, ey Ka’b! Shunday bir taklif aytyapsanki, bizdan avval bu ishni qilganlar maymunga aylandi, adoyi tamom bo‘ldi.
Takliflaridan birortasi ham qabul qilinmaganini ko‘rgan Ka’b jahli chiqdi:
— Inson bo‘lib, hech bo‘lmasa bir martagina aql ishlatsalaring edi!.. — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:18:27
PUSHAYMON ODAM

Yarim tun. Qurayza qal’asining darvozasi sekin ochilib, bir odam chiqdi. Bu odam Qurayza yahudiylaridan Amr ibn Su’do edi.
Amr ancha ilgariroq Nabiyyi akramning (s.a.v.) xaqiqiy payg‘ambar ekanlarini anglab yetgan edi. Faqat, Abdulloh ibn Salom kabi vaqtida harakat qilmadi, keyinroq esa, yahudiylardan andisha qilib, ovozini chiqarmay yurdi. Biroq endi pichoq suyakka borib qadaldi. Yo Rasulullohga oldilarida tiz cho‘kib, musulmon bo‘lgannni ma’lum qiladi, yoxud hech bir hukmi qolmaganiga to‘la ishonch hosil qilgan bir dinda yuraveradi va inkor ichida o‘lib ketadi. Birinchi yo‘l saodat sohiliga, ikkinchi yo‘l halokatga olib borishi aniq.
Rasulullohning (s.a.v.) yonlariga borish qiyin emas, ammo «Besh yildan busn qaerlarda eding? Nsta bunchalar kech kelding, ey Amr?! Mening dinim eng to‘g‘ri, eng xaq din ekanini bugun ilojsiz qolganingdagina tushunib yetdingmi?!» desalar, nima javob qiladi?
Amr vijdoni buyurgan tomonga qarab keta boshladi. Shu damgacha bir yahudiy o‘laroq yurgan bu yo‘ldan endi u yahudiylikdan abadiyyan yuz o‘girgan bir inson, o‘zi tanlagan dinni ochik aytishga jasorati yetmagan gunohkor bir musulmon o‘laroq yurib borar edi.
— Hey, oshna! To‘xtachi joyingda!
Obbo, bu nimasi bo‘ldi?! Amr hech kimga ko‘ringisi, hech kim bilan gaplashgisi yo‘q edi. Vijdoni bilan slg‘iz qolishni, hayotining sarxisobini qilishni xohlardi. Ammo hozir to‘xtamasa boshi baloga qoladi...
Majburan to‘xtadi. Baqirgan odam qo‘lida qilich bilan yaqinlashdi
— Qani, kimsan sen?!
Javob yo‘q. Harakat ham yo‘q. U Amrning yuziga boqdi.
— Iya, senmisan? Nahotki Amr ibn Su’do «janob» lari bilan ko‘rishishga musharraf bo‘lgan bo‘lsam!
—   Ha, menman, ey Maslama o‘g‘li Muhammad.
—   Xo‘sh, bemahalda yo‘l bo‘lsin?
—   Shuni mendan so‘rashing shartmi?
— Kimdan so‘rayman bo‘lmasa?! Qaerga va nima maqsadda borayotganingni bilmay, seni qanday qo‘yvoraman?..
— Menga qara, ey Maslama o‘g‘li, ko‘rib turibsan, qurolim yo‘q. Keksa bir odamman. Bu holim bilan hech kimga zararim tegmaydi. Bundan tashqari, yomon bir niyatda kelmayotganimga qasam ichaman. Amrning ovozidagi siniqlik ichidagi ruhiy buhronni yaqqol aks ettirib turardi. Bu ovozda samimiyat hokim, bu ovozda o‘z dardi bilan o‘zi ovora bir odamning xolatini sezish mumkin edi.
— Unday bo‘lsa, yo‘ling bexatar bo‘lsin, ey Amr!
— Raxmat, ey Maslama o‘g‘li! Olloh murodingga yetkazsin!
Amr u yerdan ketdi. Yurdi, yurdi. Nixoyat, Madina ko‘chalariga kirdi. To‘g‘ri olamlarning Sultoni Janobimizning masjidlariga burildi. Masjid eshigining ostonasiga, Rasululloh (s.a.v.) oyoq bosganlariga qanoat hosil qilgan joyga yuzini qo‘ydi. Ingragansimon ovoz aralash bir nimalar dedi. Uxlamadi ham, u yerdan ketmadi ham. Soqolini o‘sha yerdagi chag‘il toshlarga qaytaqayta surdi.
Shu holda qancha qolganini bilmaydi. Xo‘rozlarning qichqira boshlashi vaqt o‘tganini, tong yaqinlashayotganpni bildirar edi. Ostonadan boshini ko‘tardi. Ko‘zlaridan oqqan yoshga chag‘il toshlar ho‘l bo‘lgan edi. Qorong‘uliklarni tsshgudek o‘tkir nigoxlarini ko‘kka qaratib, Rabbiga iltijo qila boshladi.
Keyin bosgan narsasini ezishdan qo‘rqqan odamdek, asta-sekin yurib, u yerdan ayrildi. Bir necha daqiqadan so‘ng qadamini tezlashtirdi. Orqasiga qaramay borardi. Nihoyat, shahar tashqarisiga yo‘naldi. Endi Qurayza qabilasiga bormaydi. Bir necha soat oldin u yerdan umuman qaytmaslikka ahd qilib chiqqan. Butun borlig‘i bilan ayrilgan bu qabiladan. Bu ayrilish uni tushkunlikka solmadi. Ha, qalbi katta bir xuzun bilan to‘la, biroq bu mahzunlikka, qo‘lidagi qulay bir fursatni boy bergani sabab edi, xolos. Umrining oxirgi yillarida boshiga qo‘nay deb turgan baxt qushini qochirib yuborishning alamiga chidayotgan edi u. Abdulloh ibn Salom kabi mardlarcha kadam bosolmaganligi, haq yo‘l ekaniga ishongan bnr yo‘lda yura olmagani uchun vijdon azobida qiynalayotgan edi.
 Amr endi bu yerga hech qaytmaydi.
 Qaerga ketyapti?! Qaerlarda yashashni mo‘ljallayapti endi?!
 Bir narsa aniqki, u qaytib hech qachon yahudiylar orasiga kirmaydi. Bundan so‘ng Amrning qaerda, qancha va qanday yashagani Buyuk Mavlogagina ayon!
Uni Qurayza qabilasidan Madinaga tomon ketayotganda yo‘lda to‘xtatgan va so‘zlashgan Muhammad ibn Maslama bo‘lgan voqeani nabiylar Sultoni Janobi Payg‘ambarimizga aytib berdi. Ammo u zot: «Olloh taoloning mehribonligi tufayli jahannamdan qutqargan bir qulidir», deya marhamat qilganlarini ham Amr bilmasdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:18:57
* * *
Tong otgach, qurayzaliklar hech so‘zsiz taslim bo‘lishdi.
Avs qabilasiga mansub musulmonlar ularga yumshoq muomala qilinishini, yaxshilik ko‘rsatilishini istadilar. Hazraj qabilasidan munofiq Abdulloh ibn Salulning Qaynuqo’ yahudiylariga yon bosishining natijasi edi bu holat! Chunonchi, avvaldan Hazraj Qaynuqo’ bilan, Avs esa Qurayza bilan sutqatiq bo‘lib yashab kelishgan edi.
Avsliklarning bu istaklariga muqobil Rasuli akram (s.a.v.):
 Ey avsliklar, orangizdagi bir kishi bu yahudiylar ustidan chikaradigan hukmga rozi bo‘lasizlarmi? deb so‘radilar.
— Ha, rozi bo‘lamiz, ey Ollohning payg‘ambari.
Unday bo‘lsa, Sa’d ibn Muozni bu yerga olib kelinglar!
Sa’d handaqda yaralangan kundan beri Rufaydi ismli bir xotin nazorat qilib turgan chodirda yotgan edi. Avsliklar Rasuli akramning amrlarini o‘rniga keltirish uchun chopishdi. Sa’dni bir eshakka mindirishdi. Sa’d eshak ustida o‘tirolmaydigan darajada darmonsiz edi. Tushib ketmasligi uchun ikki yonidan suyab kelishdi. Yo‘lakay biror muloyim hukm chiqarishini iltimos qilishardi. Nixoyat, Sa’d shu gapni aytdi:
— Endi Sa’d uchun ayblaganlarning aybloviga parvo qilmaydigan vaqt keldy.
Bu gap uning hamrohlari zehnlariga kerakli xulosa joylashtirib bo‘ldi. Yahudiylar haqida chiqarilajak xukm xozirdan ayon bo‘lgandek edi.
Asirlar qo‘llari bog‘liq holda kutishdi. Sa’d keldi. Janobimiz: «Turinglar, raislaringizni kutib olinglar!» deb buyurdilar. Avsliklar o‘rnilaridan turishdi, Sa’dni qarshilashdi. Yo‘lda kilingan iltimoslar bu yerdagilar tarafidan yana takrorlandi. Eshagidan tushirilgan Sa’d qabiladoshlariga murojaat etdi:
— Sizlar men chiqaradigan hukmga rozi bo‘lasizlarmi?
— Rozi bo‘lamiz.
241
Bu tomondagilar-chi? — deb Payg‘ambarimiz turgan tomondagilardan ham so‘radi. Rasuli akram (s.a.v.):
— Biz ham qabul qilamiz, — dedilar.
Shunda Sa’d qurayzaliklar ustidan xukmni qisqa qilib aytdi:
Erkaklari qatl etilsin. Xotin va bolalari qul qilinsin. Mollari taqsimlansin.
Payg‘ambarimiz bu hukmni eshitgach:
— Oliy dargohlarda chiqarilgan xukmni berganday bo‘lding, ey Sa’d, — deya marhamat qildilar.
Asirlarni Bani Najjordan bir ayolning bog‘iga kiritishdi. Qurayzaliklarni bu falokatga boshlagan Huyayy egnidagi ko‘ylagini boshqa birov foydalanmasin uchun tilimtilim kesib tashlagan edi. Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rib, bunday dedi:
Senga dushmanlik qilganim uchun o‘zimni ayblamayman. Shu narsa haqiqatki, Olloh xor qilgan kishi haqiqatan xor bo‘ladi. Ey insonlar! Ollohning amrnga qarshi hech narsa deb bo‘lmaydi. Bani Isroilning peshonasiga bitilgan bir yozuq, bir takdir va qochishga imkonsiz bir urush... Hammasi mana shu!
Huyayy tiz cho‘kdi. Bo‘yniga shiddat bilan solingan qilich uning hayotini kesdi, vujudi bahaybat daraxt tanasi kabi yerga quladi. Huyayy hayotdan ko‘z yumdi. Bir necha yil avval u Rasulullohni ko‘rish uchun ukasi Abu Yosir bilan birga kelgan, Rasuli akramni ko‘rarko‘rmas tanigan va o‘sha ondan boshlab so‘nggi nafasigacha kin va dushmanlik tuyg‘usi to‘la bir kalb bilan Payg‘ambarimizga qarshi kurashajagini e’lon etgan edi. «Biz uzoq yillar shu payg‘ambarning kelishini kutmaganmidik?» degan o‘rtoqlariga: «Bu odam Xorun payg‘ambarning naslidan emas; yahudiy emas bu odam...» deya imon keltirmaganining sababini shunday izohlagan edi.
O’zi bilan birga qabila xalqini ham falokatga yetakladi.
Qurayza raisi Ka’b ibn Asadga ham, qabilaning qolgan a’zolariga ham ayni hukm tatbiq etildi.
Bu orada madinalik musulmonlardan Sobit ibn Qays Buos jangidagi bir xotirani esga olmay ilojini qilolmadi. Qurayzadan Zabir ibn Bato o‘sha kuni uni tutib olgan, ammo o‘ldirmagan, sochining old qismidan ozgina qirqib olib, o‘zini ko‘yib yuborgan edi. Bu harakat xayotini bag‘ishlash marosimi kabi bir ish edi. Sochi kesilgan inson hayoti davomida uning oldida qarzdor degani.
Buos jangida o‘ziga qilingan bu yaxshilikni Sobit qaytarishni judajuda istar edi. Sochsoqoli oqargan, qaribqartaygan Zabirning yoniga bordi:
—   Tanidingmi meni, ey chol? Zabir boshini ko‘tardi:
—   Mendek bir odam seni tanimas ekanmi?
—   Sening oldingdagi burchimni ado etmoqchiman.
— Ey javonmard kishi, yaxshilik qilganga yaxshilik qiladi.
Sobit u yerdan to‘g‘ri Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga keldi:
— Ey Ollohning payg‘ambari, — dedi. — Zabir ibn Bato men uchun unutilmas bir yaxshilik qilgan. O’sha yaxshiligini qaytarmoqchiman. Uning qonini men uchun kechishingizni so‘rayman!
— Bor, u seniki.
Sobit bir mujda olgandek sevindi. Kelib, bo‘lgan voqeani Zabirga tushuntirdi.
Zabir bu xabardan uncha quvonganga o‘xshamas edi.
— Ey Sobit, qani, menga aytginchi, oilasi va bolalari bo‘lmagan bir chol hayotdan nimani ham kutishi mumkin?!
Haq gap. To‘g‘rida, bu holda yashashdan qanday ma’no qoladi?!
Sobit o‘zicha bir narsa deya olmadi. Rasulullohning huzurlariga borib, Zabirning so‘zlarini yetkazdi. U yerdan Zabirning oilasi va bolalari haqida mujda olib, uning yoniga keldi. Ammo bu quvonchli xabar ham yetarli emasdi. Zabir boshini chayqadi:
—Hijoz hududida molmulki bo‘lmagan bir oila, — deya ming‘illadi, — ularni boqishning o‘zi bo‘ladimi, ey Sobit?!
Sobit uchinchi marta Rasulullohning yonlariga bordi va bu gal Zabirga mollari ham qaytib berilgani javobini olib keldi. Shunday qilib, Zabir og‘ir vaziyatdan hamirdan qil sug‘urgandek oson chiqib oldi. Bir paytlar Sobitga ko‘rsatgan yaxshiligi ortig‘i bilan qaytgan edi. Ko‘ngli tinchidi.
— Qani, ey Zabir, moling va oilang bilan tinch yashayver endi! — deya uning qo‘llarini yechar ekan, Zabirning hali ham bu yerdan ketish niyati yo‘qligini ko‘rib, hayron qoldi.
Hech quvonganga o‘xshamasdi bu odam! Jilla qursa, bir og‘iz rahmat aytishi kerakku! Vaholanki, g‘amzadaligi sira tarqamagandek edi.
— Ey Sobit, menga aytchi, yuzi Xitoy oynasi kabi porlagan bir odam bor edi. Qabila qizlari oynaga qaraganday unga qarab yuzlarini ko‘rishdi. Ka’b ibn Asadni nazarda tutyapman. Nima bo‘ldi unga?
Sobit bir so‘z bilan javob berdi:
— O’ldirildi.
— Tanishnotanish hammaning xojasi bo‘lmish Huyayy ibn Axtobning xoli nechuk?
— U ham o‘ldirildi, ey Zabir!
Zabir yana bir necha kishini so‘radi. Ularning ham o‘ldirilganini bilgach, Sobitning qo‘lidan tutib:
—   Qo‘limni qo‘yib yuborma, ey Sobit, — dedi. — Meni ular o‘ldirilgan joygacha olib bor. Men ham ulardek o‘lishni xohlayman. Qasam ichib aytamanki, ularsiz dunyoda yashashning xayr va barakoti yo‘qdir.
—   Nimalar deyayotganingni bilasanmi, ey Zabir?! Jiddiy gapiryapsanmi o‘zing?!
Zabir matonatli, biroq tushkun bir ifoda bilan:
— Ha, nimalar gapirayotganimni yaxshi bilib turibman. Sendan iltimos, tezroq olib bor meni. Ularga qovushmoq uchun bir zum vaqt o‘tishiga ham bardosh qilolmayman, — dedi.
Sobit qo‘liga kanadek yopishib olgan Zabirning o‘rtoqlariga bu qadar kuyinishiga hayratlanib, shoshib qoldi.
—    Yana bir bor o‘ylab ko‘r, ey Zabir! Bu ish hazil emas, axir!
—    O’ylab bo‘ldim, qarorim qat’iy. Hech kutma, qo‘limni ham qo‘yib yuborma.
Sobit uni olib ilgariladi. Bir ozdan so‘ng tiz cho‘ktirilgan Zabirning boshi kumlar ustida dumalanar ekan, Qurayza qabilasida qo‘lida quroli bor kishi qolmagan edi.
Kurayza ayollaridan faqat bittasiga o‘lim jazosi berildi. Bu ayol qal’adan tosh otib, mo‘minlardan Xallod ibn Suvaydning o‘limiga sabab bo‘lgan edi. O’limga hukm qilinishini bilaturib, atrofdagilar bilan hazillashishi, o‘ynabkulib o‘limga borishi Hazrati Oyisha (r.a.) va boshqa ayollarning xotiralarida uzoq yillar saqlanib qoldi. Qurayzaliklarning ayollari va bolalari musulmon oilalariga tarqatildi. Rayhona ismli cho‘rini Rasululloh o‘zlari uchun ayirdilar.
Janobimiz unga musulmon bo‘lishni va o‘zlariga turmushga chiqishini taklif qildilar. Lekin u eski dinidan qaytmasligini, cho‘ri bo‘lib qolishni afzal ko‘rdi. Musulmonlikni qabul qilmagach, Rasululloh (s.a.v) ma’lum vaqtgacha uni o‘zlaridan uzoq tutib yurdilar. Keyinroq Rayhona Islom dinini qabul qilgani haqida mujda tarqaldi. Biroq u yana turmush qurish borasidagi taklifni qabul qilmadi, hayotini cho‘ri sifatida davom ettirdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:19:16
RABBIGA QOVUSHGAN BIR MAHBUB

Qurayza qabilasi masalasi shu tariqa hal bo‘ldi. Sa’d ibn Muoz qurayzaliklar ustidan qaror chiqargach, yana Rufayda xonim nazoratidagi chodirga keltirib yotqizildi.
Yaralanganiga yigirma besh kuncha bo‘lgan edi. Bir gal vaqt yarim tundan oshganida, usti endigina qota boshlagan yarasi birdan ochilib ketdi. Qon sirqirab oqa boshladi. Voqea kechasi sodir bo‘lgani uchun uning bu ahvolidan hech kim xabarsiz qoldi. Ancha paytdan so‘ng masjid ichiga oqib kirgan qonning chodirdan kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Ichkariga kirganlarida Sa’d ibn Muoz jonsiz yotar edi.
Uning vafoti haqida Rasulullohga Jabroili amin xabar berdi. Osmon eshiklarining maxsus ochilgani, Sa’d ibn Muoz hazratlarining (r.a.) oxirat olamiga o‘tishi sababli Buyuk Mavlo yaratgan mahluqlarning eng ulug‘i bo‘lmish Arshning titragani ma’lum qilindi.
Sa’dni yuvib kafanlashdi. Baqi’ qabristoniga ko‘mishdi. Qabrga qo‘yilayotganida Rasululloh (s.a.v.) «Subhonalloh!» deb yubordilar. Hammaning ko‘zi Janobimizga qadaldi. Rasuli akram (s.a.v.) biror izoh keltirmadilar. Bir ozdan so‘ng «Ollohu akbar! Ollohu akbar!» deb qo‘ydilar.
—   Ey Ollohning payg‘ambari, ne hol sizga bu so‘zlarni so‘zlattirdi? — deb so‘rashdi sahobalar.
—   Bu solih qulni qabrning qisgani va shundan keyin Buyuk Rabbimning qabrni kengaytirgani, — deb javob berdilar Sarvari olam.
Sa’d ibn Muoz o‘zidan har jihatdan tahsinga sazovor xotiralar qoldirdi. Hazrati Umar kabi jahldor inson edi. Biroq uning g‘azabi Janobimiz har doim taqdirlaydigan darajada edi va ezgulikka xizmat qilardi. Islom dinining Madinaga yoyilishida bu odamning xizmati katta bo‘lgan. Ayniqsa, butun boshli qabilasi uning bir og‘iz so‘zi bilan yoppasiga bir kundayoq musulmonlikni qabul qilgan.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:19:53
* * *
Qurayzaliklar masalasi tugab, xayot oldingi izga tushdi, lekin Abu Luboba hali ham bir og‘ochga bog‘liq holda kun kechirar edi. Namoz vaqtlari xotini kelib, uni arkrndan bo‘shatar va u Sultoni anbiyo janobimizning orqalarida turib, namozini o‘qir edi. Salom berilgach, Abu Luboba yana og‘och yeniga kelar, yana bog‘lanar edi.
Kechakunduz hayot ana shunday davom etardi. Avvaliga biror narsa yemadi, ichmadi. Ochlik va suvsizlik bergan darmonsizlik nchida Rabbiga tavba qildi. Pushaymonlik tuyg‘ularini ko‘zyoshlari bilan to‘kib soldi. Ulug‘ Dargoxga yo‘nalgan qalbi joxilligidan yo‘l qo‘ygan gunohi kechirilishiga umidvor holda nolalar qildi.
Munofiq emas edi. Munofiq bo‘lishdan ko‘ra o‘lim afzal edi uning uchun. O’ylamay qilib qo‘ygan gunohiga «o‘tdiketdi» deya beparvo bo‘lolmadi, uyat, xijolatlik sezib, oxirat javobini o‘ylab, o‘zi o‘zini tugatdi go‘yo. Qalblardagi sirlardan ham voqif Buyuk Mavlo uning bu holati shunchaki o‘zini ko‘zko‘z qilish emasligini bilardi.
Urtoqlari uylarida tinchgina uxlashar ekan, u og‘ochda bog‘langan xolatda uyqusiz ko‘zlarila tong ottirardi. Ba’zan faqat ozmoz mudrar edi, xolos.
Rasululloh (s.a.v.) har gal masjidga kirganlarida u Janobining yuzlariga ayricha hayajon bilan boqar, bir mujda kutib yo‘nalgan nigohlari unga sabr tavsiya etib qaytar edi.
Shu holda olti (yoxud yigirma) kun o‘tdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:20:09
NIHOYAT, XUSHXABAR

Ummu Salama onamizning sevinchi ichiga sig‘mas edi o‘sha oqshom. Chunki Sarvari anbiyo Janobimiz bilan birga bo‘lish buyuk bir ne’mat ekanini bilardi.
Avval dinining payg‘ambari sifatida sevgan bo‘lsa, endi umr yo‘ldoshi o‘laroq yanada qattiqroq sevajak. Yangi qurilgan bu oila unga Rasulullohni yaqindan tanish, har bir xatti-harakatlarida ayricha bir odob, ayricha bir marhamat borligini ko‘zlari bilan ko‘rish imkonini berdi.
Uzoqdan tanibqadrlab yurganingiz biror insonga yaqinlashsangiz, uni yaqindan taniy boshlagach, ba’zan o‘sha odam avvalgi jozibasini yo‘qotadi, odamlardagi odatiy kamchiliklar unda ham borligiga guvoh bo‘lasiz. Rasulullohga (s.a.v.) yaqinlashgan sayin esa, aksincha, ul zotning naqadar buyuk, naqadar fazilatlarga boy ekanliklari ma’lum bo‘lib boraveradi. U kishini insonlar orasida ko‘rib sevganlar, yaqinlashgach, yanada ko‘proq sevishiga shubha yo‘q edi!
Nihoyat, Sarvari olam (s.a.v.) tashrif buyurdilar. Ummu Salamaning xonasi Faxri koinotning xos hidlari bilan to‘ldi. Butun borlig‘i ila xojasiga bog‘langan Ummu Salama ochiq chehra bilan:
— Xush keldingiz, qadamlaringizga xasanot, ey Ollohning rasuli, — deya kutib oldi.
Rasululloh unga tabassum bilan salom berdilar va o‘tirdilar. Oldilariga keltirib ko‘yilgan yemakdan xotinlari bilan birga yedilar. Kichik Umar tovoqning oldidan o‘ng qo‘li bilan yer, qo‘lini har tomonga uzatmas edi. Yeyishdan oldin o‘ng qo‘lini uzatib: «Bismillahir rahmonir rahim» deyish asnosida Janobimizning gul yuzlariga bokdi. Siz o‘rgatganingizday aytyapman, demoqchi edi go‘yo.
Xufton namozidan keyin uzoq suhbatni ko‘p ham yoqtirmaydigan Janobimiz tezda yotdilar va uxlab qoldilar. Kechaning oxirgi daqiqalarida uyg‘ondilar, tahorat olib namozga turdilar. Mo‘minlar onasi ham Rabbiga ibodat qila boshladi. Bu damlar Olloh xos qullarini huzuriga maxsus qabul qiladigan damlar edi.
Namozdan so‘ng Payg‘ambarimiz yuzlarida o‘zgacha bir quvonch alomatlari balqidi. Ummu Salama onamiz:
— Ey Ollohning payg‘ambari, sevinyapsiz? — dedi.
Faxri koinot uning gapini tasdiqladilar va Abu
Lubobaning tavbasi qabul etilganini marhamat qildilar.
— Qanday yaxshi, — deya suyunib ketdi Ummu Salama onamiz ham.
— Ruxsat bering, ey Ollohning payg‘ambari, bu xushxabarni tezroq yetkazay!
— Mayli.
Ummu Salama onamiz o‘rinlaridan turib, masjidga kirdilar. U yerda o‘tirgan mo‘minlar risolat huzuridan bir inson kelganini darhol payqashdi. Ammo ichkari qorong‘u emasmi, uning kimligini aniq bilib bo‘lmasdi.
— Mujdalar bo‘lsin senga, ey Abu Luboba! Olloh taolo tavbangni qabul etdi.
Bu ovoz... Ha, bu muborak ovozni tanimagan yo‘q. Ilk Habashiston safariga chiqkdn muhojir ayol bu... Dinini asrash yo‘lida u tortmagan jabrsitam qolmagan, payg‘ambarlarning eng Buyugiga umr yo‘ldoshi bo‘lishdek yuksak sharafga noil bo‘lgan hurmatli ayolning ovozi bu!
— Olloh sendan rozi bo‘lsin, ey mo‘minlarning onasi!
— Quvontirding bizni, ey Ummu Salama!
Masjiddagi bir necha kishi tez kelib Abu Lubobani
bo‘shatmoqchi bo‘lishdi. Lekin shodlikdan yig‘layotgan bir ovoz:
— Vallohi, yechdirmayman arqonni! Janobi Rasululloh kelib, muborak qo‘llari bilan yechmagunlaricha kutaman, «der edi.
Bir ozdan keyin Janobimiz masjidga kirdilar. Ilk ishlari Abu Lubobani «tutqunlik» dan xalos etish bo‘ldi. Abu Luboba onadan yangi tug‘ilgandek sof va toptoza bir ruh bilan, hamd va shukronalik tuyg‘ulari bezagan bir ko‘ngil bilan Janobi Payg‘ambarning orkalariga bomdod namozini o‘qish uchun turdi.
Namozdan keyin Abu Luboba Faxri koinotning xuzurlariga bordi va:
—   Ey Ollohning rasuli, tavbam qabul etilganining shukronasi o‘laroq molimni Olloh yo‘lida sarf etmoqchiman, — dedi.
—   Uchdan birini sarf qilsang kifoya, degan javob oldi.
Shu bilan Abu Luboba masalasi ham nihoyasiga yetdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:20:23
ZAYNAB XONIM

Zaynab oilasidan ajrashganiga uch oy bo‘ldi. Bu muddat ichida faqat ruhini tindirishga, bir yil davom etgan biribiridan achchiq kunlarini unutishga harakat qildi. Bir kuni uyida hamir qorib o‘tirganida, ro‘parasida u ko‘rishni xohlamagan odam paydo bo‘ldi.
— Yana nima istaysan, ey Zayd? — dedi.
—   Rasululloh janoblaridan senga sovchi bo‘lib keldim.
—   Hozir meni yolg‘iz qoldir. Bir muddat dam olvolay. So‘ng Rabbimning amrini kutaman.
Zayd borib, bo‘lgan gapso‘zni Payg‘ambarimizga aytdi.
Zaynab bu javobida haqli edi. Bir paytlar uning o‘zi Rasulullohga tegish orzuyini bildirishga harakat qilgan, ammo orzuyi ushalmagan, yuksaklardan kelgan amrga ko‘ra Zayd bilan turmush qurishga majbur bo‘lgan edi. Endi agar Rasuli akram bilan turmush qurishi takdirida bor bo‘lsa, Zayd uchun kelgan amr nega endi olamlar Sultoni Janobimiz uchun kelmas ekan? Agar Olloh taolo bu turmushni iroda etgan bo‘lsa, suyukli payg‘ambariga albatta bildiradi, masalani O’zi hal etadi. Zaynab shunday kanoatda edi.
Rasuli akram Zayd keltirgan javobdan keyin bir muddat kutishni ma’qul ko‘rdilar. Ittifoqo, bir kuni Hazrati Oyishaning xonasida ekanlarida, Jabroili amin Ahzob surasining ushbu oyatlarini olib keldi:
«(Ey Muhammad,) eslang, siz Olloh (Islomga hidoyat qilish bilan) in’ommarhamat qilgan va siz ham (qullikdan ozod qilib, o‘zingizga o‘g‘il qilib olish bilan) in’om qilgan kishiga (ya’ni, Zayd ibni Horisaga): «Juftingni o‘z huzuringda ushlagin (ya’ni, talok qilishga shoshmagin), Ollohdan qo‘rqqin», deb Olloh oshkor qilguvchi bo‘lgan narsani ichingizga yashirgan edingiz va Ollohdan qo‘rqishingiz haqroq bo‘lgani holda, siz odamlardan (ya’ni, ularning ta’na qilishlaridan) qo‘rqqan edingiz. Bas, qachonki Zayd undan (ya’ni, Zaynabdan) hojatini ado qilgach (ya’ni, uni taloq kilgach), Biz sizni unga uylantirdik. Toki mo‘minlarga asrandi bolalari o‘z xotinlaridan xojatlarini ado qilishgach (ya’ni, ularni taloq qilishgach), ularning (xotinlariga uylanishlarida) tanglik bo‘lmasligi uchun (shunday qildik). Va Ollohning amriirodasi qilinguvchi bo‘ldi. Olloh payg‘ambarga farz qilgan (ya’ni, halol qilgan) narsada unga bnron tanglik bo‘lmas. (Bu) ilgari o‘tgan (payg‘ambarlari) xaqidagi Ollohning yo‘li — qonunidir (ya’ni, ular uchun ham Olloh halol qilgan narsalarda hech qanday tanglik bo‘lmagan). Ollohning amriirodasi taqdiri azaliy bo‘ldi. Ular (ya’ni, o‘tgan payg‘ambarlar) Ollohning amru farmonlarini (bandalarga) yetkazadigan, U zotdan qo‘rqadigan va Ollohdan o‘zga birovdan qo‘rkmaydigan zotlardir. Ollohning O’zi yetarli hisob qilguvchidir».
Vahiyning ta’sirini sezib, Hazrati Oyisha onamiz Rasulullohning (s.a.v.) ko‘zlari tubiga bokdi: «Rabbimiz qanday amr yubordi?» deyayotgandek edi.
Nabiyyi akram nozil bo‘lgan oyatlarni o‘qidilar. «Rabbimizning har amri boshimiz ustidadir», degan bosh hurmat bilan egildi. Bu orada: «O’rtamizga yana bir kundosh kirdi», degan xayol ham yashin tezligida ko‘ngildan kechdi.
Payg‘ambar Janobimiz turib, to‘g‘ri Zaynabning uyiga kirdilar. Zaynab joyidan hurmat, hayajon va hayronlik bilan turib ketdi:
—   Ey Ollohning rasuli, hali nikohlanmasimizdan xonamga kirdingiz?! — dedi.
—   Bizning nikohimizni Olloh taoloning O’zi qiydi, ey Zaynab! — deya Janobimiz unga o‘zi haqida xos nozil bo‘lgan oyatlarni o‘qib berdilar.
Boshi egik, odob va xurmat bezagan bir holatda eshitdi Zaynab... Olloh taolo maxsus O’zi qiygan ushbu nikohdanda kuchli, bundanda ahamiyatli, qat’iy nikoh bo‘lishi mumkinmi?! Bu oyatlar unga «mo‘minlarning onasi» bo‘lish baxtini mujdalamoqda edi.
Rasululloh (s.a.v.) o‘sha kuni Olloh taoloning bu amrini xalqqa ochiqoydin yetkazdilar, so‘ngra ularni kechki ziyofatga chaqirdilar.
Mehmonlar kelib, ovkatlanishdi, biroq bir qismi ketmay o‘tiraverdi. Suhbat ancha vaqtgacha cho‘zildi. Zaynab shu xonada edi, yuzini devorga qaratib o‘tirar, mehmonlarning turib ketishlarini kutar edi.
Vaqt allamahal bo‘lganiga qaramay, kelganlar hali ham ketishni o‘ylashmasdi. Rasuli akram o‘rinlaridan turib, xonadan chiqdilar. Anas ham u zotga ergashdi. Janobimiz bir-bir ayollarining xonalariga kirib, ulardan holahvol so‘rab chiqdilar. Ular ham, o‘z navbatida:
— Yo Nabiyalloh, qanday, xotiningizdan xushlandingizmi?! — deb so‘rashdi.
Shu tahlit Ummu Salama, Xafsa, Oyisha va Savda onalarimiz bilan ko‘rishib chiqdilar. Qaytib kelib qarasalar, mehmonlar hali ham o‘tirishibdi. Yana picha aylanib yurdilar. Takror uyga kelganlarida, mehmonlar, nihoyat, tarqalishgan edi. Nabiyyi Akram ichkariga kirdilar. Anas ham orqalaridan kirmoqchi edi, eshik ustidagi parda tushirildi.
Shunday qilib, Zaynab Ollohning xos hukmi bilan avval Zaydning, keyin Janobi Payg‘ambarimizning zavjasi bo‘ldi. Eskidan beri maqsadi ham zotan shu edi.
Keyinchalik xotinlar o‘rtasida chiqqan ba’zi tortishuvlar chog‘i:
— Sizlarni otalaringiz, voliylaringiz nikohlashgan. Mening nikohimni esa Rabbimning O’zi qiygan! — deb maqtanar edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:20:34
* * *
Arablar azaldan tutingan farzandning ajralgan xotiniga uylanishni xarom sanashardi. Buyuk Mavlo bu johiliy odatni bekor qildi, ilk tatbiqini esa payg‘ambariga qildirdi.
Tushgan oyatlarla Janobimizning «Xotamun Nabiyyinya (ya’ni, payg‘ambarlarning oxirgisi) ekanlari ham bildirilgan, bundan keyin boshqa payg‘ambar kelmasligi qat’iy ifoda etilgan edi.

* * *
Bomdod namozidan keyin mo‘minlar Hotamul anbiyo janobimizdan ushbu oyatlarni eshitishdi:
«Ey mo‘minlar, sizlar Payg‘ambarning uylariga faqat biron taomga chaqirilsalarishtina kiringlar. (O’shanda ham) uning idishiga (ya’ni, qozondagi taomning gshshishiga) ko‘z tutib turguvchi bo‘lmanglar, balki chaqirilgan paytingizda kirib, taomlangach, tarqalinglar va biron gapga berilgan holingizda (u yerda qolib ketmanglar)! Chunki bu (ishlaringiz) Payg‘ambarga ozor berur, u esa sizlardan (ya’ni, sizlarni chiqarib yuborishdan) tortinar. Olloh haq(ni aytish)dan tortinmas. Qachon sizlar (Payg‘ambar ayollaridan) biron narsa so‘rasangizlar, parda ortida turib so‘ranglar! Mana shu sizlarning dillaringizni ham, ularning dillarini ham toza tutguvchirokdir. Sizlar uchun Ollohning payg‘ambariga ozor berish va uning ortidan ayollariga uylanish hech kachon durust emasdir. Chunki bu (ishlaringiz) Olloh nazdida ulug‘ (gunoh) ishdir. Agar sizlar biron narsani oshkor qilsangizlar yo yashirsangizlar, albatta (Olloh bilur). Zero, Olloh barcha narsani bilguvchi Zotdir. (Payg‘ambar ayollari) o‘zlarining otalariga, o‘g‘illariga, og‘ainilariga, og‘ainilarining o‘g‘illariga, opa-singillarining o‘g‘illariga, (mo‘mina) ayollarga va qo‘l ostilaridagi xizmatkorlariga (ochiq xolda ko‘rinishlarida) ularga biron gunoh bo‘lmas. (Ey Payg‘ambar ayollari,) Ollohdan qo‘rqinglar! Albatta, Olloh barcha narsa ustida guvoh Zotdir»  (Axzob, 53-55.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:21:04
XOLID IBN SUFYON

Makkalik Sulofa beradigan yuz tuya mukofotni ko‘lga kiritish uchun Osim ibn Sobit (r.a.) bilan o‘rtoqlarini Raji’ suvi bo‘yida pistirmaga tushirib o‘ldirgan Xolid ibn Sufyon endi kuch to‘plab, Madinaga hujum qilishga qaror berdi. Qarorini atrofdagi qabilalarga aytgan edi, ular ham bu taklifni ma’qullashdi.
Rasululloh (s.a.v.) uning bu rejasidan xabar topdilar va Abdulloh ibn Unaysni huzurlariga chaqirdilar. Vaziyatni tushuntirdilar. Dushmanning Urana vodiyida to‘planganini bildirib, Xolid ibn Sufyonni mahv etishni buyurdilar.
—   Yo Nabiyalloh, men u odamni bilmayman. Ta’riflang, ko‘rganimda tanib olay, — dedi Abdulloh.
—   Uni ko‘rgan zahoti tahlikaga tushasan. Ichingni bir qo‘rquv qoplaydi va shaytonni esga olasan.
—   Ey Ollohning nayg‘ambari, men qo‘rquv nimaligini bilmaydigan odamman. Kimsadan va hech narsadan qo‘rqmayman. Ammo uni topganimda, o‘rni kelib sizga qarshi gapirishimga to‘g‘ri kelib qolsa, nima qilay?
—   Xohlaganingni gapir. O’zingni Xuzoa qabilasidan qilib ko‘rsat.
Endi yo‘lga chiqish uchun Nabiyyi akram (s.a.v.) bilan xayrlashish va u kishining duolarini so‘rashdan boshqa ish qolmagan edi. Qilichini qo‘lga oldi, nima maqsadda va qaerga borayotgaiini hech kimga bildirmay, Madinani yashirincha tark etdi.
Mo‘minlarga va ayniqsa, payg‘ambarlar Sultoniga qarshi uyushtirilayotgan bosqinga raxbarlik qilayotgan bir badbaxtni yo‘qotish vazifasi unga yuklangani Abdullohni xursand qilgan edi. Agar bu ishni muvaffaqiyat bilan yakunlasa, ko‘ngli tinchiydi, umri bekorga o‘tmaganiga ishonch hosil qiladi.
Abdulloh uzoq yo‘l yurib, nihoyat Uranaga keldi. Shuncha yo‘lni yolg‘iz bosib o‘tdi, ammo insoniyatning hidoyat yo‘lboshchisi — suyukli Payg‘ambarini doimo yonida xis etdi. Hatto bunday birgalikni ilgari hech qachon totmagan edi Abdulloh! Yurak hamisha Madinada, nayg‘ambarlar Imomining yonida bo‘ldi! Yoxud Sarvari olam go‘yo u bilan birga yo‘lga chiqqan, unga yolg‘izligini bildirmayotgandek! Yo‘l bo‘yi namozlarini Payg‘ambarining orqasida o‘qitanday o‘qidi. U zotning suhbatlarida o‘tirgan kabi sho‘ng‘idi ko‘ngli Madina olamlariga...
Qisqasi, bu yo‘lchilik unga birgabirgalikda davom etgan ayriliq bo‘ldi.
Urana vodiyida yuzlarcha odam aylanib yurardi. Har kim o‘z yumushi bilan band. Endi Xolidni topib, tezda tinchitish, ishni bitirish kerak. Biroq uni tanimaydi, birovdan: «Menga Xolid ibn Sufyonni ko‘rsatib yuboringlar», deb so‘ragisi kelmaydi.
Abdulloh u yoqbu yoqqa qarab yurarkan, to‘satdan cho‘chib tushdi... Ichiga qandaydir qo‘rquv oraladi. Buncha ko‘p dushman orasida bir o‘zi. Bu odamlar uning terisini tiriklay shilishmasa, shukr qilishi kerak. Xolid ibn Sufyonning amri ostida jang qilish uchun to‘plangan buncha dushman ichra Abdulloh jonini qutqara olsa, eng katta muvaffaqiyati shu bo‘lardi lekin! «Shayton olsin, bu yerga nega keldim o‘zi?» deya o‘ylay boshladi u.
Birdan hushini yig‘di. Unga tanimagan dushmanni ko‘rib, to‘satdan cho‘chib tushishi, ichini bir qo‘rquv egallashi va shaytonni esga olishi aytilmaganmidi?! U izlagan odam xuddi shu!
— Haqlisiz, ey Ollohning rasuli, — deb shivirladi Abdulloh.
Xuddi shu paytda bir odam atrofidagilarga bir nimalarni aytdi, ular ham buyruk olganday tez tarqalishdi. Endi Abdullohning hech qanday shubhasi qolmadi. «Hozir bu odam bilan shug‘ullansam, namozim qazo bo‘ladi», deya o‘ziga o‘zi tushuntirdi Abdulloh.
Bir muddat oldingi qo‘rquv yuragini batamom tark etdi go‘yo. Ro‘parasida qanaqa va qancha dushman turgani ham uni endi qiziqtirmasdi.
Bir panaga o‘tdi, hech kim ko‘rmayotganiga qanoat hosil qilgach, asr namozini ikki rakat qilib o‘qib oldi. Safarda shunday o‘qilardi. Namozini tugatgach, Olloh taoloning yordamini so‘rab, ildam bosdi.
Xolid ibn Sufyon qo‘lidagi bir tayoq bilan yer chizib kelar edi.
— Kimsan?!
—   Sening Muhammadga karshi qo‘shin to‘playotganingni eshitib kelgan bir xuzoalikman.
—    Qoniqarliroq javob kutayotgan Xolidning ko‘zlariga tikilib, qo‘shib qo‘ydi: — Yordamim tegib qolar deb keldim. Xo‘sh, seni menga yordam qilishga nima majbur qildi?!
—   Muhammad bizning obro‘e’tiborli kishilarimizni aqlsizlikda aybladi. Otabobolarimizning tangrilariga til tekkizdi. Hech kim bilmaydigan bir din olib keldi. Otani o‘g‘ildan ayirdi. Er-xotin bir-birlariga dushman bo‘lib qoldi. Shular yetmaydimi?
—   Mana bu gailaring haq, ey xuzoalik! Mening qo‘shin to‘plashimga ham shular sabab bo‘ldi. Mard odamga o‘xshaysan, yoqib qolding menga.
Birga gaplashib yurishdi. Yangi kelgan odamning madinalik payg‘ambar haqida aytganlari Xolidni o‘ta quvontirdi. Ikkalalari chodirga kirishdi. Xolid ustmaust bir necha qadah sharob ichdi. Bu orada Abdulloh fursatni boy bermasdan, qilichini sug‘urdida, bor kuchi bilan dushmanning bo‘yniga urdi. Shu bir zarba Xolidning hayot bilan vidolashuviga kifoya kildi.
Abdullohning ichini sevipch qopladi. Ortiq Xolid ibn Sufyon yo‘q! U tez chodirdan chiqib, odamlarga aralashib ketdi.
Xolidni chodirida o‘lik holda topganlar atrofni tintuv qila boshlagan paytda Abdulloh allaqachon Madina yo‘lida edi. Qidiruvlar foyda bermadi.
— Biz uni o‘zini xuzoalik deb tanishtirgan bir odam bilan ko‘rgan edik, — deyishdan nariga o‘tisha olmas, «xuzoalik» esa hech tonilmas edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:21:39
YANA BIR ICHKILIKLI YIG’IN

Utbon ibn Molik bir kecha o‘rtoqlarini uyiga chakirdi. Ovqatdan so‘ng ichkilik ichildi. Ichganlarning fe’li, o‘zni tutishlari o‘zgardi, chiroyli va dabdabali gapirish mayllari g‘alayonga keldi. Bu orada Sa’d ibn Abu Vaqqos baqirib bir she’r o‘qidi. She’rda muhojirlar haddan ziyod maqtalar, madinalik ansorlar esa yerga urilar edi.
Bunday odobsizlikka chidab bo‘ladimi?! Kechagina vatanidan kuvilgan odam uni quchoq ochib bag‘riga olgan, uyjoy bergan, hech bir yordamini ayamagan insonlarga nisbatan bunday haqoratomuz gaplarni aytishga qanday jur’at qiladi?!
Shirakayf, fikr yuritish chegarasidan oshgan davradagilar bu she’rni eshitgach: «Unga e’tibor bermanglar, mast bo‘lgan, nima gapirayotganini o‘zi ham bilmaydi,» deyisholmadi. Aksincha:
Hey, bu qandoq gap?! O’ylab gapiryapsanmi?! deya baqirishdi.
Dahanaki jang ana shunday boshlandi! Kurakda turmaydigan narsalar tilga olindi. Kimning yanada ustun va fazilatli ekanligi masalasi ayovsiz bahsga yo‘l ochdi. Bu orada ko‘lga ilingan tuyaning chanoq suyagi bilan Sa’d ibn Abu Vaqqosning boshiga tushirishdi. Sa’dning og‘ziburnida bu achchiq xotirani unuttirmaydigan yarachaqa izi qoldi.
Xayriyat, bundan ham katta hodisalar yuz bermasidan janjalning oldi olindi.
Sa’d fahmfarosatli odam edi. Hushyor bo‘lganida boshini kessalar ham, ansorlarni yomonlagan she’rni unga o‘qita olishmasdi. Chunonchi, madinaliklar ham, o‘z navbatida, muhojirlarni, ularning og‘ziburnini krnatish uchun quchoq ochib bag‘irlariga olishmagan axir! Taassufki, butun yomonliklarning onasi va o‘zagi bo‘lgan ichkilik xurmachani to‘ldirgan, so‘ngra miyaga urgan, duppadurust, inson kabi o‘ylash yo‘lini to‘sgan edi.
Ertalab Faxri koinot janobimiz voqeani mahzun holda tingladilar. Yonlarida o‘tirgan Umar ibn Xattob (r.a.) qo‘llarini ko‘tardi, oldin ham necha martalab qilgan duosini yana bir bor iltijo bilan takrorladi:
— Ollohim, bizga sharob haqida ochiq bir hukm ehson ayla...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:21:53
* * *
O’sha kuni Abu Talha bir necha do‘sti bilan uyida ko‘ngilxushlik qilib o‘tirardi. Ubayy ibn Ka’b, Abu Ubayda ibn Jarroh, Abu Dujona, Suhayl ibn Baydo, Muoz ibn Jaballar bor edi ziyofatda. Uyda saqlanayotgan xurmo sharobidan qadahlar birinketin to‘ldirib bo‘shatildi. Anas soqiylik qilardi. Hali o‘larday mast emaslar. Shu payt uyga kirib kelgan o‘rtoqlaridan biri ularni bu holda ko‘rib:
— Sizlar hali eshitmadilaringmi? — dedi.
Nimani? — Ichkilikning harom kilinganini... U xali gapini tugatib ulgurmasidan tashkarida bir e’lon eshittirila boshlandi.
 Chiqib qarachi, ey Anas, deyishdi uydagilar.
Anas chiqdi. Rasululloh vazifalantirgan bir kishi:
 Ey odamlar, eshitmadim demanglar, ichkilik harom qilindi! — deya jar solar edi. Anas uyga kirib, eshitganlarini do‘stlariga yetkazdi. Abu Talha darhol:
 Tur, bu sharobni to‘kib tashla endi, — dedi.
Sharob to‘kildi. Anas ko‘lidagi og‘ir bolg‘a bilan, yana Abu Talhaning buyrug‘iga binoan, sharob solingan katta idishni ham sindirdi.
Shu kuni sharob to‘kkan faqat Abu Talha oilasi emasdi. Ko‘p eshiklar oldida uydan chiqarilgan xumlar sindirildi, msshlarda saqlanayotgan sharoblar to‘kib tashlandi. Ko‘chalarni badbo‘y hid qoplab oldi.
Abu Talhaning uyidagi mehmonlar tarqalishdi. Endi uyuylariga borishajak, kim g‘usl qilajak, kim tahorat olajak va Buyuk Mavloga endi qayta bor ichkilik ichmaslikka so‘z berib, tavba qilajaklar.
Abu Talha ham g‘usl oldi. Ummu Sulaymning mushkidan o‘ziga surib, yo‘lga chiqdi. Masjidda Rasululloh (s.a.v.) ichkilikning harom qilinganini bildirgan oyatlarni o‘qiyotgan edilar:
«Ey mo‘minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), tiklab qo‘yilgan butlar (ya’ni, ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni, cho‘plar bilan fol ko‘rish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo‘lingiz. Ichkilik, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni hamda sizlarni Ollohni zikr qilishdan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos! Endi to‘xtarsizlar?! (Moida, 90-91.)
Umar ibn Hattob (r.a.):
 To‘xtadik, Ollohim! To‘xtadik — der edi.
—Yo Nabiyyalloh, bugungacha ichgan va ichkilik harom qilinmasdan vafot etgan birodarlarimiz haqida nima deysiz? Ularning holi nima bo‘ladi?!
Bu savolning javobini yana Janobi Mavlo berdi. Jabroili amin ushbu oyatni keltirdi:
«Imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun — agar (harom narsalardan) saqlanib, imonlarida va yaxshi amallarida sobit bo‘lsalar, so‘ngra o‘zlarini saqlab, (u narsalarning haromligiga) imon keltirsalar, so‘ngra (Ollohdan) qo‘rqib, chiroyli amallar qilsalar, (ilgari) yebichgan narsalarida gunoh Yo‘qdir. Olloh chiroyli amal qilguvchilarni sevadi»  (Moida, 93.).
Ko‘ngillarni bir farahlik qopladi. Zotan, aql, vijdon ham shuni lozim ko‘rmayotganmidi?! Hayotda bo‘lsalar, ular (oldingi odamlar) ham bu hukmga sevinasevina rozi bo‘lishar, o‘rtoqlari bilan birga tavba qilishar edi. Zehnlar eski kunlarga qaytdi, qora tuproqqa taslim etilgan do‘stlar esga olindi. Uhudda shahid bo‘lganlar orasida ham vaqtivaqti bilan sharob ichib turgan bir necha mashhur zotlar bor edi. Ularning xar biri xayotlari davomida Ollohga va rasuliga bog‘liq qolishga, imon bilan yashab, imon bilan o‘lishga jonjahdlari bilan tirishgan insonlar edilar. Olloh roziligi uchun jonlarini bsrgan u solih zotlar Olloh uchun bir ichkilikni tashlamasmidilar?!
Rasululloh janobimizning (s.a.v.) ushbu so‘zlari xotirlarda naqshlandi:
«Dunyoda ichkilik ichgan odam, to tavba etmagunicha, oxiratda jannat sharobini icholmaydi!»
«Uzumdan hamr tayyorlanadi. Xurmodan ham. Asaldan ham. Bug‘doydan ham. Sarxushlik beruvchi hamma narsa mo‘minlarning har biriga haromdir. Hamrga Ollohning la’nati yetsin. Hamrni ichganga, qadahni to‘ldirganga, sotganga, olganga, uni tayyorlaganga, tayyorlatganga, ko‘targanga, ko‘tartirganga va hamr pulini yeganga Ollohning la’nati yetsin».
Bu so‘zlar o‘sha kuni Rasulullohning yonlarida turganlarning xotiralarida qolganlari edi!
Payg‘ambarlar Sultoni janobimiz ichkilikni eslatadi deb dubbo’, xantam, muzaffat, muqayyar, naqir, muzoda... kabi nomlar bilan ma’lum bo‘lgan ichkilik idishlarining hatto boshqa xizmatda ham ishlatilishini man etdilar. U idishlarni ko‘rganlar bir paytlar ularda ichilgan aroqlarni ham eslashlari mumkin!
Madinalik kambag‘allardan biri:
— Ey Ollohning payg‘ambari, bu idishlardan foydalanishni taqiqlab qo‘ydingiz. Biroq bizning bulardan boshqa idishlarimiz yo‘q. Bizlar nima qilaylik?! — deb so‘radi.
Chorasiz qolgan bu odamlarga u idishlardan foydalanishga ruxsat berildi. Ammo idishlar yaxshilab tozalanganidan so‘nggina ishlatilishi kerak edi.
U kun Madina ko‘chalarida hamr hidi anqigan bir shaharga aylandi. Biroq uylar tozalangan, qalblar tozalangan edi. Bundan keyin namozda «Kafirun»  surasi yanglish o‘qilmaydi, Sa’d ibn Abu Vaqqosning burni qonamaydi, noxush hodisalar sodir bo‘lmaydi. U kun ichkilikka mubtalo bo‘lganlarning «Hech bo‘lmasa bir yutumgina ichishimga ruxsat bormi?!»  shaklidagi orzu-istaklariga Janobimizning: «Ko‘pi mast qilgan narsaning ozi ham xaromdir», degan hukmlari barham berdi.
Zotan, ozgina ichsam, mast qilmaydi, deya to‘ldirilgan kichkina qadahchani keyin katta mesh ta’qib etishi mumkin edida.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:22:13
* * *
Abu Talha (r.a.) Sarvari olamning (s.a.v.) yonlariga keldi:
— Ey Ollohning payg‘ambari, qaramog‘imdagi yetimlarga tegishli ichkilik bor. Otalaridan meros qolgan. Nima qilayin ularni?
—   To‘k!
—   Uni sirkaga aylantirsam bo‘lmaydimi?!
—   Bo‘lmaydi.
Abu Talha olgan buyrug‘ini bajo keltirish uchun u yerdan ketdi.
Suv o‘rniga ham aroq ichish darajasida ichkilikka mubtalo bo‘lgan insonlar, bosqichmabosqich yurgizilgan bir reja bilan nihoyat ichishni butkul tashladilar. U jirkanch narsaga qayta yaqinlashmadilar. Hazrati Oyishaning bu boradagi ushbu so‘zlari ahamiyatlidir:
«Insonlarga (oldingi ogohlantirishlar bo‘lmay, dabdurustdan) ilk daf’a, hamr ichishni tashlanglar, deyilsa, aslo tashlayolmaymiz, deb javob qilgan bo‘lardilar...»
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:22:31
* * *
Sharobni avvaldan yoqtirmaydigan, oldinroq taqiqlanishini xohlaganlar, ayniqsa, mamnun edilar. Biroq ichlarida bir zirqirash tuyganlar ham bo‘ldi... Butun yomonliklarning boisi va tamali ekani buyuk Payg‘ambar tomonidan bildirilgan, ammo inson hayotiga ko‘p jihatdan singib ketgan hamrning batamom oldini olish imkonsizdek edi. Ana shu vaziyatni anglatish maqsadida Janobimiz: «Ummatimning bir qismi ichkilikka har xil nomlar qo‘yib ichadilar», dedilar.
Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) sochi to‘zg‘igan, parishon qiyofadagi bir odam bilan ro‘baro‘ bo‘ldilar.
—   Molmulking bormi sening?
—   Ha, bor, ey Ollohning payg‘ambari.
—   Nimang bor?
—   Tuya, qo‘y, ot, qul... Olloh taolo menga davlatning xar turidan bergan!
—   Olloh taolo senga shuncha ne’matlarni beribdimi, bu ne’matlar va ikromlar sening ustingda ko‘rinsin!1.
Yana bir kuni Payg‘ambarimiz sochlari betartib bir odamni ko‘rganlarida: «Bu odam sochini tartibga keltiradigan bir taroq topolmaydimi?» deganlari, shuningdek, Abu Kdtodaga ancha qalin bo‘lgan sochlarini yaxshi tarashni va har kuni tarashni buyurganlari ma’lum.
Bir kuni mo‘minlarning onasi Ummu Salama Rasulullohni ko‘rish uchun kelgan bir mehmonga eshikni ochdi. U odam Janobimiz bilan bir muddat suhbatlashdi. Ummu Salama uni Madinaga ko‘chib kelganidan beri teztez ko‘rib turardi. O’zi Kalb qabilasidan, ismi Dihya edi.
Ancha suxbatdan so‘ng, mehmon ruxsat so‘rab ketdi.
—   Bilasanmi, bu odam kim, ey Ummu Salama?!
—   Ha, tanidim, Dihya u.
Ummu Salama bu borada yanglishishi mumkin emas. Dihyani onadan tug‘ilganidan beri taniydiganlar ham ayni javobni berishlari tabiiy edi! Ammo Nabiyyi akmal janoblari mehmon ketishi bilan masjidga chiqdilar, u yerda o‘tirgan sahobalarga: «Jabroil menga xabar berdiki...» deb Dihyadan eshitganlarini yetkazdilar. Shundagina Ummu Salama uyiga kelgan aziz mehmon Ollohning vahiyini payg‘ambarlarga olib keladigan Jabroili amin ekanini angladi. Shu damda u Olloh rasulini vahirt farishtasi ziyorat qilgan o‘z uyini hech bir saroyga almashtirishga ham rozi emasdi! Demak, Buyuk Mavlo bu muborak uyga rasuliga vahiy farishtasini yuboradigan darajada qiymat berib, uni yuksaltirgan (Buxoriy, 4/185.)
Buyuk farishta avvalroq Qurayza qabilasi bilan muhoraba uchun kelganida ham Dihya qiyofasida ko‘ringan edi.
Qur’oni karimning hamma oyatlarini yoddan bilgan Ummu Salama bir paytlar Hazrati Ibrohim payg‘ambarga ham farishtalar notanish insonlar shaklida kelib mehmon bo‘lganlarini, hatto ular o‘zlarini tanitgunga qadar farishta ekanlari bilinmay turganini esladi. Bu voqea Ummu Salamaning hayotidagi bir umrga unutilmas aziz xotira bo‘lib qoldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:23:38
* * *
Hijratning beshinchi yili, rabiulavval oyi. Dumatul Jandal degan joyda fitna va fasod chiqarayotgan, qaroqchilik qilgan va, buning ustiga, Madinaga bosqin uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir guruh haqida xabar keldi.
Janobimiz ming kishilik qo‘shin bilan yo‘lga chiqdilar. Kunduzi dam olib, kechalari yo‘l yurildi. Qo‘shinga Uzra qabilasidan bir kishi yo‘l ko‘rsatib bordi. Nihoyat, yo‘lboshchi:
— Dumatul Jandalga keldik hisobi, — dedi. Ammo atrofda hech kim ko‘rinmasdi. Rasululloh janoblari to‘xtab dam olishni buyurdilar. Bir necha kun u yerda qolishdi. Atrofga yuborilgan xabarchilar hech kimni uchratolmay qaytdi. Muhammad ibn Maslama ushlab kelgan bir odam:
— Kecha sizlarning kelayotganingizni eshitdik, hamma har yoqqa qochdi, — dedi.
Keltirilgan bu odam Islom dinini qabul qilish haqidagi taklifga rozi bo‘ldi. Ushbu safar bu tolei baland insonning Islomga da’vat qilinishi uchun amalga oshirilgan edi go‘yo! Bundan tashqari, musulmonlarning kuch va qudrati ham ko‘rsatib qo‘yildi. Nihoyat, orqaga qaytish amri berildi.
Madinaga kelganlarida, qo‘shin bilan birga ketgan Sa’d ibn Uboda onasining vafot etgani haqidagi mash’um xabarni eshitdi. Rasululloh janobimizning yonlariga keldi:
— Ey Ollohning payg‘ambari, onam o‘libdi. U kishi vafot etayotganlarida yonlarvda bo‘lsam, vasiyat qilarmidilar balki?! Onam uchun qanday yaxshi sadaqa qilishim mumkin?
— Suv chiqar.
Payg‘ambarimnzning aytganlarini bajarib, Sa’d ibn Uboda bir quduk qazdirdi. Suvidan hamma bemalol va xohlagancha ichsin, deb vaqf qildi.
Sa’d ibn Ubodaning onasi nomidan vaqf etilgan bu quduqdan endi tinimsiz suv tortilajak, ichilajak, hayvonlar ham sug‘orilajak, bog‘larga quyilajak. Bunday xayrli ishning savobi rahmatli onaning amal daftariga yozilaverajak.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:23:55
* * *
Bir paytlar G’atafon qabilasini Jaiobi Payg‘ambarimizga va musulmoilarga qarshi gijgijlagan Sallom ibn Abu Huqayq ismli bir odam bor edi. «Abu Rofi’» ham deyishardi uni. Dushmanlarni Handaq jangini o‘tkazishga ko‘ndirgan guruh ichida u ham hozir edi.
Undan avvalroq Avs qabilasidan bir necha kishi mashhur shoir Ka’b ibn Ashrafni o‘ldirgani evaziga endi xazrajliklar ham birorta ashaddiy dushmanni o‘ldirishni orzu qilishardi. Abu Rofi’ eslariga kelganida, qidirganlarini topganday bo‘lishdi. Qaerda paydo bo‘lsa, o‘sha joyni fitnafasod o‘chog‘iga aylantiradigan va tobora atrofiga odam to‘playotgan bu yahudiyni mahv etish vazifasi bilan besh kishilik bir bo‘linma hozirlandi. Boshliqlari — Abdulloh ibn Atik. Qolganlari — Abdulloh ibn Unays, Abu Qatoda, Huzoi ibn Asvad va Mas’ud ibn Sinon...
Ben! o‘rtoq «Ayollarni va bolalarni zinhor o‘ldirmanglar!» degan buyruqni olib, yo‘lga chiqdi. Odamni charchatuvchi, ammo nash’ali bu yo‘lchilik Xaybar ostonalarida bitarkan, bu paytda quyosh ham botib bo‘lay degan edi. Qal’a tashqarisida ishi bo‘lganlar ichkari kirishyapti, cho‘ponlar suruvlarIni oldlariga solib qaytishmovda. Qo‘mondon Abdulloh o‘rtoqlariga: «Sizlar shu yerda kutib turinglar», deya ularni pana bir joyda qoldirib, qal’a darvozasiga yaqin bir yerda peshob qilayotgan kishiday yerga cho‘kkaladi.
— Hov oshna, ishingni bitirgan bo‘lsang, ichkariga kir. Yo‘qsa, tashqarvda qolasan!
Ogoxlantirayotgan darvozabon edi. Bunday taklifni rad etib bo‘ladimi? Abdulloh darxol yugurib qal’aga kirdi. Eshikka yaqin bir joyga yashirinib, soqchini kuzata boshladi. Kalitni qaerga qo‘yganini ko‘rdi. Sabr bilan kutdi, soqchining uxlab qolganiga ishonch hosil qilgach, kelib darvozani ochdi va do‘stlarini ichkariga oldi.
Ikki Abdulloh urinibsurinib, nixoyat, Abu Rofi’ning uyini tonib kelishdi. Xona qopqorong‘u edi. Kim qaerda yotibdi, bilib bo‘lmasdi. Tezda buning ham chorasi topildi. Abdulloh ovoz berdi:
—   Hey Abu Rofi’, qaerdasan?! Uyqusiragan bir kishi javob qildi:
—   Kimsan? Senga nima kerak?
Abdulloh ovoz kelgan tomonga yurdi. Qilichini bor kuchi bilan Abu Rofi’ uzra sermadi. Avval bo‘g‘iq, daxshatli bir ovoz, keyin ayol kishining chinqirig‘i eshitildi. Abdulloh ayolni ham qilichdan o‘tkazmoqchi bo‘ldi, biroq Janobi Payg‘ambarimizning amrlari esiga tushib, o‘zini to‘xtatdi. Xonadan tashqari chiqdi. Ammo Abu Rofi’ning chindanam o‘lganiga shubhada edi. 'Gakror kirdi ichkariga va ovozini o‘zgartirib:
— Nima gap o‘zi, ey Abu Rofi’, tinchlikmi? — deb so‘radi.
Onang o‘tga tushsin, o‘ldirdilar meni, — dedi Abu Rofi’ va ayni chokda boshi uzra ko‘tarilgan qilichning yarqiraganini ko‘rdi. Yostikni o‘ziga qalqon qildi. Ketma-ket tushirilgan zarbalar ko‘p ham ish bermadi. Ayol hamon faryod qilardi. Abdulloh tashqari chiqib sherigiga:
— Endi sen kirda, ishini tinchit, — dedi. Abdulloh ibn Unays xonaga kirdi. Qilichini sekin Abu Rofi’ning qorniga tiradida, birdan og‘irligini tashladi. Abu Rofi’ning ishi shu tariqa bitdi.
Xonadan birga chiqishdi. Zinaioyalardan yugurib tusharkan, Abdulloh ibn Atik oyog‘i qayrilib dumalab ketdi. Darhol o‘rtog‘i uni orqalab oldi. Dodfaryodni eshitgan odamlar to‘planguncha ular qorong‘u ko‘chaga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lishdi. Mash’allar bilan ko‘chalar aylanib chiqildi, lekin hech kim topilmadi.
Tong yorishganida bir kishi qal’a ustiga chiqib, baland ovozda Abu Rofi’ning o‘ldirilganini e’lon qildi.
Bu e’lon Abdulloh uchun «vazifalaringni bajardilaring»  degani edi. Endi shaharni tark etib, Madinaga yo‘l olishdan boshqa ish qolmadi. Lekin qal’adan bemalol chiqib ketishning o‘zi bo‘lmaydi. Darvoza berk va qal’a ichida qattiq qidiruv boshlangan. Shubhali bo‘lib ko‘ringan har kim ushlanayotgan edi. Topgan choralari qal’aga suv kiradigan obchinning ichiga yashirinish bo‘ldi. O’sha yerga kirib, ikki kun berkinib yotishdi.
Bu orada Abu Rofi’ qabristonga ko‘mildi. Ushlangan shubhali kishilarning har biriga: «Ey Abu Rofi’, qaerdasan?» deb ovoz berishlari buyurilardi. Ayol:
— Kecha eshitganim bu ovoz emas! — degach, qo‘yib yuborishardi.
Ikki kun davom etgan qidiruv biron natija bermadi. «Shu suv yo‘lini ham qarab qo‘yaylik», deyish esa hech kimning xayoliga kelmadi. Ikki kun tuz totmay pusib yotgan o‘rtoqlar nihoyat u yerdan chiqishdi. Ulbul yegulik olib, qaerdasan, Madina, deya yo‘lga ravona bo‘lishdi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:24:40
* * *
Hazrati Umarning (r.a.) o‘g‘li Abdulloh otasiga faqat ilm va ibodati jihatidan o‘xshar, otadagi shiddat, jasorat, qat’iyyat unda yo‘q edi. Ota jahli tez bo‘lsa, o‘g‘il nihoyatda og‘irvazmin tabiatli.
Hazrati Umar o‘g‘lidagi bu holni hayrat bilan kuzatar, uning yoshida kurash maydonlarida to‘zon ko‘tarib yurgan kunlari ko‘z oldiga kelardi. O’g‘lining yoshida otasi Xattobdan teztez kaltak yerdi, biroq Xattobni ham ortda qoldirgan bir jasorat va matonat egasi bo‘lib yetishdi.
Abdulloh esa sassiz va sokin. Rasulullohning orqalarida namoz o‘kish, ul zotning suhbatlarini jon qulog‘i bilan eshitish, u kishiga soyadek ergashishni odat qilgan. Kechqurunlari ko‘pincha uyiga kelmaydi, masjidda yotib koladi.
Sahobalar bomdod namozidan keyin Nabiyyi akram janobimizga ko‘rgan tushlarini aytishar, ta’birini katta zavq va qiziqish bilan eshitishar edi.
Abdulloh ham o‘zicha ko‘pdan beri qani endi bir tush ko‘rsamu uni Sarvari anbiyoga aytib ta’birini eshitsam, deb orzu qilardi. Aksiga olib, aytishga arzigulik bir tush ko‘rmasdi, «Yaxshi odam bo‘lganingda, sen ham ulardek yaxshi tushlar ko‘rarding», deb o‘zini o‘zi qiynoqqa olardi.
Bir kecha: «Ollohim, agar xayrli qullaringdan bo‘lsam, menga bir tush ko‘rsat», deya yumdi ko‘zlarini.
Ertalab uyg‘onganida tushida ko‘rganlarini Janobi Payg‘ambarimizga aytishdan tortindi, opasi Hafsaning yoniga bordi:
— Bir tush ko‘rdim. Uni Payg‘ambarimizga aytishga uyalyapman. Mening o‘rnimga siz aytasizmi?
Hafsa onamiz uning boigani silab: Qani, aytchi tushingni, — dedi.
— Tushimda ikki farishta keldi va meni olib ketdi. Yo‘lda boshqa farishtaga duch keldik. U farishta menga: «Qo‘rqma, sen yaxshi odamsan», dedi. Ikki farishta meni jahannamga olib bordi. Devorlari quduqning devoriga o‘xshaydi. U yerda kishanga solingan, osilgan odamlarni ko‘rdim. Oyoqlaridan osilgan holdalar. Azob tortayotganlarning bir qismini tanidim. Quraysh qabilasidan edilar. Keyinroq malaklar meni o‘ng tomonga oldilar...»
Abdulloh tushini aytib bo‘lib:
— Opajonim, msning nomimdan bularni Rasulullohga (s.a.v.) yetkaz, nima desalar, menga aytasan, —dedi.
Payg‘ambarimiz zavjalaridan bu tushni eshitganlarida:
Abdulloh yaxshi yigit, tungi namozini bir oz ko‘iaytirsa, yaxshi bo‘ladi, — deya marhamat qildilar (Buxoriy, 8/80..).
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:25:00
* * *
Madinadan o‘n ikki milcha uzoqdagi Gaba o‘tloqlarida Rasulullohga tegishli yigirma tuya o‘tlatilardi.
Bir kecha G’atafon qabilasidan Uyayna ibn Xisn boshchilik qilgan (yoxud vazifalantirgan) qaroqchilar guruhi hujum qilib, tuyalarni olib ketdi. Qarshilik ko‘rsatishga uringan cho‘ponlarni o‘ldirishdi.
Cho‘pon Abu Zarrning (r.a.) o‘g‘li edi. Abu Zarrning ayoli Laylo ham asirga tushirilib, olib ketildi.
Tuyalardan sog‘ilgan sutni keltirish uchun vaqtli yo‘lga chiqqan Salama ibn Akvo yo‘ldayoq bosqindan xabar topdi. Bir tepalikka chiqib, Madina tomonga yuzlandida, bor ovozi bilan:
— Xaloyiiq... bosqinchiliik! — deb qichqirdi. Bu xabarni aytgan odamni Rasulullohga yuborib, o‘zi
Gaba o‘tlog‘i sari yugurdi. Chopag‘onlikda dong‘i chiqqan emasmi, birpasda qaroqchilarga yetib oldi. O’q yetadigan darajada yaqin borib, so‘ng kamonni ishga soldi.
«Ol buni ibn Akvodan. Bugun olchoqlar o‘ldiriladigan kundir...» ma’nosidagi baytni takrorlar edi u.
Qaroqchilardan biri otini surdi. Salamaga hujum qildi. Salama yoyiga joylagan o‘qni raqibini nishonga olib otdi. U otidan yerga dumalab tushdi.
Quvlashmachoq shu zayl soatlarcha davom etdi... Qarokchilar ortlaridan o‘q otib, tosh otib hech ko‘z ochirmayotgan birgina odamga bas kelmayotganlaridan alamzada edilar. To‘xtab, u bilan jangga kirishaylik deyishsa, ehtimol, orkasidan biror yordamchi guruh kelayotgandir, degan xavotirlari ham yo‘q emasdi. Qolaversa, chopag‘on bu odamni tutib olish ham oson ish emas.
Oldiniga tezroq qochib qutulish uchun ust kiyimlarini, nayzalarini tashlashdi. Bo‘lmadi. O’g‘irlagan tuyalaridan qoldirishdi. Yana bo‘lmadi, Salama ta’qibni to‘xtatmadi.
Bu orada Uyayna ibn Xisn ko‘rindi, sheriklaripi kutib oldi. O’tirib ovqatlana boshlashdi. Uyayna yigitlaridan to‘rt kishini tepada o‘tirgan odamga yubordi. Ular tepaga o‘rmalay boshlaganida Salama:
— Hey, mening kimligimni bilasizlarmi? — deya baqirdi.
— Yo‘q, bilmaymiz.
— Men Salama ibn Akvo bo‘laman. Shuni yaxshi bilinglarki, quvsalaringiz bari bir menga yetolmaysizlar. Orqalaringizdan tushsam, qochib ham qutulolmaysizlar. Hammangizni qirib tashlayman!
Qaroqchilardan birisi:
— Men bu odamning gaplariga ishonaman, — dedi. Orqaga qaytishdi.
Uyayna boshliq guruh o‘rnidan turib yo‘lga chiqarkan, uzoqlardan musulmonlarning yetib kelayotganini bildiruvchi changto‘zon ko‘zga chalindi.
Musulmonlardan Muhriz ibn Nazla alohidaalohida kelayotgan dushmanlardan biri bilan olishib, shahid bo‘ldi. Miqdod ibn Asvad yaralandi. Bunga muqobil mushriklardan ham bir necha kishi o‘ldirildi. Qolganlari shom qorong‘uligidan foydalanib, qochib qolishdi.
Zu Qorad degan joydan u yog‘iga o‘tilmadi. Musulmonlar bir kechakunduz o‘sha joyda turishdi. Janobi Pay g‘ambarimiz atrofga kichikkichik askariy guruhlar yubordilar. So‘ngra Madinaga kaytildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:25:59
* * *
Yo‘lda bir madinalik g‘aroyib taklif qilib qoldi:
— Kim men bilan yugurishadi?! Madinagacha chopib boramiz!
U taklifini bir necha marta takrorlagach, Salama javob berdi:
— Sen yuzxotir qiladiganing odam bormi?!
— Yo‘q. Faqatgina Rasulullohni. U janobdan tashqari hech kimni!
Janobi Payg‘ambarimizning tuyalarida mingashib ketayotgan Salama musobaqaga izn so‘radi. Rasuli akram ruxsat bergach, madinalikka qarab:
 Qani, chop bo‘lmasa, orqangdan yetib olaman, — dedi.
Madinalik ham bejiz bu taklifni qilmagan, oyoqlariga ishonar va xaqiqatan chaqqonligi bilan tanilgan odam edi. Taklifi kabul etilgach, yugura boshladi. Salama uning orkasidan tushdi. Shu zayl tepalardan oshib o‘tishdi. Nixoyat, Salama madinalikka yetib oldi. Yelkasiga urib: «Yetib oldim senga», dedi.
Salama oldinda, madinalik orkada — ushbu musobaqa Madinaga qadar davom etdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:26:30
* * *
Qaroqchilar qolgan o‘nta tuya bilan birga Abu Zarrning xotinini ham olib ketishgan edi. Kechasi xotinni bir joyga bog‘lab, o‘zlari uykuga ketishdi. Ayol ularning dong qotib uxlaganlariga qanoat hosil qilgach, urinaurina arqonni yechdi. Tuyalarga yaqin keldi. U qo‘l tekkizgan tuya bo‘kirar, minishga qo‘ymas edi. Nihoyat, bir tuya ovoz chiqarmadi. Laylo uning ustiga mindi va turg‘izdi. Tuyaning boshini Madina tarafga burib, haydadi.
— Ollohim, agar qutulib qolsam, sening rizoliging uchun shu tuyani so‘yaman, — dedi.
Ertalab vaqtli uyg‘ongan g‘atafonliklar Layloni joyidan topisholmadi. Bitta tuya ham yo‘q edi. Qochibdi! Ketidan odam qo‘yishdi. Izquvarlar bo‘sh qo‘l bilan qaytishdi.
Odamlar Layloni Madinagacha olib kelgan «Abdo» ismli tuyani darhol tanishdi. Rasuli akramga (s.a.v.) xabar jo‘natishdi. Ayol:
— Ey Ollohning Payg‘ambari, mabodo qutulsam, bu tuyani Olloh yo‘lida qurbon qilaman, deb niyat qildim, — dedi.
Janobimiz kulimsiradilar:
— Yaxshilikka mukofotingmi bu! Olloh senga buni minishni nasib etsin va qutqarsinu, sen uni tutib so‘ygin!
Keyin so‘zlariga shunday qo‘shimcha qildilar:
— Shuni yaxshi bilginki, Ollohga isyonda nazr yo‘q. O’zing egasi bo‘lmagan bir narsani ham nazr qilolmaysan. Bu tuyaning egasi menman, axir. Qani, endi oilangga qaytganingni Olloh muborak aylasin.
Bu voqea tarix kitoblariga «Zu Qorad hodisasi» nomi bilan kirdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:27:01
* * *
Avs ibn Somit ancha qarib qoldi. Biroq qarilik yolg‘iz o‘zi kelmadi, balki o‘ta ichi torlik, serjahllik, holsizlik kabi xastaliklarni ham olakeldi. Bo‘larbo‘lmas har narsaga jahli chikar, qarshisidagi kishini xafa qilar edi. Oiladagi totli kunlar ortda qoldi, huzurhalovat yo‘qoldi.
Bir kuni Xavla eriga nimadir dediyu baloga qoldi. Avsning tepa sochi tikka bo‘lib, baqira ketdi. Eng yomoni — xotiniga:
— Bundan keyin sening badaning menga onamning badani kabidir, — deb yubordi.
Arablar odatiga ko‘ra, bunday ibora taloqning bir shakli edi. Xotinini nikoxi hech qachon halol bo‘lmagan ayolga o‘xshatgan kishi uni qo‘yib yuborgan hisoblanardi.
Xavlaning miyasiga qon quyildi go‘yo. Necha yillar yashab kelgan bir oila hech bir sababsiz buzilsaya?!
Oradan hech qancha o‘tmay Avs jahlidan tushdi va qilgan ishiga pushaymon yedi. O’ziku xotini jahlni chiQaradigan bir narsa so‘ramagan, har qanday xotin eridan istashi mumkin bo‘lgan bir ishni istagan edi. Shunga zarda qilmasa ham bo‘lardi. Vaziyatni yumshatish uchun ayni taklifni o‘zi qilib ko‘rdi, lekin endi Xavla rozi bo‘lmadi.
— Bundan buyon Rasululloh janobimizga borib, u kishining bu borada nima deyishlarini bilmagunimizcha birga bo‘lishimiz mumkin emas, boring, u zotdan maslahat so‘rang, — dedi.
267
Avs ko‘nmadi.
— Vallohi, men Janobi Payg‘ambarimizga bu ish uchun borishdan uyalaman, — dedi.
Holbuki, uyalish bilan ish xal bo‘lmaydi. O’rtada dard bor ekan, unga davo topish lozim.
— Unday bo‘lsa, o‘zim borib holimni arz qilaman, — dedi Xavla.
Mavlosiga yolvorayolvora yo‘lga tushdi. Faxri koinot janobimizning qaerdaliklarini surishtirasurishtira izlab topdi. Rasululloh (s.a.v.) Oyisha onamizning uylarida ekanlar. Izn so‘rab, kirdi.
— Yo Nabiyalloh, Avs menga uylanganida yosh, ko‘xlikkina bir ayol edim. Unga bir necha farzand tug‘ib berdim. Endi qaridim. Shu yoshimda nojoiz gap aytib, menikimsasiz tashlab qo‘ydi. U bilan turmushimizni davom ettirishim uchun bir qulaylik ko‘rsatsangiz, mamnun bo‘lardim. Ey Ollohning rasuli, bizning holimizni o‘zingiz baholang.
Xavlaning gaplarini tinglab bo‘lgach, Rasuli akram: «Menga bu borada hozircha biror vahiy kelmadi».
 Mening nazarimda, unga harom bo‘lgansan, — deya javob berdilar.
Xavla cho‘chib tushdi:
—   Vallohi, taloq so‘zini aytmadi, yo Rasululloh!
—   Menimcha, unga harom bo‘lgansan.
— Jonim qurbon bo‘lsin sizga, ey Ollohning rasuli, bir chora toping!
Ammo Payg‘ambarimiz boshqa javob berolmasdilar. Xavla yuzini ko‘kka qaratdi, ko‘zlaridan yosh oqaoqa:
— Ollohim, holimdan Senga shikoyat qilyapman. Norasida go‘daklarim bor. Ularni otalariga tashlasam, sarson-sargardon bo‘ladilar. Yonimga olsam, och qoladilar. Sen bilasan xolimni, ey Ollohim! — deya yolvora boshladi.
To‘xtovsiz yig‘lar, shu ma’nodagi so‘zlar bilan arz qilar edi. Nixoyat, Xazrati Oyisha Payg‘ambarimizda vahiy hollarini ko‘ra boshlagach, Xavlaga ishorat etib, uni jim qildi. Havla qalbida jo‘sh urgan ming xil hayajon eshligida yurakdan qilayotgan duolar bilan ovoz chiqarmay kutdi.
Ko‘p o‘tmay Rasululloh (s.a.v.) vahiyning shiddatli bosimidan qutuldilar. Tabassumli nigohlarini aziz mehmonlariga qaratib:
— Mujdalar bo‘lsin senga, ey Xavla, — dedilar.
Keyin hozirgina tushgan vahiyni o‘qiy boshladilar:
«(Ey Muhammad,) darhaqiqat, Olloh siz bilan o‘z jufti haqida bahslashayotgan va Ollohga shikoyat qilayotgan (ayol)ning so‘zini eshitdi. Olloh sizlarning bastijavoblaringizni eshitur. Olloh eshitguvchi, ko‘rguvchidir. Oralaringizda o‘z xotinlarini zihor qiladigai (xotinlarini onalariga o‘xshatgan) kimsalarning (zihor qilingan xotinlari) ularning onalari emasdirlar. Faqat ularni tuqqan (ayol)largina ularning onalaridirlar. Shakshubhasiz, ular so‘zning nomaqbul va yolg‘onini ayturlar. (Lekin) Olloh, shubhasiz, afv etguvchi va mag‘firat qilguvchidir.
O’z xotinlarini zihor qilib, so‘ngra aytgan so‘zlaridan qaytadigan kimsalar (zimmasida er-xotin) qo‘shilishlaridan ilgari bir qulni ozod qilish bordir. Bu sizlarga mav’izaibrat bo‘lgay. Olloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir. Endi kim (ozod qilish uchun qul) topa olmasa, (uning zimmasida er-xotin) qo‘shilishlaridan ilgari paydarpay ikki oy ro‘za tutish bordir. Endi kim (ro‘za tutishga) kodir bo‘lmasa, (uning zimmasida) oltmishta bechoramiskinga taom berish bordir. Bu (hukmlar) sizlar Olloh va Uning payg‘ambariga imon keltirishlaringiz uchun (nozil qilindi). Bular Ollohning (belgilab qo‘ygan) hadlari — qonunlaridir. Va (bu qonunlarni inkor etguvchi) kofirlar uchun alamli azob bordir».
Xavla bu oyatlarni ko‘zda yoshlari ila tingladi. Biroq yonoqlaridan duvduv oqayotgan ko‘zyoshlarida mamnuniyat tuyg‘ulari bor edi. Niyozini eshitgan va dardiga chora topgan Mavlosiga hamd va shukronalarni takdim etdi.
Xabar yuborildi. Avs chaqirildi. Oyatlar unga ham o‘kib berildi. Jahliga va tiliga erk berib yuborgani tufayli boshiga kelgan baloga chora topilgan edi!
— Bir qul ozod qilishga kuching yetadimi, ey Avs?
— Yo‘q, ey Ollohning payg‘ambari, qul ozod etishga imkonim yo‘q.
— Ikki oy ketma-ket ro‘za tuta olasanmi?
Avs «Qayoqda?..» deganday ma’noda boshini sarakladi.
— Teztez ovqat yeb turmasam, ko‘zlarim tinib ketadi, —dedi.
— Oltmish faqirni to‘ydira olasanmi?
— O’zimning oilamni zo‘rg‘a boqyapmanku, ey Ollohning payg‘ambari!
Hamma yo‘llar berkilgandek edi. Shunda, Rasululloh janobimiz (s.a.v.) marhamat qildilar:
— Men senga o‘n besh hissa xurmo berayin, barakali bo‘lishi uchun esa duo qilayin...
Shu tahlit Avs bilan Xavla yarashishdi, oila qaytadan qurildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:27:17
* * *
Xavla bu voqeadan so‘ng uzoq yillar yashadi. Johiliyat davridan o‘rin olgan bir odatning bekor qilinishiga va bu haqda maxsus oyat kelishiga uning sabab bo‘lishi totli bir xotiraga aylanib qolgan edi.
Hazrati Umar xalifaligi kunlarida Qurayshning bir necha peshvolari bilan birga kelayotgan xalifani keksa bir ayol to‘xtatdi, ancha vaqt gap bilan mashg‘ul qilib turib qoldi. Hazrati Umar bu keksa onaxonning so‘zlarini bir qo‘lini uning yelkasiga ko‘ygan holda diqqat bilan eshitdi.
Undan ayrilgach, qurayshliklar:
— Ey Umar, bugungi kabi g‘alati holga guvoh bo‘lmagan edik. Qari ayol seni to‘xtatdi, shu qadar vaqtingni oldi. Bu yoqda qancha obro‘li odamlarni kuttirib ko‘yding, — deyishdi.
— Yozuqlar bo‘lsin sizlarga, bilasizlarmi, u kim edi?! Bu ayolning shikoyatlarini Buyuk Mavlo eshitgan va bu hakda oyat tushirib, ko‘nglini ko‘targan, bu kampir Xavla binti Sa’labadir. Vallohi, kechgacha ketmay gaiirsa, zarracha zerikmay, zavqla eshitgan bo‘lar edim gaplarini, — deya javob qildi Hazrati Umar (r.a.).
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:27:36
* * *
Habashistonga hijrat qilgan paytlarda er-xotin Ubaydulloh ibn Jahsh bilan Ummu Habiba ma’lum vaqtgacha xayotlarini xuzurdaosoyishtalikda davom ettirishdi. Ammo bir kuni Ubaydulloh hech kutilmagan xabar bilan keldi:
—   Bir qarorga keldim, ey Ummu Habiba!
—   Qanday qaror ekan, ey Ubaydulloh?!
—   Islom dinini tark etaman.
Ummu Habiba dovdirabgangib qoldi. Quloqlariga yo‘q narsa eshitilyaptimi, tushimi yoki?! Bilolmadi. Qo‘lini tishlab ko‘rdi, peshonasiga urdi. Uyquda emasligi shubhasiz.
—   Nimalar deyayotganingni bilasanmi sen?! — deya hayqirdi.
—   Men rosa o‘ylab ko‘rdim: eski dinimga qaytishni eng ma’qul degan qarorga keldim.
Ummu Habiba qo‘llari bilan yuzini berkitdi. Sochlaridan ushlab devorga urilgan ayol kanday holga tushsa, shunday bo‘lgan, tirrang qotib qolgan edi.
— Nima bo‘ldi senga, xotinjon, nega ranging oqarib ketdi?
Qo‘llar yuzdan olindi. Bir juft yoshli ko‘z soflik va poklikning eng yuksak mavqelaridan turib boqdi. Shafqat va marhamatning eng yuqori nuqtasidan kelayotgan bir sas ila:
—   Meni xafa qilyapsan, ey Ubaydulloh, —dedi.
—   Bu qaroringni hoziroq o‘zgartirishingni istayman. O’zi shu kecha seni tushimda juda yomon ahvolda ko‘rgan edim. Kel, birga slvoraylik. Rabbimizning mag‘firat qilishini so‘raylik.
Ubaydulloh parvo qilmadi:
— Sen ham mening dinimga kir, xotinjon. Ishon, birgalikda eng to‘g‘ri qarorga kelgan bo‘lamiz. Ko‘rgan tushing noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Ummu Habiba boshini chayqadi:
— Bu ish bo‘ladigan ish emas, ey Ubaydulloh. Men Makkadan, bu yerlarga nasoro bo‘lish uchun kelganim yo‘q. Islom dinini tark etsam, ota yurtimdan nega ayrildim? Ikkinchi bor bunday taklif qilmagin. Islomdan chiqar ekansan, sening dining senga, mening dinim mengadir.
Gap shu yerda uzildi. Ubaydulloh to‘g‘ri va o‘rinli bir qarorga keldim deb ovunsa, necha yillar bir yostiqqa bosh qo‘ygan erining bu xosiyatsiz qaroridan Ummu Habibaning yurakbag‘ri ezildi, lovlov yondi.
Bir paytlar Quraysh qabilasini butlarga qurbonlik so‘yayotganlarida ko‘rgan va haq dinni topish uchun Makkadan chiqib ketgan to‘rt kishidan biri edi Ubaydulloh. «Insonlar butlarning quli bo‘lolmaydi. Kelinglar, Olloh rozi bo‘lgan Ibrohim dinini qidiraylik», degan va shu qarorda to‘rtovlon shaxarni tark etishgan edi...
Ubaydulloh bir muddat chekkalarda yurgach, nasoro bo‘lib qaytdi Makkaga. Keyinchalik Rasululloh (s.a.v.) xuzurlarida shaxodat keltirib musulmon bo‘ldi, mushriklardan unga yetgan aziyatlarga sevaseva chidadi, dinini ximoya qila bilish g‘oyasi ila Habashistonga xijrat etdi!
Ubaydullohning endigi xarakati shu boisdan musulmonlarni qattiq o‘ksitdi.
— Eshushingni yig‘ib ol, ey Ubaydulloh. Jinni-pinni emassan xarxolda, — deyishdi sheriklari. Lekin u:
— Aklim joyida ekaniga bundan ortiq dalil bo‘lishi mumkinmi?! Qaranglar, men ko‘zimni ochdim, sizlar xali ham pirpiratib turibsizlar! — deya javob berdi.
«Kuchuk bola ko‘zi yumuk tug‘iladi, bir necha kun qovoqlari pirpirab turadi». Bu ibora nima qilganini, nima kilishini bilolmay xayronlol turgan kishilarga nisbatan ishlatiladigan zarbulmasaldir. Ubaydulloh bundan keyin makkalik do‘stlari bilan xar uchrashganida ularga bu zarbulmasalni takrorlab, ularni zalolat yo‘lida adashib yuruvchilar hisoblab keldi.
Ilgari ichkilik ichardi. Nasoro bo‘lgach, battar ruju qo‘ydi. Hayotining so‘nggi kunlarini ko‘zdan kechirsa, kun sari halokat botkog‘iga botayotganini sezishi mumkin edi. Biroq, taassufki, unda fikrlash eshiklari berkitilgan edi. Musulmonlarning:
— Kel, ey Ubaydulloh, tavba qil. Biz ham sen uchun Mavloimizga yolvoraylik! degan takliflariga og‘zidan sharob xidi anqigan holda, lab burib javob bsrardi. Ahvoliga achinib boqkan ko‘zlarga u ham achinib bokardi.
Yo‘llar shu zayl ayrildi! Fakat, shundan so‘ng Ubaydulloh ko‘p yashamadi. Yoqasiga yopishgan ajal uni bu dunyodan olib, xisob va jazo olamining qonqasidan kiritib yubordi. Ubaydulloh vatanidan va dinidan mahrum bo‘lib, g‘ariblikning eng tuban boskichida ayrildi dunyodan. Qora tuproqqa qora yuz bilan kirdi.
Ummu Habiba tul qoldi. Bir paytlar sevib hurmat qilgan, biroq dinini o‘zgartirgan kundan boshlab ko‘ngli birdan sovigan erini ko‘zidan yosh to‘kib, so‘nggi manzilga kuzatdi. Haq din oshig‘i bo‘lgan bir inson abadiy saodatga erishay deb turgan paytda bunday baxtni yo‘qotib dunyodan ketganiga o‘ksibo‘ksib yig‘ladi. Endi uning ortidan rahmat tilaklarini yuborish imkoni ham kolmadi.
Qavmini bir barmog‘ida o‘ynata oladigan kobiliyatdagi Abu Sufyonday bir odamning qizi musofir yurtlarda tul bo‘lib yashaydi endi. Makkaga qaytib borolmaydi. Qolgan umrini shu yerda, shu shartlar ostida o‘tkazadi, peshonasiga yozilganini ko‘radi.
Haftalar, oylar shu yo‘sin bir-birini quvib o‘ta boshladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:28:32
* * *
Oltinchi yilning shavvol oyi. Madinaga sakkiz kishidan iborat bir guruh keldi. Afti burishgan, qorinlari shishgan, bir qarashda, kasal ekanlari shundoq ko‘rinib turgan odamlar. Musulmon bo‘lish uchun kelishibdi. Rasululloh janoblarining huzurlariga borishdi, shaxodat kalimasini aytib, musulmonlar safiga kirishdi.
Bir qismi Ukd, boshqalari Urayna qabilasidan bo‘lgan bu odamlarning aftangorlariga qaraganning yuragi ezilib ketardi.
Masjid supasida kun o‘tkazayotgan hech kimi yo‘q musulmonlar yonidan ularga ham joy ko‘rsatildi. Endi shu supa ahli (Asxobi suffa) kabi yebichishadi, hayotlarini o‘shalar kabi davom ettirishadi.
Shu zayl ancha vaqt Madinada qolishdi. Fakat ulardagi xastalik kundankunga og‘irlashib bordi. Qorinlari battar shishib ketdi, betlari avvalgidan ham beo‘xshov bo‘ldi, qoq suyakka aylandi.
Bir kuni Rasuli akramga ahvollarini arz etishdi. «Madinaning havosiga o‘rganolmadik, holimiz beshbattar bo‘ldi», deyishdi. Bu so‘zlari bilan bor hakiqatni ochiqoydin aytgan bo‘lishdi.
Rasuli akram (s.a.v.) Madinadan uchto‘rt mil uzoqliqda o‘tlatilayotgan tuyalarga yubordilar, o‘shalardan foydalaninglar, dedilar.
Ular bu tavsiyani mamnuniyat bilan qabul qilishdi. Qubo qishlog‘i yaqinidagi Zuljadr degan joyda chodirlarini tikishdi. Cho‘ponlarga Janobimizning amrlarini yetkazishgan edi, bemorlarga ular qaray boshlashdi. Tuya sutlari bilan boqishdi, ba’zan davo uchun peshoblaridan ham ichirishdi.
Bu yerning havosi ularga yokdi. Yuzlari to‘lishdi, qorinlaridagi shish qayta boshladi. Endi sog‘liklari tiklanishiga ularda umid uyg‘ondi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:29:38
IBN MAS’UD QUR’ON O’QIMOQDA

Payg‘ambar Janobimiz Zafar o‘g‘illari mahallasida bir guruh musulmonlar bilan o‘tirardilar. Ittifoqo, Abdulloh ibn Mas’ud o‘tli bir nigoh o‘ziga qarab turganini paykadi.
 Menga Qur’on o‘qib berasanmi, ey Abdulloh! deb qoldilar Janobimiz.
Bunday taklifni u kutmagan edi.
— Qur’on Sizga nozil kilingan bo‘lsayu, uni Sizga men o‘qisam, qanday bo‘larkin, ey Ollohning payg‘ambari?!
Men uni boshqa birovdan eshitishdan ham xushlanaman.
Abdulloh «Bismilloh...» ni aytdi va Niso surasini o‘qiy boshladi.
Qur’onni yaxshi bilgan, go‘zal o‘kiydigan inson edi: Abdulloh. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ilgari: «Qur’onni to‘rt kishidan o‘rganinglar: Abdulloh ibn Mas’uddan, Ubay ibn Ka’bdan, Muoz ibn Jabaldan va Abu Huzayfaning quli Solimdan...» deya marhamat kilgan edilar (Termiziy, 5/674.)
Yana bir kuni Hazrati Abu Bakr bilan Hazrati Umar Abdullohni birga ziyorat etib: «Mujdalar bo‘lsin senga, ey Abdulloh! Rasulullohning: «Qur’onni nozil bo‘lgan paytidagi tozaligi ila o‘qishga harakat kilgan har bir kishi uni Abdulloh ibn Mas’udning qiroati kabi o‘qisin», deganlarini eshitdik. Ha, Payg‘ambarimiz shunday marhamat qildilar, sen nakadar baxtlisan», deyishdi. (Ibn Moja, 1/49.)
Rasululloh (s.a.v.) Abdullohni juda yaxshi ko‘rar, qadrlar edilar. Xaybarning fathidan keyin Yamandan kelib, Madinaga joylashib qolgan Abu Muso alAsh’ariy endiendi tanisha boshlagan o‘rtoqlaridan Abdulloh ibn Mas’udni ancha paytgacha Janobi Payg‘ambarning oila a’zolaridan bo‘lsa kerak, deb yurgan edi.
Qur’onning yetmishdan ortiq surasini to‘g‘ridanto‘g‘ri Rasuli akramdan o‘rgangan Abdullohning chiroyli o‘qishi boshqa, uni shaxsan payg‘ambarlar Imomi oldilarida, u kishining nazoratlari ostida o‘qish tamoman boshqa edi! Lekin amr berilgan, bajarilishi shart. Usha ondagi tuyg‘ularini ifodalashga so‘z ojiz.
«Yana mollarini odamlar ko‘rsin deb ehson qiladigan, o‘zlari esa na Ollohga va na oxirat kuniga imon keltiradigan kimsalarni ham (Olloh sevmaydi). Kimga shayton do‘st bo‘lsa, u eng yomon do‘st bo‘lur. Agar Ollohga va Oxirat kuniga imon keltirsalar va Olloh rizk qilib bergan narsalaridan ehson qilsalar, ularga kanday zarar bo‘lar edi?! Olloh ularning (qilgan amallarini) bilguvchi Zotdir. Shubhasiz, Olloh birovga bir zarra vaznicha zulm qilmas. Agar (zarracha) yaxshilik bo‘lsa, uni bir necha barobar qilur va O’z huzuridan ulug‘ ajr ato qilur. (Ey Muhammad,) biz har bir ummatdan (o‘sha ummatning payg‘ambarini) guvoh keltirganimizda va sizni ana o‘shalarning (barchalari) ustida guvoh qilganimizda (insonlarning holi) qandoq bo‘lur?!»  (Niso. 38-41.)
Abdulloh boshi egik, hurmat ila Qur’on o‘qishda davom etardi. Suraning shu joyiga yetganda, Faxri koinot:
— Shunchasi yetadi, — dedilar.
«Sizni xursand qila oldimmi, ey Ollohning rasuli?!»
Abdullohning ko‘zlari Olloh yaratgan eng pokiza, eng muborak yuzga shunday savol nazari bilan mo‘ltiradi. Biroq Sarvari olamning yuzlari bu paytda ko‘zlaridan oqayotgan yoshlar bilan yuvilmokda edi. Endi u «Sizni xafa qilib qo‘ydimmi, ey Ollohning suygani!» degandek ma’noda mo‘ltirar edi.
Ehtimol, Buyuk Mavlo suyukli payg‘ambarining ko‘z oldilarida oyatlarda anglatilganlarni tajalliy ettirgandir?!
Bir payt Janobimizning: «Ollohim, bu hali men oralarida yurib, yashab turgailar chekajak azob... Men ko‘rmaydigan ummatimning xoli nima kechadi?!» deganlari eshitildi.
Rasuli akram (s.a.v.) ummatlari uchun shunday ko‘zyosh to‘karkanlar, u kishining zamonlarida yashashdek, ul zot yashayotgan shaharda hayot kechirishdek topilmas ne’matning qadrini bilmagan, ul muborak zot olib kelgan dinga va u kishining do‘stlariga zarar bermaguncha ko‘ngli joyiga tushmaydigan badbaxt munofiqlar soni ham oz emas edi! Butun olamlarga rahmat qilib yuborilgan Zotning shahrida ko‘p yillar birga yashash ularga hech bir naf bermadi, ichlaridagi kufr va nifoq tuyg‘ulari zarracha kamaymadi!
Holbuki, u buyuk Sultonga imon keltirgan va qalbini uning tengsiz muxabbatiga burganlarga, yuz yillar berisidan ayni tozaligini muhofaza etib yetishadigan «Nubuvvat bulog‘ining obi hayoti» ko‘ngillarni kutilganidan ham ziyoda huzurga qovushtirajakdir! Dillarni u buloqning manbalariga burganlar u muborak davrda yashamaganlariga afsus chekmasliklari kerak. Bizlarni Habibi akramdan yuz yilliklar keyinga tashlagan taqdir qalami sevikli Payg‘ambarning ma’naviy madadlarini yuz yilliklar keyingi zamonga yetadigan, butun borliq olamini qamrab oladigan qiymatda yozgan! U zot faqat birga yashagan asrning emas, onadan tug‘ilajak eng so‘nggi insonga qadar barchaning payg‘ambaridirlar. «Biz seni butun olamlarga rahmat o‘laroq yubordik», degan Buyuk Mavlo qullaridan birortasini ham mahrum qoldirmaydi. Hech kimsa Ollohning seviklisi yashagan zamonlariga yetiiyulmagani uchun Ollohning rahmatidan va uning sevikli Habibining shafoatidan benasib qolmagay! Bizning ishonchimiz va Rabbimizdan tilagimiz shudir!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:30:05
BANI MUSTALIQ SAFARI

Bir kuni Janobi Payg‘ambarimizga Bani Mustaliq qabilasi Madinaga hujum qilishga tayyorlanayotgani to‘g‘risida xabar yetib keldi. Ularni hali yo‘lga chiqmaslaridan o‘z yurtlarida to‘xtatib qolish uchun darhol qo‘shin to‘plashni buyurdilar.
Hijratniig beshinchi yili. Sha’bon oyi kirganiga endigina ikki kun bo‘lgan. Uchinchi kuni Madinani boshqarish Abu Zarr G’iforiyga topshirilib, qo‘shin yo‘lga chiqdi. Qur’aga ko‘ra, yo‘ldosh bo‘lish haqqini qo‘lga kiritgan Hazrati Oyisha (r.a.) ham bir tuya ustiga joylashdi. Yo‘lga chiqarkan, opasi Asmodan safarda taqib borib kelish uchun bir marjon ham oldi.
Soni yetti yuzga yetgan ko‘shin, nihoyat, yo‘lga tushdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:30:43
* * *
Juvayriya Bani Mustaliq qabilasi raisining qizi edi. Tush ko‘rdi, nakd Madina ustida yalyal nur sochayotgan oy unga tomon kela boshladi. Va nihoyat, quchog‘iga kirib qo‘ndi.
Bu tushida bir hikmat borligiga ishonch bilan uyg‘ondi. Yerug‘ kunlar yaqinlashayotgani ayon bo‘ldi chog‘i. So‘nggi kunlarda Yasrib yurtiga uyushtirilishi mo‘ljallangan va tayyorgarligi qizg‘in ketayotgan hujumning bu tush bilan qandaydir bog‘liqligi bo‘lishi kerak!
Tush ko‘rganidan uch kun o‘tgan edi. To‘satdan paydo bo‘lgan bir qo‘shinning hujumi mustaliqliklarni gangitib qo‘ydi. Qabilaning jon tomiri hisoblangan «Muraysiy qudug‘i» deb nomlangan joyda dam olib o‘tirganlar bostirib kelgan yuzlab askarga uzoq qarshilik qila olmasliklarini darhol fahmlashdi.
Ko‘pga cho‘zilmagan bu hujum natijasida Bani Mustalikdan o‘n kishi o‘ldi, ko‘plari qochib jonini qutqarib qoldi, xotinlar, bolalar va jangchilardan bir qismi asir olindi. Bu orada musulmonlardan Hishom ibn Subobani boshqa bir musulmon o‘ldirib qo‘ydi. Bu hodisa bir adashish edi, xolos, qasddan odam o‘ldirish emasdi. (Fatxul Boriy; 9/85.)
Jang tugagach, Hazrati Umarning xizmatkori Jaxjah bilan hazrajliklardan birining xizmatchisi Sinon ibn Vabar quduk boshida g‘ijillashib qolishdi. Yarim hazil, yarim chin boshlangan tortishuv janjalga aylandi. Sinon:
— Ey xazrajliklar, yordamga kelinglar! — deya baqirishga tushdi. Unisi ham:
 Yordam beringlar, ey muhojirlar der edi.
Olovga yonilg‘i sepishga usta bo‘lgan arab tabiati bu yerda ham o‘zini ko‘rsatdi, pirovardida ish jiddiy tus oldi. Jahjahning «Bu ish shunchaki hazil bilan boshlangan edi», kabi so‘zlari g‘alag‘ovur ichida eshitilmadi ham.
Bani Mustaliqqa qarshi urushga kelgan qo‘shinning asl jangi bu yerda — Muraysiy qudug‘i bo‘yida boshlanishiga sal qoldi. Janobimiz darhol yetib kelib, har ikki tomonni tinchlantirdilar. Qinlaridan sug‘urilayotgan qilichlar qaytib joyiga solindi. Bir-birlari bilan jang qilishga shaylanganlar quchoqlashib yarashishdi.
Vaziyatga guvoh bo‘lib turgan Abdulloh ibn Ubayy ibn Salulning ichiga o‘t tushdi go‘yo. Yonidagi bir necha munofiqqa:
— Nima ishlar bo‘lib ketdiya!.. Tog‘dan keldilar, bog‘dagini quvdilar. Shahrimizga egalik qilib oldilar! Vallohi, bizning bu xolimiz otabobolarimizning «to‘ygan it egasini qopadi», degan masaliga to‘g‘ri keladi. Nonimizni yeb, oyog‘imizdan chalsalar... Ish bu yo‘sinda ortiq davom etmaydi. Vallohi, Madinaga bir boraylik, albatta sharaflilar sharafsizlarni u yerdan surib chiqaradi, — deb vaysadi.
277
Ibn Salulning bo‘g‘zida yorilayozgan tomirlar birikki nafas olvolishi lozimligini eslatardi. Ora-sira bo‘rtib turadigan kin tuyg‘usi to‘libtoshgan edi. Yon-atrofidagilarni bir-bir ko‘zdan kechirdi:
— Bu ishlar boshlarishta o‘z qo‘llaring bilan keltirgan balodir. Ularni yurtlaringga olib kirdilaring, mollaringni baham ko‘rdilaring. Quchoq ochmaganlaringda bu yurtlardan yo‘qolib ketishar edi, — dedi.
Bu so‘zlari bilan u Madina idorasini qo‘lga kiritajagini, bitta zarba bilan bosh bo‘lib olajagini anglatmoqchi bo‘lardi. Keyin esa, xayolida, Janobi Payg‘ambarimizning qo‘llaridan tutadigan va: «Qani, Abdulmuttalibning xo‘kizini haydashga jo‘na!..» deya quvib soladigan sezdi o‘zini.
Shu atrofda turgan, endigina mo‘ylabi sabza ura boshlagan yigitga bu gaplar yoqmadi. Ibn Salul «sharafsiz» deb Payg‘ambarimizni nazarda tutayotganini fahmladi. Nabiyyi akram (s.a.v.) o‘tirgan joyga tomon yura boshladi.
Yosh bolalik paytlarida Rasululloh (s.a.v.) ularning uyida qolganlarini esladi. Otasi Arqam Janobimizga uyini ajratib bergan, o‘sha yillari Islom dini ularning uyidan tablig‘ etilgan edi. Hozir esa, bu yosh yigit — Zayd vijdon amriga bo‘ysunib, Sayyidul anbiyo janobimizni izlab ketdi, vaziyatdan u kishini xabardor qilmoqchi bo‘ladi.
Payg‘ambarimiz janjalning vaqtida bosilganidan mamnun holda Umar ibn Hattob (r.a.) bilan suhbatlashib o‘tirgan edilar. Ro‘paralariga hurmat va xayajon bilan bir yitit keldi, salom berdi. Alik oldilar.
Zayd eshitganlarini oqizmaytomizmay aytib berganida Umar ibn Xattob jahl bilan o‘rnidan turib ketdi.
— Yo Nabiyalloh, aqrabosidan Abbod ibn Bashrga buyuring, bo‘ynini sapchadek uzib tashlasin bu munofiqning! — dedi.
Sayyidul anbiyo janobimiz Umarga qarab, bunday marhamat qildilar:
— Bu qandoq bo‘ldi, ey Umar? Unda odamlar, Muhammad o‘z o‘rtoqlarini o‘ldira boshladi, deb gap tarqatishadi. Bu gaping bo‘lmaydi. Ammo xoziroq yo‘lga chiqamiz.
Payg‘ambarimizning xafa bo‘lganlari shubhasiz. Nega deganda, kunning bu pallasida qo‘shinni safarga chiqaradigan odatlari yo‘q edi. Bunaqa paytda inson dam olishdan boshqaga yaramay qoladi. Biroq, shunga qaramay, qo‘shin tez yo‘lga tushdi.
Avs qabilasining raisi Usayd ibn Huzayr yaqinlashdi:
— Salom bo‘lsin Sizga, ey Ollohning payg‘ambari!
—   Senga ham salom bo‘lsin. Bonshngga rahmatlar yog‘ilsin, ey Usayd!
—   Noxush bir paytni tanladingiz, ey Nabiyalloh. Biz Sizning bunaqa vaqtda yo‘lga chiqqaningizni hech ko‘rmaganmiz.
O’rtoqlaringning gaplari senga borib yetmadimi?
— Qaysi o‘rtoq va qanaqa gapni nazarda tutyapsiz, yo Rasululloh?
—   Ubayy ibn Salul...
—   Nima debdi?
Madinaga borilgach, sharafli bo‘lgan sharafsiz bo‘lganni surib chiqarajak, deb aytibdi.
— To‘g‘ri so‘zlabdi, ey Ollohning rasuli. Siz istasangiz, darhol uni surib chiqarasiz. Ollohga qasamki, sharafli Siz, sharafsiz va bechora esa udir. — So‘ng so‘zlarini davom etib, dedi: Shunga qaramay, unga yumshoq munosabatda bo‘ling, ey Ollohning rasuli. Amin bo‘lingki, Olloh taolo bizni siz bilan sharaflantirgan kunlari, qavmi unga kiydirmoqchi bo‘lgan tojga marjon taqishayotgan edi. Shu sababli u sizni mulkini qo‘lidan olgan bir zo‘ravon sifatida ko‘radi.
Rasululloh har bir so‘zi samimiy bo‘lgan bu mard, jasur odamga kulimsirab qaradilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:31:07
* * *
Yurish davom etardi. Zayd ibn Arqam orqali Payg‘ambarimizga yetgan xabar ayblanibaylanib yana Abdulloh ibn Ubayy ibn Salulning qulog‘igacha bordi. Rasulullohning yonlariga keldi.
— Ey Ollohning payg‘ambari, Zayd ibn Arqam sizga men aytmagan ba’zi gaplarni yetkazibdi. Holbuki, bu gaplardan mening hech ham xabarim yo‘q. Bunday so‘zlarni aytmaganimga qasam ichaman, — dedi.
Yenidagilar uni ko‘llabquvatlashdi:
— Yo Nabiyalloh, Zayd hali yosh bola, yanglish tushungan, yanglish anglatgan bo‘lishi mumkin. Ehtimol, aytilgan gaplarni esida saqlay olmagan, sizga kelib bo‘larbo‘lmas so‘zlarni aytgan.
Payg‘ambar janobimiz og‘iz ochmadilar. Shu bilan bu masala yopilgan bo‘ldi.
Aslida, bunday issiqda qo‘shinni yo‘lga chiqarishning sababi — odamlarning bunday masala bilan band bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:31:28
* * *
Hazrati Umarning (r.a.) Ibn Salul haqida Rasuli akramga aytgan so‘zlari Ibn Salulning o‘g‘li Abdullohga borib yetdi. Tezda Faxri olam huzurlariga bordi, salom berdi.
— Ey Ollohning payg‘ambari, — dedi. — Otamdan deb naql qilingan ba’zi so‘zlar tufayli uni o‘ldirishni o‘ylayotganingizni eshitdim. Agar haqiqatan shunday o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bu ishni menga qo‘yib bering. Darhol otamning boshini sizga o‘zim keltirayin. — Abdullohning so‘zlarini samimiyat va fidoyilik tuyg‘ulari bezab turardi. — Ey Ollohning payg‘ambari, butun hazrajliklar yaxshi bilishadi, bu qabila ichida otasiga mendan-da yaxshi munosabatda bo‘lgan va bog‘langan, otasini mendan ko‘ra ko‘proq sevadigan kimsa yo‘q. Agar boshqa bir odam otamni o‘ldirsa, o‘zimni tutolmay, u odamga zarar yetkazib qo‘yaman, deb qo‘rqaman. Bu holda bir kofir evaziga bir mo‘minni o‘ldirib, jahannamga kirib qolaman.
Nabiyyi akram unga taskin berdilar:
— Yo‘q, ey Abdulloh, aksincha, to otang biz bilan birga ekan, yaxshi munosabatda bo‘lamiz.
Abdulloh ko‘ngli ko‘tarilgan holda ketdi u yerdan.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:32:02
* * *
Zayd qiyin ahvolga tushgan edi. Ibn Salul yoshiga yarasha savlat bilan keldi, Janobimizning yuzlariga tikka qarab qasam ichdi va masala hal bo‘laqoldi. Ammo qasam icharkan, uyalmadi, qiynalmadi?! Shuncha kishi guvohligida og‘zini ko‘pirtirib aytgan gaplaridan qasam ichaicha tonayotganida, vijdoni hech qanday ovoz bermadimikan?!
Bu yetmaganday amakisi kelib:
— Ishning pachavasini chiqarding. Faxri koinot janobimizni xafa qilganing, jahllarini chiqarganing qoldi. Buning ustiga, nomingni ham yolg‘onchiga chiqarding, tuxmatchi degan nom orttirding, — deya unga ozor berdi.
Zayd ko‘rganbilganlarini yana bir bor ko‘z o‘ngiga keltirdi.
U yetkazgan xabar xayol emasdi, tush emasdi. Ammo rad qilinishi mumkin bo‘lmagan bir haqiqat hali bor bo‘lsa, u ham o‘sha yerda hozir turgan hammaning bu ishni ochiq aytishlari edi. Endigina o‘sib kelayotgan yosh yigit qarshisida yoshliboshli shuncha kishi... Ular ham ibn Salul qasam ichib aytayotgan gaplarni to‘g‘ri deb guvohlik berishayotibdi.
Zaydning tomog‘iga nimadir tiqilganday bo‘ldi. Nafas olishi qiyinlashdi. Ko‘ngli parishon bir ahvolda keta boshladi. Ittifoqo, qulog‘iga tegingan bir qo‘l uni xushiga keltirdi. Qarasa, ro‘parasida Faxrul mursaliyn (s.a.v.) turar edilar. U Zot Zaydning qulog‘ini yumshoq silab qo‘ydilar.
Nabiylar Sarvari bir so‘z aytmagan bo‘lsalar ham, kulimsirab qaraganlarining o‘ziyoq Zayd uchun xushxabar bo‘ldi. Keyinchalik Zayd bu voqeapi bir necha yillar keyin tushuntirar ekan, «Hatto o‘limsiz dunyoda yashash mujdasi ham meni bunchalar quvontira olmasdi», der edi.
So‘ngra unga Hazrati Abu Bakr (r.a.) yetib oldi.
— Rasululloh senga nima dedilar?
—   Hech narsa. Faqatgina qulog‘imni yengilgina tortdilar va kulimsiradilar.
—   Mujdalar bo‘lsin senga, ey Zayd! — dediyu Abu Bakr yo‘lida ketdi.
Zayd: «Qanaqa mujda, nimalar bo‘lyapti o‘zi?» deyishga ham ulgurmay qoldi. Hazrati Umar (r.a.) ham kelib shu gapni so‘radi, shu so‘zlarni aytdi.
Endi Zayd tushkunlikdan qutulib, dadilroq qadam bosa boshladi. Suvga cho‘kay deb turganida qutqarib qolingan va erkin nafas olgan odamday edi u shu damda.
Nihoyat, bomdod namozi o‘qildi. Sayyidi koinot (s.a.v.) namozdan so‘ng ushbu oyatlarni o‘qidilar, hamma jon qulog‘i bilan tingladi:
«(Ey Muhammad,) Qachon munofiqlar Sizning oldingizga kelsalar: «Guvohlik beramizki, siz shakshubhasiz Ollohning payg‘ambaridirsiz», derlar. Olloh, darhaqikat, Siz O’zining payg‘ambari ekaningizni bilur, yana Olloh u munofiqlarning shakshubhasiz yolg‘onchi ekanlariga guvohlik berur. Ular o‘zlarining (musulmon ekanlari haqida ichgan yolg‘on) qasamlarini qalqon qilishib olib, (odamlarni) Ollohning yo‘lidan to‘sadilar! Ularning qiladigan ishamallari nakadar yomondir! Bunga sabab ularning (tillarida) imon keltirib, so‘ngra (dillarida) kofir bo‘lganlaridir. Bas, ularning dillari muxrlab ko‘yildi. Endi ular (imonning hakiqatini) anglay olmaslar! Qachon Siz ularga boqsangiz, ularning jismlari (ko‘rinishlari, kiygan kiyimlari) sizni hayratga solur, so‘zlaganlarida esa, so‘zlariga (ohangdor, fasohatli bo‘lgani uchun berilib) quloq solursiz. (Lekin ularning dillari imon va yaxshilikdan xoli bo‘lgani uchun) ular go‘yo (devorga) yo‘lab qo‘yilgan (chirik) yog‘ochlarga o‘xshaydilar. Ular (yuraksizliklari sababli) xar bir qichqiriqovozni ustlariga (tushastgan biron baloofat deb) gumon qiladilar. Ular dushmandirlar! Bas, ulardan ehtiyot bo‘ling! Ularni Olloh la’natlagay! Qanday adashmokdalara! Qachon ularga: «Kelinglar, Ollohning payg‘ambari sizlar uchun mag‘firat so‘rar», deyilsa, albatta ular boshlarini burib keturlar va Siz ularni kibrhavo qilgan hollarida yuz o‘girishlarini ko‘rursiz. (Ey Muhammad,) Siz ular uchun mag‘firat so‘radingizmi yoki mag‘firat so‘ramadingizmi, ularga barobardir — Olloh ularni hargiz mag‘firat qilmas! Albatta, Olloh bunday fosiqitoatsiz qavmni hidoyat qilmas. Ular shunday kimsalarni (o‘zlarining tobe’lariga): «Ollohning payg‘ambari xuzuridagi kishilarga infoq-ehson qilmanglar, toki ular tarkalib ketsinlar», deydilar. Holbuki, osmonlar va Yer xazinalari yolg‘iz Ollohnikidir. Lekin munofiqlar (buni) anglamaslar. Ular: «Qasamki, agar Madinaga qaytsak, albatta kuchlilar kuchsizlarni undan quvib chiqarur», derlar. Holbuki, kuchqudrat Ollohniki, Uning payg‘ambariniki va mo‘minlarnikidir. Lekin munofiqlar (buni) bilmaslar. Ey mo‘minlar, na moldunyolaringiz va na bolachaqalaringiz sizlarni Ollohning zikridan (ya’ni, Ollohga ibodat qilishdan) yuz o‘girtirib qo‘ymasin! Kim shunday qilsa, bas, ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchi kimsalardir! Sizlarning (har) biringizga o‘lim kelib, u: «Parvardigorim, meni ozgina muddatga (xayotda) qoldirsang, men xayr sadaqa qilib, solih (banda)lardan bo‘lsam», deb qolishdan ilgari Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilingiz! (Chunki) Olloh biron jonni ajali kelgan vaqtida (vafot ettirmasdan) qoldirmas. Olloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir»  (Munofiqun surasi.)
Oyatlar o‘qib bo‘lingach, hammaning taqdirlovchi nigohi Zayd ibn Arqamga yo‘naldi. Ibn Salul esa nafratla to‘libtoshgan qarashlarga nishon bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:33:03
YO’QOLGAN MARJON HODISASI

«Bayzo» deyilgan joyda to‘xtab, bir muddat dam olindi. Yo‘lga chiqay deb turilganida, qo‘lini beixtiyor bo‘yniga olib borgan Hazrati Oyishaning (r.a.) rangi o‘zgardi: marjoni yo‘q edi. Darrov Rasulullohga (s.a.v.) xabar berdi. U yoqbu yoqni qarashdi, topilavermadi. Avs qabilasining raisi Usayd ibn Xuzayr bilan yana bir kishi Hazrati Oyisha borgan joylarga borib qidirib kelishdi, toiisholmadi. Vaqt o‘tib borar edi. Bir necha kishi Hazrati Abu Bakrga (r.a.) kelib:
— Ko‘rmaysizmi Oyi1naning ishini?! Rasululloh janobimizni va shuncha odamni yo‘ldan qo‘ydi. Suvsiz bir joydamiz, yonimizda ham suv qolmagan, — deyishdi.
Hazrati Abu Bakr (r.a.) xafa bo‘ldi, jahli chiqdi. Qizining oldiga bordi. Kutmagan bir holatga duch keldi: Rasululloh (s.a.v.) boshlarini Oyishaning tizzasiga qo‘yib uxlardilar. Vaholanki, u qizini yolg‘iz holda uchratib, bir ta’zirini berib qo‘ymoqchi edi. Lekin indamay qaytib ketgisi kelmadi. Pichirlab bo‘lsa ham, ganini aytib oldi:
— Rasulullohni va odamlarni suvsiz joyda ushlab qolding. Shu ishing aqldanmi?!
Ayni paytda qizining biqiniga birikki turtdi ham. Hazrati Oyisha jonining og‘rig‘iga qaramay, Janobimizni bezovta qilmaslik uchun tishinitipshga qo‘yib chidadi, ovoz chiqarmadi, hatto qimir etmaslikka harakat qildi.
Tong otdi. Janobi Payg‘ambarimiz uyg‘ondilar. Shu orada tushgan vahiy insonlarga bir qulaylik, yengillik olib kelgan edi:
«...Suv topa olmasangiz, pokiza tuproqni tayammum qilingiz — yuzingiz va qo‘llaringizni (pokiza tuproq bilan) silangiz. Olloh sizlarni biron tanglikmashaqqatga solishni istamaydi, balki sizlarni poklashni va sizlarga O’z ne’matini komil qilib berishni istaydi. Shoyad shukur qilsalaringiz». (Moida, 6.)
283
Yonida suvi bo‘lmaganlar darxol Rasululloh ko‘rsatganlariday tayammum qilishdi va namozlarini o‘qib olishdi. Usayd ibn Huzayr bir she’r aytib, minnatdorlik tuyg‘ularini ifoda etdi: «Ey Abu Bakr oilasi, bu sizlar olib kelgan birinchi barakot emas... Sizlarning vositalaringiz bilan Ollohning ko‘p ikromiga noil bo‘ldik...»
Topilishidan umid kesilgan marjonni qidiraverishdan foyda yo‘q, albatta. Qo‘shinga yurish amri berilganida o‘rnidan turgan tuyaning tagidan marjonning chiqishi bilan hamma narsa joyjoyiga tushdiqoldi. (Buxoriy, 1/86.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:34:17
* * *
Yo‘llarida davom etishdi. Yana bir to‘xtashganida Oyisha onamiz (r.a.) kajavasidan chiqdi, hojat uchun sal nari ketdi.
Qaytib kelib, yana marjoni yo‘qligini payqadi. Xafa bo‘ldi. Omonat bo‘lmasa ham mayliydi, bir marjon yo‘qolsa yo‘qolibdida, deb qo‘yaqolardi. Yoki uyga qaytgach, oiasidan uzr so‘rasa, marjonning yo‘qolganini aytsa ham bo‘lardi! Yamaniy bir taqinchoq uchun onasi xafa ham qilmas. Ammo, boshqa tarafdan, bu yerda gap omonatga rioya etish, omonat sifatida olingan narsaga xiyonat qilishdan saqlanish ustida borayotgan edi.
Axir, Nabiyyi akram: «Munofiqning uch alomati bor: gapirsa, yolg‘on gapiradi; va’da bersa, va’dasining ustidan chiqmaydi; berilgan omonatga xiyonat qiladi», deya buyurgan emasmidilar?!
Urtada omonatga xiyonat bo‘lgani yo‘q, ammo beparvo bo‘lish ham yaxshi emas. Shularni o‘ylab, yana kajavasidan chiqdi. Borgan joylarini diqkat bilan ko‘zdan kechirdi va, nihoyat, ko‘zlari quvonchdan chaqnab ketdi — marjonni topdi! Olib darrov bo‘yniga taqdi va ortiga qaytdi. Biroq u kechikkan, aylanib kelgunicha, qo‘shin o‘rnidan ko‘chgan edi. Hazrati Oyisha kichik jussali, juda nozik bo‘lganidan tuya o‘rkachiga o‘rnatilgan kajavada uning boryo‘qligi bilinmagan edi.
Yugurgani bilan yetishi gumon. «Kajavada yo‘qligimni bilishsa, o‘zlari bu yerga kelishadi», degan ishonch bilan bir chekkaga o‘tib kuta boshladi. Charchagan emasmi, bir ozdan keyin uxlab qoldi.
Hojatni deb karvondan ayrilib qolgan bitta Hazrati Oyisha emaskan. Safvon ibn Muattal (r.a.) ham shu maqsadda pana izlab ketgan edi. Qaytib kelsa, qo‘shin turgan joyda uxlab yotgan bir ayoldan boshqa hech kim yo‘q.
— Inna lillahi va inna ilayhi roji’un... — dedi.
Baland ovozda o‘qilgan bu oyatdan ayol uyg‘ondi.
Safvon Hazrati Oyishani tanidi.
— Nima qilyapsiz bu yerda, mo‘minlarning onasi? —deb so‘radi.
Javob ololmadi. Bu savolga javob o‘rnida Hazrati Oyisha (r.a.) yuzini berkitish bilan kifoyalandi. Safvon esa tuyasini cho‘ktirib, yerga tushdi va bir necha qadam uzoqlashdi. Orqasiga o‘girilib:
—   Tuyaga mining, ey Hazrati Oyisha, — dedi.
   Hazrati Oyisha tuyaga mindi. Safvon kelib, tuyani turg‘izdi, burundig‘idan tutib, qo‘shinga yetib olish uchun tez yetaklab ketdi...
Qo‘shinga yana dam berildi. Kajava tushirilayotganida ichida Hazrati Oyishaning yo‘qligi ma’lum bo‘ldi va hamma tashvishga tushib qoldi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay Safvon yetaklab kelgan tuya ustida Hazrati Oyishani ko‘rib, ko‘ngillari xotirjam bo‘ldi. Karvonga kelib qo‘shilgan Hazrati Oyisha bo‘lgan voqeani tushuntirdi va masala shu yerda yopildi.
Safar ham poyoniga yetay deb qoldi. Yarim soatlar ichida shaharga kirishadi. Ittifoqo, shu payt Ibn Salulning o‘g‘li Abdulloh qilichini yalang‘ochlab yo‘l chetiga turib oldi. O’tayotganlar uning bu holidan bir ma’no uqmay, yuziga qarab o‘tishar edi. Nixoyat, Abdulloh qilichini balandroq ko‘tardi va:
—   Qani, to‘xtagin! — dedi. Ibn Salul to‘xtadi.
—   Nima bo‘lyapti o‘zi, o‘g‘lim?! — dedi u xavotirda.
— Madinaga kelgach, sharafli sharafsizni surib chikarajak, debsan. Endi mana shu yerda sharaf Sayyidul anbiyo janobimizga, sharafsizlik esa senga oid ekanini ochiq aytasan.
—   Aytmasamchi?
—   Madinaga kirmaysan!..
—   Kirmoqchi bo‘lsamchi?
—   O’ldiraman.
—   Nimalar deyayotganingni bilyapsanmi, o‘g‘lim?!
—Bilaman va jiddiy aytyapman. Shu yerda kutasan va Janobimiz ruxsat bermagunlaricha shaharga kirmaysan!
Bir ozdan keyin kelgan Payg‘ambar janobimiz ruxsat berdilar. Ibn Salul qarshisidan qilich olindi va yo‘l ochildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:34:53
BO’HTON

Madinaga kirilganiga hali yigirma to‘rt soat ham bo‘lgani yo‘q, xalq orasida bir mishmish tarqalgan edi:
— Oyisha nega qo‘shindan keyin qoldi?!
— Safvon ibn Muattal bilan yolg‘iz qolib nimalar qildiykin?
Yo‘lda ekanlarida hech kimning xayoliga ham kelmagan bu kabi savollar bu yerda odamlar orasida keng yoyildi.
Bu so‘roqlar ibn Salulning kin va adovat to‘la, dushmanlik bilan yo‘g‘rilgan qalbidan chiqayotgan edi. Atrofidagi munofiqlar unga bu borada yordam berishardi.
—Haqiqatan, ular qo‘shindan uzoqda, hech kimga ko‘rinmaslik yo‘lini qanday topdilara?!
Oldiniga munofiqlar chuvalashtirayotgan bu gaplar keyinroq musulmonlarning bir qismiga ham yuqdi. Mishmish Nabiyyi akramning (s.a.v.) quloqlariga ham yetib, qattiq iztirobga botdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:35:18
* * *
Safardan qaytgach, Hazrati Oyisha (r.a.) birdaniga betob bo‘lib yotib qoldi. Onasi Ummu Rumon kelib unga qaray boshladi. Biroq kutilmagan va g‘alati holat: hamisha va ayniqsa xastalanganida unga doim ko‘zquloq bo‘ladigan, iltifot ko‘rsatadigan Rasuli kibriyo (s.a.v.) bu gal beparvoroq ko‘rinar edilar. Ichkari kirganlarida Ummu Rumondan:
— Buning ahvoli qalay? — deb so‘rar, boshqa hech nima demas edilar. Bu noxushlikning sababini bilmay qiynalgan bemorning bir dardiga o‘n dard qo‘shildi. Bir kuni:
 Ruxsat bersangiz, birikki kun onamning uyiga borsam, — dedi.
Taklif qabul qilindi va Hazrati Oyisha endi onasining uyida davo ola boshladi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:35:28
* * *
Biror g‘azotdan qaytilganida, odatda, yo‘l bo‘yi bo‘lib o‘tgan voqealar, qilingan jang tafsiloti bilan aytib berilardi. Ayniqsa, Xasson ibn Sobit bularni yaxshilab eshitar va keyin bu g‘azotga bag‘ishlab she’rlar yozar edi. Bu gal ham shunday bo‘ldi. Lekin bu safar Xasson ishning pachavasini chiqardi. Hazrati Oyisha bilan Safvon haqida eshitganlarini haqiqat suzgisidan bir o‘tkazib olish lozimligini his etmadi. U: «Nimalar deb valdirayaisizlar, Payg‘ambar xotini bunday qilmaydi. Bu bir g‘arazgo‘yning ishi bo‘lishi kerak!» deya olmadi. Safvonni nishonga olib bir hajviya aytdi. Safvonga qaratilgan bu hujum ayni naytda Hazrati Oyishaga ham qaratilgan degani edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:35:36
* * *
Safvonning qalbi Payg‘ambar janobimizga va ahli baytlariga nisbatan haqiqiy bir sevgi va hurmat bilan to‘la edi. Bani Mustaliq safarida ham Hazrati Oyishani yo‘lda topib keltirish xizmati o‘ziga nasib etganidan nihoyat mamnun bo‘lgan, Rabbiga hamd va shukronalar aytgan edi. Payg‘ambar oilasiga bunday xizmat ko‘rsatgani sababli ko‘nglida paydo bo‘lgan quvonchli tuyg‘ularni ifodalashga so‘z ojizlik kilardi. Har kim suyibsuyib va faxr bilan ado etadigan xizmatni unga nasib etgan Rabbiga takrortakror hamdu sano va shukr aytishdan boshqa uning nima dardi bo‘lsin?!
Biroq bir kuni... Ha, bir kuni quloqlari qizibqovurilganday bo‘ldi go‘yo. Tars etib peshonasiga shappaladi, barmoqlarini tishladi. Bu gaplar va bu she’r... U yoqbu yoqlardan eshitaverdi. Miyasiga naq qon quyildi. Payg‘ambarining xotiniga nisbatan bunday chirkin ishni qilish u yokda tursin, xayoliga keltira oladimi inson?!
Axir, Olloh taoloning: «Payg‘ambar mo‘minlarga o‘zlaridan ham avlo (yaqin)rokdir, uning ayollari esa ularning onalaridirlar» (Ahzob, 6) degan oyati tushganiga hali ko‘p ham bo‘lgani yo‘q!
— Chindan ham bu hajviyani Xasson ibn Sobit yozdimi?
287
Xabarchi boshini qimirlatdi: ha.
— Men Payg‘ambarimning ayoliga qanday yomonlik sog‘inaman?! Ollohim, bu qanday bo‘ladi, bu qanday gapirilyapti?! — Safvon birdan silkindi: — Ollohim, shu Xassonni ro‘para qil menga! — deya otildi.
Qayoqqa borayotganini bilmasdan ketaverdi. Birdan ko‘zlari yarq etib ochildi. Qarshisida Xasson turardi. Qilichini mahkam ushlab, ildam olg‘a bosdi.
— Ol buni Muaattal o‘g‘li Safvondan, ey Xasson!.. Meni hajv qilishsa, shoirlik qilolmayman, fakat qilich solaman!..
Ko‘chalarni tutib bir faryod ko‘tarildi. Xasson qon ichida yerga dumalar ekan, yon-atrofdan yugurib kelganlar Safvonni ushlab qolishdi, ikkinchi zarbani berishiga yo‘l qo‘ymadilar. Xasson naqd o‘limdan omon qoldi, yarali holatida o‘rnidan turg‘azishdi. Safvon esa tutuqdan bo‘shanishga zo‘r berib urinar:
— O’ldiraman uni, tilini sug‘urib tashlayman! — deya hayqirar edi.
Xasson uyiga ketar ekan, Sobit ibn Qays Safvonni tutib turdi, keyin qo‘llarini bo‘yniga bog‘lab hazrajliklar mahallasiga olib bordi. Yo‘lda Abdulloh ibn Ravohaga duch keldi:
— Bu ne hol?
Qilgan ishini qara: Xasson ibn Sobitni o‘ldirmoqchi edi, ushlab koldim.
— Buni bu ahvol bog‘laganingni Janobimiz bilar dilarmi?
— Yo‘q.
 U holda qanday jur’at qilding bu ishga? Bo‘lgan voqealardan bexabarsan shekilli.
Qaytib, Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga kelishdi. Holatni tushuntirishdi. Xasson keltirildi. Bir ko‘zi ko‘r bo‘lgan edi.
Olloh mening sababim bilan qavmishta hidoyat berganidan keyin shu chirkin so‘zlarni so‘yladingmi, ey Xasson?!
Odam bolasiga Payg‘ambarning shu tanbexi yetarli bo‘lishi kerak edi.
Keyin Janobimiz so‘zlarini bunday davom ettirdilar:
— Boshingga kelgan bu balo uchun nimani ma’qul bilsang, qilaver, ey Xasson!
Xasson o‘zi bilmagan holda qilib qo‘ygan bu odobsizligi uchun ko‘z da’vosini qilmaslikka qaror berib, u yerdan ketdi.
Rasululloh janobimizni battar mahzunlik chulg‘adi, ammo Olloh taolodan biron yo‘lyo‘riq yo izoh kelishini kutar va shunga qarab ish tutishni maqbul ko‘rar edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:35:51
* * *
Hazrati Oyisha onamiz xastalanganiga yigirma kundan oshdi. Biroq u hali ham o‘zi xaqida tarqalgan mishmishdan bexabar. Ozmiko‘pmi tuzalib ham qolgan edi. Bir kechasi Ummu Mistox ismli bir ayol bilan birga hojat ushatish uchun shahar tashqarisiga chiqishdi. (U paytlarda hali uylarda hojatxonalar qurilmagan, odamlar hojat uchun shahar tashqarisiga chiqishar edi.) Qorong‘uda ketayotib, ayol etagini bosib oldi va yiqilib tushishiga oz qoldi.
— Olloh baloginangni bersina ssning, Mistoh, — deya ingrandi.
Hazrati Oyisha hech narsa tushunmadi. Tanbeh berayotgan kabi ohangda:
— Nima deding? Mistoh ham o‘zingning o‘g‘ling, ham Badr jangida qatnanpan bir insonku, — dedi.
Ayol bir yutinib oldi:
— Bo‘layotgan gailardan xabaringiz yo‘qmi, ey Abu Bakrning qizi?!
— Qanaqa gaplar?!
Ummu Mistox bo‘lgan voqealarni birmabir aytib berdi. Gapini:
— Mening o‘g‘lim Mistoh ham bu sharmandali ishga aralashib qolganlardan biridir! Qoqilganimda og‘zimdan chiqib ketgan so‘zlarning sababi shu, — deya tugatdi so‘zini.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:35:59
* * *
Mistoh o‘ta faqir bir odam edi. Qarindoshligi tufayli Hazrati Abu Bakr (r.a.) uning holidan xabar olib turardi. O’zi shu oilaning moddiy yordami bilan qornini to‘ydirsada, yana o‘zi bu bo‘htonni yoyuvchilarning oldingi safidan joy olib, har yerda gapirib yursa... bundan ortiq pastkashlik bo‘ladimi?!
Hazrati Abu Bakr bu chirkin iftiro (bo‘xton) qarshisida erib bitdi go‘yo. Qanday bunaqa bo‘hton qilinadi! Ayniqsa, bu xonadonning tuzini yegan, bu oilani yaqindan bilgan odam bunday chirkin xarakatga qanday qilib qurol bo‘la qoldiykin?! Boshqalarning yo‘li boshqa. Mistohning bu ishga aralashib qolgani yanada alamli va achinarli edi.
— Ortiq bu uydan Mistoh aslo yordam ko‘rmaydi. Vallohi, unga bu oiladan yordam berilmaydi! — dedi Hazrati Abu Bakr qasam ichaicha.
Bir oyga yaqin vaqtdan buyon oilasining do‘zax azobini ko‘rayotganiga sabab bo‘lgan hodisa qarshisida mardlarcha boshini ko‘tarib: «Yo‘q! Ming bora yo‘q! Oyishani men yaxshi bilaman, u bunday qilolmaydi!» deyishi kerak bo‘lgan Mistoh munofiqlar yoqqan olovga otashkurak olib yugurgan va bu olovni qo‘zg‘ab, battar shiddatli tus oldirgan edi...
Hazrati Oyisha (r.a.) bu xabardan qattiq ta’sirlandi. Ahvoli yanada og‘irlashdi, yelkalari cho‘kib qoldi. Qaytadan to‘shakka cho‘zildi. Tinmay ko‘zyosh to‘kardi. Keyinchalik xotiralarini aytib: «Bu yig‘idan o‘pkalarim irib ketdi, deb o‘ylardim», degani tarixlardan ma’lum.
— Onajon, Olloh sizni kechirsin, odamlar naxot shunchalikka borishsa?!
Ummu Rumon g‘amgin bir ovozda javob berdi:
— Uzingni qo‘lga ol, qizim! Shubhasiz, eri yaxshi ko‘radigan xotinning kundoshlari bo‘lsa, bunday voqealar ham bo‘lib turadi. Odamlar og‘izlariga siqqan gapni gapiraveradilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:36:15
HODISANI OYDINLASHTARISH

Oradan bir oyga yaqin vaqt o‘tganiga karamay, bu noxush ish haqida biror vahiy kelavermadi. Janobimiz (s.a.v.) bu mavzuda bir necha erkak va ayol bilan gaplashdilar. Bular Oyisha onamizni juda yaqindan taniganbilgan kishilar edi.
Hafsa, Ummu Salama va Zaynab onalarimiz:
— Yo Nabiyalloh, biz uning biror nojo‘ya xatti-harakatini ko‘rmadik, — deyishdi.
Usoma ibn Zayd:
— Yo Rasululloh, oilangiz haqida bilganimiz faqat va faqat yaxshilikdir. Siz uni himoyangiz ostiga oling, —dedi.
Ali ibn Abu Tolibdan so‘raldi. Hazrati Ali:
— Ey Ollohning rasuli, ayol ko‘p. Siz uning o‘rniga boshqa birisini topa olasiz. Ahvolni cho‘ridan ham so‘rab-surishtirsangiz, yaxshi bo‘lardi, u to‘g‘risini aytadi, — dedi.
Barira ismli cho‘ri chaqirildi. «Oyisha haqida nimalar deysan?» deb so‘raldi. Go‘yo to‘g‘risini ayttirishga majbur qilayotgandek, Hazrati Ali uni birikki tarsaki urdi ham.
— Janobimizga to‘g‘risini aytib berasan, — dedi. Cho‘ri:
—Vallohi, uni faqatgina yaxshi deb bilaman. Shu paytgacha unda biror kusur ko‘rmadim. Faqat, ba’zan hamir qorganimda, qarab turing, desam, uxlab qolardilar, echki kelib hamirni yeb qo‘yardi, — dedi.
Hazrati Alining (r.a.) bu xatti-harakati Oyisha onamizga yokmadi va keyinchalik sodir bo‘lgan «Jamal urushi» ga qadar davom etgan o‘zaro kelishmovchiliklariga sabab bo‘ldi.
Rasululloh (s.a.v.) eng oxiri Hazrati Umarning (r.a.) fikrini so‘radilar.
—   Yo Nabiyalloh, Oyishani sizga kim nikohladi?
—   Olloh taolo.
— Erini aldaydigan, yomon yo‘lga kirib ketadigan ayolni Olloh taolo sizga nikohlashiga ishonasizmi?! Buyuk Umar (r.a.) bu javobni bergach, yuzini ko‘kka qaratdi: — Subhanaka, haza buhtanun aziym (Ollohim, Seni har turli kamchiliklardan iok deb bilaman. Bu katta bir bo‘htondir), — dsdi.
Bu sas samimiy edi... Bu sas mushriklik paytida ham riyokorligi bo‘lmagan qalb tuyg‘ularining ifodasi edi. Vaholanki, Hazrati Oyisha e’tibordan qolsa, o‘zining qizi Hafsa hurmate’tibor qozonar va Rasulullohga yaqinligi yana bir daraja ortar edi. Biroq o‘rtada  oyoqosti qilinishi joiz bo‘lmagan bir xaq bor. Abadiyatgacha ketadigan buyuk sharafni o‘ziga kafolatlab qo‘ygan bir adolat tuyg‘usi bor. Ulug‘vorlik shunaqa pallada haqiqiy ko‘rinadi. Rasulullohga (s.a.v.) eng katta bo‘hton uyushtirildi. Uni zng buyuk insonga yarashadigan bir tarzda kutib olish kerak edi. Bu azim mas’uliyatni ko‘tara olish uchun «Xattobning o‘g‘li Buyuk Umar» bo‘lish lozim! Bu borada u bilan bo‘y o‘lchashadigan, u bilan hayotmamot kurashiga bel bog‘lay oladigan hech bir yigit onasidan tug‘ilmagan. Qiyomatgacha ham bunaqasi tug‘ilmaydi.
Xasson ibn Sobitlar, Mistoh ibn Asosalar, Hamna binti Jahshlar, Sa’d ibn Ubodalar... bular uning oldida hech!
291
Bu buyuklikning mukofotini koinotni yaratgan Ulug‘ Mavloning o‘zi berajak. Bu mukofotning bir belgisi sifatida Umarning tilidan to‘kilgan «Subhanaka...» jumlasini ayni shu shaklda Qur’onida indirish bilan uning bu erishilmas buyukligini Kitobida abadiy sharaf vasiqasi tarzida tasbit etajak.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:36:56
* * *
O’sha kunlari Abu Ayyub Ansoriy bilan xotini Ummu Ayyub o‘rtasida bunday suhbat bo‘lib o‘tgani naql qilinadi:
— Odamlar Oyisha haqida nima gaplar aytib yuri
shibdi bilasanmi, ey Abu Ayyub?!
—   Ha, eshitib turibman.
—   Xo‘sh, nima fikrdasan?
—   Sen shunday gunoh ish qilarmiding?! Ummu Ayyub seskanib ketdi:
—   Olloh asrasin, aslo!
— Shuni yaxshi bilginki, Oyisha sendan yaxshiroq xotindir.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:37:16
* * *
Bu maslahat va surishtiruvlardan keyin Faxri koinot (s.a.v.) masjidda jamoatga qarata bunday xitob etdilar:
— Ey insonlar! Ba’zilarga nima bo‘ldi o‘zi?! Tap tortmay menga oilam haqida aziyat va jafo yetkazyaptilar?! Oilam haqida noto‘g‘ri gaplarni gapirib yuribdilar. Men oilam haqida faqat yaxshilik bilaman, yomonlik va fasodni bilmayman. Keyin, bu ishni shunday bir odam haqida so‘ylayaptilarki, men undan faqat yaxshilik ko‘rganman. Uyimga kirgan bo‘lsa, mutlaqo men bilan birga kirgan.
Avs qabilasi raisi Usayd ibn Huzayr o‘rnidan turdi:
— Yo Nabiyalloh, sizni xafa qilgan bu odamlar Avs qabilasidan bo‘lsa, bizga ma’lum qiling, darhol ta’zirini beraylik. Agar birodarlarimiz bo‘lmish hazrajliklardan bo‘lsa, ularga ham kerakli darsni berib qo‘yaylik.
Hazraj qabilasining raisi Sa’d ibn Uboda o‘rnidan turdi:
— Bekorlarni aytibsan, ularni o‘ldirolmaysan. Ham bu gapni sen ularning Hazrajdan ekanini bilganing uchun aytding. Agar sening qabilangdan bo‘lishsa edi, bu gaplarni ayta olmas eding! — deya baqirdi.
Bu razilliklarni qilganlar o‘z qabilasidan ekanini bilaturib, Sa’d bin Ubodaning indamaganini nima desa bo‘ladi?!
— Aslida, bo‘lmag‘ur gaplarni aytayotgan sensan, ey munofiq! Bu yerda turib olib munofiqlarni himoya qila boshlading!
Bu so‘zlar masjidning ichida va Faxrul mursaliyn janobimizning huzuri saodatlarida katta tortishuvning boshlanishiga sabab bo‘ldi. Agar Rasululloh oraga kirib, ikki tomonni tinchlantirmasalar, eski kunlarda bo‘lgani kabi qilichlar qinidan sug‘urilishi muqarrar edi.
Masjidda ochilgan bu masala o‘sha joyda qaytadan yopildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:37:42
VAHIY KELTIRGAN OYDINLIK

Janobimiz (s.a.v.) Hazrati Abu Bakrning uyiga bordilar. Oyisha hali ham yig‘lar edi.
— Ey Oyisha, el orasida yurgan gaiso‘zlar qulog‘ingga yetgandir. Ollohdan qo‘rq, mabodo bir yomon ish qilgan bo‘lsang, Ollohga tavba et. Olloh taolo qullarining tavbasini qabul qiladi.
Ko‘zyoshlari shashqator Hazrati Oyisha mahzun nigohini onasiga, so‘ng otasiga qaratdi. Ular ham xomush edilar. Bir so‘z aytishga hollari yo‘q.
— Mening nomimdan Rasululloh janobimizga javob bersalaringizchi!
Otaona baravariga:
— Vallohi, nima deb javob qilishni ham bilmayapmiz, — deyishdi.
Shunda Hazrati Oyisha Payg‘ambar janobimizga o‘girilib dedi:
— Vallohi, siz aytgan narsa uchun Ollohga tavba Qilmasman. Olloh taolo mening bunday gunohdan uzoq ekanimni biladi. Agar men odamlar aytib yurgan gaplarni tasdiqlasam, umuman bo‘lmagan bir narsani e’tirof etgan bo‘laman. Inkor etganim sayin esa, siz menga ishonmaysiz. Ammo men Yusuf Payg‘ambarning (a.s.) da Dasi nima degan bo‘lsa, o‘shani aytaman: «Menga lozimi chiroyli sabrdir. Sizlar aytayotgan narsaga qarshi yolg‘iz Olloh taolodangina yordam so‘ralur».
Hazrati Oyisha so‘zlarini tugatdi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay birdan Rasulullohni (s.a.v.) vahiy xolati qamrab oldi. Kiyimlarining bir qismi yuzlariga tashlandi, boshlari ostiga yostiq qo‘yildi.
Vahiy, hoynahoy, Hazrati Oyisha haqida bo‘lsa kerak! Shu damda uning yuzida na qo‘rquv, na tashvish alomatlari bor edi. Axir, Olloh taolo begunoh quliga gunox yuklamaydiku! Otasiga, onasiga yana bir-bir qarab chiqdi. Keyinchalik bu xotirasini so‘zlar ekan, o‘shanda ularni «xuddi manamana jonlari chiqadigan darajada hayajonli» holda ko‘rganini aytgan edi.
Sayyidul anbiyodan (s.a.v.) vaxiy holati ketgach, peshonalarida yirik ter tomchilari to‘plandi. Terlarni artar ekanlar:
—   Mujdalar bo‘lsin senga, ey Oyisha, Olloh taolo sening pok, toptoza ekaningni ma’lum qildi! — dedilar.
—   Olloh taologa beadad hamdu sanolar aytaman! — deya qarshiladi bu mujdani Hazrati Oyisha (r.a.).
Janobimiz oyatlarni o‘qiganlarida, Hazrati Oyisha bilan otaonasi sevinch ko‘zyoshlariga g‘arq bo‘lishdi. So‘ngra masjidga chiqdilar. Nur surasidan bo‘lib tushgan oyatlarni u yerdagi mo‘minlarga ham o‘kib berdilar:
«Shakshubhasiz, bu bo‘htonni (vujudga) keltirgan kimsalar o‘zlaringizdan bo‘lgan bir to‘dadir. Uni sizlar o‘zlaringiz uchun yomonlik deb o‘ylamanglar, balki u sizlar uchun yaxshilikdir. Ulardan (ya’ni, bo‘htonchilardan) har bir kishi uchun o‘zi kasb qilgan gunoh(ga yarasha jazo) bordir. Ularning orasidagi (gunoxning) kattasini ko‘targan kimsa uchun ulug‘ azob bordir. (Ey mo‘minlar,) sizlar (bu bo‘htonni) eshitgan paytingizda mo‘min va mo‘minalar bir-birlari haqida yaxshilikni o‘ylab: «Bu ochiq bo‘htonku!» desalar bo‘lmasmidi?! Bas, agar guvoh keltira olmasalar, u holda Olloh nazdida ular yolg‘onchidirlar. Agar sizlarga dunyo va oxiratda Ollohning fazlu marhamati bo‘lmasa edi, albatta, sizlarni tinmay so‘zlagan narsa — bo‘htonlaringiz sababli ulug‘ azob ushlagan bo‘lur edi. O’shanda sizlar uni tildantilga olib, og‘izlaringiz bilan o‘zingiz aniq bilmagan narsani so‘ylar va buni yengil ish deb o‘ylar edingizlar. Holbuki, u Olloh nazdida ulug‘ (gunoh)dir. Uni eshitgan paytingizda: «Bu (mishmishni) so‘zlash biz uchun joiz emas. Ey pok Parvardigor, bu ulug‘ bo‘xtonku!» desalaringiz bo‘lmasmidi?! Agar mo‘min bo‘lsangizlar, hargiz unga o‘xshagan narsalarga qaytmasliklaringizni Olloh sizlarga pandnasihat qilur. Va Olloh sizlarga o‘z oyatlarini bayon qilur. Olloh ilm va hikmat sohibidir. Albatta, imon keltirgan kishilar o‘rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir. Olloh bilur, sizlar bilmassizlar. Agar sizlarga Ollohning fazlu marhamati va Ollohning Mehribon va Rahmli ekani bo‘lmasa edi (albatta, U Zot sizlarga bu qilmishlaringiz uchun azobni naqd qilgan bo‘lur edi). Ey mo‘minlar, shaytonning izidan ergashmanglar. Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, (shayton) buzuqlik va yomonlikka buyurur. Agar sizlarga Ollohning fazlu marhamati bo‘lmasa edi, sizlardan biron kishi (biron gunohdan) pok bo‘lmas edi. Lekin Olloh (fazlu marhamati bilan) O’zi xoxlagan kishini poklar. Olloh eshitguvchi, bilguvchidir». (Nur, 21).
Oyatlar o‘qilar ekan, eshitayotganlardan har kim bir oydan beri davom etib kelayotgan bu mojaroda o‘zini qanday tutganini o‘ylay boshladi. Hazrati O’mar (r.a.) yo‘lini tutib, pokiza ko‘nglini yana xuddi o‘sha porloqligicha, o‘sha sofligicha saqlaganlar bor edi. Ular tashda ham, Ulug‘ Mavlogagina ayon bo‘lgan ko‘ngillarida ham chirkin mishmishga o‘rin bermadilar. Katta bir imtihondan muvaffaqiyatli o‘tishning mukofotini (bular) imtihon sohibi Ulug‘ Mavlodan Unga eng muhtoj bo‘linadigan bir kunda, quvonaquvona olajaklar. Haqiqiy ma’noda xursand qilinajaklar.
Lekin imtihondan o‘tolmagan, vijdoni endigina uyg‘onib, bezovta bo‘layotganlar ham bor edi. «Bu ayol bunday ishlarni qiladigan xilidan bo‘lsa, Nabiyyi zishon unga bu darajada qiymat berarmidilar?!» deya olmaganlari uchun ichichini kemirayotganlar edi ular.
Rasulullohning (s.a.v.) buyruklari bilan Xasson ibn Sobit va Mistoh ibn Asosa xalq o‘rtasida ochiqoydin mishmish tarqatganlari, pok bir ayolga xunuk bo‘hton uyushtirganlari uchun yerga yotqizilib, sakson darradan urilib, jazolandi. Bu jazo xalqning ko‘z o‘ngida ijro etildi.
Payg‘ambarimiz zavjalari bo‘lmish Hazrati Zaynabning singlisi Hamna ham ayollar oldida ayni jazoni oldi.
Bu bo‘xtonni o‘ylab chiqargan va fitna olovini yoqqan Ibn Salulga nisbatan ham xuddi shunday jazo qo‘llandi. Bundan tashqari, u Nur surasi to‘rtinchi oyatining amri ila «va hech qachon guvohliklari qabul etilmasligi» jazosiga ham loyiq ko‘rildi. Ayni jazoning qolgan uch musulmonga nisbatan qo‘llanibqo‘llanilmaganini bilmaymiz. Chunki bu bo‘htonni chiqargan Ibn Saluldir, boshqalar esa bilmasdan bu bo‘htonga ergashgan edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:37:55
* * *
Bu masala haqida bir shoir bunday she’r to‘qidi:
«Muxaqkaqki, Xasson, Hamna va Mistoh u xunuk, yomon gapni aytganlari uchun loyiq bo‘lgan jazoni tortdilar. Buyuk Arsh Sohibini g‘azabga keltirajak alamli azobga duchor qilindilar».
Xasson pushaymon bo‘ldi. Tilini tiyolmagani uchun o‘zidan xafa bo‘ldi va keyinchalik Hazrati Oyisha haqida yozgan bir she’rida bunday dedi:
«Uning qabilasi Luayy ibn Ka’bdan tarqagan, oliy himmatli, doim sharafli bo‘lgan, ustun, taniqli bir qabila. U tarbiyali ayoldir. Olloh uning tabiatini yoqimli qilgan, har turli yomonliklardan pokiza qilib yaratgan nomus va iffat sohibasi, uyiga bog‘li, hech bir shubha bilan kirlanmagan; qalbi tozalarning g‘iybatini qilib, etini yeyishdan hazar qiladi. Men sizlar aytgan narsalarni har ne qadar aytgan bo‘lsam ham, ular mening ichichimdan kelgan so‘zlar emas edi. Chunki mening Rasulullohning ahli baytlariga bo‘lgan ssvgim, hurmatim majlislarning bezagi bo‘ladi. Aytilgan u so‘zlar ularni bulg‘ay olmaydi. U gaplar boryo‘g‘i bir mishmishchining lofidan iboratdir».
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:38:21
* * *
Rasuli akram janobimiz Hazrati Abu Bakrga — qizi sha’niga uyushtirilgan bo‘hton tufayli bir oy davomida naq dunyo jahannamida kolgan bu nur yuzli zotga Ollohning amrini o‘qib berdilar:
«Sizlardan fazl va kengkatta (moldavlat) egalari qarindoshlariga, miskinlarga va muhojirlarga Olloh yo‘lida infoq-ehson qilmaslikka qasam ichmasin, balki (ularni) afv qilib, kechirsinlar! Olloh sizlarni mag‘firat qilishini istamaysizlarmi?! Olloh Mag‘firatli, Mehribondir». (Nur, 22).
Bu oyat asosan Hazrati Abu Bakr hakida nozil bo‘lgan edi. Bir on o‘ylanib qoldi Abu Bakr. Olloh taolo mo‘minu mo‘min bo‘lmagan barcha insonlarning rizqini berib turibdi, o‘z zotini inkor qilganlarni ham hech hisobga olmay, sonsiz ne’mat yog‘dirmokda. Olloh yo‘lida yurgan buyuklarga esa, bu yo‘lda harakat etish, shunaqa odob egasi bo‘lish yarashadi. Olloh taolo unga bu amrni yuborgach, endi boshqacha ish tutsa bo‘lmaydi ham. Teran bir samimiyatla oliyliklar olamiga yuzlangan ko‘ngil bilan:
— Ha, Ollohimning meni mag‘firat qilishini istayman, — dedi.
Shu bilan qasam buzildi. Bundan keyin Mistoh hech narsa bo‘lmaganday yana bu oilaning dasturxonidan qorin to‘yg‘izajak, yana u oilaning ne’matidan bahramand bo‘lajak. Va bu xol endi bir umrga, o‘limigacha davom etajak...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:38:59
* * *
Hazrati Oyisha (r.a.) endi tinmay oqqan ko‘zyoshlarini artishga imkon topgan, huzurga qovushgan edi. Bunday hodisa natijasi o‘laroq o‘zi haqida maxsus vahiy kelishini u sira kutmagan edi, har narsani bilguvchi Oliy Mavlo Habibi Adibiga boshqa bir yo‘l bilan, masalan, bir tush orqali muammoni hal etsa kerak, deb o‘ylardi.
Bundan keyin namozlarida uning pokiza ekanini ifodalovchi bu oyatlarni o‘zgacha nash’a va shukr tuyg‘usi ichida o‘qiyajak, eng og‘ir kunlarida yordamga kelgan Rabbining bu ne’matiga so‘ngsiz hamd va sanolar aytajak.
Bunaqa qayg‘uli bir voqea natijasida bo‘lsa ham, Payg‘ambar oilasiga kerakli hurmatni ko‘rsatgani ochiq namoyon bo‘lgan Safvon esa, orzu qilgan huzuriga qovushgan bir inson edi. Endi unga shubha ko‘zi bilan qarash munofiqlik alomati hisoblanadi. Bu oyatlar tushganidan so‘ng ham Hazrati Oyishaga yoki Safvonga til tekkizish kufr hayotiga qaytish, islomiyatning sharafli doirasidan chiqish, Olloh ochiqravshan bildirgan oyatlardagi ahkomni inkor etish demak edi.
Bu alamli hodisaning sharafli qahramonlariga yuz yillar berisidan ko‘ngil to‘la salomlar, so‘ngsiz hurmat va muhabbatlarimizni yetkaz, Ollohim!..
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:39:23
TUSH CHINGA AYLANAYOTIR

Bani Mustaliq g‘azosida so‘nggi taqsimga ko‘ra, Sobit ibn Qaysning hissasiga tushgan Juvayriya bir muddat uning yonida xizmatchilik qilib yurdi. Bir qabila raisining qizi bo‘laturib, xizmatchilikka tushish unga juda og‘ir botardi. Ahvolini sohibiga tushuntirdi, haq evaziga ozod etilishini so‘radi. Sobit uning taklifini ijobiy qabul qildi.
Belgilangan muddat ichida ma’lum miqdordagi pul to‘lansa, Juvayriya qullikdan qutuladi. Sobitdan ruxsat so‘rab, Rasululloh janobimizning huzurlariga bordi.
Eshikni ochgan Hazrati Oyisha bu ayolni ko‘rishi bilan beixtiyor ichidan bir zirkirash o‘tdi. Bu zirqirashni keyinchalik o‘zi ushbu jumla bilan tilga keltirgan: «Ey voh! Nabiyyi akram janobimiz bu xotinni ko‘rsalar, unga uylanmasdan qo‘ymaydilar...»
Chindan Juvayriya bu so‘zlarni ayttirishga loyiq darajada chiroyli edi.
Ruxsat berilgach, Juvayriya ichkari kirdi, o‘zini tanitdi. Ahvolini arz qildi, yordam istab kelganini aytdi. Rasuli kibriyo:
— Yaxshi, bundan ham xayrli bir yo‘lni tanlashni xohlaysanmi? — deb so‘radilar.
— U qanday yo‘l ekan?
— Ozod bo‘lishing uchun tayinlangan badalni men to‘layman va seni nikohlab olaman.
— Men roziman.
Shunday qilib, Juvayriya xonim jangdan uch kun oldin ko‘rgan tushining quyosh kabi ochiqlikka chiqqan kunlarga yetdi. Usha kunlari u yigirma yoshda edi. Qisqa vaqt ichida Janobi Mavlo unga ham Islom dinini nasib etdi, ham olamlar Sultoni janobimizning xotinlari, «Mo‘minlarning onasi» bo‘lish baxtiga erishtirdi!
Nariyokda esa, Bani Mustaliq kabilasining raisi Xoris ibn Ziror mag‘lubiyat alami tarqalgach, suyukli qizi Juvayriyani asirlikdan qutqarish uchun ancha miqdorda tuya to‘pladi va Madinaga qarab yo‘l oldi. Haydab kelayotgan tuyalarining hammasini berib, qizini qaytarib olmoqchi edi.
Yo‘lda dam oldi. O’tirdi, ovqatlandi. Ittifoqo, nigohlari tuyalarga qadaldi. Qiymati ancha baland va ancha yoqimli hayvonlar edi... «Urtada hozircha hech qanday
savdo bo‘lganicha yo‘q. Shu ikki tuyani bu yerga yashirayin. Qaytishda olib ketaman...» dedi ichida. Va ikki tuyani «Akiq vodiyi» deyiluvchi vodiydagi odam oyog‘i yetmas bir joyga yashirdi. Yo‘lida davom etdi. Nihoyat, Madinaga yetib keldi. To‘g‘ri Payg‘ambarimizning huzurlariga bordi. O’zini tanitdi:
—   Qizimni qutqarish uchun keldim. Evaziga mana bu tuyalarni beraman. Marhamat, qabul qilib ol va qizimni menga qaytar, — dedi.
—   Xo‘p, Aqikda qoldirib kelingan ikki tuya nima bo‘ladi unda?!
Xoris birdan hayratga tushdi. Bo‘lishi mumkin emas, qaerdan bilaqoldi?! Yashin tezligida xayolidan o‘tgan bu so‘roqlardan keyin egilgan boshini ko‘tardi:
— Men... men ularni Aqiqqa qo‘yganimni Ollohdan boshqa kimsa ko‘rmagan edi, bunga aminman. Yana shunga amin bo‘ldim, buni senga Olloh bildirgan. Sen Ollohning payg‘ambari ekaningga guvohlik beraman!
Shu tarika Xoris aqliga kelmagan, xayolidan ham o‘tkazmagan dinga uchbesh soniya mulohaza qildiyu kirdiqoldi. Qizi haqidagi xushxabarni ham shu yerda eshitdi. Ham Haq yo‘lini topgan, ham Hak yo‘lining eng buyuk Yo‘lboshchisiga qaynota bo‘lishdek ulkan baxtga erishgan edi u. Bunday baxtli safarga chiqargani uchun Mavloga shukrlar aytdi.
Endi u bir muddat Madinada qolajak, yangi qabul qilgan dini haqida ma’lumotlar olib, ibodatini o‘rgangach, yurtiga qaytajak.
Bu baxtli nikohning yana bir quvonchli natijasi shu bo‘ldiki, g‘azoda qo‘lga tushgan butun asirlar ozodlikka chiqdi. Muhojirlar ham, ansorlar ham: «Rasululloh janobimizning qarindoshlarini qo‘l ostimizda qul sifatida tutib turolmaymiz», deyishdi va hammalarini ozod qilib yuborishdi. Hech kutilmaganda hurriyatlarini qo‘lga kiritgan bu insonlar ko‘rsatilgan go‘zal muomalalardan xursand bo‘lishdi va Islom dinini mamnuniyat bilan qabul etish baxtiga erishishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:40:02
BIR AHLOQSIZLIK NAMUNASI

Makkaga kelgan bir yo‘lovchi Bani Mustaliq bilan madinaliklar o‘rtasida chiqqan to‘qnashuv haqida gapirib qoddi. Aytishicha, musulmonlardan hech kim talafot ko‘rmabdi, birgina Hishom ibn Suboba ismli kishini anglashilmovchilik tufayli musulmonlarning o‘zlari o‘ldirib qo‘yishibdi.
299
Bu xabar eshituvchilardan biriga qattiq ta’sir qildi, hatto vujudini titratib yubordi. O’t chaqnagan ko‘zlari, g‘ijirlagan tishlari uning xayolidan yaxshi narsalar kechmayotganini ko‘rsatardi.
Bu odam o‘ldirilgan Hishomning ukasi Miqyas edi. Vaqt o‘tkazmay yo‘lga chiqdi. Madinaga keldi.
— Islom dinini qabul qilish uchun keldim, ey Ollohning rasuli, — dedi.
Uning kelishidan barcha shodlandi. Islom dini tushuntirildi, shahodat kalimasini aytib, musulmon bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, Miqyas akasining xato yo‘l bilan o‘ldirilgani fikrini ilgari surib, evaziga haq istadi. Albatta, bunday talabga uning haqqi bor edi. Rasululloh (s.a.v.) unga badal to‘lashni buyurdilar.
Hishomni kim o‘ldirgani aniq emas edi. Shuning uchun Najjor o‘g‘illari o‘zaro kelishib, yuzta tuya to‘plashdi va hammasini unga topshirishdi. Miqyas hayotidan xursand edi. Yillar davomida ter to‘ksa ham topolmasdi buncha boylikni! Yo‘lda o‘ziga yordam bergan odamni o‘ldirdi. Tuyalarini oldiga soldi. Ham boy bo‘lganini, ham akasining intiqomini olganini tarannum etuvchi bir she’r o‘qib, Makkaga yo‘l oldi.
U sodir etgan jinoyat ma’lum bo‘lganida va bu xabar Rasuli akramga (s.a.v.) yetkazilganida, Miqyas allaqachon yarim yo‘lni bosib o‘tgan edi...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:40:56
HUZAYMA GUVOH BO’LDI

Bir kuni janobi Rasuli akram (s.a.v.) Madina bozorida bir otga xaridor bo‘ldilar. Ot egasi Sava’ ibn Horis ismli bir badaviy edi. Oldisotdi axdlashuvidan keyin Rasululloh (s.a.v.) pulni olib kelish uchun ketdilar.
Bu orada otning sotilganini bilmagan ba’zi kishilar u badaviyning atrofini o‘rab olishdi. Savdolashishga kirishishdi. Badaviy Nabiyyi muhtaram janobimizning ortlaridan:
— Agar otni olmoqchi bo‘lsang, pulini hoziroq ber. Bo‘lmasa, men uni sotib yuboraman! — deb baqirdi.
Rasululloh (s.a.v.) orqalariga qaytdilar.
— Men bu otni sendan sotib olmadimmi? — deb hayratlandilar.
—   Yo‘q, vallohi, uni senga sotganim yo‘q.
—   Ammo men uni sendan sotib oldim.
—   U holda so‘zingga guvoh keltir!
— Otni sotganingga men guvohman! Sen uni savdolashib sotding.
Rasululloh (s.a.v.) ajablanib, ovoz chiqqan tomonga o‘girildilar. Gapirgan Huzayma ibn Sobit ekan. Savdo tepasida u bo‘lmaganini bilardilar. O’zi ko‘rmagan voqeaga guvohlik berishi g‘aroyib emasmi?!
—   Nimaga asoslanib guvohlik beryapsan, ey Huzayma? — deb so‘radilar:
—   Sizning payg‘ambar ekaningizga qanday ishonsam, o‘shanga asoslanib, ey Ollohning rasuli! Siz Ollohdan keltirayotgan shuncha xabarda rostgo‘y bo‘lasizda, bitta ot savdosida yolg‘on so‘zlarmidingiz?!
Huzayma aniq nishonga urgan, bu gapi mustahkam imonining bir dalili edi.
Rasuli akram (s.a.v.) Huzaymaning ishidan mamnun bo‘ldilar. Uning guvohligi badaviyni haqsizga chiqarish asosiga emas, balki payg‘ambarining aslo yolg‘on gapirmasligi asosiga tayanardi.
Huzayma bu oqilona ishi evaziga Rasulullohning xos iltifotlariga sazovor bo‘ldi. Janobimizning lablari orasidan ushbu so‘zlar to‘kildi:
— Huzaymaning guvohligi ikki kishining guvohligiga tengdir.
Olamlar Sarvari aytgan bu so‘zlarga o‘sha yerda turgan bir necha sahoba ham shohid bo‘lishdi.
Janobi Payg‘ambar (s.a.v.) otni oldilar. Pulini badaviyga berdilar. Ushandan keyin bu ot «Murtajiz» laqabi bilan mashhur bo‘lib ketdi1.
Oradan yillar o‘tganida ham Huzayma u kunning aziz xotirasini ko‘nglida saqlayajak. Payg‘ambarimizning vafotlaridan keyin Qur’on oyatlari to‘planayotganida, Tavba surasining oxirgi ikki oyati Rasuli kibriyo janobimizning huzuri saodatlarida yozilganini ayta oladigan yolg‘iz shaxs shu Huzayma bo‘lajakdir.
— Bu oyatlarni Rasulullohning ko‘z o‘ngilarida yozganingga guvoh keltir, ey Huzayma! — deyishganida:
— Faxri koinot janobimiz mening guvohligimni ikki kishining guvohligi o‘rniga qabul qilganlar, sizlar buni bilasizlar, — deya javob berajak.
Muammo shunday hal etilajak, Rasululloh janobimizning (s.a.v.) sevgili birodarlari Huzayma Qur’onning oxirgi yozilgan oyatlariga imzosini shu xilda bosajak.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:41:15
 * * *
Hijratning oltinchi yili muharram oyining o‘ninchi kuni Muhammad ibn Maslama boshchiligidagi bir qism askar Najid tomonlarga yo‘lga chiqdi.
Maslama o‘g‘li bu safardan ko‘zlagan maksadiga erishmadi, u yoqdan bir qancha tuya va qo‘ylarni o‘lja olib qaytdi, xolos. Yo‘lda bir odamga duch kelishdi. Uning mushrik ekanini bilgach, tutib, Madinaga keltirishdi. Masjidning ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘yishdi.
U odam qo‘lga tushganida bir qo‘rqqan bo‘lsa, ketayotgan yo‘llarining Madinaga eltishini anglagach, peshonasidan oqayotgan sovuq terlar tamoman ajal terlariga aylandi. Bir vaqtlar Rasulullohning (s.a.v.) jonlariga qilgan suiqasdining jazosini endi achchiq va og‘ir bir shaklda olajagiga hech shubha qolmadi.
Uni ustundan yechib oladigan bir xayrxoh inson ham toiilmaydi. Holbuki, u bunday yaxshilik evaziga ko‘p narsalar berishi mumkin edi.
Rasululloh (s.a.v.) bomdod namoziga chiqqanlarida, ustunga bog‘li bu odamni ko‘rdilar, ganidilar.
— Bu odamning kimligini bilasizlarmi? — deb so‘radilar sahobalardan.
—   Yo‘q, bilmaymiz, — deb javob qilishdi.
—   Bu odam Sumoma ibn Usoldir. Sumoma bir titrab tushdi.
Namozdan keyin janobi Payg‘ambar (s.a.v.) unga yaqin keldilar:
—   Nimalarni o‘ylayapsan, ey Sumoma? — deb so‘radilar.
—   Yaxshi narsalarni o‘ylayapman, ey Muhammad. Agar meni o‘ldirsang, qo‘li qon bir kishini haqli o‘laroq o‘ldirgan bo‘lasan. Gunohimni kechib yuborsang, yaxshiligingni tashakkurla kutib oladigan bir insonga ikrom qilgan bo‘lasan. Shoyad mol evaziga meni ozod etishga rozi bo‘lsang, tilaganingni tila, o‘tashga hozirman, — dedi Sumoma.
Faxri koinot (s.a.v.) indamay hujralariga kirib ketdilar. Xotinlariga:
— Uyda bor yemakdan Sumomaga chiqartiringlar, — dedilar va: — Sut bilan ikrom qilinglar, — deb qo‘shib qo‘ydilar.
Sumomaning o‘sha kuni shu tarzda kechdi. Ertasi Janobimiz ayni savolni yana so‘radilar va ayni javobni oldilar.
Uchinchi kuni ham shu savoljavob takror bo‘ldi. Janobimiz yonlaridagilarga o‘girilib:
— Uni qo‘yib yuboringlar, — deb marhamat qildilar.
Sumoma joniga bunday osongina omonlik berilishini sira kutmagan edi. Hayajonlanib ketdi. Uch kun qo‘loyog‘i bog‘li holda ushlab turilganiga qaramay, ochlikda va suvsiz tashlab qo‘yilmadi, hatto xos mehmonlarga tortiq qilinadigan yemaklardan ikrom etildi!
Sumoma yana bir marta o‘ylab ko‘rdi. Necha oylar avval o‘zi o‘ldirmoqchi bo‘lgan odami bugun uni avf etganini xayolidan kechirdi. Holbuki, o‘shanda suiqasdga hech kanday sabab yo‘q edi. Umrida ko‘rmagan, umuman tanimaydigan bir insonni o‘ldirishga chiqqan edi o‘ziyam. Hozir o‘sha ishiga jazo o‘laroq qatl etilsa, g‘oyat tabiiy edi. Ya’ni, birontasi Sumomaga suiqasd qilgan bo‘lsayu uni tutib olsa, hech ikkilanib o‘tirmay, osonlik bilan o‘ch olgan bo‘lardi.
U qorong‘i biror xonaga kamab qo‘yilishi ham mumkin edi. Aksincha, musulmonlar kunda besh daf’a to‘planib, ibodat qilinadigan masjidda saqlandi xossatan. Rasululloh janobimizni yaqindan ko‘rdi, u zot (s.a.v.) o‘qigan Qur’onni va musulmonlarga xitoban so‘zlagan so‘zlarini eshitdi.
Jami bu ishlarning natijasi o‘laroq bog‘lari bo‘shaldi va o‘zi ozod qo‘yib yuborildi. Har xil tuyg‘ular ila yo‘g‘rilgan ko‘p nigohlar uni ta’qibida masjiddan chiqdi. Bir so‘z demasdan, hech minnatdorlik qarzi yo‘q odam kabi keta boshladi. Suvsiz kolgan bir sahroyining ishiga o‘xshardi uning bu qilig‘i... Tashakkur ham aytmadi. Qo‘lini silkitasilkita Madinadan ancha uzoqlashganidan keyingina ozod bo‘lganiga to‘liq ishondi. Masjidda banddan bo‘shatilgach yoki shahardan chiqib ketayotganida orqasidan otilgan bir o‘k yo nayza ila narigi dunyoga jo‘natilishi ham qiyin emasdida. Zero, saxro qonuniga ko‘ra, hamma narsani kutsa bo‘ladi...
Ammo bu yer cho‘l emasdi, Madina edi. Rasululloh janobimizning shaharlari edi. Bu yerning qonunlarini
303
Olloh taolo belgilagan, Rasululloh janobimiz yuritar edilar.
Sumoma bir xurmozor bokka kirdi. U yerdan suv topib, cho‘milib chiqdi. So‘ngra orqasiga qaytib, to‘g‘ri masjidga yo‘l oldi. Rasulullohning huzurlariga bordi. Qarshilariga tiz cho‘kdi:
— Sizning xaqiqatan payg‘ambar ekaningizga ishonaman, men ham Sizning diningizga kiraman, — dedi.
Rasululloh (s.a.v.) shaxodat kalimalarini aytib turdilar, u aynan takrorladi. Keyin:
— Yo Muhammad! Bu dunyoda Sizning yuzingizdan ham ko‘proq nafratimni qo‘zg‘aydigan qiyofa yo‘q edi. Endi menga yuzlarning eng sevimlisi Sizning yuzingizdir! Bu kungacha men eng ko‘p yoqtirmagan din, vallohi, Sizning diningiz edi, endi hamma dinlar ichida eng sevimlisi Siz keltirgan shu dindir! Qasam ichamanki, boshqa hech bir shahardan Siz turgan bu shaharchalik irganmasdim, endi menga hamma shaharlardan eng yoqimlisi shu shahringizdir!.. Odamlaringiz meni tutib olishgan paytda umra niyati bilan Makkaga ketayotgan edim. Menga nimani buyursangiz, o‘shani qilaman.
Janobimiz unga musulmonlikni qabul etgani uchun mamnuniyatlarini izhor etdilar. Mujdalar berdilar. Umrasini oxiriga yetkazishni buyurdilar.
Sumoma u yerdan samimiy musulmon bo‘lib ayrildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:41:29
* * *
Sumomaning umraga kelayotib Madinada Islomni qabul etgani xabari o‘zi hali Makkaga kirib kelmasidan burunoq yetgan edi. Uni qarshilaganlar norozi bir ifoda ila:
— Sobiiy bo‘libsanmi?! — deb so‘rashardi.
— Yo‘q, men sobiiy bo‘lmadim. Ammo Muhammadning payg‘ambar ekaniga inondim, dinini qabul etdim, — deya javob qilardi Sumoma.
Uning bu javobi makkaliklarning to‘nini teskari kiydirdi:
—   Daf bo‘l bu yerdan, ey Sumoma. Bundan keyin oramizda senga do‘st ko‘zi bilan boqadigan bir kimsa yo‘qdir! — deyishdi.
—   Bo‘lmasa bo‘lmasin! Sizlarning do‘stligingizga muxtoj emasman. Ammo shuni hech xotiralaringdan chiqarmanglarki, agar Rasululloh janobimiz (s.a.v.) amr et. Kuyoshga sig‘inuvchi kimsalar, Yamoma tarafdan sizlarga bittagina bug‘doy donasi ham kelmaydi! Mard bo‘lsalaring, eplab opkelinglar, ko‘raman.
Shunday deya Sumoma Makkadan chiqib, Yamoma sari yo‘l oldi.
Darhaqiqat, kelgusida Sumoma so‘zining ustidan chiqajak va Makkaga dondun kelmay qo‘yajak. Oxirida makkaliklar bu yo‘lning ochilishini so‘rab, Rasulullohga bosh urib kelajaklar va Sumoma Sultoni anbiyodan (s.a.v.) kelgan bir maktubdan keyingina taqiqni o‘rtadan ko‘tarajakdir. (Muslim, 3/1386.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:41:52
* * *
Hijratdan buyon olti yil kechdi. Jumadulavval oyi keldi. Bir kuni Zayd ibn Horisa yetmish kishilik birlikka boshliq etilib, Shom tarafidan kelayotgan tijorat karvonining yo‘lini to‘sishga chiqarildi. Bunday karvonlarni qo‘lga kiritishga harakatdan murod Qurayshning anchamuncha kuchaygan, vaxshiylashgan adovatini kssish, yuragiga vahima solish edi.
Zayd (r.a.) ko‘l ostidagi bu kuch ila darxol yo‘lga tushdi. Is degan joyda karvon tutildi. Boshlig‘i Abul Os ibn Robi’ Janobi Payg‘ambarimizning sevimli qizlari Zaynabning eri edi.
Keltirilgan mollarni Rasululloh (s.a.v.) askarlarga bo‘lishib berdilar. Abul Os esa, kechasi qochib, xotini Zaynabga bosh urib bordi, himoya istadi.
Bomdod namozi o‘qilayotgan paytda masjidda Zaynabning (r.a.) tanish ovozi yangradi:
— Ey musulmonlar! Men Rasulullohning qizlari Zaynabman. Xabaringiz bo‘lsin, men Abul Osni himoyamga oldim, — dedi.
Namoz o‘qib bo‘lingach, Nabiyyi akram (s.a.v.) ashoblariga o‘girildilar:
—   Namoz chog‘i men eshitgan gaplarni sizlar ham eshitdilaringmi?
—   Ha, ey Ollohning payg‘ambari, eshitdik, — deyishdi.
Janobimiz bu hodisani hozirgina eshitib turganlarini, avval bexabar ekanlarini bildirdilar. Keyin qizlarining uyiga bordilar. Abul Osning mushrik ekanini, shu sababdan undan qat’iyyan uzoqlashishni, oilaviy hayot davom etishi mumkin emasligini tushuntirdilar.
Hazrati Zaynab (r.a.):
— Abul Os mollarining qaytarib berilishini istab kelibdi, — deya o‘rtada boshqa hech qanday gapso‘z bo‘lmaganini anglatdi.
Nabiyyi akram (s.a.v.) xabar yuborib, askarlarni to‘pladilar. O’lja mollar qaytarib berilsa, mamnun bo‘lajaklarini, qaytarilmasa ham qayg‘urmasliklarini, chunki ular bu mollarga to‘la haq qozonishganini ang 3 latdilar.
Askarlar Janobimizning bu rijolarini qabul etishdi. Ulushlariga tekkan hamma narsani qaytarib berishdi. Rasululloh (s.a.v.) Abul Osga musulmon bo‘lishni taklif qildilar, lekin u qabul qilmadi. Ozodsan, qayoqqa ketsang, ketaver, deyildi.
Abul Os Hazrati Zaynabning (r.a.) himoyasidan foydalanib, Madinani tark etdi. Karvonni boshlab Makkaga yo‘l oldi. Shaharga yetgach, mollarini egaegalariga topshirdi.
— Menda hech kimning haqi qolmadimi, ey Qurayshxalqi? — deb so‘radi.
— Yo‘q, qolmadi, — deyishdi.
 U holda men o‘zimning musulmon bo‘lganimni e’lon eta olaman. Guvohlik beraman, Ollohdan boshqa hech bir iloh yo‘qdir. Yana guvohlik beraman, Muhammad uning quli va payg‘ambaridir! — dedi.
Eshitganlar hayron bo‘lishdi.
— Xo‘p, mayli, ey Abul Os, modomiki sen uning diniga kiribsan, bu mollarni bizga opkelib berishingda ne hikmat bor? — deb so‘rashdi.
Abul Os mard insonlarga yarashadigan bir tarzda:
— Agar keltirmaganimda, bu mollarni qo‘lga kiritish uchun musulmon bo‘ldi, deb o‘ylashlaring mumkin edi, — deb javob berdi.
Abu Os ortiq kutmadi. Yo‘lga chiqdi. Janobi Payg‘ambarimizning huzurlariga yetishdi. O’zining musulmon bo‘lganini yana bir marta ifoda etdi.
Sarvari anbiyo janobimiz Hazrati Zaynabni yana unga berdilar. Yangidan nikoh kilmadilar. Oila hayoti eski nikoh ustida yangidan boshlanadigan bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:42:41
HUDAYBIYA

Hijratning oltinchi yili ham tugab borardi. Zulqa’da oyining ilk kunlarida Janobi Rasululloh (s.a.v.) bir tush ko‘rdilar. Bomdod namozidan keyin ashobiga ko‘rgan tushlarini aytib berdilar. Kim sochlari taqir olingan, kim kaltalatilgan holda Masjidi Haramga kirib borishayotgan emish.
Rasulullohning (s.a.v.) tushlari vahiyning bir ko‘rinishi hisoblanardi. Bu tush go‘yo Makkaga yo‘l ochilganiga ishorat qilardi. Safar tadorigi boshlab yuborildi. Qisqa vaqt ichida bir ming to‘rt yuz kishilik qurolyarog‘siz bir o‘rda hozirlandi. Faqat, arab odatiga ko‘ra, safar hamrohi sifatida qilichlarini taqib olishdi, xolos.
Ichkarida Sultoni anbiyoning (s.a.v.) kuzatuvlari ostida mo‘minlarning onalari bir joyga to‘planishdi. Oyisha, Hafsa, Ummu Salama, Juvayriya va Zaynab (Olloh hammalaridan rozi bo‘lsin) o‘zaro qur’a tashlashdi. Omad Ummu Salama onamizga (r.a.) kulib boqdi.
Musulmonlar tez yo‘lga tushishdi. Zulxulayfaga yetganda Rasululloh g‘usl qildilar. «Labbayk, Ollohumma labbayk...» deya ehromga kirdilar. Qurbonlikka atalgan yetmishta tuyaga belgi qo‘yib chiqildi: o‘rkachlaridan bo‘yniga qarata xiyol chiziq tortilib, qon chiqarilgan edi. Tuklari uzra qon qotib, ko‘rganlar bu hayvonlarning qurbonlikka atalganini bilishardi. Ba’zan ishorat sifatida bo‘yinlariga bir narsalar ham osildi.
Janobimiz bilan birga ashobi kiromdan ham ko‘nlari ehromga kirishdi va yana yo‘lda davom etishdi.
Makkaning hokimlari bo‘lib olgan Qurayshning Islom diniga va janobi Payg‘ambarimizga munosabati ma’lum. Handaq jangiga kelayotganda yer yuzida Islom dinidan nomnishon qoldirmaslikni xayol qilishgan. Bir yil ichida ular yaxshi bo‘lib qolmagan, albatta. «Ka’baning ziyoratiga keldik», deyilsa, «Marhabo, biz ham aziz mehmonlarimizning yo‘lini kutib turgan edik», deyishlari amrimahol.
Ammo Janobimizning (s.a.v.) tushlari ham bejiz emas. Shunga qaramay, Rasululloh (s.a.v.) Qurayshdan har narsani kutar, hatto bir urush chiqarishini ham ehtimol tutar, shundan xavotirlanar edilar. Darhaqiqat, Usfon degan joyga kelishganida, Makka tarafdan Bishr ibn Sufyon kelib qoldi.
— Ey Ollohning rasuli! Quraysh sizning Makkaga kelayotganingizdan xabar topdi. Sizni orqaga qaytarib yuborish masalasida birlashishdi, qoplon terilarini kiyishdi. Zi Tivoda kutishyapti. Makkaga kirish haqlaringizni tan olmayajaklari xususida qasamlar ichishyapti. Xolid ibn Valid otliqlari bilan birga Quroul Gamimgacha yetib keldi, — deb xabar berdi. Rasululloh (s.a.v.) achindilar.
— Essiz Quraysh! Urush ularni yedi, bitirdi. Meni boshqa arab qabilalari bilan yuzma-yuz qoldirib, o‘zlari bir chetga o‘tib turishsa bo‘lmasmidi. Ular mendan ustun kelishsa, istaganlari bo‘lardi. Olloh meni ulardan g‘olib qilsa, to‘pto‘p bo‘lib Islomga kirishadi yoxud o‘zlarida kuch topishsa, urushishadi, Nima xayol qilyapti Quraysh?.. Ont ichaman, Olloh menga yuklagan bu vazifa uchun to‘liq zafar qozongunimcha va yo bu yo‘lda o‘lgunimcha mujohada qilaman!
So‘ngra ashoblarining ko‘zga ko‘ringanlarini to‘pladilar va bundan keyingi harakat tarzi haqida fikr so‘radilar. Turli xil qarashlar ilgari surildi. Hazrati Abu Bakr:
— Ey Ollohning rasuli! Siz Ka’bani ziyorat qilish maqsadida yo‘lga chiqqan edingiz. Birov bilan urushish niyatida emasdingiz. Shunday ekan, ayni maqsadda boraveramiz. Bordiyu Ka’bani ziyorat etishimizga to‘sqinlik qilishsa, o‘shanda urushamiz, — dedi.
Janobimiz (s.a.v.) bu qarashni ma’qul topdilar.
— Qani, bo‘lmasa, bismilloh, deb yo‘lga tushaylik, — dedilar.
Har ehtimolga qarshi jang qurollari keltirildi. Nayzalar tuyalarga yuklandi va yo‘lda davom etildi.
Rasululloh (s.a.v.) yo‘lda makkaliklarga duch kelishni istamas edilar.
— Ularga yo‘liqtirmaydigan boshqa bir yo‘l bilan bizni eltadigan odam bormi? — deb so‘radilar.
Aslom qabilasidan birisi chiqib:
— Men oboraman, — dedi va yo‘lboshchilik vazifasini zimmasiga oldi.
Safar har xil mashaqkatlar ila davom etdi.
Xolid ibn Valid boshchiligidagi askarlar musulmon o‘rdasining izlarini ko‘rishdi va boshqa bir yo‘ldan ketishganini anglashdi. Noiloj Makkaga qaytishdi.
Musulmonlar bu paytda Makkaga eng yaqin joy bo‘lmish Hudaybiyaga yetib kelishgan edi. Rasulullohning (s.a.v.) tuyalari birdan cho‘ka boshladi. Bir necha marta turg‘azib, yurishga majbur qilib ko‘rdilar, bo‘lmadi.
— Qasvaning fe’li aynidi, — deyishdi hamrohlari.
Rasuli akram (s.a.v.) e’tiroz bildirdilar:
— Yo‘q, uning bunaqa qilig‘i yo‘q edi. Ammo filni to‘xtatgan Olloh buni ham to‘xtatdi, — dedilar.
Endi bu yerda dam olinishi anglashildi.
Qo‘nishdi. Janobi Rasululloh (s.a.v.) tahorat ola boshladilar. Sahobiylari ulkan bir izdihom bo‘lib to‘planishdi.
— Ha, nima gap? — deb so‘radilar.
— Yo Nabiyalloh, bor suvimiz qo‘lingizdagi meshdadir, boshqa suvimiz yo‘q, — deb javob qilishdi.
Sultoni anbiyo janobimiz qo‘llarini meshkobning ichiga suqdilar. Hammaning ko‘z o‘ngida barmoqlari oralaridan suv otilib chiqa boshladi. Xuddi yerdan bilqillab otilib chiqayotgan buloq kabi. Butun o‘rda olamlarga rahmat qilib jo‘natilgan Janobimizning barmoqlari orasidan qaynab chiqayotgan bu suvdan to‘yibto‘yib ichdi. Meshlarini to‘lg‘azdi. Hayvonlarini sug‘orishga ham suv oldi. O’rdada bu suvdan nasiba olmagan bitta ham jon qolmadi.
Keyin payg‘ambarlar Imomi janobimiz (s.a.v.) muborak qo‘llarini suvdan chiqardilar. Suvning qaynashi to‘xtadi. Chekilgan zahmatlarni unuttirguvchi, ko‘ngillarni tozalaguvchi, qalblardagi imonni kuchaytirguvchi bir mo‘‘jiza bo‘lgan edi bu...
Jobir ibn Abdulloh (r.a.) u kunlarda yangi uylangan bir yigit edi, oradan uzoq yillar keyin sochlari oqargan bir qariya o‘laroq bu hodisani xuddi ko‘z o‘ngida bo‘layotgandek aynan gapirib berajak.
O’sha kecha rosa chiroyli bir yomg‘ir yog‘di. Bunaqa xolatlarda Janobi Rasululloh (s.a.v.) Bilolga buyurardilar, u esa «Namozlaringizni o‘z joylaringizda o‘qinglar!» deb ovoz berar edi.
Yomg‘irli havoda, oyoq ostini ko‘rmasdan, loyga botibnetib kelishning mashaqqati bu tariqa o‘nglandi, har kim namozini tuyasini cho‘ktirgan joyda o‘qidi.
Bomdod azoni eshitildi. Mo‘minlar namozga oshiqishdi. Namozdan keyin Hazrati Rasululloh (s.a.v.):
— Bilasizlarmi Rabbingiz nima dedi? — deb so‘radilar.
— Olloh va rasuli biladi, — deyishdi.
— «Qullarimdan bir qismi menga ishongan, bir qismi esa inkor etgan holda tongga yetdi. Biz Ollohning rahmatila va ehsonila yomg‘irga yetishdik, deganlar menga ishongan, yulduzning qudratini inkor etgandir. Ammo, biz falon yulduzdan yomg‘ir oldik, deganlar esa, yulduzga ishongan, mening kudratimni inkor etgandir», deb marhamat qildi, — dedilar.
O’sha kecha yoqqan yomg‘irdan har tarafda hovuzchalar maydonga keldi. Xalq ularning tepasiga kelib, hovuchlabhovuchlab ichardi. Ammo bu ham yetarli emasdi. Rasuli akramga (s.a.v.) ahvolni tushuntirishdi. Janobimiz kelib, chuqurroq bir hovuzchaning boshiga bordilar. Odamlar u yerda to‘plangan suvni ham pakqos bo‘shatib qo‘ygan edi. Rasululloh chuqurning chekkasiga o‘tirdilar. Suv so‘radilar, uzatishdi. Bir mikdorini og‘izlariga olib, chuqurga purkadilar. Duo qilarkan, idishda ortgan suvni chukurga serpidilar. Bir o‘q olib, Najiya ismli cho‘ponga berdilar, chuqurga tushib sanchib qo‘yishga buyurdilar. Amr bajo keltirildi. Shu payt yerdan xuddi bir quvurdan otilib chiqqandek, suv otila boshladi.
Yuzlarni sevinch qopladi. Najiya chuqur ichida turib olib to‘latib beraverdi, odamlar meshkoblarini uzataverishdi. Yana bir necha kishi chuqurga indi. Shunga qaramay, suv tobora ko‘payib borardi. Atrofga toshar holga kelganida chuqurdan chiqishdi. Shu kundan to Hudaybiyada turishgan muddatgacha endi suvsizlik azobini chekmaydigan bo‘lishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:43:11
* * *
Qurayshiylar Rasuli akramning (s.a.v.) Hudaybiyada qo‘noqlanganlarini eshitishgan edi. Muzoqara uchun Huzoa qabilasidan Budayl ibn Varqoni yo‘llashdi.
Payg‘ambar janobimiz:
— Urush maqsadida kelmadik. Baytni tavof qilamizu qaytamiz, — dedilar va avvalroq Usfonda Bishr ibn Sufyonga aytgan gaplarini ilova qildilar.
Budayl qurayshiylar huzuriga musbat bir qanoat bilan qaytdi.
— Sizlar Muhammad va uning do‘stlari haqida shoshqaloqlik ila xulosa qilyapsizlar, — dedi. — Ular bu yerga Baytni tavof etish maqsadidagina kelishibdi.
Kuraysh uning gapini kesib qo‘ydi:
— Urushish uchun kelgan bo‘lmasa ham, u zo‘rlik bilan bu yerga aslo kira olmaydi. Arablar: «Muhammad Makkaga bilagining kuchi bilan kirdi», deb aytishini xohlamaymiz.
Kuraysh nomidan yana bir necha marta muzoqaraga kelishdi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) har biriga niyatlarini takrorladilar. Elchilarga qurbonlik uchun belgi qo‘yilgan tuyalarni ham ko‘rsatishar va ular ko‘rganeshitganlarini Qurayshga yetkazishar edi.
Bu muzoqaralardan bir ish chiqavermagach, Rasuli kibriyo (s.a.v.) «Sa’lab» laqabli tuyalariga Xirosh ibn Umayyani (r.a.) o‘tirg‘izib, maqsadimizni bevosita o‘zimizdan eshitishsin, deb Makkaga yubordilar.
Xirosh shaharga kirib kelgach, uni bir guruh odam qarshiladi, tuyaning oyoqlariga qilich solib, bechora hayvonni yerga qulatishdi, o‘ldirishdi. Navbat Xiroshni o‘ldirishga kelganida Ahodish qabilasidan bir guruh kishi o‘rtaga tushib, u bir o‘limdan qoldi. Orqasiga qaytib, Janobi Payg‘ambarimizga voqeani aytib berdi.
Bu orada Quraysh yashirin jo‘natgan va musulmonlarning tinchini buzish vazifasi yuklangan bir to‘da qo‘lga tushirildi. Ayblarini bo‘yinlariga olishdi. Olamlarga raxmat bo‘lgan Janobimiz (s.a.v.) hammasini afv etdilar va qo‘yib yubordilar.
So‘ngra Hazrati Umarni (r.a.) chorladilar. Makkaga borib, maqsadimizni tushuntirib kelasan, dedilar.
Hazrati Umar:
—Yo Nabiyalloh, Quraysh meni o‘ldirmasa, deb qo‘rqaman. Chunki ular mening ularga dushmanligimni bilib turishibdi. Qolaversa, qabilam Bani Ariydan meni qutqarib qoladigan biror kimsa yo‘q. Ammo men sizga Quraysh qadrlaydigan bir odam sifatida Usmon ibn Affonni tavsiya etaman, — dedi.
Hazrati Umarning (r.a.) g‘oyat o‘rinli bu taklifi qabul etildi. Usmon ibn Affon yo‘lga chiqdi.
Hazrati Umar bu masalada juda haqli edi. Uni ushlab olsa, tilkapora qilib tashlashi mumkin bo‘lgan Quraysh Usmonga nisbatan yumshoq muomala qilishi mumkin edi.
Darhaqiqat, shaxarga kiraverishda Abon ibn Said Usmonni ko‘rib qolib, tuyasiga mingashtirib, Makkaga olib kirdi. Hazrati Usmon (r.a.) ularga maqsadni anglatdi.
—   Ey Usmon, xohlasang, borib Ka’bani ziyorat qilishing mumkin, — deyishdi unga.
—   Yo‘q, — dedi Usmon (r.a.). — Rasululloh (s.a.v.) tavof qilmagunlaricha aslo tavof qilmayman!
Vazifasini ado etgach, orqaga qaytmoqchi bo‘ldi. Izn berishmadi. Uni aziz bir asir sifatida tutib qolishdi. Izzat-ikrom ko‘rsatiladigan, ammo chiqib ketishga yo‘l qo‘yilmaydigan bir asir.
Bir necha kun o‘tganiga karamay Usmonning qaytmagani har xil gapso‘zlarga sabab bo‘ldi. Uni Quraysh o‘ldiribdi, degan mishmish tarqaldi. Rasuli akram (s.a.v.) ham g‘oyat mahzun edilar. Bir daraxt tagiga o‘tirdilar, ashoblarni chorladilar. Tarixda «Bay’ati Rizvon» nomi ila mashhur buyuk ahdlashma qilindi. Mo‘minlar bittabittadan kelib, nayg‘ambarlar ichra eng buyuk Payg‘ambarning (s.a.v.) qo‘llaridan tutishar va: «Ey Ollohning rasuli! To o‘lgunimcha yo zafar qozonilguncha qochmasdan jang qilishga so‘z beraman!», deyishar edi.
Bu paytda Hazrati Umar nariroqda nimadir ish bilan band edi. Rasululloh janobimizning bir daraxt tagida o‘tirganlarini, odamlar bittabitta kelib, qo‘llaridan ushlab, birnimalar deb ketishayotganini ko‘rdi. Ug‘li Abdullohni bilib kelishga yubordi.
Abdulloh chopdi, odamlar bay’at marosimini ijro etishayotganini ko‘rib, o‘zi ham Janobimizning qo‘llarini tutdi, bir musulmon yigitga yarashiqli tarzda so‘z berdi. So‘ngra yana chopib kelib, dadasiga voqeani bildirdi.
Buyuk Umar (r.a.) keldi. U ham so‘z berganlar orasida sharafli o‘rnini oldi. Keyin esa, bir ming to‘rt yuz inson bilan ayriayri so‘zlashgan Rasulullohning, ehtimol, toliqqan qo‘llariga dastak bo‘lish niyatida tirsaklaridan tutdi.
Uch kishi Janobimizni rohatsiz qilayotgan daraxt shoxlarini ko‘tarib turishdi. Ham soya hosil qilishdi, ham bay’at marosimining rohatla ado etilishini ta’minlashdi.
Malaklar qanotlarini yoygan on edi bu payt... Yer yuzida bundan ham fazilatli bir jamoat insoniyat yaratilganidan beri ko‘rilgan emasdi, boshqa ko‘rilmaydi ham. Kelgusida inadigan Kur’on oyatlari bu ahdlashmadan Buyuk Mavloning rozi bo‘lganini, Janobi Payg‘ambarimizga so‘z berganlar, aslida, Olloh taologa so‘z berganlarini bildirajakdir.
Ayni chokda, yomg‘irday yoqqan bu mislsiz rahmatdan nasibasiz biri o‘zini ko‘zdan olib qochish uchun tuyasining qorniga yopishgudek bo‘lib berkinib olgan edi. Shundoqqina huzuriga kelib turgan bu mislsiz ne’matdan bebahra bu kimsa Jadd ibn Qays edi.
— Sho‘ring qursin sening, ey Jadd! Nima seni bunday yashirinishga majbur etdi?
Bekinib turgan joyidan topib olingan o‘g‘ri kabi, Jadd boshini ilkis ko‘tardi:
—   Qo‘rqinchli bir ovoz, — dedi. — Qo‘rqinchli bir ovoz eshitib, bu yerga yashiringan edim.
—   Mayli, qo‘rquving doim bo‘lsin, ey benasib inson!..
Bu yoqda bay’at marosimi tugadi. Rasululloh (s.a.v.) chap qo‘llarini tutdilar. «Bu qo‘l Usmonning o‘rnigadir», deya uning nomidan o‘zlari bay’at qildilar. Bu va’dalashuv to‘la Janobimiz (s.a.v.) istaganlariday shaklda bo‘ldi. So‘ngra ashobiga yuzlandilar:
—Sizlar yer yuzining eng xayrli insonlarisiz! — deya mamnuniyatlarini izhor qildilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:44:03
* * *
Hudaybiyada kechgan bu bay’at marosimi haqidagi xabar Makkaga, Qurayshning qulog‘iga ham yetib bordi. Musulmonlar Baytni ziyorat etish yo‘lida hatto o‘limdan ham qaytmasligini anglashdi. Bunday vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l sulh tuzishdir, degan qanoatga kelishdi. Bu vazifani Suhayl ibn Amrning zimmasiga yuklashdi.
Borasan, u bilan so‘zlashasan, ammo bu yil uning Makkaga kirishiga hech rozi bo‘lmasligimizni aytasan. Arablar: «Muhammad keldi, kuch bilan Makkaga kirdi», demasliklari lozim, — deb ko‘rsatmalar berishdi.
Yetarli ta’limotlarni olgan Suhayl ibn Amr yoniga yana ikki kishini — Huvaytib ibn Abdul Uzzo bilan Mikraz ibn Hafsni olib, Hudaybiyaga keldi. Janobimiz ila ko‘rishdi.
Uzoq davom etgan muzoqara natijasida bir bitimga kelindi. Endi bu bitim yozma holga keltirilishi lozim edi. Bu vazifani Rasuli akram (s.a.v.) Hazrati Aliga (r.a.) yukladilar. Qog‘ozqalam hozirlangach, Sultoni anbiyo (s.a.v.) yozdira boshladilar:
— Yoz: «Bismillohir rahmonir rahim...»  Suhayl darhol e’tiroz bildirdi:
— Bo‘lmaydi. Bunaqa narsani biz bilmaymiz. Qadimdan biz biladigan va qo‘llab kelayotganimiz so‘zni yozamiz, «Bismikallohumma», deymiz.
Janobi Payg‘ambar (s.a.v.) Hazrati Aliga Suhayl aytganidek shaklda yozishni buyurdilar.
Har ikki so‘z ham ma’noda bir edi. Suhaylning bu harakati bir e’tiroz bildirish uchungina xolos, bundan boshqa ma’no tashimasdi. Ya’ni, so‘zini qabul ettirganlik xissi beradigan ma’nosiz g‘urur...
Janobimiz bitim matnini tuzishda davom etdilar:
—   «Bu bitim Ollohning rasuli Muhammad ila Kuraysh nomidan Suxayl ibn Amr orasida tuzilmokda...»  Suhayl yana e’tiroz qildi:
— Seni payg‘ambar deb tan olsak, senga qarshi urusharmidik?! Menikidek, otangning nomini yozdir, — deb turib oldi.
Hazrati Ali Janobimiz aytganlaridek yozayotgan edi. Rasuli kibriyo unga «Ollohning rasuli» kismini o‘chirishni, o‘rniga «Abdulloh o‘g‘li» deb yozishni buyurdilar.
Sulh jarayonini kuzatib turganlar orasida xavotirlanib va asabiylashib o‘rnidan turib ketganlar bo‘ldi. Norozi bo‘lishar, o‘chirtirmaymiz, boshqa so‘z yozdirmaymiz, deyishar edi. Hazrati Ali ham Payg‘ambari zishonning bu amrlarini ado etmadi.
— Vallohi, men «Rasululloh» kalimasini o‘chirmayman! — dedi.
Chunki u Zotning (s.a.v.) rasululloh ekanlariga butun borlig‘ila ishongan, shu ishonch asosida yashashga azm qilgan edi. Shuni deb janglarga kirdi, yana takrortakror kirishi mumkin. Endi qanday qilib u so‘zni o‘chiradi?!
Hazrati Ali va uning do‘stlari bunga Payg‘ambar janobimizning amrlari sifatida emas, Suhayl ibn Amrning orzuyi sifatida qarashayotgan edi. Hazrati Ali o‘chirmaslikka qasam ichgach, Janobi Payg‘ambar «Rasululloh» kalimasi qaysi biri ekanini ko‘rsatishni so‘radilar. Olib, o‘z qo‘llari bilan o‘chirdilar. O’rniga «Abdulloh o‘g‘li» deb yozdirdilar. Bu ish ashobi kiromni yaxshigina asabiylashtirdi.
— Sizlar ishonmasalaringiz ham, yolg‘onga chiqarsalaringiz ham, men Ollohning rasuliman, — dedilar Suhaylga Faxri koinot (s.a.v.).
So‘ngra Hazrati Aliga yuzlandilar:
— Bir kuni bunday holat sening ham boshingga tushajak. Senga ham shunday bir ish taklif etilajak va, ey Ali, sen ham u taklifni qabul qilajaksan, — dedilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:44:25
«Muhammad ibn Abdulloh» deb yozilgani bilan Janobimizning payg‘ambarliklari inkor etilgan bo‘lmasdi. Zotan, payg‘ambarlikkacha «Abdulmuttalibning nevarasi»  yo «Abdullohning o‘g‘li»  bo‘lib kelganlar.Agar «Muhammad ibn Abdulloh» so‘zi payg‘ambarliklariga soya soladigan bo‘lganida edi, bunga hammadan oldin o‘zlari qarshi turardilar.
Ahdnomaning ilk moddasini Janobimiz oldin kelishib olinganiga muvofiq yozdirdilar:
«Ikki taraf o‘n yil muddat ichida bir-biriga qurol ko‘tarmaydi, odamlar bir-biridan xotirjam bo‘ladi».
Suhayl bu moddaga ilova kiritdi:
— Shu shart bilan: bnzdan bir kishi sizlarning diningizga kirib oralaringizga borsa, aqrabosi talab qilgan taqdirda uni bizga topshirasizlar. Ammo sizlardan kimdir dinlaringizdan qaytib bizga qo‘shilsa, qaytib bermaymiz.
Xavotirli ko‘zlar yana Sarvari olamga qadaldi. «Yo‘q!» deyishlarini kutishardi. Hech bo‘lmasa, bizdan sizga o‘tganlarni ham qaytarishlaring lozim, deyishlarini kutishdi. Ammo Janobimiz e’tiroz qilmadilar. Suhaylning so‘zlarini aynan matnga kiritishni buyurdilar. Oyoqqa turib ketganlar bo‘ldi, ovozini balandlatganlar bo‘ldi. Hazrati Umar (r.a.) chidab turolmadi:
—Ey Ollohning rasuli, bu moddani yozdirasizmi? — deb yubordi. O’zicha Janobimizning diqqatlarini jalb etmoqchi bo‘ldi.
Ya’ni, biz bu moddaga qarshimiz, yozilishini istamaymiz, bu modda haqida bizning ham fikrlarimizni olsangiz bo‘lardi, demoqchi edi.
Rasululloh (s.a.v.) unga:
— Ha, yozdiraman. Bizdan ularga o‘tib ketadiganlarni Olloh yiroq qilsin. Biz qaytib berganlarimizga esa, Olloh o‘zi bir chiqish yo‘lini ko‘rsatajakdir, — deb javob qildilar.
Modda aynan yozildi. Suhayl yana so‘zida davom etdi:
— Sizlar bu safar qaytib ketasizlar. Baytni kelasi yil ziyorat qilasizlar. Chunki biz arablarning: «Muhammad kelib zo‘rlik bilan Makkaga kirdi», deyishlarini istamaymiz. Kelayotganda yo‘lchi silohi bo‘lgan qilichdan boshqa bir qurol ko‘tarib kelmaysizlar. Qilichlaringiz ham qinida turishi kerak. Makkada faqat uch kun yurasizlar, bu uch kun biz Makkani tashlab, tashqariga chiqib turamiz, — dedi.
Janobi Rasululloh bu takliflarni ham bitimga kiritganlaridan so‘ng o‘zlari modda qo‘shdilar.
— «Istaganlar biz bilan, istaganlar Kuraysh bilan axdnoma tuzib, himoyasi ostiga kirishi mumkin».
Suhayl bunga e’tiroz qilmadi. Shu tariqa bitim tayyor bo‘ldi. Bu axdnomaga guvohlar sifatida musulmonlardan Abu Bakr, Umar, Ali, Abdurahmon ibn Avf, Abdulloh ibn Suhayl, Sa’d ibn Abu Vaqkos, Mahmud ibn Maslama (roziyallohu anhum) yozilishdi. Mushriklardan faqat ikkita guvoh — Mikraz ibn Hafs bilan Huvaytib ibn Abdul Uzzo nomlari yozildi.
Ayni shu pallada hayajonli bir voqea sodir bo‘ldi: ahdnoma endi imzolanay deb turganida Suhayl ibn Amrning o‘g‘li Abu Jandal oyog‘iga bog‘langan zanjirlarni surg‘alaysurg‘alay kelib, o‘zini musulmonlar orasiga tashladi. Holsiz va parishon edi.
Islomni qabul qilgani uchun yaqinda otasi uni qamab qo‘ygan, zanjirband etib, qiynoqqa solgan edi. Otasining Makkada yo‘qligidan foydalanib, qamoqdan qochdi. Jonini hovuchlab, Nabiyyi akram janobimizning huzurlariga yetib olishni o‘ylardi. Orqamdan birov kelib tutib olmasinda, degan xavotir hamda oyog‘idagi og‘ir zanjirlar bergan azob ichida kelakelguncha butkul holdan toygan, ado bo‘lgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:44:44
Ammo nima bo‘lsa bo‘lsin, endi jonini qutqardi, din qardoshlari sifatida bag‘irlariga oladigan insonlar orasiga yetishdiku! Bundan bu yog‘iga go‘zal kunlar eshigida his etardi o‘zini. Lekin haqiqiy quvonishga hali erta ekanini, sevinchi esa, tug‘ilmasidanoq so‘nishini bilmasdi.
Darhaqiqat, o‘g‘lining qochib kelganini ko‘rgach, Suhayl ibn Amr rosa ko‘pirdi, g‘azabga mindi:
— Ey Muhammad! Bitimimizga binoan o‘g‘lim Abu Jandalni qaytarib berishingni talab qilaman! — dedi. O’rnidan sapchib turib borib, Abu Jandalning yuziga qattiq bir tarsaki tushirdi va bo‘g‘a boshladi.
Bu manzara qarshisida Rasululloh (s.a.v.) teran bir qayg‘uga cho‘mdilar.
— Biz hali bu bitimni imzolaganimiz yo‘q, — dedilar.
Suhayl keskin bir ifoda bilan so‘zlarini kesdi:
— U holda, qasam ichamanki, sen bilan hech qanday bitim tuzmayman! Aslo tuzilmaydi ham!..
—   Uni menga bag‘ishlashingni so‘rayman.
—   Yo‘q, bag‘ishlamayman!
—   Hech bo‘lmasa, uni himoyangga ol.
— Bunday ham qilolmayman. Mikraz ibn Hafs o‘rtaga tushdi:
—Yo Muhammad, sening xotiring uchun uni men himoyamga olaman, — dedi.
Abu Jandal qutulish umidi qolmaganini his etib, yig‘lay boshladi:
—Ey musulmonlar, musulmon bo‘lib kelganim xolda mushriklarning qo‘liga topshirilyapman. Boshimga kelgan falokatlarni ko‘rmayapsizlarmi?! — deya xayqirardi.
Bu hol barcha musulmonlarni parishon qilgan edi. Shuning uchun Janobi Payg‘ambarimiz:
— Sabr qil, ey Abu Jandal va olajaging ma’naviy mukofotni kut. Olloh senga va sening yoningda bo‘lgan zaiflarga bir kenglik va qutulish yo‘li hozirlayajakdir. Biz Quraysh bilan bir sulx bitimi tuzdik. Ularga Olloh nomidan so‘z berdik. Va’damizni buzolmaymiz, — dedilar.
So‘ngra Abu Jandalni sudrab olib ketishdi.
Hazrati Umar (r.a.) joyidan sapchib turdi. Abu Jandalning yonida borayotgan bo‘lib, qilichining qabzasini uning qo‘liga yaqinlashtirarkan:
— Bular mushriklardir. Vallohi, ularning qoni ko‘ppak qonidan farqsizdir!.. — derdi. Bu bilan «Otangni o‘ldirishing mumkin, bir itni o‘ldirgan bo‘lasan, xolos», demoqchi edi.
Abu Jandal uning maqsadini angladi, ammo bu ishni qilmoqchi emas edi.
Abu Jandal bilan uni o‘limga kuzatgandek g‘amga botib xayrlashganidan so‘ng Hazrati Umar (r.a.) ortiga kaytdi. Nabiyyi akram janobimizning yonlariga keldi.
— Siz Ollohning chin payg‘ambari emasmisiz?! —dedi.
—Ha, men Ollohning chin payg‘ambariman.
— Biz haq ustida emasmizmi?! Dushmanlarimiz botil ustida emasmilar?!
—Ha, shunday.
—   U holda nimaga dinimizga pastlikni ravo ko‘ryapmiz?
—   Men Ollohning rasuliman, unga qarshi turolmayman.
—   Xo‘p, Siz bizga, Baytga boramiz, uni tavof qilamiz, demaganmidingiz?
—   Ha, shunday dedim. Ammo, bu yil boramiz, dedimmi?
— Yo‘q, demadingiz.
— U holda, ey Umar, sen Baytga kelasan va uni tavof qilasan!
Hazrati Umar Rasululloh (s.a.v.) huzurlaridan chiqib borarkan, asabi hali ham tarang edi. Xayolida, qani endi yonida yuz kishi bo‘lsayu Makkani bossa, ishg‘ol etsa. Hazrati Abu Bakrning yoniga bordi. Undan ham Janobi Payg‘ambarimizdan so‘ragan savollarni so‘radi va ayni javoblarni oldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:45:02
Makkaga bu yil kirilmasligi qat’iyyan ma’lum bo‘ldi. Madinaga qaytiladi endi. Faxri koinot janobimiz ashobga:
— Turinglar, qurbonliklaringizni so‘yinglar, sochlaringizni olinglar, — deb buyurdilar.
Hech kimsa o‘rnidan turmadi. Xuddi eshitmagandek. Nabiyyi akram (s.a.v.) ikkinchi daf’a takrorladilar. Yana o‘shao‘sha hol. Buyruq uchinchi bor qaytarilganida ham ahvol o‘zgarmadi.
Rasululloh (s.a.v.) juda xafa bo‘lib ketdilar. Mahzun, chodirlariga kirdilar. Ummu Salama onamiz u zotning g‘amga botganlarini ko‘rib, tashvishga tushdilar.
— Menga nima bo‘lyaptiki, Ollohning rasulini xafa holda ko‘ryapman, — deb kutib oldi.
Janobimiz uch marta takrorlaganlariga qaramay, buyruqlari ado etilmaganini aytdilar. Ummu Salama onamiz Payg‘ambarimizga tasalli berdi:
— Ko‘nglingizni xush tuting, ey Ollohning rasuli. Ular o‘zlari ko‘rgan bu voqeaning ta’siridalar hozir. Maqsadlari Ollohning rasuliga qarshi borish emas. Siz ularning itoat etishini istasangiz, chiqingda, hech kimga bir so‘z demasdan, qurbonligingizni so‘ying va sochingizni oling, — dedi.
Janobimiz tashqari chiqdilar. Odamlarga indamay, qurbonlikka keltirgan tuyalarini so‘ydilar, sochlarini oldilar.
Ashobi kirom Janobimizning ishlarini ko‘rib, o‘rnilaridan turishdi. Har kim qurbonligini so‘ydi, bir-birining sochini taroshladi. Ayrimlari boshlarini taqir qilib oldirishdi, ayrimlari sochlarini kaltalatish bilan kifoyalanishdi.
Endi ortga qaytish vaqti yetgan edi. Nabiyyi akram (s.a.v.) bir duo qildilar. Duo orasida, sochlarini oldirganlarga marhamatingla muomala qil, dedilar.
— Ey Ollohning rasuli, sochlarini kaltalatganlarga ham, deb qo‘shib qo‘ying, — deb rijo qilishdi.
— Ey Olloh, sochlarini oldirganlarga marhamatingla muomala qil, — dedilar.
Yana takror ayni iltimosni qilishdi. Janobimiz ham yana ayni duoni qilish bilan kifoyalandilar. Ashobni qayg‘u bosdi, ichlarini pushaymonlik to‘ldirdi. Nabiyyi akram janobimizning soch oldirganlarni isrorla duo qilishlari, sochlarini chelpiganlar bu duoga kirmaydi, degan ma’noni ifodalardi. Ularning bu ishlarini yoqtirmaganlari ma’lum edi. To‘rtinchi daf’a yana, xayajon va yolvorish ohanglari to‘la bir ifoda bilan:
— Ey Ollohning payg‘ambari, sochlarini qisqartirganlarga ham, deng... — deyishdi.
Shunda Janobimiz ilova qildilar:
Sochlarini qisqartirganlarga ham (valmukassirin)...
Birgina kalima bo‘lgan bu duo yuzlarga ingan tashvish chiziqlarini tuzatdi, ko‘ksilariga qamalgan va huzursiz qilib turgan nafaslar ko‘yib yuborildi. Ashobdan yana biri payg‘ambarlar Sultonidan so‘rab qoldi:
— Ey Ollohning rasuli! Sochlarini to‘la olganlarni ochiq duo qildingiz, chelpiganlarni esa duoga kiritmadingiz. Sababi nima?
— Ular shubhaga tushmadilar, — degan javob oldi. Madinadan bu yoqlarga umra niyati bilan kelishgan edi. Hozir ham pushaymon bo‘lishgani uchun qaytishmayaiti. U holda bu umradan kutilgan savob mukammal qo‘lga kiritilgan bo‘lishi kerak. Oldin ham shunga o‘xshash bir ish bo‘lgan: hijrat niyatida Makkadan chiqqan Jundub keksaligi va xastaligi bois yo‘lda vafot etgan, ammo hijrati asl hijrat qatorida hisoblanishi keyin tushgan oyatlar bilan tasdiqlangan edi.
Kaytish safari boshlandi. Yo‘lda Hazrati Umar Janobi Payg‘ambarimizdan bir nima so‘radi. Javob ololmadi. Ayni savolni ikki, uch marta so‘radi, yana javob bo‘lmadi. Nochor nariroq ketishga majbur bo‘ldi. Ichiga bir ko‘rkuv oraladi. Tuyasini jadallatib, o‘rdaning eng old saflariga bordi.
— Onang seni tug‘masaydi, ey Umar!.. — deya o‘zini qiynashga, azoblashga tushdi.
Oradan hech qancha o‘tmasdan quloqlariga bir ovoz chalindi:
— Ey Umar ibn Xattob, kaerdasan?! Janobi Rasululloh seni yo‘qlayaptilar!..
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:46:01
Umarning boshidan qaynagan suv quyilgandek bo‘ldi.
Chorlanibdimi, endi teztez yetib borishdan boshqa hech bir iloji qolmagan edi. Tuyasini choptirdi.
—   Salom sizga, ey Ollohning rasuli!
—   Senga ham salom bo‘lsin, ey Xattobning o‘g‘li!.. Payg‘ambarlarning eng buyugini har doimgi tabassumi ila ko‘rgan Hazrati Umar kelakelguncha his etgan qo‘rquv va hayajonini unutdiqo‘ydi. Sarvari olam:
— Bu kecha menga bir sura tushirildiki, u men uchun dunyo va undagi barcha narsalardan ko‘ra qadrliroq, — deb Fath surasining avvalini o‘qiy boshladilar: — «Bismillahir rohmanir rohiym. Inna fatahna laka fathan mubina...»
«(Ey Muhammad,) toki Olloh Sizning gunoxlaringizdan ilgari o‘tgan va keyin kel(adi)gan narsalar barcha gunohlaringizni mag‘firat qilishi uchun va Sizga O’z ne’matini komil qilib berib, Sizni To‘g‘ri yo‘lga hidoyat etishi uchun hamda Olloh Sizga qudratli yordam berishi uchun, darhaqiqat, Biz Sizga ochiqravshan fathg‘alaba ato etdik. Olloh o‘z imonishonchlariga yana ishonch qo‘shishlari uchun mo‘minlarning dillariga sakinatorom tushirgan Zotdir. Osmonlar va Yerning qo‘shinlari (ya’ni, koinotdagi barcha jonzot va kuchlar) Ollohnikidir. Olloh bilim va hikmat Egasidir» '.
Surada bay’at haqida ham oyatlar bor edi: «(Ey Muhammad,) darxaqiqat Sizga bay’at qilayotgan zotlar, hech shakshubhasiz, Ollohga bay’at qilurlar — Ollohning qo‘li ularning qo‘llari ustida bo‘lur. Endi kim (bu bay’atni) buzsa, bas, u faqat o‘z ziyoniga buzur. Va kim Olloh bilan ahdpaymon qilgan narsasiga vafo qilsa, u holda (Olloh) unga ulug‘ ajrmukofot ato etadi» 2.
«Albatta, Olloh O’z payg‘ambariga (u kishi ko‘rgan) tushni haqqirost qildi: albatta, sizlar, (ey mo‘minlar,) inshaolloh, Masjid alHaramga tinchomon, boshlaringizni (sochlaringizni) qirdirgan va (yoki) qisqartirgan xollaringizda xavfxatarsiz kirursizlar. Bas, (Olloh) sizlar bilmagan narsani bilib, undan (ya’ni, Makka fathidan) oldin yaqin bir g‘alabani qildi» 3.
«Yaqin bir g‘alaba...» deganda Haybar zafari nazarda tutilgani tez kunlarda ayon bo‘lg‘usi edi.
Hazrati Umar (r.a.) o‘shanda jazo olish xadigida borgan edi, buyuk bir fathning mujdasini eshitib qaytdi. Lekin, shunga qaramay, odamlarning xotiridan aslo chikmaydigan bir jur’at ila Janobi Rasulullohni (s.a.v.) so‘roq qilganining alamini keyinchalik ham ichidan chiqara olmayajak va umr bo‘yi qul ozod qilib, sadaqa ulashib, nafl ro‘zalar tutib, Ulug‘ Mavloning kechirishidan umid etib yashayajakdir.
Fath surasining nozil bo‘lishi bilan Hudaybiya sulxi bekorga bo‘lmaganiga ishonch hosil qilishdi. Ammo bu fath va zafar nimalar ekanini, qanday yuz berajagini vaqt o‘tib ko‘rajaklar, anglayajaklar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:46:17
* * *
Mushriklarning qanoati o‘zgacha bo‘ldi: shuncha yo‘ldan kelgan Yslom qo‘shinini yana Madinaga qaytarib yubordik, arablar orasida tilimiz uzun bo‘ldi, deb hisoblashdi.
Bitim matnidan joy olgan moddalar orzulariga uyg‘un shaklda yozilgan, bu borada musulmonlar ham Qurayshning qanoati ustunlik qildi, degan fikrda edilar, shundan benihoya alamda qolishdi, hatto Rasulullohning amrlarini ham eshitmagandek bo‘lishdi.
Ayni chokda, bu bitimning haqiqiy ma’nosini payg‘ambarlar Buyugi (s.a.v.) juda yaxshi bilar edilar. Shunday bir paytda Janobi Haq azza va jalla o‘zlarini yolg‘iz tashlab qo‘ymasligiga, dushmanlarini tadbir ila mag‘lubiyatga duchor etishiga ishonar edilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:46:34
* * *
Madinaga qaytib kelinganiga uncha ko‘p bo‘lmagan kunlarning birida Makkada Islomni qabul etgan bir yigit Madinaga kelib qoldi. Ismi Abu Basir edi. To‘g‘ri masjidga kirib bordi. Payg‘ambarlar imomining (s.a.v.) huzurlarida shahodat kalimalarini so‘yladi.
Ammo ish bu bilan tugamasdi. Qurayshiylar talab qilishsa, qaytarib berilishi lozim edi. Darhaqiqat, darrov ortidan ikki kishi yetib keldi.
Tutiladigan boshqa bir yo‘l yo‘q edi. Abu Basir istasaistamasa makkaliklarga topshirildi. O’ch kishi yo‘lga chiqishdi. Zulxulayfaga kelganlarida juda toliqishdi. Uning ustiga, qorinlar ham rosa ochiqdi. Bir devor soyasiga o‘tirishdi.
Hunays ismli biri qilichini toshga suyab qo‘ydi. Yemaklarini o‘rtaga qo‘yishdi, tamaddi qila boshlashdi.
Gap orasida Abu Basir:
— Vallohi, ammolekin qiliching zo‘r ekan! — dedi. Maqtov Hunaysga rosa yoqib tushdi. Ko‘lini cho‘zib, qilichini oldi. Qinidan chiqardi.
— Haqiqatdan shunday, dedi havolanib. — Men uni ko‘p sinaganman.
—   Ko‘rsam bo‘ladimi?
—   Albatta.
Hunays qilichini uzatdi. Abu Basir hayajonini sezdirib qo‘ymaslikka tirishib, oldi. U yoqbu yog‘ini ko‘rgan bo‘ldi. So‘ngra havoga ko‘tarib, bor kuchi bilan soldi. Hunaysning kallasi qumlar uzra yumalab ketdi. Boshsiz tana yerga tushdi.
Bu qo‘rqinchli hodisa juda tez — bir soniya ichida sodir bo‘lgan edi. Hunaysning quli nima bo‘lganini ham bilmasdan, beixtiyor o‘rnidan sapchib turdi. Telba kabi Madinaga qarab chopa boshladi. Abu Basir uning ortidan tushdi. Lekin yetishi imkonsiz edi. Chunki u odam o‘lim qo‘rquvi ila krchayotgan edi.
Shunga qaramay, orqasidan quvlab boraverdi. Nihoyat, haligi kishi Rasulullohning (s.a.v.) masjidlariga yetib keldi va o‘zini ichkariga otdi. Rasuli akram uni ko‘rgan zahotlari:
— Bu odam bir narsadan qo‘rkkan, — dedilar. Nafasi o‘pkasiga tiqilgandek bo‘lib:
— Odamingiz xo‘jayinimni o‘ldirdi!.. Qochmasam, meni ham o‘ldirar edi, — deya oldi qul.
Bir oz fursat o‘tib Abu Basir ham masjidga yetdi, Janobi Payg‘ambarning huzurlariga keldi.
— Ey Ollohning rasuli! Siz axdingizda turdingiz, meni ularga topshirdingiz. Men endi hur bo‘lishim kerak, dedi.
Rasululloh janobimiz Abu Basirning olov sachrab turgan ko‘zlariga boqdilar.
— Urush chaqmog‘i yanglig‘ odam... Yonida bitta bo‘lsa bormi!..— deb qo‘ydilar.
Abu Basir Madinada qolishi maqsadga muvofiq emasligini anglab, ketishga qaror berdi. Hunaysga tegishli narsalarni olib kelgan edi. Payg‘ambarimizga (s.a.v.) qoldirib ketmoqchi bo‘ldi, qabul bo‘lmadi.
Qochib kelgan qulga avval izn berildi, u Makka sari jo‘nab ketdi. Keyinroq Abu Basir Sarvari anbiyo janobimiz bilan vidolashdi, u ham Madinani tark etdi.
Hali qulning izidan tushsa, yetib olishi, uning ishini ham bitirishi mumkin edi. Ammo, bunday qilako‘rma, degan ogohlantirish bo‘lgani uchun unday fikrga bormadi. Necha kun yo‘l yurayura, makkaliklarning Shomga qatnaydigan tijorat yo‘li ustida, daryo sohilida joylashgan bir yerga qarorgoh tikdi. Endi shu makonda turganicha o‘tganketgan karvonlarning yo‘lini to‘sib, ularni rohatsiz qiladi.
Hazrati Umar (r.a.) Makkaga, Abu Jandalga maktub yozib, Abu Basir haqida, u qo‘nim topgan makon haqida xabar berdi. Abu Jandal Makkadan takror qochdi va Abu Basirni topib keldi.
Keyin Kurayshdan qochib qutulgan boshqa mo‘minlar ham bittadanikkitadan bo‘lib kelib, Abu Basirning atrofida to‘planaverishdi. Makkaliklarni tashvishlantiradigan, yuraklariga hadik soladigan bir kuch paydo bo‘la boshladi.
Bundan buyon endi Quraysh karvonlari bu hududdan eminerkin o‘ta olmaydigan bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:46:58
* * *
Janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Makkadalik paytlarida eng katta dushmanlaridan biri Uqba ibn Abu Muoyt edi. Uning qizi Ummu Gulsum esa, imon keltirgan, lekin imonini hech kimga ocha olmagan edi. Tirikdan o‘likni, o‘likdan tirikni chiqarishga kodir Ulug‘ Mavlo Ukbaday yirtqich mushrikdan Ummu Gulsumday nafis mo‘minani ham chiqara oladi, albatta.
Ummu Gulsum ancha bosh qotirdi. Nima qilib bo‘lsa ham qochish rejalarini chamaladi. Bir kuni qalbida qandaydir hayajon to‘lqini jo‘sh urdi. Hech taraddudlanmasdan, qochish rejasini amalga oshirishga qaror berdi.
Ora-sira Makka tashqarisidagi Tan’im degan joyga borib turar, u yerdagi bog‘ uylarida yotib qolar edi. Bu gal endi o‘sha odatidan foydalanadi. Ikki-uch kun uni axtarmasliklari aniq. Ungacha Ummu Gulsum boradigan yeriga yetib oladi.
Darhaqiqat, yana o‘sha yoqqa ketayotgandek bo‘lib, Makkadan chiqdi. To‘xtamay, ilgarilay boshladi. Bir payt oldidan kimdir chiqib qoldi.
—   Yo‘l bo‘lsin, ey qurayshlik xotin? — deb so‘radi.
—   Bir ish bilan ketyapman. O’zing kim bo‘lasan?
— Men Huzoa kabilasidanman.
Ummu Gulsum Huzoa qabilasining Rasuli akram ila ahdlashganini bilardi. Shuning uchun bemalol:
—   Men musulmon bo‘ldim. Madinaga bormoqchiman, — dedi.
—   U holda men senga yordamchi bo‘layin. Chunki men Madina yo‘llarini yaxshi bilaman. Meni shu yerda kutib tur, — dedi haligi odam mehribonlik bilan.
Sal o‘tmay bir tuya topib keldi. Ummu Gulsumni mindirdi. O’zi tuyaning jilovidan tutib, yo‘lga tushdi.
Charchaguncha yo‘l bosishadi, keyin tuyani cho‘ktiradi, o‘zi bir chekkaga o‘tib turadi. Ummu Gulsum tuyadan tushadi, dam oladi, takror yo‘lga chiqish zamoni kelganida yana tuyaga minadi, huzoalik kishi kelib tuyani turg‘azadi va yo‘lda tag‘in davom etishadi.
Shu tariqa yurayura, bir kuni Madinaga yetib kelishdi. Yo‘lchiliklari Madina atrofida nixoyalandi. Huzoalik mard odam Ummu Gulsum bilan xayrlashib, qabilasiga qaytdi.
Imon keltirganmiyo‘qmi, Huzoaning bu mard badaviyi madaniyat asri odamining xayoliga ham sig‘maydigan bu asil ishi uchun hatto bir tashakkur kutmasdan orqasiga qaytib ketgan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:47:14
* * *
Ummu Gulsumni Ummu Salama onamiz (r.a.) qarshiladi:
— Xush kelibsan, ey Ummu Gulsum!
Bir-birini necha yillar ilgaridan taniydigan bu ikki ayol quchoqlashib ko‘rishishdi. Ummu Gulsum kelishi sababini va safar tafsilotlarini gapirib berdi. So‘zlarining oxirida:
— Men Makkaga kaytavermasam, axtarib balki bu yerlargacha kelishsa kerak. Abu Jandal bilan Abu Bakirni qaytarib yuborganlaring kabi meni ularga qaytarib bermanglar. Men bir ayol kishi bo‘lsam... qiynoqlarga dosh berolmayman. Janobi Rasulullohga mening ahvolimni tushuntiring, — dedi.
Bu orada Janobimiz o‘zlari kelib qoldilar. Makkalik qo‘shnilarini tanib:
— Xush kelibsan, — dedilar.
Ummu Gulsum ahvolini Faxri koinotga (s.a.v.) o‘zi tushuntira qoldi. Bu masalada bir narsa deyishlariga hojat qolmadi. Chunki Ulug‘ Mavlo vaxiy farishtasini yuborib, ushbu oyatni tushirdi:
«Ey imon keltirganlar, qachon sizlarga mo‘minalar xijrat qilib qelsalar, ularni imtihon qilib ko‘ringlar. Olloh ularning imonlarini juda yaxshi bilguvchidir. Bas, agar sizlar ularning (haqiqiy) mo‘mina ekanlarini bilsangizlar, u holda ularni kofirlarga qaytarmanglar. U mo‘minalar (kofirlarga) halol emas, u (kofir)lar u (mo‘mina)larga halol emasdir. Va ularga (bu xotinlari uchun) sarflagan mahrlarini (qaytarib) beringlar. Kachon sizlar ularga mahrlarini bersangizlar, sizlarga ularni nikohlaringizga olishda biron gunoh yo‘qdir. (Shuningdek) sizlar ham kofiralarning qo‘llaridan ushlamanglar (ya’ni, xotinlaringiz kofira bo‘lsa va kofirlar bilan qolishni istasa, sizlar ularning yo‘llarini to‘sib, nikohlaringizda saqlamanglar, balki ularga uylanmoqchi bo‘lgan kofirlardan) o‘zlaringiz sarflagan mahrni talab qilinglar va ular ham (o‘zlarining nikohidan chiqqan va musulmonlar huzuriga hijrat qilgan) mo‘minalarga sarflagan mahrlarni talab qilsinlar. Bu Ollohning xukmidir. U sizlarning o‘rtangizda hukm qilur. Olloh bilguvchi va hikmat sohibidir». (Mumtahana, 10.)
Shunday qilib, Ummu Gulsum orqaga berilmaydigan bo‘ldi. Bundan keyin kelgan xotinlar ham: «Mol uchun, er topish uchun emas, Ollohning va rasulining roziligi uchun hijrat qilib keldim, Ollohga qasamki, hijratdan maqsadim shudir», desalar, ortlariga qaytarib yuborilmaydilar.
Ummu Gulsumning orqasidan ikki akasi keldi. Uni olib ketmoqchi bo‘lishdi. Shunda ularga ushbu oyat o‘qilib, Ummu Gulsumning Madinada qolishi anglatildi.
Ummu Gulsumga bir necha talabgor chiqdi. Kimga tegishini bilmay, rosa boshi qotdi. Rasululloh janobimizga maslahat soldi va tavsiyalariga ko‘ra Zayd ibn Horisaga tegdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:47:35
UMMU HABIBA (ROZIYALLOHU ANHO)

Rasululloh (s.a.v.) Hudaybiya safarini tugatib Madinaga qaytib kelgach, Habash sultoniga xitob etib ikki maktub yozdirdilar. Elchilikni ashobdan Amr ibn Umayyaga topshirdilar.
Amr darhol yo‘lga tushdi. Jiddaga keldi, u yerdan bir kemaga minib, Habashiston sohillariga kechdi. Najoshiyning huzuriga bordi.
Habash podshohi muborak maktubni olib o‘pdi, yuzlariga surtdi, boshi ustiga qo‘ydi. Uning bu harakatlari maktub keltirganga hurmat va sevgisining ifodasi edi. So‘ngra uni ochib o‘kidi. Taxtidan tushib, yerga tiz cho‘kdi:
— Men ishonaman va guvohlik beraman, Ollohdan boshqa hech bir ma’bud yo‘qdir. Yana ishonaman va guvohlik beraman, Muhammad (s.a.v.) uning quli va rasulidir, dedi.
Hech e’tiroz qilmadi, hech taraddudlanmadi ham. Shu tariqa u Sayyidi anbiyoga (s.a.v.) imon keltirgan ilk podshoh bo‘lish sharafini va saodatini kozondi. Ehtimol, ko‘p yillardan beri yurtida yashayotgan musulmonlar bilan ko‘rishib suhbatlashgandir. Islom dini haqida yetarli ma’lumotni olgandir va bu muborak soat kelgunicha tuyg‘ularini ichida asrab yashagandir.
Ikkinchi maktubda Faxri olam janobimiz Habashistonda muhojirlikda yashayotgan Ummu Habibaga uylanmoqchi ekanlarini, mabodo qabul etsa, nikohlarini o‘qish xususida vakillari bo‘lishini so‘ragan edilar.
Ummu Habiba (r.a.) mashhur Abu Sufyonning qizi bo‘lib, eri Ubayd ibn Jahsh bilan birga Habashistonga ilk hijrat qilganlardan edi. Eri bu yerda aynidi. Islomga murtad bo‘lib, nasorolikni qabul qildi va shu murtadlik holicha o‘ldi. Bu mojarolar Ummu Habibani shoshirib qo‘ydi. Nima qilarini bilmay qoldi, parishon bo‘ldi. Bir yoqda g‘urbat qayg‘usi, ikkinchi yoqda erining bu ahvoli va, nixoyat, tul qolgani... bularga dosh berish oson emasdi.
Kunlari shu zaylda o‘tayotgan bir paytda kulbasining eshigi taqilladi. Chiroyli kiyimdagi bir cho‘ri izn so‘radi. Kirgach, kelishdan maqsadini tushuntirdi.
— Madinadagi payg‘ambarlaring senga uylanmoqchi ekan, rozi bo‘lasanmi? — deb so‘radi.
Ummu Habiba birdan o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Tush ko‘rmayotgani aniq. Ammo kuloqlari qizib yona boshladi, butun vujudini hayajon qopladi — bular hozirgina eshitgan so‘zlarining yanglish bo‘lishi extimolini orttirar edi.
— Gaplaringni yana bir marta qaytarchi!..
Cho‘ri kelishdan maqsadini takror anglatdi.
— Albatta, roziman... Roziman, albatta.
— U holda nikoh o‘qishga o‘zing tomondan bir vakil top, — dedi cho‘ri.
Ummu Habiba ustidagi bor ziynatlarini yechib cho‘riga hadya qilib yubordi. So‘ng darhol yaqin aqrabosi Xolid ibn Saidni izlab topdi. Voqeani tushuntirgach:
— Mening vakilim bo‘lasan, — dedi.
Bir oz so‘ngra Najoshiy huzurida yig‘ilgan musulmonlar ikki quvonchli xabarni birdan eshitishdi. Najoshiy musulmon bo‘lganini hamda Ummu Habiba Payg‘ambari zishon janobimizga nikoh qilinishini!
Najoshiy qisqa bir nutq so‘zladi. Abu Sufyonning qizi Ummu Habibani Ollohning rasuli Hazrati Muhammadga (s.a.v.) nikohlab qo‘yishga vakil qilinganini, to‘rt yuz dirham mikdorida mahr berayotganini bildirdi. Xolid ibn Said ham Ummu Habibaning vakili bo‘lib, uni Rasululloh janobimizga nikohlab berganini bayon etdi.
Najoshiy amri ila dasturxonlar tuzaldi.
— Nikoh chog‘i yemak yeyish payg‘ambarlarning sunnatidir, — deya hammani ziyofatga taklif qildi.
Ziyofatdan keyin yo‘l hozirligi ko‘rildi. Najoshiyning maktubini, to‘yona hadyalarini va mo‘minlarning onasi Ummu Habibani (r.a.) kimmatli bir omonat sifatida olgan ikki kema Arabiston sohillari sari suzib ketdi. Bu kemalarda Makkadan kelgan musulmonlardan tashqari bir zamonlar Yamandan yo‘lga chiqib, dengiz shamoli tufayli Jidda o‘rniga Habashistonga borib qolgan kishilar ham bor edi. Abu Muso alAsh’ariy o‘shalardan biri edi.
Yana bir kema hozirlanib, unisiga Najoshiyning o‘g‘li Arxo hamda Islomni qabul etgan oltmish kishilik bir guruh joylashdi. Ular Najoshiy yordamida musulmon bo‘lgan, Payg‘ambarni (s.a.v.) ziyorat qilishga va dinlarini o‘rganishga safarga qo‘shilgan kishilar edi. Albatta, yo‘l olis, mashaqqatli, rosa toliqishar ham, ammo buning evaziga qiymatli mukofotlarga erishishlari muqarrar. Olamlarga rahmat qilib yuborilgan, payg‘ambarlar Sultoni bo‘lmish janobimizni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish, suhbatlarida bo‘lishdek baxt kutardi ularni. Boradilar, Xotami Anbiyo janobimizning huzurlarida imonlarini yangilaydilar, u Zotning (s.a.v.) sharafli sahobiylari qatoridan o‘rin oladilar.
Safar boshlandi. Ammo vaqt o‘tgan sari ko‘ngillarni qorong‘u o‘ylar bosib kelaverdi. Shamol turib, dengiz suvini bezovta etdi. Kattakatta dolg‘alar kemani chayqalta boshladi. Ko‘zlar Arabiston soxillarini axtarar, ko‘ngillar ham o‘limdan, ham Rasuli amin (s.a.v.) janobimiz ila ko‘risha olmay qolish extimolidan qo‘rquv va qayg‘uda yonardi. Qo‘llar ochildi, «Ollohim, sen har narsaga qodirsan», deya iltijolar qilindi.
327
Ammo ko‘rilgan tadbirlar taqdir belgilagan ishlarga muvofiq emas ekan. Otilgan ajal o‘qi asov to‘lqinlar ila olishib kelayotgan kemani to‘nkarib yubordi. Hayotlarini saqlab qolish uchun anchagacha nochor tipirchilagan ipsonlarning urinishlari foyda bermadi, dengiz yuzasida jasadlari qoldi. Dolg‘alar o‘ngga, so‘lga otibsochib tashlagan jasadlar orasida shaxzoda Arxo ham bor edi. Endi uning vujudi ham sheriklariniki bilan birga Qizil dengiz baliqlariga sm bo‘lajak.
Bir vaqtlar keksa Jundub ham hijrat maqsadida Makkadan chiqqan, ammo ajal uning yo‘lini qisqa qilib, nabiylar Sarvariga yetishishiga to‘siq bo‘lgan edi. Janobi Mavlo bu haqida: «Kim Ollohga va rasuliga hijrat qilish niyatida uyidan chiqsada, so‘ngra unga o‘lim kelib yetolmay qolsa, uning ajri Olloh xuzuridadir», deya marhamat qilgan edi. Biz ismlarini bilmaydigan bu insonlar ham maqsadlariga erishganlari xususida shubha yo‘q. Ular ham Oliy Devonda «Payg‘ambarning sharafli ashobi» o‘laroq qabul etilgani muhaqqah.
Bundan avvalroq ikki kema bo‘lib yo‘lga chiqqan musulmonlar, shahzoda va sheriklarining boshiga kelgan falokatdan xabarsiz, yo‘llarida davom etishardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:47:53
PASTKASHLIK

Bir necha oy ilgari musulmon bo‘lgan, lekin xastaliklari kuchayib ketgani uchun Madina tashidagi Zuljadr degan joyga jo‘natilgan sakkiz kishi, nihoyat, xastalikdan qutulib, kundankunga kuchquvvatga kirib borishdi. Bir kuni ular gapni bir yerga qo‘yib, Hazrati Payg‘ambarga va Baytulmolga tegishli tuyalarni oldilariga solib haydab ketmoqchi bo‘lishdi. Cho‘pon Yasor ularning bunday ishga qo‘l urishlari mumkinligini sira kutmagan edi.
—   Nima qilyapsizlar, hoy? — dedi norozilanib.
—   Biz ketamiz, ey Yasor, mayli, yaxshi qol.
—   Xo‘p... ammo, tuyalarchi?
 Bular endi bizniki bo‘ldi, — deb javob qilishdi.
—   Hech qachon senlarniki bo‘lmaydi!..
—   Nega bo‘lmas ekan, juda bo‘ladida! Yana bittasi gapga aralashdi.
— Sen, Yasor, madinalik do‘stlaringga bizdan salom aytib qo‘yarsan. Ular bilan yana ko‘rishgimiz bor ediyu, ammo vaqtimiz tig‘iz...
Kslganlarida xastaliklaridan ohvoy qilib, Yasorning xizmatlaridan minnatdor bo‘lib yurgan bu odamlardan endi u xastalik bilan birga insonlik tuyg‘ulari ham ketgandek edi. Aks holda, shuncha ko‘rilgan yaxshiliklar va ne’matlarga javoban, bir onda hammasini unutib, tuyalarini tortib olib, xuddi o‘zlarining mollaridek haydab ketishmas edi.
Yasor takror yo‘llarini to‘sib chiqdi. Ammo bu gal ular pachakilashib o‘tirishmadi. Shartta ustiga tashlanib, yerga qulatishdida, qo‘loyoqlarini kesishdi. Hatto bittasi yerdan tikan olib, Yasorniing ko‘zlariga, yonoqlariga, dudoqlariga sancha boshladi. Bu cheksiz azob iztirobidan ovozi chiqqan qadar baqirmoqchi bo‘lgan edi, tili ham tikanlarga nishon bo‘ldi.
Quzg‘unday atrofni qurshab olgan bu yovuz «qaxramonlar» uning to‘lg‘onishlariyu baqirishlarini qahqahalar ila qarshilashar, yirtqichlarga xos bir zavq tuyishar edi.
Nihoyat, Yasorning qo‘loyoqlaridan otilib chiqib turgan qonlar ozaydi, to‘lg‘onishlari o‘rnini bir majolsizlik chulg‘adi. Tepalarda akssado berar darajada chiqib turgan baland ovoz endi ikki odim naridan ham eshitilmaydigan holga keldi. Shundagina uni tashlab, yo‘lga tushishdi. Bir ozdan keyin Yasor shahidlik sharbatini ichdi.
Sakkiz hammaslak o‘n beshta tuyani oldilariga solib, yaxshi ish qildik, degan ishonchda u yerdan uzoqlashishdi. Endi ularning bu tuyalardan ora-sira kabob pishirib, rohatda yashashlariga kim to‘sqinlik qila oladi?.. Oylarcha mexrmuruvvat ostida maza qilib yashashdi, xastalikdan ham qutulishdi, bularning ustiga yana o‘n beshta tuyaga ega bo‘lishdi... yaxshida!
Qisqasi, hayotning har davrasida tole’ insonga bu qadar kulib boqmaydi. Yasorning tipirchilashlarini kulakula tomosha qilib, so‘ngra shodhurram davom etajak yo‘lchiliklariga biron to‘siq qolmagan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:48:03
* * *
Amr ibn Avf oilasidan bir xotin eshak minib borardi. Qonga belanib yotgan bir odamga yo‘liqib: «Yo Ollohim!» deya faryod chekib yubordi. Eshagidan tushib, u odamning yuzlariga sanchilgan tikanlarni sug‘urdi. So‘ngra vaqtni o‘tkazmasdan, Qubo qishlog‘i sari shoshildi. Borib, yo‘lda ko‘rgan qo‘rkinchli manzarani aytib berdi. Darhol Payg‘ambar janobimizga xabar yuborildi...
Janobimiz nihoyatda ezildilar. Tez Qurz ibn Jobirning qo‘liga yigirma suvoriy berib, yo‘lga soldilar. Orqadan o‘zlari ham boradigan bo‘ldilar.
— Ollohim, yo‘llarini ko‘rmaydigan qil, yo‘llarini tor va chiqmas yo‘l qil! — deya duo qilaqila do‘stlari ila hozirlik ko‘ra boshladilar.
Qurz to‘g‘ri Zuljadrga ot solgan edi. Avval shahid Yasorning tepasiga bordi. So‘ngra u vahshiylarning izini ta’qib etdi. Yasor esa, hech narsadan bexabar, parishon xolda yotar edi. Musulmonlar nafratga to‘lib, xoinlarning ketidan otlanishdi. Nihoyat, u sakkiz hamtovoqni bir tuyani so‘yib, go‘shtini kabob qilib yeb o‘tirishgan joyida shartta bosib ushlashdi.
Bu dafa’ tole’ ulardan yuz o‘girgan edi. Atroflarini o‘rab olgan yigirma kishidan ham avval iushaymonlik tuyg‘ulari ularni eza boshladi. Musulmonlar tez qo‘loyoqlarini bog‘lashdi va Madinaga olib qaytishdi.
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keltirishdi. Cho‘ponni qiynagan usullari o‘zlariga ham qo‘llandi. Olloh taolo oyat tushirdi: «Albatta, Olloh va payg‘ambariga qarshi urushadigan va Yerda buzg‘unchilik qilish harakatida yuradigan kimsalarning jazosi o‘ldirilish yo dorga osish yoki oyoqqo‘llari chapparostasiga (ya’ni, o‘ng qo‘l bilan chap oyoq yoki chap qo‘l bilan o‘ng oyoq) kesilishi yoxud o‘z yerlaridan surgun qilinishlaridir. Bu jazo ular uchun bu dunyoda rasvoliksharmandalik bo‘lur. Oxiratda esa, ular uchun ulug‘ azob bordir»  (Moida, 33), deb buyurdi. Ular shu tariqa jazolarini olishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:48:12
HAYBAR

Yasor o‘ldirilganidan va uning qotillari ham jazolarini olganlaridan uch kun o‘tib, Rasululloh (s.a.v.) Haybar qal’asi ustiga yurishga tayyorgarlik e’lon qildilar.
Hudaybiya sulhidan uch oy kechgan edi. Xandaq jangining sababchilari — qaerga oyoqlari yetsa, doim fitnafasod chiqarib yuradigan yahudiylarning nihoyat adablarini berib qo‘yishning mavridi keldi. Oradan vaqt o‘tkazib yuborilsa, bu fursat ichida ular Quraysh ila bir ahdlashma tuzib olishi mumkin, unda jazolarini berish og‘irlashar edi.
Qisqa vaqt ichida qo‘shin to‘plandi. Har xil xizmatlarni ado etish umidida yigirmaga yaqin ayol ham ko‘ngilli o‘laroq bu qo‘shinga kirdi. Uhud g‘azotida qahramonlarcha ishtiroq etgan Nasiba, Anasning onasi Ummu Sulaym va mo‘minlarning onasi Ummu Salama (Olloh barchalaridan rozi bo‘lsin) ham ular orasida edilar.
Ikki yuz nafari otliq, jami bir ming olti yuz kishidan iborat qo‘shin hijriy yettinchi yilning boshida muharram oyi oxirlarida Madinadan chiqdi. Siba’ ibn Urfuta (r.a.) Madina voliyi qilib qoldirildi. O’sha kunlari Madinaga tijorat maqsadida kelgan Xusayl ismli bir mushrik yo‘lboshlovchi etib yollandi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:48:21
* * *
Yurish kechalab davom etardi. Bir kechasi yo‘lchilar Amir ibn Akvoga murojaat qilib:
—   Bizga bir narsalar gapirib bsrsang bo‘lmaydimi, ey Amir! — deyishdi.
—   Nega bo‘lmas ekan? — dedi Amir va go‘zal ovozi ila so‘z boshladi: — «Ollohim, Sen bo‘lmaganingda hidoyat topmasdik, sadaqa bermas, namoz o‘qimas edik. To‘la ado eta olmayotgan bo‘lsak, mag‘firat qil. Ustimizga amniyat va huzur indir. Dushman bilan to‘qnashganimizda oyoqlarimizni sobit qil. Dushmanlar bizni kufrga chaqirdilar, biz chekindik, qabul etmadik. Ular esa kufr qo‘polligi ila ustimizga tashlandilar...»
Bu chiroyli ovozdan va she’rdan xushlangan tuyalar she’rning hijolariga va ohangiga mos qadam tashlab borardi. Rasululloh (s.a.v.):
—   Tuyalarni bunday g‘ayratga keltirayotgan u shovvoz kim? — deb so‘radilar.
—   Amir ibn Akvo bu, ey Ollohning payg‘ambari, — deb javob qilishdi yonlarida ketayotgan sahobiylari.
—   Olloh uni rahmatiga olsin, marhamatila muomala ko‘rsatsin, — deb duo qildilar.
Hazrati Umarning yuragi siqildi. Amirning ajali yaqinlashganini angladi.
— Ey Ollohning payg‘ambari, qoldirsangiz, Amirdan foydalansaydik, — deyishdan o‘zini tiya olmadi.
Faxri koinotning (s.a.v.) Haybar kal’asi ustiga bostirib borayotganlarini eshitgan G’atafon qabilasi avvaldan yaxshi muomalada bo‘lib kelishgan haybarliklar yordamiga yetib borish uchun tez hozirlik ko‘rdi. O’zlaricha, yaxshi qilyapmiz, deb o‘ylashardi. Rostda, chin do‘st qora kunda bilinadi. Qolaversa, musulmonlarga yaxshigina bir dars beriladi, ko‘pdan beri Quraysh eplayolmayotgan ish qilinadi.
Rasuli akram janobimiz ularning shunday qilishlari mumkinligini taxmin etganlari uchun Haybar bilan G’atafon o‘rtasida bir qarorgoh tikdilar, ularning Haybarga qo‘shilish yo‘lini to‘smoqchi bo‘ldilar.
Yurtlaridan qahramonona kayfiyatda chiqqan g‘atafonliklar oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan, ichlariga tushgan bir andisha bilan olisha boshlashdi. Bular ketishlari bilan qabilaga bosqin qilinsaya? Boshida uncha ahamiyat berishmadi, lekin borabora bu qo‘rquv kattalashib, tinchlarini butkul yo‘qotishdi. Axiyri to‘xtashdi, to‘planib, masalani atroflicha muhokama etishdi. Ichlaridan bittasi dedi:
— Do‘stga yordam deb bolalarni va xotinlarni tahlikaga tashlab ketish aqlli insonlarning ishimi? Biz ketsak, yurtimiz xarob etilmasligiga kim kafolat beradi?
Yana bir kishi uning so‘zlarini quvvatladi:
— Haybarlik do‘stlarimizning mustahkam qal’alari, mo‘l oziqovqatlari, urushqoq yigitlari bor. Yasribliklar qush bo‘lib uchib kirmasalar, bu kal’alarga kiraolmaydilar. Ular ham, eslari bo‘lsa, qal’adan tashqari chiqishmaydi, — dedi.
Hech kim e’tiroz qilmadi. Chunki bu so‘zlar ko‘ngillaridagi o‘rtoq tushuncha va orzularni ifodalar edi.
— Qani, nima deysizlar? Jim o‘tirgan bilan ish bitmaydi. Bir qarorga kelaylik: yo borib urushaylik, yo yurtimizga qaytib, bolachaqamizni va mulkimizni qo‘riqlaylik, — dedi yana bittasi.
Shunda qabila raisi o‘z qarorini aytdi:
— Men orqamga qaytaman. Kim Haybarga borishni istasa, unga biz mone’ bo‘lmaymiz.
Rais tuyasiga mindi va G’atafonga qarab ketaverdi.
Qabila ahlidan Haybarga borishni xohlagan bitta ham inson chiqmadi. Xuddi bir aylanib kelish uchungina yo‘lga chiqqanday, hammalari yana yurtlariga qaytishdi.
Buyuk Mavlo yahudiylarga keladigan yordamni shu tariqa kesgan, e’tiborli bir qo‘shinni ko‘ngillarga solgan qo‘rquv ila to‘xtatib, orqaga qaytargan edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:48:38
* * *
Yurish davom etarkan, bir badaviy Janobi Rasulullohga (s.a.v.) murojaat qilib qoldi:
— Ey Ollohning payg‘ambari! Men senga imon keltirdim. Izn bersang, sen bilan birga Madinaga hijrat etishni istayman, — dedi.
Zoti Risolat janobimizning muborak yuzlarida mamnuniyat izlari balqidi. Badaviy qo‘shinga kiritildi va tuyalarga qarab turish vazifasi topshirildi unga.
Safarning oxirgi kechasi ham o‘tib borayotgan edi. Anas (r.a.) o‘gay otasi Abu Talhaning tuyasiga mingashib olgan, Payg‘ambar (s.a.v.) bilan yonmayon borar edi. Bir payt tuyalari bir-biriga shunday yaqinlashdiki, Anas oyog‘iga Janobi Rasulullohning muborak oyoqlari ishqalanganini his etdi.
Sal vaqt o‘taro‘tmas tongning ilk yorug‘ligida Haybar qal’alari ko‘rindi. Shu payt Anas (r.a.) Sayyidul anbiyoning (s.a.v.):
—Ollohu akbar!.. Mavh bo‘ldi Haybar! Biz bir qavmning maydoniga chiqqan vaqtimizda azob xabarini olganlarning tongi juda og‘ir keladi, — deyayotganlarini eshitdi.
Qo‘shin shu yakin o‘rtaga qo‘ndi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:48:52
* * *
Quyosh chiqarchiqmas haybarliklar qo‘llarida dehkonchilik asboblari, yelkalarida zambillar bilan bog‘ va ekinzorlariga ishga yo‘l olishgan edi. Qarshilarida ko‘rgan manzaradan tarasha bo‘lib qolishdi.
— Vallohi, Muhammadku! Muhammad qo‘shin tortib kelibdi!.. — deya hayqirahayqira qo‘rg‘onlariga qochib ketishdi.
Islom lashkarining xabari birpasda yoyildi. Xalq yopirilib, qal’alarning devorlari ustiga chiqdi va musulmonlar qo‘shinini hayrat va dahshat ichida tomosha qildi.
Darxol raislari, peshvolari to‘planib, nima qilishni maslahatlasha boshlashdi. Ichlaridan Abu Zaynab degan biri so‘z oldi:
— Ularning qarshisiga chiqib, qahramonlarcha savashmog‘imiz kerak! Bilasizlar, Muhammad hozirga qadar qaysi kal’ani qamal qilgan bo‘lsa, taslim etgan. Bo‘ysundirilganlar esa, yo surgun, yo asir qilingan, yo o‘ldirilgan. O’zimiz guvohmiz bu ishlarga.
Hech kim Abu Zaynabning so‘zlariga quloq solmadi. Anchadan beri tajribasi va Islomga qarshi dushmanligi bilan tanilgan Sallam ibn Mishkam ham ayni taklifni takrorladi. Eng to‘g‘ri yo‘l qal’adan chiqib savashish ekanini uqtirmoqchi bo‘ldi. Ammo:
— Bizning qal’alarimiz mustahkam, oziqovqatimiz ham yetarli, — deyishdi.
Shunday qilib, ular o‘zlariga mudofaa jangini tanlashdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:49:04
* * *
Payg‘ambarlar Sultoni janobimiz (s.a.v.) Yasribga ko‘chib kelib, bu shaharni sharaflantirgan kunlarda Bani Nazir qabilasi ko‘chalarida chopqillab o‘ynab yurgan bir qiz bo‘lardi. Ismi Safiyya edi, Bani Nazir yahudiylari raisi Xuyayy ibn Ahtobning qizi edi. Shu Safiyya hijratning ilk kunlariga oid bir voqeani o‘shandan beri xotirasida saqlab qolgan. Payg‘ambar deb ovozasi chiqqan bir odamning Makkadan Yasribga (Madinaga) kelgani xabarini eshitib, dadasi bilan amakisi uni ko‘rishga borishgan, lekin nihoyat darajada o‘yga botib, hasratga ko‘milib qaytishgan edi. Anchagacha ulardan sas chiqmadi. Og‘izlarini pichoq bilan ham ochib bo‘lmaydigandek edi go‘yo. Oxiri akauka bir-biri bilan dardlashdi. O’sha kuni Safiyya dadasining og‘zidan Yasribga ko‘chib kelgan payg‘ambarga u faqat yahudiy bo‘lmagani uchungina bitmastuganmas kin va adovat saqlayajagini eshitgan edi.
Safiyya tushunmadi: boryo‘g‘i bir marta ko‘rgan odamiga qanday qilib qahrg‘azab va dushmanlik tuyish mumkin? Axir, hamma ham yahudiy bo‘la olmaydi. Dunyoda faqat yahudiylar yaxshi, yahudiy bo‘lmaganga dushmanlik qilish kerak, deyish ham insofsizlik emasmi?!
Oradan yillar o‘tdi, ammo Safiyyaning otasi bu tuyg‘ularidan voz kechmadi. Payg‘ambarlarning eng buyugiga nisbatan unda paydo bo‘lgan xusumat tuyg‘ulari ortsa ortdi, ammo kamaymadi. Bir kuni yahudiylar qilgan xiyonat tufayli Safiyya ham qavmi bilan birga tug‘ilib o‘sgan tuproqlarni tark etib ketishga majbur bo‘ldi va Xaybar qal’asini otasi bilan ikkinchi vatan tutdi.
Otasi bu yerda ham tinch o‘tirmadi. Makkaga borib, Qurayshning peshvolariga uchrashdi, o‘n ming kishilik lashkarning to‘planishiga va Xandaq jangining ro‘y 6erishiga sabab buldi. Lekin bu jangning oxirida qurayshiylar bilan birga boshi kesilib jazosini topdi
Safiyya balog‘atga yetgach, uni amakisining o‘g‘LI Kinonaga turmushga berishdi. Yangi kelinlik kunlarining birida erining tizzasiga bosh qo‘yib uxlab qoldi Tushida oy va yulduzlar pirpir porlagan bir kechada ko‘rdi o‘zini. Keyin o‘n to‘rt kunlik oy yerga to‘g‘ri suzilib keldida, Safiyyaning qo‘yniga kirdi. Bu tush Janobi Payg‘ambarimizning Haybar yaqiniga kelgan kunlari arafalarida ko‘rilgan edi.
Safiyya xayajon ila uyg‘ondi. Ko‘rgan tushi o‘ziga yaxshilik va baxt keltirajagiga ishonchi komil edi. Xursandligini va sevinchini eri bilan o‘rtoqlashmokchi bo‘ldi. Qarshisiga o‘tib o‘tirdi va:
— Menga qara, ey amakimning o‘g‘li, — deya ko‘rgan tushlarini bir-bir aytib berdi.
Lekin Kinona birdan ko‘pirdi. Safiyyaning yuziga tarsaki tortib yubordi. Yana, yana soldi. Qanday baloga yo‘liqqanini bilmagan Safiyya ko‘klarga yetgulik faryodlarla yordam istarkan, yegan bu tarsakilarining sababini endiendi anglay boshladi. Kinona yovvoyi bir ovozda baqirardi:
—Demak, sen unga tegishni istayaisan, shundaymi? Keyin angladi, eri «u» deganda nazarda tutgan odam madinalik payg‘ambar Muhammad Mustafo (s.a.v.) ekan. Bu kaltaklanishi qalbini tushiga yanada ko‘proq bog‘ladi, eri Kinonaga nisbatan murosasizligini kuchaytirdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:49:16
* * *
Habashlik bir qul bor edi. Uni haybarlik yahudiylar sotib olishgan, o‘zlariga cho‘pon qilib qo‘yishgan edi. Mana, necha yildir, suruvni oldiga solib, u tepalik seniki, bu tepalik meniki, deya aylanib yurardi.
Bir kuni qal’a atrofining o‘ralayotganini ko‘rdi. Haybar ko‘chalari hayajonli chopachoplarga sahna bo‘lib qolgan. Yuzlarda dahshat va qo‘rquv. Silohini olasolib, odamlar qayoqqadir shoshilishar edi.
— Nimalar bo‘lyapti?.. Nima qilyapsizlar?.. — deb so‘radi.
— Nima bo‘layotganini ko‘ryapsanku, kurollanyapmiz, urushamiz.
—   Kim bilan?
—   Payg‘ambarlikni da’vo kilib chikkan odam bilan.
Cho‘pon qal’a burjiga chiqdi, kelganlarga boqdi. «Payg‘ambarlik da’vosida chiqqan...» degan so‘z go‘yo zehniga o‘rnashib qolganday edi.
Kim u? Chindan ham payg‘ambarmi?.. Odamlarni nima narsaga da’vat qilyapti ekan?..
Ro‘parasida qaynab yotgan lashkarga boqaboqa, xayolga toldi. So‘ngra birdan qarorini berdi.
— Bir marta borib ko‘rganni yeb qo‘yishmas...
Qal’adan chiqdi. Qo‘ylarining boshiga bordi. Ularni surasura Janobimizning oldilariga kelib qoldi.
 Odamlarni nimalarga da’vat qilayotganingni menga anglat, — dedi.
Robbul Olamiynning rasuli (s.a.v.) unga Islom dini xaqida ma’lumot berdilar. Cho‘ion Islom dinini eng yaxshi bilguvchi va eng yaxshi tushuntirguvchi insondan bsvosita eshitdi. U kishida bir qabila raisining, bir lashkar qo‘mondonining kattaligi, kibri yo‘q, payg‘ambarlarga xos va yarashiqli tavoze’ bor edi. Bir cho‘nonni ro‘parasiga o‘tirg‘izdi, qul bilan emas, eng muxtaram inson bilan gaplashayotganday suhbat qurdi...
Xo‘p, men bu dinni qabul etsam, evaziga menga nima bor? — deb so‘radi cho‘pon.
— Imonda o‘lsang, mukofoting jannat bo‘lajakdir.
— U xolda men sening diningga kiraman, sening payg‘ambar ekaningga ishonaman. Endi men nima qilishim lozimligini tushuntir.
Janobi Payg‘ambarimiz shahodat kalimasini aytib turdilar, u takrorladi. So‘ngra dedi:
— Lekin, ey Ollohning payg‘ambari, bu qo‘ylar menga omonatdir. Ularni egaegalariga topshirishni istayman.
Unga: «Yo‘o‘q, endi qo‘ylar bu yerda qoladi!» deyilmadi. Chunki bu din omonatga rioyat etishni buyuradigan din edi. Janobi Rasululloh unga yo‘l ko‘rsatdilar:
— Qo‘ylarni bu yerdan nariroq olib bor, bir-ikkimayda toshlardan ot. Olloh ularni sening o‘rningga egalariga yetkazadi.
Cho‘pon tavsiya etilgandek qildi. Suruv xuddi bir cho‘pon karovida ketayotganday, yoyilmasdan, tarqalmasdan, to‘g‘ri qal’aga qarab keta boshladi. Hammasi borib, egaegalarining eshigi oldida to‘xtadi.
O’sha kungi jangda, ilk to‘qnashuvlarda cho‘pon shaxidlik sharbatini ichdi. Hech namoz o‘qimadi, namoz qanday o‘qilishini o‘rganishga fursati ham bo‘lmadi.
Qamalning ikkinchi va uchinchi kunlari ham bir-birlariga o‘q va tosh otishlar bilan kechdi. Bu orada Hazrati Alining ko‘zlariga chang to‘lib, ikki qadam oldini ham ko‘ra olmay qoldi. Sal dam olvolish uchun bir chekkaga o‘tdi.
Tushki quyosh qizdirayotgan palla edi. Mahmud ibn Maslama issikdan pana axtarib, Na’im qal’asi devorining tagiga o‘tirdi. (Haybar uchto‘rtta qal’adan iborat bo‘lib, har birining alohida nomi bor edi.) Soyada terlari qotib, ozgina tin olgan bo‘ldi. Harholda bu yahudiylar o‘zlariga loyiq jazolarini topajaklar, deya o‘ylardi. Asr salqini tushib, issiq sal hovridan qaytsa, savash yangidan boshlanajak, ikki tomon bir-biri ila jon bozoriga kirishajak.
Ammo endi Mahmud bu yerdan keta olmas. Dushmanga qarshi takror jangga kirish unga nasib etmas edi. Tepasiga bir marta qarab qo‘yish, «Men do‘stimning uyining soyasida o‘tirganim yo‘q, axir», dsyish xayoliga kelmadi, tuyqus boshiga tushgan tsgirmon tosh uni o‘tirgan joyiga qapishtirib tashladi.
Voqeani uzoqdan ko‘rib qolgan mo‘minlar tez chopib kelishdi. Chalajon xolida uni janobi Rasulullohning (s.a.v.) xuzurlariga keltirishdi. Nabiyyi akmal do‘stlarining ahvolini ko‘rib, xafa bo‘ldilar. Yuzidan shilinib osilib qolgan terini qaytib joyiga yopishtirib qo‘ydilar. Mahmudning endi takror hayotga qaytishi imkonsiz edi. Ukasi Muhammad ibn Maslamaning jigari ezildi, parishon bo‘ldi.
Mahmud qo‘shinning orqa tomoniga davolanishga yuborildi.
Tosh va o‘q otishdan zerikkan yahudiylarning qal’adan chiqib, tashqarida jang qilgilari keldi. Qal’a raisi, mashhur jangchi Marhab oldinga chiqdi, yakkama-yakka olishuvga bir mard istadi. Mo‘minlardan Amir ibn Akvo unga da’vogar bo‘ldi. Bir necha bor o‘zaro hamlalar qilindi. Shunday hujumlardan birida Amirning kalta qilichi Marxabning qalqonidan qaytib, o‘zining oyog‘ini kesib yubordi. Amir yerga quladi. Birodarlari chopib kelib, uni maydondan olib chiqib ketishdi. U ham orqaga jo‘natildi.
Ko‘p o‘tmay, Mahmud ham, Amir ham Janobi Haqning raxmatiga qovushishdi. Faxri koinot (s.a.v) ikkisini bir go‘rga ko‘mdilar.
Zamonlar o‘tar, ehtimol ularning hech ziyoratchisi bo‘lmas, hech kimning yo‘li ular yotgan go‘rning yaqinidan o‘tmas, ammo, ayni choqda, olamlarga raxmat qilib yuborilgan oliy shonli Payg‘ambarning muborak qo‘llari bilan jannat bog‘laridan biriga joylashtirilishganining o‘zi ulkan fazldir. Ular Janobi Mavloning aziz mehmonlari sifatida ikrom ko‘rishadi, Rasulullohga xizmatlarining, Islomga madad bo‘lganlarining mukofotini olishadi, jannat dasturxonlarida e’zoz topishadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:49:41
* * *
Qamal boshlanganiga ancha kun bo‘lgan, qo‘ldagi oziqovqat tugab bormoqda. Abdulloh ibn Mug‘offal qal’adan bir tugun uchib tushganini ko‘rib qoldi. Yugurib borib, endi qo‘liga olgan edi, ustiga o‘ljalarga mas’ul shaxs yetib keldi.
— Joyiga qo‘y, birodar, u o‘lja hisobiga kiradi, dedi.
Abdullohning esa bergisi yo‘q edi.
— Vallohi, men buni hech kimga bermayman!..
Ikkisi shu tariqa tortishib turishganida Janobi
Rasulullohning nigohlarini his etishdi. To‘xtashdi. Payg‘ambarimiz kulimsirab, o‘lja yig‘uvchiga boqdilar.
— Mayli, ber unga, — dedilar.
Abdulloh tugunni ko‘targanicha, nigohlari yer chizib, birodarlarining yoniga keldi. Birga o‘tirib, tugun ichidagi yog‘ va go‘shtni birgalashib yeyishdi.
Bu orada ochlikni ketkazish uchun bir taom hozirlanayotgan, xonaki eshaklar so‘yilib, qozonlarga solingan edi. Atrofni pishayotgan go‘sht isi tutib ketdi. Rasululloh (s.a.v.):
—   Nima bu? — deb so‘radilar.
—   Go‘sht pishirilyapti, yo Nabiyalloh.
—   Nimaning go‘shti?
—   Xonaki eshaklar so‘yildi.
Sal o‘tib qo‘shin uzra bir nido yangradi:
— Bilib qo‘yinglarki, Olloh taolo va payg‘ambarisizlarga xonaki eshaklarning go‘shtini man qiladi, to‘kib tashlanglar!..
Pishib turgan go‘shtdan bir luqma ham yemay, to‘kib 338
tashlashdi. Ochlik davom etsa etsin. Ollohning va payg‘ambarining amri oyoqosti bo‘lmasin. Qo‘shindan ba’zilari ko‘pchilikning dardini arz etishdi:
— Ey Ollohning rasuli, ochlikdan toqatimiz kesildi. Yegani bir narsamiz qolmadi, — deyishdi.
Lekin Rasuli akramda (s.a.v.) ham ularga bergani bir narsa yo‘q edi. Qo‘llarini ochdilar:
— Ey Ollohim, bularning hollarini bilib turibsan. Kuchlari tugadi, quvvatlari qolmadi. Mening ham ularga beradigan hech narsam yo‘q. Bularga Haybarning eng boy, oziqovqati eng mo‘l bo‘lgan qal’asining fathini nasib et, — deya niyoz qildilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:50:38
* * *
Bir kuni Janobi Rasululloh (s.a.v.) rohatsizlandilar. Bayroqni Hazrati Abu Bakrga (r.a.) berdilar, uning qo‘mondonligida jang qilindi. Natija chiqmadi. Ertasiga bayroq Hazrati Umarga (r.a.) berildi, yana ahvol o‘zgarmadi. Keyin ansorlardan biriga berildi, yana bo‘lmadi. Oltinchi kuni oqshomida Janobi Sayyidul anbiyo (s.a.v.) bunday niyat qildilar:
— Bayroqni ertaga shunday bir kishiga beramanki, u Ollohni va iayg‘ambarini sevadi, Olloh va payg‘ambari ham uni sevadi. Olloh uning qo‘li bilan fatx nasib etajakdir, — dedilar.
Bu so‘zlar musulmonlar orasida buyuk bir hayajon qo‘pishiga sabab bo‘ldi. Kim ekan u tole’li?.. Har kim bu yerga Ollohni va rasulini sevgani uchun kelgan, lekin Ollohga va rasuliga sevimli bo‘lish... bunday bir soadatga nomzod bo‘lishni istamaydigan odam bormikan?..
Kechasi bilan zehnlar shu o‘y bilan band bo‘ldi. Tongda uyg‘onilganida ilk xayolga kelgani yana shu o‘y bo‘ldi. O’ziga vazifa berilishini umri davomida boryo‘g‘i ikki daf’a juda orzu qilgan Hazrati Umar bir boqishdayoq ko‘zga tashlanib turadigan yirik gavdasiga qaramay, borligini sezdirish maqsadida yana old safga turib olib kutardi.
Nihoyat, Janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) chodirlaridan chiqib keldilar. O’sha atrofda hozir bo‘lganlarni ko‘zdan kechirdilar va:
— Ali qaerda? — dedilar.
Qalblarda jo‘sh urgan xayajonlar bir ondayoq suv senilganday bosildi. Tongga qadar zehnlarni chulg‘ab turgan masala — tole’li insonnnng kim ekanligi masalasi hal bo‘ldi.
— Ey Ollohning rasuli, Ali ko‘zlaridan noliyapti, ko‘zlari og‘riyapti, — deyishdi.
— Chaqirib kelinglar.
Hazrati Alini (r.a) ko‘zi ojizlarni yetaklaganday qo‘lidan tutib olib kelishdi. Janobimiz tufuklaridan picha olib uning ko‘zlariga surkadilar va duo qildilar. Bir onda ko‘zlari ochildi. Berkilib parishon holga kelgan ko‘zlar xuddiki bu ko‘zlar emasdi. Va yana, kelgusidagi o‘ttiz yildan mo‘l hayoti bo‘yicha ham u ko‘z og‘rig‘i nimaligini bilmay o‘tajak.
Bayroq unga topshirildi, chekinmasdan olg‘a bosishga va jang qilishga amr etildi. Hazrati Ali (r.a.) bir necha odim yurib to‘xtadi, orqasiga qaramay:
—   Ular bilan nima uchun urushaman, yo Nabiyalloh? — deya so‘radi.
—   Ular bilan toki «Ollohdan boshqa iloh yo‘qdir. Muhammad Ollohning rasulidir», deya guvohlik bermagunlaricha jang qil. Agar guvohlik keltirsalar, mollarini, jonlarini qutqargan bo‘ladilar. Faqat Islomning haqqi qoladi. Hisoblari esa, Ollohga oiddir. To‘g‘ri ularning oldiga bor. Islomga da’vat qil. Olloh taoloning haqqini ularga xotirlat. Qasam ichaman, sening qo‘ling bilan bir insonni Olloh hidoyatga solishi sen uchun qirmizi tuyalarga molik bo‘lishingdan ham xayrlidir, — dedilar. (Muslim, 4/1872.)
Hazrati Ali askarlari bilan birga yahudiylarning qo‘rg‘oni sari yurdi. Janobi Rasulullohning (s.a.v.) amrlarini bajo keltirish uchun ularni Islomga da’vat qildi. Lekin foydasi bo‘lmadi.
Haybar ahli qal’adan tashqari chiqib, musulmonlarga hujum qilishdi. Zubayr ibn Avvom bilan Abu Dujona arslonlar kabi jang qilishardi. Bir payt Zubayr o‘zi savashib turgan yahudiyga Hazrati Alining hamla qilmoqchi bo‘layotganini ko‘rib qoldi va:
— Olloh haqqi, oramizga kirma! — deb uni nari ketkazdi va dushmaniga qaytadan xujum qildi. Bir necha hamlalardan keyin haligi yahudiy qonlar ichida yerga cho‘zildi. Holbuki, u haybarliklarning umidishonchi va hurmati baland, Yosir ismi bilan mashhur yigitlaridan edi.
Bu orada Hazrati Ali ham Haybar qal’asi qo‘mondoni Marhabning ukasi Horisni o‘ldirdi. Marhab ukasining o‘ldirilganini ko‘rgan zahoti qoni qaynab, savashga otilib chiqdi. O’zining sha’niga maqtovli she’rlar aytib, maydonga kirdi. Hazrati Ali ham uning ustiga bostirib borarkan, «Men onam Haydar (arslon) deb atagan yigitman!» derdi.
Olishuv boshlandi. Marhab shu kunga qadar mag‘lubiyat alamini totmagan, yana shunday bo‘lib qolaman, deb o‘ylar edi. Bir necha hamlalardan keyin Hazrati Ali bir qilich solgan edi, Marhabning qalqoni ikkiga bo‘linib ketdi. Ikkinchi urishida boshi to jag‘larigacha krq o‘rtasidan ajraldi. Haybar qal’asini burchakburchaklarigacha chinqiratib yuborgan bir hayqirish ila dumalarkan, bu paytda azob farishtalari uning yoqasiga yopishgan edilar.
Marhabning o‘limi yahudiylarni zir titratdi. Qo‘li bukilmagan, yelkasi yer iskamagan uningdek bir yigitning bunday o‘lim topishi hamda o‘z qal’asi yonginasida yerga cho‘zilishi hazilakam ish emasdi.
Musulmonlar tobora ustun kelib, savashni avjiga chiqarishardi. Buyuk Payg‘ambar (s.a.v.) kecha oqshom: «Olloh uning sababila fath ehson etajakdir», deb ta’riflagan Hazrati Alining (r.a.) jasurona harakatlarini ko‘rib, yanada g‘ayratga kelishar, g‘alabaga qadambaqadam yaqinlashayotganlarini ko‘rib turishganday edi. Nihoyat, Ollohning yordami yetishdi. Natat qal’asi qo‘lga kiritildi.
Bu yerga kelganlarining yettinchi kuni Hazrati Ali «Haybar fotihi» nomini qozondi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:50:56
* * *
Qal’adan o‘lja olingan g‘animat taqsimlandi. Haybarga kelgan hammaga hissa ajratildi. Hatto safar asnosi yo‘lda Rasulullohga uchrab, Madinaga hijrat qilmoqchiligini aytgan badaviyga ham ulush berildi. Ammo u hissasiga tushgan tuyalarni oldiga solib haydab, payg‘ambarlar Imomining (s.a.v.) huzurlariga keldi.
— Bular nima, ey Ollohning rasuli? — deb so‘radi.
— Bular g‘animatdan senga ajratilgan ulushdir.
Badaviy boshini saraksarak qildi.
— Men sizga shularni deb ergashmadim, — dedi. So‘ngra qo‘li bilan bo‘g‘iziga ishorat qilib, so‘zini davom ettirdi: — Mening tilagim mana shu yerimga sanchiladigan o‘q bilan shaxid bo‘lish va jannatga kirishdir.
Bu so‘zlarga nima deb javob berish mumkin?! Ichitashi bir bo‘lgan, tili bilan emas, yuragi bilan gaiiradigan, tuyalarga emas, jannatdagi mevalarga ko‘ngil bergan bu odamga nelar desa bo‘ladi?!
Faxri koinot (s.a.v.) uning samimiyatidan juda mamnun bo‘ldilar.
— Agar so‘zlaringda sodiq bo‘lsang, Olloh seni tasdiq etajakdir, — dedilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:51:11
* * *
O’sha kunlari Madina o‘z boshlaricha Islom dinini qabul qilgan bir guruh kishini kutib olish bilan mashg‘ul edi.
Davs qabilasidan bir guruh kishi musulmon bo‘lish niyatida yo‘lga chiqib, bu dinning aziz payg‘ambarini ko‘rish orzuyida uzoq yo‘l bosib kelishdi. Bomdod namozi o‘qilayotgan pallada masjidga kirishdi. Imom namozning ilk rakatida Maryam surasini, ikkinchi rakatida Mutaffifin surasini o‘qidi. Musofirlar shunchalik charchoqlariga qaramay, Qur’on oyaglarini diqqat bilan tinglashdi.
Namoz tugaganida Davs qabilasi ahlini bir hayajon qoplab olgan edi.
— Ollohning rasuli namoz o‘qib bergan kishimi? — deb so‘rashdi ular.
—   Yo‘q.
—   Xo‘p, bizga uni ko‘rsatasizlarmi?
— Ollohning iayg‘ambari Madinada emaslar. Haybar qal’asida yahudiylar bilan urushyaptilar.
Bu xabar musofirlarga uncha xush kelmadi. Qisqa bir suhbatdan keyin qaror berildi.
— Birodar, bizga Haybar qal’asining yo‘lini ko‘rsatib yubormaysanmi? — deyishdi.
—   Sizlar ham Haybarga bormoqchimisizlar?
—   Albatta.
—   Xohlasalaring, bu yerda qolib mehmonimiz bo‘linglar.
—   Yo‘q, biz qarorimizni berib bo‘ldik. Yo‘lchi yo‘lida kerak.
Ammo yolg‘iz bormadilar. Habashistondan qaytgan guruh ham Janobimiz Haybarda bo‘lgan paytlarida kelib qolishini kim bilibdi deysiz. Ular ham yuklarini va Habash
Najoshiyi Janobi Payg‘ambarimizga (s.a.v.) nikohlab qo‘ygan Ummu Habibani Madinada qoldirib, «Qaydasan, Haybar?» deya Davs qabilasi vakillari bilan birga darhol yo‘lga tushishdi.
Bir kuni Janobi Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga birovning jasadini olib kelishdi. Endi unga oxirgi burch o‘talishi lozim edi. Ammo Janobimiz atrofdagilarga qarab:
— Birodarlaringizning namozini o‘qinglar, — dedilar.
Buning ma’nosi, men uning janoza namozini qilmayman, deganlari edi. Bu so‘z yuzlardagi rangni o‘zgartirdi; qalblarga g‘amqayg‘u to‘la og‘irliklar cho‘kdi. Ichda his etilgan qo‘rquvdan ko‘zlar so‘nik tortdi. Nabiylar Sarvariga boqqan nigohlarda:
«Nedir bu odamning qusuri, ey Ollohning Rasuli?» degan savol yo‘g‘iriq edi.
— Birodaringiz Olloh yo‘lida to‘plangan g‘animatdan o‘g‘irladi.
Unga berilgan bu ma’naviy jazo qolgan ishining marjon qiymatidan ko‘ra qiymatsiz bo‘lishida edi. (Abu Dovud, 3/91.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:51:43
* * *
Boshqa qal’alarda hali urush davom etardi. Janobimizning huzurlariga bo‘g‘zidan o‘q yegan kishining o‘ligini keltirishdi. Faxrul mursalin (s.a.v.) unga boqdilar:
—   O’shami? — deb so‘radilar.
—   Ha, o‘sha! — deyishdi.
O’q ayni o‘zi barmog‘i bilan ko‘rsatgan joyiga sanchilgan edi.
Shu tariqa uning so‘zlari chin yurakdan chiqqani anglashildi. Dili bir, tili bir, Ollohga va rasuliga aslo riyokorlikni o‘ylamaydigan bir inson ekani ochiq ma’lum bo‘ldi.
Rasululloh (s.a.v.) jubbalarini yechib, uni o‘radilar, o‘z qo‘llari bilan tuproqqa qo‘ydilar. Qo‘mish ishlari tugagach, Faxri olam (s.a.v.) Mavloga ko‘l ochdilar:
— Ollohim, bu sening qulingdir. Sening yo‘lingda o‘lish tilagida hijrat qilib kelgan edi. Shahid maqomida o‘lim topdi. Men ham bu ishning shohidiman, deb duo va niyoz etdilar. («Zodul Maod», 2150.)
343
Dunyodan o‘tayotgan ixlosli bir mo‘minning bundan ortiq yana qanday istagi bo‘lardi?! Olamlarga rahmat qilib yuborilgan Buyuk Payg‘ambar shaxsan o‘zlari shoxidlik berib tursalar, u odamga havas etmaslik mumkinmi?! Umri jaholat ichida kechgan, ammo oxirgi bir necha kunda olamlar Rabbining sevgili payg‘ambarini tanigan, dunyodan olishi mumkin bo‘lgan eng qiymatli yukni va oziqni olib, Huzuri Ilohiyga ko‘chgan bu baxtiyor badaviy kabi bo‘lishni kim istamaydi?!
Ollohim, unga havas ila boqqanlarga ham unga berganing nasibadan hissalar ato et!..
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:52:16
* * *
Endi yahudiylarning tayanchi qolmadi. Qal’alarini ketma-ket bo‘shatib chiqisharkan, oxirgi qal’alari bo‘lmish Votix bilan Sulalimda ham saqlana olmasliklariga ko‘zlari yetib, elchi yuborishdi.
Ozgina narsalarini olib chiqib ketish sharti bilan sulh taklif etishdi.
Takliflari qabul qilindi va urush to‘xtadi. Hozirlik boshlandi. Lekin keyinroq ikkinchi taklif yuborishdi.
«Bu yerlarning holatini qachon ekib, qachon yig‘ishtirish, qanday ishlovlar berishni biz yaxshi bilamiz. Bu joylarimizdan ketmasakda, mahsulotning yarmini berib turish sharti bilan ishchi sifatida ishlasak», deyishibdi.
Bu takliflari ham qabul etildi. Chunki Haybar tuprog‘i qanchalik unumdor bo‘lmasin, Madinadan bu yerlarga kelib dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lish aslo qulay emasdi. Bu taklifni olib kelganlarga Rasuli akram (s.a.v.) bunday dedilar:
— Ammo bilib qo‘yinglar, xohlagan paytimizda sizlarni bu yerdan haydab chiqarishga haqqimiz bor.
Shu payt Madina yo‘lida chang ko‘tarildi. Saldan keyin bir to‘da ko‘rindi. Ular Habashistondan qaytgan muhojirlar bilan Davs kabilasidan kelgan musulmonlar edi. Bu hodisadan hamma, xususan, Rasuli karim juda mamnun bo‘lib ketdilar. Ja’far ibn Abu Tolibni quchoqlab, peshonasidan o‘parkanlar, ko‘ngildagi tuyg‘ulari tillariga ko‘chdi:
— Haybarning fathigami yo Ja’farning kelishigami — qay biriga ko‘proq sevinayotganimni ham bilmayman, — dedilar.
Yillardir vatanlaridan va din qardoshlaridan ayri qolgan insonlar ko‘zyoshlar bilan bir-birlarining bag‘rilariga otildilar, Davs qabilasi musulmonlari esa, Rasululloh (s.a.v.) bilan tanishishdi. Mo‘minlar bilan bir bo‘lib ketishdi.
Haybarga kelgan qofila ichida yana bir guruh — Rasululloh (s.a.v.) bilan ko‘rishish niyatida Yamandan kelgan musulmonlar ham bor edi. Ularning ham taqdirlari qiziq: Yaman sohillaridan kemaga minishdi, ochiq dengizga chiqishdi, lekin aksiga olib, shamol ular orzu etgan tomonga emas, boshqa yoqqa esdi. Kemalari surilibsurilib, Habashiston sohillariga borib qoldi. Yamanliklar u yerda Ja’far ibn Abu Tolib va uning do‘stlari bilan tanishishdi. Bir muddat o‘sha yerda qolishgach, endi ularga qo‘shilib, bu yoqlarga kelishdi.
Ichlarida Abu Muso alAsh’ariy ismli bir zot bor edi. Kelgusi butun hayoti davomida Janobi Rasulullohga va Islom diniga samimiy xizmatlari bilan olamga tanilajak inson! Abu Musoning ikki akasi Abu Burda bilan Abu Ruhm hamda amakisi Abu Amir ham kelganlar orasida edi.
Janobimiz urushda ishtiroq etgan mo‘minlar bilan maslahatlashib olgach, Habash muhojirlariga va boshqalarga ham xuddi jang qatnashchisi kabi ulush ajratdilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:52:31
* * *
Urush nixoyasiga yetgach, Janobi Payg‘ambar (s.a.v.) Safiyyaning eri Kinonani huzurlariga chorladilar. Bani Nazir qabilasi Madinadagi mahallasini tark etayotganida olib ketgan boylikni so‘radilar. Javob ololmadilar. Qaytaqayta so‘radilar, foydasi bo‘lmadi. Kinona «bilmayman» demakdan nariga o‘tmadi.
Shu payt bir yahudiy keldida:
— Men erta tongda Kinonaning mana bu xarobada aylanib yurganini ko‘rdim, — deb xabar berdi.
O’sha xaroba xaqida so‘ralgan savollarga ham tuzukkuruk javob olinmagach, Payg‘ambar (alayhissalom):
— Nima deysan, ey Kinona, u boylikni ko‘zing oldida topsam, seni o‘ldirayinmi? — dedilar.
— O’ldir!.. — dedi Kinona.
Amr berdilar, xaroba qazila boshlandi. Kinona alamli nigohlar ila qarab turardi. Nihoyat, bir tuya terisiga to‘ldirilgan boylik ko‘rindi. Nabiyyi akram (s.a.v.) qolgan qismining qaerdaligini so‘radilar, bir ish chiqmadi. Oxiri Kinonani Muhammad ibn Maslamaga topshirdilar...
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:52:47
* * *
Marhabning singlisi Zaynab cho‘g‘da pishirilgan butun echki go‘shtini ko‘tarib kelib qoldi.
— Ey Abul Qosim, bu echki kabobini o‘z qo‘llarim bilan pishirib, senga hadya o‘laroq opkeldim, marhamat, yegin, — deb iltifot ko‘rgazdi.
Janobi Rasululloh (s.a.v.) echkining o‘ng oyog‘idan bir parcha go‘sht ajratib, og‘izlariga soldilar. Lekin yutmasdan, qaytarib chiqardilar:
— Bu suyak menga zaharlanganidan xabar beryapti, — dedilar.
Bu paytda ashobdan Bishr ibn Baro’ tishlagan luqmasini yutib bo‘lgan edi. Rasuli muhtaram janobimiz Zaynabni chaqirdilar. Xotin ganni cho‘zib o‘tirmasdan, xiyonatini tan olaqoldi.
— Nimaga bunday qilding?! — deb so‘ragan edilar:
— Sen mening qavmimga shuncha ish qilding. Istadimki, agar sen bir podshoh bo‘lsang, buni yeysanda, o‘lasan, xalq sening yomonligingdan qutuladiqo‘yadi. Bordiyu sen payg‘ambar bo‘lsang, u takdirda bu echki go‘shtining zaharlangani senga bildirilishi lozim edi. Xuddi o‘ylaganimdek bo‘lib chiqdi, — dedi.
Keyin Zaynab shahodat keltirib, musulmon bo‘ldi, degan rivoyat bor.
O’shanda uning xiyonati uchun jazo berish va o‘ldirish talabida bo‘lganlarga Janobi Payg‘ambar izn bermadilar. Lekin keyinroq zaharlanib o‘lgan Bishr uchun qasos sifatida Zaynab ham o‘ldirildi. Ya’ni, u Islom dinini qabul etmasidan o‘ldirilgan, degan rivoyat ham bor.
Boshqa xotinlar qatori Safiyya ham asir tushgan edi. Eri o‘ldi, endi o‘zining boshiga ne kunlar tushajagi noma’lum. Hukm g‘olibning qo‘lida, mag‘lubning dardini kim ham tinglardi?
Sahobiylardan Dihya (r.a.) Janobi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, asir xotinlardan bittasini o‘ziga so‘radi. Xohlaganini olishga ruxsat berdilar. Ruxsat tekkach, Dihya xotinlarning yoniga keldi. Tanlab
o‘tirishga hojat yo‘q edi, ichlarida bittasi bor ediki, undan go‘zali yo‘q.
— Qani, ketdik. Rasululloh seni menga berdilar, dedi va u bilan amakisining qizini olib qaytdi.
Bu paytda boshqa sahobiylar Rasulullohga e’tiroz bildirishayotgan edi.
— Dihyaga bir cho‘ri tanlashga izn berdingiz. U borib qabila raisining qizini tanladi. Holbuki, u xotinlar ichida eng chiroyligidir. Uni o‘zingizga olsangiz, eng to‘g‘ri yo‘l bo‘lardi, — deyishdi.
Nabiyyi muhtaram afandimiz Bilolni (r.a.) yuborib, asir xotinlarni oldirib keldilar. O’liklar oralab kelishgani uchun kayfiyatlari buzilgan, yuzlari qayg‘u ifodalarila qoplangan edi. Bittasi hatto yoqasini yirtib, dodfaryod qilardi.
Rasululloh (s.a.v.) Bilolga qaradilar.
— Qalbingda rahmshafqat tuyg‘usi qolmaganmi? Nimaga bularni o‘liklar orasidan olib kelding? — deb tanbex berdilar.
Sochini yulayotgan haligi xotinni nariroqqa opketishga buyurdilar. So‘ngra hirqalarini yechib, Safiyyaning ustiga tashladilarda, orqa tomonga o‘tkazib qo‘ydilar. Dihyaga Safiyyaning ikki amakivachchasi berildi. Ayollarning eng go‘zali Payg‘ambar janobimizga tushganidan mo‘minlar mamnun bo‘ldilar. Qolaversa, qabila raisining qizi bo‘lgan Safiyya mo‘minlarning payg‘ambariga tushib, bu bilan uning ham sharafi hisobga olingan edi.
Safiyya o‘n besh kuncha burun ko‘rgan tushining haq bo‘lib chiqqaniga qanoat hosil qildi. Taqdirdan kochib qutulib bo‘lmaydi, uning hukmlarini hech kim to‘xtatib qololmaydi ham. Shuning uchun Hotamul anbiyo (s.a.v.) Safiyyaga Islom diniga kirishni taklif etgan zahotlari hech ikkilanmasdan shahodat kalimalarini aytib, musulmon bo‘ldi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:53:17
* * *
Ortiq Haybarda qiladigan ishlari qolmadi. Qaytish amri berildi. Yo‘lda ilk ko‘ringan joyda Rasululloh (s.a.v.) Safiyyaga uylanish istagini bildirdilar, lekin takliflari qabul etilmadi.
— Ey Ollohning rasuli, hozir bir narsa deya olmayman, — deb javob qildi Safiyya.
Ikkinchi marta Suddus sahbo degan joyga qo‘nishganida yana og‘iz soldilar, bu gal Safiyya rozi bo‘ldi. Janobimiz Ummu Sulaymni chaqirib, Safiyyani kelinlikka hozirlashni topshirdilar. Ummu Sulaym uni kiyintirib, bezantirdi. Sochlarini taradi, xushbo‘ylar surtdi. Va shu kecha Safiyya Janobi Rasulullohning xotinlari bo‘ldi.
347
Tong otgach, Payg‘ambar (alayhissalom) tashqari chiqib, atrofda Abu Ayyub Ansoriyga (r.a.) ko‘zlari tushdi. U qo‘lda qilich ila aylanib yurgan ekan.
—   Nima qilganing bu, ey Abu Ayyub? — deb so‘radilar.
—   Yo Nabiyalloh, bu xotinning otasi bilan erini biz o‘ldirdik. Ularning intiqomini olishga harakat qiluvchilar chiqib qolmasin, degan xavotirda kechasi bilan qo‘riqlab chiqdim, — dedi u.
Abu Ayyubning bu samimiy ishi va bu so‘zlari Janobimizni benihoya mamnun qilib yubordi. Qo‘llarini ochdilar:
— Ollohim! Meni poylab chiqqani kabi sen ham Abu Ayyubni himoyangda saqla! — deb duo qildilar.
Hech bir manfaat kutmasdan, faqat Olloh rizoligi uchun, faqat Rasuli kibriyoga sevgi va hurmati yuzasidan qilingan ioyloqchilik va buning evaziga olingan mukofot!..
Hech bir poyloqchi u kecha Abu Ayyub poylab chiqqan zotdan ham ko‘ra qimmatli zotni poylagan emas. Bu duoni ham hech bir ko‘ngil Rasulullohdanda go‘zal tuyg‘ular bilan qila olmaydi. Hech bir inson bu duoni qilgan Buyuk Payg‘ambar kabi Mavlosiga yaqin bo‘la olmaydi. Abu Ayyub Janobi Rasulullohning bu duolariga sazovor bo‘lish uchun bir kecha emas, bir oy sevaseva uxlamay poyloqchilik qilib chiqishga ham rozi bo‘lishi mumkin edi'.
Nabiyyi muxtaram Anasga (r.a.):
— Atrofdagilarni chaqir, — dedilar.
Bir ro‘mol yoyib, ustiga xurmolar sochildi. Bir miqdor sariyog‘ qo‘yildi. Xurmo, yog‘ va uning qorishmasidan tayyorlanadigan bu yemakni arablar «xays» deyishardi. Bu mutavoze’ dasturxon Rasuli akram janobimiz bilan Hazrati Safiyya onamizning (r.a.) nikoh kechalari sharafiga tortilgan edi.
Janobi Payg‘ambarimiz avvalgi qo‘noq joyda nega uylanish taklifini qabul etmagani haqida so‘ragan edilar, Safiyya dedi:
— Ey Ollohning payg‘ambari, u yer Haybarga juda yaqin edi. Birortasi sizga yomonlik yetkazib qo‘yishidan qo‘rkdim. Endi esa ulardan uzoqdamiz.
Mukammal bir javob bo‘ldi. Faxrul mursalin (s.a.v.) uning farosatidan sevindilar, Huyayy ibn Ahtobday shafqatsiz bir yahudiyning qizi bo‘lib yetishgan va necha kundan beri qabilasi ahlidan juda ko‘pining o‘ldirilganini ko‘rgan bir ayol bu so‘zlarni shunday bir samimiyat bilan aytdiki, uni tabrik va taqdir etmaslikning sira iloji yo‘q edi!..
Payg‘ambari zishon Safiyya onamizga nikohlanganlari joyda uch kun turib qolishgani haqida rivoyat qilinadi.
Qo‘shinga yurish amri berildi. Janobi Rasululloh (s.a.v.) tuyalarini cho‘ktirib, zavjalari Hazrati Safiyyani mindirdilar, oldiga o‘zlari mindilar. Yo‘lga tushildi.
Bu orada qo‘shin ichida bir mavzu — Hazrati Safiyya cho‘ri sifatida qoladimi yoki «Ummul mu’minin» (Mo‘minlarning onasi) toifasiga qabul qilinadimi, degan masala muhokama qilina boshlagan edi. Oxiri shunga kelishildi: «Ko‘ramiz, agar yuzini yopsa, demak, mo‘minlarning onalaridan biri bo‘ladi, yopmasa, cho‘ri sifatida qolgan bo‘ladi», deyishdi. Bu borada Payg‘ambarimizning nima qilishlarini kutishga qaror berishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:53:47
Sultoni anbiyo valmursalin janobimiz tuyaga mingan zahotlari zavjalarining yuzini yopdilar. Ashobning qiziqishini uyg‘otgan masala shu tariqa hal bo‘ldi. (Buxoriy, 5/77).
Quro vodiyida qo‘shinga dam berildi. Hamma o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘la boshladi. Rasuli akramning (s.a.v.) xizmatlarini qilib yuradigan Mid’am ismli qul u zotning ashyolarini endi tushirayotgan edi, birdan chayqalib ketdi, achchiq bir faryod ko‘tarib, yerga quladi. Chopib tepasiga kelganlar uni bo‘g‘ziga bir o‘q sanchilgan holda ko‘rdilar. Mid’am joyida tipirchilar, jon talashib yotar edi. Sal o‘tmay, oxirgi nafasini chiqarib, tinchib qoldi.
Albatta, hayot o‘lim bilan nihoya topadi, ammo qani endi hamma ham Mid’amdek sharaf topib o‘lsa!
Mo‘minlardan bir qismi ichlarida jo‘sh urgan tuyg‘ularini yashirib tura olishmadi:
— Muborak bo‘lsin Mid’amga... muborak bo‘lsin jannat! — deb yuborishdi.
— Baxtiyor o‘lim deb buni aytadilar!
— Rasuli muhtaram janobimizga xizmat qilib turgan paytida o‘lishning o‘zgacha toti bo‘lsa kerak...
Ammo hamma narsani bilib turuvchi, barcha mulklarning egasi Buyuk Mavlodan ishlarning ich tarafi xakida ham xabar oladigan Rasuli akram sahobalarining bu xayratlarita e’tiroz bildirdilar:
— Io‘q, unday demanglar. Haybar o‘ljalari hali taqsimlanmay turib u bir jubbani o‘g‘irlab oldi, ana, hozir uning egnida lovov yonib turibdi... — dedilar.
Bu so‘zlar hazil emasdi. Bu so‘zlar odamlarni o‘lib ketgan bir qul haqida yomon tushunchalarga yo‘llash uchun aytilmadi. Bu so‘zlarni so‘zlagan zotning oldiga tushib: «Bu masalani men sizdan yaxshi bilaman», deya oladigan boshqa bir inson yaratilmagan edi, yaratilmayajak ham.
Bu so‘zlarga beparvo bo‘lib bo‘lmasdi. Ko‘zlarga so‘niklik, qalblarga dahshat cho‘kdi. Hozirgina unga havas bilan boqib turganlar yuragida endi achchiq bir alam paydo bo‘ldi. Demak, Rasulullohning xizmatchilari bo‘lish bilan ham ish bitmas ekan!
Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, Sayyidul bashar janobimizning huzurlariga bir kishi keldi.
— Ey Ollohning payg‘ambari, bularni o‘lja taqsimlanmasidan oldin olgan edim... — dedi va qarshilariga bir juft shinpak tashladi.
Habibi akram (s.a.v.):
— Olovdan yasalgan shippaklar... — deb qo‘ydilar. Mid’amni o‘ldirgan o‘qni Quro vodiyining yahudiylari otgan edi. Janobi Payg‘ambar (s.a.v.) nayzalarini Sa’d ibn Ubodaga berdilar. Birodarlarini safga tuzdilar.
Yahudiylardan biri maydonga tushib, jangga raqib istadi. Musulmonlardan Zubayr ibn Avvom peshvoz chiqdi. Yakkama-yakka olishuv boshlandi. Bir-birlariga zarbalar berishdi, hamlalar qilishdi. Oqibatda dushman jonsiz holda yerga dumaladi. Uning ketidan otilib chiqqan ikkinchisi ham Zubayrning zarbasidan o‘lim topdi.
Uchinchisini Hazrati Ali (r a.) qarshiladi. Qisqa vaqt ichida u ham yer tishladi. O’zini ko‘rsatib, o‘rtaga otilib chiqqan va hayotini boy berganlarning soni shu tariqa o‘n bittaga yetdi. Payg‘ambarlar Imomi janobimiz har gal ularni Islom diniga da’vat qilardilar, ammo ular urushni afzal ko‘rishardi.
Vaqti kirdi deguncha, musulmonlar orada namozlarini o‘qib olishardi. O’sha kuni oqshomga qadar urushildi. Ertasi yahudiylar urushni to‘xtatishdi. Haybarliklar singari, ular ham hosilning yarmini berib turish evaziga sulhga rozi bo‘lishdi. Shunday qilib, ular o‘z yo‘lida ketib borayotgan musulmonlar qo‘shiniga qo‘l ko‘tarishning og‘ir jazosini olishgan edi. Payg‘ambar janobimiz u yerda to‘rt kun turib, so‘ngra yo‘lga chiqdilar.
Yo‘lda Taymo qabilalari sulh istashdi. O’rtada bitim imzolandi. Yana yurishda davom etildi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:54:25
* * *
Salama ibn Akvoni og‘ir bir o‘yg‘am bosgan. Amakisi Amir ibn Akvo jang payti o‘zining qilichi qaytib ketib oyog‘ini kesib yuborgan va o‘lgan edi. Ko‘rganlar bu hodisani o‘z joniga qasd qilish deb baholab, oxiratga qo‘li bo‘sh va amallari botil holda ketdi, deb gap qilishardi.
Salamani ezayotgan hol shu. Amakisining ixlosli bir musulmon kabi yashaganiga ishonchi komil ekanidan bunday natijaga aslo rozi emasdi. Axir, haqiqatan amakisi o‘z joniga suiqasd qilgan bo‘lsa, unda tamom...
Shunday og‘ir xayollar og‘ushida borarkan, bir payt qo‘lidan kimdir tutganini his etdi. O’girilib qarasa, Rasululloh janobimiz ekanlar.
Nima gap, ey Salama, senga nimalar bo‘lyapti? — deb so‘radilar.
Masalani arz qilishning ayni vaqti edi.
— Ey Ollohning payg‘ambari, odamlar amakimning amallari behuda ketganini gapiryaptilar. Urushda u o‘z qilichining qaytishidan shahid bo‘ldi, — dedi.
So‘ylarkan, xavotirli nigohlari nabiylar Sarvarining yuzlarida kezinardi. Nega deganda, amakisi haqida eng to‘g‘ri xukm mana shu zotning muborak og‘izlaridan chiqajak. Ollohning sevgilisi janobimiz kulimsiradilar:
— Bunday deyayotganlar xato so‘zlayaptilar. Boz ustiga, amakingga ikki mukofot bordir, — deya ikki barmoqlarini ishora qildilar. Va so‘zlarida bunday davom etdilar: — U ham nafsiga, ham dushmaniga qarshi jixod qilgan inson edi. Uniki kabi yuk bilan va uningdek
hozirlik ko‘rgan holda oxiratga safar qila olgan arab juda oz topiladi. (Buxoriy, 5/77).
Salama bir onda qushday yengil tortganini his etdi.
— Boshimni ko‘klarga yetkazdingiz, ey Ollohning rasuli! — dedi.
Rosa uzoq yo‘l yurilganidan so‘ng bir kechkurun qo‘shin yana damga tuxtadi.
— Kim poyloqchilik qiladi bu gal? — deb so‘radilar Janobimiz (s.a.v.)
Xazrati Bilol xohish bildirdi:
 Poylab chiqaman, ey Ollohning rasuli!
Ylovchilar yuklarini tushirib, darhol oyoqlarini uzatishdi Sal fursat o‘tar-o‘tmay hamma uxlab qoldi. Bilol bir muddat askarlar orasida kezindi, bir muddat namozlar o‘kidi Vujudini zo‘r bir charchoq, horg‘inlik bosnb kelaverdi. Yura-yura oyoqlari ham toldi, o‘ziga bo‘ysunmay ko‘ya boshladi. Bir necha daqiqa o‘tirib dam olsa.nimabo‘larkin?
Tuyaga suyanib, srga utirdi. Utirgani shu buldi. Kuzlariga cho‘kayotgan va borgan sari ustiga yoiirilib bostirib kelayotgan uykunI yenga olmadi: o‘zini uning teran og‘ushiga tashladi..
Kuyoshning ilk nurlari yuzlarga urilganida, birinchi bo‘lib Xazrati Umar (r.a.) uyg‘ondi. Baland ovozda takbir aytib, odamlarni uyg‘otdi. Hamma dong qotganidan namoz vaktini o‘tkazib yuborishgan edi. Dahshatga tushishdi (Boshqa bir rivoyatga ko‘ra, birinchi bo‘lib Rasuli akram «anobimiz uyg‘onadilar.)
Bu orada Xazrati Bilol ham uyg‘onib, keldi.
 U nima kilganing, ey Bilol?! — dedilar rasululloh (s.a.v.)
— Otamonam sizga fido bulsin, ei Ollohning rasuli, sizni bosgan uyqu meni ham bosibdi, dedi
Bilol (r.a.)
Xa bu xodisa Buyuk Mavloning takdiri ekani aniq. Kelajakda bir sabab bilan bomdod namoziga vaqtida turaolmay qolgan mo‘minlar nima qilishlari lozimligini Janobi Payg‘ambarimiz shaxsan ko‘rsatib berishlari uchun maxsus olingan bir tadbir edi.
Janobi Payg‘ambar (s.a.v.) darhol yo‘lga tushish amrini berdilar Bu vodiydan chiqilgach, dam berildi. Tahoratlar olindi. Avval bomdod namozining sunnati, sO’ngra Payg‘ambarimizning imomliklarida bomdodning farzi o‘qildi...
Janobimiz namozdan keiin bunday marhamat qildi:
— Ey insonlar, Olloh taolo ruhlaringizni tutdi, qo‘yib yubormadi. Istasa, yanayam boshqa bir vaqtda qo‘yib yuborardi va biz o‘shanda uyg‘onar edik. Kay birlaringiz namoz vaqti uxlab qolsa yoxud unutsa, uni o‘z vaqtida qanday o‘qisa, o‘shanday o‘qisin.
Keyin yo‘lda davom etishdi. Bir tepalikka chiqa boshlashdi. Peshonalaridan ter quyildi, ko‘ngillar esa farah ila to‘la — Haybardek qal’aning fathidan mo‘l o‘lja bilan qaytishardi axir. Tepalikka chiqib olgach, «Ollohu akbar, Ollohu akbar!» hayqiriqlari bilan tuyg‘ularini izhor etishdi. Janobi Payg‘ambarimiz so‘z qotdilar:
—   Sekinroq aytinglar. Sizlar eshittirmoqchi bo‘layotgan Zot kar ham emas, uzoqda ham emas. Sizlar har narsani eshitib turuvchi, qullariga g‘oyatda yaqin, doimo sizlar bilan birga bo‘lgan Ollohga murojaat qilmoqdasizlar.
—   Ey Abdulloh ibn Qays! — dedilar Rasululloh orqaga o‘girilarkanlar.
—   Buyuring, yo Nabiyalloh! — deb javob qildi Abdulloh ibn Qays.
—   Jannat xazinalaridan hisoblanadigan bir kalimani senga o‘rgatsam, nima deysan?
— Boshim osmonga yetadi, ey Ollohning Rasuli!
— U kalima «La havla va la quvvata illa billah»  dir. (Buxoriy, 5/75.)
Abdulloh ibn Qays (Abu Muso alAsh’ariy) xursand bo‘lib ketdi. O’zlari endi tanishgan bo‘lishlariga qaramay, nabiylar Sarvari (s.a.v.) uning ismini aytib xitob qilishlari g‘oyat go‘zal bir holat edi! Shu kundan e’tiboran xos o‘laroq tildai qo‘ymay aytib yurilajak bu muborak so‘z mana shunday muborak bir xotira bilan ko‘ngliga joylashtirilganidan o‘ziii baxtli his etib, yo‘lida davom etdi. Oldida ketayotgan Imomul anbiyo jaiobidan ko‘z uzmay borarkan, ora-sira: «La xavla va la quvvata illa billah», deb qo‘yardi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:54:41
* * *
Yo‘lda kutilmagan hodisa ro‘y berdi. Janobi Rasuli akram (s.a.v.) mingan tuya nimagadir turtinib, tizzasiga cho‘kib qoldi. Voqea tez ro‘y bergani uchun Janobimiz bilan ayollari Safiyya onamiz muvozanatlarini yo‘qotib, yerga dumalab ketishdi. Abu Talha:
— Qurboningiz bo‘lay, yo Nabiyalloh! — deya tuyasidan sakrab tushdi. — Hech narsa qilmadimi? — deb so‘radi xavotirlanib.
— Yo‘q, sen xotinimga yordamlash... — dedilar Rasuli kibriyo.
Abu Talha Hazrati Safiyyaga yordamga shoshildi. Ko‘ylagini yechib, ustiga tashladi. Safiyya onamiz tezda o‘zini o‘nglab oldi. Bu orada Janobi Payg‘ambar (s.a.v.) ham o‘rinlaridan turgan edilar. Abu Talha tuyaning egarjabduqlarini tuzatdi. Payg‘ambarimiz xotinlari bilan birga qaytib yana tuyalariga mindilar va yo‘lchilik tag‘in davom etdi.
Rasuli zishon (s.a.v.) har galgi safardan kaytishda bo‘lgani kabi:
— Olloh buyukdir! Olloh buyukdir! Olloh buyukdir! Qaytyapmiz, tavba qilamiz, qulligimizda davomlimiz. Faqat Rabbimizga hamd aytamiz. Olloh va’dasida sodiqdir. Qullariga yordam berdi va dushmanlarini parokanda kildi... — der edilar.
Bu muborak so‘zlarni to Madinaga yetgunga qadar ora-sira aytib bordilar. (Buxoriy, 4/40.)
Atroflaridagi birodarlari ham u zot bilan birlikda ayni ifodalarni takrorlab borishdi.
Uzoqdan Madina ko‘rindi. Robbul Olamiynning habibi janobimiz (s.a.v.) Uhud tog‘iga boqarkanlar:
— Bu tog‘ bizni sevadi, biz ham uni sevamiz, — deb marhamat qildilar.
Bu toqqa qaratilgan sevgi ehtimol u tog‘ etaklarida Olloh uchun jonlarini fido qilgan sevgili birodarlarining ko‘milgani boisidandir. Axir, ularning har biri haqida ko‘ngillarda bebaxo, aziz xotiralar qolgan.
Shaharga kirgach, Habibi akram janobimiz Hazrati Safiyyani Horisa ibn No‘‘monning uylaridan biriga joylashtirdilar. Masjidga borib, ikki rakat namoz o‘qidilar. So‘ngra uyga qaytib, istirohatga chekildilar.
Nabiyyi muhtaram janobimizning safardan yangi bir xotin olib kelganlarini eshitgan musulmon ayollar ham uni bir ko‘rish, ham xush kelibsan deyish uchun ziyoratiga kela boshlashdi. Yangi kelinni ko‘rishga kelganlar orasida tanib bo‘lmas darajada o‘ranib olgan bir xotin ham bor edi. Rasuli akram (s.a.v.) u xotinning izidan borib, yo‘lda to‘xtatdilar.
— Safiyya qanday ekan? — deb so‘roqladilar. O’rangan xotin ortiq o‘zini yashirishi befoyda ekanini bildi. Xayoliga kelgan gapni aytdi:
— Qanday bo‘lardi, bir yahudiyning qizi...
Bu ayol Hazrati Oyisha (r.a.) edi. Javobi uncha yaxshi emasdi. Janobi Rasulullohning (s.a.v.) ko‘ngillariga yoqadigan so‘zni topib aytsa bo‘lardi. Chunki Hazrati Safiyyaning butun xususiyati «bir yahudiy qizi» ekanidangina iborat emasdi. Masalan, «Juda to‘zal ayol ekan», deyilsa, bu ta’rif haqiqatning tom o‘zginasi bo‘lardi. Xuddi shuning uchun ham Rasuli akmal unga javob o‘laroq:
— Unday dema, ey Oyisha, men unga Islomni taklifetganimda, o‘sha zahoti qabul etdi va samimiyatla musulmon bo‘ldi, — dedilar.
Albatta, Hazrati Oyisha o‘ziga bir sherik chiqqani sababidan shunday dedi. Ustiga ustak, bu sherik darhaqiqat qusursiz darajada go‘zal edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:55:05
QOTIL SHOIR

Arab shoirlaridan Abdulloh ibn Xatal Islom diniga kirdi va Madinaga hijrat qildi. Bu narsa mo‘minlarni shodlantirib yubordi. Quraysh orasida e’tiborli bir shoirning Islomni qabul qilishi, albatta, quvonchli holda.
Janobi Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni uni zakot to‘plashga yubordilar. Ibn Xatal hayotidan xursand edi. Huzoa qabilasidan bir kishi unga yordamchi qilib berildi, borgan joylarida ham xurmate’tibor ko‘rishdi.
Zakot va sadaqa sifatida butun bir suruv to‘plandi. Suruvni oldilariga solib, Madinaga qaytishdi. Bir yerga yetganlarida dam olishga to‘xtashdi. Ibn Hatal sherigini chaqirdi:
—   Hov anov semiz qo‘yni ko‘ryapsanmi? — dedi.
—   Ha, ko‘ryapman.
— Tez uni so‘yib, kabob hozirla. Men picha yotib, damimni olvolaman. Uyg‘onganimda yemagim tayyor bo‘lishi kerak.
«Shuncha qo‘ydan hech bo‘lmasa bittasida mening haqkim bo‘lishi kerak, axir», deb o‘yladi u. Asal to‘plagan odam barmog‘idagi yuqini yalaydida.
Ibn Xatal qulay bir joy topib uzandi. Charchagan ekan, tezda uxlab qoldi. Uyqusi nechog‘li totli bo‘lsa, uyg‘ongach, yeyajagi kabob ham uvdan qolishmasligi tabiiy edi.
Oradan xiylagina vaqt o‘tib, orziqib uyg‘ondi. Bir ikki chuqur nafas olib, havoni iskaladi. Kabobning hidi yo‘q. Yuzi burishdi. O’rnidan turib qarasa, yordamchisi ham uzala tushib uxlab yotibdi! Qoni qaynadi.
— Hoy huzoalik, qani, o‘rningdan turchi! — deb baqirdi.
Qayoqda? Uyg‘onmadi. Ibn Xatal uning tepasiga borib, oyog‘i bilan turtdi: «O’likmisan yo tirikmisan, sendan so‘rayapman?!» dedi go‘yo.
Huzoalik sapchib o‘rnidan turdi. Lekin hali uyqusi ochilmagan, garang edi. Nima gapligini dabdurust anglayolmay turdi.
— Ha, nima bo‘ldi?! — dedi talmovsirab.
Ibn Hatal hali ham asabiy holatda edi.
—   Men senga bitta qo‘yni so‘ygin, deb aytmadimmi? Kabob qil deb buyurmaganmidim?
—   Ha, shunday degan eding, lekin senga kelgan uyqu meni ham elitibdi, — deb javob qildi huzoalik.
Ibn Xatal bu javobdan battar tutokdi. Shiddat 6ilan huzoalikning ustiga tashlandi. Og‘ir bir musht tushirdi. Ketidan ikkinchi, uchinchi mushtlarni solar ekan, «Tushundim, sening adabingni berib qo‘yish lozim ekan!» derdi hadeb.
Huzoalik ketma-ket yog‘ilayotgan zarbalardan o‘zini qo‘rimoqchi bo‘lgani bilan eplayolmadi, nihoyat yerga cho‘zilib qoldi. Oradan ikki-uch daqiqa kecharkechmas, nafasi ham tindi. Sho‘rlik huzoalik oxiri o‘lim bilan tugaydigan safarga chiqqanini bilmayoq qoldi.
Saldan keyin ibn Xatal o‘zini bosib, qilib qo‘ygan ishini o‘ylay boshladi. Bir odamni aybsiz o‘ldirishning jazosi nima ekanini u bilardi. Tez bir qarorga keldi. Podani oldiga solib, «Qaydasan, Makka?» deya yo‘lga tushdi. U shoshilardi. Huzoalikning jasadi topilib, to Madinaga xabar yetib borguncha tahlikadan yiroqlab olishi kerak.
Endi uning Islom diniga bog‘liqligi qolmaydi, hatto Janobi Payg‘ambarimizni haqoratlab she’rlar ayta boshlaydi, mushriklarni mamnun qiladi. O’ldirilgan huzoalikning intiqomini olishga bel bog‘lashgani taqdirda ham musulmonlar uni qo‘lga olisholmasdi. Axir, ortida Makka xalqi turgan bir shoir nimadan qo‘rqadi?!
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:58:50
HERAKLGA MAKTUB

Xaybardan qaytgach, Janobi Rasululloh (s.a.v.) Rum podshohi Heraklga bir maktub yozdirdilar.
— Yo Rasululloh, ular muhrsiz xatni o‘qishmaydi,— deyishdi bilganlar.
Shunda Faxri koinot janobimiz (s.a.v.) o‘zlariga bir uzuk yasattirdilar. Uzukning ko‘ziga uch satr holida «Muhammadur Rasululloh» deb yozdirdilar. Ust satrda «Olloh», o‘rtada «Rasul», ost satrda «Muhammad» lafzlari yozildi. Maktubi sharif shu muhr ila muhrlandi. Dihya ibn Xalifaning qo‘liga tutqazib, Busro amiriga yetkazishni buyurdilar. U esa, o‘z navbatida, Rum podshohi Heraklga topshirishi lozim edi.
Dihya vaqtni o‘tkazmasdan yo‘lga chiqdi. Olis yo‘lni bosib o‘tib, Busroga yetdi. Bu qasabaga bir zamonlar mashhur Shom safari chog‘i Rasululloh janobimiz amakilari Abu Tolib bilan birga kelganlar.
Dihya amirning huzuriga bordi, kelish sababini anglatdi. Olib kelgan muqaddas omonatini unga topshirdi.
— Ollohning rasuli Muhammaddan (s.a.v.) sizlarning podshohingiz Heraklga maktub, — dedi.
Horis omonatni oldi, so‘ngra:
—Bu maktubni o‘zing olib borganing to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki Herakl shu onda Quddusdadir, — dedi.
Taklif ma’qul edi. Yeniga qo‘shib berilgan odam bilan birga Dihya: «Qaydasan, Quddus?!» deya hayallamay yo‘lga chiqdi. Yurayura muqaddas tuproqlarga yetdi. Maktubi sharifni Heraklning ko‘liga topshirdi. Davlatning bir necha a’yonlari ishtirokidagi bir majlisda maktub o‘qildi:
«Bismillahir Rohmanir Rohiym (Mehribon va rahmli Olloh nomi ila boshlayman).
Ollohning quli va rasuli Muhammaddan Rum xalqining buyugi Heraklga.
Salom hidoyatga yurgan kishigadir. Bundan so‘ngra...
Men seni Islom diniga da’vat qilaman. Islomga kir, salomat qolgaysan. Olloh esa senga mukofotini ikki qat qilib beradi. Agar yuz o‘girsang, butun xalqingning gunohi sening bo‘yningdadir». «Ey Kitob ahli, bizga ham, sizga ham bab-barobar bo‘lgan bir so‘zga kelingiz — yolg‘iz Ollohgagina ibodat qilaylik. Unga hech narsani sherik qilmaylik va bir-birovlarimizni xudo qilib olmaylik», deng. (Ey Muhammad,) agar ular (ya’ni, Kitob ahli ushbu da’vatdan) yuz o‘girsalar, u holda sizlar (ey mo‘minlar): «Guvoh bo‘linglar, biz musulmonlar (yagona Ollohga itoat qilguvchilar)miz», deb aytinglar».
357
Maktubning oxiriga Janobi Rasuli akram (s.a.v.) Oli Imron surasidan «Ey Kitob ahli...» deya boshlanuvchi 64oyatini ilova qilgan edilar.
Maktub o‘qib bo‘lingach, Herakl Islom dini va Payg‘ambar (s.a.v.) haqlarida har xil savollar berdi, Dihya javob qidi...
Kabulning ilk qismi shu tariqa so‘ngiga yetdi. Herakl Dihyani mehmon qilishlarini buyurib, kuzatdi. Keyin yonidagilarga o‘girildi.
— Surishtirib ko‘ringlar, Hijoz ahlidan, xossatan Makka xalqidan odam topib, huzurimga keltiringlar, — dedi.
Har yoqqa kishi yuborildi. Shom voliyi tijorat maqsadida yurtiga kelgan o‘ttiz kishini topib, Quddusga yo‘lladi. U kishilar Heraklning huzuriga keltirildilar. Herakl tarjimon yordamida ularga o‘zi olgan maktubdan so‘z ochdi. Payg‘ambardan bahs qildi. Kelganlar Islom dinini qabul qilmaganini eshitib, mamnun bo‘.vdi. Chunki endi payg‘ambarlik qilayotgan zot haqida unga imon keltirmaganlar tilidan eshitib ko‘rnsh imkoni paydo bo‘lgan edi. Albatta, bu odamlarning fikri Dihyanikidan boshqacha bo‘ladi. Dihya payg‘ambar ekaniga ishongan inson hakida bir xil o‘ylasa, ishonmaganlarning tushuncha va qanoatlari boshqacha bo‘lishi tabiiy.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:59:33
— Orangizda nasabda unga yaqin bo‘lgan odam bormi? — deb so‘radi dastlab.
— Menman.
Bu javobni bergan kishi Abu Sufyon edi, Herakl ishorat qilib, uni qarshisiga chorladi. Suhbat tarjimon orqali borardi.
— Sen ro‘paramda turasan, — dedi Herakl. So‘ngra boshqalarga xitob qildi: — Sizlar uning orqasida turinglar. Men bu odamdan ba’zi narsalarni so‘rayman, bordiyu yanglish javob bersa, ishorat qilib menga bildirasizlar.
Shundan so‘ng Abu Sufyonni savolga tuta boshladi:
—   Orangizda uning nasabi qanday?
—   U sharafli bir oiladandir.
—Undan oldin orangizdan payg‘ambarlik da’vosi bilan chiqqan biron kimsa bo‘lganmi?
—   Yo‘q.
—   Bobolari orasida podshoh yo sulton o‘tganmi?
—   Yo‘q.
—   Uning da’vatini ko‘proq insonlarning yuqori tabaqasi qabul qilyaptimi yo past tabaqasimi?
—   Rostini aytganda, unga ko‘proq zaiflar ergashishyapti.
—   Ergashuvchilar ko‘payyaptimi yo kamayyaptimi?
—   Ko‘payyapti.
— Ichlarida uning dinini yoqtirmay chiqib ketganlar bormi?
— Yo‘q.
—Payg‘ambarlik da’vosini qilmasidan ilgari uning hech yolg‘on so‘zlaganini ko‘rganmisizlar?
—   Aslo.
—   Va’dasida turmagan hollari bo‘lganmi?
—   Yo‘q.
Abu Sufyon bu yerda sheriklari uni uyaltirmasliklariga amin edi. Hech biri bu suhbat davomida o‘rtaga otilib: «Bu odam yolg‘on aytyapti, haqiqat bu so‘zlayotgani kabi emas!» demadi. Ammo safardan qaytishlarida ularning tillarini birov tushovlab turolmaydi. Bu voqea u yerbu yerda hali gapiriladi, «Abu Sufyon bilib turib yolg‘on so‘zladi, ammo Heraqlning huzurida bizlar ahvolni buzgimiz kelmadi», deydiganlar ham chiqadi. Shunday ekan, fursatini topib ozgina bo‘lsada, bir narsalarni aytib olsa bo‘lmasmidi? Nozik bir narsalar to‘qib yuborsa, yarani sal tirnab yuborsa, yetardi. Savoljavob boshlanganidan beri shunday bir fursatni poylab turgan edi, darhol qo‘shimcha qildi:
— Ammo hozir biz u bilan ma’lum muddatga ahdlashganmiz. Bu muddat ichida nimalar kilayotganidan xabarim yo‘q, — dedi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 03:59:50
Abu Sufyonning bu ilovasi Heraklga bironbir ta’sir ko‘rgazmadi,
—   U bilan hech urushdingizlarmi?
—   Ha.
—   Natijasi nima bo‘ldi?
— U janglardagi tole’ xuddi quduq paqiriga o‘xshaydi: bir tushadi, bir chiqadi. Ya’ni, ba’zan u bizdan g‘olib keladi, ba’zan biz uni mag‘lub etamiz.
— Sizlarni nimalarga da’vat qiladi?
—«Yolg‘iz Ollohga ibodat qiling. Unga hech bir narsani sherik qilmang, bobolaringizning din to‘g‘risidagi tushunchalarini tashlang», deydi. Namoz o‘qishga, zakot berishga, yolg‘on gapirmaslikka, ornomusli bo‘lishga, qarindoshurug‘larga yaxshi muomala qilishga chaqiradi...
Heraqlning savollari shu yerda bitdi. Bular har bir eslihushli odam so‘raydigan ma’nili savollar edi. Chiroyli so‘z uchungina aytilgan, o‘rinsiz va ma’nosiz savollar emasdi. Bularga yetarli javoblarni olgach, Heraql tarjimonga dedi:
— Unga ayt... Payg‘ambarning nasabini so‘radim, sharafli oiladan ekanini aytding. Payg‘ambarlarning nasabi doimo asil bo‘ladi. Jamiyatdagi obro‘li oilalardan tug‘ilishadi. Avval otabobolaridan birorta shaxs shunday da’vo bilan chiqqanmi, deb so‘radim. Yo‘q, deding. Aks holda, uning da’vosini bobolarining merosini qo‘lga kiritish havasidandir, deyishim mumkin edi. Avval uning hech yolg‘on gapirganini ko‘rganmisizlar, deb so‘radim. Uning yolg‘on so‘zlamaganiga guvohlik berding. Men bilamanki, insonlarga yolg‘on gapirmagan kishi Olloh nomidan aslo yolg‘on so‘zlamaydi. Unga ko‘proq kimlar ergashayotganini so‘radim. Asosan zaiflar, deb javob berding. Darhaqiqat, payg‘ambarlarga birinchi bo‘lib doimo zaiflar ergashishadi. Safdoshlari ortyaptimi yo kamayib boryaptimi, degan so‘rog‘imga tobora ortib borayotganini aytding. Ha, imon shunday: ish tamom bo‘lgunga qadar ortadi, kamaymaydi. Avval uning diniga kirib, keyin bu dinni yoqtirmay tashlab ketganlar bormi, deb so‘radim, yo‘q, deding. Mazasi qalblarda his etilgan imon shunaqa bo‘ladi. Va’daga munosabatini so‘radim, vafodor deb ta’riflading. Haqiqiy payg‘ambarlar shunday: xiyonatni bilishmaydi. Sizlarni nimaga da’vat qilishini so‘radim. Yolg‘iz Ollohga ibodat etishga, unga hech bir narsani sherik qilmaslikka, butsanamga topinishni taqiqlab, namoz o‘qishga, rostgo‘ylikka va ornomusli bo‘lishga chaqirishini aytding. Agar shu gaplaring chin bo‘lsa, men ham sizlarga xabar beramanki, juda qisqa vaqt ichida mana shu ikki oyog‘im ostidagi yerlar u zotning qo‘liga o‘tajakdir. Men shunday bir payg‘ambarning kelishini bilardim. Ammo sizlarning oralaringdan chiqishini kutmagan edim. Unga yetisha olishimni bilsam, har qanday mashaqqatlarga ham chidab, borib ko‘rishardim. Uning yonida bo‘lsam, xizmatchisi bo‘lardim, mana shu qo‘lim bilan oyoqlarini yuvib qo‘yardim.
Heraql gapini tugatgach, maktubni so‘ratdi va yana bir marta o‘qittirdi. Xat endi o‘qib bo‘lingan ham edi
ki, o‘rtada bir shovqin qo‘pdi. Odamlar g‘alag‘ovur qila boshlashdi. Abu Sufyon bilan sheriklariga javob berildi.
Tashqarida yolg‘iz qolishganida Abu Sufyon sheriklariga:
— Vallohi, ibn Abu Kabshaning ishi g‘oyat ajoyib bo‘ldi-ku. Hatto Rum sultoni undan qo‘rqyapti, — deb yubordi... (Buxoriy, 1/5.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 04:00:09
* * *
Sal keyin Heraql Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) elchilari Dihyani huzuriga chaqirdi. Hadyalar berib, yo‘lga kuzatdi. Ammo javobi musbat bo‘ldimi, manfiy bo‘ldimi — noma’lum qoldi. So‘ng saroyga davlat a’yonlariyu din peshvolaridan bir guruhini chorladi.
— Ey Rum millati! To‘g‘ri yo‘lni topishni, saodat tojini kiyishni va mulkingizning qo‘llaringizda qolishini orzu qilasizlarmi? — deb so‘radi.
— Albatta, — deb javob qilishdi.
— U holda bu payg‘ambarning dinini qabul etinglar.
Bu so‘z hozir bo‘lganlarga yomon ta’sir ko‘rgazdi. Vag‘irvug‘ur ko‘tarib, orqalariga o‘girilib olishdi. Yovvoyi eshaklar kabi, betartib, o‘zlarini eshiklarga urishdi. Bu harakatlari bilan go‘yo Heraqlga norozilik bildirgan bo‘lishdi.
Eshiklar Heraklning amri ila avvalroq mahkam qulflab qo‘yilgan edi, qancha zo‘r berishmasin, tashqariga chiqisholmadi.
Ulardagi bu nafrat ifodasini ko‘rgan Herakl buyurib hammasini kaytadan huzuriga to‘pladi. A’yonlar va din peshvolari podshohlariga yuzlanishdi. Ammo endi kayfiyatlari yo‘q, ahvollari parishon edi. Ishongan do‘stlaridan kutilmaganda xanjar yegan odamlarday, hafsalalari pir...
Herakl sovuqqonlik ila ularni bir-bir kuzatib chiqdi. Holatida favqulodda hech narsa yo‘q, xayajonsiz...
—Sizlarni imtihon qildim, —dedi.
—Dinlaringizga qanchalik bog‘liqliklaringizni bilmoqchi bo‘ldim. Angladimki, sizlar ishonchlaringizda samimiy insonlar ekansizlar.
«Ibn Abu Kabsha» Payg‘ambarimizning lakablaridan biridir.
361
Bu so‘zlar u odamlarning qarashlarini o‘zgartirdi. Yuzlaridagi taranglik yumshadi. Mamnuniyatlarini va itoatlarini ifoda etib, shoh qarshisida sajdaga ketishdi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 04:00:28
* * *
Dihya Heraqldan izzat-ikrom ko‘rib Madinaga qaytdi. Rasuli akramga (s.a.v.) va o‘ziga atalgan sovg‘asalomlarni olib borardi. Yo‘lda Juzam qabilasidan bir guruh qaroqchi uning yo‘lini to‘sdi. Dihya ularga o‘zini tanitishga va vazifasini anglatishga rosa urindi, lekin tinglaydigan odam topilmadi.
—   Qani, ustingdagilarni yechchi, ko‘raylik, — deyishdi.
—   Bermayman, kuchlaring yetsa, kelinglar, o‘zlaring olinglar!
Bunday kattalikning oqibati Dihyaning o‘limi bo‘lishi mumkin edi. Shuncha odamga qarshi, axir, bir o‘zi nima qila olardi? Qaroqchi o‘z nomi bilan qaroqchi. Maqsadga yetish uchun odam o‘ldirishdan ham toymaydi. Ayniqsa, so‘raganlarini o‘z ixtiyori bilan bermasa.
Tez ustiga yopirilishdi. Egnida nima bo‘lsa, hammasini yechib olishdi. Bittagina eski kiyimda qoldirishdi. O’ziga va Janobi Rasulullohga tegishli bo‘lgan xadyalarni ham bitta qo‘ymay shilishdi. Dihyaga qolgani — chekilgan shuncha zahmat, oqizilgan shuncha ter va bir uyum alam bo‘ldi...
Qaroqchilar omadlari chopib, ishsizmashaqqatsiz mo‘maygina mulkka ega bo‘lib olganlaridan mamnun holda qaytisharkan, ichlaridan bittasi:
— Joningni o‘zingga qoldirganimizga shukr qil, ey ko‘rkam yigit, — deb baqirdi.
Darxaqiqat, u rost so‘zlayotgan edi. Shu onda Dihyani o‘ldiramiz deyishsa, ularni to‘sadigan hech bir kimsa yo‘q edi. Bu ish ularga bir tovuqni bo‘g‘izlashchalik ham qiyin emasdi.
Dihya shu alfozda Madinaga kirib keldi. To‘g‘ri Rasululloh (s.a.v.) janobimizning huzurlariga bordi. Ketganidan to qaytib kelgunicha o‘tgan voqealarni birmabir aytib berdi.
Ma’lum bo‘ldiki, kelgusida rumliklarning va Heraqlning musulmonlarga nisbatan tavirlari o‘zgarajak, hodisalar boshqacha bo‘lajak edi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 04:00:42
MUQOVQISGA MAKTUB

Bir maktub Misr maliki Muqovqisga yozildi. Uni olib borish vazifasi Xotib ibn Abu Baltaoga yuklatildi. Xotib Hazrati Rasulullohning (s.a.v.) omonatlarini olib, tezda yo‘lga chiqdi. Misrga bordi. Muqovqisning huzuriga kirib, xatni taqdim etdi.
Muqovqis bu buyuk omonatni xurmatla oldi. O’pdi. Xotibga izzat-ikrom ko‘rsatdi.
Bir kuni huzuriga nasoro poilarini ham yig‘ib, ularning oldida Xotibga murojaat qildi:
— Menga birodaring haqida ma’lumot ber, haqiqatdan payg‘ambarmi? deb so‘radi.
— Ha, u Ollohning rasulidir.
—   Xo‘p. Qavmi unga ko‘p aziyatlar yetkazdi, xatto yurtidan surib chiqardi, deyaisan. Gaping rost bo‘lsa, nega u qavmini duoi bad qilmadi?
—   Maryam o‘g‘li Iso (a.s.) ham payg‘ambar emasmidi, ey malik?
— Ha, payg‘ambar edi.
—   Unda aytingchi, qavmi uni osish uchun tutganida, Olloh taolo qutqarib osmonga olib chiqib ketarkan, nega u «Olloh ularni yo‘q qilsin!..» deb duoi bad qilmadi?!
—   Tushundim, ey Xotib. Sen hikmatli bir insonning huzuridan kelgan hikmat sohibi ekansan, dedi Muqovqis uni taqdirlab.
Keyin u Rasululloh (s.a.v.) hazratlariga atab sovg‘alar hozirladi. Yo‘lda bironbir tahlikaga uchramasin, deb Xotibga odamlaridan qo‘shib berdi. Shirin til va ochiq yuz ila kuzatib qoldi.
Muqovqis Islom dinini qabul qilmadi. Ammo, ayni choqda, nazokatini va tadbirni ham qo‘ldan bermadi, hech bo‘lmasa, ko‘ngilni og‘ritmadi.
Xotib yo‘lda biron kor-holsiz, esonomon Madinaga yetib keddi. Vujudi nihoyatda horg‘in, ammo ko‘ngli huzurli edi. Vazifasini ado etdi, Muqovqisning savollariga yetarli javoblar berdi, bilganicha Islom dinini va Rasululloh (s.a.v.) janobimizni tanitishga muvaffaq bo‘ldi. Mukovqisning imoi keltirishi qolgai edi xolos, ammo bunga kimsaning kuchi yetmaydi. Ulug‘ Ollohimiz sevikli payg‘ambariga: «Sen xohlagan kishilaringni hidoyatga erishtira olmaysan, fakat Olloh istagan kishisini hidoyat qiladi», degan xukmi ayniqsa Xotibga yanada taalluqli edi. Keltirilgan sovg‘asalomlarni Janobi Rasulullohga (s.a.v.) taqdim etdi. Hadyalar orasida opa-singil ikki cho‘ri ham bor edi. Nabiyyi akram (s.a.v.) ulardan Moriya ismlisini o‘zlariga oldilar, Sirin ismlisini Xasson ibn Sobitga berdilar.
363
Kelajakda Moriya Payg‘ambar janobimizning oxirgi farzandlari bo‘lmish Ibrohimning onasi bo‘lajak.
Tobeinlar davrining mashhur olimlaridan, xossatan tush ta’biri masalasida favqulodda bir qobiliyatli Muhammad ibn Sirin esa, ikkinchi cho‘rining farzandi sifatida dunyoga kelajakdir.
Muqovqis yuborgan «Duldul» laqabli oq hachir Janobimizning kuyovlari Ali ibn Tolibga (r.a.) berildi. Oxirida bir juft saxtiyon maxsi qolgan edi. Uni Rasululloh (s.a.v.) o‘zlariga kiyishga ayirdilar. (Ibn Kasir. «Siyar», 3/514.)
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 04:01:06
KISROGA MAKTUB

Rasululloh (s.a.v.) Eron shohi Kisroga ham bir maktub yo‘lladilar. Xatda bunday deyilgan edi:
«Bismillahir Rohmanir Rohim.
Ollohning Rasuli Muhammaddan Fors xalqining buyugi Kisroga.
Salom hidoyatga tobe bo‘lganga, Ollohga va rasuliga ishonib tasdiq qilganga, Ollohdan boshqa hech bir iloh yo‘q, U yagonadir va sheriksizdir, Muhammad uning quli va rasulidir, deya shahodat keltirgangadir.
Seni Ollohning diniga da’vat etaman. Men Ollohning butun insoniyatga yuborgan payg‘ambariman. Tiriklarga azob xabarini berib ogohlantiraman, inkor qiluvchilarga esa, azob so‘zining xaqligi yuzaga chiqsin uchun yuborilganman. Islom dinini qabul et, salomat qolasan. Bordiyu qabul etmasang, majusiylarning bu dinni qabul qilmasliklarining kasofati sening bo‘yningdadir. Muhammad Rasululloh».
Maktub muhrlandi. Abdulloh ibn Xuzofaga tutqazildi. U tuyaga mindida, Eron qo‘li ostidagi Bahrayn o‘lkasiga jo‘nadi. Maktubni bu o‘lka voliyi Munzirga olib borib topshirdi.
Munzir Abdullohning yoniga ikki odamni qo‘shib, Eron shohiga yo‘lladi. Necha kunlardan keyin elchilar Kisro saroyiga yetib borishdi. Abdulloh qaerdan va nima maqsadda kelganini anglatib, ichkariga ruxsat so‘radi.
Ruxsat tekkach, jivirjivir tovlangan bir katta xonaga kirdi. Kisro muhtasham taxtida o‘tirar, atrofida uning amriga muntazir vazirlar, lashkarboshilar turishar edi.
Kisro, kim ekan u meni ko‘rmoqchi bo‘lgan va maktub keltirgan odam, deganday istehzo bilan labini burdi. Abdulloh uning yaqiniga borib, xatni topshirdi. Kisro, o‘z navbatida, yonidagi odamga uzatdi. O’qishga buyurdi. Haligi odam xatni baland ovozda o‘qiy boshladi:
— «Bismillahir rohmanir rohim. Ollohning rasuli Muhammaddan Fors xalqining buyugi Kisroga...»
Undan narisini o‘qiyolmadi, Kisro birdan ko‘pirib ketdi:
— Ber uni menga! — deya xatni yulqib oldi. Ko‘zlari chaqmoqtosh kabi chaqnar edi. — Mening bir qulim ismini mening ismimdan avval bitishga qanday haddi sig‘adi?! — deb qo‘lidagi maktubni parchaparcha qilib yirtib tashladi. Majlis ahli jim edi. Kisro ma’murlariga o‘girildi: — Tashqariga chiqarib tashlang bu odamni!
Abdullohni bir zumda tutib, g‘iring degizdirmasdan, tashqariga haydashdi.
Bu hodisa tez bo‘lganidan bir narsa deyishga ham fursat qolmadi. Abdulloh tashqarida bir on turdi, nima kilsam ekan deb o‘yladi.
Qaytib kirib: «Siz maktubni so‘nggiga qadar o‘qimadingizku... shoshilib qaror berdingiz. Lutfan, bir karra o‘qib chiqing», desinmi? Foydasi yo‘q. Darhaqiqat, kim unga quloq soladi va kim unga: «Uzr, qog‘oz parchalarini to‘planglar, birlashtirib o‘qiymiz», derdi?
Yo: «Men ketyapman, birorta gapingiz yo‘qmi?» desinmi? Bunday desa, shoh ehtimol battar tutoqib ketishi, ish battar tus olishi mumkin.
Hech bir natijaga erishmay, faqat Rasuli akram (s.a.v.) janobimizning maktublarini yirttirish uchungina shuncha yo‘l bosib keldimi Abdulloh?!
Taraddudi uzoq cho‘zilmadi. «Mening vazifam bu maktubni Kisroga topshirish edi, qolgani uning ishi... Musofirning ishi safar...» dedi-da, tuyasiga minib, Madina sari jo‘nadi.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 04:01:19
* * *
Abdullohni saroyidan quvib solganidan keyin sal o‘tib Kisro hushini yig‘di.
— Tezda haligi odamni topib kelinglar! — deb buyurdi.
Ammo qancha axtarishmasin, harakatlari zoe ketdi. Abdulloh xuddi yer yorilganu qa’riga kirib ketgandek gum edi. Kisro Yaman voliyi Bozonga bir maktub yozdirdi. Ahvolni tushuntirdi. «Darhol ikki kishi jo‘nat, payg‘ambarlik da’vosini qilayotgan u odamni topishsin, da’vosidan voz kechtirishga xarakat qilishsin, bo‘lmasa, olib senga keltirishsin. Qarshilik qilsa, boshini kesishsin...» deyilgan edi xatda.

* * *
Abdulloh to‘xtovsiz yo‘l bosib Madinaga keldida, to‘g‘ri Rasuli akram (s.a.v.) janobimizning yonlariga bordi. U zot Abdullohdan bo‘lib o‘tgan voqealarni birmabir eshitib bo‘lgach:
— Bu qilmishi o‘zining mulkini o‘zi parchalashidir. Uning mulki va saltanati ham parchalanadi, — deb marhamat qildilar.
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2009, 04:01:50
G’ASSON AMIRIGA MAKTUB

Rasululloh (s.a.v.) maktublarini olib boruvchi elchilardan yana biri Horis ibn Umayr edi. Muqaddas omonatni qo‘yniga soldi, yo‘lga chiqdi. Shomga borib, G’asson amiri Shurahbilga topshirishi kerak. Yo‘l uzoq, havo issiq, bunday palla birov yo‘lga otlanmas, otlansa ham, kechalari yurar edi.
Ammo Horis shunchaki yo‘lga otlanmagan, uning qo‘yiida muqaddas omonat bor. Buyuk Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyurgan joyga borguncha necha vodiylar kechajak, necha tepalar oshajak, necha qum to‘zonlariga duch kelajak. Shu boisdan ham u har tepani bosib o‘tarkan, xuddi Faxrul mursalin (s.a.v.) janobimizning ortlaridan 6orayotganday, birorta xurmo daraxti soyasida o‘tirib tin olarkan, Rasuli kibriyoning (s.a.v.) gul isli nafaslarini tuyayotganday bo‘lardi.
Mashaqqatli, lekin ko‘ngilga xush yoqadigan bu yo‘lchilik necha kunduz, necha kecha davom etdi. Nihoyat, bir kuni Muta vohasiga yetdi. Safar tugagan edi hisob. Horisning yo‘lini to‘sishdi.
— Hey, yo‘l bo‘lsin?
—   Men amir Shurhabilning huzuriga ketyapman.
—   Unda nima ishing bor?
— Maktub keltirdim.
Qo‘riqchilar Horisni olib, to‘g‘ri Shurahbilning huzuriga olib borishdi. Shurahbil uni so‘roqqa tutdi:
—   Kimsan?
—   Horis ibn Umayrman.
—   Nedir maqsading?
— Men Ollohning rasuli Muhammaddan elchi bo‘lib keldim. Payg‘ambar janobimiz mana bu maktubni senga berib yubordilar.
Xat Horisning qo‘lidan olindi. Shurahbilga berildi. O’qidi. Birdan ko‘pirdi:
— Demak, u menga maktub yozadigan odam bo‘lib qoldimi?! Olib chiqinglar buni! — deb baqirdi. Baqirarkan, bo‘ynini uzinglar, deb ishora qilar edi.
Shurahbilning bu ishi borib turgan ahloqsizlik edi. Hukmdorlar va amirlar orasida to dunyo turguncha amal qilinishi va qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan «Elchiga o‘lim yo‘q» qoidasini u buzdi, o‘zining g‘oyatda tarbiyasizligini namoyish qildi.
Odamlari Horisni yoqalab, tashqariga olib chiqishdi. U esa, yuragini bog‘lagan g‘oyat sevimli va g‘oyat qiymatli bir jumlani takrorlash bilan mashg‘ul edi. Faqat o‘zi va yonidagilargina eshitadigan ovozda: «La ilaha illallohu, Muhammadur rasululloh», derdi. Bir gal: «Ollohim, salomimni Rasuli adibingga yetkaz. Bog‘lilik tuyg‘ularimni u zotga elt», deya oldi.
Qeyin tiz cho‘ktirildi. Shiddat ila urilgan qilich uning boshini tanasidan judo qildi.
...Hodisa ustida hozir turgan malaklar uning ruhini quchoqlariga olishdi. Yurtidan minglarcha chaqirim uzoqda, Rasululloh (s.a.v.) janobimizning elchisi o‘laroq vazifasini ado etayotgan bir paytda, zulm yo‘li ila shahid etib hayotiga nuqta qo‘yilgani buyuk devonda qayd qilib qo‘yildi.
...Oradan kunlar kechdi. Madinada uni kutib turganlarning ko‘zlari yo‘lda qoldi. Nihoyat, bir kuni uning G’asson amiri Shurahbil tomonidan shahid qilinganining xabari Madinaga ham yetib keldi.
Nabiyyi akram (s.a.v.) benihoya qayg‘uga botdilar. G’asson amirining xatti-harakati har qanaqa chegaradan oshib ketgan edi.

Uchinchi kitob bitdi
Nom: Re: SAODAT ASRI QISSALARI. Olamlarga porladi quyosh (3-kitob). Ahmad Lutfiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Fevral 2009, 10:19:52
Saodat asri qissalari: Olamlarga porladi quyosh. 3-kitob

(http://www.ziyouz.com/images/books/saodat3.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=289)

Muallif: Ahmad Lutfiy
Hajmi: 2,12 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=289)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2903.0)