Imtihon oldida
Assalomu alaykum, muhtaram kitobxon!
Qo’lingizga olib, varaqlay boshlaganingiz mazkur to’plamda "œImtihon oldidagi odam" deb nomlangan bob mavjud. Muallif bu bobda jamiyatimiz ravnaqiga to'’qinlik qilayotgan muhim masalaga diqqatni tortadi.
Kitobga jamlangan maqolalarni o’qib chiqqach, men adibning o’zini "œImtihon oldidagi odam" deb atadim. Chunki o’quvchiga bir gap aytmoqchi bo’lgan har bir qalam ahli o’zini imtihondagi talaba mavqeida sezib, hayajonlanadi. Ayniqsa, hayot muammolarini kuzatish, o’rganish oqibatida yuzaga kelgan mulohazalarini jamoat e’tiboriga havola etish munozaraga, muhokamaga chorlash oson ish emas. Badiiy uslubdagi hikoya yozishdan ko’ra munozara yo’nalishidagi maqola yozishning ma’suliyati balandroq yuradi.
Bu kitob muallifi Bahodir Nurmuhammad aynan shu yo’nalishdagi barakali ijodi bilan ko’pchilik diqqatini o’ziga tortgan. Bahodir hayotning imithoniga o’xshatib, yangilik kashf etmagan. Bu haqda ko’p yoziladi, gapiriladi. Biroq olimlar gapira-gapira charchaydilaru, tinglovchilar eshita-eshita eshitganlariga amal qilmay, charchamaydilar. Shu bois adibning bu o’rindagi ta’kidlari g’oyat o’rinli.
"œ"¦Imtihon oldidagi odamda hayajon kuchli bo’ladi. O’y-xayollarga ko’miladi. "œNima bo’larkin" degan savol unga tinchlik bermaydi".
Aslida inson bu dunyoga imtihon uchun keladi. Imtihonning natijalariga ko’ra yo abadiy saodatga erishadi yoki jazoga mahkum bo’ladi. Bu imtihonning miqyosi keng, bu imtihonning savol-javoblari og’ir. Inson bu imtihonga umr bo’yi hozirlik ko’radi. Qilgan zarracha yaxshiligi uchun ham, zarracha yomonligi uchun ham javob beradi"¦Keng miqyosdagi inson umrining mazmuniga, odamning abadiyatiga tegishli bu imtihondan o’tish oson emas, albatta. Chunki bunda tanish-bilishlik, oshna-og’aynigarchilik ketmaydi""¦
Odam bu imtihonga o’z aqlu zakovati bilan tayyorgarlik ko’radi. Qur’oni karim, sharafli hadislar, donishmandlarning Qur’on va hadisga asoslangan hikmatlari ustozlik vazifasini o’taydi. Bularni o’qib, o’rganib amal qilgan odamning ichki dunyosi saodatli bo’ladi.
Ma’naviyat tariximizda ustozlar tomonidan hikmatga to’la sahifalar yaratilgan. Bugungi kunda ziyo ahli mazkur go’zal an’anani chiroyli tarzda davom ettiryaptikim, bu xizmatlari uchun ul azizlarga rahmatlar aytamiz.
Bahodir Nurmuhammadning ijod yo’li ham ana shunday xayrlidir. Adibning avvalgi kitoblari ham, bu yangisi ham hayot imtihonini topshirayotganlar uchun foydali qo’llanma, maslahatgo’y ustoz vazifasini o’taydi. To’yga doir muammolarmi yoki duoning fazilati xususidagi fikrlarmi, tabobat atrofidagi yaxshi-yomon gaplarmi"¦xullas, qalamga olingan barcha mavzular o’quvchini loqayd qoldirmaydi. Ayniqsa, butun o’y-xayollari mansab egallash, boylik orttirishdan iborat bo’lgan odamning bu kitobchani o’qishini istardim. O’qisa, oqibatni o’ylasa, gunohlardan barvaqt tiyilardi, hayot imtihonida qoqilib qolmas edi, deb o’ylayman. Chindan ham hayotda "œotdan tushsa ham, egardan tushmaydi"ganlarni uchratib turamiz. Afsus shuki, bu toifa odam lahadga egarsiz qo’yilajagini o’ylab ko’rmaydi.
"œHech imtihon topshirganmisiz?" — deb so’raydi kitob muallifi, - Bugun imtihon topshirayotgan odam u sizdirsiz, balki mendirman. Baharnav, imtihondan omon o’taylik!"
Aziz kitobxon bu to’plamdagi maqolalarni bir sidra o’qib chiqqach, uni chetga olib qo’ymang. Ikkinchi qayta o’qishingiz uchun yana yarim soat vaqtingiz sarf bo’lar. O’qib, fikr qilsangiz, to’g’ri xulosalar chiqarsangiz, kundalik hayot imtihonlaridan o’tishda foyda ko’rasiz, inshaalloh!
Muxtasar bayonimizni Bahodir Nurmuhammad so’zlari bilan yakunlaymiz.
"œYana bir xitobli tuganchim shuki, ey imtihon oldida turgan odam, o’zingni qo’lga ol, hushyor bo’l, Xudoyimdan madad so’ra! Yo’llaring, albatta, oydin, ikki dunyong obod bo’lajak!"
Tohir MALIK, 05/05/2008 yil