ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Yurtdosh => Hamyurtlar => Samarqand viloyati => Mavzu boshlandi: Alijon_rej 10 Oktyabr 2008, 14:52:30

Nom: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: Alijon_rej 10 Oktyabr 2008, 14:52:30
Дунёда шундай нарса бор эканки инсон уни курганда лол булиб коларкан бу-гузаллик севиш инсонга бериладиган илохий туйгу уни куз корачигимиздек асрайлик!!!
Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: Zamiraxon 22 Oktyabr 2008, 14:46:06
Mavzuingizdagi savolga javob: hech qachon bittadan ortiq insonni sevib bo'lmaydi, sevgiga o'xshash biror his bo'lish mumkin, lekin SEVGI emas!
Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: Dilka 23 Mart 2009, 14:51:37
Assalomu alekum yaxshimisizlar to`g`ri bu savol meni ham qiynardi.  Odam o`zi sevib qolsa qanaqa bo`ladi?
Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: ikbaljohn 23 Mart 2009, 16:53:03
Mdaa.    
Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish Samarqand viloyatiga qanday aloqasi bor?  ::)  ;D
Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: Rep_91 15 Iyun 2011, 22:03:45
xa mumkun!
Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: siddiqa 15 Iyun 2011, 22:09:45
xa mumkun!
tuyg'ularingiz shunchalik qadrsizmi? Har nechidir kishiga beriladigan darajada.
Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: Абдурроҳман 15 Iyun 2011, 22:33:24
Bir joydan o'qib qolgandim, aniq manbasi xozir esimda yoq, ammo xoxlasalariz sizlar uchun qidirib ko'raman, inshaAlloh

Bir kuni payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. Ali r.a.dan so'radilar:
-Yo Ali, Allohni sevasanmi?
-Albatta, ey Allohning rasuli!
-Uning elchisi - payg'ambarini sevasanmi?
-Ha, albatta, sizni sevaman!
-Ahli ayolingni sevasanmi?
-Sevaman, yo Rasululloh!
-Bolalaringni sevasanmi?
-Bolalarimni ham sevaman.
Shunda payg'ambarimiz s.a.v. yana savol berdilar: "Yo, Ali, qanday qilib bir qalbga 4 ta sevgini sig'dira olasan?" Bu savolga Ali r.a. o'ylanib qoldilar va javob uchun muhlat so'radilar.
Uylariga borib ham o'ylanib o'tirdilar. Buni ko'rgan Fotima r.a.: "Agar dunyo yo'lida xomush bo'lsangiz, bu ishingiz yaxshi emas", deb hol so'radilar. Ali r.a. bo'lgan voqeani aytib berdilar va Fotima r.a.dan maslahat so'radilar. Fotima r.a. shunday dedilar: "har bir narsaning o'ngu so'li, orqa-oldi bo'lganidek, qalbning ham bo'laklari bo'ladi. Otamga quyidagicha javob bering:
Allohning aqlim va idrokim bilan sevaman!
Payg'ambar s.a.v.ni ruhim bilan sevaman!
Ahli ayolimni nafsim bilan sevaman!
Bolalarimni shafqatim bilan sevaman!
Ertasi kuni Ali r.a. payg'ambarimiz huzuriga bordilar. Payg'ambarimiz javobni so'radilar. Ali r.a. yuqoridagi javobni aytdilar. Shunda Rasululloh s.a.v.:
-Yo, Ali, javobingdan nubuvvat gulining hidi kelyapti. Buni senga qizim Fotima aytgan...
(Manba) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=71.msg208517#msg208517)
Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: BelleQizcha 16 Iyun 2011, 00:55:03
Balki samarqand viloyatida mumkindur
Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: Zamiraxon 16 Iyun 2011, 01:42:16
Balki samarqand viloyatida mumkindur
Tushunmadim...
Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: Zamiraxon 16 Iyun 2011, 01:44:54
Belleqizcha, mavzuni ochgan user Samarqanddan ekanligi bu mavzu nomi samarqandliklarga tegishli degani emas.
Abdurrohman, Alloh rozi bo'lsin, juda chiroyli javob.
Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: ibnUyayna 16 Iyun 2011, 02:08:57
yana shu bomag'ur sevgi haqidami gaplashvoslami?
Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: Best friend 16 Iyun 2011, 02:27:32
 Agar bu yerda nomaxramlar orasidagi sevgi nazarda tutilgan bo'lsa, ikki uchtasi u yoqda tursin, bittasini ham sevib bo'lmaydi! Chunki u yuqorida aytilgandek ilohiy tuyg'umas, balki shaytoni tuyg'udir! Lekin yuqorida Абдуррохман aka kimlarni sevish kerakligini juda go'zal tarzda post qilibdilar, Alloh rozi bo'lsin...
Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: As-Samarqandiy 16 Iyun 2011, 03:34:48
 :bsm3:

"Bir vaqtning uzida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?"

Mening shaxshiy fikrim.

Mumkin. Bir ikki kishini emas. Bu kam. Kupchilikni bir vaqtni uzida sevish mumkin. Mumkin suzi ruxsat manosini bildiradi, agar sevish shart desam, shart suzi majburlik manosini bildiradi.

Sevishga ruxsat ham berilmaydi, va majbur ham etilmaydi.

Sevgi - kungil amri.

Sevgi Alloh huzuridandir. Alloh (itoatkor, solih) bandasini sevadi. Sevilish nasib etgan mo'min bandalarni sevgi degan kuzga kurinmas tuyg'u bir-birlarini bog'lab turadi. Mana shu kuzga kurinmas tuyg'u mo'minlar urtasidagi muhabbatdir. Mo'minlar biri qolib boshqasini sevmaydi, hammasini bir vaqtda birday sevadi. Bu Alloh irodasi.

Mo'min - bu ota, mo'min - bu dust, mo'min- bu birodar v.h

Yanayam Alloh bilguvchiroqdir.





Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: jasur.best 16 Iyun 2011, 10:27:19
Faqat bir kishini sevish mumkin. Qolganlarini esa yoqtirasiz. Ana shu yoqtirganlaringizni kimdandir rashk qilasiz. Shuning uchun u sizga sevgi bo'lib tuyulayotgandir balki
Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: Mo'min Mirzo 16 Iyun 2011, 10:47:50
Tavba. Mana Bo'ydoqlikni yoqlab chiqqan yoshlarimizning ahvoli. bunday bekorchi masalani yechishga urinmay bittasiga uylaninglar qo'yinglar.
Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: UzMuslim 17 Iyun 2011, 21:22:17
Balki samarqand viloyatida mumkindur
Tushunmadim...
Juda yaxshi tushunib Turubsiz....
Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: registan 17 Iyun 2011, 21:26:20
Turklarda bir maqol bor: Ask bir kisi icin felaket, iki kisi icin saadet, uc kisi icin cinayet. :)
Nom: Re: Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch kishini sevish mumkinmi?
Yuborildi: UzMuslim 17 Iyun 2011, 21:32:25
Adashmasam Tarjimasi: ISHq bir Kishi Uchun Falokat,ikki kishi Uchun Saodat,uch Kishi uchun Hiyonatmi?