forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: Farida 08 Iyul 2006, 03:53:03

Nom: Ota-Onalarimiz haqida qo'shiqlar
Yuborildi: Farida 08 Iyul 2006, 03:53:03
ONALAR

Tongacha ertaklar aytgan,
Betob bo`lsang, ko`zyoshin yutgan
Kelmay qolsang betoqat kutgan,
Sadoqatli, munis onalar.

Naqorat
Onalar, onajonlar,
Poyi jannat makonlar,
Onalar, onalar,
Munis mehribonlar...

Kunning jilosi yuzingizda,
Tunlar qarosi ko`zingizda,
Hayot ma`nosi so`zingizda,
Alla aytgan munis onalar...
Ona bo`lsa dunyo ustuni,
Avlod yashar, ardoqlab uni,
Bu dunyoning eng yorug` guli,
Ahli jannat munis onalar...

Manzura
Nom: Re: Ota-Onalarimiz haqida qo'shiqlar
Yuborildi: Farida 08 Iyul 2006, 03:53:32
ONAJON

Baxtimni o`ylab tunu-kun,
Halovat bilmasdan bir zum,
O`zimdan o`rgilib har on
Yashaysiz aziz, onajon.

Mehrdan yaralganmi ko`zlaringiz,
Jonimga jondir shirin so`zlaringiz,
Ko`zimga suray bosgan izlaringiz,
Onajonim, onajon.

Onajonim, onajonginam,
Ko`zlaringiz nechun bo`ldi nam,
Bolajonim deb qayg`urasiz,
Ulg`ayib qolgan bo`lsam ham.

Baland-past hayot yo`lida,
Qoqilsam tutib qo`limdan,
Men uchun ming bora imkon
Izlaysiz aziz, onajonim.

Bir zum yosh bola bo`lib qoilsam deyman,
Sizga erka sho`xliklar qilsam deyman,
Aslida sizga dunyoni bersam kam.
Onajonim, onajon.

Onajonim, onajonginam,
Ko`zlaringiz nechun bo`ldi nam,
Bolajonim deb qayg`urasiz,
Ulg`ayib qolgan bo`lsam ham.

Ho'ja
Nom: Re: Ota-Onalarimiz haqida qo'shiqlar
Yuborildi: Farida 08 Iyul 2006, 04:16:12
Onang hayot ekan ko’tar boshingga
Uni yo’qkla har daqiqa har damda

U qo’l cho’zsin avval suzgan oshingga
Onang erur eng ulug’ zot olamda

Xizmatiga bosh eg o’tirgan joyida
Onang o’tib ketsa yig’lash ne foyda

Onadek chin mushtoq mehribon qayda
Duosini olib qol bu dunyoda

Bir hovuch tuproqdan erur aslimiz
Odam ato momo havo naslimiz

Odamzot maymundan tarqagan emas
Iymonli kishi bu so’zlarni demas

Millati bittadir zoti insonning
Maskani ham bitta zoti insonning

Donolar hikmati hammasi rostdur
Odamzot bolasi birodar do’stdir

Onadan tug’ilgan har bitta inson
Ona bilan go’zal bu yorug’ jahon

Onani xo’rlagan topmaydi kamol
Noqobil farzandning umridir zavol

Har kimi onalar poyini o’par
Unga ergashganlar baraka topar

Kamoliddin Rahimov
Nom: Re: Ota-Onalarimiz haqida qo'shiqlar
Yuborildi: Farida 08 Iyul 2006, 04:23:15
ONAMGA

Muhammad Yusuf she"ri

Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam,
Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga farzand bo`ldimmi!..

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim qo`shiqmas faqat,
Men mashhur hofizmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga farzandmanmi, ayt?...

Sha`ningga kuy bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz cho`kib, qo`lingni o`psin.
Undan ham ulug`im borligin ko`rsin,
Men uchun ham aziz holingni so`rsin,
Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi, onam,
Endi men ham senga o`g`ilmi, onam!..

Yulduz usmonova
Nom: Re: Ota-Onalarimiz haqida qo'shiqlar
Yuborildi: Farida 08 Iyul 2006, 04:23:38
ONAIZOR

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham"¦
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham —
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona —
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo —
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham"¦
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham —
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

G'iyos Boytoyev
Nom: Re: Ota-Onalarimiz haqida qo'shiqlar
Yuborildi: Farida 08 Iyul 2006, 04:24:17
ONAMDAN XAT

O`g`lim, jigargo`sham, anytgin-chi, nahot,
Achinmaydi joning onang holiga.
Meni to`shaklarga mixlab qo`ydi bod,
Kelsang bir ko`rsamu"¦ o`lsam mayliga.

Chakka o`tgan eski tomga o`xshayman,
Ko`zimdan yomg`irlar to`kilar tinmay.
Bu yorug` dunyoda bormi, bilmayman,
O`z o`g`li yo`liga intizor menday"¦

Hayhotdek hovlida qoldim bir o`zim,
Nima xayollarga bormasman ba’zan.
Sog`misan ishqilib, qo`rqaman, qo`zim,
Podsholar haqida she’rlar yozasan.

O`ynashib bo`larmi shohlar bilan, ayt,
Qishloqi joningga she’rdan ne huzur?
Zeriksang — bepoyon yaylovingga qayt,
Siqilsang — dashtlarda ot choptirib yur!

Faqat xayolingdan chiqargin she’rni,
(Kimgadir yoqmasmish chinmi-yolg`omni),
Axir, sen yozmasang o`sha Boburni,
Shoirning urug`i qurib qolganmi?..

O`g`lim, jigargo`sham, aytgin-chi nahot,
Achinmaydi joning onang holiga?
Meni to`shaklarga mixlab qo`ydi bod,
Kelib bir ko`tarib chiqqin hovliga.

Qo`lingda jon berib o`lsam mayliga"¦

Yulduz Usmonova
Nom: Re: Ota-Onalarimiz haqida qo'shiqlar
Yuborildi: Farida 08 Iyul 2006, 04:25:12
Men nima topibman,dunyoga kelib?
Sizdan-da sevimli,sizdan-da aziz.
Ko'z-ko'z qilmoqlikka,maqtashga arzir,
Savlatim ham sizsiz,davlatim ham siz!

Oftobim onama,oyim onama,
Nomusim onama,orim onama!

Bedor o'tqazgan har tuningiz haqqi,
Meni deb kuyingan kuningiz haqqi.
Oylaringiz haqqi,yilingiz haqqi,
Sizga fido bo'lsin,jonim onama!

Oftobim onama,oyim onama,
Dardlarim oqizar,soyim onama!

Sizdan boshqa xarkim aldagani rost,
Alam quzg'un bo'lib talagani rost.
Yer bosib yuribman,osmonni ko'rib,
Sizni duoingiz asragani rost!

Kuni kecha bilib-bilmay ranjitib qo'ydim.
Bugun ich-ichimdan afsuslansam kam!
Negadir,negadir uzrlarga tilim bormadi.
Ertaga,ertaga ruhim tilga kirganda qanday javob beraman?
Onamsan!onamsan!qalbimni mehringga to'ldir,
Garib farzandingga shuldir inoyat!
O,munosib kuyching bo'lish mushkildir.
Seni kuylamaslik esa jinoyat!!!

Ozoda Nursaidova
Nom: Re: Ota-Onalarimiz haqida qo'shiqlar
Yuborildi: Farida 08 Iyul 2006, 04:25:46
Bugun mana shodlik kunda do’stlarim ham yonimda
Bugun mana baxtli kunda o’z yorim ham bag’rimda
Yana sizni esga oldim meni sho’rlik Onamey Onamey Onamey
Onamey Onamey Onamey
Meni mehribon, munis Onajonim

Hotirangiz yod eturgan to’planur do’stlaru yorlarim
Sizni ko’rgan sizni bilganlar budir mexmonlarim
Bor savobi sizga tegsin aylayin exsonlarim
Joyingiz jannatda bo’lsin kamtarim jonim Onam

Onajon Onajon Onajonginam
Onajon Onajon mehribonginam

Uydagi har bir giyohda ko’zlaringiz aksi bor
O’g’ilngiz va qizingizda yuzlaringiz aksi bor
Uyimiz ostonasida izlaringiz aksi bor
O’g’ilgizman bu tanamda aylanar Onam Onam

Onajon Onajon Onajonginam
Onajon Onajon mehribonginam

Onajonim kettingiz siz qoldi ko’nglim tosh bo’lib
Ichdagi dardu alamlar qoldi ko’zda yosh bo’lib
Farzandlarni o’stiribsiz yurmadingiz bosh bo’lib
Joyingiz jannatda bo’lsin bebaho jonim Onam

Onajon Onajon Onajonginam
Onajon Onajon mehribonginam
Onajon Onajon Onajonginam
Onajon Onajon mehribonginam

Anvar Sanayev
Nom: Re: Ota-Onalarimiz haqida qo'shiqlar
Yuborildi: Farida 08 Iyul 2006, 04:34:02
MEHRIBON ONA

Ey ona, ey ona, mehribon ona...

Kech kelsam meni kutgan,
Sog'inib g'amlar yutgan,
Ko'ksiga boshim qo'ysam
Darrov g'amin unutgan.

Onajon kulib yursang,
Qayg'udan yiroq yursang,
Ko'nglim qo'shiq istaydi,
Yurak qayg'u bilmaydi.
Onasi bor odamlar
Hech qachon qarimaydi.

Koshonam o'zing deyman,
Yagonang o'zing deyman,
Atrofimda har kuni
Parvonam o'zim deyman.

Onajon kulib yursang,
Qayg'udan yiroq yursang,
Ko'nglim qo'shiq istaydi,
Yurak qayg'u bilmaydi.
Onasi bor odamlar
Hech qachon qarimaydi.

G'iyos Boytoyev
Nom: Re: Ota-Onalarimiz haqida qo'shiqlar
Yuborildi: Farida 08 Iyul 2006, 05:24:01
ONAM BOR-KU

Taqdir menga yog'dirganda balolar,
Oyog'imdan chalganida xatolar,
Yiqilmadim, egilmadim, sinmadim,
Onam bor-ku qilib turgan duolar.

Mehr to'la kafti boshimni silar,
Bolam deya ko'zu qoshimni silar,
Shomu saxar baxtu kamolim tilar,
Onam bor-ku qilib turgan duolar.

Men savobni izlamadim uzoqdan
Men tavofni izlamadim uzoqdan,
Manzilim shu, kelsam yaqin-yiroqdan,
Onam bor-ku qilib turgan duolar.

Yarashadi savlat to'kib yurganim,
Davlat topib, ko'ngil to'lib turganim,
Peshonamda qodir xudo berganim,
Onam bor-ku qilib turgan duolar.

Ozodbek Nazarbekov
Nom: Re: Ota-Onalarimiz haqida qo'shiqlar
Yuborildi: Farida 01 Sentyabr 2006, 02:26:31
ONAJON

Faqat to'kmang zorlarim bor, yoshingizda onajon.
Uzay desam qarzlarim ko'p, qoshingizda onajon.
Bugun degan qiynoqlardan uzoq oldim o'zimni,
Erta dedim, ertalarning umri shuncha uzunmi?

Boshim uzra parvona bo'lardingiz siz ona,
Yolg'izlik ezgan qalbimni sog'inch aylar devona.

Oy va yillar misli bahor, shamolidek tez yeldi.
KO'zingizda o'z aksimni ko'rib yig'lagim keldi.
Dunyolar ko'p siz yolg'iz, jonim ichra jona-jon.
Bittagina ming yil yashang, ming yil yashang onajon.

Boshim uzra parvona bo'lardingiz siz ona,
Yolg'izlik ezgan qalbimni sog'inch aylar devona.

Faqat to'kmang zorlarim bor yoshingizda onajonim.
Uzay desam qarzlarim ko'p qoshingizda onajonim.
Dunyolar ko'p siz yolg'iz, jonim ichra jona-jon,
Bittagina ming yil yashang, ming yil yashang onajon.

Boshim uzra parvona bo'lardingiz siz ona,
Yolg'izlik ezgan qalbimni sog'inch aylar devona.

Bugun degan qiynoqlardan uzoq oldim o'zimni,
Erta dedim, ertalarning umri shuncha uzunmi?

Boshim uzra parvona bo'lardingiz siz ona,
Yolg'izlik ezgan qalbimni sog'inch aylar devona.

Sevara Nazarxon
Nom: Re: Ota-Onalarimiz haqida qo'shiqlar
Yuborildi: Farida 07 Yanvar 2007, 03:13:41
O'g'lim (Taqdir - Soundtrack)

Soginmoq bor ko’rishmoq endi mushhol,
Oramizda payonsiz daryolar bor.
Bir ko’rishga biz endi zor mushtoqmiz,
Biz ikkiga bo’lingan bitta togmiz.

Dunyolari bevafo hilqat ekan,
Baht degani bir oliy fursat ekan.
Tadir azal oldida ojiz otang,
Ayri yashash bizga bir qismat ekan.

O’ksimagin jon o’g’lim, Polvon o’g’lim,
Seni tashlab ketganim yolgon o’g’lim.
Sensiz mening bag’rim ham butun emas,
Sensiz mening ko’nglim ham vayron o’g’lim.

O’ksimagin jon o’g’lim, Polvon o’g’lim,
Seni tashlab ketganim yolgon o’g’lim.
Topmoq joyda yo’qotmoq ham bor ekan,
O’z holimga o’zim ham hayron o’g’lim.

Ko’zim oqu qorasi sensan bilsang,
Yuragimning nolasi sensan bilsang.
Buni hayot deydilar qil ko’prik u,
Tushunarsan bir kuni yigit bo’lsang.

Maylin men ne bo’lsam ham omon bo’l sen,
Onang orzu qilgandek og'lon bo’l sen.
Otangni qayg’urmay yashasang ham,
Yurti uchun qayg’urgan inson bo’l sen.

O’ksimagin jon o’g’lim, Polvon o’g’lim,
Seni tashlab ketganim yolg’on o’g’lim.
Sensiz mening bag’rim ham butun emas,
Sensiz mening konglim ham vayron o’g’lim.

O’ksimagin jon o’g’lim, Polvon o’g’lim,
Seni tashlab ketganim yolg’on o’g’lim.
Topmoq joyda yoqotmoq ham bor ekan,
O’z holimga ozim ham hayron o’g’lim.

Dunyolari bevafo hilqat ekan,
Baht degani bir oliy fursat ekan.
Tadir azal oldida ojiz otang,
Ayri yashash bizga bir qismat ekan.

O’ksimagin jon o’g’lim, Polvon o’g’lim,
Seni tashlab ketganim yolg’on o’g’lim.
Sensiz mening bag’rim ham butun emas,
Sensiz mening konglim ham vayron o’g’lim.

O’ksimagin jon o’g’lim, Polvon o’g’lim,
Seni tashlab ketganim yolgon o’g’lim.
Topmoq joyda yo’qotmoq ham bor ekan,
O’z holimga o’zim ham hayron o’g’lim.

Yalla guruhi
Nom: Re: Ota-Onalarimiz haqida qo'shiqlar
Yuborildi: Foniy 04 Dekabr 2007, 18:54:59
ONAMGA DEB

Toklar ekdim, uzumlari bolamga deb,
Bog'bon bo'ldim, mevalari o'g'limga deb.
Anjirlardan qiyom qildim, bolamga deb,
Nima qildim, ayting do'stlar Onamga deb!?.
Anjirlardan qiyom qildim, bolamga deb,
Nima qildim, ayting do'stlar Onamga deb!?.

Safarlarga chiqsam oldim, bolamga deb,
Har bozorga borsam oldim, qizimga deb.
Dam olishga borsam oldim, xotinga deb,
Nima oldim, ayting do'stlar Onamga deb!?.
Har bozorga borsam oldim, o'g'limga deb,
Nima oldim, ayting do'stlar Onamga deb!?.

Oyog'iga qo'ylar so'ydim, bolamga deb,
Novvos haydab bordim to'yga, bolamga deb.
Karnay-surnay soz chaldirdim, bolamga deb,
Nima qildim, ayting do'stlar Onamga deb!?.
Karnay-surnay soz chaldirdim, bolamga deb,
Nima qildim, ayting do'stlar Onamga deb!?.

Qator-qator uylar soldim, bolamga deb,
Yemay ichmay to'plaganim, bolamga deb.
Yangi kiyim kiymay o'tdim, bolamga deb,
Nima qildim, ayting do'stlar Onamga deb!?.
Yangi kiyim kiymay o'tdim, bolamga deb,
Nima qildim, ayting do'stlar Onamga deb!?.

Ro'mol oldim, oppog'idan bayramga deb,
Paypoq oldim, yumshog'idan Onamga deb!
Balolarga qoldi boshim Onamga deb!
Nima qilib qo'ydim do'stlar Onamga deb!?.
Balolarga qoldi boshim Onamga deb!
Nima qilib qo'ydim do'stlar Onamga deb!?.
Nima qilib qo'ydim do'stlar Onamga deb!?.
Nima qilib qo'ydim do'stlar Onamga deb!?.

Adhambek Yo'ldoshev
Nom: Re: Ota-Onalarimiz haqida qo'shiqlar
Yuborildi: Foniy 04 Dekabr 2007, 19:58:34
NOLA: ULAR YO'Q

Yuragimda dardim boru choram yo'q,
Bu taqdirga mening boshqa nolam yo'q.
Ketib qolgan karvonlarim qaytmaydi
Xizmatida turay desam onam yo'q.
Hurmatini qilay desam otam yo'q.
Borligida kelmay davlat kechikdi,
Yosh edima baxtu-omad kechikdi,
Mehrim sarson bo'ldi, mehrim ichikdi,
Xizmatida turay desam onam yo'q.
Hurmatini qilay desam otam yo'q.

Duo bilan sulton edim, shoh edim,
Mehri bilan yashab turgan bog' edim,
Duo bilan sulton edim, shoh edim,
Mehri bilan yashab turgan bog' edim,
Endi ko'nglim yetim bo'ldi, men yetim,
Xizmatida turay desam otam yo'q.
Hurmatini qilay desam onam yo'q.
Xizmatida turay desam otam yo'q.
Hurmatini qilay desam onam yo'q.

Qayga qo'lim cho'zsam yetadi endi,
Qani otam? Qani onam? Yo'q! Qani?
Haj yo'liga kuzataman men kimni?!.
Imkonim bor, ammo endi otam yo'q.
Yig'layman goh mehribonim onam yo'q,
Yig'layman goh mehribonlarim ular yo'q,
Xizmatida turay desam otam yo'q,..

Adhambek Yo'ldoshev