forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Robiya 02 Noyabr 2008, 11:54:39

Nom: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 02 Noyabr 2008, 11:54:39
   Assalamu alaykum aziz forumdoshlar!

   Abituriyent va adabiyotga qiziquvchi birodarlar!

   Mana, bugun Sizlar uchun yana bir mavzu tashkil etyapmiz. Bu yerda  Boqijon To’xliyev tomonidan yozilgan "O’zbek adabiyoti" (9-sinf uchun) darsligida berilgan masalalar savol-javob tarzida berib boriladi. 
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 02 Noyabr 2008, 11:59:20
1. Adabiyot tarixi nimalar haqida ma’lumot beradi? — So’z san’atining rivojlanish jarayonlari, mumtoz namoyondalari haqida

2. Qadimgi turkiy adabiyot qaysi davrlarni o’z ichiga oladi? — Eng qadimgi davrlardan boshlab XI-XII asrlargacha

3. Qadimgi ajdodlarimiz yashagan hududlarni ko’rsating. — Baqtriya, So’g’diyona, Xorazm, Parfiya, Marg’iyona, Choch, Parkana.

4. Manbalarda xunnlar deb nom olgan xalqlar kimlarning ajdodi hisoblanadi? — Turkiylarning qadim ajdodi.

5. Turkiylarning qadim ajdodlari turli vaqtlarda qaysi dinlarga e’tiqod qilganlar? — Otashparastlik, masohiylik (xristianlik), buddaviylik, manixeylik (moniylik) va islom dini.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 02 Noyabr 2008, 12:00:36
6.Eramizning VI-VIII asrlarida paydo bo’lgan og’zaki ijodning ertak, marsiya,qo’shiq, rivoyat,maqol kabi namunalari qaysi manba orqali bizgacha yetib kelgan? — Mahmud Koshg’ariyning "œDevonu lug’otit-turk" (1072 yil) asari orqali.

7.O’rxun-Enasoy yodgorliklari yaratilgan davr — V-VIII asrlar.

8.Turkiy tilda yozilgan ilk doston — Yusuf Xos Hojib "œQutadg’u bilig" (Saodatga yo’llovchi bilim) , 1069 yil.

9.Dostonchilik an’anasini boshlab bergan adib — Yusuf Xos Hojib.

10.Yusuf Xos Hojibdan keyin dostonchilik an’anasini davom ettirgan shoirlar — Ahmad Yugnakiy, Sayfi Saroyi, Qutb, Haydar Xorazmiy.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 02 Noyabr 2008, 12:03:34
11."œShiroq", "œTo’maris" kabi rivoyatlarining asl matni qaysi manbalar orqali bizgacha yetib kelgan? — Asl matni saqlanib qolmagan.

12."œShiroq" va "œTo’maris" rivoyatlari haqida ma’lumot bizgacha qaysi manba asosida yetib kelgan? — Yunon tarixchilari asarlari orqali.

13.O’z davrida o’zbek nasrini yuqori cho’qqiga olib chiqqan adib va uning asari — Nosuriddin Rabg’uziy "œQissasul anbiyo" (Payg’ambarlar tarixi)

14.XI asrdan keyingi o’zbek adabiyotining ta’limiy (didaktik) adabiyot deb nomlanishiga sabab? — Bu davr adabiyotida pand-nasihat, ta’lim-tarbiyaviy xususiyat yetakchilik qilgan.

15.Badiiy adabiyotga daxldor bo’lgan so’z qanday vazifani bajarishiu kerak? — Badiiy estetik vazifani.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 02 Noyabr 2008, 12:09:18
16.   Badiiy adabiyotning o’ziga xox xususiyatlari — Voqea-hodisalarni yoki insoniy kechinmalarni, his-tuyg’ularni bayon qilmaydi, balki ularni tasvirlaydi

17.   Yusuf Xos Hojib "œQutadg’u bilig" dostonini taqdim etgan qoraxoniy hukmdorning to’liq ismi — Tabg’och Bug’ro Qoraxon Abo Ali Hasan binni Arslonxon.

18.   "œXos Hojib" so’zi qanday ma’noni bildiradi? — Eshik og’asi demakdir. Hozirgi tilimizda u "œish boshqaruvchi"ga to’g’ri keladi.

19.   Navoiyning qaysi asari uchun Husayn Boyqaro uni o’ziga pir deb bilib, shoirga jilovdorlik qiladi? — "œXamsa" asari uchun

20.   "œArdam bashi til" degan maqol qaysi asarda uchraydi va uning ma’nosi nima? — "œDevonu lug’otit-turk"; "œBarcha fazilatlar boshlanishi tildir".
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 02 Noyabr 2008, 12:10:17
21.   Qaysi ijodkor nazdida shoirlar "œso’z teruvchilar" deb ta’rilanadi? — Yusuf Xos Hojib.

22.   Sayfi Saroyi kimlarni "œso’z" bulbuli deb ataydi? — shoirlarni

23.   Navoiyning shoirlarga bergan ta’rifi — Ruh chamanining xushxon bulbullari

24.   Yusuf Xos Hojib fikricha, til bu — Bilim va aql-idrok tarjimoni

25.   Yusuf Xos Hojib kishidan-kishiga meros deb nimani nazarda tutadi? — So’zni.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:39:47
26. Sayfi Saroyi badiiy so’z qudratini shoirlar iste’dodiga  bog’lab, qanday misralarni yozgan edi? -  Jahon shoirlari, ey gulshani bog’, Kimi bulbuldurur so’zda, kimi zog’.

27. Ko’ngul bermush so’zimga turk jon ham,
       Ne yolg’iz  turk, balki turkmon ham.
     Ne mulk ichkari bir farmon yubordim.
     Aning zabtiga bir devon yibordim.

     Yuqoridagi misralar kimning qalamiga mansub va unda qanday badiiy san’at qo’llanilgan? — Alisher Navoiy; takrir, ishtiqoq, anafora.

28.Mo’g’ul istilochilariga qarshi kurash o’z badiiy ifodasini topgan asarni ko’rsating?- "œSuhayl va Guldursun" (Sayfi Saroi).

29. Adabiyot xayotning in’ikosi sifatida har qanday hodisani aks ettirishi mumkin. Bunday hodisalarni barchasi nima bilan bog’liq? - Inson qalbi, uning ruhiyati, ma’naviyati bilan bog’liq.

30. Obrazlilik badiiy adabiyotning qaysi qismlari uchun xos?- Barcha qismlari uchun xos.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:40:18
31. Qaysi ijodkorning qanday asari XIII-XIY asrlarda Yevropada "œzersal" deb nomlangan janrning yuzaga kelishida turtki bo’lgan? - Yusuf Xos Hojibning "œQutadg’u bilig" asari.

32. Nemis shoiri Gyotining "œG’arbu Sharq devoni"ning yuzaga kelishiga nima sabab bo’lgan?- Sharq she’riyati.

33. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari?- Adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqid.

34. Adabiyot nazariyasi nimalarni o’rganadi?- Barcha zamonlarda bunyod etilgan barcha asarlar uchun umumiy bo’lgan asoslarni, badiiy asarlarining tarkibiy qismlarini, badiiyat qonun-qoidalarini.

35. Adabiy tanqid zimmasida turgan vazifalar?- Hozirgi adabiy jarayonda bunyod etilgan asarlarni baholash, ularning yutuq va kamchiliklarini, taraqqiyot yo’nalishlarini izohlash va ko’rsatish.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:40:44
36. O’zbek adabiyoti tarixi bosqichlari?-
1.   Eng qadimgi adabiy yodgorliklar ("œAvesto", "œAlpomish"v.b.)
2.   Ilk o’rta asrlar adabiyoti ("œKultegin bitiklari"v.b.)
3.   O’rta asrlar adabiyoti (IX-XIY asrlar).   A) Temuriylar davri adabiyoti    B) Navoiy va uning davri adabiyoti
4.   XYII-XIX asrlar adabiyoti
5.   XX asr adabiyoti   

37. Ovrupalik qadimgi va hozirgi olimlar O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, madaniyati, san’ati, urf-odatlarini o’rganish maqsadida nimaga murojaat etishgan?- Shu xalq yaratgan badiiy ijod namunalariga murojaat etishgan.

38. "œTazkira" so’zining ma’nosi? — Arabcha so’z bo’lib, u "œzikr", ya’ni "œeslatish o’tish", "œqayd etish", "œyozib qo’yish" ma’nosini anglatadi.

39. Tazkira bu ? — Shoirlarning hayoti va ijodi haqida ma’lumot, asarlaridan namunalar keltirilgan antologiya — majmuadir.

40. Eng qadimgi tazkira namunasi va uning muallifi ? — Abu Mansur as-Saolibiy, "œYatimat ud-dahr fi maxosini ahli asr" ("œZamona ahlining fazilatlari haqida yagona durdona").
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:41:02
41. "œYatimat ud-dahr" tazkirasi qaysi adabiyot haqida ma’lumot beradi? — U o’sha davr (XI asr) Arab, Ajam, Movarounnahr, Xorazm va Xuroson adabiyoti xususida.

42. "œDonishmand podshox erdi. Kamoloti bag’oyat xub erdi. Yetti qiroat birla Qur’oni majid yodida erdi. Hay’at (astronomiya va riyoziyni) matematika, aljabrni xub bilur erdi"¦ " Ushbu fikrlar kim haqida va uning manbai? — Ulug’bek Mirzo; Alisher Navoiy "œMajolis un-nafoyis".

43. "œZamonining ulug’i, odillar maqbuli, davr akobirlari sardori" kim? — Kamol Xo’jandiy.

44. Tarixchi va geograf Abu Isxoq Istaxriy yashab ijod etgan davr? — 850-934 yillar.

45. Herodot (mil. avv.490-480-430-424)ning "œTarix" asari necha kitobdan iborat? — 9 kitobdan iborat bo’lib, har bir kitobi yunonlar e’zozlaydigan 9 muzadan biriga bag’ishlangan (Klio, Evderna, Galiya, Menpanena, Terpsixora, Erato, Poligimniya, Urganiya, Kalliona).
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:41:25
46. Herodotning "œTarix"kitobida nimalar haqida bahs yuritiladi? — Fors (eron) podsholari, iskif qabilalari, Madiya va Yunoniston (Ellada) kabi qudratli davlatlar o’rtasidagi kelib chiqqan urushlarning sabablari xususida bahs yuritiladi.

47. 17 jilddan iborat "œGeografiya" kitobini muallifi?- Strabon.

48. Makedoniyalik Iskandarning bizning vatanimiz So’g’diyonaga qanday bostirib kelgani, Spitamen kabi milliy qahramonlarimizning jasoratli tasvirlangan "œIskandarning yurishi" asari kimning qalamiga mansub?- Arrian Flaviy II-yunon tarixchisi va yozuvchisi.

49. Adabiyot nazariyasiga oid ilk manbalardan biri, Arastuning "œPoetika " asariga sharx sifatida yozilgan asarning nomi va muallifi?- Forobiy, "œShe’r san’ati haqida".

50. "œMafotihul-ulum" ("œIlmlarning kalidlari") asarini kim yozgan? — Abu Abdulloh Xorazmiy (Mazkur asar 9 kitobdan iborat bo’lib, unda adabiyot, tarix, musiqa san’atiga doir qimmatli ma’lumotlar uchraydi.)
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:41:39
51. O’rta Osiyo haqida tarixiy ma’lumotlar qoldirgan chet el sayyohlari?- Sima-Siyan, Marko Polo, Istaxriy, Maksidiy, Rui Gonzales Klavixo.

52. Marko Polo (1254-1324) qayerlik yozuvchi?- Genuyalik. U "œMarko Polo kitobi" asarida Old Osiyo, Markazi Osiyo va Xitoydagi xalqlarning urf-odatlari, madaniyati, san’ati, jumladan, badiiy ijodlari haqida ham ayrim ma’lumotlarni bergan.

53. "œU Kastiliyalik sayyoh bo’lib, 1403-1406 yillar davomida Samarqandda bo’lgan. Amir Temur va temuriylarga doir ko’pgina ishonchli va ishonsiz ma’lumotlarning Yevropaga tarqalishi imkon yaratgan". Kim haqida so’z boryapti?- Rui Gonzales Klavixo haqida.

54. To’liq nomi Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Ibrohim ibn Yusuf al Lavati at-Tanjiy bo’lgan sayyoh qaysi nom bilan mashxur?- Ibn Batuta.

55. Ibn Batuta 28 yillik sayoxat davomida dunyoning qaysi mamlakatlarida bo’lgan? — Shimoliy va G’arbiy Afrika, Arabiston yarim oroli, Hindiston, Ispaniya, Turkiya, Eron, Sharqiy Yevropa, Xitoy va O’rta Osiyo.

Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:41:53
56. Ibn Batuta O’rta Osiyoning qaysi sulola istilosi asoratlarini o’z ko’zi bilan ko’rgan?- Mo’g’ul Istilosi.

57. Ibn Batuta kimlarga nisbatan "œUlardan olijanob, mehmondo’st xalqni uchratmadim" deydi?- Xorazmliklarga.

58. Ali ibn Mansur kim?- Ibn Batutani saroydan Xorazmgacha kuzatib borgan savdogar.

59. Ibn Batuta qaysi Sharq buyuk mutafakkirlari haqida ma’lumot qoldirgan?- Najmiddin Kubro, Sayfiddin Boxarziy, Abu Abdullo al — Buxoriy.

60. "œMuqaddimatul-adab" asarining muallifi kim, unda asosan nimalarga e’tibor berilgan? — Mahmud Zamahshariy; asar arab tili qoidalariga bag’ishlangan bo’lsa-da, unda adabiyot nazariyasiga, ayniqsa, badiiy tasvir vositalariga alohida e’tibor berilgan.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:42:22
61. O’rta Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligi, zardo’shtiylik dinining muqaddas kitobi ? — "œAvesto".

62. "œAvesto" qanday tarixiy ma’lumotlarni beradi?- U O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayoti, dinlari, olam va odam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari, adabiyoti va yozuv san’atini o’rganishda muhim manbadir.

63. "œAvesto" dagi ma’lumotlarning qadimgi qismlari qaysi davrga taalluqli?- Miloddan avvalgi 200-100 ming yillarga.

64. "œAvesto"dagi ma’lumotlarning qadimgi qismi qanday nomlar bilan yuritiladi?- "œGotlar"(gohlar) va "œYashtlar".

65. "œQadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarining muallifi kim, u qaysi yillarda yashab ijod qilgan?- Abu Rayhon Beruniy; 973-1048.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:43:06
66. Podsho Doro ibn Doro xazinasida "œAvesto"ning necha nusxasi bor edi?- 12 ming qora mol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi.

67. Nima uchun "œAvesto"ning 5/3 qismi yo’qolib ketgan edi? — Iskandar Zulqarnayn bosqini davomida otashxonalarni vayron qilib, undagi xizmatchilarni halok qiladi va buning oqibatida u yerda saqlanayotgan "œAvesto"ning 5/3 qismi yo’qolib ketadi.
68. "œAvesto" asari necha naskdan iborat va bu atama Qur’onning qanday bo’laklariga to’g’ri keladi?-30 naskdan iborat; Qur’ondagi haftiyak bo’laklariga to’g’ri keladi.

69. "œAvesto"ning qisqartirilgan shakli qanday nom bilan mashxur edi?- "œZand Avesto".

70. "œAvesto"ning O’rta Osiyo xalqlari orasida iste’moldan chiqa borishiga sabab nima edi?- Arablar istilosi davrida zardushtiylik diniga sig’inuvchilar ta’qib ostiga olinishi natijasida.

Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:43:20
71. "œAvesto" bitilgan davrning o’ziga xos xususiyati?- Ko’pxudolikdan yakka xudolikka o’tish davri.

72. "œAvesto"dagi yaxshilik va yovuzlik xudolari qanday nomlanadi va ular o’rtasidagi o’zaro kurash necha yil davom etgan?- Yaxshilik- Axuramazda, Yomonlik — Axriman; 3-4 ming yillar.

73. "œAvesto"da farishta Jabroilning boshqacha ismi qanday nom bilan keltiriladi?- Tangri farishtasi Surush.

74. "œAvesto"da qil ko’prikning nomlanishi qanday?- Chinvod (Chinobod).

75. "œAvesto"da keltirilishicha, qil ko’prikdan o’ta olmagan gunohkorlarni do’zaxga kim boshlab boradi?- Dev Vizrash.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:43:32
76. "œAvesto" ta’limoti to’g’risida kimlarning tadqiqotidan to’liqroq ma’lumot olish mumkin?- N.Mallayev, T.Mahmudov, F.Sulaymonova, N.Norqulov singari olimlarning tadqiqotlaridan.

77. Madaniy merosning qanday ma’rifiy — tarbiyaviy ahamiyati bor?- U yoshlarda axloq-odob va ezgulikni, do’stlik va ahillikni, yaxshilik va olihimmatlikni, qahramonlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlikni shakllantirish va tarbiyalashda o’ziga xos o’ringa ega.

78. Quyidagi fikr kimga tegishli? "œTarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz xududining xolis va xaqqoniy tarixini tiklash, milliy o’zlikni anglashni, ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftixorno tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi".?- I.A. Karimov ("œO’zbekiston XXI asr bo’sag’asida". Xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.).

79. "œTo’lxarma" atamasi qaysi manbada uchraydi va uning ma’nosi? — "œTavrot", "œturk".

80. Qadimgi Xitoy manbalarida tik,di,tukyu qabilalarining nomi qayd qilingan. Aslida bularning barchasi qaysi so’zning turlicha shaklidir?-"œTurk"so’zining.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:43:55
81. "œTurk" so’zining ma’nolari?- "œQalpoq", "œdubulg’a", "œtark etilgan", "œyetuklik chog’i", "œdengiz qirg’og’ida o’tirgan odam", "œjazb etmoq", "œtarqalmoq", "œyoyilmoq", "œkuch-quvvat", "œbo’ri".

82. Geografik nom sifatida Turkiya atamasi qaysi manbada mavjud?- Vizantiya manbalarida. YI asrda bu nom Kichik Osiyoni anglatgan. IX-X asrlarda Volga bo’yidan o’rta Yevropagacha bo’lgan xududlar ham shu nom bilan atalgan.

83. Onaduli-Anatoliya nechanchi asrdan boshlab Turkiya nomini olgan?- XII asrdan boshlab.

84. Qadimda turkiy xalqlar yashaydigan joylar nima deb nomlangan? — Turon deb. Bu yerlarni forslar "œTuronzamin" deyishgan.

85. Dastlabki yozma manbalar qaysi asrga tegishli va ular qanday nom bilan mashxur?- YI-YII asrga tegishli; O’rxun-Enasoy obidalari.

Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:44:05
86. Turkiy til nechanchi asrgacha amalda bo’lgan?-XII-XIII asrlargacha.

87. O’zbekiston xududida qadimgi odam turmush tarzining izlari topilgan makonlar?- Samarqand yaqinidagi Omonqo’ton g’ori, Xojakent Chorbog’ tog’lari, Zorovud kamar g’ori.

88. "œO’n uch asrlik tarix silsilasida bu til namunalari shimoliy sharqda tabiatga ishonch sifatida Urxun obidalarida, shimoliy-g’arbda xristian dini shaklidagi nastoriy yozuvida, janubiy-sharqda budda dinida so’g’d, uyg’ur yozuvlarida, moniylik dinida moniy va uyg’ur yozuvlarida, so’ngroq islom dinida arab yozuvi bilan yozilgan". Qaysi til haqida fikr yuritilyapti?-Turkiy tili haqida.

89. Sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikning rivojlanishi qaysi asrdan boshlab ko’zga tashlanadi?-Eramizdan avvalgi YII asrdan boshlab.

90. Xorazm davlatchiligi necha ming yillik tarixga ega?-3000yillik.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:44:14
91. Nechanchi aslarda ahomoniylar davlati vujudga keldi va uning inqirozini tezlashtirilishiga sabab nima?- Eramizdan oldingi YI-Y asrlar boshlarida; Iskandar Zulqarnaynning harbiy yurishlari.

92. Ahomoniylar davlatining yemirilishi hamda Yunon-Baqtriya davlatining yuzaga kelishi bilan uning atrofida qanday mamlakatlar paydo bo’la boshladi?- Parfiya, Baqtriya, So’g’d va Kushon davlatlari (er.gacha II-I asrlar).

93. Eramizning boshlarida Xorazmda qanday davlat vujudga keldi?- Qang’ davlati.

94. Qadimgi turkiylarning ilk birinchi hokimligi qanday nomlanadi, u nechanchi asrlarda hukmronlik qilgan?- Ko’k turk hokimligi; YI-YII asrlarda.

95. Ko’k Turk hokimligi tarkibiga qaysi xalqlar kirgan?- Tulashlar, tardushlar, uyg’urlar, un-uklar, basmillar, qirg’izlar, ug’uzlar, kitanlar, tatabi, to’qqiz-tatar, o’tuz-tatar va boshqalar.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:44:31
96. Ko’k Turk davlatining yemirilishiga sabab nima?- 1. Keyingi davrlardagi hukmdor va boshliqlarning layoqatsizligi.
2. Turkiy qavmlarning o’zaro noahilligi.
3. Tabg’ach davlatining siyosati va ichdan yemiruvchi targ’ibot —tashviqoti.

97. Qadimgi turkiylar ko’pincha qaysi soha bilan shug’ullanishgan?- Chorvachilik, ovchilik.

98. Qo’yqirilgan qal’asi qaysi viloyatga tegishli, u yerdan qanday san’at asarlari topilgan?- Xorazmga; u yerdan eramizgacha bo’lgan IY-III asrlarga oid deb qaraladigan sopol ko’zachalar topilgan.

99. Qadimgi ajdodlarimiz turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan tarixiy ashyolar topilgan xududlarni ko’rsating?- Bolaliktepa (Surxondaryo), Panjakent , Ajinatepa (Surxondaryo), Ayritom (Termiz yaqinida).

100. So’g’d va xorazmiy yozuvi qaysi yozuv asosida shakllangan?- Oromiy yozuvi.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:45:33
101.   Xorazmiy yozuvining eng qadimgi namunasi qayerdan topilgan?-Qo’yqirilgan qal’asidan topilgan bo’lib, u eramizdan oldingi III asrga oiddir.


102.    So’g’d yozuvining yodgorligi qaysi makondan topilgan?-Tali   Barzu (Suzd)dan topilgan sopol idish sinig’iga o’yib yozilgan va u er. oldingi I asrga tegishli. Bu yozuv namunalarining II-III asrlarga oid obidalari Dunxuan (Sharqiy Turkiston) dan topilgan.

103.       Mug’ tog’idagi qal’a (Panjakent yaqinida)dan nechta tarixiy buyum topilgan?- 400 yaqin.

104.   Mug’ tog’idan topilgan arabiy bitik xujjatda qanday ma’lumot mavjud?-Lashkarboshi Divashtichning jang oldidan ittifoqchilaridan yordam so’ragani bayon qilingan (YIII asr).

105.     Menandr kim?-Yunon tarixchisi.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:47:04
106.      Islomdan oldin turkiy xalqlar orasida keng qo’llanilgan, u YI-YIII asrdan e’tiboran qo’llanilgan, hatto arab yozuvi bilan yonma-yon holda XY — asrgacha, Xitoydagi uyg’urlar orasida esa keyingi asrlarda ham iste’molda edi? Qaysi yozuv haqida fikr bildiriliyapti va uning shakllanishida asos bo’lgan yozuvni ko’rsating?- Uyg’ur yozuvi; Sug’d yozuvi.


107.   Uyg’ur yozuvi necha xarfdan iborat va uning asosiy xususiyati?- 18 xarfdan iborat; bu yozuv o’ngdan chapga qarab yozilgan.

108.     Qaysi manba uyg’ur yozuvi haqida dastlabki ma’lumot beradi?- Mahmud Koshg’ariyning "œDevonu lug’otit turk"asari.

109.      "œBarcha xoqonlar sultonlarning kitoblari, yozuvlari qadimgi zamonlardan shu kungacha, Qashqardan Chingacha hamma turk shaharlarida shu yozuv bilan yuritiladi". Fikr kimga tegishli, unda qaysi yozuv haqida so’z bormoqda?-Mahmud Qoshg’ariyga; uyg’ur yozuvi.

110.        Yusuf Xos Hojibning "œQutadg’u bilig" asarining XY asrda Hirotda ko’chirilgan nusxasi qaysi yozuvda bitilgan?-Uyg’ur yozuvida.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:48:08
111.         "œOltin yorug’" asarini xitoy tilidan kim tarjima qilgan?-X asrda Beshbaliq (Sharqiy Turkiston) shahrida yashagan Singku Seli Tutung.

112.          Uyg’ur yozuvidagi nusxalari mashxur bo’lgan asarlar?- "œO’g’uznoma", "œMuhabbatnoma" (Xorazmiy), "œLatofatnoma" (Xo’jandiy), "œMahzanul-asror" (Mirhaydar).

113.          O’rxun Enasoy yodgorliklarining topilishi va o’rganilishi nechanchi asrdan boshlanadi va u haqida dastlabki xabarni kim beradi?-XYIII asrdan; Rus xizmatchisi Remezov.

114.          O’rxun Enasoy yodgorliklarini Yevropa axliga ilk marta taqdim qilgan shaxslar?- Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmidt.

115.           O’rxun yodgorliklari nomini olgan dastlabki toshga bitilgan obidalar  qayerdan bitilgan?- O’rxun, Selenga, Tuli daryolari atrofidan — Shimoliy Mo’g’ulistondan.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:49:19
116.         O’rxun Enasoy yodgorliklaridagi barcha xarflarni qaysi olimlar, nechanchi yilda o’qishga muyassar topilar?- Daniyalik olim Vilgel’m Tompson, rus olimi V.Radlov (1893 yilda).

117.            "œTosh bitiklari" deb qaysi obidalar nomlanadi va buning sababi?- O’rxun Enasoy obidalari; Ko’pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o’yib yozilganligi.

118.           Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan joylar?- bnO’rxun va Enasoy daryolari atroflari, Turfon (Sharqiy Turkiston) Osiyo va Yevropaning ko’pgina joylari.

119.         Qadimda turkiy xalqlar qaysi xududlarda o’z davlatlarini idora qilishgan?- O’rta Osiyodan boshlab Dunaygacha bo’lgan xududda.

120.         Tosh bitiklari asosan qaysi xoqonlikning o’ziga xos badiiy solnomasi hisoblanadi va u nechanchi yilda yuzaga kelgan?- Turk xoqonligining; 545 yilda yuzaga kelgan.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:50:34
121.       "œUshbu bitiktosh 2 ta ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm. dan iborat. Bu yodgorlikni Elizaveta Klemens 1897 yilda Shimoliy Mog’ulistonda eri Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan. Bitiktosh Ulan-Batordan 66. km. Janubi-Sharqdagi Bain Sokto manzilida bo’lgan va hozir ham shu yerda saqlanadi". Ushbu fikr qaysi bitiktosh haqida?-    "œTo’nyuquq" bitiktoshi.

122.        "œKultegin" bitiktoshi  nimadan ishlangan va uni kim, qachon va qayerdan topib olgan?- Marmardan ishlangan bo’lib, uni rus ziyolisi N.M. Yadrinsev 1889 yili Mug’ulistonning  Kosho Saydam vodiysidagi Kukshin Urxun daryosi kir tog’idan topgan.

123.         "œBitiktosh ag’darilib, uchga bo’lingan, ayrim satrlari nurab, yozuvlari ham zarar ko’rgan. U 80 satrdan iborat bo’lib, unga "œKultegin" bitiktoshidagi 41 satr takrorlangan". Qaysi bitiktosh haqida so’z bormoqda, uni kim topgan?- "œBilga Xoqon"; M.N. Yadrinsev.

124.        Yodgorliklarni ilmiy jihatdan butun dunyo turkiyshunoslaridan kimlar o’rganmoqda?- V.Tompson va V.Radlovdan keyin S.E.Malov, S.G.Klyashtorniy, I.V.Stebleva, X.Urxun, T.Tekin, Najib Osim, G. Aydarov o’zbek olimlaridan A.Rustamov, G’.Abdurahmonov, N.Rahmonov.

125.       Yodgorliklarni hozirgi o’zbek tiliga o’girgan olimlarni ko’rsating?- A.P.Qayumov ("œQadimiyat obidalari"), G’.Abdurahmonov va A.Rustamovlar ("œQadimgi turkiy til").
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:51:37
126.       Runiy yozuvidagi yodgorliklardan qaysi biri qog’ozga yozilgan bo’lib, uni kim qayerdan topib olgan?- "œIrq bitigi" ("œTa’birnoma") qog’ozda yozilgan. Uni venger olimi A. Steyn Sharqiy Turkistondagi Dunxua manzilidan topgan (1907 yil).

127.       Run yozuvlar topilgan makonlar?- Talas vodiysi, Sibir o’lkasi.

128.       Teriga yozilgan runiy bitiklari qaysi muzeyda mavjud?- Minusink muzeyida.

129.        "œU ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonning maslaxatchisi va sarkardasi bo’lgan". Kim haqida ma’lumot berilgan?- To’nyuquq haqida.

130.        Turkiylarning o’z erkini qo’ldan berib qo’yishlarining sabablari "œTo’nyuquq"da qanday bayon etilgan?-"œTurk xalqi boshboshdoqlikka, o’zibilarchilikka, beparvolikka yo’l qo’ydi"¦o’zining xoni bilan birga bo’lmadi".
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:52:24
131.       "œTo’nyuquq" yodgorligida To’nyuquq qanday shaxs sifatida namoyon bo’ladi?- Xalq yetakchisi, dono maslahatchi, kuchli va botir sarkarda.

132.       "œShad"so’zini izohlang?- Bu turk xoqonligidagi eng oliy darajadagi unvonlardan biri (To’nyuquq yetti yuz kishini birlashtirib, "œshad"degan unvon oladi).

133.       To’nyuquq kimlar bilan birga mamlakat mustahkamligiyu mustaqilligi, el-yurt farovonligi, yurt osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib bordi?- Bugu tarxon hamda Eltarish xoqonlar bilan birga.

134.       To’nyuquqning xotirjamligi qaysi jumla orqali ifodalangan?- "œXalqning tomog’i to’q edi" jumlasi orqali.

135.        Alliteratsiya bu?- Tovushlar ohangdorligi, asosan bir xil tovushlarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdorlik. Unda unli va undosh tovushlar takrorlanishi mumkin. (Ungra kitaynyig’ ulurtachi terman, Bani Ug’uzug’ Ulurtachi — o’q terman.("œTo’nyuquq").
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:54:22
136.        "œBilga xoqon" bitigida qanday qabila va urug’ nomlari, joy va daryolar ismlari uchraydi?- Olti cho’b sug’dak xalqi, tabg’ach basmil, idikut, chik xalqi, qirg’iz, qarluq, to’qqiz o’g’uz, turk tatabi-turgash kabi qabila va urug’, Buluchi, Beshbaliq, Tamgudukbosh, Tugu baliq, Antargu, Chush, Azganti qadaz, Magi Qo’rg’on, Idar bosh, Qumg’on yish, Sunga yish, Oltin yish singari joy nomlari, Kam, Irtish, Tugla (Tuli) kabi daryo nomlari uchraydi.

137.        Bilga xoqon obidasidagi voqealar tizimini qanday guruhlash mumkin?-
A)   qahramonning muayyan yoshi;
B)   voqea sodir bo’lgan joy;
C)   voqeaning mohiyati;
D)   natija.

138.   "œTurli-tuman tarixiy ma’lumotlarga tayanib turib, O’rta Osiyoni eposlar beshigi deb nomlash mumkin", degan fikrning muallifi?- Boqijon To’xliyev.

139.       Shiroq haqidagi afsona mazmunini yozib qoldirgan tarixchi?- Polien.

140.       Eramizdan oldingi Y asr oxiri, YI asr boshlarida yashagan Ktesiy (430-354) ham yana bir rivoyatni ("œZarina va Straingiya") yozib qoldirgan. Uning ma’lumotlari qaysi asar orqali yetib kelgan?- Tarixchi Appelodor (er. oldingi birinchi asr)ning "œTarixiy kutubxona" asari orqali.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:55:08
141.     Zoriadr va Odatida nomlari bilan bog’liq afsonani qaysi tarixchi yozib qoldiragan?- Eramizdan avvalgi IY asrda yashagan Xores Mitilinskiy degan tarixchi yozib qoldirgan.

142.       Tubandagi parchaning ma’nosi nimadan iborat? Tangri yaruk, kuchluk, bilgaka yalvarar biz, Utunur biz Kun, Ay tangrika. Yashin tengri num quti       Mar mani firishtalarka?- Nurli, qudratli dono Tangriga yolvoramiz. Quyosh va Oy tangrilariga o’tinamiz. Yashin tangrisi, yaramish saodati 
Mor mani va farishtalarga"¦

143.   "œBu turkcha qo’shiqlar tuzattim senga, O’qurda unutma, duo qil menga". Mazkur misralar muallifi kim?- Yusuf Xos Hojib.

144.      "œTakshut", "œIr", "œShlok", Kug kabi atamalar qanday ma’noni bildiradi?- Takshut-she’r, nazm, bayt, manzuma, Ir-g’azal, maqom, kuy. Shlok-manzuma,madhiya, Kug-kuy, she’r vazni.

145.       "œBizning tengrimiz edgusi redni teyur, Rednida yig’ mening edgu tengrim alpim bekrikim". Berilgan misraning mazmunini izohlang?- Bizning tangrimiz ezguligi javhardir,derlar, Javhardan ham yaxshi mening ezgu tangrim, alpim, qudratim.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:57:12
146.    "œTurunglar, qamug’ beklar, qadashlar, Tang tangriga ugalim"¦" Ajratilgan so’zlarning ma’nosini ayting?-Qamug-barcha, qadashlar- qardoshlar, tang-tong, ugalim madh etaylik.

147.      Muayyan qofiya tartibiga ega bo’lgan, mazmun va ohang jihatdan tugallangan musiqiylikni yuzaga keltiruvchi she’r bo’lagiga"¦"¦"¦.?- "¦.band Deyiladi.

148.    Sharq she’riyatida necha misragacha bo’lgan bandlar uchraydi?- Ikki Misradan o’n misragacha bo’lgan bandlar uchraydi.(Ikki misra-masnaviy, uch- misrali musallas, to’rt misrali-murabaa, besh misrali-muxammas, olti- misrali-musaddas, yetti misrali- musabba, sakkiz misrali- musamman, to’qqiz misrali-mutassa, o’n misrali bandlar esa muashshar deb yuritiladi).

149.   Yusuf Xos Hojibning "œQutadg’u bilig", Ahmad Yugnakiyning "œHibatul haqoyiq" asari qaysi vaznda yozilgan?- Aruzda bitilgan.

150.    "œInversiya" so’zi qanday ma’noni bildiradi. Uning asosiy vazifasi nimadan iborat? — Lotincha "œo’rin almashtirish" degan ma’noni bildiradi hamda so’zlarning gapdagi holati, tartibini o’zgartirilishini anglatadi. Tinglovchining e’tiborini asosiy ma’no tashiyotgan so’zga tortish, xabar, so’roq, buyruqning ma’no noziklarini yanada bo’rttiribroq ko’rsatish, shuningdek, his-hayajon kuchini ta’kidlash, inversiyaning asosiy maqsad, vazifasidir.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:57:58
151.    "œSandan qachar sandilach,
           Mandan tinar qarlig’ach.
           Tatli o’tar sandug’ach,
            Erkak-tishi uchrashur". Berilgan to’rtlik kimning nutqidan va undagi ajratilgan so’zlar ma’nosini ayting?- Daraxt nutqidan; sandilach-sa’va, qarlig’ach — qaldirg’och, sandug’ach — bulbul.

  152.   Atoqli olima Fozila Sulaymonova yunonlar To’maris deb atagan bu qahramonni qanday nomladi?- Tumor deb nomladi.

153.   "œTo’maris" afsonasidagi voqealar asosan qaysi hududda yuz bergan?- Qadimgi O’kuz  (hozirgi Amudaryo)daryosi qirg’oqlarida.

154.    "œAgar biz dushmanni o’z yerimizga o’tkazsak-da, yengilsak, podshohligingdan batamom ayrilasan. Chunki g’olib chiqqan dushman mamlakat ichkarisiga intiladi. Agar dushman yeriga o’tib, g’alaba qilsang, oldinga intilasan"¦" Berilgan kimning nutqiga tegishli?- Eron shoxi Kirning maslahatchisi Krezga.

155.     "œTo’maris" afsonasidagi Kambiz kim?- Eron shohi Kirning o’g’li.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:58:51
156.      "œSen ko’zingni ochsang, olam nurga to’ladi, ko’zingni yumsang, yer yuzini qorong’ulik lashkarlari bosadi ". Ushbu parcha kimning nutqidan va u kimga qaratilmoqda?- To’maris nutqidan; Quyosh tangrisi (Mixra)ga.

157.       Seyiston qaysi qabila mamlakati va uning hozirgi hududini belgilang?- Sak qabilasi; hozirgi Eron va Afg’oniston hududida joylashgan.

158.       "œShiroq" afsonasidagi Rustak kim?- Yurt oqsoqollaridan biri, u el ichidagi mashxur pahlavonlardan edi.

159.       O’zbek adabiyotida Shiroq obrazini badiiy talqin etgan yozuvchilar?- Mirkarim Osim ("œShiroq"hikoyasi), Yavdot Ilyosov ("œXolxol o’lim"), Mirmuhsin ("œShiroq dostoni").

160.      Asotir, afsona, rivoyat o’rtasida qanday farq bor?- Asotirlar ertaklarga yaqin turadi. Ularning har ikkisida ham fantastika, badiiy hayolot yetakchilik qiladi. Qahramonlarga g’ayriodatiy sifatlar "œyuklanadi". Afsonalarda esa asosan osmoniy hodisalar emas, balki yarim hayotiy, yarim hayoliy voqealar tasvirlanadi. Rivoyatlar esa tarixga yanada yaqin turadi. Afsonalar asosan muayyan voqea-hodisa haqidagi ayrim ma'lumotlarni berish bilan kifoyalanadi. Ularda shu voqea va voqea ishtirokchilarining tasviri asosiy o'r’n tutmaydi.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 12:59:50
161.    "œOltin qon" nomli tig’ haqidagi afsonani kim yozib olgan va u nega shunday ataladi?- Mahmud Koshg’ariy (XI asrda); Turk askarlaridan biri Zulqarnayn askaridan birini qilich bilan urib, kindigigacha ikkiga ajratib yubordi. O’lgan askarning belbog’ida oltin hamyon bor edi. Hamyonga qilich tegib kesildi. Undagi qonga belangan oltinlar yerga sochildi. Ertasi ertalab turib askarlar qonga bo’yalgan oltinlarni ko’rib, bir-birlariga "œbu nima?"deyishar va "œoltin qon" deb aytishar edilar. Bu joydagi katta tog’ shu ism bilan ataladi.

162.    Ertak, doston, afsona, rivoyat ijrosiga ko’ra qanday farqlanadi?- Ertakni ertakchilar, dostonlarni baxshilar ijro etganlari holda, afsona va rivoyat istalgan kishi tomonidan aytilishi mumkin.

163.    Afsona Mahmud Qoshg’ariy kitobida qanday nomlanadi?_- "œSav" deb.

164.    G’azna davlatining asoschisi kim va u qaysi qabiladan edi?- Nosiruddin Sabuktagin; Turkistondagi barsqon qabilasidan.

165.     Mahmud G’aznaviy kim?- Sabuktaginning katta o’g’li. U keyinchalik g’aznaviylar sulolasining asoschisi sifatida taniladi.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 13:00:42
166.     Hasan Bug’roxon Movarounnahr ustiga qachon lashkar tortdi?- 992 yilda.

167.     Somoniylar davlati o’rniga qaysi davlatlar maydonga keldi?- Qashqardan Amudaryogacha cho’zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismi Yettisuv, Shosh, Farg’ona va qadimgi So’g’dni qamrab olgan qoraxoniylar hamda shimoliy Hindistondan Kaspiy dengizining janubiy qirg’og’igacha bo’lgan G’aznaviylar davlati.

168.     Xorazm qachon G’aznaviylar tarkibiga qo’shib olinadi?- 1017 yilda.

 169.    Saljuq ibn Dukak qaysi qabila boshlig’i bo’lgan, bu qabilalar asosan qayerlarda ko’chib yurishgan?- Turk-o’g’uz qabilasi boshlig’i; ular asosan Kaspiy va Orol bo’ylarida ko’chib yurishgan, X asr oxirlarida Nur (Nurato) atrofida joylashgan edilar.

170.   Saljuqiylar nechanchi yilda Nishopurni egalladi va kimni sulton deb e’lon qilishdi?- 1038 yili; boshliqlari Tug’rulbekni (1038-1063) sulton deb e’lon qilishgan.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 13:02:02
171.    Qoraxoniylar xoni qanday nom bilan yuritilardi?- "œTamg’ach"yoki "œTabg’ach" nomi bilan. Turklar xitoy imperatorini ham shu nom bilan atashgan.

172.    Buxorodagi Minorai Kalon qaysi hukmdor davrida qurilgan?- Qoraxoniylar hukmdori Arslonxon zamonida.

173.     Qoraxoniylar hukmronligi davrida qaysi shaxarlarni o’ziga poytaxt qilib olgan edi?- Isfijob (Sayram), O’tror, Shosh, Bolosog’un, Xutan.

174.     Mahmud Qoshg’ariy qayerda tug’ilgan va uning to’liq ismini toping?- Bolosog’un shaxrida; Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad.

175.     Mahmud Qoshg’ariyning ilk ustozlaridan biri?- Qashqarlik Husayn Xalifa.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 13:02:53
176.     Turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan birinchi tilshunos olimning (Mahmud Qoshg’ariyning) "œDevonu lug’otit-turk" asari nechanchi yillarda yozilgan?- 1072-1074 yillarda.

177.    Yigitlaring ishlatu,
           Yig’ach yamish irg’atu,
      Qulan, kayik avlatu,
      Bazram qilib avlanim.
   Ushbu to’rtlikning ma’nosini izohlang?- Yigitlarni ishlatib, Daraxt mevalarni qoqtiraylik. Qulon, kiyiklarni ovlatib, bayram qilib ovunaylik.                                       

  178.   Erdi ashin taturgan, Yavlak yagik qatargan. Bo’ynin tutib qazirgan  Basti o’lim agtaru. Berilgan parcha qaysi mazmunda bitilgan?- Bir kishining o’limiga achinib aytilgan to’rtlik.

179.    Iqilachim erik bo’ldi,        
           Erik bo’lg’u eri ko’rdi.
           Bulut o’rub ko’k o’rtuldu,
           Tuman turib to’li yag’di.  To’rtlik mazmunini izohlang?- Sho’x, o’ynoqi otim sur’at bilan chopdi, Yugurishda o’zdi. Bulut ko’tarilib, tuman to’shib, do’l yoqqani uchun u shunday sho’xlikni munosib topdi.

180.Bulnar meni ulas ko’z, Qara mengiz qizil yuz. Andin tamal tugal tuz Bulnap yana gul qachar.  Yuqoridagi to’rtlik qanday mavzuda bitilgan va unda ajratilgan so’zlarni izohlang?- Yorning go’zalligi, latofati madh etiladi. Ishqiy hayajon, muhabbat shavqi tilga olinadi; ulas-mastona, mengiz — xol, bulnap- asir qilmoq.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 13:03:37
181.     Quyidagi misralar ma’nosini bering va unda qo’llangan badiiy san’atni toping.  Aqtirur ko’zum yo’lak, Tushlanur o’rdak,yug’aq?- Ko’zim yoshlari buloq singari oqadi, Hatto unda o’rdak, oqqush kabi qushlar yig’iladilar, sho’ng’ishadilar; mubolag’a.

182.     Qaqlar qamug’ ko’lardi. Tag’lar bashi ilardi. Ajun tani yilirdi. Tutu chechak yerkash ur. Ushbu to’rtlik qanday mavzuga bag’ishlangan, ajratilgan so’zning ma’nosini ayting?- Qishning tugab, bahorning boshlanayotgani, muzlar erib, oqar suvlarning ko’paygani, tabiatning uyg’ona boshlashi tasvirlanadi; dunyo.

183.     Munozara janrining o’ziga hosligi va uning o’zbek adabiyotidagi go’zal namunalaridan keltiring?- Munozara o’ziga xos adabiy janr bo’lib, u asar qahramonlarining o’zaro tortishuvi, bahsi asosida quriladi. Munozaradagi ishtirokchilar asosan ramziy (kinoyaviy) hususiyatga ega bo’ladi. U she’ri yoki nasriy tarzda yaratilishi mumkin; Yusuf Amiriyning "œBang va Chog’ir", Yaqiniyning "œO’q va Yoy", Nishotiyning "œShohboz va Bulbul", "œGul va Daf", "œBinafsha va Chang" kabilar.

184.   Qish yay bila to’qushti, Qing’ir ko’zun baqishdi. Tutushqali yaqishdi. Utg’alimat o’g’rashur. Yuqoridagi to’rtlik qaysi janrda yozilgan va uning ma’nosi hamda qo’llangan badiiy san’ati?- Munozara janrida; Qish yoz bilan to’qnashdi. Bir-birlariga ular yomon ko’z bilan qarashdi. Bir-birlarini tutish uchun yaqinlashdilar. Ularning har biri yengishni istardi; jonlashtirish.

185.   "œQo’shiq" atamasi ilk marta kim tomonidan qayd etilgan va u qanday nom bilan izohlanadi?-Mahmud Qoshg’ariy; she’r qasida.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 13:04:44
186.   Quyidagi to’rtlikning mazmuni va qofiyalanishi tartibini ko’rsating. 
Qo’shni-qo’num ag’ishqa,
    Qilg’il angar ag’irliq,
    Artut alib anung’il,
    Ezgu tavar o’g’urliq?- Qo’ni-qo’shnilaringa yaxshilik qil. Ularni hurmatla. Ulardan biror sovg’a olsang, undan yaxshiroq mukofot xozirla; A-b-v-b.

187.   "œAlp Er To’nga" qanday ma’nosini bildiradi?- Kuchli, baxodir odam.

188.   "œAlp Er To’ngan marsiyasi" "œQish bilan Yoz" munozaralari she’riy qofiyaning qanday shaklida yozilgan?- Murabba.

189.   Turklarning qadimiy qahramoni bo’lmish "œAlp Er To’nga"ni tojiklar qanday nomlagan va bu ma’lumotni qaysi adib keltiradi?- Afrosiyob; Yusuf Xos Hojib.

190.   "œAlp Er To’nga"ning farzandlari haqida ma’lumot bering va Qoshg’ariy uning qaysi farzandi haqida to’liqroq fikr bildiradi?- Barman, Barsg’an-o’g’illari, Qaz-qizi; "œQaz-Afrosiyob qizining nomidir. Qazvin shaxrini shu qurgandir. Bu so’zning asli qaz o’yini-g’oz o’ynaladigan joy demakdir"¦".
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 13:05:38
191.   "œDevon"da keltirilgan sariqligiga ko’ra mis shaxri deb ham nomlanadigan shaxarni ko’rsating?-Yankand-Dizro’yin.

192.   Alp Er To’nga o’ldimu?
Esiz ajun qaldimu?
O’dlak o’chin aldimu?
Emdi yurak yirtilur?
Ushbu to’rtlik qaysi janrda yozilgan va ajratilgan so’zlarning ma’nosini izoxlang?- Marsiya janrida; esiz-yomon, yaramas, manfur ajun-olam, dunyo; o’dlak-vaqt, zamon,taqdir.

193.   Bo’ri bo’lib ul/i/dilar, Yoqa yirtib turdilar. Yig’lab siqtab yurdilar. Ko’z yoshlari mo’l bo’ldi. Keltirilgan parcha qaysi asardan?- "œDevonu lug’totit turk"dagi "œAlp Er To’nga" marsiyasidan.

194.   Marsiya deb nimaga aytiladi?- Biror kishining vafoti munosabati bilan g’am — alam, hasrat va qayg’uni ifodalagan lirik she’r yoki qo’shiqdir.

195.   Adabiyotimizning keyingi bosqichlarida marsiyaning qanday shakllarda yozilganligi kuzatiladi?- G’azal, qasida, muxammas, musaddas, tarjiband, tarkibband kabi.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 13:06:25
196.   "œAlp Er To’nga" marsiyasining bo’g’inlar tuzilishi va turoqlanish tartibini ko’rsating?- Har bir misra yetti bo’g’indan tuzilgan, turoqlar asosan 4+3 shaklida.

197.   "œTulku o’z iniga ursa, ujuz bo’lur". Keltirilgan misra xalq og’zaki ijodining qaysi janriga mansub va uning ma’nosi?- Maqol; Tulki o’z uyasiga qarab ulisa qo’tir bo’ladi.

198.   "œDevon"da keltirilgan "œDushmanga (qarshi)qurol hozirlagan kishi qulun (toy)bo’ladi, qurol hozirlashni unutgan kishi asir bo’ladi"degan mazmundagi maqolni toping?- Tulum anutsa,qulun bo’lur, Tulum unutsa, bolun bo’lur.

199.   Qul savi qalmas,
Qag’il bag’i yazilmas.
Maqolning ma’nosini ayting?- Keksalar so’zi, nasihati bekor ketmaydi.
   Tolning ho’l novdasining bog’i yozilmaydi

200.   Ma’nosi keltirilgan ushbu maqol "œDevon"da aynan qanday keltiriladi? "œZamon o’tar, kishi to’ymas, inson bolasi mangu qolmas"?- "œO’d kechar kishi to’ymas, yalinguq o’g’li mangu qalmas".
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 13:08:23
201.   "œSuv ichirmasga sut ber", "œKo’b sukutga qush qo’nar, Qo’rqlik kishiga so’z kelar ,""Yig’ach uchina el tegir,Qo’rqlig kishiga so’z kelir"kabi maqollarning ma’nolarini ayting?- Suv ichirmaydigan odamga sut ber.  Shoxi ko’p, shoxlari uralib ketgan daraxtga qush qo’nadi, yaxshi kishiga so’z (maqtov)keladi.

202.   Berilgan barcha maqollarning ma’nolarini izoxlang. 
1.   Tuzin birla urush, o’tun birla ustarma.
2.   Erik Erni yag’lig’, ermagu bashi qanlig’.
3.   Tag’ig’ uqruqin egmas, tengizni qayg’iqin bukmas.
4.   Emgak ekinda qolmas.
5.   Kengashlik bilik o’zlashur, Kengashsiz bilik o’prashur.
6.   Sabanda sandrish bo’lsa, O’rtugunda irtash bo’lmas.
7.   O’kuz azaqi bo’lg’incha, bozag’u bashi bo’lsa yik.
8.   Ko’k ko’rdi keragi yazti.
9.   Achush aytur tubum altun, qamich ayur men qaydaman.
10.   Ag’ilda o’g’laq tug’sa, ariqda o’ti unar.
11.   Tavg’ach xanning to’rqusi telim, tenglamazib bichmas.
12.   Anuq o’tru tutsa, yo’qqa sanmas.
13.   Uma kelsa, qut kelar.
14.   Qaz kishi savi yo’rig’li bo’lmas? -

1.   Yuvosh odam bilan urush, Uyatsiz, yuzsiz odam bilan urushma.
2.   Tirishqoqning labi yog’liq, erinchoqning boshi qonlik.
3.   Tog’ arqon bilan egilmaydi, dengiz qayiq bilan bekilmaydi.
4.   Mehnat bo’sh ketmaydi.
5.   Maslahatli ish borgan sari yaxshilanib boradi, bemaslahat ish borgan sari buzilishga yuz tutadi.
6.   Yer xaydash vaqtida puxtalik bo’lsa, xirmonda anglashilmovchilik bo’lmaydi.
7.   Xo’kizning oyog’i bo’lguncha, buzoqni boshi bo’lgan yaxshiroq.
8.   Mehnat va mashaqqat ko’rdi-yu, o’tovini orqasiga yuklab oldi.
9.   Qozon aytur; Tubim oltin,  Cho’mich aytur: Men qaydaman.
10.   Molxonada buzoq tug’ilsa, ariqda o’ti chiqadi.
11.   (Qoraxitoy) xoqonining ipak gazmoli ko’p, lekin o’lchamay kesilmas.
12.   Mehmonga bor taom taqdim qilingach, ko’rmadim demaydi.
13.   Mehmon kelsa, qut kelar.
14.   Baxil odamning ovozasi chiqmaydi.
 
203.   Turk xoqonronligi qachon va qayerda yuzaga keldi hamda qachon ikkiga bo’lina boshladi?- YI asr Oltoyda; YII asr boshlarida ikkiga — Sharqiy va G’arbiy qismlarga ajraldi.

204.   Ikkinchi Turk xoqonligi qachon tashkil topadi va uning shuxrat topgan davri qaysi hukmdorligiga to’g’ri keladi?- YII asr oxirlarida; Qapag’on xoqon(691-716).

205.   Turk xoqonligining butunlay yo’qolib ketishiga sabab nima edi?- YII asr oxiri YIII asr boshlarida O’rta Osiyaga arablarning bostirib kelishi.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 13:08:59
206.   Arablar Eronga xujum qila boshlaganlarida u yerda qaysi sulola hukm surardi va necha asrdan buyon?- Sosoniylar sulolasi; besh asrdan buyon.

207.   Qutayba ibn Muslim Hurosonga bostirib kelganda eng jiddiy qarshilikni qaysi shaxar axolisi ko’rsatdi va bu shaxar necha yil qamalda ushlandi?- Poykent; 10 yil qamalda.

208.   Arablar Bosqini davomida har bir movarounnahrlik jangchining boshi uchun 100 dirham mukofot belgilagan shaxsni ko’rsating?- Qutayba ibn Muslim.

209.   712-713 yillarda qaysi shaxarlar birgalikda arablarga qarshi kurashadilar?- So’g’d, Choch, Farg’ona.

210.   720-722 yillarda Qum qishlog’ida arablar bilan murosasiz kurash olib borgan qahramonning nomini ko’rsating?- Panjakent hokimi Divashtich.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 13:09:31
211.   Xalifa al- Maxdi (775-785) davrida yuz bergan xalq qo’zg’olonining boshlig’i kim edi, uning shaxsiyati va fojiasi haqida gapiring?- Muqanna; Asli marvlik hunarmand bo’lib, hur fikrli kishi bo’lgan. 780 yilda arablarga qarshi kurashda yengilib, o’zini yonib turgan olovga tashlaydi.

212.   Islom ta’limotiga asos solgan musulmonlarning payg’ambari Muhammad ibn Abdullo asli qayerlik?- Quraysh qabilasining hoshimiylar xonadonidan.
213.   Islomning asosiy aqida va g’oyalari ifodalangan muqaddas Qur’on necha suradan iborat?- 114 suradan.

214.   Qur’ondagi 1-2-3-4-suralarning nomlarini keltiring?- 1-sura "œFotiha", 2-sura "œBaqara", 3-sura "œOl-i Imron", 4-sura "œNiso".

215.   Qur’on Muhammad payg’ambarga qachon nozil qilina boshlagan?-Ramazon oyining 27 kuni kechasida; Shuning uchun ham bu oy muqaddas, tuni esa laylat-ul-qadr, ya’ni qadr kechasi deyiladi.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 13:09:54
216.   Qur’onda jamiyat intizomini saqlash uchun zarur bo’lgan ko’pgina yo’l-yo’riqlar qaysi surada keltiriladi?- "œXujurot" surasida.

217.   "œQur’onni o’zbekchaga o’girgan mashxur tarjimon kim va "œXujurot"surasida tilga olingan uch illatni qanday izoxlaydi"?- Alouddin Mansur; birinchisi-o’zgalar haqida yomon gumon qilish, ikkinchisi-josuslik, ayg’oqchilik qilish; uchinchisi-g’iybat.

218.   "œ"¦ Aql-hushi joyida bo’lgan biror inson boshqa bir insonni go’shtini yeyishni istamaydi. Endi agar o’sha inson o’zining birodari bo’lsa-chi, yana u o’lgan holda bo’lsa-chi! Uning go’shtini yeyish dunyodagi eng vaxshiy hayvon ham hazar qiladigan bir jinoyatdir". Qur’onda Olloh bu jinoyatdan ham ko’ra og’irroq jinoyat deb nimani aytadi?- G’iybatni.

219.   Islom adabiyotida Qur’on rivoyatlari va hikmatlari asosida ko’plab asarlar yaratgan allomalardan sanang?-Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Nosiruddin Rabg’uziy.

220."œTasavvuf" so’zining ma’nosini Abu Rayxon Beruniy qanday izoxlaydi?-"œFaylasuf" so’zidagi "œsuf"so’zi bilan bog’laydi. Suf so’zi arablarda jun va jundan to’qilgan matoni anglatadi. Sufiylar kiyimi dastlab jun chakmon yoki qo’y terisidan tikilgan po’stin bo’lgan.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 13:11:38
221.   Ilmda tasavvuf tarixidagi necha bosqich ajratiladi, ular qaysilar?-Ikki bosqich: zohidlik va oriflik.

222.   Zohidlik bosqichiga xos xususiyatni ayting va uning vakillarini nomlang?-Olloh yo’lida toat-ibodat qilish va farzdir; Ibrohim Adham, Hasan Basriy, Abdulloh Muborak kabilar.

223.      Oriflik davri qachondan boshlanadi?-IX asr o’rtalaridan.

224.   Tasavvuf insonning ma’naviy kamolotga erishish yo’lidir. Bu yo’l necha qismdan iborat?- 4 qismdan:
1.   Shariat.
2.   Tariqat.
3.   Ma’rifat.
4.   Haqiqat.

225.   Shariat bosqichining o’ziga xos xususiyati nimada?- U ma’naviy komillikning ilk bosqichi hisoblanadi. Unda asosiy islomiy talab va qoidalar o’rganilgan. "œQur’on" va hadislardan axloqiy —falsafiy, ilohiy ko’rsatmalar mohiyati o’zlashtirilgan. Oddiy so’fiy zohid shu bosqichdan yuqoriga ko’tarila olmagan.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 13:12:25
226.   Tasavvufda "œyo’l" ma’nosini anglatuvchi bosqich mohiyati qanday va unga kirgan odam qanday nomlangan, uning vazifalari nimalardan iborat?- Tariqat bosqichidir. Bu yo’lda inson ruhiy-axloqiy kamolot manzillarga yetishni maqsad qilib oladi. Odatda tariqat tasavvufning amaliy qismi hisoblanadi. Shu yo’lga kirgan odam solih deb ataladi. Bunda u o’z vazifalari, ustoz pirga ergashish qoidalari va bir qadar axloq-odob me’yorlari haqida ma’lumotlar oladi. Tariqat albatta ustoz (pir,murshid)bilan egallanadi. Bunda solih o’z ixtiyori, irodasini pir qo’liga beradi.

227.   Ma’rifat so’zining ma’nosi va uning talablari?- Arabcha "œarafa"so’zidan olingan, uning ma’nosi "œbilmoq" dir. Bunda darveshlik darajasiga yetish, barcha azob-uqubatlarga sabr-toqat qilish, pok hislatlarni izlash, Ollohni tanish, shariyat va tariqatning barcha shartlariga amal qilish, bu dunyo tashvishlaridan yuz o’girish, oxiratni afzal bilish, haqiqat sirlaridan ogoh bo’la borish ma’rifat talabidir.

228.   Ma’rifat bosqichiga erishgan zohid qanday hususiyatga ega bo’ladi?- Dunyoning hamma jismida, har bir voqea-hodisada Olloh irodasini, uning sifatlarini ko’ra oladi. Ammo bu hali o’zlashtirishning aql bilan bog’langan bosqichi. Ilohiy hislatlarni anglashga yolg’iz aqlning kuchi ojizlik qiladi.

229.   Tasavvufning eng oliy bosqichi qaysi va uning talablari?- Haqiqat. Unda ezgulik va yomonlikning mohiyatini to’la anglab yetish, har qanday ko’ngil istaklarini pinhon tutishning uddasidan chiqish, shariyat tariqat, ma’rifat talablarini to’liq bajarish talab qilinadi.

230.   Tasavvufning nazariy asoslarini yaratgan fozillar?- Muhammad G’azzoliy, Yusuf Hamadoniy.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 13:12:58
231.   Turkiy adabiyotda tasavvuf ta’limoti qaysi adib asaridan boshlab ifodalana va rivojlana boshlagan?- Yusuf Xos Hojibning "œQutadg’u bilig" asaridan. Unda asar qahramonlari ma’naviy kamolot pillapoyalarini bosib o’tishda tasavvuf yo’lidan borishadi.

232.   O’zbek tasavvuf adabiyotining porloq quyoshi deb e’tirof etilgan adib, uning she’riyatidagi o’ziga xos ramziy suratlarni ko’rsating?- Ahmad Yassaviy; ishq, baqo, fano, zohid, obid, orif.

233.   Tasavvufda ishqning maskani bu?- Ko’ngil.

234.   Xalifa Xorun ar-Rashid (786-809)vafotidan so’ng kimlar o’rtasida taxt uchun kurash davom etadi?- Uning o’g’illari Ma’mun va Amin o’rtasida.

235.   Ma’mun qachon xalifa deb e’kon qilindi va unga bunda kimlar yordamlashdi?- 813 yilda; Mahalliy zodagonlar va Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari.
Nom: Re: Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma
Yuborildi: Robiya 25 Yanvar 2009, 13:13:43
236.   Qachon va qaysi hukmron davrida Movarounnahr arab xalifaligi istibdodidan to’la qutuldi?- IX asr oxirlarida; Ismoil Somoniy davrida.

237.   Somoniylar davri yodgorliklaridan ko’zga ko’ringanlarini sanang?- Termizdagi hukmdor saroyi, Raboti Malik (X asr), Jarqo’rg’ondagi minora (1108-1109), Buxorodagi Arslonxon minorasi (Minorai Kalon 1127), Mag’oki Attoriy.

238.   "œBuxoro tarixi" asarining muallifi?- Abu Bakr Narshaxiy (959-yil vafot etgan).

239.   "œTarixi Yaminiy"asarining muallifi kim, qaysi tilda yozilgan, unda qanday tarixiy ma’lumotlar mavjud?- Abu Nasr Utbiy; arab tilida, unda Sabug tagin hamda Mahmud G’aznaviy hukmronligi davriga oid ko’plab tarixiy ma’lumotlar mavjud.

240.   "œZayn al-axbor"kitobining muallifi kim, qaysi davrda yaratilgan, uning ma’nosi?- Abu Said Gardiziy; g’aznaviylar davrida(fors-tojik tilida); "œXabarlar chiroyi".