forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:23:39

Nom: Imom Termiziy. Sunani Termiziy. 1-jild
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:23:39
ABU ISO MUHAMMAD AT-TERMIZIY

SUNANI TERMIZIY

HADIS TO’PLAMI TARJIMASI

I
JILD

Tarjimon: Mirzo KENJABEK

Toshkent
«Adolat»
1999

Sunani Termiziy

(http://www.ziyouz.com/images/books/sunan_termiziy.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=290)

Muallif: Imom Muhammad at-Termiziy
Hajmi: 2,10 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=290)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.0)


MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg151940#msg151940)
O’zbekcha nashrning xususiyatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg151942#msg151942)
Abu Iso Muhammad at-Termiziyning tarjimai hollari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg151946#msg151946)
Abu Iso Muhammad at-Termiziy kitobining uch xususiyati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg151960#msg151960)
Hadislarning qabul qilinishi va rad etilishi jihatdan turlarga bo‘linishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg151968#msg151968)

SUNANI TERMIZIY TARJIMASI

Tahorat boblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg151983#msg151983)
Namoz boblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg152374#msg152374)
Vitr boblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg152907#msg152907)
Jum’a boblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg152988#msg152988)
Hayit boblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg153103#msg153103)
Safar boblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg153127#msg153127)
Zakot kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg153234#msg153234)
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:24:31
«Ushbu kitobni tasnif qilganimdan keyin, uni Hijoz, Iroq va Xuroson ulamolariga taqdim etdim. Ular rozilik bildirib, qabul qildilar. Kimning uyida bu kitobdan bo‘lsa, o‘sha xonadonda Payg‘ambar (sallallohu alayhi va sallam) gapirayotgandek bo‘lur».
Abu Iso Muhammad AT-TERMIZIY

«Mening uchun uning (Termiziyning) kitobi Buxoriy va Muslim kitoblaridan ko‘ra foydaliroq. Chunki Buxoriy va Muslimdan faqat teran ilmli mutaxassis olimlargana istifoda etadi. Termiziydan esa har kim foydalanishi mumkin».
Shayxul Islom Abu Ismoil AL-ANSORIY

«(Muhammad At-Termiziy) Hadis ilmi sohasida bir qancha asarlar taqdim etdi. Uning ushbu "Al-jomi’-as-sahih" ("Sunan") kitobi bu asarlar orasida foydasi eng ko‘p, tartibi eng ixcham, takrori eng oz asardir.
Unda boshqa hadis kitoblarida uchramaydigan xususiyatlar bor:
-mazhablar va istidlol (dalil keltirish) jihatlari e’tiborga olingan;
-sahih, hasan va zaif deb, hadis turlari aniq belgilangan;
-sharh va ta’dilga (qiyoslab to‘g‘rilashga) o‘rin ajratilgan;
-kitob oxirida illatlarga oid maxsus bir bo‘lim ilova etilgan, xullas, bu kitobda ulkan foydalar jamlangandir.
Kitobni mutolaa qilgan kishilar bunga tan beradilar".
Alloma Toshko‘prulizoda
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:25:23
:bs1:

MUQADDIMA

Qutlug‘ O’zbekistonimizning istiqlolga erishuvi natijasida ona xalqimiz o‘zining boy ma’naviy merosi xazinasidan erkin bahramand bo‘la boshladi. Jumladan, Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy kabi ulug‘ vatandoshlarimiz to‘plagan hadislarni o‘z ona tilimizda o‘qishga muvaffaq bo‘ldik.
Hadislar dunyosi fiqh bobida, inson haq-huquqlari mavzuida juda muhim manba’ bo‘lib, asosan, axloqiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy negizni tashkil etadi. Undan turli soha olimlari: huquqshunos va jamiyatshunos olimlar, tabobat olimlari, biolog, ximik yoki adabiyotshunos olimlar, shubhasiz, o‘z sohalariga doir yangi qirralarni kashf etadilar.
Ulug‘ vatandoshimiz - Abu Iso Muhammad At-Termiziyning qo‘lingizdagi «Sunani Termiziy» kitobi «Al-jomi’ as-sahih» («Ishonarli to‘plam»), «Al-jomi’ ul-kabir» («Katta to‘plam») yoki («Sahihi Termiziy») nomlari bilan ham mashhur. Ammo hazrati Imom At-Termiziy hadis ilmida «sunan» yo‘nalishiga asos solgan muhaddislardan bo‘lgani uchun bu kitob, asosan, «Sunani Termiziy» nomi bilan shuhrat qozongan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:25:36
Aziz va muhtaram kitobxon! Fiqh ilmi, ya’ni islom huquqshunosligi eng sharafli ilmlardandir. Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Mingta johil obiddan ko‘ra bitta faqih yaxshiroq», deb marhamat qilganlar. Chunki inson faqih bo‘lsa, uni hech narsa chalg‘ita olmaydi, u har qanday oqim va guruhlarga o‘zini urmaydi. Aksincha, o‘z z’tiqodida sobitqadam bo‘ladi. Fiqhning eng ulug‘i esa sog‘lom e’tiqoddir. Binobarin, Hanafiy mazhabining asoschisi hazrati Imomi A’zam (rahmatullohi alayh) e’tiqod ilmini «fiqhi akbar» deb, ya’ni «ulug‘ fiqh» deb ta’riflaganlar.
Ma’lumdirki, Yer yuzi musulmonlarining asosiy ko‘pchiligi hazrati Imomi A’zam mazhablariga rioya qiladilar. «Sunani Termiziy» kitobida esa xuddi ana shu mazhab jihatlari e’tiborga olingan. Hanafiy mazhabining fikr-qarashlarini Imom At-Termiziy «Kufa ahli»ning fikr-qarashlari tarzida bayon qilganlar. Aziz kitobxonlar ana shu jihatga e’tibor bermoqlari maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, kitobning ushbu o‘zbekcha nusxasida Hanafiy mazhabiga doir fatvolar, ilova va izohlar taqdim etilganki, bular o‘quvchi to‘g‘ri amal qilmog‘i uchun foydalidir.
Albatta, hadis sohasining o‘z atamalari, ilmiy istilohlari bor. Ana shunday ifoda va istilohlarni tushunmoqlari uchun, kitobxonlarga ko‘mak tariqasida, «Kitobxonga yordam» sarlavhasi bilan alohida so‘z taqdim ztildi.
Kitobda hadislarning o‘zbekcha tarjimasi asl arabiy matni bilan birga sahifalarga joylashtirildi. Bu usul til bilgan kitobxonlarga so‘zma-so‘z taqqoslab o‘rganishlari uchun qulaylik tug‘diradi.
Qo‘lingizdagi «Sunani Termiziy» kitobi tarjimasi xayrli ishlardan biri bo‘lib, ma’naviy-axloqiy kamolot yo‘lida, komil insonni tarbiyalash yo‘lida munosib xizmat qiladi, degan umiddamiz.

Abdulaziz MANSUR
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:30:38
O’ZBEKCHA NASHRNING XUSUSIYATLARI

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Allohu taologa beadad hamdu sanolar, Rasulullohga va u kishining xonadoni ahliga hamda sahobalariga behisob salotu salomlar bo‘lsin!
Assalomu alaykum, muhtaram kitobxon!
Mana, O’zbekiston istiqlolining ajib mevalaridan biri - hazrati Abu Iso Muhammad at-Termiziyning «Sunani Termiziy» («Al-jomi’ as-sahih») kitobi o‘zbekcha tarjimasining birinchi jildi qo‘lingizga yetdi. Ulug‘ vatandoshimiz bo‘lmish Imom At-Termiziy jahondagi olti nafar eng mashhur muhaddisning biri, Imom Al-Buxoriyning zamondoshi, safdoshi va shogirdidir. Ana shu atoqli zot kitobining ona tilimizdagi tarjimasiga oid muhim xususiyatlarni Siz aziz o‘quvchilarga ma’lum qilishni lozim topdik.
1. Mazkur tarjima «Sunani Termiziy»ning Misr Respublikasi, Qohira shahridagi «Al-Madaniy» nashri nusxasiga asoslangan Istambul nashridan amalga oshirildi: hadislar asl arabiy tildan so‘zma-so‘z taqqoslangan va turkiy tarjimadan foydalangan holda tarjima qilinib, ushbu ki-tobda arabiy matni bilan birga taqdim etildi. Sharh va izohlar esa Istanbul (1971) nusxasidan tabdil etildi. «Sunan»da mazhab jihatlari e’tiborga olingan bo‘lsa-da, ba’zan bir mavzuda xilma-xil yoki qarama-qarshi hadislar keltiriladi. O’zbekiston musulmonlari, ayniqsa, yoshlar hadislarga Imom A’zam rahmatullohi alayh mazhabiga muvofiq to‘g‘ri amal qilmoqlari uchun ana shunday izoh va ba’zi ilovalarga ehtiyoj bor. Shuning uchun tayyor izohotdan isti-foda etildi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:30:53
2.   Hadislarni o‘rganishda mutarjimga «Sahihi Buxoriy»ning o‘zbekcha matni tahriridagi ko‘p yillik tajribalari, mavzularnish tanish ekanligi ko‘l keldi: tarjimada «Sahihi Buxoriy»dagi zarur ibora va ifodalardan, «Shamoili Muhammadiya» asari o‘zbekcha (Sayyid Mahmud Toroziy) tarjimasidagi hadislardan, «Muxtasar ul-viqoya»dagi hadislarning ifoda usullaridan, «G’iyos-ul-lug‘ot» va boshqa zarur qomuslardan, shuningdek, muhtaram ustozlarning ba’zi maslahat va yordamlaridan foydalanildi.
3.   Arabcha nusxada, Imom At-Termiziy o‘z sharhini har gal «Abu Iso aytakcha nusxada ix-chamlikka intilib, bu ibora tushirib qoldirildi. Chunki muallifning sharhi matndan ma’lum, muallifga mansub bo‘lmagan zarur qo‘shimchalar qo‘shsa «Ilova» degan so‘z bilan qavs ichida taqdim etildi.
Arabiy nusxada har bir hadis roviylarining sanadi - tartibli ro‘yxati to‘liq keltirilgan. Zarur bo‘lganda olimlar sanadni kuzatishlari mumkin. O’zbekcha tarjimada esa roviylardan bitta sahobani, ayrim o‘rinlarda tobe’iynni qayd etish bilan kifoyalandik. Usmon Zakiy Mulla Muhammad o‘g‘li tajribasida ham, «Sahihi Buxoriy» tarjimasida ham ushbu usul qo‘llangan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:31:17
5. O’zbekcha tarjimada, mo‘‘tabar sharhlarga tayangan holda, hadislar ma’nosini kengroq ochadigan ayrim so‘z va iboralar, qisqa izohlar zaruratan qavs ichida berib borildi.
 6. Arabiy nusxada bob raqamidan keiin sarlavha qayd etilgan. O’zbekchada esa, har bir mavzuga alohida e’tiborni tortmoq maqsadida, Usmoi Zakiy Mulla Muhammad o‘g‘li tajribasiga tayanib, har bir sarlavha boshida «Mavzu» degan so‘zi qo‘ydik.
7. Saxifa ostida raqam bilan belgilangan sharh va izohlar avvalo Shayx Muborakfuriyning Termiziy hadislari sharhidan iborat «Guhfaz-ul-ahvoziy» kitobidan, Misrping sobiq qozisi Ahmad Muhammad Shokir sharhlaridan, qisman Al-Azhar Dorilfununi mudarrisi Abdul-Vahhob Abdul-Latif hamda qisman Abdurrahmon Muhammad Usmonning tahqiq va tashihlaridan olingan. Ular hazrati Mulla Ali Al-Qoriy sharhlariga ham tayanganlar. Usmon Zakiy Mulla Muhammad o‘g‘li Istanbul nusxasida keltirgan bu qaydlar ba’zan o‘rinli qisqartirilib, ba’zan Imom A’zam mazhablariga muvofiq ilovalar bilan boyitildi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:32:26
Muhtaram kitobxon!
Har qancha urinmaylik, ojiz bandamiz, albatta, xato va nuqsonlardan xoli emasmiz. Muhtaram ustoz-allomalarimiz, qadrli o‘quvchilarimiz aybu-nuqsonlarimizni avf qalami ila isloh aylab, duoi xayr qilmoqlaridan umidvormiz.
Muhtaram kitobxon! Ushbu hadislarga to‘g‘ri amal qilish uchun qavs ichidagi ilovalarga va sahifa ostidagi raqam bilan belgilangan izohlarga alohida e’tibor bermog‘ingizni so‘raymiz!
Ushbu tabarruk kitobni o‘qib, bahramand bo‘lib, amal qilganlar dunyo va oxirat saodatiga erishsinlar! Omin, yo Robbil-’alamiyn!..

Mirzo Kenjabek,
tarjimon, Imom Al-Buxoriy nomidagi Islom Oliy ma’hadining tolibi
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:33:42
ABU ISO MUHAMMAD AT-TERMIZIYNING TARJIMAI HOLLARI

Ism va nasablari[


Ism va nasablari - Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Ad-Dahhoq As-Sulamiy Al-Bug‘iy At-Termiziy. Kunyasi esa - Abu Iso (ya’ni, Isoning ota-si)dir.
Termiziyning nasabi ko‘pgina manba’larda ana shunday zikr qilingan. U zotning nasabi haqida yana ikki xil qavl bor. Birinchisi - Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Shaddod deyiladi. Ikkinchisi - Muhammad ibn Iso ibn Yazid ibn Savra ibn As-Sakan deyiladi.

Tavallud vaqtlari

At-Termiziy hijriy 209-yilda (milodiy 824-825 yilda) tavallud topdilar. Hofiz Az-Zahabiy «Miyzon-ul-i’tidol» kitobida Termiziyning hijriy 279-yilda vafot etganlarini zikr qilib, «vafot etgan vaqtlarida yetmish yoshda edilar», deydi. Alloma Mulla Ali Al-Qoriy hazratlari ham «Ash-shamoil» asari sharhida xuddi shu gapni aytadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:34:06
Vatanlari

Imom At-Termiziyning tug‘ilgan vatanlari bugungi O’zbekistondir. At-Termiziy Bug‘ qishlog‘ida tavallud topdilarmi yoki Termiz shahridami? Al-Bug‘iy deb Bug‘ qishlog‘iga nisbat etilishlari yo bu qishloqda tug‘ilganlari yoki u yerda yashab, vafot etganlari tufayli bo‘ladi. Mulla Ali Al-Qoriy hazratlari Termiziyning o‘zlaridan bunday deganlarini naql etadi: «Bobom, Lays ibn Sayyor davrida Marvazda yashar edilar. Keyin Termizga ko‘chganlar» («Sharh-ush-shamoil»: 136-sahifa.)
Bug‘ - Termizga qarashli bir qishloq bo‘lib, shahardan olti farsah (Farsah - to‘rt soatlik masofa, 12.000 qadamlik yo‘l.) narida joylashgan. Termiziy shu qishloqtsan bo‘lib, bu qishloq tobe’ bo‘lgan Termiz shahriga nisbat berilgan bo‘lishlari ehtimoli ko‘proq.
Termiz - eski Jayhun, hozirgi Amudaryo yoqasida joylashgan juda qadimiy va juda ajoyib shahardir. (Jayhun ba’zi manba’larda «Balx daryosi» deb zikr qilingan).
Islom ilmlarining taraqqiy etishida Turkiston shaharlari ichida Termiz kenti ham katta ahamiyat kasb etgan. Samarqand va Buxoroni Balx kabi qadimiy ilm markazi bilan bog‘lovchi shahar Termiz edi. Shuning uchun ham bu yerda ko‘plab allomalar yetishib chikdi. Shu-lardan biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bishr Hakim Termiziydir (245-320 hijriy, 859-932 m.y.). Manba’larda aytilishicha, u 300 dan ortiq asar bitgan. Shulardan 57 tasi bizning zamonamizgacha yetib kelgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:34:25
Sayohat va izlanishlari

Imom At-Termiziy 20 yoshga yetganlarida Xuroson shayxlaridan Ishoq ibn Rohvayh Marvaziy va boshqalardan ilm o‘rgandilar, so‘ng 25-26 yoshlarida Iroqqa (Basraga) borib, u yerdagi allomalardan dars oldilar. Undan so‘ng Hijozga ketdilar. Lekin manba’larda ul zotning Bag‘dodga, Misrga va Shomga borganlari haqida xabar keltirilmagan. Bunga o‘sha vaqtda bu yurt-lardagi notinchlik sabab bo‘lgan, degan fikr bor.
Bu sayohatlari ko‘p yillar davom etdi, imom Termiziy Termizga 250 hijriy (864 m.) yildagina qaytib keldilar, bunga qaraganda, taxminan 20 yil davomida o‘zga yurtlarda hadislarni o‘rganib, yig‘ib yurganlar. Imom Buxoriy bilan Nishopurda (250 hijriy yil) uchrashib, ko‘p hadislar xususida muzokaralar olib borganlari haqida ma’lumotlar bor. Shundan so‘ng «Al-jomi’-as-sahih» («Sunani Termiziy») kitoblarini yoza boshlaganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:34:44
Ustozlari va shogirdlari

Termiziy oldingi imomlarning ko‘plari bilan ko‘rishganlar va ulardan bahramand bo‘lganlar. Termiziy davri - hijriy 3 asr, hadis ilmlarida buyuk yuksalish bo‘lgan davr edi. Kutubi sitta - olti eng mashhur hadis kitobi muallifi bo‘lgan imomlar, ya’ni olti eng ulug‘ muhaddis ana shu oltin davrda yashab kamol topdilar. U zotlarning tavallud va vafot yillari quyidagicha:
1.   Muhammad ibn Ismoil Abu Abdulloh Al-Buxoriy - hijriy 194-256.
2.   Muslim ibn Hajjoj Al-Qushayriy Abul Husayn - hijriy 204-261.
3. Abu Iso Muhammad at-Termiziy - hijriy 209-279.
4. Abu    Dovud     Sulaymon    ibn    Al-Ash’as    As-Sajistoniy - hijriy 202-275.
5. Ahmad ibn Shuayb Abu Abdurrahmon An-Nasoiy -   hijriy 215-303.
6. Ibn Moja Muhammad ibn Yazid ibn Moja Abu Abdulloh - hijriy 209-273.
Ushbu olti imomdan oltovlarining ham rivoyatlarida ishtirok etgan shayxlar quyidagilar:
- Muhammad ibn Bashshar Bundor -  hijriy   167-252.
-   Muhammad ibn Al-Musanna Abu Muso - hijriy167-252.
-   Ziyod ibn Yahyo Al-Hassoniy - hijriy 254 yilda vafot etgan.
-   Abbos ibn Abdulazim Al-Anbariy - hijriy 246 yili vafot etgan.
-   Abu Sa’id Al-Ashaj Abdulloh ibn Sa’id Al-Kindiy - hijriy 257 yili vafot etdi.
-   Abu Hafs Amr ibn Ali Al-Fallos - hijriy 160-249.
-   Yaqub ibn Ibrohim Ad-Darakiy - hijriy  166-252.
-   Muhammad ibn Ma’mar Al-Qaysiy Al-Bohroniy - hijriy 256 yilda vafot etgan.
-   Nasr ibn Ali Al-Jahdamiy - hijriy 250 yilda vafot etgan.
Imom Termiziy bu shayxlardan ko‘ra oldinroq o‘tgan shayxlarni ham ko‘rganlar va ushbu «Sunan» kitobida ulardan hadis rivoyat qilganlar. Usha shayxlardan ba’zilari quyidagilardir:
-   Abdulloh ibn Muoviya Al-Jumahiy - hijriy 243 yili yuz yoshida vafot etdi.
-   Ali ibn Xujr Al-Marvaziy - hijriy 244 yily yuz yoshga yaqinlashganda vafot etgan.
-   Suvayd  ibn  Nasr  ibn  Suvayd  Al-Marvaziy  - hijriy 241 yilda 91 yoshda vafot etgan.
-   Qutayba  ibn   Sa’id   As-Saqofiy  Abu   Rajo - hijriy 150-242.
-   Muhammad ibn Abdulmalik ibn Abushshavorib - hijriy 244 yilda vafot etgan.
-   Ibrohim ibn Abdulloh ibn Xotam Al-Haraviy - hijriy 178-244
-   Ismoil   ibn   Muso   Al-Fazoriy   As-Suddiy - hijriy 245 yilda vafot etgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:35:07
Termiziy yana boshqalardan, Imom Al-Buxoriy shayxlarining ko‘pidan ham hadis rivoyat qilganlar, U kishi   asosan   Imom   Al-Buxoriyning  shogirdi   bo‘lib, ijozatlari o‘sha kishidandir. Hadis ilmini u zotdan oldilar va u zotning qo‘llarida kamol topdilar. U kishida o‘qib, u kishidan bahra topdilar. Hadis ilmiga taalluqli ba’zi ishlarda ustoz bilan munozara qildilar. Ustozlar bilan qay bir o‘rinda muvofaqat qiladilar va qay bir o‘rinda muxolafat qiladilar. O’sha davr olimlarida bu xususiyat bor edi. Taqlidni tan olmas edilar. Taqliddan qochish va har qayda hamisha Haqqa, haqiqatga tobe’ bo‘lish ularning odatlari edi.
Masalan, Termiziy ushbu «Sunan» kitobining 17-hadisida roviylar ixtilof qilayotganini ko‘rib, «Men o‘zim Abdulloh ibn Abdurrahmondan so‘radim: «Bu hadisda Abu Ishoqdan qilingan rivoyatlarning qaysi "biri sahihroq?» desam, hech qanday hukm bildirmadi. Buni Muhammad (Buxoriy)dan so‘radim, u ham biror hukm bildirmadi», deydilar. Ya’ni ikki imom ham rivoyatlardan birontasini ustun qo‘ymaydilar. Keyin Imom Buxoriy rivoyatlardan bittasini tanlab, «Al-Jomi’...» kitobiga kiritganlarini Termiziy bayon etadilar. Lekin Termiziy bu fikrga taqlid qilmasdan, o‘z dalillariga tayanib, boshqa rivoyatni afzal ko‘rib, kitobga kiritadilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:35:40
Abu Iso Muhammad Termiziyning o‘lkalarni kezganlari, Xuroson, Iroq, Hijoz olimlarini tinglaganlari «At-tahzib» kitobida bayon etilgan. Misrning avvalgi shariat qozisi Ahmad Muhammad Shokir: «Termiziy Bag‘dod shahriga borgan, deb taxmin qilmayman. Chunki, Bag‘dodga kirgan bo‘lsa edi, muhaddislarning ulug‘i va peshqadami sanalmish Ahmad ibn Muhammad ibn Hanbaldan (164-241) hadis eshitgan bo‘lardi va Hofiz Abu Bakr Al-Xatiyb «Tarix-ul-Bag‘dod» kitobida bu hakda yozgan bo‘lardi», deydi.
Termiziydan hadis rivoyat qilgan kishilar ko‘p. «Tazkirat-ul-huffoz» («Hofizlar yodnomasi») va «At-tahzib» kitoblarida bulardan ayrimlari zikr qilingan.
Al-Mahbubiy, Termiziydan hadis rivoyat qilgan zotlarning eng birinchilaridandir. Ibnul-Imod bu zot haqida bunday deydi: «Abul-Abbos Al-Mahbubiy; Muhammad ibn Ahmad ibn Mahbub Al-Marvaziy, Marv o‘lkasiniig muhaddisi, shayxi va raisidir. 346-hijriy yilning Ramazon oyida 97 yoshida vafot etdi. «Sunani Termiziy» kitobining muallifidan (ya’ni Termiziy hazratlaridan) hadislar rivoyat qilgan zotdir»(«Shuzurot-uz-zahab»: 2/373.)
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:35:59
Termiziyning shaxsi va asari haqida ulamolarning fikrlari

Ulug‘ ustoz imom Buxoriy o‘z shogirdi imom Termiziyni alqab, kamtarinlik bilan: «Sen mendan bahra topganingdan ko‘ra men sendan ko‘proq bahra topdim», deydi. Bu Termiziyga berilgan juda katta baho edi. («Al-Mirqot», 1-jild, 22-bet).
Hofiz Abul-Fazl Muhammad ibn Tohir Al-Makdisiy, Hasan ibn Ahmad Abu Muhammad As-Samarqandiydan, Abu Bishr Abdulloh ibn Muhammad ibn Amrdan, Hofiz Abu Sa’id Abdurrahmon ibn Muhammad Al-Idrisiydan naql etib, bunday deydi: «Hofiz va a’mo (ko‘zi ojiz) Muhammad ibn Iso ibn Savra At-Termiziy - hadis ilmida iqtido etiladigan (ergashiladigan) imomlardan biridur. «Al-Jomi’» («Sunani Termiziy»), «At-tavorix» va «Al-hol» kitoblarini olim va diroyatli (aql-idrok va tajribali) bir inson sifatida qalamga olgan. Hofizasi (xotirasi) kuchliligi jihatdan o‘rnak qilib ko‘rsatilar edi»(«Majmuat-u favoida(i) hadisiyya».Qadim qo‘lyozma asarlardan.)
Sam’oniy «Al-ansob» kitobida Termiziyni bunday tavsif etadi: «Munoqashasiz u o‘z asrining imomi bo‘lib, turli tasniflar sohibidir». Ibn Halqon ham u zotni «Hadis ilmida iqtido etiladigan imomlardan biridir», deb tavsiflaydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:36:37
Alloma Toshko‘prulizoda, «Miftoh-us-sa’oda» kitobida bunday deydi: «Ulamolarning hofiz va a’lamlaridan biri edi. Fiqhda qimmatli asarlari bor. Hadisni, imomlardan tashkil topgan bir jamoatdan egalladi. Birinchi tabaqa shayxlarini ko‘rmoqqa muyassar bo‘ldi»
Ibnul Imod Al-Hanbaliy «Shuzurot-uz-zahab» kitobida «Aqronlaridan (yoshdosh) yaqinlaridan ustun, hifz (xotira) va itqon (ustivorlik va mustahkamlik) bobida bir mo‘‘jiza edi», deydi.
Al-Hokim Abu Ahmad, o‘z ustozlaridan bittasi Termiziy haqlarida bunday deganini bayon etgan: «Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriy vafot etganlarida Xurosonda edim. U kishining ortidan ilm, hifz, vara’ va zuhd bobida Abu Iso (Termiziy)dek boshqa bir zot qolmadi. Termiziy, yig‘layverganidan ko‘zlaridan judo bo‘lib qoldi va bir necha yillar amo (ko‘rmas) holatda yashadi».
«At-tahzib» kshpobida Hofiz Yusuf ibn Ahmad Al-Bagdodiy, Termiziy. haqlarida bunday deydi: «Termiziy umrlarining oxiriga borib ko‘zdan qoldi».
Bu o‘rinda ulamoning Termiziy haqlaridagi ta’rif va tavsiflaridan faqat bir qisminigina bayon etdik. Endi Termiziyning kitobi borasidagi fikr-mulohazalardan ham bir qadar so‘z yuritaylik.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:38:20
Termiziyning «Sunan» kitobi haqidagi fikrlar

Ibnul-Asiyr o‘z «Tarix»ida bundai deydi: «(Termiziy) imom va hofiz edi. Bebaho asarlar tortiq qildi. «Al-jomi’ ul-kabir» («Katta to‘plam», ya’ni «Sunani Termiziy») bu asarlarning eng mukammalidir».
«Kashf-uz-Zunnun» kitobida «Sunani Termiziy» asari borasida bunday deyiladi: «Bu hadis bobida tasnif etilgan kutubi sitta (olti ulug‘ kitob)ning uchinchisidir. Bu kitob «Al-jomi’-as-sahih» («Ishonarli to‘plam») deyiladi, shuningdek «Sunan» ham deb ataladi. Ammo birinchi nomi ko‘proq qo‘llanadi».
Hofiz Abul-Fazl Al-Maqdisiy aytadi: «Hirotda imom Abu Ismoil Al-Ansoriydan eshitdim. U o‘z majlisida, Termiziy va uning kitobi borasida so‘z ketganida bunday dedi: «Mening uchun uning (Termiziyning) kitobi Buxoriy va Muslim kitoblaridan ko‘ra foydaliroq. Chunki Buxoriy va Muslimdan faqat mutaxassis olimlargina istifoda etadi. Termiziydan esa har kim foydalanishi mumkin».
Alloma Toshko‘prulizoda Termiziyning tarjimai holi haqida bunday deydi: «(Termiziy) hadis ilmida ko‘pgina asarlar takdim etdi. Uning ushbu «Al-jomi’-as-sahih» kitobi bu asarlar orasida foydasi eng ko‘p, tartibi eng ixcham, takrori eng oz kitobdir. Unda boshqa hadis kitoblarida uchramaydigan xususiyatlar bor. Mazhablar va istidlol (dalil keltirish) jihatlari e’tiborga olingan; sahih, hasan va g‘arib deb hadis turlari aniq belgilangan. Bu kitobda jarh va ta’dilga o‘rin ajratilgan; kitob oxirida illatlarga doir maxsus bir bob ilova qilingan. Xullas, bu kitobda ulkan foydalar jamlangandir. Kitobni mutolaa qilgan kishilar bunga tan beradilar». (Jarh yoki jurh va ta’dil - nuqson va taqqos jihatlari, roviyning qiyofasi, biror sifati, aybi yoki fazilati, ishonchli yoki ishonchsiz ekanligi haqidagi fikrlardir).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:38:30
Hofiz Abul-Fazl Al-Makdisiy, Termiziyning kitobini o‘ta tanqidiy nazar bilan tadqiq etganidan keyin, bunday deydi: «Abu Iso (Termiziy)ning kitobida to‘rt qism hadislar o‘rin olgan;
a) sahih ekanligi qat’iyan qabul qilingan hadislar qismi; bu qismdan Buxoriy va Muslimga muvofaqat qilingan hadislar o‘rin olgan;
b)   uchlik shartiga asoslangan hadislar qismi; (uchlik: Abu Dovud, An-Nasoiy va Ibn Moja nazarda tutilgan.) Bu qismdagi hadislar toliy (ikkinchi) darajadadir;
v)   ziddiyat qismi, bu qismdagi hadislarning illatlari ochilgan va bu borada qattiq talabchanlik namoyon qilingan;
g) bu to‘rtinchi qism hadislar borasida (Termiziy) «Ushbu kitobimda faqatgina faqihlar (olimlar) amal qilgan hadislarni taxrij qildim» deydi. Bu shartning hududi keng. Shu asosga tayanib, Termiziy, bir olim kishi hujjat sifatida qabul qilgan yoki kerak bo‘lganda amal qilgan hadisni uning sanadi   xoh  sahih  bo‘lsin,   xoh  bo‘lmasin,  lekin   o‘zi haqida so‘z yuritilishiga imkon qoldirmaganini kuzatamiz. Ya’ni taxrij etilgan har bir hadis haqida kerakli izohni berib, ko‘ngillarni xotirjam qiladi».
Termiziyning o‘zlari  o‘z  kitobi  haqida  bunday deydilar: «Ushbu kitobni tasnif qilganimdan keyin, uni Hijoz, Iroq va Xuroson ulamolariga taqdim etdim. Ular rozilik bildirib, qabul qildilar. Kimning uyida bu kitobdan bo‘lsa, o‘sha xonadonda xuddi Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam gapirayotgandek bo‘lur...»
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:39:02
Termiziyning boshqa asarlari

Olimlar, Imom Termiziy turli asarlar tortiq etganlarini ta’kidlashadi. Ularning fikriga ko‘ra, u zotning asarlari quyidagilardir:
1.   «Al-Jomi’-as-sahih»      (Ishonarli      to‘plam, ya’ni «Sunani Termiziy»).
2.   «Ash-shamoil» («Shamoili Muhammadiya»).
3.   «Al-Hol»
4.   «At-tarix»
5.   «Az-zuhd»
6. «Al-asmo’ va al-kuno» («Ismlar va kun’yalar»)
Termiziyning boshqa asarlari ham bo‘lishi mumkin. Bunda zikr qilingan kitoblarni ayrim manba’larga tayanib bayon etdik.(Ahmad Muhammad Shokirning Termiziy  kitobiga yozgan «Muqaddima» sidan olindi. 90-sahifa.)
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:39:20
«Sunani Termiziy» kitobida hadis martabalarining belgilanishi

«Sunani Termiziy» kitobida hadislarning darajalarini belgilashda ikki ibora qo‘llangan. Noaniq va mubham qolmasin deb bu ikki iborani muhtaram o‘quvchiga tushuntirib o‘tmog‘imiz lozim:
birinchisi - «Bu hadis hasan-sahih» degan ibora;
ikkinchisi - «Bu hadis hasan-sahih-g‘arib» degan ibora.
Termiziy ayrim hadislarni «hasan-sahih» yoki «hasan-g‘arib» deb, yoki «sahih-g‘arib» va yoxud «hasan-sahih-g‘arib» deb ataydilar. Lekin bu birikmalarni ta’riflamaydilar. Masalan, bir hadisni faqatgina «sahih» deb yoki «g‘arib» deb ataganlarida, buning ta’rifini keltirmaganlar. Balki bular hadischilar nazdida tushunarli bo‘lgani uchun ta’rifni lozim ko‘rmagandirlar. Ammo ajabki, faqatgina «hasan»ning ta’rifini keltiradilar. Bu noma’lum bir ifoda yoki yangi bir istiloh bo‘lgani uchun ta’rifga ehtiyoj his etgan bo‘lsalar kerak, degan fikrdamiz.
Hadisni uch qismga bo‘lish Termiziyning ijodi ekanligini yuqorida ta’kidlagan edik. Termiziydan oldingi muhaddislarning asarlarida «hasan» iborasiga duch kelgan bo‘lsakda, ammo hadisni «hasan, sahih va zaif» deb uch qismga bo‘lgan va «hasan» iborasini ilk marotaba ilmiy istiloh sifatida qo‘llagan zot Termiziyning o‘zlaridir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:40:04
«Sunani Termiziy» kitobida hadis martabalarining belgilanishi

«Sunani Termiziy» kitobida hadislarning darajalarini belgilashda ikki ibora qo‘llangan. Noaniq va mubham qolmasin deb bu ikki iborani muhtaram o‘quvchiga tushuntirib o‘tmog‘imiz lozim:
birinchisi - «Bu hadis hasan-sahih» degan ibora;
ikkinchisi - «Bu hadis hasan-sahih-g‘arib» degan ibora.
Termiziy ayrim hadislarni «hasan-sahih» yoki «hasan-g‘arib» deb, yoki «sahih-g‘arib» va yoxud «hasan-sahih-g‘arib» deb ataydilar. Lekin bu birikmalarni ta’riflamaydilar. Masalan, bir hadisni faqatgina «sahih» deb yoki «g‘arib» deb ataganlarida, buning ta’rifini keltirmaganlar. Balki bular hadischilar nazdida tushunarli bo‘lgani uchun ta’rifni lozim ko‘rmagandirlar. Ammo ajabki, faqatgina «hasan»ning ta’rifini keltiradilar. Bu noma’lum bir ifoda yoki yangi bir istiloh bo‘lgani uchun ta’rifga ehtiyoj his etgan bo‘lsalar kerak, degan fikrdamiz.
Hadisni uch qismga bo‘lish Termiziyning ijodi ekanligini yuqorida ta’kidlagan edik. Termiziydan oldingi muhaddislarning asarlarida «hasan» iborasiga duch kelgan bo‘lsakda, ammo hadisni «hasan, sahih va zaif» deb uch qismga bo‘lgan va «hasan» iborasini ilk marotaba ilmiy istiloh sifatida qo‘llagan zot Termiziyning o‘zlaridir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:40:22
Termiziy «hasan» iborasini o‘z kitobida bunday ta’riflaydilar: «Ushbu kitobimizda «Bu hadis hasan» degan paytimizda biz sanadining hasan ekanligini nazarda tutganmiz. Chunki roviysi yolg‘onchi deb taxmin qilinmagan har bir hadis, deyarli boshqa sababdan rivoyat qilinsa va shoz(z) bo‘lmasa, u hadis, bizning fikrimizcha, hasandir».
Ibnu-Saloh «Bu hadis hasan-sahih» degan ibora haqida bunday deydi: «Termiziy va boshqalar (Yahyo ibn Mo’in, Ibn-u Abi Shayba, Abu Ali At-Tusiy va shular singari boshqa muhaddislarni nazarda tutmokda) qo‘llagan «bu hadis hasan» degan iborada ishkal (chalkashlik) bor. Chunki «hasan»ning martabasi ma’lum sababga ko‘ra «sahih»ning martabasidan pastdir. Bir hadisda bu ikki istilohni jam’ qilmoq o‘sha qusurning (ayb-nuqsonning) ham nafyi, ham isboti (rad va isboti) demakdir». Shundan keyin bu ishkal borasida bunday javob qaytaradi: «Ushbu iboraning qo‘llanishi sanadga tegishlidir. Hadis ikki isnod bilan rivoyat qilinadi. Agar isnodlarning bittasi hasan, ikkinchisi sahih bo‘lsa, bu hadisni «hasan-sahih» deb aytish to‘g‘ri bo‘ladi. Ya’ni hadis bir isnodga ko‘ra - hasan, ikkinchi isnodga ko‘ra - sahihdir. Bu o‘rinda «hasan» so‘zining lug‘aviy ma’nosini ko‘zda tutgan bo‘lishini ham inkor etib bo‘lmaydi. Ko‘ngil moyil bo‘lgan va qalb qabul qilgan narsa hasan deyiladi. Bu taqdirda «hasan» iborasi istilohiy ma’nosidan boshqa ma’noda qo‘llangan bo‘ladi».
Ibnus-Saloh javobining birinchi qismiga e’tiroz bildirilgan. Chunki Termiziy faqat bittagina isnodi bo‘lgan hadisga nisbatan ham «hasan-sahih» ta’birini qo‘llaganlar. Demak, «hasan» so‘zi bu o‘rinda lug‘aviy ma’nosida qo‘llanganini ta’kidlash ishkalning oldini olish uchun eng muvofiq yo‘ldir. Bu orada «sahih-hasan» iborasi «hasan» bilan «sahih» orasidagi bir martaba ekanligini iddao qilganlar ham bor.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:41:38
ABU ISO MUHAMMAD AT-TERMIZIY KITOBINING UCH XUSUSIYATI

Butun olamlarning Parvardigori - Allohu taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsin; Allohning bandasi va Rasuli Hazrati Muhammad Mustafo sallallohu alayhi va sallamga, butun xonadoni ahliga va sahobalariga sanoqsiz salotu salomlar bo‘lsin! Haq yo‘liga yurib, Islomga ko‘ngil bog‘lagan barcha insonlarga Haq taoloning rahmati va salomlari bo‘lsin!...
Mana, bu kun «Sunani Termiziy» asarining birinchi jildini o‘zbek tiliga o‘girib, mustaqil O’zbekiston musulmonlariga takdim etishga muvaffaq bo‘lib turganimizdan g‘oyat baxtiyormiz! Aytmoq joizki, Termiziyning «Sunan» kitobi boshqa hadis kitoblari orasida o‘ziga xos o‘rin egallagan asardir.
Ushbu kitobni boshqa hadis kitoblaridan farklab, ajratib turgan uchta xususiyatni ta’kidlab o‘tmoqchimiz, chunki bu uch xususiyat «Kutubi sitta», ya’ni oltita eng mashhur hadis to‘plamining Termiziy kitobidan boshqa hech bittasida uchramaydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:42:21
1. Termiziy, har bir bobning hadisini zikr qilganidan keyin, xuddi shu bobga tegishli hadis rivoyat qilgan sahobai kiromlarning ismlarini sanab o‘tadi. (Alloh hammalaridan rozi bo‘lsin). Xoh ular rivoyat qilgan hadislar Termiziy keltirgan hadis ma’nosiga mos bo‘lsin, xoh boshqa ma’noda bo‘lsin, xoh unga zid ma’noda bo‘lsin; har holda, Termiziyning hadisiga yaqindan yoki uzoqdan aloqador bo‘lsa, kifoya! Ana shu xususiyat Termiziy kitobining sharhini kuchaytirib yuborgan juda muhim unsurdir. Ayniqsa, hadis olimlari kibriti ahmardek - mis va qalayni tillo qiladigan iksirdek nodir bo‘lib qolgan keyingi davrlar uchun bu o‘ta muhim xususiyatdir.  Keyin esa, Termiziy ishorat etgan barcha hadislarni sanadlari va matnlari bilan taxrij qilmoq, ya’ni, asoslab yuzaga chiqarmoq bir umrni talab qiladigan ishdir. Shayx Muborakfuriy Termiziy kitobini sharhlaganda bu ishni bajarmoqchn bo‘ldi, ammo barcha hadislarni taxrij etishga muvaffaq bo‘la olmadi, o‘z taxrijlarida esa boshqa allomalarga ergashish bilan kifoyalandi.
2. Termiziy, fiqhiy masalalarda faqihlarning qavllarini - fikr-qarashlarini ko‘p bor zikr qiladi, dalillarga ishorat etib, xuddi o‘sha masalada bir-biriga zid hadislarni sharxlaydi. Bu xususiyat qay darajada ahamiyatli, muhim va ulug‘ bir maqsadga muvofiq ekanligi ochiq-ravshandir. Asosan, hadis ilmlarining haqiqiy g‘oyasi va maqsadi istidlol, ya’ni, dalil keltirish hamda bekamu-ko‘st ittibo’ etish - ergashish va amal qilish uchun asos bo‘ladigan hadislarni aniqlab tayin etishdir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:43:11
3. Termiziy xadislar ta’liliga juda kuchli e’tibor beradi. Har bir hadisning sihhat va zaf-sog‘lomlik va zaiflik darajasini aniqlaydi. Hadisning illatlari haqida, roviylar borasida batafsil va ahamiyatli izohlar beradi. Termiziyning bu yo‘nalishi bilan xadis ilmi qoidalarining, ayniqsa, ta’lil ilmining amaliy bir tadbiqi namoyon bo‘ladi. Xullas, bu olimlar va mutaallimlar uchun eng foydali bir kitob ekanligini iddao qilishimiz mumkin. Chunonchi, Hofiz Abul-Fazl Muhammad ibn Tohir Al-Maqdisiy, Termiziy haqida bunday deydi: «Hirotda Imom Abu Ismoil Abdulloh ibn Muhammad Al-Ansoriydan (Abu Ismoil Al-Ansoriy, Hirotlik alloma Shayx-ul-Islom, «Manozil-us-soiriyn» nomli kitob muallifi. Hirot eski Xuro-son davlatining poytaxti, hozir Afg‘oniston hududidaga bir shaxar.) eshitdim. U o‘z majlisida Termiziy va uning kitobidan gap ketganida aytdiki,. «Mening uchun uning (Termiziyning) kitobi, Buxoriy va Muslim kitoblaridan ko‘ra foydaliroq. Chunki, Buxoriy va Muslim kitoblaridan faqat mutaxassis olimlargina istifoda etadi. Abu Iso (Termiziy)ning kitobidan esa har kim foydalanishi mumkin». (Al-Maqdisiyning    «Shurugul-Aimmati   Ashobil    kutubis-sittati» nomli qo‘lyozma asaridan.)
Termiziy esa o‘z kitobi haqida bunday deydi: «Bu kitobni tasnif qilganimdan keyin uni Hijoz, Iroq va Xuroson ulamolariga taqdim etdim; ular rozilik bildirib, qabul qildilar. Kimning uyida bu kitobdan bo‘lsa, o‘gpa xonadonda Payg‘ambar (sallallohu alayhi va sallam) gapirayotgandek bo‘lur». («Tazkirat-ul-huffoz» («Hofizlar yodnomasi»): 2/188 «Tahzib-ut-tahzib»: 9/389 va «Miftoh-us-sa’oda» (Saodat kaliti):2/11) Termiziyning shaxsiyati va kitobi borasida ulamolarning fikr-qarashlarini Termiziyning tarjimai holi bobida bayon etdik. Endi esa hadis ilmining ba’zi istilohlarini sharhlab o‘taylik.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:44:05
HADIS VA SUNNAT

Muhaddislarning, xususan keyingi olimlarning fikricha, «hadis» va «sunnat» bir ma’nodagi ikki so‘zdir. Hadis yoki sunnat Paygambar sallallohu alayhi va sallamning so‘zlari, fe’l-atvorlari yoki biror taqrirlari (biror masaladagi roziliklari) yoxud biror sifatlarining ifodasidir, ya’ni shar’iy hukmlardir. Ammo bu ikki lafzning tarixi va lug‘aviy asoslariga diqqat qilinsa, qo‘llanishi borasida lug‘at va istiloh jihatidan nozik farqlari borligi ko‘zga tashlanadi.
Hadis - so‘zlashuv va xabar berish ma’nosida kelgan naqlning (bayon va ifodaning) nomidir. Keyin Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning so‘zlari yoki   fe’llari    yoxud   taqrirlari (biror masalada to‘xtamlari) hadis deyilgan, ayrim olimlar, «hadis» tushunchasida «yangilik» degan ma’no bor deb, bu so‘zni «qadim» so‘zining muqobili sifatida qo‘llashgan. «Qadim» deganda Alloh taoloning Kitobi Kur’oni karimni, «hadis» deganda esa Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning so‘zlarini nazarda tutishgan. Shu sababdan ulamolarning ko‘pchiligi Alloh taoloning kalomini hadis deb atashdan saklanganlar.
«Sunnat» esa - asli e’tibori bilan «hadis» lafziga barobar emas. «Sunnat» nima? Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam keltirgan diniy yo‘l «sunnat» deb atalar edi. Chunki «sunnat»ning lugaviy ma’nosi «yo‘l» deganidir. Bu jihatdan, «hadis» Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning so‘zlari va fe’llarini ifoda etsa, «sunnat» esa faqatgina u zotning fe’llariga xosdir. Bu ikki lafz-tushuncha orasidagi ana shu farq tufayli ba’zan muhaddislar: «Bu hadis qiyosga, sunnatga va ijmo’ga ziddir» yoki «hadisda imomdir, sunnatda imomdir; hadis va sunnatda imomdir» kabi iboralarni qo‘llashgan. Bu ikki so‘z orasidagi o‘ziga xoslikni ana shunday ifoda va iboralar mazmunidan anglaymiz.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:44:57
XABAR VA ASAR

«Tahdis» (ya’ni bayon qilish yoki so‘zlab berish) degani «xabar» ma’nosida keladi. Shunga ko‘ra «xabar» lafzi ma’no jihatdan «hadis» lafziga «sunnat» so‘zidan ko‘ra yaqinroq. Chunki Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning hadislari Rasuli akramga oid bo‘lgan xabardan iborat. Ammo tarix va shunga o‘xshash ilmlar bilan shug‘ullanadigan olimlar «ixboriy» (ya’ni xabar qiluvchilar) deb nomlangan, sunnat bilan shug‘ullanadigan olimlar esa «muhaddis» deb atalgan va shu bois tarixchilarning rivoyatlari «xabar» deb, muhaddislarning rivoyatlari esa «hadis» deb nom olgan. Ikkala so‘z orasida umumiy-xususiy va mutloq jihatlar bor.   Ya’ni,   har   qanday   hadis   xabardir,   lekin   har qanday xabar hadis emas. Vaholanki, «hadis» va «xabar» lafzlari ma’nodosh, degan fikrga ega bo‘lgan. muhaddislar, bu ikki so‘zning lug‘aviy jihatdan bir xil ma’noda ekanligining eng avvalo ushbu tomonini mulohaza etishadi. Roviylar Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamga oid hadislarni rivoyat qilish bilangina cheklanib qolmaydilar, ayni vaqtda mavquf va maqtu’ tarzidagi hadislarni ham rivoyat qilishadi (Ba’zi muhaddislar marfu’ va mavquf hadisni asar deb qabul qilishadi. Xuroson fuqahosi esa mavqufni - asar, marfu’ni -xabar deb hisoblashadi.). U holda faqatgina Rasuli akram sallallohu alayhi va sallamning emas, balki sahobalarning va tobe’iynning so‘zlarini ham rivoyat etishadiki, rivoyat ikki o‘rinda ham xabardir. Xullas, hadisni «xabar» deb va xabarni «hadis» deb atashning zarari yo‘q.
Muhaddislar «asar» so‘ziga ham shu nuqtai nazardan qaraydilar; bu lafz «xabar», «sunnat» va «hadis» lafzlari bilan ma’nodosh ekanligini aytadilar. Chunonchi, «asar»ni sahobalarga va tobe’iynga oid qavllar (so‘zlar) va fe’llargagina xos deb hisoblashni taqozo qiladigan biror sabab yo‘q. Garchi xabar bilan asar orasida farq bor, deb mulohaza qilganlar bo‘lsa-da, lekin biz umumiy ko‘pchilikning fikriga ergashib, bu istilohlar umuman «tahdis» va «ixbor» ma’nosini ifoda etishlikda barobar deb qabul qilamiz. Hadis usuli ilmida bahsga sabab bo‘lgan asos ana shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:45:31
HADISI QUDSIY

Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallam ba’zan sahobalariga Allohu taolodan naql etib, bir so‘z aytadilar. Bu so‘z, bu mav’iza vahyi jaliy, ya’ni ochiq-ravshan vahiy emasligi uchun Qur’on emas; shuning-dek, Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallamning bevosita o‘z so‘zlari emasligi uchun hadisi Nabaviy ham emas. Buning uslubi Qur’oni karimning uslubidan tamoman boshqacha. Ammo, shu bilan birga, unda qudsiy (ilohiy) olamdan bir nafha (bir muborak), g‘ayb olamidan bir nur, jalol va ikrom sohibi bo‘lmish Allohu taolodan bir haybat bor! Ana shu turdagi hadislar hadisi qudsiy, ya’ni qudsiy hadislar yoki ilohiy hadislar va rabboniy hadislar deyiladi. Hadisi qudsiy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Allohu taolodan naql qilib aytdilarki...» deb boshlanadi. Shuning uchun ayrim olimlar, hadisi qudsiyda lafz, ya’ni so‘z Allohu taolodan ekanligini ta’kidlaydilar. Holbuki, ulamolarning ko‘pchiligi lafz (ya’ni ifoda) Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallamdan, ma’no esa Allohu taolodan deb hisoblaydilar. Abul-Baqo ana shu fikrni ilgari suradi va buni ochiq-oydin ta’kidlab, bunday deydi:
«Qur’on - lafzi va ma’nosi oshkor vahiy bilan Alloh huzuridan nozil bo‘lgan kalomdir. Hadisi qudsiy esa - lafzi Rasuli Akramdan va ma’nosi ilhom yoki tush yo‘li bilan Allohu taolodan kelgan kalomdir» («Kulliyotu Abil-Baqo», 288-bet.)
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:46:19
MUSNID, MUHADDIS, HOFIZ

Hadis ilmi bilan shug‘ullangan zotlar (shu ilm atamalariga muvofiq) turli nomlar bilan atalganlar. Bulardan eng mashhurlari quyidagi uch laqab, uch nomdir.
  Musnid - hadisni sanadi (roviylarning uzluksiz   tartib-ro‘yxati)   bilan   rivoyat   qilgan   roviydir. Uning hadis sohasida bilimi bo‘lishi shart emas. Faqatgina hadisning matni va sanadi bilan eshitgan kishisidan aynan naql etadi.
  Muhaddis - hadislarning sanadlarini, illatlarini, roviylarning ahvolini  bilgan, imkoni  boricha hadis yodlagan, kutubi sittani (olti mashhur hadis kitobini), Ahmad ibn Hanbalning «Musnad»ini, Bayhaqiyning «Sunan»ini,   Tabaroniyning «Mu’jam» ini tinglagan (saboq olgan) va bularga hadis juz’laridan ming juz’gacha qo‘sha olgan kishidir(«Tadrib-ur-roviy», 6-sahifa.).
  Hofiz - hadis bilan shug‘ullangan zotlar orasida darajasi eng baland va maqomi eng yuksak bo‘lgan kishidir. Hofiz turli tarzlarda ta’rif etilgan. Bir ulamo fikricha, hofiz Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sunnatini bilgan, yo‘llarini egallagan, sanadlarini bir-biridan tozalagan, sahih ekanligi ittifoq qilingan hadislar bilan ijtihod sababidan «muxtalifun fiyh» bo‘lgan hadislarni yod bilgan; jarh va ta’dil istilohlaridan voqif bo‘lib, har biri orasidagi farqni ajrata olgan; hadisda mavhum va sahih bo‘lgan lafzlarni tanigan, hadis matnlariga darj etilib (kiritilib), ularning bir parchasi holiga kelgan lafzlarni farqlab ajrata oladigan va roviylarning ahvolidan eng yaxshi tarzda voqif bo‘lgan hadis olimidir.(«Al-Jomi’ li-axloqir-roviy». 150/8. Sahifa 2.- «Ulum-ul-hadis va mustalahuhu», 76-sahifa)
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:46:46
Ayrimlari esa har bir davrda va makonda nodir, kamyob bo‘pgan kishilar hofiz deb atalishini va bunday kishilar borligi hali-hamon mutazzir, ya’ni uzrli, istisno holat ekanligini uqtiradilar. Zero bir hadis olimining hofiz deb nomlanishi uchun keng va qamrovli ilm bilan birga nodir sifatlarning unda mavjud bo‘lishi shart qilingan. Al-Hokim «Al-madhal» asarida bunday deydi: «Bir hofizning xotirasida yarim millionta hadis saqlanar edi»(«Tadrib-ur-roviy», 8-sahifa)
Ammo Fathuddin ibn Sayyidinnos bu da’voning nisbiy ekanligini va har bir davrning o‘ziga xos bir istiloh va tahdidi borligini ta’kidlaydi va aytadiki, «Ulamoi mutaqaddimiyndan (qadimgi olimlardan) daftarida   yigirma  ming  hadis   yozilmagan   kishini hadischi deb hisoblamaganlari rivoyat qilinadi. Holbuki, ularning bu tushunchalari o‘z davrlariga ko‘radir9»(«Tadrib-ur-roviy», 7-sahifa)
Imom Buxoriy aytadiki, «Xotiramda yuz mingta sahix hadis va ikki yuz mingta g‘ayri sahih hadis bordur!» («Tadrib-ur-roviy», 8-sahifa)
Hofizlar garchi yuz minglab hadislarni yod olgan bo‘lsalar-da,  shundan  faqat juz’iy  mikdorini  rivoyat qilganlar.    Bu    bir    tavarru,    Ya’ni    parhezkorlik, ehtiyotkorlik     masalasi ekanligi ma’lum. Chunki hadischilar Islomdan bo‘lmagan biror so‘zni Islomga taqab qo‘yishdan qattiq hazar qilishgan. Al-A’mash, roviylar hadislarning har bir so‘zi ustida ko‘rsatgan talabchanlik na hasosliklarni tasvirlaydi va ularning bu harakatini  maqtab,  bunday deydi:  «Ilm shunday zotlarning qo‘lida ediki, ularning har biri uchun osmondan yerga kulab tushish, shariat ilmiga bironta «vov», bironta «alif» yoki bironta «dol» qo‘shib qo‘yishdan ko‘ra osonroq edi. Endi esa ilm, baliqning katta yoki kichikligi borasida ham qasam ichaveradigan kishilar qo‘lida qoldi».(«Al-Kifoya»,  178, Al-A’mash, u Sulaymon ibn Muhrondir; 148-hijriy yilda vafot etgan.)
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:47:16
HADISLARNING QABUL QILINISHI VA RAD ETILISHI JIHATDAN TURLARGA BO’LINISHI

Hadis yo maqbul (qabul qilinadigan) yoki mardud (nomaqbul) bo‘ladi. Maqbul hadis - sahih, mardud hadis - zaifdir. Hadislarning tabiiy taqsimi ana shudir, bunday taqsim, ya’ni bo‘linish ortida roviylarning va hadis matnlarining ahvollari o‘zgarishi bilan birga, sihhat va za’f, ya’ni sog‘lomlik yoki zaiflik jihatidan o‘zgargan bir qancha qismlar bor.   Biroq muhaddislar uch qismga bo‘lish borasida kelishib, bu uchga bo‘lish ikkiga bo‘lishdan ko‘ra afzal deb sanashgan. Shunday qilib, hadis sahih, hasan va zaif tarzida uch turga bo‘lingan.
Mavzu’ degani esa bu turlarga kirmaydi. Chunki, mavzu’ degani Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamga yoki sahobalardan va tobi’iyndan biror kishiga taqalgan gap bo‘lib, aslida yolg‘on va uydirmadir. Va’z qilayotgan kishi nazdida bu hadis hukmida bo‘lsa-da, lekin mavzu’ ekanligining isbot etilishi undan «hadis» degan sifatni ketkizadi. Biroq to bu masala isbot etilmagunicha, uni hadis deb atash mumkin. Agar biron bir kitobda «Bu hadis mavzu’dir» degan iboraga ko‘zingiz tushsa, shuni bilingki, o‘sha o‘rinda «hadis» so‘zining ishlatilishi mazkur so‘zni hadis sifatida naql etish va rivoyat qilish harom ekanligini bildirish uchun bo‘ladi. Endi tartibi bilan shu uch tur hadisni qisk.acha izohlab o‘taylik.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:47:38
1. SAHIH.
Sahih hadis - to‘g‘ri va aql-idrokli kishi to‘g‘ri va aql-idrokli kishidan rivoyat qilgan, sanadi boshidan oxirigacha uzilmay muttasil bo‘lgan, shoz(z) va muallal bo‘lmagan (uzilmagan va nuqsonsiz) musnad hadisdir.
Sanadning muntahosi - to‘xtalgan joyi (tayanch nuqtasi) Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam bo‘ladilar, shuningdek, biror sahoba va tobi’iyn ham bo‘lishi mumkin. Ba’zi ulamolar musnad bilan muttasil orasini ajratgan hollar ham uchraydi. Ular: Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan ko‘tarilgan hadisni musnad deb, sanadi tutashgan hadisni esa muttasil deb aytadilar. Ularning fikricha, muttasil hadis marfu’ ham bo‘lishi mumkin; mavquf yoki maqtu’ ham bo‘lishi mumkin; musnad hadis esa faqatgina Rasuli Akramning o‘zlaridan ko‘tarilgan hadisdir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:47:58
Sahih hadisning turlari:
Sahih hadis mutavotir, ahad, mashhur, mustafiz, aziz va g‘arib kabi turlarga bo‘linadi.
Mutavotir - aqlan va odatan yolg‘on narsa ustida ittifoq qilishlari mumkin bo‘lmagan bir jamoat, sanadi boshida, o‘rtasida va oxirida xuddi shunday sifatga ega bo‘lgan bir jamoatdan rivoyat qilgan sahih hadisdir.
Bu jamoatning sanog‘ini belgilash borasida turli va qarama-qarshi fikrlar ilgari surilgan. Biz bu fikrlarga to‘xtalmaymiz, ayni vaqtda, mutavotir lafzi va ma’nosiga ko‘ra ikki qismga bo‘linishini ham sharhlab o‘tirmaymiz. Chunki, sahih hadis - «sahih lizotihi» va «sahih lig‘oyrihi» kabi ikki turga ajraladi. Ammo bu borada ham to‘xtalmay o‘tamiz. Chunki, maqsadimiz hadis istilohlari haqida ta’lim berish emas, balki tarjimamizda uchraydigan ayrim ilmiy istilohlarni tushunib olishda yordami tegadigan muhim ma’lumotni yetkazishdir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:48:51
Ahad - bunday hadislarning har bittasi «xabari vohid» deyiladi. «Xabari vohid» - lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra, bitta kishi rivoyat qilgan hadis, degani. Istilohiy ma’nosiga ko‘ra - tavotur darajasiga yetmagan hadisdir.
Bu ta’rifdan ma’lum bo‘ladiki, qo‘yidagi hadis turlari «xabari vohid»ning alohida-alohida xillaridir.
Mashhur - siqa (ishonchli) bir imomdan jamoat (ikkitadan ortiq kishi) mushtarak tarzda rivoyat qilgan hadisdir. Aniqliq, ochiq-ravshanlik kasb etgani bois bunday hadislar mashhur deb nomlangan. Ayrim fiqh imomlari bunday hadisni ayni vaqtda mustafiz deb ataydi. Holbuki, mashhur hadis bilan mustafiz hadis o‘rtasida farq bor.
Mustafiz - yoyilmoq, tarqalmoq (fayz olmoq) ma’nosida keladigan «istifoza» so‘zidan kelib chiqqan ismi foildir. (fe’ldan yasalgan ot). Mashhur hadisni «mustafiz» deydigan fiqh imomlari, so‘zning lug‘aviy ma’nosini diqqat markazida tutgan bo‘ladilar. Istilohiy ma’nosi esa boshida va oxirida roviylar sanog‘i teng - bir xil bo‘lgan hadisdir; bunda roviylar sanog‘i ikkitadan ko‘p bo‘lishi shart qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:49:41
Aziz - ikki kishi rivoyat qilgan, ammo hamisha, har qaysi davrda roviylar sanog‘i ikkitadan kam bo‘lmagan hadisdir. Bunday hadislarning aziz deb atalishiga sabab: yo nodir bo‘lgani uchun, yoki boshqa yo‘ldan kelishi bilan quvvat kasb etgani uchundir.
G’arib va fard - sahobadan keyin sanadining har qanday bir joyida bitta roviy yakka holda rivoyat qilgan hadis. «G’arib va fard» so‘zlari orasida lug‘at va istiloh jihatidan mushtarak uyqashlik bor. Bu bog‘liqlik faqat yakka-yolg‘izlik va toqlik ma’nosida bo‘lib, hadis olimlaridan ayrimlari bu xil hadislarni ba’zan «fard», ba’zan «g‘arib» deb atashlarining sababi shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:50:15
2. HASAN HADIS
Hasan hadis
- odil, sidq va omonatda mashhur, ammo qamrovda sahih talabi darajasiga ko‘tarilmagan roviy rivoyat qilgan, sanadi muttasil bo‘lib, tobi’iyndan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamgacha yetib borgan, shuzuzdan va illatdan salomat bo‘lgan hadisdir.
Ko‘rinib turibdiki, sahih hadis bilan hasan hadis o‘rtasidagi farq faqatgina qamrov (zabt, ya’ni egallash, ishg‘ol etish) sahihda tugal, to‘liq, «hasan»da esa bir oz pastroq martabada bo‘lishidan iborat.
«Sunani Termiziy» hasan hadislarni aniqlashda asos-manba’dir. «Hasan» istilohini kashf etgan, hadislarni sahih, hasan va zaif tarzida uch qismga bo‘lgan zot Termiziyning o‘zidir. Undan avval muhaddislar zaifni ikki xil tarzda qabul qilishardi. Birinchisi - o‘sha hadis asosida amal qilinishi joiz bo‘lgan zaif hadis bo‘lib, bu Termiziy istilohida kelgan hasan hadisga o‘xshashdir. Ikkinchisi - tark etish vojib bo‘lgan, o‘ta zaif ma’nosida kelgan, «vahiy» (quloqqa shivirlangan so‘z) deb nomlangan hadis edi.
Muhaddislar, sahih bilan hasan o‘rtasida mushtarak bo‘lgan ba’zi lafzlarni zikr qilishgan. Maqbul va mo‘‘tabar hadis borasida qo‘llangan bu lafzlar: jayyid, mujavvad, qaviy, sobit, maxfuz, ma’ruf, solih va mustahzan singari so‘zlardir. Bularning ishlatilishida istilohiy ma’nodan ko‘ra lug‘aviy ma’nosi ko‘proq mulohaza qilinadi. Chunonchi, mujavvad bilan jayyid, sobit bilan qaviy so‘zlari bir-biri bilan qiyoslanganda bu lafzlar ta’birda farqli ma’noda qo‘llangani ravshan bo‘ladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:51:22
3. ZAIF HADIS
Zaif
- tarkibida «sahih» va «hasan» hadislarning sifati bo‘lmagan hadis. Uchinchi tur hisoblangan zaif hadisning eng muvofiq ta’rifi ana shu.
Zaif hadisning ko‘pgina xillari bor. Bulardan o‘ziga xos nomga ega bo‘lgan xillarini quyida izohlaymiz.

Zaif hadisning turlari:
Mursal - sanadidan sahoba tushirib qoldirilgan hadis.
Masalan, tobi’iyndan bo‘lmish Nofi’: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar» yoki «Bunday kildilar» yoxud «U zotning huzurida bunday qilindi» deydi yoki shunga o‘xshash bir ta’birni qo‘llaydi, deylik; bu o‘rinda hadis ittisolni (bog‘liqlikni) yo‘qotgani uchun - zaif; roviysi tomonidan sahoba tushirib qoldirilgani uchun - mursal bo‘ladi. Mursal hadis din bobida hujjat hisoblanmaydi. Muhaddislarning qarori ana shu. Lekin ko‘pchilik ulamolar bir sahoba mursal tarzida rivoyat qilgan hadisni hujjat deb qabul qilishadi va bunday hadislarni zaif deb hisoblashmaydi. Chunki, o‘sha sahoba mursal tarzida rivoyat qilgan shu hadisni mutloq boshqa bir sahobadan eshitganki, u sahoba ahvolining noaniqligi hadisni zaif deb hisoblashga asos bo‘lolmaydi. Suyutiy, «Sahihayn»da bu tur hadislar jiddiy bir sanoqni tashkil etishini aytadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:51:57
Munqoti’ - sanadida bir roviy tushirib qoldirilgan yoki sanadida mubham (noma’lum) bir kishiga o‘rin berilgan hadis.
Munqoti’ hadis ham xuddi mursal hadisdek sanadida ittisolni (bog‘liqlikni) yo‘qotgani tufayli zaifdir.
Hofiz Al-Xatiyb Al-Bag‘dodiy, «Al-kifoya fiy ilmir-rivoya» nomli asarida bunday deydi:
«Munqoti’ mursal kabidir. Faqat bu istiloh ko‘pincha sanadida tobi’iyn tushirib qoldirilgan rivoyat haqida qo‘llaniladi». Hofiz Al-Xatiybning «ko‘pincha» degan ta’kidi bilan, munqoti’ borasida biz keltirgan ta’rif orasida hamma jihatdan mutanosiblik yo‘qligi ayon. Al-Xatiybning so‘zi, munqoti’ hadislarda ko‘pincha namoyon bo‘ladigan bir sifatga nisbatan alohida istilohdir. Haqiqiy ta’rif yuqorida biz taqdim etgan ta’rifdir.
Mu’dal - sanadidan ikki yoki ko‘proq roviysi tushirib qoldirilgan hadis.
Mu’dal maxsus vajh asosida munqoti’ning bir qismi hisoblanadi. Bu o‘rinda ham za’fning sababi, xuddi mursal va munqoti’da bo‘lganidek, sanadida ittisolni (bog‘liqlikni) yo‘qotganligidir. Agar bu uch istiloh orasida bir o‘lchov-daraja qo‘yadigan bo‘lsak, mu’dalning ahvoli munqoti’dan ko‘ra yomonroq, munqoti’ning ahvoli esa mursaldan ko‘ra yomonroq deb aytishimiz mumkin. Demak, mu’dalning munqoti’dan ko‘ra yomonroq ekanligi - inqito’, ya’ni uzilish sanadining bir joyida bo‘lgani uchundir. Mabodo, inqito’, ya’ni uzilish sanadining ikki joyida. yoki yanada ko‘proq joyida bo‘lsa, unda mu’dalning ahvolidan farqi qolmaydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:52:25
Mudallas - aybi yashiringan hadis. Shu ma’noni bildiradigan mudallas ikkiga bo‘linadi:
a)   Isnod tadlisi. Bir roviyning, o‘zi bilan bir davrda yashagan va o‘zi bilan uchrashgan kishidan eshitmagan holda undan hadis rivoyat etmog‘i yoki bir davrda yashagan, lekin o‘zi bilan uchrashmagan bir kishidan, xuddi uning og‘zidan eshitgandek qilib hadis rivoyat qilmog‘i isnod tadlisi deyiladi. Ibnus-Saloh mudallas hadisni ana shunday ta’riflaydi. Tadlis borasida boshqa ta’riflar ham zikr qilingan. Bu ta’riflarning hammasi, bir shayxdan eshitmagan hadisni xuddi undan eshitgandek qilib rivoyat qilish holatiga asoslangan.
b)   Shayxlar tadlisi. Bir shayxdan eshitgan hadisni undan rivoyat qilganda, o‘sha shayxning tanilmasligi uchun uni taniqsiz bir ismi yoki kunyasi (taxallusi) bilan atalmog‘i yoki shayxini yoxud shayxining shayxini taniqsiz bir sifat bilan sifatlantirmog‘i - shayxlar tadlisidir.
Ayrim muhaddislar tadlisni kengroq qilib, atf tadlisi, qat’ tadlisi, tasviya tadlisi, sukut tadlisi, tavriya tadlisi, istidroq tadlisi va shu kabi boshqa atamalar bilan turli xillarga ajratishgan. Bu xillarning hammasi «isnod tadlisi» qismiga tegishli.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:52:52
Muallal - zohiran illatsiz ko‘rinsa ham, sahihligiga jarohat yetkazadigan bir illati yuzaga chiqarilgan hadis. Imom al-Buxoriy, Imom At-Termiziy va Al-Hokim iboralarida qo‘llanganidek, bu hadis «ma’lul» ham deyiladi. «Muoll» deb atalsa, yanada yaxshiroq.
Muztarib - boshqa-boshqa (beqaror) va bir-biriga yaqin sabablar bilan rivoyat qilingan hadis.
Imom an-Navaviyning fikricha, ta’rif shu. Bordi-yu, rivoyatlardan birontasini boshqasidan ustun qo‘yish mumkin bo‘lsa, unda bu hadis «muztarib»lik holatidan chiqadi. Iztirob (beqarorlik) ko‘p marta sanadda va ba’zan matnda yuz beradi, agar iztirob faqat matnda yuz bersa, u hadis kamdan-kam «muztarib» deb nomlanadi. Iztirob ham sanadda, ham matnda uchrashi mumkin. Biz tarjimada «chalkashlik» iborasini «iztirob»ning muqobili tarzida qo‘llayotirmiz. Bu so‘z lug‘aviy jihatdan asosan «beqarorlik» ma’nosini bildiradi.
Maqlub - roviylardan birontasi, matnda biror so‘z o‘rnini yoki sanadda biror roviy nomini yoki nasabini aniq tutmasdan, orqaga olinishi lozim bo‘lgan so‘z, nom yoki nasabni oldinga o‘tkazishi, nom yoki nasabni orqaga olishi yoxud bir narsani boshqa bir narsaning o‘rniga qo‘yishi tarzida rivoyat qilgan hadis. (Qisqasi, maqlub - matnda biror so‘z o‘rni yoki sanadda biror roviy nomi yoki nasabi o‘rni almashib qolgan hadis). Maqlub - o‘zgartirmoq ma’nosida keladigan «qalb» so‘zidan yasalgan ismi maf’uldir. (fe’ldan yasalgan ot). (Masalan, biror narsa o‘zgartirilganda yoki soxtalashtirilganda «qalbaki» deb ataladi).
Ta’rifdan anglashilgan sababga ko‘ra, «qalb» (o‘zgarish) isnodda ham, matnda ham bo‘lishi mumkin.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:53:28
Shoz(z) - rivoyati maqbul bo‘lgan roviy o‘zidan ko‘ra maqbulroq bo‘lgan roviyga muxolif (qarshi) tarzda rivoyat qilgan hadis. Hofiz ibn Hajar shoz(z) hadisga ana shu ta’rif munosib ekanligini aytadi.
Munkar - zaif roviy siqa (ishonchli) roviyga muxolif (qarshi) tarzda rivoyat qilgan hadis. Munkarning eng ixcham ta’rifi shu. Munkar hadis roviysining zaif ekanligi jihatdan shoz(z) hadisdan farqlanadi. Chunki shoz(z) hadisning roviysi - siqa (ishonchli) kishi, munkar hadisning roviysi esa zaifdir. Shuni ham ta’kidlab o‘taylikki, «munkar»ning muqobili - «ma’ruf», shoz(z)ning muqobili «mahfuz»dir.
Matruk - hadisda yolg‘onchiligi taxmin qilingan yoki xoh fe’li, xoh so‘zi bilan fosiqligi ayon bo‘lgan yoki behad g‘aflatda qolgan yoki vahm-xayoli ko‘p bo‘lgan (xayolparast) roviy rivoyat qilgan hadis.
Bu - navli hadislar «matruk» deyilib, «mavzu’» deyilmasligiga sabab shuki, faqat yolg‘onchilik taxmini tufayli bir hadis mavzu’ deb hukm qilinmaydi, yolg‘onchiligi fe’lan sobit bo‘lishi kerak.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:54:11
SAHIH, HASAN VA ZAIF HADISLAR ORASIDAGI MUSHTARAK ISTILOHLAR

Ushbu bo‘limda, yuqoridagi uch turli hadislar orasida mushtarak bo‘lgan ayrim istiloxlar ustida to‘xtalamiz.
Marfu’ - qavl (so‘z), fe’l yoki taqrir sifatida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamgacha ko‘tarilgan hadis. Xoh sahoba, xoh tobi’iyn, xoh ulardan keyingilar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamgacha yuksaltirgan hadis marfu’ deyiladi.
Bundan shu ma’no chiqadiki, marfu’ hadis hamisha ham muttasil bo‘lavermaydi. Ba’zan sanadidan sahoba tushib qolib, mursal bo‘ladi. Ba’zan roviylardan biri tushib qolib yoki sanadida mubham bir kishi zikr etilib, munqoti’ bo‘ladi. Ba’zan ikki yoki bundan ko‘p roviy tushib qolib, butkul mu’dal bo‘lib qoladi. Aytilganidek, bu uch holatda hadis zaif deb sifatlanadi.
Musnad - sanadi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamgacha marfu’ tarzida, roviysidan to intihosiga qadar muttasil yetib borgan hadisdir.
Muttasil - sanadi boshidan oxiriga qadar muttasil yetib borgan hadis.
Bu Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamgacha yuksalgan bo‘lishi shart emas. Sahobada yoki undan keyingi roviyda mavquf bo‘lgan (to‘xtagan) bo‘lishi mumkin. Bu hadis ayni vaqtda mavsul deb ataladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:54:36
Mavquf - qavl (so‘z), fe’l yoki taqrir sifatida sahobaga izofa qilingan hadis.
Maqtu’ - qavl (so‘z), fe’l yoki taqrir sifatida tobi’iynga izofa qilingan hadis.
Muallaq - sanadining boshidan bir yoki bir necha roviy ketma-ket tushirib qoldirilgan hadis.
G’arib va fard - sahobadan keyin sanadining har qanday bir joyida bitta roviy yakka holda rivoyat qilgan hadis.
G’arib va fard hadisni yuqorida mashhur, aziz va mustafiz hadislar bilan birga sahih hadisning turlari sifatida zikr qilgandik. Darvoqe, bu navli hadislar «aqsomi salosa», ya’ni sahih, hasan va zaif kabi uch turdagi hadislar orasidagi mushtarak hadislardir. Sahih bo‘lganlaridek, hasan ham, ba’zan zaif ham bo‘lishi mumkin. Chunonchi, «Ilm talab etmoq har bir musulmon erkak va ayolga farzdir» degan hadis mashhur bo‘lishi bilan birga hasan hamdir. «Qalblar o‘zlariga yaxshilik kilganlarni sevguvchi qilib yaratilgandir» degan hadis mashhur va zaifdir. Shuningdek, marfu’, maqtu’ va mavquf hadislar orasida mashhur bo‘la turib, asli (asosi) bo‘lmagan bir qancha hadislar bor.
«G’arib va fard» so‘zlari orasida lug‘at va istiloh jihatidan mushtarak uyqashlik bor. Bu bog‘liqlik faqat yakka-yolg‘izlik va toqlik ma’nosida bo‘lib, hadis olimlaridan ayrimlari bu xil hadislarni ba’zan fard, ba’zan g‘arib deb atashlarining sababi shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:55:08
Oliy - sanadida roviy sanog‘i oz bo‘lganidan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yaqin bo‘lgan hadis.
Nozil - sanadida roviy sanog‘i ko‘p bo‘lganidan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan uzoqlashgan hadis.
Tobi’ va shohid - bir hadisning boshqa bir hadisga muvofiq kelishidir.
Agar muvofaqat lafzda bo‘lmay, faqat ma’noda bo‘lsa, bu hadis shohid deyiladi. Agar muvofiqlik ham lafzda, ham ma’noda bo‘lsa, bunday hadis tobi’ yoki mutobi’ deyiladi.
Agar muvofaqat roviyning shayxidan to sanadning oxiriga qadar butun sanadda mavjud bo‘lsa, bunday hadis mutobaayi tamma deyiladi; agar sanadning bir qismida bo‘lsa, noqisa deyiladi.
Agar hadisning lafzida ham, ma’nosida ham muvofiqlik uchramasa, bu fard va g‘arib deyiladi.
Mudraj - matnida yoki sanadida asli o‘zida bo‘lmagan biror qo‘shimcha topilgan hadis.
Sahih va hasan hadislarning roviylari oz va oddiy (sodda) ham bo‘lsalar, hadislarida uchragan qo‘shimchalarga diqqatni tortadilar va bu qo‘shimchaning kimga oid ekanligini aniq belgilaydilar. Toki begona bir so‘z Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning so‘zlariga aralashtirilmasin va u kishi aytmagan biror so‘z u zotga izofa qilinmasin. Idroj, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning hadisida o‘tgan ba’zi tushunilmagan so‘zlarni tafsir qilmoq maqsadida yoki bir shar’iy hukmni izohlamoq maqsadida qilinadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:55:27
Musalsal - bir sifat yo bir hol yoki bir kayfiyat borasida roviylari ittifoq qilgan hadis.
Musalsal - zanjirdek (silsiladek) bir-biriga bog‘liq bo‘lgan narsa, degani. Bu o‘rindagi tasalsul har bir roviyning hadisni rivoyat qilganda muayyan bir so‘z yo harakati yoki kayfiyati sanadda o‘zidan oldin kelgan roviydan aynan naql etilmog‘idir.
Musalsalning turli xillari bor.
Muzahhaf - nuqtalari o‘zgartirilib, bir yoki bir nechta harfi o‘zgargan, ammo yozma shakli boqiy qolgan hadis.
Mabodo, yozma shakli o‘zgarsa, u muharraf deyiladi.
Ibn Hajar muzahhaf va muharrafni ana shunday ta’riflagan. Aslida bular mutarodif (ma’nodosh) so‘zlardir. Chunonchi, ayrim muhaddislar bu ikki lafz orasini ajratmaganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:57:02
:bs1:

SUNANI TERMIZIY TARJIMASI

TAHORAT BOBLARI

Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra at-Termiziy aytadi(lar)...

RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAMDAN RIVOYAT QILINADI

1-BOB
MAVZU: TAHORATSIZ NAMOZ QABUL EMAS


1. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: Nabiy sallallohu alaihi va sallam aytdilar: «Tahoratsiz kishidan namoz va harom puldan sadaqa qabul qilinmaydi». Hannod o‘z rivoyatida («illa bi tuhuri», ya’ni «namoz faqat tahorat bilangina qabul qilinadi») dedi.
Muslim, Abu Dovud, An-Nasoiy va Ibn Moja ham shu hadisni rivoyat kilganlar. «G’ulul» - xiyonat, o‘g‘rilik, hiyla, pora va suiiste’mol qilish yo‘li bilan topilgan harom moldir. Qozi Abu Bakr ibn Al-Arabiy bu hadis tafsirida aytadi: «Tahoratsiz namoz qabul qilinmay, jazoni taqazo etganidek, harom moldan berilgan sadaqa ham shundaydir. (O’zbekcha tarjimada «g‘ulul»ning umumiy ma’nosi bo‘lgan «harom» degan so‘zni tanladik).
Bu hadis ushbu bobda vorid bo‘lgan hadislarning eng sahihi va eng hasanidir. Abul-Malihdan, uning otasidan, Abu Hurayra va Anas (roziyallohu anhum)dan ham bu bobda hadis rivoyat qilingan. Abul-Malih ibn Usomaning nomi Omir bo‘lib, uni Zayd ibn Usoma ibn Umayr Al-Huzaliy deb ham atashadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:57:43
2-BOB
MAVZU: TAHORATNING FAZILATI


2. Abu Xurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: Rasululloh salallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Musulmon (yoki mo‘min) banda tahorat olayotib, yuzini yuvganida ko‘zlari bilan qarab qilgan har bir gunohi tahorat suvi bilan yoki suvning oxirgi tomchisi bilan (yoki shunga o‘xshash ta’bir qo‘lladilar) yuzidan yuvilib tushadi; qo‘llarini yuvayotganida qo‘llari bilan sodir qilgan har bir gunohi suv yoki suvning so‘nggi qatrasi bilan qo‘llaridan to‘kiladi va shunday qilib, banda gunohlaridan poklanib chiqadi».
Bu hadis hasan-sahih.
Bu hadisni Molik Suxayldan, uning otasidan, Abu Hurayradan rivoyat qilgan. Abu Solih Suxaylning otasidir, Abu Solih As-Sammon deb tanilgan bu zotning ismi — Zakvon. Abu Hurayraning ismi masalasida esa ixtilof qilindi. Ba’zilar «Abdushams» deb aytishdi. Kimdir, «Abdulloh ibn Amr», deb aytadi. Xullas, Muhammad ibn Ismoil (Al-Buxoriy), «Eng to‘g‘risi shu!» deydi. (Ya’ni, Abu Hurayraning ismi borasida turli xil naqllar zikr qilingan bo‘lib, Abdulloh ibi Amr ekanligiga ishorat qilingan).
Bu bobda Usmon ibn Affon, Savbon, As-Sunobihiy, Amr ibn Abasa, Salmon va Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
As-Sunobihiy Abu Bakr Siddiqdan rivoyat qilgan, ammo Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan emas. Asli ismi — Abdurrahmon ibn Usayla, kunyasi Abu Abdulloh bo‘lgan As-Sunobihiy Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamni ko‘rmoq uchun yo‘lga chiqqan edi, u hali yo‘lda ekanligida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etdilar. U kishi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamdan turli hadislar rivoyat qilgan.
Suyutiy ibn Abdilbarrdan naql etib, bunday deydi: Sunobihiyning Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan hadislari borasida Ibn Moindan so‘raldi, u bunday javob qildi: «Bu hadislar mursaldir. Sunobihiy sahoba emas, ammo tobi’iynlarning eng oldingilaridandir».
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bo‘lgan As-Sunobih ibn Al-A’sar Al-Ahmasiy ham As-Sunobihiy deb yuritiladi. Uning hadisi esa mana bunday: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdim, aytdilarki: «Men boshqa ummatlarga nisbatan sizlarning ko‘pligingiz bilan faxrlanaman. Binobarin, mendan keyin bir-birlaringizga qarshi urush qilib ketmangizlar!» (Bu hadisni Imom Ahmad «Musnad» kitobida 4/351 raqam bi-lan va Ibn Moja «Sunan» kitobida (2/240-241) raqami bilan rivoyat qilishgan.)
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:58:14
3-BOB
MAVZU: NAMOZNING KALITI TAHORATDIR


3. Ali (karromallohu vajhahu)dan rivoyat kilindi: Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Namozning kaliti - tahorat, tahrimi — takbir, tahlili esa salomdir». (Ya’ni namoz uyining kaliti - tahorat, eshigi tahorat bilan ochiladi, iftitoh takbiri (takbiri tahrima) bilan ichkariga kiriladi va salom berishlik bilan namozdan chiqiladi.)
Bu hadis ushbu bobda vorid bo‘lgan hadislarning eng sahihi va eng hasanidir.
Abdulloh ibn Muhammad ibn Oqil to‘g‘riligi bilan tanilgan kishi bo‘lsa-da, ayrim muhaddislar uning xotirasini tanqid qilishgan. Muhammad ibn Ismoildan eshitdim, aytdiki: «Ahmad ibn Hanbal, Ishoq ibn Ibrohim va Al-Humaydiy, Abdulloh ibn Muhammad ibn Oqilning hadisini hujjat sifatida qabul qilar edilar». Muhammad hadis bobida uning o‘rta martabada ekanini qayd etadi.
Bu bobda Jobir va Abu Sa’iddan ham hadis rivoyat qilingan.

4. Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: u dedi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «(Jannatning kaliti - namoz). Namozning kaliti — tahoratdir».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:58:43
4-BOB
MAVZU: HOJATXONAGA KIRIShDA O’QILADIGAN DUO


5. (Hadisning ma’nosi: Nabiy sallallohu alayhi va sallam hojatxonaga kirayotib, «Allohim, o‘zingdan panoh tilayman!» dedilar. Shu’ba aytdi: Bir daf’a esa «Iflos va tuban narsalardan» yoki «erkak va urg‘ochi shaytonlardan asramog‘ingni so‘rab, o‘zingdan panoh tilayman», dedilar).
Bu bobda Ali, Zayd ibn Arqam, Jobir va ibn Mas’ud (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Anasning hadisi bu bobda rivoyat qilingan hadislarning eng sahihi va eng hasanidir.
Zayd ibn Arqom hadisining isnodida chalkashlik bor. Hishom Ad-Dastavoiy va Sa’d ibn Abu Aruba, Qatodadan rivoyat qilishdi. Sa’id: «Al-Qosim ibn Afv Ash-Shayboniydan, Zayd ibn Arqomdan» degan bo‘lsa, Hishom Ad-Dastavoiy, «Qatodadan, Zayd ibn Arqomdan» dedi. Shuba hamda Ma’mar ham bu hadisni Qatodadan, An-Nazr ibn Anasdan rivoyat qildilar. Shu’ba: «Zayd ibn Arqomdan» degan bo‘lsa, Ma’mar esa: «An-Nazr ibn Anasdan, uning otasidan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan» dedi. Buning sababini Muhammad (Al-Buxoriy)dan so‘radim, u: «Qatoda har ikkovidan ham rivoyat qilgan bo‘lishi ehtimol», deb javob berdi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:59:00
6. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat kilindi: Nabiy sallallohu alayhi va sallam hojatxonaga kirayotganlarida:
«Allohumma inniy a’uzu bika minal hubsi val-habaisi» («Allohim, yomon narsa va yomon ishlardan asramog‘ingni so‘rab, o‘zingdan panoh tilayman!») der edilar.
Bu hadis hasan-sahih.
Ahmad (ibn Hanbal), Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, An-Nasoiy va ibn Moja ham bu hadisni rivoyat qilganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:59:22
5-BOB
MAVZU: HOJATXONADAN ChIQQANDA O’QILADIGAN DUO


7. Oisha onamiz (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hojatxonadan chiqqanlarida «G’ufronaka» («O’zingdan avf tilayman») der edilar».
Bu hadis hasan-g‘arib.
Ahmad, Abu Dovud, ibn Moja va Abu Daramiy ham bu hadisni rivoyat qilishgan, shuningdek, bu hadis ibn Habbon, ibn Huzayma, Ibnul-Jorud va Al-Hokim tomonidan taxrij qilingan. Abu Hatim, sahih ekanini qayd etadi. An-Navaviy «Sharh ul-muhazzab» kitobida «Bu hadis hasan-sahixdir», deydi. G’arib ekaniga sabab esa, Yusuf ibn Abu-Burdadan buni faqat Isroil rivoyat qilgan. Lekin Isroil siqa (ishonarli) kishi va hujjatdir. (Ahmad Muhammad Shokir).
Buni faqatgina Isroil, Yusuf ibn Abu Burdadan rivoyat qilgani bizga ma’lum. Abu Burda ibn Abu Musoning nomi Omir ibn Abdulloh ibn Qays Al-Ash’ariydir.
Bu bobda Oisha onamiz roziyallohu anho Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan shu hadisdan boshqa hadisni bilmaymiz.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 10:59:46
6-BOB
MAVZU: KATTA YOKI KICHIK QAZOI HOJAT QILGANDA QIBLAGA QARAB O’TIRMASLIK


8. Abu Ayyub Al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat kilindi; u dedi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Hojatga borganingizda, xoh katta, xoh kichik qazoi hojat qilsangizlar, qiblaga qarab o‘tirmangizlar, qiblaga orqa ham o‘girmangizlar. Lekin kunchiqarga yoki kunbotarga qarab yoki orqa qilib o‘tiringizlar!» (Bu hukm Madina aholisi uchun hamda qiblasi kunchiqar yoki kunbotar tomonda bo‘lmagan yurtlar uchundir.)
Abu Ayyub aytadiki: «Shom (shahri)ga kelganimizda, (ayrim) hojatxonalarning qiblaga qaratib qurilganini ko‘rdik. Bu hojatxonalarga kirganimizda (imkon qadar) qibladan burilib o‘tirardik va chiqqach, Allohga istig‘for aytar edik».
Bu bobda Abdulloh ibn Horis ibn Jaz’ Az-Zubaydiy, Ma’kil ibn Abdul Haysam, (uni Ma’kil ibn Abu Ma’kil ham deyishadi), Abu Hurayra va Sahl ibn Hunayfdan hadis rivoyat qilingan.
Abu Ayyubning hadisi bu bobda rivoyat qilingan hadislarning eng hasani va eng sahihidir. Abu Ayyubning ismi - Xolid ibn Zayd. Az-Zuhriyning ismi - Muhammad ibn Muslim ibn Ubaydulloh ibn Shihob Az-Zuhriy, kunyasi esa - Abu Bakr.
Abul Valid Al-Makkiy aytadi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Xoh katta, xoh kichik qazoi hojat qilsangizlar, qiblaga qarab o‘tirmangizlar, qiblaga orqa ham o‘girmangizlar» degan hadislarning ma’nosi haqida Abu Abdulloh Muhammad ibn Idriys Ash-Shofi’iy, bunday deydi. «Bu faqat qirlarda va ochiq yerlardadir. Yopiq joylarda esa qiblaga qarab o‘tirishga ruxsat bor». Ishoq ibn Ibrohim ham shunday degan.
Ahmad ibn Hanbal bunday deydi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ruxsatlari, kishi katta yoki kichik qazoi hojat paytida orqasini qiblaga qilib o‘tirishi mumkinligiga oiddir. Qiblaga qarab o‘tirish masalasiga kelsak, bunday qilmaslik kerak. (Bunga ruxsat yo‘q). Ahmad ibn Hanbal na ochiq yerlarda, na pana joylarda qiblaga qarab o‘tirmaslik kerak, degan fikrda ekanligi anglashiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:00:13
7-BOB
MAVZU: QIBLAGA QARAB O’TIRISHGA RUXSAT BORLIGI


9. Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bizlarni kichik qazoi hojat qilganda qiblaga qarab o‘tirishdan qaytargan edilar. Vafotlaridan bir yil oldin o‘zlarining qiblaga qarab o‘tirganlariga ko‘zim tushdi».
Ahmad ibn Hanbal, Abu Dovud, Ibn Moja, Al-Bazzor, Ibnul-Jorud, Ibn Huzayma, Ibn Habbon, Al-Hokim va Ad-Doruqutniy ham bu hadisni taxrij qilganlar. Al-Bazzor «hasan» ekanini va Ibnus Saqan esa «sahih» ekanini qayd etishgan. Ochiq va yopiq joylarda qiblaga qarab o‘tirish yoki orqa qilish joiz ekanini aytgan kishilar shu hadis bilan so‘zlarini dalillaydilar. Va buni man’ etgan hadislarni nasx qilishini (bekor qilishini) uqtiradilar. Hofiz ibn Hajar esa «At-talxis» asarida bunday deydi: Bu hadis bilan istidlol (dalil-isbot) qilish izohtalab masaladir. Chunki, bu hammaga tegishli bo‘lmagan bir fe’lni naql etadi. Balki bu fe’l biror uzrga yoki maqbul bir sababga asoslangandir». Qozi Ash-Shavqoniy ham «An-nail» asarida bunday deydi: «Usul ilmida (Usuli dinda) sobit va muqarrar bo‘lganki, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning fe’li bizga tegishli bo‘lgan so‘zlariga muoriz (qarshi) emas, ya’ni Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam bizlarni, kichik yoki katta qazoi hojat qilganda qiblaga qarab o‘tirishdan yoki orqa qilib o‘tirishdan qaytarganlar. Bu qaytaruv barchamiz uchun joriy bo‘lgan».
Bu bobda Abu Qatoda, Oisha onamiz, Ammor ibn Yosir (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Jobirning bu bobdagi hadisi g‘arib.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:00:32
10. Ushbu hadisni Ibn-ul-Lahiy’a Abuz-Zubayrdan, Jobirdan, Abu Qatodadan rivoyat qilib, «U (Abu Qatoda) Nabiy sallallohu alayhi va sallamning qiblaga qarab bavl (peshob) qilayotganlarini ko‘rdi», deydi.
Qutayba bu hadisni bizga naql etib, «Bizga buni Ibn-ul-Lahiy’a xabar qildi», dedi.
Jarirning Rasululloh sshxlallohu atayhi va sallamdan rivoyat qilgan hadisi Ibnul-Lahiy’a aytgan hadisdan ko‘ra sahihroq.
Ibnul-Lahiy’a muhaddislar nazarida zaifdir. Yahyo ibn Sa’id Al-Qatton va yana boshqalar uning xotira jihatidan zaif ekanini qayd etganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:00:49
11. (Abdulloh) Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Bir kuni Hafsa (opam)ning uyi tomiga bir yumush bilan chiqqan edim, Nabiy sallallohu alayhi va sallam yuzlari Shom (shahri)ga va orqalari Ka’baga qaragan holda qazoi hojat qilayotganlariga ko‘zim tushdi».
Ahmad (ibn Hanbal), Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, An-Nasoiy va ibn Moja ham bu hadisni rivoyat qilishgan. Hammalari Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilganlar. Abdulloh Hafza onamizning ukasidir.
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:01:20
8-BOB
MAVZU: TIKKA TURIB KICHIK QAZOI HOJAT QILMASLIK


12. 0isha (roziyallohu anho onamiz)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Kimki sizlarga, Nabiy sallallohu alayhi va sallam tikka turib peshob qildilar, desa, unga ishonmanglar. U kishi faqat o‘tirib bavl qilar edilar».
Ahmad (ibn Hanbal), Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, An-Nasoiy va ibn Moja ham bu hadisni rivoyat qilishgan. Hammalari Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilganlar. Abdulloh Hafza onamizning ukasidir.
Bu bobda (Hazrati) Umar, Burayda va Abdurrahmon ibn Hasan (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Oisha (onamiz)ning hadisi bu bobda rivoyat qilingan hadislarning eng hasani va eng sahihidir. Termiziy, «Oishaning hadisi bu bobda rivoyat qilingan hadislarning eng hasani va sahihi» deganda, bu hadisning eng oz zaif ekanini va ushbu bobdagi boshqa hadislardan ustun ekanini bildirishni qasd etgan. (Muborakfuriy).
(Hazrati) Umarning hadisi esa faqatgina Abdulkarim ibn AbdulMahoriqning Nofi’dan, Ibn Umardan, Umardan qilgan rivoyati tariqasida kelgan. Hadis ushbudir: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening tik turib peshob qilayotganimni ko‘rdilar va: «Yo Umar! Tik turib bavl qilma!» - dedilar. Shundan so‘ng biror marta ham tikka turib peshob qilmadim».
Bu hadisni tanho Abdulkarim ibn Abdul-Mahoriq Umarga qoldirgan bo‘lib, u muhaddislar nazdida zaifdir. Ayyub As-Sahtiyoniy uning zaif ekanini qayd etib, tanqid qilgan.
Ubaydulloh, Nofi’dan, Ibn Umardan rivoyat qilgan, u aytadiki, «Umar (roziyallohu anhu): «Musulmon bo‘lganimdan beri tik turib peshob qilmadim» dedi». (Bu so‘zni Al-Haysamiy «Majma’-uz-zavoid» kitobida {1/206) nakl etgan va uni Al-Bazzorga nisbat bergan. Roviylarning ishonchli kishilar ekanligi alohida ta’kidlangan.) Bu hadis Abdulkarimning hadisidan ko‘ra sahihroq. Buraydaning bu bobdagi hadisi esa mahfuz emas.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tikka turib peshob qilishni man etganlari ta’dib (adab) uchundir, tahrim (harom qilish) uchun emas. Chunonchi, Abdulloh ibn Mas’uddan mana bunday deganlari rivoyat qilingan: «Odobga zid bo‘lgan harakatlardan biri tik turib peshob qilmoqlikdir».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:02:01
9-BOB
MAVZU: TIK TURIB KICHIK QAZOI HOJAT QILISH RUXSATI


13. Huzayfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir qavmning supurindilar tashlanadigan joyiga kelib koldilar-da, tik turib peshob qildilar. U kishiga tahorat suvi keltirdim. Chetlanish uchun orqamga qaytib ketayotgan edim, meni (yonlariga) chaqirdilar. (U kishiga) shu qadar yaqinlashdimki, xuddi tovonlarining yonida edim. Tahorat qildilar va mahsilari ustiga mash tortdilar».
Bu hadisni ayni paytda Ahmad (ibn Hanbal), Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, An-Nasoiy va Ibn Moja rivoyat qilishgan. Ayrimlari tik turib bavl qilish joizligini, Oisha onamizning hadisi bilan mansux (bekor) bo‘lgan deb da’vo qilishadi. Oisha onamiz hadisi sakkizinchi bobda o‘tdi. Hofiz ibn Hajar «Al-fath» kitobida bunday deydi: «Aslida mansux emas, Oishaninng hadisi esa uning o‘z bilimiga (shohidligiga) tayangan. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning o‘tirib bavl qilganlari uylaridagi hojatxonalarga tegishli. Uylaridan tashqarida esa Oisha onamiz Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning holatlariga guvoh emaslar. Keyin bu hadisni Huzayfa rivoyat qilganki, u sahobalarning oldingilaridandir.
(Ilova: Bu supurindi xas-cho‘plari tashlanadigan joy bir devorning orqasida edi. Xuzayfa (roziyallohu anxu) u kishini pana qilib turganlar. O’tirishga joy topilmagan paytda tik turib peshob qilish joiz, deyiladi).
Al-Joruddan eshitdim; aytdiki, Vaki’ bu hadisni Al-A’mashdan rivoyat qilganini va keyin bunday deganini eshitdim: «Bu hadis Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mash tortish borasida naql qilingan eng sahih hadisdir».
Abu Ammor Husayn ibn Huraysdan ham eshitdim: u ham «Vaki’dan eshitdim», dedi va deyarli xuddi shu narsani zikr qildi.
Mansur hamda Abu Ubayda Ad-Dabbiy bu hadisni Abu Voil orqali Huzayfadan, xuddi Al-A’mashning rivoyatidek, rivoyat qilishdi. Hammod ibn Abu Sulaymon hamda Osim ibn Vahdala esa bu hadisni Abu Voildan, Al-Mug‘iyra ibn Shu’badan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qildilar. Abu Voilning Huzayfadan qilgan rivoyati yanada sahihroq.
Ilm ahlidan ayrimlari tik turib peshob qilishga ruxsat berganlar.
Ibrohim An-Naxoiy (hadisni) Ubayda ybn Amr As-Salmoniydan rivoyat qilganki, bu kishi tobe’inning eng oldingilaridandir. Ubaydadan bunday deb naql etgani rivoyat qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning vafotlaridan ikki yil oldin musulmon bo‘ldim». Ibrohimning birodari bo‘lgan Ubayda Ad-Dabbiyning ismi - Ubayda ibn Muattib Ad-Dabbiy, kunyasi esa - Abu Abdulkarim.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:02:43
10-BOB
MAVZU: QAZOI HOJAT VAQTIDA SATR QILISH (AVRATNI TO’SISH)


14. Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qazoi hojat qilmoqchi bo‘lganlarida cho‘kkalamasdan oldin etaklarini yuqori ko‘tarmas edilar».
Muhammad ibn Rabi’a bu hadisni Al-A’mashdan, Anasdan shu tarzda rivoyat qilgan. Vaki’ bilan Abu Yahyo Al-Himmoniy bu hadisni Al-A’mashdan, Ibn Umardan rivoyat qiladilar: Ibn Umar dediki, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qazoi hojat qilmoqchi bo‘lganlarida yerga cho‘kkalamasdan etaklarini yuqori ko‘tarmas edilar».
Har ikkala hadis ham mursaldir. Al-A’mash na Anasdan, na Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning boshqa sahobalaridan eshitgan, hech biridan eshitmaganligi aytildi. Holbuki, Anas ibn Molikni (Al-A’mash) ko‘rgan. «Uni namoz o‘qiyotganida ko‘rdim» deydi va namoz borasida undan bir voqeani naql etadi. Al-A’mashning ismi - Abu Muhammad Sulaymon ibn Mihron Al-Kohiliy. O’zi Al-Kohiliylarning mavlosi (ya’ni ozod etilgan qulidir). Otasi haqida bunday deydi: «Otam bir asrandi (qaramog‘dagi) kishi edi. Masruq uni o‘ziga merosxo‘r qildi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:03:06
11-BOB
MAVZU: O’NG QO’L BILAN ISTINJO QILISH (ARTIB, POKLANISH) KAROHAT EKANLIGI


15. Abu Qatodadan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam kishining o‘ng qo‘l bilan zakarni ushlamog‘ini man’ etdilar».
Bu hadisda (zakarni o‘ng qo‘l bilan ushlashni) ma’n etish qat’iyan vorid bo‘lgan. Buxoriy bilan Muslimda esa peshob qilish holati bilan bog‘langan. Tolq ibn Ali, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan jinsiy a’zolarga qo‘l tekkizish hukmini so‘raganida, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «U sening bir parchangdir, xolos», deganlar, demak, bu hadis zakarga qo‘l tekkizish joiz ekanligiga dalolat qiladi. Holbuki, Abu Qatodadan rivoyat qilingan sahih hadisda peshob qilish holati ko‘zda tutilgan. Boshqa holatlarda (zakarga qo‘l tekkizish) muboh bo‘ladi.
Bu bobda Oisha, Salmon, Abu Hurayra va Sahl ibn Hunayf (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan. Bu hadis hasan-sahih. Abu Qatoda Al-Ansoriyning ismi Al-Horis ibn Robi’.
Barcha ilm ahli nazdida amal shu hadis asosidadir. O’ng qo‘l bilan istinjo qilishni makruh deb topganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:03:37
12-BOB
MAVZU: TOSH BILAN ISTINJO QILISH (POKLANISH)


16. Abdurrahmon ibn Yaziddan rivoyat qilindi; dedi: Salmonga aytildiki, «Sizlarning Payg‘ambaringiz sallallohu alayhi va sallam hamma narsani, hatto qazoi hojat qilishni ham sizlarga o‘rgatdi-ya!. Salmon dedi: «Balli! (Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam) bizlarni, katta yoki kichik qazoi hojat qilganda qiblaga qarab o‘girishdan, o‘ng qo‘l bilan istinjo qilishdan, uchtadan oz tosh bilan poklanishdan, tezak yoki suyak bilan artinishdan qaytardilar!».
Bu bobda Oisha, Huzayma ibn Sobit, Jobir, Hallod ibn As-Soib va uning otasi (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Salmonning bu bobdagi hadisi hasan-sahih. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam sahobalaridan bo‘lmish ilm ahlining va sahobalaridan keyin kelgan ulamolardan aksariyatining so‘zi ushbudir: Suv bilan istinjo qilinmasa ham, tosh bilan qilingan istinjo yetarli, degan fikrdadirlar. Holbuki, najasning va siydikning yuqini (butkul) ketkazish kerak. As-Savriy, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:04:05
13-BOB
MAVZU: IKKITA TOSH BILAN ISTINJO QILISH


17. Abdullohdan rivoyat qilindi; aytdi: Nabiy sallallohu alayhi va sallam qazoi hojat uchun chiqqan edilar, «Menga uchta tosh topgin», dedilar. U kishiga ikkita tosh va bitta tezak keltirdim. Ikkita toshni olib, tezakni tashladilar va «Bu najasdir», dedilar.
Tahoviy bu hadisni, uchta toshning shart emasligiga dalil qilib keltiradi va «Agar shart bo‘lsa edi, uchinchisini ham toptirar edilar», deydi. Lekin Tahoviyning bu so‘zi izohga muhtoj. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uchinchi toshni o‘zlari olgan bo‘lishlari yoki istinjo qilganda bir toshning ikki tomonini ishlatgan bo‘lishlari ehtimol, shunda uchta tosh ishlatgan bo‘ladilar. (Muborakfuriy).
Qays ibn Ar-Robi’ bu hadisni Abu Ishokdan, Abu Ubaydadan, Abdullohdan xuddi shunday tarzda, aynan Isroil rivoyatidek rivoyat qilgan. Ma’mar va Ammor ibn Ruzayq bu hadisni Abu Ishoqdan, Alqamadan, Abdullohdan rivoyat qildilar. Zuhayr esa Abu Ishokdan, Abdurrahmon ibn Al-Asvaddan, uning otasi Al-Asvad ibn Yaziddan, Abdullohdan rivoyat qilgan. Zakariyo ibn Abu Zoida ham Abu Ishoqdan, Abdurrahmon ibn Yaziddan, Al-Asvad ibn Yaziddan, Abdullohdan rivoyat qildi. Bu, rivoyat tarzida chalkashlik bo‘lgan bir hadisdir. Amr ibn Murra aytadiki, Abu Ubayda ibn Abdullohdan: «Abdullohdan biron narsa eslaysanmi? deb, so‘rasam, «Yo‘q» dedi. Men o‘zim Abdulloh ibn Abdurrahmondan so‘radim: «Bu hadisda Abu Ishoqdan qilingan rivoyatlarning qaysi biri sahihroq?» desam, hech qanday hukm bildirmadi. Buni Muhammaddan so‘radim, u ham biror hukm bildirmadi. U zikr qilingan Zuhayrning Abu Ishoqdan, Abdurrahmon ibn Al-Asvaddan, uning otasidan, Abdullohdan qilgan rivoyatni muvofiqroq ko‘rib, «Al-Jomi’» kitobiga kiritgan.
Menimcha, bu hadisdagi eng sahih rivoyat Isroil va Qaysning Abu Ishoqdan, Abu Ubaydadan, Abdullohdan qilgan rivoyatidir. Chunki Isroil Abu Ishoqning hadisini ularning hammasidan ko‘ra yaxshiroq saqlagan va yod olgan. Qays ibn Robi’ ham bu rivoyat borasida unga mutobaat qilgan.
Abu Muso Muhammad ibn Al-Musanna’dan eshitdim; dediki: Abdurrahmon ibn Mahdiydan bunday deganini eshitdim: «Sufyon As-Savriyning Abu Ishoqdan qilgan rivoyatidan nimaiki boy bergan bo‘lsam, uni Isroildan olishimga ishonganim uchun boy berdim. Chunki, u (bu hadisni) juda mukammal tarzda keltirar edi».
Zuhayrning Abu Ishoqdan qilgan rivoyati unchalik sog‘lom emas. Chunki undan eshitishi oxirgi kunlarda sodir bo‘lgan.
Ahmad ibn Hasan At-Termiziydan eshitdim, ibn Hanbalning bunday deganini rivoyat qildi, deydi: «Bir hadisni Zoida va Zuhayrdan eshitsang agar, xuddi shu hadisni boshqalardan eshitmaganingga qayg‘urma! Faqat Abu Ishoqdan rivoyat qilingan hadis mustasnodir» Abu Ishoqning ismi - Amr ibn Abdulloh As-Sabi’iyn Al-Hamadoniy. Abdulloh ibn Mas’udning o‘g‘li Abu Ubayda otasidan hadis eshitmagan va u kunyasi bilan tanilgan bo‘lib, ismi noma’lumdir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:04:35
14-BOB
MAVZU: ISTINJODA FOYDALANISH MAKRUH BO’LGAN NARSALAR


18. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: dedi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Tezak va suyak bilan istinjo qilmangizlar. Chunki bular jinlardan bo‘lgan birodarlaringizning ozuqasidir.
Bu hadis, tezak va suyak bilan istinjo qilish joiz emasligiga dalildir. Chunki bu ikki narsa — jinlarining taomi: suyak — o‘zlarining, hayvon chiqiti esa — hayvonlarining taomidir. Hofiz Ibn Hajar «Hayvon chiqiti jinlarning hayvonlarining chiqiti ekani muqarrardir», deydi.
Bu bobda Abu Hurayra, Salmon, Jobir va Ibn Umar (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan. Bu hadisni Ismoil ibn Ibrohim va boshqalar Dovud ibn Abu Hinddan, Ash-Sha’biydan, Alqamadan, Abdullohdan rivoyat qildilar. «Abdulloh jin kechasi (voqeasi)da Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam bilan birga edi"¦» degan hadis to‘liq zikr etiladi. Ash-Sha’biy aytadiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tezak va suyak bilan istinjo qilmangizlar. Chunki, u jinlardan bo‘lgan birodarlaringizning ozuqasidir». Ismoilning rivoyati Hafs ibn G’iyosning rivoyatidan ko‘ra sahihroq ko‘rinadi». Ikki rivoyat orasidagi farq shuki, Ismoilning rivoyati-maqtu’ (sanadi uzilgan), Hafsning rivoyat esa - musnad (sanadi to‘liq)dir. (Muborakfuriy).
Ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir. Bu bobda Jobir va Ibn Umar (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:04:57
15-BOB
MAVZU: SUV BILAN ISTINJO QILISH


19. Oisha (roziyallohu anho onamiz)dan rivoyat qilindi; dedilar: «Erlaringizga aytingizlar, suv bi-lan istinjo qilishsin: (men ulardan hayo qilaman), chunki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday qilar edilar».
Bu bobda Jarir ibn Abdulloh Al-Vajaliy, Anas va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Bu hadis hasan-sahih. Ahmad (ibn Hanbal) va An-Nasoiy bu hadisni taxrij qilganlar.
Ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir: suv bilan istinjo qilishni ma’qul ko‘rganlar. Tosh bilan qilingan istinjoni yetarli deb hisoblash bilan birga, suv bilan istinjo qilishni mustahab deb biladilar va afzalroq deb hisoblaydilar. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning ham so‘zi shudir.
Al-Ayniy ushbu mavzuda bunday deydi: «Poklanishda toshni ham, suvni ham ishlatish yanada afzalroq: butun salaf va xalaf mazhablari va fatvo ahli ana shu xususda ittifoq qilishgan: avval tosh bilan tozalanib, keyin suv bilan poklanadi. Shunda qo‘liga tegadigan najas ozaygan va poklik, tozalik yanada mustahkamroq qilingan bo‘ladi. Bordi-yu, ikkovidan bittasini ishlatmoqchi bo‘lsa, suv afzalroq. Chunki, suv najosatning ham o‘zini, ham yuqini ketkazadi. Tosh esa najosatning o‘zini ketkazib, yuqini ketkazmaydi.»
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:07:11
16-BOB
MAVZU: RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAM QAZOI HOJAT QILMOQCHI BO’LSALAR UZOQQA BORAR EDILAR


20. Al-Mug‘iyra ibn Shu’ba raziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bilan safarda birga edim. Nabiy sallallohu alayhi va sallam uzoqka borib, qazoi hojat qildilar».
Bu bobda Abdurrahmon ibn Abu Qurod, Abu Qatoda, Jobir, Yahyo ibn Ubayda, uning otasi, Abu Muso, Ibn Abbos va Bilol ibn Al-Horis (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Bu hadis hasan-sahih. Ad-Daramiy, Abu Dovud, An-Nasoiy va Ibi Moja bu hadisni taxrij qilganlar. Abu Dovud hadisning darajasini belgilamagan. Al-Munziriy bu hadisni Termiziy sahih deb aytganini naql etadi va tasdiqlaydi.
Yana Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haqlarida bunday rivoyat qilingan: «U kishi xuddi uy qidirayotgandek, kazoi hojat uchun joy qidirar edilar».  Ya’ni, ko‘zdan uzoqroq bo‘lish uchun hamda kiyimlariga peshob sachramasligi uchun yumshoqrok joy qidirar edilar. (Ahmad Muhammad Shokir).
Abu Salamaning ismi - Abdulloh ibn Abdurrahmon ibn Az-Zuhriy.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:07:37
17-BOB
MAVZU: YUVINADIGAN JOYDA PYESHOB QILISH KAROHAT EKANLIGI


21. Abdulloh ibn Mug‘affaldan rivoyat qilindi: Nabiy sallallohu alayhi va sallam kishi yuvinadigan joyda peshob qilmog‘ini man’ etdilar va aytdilar: «Vasvasaning ko‘pi shundandir».
Vasvasaning ko‘pi yuvinish joyida siyishdan chiqadi. Chunki yer kirlanib, yuvinadigan kishining kalbiga ustimga iflos suv sachradi, degan vasvasa tushadi (Muborak furiy).
Bu bobda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir sahobalaridan ham hadis rivoyat qilingan.
Bu hadis g‘arib. Abu Dovud, An-Nasoiy va Ibn Moja bu xadisni taxrij qilishgan.
Uni marfu’ (yuksaltirgan) hadis sifatida tanho Ash’as ibn Abdullohning rivoyatidan bilamiz, uni A’mo (ko‘zi ojiz) Ash’as deyishadi.
Ilm ahlidan ba’zilari yuvinadigan joyda peshob qilishni makruh deb hisoblaganlar va vasvasaning ko‘pi shu tufayli bo‘ladi, deb aytganlar. Birovlari esa bunga ruxsat bergan. Ibn Siyriyn ana shulardan biridir. Unga: «Vasvasaning ko‘pi yuvinadigan joyda siyishdan kelib chiqadi, deyilgan», deb aytilganda, u, «Rabbim - Alloh, uning sherigi yo‘q!» dedi.
Ibnul-Muborak aytadiki: «Suv oqib ketadigan bo‘lsa, yuvinadigan joyda peshob qilishga ruxsat berilgan». Ibnul-Muborakning bu so‘zini Ahmad ibn Abda Al-Amuliy Hibbondan naql etib bizga yetkazdi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:08:00
18-BOB
MAVZU: MISVOK


22. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi, aytdi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Ummatimni mashaqqatga qo‘yishdan xavotirlanmasam edim: ularga har bir namoz oldidan misvok ishlatishni buyurgan bo‘lar edim».
Mulla Ali Al-Qoriy «Al-mirqot» kitobida «ya’ni, namoz uchun tahorat olayotganda», deydi. Negaki, Ibn Huzayma, Al-Hokim va Buxoriy Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan bir hadis rivoyat qilishgan, unda Rasuli akram sallallohu alayhi vassalam «Ummatimni mashaqqatga qo‘ymasam edim, ularga har bir tahorat oldidan misvok (ishlatish)ni buyurgan bo‘lar edim», deganlar. Ahmad ibn Hanbal va yana boshqalardan bu xususni ta’kidlab, rivoyatlar qilganlar. Shofi’iylar, ham namoz oldidan, ham tahorat oldidan, misvok ishlatishni ma’qul ko‘rib, ikki hadisning hukmini (jamlab) tutishgan. Ammo misvok ishlatishning mustahab ekanligi belgili bir vaqtga va sababga bog‘liq emas. Faqat ayrim sabablar e’tibori bilan, masalan, ovqatdan keyin yoki uyqudan turganda mustahabligi qat’iy bo‘ladi.
Muhammad ibn Ishoq bu hadisni Muhammad ibn Ibrohimdan, Abu Salamadan, Zayd ibn Xoliddan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar. Abu Salamaning xoh Abu Hurayra, xoh Zayd Ibn Xolid orqali bo‘lsin, Rasululloh (sallallohu alayhu va sallam)dan qilgan rivoyati mening nazarimda sahihdir. Chunki, bu hadis Abu Hurayradan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan turli vajhlardan rivoyat qilingan. Abu Hurayraning hadisi sahih ekanligi ana shu mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingani tufaylidir.
Muhammad Ibn Ismoil esa Abu Salamaning Zayd ibn Xoliddan qilgan rivoyatini yanada sahihroq deb hisoblaydi.
Bu bobda Abu Bakr Siddiq, Ali, Oisha Ibn Abbos, Huzayfa, Zayd ibn Xolid, Anas, Abdulloh ibn Amr, Ibn Umar, Ummu Habiba, Abu Umoma, Abu Ayyub, Tammom ibn Abbos, Abdulloh ibn Hanzala, Ummu Salama, Vasila ibn Al-Asqo va Abu Muso (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:08:16
23. Zayd ibn Xolid Al-Juhaniydan rivoyat qilindi; dedi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdim, aytdilarki: «Ummatimni mashaqqatga qo‘yishdan xavotirlanmasam edim, ularga har bir namoz oldidan misvok ishlatishni buyurgan va xufton namozini kechaning uchdan biriga ta’xir etgan (kechiktirgan) bo‘lar edim».
«Mashaqqatga qo‘yishdan xavotirlanmasam edim, misvokni farz qilar edim», ma’nosidadir. Qozi Abu Bakr ibn Al-Arabiy «Arizat-ul-axvoziy» nomli Termiziyning sharhidan iborat kitobida bunday deydi: «misvok masalasida ulamolar orasida ixtilof qilindi. Ishoq, misvokning vojib ekanligini va kimki misvok ishlatishni qasdan tark etsa, namozni qayta o‘qishi lozim bo‘ladi, degan fikrni ilgari surdi, Shofi’iy misvok ishlatish tahoratning sunnatlaridan, dedi. Molik esa og‘iz o‘zgargan bir holatda misvok ishlatish mustahab ekanini aytdi. Endi, hadisning zohiri (tashqi ma’nosi) misvok vojib degan so‘z botil (bekor), degan mazmundadir. Sunnat yoki mustahab ekanligi esa har kimga ma’lum gap. Sunnat ekanligi quvvatliroq.
Abu Salama dedi: «Zayd ibn Xolid, xuddi kotib qalamini qulog‘iga qistirgandek, misvokni qulog‘ining ustiga qistirgan holda masjidda jamoat namozlariga qatnashar, misvokni ishlatmasdan namozga turmas, keyin misvoklanib, yana uni joyiga qistirib qo‘yar edi».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:08:39
19-BOB
MAVZU: UYQUDAN GURGAN KISHI QO’LINI YUVMASDAN TURIB IDISHGA BOTIRMASIN


24. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilarki, «Agar sizlardan biror kishi tungi uyqudan uyg‘onsa, qo‘lini ikki marta yoki uch marta suv to‘kib yuvmasdan turib suv idishiga botirmasin, chunki u qo‘li qaerda tunaganini bilmaydi».
Termiziy va Ibn Moja rivoyatlarida shunday («Tungi uyqudan») deb kelgan. Buxoriy va Muslimda: «Birortangiz uyqudan uyg‘onsangiz» deyilib, «tungi» deb zikr qilinmagan.
An-Navaviy, Imomi Shofi’iydan va boshqa imomlardan naql etib, bunday deydi: «Hijoz xalqi tosh bilan poklanar edi. Issiq iqlimda yashaganlari uchun, uxlaganlarida terlab ketishar va qo‘llari najosat joylariga tekkan-tegmaganini bilib bo‘lmas edi». Turbashtiy, bu hadis tosh bilan poklanganlar va qo‘llari najosat joylarida kezishi mumkin bo‘lgan ahvolda uxlaganlar haqida ekanligini aytadi. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, bu o‘rinda vorid bo‘lgan nahy (qaytaruv) tahrim uchun emas, balki tanzih (toza tutish) uchundir.
Bu bobda Ibn Umar, Jobir va Oisha (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Bu hadis hasan-sahih.
Shofi’iy aytadiki, «Xoh kunduzgi uyqu bo‘lsin, xoh boshqa uyqu bo‘lsin, uyqudan turgan har bir kishi qo‘lini yuvmasdan tahorat suviga botirmasligini xush ko‘raman, mabodo, yuvmasdan oldin botirsa, buni uning uchun karih deb hisoblayman»... Holbuki, qo‘lni botirish, agar qo‘lida najosat bo‘lmasa, suvni buzmaydi.
Ahmad ibn Hanbal aytadiki, «Tungi uyqudan turganda qo‘lini yuvmasdan oldin tahorat suviga botirsa, o‘sha suvni to‘kib tashlagani ma’qulroq deb hisoblayman».
Ishoq esa bunday deydi: «Tungi yoki kunduzgi uyqudan uyg‘onganida qo‘lini yuvmasdan turib tahorat suviga botirmasin».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:09:05
20-BOB
MAVZU: TAHORATNI «BISMILLOH» BILAN BOSHLAMOQ


25. Raboh ibn Abdurrahmon ibn Abu Sufyon ibn Huvaytib (roziyallohu anhu) momosi orqali bobokalonidan (momosining otasidan) rivoyat kiladi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdim, aytdilarki, «Tahoratda Allohning ismini aytmagan («bismilloh» deb boshlamagan) kishining tahorati yo‘q».
Shayx Valiyulloh Dehlaviy «Hujjatullohil-balig‘oh» asarida bunday deydi: Bu hadis «Bismilloh»ning bir rukn yoki shart ekaniga dalildir. Buni, tahoratdan faqat kamol sifatini yuksaltirish (yuqori ko‘tarish) deb aytish ham mumkin. Ammo men bunday ta’vilni xush ko‘rmayman. Chunki, bu lafzga zid keladigan uzoq bir ta’vildir». Bu hadisni kamolning (kamol sifatini) nafy etish (rad etish, yo‘q qilish) manosida ta’vil qilgan kimsalar boshqa hadislar bilan dalil-isbot qilishgan. Negaki, «Masjidga qo‘shni bo‘lgan kishi uchun masjiddan tashqarida namoz yo‘q» degan hadis kamolning nafyi ma’nosida ta’vil qilingan.
Bu bobda Oisha, Abu Sa’id, Abu Hurayra, Sahl ibn Sa’d va Anas (roziyallohu anhu)dan ham hadis rivoyat qilingan. Ahmad ibn Hanbal: «Bu bobda isnodi jayyid (mustahkam) biror hadisni bilmayman», dedi.
Ishoq: «Bismilloh»ni kasddan tark etsa, qayta tahorat olish kerak bo‘ladi, unutib yoki ta’vilga borib tark etsa, taxorati joizdir (ma’quldir)» deydi. Muxammad ibn Ismoil (Buxoriy) esa bunday deydi: «Raboh ibn Abdurrahmonning hadisi bu bobda vorid bo‘lgan hadislarning eng yaxshisidir».
Raboh ibn Abdurrahmonning bobokaloni (momosining otasi) ismi - Sa’id ibn Zayd ibn Amr ibn Nufayl, Abu Sifol Al-Murriyning ismi esa — Sumoma ibn Husayn. Ba’zilar bu xadisni «Abu Bakr ibn Huvaytibdan», dsb rivoyat kilishgan va uni bobosiga mansub deb aytishgan.

26. Abu Sifol Al-Murriydan, Raboh ibn Abdurrahmon ibn Abu Sufyon Huvaytibdan, uning Sa’id ibn Zayd qizi bo‘lmish momosidan, uning otasidan, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilindi. (O’tgan hadisning ayni o‘zi).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:09:32
21-BOB
MAVZU: MAZMAZA VA ISTINSHOQ (OG’IZ CHAYQASH VA BURUNGA SUV OLIB QOQISH)


27. Salama ibn Qays (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Agar tahorat olsang, burningni (suv olib) mishir, agar (qazoi hojat etib) istinjo qilsang, kesakii (yoki toshni) toq ishlat» (ya’ni uchta yoki beshta).
Ya’ni, uchta yoki beshta kesak yoki tosh bilan poklangin, deyilmokda. Abu Hurayraning rivoyatida esa ushbu qo‘shimcha o‘rin olgan. «Tosh bilan poklangan kishi toshni toq ishlatsin. Kimki shunday qilsa, yaxshi ish qilgan bo‘ladi. Qilmasa, zarari yo‘q». Bu hadisni Ahmad (ibn Hanbal), Abu Dovud va Ibn Moja taxrij qilishgan. Hofiz Ibn Hajar, «Fath-ul-boriy» kitobida bu qo‘shimchaning isnodi hasan ekannini ta’kidlab, Abu Hanifa va Molik shu rivoyatni olganlariga, tosh (kesaq) bilan poklanganda sanoq emas, faqatgina toq bo‘lishi mo‘‘tabar (muhim) ekaiiga qoil bo‘lganlarini ishorat qiladi.
Bu bobda Usmon, Loqut ibn Sobira, Ibn Abbos, Al-Mikdam ibn Ma’ziqorib, Vo’il ibn Hujr va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Salama ibn Qaysning hadisi hasan-sahih. Ilm ahli, mazmaza va istinshoq (ya’ni, og‘iz chayqash va burunga suv olib mishirish) borasida ixtilof qilishgan. Ba’zilari, tahorat qilganda mazmaza va istinshoqni (og‘iz chayqash va suv olib burun qoqishni) tark etgan holda namoz o‘qisa, namozni ioda qiladi (qaytadan o‘qiydi), degan va mazmaza va istinshoqni (og‘iz chayqash va suv olib burun qoqishni) tark etgan bo‘lsa, xoh tahorat, xoh g‘usl bo‘lsin, qaytadan qiladi, degan fikrga ega bo‘lishgan. Ibn Abi Laylo, Abdulloh ibn Al-Muborak, Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir. Ahmad: istinshoq (suv olib burun qoqish) — mazmazadan (og‘iz chayqashdan) ko‘ra ta’kidliroq, deydi. Ilm ahlidan bir toifasi bunday deydi: «Tahoratni qayta olmaydi, ammo g‘uslni qaytadan qiladi».
Abu Hanifa rahmatullohi alayhning va u kishiga ergashganlarning qavli ham shudir. Bularning fatvosiga ko‘ra mazmaza va istinshoq (og‘iz chayqash va burunga suv olib qoqish) tahoratda - sunnat, g‘uslda bo‘lsa - farz.
Sufyon As-Savriy va Kufa faqixlaridan ayrimlarining qavli shudir. Bir toifa esa bunday deydi: Na tahoratni, na g‘uslni qaytadan qiladi, chunki mazmaza (og‘iz chayqash) va istinshoq (burunga suv olib qoqish) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamiing sunnatidir, shuning uchun tahoratda va g‘uslda tark etsa, ioda (qaytadan qilish) lozim emas. Molik hamda keyinchalik Shofi’iy shu qavlga ega bo‘lishgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:09:57
22-BOB
MAVZU: OG’IZ VA BURUNNI BIR HOVUCH SUV BILAN CHAYQASH


28. Abdulloh ibn Zayd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim, og‘iz va burunlarini bir hovuch suv bilan chayqadilar va buni uch marta (takror) qildilar».
Ya’ni, avval bir hovuch suvdan og‘ziga, burniga suv olib, keyin ikkinchi hovuch suvdan og‘ziga va burniga suv oladi, keyin uchinchi hovuch suvdan og‘ziga va burniga suv oladi, shunday qilib, mazmaza va istinshoqni birgaliqda uch marta qilgan bo‘ladi. Ba’zi ilm kishilarining va mashhur qavlga ko‘ra, Shofi’iyning qavli ana shunday. (Imomi Shofi’iy keyinchalik boshqa fikrga kelgan). Hofiz Ibnul-Qayyum «Zodul-ma’od» kitobida: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sunnati mazmaza va istinshoqni bir-biridan ajratmaslik edi», deydi. Abu Hanifa esa, mazmaza va istinshoqni (og‘iz chayqash va burunga suv olib qoqishni) bir-biridan ajratib, alohida-alohida qilishi kerak, degan xulosada bo‘lganlar. Abu Hanifa bunday xulosa qilishda ayrim hadislardagi: «Uch marta og‘izlariga va uch marta burunlariga suv oldilar», degan iboralarga asoslanganlar. Bir hovuchdan mazmaza va istinshoq qilganlarini bildirgan hadislar, hanafiy olimlarning xulosasiga ko‘ra ta’vil etilmoqda va bularning ta’vilida ikki xil fikr ilgari surilmokda: birinchi fikrga ko‘ra, bu hadislar shundan dalolat beradiki, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam og‘iz chayqash va burunga suv olganda ikki qo‘llarini emas, faqatgina bir qo‘llarini ishlatganlar, ikkinchi fikrga ko‘ra, og‘iz chayqash va burunga suv olishni faqat o‘ng qo‘l bilangina qilganlar. Al-Ayniy, «mazmaza va istinshoqni bir suv bilan qildilar», degan rivoyat bunday ta’villarga moyil emas, degan fikrni ilgari suradi. Ammo, bu masalada imomlar o‘rtasidagi ixtilof, ta’vil joiz yoki joiz emasligi borasida emas, balki, afzaliyat borasidadur. Afzallik, ustunlik borasida Imomi Azamning xulosasi yuqori ekanligi o‘z-o‘zidan ma’lum.
Bu bobda Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anx,umo)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Abdulloh ibn Zaydning hadisi hasan-g‘arib. Molik, Ibn Uyayna va yana boshqalar bu hadisni Amr ibn Yahyodan rivoyat qildilar, lekin «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir hovuch suvdan og‘iz va burunlariga suv oldilar» degan jumlani zikr etishmadi. Bu jumlani bitta Xolid ibn Abdulloh zikr etadi. Xolid ibn Abdulloh esa muhaddislar nazdida siqa (so‘zi ishonchli) va hofiadir.
Ba’zi ilm ahli bunday deydi: «Bir hovuch suvdan ham og‘izga, ham burunga suv olmoq yetarlidir». Ba’zilari esa: «Mazmaza va istinshoqni (og‘iz chayqash va burunga suv olib qoqishni) bir-biridan ajratib (alohida-alohida) qilmoq biz uchun sevimliroq», deydilar. Shofi’iy aytadiki, «Mazmaza va istinshoqni bir hovuch suvdan qilsa, bu joiz. Ammo bularni bir-biridan ajratib (alohida-alohida) qilish, bizningcha, yanada maqbulroq».
Shofi’iyning bu masalada ikki xil so‘zi bor: Birinchisi Abu Hanifaning so‘ziga muvofiqdirki, Termiziy bu o‘rinda shuni naqd etganlar. Ikkinchisi, mashhur bo‘lgan qavlidirki, buni oldingi izoxda bayon etdik.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:10:35
23-BOB
MAVZU: SOQOLNI XILOL QILISH (ORALARIGA SUV TEKKIZISH)


29. Hasson ibn Biloldan rivoyat qilindi; aytdi: «Ammor ibn Yosirni ko‘rdim, tahorat oldi va soqolini xilol qnldi (oralariga suv tekkizdi). Shunda undan so‘raldi yoki men undan so‘radim, dedi: «Soqolingni xilol qilyapsanmi? (ya’ni, oralariga suv tekkizyapsanmi?» (Ammor) aytdi: «Ne monelik bor? Men, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam soqollarini xilol qilganlarini (oralariga suv tekkizganlarini) o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman».

30. Ibn Abu Umardan, Ibn Uyaynadan, Sa’id ibn Abi Arubadan, Qatodadan, Hasson ibn Biloldan, Ammordan (roziyallohu anhum), Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilindi. (O’sha hadis).
Bu bobda Usmon, Oisha, Ummu Salama, Anas, Ibn Abi Avfa va Abu Ayyub (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan. Ishoq ibn Mansurdan eshitdim, Ahmad ibn Hanbalning Ibn Uyaynadan naql etib, uning bunday deganini aytdi: «Abdulkarim xilollamoq hadisini Hasson ibn Biloldan eshitgan». Muhammad Ibn Ismoil (Al-Buxoriy) aytdiki, «Bu bobda rivoyat qilingan eng sahih hadis Omir ibn Shaqiqning Abu Voildan, Usmondan rivoyat qilgan hadisidir».
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan bo‘lgan ilm ahlining aksariyati qavli ushbudir: Soqolning orasiga suv tekkizilishi kerak, deb hisoblaydilar. Shofi’iyning ham qavli shudir.
Soqolni xilol qilish mustahab ekanini aytdilar. Soqolni xilol qilish ho‘l barmoqlari bilan soqollarini tarash (orasiga kiritish) tarzida bajariladi. Shofi’iy, Abu Hanifa, As-Savriy, Ahmad ibn Hanbal, Al-Avzoiy, Al-Lays va Ishoq hamda ilm ahlidan ko‘pchiligi soqolni xilol qilish g‘uslda farz, tahoratda mustahab degan fikrdadirlar. Ba’zilari g‘uslda ham, taahoratda ham farz, degan fikrga ega bo‘lishgan.
Ahmad: «Soqoli orasiga suv tekkizishni unutgan bo‘lsa, tahorati joiz» (ya’ni tahoratli), deydi. Ishoq esa bunday deydi: «Unutib yoki ta’vil qilib tark etsa, tahorati joiz, ammo qasdan tark etsa, ioda qiladi» (qaytadan tahorat oladi).

31. Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam soqollarini xilol qilar (oralariga suv tekkizar) edilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:11:05
24-BOB
MAVZU: BOSHGA OLDIDAN (PESHONADAN) BOSHLAB ORQAGA QARAB (ENSASIGACHA) MASH TORTMOQ


32. Abdulloh ibn Zayd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshlariga ikki qo‘llari bilan mash tortdilar: qo‘llarini oldinga va orqaga yurgizdilar: (avval) peshonalaridan boshladilar, keyin ensalarigacha surib bordilar, keyin yana to boshlagan joylarigacha qaytarib keldilar, undan keyin oyoqlarini yuvdilar».
Bu bobda Muoviya, Al-Miqdam ibn Ma’dikarib va Oisha (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Abdulloh ibn Zaydning hadisi bu bobda rivoyat qilingan eng sahih va eng hasan hadisdir, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shu.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:11:23
25-BOB
MAVZU: BOSHGA MASH TORTISHNI ORQADAN (ENSADAN) BOSHLAMOQ


33. Muavviz ibn Afro qizi Ar-Rubayyi’ (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam boshlariga ikki marta mash tortdilar: avval boshlarining orqasidan (ensadan) boshladilar, keyin oldidan (peshonadan) boshladilar: ikkala kaftlarining ichi va orqasi bilan mash tortdilar».
Bu hadis hasandir. Abdulloh ibn Zaydning hadisi, isnod jihatdan bu hadisdan ko‘ra sahihroq va yaxshiroq. Kufa ahlidan ba’zilari bu hadisni egallaganlar. Voqi’ ibn Al-Jarroh shulardan biridir.
Shunday usul bor Maqbuli esa mash tortishni olddan (peshonadan) boshlamoqdir. Hadisdagi «boshlariga ikki marta mash tortdilar» degan so‘zdan maqsad "avval boshlarining orqasidan (ensadan) boshladilar, keyin (peshonadan) boshladilar» degan so‘z bilan (izohlangan) va ochilgan. Yo‘q, bu ikki marta mash tortish ma’nosida emas Ajabki, hadisning roviysi mash tortishda qo‘llarini oldinga va orqaga yurgizganlarini «ikki marta mash tortdilar» deb ifodalagan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:11:43
26-BOB
MAVZU: BOSHGA BIR MARTA MASH TORTMOQ


34. Mu’avviz ibn Afro qizi Ar-Rubayyi’ (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi: U Nabiy sallallohu alayhi va sallamni tahorat olayotganlarida ko‘rdi: deydiki, «Boshlariga mash tortdilar, boshlarining oldi va orqasiga, ikki chakkalariga va quloqlariga (birdaniga) bir marta mash tortdilar».
Bu bobda Ali (karromallohu vajhahu) va Talha ibn Musarrif ibn Amrning bobosidan ham hadis rivoyat qilingan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «boshlariga bir marta mash tortganlari» mutaaddid vajhlardan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan bo‘lmish ilm ahlining ko‘pchiligi nazdida amal shu hadis asosidadir. Ja’far ibn Muhammad, Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir: «Boshga bir marta mash tortiladi», degan to‘xtamdalar. Muhammad ibn Mansur.
«Sharhus-sunna» kitobida bunday deyiladi: «Boshga mash tortishni takror qilish sunnatmi-yo‘qmi ekanligi borasida ixtilof qilindi. Ilm ahlining ko‘pchiligi va uch mazhab imomlari boshga bir marta mash tortiladi, degan fikrdalar. Shofi’iyning mashhur so‘ziga ko‘ra esa boshga mash uch barmoq va uch yangi suv bilan tortiladi. «Al-Mirqot» kitobida ham shunday deyilgan». Ammo boshga mash tortish borasida Shofi’iyning ikki xil so‘zi borligi anglashiladi: Tavhid (bir marta) va Taslis (uch marta). Birinchi qavlni imomi Termiziy, ikkinchisini esa «Sharhus-sunna» muallifi ochib bergan. «Taslis» tarafdorlari tayangan hadislar ma’qul va mo‘‘tabar bo‘lish darajasiga ko‘tarilgan emas. (Ash-Shavqoniy).
Al-Makkiy bizga so‘zlab berdi, aytdiki, Sufyon ibn Uyaynadan eshitdim, bunday dedi: «Ja’far ibn Muhammaddan: «Bir marta (mash tortish) kifoyami?» deb boshga mash tortishni so‘radim, u: «Vallohi (Alloh haqi), albatta!» dedi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:12:10
27-BOB
MAVZU: BOSHGA MASH TORTISH UCHUN YANGI SUV OLMOQ


35. Abdulloh ibn Zayd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «U Nabiy sallohu alayhi va sallamning tahorat olganlarini ko‘rgan. U kishi qo‘llarini yuvishdan ortgan suvdan boshqa (yangi) suv olib, boshlariga mash tortdilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Ibnul-Lohi’ya bu hadisni Habbon ibn Vosi’dan, uning otasidan, Abdulloh ibn Zayddan rivoyat qildi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tahorat oldilar va qo‘llaridan ortgan suvdan boshqa suv olib, boshlariga mash tortdilar».
Amr ibn Al-Horisning Habbondan qilgan rivoyati yanada sahihroq. Chunonchi, ushbu hadis Abdulloh ibn Zayddan va boitsalardan mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingan: «Rasululloh sallallohu alayhi Va sallam boshlariga mash tortish uchun yangi suv oldilar».
Ilm ahlidai ko‘plarining nazdida amal shu hadis asosidadir: boshga mash tortish uchun yangi suv olinadi, degan to‘xtamdalar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:12:38
28-BOB
MAVZU: QULOQLARNING ICHIGA VA SIRTIGA MASH TORTMOQ


36. Ato ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam boshlariga hamda quloqlariga: quloqlarining sirtiga va ichiga mash tortdilar».
Bu hadisni ayni vaqtda An-Nasoiy, Ibn Moja, Al-Hakim va Al-Bayhaqiy rivoyat qilishgan. An-Nasoiyning ifodasi bunday: "Keyin boshlariga va quloqlariga mash tortdilar: quloqlarining ichini shahodat barmoqlari bilan, sirtini esa bosh barmoqlari bilan (mash qildilar)".
Bu bobda Ar-Rubayyi’dan ham hadis rivoyat qilingan. Ibn Abbosning (keltirgan) hadisi hasan-sahih. Ilm ahlidan ko‘plarining nazdida amal shu hadis asosidadir: quloqlarning ichini va sirtini mash qilmoq kerak, degan fikrdalar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:13:00
29-BOB
MAVZU: QULOQLARSHI MASH QILISH) BOSH (MASHI) JUMLASIDANDIR (YA’NI BIRDANIGA MASH TORTILADI)


37. Abu Umoma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; dedi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tahorat oldilar; yuzlarini uch marta, qullarini uch marta yuvdilar; boshlariga mash tortdilar va dedilarki, "Quloqlar (mashi) bosh jumlasidandir».
Qutayba aytadi: «Hammod bunday dedi: «Bu («Quloqlar (mashi) bosh jumlasidandir» so‘zi) Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning so‘zlarimi yoki Abu Umomaning gapimi, shuni bilmadim».
Bu bobda Anas (roziyallohu anhu)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Bu hadis hasan.
Isnodi esa unchalik sihhat emas. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan bo‘lmish ilm ahlining ko‘pchiligi nazdida amal shu hadis asosidadir: Quloqlarni mash qilish bosh mashiga doxildir. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli ham shunday. Ilm ahlidan ba’zilarining fikriga ko‘ra, quloqlarning old tarafi - yuzga, orqa tarafi esa boshga tegishlidir. Ishoq aytadiki, «Quloqlarning old tomonini yuzni yuvganda mash etishni, orqasini esa bosh bilan birga mash qilishni ixtiyor etaman». Shofi’iy esa bunday deydi: «Quloqlarni munfarid (alohida) mash qilmoq sunnatdir va ularga yangi suv bilan mash tortiladi».
Ahmad (ibn Hanbal) va (Imomi) Molikning qavli ham shunday. Abu Hanifa esa boshga va quloqlarga bir suv bilan mash tortiladi degan fikrga ega bo‘lgan. Ibn Abdulbar shu qavl sahobalar va tobi’iynlarning ba’zilaridan rivoyat qilinganini qayd etadi...
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:13:26
30-BOB
MAVZU: BARMOQLARNI XILOL QILMOQ (ORALARIGA SUV YETKAZMOQ)


38. Osim ibn Laqiyt ibn Sobiraning otasi (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; dedi: Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Tahorat olganingda barmoqlaringni xilol qil (oralariga suv yetkaz)».
Bu bobda Ibn Abbos, Shaddod Al-Fihriyning o‘g‘li Al-Mustavrid va Abu Ayyub Al-Ansoriy (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Bu hadis hasan-sahih.
Ilm ahli nazdida amal shu hadis asosidadir: tahoratda oyoq barmoqlari orasiga suv yetkaziladi. Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir. Ishoq aytadiki, «Tahoratda qo‘l va oyoq barmoqlarining orasiga suv yetkaziladi».
Ibn Sayyidinnos, «Sunani Termiziy» sharhida bunday deydi: «Birodarlarimizning fikricha, oyoqlarni yuvganda barmoqlari orasiga suv yetkazish tahoratning sunnatlaridandir. Suv o‘zi o‘tsa, xilol qilish sunnat bo‘ladi. Ammo suv barmoqlari orasiga faqat xilol qilish yo‘li bilan o‘tadigan bo‘lsa, unda xilol qilish vojib; faqatgina lizotihi (o‘zi uchun) emas, yuvish farzini ado qilish uchun vojibdir». Ash-Shavqoniy, Ibn Sayyidinnosning so‘zini naql etgandan keyin, aytadiki, «Xilol qilish mutloq vojib ekanligi haqida hadislar sarihdir (ochiq-ravshandir). Barmoqlar orasiga suv o‘zicha yetishi yoki xilol qilish yo‘li bilan tegishi orasida, shuningdek, xilol qilishda qo‘l va oyoq barmoqlari orasida farq yo‘qligi Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning ham qavllari, ham fe’llari bilan sobitdir. Xilol qilishni faqat oyoq barmoqlariga xos deb aytish yoki suv o‘zicha tegadi deb qayd etish dalilsiz urinishdir».
Abu Hoshimning ismi - Ismoil ibn Kasir Al-Makkiy.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:13:48
39. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: "Tahorat olganingda qo‘llaring va oyoqlaring barmoqlari orasiga suv yetkaz".
Bu hadis hasan-g‘arib.

40. Al-Mustavrid ibn Shaddod Al-Fihriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u dedi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamni tahorat olganlarida ko‘rdim, jimjiloqlari bilan oyoq barmoqlari (orasi)ni ishqab yuvdilar».
Chap qo‘llarining jimjilokdari (kichik barmoqlari) bilan yuvganlar. (Muborakfuriy).
Bu hadis hasan-garib.
Buni faqatgina Ibn Lahiy’anyng rivoyatidan bilamiz.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:14:04
31-BOB
MAVZU: JAHANNAM OLOVIDAN TOVONLARNING XOLIGA VOY!


41. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Do‘zax olovidan tovonlarning holiga voy!...»
Bu bobda Abdulloh ibn Amr, Oisha, Jobir, Jaz’ Az-Zubaydiyning o‘gli Abdulloh ibn Al-Horis, Muayqib, Xolid ibn Al-Valid, Shurohbil ibn Hasana, Amr ibn Al-Os va Yazid ibn Abu Sufyon (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyag qilishan. Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlari ham rivoyat qilinadi: «Do‘zax olovidan tovonlarning va oyoq taglarining holiga voy!» Bu hadisning fiqhiy hukmi ushbudir: Mahsi yoki qalin paypoq kiyilmagan yalang‘och oyoqqa mash tortmoq joiz emas.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:14:23
32-BOB
MAVZU: TAHORAT A’ZOLARINI BIR MARTADAN YUVMOQ


42. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir marta-bir martadan (tahorat a’zolarini yuvib) tahorat oldilar».
Hadis tahorat a’zolarini bir martadan yuvish farz ekaniga dalolat qiladi. Ikki yoki uch marta yuvish farz bo‘lsa edi, Payg‘ambar (sallallohu alayhi va sallam) bir marta yuvish bilan qanoatlanmas edilar. An-Navaviy: «Tahorat a’zolarini bir martadan yuvish farz, uch martadan yuvish sunnat ekanligi borasida butun musulmonlar ittifoq qilishgan», deydi.
Bu bobda Umar, Burayda, Abu Rofi’ va Ibnul-Faqih (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilindi. Ibn Abbosning (keltirgan) hadisi ushbu bobda vorid bo‘lgan hadislarning eng hasan va eng sahihidir. Rishdiyn ibn Sa’d va boshqalar bu hadisni Ad-Dahhoq ibn Shurohbildan, Zayd ibn Aslamdan, uning otasidan, Umar ibn Al-Xattobdan rivoyat qilishgan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir martadan (tahorat a’zolarini yuvib) tahorat oldilar». Bu rivoyatning sihhatdan nasibi yo‘q. Sahih bo‘lgan rivoyat, Ibn Ajlon, Hishom ibn Sa’d, Sufyon As-Savriy va Abdulaziz ibn Muhammadning Zayd ibn Aslamdan, Ato ibn Yasardan, Ibn Abbosdan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan qilgan rivoyatlaridir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:14:44
33-BOB
MAVZU: TAHORAT A’ZOLARINI IKKI MARTADAN YUVMOQ


43. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ikki martadan (tahorat a’zolarini yuvib) tahorat oldilar».
Bu bobda Jobirdan ham hadis rivoyat qilingan.
Bu hadis hasan-g‘arib.
Buni yolg‘iz Ibn Savbonning Abdulloh ibn Al-Fazldan qilgan rivoyati orqali bilamiz. Bu esa hasan-sahih bir isnod.
Hammom (ibn Horis), Omir Al-Ahvaldan, Atodan, Abu Hurayradan «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uch martadan (tahorat a’zolarini yuvib) tahorat olganlar»ini rivoyat qiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:15:35
34-BOB
MAVZU: TAHORAT A’ZOLARINI UCH MARTADAN YUVMOQ


44. Hazrati Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam uch martadan (tahorat a’zolarini) yuvib tahorat oldilar».
Bu bobda Usmon, Oisha, Ar-Rubayyi’, Ibn Umar, Abu Umoma, Abu Rofi’, Abdulloh ibn Amr, Muoviya, Abu Hurayra, Jobir, Abdulloh ibn Zayd va Ubay ibn Ka’b (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Alining hadisi bu bobdagi eng hasan va eng sahih hadisdir. Chunki, bu hadis Ali (roziyallohu anhu)dan mutaaddid vajhlardan rivoyat etilgan.
Ilm ahlining asosiy ko‘pchiligi nazdida amal shu hadis asosidadir: tahorat a’zolarini bir martadan yuvish kifoya, ikki marta yuvish afzal, va eng afzali uch martadan yuvmoqdirki, bundan o‘tadigani yo‘qdir.
Ibnul-Muborak aytadiki, «Tahoratda uch martadan ortiq yuvinsa, gunohkor bo‘ladi, deb qat’iy aytolmayman». Ahmad va Ishoq: «Faqat vasvasali (ikkilangan) kishi uch martadan ortiq yuvadi», deydilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:16:55
35-BOB
MAVZU: TAHORAT A’ZOLARINI BIR MARTADAN, IKKI MARTADAN VA UCH MARTADAN YUVISH MUMKINLIGI


45. Sobit ibn Abu Safiyyadan rivoyat qilindi; dediki: Abu Ja’fardan: «Jobir senga Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir martadan, ikki martadan, uch martadan (tahorat a’zolarini yuvib) tahorat oldilar, deb hadis aytganmidi?» deb so‘radim; «Ha!», dedi.

46. Vaki’ (roziyallohu anhu) Sobit ibn Abu Sufyon (roziyallohu anhu)dan ushbu hadisni rivoyat qilgan: Abu Ja’fardan: Jobir senga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir martadan (tahorat a’zolarini yuvib) tahorat oldilar» deb hadis aytganmi?», deb so‘radim; «Ha!», dedi.
Buni bizga Hannod va Qutayba so‘zlab berdilar va o‘zlariga esa Sobit ibn Abu Safiyyadan Vaki’ so‘zlaganini aytdilar. Bu hadis Shorikning hadisidan ko‘ra sahihroq. Chunki, bu Vaki’ning rivoyatiga o‘xshatib Sobitdan mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingan: Shorik esa xatosi ko‘p kishidir. Sobit ibn Abu Safiyya - Abu Hamza As-Summoliydir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:17:34
36-BOB
MAVZU: TAHORAT OLGANDA A’ZOLARDAN BIRINI IKKI MARTA VA BIRINI UCH MARTA YUVMOQ


Abdulloh ibn Zayd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tahorat oldilar: yuzlarini uch marta yuvdilar, qo‘llarini ikki martadan yuvdilar, boshlariga mash tortdilar va oyoqlarini ikki martadan yuvdilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Boshqa hadislarda «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tahorat a’zolaridan birini bir marta, birini esa uch marta yuvib tahorat olganlar»i zikr qilingan, Ba’zi ilm ahli ushbuga ruxsat berishgan: Tahorat a’zolaridan birovini uch marta, birovini ikki marta yoki bir marta yuvib tahorat olishning zarari yo‘q, deb hisoblaydilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:18:15
37-BOB
MAVZU: RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAM QANDAY TAHORAT OLGANLAR?


48. Abu Hayya (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u dedi: «Ali (roziyallohu anhu)ning tahorat olganini ko‘rdim: kaftlarini toki top-toza bo‘lgunicha yuvdi, keyin uch marta mazmaza qildi (og‘iz chayqadi), uch marta istinshoq qildi (burunga suv olib qoqdi), uch marta yuzlarini yuvdi, uch marta qo‘llarini (tirsaklari bilan qo‘shib) yuvdi, bir marta boshiga mash tortdi, keyin oyoqlarini to‘piqlari bilan yuvdi, keyin o‘rnidan turayotib tahoratdan ortgan suvni oldi, tik turib ichdi; keyin bunday dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qanday tahorat olishlarini sizlarga ko‘rsatgim keldi».
Bu bobda Usmon, Abdulloh ibn Zayd, Ibn Abbos, Abdulloh ibn Amr, Ar-Rubayyi’, Abdulloh ibn Unays va Oisha (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:19:01
49. Abdu Xayr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: u Abu Hayyaning Hazrati Alidan rivoyat qilgan hadisini aynan naql etadi, faqat Abdu Xayr (hadis oxirida) bunday deydi: «Tahoratdan forig‘ bo‘lgach, tahoratdan ortgan suvdan kaftiga olib ichdi».
Abu Ishoq Al-Hamdoniy, Hazrati Alining bu hadisini, Abu Hayya, Abul-Xayr va Al-Horisning har bittasi orqali Hazrati Alidan rivoyat qilgan. Qudamo va yana boshqalar Xolid ibn Alqamadan, Abdu Xayrdan, Hazrati Ali (roziyallohu anhu)dan tahorat hadisini to‘liq matni bilan rivoyat qilishgan.
Bu hadis hasan-sahih,
(Shuba shu hadisni Xolid ibn Alqamadan rivoyat qiladi. Ammo hadisni rivoyat qilgan kishining ismi va otasining ismida yanglishgani uchun bunday deydi: «Molik ibn Urfutadan, Abdu Xayrdan, Hazrati Ali-dan...»
Abu Avonaning rivoyatida «Xolid ibn Alqamadan, Abdu Xayrdan, Hazrati Alidan» degani rivoyat qilinishi bilan birga, xuddi Shu’badek, u ham «Molik ibn Urfuta»dan degani alohida rivoyat qilingan. To‘g‘risi «Xolid ibn Alqama»dir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:20:13
38-BOB
MAVZU: TAHORATDAN KEYIN ETAKKA (ICH KIYIMGA) SUV SEPMOQ


50. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jabroil (alayhissalom) oldimga keldi va dedi: «Yo Muhammad! Tahorat olganingda suv sep!»
Qozi Abu Bakr ibn Al-Arabiy, Termiziy asarlariga yozgan «Oridat ul-ahvaziy», nomli sharhida bunday deydi: «Ulamoi kirom bu hadisning sharhida to‘rt xil qavlga ega bo‘lishgan:
1.Birinchi qavlga ko‘ra hadisning ma’nosi bunday: tahorat olayotganda suvni yuviladigan a’zoning ustiga quy va yuvilishi kerak bo‘lgan a’zoni mash qilish bilan kifoyalanma.
2.Artish va silkitish bilan tahorat a’zosini qurit.
3.Tosh bilan poklangan kishi tahorat olayotgan paytda suv bilan tozalanmog‘i lozim.
4.3akaridan tomchi tomdimi-tommadimi, degan vasvasani ketkazish uchun etagiga (ich kiyimiga) ozgina suv sepishi lozim». Hadisda qo‘llangan «fanzih» iborasi shu to‘rt ma’noda kelganligi ehtimol. Al-Xattobiy «Ma’olim-us-sunan» asarida, bu ibora shu o‘rinda suv bilan istinjo qilish ma’nosida kelganini aytadi. Ammo shaytonning vasvasasini ketkazish uchun etakka suv sepiladi, deb ta’vil qilish ham mumkin ekanligini bildiradi. An-Navaviy, bu o‘rinda ikkinchi ma’no, ya’ni, etakka suv sepish lozim, degan ma’no qasd qilinganini, hammaning qavli sifatida zikr qilgan. Termiziyning sharhlovchisi Shayx Muborakfuriy ham shu fikrni ustun qo‘yadi va bunday deydi: «Haqiqat shuki, bu hadisda vorid bo‘lgan «intizah» deyilishidan murod, zakaridan suv tomdi, degan vasvasani haydash uchun tahoratdan keyin etakka (ich kiyimga) bir oz suv sepishdir. Chunonchi, bu bobda rivoyat qylingan hadislarning ko‘pidagi lafzlar shunga dalolat qiladi».
Bu hadis g‘arib. Muhammad (Al-Buxoriy)dan eshitdim, dediki, «Hasan ibn Al-Hoshimiyning hadisi munkardir (rad qilingandir)».
Bu bobda Abul-Hakam ibn Sufyon, Ibn Abbos, Zayd ibn Horisa, Abu Sa’id Al-Xudriy (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Ba’zi muhaddislar Sufyon ibn Al-Hakam ibn Sufyon, deyishib, bu hadisda chalkashlikka tushganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:21:30
39-BOB
MAVZU: TAHORATNI MUKAMMAL OLMOQ


51. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Alloh xatolarni nima bilan yuvmog‘ini va darajalarni nima bilan yuksaltirmog‘ini sizlarga xabar qilayinmi?». Aytishdi: «Ha, yo Rasululloh! (xabar qiling!)». Dedilarki, «Qiyinchiliklarga qaramay tahoratni to‘liq olmoq, masjidlar sari qadamni ko‘paytirmoq, namozdan keyin namozni kutmoq; mana, sizlar uchun ribot (bog‘liqlik, Haq yo‘lidagi doimiy jihod) ana shudir!»

52. Qutayba xuddi shu hadisni bizga Abdulaziz ibn Muhammaddan, Al-A’lodan, uning otasidan, Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan aynan aytib berdi va o‘z hadisida: «Mana, ribot ana shudir; mana, ribot ana shudir; mana, ribot ana shudir», deb uch marta aytdi.
Bu bobda (Hazrati) Ali, Abdulloh ibn Amr, Ibn Abbos, Obida - uni Ubayda ham deyishadi - ibn Amr, Oisha, Abdurrahmon ibn Ois Al-Hadramiy va Anas (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan. Abu Hurayraning bu bobdagi hadisi hasan-sahih. Al-A’lo ibn Abdurrahmon, bu - Ya’qub Al-Juhaniy Al-Huroiyning o‘g‘li bo‘lib, u muhaddislar nazdida siqa (so‘zi ishonchli)dir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:22:57
40-BOB
MAVZU: TAHORATDAN KEYIN SOCHIQ ISHLATMOQ


53. Oisha (roziyallohu anho onamiz)dan rivoyat qilindi; dedilar: «Rasululloh sallallohu alzyhi va sallamning bir sochiqlari bor edi, tahoratdan keyin o‘sha bilan artinar edilar».
Bu bobda Mu’oz ibn Jabaldan ham hadis rivoyat qilingan.

54. Mu’oz nbn Jabal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u dedi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim, tahorat olgach, yuzlarini etaklarining uchi bilan artdilar».
Bu hadis g‘arib hamda isnodi zaif. Rishdiyn ibn Sa’d va Abdurrahmon ibn Ziyod ibn An’um Al-Ifriqiy hadis bobida zaif ekanliklari qayd etilgan.
Oisha (onamiz)ning bu hadisi bilan istidlol (dalil-isbot) qilish qoim emas. Bu bobda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan sahih bir rivoyat deyarli yo‘q.
Muhaddislar, Abu Mu’ozning Sulaymon ibn Arqom ekanligini aytadilar. Bu kishi muhaddislar nazdida zaifdir.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan bo‘lgan ilm ahllaridan ba’zilari, tahoratdan keyin sochiq ishlatishga ruxsat berganlar. Artishni karih deb hisoblaganlar «tahorat (mezonda) tortiladi» degan so‘zga binoan karih deb hisoblashgan. Bu esa Sa’id ibn Musayyab va Az-Zuhriydan rivoyat kilindi: Az-Zuhriy bunday deydi: «Tahoratdan keyin sochiq ishlatish makruh deb qaralishining yagona sababi shuki, tahorat (amal tarozusida) tortilgaydir».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:25:14
41-BOB
MAVZU: TAHORATDAN KEYIN O’QILADIGAN DUO


55. (Hazrati) Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qi.aindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki tahorat olganda chiroyli tahorat olsa va keyin: «Ashhadu alla ilaha allallohu vahdahu la sharika lahu va ashhadu anna muhammadan abduhu va rosuluh. Allohummaj’alniy minat tavvabiyna, vaj’alniiy minal mutatohhiriyn» desa, (ya’ni, «Men shohidmankim, Allohdan boshqa iloh yo‘q, u yakka-yu yagonadir, sherigi yo‘qdir va men shohidmankim, Muhammad uning bandasi va elchisidir. Allohim, meni (haqiqiy) tavba qilganlardan aylagin va poklanganlardan aylagan! desa,) unga Jannatning sakkiz eshiga ochilgaydir va u xohlagan eshishdan kirgaydir!»...
Bu bobda Anas va Uqba ibn Omir (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Hazrati Umarning hadisida roviylardan Zayd ibn Huboba borasida muxolafat qilingan. Abdulloh ibn Solih va yana boshqalar bu hadisni «Muoviya ibn Solihdan, Robi’a ibn Yaziddan, Abu Idriysdan, Uqba ibn Omirdan, (Hazrati) Umardan» deb va ayni vaqtda «Robi’adan, Abu Usmondan, Jubayr ibn Nufayrdan, (Hazrati) Umardan» deb rivoyat qilishgan.
Bu hadisning sanadida chalkashlik bor. Chunonchi, bu bobda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan sahih bir narsa rivoyat qilinmagan.
Muhammad (Al-Buxoriy): «Abu Idriys (Hazrati) Umarning o‘zidan hech bir hadis eshitgan emas», deydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:25:35
42-BOB
MAVZU: BIR MUDD (TAXMINAN BIR LITR) SUV BILAN TAHORAT OLMOQ


56. Safina (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir mudd suv bilan tahorat olib, bir so’ suv bilan g‘usl qilar edilar».
Mudd - bir butun, uchdan bir ratl yoki 675 gramm, yoxud 0.688 litr suv.
Bu bobda Oisha (onamiz), Jobir va Anas ibn Molik (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan. Safinaning hadisi hasan-sahih. Abu Rayhonaning ismi - Abdulloh ibn Mator.
Shunday qilib, ilm ahlidan ba’zilari tahoratni bir mudd suv bilan, g‘uslni esa bir so’ suv bilan qilinadi, degan fikrdalar. Shofi’iy, Ahmad va Ishoq bunday deyishadi: «Bu hadisning ma’nosi, shundan ko‘pi yoki ozi joiz emas» degan tarzdagi bir tahdid yoki cheklash emas, faqat yetarli bo‘ladigan miqdorni bildiradi, xolos.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:26:19
43-BOB
MAVZU: TAHORATDA SUVNI ISROF QILISH KAROHAT EKANLIGI


57. Ubay ibn Ka’bdan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Tahoratning bir shaytoni bor, uni Valahan deyishadi. Suvning vosvosidan (ya’ni, shaytonidan, shubhaga berilib, suvni isrof qilishdan) saqlaningizlar».
Bu bobda Abdulloh ibn Amr va Abdulloh ibn Mug‘affaldan ham hadis rivoyat qilingan. Ubay ibn Ka’bning hadisi g‘aribdir va bu hadisning isnodi muhaddislar nazdida sahih va sog‘lom emas. Chunki, Xorijadan boshqa bu hadisni isnod etgan (marfu’ tarzida rivoyat qilgan) kishini bilmaymiz.
Bu hadis Hasandan mutaaddid vajhlardan rivoyat qilindi. Holbuki, bu bobda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan sahih bir hadis rivoyat qilinmagan. Xorija, birodarlarimizning nazarida, sog‘lom roviy emas. Ibnul-Muborak, Xorijaning (hadis bobida) zaif ekanini qayd etgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Dekabr 2008, 11:26:45
44-BOB
MAVZU: HAR BIR NAMOZ UChUN ALOHIDA TAHORAT OLMOQ


58. Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam har bir namoz uchun tahorat olar edilar, xoh tahoratli bo‘lsinlar, hoh tahoratli bo‘lmasinlar». (Xumayd aytadi): «Anasga dedimki, «Sizlar qanday qilar edingizlar?» (Anas) dedi: «Bizlar bitta tahorat olar edik (tahoratli bo‘lganda qayta tahorat olmoqni lozim ko‘rmas edik)».
Humaydning Anasdan qilgan rivoyati bu vajhdan hasan g‘aribdir. Muhaddislarning nazdida mashhur bo‘lgani - Amr ibn Omir Al-Ansoriyning Anasdan qilgan rivoyatidir. Ba’zi ilm ahli har bir namoz uchun (alohida) tahorat olmoqni vojib emas, balki mustahab deb hisoblashadi.
Hatto ilm ahlining ko‘pchiligi har namoz uchun tahorat olishni mustahab deb hisoblaydilar. Tahoviy, «Al-osor» sharhida bunday deydi: «Ba’zilarning fikricha, muqim kishilarga har namoz uchun (alohida) tahorat olish vojibdir. Lekin ulamoning ko‘pchiligi tahoratning faqat hadas (tahorat buzilishi) tufayli vojib ekanini aytishgan».
Hofiz Ibnul-Hajar «Fath-ul-boriy» asarida bunday deydi: «Namozga turganingizda yuzlaringizni yuvingizlar», degan oyati karima tafsirida salaf olimlari ixtilof qilishdi: «Ko‘plari, bu oyatda; «Namozga turmoqchi bo‘lganingizda agar tahoratsiz bo‘lsangiz» degan ma’noni berdilar. Kimdir esa oyatning zohiriga yopishib, avvallari har bir namoz uchun tahorat olish vojib ekanini aytgan, keyin esa bu hukmning nasx (bekor) bo‘lgani yoki istimsor (doimiy) bo‘lgani haqida ixtilof qilishgan...»
Ijmo’ (olimlar jamoasi ittifoqi) esa: «har namoz uchun tahorat olish vojib emas, balki faqat mustahab» deyish hukm asosida qat’iy fikrdadir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:31:34
59. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Tahorat ustiga tahorat olgan kishiga Alloh bu tufayli o‘n hasana (savob) yozgaydir».
Ibn Raslon aygdiki, «O’n hasana»dan murod - o‘n tahorat savobi ekanligi muvofiq tushadi. Chunki, Alloh taolo bir hasanaga (yaxshilikka) kamida o‘n hasana bilan javob qaytarishni va’da qilgan».
«Sharq-us-sunna»da belgilanishicha, tahoratni yangilash, eski tahorat bilan namoz o‘qigan bo‘lsa, mustahabdir, aks holda ba’zilar buning makruh ekanini aytishgan. Al-Qoriy, karohat bo‘lishiga sabab qilib isrof ehtimoli borligini uqtiradi.
Hofiz Al-Munziriy, «At-tartib» kitobida ham: «Tahorat ustiga tahorat olish nur ustiga nurdir» degan so‘z Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning hadisidan ekanini xotirlay olmayman, balki salaflardan birontasining so‘zidir», deydi.
Bu hadisni Al-Ifriqiy, Abu-G’utayfdan, Ibn Umardan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi. Husayn ibn Xurays al-Marviziy bu hadisni bizga Al-Ifriqiydan Muhammad ibn Yazid Al-Vositiy orqali aytib berdi.
Bu isnod zaif. Chunki Al-Ifriqiya zaif va Abu G’utayf majhuldir. (Muborakfuriy).
Ali ibn Al-Madaniy, Yahyo ibn Sa’id Al-Qattondan naql etib bunday deydi: «Bu hadis Hishom ibn Urvaga zikr qilinganida, «Bu bir Mashriq (Sharq) isnodidir», dedi.
Ya’ni bu hadisning roviylari mashriqliklar (sharqliklar)dir. Ayrim hoshiyalarda sharhlanishiga ko‘ra, mashriqliklar Kufaliklar va Basraliklardir (Muborakfuriy).
Ahmad ibn Hasandan eshitdim, dediki, «Ahmad ibn Hanbal: «Ko‘zim Yahyo ibn Sa’id Al-Qatton ko‘rgani kabi ko‘rmadi», deganini uning o‘zidan eshitdim.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:32:15
60. Amr ibn Omir Al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u aytdi: Anas ibn Molikdan eshitdim, u dediki, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam har namoz oldidan tahorat olar edilar». (Anasdan): «Sizlar nima qilar edingizlar?» deb so‘radim. (Anas) dedi: «Biz to tahoratimiz buzilmaguncha, hamma namozlarni bitta tahorat bilan o‘qiyverardik».
Bu hadis hasan-sahih. Humayd Anasdan rivoyat qilgan hadis esa hasan-g‘arib.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:32:45
45-BOB
MAVZU: NAMOZLARNI BIR TAHORAT BILAN O’QIMOQ


61. (Sulaymon ibn Buraydaning otasi) Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u dedi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam har bir namoz uchun (yangi) tahorat olar edilar; (Makka) fath(i) yili bo‘lganda esa hamma namozlarni bir tahorat bilan o‘qidilar va mahsilari ustiga mash tortdilar. Shunda (Hazrati) Umar: «(Yo Rasululloh!) Ilgari qilmagan bir ishni qildingiz-ku?» dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Buni atay qildim!» dedilar.
Bu hadis hasan-sahih. Bu hadisni Ali ibn Kozim, Sufyon As-Savriydan ushbu qo‘shimcha bilan rivoyat qiladi: «(Tahorat a’zolarini) bir martadan yuvib tahorat oldilar».
Sufyon As-Savriy, ayni vaqtda bu hadisni Muhorib ibn Disordan, Sulaymon ibn Buraydadan rivoyat qiladi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har bir namoz uchun (alohida) tahorat olar edilar».
Vaki’, Sufyondan, Muhoribdan, Sulaymon ibn Buraydadan, uning otasidan shu hadisni rivoyat qildi. Abdurrahmon ibn Mahdiy va boshqalar, Sufyondan, Muhorib ibn Disordan, Sulaymon ibn Buraydadan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan shu hadisni mursat tarzida rivoyat qildilar. Bu rivoyat Vaki’ning rivoyatidan ko‘ra sahihdir.
Ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir: Tahorat buzilmaguncha, namozlarni bir tahorat bilan o‘qiyveradi.
Kimdir esa mustahab sifatida hamda fazilatga erishishni qasd etib, har namoz uchun yangi tahorat olar edi.
Al-Ifriqiydan, Abu G’utayfdan, Ibn Umardan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilinadi; aytdilarki: «Kimki tahorat ustiga tahorat olsa, bu tahoratiga javoban Alloh unga o‘n hasana (qo‘shib) yozgaydir».
Bu isnod zaif. Bu bobda Jobir ibn Abdullohdan ushbu hadis rivoyat qilingan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin va asr namozlarini bir tahorat bilan o‘qidilar».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:34:02
46-BOB
MAVZU: ER BILAN XOTINNING BIR IDISHDAN YUVINMOQLARI


62. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; u dedi: «(Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ayollari) Maymuna (roziyallohu anho) aytdilar: «Men va Rasululloh sallallohu alayhi va sallam janobatdan poklanishda bir idishdan g‘usl tahorati qilar edik»
Bu hadis hasan-sahih.
Barcha faqihlarning qavli budir: Er bilan xotinning bir idishdan g‘usl qilishlarida zarar yo‘q.
Bu bobda Ali, Oisha, Anas, Ummu Honiy, Ummu Subayya Al-Juhaniyya, Ummu Salama va Ibn Umar (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Abush-Sha’sha’ning ismi - Jobir ibn Zayd.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:34:26
47-BOB
MAVZU: XOTIN KISHINING TAHORATIDAN ORTGAN SUV KAROXAT EKANLIGI


63. Bani G’ifordan (Hofiz ibn Hajar bu kishining Al-Hakam ibn Amr ekanligini aytadi) bo‘lmish bir kishidan rivoyat qilindi; u dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotin kishining tahoratidan ortgan suv (bilan tahorat olish)dan qaytardilar».
Bu bobda Abdulloh ibn Sarxisdan ham hadis rivoyat qilingan.
Ayrim faqihlar xotin kishining tahoratidan ortgan suv bilan tahorat olmoqni makruh deb hisoblaydilar. Ahmad va Ishoqning qavli mana bunday: (ular) xotin kishining tahoratidan ortgan suv makruh ekanini aytadilar, ammo ichgan suvidan ortganining zarari yo‘q, deb hisoblaydilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:35:06
64. Al-Hakam ibn Amr Al-G’iforiydan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam erkakni xotin kishining tahoratidan - yoki ichmog‘idan, dedi - ortgan suv bilan tahorat olishdan qaytardilar».
Bu hadis hasan.
Abu Hojibning ismi - Savada ibn Osim. Muhammad ibn Bashshar o‘z hadisida: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam erkakni xotin kishining tahoratidan ortgan suv bilan tahorat olmoqdan qaytardilar» deydi va (bu xususda) shak (shubha)ga bormaydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:35:55
48-BOB
MAVZU: XOTIN KISHINING TAHORATIDAN ORTGAN SUV BILAN TAHORAT OLISHGA RUXSAT BORLIGI


65. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; u dedi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jufti mutahharalaridan bittalari jafnada(tog‘orada) g‘usl qildilar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha idishdan tahorat olmoqchi bo‘lgan edilar, ayollari aytdilar: «Yo Rasululloh! Men junub edim...». Shunda (Rasuli akram sallallohu alayhi va sallam): «Suv junub emas-ku!» dedilar.
Ya’ni, «Bu idishdagi suv mening g‘usl tahoratimdan ortgan suv»dir, demoqchilar.
Bu hadis hasan-sahih.
Sufyon As-Savriy, Molik va Shofi’yning qavli shudir.
Ahmad, Abu Dovud va An-Nasoiy bu hadisni taxrij qilishgan. Ahmad va Muslim Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jufti poklari Maymuna (roziyallohu anho)ning g‘usl tahoratidan ortgan suv bilan yuvinganlarini, Ibn Abbordan rivoyat qilishadi. Bu rivoyatda Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning jufti mutahharalari Maymuna (roziyallohu anho) ekanligi bildirilmoqda. Shu hadisga tayanib, o‘tgan bobda vorid bo‘lgan nahiy (qaytarish) tanzih uchun ekanligi aytilgan. Shuningdek, bu borada bunday deyiladi: Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam jufti poklari Maymunaning g‘usl tahoratidan ortgan suvga tahorat olmoqchi bo‘lganlarida, Maymuna (roziyallohu anho)ning: «Men junub edim» deyishlari, nahiyning (ma’n etishning) ancha oldinroq mavjud ekaniga dalolat qiladi. Bu holatda javoz (ijozat) hadisi nahiy (taqiq) hadisining hukmini nasx etuvchi (bekor qiluvchi)dir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:36:29
49-BOB
MAVZU: (KO’P VA OQAR) SUVNI HECH NARSA BULG’AY OLMAYDI


66. Abu Sa’id Al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Aytildiki, «Yo Rasululloh! Buzo’a qudug‘idan tahorat olaveraylikmi? U quduqqa hayz lattalari, itlarning o‘ligi va sassiq narsalar tashlangan?!» Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Muhaqaqki, (ko‘p) suvni hech narsa bulg‘ay olmaydi!»
Buzo’a, Xazraj qabilasining bir urug‘i bo‘lmish Bani Saida (Saida o‘g‘illari)ga mansub bir oilaning nomidir. Quduq (o‘ra) shu oilaga nisbat berilgan. At-Toyyibiy, o‘sha nopok va murdor narsalar musulmonlar tomonidan quduqqa tashlanmagan, balki sel va shamollar oqizib va uchirib keltirgan, degan ehtimolni bayon etadi. Muborakfuriy ko‘pgina ilm kishilari shunday fikrda ekanligini bildirib, «Zohir va muqarrar gap shudir!» deydi.
Bu hadis hasan.
Abu Usoma bu hadisni jayyid (sara) deydi. Abu Sa’idning Buzo’a quduga haqidagi hadisini, Abu Usomaning rivoyatidan ko‘ra hasan (chiroyliroq) qilib hech kim rivoyat qilmagan. Bu hadis Abu Saiddan mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingan deb topiladi.
Bu bobda Ibn Abbos va Oisha (onamiz)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Muborakfuriy, Termiziy asarlariga yozgan «Tuhfat-ul-ahvoziy» nomli sharhida bu hadis bilan bog‘liq bir qancha foidani (izoh, ma’lumotni) zikr qiladi. Bu o‘rinda shu foydalarga yuzlanmoq foydali bo‘lar deb o‘ylaymiz. Shuning uchun muxtasar qilib sharhlab o‘tamiz.
A) Buzo’a quduga (hovuzi) Madinada taniqli bir choh edi. Ko‘l emas, polizlarni sug‘oradigan hovuz ham emasdi. Shunday bo‘lsa edi, asosan quduq (arabcha «biyr») deb atalmasdi. Quduq og‘zining o‘lchami (diametri) olti arshin edi. «Hidoya» muallifi Buzo’a qudug‘i suvi polizlarga oqqaiini aytgan. Shuningdek, Tahoviyning «Polizlarga boradigan suv Buzo’a qudug‘idan kelardi», degan da’vosi ham dalilsiz va asossizdir.
B) Suvning qat’iyan, hatto ichiga tushgan najosat tufayli ham rangi, ta’mi yoki hidi o‘zgarsa ham, bulg‘anmagan deb aytadigan zohiriylar, shu bobdagi hadis bilan dalil-isbot qilishadi.
Zohiriylardan boshqa barcha mazhabliklar bu hadisning umumiy ma’nosini (hukmining miqyosini) belgilashgan.
Abu Umoma marfu’ tarzida rivoyat qilgan hadis bilan Ibn Moja tomonidan taxrij qilingan bu hadis bunday: «Suvni hech narsa bulg‘ay olmaydi, faqat hidini, ta’mini va rangini o‘zgartirsa, (shunda suv bulg‘angan) bo‘ladi)». Molikiylar (Imomi Molik tarafdorlari) shu hadnsga tayanib, suvning rangi yo ta’mi yoki hidi o‘zgarsa, bulg‘ashan bo‘ladi, deb iqror bo‘lnshgan.
Shofi’iylar bu hadisning umumiy ma’nosini «qullatayn» (ikki qulla) hadisi bilan belgilashgan. U hadis sahihdir va Hazrati Termiziy ushbu bobdagi hadisning ketidan o‘sha hadisni zikr qiladi. («Qullatayn» (ikki qulla) istidohining izohi keyingn hadisda keladi.) Suv «kullatayn», ya’ni ikki kulla miqdorida bo‘lsa, rangi, ta’mi yoki hidi o‘zgarmaguncha, bulg‘anmaydi, ammo ikki qulladan oz bo‘lsa, uch sifatidan birontasi o‘zgarmasa ham, bulg‘anadi.
Hanafiylar esa hadisning umumiy ma’nosini nuqtai nazar va ijtihod bilan belgilashgan. Najosat ko‘shilmagan suvning miqdorini aniqlash va belgilashda hanafiylarning o‘n ikki, hatto o‘n to‘rt qavli bor. Imomi Muhammad «Al-Muvatta’» kitobining 66-sahifasida bunday deydi: «Hovuz katta bo‘lib, bir uchi chayqatilganda nariga uchi tebranmasa, (ya’ni, hovuzning bir uchida paydo bo‘lgan to‘lqin ikkinchi uchiga qadar yetmasa), bu hovuzga tushgan nopok narsa suvni nopok qilmaydi: bordi-yu, hidini yoki ta’mini o‘zgartirsa, unda suv bulg‘anadi. Agar hovuz kichik bo‘lsa-yu, bir uchi chayqatilganda ikkinchi uchi tebransa, u hovuzdan itlar suv ichsa yoki unga nopok narsa tushsa, undan tahorat olinmaydi. Bu aytganlarimning hammasi Imomi Abu Hanifaning qavlidir». Hanafiylar chayqatish yo‘li bilan tayin va taxdid qilgan qavl ana shu. Ulardan oldingi olimlar ana shu qavlga ega bo‘lishgan. Hanafiy ulamolar ittifoqidan keyingi mazhablar o‘nga-o‘n ‘ashara (‘ashara fiy ‘ashara - o‘n gazga o‘n gaz) deb, belgilashgan; bir gaz 72 sm bo‘lib, hovuzning bo‘yi ham, eni ham kamida 7 metru 20sm.dan bo‘lishi kerak. (Tarjimon)
V) Ahamiyatiga ko‘ra quduq suvlarining tozaligi va nopokliga haqida mazhablar qavlini bir-bir sharhlaylik:
1.Zohiriya mazhabi. Bu mazhab fikricha, quduq suvi xoh oz, xoh ko‘p bo‘lsin, rangi yoki ta’mi, yoxud hidi xoh o‘zgarsin, xoh o‘zgarmasin, ichiga najosat tushgani bilan nopok bo‘lmaydi.
2.Molikiylar mazhabining so‘zi budir: Rangi yoki ta’mi, hidi o‘zgarsa nopok bo‘ladi, yo‘qsa, nopok bo‘lmaydi. Molikiylar suvning ozligi yoki ko‘pligiga qaramaydi, tozalik yoki nopoklik hukmini uch sifatidan birontasi o‘zgarish-o‘zgarmasligiga qaraydi.
3.Shofi’iylar mazhabining so‘zi budir: Quduq suvi qullatayn (ikki qulla)dan oz bo‘lsa, nopok bo‘ladi. Ikki qulla yoki undan ko‘p bo‘lsa, rangi, ta’mi yoki hidi o‘zgarmagunicha, nopok bo‘lmaydi.
4.Hanafiy ulamolarining avvalgilari qavli: sathi bir uchi harakatlanganda (chayqatilganda) boshqa uchi tebranmaydigan darajada keng bo‘lsa, suv nopok bo‘lmaydi, tor bo‘lsa, nopok bo‘ladi.
5.Hanafiylarning keyingi ulamolari qavli: Sathi o‘n gazga o‘n gaz bo‘lsa, nopok bo‘lmaydi, yo‘qsa nopok bo‘ladi.
6.Bu oltinchi qavl Imomi Muhammaddan rivoyat qilinadi: u aytadiki, «Abu Yusuf bilan men, quduq suvini oqar hukmida bo‘lishi borasida bir to‘xtamga keldik. Zero, kuduq suvi tagidan qaynab chiqadi va ustidan olinadi. Bu holda quduq hammom quvurlarga o‘xshaydiki, bir tomonidan ichiga suv oqib turadi, ikkinchi tomonidan suv chiqib turadi». («Fath-ul-Qodir»).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:37:12
50-BOB
MAVZU: O’TGAN MASALA (YA’NI KO’P SUVNI HECH NARSA NOPOK QILMASLIGI)


67. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; u dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdim, u kishiga, egasiz yerlardagi yirtqich va turli hayvonlar qo‘nog‘i (bulog‘i) bo‘lgan suv haqida savol qilindi; shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Agar suv qullatayn (ikki qulla) miqdorida bo‘lsa, u hech narsadan bulg‘anmaydi».
Qulla - ulkan kub (xum) ma’nosidadir. Ulamolar ikki qullani besh tulum deb qaror qilishgan. Ba’zilar esa besh yuz ratl ekanini aytishadi. Shu nuqtai nazardan, qulla 250 litrlik xumdir. (Tarjimon ilovasi): «G’iyos-ul-lug‘ot» kitobida bunday deyilgan: «Kullatayn - ikki ulkan xum ma’nosidadirki, unga bir ming ikki yuz iroqiy ratl suv sig‘adi.
Imom at-Termiziy bu hadis borasida gapirmagan, faqatgina shu hadis bilan amal qilgan olimlarning qavllarini zikr qilish bilan kifoyalangan.
Abda, Muhammad ibn Ishoqdan naql etib, bunday deydi: «Qulla» deb katta suv xumlari va ayni vaqtda, suv ichiladigan ulkan jomga aytiladi.
Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli ushbu: aytdilarki, suv ikki qulla miqdorida bo‘lsa, hidi yoki ta’mi o‘zgarmaguncha, uni hech narsa nopok qilmaydi. Bu miqdor salkam besh tulum ekanini aytishadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:38:25
51-BOB
MAVZU: TURG’UN SUVDA SIYISH KAROHAT EKANLIGI


68. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Sizlardan birortangiz zinhor turg‘un suvda peshob qilib, keyin undan tahorat olmasin!»
Hadis zohiriy jihatdan umumiy ma’noni ifodalaydi. Xoh oz bo‘lsin, xoh ko‘p bo‘lsin, turg‘un suv mutlaqo nopok ekanligidan dalolat qiladi, ammo hadisning bu umumiy hukmi bilittifoq belgilangan.
Bu hadis hasan-sahih.
Bu bobda Jobirdan ham hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:39:22
52-BOB
MAVZU: DENGIZ SUVI TOZADIR


69. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u bunday deydi: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘radi: «Yo Rasululloh! Biz dengizda yo‘l yuramiz va o‘zimiz bilan birga oz suv olib yuramiz. Undan tahorat olsak chanqab qolamiz. Shu ahvolda dengiz suvidan tahorat olsak bo‘ladimi?» Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «U(dengiz suvi) toza suvdir va o‘limtigi haloldir»
Shayx Muhammad ibn Ismoil «Subul-us-salom» kntobida bunday deydi: «Dengizning o‘limtiga»dan murod dengizda o‘lgan har qanday hayvon emas, balki faqat dengizda yashagan va oxiri dengizda o‘lgan jonivordir. Hadisning zohiriy ma’nosi dengizda yashab, dengizda o‘lgan har kanday hayvon, hatto dengiz kuchugi va dengiz to‘ng‘izining halol ekaniga dalolat etadi. Shayx Muborakfuriy, ilm ahllari baliqdan boshqa dengiz xayvonlari borasida ixtilof qilishganini bildirib, keyin ba’zi imomlarning bu masaladagi qarashlarini bayon qiladi. Chunonchi, hanafiylar nazdida baliqdan boshqasining go‘shti harom.
Imom Ahmad fikricha, qurbaqa va timsoxdan boshqa barcha dengiz jonivorlarining go‘shti yeyiladi.
Imom Molik va ibn Laylo, dengizda yashagan hamma narsa (go‘shti) muboh ekanligani aytadi.
Imomi Shofi’iydan bu masalada bir qancha qavl rivoyat qilinadi. Hofiz ibn Hajar «Fath-ul-boriy» kitobida, baliqning barcha turlari halol ekanliga borasida ulamolar orasida ixtilof yo‘qligini, faqat inson, it, to‘ng‘iz va ilon singari quruqlikda yashaydigan jonzodlarga o‘xshash dengiz hayvonlari borasida ixtilof bo‘lganini aytadi. Boshqa bir qavlda esa, Imom Molikday, dengizda yashagan hamma narsa muboh ekanini ta’kidlaydi. Dengiz jonzodlaridan quruqlikda o‘xshashi borlari haqida Shofi’iy bunday degani rivoyat qilinadi: «Quruqliqda o‘xshashi borlari muboh bo‘lsa, uning go‘shti ham muboh, agar harom bo‘lsa, uning go‘shti ham harom».
Bu bobda Jobir va Al-Firosiydan ham hadis rivoyat qilingan.
Bu hadis hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bo‘lmish fiqh odamlaridan ko‘pchiligining qavli bunday; ular orasida Hazrati Abu Bakri Siddiq, Hazrati Umar, Ibn Abbos (roziyallohu anhum) ham borlar: «Dengiz suvida mone’lik yo‘q». Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan ba’zilari esa dengiz suvida tahorat olishni makruh deb hisoblashgan. Ibn Umar va Abdulloh ibn Amr ana shulardan. Abdulloh ibn Amr dengiz suvini «U olovdir!» deydi...
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:40:56
53-BOB
MAVZU. SIYDIK BORASIDA QAT’IY HUKM


70. Ibn Abbos (roziyaplohu anhumo)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ikki qabr yonidan o‘tdilar va aytdilar: «Bu ikkovi ham azoblanmoqda va lekin katta bir ishdan azoblanayotgani yo‘q. Ammo mana bu (bittasi) siydikdan ehtiyot bo‘lmas edi, mana bu (ikkinchisi) esa chaqimchilik qilib gap tashib yurar edi».
Ibn Raqiqi l-Iyd, hadisdagi «katta ish» iborasini tafsir qilib, bu ishning gunohi, shubhasiz, og‘ir gunoh ekanligini Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam hadislariga tayanib, ma’lum qiladi va bundagi «katta bir ishdan azoblanayotgani yo‘q» so‘zidan, qabrda azob mustalzim (lozim qiluvchi) bo‘lgan salbiy ishdan (man’ etilgan bu gunohdan) saqlanish osonligi murod etilganini aytadi.
Bu bobda Abu Hurayra, Abu Muso, Abdurrahmon ibn Hasana, Zayd ibn Sobit va Abu Bakr (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan. Bu hadis hasansahih.
Mansur bu hadisni Mujohiddan, Ibn Abbosdan rivoyat qiladi va sanadida «Tovusdan» deb aytadi. Al-A’mashning rivoyati yanada sahihroq.
Vaki’ning mustami’i (tinglovchisi, kotibi) Abu Bakr Muhammad ibn Abbon Al-Balxiydan eshitdim, deydiki, «Vaki’dan bunday deganini eshitdim: «Al-A’mash Ibrohimning isnodini Mansurdan ko‘ra yaxshiroq qayd etgan».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:44:10
54-BOB
MAVZU: EMIZIKLI BOLANING SIYDIGI USTIGA SUV TO’KIB TOZALAMOQ


71. Ummu Qays binti Mihsan (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; u dediki, «Emizikli (hali ovqat yemaydigan) o‘g‘ilchamni olib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga kirdim. Bola u kishining (qo‘ynilarida turib) kiyimlarini ho‘l qilib qo‘ydi. Shunda (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam) suv so‘rab keltirtirib, siydik tekkan joyga sepdilar».
Bu hadisni Buxoriy va Muslim ham rivoyat qilishgan. Farqi shuki, Termiziy, go‘dak siydigi ustiga suv sepganlarini aytgan bo‘lsa, Buxoriy va Muslim, siydik tekkan joyga butunlay suv to‘kkanlarini aytishadi. Hofiz ibn Hajar, ikki ma’no orasida, ya’ni «suv sepmoq» ma’nosida kelgan «roshsh» so‘zi bilan, suv to‘kmoq ma’nosida kelgan «nadh»so‘zi orasida qarama-qarshilik yo‘qligini, chunki avval tomizib-tomizib to‘kishdan boshlab, keyin oqizib to‘kkanini bayon etadi. Termiziy bu hadisni «roshsh» rivoyati bilan taxrij qilgan holda, shu bobning sarlavhasida «nadh» iborasini qo‘llayotir. Diqqat qilinsa, tarjimada bu xususga rioya qilingan.
Bu bobda (Hazrati) Ali, Oisha, Zaynab, Luboba binti Al-Hars, u Abdulmuttolibning o‘g‘li bo‘lmish Abbosning o‘g‘li Faldning onasidir, Abus-Samh, Abdulloh ibn Amr, Abu Laylo va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, tobi’iyndan va taba’i tobi’iyndan bo‘lgan ilm kishilaridan ko‘pining qavli ushbudir. Ahmad va Ishoq ham shular orasida bor; aytadilarki, «O’g‘il bolaning siydigi ustiga suv to‘kiladi, qiz bolaning siydigi bo‘lsa yuvib tashlanadi».
Hofiz ibn-ul-Qayyum «A’lam-ul-muvaqqiyn» kitobida bunday deydi: «Bu masalada faqixlarning uch qavli bor: ikkalasining siydigi ham yuviladi; ikkisining ham siydigi ustiga suv to‘kiladi; qiz bolaning siydigi yuvilib, o‘g‘il bolaning siydigi ustiga suv to‘kiladi, Ibnul-Qayyim, o‘g‘il bolaning siydigi bilan qiz bolaning siydigi orasi ajratilishiga asosan uch sabab ko‘rsatadi va aytadiki, «O’g‘il bola qiz boladan uch jihatdan farqlidir:
1)o‘g‘il bola qo‘yinlarda (quchoqlarda) ko‘proq aylanadi va shu sababdan siydigini yuvishlikda qiyinchilik va mashaqqat paydo bo‘ladi;
2)qiz boladek siydigini bir joyga oqizmaydi, u yer-bu yerga oqizadi;
3)qiz bolaning siydigi yomonroq hid chiqaradi. Bu farq erkakning harorati va qiz bolaning rutubati (namchilliga) tufayli yuzaga keladi. Chunonchi, erkakning harorati rutubatni quritadi va siydikning hidlanishini ozaytiradi.
Bu hukm, hali ovqat yeya boshlamagan emizikli bolalarga oid. Ovqat yeya boshlaganlarida har ikkisining ham siydigi yuviladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:44:45
55-BOB
MAVZU: GO’ShTI YeYILADIGAN HAYVON SIYDIGI


72. Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Uraynadan (ba’zi) insonlar Madinaga kelishdi va bu yer havosini og‘ir ko‘rishdi. (Qorin og‘rig‘iga uchrab qolishdi). Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sadaqa (zakot) tuyalarini ularga qo‘shib (shahar tashqarisiga) jo‘natdilar va «Bularning sutidan va siydiklaridan ichinglar», dedilar. Ular esa (ichib, sog‘aygach) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tuyaboqarini o‘ldirishdi, tuyalarini haydab ketishdi, Islom dinidan chiqishdi. So‘ng (ushlanib) Nabiy sallallohu alayhi va sallamga keltirildilar. Shunda (jinoyatlarining jazosi o‘laroq) ularning qo‘l-oyoqlarini qarama-qarshisiga (o‘ng qo‘l bilan chap oyoq yoki chap qo‘l bilan o‘ng oyoq tarzida) kesdilar; ko‘zlarini o‘ydilar va Harro (degan toshloq yer)ga tashlab qo‘ydilar. Anas aytadiki, «Ulardan bittasi og‘zi bilan yerni qo‘porayotganini ko‘rardim. Nihoyat, o‘ldilar». Chamasi, Qammod (hadis oxirini) bunday bayon qiladi: «(Ulardan bittasi) yer tishlayotganini ko‘rardim, Nihoyat, o‘ldilar».
Harro Madinadagi ma’lum bir joydir. Lug‘aviy ma’nosi: «Qora toshli joy» demakdir. Muborakfuriy, bu yerga tashlanishlarining sababiga ishorat qilib, «chunki ular jinoyatlarini shu yerga yaqin joyda sodir etishgan edi» deydi.
Bu hadis hasan-sahih.
Anasdan mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingan. Ilm kishilaridan ko‘pining qavli ushbudir: «Go‘shti yeyiladigan hayvonlarning siydigi(ni ichmoqlik)da monelik yo‘q.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:45:15
73. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u dedi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam u (jinoyatchi)larning ko‘zlarini o‘yganliklariga yagona sabab shuki, ular tuyaboqarlarning ko‘zlarini o‘yishgan edi».
Bu hadis g‘arib.
Bu hadisni, Shayx (Yahyo G’aylon)dan boshqa kishi Yazid ibp Zubayrdan rivoyat qilganini bilmaymiz. «Jarohatlarga ham qasos olinadi» degan oyatning ma’iosi shudir.
Bu «Moida» surasining 45-oyatidir. Oyatning ma’nosi bunday: «Unda (ya’ni Tavrotda) ularga (Bani Isroilga) «Jonga jon, ko‘zga ko‘z, burunga burun, quloqqa quloq, tishga tish (yana boshqa barcha) jarohatlarga ham qasos olinadi», deb yozib qo‘ydik». Ya’ni, jonga qasd qilganyushg joniga qasd qilinadi, ko‘z o‘yganning ko‘zi o‘yiladi, burun kesganning burnisi kesiladi, quloq uzganning qulog‘i uziladi, tish sindirganning tishi sindiriladi va jarrhatlar uchun ham, mumkin bo‘lsa, qasos olinadn. Masalan, qo‘l, oyoq, tanosil a’zolari kabi a’zolarda qasos olish mumkin. Bu hukm Bani Isroil borasida zikr qilingan bo‘lsa-da, ammo (Qur’onda kelgani uchun) Islom shariatida ham muqarrardir.
Muhammad ibn Siyrindan bunday degani rivoyat qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni bu jazoga tortishlari faqat shar’iy jazolar nozil bo‘lishidan oldin sodir bo‘lgan edi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:46:08
56-BOB
MAVZU: YEL CHIQARGANDA HIDI SYEZILSA, TAHORAT OLISH LOZIM BO’LADI


74. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alaihi va sallam aytdilar: «Faqatgina (el tufayli chiqqan) ovoz yoki hiddan tahorat olish lozim bo‘ladi».
Bu hadis hasan-sahih.

75. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Agar sizlardan birontangiz masjidda bo‘lib, ikki buti orasidan biror hid sezsa, toki yel ovozini eshitmagunicha yoki hidini payqamagunicha chiqib ketmasin».
Imom An-Navaviy bu hadis to‘g‘risida bunday deydi: «Bu haqiqiy hadislardan biridir va diniy qoidalardan ulkan bir qoidadir. Darvoqe, har narsaning xilofi (aks holi) aniq ma’lum bo‘lmagunicha, asl holi saqlanib qolgan, deb hukm qilinadi va bu asl (holat) shubha-gumon va ikkilanish bilan yo‘q bo‘lmaydi. Shu qoidaga ko‘ra, tahorat olganini aniq bilib turgach, tahoratiga shubha qilgan kishi tahoratlidir, deb hukm qilinadi».
Bu bobda Abdulloh ibn Zayd, Ali ibn Tolq, Oisha, Ibn Abbos, Ibn Mas’ud va Abu Sa’id (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Bu hadis hasan-sahih.
Umomaning qavli ushbudir: «Faqat hadas (el chiqishi) tufayli tahorat olish lozim bo‘ladi, chunonchi yel ovozini eshitishi yoki hidini payqashi kerak». Abdulloh ibn Muborak bunday deydi: «Tahoratim buzildi, deb shubha qilsa, unda qasam ichadigan darajada aniq bilmagunicha, tahoratini yangilashi vojib emas. Xotin kishining oldidan yel chiqsa, tahorat olishi vojib bo‘ladi». Shofi’iy va Ishoqning qavli shudir.
Abu Hanifa, ayolning oldidan yel chiqsa, tahorat olishi lozim emas, deb hisoblaydi. Chunki, bu kamdan-kam uchraydigan bir holatdirki, inson buni bilishga qodir emas. Ibnul-Humom zakardan chiqqan yel, aslida yel emas, balki bir ixtiloj (andomning sakrashi) ekanini aytib, «Bu tahoratni buzmaydi» deydi. Shunday qilib, bu masalada ikki xil qavl ustida ixtilof qilingan:
1.Xotin kishining va erkak kishining oldidan chiqqan yel tahoratni buzadi. Chunki, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam: old va orqa yo‘llardan chiqqan har qanday narsa tahoratni buzadi, deb uqtirganlar. Sababning xususiyatiga emas, balki lafzning umumiy ma’nosiga e’tibor qilinadi. Ya’ni, yel ham bir narsadir, u ham tahoratni buzadi. Shofi’iyning qavli ana shunday.
2.Xotin yeki erkak kishining oldidan chiqqan yel tahoratni buzmaydi. Chunki, bu aslida yel emas, balki bir ixtilojdan iboratdir. Abu Hanifa ana shu qavlga ega bo‘lganlar.

76. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Sizlardan biror kishining tahorati buzilsa, to tahorat olmagunicha, namozini Alloh qabul qilmaydi».
Bu hadis g‘arib-hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:46:52
57-BOB
MAVZU: UXLASA, TAHORAT OLMOQ LOZIM BO’LISHI


77. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: U kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sajda qilgan holda uxlab qolganlarini ko‘rdi. «Hatto xurillay boshladilar yoki pishillay boshladilar. Keyin turib namoz o‘qidilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, Siz haqiqatan uxladingiz-ku?» dedim. Aytdilarki, «Faqat yotib (cho‘zilib) uxlagan kishiga tahorat olish lozim bo‘ladi, chunki u cho‘zilganida bo‘g‘imlari o‘zini qo‘yib yuboradi».
Abu Xolidning ismi - Yazid ibn Abdurrahmon.
Bu bobda Oisha, Ibn Mas’ud va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:47:10
78. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari (o‘tirib) uxlashar, keyin turib namozlarini o‘qishar, tahorat olishmas edi.
Abu Dovudning rivoyatida bunday deyiladi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari xufton namozini kutib, boshlari bukilib ketar, keyin namoz o‘qishar, tahorat olishmasdi». Bu rivoyatdan sahobalar o‘tirgan joylarida uxlaganlari tushuniladi.
Bu hadis hasan-sahih.
Solih ibn Abdullohdan eshitdim, bunday dedi: «Abdulloh ibn Al-Muborakdan, o‘tirgan joyida suyanib uxlagan kishi haqida so‘radim, «Unga tahorat lozim bo‘lmaydi», dedi.
Sa’id ibn Abu Aruba, Ibn Abbosning hadisini Qatodadan, Ibn Abbosdan zikr qilib, Abul-Oliyani zikr qilmagan hamda hadisni raf etmagan. (Rasulullohgacha yuksaltirmagan).
Ulamolar, uyqu tufayli bo‘ladigan tahorat masalasida ixtilof qildilar. Ko‘plari, o‘tirgan joyida yoki tik turib uxlagan kishiga, to u yotmagunicha, tahorat lozim bo‘lmaydi, deb hisoblaydilar. As-Savriy, Ibnul-Muborak va Ahmadning qavli shudir. Ba’zilari esa bunday deydsh «Agar aqliga hokim bo‘lmaydigan darajada uyquga tolsa, tahorat olmog‘i lozim».
Ishoqning qavli shudir. Imomi Shofi’iyning fikricha o‘tirib uxlagan kishi, uyqusida tush ko‘rsa yoki maqadi (orqasi) yoki o‘rindig‘i uyqu ta’sirida siljisa, tahorat olishi lozim bo‘ladi.
(Tarjimon ilovasi: «Muxtasar ul-viqoya»ning o‘zbekcha sharhida bunday fatvo bayon qilinadi: «Va bir nimarsaga suyanib uxlamoq tahoratni buzgay, agar suyangan narsani olganda yiqilib ketar ehtimoli bo‘lsa. Ammo ul suyangan narsasini olganda o‘ltirib qolsa, tahoratni buzmas. Namozda tik turgan holda va ruku’da, sajdada uxlamoq tahoratni sindirmagay. Ushbudek, «Muhit» kitobida mazkurdir»).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:48:15
58-BOB
MAVZU: OLOVDA PISHGAN TAOM (YEYISH) TUFAYLI TAHORAT LOZIMLIGI


79. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: u dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olov tekkan hamma narsa, hatto pishloq parchasi (eyish) tufayli ham tahorat olish lozim bo‘ladi», - deb aytdilar. Shunda Ibn Abbos: «Yo Abo Hurayra! Yog‘ (eyish) tufayli ham tahorat olamizmi? Qaynoq suv (ichish) tufayli ham tahorat olamizmi?..» — deb so‘radi. Shunda Abu Hurayra aytdi: «Ey birodarzodam! Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bir hadis eshitdingmi, unga misol tonishga urinma!».
Ba’zi ilm ahllari olovda pishgan taom yeyish tufayli tahorat lozim bo‘ladi, deb aytishgan. Ularning dalili - shu hadis. Ammo ilm ahlining ko‘pi, keyin sharhlanganidek, bu hadisning (hukmi) mansux (bekor) bo‘lganini aytishadi. Yog‘ va qaynoq suv deganda olovda pishirilgan yog‘ va qaynatilgan (isitilgan) suv nazarda tutilgan.
Bu bobda Ummu Habiba, Ummu Salama, Zayd ibn Sobit, Abu Talha, Abu Ayyub va Abu Muso (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan. Ba’zi ilm kishilari, olovda pishgan taom (eyish) tufayli tahorat olish lozim, degan fikrga ega bo‘lishgan. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, tobi’iyndai va taba’a tobi’iyndan bo‘lmish ilm odamlarining ko‘pi esa, tahorat olish lozim emas, degan fikrdalar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:48:42
59-BOB
MAVZU: OLOVDA PISHGAN TAOM (YEYISH) TUFAYLI TAHORAT LOZIM EMASLIGI


80. Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam chiqdilar va meni yonlariga olib Ansoriylardan bo‘lmish bir xotinning uyiga kirdilar. Xotin u kishiga bir qo‘y so‘ydi va u kishi (qo‘y go‘shtidan) yedilar. Keyin bir idishda yangi xurmo keltirdi, undan ham yedilar. Keyin tahorat olib, namoz o‘qidilar. Namoz o‘qib bo‘lganlaridan so‘ng, xotin u kishiga qo‘yning qolgan go‘shtidan yana keltirdi va (Rasululloh sallallohu alanhi va sallam) yedilar. Keyin esa (yangi) tahorat olmasdan, asr namozini o‘qidilar».
Bu bobda Abu Bakr Siddnq Ibn Abbos, Abu Hurayra, Ibn Mas’ud, Abu Rofi’, Ummul-Hakam, Amr Ibn Umayya, Ummu Amir, Suvayd ibn An-Nu’mon va Ummu Salama (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Hazrati Abu Bakrning bu bobdagi hadisi isnodi jihatidan sahih emas, yolg‘iz Husom ibn Misoq bu hadisni Ibn Siyriyndan, Ibn Abbosdan, Abu Bakrdan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi. Sahih hadis esa Ibn Abbosdan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan qilingan rivoyatdir. Hadis hofizlari ana shunday rivoyat qilishgan. Chunonchi, bu hadis Ibn Siyriyndan, Ibn Abbosdan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingan. Ato ibn Yasor, Ikrima, Muhammad ibn Amr ibn Ato, Ali ibn Abdulloh ibn Abbos va yana boshqalar buni Ibn Abbosdan, Rasululloh sallallohu alaihi va sallamdan rivoyat qildilar va «Abu Bakr Siddiqdan» demadilarki, bu rivoyat yanada sahihroqdir.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, tobi’iyndan va taba’i tobi’iyndan bo‘lgan ilm odamlarining ko‘pi nazdida amal shu hadis asosidadir. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoq ham shulardandir: Olov tekkan  taom tufayli tahorat lozim emas, degan to‘xtamdalar.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan ikki hukmning oxirgisi shudirki, bu hadis birinchi hadisdagi «olov tekkan hamma narsa tufayli tahorat olish lozim bo‘ladi», degan hukmni bekor qiluvchi mohiyatga egadir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:49:18
60-BOB
MAVZU: TUYA GO’SHTI (YEYISH) TUFAYLI TAHORAT LOZIM BO’LISHI


81. Al-Barro ibn Ozib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan, Tuya go‘shti yeganda tahorat (olish) lozim bo‘ladimi? - degan savol so‘raldi. Shunda aytdilar: «Undan yeganda tahorat olingizlar!» (So‘ng) Qo‘y go‘shtlaridan (eganda) ham tahorat olinadimi? — deb so‘raldi. Shunda bunday dedilar: «Qo‘y go‘shtlaridan yeganda (agar tahoratli bo‘lsangizlar) tahorat olmangizlar!»
Bu bobda Jobir ibn Samura va Usayd ibn Huzayrdan hadis rivoyat qilingan. Al-Hajjoj ibn Artoa bu hadisni Abdulloh ibn Abdullohdan, Abdurrahmon ibn Abu Laylodan, Al-Barro ibi Ozibdan rivoyat qiladi. Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Ubayda Ad-Dabbiy esa, Abdulloh ibn Abdulloh Ar-Roziydan, Abdurrahmon ibn Abu Laylodan, Zul-G’urro Al-Juhaniydan rivoyat qiladi.
Hammod ibn Salama esa Al-Hajjoj ibn Artoadan rivoyat qiladi va ismda yanglishib, «Abdulloh ibn Abdurrahmon ibn Abu Laylodan, uning otasidan, Usayd ibn Huzayrdan», deydi. Sahih rivoyat ushbu: Abdulloh ibn Abdulloh Ar-Roziydan, Abdurrahmon ibn Abi Laylodan, Al-Barro ibn Ozibdan».
Bu bobda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ikkita hadis sahih bo‘lib kelgan: Al-Barroning hadisi bilan Jobir ibn Samuraning hadisi.
Ahmad va Ishoqning qavli shudir. Tobi’iyndan va taba’i tobi’iyndan ba’zi ilm odamlari, tuya go‘shti tufayli tahorat lozim bo‘lmaydi, degan fikrda ekanlari rivoyat qilingan. Sufyon As-Savriy va Kufa faqihlarining qavli ham shudir.
«Tuya go‘shti yeganda tahorat lozim bo‘lish-bo‘lmasligi borasida olimlar ixtilof qilishdi. Ko‘plari, tuya go‘shti yeyish tahoratni buzmaydi, degan fikrga ega bo‘lishgan. Xulafoi roshidiyn - Hazrati Abu Bakr Siddiq, Hazrati Umar, Hazrati Usmon, Hazrati Ali, shuningdek, (Abdulloh) Ibn Mas’ud Ubay ibn Ka’b, Ibn Abbos, Abud-Dardo, Abu Talha, Omir ibn Robi’a, Abu Umoma, (roziyallohu anhum ajma’iyn) tobi’iynlarning hammasi, Molik, Abu Hanifa, Shofi’iy va birodarlarining qavli shudir. Ahmad ibn Hanbal, Ishoq ibn Rahovayh, Yahyo ibn Rahovayh, Yahyo ibn Yahyo, Abu Bakr ibn Al-Munzir va Ibn Huzaymaning fikricha, tuya go‘shti tahoratni buzadi. Hofiz Abu Bakr Al-Bayhaqiy ham shu qavlni tanlagan. Bular Al-Barro ibn Ozibning hadisi bilan istidlol (dalil-isbot) etishadi.
Bu yo‘l, jumhurning muxolafatiga (qarshiligiga) qaramay, dalil jihatdan kuchliroq. Jumhur esa, olovda pishgan taom tufayli tahorat lozim bo‘lmaydi, degan hadis bilan tamassuk (sabr-tahammul) qilmoqdaki, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan eng oxirgi hukm shudir. Ammo bu hadis hadisi omma (ommaviy, umumiy) va tuya go‘shti yeganda tahorat lozim bo‘ladi, degan hadis - hadisi xosdir. (An-Navaviy).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:49:47
61-BOB
MAVZU: ZAKARIGA QO’L TEKKIZGANDA TAHORAT LOZIM BO’LISHI


82. Busro binti Sofvan (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va salkam aytdilar: «Kimki zakariga qo‘l tekkizsa, toki tahorat olmagunicha, namoz o‘qimasin».
Bu bobda Ummu Habiba, Abu Ayyub, Abu Hurayra, Arvo binti Unays, Oisha, Jobir, Zayd ibn Xolid va Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilindi.
Bu hadis sahih. Buni mutaaddid kishilar shu tarzda Hishom ibn Urvadan, uning otasidan, Busrodan rivoyat qilishgan.

83. Abu Usoma va boshqalar shu hadisni Hishom ibn Urvadan, uning otasidan, Marvondan, Busrodan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan aynan rivoyat qildilar. Shu hadisni bizga, Abu Usomadan naql etib, Ishoq ibn Mansur so‘zlab berdi.

84. Xuddi shu hadisni Abuz-Zanod Urvadan, Busrodan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan. Shu hadisni bizga Ali ibn Hijr so‘zlab berdi va aytdiki, «Bizga Abdurrahmon ibn Abuz-Zanod o‘z otasidan, Urvadan, Busrodan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan keltirib so‘zlab berdi». O’tgan hadisning o‘zi.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’yndan mutaaddid kishilarning qavli shudir. Avzoiy, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir. Muhammad aytadiki, «Bu bobdagi eng sahih hadis Busroning hadisidir».
Abu-Zur’o, «Ummu Habibaning bu bobdagi hadisi sahihdir», deydi. Bu hadis Al-A’lo ibn Al-Horis, Makhuldan, Anbasa ibn Abu Sufyondan, Ummu Habibadan rivoyat qilgan hadisdir.
Muhammad (Al-Buxoriy) bunday deydi: «Makhul Anbasa ibn Abu Sufyondan eshitmagan. Makhul boshqa bir hadisni Anbasadan bir roviy orqali rivoyat kilayotir». Muhammad bu hadisni sahih deb ko‘rmagani tushunilmoqda.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:50:20
62-BOB
MAVZU: ZAKARGA QO’L TEKKIZISH TUFAYLI TAHORAT LOZIM EMASLIGI


85. (Hazrati) Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «U (zakar) insondan bir go‘sht parchasi yoki uning bir qismidir, xolos!».
Bu bobda Abu Umomadan hadis rivoyat qilingan. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning bir qancha sahobalaridan va ayrim tobi’iynlardan, zakarni ushlaganda tahorat lozim emas, degan fikrda ekanliklari rivoyat qilinadi. Kufa ahlining va Ibnul-Muborakning qavli shudir.
Al-Xozimiy «Kitob ul-e’tibor»ning 40-sahifasida bunday deydi: «Ilm odamlari bu masalada ixtilof qilishgan. Birovlari Tolq ibn Alining hadisiga amal qilib, zakarni ushlash tufayli tahorat lozim emas, deb aytishgan. (Hazrati) Ali ibn Abu Tolib, Ammor ibn Yosir, Abdulloh ibn Mas’ud, Abdulloh ibn Abbos, Xuzayfa ibn Al-Yamon, Imron ibn Husayn, Abud-Dardo, Sa’d ibn Abu Vaqqos (ikki rivoyatdan biriga binoan), Sa’id ibn Al-Musayyab (ikki rivoyatdan biriga binoan), Sa’id ibn Jubayr, Ibrohim An-Nahoiy, Robi’a ibn Abdurrahmon, Sufyon As-Savriy, Abu Hanifa va birodarlari, Yahyo ibn Maiyn va Kufa gxlining shu to‘xtamda ekanliklari rivoyat qilingan». Bular, Tolq ibn Alining shu bobdagi hadisi bilan istidlol (dalil-isbot) qiladilar. Ibnul-Humom, Sofvanning qizi Busroning hadisi xaqida (o‘tgan 61-bobning hadisi) bunday deydi: «Tolq ibn Alining hadisi undan ustundir. Chunki, erkaklarning xotira va qamrovlari sog‘lomroq bo‘lganidan, rivoyatlari ham kuchliroqdir. Ana shu sabab bilan ikki ayolning shohidligi bir erkakning guvohligi martabasida tutilgan».
Bu hadis ushbu bobda rivoyat qilingan hadislarning eng hasanidir. Ayyub ibn Utba va Muhammad ibn Jobir shu hadisni Qays ibn Tolqdan, uning otasidan rivoyat qilishgan. Ba’zi muhaddislar, Ayyub ibn Utba bilan Muhammad ibn Jo-birni tanqid qilishadi. Mulozim ibn Amrning Abdulloh ibn Badrdan rivoyat qilgan hadisi sahih va yanada hasandir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:51:55
63-BOB
MAVZU: O’PISH TUFAYLI TAHORAT LOZIM EMASLIGI


86. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam jufti halollaridan birini o‘pdilar va tahorat olmasdan, namozga chiqdilar». (Urva aytadi): «U sizdan boshqa kim bo‘lardi?!» - dedim. Shunda Oisha (roziyallohu anho) kuldilar».
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan mutaaddid ilm kishilari shu fikrda ekanliklari rivoyat qilingan. Sufyon As-Savriy va Kufa ahlining qavli ushbudir; ular o‘pish tufayli tahorat lozim bo‘lmaydi, degan to‘xtamdalar.
Hazrati Ali, Ibn Abbos, Ato, Tovus va Abu Hanifa shu qavlga ega bo‘lganlar. Buni Oisha onamizning shu bobdagi hadisi bilan istidlol (dalil-isbot) qiladilar. Bu hadis zaif bo‘lishi bilan birga bir-birini taqviya etadigan (quvvatlaydigan) bir qancha yo‘ldan rivoyat qilingan.
Molik ibn Anas, Avzoiy, Shofi’iy, Ahmad va Ishoq, o‘pganda tahorat olish kerakligini aytadilar. Bu esa Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan mutaaddid ilm odamlarining qavlidir.
Ibn Mas’ud, Ibn Umar va Az-Zuhriy shu qavlga ega bo‘lganlari rivoyat qilingan. Bular «Moida» surasining 6-oyatida kelgan:. «Yoki xotinlaringizga tekkan bo‘lsalaringiz» qavli bilan istidlol (dalil-isbot) qiladilar. Bu o‘rinda oyatdagi «lams» va «mulomasa» «qo‘l bilan teginmoq» ma’nosida ekanini bayon qilmoqdalar. Hofiz Imomuddin, imom va mufassirlar, bu oyat tafsirida ikki qavlga ega bo‘lganlarini, bir guruhlari «qo‘l bilan teginmoq» deb, bir guruhlari esa «jimo’ (ya’ni qo‘shilmoq, xotin bilan jinsiy muomala qilmoq)» ma’nosida deb tafsir qilganlarini aytadi. Bu orada, Ibn Abbos ushbu oyatni «jimo’ (qo‘shilmoq)» deb tafsir qilgani bayon etilganki, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning duosiga sazovor bo‘lgan bu zotning tafsiri ishonch va e’timod (tayanch) berguvchidir. Negaki, Hazrati Ali (karromallohu vajhahu) va ko‘pgina sahobalar shu qavlni yoqlashgan. Shayx Muborakfuriy ham «Tuhfat-ul-ahvoziy» nomli At-Termiziy kitobi sharhida shu qavlni afzal ko‘rgan.
Oisha (onamiz roziyallohu anho) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan hadisni birodarlarimiz tark etganining yagona sababi - hadisning isnod jihatidan ahvolini sahih deb ko‘rmaganlaridir.
Abu Bakr Al-Attor Al-Basriyning Ali ibn Al-Madaniydan naqlan bunday deganini eshitdim: «Yahyo ibn Sa’id Al-Qatton bu hadisni chindan zaif deb topdi va uning yo‘q hukmida (hukmi yo‘q) ekanini aytdi. Boshqa tomondan, Muhammad ibn Ismoil (Al-Buxoriy) bu hadisni zaif deb topganini va «Habib ibn Abu Sobit, Urvadan eshitgan» deganini uning o‘zidan eshitdim.
Ibrohim At-Taymiydan, Oisha (onamiz)dan bunday deb rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oishani o‘pganlar va tahorat olmaganlar». Bu hadis ham sahih emas. Chunki, Ibrohim At-Taymiyning Oisha (onamiz)dan hadis eshitganini bilmaymiz.
Bu bobda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan sahih tarzida biron hadis rivoyat qilinmagan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:52:26
64-BOB
MAVZU: QUSGANDA VA BURUN QONAGANDA TAHORAT LOZIM BO’LISHI


87. Abud-Dardo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qayt qildilar, shunda ro‘zalarini ochdilar va (yangitdan) tahorat oldilar». (Ma’dan ibn Abu Talha aytadiki), Damashq (Shom) masjidida Savbon bilan uchrashib qoldim va unga bu hadisni bayon qildim. Dediki, «Rost aytibdi, men (o‘shanda) Rasulullohning qo‘llariga tahorat suvi quyib turgan edim».
Ishoq ibn Mansur «Ma’dan ibn Talha» deb aytadi. Holbuki, «Ma’dan ibn Abu Talha» degani to‘g‘riroq.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan mutaaddid ilm odamlarining xulosasi shu nuqtadadir: Qusganda va burun qonaganda tahorat lozim bo‘ladi, degan fikrga ega bo‘lganlar. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Ahmad va Ishoqning qavli shudir. Boshqa bir ilm kishilari esa bunday deydi: «Qusganda va burun qonaganda tahorat (yangilash) yo‘q». Bu esa Molik va Shofi’iyning qavlidir.
Husayn Al-Muallim bu hadisning jayyid (sara) ekanini qayd etgan. Husaynning hadisi ushbu bobda vorid bo‘lgan hadislarning eng sahihidir.
Ma’mar bu hadisni Yahyo ibn Kasirdan rivoyat qiladi va sanadida yanglishib, bunday deydi: «Vaish ibn Al-Voliddan, Xolid ibn Ma’dandan, Abud-Dardodan». Bir tomondan, sanadda «Al-Avzoiy»ni zikr etmasa, ikkinchi tomondan «Xolid ibn Ma’dan» deydi; Holbuki, u «Ma’dan ibn Abu Talha»dir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:52:47
65-BOB
MAVZU: NABIZ (XURMO QIYOMI) BILAN TAHORAT OLMOQ


88. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u dedi: Nabiy sallallohu alayhi va sallam mendan: «Tulumingda nima bor?» deb so‘radilar. «Nabiz», dedim. Shunda: «Pokiza xurmo va toza suv!» dedilar. «So‘ng shu bilan tahorat oldilar», deydi.
Bu hadis tanho Abu Zayddan, Abdullohdan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilindi. Abu Zayd esa muhaddislar nazdida majhul kishidir. Uning shu hadisdan boshqa rivoyati ma’lum emas.
Ilm odamlaridan ayrimlari sharbat bilan tahorat olish mumkin degan fikrdalar. Sufyon As-Savriy va yana boshqalar shulardandir. Boshqa ilm odamlari esa: «Sharbat bilan tahorat olinmaydi!» - deyishadi. Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Ishoq aytadiki, «Kishi shu vaziyatga tushsa, sharbat bilan tahorat olishidan tayammum qilmog‘i, menimcha, yanada ma’qulroq».
«Sharbat bilan tahorat olinmaydi» deganlarning so‘zi Qur’oni karim hukmiga yaqinroq va muvofiqroqdir: «Suv topa olmasangiz, pokiza tuproq bilan tayammum qilingiz...» deb marhamat qilingan.
«Al-Moida», 6-oyatda, suv topilmasa, tayammum qilish buyurilgan. (Hasan Basriy nabiz bilan tahorat olishni makruh deganlar. Ato ibn Abu Raboh: «Menga, nabiz yoki sut bilan tahorat qilgandan, tayammum qilmoq afzalroq», deganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:53:14
66-BOB
MAVZU: SUT ICHGANDAN KEYIN OG’IZ CHAYQAMOQ


89. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam sut ichdilar va suv keltirtirib, og‘iz chayqadilar, so‘ng: «Sutda yog‘ bor», dedilar.
Bu hadis hasan-sahih.
Ba’zi ilm odamlari, sut ichgach, og‘iz chayqash kerak, degan fikrdalar. Bizningcha, bu mustahabdir. Ayrimlar esa, og‘iz chayqash lozim, degan fikrga qo‘shilmaydilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:56:13
67-BOB
MAVZU: TAHORAT UShATAYoTGANDA SALOMGA ALIK OLMOQ KAROHAT EKANLIGI


90. Ibn Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam peshob qilayotgan edilar, bir kishi salom berdi; salomiga alik olmadilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Bizningcha, faqat katta va kichik qazoi hojat qilayotgan vaziyatda bo‘lsa, salom bermoq makruh. Ba’zi muhaddislar shunday tafsir (ta’vil) qilishgan.
Ammo kazoi hojat qilib bo‘lgan va o‘rnidan turgan bo‘lsa, salomiga alik olish karohat emas. Bu bobda hadisga qarab sarlavha qo‘ydik. Termiziy esa «Tahoratsiz holda salomga alik olmoqning karohat ekanligi» deb sarlavha qo‘yganlar. Bu holatda sarlavha umumiy (omma uchun), hadis esa xosdir. Hadis bilan sarlavha orasida mutobaqat (muvofiqlik) ko‘rinmaydi.
Bu hadis ushbu bobda rivoyat qilingan hadislarning eng chiroylisidir. Ayniqsa, bu bobda Al-Muhojir ibn Kunfuz, Abdulloh ibn Hanzala, Alqama ibn Al-Fag‘vo hamda Al-Barrodan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:56:30
68-BOB
MAVZU: ITNING SARQITI


91. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «It tekkan idish yetti marta yuviladi, birinchi va oxirgi martasi tuproq bilan yuviladi. Mushuk yalagan idish esa bir marta yuviladi».
Bu hadis hasan-sahih.
Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir. Bu hadis Abu Hurayradan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan shu shaklda rivoyat qilingan, ammo «Mushuk yalagan idish bir marta yuviladi» degan jumlasi zikr qilinmagan.
Bu bobda Abdulloh ibn Mug‘affaldan ham hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:57:14
69-BOB
MAVZU: MUSHUKNING SARQITI


92. Ka’b ibn Molikning qizi Kabshadan rivoyat qilindi: U (Kabsha) Abu Qatodaning o‘g‘li huzurida (nikohida) edi. Abu Qatoda (bir kuni) ularning uyiga kirdi. (Kabsha) aytadiki, «U kishiga tahorat suvi keltirdim. Shu payt suvsagan bir mushuk kelib qoldi. (Abu Qatoda) idishni eltib, mushukka suv ichirdi. Mening qarab qolganimni ko‘rib, aytdiki, «Ey birodarimning qizi! (Bundan) ajablandingmi?» «Ha», dedim. (Shunda) dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Mushuk najas emas. Chunki, u hamisha atrofingizda aylanib yuradigan jonivorlardandir».
Abu Qatodaning o‘g‘li Al-Horis Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning suvoriylaridan edi. Habbon, Al-Horisning xotini Kabsha ham sahobalardan ekanini aytadi.
Bu o‘rindagi «birodarlik»dan murod — Islom va din birodarligidir. Begona bo‘lsa ham birovga: Ey birodarzodam!» deb yoki «Ey jiyanim (amakivachcham)» deb xitob qilish arablarning odatidir. (Muborakfuriy).
Ba’zilar, Kabsha - Abu Qatodaning xotini ekanini Molikdan rivoyat qiladilar. Holbuki, u Abu Qatodaning o‘g‘li (nikohi)da bo‘lgani to‘g‘ridir.
Bu bobda Oisha va Abu Hurayra (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Bu hadis hasan-sahih.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, tobi’iyndan va taba’i tobi’iyndan bo‘lmish ko‘pchilik ilm odamlarining qavli shu. Shofi’iy, Ahmad va Ishoq shulardandir. Mushuqdan qolgan suvni zararsiz, deb hisoblaydilar.
Bu hadis ushbu bobda rivoyat qilingan hadislarning eng yaxshisidir. Molik bu hadisni Ishoq ibn Abdulloh ibn Abu Talhadan eng yaxshi shaklda rivoyat qilgan va buni Molikdan ko‘ra yaxshiroq rivoyat qilgan kishi bo‘lgan emas.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:57:37
70-BOB
MAVZU: MAHSILAR USTIGA MASH TORTMOQ


93. Xammom ibn Horisdan rivoyat qilindi; u dedi: «Jarir ibn Abdulloh peshob qildi. Keyin tahorat oldi va mahsilari ustiga mash tortdi. Unga: «Nega bunday qilding?» deyildi. Aytdiki, «Bunday qilishimga nima monelik bor? Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shunday qilganlarini ko‘rdim». Ibrohim aytadi: «Ular Jarirning hadisini yaxshi ko‘rishardi. Chunki u (Jarir) «Moida» (surasi) nozil bo‘lganidan keyin Islomga kirgan». «Ular Jarirning hadisini yaxshi ko‘rishardi» jumlasi Ibrohimning so‘zidir.
«Al-Moida» surasi, 6-oyati. Bu oyatda oyoqlarni yuvishga buyurilgan. Jarir, bu oyat nozil bo‘lishidan avval Islomga kirgan bo‘lsa edi va o‘shanda bu hadisni eshitgan bo‘lsa edi, bu oyat mahsilar ustiga mash tortish hukmini bekor qilgan bo‘lardi. Ammo bu oyat tushishidan keyin musulmon bo‘lgani uchun, hadis oyatning umumiga (to‘liq) tegishli ekanini bildirmoqda. (Ya’ni, bu hadis mahsiga mash tortish mumkin va bu sunnat ekanini isbotlamoqda).
Bu bobda (Hazrati) Umar, Hazrati Ali, Huzayfa, Al-Mug‘iyra, Bilol, Sa’d, Abu Ayyub, Salmon, Burayda, Amr ibn Umayya, Anas, Sahl ibn Sa’d, Ya’lo ibn Murra, Uboda ibn As-Somit, Usoma ibn Shorik, Abu Umoma, Jobir, Usoma ibn Zayd, Ibn Uboda — uni Ibn Umora deb atashadi — va Ubay ibn Umora (roziyallohu anhum ajma’iyn)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Jarirning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:58:07
94. Shahr ibn Havshabdan rivoyat qilindi; u dedi: «Jarir ibn Abdullohni ko‘rdim, tahorat oldi va mahsilari ustiga mash tortdi. Undan bu ish haqida so‘ragan edim, aytdiki, «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim, tahorat oldilar va mahsilari ustiga mash tortdilar». Jarirdan so‘radim (deydi roviy): «Bu hol «Moida» (surasidagi oyat)dan oldin bo‘lganmidi yoki «Moida»dan keyinmi? Shunda u bunday dedi: «Men asli «Moida»dan keyin Islomga kirganman».
Bu hadisni Qutayba bizga Xolid ibn Ziyod At-Termiziydan, Muqotil ibn Hayyandan, Shahr ibn Havshabdan, Jarirdan bayon qildi.
Bu hadis tafsirga (ta’vilga) mavzu bo‘ldi. Chunki, mahsi ustiga mash tortishni qabul qilmaganlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning mahsilari ustiga mash tortishlari «Al-Moida» surasi nozil bo‘lishidan oldin bo‘lgan deb ta’vil qilishadi. Jarir o‘z hadisida, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Moida» nozil bo‘lishidan keyin mahsilari ustiga mash tortganlariga guvoh ekanini bildirmoqda.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 14:59:31
71-BOB
MAVZU: MUSOFIR VA MUQIM KISHILARNING MAHSI USTIGA MASH TORTMOQLARI


95. Xuzayma ibn Sobitdan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan mahsilari ustiga mash tortish haqida savol qilindi. Shunda aytdilar: «Musofir uchun - uch kun, muqim kishi uchun - bir kun».
Xuzayma ibn Sobitning mash tortish haqidagi hadisini Yahyo ibn Maiyn sahih, deb aytgani zikr qilingan. Abu Abdulloh Al-Jabaliyning ismi - Abd ibn Abd, uning Abdurrahmon ibn Abd ekani ham aytiladi.
Bu hadis hasan-sahih.
Bu bobda (Hazrati) Ali, (Hazrati) Abu Bakr, Abu Hurayra, Sofvan ibn Assal, Avf ibn Molik, Ibn Umar va Jarir (roziyallohu anhum ajma’iyn)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 15:00:16
96. Sofvan ibn Assal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga, safarda bo‘lgan chog‘imizda, uch kecha-kunduz mahsilarimizni yechmaslikni, illo junub bo‘lgandagina yechishni, lekin katta qazoi hojat, peshob qilish va uxlaganlik tufayli yechmaslikni amr qildilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Al-Hakam ibn Utayba va Hammod bu hadisni Ibrohim Al-Nahoiydan, Abu Abdulloh Al-Jabaliydan, Xuzayma ibn Sobitdan rivoyat qilishdiki, bu rivoyat sahih emas. Ali ibn Al-Madaniy aytadiki, Yahyo ibn Sa’id, Shu’badan naql etib, bunday deydi: «Abu Abdulloh Al-Jabaliydan Ibrohim An-Nahoiy mash hadisini eshitmagan».
Zoida Mansurdan naqlan bunday deydi: «Ibrohim At-Taymiyning hujrasida edik, Ibrohim An-Nahoiy ham biz bilan birga edi. Ibrohim At-Taymiy bizga mash hadisini Amr ibn Maymundan, Abu Abdulloh Al-Jabaliydan, Xuzayma ibn Sobitdan, Ra-sululloh sallallohu alayhi va sallamdan naql etdi».
Muhammad ibn Ismoil (Al-Buxoriy) aytadiki, «Sofvan ibn Assal Al-Murodiyning hadisi bu bobda rivoyat qilingan hadislarning eng chiroylisidir».
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, tobi’iyndan ilm odamlarining ko‘plari va keyingilaridan Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoq kabi fiqh ahlining qavli ushbudir: «Muqim kishi bir kecha-kunduz, musofir kishi esa uch kun, ya’ni uch kecha-kunduz mahsilariga mash tortishlari mumkin».
Ilm ahlidan ba’zilari, mash tortish uchun vaqt belgilanmaganligini rivoyat qilishadi. Molik ibn Anasning qavli ham shunday. Ammo tavqid (vaqt belgilangani) sahihroqdir.
Imomi Molik va Lays fikricha, mahsilarga mash tortishning muayayan bir muddati yo‘q. Poklangan holda mahsisini kiygan kishi, xoh safari bo‘lsin, xoh muqim bo‘lsin, (uch kun va bir kun orasida) istagan muddatgacha mahsilariga mash tortishi mumkin. Hazrati Umar ibn Al-Xattob, Uqba ibn Omir, Abdulloh ibn Umar va Hasan Al-Basriy ham shu fikrda ekanliklari rivoyat qilingan. (Shavqoniy).
Bu hadis Osimning rivoyatidan boshqa vajhdan ham Sofvan ibn Assaldan rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 15:00:49
72-BOB
MAVZU: MAHSILARNING USTIGA VA TAGIGA MASH TORTMOQ


97. Al-Mug‘iyra ibn Shu’ba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam mahsilarning ustiga va ostiga mash tortdilar».
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, tobi’iyndan va keyingi faqihlardan (fiqh ahlidan) mutaaddid kishilarning qavli shudir. Molik, Shofi’iy va Ishoq ham shu to‘xtamga kelishgan. Holbuki, bu hadis ma’lul (illatli)dir. Uni Savr ibn Yaziddan, Volid ibn Muslimdan boshqasi isnod etmagan (sanadini to‘ldirmagan).
Abu Zur’a va Muhammad ibn Ismoil (Al-Buxoriy)dan bu hadis haqida so‘radim, ular: «Sahih emas» dedilar. Chunki, Ibnul-Muborak buni Savrdan, Rajo ibn Hayvadan rivoyat qiladi va Rajo: «Al-Mug‘iyraning kotibi tomonidan aytib o‘tildim», deydiki, demak, hadis Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mursal tarzida rivoyat qilingan va hadisda Al-Mug‘iyraning nomi o‘tmagan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 15:01:33
73-BOB
MAVZU: MAHSILARNING YUZIGA MASH TORTMOQ


98. Al-Mug‘iyra ibn Shu’ba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u dedi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim, mahsilarining yuziga mash tortdilar».
Al-Mug‘iyraning hadisi hasan.
Bu hadis Abdurrahmon ibn Abiz-Zinodning o‘z otasidan, Al-Mug‘iyradan qilgan rivoyatidir. Urvadan, Al-Mug‘iyradan rivoyat qilganlar orasida yuziga (sirtiga, zohiriga) so‘zini Abdurahmondan boshqa zikr qilgan kishini bilmaymiz.
Ilm odamlaridan mutaaddid kishilarning qavli shudir. Sufyon As-Savriy va Ahmad shunday deyishgan.
Muhammad aytadiki, «Molik ibn Anas, Abdurrahmon ibn Abiz-Zinodni zaif deb ko‘rsatdi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 15:02:19
74-BOB
MAVZU: (QALIN) PAYPOQ VA NA’L (POYABZAL) USTIGA MASH TORTMOQ


99. Al-Mug‘iyra ibn Shu’badan rivoyat qilindi; u dedi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tahorat oldilar, paypoqlari va na’llari (poyabzallari) ustiga mash tortdilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Ilm odamlaridan mutaaddid kishilarning qavli shudir. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Axmad va Ishoqning ham qavli ushbudir: «Qalin paypoqlar ustiga, tovonsiz (poshnasiz) bo‘lsa ham, mash tortiladi», deydilar.
Bu bobda Abu Musodan hadis rivoyat qilingan.
Solih ibn Muhammad At-Termiziydan eshitdim; u Abu Muqotil As-Samarqandiydan zshitganini aytdi; deydiki, Abu Hanifaning vafotlari bilan yakunlangan kasallik paytlarida u kishining oldilariga kirdim. Suv keltirtirib, tahorat oldilar. Oyoqlarida paypoq bor edi, paypoqlarining ustiga mash tortdilar va keyin bunday dedilar: «Oldin hech qilmagan ishimni bugun qildim; tovonsiz (poshnasiz) bo‘lishiga qaramay, paipoqlarim ustiga mash tortdim»
Muborakfuriy bu hadis bilan bog‘liq ayrim bahslarga to‘xtaladi. Ahamiyati borligiga qarab, bu bahslarning qisqacha izohini keltirishni zarur deb hisoblaymiz.
1.Termiziy, bu bobning hadisini hasan-sahih deydi. Holbuki, imomlarning ko‘pi bu hadisning zaif ekanini qayd etishadi. Shu bilan birga paypoq ustiga mash tortish haqida marfu’ va sahih tarzida biror hadis rivoyat qilinmagan. Barcha rivoyatlar borasida tanqidiy so‘z qilingan.
2.«Javrab» («jo‘rob»,«paypoq») kalimasi tafsiri haqida ulamolar orasida ixtilof bo‘lgan. Majdiddin Firuzobodiy «Qomus» (lug‘at) kitobida va Abul Fayz Murtazo «Toj-ul-arus» kitobida «javrob» (jo‘rob)ning oyoq kiyimi ekanini aytib, At-Toyyibiy, «teridan tikilgan bir oyoq kiyimi», bo‘lib, tizzagacha kiyiladi va bu mahsi deb tanilgan», deydi. Firuzobodiyning tafsiri umumiy (ommaviy) va oyoqqa kiyiladigan hamma narsaga tegishlidir. U xoh teridan bo‘lsin, xoh jun, yo qildan yoki har qanday narsadan to‘qilgan bo‘lsin, keyin, xoh qalin bo‘lsin, xoh yupqa bo‘lsin, hatto tikilgan yoki tikilmagan oyoq kiyimlariga ham tegishlidir. At-Toyyibiy, Shavqoniy va Shayx Abdulhaqning tafsirlariga binoan, «javrob», jild (teri) mahsuloti bo‘lib mahsining bir turidir va mahsidan kattarokdir.
Abu Bakr Ibnul-Arabiy va Al-Ayniyning tafsirlariga binoan, yungdan to‘qilgan oyoq kiyimi «javrob» deyiladi. Hanafiy imomlaridan bo‘lgan Shams-ul-Aimma Al-Hulvoniy fikricha, «javrob»(jo‘rob) besh xildir: teridan, jundan, qildan, yupqa teridan va paxtadan qilinadi. Kanop va ipak to‘qimalar paxta gazmollari turidan hisoblangan. «Javrob» tafsiridagi ixtilof ikki jihatdandir: birinchisi, «javrob» qaysi matohdan (moddadan) qilingani, ikkinchisi esa «javrob»ning hajmi (o‘lchami) haqidadir. Lug‘atshunoslarning bu so‘z ustidagi ixtiloflari, «javrob»ning (paypoqning shakli va sanoati (to‘qilishi), mamlakatlarga qarab o‘zgarganligidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin: ba’zi o‘lkalarda teridan, ba’zi yurtlarda jundan va qaysidir o‘lkalarda har xil narsalardan qilinadi. Har bir lug‘atchi «javrob»ni o‘z o‘lkasida to‘qilgan shaklga qarab tafsir qilgan. Birovi esa, Firuzobodiy kabi, har bir yurtda bo‘ladigan har xil, turiga tegishli qilib, tafsir etgan.
3.«Javrob» (paypoq) ustiga mash tortish borasida imomlar mazhabining xulosalariga kelsak, Imom Abu Yusuf va Muhammad, qalin (zich) va mahkam to‘qilgan paypoqlar ustiga mash tortishda zarar yo‘q, deb hisoblaydilar. Oyoqda bog‘siz (bog‘ichsiz) tura oladigan darajada qalin bo‘lishini ko‘zda tutganlar. Imomi Abu Hanifa sohibayn (ikki birodari, Imomi Abu Yusuf va Muhammad) qavliga ruju etgani rivoyat qilinadi. Imomi Molik Imom A’zamning eski qavliga ega bo‘lib, paypoqlar ustiga mash tortish joiz bo‘lishi uchun, paypoqlar qalin bo‘lishi kerakligini va ayni vaqtda, taglariga teridan tovon (poshna) urilishi lozimligini shart qilib qo‘yadi. Shofi’iy va Ahmad (ibn Hanbal) mazhabiga kelsak, Termiziy bu mazhab fikrini hadisning izohida sharhlab o‘tdi. (Muhtaram kitobxonga, «Muxtasar ul-Viqoya»ning o‘zbekcha sharhi («Majma’ ul-maqsud») kitobining «Bu faslda mashning bayoni» bobini o‘qib amal qilishlikni ehtiyot yuzasidan tavsiya qilamiz. - Tarjimon ilovasi).
4.Hadisi sharifda «paypoqlarining va poyabzallarning ustiga mash tortdilar» deyilmoqda. Bu o‘rinda «Poyabzal» deb tarjima qilingan «na’l» so‘zi aslida oyoqni yerdan saqlagan har turli oyoq kiyimiga itloq (taalluqli) qilinadi. Ammo to‘piqlardan past bo‘lgan oyoq kiyimi ustiga mash tortmoq joiz emas. Buning ustiga, At-Toyyibiy poyabzalni paypoqlarning ustidan kiygan, degan ma’no bergan. Al-Xattobiy, «Al-ma’olim» kitobida «zohir bo‘lgan (yuzaga chiqqan) ma’no shu», deydi. Tahoviy, «Sharh ul-osor» kitobining «Poyabzal o‘stiga mash tortmoq» bobida bunday deydi: «Ostidan (ichidan) paypoq kiyilgan poyabzallar ustiga mash tortdi va buni qilganda paypoqlarni niyat qilib, bajardi. Negaki, poyabzal bo‘lmasa, paypoqlar ustiga mash tortishi mumkin edi. Ammo niyati, faqatgina paypoqlari ustiga mash tortish bo‘lgani holda, ham paypoqlarshshg, ham poyabzalning ustiga mash tortdi. Bunda mo‘‘tabar (e’tiborli) bo‘lgan mash paypoqlar ustiga tortiladigan mashdir, shu bilan birga, poyabzal ustiga mash tortilishi esa ustundir». Hadis haqida boshqa tafsir va ta’villar ham bor. Bularning hech biri takallufdan va insonga, ehtimoli bo‘lmagan ma’no yuklamoqdan holi emas.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Dekabr 2008, 15:03:08
74-BOB
MAVZU: (QALIN) PAYPOQ VA NA’L (POYABZAL) USTIGA MASH TORTMOQ


99. Al-Mug‘iyra ibn Shu’badan rivoyat qilindi; u dedi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tahorat oldilar, paypoqlari va na’llari (poyabzallari) ustiga mash tortdilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Ilm odamlaridan mutaaddid kishilarning qavli shudir. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Axmad va Ishoqning ham qavli ushbudir: «Qalin paypoqlar ustiga, tovonsiz (poshnasiz) bo‘lsa ham, mash tortiladi», deydilar.
Bu bobda Abu Musodan hadis rivoyat qilingan.
Solih ibn Muhammad At-Termiziydan eshitdim; u Abu Muqotil As-Samarqandiydan zshitganini aytdi; deydiki, Abu Hanifaning vafotlari bilan yakunlangan kasallik paytlarida u kishining oldilariga kirdim. Suv keltirtirib, tahorat oldilar. Oyoqlarida paypoq bor edi, paypoqlarining ustiga mash tortdilar va keyin bunday dedilar: «Oldin hech qilmagan ishimni bugun qildim; tovonsiz (poshnasiz) bo‘lishiga qaramay, paipoqlarim ustiga mash tortdim»
Muborakfuriy bu hadis bilan bog‘liq ayrim bahslarga to‘xtaladi. Ahamiyati borligiga qarab, bu bahslarning qisqacha izohini keltirishni zarur deb hisoblaymiz.
1.Termiziy, bu bobning hadisini hasan-sahih deydi. Holbuki, imomlarning ko‘pi bu hadisning zaif ekanini qayd etishadi. Shu bilan birga paypoq ustiga mash tortish haqida marfu’ va sahih tarzida biror hadis rivoyat qilinmagan. Barcha rivoyatlar borasida tanqidiy so‘z qilingan.
2.«Javrab» («jo‘rob»,«paypoq») kalimasi tafsiri haqida ulamolar orasida ixtilof bo‘lgan. Majdiddin Firuzobodiy «Qomus» (lug‘at) kitobida va Abul Fayz Murtazo «Toj-ul-arus» kitobida «javrob» (jo‘rob)ning oyoq kiyimi ekanini aytib, At-Toyyibiy, «teridan tikilgan bir oyoq kiyimi», bo‘lib, tizzagacha kiyiladi va bu mahsi deb tanilgan», deydi. Firuzobodiyning tafsiri umumiy (ommaviy) va oyoqqa kiyiladigan hamma narsaga tegishlidir. U xoh teridan bo‘lsin, xoh jun, yo qildan yoki har qanday narsadan to‘qilgan bo‘lsin, keyin, xoh qalin bo‘lsin, xoh yupqa bo‘lsin, hatto tikilgan yoki tikilmagan oyoq kiyimlariga ham tegishlidir. At-Toyyibiy, Shavqoniy va Shayx Abdulhaqning tafsirlariga binoan, «javrob», jild (teri) mahsuloti bo‘lib mahsining bir turidir va mahsidan kattarokdir.
Abu Bakr Ibnul-Arabiy va Al-Ayniyning tafsirlariga binoan, yungdan to‘qilgan oyoq kiyimi «javrob» deyiladi. Hanafiy imomlaridan bo‘lgan Shams-ul-Aimma Al-Hulvoniy fikricha, «javrob»(jo‘rob) besh xildir: teridan, jundan, qildan, yupqa teridan va paxtadan qilinadi. Kanop va ipak to‘qimalar paxta gazmollari turidan hisoblangan. «Javrob» tafsiridagi ixtilof ikki jihatdandir: birinchisi, «javrob» qaysi matohdan (moddadan) qilingani, ikkinchisi esa «javrob»ning hajmi (o‘lchami) haqidadir. Lug‘atshunoslarning bu so‘z ustidagi ixtiloflari, «javrob»ning (paypoqning shakli va sanoati (to‘qilishi), mamlakatlarga qarab o‘zgarganligidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin: ba’zi o‘lkalarda teridan, ba’zi yurtlarda jundan va qaysidir o‘lkalarda har xil narsalardan qilinadi. Har bir lug‘atchi «javrob»ni o‘z o‘lkasida to‘qilgan shaklga qarab tafsir qilgan. Birovi esa, Firuzobodiy kabi, har bir yurtda bo‘ladigan har xil, turiga tegishli qilib, tafsir etgan.
3.«Javrob» (paypoq) ustiga mash tortish borasida imomlar mazhabining xulosalariga kelsak, Imom Abu Yusuf va Muhammad, qalin (zich) va mahkam to‘qilgan paypoqlar ustiga mash tortishda zarar yo‘q, deb hisoblaydilar. Oyoqda bog‘siz (bog‘ichsiz) tura oladigan darajada qalin bo‘lishini ko‘zda tutganlar. Imomi Abu Hanifa sohibayn (ikki birodari, Imomi Abu Yusuf va Muhammad) qavliga ruju etgani rivoyat qilinadi. Imomi Molik Imom A’zamning eski qavliga ega bo‘lib, paypoqlar ustiga mash tortish joiz bo‘lishi uchun, paypoqlar qalin bo‘lishi kerakligini va ayni vaqtda, taglariga teridan tovon (poshna) urilishi lozimligini shart qilib qo‘yadi. Shofi’iy va Ahmad (ibn Hanbal) mazhabiga kelsak, Termiziy bu mazhab fikrini hadisning izohida sharhlab o‘tdi. (Muhtaram kitobxonga, «Muxtasar ul-Viqoya»ning o‘zbekcha sharhi («Majma’ ul-maqsud») kitobining «Bu faslda mashning bayoni» bobini o‘qib amal qilishlikni ehtiyot yuzasidan tavsiya qilamiz. - Tarjimon ilovasi).
4.Hadisi sharifda «paypoqlarining va poyabzallarning ustiga mash tortdilar» deyilmoqda. Bu o‘rinda «Poyabzal» deb tarjima qilingan «na’l» so‘zi aslida oyoqni yerdan saqlagan har turli oyoq kiyimiga itloq (taalluqli) qilinadi. Ammo to‘piqlardan past bo‘lgan oyoq kiyimi ustiga mash tortmoq joiz emas. Buning ustiga, At-Toyyibiy poyabzalni paypoqlarning ustidan kiygan, degan ma’no bergan. Al-Xattobiy, «Al-ma’olim» kitobida «zohir bo‘lgan (yuzaga chiqqan) ma’no shu», deydi. Tahoviy, «Sharh ul-osor» kitobining «Poyabzal o‘stiga mash tortmoq» bobida bunday deydi: «Ostidan (ichidan) paypoq kiyilgan poyabzallar ustiga mash tortdi va buni qilganda paypoqlarni niyat qilib, bajardi. Negaki, poyabzal bo‘lmasa, paypoqlar ustiga mash tortishi mumkin edi. Ammo niyati, faqatgina paypoqlari ustiga mash tortish bo‘lgani holda, ham paypoqlarshshg, ham poyabzalning ustiga mash tortdi. Bunda mo‘‘tabar (e’tiborli) bo‘lgan mash paypoqlar ustiga tortiladigan mashdir, shu bilan birga, poyabzal ustiga mash tortilishi esa ustundir». Hadis haqida boshqa tafsir va ta’villar ham bor. Bularning hech biri takallufdan va insonga, ehtimoli bo‘lmagan ma’no yuklamoqdan holi emas.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:19:13
75-BOB
MAVZU: AMOMA (SALLA) USTIGA MASH TORTMOQ


100. Al-Mug‘iyra ibn Shu’ba (roziyallohu anhu)otasidan rivoyat qilib, dedi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tahorat oldilar, mahsilari va amomalari (sallalari) ustiga mash qildilar».
Hadisning roviylaridan Bakr, «Al-Mug‘iyraning o‘g‘lidan eshitdim», degan.
Muhammad ibn Bashshor, boshqa bir yerda, shu hadisda ushbu jumlani zikr qilgan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshona sochlari va sallalari ustiga mash qildilar».
Bu hadis, Al-Mug‘iyra ibn Shu’badan mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingan. Birov «peshona sochlari va sallalari ustiga mash qildilar», deb zikr qilmoqda, birov esa «peshona sochlari»ni zikr qilmayotir.
Ahmad ibn Hasandan eshitdim, u Ahmad ibn Hanbal bunday deganini eshitdim, deydi: «Ko‘zim Yahyo ibn Al-Qatton ko‘rgan kabi ko‘rmadi».
Bu bobda Amr ibn Umayya, Salmon, Savbon va Abu Umomadan hadis rivoyat qilingan. Al-Mug‘iyra ibn Shu’baning hadisi hasan-sahih. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan Hazrati Abu Bakr, Hazrati Umar va Anas (roziyallohu anhum) singari mutaaddid zotlarning qavli shudir. Al-Avzoiy, Ahmad va Ishoq: «salla ustiga mash qilinadi» deydilar.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan mutaaddid kishilar esa bunday deydilar: «Faqat sallaning o‘zinigina mash qilmay, ammo salla bilan birga bosh(ning bir qismi)ni ham mash qiladi». Sufyon As-Savriy, Molik ibn Anas, Ibnul-Muborak va Shofi’iyning qavli shudir.
Al-Jorud ibn Muozdan eshitdim, aytadiki, «Vaki’ ibn Al-Jarrohning bunday deganini uning o‘zidan eshitdim: «Faqat sallaning o‘zigagina mash qilinsa, asarga (hadisga) mustanid bo‘lgani (asoslangani) uchun yetarlidir.
Termiziyning izohidan ham anglashilganidek, sallaning ustiga mash qilishni Imomi Ahmad, Al-Avzoiy, Dovud va boshqalar, ushbu bobda rivoyat etilgan hadislarga tayanib, ayni vaqtda, mahsilarga qiyosan, qabul qilganlar. Molik, Shofi’iy va Abu Hanifa Hazratlari buni rad etadilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:19:29
101. Hazrati Bilol (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam mahsilariga va ximorlariga (bosh chodirlariga) mash qildilar».

102. Abu Ubayda ibn Muhammad Ammor ibn Yosirdan rivoyat qilindi; u dedi: «Jobir ibn Abdullohdan mahsilar ustiga mash tortmoq xaqida so‘radim. Dediki, «Sunnatdir, ey birodarzodam!» So‘ng undan sallaga mash qilishni so‘radim. «Suvni sochingga tekkiz» dedi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:19:55
76-BOB
MAVZU: JUNUBLIKDAN POKLANMOQ (JIMO’DAN KEYIN CHO’MILMOQ)


103. Ibn Abbosning xolasi Maymuna (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga g‘usl uchun suv qo‘ydim. (Avval) janobatdan poklandilar, chap qo‘llari bilan idishni egib, o‘ng qo‘llariga suv oldilar va ikki qo‘llarini (bo‘g‘inigacha) yuvdilar. Keyin qo‘llari bilan idishdan suv olib, farjlariga to‘qdilar (mustahab qildilar), keyin qo‘llarini devorga yoki yergami ishqab, yuvib tashladilar. So‘ng og‘iz va burun chayqadilar, yuzlarini va qo‘llarini (tirsaklari bilan qo‘shib) yuvdilar. So‘ng boshlariga uch marta suv quydilar. Keyin butun badanlariga suv quydilar. So‘ng chetga chiqib, oyoqlarini yuvdilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Ushbu bobda Ummu Salama, Jobir, Abu Sa’id, Jubayr ibn Mutim va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:20:09
104. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam janobatdan poklanmoqchi (g‘usl qilmoqchi) bo‘lsalar, avvalo qo‘llarini idishga botirmasdan oldin yuvar edilar, keyin farjlarini yuvar (mustahab qilar) va namozga tahorat olgandek tahorat olar edilar. Keyin sochlarini tag-tagigacha ho‘llar edilar. Keyin boshlaridan butun badanlariga uch marta suv quyardilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Ilm odamlari janobatdan poklanishda (g‘usl qilishda) shu (usul)ni ixtiyor etishgan: namozga tahorat olgandek tahorat oladi. Keyin boshiga uch marta suv quyadi. Keyin badanining hammayog‘iga suv quyadi. Keyin oyoqlarini yuvadi.
Ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir. Aytadilarki, junub kishi (namozga tahorat olgandek) tahorat olmasdan suvga cho‘milsa, (poklanmog‘i uchun) shu ham unga yetarli. Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:20:28
77-BOB
MAVZU: AYOL KISHI G’USL QILGANDA SOCHINING O’RIMINI YOYADIMI?


105. Ummu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Dedimki, «Yo Rasululloh! Men sochini mahkam o‘rib yuradigan ayolman. Janobat g‘uslini qilayotganda sochimning o‘rimini yechamanmi?». Aytdilarki, «Yo‘q! Boshingga suvdan uch marta quymog‘ing senga kifoya! Keyin badaningning qolgan hamma yog‘iga suv quyasan. Bas, poklangan bo‘lasan» yoki «Bas, ana, poklanding!» dedilar.
Bu hadis hasan-sahih.
Ilm odamlarining nazdida amal shu hadis asosidadir: Xotin kishi sochining o‘rimini buzmay turib g‘usl qilsa, boshiga suv to‘kkanidan keyin, shu unga kifoya.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:20:59
78-BOB
MAVZU: HAR BITTA SOCH TOLASI OSTIDA JUNUBLIK BOR


106. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Har bitta soch tolasi ostida junublik bor. Sochni yuving va betingizni (teringizni) tozalang!».
Bu bobda Hazrati Ali va Anas (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Al-Horis ibn Vajiyhning hadisi g‘arib. Chunki, bu hadisni tanho uning rivoyatidan bilamiz. U juda kuchli shayx emas. Holbuki, imomlardan mutaaddid kishilar undan rivoyat qilishgan. Bu hadisni Molik ibn Dinordan yolg‘iz uning o‘zi rivoyat qildi. U, «Al-Horis ibn Vajiyh o‘g‘li Horis» deyilganidek, «Vajba’ning o‘g‘li» ham deyiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:21:32
79-BOB
MAVZU: G’USLDAN KEYIN TAHORAT OLMOQ MASALASI


107. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam g‘usldan keyin tahorat olmas edilar».
Bu hadis hasan-sahih
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan bo‘lmish ilm odamlaridan kuplarining qavli shudir: «G’usldan keyin tahorat olinmaydi», degan to‘xtamdalar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:22:43
80-BOB
MAVZU: ER-XOTINNING OLATLARI BIR-BIRIGA TEGSA, G’USL VOJIB BO’LADI


108. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilarki: «Erkakning xatnasi xotinning xatnasini ochsa*, g‘usl vojib bo‘ladi. Men va Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday holatda g‘usl qilganmiz».
*Ba’zi issiq iqlimlarda ayollarning ham xatnasi (sunnat kertigi) borligi aytiladi.
Bu bobda Abu Hurayra, Abdulloh ibn Amr, Rofi’ ibn Xodij (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:23:03
109. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Xatna xatnani ochganda, g‘usl vojib bo‘ladi», dedilar.
Oisha (roziyallohu anho)ning hadisi hasan-sahih. Bu hadis Oisha (onamiz)dan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingan. «Xatna (sunnat olati) xatnani ochganda g‘usl vojib bo‘ladi», dedilar.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bo‘lgan ilm odamlarining ko‘pining qavli shudir. (Hazrati) Abu Bakr, (Hazrati) Umar, (Hazrati) Usmon, (Hazrati) Ali va Oisha (roziyallohu anhum) shular orasidadir.
Tobi’iyndan va keyingilardan bo‘lgan faqihlarning qavli ham shunday, Sufyon As-Savriy, Shofi’iy, Ahmad va Ishoq kabi faqihlar, xatnalar (sunnat olatlari) bir-biriga tegsa, g‘usl vojib bo‘ladi, deganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:27:51
81-BOB
MAVZU: «SUV» BOIS SUV KERAK


110. Ubay ibn Ka’b (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdiki: «Suv bois suv kerak emas, degan ruxsat Islomning avvalida berilgan ruxsat edi, keyin bekor qilindi».

111. Aynan shu hadis quyidagi isnod bilan rivoyat qilindi: Ahmad ibn Mani’, Abdulloh ibn Muborak, Ma’mar, Az-Zuhriy.
Bu hadis hasan-sahih.
Maniy to‘kilmasa, g‘usl qilish kerak emas, degan ruxsat Islomning boshlang‘ich davrida edi, keyinchalik bekor qilindi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning sahobalaridan mutaaddid zotlar ana shunday rivoyat qildilar. Ubay ibn Ka’b va Rofi’ ibn Xodij bular orasida bor.
Ilm ahlidan ko‘plarining nazdida amal shu hadis asosidadir: «Er agar xotini bilan mujomaat qilsa, maniy to‘kmagan taqdirda ham, har ikkalovi g‘usl qilishi vojib bo‘ladi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:28:07
112. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdiki: «Suv bois suv lozimligi ihtilom bo‘lgan holdadir».
Al-Jorud Vaki’dan bunday deganini eshitdim: «Bu hadisni faqat Shorikda uchratdik».
Ya’ni, bu hadisni Abul-Jahhafdan yolg‘iz Shorik rivoyat qiladi. Shorik esa Abdulloh Kufiyning o‘g‘lidir. G’oyat durust kishi bo‘lishi bilan birga ko‘p yanglishgan. Kufaga voliy bo‘lgandan keyin xotirasi o‘zgargan.
Abul-Jahhafning nomi - Dovud ibn Abu Avf.
Sufyon as-Savriyning bunday degani rivoyat qilinadi: «Abul-Jahhaf bizga bu (hadis)ni aytib berdi, o‘zi maqbul kishi edi».
Bu bobda Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu To-lib, Az-Zubayr, Talha, Abu Ayyub va Abu Sa’id (roziyallohu anhum)dan alohida-alohida rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilarki: «Suv suv bois vojib bo‘ladi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:29:21
82-BOB
MAVZU: UYQUDAN UYG’ONIB, (ETAGIDA) NAM KO’RMOQ VA IHTILOM BO’LGANINI (UYQUSIDA BULG’ANGANINI) ESLAY OLMASLIK


113. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan, (etagida) nam topgan, ammo ihtilom bo‘lganini eslay olmagan kishi haqida savol so‘raldi. «G’usl qiladi», dedilar. Va yana ihtilom bo‘lganini payqagan, ammo (etagida) nam topmagan kishi haqida so‘raldi. «Unda g‘usl qilmaydi», dedilar. Ummu Salama dediki, «Yo Rasululloh! Agar ayol kishi ham ihtilom bo‘lib qolsa, g‘usl lozimmi?» «Ha, - dedilar, - chunki ayollar (yaratilish va tabiatda) erkaklarga o‘xshashdir».
Bu hadisni, ya’ni Oisha (roziyallohu anho)ning «nam topgan, ammo ihtilom bo‘lganini eslay olmagan kishi» haqidagi hadisini yolg‘iz Abdulloh ibn Umar, Ubaydulloh ibn Umardan rivoyat qildi. Lekin Yahyo ibn Sa’id, Abdulloh ibn Umarni hadis bobida xotirasi jihatdan zaif deb biladi.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan bo‘lgan ko‘pgina ilm ahlining qavli budir: uyqudan uyg‘onganda, etagida nam topgan kishi yuvinadi (g‘usl qiladi). Sufyon As-Savriy va Ahmadning qavli ham shudir.
Tobi’iyndan bo‘lgan ba’zi ilm kishilari bunday deydi: Agar nam nutfa (maniy) nami bo‘lsa, g‘usl lozim bo‘ladi, Shofi’iy va Ishoq shunda to‘xtamdalar.
Ihtimol bo‘lganini payqasa-yu, lekin etagida namlik topmasa, ilm ahlining hukmiga ko‘ra, g‘usl lozim bo‘lmaydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:29:52
83-BOB
MAVZU: MANIY VA MAZIY (OLAT UCHIGA MANIYDAN OLDIN KELADIGAN OQIMTIR NAM)


114. (Hazrati) Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; dedilarki: Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan maziy haqida so‘radim. Aytdilarki: «Maziy kelsa, tahorat olmoq, maniy kelsa, g‘usl qilmoq lozim bo‘ladi».
Bu bobda Al-Miqdad ibn Al-Asvad va Ubay ibi Ka’bdan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:30:13
84-BOB
MAVZU: KIYIMGA TEKKAN MAZIY (OQIMTIR NAM)


115. Sahl ibn Xunayf (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: u dedi: «Maziydan qiynalib, ozor chekar edim, ko‘p (tez-tez) g‘usl qilardim. Bu ahvolni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytdim va bu haqda savol so‘radim. Aytdilarki, «Bu (maziy)dan tahorat olsang, bas». Shunda: «Yo Rasululloh! Kiyimga tekkan maziy nima bo‘ladi?» dedim. «Bir hovuch suv olib, kiyimingning maziy tekkan joyiga quysang, kifoya!» - dedilar.
Bu hadis hasan-sahih. Buni faqat Muhammad ibn Ishoqning maziy bobidagi rivoyatidan bilamiz, xolos. Ilm ahli kiyimga tekkan maziy borasida ixtilof qilishgan. Ba’zilari yug‘chnish (g‘usl) kerakligini aytgan. Shofi’iy va Ishoqnish qavli shudir. Ba’zilari esa ustiga suv sepmoq kifoya, degan fikrga ega bo‘lgan. Ahmad aytadiki: «Suv sepmoq yetarli ekanidan umidim bor».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:30:34
85-BOB
MAVZU: KIYIMGA TEKKAN MANIY


116. Hammom ibn Horisdan rivoyat qilindi; u dedi: «Oisha (roziyallohu anho)ning uylariga bir mehmon keldi, Oisha (onamiz) unga bir sariq chodar (adyol)ni berishni buyurdilar. Mehmon (chodarni yopinib) yotib, kechasi ihtilom bo‘lib qoldi. Chodarni ihtilom asari bo‘lgan holda qaytarishdan uyalib, uni suvga botirib yuvdi, keyin qaytarib berdi. Shunda Oisha (onamiz roziyallohu anho) aytdilarki, «Chodarimizni nega buzdi? Barmoqlari orasida ishqalab tashlasa, kifoya edi-ku!» (Bunday hollarda) men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kiyimlaridan barmoqlarim bilan ishqalab tashlar edim».
Bu hadis hasan-sahih. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, tobi’iyndan va Sufyon As-Savriy, Shofi’iy, Ahmad va Ishoq singari keyingi faqihlardan ko‘plarining qavli shudir. Kiyimga tekkan maniy haqida bunday deydilar: ishqalab tashlash kifoya, yuvish shart emas.
Mansurdan, Ibrohimdan, Hammom ibn Al-Horisdan, Oisha (roziyallohu anhum)dan xuddi shunday, Al-A’mosh rivoyatidek rivoyat qilingan. Abu Ma’shar bu hadisni Ibrohimdan, Oisha (onamiz)dan rivoyat qiladi. Al-A’mashning rivoyati sahihroq.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:31:53
86-BOB
MAVZU: KIYIMGA TEKKAN MANIYNI YUVIB TASHLAMOQ


117. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi: Oisha onamiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kiyimlaridan maniyni yuvib tashlaganlar.
Bu hadis hasan-sahih. Bu bobda Ibn Abbosdan hadis rivoyat qilingan. Oisha (roziyallohu anho) «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kiyimlaridan maniyni yuvib tashladilar» degan hadis ishqalab tashlash haqidagi hadisga zid emas. Chunki, ishqalab tashlash yetarli bo‘lsa-da, kishi kiyimida maniy dog‘ini ko‘rsa, noxush bo‘lishi mumkin. Ibn Abbos bunday deydi: «Maniy shilimshiq bir moddadir. Bo‘yoq surtib bo‘lsa ham, uni egningdan ketkiz» (ya’ni, dog‘ini yo‘qot).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:32:10
87-BOB
MAVZU: JUNUB KISHINING YUVINMASDAN UXLASHI


118. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam junub holda uxlar, suvga qo‘l tekkizmas edilar».

119. Hannod bizga Vaki’dan, Sufyondan, Abu Ishoqdan naql etdi: o‘tgan hadisning o‘zi...
Sa’id ibn Al-Musayyib va yana boshqalarning qavli shudir. ,
Boshqa tomondan esa «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyqudan oldyn tahorat olganlar»ini Oisha (onamiz)dan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mutaaddid kishilar rivoyat qilishgan. Bu rivoyat Abu Ishoqning Al-Asvaddan qilgan rivoyatidan ko‘ra sahihroq.
Bu hadisni Abu Ishoqdan, Shu’ba, As-Savriy va yana boshqalar rivoyat qilishadi va bunda Abu Ishoq bir yanglishgan, deb hisoblashadi.
Ularning fikricha, Abu Ishoq bu hadisni uzun bir hadisdan rivoyat qilgan, ammo qisqartirganda yanglishgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:32:54
88-BOB
MAVZU: UXLAMOQCHI BO’LGAN JUNUB KISHINING TAHORAT OLIB YOTMOG’I


120. Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: u kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Birortamiz junub holatda uxlasak bo‘ladimi?» deb so‘radilar: «Ha, agar tahorat olsa», dedilar (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam).
Bu bobda Ammor, Oisha, Jobir, Abu Sa’id va Ummu Salama (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan. Hazrati Umarning hadisi ushbu bobda rivoyat qilingan hadislarning eng hasani va eng sahihidir. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan ko‘pchiligining qavli shudir. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning ham qavli shu. Junub holatdagi kishi uxlamoqchi bo‘lsa, yotishdan oldin tahorat oladi, deydilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:34:00
89-BOB
MAVZU: JUNUB KISHINING MUSOFAXASI (QO’L BERIB KO’RISHMOG’I)


121. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: u kishi junub holatda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yo‘liqib qoldi. Aytadiki, «Men orqaga tislandim, yani orqaga chekinib, borib g‘usl qildim, keyin qaytib keldim. Shunda: «Qaerda eding?» yoki «Qayoqqa ketding?» dedilar. «Men junub edim», dedim. Ul zot: «Batahqiq, musulmon kishi najas bo‘lmaydi», dedilar.
Bu bobda Huzayfa va Ibn Abbosdan hadis rivoyat qilingan. Abu Hurayraning junub holatda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga uchrab qolgani haqidaga hadis hasan-sahih.
Ilm ahlidan mutaaddid kishilar junub holatdagi odam bilan musofahaga (ko‘rishmoqqa) ruxsat berganlar.
Xoh junub kishi, hoh hayz ko‘rgan ayol bo‘lsin, ularning terlashi zararsiz, deb hisoblaganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:34:22
90-BOB
MAVZU: XOTIN KISHINING ERKAK KISHIDEK TUSH KO’RISHI (YA’NI UYQUSIDA IHTILOM BO’LISHI)


122. Ummu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; dediki: «Milhon qizi (Abu Talhaning xotini) Ummu Sulaym Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, aytdiki: «Yo Rasululloh! Alloh taolo haq narsadan uyalmoqni buyurmaydi! Agar xotin kishi uykusida erkak kishi ko‘rgan narsani ko‘rsa (ya’ni ihtilom bo‘lib qolsa), g‘usl lozim bo‘ladimi?» (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam): «Ha, agar suv (maniy) kelganini ko‘rsa, g‘usl qilsin», dedilar. Ummu Salama aytadi: Unga: «Ey Ummu Sulaym! Ayollarni uyatga qo‘yding-ku! — dedim».
Bu hadis hasan-sahih. Faqihlarning yakdil (umumiy) qavli budir: Ayol kishi ihtilom bo‘lsa va maniy kelsa, g‘usl qilmog‘i kerak. As-Savriy va Shofi’iyning qavli shu.
Bu bobda Ummu Sulaym, Havla, Oisha va Anas (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:35:38
91-BOB
MAVZU: G’USLDAN KEYIN AYOLI BILAN ISINMOQ


123. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ba’zan g‘usl qilib janobatdan poklangach, men bilan isinar edilar, men yuvinmagan holda bo‘lsam-da, u kishini bag‘rimga bosar edim».
Bu hadisning isnodida nuqson yo‘q. .Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan bo‘lgan ilm ahlidan mutaaddid kishilarning qavli budir: G’usl qilib poklangan erkak hali yuvinmagan ayolining yotog‘iga qaytib, u bilan isinishi mumkin. Sufyon As-Savriy, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:36:00
92-BOB
MAVZU: SUV TOPOLMAGAN JUNUB KISHINING TAYAMMUM QILMOG’I


124. Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Albatta, toza tuproq musulmon kishini poklovchidir, hatto u o‘n yil suv topa olmasa ham! Suv topgan taqdirda ham toza tuproqni badaniga (terisiga) sursin, albatta ana shu xayrliroqdir!»
Mahmud o‘z rivoyatida «Toza tuproq musulmon kishining poklik suvidir», deydi.
Bu bobda Abu Hurayra, Abdulloh ibn Amr, Imron ibn Husayn (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Ushbu hadisni Xolid Al-Hazzodan, Abu Qilobadan, Amr ibn Bujdodan, Abu Zarrdan (roziyallohu anhum) bittadan ko‘p kishi shu tarzda rivoyat qilishdi.
Ayyub esa bu hadisni Abu Qilobadan, Omir o‘g‘illaridan bo‘lmish bir kishidan, Abu Zarrdan rivoyat qiladi va Omir o‘g‘illariga mansub kishining ismini keltirmaydi.
Bu hadis hasan-sahih.
Faqihlarning yakdil qavli budir: Junub bo‘lgan erkak va ayol hamda hayz ko‘rgan ayol suv topmasa, tayammum qilishadi va namozlarini o‘qishadi.
Ibn Mas’ud, suv topa olmagan junub kishi uchun tayammum yo‘q, degan fikrda ekanligi rivoyat qilindi. Ammo so‘zidan qaytib «Suv topgunicha tayammum qiladi» deb aytgani alohida rivoyat etiladi.
Sufyon As-Savriy, Molik, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:36:22
93-BOB
MAVZU: ISTIHOZA


125. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Fotima ibn Abu Hubaysh Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, «Yo Rasululloh! Men istihoza ko‘radigan ayolman, bundan hech poklanmayman. Namozni tark etayinmi?» - dedi. «Yo‘q, - dedilar (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam) - bu tomir qonidir, hayz qoni emas. Hayz ko‘radigan kunlaring namozni tark et, hayz (muddati)dan poklangach, g‘usl qilgin va namozingni o‘qiyvergin».
Abu Muoviya o‘z rivoyatida bunday deydi: «Aytdilarki, «Har vaqt namozi uchun alohida tahorat ol, to o‘sha vaqt (hayz vaqti) kelgunicha».
Bu bobda Ummu Salamadan hadis rivoyat qilingan.
Oisha (roziyallohu anho)ning «Fotima kelib» degan hadisi hasan-sahih. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan bo‘lmish mutaaddid ilm ahllarining qavli shudir. Sufyon As-Savriy, Molik, Shofi’iy va Ibnul-Muborak ushbu qavlga ega bo‘lishgan: Istihoza ko‘rgan ayol, hayz kunlari o‘tgach, yuvinadi va har vaqt namozi uchun  (alohida) tahorat oladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:37:28
94-BOB
MAVZU: ISTIHOZA KO’RGAN AYOL HAR BIR VAQT NAMOZI UCHUN TAHORAT OLADI


126. Adiy ibn Sobitning bobosidan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam istihoza ko‘radigan ayol borasida bunday dedilar: «Oy ko‘rishi kunlari oldindan belgili bo‘lgan ayollar hayz kunlarida namozni tark etadi, keyin g‘usl qiladi va har vaqt namozi oldidan tahorat oladi, ro‘zasini tutib, namozini o‘qiyveradi».

127. Ali ibn Hujr xuddi shu hadis ma’nosini Shorikdan naql etib, bizga bayon qildi.
Bu hadisni Abul-Yaqzondan faqatgina Shorik rivoyat qilgan. Muhammad (Al-Buxoriy)dan bu haqda so‘rab, «Hadisning sanadida Adiy ibn Sobitdan, uning otasidan, bobosidan, deyiladi, Adiyning bobosining oti nima?» dedim. Muhammad uning ismini bilmadi. Bir gal Muhammadga: «Yahyo ibn Maiyn, uning ismi Dinor deb aytyapti», desam, u bunga e’tibor bermadi.
Ahmad va Ishoq istihoza ko‘radigan ayol borasida bunday deyishadi: «Har bir namoz vaqtida yuvinsa (g‘usl qilsa) o‘zi uchun ehtiyotkor bo‘lgan bo‘ladi, har vaqt namozi uchun faqatgina (yangi) tahorat olsa, kifoya. Bir tahorat bilan ikki vaqt namozini jam’ qilsa, joizdir».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:38:00
95-BOB
MAVZU: ISTIHOZA KO’RGAN AYOL BIR G’USL BILAN IKKI VAQT NAMOZNI JAM’ QILIB O’QIMOG’I


128. Hamna binti Jahsh (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Oy ko‘rish muddatidan ziyod, ko‘p og‘ir hayz ko‘rar edim. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldim; ahvolimni bildirmoqchi va fatvo so‘ramoqchi edim. Ul zotni egachim Zaynab binti Jahshning uyida topdim va dedimki: «Yo Rasululloh! Men oy ko‘rish muddatidan ziyod, ko‘p og‘ir hayz ko‘rguvchiman! Bu haqda menga nimani amr qilasiz? Chunki, bu meni ro‘zadan va namozdan qoldirdi». Aytdilarki: «Senga paxtani tavsiya qilaman, chunki paxta qonni ketkazadi». Hamna dedi: «Paxta asqotmaydigan darajada ko‘p qon keladi». (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam) dedilar: «(Qon oqishi va yoyilishini ushlaydigan) bir bog‘ich tutgin». Hamna dedi: «Qon bundan ham ko‘p keladi». (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam) «Biror buyum (kiyim) tutgil», - dedilar. Hamna: «Qon bundan ham ko‘p keladi, to‘xtovsiz oqib turadi», — dedi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Senga ikki narsani buyuraman, qaysi birini qila olsang, shu senga kifoya. Agar ikkovini qila olsang ham, o‘zing bilasan. Bu, albatta, faqat shaytonning buzg‘unchiligidir. Buni Allohu taoloning ilmiga havola etib, olti kun yoki yetti kunni hayz kunlari hisoblagin, keyin g‘usl qilgin, agar tozalanganing va poklanganingni ko‘rsang, yigirma to‘rt kun yoki yigirma uch - kun kecha va kunduz namoz o‘qi, ro‘zangni tut, namozingni ham o‘qiyver. O’sha g‘usl (bu muddat uchun) senga yetadi! Ayollar odatda qay vaqtda oy ko‘rib, qay vaqtda hayzdan poklansa, sen ham o‘shanday qil. Agar kuching yetsaki, peshinni orqaroqqa surib va asrni ildamlatib, unga ulasang, bu orada poklansang (qon to‘xtaganini ko‘rsang), g‘usl qilib, peshin bilan asr namozlarini jam’ qilib o‘qi, (va agar kuching yetsaki), keyin shomni kechiktirib va huftonni ildamlatsang, keyin g‘usl qilib, bu ikki namozni ham jam’ qilib o‘qisang, shunday qil. Bomdod namozi uchun (alohida) g‘usl qilib, namozingni o‘qiysan. Ana shunday qilgin. Agar ro‘za tutmoqqa kuching yetsa, ro‘zangni ham tutaver». Shundan so‘ng (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam) aytdilarki: «Bu ikki ishdan menga ajibrog‘i shunisidir».
Bu hadis hasan-sahih.
Ubaydulloh ibn Amr Ar-Rokkiy, Ibn Jurayh va Shorik bu hadisni Abdulloh ibn Muhammad ibn Oqildan, Ibrohim ibn Muhammad ibn Talhadan, u amakisi Imrondan, u onasi Hamnadan rivoyat qiladilar. Ajabki, Ibn Jurayh «Umar ibn Talha» deydi.
Holbuki, sahih so‘z — «Imron ibn Talha»dir.
Muhammad (Al-Buxoriy)dan bu hadis haqida so‘radim, «Bu hadis hasan-sahih» dedi.
Istihoza ko‘rgan ayol haqida Ahmad va Ishoq bunday deyishadi: «Koshki hayzning muddatini, qonning kelishi va tugashi bilan bilsa, chunki qonning kelishi qora bo‘lmog‘i va tugashi esa sariqqa o‘zgaruvidir; ana shu takdirda Fotima ibn Hubayshning hadisiga binoan fatvo beriladi. Agar, istihoza ko‘rgan ayolning istihozadan avval muayyan (belgili hayz ko‘rish) kunlari bo‘lsa, namozni hayz kunlarida tark etadi; keyin g‘usl qilib, har namoz uchun (yangi) tahorat olib, namozini o‘qiydi. Qon davom etsa-yu, ayolning muayyan (hayz) kunlari bo‘lmasa, hayzini qonning kelishi va ketishi bilan bilmasa, bu holatda Hamna ibn Jahsh hadisi asosida fatvo beriladi».
Abu Ubayda ham shunday deydi.
Shofi’iy aytadiki, istihoza ko‘rgan ayol, agar ilk hayz ko‘rganida qon davom etsa va bu hol cho‘zilib ketsa, hayz boshlangan kun bilan (birga) o‘n besh kun orasida namozni tark etadi. Bordi-yu, o‘n besh kunda yoki undan oldinroq poklansa, shu muddat uning hayz kunlaridir. Agar o‘n besh kundan ortiq qon ko‘rsa, o‘tgan o‘n to‘rt kunning namozini qazo qiladi va hayz muddatining eng ozi bo‘lgan bir kun va bir kechaning namozini tark etadi.
Hayz muddatining ozi va ko‘pi borasida ilm ahli ixtilof qilishgan: birovi eng oz uch kun va eng ko‘pi o‘n ikki kun ekanini aytadi. Sufyon As-Savriy va Kufa ahlining (hanafiylarning) qavli shunday. Ibnul-Muborak shu qavlga ega bo‘lgan, ayni vaqtda, boshqa bir fikrga ega bo‘lgani ham rivoyat qilingan. Orasida Ato ibn Abu Raboh bo‘lgan ba’zi ilm ahli hayz muddatining eng ozi bir kecha-kunduz deb, eng ko‘pi 15 kun deb aytdilar. Molik, Al-Avzoiy, Shofi’iy, Ahmad, Ishoq va Abu Ubaydaning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:39:01
96-BOB
MAVZU: ISTIHOZA KO’RGAN AYOL XAR VAQT NAMOZI UCHUN G’USL QILADI


129. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilarki: «Ummu Habiba binti Jahsh, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan fatvo istab, dedi: «Men istihoza ko‘raman, hech poklanmayman (qon to‘xtamaydi); namozni tark etayinmi?» Shunda (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam) aytdilar: «Yo‘q! Bu faqat tomir (qoni)dir. G’usl qil va namozingni o‘kiyver!» Shunga ko‘ra (Ummu Habiba) har bir vaqt namozi uchun g‘usl qilardi».
Qutayba aytadiki, Al-Lays bunday dedi: «Ibn Shihob, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har bir namoz uchun g‘usl qilmoqni Ummu Habibaga amr etganlarini zikr qiladi. Ayolning bu harakati o‘z-o‘zicha qilgan ishidir».
Bu hadis «Az-Zuhriydan, Amradan, Oishadan» degan isnod bilan ham rivoyat qilingan.
Ayrim ilm ahli: «Istihoza ko‘rgan ayol har vaqt namozi uchun g‘usl qiladi», deyishadi.
Al-Avzoiy bu hadisni Az-Zuhriydan, Urva hamda Amradan, Oishadan rivoyat qiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:39:19
97-BOB
MAVZU: HAYZ KO’RGAN AYOL NAMOZINING QAZOSINI O’QIMAYDI


130.Muoz (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Bir ayol Oisha (onamiz)ga savol berib, dediki, «Birortamiz (hayzdan poklansak), hayz kunlarida o‘qimagan namozlarimizning qazosini o‘qiymizmi?» Shunda (Oisha onamiz) aytdilar: «Sen haruralikmisan? (ya’ni, ahli sunnatga zid xavorijlardanmisan?) Hech qaysi birimizga hayz ko‘rganda o‘qimagan namozlarning qazosini o‘qish buyurilmagan!».
Harura - Kufadan ikki mil masofada bo‘lgan bir qasabaning nomi. Xorijiylar (Xovorij) mazhabidan bo‘lganlar haruralik deyiladi. Chunki, Hazrati Ali (karromallohu vajhahu)ga qarshi chiqqan xavorijlarning birinchi firqasi o‘sha yerda to‘plangan edi. Xavorijlar turli firqalarga bo‘lingan. Biroq hammalari ittifoq qilgan asos masalalardan biri Qur’onning amriga buysunmoq, ammo hadisning Kur’onda topilmagan amrini rad etmoqdir. Oisha (roziyallohu anho) «Sen haruralikmisan?» deyishlari ana shuning uchundir. (Muborakfuriy)
Bu hadis hasan-sahih.
Hoiz (hayz ko‘rgan ayol) namozni qazo qilmasligi (keyin ado etmasligi) Oisha (roziyallohu anho)dan mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingan. Faqihlarning umumiy qavli shudir: Hoiz ro‘zani qazo qiladi (keyin tutib beradi), ammo namozni qazo qilmaydi, degan fikr borasida oralarida ixtilof yo‘q.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:39:40
98-BOB
MAVZU. JUNUBLIK VA HAYZ HOLATIDA QUR’ON O’QILMAYDI


131. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Hayz ko‘rgan ayol va junub bo‘lgan inson Qur’ondan hech bir narsa o‘qimasin!»
Bu bobda Ali (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Umarning hadisini yolg‘iz Ismoil ibn Ayyashning Muso Ibn Uqbadan, Nofi’dan, Ibn Umardan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan qilgan rivoyati orqali bilamiz.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, tobi’iyndan va keyingilardan bo‘lgan ilm ahli ko‘pchiligining qavli shudir. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoq: «Hayz ko‘rgan ayol va junub kishi Kur’ondan hech bir narsa o‘qimasin, ammo bir oyatning chetini yoki bir harfni va shu kabilarni o‘qishi mumkin», deyishadi; shu bilan birga hayzli ayol va junub kishi tasbih va tahlil keltirmoqlariga ruxsat berishadi.
Muhammad ibn Ismoil (Al-Buxoriy)dan eshitdimki, bunday dedi: «Ismoil ibn Ayyash, Hijoz va Iroq ahlidan munkar (yolg‘on) hadislar rivoyat qiladi». (Al-Buxoriy) mazkur Ismoilning Hijoz va Iroq ahlidan yolg‘iz o‘zi qilgan rivoyatini zaif deb topadi va bunday deb davom etadi: «Ismoil ibn Ayyashning (ushbu) rivoyati faqat Shom ahlidandir».
Imom Buxoriy, Ismoil ibn Ayyashning, Shom ahlidan rivoyat qilgan hadislarini sahih va foydalanish uchun yaroqli, deb hisoblaydi. Termiziy, Buxoriyning bu zot haqidagi fikrini izohlamoqda.
Ahmad ibn Hanbal aytadiki: «Ismoil ibn Ayyash Baqiyyadan ko‘ra tuzukroq. Baqiyyaning siqa (ishonchli) kishilar (nomi)dan qilgan munkar hadislari bor». Ahmad ibn Hasan menga naql etib, «Bu so‘zni Ahmad ibn Hanbalning o‘zidan eshitdim», dedi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:39:59
99-BOB
MAVZU: HAYZ KO’RGAN XOTIN BILAN BIRGA YOTMOQ


132. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilarki: «Hayz ko‘rgan paytimda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga izor (lungi) bog‘lab olmoqni (hayz kiyimi kiyib olmoqni) buyurardilar, keyin men bilan birga mubosharat* qilardilar».
*Mubosharat - erkalab o‘pmoqlik.
Bu bobda Ummu Salama va Maymuna (onalarimiz)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan mutaaddid ilm ahlining qavli shudir. Shofi’iy, Ahmad va Ishoq shu qavlga ega bo‘lishgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:41:31
100-BOB
MAVZU: HAYZ KO’RGAN XOTINI BILAN BIRGA OVQATLANMOQ VA HAYZLI AYOL (TAHORATI)DAN ORTIB QOLGAN SUV


133. Abdulloh ibn Sa’id (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; dediki: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan hayz ko‘rgan xotin bilan birga ovqatlanmoq borasida so‘radim. «U bilan birgalikda yeyavergin!» deb aytdilar.
Bu bobda Oisha va Anas (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Abdulloh ibn Sa’idning hadisi hasan-g‘arib.
Ilm ahlidan barchalarining qavli shudir: Hayz ko‘rgan xotin bilan birga ovqatlanmoq ziyonsiz, deb hisoblaydilar.
Xotinning tahoratidan ortgan suv borasida ixtilof qilingan. Birovi bunga ruxsat bersa, birovi makruh deb hisoblagan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:41:53
101-BOB
MAVZU: HAYZ KO’RGAN AYOLNING MASJIDDAN BIROR NARSA OLIB BERMOG’I


134. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Masjiddan joynamozni olib bergin», dedilar. «Men hayz ko‘rganman», dedim. «Sening hayzing qo‘lingda emas-ku!» dedilar.
Oisha (onamiz)ning hadisi - hasan-sahih.
Ilm ahlidan barchalarining qavli shudir. Bu masalada oralarida ixtilof bo‘lganini bilmaymiz. Hayz ko‘rgan xotin (qo‘lini uzatib) masjiddan biror narsani olishida ziyon yo‘q, deb hisoblaydilar.
Bu hadis, hayz ko‘rgan xotin qo‘lini uzatib, masjiddan biror narsa olishi joiz ekaniga hamda bir uyga yoki bir masjidga kirmayman, deb qasam ichgan kishi, tanasining bir qismini o‘sha uyga yoki o‘sha masjidga suqqanida qasami buzilmasligiga dalildir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:42:17
102-BOB
MAVZU: HAYZ KO’RGAN XOTINGA YAQINLIK QILMOQ KAROXAT EKANLIGI


135. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Kimki hayz ko‘rgan xotinga yoki xotinning orqasiga yaqinlik qilsa va yoki kohinga (folbinga) borsa, unday kimsa Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ga nozil qilingan narsaga kufr keltirgan bo‘ladi».
Bu hadisni tanho Hokim Al-Asramning Abu Tamima Al-Hujaymiydan, Abu Hurayradan qilgan rivoyati orqali bilamiz. Ilm ahlining fikriga ko‘ra, hadis tashdid (orttirish, shiddatlantirish) ma’nosini ifoda etadi. Nechukkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Hayz ko‘rgan xotinga yaqinlik qilgan kishi bir dinor sadaqa bersin», degan hadis ham rivoyat qilingan. Agar hayzli ayolga yaqinlik qilish kufr bo‘lsa edi, bu o‘rinda kafforat (evaz) berish buyurilmas edi.
Muhammad (Al-Buxoriy) bu hadisni isnodi jihatdan zaif deb topgan.
Abu Tamima Al-Hujaymiyning nomi - Torif ibn Mujolid.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:42:45
103-BOB
MAVZU: HAYZ KO’RGAN XOTINGA YAQINLIK QILGANDA KAFFORAT BERISH


136. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam, hayz ko‘rgan xotinga yaqinlik qilgan kimsa haqida: «Yarim dinor sadaqa beradi», dedilar.

137. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar qon qizil bo‘lsa, bir dinor, agar qon sarg‘ish bo‘lsa, yarim dinor (sadaqa beradi)», dedilar.
Hayz ko‘rgan xotinga yaqinlik qilganda kafforat berish borasidagi hadis Ibn Abbosdan marfu’ va mavquf tarzida rivoyat qilingan.
Ayrim ilm ahlining qavli shudir. Ahmad va Ishoq shu qavlga ega bo‘lishgan. Ibnul-Muborak: «Parvardigoridan mag‘firat talab etadi, bunda kafforat lozim bo‘lmaydi», deydi. Tobi’iyndan ba’zilari Ibnul-Muborak fikrida ekanliklari rivoyat qilinadi. Sa’id ibn Jubayr va Ibrohim An-Nahoiy shulardandir. Butun amsor («misr», katta shaharlar) ulamosining qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:43:38
104-BOB
MAVZU: KIYIMGA TEKKAN HAYZ QONINI YUVMOQ


138. Asmo binti Abu Bakrdan rivoyat qilindi: «Bir xotin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan kiyimga hayz qoni tegib qolishi borasida so‘radi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Avval qonni ishqab tashla, keyin suv bilan (ho‘llab) yuv, keyin ustiga suv quyib tozala, so‘ng o‘sha kiyimda namoz o‘qiyvergin».
Bu bobda Abu Hurayra va Ummu Qays ibn Mihsondan hadis rivoyat qilingan.
Asmoning hayz qonini yuvish haqidagi hadisi - hasan-sahih.
Kiyimga qon tekkanda uni yuvmasdan namoz o‘qigan kishi haqida ilm ahli ixtilof qilishdi. Tobi’iyndan ba’zilari, «qon bir dirham (tanga) miqdorida bo‘lsa, uni yuvmasdan namoz o‘qisa, namozini qaytib o‘qiydi», deyishdi. Birovlari esa: «Qon bir dirham (tanga)» miqdoridan ko‘p bo‘lsa, namozini qayta o‘qiydi», deyishadi. Sufyon As-Savriy va Ibnul-Muborakning qavli shudir. Tobi’iyndan va boshqalardan ba’zi ilm ahlining fikricha, qon bir dirham (tanga) miqdordan ko‘proq bo‘lsa ham, namozini qaytib o‘qish lozim bo‘lmaydi. Ahmad va Ishoq shu qavlga ega bo‘lishgan. Shofi’iy aytadiki, «Bir dirham (tanga) miqdoridan oz bo‘lsa ham, yuvilmog‘i kerak». Bu xususda u kishi tashdid (mubolag‘a) qilgan.
Dirham deb eskidan qo‘llanib kelgan tangaga aytiladi. Hazrati Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinishicha, u kishi qonning miqdorini tirnoqlari bilan ko‘rsatgan ekanlar. «Al-muhit» kitobida sharhlanishicha, Hazrati Umarning tirnog‘i salkam bizning kaftimizcha edi. Ana shu (dalil) kiyimga tekkan qon dirhamdan oz bo‘lsa, namozga mone’lik qilmasligiga dalolat etadi. (Al-Ayniy).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:44:03
105-BOB
MAVZU: NIFOS ( TUG’ISHDAN KEYINGI QON KELISH)NING MUDDATI


139. Ummu Sayaama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; dediki: «Nifos ko‘rgan (tuqqan) ayol Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida qirq kun o‘tirar edi. Rangimiz qochganligidan yuzlarimizga vars (za’faron o‘simligi)dan ishqab, surardik».
Bu hadis g‘arib.
Buni faqatgina Abu Sahlning Mussa Al-Azdiyyadan, Ummu Salamadan qilgan rivoyati orqali bilamiz. Abu Sahlning nomi - Kasir ibn Ziyod.
Muhammad Ibn Ismoil (Al-Buxoriy) aytadiki, «Ali ibn Abdul-A’lo va Abu Sahl siqa (ishonarli) kishilardir».
Muhammad (Al-Buxoriy) bu hadisni yolg‘iz Abu Sahlning rivoyatidan biladi.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan ilm ahllari va keyingi  olimlar, tuqqan (nifos ko‘rgan) xotin qirq kun namozini tark etadi, deb ittifoq qilishgan. Faqatgina shu muddatdan oldin poklansa, g‘usl qilib, namozini o‘qiyveradi.
Qirq kundan keyin qon ko‘rsa, ilm ahllarining ko‘pi: «Qirq kundan keyin namozini tark etmaydi», deydi. Faqihlardan ko‘pining ham fikri shudir. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoq shu qavlga ega bo‘lishgan. Hasan Al-Basriyning bunday deb aytgani rivoyat qilingan: «Agar poklanmasa, namozini ellik kun tark etadi». Ato ibn Abu Raboh va Ash-Sha’biyning «Oltmish kun» deganlari rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:44:27
106-BOB
MAVZU: KISHINING BIR NECHTA JINSIY ALOQADAN KEYIN BIR MARTA CHO’MILMOG’I


140. Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir g‘usl bilan (hamma) ayollariga aylanib chiqar edilar».
Bu bobda Abu Rofi’dan hadis rivoyat qilingan.
Anasning: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir g‘usl bilan (hamma) ayollariga aylanib chiqar edilar», degan hadisi hasan-sahih. Turli ilm ahllarining qavli shudir. Hasan Al-Basriy ham shular safidadir. Tahorat olishdan oldin jinsiy munosabatga kirishishning ziyoni yo‘q, deb hisoblaydilar.
Termiziy, «Tahorat olishdan oldin...» deyayotir. Holbuki, Ushbu bobga va hadisga munosib bo‘lgan ta’bir: «G’usl qilishdan oldin» deyilishi kerak edi. Bizningcha, Termiziy ishorat qilgan ilm ahllari va shulardan biri bo‘lmish Hasan Al-Basriy hazratlari, ikki marta munosabat orasida tahorat olinishiga qarshidirlar. Endi Termiziyning «Tahorat olishdan oldin...» degan ta’birni qo‘llashi shu xususni ifoda etmoq uchundir. Negaki, bu kalima bilan kelgusi hadisga munosabat va zamin hozirlagan bo‘ldi.
Muhammad ibn Yusuf bu hadisni Sufyondan, Abu Urvadan, Abul-Xattobdan, Anasdan rivoyat qiladi.
Abu Urvaning ismi - Ma’mar ibn Roshid. Abul-Xattobning ismi esa - Qatoda ibn Dioma.
Ba’zilari esa, «Muhammad ibn Yusufdan, Sufyondan, Ibn Abu Urvadan...» deb rivoyat qilishgan. Bu xatodir. To‘g‘risi «Abu Urvadan».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:44:58
107-BOB
MAVZU: JUNUB KISHI (YANA JINSIY MUOMALAGA) QAYTMOQCHI BO’LSA, TAHORAT OLADI


141. Abu Sa’id Al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Agar biror bir kishi ayoliga yaqinlik qilib, keyin takror (muomalaga) qaytmoqchi bo‘lsa, ikki (muomala)si orasida tahorat olsin!».
Bu bobda (hazrati) Umar (roziyallohu anhu) dan ham hadis rivoyat qilingan. Abu Sa’idning hadisi hasan-sahih. Umar ibn Al-Xattobning qavli ham shudir. Ilm ahlidan mutaaddid kishilar shu qavlga ega bo‘lishgan: «Er xotiniga yaqinlik qilganidan keyin takror (muomalaga) qaytmoqchi bo‘lsa, qaytishdan oldin tahorat oladi», deydilar.
Abul-Mutavakkilning ismi - Ali ibn Dovud.
Sa’id Al-Xudriyning ismi esa - Sa’id ibn Molik ibn Sinon.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:46:05
108-BOB
MAVZU: NAMOZGA QOMAT AYTILSA-YU, BIRORTANGIZ HOJATXONAGA BORISH EHTIYOJINI TUYSA, AVVAL HOJATGA BORSIN


142. Abdulloh ibn Arqom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi. Urva aytadiki, «Namozga qomat aytildi, qavmning imomi bo‘lgan Abdulloh ibn Al-Arqom bir kishining qo‘lidan ushlab, imomlikka o‘tkazdi va dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitganman, aytganlarki, «Namozga qomat aytilsa-yu, birortangiz hojatga borish ehtiyojini sezsa, avval hojatga borsin», dedilar.
Bu bobda Oisha, Abu Hurayra, Savbon va Abu Umoma (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Abdulloh ibi Al-Arqomning hadisi hasan-sahih. Molik ibn Anas, Yahyo ibn Sa’id Al-Qatton va hadis hofizlari (yod biluvchilari)dan bittadan ko‘p kishilar bu hadisni xuddi shu yo‘sin Hishom ibn Urvadan, uning otasidan, Abdulloh ibn Al-Arqomdan rivoyat qildilar.
Vuhaib va yana boshqalar Hishom ibn Urvadan, uning otasidan, bir kishidan, Abdulloh ibn Al-Arqomdan rivoyat qiladilar.
Payg‘ambar satlallohu alayhi va satlamning sahobalaridan va tobi’iyndan mutaaddid kishilarning qavli shudir. Ahmad va Ishoq shu qavlga ega bo‘lib, bunday deydilar: «Ozgina bo‘lsa ham kichik yoki katta qazoi hojatga ehtiyoj sezsa, namozni boshlamaydi. Ammo namozga kirishganidan keyin his etsa, to fikrini mashg‘ul qilmagunicha namozdan chiqmaydi».
Ba’zi ilm ahlining fikriga ko‘ra, kichik yoki katta qazoi hojat qilishga ehtiyojmand bo‘lsa, ahvol fikrini mashg‘ul qiladigan darajada bo‘lmasa, namozini o‘qib olishi mumkin (ya’ni, shu holatda namozni boshlamog‘ida yoki namozda turgan bo‘lsa, uni davom ettirmog‘ida zarar yo‘q, deb hisoblaydilar).*
* Hanafiy mazhabidagilar uchun: tang holda namoz o‘kish halol bo‘lmaydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:46:37
109-BOB
MAVZU: IFLOS JOYNI BOSGANDA POKLANISH LOZIMLIGI


143. Abdurrahmon ibn Avf farzandining onasidan (ya’ni undan farzand ko‘rgan joriyasidan) rivoyat qilindi; aytdi: «Ummu Salama (roziyallohu aiho)ga dedimki, «Men etagi uzun va (ba’zan) iflos joyni bosib yuradigan bir ayolman-ku?..». Shunda (Ummu Salama) aytdiki, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Etakni keyingi (toza) yer poklaydi», dedilar.
Bu bobda Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan ham hadis rivoyat qilindi, u kishi aytadiki, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga bo‘lar edik va notoza yerni bosganda yuvinmas edik».
Bu, ilm ahlidan bittadan ko‘p kishinish qavlidir. Aytadilarki, «Kishi iflos joyni bosganida oyog‘ini yuvishi lozim bo‘lmaydi, ammo ifloslik ho‘l bo‘lsa, unda bulg‘angan joyini yuvadi».
Abdulloh ibn Al-Muborak shu hadisni Molik ibn Anasdan, Muhammad ibn Ibrohimdan, Hud ibn Abdurrahmon ibn Avfning farzand ko‘rgan joriyasidan, Ummu Salamadan rivoyat qiladi. Bu o‘rinda yanglishlik bor. Chunki Abdurahmon ibn Avfning Hud degan o‘g‘li yo‘q. Faqatgina: «Ibrohim ibn Abdurrahmon ibn Avfning undan farzand ko‘rgan joriyasidan, Ummu Salamadan» degan tarzida bo‘lishi kerak. To‘g‘ri ifoda ana shu.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:47:45
110-BOB
MAVZU: TAYAMMUM


144. Ammor ibn Yosir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga yuziga va ikki qo‘liga tayammum qilmoqni buyurdilar».
Bu bobda Oisha va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilindi. Ammor (roziyallohu anhu)ning hadisi hasan-sahih. Bu hadis Ammordan bir qancha vajhlardan rivoyat qilingan.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan mutaaddid ilm ahlining qavli shudir. Hazrati Ali, Ammor va ibn Abbos (roziyallohu anhum) ana shulardandir. Tobi’iyndan oralarida Ash-Sha’biy, Ato va Makhul ham bor bo‘lgan mutaaddid kishilar shunga qaror berishgan. Aytadilarki, «Tayammum - yuzga va ikki qo‘lga mash qilishi uchun (toza tuproqqa) bir urishdir, (ya’ni, bir marta (tbza tuproqqa qo‘l) urish bilan yuzga va ikki qo‘lga mash qilishdan iboratdir)».
Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Ibn Umar, Jobir, Ibrohim va Al-Hasan singari ba’zi ilm ahllari bunday deydilar: «Tayammum - yuzga mash qilish uchun (qo‘lni tuproqqa) bir urish va ikki qo‘lni tirsaklargacha mash qilish uchun (ikkinchi) bir urishdan iborat». Sufyon As-Savriy, Molik, Ibnul-Muborak va Shofi’iy shu qavlga ega bo‘lishgan.
Ammorning: «Yuziga va ikki qo‘liga tayammum qilmoq» degan hadisi u kishidan bir qancha vajhlardan rivoyat qilingan.
Ammordan. mana bunday deganlari ham rivoyat qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birgalikda o‘muzlargacha va qo‘ltiqlargacha (mash tortib) tayammum qildik». Ayrim muhaddislar, Ammordan «o‘muzlar va qo‘ltiqlar» hadisi rivoyat qilingach, «yuziga va ikki qo‘liga tayammum qilmoq» borasidagi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan hadisning zaif ekanligini qayd etishgan.
Ishoq ibn Ibrohim ibn Mahlad Al-Hanzaliy aytadiki, «Tayammum yuz va ikki qo‘lga mash qilishdan iborat ekanligi borasidagi Ammorning hadisi hasan-sahih. «O’muzlar va qo‘ltiq ostlari» degan hadis esa «yuz va ikki qo‘l» hadisiga qarshi emas. Chunki Ammor tayammumda o‘muzlargacha va qo‘ltiqlargacha mash tortish» kerakligini Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam buyurganlar, deb aytayotgani yo‘q, faqat «biz shunday qildik» deyayotir, xolos. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘ralganida, u zot yuzga va ikki qo‘lga mash qilishni buyurganlar va u ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ziga o‘rgatganlaridek, yuz va ikki qo‘lga mash tortish, deb qaror qilgan. Buning dalili ushbudir: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning vafotlaridan keyin u kishi «yuz va ikki qo‘lga mash tortish» deb fatvo bergan, Bu fatvo, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u kishiga yuz va ikki qo‘lga mash tortish deb ta’lim qilganlarini va u kishi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan o‘rgangan masala ustida qaror qilganini ko‘rsatadi.
Abu Zur’a Ubaydulloh ibn Abdulkarimdan bunday deb naql qilganini eshitdim: «Ushbu uch kishidan: Ali ibn Al-Madaniy, Ibn-ush-Shozakuniy va Amr ibn Ali Al-Fallosdan ham ko‘ra xotirasi kuchliroq kishini ko‘rmadim».
Abu Zur’a aytadiki, «Affon ibn Muslim, Amr ibn Ati Al-Fallosdan hadis rivoyat qilgan».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:49:09
145. Ibn Abbos (roziyallohu anhu) dan rivoyat qilindi, u kishidan tayammum borasida, so‘raldi. Shunda aytdiki, «Alloh taolo O’z Kitobi (Qur’oni Karim)da tahoratni zikr etib, «yuzlaringizni va qo‘llaringizni tirsaklari bilan qo‘shib yuvingizlar» deb marhamat qiladi. Tayammumda esa: «Yuzlaringizni va qo‘llaringizii mash qilingizlar» deb marhamat qiladi. Va yana: «O’g‘rilik qilgan erkak va ayollarning qo‘llarini kesingizlar!» deb buyuradi. Chunonchi, qo‘llarning bilakdan kesilmog‘i (ya’ni, panjalar kesilmog‘i) sunnat edi. Demak, bu, ya’ni tayammumdagi murod - yuzlar va qo‘llardir».
Bu hadis hasan-g‘arib-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:49:25
111-BOB
MAVZU: JUNUBLIKDAN TASHQARI HAR QANDAY HOLATDA QUR’ON O’QILADI


146. Hazrati Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam junublikdan tashqari har qanday holatda bizga Qur’on o‘qitar edilar».
Hazrati Alining bu hadisi hasan-sahih. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan bittadan ko‘p ilm ahllarining qavli shudir. Aytadilarki, «Kishi tahoratsiz holda Qur’on o‘qishi mumkin, ammo Qur’onni yuzidan (kitobdan) faqatgina pok (tahoratli) holatdagina o‘qiydi.*
Sufyon As-Savriy, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
*«Ahli sunnat val-jamoat aqoidi» kitobida, Qur’oni Karimni tahoratsiz holda yoddan o‘qish mumkin, deyilsa-da, odobi Islomiyaga xilof ish qilgan bo‘ladi, deb uqtiriladi. (Mutarjim izohi).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2008, 09:50:05
112-BOB
MAVZU: SIYDIK YERGA SINGMOG’I


147. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u kishi aytdi: «Bir a’robiy (badaviy) masjidga kirib keldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘tirgan edilar. U namoz o‘qidi. Namozdan forig‘ bo‘lgach, «Yo Allohim! Meni va Muhammadni rahmat qil! Biz bilan birga boshqa hech kimga rahmat qilma!» dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga qayrilib: «Juda qattiq ketding!» dedilar. So‘ng a’robiy (o‘rnidan turib) masjid(ning bir chekkasi)ga siydi. Odamlar (darg‘azab bo‘lib) uning boshiga to‘planishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Indamangizlar). Siydigi ustidan bir chelak suv quyingizlar» dedilar. So‘ng aytdilarki, «Sizlar faqat osonlashtirguvchi qilib yuborilgansizlar, qiyinlashtirguvchi qilib yuborilganingiz yo‘q!»

148. Sa’id, Sufyondan, Yahyo ibn Sa’iddan, Anas ibn Molikdan shu hadisning o‘zini rivoyat qilgan.
Bu bobda Abdulloh ibn Mas’ud, Ibn Abbos, Vasila ibn Al-Asqodan bittadan hadis rivoyat qilindi.
Bu hadis hasan-sahih.
Ba’zi ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir. Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Yunus ushbu hadisni Az-Zuhriydan, Ubaydulloh ibn Abdullohdan, Abu Hurayradan rivoyat qiladi.

TAHORAT BOBLARI TUGADI
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:04:04
:bs1:

NAMOZ
BOBLARI


Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra at-Termiziy aytadi(lar)...

RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAMDAN RIVOYAT QILINADI

113-BOB
MAVZU: NAMOZ VAQTLARI


149. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jabroil alayhissalom Baytulloh yonida menga ikki marta imomlik qildi. Birinchi martasida peshin namozini har narsaning soyasi butkul qisqarib, uzaya boshlagan paytda o‘qib berdi. Keyin asr namozini hamma narsaning soyasi o‘z bo‘yi barobar cho‘zilgan vaqtda o‘qib berdi. Keyin shom namozini ayni quyosh botgan va ro‘zadorlar og‘iz ochadigan paytda o‘qib berdi. Keyin xufton namozini shafaq yo‘qolgan vaqtda o‘qib berdi. Keyin bomdod namozini ayni tong otgan va ro‘zador kishining (saharlik vaqti tugab) taom yeyishi harom qilingan vaqtda o‘qib berdi. Ikkinchi martasida, peshin namozini hamma narsaning soyasi o‘z bo‘yi barobar cho‘zilgan va kechagi asr vaqti kirgan vaqtda o‘qib berdi. Keyin asr namozini hamma narsaning soyasi o‘zidan ikki barobar cho‘zilgan vaqtda o‘qib berdi. Keyin shom namozini ayni avvalgi vaqtida o‘qib berdi. Keyin xufton namozini kechaning uchdan bir qismi o‘tib, shu qismning oxirrog‘ida o‘qib berdi. Keyin bomdod namozini ayni tong oqargan vaqtda o‘qib berdi. Keyin Jabroil menga o‘girilib aytdiki, «Yo Muhammad! Sendan oldin o‘tgan payg‘ambarlarning (namoz) vaqti ana shudir, ana shu ikki vaqtning orasidir».
Ibnul-Arabiy, «Oridat-ul-ahvaziy» nomli Termiziy kitobiga bitilgan sharhida: «Sendan oldin o‘tgan payg‘ambarlarning (namoz) vaqti ana shudir...» jumlasini bunday izohlaydi: «Bu so‘z zohiriy jihatdan bu namozlar shu vaqtlarda boshqa payg‘ambarlar uchun mashru’ ekanligini ifodalaydi. Holbuki, bu namozlar shu vaqtlarda faqatgina bu ummatga xos qilingan. Bu holatda ko‘zda tutilgan ma’no ushbudir: Bu namozlar senga keng va ikki vaqt orasida chegarali qilib mashru’ etib berilganidek, sendan oldingi payg‘ambarlarga ham shunday qilib belgilab berilgan edi...»
Bu bobda Abu Hurayra, Burayda, Abu Muso, Abu Mas’ud Al-Ansoriy, Abu Sa’id, Jobir, Amr ibn Hazm, Al-Barro va Anas (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:04:36
150. Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jabroil menga imomlik qildi...» (Roviy) Ibn Abbosning hadisini aynan ma’nosi bilan naql etadi, lekin «kechagi asr vaqti kirgan vaqtda»degan jumlani zikr qilmaydi.
Bu hadis hasan-sahih-g‘arib.
Ibn Abbosning hadisi esa hasan-sahih.
Muhammad al-Buxoriy aytadiki, «Namoz vaqtlari borasida vorid bo‘lgan hadislarning eng sahihi Jobirning Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan hadisidir».
Jobirning namoz vaqtlari haqidagi hadisini Ato ibn Abi Raboh, yana Amr ibn Dinor va Abuz-Zubayr, Vahts ibn Kaysonning Jobirdan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan qilgan rivoyatiga yaqinlashtirib, Jobir ibn Abdullohning o‘zidan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:06:25
114-BOB
MAVZU: O’TGAN MASALA (YA’NI NAMOZ VAQTLARI)


151. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; dediki; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Namoz vaqtlarining boshlanish va tugash muddatlari bor. Peshin namozining boshlanish vaqti quyoshning og‘ishidir va tugash vaqti asr vaqtining kirishidir. Asr namozining boshlanishi o‘z vaqti kirishidir va tugash vaqti quyoshning sarg‘ayishidir. Shom namozining boshlanish vaqti quyoshning botishidir va tugash vaqti ufqning yo‘qolishidir. Xufton namozining boshlanish vaqti ufq yo‘qolganidan so‘ngdir va tugash vaqti kechaning yarim bo‘lishidir. Bomdod namozining boshlanish vaqti tong otishidir, tugash vaqti esa quyoshning chiqishidir».
Xufton namozi vaqtini yarim kechagacha cho‘zish ixtiyoriydir. Xuftonning joiz vaqti esa to ikkinchi tong, ya’ni subhi kozibdan (yolg‘on tongdan) o‘tib, subhi sodiqqacha cho‘ziladi. Abu Qatoda (roziyallohu anhu)dan bu fikrni tayin etadigan hadis rivoyat qilingan
Bu bobda Abdulloh ibn Amrdan hadis rivoyat qilingan. Muhammad (Al-Buxoriy)dan eshitdim, aytdiki, «Namoz vaqtlari borasida Al-A’mashning Mujohiddan qilgan rivoyati Muhammad ibn Fuzaylning Al-A’mashdan qilgan rivoyatidan ko‘ra sahihroqdir».
Hannod bizga Abu Usomadan, Abu Ishoq Al-Fazoriydan, Al-A’mashdan, Mujohiddan naql etib, yetkazdi: «Namoz vaqtlarining boshlanish va tugash muddatlari bor, deyilar edi» dedi va Muhammad ibn Fuzaylning Al-A’mashdan rivoyat qilgan hadisini taqriban shu ma’nosi bilan zikr qildi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:07:06
115-BOB
MAVZU: O’TGAN MASALA ( NAMOZ VAQTLARI)


152. Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u dedi: «Bir kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, namoz vaqtlari (haqida) savol berdi. Shunda (Rasululloh): «Bizlar bilan qolib namozlarni birga o‘qi, inshaalloh (ko‘rib, bilib olasan)!» dedilar. Va Bilolga buyurdilar, tong otishi bilan u azon aytdi. (Va bomdod namozini o‘qib berdilar). Keyin unga buyurdilar, quyosh tikkadan og‘ishi bilan u azon aytdi va Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam peshin namozini o‘qib berdilar. Keyin unga buyurdilar, u azon aytdi, quyosh hali oppoq va (ancha) tepada ekanida asr namozini o‘qib berdilar. Keyin quyosh botishi bilan shom namoziga buyurdilar. Shundan so‘ng xufton namoziga amr qildilar, shafaq yo‘qolishi bilan u (Bilol) azon aytdi. Keyin ertangi namozlarni unga buyurdilar va bomdod namozida atrofning oqarmog‘ini (tong yorug‘i paydo bo‘lishini) kutdi. Keyin peshin namozini buyurdilar va (Bilol) havoning salqinlashmog‘ini kutdi. Keyin asr namozini buyurdilar va quyosh so‘nggi vaqtda bo‘ladigan joyning ustida (ufqdan teparoqda) turganida u azon aytdi. Keyin unga buyurdilar, shom namozini shafaq yo‘qolishiga ozgina vaqt qolguncha kechiktirdi. Keyin xufton namozini buyurdilar va u kechaning uchdan biri o‘tganda azon aytdi. So‘ngra: «Namoz vaqtlarini so‘ragan kishi qani? dedilar. U kishi: «Menman», dedi. Shunda (Rasuli akram sallallohu alayhi va sallam) aytdilar: «Namoz vaqtlari ana shu ikki vaqtning orasidir!»
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:08:11
116-BOB
MAVZU: BOMDOD NAMOZINI TONG G’IRA-ShIRASIDA O’QIMOQ


153. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozini o‘qib berar va (musulmon) ayollar (masjiddan uy-uylariga) tarqalishar edi». Al-Ansoriy aytadi: «Ayollar paranjilariga o‘ranib olib qaytayotganlarida g‘ira-shirada ularni tanib bo‘lmasdi». Qutayba esa: «Chodirlariga burkanib olib» deydi.
Bu bobda Ibn Umar, Anas va Qayla binti Mahrama (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan. Oisha (onamiz)ning hadisi hasan-sahih. Az-Zuhriy bu hadisni Urvadan, Oisha (onamiz)dan aynan rivoyat qiladi.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, oralarida (Hazrati) Abu Bakr va (Hazrati) Umar (roziyallohu anhumo) bor bo‘lgan mutaaddid ilm ahli va tobi’iyndan ayrim olimlarning qavli shudir. Shofi’iy, Ahmad va Ishoq shu qavlga ega bo‘lishgan: ular bomdod namozini tong g‘ira-shirasida o‘qimoqlikni mustahab deb hisoblaydilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:09:07
117-BOB
MAVZU: BOMDOD NAMOZINI TONG OQARGANDA O’QIMOQ


154. Rofi’ ibn Xodij (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bunday deb aytganlarini eshitdim:«Bomdod namozida kunni okartiring, chunki buning ajr-savobi ulug‘roqdir!»
Shuba va As-Savriy bu hadisni Muhammad ibn Ishoqdan rivoyat qilgan. Muhammad ibn Ajlon ham Osim ibn Umar ibn Qatodadan rivoyat qiladi.
Bu bobda Abu Barza Al-Aslamiy, Jobir va Bilol (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan mutaaddid ilm ahllari bomdod namozi kun oqarganda (tong yorug‘i paydo bo‘lganda) o‘qiladi, degan fikrdalar. Sufyon As-Savriyning qavli shudir.
Abu Hanifa bomdod namozi atrof oqarganda va yorishganda o‘qiladi, degan fikrdalar. Bu qavlga ega bo‘lganlar o‘z so‘zlarini ushbu 117-bobning hadisi bilan va ayni vaqtda Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan Ibn Masudning hadisi bilan dalillaydilar. Ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)ning hadisi ushbudir: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, ikki namozdan boshka bironta namozni vaqtidan tashqarida o‘qiganlarini ko‘rmadim. Shom bilan xufton namozini jam’ qildilar va bomdod namozini vaqtidan oldin o‘qidilar», deydi. Ibnut-Turkmoniy «Al-javhar un-naqiya» kitobida: «Ya’ni bomdod namozini odatdagi vaqtidan oldin o‘qidilar», deydi. Chunki bomdod namozini tong otishidan oldin o‘qiganlarini tasavvur qilib bo‘lmaydi va bu joiz emas. Unda mu’tod vaqtidan oldin o‘qiganlari nazarda tutiladi. Bu esa bomdod namozining mu’tod vaqti subhi sodiq bo‘lganidan keyingi atrof oqargan vaqt ekanligini ko‘rsatadi.
Shofi’iy, Ahmad va Ishoq aytadilarki, «Isfar» (ya’ni, «oqarmoq»)ning ma’nosi tong shubha qilinmaydigan darajada aniq bo‘lishidir. Ammo namozni ta’xir etish (kechiktirish) ma’nosida emas.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:09:35
118-BOB
MAVZU: PESHIN NAMOZINI VAQTLI O’QIMOQ


155. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Peshin namozini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan, (Hazrati) Abu Bakrdan va (Hazrati) Umardan ham ko‘ra vaqti kirishi bilan o‘qigan biron kishini ko‘rmadim».
Bu bobda Jobir ibn Abdulloh, Habbob, Abu Barza, Ibn Mas’ud, Zayd ibn Sobit, Anas va Jobir ibn Samura (roziyallohu anhum)dan bitadan hadis rivoyat qilingan.
Oisha (onamiz)ning hadisi hasan. Xoh Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, xoh keyingilardan bo‘lsin, ilm ahlining tarjihi (afzal ko‘rgani) shudir.
Ali ibn Al-Madaniy, Yahyo ibn Sa’iddan naql etib, bunday deydi: «Hakim ibn Jubayr, Ibn Mas’ud orkali Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat etgan «Har kimki o‘zi muhtoj bo‘lmagan narsani insonlardan tilasa...» degan hadis sababli, Shu’ba u haqda (tanqidiy) so‘z qilgan. Yahyo: «Sufyon va Zoida, Hakim ibn Jubayrdan rivoyat qilishdi» deydi va uning hadisida zarar yo‘q deb hisoblaydi.
Muhammad (Al-Buxoriy) aytadiki, «Peshin namozini vaqtli o‘qish borasida Hakim ibn Jubayrdan, Sa’id ibn Jubayrdan, Oisha (onamiz)dan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan hadis rivoyat qilingan».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:09:57
156. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin namozini quyosh og‘gan vaqtda o‘qidilar».
Bu hadis sahih va bu bobda rivoyat qilingan hadislarning eng chiroylisidir. Bu bobda Jobirdan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:10:35
119-BOB
MAVZU: PESHIN NAMOZINI JAZIRAMA KUNLARDA TA’XIR QILIB (KECHIKTIRIB, YA’NI SALQIN TUSHMOG’INI KUTIB) O’QIMOQ


157. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kun qattiq qizib ketganda peshin namozini salqin tushirib o‘qingizlar. Chunki jazirama issiqning shiddati jahannam nafasidandir».
Hadisda tush paytidagi jazirama jahannam harorati tufayli ekanligi bildirilmoqda. Buni haqiqat deb aytganlar bor, shuningdek tush paytidagi jazirama jahannam oloviga o‘xshatilgan, majoziy bir ta’bir, deb uqtirganlar ham bor. «Al-urf-ush-shaziyy» muallifi bu borada aynan bunday deydi: «Bu o‘rinda aqliy bir savol chiqadi: Haroratning kuchayishi va pasayishi, dunyomizning quyoshga bo‘lgan yaqinligi va uzoqligi bilan mutanosib ekanligi tajriba bilan sobit bo‘lgan ekan, jaziramaning shiddati jahannam harorati yoyilishi tufaylidir, deb qanday aytib bo‘ladi?!» Muallif o‘z savoliga bunday deb javob beradi: «Ashyoning (narsalarning) zohir sabablari bo‘lganidek, tag‘in botin sabablari bor. Shariat, tabiat hodisalarining faqatgina botin sabablarini izohlaydi; zohir sabablarini ham inkor qilmaydi». Bu javob, zohir sabablar bilan botin sabablar o‘rtasida tafovut bo‘lmagan taqdirda, to‘g‘ri. Lekin shariat hukmi bilan eski va yangi falsafiy nazariyalar o‘rtasida tafovut bo‘lsa, bordi-yu bu nazariyalar ilman va tajriba bilan sobit bo‘lgan yaqiyn darajada bo‘lmasa, unda zaruratan shariat hukmini olmoq kerak. Agar yaqin darajada bo‘lsa, unda shariat hukmi kelishuvni (mutanosiblikni) ta’minlaydigan tarzda ta’vil qilinadi.
Shuni aloqida ta’kidlamoq kerakki, ilman va tajriba bilan sobit bo‘lgan tabiat haqiqatlari bilan bu haqiqatlarga doir shariat fikr-qarashi o‘rtasida ziddiyat yo‘q va bo‘lmaydi ham. Chunki tabiat Allohning yaratgan narsasi va hukm ham Allohning hukmidir. Alloh taolo O’zi yaratgan narsa haqida yanglish hukm berguvchi emas. Mabodo, biror ziddiyat yoki tafovut kuzatilsa, bu faqatgina biz bandalarning tushunchalarimizga oiddir.
Bu bobda Abu Sa’id, Abu Zarr, Ibn Umar, Al-Mug‘iyra, Savfon, Abu Muso, Ibn Abbos va Anas (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
(Hazrati) Umar (roziyallohu anhu) orqali Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ushbu bobda bitta hadis rivoyat qilingan; (ammo) sahih emas.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahlidan ba’zilari, jazirama kunlarda peshin namozini ta’xir qilmoq (kechiktirmoq) jihatini tarjih etadilar (ustun ko‘radilar). Ibnul-Muborak, Ahmad va Ishoqning qavli shudir. Shofi’iy aytadiki, «Peshin namozini salqin tushguncha ta’xir etmoq (andak kechiktirmoq) faqatgina jamoati uzoq joydan keladigan masjid uchundir. Ammo yakka o‘zi yoki o‘z nohiyasi masjidida namoz o‘qiydigan kishilar uchun jazirama issiqlarda ham peshin namozini ta’xir qilmaslik, menimcha, ma’qulroq».
Jazirama issiq kunlarida peshin namozini ta’xir etmoq (andak keyinroq o‘qimoq) kerak, deb aytganlarning holati avlo va sunnatga ittibo’ qilmoqqa (ergashmoqqa) yanada yaqinroqdir. Shofi’iy ruxsati, uzokdan kelganlar uchun va mashaqqat chekish sababi bilandir, degan qavliga kelsak, Abu Zarrning hadisida Shofi’iyning bu ijtihodiga muxolif (qarshi) bo‘lgan bir ma’no bor. Abu Zarr (roziyallohu anhu) aytadiki: «Bir galgi safarda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga edik. Bilol peshinga azon aytdi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Yo Bilol! Salqinlatgil! Yaxshigina salqinlatgil!» dedilar. Agar masala Shofi’iy aytganidek bo‘lsa edi, peshin namozini salqin tushguniga qadar ta’xir etmoqliqda ma’no qolmas edi. Chunki hammalari bir joyda edilar va namozga kelmoq uchun uzoq masofani bosib o‘tmoqka ehtiyoj yo‘q edi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:10:58
158. Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir safarda edilar, Bilol ham u kishi bilan birga edi. Bilol (peshinga) azon aytmoqchi bo‘lgan edi, (Rasululloh): «Salqinlatgil! (Ya’ni, salqin tushmog‘ini kutgil!)» dedilar. Keyinroq u yana azon aytmoqchi bo‘ldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Peshin namozida havoni salqinlatgil!» dedilar. (Abu Zarr) aytadi: «Hatto tepaliklar yonida soyalar paydo bo‘lganini ko‘ra boshladik. Keyin (Bilol) azon aytdi va namoz o‘qidilar. So‘ngra Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jazirama issiqning shiddati jahannam nafasidandir. Namozni salqinlatib o‘qingizlar».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:11:16
120-BOB
MAVZU: ASR NAMOZINI VAQTLI O’QIMOQ


159. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asr namozini quyosh hujramga tushib turganida, hali soya hujramdan yuksalmay turib o‘qidilar».
Bu hadisi sharif, Rasuli akram sallallohu alayhi va sallam asr namozini vaqti kirishi bilan (boshlanish vaqtida) o‘qiganlariga dalolat qiladi. Chunki quyoshning hali hujra ichiga tushib turishi kunbotar tarafdagi devor soyasi kunchiqar tomondagi devorga tushmagan va bu devorga ko‘tarila boshlamagan vaqtni ko‘rsatadi. Shu holda devorning soyasi o‘z bo‘yi bilan barobardir. (An-Navaviy).
Bu bobda Anas, Abu Arvo, Jobir va Rofi’ ibn Xodij (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan. Yana Rofi’ tariqi bilan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan asr namozini ta’xir etish haqida bitta hadis rivoyat qilingan, sahih emas.
Oisha (onamiz)ning hadisi hasan-sahih. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan ba’zi ilm ahllari tarjih etgan hukm shu. (Hazrati) Umar, Abdulloh ibn Mas’ud, Oisha (onamiz) va Anas (roziyallohu anhum) ana shulardandir. Tobi’iyndan mutaaddid ilm ahllari shu qavlni tarjih etganlar. Asr namozi barvaqt o‘qilmog‘iga to‘xtaladilar va ta’xir etmoqni karih deb hisoblaydilar. Abdulloh ibn Al-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning ham qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:11:39
160. Al-A’lo ibn Abdurrahmondan rivoyat qilindi: Peshin namozini o‘qib tarqalishgandan keyin u Anas ibn Molikning Basradagi uyiga kirdi. Uning uyi masjidning yonboshida edi. Shunda Anas (asr vaqti kirgach): «Turingizlar, asrni o‘qingizlar!», dedi. (Al-A’lo) aytadiki, «Biz turib, namozni o‘qidik. Namozni o‘qib bo‘lgach, (Anas) bunday dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdim, aytdilarki: «Munofiqning namozi uldirki, (o‘tirib) quyoshni kuzatadi, quyosh to shaytonning ikki shoxi orasiga kirgunicha qaraydi, (so‘ng) turib, xuddi don cho‘qigandek, to‘rt rak’at namoz o‘qiydi va bu rak’atlarda Allohni juda oz zikr qiladi» (juda qisqa o‘qiydi).
Quyosh, shaytonning ikki shoxi orasiga kirishi - kun botayotganidan kinoyadir. Bu ta’birdan, karohat vaqti kirgani ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin. Suyutiy, «Qut-ul-mug‘taziy» kitobida, bu bir majoz emas, balki haqiqat ekanligini ta’kidlaydi va bunday deydi: «Quyosh botayotganda va chiqayotganda shayton quyoshning yonida turadi. Toki, quyoshga sajda qilayotganlar go‘yo shaytonga sajda qilayotgandek bo‘lishsin».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:12:15
121-BOB
MAVZU: ASR NAMOZINI TA’XIR QILMOQ


161. Ummu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilarki: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin namozini sizlardan ko‘ra ertaroq o‘qir edilar, sizlar esa asr namozini u kishidan ko‘ra ertaroq o‘qir ekansizlar».
Bu hadis Ismoil ibn Ulayyadan, Ibn Jurayjdan, Ibn Abu Mulaykadan, Ummu Salamadan aynan rivoyat qilingan.

162. O’z kitobimda (qo‘lyozmalarimda) shuni topdim: Ali ibn Hujr menga Ismoil ibn Ibrohimdan, Ibn Jurayjdan naql etib, bildirdi...

163. Bishr ibn Mu’oz Al-Basriy xuddi shu hadisni «Ismoil ibn Ulayyadan, Ibn Jurayjdan...» degan isnod bilan naql etdiki, bu isnod yanada sahihroq.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:12:42
122-BOB
MAVZU: SHOM NAMOZINING VAQTI


164. Salama ibn Al-Akva’ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shom namozini quyosh botgan va pardaga yashiringan vaqtda o‘qir edilar».
Hadisda vorid bo‘lgan «pardaga yashiringan vaqtda» jumlasi (quyosh botgan vaqtda degan) birinchi jumlaning tafsiridir. Ba’zilarning fikricha, shom namozining vaqti quyosh botgan vaqt bo‘lib, bu vaqtning boshi va oxiri yo‘q, faqatgina namoz o‘qib olgulik bir vaqtdir. Boshqa olimlarning fikricha shom namozining boshlanish vaqti - quyosh botgan vaqt, oxiri esa - shafaq yo‘qolgan vaqt.
Bu bobda Jobir, As-Sunobihiy, Zayd ibn Xolid, Anas, Rofi’ ibn Xodij, Abu Ayyub, Ummu Habiba, Abbos ibn Abdulmuttalib va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan. Abbosning hadisi uning o‘zida mavquf bo‘lgan tarzda rivoyat qilinadiki, shu eng sahih hadisdir. As-Sunobihiy esa Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitmagan. U Abu Bakr (roziyallohu anhu)ning birodaridir.
Salama ibn Al-Akva’ning hadisi hasan-sahih.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan bo‘lmish ilm ahllaridan ko‘pchiligining fikri ushbudir: Shom namozini erta o‘qishlikni tarjih qilib (afzal ko‘rib), ta’xir etmoqlikni karih deb hisoblaydilar. Hatto ayrim ilm ahllari bunday deydilar: «Shom namozi uchun faqat bittagina vaqt bor». Jabroil (farishta alayhissalom) imom bo‘lib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga namoz o‘qib bergani borasidagi hadisga asoslanganlar. Ibnul-Muborak va Shofi’iyning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:13:32
123-BOB
MAVZU: XUFTON NAMOZINING VAQTI


165. An-Nu’mon ibn Bashir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Bu namozning vaqtini men (boshqa) insonlardan ko‘ra yaxshiroq bilaman: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni (xuftonni) oyning uchinchi kechasidagi oy botishi pallasida o‘qir edilar».
Bu hadis, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam arabiy oyning uchinchi kechasidagi oy botishi pallasida xufton namozini o‘qiganlariga dalolat qiladi. Shofi’iy ulamosidan ba’zilari xufton namozining vaqtli o‘qilishini shu hadis bilan istidlol qilishadi (dalillashadi). (An-Navaviyning «Al-Majmu’» asari, 55-58/3).
Ibnut-Turkmoniy «Ad-Javhar-un-naqiya» (450/1) sarida Shofi’iylarning bu istidlolini o‘rinsiz deb bilib, bunday deydi: «Arabiy oyning uchinchi kechasida oyning botishi, o‘n ikki soatga bo‘lingan o‘sha kechaning soatlaridan ikki soatu o‘ttiz to‘rt daqiqa keyin sodir bo‘ladi. Qizil shafaq esa bu vaqtdan anchagina oldin botib ketadi. Bas, bu hadisda xufton namozini erta o‘qishlik haqida ishorat yo‘q».
Ahmad Muhammad Shokir, Ibnut-Turkmoniyning bu so‘zi haqida bunday deydi: «Ushbu hadisda xufton namozini erta o‘qishlikka doir dalil yo‘qligi jihati to‘g‘ri. Ammo oyning botishi yanglish hisob qilingan. Misr hukumatining rasmiy taqvimida (turli) arabiy oylarning uchinchi kechalarida oy turli xil vaqtlarda botishi ko‘rsatilgan»...
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:13:58
166. Abu Bakr Muhammad ibn Abon bizga xuddi shu hadisni «Abdurrahmon ibn Mahdiydan, Abu Avonadan...» degan isnod bilan so‘zlab berdi.
Xushaym bu hadisni Bishrning otasidan, Habib ibn Solimdan, An-Nu’mon ibn Bashirdan rivoyat qiladi va bu rivoyatda «Bashir ibn Sobitdan» degan joyini zikr qilmaydi.
Abu Avonaning hadisi, bizningcha, yanada sahihroq. Chunki, Yazid ibn Horun, Shu’badan,   Bishrning otasidan, Abu Avonaning rivoyatidek rivoyat qilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:14:25
124-BOB
MAVZU: XUFTON NAMOZINI TA’XIR QILMOQ


167. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; dediki, Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Ummatimga mashaqqat bo‘lishidan xavotirlanmasam edim, xufton namozini kechaning uchdan bir qismigacha yoki yarmigacha ta’xir qilmoqni buyurgan bo‘lar edim».
Bu bobda Jobir ibn Samura, Jobir ibn Abdulloh, Abu Barza, Ibn Abbos, Abu Sa’id Al-Xudriy, Zayd ibn Xolid va Ibn Umar (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, tobi’iyndan va keyingilardan bo‘lmish ilm ahllarining ko‘pchiligi ushbu qavlni ixtiyor etganlar: Xufton namozi ta’xir qilib o‘qiladi degan fikrdalar. Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Tarjimon ilovasi: «Xufton namozining vaqti shafaq botgandan keyin bo‘lur. Vitr namozining vaqti xufton namozidan keyin to tong otguncha bo‘lur. Tong vaqti esa subhi sodiq (chin tong)dur, subhi kozib (yolg‘on tong) emasdur. Bu aytilgan vaqt xufton namozi va vitr namozlarining vaqtidur». («Muxtasar ul-viqoya», 72-bet).
«Xufton namozini kechasining uchdan bir qismigacha ta’xir qilmoq (kechiktirmoq) mustahabdur, agar kechasining yarmigacha uzr birla ta’xir qilsa, makruh bo‘lmas, agar uzrsiz kechaning yarmidan o‘tsa, makruhdir». («Muxtarsar ul-viqoya» sharhidan).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:15:02
125-BOB
MAVZU: XUFTONDAN OLDIN UXLAMOQ VA XUFTONDAN KYEYIN GAPLASHIB O’TIRMOQNING KAROHAT EKANLIGI


168. Abu Barza (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdiki, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xuftondan oldin uxlamoqni va xuftondan keyin gurunglashib o‘tirmoqni makruh der edilar».
Bu bobda Oisha (onamiz), Abdulloh ibn Mas’ud va Anas (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Abu Barzaning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahlining ko‘pchiligi xuftondan oldin uxlashni va xuftondan keyin o‘tirib suhbat qilishni karih deb biladilar. Kimdir esa bunga ruxsat beradi. Abdulloh ibn Al-Muborak aytadiki, «Suhbatlarning ko‘pi karohat ustidadur». Ayrim ilm ahllari esa Ramazon oyida. xuftondan oldin uxlab olishga ruxsat berishgan.
Sayyor ibn Salamaning kunyasi - Abul-Minhol Ar-Riyohiy.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:15:33
126-BOB
MAVZU: XUFTONDAN KEYIN GAPLASHIB O’TIRISHGA RUXSAT BORLIGI


169. Umar Ibn Xattob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdilarki, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam musulmonlarning ishlaridan bo‘lmish biror masalada Abu Bakr (roziyallohu anhu) bilan gaplashib qolar va men ham ular bilan birga bo‘lar edim».
Bu bobda Abdulloh ibn Amr, Avs ibn Xuzayfa va Imron ibn Husayndan bittadan hadis rivoyat qilingan.
(Hazrati) Umarning hadisi hasan.
Bu hadisni Hasan ibn Ubaydulloh, Ibrohimdan, Alqamadan, Juf ashiratidan (aqrabosidan) bo‘lmish Qays yoki Ibn Qays degan bir kishidan, (Hazrati) Umardan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan uzun bir hikoya tarzida rivoyat qiladi.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, tobi’iyndan va keyingilardan bo‘lmish ilm ahllari xufton namozidan keyin gaplashib o‘tirish borasida ixtilof qildilar. Ba’zilari xufton namozidan keyin gurunglashib o‘tirmoqni karih deb hisoblaydi. Ba’zilari esa, ilm yoki boshqa zaruriy ehtiyoj ma’nosida bo‘lsa, gaplashmoqqa ruxsat beradi, Hadislarning ko‘pi ham ruxsati mutazammindir (ya’ni, ruxsatni o‘z ichiga olgandir).
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlari ham rivoyat qilingan: «Musomara (suhbatlashuv) faqatgina (kechasi) namoz o‘qigan yoki yo‘lga chiqqan kishi uchundir».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:16:21
127-BOB
MAVZU: NAMOZNI VAQTINING AVVALIDA (VAQTI KIRGAN ZAHOTI) O’QISHNING FAZILATI


170. Ummu Farva (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi, u Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bay’at qilgan ayollardan biridir; dediki, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Amallarning qaysi biri afzalroq?» deb so‘raldi. «Vaqtining avvalida (vaqti kirgan zahoti) o‘qilgan namoz», - dedilar».
Termiziy keyinroqda ta’kidlaganidek, bu hadis zaif bo‘lib, nima uchun zaif ekanligini izohlaydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:16:44
171. Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan ri-voyat qilindi; Nabiy sallallohu alayhi va sallam unga aytdilar: «Yo Ali! Uch narsani ta’xir qilma (kechiktirma): vaqti kirgan namozni; hozir bo‘lgan janozani; tengini topganingda bo‘yiga yetgan qizni (uzatmoqni)».
Bu hadis g‘arib-hasan.

172. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alaihi va sallam bunday dedilar: «Namozning boshlanish vaqti (avvali) - Allohning rizosidir; namozning oxirgi vaqti - Allohning afvidir».
Bu hadis g‘arib.
Ibn Abbos (roziyallohu anhu), Rasululloh sal-lallohu alayhi va sallamdan shunga o‘xshash hadis rivoyat qilgan.
Bu bobda (Hazrati) Ali, Ibn Umar, Oisha (onamiz) va Ibn Mas’ud (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilindi.
Ummu Farvaning hadisi faqat Abdulloh ibn Umarning rivoyatidan kelayotir. Abdulloh esa hadis ahli nazdida quvvatli emas. Ushbu hadisda u haqda chigallikka duch kelishgan. Garchi u to‘g‘ri kishi bo‘lsa ham, Yahyo ibn Sa’id, xotirasi jihatidan uni tanqid qilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:17:08
173. Ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: Bir kishi Ibn Mas’uddan: «Qaysi amal afzalroq?» deb so‘radi. Shunda u aytdiki, «Buni men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘radim, «Namozlarni vaqtida o‘qimoq», dedilar. «Tag‘in nima, yo Rasululloh?» dedim. «Ota-onaga yaxshilik qilmoq», dedilar. «Tag‘in nima, yo Rasululloh?» dedim. «Fiysabililloh (Alloh yo‘lida) jihod qilmoq», dedilar.
Bu hadis hasan-sahih.
Al-Mas’udiy, Shuba, Sulaymonki, bu zot Abu Ishoq Ash-Shayboniydir va yana boshqalar ushbu hadisni Al-Valid ibn Al-Ayzordan rivoyat qilishgan.

174. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar:- «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Alloh u kishidan omonatini olguniga qadar (ya’ni umrlarining so‘ngigacha) birorta namozni ikki marta oxirgi (tugash) vaqtida o‘qigan emaslar».
Hazrati Mulla Aliy al-Qoriy ushbu hadisning izohi haqida bunday deydi: «Balki Oisha (onamiz) bunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rganmoq uchun Jabroil(alayhissalom) bilan va o‘rgatmoq uchun savol bergan bir kishi bilan o‘qigan namozlarini hisobga olmagandirlar. Faqatgina Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam barcha namozlarini ixtiyoriy vaqtlarda o‘qishni odat qilganlarini, (ammo) nodiran va zaruriy bir sabab bilan ba’zi namozlarni oxirgi vaqtigacha ta’xir etganlarini ta’kidlamoqchi bo‘lgandirlar».
Bu hadis hasan-g‘arib va isnodi muttasil emas.
Shofi’iy aytadiki, «Namoz vaqtining avvali (boshlanish vaqti) afzalroq. Avvalgi vaqtining oxirgi vaqtidan ko‘ra fazilatliroq ekaniga dalolat qilgan xususlardan biri esa Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, (Hazrati) Abu Bakr va (Hazrati) Umar (roziyallohu anhumo) tarjih etgan narsadirki, faqat afzal narsani tarjih etgan va fazilatni qo‘ldan bermagan bu zotlar vaqtning avvalida namoz o‘qir edilar».
Shofi’iyning bu so‘zini Abul-Valid Al-Makkiy bizga aytib berdi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:18:06
128-BOB
MAVZU: PARISHONXOTIRLIK BILAN ASR NAMOZINING VAQTINI O’TKAZIB (QAZO QILIB) QO’YMOQ


175. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Asr namozini qazo qilib qo‘ygan kishi xuddi ahli oilasi va mol-dunyosidan ayrilgan kabidir».
Bu bobda Burayda va Navfal ibn Muoviyadan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Umarning hadisi hasan-sahih. Az-Zuhriy esa bu hadisni Solimdan, uning otasi Umardan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:18:24
129-BOB
MAVZU: IMOM TA’XIR ETGAN TAQDIRDA NAMOZNI VAQTLI O’QIB OLMOQ


176. Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Yo Abo Zarr! Mendan keyin shunday amirlar (boshliqlar) keladiki, namozni o‘ldirishadi. Sen namozlarni vaqtida o‘qigil! Agar vaqtida o‘qilsa, (ular bilan qayta o‘qiganing) senga nafl bo‘ladi. Agar vaqtida o‘qilmasa, sen albatta o‘z namozingni saqlab qolgan bo‘lasan».
An-Navaviyning fikricha, hadisning ma’nosi bunday: «Bu amirlar namozni muxtor bo‘lgan vaqtidan ta’xir etib, kechiktirishlarini ahvollaridan fahmlaysan va o‘z namozingni vaqtning avvalida o‘qib olasan. Keyin ular namozni muxtor bo‘lgan vaqtida o‘qishsa, ular bilan birga qayta o‘qiysan va nafl namozi savobini qo‘lga kiritasan. Mabodo muxtor bo‘lgan vaqtida o‘qishmasa, yana ham kechiktirishsa, sen o‘z namozingni o‘qib olgan va ihroz etgan (saqlab qolgan) bo‘lasan». Bu hadis, agar bir vaqt namozi ikki marta o‘qilsa, birinchisi farz va ikkinchisi nafl bo‘lishiga dalolat qiladi. Shuningdek, bu hadis, imom namozni kechiktirgan xaqtsirda, ma’mun (himoya ostidagi kishi) o‘z namozini vaqtining avvalida o‘qib olishiga izn beradi. Shunday qilib, avvalgi vaqtning fazilatiga erishadi, keyin jamoat bilan ham o‘qisa, jamoat savobini oladi.
Bu bobda Abdulloh ibn Mas’ud va Uboda ibn As-Somit (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Zarrning hadisi hasan. Ilm ahllaridan bittadan ko‘p kishining qavli ushbudir: Imom namozni ta’xir etgan taqdirda, kishi o‘z namozini vaqtida o‘qib olishini va keyin imom bilan birga qayta o‘qishini mustahab deb biladilar. Bunday holatda farz bo‘ladigan namoz, ilm ahllarining ko‘pchiligi nazdida, birinchi namozdir.
Abu Imron Al-Javniyning ismi - Abdumalik ibn Habib.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:18:49
130-BOB
MAVZU: UXLAB QOLIB NAMOZNI O’TKAZIB YUBORMOQ


177. Abu Qatoda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, uxlab qolib namozni o‘gkazib yuborishgani haqida aytib berishdi. Shunda aytdilarki, «Tafrit (ayb) uyquda emas. Tafrit (ayb) faqat uyg‘oqlik holatidadir. Sizlardan birortangiz namozni unutsa yoki uxlab qolib o‘tkazib yuborsa, yodiga tushgan zahoti darhol o‘qib olsin».
Bu bobda Ibn Mas’ud, Abu Maryam, Imron ibn Husayn, Jubayr ibn Mut’im, Abu Juhayfa, Abu Sa’id, Amr ibn Umayya Ad-Darmiy, Zu Mihbarki, An-Najoshiyning birodarzodari bo‘lgan bu zotni Zu Mihmar ham deydilar, (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Abu Qatodaning hadisi hasan-sahih.
Uxlab qolib yoki unutib namozni o‘tkazib yuborgan va keyin boshqa namoz vaqtida, quyosh chiqayotganda yoki botayotganda uyg‘ongan yoxud esiga tushgan kishi haqida ilm ahllari ixtilof qilishdi: Birovi: «Quyosh chiqayotganda yoki botayotganda bo‘lsa ham, uyg‘ongan zahoti yoki yediga tushgan zahoti o‘sha namozni o‘qiydi», deydi.
Ahmad, Ishoq, Shofi’iy va Molikning qavli shu. Ba’zilar esa: «Quyosh chiqib bo‘lguncha yoki botib bo‘lgunicha o‘qimay turadi», deydi.
Abu Hanifa (rahmatullohi alayh)ning qavli shudir. Quyosh chiqayotgan bo‘lsa, to chiqib bo‘lgunicha va botayotgan bo‘lsa, to botib bo‘lgunicha namoz o‘qilmaydi. Imom Buxoriy (Hazrati) Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilgan bir hadis bilan istidlol qiladi (dalil keltiriladi). Hadis ushbudir: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Quyoshning qoshi ko‘ringan maxal (yoy shaklidagi bosh qismi chiqqan mahal) to ko‘tarilguniga qadar namozni ta’xir qiling, quyoshning qoshi botgan bo‘lsa, to (to‘liq) botgunicha namozni ta’xir qiling».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:20:04
131-BOB
MAVZU: NAMOZNI UNUTIB O’TKAZIB YUBORGAN KISHI


178. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki namozni unutsa, yodiga tushgan zahoti darhol o‘qib olsin».
Bu bobda Samura va Abu Qatoda (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Ali ibn Abu Tolib (karromallohu vajhahu)dan, namozni unutgan kishi haqida bunday deganlari rivoyat qilinadi: «U namozni, vaqtlimi yoki kechmi, esiga tushgan mahal o‘qiydi». Shofi’iy, Ahmad ibn Hanbal va Ishoqning qavli shudir.
Abu Bakra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Abu Bakra asr namozida uxlab qolibdilar-da, quyosh botayotganda uyg‘onibdilar. Quyosh botib bo‘lgunicha namozni o‘qimay turibdilar.
Kufa faqihlarining ba’zilari shu qavlga ega bo‘lganlar. Ammo birodarlarimiz Ali ibn Abu Tolibning qavlini olayotirlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:21:55
132-BOB
MAVZU: BIR NECHTA NAMOZNI O’TKAZIB YUBORGAN KISHI (QAZOSINI O’QISHNI) QAYSI NAMOZDAN BOSHLAYDI?


179. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Xandaq (urushi) kunida mushriklar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni to‘rt vaqt namozdan qoldirdilar. Hatto kech tushdi, vaqt allamahal bo‘lgach, Bilolga (azon va qomat aytishni) buyurdilar, u azon aytdi, keyin takbir keltirdi, peshin namozi (qazosi)ni o‘qidilar. Keyin takbir aytdi, asr namozi (qazosi)ni o‘qidilar. Keyin takbir aytdi, shom namozi (qazosi)ni o‘qidilar. Keyin takbir aytdi, xufton namozini o‘qidilar».
Bu o‘rinda «to‘rt namoz» so‘zi yanglishdir. Chunki xufton namozi qazo qilib emas, balki, vaqtida o‘qilgan. Chunonchi, mu’tod vaqtidan ta’xir qilingani (kechiktirilgani) uchun qazo namozlariga qo‘shilib qoldi.
Hadis, qazo namozlarini avval birinchisidan boshlab, tartib bilan o‘qilishi kerakligiga dalolat qiladi. Hofiz ibn Hajar, «Aksariyat, ulamo bilib yoki unutib qazo qilingan namozlar o‘rtasida tartib vojibdir degan fikrda», deydi. Shofi’iy esa, o‘tgan (qazo) namozlarda tartib vojib emas, deydi. Ayni paytda, vaqti torayib qolgan ado namozi paytida favt bo‘lgan, o‘tgan namozni eslamoq masalasida olimlar ixtilof qilishgan. Ado namozining vaqti chiqsa ham, avval qazo namozini o‘qiydimi yoki (avval) ado namozini o‘qiydimi? Yoki namozxon bu ikki namoz o‘rtasida ixtiyorli qilinadimi? Imomi Molik birinchi qavlga ega bo‘lganlar. Hanafiylar, Shofi’iylar va muhaddislarning ko‘pchiligi ikkinchi qavlni yoqlaganlar. Ashhab: «Ikki namoz o‘rtasida muxayyar (ixtiyorli) qilinadi» deydi. Qozi Iyoz aytadiki, «Bu masalada ixtilof nuqtasi sohibi tartib bo‘lgan kishidir. Sohibi tartib bo‘lmagan kishi oldin ado (vaqtidagi) namozni o‘qib olishligi borasida ixtilof yo‘q. Faqatgina «sohibi tartib»likdan chiqaradigan ozgina hadni belgilash borasida ixtilof qilingan: birovning fikricha bir kunlik namoz va birovning fikricha esa to‘rt vaqt namozidir».
Bu bobda Abu Sa’id va Jobir (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Abdullohning hadisi isnodida zarar yo‘q. Chunonchi, Abu Ubayda Abdullohdan eshitgan.
O’tgan namozlar qazosini o‘qishlik borasida ilm ahllari ixtiyor etgan hukm ushbudir: Kishi o‘qiydigan har bir qazo namozi uchun alohida takbir aytadi. Takbir aytmasa ham, joizdir. Shofi’iyning qavli shu.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:22:21
180. Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Handaq kunida Umar ibn Al-Xattob gapirib, Quraysh mushriklarini so‘ka boshladi va dediki, «Yo Rasululloh! Sal qoldiki, quyosh botgunicha asr namozini o‘qiyolmay qolardim!». Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Alloh haqi, men asr namozini o‘qiy olmadim!» dedilar. Jobir aytadi: «So‘ng Buthon (vodiysi)ga tushdik. (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam) tahorat oldilar, bizlar ham tahorat oldik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam quyosh botganidan keyin asr namozini o‘qidilar, so‘ng uning ketidan shom namozini o‘qidilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:22:55
133-BOB
MAVZU: (QUR’ONI KARIMDA ZIKR QILINGAN) «SOLATI VUSTO» (YA’NI «O’RTA NAMOZ») - ASR NAMOZI EKANLIGI, U PESHIN NAMOZI, DEB HAM (FIKR) AYTILGANI


181. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «O’rta namoz - asr namozidir».
Bu hadis hasan-sahih.

182. Samura ibn Jundub (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «O’rta namoz — asr namozidir».
Bu bobda Ali, Abdulloh ibn Mas’ud, Zayd ibn Sobit, Oisha (onamiz), Hafsa(onamiz), Abu Hurayra va Abu Hoshim ibn Utba (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Muhammad, Ali ibn Abdullohdan naql etib, bunday deydi: «Al-Hasanning Samura ibn Jundubdan rivoyat qilgan hadisi - sahih, Hasan Samuradan eshitgan».
Samuraning «Solati vusto» («O’rta namoz») borasidagi hadisi hasan. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan bo‘lmish ilm ahllari ko‘pchiligining qavli shu.
Zayd ibn Sobit va Oisha (onamiz) (roziyallohu anhumo) «O’rta namoz - peshin namozidir» deydilar.
Ibn Abbos va Ibn Umar (roziyallohu anhum) esa o‘rta namoz - bomdod namozi ekanligini aytadilar.
Abu Muso Muhammad ibn Al-Musanna’ bizga Kuraysh ibn Anas orqali, Habib ibn Ash-Shahiddan so‘zlab berdi. Habib aytadiki, «Muhammad ibn Siyriyn menga «Al-Hasandan so‘ra-chi, Al-Aqiqa hadisini kimdan eshitibdi?» dedi. Shunda undan so‘radim, u: «Buni Samura ibn Jundubdan eshitdim», dedi.
Muhammad ibn Ismoil menga xabar berib aytdiki, «Ali ibn Abdulloh ibn Madaniy bu hadisni (so‘zni) Quraysh ibn Anasdan naql etib bizga yetkazdi».
Muhammad ibn Ismoil, Alidan naql etib, «Hasanning Samuradan eshitgani to‘g‘ri» deydi va bu hadisni dalil sifatida qabul qiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:24:03
134-BOB
MAVZU: ASR VA BOMDOD NAMOZIDAN KEYIN NAMOZ O’QISH KAROHAT EKANLIGI/


183. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bittadan ortiq kishidan eshitdim; menga juda sevimli bo‘lmish Umar ibn Al-Xattob ham shular orasida bor; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, bomdod namozidan keyin to quyosh chiqqunicha namoz o‘qimoqdan va asr namozidan keyin to quyosh botgunicha namoz o‘qimoqdan qaytardilar».
Bu bobda Ali, Ibn Mas’ud, Uqba ibn Omir, Abu Hurayra, Ibn Umar, Samura ibn Jundub, Abdulloh ibn Amr, Mu’oz ibn Afro, As-Sunobihiy (Rasulullohning o‘zlaridan eshitmagan), Salama ibn Al-Akva’, Zayd ibn Sobit, Oisha, Ka’b ibn Murra, Abu Umoma, Amr ibn Abasa, Ya’lo ibn Umayya va Muoviya (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Abbos (Hazrati) Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilgan hadis hasan-sahih. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan bo‘lmish faqihlarning ko‘pchiligi fikri ushbudir: Bomdod namozidan keyin to quyosh botgunicha va asr namozidan keyin to quyosh chiqqunicha namoz o‘qishni makruh deydilar. Ammo qazo namozlari asrdan keyin va bomdoddan keyin o‘qilishida zarar yo‘q.
Ali ibn Al-Madaniy, Yahyo ibn Sa’id tariqi bilan (ya’ni shu kishi orqali) Shu’badan naql etib, bunday deydi: Qatoda, Abul-Aliyadan faqat uchta hadis eshitgan: (Hazrati) Umarning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asr namozidan keyin to quyosh botgunicha va bomdod namozidan keyin to quyosh chiqqunicha namoz o‘qishdan qaytardilar», degan hadisini, Ibn Abbosning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilarki, «Meni, Matto’ning o‘g‘li Yunusdan ko‘ra xayrliroq deb aytmoqlik hech kimga yarashmaydi» degan hadisini hamda Alining: «Qozilar uchtadir...» degan hadisini (eshitgan, xolos).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:24:23
135-BOB
MAVZU: ASR NAMOZIDAN KEYIN NAMOZ (BORMI?)


184. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asr namozidan keyin ikki rak’at namoz o‘qiganlarining yagona sababi shuki, u kishiga bir mol keltirilib, u zotni peshinning ikki rak’at namozidan qoldirgan edi. Asrdan keyin o‘sha ikki rak’atni o‘qnb oldilar va keyin zinhor bu ikki rak’atga qaytmadilar».
Bu rivoyat bilan (Hazrati) Oisha (onamiz (roziyallohu anho)dan kelgan rivoyatlar orasida muoraza bor. Chunonchi, Oisha onamiz, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam asr namozidan keyin Oysha onamizning yonlariga kelganlarida har holda ikki rak’at namoz o‘qiganlarini va bu hol Payg‘ambarimizning vafotlarigacha davom etganini ta’kidlaganlar. Imomi Buxoriy va boshqalar bu xabarlarni taxrij qilganlar. Bu holatda Ibn Abbosning «keyin biror marta bu ikki rak’atga qaytmadilar» degan so‘zi, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam bu ikki rak’atni masjidda o‘qimasdan, (Hazrati) Oisha onamizning huzurlarida o‘qiganlari va Ibn Abbos buni ko‘rmagani sabablidir. Chunki Imom Buxoriyning bir rivoyatida hazrati Oisha onamiz (roziyallohu anho) bunday deydilar: «Ummatlariga mashaqqat bo‘lishdan xavotirlanib, bu ikki ra’katni masjidda o‘qimas edilar».
Bu bobda Oisha, Ummu Salama, Maymuna va Abu Muso (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilindi.
Ibn Abbosning hadisi hasan.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qiganlarini bittadan ko‘p kishilar rivoyat qilgan. Bu rivoyat, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam, asrdan keyin to quyosh botgunicha namoz o‘qishdan qaytarganlari haqidagi rivoyatga muxolifdir...
Ibn Abbosning hadisi yanada sahihroq, chunki u: «keyin zinhor bu ikki rak’atga qaytmadilar» demoqda. Ibn Abbosning hadisidek yana bir hadis Zayd ibn Sobitdan rivoyat qilingan. Oisha (onamiz)dan bu bobda mutaaddid rivoyatlar kelgan; shulardan birida bunday deyiladi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asrdan keyin Oisha (roziyallohu anho onamiz)ning huzurlariga borganlarida har holatda ikki rak’at namoz o‘qir edilar». Boshqa bir rivoyatda Oisha, Ummu Salama (roziyallohu anhumo) tariqi bilan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asr namozidan keyin to quyosh botgunicha va bomdod namozidan keyin to quyosh chiqqunicha namozni man’ etganlarini aytadilar.
Binobarin, ilm ahllarining ko‘pchiligi, asrdan keyin to quyosh botgunicha va bomdod namozidan keyin to quyosh chiqqunicha namoz o‘qish karohat, degan to‘xtamda mutobiq (fikrdosh) qolganlar. Shu bilan birga bu qoidadan istisno qilingan o‘rinlar ham bor. Masalan, asrdan keyin to quyosh botgunicha Makkada (Ka’ba va tavofidan keyin) namoz o‘qiladi va bomdod namozining orqasidan tavofdan keyin to quyosh botgunicha namoz o‘qiladiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunga ruxsat berganlari rivoyat qilingan. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilaridan bo‘lmish ilm ahllaridan bir qismining qavli shudir. Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning ham qavli shunday. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan bo‘lmish bir qism ilm ahllari esa asr va bomdod namozidan keyin Makkada bo‘lsa ham namoz o‘qilishini makruh deb aytganlar. Sufyon As-Savriy, Molik ibn Anas va Kufa ahlidan ba’zilarining qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:24:47
136-BOB
MAVZU: SHOM NAMOZINING FARZIDAN OLDINGI NAMOZ


185. Abdulloh ibn Mug‘affal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Har bir azon bilan takbiri qomat o‘rtasida xohlagan kishi uchun namoz bor».
Bu bobda Abdulloh ibn Az-Zubayrdan hadis rivoyat qilingan. Abdulloh ibn Mug‘affalning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalari shom namozining farzidan oldin namoz bor-yo‘qligi haqida ixtilof qildilar. Ba’zilari, shomning farzidan oldin namoz yo‘q, degan fikrdadir. Bu orada, Payg‘ambar sallallohu ayaayhi va sallamning sahobalaridan bittadan ortiq kishidan rivoyat qilinganki, ular shomning farzidan oldin azon bilan takbiri qomat o‘rtasida ikki rak’at namoz o‘qirdilar.
Ahmad va Ishoq bunday deyishadi: «Bu ikki rak’atni o‘qisa, qanday yaxshi!». Ular bu ikki rak’atni mustahab deb qabul qilayotirlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:26:18
137-BOB
MAVZU: QUYOSH BOTISHIDAN OLDIN ASR NAMOZINING BIR RAK’ATIGA ULGURGAN KISHI


186. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Quyosh chiqishidan oldin bomdod namozining bir rak’atiga ulgurgan kishi, albatta, bomdod namoziga ulgurgan va quyosh botishidan oldin asr namozining bir rak’atiga ulgurgan kishi, albatta, asr namoziga ulgurgan bo‘ladi».
Bu bobda Oisha (onamiz roziyallohu anho)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih. Birodarlarimizning Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir. Ularning fikricha, bu hadisning ma’nosi uxlab qolib yoki unutib, quyosh chiqadigan paytda yoki botadigan paytda uyg‘ongan yoki eslab qolgan kishi singari sohibi uzr bo‘lgan kishi uchundir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:26:51
138-BOB
MAVZU: HAZARDA (MUQIMLIKDA) IKKI VAQT NAMOZINI JAM’ QILMOQ


187. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, xavf-xatar va yomg‘ir bo‘lmay turib, Madinada peshin bilan asr namozini hamda shom bilan hufton namozini jam’ qildilar (qo‘shib o‘qidilar)»
Ibn Abbosdan: «Bu bilan (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam) nimani murod etdilar? deb so‘raldi. Aytdi: «Ummatlariga qiyinchilik bo‘lmasligini murod etdilar».
Hofiz ibn Hajar «Fath-ul-boriy» kitobida bunday deydi: «Ulamodan bir guruhi bu hadisning zohir ma’nosi bilan amal qilish jihatiga sohib bo‘lib, hazarda (muqimliqda) mutloq extiyoj sababi bilan jam’ qilmoqni joiz ko‘rdilar. Faqat buni odat qilib olmaslikni shart qiladilar. Ibn Siyriyn, Robi’a, Ashhab, Ibn-ul-Munzir va boshqalar shular jumlasidandir. Al-Xattobiy, muhaddislardan ba’zilari shu fikrda ekanliklarini qayd etgan». Jumhurning (qo‘pchilikning) fikricha, jam’ qilmok, uzrsiz holda, joiz emas. Jumhur Ibn Abbosning hadisiga bir qancha javoblar beradi. Shulardan ba’zilarini quyida bayon etamiz.
1.Mazkur jam’ qilmoq betoblik tufayli bo‘lgandi. Hofiz ibn Hajar, bu javobning izohtalab ekanini aytadi. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar betoblik sababi bilan jam’ qilgan bo‘lsa edilar, o‘zlarida betoblik uzri bo‘lgan kishilar u kishining orqalarida namoz o‘qib, uzrsiz kishilar o‘qishmas edi. Holbuki, Ibn Abbos ikki vaqt namozini sahobalari bilan birga jam’ qilganlarini aytmoqda.
2.Mazkur jam’ qilmoq yomg‘ir sababi bilan edi. Ammo bu «yomg‘ir» rivoyati hadisda ta’kidlangan «xavf-xatar va yomg‘ir bo‘lmay turib» degan rivoyatdan zaifdir.
3.Mazkur jam’ qilmoq, havoning bulutli bo‘lishi sababi bilan edi. Binobarin, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam, peshin namozini o‘qiganlaridan keyin havo ochilgan va asr vaqti kirganini aniqlagach, darhol orqasidan asr namozini o‘qiganlar. Bu javob ham to‘g‘ri emas. Chunki, peshin bilan asrda bu borada zaif bir ehtimol bo‘lsa-da, shom bilan xuftonda bunday ehtimol zinhor vorid emas.
4.Mazkur jam’ qilmoq shakliydir. Ya’ni, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam peshinni oxirgi vaqtigacha ta’xir qilib, asr vaqtining avvalida o‘qiganlar. An-Navaviy: «Bu ehtimol zaif yoki botildir, chunki hadisning zohir ma’nosiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ziddir». Hofiz Ibn Hajar, Navaviy zaif yoki botil deb bilgan bu ehtimolni, Qurtubiy, Imom-ul-Haramayn va boshqalar ma’qullaganini, hatto Ibn Sayyidinnos kuchli, deb topganini aytadi.
Bu bobda Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan. Ibn Abbosning hadisi u kishidan vajhlardan rivoyat qilingan. Buni Jobir Ibn Zayd, Sa’id ibn Jubayr va Abdulloh ibn Shaqiq Al-Uqayliy rivoyat qilganlar.
Tag‘in Ibn Abbos tariqi bilan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan shu hadisning aksi rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:28:13
188. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kimki ikki namozni uzrsiz holda jam’ qilsa (qo‘shib o‘qisa), shubhasiz, u gunohi kabiralarning eshiklaridan bittasiga qadam bosgan bo‘ladi».
Hadis roviylari orasida uchragan Hanashning kunyasi - Abu Ali Ar-Rahobiy, ismi esa - Husayn ibn Qaysdirki, u muhaddislar nazdida zaifdtsr. Ahmad va yana boshqalar uning zaif ekanligini qayd etishgan.
Ilm aHllari nazdida amal shu hadis asosidadir.
Ikki vaqt namozini qo‘shib bir paytda o‘qishlik faqatgina safarda yoki Arafotdadir. Tobi’iyndan bo‘lmish ayrim ilm axllari bemor kishi uchun ikki vaqt namozini jam’ qilishiga ruxsat berganlar. Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Ayrim ilm ahllari esa, «Yomg‘irli havoda ikki vaqt namozini jam’ qiladi», deydilar. Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shunday. Biroq Shofi’iy, bemor kishi ikki vaqt namozini qo‘shib o‘qiydi, degan fikrda emas.
Jam’ qilmoq - ikki vaqt namozini bir vaqtda o‘qimoq degani. Jam’ qilmoq faqat peshin bilan asr hamda shom bilan xufton namozlari orasida mumkin. Yo taqdim yoki ta’xir yo‘li bilan qilinadi. Ya’ni asr namozi oldinga surilib, peshin vaqtida peshin namozi bilan birga o‘qilishi mumkin yoki peshin namozi orqaga surilib, asr vaqtida asr namozi bilan birga o‘qilishi mumkin. Shom va xufton namozlarida ham holat shunday: Keyin jam’ni mashru’ qiladigan sababalar bor. Bulardan ayrimlari sunnat, ayrimlari ruxsatdir. Arafot bilan Muzdalifada jam’ qilinishi sunnat, safarda, bemorliqda, yomg‘ir va xavf-xatar singari holatlarda esa ruxsatdir. Ba’zi imomlar bu ruxsatlarning hammasini, ayrimlari esa bir qismini qo‘llash yo‘lini tutgan. Abu Hanifa (rahmatullohu alayh) Arofat va Muzdalifadan boshqa hech qaerda va hech qanday holda jam’ qilmoq mashru emasligini aytadilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:28:31
139-BOB
MAVZU: AZONNING BOSHLANISHI


189. Abdulloh ibn Zayd (roziyallohu anhu) o‘z otasidan rivoyat qilib aytdi: «Tong otib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldik va men (azon haqidagi) tushimni u kishiga xabar qildim. Shunda u zot: «Albatta, bu haq tushdir! Bilol bilan birga turgil, chunki u sendan ko‘ra uzun bo‘ylik va ovozi ham baland. Senga (tushingda) aytilgan so‘zlarni unga aytib tur, u esa shu bilan (musulmonlarni namozga) chaqirsin!» - dedilar. (Abdulloh ibn Zayd) aytdi: «Shunda Umar ibn Al-Xattob, Bilolning azonini eshitib, izorlarini ko‘targan holda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga chiqib keldilar va dedilarki: «Yo Rasululloh! Sizni haq bilan yuborgan Allohga qasamki, men ham xuddi shundoq tush ko‘rdim!» Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Allohga hamd bo‘lsin! Shu bilan (azon) isbot bo‘ldi!» - dedilar».
Bu bobda Ibn Umardan hadis rivoyat qilingan. Abdulloh ibn Zaydning hadisi hasan-sahih.
Ibrohim ibn Sa’d bu hadisni Muhammad ibn Ishoqdan boyagidan ko‘ra tugal va uzun qilib rivoyat etadi hamda bu hadisda azonning so‘zlarini ikki martadan, takbiri qomat so‘zlarini esa bir martadan aytilganini zikr qiladi.
Abdulloh ibn Zayd bu - Ibn Abdirobbihdir. Ibn Abdirrob, deyilishi ham bayon qilingan. Uning azon haqida rivoyat qilgan ushbu bitta hadisdan bo‘lak Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan boshqa bir sahih hadis rivoyat qilganini bilmaymiz. Abdulloh ibn Zayd ibn Osim Al-Moziniy esa Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan mutaaddid hadislar rivoyat qilgan: u Abbod ibn Tamimning amakisidir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:28:55
190. Ibn Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Musulmonlar Madinaga kelganlarida to‘planishar va namoz vaqtlarini mo‘l olishar edi. Ularning biron chaqiruvchisi yo‘q edi. Bir kuni namozga chaqirish haqida gaplashib qoldilar. Ba’zilari: «Nasorolar qo‘ng‘iroq chalganidek qo‘ng‘iroq chalingizlar», desa, ba’zilari: «Yahudiylar burg‘u chalganidek burg‘u chalingizlar», - deyishdi. (Hazrati) Umar ibn Al-Xattob: «Namozga chaqiradigan biror kishini yubora olmaysizlarmi?» - dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo Bilol! Turgil, (musulmonlarni) namozga chaqirgil!» dedilar.
Bu hadis hasan-sahih hamda Ibn Umarning rivoyatidan g‘arib.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:29:24
140-BOB
MAVZU: «AZONDA TARJI’ (IKKI ShAHODAT KALIMASINI IKKI QAYTA AYTMOQ)


191. Abu Mahzura (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni o‘tirgizib, azonni unga harfma-harf o‘rgatdilar. Ibrohim: «Bizning azonimiz singari», dedi. Bishr aytdiki, «Unga, «Azonni menga takror qilib ber», dedim, u azonni tarji (ikki qaytaruv) bilan vasflantirib o‘qidi».
Abu Mahzuraning azon haqidagi hadisi sahih. Uning tarafidan mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingan. Makka aholisining amali shu hadis asosidadir. Shofi’iyning qavli ham shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:29:46
192. Abu Mahzura (roziyallohu anhu)dak rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam azonni o‘n to‘qqizta kalima bilan va takbiri qomatni o‘n yettita kalima bilan unga o‘rgatdilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Hadis, azonda tarji’ (ikki qaytaruv) sunnat ekaniga ochiq dalildir. Azonning kalimalari tarji’ bilan birga o‘n to‘qqizta kalima: Allohu akbar! Allohu akbar! Allohu akbar! Allohu akbar! - bu to‘rtta kalima. Ashhadu an-la ilaha illalloh ikki marta past tovush bilan va ikki marta baland tovush bilan aytilgani uchun to‘rtta kalima. Har ikki holda ikkinchi kalima ta’kid uchun. Ashhadu anna Muhammadan Rasululloh kalimasi ham ikki marta past tovush bilan, ikki marta baland tovush bilan aytilgani uchun to‘rt kalimadir. Har ikki qolatda ikkinchi kalima ta’kid uchun. Hayya ‘alas-solah) ikki marta aytilgani uchun ikki kalima va ikkinchisi ta’kid uchun. Hayya ‘alal-falah ikki marta aytilgani uchun ikki kalima va ikkinchisi ta’kid uchun. Allohu akbar! Allohu akbar! - ikki kalima. La ilaha illalloh bir kalima. Jami o‘n to‘qqiz kalima bo‘ladi. Qomatga esa tarji’ yo‘q. Hayya ‘alal-falahdan keyingi ikki marta Qaddi-qomatis-solah ilovasi bilan 17 kalima bo‘ladi. Shofi’iy va Molik azonda tarji’ning borligiga to‘xtalganlar. Abu Hanifaning fikrlaricha, azonning kalimalari o‘n beshta va qomatning kalimalari o‘n yettita. Imomi Molikning fikricha, qomatning kalimalari o‘n bitta. Chunki Imomi Molik Allohu Akbar va Qaddi-qomatis-solah kalimalaridan boshqasini bir martadan va shu ikki kalimanigina ikki marta o‘qiydi. Bu ham Abu Mahzuradan qilingan bir rivoyatdir. Abu Mahzura mashhur sahoba bo‘lib, Makkaning muazzinidir. Hijratning 59-yilida Makkada vafot etgan.
(Ilova: azonda tarji’ning sunnat ekanligi Shofi’iy mazhabidagilar uchun. Hanafiy mazhabidagilar uchun tarji’ yo‘q.)
Abu Mahzuraning ismi - Samura ibn Mi’yar
Ayrim ilm ahllari azon borasida shu qavlga ega bo‘lganlar.
Abu Mahzura, iqomatning kalimalarini bir martadan o‘qigani ham rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:32:06
141-BOB
MAVZU: IQOMAT KALIMALARINI BIR MARTADAN AYTMOQ


193. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Bilolga azonni juft va iqomatni toq aytmog‘i amr qilindi».
Bu bobda Ibn Umar (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan.
Anasning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan ba’zi ilm ahllarining qavli shu. Molik, Shofi’iy, Ahmad va Ishoq shu qavlga ega bo‘lishgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:32:24
142-BOB
MAVZU: IQOMAT KALIMALARI JUFT-JUFTDIR


194. Abdulloh ibn Zayd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning azonlari, xoh azonda bo‘lsin, xoh iqomatda bo‘lsin, juft-juft aytilar edi».
Vaki’, Abdulloh ibn Zaydning hadisini Al-A’mashdan, Amr ibn Murradan, Abdurrahmon ibn Abu Laylodan rivoyat qilgan: Abdurrahmon: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sahobalari Abdulloh ibn Zayd tushida azonni ko‘rganini bizlarga so‘zlab berdilar», dedi.
Shu’ba, Amr ibn Murradan, Abdurrahmon ibn Abi Laylodan bunday deb rivoyat qiladi: «Abdulloh ibn Zayd tushida azonni ko‘rdi». Bu rivoyat Ibn Abi Layloning rivoyatidan ko‘ra sahihroq.
Abdurrahmon ibn Abi Laylo, Abdulloh ibn Zaydning o‘zidan eshitmagan.
Ayrim ilm ahllarining fikricha, azon ikki martadan, iqomat ham ikki martadan (juft-juft) aytiladi. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak va Kufa ahlining qavli shu.
Ibn Abi Laylo - Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Laylodir. U Kufaning qozisi edi. Otasidan hech qanday hadis eshitmagan. Faqat boshqa kishi vositasida otasidan rivoyat qilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:32:46
143-BOB
MAVZU: AZONNI CHO’ZIB AYTMOQ


195. Sobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bilolga aytdilar: «Yo Bilol! Agar azon aytsang, bahuzur cho‘zib ayt. Agar iqomat aytsang, qisqa va chaqqon ayt. Azon bilan iqomatning o‘rtasida (taom) yeyayotgan kishi (taomini) yeb olgulik, ichimlik ichayotgan kishi (ne’matini) ichib olgulik, hojatga kirgan kishi qazoi hojatini qilib olgulik bir muddat qoldir. Va toki meni ko‘rmaguncha o‘rinlaringizdan turmangizlar!..»
Muazzin azonning har bir jumlasini bir nafas bilan o‘qiydi. Azonning boshidagi to‘rt takbirni to‘rt nafas bilan o‘qiydi. «Allohu akbar!» deb, nafas oladi; yana «Allohu akbar!» deb nafas oladi va shunday davom etadi. Imom An-Navaviy: «Muazzin uchun mustahab bo‘lgan narsa - ikki takbir bilan o‘qimoqdir», deydi. Shu qavlga ko‘ra azonning boshidagi to‘rt takbirni ikki nafas bilan va oxiridagi ikki takbirni bir nafas bilan uqiydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:33:08
196. Abu ibn Humayd bizga Yunus ibn Muhammad tariqi bilan Abdul-Munimdan naql etdi: aynan o‘sha hadis.
Jobirning hadisini faqat shu vajhdan, Abdul-Mun’imning rivoyatidan bilamiz. Bu esa majhul bir isnod.
Hadisning sanadida Yahyo ibn Muslim Al-Basriy borki, bu kishi majhuldir.
Abdul-Mun’im Basralik bir shayxdir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:33:31
144-BOB
MAVZU: AZON AYTGANDA BARMOQNI QULOQQA TIQMOQ


197. Abu Juhayfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Bilolni azon aytayotganida ko‘rdimki, azon aytayotib qayrilar va og‘zini u yoq bu yoqqa aylantirar edi. Ikki barmog‘ini ikki qulog‘iga tiqqan edi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari uchun qurib (tikib) berilgan qirmizi qubbada (chodirda) edilar». Chamamda (Abu Juhayfa o‘sha qubbani) «Teridan edi», deydi. «Bilol uchi nayzali hassani ikki qo‘lida ushlab, (Rasuli Akramning oldilaridan) olib chiqdi-da, uni Batho (qumi)ga sanchib qo‘ydi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hassaning ro‘parasida namoz o‘qidilar. Oldilaridan (hassaning narigi tomonidan) it va eshaklar o‘taverardi. Egnilarida qirmizi hulla bo‘lib, go‘yoki boldirlarining yaltirashini ko‘rib turgandek edim». Sufyon: «Bu (hulla) Yamaniy xirqadir, degan fikrdamiz», deydi.
Abu Juhayfaning hadisi hasan-sahih. Ilm ahillarining fikricha, amal shu hadis asosidadir. Muazzin azon aytayotganda ikki barmog‘ini qulog‘iga tiqishini mustahab deb hisoblaydilar. Ayrim ilm ahllari «Iqomatda ham ikki barmog‘ini ikki qulog‘iga tiqadi», deydilar. Al-Avzoiyning qavli ham shu.
Abu Juhayfaning ismi - Vahb ibn Abdulloh As-Suvoiy»
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Dekabr 2008, 09:34:34
145-BOB
MAVZU: BOMDOD NAMOZIDA TASVIB QILMOQ


198. Bilol (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga bunday dedilar: «Bomdod namozidan boshqa hech bir namozda tasvib qilmagin!».
Bu bobda Abu Mahzuradan ham hadis rivoyat qilingan. Bilolning hadisini yolg‘iz Abu Isroil Al-Muloiyning rivoyatidan bilamiz. Abu Isroil esa bu hadisni Al-Hakam ibn Utaybadan eshitgan. Abu Isroilning ismi - Ismoil ibn Abi Ishoq. Bu zot muhaddislar nazdida juda ham sog‘lom (ishonchli) emas.
«At-tasvib» kalimasining tafsiri xususida ilm ahllari ixtilof qildilar. Ayrimlari «tasvib» kalimasining ma’nosi bomdod azonida aytiladigan: «As-solatu xoyrun minan-navm» iborasi ekanini aytadi. Ibnul-Muborak va Ahmadning qavli shudir.
Ishoq esa «tasvib» kalimasiga boshqa ma’no berib, bunday deydi: «Makruh bo‘lmish bir tasvib borki, bu Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan keyin insonlar o‘ylab topgan bir narsadir. Chunonchi, muazzin azon aytganda jamoatni kuttirib qo‘yadi va keyin azon bilan iqomat o‘rtasida «Hayya alas solah, hayya alal falah, qoddi qomatis solah»deydi.
Demak, Ishoq aytgan tasvib ana shu bo‘lib, bu ilm ahllari makruh ko‘rgan tasvibdirki, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan keyin o‘ylab topilgandir.
Ibnul-Muborak va Ahmad, «tasvib» kalimasini, muazzin bomdod azonida aytiladigan «As-solatu xoyrun minan-navm» deb tafsir qilganlariga kelsak, ushbu qavl sahih va bu ham «tasvib» deyiladi. Ilm ahllari tarjih etgan (ustun ko‘rgan) va qabul qilgan qavl shudir. Abdulloh ibn Umardan, (u kishi) bomdod azonida «As-solatu xoyrun-minan-navm» deganlari rivoyat qilingan. Mujohiddan uning bunday degani rivoyat qilingan. «Abdulloh ibn Umar bilan birga masjidga kirdim. Masjidda azon aytilgan va biz u yerda namoz o‘qimoqchi edik. Shu orada muazzin tasvib (azon bilan iqomat o‘rtasida namoz uchun chaqiriq) qilib qoldi. Shunda Abdulloh ibn Umar masjiddan chiqdi va: «Yur, bu bid’atchining yonidan chiqaylik», — dedi. Namozni o‘sha masjidda o‘qimadi». Abdulloh, faqatgina insonlar Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan keyin paydo qilgan tasvibni karih ko‘rgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 08:47:25
146-BOB
MAVZU: AZON AYTGAN KISHI IQOMAT KELTIRADI


199. Ziyod ibn Al-Horis As-Sudoiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga bomdod namoziga azon aytmoqni buyurdilar va men azon aytdim. So‘ng Bilol iqomat keltirmoqchi bo‘lgan edi, shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sudoiy birodar azon aytdi. Azonni kim aytsa, iqomatni o‘sha keltiradi».
Bu bobda Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Ziyodning hadisini yolg‘iz Al-Ifriqiyning rivoyatidan bilamiz. Al-Ifriqiy esa muhaddislar nazdida zaifdir. Yahyo ibn Sa’id va yana boshqalar uning zaif ekanini qayd etganlar. Ahmad: «Al-Ifriqiyning hadisini yozmayman», deydi.
Muhammad ibn Ismoil uning ahvolini taqviya qilganini (quvvatlaganini) ko‘rdim. Al-Ifriqiy haqida bunday deydi: «U hadis rivoyatida o‘rta darajadadir».
Ilm ahllarining ko‘pchiligi nazdida amal shu hadis asosidadir: «Azonni kim aytsa, iqomatni o‘sha keltiradi», deydilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:03:46
147-BOB
MAVZU: TAHORATSIZ AZON AYTMOQ KAROHAT EKANLIGI


200. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Azonni faqatgina tahoratli kishi aytadi!», — dedilar».

201. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Namozga faqatgina tahoratli jarchi chaqiradi!»
Bu hadis birinchi hadisdan ko‘ra sahihroq. Ibn Vahb, Abu Hurayraning hadisini Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamgacha yuksaltirmagan. Bu hadis Al-Valid ibn Muslimning hadisidan ko‘ra sahihroq!. Az-Zuhriy, Abu Hurayradan eshitmagan.
Hadis ikki holatda ham zaif. Ammo ikkinchi rivoyatning za’fi birinchi rivoyatidagidan ko‘ra ozroq. Chunonchi, ikkinchi rivoyatda faqatgina bir illat bor va bu illat inqito’dir. Birinchi rivoyatda esa ikki illat uchrayotir: roviylardan Muoviya ibn Yahyo As-Sadafiy hadis bobida zaifdir va ayni vaqtda rivoyatda, inqito’ bor. Bu inqito’ Az-Zuhriyning hadisni Abu Hurayradan eshitmaganligi tufayli yuz berayotir.
Ilm ahllari tahoratsiz azon aytmoq borasida ixtilof qildilar: Ba’zilari makruh ekanini aytdilar. Shofi’iy va Ishoqning qavli shudir. Ba’zilari esa tahoratsiz azon aytmoqqa ruxsat beradilar, Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak va Ahmadning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:04:27
148-BOB
MAVZU: IQOMAT (VAQTINI TAYINLASH) KO’PROQ IMOMNING HAQQIDIR


202. Jobir ibn Samura (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdiki: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muazzinlari (azondan keyin) to‘xtar, toki Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning chiqqanlarini ko‘rmagunicha iqomat keltirmay turardi, albatta u zotni ko‘rgach, namozga iqomat keltirardi».
Jobir ibn Samuraning hadisi hasan-sahih.
Isroilning Simakdan qilgan rivoyatini yolg‘iz shu vajhdan bilamiz.
Ilm ahllaridan ba’zilari bunday deyishadi: «Muazzin - azonga, imom esa - iqomatga ko‘proq molikdir».
Xuddi shu so‘z Abu Hurayradan hadis sifatida rivoyat qilingan. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilarki, «Muazzin - azonga, imom esa - iqomatga ko‘proq moliqdir». «Bulug‘-ul-marom»da bu hadisning zaif ekanligi qayd etilgan. Amir Muhammad ibn Ismoil: «Subul-us-salom»da ushbu hadisning sharhida bunday deydi: «Muazzin - azonga ko‘proq molikdir», ya’ni azon borasida muazzinga hamniyat qilinib, azonning vaqti unga topshirilgan; «Imom - iqomatga ko‘proq moliqdir», ya’ni iqomat faqat imomning ishorati bilan keltiriladi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:05:30
149-BOB
MAVZU: KECHASI AYTILGAN AZON


203. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bilol kechasi azon aytadi. Sizlar to Ibn Ummi Maktumning azonini eshitmaguncha, yeb-ichveringizlar».
Bu bobda Ibn Mas’ud, Oisha, Unaysa, Anas, Abu Zarr va Samura (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Umarning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahllari kechasi azon aytmoq borasida ixtilof qilganlar. Ayrimlari: «Kechasi (tong otishidan oldin) azon aytsa, bomdod azoni o‘rniga o‘tadi va ioda qilmaydi (qayta azon aytmaydi»), deydi. Molik, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir. Ayrimlari esa: «Kechasi (tong otishidan oldin) azon aytsa, ioda qiladi (qayta aytadi) deganlar. Sufyon As-Savriyning qavli shudir.
Hammod ibn Salama, Ayyubdan, Nofi’dan, Ibn Umardan (bunday deb) rivoyat qiladi: «Bilol kechasi azon aytdi va Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «Banda uyquga toldi», deb chaqirmog‘ini amr etdilar!». Bu hadis mahfuz emas (tanlangan emas). Sahih bo‘lmish hadis - Ubaydulloh ibn Umarning va yana boshqalarning Nofi’dan, Ibn Umardan rivoyat qilgan hadisidirki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ushbu hadisda bunday deb aytdilar: «Bilol kechasi azon aytadi. Sizlar to Ibn Ummi Maktumning azonini eshitmaguncha yeb-ichaveringizlar».
Abdulaziz ibn Abu Ravvod, Nofi’dan bunday rivoyat qilgan: «Umarning bir muazzini kechasi azon aytdi va Umar unga azonni ioda qilmog‘ini (qayta aytmog‘ini) amr etdi».
Bu hadis ham sahih emas. Chunki, Nofi’dan, Umardan rivoyat qilinganki, munqoti’dir. Balki Hammod shu hadisni murod etgaydir.
Ya’ni, Hammod ibn Salama, (Hazrati) Umarga mavquf bo‘lgan bu asarni so‘zlab bermoqchi bo‘lganida yanglishib va vahmga berilib, «Bilol kechasi azon aytadi» degan bo‘lishi ehtimol. Bu bir ehtimol. Termiziy buning bir ehtimol ekanini «balki» so‘zi bilan ifoda etib o‘tganlar.
Sahih bo‘lgan hadis - Ubaydulloh va yana boshqalarning Nofi’dan, Ibn Umardan hamda Az-Zuhriyning Solimdan, Ibn Umardan rivoyat qilgan, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam «Bilol kechasi azon aytadi» degan hadisdir. Hammodning hadisi sahih bo‘lsa edi, bu hadisning ma’nosi qolmasdi. Chunonchi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bilol kechasi azon aytadi» degan vaqtlarida ularga kelajakda bo‘ladigan narsani bildirgandirlar va Bilolning kechasi azon aytishini ta’kidlagandirlar. Rasuli Akram, Bilolga tong otishidan oldin aytgan azonini ioda qilmoqni buyursalar edi, «Bilol kechasi azon aytadi» demas edilar.
Ali ibn Madaniy aytadiki, «Hammod ibn Salamaning Ayyubdan, Nofi’dan, Ibn Umardan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan hadisi mahfuz (tanlangan) emas, Hammod ibn Salama bu hadisda yanglishgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:06:48
150-BOB
MAVZU: AZONDAN KEYIN MASJIDDAN CHIQMOQ KAROHAT EKANLIGI


204. Abush-Sha’sodan rivoyat qilindi; aytdi: «Asr namoziga azon aytilganidan keyin bir kishi masjiddan chiqdi. Shunda Abu Hurayra (roziyallohu anhu): «Bu odam Abul-Qosim sallallohu alayhi va sallamga osiy bo‘ldi», dedi.
Bu hadisni «kutubi sitta» imomlaridan imom Buxoriy rivoyat qilmagan. Ammo boshqa imomlar va Imom Ahmad rivoyat qilgan.
Bu bobda (Hazrati) Usmon (roziyallohu anhu)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan bo‘lmish ilm ahllarining nazdida amal shu hadis asosidadir. Azondan keyin hech bir kishi uzrsiz holda masjiddan chiqmasligi kerak, degan fikrdalar. Faqat tahoratsiz bo‘lsa yoki zarur bir ishi chiqib qolsa, chiqishi mumkin.
Ibrohim An-Nahoiydan bunday deb aytgani rivoyat qilinadi: «Muazzin iqomatni boshlagunicha, chiqishi mumkin». Bizning nazdimizda esa bu hukm masjiddan chiqmoqqa uzri bo‘lgan kishi uchundir.
Abush-Sha’soning ismi - Sulaym ibn Asvad. Bu zot Ash’as ibn Abish-Sha’soning otasidir. Ash’as ibn Abish-Sha’so bu hadisni otasidan rivoyat qilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:07:22
151-BOB
MAVZU: SAFARDA AZON AYTMOQ


205. Molik ibn Al-Huvayris (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Men amakimning o‘g‘li bilan birga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldim. Shunda bizga aytdilarki, «Safarga chiqqaningazda azon aytingizlar, iqomat keltiringizlar va kattalaringiz sizlarga imom bo‘lsin».
Bu hadis hasan-sahih.
Ilm ahllarining ko‘pchiligi nazdida amal shu hadis asosidadir: Safarda azon aytilmog‘ini ixtiyor qilganlar. Ba’zilari esa faqat iqomatning o‘zi yetarli bo‘lib, azon faqat jamoatini to‘plamoqchi bo‘lgan kishi uchun zarur ekanini aytishadi. Birinchi qavl sahihroq. Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:08:12
152-BOB
MAVZU: AZONNING FAZILATI


206. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kimki yetti yil muttasil (Haq rizosi uchun) azon aytsa, unga jahannamdan qutulish haqida barot (yorliq) yoziladi».
Bu bobda Abdulloh ibn Mas’ud, Savbon, Muoviya, Anas, Abu Hurayra va Abu Sa’id (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Abbosning hadisi g‘arib.
Abu Tumayla’ning ismi - Yahyo ibn Vozih.
Abu Hamza As-Sukkariyning ismi - Muhammad ibn Maymun.
Jobir ibn Yazid, Al-Ju’fiyning zaif ekanini qayd etgan. Yahyo ibn Sa’id va Abdurrahmon ibn Mahdiy uni(ng hadisini) tark etganlar.
Al-Joruddan eshitdim, Vaki’dan naql etib, aytdiki, «Jobir Al-Ju’fiy bo‘lmasa edi, Kufa xalqi hadissiz qolar edi va Hammod bo‘lmasa edi, fiqhsiz qolar edi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:08:49
153-BOB
MAVZU: IMOM - ZOMIN, MUAZZIN —MU’TAMANDIR


207. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Imom - zomin, muazzin - mu’tamandir. Yo Allohim! Imomlarni irshod aylagan va muazzinlarni mag‘firat qilgin!»
Zomin - birovning kafilligini oluvchi, kafil bo‘luvchi, boshqalarni o‘z panohiga oluvchi, amin bo‘luvchi kishi. Mu’taman ishonilgan, ishonchli, amin, i’timod etiladigan kishi.
Bu bobda Oisha, Sahl ibn Sa’d va Uqba ibn Omir (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan. Abu Hurayraning hadisini Sufyon As-Savriy, Hafs ibn G’iyos va yana boshqalar Al-A’mashdan, Abu Solihdan, Abu Hurayradan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar.
Asbat ibn Muhammad, Al-A’mashning: «Menga Abu Solihdan, Abu Hurayradan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bayon qilindi», deb aytganini rivoyat qiladi.
Nofi’ ibn Sulaymon bu hadisni Muhammad ibn Abi Solihdan, uning otasidan, Oishadan (roziyallohu anhum), Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan.
Abu Zur’adan bunday deganini eshitdim: «Abu Solihning Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisi - Oisha (onamiz)dan rivoyat qilgan hadisidan ko‘ra sahihdir».
Muhammad (Buxoriy)dan eshitdim, «Abu Solihning Oisha (onamiz)dan qilgan rivoyati yanada sahihroq», deydi. Muhammad (Buxoriy), Abu Solihning ushbu bobda Abu Hurayradan ham va Oisha (onamiz)dan ham rivoyat qilgan hadisini Ali ibn Al-Madaniy qayd etmaganini aytadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:09:15
154-BOB
MAVZU: AZON AYTILAYOTGANDA QILINADIGAN MUQOBALA


208. Abu Sa’id (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Azon sadosini eshitganingizda muazzin aytayotgan so‘zlarni aytib turingizlar».
Bu bobda Abu Rofi’, Abu Hurayra, Ummi Habiba, Abdulloh ibn Amr, Abdulloh ibn Robi’a, Oisha (onamiz), Mu’oz ibn Anas va Muoviya (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Abu Sa’idning hadisi hasan-sahih. Ma’mar va yana boshqalar shu tarzda Az-Zuhriydan, Molikning rivoyatidek rivoyat qilishgan. Abdurrahmon ibn Ishoq bu hadisni Az-Zuhriydan, Sa’id ibn Al-Musayyabdan, Abu Hurayradan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi. Molikning rivoyati yanada sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:10:40
155-BOB
MAVZU: MUAZZINNING AZON UCHUN HAQ OLMOG’I KAROHAT EKANLIGI


209. Usmon ibn Abil-Os (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning menga aytgan oxirgi ahdlari (shartlari) shu bo‘ldi: «Bir muazzin tutgilki, u azon uchun haq olmasin».
Usmonning hadisi hasan-sahih. Ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir. Muazzin azon uchun haq olmogani makruh deb hisoblashgan va azon muqobilsiz, Alloh rizosi uchun aytilmogani mustahab deb qaraganlar.
Hadis muazzin aytgan azoni muqobilida haq olmog‘i makruh ekaniga dalolat qiladi. Ibn Hubbon, Yahyo Al-Baqqoliydan taxrij qilgan; aytadiki, «Bir odam Ibn Umarga: «Men seni Alloh uchun yaxshi ko‘raman», deb aytganini eshitdim. Ibn Umar: «Men esa Alloh uchun seni yomon ko‘raman» deb javob berdi. U odam: «Subhanalloh! Men seni Alloh uchun yaxshi ko‘rsam-u, sen meni Alloh uchun yomon ko‘rasanmi?!.» - dedi. Ibn Umar: «Ha, — dedi, chunki sen azon uchun haq olasan»... Bu orada azonga muqobil haq olganlik uchun jazo berganlar ham bor. Ash-Shavqoniy, «Haq olmoq faqat shart qo‘yilsa - harom, so‘ramagan holda berilsa, harom emas», deb ikki tomonni kelishtiradigan bir fikrni ilgari surgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:11:31
156-BOB
MAVZU: MUAZZIN AZON AYTGANDA (ESHITGAN)KISHI O’QIYDIGAN DUO


210. Sa’d ibn Abi Vaqqos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kimki muazzinni(ng shahodat keltirganini) eshitganda: «Va ana ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah va anna Muhammadan abduhu va rasuluh. Roziytu billahi Robban va bi Muhammadin Rasulan va bil Islami diynan» («Men ham shohidlik beramankim, Allohdan boshqa iloh yo‘q, U yakka-yu-yagonadir, sherigi yo‘qdir va Muhammad Uning bandasi va Rasulidir. Allohni Robbim deb, Muhammadni Rasul deb va Islomni din deb rozi bo‘ldim (qabul qildim)»)- deb aytsa, uning gunohlari kechiriladi».
Bu hadis hasan-sahih-g‘arib. Buni faqat Lays ibn Sa’dning Hukaym ibn Abdulloh ibn Qaysdan qilgan rivoyatidan bilamiz.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:12:59
157-BOB
MAVZU: O’TGAN MASALA (YA’NI AZON DUOSI)


211. Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu apayhi va sallam dedilar: «Kimki azonni eshitganda: «Allohumma Robba hazihid-da’vatit-tammati vas-solatil qoimah ati Muhamaddan vasiylata val-faziylah, va-b’ashu maqomam Mahmuda-nillaziy va’adtah» («Ey ushbu mukammal da’vat va abadiy namoz sohibi bo‘lgan Allohim! Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ga vasiyla va fazilat ato et va u zotni O’zing va’da qilgan maqomi Mahmudga yetkaz!») desa, Qiyomat kunida unga shafoat hal bo‘lur!»
Jobirning hadisi, Muhammad ibn Al-Munqadir rivoyati sifatida sahih-hasan-g‘arib. Bu hadisni Shuayb ibn Abi Hamzadan boshqa, Muhammad ibn Al-Munqadirdan rivoyat qilgan kishini bilmaymiz. Abu Hamzaning ismi - Dinor.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:14:28
158-BOB
MAVZU: AZON BILAN IQOMAT ORASIDA QILINGAN DUO QAYTARILMAGAY


212. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Azon bilan iqomat orasidaga duo rad etilmagay».
Anasning hadisi hasan-sahih.
Abu Ishoq Al-Hamdoniy bu hadisni Burayd ibn Abi Maryamdan, Anasdan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan aynan rivoyat qilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:16:01
159-BOB
MAVZU: ALLOH BANDALARIGA NECHA VAQT NAMOZ FARZ QILGAN?


213. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga «Isro» kechasida ellik vaqt namoz farz qilindi. Keyin besh vaqtga tushirildi. Keyin bunday deb nido qilindi: «Yo Muhammad! Endi so‘z qatiydur, o‘zgartirilmas! Sen uchun shu besh vaqt namozda ellik vaqt namoz savobi bordur!».
Bu bobda Uboda ibn As-Somit, Talha ibn Ubaydulloh, Abu Zarr, Abu Qatoda, Molik ibn Sa’saa va Abu Sa’id Al-Xudriy (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Anasning hadisi hasan-sahih-g‘arib.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:19:49
160-BOB
MAVZU: BESH VAQT NAMOZNING FAZILATI


214. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Besh vaqt namoz hamda jum’agacha bo‘lgan jum’a namozi, gunohi kabiralar qilinmasa, oralaridagi gunohlarga kafforatdir».
Bu bobda Jobir, Anas va Hanzala Al-Usaydiy (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:23:39
161-BOB
MAVZU: JAMOAT BILAN O’QILADIGAN NAMOZNING FAZILATI


215. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Jamoat namozi kishi yolg‘iz o‘qigan namozdan yigirma yetti daraja ortiqdir».
Bu bobda Abdulloh ibn Mas’ud, Ubay ibn Ka’b, Mu’oz ibn Jabal, Abu Sa’id, Abu Hurayra va Anas ibn Molik (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Umarning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning: «Jamoat bilan o‘qigan namoz kishi yolg‘iz o‘qigan namozdan yigirma yetti daraja ortiqdir», degan so‘zlarini Nofi’, Ibn Umardan, Rasuli Akramdan shu tarzda rivoyat qilgan. Bu bobda Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan hadis rivoyat qilganlarning hammasi «yigirma besh (daraja)» degani holda, yolg‘iz Ibn Umar «yigirma yetti (daraja)» deb aytgan.

216. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kishining jamoat bilan o‘qigan namozi yolg‘iz o‘qigan namozidan yigirma besh hissa ortiqdir».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:25:25
162-BOB
MAVZU: AZONNI ESHITIB, UNGA IJOBAT QILMAGAN KISHI


217. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Darhaqiqat, odamlarimga: «O’tin yig‘ingizlar!» deb buyursamu o‘tin yig‘salar, keyin namozga buyursamu birovi imomlik qilsa, keyin namozga kelmaganlar(ning uylari)ga borib, ustlaridan o‘t yoqib yuborsam!..»
Bu bobda Abdulloh ibn Mas’ud, Abud-Dardo, Ibn Abbos, Mu’oz ibn Anas va Jobir (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bittadan ko‘p kishi: «Azonni eshitib turib, ijobat qilmagan kishining namozi yo‘q!» deb aytganlari rivoyat qilingan. Ayrim ilm ahllari bu hukm tag‘liz va tashdid (qattiqlik va talabchanlik) mohiyatida ekaniga to‘xtalishgan. Shunga qaramay, uzrsiz holda hech kim uchun jamoatni tark etmoqqa ruxsat yo‘q.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:25:49
218. Mujohid aytadi: Ibn Abbosdan, kunduzi ro‘za tutib, kechalari uyg‘oq namoz o‘qiydigan, ammo jum’a namoziga ham, jamoatga ham kelmaydigan kishi xaqida so‘raldi. «U Jahannamdadir!» deb javob berdi. Hannod shunday hadisni bizga Al-Muhoribiydan, Laysdan, Mujohiddan bayon qildi.
Hadisda xohlamasdan, haqqini kamsitib va yo‘q xisoblab, jamoatga va jum’aga qatnamaslik nazarda tutilmoqda.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:28:47
163-BOB
MAVZU: YAKKA HOLDA NAMOZINI O’QIGANDAN KEYIN JAMOATGA KELGAN KISHI


219. Yazid ibn Al-Asvad (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning hajlarida u kishi bilan birga hozir bo‘ldim va Al-Xoyf masjidida u zot bilan birga bomdod namozini o‘qidim. Namozni ado etib bo‘lgach, qayrilib, qavmning oxirida turgan va o‘zlari bilan birga namoz o‘qimagan ikki kishini ko‘rdilar-da: «Ularni menga keltiringizlar», dedilar. Ularni keltirishdi. (Qo‘rquvdan) ularning badanlari dir-dir titrar edi. (Rasuli Akram): «Biz bilan namoz o‘qimoqdan sizlarni nima to‘sdi?» dedilar. Ular: «Yo Allohning Rasuli! Biz chodirlarimizda namozimizni o‘qib olgan edik», deyishdi. «Bunday qilmangizlar, - dedilar (Rasuli Akram). — Agar namozingizni chodirlaringizda o‘qib, keyin bir jamoatning masjidiga kelsangizlar, ular bilan ham birga namoz o‘qingizlar, bu sizlar uchun nafl namozi bo‘ladi».
Bu bobda Muhjan Ad-Diyliy va Yazid ibn Omirdan ham hadis rivoyat qilingan.
Yazid ibn Al-Asvadning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahllaridan bittadan ortik kishining qavli shudir. Sufyon As-Savriy, Shofi’iy, Ahmad va Ishoq shu qavlga ega bo‘lishgan. Aytadilarki, «Yakka holda namozni o‘qiganidan keyin jamoatga yetgan kishi o‘qigan namozini jamoat bilan ioda qiladi (qayta o‘qiydi)». Shom namozini yolg‘iz o‘zi o‘qigan va keyin jamoatga yetgan kishi haqida bunday deydilar: «Shom namozini ular bilan birga o‘qiydi va (oxirida o‘zi) bir rak’at qo‘shib, juft qiladi». Bu ilm ahllarining fikricha farz bo‘lgan namoz yakka o‘zi o‘qigan (birinchi) namozdir. (Keyingisi nafl).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:31:33
164-BOB
MAVZU: BIR MARTA NAMOZ O’QILGAN MASJIDSA IKKINCHI JAMOAT NAMOZI


220. Abu Sa’id (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lganlaridan keyin bir kishi kelib qoldi. Shunda aytdilarki, «Qaysi biringiz bu kishidan ajr olmoqchisiz? (ya’ni u kishi bilan birga jamoat bo‘lib, savobga erishmoqchisiz?)» Shunda bir odam o‘rnidan turib, u kishi bilan birga namoz o‘qidi».
Az-Zaylo’iy «Nasb-ur-roya» kitobida bu kishi (Hazrati) Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu) ekanliklarini aytadi. Chunonchi, Bayhaqiyning rivoyatida ham Abu Bakr ekanliklari ta’kidlangan.
Bu bobda Abu Umoma, Abu Muso va Al-Hakam ibn Umayr (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan. Abu Sa’idning hadisi hasan. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan mutaaddid ilm ahllarining qavli shudir. Aytadilarki, birinchi marta jamoat bilan namoz o‘qilgan masjidda ikkinchi marta jamoat bilan namoz o‘qimoqlikda zarar yo‘q.
Ahmad va Ishoqning ham qavli shudir. Boshqa ilm ahllari «Har kim namozini yakka holda o‘qisa», deydilar. Sufyon, Ibnul-Muborak, Molik, Shofi’iy shu qavlni ma’qul ko‘rganlar.
Sulaymon An-Nojiy basraliqdir va u «Sulaymon ibn Al-Asvad» deb yuritiladi. Abul-Mutavakkilning nomi - Ali ibn Dovud.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:33:52
165-BOB
MAVZU: XUFTON VA BOMDOD NAMOZLARINI JAMOAT BILAN O’QIMOQNING FAZILATI


221. (Hazrati) Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki xufton namozi jamoatida hozir bo‘lsa, unga kechaning yarmini bedor o‘tkazganlik savobi beriladi. Kimki xufton va bomdod namozlarini jamoat bilan birga o‘qisa, unga butun kechani bedor o‘tkazganlik savobi beriladi».
Bu bobda Ibn Umar, Abu Hurayra, Anas, Umaro ibn Ruvayda, Jundub ibn Abdulloh ibn Sufyon Al-Bajaliy, Ubay ibn Ka’b, Abu Muso va Burayda (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
(Hazrati) Usmonning hadisi hasan-sahih. Bu hadis Abdurrahmon ibn Abi Amra tariqi bilan (Hazrati) Usmondan mavquf tarzida ham rivoyat qilingan. Ayni vaqtda (Hazrati) Usmondan marfu’ tarzida mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingan, deb topilmoqda.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:34:10
222. Jundub ibn Sufyon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kimki bomdod namozinin o‘qisa, u Allohning zimmasida (ahdu omonatida)dir. Bas, Allohning zimmasini (olgach) buzmangizlar!..».
Bu hadis hasan-sahih.

223. Burayda Al-Aslamiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Qorong‘uda masjidlar sari yurganlarga Qiyomat kunidagi tugal nur bashorati (xushxabari)ni ber!»
Bu hadis ushbu vajhdan marfu’ tarzida g‘arib. Ammo, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamgacha yuksaltirilmay u kishining sahobalariga musnad va mavkuf bo‘lgan tarzda sahihdir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:34:36
166-BOB
MAVZU: BIRINCHI SAFNING FAZILATI


224. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Erkaklar safining eng yaxshisi - birinchisi va eng yomoni oxirgisidir. Ayollar safining eng yaxshisi - oxirgisi va eng yomoni birinchisidir»
Bu bobda Jobir, Ibn Abbos, Ibn Umar, Abu Sa’id, Ubay, Oisha (onamiz), Al-Irboz ibn Soriya va Anas (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «birinchi saf uchun uch marta va ikkinchi saf uchun bir marta istig‘for aytganlari» rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:34:59
225. Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Insonlar azon aytmoqlikda va birinchi safda turib namoz o‘qimokliqda qanchalik fazilat borligini bilsalar edi, qur’adan boshqa chora topa olmasalar, hech yo‘qsa, qur’a tashlab bo‘lsa ham, bunga erishgan bo‘lar edilar».
Ishoq ibn Muso Al-Ansoriy bu hadisni bizga Ma’ndan, Moliqdan, Sumaydan, Abu Solihdan, Abu Hurayradan (roziyallohu anhum), Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan shu tarzda bayon qildilar.

226. Qutayba aynan shu hadisni bizga Molikdan bayon etdi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:35:24
167-BOB
MAVZU; SAFLARNI TO’G’RILAMOQ


227. An-Nu’mon ibn Bashir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam saflarimizni to‘g‘rilar edilar. Bir kuni, ko‘ksi qavmdan tashqariga chiqib turgan bir kishini ko‘rdilar va bunday dedilar: «Yo saflaringizni to‘g‘rilangizlar yoki bo‘lmasa, Alloh yuzlaringizni (qalblaringizni) bir-biriga muxolif qilib qo‘yadi!».
Bu bobda Jobir ibn Samura, Al-Barro, Jobir ibn Abdulloh, Anas, Abu Hurayra va Oisha (onamiz) (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
An-Nu’mon ibn Bashirning hadisi hasan-sahih.
Shuningdek, Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallamdan bunday deb aytganlari ham rivoyat qilindi: «Safni to‘g‘rilamoq namozning mukammalligidandir (ya’ni, namozning mukammal bo‘lishi shartlaridandir)».
Umar (roziyallohu anhu)dan bunday deb rivoyat qilinadi: U kishi (Hazrati Umar) ba’zi kishilarni saflarni to‘g‘rilashga ma’mur qilib qo‘yar edilar va saflar tuzatilgani haqida xabar olmagunlaricha namozni boshlamas edilar».
(Hazrati) Ali va (Hazrati) Usmon (roziyallohu anhumo)dan ham bunday deb rivoyat qilingan: «(Ular) saflarni to‘g‘rilamoqni shaxsan o‘z zimmalariga olgan edilar va: «Saflarni to‘g‘rilangizlar!» der edilar.
(Hazrati) Ali (roziyallohu anhu): «Ey falonchi, oldinga o‘t! Ey falonchi, orqaroq tur!» der edilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:36:10
168-BOB
MAVZU: «YETUK VA AHLI DONISH KISHILAR ORQAMDA (BIRINCHI SAFDA) TURSINLAR...»


228. Abdulloh (ibn Mas’ud roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Sizlardan yetuk akl va ahli donish kishilar orqamda (birinchi safda) tursinlar; so‘ng ularning ortidan kelganlar, so‘ng ularning ortidan kelganlar (tursinlar). Ixtilof qilmangizlar, yo‘qsa qalblaringiz (bir-biriga nisbatan) o‘zgaradi. Ko‘cha-ko‘y birodarligidan g‘oyat saklaningizlar!».
Bu bobda Ubay ibn Ka’b, Abu Mas’ud, Abu Sa’id, Al-Barro va Anas (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Mas’udning hadisi hasan-sahih-g‘arib.
Shuningdek, Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallamdan bunday deb rivoyat qilinadi: «Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallam, muhojirlar va ansoriylar u zotdan (namozda qiroat qilganlarini) yodlab olmoq uchun darhol orqalaridan joy olmoqlaridan mamnun bo‘lar edilar».
Xolid Al-Xazzo - Xolid ibn Mihron bo‘lib, Abul-Munozil kunyasi bilan tilga olinadi.
Muhammad ibn Ismoil (Buxoriydan) bunday deganini eshitdim: «Aytishlaricha, Xolid Al-Xazzo (Xazzo - etiqdo‘z degani) hech qachon etiqdo‘zlik qilmagan. Shunchaki, bir etikdo‘zning yonida o‘tirar edi, ushbu sababdan shu kasbga mansub qilindi».
Abu Ma’sharning nomi - Ziyod ibn Qulayb.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:36:32
169-BOB
MAVZU: IKKI USTUN ORASIDA SAF TORTMOQ KAROXAT EKANLIGI


229. Abdulhamid ibn Mahmuddan rivoyat qilindi; aytdi: «Amirlardan birovining orqasida namoz o‘qidik. Insonlar (ko‘pligi) bizlarni ikki ustun orasida namoz o‘qishga majbur qildi. Namozimizni o‘qib bo‘lgach, Anas ibn Molik bunday dedi: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida bundan saqlanar edik».
Abu Bakr ibn Al-Arabiy, ikki ustun orasida namoz o‘qimoqning makruhligi safning uzilishi tufayli yoki bu yerlar poyabzalda yuriladigan joy ekanligi tufayli, deb aytadi. Ibn Sayyidinnos birinchi sababning maqbul, ammo ikkinchi sabab muxdas (keyin paydo bo‘lgan gap) ekanligini aytadi. Ya’ni, ustunlar orasida poyafzal joyi qilinishi. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan keyin bo‘lgan. Al-Qurtubiy, «Jin toifasidan bo‘lmish mo‘‘minlarning namozgohi bo‘lgani bois, bu joylarda namoz o‘qish makruh ekanligi rivoyat qilingan», deydi.
Bu bobda Kurra ibn Iyoz Al-Muzaniydan ham hadis rivoyat qilingan.
Anas ibn Molikning hadisi hasan-sahih.
Ba’zi ilm ahllari, ustunlar orasida saf tortmoqni karih deb qaraganlar. Ahmad va Ishoqning qavli shudir. Ayrim ilm ahllari esa bunga ruxsat beradilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:36:55
170-BOB
MAVZU: SAFNING ORQASIDA YAKKA HOLDA NAMOZ O’QIMOQ


230. Hilol ibn Yisofdan rivoyat qilindi; aytdi: «Biz Ar-Raqqo (degan shahar)da ekanimizda, Ziyod ibn Abi Ja’d qo‘limdan tutdi-da, meni Bani Asad (qavmi)dan bo‘lmish Vobisa ibn Ma’bad degan bir shayxning huzuriga olib bordi. Ziyod aytadiki, «Mana shu shayx menga ushbu hadisni aytib berdi: «Bir kishi safning orqasida yakka o‘zi namoz o‘qidi, — shayx eshitib turar edi - shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga namozini ioda etmoqni (qayta o‘qimoqni) buyurdilar».
Bu bobda Ali ibn Shaybon va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Vobisaning hadisi - hasan.
Ba’zi ilm ahllari safning orqasida yakka holda namoz o‘qimoqni makruh deb hisoblaganlar va: «Safning orqasida yakka holda namoz o‘qisa, ioda qiladi (qayta o‘qiydi) deganlar». Ahmad va Ishoqning qavli shu. Ayrim ilm ahllari esa bunday deydilar:
«Safning orqasida yakka holda namoz o‘qisa, ioda qilish (qayta o‘qish) lozim bo‘lmaydi. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak va Shofi’iyning qavli shu.
Kufa ahlidan bir jamoat esa Vobisaning hadisiga ega bo‘lib, «Safning orqasida yakka holda namoz o‘qisa, ioda qiladi (qayta o‘qiydi)» deganlar. Hammod ibn Abi Sulaymon, Ibn Abi Laylo va Vaki’ shular orasida borlar.
Husaynning Hilol ibn Yisofdan rivoyat etgan hadisini bittadan ko‘p kishi, Abul-Ahvosning Ziyod ibn Abul-Ja’ddan, Vobisa ibn Ma’baddan qilgan rivoyatidek rivoyat qilgan.
Husaynning hadisida Hilolning Vobisa bilan ko‘rishganligiga dalolat qilgan ishorat bor. Muhaddislar bu hadis borasida ixtilof qilganlar.
Ayrimlari bunday deyishadi: «Amr ibn Murraning Hilol ibn Yisofdan, Amr ibn Roshiddan, Vabisa ibn Ma’baddan qilgan rivoyati sahihroq».
Ayrimlari esa aytadiki, «Husaynning Hilol ibn Yisofdan, Ziyod ibn Abil-Ja’ddan, Vabisa ibn Ma’ddan qilgan rivoyati sahihroq».
Menimcha, bu hadis Amr ibn Murraning hadisidan ko‘ra sahihdir. Chunki, Hilol ibn Yisofning Ziyod ibn Abil-Ja’ddan, Vobisadan qilgan rivoyatidan boshqa vajhdan ham rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:37:10
231. Vobisa ibn Ma’baddan rivoyat qilindi: «Bir kishi saflarning orqasida yakka namoz o‘qidi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam unga namozni ioda qilmoqni (qayta o‘qimoqni) buyurdilar».
Al-Jobirdan eshitdim, aytdiki, «Vaki’ning bunday deganini uning o‘zidan eshitdim: «Bir kishi saflarning orqasida yakka o‘zi namoz o‘qisa, ioda qiladi (qayta o‘qiydi)».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:38:00
171-BOB
MAVZU: BIR KISHIGA IMOM BO’LGAN ODAM


232. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Bir kecha Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga namoz o‘qidim, chap tomonlarida turgan edim, boshimning orqasidan ushlab, o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar».
Bu bobda Anas (roziyallohu anhu)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Ibn Abbosning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan bo‘lmish ilm arboblari nazdida amal shu hadis asosidadir: «Imom bilan bir kishi bo‘lsa, imomning o‘ng tomonida turadi», deganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:38:17
172-BOB
MAVZU: IKKI KISHIGA IMOM BO’LGAN ODAM


233. «Samura ibn Jundub (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga, agar uch kishi bo‘lsak, bittamiz oldinga o‘tmog‘imizni amr qilardilar».
Bu bobda Ibn Mas’ud, Jobir va Anas ibn Molik (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Samuraning hadisi - hasan-garib.
Ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir: «Uch kishi bo‘lsalar, ikki kishi imomning orqasida turadi», deydilar.
Ibn Mas’uddan bunday deb rivoyat qilingan:
«Ibn Mas’ud, Alqama bilan Al-Asvadga imom bo‘ldi-da, bittalarini o‘ng tomonida, bittalarini chap tomonida turg‘azdi». Ibn Mas’ud bu hadisni Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallamga yuksaltiradi.
Ba’zi muhaddislar Ismoil ibn Muslim Al-Makkiy borasida, xotirasi jihatdan, (tanqidiy) so‘z qilishgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:38:41
173-BOB
MAVZU: ERKAKLAR BILAN AYOLLARGA IMOM BO’LGAN ODAM


234. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Uning (Anasning) buvisi Mulayka Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni u kishi uchun tayyorlangan taomga taklif qildi. (Rasuli Akram) taomdan yedilar. Keyin: «Turingizlar, sizlar bilan namoz o‘qiymiz», dedilar. Anas aytdiki, «Uzoq vaqt ishlatilmaganidan qorayib qolgan bir bo‘yramiz(ni yoymoq) uchun turdim va uni suv sepib yuvdim. Rasudulloh sallallohu alayhi va sallam bo‘yrada turdilar, men bilan bir yetim bola u kishining orqalarida saf turdik, keksa momo esa bizning orqamizda turdi. (Rasuli Akram) bizga ikki rak’at namoz o‘qib berdilar. Keyin ketdilar».
Anasning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahllarining ko‘pchiligi nazdida amal shu hadis asosidadir: Imom bilan birga bir erkak va bir ayol bo‘lsa, erkak kishi imomning o‘ng tomonida turadi, ayol kishi esa ularning orqasida turadi, deydilar.
Ayrim ilm ahllari esa: safning orqasida yakka holda namoz o‘qigan kishining namozi o‘tadi, deydilar va buni boyagi hadis bilan istidlol qilib (dalillab) bunday deydilar: «Bola uchun namoz yo‘q va Anas go‘yoki, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning orqalarida safda yolg‘iz turib namoz o‘qigandek bo‘ldi». Holbuki, masala ular aytgandek emas. Bola uchun namoz bo‘lmasa edi, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam bolani Anas bilan birga turg‘izmas edilar va muhaqqaq, Anasni o‘ng tomonlarida turg‘izgan bo‘lardilar.
Muso ibn Anasdan, Anasdan (roziyallohu anhumo) bunday rivoyat qilingan: «Anas Nabiy sallallohu alayhi va sallam bilan birga namoz o‘qidi va Rasuli Akram u kishini o‘ng tomonlarida turg‘izdilar».
Bu hadis Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning (jamoat bo‘lib) nafl namozi o‘qiganlariga va ularning uylariga barokat kiritmoqchi bo‘lganlariga dalolat qiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:39:33
174-BOB
MAVZU: IMOMLIK QILMOQQA KO’PROQ KIM HAQLI?


235. Abu Mas’ud Al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytadi: «Rasululloh sallallohu alaihi va sallam bunday dedilar: «Qavmga Allohning Kitobini eng yaxshi qiroat qiladigan (ahkomlaridan yaxshi voqif bo‘lgan) kishi imomlik qiladi; qiroatda teng bo‘lsalar, sunnatni eng yaxshi bilgan kishi imom bo‘ladi; sunnatda barobar bo‘lsalar, muqaddam hijrat qilgan kishi imom bo‘ladi. Kishiga uning mulkida imomlik qilinmaydi va kishining uyida uy egasi o‘ltiradigan (maxsus) joyga o‘ltirilmaydi, illo o‘zi izn bersa, (mumkin)». Mahmud aytdiki, «Ibn Numayr o‘z hadisi (rivoyati)da: «Yosh jihatidan eng muqaddamlari», deydi.
Bu bobda Abu Sa’id, Anas ibn Molik, Molik ibn Al-Huvayris va Amr ibn Salama (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Abu Mas’udning hadisi - hasan-sahih.
Ilm ahllarining nazdida amal shu hadis asosidadir. Aytadilarki, insonlar orasida imomlikka eng loyig‘i - Allohning Kitobini eng yaxshi qiroat qiladigan va Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sunnatini eng yaxshi bilgan kishidir.
Shuningdek, «Uy egasi imomlikka ko‘proq loyiq», deydilar.
Ayrim ilm axllarining fikricha: «Uy egasi izn bersa, boshqa kishi unga imom bo‘lmoqligida zarar yo‘q». Ba’zilari buni makruh deb qaraydilar va bunday deydilar: «Sunnat - namozni uy egasi o‘qib bermog‘idir».
Ahmad ibn Hanbal aytadiki, «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning: «Kishiga uning mulkida imomlik qilinmaydi va kishining uyida uy egasi o‘ltiradigan (maxsus) joyga o‘ltirilmaydi, illo o‘zi izn bersa, (mumkin)» degan so‘zlariga tayanib, «Uy egasi izn bersa, bu izn hammasiga (uy egasiga imom bo‘lmoqqa va uning joyiga o‘tirmoqqa ham) tegishli bo‘ladi, deb umid qilaman», deydi.
Ahmad ibn Hanbal, agar uy egasi izn bersa, boshqa kishi unga imom bo‘lmog‘i bezarar», deb hisoblaydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:40:34
175-BOB
MAVZU: «SIZLARDAN BIROR KISHI ODAMLARGA IMOM BO’LSA, NAMOZNI YENGIL O’QIB BERSIN»


236. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Sizlardan birortangiz odamlarga imom bo‘lsa, (namozni) yengil o‘qib bersin. Chunki ular orasida kichiklar bor, keksalar bor, zaiflar bor, bemorlar bor. Agar yakka o‘zi o‘qisa, o‘zi xohlaganidek o‘qiyversin».
Bu bobda Adiy ibn Xotim, Anas, Jobir ibn Samura, Molik ibn Abdulloh, Abu Vokid, Usmon ibn Abil-Os, Abu Mas’ud, Jobir ibn Abdulloh va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahllaridan ko‘pchiligining qavli shudir: Zaif, keksa va betob kishilarga og‘irlik qilmasligi uchun namozni cho‘zib yubormaslik jihatini afzal ko‘rganlar.
Abuz-Zinodning ismi - Abdulloh ibn Zakvon. Al-A’roj bu - Abdurrahmon ibn Xurmuz Al-Madiyniy bo‘lib, Abu Dovud kunyasi bilan ataladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:40:50
237. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: aytdi: «Insonlarga namozni eng yengil qilib mukammal o‘kib bergan zot Rasululloh sallallohu alayhi va sallam edilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Abu Avonaning ismi - Vaddoh. Kutaybadan: «Abu Avonaning ismi nima?» deb so‘radim. «Vaddoh», dedi. «Kimning o‘g‘li?» dedim. «Bilmadim. Basrada bir xotinning quli edi», dedi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:41:41
176-BOB
MAVZU: NAMOZNING TAXRIMI VA TAXLILI


238. Abu Sa’id (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Namozning kaliti - tahorat, tahrimi - takbir, tahlili esa salomdir. Farz (namozlari)da va boshqa namozlarda «Alhamdu»ni va yana bir surani o‘qimagan kishining namozi yo‘q!».
Bu hadis - hasan.
Bu bobda (Hazrati) Ali va Oisha (roziyallohu anhumo)dan ham hadis rivoyat qilingan. (Hazrati) Alining bu bobdagi hadisi isnod jihatdan Abu Sa’idning hadisidan ko‘ra jayyid va sahih. Bu hadisni «Tahorat boblari»ning boshida zikr qilib o‘tdik.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan bo‘lmish ilm ahllari nazdida amal shu hadis asosidadir. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir: namozning tahrimi takbirdir. Kishi faqat takbir bilan namozga kirgan bo‘ladi.
Vaki’ning kotibi Abu Bakr Muhammad ibn Abondan eshitdim; aytadiki, Abdurrahmon ibn Maxdiyning bunday deganini uning o‘zidan eshitdim: «Kishi, Allohu taoloning ismlaridan yetmishtasini aytib namozni ochsa-yu, takbir aytmasa, bu takbir o‘rniga o‘tmaydi. Va salom berishdan oldin tahorati buzilsa, unga tahorat olmog‘ini va keyin joyiga qaytib, salom (bermog‘ini amr qilaman. Chunki hukm hadisning ochiq va zohir ma’nosiga qarab chiqariladi».
Bunda ta’vilga bormaslikni va hadisning zohir ma’nosiga qarab xulosa qilishni ko‘zda tutmoqda. Imom Abu Hanifa va Imom Muhammadning fikrlaricha, Allohu taoloning sof ta’zimga dalolat qiladigan har qanday ismi bilan namozni ochmoq joiz. Chunki, e’tibor lafzlarga emas, ma’nolarga (qaratilgan)dir.
(Izohdagi «har qanday ism bilan» iborasini bunday tushunmoq mumkin: «Muxtasar ul-viqoya» sharhida aytiladi: «Allohu taoloning ulug‘ligiga dalolat qiladigan lafz (so‘z)lar bilan namozga kirmoq durustdir. Masalan, «Allohu akbar», «Allohu ajall» yoki «Ar-Rohmanu akbar» yoxud «La illaha illalloh»ga o‘xshagan so‘zlar bilan. Bu lafzlar yoki Alloh taoloning ismlaridan bo‘lgan lafz bo‘lgay. Allohu taoloning ulug‘ligiga dalolat qiladigan lafzini duo qiladigan lafzga qo‘shmagay, qo‘shsa namozi ravo bo‘lmas. Masalan, «Allohu akbar»ning o‘rniga «Allohuma mag‘firliy» desa bo‘lmas...» (Tarjimon ilovasi).
Abu Nodraning, ismi - Al-Munzir ibn Molik ibn Qutoa.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:42:02
177-BOB
MAVZU: TAKBIR AYTGANDA BARMOQLARNI OCHIQ TUTMOQ


239. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (namozni boshlayotib) takbir(i tahrima) aytganlarida barmoqlarini ochiq tutar edilar».
Abu Hurayraning hadisi - hasan.
Bittadan ko‘p kishi bu hadisni Ibn Abi Zi’bdan, Sa’id ibn Sim’ondan, Abu Hurayradan shu tarzda rivoyat qilgan. «Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallam namozga kirayotganlarida panjalarini ochib qo‘llarini ko‘tarar edilar». - Bu, Yahyo ibn Al-Yamonning rivoyatidan ko‘ra sahihdir. Yahyo ibn Al-Yamon bu hadisda yanglishgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:42:50
240. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: aytdi: «Rasululloh sallallohu alaihi va sallam namozga turganlarida qo‘llarini ochib ko‘tarar edilar».
Abdulloh ibn Abdurrrahmon aytadi: «Bu hadis Yahyo ibn Al-Yamonning hadisidan sahih; Yahyo ibn Al-Yamon hadisi (ning so‘zi) yanglish».
Ya’ni, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga turganlarida qo‘llarini ochib ko‘tarar edilar» degan hadis sahih; Yahyo ibn Yamon rivoyat qilgan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (namoz boshlayotib) takbir aytganlarida barmoqlarini ochib turardilar» degan hadis yanglish, deyilmoqda.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:43:34
178-BOB
MAVZU: BIRINCHI TAKBIRNING FAZILATI


241. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki qirq kun Alloh uchun jamoat bilan namoz o‘qisa, (har namozida) birinchi takbirga ulgursa, unga ikki barot (yorliq) yozilgaydir: jahannamdan qutulish baroti va nifoqdan qutulish baroti!».
Bu hadis mavquf tarzida rivoyat qilingan. Salm ibn Qutaybaning Tu’ma ibn Amrdan, Habib ibn Abi Sobitdan, Anasdan qilgan rivoyatidan boshqa, bu hadisni Nabiy sallallohu alayhi va sallamgacha yuksaltirgan biron kishini tanimaymiz.
Bu hadis Habib ibn Abi Habib Al-Vajaliy tariqi bilan Anas ibn Moliqdan uning o‘z so‘zi sifatida rivoyat qilindi.
Hannod ushbuni bizga bayon etdi: Vaki, Xolid ibn Tahmondan, Habib ibn Abi Habib Al-Vajaliydan, Anasdan ayni shu hadisni naql etgan, lekin uni Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamgacha yuksaltirmagan.
Ismoil ibn Ayyash bu hadisni Umaro ibn G’oziyyadan, Anas ibn Molikdan, Umar ibn Al-Xattobdan (roziyallohu anhum), Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan. Bu hadis mahfuz (rojih) emas, mursal. Chunki, Umaro ibn G’oziyya, Anas ibn Molikka ulanmagan.
Muhammad ibn Ismo’il (Al-Buxoriy) aytadi: «Habib ibn Abi Habib «Abul-Qashuso» degan kunyasi bilan ataladi va uni Abu Umayra ham deyishadi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:44:38
179-BOB
MAVZU: BIRINCHI TAKBIRDAN KEYIN O’QILADIGAN DUO


242. Abu Sa’id Al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tungi namozga turganlarida takbir aytgach, «Subhanaka allohumma va bi hamdika va tabaroka-smuka va taa’la jadduka va ilaha g‘oyruk» (Yo Allohim, seni hamding bilan poklab, tasbih va tanzih etgayman. Isming tabarruk-muborak, azamating oliy-yuksak, sendan boshqa iloh yo‘q!) der edilar, keyin «Allohu akbaru kabir» (Alloh ulug‘likda eng ulug‘dir!) der edilar; Keyin: «A’uvuzi billahi sami’-il-’alimi minash-shaytonir-rojim, min hamzihi va nafxihi va nafsihi» (Haq rahmatidan quvilgan shaytondan, uning vasvasasidan, jodusidan va zug‘umidan asramog‘ini so‘rab, eshitguvchi va bilguvchi Allohtsan panoh tilayman!) der edilar».
Bu bobda Ali, Oisha (onamiz), Abdulloh ibn Mas’ud, Jobir, Jubayr ibn Mut’im va Ibn Umar (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Abu Sa’idning hadisi bu bobda rivoyat qilingan hadislarning eng mashhuri. Ilm ahllaridan ayrimlari shu hadis bilan amal qilgan. Ammo ulamoning ko‘pchiligi Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan ushbu hadisni egallashgan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: («Subhanaka-allohumma va bihamdika, ta tabarokasmuka va taa’la jadduka va ilaha g‘ayruk») der edilar. Umar ibn Al-Xattob va Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhumo) shunday deb rivoyat qilishgan. Tobi’iyndan va keyingilardan ilm ahllarining ko‘pchiligi nazdida amal shu hadis asosidadir.
Abu Sa’idning hadisi borasida (tanqidiy) so‘z qilingan. Yahyo ibn Sa’id, Ali ibn Ali Ar-Rifoiyni tanqid qilar edi. Ahmad: «Bu hadis sahih emas», deydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 18 Dekabr 2008, 09:45:26
243. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam namozni ochgan (boshlagan) paytlarida:  («Subhanaka-llohumma va bihamdika va tabaroka-smuka va ta’ala jadduka va la ilaha g‘oyruk»), der edilar».
Bu hadisni Oisha (onamiz)ning rivoyatlaridan (biri) sifatida yolgaz shu vajhdan bilamiz. Horisa haqida, xotirasi jihatidan, (tanqidiy) so‘z qilingan. Abur-Rijolning ismi - Muhammad ibn Abdurrahmon Al-Madiniy.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:16:58
180-BOB
MAVZU: «BISMILLAHIR-ROHMANIR-ROHIYM»NI ICHDA AYTMOQ


244. Abdulloh ibn Mug‘offalning o‘g‘lidan rivoyat qilindi; aytdi: «Otam namozda mening «Bismillahir-Rohmanir-Rohiym» deganimni eshitdi va menga bunday dedi: «Ey o‘g‘lim! (Bu) bid’at, bid’atdan hamisha saqlangil! Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan ko‘ra, Islomda bid’atdan, qattiqroq nafratlangan biror kishini ko‘rmadim». Va aytdiki, «Albatta, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan, Abu Bakr, Umar va Usmon (roziyallohu anhum) bilan birga namoz o‘qidim. Lekin birortalari «Bismilloh»ni (oshkor) aytganlarini eshitmadim. Sen ham (oshkor) aytmagil va namoz o‘qiganingda «Alhamdullahi Robbil ‘alamiyn» degil».
Abdulloh ibn Mug‘affalning hadisi - hasan. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bo‘lmish ilm arboblaridan ko‘pchiligi fikricha, amal shu hadis asosidadir. Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali (roziyallohu anhum) va yana boshqalar hamda ayrim tobi’iyn ulamolari shular jumlasidandir. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir: «Bismilloh» oshkor aytiladi, degan fikrda emaslar, «Bismilloh» maxfiy aytiladi, degan to‘xtamni qabul qilganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:21:40
181-BOB
MAVZU: «BISMILLOH» OSHKOR AYTILADI, DEB QABUL QILGAN KISHILAR


245. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni «Bismillahir-Rohmanir-Rohiym» bilan ochar edilar».
Bu hadisning isnodi uncha sog‘lom emas. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan mutaaddid kishilar shu qavlga ega bo‘lishgan. Abu Hurayra, Ibn Umar, Ibn Abbos, Ibnuz-Zubayr (roziyallohu anhum) va tobi’iyndan ba’zi ilm ahllari, «Bismilloh» oshkor aytiladi, deb qaraydilar. Shofi’iyning qavli ham shu.
Ismoil ibn Hammod - Al-Sulaymonning o‘g‘li.
Abu Xolid Al-Vo’libiyning ismi - Hurmuz bo‘lib, kufaliqdir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:23:24
182-BOB
MAVZU: QIROATNI «ALHAMDULILLAHI ROBBIL-’ALAMIYN» BILAN BOSHLAMOQ


246. Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr, Umar va Usmon (roziyallohu anhum) qiroatni («Alhamdulillahi Robbil-’alamiyn») bilan boshlar edilar».
Bu hadis hasan-sahih. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, tobi’iyndan va keyingilardan bo‘lmish ilm ahllarining ko‘pchiligi nazdida amal shu hadis asosidadir: Qiroatni («Alhamdulillahi Robbil ‘alamiyn») bilan ochar edilar.
Shofi’iy aytadiki, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr, Umar, Usmon (roziyallohu anhum) qiroatni («Alhamdulillahi Robbil-’alamiyn») bilan boshlar edilar» degan hadisning ma’nosi - «Ular «Fotiha»ni (zam) suradan oldin o‘qir edilar» demaqdir, «Bismilloh»ni aytishmas edi, degan ma’noda emas...». Shofi’iy rahimahulloh, qiroatni «Bismilloh» bilan boshlanadi, jahriy qiroatda esa «Bismilloh» ham oshkor aytiladi, deb hisoblaydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:28:28
183-BOB
MAVZU: «FOTIHA»SIZ ASLO NAMOZ YO’Q


247. Uboda ibn Somit (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Qur’oni Karim ochqichi («Fotiha» surasi)ni o‘qimagan kishining namozi yo‘q!».
Bu bobda Abu Hurayra, Oisha (onamiz), Anas, Abu Qatoda va Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Ubodaning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan ilm ahllarining ko‘pchiligi nazdida amal shu hadis asosidadir: Umar ibn Al-Hattob, Ali ibn Abu Tolib, Jobir ibn Abdulloh, Imron ibn Husayn (roziyallohu anhum) va yana boshqalar shular jumlasidandir. Namoz faqatgana «Fotiha»ni o‘qishlik bilan joiz bo‘ladi, deb qabul qilganlar.
Ibnul Muborak, Shofi’iy va Ishoqning qavli shu.
Bu imomlarning fikricha, namozning farzlaridan biri «Fotiha» surasini o‘qimoqdir. Hanafiylar nazdida mutloq farz -qiroat, «Fotiha» surasini o‘qish esa vojibdir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:29:32
184-BOB
MAVZU: «FOTIHA»DAN KEYIN «OMIN» DEMOQ


248. Voil ibn Xujr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan eshitdim, «g‘oyril mag‘zubi ‘alayhim va lazzolliyn»ni o‘qigach, «Omin» dedilar va bunda ovozlarini balandlatdilar».
Bu hadisni sahih bir isnod bilan rivoyat qilgan Abu Dovud «madda» so‘zi o‘rniga «jaharo» deb aytadi. (Imomi A’zam mazhablarida «Omin»ning sunnat ekanligini ta’kidlagan holda, uni ohista aytmoqni ravo ko‘rganlar. Chunki Imom A’zam (rahmatullohi alayh) ta’birlaricha, «Omin» -«Ilohim, shunday bo‘lsin» degan ma’nodagi duodir. Duoning maxfiysi tezroq qabul bo‘ladi. Hanafiy mazhabnga oid kitoblarda bu hakda qator dalil-asoslar bor. Jumladan, Abdulloh ibn Mahmud ibn Mavdud al-Musiliy al-Hanafiyning «Al-ixtiyor li-ta’lilil-muxtor» kitobida bunday deyiladi: «Imom: «valazzooliyshni aytgach, «Omin» deydi va buni maxfiy aytadi. Chunki Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan bunday deganlari rivoyat qilinadi: «Imom «valazzooliyn» deganida, bas, sizlar «Omin» deiglar. Chunki imom «omin» deydi».
Voil ibn Hujr (roziyallohu anhu) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning «Omin»ni maxfiy aytganlarini rivoyat qilgan».
249-hadisga diqqat qiling.
Bu bobda Ali va Abu Hurayra (roziyallohu anhumo)dan ham hadis rivoyat qilindi.
Voil ibn Hujrning hadisi - hasan.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, tobi’iyndan va keyingilardan mutaaddid ilm ahllarining qavli shu: erkak kishi «Omin» deganda ovozini ko‘tarmog‘i va uni maxfiy aytmasligi kerak, deb hisoblaydilar. Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:30:38
249. Shu’ba ushbu hadisni Salama ibn Kuhayldan, Hujr Abul-Anbasdan, Alqama ibn Voildan, uning otasidan bunday deb rivoyat qiladi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «g‘oyril mag‘zubi ‘alayhim va lazzolliyn»ni o‘qigach, «Omin» dedilar va bu so‘zda ovozlarini pastlatdilar».
Muhammaddan bunday deganini eshitdim: «Bu bobda Sufyonning hadisi Shu’baning hadisidan ko‘ra sahihroq. Shu’ba bu hadisning bir qancha joyida yanglishib «Hujr Abul-Andas» deydi. Holbuki, u Hujr ibn Andas bo‘lib, «Abus-Sakan» kunyasi bilan ataladi. Keyin: «Alqama ibn Voildan», deydi. Holbuki, hadisning sanadida Alqama yo‘q va u «Voil ibn Hujr» bo‘ladi. Keyin «Bu so‘zda ovozlarini pastlatdilar» deydi, vaholanki, «bu so‘zda ovozlarini balandlatdilar» bo‘ladi.
Abu Zur’odan bu hadis haqida so‘radim, aytdiki, «Bu bobda Sufyonning hadisi Shu’baning hadisidan ko‘ra sahihroq. Al-A’lo ibn Solih Al-Asadiy ham Salama ibn Kuhayldan Sufyonning rivoyatidek rivoyat qilgan».
Abu Bakr Muhammad ibn Abon bizga Abdulloh ibn Numayrdan, Al-A’lo ibn Solih Al-Asadiydan, Salama ibn Kuhayldan, Hujr ibn Anbasdan, Voil ibn Hujrdan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bayon qildi; (bu) Sufyon, Salama ibn Kuhayldan rivoyat qilgan hadisning o‘xshashidir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:35:22
185-BOB
MAVZU: «FOTIHA»DAN KEYIN «OMIN» DEMOQNING FAZILATI


250. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Imom «Omin» deganda sizlar ham «Omin» denglar, zero kimning «Omin»i maloikalarning «Omini»ga to‘g‘ri kelib qolsa, u kishining o‘tgan gunohlari kechiriladi».
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:36:10
186-BOB
MAVZU: NAMOZDAGI IKKI SAKTA (TO’XTAB, TIN OLMOQ)


251. Samura (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: u: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ikki saktani (o‘rganib) eslab qoldik», dedi. Imron ibn Husayn buni inkor qilib, «Bir saktani yod oldik», dedi. Shunda Madinada yashayotgan Ubay ibn Ka’bga maktub yozdik. Ubay o‘z javobida: «Samura eslab qolibdi», deb yozdi. Sa’id aytadi: «Qatodadan: «Bu ikki sakta nima?» deb so‘radik. Aytdiki, birinchi sakta (to‘xtab, tin olmoq) namozni boshlagan paytda va ikkinchisi - qiroatni tugatgan paytdadir». Keyin esa: «Valazzolliynni aytganda», dedi. Aytadiki, «Qiroatni tugatgan paytlarida, to o‘zlarini jamlab (bo‘g‘inlari joy-joyiga tushib) olgunlaricha sukut qilib, tin olardilar».
Bu bobda Abu Hurayradan hadis rivoyat qilingan.
Samuraning hadisi - hasan.
Ilm ahlidan bittadan ko‘p kishining qavli shudir. Imom namoz boshlaganidan keyin va tag‘in qiroatni tugatganidan keyin sakta qilmog‘ini (to‘xtab, tin olmogani) mustahab deb qaraydilar. Ahmad, Ishoq va birodarlarimizning ham qavli shu.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:39:40
187-BOB
MAVZU: NAMOZDA (QIYOMDA) O’NG QO’LNI CHAP QO’LNING USTIGA QO’YMOQ


252. Hulb (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qilardilar va o‘ng qo‘llarini chap bilaklarining ustiga qo‘yar edilar».
Bu bobda Voil ibn Xujr, G’utayf ibn Al-Horis Ibn Abbos, Ibn Mas’ud va Sahl ibn Sa’d (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Hulbning hadisi - hasan.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, tobi’iyndan va keyingilardan bo‘lmish ilm ahllarining nazdida amal shu hadis asosidadir. Kishi namozda (qiyomda) o‘ng qo‘lini chap qo‘lining ustiga qo‘yadi, degan to‘xtamdalar.
Ayrim ilm ahllarining fikricha, qo‘llarini kindigining ustiga va ayrimlarining fikricha, kindigining ostiga qo‘yadi. Har ikkisi ham ulamolar nazdida ma’qul va mo‘‘tabardir.
Huldning ismi - Yazid ibn Kunofa At-Toiy.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:42:15
188-BOB
MAVZU: RUKU’GA VA SAJDAGA BORAYOTIB TAKBIR AYTMOQ


253. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham, Abu Bakr bilan Umar ham, har gal egilishda va ko‘tarilishda, qiyomda va qu’udda (tik turishda va o‘tirishda) takbir aytar edilar».
Bu bobda Abu Hurayra, Anas, Ibn Umar, Abu Molik Al-Ash’ariy, Abu Muso, Imron ibn Husayn, Voil ibn Hujr, Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Abdulloh ibn Mas’udning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam sahobalarining amali shu hadis asosidadir. Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali va yana boshqalar (roziyallohu anhum) shular orasida borlar. Tobi’iynning, ulamo va fuqahoning (olimlar va faqihlarning) barchalarining qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:43:02
254. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (qiyomdan) egilayotib takbir aytar edilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan bo‘lmish ilm ahllarining qavli shudir: Kishi ruku’ga va sajdaga borayotib takbir aytadi, deb qabul qilganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:46:08
189-BOB
MAVZU: RUKU’GA BORAYOTIB QO’LLARNI KO’TARMOQ


255. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim, namozni boshlab, ruku’ga borayotganlarida va ruku’dan qaytganlarida qo‘llarini yelka barobarida ko‘tarar edilar». Ibn Abi Umar o‘z hadisida qo‘shimcha qilib, «Ikki sajda orasida (qo‘llarini) ko‘tarmas edilar», deydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:48:02
256. Al-Fazl ibn As-Sobbah Al-Bag‘dodiy bu hadisni xuddi shu isnod bilan Ibn Abi Umar hadisiga o‘xshash tarzda rivoyat qilgan.
Bu bobda Umar, Ali, Voil ibn Hujr, Molik ibn Al-Huvayris, Anas, Abu Hurayra, Abu Humayd, Abu Usayd, Sahl ibn Sa’d, Muhammad ibn Maslama, Abu Qatoda, Abu Muso Al-Ash’ariy, Jobir va Umar Al-Laysiy (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Umarning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning . sahobalaridan ayrim ilm ahllarining qavli shu. Ibn Umar, Jobir ibn Abdulloh, Abu Hurayra, Anas, Ibn Abbos, Abdulloh ibn Az-Zubayr, tag‘in boshqalar shular orasida bor. Tobi’iyndan Hasan Al-Basriy, Ato, Tovus, Mujohid, Nofi’, Solim ibn Abdulloh, Sa’id ibn Jubayr va tag‘in boshqalarning qavli shu. Molik, Ma’mar, Al-Avzoiy, Ibn Uyayna, Abdulloh ibn Al-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoq shu qavlga ega bo‘lishgan.
Abdulloh ibn Al-Muborak, Az-Zuhriyning Solimdan, uning otasidan rivoyat qilgan hadisini zikr kilib, bunday deydi: «Qo‘llarini ko‘targan kishining hadisi sobitdir va Ibn Mas’udning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam faqat birinchi martasida (namoz boshida) qo‘llarini ko‘tarar edilar» degan hadisi sobit emas». Abdulloh ibn Al-Muborakning bu so‘zini Ahmad ibn Abda Al-Amuliy, Vahb ibn Zam’a-dan, Sufyon ibn Abdumalikdan, Abdulloh ibn al-Muborakdan bizga yetkazgan.
Yahyo ibn Muso, Ismoil ibn Abi Uvaysdan naql etib, bizga bayon qildi va aytadiki, «Molik ibn Anas, namozda qo‘llarini ko‘tarish fikrida edi».
Shuningdek, Yahyo, Abdurrazzokdan naql etib, bunday deydi: «Ma’mar namozda qo‘llarini ko‘tarish fikrida edi».
Al-Jorud ibn Mu’ozdan bunday deganini eshitdim: «Sufyon ibn Uyayna, Umar ibn Horun va An-Nazr ibn Shumayl namozni boshlaganda, ruku’ga borayotganda va ruku’dan qaytayotganlarida qo‘llarini ko‘tarar edilar».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:49:57
190-BOB
MAVZU: RASULI AKRAM SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAM FAQATGINA (NAMOZNING) BOSHLANIShIDA QO’LLARINI KO’TARAR EDILAR


257. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u kishi: «Sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozlaridek namoz o‘qib berayinmi?» dedi. So‘ng o‘qib berdi va qo‘llarini faqatgina birinchi takbirda (takbiri tahrimada) ko‘tardi».
Bu hadis Yer yuzi musulmonlarining ko‘pchiligi amal qiladigan Hanafiy mazhabi uchun hujjat qilib olingan. Chunki hadis sahobalarning eng qadimgilaridan, eng ilg‘orlaridan va faqihlaridan bo‘lmish Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan eng so‘ngroq rivoyat qilingan.
Bu bobda Al-Barro ibn Ozibdan hadis rivoyat qilingan.
Ibk Mas’udning hadisi hasan. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan bittadan ko‘p ilm ahllarining qavli shudir. Sufyon As-Savriy va Kufa olimlari shu qavlga ega bo‘lganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:55:23
191-BOB
MAVZU: RUKU’DA QO’LLARNI TIZZALAR KO’ZIGA QO’YMOQ


258. Umar ibn Al-Xattob (roziyallohu anhu) dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Tizzalar(ga suyanmoq) sizlarga sunnatdir. Bas, tizzalarni tutingizlar!».
Bu bobda Sa’d, Anas, Abu Humayd, Abu Usayd, Sahl ibn Sa’d, Muhammad ibn Maslama va Abu Mas’ud (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
(Hazrati) Umarning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, tobi’iyndan va keyingilardan ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Bu xususda oralarida ixtilof yo‘q. Faqat Ibn Mas’ud va ba’zi birodarlari, ruku’da panjalarini biriktirgan holda tizzalari o‘rtasiga qo‘yganlari rivoyat qilingan. Ilm ahllarishshg fikriga ko‘ra «tadbiq» deb atalgan bu harakat nasx etilgan (bekor qilingan).
Sa’d ibn Abi Vaqqos aytadiki, «Biz shunday qilar edik, keyin bundan qaytarildik va bizga kaftlarimizni (panjalarimizni) tizzalar ko‘ziga qo‘ymoqlik buyurildi». Qutayba bu hadisni bizga Abu Avonadan, Abu Ya’furdan, Mas’ud ibn Sa’ddan, uning otasi Sa’d ibn Abi Vaqqosdan bayon qildi.
Abu Humayd As-Sa’idning ismi - Abdurrahmon ibn Sa’d ibn Al-Munzir. Abu Usayd As-Sa’idning ismi - Molik ibn Robi’a. Abu Hasiynning ismi - Usmon ibn Osim Al-Asadiy. Abu Abdurraxmon As-Sulaymiyning ismi - Abdulloh ibn Habib. Abu Ya’furning ismi esa - Vokid, Vakdon ekani ham aytiladi. Abdulloh ibn Abi Avfdan rivoyat qilgan kishi shudir. Ikkalalari ham kufalikdir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:56:03
192-BOB
MAVZU: RUKU’DA QO’LLAR QO’LTIQDAN AJRALMOG’I


259. Abbos ibn Sahldan rivoyat qilindi; aytdi: «Abu Humayd, Abu Usayd, Sahl ibn Sa’d va Muhammad ibn Maslama to‘planishib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozlarini muzokara qildilar. Shunda Abu Humayd aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozlarini eng yaxshi bilgan kishingiz menman. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’ga bordilar, ikki qo‘llarini (panjalarini) ikki tizzalari (ko‘zi)ga qo‘ydilar, xuddi tizzalarini changallab tutgandek qildilar, qo‘llarini kerib, qo‘ltiqlaridan ajratdilar».
Bu bobda Anas (roziyallohu anhu)dan ham rivoyat bor.
Abu Humaydning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahli shuni ixtkyor etgan: Erkak kishi ruku’da va sajdada qo‘llarini qo‘ltiqlaridan ajratadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:57:37
193-BOB
MAVZU: RUKU’ VA SAJDA TASBIHLARI


260. Ibn Masud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Birortangaz ruku’ga borganda, ruku’da uch marta «Subhana Robbnyal-’azim» desa, ruku’si to‘liq bo‘ladi, bu eng kamidir; va sajdaga borganda sajdada uch marta «Subhana Robbiyal-a’la» desa, sajdasi to‘liq bo‘ladi, bu eng kamidir».
Bu bobda Huzayfa va Uqba ibn Omirdan ham rivoyat bor.
Ibn Mas’ud hadisining isnodi muttasil emas.
Chunki Avn ibn Abdulloh ibn Utba, Ibn Mas’ud bilan uchrashmagan. Ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir: Kishi ruku’da va sajdada uch martadan oz tasbih aytmog‘ini qabul qilmaganlar. (Ya’ni kamida uch marta tasbih aytmog‘i kerak).
Ibnul-Muborakdan bunday deb aytgani rivoyat qilinadi; «Imom besh marta tasbih aytmog‘ini men mustahab ko‘raman. Toki orqasida unga ergashganlar uch marta tasbih aytishga ulgursinlar».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 03:58:26
193-BOB
MAVZU: RUKU’ VA SAJDA TASBIHLARI


260. Ibn Masud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Birortangaz ruku’ga borganda, ruku’da uch marta «Subhana Robbnyal-’azim» desa, ruku’si to‘liq bo‘ladi, bu eng kamidir; va sajdaga borganda sajdada uch marta «Subhana Robbiyal-a’la» desa, sajdasi to‘liq bo‘ladi, bu eng kamidir».
Bu bobda Huzayfa va Uqba ibn Omirdan ham rivoyat bor.
Ibn Mas’ud hadisining isnodi muttasil emas.
Chunki Avn ibn Abdulloh ibn Utba, Ibn Mas’ud bilan uchrashmagan. Ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir: Kishi ruku’da va sajdada uch martadan oz tasbih aytmog‘ini qabul qilmaganlar. (Ya’ni kamida uch marta tasbih aytmog‘i kerak).
Ibnul-Muborakdan bunday deb aytgani rivoyat qilinadi; «Imom besh marta tasbih aytmog‘ini men mustahab ko‘raman. Toki orqasida unga ergashganlar uch marta tasbih aytishga ulgursinlar».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 04:00:43
261. Xuzayfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «U (Huzayfa) Nabiy sallallohu alayhi va sallam bilan birga namoz o‘qidi. Ruku’da: («Subhana Robbiyal-a’zim»), sajdada esa («Subhana Robbiyal-a’la») der edilar. (Qiroatlari asnosida) rahmat oyatiga kelganlarida to‘xtab, (Allohdan) rahmat tilar edilar; azob oyatiga kelganlarida to‘xtab, (Allohdan) panoh tilar edilar».
Bu hadis hasan-sahih.

262. Shuba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi.  (Shu hadisning o‘zi).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 04:01:57
194-BOB
MAVZU: RUKU’DA VA SAJDADA QUR’ON QIROAT QILINMAYDI


263. (Hazrati) Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ipak matoh va mu’asfar (sariqqa bo‘yalgan) kiyim kiymoqdan, oltin uzuk taqmoqdan va ruku’da Qur’on o‘qimoqdan qaytardilar».
Muslim, Abu Dovud va An-Nasoiy tomonlaridan taxrij qilingan bu hadisda bunday deyiladi: «Diqqat qilingayki, men, ruku’da va sajdada turib Qur’on o‘qimoqdan qaytarildim. Bas, rukuda Robbingizga ta’zim qilingizlar va sajdada esa duoga mashg‘ul bo‘lingizlarkim, duolaringiz qabul qilingaydir».
Bu bobda Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan ham rivoyat bor.
(Hazrati) Alining hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bo‘lmish ilm ahllari va sahobalaridan keyin kelgan olimlarning qavli shu.
Ruku’da va sajdada (Qur’on) qiroat qilmoqni makruh deb hisoblashgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 04:03:50
195-BOB
MAVZU: RUKU’DA VA SAJDADA BELINI TO’KIS BUKMAGAN KISHI


264. Abu Mas’ud Al-Ansoriydan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Namozda to‘liq tekislanmagan, ya’ni ruku’da va sajdada belini tekis bukmagan erkak kishining namozi durust emas!»
Bu bobda Ali ibn Shaybon, Anas, Abu Hurayra va Rifo’a Az-Zuroqiy (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Mas’udning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan ilm ahlining va ulardan keyingi olimlarning nazdida amal shu hadis asosidadir. Erkak kishi ruku’da va sajdada belini to‘liq tekis bukmog‘i kerak degan jihatga ega bo‘lganlar.
Shofi’iy, Ahmad va Ishoh, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning: «Namoz o‘qiyotib ruku’da va sajdada belini to‘liq tekis bukmagan erkak kishining namozi durust emas», degan hadislariga tayanib, ruku’da va sajdada to‘liq to‘g‘rilanmagan (tekislanmagan) kishining namozi durust emas, deb qabul qilishgan.
Bu imomlar fikricha, ta’dili arkon va ruknlarda mukammallik (to‘liq bajarishlik) - farz. Imomi Abu Hanifa va Imom Muhammadning fikrlaricha, bu vojib ekanligi bayon qilingan. Shuningdek, sunnat ekanligi ham bayon qilingan. Chunonchi, Taxoviyning so‘zidan ko‘proq vojib ekanligi anglashiladi. Hanafiylar, ta’dili arkon farz bo‘lmay, vojib ekanligiga doir keltirgan dalillaridan biri ushbudir: «Allohu taolo: «Ey iymon keltirganlar, ruku va sujud qilingizlar!» deb marhamat etgan. Oyati jalilada ruku va sajda qilmoqqa amr qilinmoqda. «Ruku’» va «sujud» ma’nolari ma’lum bo‘lgan xos atamalardir. Ruku’ning ma’nosi - egilmoq va sajdaning ma’nosi tie cho‘kmoqdir. Mazkur oyati jalilaning hukmiga ko‘ra qiyomdan mutloq tarzda egilmoq va qo‘lini yerga qo‘ymoq farzdir. Zero, xabari voqid bilan Qur’onning itloqini nasx etish (bekor qilish) joiz emas.
Abu Ma’marning ismi - Abdulloh ibn Sahbara.
Badrlik Abu Mas’ud Al-Ansoriyning ismi — Uqba ibn Amr.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 04:07:49
196-BOB
MAVZU: NAMOZXON RUKU’DAN BOSH KO’TARGANDA NIMA DEYISHI KERAK?


265. (Hazrati) Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’dan bosh ko‘targanlarida: bunday der edilar: «Samia’llohu liman hamidah, Robbana va laka-l-hamd, mil’a-s-samavati val arz va mil’a ma bay-nahuma va mil’a ma shi’ta min shayin ba’du...» (Alloh, hamd aytgan kishining hamdini eshitgaydir (qabul qilgaydir). «Yo Rabbimiz! Senga osmonlar va yerlarni to‘ldirgulik, ular orasini to‘ldirgulik va O’zing xohlagan (arsh va kursi kabi cheksiz) borliqni to‘ldirgulik hamdlar bo‘lsin!»)
Bu bobda Ibn Umar, Ibn Abbos, Ibn Abi Avf, Abu Juhayfd va Abu Sa’id (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
(Hazrati) Alining hadisi hasan-sahih. Ba’zi ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir.
Imomi Shofi’iyning qavli ham shu. Shofi’iyning fikriga ko‘ra, xoh farzda, xoh nafl namozlarida bo‘lsin, shu so‘zlar aytiladi.
Kufa faqihlaridan ba’zilarining fikricha, buni faqat nafl namozida aytadi, farz namozlarida aytmaydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 04:09:09
197-BOB
MAVZU: O’TGAN MASALA (YA’NI NAMOZXON RUKU’DAN BOSH KO’TARGANDA NIMA DEYDI?)


266. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dats rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Imom «Sami’allohu liman hamidah» deganda, «Robbana va laka-l-hamd!» deb aytingizlar. Chunki, kimning aytgani maloikalarning aytganiga to‘g‘ri kelib qolsa, uning o‘tgan gunohlari kechiriladi».
Hadisning zohiri, barcha gunohlarning kechirilishiga dalolat qiladi. Ammo ulamo, buni kichik gunohlarga tegishli, deb hisoblashgan. Insonning aytgani maloikalarning aytganiga to‘g‘ri kelib qolishi «Robbana va laka-l-hamd!» maloikalar bilan ayni bir vaqtda aytilmog‘idir.
Bu hadis hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning ba’zi sahobalaridan ilm ahllarining va sahobalaridan keyin kelgan olimlardan ba’zilarining nazdida amal shu hadis asosidadir. Imom: «Sami’allohu li-man hamidah» — deydi, imomning orqasidagilar esa: «Robbana-laka-l-hamd!» deydilar.
Imomi Ahmadning qavli ham shu. Ibn Siyriyn va boshqalarning fikriga ko‘ra, imomning orqasidagilar imom aytganidek: «   Sami’allohu li-man-hamidah, Robbana va laka-l-hamd» deyishadi. Shofi’iy bilan Ishoqning qavli shunday.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Dekabr 2008, 04:11:28
198-BOB
MAVZU: SAJDAGA BORAYOTIB QO’LLARNI TIZZALARDAN OLDIN YERGA QO’YMOQ (MUMKINMI?)


267. Voil ibn Hujr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni (namoz o‘qiyotganlarida) ko‘rdim, sajdaga borayotib tizzalarini qo‘llaridan oldin yerga qo‘ydilar va qiyomga turayotib qo‘llarini tizzalaridan oldin ko‘tardilar».
Hasan ibn Alining hadisida ushbu qo‘shimcha o‘rin olgan: Yazid ibn Horun aytadiki, «Shorik, Osim ibn Kulaybdan tanho shu hadisni rivoyat qilgan».
Bu hadis g‘arib-hasan. Shorikdan boshqa bu hadisni rivoyat qilgan kishini bilmaymiz. Ilm ahlining ko‘pchiligi nazdida amal shu hadis asosidadir. Kishi tizzalarini qo‘llaridan oldin yerga qo‘yadi, deb qaraydilar.
Qiyomga turayotganda qo‘llarini tizzalaridan oldin ko‘taradi (erdan oladi).
Hammom bu hadisni Osimdan mursal tarzida rivoyat qilgan; sanadida Voil ibn Hujrni zikr etmagan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Dekabr 2008, 09:45:24
199-BOB
MAVZU: O’TGAN MASALA


268. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Qaysi biringiz namozda tuya cho‘kkalagandek cho‘kkalaydi»
Shorih yuqoridagi izohlarda aytganidek, faqat Imomi Molikning mazhablarida avval qo‘llarni yerga ko‘yib sajdaga boriladi. Ammo qolgan uch imom - (Hazrati) Imomi A’zam - Abu Hanifa, Imom Shofi’iy va Imom Ahmad Hanbaliy mazhablarida sajdaga borayotib, tizzalarni qo‘llardan oldin yerga qo‘yish buyurilgan.
Abu Hurayraning hadisi g‘arib.
Bu hadisni Abuz-Zinodning rivoyatidan tanho shu vajhdan bilamiz..
Bu hadis Abdulloh ibn Sa’id Al-Maqburiydan, uning otasidan, Abu Hurayradan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan.
Yahyo ibn Sa’id Al-Katton va boshqalar, Abdulloh ibn Sa’id Al-Maqburiyning (hadis bobida) zaif ekanligini qayd etishadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Dekabr 2008, 09:46:26
200-BOB
MAVZU: PESHONA VA BURUN BILAN SAJDA QILMOQ


269. Abu Humayd As-Sa’idiy (roziyallohu anhu dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam sajdaga borganlarida burunlarini va peshonalarini yerga yaxshilab bosar, qo‘llarini qo‘ltiqlaridan ajratar va panjalarini yelkalarining to‘g‘risiga qo‘yar edilar».
Bu bobda Ibn Abbos, Voil ibn Hujr va Abu Sa’id (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Abu Humaydning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir.
Kishi peshonasi va burnisi bilan sajda qilmogi kerak. Agar burnini yerdan uzib, faqat peshonasi bilan sajda qilsa, ilm ahlidan ba’zilari sajdaning durust ekanligiga iqror bo‘lishgan; ba’zilari esa ham peshona, ham burun bilan sajda qilmagunicha, sajdasi durust bo‘lmaydi, deb aytishadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Dekabr 2008, 09:50:10
201-BOB
MAVZU: KISHI SAJDAGA BORGANDA YUZINI QAYERGA QO’YADI?


270. Abu Ishoqdan rivoyat qilindi; aytdi: «Barro ibn Ozibdan: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam sajda qilganlarida yuzlarini qaerga qo‘yar edilar?» deb so‘radim. «Ikki qo‘llarining orasiga», dedi.
Bu bobda Voil ibn Hujr va Abu Humayd (roziyallohu anhumo)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Barroning hadisi hasan-g‘arib.
Ba’zi ilm ahli shuni ixtiyor etishgan. Ya’ni (sajdada) qo‘llari quloqlariga yaqin turishini ma’qullashgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Dekabr 2008, 09:51:10
202-BOB
MAVZU: YETTITA A’ZO BILAN SAJDA QILMOQ


271. Al-Abbos ibn Abdulmuttolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitgan: «Banda sajda qilganida u bilan birga yettita a’zosi sajda qiladi: yuzi, ikki qo‘li, ikki tizzasi, ikki oyog‘i».
Bu bobda Ibn Abbos, Abu Hurayra, Jobir va Abu Sa’id (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Abbosning hadisi hasan-sahih. Ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Dekabr 2008, 09:51:47
212. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga yetti a’zo bilan sajda qilmoqlik, soch va kiyimlarni orqaga qaytarmaslik buyurildi».
Yerga tegmasin deb sochini va kiyimini orqaga qaytarmaslik va shimarmoqlik nazarda tutiladi. Hadisning zohir ma’nosi, bu harakatlar namoz asnosida qilinmasligi kerakligini anglatadi. Qozi Iyoz, namozga kirishdan oldin va namoz asnosida ham bunday harakat makruh ekanligini aytadi va bu barchaning qavli ekanligiga ishorat qiladi. Hofiz Ibn Hajar bunday deydi: «Bu harakat namozni fosid qilmasligi ustida bir to‘xtamga kelganlar. Ammo Ibnul-Munzir, Hasandan naql etib, namozni ioda qilishi (qayta o‘qishi) lozim bo‘ladi, deydi. Buning hikmati esa ushbudir: Yerga tegmasin deb kiyimini va sochini orqaga qaytarish bilan mutakabbir kishilarga o‘xshab qoladi».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Dekabr 2008, 09:52:32
203-BOB
MAVZU: SAJDADA QO’LLARNI QO’LTIQLARDAN AJRATMOQ


273. Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Arkom Al-Xuzo’iy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Otam bilan birga Namiyra vodiysida edim. Bir qofila (karvon) duch keldi. Qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga turgan ekanlar». (Abdulloh) aytadi: «Sajda qilganlarida qo‘ltiqlariga nazar tashladim, qo‘ltiq ostlarining oppoqligi ko‘rinib turar edi».
Bu bobda Ibn Abbos, Ibn Buxayna, Jobir, Ahmar ibn Jaz’, Maymuna, Abu Humayd, Abu Usayd, Abu Mas’ud, Sahl ibn Sa’d, Muhammad ibn Maslama, Al-Barro ibn Ozib, Adiy ibn Amira va Oisha (onamiz) (roziyushohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Abdulloh ibn Arqomning hadisi - hasan. Bu hadisni yolg‘iz Dovud ibn Qaysning rivoyatidan bilamiz. Abdulloh ibn Arqomning, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan, shundan boshqa hadio rivoyat qilgani ma’lum emas.
Ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir.
Hadis qo‘llarni qo‘ltiqlardan ajratish kerakligiga dalolat qiladi. Chunki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini biqinlariga yopishtirgan bo‘lsalar edi, qo‘ltiqlari tagini ko‘rish mumkin bo‘lmasdi.
Ahmar ibn Jaz’ — Payg‘ambar sall&shtohu alayhi va sallamning sahobalaridan bo‘lib, bir qancha hadisi bor.
Abdulloh ibn Arqom Az-Zuhriy - Abu Bakr Siddiq (rrziyallohu anhu)ning kotibi. Abdulloh ibn Arkom Al-Xuzo’iyga kelsak, uning Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan qilgan rivoyati sifatida bitta shu hadis ma’lum.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Dekabr 2008, 09:53:15
204-BOB
MAVZU: SAJDADA MO’TADILLIK


274. Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Birortangiz sajda qilganda mo‘‘tadil (o‘rtacha) sajda qilsin. It yotish qilib bilaklarini yerga cho‘zib olmasin».
Bu bobda Abdurrahmon ibn Shibl, Al-Barro, Anas, Abu Xumayd va Oisha (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Jobirning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir. Sajdada mo‘‘tadillikni ma’qullab, yirtqich hayvonlardek cho‘zilib olishni makruh deb hisoblaydilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Dekabr 2008, 09:54:19
275. Qatoda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Anasdan eshitdimki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sajdada mo‘tadil (o‘rtacha) bo‘lingizlar. Birortangiz namozda, it cho‘zilganiga o‘xshab, bilaklarni yerga cho‘zib olmasin».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Dekabr 2008, 09:55:42
205-BOB
MAVZU: SAJDADA QO’LLARNI YERGA QO’YMOQ VA OYOQLARNI TIK TUTMOQ


276. Omir ibn Sa’dning otasidan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ikki qo‘l (kaftlari)ni yerga yotqizmoqni va ikki oyoqni tik tutmoqni buyurdilar».

277. Omir ibn Sa’ddan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam (sajdada) ikki qo‘lni (kaftlarni) yotqizmoqni buyurdilar».
Bunda o‘sha hadis aynan zikr etilgan, ammo «otasidan» deb zikr qilinmagan.
Yahyo ibn Sa’id Al-Katton va mutaaddid kishilar Muhammad ibn Ajlondan, Muhammad ibn Ibrohimdan, Omir ibn Sa’ddan: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ikki qo‘l (kaftlari)ni yotqizmoqni va ikki oyoqni tik tutmoqni buyurdilar» deb rivoyat qilgan hadislari - mursal. Bu hadis Vuhaybning hadisidan ko‘ra sahihdir.
Ilm ahli shu hadisga to‘xtalib, (mutobiq qolib) shuni ixtiyor qilganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Dekabr 2008, 09:59:21
206-BOB
MAVZU: SAJDADAN VA RUKU’DAN BOSH KO’TARGANDA BELNI (QOMATNI) TIK TUTMOQ


278. Barro’ ibn Ozibdan rivoyat qilindi: aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozlari, ruku’ga borganlarida va ruku’dan bosh ko‘targanlarida, sajdaga borganlarida va sajdadan bosh ko‘targanlarida bellarini (qomatlarini) tippa-tik tutmoqqa yaqin edi».
Bu bobda Anas (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan.

279. Muhammad ibn Bashishrdan, Muhammad ibn Ja’fardan, Shu’badan va Hakamdan ayni shu hadis rivoyat qilingan.
Al-Barroning hadisi hasan-sahih..
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Dekabr 2008, 10:00:56
207-BOB
MAVZU: RUKUDA VA SAJDADA IMOMDAN OLDIN HARAKAT QILMOQ MAKRUH EKANLIGI


280. Al-Barro (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; (u kishi yolgon so‘zlamaydi): «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarida namoz o‘qiganimizda u kishi ruku’dan boshlarini ko‘targach, to sajdaga bormagunlaricha bizlardan biror kishi belini egmas edi, so‘ng sajdaga borar edik».
«U yolg‘onchi emas» - bu ta’rif hadis roviylardan biri Abdulloh ibn Yazidning so‘zi bo‘lib, Ar-Barroni ko‘zda tutgani anglashilmoqda. Yahyo ibn Maiyn, bu so‘zdan Al-Barro emas, balki Abdulloh ibn Yazidning o‘zi nazarda tutilganini aytadi. Chunki Al-Barro - sahoba, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan biri haqida «U yolg‘onchi emas» deyilmaydi. Bu ibora faqat adolati, to‘g‘riligiga shubha qilingan kishilar haqida aytiladi. Holbuki, sahobalarning hammasi (roziyallohu anhum) odil, to‘g‘ri kishilardir va kishining oqloviga muhtoj emasdirlar...
Bu bobda Anas, Muoviya, Sohibi Jaysh Ibn Mas’ada va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Al-Barroning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahlining qavli ham shu. Imomning orqasida turganlar u qilgan harakatga tobe’ bo‘ladilar (ergashadilar). Imom ruku’ga borganidan keyin ruku’ga boradilar va qad rostlaydilar. Bu xususda ilm ahli orasida ixtilof ko‘rmadik.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Dekabr 2008, 10:02:10
208-BOB
MAVZU: IKKI SAJDA O’RTASIDA TOVONLARNI TIKLAB O’TIRMOQ MAKRUH EKANLIGI


281. (Hazrati) Ali (karromallohu vajhahu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga bunday dedilar: «Yo Ali! O’zim uchun sevgan narsamni sen uchun ham sevarman, o‘zim uchun yomon ko‘rgan narsamni sen uchun ham yomon ko‘rurman; ikki sajda o‘rtasida tovonlaringni tikib (o‘rnatib) o‘tirmagil».
Bu hadis (Hazrati) Ali (karromallohu vajhahu)ning rivoyatidan ekanligini yolg‘iz Abu Ishoqning Al-Horis tariqi bilan (Hazrati) Alidan qilgan rivoyatidan bilamiz. Ba’zi ilm ahli bir ko‘zli Al-Horisning zaif ekanligini qayd etishgan.
Ilm ahlining ko‘pchiligi nazdida amal shu hadis asosidadir. Tovonlarni tikib (o‘rnatib) o‘tirmoqni makruh deb hisoblaganlar.
Bu bobda Oisha (onamiz), Anas va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Dekabr 2008, 10:05:05
209-BOB
MAVZU: TOVONLARNI TIKLAB O’TIRMOQQA RUXSAT BORLIGI


282. Abuz-Zubayrdan rivoyat qilindi; U Tovusning bunday deganini eshishgan: «Ibn Abbosdan tovonlarni tikib o‘tirish haqida so‘radik. «Bu sunnat» dedi. «Biz buni kishiga zahmat bo‘ladi, deb qaraymiz-ku?» dedik. Bu Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sunnatidir», dedi».
Bu hadis - hasan.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan ayrim ilm ahli shu hadisni egallashgan. Tovonlarni tikib o‘tirmoqpikda zarar yo‘q deb hisoblaydilar.
Makka ahlidan ayrim olim va faqihlarning qavli ham shunday. Ilm ahlining ko‘pchiligi esa ikki sajda orasida tovonlarni tikib o‘tirmoqni makruh ko‘rganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Dekabr 2008, 10:06:17
210-BOB
MAVZU: IKKI SAJDA O’RTASIDA DUO


283. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alaihi va sallam ikki sajda o‘rtasida: «Allohumma-mag‘firliy, varhamniy, va-jburniy, vahdinii, va-rzuqniy» («Allohim! Meni mag‘firat qil, menga rahm qil, aybimni Ketkaz, hidoyat qil va rizqlantir!») der edilar».

284. Al-Hasan ibn Ali Al-Xolloldan, Yazid ybn Horundan, Zayd ibn Hubobdan, Komil Abul-A’lodan rivoyat qilindi. O’tgan hadisning egizi.
Bu hadis g‘arib bo‘lib, Alidan shu tarzda rivoyat qilingan.
Imomi Shofi’iy, imomi Ahmad va Ishoqning qavli shu. Xoh farz, xoh nafl namozida bo‘lsin, buni joiz deb hisoblaydilar. Ba’zilar esa bu hadisni Komil Abul-A’lodan mursal tarzida rivoyat qilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Dekabr 2008, 10:08:36
211-BOB
MAVZU: SAJDADA TAYANMOQ


285. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalari ochilganlarida (qo‘llarini biqindan ajratib, tirsaklarni yerdan olganlarida) sajdaning mashaqqatli bo‘lishidan shikoyat qilishdi. Shunda (Rasuli Akram): «Tizzalar bilan yordamlashingizlar» - dedilar.
Bu hadis, Abu Solihning Abu Hurayradan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan qilgan rivoyati ekanligini bu jihatdan, Laysning Ibn Ajlondan qilgan rivoyatidan bilayotirmiz. Sufyon ibn Uvayna va boshqalar bu hadisni Sumaydan, Nu’mon ibn Abi Ayyashdan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilishgan. Bularning rivoyati Laysning rivoyatidan ko‘ra sahihroq ko‘rinadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 07:34:56
212-BOB
MAVZU: SAJDADAN QIYOMGA TURMOQ


286. Molik ibn Al-Huvayris Al-Laysiydan rivoyat qilindi: «U Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni namoz o‘qiyotganlarida ko‘rdi: u kishi namozdan toq rak’atni o‘qiganlarida, bir oz o‘rnashib o‘girmasdan qiyomga turmas edilar».
Ya’ni, birinchi va uchinchi rak’atlarda biroz o‘rnashib o‘tirmasdan o‘rinlaridan turmas edilar. Buning nomi istirohat o‘tirish deyiladi. Imomi Shofi’iy va hadischilardan bir guruhi shu qavlga ega bo‘lishgan. Lekin aksariyat faqixlar va Hanafiy mazhabi ulamosi bu istirohat o‘tirmoklikni qabul qilmaganlar. Termiziy, «Birodarlarimizning qavli ham shudir», deganda muhaddislarni nazarda tutganlar.
Molik ibn Al-Huvayrisning hadisi hasan-sahih.
Ba’zi ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir. Birodarlarimizning qavli ham shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 07:46:58
213-BOB
MAVZU: O’TGAN MASALA


287. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam namozda (toq rak’atlarda) ikki oyoqlarining sirti yerga tegmasdan, (ya’ni o‘tirmasdan) qiyomga turar edilar».
Istirohat jalsasi (o‘tirish)ni qabul qilmagan Hanafiy olimlar shu hadis bilan istidlol qiladilar (dalillaydilar). Hadis Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam o‘tirmasdan qiyomga turganlariga dalolat qiladi.
Ilm ahlining amali Abu Hurayraning hadisi asosidadir: Kishi namozning toq rak’atlarida (birinchi va uchinchi rak’atda) oyoqlarining sirtini yerga tekkizmasdan qiyomga turadi, deb ixtiyor qilganlar. Xolid ibn Iyos, muhaddislar fikricha zaifdir. Uni Xolid ibn Ilyos ham deyishadi. At-Tav’amaning mavlosi (ozod etilgan quli) Solih - Solih ibn Abu Solihdir. Abu Solihning ismi - Nabhon Madaniy.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 07:50:35
214-BOB
MAVZU: NAMOZDA TASHAHHUD


288. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizlarga har ikki rak’at oralig‘ida o‘tirganimizda bunday deb aytmoqni o‘rgatdilar: «At-tahiyyatu lillahi, vas-solavatu vat-toyyibat. As-salamu ‘alayka ayyuhan-nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. As-salamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadil-lahis-solihiyn. Ashhadu anla ilaha illalllohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuvluh» (Ma’nosi: «Ta’zim - tahiyyati, barcha toat-ibodatlarmiz va madhu olqishlarimiz Allohga bo‘lsin! Ey Payg‘ambar! Senga salomlar, Allohning rahmati va barokati bo‘lsin! Salomlar bizga va Allohning barcha solih bandalariga bo‘lsin! Men shohidlik beramanki, Allohdan boshqa iloh yo‘q. Va men shohidlik bermanki, Muhammad Allohning bandasi va elchisidir». «At-tahiyyot» Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan shu holda bayon qilingan.., «Sahihi Buxoriy»ning «Azon» bobida bu hadis Abu Ma’mar tariqi bilan Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilingan. «Tashahhud» hadisini bayon qilgach, u: «Payg‘ambar oramizda bo‘la turib shunday der edik, ammo vafotlaridan keyin: Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamga salovat aytadigan bo‘ldik», deydi.
Bu bobda Ibn Umar, Jobir, Abu Muso va Oisha (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Mas’udning hadisi undan bir qancha vajhdan rivoyat qilingan. Tashahhud borasida Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan eng sahih hadis shudir.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan bo‘lmish ilm ahllari ko‘pchiligining amali shu hadis asosidadir.
Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir.
Ilova: Hazrati shayx Muhammad Qo‘tqu «Ahli sunnat val-jamoat» kitobining Aliyyul Qori hazratlarining sharhiga asoslangan «Sharhi Omoliy» qismida Tahiyyot aslida Meroj voqeasi ekanligini bayon qilganlar. «At-tahiyyatu lillahi va solovatu vat toyyibat» - o‘sha Meroj kechasida Hazrati Payg‘ambarmiz Allohu taologa yuzlanib aytgan tahiyyatdir. «As-salamu ‘alayka ayyuhannabiyyu va rohmatullohi va barakatuh» jumlasi esa Alloh taoloning o‘z habibiga javobidir. Shunda Payg‘ambar janobimiz: «As-salamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis-solihiyn!» (Allohning salomi bizga va barcha solih bandalariga bo‘lsin!» deb umuman barcha solih bandalariga ham salomni yoydilar. Bu esa ul zotning ulug‘ligi alomatini namoyon etadi. «Ashhadu anla ilaha illalohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh» shahodati esa farishta Jabroil alayhissalomning shahodatidir».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 07:52:01
215-BOB
MAVZU: O’TGAN MAVZU (YA’NI TASHAHHUD)


289. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizlarga xuddi Qur’on o‘rgatgandek tashahhudni o‘rgatar edilar va bunday der edilar: «At-tahiyyatul-muborakatus-salavatut-toyyibatu lillahi. Salamun alayka ayyuhan-nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Salamun alayna va ‘ala ‘ibadillahis-solihiyn. Ashhadu anla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rasuvluh».
Ibn Abbosning hadisi hasan-sahih-g‘arib.
Abdurrahmon ibn Humayd Ar-Ruosiy bu hadisni Lays ibn Sa’dning rivoyatidek, Abuz-Zubayrdan rivoyat qilgan.
Aymon ibn Nobil Al-Makkiy bu hadisni Abuz-Zubayrdan, Jobirdan rivoyat qilgan. Bu esa mahfuz emas.
Imomi Shofi’iy Ibn Abbosning tashahhud borasidagi hadisini tanlagan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 07:52:38
216-BOB
MAVZU: TASHAHHUDNI MAXFIY O’QIMOQ


290. Ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Tashahhudni maxfiy aytmoq sunnatdir».
Ibn Mas’udning hadisi hasan va g‘arib. Ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 07:53:14
217-BOB
MAVZU: TASHAHHUD UCHUN QANDAY O’TIRILADI?


291. Voil ibn Hujr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozlarini ko‘raman, deb Madinaga keldim. O’tirganlarida — ya’ni tashahhud uchun o‘tirganlarida - chap oyoqlarini yotqizib, chap qo‘llarini qo‘ydilar - ya’ni chap sonlarining ustiga qo‘ydilar, — o‘ng oyoqlarini tik tutdilar (chap oyoqlarining ustiga o‘girdilar)».
Bu hadis hasan-sahih.
Ilm ahlining ko‘pchiligi nazdida amal shu hadis asosidadir.
Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak va Kufa faqihlarining qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 07:54:01
218-BOB
MAVZU: O’TGAN MAVZU (YA’NI TASHAHHUDGA O’TIRMOQ)


292. Abbos ibn Sahl As-Soidiydan rivoyat qilindi; aytdi: «Abu Humayd, Abu Usayd Sahl ibn Sa’d va Muhammad ibn Maslama to‘planishib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozlarini muzokara qildilar. Abu Humayd aytdi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozlarini eng yaxshi bilgan kishingiz menman. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tashahhudga (mana bunday) o‘tirdilar: chap oyoqlarini (bukib) yotqizib (ustiga o‘tirdilar), o‘ng oyoqlarining sirtini (ustini) qiblaga qaratdilar, o‘ng qo‘llarini o‘ng tizzalari ustiga, chap qo‘llarini chap tizzalari ustiga qo‘ydilar, barmoqlari, ya’ni shahodat barmoqlari bilan ishora qildilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Ba’zi ilm ahlining qavli shu.
Shuningdek, bu Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning ham qavlidir. Faqatgina oxirgi tashahhudda sonlari ustiga o‘tiradi, deydilar. Abu Humaydning hadisiga tayanib, birinchi tashahhudda o‘ng oyoqni tiklab, chap oyog‘i ustiga o‘tirmoqni qabul qilishgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 07:54:43
219-BOB
MAVZU: TASHAHHUDDA BARMOQNI KO’TARMOQ


293. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam (tashahhudga) o‘tirganlarida o‘ng qo‘llarini tizzalari ustiga qo‘yar, duo qilarkan, bosh barmoqlaridan keyingi (shahodat) barmoqlarini ko‘tarar edilar, chap qo‘llarini yoyib tizzalarining ustiga qo‘yar edilar».
Bu bobda Abdulloh ibn Az-Zubayr Al-Xuzo’iy, Abu Hurayra, Abu Humayd va Abu Voil ibn Hujr (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Umarning hadisi hasan-g‘arib. Bu hadis Ubaydulloh ibn Umarning rivoyatidan ekanligini yolg‘iz shu jihatdan bilamiz.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan ayrim ilm ahlining nazdida amal shu hadis asosidadir. Tashahhudda barmoqni ko‘tarmoqni ixtiyor etganlar.
Birodarlarimizning qavli ham shudir.
Ishorai saboba Hanafiy mazhabida sunnat, ammo tashahudda bosh barmoq bilan o‘rta barmoq boshi biriktirilib, xalqa qilinadi va «la ilaha...» deyilganda shahodat barmog‘i ko‘tariladi. (Saviada, e’tiqod bilimida hamma barobar emas. To‘g‘ri bajara olmaslik xavfi borligi uchun bo‘lsa kerak, ba’zi kitoblarda ishorani makruh deb, hatto harom deb ijtihod qilingan). Hozir ba’zi birodarlarimizda ko‘rilayotgan barmoq aylantirish, likkillatish kabi harakatlar esa xatodir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 07:55:29
220-BOB
MAVZU: NAMOZDA SALOM


294. Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat. qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Assalomu alaykum va rohmatulloh, Assalamu alaykum va rohmatulloh» deb o‘ng tomoilariga va chap tomonlariga salom berar edilar».
Bu bobda Sa’d ibn Abi Vaqqos, Ibn Umar, Jobir ibn Samura, Al-Barro, Ammor, Voil ibn Hujr, Adiy ibn Omira va Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Mas’udning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ilm ahlsh ko‘pchiligining amali shu hadis asosidadir.
Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 07:56:00
221-BOB
MAVZU: O’TGAN MAVZU


295. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozda to‘g‘rilariga qarab bitta salom berar edilar, keyin, o‘ng tomonlariga ozgina moyil bo‘lar edilar».
Bu bobda Sahl ibn Sa’ddan hadis rivoyat qilingan.
Oisha (roziyallohu anho)ning hadisini marfu’ sifatida yolg‘iz shu vajhdan bilamiz.
Muhammad ibn Ismo’il (Al-Buxoriy): «Shom xalqi Zubayr ibn Muhammaddan munkar hadislar rivoyat qilishadi; iroqliklarning undan qilgan rivoyati maqbulroq», deydi.
Muhammad, Ahmad ibn Hanbaldan naql etib, bunday deydi: «Xuddi, ular (Shom xalqi)ning oldiga kelgan Zuhayr ibn Muhammad Iroqda (hadislar) rivoyat qilgan kishi emasdek, go‘yoki u nomi boshqa qo‘yib olingan kishidekdir»... Ayrim ilm ahllari namozda salom bermoq haqida bunday deydilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan kelgan rivoyatlarning eng to‘g‘risi - ikki salomdir». Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan ilm arboblari va sahobalaridan keyin kelgan tobi’iyn ulamosining ko‘pchiligi shuni (ikki salomni) tarjih etganlar (ma’qullaganlar)».
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, tobi’iyndan va boshqalardan ba’zi kishilar, farz namozlarida bir salom beriladi, degan fikrdalar.
Shofi’iy: xohlasa bir salom, xohlasa ikki salom beradi», deydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 07:56:37
222-BOB
MAVZU: SALOMNI CHO’ZMASLIK SUNNAT EKANLIGI


296. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Salomni hazf qilmoq (mad qilgan holda cho‘zmaslik) sunnatdir».
Ali ibn Xujr, ushbu hadisni Ibnul-Muborak bunday deb tafsir qilganini aytadi: «Ya’ni salomni mad qilgan holda cho‘zmaslikdir».
Bu hadis hasan-sahih.
Ilm ahli shuni mustahab ko‘rgan.
Ibrohim An-Nahoiydan bunday deb aytgani rivoyat qilingan: «Takbir - jazm va salom jazmdir». (Qat’iy va aniq).
Ya’ni takbir va salomda mad qilinmaydi va oxiri sokin (sukunli) qilinadi. Hofiz ibn Hajar, «At-talxis», (184-sahifa)da bunday deydi: «Salomni hazf qilmoqning ma’nosi - uni qattiq aytmoqdir». «Salom - jazmdir» so‘zidan ko‘zda tutilgan ma’no ham shudir. (Jazm - qat’iy, aniq, muqarrar ma’nosidadir. (Tarjimon).
Hikl - Al-Avzo’iyning kotibi ekanligi aytiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:00:37
223-BOB
MAVZU: SALOMDAN KEYIN O’QILADIGAN DUO


297. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salom bergach, «Allohumma anta-s-salom va minka-s-salom, taborakta, zal-jalali val-ikrom» («Yo Allohim! Salom (ofat va ayblardan mubarro, xoli) Sensan, salomat Sendandir (berguvchi ham, olguvchi ham Sensan). Ey Jalol va ikrom sohibi! Sen taboraksan - Sening qudsiyating oliy va tengsizdir!») deydigan miqdorda o‘ltirar edilar, xolos».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:01:21
298. Hannod, Marvon ibn Muoviyadan, Abu Muoviyadan, Osimdan, xuddi shu isnod bilan o‘tgan hadisni bizga bayon etdi va: «Taborakta ya zal-jalali va ikrom» deb aytdi.
Bu bobda Savbon, Ibn Umar, Ibn Abbos, Abu Sa’id, Abu Hurayra va Al-Mug‘iyra ibn Shu’ba (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Oisha (onamiz)ning hadisi hasan-sahih.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozdan keyin:
«La ilaha illallohu vahdadu la sharika lah, lahul mulku va lahul hamdu, yuhyiy va yumiytu va huva ‘ala kulli shayin qodir! Allohumma la maani’a lima a’toyta, va la mu’tiya lima mana’ta, va la yanfa’u zal-jaddi minka-l-jaddu» (Allohdan boshqa iloh yo‘q. U yakka-yu yagonadir, sherigi yo‘q, mulk Unikidir, hamd Unga xosdir. U tiriltirgay va o‘ldirgay. U har ishga qodir zotdir! Yo Allohim! Sen ato etgan narsani hech kim man’ etolmas. Sen man’ etgan narsani hech kim ato etolmas) deb aytganlari rivoyat qilingan.
Shuningdek, salomdan keyin:
Subhana Robbika Robbil-’izzati ‘amma yasifun va sa-lamun ‘alal-mursaliyn, val-hamdulillahi Robbil ‘ala-miyn» (Izzat (qudrat va g‘oliblik) Robbisi bo‘lmish sening Robbing (Parvardigoring) ularning sifatlaridan pok zotdur. (Barcha) Ra-sullarga (Allohdan) salom bo‘lgay! Hamdu sanolar - butun olamlar Parvardigori Alloh uchundir.) deganlari ham rivoyat qilingan.
Bu hadis «Majma’-uz-zavoid» kitobida (2/147-148) Abu Hurayraning Abu Sa’id Al-Xudriydan qilgan rivoyati sifatida taxrij qilingan va kishisi (roviysi) siqa (ishonchli) ekanligi qayd etilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:04:25
299. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning mavlosi (ozod etilgan kuli) Savbondan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni ado qilib qayrilmoqchi bo‘lganlarida uch marta istig‘for aytar edilar, keyin esa: «Antas-salom va minka-s-salom, taborakta ya zal-jalali val-ikrom») der edilar».
Bu hadis sahih.
Abu Ammorning ismi - Shaddod ibn Abdulloh.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:05:19
224-BOB
MAVZU: O’NG TOMON BILAN YOKI CHAP TOMON BILAN O’GIRILMOQ


300. Qobiysa ibn Hulbning otasidan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imom bo‘lar edilar va (namozni bitirgach), har ikki tomonlari bilan: o‘ng tomonlari bilan ham, chap tomonlari bilan ham (mehrobdan) qayrilaverar edilar».
Bu bobda Abdulloh ibn Mas’ud, Anas, Abdulloh ibn Umar va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Hulbning hadisi hasan.
Ilm ahliinng nazdida amal shu hadis asosidadir.
(Imom) ikki tomonning birontasi bilan qayrilishi mumkin. Xohlasa o‘ng tomoni, xohlasa chap tomoni bilan qayriladi.
Har ikki hadis ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan sahih tarzida rivoyat qilingan.
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan bunday deb aytganlari rivoyat etiladi: «Hojati o‘ng tomondan bo‘lsa, o‘ng tomoni bilan turadi. Agar hojati chap tomondan bo‘lsa, chap tomoni bilan qayriladi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:06:36
225-BOB
MAVZU: NAMOZNING SIFATI


301. Rifo’a ibn Rofi’dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni masjidda o‘tirgan edilar. — Rifo’a: «Bizlar ham u kishi bilan birga edik», deydi. - Badaviyga o‘xshagan bir kishi keldi-da, namoz o‘qidi. Namozini yengil-elpi ado qildi. Keyin kelib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamga salom berdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «va alayka» deb alik oldilar-da, «Qaytgil, namoz o‘qigil, chunki sen namoz o‘qimading» dedilar. U qaytib, namoz o‘qidi. Keyin kelib, u zotga salom berdi. (Rasululloh): «va alayka» deb alik oldilar-da, «Qaytgil, namoz o‘qigil, chunki sen namoz o‘qimading», dedilar. Bu hol ikki marta yoki uch marta takrorlandi. Har gal Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «va alayka» deb alik olib, «Qaytgil, namoz o‘qigil, chunki sen namoz o‘qimading», der edilar. Namozini yengil o‘qigan kishining namoz o‘qimagan bo‘lib chiqishi (u yerdagi) odamlarni qiziqtirib qoldi va (bu hukm) ularga og‘ir botdi. Nihoyat, boyagi kishi bunday dedi: «Menga ko‘rsating va o‘rgating, chunki men ham bir insonman, to‘g‘ri qilishim mumkin, xato qilishim mumkin...» Shunda (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam): «Albatta! - dedilar — namozga tursang, (avval) xuddi Alloh buyurganidek tahorat ol. Keyin shahodat keltir va iqomat ham keltir (takbiri tahrima ayt). Keyin Qur’ondan bilganingni o‘qi. Yo‘qsa, Allohga hamd ayt, takbir ayt va tahlil ayt! Keyin xotirjam, astoydil ruku’ qil, keyin mo‘‘tadil miqdorda qomatingni tik tut, keyin mo‘‘tadil holda (astoydil) sajda qil; Keyin astoydil o‘tir va qiyomga turgil. Ana shunday ado qilsang, namozing to‘liq bo‘ladi. Shulardan biror narsa kamaytirsang (nuqsonga yo‘l qo‘ysang) namozingdan kamaytirgan bo‘lasan. (Rifo’a) aytdi: «Bu hukm ularga avvalgisidan ham ko‘ra osonroq tuyuldi - «Kimki shulardan biror narsa kamaytirsa, o‘z namozidan kamaytirgan bo‘ladi va butun namozi o‘tmaydi».
Bu bobda Abu Hurayra va Ammor ibn Yosir (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Rifo’aning hadisi hasan.
Bu hadis Rifo’adan tag‘in boshqa vajhdan ham rivoyat qilingan.   
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:08:54
302. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga kirdilar, ketlaridan bir kishi kirib, namoz o‘qidi. Keyin kelib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamga salom berdi, salomiga alik oldilar-da, «Qaytgil, namoz o‘qigil, chunki sen namoz o‘qimading!», dedilar. O’sha kishi qaytib, huddi boyagidek namoz o‘qidi. Keyin yana kelib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamga salom berdi. Salomiga alik oldilar-da, unga yana: «Qaytgil, namoz o‘qigil, chunki sen namoz o‘qimading», dedilar. Buni uch marta takror qildilar. Shunda boyagi kishi: «Sizni haq (din) bilan yuborgan zotga qasamki, bundan yaxshiroq qilolmayman. Menga o‘rgating!» — dedi. Shunda (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam) aytdilar: «Namozga tursang, (avval) takbir(i) tahrima) ayt; keyin Qur’ondan o‘zingga oson bo‘lganini o‘qi; keyin xotirjam, astoydil ruku’ qil, keyin turib, mo‘‘tadil miqdorda qaddingni tik tut; keyin xotirjam, astoydil sajda qil; keyin xotirjam, astoydil o‘tir, so‘ng qolgan butun namozingda ana shunday davom et!»
Bu hadis hasan-sahih.
Ibn Numayr bu hadisni Ubaydulloh ibn Umardan, Sa’id Al-Maqburiydan, Abu Hurayradan rivoyat qilgan-u, Sa’idning otasini zikr etmagan.
Yahyo ibn Sa’idning Ubaydulloh ibn Umardan qilgan rivoyati yanada sahihroq.
Sa’d Al-Maqburiy Abu Hurayraning o‘zidan eshitgan va otasi orqali ham Abu Hurayradan rivoyat qilgan.
Abu Sa’d Al-Maqburiyning ismi - Kayson. Sa’id Al-Maqburiy esa Abu Sa’d tarzida kunya olgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:10:02
303. Abu Humayd As-So’idiydan rivoyat qilindi: «(Roviy Muhammad ibn Amr) aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan o‘n kishi orasida, — shulardan bittasi Abu Qatoda ibn Rib’iy edi, - Abu Humaydning bunday deganini eshitdim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozlarini eng yaxshi bilgan kishingiz menman...» Aytishdiki, «(Lekin) sen u zotga suhbatdoshlik (sahobalik) jihatidan eng qadimgimiz emassan va u kishiga eng ko‘p qatnagan kishimiz ham emassan» «To‘g‘ri», dedi (Abu Xumayd). «Unda bayon et!» deyishdi. Shunda aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga turganlarida mo‘‘tadil miqdorda qomatlarini rost tutib, qo‘llarini yelkalari barobarida ko‘tarar edilar. Ruku’ qilmoqchi bo‘lsalar, qo‘llarini yelkalari barobarida ko‘tarar, keyin «Allohu akbar» deb ruku’ga borar edilar. Keyin (ruku’da) mo‘‘tadil miqdorda (bir oz) turar, boshlarini na tik tutar va na solintirar, qo‘llarini tizzalari ustiga qo‘yar edilar. Keyin: «Sami’allohu li man hamidah» deb, qo‘llarini ko‘tarar va to har bir bo‘g‘inlari joy-joyiga tushgunicha mo‘‘tadil miqdorda (bir oz) tik turar edilar. Keyin sajdaga borish uchun yerga egilar edilar, keyin «Allohu akbar» der edilar, keyin qo‘llarini qo‘ltiqlaridan ajratar va oyoq barmoqlarini ochar (bo‘sh qo‘yar) edilar. Keyin chap oyoqlarini bukib yoyib, ustiga o‘ltirar, to har bir bo‘g‘inlari joy-joyiga tushgunicha mo‘tadil miqdorda o‘ltirib, keyin sajdaga borar edilar. Keyin «Allohu akbar» der edilar; keyin oyoqlarini bukib yoyib, to har bir bo‘g‘inlari joy-joyiga tushgunicha mo‘‘tadil miqdorda o‘ltirar edilar. Keyin qiyomga turar va ikkinchi rak’atda ham xuddi shunday qilar edilar. Ikki sajdadan (ya’ni ilk ikki rak’atdan) turganlarida takbir aytib, qo‘llarini yelkalari barobarida ko‘tarar edilar, xuddi namozni boshlaganlarida qo‘llarini ko‘targanlaridek. Keyin namozlarini shunday davom ettirar, namozlarini yakunlatayotgan oxirgi rak’atni o‘qib bo‘lgach, chap oyoqlarini uzatib, shu oyoq yonboshi ustiga o‘ltirar, keyin salom berar edilar».
Bu hadis hasan-sahih.
«Ikki sajdadan turganlarida...» so‘zining ma’nosi «ikki rak’at o‘qigandan keyin uchinchi rak’atga turganlarida» deganidir.
Bu hadisni Abu Dovud, Ad-Doramiy va Ibn Moja ham taxrij qilganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:11:14
304. Muhammad ibn Amr ibn Atodan rivoyat qilindi; aytdi: «Abu Humayd As-So’idiyni(ng so‘zini) Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bo‘lmish o‘n kishining orasida eshitdim, ular orasida Abu Qatoda ibn Rib’iy ham bor edi...» Keyin Yahyo ibn Sa’id hadisining xuddi o‘zini (o‘sha) ma’nosi bilan zikr qiladi va bunda qo‘shimcha qilib, «Abu Osim, Abdulhamid ibn Ja’fardan rivoyat qilgan ushbu: «Rost aytding. Nabiy sallallohu alayhi va sallam shunday namoz o‘qir edilar», degan jumla kiritiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:11:48
226-BOB
MAVZU: BOMDOD NAMOZIDAGI QIROAT


305. Qutba ibn Molikdan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozining birinchi rak’atida «Van-naxla bosiqotin...»(«Qof» surasi)ni qiroat qilganlarini eshitdim».
Bu bobda Amr ibn Hurays, Jobir ibn Samura, Abdulloh ibn As-Soib, Abu Barzo va Ummu Salama (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Qutba ibn Molikning hadisi hasan-sahih.
Nabiy sallallohu alayhi va sallam bomdod namozida 60 oyatdan 100 oyatgacha o‘qiganlari rivoyat qilingan.
Nabiy sallallohu alayhi va sallam («Iza-sh-shamsu kuvvirot» surasi)ni o‘qiganlari ham rivoyat qilinadi.
(Hazrati) Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinishiga qaraganda, Umar, Abu Musoga bomdod namozida uzun suralardan o‘qimog‘ini yozma ravishda bildirganlar.
Ilm ahlining amali shu hadis asosidadir. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak va Shofi’iyning ham qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:13:27
227-BOB
MAVZU: PESHIN VA ASR NAMOZLARIDAGI QIROAT


306. Jobir ibn Samura (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam peshin va asr namozlarida «Vas-samai zatil-buruj» hamda «Vas-samai vat-toriq» va shunga o‘xshash suralarni o‘qir edilar».
Bu bobda Habbob, Abu Sa’id, Abu Qatoda, Zayd ibn Sobit va Al-Barro (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Jobir ibn Samuraning hadisi hasan-sahih.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin namozida «Sajda» surasi qadarlik o‘qiganlari rivoyat qilingan. Peshinning birinchi rak’atida 30 oyat va ikkinchi rak’atida 15 oyat qadar o‘qiganlari ham rivoyat qilinadi.
(Hazrati) Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: (U kishi) Abu Musoga peshin namozida o‘rtacha (miqdordagi) suralardan o‘qilmog‘ini yozma ravishda bildirdilar.
Ayrim ilm ahlining rivoyatiga ko‘ra asr namozining qiroati shom namozining qiroati singaridir: qisqa suralardan o‘qiladi.
Ibrohim aytadi: «Peshin namozi qiroatda asr namozining to‘rt barobariga yetkaziladi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:14:15
228-BOB
MAVZU: SHOM NAMOZIDAGI QIROAT


307. Ummu Fazl (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bemorlik paytlarida boshlarini bog‘lagan holda bizlarga (masjidga) chiqib, shom namozini o‘qib berdilar va «Mursalot» surasini qiroat qildilar. Boshqa biror marta shom namozini o‘qimaslaridan Alloh ‘azza va jallaga qovushdilar».
Bu bobda Jubayr ibn Mut’im, Ibn Umar, Abu Ayyub va Zayd ibn Sobit (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Ummu Fazlning hadisi hasan-sahih.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan, shom namozining ikki rak’atida «A’rof» surasini (bo‘lib) o‘qiganlari rivoyat qilingan.
Tag‘in shom namozida «Tur» surasini o‘qiganlari ham rivoyat qilinadi.
Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat eshitilishicha, u kishi, shom namozida qisqa suralardan o‘qimog‘ini Abu Musoga yozma ravishda bildirganlar.
Abu Bakr (roziyallohu anhu)dan ham shom namozida qisqa suralardan o‘qiganlari rivoyat qilindi.
Ilm ahlining amali shu hadis asosidadir.
Ibnul-Muborak, Ahmad va Ishoqning qavli shu.
Shofi’iy aytadiki, «Shom namozida uzun suralarni, «Vat-Tur» va «Val-Mursalot» kabi suralarni o‘qimoq makruh ekanligi Molikdan rivoyat qilingan. Menimcha, makruh emas. Aksincha, bu kabi suralarni shom namozida o‘qimoqni mustahab deb qarayman».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:16:51
229-BOB
MAVZU: XUFTON NAMOZIDAGI QIROAT


308. Abdulloh ibn Buraydaning otasidan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xufton namozida («Vash-shamsi va zuhaha») va shu singari suralarni o‘qir edilar».
Bu bobda Al-Barro ibn Ozibdan ham hadis rivoyat qilingan.
Buraydaning hadisi hasan.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xufton namozida «Vat-tiyni vaz-zaytun» surasini o‘qiganlari rivoyat qilingan.
(Hazrati) Usmon Ibn Affon (roziyallohu anhu)dan bunday rivoyat qilindi: «(U kishi) bomdod namozida «Munofiqiyn» va shu singari suralarni o‘qir edilar».
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalari va tobi’iynlar bundan ko‘proq va ozroq (miqdorda) o‘qiganlari kelgan rivoyatlar orasida zikr qilingan: Xufton namozi qiroatiga tahdid qo‘ymagan edilar. Bu xususda eng maqbul rivoyat, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Vash-shamsi va zuhaha» bilan «Vat-tiyni vaz-zaytun» suralarini o‘qiganlariga doir kelgan rivoyatdir.

309. Al-Barro ibn Ozib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xufton namozida «Vat-tiyni vaz-zaytun» surasini o‘qir edilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:18:08
230-BOB
MAVZU: IMOMNING ORQASIDA QIROAT QILMOQ


310. Uboda ibn Somit (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozini o‘qib berdilar va qiroat u kishiga og‘irlik qildi. Namozni o‘qib bo‘lgach: «Ko‘ryapmanki, sizlar imomingizning orqasida qiroat kilayotirsizlar-ku!» dedilar. «Yo Rasululloh! Vallohi, shundoq!» - dedik. «Unday qilmangizlar, illo (faqatgina) «Ummul Qur’on»ni (ya’ni «Fotiha» surasini) o‘qingizlar. Chunki uni o‘qimagan kishining namozi yo‘q!» dedilar.
Bu bobda Abu Hurayra, Oisha (onamiz), Anas, Abu Qatoda va Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Ubodaning hadisi hasan.
Az-Zuhriy bu hadisni Mahmud ibn Ar-Robi’dan, Uboda ibn As-Somitdan, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: «Aytdilarki, «Fotiha»ni o‘qimagan kishining namozi yo‘q».
Bu rivoyat sahihroq.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan ilm ahlining va tobi’iyn ulamosining ko‘pchiligi nazdida, imomning orqasida qiroat qilmoq masalasida, amal shu hadis asosidadir.
Molik ibn Anas, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir: imomning orqasida qiroat qilinadi, deb qaraydilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:19:21
231-BOB
MAVZU: IMOM JAHR (OVOZ CHIQARIB) O’QIGANDA UNING ORQASIDAGILAR QIROAT QILMASLIGI


311. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jahr o‘qib bergan bir namozlarini tugatdilar-da, qayrilgach: «Sizlardan bittangiz men bilan birga qiroat qildimi?» dedilar. Bir kishi: «Shundoq, yo Rasululloh!» dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilarki, «Aytdim-a, men o‘qiyotgan Qur’onga nechun muqobala qilayotir deb». Insonlar (sahobalar) buni eshitgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jahr o‘qigan namozlarda u kishi bilan birga qiroat qilishni bas qildilar».
Bu bobda Ibn Mas’ud, Imron ibn Husayn va Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Bu hadis hasan.
Ibn Ukayma Al-Laysning ismi - Umaro bo‘lib, uni Amr ibn Ukayma ham deyishadi.
Bu hadisni rivoyat qilgan Az-Zuhriyning birodarlaridan ba’zisi quyidagi jumlani zikr etib, bunday deydi: «Insonlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan buni eshitgach, qiroat aylamoqni bas qildilar».
Bu hadisda imomning orqasida qiroat qilmoqni ko‘zda tutganlarni sindiradigan bir holat yo‘q. Chunki bu hadisni Nabiy sallalloho‘ alayhi va sallamdan rivoyat qilgan Abu Hurayra (roziyallohu anhu), Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan shundoq bir hadis ham rivoyat qilgan: «Kimki bir namoz o‘qisa-yu, o‘sha namozda «Fotiha»ni o‘qimasa, u namoz nuqsonlidir, to‘kis emas!» Shunda hadisni eshitgan kishi Abu Hurayraga: «Men ba’zan imomning orqasida turib qolaman-ku? (Unda nima qilaman?)» dedi. Abu Hurayra: «Fotiha»ni ichingda o‘qi», dedi.
Abu Usmon An-Nahdiy Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilgan ekan; aytadiki: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Fotiha»siz namoz yo‘q ekanligini hayqirib eshittirmogimni menga amr qildilar».
Muhaddislarga kelsak, imom jahr o‘qiganda muqtadi’ qiroat qilmaydi, deb ixtiyor etadilar va bunday deydilar: «Imomning saktalarini (qiroat asnosida to‘xtaydigan joylarini) kuzatadi».
Imomning orqasida qiroat qilmoq masalasida ilm ahli ixtilof qilganlar. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan ilm ahlining ko‘pchiligi imomning orqasida qiroat qilmoqni ko‘zda tutadilar.
Imom Molik, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir.
Abdulloh ibn Al-Muboraqdan uning bunday degani rivoyat qilingan: «Men imomning orqasida qiroat qilaman. Hamma o‘qiydi, faqat Kufa faqihlaridan bir jamoa o‘qimaydi. O’qimaganlarning namozi ham joiz deb hisoblayman».
Ilm ahlidan ba’zilari imomning orqasida bo‘lsa ham, «Fotiha»ni o‘qimaslik masalasida og‘ir hukmga borib, bunday deyishgan: «Xoh yolg‘iz o‘zi namoz o‘qisin, xoh imomning orqasida bo‘lsin, «Fotiha»ni o‘qimasa, namoz joiz emas». Bular: Uboda ibn As-Somitning Rasululloh sallallohu alayhi aa sallamdan qilgan rivoyatiga ega bo‘lishgan (tayanishgan).
Uboda ibn As-Somit, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan keyin, imomning orqasida qiroat qilibdi va Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Fotiha»siz namoz yo‘q», degan so‘zlarini sharhlabdi.
Shofi’iy, Ishoq va ayrimlarning qavli ham shu.
Imom Ahmadga kelsak, u bunday deydi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Fotiha»siz namoz yo‘q» degan so‘zlarining ma’nosi yakka o‘zi namoz o‘qigan kishi uchundir». Imom Ahmad, Jobir ibn Abdullohning «Kimki bir rak’at namoz o‘qisa-yu, unda «Ummul Qur’on»ni («Fotiha» surasini) o‘qimasa, namoz o‘qimabdi: illo imomning orqasida bo‘lsa, (namozi durustdir)» degan hadisini dalil sifatida ko‘rsatadi va bunday deydi: «Bu kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridandir. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning: «Fotiha»siz namoz yo‘q» degan so‘zlarini, yakka o‘zi namoz o‘qigan kishilar uchun, deb ta’vil qilgandir».
Imomi Ahmad, shu bilan birga, imomning orqasida qiroat qilmoqni va namozxon imomning orqasida bo‘lsa ham, «Fotiha»ni o‘qimog‘i jihatini ixtiyor qiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:21:15
312. Vahb ibn Kaysondan rivoyat qilindi: U Jobir ibn Abdullohning bunday deganini eshitdi: «Kimki bir rak’at namoz o‘qisa-yu, unda «Ummul-Qur’on»ni («Fotiha» surasini) o‘qimasa, u namoz o‘qimabdi. Faqat imomning orqasida bo‘lsa, (namozi durustdir»).
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:22:09
232-BOB
MAVZU: MASJIDGA KIRAYOTGANDA O’QILADIGAN DUO


313. Fotimat-ul-Kubro (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga kirganlarida Muhammadga (ya’ni o‘zlariga) salotu salom keltirib, «Robba-g‘firliy zunubiy, va-ftah liy abvaba rohmatik» («Yo Rabbim! Gunohlarimni mag‘firat qil va menga rahmating eshiklarini ochgil!..») der edilar. Masjiddan chiqayotganlarida esa Muhammadga salotu salom keltirib, «Robba-g‘firliy zunubiy, va-ftah liy abvaba faz-lik!»( «Yo Robbim! Gunohlarimni magfirat qil va menga fazling (ne’matlarining) eshiklarini ochgil!») der edilar».
Allohning Rasuliga munosib salotu salom aytish haqidagi oyat. («Ahzob»-33) nozil bo‘lgach, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam Allohning amrini tutib, o‘zlariga (birinchi bo‘lib) o‘zlari salotu salom keltirganlar. Bundagi salotu salom keltirmoqlik Allohning amrini ado etish bilan birga ummatlariga ta’lim uchun hamdir. Al-Qoriy «Al-mirqot»ida aytganidek, «Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga iymon keltirmoqlari va Payg‘ambarlik shaxsiyatiga ta’zim sifatida o‘zlariga salotu salom keltirmoqlari vojib qilingan».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:23:20
314. Ismoil ibn Ibrohimdan rivoyat qilindi; aytdi: «Abdulloh ibn Hasan bilan Makkada uchrashib qoldim va undan bu hadis haqida so‘radim. Meiga hadisni bayon etdi va bunday dedi: «Kirayotganlarida: «Robba-ftah baba rohmatik» («Yo Rabbim! Rahmating eshigini menga ochgil!») der edilar va chiqayotganlarida «Robba-ftah liy baba fazlik» (Yo Robbim! Fazling (ne’matlaring) eshigini menga ochgil!») der edilar».
Bu bobda Abu Humayd, Abu Usayd va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Fotima (roziyallohu anho)ning hadisi - hasandir va isnodi muttasil emas. Chunki Husaynning qizi Fotima - Fotimai Kubroni ko‘rmagan, chunki Fotimai Kubro Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan keyin atigi bir necha oy yashagan, xolos.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:25:25
233-BOB
MAVZU: TAHIYYAT-UL-MASJID NAMOZI


315. Abu Qatoda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sizlardan birortangiz masjidga kelsa, o‘tirmasdan oldin ikki rak’at namoz o‘qib olsin».
Bu bobda Jobir, Abu Umoma, Abu Hurayra; Abu Zarr va Ka’b ibn Molik (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Qatodaning hadisi hasan-sahih.
Bu hadisni Muhammad ibn Ajlon va mutaaddid (bir qancha) kishilar, Molik ibn Anasning rivoyatiga o‘xshash tarzda Omir ibn Abdulloh ibn Az-Zubayrdan rivoyat qilganlar.
Suxayl ibn Abu Solih bu hadisni Omir ibn Abdulloh ibn Az-Zubayrdan, Amr ibn Sulaymdan, Jobir ibn Abdullohdan, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi. Bu hadis mahfuz emas. Sahih hadis Abu Qatodaning hadisidir.
Birodarlarimizning amali shu hadis asosidadir: Kishi masjidga kirganida, agar uzrli bo‘lmasa, o‘tirmasdan oldin ikki rak’at namoz o‘qib olishi mustahab, deb qaraganlar.
Ali ibn Al-Madaniy aytadiki, «Suxayl ibn Abi Solihning hadisi yanglishdir». Ishoq ibn Ibrohim, buni menga Ali ibn Al-Madaniydan xabar berdi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Dekabr 2008, 08:26:35
234-BOB
MAVZU: QABRISTON VA HAMMOMDAN TASHQARI BUTUN YER YUZI NAMOZGOHDIR


316. Abu Said Al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Qabriston va xammomdan tashqari, butun yer yuzi masjiddir».
Bu bobda Ali, Abdulloh ibn Amr, Abu Umoma va Abu Zarr (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Aytadilarki, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Butun yer yuzi menga masjid va tahorat vositasi qilib berildi».
Abu Sa’idning hadisi Abdulaziz ibn Muhammaddan ikki rivoyat sifatida keldi. Ba’zilar Abu Sa’idni zikr qilsalar, ba’zilari esa zikr qilmaydilar. Bu hadisda chalkashlik bor.
Sufyon As-Savriy, Amr ibn Yahyodan, uning otasidan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mursal tarzida rivoyat qilgan.
Hammod ibn Salama, Amr ibn Yahyodan, uning otasidan, Abu Saiddan, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan.
Muhammad ibn Ishoq, Amr ibn Yahyodan, uning otasidan hadisni rivoyat qiladi va bunday deydi: «Yahyoning rivoyati umumiyat bilan, Abu Sa’id tariqi bilan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan, deyiladi». Chunonchi, bu o‘rinda Abu Sa’idni zikr qilgan.
As-Savriyning Amr ibn Yahyodan, Yahyodan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan qilgan rivoyati hamon-hamon sobitroq va sahihroq.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:37:44
235-BOB
MAVZU: MASJID QURDIRMOQNING FAZILATI


317. (Hazrati) Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Kimki Alloh uchun bir masjid bino etsa, Alloh uning uchun jannatda shunga o‘xshash bir qasr bino qilgaydir», deganlarini eshitdim.
Bu bobda Abu Bakr, Umar, Ali, Abdulloh ibn Amr, Anas, Ibn Abbos, Oisha, Ummu Habiba, Abu Zarr, Amr ibn Absa, Vasiyla ibn Al-Asqo, Abu Hurayra va Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
(Hazrati) Usmonning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:38:13
318. Va muhaqqaq Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilindi; aytdilar: «Kimki Alloh uchun xoh kichik, xoh katta bir masjid bino etsa, Alloh uning uchun jannatda bir uy bino qilgaydir».
Shu hadis Qutayba ibn Sa’id, Nuh ibn Qaysning mavlosi Abdurrahmon, Ziyod An-Numayriy, Anas (roziyallohu anhum)dan rivoyat qilingan.
Mahmud ibn Labid Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan ko‘rishgan. Mahmud ibn Ar-Robi’ ham Nabiy sallallohu alayhi va sallamni ko‘rgan. Ikkovlari ham madinalik bo‘lib, yosh bola edilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:38:48
236-BOB
MAVZU: QABR USTIDA MASJID QURMOQ MAKRUH EKANLIGI


319. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, qabristonni ziyorat qilgan ayollarni, qabrlar ustida masjid qurganlarni va unda chiroq yoqqanlarni la’natladilar».
Termiziy, ushbu kitobning «Janozalar» bo‘limida, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qabrlarni ziyorat qilgan ayollarni la’natlaganlari haqidagi ayrim ilm ahllarining qarashlarini sharhlab, bunday deydilar: «Bu (hadis) qabrlarni ziyorat qilishga ruxsat berilishidan oldin (aytilgan) edi. Qabrni ziyorat qilishga ruxsat berilgach, bu ruxsat erkaklar bilan birga ayollarga ham daxldordir. Ayrimlari esa, ayollarning sabri oz bo‘lib, ohu nolasi ko‘p bo‘lganidan, ular uchun qabr ziyorati makruh qilingan, degan to‘xtamdalar.
Qabrlar ustida masjid qurilishi masalasini Ibnul-Molik bunday ta’vil qiladi: «Chunki bu yaxudiy odatidir va qabr ustida qurilgan masjidda namoz o‘qimoq yahudiylar sunnatiga ergashmoqlikdir». Al-Qoriy «Al-mirqod» asarida bunday deydi: «Hadisda vorid bo‘lgan «ustida» degan qayd qabrlar yonida masjid qurmoqning zarari yo‘qligini ko‘rsatadi. Chunonchi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Yahudiylar va nasroniylarga Allohning la’nati bo‘lsin: ular Payg‘ambarlarning va solih kishilarning qabrlarini masjid qilib oldilar» degan hadislari bu xususni ochmoqda». Muborakfuriy: «Masjidlarni qurish qabrlarga ta’zim uchun bo‘lsa, xoh qabr ustida bo‘lsin, xoh yonida bo‘lsin, qurish joiz emas», deydi.
Qabrlarda chiroq yoqmoq masalasiga kelsak, bu ishni qilganlarga Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam tili bilan la’nat o‘qilishi sababi esa «Majma’-ul-bihor»da bunday ta’kidlangan: «Yo pul behuda isrof etilgani uchun yoki qabrlarga ta’zim ma’nosida bo‘lgani uchun Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallam qabrlarga chiroq (yoki sham’ va hokazo) yoqmoqni man’ etganlar».
Bu bobda Abu Hurayra va Oisha (roziyalloh) anhumo) dan hadis rivoyat qilingan. Ibn Abbosning hadisi hasan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:39:52
237-BOB
MAVZU: MASJIDDA UXLAMOQ


320. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida, unda bizlar yosh yigit edik, masjidda yotib qolar edik».
Ibn Umarning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahlidan ba’zilari masjidda uxlamoqqa izn berganlar.
Ibn Abbos aytadiki, «Masjidni doimiy yotish va qaylula qilish (peshin uyqusi) joyi qilib olmaslik kerak».
Ilm ahlidan ba’zilari Ibn Abbosning so‘zini egallashgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:40:34
238-BOB
MAVZU: MASJIDDA OLDI-SOTDI QILMOK, YO’QOLGAN NARSANI SO’RAMOQ VA SHE’R AYTISHMOQ KAROXAT EKANLIGI


312. Abdulloh ibn Amr ibn Al-Osdan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidda she’r aytishmoklikdan, oldi-sotdi qilmoqliqdan va Juma kuni namozdan oldin halqa bo‘lib (davra qurib) o‘tirmoqliqdan man’ etdilar».
Bu o‘rinda she’r aytmoq emas, balki she’r aytishmoq karih deyildi. Chunki «Sahihi Buxoriy»da masjidda she’r aytmoq borasida sahih hadis kelgan.
Abdulloh ibn Amr ibn Al-Osning hadisi hasan.
Amr ibn Shu’ayb, Muhammad ibn Abdulloh ibn Amr ibn Al-Osning o‘g‘li.
Muhammad ibn Ismoil (Al-Buxoriy) aytadi: «Ahmad va Ishoq - boshqalarni ham zikr etdi - Amr ibn Shu’aybning hadisi bilan istidlol qilganlarini ko‘rdim».
Muhammad aytadi: «Shu’ayb ibn Muhammad, Abdulloh ibn Amrdan eshitgan».
Amr ibn Shu’ayining hadisi haqida (tanqidiy) so‘z qilganlar, faqatgana bobosining sahifasidan hadis rivoyat qilgani uchun uni zaif deb qaraganlar. Ular bilittifoq Amr ibn Shu’ayb bu hadislarni bobosidan eshitmagan, deb xulosa qilishgan.
Yahyo Sa’iddan bunday degani rivoyat qilindi: Ali ibn Abdulloh aytadi: «Bizningcha, Amr ibn Shu’aybning hadisi chirikdir».
Ilm ahlidan ba’zilari masjidda oldi-sotdi qilmoqni makruh deyishgan. Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir.
Tobi’iyn ulamosidan ayrimlari masjidda oldi-sotdi qilmoqqa izn berganlari rivoyat qilingan.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan, masjidda she’r aytmoqqa ruxsat borligiga doir bir qancha hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:41:30
239-BOB
MAVZU: TAQVO ASOSIDA QURILGAN MASJID


322. Abu Sa’id Al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Bani Xudro (qavmi)dan bo‘lmish bir kishi bilan Bani Avf (qavmi)dan bo‘lmish bir kishi, «poydevori taqvo asosida qurilgan masjid» borasida bahslashib qoldi. Bani Xudrodan bo‘lgani: «Bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning masjidlaridir», desa, unisi: «Bu - Qubo masjidi!» dedi. Shunda ular bu masalada Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga kelib murojaat etdilar. (U zot) marhamat qilib aytdilarki, «O’sha masjid ushbudir, ya’ni o‘z masjidlarini aytdilar, va unda ko‘p xayrlar bordir»...
Bu hadis hasan-sahih.
Abu Bakriy, Ali ibn Abdullohdan naql etib bunday deydi: «Yahyo ibn Sa’iddan, Muhammad ibn Abi Yahyo Al-Aslamiy haqida so‘radim. Unda zarar (yomonlik) yo‘q, birodari Unays ibn Abi Yahyo undan ko‘ra sahihroq», dedi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:42:01
240-BOB
MAVZU: QUBO MASJIDIDAGI NAMOZ


323. Usayd ibn Zuhayr Al-Ansoriydan rivoyat qilindi; u Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan edi va Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan hadislar rivoyat qilar edi. Aytdiki, «Qubo masjididagi namoz (bitta) umraga tengdir».
Bu bobda Sahl ibn Hunayfadan hadis rivoyat qilingan.
Usaydning hadisi hasan-g‘arib.
Usayd ibn Zuhayrning shu hadisidan boshqa maqbul bir hadisini bilmaymiz. Shuni ham yolg‘iz Abu Usomaning Abdulhamid ibn Ja’fardan qilgan rivoyatidan bilib oldik. Abul-Abrodning ismi - Ziyod Madiyniy.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:42:22
241-BOB
MAVZU: MASJIDLARNING QAYSI BIRI AFZALROQ?


324. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Mening ushbu masjidimda o‘qilgan bir namoz, (Ka’batullohdagi) Masjid al-Haromdan tashqari, boshqa (barcha) masjidlarda o‘qilgan ming namozdan xayrliroqdir».
Qutayba o‘z rivoyatida «Ubaydullohdan» demaydi, faqat «Zayd ibn Rabohdan, Abu Abdulloh Al-Ag‘ordan» deydi.
Bu hadis hasan-sahih.
Abu Abdulloh Al-Ag‘orning ismi - Salmon.
Bu hadis Abu Hurayra tariqi bilan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan, boshqa vajxdan ham rivoyat qilingan.
Bu bobda Ali, Maymuna, Abu Sa’id, Jubayr ibn Mut’im, Abdulloh ibn Az-Zubayr, Ibn Umar va Abu Zarr (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:42:43
325. Abu Sa’id Al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Karvonlar faqat uch masjidni ko‘zlab yo‘l yuradi (faqat uch masjid uchun yo‘lga chiqadi): Masjid al-Harom, mening ushbu masjidim va masjid al-Aqso.
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:44:04
242-BOB
MAVZU: MASJIDGA OHISTA YURIB KELMOQ


326. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Namozga takbiri iqomat aytilayotgan bo‘lsa, yugurib-hovliqib kelmangizlar, lekin vazminlik bilan ohista yurib kelingizlar. Yetgan joyingizdan (jamoatga qo‘shilib) o‘qiyvering, yetolmaganingizni to‘ldirib o‘qib oling».
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)ning bu hadisi Al-Buxoriy, Muslim va boshqalar tomonidan bir qancha vajhlardan va farqli lafzlar bilan rivoyat qilingan. Imom bilan birga takbirga ulgurmoq uchun yoki rukuda imomga yetib olib, bir rak’atga erishmoq uchun yugurib keladiganlar bo‘lar edi. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam ularga viqor va vazminlik bilan yurib kelmoqni amr qildilar
Bu bobda Abu Qatoda, Ubay ibn Ka’b, Abu Sa’id, Zayd ibn Sobit, Jobir va Anas (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Bu masalada ilm ahli ixtilof qildilar. Ayrimlari, birinchi takbirni boy bermoqdan qo‘rqsa, shoshilsin, degan fikrga ega bo‘lishgan. Hatto ba’zilaridan namozga chopib borgani rivoyat qilinadi. Ayrimlari esa jadal yurmoqni makruh deb qaragan, sokinlik va viqor bilan yurmog‘ini ixtiyor etgan.
Ahmad va Ishoqning kavli shu: aytadilarki, «Amal Abu Hurayraning hadisi asosidadir». Ishoq ayni vaqtda bunday deydi: «Birinchi takbirni boy berishdan qo‘rqsa, jadal yurmoqligida zarar yo‘q».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:44:30
327. Hasan ibn Ali Al-Xollal bizga Abdurrazzoqdan, Ma’mardan, Az-Zuhriydan, Sa’id ibn Al-Musayyabdan, Abu Hurayradan (roziyallohu anhum), Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bayon kiladi: Abu Salamaning Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisi ma’nosida.
Abdurrazzoq (bu rivoyatda) ushbu tarzda: «Sa’id ibn Al-Musayyabdan, Abu Hurayradan» deydi. Bu rivoyat Yazid ibn Zurayning rivoyatidan sahihroq.

328. Ibn Umar bizga Sufyondan, Az-Zuhriydan, Sa’id ibn Musayyabdan, Abu Hurayradan (roziyallohu anhum), Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bayon etdi: taqriban o‘tgan hadis.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:45:11
243-BOB
MAVZU: MASJIDDA O’TIRIB, NAMOZNI KUTMOQNING FAZILATI


329. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Sizlardan birortangiz namozga muntazir bo‘lib o‘tirgan muddati davomida namozda turgan hisoblanadi. Sizlardan birortangiz, hadas qilmasdan (tahoratini sindirmasdan) (namoz o‘qish niyatida) masjidda qolgan muddati davomida maloikalar: «Allohummag‘-firlahu, Allohummarhamhu» (Allohim! Bu kishini mag‘firat qil! Allohim! Bu kishini rahmat qil!) deb duo qilib turadi...». Shunda Hazramavtdan bo‘lmish bir kishi: «Hadas degani nima, yo Abo Hurayra?» dedi. Abu Hurayra: «Yel chiqarmoq yoki (el) ovozini chiqarmoq», deb javob berdi.
Bu bobda Ali, Abu Sa’id, Anas, Abdulloh ibn Mas’ud va Sahl ibn Sa’d (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:46:04
244-BOB
MAVZU: JOYNAMOZ USTIDA NAMOZ O’QIMOQ


330. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xumra (kichik bo‘yra) ustida namoz o‘qidilar».
Bu bobda Ummu Habiba, Ibn Umar, Ummu Salama, Oisha, Maymuna, Ummu Kulsum binti Abi Salama, Ibn Abdul-Asad (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Abbosning hadisi hasan-sahih.
Ba’zi ilm ahlining qavli shu.
Ahmad va Ishoq aytadi: «Pashambar sallallohu alayhi va sallam joynamoz ustida namoz o‘qiganlari sobit bo‘lgan».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:46:42
245-BOB
MAVZU: HASIR (BO’YRA) USTIDA NAMOZ O’QIMOQ


331. Abu Sa’id (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam buyra ustida namoz o‘qidilar».
Bu bobda Anas va Al-Mug‘ira ibn Shu’ba (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Sa’idning hadisi hasan.
Ilm ahlining ko‘pchili nazdida amal shu hadis asosidadir. Shunga qaramay, ba’zi ilm ahli yerda namoz o‘qimoqni ixtiyor etganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:47:23
246-BOB
MAVZU: SHOLCHA USTIDA NAMOZ O’QIMOQ


332. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan bunday deb aytgani rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizlar bilan hazil-mutoyiba qilib turar edilar. Hatto bir kuni mening bir kichik ukamga: «Ey Abo Umayr! Bulbulcha nima qildi?» dedilar... (Anas) aytdi: «Bir sholchamiz (bor edi) suv sepib yuvildi, o‘shaning ustida namoz o‘qidilar».
Bu bobda Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan ham hadis rivoyat qilingan.
Anasning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan ilm ahlining va keyingi ulamolardan ko‘pchiligining nazdida amal shu hadis asosidadir:
Dolcha va gilam ustida namoz o‘qimoqning zarari yo‘q, degan fikrdalar. Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir.
Abut-Tayyohning ismi - Yazid ibn Humayd.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:48:13
247-BOB
MAVZU: O’TLOQLARDA NAMOZ O’QIMOQ


333. Mu’oz ibn Jabal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘gloqlarda namoz o‘qimoqni mustahab ko‘rar edilar».
Abu Dovud aytadiki, «Hiyton» kalimasidan o‘tloqlar ko‘zda tutilgan.
Mu’ozning hadisi g‘arib. Bu hadisni yolg‘iz Al-Hasan ibn Abu Ja’farning rivoyatidan bilamiz. Yahyo ybn Sa’id va boshqalar Al-Hasan ibn Abu Ja’farning zaif ekanligini qayd etganlar. Abuz-Zubayrning ismi Muhammad ibn Muslim ibn Tadrus. Abut-Tufaylning ismi - Omir ibn Vasila.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:49:26
248-BOB
MAVZU: NAMOZXON RO’PARASIGA TO’SIQ QO’YMOG’I


334. Talha (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sizlardan birortangiz ro‘parasiga egarning orqasi barobar bir narsani quyib, namozini o‘qiyversin, to‘siqning narigi tomonidan o‘tayotganlarga chalg‘imasin».
Bu bobda Abu Hurayra, Sahl ibn Hasma, Ibn Umar, Sabra ibn Ma’bad, Abu Juhayfa va Oisha (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Talhaning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahlining amali shu hadis asosidadir. Aytadilarki, imomning oldidaga to‘siq imomning orqasidaga namozxonlar uchun ham to‘siqdir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:50:20
249-BOB
MAVZU: NAMOZ O’QIYOTGAN ODAMNING OLDIDAN KESIB O’TMOQ KAROHAT EKANLIGI


335. Busro ibn Sa’id (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: Zayd ibn Xolid Al-Juhaniy, (Umar ibn Ubaydullohning quli) Abun-Nazrni Abu Juhaymga yuborib, namoz o‘qiyotgan odamning oldidan o‘tmoq borasida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan nima eshitganini so‘ratdi. Abu Juhaym aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Namoz o‘qiyotgan odamning oldidan o‘guvchi kishi qanday (gunoh) ish qilayotganini bilsa edi, namozxonning oldidan kesib o‘tmay, yaxshisi, qirq to‘qtab, kutib turgan bo‘lar edi». Abun-Nazr aytadiki, o‘shanda qirq kun dedilarmi, qirq oymi yoki qirq yilmi - bilolmadim».
Bu bobda Abu Sa’id Al-Xudriy, Abu Hurayra, Ibn Umar, Abdulloh ibn Amrdan hadis rivoyat qilingan.
Abu Juhaymning hadisi hasan-sahih.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bunday deb aytganlari ham rivoyat qilingan: «Sizlardan birortangiz, namoz o‘kiyotgan odamning oldidan kesib o‘tganidan ko‘ra, yuz yil to‘xtab, kutib turmog‘i yaxshiroqdir.
Ilm ahlining amali shu hadis asosidadir. Namoz o‘qiyotgan odamning oldidan kesib o‘tishni makruh deb qaraganlar, lekin bu qiliq namozxonning namozini buzmaydi, deb qaror qilganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:51:16
250-BOB
MAVZU: NAMOZXON OLDIDAN HAR QANDAY NARSA O’TSA HAM, NAMOZI BUZILMAYDI


336. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Men Fazl bilan bir moda eshakka mingashib olgan edim. Minoga kelsak, Nabiy sallallohu alayhi va sallam sahobalari bilan Minoda (oldilariga to‘siq qo‘ymay) namoz o‘qiyotgan ekanlar. Ulovdan tushib, safga qo‘shildik. Ulov ularning oldidan kesib o‘tdi va (lekin) namozlarini kesmadi (buzmadi)».
Bu bobda Oisha (onamyz), Al-Fazl, Ibn Abbos va Ibn Umar (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Abbosning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan ilm ahlining va tobi’iyn ulamosi ko‘pchiliganing amali shu hadis asosidadir: «Namozni hech qanday narsa kesmaydi», deydilar.
Sufyon va Shofi’iyning qavli ham shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:55:02
251-BOB
MAVZU: NAMOZNI FAQAT IT, ESHAK VA AYOL KISHI KESMOG’I


337. Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan bunday deb aytgani rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir kishi ro‘parasiga egarning orqasi barobar yoki o‘rtasi barobar narsani to‘siq qilib qo‘ymasdan namoz o‘qiyotgan bo‘lsa, uning namozini qora it, ayol kishi, eshak kesadi. (Abdulloh ibn Somit) aytadi: «Abu Zarrga: «Qora itning qizil itdan yoki oq itdan nima farqi bor?» dedim. Aytdiki, «Ey birodarzodam! Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘ragan narsani mendan so‘rading: (U zot): «Qora it shaytondir!» deb aytganlar».
Bu bobda Abu Sa’id, Al-Hakam Al-G’iforiy, Abu Hurayra va Anas (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Zarrning hadisi hasan-sahih.
Ba’zi ilm ahli shu fikrni egallaganlar va bunday deganlar: Namozni eshak, ayol kishi va qora it kesadi. Ahmad aytadi: «Qora it namozni kesmog‘iga shubham yo‘q. Ammo eshak va ayol kishi namozni kesmog‘idan bir oz shubham bor».
Ishoq aytadi: «Namozni qora itdan boshqa hech narsa kesmaydi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:56:21
252-BOB
MAVZU: BIR QAVAT KIYIMDA NAMOZ O’QIMOQ


338. Umar ibn Abi Salamadan rivoyat qilindi: «U, Rasudulloh sallallohu alayhi va sallam Ummu Salamaning uylarida bir (qavat) kiyimga o‘ralib namoz o‘qiyotganlarini ko‘rdi».
Bu bobda Abu Hurayra, Jobir, Salama ibn Al-Akva’, Anas, Amr ibn Abi Usayd, Abu Sa’id, Kayson, Ibn Abbos, Oisha, Ummu Honi’, Ammor ibn Yosir, Talq ibn Ali va Uboda ibn As-Somit Al-Ansoriy (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilindi.
Umar ibn Salamaning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan bo‘lmish ilm ahli va boshqa ulamolarning ko‘pchiligi nazdida amal shu hadis asosidadir. Bitta kiyimda namoz o‘qimoqliqda zarar yo‘q, deydilar.
Ayrim ilm ahlining fikricha, ikki (qavat) kiyim kiyib namoz o‘qiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 03:58:48
253-BOB
MAVZU: QIBLANING KA’BAGA QARAB O’ZGARISHI


339. Al-Barro ibn Ozib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida o‘n oy yoki o‘n yetti oy Baytil-Maqdisga (Quddusdagi Masjid-al-Aqsoga) qarab namoz o‘qidilar. Aslida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’baga yuzlanib namoz o‘qimoqni orzu qilar edilar. Shunda Alloh taolo: «Goho yuzingizni (vahiy kutib) osmon bo‘ylab sayr qildirganingizni ko‘ryapmiz. (Xotirjam bo‘ling), Sizni o‘zingiz rozi bo‘ladigan qiblaga (Ka’baga) yuz o‘girtiramiz. Yuzingizni Masjidi Harom (Ka’ba) tomonga buring!..» («Al-Baqara» surasi, 144-oyat) degan oyati karimani nozil qildi. Shunday qilib, u kishining yuzi Ka’baga o‘girildi, o‘zlari shuni sevar edilar. Bir kishi u zot bilan birga asr namozini o‘qigach, keyin ansoriylardan bo‘lmish bir qavm oldiga bordi; ular asr namozini o‘qiyotib, Baytul-Maqdisga qarab ruku’ qilib turishgan edi. U kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga namoz o‘qiganiga shohidlik berib, u zot Ka’baga yuzlanganlarini aytdi: «Shunda butun qavm Ka’baga qarab o‘girildi», dedi.
Bu bobda Ibn Umar, Ibn Abbos, Amora ibn Avs, Amr ibn Avf Al-Muzaniy va Anas (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilishgan.
Al-Barroning hadisi hasan-sahih.
Sufyon As-Savriy, Abu Ishoqdan shunday deb rivoyat qilgan.

340. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdiki: «Bomdod namozini o‘qiyotib ruku’ qilib turishgan edi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 04:01:53
254-BOB
MAVZU: MASHRIQ BILAN MAG’RIB ORASI QIBLADIR


341. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Mashriq bilan Mag‘rib orasi qibladir».

342. Yahyo ibn Musodan, Muhammad ibn Abi Ma’shardan rivoyat qilindi: o‘sha hadisning o‘zi.
Abu Hurayraning hadisi mutaaddid vajhlardan rivoyat qilindi. Ba’zi ilm ahli, Abu Ma’sharni xotirasi jihatidan tanqid qilgan. Abu Ma’sharning ismi - Bani Hoshim mavlosi Nujayh. Muhammad (Al-Buxoriy) aytadi: «Men undan biror narsa rivoyat qilmayman, ammo boshqalar rivoyat qilgan. Abdulloh ibn Ja’far Al-Mahramiyning: «Mashriq bilan mag‘rib orasi qibladir» degan hadisi Usmon ibn Muhammad Al-Ahnasiydan, Sa’id Al-Maqburiydan, Abu Hurayradan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan. Uning Abdulloh ibn Ja’far Al-Mahramiy deyilishi Al-Musvir ibn Mahramaning o‘gli ekani tufaylidir.
Bu hadis hasan-sahih.
«Mashriq bilan mag‘rib orasi qibladir» degan hadis Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan mutaaddid kyshilardan rivoyat qilingan. (Hazrati) Umar ibn Al-Xattob, (Hazrati) Ali ibn Abu Tolib va Ibn Abbos (roziyallohu anhum) shular orasida borlar.
Ibn Umar aytadi: «Mag‘ribni o‘ng tomoniga va mashriqni chap tomoniga olib, qiblaga qarab yo‘nalsa, ikkovining orasi qibladir».
Ibnul-Muborak aytadi: «Mashriq bilan mag‘rib orasi qibladir» degan hadis mashriq ahli uchundir».
Abdulloh ibn Al-Muborak, Marv aholisi chapga moyil bo‘lmog‘i kerak, deb ixtiyor qilgan.
Ibnul-Muborakning «Mashriq ahlining qiblasi mashriq bilan mag‘rib orasidir» degan so‘zi borasida Ash-Shavqoniy bunday xulosa qiladi: «Ibnul-Muborakning bu so‘zida ishkal bor. Chunonchi, mashriqdagi kishining qiblasi mag‘ribdir. Chunki Makka mashriq bilan mag‘rib orasida joylashgan. Bu ishkalning javobi ushbudir: Ibnul-Muborak mashriqqa qarashli yurtlardan Iroq singari nomiga mashriq deyiladigan o‘lkalarni ko‘zda tutgan, haqiqatan bularning qiblasi mashriq bilan mag‘rib orasidir». Marv aholisi uchun esa bir oz chapga moyil bo‘lmoqni ixtiyor etmoqda. «Qomus»da Marv Erondagi bir shahar ekanligi aytiladi. Alloma Muhammad Tohir esa «Al-Mug‘na»da Marv Xurosondagi bir shahar ekanini aytadi.
Ulug‘ alloma Al-Maqriziy, «Mashriq bilan mag‘rib orasi qibladir» hadisining sharhida, jumladan, bunday deydi: «Chuqur fikrlasang, bu hadis Shom, Madina va xoh shimol, xoh janubda shu mintaqaga qarashli o‘lkalarga xos ekanligini anglaysan. Chunki, hadisni butun yer yuzi uchun deb qabul qilinishining imkoni yo‘q. Ayrim o‘lkalar uchun qibla mashriq bilan mag‘rib orasi emasligi haqiqatdir. Jug‘rofiy ma’lumotingiz bo‘lsa va o‘lkalarning hududlaridan voqif bo‘lsangiz, bilgaysizki, insonlar Ka’baga yo‘nalganda markazning atrofini qurshagan doira singaridir. Ka’baning, g‘arbida bo‘lganlar namozlarida sharqqa yo‘naladi, sharqida bo‘lganlar esa g‘arbga yo‘naladi. Shimolida bo‘lganlar janubiga, janubida bo‘lganlar shimoliga yo‘naladi. Ka’baning janubiy-sharqida bo‘lganlar uchun qibla shimoliy-g‘arb, janubiy-g‘arbida bo‘lganlar uchun esa qibla shimoliy-sharqdir. Ka’baning shimoliy-sharqidagilar uchun qibla janubiy-g‘arb, shimoliy-g‘arbidagilar uchun esa qibla janubiy-sharqdir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 04:04:44
255-BOB
MAVZU: BULUTLI HAVODA QIBLADAN BOShQA TOMONGA QARAB NAMOZ O’QIMOQ


343. Robiadan rivoyat qilindi: aytdi: «Qorong‘u bir kechada Nabiy sallallohu alayhi va sallam bilan birga safarda edik. Qibla qaysi tomonda ekanligini bilolmadik. Har kim yo‘nalgan tomoniga qarab namoz o‘qidi. Tong otgach, bu holatni Nabiy sallallohu alayhi va sallamga aytdik. Shunda: «Bas, qay tarafga yuz bursangiz, o‘sha joy Allohning tarafidir», degan oyati karima nozil bo‘ldi».
Bu hadisning isnodi uncha sog‘lom emas. Uni yolg‘iz Ash’as As-Sammon rivoyatidan bilamiz. Ash’as ibn Sa’id Abur-Robi’ As-Sammon hadisda zaif ekanligi qayd etilgan.
Ilm ahlining ko‘pchiligi shu hadisni egallaydilar va bunday deydilar: Bulutli havoda qiblani adashtirib namoz o‘qisa va keyin boshqa tomonga qarab namoz o‘qiganini aniqlab qolsa, namozi joizdir.
Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 04:12:47
256-BOB
MAVZU: QAYERDA, NIMAGA QARAB NAMOZ O’QIMOQ MAKRUH EKANLIGI


344. Ibn Imron (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yetti joyda namoz o‘qimoqni man’ etdilar: axlatxonada, qassobxonada (qushxonada), qabristonda, ko‘chaning o‘rtasida, hammomda, tuyaxonada, Baytullohning tepasida».
Qozi Abu Bakr ibn Al-Arabiy Termiziy kitobi sharhida: «Namoz o‘qimaydigan joylar o‘n uchta», deydi va hadisda vorid bo‘lgan yettita joyga ushbularni qo‘shadi: 8. Qabrga qarab namoz o‘qish. 9. Devoriga najosat surtilgan xojatxonaga qarab turish. 10. Kaliso (cherkov). 11 Sinagog (yahudiylar ibodatxonasi). 12 Haykallarga qarab turish. 13. Jazo mintaqasi. Al-Iroqiy bu joylarni o‘n to‘qqiztaga yetkazadi: 14 Bosib-talab olingan tuproq. 15. Uxlayotgan va gaplashayotgan kishilarga qarab namoz o‘qish. 16.Vodiyning ichi (suvi qurigan daryo o‘zani). 17. Tortib-talab olingan uy. 18. Diror masjidi (munofiqlar qurgan masjid). 19.Tandir... Bu joylar sanogini yana ko‘paytirganlar ham bor. Ammo bu yerlarning hammasida yoki ko‘pida namoz o‘qish durust deb aytganlar ham bor. Bular: «Namoz qaerda senga to‘g‘ri kelsa, darhol o‘qib ol!» degan hadisga tayanib, yuqorida zikr etilgan joylarda namoz o‘qimaslik saxih hadisga asoslanmagan kishilarning nuqtai-nazari, deb hisoblashadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 04:13:34
345. Bu hadis ma’nosi bilan Ibn Umar (roziyallohu anhumo) vositasida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan shunga yaqin tarzda rivoyat etilgan.
Bu bobda Abu Mirsad, Jobir va Anas (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Umar hadisning isnodi uncha sog‘lom emas. Zayd ibn Jabira xotirasi jihatidan tanqid qilingan.
Abu Lays ibn Sa’d bu hadisni Abdulloh ibn Umar Al-Umariydan, Nofi’dan, Ibn Umardan, Umardan (roziyallohu anhum), Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan aynan rivoyat qilgan.
Ibn Umarning Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan qilgan rivoyati Al-Lays ibn Sa’idning ri-voyatidan ko‘ra yaqinroq va sahihroq. Chunki ba’zi muhaddislar, Abdulloh ibn Umar Al-Umariy xotirasi ekanini qayd etganlar. Yahyo ibn Sa’id Al-Qatton shu muhaddislar orasida bor.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 04:22:05
257-BOB
MAVZU: QO’YXONA VA TUYAXONALARDA NAMOZ O’QIMOQ


346. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Qo‘yxonalarda namoz o‘qingizlar, ammo tuyaxonalarda namoz o‘qimangizlar».

347. Abu Kuraybdan, Yahyo ibn Odamdan, Abu Bakr ibn Ayyashdan, Abu Xusayndan, Abu Solihdan, Abu Hurayradan (roziyallohu anhum), Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan shu hadis aynan yoki shunga yaqin tarzda rivoyat qilingan.
Bu bobda Jobir ibn Samura, Al-Barro, Sabra ibn Ma’bad Al-Juhaniy, Abdulloh ibn Mug‘affal, Ibn Umar va Anas (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Birodarlarimizning amali shu hadis asosidadir.
Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir.
Abu Xusaynning Abu Solihdan, Abu Hurayradan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan qilgan rivoyati g‘arib.
Isroil bu hadisni Abu Husayndan, Abu Solihdan, Abu Hurayradan mavquf tarzida rivoyat qiladi va Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga(cha) yuksaltiradi.
Abu Husaynning ismi - Usmon ibn Osim Al-Asadiy.

348. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qo‘yxonalarda namoz o‘qir edilar».
Bu hadis sahih.
Abut-Tayyohning ismi - Yazid ibn Humayd.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 04:24:58
258-BOB
MAVZU: ULOV USTIDA NAMOZ O’QIMOQ


349. Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni bir ish bilan yubordilar. Qaytib kelsam, u kishi tuyalarining ustida mashriqqa qarab namoz o‘qiyotgan ekanlar. Sajdalari ruku’laridan ko‘ra pastroq edi».
Bu bobda Anas, Ibn Umar, Abu Sa’id va Omir ibn Robi’a (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilindi.
Jobirning hadisi hasan-sahih.
Jobirdan mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingan.
Ilm ahlining barchalari nazdida amal shu hadis asosidadir. Oralarida ixtilof uchraganini bilmaymiz. Kishi ulov ustida nafl namozi o‘qimoqligida zarar yo‘q deb qaraydilar. Qaysi tomonga yo‘nalsa-yo‘nalsin, yuzlangan tomoni xoh qibla bo‘lsin, xoh boshqa tomonga yuzlansin, (ulov ketayotgan tomonga qarab namoz o‘qiyveradi).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 04:35:43
259-BOB
MAVZU: TUYAGA QARAB (TUYANI TO’SIQ QILIB) NAMOZ O’QIMOQ


350. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuyalariga qarab yoki urg‘ochi tuyalariga qarab namoz o‘qidilar. U kishi tuyalarining ustida, ketayotgan tomonlariga yuzlanib, namoz o‘qiyverar edilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Ba’zi ilm ahlining qavli ham shu. Tuyani to‘siq qilib, unga qarab namoz o‘qimoqning zarari yo‘q, degan fikrdalar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 04:43:07
260-BOB
MAVZU: KECHKI TAOM BILAN XUFTON NAMOZI BIR VAQTGA TO’G’RI KELIB QOLSA...


351. Anas (roziyayalohu anhu)dan rivoyat qilindi; hadisni Nabiy sallallohu alayhi va sallamga yetkazib, bunday dedi: «Kechlik taom hozir bo‘lganda hufton namoziga iqomat aytnlsa, sizlar (avval) kechlik taomdan boshlangizlar».
Bu bobda Oisha, Ibn Umar, Salama ibn Al-Akva’ va Ummu Salama (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Anasning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan ba’zi ilm ahli nazdida amal shu hadis asosidadir. (Hazrati) Abu Bakr, Umar va Ibn Umar (roziyallohu anhum) shular orasida bor.
Ahmad va Ishoqning qavli ham shu: «Jamoat namozini boy bersa ham, kechlik taomdan boshlaydi», deydilar.
Al-Joruddan zshitdim, Vaki’ning bu borada bunday deganini eshitdim, deydi: «Taomi aynib qolishidan qo‘rqsa, kechlik taomdan boshlaydi».
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va boshqalardan ba’zi ilm ahli bu borada ega bo‘lgan fikr ergashilmoqqa yaqinroq: Kishi qalbi faqatgana har qanday bir narsa sababi bilan mashg‘ul bo‘lganida, namozga turmasligani murod etganlar.
Ibn Abbosdan bunday deb aytgani rivoyat qilingan:
«Ko‘nglingizda biror narsa bor bo‘lsa, namozga turmang».
Ibn Umardan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlari rivoyat qilingan: «Kechlik taom suzilganida namozga iqomat aytilsa, sizlar (avval) kechlik taomdan boshlangizlar».
Ibn Umar imomning qiroatini eshitib turib, kechlik taomni yedi. Buni Hannod bizga bayon etdi. Abda bu xabarni unga Ubaydullohdan, Nofi’dan, Ibn Umardan yetkazgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 04:45:44
261-BOB
MAVZU: UYQUSIRAB NAMOZ O’QIMOQ


352. Oisha (roziyalpohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sizlardan birortangiznp namoz o‘qiyotib uyqu bossa, uyqusi ketgunicha yotib uxlasin. Chunki biror kishi uyqusirab namoz o‘qisa, istig‘for aytaman deb o‘z-o‘zini so‘kib qo‘yishi mumkin».
Ya’ni namoz o‘qiyotgan paytda salom beradi-da, namozdan chiqadi, yotib uxlaydi. Ba’zilar bu hadisni tungi namozga tegishli, deydilar. An-Navaviy, farz va nafl, kechki va kunduzgi namozlarning xammasiga tegishli ekanligani aytadi. Hofiz ibn Hajar, «Fath-ul-boriy»da hadis maxsus bir sababga tayanganini, ammo lafzi omma (hammaga tegishli) ekanligini ta’kidlaganidan keyin, bunday deydi: «Farz namozlarida ham shu hadis bilan amal qilinadi, faqatgina namozni o‘tkazib yuborish (qazo qilib qo‘yish) xavfi yo‘q bo‘lsa...»
Bu bobda Abu Hurayra (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Oisha (onamiz)ning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 04:48:32
262-BOB
MAVZU: BIR QAVMNI ZIYORAT QILGAN KISHI ULARGA IMOM BO’LMASIN


353. Abu Atiyyadan rivoyat qilindi; aytdi: «Molik ibn Al-Huvayris namozlarimizga kelib bizlar bilan suhbatdosh bo‘lib turar edi. Bir kun namoz vaqti kirgach, unga: «Oldinga o‘g!» dedik. Shunda aytdiki, «Birortalaringiz oldinga o‘tsin, men nima uchun oldinga o‘tmaganimni sizlarga aytib berayin. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitganman: «Kimki biror qavmni ziyorat qilsa, ularga imom bo‘lmasin. Ularga o‘zlaridan biror kishi imom bo‘lsin», - dedilar.
Bu hadis hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va boshqalardan ilm ahli ko‘pchiligining amali shu hadis asosidadir. Aytadilarki, «Imomlik ziyoratchidan ko‘ra ko‘prok uy egasining haqqidir».
Ayrim ilm ahlining fikricha, agar uy egasi ruxsat bersa, ziyoratchi imom bo‘lmoqligida zarar yo‘q.
Ishoq, Molik ibn Huvayrisning hadisini tutadi va uy egasi ruxsat bergan taqdirda ham hech kim uy egasiga imom bo‘lmaydi, deb qatiy hukm qiladi. Aytadiki, «Masjidda ham shunday. Ziyorat qilgan kishilarga masjidda ham imom bo‘lmaydi, ularga o‘zlaridan bir kishi imomlik qiladi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 04:49:51
263-BOB
MAVZU: IMOM YOLG’IZ O’ZI UChUN DUO QILISHI KAROHAT EKANLIGI


354. Savbondan rivoyat qilindi; Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ruxsat olmasdan turib bir kishining uyi ichiga qaramoq hech kimga halol emas. Bas, qaradimi, kirgan bo‘ladi. Bir duoni, boshqalarni qo‘yib, faqat o‘zi uchun qilgan kishi qavmga imom bo‘la olmaydi, shunday qilsa, ularga xiyonat ettan bo‘ladi. Qistangan holatda namozga turilmaydi».
Bu bobda Abu Hurayra va Abu Umoma (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Savbonning hadisi hasan.
Bu hadis Muoviya ibn Solihdan, As-Safr ibn Nusayrdan, Yazid ibn Shurayhdan, Abu Umomadan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan.
Yazid ibn Shurayh, Abu Hurayra, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ham rivoyat qilindi.
Bu hadisda Yazid ibn Shurayhning muazzin Abu Haydan, Savbondan qilgan rivoyati isnod jihatdan yaxshiroq va mashhurroq ko‘rinadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 04:50:26
264-BOB
MAVZU: QAVM XOHLAMAGAN KISHINING QAVMGA IMOM BO’LMOG’I


355. Al-Hasandan rivoyat qilindi; aytdi: «Anas ibn Molikdan eshitdim, bunday dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uch kishini la’natladilar: qavmi yoqtirmasdan qavmga imom bo‘lgan kishini; erini ranjitgan holda kechani o‘gkazgan xotinni; Hayya ‘alal-falah!ni eshitib turib, so‘ng unga ijobat qilmagan kishini».
Bu bobda Ibn Abbos, Talha, Abdulloh ibn Amr va Abu Umoma (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Anasning hadisi sahih emas. Chunki, bu hadis Hasandan, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan mursal tarzida rivoyat qilindi. Ahmad ibn Hanbal, Muhammad ibn Al-Qosimni tanqid qilib, uning zaif ekanini qayd etgan. U hofiz emas.
Ilm ahlidan ba’zilari kishi o‘zini xoxlamagan qavmga imom bo‘lmog‘ini makruh deb qaraganlar. Holbuki, imom haddan oshgan bir kishi bo‘lmasa, gunoh faqat uni xohlamagan kishilargadir.
Ahmad va Ishoq bu borada bunday deyiishdi: «Imomni jamoatdan bir kishi, ikki kishi yoki uch kishi xohlamasa, to qavmning ko‘pchiligi uni yoqtirar ekan, qavmga imom bo‘lmog‘ida zarar yo‘q».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 04:51:55
356. Amr ibn Al-Horis ibn Mustoliqdan rivoyat qilindi; aytdi: «Deyilar ediki, insonlardan azobi qattiq bo‘ladigani ikki kishidir: eriga osiy bo‘lgan xotin va qavmi yomon ko‘rgan imom».
Jarir aytadi: «Mansur dediki: «Imom borasida savol berganimizda bizga bunday deyildi: «Bu bilan, faqat haddan oshgan imomlar ko‘zda tutilgan. Sunnatni bajo qiladigan imomga kelsak, gunoh uni yoqtirmagan kishilargadir».

357. Abu G’olibdan rivoyat qilindi; aytdi: «Abu Umomadan bunday deganini eshitdim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Uch kishi borki, ularning namozi quloqlaridan (yuqori) ko‘tarilmaydi: qochgan qul, toki qaytib kelgunicha; erini g‘azablantirgan holda kechani o‘gkazgan xotin; qavmi yoqtirmagan imom».
Bu hadis shu jihatdan hasan-g‘arib.
Abu Tolibning ismi esa - Hozavvar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 04:52:21
265-BOB
MAVZU: «IMOM O’TIRIB NAMOZ O’QISA, SIZLAR HAM O’TIRIB O’QINGIZLAR»


358. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam otdan yiqildilar, bir yonlari lat yeb (o‘ng tomon) terilari shilindi. Bizga o‘girgan holda namoz o‘qib berdilar, bizlar ham o‘tirgan holda u kishiga ergashib namoz o‘qidik. Keyin namozni tugatgach, bizga o‘girilib: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imomdir» yoki «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir», - dedilar. - Agar u takbir aytsa, takbir aytingizlar, ruku’ qilsa, ruku’ qilingizlar, o‘rnidan   tursa, turingizlar, agar: Sami’allohu li man hamidah desa, Robbana laka-l-hamd! deb aytingizlar; agar sajda qilsa, sajda qilnngizlar; agar o‘girib namoz o‘qisa, hammangiz o‘girib namoz o‘qingizlar».
«Imom Buxoriy aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom o‘tirib o‘qisa, o‘tirib o‘qingizlar» degan so‘zlarini bundan ilgari betoblik paytlarida aytganlar, so‘nggi kasal bo‘lganlarida esa Janobi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘tirib o‘qiganlar, odamlar tik turib o‘kishgan. Ularga o‘tirmoqni buyurmaganlar. Oxirgisi hisobga olingaydir, zero oxirgisi janobi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tabiatlariga mosdir». («Sahihi Buxoriy», 1-jild)
Bu bobda Oisha (onamiz), Abu Hurayra, Jobir, Ibn Umar va Muoviya (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Anasning: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam otdan yiqildilar, terilari shilindi» degan hadisi hasan-sahih.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan ba’zilari shu hadisni egallashgan. Jobir ibn Abdulloh, Usayd ibn Hudayr va Abu Hurayra hamda boshqalar shular orasida borlar. Ahmad va Ishoqning qavli ham shu.
Ayrim ilm ahlining fikricha, imom o‘tirib o‘qisa, orqasidagilar faqat tik turib namoz o‘qiydi. Agar o‘tirib namoz o‘qishsa, namozlari joiz emas.
Sufyon As-Savriy, Molik ibn Anas, Ibnul-Muborak va Shofi’iyning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 04:52:49
266-BOB
MAVZU: O’TGAN MAVZU


359. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafotlari bilan yakunlangan (oxirgi) betobliklarida Abu Bakrning ortlarida o‘tirib namoz o‘qidilar».
Oisha (onamizning ushbu) hadisi hasan-sahih-g‘arib.
Oisha (roziyallohu anho)dan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlari ham rivoyat qilingan: «Imom o‘tirib namoz o‘qisa, sizlar ham o‘tirib namoz o‘qiysizlar».
Yana Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilingan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betobliklarida mamozga chiqdilar. Abu Bakr (imomlik qilib) namoz o‘qib berayotgan edilar. U kishi Abu Bakrning yonlarida o‘tirib namoz o‘qib berdilar. Abu Bakr tik turib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qildilar, jamoat esa Abu Bakrga iqtido qilgan edi».
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrning ortlarida o‘tirib namoz o‘qidilar».
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrning ortlarila o‘girgan holda namoz o‘qidilar».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 22 Dekabr 2008, 04:53:43
360. Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betobliklarida Abu Bakrning ortlarida o‘girib, kiyimlariga o‘ralgan holda (qo‘ltiqlari ostidan o‘tkazib, yelkalariga tashlagan holda) namoz o‘qidilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Bu hadisni Yahyo ibn Ayyub Humayddan, Anasdan shu tarzda rivoyat qilgan. Ayni vaqtda, buni Humayddan, Anasdan mutaaddid kishilar rivoyat qilishgan, ammo Sobitni zikr qilishmagan. Sobitdan zikr qilingan hadis yanada sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Dekabr 2008, 09:56:05
267-BOB
MAVZU: IMOM UNUTIB IKKINCHI RAK’ATDA (QIYOMGA) TURIB KETSA


361. Ash-Sha’biydan rivoyat qilindi; aytdi: «Al-Mug‘iyra ibn Shu’ba bizga namoz o‘qib berdi-da, ikkinchi rak’atda (o‘tirmasdan) turib ketdi. Qavm unga tasbih aytdi, ya’ni «Subhanalloh» dedi; u ham qavmga «Subhanalloh» deb tasbih aytdi. Namozni ado etib bo‘lgach, salom berdi va o‘tirgan joyida ikki marta sajdai sahv qildi. Keyin ularga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuddi shunday qilganlarini va u ham ana shuning uchun shunday qilganini so‘zlab berdi».
Bu bobda Uqba’ ibn Omir, Sa’d va Abdulloh ibn Buhaynadan hadis rivoyat qilindi.
Al-Mug‘iyra ibn Shu’baning hadisi undan mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingan. Ba’zi muhaddislar Ibn Abi Layloni xotirasi jihatdan tanqid qilishadi. Ahmad aytadiki: «Ibn Abi Layloning hadisi bilan istidlol qilinmaydi». Muhammad ibn Ismoil (Al-Buxoriy) esa bunday deydy: «Ion Abi Laylo juda to‘g‘ri kishi. Ammo men undan hadis rivoyat qilmayman. Chunki, u hadisning sahihini chirigidan ajrata olmaydi. Bunday kishilarning hech birovidan hech narsa rivoyat qilmayman».
Bu hadis Al-Mug‘iyra ibn Shu’badan mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingan. Sufyon - Jobirdan, Al-Mug‘iyra ibn Shubayldan, Qays ibn Abi Hozimdan, Al-Mug‘iyra ibn Shu’badan shu hadisni rivoyat qildi. Ba’zi ilm ahli Jobir ibn Ja’fiyning zaif ekanligini qayd etadilar. Yahyo ibn Sa’id, Abdurrahmon ibn Mahdiy va tag‘in boshqalar uni tark etganlar.
Ilm ahlining amali shu hadis asosidadir. Demakki, ikkinchi rak’atda (o‘tirmasdan) turib ketsa, namozini davom ettiraveradi va (oxirida) ikki marta sajda(i sahv) qiladi. Ayrimlari salomdan oldin (sajda qiladi) desa, ayrimlari salomdan keyin, deb aytgan. Salomdan oldin deb aytuvchilarning hadisi - Az-Zuhriy bilan Yahyo ibn Sa’id Al-Ansoriyning Abdurrahmon Al-A’rajdan, Abdulloh ibn Buhonadan rivoyat qilgan hadislariga mutobaqati (muvofiqligi) sababiga ko‘ra yanada sahihroq.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Dekabr 2008, 09:56:19
362. Ziyod ibn Iloqadan rivoyat qilindi; aytdi: «Mug‘iyra ibn Shu’ba bizlarga namoz o‘qib berdi-da, ikki rak’at o‘qigach, o‘tirmasdan turib ketdi. Orqasidagi kishilar «Subhanalloh» deyishdi, u esa ularga turingizlar degan ishorani qildi. Namozdan forig‘ bo‘lgach, salom berdi-da, ikki marta sajdai sahv qildi, (so‘ng) salom berdi. (Keyin) «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ana shunday qilgan edilar», - dedi.
Bu hadis hasan-sahih. Al-Mug‘iyra ibn Shu’ba tariqi bilan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Dekabr 2008, 09:56:42
268-BOB
MAVZU: BIRINCHI TASHAHUDDA O’TIRMOQ MIQDORI


363. Sa’d ibn Ibrohimdan rivoyat qilindi; aytdi: «Abu Ubayda Ibn Abdulloh ibn Mas’ud otasidan hadis bayon etganini eshitdim; aytdiki, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam avvalgi ikki rak’atda (birinchi qa’dada) o‘tirsalar, xuddi qizigan tosh ustida o‘girgandek o‘tirardilar». Shu’ba aytdi: «Keyin Sa’d bir narsa demoqchi bo‘lib lablarini qimirlatdi. Shunda men: «To turgunlaricha», dedim, u ham: «To turgunlaricha», dedi.
Bu hadis hasan. Chunonchi, Abu Ubayda otasidan eshitgan.
Ilm ahlining amali shu hadis asosidadir. Birinchi qa’dada o‘tirmoqni cho‘zmaslikni va tashahhud ustiga biror narsa qo‘shmaslikni ixtiyor etganlar. Aytadilarki, «Tashahhud ustiga biror narsa qo‘shsa, sajdai sahv qilmog‘i lozim bo‘ladi». Ash-Sha’biydan va boshqalardan shunday deb rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Dekabr 2008, 09:57:19
269-BOB
MAVZU: NAMOZDA ISHORAT QILMOQ


364. Suhayb (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga uchradim. Namoz o‘qiyotgan ekanlar. Salom berdim, u kishi ishorat bilan salomimga alik oldilar».
Lays ibn Asad (yoki Nobil): «Illo barmoqlari bilan ishorat qilib» deganini bilmayman», deydi.
Bu bobda Bilol, Abu Hurayra, Anas va Oisha (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Dekabr 2008, 09:57:44
365. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Biloldan, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam namozda turgan paytlarida u kishiga salom berishsa, salomlariga qanday alik olar edilar?» deb so‘radim. «Qo‘llari bilan ishorat qilar edilar», dedi».
Bu hadis hasan-sahih.
Suhaybning hadisi esa hasan, uni faqatgina Al-Laysning Bukayrdan qilgan rivoyatidan bilamiz. Zayd ibn Aslam tariqi bilan Ibn Umardan rivoyat qilganki, aytadi: «Biloldan, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Bani Amr ibn Avf masjidida u kishiga salom berganlarida, salomlariga qanday alik olar edilar?» -deb so‘radim. «Ishorat bilan alik olardilar», - dedi.
Menimcha, ikkala hadis ham sahih.
Ibn Umar (ishorat bilan alik olmoq hadisini) Suhayb bilan Bilolning ikkalovidan ham rivoyat qilgan bo‘lsa-da, Suhaybning hadisi hikoyasi boshqa va Bilolning hadisi hikoyasi boshqadir, demakki, ikkovlaridan (alohida-alohida) eshitgan bo‘lishi ehtimoli bor.
Ilova: Imom Al-Buxoriyning «Al-Jomi’ as-sahih» kitobi (1-jild) «Namozda qilinadigan harakatlar borasidagi boblar»ning 15-bobi «Namozda salomga alik olinmaydir» deb nomlanadi. Unda Abdulloh ibn Mas’uddan va Jobir ibn Abdullohdan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz paytida salomga kat’iyan alik olmaganlari haqida sahih hadislar bayon qilingan. U zotning «Namoz o‘qiyotnb boshqa narsalarga chalg‘imaslik kerak» degan so‘elari keltirilgan. (327-328-sahifa). Shuningdek, boshqa kitoblarda «Namoz ulug‘ mashg‘ulotdir» degan hadisi sharif ham zikr qilingan. Yana «Muxtasar-ul-viqoya» sharhidan: «Salomga javob qaytarmoq ham namozni buzgay, xoh sahv bilan bo‘lsin, xoh qasd bilan bo‘lsin, zeroki javobda xitob bordir, so‘zning xukmida bo‘lgay». (135-sahifa). (Tarjimon).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 00:43:11
270-BOB
MAVZU: «(NAMOZDA) TASBIH AYTMOQ ERKAKLARGA XOS VA CHAPAK CHALMOQ AYOLLARGA XOS»


366. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «(Namozda) tasbih aytmoq («Subhanalloh» demoq) erkaklar uchun va chapak chalmoq ayollar uchundir».
Bu bobda Ali, Sahl ibn Sa’d, Jobir, Abu Sa’id va Ibn Umar (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. (Hazrati) Ali aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan kirishga ruxsat so‘raganimda, namozda bo‘lsalar, «Subhanalloh» der edilar.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih. Ilm ahlining amali shu hadis asosidadir. Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 00:44:08
271-BOB
MAVZU: NAMOZDA ESNAMOQ KAROHAT EKANLIGI


367. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilarki, «Namozda esnamoq shaytondandir va agar birortangizni esnoq tutsa, iloji boricha qaytarmoqqa urinsin».
Bu bobda Abu Sa’id Al-Xudriy va Adiy ibn Sobitning bobosidan hadis rivoyat qilindi.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahlidan ba’zilari namozda esnamoqni makruh deb topganlar.
Ibrohim aytadi: «Men esnamoqni «ih-ih» deb yo‘talib qaytaraman».
«Muxtasar ul-viqoya» sharhidan: «Tuhfat-ul-muluk»ning sharhi «Hadiyyatus-sa’luk» nomli kitobda hamyozani (esnoqni) qaytarmoq yo‘li haqida aytibdilar: «Albatta, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam hargiz esnagan emaslar» deb ko‘ngliga keltirgay. Quduriy aytdilar: «Ko‘p martaba sinadik, nafsu-l-amr esnamoq qaytar ekan». Ibnul-Obidin aytdilar: «O’zim tajriba qildim, ya’ni sinadim, shundoq ekan». Chunonchi, «Raddul-muhtor»da mazkurdur». (137-sahifa - Tarjimon).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 00:45:31
272-BOB
MAVZU: O’TIRIB O’QIGAN KISHINING NAMOZI TIK TURIB O’QIGAN KISHI NAMOZINING YARMIGA TENG


368. Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan o‘tirib namoz o‘qigan kishining namozi haqida so‘radim. Aytdilarki, «Kimki tik turib namoz o‘qisa, shu afzalroq. Kimki o‘tirib namoz o‘qisa, unga tik turib o‘qiganning yarmicha ajr bor. Va kimki yotib namoz o‘qisa, unga o‘tirib o‘qiganning yarmicha ajr bor».
Bu bobda Abdullbh ibn Umar, Anas va As-Soib (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Imron ibn Huaynning hadisi hasan-sahih. Bu hadis Ibrohim ibn Tahmondan shu isnod bilan rivoyat qilindi, ammo u Ibrohim ibn Husaynning bunday deb aytganini qayd etadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bemor kishining namozi haqida so‘radim. «Tik turib o‘qi. Agar quvvating yetmasa, o‘tirib o‘qi. Agar (bunga ham) quvvating yetmasa, yonboshlab o‘qi», dedilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 00:46:04
369. Shu (hadis)ni Hannod - Vaki’ orqali bizga «Ibrohim ibn Tahmondan, Husayn Al-Mu’allimdan» deb shu isnod bilan bayon qildi.
Husayn Al-Mu’allimdan Ibrohim ibn Tahmonning rivoyatiga o‘xshash tarzda rivoyat qilgan kishini bilmaymiz. Abu Usoma va tag‘in boshqalar Husayn Al-Mu’allimdan, Iso ibn Yunusning rivoyatiga o‘xshash tarzda rivoyat qildilar. Bu hadisning ma’nosi, ayrim ilm ahlining fikricha, nafl namozlar borasidadir.
Muhammad ibn Bashshardan, Ibn Abi Adiydan, Ash’as ibn Abdulmalikdan, Hasandan rivoyat qilindi; Hasan aytdi: «Kishi nafl namozini xohlasa tik turib, xohlasa o‘tirib, xohlasa yotgan joyida o‘qiyveradi». Ilm ahli o‘tirib namoz o‘qimoqqa quvvati yetmagan bemorning namozi borasida ixtilof qildilar. Ayrimlari: o‘ng tomoni bilan yotib namoz o‘qiydi, dedi. Ayrimlari esa orqasi bilan (chalqancha) yotib, oyoqlarini qiblaga qaratib namoz o‘qiydi, dedi.
Sufyon As-Savriy: «Kimki namozni o‘tirib o‘qisa, unga tik turib o‘qiganning yarim savobi bor», degan hadis borasida bunday deydi: «Bu hukm sog‘lom va uzri bo‘lmagan kishi uchundir. Xastalikdan yoki boshqa bir narsadan uzri bo‘lgan kishi o‘girib namoz o‘qisa, uning ajri tik turib o‘qigan kishining ajri singaridir». Ba’zi hadislarda, Sufyon As-Savriyning so‘zidek rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 00:50:49
273-BOB
MAVZU: O’TIRGAN JOYIDA NAFL NAMOZ O’QIGAN KISHI


370. Nabiy sallallohu alaihi va sallamning jufti halollari Hafsa (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to vafotlariga bir yil qolgunicha, nafl namozlarini o‘tirib o‘qiganlarini ko‘rmadim. Keyin nafl namozlarini o‘tirib (ham) o‘qir edilar. Unda bir surani shundoq tartiyl bilan qiroat qilar edilarki, u sura o‘zidan uzun bo‘lgan suradan ham ko‘ra uzunroq bo‘lib ketar edi».
Bu bobda Ummu Salama, Anas ibn Molik (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Hafsa (roziyallohu anho)ning hadisi hasan-sahih.
Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilindi: «Kechalari o‘tirib namoz o‘qir edilar. Vaqtiki qiroatlaridan (bir rak’atning hissasidan) o‘ttiz yoki qirq oyat miqdori qolsa, uni tik turib o‘qir edilar. Keyin ruku’ va sajda qilar edilar. Keyin ikkinchi rak’atda yana xuddi shundoq qilar edilar».
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bunday deb aytganlari ham rivoyat qilingan: «O’tirib (ham) namoz o‘qir edilar. Tik turib o‘qisalar, ruku’ va sajdalarini tik turib qilar edilar; o‘tirib o‘qisalar, ruku’ va sajdalarini o‘tirgan holda qilar edilar..» Ahmad va Ishoq aytishadi: «Ikkala hadis bilan ham amal voriddir». Bayon etilgan har ikki hadisni sahih deb, har biri bilan amal qilinadi, deb hisoblaydilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 00:53:24
370. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (oxirgi vaqtlarida) o‘tirib namoz o‘qir edilar va o‘tirgan hollarida qiroat qilar edilar. Vaqtiki, qiroatlaridan (bir rak’atning hissasidan) o‘gtiz yoki qirq oyat miqdori qolsa, uni tik turib o‘qir va qiroatni tik turgan holda bitkazar edilar. Keyin ruku’ va sajda qilar edilar. Ikkinchi rak’atda yana xuddi shundoq qilar edilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 00:53:51
372. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi. Abdulloh ibn Shaqiq (roziyallohu anhu) aytadi: Oishadan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nafl namozlari borasida savol qildim. Oisha aytdilar: «(Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam) kechaning uzun hissasida nafl namozlarini tik turib o‘qir edilar va ba’zi kechaning uzun hissasida o‘tirib o‘qir edilar. Qachon tik turib qiroat qilsalar, ruku’ va sajdalarini tik turgan holda qilar edilar. Va qachon o‘tirib qiroat qilsalar, ruku’ va sajdalarini o‘tirgan holda qilar edilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 01:09:06
274-BOB
MAVZU: RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAM NAMOZDA CHAQALOQ YIG’ISINI ESHITIB, QIROATNI QISQA QILGANLARI


373. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Alloh haqi, men namozda turib bolaning yig‘isiii aniq eshitaman-da, onasiga qiyin bo‘lmog‘idan xavfsirab, namozni yengillataman».
Bu bobda Abu Qatoda, Abu Sa’id va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Anasning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 01:18:16
275-BOB
MAVZU: OY KO’RA BOSHLAGAN (BALOG’ATGA YETGAN) QIZNING NAMOZI YOPINCHIQSIZ QABUL BO’LMASLIGI


374. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Hayz ko‘ra boshlagan qizning namozi o‘ranib o‘qisagina qabul bo‘ladi».
Bu bobda Abdulloh ibn Amrdan ham hadis rivoyat qilingan.
Oisha onamizning hadisi hasan.
Ilm ahlining amali shu hadis asosidadir. Qiz bola balog‘atga yetgach, sochining biror joyi ochiq holda namoz o‘qisa, namozi joiz emas. Shofi’iyning qavli bunday: aytadiki, «Ayol kishining namozi, badanining biror joyi ochiq bo‘lsa, joiz emas». Shuningdek, aytadiki, «Oyoqlarining sirti (oyoq panjalari) ochiq bo‘lsa, namozi joiz ekanligi aytilgan».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 01:18:56
276-BOB
MAVZU: NAMOZDA KIYIMINI OSILTIRIB OLMOQ KAROHAT EKANLIGI


375. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozda kiyimni osiltirib olmoqdan qaytardilar».
Ash-Shavqoniy «An-nayl»da aytadiki, «as-sidl» (osiltirmoq) - oldi ochiq libosning ikki tomonini yopmasdan, erkin tashlab qo‘ymoqdir. «An-nihoya» muallifining fikricha bu so‘z - kishining bir (qavat) libosga o‘ranib, qo‘llarini libos ichida qoldirib, ruku va sajdani shu holda qilmog‘idir. Ba’zilarning. fikricha, izorning (lungining) o‘rta joyini bosh ustiga keltirib, ikki uchini o‘ng va chap tomondan pastga osiltirib olmoq va yelkalariga to‘plamoqdir. Al-Javhariyning fikricha, libosning etak uchlarini osiltirib olmoqdir. Al-Xattobiy fikricha, kiyimni yerga tegadigan tarzda osiltirmoqdir. Al-Iroqiy esa «osiltirmoq» deganda sochni osiltirmoq ko‘zda tutilgan bo‘lishi ehtimol, deydi. Ash-Shavqoniy ulamolarning «osiltirmoq» haqidagi fikrlarini shu yo‘sin bildirgach, bunday deydi: «Hadis shu ma’nolarning hammasini qamramoqligida mone’lik yo‘q, shoyad bu kalima shu barcha ma’nolar uchun mushtarak bo‘lsa, zero sog‘lom yo‘l - mushtarak ma’noda barcha ma’nolarni qamramoqlikdir».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 01:23:25
277-BOB
MAVZU: NAMOZDA MAYDA TOSHLARNI TEKISLAMOQ KAROHAT EKANLIGI


376. Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Sizlardan birortangiz namozga turganida mayda toshlarni tekislamasin, (ya’ni bu bilan o‘zini mashg‘ul qilmasin). Chunki (namoz payti) unga rahmat tavajjuh etgaydir (yuzlangaydir)».
Shag‘al toshlar, qum va tuproq ham shu hukmga doxil. Molik ibn Anasning bunda zarar yo‘q deb qarashi rivoyat qilinadi. Ammo olimlarning ko‘pchiligi bu fe’lni makruh deb topishgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 01:24:10
377. Mu’aykib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan namozda mayda toshlarni tekislamoq borasida so‘radim. Shunda aytdilar: «Juda tekislamog‘ing zarur bo‘lsa, bir marta tekislab qo‘ygin».
Bu hadis sahih.
Bu bobda Ali ibn Abu Tolib, Huzayfa, Jobir ibn Abdulloh va Mu’ayqib (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Zarrning hadisi hasan.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozda tekislamoqni karih ko‘rganlar va: «Juda tekislamog‘ing zarur bo‘lsa, bir marta tekislab qo‘ygin» deb aytganlari bayon etilganki, go‘yo bir marta bajarmoq uchun ruxsat berilgani rivoyat qilinmoqda. Ilm ahlining amali shu hadis asosidadir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 01:24:39
278-BOB
MAVZU: NAMOZDA PUFLAMOQ KAROHAT EKANLIGI


378. Ummu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam, Aflah degan bir qulimiz sajda qilayotib yerga puflaganini ko‘rib qoldilar. Shunda: «Yo Aflah! Yuzingning fayzi ketdi», dedilar».
Aflah, sajda qiladigan joyidan chang va tuproqni ketkazish uchun yerga pufladi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzuri Boriyda (Allohning huzurida turib) bunga o‘xshash mutakabbirona harakatlarni tavozu’ga zid deb topib, man’ etganlar.
Ahmad ibn Mani’ aytadi: «Abbod namozda puflamoqni karih deb hisoblaydi va bunday deydi:
«Bordi-yu, puflasa, namozi buzilmaydi». Ahmad ibn Maiyn: «Biz ham shu (qavl)ni olamiz», deydi.
Ayrimlar bu hadisni Abu Hamzadan rivoyat qiladilar. Abu Hamza (o‘z rivoyatida) «Raboh degan bir mavlomiz (ozod etilgan qulimiz)», dedi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 01:32:11
379. Ahmad ibn Abda Az-Zobbiy, Hammod ibn Zayd orqali «Maymun Aou Hamzadan» degan isnod bilan o‘tgan hadisni uyqash tarzda bizga bayon qildi va: «Raboh degan bir qulimiz», dedi...
Ummu Salama hadisining isnodi uncha sog‘lom emas. Ayrim ilm ahli, Maymun Abu Hamzaning zaif ekanini qayd etgan. Namozda puflamoq borasida ilm ahli ixtilof qildilar. Ba’zilari: Namozda puflasa, namozini qaytadan o‘qiydi», dedi. Sufyon As-Savriyning va Kufa ahlining qavli shudir. Ayrimlar esa, namozda puflamoq makruh deb (hisoblagan) va bordi-yu, puflasa, namozi buzilmaydi, deb aytganlar. Ahmad va Ishoqning qavli shu.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 01:33:38
279-BOB
MAVZU: NAMOZDA QO’LNI BYeLGA TIRAMOQDAN QAYTARUV


380. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam, kishini qo‘lini belig‘a tirab namoz o‘qishdan qaytardilar».
Bu bobda Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahlidan ayrimlari namozda qo‘lni belga tiramoqni karih deb topganlar. Hadisda vorid bo‘lgan «Muxtasiron» lafzining ma’nosi — kishi namozda qo‘lini belining ustiga qo‘ymog‘idir. Ba’zilar esa, kishi qo‘lini beliga tirab yurmog‘ini karih deb qaraganlar. Iblis yurganda qo‘lini beliga tirab yurishi rivoyat qilinadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 01:34:59
280-BOB
MAVZU: NAMOZDA SOChNI ENSAGA (BOSHNING ORQASIGA) TO’PLAMOQ KAROHAT EKANLIGI


381. Abu Rofi’dan rivoyat qilinadi: Hasan ibn Ali, sochini tutamlab ensasiga (boshining orqasiga) to‘plagan holda namoz o‘qiyotgan edi, Abu Rofi’ uning oldiga kelib, soch tutamini yoyib yubordi. Hasan xafa bo‘lib unga qaragan edi, Abu Rofi’ bunday dedi: «Namozingga qara va g‘azablanma. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdimki, «Bu shaytonning hissasidir» dedilar».
Bu bobda Ummu Salama va Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Rofi’ning hadisi hasan. Ilm ahlining amali shu hadis asosidadir. Kishi sochini ensasiga to‘plab namoz o‘qimog‘ini makruh deb topganlar. Imron ibn Muso Makka (shahri)dan bo‘lib, qurayshiydir; Ayyub ibn Musoning birodaridir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 01:36:22
281-BOB
MAVZU: NAMOZDA XUShU’


382. Fazl ibn Abbosdan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Namoz ikki rak’at - ikki rak’atdandir. Har ikki rak’atda bir tashahhud bor. Va (namozda) xushu’ bor, tazarru’ bor, miskinlik bor! Qo‘llaringni xorlik-bechoralik bilan ko‘targaysan». Aytdilarki, «Panjalaringni to‘g‘riga qaratgan holda, qo‘llaringni Parvardigoringga ko‘targaysan va: «Yo Rabbim!» degaysan..» Kimki ana shunday qilmasa, shundaydir va shundaydir!..»
Ibnul-Muborakdan boshqasi bu hadisda: «Kimki ana shunday qilmasa, bu nuqsondir!» - deydi.
Muhammad ibn Ismo’il (Al-Buxoriy)dan eshitdim, bunday dedi: «Shu’ba ushbu hadisni Abdurobbih ibn Sa’iddan rivoyat qiladi va ayrim o‘rinlarida yanglishadi. Masalan, «Abu Anas ibn Unaysdan» deydi; holbuki, u Imron ibn Abi Anasdir. «Abdulloh ibn Al-Xorijdan» deydi, holbuki, bu Abdulloh ibn Nofi’ ibn Al-Amya’ning Robi’a ibn Al-Horisdan qilgan rivoyatidir. Shuningdek, Shu’ba «Abdulloh ibn Al-Horisdan, Al-Muttolibdan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan» deydi, holbuki, bu «Robi’a ibn Al-Horis ibn Abdulmuttolibdan, Al-Fazl ibn Abbosdan, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan»dir.
Muhammad aytadiki, Al-Lays ibn Sa’idning hadisi Shu’baning hadisidan ko‘ra sahihroq.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 01:38:25
282-BOB
MAVZU: NAMOZDA BARMOQLARNI BIR-BIRIGA CHALISHTIRMOQ KAROHAT EKANLIGI


383. Ka’b ibn Ujradan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sizlardan birortangiz chiroyli tahorat olsa, keyin masjidga kelmoq qasdi ila (yo‘lga) chiqsa, barmoqlarini bir-biriga chalishtirmasin. Chunki, u namozdadir».
Kishi tahorat olib, masjidga yuzlanib chiqqanidan e’tibo-ran, hukman namozda hisoblanadi. Shuning uchun barmoqlarni bir-biriga chalishtirmoqni makruh ko‘rganlar. Bu ishning karohati masjiddan qaytgunicha davom etadi.
Ka’b ibn Ujraning hadisini Ibn Ajlondan mutaaddid kishilar, Al-Laysning rivoyati singari rivoyat qildilar. Shurayk, Muhammad ibn Ajlondan, uning otasidan, Abu Hurayradan (roziyallohu anhum), Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan xuddi shu hadisni uyqash tarzda rivoyat qildi. Shuraykning hadisi mahfuz emas.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 01:38:52
283-BOB
MAVZU: NAMOZDA QIYOMNI UZUN QILMOQ


383. Jobirdan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Qaysi namoz afzalroq?» deb so‘raldi. «Qunuti uzun namoz», dedilar.
«Al-qunut» bir necha ma’noda qo‘llanadi. An-Navaviy, bu o‘rinda «al-qunut» so‘zidan ulamo ittifoqi bilan qiyom nazarda tutilganligini aytadi. Chunonchi, Abu Dovud Abdulloh ibn Hubshiydan taxrij qilgan hadisda «qiyomi uzun bo‘lgan (namoz)» degan jumla vorid bo‘lgan.
Bu bobda Abdulloh ibn Hubshiy va Anas ibn Molikdan hadis rivoyat qilingan.
Jobirning hadisi hasan-sahih. Bu hadis Jobir ibn Abdullohdan bir qancha vajhlardan rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 01:39:16
284-BOB
MAVZU: RUKU VA SUJUDNI KO’P QILMOQ


385. Ma’dan ibn Talha Al-Ya’muriydan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning mavlosi Savbonni ko‘rib qoldim va unga dedimki, «Menga bir amalni dalolat qilginki, Alloh u bois meni manfaatlantirsin va Alloh meni jannatiga kiritsin». U bir oz sukut qilib qoldi, keyin menga qarab bunday dedi: «Sajdani davomli qil! Chunki men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdimki, aytdilar: «Qaysi bandaki Alloh uchun bir sajda qilsa, Alloh shu bois uning martabasini bir daraja ko‘targaydir va shu bois uning bir xatosini kechirgaydir».
Ma’dan aytadi: «Abud-Dardoni ko‘rdim va Savbondan so‘ragan narsamni undan ham so‘radim. Aytdiki, «Sajdani davomli qil! Chunki Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdimki, aytdilar: «Qaysi bandaki Alloh uchun bir sajda qilsa, Alloh o‘sha bois, shubhasiz, uning martabasini bir daraja ko‘targaydir va o‘sha bois bir xatosini kechirgaydir».
Bu bobda Abu Hurayra va Abu Fotimadan hadis rivoyat qilingan.
Ruku’ va sujudni ko‘paytirmoq borasida Savbon va Abud-Dardodan rivoyat qilingan hadis - hasan-sahih.
Ilm ahli bu masalada ixtilof qilganlar. Ba’zilari, namozda qiyomni uzun qilmoq - ruku’ va sujudni ko‘paytirmoqdan ko‘ra fazilatli ekanini aytsa, ayrimlari esa ruku’ va sujudni ko‘paytirmoq qiyomni uzun qilmoqdan ko‘ra afzalroq, deb qaror qilgan.
Ahmad ibn Hanbal aytadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bu borada ikkita hadis rivoyat qilingan». Shunga qaramay, uning o‘zi bu borada hech qanday hukm bermaydi.
Ishoq bunday deydi: «Kunduzgi namozlarda afzali - ruku’ va sujudni ko‘proq qilmoq, kechki namozlarda esa qiyomni uzun qilmoqdir. Faqat kishi har kecha ( Qur’ondan) bir juz’ xatm qilmoqni odat etgan bo‘lsa, bunda ruku’ va sajdani ko‘paytirmog‘i men uchun sevimliroq. Chunki ham bir juz’ni xatm qilgan bo‘ladi, ham ruku’ va sujudga erishgan bo‘ladi». Ishoq bu so‘zni aytmog‘ining bir sababi shuki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi namozlari shu tarzda, qiyomi uzun holatda sifatlantirilgan. Kunduzgi namozlariga kelganda, buning qiyomi xuddi kechki namozlardagidek, uzun tarzda sifatlantirilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 01:43:03
285-BOB
MAVZU: NAMOZ PAYTIDA ILON VA CHAYONNI O’LDIRMOQ


386. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz ichida ikki qora (narsa)ni - ilonni va chayonni o‘ldirmoqni buyurdilar».
Bu bobda Ibn Abbos va Abu Rofi’ (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyn ulamosidan ba’zilarining amali shu hadis asosidadir. Ahmad va Ishoqning qavli shu. Ba’zi ilm ahli namozda ilon va chayonni o‘ldirmoqni makruh deb topganlar. Ibrohim aytadi: «Namozda (namozning o‘ziga xos) mashg‘uliyat bor!». Birinchi qavl sahihroq.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 01:44:53
286-BOB
MAVZU: SALOMDAN OLDIN SAJDAI SAHV QILMOQ


387. Bani Abdulmuttolib ittifoqdoshi - Asd qabilasiga mansub Abdulloh ibn Buhaynadan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam peshin namozida (tashahhudga) o‘girishlari lozim bo‘lgan holda (o‘tirmasdan) turib ketdilar. Namozni tamom qilgach, salom berishdan oldin o‘tirgan joylarida ikki marta sajdai sahv qildilar, har bir sajda uchun takbir aytdilar. Odamlar ham unutilgan tashahhud evaziga u kishi bilan birga ikki sajda qilishdi».
Bu bobda Abdurrahmon ibn Afvdan hadis rivoyat qilingan.
Muhammad ibn Bashshar bizga Abdul-A’lo va Abu Dovuddan, Hishomdan, Yahyo ibn Abi Kasirdan, Muhammad ibn Ibrbhimdan naql etib, bayon qildi: Abu Hurayra a As-Soib Al-Qoriy sajdai sahvni salomdan oldin qilishar edi.
Ibn Buhaynaning hadisi hasan.
Ayrim ilm ahlining amali shu hadis asosidadir. Shofi’iyning qavli shu. Sajdai sahvni salomdan oldin qilmoqni ma’qul ko‘radi va bunday deydi: «Bu hadis boshqa hadisning hukmini nasx etuvchi (bekor qiluvchi)dir». Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning oxirgi fe’llari ham shu hadisga mos ekanligini zikr qiladi.
Ahmad bilan Ishoq aytadi: «Kishi ikkinchi rak’atda (o‘tirmay) turib ketsa, Ibn Buhaynaning hadisiga ko‘ra, sajdai sahvni salomdan oldin qiladi».
Abdulloh ibn Buhaynaning otasining ismi - Molik. Buhayna esa - onasi bo‘ladi. Buni Ishoq ibn Mansur menga shu tarzda ma’lum qildi.
Ilm ahli «Sajdai sahv salomdan oldinmi, salomdan keyinmi?» degan masalada ixtilof qildilar.
Ba’zilar sajdai sahv salomdan keyin, degan fikrdadir. Sufyon As-Savriy va Kufa ahlining qavli shudir. Ayrimlari esa sajdai sahv salomdan oldin, deb qaror qiladi. Yahyo ibn Sa’id, Robi’a va boshqalar kabi madinalik faqihlarning qavli shudir. Shofi’iy bu qavlni ma’qullagan. Ba’zilari esa bunday deydi: «Sajdai sahvning sababi namozda ziyodalik bo‘lsa, salomdan keyin, kamlik o‘tgan bo‘lsa, salomdan oldin qilinadi». Molik ibn Anasning qavli shu.
Ahmad aytadi: «Sajdai sahv borasida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan har bir hadis o‘z jihati (xususiyati) asosida qamraladi. Ibn Buhaynaning hadisiga qaraganda, ikki rak’atda (o‘tirmasdan) turib ketsa, sajdai sahvni salomdan oldin qiladi. Agar peshin namozini besh rak’at o‘qib qo‘ysa, sajdai sahvni salomdan keyin qiladi. Peshin va asr namozlarida ikki rak’atda salom berib qo‘ysa, sajdai sahvni salomdan keyin qiladi. (Shu yo‘sin) har bir hadis o‘z jihati asosida qamraladi. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam tomonidan zikr qilingan har qanday sahvda sajdai sahv salomdan oldindir». Ishoq ham bu o‘rinlarda butkul Ahmadning qavlidek so‘zlaydi va faqatgyna quyidagicha farq qiladi: Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam tomonidan zikr qilinmagan har qanday sahvda, sajdai sahvning sababi namozda ziyodalik bo‘lsa - salomdan keyin, kamlik bo‘lsa - salomdan oldin qilinadi.
Ilova: «Sajdai sahvni vojib qiladigan sabablar beshtadir:
1) rukn takrori - namozdagi ruknlardan birini takrorlab qo‘yish; 2) rukn taqdimi - biror ruknni oldinroq bajarib qo‘yish; 3) rukn ta’xiri - biror ruknni kechroq bajarish; 4) tag‘yiri vojib - biror vojib amalni o‘zgartirish; 5) tarki vojib - vojib amaldan birortasini tark etib qo‘yish. Namozxon unutib, ana shu xatolardan birini sodir qilib qo‘ysa, bunday holda unga sujudi sahv qilmoqlik vojib bo‘ladi». (Hoji Ahmadjon Maxdum (rahmatullohi alayh)ning «Risolai sujudi sahv» kitobidan, 5-sahifa).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 02:03:22
287-BOB
MAVZU: SALOMDAN VA KALOMDAN KEYIN SAJDAI SAHV


388. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam peshin namozini besh rak’at o‘qib qo‘ydilar. U kishiga aytildiki, («Yo Rasululloh!) Namoz ziyoda qilindimi yoki unutdingizmi?» Shunda salom berganlaridan keyin ikki sajda qildilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 02:08:22
389. Abdullohdan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam kalomdan (so‘zlashuvdan) keyin sajdai sahv qildilar».
Bu bobda Muoviya, Abdulloh ibn Ja’far va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilindi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 02:09:20
390. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam sajdai sahvni salomdan keyin qildilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Ayyub va mutaaddid kishilar bu hadisni Ibn Siyriyndan rivoyat qilgan. Abdulloh ibn Mas’udning hadisi ham hasan-sahih. Ba’zi ilm ahli nazdida amal shu hadis asosidadir. Aytadilarki, kishi peshin namozini besh (rak’at) o‘qib qo‘ysa, to‘rtinchi rak’atda o‘tirmagan bo‘lsa ham, namozi joiz bo‘lib, sajdai sahv qiladi. Bu Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavlidir. Ba’zilarning fikricha, peshin namozini besh (rak’at) o‘qib qo‘ysa-yu, to‘rtinchi rak’atda tashahhud miqdorida o‘tirmasa, namozi fosiddir. Bu Sufyon As-Savriyning va ayrim Kufa ahlining qavlidir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Dekabr 2008, 02:12:09
288-BOB
MAVZU- SAJDAI SAHVDA TASHAHHUD


391. Imron ibn Husayndan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam jamoatga namoz o‘qib berdilar-da, sahv qildilar Keyin ikki sajda qildilar, keyin salom berdilar».
Bu hadis hasan-g‘arib.
Ibn Siyriyn Abu Kilobaning amakisi bo‘lmish Abul Muhallabdan boshqa hadis ham rivoyat qilgan.
Muhammad bu hadisni Xolid Al-Hazzo’dan, Abu Qilobadan, Abul-Muhallabdan rivoyat qilgan. Abul-Muhallabning ismi Abdurrahmon nbn Umar bo‘lib, uni Muoviya ibn Amr ham deyishadi.
Abdulvahhob As-Saqafiy Hushaym va tag‘in boshqalar bu hadisni Xolid Al-Hazzo’dan, Abu Qilobadan uzunligicha (bor matni bilan) rivoyat kiladilar. Ushbu ham Imron ibn Husaynning hadisidir: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asr namozida uchinchi rak’atda salom berib qo‘ydilar. Al-Hirbaq ismli bir kishi turdi...»
Ilm ahli sajdai sahvning tashahhudi masalasida ixtilof qildilar. Ba’zisi, sajdai sahvda tashahhudni o‘qiydi va salom beradi, dedi. Ba’zisi esa, «Sajdai sahvda tashahhud va salom yo‘q, sajdai sahvni salomdan oldin qilsa, tashahhud o‘qilmaydi», dedi. Ushbu Ahmad va Ishoqning qavlidir: «Salomdan oldin sajdai sahv qilsa, tashahhud o‘qilmaydi», deyishadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:26:10
289-BOB
MAVZU: ORTIQCHA YOKI KAM O’QIGANIGA SHUBHA QILGAN KISHI


392. Iyoz ibn Hiloldan rivoyat qilindi: «Abu Sa’idga «Ba’zilarimiz namoz o‘kiymiz-u, qanday (qancha) o‘qiganimizni bilmay qolamiz?» dedim. Shunda aytdiki, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sizlardan birortangiz namoz o‘qisa-yu, qanday (ya’ni kancha) o‘qiganini bilmasa, o‘tirgan holida ikki sajda qilsin».
Ya’ni, shubhani tark etib, chamalagan miqdori ustidan (o‘qishda) davom etsin va keyin salomdan oldin ikki sajda qilsin. Muslim va boshqa imomlarning rivoyatlarida (Rasuli Akram) sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytadilar: «Sizlardan birortangiz namozida shubha qilsa, necha rak’at - uch rak’atmi, to‘rt rak’atmi o‘qiganini bilmasa, shubhani tark etsin va chamalagan miqdori ustidan ado etsin. Keyin salom bermasdan oldin ikki sajda qilsin».
Bu bobda Usmon, Ibn Mas’ud, Oisha va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Abu Sa’idning hadisi hasan. Bu hadis Abu Sa’iddan boshqa vajhdan ham rivoyat qilingan.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlari rivoyat qilindi: «Sizlardan birortangiz bir rak’at bilan ikki rak’at o‘rtasida shubhaga borsa, buni bir rak’at deb hisoblasin; ikki rak’at bilan uch rak’at o‘rtasida shubhaga borsa, buni ikki rak’at deb hisoblasin. Va bunday hollarda salom bermasdan oldin sajda qilsin».
Birodarlarimizning amali shu hadis asosida
Ayrim ilm ahllari bunday deyishadi: «Namozida shubhaga borsa va necha rak’at o‘qiganini bilmasa, namozini ioda qilsin (qayta o‘qisin)».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:26:41
393. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Albatta, shayton namoz paytida har biringizga keladi va necha rak’at o‘qiganini bilmasin, deb fikrini chalg‘itadi. Sizlardan birortangiz shu holga tushsa, o‘tirgan holatda ikki sajda qilsin».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:27:12
394. Abdurahmon ibn Avf (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan bunday deganlarini eshitdim: «Sizlardan birortangiz namozda sahv qilsa va bir rak’atmi yoki ikki rak’atmi o‘qiganini bilmasa, unda bir rak’at ustida to‘xtalsin (ya’ni bir rak’at deb hisoblagin); bordi-yu, ikki rak’atmi yoki uch rak’atmi o‘qiganini bilmay qolsa, unda ikki rak’at ustida to‘xtalsin; bordi-yu, uch rak’atmi yoki to‘rt rak’atmi o‘qiganini bilmasa, unda uch rak’at ustida to‘xtalsin va salom bermasdan oldin ikki sajda qilsin».
Ya’ni oxirgi tashahhudga o‘tirganida salomdan oldin ikki sajda qilib, salom beradi. Chunonchi, Abu Dovud va Ibn Mojaning rivoyatlarida «salomdan oldin» deyiladi. Ilova: Hanafiy mazhabida «at-tahiyyat»ni «va Rasuluh»gacha o‘qigach, bir marta o‘ng tomonga salom beradi, so‘ng sajdai sahv (ikki sajda) qilib, qaytadan «at-tahiyyat»ni hamda salovatni o‘qiydi, keyin ikki tomonga salom berib, namozdan chiqadi.
Bu hadis hasan-sahih. Abdurrahmon ibn Avfdan, boshqa vajhdan ham rivoyat qilingan. Az-Zuhriy bu hadisni Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba’dan, Ibn Abbosdan, Abdurrahmon ibn Avfdan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qildi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:27:48
290-BOB
MAVZU: PESHIN VA ASR NAMOZLARIDA IKKI RAK’ATDA SALOM BERIB QO’YGAN KISHI


395. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at o‘qib, tamom qildilar. Shunda Zulyadayn u kishiga: «Namoz qisqardimi yoki unutdingizmi, yo Rasululloh? dedi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Zulyadayn rost aytmoqdami?» dedilar. Odamlar: «Ha», deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib, yana ikki rak’at namoz o‘qidilar. Keyin salom berdilar. Keyin takbir aytib, odatdagidek yoki undan uzunroq bir sajda qildilar, keyin takbir aytib sajdadan ko‘tarildilar va yana odatdagidek yoki undan ham uzunroq bir sajda qildilar».
Bu bobda Imron Ibn Husayn, Ibn Umar va Zulyadayn (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahllari bu hadis ustida ixtilof qildilar. Kufa ahlidan ba’zilari: «Unutib yoki bilmasdan yoki har qanday yo‘sinda namozda so‘zlashsa, namozni ioda qiladi (qayta o‘qiydi)» deyishadi. Va bu hadis namozda kalom (so‘zlashuv) harom qilinganidan oldin (voqe’) bo‘lganini dalil qilishadi. Shofi’iyga kelsak, u buni sahih deb qaragan va qabul qilgan. Aytadiki, «Bu hadis, unutib taom yeb qo‘ygan ro‘zador kishi haqida Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan hadisdan ko‘ra sahihroq. U ro‘zasini qazo qilmaydi (qayta tutmaydi). Chunki, u Alloh unga ehson etgan bir rizqdan iboratdir». Va Shofi’iy bunday deydi: «Ana, ular Abu Hurayraning hadisi bilan, ro‘zador odamning bilib turib taom yeyishi va unutib taom yeyishi orasida ajrim qilishgan».
Imomi Ahmad, Abu Hurayraning bu hadisi borasida aytadi: «Imom namozini tamom qildim degan qanoatga borib, namozi bilan bog‘liq har qanday bir xususda so‘zlashsa, keyin namozni tugatmaganini bilib qolsa, namozini o‘qib bitiradi. Va kimki namozini tamom qilmaganini bilgani holda imomning orqasida so‘zlasa, u kishi namozini qaytadan o‘qimog‘i kerak». Va so‘zini bunday isbot etadi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning‘ hayotlari davomida farzlar ko‘paytirilar va qaytirilar edi. Zulyadayn, namoz tugallangan degan yaqiyn bilan hukm qilib, so‘zlagan edi. Bu hukm unday emas. Bu kun hech kim Zulyadayn so‘zlagan ma’noda so‘zlay olmaydi; chunki farzlar endi na orttiriladi, na kamaytiriladi». Imom Ahmad taqriban shunday ledi. Ishoq ham Imom Ahmadning ushbu bobdagi qavlidek so‘z aytadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:28:00
291-BOB
MAVZU: POYABZAL BILAN NAMOZ O’QIMOQ


396. Sa’id ibn Yazid Abu Salamadan rivoyat qilindi; aytdi: Anas ibn Molikdan «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam na’lda (poyabzalda) namoz o‘qiganmidilar? - deb so‘radim. «Ha» dedi».
Poyabzalga najosat tegmagan bo‘lishi shart. Ibn Daqiq al-’iyd, poyabzalni yechmasdan namoz o‘qimoq - mustahab bo‘lmagan bir ruxsat ekanini aytadi.
Bu bobda Abdulloh ibn Mas’ud, Abdulloh ibn Abi Habiba, Abdulloh ibn Amr, Ibn Hurays, Shaddod ibn Avs, Avs As-Saqofiy, Abu Hurayra va Bani Shaybadan bo‘lmish Ato (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Anasning hadisi hasan-sahih.
Va ilm ahlining amali shu hadis asosidadir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:28:14
292-BOB
MAVZU: BOMDOD NAMOZIDA QUNUT O’QIMOQ


397. Al-Barro ibn Ozib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bomdod va shom namozlarida qunut qilar edilar».
Bu bobda Ali, Anas, Abu Hurayra, Ibn Abbos, Hufof ibn Aymo ibn Rohzoda Al-G’iforiy (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Al-Barroning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahllari, bomdod namozida qunut o‘qimoq borasida ixtilof qildilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ba’zi ilm ahllari, bomdod namozida qunut qilinadi, degan fikrga ega bo‘lishgan. Imom Shofi’iyning qavli ham shu. Imom Ahmad bilan Ishoq bunday deyishadi: «Bomdod namozida, faqatgana musulmonlarning boshiga balo va mehnat tushgan mahallarda qunut o‘qiladi. Imom, biror kulfat tushgan paytda musulmonlarning lashkari haqiga duo qilishi mumkin»
Bomdod namozida qunut duosi o‘qilishini ma’qullaganlar, qunutni oxirgi rak’atda, «Sami’allohu liman hamidah» deb ruku’dan ko‘tarilgandan keyin qilishadi. (Bu Imomi Shofi’iy mazhabidadir. Hanafiy mazhabida bomdodda qunut o‘qilmaydi, faqat vitrda o‘qiladi).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:28:32
293-BOB
MAVZU: (BOMDODDA) QUNUT O’QIMASLIK


398. Abu Molik Al-Ashja’iydan rivoyat qilindi; aytdi: «Otamga dedimki, «Ey otajon! Siz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarida, Abu Bakr, Umar va Usmonning orqalarida, bu yerda, Kufada Ali ibn Abu Tolibning orqalarida besh yil namoz o‘qigansiz. Ular bomdod namozida qunut o‘qisharmidi?». Aytdilarki, «Ey o‘g‘ilginam! Bu bid’atdir!».

399. Solih ibn Abdulloh, Abu Avona orqali Abu Molik Al-Ashja’iydan ushbu hadisni ma’nrsi bilan bayon qildi...
Bu hadis hasan-sahih.
Ilm ahli ko‘pchiligining amali shu hadis asosidadir. Sufyon As-Savriy, «Bomdod namozida qunut o‘qisa ham yaxshi, o‘qimasa ham yaxshi» deydi, ammo o‘qimaslikni ixtiyor etadi. Ibnul-Muborak esa bomdodda qunut o‘qilmaydi, degan to‘xtamdadir.
Abu Molikning ismi - Sa’d ibn Toriq ibn Ashyam.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:28:56
294-BOB
MAVZU: NAMOZDA AKSIRMOQ


400. Rifo’a ibn Rofi’ Al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarida namoz o‘qidim. Aksirdim va shunda: «Alhamdulillahi hamdan kasiyron toyyiban muborakan fiyhi muborakan ‘alayhi kama yuhibbu Robbuna va yarzo» («O’zi sevgan va O’zi rozi bo‘lgan shaklda Robbimiz Allohga hisobsiz, go‘zal, ichda va tashda muborak hamd bo‘lsin!») dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni o‘qib bo‘ldilar va o‘girilib, «Namozda so‘zlagan kim edi?» dedilar. Hech kim sado chiqarmadi. Keyin ikkinchi marta: «Namozda so‘zlagan kim edi?» dedilar. Yana hech kim miq etmadi. Keyin uchinchi marta: «Namozda so‘zlagan kim edi?» dedilar. Shunda Rifo’a ibn Rofi’ ibn Arro’ (roviyning o‘zi): «Men edim, yo Rasululloh!..» dedi. «Nima deb aytding?» dedilar. «Alhamdulillahi hamdan kasiyron toyyiban muborakan fiyhi, muborakan ‘alayhi kama yuhibbu Robbuna va yarzo» deb aytdim», dedi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jonim qudrati qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, o‘ttiztacha farishta, bu (hamd)ni qaysi birimiz olib yuksalib chiqar ekanmiz, deb, taraddudga tushdi».
Bu bobda Anas, Voil ibn Hujr va Omir ibn Robi’a (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Rifo’aning hadisi hasan. Ba’zi ilm ahlining fikricha, bu hadis nafl namozlari haqidadir. Zero, tobi’iyndan mutaaddid kishilar bunday deydilar: «Kishi farz namozida aksirsa, faqat ichida Allohga hamd aytadi». Bundan ortig‘iga ruxsat bermaganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:29:13
295-BOB
MAVZU: NAMOZDA KALOM (SO’ZLASHUV)NING MAN’ ETILISHI


401. Zayd ibn Arqom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarida namoz paytida so‘zlashar edik. Oramizdan birortasi yonidagi sherigi bilan gaplashaverar edi. Nihoyat, «Va Alloh uchun (Allohning huzurida) bo‘yin eggan holda turingizlar» oyati nozil bo‘ldi. Ana shunda sukut saqlamoqqa buyurildik va kalomdan (so‘zlashuvdan) qaytarildik».
Bu bobda Ibn Mas’ud va Muoviya ibn Al-Hakamdan hadis rivoyat qilingan.
Zayd ibn Arqomning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahllari ko‘pchiligining amali shu hadis asosidadir. Aytadilarki, «Kishi namozda qasdan yoki unutgan holda so‘zlasa, namozni ioda qiladi. Sufyon As-Savriy va Ibnul-Muborakning qavli shudir. Ayrimlari esa bunday deydi: «Namozda qasdan so‘zlasa, namozni ioda qiladi. Unutgan holda yoki bilmasdan so‘zlasa, namozi joizdir». Imom Shofi’iy shu qavlga ega bo‘lgan. (Ilova: Hanafiylar hukmi «Muxtasar-ul-viqoya» sharhida bunday bayon etiladi: «Namozda so‘zlamoq, xoh oz bo‘lsin, xoh ko‘p, xoh qasdan, xoh xatoan bo‘lsin, namozni fosid qilur...» - M.K.).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:29:29
296-BOB
MAVZU: TAVBADAN OLDIN NAMOZ O’QIMOQ


402. Asmo ibn Hakam Al-Fazoriydan rivoyat qilindi; aytdi: «(Hazrati) Ali (karromallohu vajhahu)dan bunday deganini eshitdim: «Men shunday bir kishi edimki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bitta hadis eshitsam, Alloh o‘zi xoxlaganicha o‘sha hadisdan meni manfaatlantirar edi. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam sahobalaridan biror kishi menga hadis aytsa, unga qasam ichdirar edim. Agar ont ichsa, uni tasdiq etar edim. Abu Bakr menga (ushbu hadisni) bayon etdi, Abu Bakr esa siddiqdir. Aytdiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdim, bunday dedilar: «Bir kishi biror gunoh qilsa-yu, keyin turib, poklansa, keyin namoz o‘qisa, keyin istig‘for aytib, Allohdan mag‘firat tilasa, Alloh albatta uni kechirgaydir». Keyin (Janobi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam) ushbu oyatni oxirigacha o‘qidilar: «Ular (taqvodor zotlar) shunday kishilarki, qachon biror noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat etmog‘ini so‘raydilar, gunohlarni Allohdan boshqa kim ham mag‘firat qilur? — va bilgan hollarida gunohlarida davom etmaydilar...» (Oli Imron surasi, 135-oyat)
Bu bobda Ibn Mas’ud, Abud-Dardo, Anas, Abu Umoma, Abul Yusr - uning ismi Ka’b ibn Amr(roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Alining hadisi hasan.
Bu hadisni Usmon ibn Al-Mug‘iyraning rivoyatidan bitta shu vajhdan bilamiz. Shu’ba va boshqalar bu hadisni tag‘in Usmon Al-Mug‘iyradan, Abu Avonaning rivoyatidek marfu’ tarzida rivoyat qildilar. Sufyon As-Savriy va Mis’or ushbu hadisni mavquf tarzida rivoyat qilishadi va Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamgacha yuksaltirishmaydi. Chunonchi, bu hadis Mis’ordan marfu’ tarzida ham rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:29:49
297-BOB
MAVZU: YOSH BOLAGA QACHONDAN NAMOZ O’QISH BUYURILADI?


403.Sabra ibn Ma’bad Al-Juhaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bolaga yetti yoshida namozni o‘rgatinglar va o‘n yoshida uni namoz uchun uringlar».
Kaltak uchun o‘n yosh belgilanishining sababi shuki, bolalarning ko‘pchiligi bu sodda kaltakka dosh bera oladigan bo‘ladi. Ammo kaltak jarohat yetkazmaydigan bo‘lishi va kaltaklaganda boshga urilmasligi kerak.
Bu bobda Abdulloh ibn Amrdan hadis rivoyat qilingan.
Abu Dovud, Abdulloh ibn Amrning hadisini marfu tarzida bunday taxrij qilgan: «Bolalaringizga yetti yoshida namozni o‘rgatinglar. O’n yoshida namoz uchun ularni uringlar va yotoqlarini alohida qilinglar».
Sabra ibn Ma’bad Al-Juhaniyning hadisi hasan-sahih.
Ba’zi ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Ahmad va Ishoqning qavli ushbudir: «Bola o‘n yoshdan keyin o‘tkazib yuborgan namozlarini ioda qiladi», deyishadi.
Sabra Ma’bad Al-Juhaniyning o‘g‘li. U Avsajaning o‘g‘li ham deyiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:30:10
298-BOB
MAVZU: TASHAHHUDDAN KEYIN TAHORAT BUZILSA...


404. Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Namozining oxirida (tashahhud miqdorida) o‘tirib, salom berishdan oldin tahorati buzilsa, — ya’ni namoz o‘qigan kishini aytmoqchilar - uning namozi joizdir».
Bu hadisning isnodi sog‘lom emas. Uning isnodi (masalasi)da (muhaddislar) chalkashlikka tushganlar.
Bu chalkashlik, hadis boshqa-boshqa va bir-biridan farqli vajhlardan rivoyat etilgani tufayli yuzaga kelgan. Chalkashlik -sanadda yoki matnda bo‘ladi, yoki bir roviydan yoki bir necha roviydan sodir bo‘ladi. Muztarib hadis, puxta qamralganini ishorat qilgani uchun zaifdir. Al-Qoriy: «Mutaaddid vajhlardan rivoyat etilmog‘i uni zaif martabasidan hasan martabasiga yetkazadi», deydi va u hadisning mutaaddid vajhlari borligini ta’kidlaydi.
Ayrim ilm ahllari (ya’ni Hanafiy mazhabi sohiblari) shu hadisni egallab, «Tashahhud miqdorida o‘tirib, salom berishdan oldin tahorati buzilsa, namozi tugaldir», deyishgan.
Abu Hanifa va sohibaynning (ikki birodarining) qavli shudir. Shu farq bilanki, Abu Hanifa tahorat buzilishi o‘z qasdi bilan bo‘lgan taqdirda, deb hisoblaydi. Sohibayn esa butunlay qabul qiladi.
Ba’zi ilm ahllari esa bunday deydilar: «Xoh tashahhud o‘qimasdan oldin bo‘lsin, xoh salom berishdan oldin bo‘lsin, tahorati buzilsa, namozni ioda qiladi (qayta o‘qiydi)». Imom Shofi’iyning qavli shudir.
Imom Ahmad aytadi: «Tashahhud o‘qimasdan ham salom bersa, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Namozning tahlili - salomdir» degan qavllariga binoan, u kishining namozi joizdir. Tashahhud (salomdan) yengildir. Nechukkim, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam ikki rak’atidan (o‘tirmay) turib ketganlar va tashahhud o‘qimasdan namozlarida davom etganlar».
Ishoq ibn Ibrohim: «Tashahhud o‘qisa, salom bermasa ham namozi joizdir» deydi va Ibn Mas’udning hadisini dalil sifatida ko‘rsatadi. Chunonchi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)ga tashahhudni o‘rgatganlarida bunday deb aytdilar: «...Bundan (tashahhudni o‘qimoqdan) forig‘ bo‘lgach, zimmangdagi narsani ado etgan bo‘lursan».
Abdurrahmon ibn Ziyod bu - Al-Ifriqiydir. Ba’zi muhaddislar uning (hadisda) zaif ekanini qayd etganlar. Yahyo ibn Sa’id Al-Qatton va Ahmad ibn Hanbal shular orasidadir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:30:25
299-BOB
MAVZU: YOMG’IRLI KUNDA NAMOZNI UYLARIDA O’QIMOQLARI


405. Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birgaliqda bir safarda edik. Yomg‘irga tutildik. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kim xohlasa, namozini o‘z chodirida o‘qisin», dedilar.
Rahl - ichiga joylashib o‘tiriladigan joy, ko‘noq(o‘tov) degani. U xoh chodirdan bo‘lsin, xoh toshdan yoki g‘ishtdan yoki taxta dan bo‘lsin, hammasi «rahl» deyiladi. (Muborakfuriy).
Bu bobda Ibn Umar, Samura, Abul Mulayhning otasi hamda Abdurrahmon ibn Samura (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Jobirning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahllari yomg‘ir va loygarchiliqda Jum’a va jamoat namozlariga bormaslikka ruxsat berganlar. Ahmad va Ishoqning qavli shu.
Abu Zur’adan bunday deganini eshitdim: «Affon ibn Muslim, Amr ibn Alidan bir hadis rivoyat qildi. Abu Zur’a aytadi: «Basrada ushbu uch kishidan ko‘ra xotirasi kuchli bo‘lgan odamni ko‘rmadik: «Ali ibn Al-Madiyniy, Ibn Shozakuniy va Amr ibn Ali». Abul-Maliyhning ismi - Omir. Uning Zayd ibn Usoma ibn Umayr Al-Huzaliy ekanligi ham aytiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:30:42
300-BOB
MAVZU: NAMOZLARDAN KEYIN TASBIH AYTMOQ


406. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Kambag‘al kishilar Rasulluloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, dedilarki, «Yo Rasululloh! Boy kishilar xuddi bizlardek namoz o‘qishadi, xuddi bizlardek ro‘za tutishadi. Tag‘in ularning mol-dunyosi bor; qul ozod etishadi, sadaqalar berishadi?..» (Rasuli Akram) aytdilar: «Namoz o‘qiganingizda(n keyin) o‘ttiz uch marta «Subhanalloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah», o‘ttiz to‘rt marta «Allohu akbar» va o‘n marta «La ilaha illalloh» deb aytingizlar. (Shunda) sizlardan o‘zganlarga yetib olgaysizlar va sizlardan orqada qolganlar sizlardan o‘zib keta olmagaylar».
Muslim, Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan marfu’ tarzida rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: «Kimki namozning orqasidan Allohga o‘ttiz uch marta tasbih aytsa, o‘ttiz uch marta hamd aytsa va o‘ttiz uch marta takbir aytsa, bular to‘qson to‘qqiztadir va yuzinchi martasida «la ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul-mulku va lahul-hamdu va huva ‘ala kulli shay’in qodiyr») desa, qusurlari dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham, kechiriladi». Bu rivoyatda takbirlar sanog‘i borasida xilma-xil rivoyatlar bor. Ba’zi rivoyatlarda har birining sanog‘i yuzta deb aytilgan.
Bu bobda Ka’b ibn Ujra, Anas, Abdulloh ibn Amr, Zayd ibn Sobit, Abud-Dardo, Ibn Umar va Abu Zarr (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Abbosning hadisi hasan-g‘arib. Tag‘in bu bobda Abu Hurayra va Al-Mug‘iyra (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:30:53
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlari rivoyat qilingan: «Ikki xislat borki, ularni odat qilgan knshi, albatta, jannatga kirgaydir: har bir namozning orqasidan Allohga o‘ttiz uch marta tasbih aytsa, o‘ttiz uch marta hamd aytsa va o‘ttiz to‘rt marta takbir aytsa, hamda uxlayotib o‘n marta «Subhanalloh», o‘n marta «Allohu akbar») desa...»
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:31:40
301-BOB
MAVZU: LOYGARCHILIKDA VA YOMG’IRDA ULOV USTIDA NAMOZ O’QIMOQ


407. Ya’lo ibn Murro (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Bir safarda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga bo‘ldilar. Shunda yo‘lning tor bir joyiga borib qoldilar. Namoz vaqti kirgan va yomg‘irda qolgan edilar. Ustlaridan yomg‘ir va ostlaridan loyqa (namoz o‘qishga mone’lik qilardi). Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuyaning ustida azon aytdilar, iqomat keltirdilar, tuyaning ustida oldinga o‘tib, ularga namoz o‘qib berdilar. (Namozni) imo bilan o‘qidilar, sajdalarini ruku’laridan ko‘ra pastroq qilar edilar».
Suyutiy «Qutul-mug‘gaziy»da bunday deydi: «Navaviy va boshqalar bu hadisga tayanib, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam azonni o‘zlari aytganlarini, muazzinlik bilan imomlikni jam’ qilmoq mustahab ekanini aytadi».
Bu hadis g‘arib. Buni faqatgina Umar ibn Ar-Rimoh Al-Balxiy rivoyat qilgan va yolg‘iz uning rivoyatidan ma’lum bo‘layotir. Ilm ahllaridan mutaaddid kishilar bu hadisni undan rivoyat qilganlar. Shuningdek, Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan suvda va loy mahalida tuyaning ustida namoz o‘qigani rivoyat qilingan. Ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir.
Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:35:30
302-BOB
MAVZU: NAMOZ UCHUN VUJUDNI URINTIRMOQ


408. Al-Mug‘iyra ibn Shu’ba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiyverib, hatto muborak oyoqlari shishib ketdi. Shunda u kishiga aytildiki, «Sizning oldingi va keyingi gunohlaringiz kechirilgan-ku, nega o‘zingizni buncha kulfatga solasiz?» Aytdilar: «Axir, shukr qilguvchi banda bo‘lmayinmi?»
Bu bobda Abu Hurayra va Oisha (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan. Al-Mug‘iyra ibn Shu’baning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:35:57
303-BOB
MAVZU: QIYOMAT KUNIDA BANDANING BERADIGAN BIRINCHI HISOBI NAMOZDANDIR


409. Hurays ibn Qabiysadan rivoyat qilindi, aytdi: «Madinaga keldim va dedimki, «Allohim! Menga solih bir suhbatdosh muyassar aylagin!..» Aytadi: «Abu Hurayraga intildim-da, «Men Allohdan o‘zimga solih bir suhbatdosh nasib aylamog‘ini so‘ragan edim. Endi menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan bir hadisingni aytib ber, shoyad Alloh undan menga manfaat yetkazsa!..» dedim. Shunda (Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdim, bunday dedilar: «Qiyomat kunida bandaning o‘z amallaridan birinchi hisob beradigan narsasi uning namozidir. Agar namozi to‘kis bo‘lsa, xalos va najot topib, murodiga yetgay. Agar fosid bo‘lsa, nomurod bo‘lgay va zarar-ziyon topgay. Agar farzlardan biror kami bo‘lsa, Rabb taborak va ta’olo: «Qaranglar-chi, bandamning nafl namozlari bormi?» deydi va farzlardan yetishmagan miqdorni o‘sha bilan to‘ldiradi, mukammal qiladi. Keyin boshqa amali ham shu tartib-qoida asosida bo‘ladi».
Ya’ni, farzlarning kami bo‘lsa, nafl ro‘zalar bilan, zakotdan kami bo‘lsa, sadaqa va ehsonlar bilan to‘ldiriladi.
Bu bobda Tamim Ad Doriy (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan Abu Hurayraning hadisi bu vajhdan hasan-g‘arib. Bu hadis Abu Hurayradan boshqa vajhdan ham rivoyat qilingan.
Hasanning birodarlaridan ba’zilari Hasandan, Qobiysa ibn Zuvaybdan boshqa bir hadis rivoyat qilganlar. Mashhur bo‘lgani Qobiysa ibn Zuvayb emas, Qobiysa ibn Huraysdir.
At-Termiziy kitobining boshqa bir nusxasida Qobiysa ibn Hurays ibn Qobiysa deyiladi va bu ham izohga muhtojdir. Diqqat qilinsa, At-Termiziy hadis boshida «Hurays ibn Kobiysa» deb aytdilar...
Anas ibn Hakimdan, Abu Hurayradan, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan shunga yaqin bir hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:36:14
304-BOB
MAVZU: BIR KECHA-KUNDUZDA O’N IKKI RAK’AT SUNNAT NAMOZI O’QIMOQNING FAZILATI


410. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki o‘n ikki rak’at sunnat namozida bardavom bo‘lsa, Alloh unga Jannatdan bir uy bino qilur: peshinning farzidan oldin to‘rt rak’at va farzidan keyin ikki rak’at; shomning farzidan keyin ikki rak’at; xuftonning farzidan keyin ikki rak’at; bomdodning farzidan oldin ikki rak’at».
Bu bobda Ummu Habiba, Abu Hurayra, Abu Muso va Ibn Umar (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Oisha (onamiz)ning hadisi bu vajhdan g‘arib. Mug‘iyra ibn Ziyod haqida ba’zi ilm ahllari xotirasi jihatdan (tanqidiy) so‘z qilishgan.
Haqiqatda ikki rivoyatdan biriga binoan Ibn Main, Ibn Adiy va boshqalar Mug‘iyra ibn Ziyodni tavsiq etganlari (muhkam va ustivor ko‘rganlari) ta’kidlangan. Binobarin, hadis - hasan darajasidan past bo‘lmasa kerak.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:36:28
411. Ummu Habiba (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki bir qecha-kunduzda o‘n ikki rak’at namozni o‘qib borsa, Alloh unga Jannatdan bir uy bino qilgaydir: peshinning farzidan oldin to‘rt rak’at va farzidan keyin ikki rak’at; shomning farzidan keyin ikki rak’at; xuftonning farzidan keyin ikki rak’at; bomdodning farzidan oldin ikki rak’at».
Anbasaning Ummu Habibadan ushbu bobda rivoyat qilgan hadisi hasan-sahih. Bu hadis Anbasadan mutaad-did vajhdan rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:36:38
305-BOB
MAVZU: BOMDODNING IKKI RAK’ATI FAZILATI


412. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bomdodning ikki rak’ati dunyodan va dunyodagi bor narsalardan yaxshiroqdir».
Shoh Valiyyulloh Ad-Dehlaviy «Hujjatullohil-baligoh» degan asarida bu afzaliyat sababini bunday deb izohlaydi: «Chunki dunyo va dunyo ne’matlari foniydir. O’sha ikki rak’atning savobi esa cheksiz va abadiydir».
Bu bobda Ali, Ibn Umar va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Oisha (roziyallohu anho)ning hadisi hasan-sahih.
Ahmad ibn Hanbal, Solih ibn Abdulloh At-Termiziydan hadis rivoyat qilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:37:06
306-BOB
MAVZU: BOMDOD NAMOZINING IKKI RAK’AT (SUNNATI) YENGIL O’QILMOG’I VA NABIY SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAMNING BU IKKI RAK’ATDAGI QIROATLARI


413. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamni bir oy kuzatdim, bomdod namozining farzidan oldingi ikki rak’atda «Qul yaa ayyuhal-kafirun» va «Qul: Huvallohu ahad»ni o‘qir edilar».
Bu bobda Ibn Mas’ud, Anas, Abu Hurayra, Ibn Abbos, Hafsa va Oisha (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Ibn Umarning hadisi hasan. Bu hadis As-Savriyning Abu Ishoqdan qilgan rivoyati ekanligini yolg‘iz Abu Ahmadning rivoyatidan bilmoqdamiz. Muhaddislar nazdida ma’ruf bo‘lgani - Isroilning Abu Ishoqdan qilgan rivoyatidir. Bu hadis Abu Ahmaddan; Isroildan rivoyat qilingan. Abu Ahmad Az-Zubayriy -siqa (ishonarli) va hofizdir. Bundorning bunday deganini eshitdim: «Abu Ahmad Az-Zubayriydan ko‘ra xotirasi ajoyib bo‘lgan kishini ko‘rmadim». Abu Ahmadning ismi - Muhammad ibn Abdulloh ibn Az-Zubayr Al-Asadiy Al-Kufiy.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:37:27
307-BOB
MAVZU: BOMDODNING IKKI RAK’AT (SUNNAT)IDAN KEYIN GAPLASHMOQ


414. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdodning ikki rak’atini o‘qiganlarida, men bilan biror hojatlari bo‘lsa, gaplashar edilar, bo‘lmasa, namozga chiqar edilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ba’zi ilm ahllari, tong otganidan boshlab to bomdod namozini o‘qigunlaricha, zikrdan boshqa va zaruriy bo‘lgan so‘zdan tashqari, dunyoviy so‘zlarni gapirmoqni makruh deb bilar edilar. Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:37:50
308-BOB
MAVZU: TONG OTGANIDAN KEYIN FAQATGINA IKKI RAK’AT (SUNNAT) NAMOZ BOR


415. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Tong (otgani)dan keyin ikki sajdadan boshqa (ya’ni ikki rak’at sunnatdan boshqa) namoz yo‘q».
Bu bobda Abdulloh ibn Amr va Hafsa (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Umarning hadisi g‘arib.
Bu hadisni yolg‘iz Qudama ibn Musoning rivoyatidan bilmoqdamiz. Undan mutaaddid kishilar rivoyat qilganlar. Ilm ahllari ushbu xususda ittifoq qildilar: Tong otgandan keyin kishi bomdod namozining ikki rak’at (sunnat)idan boshqa (nafl) namoz o‘qimog‘ini makruh ko‘radilar.
Hofiz Az-Zayloiy, Termiziyning «Bu hadisni yolg‘iz Qudoma ibn Musoning rivoyatidan bilmoqdamiz» degan so‘ziga e’tiroz qiladi va Tabaroniy xuddi shu hadisni Qudoma ibn Muso qatnashmagan boshqa ikki yo‘ddan rivoyat qilganini aytadi. Holbuki, bu e’tiroz o‘rinsiz. Chunki Termiziy bu hadis boshqa yo‘ldan rivoyat qilinmaganini emas, balki faqatgina bu xususda ma’lumotga ega bo‘lmaganini aytmoqda, xolos.
Ilova: Hanafiy mazhabida bomdod vaqti kirganidan keyin ikki rak’at sunnat o‘qilgach, faqat farz o‘qiladi. Nafl namozlar o‘qilmaydi.
Bu hadisning ma’nosi faqatgina bunday deb tushuniladi: «Tong otganidan keyin bomdodning ikki rak’at (sunnat)idan boshqa namoz yo‘q».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:38:14
309-BOB
MAVZU: BOMDOD NAMOZINING SUNNATIDAN KEYIN YONBOSHLAMOQ


416. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sizlardan birortangiz bomdod namozining ikki rak’at (sunnat)ini o‘qisa, o‘ng tomoni bilan yonboshlasin».
Bu bobda Oisha (rozyyallohu anho)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi bu vajhdan hasan-sahih-g‘arib.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam bomdod namozining ikki rak’at (sunnat)ini uyda o‘qiganlaridan keyin o‘ng tomonlariga yonboshlaganlari Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilingan. Ayrim ilm ahllari shuni mustahab ko‘rmoqdalar.
Bomdod namozining sunnatidan keyin yonboshlab yotish haqida olimlarning xilma-xil fikrlari bor.
1)Termiziy ba’zi ilm ahllaridan naql etganlaricha, bu mustahabdir. Abu Muso Al-Ash’ariy, Rofi’ ibn Xorij, Anas ibn Molik va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)ning fikrlari shu. Ular bomdod namozining sunnatidan keyin yonboshlar va boshqalariga ham shuni amr qilishardi. Imomlardan Shofi’iyning ham qavli shu. Al-Ayniy «Umdatul-Qoriy»: kitobida «Shofi’iy va uning birodarlari bu (yonboshlash) sunnat deb qaror qilishdi», deydi.
2)Yonboshlab yotishni zarur bo‘lgan vojib amal, deyishadi. Abu Muhammad Ali ibn Hazm Az-Zohiriyning qavli shudir. Shavqoniy bunday deydi: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam ba’zan yonboshlab yotishni tark etganlari ummatlariga tegishli bo‘lgan amrga zid emas».
3)Yonboshlash bid’at va makruh. Sahobalardan Ibn Mas’ud va ixtilofli bir rivoyatga ko‘ra Ibn Umarning qavli shu.
4)Bu ishni qilmagan avlo. Ibn Abu Shayba, Al-Hasandan rivoyat qiladi: Al-Hasan bomdod namozining sunnatidan keyin yonboshlab yotishdan xushlanmas edi.
5)Beshinchi qavlga ko‘ra, tungi (tahajjud) namoziga turgan kishi bilan turmagan kishi o‘rtasida ajrim qilinadi. Tahajjudga turganlar istirohat uchun bu ishni qilishlari mustahab ko‘rilgan, turmaganlar uchun mashru’ emas. Termiziyning shorihi Abu Bakr ibn Al-Arabiy shu qavlni ixtiyor etadi va bunday deydi: «Faqatgina tungi (tahajjud) namoziga turgan kishi bomdod namozining sunnatidan keyin farzni kutmoq uchun yonboshlab yetadi va shu asnoda vujudini tin oldirib, bomdodning farziga turadi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:38:31
310-BOB
MAVZU: NAMOZ UCHUN IQOMAT AYTILGANIDA FARZDAN BOSHQA NAMOZ YO’Q


417. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Namozga iqomat aytilganida farzdan boshqa namoz yo‘q».
Bu bobda Ibn Rayhona, Abdulloh ibn Amr, Abdulloh ibn Sarjis, Ibn Abbos va Anas (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Abu Hurayraning hadisi hasan.
Bu hadis sahih. Muslim bu hadisni mutaaddid yo‘llardan rivoyat qilgan. Ahmad, Abu Dovud, An-Nasoiy va Ibn Moja ham bu hadisni rivoyat qilganlar.
Ayyub, Varqo’ ibn Umar, Ziyod ibn Sa’d, Ismoil ibn Muslim va Muhammad ibn Juhoda, Amr ibn Dinordan, Ato ibn Yasordan, Abu Hurayradan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan shu tarzda rivoyat qilganlar. Hammod ibn Zayd va Sufyon, ibn Uyayna, Amr ibn Dinordan rivoyat qiladilar va hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamgacha yuksaltirmaydilar. Marfu’ bo‘lmish rivoyat, bizningcha, sahihroq.
Bu hadis Abu Hurayradan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan boshqa vajhdan ham rivoyat qilingan. Ayyash ibn Abbos Al-Qitboniy Al-Misriy uni Abu Salamadan, Abu Hurayradan, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir: Namoz uchun iqomat aytila boshlaganda o‘sha farzdan boshqa namoz yo‘q. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Bu masalada ulamoning 9 xil qavli bor:
1-qavl. Namozga iqomat aytila boshlaganda boshqa namozni o‘qimoq makruh: u xoh vaqt sunnati bo‘lsin, xoh nafl namozi bo‘lsin. Sahobalardan, tobi’iyndan va imomlardan ko‘pgina shaxslarning qavli shu. Termiziy, jumladan, Sufyon As-Savriyning qat’iyan shu fikrda ekanini qayd etgan bo‘lsa-da, ammo Ibn Abdilbar va An-Navaviy, As-Savriyning qarashini bunday izohlaydi: «Birinchi rak’atni boy berishdan qo‘rqsa, bomdodning sunnatini tark etib, jamoat bilan birga namozga kiradi. Ammo birinchi rak’atga yetishmog‘iga ishonsa, avval sunnatini o‘qiydi va keyin imomga ergashadi». Chunonchi, keyinrokda bu bayon etiladi.
2-qavl. «Farz namozi uchun iqomat aytila boshlaganda, nafl namozlaridan hech bittasi joiz emas». Ibn Abdilbar «At-tamhid»da shunday deydi.
3-qavl. Imom farzni o‘qiyotganda bomdod namozining sunnatini o‘qimoqlikda zarar yo‘q. Bu fikrdagi shaxslar bomdodning sunnati bilan boshqa namozlarning sunnati orasida ajrim qilmoqdalar. Bu xususda Al-Bayhaqiyning Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan qilgan ushbu hadisi bilan istidlol etadilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Namoz uchun iqomat keltirilganda farzdan boshqa namoz yo‘q, faqatgina bomdodning ikki rak’at sunnati(bundan) mustasno. Ammo bu hadis istidlol uchun yaroqli emasligini, hatto Al-Bayhaqiy, Abu Hurayradan bu istisnoga zid bir hadis rivoyat qilganini dalil qiladilar.
4-qavl. Bu qavlda masjidning ichida bo‘lmoq yoki tashida bo‘lmoq va ayni vaqtda birinchi rak’atga yetib-etmasligi orasida ajrim qilinadi. Bu Imomi Molikning qavli bo‘lib, u bunday deydi: «Masjidga kirgan bo‘lsa, imomga ergashsin va sunnatni - bomdodning sunnatini demoqchi - o‘qimasin. Agar masjidga kirmagan bo‘lsa, birinchi rak’atni boy berish qo‘rquvi bo‘lmasa, masjidning tashida sunnatini o‘qisin, boy berish qo‘rquvi bo‘lsa, o‘qimasdan masjidga kirib, imomga ergashsin».
5-qavl. Ikki rak’at farzni boy berishdan va ikkinchi rak’atning ruku’ida imomga yetisha olmaslikdan qo‘rqsa, unda imomga ergashadi, yo‘qsa masjidning tashida bomdodning sunnatini o‘qiganidan keyin imomga ergashadi. Ibn Abdilbarning naql etishicha, bu qavl Imomi Abu Hanifa va birodarlarining qavlidir. Al-Xattobiy esa Imomi Abu Hanifa Imomi Molik bildirgan fikrda, bo‘lganini rivoyat qiladi. Uvda bu rivoyat Imom A’zamning birodarlarining rivoyatiga muvofiq keladi. Bu orada An-Navaviy Imom Abu Hanifa Al-Avzoiyning kuyida keladigan qavlga ega bo‘lganini bayon etadi.
6-qavl. Oxirgi rak’atga yetolmaslik qo‘rquvi bo‘lmasa, bomdodning sunnatini masjidning ichida ham o‘qiyveradi. (Jamoatda) birinchi rak’atni boy beradigan bo‘lsa ham, sunnatini o‘qishi kerak. Al-Avzoiy va Sa’id ibn Abdulazizning qavli shu. An-Navaviy, Imomi Abu Hanifa va u kishining birodarlari ham shu qavlga ega bo‘lganini rivoyat qiladi.
7-qavl. Birinchi rak’atni boy berish qo‘rquvi bo‘lmasa, bomdodning sunnatini masjid ichida bo‘lsa ham o‘qiydi. Sufyon As-Savriyning qavli shu. Ibn Abdilbar rivoyat qilgan bu qavl Termiziy Sufyon As-Savriydan rivoyat qilgan qavlga zid.
8-qavl. Vaqt bemalol bo‘lsa, imomning namozini boy bersa ham, bomdodning sunnatini o‘qiydi. Molikiylardan Ibnul-Jallobning qavli shu.
9-qavl. Iqomatni eshitgach, xoh bomdodning sunnati, xoh boshqa nafl namozga kirishmog‘i, xoh masjidning ichida, xoh tashqarisida bo‘lsin, joiz emas. Agar shunday qilsa, osiy bo‘lgan bo‘ladi. Zohiriylarning qavli shu. Ibn Hozim, Shofi’iyning va barcha salaflarning shu qavlga ega bo‘lganini naql etadi. Hadisda vorid bo‘lgan «iqomat» so‘zidan murod muazzinning farz namozi uchun keltirgan iqomat bo‘lsa, ma’lum bo‘lgan va qabul etilgan ma’no shudir, unda bu qavl hadisning zohir ma’nosiga muvofiqroq keladi. Bordi-yu, «iqomat» so‘zidan «namoz o‘qimoq» ma’nosi qasd etilsa, unda iqomat asnosida nafl namozi o‘qimoqlik karohat emas.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:38:52
311-BOB
MAVZU: BOMDOD NAMOZINING SUNNATINI O’TKAZIB, FARZDAN KEYIN O’QIMOQ


418. Qays ibn Amr ibn Sahl Al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqdilar, darhol izlaridan namozga iqomat aytildi va men u kishi bilan birga bomdodni o‘qidim. Keyin Nabiy sallallohu alayhi va sallam namozni tamom qilgach, mening namoz o‘qiyotganimni ko‘rib qoldilar: «Shoshmagil, Qays! Bir paytda ikki (farz) namozmi» dedilar, «Yo Rasululloh? Men bomdodning ikki rakat (sunnat)ini o‘qimagan edim» - dedim, «Unda zarari yo‘q», - dedilar.
Muhammad ibn Ibrohimning rivoyati shu tarzda ekanini yolg‘iz Sa’d ibn Sa’idning rivoyatidan bilayotirmiz. Sufyon ibn Uyayna aytadi: «Ato ibn Abi Raboh bu hadisni Sa’d ibn Sa’iddan eshitgan va bu hadis faqatgina mursal tarzida rivoyat qilinayotir». Makkaliklardan ba’zilari shu hadisni qabul qilishgan. Bomdod namozining sunnatini farzdan keyin va quyosh chiqishidan oldin o‘qimoq zararsiz, deb hisoblaydilar.
Al-Xotabiy «Al-maolim»da bunday deydi: «Bomdod namozi sunnatining qazosini o‘qish vaqti borasida olimlar ixtilof qilganlar. Ibn Umar (roziyallohu anhum)dan, u kishining farzdan keyin sunnat qazosi o‘qiladi deb aytgani rivoyat qilindi. Ato, Tovus va Ibn Jurayhning qavli ham shudir. Ba’zilari esa «Quyosh chiqquncha qazoni o‘qiydi», deydi. Al-Qosim ibn Muhammadning qavli va Al-Avzoiy, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning mazhabi (yo‘li) shudir. Abu Hanifa va u kishining birodarlari esa bunday deyishadi: «Xohlasa, bu ikki rak’atning qazosini quyosh ko‘tarilguncha o‘qiydi. Agar o‘qiy olmasa, boshqa narsa lozim bo‘lmaydi. Chunki, bu sunnatdir». Imom Molik «Choshgoh vaqtidan zavol vaqtiga qadar qazosini o‘qiydi, zavoldan keyin qazosini o‘qimaydi», deydi.
Sa’d ibn Sa’id Yahyo ibn Sa’id Al-Ansoriyning birodari. Qays esa Yahyo ibn Sa’idning bobosi. U Qays ibn Amr ekanligi, shuningdek, Qays ibn Kahd ekanligi ham aytilgan. Bu hadisning isnodi muttasil emas. Muhammad ibn Ibrohim At-Taymiy -Qaysdan eshitgan. Ba’zilar esa bu hadisni Sa’d ibn Sa’iddan, Muhammad ibn Ibrohimdan rivoyat qilgan: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam chiqdilar va Qaysni ko‘rdilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:39:22
312-BOB
MAVZU: QUYOSH CHIQQANIDAN KEYIN BOMDOD NAMOZINING SUNNATINI O’QIMOQ


419. Abu Hurayra (rozilllohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki bomdod namozining ikki rak’at (sunnat)ini o‘qiy olmay qolsa, quyosh chiqqanidan keyin o‘qib olsin».
Bu hadisni yolg‘iz shu vajhdan bilayotirmiz. Ibn Umardan shunday qilgani (quyosh chiqqanidan keyin bomdod namozi sunnatining qazosini o‘qigani) rivoyat etilgan. Ba’zi ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Sufyon As-Savriy, Shofi’iy, Ahmad, Ishoq va Ibnul-Muborakning qavli shu. Amr ibn Osim Al-Kilobiydan tashqari, bu hadisni Hammomdan shu isnod bilan va shu tarzda rivoyat qilgan biror kishini bilmaymiz. Qatodaning Nazr ibn Anasdan, Bashir ibn Nahikdan, Abu Hurayradan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan marfu’ tarzida qilgan rivoyati ushbudir: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kimki quyosh chiqmasidan oldin bomdod namozining bir rak’atiga ulgursa, bomdod namoziga ulgurgan bo‘lur».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:39:46
313-BOB
MAVZU: PESHIN NAMOZINING TO’RT RAK’ATLIK AVVALGI SUNNATI


420. Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam peshinning farzidan oldin to‘rt rak’at va (farzidan) keyin ikki rak’at (namoz) o‘qir edilar».
Bu bobda Oisha va Ummu Habiba (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan. Alining hadisi hasan. Abu Bakr Al-Attor, Ali ibn Abdullohdan, Yahyo ibn Sa’iddan, Sufyondan naql etib, bizga bayon qilib berdi: «Sufyon aytdiki, «Al-Horisning rivoyatiga nisbatan Osim ibn Damro’ rivoyatining ustunligini bilar (va taqdirlar) edik».
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ilm ahllari ko‘pchiligining amali shu hadis asosidadir. Kishi peshinning farzidan oldin to‘rt rak’at sunnat namozi o‘qimog‘i ixtiyor qilingan. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak va Ishoqning qavli shu. Ba’zi ilm ahllari esa, «Kechki va kunduzgi namozlar ikki-ikki rak’atdandir», deydi. Har ikki rak’atni bir-biridan ajratmoq lozim, degan fikrga ega bo‘lganlar. Shofi’iy va Ahmadning qavli shu.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:40:18
314-BOB
MAVZU: PEShIN NAMOZINING IKKI RAK’ATLIK KEYINGI SUNNATI


421. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bilan birga peshinning farzidan oldin ikki rak’at
va (farzidan) keyin ikki rak’at namoz o‘qidim».

Bu bobda Ali va Oisha (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan. Ibn Umarning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:40:31
315-BOB
MAVZU: O’TGAN MAVZU


422. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam peshin namozining farzidan oldin to‘rt rak’at namozni o‘qiy olmay qolsalar, bu to‘rt rak’atni farzdan keyin o‘qir edilar».
Bu hadis hasan-g‘arib.
Buni faqatgina Ibnul-Muborakning shu vajhdan qilgan rivoyatidan bilayotirmiz. Qays ibn Ar-Robi’ bu hadisni Shu’badan, Xolid Al-Hazzo’dan boyagiga yaqin tarzda rivoyat qilgan va Qays ibn Robi’dan tashqari uni Shu’badan rivoyat qilgan boshqa biror kishini bilmaymiz. Abdurrahmon ibn Laylodan, Payg‘ambar sal-lallohu alayhi va sallamdan shunga yaqin bir hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:40:54
423. Ummu Habiba (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki peshinning farzidan oldin to‘rt rak’at namoz o‘qisa, Alloh uni jahannam olovi uchun harom qilgaydir».
Bu hadis hasan-g‘arib.

424. Anbasa ibn Sufyondan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo‘lmish zgachim Ummu Habibadan eshitdim, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bunday deganlarini eshitdim, dedi: «Kimki peshinning farzidan oldin to‘rt rak’at va farzidan keyin to‘rt rak’at namozda bardavom bo‘lsa, Alloh uni jahannam olovi uchun harom qilgaydir».
* Ilova: Peshinning farzidan keyingi ikki rak’at . sunnatga yana ikki rak’at qo‘shib, to‘rt rak’at qilib o‘qish, Hanafiy mazhabidagilar uchun mustahabdir (ya’ni o‘qiganga savob bor, o‘qimagan kishiga esa gunoh yo‘q).
Bu hadis ushbu vajxdan hasan-sahih-g‘arib.
Al-Qosim - Abdurrahmonning o‘g‘li. Kunyasi - Abu Abdurrahmon. O’zi Abdurrahmon ibn  Xolid ibn Yazid ibn Muoviyaning mavlosi (ozod etilgan quli)dir. Shomlik bo‘lib, siqa (ishonchli)dir. U Abu Umomaning birodari bo‘ladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:41:04
316-BOB
MAVZU: ASRNING FARZIDAN AVVALGI TO’RT RAK’AT NAMOZ


425. Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asrning farzidan oldin to‘rt rak’at namoz o‘qir edilar va maloikai muqarrabiynga (yaqin turguvchi farishtalarga) hamda musulmonlardan va mo‘minlardan ularga tobe’ bo‘lganlarga salom berishlik bilan bu to‘rt rak’atning orasini ajratar edilar».
Bu bobda Ibn Umar va Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Ali (roziyallohu anhu)ning hadisi hasan. Ishoq ibn Ibrohim shu hadisga tayanib, asrning farzidan oldingi to‘rt rak’at namoz bir salom bilan o‘qilmog‘ini ixtiyor etgan. «Orasini salom berishlik bilan ajratar edilar» deyilganda tashahhudni qasd etmoqda. Shofi’iy va Ahmadning fikri: «Kechki va kunduzgi nafl namozlar -ikki rak’at-ikki rak’atdir». Shu sababdan faslni (ikki salom bilan o‘qilmog‘ini) ixtiyor etadilar.
Bu, Ibn Umardan (roziyallohu anhumo) marfu’ tarzida rivoyat qilingan bir hadisdir. Bu hadis Imom Buxoriy va Imom Muslimda bo‘lib, unda «kunduzgi» degan qayd yo‘q.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:41:13
426. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Asrning farzidan oldin to‘rt rak’at namoz o‘qigan kishini Alloh rahmat qilgay!»
Bundagi «Rohima» (rahmat qilgay) iborasi duo yoki xushxabar bo‘lishi ehtimoldir.
Bu to‘rt rak’at namoz Hanafiylar uchun mustahab amal.
Bu hadis hasan-g‘arib.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:41:31
317-BOB
MAVZU: SHOMNING FARZIDAN KEYINGI IKKI RAK’AT NAMOZ VA BU IKKI RAK’ATDAGI QIROAT


427. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shomning farzidan keyingi ikki rak’atda va bomdod namozining farzidan oldingi ikki rak’atda «Qul: yaa ayyual kafirun» bilan «Qul: Huvallohu ahad»ni o‘qiganlarini necha martalab eshitganman - hisobiga yeta olmayman».
Bu bobda Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan. Ibn Mas’udning hadisi - Ibn Mas’udning rivoyati sifatida g‘arib. Bu hadisni faqat Abdulmalik ibn Ma’danning Osimdan qilgan rivoyatidan bilayotirmiz.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:41:58
318-BOB
MAVZU: SHOMNING OXIRGI SUNNATI UYDA O’QILMOG’I


428. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bilan birga shomning farzidan keyin u kishining uylarida ikki rak’at namoz o‘qidim».
Bu bobda Rofi’ ibn Xodij va Ka’b ibn Ujra (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan. Ibn Umarning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:42:06
429. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi va kunduzi o‘qib borgan ushbu o‘n rak’at namozni (hamisha) saqladim: peshinning farzidan oldin ikki rak’at va farzidan keyin ikki rak’at, shomning farzidan keyin ikki rak’at, xuftonning farzidai keyin ikki rak’at. Va nihoyat, «Hafsa (opam) menga: «U zot bomdodning farzidan oldin ikki rak’at namoz o‘qir edilar», deb hadis bayon qildi».
Bu hadis hasan-sahih.

430. Hasan ibn Ali bizga Abdurrazzoqdan, Ma’mardan, Az-Zuhariydan, Solimdan, Ibn Umardan, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan bayon qildi... O’tgan hadisning o‘zi.
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:42:41
319-BOB
MAVZU: SHOMNING FARZIDAN KEYIN OLTI RAK’AT NAFL NAMOZI O’QISHNING FAZILATI


431. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alaihi va sallam bunday dedilar: «Kimki shom(ning farzi)dan keyin yomon so‘z gapirmasdan turib, olti rak’at namoz o‘qisa, bu olti rak’at uning o‘n ikki yillik ibodatiga barobar bo‘lur».
Oisha (roziyallohu anho) vositasi bilan Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan bunday deb rivoyat qilingan: «Kimki shom(ning farzi)dan keyin yigirma rak’at namoz o‘qisa, Alloh unga jannatdan bir uy bino qilgaydir».
Abu Hurayraning hadisi g‘arib. Uni yolg‘iz Zayd ibn Al-Hubobning Umar ibn Abiy Xos’amdan qilgan rivoyatidan bilayotirmiz. Muhammad ibn Ismoil (Al-Buxoriy)dan eshitdim, aytdiki, «Umar ibn Abdulloh ibn Abi Xos’amning rivoyati - munkar». Muhammad ibn Ismoil uni juda zaif deb bilayotir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:42:49
320-BOB
MAVZU: XUFTON(NING FARZI)DAN KEYIN IKKI RAK’AT NAMOZ


432. Abdulloh ibn Shaqiqdan rivoyat qilindi; aytdi: Oisha (roziyallohu anho)dan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozlari haqida so‘radim; shunda aytdilar: «U zot, peshin(ning farzi)dan oldin ikki rak’at va farzidan keyin ikki rak’at, shom(ning farzi)dan keyin ikki rak’at, xufton(ning farzi)dan keyin ikki rak’at hamda bomdod(ning farzi)dan oldin ikki rak’at namoz o‘qir edilar». (Arabiy matnda hadisning davomi tushib qolgan).
Bu bobda Ali va Ibn Umardan (roziyallohu anhum) hadis rivoyat qilingan. Abdulloh ibn Shaqiq, Oisha (onamiz)dan rivoyat qilgan hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:43:03
321-BOB
MAVZU: TUNGI NAMOZ (TAHAJJUD) IKKI-IKKI RAK’ATDAN O’QILMOG’I


433. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tungi namoz ikki-ikki rak’atdandir. Tong otib qolishidan qo‘rqsang, bir rak’at vitr o‘qib, namozingning oxirini vitr (toq) qilgin».
Bu bobda Amr ibn Abasa (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan. Ibn Umarning hadisi hasan-sahih. Ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir: Tungi namoz ikki-ikki rak’atdandir. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shu.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:43:19
322-BOB
MAVZU: TUNGI NAMOZ (TAHAJJUD)NING FAZILATI


434. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ramazon oyidan keyingi ro‘zaning eng afzali - Allohning oyi bo‘lmish Muharram (ro‘zasi)dir va farzdan keyingi namozning eng afzali - tungi (tahajjud) namozdir».
Bu bobda Jobir, Bilol va Abu Umoma (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Abu Hurayraning hadisi hasan.
Abu Bishrning ismi — Ja’far ibn Iyos. Ja’far ibn Vahshiya ham o‘shadir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:43:33
323-BOB
MAVZU: PAYG’AMBAR SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAMNING TUNGI (TAHAJJUD) NAMOZLARI TAVSIFI


435. Abu Salamadan rivoyat qilindi; u Oisha (roziyallohu anho)dan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ramazon kechalaridagi namozlari qanday edi?» deb so‘radi. Shunda (Oisha onamiz) aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam na Ramazonda va na boshqa oylarda o‘n bir rak’atdan oshirmas edilar. Avval to‘rt rak’at o‘qir edilarki, uning chiroyliligini va uzunligini asti so‘rama! Keyin yana to‘rt rak’at o‘qir edilarki, uning ham chiroyliligini va uzunligini asti so‘rama! Keyin uch rak’at o‘qir edilar». Oisha (onamiz) aytdilarki, «Bir kuni: «Yo Rasululloh! Vitrni o‘qimasdan oldin uxlaysizmi?» dedim. Shunda (Rasuli Akram): «Yo Oisha! Ko‘zlarim uxlaydi-yu, qalbim uxlamaydi!»deb javob qildilar».
«Chiroyliligi va uzunligini asti so‘rama!» deyishlaridan bu rak’atlarni g‘oyat chiroyli va uzun o‘qiganlarini ta’kidlamoqchi bo‘lganlar.
 Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:43:43
436. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘n bir rak’at namoz o‘qir edilar va bulardan bittasini vitr (toq) qilar edilar. Namozdan forig‘ bo‘lgach, o‘ng tomonlariga yonboshlab yotar edilar».

437. Qutayba - Moliqdan, Ibn Shihobdan naql etib bizga hadis bayon qildi: o‘tgan hadisning o‘zi.
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:43:57
324-BOB
MAVZU: O’TGAN MAVZU


438. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechalari o‘n uch rak’at namoz o‘qir edilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:44:12
325-BOB
MAVZU: O’TGAN MAVZU


439. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam kechalari to‘qqiz rak’at namoz o‘qir edilar».
Bu bobda Abu Hurayra, Zayd ibn Xolid va Al-Fazl ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Oisha (onamiz)ning hadisi bu vajhdan g‘arib.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:44:23
440. Sufyon As-Savriy bu hadisni Al-A’mashdan uyqash tarzda rivoyat qilgan. Mahmud ibn G’aylon, bu hadisni bizga Yahyo ibn Odamdan, Sufyondan, Al-A’mashdan naql etib, bayon qildi.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi namozlari haqidagi rivoyatlarning ko‘pi - vitr bilan birga o‘n uch rak’at va u kishining to‘ngi namozlarining eng oz deb tavsif etilgan miqdori to‘qqiz rak’atdir.

441. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ba’zan ko‘zlariga uyqu g‘alaba qilib yoki uxlab qolib tungi (tahajjud) namozlarini o‘qiyolmay qolsalar, kunduzgi choshgoh vaqtida o‘n ikki rak’at o‘qir edilar».
Bu hadis hasan-sahih.
(Ilova: «Bu tahajjud kazosi o‘z-o‘zlariga farz bo‘lganligidandir. Yo ummatga ta’lim bermak uchun bo‘lur». (At-Termiziy, «Shamoyili Muhammadiya» kitobi, Sayyid Mahmud Toroziy izohi — (Tarjimon — M.K.)
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:44:35
442. Bahz ibn Hakimdan rivoyat qilindi; aytdi: «Zurora ibn Avfa Basra qozisi bo‘lib, Bani Qushayr qavmiga imomlik qilib namoz o‘qib berar edi. Bir kuni bomdod namozida: «Qachon (Qiyomat xabarini berib) burg‘u chalinganida, ana o‘sha Kun qiyin Kundir» («Al-muddassir» surasi, 8-9-oyatlar) oyatini o‘qishi bilan o‘lgan holda yerga qulab tushdi. U kishini(ng jasadini) uyiga ko‘tarib borganlar orasida men bor edim».
Sa’d ibn Hishom - Omir Al-Ansoriyning o‘g‘li. Hishom ibn Omir esa Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridandir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:45:02
326-BOB
MAVZU: ISMI ULUG’ VA SHONI YUKSAK ALLOHNING HAR KECHA DUNYO OSMONIGA «TUSHMOG’I»


443. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Alloh taborak va ta’alo har kecha - tunning ilk uchdan bir qismi kelganida dunyo osmoniga tushadi va bunday deydi: «Men Malikdurman (mulk sohibidurman)! Kimki Menga duo qilsa, uni ijobat etgaydurman; kimki Mendan so‘rasa, unga ato etgaydurman; kimki Menga istig‘for aytsa, uni mag‘firat qilgaydurman!» Va toki tong otgunicha shundoq davom etar».
«Tushadi» so‘zining ma’nosi masalasida ixtilof qilindi. Ayrimlar bu so‘zni zohir ma’nosiga qarab, oddiy tushish deb qabul qildilar. Bular - Mushabbiha yoki Mujassima (antropomorfizm) toifasidirki, Alloh taolo ularning da’vosidan munazzahdir. Ayrimlar esa bu o‘rtada vorid bo‘lgan hadislar sahih emas, deb iddao etadigan darajada haddan oshganlar. Bular Xavorij va Mu’tazila firqalaridir. Ba’zilar bu hadisni ta’vil qilganlar. Ba’zilari esa Allohu taoloni tashbih (o‘xshatish) va kayfiyatdan munazzah qilib (poklab) «nuzul»ga hadisda vorid bo‘lgani tarzda iymon keltirdilar. Salafi solihiyn yo‘li mana shudir. Al-Bayhaqiy to‘rtta imomning; ikki Hammod, ikki Sufyon, Al-Avzoiy, Al-Lays va yana boshqalarning yo‘li shu ekanini ayta-di. Shuni ham ta’kidlamoq kerakki, agar «tushmoq» degani harakat bilan va bir holdan boshqa bir holga ko‘chish yo‘li bilan bo‘lsa, (ya’ni shunday deb tushunilsa), buni Allohu ta’olo haqida aytish mumkin emas. Shu e’tibor bilan hadisda kelgan «nuzul», ya’ni tushmoh sifatiga tashbihsiz va kayfiyatsiz tarzda ishonmog‘imiz lozim. Ul zot O’ziga xos bir tushish bilan «tushgaydir», biz insonlar, maxluklar singari harakat bilan yoki bir holdan boshqa holga ko‘chish yo‘li bilan emas. Allohu a’lamu bimurodihi...
Bu bobda Ali ibn Abu Tolib, Abu Sa’id, Rifo’a Al-Juhaniy, Jubayr ibn Mut’im, Ibn Mas’ud, Abud-Dardo va Usmon ibn Abil-Abbos (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Bu hadis mutaaddid vajhlardan Abu Hurayra orqali Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan shundoq rivoyat qilingan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Alloh taborak va taolo har kecha, tunning ilk uchdan bir qismi kelganida dunyo osmoniga «tushgay»dir».
Rivoyatlarning eng sahihi shu.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:45:22
327-BOB
MAVZU: KECHASI QIROAT QILMOQ


444. Abu Qatoda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Abu Bakr (roziyallohu anhu)ga: «Sizni kuzatdimki, ovozingizni past chiqarib qiroat qilursiz», dedilar.  (Hazrati) Abu Bakr: «Men munojot qilurman Ul zotgaki, Ul zot ovozimni eshitgay», dedilar. Shunda Rasuli Akram: «Siz ovozingizni andak balandroq ko‘taring», dedilar. Va Umar (roziyallohu anhu)ga aytdilar: «Sizni ko‘rdimki, ovozingizni baland qo‘yib qiroat qilursiz». Shunda (Hazrati) Umar: «Albatta, men uxlaganlarni uyg‘oturman va shaytonni haydarman!» dedilar. (Nabiy sallallohu alaihi va sallam u kishiga): «Siz andak ohista o‘qing», dedilar.
Bu bobda Oisha, Ummu Xoni’, Anas, Ummu Salama va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilindi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:45:30
445. Abdulloh ibn Qaysdan rivoyat qilindi; aytdi: «Oisha (roziyallohu anho)dan «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning tungi qiroatlari qanday edi? Maxfiy (ichda) o‘qirmidilar yoki jahriy (ovoz chiqarib) o‘qirmidilar?» deb so‘radim. Oisha (onamiz) aytdilarki, «Har ikkalasini ham qilar edilar: ba’zan maxfiy qiroat qilsalar, ba’zan oshkor qiroat qilardilar»... Shunda men: «Ish(imiz)da kengchilik qilgan Allohga hamd bo‘lsin!» dedim.
Bu hadis sahih-g‘arib.
Abu Qatodaning hadisi esa g‘arib. Uni yolg‘iz Yahyo ibn Ishoq, Hammod ibn Salamadan musnad tarzida rivoyat qilgan. Muhaddislarning ko‘pchiligi bu hadisni Sobitdan, Abdulloh ibn Rabohdan mursal tarzida rivoyat qiladilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:45:41
446. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Qur’ondan bir oyat (o‘qishlik) bilan bir kechani bedor o‘tkazdilar».
Bu oyat qaysi oyat ekanligi hadisda aytilmagan. Faqat An-Nasoiy va Ibn Mojaning Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilgan hadisida bunday deyiladi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kechani tongga qadar bir oyat bilan o‘tkazdilar, bu oyat ma’nosi: «Ularga azob qiladigan bo‘lsang, ular Sening bandalaringdirlar va ularni mag‘firat qilsang, albatga, Sen Aziz va Hakiymsan - g‘olib, qudratli va hikmatli zotsan!» Ya’ni Sening fe’lingga va ishingga hech qanday kuch-quvvat daxl qila olmas; bandalaring ustida mutloq tasarruf sohibi yolg‘iz O’zingsan!..
Bu hadis ushbu vajhdan g‘arib.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:45:54
328-BOB
MAVZU: UYDA NAFL NAMOZI O’QIMOQNING FAZILATI


447. Zayd ibn Sobit (roziyallohu anhumo)dan ri-voyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Farzdan tashqari eng afzal namozingiz - uylaringizda (o‘qigan namozingiz)dir».
Bu bobda Umar ibn Al-Xattob, Jobir ibn Abdulloh, Abu Sa’id, Abu Hurayra, Ibn Umar, Oisha, Abdulloh ibn Sa’d va Zayd ibn Xolid Al-Juhaniy (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Zayd ibn Sobitning hadisi hasan. Bu hadisning rivoyati (masalasi)da ixtilof qildilar. Muso Ibn Uqba va Ib-rohim ibn Abin-Nazr uni marfu’ tarzida, ba’zilari esa mavquf tarzida rivoyat qilganlar. Molik bu hadisni Abun-Nazrdan rivoyat qilgan va Nabiy sallallohu alayhi va sallamga(cha) yuksaltirmagan. Marfu’ rivoyat yanada sahihroq.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:46:18
448. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Uylaringizda namoz o‘qib turingizlar, uylaringizni qabristonga aylantirib qo‘ymangizlar».
Bu hadis hasan-sahih.

NAMOZ BOBLARI TUGADI
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:47:11
:bs1:

VITR BOBLARI

329-BOB
MAVZU: VITR NAMOZINING FAZILATI


449. Xorija ibn Huzofa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga (masjidga) chiqdilar-da, bunday dedilar: «Alloh sizlarga qo‘shimcha qilib bir namoz berdiki, bu namoz sizlar uchun qizil tuyalardan ham ko‘ra xayrliroqdir; (bu) vitr namozidir. Alloh vitrni sizlar uchun xufton bilan bomdod namozi o‘rtasida (tayin) qildi».
Bu bobda Abu Hurayra, Abdulloh ibn Amr, Burayda va Nabiy sallallohu alayhi va sallamning birodari Abu Basra Al-G’iforiy (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilindi.
Xorija ibn Huzofaning hadisi g‘arib. Uni yolg‘iz Yazid ibn Abi Habibaning rivoyatidan bilayotirmiz. Ba’zi muhaddislar bu hadisda vahmga berilib, «Abdulloh ibn Roshid Az-Zuraqiy» deyishgan, holbuki bu - yanglish.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:47:24
330-BOB
MAVZU: VITR NAMOZINING HUKMI


450. Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Vitr - farz namozlaringiz darajasida emas. Va lekin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni sunnat qilib, aytdilarki, «Albatta, Alloh toqdur, toqni sevgay! Ey ahli Qur’on, sizlar ham toq (vitr) qilingizlar!»
Bu bobda Ibn Umar, Ibn Mas’ud va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilindi.
Alining hadisi hasan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:47:34
451. Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Vitr - farz namozi darjasida emas va lekin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vojib martabasida tayin qilgan bir sunnatdir».
Bundor bu (hadis)ni bizga Abdurrahmon ibn Mahdiy orqali Sufyondan bayon qilib berdi.
Bu hadis Abu Bakr ibn Ayyashning hadisidan ko‘ra sahihroq. Bu hadisni Mansur ibn Al-Mu’tamir ham Abu Ishoqdan rivoyat qildi: xuddi Abu Bakr ibn Ayyashning rivoyatiga o‘xshash.
(Ilova: Hanafiy ulamolari qator dalillarga tayanib, vitrni vojib deb hukm qildilar. Binobarin, Imomi A’zam rahmatullohi alayh mazhablarida vitrni vojib deb etiqod qilmoq va niyat qilganda ham «Vitri vojibni» deb niyat qilmoq joizdir).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:47:49
331-BOB
MAVZU: VITRNI O’QIMASDAN UXLAMOQ KAROHAT EKANLIGI


452. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga uxlamasdan oldin vitrni o‘qimoqni buyurdilar».
Iso ibn Abi Azza aytadi: «Ash-Sha’biy - kechaning avvalida (birinchi qismida) vitrni o‘qir, keyin uxlar edi».
Abu Hurayraning hadisi bu vajhdan hasan-g‘arib. Abu Savr Al-Azdiyning ismi - Habib ibn Abi Mulayqa.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ba’zi ilm ahllari, kishi vitrni o‘qimasdan, yotib uxlamasligi kerak deb ixtiyor qilganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:47:57
453. Yana Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilindi; aytdilar: «Sizlardan kimki kechaning oxirida uyg‘ona olmaslikdan qo‘rqsa, kechaning avvalida (birinchi qismida) vitrni o‘qib olsin. Va sizlardan kimki kechaning oxirida uyg‘onishga ko‘zi yetsa, vitrni kechaning oxirida o‘qisin. Chunki kechaning oxirida Qur’on qiroat qilinganida rahmat farishtalari hozir bo‘lgaydir va bu afzalroqdir».
Bu (hadis)ni bizga Hannod - Abu Muoviyadan, Al-A’mashdan, Abu Sufyondan, Jobirdan (roziyallohu anhum), Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan bayon qilib berdi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:48:20
332-BOB
MAVZU: VITR KECHANING AVVALIDA HAM, OXIRIDA HAM O’QILMOG’I BAYONI


454. Masruqdan rivoyat qilindi. U (Masruq) Oisha (roziyallohu anho)dan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning vitr namozlari haqida so‘radi. (Oisha onamiz) aytdilar: « Ul zot kechaning barcha qismlarida vitrni o‘qiyverar edilar: avvalida ham, o‘rtasida ham, oxirida ham. Vafotlari arafasida u kishining vitri sahar ostonasida nihoya topdi».
Bu hadis Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam so‘nggi kunlarida vitr namozini (tahajjuddan keyin) sahar vaqtida o‘qiy boshlaganlariga dalolat etadi. Chunonchi, vitrni kechaning hamma vaqtida o‘qish joiz, degan hukmni bildiradi. Faqat vaqti kirgan bo‘lishi sharti bilan. Vitrning vaqti esa shafaq g‘oyib bo‘lganidan keyin xufton namozining orqasidan kiradi.
Abu Hasiynning ismi - Usmon ibn Osim Al-Asadiy.
Bu bobda Ali, Jobir, Abu Mas’ud Al-Ansoriy va Abu Qatoda (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Oisha (onamiz)ning hadisi hasan-sahih. Ba’zi ilm ahllari shuni - vitrni kechaning oxirida o‘qimoqni ixtiyor qilganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:48:48
333-BOB
MAVZU: YETTI RAK’AT VITR NAMOZI


455. Ummu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam vitrni o‘n uch ra’kat o‘qir edilar. Yoshlari ulug‘lashib, quvvatlari tortilgach, yetti rak’at o‘qidilar».
Bu bobda Oisha (roziyallohu anho)dan hadis rivoyat qilindi. Ummu Salamaning hadisi hasan. Vitr namozi Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan o‘n uch, o‘n bir, to‘qqiz, yetti, besh, uch va bir rak’at deb rivoyat qilingan. Ishoq ibn Ibrohim: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam vitrni o‘n uch rak’at o‘qiganlarining ma’nosi shuki, u kishi kechasi vitr bilan birgaliqda o‘n uch rak’at (tahajjud) namozini o‘qir edilar. Va shu boisdan tungi (tahajjud) namozlari vitrga izofa qilindi» deydi va bu xususda Oisha (roziyallohu anho)dan bir hadis rivoyat qiladi. Ishoq, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan: «Ey ahli Qur’on! Sizlar ham toq (vitr) o‘qingizlar» degan hadis bilan istidlol qilib, bunday deydi: «Bu bilan qiyomi layl (tungi ibodat) qasd etilgan. Va qiyomi layl faqat hamalai Qur’onga (ya’ni Qur’onni yod biluvchiga) vazifa ekanini bayon etayotir».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:49:10
334-BOB
MAVZU: BESH RAK’AT VITR NAMOZI


456. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi namozlari o‘n uch rak’at edi. Shundan besh rak’atini vitr qilar edilar. Ammo bu besh rak’atning faqat oxirida o‘tirar edilar. Vaqtiki, muazzin azon aytib qolsa, o‘rinlaridan turib, ikki rak’at yengil namoz o‘qir edilar».
Oisha (onamiz)ning hadisi hasan-sahih. Bu bobda Abu Ayyub (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan. Payg‘ambar sallallohu apayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ba’zi ilm ahllari vitrni besh rak’at deb isbotlaydilar. Bu besh rak’atning faqat oxirida o‘tiradi, deydilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:49:23
335-BOB
MAVZU: UCH RAK’AT VITR NAMOZI


457. Alm (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vitrni uch rak’at o‘qir edilar va bu rak’atlarda to‘qqizta sura o‘qir, har rak’atda uchta sura o‘qib, oxirida «Qul: Xuvallohu ahad»ni o‘qir edilar».
Bu bobda Imron Ibn Husayn, Oisha, Ibn Abbos, Abu Ayyub va Abdurrahmon ibn Abzo vositasida Ubay ibn Ka’b (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Abdurrahmon ibn Abzoning o‘zi orqali ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan hadis rivoyat qilingan. Ba’zi muhaddislar ana shu tarzda (Abdurrahmonning o‘zidan) rivoyat qiladilar va Ubay Ibn Ka’bni zikr etmaydilar. Ba’zilari esa «Abdurrahmon ibn Abzodan, Ubay ibn Ka’bdan», deydi.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ba’zi ilm ahllari shu hadisni egallab, kishi vitrni uch rak’at o‘qiydi, degan fikrga keldilar.
Sufyon aytadi: «Vitrni xohlasang besh rak’at o‘qiysan, xohlasang uch rak’at, xohlasang bir rak’at». Shundan so‘ng bunday deydi: «Men esa uch rak’at o‘qilmog‘ini ma’qul ko‘raman». Ibnul-Muborakning va Kufa ahlining qavli ham shudir.
Abu Hanifa shu hadis bilan (va yana ko‘plab boshqa hadislar bilan) istidlol qilib, vitr namozi uch rak’at ekanligini aytadi. Hanafiylar fikriga ko‘ra, vitr - uch rak’atdan na ko‘p, na oz.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:49:32
458. Sa’id ibn Yaqub At-Tolaqoniy, Hammod ibn Zayddan, Hishomdan, Muhammad ibn Siyriyndan naql etib, bizga bayon qildi; Muhammad ibn Siyriyn aytdi: «Vitrni besh rak’at, uch rak’at, bir rak’at o‘qishar va hammasini yaxshi deb bilishar edi»
(Ilova: «Vitr namozi buyurilishidan avval vitrni bir rak’at, uch rak’at, besh rak’at, yetti rak’at o‘kir edilar. Keyin vitr namozi nozil bo‘ldi, ya’ni Jabroil alayhissalom kelib vitrni xabar berdi. Shundan so‘ng Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uch rak’at bilan kifoya qilmoqni buyurdilar». «Ahli sunnat val-jamoat aqoidi», 51-masala, 60-sahifa. Tarjimon).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:50:03
336-BOB
MAVZU: BIR RAK’AT VITR NAMOZI


459. Anas ibn Siyriyndan rivoyat qilindi; aytdi: «Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan: «Bomdodning ikki rak’at (sunnat)ini uzun o‘qiyinmi?» - deb so‘radim. Shunda aytdiki, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tunda ikki-ikki rak’atdan namoz o‘qir edilar va bir rak’at vitr (toq) qilar edilar. (Bomdodning) ikki rak’at (sunnat)ini azon quloqlarida bo‘lgan holda o‘qir edilar».
«Azon quloqlarida bo‘lgan holda» iborasidan chiqadigan ma’no shuki, bomdodning sunnatini (azon quloqlariga yetishi bi-lan) qisqa va yengil o‘qir edilar.
Bu bobda Oisha, Jobir, Al-Fazl Ibn Abbos, Abu Ayyub va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Ibn Umarning hadisi hasan-sahih. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’yyndan ba’zi ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir: Kishi ikki rak’at bilan uchinchi (toq) rak’atning orasini salom bilan ajratib, vitrni toq rak’at tarzida o‘qiydi, deb hisoblaydilar.
Molik, Shofi’iy va Ishoqning qavli shudir. (458-hadis ylovasiga va quyidagi to‘rt ilovaga qarang).
(*Termiziy kitobiga yozilgan mo‘‘tabar sharhdan to‘rt ilova:
1-ilova: Hazrati Oisha (roziyallohu anho) Hazrati Abdulloh ibn Abi Qays (roziyallohu anhu)ning savollari ustida, Janobi (Rasuli Akram) sallallohu alayhi va sallamning kechqurundagi namozlarini bu tariqa bayon qilibdurlar: «To‘rt rak’at va uch rak’at; olti rak’at va uch rak’at; sakkiz rak’at va uch rak’at; o‘n rak’at va uch rak’at. Mana bu rivoyatda oxirgi «uch rak’at» degan kalimani to‘rt bor alohida keltirishlaridan ma’lum bo‘lurki, bu namozning adadi na ziyoda, na kam bo‘lur. Shundoq bo‘lmagan taqdirda Hazrati Oisha (roziyallohu anho) har gal «uch rak’at» kalimasini ifoda qilmay, yetti rak’at, to‘qqiz rak’at, o‘n bir rak’at, o‘n uch rak’at deb qo‘ya qolar edi.
2-ilova: Mulla Ali Al-Qoriy rahimahulloh so‘zlaricha, Hanafiylarning dalillari shuldurki, vitr namozining uch rak’at o‘qilishini joiz va mustahsin ekanligiga sahobai ‘izom (roziyallohu anhum) qaror qilgandurlar. Va uch rak’atdan kam bo‘lishida ba’zilari joiz va ba’zilari nojoiz, deb ixtilof qilgandurlar. Sahobalarning ittifoq qilgan masalalariga amal qilmoq ziyoda matlubdir.
3-ilova: Imomi Hasan Basriy (roziyallohu anhu)gaki, muhaddislarning nihoyatda buyuklaridandurlar, debdurlar: «Vitr namozining uch rak’atligiga butun musulmonlar ittifoq qilgandurlar». Bu zotga bir kishi debdurki, «Hazrati Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) uch rak’at vitrning ikki rak’atiga salom berib, qolgan bir rak’atini alohida o‘qir edilar». Anga bu zot (ya’ni imomi Hasan Basriy): «Otalari Hazrati Umar uch rak’atni bir salom ila o‘qir edilar. Va otalari ul kishidan olimroq erdilar», deb javob beribdurlar.
4-ilova: Ahodisi sharifada (hadislarda) tanho bir rak’atlik namoz o‘qish man’ qilingandur. Hazrati Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan bir kishi savol qilib dediki, «Hazrati Sa’id (roziyallohu anhu) vitrni bir rak’at o‘qirlar». Hazrati Abdulloh dedilar: «Bir rak’atlik namoz bo‘lmas».
Bulardan boshqa ham hanafiylarda dalillar ko‘p. Hammadan jome’ va mufrid bir kitob bu masala tahqiqin ustida hazrati mavlono ustozi kabir, allomai shahir, muhaqqaq al-ahnof, a’lamul-ashrof As-Sayyid Muhammad Yusuf Al-Banuriy Allohu majdan va izzan hazratlarining «Termiziyyi sharif»ga qilgon sharhlaridan alohida qilib, tab’ va nashr etgan ta’liflaridur. (Ushbu sharhlar Sayyid Mahmud Toroziy hazratlarining Imom At-Termiziyning «Shamoyili Muhammadiya» kitobiga qilgan izohotidan olindi. Tarjimon).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:50:14
337-BOB
MAVZU: VITR (NAMOZI)DAGI QIROAT


460. Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vitr namozida: «Sabbihisma Robikal-ala» va «Qul: ya ayyuhal kafirun» va «Qul: Xuvallohu ahad» suralarini rak’atma-rak’at o‘qir edilar».
Bu bobda Ali, Oisha, Abdurrahmon ibn Abzo’ vositasi bilan Ubay Ibn Ka’b (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Vitrning uchinchi rak’atida «Mu’avvizatayn» - ikki «Qul: a’uzu» (ya’ni «Al-falaq», «An-nos») bilan «Al-ixlos» suralarini o‘qiganlar»i rivoyat qilindi. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ilm ahllarining ko‘pchiligi «Sabbihisma Robikal-a’la», «Qul: ya ayyuhal kafirun» va «Qul: Huvallohu ahad» suralari o‘qilmog‘ini ixtiyor etganlar. Har bir rak’atda bulardan bir sura o‘qiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:51:12
461. Abdulaziz ibn Jurayjdan rivoyat qilindi; aytdi: «Oisha (roziyallohu anho)dan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vitrni qaysi suralar bilan o‘qir edilar?» deb savol qildim. Aytdilarki, «Birinchi rak’atda «Sabbihisma Robikal-a’la»ni, ikkinchi rak’atda «Qul: ya ayyuhal kafirun»)ni, uchinchi rak’atda «Qul: Huvallohu ahad»)ni mu’avvizatayn (ikki «Qul: a’uzu») bilan o‘qir edilar».
Bu hadis hasan-g‘arib.
Abdulaziz - Atoning birodari bo‘lmish Ibn Jurayjning otasidir. Ibn Jurayjning ismi - Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj.
Yahyo ibn Sa’id Al-Ansoriy bu hadisni Amra’dan, Oishadan (roziyallohu anhum), Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:51:40
338-BOB
MAVZU: VITR NAMOZIDA QUNUT DUOSI


462. Al-Hasan ibn Ali (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga vitrda o‘qiladigan ushbu kalimalarni (duoni) o‘rgatdilar: «Allohumma-hdiniy fiyman hadayta va ‘afiniy fiyman ‘afayta va tavallaniy fiyman tavallayta va barikliy fiyma a’toyta va qini sharro ma qozoyta fa innaka taqziy va la yuqziy alayka va innahu la yuzillu valyata tabarokta robbana va ta’alayta»
Ma’nosi: «Allohim! Hidoyat etgan (banda)laring qatori meni ham hidoyat qil! Avf etgan (banda)laring qatori meni ham avf ayla! Do‘st tutgan (asragan) bandalaring qatori meni ham do‘st tut (asra)! Ato etgan narsalaringda men uchun barakat qil! Taqdir-qazo qilganing yomonliklardan meni asra! Albatta, Sen taqdir-qazo qilguvchisan va sening taqdiringga qarshilik qilinmagay! Sen do‘st tutgan(asragan) kishi zalil bo‘lmas! Taboraksan yo Robbimiz, ta’olosan!
Hanafiylarning kunut duosi esa ushbudir:
Allohummma nasta’iynuka va nastag‘firuka. (Va nastaxdiyka) Va nu’minu bika. Va natubu ilayka va natavakkalu ‘alayka. Va nusniy ‘alaykal xoyr. Nashkuruka va la nakfuruk. Va naxla’u va natruku man-yafjuruk! Allohumma! Iyyaka na’budu va laka nusolli va nasjudu va ilayka nas’a va nahfidu va narju rohmataka va naxsha ‘azabak. Inna ‘azabaka bil-kuffaari mulhiq.
Ma’nosi: Ey bor Xudoyo! Biz Sendan madad va ko‘mak talab qilurmiz, Sendan ma’rifat so‘raymiz! (Sendan hidoyat tilaymiz). Senga iymon keltirurmiz va. e’timod eturmiz. (Va senga tavba qilurmiz). Senga sano ayturmiz, yaxshilikning hammasi senga xosdir. Senga shukr qilurmiz. Senga kufr keltirmaymiz va kufroni ne’mat qilmaymiz. Kimki sening buyrug‘ingdan chiqsa, haqdan botilga mayl qilsa, uni chiqarurmiz va tashlagaymiz. Ey bor Xudoyo! Sening o‘zingga ibodat qilurmiz va Sen uchun namoz o‘qirmiz va sajda qilurmiz! Senga intilurmiz va Senga itoat qilurmiz, boshqaga qilmasmiz. Sening rahmatingdan umid qilurmiz va azobingdan qo‘rkurmiz. Albatta, sening azobing kofirlarga yetguvchidir!»
(Ilova: qavsdagi iboralar ba’zi joylarda aytilmaydi, bu nodurust emas, durustdir).
Bu bobda Ali (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan,
Bu hadis hasan. Buni tanho shu vajhdan ismi Robi’a ibn Shaybon bo‘lmish Abul-Xavro’ As-Sa’dning rivoyatidan bilayotirmiz. Qunut borasida, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan bundan yaxshiroq hadisni bilmaymiz.
Ilm ahllari vitr namozidagi qunut (duosi) borasida ixtilof qildilar. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu) butun umr vitrda qunut o‘qilmog‘ini ma’qul ko‘rdi va qunut (duosi) ruku’dan oldin o‘qilmog‘ini ixtiyor etdi. Ba’zi ilm ahllarining qavli shu. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Ishoq va Kufa ahli shu qavlga ega bo‘lganlar. Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan, Ramazonning ikkinchi yarmida va ruku’dan keyin qunut o‘qigani rivoyat qilingan. Ba’zi ilm ahllari shu qavlga ega bo‘layotir. Shofi’iy va Ahmadning qavli shudir.
(Ilova: «Sahihi Buxoriy»da qunut duosi rukudan oldin o‘kilishi xulosa qilingan. Hanafiylar ruku’dan oldin o‘qiydilar. 1-jild, 272-bet).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:51:54
339-BOB
MAVZU: VITR NAMOZINI UXLAB QOLIB YOKI UNUTIB O’TKAZIB YUBORGAN (QAZO QILIB QO’YGAN) KISHI (NIMA QILADI?)


463. Abu Sa’id Al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Kimki uxlab qolib yoki unutib vitr namozini o‘tkazib yuborsa, yodiga tushishi bilan yoki uyg‘onishi bilan darhol o‘qib olsin».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:54:27
464. Zayd ibn Aslamdan rivoyat qilindi; Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kimki uxlab qolib vitr namozini o‘gkazib yuborsa, tong otganda o‘qib olsin».
Bu hadis oldingi hadisdan ko‘ra sahihroq.
Abu Dovud As-Sijziydan - Sulaymon ibn Al-Ash’asni ko‘zda tutadi - eshitdim; aytdi: «Ahmad ibn Hanbaldan Zayd ibn Aslamning o‘g‘li Abdurrahmon haqida so‘radim. Shunda bunday dedi: «Uning birodari Abdulloh zararsizdir».
Muhammad (Al-Buxoriy)dan eshitdim, Ali ibn Abdulloh Zayd ibn Aslamning o‘g‘li Abdurrahmonni (hadisda) zaif deb topganini ta’kidladi va: «Zayd ibn Aslamning o‘g‘li Abdulloh siqa (ishonchli)» dedi.
Kufa ahlidan ba’zilari shu hadisga ega bo‘lganlar. Aytadilarki, kishi quyosh chiqqanidan keyin bo‘lsa ham, esiga tushgan zahoti vitr namozini(ng qazosi)ni o‘qib oladi. Sufyon As-Savriyning qavli shudir.
Vitr namozining qazosi qaysi vaqtgacha o‘qilishi haqida sakkiz qavl ustida ixtilof qilindi: Birovi, Bomdodning farzini o‘qigunicha, deb, birov: quyosh chiqqunicha, deb, birovi zavol vaqtigacha, deb aytadi. Ba’zilari esa bilib turib qazo qilish bilan uxlab qolib yoki unutib qazo qilish o‘rtasida ajrim (farq) qiladi. Birinchi holatda vitrning qazosi bo‘lmaganini, ammo ikkinchi holatda qachon yodiga tushsa, qazosi o‘qilmog‘ini aytadi. Abu Hanifa (rahmatullohi alayh)ning hukmicha, vitrning qazosi vojibdir va farz namoelaridek qazosi ado etilgaydir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:54:59
340-BOB
MAVZU: VITR NAMOZI TONG OTMASDAN OLDIN O’QILMOG’I BAYONI


465. Ibn Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilindi; Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Subh kirmasidan vitr namoziga chaqqon bo‘lingizlar!»
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:55:10
^
466. Abu Sa’id Al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Subhga yetmasdan oldin vitr namozini o‘qingizlar!»
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:55:26
467. Ibn Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilindi; Rasululloh sallallohu alaihi va sallam aytdilar: «Tong otishi bilan barcha kechki namozlar hamda vitr namozi ketgaydir. Bas, tong otmasidan oldin vitrni o‘kingizlar!».
Hadis shu lafzi bilan yolg‘iz Sulaymon ibn Musodan rivoyat qilindi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlari ham rivoyat qilinadi; «Bomdod namozidan keyin vitr yo‘q!» Bu esa mutaaddid ilm ahllarining qavlidir. Shofi’iy, Ahmad va Ishoq shu qavlga ega bo‘ladilar: Bomdod namozidan keyin vitr o‘qilmaydi, degan fikrdalar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:55:47
341-BOB
MAVZU: BIR KECHADA IKKI VITR YO’Q!


468. Toliq ibn Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyapg qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bunday deganlarini eshitdim: «Bir kechada ikki vitr yo‘q!»
Ibnul-Arabiy «Oridat-ul-ahvoziy» nomli Termiziy kitobiga bitilgan sharhida bu hadisning ma’nosini bunday sharhlaydi: «Vitrni o‘qiganidan keyin tahajjud namozini o‘qisa, vitrni qayta o‘qimaydi».
Bu hadis hasan-g‘arib.
Ilm ahllari, kechaning avvalida vitrni o‘qib yotgan va (kechaning) oxirida turgan kishi borasida ixtilof qildilar. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ba’zi ilm ahllari, vitr buziladi, degan fikrda bo‘lib, bunday deydilar: «Kechaning avvalida o‘qigan vitr (namozi)ga bir rak’at qo‘shadi, keyin xoxlaganicha tungi (tahajjud) namozini o‘qiydi, keyin namozining oxirida vitrni o‘qiydi; chunki bir kechada ikki vitr yo‘q».
Bu kishilar tungi (tahajjud) namozining oxirida vitr o‘qilmogani buyurgan hadis bilan bu o‘rindagi hadisni jam’ qilmoq uchun shu qavlga ega bo‘lishgan.
Ishoq shu qavlga ega bo‘lgan. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ba’zi ilm ahllari esa bunday deydilar: «Kechaning avvalida vitrni o‘qiydi, keyin uxlaydi va keyin kechaning oxirida tursa, bu kishi xohlaganicha tungi (tahajjud) namozini o‘qiydi. Vitrni buzmaydi va uni o‘z (o‘qilgan) holicha qoldiradi». Sufyon As-Savriy, Molik ibn Anas va Ibnul-Muborakning qavli shudir. Bu qavl sahihroq. Chunki Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam vitrdan keyin tungi (tahajjud) namozini o‘qiganlari mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:56:00
469. Ummu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam vitrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qir edilar».
Abu Umoma, Oisha va bittadan ko‘p sahoba (roziyallohu anhum) vositasida Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan shunga uyqash hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:56:16
342-BOB
MAVZU: VITR NAMOZINI TUYA (ULOV) USTIDA O’QIMOQ


470. Sa’id ibn Yasordan rivoyat qilindi; aytdi: «Bir safarda Ibn Umar bilan birga edim. U kishidan orkada qoldim. Shunda: «Qaerda eding?» dedi. «Vitr namozini o‘qidim» dedim. Aytdiki, «Axir, Rasulullohga chiroyli ergashmoq senga ham tegishli emasmi? Men, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuyalarining ustida vitr o‘qiganlarini ko‘rganman».
Bu bobda Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) hadis rivoyat qilingan. Ibn Umarning hadisi hasan-sahih. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ba’zi ilm ahllari shu qavlga ega bo‘lganlar. Kishi tuyasining ustida vitrni o‘qiydi, degan fikrdalar. Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir. Ba’zi ilm ahllarii esa bunday deyishadi: «Kishi vitr namozini tuyasining ustida o‘qimaydi. Vitrni o‘qimoqchi bo‘lganida tushib, yerda o‘qiydi». Kufa faqihlaridan ba’zilarining qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:56:29
343-BOB
MAVZU: ZUHO NAMOZI


471. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki o‘n ikki rakat zuho namozi o‘qisa, Alloh unga jannatda oltindan bir qasr bino kilgaydir».
Bu bobda Ummi Honi’, Abu Hurayra, Nuaym ibn Hammor, Abu Zarr, Oisha, Abu Umoma, Utba ibn Abd As-Sulamiy, Ibn Abi Avfa, Abu Sa’id, Zayd ibn Arqom va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Anasning hadisi g‘arib. Uni tanho shu vajhdan bilayotirmiz.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:56:39
472. Abdurrahmdn ibn Abu Laylodan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam zuho namozini o‘qiganlarini menga Ummu Honi’dan boshqa hech kim xabar qilgani yo‘q. U, Makka fath etilgan kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylariga kirganlarini, g‘usl qilib, sakkiz rak’at namoz o‘qiganlarini so‘zlab berdi. Va aytdiki, «U zotning shu sakkiz rak’atdan ham ko‘ra yengilroq namoz o‘qiganlarini aslo ko‘rmadim. Ammo ruku’lari va sajdalarini mukammal qilar edilar».
Abdurrahmon ibn Abi Laylo, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning zuho namozini o‘qiganlarini boshqalardan eshitmaganligi bu hadisni boshqalar rivoyat qilmaganiga dalolat eta olmaydi. Ummu Honi’ (Hazrati) Ali karromallohu vajhahu)ning opalaridir.
Bu hadis hasan-sahih.
Imom Ahmad, Ummu Honi’ning hadisini ushbu bobda rivoyat qilingan eng sahih hadis deb hisoblagani anglashiladi.
(Payg‘ambarimizning sahobalaridan bo‘lmish) Nuaym kimning o‘g‘li ekanligi borasida ixtilof qilindi. Ba’zilar, Xommorning o‘g‘li deb, ba’zilari esa Hammorning o‘g‘li deb aytishdi. Bu orada otasining ismi Habbor ekanligi va Hammom ekanligi ham aytilmoqda. Sahih qavlga ko‘ra, u - Hammorning o‘g‘li. (Buxoriyning ustozi) Abu Nuaym bu kishi borasida vahmga berilib, «Himozning o‘g‘li» dedi va yanglishdi. Keyin kimning o‘g‘li ekanligini bir chetga qo‘yib, «Nuaymdan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan» dedi. Abd ibn Humayd buni menga (Buxoriyning ustozi) Abu Nuaymdan xabar qildi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:56:55
473. Abud-Dardo va Abu Zarr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xabar berishlaricha Alloh taborak va ta’lo bunday deb marhamat qiladi: «Ey Odam farzandi! Sen kunduzning avvalida men uchun to‘rt rak’at namoz o‘qigin, Men kunduzning oxirida seni huzurga erishtiraman!» .
Bu hadis hasan-g‘arib.
Bu to‘rt rak’at namozdan zuho namozi nazarda tutilgani aytilgan, shuningdek ishroq namozi hamda sunnati bilan birga bomdod namozi qasd etilgani ham aytildi. Faqat Termiziy va Abu Dovud bu to‘rt rak’atni zuho namozi deb hisoblaganlari uchun uni zuho namozi bobida zikr qilganlar. Bu hadis - hadisi qudsiy ekanligi aniq-ravshan. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam vositasida Alloh taborak va taolodan bayon etilmoqda. Hadisdan murod etilgan ma’no ushbudir: kunduzning avvalida to‘rt rak’at namoz o‘qisang, Alloh taolo shu kungi ehtiyojlaringni ravo qiladi va kunduzning oxirida seni huzurga erishtiradi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:57:06
474. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki to‘rt rak’at zuho namozini muntazam o‘qisa, gunohi dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham, kechirilgaydir».
Vaki’, An-Nazr ibn Shumayl hamda bittadan ko‘p hadis imomi bu hadisni Nahhos ibn Qahmdan rivoyat qilganlar. Bu hadisni yolg‘iz uning rivoyatidan bilayotirmiz.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:57:19
475. Abu Sa’id Al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam zuho namozini (ba’zi kunlar) shunday (uzluksiz) o‘kir edilarki, biz hatto, endi bu namozni hargiz tark qilmaydilar, derdik. Ba’zan esa shunday tashlab qo‘yar edilarki, biz hatto, endi bu namozni hargiz o‘qimaydilar, derdik».
Bu hadis hasan-g‘arib.
Zuho namozi Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamga vojib ekanligiga doir hadis zaifdir. Hofiz ibn Hajar «Fath-ul-boriy»da zuho namozi Rasuli Akramga vojib ekanligiga doir biror hadis sobit emasligini aytadi. Ibn Hajar, Hofiz Abul-fazl ibn Husaynning Termiziy sharhida bunday deganini naql etadi: «Avom orasida, zuho namozini o‘qib, keyin tark etgan yoki uzgan kishi ko‘r bo‘lib qoyar emish, degan gap tarqaldi. Shunda xalqning ko‘pchiligi zuho namozini tubdan (boshlamasdan) tark etdi. Holbuki, bu gaplari biror asosga tayangan emas edi. Bu hatto shayton ig‘vosi ekanliga ochiq-ravshan. Ya’ni, bunda insonlarni ulug‘ bir fazylatdan mahrum etish maqsadi yashirindir». Rasuli Akram zuhoni ba’zan tark etganlari ana shu botil gapga zarba berish uchun ham qilingan bo‘lishi mumkin.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:57:32
344-BOB
MAVZU: ZAVOL NAMOZI


476. Abdulloh ibn As-Soib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, zavoldan (kun og‘ganidan) keyin, peshindan oldin to‘rt rak’at namoz o‘qir edilar. Va aytganlarki, «Bu - osmon eshiklari ochilgan bir soatdir. Shu soatda mendan bir solih amal samoga chiqmog‘ini sevaman!».
Bu bobda Ali va Abu Ayyub (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilindi.
Abdulloh ibn As-Soibning hadisi hasan-g‘arib.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan bunday rivoyat qilingan: «U kishi zavoldan keyin to‘rt rak’at namoz o‘qir edilar va bu rak’atlarning faqat oxirida salom berar edilar».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:57:46
345-BOB
MAVZU: HOJAT NAMOZI


477. Abdulloh ibn Abi Avfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimning Allohga yoki Odam farzandlaridan birortasiga bir hojati bo‘lsa, tahorat olsin va tahoratni chiroyli olsin. Keyin ikki rak’at namoz o‘qisin. Keyin Allohga hamdu sano aytib, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamga salovat keltirsin. Keyin bunday desin: «La ilaha illallohul-Haliymul-Kariym. Subhanallohi Robbil-’arshil-’aziym. Alhamdu-lillahi Robbil ‘alamiyn. As-aluka mujiy-bati rohmatika va azoima mag‘firotika, val-g‘oniymata min kulli birrin vas-salaamata min kulla ismin. La tada’ liy zanban illa g‘ofartahu va la hamman illa farrojtahu. Va la haajatan hiya laka rizon, illa kozoytaha, yaa arhamar-rohimiyn».
Duoning ma’nosi: «Haliym va Kariym bo‘lmish Allohdan boshqa iloh yo‘q! Arsh Parvardigori bo‘lmish ulug‘ Alloh pokdir. (aybu nuqsondan xoli, munazzaxdur). Butun olamlar parvardigori bo‘lmish Allohga hamd bo‘lsin! Sendan rahmating sabablarini, mag‘firatin yo‘llarini (vasiylalarini), har bir yaxshilivdan g‘animat-qulaylik, har bir gunoxdan salomat-omonlik tilayman! Menda, O’zing kechirmagan biror gunoh, O’zing ketkazmagan biror g‘am, O’zing rozi bo‘lmagan va O’zing ravo qilmagan biror hojat qoldirma! Ey rahmlilarning eng rahmlisi bo‘lgan Allohim!».
Bu hadis g‘arib. Uning isnodi (haqi)da (tanqidiy) gap bor. Chunonchi, Foid ibn Abdurrahmonning hadisda zaif ekanligi qayd etilgan. Foid bu - Abdul-Varqo.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:58:06
346-BOB
MAVZU: ISTIXORA NAMOZI


478. Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga, xuddi Qur’on suralarini o‘rgatgandek, ishlar(imiz)da istixorani o‘rgatar edilar. Aytar edilarki, «Sizlardan birortangiz bir ishga qo‘l urmoqchi bo‘lsa, farzdan tashqari ikki rak’at namoz o‘qisin, keyin bunday desin: Duoning ma’nosi: «Yo Allohim! Ilmingga iltijo qilib, Sendan yaxshilik talab etgayman va qudratingga iltijo qilib Sendan qudrat talab etgayman. Sening ulug‘ lutfu karamingdan tilagayman. Albatta, Sen qodirdirsan, men esa ojizman. Sen olimsan - bilguvchisan, men esa bilguvchi emasman va Sen - g‘ayb ilmlari bilimdonisan! Allohim! Sening ilmingga ko‘ra ushbu ish dinim, maishatim va ishim oqibati (yoki «butunim va kelajagim» dedilar) borasida men uchun yaxshilik bo‘lsa, uni menga muyassar ayla va muborak qil! Agar sening ilmingga ko‘ra, ushbu ish dinim, maishatim va ishim oqibati (yoki «bugunim va kelajagim» dedilar) borasida yomonlik bo‘lsa, uni mendan daf’ et va meni undan yiroq qil! Men uchun yaxshilik bo‘lgan ishni menga taqdir qil va meni shu narsaga rozi aylagin!»
(Nabiy sallallohu alayhi va sallam) keyin: «Bu duoni o‘qigach hojatini aytsin», dedilar.
Bu bobda Abdulloh ibn Mas’ud va Abu Ayyub (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan. Jobirning hadisi hasan-g‘arib. Bu hadisni yolg‘iz Abdurrahmon ibn Abil-Mavloning rivoyatidan bilayotirmiz. U Madinalik bir shayx bo‘lib, siqa (ishonchli)dir. Sufyon undan hadis rivoyat qilgan. Shuningdek, bittadan ko‘p hadis imomi ham Abdurrahmondan hadis rivoyat qilganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:58:19
347-BOB
MAVZU: TASBIH NAMOZI


479. Abu Rofi (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (amakilari) Abbosga dedilarki: Ey amakim! Sizga bir qarindoshlik (haqini ado) qilayinmi? Sizga bir ehson etayinmi? Sizga bir manfaat yetkazayinmi?» (Abbos (roziyallohu anhu): «Ha (ayting), yo Rasululloh!» dedilar. Aytdilar: «Ey amakim! To‘rt rak’at namoz o‘qing, har bir rak’atida «Fotiha» surasi bilan birga bitta surani o‘qing. Qiroat bitgach, ruku’ga bormasdan oldin o‘n besh marta «Allohu akbaru valhamdu lillahi va subhanalloh») deng. Ruku’ga borib uni (ruku’da) o‘n marta ayting. Ruku’dan boshingizni ko‘tarib, yana o‘n marta ayting. Sajda qiling va (sajdada) o‘shani o‘n marta ayting. Sajdadan boshingizni ko‘tarib, yana o‘n marta ayting. Keyin (ikkinchi) sajdaga boring va (sajdada) o‘shani o‘n marta ayting. Ikkinchi sajdadan boshingizni ko‘tarib, qiyomga turmasdan oldin o‘shani yana o‘n marta ayting. Shunday qilib, bu tasbihlar har bir rak’atda yetmish beshtadir. To‘rt rak’atda uch yuzta tasbih bo‘ladi. Bas, agar gunohlaringiz ‘alaj qumlarining sanog‘icha bo‘lsa ham, Alloh sizni mag‘firat qilgaydir!» Abbos (roziyallohu anhu): «Yo Rasululloh! Bu tasbihlarni kunda kim ham ayta olardi!» dedilar. (Rasuli Akram) aytdilarki, «Bularni har kuni ayta olmasangiz, haftada bir bor ayting. Agar haftada ayta olmasangiz, oyda bir ayting... » U kishiga (shu yo‘sin) uqdirishda davom etib, hatto oxiri: «Bir yilda bir marta ayting» dedilar».
Ibn Abbosning (roziyallohu anhumo) rivoyatida bunday deyiladi: «Agar qila olmasang, yidda bir marta bajargil! Agar buni ham bajara olmasang, umringda bir marta bajargil!»
Hadis Shofi’iy mazhabida ikkinchi sajdadan keyin, o‘tirish bor deb qabul qilingan istirohat o‘tirishi uchun dalil qilib olingan. Holbuki, bu faqat tasbih namoziga xosdir. Tasbih namozida ikkinchi sajdadan keyin istirohat o‘tirishida o‘n tasbih aytilganidan keyin qiyomga turiladi.
Bu hadis Abu Rofi’ning rivoyati sifatida g‘arib.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:58:33
480. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivo-yat qilindi; «Ummu Sulaym Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib, «Menga namozlarimda o‘qiladigan kalimalardan o‘rgatsangiz», dedi. (Rasululloh salpallohu alayhi va sallam) aytdilar: «O’n marta «Allohu akbar», o‘n marta «Subhanalloh», o‘n marta «Alhamdulillah» degil. Keyin xohlagan narsangni tilayver. (Alloh taolo): «Maqbul, maqbul» deb turgaydir».
Bu bobda Ibn Abbos, Abdudloh ibn Amr, Al-Fazl ibn Abbos va Abu Rofi’ (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Anasning hadisi g‘arib. Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan tasbih namozi borasida bittadan ko‘p hadis rivoyat qilingan; (ammo) bularning ko‘pi sahih emas. Ibnul-Muborak va bittadan ko‘p ilm ahli tasbih namozini rivoyat qilib, bu namozdagi fazilatni tilga oladilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:58:44
481. Ahmad ibn Abda Az-Zobbiy Abu Vahbdan naql etib, bizga bayon qildi; Abu Vahb dedi: «Abdulloh ibn Muboraqdan, orasida tasbih aytiladigan namoz haqida so‘radim. Aytdiki, «Takbir(i) (tahrimani) aytgandan keyin: «Subhanaka allohumma va bihamdika va toboraka-smuka, va taa’lo jadduka va la ilaha g‘oyruk») deydi; keyin o‘n besh marta «Subhanallohi valhamdu-lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar» deydi; keyin «A’uzu billahi»ni aytib, «Bismillahir Rohmanir Rohiym» deb «Fotiha» surasini va yana bir surani o‘qiydi; keyin o‘n marta «Subhanallohi valhamdulillahi va laa ilaha illallohu vallohu akbar» deydi; keyin ruku’ga boradi va (ruku’da) shuni o‘n marta aytadi; keyin (ruku’dan) boshini ko‘tarib, shuni (yana) o‘n marta aytadi; keyin sajdaga boradi va (sajdada) o‘n marta aytadi; keyin (sajdadan) boshini ko‘tarib, o‘n marta aytadi; keyin ikkinchi sajdaga borib, (sajdada) o‘n marta aytadi; va xuddi shu yo‘sinda to‘rt (rak’at) o‘qiydi. Demak, har bir rak’atda yetmish besh tasbihdir. Har bir rak’atini o‘n besh tasbih bilan boshlaydi, keyin qiroat qiladi va (qiroatning izidan) o‘n tasbih aytadi. Bu namozni kechasi o‘qisa, har ikki rak’atda salom bermog‘i menga maqbulroq. Agar kunduzi o‘qisa, xohlasa (ikki rak’atda) salom beradi, xohlasa salom bermaydi».
Abu Vahb aytadiki, «Abdulaziz ibn Abu Rizma, Abdullohdan naql etib, uning bunday deganini menga ma’lum qildi: «Ruku’da (avval) uch marta «Subhana Robbiyal-aziym» va sajdada (avval) uch marta «Subhana Rob-biyal-a’la» bilan boshlaydi, keyin (boyagi) tasbihlarni aytadi».
Ahmad ibn Abda, Vahb ibn Zam’a vositasida Abu Rizmaning o‘g‘li Abdulazizdan naql etib, bunday deydi: «Abdulloh ibn Al-Muboraqdan: «Agar tasbih namozida sahv qilsa, sajdai sahvlarida o‘n martadan tasbih ayta-dimi?» dedim. «Yo‘q! Bular faqat uch yuz tasbih» dedi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:59:08
348-BOB
MAVZU: PAYG’AMBAR SALLOLLOHU ALAYHI VA SALLAMGA SALOVATI SHARIF KELTIRMOQNING SIFATI (SHAKLI)


482. Ka’b ibn Ujra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Dedikki, Yo Rasululloh! Bu - sizga salom, buni (tashahhuddan) bilib oldik. Endi sizga qanday salovat aytamiz?» Marhamat qildilarki, «Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘a-la aali Muhammad, kamaa sollayta ‘ala Ibrohim, innaka Hamiydum-Majiyd. Va baarik ‘ala Muhammadin, kamaa baarokta ‘ala Ibrohim, innaka Hamiydum-Majiyd») deb aytingizlar».
Ma’nosi: «Allohim! Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) va u zotning oilasiga rahmat qil, xuddi Ibrohim (alayhissalom)ga rahmat qilganingdek! Albatta, Sen Hamid va Majidsan - barcha tillarda har holatda madh etilguvchisan va yuksaksan! Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ni ham muborak qil, huddi Ibrohim (alayhissalom)ni muborak qilganingdek! Albatta Sen Hamid va Majidsan - barcha tillarda har holatda madh etilguvchisan va yuksaqdirsan!»
Mahmud (Termiziyning ustozi), Abu Usomadan naql etib, bunday dedi: «Zoida, Al-A’mashdan, Al-Hakamdan, Abdurrahmon ibn Abi Laylodan menga ushbu qo‘shimcha rivoyatni bayon qildi: «Abdurrahmon ibn Abi Laylo: «Va biz: «va alayna ma’ahum» («Va ular bilan birga bizga ham») deymiz, dedi».
Bu bobda Ali, Abu Humayd, Abu Mas’ud, Talha, Abu Sa’id, Burayda, Xorijaning o‘g‘li Zayd — u Joriyaning o‘g‘li deb ham aytiladi - va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Ka’b ibn Ujraning hadisi hasan-sahih.
Abdurrahmon ibn Abi Layloning kunyasi - Abu Iso, Abu Layloning ismi esa - Yasor.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:59:29
349-BOB
MAVZU: PAYG’AMBAR SALLOLLOHU ALAYHI VA SALLAMGA SALOVATI SHARIF KELTIRMOQNING FAZILATI


483. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Qiyomat kunida insonlarning menga eng yaqini menga eng ko‘p salovat aytganidir».
Bu hadis hasan-g‘arib.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bunday deb aytganlari ham rivoyat qilingan: «Menga bir salovat aytgan kishiga Alloh o‘n salovat yozgaydir va unga o‘n hasana yozilgaydir».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:59:46
484. Abu Hurayra (roziyaplohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh salla.llohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki menga bir salot aytsa, Alloh unga o‘n salot yozgaydir»
Bu bobda Abdurrahmchch ibn Avf, Omir ibn Robi’a, Ammor, Abu Talha, Anas va Ubay ibn Ka’b (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Abu Hurayraning xadisi hasan-sahih.
Sufyon As-Savriydan va bittadan ko‘p ilm ahlidan rivoyat qilingan, aytdilar: «Rabbning (Parvardigorning) saloti - rahmat va maloikaning saloti istig‘fordir».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 09:59:56
485. Umar ibn Hattob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Duo osmon bilan yer orasida to‘xtatib turilgaydir, toki Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamga salot aytmaguningcha, bu duodan biror so‘z (osmonga) chiqmas».
Al-A’lo ibn Abdurrahmon - Al-Xuraqoning mavlosi bo‘lmish Ya’qubning o‘g‘li. A’lo- tobi’iyndan. Anas ibn Molik va boshqalarlan hadis eshitgan. A’loning otasi Abdurrahmon ibn Ya’qub ham tobi’iyndandir. Abu Hurayradan va Abu Sa’id Al-Xudriydan hadis eshitgan. Ya’qub esa tobi’iynning ulug‘laridandir. Umar ibn Xattob bilan ko‘rishgan va u kishidan hadis rivoyat qilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 25 Dekabr 2008, 10:00:36
486. Yaqubdan rivoyat qilindi; aytdi: Umar ibn Al Xattob (roziyallohu anhu) bunday dedilar: «Bizning bozorimizda faqat dinda faqih bo‘lgan kishi savdo qilsin!»
Bu hadis hasan-garib.

VITR BOBLARI TUGADI
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Dekabr 2008, 10:42:02
:bs1:

JUM’A BOBLARI

350-BOB
MAVZU: JUM’A NAMOZINING FAZILATI


487. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Quyoshi porlagan eng yaxshi kun jum’a kunidir. Odam (alayhissalom) ul kunda yaratildi, ul kunda Jannatga kiritildi va ul kunda Jannatdan chiqarildi. Soat (qiyomat) ham faqat ul kunda qo‘pgaydir».
Bu bobda Abu Luboba, Salmon, Abu Zarr, Sa’d ibn Uboda va Avs (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilindi. Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Dekabr 2008, 10:42:59
351-BOB
MAVZU: JUM’A KUNIDA DUO IJOBAT BO’LADIGAN SOAT


488. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jum’a kuni kutiladigan (duo mustajob bo‘ladigan) soatni asrdan keyin to quyosh g‘oyib bo‘lgunicha axtaringizlar».
Bu hadis ushbu vajhdan g‘arib. Bu hadis Anas (roziyallohu anhu)dan, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan boshqa vajhdan ham rivoyat qilingan.
Muhammad ibn Abu Xumayd zaif deb topilgan. Ba’zi muhaddislar, xotirasi jihatdan uning zaif ekanini qayd etganlar. Uni Xammod ibn Abu Humayd ham deyishadi. Abu Ibrohim Al-Ansoriy o‘sha ekanligi aytilgan. Uning hadisi munkar.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ba’zi ilm ahllari duo ijobat bo‘ladigan soatni asrning ketidan to quyosh botgunicha cho‘zilgan vaqt orasida deb hisoblaydilar. Ahmad va Ishoqning qavli shu.
Ahmad bunday deydi: «Hadislarning ko‘pi, duosi mustajob bo‘ladigan soat asr namozidan keyin ekanligi borasidadir. Zavoldan keyin ham kutiladi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Dekabr 2008, 10:43:13
489. Amr ibn Avf Al-Muzaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jum’a kunida bir soat borki, banda o‘shal soatda Allohdan nimaiki tilasa, Alloh tilagini ato etgaydir». «Yo Rasululloh! Ul qaysi soatdir?» - deyishdi. Aytdilar: «Namozga iqomat aytilganidan to namozdan tarqalguncha (bo‘lgan muddat)dir».*
* Abu Muso rivoyat qilgan va Muslim tomonidan taxrij etilgan hadisda «U soat imom (minbarga chiqib) o‘tirishi bilan namoz o‘qilishi orasida», deyiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 26 Dekabr 2008, 10:51:07
490. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Quyoshi porlagan eng yaxshi kun jum’a kunidir. Odam (alayhissalom) ul kunda yaratildi, ul kunda Jannatga kiritildi va ul kunda Jannatdan tushirildi. Ul kunda bir soat borki, musulmon banda namoz o‘qib o‘shal soatga muvofiq keltirsa, unda Allohdan nimaiki tilasa, Alloh tilagini ato qilgaydir...»
Tilanadigan narsa Allohdan tilanishga loyiq narsa bo‘lishi kerak. Ba’zi bir boshqa rivoyatlarda «nimaiki tilasa» degan ibora o‘rniga «nimaiki yaxshilik tilasa» deyilgan.
Abu Hurayra aytadi: «Abdulloh ibn Salom bilan uchrashdim-da, unga ushbu hadisni zikr qildim. Shunda u: «Men o‘sha soatni bilaman» deb koldi. «Bas, o‘sha soatni menga bildir, uni mendan qizg‘anma», dedim. Aytdi: «U soat asrdan keyin to quyosh botgunchadir». «Asrdan keyin qanday bo‘ladi? Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon banda namoz o‘qib, o‘shal soatga muvofiq keltirsa» dedilar. Holbuki, u vaqt (asrdan keyin) namoz o‘qiladigan vaqt emas-ku?» dedim. Shunda Abdulloh ibn Salom aytdi: «Axir, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bir majlisda o‘tirib, namozni kutsa, ul kishi namozdadir» deb aytmaganmidilar!» «Balli!» dedim. «Bas, u (soat) ana shudir», dedi.
Ya’ni o‘sha soat - Jum’a kuni asr bilan shom orasidagi bir soatdir. Bu o‘rindagi «soat» degan so‘zdan oltmish daqiqalik bir vaqt bo‘lagi nazarda tutilgan emas, umuman, muayyan vaqt ko‘zda tutilgan. Binobarin, bir miqdordagi duoni va ibodatni sig‘diradigan darajadagi bir vaqt ekanligiga shubha yo‘q.(«Sahihi Buxoriy»da Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha vaqtning qisqaligini qo‘llari bilan ishora qilganlari aytilgan. - M.K.).
Jum’a kunidagi bu soat borasida olimlar ixtilof qilishdi. Hofiz ibn Hajar «Fath-ul-boriy»da ulamoning bu masaladagi qirqdan ortiq qavlini zikr qiladi va so‘ngida bunday deydi: «Zikr etilgan qavllardan eng rojih (maqbul) qavl Abu Musoning rivoyati bilan Abdulloh ibn Salomning rivoyatidir». Muslim tajrij etgan- Abu Muso rivoyat qilgan hadisda u soat imomning (minbarga chiqib) o‘tirmog‘i bilan namozning tugamogi o‘rtasida ekanligi ta’kidlangan.
Bu hadisda uzun bir qissa bor.
«Bas, o‘sha soatni menga ham bildir, uni mendan qizg‘anma» degan so‘zning ma’nosi: «Zonin» («zod» bilan) - ziqna va xasis degani. «Zanin(a) («z») bilan - muttaham (tuhmatga qolgan, gumon qilingan) kishi degani.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 00:54:35
352-BOB
MAVZU: JUM’A KUNI G’USL QILMOQ


491. Ibn Umardan (roziallohu anhumo) rivoyat qilindi; u kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan, (U zot) aytdilarki, «Kimki Jum’aga kelsa, g‘usl qilib kelsin!»
Bu bobda Abu Sa’id, Umar, Jobir, Al-Barro, Oisha va Abud-Dardo (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Ibn Umarning hadisi hasan-sahih. Shuningdek, bu hadis Az-Zuhriydan, Abdulloh ibn Umardan, u kishining otalaridan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 00:54:59
492. Kutayba, Al-Lays ibn Sa’ddan, Ibn Shihobdan, Abdulloh ibn Abdulloh ibn Umardan, Abdulloh ibn Umardan, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan bizga bayon etdi: o‘tgan hadisning o‘zi.
Muhammad (Al-Buxoriy) aytdi: «Az-Zuhriyning Solimdan, Solimning otasidan va Abdulloh ibn Abdullohning o‘z otalaridan qilgan rivoyatlari, har ikkala rivoyat ham sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 00:55:16
493. Az-Zuhriyning ba’zi birodarlari Az-Zuhriydan naqo etib, «Menga Abdulloh ibn Umarning oilasi Ibn Umardan bayon qilib berdi» dedi; «Umar ibn Al-Xattob (roziyallohu anhu) jum’a kuni xutba aytayotgan edilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bir kishi masjidga kirib keldi. Shunda Hazrati Umar (xutbada turib) «Bu soat qaysi vaqtdir (ya’ni, nega kech qoldingiz?)» — dedilar. «Nogoh azonni eshitdimu tahorat olib ulgurdim» dedi. Hazrati Umar aytdilarki, «Faqat tahorat, xolosmi? Axir, siz bilasiz-ku, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘usl qilmoqqa buyurganlar».
Bir qancha rivoyatlarda bu zot Hazrati Usmon anhu) ekanliklari qayd etilgan.
Buni bizga Muhammad ibn Abon, Abdurrazzoqdan, Ma’mardan, Az-Zuhriydan naql etib, bayon qilib berdi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 00:55:28
494. Abdulloh ibn Abdurrahmon bu hadisni (o‘tgan hadisni aytmoqchilar) bizga Abdulloh ibn Solihdan, Al-Laysdan, Yunusdan, Az-Zuhriydan bayon qildi.
Molik bu hadisni Az-Zuhriydan, Solimdan (munqoti’ tarzida) rivoyat qildi. Solim: «Hazrati Umar jum’a kuni xutba o‘qiyotgan edilar...», deydi va hadisni zikr qiladi. Muhammad (Al-Buxoriy)dan Molikning bu hadisini so‘ragan edim, «Sahih rivoyat -Az-Zuhriyning Solimdan, Solimning otasidan qilgan rivoyatidir», dedi.
Muhammad (Al-Buxoriy) aytadi: «Uyqash tarzda bu hadis Molik orqali ham Az-Zuhriydan, Solimdir: Solimning otasidan rivoyat qilingan».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 00:55:55
353-BOB
MAVZU: JUM’A KUNI G’USL QILMOQNING FAZILATI


495. Avs ibn Avs (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga bunday dedilar: «Kimki jum’a kuni g‘usl qilsa va (ahlini ham) g‘usl qildirsa, (masjidga) erta kelsa, (xutbaning avvaliga ulgursa) (imomga) yaqin o‘ltirsa, sukut qilib, xutbani eshitsa, bosgan har bir qadami uchun unga ro‘zasi (nafl ro‘zalari) va namozi (nafl ibodatlari) bilan birgalikda bir yillik ajr bordir».
Mahmud (Termiziyning ustozi) bu hadisda Vaki’ning bunday deganini naql etdi: «O’zi g‘usl qilsa va jufti halolini ham g‘usl qildirsa...»
Ibnul-Muborak ushbu hadisda bunday degani rivoyat qilindi. («Kimki yuvsa va yuvinsa». Ya’ni boshini yuvsa va yuvinsa (g‘usl qilsa), deydi.
Bu bobda Abu Bakr, Imron ibn Husayn, Salmon, Abu Zarr, Abu Sa’id, Ibn Umar va Abu Ayyub (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Avs ibn Avsning hadisi hasan. Abul-Ash’as As-San’oniyning ismi - Shurahbil ibn Oda.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 00:57:06
354-BOB
MAVZU: JUM’A KUNI TAHORAT BILAN KIFOYALANMOQ


496. Samura ibn Jundub (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki jum’a kuni tahorat olsa, bu yetarli va juda yaxshidir. Kimki g‘usl qilsa, bas, g‘usl afzalroqdir».
Bu bobda Abu Hurayra, Anas va Oisha (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Samuraning hadisi hasan. Qatodaning birodarlaridan ba’zisi bu hadisni Qatodadan, Al-Hasandan, Samuradan rivoyat qildi. Ba’zisi esa: «Qatodadan, Al-Hasandan, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan» deb mursal tarzida rivoyat qildi. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Jum’a kuni g‘usl qilmokni ixtiyor etmoq bilan birga bu kunda cho‘milmoqning o‘rniga tahorat bilan kifoyalanmoqni joiz deb hisoblaydilar.
Shofi’iy aytadi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning g‘usl qilmoq borasidagi amrlari vojib darajasida bo‘lmasdan, ixtiyoriylik asosida ekanligiga dalolat qiladigan hadislardan biri ham Hazrati Umarning hadisidir».
Chunonchi, u kishi Hazrati Usmonga «Faqat tahorat xolosmi? Axir, siz bilasiz-ku, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘usl qilmoqni buyurganlar», deb aytganlar. Hazrati Umar (roziyallohu anhu) Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning amrlari ixtiyoriylik asosida emas, balki vojiblik asosida, deb bilsalar edi, (Hazrati) Umar (Hazrati) Usmonni orqaga qaytarmasdan qo‘ymas edilar, u zotga: «Qayting, g‘usl qiling!» der(edilar. Hazrati Usmonning o‘zlariga ham bu masala maxfiy qolmasdi. Binobarin, bu hadisda, musulmon kishi qilishi zarur bo‘lgan bir vojib amal yo‘qligiga, balki jum’a kuni g‘usl qilmoqlikda fazilat borligiga dalolat mavjuddir» .
Jum’a kuni g‘usl qilmoq ixtiyoriy ekanligiga doir dalil ana shu tarzda keltiriladi. Ba’zilar bu qarorga ilova qilib, «Masjidda bo‘lgan sahobalar (roziyallohu aihum) Hazrati Umar bilan, Hazrati Usmonning bu holatlariga muvofaqat etgan bo‘ladilar, demak, Jum’a kuni g‘usl ixtiyoriy ekanligi borasida ittifoq qilganlar, deb aytish mumkin». Boshqa tomondan esa Hazrati Umar va Hazrati Usmonning bu qissasidan Jum’a kuni g‘usl qilmoq vojib emas degan ma’noni emas, aksincha, vojib degan ma’noni chiqarganlar bor. Bularning fikricha, Hazrati Umar xutbani bo‘lib, hammaning oldida Hazrati Usmonni ayblab, u zotga ozor berdilar, demak, jum’a kuni g‘usl etmoq muboh bo‘lsa edi, bunday qilmagan bo‘lardilar. Hazrati Usmon esa vaqt tang bo‘lganidan va Jum’a namozini boy berish xavfi bo‘lganidan orqaga qaytmadilar. Chunonchi, bir zaruriyat natijasida vaqtni o‘tkazib yuborganlarini va faqat jum’a azonini eshitgach, o‘zlariga kelganlarini ta’kidlaganlar. («Sahihi Buxoriy»da Hazrati Usmon (roziyallohu anhu) bir yumush bilan band bo‘lib qoldim» deb aytganlari keltirilgan). Bu holat Islom huquqi boy va rang-barangligini, porloq namunalardan bittasi shu ekanligini ko‘rsatadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 00:57:31
497. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki chiroyli tahorat olsa, keyin Jum’a namoziga kelsa, xutba o‘qilganda eshitib sukut qilib o‘tirsa, u jum’a bilan bu jum’a orasidagi gunohlari mag‘firat qilingay; bundan ziyoda yana uch kuni ham kechirilur. Va kimki (xutba mahalida) tosh bo‘lakchalarini tekislasa, noo‘rin ish bilan shug‘ullangan bo‘lur».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 00:58:25
355-BOB
MAVZU: JUM’AGA ERTAROQ HARAKAT QILMOQ


498. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kimki jum’a kuni xuddi junublikda g‘usl qilgandek g‘usl qilsa-da, birinchi soatda (birinchi bo‘lib) masjidga borsa, xuddi bir tuya qurbonlik qilgandek bo‘lur. Kimki ikkinchi soatda (ikkinchi bo‘lib) borsa, xuddi bir sigir qurbonlik qilgandek bo‘lur. Kimki uchinchi soatda (uchinchi bo‘lib) borsa, xuddi bir kattakon qo‘chqor qurbonlik qilgandek bo‘lur. Kimki to‘rtinchi soatda (to‘rtinchi bo‘lib) borsa, xuddi bir tovuq so‘yib sadaqa qilgandek bo‘lur. Kimki beshinchi soatda (beshinchi bo‘lib) borsa, xuddi bir tuxum sadaqa qilgandek bo‘lur. Imom minbarga chiqqach, maloikalar xutbani tinglamoq uchun hozir bo‘lgaydirlar».
Imomi Molik mazhabiga ko‘ra hadisda aytilgan «soat»lardan murod - quyoshning zavol vaqtidan keyinga qisqa vaqt bo‘laklaridir. Molikning birodarlari, Qozi Husayn va Imom-ul-haramayn ham shu qavlga ega bo‘lganlar. (Bu o‘rinda yakka-yakka holda birinchi va ikkinchi bo‘lib borish ma’nosi emas, balki o‘sha «soatda», - ya’ni vaqtning o‘sha muayyan balki o‘n kishi borsa ham, o‘sha soatda o‘sha savobni topadi). Ularning, fikricha «ravoh» deb zavoldan keyin bo‘ladigan borish aytiladi. Bu so‘zning lug‘aviy ma’nosi shu deb aytmoqdalar. Jumhur ulamoning fikricha, jum’aga kunning boshidan harakat qilmoq - mustahab. «Ravoh» (borish, ravona bo‘lish) - zavoldan oldin ham, keyin ham bo‘laveradi. Al-Azhariy aytadi: «Xoh kunduzning avvalida, xoh oxiridaa, xoh kechqurun bo‘lsin, «ravoh» -arab tili lug‘atida - bormoq (ravona bo‘lmoq) ma’nosidadir». To‘gri ta’rif shudir, hadis va ma’no shuni taqozo qilmoqda. Chunki, agar faqat zavoldan keyingi borish «ravoh» deyilsa, unda zavoldan keyingi kelishining biror fazilati yo‘q. Zero, zavolning izidan azon aytiladiki, azondan keyin kechga qolmoq, asosan, harom.
Bu bobda Abdulloh ibn Amr va Samura (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan. Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 00:59:03
356-BOB
MAVZU: UZRSIZ HOLDA JUM’ANI TARK ETMOQ


499. Muhammad ibn Amr tomonidan sahoba deb uqdirilgan Abul-Ja’d Ad-Zobbiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki beparvolik qilib jum’a (namozi)ni uch marta tark etsa, Alloh uning qalbini muhrlab quygaydir».
Al-Iroqiy: «Beparvolik qilib» degan ta’birdan «uzrsiz holda tark etsa» degan ma’no qasd etilganini aytadi. Shayx Abdulhaq esa «Al-lamaot» kitobida «tahovun»ni «takosul» deb tafsir qilgan. Chunonchi, jum’ani ihonat (tahqir) va istixfof (kamsitish) yo‘li bilan tark etmoqlik kufri mujibdir.
Bu bobda Ibn Umar, Ibn Abbos va Samura (roziyallohu anho)dan hadis rivoyat qilingan.
Abul Ja’dning hadisi hasan. Muhammad (Al-Buxoriy)dan Abul-Ja’d Ad-Domiriyning ismini so‘radim, bilmadi va bunday dedi: «Uning Nabiy sal-lallohu alayhi va sallamdan qilgan rivoyati sifatida faqat shu hadisni bilaman».
Bu hadisni ham faqat Muhammad ibn Amrning rivoyatidan bilayotirmiz.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 00:59:48
357-BOB
MAVZU: JUM’AGA QANCHA MASOFADAN KELINADI?


500. Suvayrning otasi (Abu Fohita Sa’id ibn Ulayqa)dan rivoyat qilindi; u Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan edi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bizlarga jum’aga Qubodan qatnamog‘imizni amr qildilar».
Bu hadisni yolg‘iz shu vajhdan bilayotirmiz. Bu bobda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan biror sahih hadis rivoyat qilinmagan.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlari rivoyat qilindi: «Shom oilasiga qaytargan (kech tushmasdan uyiga qaytib kela oladigan) kishiga jum’a vojibdir». Bu hadisning ham sanadi zaif. Chunki yolg‘iz Muoriq ibn Abbosning - Abdulloh ibn Sa’id Al-Maqburiydan qilgan rivoyatidan kelayotir. Yahyo ibn Sa’id Al-Qatton, Abdulloh ibn Sa’id Al-Maqburiyning hadisda zaif ekanini qayd etgan.
Ilm ahllari, jum’a kimning zimmasida vojib ekanligi masalasida ixtilof qildilar. Ba’zisi: «Shom tushmasdan uyiga qayta oladigan kishiga vojib» dedi, ba’zisi esa: «Jum’a faqatgina azonni eshita oladigan kishilarning bo‘ynida vojib bo‘ladi», deydi. Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Ahmad ibn Al-Hasandan eshitdim; aytdiki, «Ahmad ibn Hanbalning yonida edik. Jum’a kimga vojib ekanligi masalasi o‘tdi. Ahmad Ibn Hanbal bu masalada Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan biror narsa (hadis) zikr qilmadi». Ahmad ibn Al-Hasan aytadi: «Shunda (men) Ahmad ibn Hanbalga: «Bu masalada Abu Hurayra (roziyallohu anhu) orqali Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan hadis rivoyat qilindi» dedim. Ahmad ibn Hanbal: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdanmi?» dedi. «Ha, - dedim. - Al-Hajjoj ibn Nisoyr, Muoriq ibn Abbosdan, Abdulloh ibn Sa’id Al-Maqburiydan, uning otasidan, Abu Hurayradan, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan bizga bayon qildi; (Rasuli Akram) aytdilarki, «Shom oilasiga qaytargan (kech tushmasdan uyiga qaytib kela oladigan) kishiga jum’a vojibdir»... Shunda Ahmad mendan xafa bo‘ldi va: «Rabbingga tavba qil! Rabbingta tavba qil!» dedi... Ahmad ibn Hanbalning unga nisbatan bunday muomalada bo‘lganining yagona sababi shuki, Ahmad bu hadisni biror narsa hisoblamaydi va isnodidagi ahvol tufayli uni zaif deb biladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:00:42
358-BOB
MAVZU: JUM’A (NAMOZI)NING VAQTI


501. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam jum’a namozini quyosh (g‘arbga) moyil bo‘lganida (qiyomdan og‘gan paytda) o‘qir edilar».

502. Yahyo ibn Muso, Abu Dovud At-Toyalisiydan, Fulayh ibn Sulaymondan, Usmon ibn Abdurrahmon At-Taymiydan, Anasdan naql etib, bizga bayon qildi... O’tgan hadisning o‘zi.
Bu bobda Salama ibn Al-Aqva, Jobir va Az-Zubayr ibn Al-Avom (roziyallohu anho)dan hadis rivoyat qilindi. Anasning hadisi hasan-sahih. Ilm ahllarining ko‘pi shu hadis asosida ittifoq qilganlar: Jum’a namozining vaqti, xuddi peshinning vaqtidek, quyosh qiyomdan og‘gan paytda kiradi. Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shu. Ba’zisi jum’a namozini zavoldan (quyosh qiyomdan og‘ishidan) oldin ham o‘qish joiz deb hisoblaydi. Ahmad, «Kimki jum’a namozini zavoldan oldin o‘qisa» deydi va u kishining zimmasida ioda qilish (qayta o‘qish) lozim bo‘ladi, degan fikrga bormaydi.
Hanbaliylar ba’zan jum’a namozini zavoldan oldin o‘qiydilar. (Eng to‘g‘risi va yaxshisi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘qigan vaqtlari - quyosh qiyomdan og‘gan vaqtdir.)
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:01:27
359-BOB
MAVZU: MINBAR USTIDA XUTBA O’QILMOG’I


503. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir xurmo yog‘ochi (ustuni)ga suyanib turib xutba aytar edilar. Minbar tutgan (kun)larida o‘sha ustun (alamidan) un chekib yig‘ladi. Hatto Rasuli Akram uni quchoqlab turdilar, shundagina ustun yupandi...»
«Muvohab» nomli kitobda aytiladi: «Alloh taolo bu yog‘ochga jon berib, tirgizdi. Rasululloh (s.a.v.) firoqida tirik kishidek tovush chiqarib yig‘ladi...» Shundan so‘ng bu ustun «Hannona» («Yig‘lovchi») deb nom olgan. Rasulloh (s.a.v.)ning ushbu so‘zlari zikr qilinadi: «Qasam Allohgaki, buning yig‘isini o‘zim kelib to‘xtatmasam, Qiyomatgacha shu ahvolda bo‘zlab yig‘lar edi»
Bu bobda Anas, Jobir, Sahl ibn Sa’d, Ubay ibn Ka’b, Ibn Abbos va Ummu Salama (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Umarning hadisi hasan-g‘arib-sahih.
Mu’oz ibn Al-A’lo Basralik bo‘lib, Abu Amr ibn Al-A’loning birodaridir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:02:21
360-BOB
MAVZU: IKKI XUTBA ORASIDA O’TIRMOQ


504. Ibn Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam jum’a kuni (tik turib) xutba aytar edilar, keyin o‘tirar edilar, keyin tik turib xutba aytar edilar». (Ibn Umar) «Xuddi bu kun (imomlar) qilganlaridek...» dedi.
Bu bobda Ibn Abbos, Jobir ibn Abdulloh va Jobir ibn Samura (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Ibn Umarning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahllari ikki xutbaning orasini (bir oz) o‘tirish bilan ayirmoq fikridalar.
Hanafiy mazhabida bu o‘tirish sunnatdir. «Imom ikki xutba orasida uch oyat o‘qimoq miqdori o‘tirib oladi. Agar o‘tirmasa, sunnatni tark qilgani uchun gunohkor bo‘lur». («Muxtasar ul-viqoya», 52-bet).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:02:53
361-BOB
MAVZU: XUTBANING QISQA BO’LMOG’I


505. Jobir ibn Samura (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bilan birga namoz o‘qir edim. U kishining namozlari ham mo‘tadil, xutbalari ham mo‘tadil edi».
Bu bobda Ammor ibn Yosir va Ibn Abi Avfa (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan. Jobir ibn Samuraning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:04:33
362-BOB
MAVZU: MINBARDA QUR’ON O’QIMOQ


506. Ya’lo Ibn Umayya (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarda «Ey Malik!» deb nido qilgaylar...» (degan oyatni* qiroat qilganlarini eshitdim».
«Az-Zuxruf» surasi, 77-oyat: «Ular (dinsizlar) (do‘zaxning soqchisiga): «Ey Malik! Rabbing(dan so‘ra, azobdan kutulmoq uchun) bizlarni halok aylasin!...» deb nido qilurlar...»
Bu bobda Abu Hurayra va Jobir ibn Samura (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan. Ya’lo ibn Umayyaning hadisi hasan-g‘arib-sahih. Bu hadis Ibn Uyaynaning rivoyatidir. Ilm ahllarining ba’zilari, Imomning xutbada Qur’on o‘qimog‘ini ixtiyor qilganlar. Shofi’iy aytadi: «Imom xutba aytsa-yu, xutbasida Qur’ondan biror oyat o‘qimasa, xutbani ioda qiladi (qayta o‘qiydi)».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:04:55
363-BOB
MAVZU: XUTBA AYTILAYoTGANDA IMOMGA RO’BARO’ BO’LIB O’TIRMOQ


507. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbar ustida o‘rnashganlarida bizlar u kishiga yuzlanib olar edik».
Bu bobda Ibn Umardan (roziyallohu anhumo) hadis rivoyat qilingan.
Bu hadisni Mansurdan yolg‘iz Muhammad ibn Al-Fazl ibn Atiyya rivoyat qilganini bilamiz. Muhammad ibn Al-Fazl ibn Atiyya esa, birodarlarimizning fikricha, zaif va hadis hifzini (yodda saqlash iqtidorini) yo‘qotgan.
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Imom xutba aytayotganda unga ro‘baro‘ bo‘lib o‘tirmoqni mustahab ko‘radilar. Sufyon As-Savriy, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Bu bobda Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan biror sahih hadis rivoyat qilingani yo‘q.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:05:18
364-BOB
MAVZU: IMOM XUTBA AYTAYOTGANDA KELGAN KISHI IKKI RAK’AT NAMOZ O’QIMOG’I MASALASI


508. Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivdyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam jum’a kuni xutba o‘qiyotgan edilar, bir kishi kelib qoldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam u kishiga: «Namoz o‘kidingmi?» dedilar. «Yo‘q», dedi. «Unda turib namoz o‘qib ol!» dedilar.
Bu hadis hasan-sahih.
Bu sahih hadisga ehtirom saqlagan holda mujtahidlar bunday deb ittifoq qilganlar: «Har vaqt imom minbarga xutba uchun chiqsa, namozi nafl o‘qimoq harom bo‘lgay. Lekin «Xulosa»da imom xutba o‘qimoq uchun minbarga chiqqanda namozi nafl o‘qimoq harom emas, makruhdir. Bu mujtahidlarning ittifoqi bilan deyilibdir. Chunonchi, «Jomi’ur-rumuz»da mazkurdir. Va agar imom minbarga chiqmasdan ilgari namozni boshlagan bo‘lsa, bir rak’at o‘qigandan keyin imom minbarga chiqsa, ikkinchi rak’atni o‘qib, salom bergay. Agar uchinchi rak’atni o‘qib turgan bo‘lsa, imom minbarga chiqsa, to‘rt rak’atni tamom qilgay. Chunonchi «Sharhi ilyos»da mazkurdir». («Muxtasar-ul-viqoya» sharhidan, 196-sahifa).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:05:30
509. Abu Sa’id Al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Jum’a kuni Marvon xutba o‘qiyotgan edi, Abu Sa’id Al-Xudriy masjidga kirdi-da, namozga turdi. Qo‘riqchilar uni o‘tirg‘izmoqchi bo‘lib kelishdi. U esa unamay namozini o‘qib oldi. Tugagach, uning yoniga bordik-da, «Alloh senga rahm qildi, ta’ziringni berishlariga sal qoldi», dedik. Shunda u bunday dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ko‘rgan narsamdan keyin bu ikki rakatni tark etuvchi emasman». Keyin u, jum’a kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallam xutba o‘qib turganlarida xarob ahvolda bir kishi kirib kelganini, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga namoz o‘qishni amr qilganlari va janobi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutba aytayotgan paytlarida u ikki rak’at namoz o‘qib olganini zikr qildi».
Ibn Abi Umar aytadi: «Ibn Uyayna, Imom xutba o‘qiyotgan paytda kelsa, ikki rak’at namoz o‘qirdi va shunday qilinmog‘ini amr etardi. Qur’on muallimi Abdurrahmon* ham shu fikrda edi».
* Buxoriyning ilgor ustozlaridan bo‘lgan bu zot Basradan yoki Ahvozdandir. Ishonchli va fazilatli bir kishi edi. Yetmvsh yildan ortikrok Qur’on ta’lim qilgan. («At-takrib»).
Ibn Abi Umardan eshitdim, Ibn Uyaynadan naql etib aytdiki, «Muhammad ibn Ajlon - hadisda siqa (ishonchli) va amin kishidir».
Bu bobda Jobir, Abu Hurayra va Sahl ibn Sa’d (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan. Abu Sa’id Al-Xudriyning hadisi hasan-sahih. Ayrim ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli ham shudir. Ba’zilari esa bunday deydi: Imom xutba aytayotgan paytda masjidga kirsa, o‘tiradi, namoz o‘qimaydi». Sufyon As-Savriy va Kufa faqihlarining qavli shudir. Birinchi qavl sahihroq.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:05:57
510. Qutayba bizga Al-A’lo ibn Xolid Al-Kurashiydan bayon qildi; aytdi: «Hasan Al-Basriy (hazratlar)ini ko‘rdim, jum’a kuni imom xutba aytayottan mahalda masjidga kirdilar-da, ikki rak’at namoz o‘qib, keyin o‘tirdilar».
Hasan Al-Basriy bu ishni faqat Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning so‘zlariga ittibo’ qilmoq (ergashmoq) uchun bajardilar. Bu hadisni Jobir vositasida Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan kishi o‘sha kishidir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:06:36
365-BOB
MAVZU: IMOM XUTBA O’QIYoTGANDA SO’ZLAShMOQ KAROHAT EKANLIGI


511. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Kimki jum’a kuni imom xutba o‘qiyotganda (yonidagi birodariga): «Jim o‘gir» desa (ham), noo‘rin gap qilgan bo‘lur».
Bu bobda Ibn Abi Avfa va Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan. Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih. Ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Imom xutba aytayotganda kishining gaplashmogini makruh ko‘radilar va: «Agar birov gapirsa, uni faqat ishorat bilan to‘xtadi», deydilar.
Salomga alik olmoq va aksirgan kishiga javob aytmoq masalalarida ulamo ixtilof qildilar. Ba’zi ilm ahdlari imom xutba o‘qiyotganda salomga alik olinmog‘iga va tasmit (aksirgan kishiga javob qilinmog‘i)ga ruxsat berganlar.
Ahmad va Ishoqning qavli shudir. Tobi’iyndan va keyingilardan ba’zi ilm ahllari esa buni makruh ko‘rganlar. Shofi’iyning ham qavli shu.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:07:08
366-BOB
MAVZU: JUM’A KUNI SAFLARDAN (YeLKALARDAN) OShIB O’TMOQ KAROHAT EKANLIGI


512. Mu’oz ibn Anas Al-Juhaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki jum’a kuni odamlarning yelkalaridan oshib o‘tsa, jahannam sari bir ko‘prik qurgan bo‘lur».
0damlarning yelkalari ustidan hatlab, saflarni oshib o‘taoq faqat jum’a kuni emas, boshqa kunlarda ham, hatto ilm, va’z va irshod majlislarvda ham makruhdir. Chunki, karohatning sababi - musulmonlarga aziyat berilmog‘idirki, bunday aziyatni yetkazmoq boyagi holatlarda ham mavjuddir. Faqat izdihom va gavjumlik jum’a kuni boshqa kunlardagidan orgiq bo‘lgani uchun hadisda juma kuni deb maxsus zikr qilingan.
Bu bobda Jobir (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan. Mu’oz ibn Anas Al-Juhaniyning hadisi g‘arib. Bu hadisni yolg‘iz Rishdiyn ibn Sa’dning rivoyatidan bilayotirmiz.
Ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Jum’a kuni musulmonlarning yelkalaridan oshib o‘tmoqni makruh ko‘rganlar va bu xususda qattiq ketganlar.
Ba’zi muhaddislar Rishdiyn ibn Sa’d haqida (tanqidiy) so‘z qilganlar va xotirasi jihatdan uning zaif ekanini qayd etganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:22:44
367-BOB
MAVZU: IMOM XUTBA O’QIYOTGANDA IHTIBO QILIB (TIZZALARINI TIKKA QILIB YOKI QUCHOQLAB DUMBA USTIGA O’TIRMOQ) KAROHAT EKANLIGI


513. Mu’oz ibn Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam jum’a kuni imom xutba aytayotganda ihtibo qilib (tizzalarni tikka qilib yoki quchoqlab dumba ustiga) o‘tirmoqdan qaytardilar».
Bu hadis hasan.
Abu Marhumning ismi - Abdurrahmon ibn Maymun.
Ba’zi ilm ahllari, jum’a kuni imom xutba o‘qiyotganida kishining tizzalarni tikka qilib ko‘tarib yoki kuchoqlab dumba ustiga o‘tirmog‘ini makruh ko‘rganlar. Ba’zi ilm ahllari esa bunga ruxsat beradilar. Abdulloh ibn Umar va yana boshqalar ruxsat berganlar orasidadir.
Ahmad va Ishoqning qavli ham shu: imom xutba o‘qiyotganda ihtibo qilib o‘tirmoqlikda zarar yo‘q deb qaraydilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:23:27
368-BOB
MAVZU: MINBARDA QO’LLARNI KO’TARMOQ KAROHAT EKANLIGI


514. Ahmad ibn Maniy, Hujaym ibn Bashir orqali Husayn ibn Abdurrahmondan naql etib, bizga bayon qildi: «Umaro ibn Ruvaydadan eshitdim: Bishr ibn Marvon xutba aytayotib duoda qo‘llarini ko‘targan edi, Umaro bunday dedi: «Alloh bu ozg‘in qo‘llarni quritsin! Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rganman, shundoq duo qilmoqdan nariga o‘tmas edilar». Hushaym (shundoq deb) shahodat barmog‘i bilan ishorat qildi».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:24:07
369-BOB
MAVZU: JUM’A NAMOZINING AZONI


515. As-Soib ibn Yazid (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Azon Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, (hazrati) Abu Bakr va (hazrati) Umar davrlarida imom minbarga chiqqanda va namozga turiladigan vaqtda aytilar edi. (Hazrati)Usmon davrlariga kelib, Zavro ustida uchinchi azon aytish qo‘shimcha qilindi».
Imom Buxoriy Zavro Madina shahrida bir bozor joyining nomi ekanligani aytadi. Ba’zilari esa Zavro - masjid eshigadagi katgakon bir toshning nomi ekanligini aytishganki, bu qavl izohga muhtojdir. Chunki, ba’zi rivoyatlarda chorsu (bozor) deb ochiq-ravshan zikr qilingan.
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:24:20
370-BOB
MAVZU: IMOM MINBARDAN TUSHGANDAN KEYIN SO’ZLASHMOQ


516. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam minbardan tushganlarida, hojat (zarurat) bo‘lsa, so‘zlashar edilar».
Bu hadisni yolg‘iz Jarir ibn Hozimning rivoyatidan bilayotirmiz. Muhammad (Al-Buxoriy)dan eshitdim; aytdi: «Jarir ibn Hozim bu hadisda vahmga tushgan (yanglishgan). Sahih rivoyat (tag‘in) Sobit orqali Anasdan kelgan rivoyatdirki, o‘sha rivoyatda bunday deyiladi: «Namozga iqomat aytildi va shu asnoda bir kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallamning qo‘llarini tutib, hatto qavmdan ayrimlarini uyqu bosgunicha so‘zlashib turdi». Muhammad (Al-Buxoriy) «Hadis (aslida) ana shu!» dedi.
Jarir ibn Hozim ba’zan biror narsa borasida vahmga tushadi (yanglishadi), ammo haqiqatan to‘g‘ri kishi. Muhammad aytadi: «Jarir ibn Hozim, Sobitning Anas orqali Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan: «Namozga iqomat aytilganida toki meni ko‘rmaguncha (o‘rinlaringizdan) turmangizlar» degan hadisda ham vahmga tushgan (yanglishgan)». Muhammad, Hammod ibn Zayddan bunday deb rivoyat qilinganini aytadi: «Sobit Al-Buno’ning oldida edik, Hajjoj As-Sovvaf Yahyo ibn Abi Kasirdan, Abdulloh ibn Abi Qatodadan, uning otasidan, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan: «Namozga iqomat aytilganida toki meni ko‘rmaguncha (o‘rinlaringizdan turmangizlar») degan hadisni rivoyat qildi; Jarir vahmga beoilib, bu hadisni Sobit Anas orqali Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ularga bayon etdi, deb gumon qildi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:24:36
517. Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Muhaqqaq, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim, namozga iqomat aytilganidan keyin bir kishi, u zot bilan qiblaning orasida turib olib, u zotni gapga tutib qoldi. U. gaplasha tursin Nabiy sallallohu alayhi va sallamning tik turib qolishlari uzoq cho‘zilganidan ba’zi (namozxon)lar uxlab qolishganini men aniq ko‘rganman».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:25:24
371-BOB
MAVZU: JUM’A NAMOZIDAGI QIROAT


518. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning mavlosi (ozod etgan qullari) Ubaydulloh ibn Abi Rofi’dan rivoyat qilindi; aytdi: «Marvon, Abu Hurayrani Madina (shahri)ga noib qilib qoldirdi-da, Makka tomon yulga chiqdi. Abu Hurayra (roziyallohu anhu) bizlarga jum’a namozini o‘qib berdi: (birinchi rak’atda) «Al-Jum’a» surasini, ikkinchi rak’atda esa «Munofiqun» surasini qiroat qildi». Ubaydulloh aytadi: «Abu Hurayraning orqasidan yetib oldim-da, «(hazrati)Ali Kufada qiroat qilgan ikki surani o‘qidingiz?» dedim. Shunda Abu Hurayra: «Albatta, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan shu ikki surani qiroat qilganlarini eshitganman», dedi.
Bu bobda Ibn Abbos, An-Nu’mon ibn Bashir va Abi Inaba Al-Xavloniy (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan Jum’a namozida «Al-a’lo» bilan «G’oshiyah» suralarini o‘qiganlari ham rivoyat qilingan.
Ubaydulloh ibn Abi Rofi’ Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)ning kotibidir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:25:49
372-BOB
MAVZU: JUM’A KUNI BOMDOD NAMOZIDAGI QIROAT


519. Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’a kuni bomdod namozida «Sajda» surasi bilan «Inson» suralarini o‘qir edilar».
Bu bobda Sa’d ibn Abi Vaqqos, Ibn Mas’ud va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Ibn Abbosning hadisi hasan-sahih. Sufyon As-Savriy, (Shu’ba) va bittadan ortiq kishilar bu hadisni Muxovvaldan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:27:41
373-BOB
MAVZU: JUM’ADAN OLDIN VA JUM’ADAN KEYIN O’QILADIGAN NAMOZ


520. Ibn Umar (roziallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam jum’a namozidan keyin ikki rak’at namoz o‘qir edilar».
Bu bobda Jobir (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan. Ibn Umarning hadisi hasan-sahih. Bu hadis, Ibn Umardan Nofi’ orqali ham rivoyat qilingan. Ba’zi ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Shofi’iy va Ahmadning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:28:08
521. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: U kishi (Ibn Umar) jum’a namozini o‘qigach, (masjiddan) bordi-da, uyida ikki rak’at namoz o‘qidi. Keyin «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday qilar edilar», dedi.
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:28:52
522. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sizlardan kimki jum’a (namozi)dan keyin namoz o‘qiydigan bo‘lsa, to‘rt rak’at o‘qisin!».
Bu hadis hasan-sahih.
Al-Hasan ibn Ali, Ali ibn Al-Madaniy orqali Sufyon ibn Uyaynadan naql etib, bizga bayon qildi; Sufyon aytdiki, «Suhayl ibn Abi Solihni hadisda sabt (mustahkam) kishi sifatida qabul qilar edik». Bu rivoyat hasan.
Ba’zi ilm ahllarining amali (Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan) shu hadis asosidadir. Abdulloh ibn Mas’uddan, jum’a(ning farzi)dan oldin to‘rt rak’at va jum’adan keyin to‘rt rak’at namoz o‘qigani rivoyat qilingan. Ali ibn Abu Tolib, jum’a namozidan keyin ikki rak’at va izidan to‘rt rak’at o‘qimoqni amr qilganlari rivoyat etiladi.
Sufyon As-Savriy va Ibnul-Muborak Ibn Mas’udning qavliga ega bo‘lganlar.
Ishoq: «Jum’a kuni masjidda o‘qisa - to‘rt rak’at; uyida o‘qisa - ikki rak’at o‘qiydi» deydi va Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam jum’adan keyin uylarida ikki rak’at o‘qiganlariga doir hadis bilan, «Sizlardan kimki jum’a (namozi)dan keyin namoz o‘qiydigan bo‘lsa, to‘rt rak’at o‘qisin!» degan hadisni dalil qilib ko‘rsatadi.
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jum’a (namozi)dan keyin ikki rak’at o‘qiganlarini rivoyat qilgan kishi Ibn Umarning o‘zidir. Va Ibn Umar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan keyin, jum’aning (farzi) izidan ikki rak’at va bu ikki rak’atning orqasidan to‘rt rakat o‘qigan. Buni bizga Abu Umarning o‘g‘li, Sufyondan, Ibn Jurayjdan, Atodan naql etib, so‘zlab berdi; Ato aytdiki, «Ibn Umarni ko‘rdim; jum’adan keyin ikki rak’at va uning izidan to‘rt rak’at o‘qidi».
Sa’id ibn Abdurrahmon Al-Mahzuriy, Sufyon ibn Uyayna orqali Amr ibn Dinordan naql etib, bizga bayon qildi; Amr aytdiki, «Hadisda Az-Zuhriydan ko‘ra qattiq kishini ko‘rmadim. Pulni undan ko‘ra past tutadigan kishini ham ko‘rmadim. Binobarin, pul uning nazdida go‘yo hayvon tezagidek edi».
Ibn Abu Umardan eshitdim, Sufyon ibn Uyaynaning «Amr ibn Dinor Az-Zuhriydan ko‘ra yoshi ulug‘roq edi», deganini aytib berdi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:29:44
374-BOB
MAVZU: JUM’A NAMOZINING BIR RAK’ATIGA YETGAN KISHI


523. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kimki namozdan bir rak’atiga yetsa, u albatta namozga yetibdi».
Bu hadis hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ilm ahllari ko‘pchiligining amali shu hadis asosidadir. Aytadilarki, «Kimki jum’aning bir rak’atiga ulgursa, unga qo‘shimcha qilib yana bir rak’at qo‘shib o‘qiydi va kimki tashahudda jamoatga yetsa, to‘rt rak’at o‘qiydi». Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Abu Xanifa rahmatullohi alayhning hukmiga ko‘ra, jum’a namozining bir qismiga, hatto tashahudda bo‘lsa ham ulgursa, ulgurgan, qismini imom bilan birga o‘qiydi va qolgan qismini o‘qib tugatadi. Boshqa imomlar esa, jum’aning bir rak’atiga ulgurgan taqdirda, to‘rt rak’at o‘qiydi, deb aytishganki, bu holatda jum’aga yetgan deb hisoblamagan va peshin namozini o‘qigan bo‘ladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:30:36
375-BOB
MAVZU: JUM’A KUNIDAGI QAYLULA (TUSHKI UXLAB DAM OLISH)


524. Sahl ibn Sa’d (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida jum’a namozini o‘qigandan keyingina nonushta va qaylula qilar edik».
Bu bobda Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan. Sahl ibn Sa’dning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:31:18
376-BOB
MAVZU: JUM’A KUNI KIMNI UYQU BOSSA, O’RNINI O’ZGARTIRSIN


525. Ibn Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alaihi va sallam aytdilar: «Jum’a kuni birortangizni uyqu bossa, o‘tirgan joyidan boshqa joyga o‘tsin!».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:31:52
377-BOB
MAVZU: JUM’A KUNI SAFARGA CHIQMOQ


526. Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilindi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Ravohani bir sariyya (kichik otliq lashkar)ga boshliq qilib jo‘natdilar, bu ish jum’a kuniga to‘g‘ri kelib qoldi. Uning birodarlari erta tongdan jo‘nab ketishdi. O’zi esa, orqada qolib, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga (juma) namoz(i)ni o‘qiyman-da, keyin ularga yetib olaman», dedi. (Shunday qilib), u Nabiy sallallohu alayhi va sallam bilan birga namozni o‘qidi. Rasuli Akram uni ko‘rib: «Birodarlaring bilan birga yo‘lga chiqmoqdan seni nima to‘sdi?» dedilar. (Abdulloh ibn Ravoha): «Siz bilan birga namozni o‘qigim keldi. Keyin ularga yetib olmoqchi edim» - dedi. Shunda (Rasuli Akram): «Agar yer yuzidagi bor narsalarni infoq qilsang ham, ularning erta ketishlari fazliga yeta olmaysan!» -dedilar.
Bu hadisni yolg‘iz shu vajhdan bilmoqdamiz.
Ali ibn Al-Madaniy, Yahyo ibn Sa’id orqali Shu’badan naql etib, bunday dedi: «Al-Hakam Miqsamdan atigi beshta hadis eshitgan». Shu’ba o‘sha hadislarni sanadiki, bu hadis Shu’ba sanagan hadislar orasida yo‘q edi. Al-Hakam bu hadisni Shu’badan eshitmagani anglashiladi. Ilm ahllari jum’a kuni safarga chiqmoq masalasida ixtilof qildilar. Ba’zilari, jum’a namozining vaqti kirmasdan oldin safarga chiqmoq zararsiz, deb qaraydilar. Ba’zilari esa: «Tongga kirsa (tongni ottirgan bo‘lsa), jum’ani o‘qimasdan oldin chiqmaydi», deydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:35:41
378-BOB
MAVZU: JUM’A KUNI MISVOK BILAN TISHLARNI TOZALAMOQ VA XUSHBO’YLIKLAR SURMOQ


527. Al-Barro ibn Ozib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Jum’a kuni g‘usl qilmoq musulmonlar zimmasidagi haqdir. Ularning har birlari ahli oilasining xushbo‘yliklaridan sursin. Agar topa olmasa, uning uchun xushbo‘ylik suvdir!».
Jum’a kuni ham g‘usl qiladi, ham xushbo‘ylik suradi. Agar xushbo‘ylik topa olmasa, unda g‘usl qilmoq kifoya. Chunki maqsad poklanmoqdir. Hadisning ikkinchi bo‘lagi musulmonlarning ko‘nglini ko‘taradi.
Bu bobda Abu Sa’id va Ansoriylardan bo‘lmish bir shayx (roziallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:38:08
528. Ahmad ibn Mani’, Xushaymdan, Yazid ibn Abi Ziyoddan bizga bayon qildi: o‘tgan hadis, ayni shu ma’noda.
Al-Barroning hadisi hasan. Hushaymning rivoyati Ismoil ibn Ibrohim At-Taymiyning rivoyatidan ko‘ra hasanroq. Ismoil ibn Ibrohim, At-Taymiyning hadisda zaif ekanini qayd etgan.

JUM’A BOBLARI TUGADI
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:39:25
:bs1:

HAYIT BOBLARI

379-BOB
MAVZU: HAYIT NAMOZIGA PIYODA YURIB BORMOQ


529. (Hazrati)Ali (karromallohu vajhahu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Hayit (namozi)ga piyoda yurib chiqmog‘ing va chiqmasdan oldin hech narsa yemasliging - sunnatdandir».
Bu hadis hasan. Ilm ahllari ko‘pchiligining amali shu hadis asosidadir. Kishi bayram namoziga piyoda chiqmog‘ini va (agar) uzrli bo‘lmasa, ulovga minmasligini mustahab ko‘radilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:41:02
380-BOB
MAVZU: HAYIT NAMOZI XUTBADAN OLDIN O’QILMOG’I


530. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, (hazrati) Abu Bakr va (hazrati) Umar (roziyallohu anhumo) ikki hayitda ham namozni xutbadan oldin o‘qir edilar, keyin xutba o‘qir edilar».
Bu bobda Jobir va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Umarning hadisi hasan-sahih. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ilm ahllarining amali Shu hadis asosidadir. Ya’ni hayit namozlari xutbadan oldindir. Namozdan oldin ilk bor xutba o‘qigan kishi Marvon ibn Al-Hakam ekanligi aytiladi.
Ibnul-Munziriy sahih isnod bilan Hasan Al-Basriy hazratlaridan naql etib, bunday deydi: «Ilk bor namozdan oldin xutba o‘qigan zot (hazrati)Usmon (roziyashyuhu anhu)dir. (U zot) odat asosida namoz o‘qilib, keyin xutba o‘qilgach, ba’zi kishilar namozga ulgurmaganlarini ko‘rdilar va shunda xutbani namozdan oldin o‘kishni boshladilar».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:41:33
381-BOB
MAVZU: HAYIT NAMOZLARI AZONSIZ VA IQOMATSIZ O’QILMOG’I


531. Jobir ibn Samura (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Hayit namozlarini Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga bir marta, ikki marta emas, (balki bir necha marta) azonsiz va iqomatsiz holda o‘qiganman».
Bu bobda Jobir ibn Abdulloh va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Jobir ibn Samuraning hadisi hasan-sahih. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir: ya’ni hayit namozlari uchun hamda nafl namozlarining hech biri uchun azon aytilmaydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:42:34
382-BOB
MAVZU: HAYIT NAMOZLARIDAGI QIROAT


532. An-Numon ibn Bashir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ikki hayit (Ramazon va Qurbon hayiti) namozlarida hamda jum’a namozida («Al-a’lo») bilan «G’oshiyah» suralarini o‘qir edilar. Ba’zan ikkalasi (hayit va jum’a namozi) bir kunga to‘g‘ri kelib qolar va shunda ham (Janobi Rasululloh) shu ikki surani o‘qir edilar».
Bu bobda Abu Voqid, Samura ibn Jundub va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. An-Nu’mon ibn Bashirning hadisi hasan-sahih. Sufyon As-Savriy va Mis’or, Ibrohim ibn Muhammad ibn Al-Muntashirdan shu tarzda, Abu Avonaning rivoyatidek, rivoyat qildilar. Ibn Uyaynaning rivoyati esa boshqacha. Ibn Uyayna, Abu Avonadan, Ibrohim ibn Muhammad ibn Al-Muntashirdan, uning otasidan, Habib ibn Solimdan, uning otasidan, An-Nu’mon ibn Bashirdan rivoyat qiladi. Chunonchi, Habib ibn Solimning o‘z otasidan rivoyat qilgani ma’lum bo‘lmayotir. Habib ibn Solim - An-Nu’mon ibn Bashirning mavlosidir. U An-Nu’mon ibn Bashirdan bir qancha hadis rivoyat qilgan. Ibn Uyayna orqali Ibrohim ibn Muhammad ibn Al-Muntashirdan (xuddi) ularning rivoyatidek ham rivoyat qilindi .
«Ular» deganda Abu Avona, Sufyon As-Savriy va Mis’orni ko‘zda tutganlar. Bu zotlarning rivoyatiga ko‘ra sanadda Habib ibn Solim bilan An-Numon ibn Bashir orasida «uning otasidan» degan qayd yo‘q. Ya’ni Habib ibn Solim bu hadisni An-Nu’mondan, otasi orqali emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri rivoyat qilgan. Ibn Uyayna esa, bir rivoyatda hadisning isnodida «otasvdan» degan qaydni zikr etib va ikkinchi bir rivoyatda ismi kechgan zotlarga muvofaqat qilib bu qaydni ko‘targan.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam hayit namozlarida «Qof» va «Al-qamar» suralarini o‘qiganlari ham rivoyat qilinmoqda. Shofi’iyning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:43:16
533. Ubaydullloh ibn Abdulloh ibn Utbadan rivoyat qilindi: (Hazrati) Umar ibn Al-Xattob Abu Voqid Al-Laysiydan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon va Qurbon hayitlarida nimani (qaysi suralarni) qiroat qilar edilar?» deb so‘radilar. Aytdiki, «Qof» va «Al-Qamar» (suralari)ni o‘qir edilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:43:46
534. Hannod, Ibn Uyayna orqali Zomra ibn Sa’iddan xuddi shu hadisni o‘sha isnod bilan bizga bayon qildi.
Abu Voqid Al-Laysning ismi - Al-Horis ibn Avf.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 01:43:55
383-BOB
MAVZU: HAYIT NAMOZLARINING TAKBIRLARI


535. Amr ibn Avf Al-Muzaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ikki hayit namozlarida birinchi rak’atda qiroatdan oldin yetti takbir va ikkinchi rak’atda qiroatdan oldin besh takbir aytar edilar».
Bu bobda Oisha, Ibn Umar va Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Kasirning bobosining hadisi hasan. Bu hadis ushbu bobda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan hadislarning eng go‘zalidir.
Kasirning bobosining ismi - Amr ibn Avf Al-Muzaniydir. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ba’zi ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan Madinada shu tarzda namoz o‘qigani rivoyat qilingan. Madina ahlining qavli shu. Molik ibn Anas, Shofi’iy, Ahmad va Ishoq shu qavlga ega bo‘lganlar.
Ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan hayit takbirlari haqida bunday degani rivoyat qilinadi: «To‘qqiz takbir. Birinchi rak’atda qiroatdan oldin besh takbir va ikkinchi rak’atda qiroat bilan boshlab, keyin ruku’ takbiri bilan birgalikda to‘rt takbir aytadi». Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan mutaaddid kishilardan ham shunday deb rivoyat qilingan. Kufa ahlining qavli shudir. Sufyon As-Savriy ham shu qavlga ega bo‘lgan.
Bu besh takbirning bittasi - takbiri tahrima, uchtasi - zavoid (afzalnyat) va bittasi ruku’ takbiri bo‘lib, bulardan to‘rttasi kdroatdan achdin aytilgan. Chunonchi birinchi rak’atning ruku’ takbiri ham shular bilan qo‘shib zikr qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:00:29
384-BOB
MAVZU: HAYIT NAMOZLARIDAN OLDIN HAM, KEYIN HAM NAMOZ YO’Q!


536. Adiy ibn Sobitdan rivoyat qilindi; aytdi: «Sa’id ibn Jubayrdan eshitdim, Ibn Abbosdan naql etib, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ramazon hayitida namozgohga chiqdilar-da, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Bu namozdan na oldin, na keyin (boshqa) namoz o‘qiganlari yo‘q» deb hadis so‘zladi».
Bu bobda Abdulloh ibn Amr va Abu Sa’id (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Abbosning hadisi hasan-sahih. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ba’zi ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Shofi’iy, Ahmad va Ishoq shu qavlga ega bo‘lganlar. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ba’zi ilm ahllari esa hayit namozlaridan oldin va keyin namoz bor, degan fikrdalar. Ammo birinchi qavl sahihroq.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:01:07
537. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: «Ibn Umar hayit kuni (namozgohga) chiqdi. Hayit namozidan oldin ham, keyin ham namoz o‘qimadi. Va (u) Nabiy sallallohu alayhi va sallamning shunday qilganlarini aytib berdi».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:02:14
385-BOB
MAVZU: XOTIN-QIZLARNING HAYIT NAMOZLARIGA CHIQMOG’I


538.Ummu Atiyya (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bokira va endi bo‘yiga yetgan qizlarni ham, paranji yopingan ayollarni va hayz ko‘rgan xotinlarni ham hayit namozlariga chiqarar edilar. Ammo hayz ko‘rgan ayollar namozgohdan uzoqroqda turib, musulmonlarning duolariiga qo‘shilishardi. (Bir kuni) ayollardan bittasi: «Yo Rasululloh! (Ayolining) yopinchig‘i bo‘lmasa-chi?» dedi. «Unda dugonasi yopinchiqlaridan birini berib tursin!» dedilar...».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:02:36
539. Amad ibn Mani’, Hushaym orqali Hishom ibn Hassondan, Siyriyn qizi Hafsadan, Ummu Atiyyadan bizga bayon qildi: o‘tgan hadisning o‘zi...
Bu bobda Ibn Abbos va Jobir (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Ummu Atiyyaning hadisi hasan-sahih. Ba’zi ilm ahllari shu hadisni egallab, xotin-qizlarning hayit namozlariga chiqmoqlari uchun ruxsat berganlar. Ba’zisi esa buni makruh ko‘radi. Ibnul-Muboraqdan bunday degani rivoyat qilindi: «Xotinlarning bu kun hayit (namozlari)ga chiqmoqlarini makruh ko‘raman. Agar xotin chiqaman deb turib olsa, eri uni yasantirmasdan, kunda kiyadigan kiyimi bilan chiqmog‘iga izn bersin! Agar bu holatda chiqishni qabul qilmasa, uni chiqmoqdan man’ etishi mumkin».
Oisha (roziyallohu anho)dan bunday deganlari rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlarning nimalarni o‘ylab topganini ko‘rsalar edi, Bani Isroil ayollari man’ etilganidek, ularni masjiddan man’ etgan bo‘lardilar».
Oisha (roziyallohu anho)ning Al-Buxoriy va Muslim tomonidan taxrij qilingan bu hadisida ayollarning masjidlardan man’ etilganiga doir dalil yo‘q. Chunonchi, Allohu taolo bandasi va Rasuli Muhammad Mustafo sallallohu alayhi va sallamga shariatini komil va vozih (ochiq-ravshan) tarzda nozil qilgan. Ayollarning masjidlarga borishlariga izn berilgan. Ammo ochiq-sochiq, yasan-tusan qilib yurishdan, zeb-ziynatlarini begona erkaklarga namoyish qilib yurishdan man’ etilgan... (Muborakfuriy va Ahmad Muhammad Shokir).
Sufyon As-Savriydan bugungi kunda xotinlarning hayitlariga chiqmoqlarini makruh ko‘rgani rivoyat qilindi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:02:53
386-BOB
MAVZU: RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAM HAYITGA BIR YULDAN CHIQIB, BOSHQA YO’LDAN QAYTGANLARI BAYONI


540. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit kuni (namozgohga) bir yo‘ldan chiqsalar, boshqa yo‘ldan qaytar edilar».
Bu bobda Abdulloh ibn Umar va Abu Rofi’ (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi hasan-g‘arib.
Abu Tumayla va Yunus ibn Muhammad bu hadisni Fulayh ibn Ismoildan, Sa’id ibn Al-Horisdan, Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qildi.
Ba’zi ilm ahllari bu hadisga ittibo’ etib, imom uchun bir yo‘ldan chiqsa, boshqa yo‘ldan qaytmogani mustahab ko‘rganlar. Shofi’iyning qavli ham shudir.
Jobirning hadisi sahihroq ko‘rinadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:03:54
387-BOB
MAVZU: RAMAZON HAYITIDA NAMOZGA CHIQMASDAN OLDIN BIROR NARSA TOTMOQ


541. Burayda ibn Xusayb (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ramazon hayiti kunida biror narsa totmay turib, namozga chiqmas edilar; Qurbon hayiti kunida esa namoz o‘qimay turib, biror narsa totmas edilar».
Bu bobda Ali va Anas (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Burayda ibn Husayb Al-Aslamiyning hadisi g‘arib.
Muhammad (Al-Buxoriy) aytadi: «Savob ibn Utbaning bundan boshqa hadisini bilmaymiz».
Ba’zi ilm ahllari Ramazon hayitida biror narsa totib namozga chiqmoqlikni mustahab ko‘rganlar. Mustahab bo‘lgan narsa esa xurmo yemoqliqdir. Qurbon hayitida esa namozdan qaytgunicha hech narsa yemaydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:04:47
542. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon hayiti kunida namozgohga chiqmasdan oldin bir nechta xurmo tanavvul qilar edilar».
Bu hadis hasan-sahih-g‘arib.
Hayit namozlarining ochiq havoda o‘qilmog‘iga doir Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan vorid hadislarga tayanib, olimlarning fikr-mulohazalariii, axamiyatiga binoan, quyida bayon etamiz.
Hanafiy mazhabidan Al-Ayniy, Al-Buxoriy kitobi sharhida, Abu Sa’id (roziyallohu anhu)ning hayitlarda namozgohga chiqmoq borasidagi hadisiga asoslanib, bunday dsydi: «Bu hadisda ochiq havo namozgohiga chiqilmog‘iga doir dalil bor. Hayit namozi, zaruriyat bo‘lmagunicha, masjidda o‘qilmaydi».
Ibn Ziyod imom Moliqdan naql etib, bunday deydi: «Sunnat bo‘lgan narsa - ochiq havo ibodatgohiga chiqmoqdir. Faqat Makka shahri aholisi bundan mustasno. Ular masjidda (Ka’bada) o‘qiydilar».
«Fatavoyi hindiy» (1-jild, 118-sahifada) bunday dsyiladi: «Hayit namozi uchun ochiq havo namozgohiga chiqmoq sunnatdir; hatto shaharning eng katta masjvdiga sig‘salar ham. Bugun shayxlar shu qavlga ega bo‘lganlar, sahih so‘z ham shudir».
Imom Molikdan bunday deb aytgani rivoyat qilinadi. «Hayit namozlari ikki joyda o‘qilmaydi va masjidlarda ham o‘qilmaydi. Faqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ochiq havo namozgohiga chiqqanlaridek, ular ham chiqadilar». Ibn Vahb, Yunus orqali Shihobdan naql etib aytadiki, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit namozlari uchun ochiq havo namozgohlariga chiqar edilar va keyin bu boshqa qasaba xalqlari uchun sunnat bo‘ldi».
Hanbaliy mazhabidan Ibn Huzoma «Al-Mug‘niy»da (2-jild, 229-230 sahifa) bunday deydi: «Sunnat hayit namozi ochiq havo namozgohvda o‘qilmog‘idir. Ali (roziyallohu anhu) shuni amr qilganlar, Al-Avzoiy va ijtihod arbobi shu hukmni istixson qilganlar (eng yaxshi deb topganlar). Shofi’iydan bunday deb aytgani hikoya qilinadi: «Qasabaning jome’ masjidi keng bo‘lsa, jome’da o‘qimoq a’loroq. Chunki masjid joylarning eng xayrlisi va eng tozasidir. Shu sababdan Makka xalqi masjidi Haramda o‘qiydi». Bizningcha esa, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidni qo‘yib, ochiq xavo namozgohiga chiqar edilar. U kishidan keyin xalifalar ham chiqqanlar. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam esa yaqin turgan afzal narsani qo‘yib, uzoq bo‘lgan noqis ish mashaqqatiga kirmaydilar va ummatlariga ham fazoilni tark etmoq yo‘lini ochmaydilar. Yana biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ittibo’ va iqtido etmoqqa buyurilganmiz, bizga buyurilgan narsaning noqis bo‘lishi va manfiy bo‘lgan narsaning komil bo‘lishi zinhor joiz emas. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam uzrsiz holda hayit namozini masjidda o‘qiganlari rivoyat qilinmagan. Keyin bu musulmonlarning ijmo’i (ittifoqidir). Musulmonlar har asrda va har misrda (shaharda) ochiq havo namozgohiga chiqadilar. Masjidlari xoh keng bo‘lsin, xoh tor bo‘lsin, hayit namozini ochiq havo namozgohida o‘qiydilar. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam masjidning sharaf va fazilatini eng yaxshi qadrlagan holda hayit namozlarini ochiq havo namozgohida o‘qiganlar».
Imom Shofi’iy «Al-Umm» kitobi (1-jild, 207-sahifa)da aytadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayitlarda Madinaning ochiq havo namozgohiga chiqqanlarini aytib yetkazdik. U zotdan keyingilar va Makkadan boshqa barcha qasaba xalqlari ham shunday qilishadi. Faqatgina Makka ahli Masjidi haromdan tashqarida namoz o‘qiganlari rivoyat qilinmagan. Nazarimda, Allohu a’lam, Masjidi Harom dunening eng xayrli yeri va tuprog‘i bo‘lgani bois shundoqdir. Barcha namozlarini ilojlari boricha u yerda o‘qishni orzu qiladilar. Bir qasaba qurilsa-yu o‘sha qasabaning jome’-masjidi hayitlarda xalqni sig‘diradigan darajada keng bo‘lsa, xalqning boshqa joyda namoz o‘qimog‘iga tarafdor emasman. Ammo ochiq havoga chiqmoqlarida ham zarar yo‘q. Faqat masjidlari tor bo‘lgan holda imom hayit namozlarini masjidda o‘qitsa, menimcha, bu makruhdir, lekin iodasi (qayta o‘qilmog‘i) lozim bo‘lmaydi. Yomg‘ir yog‘sa yoki boshqa (shunga o‘xshash) uzr bo‘lib qolsa, unda ularga namozni masjidlarda o‘qimoqlarini va ochiq havoga chiqmasliklarini amr etaman».
Alloma Ibnul-Hojj «Al-Madhal» (2-jidd, 283-sahifa)da bunday deydi: «Hayit namozlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan beri davom etib kelgan sunnat - ochiq havo namozgohida o‘qimoqdir. Chunki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mening ushbu masjidimda o‘qilgan namoz, Masjidi Haromdan tashqari, boshqa masjidlarda o‘qilgan ming namozdan afzaldir» deganlar va shu ulug‘ fazilat bilan birga masjidlarini qo‘yib, ochiq havo namozgohiga chiqqanlar. Bu esa hayit namozlarini ochiq havoda o‘qilishiga oid amrning qat’iyligiga dalolat qilgan vozih (ochiq-ravshan) bir dalildir. Sunnat shudir. Hayit namozlarini masjidda o‘qimoq, Imomi Molik mazhabiga ko‘ra bid’atdir. Faqat zarurat bo‘lsa, bid’at bo‘lishlikdan chiqadi. Chunki, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam va u kishidan keyin kelgen xulafoi roshidiyndan hech bittalari bunday qilmagan».
Sahih hadislarda vorid bo‘lgan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sunnati - u kishi hayit namozlarida shaharning tashqarisiga, dala-qirga chiqqanlariga dalolat qiladi. Islomning birinchi asrida amal shu tarzda davom etdi. Hayit namozlarini masjidlarda o‘qishmas edi. Faqatgina yomg‘ir yoki shunga o‘xshash bir zarurat bo‘lib qolsa, unda qir-dalaga chiqishmasdi. To‘rt imomning va boshqa ulug‘ olimlarning mazhabi - yo‘li shudir, Bu borada oralarida ixtilof yo‘q. Yolg‘iz Imom Shofi’iy, qasabasining jome’-masjidi haloyiqni sig‘diradigan darajada keng bo‘lsa, hayit namozini masjidda o‘qilmog‘ini ixtiyor etgan. Shu bilan birga ochiq havoda o‘qishlarida zarar yo‘q deb qaraydi. Chunonchi, agar qasaba xalqi masjidga sig‘masa, hayit namozi bunday masjidda o‘qilmog‘ini makruh ko‘radi. Bularning barchasi hayit namozlari masjidlarda o‘qilmog‘i bid’at ekanligiga dalolat qiladi. Ya’ni biror qasabada o‘sha manzil xalqini sig‘dira oladigan masjid yo‘q. Ayni vaqtda hayit namozlari dala-qirda, o‘qilmog‘ining ulug‘ va teran bir hikmati bor. Hamma qasabashshg aholisi yilda ikki marta erkak-ayol, bola-chaqa birgalashib, uyushgan holda Allohga yo‘naladi, bitta imomning orqasida namoz, o‘qiydi, takbir va tahlil aytadi. Qo‘llari duoga ochilib, xulusi qalb bilan duolar qilinadi. Bunday muhtasham manzara barcha ko‘ngillarni xashiyyat va iymon (nuri) bilan to‘ldirmog‘i shubhasizdir. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam barcha xo-tin-qizlarni, hatgo hayz ko‘rgan ayollarni ham bayram joyiga -hayitgohga chiqmoqlarini, kiyadigan kiyimi yoki yopinchig‘i bo‘lmagan xotin-qizlar qo‘shnilaridan, dugonalaridan olib turib bayramda -hayitda qatnashmoqlarini amr qildilarki, bu buyruq o‘sha ulug‘ va teran hikmatga asoslangandir.
(Muborakfuriy va Ahmad Muhammad Shokir).

HAYIT BOBLARI TUGADI
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:06:20
:bs1:

SAFAR BOBLARI

388-BOB
MAVZU: QASRI SALOT (NAMOZNING QISQARTIRILIShH)


543. Ibn Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilindi; aytdi: «(Janobi) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan, (hazrati) Abu Bakr, (hazrati) Umar va (hazrati) Usmon (roziyallohu anhum) bilan safar qilganman; peshin va asr namozlarini ikki rak’at-ikki rak’at o‘qir edilar, farzdad oldin ham, keyin ham namoz uqishmas edi». Va Abdulloh aytdi: «(Safarda) Farzdan oldin yoki keyin namoz o‘qiydigan bo‘lsam, hech yo‘qsa, farzni to‘liq o‘qib qo‘ya qolar edim».
Hofiz Ibnul-Hajar «Fath-ul-boriy»da bunday deydi: «Ya’ni Ibn Umar farzni tugal o‘qimoq bilan sunnatlarni o‘qimoq orasida muxayyar (ixtiyorli) qilinsa edi, farzni tugal o‘qimoqni tarjih etgan (ustun ko‘rgan) bo‘lardi. Ibn Umar, Qasri salotdan - namozning qisqartirilmog‘idan yengillatish ma’nosini tushunayotir. (Ilova: At-Termiziy quyiroqda ta’kidlaganlaridek, Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda sunnat namozlarini o‘qiganlari bayon qilingan. Binobarin, safarda sunnatni o‘qimoqlik sunnatdir).
Bu bobda (hazrati)Umar, (hazrati)Ali, Ibn Abbos, Imron ibn Husayn va Oisha (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Umarning hadisi hasan-g‘arib. Bu hadisni yolg‘iz Yahyo ibn Sulaymning rivoyatidan shu tarzda bilmoqdamiz. Muhammad ibn Ismoil (Al-Buxoriy) aytadi: «Bu hadis Ubaydulloh ibn Umardan, Suroqa oilasidan bo‘lmish bir kishidan, Ibn Umardan rivoyat qilindi».
Atiyya Al-Avfiy orqali Ibn Umardan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda farzdan oldin va farzdan keyin tatavvu’ (farz bo‘lmagan namozlar) o‘qiganlari rivoyat qilingan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, (hazrati) Abu Bakr, (hazrati) Umar va xalifaligining birinchi davrida (hazrati) Us-mon (roziyallohu anhum) safarda namozni qasr o‘qiganlari sahih tarzida sobitdir.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir.
Oisha (roziyallohu anho)dan safarda namozni to‘liq o‘qiganlari rivoyat qilingan.
Imom Al-Buxoriy tomomnidan taxrij etilgan bir hadisda Oisha (roziyallohu anho onamiz) bunday deydilar: «Namoz dastlab ikki rak’at deb farz qilingan edi. Keyin safar namozi shu ikki rak’atligicha qoldi. Lekin muqimliqdagi namoz to‘rt rak’at qilib to‘ldirildi». Zuhriy: «Oisha (onamiz) «To‘ldirildi» deganda nimani nazarda tutganlar?» deb Urvadan so‘radi. Urva: «Usmon (roziyallohu anhu) bu xususda (ya’ni namozni to‘rt rak’at o‘qimoq to‘g‘risida) ne degan bo‘lsalar, o‘shandoq ta’vil qildilar (o‘shani nazarda tutdilar)», dedi». Hofiz Ibnul-Hajar «Fath-ul-boriy»da aytadi: «To‘ldirilmog‘ining sababi Al-Bayhaqiy Hishom ibn Urva orqali Urvadan taxrij etgan hadisda sharhlangan. Urva aytdiki, «Oisha (onamiz) safarda to‘rt rak’at o‘qir edilar. Shunda unga: «ikki rak’at o‘qing» dedim. Aytdilarki, «Ey egachimning o‘g‘li! Menga og‘irlik qilayotgani yo‘q-ku!». (Ilova: Hanafiy mazhabida safarda to‘rt rak’atlik farzlar ikki rak’at o‘qiladi, bu aziymatdir. Musofir kishi muqim bir imomga ergashgan taqdirda farzlarni to‘liq o‘qiydi. Yolg‘iz o‘zi o‘qiganida to‘rt rak’atlik farzlar qasr qilib ikki rak’at o‘qiladi).
Amal Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan va sahobalardan kelgan rivoyat asosidadir. Shofi’iy, Ahmad va Isxoqning qavli shu. Shu farq bilanki, Shofi’iy safarda namozni qasr o‘qimoq ruxsat ekanligini aytadi. Agar to‘liq o‘qisa, Shofi’iyning fikricha, joiz.
Qasr o‘qish vojibmi yoki ruxsatmi degan masalada olimlar ixtilof qildilar. Hanafiylar birinchi qavlga ega bo‘lib, qasr o‘qish vojib deb aytdilar. (Hazrati)Ali va (hazrati)Umar (roziyallohu anhumo)dan qasr o‘qish vojib, deb rivoyat qilingan. Imom Navaviy bir qancha ilm axllarining shu fikrda ekanliklarini qayd etadi. Al-Xattobiy, «Al-Maolim»da bunday deydi: «Salaf ulamolari va fuqahoi amsorning ko‘pchiligi qasr o‘qish vojib deb aytganlar. (Hazrati)Ali, (hazrati)Umar, Ibn Umar va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)ning qavli shudir. Umar ibn Abdulaziz, Qatoda va Al-Hasandan shu qavl rivoyat qilingan. Hammod ibn Sulaymon: «Safarda to‘rt rak’at o‘qisa, namozni ioda qiladi (qayta o‘qiydi)» deydi. Molik: «Vaqtning ichida bo‘lgunicha ioda qiladi, ammo vaqti chiqqandan keyin ioda etmaydi», deydi.
Shofi’iy, Molik va Ahmad ikkinchi qavlga ega bulib, qasr o‘qish vojib deydilar. Imom An-Navaviy ulamoning ko‘pchiligi shu fikrda ekanligini aytadi. Oisha, Usmon va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan shu qavl rivoyat qilingan. Ibnul-Munzir aytadiki: «Bomdod va Shom namozlarida qasr yo‘qligi borasida ulamo ittifoq qilgan».
Har ikki guruhdan - safarda qasr o‘qish vojib deb aytganlari bilan ruxsat deb aytganlardan har biri o‘z yo‘lini ta’yid etadigan (quvvatlaydigan) dalillarni zikr kdladi. Ammo safarda qasr o‘qish ruxsat degan da’vo zaif. Chunki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam barcha safarlarida ikki rak’at o‘qiganlar. Bas, u zot umr bo‘yi afzal narsani qo‘yib, afzal bo‘lmagan narsaga mu-lozamat qilishlari aqlga yaqin gap emas.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:08:37
544. Abu Nazradan rivoyat qilindi; aytdi: «Imron ibn Husayndan safar namozi haqida savol qilindi. Shunda u: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga haj qildim, (u zot) ikki rak’at o‘qidilar. Abu Bakr (roziyallohu anhu) bilan haj qildim; ikki rak’at o‘qidilar. Umar (roziyallohu anhu) bilan ham (haj qildim), ikki rak’at o‘qidilar. Usmon (roziyallohu anhu) bilan ham, xalifaliklarining olti yili yoki sakkiz yili davomida, haj qildim, ikki rak’at o‘qidilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:11:46
545. Muhammad ibn Mundadir va Ibrohim ibn Muyassardan rivoyat qilindi: Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) bunday deb aytganini eshitdilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bilan birga peshin nomozini Madinada to‘rt rak’at o‘qidik, asr namozini esa Zul-Hulayfada ikki rak’at o‘qidik».
Madinadan uch mil masofadagi bir joy nomi. Madina xalqining miyqotidir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu yerda asr nomozini ikki rak’at o‘qiganlari safarda ekanliklari tufaylidir.
Bu hadis sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:13:14
546. Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinadan Makka sari (yo‘lga) chiqdilar va faqatgina Robbul-’alamindan qo‘rqib, ikki rak’at o‘qidilar».
Bu hadis safarda qasr o‘qishlik qo‘rquv tufayli bo‘ladi, deb iddao qiluvchilarga javobdir. Chunonchi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Allohdan boshqa hech kimsadan qo‘rquvlari bo‘lmagan holda o‘sha safarda namozni qasr o‘qiganlariga dalolat etadi.
Bu hadis sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:14:00
389-BOB
MAVZU: NAMOZ QANCHA MUDSAT QASR O’QILMOG’I


547. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bilan birgalikda Madinadan Makka sari (yo‘lga) chiqdik, shunda ikki rak’at o‘qidilar. (Roviy) Abu Isxoq Al-Hazramiy aytadi: «Anasga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkada qancha turdilar?» dedim. «O’n (kun)», dedi».
Bu bobda Ibn Abbos va Jobir (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan. Anasning hadisi hasan-sahih.
Ibn Abbos orqali Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan, safarlarining ayrimlarida (bir joyda) o‘n to‘qqiz kun qolganlari holda ikki rak’at o‘qiganlari rivoyat qilingan. Ibn Abbos bunday deydi: «Bir yerda o‘n to‘qqiz kun qolsak, ikki rak’at o‘qiymiz. Agar iqomatimiz (yashab qolish muddatimiz) bu muddatdan o‘tsa, unda namozni to‘liq o‘kiymiz».
Ali (roziyallohu anhu)dan bunday deganlari rivoyat qilindi: «O’n kun bir joyda yashab qolsa, namozni to‘liq o‘qiydi».
Ibn Umardan (roziyallohu anhumo) bunday degani rivoyat qilindi: «O’n besh kun (bir joyda) yashab qolsa, namozni to‘liq o‘qiydi». Ibn Umardan o‘n ikki kun deb ham rivoyat qilingan.
Sa’id ibn Al-Musayyibning bunday degani rivo-yat qilindi: «To‘rt kun (bir yerda) yashab qolsa, to‘rt rak’at o‘qiydi». Buni Sa’id Al-Musayyibdan Qatoda va Ato Al-Xurosoniy rivoyat qilganlar. Dovud ibn Abu Hind esa undan boshqacha tarzda rivoyat qiladi. Bas, ilm ahllari bu masalada ixtilof qildilar. Sufyon As-Savriy va Kufa ahli, qasr o‘qish muddatini o‘n besh kun deb belgilash jihatiga sohib bo‘ldilar va aytdilarki, «O’n besh kun yashab qolmoqni qat’iy tarzda niyat qilsa, namozni to‘liq o‘qiydi».
Al-Avzoiy aytadi: «O’n ikki kun yashab qolmoqni qat’iy niyat qilsa, namozni to‘liq o‘qiydi».
Molik, Shofi’iy va Ahmad bunday deydilar: «To‘rt kun yashab qolmoqqa qat’iy niyat qilsa, namozni to‘liq o‘qiydi».
Ishoqqa kelsak, bu masalada u Ibn Abbosning hadisini yo‘llarning eng quvvatlisi deb qaraydi va bunday deydi: «Chunki Ibn Abbos bu hadisni Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan va Rasuli Akramdan keyin uni taavvul (tahvil etib amalga tadbiq) qilgandir: o‘n to‘qqiz kun yashab qolmoqni qat’iy niyat qilsa, namozni to‘liq o‘qiydi».
Keyin ilm ahllari yashab qolishga niyat qilmagan musofir, boshidan (necha) yillar o‘tsa ham, namozni qasr o‘qimog‘i borasida ittifoq qildilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:16:22
548. Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir gal safar qildilar va shunda o‘n to‘qqiz kun ikki rak’at-ikki rak’atdan namoz o‘qidilar». Ibn Abbos aytadi: «Bizlar ham (bir joyda o‘n to‘qqiz kun yashab qolsak) o‘sha o‘n to‘qqiz kun orasida ikki rak’at-ikki rak’atdan namoz o‘qiymiz. Agar bundan ko‘proq yashab qolsak, to‘rt rak’at o‘qiymiz».
Bu hadis hasan-g‘arib-sahih.
Ilova: «Muxtasar ul-viqoya»dan: «Bas, bir kishi yuqorida zikr qilinganidek musofir bo‘lsa, o‘z shahriga qaytib kelgunicha yo boshqa shaharda yoki qishloqda yarim oy turishni niyat qilsa, to‘rt rak’atli farz namozini ikki rak’at etib, qisqartirib o‘qur. Shariatda musofir deb turadigan (doim yashaydigan) yeridan o‘rtacha yurish bilan uch kunlik yo‘lni qasd qilib chiqqan kishiga aytiladi. Ulamo bu massfani 90 chaqirim (km) deb ittifoq qilgay». «Muxtasar», 49-bet.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:18:03
390-BOB
MAVZU: SAFARDA NAFL NAMOZI O’QIMOQ


549. Al-Barro ibn Ozib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan o‘n sakkizta safarda yo‘ldosh bo‘ldim; quyosh og‘ganda peshindan oldingi ikki rak’atni tark etganlarini ko‘rmadim».
Bayon qilingan bu ikki rak’at peshin namozining sunnatidir. Safarda vaqt sunnatlari o‘qiladi deb aytganlar shu hadis bilan istiddol (dalil-isbot) qiladilar. Ba’zilar esa bu ikki rak’atni peshinning sunnati deb emas, zavolda o‘qiladigan nafl namozi deb qabul qiladi.
Bu bobda Ibn Umardan (roziyallohu anhumo) hadis rivoyat qilingan.
Al-Barroning hadisi g‘arib.
Bu hadisni Muhammad (Al-Buxoriy)dan so‘radim, uni faqat Al-Lays ibn Sa’dning rivoyatidan biladi. Muhammad (Al-Buxoriy) Al-Busro Al-G’iforiyning ismini bilmadi va hadisini hasan ko‘rdi.
Ibn Umardan bunday deb rivoyat qilingan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda farzdan oldin yoki keyin nafl namozi o‘qimas edilar». «Yana Ibn Umardan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda nafl namozlari o‘qiganlari rivoyat qilingan. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan keyin ilm axllari bu masalada ixtilof qildilar. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan ba’zilari kishi safarda tatavvu’ (sunnat va nafl namozlarini) o‘qiydi, degan fikrdalar. Ahmad va Ishoq shu qavlga ega bo‘lishgan. Ilm axdlaridan bir guruhi esa na farzdan oldin, na keyin (sunnat) o‘qilmaydi, degan fikrdadir.
Safarda tatavvu’ (sunnat va nafl) namozi o‘qimaslikning ma’nosi ruxsatni qabul qilmoqdir. Ammo kimki o‘qisa, shubhasiz, bunda o‘zi uchun ulug‘ fazilat bor. Ilm ahllaridan ko‘pchiligining qavli shu: safarda tatavvu’ (sunnat va nafl) namozi o‘qimoqni ixtiyor qilganlar.
(Ilova: Imom At-Termiziy safarda sunnat va nafl namozla-ri o‘qilishini kuyida Ibn Umar (roziyallohu anhumo)ning hasan hadislari bilan quvvatlaydilar).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:19:00
550. Ibn Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bilan birga safarda peshin namozini ikki rak’at o‘qidim, undan (farzdan) keyin ham ikki rak’at o‘qidim».
Bu hadis hasan.
Ibn Abu Laylo bu hadisni Attiyya va Nofi’ vositasida Ibn Umardan rivoyat qilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:19:35
551. Ibn Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bilan birga hazarda (muqimliqda) ham, safarda ham namoz o‘qidim. Muqimlikda ul zot bilan birga peshin namozini to‘rt rak’at, farzdan keyin esa ikki rak’at o‘qidim. Safarda u zot bilan birga peshin namozini ikki rak’at, farzdan keyin ham ikki rak’at o‘qidim; asr namozini ham ikki rak’at o‘qidim, (ammo) asrdan keyin hech namoz o‘qimadilar. Shom namozini hazarda (muqimlikda) ham, safarda ham bir xil - uch rak’at o‘qidim. Na hazarda (muqimlikda), na safarda - shom namozi qisqartirilmadi. Chunki, u kunduzning vitridir. Shomdan keyin ikki rak’at o‘qidim».
Bu hadis hasan.
Muhammad (Al-Buxoriy)dan eshitdim; aytdi: «Ibn Abi Laylo men uchun bundan ham ko‘ra sevimliroq biror hadis rivoyat qilmagan».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:19:55
391-BOB
MAVZU: (SAFARDA) IKKI NAMOZNI JAM’ QILMOQ (QO’SHIB O’QIMOQ)


552. Mu’oz ibn Jabal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Tabuk g‘azotida ekanliklarida kun og‘ishidan oldin qo‘zg‘alsalar, peshinni keyinga surib asrga ulab, ikkisini birga qo‘shib (jam’ qilib) o‘qir edilar. Va agar quyosh og‘ishidan keyin qo‘zg‘alsalar, asrni oldinroqqa surib, peshinga ulab, peshin bilan asrni qo‘shib (jam’ qilib) o‘qir edilar, keyin yurar edilar. Agar shomdan oldin qo‘zg‘alsalar, shomni keyinga surib, xufton bilan birga qo‘shib o‘qyr edilar. Va agar shomdan keyin qo‘zg‘alsalar, xuftonni oldinga surib, shom bilan birga qo‘shib o‘qir edilar».
Bu bobda Ali, Ibn Umar, Anas, Abdulloh ibn Amr, Oisha, Ibn Abbos, Usoma ibn Zayd va Jobir (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Ali ibn Al-Madiniy bu hadisni Ahmad ibn Hanbal orqali Qutaybadan rivoyat qildi.
Mu’ozning hadisi hasan-g‘arib.
Bu hadisni yolg‘iz Qutayba rivoyat qilgan. Undan tashqari bu hadisni Al-Laysdan rivoyat qilgan boshqa kishini bilmaymiz. Chunonchi Al-Laysning Yazid ibn Abi Habibdan, Abut-Tufayldan, Mu’ozdan qilgan rivoyati g‘arib. Chunki, muhaddislar fikricha, ma’ruf bo‘lmish rivoyat - Abuz-Zubayrning Abut-Tufayl vositasida Mu’ozdan qilgan ushbu hadis rivoyatidir: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Tabuk g‘azotida peshin bilan asrni va shom bilan xuftonni birga qo‘shib (jam’ qilib) o‘qidilar». Bu hadisni Qurro ibn Xolid, Sufyon As-Savriy, Molik va boshqalar Abuz-Zubayr Al-Makkiydan rivoyat qildilar.
Imomi Shofi’iy bu hadisni dabul qilgan. Ahmad va Ishoq bunday deydilar: «Safarda ikki namozdan bittasini (oldinga olmoq yoki keyinga surmoq tarzida) bir vaqtda - ikki namozni birga qo‘shib o‘qimoqlikda zarar yo‘q».
Hofiz Ibnul-Hajar «Fath-ul-boriy»da bunday deydi: «Sahoba va tobi’iyndan bir qanchalari va faqihlardan As-Savriy, Shofi’iy, Ahmad va Ashhab safarda qat’iyan jam’ qilmoq joiz ekanini aytdilar». Ya’ni xoh yurayotgan holda, xoh qo‘ngan paytda bo‘lsin, xoh tez va xoh tabiiy yurishda bo‘lsin, ikki vaqt namozi jam’ qilib (qo‘shib) o‘qiladi, degan fikrdalar. Hofiz Ibnul-Hajar shundan so‘ng bunday deydi: «Bir toifa (olimlar) esa Arofat va Muzdalifadan boshqa hech bir joyda va hech bir holda jam’ qilmoq joiz emas, deb hisoblaydilar. Al-Hasan, An-Nahoiy, Abu Hanifa va sohibayn (ikki birodari)ning qavli shudir.
Ba’zilari esa safarda jam’ qilmoq tez yurishga majbur bo‘lgan kishiga xos ekanini aytadi. Al-Laysning qavli shu. Imomi Molikning ham mashhur bo‘lgan qavli shu. Ba’zilari esa, jam’ qilmoq yo‘l yurayotgan kishiga xos bo‘lib, qo‘ngan paytda jam’ qilmaydi, degan fikrga ega bo‘lgan. Ba’zilar esa, faqtagina jam’i ta’xir joiz ekanligini, jam’i taqdim esa joiz emasligini aytadi. Ibn Hazm, Molik va Ahmaddan rivoyat qilingan shu qavlni ixtiyor etadi. (Ilova: Ikki vaqt namozlarini jam’ qilib o‘qish imom Shofi’iy mazhabidagilar uchundir. Hanafiy mazhabidagilar esa namozlarini zarurat yuzasidan Haj mavsumi (ya’ni Arofat va Muzdalifa)dagina jam’ qilib o‘qiy oladilar).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:20:09
553. Ibn Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilindi: «Ibn Umar ahli-oilasidan biroviga yordamga oshiqmog‘i zarur bo‘lgach, tez yurmog‘i lozim keldi va (shunda) shomni to shafaq botgunicha ta’xir etdi. Keyin tushib, ikkisini (shom bilan xuftonni) jam’ qilib o‘qidi. So‘ng ularga, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tez yurmoqlari zarur bo‘lganda ana shunday qilganlarini so‘zlab berdi».
«Shafaq so‘zining izohi uchun 101-izohga qarang; O’shanda Ibn Umarga jufti haloli - Abu Ubaydaning qizi Safiyya holati naz’ (jon uzish holatida) ekanligi xabar berilgan bo‘lib, ulgurib bormog‘i uchun shoshilmog‘i zarur bo‘lib qolgan edi.
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:21:00
392-BOB
MAVZU: ISTISQO (YOMG’IR SO’RASH) NAMOZI


554. Abdulloh ibn Zayd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Allohu taolodan) yomg‘ir so‘ramoq uchun odamlar bilan (namozgohga) chiqdilar va ular bilan ikki rak’at namoz o‘qidilar. Bu ikki rak’atda jahriy (ovoz chiqarib) qiroat qildilar. Ridolarini o‘rab oldilar, qo‘llarini (duoga) ko‘tardilar, yomg‘ir tilab duo qildilar, qiblaga ro‘baro‘ turdilar».
Ridoni aylantirmoq yoki o‘ramoq holi bunday izohlanadi: Ridoning ostdan chap uchini o‘ng qo‘li bilan va o‘ng uchini chap qo‘li bilan tutib, qo‘llarini orqasidan o‘rab, o‘ng qo‘li ushlagan uchini o‘ng yelkasiga va chap qo‘l ushlagan uchini chap yelkaga tashlaydi. Shunday qilib, Ridoning osti yuqoriga, yuqorisi pastga, o‘ng tomoni chapga, chap tomoni o‘ngga o‘tgan bo‘ladi.
Bu bobda Ibn Abbos, Abu Hurayra, Anas va Abul-Lahm (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abdulloh ibn Zaydning hadisi hasan-sahih. Ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shu.
Abbos ibn Tamimning amakisining nomi - Abdulloh ibn Zayd ibn Osim Al-Moziniy.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:21:40
555. Abul-Lahm (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «U(Abul-Lahm) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Ahjaruz-zaytda ko‘rdiki, qo‘llarini ko‘tarib, yomg‘ir tilab, duo qilar edilar».
Ahjaruz-zayt - Madinaning Al-Harro tumanvdagi bir joyning nomi. Toshlari qora va yaltiroq bo‘lgani uchun bu yerni Ahjaruz-zayt (yog‘li toshloq) deb ataganlar.
Qutayba shu yo‘sin bu hadisda «Abul-Lahmdan» dedi. Abul-Lahmning Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan qilgan rivoyati sifatida bitta shu hadisni bilmoqdamiz.
Abul-Lahm - eski bir sahoba, go‘sht yemagani uchun uni Abu-Lahm («go‘sht yemas» ma’nosida) deb atashgan. Hunayn g‘azotida shahid bo‘lgan bu zotning ismi - Abdulloh ibn Abdulmalik.
Abul-Lahmning mavlosi Umayr Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan mutaaddid hadislar rivoyat qilgan bo‘lib, o‘zi sahobadir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:22:01
556. Ishoq ibn Abdulloh ibn Kinonadan rivoyat qilindi; aytdi: «Madinaning amiri (voliysi) Valid ibn Uqba meni Ibn Abbosga jo‘natdi, u kishidan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yomg‘ir duolarini so‘rashim kerak edi. U kishining huzuriga yetib keldim, shunda bunday dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mubtazal (xor-haqir) qiyofada, tavozu’ va tazarru’ holatida ochiq havo namozgohiga chiqdilar. Sizlarning bu xutbalaringizdek xutba aytmadilar. Va lekin duoda, tazarru’ va takbirda davom etdilar va xuddi hayitda o‘kigan namozlaridek ikki rak’at namoz o‘qidilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:22:34
557. Mahmud ibn G’aylon, Vaki’ orqali Sufyondan, Hishom ibn Ishoq ibn Abdulloh ibn Kinonadan bizga xabar qilib, o‘tgan hadisning ayni o‘zini zikr etdi va unda «Mutaxoshsha’an», ya’ni «Xushu’ holida» degan so‘zni qo‘shimcha qildi.
Bu hadis hasan-sahih.
Shofi’iyning qavli shu; aytadiki, «Istisqo (yomg‘ir duosi) namozini hayit namozidek o‘qiydi; birinchi rak’atda yetti takbir va ikkinchi rak’atda besh takbir aytadi». Shofi’iy, Ibn Abbosning hadisi bilan istidlol qilayotir. Molik ibn Anasdan bunday deb aytgani rivoyat qilindi: «Istisqo namozida hayit namozidagidek takbir aytmaydi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:23:27
393-BOB
MAVZU: KUSUF NAMOZI (QUYOSH YOKI OY TUTILGANDA O’QILADIGAN NAMOZ)


558. Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam quyosh tutilganda (kusuf) namoz(i) o‘qidilar: qiroat qildilar, keyin ruku’ga bordilar; keyin qiroat qildilar, keyin ruku’ga bordilar; keyin qiroat qildilar, keyin ruku’ga bordilar; keyin ikki marta sajda qildilar. Ikkinchi rak’atini ham xuddi shunday o‘qidilar».
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kusuf namozini ikki rak’at o‘qiganlarini va har rak’atida uch ruku’ va ikki sajda qilganlarini ma’lum qilmoqda. Bu hadis Muslim tomonidan ham taxrij etilgan va Muslimning rivoyatida ruku’lar sanog‘ida ortiqlik bor.
Bu bobda Ali, Oisha, Abdulloh ibn Amr, An-Nu’mon ibn Bashir, Al-Mug‘iyra ibn Shu’ba, Abu Mas’ud, Abu Bakr, Samura, Ibn Mas’ud, Asmo binti Abu Bakr, Ibn Umar, Kabisa Al-Hiloliy, Jobir ibn Abdulloh, Abu Muso, Al-Ash’ariy, Abdurrahmon ibn Samura va Ubay ibn Ka’b (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Abbosningt hadisi hasan-sahih.
(Tag‘in) Ibn Abbos orqali Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallamdan «Kusuf namozi o‘qiganlari va to‘rt sajda muqobilida to‘rt ruku’ qilganlari» rivoyat qilingan. Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Ibn Abbosning bu hadisini Imom Al-Buxoriy va Muslim taxrij qilganlar. An-Navaviy bu hadis sharhida bunda deydi: «Buning sifati haqida ixtilof qilindi. Mashhur bo‘lgani - Shofi’iy mazhabida - kusuf namozi ikki rak’atdir va har bir rak’atida ikki qiyom, ikki qiroat va ikki ruku’ bor. Sajdalarga kelsak, sajdalari boshqa namozlarda bo‘lganidek, ikki sajdadir».
Ilm ahllari kusuf namozining qiroati masalasida ixtilof qildilar. Ba’zilari kunduzgi o‘qiladigan kusuf namozida qiroat maxfiy (ichda) o‘qiladi, degan fikrga ega bo‘ldilar. Ba’zilari esa hayit va jum’a namozlarida bo‘lganidek, qiroat jahriy (ovoz chiqarib) qilinadi, degan fikrdalar. Imomi Shofi’iy «Kusuf namozida jahriy o‘qilmaydi», dedi.
Har ikki rivoyat ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan sahih tarzida sobitdir: Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallam to‘rt sajda muqobilida to‘rt ruku’ qilganlari sahih tarzida rivoyat qilingan, shuningdek, to‘rt rak’at sajda muqobilida olti ruku’ qilganlari ham sahih tarzida rivoyat qilingan. Ilm ahllarining fikriga ko‘ra, bu namozni kusufning (quyosh yoki oy tutilishning) miqdoriga qarab o‘qimoq joiz. Agar kusuf (quyosh yoki oy tutilishi) cho‘zilsa, to‘rt sajda muqobilida olti ruku’ qiladi va bu joizdir. Agar (bu ahvolda) to‘rt sajda muqobilida to‘rt ruku’ qilsa, (unda) qiroatni cho‘zadi va bu (ham) joiz.
Birodarlarimiz (At-Termiziy muhaddislarni ko‘zda tutmoqdalar) quyosh yoki oy tutilganda kusuf namozi jamoat bilan o‘qiladi, degan fikrdalar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:47:14
559. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida quyosh tutildi va shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlar bilan namoz o‘qidilar. Qiroatni uzoq cho‘zdilar, keyin ruku’ qildilar va ruku’ni uzoq cho‘zdilar, keyin (ruku’dan) boshlarini ko‘tardilar va qiroatni cho‘zdilar, ammo oldingisidan ko‘ra qisqaroq qildilar; keyin ruku’ qildilar va ruku’ni cho‘zdilar, ammo oldingisidan ko‘ra qisqaroq qildilar; (ruku’dan) boshlarini ko‘tardilar va (izidan) sajdaga bordilar. Keyin ikkinchi rak’atda (ham) xuddi shunday qildilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Shofi’iy, Ahmad va Ishoq shu hadisni egallab, kusuf namozi (ikki rak’atda) to‘rt sajda muqobilida to‘rt ruku’ tarzida o‘qiladi, deb qaraydilar. Imomi Shofi’iy aytadi:
«Birinchi rak’atda «Fotiha»ni va «Baqara» surasiga yaqin bir surani, kunduz kuni bo‘lsa, ichida o‘qiydi, keyin xuddi qiroatdek uzoq ruku’ qiladi; keyin takbir aytib (ruku’dan) boshini ko‘taradi, yana boyagidek tik turgan holda «Fotiha»ni va «Oli Imron»ga yaqin bir surani o‘qiydi, keyin qiroatdek uzoq ruku’ qiladi, keyin (ruku’dan) boshini ko‘taradi va «Sami’allohu li man hamidah» deydi, keyin ikki to‘liq-to‘kis sajda qiladi va sajdada ruku’da qolgan miqdoricha qoladi; keyin qiyomga turib «Fotiha»ni va «An-Niso» surasicha bir surani o‘qiydi, keyin qiroatidek uzoq ruku’ qiladi, keyin takbir aytib boshini (ruku’dan) ko‘taradi va tik turadi, keyin «Al-Moida» surasicha bir surani o‘qiydi va qiroatidek uzoq ruku’ qiladi, keyin «Sami’allohu liman hamidah» deb tik turadi, keyin ikki sajda qiladi, keyin tashahhud o‘qiydi va salom beradi».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:48:54
394-BOB
MAVZU: KUSUF NAMOZIDA QIROATNING KAYFIYATI


560. Samura ibn Jundub (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizlarga kusuf (quyosh tutilishi) namozini o‘qib berdilar, biz u kishining ovozlarini eshitmadik».
Bu bobda Oisha (roziyallohu anho)dan hadis rivoyat qilingan.
Samura ibn Jundubning namozi hasan-sahih-g‘arib. Ba’zi ilm ahllari shu qavlga ega bo‘lganlar: Shofi’iyning qavli shu.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 05:49:59
561. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam kusuf (quyosh tutilishi) namozini o‘qidilar va bu namozda Qiroatni jahriy qildilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Abu Ishoq Al-Fazoriy, Sufyon ibn Xusayndan ayni shu hadisni uyqash tarzda rivoyat qildi. Molik, Ahmad va Ishoq shu hadisni qabul qilganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 06:11:44
395-BOB
MAVZU: SALOT UL-XAVF (XAVF TUG’ILGANDA O’QILADIGAN NAMOZ)


562. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ikki guruhning bir guruhi bilan (imom bo‘lib) bir rak’at xavf namozi o‘qidilar, ikkinchi guruh dushmanni kuzatib turdi. Keyin bular tisarilib, u (qo‘riqchi)larning o‘rnini egalladi, bularning o‘rniga ular keldi. (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam) ular bilan qolgan bir rak’atni o‘qidilar va o‘shalar ishtirokida salom berdilar. Keyin bular qiyomga turib, (imom bilan o‘qilmagan avvalgi) bir rak’atlarini o‘qib oldilar; anovilar esa turib (imom bilan o‘qilmagan oxirgi) bir rak’atlarini o‘qib oldilar».
Hadisning zohir ma’nosi - ikkinchi toifa imom bilan o‘qimagan birinchi rak’atni ado etganda ikkinchi guruh ikkinchi rak’atni o‘qigan. Ammo har ikki guruh o‘z namozlarini ketma-ket to‘ldirib o‘qiganlari ham ehtimoldir. Chunonchi, Abu Dovudning Ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan taxrij qilgan hadisida bunday deyiladi: «Keyin salom berdilar va bular (ya’ni ikkinchi guruh) o‘zlari mustaqil ravishda bir rak’at o‘qidilar, keyin salom berib ketdilar. Va anovilar (namoz) joylariga qaytdilar, o‘zlari mustaqil ravishda bir rak’at o‘qidilar va salom berdilar». Har ikki rivoyatdan ham ikkinchi guruh ikki rak’atni ketma-ket o‘qigani va faqatgina birinchi guruh ikki rak’atning orasini uzgani anglashiladi. Hanafiylar, ikkinchi guruh imomga ergashib ikkinchi rak’atni o‘qiganlaridan keyin, turib ketganlarini va birinchi guruh qolgan bir rak’atlarini o‘qib olganlaridan keyin, qaytib namozlarini to‘ldirib o‘qib olganlarini aytadilar.
Bu hadis (Ibn Umarning hadisi) hasan-sahih. Bu hadisni Muso ibn Uqba, Nofi’dan, Ibn Umardan, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan uyqash tarzda rivoyat qilgan.
Bu bobda Jobir, Huzayfa, Zayd ibn Sobit, Ibn Abbos, Abu Hurayra, Ibn Mas’ud, Sahl ibn Abi Hasma, Abu Ayyash Az-Zuraqiy - uning ismi Zayd ibn Somit - va Abu Bakra (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Molik ibn Anas «Salot ul-xavf» (borasi)da Sahl ibn Abi Hasmaning hadisini egallagan. Shofi’iyning qavli ham shu.
Imomi Ahmad aytadi: «Salot ul-xavf» borasida Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan muxtalif vajhlardan qilingan rivoyatlar bor. Bu bobda faqat bitta sahih hadisni bilaman va Sahl ibn Abi Hasmaning hadisini ixtiyor etaman».
Ishoq ibn Ibrohim ham shunday deydi. Aytadiki, «Solot ul-xavf» borasida Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan mutaaddid rivoyatlar sobit bo‘lgan». Ishoq ibn Ibrohim, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan «Salot ul-xavf» borasida rivoyat qilingan har shakl(dagi namoz) joiz va qo‘rkuvning miqdoriga qarab bu rivoyatlar bilan amal qilinadi, degan fikrdadir. Ishoq bunday deydi: «Sahl ibn Abi Hasmaning hadisini boshqa rivoyatlardan tarjih qilmoqchi (ustun qo‘ymoqchi) emasmiz».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 06:28:25
563. Sahl ibn Abi Hasma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; u «Salot ul-xavf» borasida bunday deydi: «Imom qiblaga ro‘baro‘ turadi, ulardan (musulmonlardan) bir guruhi imom bilan birga turadi, bir guruhi esa dushmanga qarama-qarshi - dushmanga yuzlanib turadi. Imom ular bilan bir ruku’ (va ikki sajda) qiladi (ya’ni bir rak’at o‘qiydi). Va bular turgan joylarida o‘zlari mustaqil ravishda bir ruku’ va ikki sajda qiladilar-da, keyin narigi guruhning istehkomiga boradilar, ular (esa bu yoqqa) keladilar. Imom bular bilan (ham) bir ruku’ va ikki sajda qiladi. Bas, (namoz) imom uchun ikki rak’at va ular uchun bir rak’at bo‘ladi. Keyin ular (o‘zlari) bir ruku’ va ikki sajda qilib oladilar».
Sahl ibn Abi Hasma Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam o‘qigan salot ul-xavfni bunday ta’rifilaydi: Musulmonlar ikki guruhga bo‘linadi, bir guruh dushmanga qarshi istehkomda turgan holda, imom bir guruhga bir rak’at o‘qib beradi. Imom ikkinchi rak’atning qiyomiga turganda iqtido qiluvchi guruh ikkinchi rak’atni o‘zlari mustaqil ravishda o‘qib, salom beradi-da, borib narigi guruhning istehkomini egallaydi. Imom qiyomda turib ikkinchi guruhni kutadi va ikkinchi guruh kelib, imomga iqtido qiladi. Shunday qilib, bular bilan ham bir rak’at o‘qiganidan keyin salom beradi. Ammo ular qiyomga turib, o‘zlari mustaqil bir rak’at o‘qib olib, salom beradilar.
Muhammad ibn Bashiyr aytadi: «Yahyo ibn Sa’id Al-Qattondan bu hadisni so‘radim, u menga Shu’badan, Abdurrahmon ibn Al-Qosimdan, uning otasidan, Solih ibn Xovvotdan, Sahl ibn Abi Hasmadan, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan, Yahyo ibn Sa’id Al-Ansoriyning hadisiga uyqash hadisni bayon qildi va aytdiki, «Bu hadisni uning yoniga yoz! Garchi hadis yodimda bo‘lmasa ham, ammo u Yahyo ibn Sa’id Al-Ansoriyning hadisi kabidir». Bu hadis hasan-sahih.
Yahyo ibn Sa’id Al-Ansoriy bu hadisni Al-Qosim ibn Muhammaddan marfu’ tarzida rivoyat qiladi. Yahyo ibn Sa’id Al-Ansoriyning birodarlari ham shu yo‘sin mavquf tarzida rivoyat qildilar. Shu’ba esa Abdurrahmon ibn Qosim ibn Muhammaddan marfu’ tarzida rivoyat qilmadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 06:28:46
564. Molik ibn Anas, Yazid ibn Rumondan, Sodih ibn Xovvotdan, Nabiy sallallohu alayhi va sallam bilan birga «salot ul-xavf» (xavf namozi)ni o‘qigan sahobadan rivoyat qilgan. Uyqash tarzda o‘tgan hadisning o‘zini zikr qildi.
Bu hadis hasan-sahih.
Molik, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shu.
«Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam ikki guruhning har biriga bir rak’at o‘qib berganlari va natijada Rasuli Akramniki ikki rak’at va ularniki bir rak’atdan bo‘lgani» bittadan ortiq kishidan rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 06:29:04
396-BOB
MAVZU: TILOVAT SAJDASI


565. Abud-Dardo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga o‘n bitta sajda(i) tilovat qildim. Shulardan bittasi «An-Najm» surasidagi sajdadir».
Bu bobda Ali, Ibn Abbos, Abu Hurayra, Ibn Mas’ud, Zayd ibn Sobit va Amr ibn Al-Os (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abud-Dardoning hadisi g‘arib. Bu hadisni yolg‘iz Sa’id ibn Abi Hilolning Umar Ad-Damashqiydan qilgan rivoyatidan bilayotirmiz.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 06:29:26
566. Umar ibn Hayyon Ad-Damashqiydan rivoyat qiyaindi; aytdi: «Bir muxbirdan (xabarchidan) eshitdim, Ummu Dardo orqali Abud-Dardoning bunday deb aytganini menga xabar qildi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga o‘n bitta sajda(i tilovat) qildim, shulardan bittasi «An-Najm» surasidagi sajdadir».
Bu rivoyat Sufyon ibn Vaki’ning Abdulloh ibn Vahb qilgan rivoyatidan ko‘ra sog‘lomroq.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 06:29:51
397-BOB
MAVZU: AYOLLARNING MASJIDLARGA CHIQMOQLARI


567. Mujohiddan rivoyat qilindi; aytdi: «Ibn Umarning huzurida ekanimizda bunday dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Ayollarga kechqurun masjidga chiqmoqlari uchun izn beringizlar!». Shunda Ibn Umarning o‘g‘li: «Alloh haqi, izn bermaymiz! Buni yomon niyatlariga bahona qilib olishadi!» dedi. Shunda Ibn Umar aytdiki, «Alloh senga bas kelsin, bas kelsin! Men: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar», deb turibman-u, sen «Izn bermaymiz» deysan-a!»
Ibn Umarning o‘g‘li (Umar ibn Al-Xattobning nevarasi) o‘sha vaqtda ayrim xotinlarning fasodi (buzuqchiligi)ni ko‘rib, musulmonlik nomini va irsini (nomusini) muhofaza qilmoq tarzida shu so‘zni aytgan.
«Alloh senga bas kelsin». Bu koyishni Abdulloh ibn Hubayra, Tabaroniy rivoyatida, «Uch marta la’nat aytmoq» tarzida tafsir qilgan.
Bu bobda Abu Hurayra, Abdulloh ibn Mas’udning jufti haloli Zaynab va Zayd ibn Xolid (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Umarning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 11:18:28
398-BOB
MAVZU: MASJIDDA TUPURMOQ KAROHAT EKANLIGI


568. Toriq ibn Abdulloh Al-Muhoribiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Namozda ekaningda o‘ng tomoningga tupurma. Va lekin (namozxon bo‘lmasa) orqangga yoki (hech kim bo‘lmasa) chap tomoningga yoxud chap oyog‘ing ostiga tupurgil!»
Og‘ziga kelgan balg‘amni qaytara olmasa va chiqarib tashlashga majbur bo‘lib qolsa, hech kim bo‘lmasligi sharti bilan, orqasiga yoki chap tomoniga tupuradi. Agar chap tomonida ham, orqasida ham odam bo‘lsa, unda yo chap oyog‘ining ostiga yoki etagining bir uchiga tupuradi. Bu holat sholcha, polos, gilam to‘shalmagan va osti qum yoki tuproq bo‘lgan masjidlarga tegishlidir. Narsa to‘shalgan masjidlarda faqat etagining bir uchiga tupuradi. Chunonchi, keyingi hadis bu hadis ma’nosini ta’kidlaydi.
Bu bobda Abu Sa’id, Ibn Umar, Anas va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Toriqning hadisi hasan-sahih. Ilm ahllari shu hadisni qabul qilganlar. Al-Joruddan eshitdim, aytadiki, «Vaki’ning bunday deganini eshitdim: «Rib’iy ibn Hiroj Islom dini mavzuida hech bir yolg‘on so‘zlamagan». Abdurrahmon ibn Mahdiy aytadi: «Mansur ibn Al-Mu’tamir - Kufa ahlining eng sog‘lomidir».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 11:19:06
569. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Masjidda (erga) tupurmoq xatodir va bu xatoning kafforati tupukni ko‘mmoqlikdir».
An-Navaviy bu hadis sharhida masjidda yerga tupurmoq qat’iyan xato ekanini, osti tunroq yoki kum bo‘lgan masjidlarda yerga tupurilganda o‘sha tupukni ko‘mish kerakligini aytadi.
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 11:20:56
399-BOB
MAVZU: «AL-ALAQ» VA «AL-INShIQOQ» SURALARIDAGI TILOVAT SAJDASI


570. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga «Al-alaq» va «Al-inshiqoq» suralarida sajda(i tilovat) qildik».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 11:21:11
571. Qutayba, Sufyon orqali, Yahyo ibn Sa’iddan, Abu Bakr ibn Muhammad ibn Amr ibn Hazmdan, Umar Abdulazizdan, Abu Bakr ibn Abdurrahmon ibn Al-Horis ibn Hishomdan, Abu Hurayradan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bayon qildi. O’tgan hadisning o‘zi. Bu hadisda bir-birlaridan rivoyat qilgan tobi’iyndan bo‘lmish to‘rt kishi bor.
Bu to‘rt tobi’iyn: Yahyo ibn Sa’id, Abu Bakr ibn Muhammad ibn Amr, Umar ibn Abdulaziz va Abu Bakr ibn Abdurrahmon ibn Al-Horis.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir: «Al-inshiqoq» va «Al-alaq» suralarida sajdai tilovat bor degan to‘xtamdalar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 11:22:53
400-BOB
MAVZU: «AN- NAJM» SURASIDAGI TILOVAT SAJDASI


572. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ul surada (ya’ni «An-Najm» surasida) sajda(i tilovat) qildilar. (O’sha yig‘inda bo‘lgan) musulmonlar ham, mushriklar ham, jin ham, ins ham sajda qilishdi».
Ibn Abbos bu hodisaga yetgan emas. Bu hadis sahobalar mursal tarzida rivoyat qilgan hadislardandir, barcha ilm ahllari sahobalarning mursal tarzida rivoyat qilgan hadislarni hujjat sifatida qabul qilganlar. Buxoriy va Muslim xuddi shu hadisni Ibn Mas’udning rivoyatidan taxrij qilganlar. Ibn Mas’ud rivoyatida bunday deyiladi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Van-najm»ni o‘qidilar, bu surada sajdai tilovat qildilar va (u kishining) yonidagilar ham sajda qilishdi. Ammo bitta chol bir hovuch qum yoki tuproqni olib, peshonasiga olib bordi-da: «Shu menga yetadi!» dedi. O’sha kishining keyinchalik kofir sifatida o‘ldirilganini ko‘rdim». O’sha kishi Umayya ibn Xalaf edi. U Badr g‘azotida musulmonlar tomonidan o‘ldirildi.
Imom An-Navaviy Muslimning kitobi sharhida aytadi: «(U kishining) yonidagilar ham sajda qilishdi» so‘zining ma’nosi shuki, bunda Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning qiroatini tinglagan musulmonlar, mushriklar, jin va inslar nazarda tutilgan. Ibn Abbos va boshqalar bu hadisni ochiq-ravshan zikr qilganlar. Hatto bu hadisa tufayli Makkaliklarning musulmon bo‘lganliklari shodiyonasi atrofga yoyiladi. Qozi Iyoz aytadi: «Ibn Mas’ud fikricha, sajda qilmoqlarining sababi shuki, bu sajda nozil bo‘lgan birinchi sajda edi». Qozi Iyoz bunday davom etadi: «Tarixchi va mufassirlarning: «Mushriklarning butlari («xudolari») «An-Najm» surasida Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning tili bilan maqtalganida mushriklar sajda qildi» deb ko‘rsatgan sabablari asossizdir. Bu rivoyat hech qaysi jihatdan, aql jihatdan ham, naql jihatdan ham - sahih emas. Chunki Allohdan boshqa narsani «xudo» deb madh etmoq kufrdir. Buni Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning tillariga oid qilib ko‘rsatmoq to‘g‘ri emas. Shayton esa Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning tili vositasida buni so‘zlay olmaydi. Shaytonga bunday kuch berilishi mutlaqo joiz emas». Qozi Iyoz G’oroniq hikoyasiga diqqatni tortadi va bu hikoya aqlan ham, naqlan ham sahih emasligini ta’kidlaydi. Chunonchi, bu qissa Qozi Iyoz va An-Navaviy bayon etgan vajhga ko‘ra, botil va marduddir. Chunki botil yoki zaif yoki mursal sanadlar bilan rivoyat qilingan. Sahih va muttasil biror sanadi yo‘q. Hofiz ibn Hajar «Fath ul-boriy»da bu qissaning sanadlariga ishorat qilib, bir qancha yo‘llardan rivoyat etilishi sababi bilan qissaning asl asosi topilganini iddao etishga uringan. Holbuki, mudhish bir xatoga yo‘liqqan. Har bir olimning bir zallasi (qoqilishi) bor, bu esa u kishining qoqilganidir. Alloh avf aylasin! «Yo‘llar ko‘payib, maxrajlar boshqa-boshqa bo‘lsa, bu o‘sha hodisaning yuz berganidan dalolat beradi» degan so‘zi umumiy bir qoida emas. Az-Zayloiy, «Nasb ur-roya» kitobida bunday deydi: «Bir qancha hadislar borki, roviylarining ko‘p va yo‘llarining mutaaddid bo‘lishiga qaramay, zaifdir: «At-toyr» hadisi, «Al-hajim val mahjum» hadisi singari. Hatto ba’zan yo‘llarning ko‘pligi hadisni yanada zaiflikka tushiradi».
Al-Kirmoniy mushriklarning musulmonlar bilan birga sajda qilganlari sabablarini bunday izohlaydi: «Chunki bu sajda nozil bo‘lgan ilk sajda ediki, mushriklar musulmonlarga muoraza qilish maqsadida o‘z ma’budlariga sajda qilishdi. Yoki beixtiyor va behuda sajda qilishdi. Yoki o‘sha yig‘inda musulmonlarga muxolafat qilishdan qo‘rqib sajda qilishdi». Hofiz ibn Xajar bu ehtimollarning uchalasi ham izohtalab ekanini aytadi va bunday deydi: «Bu qarashlarning birinchisi Qozi Iyozniki. Ikkinchi fikr esa Ibn Mas’ud hadisining shakliga (ifoda tarziga) ziddir. Ya’ni Ibn Mas’ud sajda qilmagan bitta chol bir hovuch qum olib, manglayiga tekkizganini rivoyat qiladi. Bu holat qarshisida mushriklar bosh urganlari va beixtiyor sajda qilganlari aytilmaydi. Uchinchi qarash esa yana uzoq ehtimoldir. Zero o‘sha mahalda mushriklar musulmonlardan emas, aksincha, musulmonlar mushriklardan xavfsirar edilar».
Bu bobda Ibn Mas’ud va Abu Hurayra (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Abbosning hadisi hasan-sahih. Ba’zi ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. «An-Najm» surasida sajdai tilovat bor, degan fikrdalar. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ba’zi ilm ahllari mufassalda sajdai tilovat yo‘q deb qaror qilishgan. Molik ibn Anasning qavli shu. Birinchi qavl sahihroq. As-Savriy, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoq birinchi qavlga ega bo‘lishgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 28 Dekabr 2008, 11:23:32
401-BOB
MAVZU: BU SURADA («AN-NAJM»)DA TILOVAT SAJDASI YO’Q EKANLIGI


573. 3ayd ibn Sobitp (roziyallohu anhu)dan rivoyash qilindi; aytpdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga «An-Najm» surasini o‘qib berdim, bu surada sajda qilmadilar».
Zayd ibn Sobitning hadisi hasan-sahih.
Ba’zi ilm ahllari bu hadisni ta’vil etib, bunday degan: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam (bunda) sajdai tilovatni tark etmoqlarining birdan-bir sababi shuki, (uni) o‘qib bergan Zayd ibn Sobit sajda qilmagach, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam ham sajda qilmaganlar».
Ya’ni sajdai tilovat bobida o‘qigan kishi tinglagan kishining imomidir. O’qigan Zayd sajda qilmagach, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam ham unga ittibo’ qilib, sajda qilmadilar. Sajdai tilovatda o‘qigan kishi tinglagan kishining imom ekanligiga dalolat qilgan dalillardan biri esa Abdulloh ibn Mas’udning Tamim ibn Hazlamga: «Sajda qil! Sajdai tilovatda imomimiz sensan!» degan so‘zidir. Tamim ibn Hazlam yosh bola edi va Abdulloh ibn Mas’udga sajda oyatini o‘qigan edi. Shuningdek, Zayd ibn Aslamdan rivoyat qilindi: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida sajda oyatini o‘qidi va Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sajda qilmoqlarini kutdi. Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallam sajda qilmagach, «Yo Rasululloh! Bu sajda oyatida sajdai tilovat yo‘qmi?» dedi. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam aytdilarki, «Albatta bor! Ammo sajdai tilovatda sen bizning imomimiz eding. Sajda qilsa eding, biz ham qilar edik».
Ilm ahllari: «Sajda uni eshitgan kishiga vojibdir» deydilar va tark etmoqka ruxsat bermaydilar. Aytadilarki, «Bir kishi tahoratsiz bo‘lgani holda (sajda oyatini) eshitsa, tahorat olgan zahoti sajda qiladi». Sufyon va Kufa ahlining qavli shu. Ishoq ham shu qavlga ega bo‘lgan. Ba’zi ilm ahllari esa bunday deydilar: «Sajdai tilovat faqatgina bu sajdani qilmoqchi va uning fazilatiga erishmoqchi bo‘lganlar uchundir. Bular sajdai tilovatni tark etmoqqa ruxsat beradilar va «xohlasa, qiladi» deydilar. Zayd ibn Sobitning: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga «An-Najm» surasini o‘qib berdim, bu surada sajda qilmadilar» degan hadisini va, shuningdek, Hazrati Umarning hadisini dalil sifatida ko‘rsatadilar. Chunonchi, Umar (roziyallohu anhu) minbarda sajda oyatini o‘qiganlarida tushdilar va sajda qildilar. So‘ng keyingi jum’a kunida yana sajda oyatini o‘qidilar va jamoat sajdai tilovat uchun hozirlandi. Shunda Hazrati Umar: «Sajdai tilovat bizga farz qilinmagan; xohlasak, qilamiz» dedilar. O’zlari sajda qilmadilar, ular ham sajda qilishmadi. Ayrim ilm axllari shu qavlga sohib bo‘lganlar. Shofi’iy va Ahmadning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:45:07
402-BOB
MAVZU: «SOD» SURASIDA TILOVAT SAJDASI


574. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Sod» surasida sajda qilganlarini ko‘rdim».
Ibn Abbos: «Holbuki, bu azoim (vojib) sajdalardan emas», dedi.
Bu hadis hasan-sahih.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ilm ahllari bu suraning sajdai tilovati borasida ixtilof qildilar: ba’zilari bu surada sajda qilinadi, degan fikrdalar. Sufyon, Ibnul-Muborak, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir. Ba’zi birlari esa bu Payg‘ambarning tavbasi ekanligini uqtirib, bunda sajda yo‘q, degan fikrga ega bo‘layotir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:45:39
403-BOB
MAVZU: «AL-HAJ» SURASIDA TILOVAT SAJDASI


575. Uqba ibn Omir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Dedimki, «Yo, Rasululloh! «Al-Haj» surasi unda ikki sajda (oyati) borligi uchun afzal qilindimi?» Aytdilarki: «Ha, (shundoq)! Kimki bu ikki sajdani qilmaydigan bo‘lsa, ularni (ikki sajda oyatini) o‘qimasin!..»
Bu hadisning sanadi uncha sog‘lom emas. Ilm ahllari bu masalada ixtilof qildilar. Umar ibn Al-Xattob va Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan bunday deganlari rivoyat qilindi: «Al-haj» surasi unda ikki sajda borligi uchun afzal qilindi!». Ba’zi birovlar esa bu surada bir sajda bor degan fikrdalar. Sufyon As-Savriy, Molik va Kufa ahlining qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:45:52
404-BOB
MAVZU: SAJDAI TILOVATDA O’QILADIGAN DUO


516. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Bir kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, dediki, «Yo Rasululloh! Kechasi uxlab yotib o‘zimni tush ko‘ribman. Tushimda bir daraxtning orqasida namoz o‘qiyotgan ekanman. Shunda men sajda qildim, mening sajdamga o‘sha daraxt ham sajda qildi. Shu asnoda daraxtning bunday deganini eshitdim: «Allohum-maktub liy biha ‘indaka ajron va zo’ ‘anniy biha vizron va ja’alhaliy ‘indaka zuxron. Va taqobbalha minniy, kama taqobbaltaha min ‘abdika Dovud» (Ma’nosi: «Allohim! Ushbu sajdam bois menga huzuringda ajr yoz va u bois gunohimni ketkaz va uni men uchun o‘z huzuringda zahira qil! Va buni mendan qabul ayla, xuddi bandang Dovud (alayhissalom)dan qabul aylaganingdek!») Al-Hasan aytadi: «Ibn Jurayj menga bunday dedi: «Sening bobong (Ubaydulloh ibn Abi Yazid) menga Ibn Abbosning bunday deganini naql etdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir sajda oyatini o‘qidilar-da, keyin sajda qildilar». Ibn Abbos aytadiki, «(Nabiy sallallohu alayhi va sallamning) xuddi o‘sha kishi xabar bergan tarzda daraxt aytgan (duo)ni aytganlarini eshitdim».
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bu tushni xabar qilgan kishi Abu Said Al-Xudriy ekanligi ma’lum qilingan. U bir farishta ekanligi ham aytilgan. Ammo bu uzoq bir ehtimoldir.
Bu bobda Abu Sa’id (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan.
Bu hadis g‘arib.
Buni Ibn Abbosning rivoyati sifatida bitta shu vajhdan bilayotirmiz.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:46:04
517. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tungi sajdai tilovatda bunday der edilar: «sajada vajhiyallaziy xoloqohu va shaqqo sam’ahu va basorohu bihavlihi va quvvatihi».
 Duoning ma’nosi: «Yuzim o‘zini yaratgan zotga, Uning qudrat-ta’siri va quvvati bilan, qulog‘iga eshitmoq va ko‘ziga ko‘rmoq xususiyatini ato aylagan zotga sajda qildi...».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:46:20
405-BOB
MAVZU: KECHQURUNGI VIRDINI KECHIKTIRIB, KUNDUZI QAZOSINI ADO ETGAN KISHI


578. Umar ibn Al-Xattob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alaqhi va sallam bunday dedilar: «Kimki (kechqurungi) virdini yoki undan bir qismini o‘qiyolmay uxlab qolsa, shunda (ertasi) bomdod namozi bilan peshin namozi orasida uni o‘qib olsa, bu vird unga tunda o‘qilgan kabi yozilgaydir».
Bu hadis hasan-sahih.
Abu Savfonning ismi - Abdulloh ibn Sa’id Al-Makkiy. Al-Humaydiy va ulug‘ muhaddislar undan (hadis) rivoyat qilganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:46:45
406-BOB
MAVZU: IMOMDAN OLDIN BOSHINI KO’TARGAN KISHI HAQIDA QATTIQ HUKM


579. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Muhammad sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Imomdan oldin boshini ko‘targan kishi, Alloh uning boshini eshakning boshiga aylantirib qo‘ymog‘idan qo‘rqmaydimi?».
Qutayba, Hammoddan naql etib, aytadiki, «Muhammad ibn Ziyod menga bunday dedi: «(Abu Hurayra) «ama yaxsha» dedi.
Bu so‘zdan maqsad quyidagicha ekanligi ichohlangan: Shu’ba bu hadisni Muhammad ibn Ziyod orqali Abu Hurayradan, «Sahihi Buxoriy»da keltirilganidek, «A-ma yaxsha av a-la yaxsha ahadukum» lafzi bilan rivoyat qildi. Boya eslangan Hammod Muhammad ibn Ziyoddan Abu Hurayra bu hadisni senga «A-ma yaxsha» deb bayon qildimi yoki «A-la yaxsha» tarzidami?» - deb so‘radi. Shunda Muhammad ibn Ziyod «Muhaqqaqki, «A-ma yaxsha» deb javob berdi.
Bu hadis hasan-sahih.
Muhammad ibn Ziyod Basralik bo‘lib, siqa (ishonchli)dir. Abul-Horis degan kunyasi bilan ataladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:47:09
407-BOB
MAVZU: FARZNI O’QIGANDAN KEYIN JAMOATGA IMOM BO’LGAN KISHI


580. Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Mu’oz ibn Jabal Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga shom namozini o‘qir va keyin o‘z qavmiga qaytib, ularga imomlik qilar edi».
Bu hadis hasan-sahih.
Birodarlarimizning aytishicha, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning amali shu hadis asosidadir: kishi o‘qib bo‘lgan farz namozida bir jamoatga imom bo‘lsa, unga iqtido qilgan kishilarning namozi joizdir. (Bunga) Jobirning Mu’oz qissasi haqidagi hadisni dalil sifatida ko‘rsatadilar.
Bu fatvo Imom Shofi’iy mazhabiga oid. Hanafiy mazhabidagilar xoh imom, xoh ergashuvchi bo‘lib bir vaqtning farzini ado qilsalar, boshqalar bilan yana shu farzni o‘qiy oladilar, faqat imom bo‘lmaslik sharti bilan.
Bu hadis sahih. Jobirdan mutaaddid vajhlardan rivoyat qilingan.
Abud-Dardodan rivoyat qilingan: Jamoat asr namozini o‘qib turganda masjidga kirgan va bu namozni peshin namozi deb gumon qilib, imomga iqtido qilgan kishining namozi haqida Abud-Dardodan so‘radilar. «Namozi joizdir», dedi.
Kufa ahlidan ba’zilari bunday deydilar: «Bir jamoat asrni o‘qiyotgan bir imomga, peshinni o‘qiyapti deb gumon qilib, iqtido etsa, imom ularga namozni o‘qib bersa va ular imomga ergashgan bo‘lsalar, imom bilan ma’mumning (ergashuvchining) niyati muxtalif (boshqa-boshqa) bo‘lgani bois muqtadiyning (ergashuvchining) namozi fosiddir».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:47:38
408-BOB
MAVZU: SOVUQDA VA ISSIQDA KIYIM USTIGA SAJDA QILMOQQA RUXSAT BORLIGI


581. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Peshin jaziramasida Nabiy sallallohu alayhi va sallamning orqalarida namoz o‘qigan paytlarimizda, issiqdan saqlanmoq uchun kiyimlarimiz ustiga sajda qilar edik».
Bu hadis hasan-sahih.
Bu bobda Jobir ibn Abdulloh va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Vaki’ bu hadisni Xolid ibn Abdurrahmondan rivoyat qildi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:48:05
409-BOB
MAVZU: BOMDOD NAMOZIDAN KEYIN TO QUYOSH (PORLAB) CHIQQUNICHA MASJIDDA O’TIRMOQ MUSTAHAB EKANLIGI


582. Jobir ibn Samura (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bomdod namozini o‘kib bo‘lgach, to quyosh (porlab) chiqqunicha namoz o‘qigan joylarida o‘tirar edilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:48:18
583. Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki bomdod namozini jamoat bilan o‘qisa, keyin to quyosh (porlab) chiqqunicha o‘girib Allohni zikr qilsa, keyin (turib) ikki rak’at namoz o‘qisa, unga bir haj va umraning savobidek savob berilgaydir!» (Anas) aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (uch marta): «To‘liq-to‘kis, to‘liq-to‘kis, to‘liq-to‘kis!» dedilar».
Bu hadis hasan-g‘arib.
Muhammad ibn Ismoil (Al-Buxoriy)dan Abu Zilol haqida so‘radim. «U hadisda o‘rta darajalidir», dedi. Muhammad (Al-Buxoriy) «Uning ismi Hilol», deydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:48:48
410-BOB
MAVZU: NAMOZDA YUZNI O’GIRIB QARAMOQ


584. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozda o‘ng tomonga va chap tomonga ko‘z qiri bilan boqar edilar. Bo‘yinlarini orqaga qayirmas edilar».
Bu hadis g‘arib.
Vaki’ bu hadis rivoyatida Al-Fazl ibn Musoga muxolafat qilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:51:32
585. Ikrima (roziyallohu anhu)ning ba’zi birodarlaridan rivoyat qilindi, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam namozda ko‘z qiri bilan boqar edilar». Va o‘tgan hadisni zikr qildi...
Bu bobda Anas va Oisha (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:51:44
586. Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga bunday dedilar: «Ey farzandim! Namozda aslo yuzingni o‘girib qarama! Chunki namozda yuzni o‘girib qaramoq halokatdir! Agar juda zarur bo‘lsa, (bu ishni) nafl namozlarida qil, farz namozlarida qilma!».
Bu hadis hasan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:51:53
587. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan namozda yuzni o‘girib qaramoq haqida savol qildim. Aytdilarki, «Bu bir ixtilos (qo‘chirma)dirki, shayton kishining namozidan shundoq o‘g‘irlaydi».
Bu hadis hasan-g‘arib.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:52:14
411-BOB
MAVZU: SAJDADA IMOMGA YETGAN KISHI NIMA QILADI?


588. Ali va Mu’oz ibn Jabal (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sizlardai birortangiz namozga kelsa va imomni (har qanday) bir hol ustida uchratsa, imom qilayotgan amalni qilsin».
Bu hadis g‘arib.
Bu hadis musnad tarzida bitta shu vajhdan rivoyat qilingan. Ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Aytdilarki, «Jamoatga kelgan kishi imomni sajdada topsa, darhol sajda qilsin. Holbuki, ruku’da imomga yetib ulgurmagan paytda bu rak’at hisoblanmaydi». Abdulloh ibn Al-Muborak sajdada imomga iqtido qilmoq jihatini ixtiyor etdi. Ba’zi ilm ahllaridan bunday degani rivoyat qilinadi: «Balki o‘sha sajdadan gunohlari avf etilgan holda boshini ko‘tarar».
Barcha imomlar mazhabiga ko‘ra, kishi ruku’da imomga yetsa, o‘sha rak’atni topgan bo‘ladi. Faqat ba’zi ilm ahllarigina, qiyomga va fotihaga yetmagan kishi, ruku’da imomga yetsa ham, o‘sha rak’at hisoblanmaydi, degan fikrda bo‘lishgan...
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:52:48
412-BOB
MAVZU: NAMOZ BOSHLANAYOTGANDA JAMOAT IMOMNI TIK TURIB KUTMOG’I KAROHAT EKANLIGI


589. Abu Qatoda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Namozga iqomat aytilganda, to mening (masjidga) chiqqanimni kurmagunlaringizcha o‘rinlaringizdan turmangizlar!»
Bu bobda Anas (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan. Faqat Anasning hadisi mahfuz (rojih) emas.
Abu Qatodaning hadisi hasan-sahih. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ba’zi ilm ahllari, jamoat imomni tik turib kutmog‘i makruh degan fikrdalar. Ba’zilari esa bunday deydilar: «Imom masjidda bo‘lsa, namoz uchun iqomat aytilganida, muazzin faqat «qod qomatis-solah» degan paytda o‘rinlaridan turadilar». Ibnul-Muborakning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:53:28
413-BOB
MAVZU: DUODAN OLDIN ALLOHGA HAMDU SANO VA ALLOHNING RASULIGA SALOTU SALOM AYTMOQ


590. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Namoz o‘qiyotgan edim. Nabiy sallallohu alayhi va sallam shu yerda edilar. Abu Bakr va Umar (roziyallohu anhumo) ham u kishi bilan birga edilar. O’tirgach, Allohga sano (aytish) bilan boshladim, keyin Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamga salovot aytdim, keyin o‘zim uchun duo qildim. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Tila, tilagan narsang senga berilgaydir! Tila, tilagan narsang senga berilgaydir!», dedilar.
Bu bobda Fazola ibn Ubayd (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan.
Abdullohning hadisi hasan-sahih. Ahmad ibn Hanbal bu hadisni Yahyo ibn Ahmaddan qisqa tarzda rivoyat qilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:53:59
414-BOB
MAVZU: MASJIDLARDA XUShBUY TUTATQILAR TUTATMOQ


591. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: Nabiy sallallohu alayhi va sallam mahallalarda masjidlar bino qilinmog‘ini, masjidlar toza-ozoda va xush bo‘yli qilib saqlanmog‘inn buyurdilar».
Sufyon ibn Uyayna hadisda vorid bo‘lgan «Ad-dur» so‘zini «Qaboil» (qabilalar)» tarzida tafsir qilgan. Bu so‘z «Al-mirqod»da bunday izohlanadi. Bu «Dor» kalimasining ko‘plik shaklidir. «Bino», «arsa (er maydoni)», «mahalla» degan ma’nolarni o‘zida mujassam qilgan bir nomdir. Bu o‘rinda «mahalla» degan ma’no ko‘zda tutilgan. Chunki, arablar bir qabila to‘plangan mahallani «Dor» deb ataydilar». Ibnul-Mulk fikricha, hadis, uylardagi bitta xonani ibodat uchun moslab qo‘yish ma’nosida kelgan. Ammo birinchi ma’nosi olingan va o‘sha ma’no asosida amal qilingan.
Har bir mahalla xalqi bir masjid bino qilsin, deb buyurmoqlarining hikmati, balki bir mahalla aholisi namoz uchun boshqa mahallaga borishlari yo imkonsiz, yoki mashaqqatli bo‘lishi mumkin va masjidda jamoat bilan namoz o‘qimoq fazilatidan mahrum qolishlari mumkin.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:54:11
592. Hannod, Abda va Vaki’ orqali Hishom ibn Urvadan bizga bayon qildi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam buyurdilar», - dedi va o‘tgan hadisning o‘zini zikr etdi.
Bu hadis birinchi hadisdan ko‘ra sahihroq.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:54:22
593. Ibn Abu Umar, Sufyon ibn Uyayna orqali Hishom ibn Urvadan, uning otasidan bizga bayon qildi: Nabiy sallallohu alayhi va sallam buyurdilar...» - dedi va o‘tgan hadisning o‘zini zikr qildi.
Sufyon «uylarda masjid qilinmog‘i»dan qabilalar ko‘zda tutilganini so‘zladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:54:43
415-BOB
MAVZU: KECHKI VA KUNDUZGI NAMOZLAR IKKI-IKKI RAK’ATDANDIR


594. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Tungi va kunduzgi namozlar ikki-ikki rak’atdir».
Shu’baning birodarlari Ibn Umar hadisining rivoyatida ixtilof qildilar. Birovi bu hadisni marfu’ tarzida, birovi esa mavquf tarzida rivoyat qildi.
Abdulloh ibn Umardan, Nofi’dan, Ibn Umardan, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan, ayni shu hadis uyqash tarzida rivoyat qilingan. Sahih bo‘lgan rivoyat Ibn Umar vositasida Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan va Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Tungi va kunduzgi namozlar ikki-ikki rak’atdir» deb aytgan hadisdir. Siqa (ishonchli) kishilar, Abdulloh ibn Umar vositasida Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan bu hadisni rivoyat qilganlar va hadisda kunduzgi namozni zikr etmaganlar. Ubaydullohdan, Nofi’dan, Ibn Umardan bunday deb rivoyat qilyndi: «Ibn Umar kechasi ikki-ikki rak’at, kunduzi to‘rt rak’at o‘qir edi».
Ilm ahllari bu hadisda ixtilof qildilar: «Ba’zilarining fikricha, tungi va kunduzgi namoz ikki-ikki rak’atdir. Shofi’iy va Ahmadning qavli shu. Ba’zilari esa tungi namoz ikki-ikki rak’at ekanligini aytishadi va kunduzgi o‘qiladigan nafl namozi, peshinning avvalgi sunnati va boshqa (to‘rt rak’atli) sunnat namozlari singari to‘rt rak’atdan o‘qiladi degan fikrga ega bo‘lishadi. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak va Ishoqning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:54:58
416-BOB
MAVZU: PAYG’AMBAR SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAM KUNDUZI O’QIGAN TATAVVU’ NAMOZLARI (IXTIYORIY, SUNNAT, MUSTAHAB VA NAFL NAMOZLARI)


595. Osim ibn Zomradan rivoyat qilindi: «Ali (roziyallohu anhu)dan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kunduzgi namozlari haqida so‘radik. Shunda «Sizlarning bunga toqatlaringiz yetmaydi!» dedilar. («Balki) birortamizning toqati yetar» dedik. Shunda aytdilarki, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, quyosh mana bu yokdan (sharqdan) chiqib yuksalib, asr vaqtida ana u yoqdan (g‘arbdan) yuqorida (bir xil yuksaklikda) turgandek bo‘lganida ikki rak’at namoz o‘qir edilar. Quyosh mana bu yoqdan yuksalib, peshin vaqtida ana u yoqdan yuqorida turgandek bo‘lganida to‘rt rak’at o‘qir edilar. Peshinning farzidan oldin to‘rt rak’at va farzidan keyin ikki rak’at o‘qir edilar. Asrning farzidan oldin to‘rt rak’at o‘qir edilar va maloikai muqorrabinga, anbiyo va mursalinga, mo‘‘min va musulmonlarga salom berishlik bilan har ikki rak’at orasini ajratar edilar».
Bu namoz Zuho namozidir. Buning ishroq namozi ekanligi ham bayon qilingan. Ba’zilar esa bu namozni «Zahvai sug‘ro» (kichik zuho, choshgoh) deb va hadisda kelgan ikkinchi namozni esa «Zahvai kubro» (katta zuho) deb nomlaydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:55:22
596. Muhammad ibn Al-Musanna, Muhammad ibn Ja’far vositasida Shu’badan, Abu Ishoqdan, Osim ibn Zomradan, Hazrati Alidan, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan bizga bayon qildi... O’tgan hadisning o‘zi...
Bu hadis hasan. Ishoq ibn Ibrohim aytadi: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning kunduzga tatavvu’ yamozlari haqida rivoyat qilingan eng yaxshi hadis shudir». Ibnul-Muborakdan bu hadisni zaif ko‘rgani rivoyat qilingan. Bizningcha, bu hadis zaif ekanligining yagona sababi shuki, Allohu a’lam - chunki bu hadis shu tarzda Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan bitta shu vajhdan rivoyat qilingan. Osim ibn Zomra, ba’zi muhaddislar nazdida siqa. Ali ibn Al-Madiniy, Yahyo Sa’id Al-Qatton vositasida Sufyonning bunday deganini ma’lum qildi: «Osim ibn Zomraning rivoyati Al-Horisning rivoyatidan ustunligani bilar edik».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:56:03
417-BOB
MAVZU: AYOLLAR KIYIMINI KIYIB NAMOZ O’QIMOQ KAROHAT EKANLIGI


597. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi;aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayollar libosida namoz o‘qimas edilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Bu Hususda Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan ruxsat ham rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:56:14
418-BOB
MAVZU: NAFL NAMOZIDA JOIZ BO’LGAN YURMOQLIK VA AMAL (BIROR ISH BAJARMOQLIK)


598. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Kelsam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyda namoz o‘qiyotgan ekanlar, eshik ustlaridan yopiq edi. Shunda yurib kelib menga eshikni ochdilar, keyin yana joylariga qaytdilar». Oisha (onamiz) bu eshik qibla tomonda edi, deb sifatladilar.
Ibn Raslon, bu yurmoklikni bir qadam yoki ikki qadamlik yurish deb yeki to‘xtab-to‘xtab yurmoqlik deb aytadi. Ash-Shavqoniy esa bu qaydni o‘rinsiz deb biladi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam eshikni ochganlaridan keyin joylariga qaytganlari orqaga tisarilib-tisarilib yurish bilan voqe’ bo‘lgan. Abu Dovudning rivoyatida namoz joylariga qaytganlari ta’kidlangan.
Bu hadis hasan-g‘arib.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:56:36
419-BOB
MAVZU: BIR RAK’ATDA IKKI (ZAM) SURA O’QIMOQ


599. Al-A’mashdan rivoyat qilindi; aytdi: «Abu Voildan eshitdim, dediki, «Bir kishi Abdulloh (ibn Mas’ud)dan (Qur’ondagi) ushbu «g‘oyri oosinin» yoki «yoo sinin» so‘zlari qanday qiroat qilinishini so‘radi.* (Abdulloh) aytdi: Shundan (shu qiroatdan) boshqa butun Qur’onni (ma’nosini fahmlab) o‘qidingmi?» «Ha», dedi. Abdulloh aytdiki, shundaylar borki, Qur’onni o‘qiydi-yu, uni xuddi (sifati) past xurmo (donalari)dek sochadi. Qur’on ularning taroqiyalaridan (bo‘g‘izlaridan) nariga o‘tmaydi. Men, bir-biriga o‘xshash shunday suralarni bilamanki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni qo‘shib-birlashtirib o‘qir edilar». Shunda biz Alqamaga buyurdik, u (Abdulloh Ibn Mas’uddan bir-biriga o‘xshash suralarni) so‘radi. (Abdulloh ibn Mas’ud) aytdi: «Mufassal suralardan yigirmata borki, Nabiy sallallohu alayhi va sallam har rak’atda (ulardan) har ikki surani birlashtirib o‘qir edilar».
* Bu savol «Muhammad» surasidagi 15-oyatning qiroati haqidadir. «Sunani Termiziy»ning Misr nusxalaridan birida bu hadis 602 raqami bilan belgilangan. Uning izohida, jumladan, bunday deyiladi: «Bu qiroat mashhur yetti xil qiroatdan emas va o‘n xil qiroatga ham doxil emas...»
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:56:56
420-BOB
MAVZU: MASJID SARI YURMOQNING FAZILATI VA XAR BIR QADAMGA YOZILADIGAN SAVOB


600. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Bir kishi chiroylik tahorat olishlik bilan tahorat olsa, keyin namozga chiqsa uni (uyidan) faqatgina namoz chiqarsa (yoki «qo‘zg‘otsa» dedilar), bosgan har bir qadami uchun Alloh uning darajasini yuksaltirgaydir yoki har bir qadami uchun uning bir xatosini ketkazgaydir».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:57:29
421-BOB
MAVZU: SHOMDAN KEYIN UYDA NAMOZ O’QIMOQ YANADA FAZILATLIROQ EKANLIGI


601. Ka’b ibn Ujra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Bani Abdulashhal masjidida shom namozini o‘qidilar. (So‘ng) odamlar nafl namolini o‘qishga turishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu namozni uylarda o‘qiigizlar...» - dedilar.
Bu hadis g‘arib.
Uni bitta shu vajhdan bilayotirmiz. Sahih bo‘lgani - Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilingan hadisdirki, (unda) Ibn Umar bunday deydi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam shomdan keyingi ikki rak’at namozni uylarida o‘qir edilar».
Huzayfa (roziyallohu anhu)dan esa bunday rivoyat qilingan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shom namozini o‘qidilar va keyin to xufton namozini o‘qigunlaricha masjidda namoz o‘qib turdilar».
Bu hadisda Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam shomning farzidan keyingi ikki rak’atni uyda o‘qiganlariga doir dalolat bor.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:58:02
422-BOB
MAVZU: KISHI MUSULMON BO’LGANIDA G’USL QILMOG’I


602. Qays ibn Osim (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «U (Qays) Islomga kirdi va shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga suv bilan va sidra bilan g‘usl qilmokni buyurdilar.
Sidra - yovvoyi gilos deyilgan bir daraxt. Uning yaproqlarini kuritib, o‘sha bilan hammomda g‘usl qiladilar.
Bu bobda Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan.
Bu hadis hasan. Uni bitta shu vajhdan bilayotirmiz. Ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Islomni qabul qilgan kishining g‘usl qilmog‘ini va kiyimlarini ham yuvmog‘ini mustahab ko‘radilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:58:22
423-BOB
MAVZU: XALO JOYGA KIRAYOTGANDA «BISMILLOH» DEMOQ


603. Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jinning ko‘zlari bilan Odam farzandlarining avrat (joylar)i orasida parda-to‘siq bo‘ladigan narsa - Odam farzandlaridan birontasi xalo joyga kirayotganida «Bismilloh» demog‘idir».
Hojatxonaga kirishda o‘qiladigan duo so‘zlari «Tahorat boblarishing 4-bobida bayon etilgan.
Bu hadis g‘arib.
Uni bitta shu vajhdan bilayotirmiz va isnodi sog‘lom emas. Anas (roziyallohu anhu) orqali Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan bu mavzuda (shunga o‘xshash) bir narsa (hadis) rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:58:48
424-BOB
MAVZU: SAJDA VA TAHORAT ASARLARI QIYOMAT KUNIDA BU UMMATNING SIYMOSIDA KO’RINMOG’I


604. Abdulloh ibn Busr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Qiyomat kunida ummatim(ning siymosi) sajda asaridan oppoq-yarqiroq va tahorat ta’siridan porloq-yaltiroqdur!»
Bu hadis ushbu vajhdan Abdulloh ibn Busr rivoyati sifatida hasan-sahih-g‘arib.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:59:04
425-BOB
MAVZU: TAHORATNI O’NG TOMON A’ZOLARIDAN BOSHLAMOQ MUSTAHAB EKANLIGI


605. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tahorat olsalar - tahoratda, (soch-soqol) tarasalar - taramoqlikda va (poyabzal) kiysalar - kiymoqlikda o‘ngdan boshlashni sevar edilar».
Abush-Sha’sha’ning ismi - Sulaymon ibn Asvad Al-Muhoribiy.
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 00:59:38
426-BOB
MAVZU: TAHORATGA YETGULIK SUVNING MIQDORI


606. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Tahoratda ikki ratl (salkam ikki litr) suv yetarlidir».
Hadisning zohir ma’nosi shu: ikki litrdan oz bo‘lgan suv miqdori tahorat uchun kifoya qiladi, deyiladi. Holbuki, bu Abbod ibn Tamimning Ka’b qizi Ummu Ammor orqali Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan hadisiga ziddir. O’sha hadisda Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam «mudd»ning uchdan bir qismi bilan tahorat olganlari ma’lum qilinganki, «mudd» -Abu Hanifaning fikrlariga ko‘ra ikki litrdir.
Bu hadis g‘arib.
Uni yolg‘iz Shorikning rivoyatidan va shu lafz holida bilmoqdamiz.
Shu’ba, Abdulloh ibn Abdulloh ibn Jabr orqali Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilgan: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir makkuk suv bilan tahorat olar edilar va besh makkuk (suv) bilan g‘usl qilar edilar».
Makkuk - suv o‘lchagich bir idish. An-Navaviy: «Makkuk»dan mudd ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin» deydi. «Majma’-ul-bixor» muallifi esa bunday deydi: «Makkuk»dan mudd ko‘zda tutilgan. So’ qasd etilgani ham aytilgan. Ammo birinchi qavl muvofiqroq».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:00:00
427-BOB
MAVZU: EMIZIKLI O’G’IL BOLANING SIYDIGI USTIDAN SUV QUYIB TOZALAMOQ


607. Ali ibi Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam zmizikli o‘g‘il bolaning siydigi borasida bunday dedilar: «O’g‘il bolaning siydigi ustiga suv quyiladi, qiz bolaning siydigi yuvib tashlanadi».
Qatoda aytadi: «Bu (hol) ovqat yeya boshlashidan oldindir. Ovqat yeya boshlaganda, har ikkovining siydigi yuvib tashlanadi».
Imom At-Termiziy «Tahorat boblar»ida bu masala uchun maxsus bob ajratganlarki, bu hadisni ushbu o‘rinda zikr qilmoqlarining sababi ma’lum bo‘lmayotir. (Balki ushbu boblar so‘ngida avvalini qayta eslash uchundir). 54-bob, 71-hadisga qarang.
Bu hadis hasan.
Hishom Ad-Dastavoiy bu hadisni Qatodadan marfu’ tarzida rivoyat qildi. Sa’id ibn Abu Aruba esa mavquf tarzida rivoyat qiladi va hadisni raf’ etmaydi (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga(cha) yuksaltirmaydi).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:00:16
428-BOB
MAVZU: TAHORAT OLGAN JUNUB KISHIGA OVQAT YEMOQQA VA UXLAMOQQA RUXSAT BORLIGI


608. Ammor (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, junub bo‘lgan knshiga, ovqat yemoqchi yoki (ichimlik: choy, suv, sut) ichmoqchi yoki uxlamoqchi bo‘lsa, xuddi iamozga tahorat olgandek tahorat olsin, deb ruxsat berdilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:00:27
429-BOB
MAVZU: NAMOZNING FAZILATI


609. Ka’b ibn Ujra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga bunday dedilar: «Ey Ujraning o‘g‘li Ka’b! Mendan keyin keladigan amirlardan sen uchun Allohdan panoh tilaiman! Kimki ularning eshiklaridan ichkari kirsa, ularning yolg‘onlarini tasdiq etsa va zulmlarida yordamchi bo‘lsa, u mendan emasdir va men ham undan emasdirman! (Ertaga u) menga, Havz(i Kavsarim)ga yaqin yo‘lay olmas!.. Va kimki, xoh ularning eshiklaridan ichkari kirsin, xoh kirmasin, ularning yolg‘onlarinn tasdiq etmasa va zulmlarida yordamchi bo‘lmasa, ana u mendandir va men ham undandirman! (Ertaga u) menga, Havz(i Kavsarim)ga kelgaydir. Ey Ujraning o‘g‘li Ka’b! Namoz burhondir (iymonning dalil-hujjatidir). Ro‘za - mustahkam qalqondir! Sadaqa - gunohni o‘chirgaydir, xuddi suv olovni o‘chirganidek! Ey Ujraning o‘g‘li Ka’b! Bilginki, haromdan oziqlanib kattargan go‘sht uchun (jasad uchun) faqatgina olov avlodir!..» Bu hadis hasan-g‘arib.
Uni bittta shu vajxdan bilayotirmiz. Muhammad (Al-Buxoriy)dan bu hadis haqida so‘radim, uni tanho Ubaydulloh ibn Musoning rivoyati tarzida bilishini aytdi va chindan g‘arib deb topdi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:00:46
610. Muhammad (Al-Buxoriy) aytdi: Ibn Numayr, Ubaydulloh ibn Muso orqali G’olibdan naql etib, buni (o‘tgan hadisni) bizga bayon qildi.
Bu oddingi hadisning ikkinchi sanadidir. Termiziy, o‘z odatlariga ko‘ra, sanadi o‘zgargan bir hadisning faqat sanadinigina zikr qiladilar. Keyinchalik, tartib taqozosi bilan bu tur hadislarga ham yangi raqam qo‘yilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:01:29
430-BOB
MAVZU: O’TGAN MASALA (YA’NI, NAMOZNING FAZILATI)


611. Abu Umoma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdim, Vido hajlarida xutba o‘qiyotib, aytdilar: «Rabbingiz Allohdan qo‘rqingizlar va besh vaqt namozingizni o‘qingizlar! (Ramazon) oyingiz ro‘zasini tutingizlar! Mollaringiz zakotini beringizlar! Boshliqlaringizga itoat etingizlar! (Ana shu taqdirda) Robbingizning Jannatiga kiringizlar!..»
Sulaym ibn Omir aytadi: «Abu Umomaga: «Necha yoshingda bu hadisni eshitding?» dedim. «O’ttiz yoshning bolasi ekanimda (ya’ni o‘ttiz yoshimda) eshitdim!..» - dedi.
Bu hadis hasan-sahih.
«Za-amrikum» birikmasining aynan muqobili «Ishlaringizning egasi» bo‘ladi. Ya’ni davlat va jamiyat ishlaringizni yuritadigan va idora qiladigan kishilar degani. Al-Qoriy (Aliyul-Qoriy hazratlari) buning tafsirida bunday deydi: «Ya’ni xalifa, hukmdor va boshqa davlat kishilari. Yoki (har fandagi) olimlar. Yoki, yanada kengroq ma’noda musulmonlarga oid ishning boshiga qo‘yilgan har qanday bir shaxs». Ammo... maqom va rutbasidan qat’i nazar, gunoh ishlarda bandaga itoat etishlik yo‘q. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam Allohga qarshi osiylik, gunoh-ma’siyat bo‘lgan so‘zda, ish va harakatlarda bandaga itoat etmoqni man’ qilganlar. (Chunonchi hech qaysi bir aqlli yo‘lboshchi o‘z xalqini gunoh ishlarga buyurmaydi).

NAMOZ BOBLARI NIHOYASIGA YETDI
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:02:36
:bs1:

ZAKOT KITOBI

Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra at-Termiziy aytadi(lar)...

RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAMDAN RIVOYAT QILINADI

1-BOB
MAVZU: ZAKOT BERMAGANLIK BORASIDA PAYG’AMBAR SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAMNING BILDIRGAN OG’IR HUKMLARI


612. Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldim, u zot Ka’baning soyasida o‘tirgan ekanlar. Mening yaqinlashayotganimni ko‘rib, bunday dedilar: «Ka’baning Parvardigori haqi! Qiyomat kunida xosiriynlar - boy berganlar o‘shalardir!». Abu Zarr aytadi: «Mendan nima o‘tdi ekan? Men haqimda biror narsa nozil bo‘ldimikin?» deb o‘yladim, aytdimki, «Ota-onam sizga fido bo‘lsin (Yo Rasululloh!) Ular kimlar?» Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Ular mol-davlati ko‘p bo‘lgan kishilardir. Illo ikki qo‘li orasidan, o‘ngidan va chapidan (xayrli ishlarga) sochgan kishi bundan mustasno!..» Keyin bunday dedilar: «Jonim qudrati qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, bir kishi, zakotini bermasdan tuya yoki sigir qoldirib, o‘lsa, qiyomat kunida u o‘z aslidan kattakon va semiz holda egasining oldiga kelgaydir. Uni tuyoqlari bilan tepkilab, shoxlari bilan suzgaydir. Mollarining oxirgisi (ishini) bitirishi bilan, birinchisi uning ustiga qaytgaydir. To insonlar orasida hukm qilingunicha (bu hol davom etgaydir!)...»
Bu bobda Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan shunga o‘xshash hadis rivoyat qilindi. Ali ibn Abu Tolib (karromallohu vajhahu) bunday deganlari rivoyat qilindi: «Zakot bermagan kishi la’natlandi!» (Shuningdek, bu bobda) Kabisa ibn Hulb vositasida uning otasi Hulbdan, Jobir ibn Abdulloh va Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan.
Abu Zarrning hadisi hasan-sahih.
Abu Zarrning ismi - Jundub ibn As-Sakan. U Junodaning o‘g‘li deb ham aytiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:02:47
613. Abdulloh ibn Munir bizga Ubaydulloh ibn Musodan, Sufyon As-Savriydan, Hakim ibn Ad-Daylamdan naql etib, Zahhok ibn Muzohimning bunday deganini bayon qildi: «Mol-davlati ko‘p bo‘lgan kishilar - o‘n mingi bo‘lgan kishilardir».
Termiziy tobi’iyndan bo‘lmish Zahhok ibn Muzohimning 612-raqamli hadis borasidagi tafsirini bu o‘rinda irshod etmoqdalar. Qozi Abu Bakr Ibnul-Arabiy, «o‘ng ming» deganda dirham ko‘zda tutilganini bayon qiladi. Dirham esa o‘n to‘rt qiyrotdan iborat kumush tangadir. Shar’iy qiyrot - o‘rtacha besh dona arpa og‘irligida ekani ta’kidlanadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:03:13
2-BOB
MAVZU: ZAKOTNI BERSANG, O’Z ZIMMANGDAGI (HAQ)NI ADO QILGAN BO’LURSAN


614. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Molingning zakotini bersang, albatta, o‘z zimmangdagi (ish)ni ado qilgan bo‘lursan!».
Bu hadis g‘arib.
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan mutaaddid vajhlardan rivoyat qilindiki, «U zot zakotni gapirdilar, shunda bir kishi: «Yo Rasululloh! Zakotdan boshqa zimmamga yuklangan biror narsa bormi?» dedi. «Yo‘q. Faqat ixtiyoriy tarzda!..» dedilar.
Ibn Xujayra bu - Abdurrahmon ibn Xujayra Al-Basriydir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:09:05
615. Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Bizlar Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida bo‘la turib, koshki bir aqlli a’robiy (badaviy) kelsayu (so‘z) boshlab, u zotdan (biror) savol so‘rasa, deb orzu qilar edik. Shunday holatda turgan paytimizda bir a’robiy keldi-yu huzurlarida tiz cho‘kib o‘tirdi. (So‘ng) dediki, «Yo Muhammad! Sizning jo‘natgan elchingiz bizlarga kelib, aytdiki, siz Alloh tomonidan yuborildim, deb aytar ekansiz?...». Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Shundoq» dedilar. A’robiy aytdi: «Osmonlarni yuksak ko‘tarib qo‘ygan, yerni tekis yoyib qo‘ygan, tog‘larni tiklab qo‘ygan zot haqi, ayting, sizni Alloh yubordimi?». Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Shundoq» dedilar. A’robiy aytdi: «Sizning elchingiz bizlarga aytdiki, siz zimmamizga bir kecha-kunduzda besh vaqt namoz farz qilindi, deb aytar ekansiz». Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Shundoq» dedilar. Dediki, «Sizni yuborgan zot haqi, ayting, buni sizga Alloh buyurdimi?» (Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Shundoq» dedilar). A’robiy aytdi: «Sizning elchingiz bizlarga aytdiki, siz, zimmamizga yilda bir oy ro‘za tutmoqlik farz qilindi, deb aytar ekansiz?...» Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Rost aytibdi» dedilar. Dediki, «Sizni yuborgan zot haqi, ayting, buni sizga Alloh buyurdimi?» Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Shundoq» dedilar. A’robiy aytdi: «Sizning elchingiz bizlarga aytdiki, siz, mollarimizdan zakot bermoqlik zimmamizga qo‘yildi, deb aytar ekansiz?...» Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Rost aytibdi, dedilar. Dediki, «Sizni yuborgan zot haqi, ayting, buni sizga Alloh buyurdimi?» Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Shundoq» dedilar. A’robiy aytdi: «Sizning elchingiz bizlarga aytdiki, siz, yo‘lga kuchi yetganlar zimmasiga Baytullohni haj qilmoqlik farz qilindi, der ekansiz?» Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Shundoq» dedilar. Dediki, «Sizni yuborgan zot haqi, ayting, buni sizga Alloh buyurdimi?» «Shundoq» dedilar. Shunda A’robiy aytdi: «Sizni haq bilan yuborgan zotga qasamki, bulardan biror narsani kam ham qilmayman, biror narsani ortiq ham qilmayman!...» Keyin sakrab turdi... (So‘ng) Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam: «A’robiy o‘z so‘zida tursa, albatta Jannatga kiradi!..» — deb aytdilar.
Bu hadis ushbu jihatdan hasan-g‘arib.
Anas orqali Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan boshqa jihatdan ham rivoyat qilingan.
Muhammad ibn Ismoil (Al-Buxoriy)dan eshitdim, aytadiki, «Ba’zi muhaddislar, (ma’lumotni) olim kishiga o‘qib arz etmogi (xuddi) undan eshitmog‘i kabi joiz, deb aytishdi». A’robiyning Payg‘ambar sallallohu alayxi va sallamga qilgan arzini va Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam uning arzini iqror qilganlarini (bunga) dalil qilib ko‘rsatishadi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:09:17
3-BOB
MAVZU: OLTIN VA KUMUSHNING ZAKOTI


616. Ali (karromallohu vajhahu)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu, alayhi va sallam bunday dedilar: «(Tijorat uchun bo‘lmagan) yilqi va qul zakotidan (sizlarni) ozod etdim. Bas, kumushning zakotini keltiringizlar! Qirq dirhamdan bir dirham (berilur). To‘qsonda va yuzda menga beradigan hech narsangiz yo‘q. To‘liq ikki yuzga yetganda esa, unda besh dirham bordur».
Bu bobda Abu Bakr As-Siddiq va Amr ibn Hazm (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilindi.
Bu hadisni Al-A’mash, Abu Avona va tag‘in boshqalar Abu Ishoqdan, Osim ibn Zamradan. Ali (roziyallohu anhum)dan rivoyat qildilar. Sufyon As-Savriy, Ibn Uyayna va bittadan ko‘p kishi esa shu hadisni Abu Ishoqdan, Al-Horisdan, Ali (roziyallohu anhum)dan rivoyat qiladilar. Bu hadisni Muhammad ibn Ismoil (Al-Buxoriy)dan so‘radim, shunda bunday deydi: «Abu Ishoqdan kelgan har ikki rivoyat ham, menimcha, sahih. Abu Ishoq, ehtimol, ularning (Osim ibn Zamra bilan Al-Horisning) har ikkalovidan rivoyat qilgandir».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:09:27
4-BOB
MAVZU: TUYA VA QO’YNING ZAKOTI


617. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam zakotnoma yozdilar va qilichlariga bog‘langan bu zakotnomani ish ko‘ruvchi voliylariga chiqarmay turib vafot etdilar.* U zot qazo qilgach, Hazrati Abu Bakr (roziyallohu anhu) to vafotlariga qadar o‘sha bilan amal qildilar. Va (Hazrati) Umar (roziyallohu anhu) to vafotlariga qadar o‘sha bilan amal qildilar. O’sha zakotnomada (ushbular) bitilgan edi: «Besh tuyada — bir qo‘y. Va o‘n tuyada - ikki qo‘y. Va o‘n besh tuyada - uch qo‘y. Va yigirma tuyada - to‘rt qo‘y. Yigirma besh tuyadan to o‘ttiz besh tuyagacha - ikki yashar bir urg‘ochi bo‘taloq. O’ttiz beshtadan oshib, qirq beshtaga qadar yetsa - uch yashar bir urg‘ochi bo‘taloq. Qirq beshtadan oshgach, oltmishtaga qadar yetsa - to‘rt yashar bir bo‘ta. Oltmishtadan oshgach, yetmish beshtaga qadar - besh yashar bir urg‘ochi tuya. Yetmish beshtadan oshgach, to‘qsontaga qadar yetsa - uch yashar ikki urg‘ochi bo‘ta. To‘qsontadan oshgach, yuz yigirmataga qadar yetsa - to‘rt yashar ikki urg‘ochi bo‘ta. Yuz yigirmatadan oshgach, har ellikta (tuya) uchun — to‘rt yashar bir urg‘ochi bo‘ta va har qirqta (tuya) uchun - ikki yoshga to‘lib, uch yoshga o‘tgan bir urg‘ochi bo‘ga. Qo‘ylarda esa har qirqta qo‘yda yuz yigirmataga qadar bo‘lsa - bir qo‘y. Yuz yigirmatadan oshgach, ikki yuztaga qadar bo‘lsa - ikki qo‘y. Ikki yuztadan oshgach, uch yuztaga qadar - uch qo‘y. Uch yuztadan oshgach, har yuz qo‘ydan - bir qo‘y. Keyin uch yuztadan oshib, to‘rt yuztaga yetgunicha - hech narsa (zakot) yo‘q. Zakot (berish)dan qo‘rqib, ayri-ayri (suruv)lar bir-biriga qo‘shib yuborilmaydi va jamlangan (suruv)lar bir-biridan ajratilmaydi.** Suruv qo‘shilgach, egalari bir-birlariga tengma-teng yeaviyada qaraydilar.*** Qarigan va nuqsoni bo‘lgan jonivorlar zakot sifatida olinmaydi».
* Iboradaga takdim va ta’xir nazari e’tiborga olinib, tarjima etildi. Muborakfuriy, Termiziy kitobi sharhiga bag‘ishlangan. «Tuhfat-ul-ahvoziy» asarida mazkur ta’birdagi takdim va ta’xirga ishorat qiladi. Abut-Toyyib As-Sindiy aytadi: «Zakotnomaning qilichga bog‘lanmoqligida zakot bermaganlarga qarshi jang qilishga doir ishorat bor. Chunonchi, Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu)ning xilofati davrida zakot bermagan kishilar bo‘lgan va ularga qarshi jang qilingan».
** «Zakot (berish)dan qo‘rqib, ayri-ayri (suruv)lar bir-biriga qo‘shib yuborilmaydi va jamlangan (suruv)lar bir-biridan ajratilmaydi» so‘zini Imom Molik bunday izohlayd»: «Uch kishi bo‘ladiki, har bittasining qirqtadan qo‘yi bor va zakot bermoqlari vojib. Bular, uchchalasining molidan, bitta qo‘y berish vojib bo‘lmog‘i uchun suruvlarini bir-biriga qo‘shib yuborishadi. Yoki ikki kishining ikki yuz ikkita qo‘yi bo‘lib, bulardan zakot sifatida uchta qo‘y bermog‘i vojib. Shunda har biri bittadan qo‘y berish uchun, kelishib, suruvni ajratishadi...» Imomi Shofi’iy aytadi: «Bu bir tomondan mol egasiga, ikkinchi tomondan zakot ma’muriga xitobdir. Zakot berishdan qo‘rqib, bulardan hech biri ajratish yoki qo‘shish harakatiga tushmasligi kerak. Mol egasi zakot ko‘paymog‘idan qo‘rqib, qo‘shish yoki ajratish payiga tushadi. Zakot ma’muri esa zakot ozaymog‘idan qo‘rqib, qo‘shishga yoki ajratishga urinadi. «Zakot (berish)dan qo‘rqib»ning ma’nosi zakotning ko‘paymog‘idan yoki ozaymog‘idan qo‘rqishdir. Bu ma’no xoh mol egasiga, xoh zakot ma’muriga tegishli ehtimoli bo‘lganidan va uni bittalariga qaratmoq ikkinchilariga qaratmoqdan avlo emasligi uchun, ikkoviga birdan qaratiladi. Shunisi borki, ma’noni mol egasiga qaratmoq muvofiqroqdir.
*** Masalan, qo‘shilgan bir suruvda har birining yigirmatadan qo‘yi bo‘ladi va zakot ma’muri shulardan bittasining molidan bitta qo‘y olsa, ikkinchi kishi molidan bitta qo‘y olingan kishiga yarim qo‘yning badalnni pul sifatida to‘laydi.
Az-Zuhriy, «Zakot ma’muri kelganda, uchdan biri yaxshi, uchdan biri - o‘rta, uchdan biri - yomon tarzida uch qismga ajratadi va (zakotni)ng o‘rta qismidan oladi», deydi; (ammo) Az-Zuhriy sigirlarni zikr qilmaydi.
Bu bobda Abu Bakr As-Siddiq, Bahz ibn Hakimning bobosi, Abu Zarr va Anas (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Umarning hadisi - hasan. Butun faqihlarning amali shu hadis asosidadir. Yunus ibn Yazid va bittadan ortiq kishi bu hadisni Az-Zuhriydan, Solimdan rivoyat qilib, uni raf’ etmaganlar (Rasulullohgacha yuksaltirmaganlar). Bu hadisni yolg‘iz Sufyon ibn Husayn marfu’ tarzida rivoyat qilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:09:41
5-BOB
MAVZU: QORAMOL ZAKOTI


618. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «O’ttizta sigirda - ikki yoshga yetmagan bitta erkak buzoq yoki tana va qirqtada - uch yoshga yetgan bitta g‘unajin (zakot qilib beriladi)».
Bu bobda Mu’oz ibn Jabal (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan.
Abdussalom ibn Harb, Xusayfdan shu tarzda rivoyat qildi. Abdussalom siqa (ishonchli) va hofiz (kishi)dir. Shorik bu hadisni Xusayfdan, Abu Ubaydadan, uning otasidan rivoyat qiladi. Abdullohning o‘g‘li Abu Ubayda otasidan hadis eshitmagan.
Ya’ni Shorik sanadda Abu Ubayda bilan Abdulloh orasida «otasidan» degan lafzni qo‘shayotir. Abdullohning o‘g‘li Kufalikdir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:09:51
619. Mu’oz ibn Jabal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni Yamanga yubordilar-da, har o‘ttiz sigirdan ikki yoshga yetgan bitta erkak buzoq yoki tana, har qirqtadan bitta g‘unajin olmoqni, har bir yetuk (balog‘atga yetgan) kishidan bir dinor yoki shunga teng kiyimlik matoh olmoqni buyurdilar».
Bu hadis hasan.
Ba’zilar bu hadisni Sufyondan, Al-A’mashdan, Abu Voildan, Masruqdan rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Mu’ozni Yamanga yubordilar va unga (zakot) olmoqni buyurdilar...» Bu rivoyat sahihroq.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:10:02
620. Muhammad ibn Bashshar, Muhammad ibn Ja’far orqali Shu’badan rivoyat qilib, Amr ibn Murroning bunday deganini bizga bayon qildi: «Abu Ubaydadan: «Abdullohdan biror narsa (hadis) xotirlaysanmi?» deb so‘radim. «Yo‘q» dedi.
Abdulloh ibn Mas’udning o‘g‘li Abu Ubayda o‘z otasidan hadis eshitmagan. 618-raqamli hadis izohida bu gap aytildi. Termiziy buning isboti uchun mazqur so‘zni bu o‘rinda qo‘llaganlar. Abdurrahmon Muhammad Usmon tahqik va tahsis etgan Termiziy (kitobi) nusxasiga tayanib, bu so‘zga hadis raqamini qo‘ydik. Holbuki, bu hadisning joyi 618-hadis — Izohida kelgan «Abdullohning o‘g‘li Abu Ubayda otasidan hadis eshitmagan» degan jumladan keyindir. Balki, Termiziy kitobining boshqa nusxalarida bunday tuzatish bordir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:10:13
6-BOB
MAVZU: ZAKOTDA MOLNING YAXSHISINI OLMOQ KAROHAT EKANLIGI


621. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)day rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Mu’oz (roziyallohu anhu)ni Yamanga yubora turib, bunday dedilar: «Sen, Ahli kitob bo‘lmish bir qavmga borayotirsan. Ularni, «La ilaha illalloh» (ya’ni «Allohdan boshqa iloh yo‘q») deb va meni Allohning Rasuli deb shohidlik bermoqqa da’vat qil! Agar bunga itoat etsalar, unda Alloh taolo ularga har kecha-kunduzda besh vaqt namoz (o‘qimoq)ni farz qilganini bildirgin. Agar bunga itoat etsalar, unda Alloh taolo ularga mollarining zakotini (bermoqlikni) farz qilganini bildirgin: boylaridan olib, kambag‘allarga qaytarilgaydir. Agar bunga itoat qilsalar, sen mollarning eng yaxshisi uchun talashma! Mazlumning qarg‘ishidan qo‘rqgilki, mazlum bilan Allohning o‘rtasida parda yo‘qdir!...»
Ya’ni, bir kishiga zulm qilsang, zulm o‘tgan kishi seni qarg‘amog‘idan qo‘rqgil va hech kimga zulm qilma. Suyutiy aytadi: «Mazlum - duosi qabul bo‘lmaydigan kishi bo‘lsa ham, hatto ba’zi rivoyatlarga ko‘ra, kofir kishi bo‘lsa ham, Alloh bilan mazlumning qarg‘ishi o‘rtasida parda yo‘q».
Bu bobda As-Sunobihiy (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Abbosning hadisi hasan-sahih. Ibn Abbosning mavlosi (ozod etilgan quli) Abu Ma’badning ismi - Nofiz.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:10:27
7-BOB
MAVZU:  MEVA, POLIZ VA G’ALLA EKINLARINING ZAKOTI


622. Abu Sa’id Al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Beshtadan oz tuyalar (podasi)da zakot yo‘q»; besh uvqiyadan oz (kumush)da zakot yo‘q; besh vasaqdan oz (meva sabzavot va g‘alla)da zakot yo‘q».
Uvqiya - 1283-grammlik qadimiy bir og‘irlik o‘lchovi. Ammo hadisda bilittifoq qirq dirhamning muqobili tarzida qo‘llangan.
Bir vasaq - oltmish so’. Chunonchi, Termiziy bu so‘z tafsirini hadisning izohida berganlar.
Bu bobda Abu Hurayra, Ibn Umar, Jobir va Ab-dulloh ibn Amr (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilindi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:10:44
623. Muhammad ibn Bashshar bizga Abdurrahmon ibn Mahdiy orqali bayon etdiki, Sufyon, Shu’ba va Molik ibn Anas, Amr ibn Yahyodan, uning otasidan, Abu Sa’id Al-Xudriydan, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qildilar: Abdulazizning Amr ibn Yahyodan rivoyat qilgan hadisining xuddi o‘zi...
Abu Sa’idning hadisi hasan-sahih.
Bu hadis, Abu Sa’iddan bittadan ko‘p vajhdan rivoyat qilingan. Ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Ya’ni besh vasaqdan oz (narsalar)da zakot yo‘q. Bir vasaq - oltmish so’. Besh vasaq - uch yuz so’ bo‘ladi. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning so’i - beshta va uchta bir ratldir. Kufa ahlining so’i esa - sakkiz ratl. Besh uvqiyadan ozida zakot yo‘q. Bir uvqiya - qirq dirham. Besh uvqiya - ikki yuz dirham bo‘ladi. Tuyaning beshtadan ozida zakot yo‘q, ya’ni sanog‘i beshtaga yetmagan tuyada zakot yo‘q. Tuyaning sanog‘i yi-girma beshtaga yetganda ularda ikki yoshga kirgan bir urg‘ochi bo‘ta bor. Yigirma beshtadan oz tuyaLarda, har besh tuyada (zakot sifatida) bitta qo‘y bor.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:10:56
8-BOB
MAVZU: (TIJORAT TUFAYLI BO’LMAGAN) OT VA QUL UCHUN ZAKOT YO’Q


624. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Musulmon kishi zimmasida (tijorat tufayli bo‘lmagan) oti va quli uchun zakot yo‘q».
Bu bobda Abdulloh ibn Amr va Ali (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih. Ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Chunonchi, (minib yuriladigan va yaylovga qo‘yib yuborilgan) otlar uchun va xizmatdagi qul uchun zakot yo‘q. Faqatgina tijorat uchun bo‘lsa, bir yoshdan oshganida ularning saminlari (qiymatlari) uchun zakot bor.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:11:24
9-BOB
MAVZU: ASALNING ZAKOTI


625. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Har o‘n ziqq (mesh, sanoch) asal uchun bir ziqq (zakot) bor».
Bu bobda Abu Hurayra, Abu Sayyor, Al-Mutaiy va Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Umar hadisining isnodida gumon bor. Bu bobda Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan sahih tarzida ortiq biror narsa rivoyat qilinmagan. Ilm ahllari ko‘pchiligining amali shu hadis asosidadir. Ahmad va Ishoqning qavli shu. Ba’zi ilm ahllari asal uchun hech narsa (zakot) yo‘q deb qaror qilishgan.
(Ilova: «Sahihi Buxoriy»ning zakot haqidagi boblaridan birida: «Umar ibn AbdulAziz asalga soliq solmoqni lozim ko‘rmaganlar», deyiladi. (1-jild, 409-bet).
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:11:39
10-BOB
MAVZU: FOYDA KELTIRADIGAN MOL UCHUN, TO’LIQ BIR YIL O’TMAGUNICHA, ZAKOT YO’Q


626. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki bir moldan istifoda etsa (foyda ko‘rsa), to bir yil o‘tmagunicha o‘sha mol uchun zakot yo‘q».
Bu bobda Zarro binti Nabhon (roziyallohu anho)dan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:11:55
627. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Kimki bir moldan istifoda etsa (foyda ko‘rsa), mol egasi zimmasida, molidan toki bir yil o‘tmagunicha, zakot yo‘q».
Bu hadis Abdurrahmon ibn Zayd ibn Aslamning hadisidan ko‘ra sahihroq.
Ya’ni Abdurrahmon ibn Zayd ibn Aslam marfu’ tarzida rivoyat qilgan hadis - zaif. Mavquf tarzida rivoyat qilingan bu hadis - sahih.
Bu hadisni Ayyub, Ubaydulloh va bittadan ortiq kishi, Nofi’ vositasida, Ibn Umardan mavquf tarzida rivoyat qildilar. Abdurrahmon ibn Zayd ibn Aslam hadis (bobi)da zaifdir. Muhaddislardan Ahmad ibn Hanbal, Ali ibn Al-Madiniy va tag‘in boshqalar, uning zaif ekanini qayd etganlar. O’zi ko‘p o‘rinda yanglishgan.
(Bir yil davomida) foyda ko‘rilgan mol uchun, toki bir yil o‘tmagunicha, zakot yo‘q ekanligi Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bittadan ortiq kishidan rivoyat qilingan. Molik ibn Anas, Shofi’iy, Ahmad ibn Hanbal va Ishoqning qavli shudir.
Ba’zi ilm ahllari bunday deydilar: «Mulkida (qo‘l ostida) zakot vojib bo‘lgan mol bor esa, unda (foyda, xayr-ehson va meros olish yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan molda) zakot bor. Agar mulkida (qo‘l ostida) foyda keltirgan moldan boshqa, zakot vojib bo‘lgan mol yo‘q esa, foyda keltirgan molidan toki bir yil o‘tmagunicha, bu mol uchun zakot (bermog‘i) vojib emas. «Havoloni havl»dan oldin biror molni foyda qilsa, zakoti vojib bo‘lgan moli bilan birgalikda foyda keltirgan bu molning zakotini beradi».
Sufyon As-Savriy va Kufa ahlining qavli shudir.
Abu Hanifa (rahimahulloh) shu qavlga ega bo‘lganlar. Chunonchi, yil boshida nisobga ega bo‘lib, yil davomida foyda-daromad, hiba (xayr-ehson) va meros (olish) kabi biror sabab bilan, yangitdan foyda ko‘rsa, qo‘liga yangitdan mol tushsa, bu molni eski moliga qo‘shib, zakotini beradi. Ammo yil boshida nisobga ega bo‘lmay, faqat keyinchalik qo‘lga kiritgan moli bilan nisobga ega bo‘lsa, «havaloni havl»dan (molidan to‘liq bir yil o‘tmasidan) oldin zakot vojib bo‘lmaydi...
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:12:14
 11-BOB
MAVZU: ISLOM DINIGA KIRGAN KISHILARDAN JIZYA SOQIT QILINADI


628. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bitta yer ustida ikki qibla durust bo‘lmagay va musulmon bo‘lgan kishilar uchun jizya yo‘qdir.
Jizya - musulmon mamlakatida yashovchi boshqa dindagi kishilardan jon boshiga olinadigan soliq. Qonlari va jonlari himoya etilmog‘i evaziga Islom davlatiga to‘lov to‘laydilar. Al-Iroqiy Termiziy kitobi sharhida ushbu hadisni bunday izohlaydi: «Yil davomida musulmon bo‘lsa, undan shu yilning jizyasi olinmaydi... Musanniflar jizyani jihod bobidan keyin zikr qilishadi, Termiziy, Imom Molik singari, buni zakot bobida zikr qilganlar». Jizyani ilk bor zakot bobida zikr qilgan kishi Imom Molikdir. Keyingi mualliflardan ba’zisi u kishiga ergashgan, ba’zisi eski usulni qo‘llagan. Zakot bobida zikr etilmog‘ining sababi shuki, zakot - musulmonlar ado etadigan moliyaviy to‘lovdir, jizya esa - kofirlar ado etadigan moliyaviy to‘lov.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:12:26
629. Abu Kurayb, Jarir orqali Qobusdan bizga bayon qildi: shu isnod bilan ayni o‘tgan hadis...
Bu bobda Sa’id ibn Zayd va Harb ibn Ubaydulloh As-Saqafiyning bobosi (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Ibn Abbosning hadisi, Qobus ibn Abi Zabyandan, uning otasidan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mursal tarzida rivoyat qilingan.
Butun ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir: nasoro (xristian) kishi musulmon bo‘lganida undan jizya bekor qilinadi. Chunonchi, bu hukm hadisda tafsir etilib, bunday deyilgan: «Ushr - yahudiy va nasorolar (xristianlar) uchundir; musulmonlar uchun ushr yo‘q».
Ibn-ul-Arabiy «Oridot ul-ahvoziy» nomli Termiziy kitobi sharhida bunday deydi: Termiziy, Abu Umayya ushr borasida otasidan rivoyat qilgan hadisning ma’nosi jizyaga oid deb hisobladilar. Holbuki, undoq emas...» Al-Qoriy hazratlari «Al-Mirqot» kitobida bu hadis sharhida bunday deydi: «Hadisda vorid bo‘lgan «ushr»dan murod - tijorat molidan olinadigan ushrdir, yo‘qsa yer-dala hosillaridan olinadigan zakot ushri emas».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:12:39
12-BOB
MAVZU: ZEB-ZIYNAT ZAKOTI


630. Abdulloh (ibn Mas’ud)ning xotini Zaynab (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizlarga (ayollar jamoasiga) xitob qilib, aytdilar: «Ey ayollar jamoasi! Sadaqa qilingizlar. Loaqal zeb-ziynatlaringizdan bo‘lsa ham, (sadaqa qilib qolingizlar!) Chunki qiyomat kunida jahannam ahlining aksariyati sizlardursiz!...»
Muborakfuriy, «Tuhfat ul-ahvoziy» nomli Termiziy kitobi sharhida bunday deydi: «Bu hadisni zeb-ziynatlar uchun zakot borligiga dalil qilib ko‘rsatmoq o‘ylantiradigan gapdir; chunki bu ma’noda sarih - ochiq-ravshan dalil emas. Chunonchi, inson boshqa mollari uchun vojib bo‘lgan zakotni zeb-ziynat ashyolari bilan to‘lamog‘i joiz. Chunonchi, «Loaqal zeb-ziynatlaringizdan bo‘lsa ham...» degan ta’bir bunga dalolat qiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:12:48
631. Mahmud ibn G’aylon, Abu Dovud ordali Shu’badan naql etib, Al-A’mashning bunday deganini bizga bayon qildi: Abu Voildan eshitdim, Abdullohning xotini bo‘lmish Zaynabning jiyani (birodarzodasi) - Amr ibn Al-Horisdan, Abdullohning xotini Zaynabdan, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan bayon (rivoyat) qiladi: o‘ggan hadisning o‘zi.
Bu rivoyat Abu Muoviyaning rivoyatidan ko‘ra sahihroq.
Abu Muoviya o‘z rivoyatida vahmga berilib, «Amr ibn Al-Horisdan, Zaynabning jiyanidan» dedi. Sahih bo‘lgani - Zaynabning jiyani - Amr ibn Al-Horisdan» (deyilgani)dir. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam zeb-ziynat ashyosida zakot ko‘rganlari Amr ibn Shu’aybdan, uning otasidan, bobosidan, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan. Bu hadisning isnodida gumon bor.
Termiziy, Amr ibn Shu’aybning hadisini bu bobda tarjih etadilar (ustun qo‘yadilar) va bu hadisning isnodi haqidagi gumonni sharhlaydilar. Keyingi hadis shudir.
Ilm ahllari bu masalada ixtilof qildilar. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va tobi’iyndan ba’zi ilm ahllari oltin va kumush bo‘lgan ziynat ashyosida zakot bor degan fikrdalar. Sufyon As-Savriy va Abdulloh ibn Al-Muborakning qavli shudir. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan, oralarida Ibn Umar, Oisha (onamiz), Jobir ibn Abdulloh va Anas ibn Molik (roziyallohu anhum) bor bo‘lgan ba’zi ilm ahllari «Zeb-ziynat ashyosida zakot yo‘q» deydilar. Tobi’iynning ayrim faqihlaridan shunday deb rivoyat qilingan. Molik ibn Anas, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:12:58
632. Amr ibn Shu’aybning bobosidan rivoyat qilindi: «Ikki xotin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, qo‘llarida oltin bilaguzuk bor edi. Shunda (Rasuli Akram) ularga: «Buning zakotini berasizlarmi?» dedilar. Xotinlardan bittasi: «Yo‘q» dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilarki, «Alloh taolo ikkalangizga olovdan ikkita bilakuzuk taqdirmog‘ini xush ko‘rasizlarmi?» «Yo‘q!» deyishdi. (Rasululloh): «Unda zakotini beringizlar!...» - dedilar.
Bu hadisni Al-Musanna ibn Al-Sabboh, Amr ibn Shu’aybdan shu tarzda rivoyat qildi. Al-Musanna ibn Al-Sabboh va Ibn La’iya hadis (bobi)da zaif ekanliklari qayd etilgan. Bu mavzuda Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan sahih tarzida biror narsa (hadis) rivoyat qilinmagan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:13:07
13-BOB
MAVZU: KO’KAT-SABZAVOT ZAKOTI


633. Mu’oz (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: u (Mu’oz) Nabiy sallallohu alayhi va sallamga (maktub) yozib, ko‘kat (zakoti) haqida so‘radi, bu esa - baqla(sabzavot)dir. Shunda (Rasuli Akram) aytdilar: «Ko‘kat-sabzavotda hech narsa (zakot) yo‘q!».
Bu hadisning isnodi sahih emas. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bu bobda sahih tarzida deyarli hech narsa rivoyat qilinmagan. Bu hadis esa Muso ibn Talha orqali Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan mursal tarzida rivoyat qilinadi. Ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Ya’ni ko‘kat-sabzavotda zakot yo‘q degan asosdadir.
Al-Hasan Umaroning o‘g‘li bo‘lib, muhaddislar nazdida zaifdir. Shu’ba va tag‘in boshqalar uning zaif ekanligini qayd etganlar. Abdulloh ibn Al-Muborak uni(ng hadisini) tark etgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:13:20
14-BOB
MAVZU: NAHR (DARYO, ARIQ) VA BOSHQA VOSITALAR BILAN SUG’ORILADIGAN EKINLARDAN OLINADIGAN HOSILLAR ZAKOTI


634. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Osmon (yomg‘ir) va buloq suvlari (oqar suvlar va yer osti sizot suvlari) bilan sug‘oriladigan ekinlarda ushr (hosilning o‘ndan birini berishlik) bor, chig‘ir bilan sug‘oriladigan ekinlarda esa yarim ushr (zakot) bor».
Bu bobda Anas ibn Molik, Umar va Jobir (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Bu hadis Buqayr ibn Abdulloh ibn Al-Ashajj, Sulaymon ibn Yasor va Busr ibn Sa’id vositasida Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan mursal tarzida rivoyat qilindi. Bu aytilgan rivoyat yanada sahihroq.
Ibn Umar ushbu bobda Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan hadis sahih. Butun faqihlarning amali shu hadis asosidadir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:13:30
635. Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) orqali Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilindi; «(Rasuli Akram) sallallohu alayhi va sallam: osmon (yomg‘ir) va buloklar (oqar suvlar) yoki yer osti sizot suvlari bilan sug‘orilgan ekinga bir ushr (hosilning o‘ndan biri), chig‘ir orqali sugoriladigan ekinlarga esa yarim ushr (zakot) qo‘ydilar».
Bu hadis hasan-sahih.
Suv havzalari, chig‘irlar (charxpalak) yoki to‘plangan suvlar va pullik suvlar bilan sug‘orilgan ekinlardan ham yarim ushr (hosilning yigirmadan biri) olinadi. Hanafiy mazhabiga ko‘ra bu tur sug‘orish yil bo‘yi yoki yarim yildan ortiq davom etishi kerak.
Butun ulamo va to‘rt imom mazhabiga ko‘ra, bug‘doy, arpa, mosh, no‘xat, sholi(guruch) va shu kabi barcha donli-dukkakli ekin hosillaridan ushr bermoq vojib. Imomi Molik «Al-muvatto’» kitobida bunday deydi: «Zakotda tabiiy bo‘lgan g‘alla ushbulardir: bug‘doy, arpa, javdar, makkajo‘xori, tariq, sholi, mosh, suli, loviya, juljulon va shunga o‘xshash osh-taom qilinadigan donlar. Pishib, don bo‘lganidan keyin bularning hammasidan zakot olinadi».
Bu mazhabning yo‘lboshchisi ushr vojib bo‘lishiga dalolat kiladigan hadis va oyatlar ma’nosi bilan amal qilayotir. Hasan Al-Basriy, Hasan ibn Solih, As-Savriy va Ibn Siyriyn arpa, bug‘doy mayiz va xurmolardan boshqa narsada zakot yo‘q degan fikrga ega bo‘lganlar. Bularning fikricha, ushr faqat shu to‘rt narsada vojib. Taboroniy, Al-Hokim va Ad-Doruqutniyning Abu Muso Al-Ash’ariy va Mu’oz (roziyallohu anhumo)dan taxrij qilgan hadislari bilan istidlol qiladilar. Bu hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu ikki sahobaga bunday deb aytganlari rivoyat qilinadi: «Zakotni faqatgina ushbu to‘rt sinf (narsa)dan olingizlar: arpa, bug‘doy, mayiz va xurmodan». «Subulus-Salom» muallifi Bayhaqiyning bu hadis haqida bunday deganini yozadi: «Bu hadisning roviylari siqa (ishonchli) kishilardir va sanadi mutassildir». Ash-Shavqoniy ham «An-Nahiy» kitobida shu usulni tarjih etadi va bunday deydi: «Haqiqat shuki, «zakot faqat bug‘doy, arpa, mayiz va xurmodan vojib va shu to‘rttadan boshqa yer mahsulotlarida zakot (ushr) yo‘q. Amr ibn Shu’aybning hadisida makkajo‘xori bu to‘rt narsaga qo‘shilgani masalasiga kelsak, bu hadisda rivoyati matruk bo‘lgan roviy uchramoqda, shu bilan birga, Mujohid va Al-Hasanning mursal rivoyatlari bilan quvvat kasb etgan». Muborakfuriy, «Abu Muso va Mu’ozning mazkur hadisi sanadida Talha ibn Yahyo borki, bu zot borasida ixtilof qilingan» deydi va bunday davom etadi: «Bu o‘rindagi cheklash haqiqiy emas. Haqiqiy bo‘lsa edi, bu to‘rt sinfdan boshqa narsada zakot vojib emasligi lozim bo‘lardi. Lozim botil bo‘lganidek, malzum (lozim qiluvchi) ham aynan botildir. Bu o‘rindagi chegara faqat nisbiydir».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:13:40
15-BOB
MAVZU: YETIM MOLINING ZAKOTI


636. Amr ibn Shu’aybning bobosidan rivoyat qilindi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam insonlarga (musulmonlarga) xitob qilib, aytdilar: «Kimki moldor bir yetimning valiysi bo‘lsa, o‘sha mol bilan tijorat qilsin va toki sadaqa (zakot) uni yeb tugatguniga qadar tark etib qo‘ymasin!».
Bu hadis bitta shu vajhdan rivoyat qilingan va uning isnodida gumon bor. Chunki Al-Musanna ibn Al-Sabboh hadisda zaif ekanligi qayd etilgan. Ba’zisi esa bu hadisni Amr ibn Shu’aybdan «Umar ibn Al-Xattob» deb rivoyat qilib, ayni shu hadisni zikr etdi.
Ilm ahllari bu bobda ixtilof qildilar. Payg‘ambar sallallohu alayhi ‘a sallamning sahobalaridan, oralarida (Hazrati) Umar, (Hazrati) Ali, Oisha va Ibn Umar (roziyallohu anhum) ham bor bo‘lgan mutaaddid kishilar, yetimning molida zakot bor, degan fikrdalar. Molik, Shofi’iy, Ahmad va Ishoq shu qavlga ega bo‘lganlar. Ilm ahllaridan bir guruhi esa, yetimning molida zakot yo‘q, deb aytganlar. Sufyon As-Savriy va Abdulloh ibn Al-Muborakning qavli shu.
Amr ibn Shu’ayb bu - Al-Os o‘g‘li Abdulloh o‘g‘li Muhammadning o‘g‘lidir. Shu’ayb bobosi Abdulloh ibn Amrdan (hadis) eshitgan. Yahyo ibn Sa’id, Amr ibn Shu’aybning rivoyati haqida (tanqidiy) so‘z qiladi va: «U bizning nazdimizda zaifdir» deydi. Amr ibn Shu’aybning zaif ekanligini qayd etganlar, otasi Abdulloh ibn Amrning sahifasidan hadis rivoyat qilgani uchun uni zaif deb aytayotirlar. Ammo muhaddislarning ko‘pchiligi Amr ibn Shu’aybning hadisi bilan istidlol qiladilar va uni tasbit etadilar. Ahmad, Ishoq va tag‘in boshqalar shular orasidadir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:14:05
16-BOB
MAVZU: HAYVON YETKAZGAN ZARAR UCHUN TO’LOV YO’Q, XAZINA UCHUN ESA -XUMS (BYESHDAN BIRINI TO’LAMOQLIK) BOR


637. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: Yovvoyi (egasiz) hayvonlar yetkazgan jarohati (zarari) - soqit, ma’dan - soqit; quduq -soqit; (bular uchun to‘lov yo‘q, chunki daromad keltirmaydi); xazina (dafina) uchun esa - xums (molning beshdan biri hisobida to‘lov) bor».
Hayvon, boshda suruv egasi va cho‘poni bo‘lmasdan, kunduzi biror talofat yetkazsa, jarima to‘lanmaydi. Boshida biror kishi bo‘lsa, o‘sha kishi zararini to‘laydi, chunki zarar uning aybi bilan sodir bo‘ldi. Shuningdek, kechasi bo‘lsa, zararini to‘laydi, chunki kechqurun hayvonlar bog‘lanmog‘i odatdirki, hayvon egasi bu jihatdan aybdordir.
Oltin, kumush, mis ma’danlari va boshqa ma’danlar uchun, topilgan va kashf etilgan paytida hech qanday bir to‘lov yo‘q.
Quduq qazimoq yoki ma’dan qazib chiqarmoq uchun kira qilgan qazuvchi kuduq yeki ma’dan o‘rasining cho‘kishi(nurashi) natijasida o‘lsa, tazminot to‘lamaydi. Shuningdek, kovlagan kudug‘iga odam tushib ketib, o‘lsa, agar o‘sha quduqni tajovuz maqsadi bilan qazmagan bo‘lsa, to‘lov lozim bo‘lmaydi. Agar tajovuz maqsadi bilan ochgan bo‘lsa, bu masalada ixtilof qilingan. (Muborakfuriy).
Rikoz, ya’ni ko‘milgan xazina (dafina) «rakiz»ning ko‘plik shakli bo‘lib, yer osti boyliklari deganidir. Molik, Shofi’iy va barcha ulamo rikoz (xazina)ni johiliyat davrida yerga ko‘milgan dafinalar sirasiga qo‘shadilar va bunday deydilar: «Ma’danlar uchun beshdan bir bo‘lmay, agar nisobga yetsa, ular uchun zakot bor».
Hofiz ibn Hajar: «Fath-ul-Boriy»da barchaning fikrini umumlashtirib, bunday deydi: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam ma’dan bilan rikoz orasini alif «vov»i bilan ajratganlarki, bir-biridan boshqa-boshqa narsa ekanligi to‘g‘ridir». («Muxtasar-ul-viqoya» sharhining «Zakot» kitobiga qarang).
Bu bobda Anas ibn Molik, Abdulloh ibn Amr, Uboda ibn Ds-Somit, Amr ibn Avf Al-Muzaniy va Jobir (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:14:20
17-BOB
MAVZU: TAXMIN (BILAN ZAKOT MIQDORINI BELGILASH) HAQIDA


638. Abdurrahmon ibn Mas’ud ibn Niydrdan rivoyat qilindi; aytadiki, «Sahl ibn Abi Hasma bizlarning majlisimizga keldi va Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlarini bizga bayon qildi: «Agar chamalab o‘lchasangiz, (chamalangan molning zakotini) oling va (lekin) uchdan birini (egasiga) qoldiring! Agar uchdan birini qoldirmasangiz, unda to‘rtdan birini qoldiring».
Mevalar chamalanganda zakot miqdori aniqlanadi va oxirida bu (ajratilgan) miqdorning uchdan ikki qismi olinib, uchdan bir qismi meva egalariga qoldiriladi. Ular bu miqdorni xohlaganlaridek sadaqa qilishlari mumkin.
Bu bobda Oisha, Attob ibn Asiyd va Ibn Abbos (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Taxmin (chamalash) xususida ilm ahllarinvng amali Sahl ibn Abu Hasmaning hadisi asosidadir. Ishoq va Ahmad, Sahl ibn Abu Hasmaning hadisini qabul qilishgan.
Taxmin (chama)(shuki), xurmo va uzum singari zakotga daxldor mevalar yetishganda, xukmdor bir taxminchini jo‘natadi. Hukmdor ularga (meva hosillarini) taxminlab (chamalab) o‘lchab beradi. Taxmin - ahli vuquf (voqif bo‘lgan, xabardor) kishining so‘z qarori bilan: «Bundan shuncha mayiz va xurmodan shuncha (xurmoqoqi) chiqadi» deb (miqdorini) ularga o‘lchab bermog‘idir. Bu miqdordan ushr hajmiga qarab, (uni) meva egalari zimmasiga (qarz deb) qayd etadi. Keyin mevalarini ularga qoldiradi; ular xohlaganini qiladi. Mevalar yetishganda, ulardan ushr olinadi.
Ba’zi, ilm ahllari hadisni shunday tafsir qilganlar. Molik, Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:14:42
639. Attob ibn Asiyd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam odamlarga bog‘larini va mevalarini chamalab beradigan kishini jo‘natar edilar...» Va shu isnod bilan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bog‘lar zakoti haqida bunday deb aytganlari rivoyat qilindi: «Bog‘larga ham, xuddi xurmolar chamalanmog‘i kabi chama qilinadi va keyin xurmoning zakoti xurmo mayizi sifatida to‘langani singari, uning (uzumning) zakoti ham mayiz sifatida to‘lanadi».
Bu hadis hasan-g‘arib. Ibn Jurayj bu hadisni Ibn Shihobdan, Urvadan, Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilayotir. Buni Muhammad (Al-Buxoriy)dan so‘radim, aytdiki, «Ibn Jurayjning rivoyati mahfuz (rojih) emas. Sa’id ibn Al-Musayyabning Attob ibn Asiyddan qilgan rivoyati sahihroq».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:14:53
18-BOB
MAVZU: HAQ BILAN ISH KO’RUVCHI ZAKOT MA’MURI HAQIDA


640. Rofi’ ibn Xodij (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi,- aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdimki, «Haq bilan ish ko‘ruvchi zakot ma’muri, toki uyiga qaytgunicha, bamisoli Alloh yo‘lida (jang qilgan) g‘oziy kabidir» - dedilar.
Rofi’ ibn Xodijning hadisi hasan.
Yazid ibn Iyoz muhaddislar nazdida zaif. Muhammad ibn Ishoqning rivoyati yanada sog‘lomroq.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:15:03
19-BOB
MAVZU: ZAKOT BORASIDA HADDAN OSHGAN KISHI HAQIDA


641. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sadaqa (zakot) borasida haddan oshgan kishi zakot bermagan kabidir».
Bu bobda Ibn Umar, Ummu Salama va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Anasning hadisi bu vajhdan g‘arib. Ahmad ibn Hanbal, Sa’d ibn Sinon haqida (tanqidiy) so‘z qilgan.
Az-Zahabiy «Mezon» kitobida Sa’d ibn Sinonning tarjimai holi haqida bunday deydi: «Imom Ahmad, Sa’d ibn Sinon borasida: «U rivoyat qilgan hadislarni yozmayman chunki muhaddislar uning shaxsi va rivoyati haqida ziddiyatga borganlar» deydi. Bir tomondan, roviylar uning ismi borasida ixtilof qilganlar. Ba’zisi: «Sa’d ibn Sinon» desa, ba’ziyaari «Sinon ibn Sa’d» ekanligini ta’kidlagan. Termiziy uniyag ismi «Sinon ibn Sa’d» deb Imom Buxoriydan naql etadilar; ammo narigi rivoyatni ustun ko‘rib, «Sa’d ibn Sinon» deydilar.
Al-Lays ibn Sa’d, shu tarzda «Yazid ibn Abu Habibdan, Sa’d ibn Sinondan, Anas ibn Moliqdan,» deydi. Muhammad (Al-Buxoriy)dan eshitdim, bunday dedi: «Sahih bo‘lgani «Sinon ibn Sa’d»dir.
Rasuli Akramning «Sadaqa (zakot) borasida haddan oshgan kishi zakot bermagan kabidir» degan so‘zlari(ning ma’nosi): «Haddan oshgan kishining gunohi zakot bermagan kishiga bermagan paytida yozilgan gunohchalikdir», demoqchilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:15:13
20-BOB
MAVZU: ZAKOTCHINING RIZOLIGI HAQIDA


642. Jarir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Zakotchi sizlarga kelganida sizlardan albatta rozi bo‘lgan holda ketsin!...»

643. Abu Ammor, Sufyon orqali Dovuddan, Ash-Sha’biydan, Jarirdan, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan bizga bayon qildi: o‘tgan hadisning o‘zi.
Dovudning Ash-Sha’biydan qilgan rivoyati, Mujolidning rivoyatidan ko‘ra sog‘lomdir. Ba’zi ilm ahllari Mujolidning zaif ekanini qayd qilganlar, u ko‘p o‘rinda yanglishgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:15:22
21-BOB
MAVZU: ZAKOT BOYLARDAN OLIB, KAMBAG’ALLARGA QAYTARILADI


644. Abu Juhayfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamningg zakotchilari bizlarga keldi va sadaqani (zakotni) boylarimizdan olib, faqirlarimizga tarqatdi. Men bir yetim bola edim, menga oyoqlari uzun yosh bir urg‘ochi tuya berdi».
Bu bobda Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Juhayfaning hadisi hasan-g‘arib.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:15:36
22-BOB
MAVZU: SADAQA OLISHI JOIZ BO’LGAN KISHILAR


645. Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki muhtoj bo‘lmagan holda insonlardan tilanib yursa, qiyomat kunida tilanchiligi uning qiyofasida tirnalgan yoki shilingan yoki ezilgan bir holatda kelgaydir». So‘raldiki: «Yo Rasululloh! Nima narsa uni behojat qiladi?» Aytdilar: «Ellik dirham yoki ellik dirham qiymatidagi oltin».
Ibn Mas’udning hadisi hasan.
Hakim ibn Jubayrning ushbu o‘rindagi rivoyati tufayli Shu’ba uning haqida (tanqidiy) so‘z qilgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:16:08
646. Mahmud ibn G’aylan, Yahyo ibn Odamdan naql etib, bizga bayon qildiki, Sufyon, Hakim ibn Jubayr orqali ushbu hadisni rivoyat qildi. Shunda Shu’baning birodari Abdulloh ibn Usmon Sufyonga bunday dedi. «Qaniydi, bu hadisni Hakimdan boshqa kishi rivoyat qilsaydi!» Sufyon unga aytdiki, «Hakimning nima aybi bor, Shu’ba undan hadis rivoyat qilmaydimi?». Abdulloh ibn Usmon: «Ha, (rivoyat qilmaydi)» dedi. Sufyon dediki, «Zubayddan ushbu hadisni Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Yaziddan rivoyat qilganini eshitdim».
Ba’zi birodarlarimizning amali shu hadis asosidadir. As-Savriy, Abdulloh ibn Al-Muborak, Ahmad va Ishoqning qavli shudir. Aytdilarki, «Kishining yonida ellik dirhami bor bo‘lsa, sadaqa olmog‘i joiz bo‘lmaydi».
Ba’zi ilm ahllari esa Hakim ibn Jubayrning hadisini egallamay, bu masalada kenglik namoyon qilganlar va bunday deganlar: «Yonida ellik dirhami yoki ellikdan yuqoriroq dirhami bor bo‘lsa, u kishi muhtojdir va u zakot olmog‘i joizdir».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:16:18
23-BOB
MAVZU: SADAQA OLMOG’I JOIZ BO’LMAGAN KISHILAR


647. Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Boy va baquvvat, (sog‘lom), o‘rtahol kishi uchun sadaqa olmoq joiz emas».
Bu bobda Abu Hurayra, Hubshiy ibn Junoda va Kabisa ibn Al-Muhoriq (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abdulloh ibn Amrning hadisi hasan. Shuqba bu hadisni Sa’d ibn Ibrohimdan ayni shu isnod bilan rivoyat qilgan va Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga(cha) yuksaltirmagan.
«Boy, baquvvat va o‘rtahol (nogiron bo‘lmagan) kishi uchun sadaqa olmoq joiz emas»ligi Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan, boshqa hadislarda ham rivoyat qilingan. Kishi baquvvat bo‘lgani holda muhtoj bo‘lsa va hech bir narsaga ega bo‘lmasa, shu holatda unga zakot berilganida, ilm ahllarining hukmiga ko‘ra, zakot bergan kishidan farz soqit bo‘ladi. Ba’zi ilm ahllari esa bu hadisni tilanmoqqa oid deb hisoblaydilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:16:27
648. Xubshiy ibn Junoda As-Saluliy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdim; Vido hajida, Arofatda ekanliklarida huzurlariga bir a’robiy (badaviy) keldi-da, ridolarining bir uchidan ushlab, uni («Menga bering» deb) janobi Payg‘ambardan so‘radi. Rasuli Akram (ridolarini) unga berib yubordilar, u (olib) ketdi. Ana shu voqea ustida tilanchilik harom qilindi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tilanmoq boy va baquvvat o‘rtahol kishi uchun joiz emas. Illo o‘ta qashshoq va behad og‘ir qarz ostida qolgan kishiga joizdir. Kimki mol-davlatini ko‘paytirmoq uchun insonlardan tilansa, bu tilanchilik qiyomat kunida uning qiyofasida bir tirnalgan (shilingan)lik alomati bo‘lur va u jahannamdan olib yeydigan qizigan bir tosh bo‘lur. Bas, xohlagan kishi kamaytirsin, xohlagan kishi ko‘paytirsin!».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:16:54
649. Mahmud ibn G’aylon, Yahyo ibn Odam orqali Abdurrahmon ibn Sulaymondan bizga bayon qildi: o‘tgan hadisning o‘zi...
Ushbu hadis bu vajhdan g‘arib.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:21:59
24-BOB
MAVZU: QARZDOR VA SHUNGA O’XSHASH KISHILAR ORASIDA SADAQA OLISHI JOIZ BO’LGANLAR


650. Abu Sa’id Al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida bir kishi* sotib olgan mevalaridan zarar ko‘rib, qarzi ko‘paydi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Unga sadaqa qilingizlar!» dedilar. Odamlar unga sadaqa qilishdi, lekin yig‘ilgan sadaqa uning qarzini to‘lamoqqa yetmadi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning tovonchilariga: «(Undan) nimaki topsangiz, olingizlar, illo sizlarga shu topganlaringizdan boshqa narsa yo‘q», — dedilar. (Ya’ni faqat topganlaringiznigina olishlaringiz mumkin).
* Bu zot Mu’oz ibn Jabal (roziyallohu anhu) ekanligi aytildi.
Bu bobda Oisha, Juvayriy va Anas (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilindi.
Abu Sa’idning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:22:17
25-BOB
MAVZU: RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAM UCHUN, U ZOTNING AHLI BAYTI VA AVLODLARI UCHUN SADAQA (VA ZAKOT) OLMOQ KAROHAT EKANLIGI


651. Bahz ibn Hakimning bobosi (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga biror narsa keltirilsa, «Bu sadaqami yoki hadyami?» deb so‘rar edilar. Agar «Sadaqa» desalar, yemas edilar, «Hadya» desalar, yer edilar».
Bu bobda Salmon, Abu Hurayra, Anas, Al-Hasan ibn Ali, Muarraf ibn Vosilning bobosi - Abu Omira, uning ismi Rushayd ibn Molik, - Maymun yoki Mihron, Ibn Abbos, Abdulloh ibn Amr, Abu Rofi’ va Abdurrahmon ibn Alqama (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Bu hadis ayni vaqtda Abdurrahmon ibn Alqamadan, Abdurrahmon ibn Abi Oqildan, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan.
Bahz ibn Hakimning bobosining ismi - Muoviya ibn Hayda Al-Kushayriy.
Bahz ibn Hakimning hadisi hasan-g‘arib.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:22:35
652. Abu Rofi’ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bani Maxzum (qavmi)dan bo‘lmish bir kishini* sadaqa (zakot) yig‘moq uchun jo‘natdilar. Bu kishi Abu Rofi’ga: «Menga yo‘ldosh bo‘lgin, zakotdan ulush ololgaysan» dedi. (Abu Rofi’) aytdiki, «(Buni) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan borib so‘ramasa, bo‘lmaydi». Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamga uchrashib, u kishidan (buni) so‘radi. Shunda (Rasuli Akram) bunday dedilar: «Sadaqa bizlarga joiz emas, bir qavmning mavlolari (ozod etilgan qullari) ham ularning o‘zlaridan hisoblanadi».
* As-Suyutiy bu zot Al-Arqom ibn Abil Arqom ekanligini aytadi.
Hadis, sadaqa va zakot Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamga, u kishining xonadonlari ahliga va Bani Hoshim oilasining mavlolariga (ozod etilgan qullariga) harom ekanligaga dalolat qiladi. Hofiz Ibn Hajar «Fath ul-boriy»da Ahmad, Abu Xanifa va Molikiylardan ba’zilari shu qavlga ega bo‘lganliklarini qayd etadi.
Bu hadis hasan-sahih. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning mavlolari (ozod etgan kullari) Abu Rofi’ning ismi - Aslam. Abu Rofi’ning o‘g‘li Ali ibn Abu Tolib (karromallohu vajhahu)ning kotibi - Ubaydulloh ibn Abu Rofi’dir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:22:47
26-BOB
MAVZU: QARINDOSHLARGA SADAQA QILMOQ


653. Salmon ibn Omir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Sizlardan birortangiz ro‘zasini ochmoqchi bo‘lsa, xurmo bilan og‘iz ochsin, chunki xurmo barokatdir. Agar xurmo topa olmasa, suv bilan og‘iz ochsin, chunki suv pokizadir!...» So‘ng bunday dedilar: «Miskin kishiga berilgan sadaqa - bitta sadaqadir, qarindoshga berilsa - ikkitadir: bittasi - sadaqa, bittasi - silai rahm».
Bu bobda Abdulloh ibn Mas’udning xotini - Zaynab, Jobir va Abu Hurayra (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Salmon ibn Omirning hadisi hasan. Ar-Rabob - Sulaymning qizi Ummur-Roihdir. Sufyon As-Savriy shu tarzda Osimdan, Hafsa binti Siyrindan, Ar-Rabobdan, uning amakisi Salmon ibn Omirdan, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan ayni shu hadisni rivoyat qiladi. Shu’ba bu hadisni Osimdan, Hafsa binti Siyrindan, Salmon ibn Omirdan rivoyat qildi va hadisning sanadida Ar-Rabobni zikr etmadi. Sufyon As-Savriy va Ibn Uyaynaning rivoyatlari yanada sog‘lom. Ibn Avn va Hishom ibn Hasson ham shu tarzda hadisni «Hafsa binti Siyrindan, Ar-Rabobdan, Salmon ibn Omirdan» deb rivoyat qildilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:23:05
27-BOB
MAVZU: MOLDA ZAKOTDAN BOSHQA HAM HAQ BOR


654. Fotima binti Qays (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan zakot haqida so‘radim yoki so‘raldi», deydi. Shunda: «Albatta, molda zakotdan tashqari ham haq bor», dedilar. Keyin «Baqara» surasidagi ushbu oyatni o‘qidilar: «Yaxshilik faqat yuzlaringizni .... buraverishingiz emas».
Oyati karimaning davomi: «Baqara» surasi, 177-oyat ma’nosi:
«Yaxshilik (faqatgina) yuzlaringizni Mashriq va mag‘rib tomonlarga buraverishingiz emas. Balki, Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitoblarga, Payg‘ambarlarga iymon keltirgan, o‘zi yaxshi ko‘rib turib, molini qarindosh-urug‘lariga, yetim-esirlarga, miskin-bechoralarga, yo‘lovchi musofirlarga, tilanchi-gadolarga va qullarni ozod etish yo‘lida beradigan, namozni to‘kis ado qilib, zakotni beradigan kishilar va ahdlashgan paytlarida ahdlariga vafo qiluvchilar va xususan, og‘ir-engil kunlarda va jangu jadal paytida sabr-toqat qiluvchilar yaxshi kishilardir».
Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam bu oyati karimani, molda zakotdan tashqari ham haq borligiga dalil qilib ko‘rsatdilar. Chunki, Allohu taolo, molning xayr-hasanot joylariga berilishini ta’kidlagandan keyin, zakotga o‘tgan va «zakotni bergaydir» deb marhamat qilgan. Bu esa molda zakotdan tashqari ham haq borligiga dalolat qiladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:23:25
655. Fotima binti Qays (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Albatta, molda zakotdan tashqari ham haq bor.
Bu hadis o‘tgan hadisning ayni o‘zi bo‘lishi bilan birga, sanadi o‘zgargan. Shu sababdan Termiziy buni alohida taxrij qilganlar.
Bu hadisning isnodi uncha sog‘lom emas. Abu Hamza Maymun Al-A’varning hadis (bobi)da zaif ekanligi qayd etilgan. Bayon va Ismoil ibn Solim, bu hadisni Shu’badan uning o‘z so‘zi tarzida rivoyat qildilar. Bu rivoyat yanada sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:23:44
28-BOB
MAVZU: SADAQANING FAZILATI HAQIDA


656. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki pok (halol) narsadan bir sadaqa qilsa, - (zotan) Alloh faqat pokni qabul etgaydir - Rahmon (jalla jalaluhu) uni albatta «o‘ng qo‘li» bilan olgaydir. Agar o‘sha sadaqa xurmo bo‘lsa, u Rahmonning kaftida kattalashib, hatto tog‘dan ham ulkan bo‘lur. Xuddi sizlardan birortangiz toychog‘ini yoki buzog‘ini boqib ulg‘aytirgani kabi (bo‘lur)».
Bu bobda Oisha, Adiy ibn Xotim, Abdulloh ibn Abi Ajfo, Horisa, Abdurrahmon ibn Avf va Burayda (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:24:06
657. Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Ramazon (ro‘zasi)dan keyin qaysi ro‘za afzalroq?» deb so‘raldi. Aytdilar: «Ramazon ta’zimi uchun Sha’bon ro‘zasi afzalroq!)» Keyin: «Qaysi sadaqa afzalroq?» deyildi: «Ramazondagi (berilgan) sadaqa!» dedilar.
Bu hadis g‘arib.
Sadaqa ibn Muso - muhaddislar nazdida uncha quvvatli emas.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:24:17
658. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sadaqa Rahmonning g‘azabini so‘ndirgay va yomon (xunuk) o‘limni daf’ etgay!»
Yomon (xunuk) o‘lim - vayrona ostida qolmoq, baland joydan yiqilmoq, cho‘kmoq yoki yonmoq kabi fojiali hollarda o‘lmoqdir; ayni vaqtda yomon (xunuk) o‘lim shayton tuzog‘ida (shaytoniy bir ish ustida) va harbdan qochish natijasida o‘ldirilmoqdir. Ba’zilari esa xunuk o‘limni - kutilmagan oniy o‘lim tarzida tafsir qilishgan. Ba’zilarning fikricha esa chormix qilib o‘ldirilmoq va shar’iy hukm asosida oshkor - hammaga bildirib o‘ldirilmoqdir.
Ushbu hadis bu vajhdan g‘arib.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:24:28
659. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Alloh sadaqani qabul etib, uni o‘ngiga olgaydir. So‘ng uni har bittalaringiz uchun ulg‘aytirgaydir. Xuddi har bittalaringiz o‘z toychog‘ini boqib ulg‘aytirgan kabi! Hatto bir luqma, shubhasiz, bamisoli Uhud (tog‘i)dek bo‘lur. Va uning tasdiqi Alloh azza va jallaning kitobida shundaydir:
Al-Iroqiy aytadiki, «Bu oyati karima ba’zi roviylar tomonidan chalkashtirib yuborilgan. Oyatning asl matni ushbudir: «At-tavba» surasining 104-oyati bo‘lgan bu oyati karimaning ma’nosi quyidagichadir: «Ular (gunohkorlar) Allohning O’zi bandalari tomonidan bo‘lgan tavbani qabul etishini, sadaqalarni ham (o‘z dargohida) qabul qilishni va haqiqiy tavbalarni qabul etguvchi va mehribon zot Allohning o‘zi ekanini bilmadilarmi?»
«Al-Baqara» surasi, 276-oyat. Ma’nosi: «Alloh sudxo‘rlikni(ng foydasini) yo‘q qiladi va sadaqalar (ning foydasi)ni ziyoda qiladi».
Bu hadis sahih.
Oisha (roziyallohu anho) vositasida Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan shunga o‘xshash bir hadis rivoyat qilingan.
Bittadan ortiq ilm ahllari ushbu hadis, shunga o‘xshash rivoyat va sifatlar haqida hamda Alloh taborak va ta’loning har kecha dunyo osmoniga (birinchi osmonga) tushmog‘i haqida bunday deydilar: «Bu xil rivoyatlar sobit bo‘lishi mumkin. Ularga iymon keltiramiz, vahmga (tafsilot va ta’vilga) berilmaymiz va «Qanday?» deb aytmaymiz». Molik ibn Anas, Sufyon ibn Uyayna va Abdulloh ibn Al-Muboraqdan shu tarzda rivoyat qilingan. Bu xildagi hadislar haqida aytisha-diki, «Ularni «Qanday»siz holda o‘tkazing!» Ahli sunnat val-jamoat mazhabidagi ilm ahllarining qavli ana shunday. Jahmiya (firqasi) esa bu rivoyatlarni rad etib, «Bu tashbihdir» deydi. Allohu taolo o‘z kitobining bittadan ko‘p joyida «yad» (qo‘l) «sam’» (quloq) va «basar» (ko‘z) ta’birlarini zikr etadi. Jahmiya (Juhamiy mu’taziliy) bu oyatlarni ta’vil etib, ilm ahllarining tafsiriga muxolif tarzda tafsir qilishadi. Aytadilarki, «Allohu taolo Odamni qo‘li bilan yaratmagan. Qo‘lning ma’nosi faqatgina quvvat va qudratdir».
Ishoq, ibn Ibrohim bunday deydi: «Qo‘lga o‘xshagan qo‘l» yoki «qo‘l singari qo‘l» yoxud «quloqqa o‘xshagan quloq» yoki «quloq singari quloq» degan vaqtda faqat tashbih (o‘xshatish) bo‘ladi. «Quloq singari» yoki - «quloqqa o‘xshash» desa, tashbih ana shudir. Ammo Allohu taolo marhamat qilganidek, «yad» (qo‘l), «sam’» (quloq) va «basar» (ko‘z) desa-yu, kayfiyatidan (qandayligidan) so‘zlamasa, «quloq singari» yoki «quloqqa o‘xshash» demasa, bu tashbih bo‘lmaydi. Bu so‘z Allohu taoloning kitobida kelgan qavli sharifiga o‘xshaydi: «Unga o‘xshaydigan hech narsa yo‘qdir, Ul (Alloh) Sami’ va Basirdur (hamma narsani eshitguvchi va hamma narsani ko‘rib turguvchidir)» «Sho‘ro», surasi, 11-oyat.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:24:42
29-BOB
MAVZU: TILANCHI HAQIDA


660. Ummi Bujayd (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; u Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bay’at qilgan ayollardan edi; Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytdiki, «Agar miskin kishi kelib eshigimda turib olsa-yu, men unga beradigan biror narsa topa olmasam, nima qilaman?» Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha ayolga bunday dedilar: «Agar beradigan biror narsa topa olmasang, hech yo‘qsa, bir kuydirilgan qo‘y tuyog‘i topib bo‘lsa ham unga ber, uni tilanchining qo‘liga tiqib qo‘y!».
Kuydirilgan qo‘y tuyog‘idan murod tilanchini eshikdan kuruq qaytarmaslikdir. Oz yoki arzimas bo‘lsa ham, mumkin bo‘lgan nar-sani bermoq ma’nosini ifoda etadi.
Bu bobda Ali, Husayn ibn Ali, Abu Hurayra va Abu Umoma (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan. Ummi Bujaydning hadisi hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:24:54
30-BOB
MAVZU: QALBLARI MOIL (DO’ST VA ULFAT) QILINADIGAN KISHILARGA (NARSALAR) BERMOQ HAQIDA


Bunday kishilar Islomda «Muallafai qulub» nomi bilan mashhur. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam hayotlarida ularning qalbini islomga moyil qilish uchun zakot va o‘lja mollaridan ularga ulush berar edilar. Ibn ul-Arabiy «Oribat ul-ahvoziy» nomli Termiziy kitobi izohlariga oid asarida bunday deydi: «Muallafai qulub kimlar ekanligi borasida ixtilof qilindi. Ba’zilari, ular musulmon ekanliklarini, ammo diniy e’tiqodlari zaif bo‘lganidan musulmonliklarini sobit va quvvatli qilish uchun ularga pullar va mollar berilgan, deb aytadi. Ba’zilari esa, ular kofir bo‘lib, faqat yomonliklaridan saqlanmoq uchun hamda musulmonlarga yordam va muzoharalarini (qo‘llab-quvvatlashlarini) ta’minlamoq uchun ularga mollar va pullar berilgan, deydi. Sahihrog‘i shu gapdir va barcha rivoyatlar shuni qo‘rsatmoqda.

661. Safvon ibn Umayya (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, xalq (orasi)da mening eng yomon ko‘rgan kishim edilar. Hunayn g‘azoti) kunida menga (o‘ljalardan) berdilar va berishda davom etdilar. Nihoyat, xalq orasida eng yaxshi ko‘rgan kishimga aylandilar».
Al-Hasan ibn Ali shuni yoki shunga o‘xshash bir hadisni menga bayon qildi.
Bu bobda Abu Sa’id (roziyallohu anhu)dan hadis rivoyat qilingan.
Safvonning hadisini Ma’mar va tag‘in boshqalar, Az-Zuhriydan, Sa’id ibn Al-Musayyabdan rivoyat qiladilar: Safvon ibn Umayya aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga berdilar»: Shu rivoyat yanada sahih va yanada maqbulroq bo‘lib ko‘rinadi. Hamda hadis (sanadi) bunday: «Sa’id ibn Al-Musayyabdan, Safvon ibn Umayya aytdi».
Termiziy sanadda voqe bo‘lgan «‘an» va «an» so‘z rivoyatlariga ishorat qilib, «an» rivoyatini ustun qo‘ymoqdalar. Shunga qaramay hadisni «‘an» rivoyati bilan taxrij qilganlar.
Ilm ahllari muallafa-i qulubga (mollardan) berilmog‘i borasida ixtilof qildilar. Ilm axllarining ko‘pi bermaslik kerak, degan fikrdadir. Aytdilarki, «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam davrlarida (ular) bir jamoatdan iborat edi. Rasuli Akram ularni Islomga moyil qilishga urinar edilar va natijada (ular) musulmon bo‘ldilar. Bu kun bu ma’noda ularga zakot berilmasligi kerak degan fikrga ega bo‘lishayotir. Sufyon As-Savriy, Kufa ahli va tag‘in boshqalarning qavli shudir. Ahmad va Ishoq ham shu qavlga ega bo‘lganlar.
Ba’zi ilm ahllari esa bunday deydilar: «Bu kun o‘shalarning holatida bo‘lganlar topilsa, Imom (Davlat boshlig‘i) ularni Islomga moyil qilish uchun (pul yoki mol) bersa, bu joizdir. Shofi’iyning qavli shu.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:25:13
31-BOB
MAVZU: SADAQA BERGAN KISHI O’Z SADAQASIGA VORIS BO’LMOG’I


662. Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘tirgan edim. Bir xotin keldi-da, «Yo Rasululloh! Men onamga sadaqa qilib bir joriya bergandim, onam vafot qildi», dedi. (Rasuli Akram): «Ajring vojib bo‘ldi (savobing yozildi) va meros uni (joriyani) senga qaytardi!» dedilar. Xotin aytdi: «Yo Rasululloh! Onamning bir oylik ro‘za qarzi (qazosi) bor edi, uning o‘rniga ro‘za tutsam bo‘ladimi?» «Uning o‘rniga ro‘za tut!» dedilar. Xotin: «Yo Rasululloh! Onam umrida haj qila olmadi, uning o‘rniga haj qilsam bo‘ladimi?» dedi. (Rasuli Akram): «Ha! Uning o‘rniga haj qilgin!» dedilar...».
Bu hadis hasan-sahih.
Va bu Buraydaning rivoyatidan ekanligi bitta shu vajhdan ma’lum bo‘layotir. Abdulloh ibn Ato muhaddislar nazdida siqa (ishonchli)dir.
Ilm ahllari ko‘pchiligining amali shu hadis asosidadir. Kishi sadaqasi meros sifatida o‘ziga intiqol etsa (o‘tsa), o‘sha sadaqa unga halol. Ba’zi ilm ahllari esa bunday deydilar: «Sadaqa Alloh uchun qilingan bir narsadir. Meros sifatida o‘ziga intiqol etganida (qaytganida) uni shunga o‘xshash joyga sarf etmog‘i vojib».
Sufyon As-Savriy va Zuhayr ibn Muoviya bu hadisni Abdulloh ibn Atodan rivoyat qiladilar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:25:35
32-BOB
MAVZU: SADAQASIDAN QAYTMOQ KAROHAT EKANLIGI


663. Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; (Hazrati) Umar Alloh yo‘lida (bir g‘oziyni o‘zlariniki bo‘lmish) bir otga mindirdilar. Keyin otning sotilayotganini ko‘rib, uni sotib olmoqchi bo‘ldilar. Shunda Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam: «Sadaqangdan qaytma!...» dedilar.
Ba’zi ilm ahllarining fikricha, sadaqa bergan kishi, sadaqasini sotib olmog‘i, hadisning zohiriga ko‘ra, harom. Ammo ilm ahllarining ko‘pchiligi bu o‘rindagi qubh (qabohat, yomonlik, xunuklik) lizotihi bo‘lmasdan, lig‘ayrihi bo‘lgani uchun karohati tanzihiya bilan makruh ekanligini aytganlar. Chunonchi, sadaqani olgan kishi, sobiq (avvalgi) yaxshiligi bois sadaqani bergan kishiga narxini tushiribroq sotish ehtimoli bor. Demak, narxi pasaytirilgan miqdor sadaqadan qaytmoq kabi bir holatni yuzaga keltiradi. (Hazrati) Umar (roziyallohu anhu) Alloh yo‘lida g‘azotga ketayotgan bir mujohidga tamlik yo‘li bilan (butkul egalik qilishi uchun) bir ot berganlar. Buning tamlik (egalik qilishi) yo‘li bilan bo‘lganini, o‘sha mujohid keyinchalik otni sotishga chog‘langanidan anglaymiz. Ba’zilari bu sotish harakatini bunday izohlaydi: «Ot zaiflashgan va zaiflik bois boshqa otlarga yetolmaydigan va foydalanib bo‘lmaydigan holatga yetgan edi»... Ash-Shavqoniy, farz sadaqa, ya’ni zakot bo‘lsa, uni sotib olmoq zararsiz, deydi. Chunki ixtiyoriy tarzda berilgan sadaqa masalasi bu o‘rinda vorid emas.
Bu hadis hasan-sahih.
Ilm ahllari ko‘pchiligining amali shu hadis aso-sidadir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:26:25
33-BOB
MAVZU: O’LIKNING (MARHUMNING) RUHI UCHUN SADAQA BERMOQ


664. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: «Odamlardan biri aytdiki, «Yo Rasululloh! Mening onam vafot qildi. Uning (ruhi) uchun sadaqa qilsam, unga foydasi tegadimi?». (Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallam): «Ha», dedilar. Kishi aytdi: «Mening bir mevazor bog‘im bor. Sizni shohid qilgaymanki, uni onam (ruhi) uchun sadaqa qilib berdim!».
Bu hadis hasan.
Ilm ahllari bunga tan berganlar. Aytadilarki, «O’likka sadaqa va duodan boshqa hech narsa yetib bormaydi!»
Ba’zilar bu hadisni Amr ibn Dinordan, Ikri-madan, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan mursal tarzida rivoyat qiladilar. «Mening bir maxrafim (mevazor bog‘im) bor» degan so‘zdan ekinzor poliz ko‘zda tutilgan.
Duo va sadaqaning foydasi o‘likka yetib bormog‘i haqida mutobaqat (kelishuv) qilingan. Ahli sunnat val-jamoat ulamosi orasida bu xusuda ixtilof yo‘q. Faqat namoz, ro‘za va Qur’on o‘qimoq kabi jismoniy ibodatlar masalasida ixtilof qilingan. Al-Qoriy hazratlari «Al-fiqhul-akbar»ning sharhida bunday deydilar: «Abu Hanifa, Ahmad va salaf (olimlari)ning barchasi, jismoniy ibodatlar savobi ham o‘likka yetib boradi, degan fikrga ega bo‘lganlar. Shofi’iy va Molik mazhablarida, mashhur bo‘lgan qavl - yetib bormaydi, degan fikrdadir». As-Suyutiy «Sharhus-sudur»da aytadi: «Xatm savobi o‘likka yetish-etmasligi haqida ixtilof qilindi. Butun salaf (olimlar) va uch imom yetib boradi, deb tan berishgan. Imom Shofi’iy «Inson uchun o‘z sa’y-harakatidan boshqa narsa yo‘qdir». «An-najm, 49) oyatiga tayanib, bu qavlga muxolafat qildi: Oldingilar bu oyatni muxtalif jihatdan javoblantiradi. Quyida shu javoblardan ba’zilarini zikr qilamiz.
1) Mazkur oyat, boshqa oyati bilan mansuhdir (hukmi bekor qilingan). Chunonchi, otalar farzandlarining taqvo va yaxshiligi sababidan jannatga kiritilishlari rivoyat qilingan.
2) Bu oyat, Ibrohim va Muso (alayhissalom) qavmiga tegishli. (xos). Ummat uchun esa ham o‘z sa’y-harakatidan, ham uning uchun qilingan sa’y-harakatdan foyda yetadi. Bu Ikrimaning so‘zidir.
3) Bu oyatdagi «Inson uchun» deyishdan murod - kofir insondir. Mo‘‘min inson esa ham o‘z sa’y-harakatidan, ham uning uchun qilingan sa’y-harakatdan foyda topadi. Bu so‘zni Robi’ ibn Anas aytadi.
4) Inson uchun sa’y-harakatining samarasidan boshqa biror narsa bo‘lmasligi adliy tariyqdandir (adolatli yo‘ldir). Ammo ehson bobidan Allohu taolo O’zi xohlaganicha berishi mumkin. Buni Al-Husayn ibn Fazl aytadi.
5) «Lil-inson» birikmasidagi «Lom», «‘ala» ma’nosidadir. Ya’ni insonga gunoh sifatida faqat qilgan gunohi yoziladi va inson faqat sodir qilgan gunohlaridan so‘roq qilinadi, deganidir.
Shuningdek, o‘qilgan Qur’on va tushirilgan xatmning savobi o‘liklarga yetib boradi, deb aytgan olimlar ba’zi hadislar bilan istidlol qiladilar. (dalil-hujjat keltiradilar). Suyutiy: «Bu hadislar zaif bo‘lishi bilan birga, majmu’i e’tibori bilan, o‘liklar ruhiga Qur’on o‘qimoqning bir asl-manbai borligiga dalolat qiladi» deydi va musulmonlar o‘sha paytdan beri shu tartib-qoida asosida davom etib kelayotganlarini va buning bir ijmo’ ekanligini ta’kidlaydi...
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:26:56
34-BOB
MAVZU: XOTIN ERINING UYIDAN (OLIB CHIQIB) INFOQ QILMOG’I MASALASI


665. Abu Umoma Al-Bohiliy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdim, Vido hajlari yilidagi xutbalarida bunday dedilar: «Xotin kishi erining uyidan, molidan erining iznisiz, zinhor biror narsa infoq qilmasin!..» Aytdiki, «Yo Rasululloh! Taom ham bermasinmi?» Aytildiki, «Molning eng afzali shudir!».
Bu bobda Sa’id ibn Abi Vaqqos, Asmo binti Abu Bakr, Abu Hurayra, Abdulloh ibn Amr va Oisha (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Umomaning hadisi hasan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:27:06
666. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Ayol erining uyidan (ezgu niyatda) sadaqa bersa, unga bundan ajr-savob tekkay va eriga ham shuncha, xazinabonga ham shuncha savob berilgay. Ulardan hech bittasining ajri o‘rtog‘ining ajr-savobidan bir zarra kamaytirilmas. Kishi ishlab topgani uchun, ayol infoq qilgani uchun (savob olur)».
Bu hadis hasan-sahih.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:27:17
667. Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilindi; aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ayol erining uyidan xolis niyatda va sochib-sovurmasdan (sadaqa) bersa, unga erining ajr-savobicha savob berilgay. Ayol ezgu niyatda bo‘lgani uchun (berilur); xazinabonga ham shuncha ajr-savob tekkay».
Bu hadis hasan-sahih.
Bu Amr ibn Murraning Abu Voildan rivoyat qilgan hadisidan ko‘ra sahihroq. Amr ibn Murra o‘z rivoyatida «Masruqdan» demaydi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:27:27
35-BOB
MAVZU: SADAQAI FITR HAQIDA


668. Abu Sa’id Al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida fitr zakotiga taomdan (bug‘doydan) bir so’, arpadan bir so’, xurmodan bir so’, mayizdan bir so’, qurutdan bir so’ chiqarar edik. To Muoviya Madinaga kelgunicha (shuncha) chiqarib turganmiz. Muoviya (Madinaga kelgach) nutq so‘zladi, xalqqa aytgan gaplarida ushbu (so‘z) bor edi: «Men, Shom bug‘doyidan ikki muddi bir so’ xurmoga to‘g‘ri kelayotganini ko‘ryapman». Shunda xalq bunga ko‘ndi...» Abu Sa’id aytdiki, «Men avval qanday chiqargan bo‘lsam, hanuz xuddi o‘shanday chiqaraman».
So’ - don mahsulotlari o‘lchovi bo‘lib, kilogramm deganidir. So’-Hijoz va Iroq so’i tarzida ikkiga bo‘linadi. Iroq so’i - sakkiz ratl bo‘lib, har ratl 130 dirhamdir. Bu 130 sakkizga ko‘paytirilsa, bir so’ 1040 dirham bo‘ladi. 1040 dirham - dirhami shar’iy e’tibori bilan 2,917 kg, dirhami urfiy e’tibori bilan 3,333 kg bo‘ladi. Hijoz so’i esa besh butun, uchdan bir ratldir. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam davrlarida shu so’ qo‘llanilgan.
Bu hadis hasan-sahih. Ba’zi ilm ahllarining amali shu hadis asosidadir. Hamma narsadan bir so’ beriladi, degan fikrdalar. Shofi’iy, Ahmad va Ishoqning qavli shudir. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan va keyingilardan ba’zi ilm ahllari, bug‘doydan tashqari hamma narsadan bir so’ beriladi va faqatgina bug‘doydan yarim so’ yetarli bo‘ladi, deb xulosa qilganlar. Sufyon As-Savriy, Ibnul-Muborak va Kufa ahlining qavli shudir. Bug‘doydan yarim so’ beriladi degan fikrdalar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:28:07
669. Ali ibn Shu’aybning bobosidan rivoyat qilindi; «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makka (shahri) ko‘chalariga bir jarchi yubordilar: «Diqqat! Fitr sadaqasi, xoh erkak,xoh ayol, xoh ozod, xoh qul, xoh katta, xoh kichik bo‘lsin - har bir musulmon uchun vojibdir! Bug‘doydan ikki mudd, boshqa taomlar (masalliqlar)dan bir so’ (berilgaydir!)».
Bu hadis g‘arib-hasan.
Bir mudd so’ning to‘rtdan biri bo‘lib, ikki mudd yarim so’ bo‘ladi. Bir so’ dirhami shar’iy e’tibori bilan 2,917 kg va dirhami urfiy e’tibori bilan 3,339 kg bo‘ladi, shunga ko‘ra yarim so’ birinchi e’tiborda - 1,458 kg va ikkinchi e’tiborda 1,667 kg ga to‘g‘ri keladi.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:28:33
670. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam fitr sadaqasini erkaku-ayol, ozod va mamluk (qul) har bir musulmon kishiga, xurmodan bir so’ yoki arpadan bir so’ tarzida (bermoqlikni) farz qildilar». (Roviy) aytadiki, «Keyinchalik odamlar bug‘doydan yarim so’ bermoqni odat qilishdi».
Bu hadis hasan-sahih.
Bu bobda Abu Sa’id, Ibn Abbos, Al-Horis ibn Abdurrahmon ibn Zubobning bobosi, Sa’laba ibn Abu Suyor va Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:28:46
671. Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, fitr zakotini (fitri Ramazonni) musulmonlardan har bittasiga - xoh ozod, xoh qul; xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin - xurmodan bir so’ yoki arpadan bir so’ tarzida (bermoqlikni) farz qildilar».
Ibn Umarning hadisi hasan-sahih. Molik bu hadisni Nofi’dan, Ibn Umardan, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan, Ayyubning rivoyatidek «minal muslimiyn» («musulmonlardan») degan ilova bilan rivoyat qilgan. Bittadan ko‘p kishi ayni shu hadisni Nofi’dan rivoyat qilganlar; ammo hadisda «minal muslimiyn» ilovasini zikr qilmaganlar.
Ilm ahllari bu masalada ixtilof qildilar. Ba’zilari, «Kishining musulmon bo‘lmagan qullari bo‘lsa, ular uchun zakoti fitr bermaydi» deyishadi. Molik, Shofi’iy va Ahmadning qavli shudir. Ba’zi ilm ahllari esa bunday deydilar: «Musulmon bo‘lmasalar ham, ular uchun beradi». As-Savriy, Ibnul-Muborak va Ishoq shu qavlga ega bo‘lishgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:30:22
36-BOB
MAVZU: «FITR (HAYIT) NAMOZIDAN OLDIN BERILMOG’I


672. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, fitr sadakasi Ramazon hayiti kuni namozga borishdan oldin chiqarilsin, deb amr qildilar».
Bu hadis hasan-g‘arib.
Ilm ahllari kishi fitr sadaqasini namozga yurishdan oldin chiqarmog‘ini mustahab ko‘rganlar.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:30:35
37-BOB
MAVZU: ZAKOTNING VAQTIDAN OLDIN BERILMOG’I HAQIDA


673. Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Abbos (roziyallohu anhu) o‘z sadaqalarini vaqti kirmasidan ertaroq bermoq borasida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘radilar. Rasuli Akram bu xususda u kishiga ruxsat berdilar».
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:30:55
674. Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: Nabiy sallallohu alayhi va sallam Umar (roziyallohu anhu)ga aytdilar: «Biz Abbosning bu yilgi zakotini avvalgi yili (o‘tgan yili) olganmiz».
Bu bobda Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan hadis rivoyat qilingan.
Zakotning vaqtidan oldin berilmog‘i haqidagi hadis Isroilning Al-Hajjoj ibn Dinordan qilgan rivoyati ekanligini bitta shu vajhdan bilayotirman. Ismoil ibn Zakariyoning Al-Hajjojdan qilgan rivoya-ti, menimcha, Isroilning Al-Hajjoj ibn Dinordan qilgan rivoyatidan ko‘ra sahihdir. Bu hadis Al-Hakam ibn Utaybadan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilindi. (Bu rivoyatga ko‘ra) mursaldir.
Ilm ahllari, vaqti kirmasdan oldin zakot berilmog‘i masalasida ixtilof qildilar. Ilm ahllaridan bir guruhi, zakot vaqtidan oldin beriladi, degan fikrga ega bo‘lganlar. Sufyon As-Savriyning qavli shudir. Aytadiki, «Menimcha, vaqtidan oldin berilmog‘i yanada maqbulroq». Ilm ahllarining ko‘pchiligi bunday deydi: «Vaqti kirmasdan oldin berilsa, zakot berganga o‘tadi». Shofi’iy va Ishoq shu qavlga ega bo‘lishgan.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:31:30
38-BOB
MAVZU: TILANMOQDAN QAYTARUV


675. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdim, aytdilar: «Sizlardan birortangiz erta tongda borib o‘tin termog‘i, uni orqalab tashimog‘i, undan sadaqa qilmog‘i va shu bilan odamlardan behojat bo‘lmog‘i, so‘rasa yo beradigan, yo bermaydigan kishidan tilanib yurmog‘idan ko‘ra, albatta, o‘zi uchun yaxshiroqdir! Yuqori qo‘l past qo‘ldan yaxshiroqdir!.. (Avval) qo‘l ostingizdagilardan boshlang!».
Bu bobda Hakim ibn Hizom, Abu Sa’id Al-Xudriy, Zubayr ibn Al-Avvom, Atiyya As-Sa’diy, Ab-dulloh ibn Mas’ud, Mas’ud ibn Amr, Ibn Abbos, Savbon, Ziyod ibn Al-Horis As-Sudoiy, Anas, Xubshiy ibn Junoda, Kabisa ibn Muhoriq, Samura va Ibn Umar (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilingan.
Abu Hurayraning hadisi hasan-sahih-g‘arib.
Bu hadisning g‘arib ekanligi, bayonning Qaysdan rivoyat qilingani tufaylidir.
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:32:55
676. Samura ibn Jundub (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tilanchilik bir (uqubatli) tirnalmoqdirki, kishi u bilan o‘z yuzini tirnagaydir. Illo kishi hukmdordan so‘rasa yoki o‘ta zarur ish borasida bo‘lsa (mumkin)».
Bu hadis hasan-sahih.

ZAKOT BOBLARI TUGADI


BIRINCHI JILD TARJIMASI TUGADI

Hijriy 1419 yil zulhijja oyining 29-kuni,
milodiy 1999 yil, 15-aprel payshanba kuni
birinchi jild tarjimasi nihoyasiga yetdi.

Alhamdullillahi robbil a’lamiyn!
As-solaatu vas-salaamu ‘ala sayyidina
Muhammadin  :sw: va ‘ala olihi va ashaabihi ajma’iyn!

Ushbu kitobni o‘qib, bahramand bo‘lganlar murodlariga yetsinlar!
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 29 Dekabr 2008, 01:57:57
MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg151940#msg151940)
O’zbekcha nashrning xususiyatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg151942#msg151942)
Abu Iso Muhammad at-Termiziyning tarjimai hollari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg151946#msg151946)
Abu Iso Muhammad at-Termiziy kitobining uch xususiyati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg151960#msg151960)
Hadislarning qabul qilinishi va rad etilishi jihatdan turlarga bo‘linishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg151968#msg151968)

SUNANI TERMIZIY TARJIMASI

Tahorat boblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg151983#msg151983)
Namoz boblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg152374#msg152374)
Vitr boblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg152907#msg152907)
Jum’a boblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg152988#msg152988)
Hayit boblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg153103#msg153103)
Safar boblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg153127#msg153127)
Zakot kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.msg153234#msg153234)
Nom: Re: SUNANI TERMIZIY. Imom Muhammad at-Termiziy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Iyun 2009, 03:05:57
Sunani Termiziy

(http://www.ziyouz.com/images/books/sunan_termiziy.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=290)

Muallif: Imom Muhammad at-Termiziy
Hajmi: 2,10 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=290)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3001.0)