ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: siddiqa 09 Yanvar 2009, 08:07:06

Nom: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: siddiqa 09 Yanvar 2009, 08:07:06
Пайғамбаримиз Муҳаммад с.а.в. озод қилган қуллари Савбон Ñ€.а. Расули Акрамни қаттиқ яхши кўрар, фироқларига сабр қилолмас эди. Бир куни Савбан Расули Акрам ҳузурларига юзлари қизарган ва титраган ҳолда кириб келди. У зот Савбоннинг бу ҳолатини кўриб сабабини сўрадилар. Шунда Савбон: “Бетоб эмасман, аммо озгина вақÑ‚ сизни кўрмай қолсам, даҳшатга тушаяпман. Мана ҳозиргина охиратни эсладим. Шубҳа йўқки, сиз жаннатда пайғамбарлар билан бирга бўласиз. Мен, гарчи Аллоҳ раҳмат қилиб жаннатга кирсам ҳам, сиз билан бўлолмайман. Чунки сизнинг манзилингиз баланд. Агар жаннатга киролмайдиган бўлсам, кейин сизни ҳеч қачон кўра олмайман. Охиратда ҳолим не кечишини ўйлаб титраб кетаяпман”, деди. Шунда ушбу оят нозил бўлди: “Кимда ким Аллоҳ ва Пайғамбарига итоат этса, ана ўшалар Аллоҳ инъомларига сазовор бўлган зотлар – пайғамбарлар, сиддиқлар (ҳақ рост имон эгалари), шаҳидлар ва солиҳлар билан бирга бўлурдар. Ана ўшалар энг яхши ҳамроҳлардир”. (Нисо сураси, 69 оят) Дарҳақиқат, Расулуллоҳ с.а.в. даражаларига ҳеч ким ета олмайди. Лекин раҳмати кенг, авфи улуғ Аллоҳ суюкли Расулига илҳом берди. Аллоҳнинг ҳабиб Расули эса бу хушхабарни умматларига етказди. Анас ибин Моликдан ривоят қилинади: Бир аъробий Пайғамбар с.а.в. ҳузурига келиб сўради: “Қиёмат қачон бўлади?”, “У кун учун нима ҳозирладинг?”, дедилар Расули Акрам. “Аллоҳ ва Расулига муҳаббат!”, дея жавоб берди аъробий. Шунда Расулуллоҳ с.а.в.: “Жаннатда ҳам яхши кўрганларинг билан бирга бўласан!”, дедилар. (Муттафақун алайҳ) Демак, айни муҳаббат туфайли биз Аллоҳ таолонинг дийдорига, Пайғамбаримиз с.а.в. билан абадий бирга бўлиш саодатига эришамиз. Шундай экан, савол туғилади: “Бу муҳаббат қандай ҳосил бўлади, қандай кучаяди?...” Келинг мазкур ҳадисга яна бир бор мурожаат қилайлик. Аъробий Аллоҳ Расулидан қиёмат вақтини сўради. Расулуллоҳ ажиб бир ҳикмат билан бизга ибрат бўладиган тарзда сўровчининг эътиборини сўралаётган нарсадан муҳимроқ ишга қаратдилар. Дарвоқеъ, кўп маълумотлар тўплаб, кўп билгандан кўра, оз билиб, кўп амал қилган фойдалироқ. Шунинг учун ҳам Аллоҳнинг расули умматга беҳуда сўзни унуттирдилар, хайрли рағбат уйғотдилар. Зеро, ҳақиқий муҳаббат амалда зоҳир бўлади, амалда синалади, амал билан кучаяди. Бугун биз пайғамбарлар ҳақида Ñžқияпмиз. Тарихларини ўрганаяпмиз. Сийратлари билан танишаяпмиз. Ҳар куни билганларимизга нимадир қўшилади, билимимиз ошади. Даъволаримиз ҳам шунга яраша. Фахр бор, аммо фаҳм йўқ. Ақл жойида, аммо афсуски хуш йўқ. Дунёнинг бебақолиги-ÑŽ, чивининг қанотича қадри йўқлиги хусусида соатлаб мажлис қўрамиз, саҳобалар ҳолатидан ҳайратланиб тонглар оттирамиз. Афсус, эрталаб умримизнинг энг ғайратга тўла дамларини охират учун эмас, дунё учун мусобақалашиб ўтказамиз. Энг керакли пайтда қани биз ўрганган тақво? Қани у биз билган ғам? Наҳотки барчаси ёлғон?! Балки бугун қорин Ñ‚Ñžқу, кўзлар оч. Ноз неъматлар бисёру, барака йўқ. Жамоат жаму, файз кам бўлиши шунданмикин? Расулуллоҳ с.а.в. шундай дедилар: “Аллоҳга қасамки, мени ота онангиз, фарзандларингиз ва мол дунёларингиздан кўра яхши кўрмагунингизча ҳақиқий мўмин бўла олмайсизлар”. Саҳобалар ҳақиқий мўмин бўлиш иштиёқида муҳаббатни намойиш қилиш билан эмас, балки муҳаббат билан банд эдилар. Бунга мисол кўп. Уҳуд жангида Муҳаммад ўлдирилди”, деган гап тарқалди. Баъзилар Мадинага қараб қочди. Пайғамбар с.а.в. суйган ансория аёллар “Расулуллоҳ қаерда?”, дея у зотни қидира бошлашди. Улар ҳатто “ўғлинг шаҳид бўлди”, “отанг ўлди”, “эринг ҳалоқ бўлди”, деган гапларга эътибор беришмади. Муҳаммад Мустафо с.а.в.ни излашди. Пайғамбар с.а.в. дунёдан ўтганларидан кейин бир аёл келиб Оиша онамиздан Расулуллоҳ қабрларини кўрсатишларини илтимос қилди. Оиша онамиз муборак қабрни кўрсатганларидан кейин у аёл қабр ёнига борию, қабрни ўпган ҳолда жон таслим қилди... Билол ҳабаший Расулуллоҳ вафотларидан кейин азон айта олмадилар. “Ашҳаду анна Муҳаммадан Расулуллоҳ”, дейишлари билан ҳушдан кетавердилар... Аллоҳ ва Расулига бўлган муҳаббат қалб сиридир... бу сир қанча ичкарида бўлса, муҳаббат шунча кучли бўлади. Амаллар бу сирни яширади. Сўзлар ошкор қилади. Аллоҳ учун қилаётган амалимизни Ўзи билса бас. Чунки Пайғамбар с.а.в. шундай деганлар. У зотга муҳаббатимиз чин бўлса, суннатлари билан яшаб, сийратлари билан сифатланайлик. Аллоҳ бизни ҳам Расулини севганлар билан бирга жаннатда бирга қилсин


www.muslima.uz
Nom: Re: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: Muslim_4101 01 Mart 2009, 21:53:41
U zotga salavot va salom ayting!
:bs1:
Albatta, Alloh va uning farishtalari Payg'ambarga salovat ayturlar. Ey mo'minlar (sizlar ham) unga salavot va salom aytinglar! (Ahzob, 56).
Alloh taolo ushbu oyat bilan Rasululloh (s.a.v)ning naqadar sharafli ekanliklarini, qadrlari Yaratgan huzurida qay darajada yuksakligini ko'rsatib beradi. Hayotlik chog'larida ham, vafotlaridan keyin ham, oldilarida ham, ortalarida ham u zotga salavot va salom yo'llashni ta'lim bermoqda Alloh taolo. Chunki Allohning O'zi ham, Uning itoatkor farishtalari ham Nabiy(a.s)ga salavot yo'llaydilar. Imom Qurtubiy aytadilar: "Allohning salavoti Uning rahmati va rizosi demakdir. Farishtalarning salavoti esa, duo va istig'for ma'nosidadir. Ummatning salavoti bo'lsa duo va u zotning amrlariga xurmat ko'rsatishni bildiradi".
Bu oyat, yukorida aytilganidek, Payg'ambar (s.a.v)ning avvalgi va keyingi barcha insoniyatning eng xayrlisi ekanliklarini ko'rsatib turibti. Shuning uchun ham Alloh oyatda bizlarga marhamat qilmoqdaki, "Ey mo'minlar siz ham Payg'ambar(a.s)ga ko'p-ko'p salavot aytingiz, chunki zimmangizda u zotning haqqi bisyordir".  Chunonchi, sizlarni Alloh yordamida zulmatdan nurga, zalolatdan hidoyatga olib chiqqan u zot Rasululloh (s.a.v)dir. Shuning uchun ham u zotning muborak nomlari tilga olingani hamono: "Allohumma solli 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad" ("Allohim, Muhammadga va u zotning oilalariga marhamat ko'rsat, uzotga ko'p salom yo'lla") deb ayting!
 Ka'b ibn Ujradan shunday ruvoyat qilinadi: " Biz Rasululloh (s.a.v)dan: " Ey Allohning rasuli, Sizga salom berishni bilamiz, ammo salavot qanday aytiladi?"- deb so'radik Rasululloh (s.a.v) shunday javob berdilar: "Ey Allohim! Ibrohimga salavot aytganing kabi, Muhammad va oilalariga ham salavot ayt..." deng" (Buxoriy rivoyati).
Saviy aytdi: Maloikalar va mo'minlarning Payg'ambar (s.a.v)ga salavot aytishlarining hikmati ularning bu ish orqali sharaf topishlaridir. Zero, ular Payg'ambar (s.a.v) salavot yo'llash, u zotni ulug'lash haqidagi Allohning amriga bo'ysunganlar. Ayni paytda salavot Rasululloh (s.a.v)ning ummat zimmasidagi halqlari evaziga mukofotdir. Chunki u zot Rosululloh (s.a.v) ummatlariga berilgan barcha ne'matlarining asosiy sababchisidirlar. Kishi birovdan bir yaxshilik ko'rsa, unga yaxshilik bilan javob qaytarishga uni taqdirlashga burchli bo'lib qoladi. Ammo insonlar Rasululloh (s.a.v)ni munosib taqdirlashga imkonlari etmasligi sababli, barcha narsaning mutlaq egasi va har ishga qodir Allohdan u zotni taqdirlashini so'raydilar. "Allohim, Muhammad (s.a.v) salavot yo'lla", so'zlarning ma'nosi shudir"

Tafsir kitoblari asosida
"IRFON TAQVIMI" 2009 / 1430 (II)   
                                                 
Nom: Re: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: Muslim_4101 03 Mart 2009, 20:58:20
ALLOHNI SEVASANMI?
Bir kuni Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) Ali (r.a)dan so'radilar:
-Yo Ali, Allohni sevasanmi?
-Albatta, ey Allohning rasuli!
-Uning elchisi - Payg'ambarini sevasanmi?
-Ha, albatta, sizni sevaman!
-Ahli ayolingni sevasanmi?
-Sevaman, yo Rasululloh!
-Bolalaringni sevasanmi?
-Bolalarimni ham sevaman. Shunda Payg'ambarimiz (s.a.v) yana savol berdilar: "Yo, Ali, qanday qilib bir qalbga 4 ta sevgini sig'dira olasan?" Bu savolga Ali (r.a) o'ylanib qoldilar va javob uchun muhlat so'radilar. Uylariga borib ham o'ylanib o'tirdilar. Buni ko'rgan Fotima (r.a): "Agar dunyo yo'lida xomush bo'lsangiz, bu ishingiz yaxshi emas", deb hol so'radilar. Ali (r.a) bo'lgan voqeani aytib berdilar va Fotima (r.a)dan maslahat so'radilar. Fotima (r.a) shunday dedilar: "har bir narsaning o'ngu so'li, orqa-oldi bo'lganidek, qalbning ham bo'laklari bo'ladi. Otamga quyidagicha javob bering:
Allohning aqlim va idrokim bilan sevaman!
Payg'ambar (s.a.v)ni ruhim bilan sevaman!
Ahli ayolimni nafsim bilan sevaman!
Bolalarimni shafqatim bilan sevaman! Ertasi kuni Ali (r.a) Payg'ambarimiz huzuriga bordilar. Payg'ambarimiz javobni so'radilar. Ali (r.a) yuqoridagi javobni aytdilar. Shunda Rasululloh (s.a.v):
-Yo, Ali, javobingdan nubuvvat gulining hidi kelyapti. Buni senga qizim Fotima aytgan...

"MUSULMONLAR TAQVIM KITOBI"  
Nom: Re: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: Muslim_4101 06 Mart 2009, 21:37:20
Muhabbat Alloh taolodandir
Abu Hurayra (r.a) rivoyat qiladilar: Rasululloh(s.a.v) "bunday dedilar": Alloh taolo biror bandasini (qilgan amali solihlari tufayli) sevgaydir, Jabroil  alayhissalomga nido qilib: "Alloh falon bandasini sevdi, sen ham uni sevgil!"-degaydirlar, Jabroil alayhissalom o'shal bandani sevgaydirlar. So'ng Jabroil alayhissalom osmon ahliga nido qilib: "Alloh taolo falon bandasini sevdi, siz ham sevingiz!"-degaylar. Osmon ahli ham o'shal bandani sevgaylar. Shundan so'ng, yer ahlida nisbatan muhabbat paydo bo'lgaydir".

Buxoriyning "Al-Jomi' as-Sahih" kitobidan
"MUSULMONLAR TAQVIM KITOBI" 2004   
   
Nom: Re: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: Muhseena 07 Mart 2009, 22:14:12
Sizni hammadan ham ortiq sevamiz


 â€œ(Ey insonlar),shuningdek,sizlarga o’zlaringizdan bo’lgan,sizlarga bizning oyatlarimizni tilovat qiladigan,sizlarni poklaydigan,sizlarga Kitob va hikmatni (Qur’on va hadisni) o’rgatadigan va bilmagan narsalaringizni ta’lim beradigan bir Payg’ambar yubordik”(Baqara,151);Kim Payg’ambarga itoat etsa,demak,Allohga itoat etibdi.Kim yuz o’girsa,(buning sizga zarari yo’q,Ey Muhammad.Zero)Biz sizni ularning ustiga qo’riqchi qilib yuborganimiz yo’q”(Niso,80);”Albatta Allohga va uning Payg’ambariga ozor beradigan kimsalarni Alloh dunyoda ham,oxiratda ham la’natlagandi va ular uchun xor qiluvchi azobni tayyorlab qo’ygandir”(Azhob,57); (Ey insonlar,Biz bu Payg’ambarni) sizlar Allohga va uning Payg’ambariga iymon keltirishlaringiz uchun va u zotni ulug’lab,ehtirom qilishlaringiz hamda erta-yu kech Uni poklab tasbeh aytishlaringiz uchun (yubordik)”(Fatx,9).   
Zuhra ibn Ma’budning bobolari bunday deganlar:”Rasululloh bilan birga edik.U zot Umar ibn Hattobning qo’llaridan tutib turardilar.Umar:”Ey Allohning Rasuli,Allohga qasamki,siz men uchun o’zimdan boshqa hammadan ko’ra sevimlisiz”-dedi.Rasululloh s.a.v.:”Sizlardan birortangizga o’zidan ham sevimli bo’lmagunimcha mo’min bo’la olmaydi”-dedilar.Hazrati Umar: Ey Allohning rasuli,Allohga qasamki,endi siz menga o’zimdan ham sevimlisiz”-dedi.Rasuli Akram s.a.v. “Ana endi to’g’ri bo’ldi Umar”-dedilar.( Imom Ahmad rivoyati).
Anas ibn Molik  r.a.dan rivoyat qilinadi: Rasululloh s.a.v. “Banda nazdida men uning ahlidan,molidan,odamlarning barchasidan afzal bo’lmagunimcha u mo’min bo’la olmaydi”,-dedilar.( Imom Muslim rivoyati)Nabiy s.a.v:Allohga qasamki,sizlardan birontangiz men unga ota-onasidan va hamma odamladan sevimli bo’lmagunimcha komil  mo’min bo’la olmaydi-dedilar.(Imom Buxoriy rivoyati).
Anas ibn Molik r.a.dan rivoyat qilinadi:”Rasululloh odamlarning eng go’zali,odamlarning eng saxiyi,odamlarning eng shijoatlisi edilar.”(Imom Muslim va Imom Buxoriy rivoyati).
Bero ibn Ozibdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi:Rasululloh odamlarning eng yuzi chiroylisi va hulqi eng go’zali edilar.(Imom Buxoriy rivoyati).
“Aqoidi Tahoviya”da bunday keladi:”Muhammad s.a.v. Allohning tanlagan quli va so’nggi payg’ambaridir.U zotdan keyin qilingan har qanday payg’ambarlik da’vosi yolg’ondir.U zot barcha jin va odam avlodalriga yuborilgan haqiqiy payg’ambardirlar”.
Turk hukmdorlaridan Sulton Mahmud G’aznaviy taqvosi,Payg’ambar s.a.v sunnatlariga uyg’un yashagani,adolatparvarligi bilan mashhur edi.Uning bir vaziri bo’lib,vazirning Muhammad ismli o’g’li Sultonga kotiblil qilar edi.Bu kuni Mahmud G’aznaviy koyibni ismi bilan emas “ Ey vazirning o’g’li” deb chaqirdi.Bu holdan kotib sergaklandi,podshohni ranjitadigan biror ish qildimmi,deb havotirga tushdi.Voqeani otasiga aytib,maslaxat so’radi.Ammo podshoh keyinroq o’g’lini yana o’z ismi bilan chaqirganini ko’rib,vazir ming andishada podshohdan:”O’g’li hatosini angladimi,uni yana o’z bilan chaqirdingiz”deb so’radi.Podshoh:”Tashvishlanma,ey vazir,hamisha o’g’lingni ismini aytib chaqirganimda tahoratli bo’lar edim.Bir safar tahoratim yo’q edi.Payg’ambarimiz s.a.v.ning muborak ismlarini tahoratsiz tilga olgim kelmadi” debdi.
Nom: Re: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: Muhseena 07 Mart 2009, 22:14:54
Junayd Bog’doniy aytadi:”Allohning lutfisiz hech kimsa Unga yetisha olmaydi.Allohga yetishishning yo’li esa,Uning rasuli hazrati Muhammad s.a.v ga tobe bo’lishdir”.
Sahl ibn Abdulloh Tustariy bunday deydi:Najot uch narsada-halol yeyish,farzlarni ado etish,Payg’ambar alayhissalomga ergashishdadir.     
Ahmad Havoriy:”Payg’ambarning sunnatiga nomuvofiq har bir harakat botildir’-degan.
Hazrati Rasulullohni G’arbning insofli kishilari ham ulug’lashgan.
Buyuk olmon shoiri Volfgang Gyote bunday deb yozgan:”Men dunyo tarixini o’qib shunday xulosaga keldim:dunyo podshohlari to’plagan jami saltanat-u boylik,qasrlar-u saroylar Muhammadning(alayhissalom) yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan…Biz Ovrupa millatlari madaniy imkonimiz yuqori bo’lishiga qaramay,Hazrati Muhammad so’nggi pog’onasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz xolos.Hech shubha yo’qki,biron kimsa u zotdan yuqoriroqqa o’ta olmaydi.
Atoqli Faylasuf  Shebol bunday deydi:’’Hazrati Muhammadning odam bolasi bo’lgani butun insoniyatga katta faxrdir.Chunki u zot ummiy bo’lsada,o’n to’rt asr avval shunday qonun va asoslarni keltirdiki,biz ovrupaliklar ikki ming sanadan keyin ularning qiymati va haqiqatini anglab yetsak,eng mas’ud,eng saodatli nasllar bo’lamiz.
Fransiyaning taniqli olimlaridan Lamartinning mana bunday so’zlari bor:”Agar kishining buyukligi uning qilgan ishlariga,qozongan zafarlariga,imkoniyati oz bo’lsada ko’p ish qilganiga qarab baholanadigan bo’lsa,Muhammad (alayhissalom) insonlarning eng buyugidir.Payg’ambar,notiq,da’vatchi,qonunshunos,jangchi,qalblarning himoyachisi,g’oyalar targ’ibotchisi,imom,davlat arbobi,yer yuzining yigirmata mintaqasida islomiy davlat qura olgan…Muhammad s.a.v ana shunday zot edi.Unga hech qaysi buyuk inson tenglasha olmaydi.Nahotki u o’lchovlarga sig’sa?!
Madras (Hindiston)lik Annay Beznt yozadi:U bir vaqtning o’zida ham Sezar,ham Papa edi.Ammo Papa bo’lib,unda Papaning iddaolari yo’q edi.Sezar bo’lib,unda Sezarning behisob lashkari yo’q edi.Agar biron bir shaxs muntazam qo’shinsiz,tansoqchilarsiz,saroylarsiz,davlat daromadi (soliqlar)siz mn Uning izn-u ixtiyori bilan boshqardim,deya olsa,unda u Muhammaddir.Chunki uning qo’lida hech qanday boshqaruv vositalarisiz va asoslarisiz hokimiyat bor edi”.
Taniqli sharqshunos Vilyam Muirning quyidagi fikrlari ham e’tiborga loyiq:Hazrati Muhammad haqida  gapirganlarimiz bir nuqtada to’planadi.U ham bo’lsa ,bu zotning xulq-atvori go’zalligiahloqining pokizaligidir.Bular shundayin ulug’ fazilatlarki, u zamondagi makkaliklar orasida juda nodir edi”.
Fransiyaning mashhur arbobi va sarkardasi Napaleon Bonapart esa u zotga bunday baho beradi:Alloh taoloning birligi va borligini Muso alayhissalom millatiga ,Iso alayhissalom ummatiga,Muhammad alayhissalom esa butun insoniyatga bildirdi”.
Ingliz olimi Jon Davenport mana bu fikrlarni yozib qoldirgan:”Mashhur payg’ambarlar va fotihlar orasida hayoti Hazrati Muhammadning (s.a.v) tarixidek eng ko’p va barcha nuqtalarigacha batafsil o’rganilgan tarixiy shaxs yo’q”.
Amerikalik tarixchi olim Mishel Hart bunday deydi:”Dunyodagi ta’siri eng kuchli shaxslar ro’yxatining boshiga Muhammadni yozib qo’ysam,ehtimol ayrim muxlislarim taajjubga tushishar?Nima bo’lganida ham u dunyoviy va diniy sohalardagi samarali ishlari bilan tarix sahnasidagi ana shu mo’tabar maqomga munosibdir”.
Buyuk Britaniyalik olimlar Edvard Gibbon bilan Simon Okslay yozishadi:Muhammad alayhissalom targ’ib qilgan g’oyalarning jozibasi uning izdoshlarini Payg’ambar shaxsiyati sari tortaveradi.Zero,u odamlarni aql-idrok va din bilan boshqargan edi”.
Oksford dorilfununi professori Vilyam Montgomeri:”Muhammadning (alayhissalom) zafar-yutuqlari uning buyukligiga dalildir.Bunday maqom-martabaga erishgan boshqa shaxs G’arbda ma’lum emas.Uni sehrgarlikda ayblash maqsadiga erisholmay,noiloj qolgan odamning chiranishidir” deya ta’kidlagan.
                                                                       Ahmad Muhammad to’pladi
                                                                      (“Hidoyat” jurnalidan)           
Nom: Re: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: Muzayyana 28 Aprel 2009, 12:01:02
Kunlardan bir kun Ali :ra:dan :
-Siz Rasulullohni qay darajada sevar edingiz? - deya so'ralganida, shunday javob bergan edilar:
-Rasululloh :sw: bizga molimizdan, jonimizdan, ahli ayollarimizdan suyukliroq, juda tashna bir kimsaning suvga bo'lgan orzusidanda azizroq edilar.


Nom: Re: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: Munavvara 10 May 2009, 17:02:51
Allohni va Uning Rasuli adibini sevmoq

Dinning o‘zagi sog‘lom va to‘g‘ri iymon, iymoning o‘zagi – Hubbi Rahmon, ya’ni akramul akramin va arhamur rohimiyn bo‘lgan yuksak Allohni sevmoqdir...

U holda bizning asl ishimiz, juda latif, juda zarif, juda nozik, juda shirin tuyg‘u bo‘lmish sevmoqdir. Boshqa fikr va tuyg‘ular, ibodat va toatlar, xayrot va hasanotlar uning ortidan keladi.

Alloh taoloni sevmoq u qadar qiyin, u qadar erishib bo‘lmaydigan va qo‘lga kiritib bo‘lmaydigan bir ish emas. Chunki qul o‘zini kim yaratganini, kim ulg‘aytirganini, bu mukammal vujudni, aqlni, fikrni, foydalanayotgan turli ne’matlarini... unga kim berganini; koinotning bu mo‘‘jiza nizomini, yerlarni, osmonlarni, fazolarni, yulduzlarni, fizika, kimyo, biologiya va tabiat qonunlarini kim tuzganini o‘ylagan taqdirda, shukran, hayrat va hayronlik tuyg‘ulariga g‘arq bo‘lmasligi mumkin emas.

Alloh taolo Qur’oni karimda bizga, O’zining rasuli Muhammad Mustafoga bog‘lanmoqni, ergashmoqni, tobe’ bo‘lmoqni amr etadi. Rasulullohni qabul etmasdan musulmon bo‘lmoq imkonsizdir. Tugal qabul etmoq lozimdirki, to‘g‘riligi aniq bo‘lgan bitta hukmini, bitta hadisi sharifini, bir sunnati saniyyasini ham o‘z aqlicha, o‘z kayfiyati tufayli rad etgan kimsa kofir bo‘lgay, munkir qolgay, iymonsiz ketgay.

Alloh jalla jaloluhu, o‘z elchisi va sevikli bandasi, ashrafi maxluqot bo‘lmish inson jinsining cho‘qqisi – eng yuksagi, payg‘ambarlarning sarvari, insu jinning janobi, jannatning eng yuqori rutbasi bo‘lgan Maqomi Mahmudning sohibi Muhammad sollallohu alayhi va sallamga ishonib ummat bo‘lmagan kimsani mutlaqo rahmatiga erishtirmas, jannatiga kiritmas, aksincha eng qattiq jazolar bilan jazolar.

Bir sahih hadisi sharifida Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) marhamat etadilarki: «Nafsim (jonim), qudrati qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamki, sizlardan har bittangiz meni otangizdan ham, farzandingizdan ham, butun insonlardan ham ko‘proq yaxshi ko‘rmaguningizcha, haqiqiy mo‘‘min bo‘la olmassiz».

Shuning uchun sahobai kirom, rizvonallohu alayhim ajma’in, ul zotga murojaat etganlarida: «Fidoka abiy va ummiy, yo Rasulalloh!» («Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasulalloh!») deb so‘z boshlar edilar. Uning yo‘lida mollarini va jonlarini fido qilishda hech ikkilanmas, peshonalarini tirishtirmas edilar. Hammalari o‘limga tayyor holatda u zotga bog‘langan, bay’at etgan edilar.
Hatto bittasi kelib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga:

– Yo Rasululloh! Men sizni ko‘p yaxshi ko‘raman! – dedi.
– Rost so‘ylarmisan? – dedilar Payg‘ambar janobimiz.
– Ko‘p yaxshi ko‘raman, yo Rasululloh, sizga oshiqman, juda yaxshi qo‘raman! – dedi u.
– Undoq bo‘lsa, balolarga hozirlangin! Chunki meni yaxshi ko‘rgan kishiga balolar xuddi selning guldur-guldur kelmog‘idan ko‘ra shiddatliroq kelur, – dedilar.

Ya’ni, bu mehr-muhabbatning imtihoni ko‘p bo‘lgay, shiddatli bo‘lgay va qaerda bir musulmon bo‘lsa, Alloh unga aziyat yetkazadigan bir aziyatchini paydo qilgay. Uning qarshisida esa musulmonning hushyor turmog‘i lozimdir.

Barcha zamonlarda bo‘lgani kabi bizning zamonamizda ham Rasulullohni sevmoq, u zotning yo‘lidan bormoq bilan, sunnatini jonlantirmoq bilan ummatiga xizmat etmoq bilan va bilxossa, uning haqiqiy vorislari bo‘lgan ulamoi muhaqqiqiyn, mashoyixi vosiliyn va avliyoullohi muqarrabiynga bay’at qilib bog‘lanmoq bilan amalga oshgay, namoyon bo‘lgay.

Kunday ravshan, zohir va boqir (aniq) bo‘lgan bu haqiqatdan xabarsiz yurganlar naqadar achinarli ahvoldadirlar! Haqqi va ahliyati, salohiyati bo‘lmagan holda insonlarni o‘zlariga bog‘lamoqqa uringan kishilar naqadar qo‘rqinch bir jur’at komidadirlar! Ularga ishonib, orqasidan ketganlar naqadar iz’onsiz va irfonsizdir! (Itoatsiz va ma’rifatsizdir!) Bechoralar johiliya o‘limi bilan o‘lib ketgaylar...

Yo Rabb! Bizni O’zingning va Rasulingning muhabbatidan mahrum qoldirmagin, sevgan qullaring bilan birga saqlagin, sevgan yo‘llaringda yuritgin, sevgan amallaringni bajartirgin; huzuringga O’zing sevgan va O’zing rozi bo‘lgan bandalaring bo‘lib bormog‘imizni nasib aylagin!

Mahmud As’ad Jo’shon, “Haqiqiy sevgi”

Manba  uzislam.com  (http://www.uzislam.com/News/print/sid=496.html)
Nom: Re: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: secretman 20 May 2009, 01:54:42
Alloh rozi bo'lsin!
Nom: Re: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: Jalol Ahmad 22 Iyun 2009, 06:37:53
 :as:
Bismillahir rohmanir rohiym.

-ALLOH subhanahu taolo shunday zotiki,butun o'n sakkizming olamning tarbiyatkundasi va barcha qalblarning yagona egasi,yagona ma'buddir.

-Bizlarga,yani musulmonlarga Alloh taboraka va taolo tomonidan Said-ul bashar bo'lmish xotaman nabii Payg'ambarimiz MUHAMMAD Mustafo salollohi alayhi wasallamga berilgan ne'mat ISLOM ne'matidir.
Bu pok Islomni biz Allohga hech qanday sharik qilmagan holda oziq tishimiz bilan makkam ushlagan holatda ohirgi nafasimizgacha .
Nom: Re: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: IXLOS 21 Iyul 2009, 20:25:13
Bismillahir rohmanir rohiym.

Assalomu aleykum aziz forumdosh!
Avvalambor biron fikr bildirishdan avval ushbu mavzuni boshlagan forumdosh birodarimga raxmat aytmoqchiman.Birodar yana bir bor aytmoqchimanki men forumga yangi qo'shildim,lekin bu forumdagi insonlarni bir-biriga munosabatlari u yerda bildirilgan fikrlar meni butunlay o'ziga rom etdi.Men forumdagi ishtirokchilarni bir-birlariga munosabatlari xaqiqatda xam shunday va fikrlar xayot xam samimiy bo'lishini juda-juda xam istardim.
Men ushbu mavzuga to'xtalar ekanman ichimdagi fikrlarni ochiq oydin bayon etishga axd qildim agar so'zlarim og'ir botsa yoki malol kelsa oldindan uzr so'rayman va bu borada Xayrulla Xamidov fikrlaridan foydalanishni joiz deb bildim. Bizlar xar joyda islom,iymon xaqida gapiramiz ammo shu gaplarimiz arzimas moddiy xaqiqat oldida yengilib qolaveradi.Biz islom tarixini o'rganar ekanmiz xaq TAOLOni xukmi ila bizning qutqaruvchimiz bo'lmish Rasuli Akram (s.a.v) va u zotning ulug' saxobalari,tobeinlari davri chinakam islom davri bo'lganiga guvox bo'lamiz. Ular davrida OLLOX uchun mollari-yu jonlarini ayamaydigan xar qanday qiyinchilikda xam ko'ngillarni xotirjam qilguvchi narsa kalimai shaxodatdir. Xozirda esa bu kalimai shaxodat odamlarni tun bo'yi uyquga g'arq bo'lib saxarlari bomdod namoziga turg'izishdan ojiz bo'lib qoldi.
Yana o'sha saxobalar davriga razm soladigan bo'lsak ular aytgan kalimai shaxodat chinakam xaqiqatga ega bo'lganiga duch kelasiz va shu bilan birga Payg'ambarimiz Nabiy (s.a.v) asxoblari davrini xozirgi davrimizga qiyoslab ko'ramiz o'sha kalima xozirda xam o'z kuchini ko'rsatishini va xar vaqt o'z mevalarini berishini kutamiz tabiiy ravishda bu armon bo'lib qolaveradi yana bir-birimizga qarab nima biz namoz o'qimaymizmi? biz ro'za tutmaymizmi? yaxshilik qilmaymizmi? biz ertayu kech istig'for aytmaymizmi? nega bizning davrimiz saxobalar davridek bo'lmaydi deb o'zimizni o'zimiz aldaymiz.Axir ularni kalimalari dindagi xaqiqat va jiddiy edi  bizning kalimamiz esa og'izlarda ayrimlar uchun esa faqat so'zning bezagi bolib qolgandir.Albatta ularni ALLOX va uning Rasuliga bo'lgan muxabbatlari xam xuddi shunday xaqiqatdir shuning uchun ular ulug' bo'ldilar shuning uchun ularni OLLOX  suydi.
Tarixdan o'qiganmiz XUBAYB (r.a)ni yog'ochga ilishib u kishini badanlariga nayzayu tig'larni sanchishib turli qiynoqlarga solishgan bir paytda u kishi zorlanmay turib bergan edilar va mushriklar u kishidan Muxammad (s.a.v) seni o'rningda bo'lishini xoxlarmiding deb so'radilar shunda u zot  qattiq xayajonlanib xudo xaqqi u kishining oyoqlariga zarra tikon kirishi va buning evaziga men ozod bo'lishimni xoxlamayman dedilar.
Ey inson o'sha yerda u zotni sobit qadam qilib turgan Rasuli Akram (s.a.v)ga bo'lgan muxabbatlaridir xa o'sha xaqiqiy muxabbatdir.
Darxaqiqat Rasulini sevmoq OLLOXni sevmoqlikdir.
Aziz do'stlar islom to'g'risida,ALLOX va uning Rasuliga muxabbatimiz xaqiqiy qalbdan bo'lishi zarur yo'qsa bularning xammasi quruq gap bo'lib qolaveradi.
ALLOXdan barchamizni xususan ushbu mavzuni boshlagan muallifni o'zining chinakam muxabbatiga erishtirishini so'rayman.Iloxim Qodir OLLOXIM  barchamizni iymonimizda sobitqadam qilishini va barcha o'ylagan ezgu niyatlarimizga yetishtirishini so'rab qolaman.Endi xammangizdan uzr so'rayman xammamizni kalimamiz xaqiqay bo'lsin aziz forumdoshlar!!





Nom: Re: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: Muzayyana 24 Aprel 2010, 15:12:13
Rasululloh  :sw: bir ustunni yonida turibhutba qilar edilar, bi kuni saxobalar U Zot  :sw: ga bir minbar qurib berishgan ekan, shunda haligi ustun yig'lagan ekan, chunki Rasululloh  :sw: ustun yonidan ketib qolganlari uchun, shunda U Zot  :sw: ustunni yupatgan ekanlar.
 Bazida shu ustunchalik ham bo'la olmay qolamiz!
Nom: Javob: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: MirzoMuhammad 30 Avgust 2014, 22:06:41
Киши яхши кўргани билан
Бир аъробий Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига келиб савол берди:
-   Эй Аллоҳнинг расули! Қиёмат қачондур?
-   Сен унга нима тайёрлаб қўйгансан? – сўрадилар Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
-   Аллоҳга қасамки, мен унга намоз ҳам, рўза ҳам, бошқа каттароқ амал ҳам тайёрлаб қўйганим йўқ. Аммо мен Аллоҳни ва Унинг расулини яхши кўраман! – днб жавоб берди аъробий.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам табассум қилдилар ва:
-   Киши яхши кўргани билан биргадур! – дедилар.

Бахтиёржон Хайитбоев. Мулла Абдулазиз масжиди имоми
Муҳаммадқудратуллоҳ. Холматдодхоҳ масжиди имоми
Nom: Javob: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: MirzoMuhammad 04 Sentyabr 2014, 22:37:03
МУҲАББАТНИНГ ТАСДИҒИ
   Қайси биримиздан “Сен Муҳаммад саллаллоҳу алайҳи ва салламни яхши кўрасанми?” деб сўраса, деярли ҳаммамиз “Ҳа” деб жавоб берамиз. Бироқ ҳақиқатан пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва салламни яхши кўрамизми? Агар яхши кўрсак, муҳаббатимизнинг исботи борми?
   Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтадилар:
   “Муҳаббатнинг тасдиғи уч хислатдадир:
-   ҳабибининг сўзини бошқанинг сўзидан афзал кўрмоқ;
-   ҳабибининг суҳбатини бошқанинг суҳбатидан афзал кўрмоқ;
-   ҳабибининг розилигини бошқанинг розилигидан афзал кўрмоқ”.
Ҳотамул-Асом раҳматуллоҳи алайҳи айтади:
“Ким Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламни яхши кўришни даъво қилсаю, фақир ва мискинларни ёқтирмаса, даъвоси ёлғон”.
Иброҳим ибн Адҳам раҳматуллоҳи алайҳи айтади:
“Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламни яхши кўраман деб даъво қиласизлару, суннат ва одатларини тарк қиласиз”. (Асқалоний. “Мунаббиҳот”)
Ибратланарли даражадаги ҳақиқий муҳаббат саҳобаларда бўлган.
Ривоят қилинишича Уҳуд жангида бир ансория аёлнинг отаси, акаси ва эри шаҳид бўлдилар. Аёлга бу ҳақда хабар бердилар. Шунда ансория аёл сўради:
-   Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламга нима бўлди?
-   Алҳамдулиллоҳки, у зот омонликда, – дедилар.
-   Кўрсатинглар-чи, мен бир кўрай. – Аёлга Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламни кўрсатдилар. Шунда аёл қалбининг тубидан ҳайқириб юборди: - Эй Аллоҳнинг расули! Сиз омон бўлсангиз, мен учун ҳар қандай мусибат ҳам ҳеч гап эмас!

Абдушукур МИРЗАҚОБУЛОВ
Улуғбек қори ЙЎЛДОШЕВ
Nom: Javob: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: MirzoMuhammad 21 Aprel 2016, 16:27:24
УСМОН ИБН АФФОН разияллоҳу анҳу
Усмон ибн Аффон фил воқеасидан ёки Пайғамбаримиз алайҳиссалом туғилганларидан олти йил ўтиб таваллуд топди. Ҳазрати Усмон бой ва ўзига тўқ оилада ўсиб-улғайди. Қабиланинг бой кишилари жўнатган карвон билан Шом ва Яманга тижорат учун сафарга чиқди.
Ҳазрати Усмоннинг тўлиқ исми Усмон ибн Аффон ибн Абул Ос ибн Умайя ибн Абду Шамс ибн Абдуманноф Уммавий Қурашийдир.
У киши ўрта бўйли, кўркам, чиройли юзли, нозик жуссали, юзи қизил ва соқоли қалин киши бўлган.
Усмон разияллоҳу анҳунинг Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламга куёв бўлишлик муҳаббати жуда ҳам юқори эди. Бу буюк риштанинг узилишижуда ҳам оғир келди. Руқия разияллоҳу анҳо вафот этганидан кейин инсонларнинг энг мукаррами бўлган зотга боғланган ришта узилганидан ғам ва қайғуда қолди.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам сўрадилар:
-   Нима бўлдики, мен сени қайғуда кўрарман?
-   Эй Аллоҳнинг расули! Бирор кимсанинг бошига менинг бошимга тушган каби кулфат тушганмикин? Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг менинг никоҳимда бўлган қизлари вафот этди. Энди менсуянчиғимдан ажрадим. Сиз билан ўртамиздаги қудачилик риштаси узилди, – жавоб берди Усмон разияллоҳу анҳу.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам унинг ўксик кўнглига далда бериб, Руқиянинг синглиси Умму Гулсумни никоҳлаб бердилар. Умми Гулсум вафот этгунча бирга яшадилар.
Усмон разияллоҳу анҳу Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг икки қизларига уйлангаликлари учун “Зун нурайн” (“Икки нур соҳиби”) номини олдилар. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам бошқа ҳеч бир кимсага икки қизини бермаганлар.
Муҳожирлар Расулуллоҳга саллаллоҳу алайҳи васаллам Мадинаи мунавваранинг сувини ўзгарганидан шикоят қилишди. Суви ичишга ярайдиган фақат битта қудуқ - Ровма деган яҳудийнинг қудуғи юор эди. Яҳудий сувнинг нархини жуда ҳам кўтариб юборди. Расулуллоҳ алайҳиссалом:
- Ким Ровманинг қудуғини сотиб олиб, мусулмонларга садақа қилса, Аллоҳ уни қиёмат ташналигидан қутқарсин, - дедилар.
Усмон разияллоҳу анҳу Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг бу сўзларини эшитиб, қудуқни сотиб олиш ниятида яҳудийнинг олдига борди. Яҳудий:
- Мени шундан бошқа нарсам йўқ, уни сотмайман, - деди.
Усмон разияллоҳу анҳу қудуқнинг ярмини сотишни сўради. Ровма ўн беш минг дирҳам сўради. Усмон ибн Аффон ўн минг дирҳамга савдолашиб, яҳудий билан бир кун қудуқ унга, бир кун ўзига бўлишини келишиб олди. Ҳазрати Усмон ўзининг навбати келган кун мусулмонлар сув олишига рухсат бериб, бунга ҳеч қандай пул сўрамади. Мусулмонлар кейинги кун учун ҳам етадиган сувни ҳазрати Усмоннинг навбати куни олишарди. Яҳудий қараса, бунга қолган ярмидан кўп ҳам фойда бўлмаяпти. Усмон ибн Аффонга қолганини ҳам сотиб олишни тавсия қилди. Усмон разияллоҳу анҳу қудуқнинг қолган қисмини саккиз минг дирҳам эвазига сотиб олди ва барча кунларда сув оладиганларга уни ҳадя қилди.
Усмон ибн Аффон Расулуллоҳ билан Хайбар фатҳи, қазо умраси ва Макка фатҳида иштирок этган. Усмон розийаллаҳу анҳу Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам: "Ким Усро қўшинини жангга ҳозирласа, Аллоҳ уни мағфират қилади", деган сўзларини эшитиб минг динор келтириб, Расулуллоҳнинг этакларига тўкди. Расулуллоҳ динорларни қўлларига олиб, шундай дедилар:
- Бугундан бошлаб Усмонга қилган амаллари зарар бермайди, - дея уч марта таъкидладилар.
Усмон розийаллаҳу анҳу от-улов, озиқ-овқат ва унга тааллуқли нарсалар, ҳатто идиш-товоқ боғланадиган ипларгача тайёрлаб берди. Расулуллоҳ алайҳиссалом:
"Парвардигаро, Усмоннинг бугундан кейин қилган амалларини унутма", дея дуо қилдилар. Сўнгра Усмон разияллоҳу анҳуга:
"Эй Абу Амр, Аллоҳ молингга барака берсин, гуноҳларингни мағфират қилсин, раҳм қилсин ва жаннатни сенга мукофот қилсин", дедилар.
Расулуллоҳ алайҳиссалом:
- Ҳар бир пайғамбарнинг жаннатда дўсти бўлади, менинг дўстим Усмон ибн Аффондир,- деганлар.

Бахтиёржон Сайдалиев. Улуғнор туман бош имм хатиби
Nom: Javob: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: MirzoMuhammad 31 Avgust 2016, 17:29:45
Самнун
   Ривoят: Сaмнун исмли зот умрининг oxирлaридa уйлaнди. Бир қиз фaрзaнд кўрди. Қизчи уч ёшгa тўлгaнидa, қaлбида oтaлик мeҳри пaйдo бўлиб, жўш урди. Бир куни шундaй бир туш кўрди. Тушидa гўёки қиёмaт қoим бўлибди. Ҳaр бир пaйғaмбaр вa вaлийлaрнинг бaйрoқлaри тикилгaн. Шу бaйрoқлaрнинг oртидa нури уфқни тўсгaн, жудa ҳaм бaлaнд бир бaйрoқни кўрди. Бу бaйрoқ ҳaқидa сўрaгaн эди: "Бу бaйрoқ Aллoҳгa xoлис бўлгaн кишилaрнинг бaйрoғидир", дeйишди.
   Шундa Сaмнун ҳaм ўзини пaйғaмбaр вa вaлийлaрнинг oрaсидa кўрди. Бир oздaн сўнг фaриштaлaрдaн бири кeлиб, Сaмнунни улaрнинг oрaсидaн oлиб чиқиб тaшлaди. Шундa Сaмнун бу фaриштaгa:
-   Мeн Aллoҳни xoлис яxши кўрувчилaрдaнмaн, нимaгa мeни бу ердaн oлиб чиқиб тaшлaяпсaн? -  дeб сўради. Фaриштa:
-   Тўғри, сeн xoлис муҳиблaрдaн эдинг, бирoқ сeндaги муҳaббaт бoлaнггa тушгaндaн сўнг, исмингни xoлислaр қaтoридaн ўчирдик, -  дeди. Шундa Сaмнун тaвбa-тaзaррулaр қилди вa:
-   Эй Рaббим! Aгaрдa бoлaм xoлис муҳaббaтимгa мoнeъ бўлсa, унинг жонини ол! Тoки мeн Сeнинг лутфи-кaрaминг билaн ўзинггa xoлис муҳaббaтли бaндaлaрингдaн бўлaй,  - дeя йиғлaди.
   Бир маҳал дoд-вoй тoвушини эшитиб қолди. Кўзини очиб тўплоннинг сабабини сўраган эди:
-   Қизинг дeвoрдaн йиқилиб ўлди, - дейишди. Сaмнун:
-   Мeндaн мoнeъни кeткaзгaн Aллoҳгa ҳaмду сaнoлaр бўлсин", дeди
("Дуратун носиҳин")

   Муҳаммадқудратбек Дадабоев
   Ҳолмадодхоҳ масжиди имом хатиби
   Асака
Nom: Javob: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: MirzoMuhammad 15 Sentyabr 2016, 12:24:51
Яхши кўриш кифоями?
Халқимиз орасида машҳур бўлган бир ҳадис бор. Унда айтилишича бир аъробий Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига келиб савол берди:
-   Эй Аллоҳнинг расули! Қиёмат қачондур?
-   Сен унга нима тайёрлаб қўйгансан? – сўрадилар Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи ва саллам.
-   Аллоҳга қасамки, мен унга намоз ҳам, рўза ҳам, бошқа каттароқ амал ҳам тайёрлаб қўйганим йўқ. Аммо мен Аллоҳни ва Унинг расулини яхши кўраман! – деб жавоб берди аъробий.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам табассум қилдилар ва:
-   Киши яхши кўргани билан биргадур! – дедилар.
   Албатта, ҳадисдаги ваъдага шубҳамиз йўқ. Фақат бир нарсага эътибор бериш керак. Яъни юқоридаги намоз ва рўзадан мурод нафллардур. Ундай зотлар намоз ва рўзани қазо қилар экан-да, деган хаёлга бормаслик керак. Чунки саодат асрида фарз намоз ва фарз рўза тўғрисида савол бўлиши мумкин эмас.
   Иккинчи томондан олганда “Мен Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламни яхши кўраман” деса-ю, хоҳлаган ишини қилиб юраверса у ҳам мазкур мақомни топурму?
   Шу маънода улуғ зотларнинг насиҳатлари бор. Жумладан Ҳасан Басрий раҳматуллоҳи алайҳи айтади:
   " Эй Одам боласи, сени "Киши севгани билан бирга бўлади "деган ҳадис алдаб қўймасин. Сен аброрларга фақатгина уларнинг амаллари ила етиша оласан. Чунки яҳудийлар ҳам, насронийлар ҳам ўз набийларини яхши кўришади. Аммо улар билан бирга бўла олишмайди. Бу эса барча амалларда ёки баъзи амалларда номувофиқликнинг ўзи фойда бермаслигига далилдир”.
   Фузайл ибн Иёз раҳматуллоҳи алайҳ айтади:
   "Фирдавсда яшашни ҳоҳлайсанми? Жаннатда набийлар, сиддиқлар, шаҳидлар ва солиҳлар билан бирга Раҳмонга қўшни бўлишни ҳоҳлайсанми? Қайси амалинг эвазига? Қайси тарк қилган шаҳватинг эвазига? Қайси ютган ғазабинг эвазига? Қайси силаи раҳминг эвазига? Қайси биродарингни хатосини кечирганинг эвазига? Аллоҳ учун қайси яқинни узоқ, қайси узоқни яқин қилганинг эвазига?".

   Эркинжон Ҳусанов. Марқаюз жомеъ масжиди имом хатиби
   Асака
Nom: Javob: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: MirzoMuhammad 29 Mart 2017, 17:40:48
МЕЪРОЖ
   Ражаб ойи муқаддас ойларнинг бири, у ойда пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи ва саллам Меърожга чиққанлар. Яъни бир кечада Маккаи-Мукаррамадан Қуддус шаҳридаги Масжидул-Ақсога борганлар. Бу воқеа Қурони Каримнинг “Исро” сурасида баён қилинган. Уни инкор қилган киши имондан ажралади.
Меърожга кўтарилганлари эса мутавотир ҳадислар ила собит бўлганки, шубҳа қилишга ўрин қолмаган.
 «Исро» сўзи луғатда «кечанинг бир қисмида сайр қилиш, юриш» деган маънони англатади. Шариатда эса Аллоҳ таолонинг кечалардан бирида Ҳазрати Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламни Масжидул Ҳаромдан Масжидул Ақсога сайр қилдиришидир.  Қуръони каримда алоҳида Исро сураси ҳам бор.
«Меърож» эса луғатда «юқорига кўтарилиш» деган маънони англатади. Шариатда эса Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламнинг Байтул Мақдисдан Сидратул Мунтаҳога – Аллоҳнинг ҳузурига кўтарилишларидир. Исро воқеаси Ислом даъвати тарихидаги энг машаққатли ва оғир дамларда содир бўлди. Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламни мушрикларнинг ҳужумларидан ҳимоя қиладиган шахслар – амакилари Абу Толиб ва Ҳадича онамиз ҳам вафот этган эди. Ана шундай пайтда Исро ва Меърож ҳодисаси рўй берди. Аллоҳ таоло Пайғамбар Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламни Маккаи мукаррамадан кечаси бир зумда Байтул Мақдисга олиб борди ва у ердан Меърожга олиб чиқди. Бу эса у зот соллаллоҳу алайҳи васаллам ва мусулмонлар учун катта тасалли эди. Ноумидлик кайфиятини сўндириб, умид учқунларини аланга олдириш эди.
Анас ибн Молик разияллоҳу анҳудан ривоят қилинишича Абу Зар разияллоҳу анҳу Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг:” Мен Маккада эканимда уйимнинг томи очилиб Жаброил алайҳис салом тушиб келди-да, кўкрагимни ёриб, Замзам суви билан ювди. Сўнг ҳикмат ва имонга тўла тилло патнисни олиб келиб кўкрагимда фориғ қилди(яъни ҳикмат ва имонни жойлади). Кейин яна беркитиб қўйиб, қўлимдан ушлаб мен билан бирга дунё осмонига кўтарилди” деганини айтиб берар эди. (Имом Бухорий ривояти)
Анас разияллоҳу анҳу айтади: Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг  Байтул-Мақдисга Исро кечаси содир бўлганида Жаброил алайҳис салом эшакдан каттароқ, хачирдан кичикроқ  туёқлари кўз етган ергача етказгувчи жонворни олиб келиб у зот саллаллоҳу алайҳи ва салламни миндирдилар. Бас, қачонки Байтул-Мақдисга етиб, “Муҳаммад саллаллоҳу алайҳи ва саллам эшиги” деб номлангувчи жойга келганларида ўша ердаги тошга  борди. Жаброил алайҳис салом бармоқлари ила ишора қилиб тошни тешди ва унга (ҳалиги жониворни) боғлаб қўйди...
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам айтадилар: “Орадан ҳеч қанча вақт ўтмасдан кўпчилик инсонлар тўпландилар. Муаззин азон айтди. Намоз вақти бошланиб қолди. Ўрнимиздан туриб сафланиб, бизларга ким имомлик қилиб берар экан деб кутиб турган эдик, Жаброил алайҳис салом қўлимдан тутиб олдинга ўтказиб қўйди. Мен улар билан намоз ўқидим. Жойимиздан жилганимиздан кейин Жаброил алайҳис салом:
‒ Эй Муҳаммад, орқангизда кимлар намоз  ўқиганини билдингизми? ‒ деб сўради.
‒ Йўқ, ‒ дедим.
‒ Орқангизда Аллоҳ азза ва жалла юборган ҳар бир пайғамбар намоз ўқиди.
Сўнг Жаброил алайҳис салом қўлимдан ушлаб мен билан бирга осмонга кўтарилди”.(Ибн Аби Ҳотим ривояти)
Расули Акрам саллаллоҳу алайҳи ва саллам бу кечада Жаброил алайҳис салом билан биргаликда жуда ҳам кўп ғаройибот ва ажойиботларни кўрди. Навбатма-навбат биринчи, иккинчи ва еттинчи осмонгача чиқдилар. У ерларда бир қанча пайғамбарлар билан учрашиб, саломлашдилар. Ул ҳазрат саллаллоҳу алайҳи ва салламга Жаннат ҳам, Дўзах ҳам кўрсатилди. Ҳатто еттинчи осмонга чиқиб, Сидратул Мунтаҳогача етиб бориб, у жойда оламларнинг  Тангриси Аллоҳ субҳонаҳу ва таолога рўбарў бўлдилар. Аллоҳ таоло тўғридан тўғри Ўзи хоҳлаган нарсаларни ваҳий қилди. Ва шу жойда мўъмин мусулмонлар учун энг шарафли ва энг зарур бўган ибодат, икки дунёнинг бахту саодати, мўъминларнинг меърожи, Аллоҳ таолога тўғридан тўғри муножот қилишининг имкони бўлган олий мақом, ибодатларнинг олийси ‒ бир кунда беш маҳал намоз ўқишлик фарз бўлди.
(Жума тезисларидан фойдаланилди)


Ҳабибуллоҳ Маҳмудов. Асака туманидаги Ҳазрат Усмон масжиди имом хатибининг ноиби
Улуғбек қори Йўлдошев
Nom: Javob: Alloh va Rasuliga muhabbat
Yuborildi: MirzoMuhammad 28 Avgust 2017, 17:59:03
АЛЛОҲДАН ҚЎРҚИШ
Дунёда банданинг обрўси ва ҳурмати ҳар кимнинг ўз дунёқараши ва фикрлаш доирасидан келиб чиқиб баҳоланади. Бироқ бу “баҳолаш” ўткинчи ва деярли эътиборсиздир. Ҳақиқий баҳо Аллоҳ таоло томнидан қўйилур. Банданинг ҳурмат ва икроми ҳақида Ҳужурот сураисда марҳамат қилинади:
يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُم مِّن ذَكَرٍ وَأُنثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوباً وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ
“Эй одамлар! Биз сизларни бир эркак ва аёлдан яратдик ва сизларни ўзаро танишишингиз учун халқлар ва қабилалар қилиб қўйдик. Албатта, Аллоҳнинг ҳузурида энг ҳурматлигингиз энг тақводорингиздир. Албатта, Аллоҳ билувчи ва хабардор зотдир”.
Ҳа, Аллоҳ таолонинг ҳузурида банданинг молу-давлати ҳам, обрўси ҳам, мансаби ҳам, шуҳрати ҳам банданинг ҳурматини оширмайди. Тақво ҳақида эса бир қанча оятлар бор. Ҳашр сурасида шундай дейилган:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَلْتَنظُرْ نَفْسٌ مَّا قَدَّمَتْ لِغَدٍ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ
“Эй иймон келтирганлар! Аллоҳга тақво қилинглар! Ҳар ким эрталик учун нима тақдим қилганига назар солсин. Аллоҳга тақво қилинглар! Албатта, Аллоҳ нима қилаётганингиздан хабардордир”. (Ҳашр. 18)
“Мукошафат-ул қулуб” китобида (Абу Ҳомид Ғаззолий. ziyouz.com кутубхонаси) бу оят хусусида шундай дейилади:
Оятнинг мазмуни мана бундай:
- Аллоҳдан қўрқинг, унга итоат этинг. Моддий ва маънавий азоб чекаётганларга ёрдам беринг. Доимо Аллоҳ йўлида бўлинг, қиёмат куни бунинг мукофотини оласиз. Чунки Аллоҳ савоб ишингизни ҳам, гуноҳ ишингизни ҳам - нима қилган бўлсангиз ҳаммасини билади.
Фаришталар, осмон, ер, кеча, кундуз... ҳамма-ҳаммаси, инсон нима қилган бўлса шу ҳақда қиёмат куни гувоҳлик беради. Ҳатто инсоннинг ўз аъзолари ўзи тўғрисида гувоҳлик қилади. Ер иймонли ва ихлосли кишиларга гувоҳ бўлади ва:
- Менинг устимда намоз ўкиди, рўза тутди, ҳажга борди, - дейди.
Раҳмлилар ичида энг раҳмли бўлган Аллоҳ қиёмат куни иймонсизлар билан осийларни ипидан игнасигача синчиклаб сўроқ қилганда уларнинг ҳолига вой бўлади!
Бутун вужуди, барча аъзолари билан Аллоҳдан қўрққан кишилар мўминлардир. Бу борада Имом Абул-Лайс шундай дейди:
- Аллоҳдан қўрқишнинг аломати етти нарсада намоён бўлади:
1. Тилда: Аллоҳдан қўрққан одам тилини ёлғондан, ғийбатдан, бошқаларга бўҳтон қилишдан ва бекорчи сўзлар айтишдан тияди. Уни Аллоҳни зикр этувчи, Қуръон ўқувчи ва илмий музокаралар билан машғул аъзо ҳолида шай тутади.
2. Қалбда: Аллоҳдан қўрққан одам қалбида мусулмон қардошларига душманлик хис қилмайди. Ёлғон, бўҳтон ва ҳасад қилиш каби ғайриинсоний туйғуларни қалбидан йўқ қилади. Чунки ҳасад кишининг гўзал амалларини маҳв этади. Шунга кўра, Аллоҳнинг Расули с.а.в. буюради:
«Олов ўтинини еб битиргани каби, ҳасад ҳам инсоннинг гўзал амалларини еб битиради». Эй ўқувчи, билки ҳасад қалбларга жойлашган ва жамият ҳаётида катта зарарларга йўл очувчи ёмон бир касалликдир. Қалблардаги хасталиклар, яъни ёмон туйғулар, ёмон феъллар фақат илм ва амал билан даволаниши мумкин.
3. Кўзда: Аллоҳдан қўрққан одам ейишда ҳам, ичишда ҳам, кийишда ҳам ва бошқа хусусларда ҳамкўзини ҳаромдан эҳтиёт қилади. Дунёга ҳирс билан ва ҳар нарсани кўлга киритиш иштиёқи билан эмас, ибрат назари билан қарайди. Ҳалол бўлмаган нарсаларга қарашдан тийилади. Шунинг учун ҳам Аллоҳнинг Расули (с.а.в.) буюради:
«Ким кўзини ҳаром нарсалар билан тўлдирса, Аллоҳ ҳам қиёмат куни унинг кўзини олов билан тўлдиради.»
4. Меъдада: Аллоҳдан қўрққан одам меъдасига ҳаром луқма бермайди. Чунки ҳаром луқма ейиш энг катта гуноҳлардан биридир. Шу боис Аллоҳнинг Расули (с.а.в.) буюради:
«Инсон зотининг меъдасига бир луқма ҳаром тушганда бу луқма меъдасида қанча вақт турса, еру кўқдаги фаришталар ҳам шунча вақт унга лаънат ўқийдилар».
5. Қўлда: Аллоҳдан қўрққан одам қўлини ҳаромга узатмайди, аксинча Аллоҳнинг ризосига уйғун нарсаларга узатади. Каъбдан шундай бир ривоят қолган. Аллоҳ яшил зумраддан бир бино яратган. Бу бинода етмиш минг доира ва ҳар доирада минг хона бор. Бу ерга фақатгина ўзига ҳаром нарса инъом этилганда ёлғиз Аллоҳдан қўрққани учун уни рад этган кишилар киради.
6. Оёкда: Аллоҳдан қўрққан одам исён йўлида эмас, Аллоҳга итоат йўлида одимлайди. Илм-маърифат ва яхши ахлоқ ўрганиш мақсадида олимлар ва солиҳ кишилар мажлисига боради.
7. Итоатда: Аллоҳдан қўрққан одам ёлғиз Аллоҳ ризоси учун унга итоат этади. Риёдан, инсонларга ўзини ва ё ишларини кўз-кўз қилишдан ва иккиюзламачиликдан сақланади.
Шундай қилиб, бир кимсанинг олти аъзосида ва еттинчи ўлароқ ибодатида шу ҳоллар бор бўлса, демак у Аллоҳнинг: «Охират эса Раббингиз наздида тақводорлар учундир» (Зухруф. 35) деб марҳамат қилган кишиларидан бири бўлади.

Абдураззоқ Фармонов. Асака туманидаги Муҳиддин саҳҳоф жомеъ масжиди имом хатиби
Улуғбек қори Йўлдошев