forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:29:17

Nom: Abdurauf Fitrat. Muxtasar Islom tarixi
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:29:17
Abdurauf Fitrat

MUXTASAR ISLOM TARIXI

Toshkent
«Yangi asr avloli»
2004

So‘zboshi muallifi va tarjimon
Hamidulla Boltaboev
Nashrga tayyorlovchi muharrir va izohlar muallifi
Asror Samad


Abdurauf Fitratning bu asari 1992 yilda «Muxtasar islom tarixi» nomi bilan «Nur» ijodiy ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan nashr ettirilgan va kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otgan edi. Keyingi yillarda bu asarga yana talab ko‘payganligini hisobga olib, bu navbat uni «Is-lom tarixining qisqacha bayoni» deb keng izohlar bilan ta’minlagan holda nashr etmoqdamiz.

MUNDARIJA

Hamidulla Boltaboev. Fitrat risolasi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154921#msg154921)
Tarix ta’rifi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154922#msg154922)
Tarix taqsimi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154922#msg154922)

Birinchi qism. Saodat davri

Rum va Eronning Islomdan avvalgi ahvoli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154923#msg154923)
Arab yarim oroli va u yerdagi xalqning ahvoli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154924#msg154924)
Hazrati Rasuli ‘alayhissalomnish dunyoga kelishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154925#msg154925)
Hazrati Payg‘ambarning tarbiyalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154926#msg154926)
Payg‘ambarning uylanishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154927#msg154927)
Vahiyning kelishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154928#msg154928)
Hazrati Hamza va hazrati Umarning musulmon bo‘lishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154929#msg154929)
Payg‘ambar yoronlarining Habashga kelishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154930#msg154930)
Xadicha va Abu Tolibning vafotlari va munosabatlarning uzilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154931#msg154931)
Makkadan Madinaga hijrat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154932#msg154932)
Masjid quritashi va qiblaning tayin bo‘lishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154933#msg154933)
Jihodga buyurish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154934#msg154934)
Badr g‘azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154935#msg154935)
Uhud g‘azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154936#msg154936)
Handaq g‘azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154937#msg154937)
Hudaybiyah sulhi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154938#msg154938)
Xaybar g‘azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154939#msg154939)
Hazratning elchilar jo‘natishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154940#msg154940)
Makkaning olinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154941#msg154941)
Hunayn g‘azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154942#msg154942)
Tabuq g‘azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154943#msg154943)
Vidolashuv haji (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154944#msg154944)
Payg‘ambar ‘alayhissalomning dunyodan o‘tshnlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154945#msg154945)
Payg‘ambar ‘alayhissalomning sifatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154946#msg154946)
Payg‘ambar ‘alayhissalomning xotinlari va farzandlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154947#msg154947)

Ikkinchi qism. Birinchi to‘rt asl xalifalar

Hazrati Abu Bakr xalifaligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154948#msg154948)
Qur’onning jam bo‘lishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154949#msg154949)
Iroq va Suriyaning fath etilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154950#msg154950)
Hazrati Abu Bakrning fazitatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154951#msg154951)
Hazrati Umar xalifaligi va Eron janglari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154952#msg154952)
Shom va Kuddusning fath etilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154954#msg154954)
Misr fathi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154955#msg154955)
Tarixni belgilash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154956#msg154956)
Hazrati Umarning shahid bo‘lishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154957#msg154957)
Hazrati Umarning fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154958#msg154958)
Hazrati Usmonning xalifaligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154959#msg154959)
Fathlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154960#msg154960)
Dengiz jangi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154961#msg154961)
Fitna zohir bo‘lishi va hazrati Usmonning o‘llirilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154962#msg154962)
Hazrati Alining xalifaligi va Jamal jangi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154963#msg154963)
Siffin jangi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154964#msg154964)
Hakamlarning tayin qilinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154965#msg154965)
Xorijiylarning paydo bo‘lishi va hazrati Alining o‘ldirilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154966#msg154966)
Imom Hasan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154967#msg154967)

Uchinchi qism. Ummaviylar va abbosiylar

Ummaviylar xalifaligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154968#msg154968)
Muoviya binni Abu Sufyon (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154969#msg154969)
Yazid va Karbalo hodisasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154970#msg154970)
Valid binni Abdul-malik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154971#msg154971)
Andalus fathi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154972#msg154972)
Marvon binni Muhammad va ummaviylar davlatining zavoli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154973#msg154973)
Abbosiylar xalifaligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154974#msg154974)
Xorun ar-Rashid (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154975#msg154975)
Ma’mun (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154976#msg154976)
Al-Musta’sim Billo va abbosiylar davlatining zavoli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154977#msg154977)
Andalusdagi ummaviylar davlati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154978#msg154978)
Andalus musulmonlarining oqibat ahvoli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154979#msg154979)

Asror Samad. Muharrir ilovasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154980#msg154980)
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:29:53
Fitrat risolasi haqida

Yigirmanchi asrdagi ayrim hujjat va xotiranomalarning guvohlik berishiga ko‘ra, Abdurauf Fitrat Istambuldan qaytgach (1914), usuli jadida va madrasalar tashkil etib, uning o‘zi bu ilmgohlarda turkiy va forsiy adabiyotlar tarixi, islomshunoslik va sharq tillaridan saboq o‘qigan. «Muxtasar Islom tarixi» ana shu ilmgohlar talabalari uchun qo‘llanma tarzida yozilgan edi. Uslubning soddaligidan va nahviy (stilistik) qurilishi jihatidan bu qo‘llanma Fitrat ma’ruzalarining matni ekani ham ayondir. Asardaga voqea tasvirining notugalligidan anglash mumkinki, bu manba asarning to‘la matni emas. Shunday ekan, uning lavomi bo‘lishi tabiiy. Biroq manba saqlanayotgap mahkama xodimlarining qaydlariga ko‘ra, asarning tugal nusxasi shudir. Tarjimaga 1915 (hijriy 1333) Gazarov matbaasida chop etilgan, «Imperatorskiy istoricheskiy Moskovskiy muzey» (Moskva imperatorlik tarix muzeyi)da XY 28411 raqami bilan saqlanayotgan nashr asos qilib olindi.
Ayni davrda Fitrat bilan barobar Mahmudxo‘ja Behbudiy (1914), Shokir Sulaymon (1918) kabi aliblar ham «Qisqa Islom tarixi» tuzganlari manbalarla qayl etilgan. Biroq Fitratning asari voqealarning aniq, jonli ifodasi, millatparvarlik ruhi tasvir qatiga singlirilgani va xolis yozilgani bilan ularlan farqlanadn (diniy islohlarni qo‘llashda dabdabali usul va sun’iy iltifot sezilmaydi). Hozirda kitobxonlar orasida tarqalgan Alixonto‘ra Shokirxo‘ja o‘g‘li Sog‘uniyning «Tarixi Muhammadiya» kitobidan va Bilkiz Aladdinning «Muhammad tarixi» va boshqa shu xildagi asarlar bilan chog‘ishtirilganda Fitratdagi chuqur professionalizmni anglash qiyin emas.
Islom tarixini Ovrupo nazaridan kuzatgan olim va adiblar — O.G.Bol’shakovning «Xalifalik tarixi», L.I.Klimovichning «Qur’on haqida kitob», V.Panova va Yu.Vaxtinning «Muhammad hayoti»ni e’tiqod va ixlos jihatidan Fitrat asariga chog‘ishtirishga hojat qolmaydi.

Hamidulla Boltaboev,
filologiya fanlari doktori, professor.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:30:09
Bismillahir rohmanir rohiym.

MUQADDIMA

Tarix ta’rifi


Tarix millatlarning o‘tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini o‘rgatuvchi fandir.

Tarix taqsimi

Tarix ikki qismdan iborat: umumiy tarix va xususiy tarix. Barcha millat va jamiyatlarning axvolini bayon qiladshan soha umumiy tarix, deb ataladi. Xususiy tarix birgina millat va birgina jamiyatning tarixini yoritadi. Islom tarixi ham xususiy tarix jumlasiga kiradi; binobarin, Islom tarixi Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.)ning dunyoga kelishlaridan va Islom dinining dunyoga tarqalishidan bahs qilib, Islom olamining taraqqiyotini tushuntirib beradi. Islom tarixini bilish barcha musulmonlar uchun farzdir.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:32:01
Birinchi qism

SAODAT DAVRI

Rum va Eronning Islomdan avvalgi ahvoli

Isoviy (xristian) dini tarixining besh yuzinchi yillari dunyoda ikki ulug‘ davlat mavjud bo‘lib, bularning birini Rum va ikkinchisini Eron, der edilar. Bu ikki davlat podshohlaridan biri doimo ikkinchisining ustiga lashkar tortib, o‘rtada uzoq davom etgan janglar bo‘lar edi. Natijada ikki tomon ham holdan toyar, ikkovi ikki tomonga chekingan holda yana lashkar to‘plar, xalqning hisobiga pul to‘plab, yana yangitdan jangga hozirlik ko‘rar edilar. Jabr-zulm ostida qolgan bu mamlakatlarning xalqlari bot-bot isyon ko‘tarar, turli diniy ixtiloflar bahonasida podshohlarini ag‘darib tashlash qasdida bo‘lar, xullas, fisq-fujur, axloqsizlik, zo‘ravonlik va bosqinlar bu yurtlarda keng tarqalgan edi. Natija o‘laroq, bu yurtlar kundan kunga xarob ahvolga kelib, xalqning soni kamayib borardi.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:32:50
Arab yarim oroli va u yerdagi xalqning ahvoli

Bu ikki mamlakatning janub tarafida boshqa bir qit’a bor edi; uni Arab yarim oroli (Jaziratul-arab), deb ataganlar. Bu yerning xalqi asosan arablardan tashkil topgan. Arab yarim oroli Rum va Eron yurtlari kabi obod emas, balki ko‘p yerlari qumlikdan iborat bo‘lib, ba’zi qit’alardagina obod manzillar mavjud edi. Bu qit’alardan eng mashhuri va muboragi Hijozdir, chunki bu qit’ada Makka bilan Madina joylashgan. Xaritaga qarasangiz ko‘rasizki, Hijoz qit’asining bir tarafi Qizil dengiz va boshqa bir tarafi cho‘ldir. Bu joylarni Rum va Eron davlatlari egallay olmaganlar. Bu yerda yashovchi xalqlar Rum va Eron kabi o‘z hukumatlariga ega bo‘lmay, qabila-qabila, ya’ni to‘p-to‘p bo‘lib yashaganlar. Har bir qabilaning o‘z sardori bo‘lgan.
Barcha arablar johil va badaviy (sahroyi) bo‘lganlar. Cho‘ponlik va qaroqchilik bilan kun ko‘rganlar. Biron yil bo‘lmaganki, bir qabila ikkinchisiga hujum qilmagan, o‘rtada qon to‘kilmagan bo‘lsin. Barcha qabilalarning diii butarastlik edi. Makka shahridagi Ka’ba xonasida 360 but (sanam) o‘rnatilgan bo‘lib, har bir qabila o‘ziga tegishli butga sig‘inar edi. Qimorbozlik va sharobxo‘rlik ularning ko‘ngil ochar ishlari bo‘lgan. Agar ularniig xotinlari qiz tug‘sa, or qilib, begunoh go‘daklarii tiriklayin yerga ko‘mar edilar. Xullas, na faqat Rum va Eron yoki Arab yarim orolidagi qabilalar, balki butun olam davlatlari xarob ahvolga kelgan edi. Buyuk Hazrati Parvardigor bu dunyoning xarobaliklarini xohlamas edi, shuning uchun bot-bot payg‘ambarlar tayin qilib, ular orqali pand-nasihatlar qilardi. Alloh taolo juda ko‘p payg‘ambarlar yuborgandan so‘ng, endi haqdin bilan oxirgi payg‘ambarni yuborishga qaror qildi, ammo oxir zamon payg‘ambarini Rum va Eron kabi buyuk davlatlardan tanlamadi, chunki bu davlatlardagi odamlar ko‘p beaxloq, beandisha va beg‘ayrat bo‘lib ketgan edilar. Ammo Arab yarim orolidagi Hijoz arablari Rum va Eron podshohlariga hech vaqt tobe’ bo‘lmagan va u mamlakatlarning xalqlari bilan bordi-keldi qilmagan edilar; harholda axloqda ulardan mumtozroq edilar. Ularning xislatlaridan ba’zilari shuki, ular musofirparvar, rostso‘z, g‘ayratli, so‘zamol va shoirlik iqtidoriga ega edilar. Binobarin, Xudoyi taolo u buyuk Payg‘ambarni arab qavmidan tayin qildiki, ul janob bizning Payg‘ambarimiz Muhammad ‘alayhissalom bo‘ldilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:33:44
Hazrati Rasuli akram ‘alayhissalomning dunyoga kelishlari

Yuqorida aytdikkim. arablar qabila-qabila bo‘lib yashaganlar. Hijoz arablari ham shu kabi bir necha qabiladan tarkib bo‘lgan. Ularning ichida eng ulug‘ va e’tiborlisi Quraysh qabilasidirki, zero Ka’baga xizmat qilish ularning qo‘lida edi. Quraysh qabilasining bir sardori bo‘lib, uni Abdul-Mutallib, deb atashgan, uning Abdulloh ismli o‘g‘li bo‘lib, Abdul-Mutallib bu o‘g‘lini boshqalaridan ko‘proq yaxshi ko‘rardilar. Omina ismli arab qizini nikohlab berdilar. Oradan yetti oy o‘tgach, Abdulloh savdogarlik vajhidan Madinaga borib, u yerda vafot etadilar. Yana ikki oydan so‘ng, isoviy sananing 570  yili, Rab’ul-avval oyining 12-sida, dushanba kuni Allohning rahmati bilan bizning payg‘ambarimiz Muhammad ‘alayhissalom binni Abdulloh Makka shahrida Ominadan dunyoga keldilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:34:02
Hazrati Payg‘ambarning tarbiyalari

Demak, yuqorida aytganimizdek, Payg‘ambarimiz dunyoga yetim keldilar, otalari olamdan o‘tgan edilar. Bobolari Abdul-Mutallib ul hazratning tarbiyalarini o‘z zimmalariga oldilar. Makka xalqining bir yaxshi odati bor edikim, yangi tug‘ilgan go‘daklarni sahroyi enagalarga berib, shahar tashqarisiga chiqarib yuborar edilar. Abdul-Mutallib ham ul hazratni Halima ismli doyaga berib, shahardan tashqariga chiqarib yubordilar. Halima bir yil ul hazratni tarbiya qildi, so‘ngra qaytarib topshirdi.
Hazrat olti yoshga to‘lganlarida onalari vafot qildilar, sakkiz yoshda ekanliklarida bobolari ham vafot etdilar. Amakilari Abu Tolib ul hazratni o‘z tarbiyalariga oldilar. O’n uch yoshga to‘lganlarida Abu Tolib bilan Shom shahri tomon yo‘lga otlandilar. Yo‘lning yarmida Buhayro ismli bir nasroniy rohib ul hazratni ko‘rib, u kishining ba’zi alomatlaridan Payg‘ambari oxir zamon ekanlarin payqadi va Abu Tolibga: "Bu yigitni Shomda yahudiylar tanib qolib, zarar yetkazinglari mumkin", dedi. Abu Tolib Buhayroning so‘ziga kirib, Makkaga qaytib ketdilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:34:56
Payg‘ambarning uylanishlari

Hazratning axloq va odoblari bisyor maqbul va komil bo‘lgan; hech vaqt yolg‘on gapirmaganlar, hech kimga xiyonat qilmaganlar, noinsoflik, muruvvatsizlik va behayolikdan yiroq edilar. Binobarin, hazratning e’tiborlari ortib, kundan kunga ziyoda bo‘lgan. Makka xalqi ul zotni Muhammad Amin, deb atadi. Hazrat yigirma to‘rt yoshga to‘lganlarida makkalik Xadicha ismli moldor ayol u kishiga molini berib, Shomga yubordilar. Bu daf’a ham yo‘lning yarmida Nasturo ismli bir nasroniy rohibi u kishini ko‘rib, Shom safarini man’ qildi. Shul sababli mollarini o‘sha yerda katta foyda evaziga sotdilar va qaytib ketdilar. Xadicha ul hazratdan juda mamnun bo‘ldilar. Yigirma besh yoshda ekanliklarida Xadichani o‘z nikohlariga oldilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:35:23
Vahiyning kelishi

Yuqorida biz hazratning odob-axloqlari haqida gapirib o‘ttan edik, hazratning yana bir xislatlari shundan iborat ediki, boshqa makkaliklar yoki umuman arablar singari butlarga sig‘inmas edilar, ularni bir tosh deb bilib, chandon e’tibor qilmas va hatto yomon ko‘rardilar.
Qirq yoshga yetganlarida Alloh tomonidan Jabroil orqali "Iqra, bismi rabbuka" oyati nozil bo‘ldi va so‘nggi uch yil ichida hech bir oyat kelmadi. So‘ng "Ya ayyuhal-muddassiru qum fa-anzir" oyati keldi va u hazratni payg‘ambarlikka amr qildi. Ul hazrat bu xabarni avval Xadichaga, so‘ng hazrati Abu Bakr va Aliga yetkazdilar; ularning hammalari musulmon bo‘lishdi. Hazrati Ali bu paytlarda go‘dak edilar. Aytadilarkim, eng avval musulmon bo‘lgan kimsalar — ayollardan Hazrati Xadicha, erkaklardan hazrati Abu Bakr, go‘daklardan hazrati Ali musulmonlikni qabul qilganlar. Bundan so‘ng hazrati Abu Bakrning dalolati bilan Makkaning bir necha ulug‘lari musulmon bo‘ldilar. Dastlab musulmonlarning soni yigirma kishidan iborat bo‘lgan. Hazrat bu yangi musulmonlar bilan pinhona ibodat qilardilar, suhbat ham pinhona edi. Ammo buyuk ishlarni doimo yashirib bo‘lmaydi, shuningdek, yangi din ham buyuk ish bo‘lib, uni yashirishning iloji bo‘lmadi; hazratning Payg‘ambarligi Makkaga ovoza bo‘ldi; hamma hayron, ba’zilari kelib hazratning o‘zlaridan so‘radilar va ul zoti sharif tavhid ilmini ularga tushuntirdilar. Payg‘ambar bilan kelib suhbatlashgan ba’zilarga yangi din ma’qul kelib, ular ham musulmon bo‘ldilar. Yangi din odamlarni pokizalikka, Xudodan qo‘rqishga, ezgu ishlarga da’vat qilar ekan, odamxo‘rlik va behuda ishlarni man’ qilar ekan. Arablar bu dinga rag‘bat ko‘rsatdilar. Lekin Makkaning ayrim ulug‘lari, masalan, Abu Jahl va Abu Sufyon: "Agar biz musulmon bo‘lsak, Muhammadga tobe bo‘lib qolib, ulug‘likni qo‘ldan berurmiz", — deb musulmon bo‘lmadilar, ayni paytda musulmonlikni qabul qilgan kishilarga ham ko‘p azob berdilar. Hazrat kofirlarning bergan azoblaridan nolimadilar, doimo Xudo amrini bajo keltirib, ularni ham charchamay Islom diniga da’vat etdilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:35:50
Hazrati Hamza va hazrati Umarning musulmon bo‘lishlari

Hazratning doimiy sabot va sa’y-harakatlari natijasida arablarning atoqli bahodirlari janobi Hamza va Umar musulmon bo‘ldilar, bundan musulmonlarning dillari quvvatlandi. Hazrati Umarning dalolati bilan Payg‘ambar ‘alayhissalom o‘z yoronlari bilan Ka’ba masjidiga borib oshkora namoz o‘qidilar, odamlarni musulmonlikka da’vat qildilar, kishilar birma-bir, asta-sekin kelib musulmon bo‘ldilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:36:22
Payg‘ambar yoronlarining Habashga ketishlari

Ul hazrat Payg‘ambarligining beshinchi yilida musulmonlar soni 300 ga yetdi. Musulmonlarning soni orta borishi bilan kofirlarning ham zulmi kuchayib ketdi. Shuning uchun hazrat kimning xohishi bo‘lsa, Habashistonga borishlari mumkinligini aytdilar. Payg‘ambarning oliy himmatlari bilan bir necha ashoblari Habashiston yurtiga ketdilar va u yerning podshohidan muruvvat ko‘rdilar. Islom dini kuch olgunga qadar ashoblar o‘sha yerda istiqomat qildilar, so‘ngra Hazratning xizmatlariga qaytib keldilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:37:08
Xadicha va Abu Tolibning vafotlari hamda munosabatlarning uzilishi

Kofirlarning izza va haqoratlari ko‘paygan sari musulmon diniga rag‘bat bildiruvchilarning soni ham kundan kunga ko‘paya bordi. Makka ulug‘laridan bo‘lgan kofirlar majlis o‘tkazib, Payg‘ambar va u kishining yoronlari bilan har qanday munosabatni uzishga qaror qildilar. Qaror natijasi o‘laroq ahdnoma yozdilar: bundan keyin hech kim musulmonlarga xotinlikka qiz bermaydi va ulardan xotin olmaydi, ular bilan salomlashmaydi, savdo-sotiq aloqalarini qilmaydi. Bu ahdnomaga imzo chekib, Ka’ba darvozasiga osib qo‘ydilar. Bu ahdnoma uch yil o‘z kuchida turdi. Ko‘pgina musulmonlar bu ahdnoma natijasidan ko‘p qiyinchilik ko‘rdilar, ammo musulmonchilikni qabul qiluvchi olamlar safi to‘xtamadi. Oqibatda ahdnomadan hech qanday naf bo‘lmay, kofirlarning o‘zlari bu ahdnomani yirtib tashladilar, ahli Islom undan xalos bo‘ldi.
Hazrat Payg‘ambarimizning vahiy ola boshlaganlarining o‘ninchi yilida hazrati Xadicha va amakilari Abu Tolib dunyodan o‘tdilar. Abu Tolibning o‘limidan keyin Makka kofirlari Payg‘ambarimiz va musulmonlarga zulmlarini haddan oshirib yubordilar. Ayni iaytda Rasuli akramning me’rojlari voqe’ bo‘lib, hazrat moddiy olamdan ma’naviy olamga safar qilib qaytdilar. Me’roj tunidan boshlab besh vaqt namoz farz bo‘ldi.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:38:23
Makkadan Madinaga hijrat

Kofirlarning zulmi va zo‘ravonligi haddan oshib ketganligi sababli Rasuli akram ba’zan atrofdan kelgan musofirlarni Islom diniga da’vat qilish va o‘z tarafdorlarini yanada ko‘paytirish uchun shahar tashqarisiga chiqar edilar. Payg‘ambarlikning o‘n ikkinchi yili bir kuni Madinadan kelgan bir necha odamni musulmonlikka da’vat qilmoq uchun shahar tashqarisiga chiqdilar. Madinaliklar Payg‘ambarimizga agar siz Madinaga kelsangiz biz o‘z mol va jonimizni siz uchun ko‘mak yo‘lida fido qilar edik, dedilar. Payg‘ambarimiz ularning bu qasamlariga ishonib, taklifni qabul qildilar. Bu uchrashuv Aqoba mavzeida sodir bo‘lgani uchun uni tarixchilar " Aqoba ittifoqi", deb ataganlar. Keyingi yilda Madinadan yana bir necha ulug‘lar kelib "Aqoba ittifoqi"ni yangilab ketdilar. Kofirlarning qulog‘iga bu itgifoq yetib borgach, musulmonlarga nisbatan o‘z zulmlarini yanada kuchaytirib yubordilar. Hazrat o‘z ashoblariga Madinaga hijrat qilishni buyurdilar va musulmonlar yakka-yakka va juft-juft bo‘lishib Makkadan hech kimga sezdirmay chiqib keta boshladilar. Kunlar o‘tgan sayin Makkada Hazratning o‘zlari Abu Bakr va Ali bilangina qoldilar. Kofirlar Payg‘ambarimizning yolg‘iz qolganliklarini bilgach, ul zotni tunda qatl qilmoqqa maslahat kildilar, ul Hazratga Alloh bu maslahatdan ogoh etdi va o‘rinlariga Alini yotqizib, Abu Bakr bilan birga o‘sha kuni Makkadan chiqib ketdilar. Kofirlar Payg‘ambarimizning ketib qolganliklarini bilib, izlashga tushdilar, ayniqsa, As-Saboh degan kofir ko‘p qidirdi, ammo izlarini ham topa olmadi. Ul Hazrat Abu Bakr bilan birga salomat holda Madinaga borib yetdilar. Ular kelgan kunni Madina ahli katta bayram qildi. Hazrat Ali ham oradan uch qun fursat o‘tgach, Madinaga kirib keldilar. Hijrati Payg‘ambarning o‘n to‘rtinchi yilida, isoviy 622-sanani musulmonlar o‘z tarix hisobining ibtidosi, deb bilurlar, ya’ni hijriy yil shu yildan boshlangan.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:38:58
Masjid qurilishi va qiblaning tayin bo‘lishi

Hazrat Madinaga kelganlaridan so‘ng, Madinaning tashqarisidagi Qubo dahasida bir masjid qurdilar va keyinchalik ham Madinaning o‘zida yana bir masjid bino qildilar. Alloh taolo hanuz musulmonlarning qiblasini tayin qilmagan edi. Musulmonlar namoz o‘qiganlarida yahudiylar qiblasi bo‘lmish Baytul-Maqdisga qarar edilar, binobarin, Madinadagi ikki masjidning ham qiblasi o‘sha tomonga qaragan edi. Musulmonlar bir qancha vaqt Baytul-Maqdisga qarab namoz o‘qiganlaridan keyin, qibla Ka’baga qarashi kerakligi haqidagi oyat nozil bo‘ldi. O’sha vaqtdan buyon musulmonlarning qiblasi Ka’ba uyi tarafidadir. Bu voqea Islom tarixida qiblaning tayin bo‘lishi, ya’ni "Tahvili qibla", deb ataladi. Alloh taoloning har bir amri bir necha foyda va hikmatga egadir. Zero, bu amrning hikmati shundan iboratki, musulmonlar har namozda Ka’baga qarab namoz o‘qir ekanlar, asl vatanlari bo‘lmish Makkani yod etadilar va tezroq quvvatlanib, Makkani kofirlar qo‘lidan xalos etmoqqa sa’y-harakat qiladilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:39:39
Jihodga buyurish

Qibla tayin bo‘lgach, musulmonlar o‘z vatanlarini kofirlar qo‘lidan xalos qilish orzusida bo‘lib, jihodni istar edilar. Hijratning ikkinchi yilida Alloh tomonidan jihod farz qilindi. Shundan so‘ng musulmonlar kofirlarga qarshi ko‘pgina jang qildilar. Payg‘ambarimiz ishtirok etgan har bir jangni g‘azot, deb ataganlar va o‘zlari ishtirok etmay, lashkar yuborgan janglarni sariyya deganlar. Musulmonlar qariyb yigirmata g‘azot va sariyya uyushtirganlar. Ulardan mashhurlari: Badr, Uhud, Xandaq, Haybar, Makkaning fath etilishi. Boshqalari haqida ozrak yozamiz.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:40:32
Badr g‘azoti

Dastlabki g‘azot Badr yurishidir. Hazrati Payg‘ambar bu jangga 313 nafar jangchi bilan kelgan edilar. Makka kofirlari esa, qariyb ming kishi bo‘lib jangga kirdilar. Ikki muxolif lashkar Badr deb atalgan mavzeda to‘qnashdilar. Musulmonlar haq yo‘lida yaqdil bo‘lib jang qilganliklari uchun ham o‘zlaridan uch barobar ko‘p bo‘lgan dushman lashkarini yengdilar. Bu g‘azotda musulmonlardan 14 kishi, kofirlardan 70 kishi halok bo‘ldi. Bu jangda Islomning ashaddiy dushmani Abu Jahl ham halok bo‘lganlar orasida edi. Kofirlardan yetmish nafari musulmonlarga asir tushdi. Hazrat Madinaga qaytgach, ba’zi asirlarni tovon hisobiga ozod qildilar. Tovon to‘lashga qurbi yetmaganlarni esa, musulmon bolalarning xat-savodini chiqarishga majbur qilindi, bu ishni bajargandan keyingina ozod kilinishi shart qilib qo‘yildi. Bu g‘azot hijratning ikkinchi yili sodir bo‘lgan edi.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:40:59
Uhud g‘azoti

Kofirlar Badr jangida mag‘lub bo‘lib, Makkaga qaytdilar. Bir oy azadorlik qilib, keyin qasos olish niyatida jangga tayyorgarlik ko‘ra boshladilar. Keyingi yilda uch ming lashkar bilan Madinaga qarab yul oldilar. Hazrati Payg‘ambar kofirlarning lashkarlari kelganini eshitib, ashoblarining mo‘‘tabarlarini yig‘ib mashvarat o‘tkazdilar va dushmanlarning lashkari ko‘p ekan, agar biz shahar darvozalarini berkitib, ichkaridan jang qilsak yaxshi bo‘lar, dedilar. Ashoblarining g‘ayratli yoshlari bu maslahatga quloq osmay, shahardan tashqariga chiqib dushman bilan yuzma-yuz jang kilamiz, dedilar. Hazrat ularning tashqariga chiqib jang qilish tarafdorlari ekanliklarini ko‘rdilar va hech narsa demay yetti yuz nafar musulmonlar bilan shahar tashqarisiga chiqdilar. Madina shahri tashqarisidagi Uhud tog‘ining tagida dushman bilan yuzma-yuz keldilar. Islom lashkarining chap tomonida bir dara bo‘lib, Hazrat ellik nafar o‘qchilarni ajratib, sizlar shu joyda turinglar, aslo boshqa joyga ko‘chmanglar, agar dushman bu yerga kelib hujum qilsa, ishimiz mushkullashadi, dedilar. Jang boshlandi, musulmonlar hujum qildilar, kofirlar chekina bordilar, lekin boyagi ellik nafar o‘qchi Hazratning farmonini yoddan chiqarib, kofirlarning har yerda qolgan molini o‘lja olish uchun daradan keldi. Bir qancha dushman askarlari bu fursatni g‘animat bilib, ana shu darani egallab oldilar va shu yerdan Islom lashkariga hujum qildilar. Musulmonlar mag‘lub bo‘ldilar, yetmish nafar musulmon shahid bo‘lib, Payg‘ambarimizning amakilari hazrati Hamza ham shu qatorda edilar. Hazratning ham bu jangda tishlari sinib, aziyat cheqdilar. Garchi kofirlarning qo‘llari bu jangda baland kelgan esa-da, musulmonlarning yana kuch to‘plab hujum qilib qolishlaridan qo‘rqib chekindilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:42:41
Handaq g‘azoti

Hijratning beshinchi yili Makka kofirlari yahudiylar bilan ittifoq tuzib, o‘n ming kishini go‘plab, Madina tarafga yo‘l oldilar. Hazrat bu xabarni eshitgach, ashoblari bilan mashvarat qildilar. Maslahatga binoan Solmon Forsiy uch ming kishi bilan shahar tashqarisiga chiqib, shahar ostonasida Islom lashkarining atrofida chuqur qazidilar. Kofirlar Islom lashkarining ro‘baro‘siga kelib saf tortdilar, ammo xandaqdan o‘tolmadilar, nochor qolib, xandaqning narigi tomonida turib o‘q otdilar. Musulmonlar ham bu tarafda turib dushman o‘qiga javob berib turdilar. Oqibatda dushman hech qanday natijasiz qaytib ketishga majbur bo‘ldi. Musulmonlar muzaffar va mansur bo‘lib Madinaga qaytdilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:43:22
Hudaybiyah sulhi

Hijratning oltinchi yili Hazrat besh yuz nafar sahobiylari bilan Ka’bani ziyorat qilish niyatida yo‘lga tushdilar. Jang qilish niyati bo‘lmaganligi sababli qilichdan boshqa jang qurollarini olmaslikni buyurdilar. Makka yaqinidagi Hudaybiyah mavze’iga joylashib, Makka ahliga elchi yuborib, o‘z niyatlarini ma’lum qildilar. Lekin Makka kofirlarinigi sardorlari musulmonlarga bo‘lgan eski adovatlari hamda gina-kuduratlari bilan Hazrat Rasuli akram ‘alayhissalomga Ka’ba ziyorati uchun ruxsat bermadilar.
Shuncha miqdor musulmonni ko‘rib, ularning niyatlaridan bexabar yoki xabardor bo‘lsalar ham ataylab, darhol lashkar to‘plab, jangga hozirlik ko‘ra boshladilar.
Jang chiqishiga sal qoldi, lekin ba’zi kishilar g‘ayrat qilib, ular o‘rtasida sulh va ahdnoma tuzdilar. Bu sulhga ko‘ra, Hazrat bu yil Ka’bani ziyorat qilmay qaytadigan va keyingi yilda ziyoratga kelaligan bo‘ldilar; musulmonlar o‘n yil mobaynida Makka ahli bilan jang qilmaydilar. Makkadan Madinaga qochgan har bir kimsani esa, qaytarib Makkaga yuboradilar va Madinadan Makkaga qochgan xar bir kimsani Makka ahli Madinaga jo‘natmaydilar. Har ikki tomon ushbu ahdnomaga imzo chekdilar, Hazrat Madinaga qaytib ketdilar, keyingi yili esa Ka’ba ziyoratiga bordilar. Bu voqeani Hudaybiyah sulhi, deb ataganlar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:47:37
Haybar g‘azoti

Shom va Madina orasida Haybar otlig‘ qal’a bor edi. Bu joyda yahudiylar yashardilar. Hazrat hijratning yettinchi yilida shu qal’ani olmoq uchun ming nafar Islom ahli bilan keldilar. Yahudiylar shahar darvozasini berkitib, ichkaridan turib jang qildilar. Islom lashkari o‘n kun mobaynida qal’ani qat’iy qamal qildi, natijada uni egalladi. Bu shahardan Islom lashkari qo‘liga beadad o‘lja tushdi.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:49:09
Hazratning elchilar jo‘natishlari

Bu g‘alabadan so‘ng musulmonlarning ovozasi har tarafga yoyildi. Turli qavmlar Islom ahlining quvvatidan hayratga tushdilar. Hazrat fursatni g‘animat bilib, atrofdagi iodshohlarga elchi va nomalar yubordilar, bu nomalar va elchilar orqali ularni Islom diniga kirishga da’vat qildilar. Hazrat quyidagi olti mamlakatga o‘z nomalarini yuborgan edilar: Eron podshohiga, Rum podshohiga, Habashiston podshohiga, Misr hokimiga, Yaman hokimiga. Ularning ba’zilari Hazratning elchilarini izzat-hurmat bilan qarshilagan bo‘lsalar, ba’zilari tahqirladilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:49:52
Makkaning olinishi

Hudaybiyah sulhiga binoan musulmonlar Makkaga qarshi o‘n yil davomida jang qilmasliklari kerak edi va musulmonlar bu ahdda sobit edilar. Lekin sulh imzolangandan keyin ikki yil o‘tib, ya’ni hijratning sakkizinchi yili Makka kofirlarining o‘zlari ahdnomani buzdilar; Madinaga bot-bot hujum qila boshladilar. Hazrat o‘n ming lashkar bilan Makkaga yurish qilishga majbur bo‘ldilar va shahar tashqarisiga kelib, har bir jangchiga o‘z chodirida olov yoqishni buyurdilar. Makka ahli homon musulmonlarning kelganlaridan bexabar edi. Shahar tashqarisidagi bunchalar ko‘p o‘tni ko‘rib qo‘rqib ketdilar. Abu Sufyon xabar olgani kelib, musulmon bo‘lib qaytdi va Makka ahliga voqeani anglatdi. Makka kofirlaridan ba’zilari jangga hozirlik ko‘rolmay, har tomonga qochib ketdilar. Hazrat jangsiz kelib Makkani oldilar va Makka ahliga umumiy afv e’lon qildilar. Boshqalar ham guruh-guruh bo‘lib musulmonlikii qabul qildilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:50:40
Hunayn g‘azoti

Makka fathi haqidagi xabar hamma tarafga tarqalgach, ba’zi musulmon bo‘lmagan arab qabilalari g‘azabga keldilar va Hunayn degan mavze’ga to‘planib, Islom lashkariga hujum qilishga shaylandilar. Hazrat bu xabarni eshitib, 12 ming kishi bilan ularning ustiga yurdilar. Hunayn mavze’ida jang bo‘lib, nomusulmon qabilalarning lashkari qattiq shikast yedi. Islom ahli ularning yurtlarini egalladilar; butun Arab yarim oroli musulmonobod bo‘ldi va Hazrat Madinaga qaytdilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:51:24
Tabuq g‘azoti

U zamonlarda Shom viloyati Rum imperatorining qo‘lida edi. Hazrat imperatorning farmoni bilan Shom viloyatida juda ko‘p askarlar jam bo‘lganini va Madinaga hujum qilish niyatida ekanligini eshitdilar, ul zot ham darhol lashkar to‘plash fikriga keldilar. Lekin Rum imperatorining lashkari bilan jang qilish mushkul edi. Buning uchun juda ko‘p lashkar to‘plash kerak edi, ammo lashkar xarajati uchun mablag‘ topishning iloji yo‘q edi. Oxir-pirovardida millatga murojaat qilib, ko‘mak so‘raldi. Har kim qo‘lidan kelgan narsasini berdi. Shu tariqa lashkarga kerakli bo‘lgan anjomlar to‘plandi. Hazrat 30 ming lashkar bilan Madina va Shom o‘rtasidagi Tobuq mavzesiga yetib keldilar. Dushmandan asar ham ko‘rinmadi. Lashkarning ulug‘larini to‘plab mashvarat qildilar. Abu Bakr Siddiq, agar shomliklar jang qilishni niyat qilganlarida biror belgi bo‘lur edi, hozir esa, ulardan hech bir xabar yo‘q, ma’lum bo‘dadiki, ularning jang qilish niyati bo‘lmagan, balki bizning bu yerga kelganimiz ularni qo‘rqitib yuborgan bo‘lishi mumkin, buning ustiga Shomda vabo tarqalgan, agar shu yerdan ortta qaytsak, ma’qul bo‘lar edi, deb maslahat berdilar. Hazrat bu maslahatni ma’qul topib, Tobuq atrofidagi qabilalarni boj to‘lashga majbur qildilar va Madinaga qaytdilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:51:45
Vidolashuv haji

Hijratning o‘ninchi yilida Hazrat haj qilish niyatlarini butun musulmonlarga e’lon qilib, qirq ming kishi bilan Makkaga kirdilar. Atrofdagi musulmonlar ham guruh-guruh bo‘lib kela berdilarki, natijada ularning soni yuz ming nafarga yetdi. Hazrat xutba o‘qib, bu dunyodan o‘tishlari yaqinligini bashorat qildilar. Musulmonlarga nasihat qilib, so‘ng Madinaga qaytdilar. Bu Hazratning so‘nggi hajlari bo‘lib, tarixda "vidolashuv haji", deb atalgan .
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:51:58
Payg‘ambar ‘alayhissalomning dunyodan o‘tishlari

Voqean uch oydan so‘ng, hijratning o‘n birinchi yilida, rab’ul-avvaldan bir kun oldin Hazrat xastalandilar. Ashoblarini jam qilib shu tariqa nasihat qildilar: men dunyodan ketyapman, Qur’onni sizlarning ixtiyorlaringizga qoldirurman. Doimo Qur’onga amal qilinglar. Bir-biringizni sevinglar, bir-birlaringizga madad bo‘linglar, aslo ezgu ishlardaya judo bo‘lmanglar, dunyoni obod va isloh qilishga kuch beringlar.
Hazratning xastaligi kuchayib, rab’ul-avval oyining o‘n ikkisida, hijratning o‘n birinchi yili oltmish uch yoshda dunyodan o‘tdilar".
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:52:46
Payg‘ambar ‘alayhissalomning sifatlari

Payg‘ambar ‘alayhissalom eng oliy xulq va rahmli sifatlarga ega bo‘lganlar, rahm va shafqat, karam va sahovat, madad, aql va ilm boblarida olamda tengsiz edilar. Behuda g‘azabga kelmas edilar, din ishlaridan boshqa masalalarda juz’iy kamchiliklarni kechirar edilar. Insof doirasidan bir qadam ham tashqariga chiqmaganlar. Har kimning bilimi va imkoniga qarab ish buyurardilar. Biron kimsadan tama’ ham qilmaganlar va sadaqa ham olmaganlar. O’z xotinlari va xizmatkorlariga doimo tavoze’ va ochiq chehra bilan muomala qilganlar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:53:10
Payg‘ambar ‘alayhissalomning xotinlari va farzandlari

Payg‘ambar ‘alayhissalom o‘n bir xotin olganlar. Ulardan ikki nafari Hazratning hayotlik vaqtlarida olamdan o‘tgan va to‘qqiz nafari ul zoti sharifdan keyin qolgan edi. Xotinlaridan eng mashhurlari: Xadicha, Oyisha, Hafsa va Maymunadirlar. Uch o‘g‘il va to‘rt qizlari bo‘lgan. O’g‘illari: Qosim, Abdulloh, Ibrohim. Qizlari: Fotima, Zaynab, Ruqiya, Ummi Gulsumdirlar. Lekin hazrati Fotimadan o‘zgalari Hazratning hayotlik vaqtlarida vafot etganlar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:53:59
Ikkinchi qism

BIRINCHI TO’RT ASL XALIFALAR

Hazrati Abu Bakr xalifaligi

Payg‘ambar ‘alayhissalomning hayotlik chog‘larida hamma musulmonlar ul janobning farmonlariga tobe’ edilar. Ul zoti sharif olamdan o‘tganlaridan so‘ng, albatta, musulmonlarga bir yo‘lboshchi zarurati tug‘ildi. Hazrat dunyodan o‘tganlaridan so‘ng, ashoblar yo‘lboshchi tayinlash fikriga tushdilar. To‘planib mashvarat qildilar. Ular o‘rtasida ixtilof tug‘ilib, nizo chiqishiga oz qoldi. Hazrati Umar g‘ayrat va shijoat ko‘rsatdilar; hazrati Abu Bakrni ahli Islom sardorlig‘iga tavsiya qildilar va birinchi bo‘lib o‘zlari ul kishini tan oldilar. Shunday qilib, hazrati Abu Bakr xalifa, ya’ni Payg‘ambarimizning o‘rinbosari bo‘ldilar. Ul kishi minbarga chiqib, xaloyiqqa qarata nutq so‘zladilar: "Ey musulmonlar! Men xalifalikka lozim bo‘lmasam ham, orangizda nizo va dushmanlik tug‘ilmasin uchun uni qabul qilaman. Menga Rasuli Allohning aytganlariga amal qilishda yordam beringlar va ul zoti sharif so‘zlaridan chiqsam, menga itoat qilmanglar".
Hazratning vafoti haqidagi xabar har tarafga ketgandan so‘ng kupgina arab qabilalari dindan chiqdilar, ya’ni Islomdan qaytdilar. Bir necha kishi soxta payg‘ambarlikni da’vo qilishdi. Madina ahli bu voqeani eshitib, g‘amgin va hayron qoldi. Xalifa Abu Bakr g‘ayrat qilib birinchi navbatda barcha dindan chiqqanlarga qarshi jang qilib, ularni tor-mor keltirdilar, so‘ngra soxta payg‘ambarlarning dumini tugdilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:54:37
Qur’onning jam’ qilinishi

Qur’oni karim Payg‘ambar ‘alayhissalomga Alloh taolo tarafidan oz-ozdan nozil qilingan. Ul Hazrat hayot vaqtlarida Qur’on oyatlari jam’ qilinmagan edi. Ba’zi ashoblar Ashoh tomonidan yuborilgan barcha oyatlarni yod bilganliklaridan ularni hofizlar, ya’ni Qur’onni yoddan aypuvchilar, deb ataganlar. Aksariyat ba’zi oyatlarni yod bilar, qolganlarini yozib saqlar edilar. Hazrati Abu Bakr xalifa bo‘lganlaridan so‘ng ko‘plab hofizlar g‘ayridinlarga qarshi janglarda shahid bo‘ldilar. Hazrati Abu Bakr ko‘rdilarki, ish shu tariqa ketsa, bir muncha muddat o‘tib hamma Qur’on hofizlari dunyodan o‘tishi va Qur’onning ba’zi oyatlari yo‘qolib, unutilib ketishi mumkin. Shu sababli barcha oyatlarni jam’ qilib, bir joyga to‘pladilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:54:56
Iroq va Suriyaning fath etilishi

O’sha zamonlarda dunyoda ikki ulug‘ davlat — biri Eron va ikkinchisi Rum ekanligini yuqorida aytib o‘tgan edik. Arab yarim orolidagi barcha odamlar musulmon bo‘lganlaridan so‘ng Islom ahli endi bu ikki buyuk mamlakat sari borib, u yerdagi odamlarni ham musulmon qilishni lozim topdi. Shunday qilib, Abu Bakr Siddiq ushbu fikrga kelganlaridan so‘ng, Xolid binni Validni 18 ming nafar jangchiga bosh qilib Eron tarafiga va Obid binni al-Jarrohni bisyor lashkar bilan Rum mamlakati chegarasiga yubordilar. Xolid binni Valid Eron lashkari bilan qattiq janglar qilib, arab Iroqi nomli keng bir viloyatni qo‘lga kiritdi, so‘ng Obid binni al-Jarrohga yordamga yetib keldi. Bu ikki yirik sarkarda hamkorlikda Rumning ko‘p lashkari bilan janglar olib borib, Rumning ko‘p shaharlarini egalladilar. Shu vaqtlar mobaynida hazrati Abu Bakr betoblanib, o‘z o‘rinlariga hazrati Umarni xalifa qilib, dunyodan o‘tdilar. Hazrati Abu Bakrning yoshlari 63 da edi va ul kishining xalifalik davri ikki yilu uch oy va yana 10 kun bo‘ldi.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:55:20
Hazrati Abu Bakrning fazilatlari

Hazrati Abu Bakr Payg‘ambarimizning eng birinchi yoronlaridan va maslahatdoshlaridan edilar. Hijratga ham birga ketgan edilar. Erkaklardan birinchi bo‘lib musulmonlikni qabul qilgan ham shul janobdirlar. Ham tovozeli, ham shijoatli zot edilar. Ul hazratning xalifalik zamonlarida Islom dinining kuchga kirishi uchun ko‘p ishlar qilindi va ul hazrat bor mol-dunyolarini shu yo‘lda sarf qildilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:55:50
Hazrat Umar xalifaligi va Eron janglari

Hijratning o‘n uchinchi yilida hazrati Umar xalifalikka o‘tdilar. Musulmonlar bul janobga "Amir-al-mo‘minin", deb taxallus qo‘ydilar. Amir-al-mo‘minin eng avvalo hazrati Abu Bakr vasiyatlariga asosan katta qo‘shin to‘plab, Sayyid binni Vaqqos boshchiligida Eronga jo‘natdilar. Bu lashkar eronliklar bilan ko‘pgina janglar qilib, bir qancha shaharlarni qo‘lga kiritdi. Bu janglardan eng qattig‘i va mashhuri Quddus uchun olib borilgan muhoraba bo‘ldi. Mazkur muhorabada Islom lashkaridan qirq ming kishi va Eron tarafdan bir yuz yigirma ming kishi hozir bo‘ldi. To‘rt kun jang bo‘lib, musulmonlarning beshdan biri shahid bo‘ldi, Eron lashkari ham ko‘p talofot ko‘rdi. Natijada Eronning poytaxti bo‘lgan Madoyin shahri egallandi. Musulmonlar qo‘liga juda ko‘p o‘ljalar tushdi.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:56:52
Shom va Quddusning fath etilishi

Islom lashkari Eron bilan jang qilayotgan paytda hazrati Umar Rum chegaralarida jang qilayotgan lashkarga madad yuborib, Abu Ubayd binni Jarrohni barcha lashkarlarga amir qilib tayin etdilar. Islom lashkari Shom va Xalabni Rum davlati qo‘lidan tortib oldi va lashkarning bir qismi borib Baytul-Maqdisni qamal qildi. Hazrati Umarning o‘zlari qamalga kelib, Baytul-Maqdisni sulh yo‘li bilan oldilar va bu joydagi nasroniylar haqiga ko‘p adolat va muruvvat ko‘rsatdilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:57:07
Misr fathi

Shundan so‘ng Amir-al-mo‘minin Umar binni al-Os ismli sardor boshchiligidagi to‘rt ming kishini Misrga yubordilar. Lashkar jang bilan Misrni qo‘lga kiritib, Iskandariyaga keldi. Uch oylik qamaldan keyin Iskandariyani ham oldi.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:57:30
Tarixni belgilash

Hazrati Umar zamonlarida musulmonlarning shuhrati yoyildi va Islom mamlakati g‘oyat kengaydi. Xalifalik markazidan har tarafga xatlar va buyruqlar yuborilardi. Bu xatlar va buyruqlarda bir muayyan tarix yozish darkor bo‘lib, musulmonlar tarixini qachondan boshlash kerak, degan masala o‘rtaga tushdi. Hazrati Umar bu masala bo‘yicha mashvarat to‘pladilar va maslahat davomida hazrati Ali tarixning boshlanishini Payg‘ambarimizning hijrat qilganlari davridan, ya’ni Muharram oyidan boshlashni taklif qildilar. Bu voqea hijratning o‘n yettinchi yili ro‘y berdi.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:57:41
Hazrati Umarning shahid bo‘lishlari

Hazrat Umar Islom dinining avj olishiga va musulmonlar shavkatini ko‘tarishga g‘ayrat qildilar. Lekin hijratning yigirma uchinchi yilida bir kun nasroniy qul nogahon ul janobga pichoq urib shahid qildi. Amir-al-mo‘mininning yoshlari oltmish uchda va xalifalik davrlari o‘n yilu olti oy bo‘lgan edi.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:57:59
Hazrati Umarning fazilatlari

Hazrati Umar juda qanoatli, odil, nizomparvar va g‘ayratli edilar. O’zlariga yuklatilgan vazifalardan boshqa ishlar bilan shug‘ullanmasdilar. U kishi mashhurligi, Eron va Rumni larzaga solgan sarkarda bo‘lishiga qaramasdan hamisha yamoq kiyim kiyganlar. Baytul-Maqdisga safar qilgan paytlarida bir qul bilan tuyani navbatma-navbat minib borganlar. Hatto Baytul-Maqdis darvozasiga yetib kelganlarida ham azbaroyi g‘ulomning navbati kelgani sababli uni tuyaga mindirib, o‘zlari piyoda kirib borgan ekanlar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:58:21
Hazrati Usmonning xalifaligi

Hazrati Umar xastalik davrlarida hech kimni xalifa qilmadilar, balki ashoblarning ulug‘laridan olti kishini to‘plab, o‘zlaringiz o‘z ichlaringizdan kimni loyiq bilsangizlar, o‘shani xalifa qilingizlar, dedilar. Hazrati Ali, hazrati Usmon va Abdur-Rahmon binni Avf shu olti nafar qatorida edilar. Bular hazrati Umarning dafnlaridan keyin bir uyga yig‘ilib mashvarat qildilar. Abdur-Rahmon binni Avfdan tashqari hammalari Usmonni xalifalikka loyiq topdilar. Abdur-Rahmon ko‘rdiki, vaziyat bo‘lakcha, hammadan farqlanib, xalifa bo‘lishdan cho‘chidi. Binobarin, ertangi kun odamlar masjidga to‘planganlarida janob Abdur-Rahmon minbarga chiqdi, avvalan hazrati Alini oldilariga chaqirib, baland ovozda so‘radilar: "Yo Ali, men seni xalifalikka loyiq bilurman, shu shart bilanki, Payg‘ambarimiz hazratlari va avvalgi ikki xalifa tutgan yo‘ldan chiqmaysan". Bu mushkul shart edi. Hazrati Ali javob berdilarki, men buning uddasidan chiqolmayman. Janob Abdur-Rahmon bu daf’a hazrati Usmonni chaqirdilar va yana ushbu shart bilan xalifalikni taklif qildilar. Hazrati Usmon qabul qilgach, odamlar hazrati Usmonni tan oldilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:58:44
Fathlar

Hazrati Usmon zamonlarida ham Islom lashkari har tarafga muzaffarona yurish qildilar. Eron yerida bo‘lgan lashkar Eron mamlakatining barcha jabhalarini egalladi va endi Turkistonga yurish qildi. Rum davlati bilan jang qilayotgan lashkar Suriyani egalladi. Janubda Afrika ham shu tariqa zafarli va g‘olibona yurishlar natijasida musulmonlikka o‘tdi. Hazrati Usmon zamonlarida Islom mamlakatlari juda kengaydi.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:59:04
Dengiz jangi

Hazrati Payg‘ambarimiz zamonlaridan hazrati Usmon zamonlariga qadar Islom ahli qancha jang qilgan bo‘lsa, hammasini quruqlikda o‘tkazgan bo‘lib, dengizda hech jang qilmagan edi. Bu xalifa zamonlarida Islom lashkari jang kemalari yasab, Rodos va Qibris orollarini oldilar. Rum imperatori bu xabardan g‘azabga keldi va hamma kemalarini hozirlab, musulmonlar bilan dengizda qattiq janglar qildi. Musulmonlar kuchli kelib, imperatorga shikast yetkazdilar. Musulmonlarning dastlabki dengiz jangi ham shu tariqa voqe’ bo‘ldi.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 00:59:28
Fitna zohir bo‘lishi va hazrati Usmonning o‘ldirilishi

Hazrati Usmon xalifalikka o‘tirgach, hazrati Abu Bakr va Umar tarafidan tayinlangan viloyatlarning aksar voliylarini bekor qilib, ularning o‘rinlariga o‘z qarindoshlaridan tayin qildilar. Hazrati Usmon qarindoshlaridan ba’zilari ularning zamonlarida qora ishlar bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Bunga qo‘shimcha ravishda ushbu voliylar viloyatlarda zulm qilar edilar. Binobarin, musulmonlar hazrati Usmonning bu ishlarini oldingi shartlarga muxolif bilib, unga qarshi chiqdilar va natijada fitna zohir bo‘ldi. Misr, Qo‘fa va Basra xalqi guruh-guruh bo‘lib Madinaga keldi va hazrati Usmonga dediki, siz shartingizga vafo qilmadingiz, endi xalifalikni tark qiling, bizlar boshqa kishini xalifa qilurmiz. Hazrati Usmon qabul qilmadilar. Odamlar xalifaning uyiga hujum qilib, ul janobni shahid qildilar.
Shunday qilib, bu fitna musulmonlar uchun ko‘p yomon bo‘ldi. Ushbu fitna boshqa fitnalarga sabab va asos bo‘ldi. Keyinchalik Islom ahli ichki fitnalar bilan mashg‘ul bo‘lib, jahongirlikdan qolib ketdi. Agar shu fitnalar boshlanmasa edi, musulmonlar avvalgidek hamjihat bo‘lib, Islomni yoyish bilan mashg‘ul bo‘lganlarida, bugun butun olam musulmonobod bo‘lgan bo‘lur edi.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:00:02
Hazrati Alining xalifaligi va Jamal jangi

G’avg‘ochilar hazrati Usmonni o‘ldirganlaridan so‘ng odamlar hazrati Alini xalifa qildilar. Lekin hazrati Usmonning qabilalaridan binni Ummiya hazrati Ali xalifaligini qabul qilmadi. Shom viloyatida Muoviya al-Sufyon degan kishi atrofida odamlar jam’ bo‘ldilar. Muoviya binni Ummiya qabilasining ulug‘laridan edi. Boshqa tarafdan Zubayr va Talxa — ikki ulug‘ sahobalardan edilarki, hazrati Ali xalifaligini ular-da qabul qilmadilar. Va hazrati Oyisha bilan birgalikda Basra shahriga kelib, hazrati Aliga qarshi jang qilishga hozirlik ko‘ra boshladilar. Hazrati Ali avvaldan ularga xat yozib, nasihat qildilar, ular qabul qilmadilar. Nochor Madinadan lashkar tortib, ular ustiga yurdilar. Qattiq jang bo‘ldi va bu jangda Zubayr bilan Talxa o‘ldirildi, hazrati Oyisha asir olindi. Bu urushni Jamal jangi, deb ataganlar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:01:28
Siffin jangi

Garchi hazrati Ali Jamal jangida muzaffar bo‘lsalar-da, oldilarida hali ulug‘ ishlar bor edi. Zero, Shom viloyatining voliysi Muoviya binni Ummiya o‘z qabiladoshlarini atrofiga to‘plagan edi. Bular hazrati Alini hazrati Usmonning kushandasi, deb uning xalifaligini qabul qilmadilar. Muoviya Shom ahlini hayajonga solib, o‘zini xalifa, deb e’lon qildi. Hazrat Ali nochor uning ustiga lashkar tortdilar. Siffin degan mavzeda ikki Islom lashkari ro‘baro‘ bo‘lib, to‘qson kun jang qildi. Har ikki tarafdan sakson ming musulmonning qoni to‘kildi.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:02:25
Hakamlarning tayin qilinishi

Hazrati Ali qariyb zo‘r kelay deganlarida Muoviya hiyla ishlatib, sulh talab qildi. Ikki lashkar jangdan qo‘l tortdilar. Xalifalik masalasini hal qilmoq uchun har ikki tarafdan ikki hakam, ya’ni oqsoqollarni tayin qilishga kirishdilar. Hazrati Ali tarafidan Muso A’lo Sha’riy, Muoviya tarafdan esa Umar binni al-Os tayin qilindi. Bu ikki oqsoqol bir joyda o‘ltirib mashvarat qildilar. Umar binni al-Os Abu Musoga firib berib, ikki lashkar oldiga kelib, hazrati Alini bekor, Muoviyani esa xalifa tayin qildi. Hazrati Ali tarafdorlari bu voqeadan g‘amgin bo‘lib, ul janob yetagida Ko‘faga qaytdilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:02:37
Xorijiylarning paydo bo‘lishi va hazrati Alining o‘ldirilishi

Hazrati Alining ba’zi tarafdorlari Siffin jangida firib yeganlari sababidan qattiq g‘amgin bo‘lib, o‘zlaricha hazrati Alidan gina qildilar. Nahravon shahrida jam’ bo‘lishib, hazrati Alining o‘zlari bilan jang qilish niyatida bo‘ldilar. Amir-al-mo‘minin bu xabarni engitib, ular ustiga yurish qildilar va shikast berdilar. Ular bu voqeadan darg‘azab bo‘ldilar va bora-bora hazrati Aliga dushmanroq bo‘lib qoldilar. Bu jamoani xorijiylar, ya’ni havorij, deb ataganlar.
Hijratning qirqinchi yilida Abdur-Rahmon binni Baljom Qo‘fa masjidida hazrati Alini shahid qildi.
Musulmonlar bu to‘rt xalifani "xulafo ar-roshidin", ya’ni asl xalifalar, deb ataganlar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:03:07
Imom Hasan

Hazrati Ali shahid bo‘lganlaridan so‘ng uning tarafdorlari imom Hasanni xalifa qildilar, lekin imomi Hasan ko‘rdilarki, Muoviya bilan barobar kelib bo‘lmas, xalifalikning bahridan o‘tib, uni Muoviyaga berdilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:06:06
Uchinchi qism

UMMAVIYLAR VA ABBOSIYLAR

Ummaviylar xalifaligi

O’tgan fasllardan anglaganimizdek, hazrati Payg‘ambarning vafotlaridan so‘ng Muoviya zamoniga qadar xalifalik maxsus bir kishining haqqi emas edi. Musulmonlar kimni xohlashsa, o‘shani xalifa qilar edilar. Imom Hasan iste’fosidan so‘ng, Muoviya xalifalikka muqarrar bo‘lib, xalifalikda rasmiy sulolani rasm qilib, o‘z o‘g‘li Yazidni valiahd qildi. Shundan so‘ng xalifalik ularning xonadonlarida qoldi. Ular binni Ummiya qabilasidan bo‘lganlari uchun ularni ummaviylar, deb ataganlar. Bu jamoadan o‘n to‘rt nafar kishi navbatma-navbat xalifalik qildilar. Ularning xalifalik davrlari to‘qson yetti yil davom etdi. Poytaxti Shom shahri bo‘lgan. Ummaviylarning mashhur xalifalari: Muoviya, Yazid, Valid binni Abdul-malik va ularning eng oxirgisi Marvon binni Muhammad edi. Endi ularning qisqa hollarini bayon qilaylik.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:08:51
Muoviya binni Abu Sufyon

Muoviya ummaviylar davlatining asoschisidir. Hazrati Usmon zamonlarida Shom viloyatining voliysi qilib tayinlangan edi. Hazrati Usmon qatl qilinganlaridan so‘ng hazrati Aliga qarshi isyon qilib, hazrati Usmonning xunini da’vo qilgan va bu Siffin jangiga sabab bo‘lgan. Hazrati Ali o‘ldirilgandan va imom Hasan iste’fosidan so‘ng xalifalik taxtiga erishgan. Ko‘p tavozekor va tadbirkor edi. Har viloyatlarning ulug‘larini pul zo‘ri bilan o‘ziga tarafdor qilgan. Uning zamonida Islom lashkari ba’zi shaharlarni qo‘lga oldilar, hatto Istambul shahrini ham musoxara qildilar, lekin ololmaganlar. Birinchilardan bo‘lib Islom viloyatlariga qozi va muftiylarni yuborgan, yangi yo‘llar qurdirgan, pochtani ham ta’sis qilgan shu zot edi. O’zi tirikligida o‘g‘li Yazidni valiahd qilib, hijratning oltmishinchi yilida vafot qilgan.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:09:06
Yazid va Karbalo hodisasi

Yazid binni Muoviya otasining o‘rniga o‘girdi. Bu ishdan Makka va Qo‘fa ahli g‘azabga keldi. Qo‘fa ahli imom Husaynga xat qildilarki, biz Yaziddan bezormiz, keling, sizni xalifa qilurmiz. Imom Husayn ularning so‘zlariga aldanib, Bayt ahli va o‘zlariga mutalliq bo‘lgan yetmish nafar kishi bilan Makkadan Qo‘faga ravona bo‘ldilar. Yazid bu voqeani eshitib, lashkar yubordi. Yazid lashkari Karbalo mavzeida hazrati Husaynga ro‘baro‘ bo‘lishdi. Ul hazratni tobelari bilan barobar o‘ldirdilar. Musulmonlarning dili rahmsizona jinoyatdan parxun bo‘ldi. Bu hodisadan xurdsol (balog‘atga yetmagan) imom Zaynal-Obidin binni imom Husayndan boshqa hech kim xalos qolmadi. Bu xabardan Makka ahli g‘azabga kelib, Abdulloh binni Zabirni xalifa qildilar. Madina ahli ham unga tobe bo‘ldi. Yazid ularning ustiga ham lashkar yubordi. Uning lashkari avvalan Madinani jang bilan oldi, so‘ngra Makkaga kelib, uni muxosara qildi. Shu hangomda Yazidning o‘lganidan xabar topib, orqaga qaytdilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:09:29
Valid binni Abdul-malik

Valid otasi o‘lgandan keyin, sakson oltinchi yili xalifalik taxtiga o‘ltirdi. Bu xalifa zamonida musulmonlar ko‘pgina mamlakatlarni qo‘lga kiritganlar. Uning Muhammad binni Qosim ismli sardori Hindistonning ba’zi shaharlarini, Qutayba binni Muslim ismli boshqa bir sardori Turkiston va Qoshg‘arni zabt qildi.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:10:27
Andalus fathi

Andalus Ovruponing g‘arbiy-janubiy chekkasida joylashgan. Xaritiga qarasangiz ko‘rasizki, bu mamlakat juda kengdir. Bizning zamonamizda Isponiyo va Partug‘az nomli ikki davlat bu yerlarda hukmronlik qiladi. Andalus mamlakati shimol tarafdan Fransiyo, janub tarafdan Fors mamlakatiga hamsoyadir. Fors va Andalusning oralarida bir bo‘g‘oz bo‘lib, uni Sabata bo‘g‘ozi, deb ataganlar. Shunday qilib, ushbu mamlakat ham Valid binni Abdul-malik zamonida musulmonlar ko‘liga o‘tdi. Shu tariqa Misrdan Forsga qadar bo‘lgan hamma mamlakat Islom ahli qo‘lida bo‘ldi. Bu joylarning Muso binni Nasir ismli voliysi Validga maktub yozdiki, agar xalifa ijozat qilsalar, men Andalusni fath qilurman. Valid ijozat qildi. Muso binni Nasir o‘z g‘ulomi Toriq binni Ziyodni ozgina lashkar hamrohligida Andalus ahvolidan xabar olmoqqa yubordi. Toriq bu ozgina lashkar bilan Sabata bo‘g‘ozidan o‘tib, Andalus xokiga keldi. Bo‘g‘oz etagidagi tog‘ etagida to‘xtab, avvalan kemalarga o‘t qo‘yib yoqib yubordi va hamrohlariga aytdiki, endi bizga qaytmoqqa yo‘l qolmadi, g‘ayrat qilingizlar, oldingga yururmiz va ul obod mamlakatni qo‘lga olurmiz. So‘ngra tog‘ etagidagi yo‘ldan yurdilar. Andalus hukmdorlari bilan jang qilib, ularning shaharlarini oldilar. Ushbu tog‘ni hozirga qadar "Jabal-Toriq", ya’ni Toriq tog‘i, deb ataganlar va Sabata bo‘g‘ozini ham "Bo‘g‘ozi Jabal-Toriq", ya’ni Toriq tog‘ining bo‘g‘ozi, deyilgan. Muso binni Nasir bu xabarni eshitib, o‘z lashkari bilan Andalusga keldi. Ikkala sardor qo‘shildilar, birgalikda Andalus ahliga qarshi jang qilib, ul mamlakatni-da oldilar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:11:09
Marvon binni Muhammad va ummaviylar davlatining zavoli

Valid binni Abdul-malik vafotidan so‘ng, aksar xalifa bo‘lgan kishilar zolim, xunrez va fosiq edilar. Arab bo‘lmagan musulmonlarga jabr-zulm qildilar. Zotan, musulmonlar hodisasidan boshlab ulardan bezordirlar, nafrat qilardilar. Lekin u paytlar ummaviylar davlati zo‘r bo‘lgan. Odamlar o‘z nafratlarini ochiq bayon qilishdan qo‘rqqanlar. Hijratning 127 yilida ummaviylarning so‘nggi podshohi bo‘lgan Marvon binni Muhammad xalifalik taxtiga o‘ltirdi. Bu odam ko‘p g‘ayratli va ilmli bo‘lgan. Lekin ne foydaki, ummaviylar davlatining asosi avvalg‘i hukmdorlarning baxtsizliklari, zulm va fisq bilan qoplangan edi. Uni o‘nglab qolish mumkin bo‘lmadi. Xalq har tarafdan isyon qilib, Marvonni Abu Muslim Xurosoniy zohir bo‘lgunga qadar sargardon qildilar. Abu Muslim eronlik millatparvarlardan biri edi. U o‘z millatini ummaviy xalifalar zulmidan xalos qilmoq istadi. O’z atrofiga odamlarni to‘plab, ummaviylar tarafdorlari bilan qattiq janglar qildi. Abu Muslim aytar ekanlarki, binni ummaviylar xalifalikni egallab olganlar, ulardan xalifalikni olib, asl sohiblariga topshirurmiz. Abu Muslimning bu so‘zlari musulmonlarga ma’qul bo‘lgan. Uning atrofiga jam’ bo‘lishib, kundan kun quvvat topdilar va hijratning 132 yili Marvon lashkarini tamoman mahv etdilar. Marvon qochdi. Abu Muslim hazrati Abbos avlodlaridan bo‘lgan Abu Abbos ismli kishini xalifa qildi. Shunday qilib, xalifalik binni ummaviylar xonadonidan binni Abbos xonadoniga o‘tdi.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:11:30
Abbosiylar xalifaligi

Hazrati Abbos hazrati Payg‘ambarning amakilari edilar. Abbosiylar hazrati Abbosning avlodlaridirlar. Abu Muslim Xurosoniyning sa’y-g‘ayrati bilan xalifalik ummaviylardan ularga o‘tdi. Ularning avvalgi bir-ikki xalifalari ummaviylardan qasos olmoq niyatida ko‘p xunrezliklar va noinsofliklar kildilar. Bu ikki-uch xalifadan so‘ng boshqa xalifalar musulmonlarni ilm va san’atli bo‘lishga, Islom mamlakatlarini obod qilishga ko‘p harakat va xizmat qildilar. Qolganlari zavq va safo bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Ularning zamonida Islom olami parcha-parcha bo‘ldi. Har tarafdan podshohlar va amirlar paydo bo‘ldilar. Abbosiylar jamoasidan o‘ttiz yetti nafari xalifalik qildi. Xalifalik muddati 524 yil davom etdi. Abbosiy xalifalarning poytaxti Bag‘dod edi. Ularning mashhurlari: Xorun ar-Rashid, Ma’mun, oxirgisi Musta’sim Billo.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:11:42
Xorun ar-Rashid

Xorun ar-Rashid hijriy 173 yili taxtga o‘tirdi. Abbosiylarning beshinchi xalifasi edi. Xorun ar-Rashid Islomning buyuk podshohlaridan biridir. Uning zamonida ko‘pgina madrasalar, kitobxonalar va shifoxonalar qurilgan. Bu xalifa haqiqatdo‘st, maorifparvar, azamat va shavkatli bo‘lgan. Ko‘pgina ilm-fan kitoblarini Erondan, Rumdan va Hindistondan keltirib, arab tiliga tarjima kildirgan, san’atni ham rivoj topdirgan. Uning zamonida musulmonlar zangdor soatni ixtiro qilganlar. Xorun o‘sha soatlardan birini Farangiston podshohlaridan biriga yuborgan. U yerning odamlari bungacha zangdor soatni ko‘rmagan edilar. Binobarin, mazkur soatni sehrli va joduli deb qo‘rqqanlar. Xorun ar-Rashid Rum imperatori bilan janglar qilib, uni o‘ziga boj to‘laydirgan qildi. Uning vaziri Yahyo binni Xolid Barmakiy bo‘lgan. Yahyodan so‘ng o‘g‘illari Fazl binni Yahyo va Ja’far binni Yahyo ham Xorunga vazirlik qildilar. Bu uchala vazir ham jahonda odilliklari, insofliklari, xayru ehsonparvarligi bilan mashhurdirlar. Tarixda ularni al-Barmakiy, ya’ni barmakiylar sulolasi, deb ataganlar.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:11:52
Ma’mun

Ma’mun Xorun ar-Rashidning o‘g‘li va abbosiylarning yettinchi xalifasi bo‘lgan. Ilm va ma’rifatning taraqqiysi xususida otasidan ham ko‘proq harakat qilgan. Qaerda biror olim yoki dononi eshitsa, ularni mamlakatga keltirib asrar va qaerda hikmatli kitoblar xabarini eshitsa, keltirib arab tiliga tarjima qildirgan. Barcha ilm olimlari din va mazhabidan qat’i nazar uning atrofida jam’ bo‘lganlar. Bog‘dodda ko‘p bilimli tabiblarni to‘plagan va oliy darajadagi shifoxonalar barpo qilgan. Musulmonlarning san’ati, tijorati va ziroati Ma’mun davrida boshqa hamma ajnabiy mamlakatlardan ko‘proq taraqqiy qilgan edi.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:12:11
Al-Musta’sim Billo va abbosiylar davlatining zavoli

Ma’mundan so‘ng abbosiylar jamoasidan yigirma nafar kishi xalifalik qildi. Lekin ularning aksariyati beobro‘, susttab’ va ba’zilari badaxloq edilar. Binobarin, abbosiylar davlati kundan kun tanazzul topdi. Bora-bora Islom mamlakatlarining har tarafidan bir podshoh, ketidan ikkinchisi paydo bo‘la boshladilar. Abbosiy xalifalar esa, Bog‘dodda o‘girib, bu podshohlar farmonlarining tobeiga aylanib qoldilarki, 640 (hijriy) yilda al-Musta’asim Billo xalifa bo‘ldi. Al-Musta’asim abbosiy xalifalarning oxirgisi bo‘lib, susttab’ odam bo‘lgan. O’n besh yil xalifalik qilib, 656 (hijriy) yili Xalokuxon kelib Bog‘dodni olgach, xalifani o‘g‘li bilan o‘ldirdi va kitobxonalarni yondirdi. Jannatobod Bag‘dod qon va otash ichida qoldi. Abbosiylar davlati barham yedi. Al-Musta’simning amakisi Xalokuxonning qo‘lidan qochib, Misrga bordi. U yerning amiriga o‘zini tanitdi. So‘ngra Misrda o‘n to‘rt abbosiy xalifalik qilgan. Lekin ularning xalifaligi podshohlik qilish bo‘lmay, balki shayxlik edi. Usmoniya davlati xalifalikni shulardan olgan.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:12:25
Andalusdagi ummaviylar davlati

Yuqorida 132 (hijriy) yili Abu Muslim Xurosoniyning sa’y-harakati bilan xalifalik ummaviylar xonadonidan olib, abbosiylar xonadoniga berilgani va abbosiylarning birinchi va ikkinchi badniyat xalifalari o‘ch olish maqsadida ko‘pgina ummaviylarni o‘ldirganliklarini aytgan edik. Shu zamonda Abdur-Rahmon binni Muoviya binni Hishom ismli kishi Andalusga qochib ketgan edi. Andaluslik musulmonlar uni o‘zlarining podshohi qildilar. Abdur-Rahmon 135 (hijriy) yilda Andalus taxti saltanatiga o‘ltirib, u mamlakat obodligi yo‘lida ko‘p xizmat qildi, masjidlar va madrasalar qurdirdi, kanallar va yo‘llar ochdirdi. Mamlakat tijorati va ziroatini tarakqiy qildirdi. Shunday qilib, Andalus mamlakatida ham bir Islom saltanati ta’sis qilindi. Andalus podshohligining eng kattalari Malik Abdur-Rahmon Solisdirki, 291 (hijriy) yili podshoh bo‘lib, Andalus qit’asini ilm va madaniyat sohasida dunyodagi eng oliy mamlakatlar qatoriga qo‘shdi. U zamonlarda Farangiston odamlari Andalusga kelib, musulmon madrasalarida ilm va fan o‘rganib, qaytib ketar edilar. Shu sababli olam tarixining biluvchilari Andalus musulmonlarini Farangiston ustozlari, deb ataganlar. Andalus davlati 422 (hijriy) yilga qadar shu tariqa shavkatli va qudratli bo‘lib turgan. So‘ngra, qo‘zg‘olonlar, mardum nifoqi, podshohlar andishasizliklari natijasida mamlakat parcha-parcha bo‘ldi va har parchasi bir amirning qo‘liga o‘tdi. Bu amirlar musulmon ekanliklariga qaramay bir-birlari bilan doimo jang qilganlar. Va nasroniylar ularning o‘zaro ixtiloflaridan foydalanib, ba’zi viloyatlarni egalladilar. Ish shu joyga yetdiki, Andalusning oxirgi podshohi bo‘lgan Abu Abdulloh as-Sag‘ir zamonida Andalus olti qismga bo‘linib, bir qismigina uning qo‘lida qolgan, boshqalari esa, nasroniylar qo‘liga o‘tgan. Andalus nasroniylarining Ferdinand ismli podshohi Abu Abdulloh as-Sag‘ir shaharlarini ham asta-sekin egallab, poytaxti Granadani musoxara qildi. Abu Abdulloh chora topmay, toju taxtini Ferdinandga topshirib, ba’zi narsalarini, qarindoshlari va ayollarini olib ko‘chib ketgan. Ushbu tariqa Andalus hukumati 870 (hijriy) yili o‘sha yerning nasroniylari qo‘liga o‘tgan.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:12:47
Andalus musulmonlarining oqibat ahvoli

Musulmonlar Andalusda hukmron bo‘lgan zamonlarda ul yerning nasroniylari ko‘p osuda va rohatda bo‘lganlar. Ularga hech vajdan zulm va jabr qilmaganlar. Lekin Islom hukumati u yerda tugatilgandan so‘ng va mamlakat Ferdinand qo‘liga o‘tgach, Islom ahli uchun zulm va muruvvatsizlik darvozalari keng ochildi. Ularni zo‘rlik va jabr bilan nasroniylikka o‘tkazdilar, ularning dodlarini so‘ramaganlar. Masjid va madrasalarni vayron qildilar. Musulmonlarning ba’zilarini o‘ldirdilar, ba’zilarini o‘tda yoqdilar, qolganlarini xiyla qilib, mamlakatdan chiqarib yubordilar. Shunday qilib, musulmonlar u yerda ko‘rgan zulmlarini hech qaysi g‘olibdan ko‘rmaganlar. Shu sabab bo‘lib Andalusda musulmonlar zo‘rlik bilan barham topdilar. Hozirgi kunda tamomi Andalusda (Isponiyo va Partug‘azda) bir musulmon ham qolmagan.
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:13:32
Muharrir ilovasi

Abdurauf Fitrat risolasini Andalusdagi xalifalar tarixi bilan tugatadi. Tugatgan, degan gap agar rost bo‘lsa! Bizning nazarimizda ham risolaning davomi bordek. Ehtimolki, tala-to‘plarda, Fitratning boshiga balo-ofatlar yog‘ilganda asarning davomi yo‘qolgandir.
Tasavvur qilib ko‘raylik: agar asarning davomi bo‘lsa, Fitrat nimalarni, Islom tarixining qaysi jihatlarini yoritdi ekan?
Nazarimizda, albatta Afrika va Andalusdagi tarixiy hodisalarni o‘ziga xos lo‘nda uslubda bayon qilib, asosan Mo‘g‘ul istilosiga e’tibor bergan va bu istilo natijasida qanchadan qancha Islom obidalarining, kutubxonalarining, umuman madaniy va ilmiy jabhalarining yo‘qolib ketganligini yozar edi. Ayni paytda xalifalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning, bir dindagi, bir millatdagi odamlarning bir-birlarining qonlarini to‘kishi jamiyatni qay ahvolga solganligini ko‘z oldimizda gavdalantirgan bo‘lur edi.
Albatta, buyuk olim Islom dinining O’rta Osiyoga tarqalishi va undan avval O’rta Osiyoning tarixiy, ijtimoiy-siyosiy ahvolini bayon qilgan holda, bu yerga ham Haq dinning naqadar zarur ekanligini isbot qilardi. Fitrat yashagan siyosiy zo‘ravonlik va ma’naviy tushkunlik zamonida bunday isbot dadillik talab qiladi, biroq bunday dadillik Fitratga xos xususiyatdir.
Ummaviylar sulolasi zavol topib, abbosiylar sulolasi boshlangach, fan va madaniyat rivojiga xiyla e’tibor berilgani tarixiy dalil, albatta. Ammo abbosiylar sulolasi ham o‘z umrining oxirlariga borib, Fitrat aytgandek, xalifalik emas, shayxlik qila boshladi; binobarin, Bog‘dodda o‘tirgan xalifa podshohlardan keladigan sadaqalar bilangina kun o‘tkazadigan bo‘ldi. Ammo bu shayxlik ham mo‘g‘ul sarkardasi Xulakuxon kelishi bilan qumga singidi. Mo‘g‘ul xonlari ham asta-sekinlik bilan musulmon dinini qabul qilib, Islom sulolasining bir shaxobchasini egalladilar.
Amir Temur tarix maydoniga chiqqach, bu sulola ham Amir Temur eshigining gadosi bo‘lib qoldi. Islom bayrog‘ini endi Amir Temur baland ko‘tardi. Ammo bu buyuk saltanat ham zavol topdi, keyingi hodisalar esa bizga qonli urushlar, o‘zaro to‘qnashuvlar manzarasini chizib beradi va paydo bo‘lgan har bir sulolanish tanazzulini ko‘ramiz.
Ammo Islom hamisha barqaror bo‘ldi va o‘zining sobitligini yo‘qotmay, taraqqiy qildi.
Albatta, Fitrat bu hodisalarni qisqa tarzda yoritib, asosiy e’tiborini Islom olamida keng quloch otgan fan va madaniyatning taraqqiyotiga bag‘ishlagan bo‘lur edi.
Muhammad ‘alayhissalom vafotlaridan keyin dastlabki ilmiy ish Qur’oni karimni jamlash bo‘ldi va Payg‘ambarimizning amakivachchalari Abdulloh binni Abbos birinchi bo‘lib Qur’oni karim tafsiri ilmiga asos soldi. Va u kishining sa’y-harakati bilan hadislar ham to‘plana boshlandi. Payg‘ambarimizning keyingi avlodlari, xususan, Ja’fari Sodiq rahmatullohi ‘alayh ko‘plab hadislar to‘pladi.
Lekin hadislarni bir tizimga solish, ularni ilmiy jihatdan o‘rganish O’rta Osiyo olimlarining buyuk xizmatlaridir, hadis ilmining peshvosi bo‘lgan Imom Buxoriy va bu ilmning azamat namoyondalaridan biri Imom Termiziy shu ilm orqasida dunyoga tanildilar. Qur’oni karim tafsiri masalasida ham O’rta Osiyo olimlari peshqadamlikka erishib, Islom olamiga mashhur, dasturul-amal bo‘lgulik tafsir kitoblari yaratdilar.
O’rta Osiyoda o‘ziga xosgina emas, balki Islom olami tan olgan avliyolar sulolasi ham vujudga keldiki, bu avliyolarning jamiyat taraqqiyotida, davlatchilikning barqaror bo‘lishida ahamiyatlari buyuk bo‘ldi.
Fitrat risolani davom ettirganda, albatta, mana shu masalalarni olimona tafakkur bilan yoritgan bo‘lur edi.
Haqiqatda Islom tarixi buyuk bir ummon; uni daf’atan qamrab olish bir kitobning, bir muallifning yumushi emas. Ummaviylar va abbosiylar xalifaligining o‘zi bir necha asrlarni qamrab oladi va ularning o‘zaro kurashlari, boz ustiga abbosiy bilan abbosiyning bir-biriga qilich ko‘tarishi, ummaviy bilan ummaviyning yoqa bo‘g‘ishishlari, hatto ota-bolaning bir-biriga lashkar tortishi singari voqealarni bir zarb bilan yoritishning iloji yo‘q.
Afsuski, hali Islom tarixi bo‘yicha o‘zbek tilida salmoqli asarlar yaratilmagan, bu ish, albatta, kelajakdagi vazifalardandir.

Asror Samad
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:22:17
MUNDARIJA

Hamidulla Boltaboev. Fitrat risolasi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154921#msg154921)
Tarix ta’rifi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154922#msg154922)
Tarix taqsimi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154922#msg154922)

Birinchi qism. Saodat davri

Rum va Eronning Islomdan avvalgi ahvoli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154923#msg154923)
Arab yarim oroli va u yerdagi xalqning ahvoli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154924#msg154924)
Hazrati Rasuli ‘alayhissalomnish dunyoga kelishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154925#msg154925)
Hazrati Payg‘ambarning tarbiyalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154926#msg154926)
Payg‘ambarning uylanishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154927#msg154927)
Vahiyning kelishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154928#msg154928)
Hazrati Hamza va hazrati Umarning musulmon bo‘lishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154929#msg154929)
Payg‘ambar yoronlarining Habashga kelishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154930#msg154930)
Xadicha va Abu Tolibning vafotlari va munosabatlarning uzilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154931#msg154931)
Makkadan Madinaga hijrat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154932#msg154932)
Masjid quritashi va qiblaning tayin bo‘lishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154933#msg154933)
Jihodga buyurish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154934#msg154934)
Badr g‘azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154935#msg154935)
Uhud g‘azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154936#msg154936)
Handaq g‘azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154937#msg154937)
Hudaybiyah sulhi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154938#msg154938)
Xaybar g‘azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154939#msg154939)
Hazratning elchilar jo‘natishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154940#msg154940)
Makkaning olinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154941#msg154941)
Hunayn g‘azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154942#msg154942)
Tabuq g‘azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154943#msg154943)
Vidolashuv haji (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154944#msg154944)
Payg‘ambar ‘alayhissalomning dunyodan o‘tshnlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154945#msg154945)
Payg‘ambar ‘alayhissalomning sifatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154946#msg154946)
Payg‘ambar ‘alayhissalomning xotinlari va farzandlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154947#msg154947)

Ikkinchi qism. Birinchi to‘rt asl xalifalar

Hazrati Abu Bakr xalifaligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154948#msg154948)
Qur’onning jam bo‘lishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154949#msg154949)
Iroq va Suriyaning fath etilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154950#msg154950)
Hazrati Abu Bakrning fazitatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154951#msg154951)
Hazrati Umar xalifaligi va Eron janglari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154952#msg154952)
Shom va Kuddusning fath etilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154954#msg154954)
Misr fathi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154955#msg154955)
Tarixni belgilash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154956#msg154956)
Hazrati Umarning shahid bo‘lishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154957#msg154957)
Hazrati Umarning fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154958#msg154958)
Hazrati Usmonning xalifaligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154959#msg154959)
Fathlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154960#msg154960)
Dengiz jangi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154961#msg154961)
Fitna zohir bo‘lishi va hazrati Usmonning o‘llirilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154962#msg154962)
Hazrati Alining xalifaligi va Jamal jangi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154963#msg154963)
Siffin jangi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154964#msg154964)
Hakamlarning tayin qilinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154965#msg154965)
Xorijiylarning paydo bo‘lishi va hazrati Alining o‘ldirilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154966#msg154966)
Imom Hasan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154967#msg154967)

Uchinchi qism. Ummaviylar va abbosiylar

Ummaviylar xalifaligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154968#msg154968)
Muoviya binni Abu Sufyon (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154969#msg154969)
Yazid va Karbalo hodisasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154970#msg154970)
Valid binni Abdul-malik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154971#msg154971)
Andalus fathi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154972#msg154972)
Marvon binni Muhammad va ummaviylar davlatining zavoli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154973#msg154973)
Abbosiylar xalifaligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154974#msg154974)
Xorun ar-Rashid (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154975#msg154975)
Ma’mun (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154976#msg154976)
Al-Musta’sim Billo va abbosiylar davlatining zavoli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154977#msg154977)
Andalusdagi ummaviylar davlati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154978#msg154978)
Andalus musulmonlarining oqibat ahvoli (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154979#msg154979)

Asror Samad. Muharrir ilovasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.msg154980#msg154980)
Nom: Re: MUXTASAR ISLOM TARIXI. Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 12 Yanvar 2009, 01:29:03
Muxtasar Islom tarixi

(http://ziyouz.com/images/books/muxtasar_islom_tarixi.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=311)

Muallif: Abdurauf Fitrat
Hajmi: 223 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=311)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3211.0)