forum.ziyouz.com

Kutubxona => Didaktika => Bolalar kutubxonasi => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 14 Yanvar 2009, 02:31:43

Nom: Aziz Nesin. G'aroyib bolalar (roman)
Yuborildi: AbdulAziz 14 Yanvar 2009, 02:31:43
G'aroyib bolalar (roman)

(http://ziyouz.com/images/books/nesin2.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=314)

Muallif: Aziz Nesin
Hajmi: 405 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=314)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3214.0)
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 09 Mart 2010, 09:21:29
(http://www.ziyouz.com/images/books/nesin1.jpg)

Aziz Nesin

G'AROYIB BOLALAR

Roman


«Sharq» nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasl
bosh tahririyati
Toshkent - 2006

Turk tilidan Miad Hakimov tarjimasi
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2010, 22:40:17
G'AROYIB BOLALAR

Birinchi xat

Anqara, 12-noyabr, 1963-yil.

Do'stim Ahmad!
Bir-birimiz bilan tez-tez xat yozishib turamiz, deb va'dalashgan edik. Negadir o'shanda menga unchalik ishonqiramovding... Zaynab, sen Anqarada o'zingga yangi o'rtoqlar topgach, bizlarni esdan chiqarib yuborasan, degan eding.
Mana, so'zimning ustidan chiqyapman. Demak, sizlarni unutmabman.
Anqaraga ko'chib kelganimizga bir hafta bo’ldi. Yangi uyga joylashib ham oldik. Senga ilgariroq xat yozishning iloji bo’lmadi.
Chunki yangi maktabga endi qatnay boshladim. Yangi adresimizni ham kuni kecha dadamdan bilib oldim. Xat yozishni sendan boshlayapman.
To'g'risini aytganda, o'qishlar avji qizib turganida maktabni tashlab, Istanbuldan chiqib ketishga hecham ko'nglim bo’lmovdi, ham sinfdosh o'rtoqlarimga o'rganib qolgan edim. Axir to'rt yildan ko'p birga o'qidik-da. Ammo ilojim qancha, dadam Anqaraga yangi ishga o'tdi. Uy ichi bilan ko'chib keldik. Yaqin og'aynilari dadamga Anqaradan yaxshiroq ish topib berishdi, bu haqda senga Istanbulda ham aytgan edim. Dadam uchta sinfdosh o'rtog'i bilan hozir bir firmada ishlayapti. Uchovi ham oilasi bilan bir binoda turisharkan. Ular dadamga ham ish, ham shu binodan bo'sh uy topib qo'yishibdi. Dadamning o'rtoqlari ham bola-chaqali ekan. Bir binoda to'qqiz bola bo'lib qoldik. Yoshlarimiz har xil. Beshtamiz bitta maktabga qatnaymiz. O'zim tengi bir bola bilan bir sinfda o'qiyapman. Ukam Metin yangi maktabdan, yangi o'rtoqlaridan yotsirab yuribdi. Men bo’lsam hammasiga darrov ko'nikib ketdim.
Hayotda ro'y beradigan muhim voqealar haqida yozib turishga kelishib olgan edik. Yangi uy, yangi maktab, yangi o'rtoqlar — bular mening hayotimda muhim gap bo'ldi. Hammasi shu, boiak yangiliklar yo'q.
Istanbuldagi sinfdosh o'rtoqlarimni juda tez sog'inib qoldim. Sizlar bilan qachon va qayerda ko'rishamiz endi?
Menga o'xshab sen ham bergan so'zingning ustidan chiqasan, deb ishonaman. O'rtoqlarning ham¬masiga mendan salom aytib qo'y. Hammangizga muvaffaqiyat tilayman.
Sinfdoshing Zaynab Yolqir.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2010, 22:41:22
Amerikani qurgan me'mor

Istanbul, 15-noyabr, 1963-yil.

Qadrdon do'stim Zaynab!
Xatingni olib, juda xursand bo'ldim. Yashavor. Ochig'ini aytsam, Anqaraga borgandan keyin bizni esdan chiqarib yuborasan, deb o'ylagandim. Xatingni sinfdagi hamma bolalarga o'qib berdim. Toza xursand bo'lishdi. Hammalari senga salom aytishdi.
Men ham so'zimning ustidan chiqaman. Bu yerda yuz beradigan muhim voqealar haqida senga albatta yozib turaman.
Sen Anqaraga ko'chib ketganingdan keyin men qiziq bir hodisaning guvohi bo'ldim. Hozir senga shuni hikoya qilib beraman.
O'qituvchimiz bir kuni ertalab sinfga hovliqib kirib keldi-da, bizni tekshirgani inspektor kelayotganmish, dedi. O'qituvchining rang-ro'yini ko'rib bizni battar qaltiroq bosdi.
O'sha kuni eshitsak, inspektor qo'shni maktablarda ham bo'lgan ekan. U yerda nima ishlar qilganini darrov tanish bolalardan surishtirib, bilib oldik. Ma'lum bo'lishicha, u to'g'ri sinfga kirib borarkan-da, o'qituvchiga doskaga biror masala yozib, o'quvchilarga yechtirishni buyurarkan. Shundan keyin o'qi¬tuvchiga aytib, bolalardan diktant oldirarkan. Dik-tantlarni yig'ishtirib, shaxsan o'zi tekshirib chiqarkan. Oxiri u savol-javobga o'tarkan. Nima savol berishini ham bilib oldik. So'raydigan narsalari shu ekan: «Amerika qachon kashf etilgan?», «Eng sevgan odaming kim?», «Istanbulni kirn zabt qilgan?», «Sulaymoniya machitini kim qurgan?».
O'qituvchimiz bizga yangi daftar tutishni buyurdi. Shundan keyin u doskga qiyin bir masalani yozib, shu yerning o'zidayoq uni o'zi yechdi-da:
—   Mana endi buni yaxshilab ko'chirib olinglar, — dedi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2010, 22:42:25
Masalani yechimi bilan boplab ko'chirib oldik. O'qituvchimiz uni o'chirib, o'rniga she'r yozdi.
—   Buniyam aynan ko'chirib olinglar!
Yana aytganini qildik. Shundan keyin u hammaning daftarini ko'rib berdi. Xatolari bo'lsa, tuzatib chiqdi.
—   Bolalar, janob inspektor sinfimizga kirsa, men sizlarga mana shu masalani berib, shu she'rni diktantga yozdiraman, — dedi u oxiri.
Buyog'idan ko'ngli xotirjam bo'lgach, o'qituvchi¬miz masalaning ikkinchi tomoniga o'tdi.
—   Endi ba'zi savollarga beriladigan javoblar bilan tanishib chiqamiz. Inspektor janoblari nimani so'rab qolsa, shuni sharillatib javob berishingiz kerak.
Biz savol-javoblarni yodlashga o'tdik.
—   Amerika qachon kashf etilgan? Butun sinf baravariga guvillaydi:
—   1492 yilda.
—   Sen uchun eng aziz odam kim?
Bu savolga har kim har xil javob bergani uchun sinfda qiy-chuv ko'tarildi. Ba'zilar Otaturkning nomini aytishsa, qolganlari oyisi bilan dadasini tilga oladi.
O'qituvchimiz keyingi savolga o'tadi:
—   Istanbulni kim zabt qilgan? Darhol javobni yopishtiramiz:
—   Sulton Mehmed Fotih!
—   Sulaymoniya machitini kim qurgan?
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2010, 22:43:22
Hali u so'rab ulgurmasdanoq, sharillatib javob beramiz:
—   Me'mor Sinon.
Savol-javoblarni yodlashga ikki kun vaqtimiz ketdi. O'qituvchimiz har ikki gapning birida: «Javoblarga ehtiyot boiinglar, tag'in adashib-netib o'tirmanglar», deb ogohlantirib qo'yardi.
Hammasini qoyillatib yodlab oldim. Javoblarni bir safga tizib, o'zimcha qaytaraman: «1942. Dadam. Sulton Mehmed Fotih. Me'mor Sinon. 1492. Dadam. Sulton Mehmed Fotih. Me'mor sinon. 1492. Da¬dam...»
Azbaroyi bular miyamga qattiq o'rnashib qol-ganidan yurgan yo'limda pichirlab gapiradigan odat chiqaribman.
—   Ha, o'g'lim, tobing yo'qmi? — so'rab qoldi oyim bir kuni ertalab.
—   Yo'q, tuzukman.
—   Hayronman. Tuni bilan «1942, dadam, sulton Mehmed Fotih, me'mor Sinon...» deb alahlab chiqding.
Biz kutgan inspektor o'sha kuni erta bilan sinfga kirib keldi. O'zing bilasan-ku, menda hovliqish odati yo'q. Lekin o'sha kuni nimagadir ichimdan titroq kelib, yuragim hapriqib ketaverdi. Balki o'qituvchimizning ahvolini ko'rib, shunday bo'lgandirman. Boyoqishni qaltiroq bosib, qo'li titrayotganini birinchi marta o'shanda ko'rdim.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 00:45:50
—   Qani, o'quvchilarga diktant yozdiring-chi! — dedi inspektor.
O'qituvchimiz bizga ma'lum bo'lgan she'rni dik¬tant qila boshladi. Bolalar uning aytganini yozayotgandek bo'lib, ruchkalarini jo'rttaga qitirlatib qo'yishardi. Vaholanki, bu diktant daftarimizga allaqachon bexato ko'chirib qo'yilgan edi.
Diktant tugagach, inspektor daftarlarimizni birma-bir tekshirib chiqdi. Birortamizdan ham zarracha xato topolmadi.
—   O'quvchilarga yaxshi saboq beribsiz, tashakkur!— dedi u boshi osmonga yetib.
Inspektor chap qatorda o'tirgan Chingizning daftarini ko'rishni unutganmi, bir payt: «Qani, senikiniyam bir ko'raychi!» deb qoldi. Chingiz unga daftarini uzatdi.
—   Bu nimasi? — tutaqib ketdi inspektor.
—   Diktant, afandim.
—   Qanaqa diktant bu?
Inspektorning fig'oni falakka chiqdi. Chingiz o'tir¬gan tomonga sekin o'girilib qaragan edim, voqea ma'lum bo'ldi: bola bechora qo'rqib ketganidan daftarining tayyor masala yozilgan betini ochib yuboribdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 00:58:32
—   Hozir yozgan diktanting qani?
Chingiz sal bo'lmasa diktantni ochib ko'rsatay devdi, yaxshiyamki, o'qituvchimiz inspektorning orqasida turgan ekan. Chingizga har xil imo-ishoralar qilib, zinhor diktantni ko'rsatmaslik kerakligini tushuntirdi.
—   Diktantni yozolmadim, afandim.
Inspektor Chingizga sirli ishoralar qilayotgan o'qi-tuvchiga o'girildi:
—   Doskaga masala yozing, yechib berishsin.
O'qituvchimiz lavlagidek qizarib ketdi.
Aslida biz inspektor oldin masala berib, keyin dik¬tant o'tkazadi, deb o'ylagan edik. Qo'shni maktab bolalari shundoq deyishgandi. Chingizning esankirab qolishiga sabab ham shu tartibning o'zgarishi bo'ldi.
Chingizning daftari hamon inspektorda edi, shunga ko'ra o'qituvchi doskaga boshqa bir masalani yozishga majbur bo'ldi. O'zing yaxshi bilasan, arifmetikadan nuqul a'lo olaman. Lekin hamma qatori men ham rosa esankirab qolgan ekanman, masalani sirayam yecholmadim. Daftarlarimizni ko'rib, inspektorning qovog'i uyuldi. O'qituvchimiz qanchalik xijolat bo'lganini aytmaysanmi?! «Inspektor mendan so'raydiganini so'rasinu o'qituvchimizning yuzini yorug' qilay», deyman o'zimga-o'zim. Keyin asta pichirlayman: «1492. Dadam. Sulton Mehmed Fotih, Me'mor Sinon. 1492...»
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 00:59:21
Inspektor mening holatimni sezgan ekanmi, to'satdan:
—   Qani, o'rningdan turchi, — deb qoldi.
   Xursand bo'lib ketdim. Darrov dik etib o'rnimdan turdim. Nima bo'lganini bolalar keyin gapirib berishdi. Inspektor oldiniga:
—   Yoshing nachada? — deb so'rabdi.
Azbaroyi yuragim tipirchilab turganidan savoli qulog'imga boshqacha eshitilibdi. Mendan Amerika qachon kashf etilganini so'rayapti, deb o'yladim.
—   1492, afandim, — dedim ovozni baralla qo'yib. Inspektorning ko'zi ola-kula bo'lib ketdi.
—   Nima-a-a? Necha yoshdasan?
Nazarimda, javobni do'ndirib qo'yganman. Shuning uchun yana tomoqqa kuch berdim:
—   1492, afandim.
—   Istanbulni fath etgan kim?
Beriladigan javoblarni tartib bilan yodlab olgan-man. Shunga ko'ra navbatdagi javobni aytdim:
—   Dadam.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 00:59:50
Inspektor nimani oldin, nimani keyin so'rashi ma'lum edi. Endi bizga qolganda bu tartibni buzishini men qayoqdan bilay?!
Mehmon polni gursillatib bir tepdi:
—   Sendan Istanbulni kim fath etgan, deb so'rayapman.
—   Dadam-da, afandim.
—   Dadang kim o'zi?
—   Me'mor Sinon.
—   Nima deb valdirayapsan, o'g'lim? Dadangni so'rasam, me'mor Sinon deysan.
Ish pachava bo'lganini shundagina tushundim. Ammo rosa esankirab qolgan ekanman, buning ustiga inspektor bo'kirib turibdi, es-hushimni yig'ib ololmadim.
—   Xo'sh, me'mor Sinon nima qilgan?
Kutilmagan savol meni battar chalg'itib yubordi.
—   Istanbulni fath etgan, afandim, — dedim jonholatda.
—   Kim fath etgan?
—   Kim bo'lardi, me'mor Sulaymon-da, — dedim hozirgina yo'l qo'ygan xatoyimni tuzatmoqchi bo'lib.
—   Undoq bo'lsa Sulaymoniya machitini kim qur-gan?
—   Sulton Sinon Fotih.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:00:32
Javoblar bir-biriga qorishib ketganini o'zim ham sezib turibman-u, lekin noilojman: karaxt bo'lgan odamga o'xshayman.
Inspektorning g'azabi qaynab ketdi. Jahl ustida nima deganini o'zi ham bilmay qoldi.
—   O'g'lim, Amerikani qurgan odam me'mor sul¬ton Mehmed bo'ladi. Sulaymoniya machitini esa Fotih Sinon kashf etgan.
Bolalar piqirlashib qoldi. Inspektor noto'g'ri gapirib qo'yganini sezdi.
—   Ya'ni aytmoqchimanki, Sinoniya machitini me'mor Sulaymon qurgan. Fotihni me'mor sulton Mehmed fath etgan.
Yana qovun tushirib qo'ydi.
—   Meni ham yo'ldan urding, bolakay, — dedi u oxiri o'zini oqlamoqchi bo'lib.
Inspektor boshini tebrata-tebrata jahl bilan tashqariga chiqib ketdi.
Sinf suv quygandek jim bo'ldi.
— Ming afsus!— deb yubordi o'qituvchimiz anchadan keyin o'ziga kelib.
Bu gapni u menga qaratib aytdimi, inspektorgami yoki o'zigami — yaxshi tushunolmadim.
O'sha kuni rosa yuzim shuvut bo’ldi. Buni senga ta'riflab berishga ojizman. Shu voqea esimga tushsa hali-hali azob chekaman. Holbuki, niyatim xolis edi. Men inspektorning so'ragan narsalariga sharillatib javob bermoqchi va bu bilan o'qituvchimizning obro'yini saqlab qolmoqchi bo’lgan edim.
Sen ham va'daga vafo qil. Yangiliklardan yozib tur. Xo'pmi? Xatingni kutaman. Sengayam muvaffaqiyat tilayman, do'stim.
Sinfdoshing Ahmad Tarbay.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:01:32
Dadalar a'lochi bo'ladi

Anqara, 19-noyabr, 1963-yil.
Qadrli do'stim Ahmad!
Javob xating uchun katta rahmat. Menga yozgan xating hamisha shunaqa bir quloch bo'lsin. Bu yerda nima voqea ro'y bersa, men ham batafsil yozib turaman. Xatingni o'qib turganimda seni ko'z oldimda bir zum tasavvur qildim. Shunda inspektor ikkoving qar-shimda namoyon bo'ldinglar. Kulaverib ichagim uzildi...
Endi senga uyimizni ta'riflab bersam. Biz to'rt qavatli binoda turibmiz. Har bir qavatda ikkitadan kvartira bor. Biz ikkinchi qavatdamiz. Dadamning uchala o'rtog'i ham shu binoda oilasi bilan yashaydi. Bu haqda senga oldingi xatimda yozgan edim.
Uyning orqasi maydon. Katta bo'lsa ham huvillab yotadi. Kechqurunlari hammamiz shu yerda o'ynaymiz.
Tunov kuniyam qiy-chuv ko'tarib o'ynab yurgan edik, dadalarimizdan gap chiqib ketdi. Har kim o'zining dadasini maqtayverdi. Mayda bolalar ayniqsa to'polon ko'tarib yuborishdi. Metin degan ukam bor. Hozir uchinchi sinfda o'qiydi. Hammadan shu ukam oshib tushdi. «Mening dadam zo'rla, mening dadam bilag'onla», deyaverdi ko'kragini kerib.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:02:08
Aslida haq gap bu. Dadamiz maktabda nuqul a'lo baholar bilan o'qigan ekanlar. Buni o'z og'izlaridan eshitganmiz.
Ikki o'rtada bahs qizib ketdi.
—   Mening dadam sizlarnikidan zo'r o'qiganlar. Sinfdan sinfga nuqul a'lo baholar bilan o'tganlar. Ha, mana shunaqa, — derdi Metin bo'sh kelmay.
Dadam bilan birga o'qigan o'rtog'ining o'g'li:
—   Ho, rosa olib qochding-ku! — dedi Metinni kalaka qilib.
—   Bu gapni kimdan eshitding o'zi? — so'radi boshqa bir bola.
—   Dadamning o'zlari aytganlar, — dedi Metin kerilib. Keyin qo'shib qo'ydi:
—   Kim ishonmasa, borib dadasidan so'rasin. Hammamizning dadamiz birga o'qishgan ekan. Rost gapni aytib berishadi.
Kattaroq bolalar dahanaki jangga qo'shilmay turgan edi, men bilan bir sinfda o'qiydigan qo'shni qiz:
—   Yolg'on gapirgani uyalmaysanmi, a'lochi deb mening dadamni aytsa bo'ladi,— deb ukamni koyib berdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:02:26
—   O'zing ham aldoqchi ekansan. Mening dadam sinfda hecham qolmaganlar. Nuqul a'lo o'qiganlar. Tushundingmi?— dedi boshqa bir bola bo'ynini cho'zib.
—   G'irt yolg'on bu. Dadang seni aldayapti. A'lo¬chi deb mening dadamni aytsa bo'ladi.
—   Dadam hecham aldamaydilar.
Katta bolalar ham bunga qo'shilganini ko'rib, xunobim oshdi. Bahs tobora qizib boryapti.
—   To'g'rimi, opa? Dadam a'lochi bo’lganlar-a? O'zing ayt, bular eshitishsin, — dedi ukam meni madadga chaqirib.
—   Ha, to'g'ri, shundoq bo'lgan, — dedim. Qiy-chuv yana avjga mindi.
—   Qo'y, xafa bo’lma, kim nima desa deyaversin. Baribir foydasi yo'q, — dedim ukamni yupatib.
Yoshi bizdan ancha katta bir bola:
—   Hammang noto'g'ri gapiryapsan, — dedi mahmadanalik qilib. — Hech kimning dadasi a'lochi bo'lmagan. To'g'risini aytsam, ularning orasida faqat mening dadam yaxshi o'qiganlar.
—   Ol-a! — dedi Metin qizishib.
—   Ishonmasang, borib dadangdan so'rashing mumkin.
—   Dadang laqillatipti seni!
—   Seni!
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:04:16
Metin o'ziga ikkita keladigan bu bolaga kalla qil-moqchi bo'lgan edi, arang ushlab qoldim. Uyga ketyapmiz-u Metin hadeb:
—   Aldoqchilar... Maktabda faqat mening dadam a'lochi bo'lgan! — deb ho'ng-ho'ng yig'ladi.
Uyga kira solib, u oyimning oldiga yugurdi.
—   Dadam a'lochi bo'lmaganmish. Dadam aldoqchi emish.
Oyimning jahli qo'zib, jerkib berdi:
—   O'chir ovozingni! Bu nima qiliq? Yana qaytarsang, tilingni kesib olaman.
Ukam darhol jim bo'ldi.
—   Nimaga achchiq qilasan, Metin, — dedim uni yupatish uchun.— Ayb o'zimizda bo'lishi ham mumkin. Dadamiz ularning dadalari bilan bir maktabda o'qimagandir balki.
—   O'zlari doim birga o'qiganmiz, deyishadi-ku.
—   Bo'pti, kechqurun dadamning o'zlaridan so'raymiz. Bor gapni aytadilar.
G'ulg'ulaga tushib qoldim. Bu masala meni ham qiziqtira boshladi. Kechqurun ovqatlanib o'tirgan edik, dadamdan boyagi gapni so'radim.
—   Ha, birga o'qiganmiz, to'g'ri. Aslida to'rttalamiz ham bir sinfda o'qiganmiz. Men ulardan biri bilan uch yil, qolgan ikkitasi bilan besh yil bir sinfda o'qiganman.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:04:31
Kunduzi oyimning Metinga qilgan po'pisasi esimga tushib, boshqa narsa so'rashga yuragim betlamadi.
Ertasi kuni maktabga borganimda yonimdagi par-tada o'tiradigan qizdan dadasi maktabda qanday o'qiganini so'radim.
—   Mening dadam nuqul a'lo baho bilan o'qigan,— dedi u.
Bu gapni orqamizdagi bola eshitib qoldi.
—   Mening dadam ham a'lochi bo'lgan ekanlar, — dedi u kerilib.
Xullas, bu masala butun sinfning og'ziga tushdi. Atigi uch bola dadasi yoshligida qanday o'qiganligini bilmas ekan. Qolgan hamma o'quvchilarning dadasi a'lochi bo'lib chiqdi.
Ahmad, xatimni olganingdan keyin sen ham dadangdan so'rab ko'r — u kishiyam maktabda a'lo baholar bilan o'qigan ekanlarmi? Lekin a'lochi bo'lganlariga hozirdanoq ishonaman. Chunki kimni olib qarama, hammaning dadasi negadir a'lochi bo'lib chiqyapti.
Oradan ikki kun o'tmagan ham ediki, bir payt Metinning o'qituvchisi oyimni maktabga ayttirib yubordi. Ma'lum bo'lishicha, ukamning o'qishi pasayib ketibdi. Ishdan qaytgach, bu gap dadamning qulog'iga yetdi. Dadam Metinni ancha koyib berdilar, keyin esa uni oldilariga o'tqazib, yotig'i bilan nasihat qildilar.
—   Axir mendan ibrat olsang bo'lmaydimi, o'g'lim? Men sendek paytimda hamma fanlardan a'lo baho olib o'qirdim. Biror marta ham past baho olmaganman. Sinfda mening oldimga tushadigan bola yo'q edi. Xo sh, sen-chi? Uyat emasmi, axir! Nimaga o'qishingning mazasi yo'q? Bola degan dadasiga o'xshashi, undan ibrat olishi kerak-da, axir.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:04:50
Dadam ancha hovuridan tushgan edi, fursatni qo'ldan bergim kelmadi:
—   Qo'yavering, dada,— dedim.— Metin ham katta bo'lganida bolalariga maktabda zo'r o'qiganman, deb aytishi mumkin-ku.
Ilmoqli gapimni oyim fahmlab qolib, darrov tanbehga o'tdilar:
—   Bu nima beadablik, qizi tushmagur? Endi se¬ning tilingni kesib olaymi? O'zingdan katta gapirayotganda tek o'tirsang bo'lmaydimi?!
Buyog'iga indamay qo'ya qoldim. Dadam boshqa churq etib og'iz ochmadilar.
Xullas, Anqaraga ko'chib kelganimizdan beri bundan bo'lak yirikroq voqea yuz bergani yo'q.
Mendan hamma sinfdosh o'rtoqlarga salom ayt. Senga ham muvaffaqiyatlar tilayman.
Sinfdoshing Zaynab Yolqir.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:36:15
Darslar yangidan boshlandi
Istanbul, 23-noyabr, 1963-yil.

Do'stim Zaynab!
19-noyabrda yozgan xatingni olib, qanchalik quvonganimni ta'riflab berolmayman.
Xunuk bir yangilik bor: o'qituvchimiz maktabdan ketdi. Boshqa viloyatga ishga o'tganmish. Unga qattiq o'rganib qolgan ekanmiz, eshitib juda xafa bo'ldik. Oxirgi darsida biz bilan xayrlashdi, shunda ba'zilar ko'zyoshi to'kib olishdi. O'pkam to'lib, o'zimni arang bosib o'tirgan edim, sinfdan chiqayotib boshimni silashi bilan men ham chidab turolmadim. Ho'ngrab yig'lab yubordim.
Aslida o'qituvchimiz ho'v o'sha inspektor kelgan kundagi voqeadan keyin menga unchalik ro'yxush bermay yurgan edi. Shu xayrlashuv kuni bizga bir-ikki og'iz shirin gap aytib, hammamizga muvaffaqiyat tiladi.
—   Yana ko'rishguncha xayr, bolalar!
Shunday dedi-yu, eshikka qarab yurdi. Yonimdan o'tib ketayotganida esa boshimni asta silab qo'ydi.
Yangisi ham erkak o'qituvchi. Birinchi darsiga kirishi bilanoq nimalarni o'tganimizni surishtira ketdi. Har qaysimizni birma-bir turg'izib, ketma-ket savollar berdi. Javoblarimizdan sira qoniqmadi.
—   Afsus... Ming afsus... Hech nimani bilmas ekansizlar! — dedi u oxiri boshini chayqab.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:36:47
Damir bor-ku, Damir, sinfimizning a'lochisi. Hatto shu Damirning javoblaridan ham ko'ngli to'lmadi-ya. Navbat menga keldi. Bilganimni gapirib berdim. U bo'lsa nuqul «esiz, esiz» deb tizzasini shapatilab o'tirdi. Menga qolsa, so'ragan narsalariga to'g'ri javob berdim.
Bolalar birin-ketin darslarni gapirib berishyapti-yu, u bo’lsa dam-badam:
—   Shuncha yil o'qib, hech nima o'rganmabsiz-da? Bekorga kelib-ketib yuraveribsizlar-da? Esiz vaqt, esiz... O'qish emas, uqish kerak edi, uqish, — deb noliydi boshini chayqab.
—   Nima, so'ragan narsangizga to'g'ri javob ber-madimmi? — dedi bir payt Mine o'pkasi to'lib.
—   Yo'q, javobing to'g'ri bo'ldi, — dedi yangi o'qituvchimiz. Keyin qo'shimcha qildi: — Ha, to'g'ri javob berding. Lekin yuzaki, sayoz. Hammalaring shunaqa, bilimlaring sayoz ekan.
Uning bu gapidan qattiq ranjigan bo'lsak ham indamadik. Eski o'qituvchimizning darslaridan yomon baho olib yurgan uch-to'rt bola buni eshitib g'imirlab qoldi. Yangi o'qituvchining gapi ularga moydek yoqqan edi.
—   Eski o'qituvchimiz yaxshi dars berardi, yomon o'qimasdik, — dedi Damir o'zini tutolmay.
—   Ha, javoblaringizdan bilinib turibdi, — piching qildi yangisi.
Shundan keyin u stol atrofida birpas aylanib yur-gach, muloyimiik bilan gap boshladi:
—   Bolalar! Mana endi kelishib olaylik. Ilgari o'qigan narsalaringizni endi unutasiz. Mutlaqo esdan chiqaringlar. Hamma darslarni yangidan boshlaymiz. Tushunarlimi?
Damir qo'l ko'tarib so'radi:
—   Axir biz kitobda nima yozilgan bo'lsa, shuni o'qigan edik-ku?
—   Men sizlarga endi hammasini esdan chiqaring, deb aytyapman!
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:37:08
Yangi o'qituvchining birinchi darsi shunday o'tdi. Tanaffusda bolalar tarafma-taraf bo’lib ketishdi. Ba'zilar eski o'qituvchining yonini olgan bo’lsa, boshqalar yangisini himoya qilishdi. Ochig'ini aytsam, hech kimga qo'shilmay betaraf qoldim.
Bir payt qo'shni 5-sinf o'quvchilari bilan gaplashib qoldik. Ma'lum bo'lishicha, ularga ham o'quv yilining boshida yangi o'qituvchi kelgan ekan. Xuddi biznikiga o'xshagan voqea yuz beribdi. Ularning yangi o'qituvchisi ham darsga birinchi kirgan kuniyoq: «Ilgari nima o'tgan bo'lsangiz, hammasini esdan chiqa¬ringlar!» — deb buyuribdi.
Yangi o'qituvchimizning bu uslubi ayrim bolalarga juda qo'l kelib qoldi. O'qituvchining biror savoliga noto'g'ri javob berib, dakki eshitadigan bo'lishsa, darhol:
—   Oldingi o'qituvchimiz bizga shundoq degan edilar, afandim, — deyishadi.
O'qituvchimizning esa battar fig'oni falakka chiqadi:
—   Ming marta aytdim-ku senlarga, ilgari o'tilgan narsalarni esdan chiqaringlar deb!
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:38:12
Miyaga o'rnashib qolgan darslarni unutish qiyin bo’larkan. Bu ish faqat Damirning qo’lidan keldi, xolos.
Bir kuni darsga maktab direktori kirib qoldi.
Tarix darsi edi. Direktor darslarni qanday o'zlashtirayotganimizni bilmoqchi bo'ldi shekilli, Damirni o'rnidan turg'izib, qator savollar berdi:
—   O'rta asr madaniyati nima?
Damir indamadi. Direktor boshqa savolga o'tdi:
—   Kitob bosishni kim kashf etgan?
Damirdan sado chiqmadi. Direktor uning aiochiligini bilardi, shuning uchun hayron bo'ldi:
—   Ha, nima bo'ldi, nega indamaysan?
—   Hammasini unutdim, — dedi Damir.
—   Bo'lmasa Amerika qanday kashf etilganini so'zlab ber.
—   Unutdim, afandim.
—   Uyg'onish davri deb nimaga aytiladi?
—   Esdan chiqardim, afandim.
—   Bu qandoq gap, hech narsa esingda qolmapti, — xunobi oshib dedi direktor. — Xo'sh, nimani bilasan o'zi, shuni gapirib ber.
—   Hozir hech narsa bilmayman. Bilganlarimni esdan chiqarib yubordim.
—   Ha, nechuk?
—   Yangi o'qituvchimiz shundoq dedilar, eski o'qituvchingiz nimani o'tgan bo'lsa, endi hammasini unutib yuboringlar, deb aytdilar.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:38:42
Direktor meni chaqirdi.
—   Hindistonga dengiz yo'lini birinchi bo’lib kim ochgan?
Ana xolos! Aksiga olib, shu topda kashfiyotchining ismini unutib qo'yibman. Aslida tilimning uchida turibdi-yu, lekin hecham eslayolmadim. Damir boya jo'rttaga aytgan bo’lsa, men rostakamiga unutgan edim.
—   Esimda yo'q, afandim, — dedim oxiri noiloj. Direktor ko'zoynagining ustidan o'qituvchiga bir qarab qo'ydi-da, indamay sinfdan chiqib ketdi. Go'yo hech nima bo’lmaganday, o'qituvchi darsni kelgan joyidan boshlab yubordi:
— Xo'sh, yovuz Salim sultonga kelsak...
Tanaffusda bolalar Damir ikkovimizni o'rab olib, tasanno aytishdi. Aslida esa Hindistonga dengiz orqali boradigan yo'lni kim kashf etgani mutlaqo yodimdan ko'tarilgan edi.
Mendagi bu parishonxotirlik kasali boshimga yana ko'p savdolar soldi. Mana, yana bir shingilini eshit. Juda sharmanda bo’ldim.
Voqea bunday bo’ldi. O'zing bilasan, maktabda ota-onalar kengashi, oila-maktab ittifoqi degan narsa bor. Bir kuni ota-onalar majlisidan keyin qo'lbola konsert qo'yib berishga ahd qildik. Menga deklamatsiya qismini topshirishdi.
Ilgarigi o'qituvchimiz bir darsda qo'yni juda maq-tab gapirgan edi. Qo'y g'oyat foydali jonivor, sut beradi, yog' qiladi, go'shti lazzatli bo'ladi, junidan matolar to'qiladi, terisidan issiq po'stin chiqadi, suyaklarida ilik bo'ladi, uning qiyi o'g'itning zo'ri hisoblanadi, deb aytgan edi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:39:16
O'sha kuni darsdan chiqiboq bitta she'r yozib tashlagan edim. Mana o'sha she'rim:
QO'Y
Dumbasi borjiqqa moy,
Yelini-chi, sutga kon.
Mayingina juni bor,
Kiyimbop ekan obdan.
Sop chiqadi shoxidan,
Go 'shti — lazzat uyasi,
Terisi po 'stin berar,
O'g'itman, der qiyisi.
Ko'klam kelsa qo'zilar,
Suyakka ilik to'plar.

Yozgan she'rim eski o'qituvchimizga juda ma'qul bo'ldi. U, ota-onalar majlisidan keyin konsert bo'ladi, o'shanda albatta o'qib berasan, deb tayinladi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:39:35
O'zimda yo'q suyunib ketdim. Shundan keyin she'rni puxta yodlab olmoqchi bo'ldim. Besh-olti kungacha shu ish bilan ovora bo'ldim. Maqsad — o'zim yozgan she'rni konsert paytida sharillatib o'qib berish edi. Ammo omadim kelmadi — meni konsertga chiqarmoqchi bo'lgan o'qituvchimiz lop etib bosh-qa maktabga ishga o'tib ketdi. Uning o'rniga kelgan yangi o'qituvchi mening tayyorgarligimdan xabar topgan ekan, she'rni o'z qulog'i bilan eshitmoqchi bo'ldi. O'qib berdim.
—   Bu she'ring mutlaqo yaramaydi, — dedi u. — Ilgari o'qigan narsalarni miyadan chiqarib tashlanglar, deb aytgan edim-ku, axir. Boshqa she'r beraman, konsertda shuni deklamatsiya qilasan.
U menga o'qish kitobini ochib «Vatanim» degan she'rni ko'rsatdi:
—   Mana shuni yodlab ol. Konsertda yaxshilab deklamatsiya qilasan!
Ammo yodlashga vaqt qani! Majlis ertaga belgilangan. Bir kunda uni yodlab bo'ladimi. «Vatanim» she'rini sen bilsang kerak. O'qish kitoblarimiz bir xil bo’lsa, o'sha sahifani ochgin, ko'rasan. Topolmasang, mana o'qib ko'r:
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:39:55
VATANIM
Ey, zarrin liboslarga zap o'ralib olgan,
Ey, bo'liq boshoqlar-u bog'-rog'larga to'lgan
Va osmon bo’yi doston bitgan vatanim, hey!
Ey, o'sha buyuk insonni bergan onaning,
Ey, jabr-u jafo, kurash, imon hamda nolaning
Va Sinon bitgan cho'ng qubbaning vatani, hey!
Xullas, «ey» bilan boshlanib, «hey» bilan tugaydigan oddiy bir she'r! Ammo qanchalik harakat qilmay, vaqt juda oz bo'lgani uchun uni yaxshi yodlab ololmadim.
Ertasiga maktabga kelishim bilan o'qituvchimiz:
—   Qani, konsertdan oldin bir repetitsiya qilib ko'raylik-chi. O'qi she'rni, eshitamiz, — deb qoldi.
O'zim bilganimcha o'qib bergan edim, unga ma'¬qul bo'lmadi:
—   Yaramaydi. She'r degan bunday deklamatsiya qilinmaydi, — dedi u norozi bo'lib.
Yana qaytarib deklamatsiya qildim. Baribir unga yoqmadi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:40:08
—   She'rni she'rdek o'qish kerak, bo'tam. Bu senga ko'chada o'tgan-ketgandan adres so'rash degan gap emas. Joyiga qarab ovoz yangrab chiqishi yoki mayin bo'lishi lozim. Ba'zan pardani titratib bos. Lozim bo'lsa ovozing ipakdek mayin bo'lsin, keragida esa arslondek na'ra tort. Shuni ham aytib qo'yayki, she'r o'qiyotganingda chap qo'lni belga tirab, o'ng qo'lni to'g'riga uzatib tur. Innaykeyin, «hey» degan undov kelganida oyog'ing bilan polni qattiq do'pillatib ur. Mana, hozir senga ko'rsataman, ko'rib qo'y. She'r deklamatsiya qilish mana bunaqa bo'ladi.
O'qituvchimiz she'rni o'zi aytganidek qilib o'qib berdi. «Hey» degan joyga kelganida o'ng oyog'ini dast ko'tarib, polni zarb bilan bir tepdi.
—   Gap degan bundoq bo'pti. G'animlarning boshini yanchib, yer bilan yakson qilmoqchi bo'lgan odamdek, bor kuching bilan polni tepishing kerak.
Aytganini qildim. Ammo xayol oyoqqa ketib, she'rning ba'zi misralarini unutib qo'ya boshladim. Aslida-ku o'z bilganimcha deklamatsiya qilaverganimda hecham yanglishmasdim-a...
She'rni aytgan usulida boplab o'qib berdim-u, ammo tepinishlarim unga yoqmadi. Har gal polni dukillatib tepganimda: «Qattiqroq, qattiqroq tep! Poshna bilan, poshna bilan!» deb turdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:40:36
Ko'p urinib ko'rdim, baribir ko'ngli to'lmadi. Oxi-ri sabri chidamadi:
—   Mana, qarab tur, yana bir marta ko'rsatib beraman!
O'qituvchi «hey» deb o'kirganicha polni gursillatib bir tepgan edi, sinfning deraza oynalari sharaqlab ketdi.
—   Ana, ko'rdingmi endi. Turk o'g'loni depsinganida yer mana shunday larzaga kelmog'i kerak. Ha, shundoq bo'lsin.
—   Sizday qilolmayman, o'qituvchi. Chunki siz eng kamida yuz kilo kelasiz, men bo'lsam bor-yo'g'i qirq ikki kiloman, — javob berdim unga o'zimni oqlash uchun.
Mehnati zoye ketdi, aytganini hecham eplolmadim. Qattiq darg'azab bo'ldi. Yana bir gal: «Va osmon bo'yi doston bitgan diyorim, hey!» deganicha jahl bilan oyog'ini ko'tarib polga bir urgan edi, qattiq dodlab yubordi.
O'zing yaxshi bilasan, sinfimizning pollari chirib ketgan. Shu chirigan taxtalardan bid sinib, oyog'i kirib qolipti. Darhol yordamga keldim. Ikkovlashib oyog'ini kovakdan zo'rg'a tortib oldik. Shovqinni eshitib, boshqa o'qituvchilar ham chopib kelishdi. Hamma: «Nima bo'ldi, tinchlikmi?» deb so'raydi.
—   Endi ko'rdingmi, bo'tam, — dedi o'qituvchi bir oyog'ini sudrab tashqari chiqar ekan. — Oyoq har gal yerga tekkanida hammayoq larzaga kelsin, xuddi yer qimirlaganga o'xshab chayqalib ketsin.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:40:58
O'qituvchi chiqib ketganidan keyin bundoq oyog'imga razm solib qarasam, ishning pachavasi chiqipti, hadeb heylayverib tovonni shishirib qo'yibman.
Konsert naq ikki soat davom etdi.
Men o'zim yozgan «Qo'y» she'rimni salkam bir oy yod olib yurgan edim. Shuning uchun ham uning satrlari miyamga qattiq o'rnashib qolgan ekan, hadeb esimga tushaveradi. «Vatanim» she'rini yodlab yurganimda ham beixtiyor o'zimning satrlarim ko'z oldimda turdi. Bu yangi she'rni bir amallab yodlab oldim-u, lekin hadeb oyoq ko'taraverganim uchun satrlarini adashtira boshladim. Aftidan, oyoqqa zo'r berib, miyani ishdan chiqarib qo'yganga o'xshayman.
—   Navbating keldi! Tez bo'l, sahnaga chiq! — deb bolalar meni orqamdan turtib sahnaga chiqarishdi.
Zal ota-onalar bilan liq to'la ekan. O'qituvchimiz sahna ortida bizga suflyorlik qilishi kerak.
Men sahnaga chiqdim. Mehmonlarga boshimni silkib, salom berdim. Ammo boshimni qimirlatishim bilanoq deklamatsiyaning sarlavhasi xayoldan qochdi. Bu qanday bedavolikki, Zaynab, shu topda miyamga o'zimning «Qo'y» she'rim kelsa bo'ladimi! Men tushmagur ilgari yodlab olgan narsalarimni unutish o'r-niga, yangi o'rgangan she'rimni esdan chiqarib o'tiribman-a.
Qanchalik mushkul ahvolda qolganimni o'zing bir tasavvur qilib ko'r. Men sahnadan turib zalda o'tir-ganlarga termulaman, ular esa menga. Xullas, ancha vaqtgacha bir-birimiz bilan ko'z urishtirib turaverdik.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:41:21
Xayriyat, o'qituvchimiz jonimga ora kirdi — orqadan she'rning nomini pichirlab aytdi. Darhol ovozimning boricha «Vatanim!» deb qichqirdim. Uyog'i yana esda yo'q. Nima qilish kerak? Indamay turgan bilan bo'lmaydi. Sarlavhani yana bir qaytaray, zora ungacha buyog'i esga tushib qolsa, degan maqsadda yana bir marta «Vatanim!» deb hayqirdim Yana jim bo'ldim. Zalda qarsaklar yangradi. Hayron bo'ldim. «Vatanim!» deganimda nimaga chapak chalishganiga tushunolmadim. Shu payt yana o'qituv-chimizning nim ovozi eshitildi. Kelgan joyidan bosh¬lab yubordim. Ammo oldingi gal tomoqqa qattiq kuch berib qo'ygan ekanman shekilli, ovoz chiqmay qoldi, xirillab, zo'rg'a «Ey!» deyoldim, xolos. Yana cha-pakvozlik bo’ldi. Ochig'i, gangib qoldim. Miyamda satrlar bir-biriga qorishib ketdi. Zo'rg'a o'zimni qoiga olib, deklamatsiyani boshlab yubordim. Bolalar keyin gapirib berishicha, bu ajoyib she'rni shundoq deb boshlabman:

VATANIM!
Ey, zarrin liboslarga zap o'ralib olgan,
Ey, bo'liq boshoqlaru bog'-rog'larga to’lgan
Va doston bo’yi osmon bitgan vatanim, hey!
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:41:50
«Hey»ni aytgan zahoti polni zarb bilan bir tepgan edim, turgan joyimda bir gaz osmonga sakratib yubordi. Bilasanmi, nimaga? Boya o'qituvchi bilan repetitsiya qilayotganimizda poshnadagi mix joyidan ko'chgan ekan, bilmabman. O'sha mix shu topda shart etib tovonga kirib ketsa bo'ladimi?! Ko'zimdan o't chaqnab ketdi. Tovonimga birov bigiz qadab, o'pkamni teshib yuborgandek bo’ldi.
Azobning zo'rligidan yod bo’lib qolgan satrlarni ham paqqos unutdim-qo'ydim. Men nima ahvoldaman-u tomoshabinlar qiyqirib kulishadi. O'qituvchidan madad kelar, degan umidda o'qtin-o'qtin orqaga o'girilib qarab qo'yaman. O'qituvchi holimni sezdi, shivirlab aytsa baribir qulog'imga kirmasligini fahmlab, ovozini bemalol qo'yib yubordi:
«Ey, o 'sha buyuk insonni bergan onaning».
Darhol ilib ketdim.
— Ey, o'sha buyuk insonni bergan onaning... Onaning... Onaning...
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:43:07
Keyin nima keladi, eslayolmayman... Zora lop etib esimga tushsa, degan xayol bilan yana ikki-uch marta shuni qaytarib aytdim. Bo'lmadi. «Onaning» deyman-u ignasi yurmay qolgan plastinkaga o'xshab u yog'iga o'tolmayman. Vujudimni qaltiroq bosdi. «Onaning... Onaning...» deb yigiamoqdan beri bo’lib turgan edim, qo'qqisdan o'zim yozgan satrlar miyam¬ga kelib qoldi. Tavakkal qilib buyog'ini ulab ketdim:
Onaning... Onaning... Onaning...
Dumbasi borjiqqa moy,
Yelini-chi sutga kon,
Mayingina juni bor...
O'qituvchimiz ham satrlarni ketma-ket yetkazib turibdi. Oldin undan eshitganimni qaytaraman-da, keyin o'zimnikini tirkab yuboraman.
Ey, jabr-ujafo, kurash...
Sop chiqadi shoxidan,
Go'shti — lazzat uyasi,
Og'itman, der qiyisi, he-ey!
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 19 Mart 2010, 01:43:27
Deklamatsiyani tugatdim-u o'zimni ichkariga urdim. Gulduros qarsaklardan maktabimiz chayqalib ketdi.
—   Nima qilib qo'yding axir, Ahmad? — dedi o'qituvchimiz siniq ovoz bilan.
—   Ilojim qancha, afandim, — dedim unga qarab.— Odamzod bilgan narsasini darrov unutib yubora olmas ekan, juda qiyin bo’larkan.
Yana bir nima deydigan bo'lsam, alamimdan yig'lab yuboraman. O'pkam to'lib turibdi. O'qituvchi ikkovimiz cho'loqlanib yo'lga tushdik. Yana mix kirib ketishidan qo'rqib, zo'rg'a oyoq bosaman.
—   Katta iste'doding bor ekan-ku, o'g'lim, — dedi uyga qaytgach dadam. — Kuldiraverib hammaning ichagini uzding-ku.
Oyim uning gapiga qo'shildi:
—   Ko'zda yoshim qolmadi kulaverib. Naq jinni bo'layozgandim-a...
She'rlarni yanglishib aralash-quralash qilib yubor-ganimni hech kim sezmabdi. Hamma jo'rtaga qilyapti, deb o'ylabdi.
Xullis, Zaynab, keyingi kunlarda shunaqa mashmashalar bo'ldi.
Sening dadang ham maktabda nuqul a'lo olib o'qiganmi, deb so'rabsan. Yo'q, dadam, afsuski, a'lochi bo'lmagan. Nega desang, u o'qimagan. Agar maktabga qatnagan bo’lganida menga a'lo baholar bilan o'qiganman, deb aytgan bo’lardi, albatta.
Men zavq bilan o'qiydigan xatlaringni kutaman. Sog' bo'l.
Sobiq sinfdoshing Ahmad Tarbay.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:00:20
Ishlagan — tishlaydi

Anqara, 26-noyabr, 1963-yil.

Do'stim Ahmad!
Menga hamisha shunaqa uzundan uzoq xatlar yozaver. Xo'pmi? Uzundan uzoq deganimni ko'nglingga olma, aslida uni bir zumdayoq o'qib chiqdim. Sinfda bir-ikki bolaga ham o'qib bergan edim, toza miriqib kulishdi.
Bu tomonlarda salqin tushib qoldi. Endi oldimizdagi maydonda o'ynamay qo'ydik. Maktabdan kelib, darslarimni tayyorlayman, oyimga qarashib yuboraman. Opamning bunaqa ishlarga hushi yo'q. Supurgini ko'rsa o'takasi yoriladi. Uning eng yaxshi ko'rg'an ishi — oshxonaga kirib olib, pirojniy yoki keks pishirish. Ammo opam oshxonaga kirsa, oyim yurak o'ynog'ida yuradi. Nega deganda, opam bir kun oshxonaga kirgudek bo'lsa, oyim bir haftagacha qiynaladi — hamma narsa ostin-ustin bo'lib ketgani uchun qo'ygan buyumini joyidan topolmaydi.
Shu opamni uzatmoqchi bo'lib yurishuvdi, fotihasi buzildi. Keyingi paytlarda uyimizda hammaning og'zida shu to'y masalasi edi. Ukam Metinning bir og'iz so'zi opamning fotihasini buzdi-qo'ydi...
Ba'zan kechqurunlari dadamning o'rtoqlari biznikiga to'planishadi yoki biz ularnikiga chiqamiz. Xullas, haftada kamida ikki kun mehmondorchilik bo’ladi. To'rt og'ayni bir joyga yig'ildi deguncha, dar¬rov Zaynalbeydan gap ochiladi. Zaynalbey deganlari — bu dadamlar ishlaydigan idoraning xo'jayini.
— Jonimga tegdi shu gap. Nuqul Zaynalbey, Zay¬nalbey deysizlar. Boshqa gap qurib qolganmi axir, — deydi oyim norozi bo'lib.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:00:31
Shundan keyin gap boshqa mavzuga ko'chadi. Lekin oradan sal o'tmay yana Zaynalbey tilga tushib qoladi. Hammalari uni yomonlab ketishadi.
Zaynalbeyning yana ikki-uch joyda idorasi bor ekan. O'zi juda badavlat emish. Buning ustiga mol-dunyosi kun sayin ortib borayotganmish. Zaynalbey aslida ishlamaydigan, qovoqbosh bir odam ekan. Boshlang'ich maktabni zo'rg'a amal-taqal qilib bitirgan ekan.
Dadamning oshnalaridan biri Zaynalbeyga elat bo’larkan. O'sha bir voqeani gapirib berdi.
—   Zaynalbey aslida bizdan o'n yosh katta, — dedi u. — U uchinchi sinfda o'qib yurganida, men endigina maktabga qatnay boshlagan edim. Demak, bir sinfda necha yildan o'tirib chiqqanini xomcho't qilib chiqish mumkin. Men boshlang'ich maktabni bitirganimda u hamon to'rtinchi sinfda o'qirdi. «O'g'ling shu yerning o'zidan domla-imom bo'lib chiqadi», deb odamlar uning otasini kalaka qilishardi. O'sha kezlari Zaynalning soqol-mo'ylovi sabza urib, yigitcha bo'lib qolgan edi. Bir kuni deng, maktabga inspektor kelib qoldi. To'g'ri Zaynal o'qiydigan sinfga kiribdi. O'qituvchisi yoshgina yigit ekan. Inspektor bundoq qarasa, mo'ylovli Zaynal o'tiribdi-yu, yoshgina yigit tik turibdi. «Nega o'rningdan turding, o'g'lim, o'qituvching hech nima demadi-ku», — debdi inspektor o'qituvchi yigitga. U o'sal bo'lib, qip-qizarib ketibdi. Zaynalday befarosat, qovoqbosh bolani ko'rmaganman.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:00:46
—   Nima, hozir o'zgarib qolganmi? Ilgarigidan beshbattar miyasi suyulib ketgan-ku, — deydi dadam.
«Kunduzi chiroq yoqib topib bo’lmaydigan ovsar», «Tentaklar ichida dunyo chempioni...» Va hokazo, va hokazo.
—   Sendan o'qib odam chiqmaydiganga o'xshaydi, yaxshisi, ko'zim tirikligida yonimda yur, savdo-sotiqni o'rgan, — deb otasi uni maktabda qaytarib olibdi. Shu-shu Zaynal savdo ishlariga sho'ng'ib ketibdi. Tez fursatda katta boylik orttiribdi.
Ularning gapiga qaraganda, Zaynalbey o'taketgan dangasa, alifni kaltak deyolmaydigan qovoqbosh odam bo'lsayam, uning zo'r bir qobiliyati bor ekan — u odam ishlatishni qiyvorarkan. Zaynalbeyning qo'sha-qo'sha idora va shirkatlarida bir talay me'mor, injener, advokat, vrachlar ishlarkan.
—   O'qimagan ham ma'qul ekan. Xo'sh, bizlar o'qib nima bo'ldik? Oxiri shu savodsiz Zaynalbeyga kelib yalindik-da. Mana endi unga ishlayapmiz, — deydi shunda dadam chuqur uh tortib.
Zaynalbeyning kaltabinligi hammaning og'ziga tushgan ekan. Bir payt u yonida odamlari bilan Felemenkka safar qilgan ekan. Bu yerda u ancha turib qolibdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:01:08
Keyin jo'nab ketishayotgan ekan, sheriklariga qarab:
—   Felemenk degani ham yaxshi mamlakat ekan, menga juda yoqdi. Endi Gollandiyani bir borib ko'rish kerak, ajoyib joy deyishadi, — debdi.
Polshada ham xuddi shu voqea ro'y bergan ekan.
—   Men Polshaga keldik, desam, bu yer Lahiston ekan-da. Endi shuning jazosiga Polshani ham bir ko'rib kelmasam bo'lmaydi, — deb toza kulgi bo'lgan ekan.
Tunov kuni biznikida yana Zaynalbeyning ustidan kulib o'tirishgan edi, Metin to'satdan:
—   Bu odam shu qadar ahmoq, ishyoqmas, kaltabin ekan, qandoq qilib boy bo'lgan bo'lmasa? — deb gap qotib qoldi.
—   Kattalarning ishiga yosh bolalar aralashmaydi, ayb bo'ladi, — dedi oyim Metinga tanbeh berib.
—   Sen hali yoshsan, bunaqa narsalarga tushun-maysan, — ochig'ini ayta qoldi dadam.
Opamni mana shu Zaynalbeyning o'g'liga unash-tirib quyishdi. To'g'rirog'i, ikkala tomon quda bo'lish haqida kelishib oldi.
Opamni hech ko'rganmisan? Menga sirayam o'xshamaydi. Ya'ni men unga o'xshamayman. Juda barno qiz.
Bu haqda bizlarga birov og'iz ochgani ham yo'q. Opamning o'ziyam churq etmadi. Ammo chala-chulpa gaplarni eshitib yuribmiz. Uydagilar g'imirlab qolganini dastlab Metin sezdi. Oyim biror yumush qil-sayam og'zidan ashula tushmaydigan bo'lib qoldi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:01:35
Opamning bo'lsa boshi osmonda. Buni bizdan yashirmoqchi bo'ladi-yu, lekin xatti-harakati bilan sirni oshkor qilib qo'yadi.
—   Eshitdingmi, opamizni yaqinda unashtirisharmish, — deb qoldi bir kuni Metin.
—   Yaxshi gap, unashtirisbaverishsin.
—   Kimgaligini bilasanmi?
—   Kimga ekan? — o'zimni go'llikka solib so'radim.
—   Zaynalbeyning o'gliga.
Indamagan edim, xafa bo'ldi.
—   Ha, eshityapsanmi? Zaynalbeyning o'g'liga berisharmish.
—   Xo'sh, nima qipti? Nega achchig'ing kelyapti?
—   Nima qipti emish-a! Bundan chiqdi, sen ham ularning tomonida ekansan-da?
—   To'yi bilan mening nima ishim bor.
Metin uyda hammadan ko'ra ko'proq mening gapimga ishonardi. Shuning uchun battar tutaqib ketdi.
—   Nimaga ishing bo'lmaydi? Men xohlamayman. Bo’lmagan gap bu!
Yana ko'pirib ketmasligi uchun indamay qo'ya qoldim. Ukam ichidagi gaplarni to'kib soldi:
—   Zaynalbeyni o'zlari nuqul ho'kizga o'xshagan odam, kallasi yo'q, deb aytishardi-ku! Nima, opamni kelib-kelib shu ho'kizning o'giiga berishadimi?
—   O'giining yo'rig'i boshqa.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:01:46
—   Ho! Nega boshqa bo’larkan? Hatto litseyni ham tugatolmapti-ku. Otasi uyiga o'qituvchi yollab, pulning ko'chi bilan zo'rg'a guvohnoma olib bergan ekan. Keyin o'gliga endi o'qishni yig'ishtir, o'glim, bo’lmasa miyang suyulib, savdo ishiga yaramay qolasan, debdi. Xo'sh, yolg'onmi shu? Dadamning o'rtoqlari aytishdi, o'z qulog'im bilan eshitganman.
—   Bu gapni zinhor oyimga ayta ko'rma, Metin. Harholda kattalar bizdan ko'ra ko'proq narsani bilishadi, — dedim uni bir oz sovitish uchun.
—   Ha, bilaman, sen ham shularning yonini olasan, — dedi Metin zarda qilib. — Ammo dadamga hayronman.
—   Nega?
—   Nega emish! Bu qandoq gap o'zi — ham Zay¬nalbeyni yomonotliq qilishadi, ham o'shaning idorasida ishlashadi.
Metin shartta o'girilib chiqib ketdi. Ko'zyoshini ko'rsatgisi kelmadi, chamamda. Chunki oxirgi jumlani gapirganida o'pkasi to'lib turgan edi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:01:59
O'sha kundan boshlab Metin tamoman o'zgarib qoldi. Ilgarigidan ham bebosh, qo'rs va badjahl bolaga aylandi. Biror kun yo'qki o'qituvchilari undan shikoyat qilishmasin. O'taketgan to'polonchi, yalqov bola, degan ta'nalar yog'ilib ketdi. O'qishi juda pasayib ketibdi. Dadam qattiq tashvishga tushib qoldi. Metinga yaxshilikcha nasihat qilib ko'rdi, bir-ikki marta savalagan ham bo’ldi, baribir foydasi tegmadi. Buning ustiga Metin maktabdan qochadigan odat ham chiqardi. Oyim uni ertalab maktabga eltib qo'yadi. Metin bo'lsa u ketishi bilan juftakni rostlaydi. Dadam ming shirin muomala qilgani bilan u churq etmay yer chizib turaveradi.
Bir kuni uni gapga solib, ko'nglidagilarni bilib olmoqchi bo’lgan edim:
—   Bunaqa ishlarga sen aralashma, hali yoshlik qilasan, — deb jerkib berdi.
Metinni deb uyimizdan halovat yo'qoldi. Oyim tez-tez ko'zyoshi qilib oladigan, dadam esa qovog'ini solib yuradigan bo’lib qoldi.
Bir kuni kechqurun Metin uyga kelmadi. Qosh qorayib, kech bo’ldi hamki, undan darak yo'q. Hammamiz uni qidirishga tushdik. Surishtirmagan joyimiz qolmadi. Noiloj uyga qaytdik. Dadamning o'rtoqlari ham xavotir olib, biznikiga kelishdi. Oyim «endi nima qilaman», deb yum-yum yigiaydi. Erkaklar Metinni yana qayerdan surishtirish mumkinligini o'ylab o'tirishibdi. To'satdan qo'ng'iroq chalindi. Hamma duv etib eshikka yugurdi. Eshikni ochsak, Metin ekan. Undan xavotirlanib, hama yuragini hovuchlab o'tiribdi-ku, Metinning bo'lsa parvoyi palak. O'rtoqlari: «Kelganida hozir urishma, qo'y», deyishgani uchun dadam noiloj indamadi. Hamma o'z ishi bilan ovora bo'lib o'tiraverdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:02:19
Birpasdan keyin dadam Metinni yoniga chaqirib, unga nasihat qildi.
—   Maktabdan qochadigan, darslarini qilmaydigan bolaning oxiri voy bo'ladi, o'giim, — dedi dadam muloyimlik bilan. — Kimki mehnatsevar bo'lsa, o'sha odam ko'p pul topadi, keyin uning rohatini ko'radi. Sen yosh paytingda ko'p ishlashing, ya'ni o'qishing kerak, toki katta bo'lganingda rohat-farog'atda yashagin.
Dadamning gapi hamisha shu. O'rtoqlari ham uni quvvatlab gapirishdi.
—   Mehnatning tagi rohat, jiyan. Ishlagan — tishlaydi.
—   Ha, omadning kaliti ham mehnatda.
Qovog'ini uyub, yerga qarab turgan Metin birdan hushyor tortdi:
—   Mehnat qilinsa, qancha pul ishlab topsa bo'ladi?
—   Kim ko'p ter to'ksa, o'sha ko'p pul topadi.
—   Xo'p, ko'p ter to'kkan kishi Zaynalbeychalik badavlat bo'la oladimi?
Hamma jim bo’ldi. Metin bu bilan nima demoqchi bo'lgani ravshan edi.
—   Bizlar ham bir payt senga o'xshagan bola bo'lganmiz, — dedi dadam saldan keyin noqulay jimlikni buzib. — Bizlar ham bolalik nimaligini tushunamiz. Ammo biz bolalik paytimizda...
Metin gapni cho'rt kesdi:
—   Ter to'kib dars qilmagan odam ko'p pul topadi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:02:37
Dadam tutaqib ketib, o'shqirib berdi:
—   Ha, endi dadang senga yolg'onchi bo'lib qoldimi?
Metin ho'ngrab yig'lab yubordi.
—   Yo'q, unaqa demoqchi emasman, — dedi u piqillab. — Axir o'zingiz har kuni Zaynalbey ishyoqmas, Zaynalbey ahmoq, Zaynalbey ovsar deysiz-ku. Bo’lmasa nega uning qo'sha-qo'sha fabrikasi, shirkati, idora va magazinlari bor? Mashinasiyam ko'p, uylariyam ko'p. O'g'liyam o'ziga o'xshagan, yomon o'qigan.
Yig'i zo'raygan sari Metin avjga chiqdi:
—   Endi maktabga bormayman. Zaynalbeyga o'xshab boy bo'laman. Qo'l ostimda unikidan ham ko'p odam bo'ladi. Hammasini ishlataman. Serg'ayrat, o'qimishli odamlarni men ham idoramga ishga olaman.
Metin joyiga kirib ketdi. Gapining oxirini o'sha yerdan eshitdik.
Dadamning ko'ngli buzildi.
—   Mayli, o'g'lim, bilganingni qil. O'qiging kelmayotgan bo'lsa, mayli, o'qima.
Hozircha xo'p deyaylik, degan ma'noda o'rtoqlariga ko'zini qisib qo'ydi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:02:49
Oyim Metinni yuz-qo'lini yuvishga olib ketdi.
—   Hamma ayb o'zimizda,— dedi dadamning o'rtog'i.— Bola-chaqaning oldida andisha qilmay gapiraveramiz. Bular bor joyda hamma gapni ham gapirib bo'lavermaydi.
Shu yerda o'tirgan xotini unga ko'zi bilan meni imo qilib ko'rsatdi.
Yana biri luqma tashladi:
—   Jiyanning gapida jon borga o'xshaydi. Chindan ham shuncha yil o'qib, biz nima bo'ldik... Zaynal¬ beyga yollandik, xolos.
Metinning xulqi nega o'zgarib qolganini oyim ouan dadam yaxshi bilishardi. Hammasiga Zaynalbeyning o'g'li, ya'ni opamning bo'lajak qallig'i sabab bo'ldi. Shu voqeadan keyin oradan bir necha kun o'tgach, fotihani buzishdi. Opam ishga kirdi. Hozir binoyidek ishlab turibdi. O'ziyam bolg'usi kuyov bolaga ko'ngli yo'qroq ekanmi, harholda hozirgi mus-taqil hayotidan mamnun ekanligini ko'rib yuribman.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:03:03
Metin ichidagi gaplarni to'kib solgan kunining ertasidan boshlab o'qishga ketdi. Hozir u ipakdek muloyim bo'lib qolgan. To'yni barbod qilgani uchun yuragi biroz g'ashlandi shekilli, uyda qo'ydek beozor yuradi. Darslaridan ham yetishib oldi. Uy ichidagilarning hammasi bilan murosani tikladi-yu, lekin menga hamon ola qarab yuribdi. Ha, qattiq xafa bo'lganga o'xshaydi. Nega deganda, o'sha paytda uni qo'llab-quvvatlamadimda. Aslida-ku men ham xuddi shu fikrda edim-a, ammo uning qo'llagan usuli menga to'g'ri kelmasa nima qilay. Hay, mayli, tez kunlarda yarashib ketarmiz. Shunga umid qilib yuribman.
Xatni kechki ovqatdan keyin yozyapman. Endi uyqu kelyapti, yota qolay. Ertaga dam olish kuni. Oyim Metin ikkovimizni bolalar teatriga olib boraman degan
O'rtoqlarimning hech qaysisini unutganim yo'q. Hammangizni sog'indim. Ba'zan birga tushgan rasmlarimizni ko'rib, sizlarni bir-bir eslab o'tiraman. Hamma o'rtoqlarga salom ayt. O'zingga ham katta muvaffaqiyatlar tilayman.
O'rtog'ing Zaynab Yolqir.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:03:53
Fidoyi bolalar

Istanbul, 30-noyabr, 1963-yil.

Qadrli Zaynab!
Xatingni olganimga ikki kun bo'ldi. O'sha kuniyoq javob yozgim bor edi-yu, lekin o'qituvchi uyga ko'p vazifa berib yuborgani uchun ulgurolmadim. Shunga ko'ra endi javob yozyapman.
Yangi o'qituvchi menga ma'qul bo'lib boryapti. Direktor sinfimizga kirib qolganda, Damir nima hunar ko'rsatganini senga aytib bergan edim. O'shanda hammamiz Damirning sho'ri quridi, deb o'ylagan edik. Yo'q, o'qituvchi unga hech qanday chora ko'rmadi. O'zimning ham o'takam yorilib yurgan edi. Aksi bo'lib chiqdi. Hozir u men bilan juda yaxshi munosabatda.
So'nggi paytlarda fidoyilik mavzusi o'qituvchi-mizning og'zidan tushmy qoldi. Fidoyilik haqida eshitgan-bilgan gaplarini aytib beradi-da, keyin:
—   Xo'sh, buni qandoq tushundinglar? Bu haqda nima deysiz? Qissadan hissa nima? — deb bizdan fikr so'raydi.
O'qituvchimizga men nega ma'qul kelib qolganimning sirini aytaymi? Men hamisha uning ko'nglidagi gapni topib aytaman — qissadan chiqadigan hissani topib gapiraman. U hikoyasini boshlashi bilanoq ko'zlangan muddaoni sezib olaman-da, so'raganda darrov javobni yopishtiraman. Bundan u juda mamnun. Har safar javobidan keyin: «Ofarin, Ahmad!» deb qo'yadi, so'ngra:
—   Sizlar ham hayotda mana shunday fidoyi bo’linglar, bolalar! — deb butun sinfga o'git beradi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:04:10
Kunlardan birida shu mavzuda qattiq tortishib qoldik.
O'qituvchining ko'ngliga qarab javob beraverish meni nihoyatda zeriktirib yubordi. Bir hikoya aytib bergan edi, shuni o'z bilganimcha ta'riflamoqchi, bu haqda o'zimning fikrimni bildirmoqchi bo'ldim.
Bunisi ham fidoyilik haqida edi. Men senga uning qisqacha mazmunini gapirib beray.
Urush payti. Qishloq maktabi. Qishloqda bizning askarlarimiz turibdi. Bizlar tengi bir bola dushmanni ko'rishi bilan askarlarimizga xabar qilishi kerak. U shu haqda topshiriq oladi. Bola bir daraxtga chiqib olib, kuzatib turadi. Uzoqdan dushman ko'rinadi. Bolakay shosha-pisha yerga tushib, qishloq tomonga yuguradi. Yo'lda o'q yeb yaralanadi. Ammo shunga qaramay chopib ketaveradi. Qishloqqa yetib olgach, komandirga dushman kelayotganini aytadi va yiqiladi. Shu yerning o'zida joni uziladi.
—   Qani, Ahmad, tur o'rningdan, — dedi o'qituvchi odati bo'yicha. — Xo'sh, bu hikoyaning biz uchun qanday tarbiyaviy ahamiyati bor?
—   Oldin bitta savolim bor, afandim, — dedim o'rnimdan turib. — Shu voqea chindan ham bo'lganmi o'zi yoki fidoyilikka namuna sifatida uni kattalar ichidan to'qiganmi?
O'qituvchi mendan buni kutmagan edi. Shuning uchun ancha dovdirab qoldi. Nima deyishni bilmay biroz o'ylanib turgach:
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:04:22
—   Bu bilan nima demoqchisan?— dedi jahl aralash. — Birov buni ichidan to'qiganmi yoki bo'lgan voqeami — senga buning nima daxli bor?
—   Agar shu bo'lgan voqea bo'lsa ishonish qiyin.
—   Nimaga?
—   Dushmanni kuzatib turish — bu muhim topshiriq. Kelib-kelib o'n bir yashar bolaga shu ish topshiriladimi? Nima, boshqa odam yo'qmidi? Men shunisiga hayron bo'lib turibman. Qolaversa, bolalarning kelajagi uchun hayot-mamot jangi ketayotgan bir paytda yosh bolaga harbiy topshiriq berib, uni...
—   Bu shunchaki badiiy bir hikoya, albatta, — dedi o'qituvchi so'zimni bo'lib. Keyin butun sinfga murojaat qildi: — Xo'sh, Ahmadning gapi to'g'rimi? Sizlar nima deysiz?
Qiy-chuv ko'tarildi. «Noto'g'ri, noto'g'ri», degan ovozlar eshitildi.
Chingiz degan bola dik etib o'rnidan turdi.
—   Bizlar ham fidokor bo'lmog'imiz kerak, afandim. Hikoya bizni shunga o'rgatadi.
Xuddi aqlli gap aytganday kerilib menga qarab qo'ydi.
Mening yonimni olgan yolg'iz Damir bo'ldi.
—   Men ham Ahmadning fikriga qo'shilaman, afandim.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:05:36
O'qituvchi yana butun sinfga yuzlandi:
—   Qani, aytinglar-chi, nima uchun Ahmad bilan Damirning fikri boshqa?
Chingiz yana sapchib turib, chiyillab ketdi:
—   Ularga tekkan kasal bu, afandim. Doim o'zlarini ko'rsatmoqchi bo'lishadi.
Shu payt tanaffusga qo'ng'iroq chalinib qoldi.
—   Bu haqda tanaffusdan keyin yana gaplashamiz - dedi o'qituvchimiz chiqa turib.
Zaynab, rostini aytsam, shu topda qo'ng'iroq chalinib qolganiga juda suyundim. Aks holda qizishib ketib, o'qituvchimizga biror og'ir gap aytib qo'yishim ham mumkin edi.
Darsdan chiqdik. «Ha, bilag'on, qalaysan endi!» — dedi Chingiz kesatib. «Bedavo kasalga yo'liqqan!» — deb Salima yana yaramga tuz sepdi. Kim biladi, balki chindan ham katta ketvorgandirman. Ammo hikoya¬ning o'zi menga yoqmagan bo'lsa nima qilay axir...
Fidoyilik haqida juda ta'sirchan qilib yozilgan edi u aslida. Hikoya hammamizga shu qadar singib ketibdiki, katta tanaffusda hovliga chiqib «urush-urush» o'ynadik. Bolalar daraxtlarning tepasiga chiqib olishdi. O'sha yerdan turib dushmanga qarata pulemyotlardan tarillatib o't ochildi. Hovlidagi daraxtlar bizga kamlik qilib qoldi. Ba'zilarimizga kuzatish nuqtasi yetmadi. Men derazadagi panjaraga osilib, devorga chiqdim. Keyin vodoprovod quvuridan yurib, yo'g'on xodaning ustiga minib oldim. Tanlagan joyimdan mamnun bo'ldim. Bundoq qarasam, ro'paramdagi akatsiya daraxtining ustida Chingiz bilan Husayn joy talashyapti. Ikkovi adi-badi aytishib turishibdi. «Topshiriq senga emas, menga berildi!» — deb baqiradi Husayn.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:06:33
Birdan Husaynning dodlagan ovozi eshitilb qoldi. Hammamiz yerga tushib yugurdik. O'qituvchilar ham chopib kelishdi.
— Daraxtda nima qilib yuruvding o'zi? — o'shqirib berdi ikkinchi sinf o'qituvchisi.
—   Dushman askarlaridan ko'z-quloq bo’lib turgan edim.
Bu gapni eshitib, u rosa hayron bo'ldi.
—   Esing joyidami? Bu yerda dushman nima qiladi?
Haytovur, Husayn yengil yiqilgan ekan, yarasini bog'lab qo'yishdi. Chingiz boyoqish qo'rqib ketganidan qo'l-oyog'i qaltiraydi. Ayb Chingizda ekanini hammamiz bilib turibmiz. Ammo Husayn mard bola ekan, uni sotmadi. O'qituvchi: «Nega yiqilding, kim itarib yubordi?» — deb so'roqqa tutgan edi, Husayn: «Ayb o'zimda, oyog'im toyib, yiqilib tushdim», — deb turib oldi.
Husaynning bu harakati meni jiddiy o'ylantirib qo'ydi. Tanaffusdan keyin yana darsga kirdik. Fikr-xayolim hamon Husaynda edi, o'qituvchi tag'in boy-agi gapni so'rab qoldi.
—   Biror kishi boshqalarga o'zini ko'rsatib qo'yish yoki nom chiqarish uchun fidoyilik qiladigan bo'lsa buni chin ma'noda fidoyilik deb bo'lmaydi, — dedim shartta o'rnimdan turib.
Men bu bilan Husaynning chinakam mardligini nazarda tutgan edim.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:06:47
Ertasi kuni o'qituvchimiz shu xususda boshqa bir hikoyani gapirib berdi. Bir kambag'al bola bo'larkan. Bolaning onasi yotib qoladi. Unga dori kerak, uyda esa pul yo'q. Bola dori sotib olish uchun o'g'rilik qiladi, uni tutib olishadi. O'rtog'i esa butun aybni o'z bo'yniga oladi. U qutulib ketadi.
Yana bilag'onlik qilyapti, deb o'ylamasliklari uchun bu gal indamay qo'ya qoladim, fikrimni aytmadim. Vaholanki, ushbu hikoyada g'irt tentaklikning nomi fidoyilik deb ko'rsatilgan edi.
O'qituvchilarimiz kelishib olishibdi. Bizning sinf bian 5-«B» sinfi o'quvchilari o'rtasida eng yaxshi insho uchun konkurs o'tkaziladigan bo'ldi. Inshoning mavzusi — fidoyilik. Bu konkurs maktabda katta shov-shuv ko'tarib yubordi. Hamma kim g'olib chiqishini bilgisi keladi. O'qituvchimizga qolsa, konkursda men yutib chiqishim kerak. Bunga uning imoni komil. Men shu inshoda fidoyilik haqida o'z bilganlarimni yozishga jazm qildim. O'ziniyam naq uch kun yozdim. Tayyor bo'lgach, uydagilarga o'qib berdim. Yozganlarim hamisha dadamga ma'qul bo'lardi, lekin bunisi unga yoqmadi. Amakimga ham o'qib beruvdim, ensasi qotdi.
Aslida yozgan inshomning mazmuni bunday. Bir bolaning ukasi og'ir betob bo’lib qoladi. Bola bundan qattiq ezilib yuradi. Ukasining og'irini yengil qilmoqchi bo'ladi, lekin ilojini topolmaydi. Oxiri o'ylab-o'ylab bir yo'l topadi. Har kuni o'ringa yotar chog'ida: «E xudo, ukamni o'z panohingda asra. Dardini menga bera qol, roziman», deb pichirlaydigan bo'ladi. Kunlardan birida kechasi u tush ko'radi. Bahaybat bir dev: «Mana, qilgan duoing ijobat bo'ldi. Qani, joningni menga taslim qil!» — deb turgan emish. «Men ukamga fidoyilik qilmoqchi bo'luvdim, jonimni olma!» — deb bola qichqirib yuboradi. Onasi uyg'onib ketadi. Ko'rpang ochilib qolibdi, yotnon tush ko'rgan bo'lsang kerak, o'giim, deb uning ustini yopib qo'yadi. Bola yana uxlab qoladi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:07:18
Fidoyilikni qandoq o'ylashimni tushuntira olibmanmi? Men bu inshoda fidoyilik uchun qilinadigan fidoyilik ustidan kulmoqchi bo'lgan edim.
To'rtinchi va beshinchi sinf o'quvchilarini katta zalga to'plashdi. O'qituvchilar ham yig'ildi. Bizning sinfimizdan olti, 5-«B» dan esa besh bola konkursda qatnashadigan bo'ldi. Qur'a tashlandi. Nomerimizni bilib oldik. Men sakkizinchi bo'lib inshoni o'qib berdim. Direktor bilan o'qituvchilarning yuzi burishganday bo'ldi, demak, ma'qul kelmapti. Lekin zaldagi bolalar eng ko'p menga chapak chalishdi. Hamma o'z inshosini o'qib bergach, o'qituvchilar baho chiqa¬rish uchun boshqa xonaga o'tishdi.
Ular chiqib ketishi bilan zalda to's-to'polon ko'tarildi. Har kim yonidan rezinka rogatkani oldi, o'zaro otishma boshlandi. To'g'risini aytsam, shu kunlarda rogatka maktabimizda rasm bo'lib qolgan. Rogatkasiz yurmaydigan o'g'il bola yo'q. O'qini qog'ozdan qilishadi-yu, lekin tekkan joyi biram achishadiki... Men o'zim bu masalada sal noshudroq-man, otgan o'qim hecham mo'ljalga tegmaydi. Hatto tosh irg'itishni ham bilmayman. O'rtoqlarim nuqul meni qiz bolaga o'xshab tosh otasan, deb kalaka qilishadi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:07:29
Bir payt gardanim igna sanchilgandek qattiq achishib ketdi. Jonholatda yonimdagi bolaning qo'lidan rogatkasini tortib olib, tez-tez o'qladim. Rezinkani obdan cho'zib turib, bir otdim... Bilasanmi, Zaynab, o'q kimga tegdi? Shu payt zalga o'qituvchilar bilan direktor boshlashib kirib qolsa bo’ladimi! Moijallagan odamim bir chekkada qolib, o'qim to'g'ri direktorning gardaniga borib tegdi-ya! Ana rasvogarchilik!
Direktor janoblari gardanlarini ushlaganlaricha bizga darg'azab bo'lib o'qraydilar.
—   Kimning ishi bu? Kim otgan bo'lsa, bu yoqqa chiqsin! — deb o'shqirdi 5-«B» sinf o'qituvchisi.
Boshimni egib, endi turaman deganimda o'qituvchimiz:
—   Agar gunohkor o'rnidan turmasa, hammangiz uning kasriga qolasiz. Hech kimni bu yerdan chiqarmaymiz! — deb dag'dag'a qildi.
Konkurs musobaqasi bir yoqda qolib ketdi.
—   Men otgandim, — dedim o'rnimdan turib. Direktor yuzimga tikilib qaradi.
—   Yo'q, otgan sen emassan!
—   Men edim.
—   Men odamlarni bir qarashda bilib olaman. Sen gunohkorga o'xshamaysan. Ko'rib turibsanki, aybni hech kim bo'yniga olmayapti, o'rtoqlaringni og'ir jazodan qutqazish uchun endi sen o'zingni tutib beryapsan. Sen bu noma'qulchilikni qilmagansan. Holbuki bu gap mening xayolimda ham yo'q edi.
—   Ataylab qilganim yo'q, afandim... Tasodifan bo'ldi... Boshqa odamga otmoqchiydim. Qo'limdan chiqib ketdi...
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:07:43
Direktor sahnaga chiqib oldi.
—   Mana, bolalar, ko'rdingizmi, fidoyilikning asl namunasi bu. Garchi aybdor bo'lmasa ham o'rtog'ingiz sizlarni jazodan qutqarish uchun o'zini fido qilyapti. Undan o'rnak olsangiz bo'ladi. Shu olijanob himmati evaziga sizlarga endi jazo bermayman. Gunohingizni kechirdim. Yozgan inshosi unchalik yaxshi bo'lmasa ham mana shu ibratli ishi uchun uni bugungi konkursning g'olibi deb e'lon qilaman.
Nima ahvolda qolganimni tushunyapsanmi, Zaynab? Fikrlarim chuvalashib ketdi. Aybdor birpasning ichida qahramon bo'lib qolganiga nima deysan? Nahotki fidoyilik bilan sho'xlikning o'rtasida hech qanday farq bo'lmasa?!
Maktab juda jonimga tegdi. Tezroq kitob-daftardan qutulsam deyman-u, lekin dadam o'zi o'qimagani uchun butun orzu-umidini menga tikkan. Litseyni bitirganimdan keyin meni oliy ma'lumot olish uchun chet elga yubormoqchi. Shu xususda hozirdanoq dadam bilan oyimning murosasi kelishmay turibdi. Oyimning meni yuborgani ko'ngli yo'q, sog'inib qolaman, deydi.
Bilmadim, senga qandayu, lekin mening nazarimda vaqt juda sekin o'tayotganga o'xshaydi. Katta imtihonlarga necha kun qolganini hisoblab yurish uchun o'zimga qo'lbola kalendar qilib olganman. Yakshanba va kanikullar hisobga olinmasa, imtihonlarga ko'pam vaqt qolgani yo'q. Lekin harholda kunlar imillab o'tyapti-da.
Senga hamisha shod-xurramlik va sihat-salomatlik tilayman.
Ahmad Tarbay.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:09:13
Sendan buni kutmagan edim

Istanbul, 7-dekabr, 1963-yil.

Ahmad!
Menga kanda qilmay xat yozib turganing uchun rahmat. Eng so'nggi xatingni o'qir ekanman, qiziq-qiziq voqealar faqat senda uchrar ekan-da, deb o'ylab qoldim. Yoki sen bularni ataylab bo'rttirib yozyapsanmi? Har gal xatlaringni zavq bilan o'qib chiqaman. Endi men ham qo'limdan kelganicha sendan o'rga-nishga harakat qilaman.
O'tgan kuni bizning sinfimizda ham qiziq bir hodisa ro'y berdi. Tanaffusga chiqqanimizda rosa miriqib kuldik. Darsda kulishga imkon bo'lmadi, chunki o'qituvchimiz haddan tashqari jig'ibiyron bo'lgan edi.
Menga taqlid qilmoqchi bo'lib, haqiqatni bo'rttirib yozyapti, deb o'ylama. Men bor gapni oqizmay-tomizmay aytib beraman. Ichimdan hech narsa qo'shmaslikka harakat qilaman.
Dastlab men seni shu voqeaning qahramoni bilan tanishtirib o'tay.
Sinfimizda Usmon degan bir bola bor. O'zi a'lochi. Hisobga ayniqsa usta. Hamisha saranjom-sarishta yuradi. Dovotida nuqul rang-barang qalamlar bo'ladi, hammasining uchi silliq qilib ochilgan. Nega uning qalamlari hecham sinmaydi, heb hayron bo’laman. Men bunday qilolmayman. Qalamlarim o'zidan o'zi yerga tushib sinaveradi. Kerak bo'lib qolganida papkamdan birorta ham uchi butun qalam topolmayman. Oyim shunisiga ham shukur qil, deb meni yupatadi. Chunki opam o'qiganda papkasida umuman qalam turmas ekan, doim yo'qotib yurarkan. Demak, men opamga qaraganda ancha sarishta ekanman.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:09:30
Usmonning yozma ishlari biram ko'rkam bo'ladiki! Harflari marvarid donasiga o'xshab alohida-alohida ajralib turadi. Yozma ishining har bir betini rangli qalam bilan chiroyli qilib bezaydi. Ko'rgan kishining havasi keladi. O'qituvchimiz uning ishlarini hamisha bizga o'rnak qilib ko'rsatadi. Men ham Usmonga o'xshab chiroyli va ozoda yozmoqchi bo'laman-u nuqul xatim suykalib, siyohlar chaplashib ketadi.
Sizlarda qandoq, bilmadim-u, ammo bizning o'qi¬tuvchimiz xudoning bergan kuni sinfda yozma ish o'tkazadi. Bu ham yetmagandek kun ora uyga har xil savollar berib yuboradi. Bularga ham yozma javob berishimiz kerak.
Bir kuni Usmon:
—   O'qituvchi hamma yozma ishlarimizni o'qishiga ko'zim yetmaydi, — deb qoldi.
Men hayron bo'ldim.
—   O'qimaydigan bo'lsa, nega bizni ovora qiladi?
Usmon fikrida qat'iy turib oldi.
—   Xo'sh, o'qimasligini nima bilan isbot qilasan? — luqma tashladi bir bola.
—   Ko'rinib turgan narsa bu. Mana, xomcho't qilib ko'raylik. Har kuni bir marta yozma ish o'tkazadimi?
—   To'g'ri, — bir og'izdan tasdiqladi hamma.
—   Kun ora uyga ham yozma ish berib yuboradimi?
—   Shundoq.
—   Mana endi hisoblab ko'ramiz. Sinfda nechta o'quvchimiz? Ellik ikkimi?
—   Ha.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:09:59
—   Demak, o'qituvchimiz bir kunda ellik ikkita inshoni o'qib chiqishi kerak. Bundan tashqari, kun ora uyga ham vazifa beradi. Bir kunga yigirma oltitadan to'g'ri keladi. Boyagi ellik ikkiga yigirma oltini qo'shsak, yetmish sakkiz bo'ladi. Demak, bir kunda yetmish sakkizta ishni o'qib chiqishi kerak ekan. Qani, aytingchi, uyiga qaytgach, u yozma ishlarimizni qachon ko'ra boshlaydi?
—   O'zi biladi. Senga nima?
—   Hisobga kerak axir. Bitta ishni necha minutda ko'rib chiqish mumkin?
Usmon darrov hisoblab chiqdi. Ma'lum bo'lishi-cha, hamma yozma ishlarni ko'rib chiqish uchun kamida o'n bir soat vaqt kerak bo'larkan. O'qituvchimiz kechasi bilan uxlamay o'qigan taqdirda ham bunga vaqti yetmas ekan.
Buni eshitib, bolalar churq etmay qolishdi.
—   Harholda o'qisa keragov, — dedim jimlikni buzib.
—   Ha, albatta, yozma ishlarimizni ko'rishga ko'radi, — javob berdi Usmon. — Lekin hammasini emas, tanlab ko'radi.
Oradan bir-ikki kun o'tgan edi, qizlardan biri menga:
—   Usmonning taxmini to'g'riga o'xshaydi, — deb qoldi. Keyin bir voqeani aytib berdi.
Dugonamning uyi o'qituvchinikiga yaqin ekan. Ertalab maktabga kelayotganida birdan shamol ko'tarilibdi. Bundoq qarasa, yerda har xil qog'ozlar sochilib yotganmish. Kerakli narsa bo'lmasin tag'in, degan xayolda u engashib bir varaq qog'ozni olibdi. Bundoq o'qib qarasa, o'zining kechagi yozma ishi emish. Oldiniga hayron bo’libdi. Bu yerga qayerdan kelib qoldiykin, deb atrofiga alanglabdi. Keyin o'qituvchimizning uyi oldidagi axlat qutisiga ko'zi tushibdi. Quti to’la qog'oz emish.
—   Ishonmasang, mana, o'zing ko'r! — deya u menga qo'lidagi g'ijim qog'ozni uzatdi.
—   Yozma ishlarimizni ko'rib chiqqandan keyin biror yerga tushlaydi-da. Nima, ularni sandiqqa bisot qilib bosib qo'ysinmi? — dedim pinagimni buzmay.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:10:39
Tarix darsi edi.
—   Hozir o'qituvchimizni bir sinab ko'raman. Qani, yozma ishlarni ko'rarmikin yoki yo'qmi, — deb qoldi bir payt Usmon.
—   Nima qilmoqchisan?
—   Keyin ko'rasan.
—   O'qituvchimiz savollarni doskaga yozdi. Hammasiga yozma javob berishimiz kerak. Mana, o'sha savollar: «Daftardor, nishonchi, beglarbegi, ajami o'g'lon deb kimga aytilgan? Sulton Ibrohim davriga tushuntirish bering».
Usmon tanaffusda nima ish qilganini gapirib berdi. Rosa kulishdik. Gapiga qaraganda, u sulton Ibrohim davriga tushuntirish berayotganida ozgina to'g'ri gap qilibdi-da, buyog'ini ichidan to'qibdi. Keyin sulton Ibrohimga atab bir xat yozibdi. Xatning boshiga: «Tentaklarning tentagi bo'lgan sulton Ibrohim tog'a!» deb yozib qo'yibdi.
Shundan keyin boshqa savollarga o'tibdi. Yozgan javoblari shu emish.
«Beklarbegi — Bosfor bo'yidagi bekatning nomi».
«Daftardor — daftari bor odam».
«Nishonchi — mergan degani. Sinfimizdagi Chetin degan bolaning laqabi shunaqa. Biz uni ko'r mergan, deb chaqiramiz. Chunki futbol o'ynab qolsak, darvoza bir chekkada qolib, u nuqul to'pni derazaga qarab tepadi. Uning dastidan maktabda butun oyna qolgani yo'q».
«Ajami o'g'lon — sinfimizdagi Rizo degan bola¬ning naq o'zi. Hecham lanka o'ynashni bilmaydi. Nuqul bizga malaylik qilgani qilgan».
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:14:53
Usmonning gaplariga uncha ishonmadik. Harhol¬da aravani quruq olib qochgan bo'lsa kerak.
Ertasiga u toza hadiksirab yurdi. Ikki-uch kungacha yuragini hovuchlab turdi-yu, lekin o'qituvchi bir og'iz bir nima demaganidan keyin ancha o'zini bosib oldi. Shu-shu u ko'zbo'yamachilikka o'rganib qoldi. Aytishicha, savollarga bir-ikki qator to'g'ri javob berarkanda (o'qituvchining ko'zini shamg'alat qilish maqsadida), buyog'iga xohlagan narsasini yozaverarkan.
Usmon bizni laqillatyapti, deb o'ylab yiirgan edik, lekin kechagi voqeadan keyin sira shubha qolmadi.
Voqea bunday bo'ldi. Birinchi darsga kirib, sinfda o'tirgan edik. Saldan keyin eshik ochilib, o'qituvchiniiz kirib qoldi. Doim xushchaqchaq yuradigan odamning bugun qovog'idan qor yog'ilib turibdi. «Salom, bolalar!» deb o'dag'aylaganicha joyiga borib o'tirdi.
—   Qani, Usmon, o'rningdan tur-chi! Usmon joyidan qo'zg'aldi.
—   Yaqinroq kel!
Usmon Lining oldiga bordi.
—   Bolalar, ikki kun oldin men tabiat darsi bo'yicha sizlardan yozma ish olgan edim. Esingizdami? Mana hozir sinfdoshingiz Usmon yozgan ishini hammamizga o'qib beradi.
Usmon lavlagidek qizarib ketdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:15:06
—   Qani, o'qib ber-chi! Nima yozgan bo'lsang, barini o'qi! Savollarni ham qo'shib o'qi! — deb o'qituvchi qo'lidagi ishni unga uzatdi. Usmon noiloj o'qiy boshladi.
«Savol 1. Shamol nima? U qanday hosil bo'ladi?
Javob. Havo isigandan keyin uning hajmi kengaya-di, og'irligi kamayadi, natijada u tepaga ko'tariladi».
—   O'qi, o'qi, davomini o'qi!
—   Tepaga ko'tarilgan shamol... shamol... shamol... Usmon g'oidirab qolgan edi, o'qituvchi o'shqirdi:
—   Ha, shamolga nima qipti?!
—   Shamol «Galatasaroy» komandasiga ko'p halaqit berdi. O'yinning birinchi yarmida «Galatasaroy» komandasi shamolga qarshi o'ynadi. Lekin shunga qaramay galatasaroychilar chiroyli kombinatsiyalar ishlatib, zo'r mahorat ko'rsatishdi. O'yin juda shiddatli bo’ldi. «Anqarakuchi» komandasi galatasaroychilarning hujumiga bardosh berolmadi. Qattiq kurash vaziyatida o'tgan bu o'yinda «Galatasaroy» futbol komandasi 2:1 hisobi bilan yutib chiqdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:15:20
«Savol 2. Bo'ron deb nimaga aytiladi?
Javob. Sekundiga yigirma metrdan ko'p tezlik bilan esadigan shamol bo'ron deb ataladi. «Galatasaroy» komandasi «Mitxatposho» stadionida chinakam bo'ron yasab turgan edi. Ammo sudya o'z vazifasini yaxshi eplolmadi. Metin Shukriga bo'rondek hamla qilgan edi, Shukri oyog'ida turolmay yiqilib tushdi. Sudya buning uchun penalti berdi. Stadionda o'tirgan futbol ishqibozlari bundan qattiq g'azablandilar».
Kulgidan o'zimizni zo'rg'a tiyib o'tiribmiz. Oramizda piqirlab kulganlar ham bo'ldi. Usmonning ovozi titray boshladi. Xijolatpazlikdan yig'lab yuboradigan holi bor.
—   Bu nima qilganing, Usmon?
Usmon o'qituvchiga javob berish o'rniga yuzini teskari oldi.
—   Men seni yaxshi o'quvchim deb bilardim. Bu ishni sendan kutmagan edim. Bor, joyingga o'tir!
Rostini aytsam, Usmon qo'lga tushganidan ich-ichimdan xursand bo'ldim.
—   Xo'sh, qalaysan endi! — deb tanaffusda uni mayna qildim. — Yozma ishlarimizni tekshirar ekanmi?
Ittifoqo o'sha kuni kechqurun uyimizga mehmon keldi. Oyimning dugonasi ekan. Men uni ilgari hecham ko'rmaganman. Mehmon qaysi maktabda, nechanchi sinfda o'qiysan, deb mendan so'rab qoldi. Men javob berdim.
—   Mualliming yaqin do'stim bo'ladi, — dedi u javobimni eshitgach. Keyin oyimga o'girilib, qiziq gapni aytib berdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:15:40
—   Kecha bir ko'rib o'tay, deb o'shaning uyiga borgan edim. Antiqa bir ish bo’ldi. Stolining ustida bir quchoq qog'oz uyulib yotgan ekan. Bu nima, deb so'rasam, o'quvchilarimning yozma ishi, dedi. Shuncha ishni qachon o'qib chiqasan, ulgurmaysan-ku, deb hayron bo'ldim. «Ajoyib o'quvchilarim bor. Birortasining daftarini beraymi, o'qib ko'rasanmi?» — deb qoldi. Tanlab-tanlab, birini uzatdi. Bolaning xati chiroyli ekan, juda ravon yozibdi. Sarlavhalarning ostini rangli qalam bilan erinmay chizib chiqibdi. Muhim so'zlarning ostiga ham qalam tortilgan. Yozma ish shamol haqida ekan. Ozgina o'qishim bilan og'zim ochilib qoldi. Bolasi tushmagur shamolni tushuntirib berish o'rniga, «Galatasaroy — Anqarakuchi» komandalari o'rtasidagi futbol o'yinini ta'riflabdi. O'ziyam toza miriqib kuldim. Do'stim hayron bo'ldi. Nega kulayotganimni so'radi. Yozma ishni o'ziga berdim. O'qib chiqdi-yu, tepa sochi tik bo'lib ketdi. Men uni yaxshi o'quvchim deb yurardim. Shu ishni qiladi, deb o'ylamovdim, dedi.
Usmon yana haq bo'lib chiqdi. Ochig'ini aytsam, men ham o'qituvchimizdan shu ishni kutmagan edim. Qattiq ranjidim.
Mana, bo'lgan voqeaning hammasini yozdim.
Omon bo'l, qadrdon do'stim Ahmad. Tez-tez xat yozib tur. Xo'pmi? Sinfdosh o'rtoqlardan ham darak ber. Xatingni kutaman.
Zaynab Yolqir.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:16:27
Vijdon azobi

Istanbul, 7-dekabr, 1963-yil.

Zaynab!
Nima yozsam, shuni maqtayapsan. Bu bilan sen meni yaxshiroq yozishga da'vat etyapsan. Iliq gaplaring uchun rahmat. Bir xatingda: «Sen nuqul kuladigan narsalarni yozasan», degan eding. Esingdami? Bu galgisi kulgidan yiroq, yurakni ezib yuboradi. Voqeani o'qituvchidan eshitdik. Bizga juda-juda ta'sir qildi.
Tunov kuni darsda Husayn kitobdan bir nimani o'qib berayotgan edi, vijdon azobi, degan birikmaga duch keldi. O'qituvchimiz uni to'xtatib, vijdon azobi nima ekanini bizga rosa tushuntirib berdi. Keyin: «Mana shunga vijdon azobi deyiladi. Tushunarlimi?» deb so'ragan edi, hammamiz «tushunarli, tushunarli», deb aytdik.
—   Tushunarli bo'lsa endi bunga misol keltiramiz.
   Yashar qanaqa bola ekanini o'zing bilasan. Hozir ham orqa partada o'tiradi. Fikri darsda emas, boshqa narsalarda. Dam yonidagi markalarini sanasa, dam qog'ozga rasm chizib o'tiradi. O'qituvchi to'satdan Yasharni chaqirib qoldi.
—   Qani, Yashar, sen ayt-chi, vijdon azobiga hech uchraganmisan?
Yashar o'qituvchining oldingi gaplarini sira eshit-magandi. Chunki o'yin bilan ovora edi. Lekin quv bola emasmi, «ha, dedim, tutildim, yo'q, dedim, qutildim», qabilida ish ko'rganim ma'qul, deb o'yladi. Shuning uchun:
—   Yo'q, afandim, sirayam vijdon azobiga uchramaganman, — deb javob berdi.
—   Iya, bu qandoq bo’ldi? Vijdoning hecham azoblanmaganmi?
—   Hecham, afandim.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:16:44
Nash'a hamisha mahmadonalik qiladi. O'qituv¬chining ko'ziga bo'zrayib qarab turadi-da, sekin qo'lini ko'taradi. Shundayam tinch o'tirolmaydi, hadeb:
—   Men aytib beray. Menga so'z bering, menga so'z bering, — deb javrayveradi.
—   Ha, mayli. Nash'a, sen aytib beraqol. Qani, necha marta vijdon azobini tortgansan, nima voqea ro'y bergan, eshitaylik-chi?
—   Vijdon azobiga ko'p uchraganman, — javob berdi Nash'a kerilib.
—   Bo’lmasa eshitaylik.
—   Qaysinisini aytib beray?
Sinfdagilar sharaqlab kulib yubordi. Sho'ring qurg'ur Nash'a vaqtdan yutmoqchi bo'lgan edi-da. O'qituvchimiz ham miyig'ida kulib qo'ydi.
—   Obbo Nash'a-ey! Vijdoning juda ko'p azob tortgan ekan-da? Mayli, o'zingga ma'qulini gapirib beraver.
Nash'a odatdagidek g'o'ldiray boshladi. Odatini o'zing bilasan, hamisha shunaqa qiladi. Gapni rosa rezinkaday cho'zadi. Bu safargisi ayniqsa oshib tushdi. Oxiri:
—   Kattaga izzat, kichikka hurmat ko'rsatish kerak, — deb ming'illadi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:16:59
Uning bu nasihatomuz gapi o'qituvchini ham qiziqtirib qo'ydi.
—   Xo'sh, innaykeyin? — so'radi u Nash'ani batar hovliqtirib.
—   Bir xotin o'g'liga shu gapni aytib turgan ekan, qo'qqisdan ko'cha eshigi taqillab qopti. Boyagi xotin derazadan mo'ralab qarasa, qaynotasi emish. Darhol o'giini chaqiribdi-da: «Bor, eshikni och, buvang keldi, meni so'rasa, uyda yo'qlar deb ayt», debdi. Bola yugurib borib eshikni ochipti, keyin: «Buvajon, oyim uyda yo'qlar, ko'chaga chiqib ketuvdilar», debdi. Buni eshitgan chol nevarasiga: «O'g'lim, oyingga borib ayt, ko'chaga chiqib ketadigan bo'lsa kallasini derazaga qo'yib ketmasin», deb orqasiga o'girilib ketaveribdi.
Nash'a gapini tugatgach, chuqur tin oldi.
—   Bu gapning senga aloqasi bormi?
—   Yo'q, men buni bir jurnalda o'qigan edim.
—   Unday bo'lsa buning senga nima daxli bor?
—   Menga emas, o'sha bolaning onasiga daxli bor. Vijdon azobini u tortgan.
O'qituvchimiz hammadan bir-bir surishtirib chiqdi. Ma'lum bo'lishicha, oramizda hech kim vijdon azobiga uchramagan ekan. Hamma birovlarni misol qilib keltirdi.
—   Demak, sizlar vijdon azobi nimaligini hali bilmas ekansizlar,— dedi o'qituvchi savol-javobdan keyin. — Biror shaxs biror nojo'ya ish qilgan va keyin o'zi pushaymon bo'lgan taqdirda, u vijdon azobiga duchor bo'ladi. Uning bu nojo'ya harakati kimgadir og'ir botishi kerak.
O'qituvchi biroz o'ylanqirab turdi-da, keyin qo'shimcha qildi:
—   Hozir men sizlarga bir voqeani aytib beraman. Vijdon azobi uchun juda mos bu.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:17:22
Hammamiz jim bo'ldik.
—   U paytlari biz litseyda o'qirdik. Direktorimiz juda badjahl odam edi. O'qishlarni boshlab yuborganimizga endi ikki-uch kun bo'lgan. Sinfimizda yangi bola paydo bo'ldi. Boshqa maktabdan o'tgan ekan. Hali uning isminiyam bilmasdik. U doim bir qo'lini shimining cho'ntagiga tiqib yurardi. Hali yaxshiroq tanishib olmaganimiz uchun nega bunday qilib yurishini so'ramagan edik.
Bir kuni katta tanaffusda litsey hovlisida o'ynab yurgan edik, birdan direktor kelib qoldi. Yangi bolaga ko'zi tushgan bo'lsa kerak, darhol uni chaqirdi. Bola yugurib oldiga keldi. Kelishga keldi-yu, lekin cho'ntagidan qo'lini olmadi.
O'yin taqqa to'xtadi. Bolaning qo'li hamon cho'ntakda. Hammamiz xavotirga tushdik. Chunki direktor qanaqa badjahl odam ekanini bilamiz.
—   Nega qo'lingni cho'ntakka tiqib turibsan? — o'dag'ayladi u. Yangi bola boshini quyi solganicha churq etmay turaverdi.
—   Chiqar qo'lingni!
Direktor qattiq o'shqirdi. Bola qimir etmadi.
—   Karmisan, senga aytyapman!
—   Eshitdim, afandim, — zo'rg'a javob berdi u.
—   Eshitgan bo'lsang, nimaga serrayib turibsan? Ol qo'lingni cho'ntakdan!
Bola sekin boshini ko'tarib, atrofini o'rab olgan tengqurlariga, keyin qarshisida turgan direktorga mo'ltirab qaradi. Ammo cho'ntakdagi qo'lini qimir-latmadi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:17:33
—   Bezorixona emas bu yer! Aytgan gapni qil, ablah!
Qoni qaynagan direktor qulochkashlab turib bolaning yuziga qattiq tarsaki tushirdi. Bola gup etib yerga ag'darildi. Shimining cho'ntagiga tiqilgan chap yengi shalvirab, yoniga tushdi.
Hamma turgan joyida qotib qoldi. O'rtaga mud-hish sukunat cho'kdi. Direktor surat bo'lib qolgan edi.
Bola qo'lsiz ekan. Bir qo'li yo'qligini bizga bildir-maslik uchun yengini shimining cho'ntagiga qayirib yurarkan.
Direktorning ko'ziga yosh keldi. Yerga engashib bolani o'rnidan turg'azdi. Keyin siniq ohangda:
— Shuni ilgariroq aytsang bo'lmasmidi, bo'tam, — deganicha uni qo'ltig'idan olib, xonasiga boshlab ketdi.
O'sha kungi voqeadan keyin qo'lsiz bolani maktabda qayta ko'rmadik. Bola bechora umuman maktab ostonasiga boshqa qadam bosmadi. Direktor uning uyiga borib o'zidan va ota-onasidan kechirim so'radi. Maktabga qaytib kelsin, o'zim unga qarab yuraman, deb yalindi hamki, bola bu dargohga qayta qadam bosmadi.
O'qituvchimiz hikoyasini tugatgach, sinfga chuqur jimlik cho'kdi. Hammani og'ir xayollar chulg'ab oldi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 22 Mart 2010, 01:17:48
Tanaffusga qo'ng'iroq chalindi.
—   Shu voqeadan keyin, litsey direktoriga sinfdan chiqayotib, — vijdon azobi shunday bo'ladi, — dedi.
—   O'qituvchining o'ziyam boshqa odamlarning vijdon azobini gapirib berdi-ku, — hayron bo’ldi Nash'a ancha sergaklanib olgach.
Darvoqe, to'g'ri. O'qituvchimiz ham xuddi bizga o'xshab birovlarning boshidan kechgan voqeani aytib bergan edi.
O'g'ilbola gapni Yashar aytdi:
—   Masala ravshan, bolalar. Vijdon azobi degan narsa egasining esida turmas ekan. Hamma birovlarnikini aytib yurarkan.
Ertasi kuni Damir yangi gap topib keldi.
—   Men buni dadamdan so'radim. Dadam bolalarda vijdon azobi bo'lmaydi, chunki ular hali balog'atga yetmagan, deb aytdilar. Vijdonsizlik ko'proq kattalarning qo'lidan kelarkan.
Bilaman, eng to'g'ri gap shu. Xo'sh, sening fikring qalay? Shunga qo'shilasanmi?
Har kuni o'qishdan kelgach, oyimdan menga xat bormi, deb so'rayman. Meni xursand qilmoqchi bo'lsang, tezroq javob yoz. Yaxshi kunlar yor bo'lsin senga, Zaynab.
Ahmad Tarbay.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:12:58
Sakkiz qizning otasi

Anqara, 10-dekabr, 1963-yil.
Ahmad!
7-dekabrda yozgan xatingni oldim. O'qituvchingiz juda alamli voqeani gapirib bergan ekan. Direktordan kaltak yeb, yerda cho'zilib yotgan nogiron bola hamon ko'z o'ngimda turibdi. Biram yuragim ezilib ketdiki...
Sinfimizda Hikmat degan bir qiz bor. Shu dugonam yaqinda menga bir gap aytgan edi, senga yozay-mi, yo'qmi, deb rosa ikkilandim. Oxiri uning aytganlarini xatga solishga qaror qildim. Sababi shuki, Hik¬mat bu gapni sinfda hech kim bilmasin degan edi. Men ham hozirgacha birovga aytganim yo'q, sir saqlab yuribman. Sen Hikmatni tanimaysan, binobarin, uning sirini senga aytgan bilan so'zimdan qaytgan bo'lmayman. Shundaymi?
Men bu bilan dugonamning g'iybatini qilmoqchi emasman. Masala ancha jiddiyroq, meni juda o'ylantirib qo'ydi. Bu haqda sening fikringni ham bilmoqchiman.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:13:09
Maktabga yangi kelgan kunlarim Hikmatga uncha e'tibor bermagan ekanman. Beozorgina yuradigan, kamgap qiz edi. Oldiniga men uni o'g'il bola deb yurgan edim. Ko'rgan odam uni chindan ham o'g'il bola deydi. O'g'il bolalarga o'xshab kiyinib yuradi, sochlari ham kalta qilib qirqilgan. Juda nimjon. Tanaffus paytida qizlarga ham, o'g'il bolalarga ham qo'shilmaydi, ancha odamovi. Kimligini otiga qarab ham bilib bo'lmaydi. Hikmat degan ism o'g'il bolalardayam, qizlardayam bor.
Bir kuni fizkultura darsi ketayotgan edi. O'qituvchi bolalarni ikki to'pga bo'ldi — qizlar bir tomonda, o'g'il bolalar boshqa tomonda. Hikmat qizlar to'dasiga borib turdi. Oldiniga tushunolmay hayron bo'ldim. Shundagina lining qiz bola ekanini bildim. Juda qiziqib qoldim.
Bir kuni Hikmat maktabga ruhi qattiq ezilgan holda keldi. Sababini so'rasam, aytmadi. Juda qistaganimdan keyin oxiri:
—   Rostini aytsam, men ham bor gapni aytib, bir oz yengil tortgim keladi, — dedi. — Ammo hammaning og'ziga tushishdan qo'rqaman.
Men hech kimga aytmaslikka so'z berdim. Shundan keyingina u butun dardini to'kib soldi. Otadan ular sakkiz farzand ekan. Hammasi qiz bola emish.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:13:26
Hikmatni ba'zan maktabga o'zidan kattaroq bir bola olib kelguvchi edi. Men akasi bo'lsa kerak, deb o'ylab yurardim.
—   Bo’lmasa u bola senga kim bo'ladi? — deb so'radim.
—   Opam-ku u. Kiyimini ko'rib hamma uni o'g'il bola deydi.
Hamma opalari shunaqa kiyinib yurisharkan.
Sababini so'radim.
—   Dadamning ra'yi shu.
—   Xo'sh, nima qipti? Shunga ham xafa bo'lasanmi?
Gapiga qaraganda, otasi o'g'il ko'rishni orzu qilarkan. To'ng'ichiga qiz tug'ilganda rosa ko'ngli o'ksib yuribdi. Ha, mayli, keyingisi o'g'il bo'lar, deb o'zini ovutibdi. Hatto irim qilib, chaqaloq tug'ilmas-danoq ismini o'ylab qo'yibdi. Tanlagan ismi o'g'il bolaniki ekan. Go'yo bola ismga qarab tug'iladigandek... Uning yana omadi kelmaptimi yoki aksiga olibmi, xullas, ikkinchisiga ham qiz ko'ribdi. Ota necha haftagacha kar-soqov bo'lib yuribdi. Tanish-bilishlari uni yupatib, «hali yoshsan, yana ko'p farzand ko'rasan», deydigan bo'lsa, «bular ham qiz bo'lsa nima qilaman», deb ich-ichidan kuyunarmish. Yana farzand ko'radigan bo'lishibdi. Uchalasi ham ketma-ket qiz bo'lmas axir. Ota shu umid bilan yana o'g'il bolaning ismini mo'l qo'yibdi. O'ziga ishonib yuborganidan xotinini tug'ruqxonaga jo'natishi bilan oshna-og'aynilarini uyga chaqirib, ziyofat qilib beribdi. Ziyofat ayni qizib turganida tug'uruqxonaga tele-fon qilgan ekan, yana qiz ko'rganini aytishibdi. Buni eshitib hushi boshidan uchibdi. Lekin nomusi zo'rlik qilib, mehmonlarga buni bildirmabdi. Hammaga o'g'il ko'rdim, deb e'lon qilibdi. Xotini bilan qizlariga po'pisa qilib, birovga gullab qo'ymasliklarini qattiq tayinlabdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:13:43
O'g'iltalab ota o'ylab-o'ylab oxiri xotinidan ajralishga qaror qilibdi. U o'g'il tug'maydigan xilidan ekan, degan fikrda xotinini qo'yib, boshqasiga uylanibdi. Taqdirning taqozosini qaraki, yangi kelinchak bir yoia egizak qiz tug'ib beribdi... Oldingi xotini boshqa kishiga turmushga chiqib ketgan ekan, arslon-day o'g'il ko'ribdi. «Ahmoq ekanman, xotinimning endi o'g'il tug'adigan payti kelganda qo'yib yuborib, chakki ish qilgan ekanman», deb boyoqishning ichidan rosa qirindi o'tibdi.
O'g'il dog'ida kuyib yurgan ota beshta qiz ko'rga-niga nomus qilibdi. Endi nima degan odam bo'ldim, oshna-og'aynimning yuziga qandoq qarayman, degan andisha bilan boshini olib, boshqa yurtlarga ketibdi. Oradan ancha vaqt o'tgandan keyin uyiga qaytib, ikkinchi xotinini ham taloq qilibdi.
Hikmat bu tafsilotlarni boshqalardan eshitgan ekan, menga ham shu eshitganlarini gapirib berdi.
O'g'il ko'rishni niyat qilib olgan bu odam endi bir beva xotinga uylanibdi. Beva uchta o'g'il ko'rgan ekan, shuning uchun o'g'il tug'ishning qonun-qoidasini bilsa kerak, deb o'ylabdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:14:10
Karnay-surnay bilan to'y qilishibdi. Er yana bir ismni tanlab, orzu-umid bilan xotinini tug'uruqxona¬ga kuzatib qo'yibdi. Bu gal ham oshna-og'aynilariga katta o'tirish qilib beribdi. Dam-badam dasturxon
tepasidan turib, tug'uruqxonaga telefon qoqarmish. Xullas, yarim kechaga borganda natija ma'lum bo’libdi. Qovoq-tumshug'i osilibdi-yu, lekin sirni boy bermabdi. Mehmonlar:
—   Ha, qalay, o'gilmi, holva? — deb so'rashgan ekan:
—   Erkakning xo'roziga xo'roz munosib-da, ha! — debdi kerilib. Ammo boyoqishning ichiga chiroq yoqsa yorimasdi o'shanda.
Dugonam Hikmat shu zaylda dunyoga kelgan ekan. Oltinchisiga ham qiz ko'rgan sho'rlik ota noiloj keyingisidan umid qilishga majbur bo’libdi. Peshonasi sho'r ekanmi, yana umidi puchga chiqibdi — qiz ko'rishibdi. Shundan keyin ancha vaqt xotini tug'may yuribdi. Eri endi bo'ldi, qo'yaman, deb yurganida xotini yana og'iroyoq bo’libdi.
— Yana qiz tug'adigan bo’lsang, o'shanaqasi ketaver, uyga qaytib kelma! — deb po'pisa qilibdi eri uni tug'uruqxonaga eltib.
Hikmatning onasi ham: «Ilohim o'g'il bo’lsin», deb ko'p zorlanibdi-yu, ammo duosi ijobat bo’lmabdi. Yana qizmish. Bunisiga Suad degan ismni tanlab qo'yishgan ekan. Suad bo’lsa Suad-da! O'g'il bola-gayam, qiz bolagayam bo’laveradi bu ism.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:14:37
Hikmatning onasi tug'uruqxonaning bosh hamshi-rasiga yig'lamoqdan beri bo’lib ahvolini tushuntiribdi. Mabodo erim telefon qilib qolsa, qizligini aytmang, deb yalinibdi.
—   Suyunchini cho'zavering, o'g'illik bo’ldingiz, — debdi bosh hamshira ham otani qutlab.
Boshi osmonga yetgan ota o'pkasini qo'ltiqlab tug'uruqxonaga yuguribdi.
—   Qani, qani, azamat o'giimni bir ko'ray! — deb turib olgan ekan, yo'rgaklangan chaqaloqni ko'rsatishibdi.
—   Uch oygacha uyimiz to'yxonaga o'xshab to’lib turdi, — hikoyasini davom ettirdi Hikmat. — Dadam hamisha chaqaloqni «valiahdim», «shahzodam» deb chaqirardi. Shahzodaning onasi — malikaga kuniga har xil sovg'a-salomlar kelardi. Biz ham erkin nafas ola boshladik. Qiz bo’lib tug'ilganimizni dadam endi yuzimizga solmasdi. Dadamiz Suadni yalang'och holda ko'rib qolmasin, deb hammamiz oiib-tirilardik. Dadam kelguncha oyim chaqaloqni yuvib-tarab, tagini almashtirib qo'yardi. Dadam bor paytlarida Suadni cho'miltirmasdik! Bir kunmas-bir kun sir oshkor bo'lishi aniq edi-ku, lekin biz o'sha mash'um kunni qoidan kelgancha nariroq surishga harakat qilardik. Ungacha dadamiz ancha hovuridan tushib qolar deb o'ylardik.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:15:15
Dadam shirakayf bo’lib kelgan kunlari «hammalaring o'giimdan aylanib-o'rgillaring», deb qolardi. Keyin shahzodani bir cho'miltiraman, deb oyogini tirab turib olar, oyim esa, qo'ying hozir o'zi sal shamollab turibdi, deb uni zo'rg'a shashtidan qaytarardi. Eh, bundan ikki kun oldin uyimizda qiyomat qoyim bo’ldi... Hammamiz uxlab yotgan edik, birdan shovqin ko'tarildi. Uyg'onib ketdik. Dadam ovozining boricha baqirar, oyim esa ho'ng-ho'ng yigiardi. Kechasi dadam nima bo’lib ham Suad o'g'il bola emasligini bilib qolibdi. Rosa to'polon qildi. Chaqa¬loqni oyogidan dast ko'tarib olgancha, hadeb: «Meni aldabsanlar... O'gillaring shumi hali», deb bo'kiradi. Suad bechora big'-big' yigiaydi.
Oxiri dadam chaqaloqni oyimga qarab irgitib yubordi.
— Yo'qollaring ko'zimdan! Meni rosa chuv tushi-ribsanlar... Esiz-esiz ketgan pullarim... Jo'nalaring uyimdan!
Dadam bizni uydan haydab chiqardi. Qo'shnimiznikida tunni o'tkazdik.
Hikmat ho'ngrab yigiab yubordi. Dadasi bilan oyisi endi ajralisharmish.
Ketma-ket sakkizta qiz ko'rgan odamga oldiniga kuldim, keyin Hikmatga qo'shilib men ham yig'lab oldim.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:15:43
O'sha kuni maktabdan qaytgach, oyimni so'roqqa tutdim.
—   Oyi, opam tug'ilganida dadam xursand bo’lganmilar?
—   Ha, albatta.
—   Men tug'ilganimda-chi? Undayammi? Oyim jerkib berdi:
—   Ko'p vaysama! Bor, ishingni qil! Men oyimni o'z holiga qo'ymadim.
—   Ayta qoling, oyijon, dadam meni eshitib xafa bo’lganlarmi — yo'qmi?
—   Bunisi o'g'il bo'ladi, deb o'ylagan edi.
—   Metin tug'ilganida rosa suyungan bo'lsalar kerak-a?
—   Ha, o'zini qo'yarga joy topolmay qolgan. O'rtoqlarini chaqirib, katta o'tirish qilib bergan.
—   Bordi-yu, Metinning o'rniga yana qiz ko'rganingizda nima bo'lardi, oyi?
—   Qaydam.
—   Dadam o'g'il bo'lsin, deb turib olarmidilar?
—   Kim biladi deysan... Ehtimol shundaydir. — Xo'sh, namuncha surishtirib qolding buni?
—   O'zim, shundoq.
Tomog'imga bir nima qadalganday bo'ldi. Tashqariga chiqib ketdim.
Hikmatning boshidan o'tgan voqea meni juda o'ylantirib qo'ydi. O'shandan beri bir fikr menga tinchlik bermaydi — xo'sh, baxtsiz odam qiz bola bo'lib tug'iladi-yu, peshonasi yarqiragani o'g'il bo'libmi?
Bu xususda sen nima fikrdasan? Shuni bilmoqchiman.
Oyim boyadan beri: «Yot endi, kech bo’ldi», deb qo'ymayapti. Vaqt ham allamahal bo’lib qoldi, Mayli, yotsam yota qolay. Ertaga maktabdan qaytishda xatni qutiga tashlayman.
Omon boi, do'stim Ahmad.
Zaynab Yolqir.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:16:35
Hali yoshlik qilasan

Istanbul, 14-dekabr, 1963-yil.
Zaynab!
Xatingni o'qir ekanman, yigiashimniyam, kulishimniyam bilmay qoldim. Dugonang Hikmatga qattiq achindim. U bechoraning ahvoli nima kechadi endi? Oilasida biror yangilik ro'y bersa menga ham xabar qil, bilay.
Baxt degan narsa qiz yoki o'g'il bo’lib tugilishga bogiiq ekani ilgari hecham xayolimga kelmagan ekan. Shuning uchun dadamdan fikr so'radim. Dadam buni uzoq tushuntirib berdilar. Gaplarining asosiy mazmuni shu bo’ldi: o'rtada hech qanday farq yo'q, insoniyat erkak va ayoldan tashkil topgan.
—   Gapingiz to'g'ri, dada, — dedim. — Ammo siz qiz bola bo’lishni xohlarmidingiz?
Dadam o'shqirib berdi:
—   Bu nima bema'nilik!
Nimaga jahli chiqqanini tushunolmadim. Go'yo hozir dadam qayta tug'iladiganday. Ayni shu savolni oyimga ham berdim.
—   Koshkiydi erkak bo’lib tugilsam,— dedi u uh tortib.
Kecha o'qituvchimiz bizni muzeyga olib bordi. Qaytishimizda undan ham shuni so'radim.
—   Nega so'rayapsan buni? — hayron bo’ldi u.
Men bor gapni aytib berdim.
—   Bu — kattalarning ishi, sen hali tushunmaysan, qo'y bu gapni, — dedi u oxiri.
Shunaqa gapni eshitsam, qonim qaynaydi. Bizni nuqul hech narsaga aqli yetmaydi, deb o'ylashadi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:16:59
Bir kuni uyimizda qiziq gap bo’ldi. Ukam nimanidir tushunmay dadamdan so'radi. Dadam bo’lsa:
—   Sen hali yoshsan, bunday narsalarga tushun¬maysan, — deb qo'ya qolgan edi, ukam yana qistalang qildi:
—   Siz tushuntirishga urinib ko'ring, dada, tushu-nib qolarman balki.
Dadam uning gapini hali-hali eslab qo'yadi.
Men bir narsaga hayronman. Kattalar biror gapni tushuntirib berish o'rniga nega bizga nuqul: «Hali yoshsan, aqling yetmaydi», deyisharkin-a?
Yaqinda qiziq bir gap bo’ldi. Mana eshit, gapirib beraman.
Oyim ukamni olib qo'shnilarnikiga chiqibdi. Bir gala xotin-xalaj o'tirgan ekan. Shulardan biri homilador bo'lib, bola ko'rishni istamas ekan. Hamma o'z bilganicha unga maslahat beribdi. Ukam bularning gapiga parvo qilmay bir burchakda tinchgina o'ynab o'tirgan ekan, bir juvon: «Hoy ovsin, yosh bola bor-a, eshitib qolmasin tag'in», debdi. Ukam bu gapni eshitib, qulog'ini ding qilibdi. «E, parvo qilmang, go'dak narsa nimani tushunardi», debdi ikkinchisi. Bu gap ukamga qattiq botibdi. O'yinchoqlarini o'ynab o'tirgan bo'lib, hamma gapni eshitib olibdi. «Qo'ying, eshitib qoladi», «Eshitgan bilan baribir tushunmaydi, aqli kirdi-chiqdi hali», degan gap-so'zlar ham qulo-g'iga chalinibdi.
Keyin bilsak, ukam hamma narsaga aqli yetishini ko'rsatib qo'yish uchun payt poylab yurgan ekan.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:17:19
Tunov kuni uyimizga mehmonlar kelishdi. Ham¬ma o'tirgan edi, ukam mehmonlardan biriga qarab to'satdan:
—   Homilador ekansiz-a, xola?— deb qolsa bo'ladimi.
—   Shunday, o'g'lim,— dedi boyagi juvon o'ng'aysizlanib.
—   Endi tug'asizmi?
Dadam bilan oyim ko'z urishtirib olishdi. Ukam hamma narsaga aqli yetishini isbotlamoqchi bo'ldi shekilli, yana valdirab berdi:
—   Bitta xolani ko'rdim, qorni katta-yu, lekin tug'mayman, dedi. Oyi, to'g'rimi gapim?
Oyim lavlagidek qizarib ketdi. Bu noqulay ahvoldan chiqish uchun erkaklar gapni boshqa yoqqa burishdi. Lekin ukamning jag'i tinmadi.
Hamma eshitgan gaplarini oqizmay-tomizmay so'zlab berdi:
—   Bas endi, jim bo'l! — jerkib berdi oyim.
Ukam yana javray ketdi. Eshitgan-bilgan narsalarini to'kib soldi. Mehmonlar kulishgan bo'ldi. Oxiri oyim uni qo’lidan ushlab, narigi xonaga olib ketdi. Ukam ho'ng-ho'ng yig'lab:
—   Ha, hech narsaga tushunmas ekanmanmi... Hammasiga aqlim yetibdi-ku... Nimaga meni tushun¬maydi deysizlar, — deb uyni boshiga ko'tardi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:17:39
Oyim ukamni tinchitgach, xonaga qaytib kirdi.
—   Shu zamonning bolalariga hayronman. Hamma narsaga aqli yetadi-ya, — dedi boyagi juvonning eri.
Men odinroq lip etib o'rnimdan turib ketgan edim.
To'g'risini aytsam, ukamning bu qiiig'idan ko'p xursand bo'ldim.
Dars paytida o'qituvchimiz men nima xayolda o'tirganimni sezganday:
—   Yurtimizda respublika e'lon qilingach, erkak¬ lar bilan ayollar teng huquqqa ega bo'ldi. Endi har sohada ularning huquqi teng, o'rtada zarracha farq yo'q, — dedi.
Bu gap Yasharning erkaklik nafsoniyatiga og'ir botdi.
—   Hecham farq yo'qmi?
—   Aslo.
—   Rostdanmi?
—   Ha! — o'shqirdi o'qituvchi.
—   Unday bo'lsa, nimaga «Xotin-qizlarning huquqini himoya qilish jamiyati» tuzilgan? Nega erkaklarniki yo'q? Oyim shu jamiyatga a'zo, bilaman buni.
Befarosat Nash'a luqma tashladi:
—   Jonivorlarni himoya qiladigan jamiyat ham tuzilgan...
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:17:56
Uyga qaytayotganda ham nuqul shu haqda gaplashib keldik.
Kechki ovqatdan keyin dadam gazeta o'qib o'tirgan edi. E'longa ko'zim tushdi. Yangi kazino ochilibdi. Striptizga tushadigan xotinlarning yalang'och rasmi ilova qilingan.
—   Dada, erkaklar nega striptiz o'ynamaydi?
Dadam gazetani bir chekkaga uloqtirib, menga g'alati qilib tikildi.
—   Esing joyidami, o'g'lim? Erkak kishiga balo bormi striptiz o'ynab?!
—   O'qituvchimiz bugun erkaklar bilan ayollar teng huquqli bo'lgan, deb aytdi-ku axir. Huquq teng bo'lgandan keyin erkaklar ham striptiz tushishi kerak-da.
—   Er kishining yo'rig'i boshqa, o'g'lim. Harholda erkak bilan xotin kishining o'rtasida qandaydir farq bo’lishi kerak.
Ish tikib o'tirgan joyida oyim gap tashladi:
—   Nimasini aytasiz. Erkak kishi kechasi bilan ko'chada sang'ib yursa hech kim hech narsa demaydi. Ayol kishi qilsa-ya, shu ishni... Darrov badnom bo'ladi. Bunisiga nima deysiz? To'g'rimi shu?
Dadam bilan oyim gap talashib qolishdi.
Menga bergan savoling haqida ko'p o'ylab ko'rdim. Tagiga yetolmadim. Kimdan so'ramay, tuzukroq javob ololmadim. Menimcha, ayol kishining ham, erkak kishining ham o'ziga yarasha baxti bor. Tarixda juda ko'p oqila, buyuk ayollar o'tgan. Agar shu ayollardan: «Erkak bo'lib tug'ilishni istarmidingiz?» deb so'ralganida nima deb javob bergan bo'lishardi, bilasanmi? Chamamda, yo'q, istamayman, degan bo’lardi. O'g'il yoki qiz bo'lib tug'ilishning ahamiyati yo'q. Eng muhimi — har kim o'zidan, o'z ishidan rozi bo'lsin. Baxt mana shunda.
Senga chin yurakdan muvaffaqiyat tilayman.
Ahmad Tarbay.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:18:31
O'mrov suyagi

Istanbul, 2-dekabr, 1963-yil.

Zaynab, do'stim!
Sendan har ikki-uch kunda bir marta xat olishga o'rganib qolganman. Kuniga pochtalonni kutaman. Maktabdan kela solib, menga xat-xabar bormi, deb oyimdan ham so'rayman. Agar sendan xat kelmagan bo'lsa. o'zimni qo'yarga joy topolmay yuraman. Odatda, senga xat yozib yuborganimning to'rtinchi yoki beshinchi kuniga borib javob olguvchi edim. Ammo mana to'qqiz kun ham bo'ldiki, sendan hamon darak yo'q. Yuragimga g'ulg'ula tushdi. Javobini ham kutmay darrov xat yozgani o'tirdim.
Senga oldingi xatni yozib yuborganimning ertasi kuni sinfimizda qiziq bir hangoma bo'ldi. Mana, eshit.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:18:48
Anatomiya darsida o'tirgan edik, direktor bir odamni boshlab sinfga kirib keldi. Bilsak, inspektor ekan. Inspektor o'qituvchimiz bilan allanimalarni gaplashib olgach, O'g'iz degan bolani o'rnidan turg'azdi. O'g'izni sen tanimaysan. Sendan keyin kelgan. Ilgari Tashrada turisharkan, shu yili Istanbulga ko'chib kelishbdi. Maktabga birinchi kelgan kuniyoq bu bolaga qoyil qoldik. Nimasiga qoyil qoldik, bilasanmi? Oigudek chaqqon bola ekan. Xuddi may-munning o'zi-ya... Bechoraning zaif tomoni ham bor ekan. Nuqul duduqlanib gapirarkan. Oldiniga bolalar dudug'ini yuziga solib, kalaka qilib yurishdi. O'g'iz zarracha parvo qilmadi. Bunaqa gaplarni eshitaverib, ko'nikib ketganga o'xshaydi. Bolalar qarashsaki, uning jig'iga tegib bo'lmaydi, foydasi yo'q. Shuning uchun masxara qilmay qo'yishdi. Keyin bilsak, O'g'iz o'ziga ishonib yurarkan, shu vajdan mayda-chuyda gaplarga e'tibor bermas ekan.
Qaysi kuni tanaffusda hovlida o'ynab yurgan edik. O'g'iz dabdurustdan: «Daraxtga kim oldin chiqishdan o'ynaymiz, zo'ri bormi?» deb chiranib qoldi. Shu gapniyam ming marta tutilib aytdi. Hamma meni ko'rsatdi. Duduq bola bilan musobaqa qilishni o'zimga ep ko'rmay, rozi bo'lmadim. Keyin ma'lum bo'lishicha, juda to'g'ri ish qilgan ekanman.
—   Sen duduqlanib bir marta daraxtga chiqquncha men o'n marta qaytib tushaman, — dedi Chingiz o'rtaga chiqib. Shu bema'ni hazilgayam kulganlar bo'ldi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:18:59
Hovlidagi kashtan daraxti esingda bo'lsa kerak. Shuning tagiga mix bilan uzun chiziq tortdik. O'g'iz bilan Chingiz ikkovi yugurib borib kashtanga yopishdi. Chingiz oyog'ini ko'taraman deb lapanglab turgan edi. O'g'iz bir zumda ko'rinmay qoldi. Bir payt daraxtning tepasi shitirladi. Bundoq qarasak, O'g'iz allaqachon kashtanning eng baland shoxiga chiqib olibdi. Duduqlanib allanimalar deyapti. Oldin tushun-madik. Keyin bilsak, u:
—   Ha, Chingiz, kashtan yoqib qoldimi deyman, quchoqlab qo'yib yuborging kelmayapti! — deb mayna qilayotgan ekan.
Chingiz bir amallab yuqoriga chiqib oldi. Chi-qishga chiqdi-yu, lekin yarmiga borganida yana yuqoriga ko'tarilishga yuragi betlamadi. Buni ko'rib, O'g'iz tepa shoxdan pastga abjirlik bilan sirg'alib tushdi. Chirgizning oldida bir zum to'xtalib, osongina yana yerga tushdi.
—   Qani, yana zo'ri bormi? Kim garov o'ynaydi men bilan? — dedi u bizga bir-bir qarab. Hech kim indamadi. Shu-shu oramizda O'g'izning obro'si oshib ketdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:19:30
Mine O'g'izning shundoqqina orqasida o'tiradi. Bunday chaqqon va epchil bola bilan oldinma-keyin o'tirganidan Minening og'zi qulog'ida.
O'g'iz ikki kun o'qishga kelmadi. Og'rib qolibdi. Darsga kelmagan kunining ertasiga Mine:
—   O'g'iz nimaga duduqlanib gapiradi, bilasizlarmi? — deb qoldi.
Biz qiziqib buning sababini so'radik.
—   Menga o'zi gapirib berdi, — dedi Mine bu sirni faqat o'zi bilganidan kerilib. — Bolaligida otasi uni
ko'p kaltaklarkan. Qo'rqqanidan duduq bo'lib qolibdi. O'zi shundoq dedi. Endi daraxtga chiqishga nega usta bo'lib qolganining sirini ham aytib beraymi?
—   Qani, qani, eshitaylik.
—   Otasining jahli qo'zib qolganida u shartta qochib ketarkan. Keyin otasi tayoq bilan uni quvlarkan. O'g'iz qo'lga tushmaslik uchun daraxtga chiqib olarkan. Katta odamni ko'tarmaydigan ingichka shoxlar uni kaltakdan saqlab qolarkan. Shu tariqa u daraxtga chiqishni o'rganib olgan ekan.
Mana, hozir inspektorning oldida tik turgan O'g'iz shu. Devorda uchta diagramma osib qo'yilgan.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:19:58
Odamning skeleti, bosh suyagi va oshqozon a'zolari tasvirlangan.
—   Buning nomi nima? — deb so'radi inspector skeletning bir joyini ko'rsatib.
O'g'iz javob bermadi.
—   Bu suyak nima deb ataladi?
O'g'iz yana churq etmay turaverdi.
—   O'mrov suyagi, —- shivirladi uning orqasida o'tirgan Mine.
—   O'm... o'm... o'mrov suyagi!
—   Hm... Unday bo'lsa bunisi nima? Inspektorning bu gapini eshitib, O'g'iz taraddudga tushdi. Yanglishgan ekanman, o'mrov suyagini endi so'rayapti, deb o'yladi shekilli, yana:
—   O'mrov suyagi, — deb javob berdi. Inspektor bu gal tizza kosasiga ishora qildi:
—   Xo'sh, bunga nima deyiladi? O'g'iz bechora butunlay gangib qoldi.
—   O'm... o'm... o'mrov suyagi!
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:20:12
—   Ha, bu-chi? — darg'azab bo'lib so'radi inspek¬ tor. Endi u narigi diagrammadagi bo'yin tomirlarini so'ragan edi.
—   O'mrov suyagi, afandim!
O'g'iz chalkashib ketdi. Oldinga aytganim xato bo'lsa kerak, o'mrov suyagini endi so'rayapti, degan xayolda hamma so'raganlariga bir xil javob beraverdi. Gap chiqishi ham nihoyatda qiyin, shuning uchun qora terga tushib ketdi. Endi inspektorning o'zi ham duduqlana boshladi.
—   Ju... ju.. juda soz. Buning nomi nima?
—   O'm... o'mrov suyagi. Inspektorning qoni qaynab ketdi.
—   He, bo'ldi, insof bilanda axir! Odamning tanasida o'mrov suyagidan boshqa narsa yo'qmi?! Bor, joyingga o'tir!
Keyingi kunlarda senga aytib berishga arziydigan voqea faqat shu.
Bundan oldingi xatimga sendan haligacha javob kelgani yo'q. Nima, chindan ham yotib qoldingmi? Javob kutaman.
Ahmad Tarbay.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:20:33
Atamanning tug'ilgan kuni

Anqara, 25-dekabr, 1963-yiL

Ahmad!
14- va 22-dekabrda yozgan xatlaringni oldim. Katta rahmat. Yotib qolganim uchun xatlaringga vaqtida javob qaytarolmadim. Picha yotib oldim, shamollab qolibman. Baribir shundayam xat yozsam bo'lardi-yu, lekin uni qutiga kim tashlaydi? Oyim bilan opamga esa bergim kelmadi. Aksiga yurib Metin ham men bilan baravar og'rib qoldi. Kecha oyoqqa turdim, bugundan maktabga qatnayapman. O'qishdan keliboq javob yozishga o'tirgan edim, oyim sendan xat kelganini aytib qoldi. Konvertdagi adresni ilgariroq ko'rgan ekan, shuning uchun:
— Ahmaddan kelibdi. O'rtog'ing oqibatli ekan. Seni esdan chiqarmay kelyapti, — dedi.
Xatingni o'qib bo'lib, Metinning oldiga kirdim. Haliyam turgani yo'q. Termometrni qo'yib, isitmasini o'lchadim — 38,2.
Aslida ikkovimiz arzimagan narsa bilan shamollab qoldik. Sinfimizda Ataman degan bola bor, shuning tug'ilgan kuniga borgan edik. O'sha yerdan kasal bo'lib qaytdik. Bizdan tashqari yana uchta bola ham shamollab yotibdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:20:45
Ota-onalar majlisida oyim Atamanning onasi bilan tanishib qolgan ekan, u: «Yaqinda o'g'limizning tug'ilgan kuni bo'ladi, bolalarni olib albatta keling, kutamiz», deb aytibdi. Keyin uy adresimizni yozib olib, o'zimiz mashinada olib ketamiz, debdi.
Oyim Metin ikkovimizni yuborishga rozilik bergan ekan, u: «Xo'jayin bilan o'zingiz ham keling. Kelmasangiz xafa boiamiz», deb turib olibdi. Oyim noiloj va'da beribdi.
Buni eshitib, dadamning xunobi oshib ketdi. «Yosh bolaning tug'ilgan kunida bizga nima bor?» — deb g'ijinib turgan edi, oyim ularga boramiz deb va'da berib qo'yganini aytdi. Xullas, hammamiz boradigan bo'ldik. Atamanni tug'ilgan kuni bilan tabriklash uchun sovg'a-salom oldik. Men kitob, Metin esa avtoruchka taqdim qiladigan bo'ldi.
Peshindan keyin uyimizning oldida mashina to'xtadi. Bizni olib ketgani kelishibdi. Dadam Ataman¬ning otasi bilan mashinada tanishib oldi. Mashina o'zlariniki ekan.
Birovning g'iybatini qilyapti, deb mendan ranji-shing mumkin. Lekin men g'iybat qilayotganim yo'q. Ularning uyida nima ko'rgan bo’lsam, shuni yozaman.
Ular juda badavlat turisharkan. Shundoqqina sezi-lib turibdi. Bir payt oyim dadamga qarab: «Bularda pul ko'p-u did yo'q ekan. Manavi jihozlarni ko'r, sirayam bir-biriga mos emas-a!» deb pichirlaganini eshitib qoldim.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:20:56
Atamanning dadasi har ikki gapning birida «kaminangiz» yoki «hazratlari» deb turishga odatlangan ekan.
Uy ichi kengu, ammo mehmon ham ko'p. Qola-versa, uzun-qisqa bo'lib kelayotganlarning hali keti ko'rinmaydi. O'n beshtaga yaqin bola yig'ildi, lekin kattalarning soni o'ttizdan oshib ketdi. Bizga o'xshab boshqa bolalar ham ota-onalari bilan kelishgan ekan.
—   Bu nima, oyi, bugun o'zi kimning tug'ilgan kuni — Atamannikimi yoki dadasinikimi? — hayron bo'lib so'radi Metin.
Biror joyda Metinning og'zidan nojo'ya gap chiqquday bo'lsa, oyim uni odatda sekingina chim-chilab qo'yardi. Bu gal ham birovga bildirmay asta o'ymalab olgan edi, Metin jimib qoldi.
—   Uyimiz torlik qilib qoldi, aylanay, — dedi Atamanning onasi oyimga zorlanib. — Xudoga shukur, obro'yimiz joyida, hamma yo'qlab kelaveradi. Chaqirmasak, keyin xafa bo'lishadi. Odamning yuzi issiq bo'larkan. Kelasi yil o'g'lonning tug'ilgan kunini biron kattaroq restoranda o'tkazmasak bo'lmaydi. Xo'jayinni ham ko'ndirib qo'ydim. Baraka topkur, bizning xo'jayin hecham so'zimni yerda qoldirmaydi, nima desam, shunga ko'nadi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:21:15
Bu xotin erini xo'jayin, Atamanni esa o'g'lon deb chaqirarkan.
—   Bizning xo'jayin shunaqa, hecham gapimni ikkita qilmaydilar. Xo'sh, sizniki qanaqa, durustmi?
Oyimning bu andishasiz gapga jahli chiqqanini yuzidan sezdim.
—   Xo'jayin deganingiz kim u?
Atamanning onasi iljayib qo'ydi:
—   Xo'jayin deb erga aytiladi-da, ovsin. Xo'sh, u kishiyam gapga ko'nadigan xilidanmilar?
—   Uy ancha isib ketganga o'xshaydimi? — dedi oyim gapni boshqa yoqqa burib.
—   Ha, o'g'lonning tug'ilgan kuni sharafiga ko'-mirni ayamay yoqdik. Batareyalar qizib ketdi shekil-li... Xo'jayinning o'zlari yaxshi odamlar-u, ammo-lekin juda ko'ngillari bo'sh-da. O'g'lonimiz sharafiga batareyalar qizib tursin, deb tayinladilar. Ha, ayt-moqchi, idoralarida ikki-uch sekretar qiz ishlaydi. Hech keragi yo'q shuncha qizning. Erkak zoti shu¬naqa bo'larkan. Birini olib biriga ursin bularni.
—   Qani, dadangizdan bir xabar olinglar-chi, nima qilyapti ekan, — deb oyim men bilan Metinni chiqarib yubordi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:21:29
Erkaklar katta zalda o'tirishgan ekan. Stol toia har xil noz-nematlar. Atamanning otasi bilan gaplashib o'tirgan dadam bizni ko'riboq ensasi qotdi.
—   Oyingning bir o'zini tashlab kelibsanlar-da?! Metin o'ylab-netib o'tirmadi:
—   O'zlari shu yoqqa yubordilar-ku.
—   Bular hazratlariga tegishlimi? — deb so'radi Atamanning dadasi.
—   Ha, shundoq.
—   Umri bilan bergan bo'lsin... Ha, nima deyotgan edim? Esimga tushdi... Shu men ziqna odamni yomon ko'raman. Men sizga aytsam, xotin zoti ziqna bo'larkan... Masalan, bizning xotinni olib ko'raylik. Bozordan apelsin oladigan bo'lsa, ikki xilini tanlaydi. Biri yaxshisi-yu, biri yomon. Eng pachoq, eng arzon apelsinni ataylab xizmatkorlarg oladi. Ularga shunisi ham bo'laverarmish. Ho'v xotin, bu bema'niligingni tashla, xizmatkor ham senga o'xshagan odam, das-turxon hammaga bitta bo'lishi kerak, deb kaminangiz toza nasihat qildi, bo'lmadi. Xotin kishiga gap uqtirib bo'lmas ekan. Bu ishing odamgarchilikdan emas, desam ham tushunmaydi. Ho'v xotin, sen apelsindan o'n qurush yulib qoladigan bo'lsang, ro'zg'orga ikki yuz liralik zarar keltirishing mumkin. Chunki shu ar-zimagan narsa bilan xizmatkorning nafsoniyati og'riy-di, oxiri u idish-tovoq yuvayotganida ikki yuz lira tu-radigan chinni laganni paq etib tashlab yuboradi-da, qo'limdan tushib ketdi, deb bahona qiladi. Ming marta aytdim bu gapni. Qani buning fahmi yetsa...
—   Bor, oyingning oldiga jo'nalaring! — haydab berdi dadam bizni.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 25 Mart 2010, 02:21:52
Hammamiz toza zerikdik. Bolalarning qiy-chuvi joniga tegdi shekilli, mehmon ayollardan biri:
—   Bola-chaqa bilan bir joyga hecham borish kerak emas... Quloqni qoqib, qo'lga berishadi, — dedi yonidagi juvonga engashib.
Dadam:
—   Ketaylik endi, bas, — deb shipshigan edi, oyim ko'nmadi.
—   Birpas o'tiraylik... Darrov ketsak ayb bo'ladi.
—   Kaminangiz yo'qsil bolalarga qo'ldan kelgancha yordam berib keladi. — dedi u dadamga qarab. — Har bayramda qumq qo'ymayman... Buni qarang, shuni ham yozib chiqishibdi-ya...
Yosh bolalarni bir joyga to'plashdi. Atamanga taqdim etilgan sovg'a-salomalarni stolga terib qo'yishdi. Xona dimiqib ketgan ekan, derazani ochib yuborishdi. Metin ikkimiz rosa terlagan ekanmiz, derazaga yaqinroq kelib turdik. Birpasda tumov bo’ldik. Zotiljam shu yerdan boshlandi.
Dadam mezbonlardan ketishga ruxsat so'ragan edi, Atamanning otasi javob bermadi.
—   Bu qanaqasi? Ovqat pishsin, bir-ikki qadahdan otaylik, keyin ketarsizlar.
Dadam zarur ishi borligini aytib, uzr so'radi. Ko'chaga chiqdik.
—   Ayb menda, kechirasan,— dedi oyim dadamning xunobi oshganini ko'rib.— Bunaqa bo'lishini bilmovdim. Oyisi hadeb chaqiraverganidan keyin va'da berib qo'ygan edim. Nima qilay gapini qaytarolmadim...
Ertasi kuni isitmam o'ttiz to'qqizga chiqdi.
Xatingda Hikmatning holi keyin nima kechdi, deb so'ragan ekansan. Hikmat bir haftadan beri maktabda ko'rinmaydi. Bechoraga nima bo’ldiykin, bilmayman. Birortamiz ham uyini bilmas ekanmiz. Uning boshiga tushgan kulfat menga qattiq ta'sir qildi. Shunga ko'ra bu haqda xatning oxirida yozyapman.
Menga o'xshab sen ham kechikib javob yozmas-san, deb umid qilaman.
Zaynab Yolqir.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 29 Mart 2010, 01:18:15
Donishmand
Zaynab!
Sengayam, ukanggayam salomatlik tilayman. Bundan keyin kasal bo'lmanglar. Oying meni eslabdilar. Rahmat. Juda xursand bo'ldim.
Atamanning tug'ilgan kuni qanday o'tganini juda chiroyli qilib ta'riflabsan.
Bilasanmi, men shu vaqtga qadar biror marta ham tug'ilgan kunimni nishonlagan emasman. Bizning uyimizda bunaqa odat yo'q, qolaversa, men ham boshqalarning tug'ilgan kuniga bormayman. Rostini aytsam. umrimda bir marta shunaqa marosimda bo'lganman. O'shanda oyim bilan qarindoshimiznikiga mehmonga borgan edik. Qarindoshimizning qizi meni bir dugonasining tug'ilgan kuniga olib bordi. Mehmonga borganimizda ikkita qiziq voqea ro'y berdi. Hali-hali buni eslab yuraman.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 29 Mart 2010, 01:18:28
Kelganlarning orasida bir shum bola bor ekan, o'sha ko'p mashmashalarga sababchi bo'ldi. Bu bola shunaqayam bezori ekanki, uyni birpasda ag'dar-to'ntar qilib tashladi. Shumligining cheki yo'q ekan. Hamma o'tirgan edi, bir payt hojatxonaning eshigi ichkaridan gumburlab qoldi. O'tirganlar yugurib bo-rishdi. Eshikni birov qulflab qo'yibdi. Qamalib qolgan ayol bir tomondan jonholatda eshikni gumbirlatib ursa, ikkinchi tomondan:
—   Kimdir ustimdan qulflab ketibdi! Oching tezroq, — deb dod solardi.
Uy egalari gir aylanib kalitni qidirishdi.
—   Mening o'g'lim qilgan bu ishni... O'g'ilchani topinglar, o'g'ilchani, — deydi zo'r berib baq-baqaloq pakana bir odam.
Hamma qidirish bilan ovora-yu, u bo'lsa og'zini ko'pirtirib arzandasini maqtaydi:
—   Zang'ar juda o'tkir bola chiqdi-da, turgan-bitgani o't-a, o't... Meni aytdi deysiz, xonim afandimni ustidan qulflab ketgan ham o'sha.
Juvon hojatxona eshigini teshib yuboray deyapti-yu, buning bo'lsa jag'i tinmaydi.
—   Ishqilib, ko'z tegmasin-u juda aqlli bola-da. Qo'liga kitob olganini bilmayman-u, ammo-lekin imtihondan o'tib ketaveradi. Kitobga bir qarasa bo'ldi, miyasiga yopishib qoladi. Yoshlik paytimda men ham shunaqa edim. Kitob o'qib o'tirmasdim. Otasiga tortgan bachchag'ar. O'rtoqlari kitobdan bosh ko'tarmaydi, nuqul o'qigani o'qigan. Bizning o'g'il kitob betini ko'rmaydi-yu, lekin sinfda ham qolmaydi. Aslida o'zim muk tushib dars qiladigan bolalarni yoqtirmayman...
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 29 Mart 2010, 01:18:37
Uydagilarning hammasi mana shu miyasi o'tkir bolani qidirish bilan ovora.
—   Karavotning tagini qarab ko'ringlar. Uyda hamisha karavotning tagiga bekinib olar edi, — deb qoldi bir payt baqaloq odam.
Uyning egasi uning aytganini qilib endi engashgan ham ediki, tepadan bir narsa taraq etib boshiga tushdi. Xayriyat, kalit ekan. Shu zahotiyoq shkaf tepasidan bir bola o'zini karavotga otdi.
—   Ana, aytmadimmi, bu o'shaning qilig'i deb. Aqli ko'p-da, nuqul sho'xlik qiladi.
Otasi suygan bezori o'sha kuni hammaning joniga tegdi...
Ikkinchi bir voqeaning qahramoni — donishmandlik maktabini o'tayotgan bola.
O'sha kuni memonda bir bola bilan tanishdim. Ko'zoynak taqib olgan chuvakkina ekan. Qo'l berib so'rashdik. Ismini so'rasam, g'ing demadi. Ham ko'zdan, ham quloqdan qolgan bo'lsa kerak, deb o'yladim. Balandroq ovoz bilan savolni qaytardim. Xuddi nozik masalani yechib berayotgan odamday o'ylanib qoldi, anchadan keyin zo'rg'a ismini aytdi. Men nechanchi sinfda o'qishini so'radim. Bu gal ham rosa o'ylab, keyin javob berdi. O'zicha biror gap aytmaydi-yu, lekin savol bersang, javob olguncha xunob bo'lib ketasan. Birpas gaplashib, yuragim siqilib ketdi, yonidan sekin jilvordim.
—   Bu bolang ovsarga o'xshaydi, — dedim meni bu yerga olib kelgan qarindoshimga.
Qarindoshim kulib yubordi.
—   Bu nima deganing. Axir otasi uni donishmand qilmoqchi-ku.
Gapga uning o'rtog'i aralashdi.
—   Maktabda hamma uni kichik donishmand deb chaqiradi.
—   Iya, ismini so'rasang, topolmay anqayib turadi-yu, bu qanaqa donishmand bo'ldi?
—   Hamma gap shunda emish. Donishmandlar sukut saqlab turishi kerak ekan. Otasi aytibdi. Birov isming nima deb so'rasayam darhol javob berma, picha o'ylab ol, donolar: «Oldin o'yla, keyin so'yla», deyishgan deb uqtiribdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 29 Mart 2010, 01:18:56
Qizlar bu kichkina donishmandni menga rosa ta'riflab berishdi. Aytishlaricha, uning otasi ancha bama'ni odam emish. Ko'p yil zahmat chekib dunyoda o'tgan jamiki dorishmandlarning tarjimayi holini o'rganib chiqibdi. Shundan keyin unda donishmand bolaning otasi bo’lish havasi uyg'onibdi. Uzoq yillik tadqiqot ishlaridan maium bo’lishicha, ko'p donish¬mandlar otalari qartayib qolganda dunyoga kelgan ekanlar. O'ylab qo'ygan niyatini amalga oshirish uchun u ham sochiga oq tushib, yoshi anchaga borib qolgandan keyin uylanibdi.
—   Bu gaplarni sizga kim aytdi? Donishmandning o'zimi? — hayron bo’lib so'radim.
Ma'lum bo’lishicha, bundan butun mahalla xabardor ekan. Buni qizlar kattalardan eshitishibdi.
Boig'usi donishmandning otasi uylanishga uylanibdi-yu, lekin ancha vaqt farzand ko'rolmay yuribdi. Boyoqish donishmandning otasi deb nom chiqarish ishtiyoqida keragidan ortiq qarib qolgan ekanmi, xullas, farzand hasratida ko'p kuyunib yurib¬di. Oxiri, kunlardan birida xotini boshqorong'i bo’lganini aytibdi. Endi u: «Ishqilib, bola zaif tug'ilsin», deb iltijo qiladigan bo’libdi. Nega deganda, aksariyat donishmandlar nimjon chaqaloqlardan yetishib chiq-
qan ekan. Xotinning ko'zi yoribdi. Tilab olgan chaqalog'i shunaqayam nimjon ekanki, uning tirik qolishiga hech kimning ko'zi yetmabdi. Haytovur, bola o'lmay qopti. Qadim zamonlarda bir donishmand shoir o'tgan ekan. Qalin bir kitobda naql etilishicha, o'sha zukko shoir juda yoshligida ona sutidan mahrum bo'lgan ekan. Donishmand bolaning otasi shu kitobni topib o'qigach, bir oylik chaqaloqni ona ko'kragidan ajratib olibdi. Bola bir yoshida belanchakdan yiqilib, ko'zi shikastlangan ekan, otasi bag'oyat xursand bo'libdi. Sababi — allaqaysi bir donishmand ham g'ilay o'tgan ekan. Endi uning yagona tilagi qolibdi. Ishqilib, o'g'limning bo'yi o'smasin, deb oh-voh chekib yurganmish. Zotan, uning bilishicha, donishmand xalqi aksariyat past bo'yli bo'lar ekan.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 29 Mart 2010, 01:19:17
Shu gaplardan keyin men bu bola nima uchun o'zining isminiyam darrov aytib berolmasligiga tushundim. Nazarimda, u sukut saqlab javob berishdan ko'ra, ko'proq otini eslashga harakat qiladiganga o'xshaydi.
Hikmat maktabga kelmay qo'yganini eshitib, qattiq xafa bo'ldim. Bechora qizning ahvoli nima kechdiykin?
Kecha maktabda bizni emlab ketishdi. Shuning uchun bugun darsga bormadim. Hozir xatni qutiga tashlab kelaman. Keyin arifmetikaga o'tiraman. O'qituvchimiz uyga ancha vazifa bergan edi. Chap qo'lim rosa og'riyapti. Hatto qimirlatolmayman.
Omon bo'l, Zaynab. Senga hamisha muvaffaqiyat tilayman.
Ahmad Tarbay.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 29 Mart 2010, 01:20:38
Toma-toma sel bo'lur
Qardoshim Ahmad!
Tunov kuni xatingni, undan bir kun oldin esa yangi yil tabrigingni oldim. Har ikkisi uchun ko'p rahmat. Yangi yildan bir kun oldin men ham senga tabrik xati yuborgan edim. Harholda borib yetgan bo'lsa kerak. Lekin sen tabrikni juda boplabsan. Rasmlaring biram chiroyli chiqibdiki. Mening esimga ham kel-movdi bu narsa. Kelganidayam baribir senchalik chizolmasdim. Rasmlaringni sinfdagi bolalarga ko'r-satdim. Hamma qoyil qoldi.
Yangi yilning birinchi kuni bizning uyda yangi yil kechasidan ham zavqli bo'ldi... Boshidan gapirib bersam ham arziydi.
Dadam bilan oyim reja bilan, tejab-tergab ro'zg'or qiladigan odamlar. Ammo bu ziqnalik emas. Lear¬ning maqsadi — ko'rpaga qarab oyoq uzatish. Shu¬ning uchun har narsani avaylash, ortiqcha chiqimga yo'l qo'ymaslik kerak, deb bizga nasihat qilishadi. Mabodo stolda avtoruchkam qolib ketguday bo'lsa, dadam:
—   Avtoruchkani ochiq tashlab ketma, siyohi qurib qoladi. Yerga tushsa, perosi sinadi. Keyin yangisini olishga to'g'ri keladi. Chiqim ko'payadi. Odam degan har narsada tejog'li bo'lishi kerak, — deb qulog'imga quyadi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 29 Mart 2010, 01:22:05
Ukam daftarning bir tomoniga yozib, ikkinchisini bo'sh qoldirsa yoki bir-ikki betini tashlab ketsa, o'sha kuni oyimdan rosa gap eshitadi.
—   Bunaqa zararkunanda bo’lma, o'g'lim. Axir toma-toma ko'l boiur, degan gap bor. Har kuni bir betdan qoldirib ketaversang, bir yilda qalin bir daftar bo'ladi-ya. Shunday oppoq daftarni tashlagani qandoq ko'zing qiyadi?
Metin juda ko'p qalam yo'qotadi.
—   Qalam sotib olaverish jonimga tegdi, nuqul yo'qotganing yo'qotgan-a, — deb nolib qoladi oyim.
To'g'ri, tejogiiq ish — bejog'liq, degan gap bor. Ammo haddan oshib ketsa ham bo'lmas ekan. Ayniqsa buvimning gapi jonimdan o'tib ketadi. Ikki gapning birida u kishi:
—   Saqlasang — ming kunlik, saqlamasang — bir kunlik, deganlar, otin qizim. Toma-toma ko'l bo'lur, deyishadi axir, — deb nasihat o'qiydilar.
Bir kuni buvamiz ukam ikkovimizga pul yig'adigan quticha olib keldilar.
—   Shu narsa esingizda bo'lsinki, oz-ozdan ko'p bo'ladi. Ota-bobolarimiz toma-toma ko'l bo'lur, deb aytishgan. Qani, toma-toma nima bo'larkan?
Buvamning odati shu: nuqul bir nima desa, darrov qaytarib so'raydi.
—   Ko'l bo'larkan, buva.
—   Ha, barakalla, gap degan bundoq bo'pti.
Shu maqolni eshitsam ko'nglim ayniydigan bo'lib qoldi. Xudoning bergan kuni uni ming martalab takrorlashadi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 29 Mart 2010, 01:22:23
Yangi yil kechasi dadam bilan oyim kazinoga boradigan bo'lishdi. Ilgarilari yangi yilni hammamiz uyda birga kutib olardik, bu yil sal boshqacharoq bo'ldi.
Dadamning o'rtoqlari kazinodan ilgariroq joy olib qo'yishgan ekan, kechga yaqin ketishdi. Lekin dadam an'anani buzmadi. Hammamiz bir dasturxonda o'tirib ovqat qildik, rosa o'ynab-kuldik. Ular anchadan keyin turishdi. Kazinoga opamni ham olib ketishdi. Biz buvamlar bilan qoldik. Bilgan o'yinlarimizni o'ynadik. Loto ham o'ynadik. Ammo buvam hecham yutolmadi. O'yin paytida mudrab o'tirgani unga xalal berdi chamamda.
Yarim kechaga yaqin o'ringa kirib yotdik.
Bir payt uyg'onib qarasam, uy jimjit. Tiq etgan ovoz yo'q. Haliyam kelishmapti-da, deb o'yladim. Anchagacha ko'zimni ochib yotdim. Qorong'ida Metinning sharpasi ko'rindi.
—   Bularga nima bo'lgan o'zi? — dedi u oldimga kelib.
—   Ha, nima qipti?
—   Buyoqqa yur, ko'rasan.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 29 Mart 2010, 01:24:04
O'rnimdan turib, narigi xonaga chiqdim. Buvam bilan buvim ketib qolishgan ekan. Bundoq qarasam, opam divanda ust kiyimi bilan cho'zilib yotibdi. Bo'ynida rang-barang qog'oz tasmalar. Yerdagi gilamda ag'anab yotgan dadam yuziga maska taqib olibdi. Qog'oz shapkani boshiga emas, oyog'iga kiyibdi. Faqatgina oyim joyiga borib yotgan ekan. Ammo kiyimlari sochilib yotibdi. Bir poy paypog'ini koridorda, ikkinchisini yonida ko'rdim.
Oyimning ustini yopib qo'ydim. Opamni arang turg'azib, joyiga yotqizdik. Lekin dadamni uyg'otib bo’lmadi.
Vaqt peshindan og'ib qolgan edi, ular sal g'imirlab qolishdi. Eng avval oyim o'ziga keldi. Keyin u da¬damni uyg'otdi. Oxiri opam o'rnidan turdi. Bo'ynidagi marjoni yo'qmish. Hech qayerdan topolmadi. Ke¬chasi biror yerda yo'qotganga o'xshaydi.
Gap-so'zdan bildimki, kazinoda oyim bilan dadam omadlarini sinab ko'rmoqchi bo'lishibdi. Talay pul yutqazishibdi.
—   Oyning oxirigacha nima yeymiz endi? — tashvishlanib so'radi oyim.
—   Idoradan qarz so'rayman, boshqa iloj yo'q, — javob berdi dadam.
Saldan keyin buvam bilan buvim kirib kelishdi.
—   Qalay, yangi yilni yaxshi kutib oldinglarmi? — ko'ngil so'radi buvim.
—   Ta'zirimni yedim, endi hecham unaqa joylarga bormayman.
Oyim gapini tugatib, Metin ikkovimizni bir chekkaga imlab chaqirdi.
—   Qancha pullaring bor, menga berib turinglar, ertaga qaytib beraman.
Yig'ib yurgan pulimizni keltirib berdik.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 29 Mart 2010, 01:24:52
Shu orada eshik taqillab qoldi. Qo'shnimizning qizi Nurton ekan. Qo'lida bir parcha qog'oz. Dadamga ekan. Xatni olib, uyga kirdim. Dadasi yozibdi. Shu satrlarga ko'zim tushdi: «Do'stim, kechagi voqea o'zingga ma'lum. Yonimda sariq chaqa ham qolmabdi. Uyga qandoq kelganimni bilmayman. Har qalay, sizlar olib kelgan bo'lsangiz kerak. Puldan qalaysan? Yuz lira kerak. Rahmat».
Xatni dadamga uzatdim. Dadam xatni o'qigach, oyim bilan shivirlashib oldi. Mazmuni, ular pulimiz yo'qligini bildirgilari kelmadi. Bu gal opamning qutichasi ish berdi. Dadam bilan oyim ko'zimizni shamg'alat qilib opamga bir nima deyishdi. Keyin opam olib kelgan qutichani ochib, ichidan chiqqan bor pulni Metindan berib yuborishdi.
Metin dars qilmoqchi bo'lgan edi, yana qalamini topolmadi. Yo'qotib qo'yganga o'xshaydi. Buni eshitib, oyim ko'pirib ketdi:
—   Qanaqa ovsar bolasan o'zi! Nuqul qalam yo'qotganing yo'qotgan-a? Bundoq avaylab tutsang bo'lmaydimi! Hadeb senga qalam olib beraveramanmi?
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 29 Mart 2010, 01:25:34
Buvamning nasihati boshlandi.
—   Saqlasang — ming kunlik, saqlamasang — bir kunlik, o'g'lim. Xo'sh, saqlamasang nima?
—   Bir kunlik, buva!
—   Ha, barakallo! Toma-toma ko'l bo'lur. Nima bo'lur?
Metindan oldin men javob berdim.
—   Hech narsa. Ko'l bo'lmaydi.
—   Nega endi? Nimaga ko'l bo'lmas ekan?
—   Bo'lmaydi, buvajon.
—   lya, nega bo'lmas ekan? — qovog'ini uyub so'radi buvam.
—   Chunki ko'l bo'lishi uchun o'sha joy sal chuqurroq bo'lishi kerak. Agar suv turmaydigan tep-tekis joy bo'lsa...
—   Ha, nima bo'larkan?
—   Suv sharillab oqib ketadi. Sel bo'ladi...
Buvam menga bir xo'mrayib qo'ydi.
Uyimizda yangi yil shunday boshlandi. Endi oyim bilan dadam yangi yilni boshqa joyda kutib olmaydigan bo'lishdi.
Xo'sh, seniki qalay bo'ldi?
Yangi yilda senga baxt-saodat, o'qishingda muvaf-faqiyatlar tilayman.
Zaynab Yolqir.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 29 Mart 2010, 01:27:19
Boshlanishi chakki emas

Zaynab!
Yangi yil bilan tabriklab yozgan xatingni olganimga ko'p bo'ldi. Rahmat.
Yangi yilni biz katta amakimlarnikida kutib oldik. Uylari juda keng. Hamma amakilarim shu yerga yig'ilishdi.
Men har kuni erta yotishga o'rganib qolganim uchun yangi yil kechasi uzoq o'tirolmadim. Soat o'n ikkidan keyin ko'zim yumilib ketaverdi. Radio eshitib o'tirib uxlab qolibman.
Ertasi kuni odatdagidek o'tdi. Biror yangilik bo'lgani yo'q. Lekin shuni bilib qo'yki, yangi yilning birinchi kuni siznikida ro'y bergan voqea bizning uyda tez-tez bo'lib turadi. Dadam ko'chada pul sarflagan kuni uyda juda qurumsoq bo'lib qoladi.
Ba'zi kunlari u ko'chadan to'yib keladi. Shu-naqa paytlarda suv ichayotganinmi ko'rib qolsa, darrov:
—   Qaynagan suvni isrof qilma. Stakanga o'zing ichadiganingni quy, tagida qolmasin, — deb tanbeh beradi.
Holbuki, stakanning tagida bir-ikki qultum suv qolgan bo'ladi. Dadam isrofdan qo'rqqani uchun qolgan suvni guldonga to'kadi. Shunday kezlarda dadam o'z hisobiga oshna-og'aynilarini yaxshilab mehmon qilganini bilib olaman.
—   Shuncha pastani uvol qilib nima qilasan?! O'zingga loyig'ini olsang bo'lmaydimi?— deb o'dag'aylaydi dadam tish yuvayotgan bo'lsam. Bilamanki, u kecha yana ziyofatga tushibdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 29 Mart 2010, 01:28:12
Ba'zan dadam biror o'rog'liq narsa olib kelganida sabrim chidamay kanopini uzmoqchi bo'laman. Shunda u:
—   Shoshma, kanopni sekin yechib ol. Biror joyga olib qo'y, kuningga yaraydi, — deb qoladi. Yana bi¬lamanki, dadamning bugun ham ko'chada sarfi katta bo'lgan.
Dadamning qiziq odati bor — og'aynilari bilan biror yerda o'tirib qolsa, nuqul pulni o'zi toiagisi keladi. Buni necha marta o'z ko'zim bilan ko'rganman. «Cho'ntakni kovlamang, qo'ying, xafa bo'laman... Mana menda bor», deb turib oladi.
Ammo ertasiga uyda tamoman o'zgarib qoladi.
— Eski gazetalarni yirtmasdan olib qo'yinglar. Biron narsaga yarab qoladi. Qolaversa, yig'ib yursangiz keyin sotishingiz ham mumkin. Juda bo'lmasa pechkaga yoqsangiz, uyni isitadi.
«Toma-toma ko'l bo'lur» degan maqol sizlarnikida ko'p ishlatilar ekan. Bizning uyimizda «O'zingda bo'lsa, kuningga yarar» degani tildan tushmay keladi.
Shunisi ham borki, ko'cha-ko'yda pulini sovurib kelmagan kunlari dadamning qo'li ochiq bo'ladi. Yangi yil kechasidayam, ertasigayam shunaqa bo’ldi. Dadam yangi yilda menga akvarel bo'yoq olib berdilar. Fevralda ikki haftaga kanikulga chiqamiz. Shunda mazza qilib surat chizaman.
Yangi yilda butun uy ichingiz bilan hammangizga baxt-saodat tilayman.
Ahmad Tarbay.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:23:43
Ivirsiq qiz

Aziz sifndoshim Ahmad!
Avvalambor senga Hikmatdan gapiray. Hikmat darsga qatnay boshladi. Ota-onasi yana yarashib olishibdi. Boyoqish juda xursand bundan.
Senga yana bir yangilik aytmoqchiman. Menga yozgan hamma xatlaringni yig'ib kelayotgan edim, ammo har yer-har yerda tartibsiz sochilib yotardi. Kecha hammasini tartibga soldim. Yozgan kunlaringga qarab oldinma-keyin qilib chiqdm. Yaxshi bo'ldi. Bu narsa sira xayolimda yo'q edi, bir gap bilan shu ishni qildim. Mana, eshit, bir boshdan gapirib beraman.
Uyda hammasi meni palapartish ish qilasan, narsalaring doim ivirsib yotadi, deb koyishadi. Holbuki men qo'ygan narsasini topolmay yuradigan, besarishta odamni yomon ko'raman. Demak, yomon ko'rgan odamim o'zim ekanman-da.
Yakshanba kuni erta bilan uy daftarimni topolmay xunob bo’lgan edim, oyimdan rosa gap eshitib oldim.
—   Nimaga bunaqa merovsan-a, qizim? Doim bir nimang yo'qolib qoladi-ya... Es-hushingni yig'ib yursang bo'lmaydimi?!
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:24:12
Oyimning yoniga dadam qo'shildi. Buvam bilan buvim kelgan edi, ular ham palapartishligimni yuzimga solishdi. Opamga-ku xudo berdi — kelgan joyidan u ilib ketdi. Hammalari meni talab ketishdi. Jonimga ora kirgan birgina Metin bo'ldi.
—   Bu uyda odam o'zini ham yo'qotib qo'yishi hech gap emas, — dedi u meni yupatib.
Hammalari menga yopishganiga rosa xo'rligim keldi. Alamdan nima qilishimni bilmay xonamga kirib, bir chekkadan yig'ishtirishga tushdim. Stol usti-ni, kitob javonlarini tartibga soldim, buyumlarni joy-joyiga qo'yib chiqdim. Narsalarimni yig'ishtirayotib, uydan labga surtadigan pomada, har xil otkritka, bir poy paypoq topib oldim. Hammasini ularning oldiga olib chiqdim. Haliyam mening g'iybatimni qilib o'tirishgan ekan.
—   Manavi paypoq kimniki? Tortmadan chiqdi, — deb paypoqni irg'itdim.
—   Iya, kecha qidirib yurgan eding-ku buni, — dedi oyim dadamga qarab.
—   Xo'sh, pomada kimga qarashli?
—   Qayerda ekan? Qidirmagan joyim qolmadi.
—   Allakim stolimga qo'yib ketibdi.
—   Kecha o'sha yerda unutgan ekanman-da, — deb kuldi oyim.
Otkritkaga navbat keldi.
—   Bu kimniki bo'ldi?
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:24:29
Opam lavlagidek qizarib ketdi.
—   Qayerdan topding?
—   Kimdir kitoblarimning ichiga yashirib qo'yibdi. Orqasidagi yozuvini o'qiganim yo'q.
Endi o'tirib dars qilay degan edim, ruchkamni qo'ygan joyimdan topolmadim. Hammayoqni qarab chiqdim, yo'q.
—   Yana nima yo'qotding? — zarda bilan so'radi oyim.
—   Ruchkamni ko'rmadingizmi?
—   Ruchka oshi ichasanmi o'zi? Nuqul ruchka yo'qotganing yo'qotgan-a, qizim...
Oyim diydiyosini boshlab yubordi.
—   Hoy qiz, bu merovliging qachon qoladi-a? — dedi buvim oyimning yoniga qo'shilib.
—   Palapartish bo'lma, hamma narsang saranjom bo'lsin, qo'ygan joyingni bilib yur, deb ming marta aytaman senga. Bu quloqqa gap kiradimi o'zi?
Dadamdan eshitgan gapim bu.
Meni kalaka qilish uchun opamga bahona topildi.
—   Ma, menikida yozib tur. Ko'zingga qara, tag'in buniyam yo'qotib yurma!
Opam ruchkani olib berish uchun ichkari kirib ketdi. Birpasdan keyin uning:
—   Kim oldi ruchkamni? Hozirgina shu yerda edi-ya, — degan ovozi keldi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:24:50
Buvim boshimni silab, yotig'i bilan nasihat qildi:
—   Endi o'zingga qarab yurgin, Zaynab qizim. Bo'ying cho'zilib qoldi. Hademay biror uyning bekasi bo'lasan. Qalam-daftar yo'qotib yursang endi uyat bo'ladi. Qiz bola degan saranjom-sarishtali bo’lishi kerak.
—   Avlodimizda merov yo'q edi, hayronman, bu kimga tortdiykin, — deb luqma tashladi oyim.
Har kuni bo'ladigan gap shu. Eshitaverib qulog'im pishib ketgan.
Men bularning ichida eng ko'p buvamdan hayiqib turaman. O'zi iste'foga chiqqan polkovnik, juda badjahl odam. Oyim hali-hali buvamning yuziga tik qarayolmaydi. Hatto dadam ham uning oldida ancha muloyim bo'lib qoladi.
—   Hayotda kimki rejali bo’lsa, o'sha yutadi.
Buvamning odatini senga gapirib bergan edim.
Aytgan gapini darrov qaytarib so'raydi.
—   Xo'sh, kim yutarkan?
—   Rejali odam, buva, — deb javob berdim.
—   Barakallo... Har narsa ma'lum bir joyda turishi kerak. Qayerda turishi kerak ekan?
—   Ma'lum bir joyda.
—   Barakallo. Toki kerak bo'lib qolganida topish oson boisin. Xo'sh, nima ekan?
—   Toki kerak bo'lib qolganida topish oson boisin.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:25:12
Buvamning har bir gapni qaytarib so'rash odati armiyadan qolgan ekan. Dadam shunday degan.
—   Juda to'g'ri gap bu, — buvamga yuzlanib dedi dadam. — Men ham shundayman. Qaysi cho'ntakda nima borligini ko'zimni yumib aytib beraman. Yonimda nimaiki olib yursam, hammasining joyi aniq. Shunga odatlanganman. Ro'molchami, zajigalkami, hamyonmi — hammasining o'z joyi bor.
—   Ofarin, xuddi shunday bo’lishi kerak, — dedi buvam uning gapini ma'qullab.
Dadam sarishtaligini Metin bilan menga bir ko'rsatib qo'ymoqchi bo’ldi.
Dadam o'rnidan turib, ko'zini chirt yumib oldi.
—   Ko'ringlar, ko'zimni yumdim. Hozir qayerda nima turishini aytib beraman. Nimchamning chap cho'ntagida zajigalka bo’lishi kerak. Mana, olaman!
Dadam cho'ntakka qo’lini solib, zajigalkani olmoqchi bo’ldi-yu, lekin topolmadi. Rosa qidirgani bilan zajigalka chiqmadi.
—   Qiziq... Qayoqda qoldiykin-a...
Zajigalka topilmagach, dadam beburd bo’lmaslik uchun boshqasiga o'tdi.
—   Masalan, avtoruchka deylik. Qayerda turishini yoddan bilaman. Hamisha kostyumning ichki cho'n¬tagida, chap tomonda turadi. Ishonmasangiz, mana, ko'rib qo'yinglar.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:25:29
Cho'ntakdan avtoruchkaning o'rniga termometr chiqdi.
Dadam, «mana, aytmadimmi!» deb ko'zini ochib qaragan edi, termometrni ko'rib o'ziyam rosa hayron bo'ldi. Noiloj iljaygan bo'ldi.
—   Tunov kuni Metinning isitmasini o'lchagan edim. Shoshilinchda cho'ntakka solib ketavergan ekanman-da... Ha, mayli. Unisi bo’lmasa, bunisi. Yon daftarim hamisha chap tomonda turadi. Ishonmasangiz, mana, ko'rib qo'yinglar.
Dadam ko'zini yumib, daftarchani qidira ketdi.
—   Chap cho'ntagim qani o'zi, oyisi?
—   Bu kostyumni usta ag'darib bergan edi-ku... Chap cho'ntak o'ng tomonga o'tib qolgan bo'lishi kerak.
Yon daftarcha oyim aytgan joydan ham chiqmadi. Dadam o'ng cho'ntagidan bir g'altak oldi.
—   Dadangizning yon daftarchasi qayerda turishini endi bilib oldingizmi, bolalar? — dedi buvam kesatib.
Bizning o'rnimizga javobni oyim berdi:
—   Esim qursin... Kecha ertalab kostyumni tikib qo'yuvdim. Astari so'kilgan ekan. Cho'ntakda ipi qolib ketibdi, bilmabman.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:26:10
Dadam juda o'sal bo'ldi, xunobi oshdi. Biror nima bilan o'zini oqlamoqchi bo'lib yana cho'ntaklarini kovlashtirayotgan edi, buvam:
—   Ha, namuncha kovlashtirasan, tuya yo'qotdingmi? — dep piching qildi.
Buvam qotib-qotib kuldi. Bir payt uni yo'tal tutdi.
—   Paltoda ro'molcha bor edi, olib beringlar. O'ng tomondagi cho'ntakda, — deb buyurdi buvam qattiq yo'talarkan.
Yugurib borib paltoni qaradim. Ro'molcha ko'rinmadi.
—   Aytgan joyingizda yo'q-ku, buva!
—   Bo'lmagan gap... Qani buyoqqa olib kel-chi paltoni... Qirq yildan bed shu yerda turadi ro'molcham...
Paltoni keltirib berdim. Buvam ro'molchani topolmagach:
—   Birov olganga o'xshaydi, — deb xo'mraydi.
Oyim yugurib borib narigi xonadan yangi ro'¬molcha olib chiqdi, buvamga sezdirmay uni sekingina paltoning o'ng cho'ntagiga solib qo'ydi.
—   Xah, turgan ekan-ku! Shu yerda bo'lishi kerak deb aytmadimmi sizga!
Yo'tal tindi. Buvam yon-verini timirskilab, yana nimanidir qidirishga tushdi. Topolmagach, darg'azab bo'ldi:
—   Sigaretim qani? Hozirgina cho'ntagimda turuvdi. Kim oldi o'zi? Darhol topib beringlar!
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:26:39
Buvamizni ortiqcha xunob qilmaslik uchun sigaretni izlay ketdik. Shu orada uyga mehmonlar keldi. Er-xotin qo'shnilar ekan. Yelib-yugurganimizni ko'rib, ular ham ishga tushib ketishdi. Hamma zir yugurib, buvamning sigaretini qidiryapti-yu, u bo'lsa dam-badam:
—   Obbo lapashanglar-ey! Tezroq bo'lsalaring-chi, namuncha imillaysanlar-a! — deb zarda qiladi.
—   Hozircha shundan chekib tura qoling, — dedi mehmon sigaretini tutib.
Gapirib baloga qoldi. Buvamning qoni qaynab ketdi.
—   Hozir o'zimnikini topib berasanlar! — deb uyni boshiga ko'tardi.
Metin ichkaridan bir juft paypoq ko'tarib chiqdi.
—   Kimniki bu?
—   Voy, qayerdan topding? Qidirmagan joyim qolmovdi-ku? — hayron bo'ldi oyim.
—   Buvamning sigaretini qidirib yursam, xolodilnikning ustidan chiqib qoldi.
G'ir etib do'kondan boshqa sigaret olib kelish ham mumkin edi-ku, ammo buvamga ichidagidan ko'ra Lining metall qutisi muhimroq edi. Bir tomondan, qidirganimiz yaxshi bo'ldi. Sigaret bahonasi bilan o'zimiz yo'qotib yurgan ko'p narsalarni topib oldik.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:27:26
Mehmonga kelgan xonimning tagidan bir parcha qog'oz chiqdi.
—   Iya, radioning qog'ozi-ku, — deb yubordi dadam. — Bir oydan buyon topolmay yuruvdim.
Dadam qidirgan avtoruchka tarelkalarning orasidan chiqdi. Kimdir yanglishib pichoqni axlat idishiga tashlab yuboribdi.
Xullas, ancha-muncha narsalarni topib, ega-egasiga qaytarib berdik.
—   E-e, buni qarangiar, kimdir sigaretni tagimga qo'yib ketibdi-ya! Qaysi bir g'irromning ishi bu! — deb qoldi bir payt buvam.
Bundoq qarasak, buvam tushmagur bizni rosa ovora qilib qo'yib, sigaretini o'zi bemalol tagiga bosib o'tirgan ekan.
Hech kim indamadi.
Xullas, o'sha kuni eshitgan gaplarim menga alam qildi. Zarda ustida xonani yig'ishtirib chiqdim. Chindan ham uyga ancha qaramay qo'ygan ekanman. Endi ivirsiq qiz degan nomdan qutulmoqchiman. Sendan olgan xatlarim ham to'zg'ib yotgan ekan, ancha tartibga solib qo'ydim. Hammasini papkaga joyladim.
Eski sinfdoshlar ichida faqat sen menga muntazam xat yozib turibsan. Mine ham onda-sonda yozib turadi. Damir bilan Yashardan bir marta xat oldim. Hammalariga javob yozib yubordim.
Tez-tez xat yozib tur. Kelishdikmi?
Senga muvaffiaqiyatlar tilab qoluvchi:
Zaynab Yolqir.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:28:08
Ayb bo'ladi

Istanbul, 11-yanvar, 1964-yil.

Aziz do'stim Zaynab!
Sen bilan to'rt yil birga o'qiganmiz. Seni sin-fimizning eng saranjom-sarishta qizlaridan deb bilardik. Shuning uchun seni ivirsiq deyishganini eshitib, juda hayron bo'ldim. Uyda menga laqab qo'yib olishgan. Nuqul lapashang deyishadi. Ammo buning tagida jon bor. Dasturxonga o'tirsam, albatta choy to'kmasdan turmayman. Nechog'liq urinmay, baribir choyim to'kilib ketaveradi.
Oying nuqul Metinga tilingni kesib olaman, deb po'pisa qilishini qaysi bir xatingdayam yozgan eding. Harama onalar shunaqa ekan. Mening oyim ham Fato'sh degan singlimni hamisha shunaqa qo'rqitadi. Singlim hali yosh, ikki yildan keyin maktabga boradi. Bu narsa o'zimning ham boshimdan o'tgan. Menga ham oyim tilingni kesib olaman, deb dag'dag'a qilardi. Ammo tilim joyida turibdi.
Yaqinda Fato'sh yomon bir qiliq ko'rsatdi. Oyim uni rosa urishdi, tilingni kesib olaman, deb po'pisa qildi. Lekin bu gal chindan ham Fato'shning tili uzayib qolgan ekan. Mana, eshit voqeani.
Dadamning qiziq odati bor — har ikki gapning birida «ho'v», «voy zang'ar-ey!» degan bo'lmag'ur so'zlarni ishlatib turadi. Fato'sh bo'lsa naq to'tining o'zi, kimdan nimani eshitsa, darrov shuni qaytaradi. U: «Ho'v falonchi», «voy zang'ar-ey!» deb chuldirab qolsa, uydagilar o'zlarida yo'q suyunib ketishadi. Keyin uni: «Namuncha tili shirin-a. Xuddi katta odamga o'xshab gapiradi-ya», deb erkalashadi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:29:11
Tunov kuni bir qo'shni amakimiz biznikiga chiquvdi. O'zi juda qiziqchi odam. Shunaqayam gapni boplaydiki, eshitsang, qotib-qotib kulasan. Fato'shni aytmaysanmi, nuqul qiqir-qiqir kuladi. Aslida bo'layotgan gap-so'z bilan ishi yo'g'u kim kulsa o'shanga qo'shilib qiqirlaydi. Endi kulgining boisini aytib beray.
Qo'shni amaki ishlaydigan idoraga allaqaysi mam-lakatdan bir mutaxassis kelgan ekan. O'zi nemismish. O'sha nemis bir kuni qo'shnimizni to'xtatib:
—   Sizning yurtingizda «ho'v» degan so'z ko'p ishlatilarkan. Odamlar bir-birini shu so'z bilan chaqirisharkan. Bu nima degani o'zi, juda qiziqib qoldim. Kimdan so'ramay, qoniqarli javob ololmadim, — debdi.
Ko'zoynakli qo'shnimiz bu gapni eshitib, nima qilishini bilmay qolibdi. Agar rostini aytadigan bo'lsa, ajnabiy odam ustimizdan kulib ketishi mumkin. O'ylab-o'ylab oxiri bir yo'l topibdi.
—   Juda to'g'ri fahmlabsiz, janob,— debdi unga qarab qo'shnimiz,— haqiqatan ham «ho'v»ni ko'p ishlatamiz. Bizda taomil shunday. Dehqonlar ham, ishchi va xizmatchilar ham shunga odatlangan. Uning asl ma'nosi «muhtaram» demakdir. Bizlar bir-birimizga murojat qilganimizda ismning oldiga shu so'zni qo'shib aytamiz.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:29:57
Oradan besh-olti kun o'tgan ekan, o'sha idora rahbarlarining katta majlisi chaqirilibdi. Kanon degan odam bosh direktor ekan, majlisni o'sha olib boribdi. Nemis mutaxassisi shu yig'inda nutq so'zlabdi, majlis ahlining ruhini ko'tarish maqsadida gap orasida shu yerda o'rgangan bir-ikkita turkcha so'zlarni ham qis-tirib o'tibdi. Mehmon nutqining eng nozik joyiga kel¬gan ekan, bosh direktorga qarab: «Ho'v Kanonbey!» deb yuboribdi. Hamma xijolatdan yerga qarabdi. Nemis nutqining oxirigacha juda ko'p marta Kanonbeyni tilga olibdi. Har gal o'zi bilgan o'sha «muhtaram» so'zini qo'shib aytarmish. Kanonbeyning bo’ladigani bo'libdi-yu, ammo tishinitishiga qo'yib o'tiraveribdi. Odamlar piqir-piqir kulisharmish. Shu-shu Kanonbey «ho'v» degan laqabni orttirgan ekan.
Ko'zoynakli qo'shnimiz buni shunaqayam o'xshatib gapirib berdiki, kulaverib ichagimiz uzildi. Ayniqsa, Fato'sh bir qop semirib ketdi.
Dadam boshqa bir qiziq voqeani gapirib berdi.
Ularning fabrikasiga yangi asbob-uskunalar kelibdi.
Bularni o'rnatish uchun Amerikadan mutaxassis chaqirishibdi. Amerikalik bundoq razm solib qarasa, fabrikadagi odamlar bir so'zni juda ko'p ishlatisharmish. U hayron bo'lib buning ma'nosini dadamdan so'rabdi. Dadam u nimani so'raganini bizga gapirib berdi. Anchayin bemaza so'z. Maktab bolalari ham ko'p ishlatadi uni. Endi tushungandirsan?
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:31:11
Dadam fabrikada bosh usta bo'lib ishlaydi, shuning uchun ochig'ini aytishni o'ziga ep ko'rmabdi. Qolaversa, ingliz tilida buning nima deyilishini ham bilmas ekan. Shuning uchun dadam unga:
—   Buning ma'nosi rahmat, ya'ni «tenkyu» dega¬ ni, — deb tushuntiribdi.
Buni eshitib, amerikalik injener hayratdan yoqasini ushlabdi.
—   Ana xolos, — debdi u qoyil qolib, — sizlar g'oyat sertakalluf xalq ekansiz. Biz bu borada xitoylar bilan inglizlarning oldiga tushadigan xalq yo'q, deb o'ylab yurardik. Chunki ular arzimagan narsaga ham minnatdorchilik bildirishadi. Ammo sizlar ulardan o'tib ketibsiz. Men juda ko'p mamlakatlarda bo’lganman, lekin sizchalik sertakalluf, xushmuomala odamlarni hech qayerda ko'rmaganman. Bundan buyon men qaysi yurtga bormayin, hamma joyda sizlarni o'rnak qilib ko'rsataman, nozikta'b xalq ekaningizni olamga yoyaman.
«Xayriyat, yolg'on gapim yaxshilikka yararkan», deb dadam ich-ichidan suyunibdi.
Shu gap-so'zning ertasi kuni injener ishga chiqmabdi. To'rt kungacha undan darak bo’lmabdi. Fabrikada ish tig'iz, yangi uskunalarni tezroq o'rnatish kerak. Injenerni qidirmagan joylari qolmabdi. Hech qayerdan daragi chiqmabdi. To'rtinchi kuni fabrikaga o'zi kirib kelibdi. Sog' joyi qolmaganmish, a'zoyi badani doka bilan chirmab tashlanganmish. Mashinada avariyaga uchragan bo'lsa kerak, deb o'ylashibdi. Keyin ma'lum bo'lishicha, gap boshqa yoqda ekan.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:31:53
Amerikalik injener fabrikadan chiqib, memonxo-naga ketayotgan ekan. Yo'lda mashinaga o'tiribdi. Odamlarda qiziq bir odat bor — eshitgan gapini hech kim yuragida saqlab yurolmaydi, darrov birovga aytgisi keladi. Injener ham shofyorga minnatdorchilik bildirmoqchi bo'libdi-da, pulni uzatayotib boya ma'nosini chaqib olgan so'zini aytibdi. Shofyorning ko'zi olayib ketibdi. Amerikalik buni boshqacha tushunib, yana o'sha so'zni qaytargan ekan, shofyor burniga qarab bir musht tushiribdi. Ikkovi yoqa bo'g'ishib ketishibdi. Oxiri ularni zo'rg'a ajratib qo'yishibdi. Injener bularga ham minnatdorchilik bil-diribdi. Yana boshi baloga qolibdi. Xaloyiq uni olomon qilib ketibdi. Nihoyat, politsiyachi yetib kelib, uni bir amallab ajratib olibdi. Shoeing qurg'ur ame¬rikalik turkcha qilib politsiyachiga ham qulluq qilibdi.
Jamoat o'rtasida politsiyachiga til tekkizish jino-yat-ku! Oyog'ini yerga tegizmay darhol politsiya bo'limiga olib borishibdi. Komissar ko'radiki, bu odam ajnabiy. Qo'yib yuborilsin, deb buyuribdi. Injener bu saxovati uchun komissarga turk tilida min¬natdorchilik bildiradi... Xullas, u politsiyaning qoiidan zo'rg'a qutilib, to'g'ri kasalxonaga borib tushadi. Kasalxonada to'rt kungacha o'ziga kelmay yotadi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:32:19
Juda alomat ish bo'lgan ekan, toza kuldik.
Yaqinda dadam uyga mehmon keladi, deb qoldi. Nozikroq mehmonlar ekan, oyim katta hozirlik ko'rdi. Er-xotin bo'lib olti kishi kelishdi. Fato'sh mehmonlarga yoqib qoldi. Juda odobli, shirin so'z qiz ekan, deyishdi. Bola tarbiyasidan gap ochilib, ko'p maqtashdi. Dadam ham ularga qo'shildi.
—   Bizning xonim bolalarni ko'chaga yolg'iz chiqarmaydi, afandilar. Shuning uchun ham tarbiyalari joyida.
—   Ha, ko'cha bolani buzadi. Bolalar ko'chada har xil yomon gaplarni eshitadi. Shuning uchun Fato'shni hecham ko'chaga chiqarmayman, — deb qo'ydi oyim.
—   Juda to'g'ri ish qilasiz, xonim afandim, — dedi
mehmon ayollardan biri oyimga qarab. — Ko'cha uyoqda tursin, hozir maktab ham bolalarni buzyapti. Ko'z tegmasin, qizchangiz g'oyat odobli ekan, yaxshi tarbiya beribsiz.
Bu maqtovlarni eshitib Fato'sh shishib ketdi. Butun bilgan narsalarini ishga solib, yana nimalarga qodir ekanini mehmonlarga ko'rsatib qo'ymoqchi bo'ldi.
—   Ho'v dada!
Fato'sh hamma kulib yuboradi, deb o'ylagan edi. O'tirganlar sovuqqina kulgan bo'ldi. Og'ir jimlik cho'kdi. Dadam xijolatpazlikdan nima qilarini bilmay, qiyin ahvolga tushib qoldi. Fato'sh mehmonlar nega sharaqlab kulmaganiga hayron bo'ldi, yaxshi eshitishmagan bo’lsa kerak, degan xayolda qattiqroq baqirdi:
—   Ho'v dada! Sizga aytyapman!
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:32:59
Mana men nimalarni bilaman, deganday mehmonlarga bir-bir qarab chiqdi. Dadam vaziyatni yumshatish uchun muloyimgina qilib:
—   Ha, oppoq qizim, nima deysiz? — deb so'radi.
—   Dada deyman! Ho'v dada!
—   Ha, nima deysan?
Dadamning jahli chiqa boshladi, qoshlari chimirildi. .
Ammo Fato'sh hayron — nega bular kulmaydi?
—   Ho'v dada! Sizga aytyapman!
Oyim iljaygan bo'ldi. Lekin Fato'shning ko'ngli to'lmadi — u nima qilib bo'lsayam mehmonlarni qoyil qoldirishi kerak. Birdan u amerikalik injener dadamdan ma'nosini so'ragan yaramas so'zni aytib yubordi. Fato'sh yengib chiqdi. Hamma sharaqlab kulib yubordi. Dadamning qattiq jahli chiqdi-yu, lekin sezdirmadi. Fato'shga o'qrayib qaradi. Singlim taltayib ketib boyagi gapni yana ikki-uch marta takrorladi. Oyim bildiki, uni yaxshilikcha tinchitib bo'lmaydi. Shuning uchun:
—   Bas endi, jim bo’lmasang tilingni kesib olaman, — deb qattiq jerkib berdi.
Kulishning o'rniga so'kish eshitgan Fato'sh alarmdan yig'lab yubordi, Qani endi ovunsa! Oxiri oyim uni yetaklab, xonasiga olib chiqib ketdi. Joyiga yotqizib, keyin qaytib kirdi.
—   Hechqisi yo'q, xonim afandim, xafa bo'lmang,— dedi mehmonlardan biri oyimni yupatib. — Bu hali holva. Biznikilarning og'zidan bodi kirib, shodi chiqadi. Qizchangiz go'dak hali, nima deganini o'zi ham bilmaydi.
—   Bunaqa bema'ni gaplarni kimdan eshitibdiykin, hayronman, — dedi dadam o'zini goilikka solib.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: ZUBAIR 30 Mart 2010, 01:33:37
Dadamning yoniga oyim qo'shildi:
—   Mening ham boshim qotdi. Ko'chaga chiqmasa, yomon bolalar bilan o'ynamasa...
Fato'sh buni qayerdan eshitganini chindan ham bilishmasa kerak, deb o'ylabman. Shuning uchun haq gapni ayta qoldim:
—   Qayerda bo'lardi, uyda eshitadi-da, bunaqa gaplarni.
Dadamning tepa sochi tik bo'lib ketdi.
—   Ho'v zang'ar, bizning uyimizda hech kim bunaqa demaydi-ku! — deb baqirib berdi. Hamma kulib yubordi. Dadamning o'ziyam noiloj iljayib qo'ydi.
Mehmonlar tarqalishgach, dadam meni yomon koyib berdi.
—   Men qaydan bilay. To'g'ri ko'ngilda so'rayapsizlar, deb o'ylabman, — dedim o'zimni oqlamoqchi bo'lib.
Xatim yana cho'zilib ketdi, Zaynab. Bu gal qisqaroq yozmoqchi edim, ilojini qilolmadim.
Yozgi kanikulda Istanbulga kelmoqchimisan? Kelib qoisang, ko'risharmiz. Senga havasim keladi — Anqarani ham ko'rding. Men bo'lsam hali Istanbuldan chetga chiqqanim yo'q.
Senga salomatlik tilagan holda xatimni tugataman.
Ahmad Tarbay.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:32:18
Vatanparvar bo'linglar

Anqara, 14-yanvar, 1964-yil.

Ahmad qardosh!
Kanikulda Istanbulga borish-bormasligimni so'ragan ekarsan. Dadamga otpuska tegmaydi. Yangi joyga ishga kelganiga hali bir yil to'lgani yo'q. Shuning uchun u oyim ikkovimizni yolg'iz yubormoqchi. Agar boradigan bo'lsak, Istanbulda bir oy turamiz. Lekin hali aniq emas. Dadamni yolg'iz tashlab ketishga oyimning uncha ko'ngli yo'q. Bizsiz qiynalib qolishi mumkin. Mabodo borsak, xolamnikida to'xtaymiz. Seni o'zim topib olaman.
Yaqinda men yomon bir ish qilib qo'ydim. Gapirib bermasam bo’lmaydi. Hozircha bundan faqat Metinning xabari bor. Sababi — u ham menga sherik bo'lgan. Sen sirni bilgan uchinchi odamsan.
O'tgan yakshanba kuni buvamlarning uyiga mehmonga borgan edik. Ancha olisda turishadi. Buvam qarib qolganlar, shuning uchun yuqori qavatga chiqolmaydilar. Uylari ham ikkinchi qavatda, ijarada turishadi. Aslida ularga birinchi qavat munosib edi-yu, lekin o'zlari bopi topilmadi. Hozirgi turgan kvartiraga o'n sakkiz zinani bosib chiqishadi. Men o'zim sanagan emasman-u, lekin buvam har ikki gapning birida: «Yana o'n sakkiz chog' zina bosdim. Dam ola-ola, zo'rg'a ko'tarildim», deydi. Nega zinadan gapirganimni keyin bilasan. Yaxshiyamki, buvam eng balanddagi kvartirada turmaydi. Aks holda, o'sha kuni hamma gazetalar falon joyda katta baxtsiz hodisa ro'y berdi, deb yozib chiqqan bo'lardi...
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:32:28
Opamning dugonalari kelishi kerak ekan, shuning uchun u uyda qoldi. Dadam, oyim, Metin va men avtobusga tushib, buvamlarnikiga bordik. Buvam tayyorgarlik ko'rib qo'ygan ekan, bizni yaxshilab ziyofat qildi. Ovqatdan keyin buvam bilan dadam ro'para o'tirib olib, qahvaxo'rlikni boshlab yuborishdi. Men ularning qahva ustida gaplashib o'tirishlarini yoqtiraman. Shuning uchun yonlaridan jilmadim. Xonada uchovimiz qoldik. Gazeta o'qiyotgan bo'lib o'tiraver-dim. Ikki qulog'im ularda. Ba'zan boshimni ko'tarib, sekin qarab ham qo'yaman.
Buvam siyosatga qiziqadigan odain. Dadam bilan ikkovlari yolg'iz qolishsa, nuqul shundan bahs qilishadi. Buvamning yana bir odati bor — ovqatdan keyin uni mudroq bosadi. O'zi qaliva ichib o'tirgan bo'lsayam, ko'zi yumilib ketaveradi. Bunday paytlarda u dadamdan siyosat bobida bir nimani so'ragan bo'ladi. Dadam bilganicha gapirib berayotganida buvamning ko'zi ilinadi. Buni ko'rib, dadam jim bo'ladi. Ammo joyidan jilmay o'tiraveradi. Buvam¬ning boshi shilq etib tushadi yoki yonboshiga qiyshayadi. Ba'zan esa bemalol orqasiga yastanib oladi. Sal o'tmay xurragidan o'zi cho'chib ketadi.
—   Xo'-o'-sh... Keyin nima bo'ldi?
Shunaqada dadam o'rnidan turib ketgan bo’lsa, qattiq ranjiydi, meni behurmat qildi, deb ko'ngli ozor topadi. Shuning uchun buvam o'tirganida dadam uning oldidan bir qadam ham jilmasligi shart.
Mabodo pinakka ketishdan oldin o'zi gapirayotgan bo’lsa, ko'zini ochar-ochmas:
—   Xo'sh, nima deb turgan edim? — deya so'rab qoladi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:32:36
Dadam bunday kezlarda hushyor bo’lishi, gap qa-yerda chala qolganini aytib berishi lozim. Agar qittay yanglishib qolsa, buvam darhol:
—   Yo'q, yo'q, buni gapiruvdim... Xo'sh, nima deyayotgan edim? — deb qoladi.
Ba'zan gap qayerda chala qolganini bilmay ikkov¬lari tortishib qolishadi. Men hamisha ularning gap-so'zlarini huzur qilib eshitaman.
—   Xo'-o'-sh, keyin nima bo’ldi?
Dadam kelgan joyidan ulab ketadi. Bir iahza o'tmay, yana buvamning kallasi qiyshayib qoladi. Katta tanaffus bir soatga yaqin davom etadi. Buvam¬ning o'zlari buni mizg'ib olish, deb ataydilar.
—   Sen bemalol gapiraver, ko'zim yumuq bo’lgani bilan qulog'im ochiq, — deb ora-sira gap tashlab ham qo'yadilar.
Mana, hozir ham miriqib qahva ichib o'tiri-shibdi.
—   Xo'sh, olamda nima gaplar bor? Mamlakatda ahvol qalay? — so'rab qoldi buvam.
Dadam endi gapini boshlagan ham ediki, buvam pishillab qoldi. Kallasi shilq etib bir tomonga qiyshaydi. Shu ondayoq seskanib uyg'onib ketdi, ko'zi ketganini sezdirmaslik uchun:
—   Juda soz... Bunday vaziyatda nemislar nima qilarkin? Xo'sh, nima deb o'ylaysan? — deb qo'ydi.
Nemisning nima aloqasi bor bunga — hayron bo’ldim. Lekin savolga javob berish kerak. Dadam nemisni ham tirkab ketdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:32:42
—   Ha, endi nemislar ilgarigidan ancha taraqqiy etgan. Chunki ular...
Shu joyga kelganida xonada xurrak eshitildi. Dadam gapini chala qoldirib, qo'liga gazeta oldi. Buvam yana ko'zini ochdi.
—   Amerikaliklarning munosabati qalay?
O'zimni arang bosib o'tiribman. Sal bo'sh qo'ysam, kulib yuboraman. Dadam jiddiy javob berdi:
—   Amerikaliklar dunyoga hukmron bo'laman deydi. Amerika armiyasi...
Ba'zan buvam odamning yetti uxlab tushiga kirmagan savollarni berib qoladi:
—   Rim papasi nima deydi? Qani, gapiraver...
—   Rim papasimi? Papa nima ham derdi... O'sha ilgarigi...
Buvam mizg'ib bo'ldi shekilii, harholda mavzu o'zgarib qoldi. Endi uning o'zi gapga tushib ketdi. Buvam Turkiyani rivojlantirish uchun nimalar qiiish kerakligi haqida gapirdi. Buning uchun asosan qishloq xo'jalik mahsulotlarini chetga sotish lozim ekan. U yana ko'p gaplarni aytdi. Oxiri xunobi oshdi.
—   Chig'anoq nima degan gap? Chetga chig'anoq sotish bilan yurtni obod qilib bo’larmidi? Axir bu chig'anoq...
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:32:47
Dadam yana gazeta o'qishga majbur bo'ldi. Saldan keyin buvam ko'zini ochdi.
—   Ha, nima deyayotgan edim?
—   Chig'anoqdan gapirayotgan edingiz.
—   Qanaqa chig'anoq?
—   O'zimizning chiqanoq-da. Chetga sotyapmiz-ku, o'sha.
—   Ha, to'g'ri, esimga tushdi. Chig'anoq... Chetga chig'anoq chiqarish bilan ish bitmaydi. Biz sifati o'tkir tamaki, paxta, bodom sotishimiz lozim... Innaykeyin, g'alla ham... Axir yurtimiz g'allaga, tamakiga, bodomga kon-ku. Bodomchilik...
Kallalari yana qiyshayib qoldi.
—   Qayerda to'xtab qoluvdim? — so'radi buvam anchadan keyin o'ziga kelib.
—   Bodomchilik masalasida.
—   Ha, to'g'ri. Bodom masalasida...
Shu payt eshik taqillab qoldi. Borib ochdim. Kiyim-boshi durustgina keksaroq bir kishi buvamni so'radi. Uyga boshlab olib kirdim. Buvam mehmonga peshvoz chiqdi.
—   E, kelsinlar, afandim, kelsinlar... Qayoqdan kun chiqdi o'zi!
Mehmon qo'limga bir quti berdi. Ustida ipi bor qutini buvimga eltib berdim. Qayoqdandir Metin yetib keldi. Birgalashib qutini ochdik. Ichi to'la kashtan yong'og'i ekan. Shakar sepilgan kashtanni biram yaxshi ko'ramanki...
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:32:53
Ostonadayoq bu kishi ko'zimga issiq ko'rindi-yu, lekin qayerda ko'rganimni darrov eslayolmadim. Uyga kirib, birpas gaplariga quloq solib o'tirdim. Shunda bu odamni birdan ovozidan tanib qoldim. Kim ekan, aytaymi? O'tgan yili Respublika bayrami arafasida maktabimizga bir jurnalist kelgan edi, esingdami? Nevarasi ham bor ekan, bizda ikkinchi sinfda o'qirkan. Respublika haqida gapirib bergan edi.
O'ziyam zo'r jurnalist ekan. Endi esingga tushdimi? Uning aytgan gaplari hali-hali qulog'imda. «Bolajonlarim, sizlar chinakam vatanparvar bo'lib yetishinglar. Ona yurtingizni jondan ortiq sevinglar. Uni juda yaxshi bilib olinglar. Katta bo'lganingizda Anatoliya qishloqlarini birma-bir kezib chiqing. O'z ko'zingiz bilan ko'ring bu joylarni. Uzoq va yo'qsil qishloqlarga borib ishlanglar. Respublikaning kelajagi sizlarning qo'lingizda, o'g'il-qizlarim!» — deb nasihat qilgan edi. Ayniqsa, uning bir gapi hecham esimdan chiqmaydi. «Jabrdiyda Anatoliyaga ma'rifat nurini olib borishin-giz kerak!» degan edi. O'shanda hammamiz buni eshitib, qattiq ta'sirlangan edik.
—   Men sizni taniyman, afandim,— dedim o'zimni tutolmay. — O'tgan yili bizning maktabimizga kelgan edingiz. Sizni Istanbulda ko'ruvdim.
—   Ha, shundaymi... Nevaram o'sha yerda o'qiydi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:33:00
Shirinsuxan mehmonning gaplarini yana eshitgim keldi. Chetroqqa borib o'tirdim. Keyin nima bo'ldi degin? Butun orzu-umidlarim puchga chiqdi. Mana, Ahmad, gapga quloq sol.
Bir o'g'li bor ekan, o'zi o'qituvchi emish. Sha-harda katta bo'lgani uchun qishloq havosi unga to'g'ri kelmasmish. Qolaversa, uy-joyli ekan. Xotini ameri-kalikmish. Yosh xotini bilan Anatoliya qishloqlarida tentirab yursa, ayb bo'larmish. Katta idoralarda bir-ikkita oshna-og'aynisi bor ekan, shularning yordami bilan o'g'lini Istanbulda olib qolibdi. Maktabda o'qituvchilik qilayotgan ekan. Ammo bu maktab o'g'liga uzoqlik qilayotganmish. Mashinada bir soat yurish kerak ekan. O'g'li shu vajdan qiynalib qolibdi. Uyga yaqinroq joyda uch-to'rtta maktab ham bor ekan. O'g'lini shulardan biriga joylashtirib qo'yish maqsadida Anqaraga kelgan ekan. Buvamning yaqin oshnasi shu sohada ishlarkan. Buvam o'shanga bir og'iz gap aytsa, boyoqishning ishi to'g'ri bo'lib ketarkan.
Gapini eshitib, qonim qaynab ketdi. Odobsizlik bo'lsa ham shartta betiga aytdim.
—   Afandim, bu ahvolda jabrdiyda Anatoliyaga ma'rifat nurini kim olib boradi?
U gapimga tushunmadi yoki o'zini tushunmaganlikka oldi.
—   Nima dedingiz, qizim? Buvam o'shqirib berdi.
—   Bor, ishingni qil! Qahva olib kel! Qahva keltirib, xonadan chiqib ketdim. Vannaxonaga kirsam, kir yuvishayotgan ekan.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:33:06
Sekingina ikki bo'lak sovun oldim. Tog'orada qaynoq suv turgan ekan, sovunni shunga tashladim. Birpasda sovun erib ketdi. Tog'orani ko'tarib koridorga chiqdim. Lattani tog'oraga tiqib, hamma zinalarni birma-bir artib chiqdim. O'zimga qulay bo'lishligi uchun ishni birinchi qavatdan boshladim. Bundoq qarasam, Metin yuqorida turgan ekan.
—   Ha, nima qilyapsan? — dedi u hayron bo'lib.
—   Damingni chiqarma, keyin ko'rasan.
Boshqa odam toyib ketmasin, degan maqsadda tepaga chiqib qarab turdik.
Mehmon o'rnidan turdi. Metin ikkovimiz ichkari kirdik. Buvam bilan dadam uni eshikkacha kuzatib qo'yishdi. Qo’l berib xayrlashishdi.
—   Xo'p, xayr, afandim.
—   Yaxshi boring, beyafandim.
—   Biror xizmatlari bo'lsa, hamisha tayyormiz, afandim...
Gapi bo'g'zida qoldi. Chap qoii yuqoriga ko'tarilib, qattiq chayqalib ketdi. Buvam bilan dadam ichkari kirib ketishdi.
—   Uydan chiqib, nega o'ynoqlab ketdi u? — dedi buvam dadamga qarab.
Darhol javob berdim:
—   Ishi o'ngidan kelgani uchun xursand bo'lib ketgandir-da, buva.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:33:20
Metin ikkovimiz yugurib balkonga chiqdik. Bun¬doq qarasak, binoning eshigi oldida ikkita oyoq cho'zilib yotibdi. Mashinasi shu yerda ekan, shofyori yugurib keldi. Shofyor zo'r jurnalistni arang turg'izdi, keyin qo'ltig'idan olib, mashinaga o'tqazib qo'ydi.
Metin o'sha kuni rosa yayrab kuldi. Undan ko'ng-lim to'q, hech kimga aytmaydi. Ammo o'zimni vahm bosdi — bechoraning boshi yorilsa nima bo'lardi? Harholda omadi bor ekan, mayib bo'lgani yo'q.
Anchadan keyin uyga qaytib kirdim. Dadamning qo'lida gazeta.
—   Ha, gap nimada edi? — ko'zini ochdi buvam.
—   Chalasi qolmovdi. Gapni tugatgan edingiz.
—   Ha, darvoqe... Xo'sh, atom urushi bo'larmikin? Dadam bir nimalar haqida gapirdi, keyin boyagi mehmonning kimligini so'radi.
—   So'rab nima qilasan uni, o'giim. Har qanday vaziyatda ham oyog'ini to'rt qilib yuradiganlardan...
—   Buva, iltimosi nima bo'ladi, o'rtog'ingizga aytib qo'yasizmi?
—   Odamning yuzi issiq bo'ladi, qizim. Va'da berib qo'ydim, endi bajarish kerak.
Buvam kursiga bemalol suyanib oldi. Bu gal fikrga toldi chamamda. Dadam oyoq uchida yurib, tashqari chiqib ketdi.
Sen oldingi xatingda gapim ko'payib ketdi, degan ekansan. Meniki senikidan oshib tushdi. Mana, ko'rdingmi?!
Senga va hamma o'rtoqlaringga salomlar yo'llayman. Hammangizga muvaffaqiyat tilab:
Zaynab Yolqir.

P.S. O'sha mashhur jurnalist o'tgan yili maktabi-mizda gapirganda azbaroyi ta'sirlanib ketganimdan ko'zyoshi to'kib olgan edim. Endi bunaqa gaplarni eshitsam, sirayam yig'lamayman.
Z. Y.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:33:34
Qiroat kerak

Istanbul, 22-yanvar, 1964-yil.

Jondan yaqin o'rtog'im Zaynab!
Sen aytgan mashhur odamni nega tanimas ekanman? Maktabimizga kelib, vatanparvarlik haqida ko'pirib gapirganlari hamon esimda turibdi.
Xatingda ilovasi ham bor ekan. Bundan buyon endi shunaqa gapni eshitsam, aslo ko'zyoshi qilmayman, deb yozibsan. Bu mumkin emas, Zaynab. Yig'lamay ilojing yo'q. Piyoz to'g'rayotganda ham shunday bo'ladi. Hech kim ko'zidan ataylab yosh chiqarmaydi. O'zi quyilib kelaveradi. Ko'z achishib ketganidan keyin yosh chiqadi-da, albatta. Sen aytgan odamlar ham mana shu achchiq piyozga o'xshaydi. Buni men boshimdan o'tgani uchun aytyapman. Radioda chiqadigan bir odam bor. O'shaning gapini eshitsam, nuqul ko'zimdan yosh tirqirab keladi. Qaysi bir kuniyam ko'nglim buzilib turgan edi, dadam:
— Ha, Ahmad, nima bo'ldi? Nega yig'layapsan? — deb hayron bo'ldi.
Bundoq o'ylab qarasam, nimaga yig'layotganimni o'zim bilmas ekanman. Juda g'alati gap-a bu? Ammo bo'lgan ish. Keyin o'zimga ham qiziq tuyuldi, nega bekordan bekorga yigiayman, deb hayron bo’ldim. Bundoq durustroq o'ylab qarasam, menga bu odamning gapi emas, balki ovozi ta'sir qilarkan. Uning og'zidan titrab chiqadigan ovozini eshitsam, beixtiyor ko'zimga yosh kelaverarkan.
Piyoz to'g'rab turgan odamdan: «Nega ko'zingiz yoshlanyapti?» deb so'rab bo'lmaydi. Buning sababi ma'lum o'zi. Xuddi shunga o'xshab birovlarning ga¬pini eshitganda ko'zidan tirqirab yosh keladigan odamga ham bir narsa deyish qiyin.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:33:40
Bir kuni meni buvam machitga olib borgan edi. Nomoz tugab, imom qiroat qildi. Buvam to'satdan ho'ngrab yig'lab yubordilar. Buvamni ko'rib, men ham o'zimni tutib turolmadim. Yig'i-sig'i ko'p bo'ldi. Uyga qaytayotganimizda buvamdan:
—   Buva, arabchani bilasizmi? Imom o'qiganda nimaga yig'ladingiz? — deb so'radim.
—   Qayoqda deysan, bolam. Imom ham, men ham arabchani bilmaymiz.
—   Unaqa bo'lsa nega yig'ladingiz?
—   Qandoq qilay, bo'tam. Imom qanchalik chiroyli qiroat qilganini ko'rdingmi? Kim biladi deysan, balki qiyomatdan gap ketgandir.
Buvamning esiga yana imom tushib, ko'ziga yosh oldi. Men ham unga qo'shildim.
Bu voqeani hali-hali eslab yuraman.
Biz tomonda bir kishi bor. O'zi ko'chama-ko'cha har xil sabzavot sotib yuradi. Xudoning bergan kuni eshigimizning tagidan baqirib o'tib qoladi. Shu odamning ovozini eshitsam, negadir ko'nglim buzilib, ko'zimga qiltillab yosh kelaveradi. Bo'lmasa yig'laydigan joyi yo'q. «Karam, rediska keldi, kep qoling», «Mana, kimga pomidor, kimga piyoz», deb baqirib yuradi, xolos. Buning nimasiga yig'laysan, to'g'rimi? Demak, menga uning gap-so'zi emas, balki yalinchoq ovozi qattiq ta'sir qilarkan.
O'qituvchimiz ham she'rlarni bizga doim qiroat bilan o'qishni o'rgatadi. O'qish kitobida bir she'r bor. «Armon ila ketgan edim» degan misra bilan boshlanadi. O'qituvchimiz bizga shuni qanday o'qish kerakligini o'rgatdi. «Tanda g'uborim qolmadi» degan ikkinchi misrani mumkin qadar cho'zibroq, mung-liroq o'qish kerak, deb tayinladi. Xuddi bozorda sadaqa so'rab yurgan qalandarga o'xshab, «Tanda g'ubo-o-orim qolmadi» deyish kerak ekan.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:33:46
Shu she'rni eshitsam, ko'zimga yosh keladigan bo'lib qoldi. Bir kuni o'qituvchimiz yana shu she'rni o'qib ko'rsatayotgan edi. «Tanda g'ubo-o-rim qolma-di» deb qiroatini kelishtirgan ham ediki, orqa par-tadan kimdir chidab turolmadi.
— Yo huv...
— Qaysi betamiz bu? Tur o'rningdan! — baqirib berdi o'qituvchi.
Orqa partadan Yashar turdi.
— Kechirasiz, afandim, bilmay aytib yuboribman.
O'qituvchi aybiga iqror bo’lgani uchun Yasharni kechirdi. She'r o'qishni yana davom ettirdik.
«Bir qultum suvga zor ko'ngil, asti madorim qolmadi».
«Bir qultum...» deb boshlanadigan misrani o'qi-ganda ovoz titrab turishi kerak ekan. Ya'ni sen suvni emas, xuddi joningni so'rab qaroqchiga yolvoryapgan-dek. Ana shunaqa gaplar.
Odam bolasi muomalaga usta bo'lishi, qayerda yumshoq va qayerda qattiq gapirishni bilishi kerak. Buni yaxshi tushunaman. Dadam nuqul xo'jayinini gapirib yuradi. Juda usta odam emish. Dadam hammaga shunaqa deb aytadi. Ko'pincha fabrika ishchilarining o'zi yoki ularning vakillari xo'jayinning oldiga kirib, tirikchilik og'ir bo'lib ketganini aytib, ish haqini oshirishni talab qilisharkan. Bunday paytlarda xo'jayin ovozini mumkin qadar yumshatib, ipakdek muloyimlik bilan nimalarnidir gapirib berarkan. Gapirayotganida o'zidan o'zi to'lqinlanib, ko'ziga yosh olarkan. Uni ko'rib, ishchilarning ham yurak-bag'ri ezilib ketarkan. Har ikki tomon obdan ho'ngrab olgandan keyin ishchilar asl muddaoni ham unutib, silliqina chiqib ketisharkan. Keyin es-hushlarini yig'ib olgach: «Xo'jayin nimani gapirdi, nega yig'ladik», deb toza hayron bo'lisharkan. Ammo xo'jayin bularga nima deganini hech kim aniq bilmas emish.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:33:54
— Hozir men xo'jayinning oldiga kiraman. Tavakkal. Nima deb gapirsayam, qattiq turaman, ko'zyoshi qilmayman. Yo oylikni oshiradi, yo meni ishdan haydaydi, — debdi bir kuni dadam o'rtoqlariga.
Dadam shitob bilan ichkari kirib, «beyafandim», deb endi og'iz juftlagan ekan, xo'jayin gapni ilib ketibdi.
—   Bilaman, qardoshim, bilaman. Hammadan senga qiyin. Tirikchilik ham og'irlashib ketdi... Xabarim bor, sezib yuribman.
Bunga ko'ngilni buzmasa ham bo'ladi, jo'n gap. Ammo o'qigan bilan eshitgan boshqa bo'larkan.-Birov senga sidqidildan achinib, shafoat bilan gapirib tur-ganidan keyin tosh bo’lsa ham erib ketarkan. Lekin dadam tishini tishiga qo'yib ko'ngilni mahkam qilib turaveribdi. Ikki o'rtada savol-javob boshlanibdi.
—   Qo'lingga qancha jon qaraydi?
—   Besh kishini boqaman.
—   Voh-voh, senga jabr bo'libdi-yu...
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:34:01
Xo'jayin chuqur xo'rsinibdi. Uning yuragi achishayotganini ko'rib, dadamning o'pkasi to'libdi-yu, lekin labini mahkam tishlab turaveribdi.
—   Jujuqlar maktabga qatnaydimi?
—   Bittasi o'qiydi, ikkinchisi uyda.
—   Afsus, afsus... Bundan chiqdi, ikkinchisini o'qitishga qurbing yetmabdi-da?
—   Yo'q, hali yosh. Katta bo'lsin, albatta o'qita-man.
—   Buning ustiga uch yilda bir marta xotinga palto olib berish kerak. Juda mushkul ish-a?
—   Yo'q, nega? Eplab turibman.
—   Ha... Xotining tez-tez og'rib tursa ham kerak...
—   Sogiig'i yaxshi.
—   Sog' odam kasal bo’lmay iloji yo'q, birodar. Yotib qolsa nima qilasan? Voh-voh... Boyoqishning holi nima kechadi? Doktorga ko'rsatish kerak, dori-darmon buyuradi... Hammasi pulning zavoli... Operatsiyani nima qilmoqchisan?
—   Qanaqa operatsiyani?
—   O'g'ilchani-da...
—   Operatsiya nimasi, beyafandim? Hech hojati yo'q.
—   Hozir hojati bo’lmasa, keyin bo'ladi. Boshda bor narsa bu...
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:34:11
Xo'jayinning ovozi qaltirab ko'zi namlanibdi. Shu paytgacha o'zini mahkam ushlab turgan dadam buni ko'rib ortiq chidayolmabdi.
—   Qo'ying endi, beyafandim, ko'ngilni buzmang... Bir ilojini qilarmiz axir... Bo'ldi, yig'lamang.
Dadam xo'jayini bilan qo'shilishib, ho'ng-ho'ng yig'lashibdi.
Shu voqeani gapirib bo’lgach, dadam hamisha bunday deydi:
—   Xo'jayin bilan nima haqda gaplashganimiz esimda. Lekin o'sha joyga kelgandan keyin tamoman o'zimni yo'qotib qo'yibman. Xo'jayin o'pkasi shishib yana allanimalarni gapirdi, ikkovimiz rosa yigiab-siqtadik. Allamahaldan keyin es-hushimni yig'ib oldim, qani, nima deyapti ekan, deb gapiga quloq soldim. Bundoq qarasam, Hazrati Alining o'g'illari Hasan va Husayin Karbaloda qandoq shahid bo'lganlarini ta'riflab turgan ekan. Bu zang'ar gapni qandoq qilib Hasan bilan Husaynga bog'labdi, hayronman.
Xullas, dadam o'sha kuni xo'jayinning oldidan qovog'i shishib chiqibdi.
Mana, ko'rdingmi, Zaynab, nafasi o'tkir odamlar gapirganda yig'lamay hech iloj yo'q. Agar o'sha mash-hur jurnalist maktabga qayta kelib qolguday bo’lsa, yana ko'zyoshlar to'kilishi turgan gap.
Xo'p, omon bo'l. Xatingni kutaman.
Ahmad Tarbay.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:34:24
Noittifoq maktab va oila

Anqara, 24-yanvar, 1964-yil.

Do'stim Ahmad!
Hozirgina 20-yanvarda yozgan xatingni oldim. Kecha ukol qildirgan edim, shuning uchun bugun o'qishga bormadim. Xatingni o'qib, qattiq kulib yuborgan ekanman, oyim:
— Bekordan bekorga nega kulasan, qizim? — deb hayron bo’ldi.
Sendan xat kelganini aytdim.
— Nima deb yozibdi o'rtog'ing?
Yozganlaringni oyimga ham o'qib berdim. Rosa miriqib kuldi...
Senga men «Maktab va oila ittifoqi»ning bir majlisini gapirib bermoqchi bo'lib yurgan edim. Mana, bugun shunga imkon tug'ildi, vaqt juda bemalol. Ukol sal og'rib, isitma chiqarib turibdi-yu, lekin chidasa bo’ladi.
Yaqinda maktabda ota-onalar majlisi bo’ldi. O'zi har oyda bir marta o'tkazib turiladi. Beshinchi sinfdan besh bola navbatchilik qiladigan bo'ldik. Uchta qiz va ikkita o'g'il bola. O'sha kuni majlisda bo'lgan hamma gaplarni o'z qulog'im bilan eshitdim. Juda g'alati gaplar bo’ldi. Senga shularni aytib bermoqchiman.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:34:30
Navbatchilarning ishi majlis tugaganidan keyin mehmonlarga choy, limonad, pecheniy ulashib chiqishdan iborat. Shuning uchun bizni ichkari qo'yishmadi. Koridorga chiqib turdik. Zal ota-onalar bilan liq to'lgani uchun dimiqib ketdi, axiyri eshikning ikkala tavaqasini lang ochib yuborishdi. Koridorda turib, hamma gaplarni eshitib oldik.
Direktor janoblari majlisda birinchi bo’lib nutq so'zladi. U nutqni muloyim ohangda boshlagan bo’lsa, keyin o'dag'aylashga o'tdi. Gapning asosiy mazmuni shu bo’ldi: ota-onalar farzandlarini o'z holiga tashlab qo'yishgan, natijada, hamma og'irlik mak¬tabga tushyapti. Shuni unutmaslik kerakki, maktab aslida oilaning o'zidan boshlanadi. Ota-ona uyda bolani tergab turishi, vaqtida dars qildirishi, maktabga kelib, uning o'qishidan, yurish-turishidan xabar olib turishi lozim.
Zalda pichir-pichir gaplar o'ralashib qoldi. Direktor maktab ishlariga sho'ng'ib ketgani uchun o'ziga vaqti qolmayotganidan nolib gapirdi.
— O'giim litseyning birinchi sinfida o'qiydi. Shu maktab ishlaridan bo'shab litseyga borolmayman. O'giimning o'qishlari qanaqa, bilmayman. Bir kelib keting, deb ko'p xat yuborishdi, ammo vaqt qani bunga... Ishim boshimdan oshib yotgan bo’lsa...
«Maktab va oila ittifoqi»ning raisi qilib bir ayol saylangan. Direktordan keyin u ota-onalarga so'z berdi. O'tirganlardan biri minbarga chiqdi. Bu odam o'quvchilar ona tillarini yaxshi bilmaydilar, deb shikoyat qildi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:34:36
—   Bu qandoq gap, afandim, o'g'limga nima uchun ona tilini yomon o'qitishadi?
Bu kishining tili biram g'alati ekanki... Gaplari poyma-poy, hecham tushunib bo'lmaydi. Bir jumlaning o'zida uchala zamon fe'li ketma-ket keladi. Gapi qayerda boshlanib, qayerda tugaganini bilolmaysan.
—   Aslo mumkin bo'lmaydi, afandim. Fransuz tili bo'lganida go'rga erdi, nega bo'sh saboq olishini bilmasdim. Balki to'g'ri bo'lajak bu. Ammo-lekin ona tilidan yomon o'qidi, mumkin emas. Adolatsizlik bo'ladi... Innaykeyin, mening o'g'lim boshqa millat farzandi bo'ldi, turkcha bilmay qolajak. U mening o'g'lim, binobarin, turk farzandi, shundoq ekan, turkcha bilgan shart... Nega u ona tilini bilmayajak? Tilni g'oyat zo'r o'qitadi,  demaganmishman... Lekin har qanday turk bolasi kerak kamida o'rta tilni biladi. O'g'lim gapiradi, turkcha tushunganman, uni onasi tushundi, o'rtoqlari tushunajak, demak, o'qituvchisi ham tushungan kerak, albatta. Tildan kamida o'rta baho olgan kerak.
—   Kechirasiz, gapingizga tushunolmadim, — luqma tashladi sinf o'qituvchisi. — O'g'lingiz turk bo'lgani va turk tili unga ona tili bo'lgani uchun bu fandan kamida o'rta baho olish kerak, demoqchimisiz?
—   Ha, to'g'ri, shuni gapir. O'g'limning gapiga hamma tushundi, o'qituvchisi ham tushungan lozim...
—   Demak, o'g'lingizning gapiga tushunar ekansiz-da?
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:34:43
—   Ha, albatta.
—   O'g'lingiz ham sizni tushunadimi?
—   Tushundi bo'lishi kerak.
Zalda g'ala-g'ovur boshlandi. Direktor uni tinchitib, joyiga o'tqazib qo'ydi.
Otalardan yana biri so'zga chiqdi. U goh paytlari o'g'li ayrim narsalarni so'rab qolganida javob berolmay qiynalishini gapirdi.
—   Uning so'ragan narsasini men nega bilmayman, afandim? Nima uchun bilmaslik kerak?
Shunga ham xunob bo'ladimi, deb turgan edim, sababi boshqa yoqda ekan.
—   Men bilmagan narsani yosh bola qandoq tushunishi mumkin? Mutlaqo o'zlashtirolmaydi. Asli o'zim litseyni bitirganman. Boshlang'ich maktabda o'qiydigan o'g'limning savoliga ba'zan javob berolmay qolaman-a. Shu to'g'rimi axir. Farzandlarimiz go'dak hali, programmani sal yengilroq tuzish kerak. Miyasini achitishning nima keragi bor?!
Boshqa bir juvon unga qarshi gapirdi. Bu juvon o'quvchilarning bilimi sayoz bo'lib ketayotganidan, ular ko'p narsani bilmasligidan shikoyat qildi.
—   Qizimdan nimani so'ramay, hecham durustroq javob ololmayman. Hayronman, bizning zamonamizda o'quv programmalari juda keng bo'lardi. Mana bitta misol. Tunov kuni ikkovimiz oshxonaga kirdik. Bir kishi tishini kavlab o'tirgan ekan, qizim o'shani ko'rsatib: «Oyi, bu kishi nega kavsh qaytaryapti?» deb so'rab qolsa bo'ladimi! Iltimos qilaman, to'rtinchi sinf o'quvchisi odamzod sut emizuvchilar toifasiga kirmasligini bilib qo'ysin.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:34:49
Direktor o'quv programmasini maktabda emas, balki Maorif ministrligida tuzilishini, shuning uchun bu masala bevosita ministrlikka taalluqli ekanini aytib, uni tinchitmoqchi bo'ldi. Lekin juvon ham bo'sh kelmadi.
—   Bir narsa bo'lsa, nuqul hukumatni ro'kach qilamiz. Odamzod sut emizuvchilarga kirmaydi, deb aytib qo'yish na hukumatning va na ministrlikning ishi bo'lmasa kerak, albatta.
Hammalari bir-birini kuldirish uchun ataylab maynavozchilik qilayotgandek tuyuldi menga. Lekin vajohatlari g'oyat jiddiy edi. Sinfimizda Murod degan bir bola bor. Mabodo o'qituvchi uni chaqirib qolsa:
—   Kimga aytyapsiz? — deb bo'zrayadi.
—   Kimga bo'lardi, senga-da!
—   Mengami, afandim?
—   Ha, senga aytyapman.
—   Rostdan mengami, afandim?
O'qituvchi uning ismini aytib chaqirsayam yoki sinfda ikkovidan boshqa odam bo’lmasayam Murod nuqul anqovsirab turaveradi. Buni ko'rib o'qituvchi jig'ibiyron bo'ladi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:35:05
—   Ro'paramda turgan senmisan axir? Senga bo’lmay, kimga aytyapman, Murod!
Murod shunda ham orqa-oldiga qarab alanglaydi. Bir kuni orqasiga o'girilib, qup-quruq devorga qarab shunaqayam tikildiki... O'ziyam rosa kulishdik.
Bir kishi o'rnidan turdi. Keyin bilsak, u Murodning otasi ekan.
—   Ruxsat etsangiz, men ham ikki og'iz gapirsam.
—   Marhamat, afandim, eshitamiz, — dedi raislik qilayotgan xonim.
—   Menga aytyapsizmi? — hayron bo'lib so'radi Murodning otasi.
—   Ha, sizga. Gapiraman deyapsiz-ku.
—   Kim? Menmi?
—   Ha, siz.
—   Men-a?
—   Shundoq, afandim. Marhamat, so'z sizga. Murodga o'xshab u kishiyam qo'lini ko'ksiga qo'ydi:
—   Men gapiraymi?
Zaldan turib allakim: «Yo'q, siz emas, men!» deb luqma tashlagan edi, gur etib kulgi ko'tarildi.
Murodning otasi nutqini boshlab yubordi. U maktabda bolalarga koptok o'ynatmaslik kerak, o'g'lim koptokka berilib darslaridan qolib ketyapti, dedi.
—   O'g'lingiz qaysi sinfda o'qiydi? — luqma tashladi direktor.
—   Kim, mening o'g'limmi?
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:35:12
—   Ha, sizning o'g'lingiz. Murodning otasi picha o'ylanib turgach:
—   Shu maktabda o'qiydi, — deb javob berdi.
—   Xo'sh, sinfi bormi? Nechanchi?
—   Nima nechanchi?
—   Kimdir yana: «Oyoq kiyimingizni so'rayaptilar. Razmerini ayting!» deb qichqirgan edi, zal sharaqlab kulib yubordi.
Boyoqish o'g'li nechanchi sinfda o'qishiniyam bil-mas ekan. Murodning ism-familiyasini aytgandan keyingina ma'lum bo'ldi.
Yana bir notiq so'zga chiqib, bir quloch va'zxonlik qildi. Shunaqayam gapni chaynab gapirarkanki, o'tirganlarning toza ensasi qotdi.
—   Turkiya faqat asalarichilik hisobiga taraqqiy etishi mumkin, janoblar, — deb boshladi u nutqini.
Asalarichilik bilan ota-onalar majlisi o'rtasida qanday aloqa bo’lishi mumkinligini tushunolmaganimiz tufayli kulgidan o'zimizni arang tiyib turibmiz.
U asalarichilikka oid juda ko'p kitob o'qib chiqqanini aytib, asalari qanday bo'lishini tushuntirib berdi:
—   Asalari, odatda, kichkina bo'ladi. Qanotlari ham bor. Doim uchib yuradi. O'zi asal qiladi. Kishi organizmiga asalning foydasi katta. G'oyat foydali narsa. Asalni nonushtada yoki ovqatdan keyin iste'mol qilish mumkin. Murabbosi ham lazzatli bo'ladi. Aslida asal ikki xil bo'ladi...
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:35:18
Notiq og'zidan bol tomib, asalarichilik xususida rosa ma'ruza qilib bo’lgach, bevosita arilarga o'tdi.
—   Men sizga aytsam, arilar ikki xil bo'ladi — qovoqari va asalari.
Zalda g'ala-g'ovur boshlandi. Direktorning sabri tugadi.
—   Xo'sh, asalarining kimga keragi bor?
—   Asalarimi? Axir undan asal olinadi.
—   Yaxshi, asalning nima keragi bor?
—   Nega keragi bo'lmasin? Asa] hamma narsaga kerak.
—   Xo'p, maktabga asalning nima aloqasi bor?
—   Ruxsat etsinlar, buyog'ini endi aytaman. Hozir bir janob farzandlarimizning olgan bilimidan biror naf bo lsin, turmushda foydasi tegsin, deb gapirdi. Juda to'g'ri taklif. Men o'g'limdan qiyos qilaman. O'giim uch burchak burchaklarining yig'indisi bir yuz sakson gradus bo'lishini biladi-yu, lekin asalari haqida mutlaqo tasavvuri yo'q. Xo'sh, o'sha burchaklar yig'indisi yuz sakson gradus bo'ladimi yoki besh mingmi — buning kimga keragi bor? Qancha bo'lsa bo'laversin. Mana, o'zlaringiz ayting-chi, shuncha yil yashab, qaysi birimizga kerak bo'lib qoldi bu narsa? Birov bizdan uch burchakni so'radimi? Aslo yo'q. Shundoq ekan, har xil bema'ni narsalar bilan o'g'il-qizlarimizning miyasini achitishmasin. Ularga foydali narsalarni, masalan, aytaylik, asalarichilikni o'qitishsin. Turkiya faqat asalarichilik hisobiga taraqqiy etishi mumkin. Zotan, asalari qo'y bilan sigirdan farq qiladi. Sigir sut beradi-ku, lekin unga yem-xashak kerak. Asalari bo'lsa sizdan hech nimani talab qilmagan holda mo'l-ko’l bol beradi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:35:25
—   Taklifingiz juda to'g'ri, janob, — dedi bir kishi o'rnidan turib. — Ammo shahar sharoitida asalarichi¬likni rivojlantirib bo’lmaydi. Nega desangiz, shaharning havosi yomon, chang-to'zon, tutun serob. Asalari bunga qandoq chidaydi? Qolaversa, asalaridan sharoitga qarab asal olish mumkin. Shahar ichida u asal emas, qatron berishi mumkin. Shundoq, afandim. Endi mening boshqa bir taklifim bor. Asalarichilik bilan boshni qotirgandan ko'ra, tovuqlarga e'tibor bergan ma'qul. Tovuq yaxshi narsa. Farzandlarimiz tovuq boqish hunarini yaxshilab egallab olishsa bormi...
Direktor uning gapini bo'ldi.
—   Men yana qaytarib aytaman, afandim. Maktabda asalarichilikni yoiga qo'yish, tovuq yoki sigir-
buzoq boqish bizga bog'liq emas. Dars programmalari Maorif ministrligida tasdiqlanadi. Qolaversa, bu yer qishloq xo'jalik maktabi emas.
—   Mavzudan ancha chetga chiqib ketgan ko'rinamiz,— dedi po'rim bir ayol o'rnidan turib.— «Maktab va oila ittifoqi»ning a'zosi sifatida mening bir taklifim bor. Maktabda qashshoq bolalar ham o'qiydi. Shularga yordam berish kerak. Xo'sh, nima qilamiz? Lotereya o'ynab pul to'playmizmi yoki o'tgan yildagidek ularga bir kecha uyushtirib beramizmi?
Uzoq tortishuvlardan keyin yo'qsil bolalarga bir kecha uyushtirib berishga qaror qilishdi. Shu yerning o'zidayoq ota-onalardan xayr-ehson puli yig'ib olindi.
Majlis tugab, hamma o'qituvchilarni o'rab oldi. Har kim o'qituvchidan o'z farzandini surishtira ketdi. Biz, navbatchilar zalga kirib, mehmonlarning oldiga choy, limonad, pecheniy qo'yib chiqdik.
Ochig'ini aytsam, shu kuni rosa xumordan chiqdim. Qani endi shunaqa majlislar tez-tez bo’lib tursa. Sizlarda ham majlis bo'lib qolsa, bir ilojini qilib albatta kir. Gaplarni eshit.
Majlisga oyim borgan edi. Uyga qaytgach, oyimdan: «Siz ham nimaga so'zga chiqmadingiz?» — deb so'radim.
—   Navbat tegdimi o'zi menga? Hammasi og'ziga kelganini vaysaydi.
—   Aytadigan gapingiz bormidi?
—   Nega bo'lmas ekan? Nima, menda lab-dahan yo'qmi?! Biror nimani topib gapirardim. Gal berishmasa nima qilay?
Mana, Ahmad, xatim yana cho'zilib ketdi. Seniki holva ekan.
Minega aytib qo'y, haligacha undan javob olganim yo'q. Senga muvaffaqiyat tilab:
Zaynab Yolqir.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:35:56
Zukkolar musobaqasi

Istanbul, 30-yanvar, 1964-yil.

Zaynab!
Xatingni oldim. Sen hikoya qilib bergan majlis xuddi kinolentaga o'xshab ko'z o'ngimda jonlanib ketdi. Dadam ota-onalar majlisiga hecham bormaydi. Ba'zi kunlari ishi ko'payib ketsa, yarim kechada qaytadi. Dadam faqat yakshanba kuni biz bilan birga bo'ladi. Butun ro'zg'or tashvishi onamning yelkasida. Majlisga borishga, ochig'i, qoii tegmaydi.
Senga aytadigan bir xushxabarim bor — zukkolar musobaqasida uloqni bizning donishmand ilib ketdi.
Gapimga tushunmagan bo'lsang kerak. Donish¬mand kim, bilasanmi? Singlim Fato'sh. O'tgan yak¬shanba kuni oltita zukko bola o'zaro musobaqa o'tkazishdi. To'g'rirog'i, ularni bir-biriga kattalar cho'qishtirdi. Shu musobaqada birinchi o'rinni o'zimizning Fato'sh oldi. Haloli ham shu.
Mening ikkita amakim bor. Katta amakim bir o'g'il-u bir qiz, kichigi esa bir o'g'il ko'rgan. O'sha yakshanba kuni amakimlar uy ichi bilan biznikiga kelishdi. Dadam bir injener o'rtog'ini ham chaqirgan ekan. Keyin qo'shnimiz chiqdi. Bular ham arzandalarini olib kelishibdi. Xullas, uyimizda olti bola jam bo'ldi.
Katta amakimning qiziq bir odati bor: kimni ko'rsa, shunga o'g'il-qizini maqtaydi, juda miyasi o'tkir, balo bola bo'lishgan, deb keriladi. Har gal ularning yangi-yangi qilmishlarini gapirib beradi.
— Tunov kuni kichigi nima hunar ko'rsatdi deng? Og'zim ochilib qolibdi. Xudo haqqi, birov eshitsa ishonmaydi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:36:03
Katta amakim nuqul gapni shundan boshlaydi. Kenjatoyning qilgan ishi shu bo'ptiki, amakim kechqurun uyga kelishi bilan yugurib borib shippagini olib kelibdi.
—   Mushtday bolaning shunga aqli yetganiga hayronman. Tavba, deb yoqamni ushlayman. Shippak kiyishimni bilganini qarang... Voy farosatingdan o'rgilay-ey... G'uj-g'uj miya ekan buning boshi.
Shippakka farosati yetgan bu zukko bola necha voshda, bilasanmi?
Ho'kizday bo'lib qolgan, Fato'shdan bir yosh katta.
Injener gapni ilib ketdi.
—   Shu zamonning bolalari juda o'tkir bo'lib ketgan. Bizning qizcha ham shunday. Hali yettiga to'lgani yo'g'u fransuzchani bidirlab gapiradi.
—   Yopiray! Alomat-ku!
—   Balli, juda alomat qiz! Fransuzchani qotirib tashlaydi.
Katta amakim gap oqimini yana o'g'liga burdi:
—   Kenjamiz juda o'tkir bo’lgan-da, ko'z tegmasin. Opasini bosib tushadi. Opasiyam lekin chakki emas. Ikkoviyam baloyi azim... Qaysi kuniyam uyga kechroq qaytgan edim, oyisi o'g'ilchadan nolib gapirdi. Hech so'zimga kirmayapti, katta bo'lib kuchim yetmay qoldi, ko'chadan beri kelmaydi, o'zing chaqirib kelmasang bo'lmaydi, deb qoldi. Borsam, ko'cha changitib koptok o'ynayotgan ekan. Terlab ketib-di, hammayog'i chang-to'zon. Uyga kir, desam unamaydi. Zo'rlab olib ketmoqchi bo'ldim. Yaqinroq borgan edim, biram tiraqaylab qochdiki... Quvib yetolmadim. Bir qarich bolaning shunchalik tez chopishini ko'rib hayron qoldim. Toza antiqa chiqdida bu o'g'il.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:36:10
—   Mening qizimni aytmaysizmi... Shunaqayam aqlli bo'lganki...
Qo'shnimiz endi qizini ta'riflamoqchi bo'lib turgan edi, katta amakim fursatni qo'ldan chiqargisi kelmadi.
—   Kechirasiz, gapingizni oldim... Keyin orqasidan rosa yugurdim. Yetolmadim. «Uyga yur, bo'lmasa kaltak yeysan», deb oxiri dag'dag'a qilishga majbur bo'ldim. «Nima, siz oyimmisiz, meni tuqqanmisiz? Ishingiz bo'lmasin», desa bo'ladimi! Bu xumparning gapidagi mantiqqa qarang! O'zi zo'r-da, zo'r... Katta odamning aqliga kelmaydi bu gap...
Amakim gap orasida o'qtin-o'qtin o'g'ilchasiga qarab, mamnun jilmayib qo'yadi. Buni ko'rib, boshqa mehmonlar ham noiloj kulgan bo'ladi.
—   Umri bilan bergan bo'lsin. Qoyil, o'g'ilchangiz juda aqlli bola ekan, — dedi injener.
Buni eshitib amakim yana erib ketdi.
—   Nimasini aytasiz, afandim. Shaytonga dars beradi bu xumpar. Hatto uyda kim qaysi ishga qodir ekanini ham biladi...
Bu bola menga qarindosh. O'zi mendan bir yarim yosh kichik. Durust bola. Ammo uning dadasiga ma'qul tushgan qiliqlari o'taketgan tarbiyasizlikning o'zi. Men shundoq deb o'ylayman.
Gapi chala qolgan qo'shnimiz kelgan joyidan boshlab yubordi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:36:16
—   Qizchamiz hozirdanoq rassom bo'lib qolgan. Chizgan rasmlarini ko'rsangiz, havasingiz keladi. Juda antiqa.
—   Qizimning qo'li gul, ishqilib yomon ko'zdan asrasin, — qo'shib qo'ydi onasi.
Navbat kichik amakimga tegdi.
—   Shu zamonning bolalari juda o'tkir bo'lib ketyapti-da. Hammasi bir-biridan o'taman deydi. Shu bizning o'g'ilcha deng...
Bilsak, amakimning o'g'ilchasi juda xushovoz ekan.
—   Bizning Fato'shimiz raqqosa bo'ladiganga o'xshaydi, — dedi dadam ham gapga qo'shilib. — Tvist degan bir o'yin bor ekan. Shuni biram boplab tashlaydiki, asti qo'yaverasiz.
—   Qizimni yallachi qilmayman, keragi yo'q, — e'tiroz qildi oyim.
—   Xomlik qilma, xotin. Raqqosa boshqa, yallachi boshqa. Farqi bor. Qizimiz yallachi emas, raqqosa bo'ladi.
—   Baribir begonaning oldida yechinib o'ynaydi-da, xohlamayman buni!
Shu gaplarni eshitib o'tirib, miyamga g'alati bir fikr keldi. Aytaylik, o'tirganlardan biri yana o'g'ilcha-sini maqtab ketadi. «0'g'lim tushmagur endi yigirmaga chiqdi. Tunov kuni onasini emib o'tirganida menga qarab: «Dada, menga xotin olib bering!» deb qolsa bo'ladimi. Yo tavba! Shu yoshda bolaning tili chiq-qanini ko'rganmisiz?! Voy zamonangdan o'rgilay shunqorlar-ey!» Buni eshitib, hamma yoqa ushlaydi. Shu narsaning bo'lishi mumkinmi? Albatta mumkin. Boyagi gaplarni aytgan odamlarning shunga aqli yetmasmidi?
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:36:25
Qaysi bir kuni qo'shnimiz yangi gap topib keldi. Bir yarim yashar bolasi atak-chechak qilayotgan emish. Oyimga shuni quvona-quvona gapirdi. Men hayron bo'ldim. Nima, bir yarim yashar bola yurmasdan uchishi kerak ekanmi?
Yosh bola nima hunar ko'rsatsa, hammasiga ajablanaverishar ekan-da. Qiziq, go'dakning tili chiqqanigayam hayron bo'lishadi. Bola degan odamga o'xshab gapirmay, bo'riga o'xshab uvillashi kerak ekanmi?! Tavba.
Miyasi butun bolalar birpasda uyimizni boshga ko'tarib, to's-to'polonini chiqarib yuborishdi.
Boyagi injenerning Toriq degan o'g'li bor. Kap-katta bola, o'rta maktabning ikkinchi sinfida o'qiydi. Injener shu o'g'lidan gap ochdi.
—   Yoshligida Toriq juda ajoyib bola edi. Nimagadir keyin o'zgarib qoldi.
—   Qani, qani, nimasi ajoyib edi? — qiziqib so'radi kichik amakim.
Injenerning o'g'li ham shu yerda. Otasi gapiryapti-yu, men unga razm solaman: turqi sovuq, so'tak bir bola, xolos.
Toriqni onasi chaqirib qoldi. Uning uch-to'rt marta ovozi eshitilgan bo'lsayam, Toriq miq etmay o'tiraverdi. Oxiri derazani ochib o'shqirdi:
—   Ha! Nima deysan?
Ota-onalar o'z farzandlari nimalarga qodir ekanini bir ko'rsatib qo'yishmoqchi edi. Hamma shu fursatni sabrsizlik bilan kutardi. Oxiri katta amakining sabri chidamadi. U besh yashar qizini imlab chaqirdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:36:33
—   Qani, qizim, amakilaringga ashula aytib berchi. Maza qilib bir eshitsin.
Qizcha jilpanglab, noz qildi.
—   E-e...
—   Bo'la qol, oppoq qizim.
—   Aytgim kelmayapti.
—   Aka-singilning muzikaga juda ixlosi baland, — qistirib o'tdi kelin oyim. — Kuyni darrov ilib olishadi. Pianino chalganda qo'llari biram kelishib turadiki. Pianino bo'lganda o'g'lim boshlab menzurka chalib berardi-ya.
—   Menzurka emas, mazurka, xonim, — dedi amakim uni tuzatmoqchi bo'lib.
—   Menzurkami, manzurkami — hammasi bir go'r emasmi... Yoshligimda men ham muzika shaydosi edim, ikkovi menga tortgan.
Qizlarini yana qistab ketishdi.
—   Bo'l endi, qizim. Aytmasang hay olib bermayman.
—   Obermasangiz obermang. Navbat poraga keldi.
—   Ashula aytib bersang, bitta shokolad beraman.
—   Nimani aytay?
—   «Beyo'g'lining qizlari»ni.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:36:45
Amakim tunuka choynakni olib, qopqog'ini tiqillatdi. Kelinoyim barmoq shiqillatdi. Nihoyat, chiyillagan bir ovoz eshitildi. Qo'shiq boshlandi.
«Bey o'g'lining qizlari, yor-ey,
Bey o’g'lining qizlari, yor-ey,
Suzilib turar ko'zlari, yor-ey...»

Qiz dam-badam to'xtab qoladi. Onasi uyog'ini ulab yuboradi. Shundagina nimjon ovoz quloqqa chalinadi.
Qo'shiq tugagach, hamma chapak chaldi. Keli¬noyim injenerning xotinidan uzr so'ragan bo'ldi:
—   Bugun tobi qochib turibdi, xolasi, ovozi ning mazasi yo'q.
—   Juda binoyidek ovozlari bor ekan, ko'z tegmasin, — dedi u e'tiroz bildirib.
Kichik amakim navbatni o'g'liga olib bermoqchi bo'ldi.
—   Qani, o'g'lim, sen endi she'r o'qib ber-chi. Bola bir burchakka biqinib oldi.
—   Iya, iya, o'g'lim, bo'la qol endi.
Bolani toza qistashdi, yalinib-yolvorishdi hamki, hoimadi. Amakimning jahli qo'zg'adi:
—   Aytavermaysanmi, shumtaka, nega injiqlik qilasan?
O'g'li yig'lab yubordi. Keyin yig'lab-siqtab zo'rg'a she'rni boshladi. Oyisi bilan dadasi unga qarashib turdi. Bola bitta so'z aytganidan so'ng keyingisi esidan chiqib qolar ekan. Amakim bilan kelinoyim dalda berishadi yoki so'zlarni aytib turishadi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:36:58
—   Mushukcham... Mushukcham... Mushukcham...
—   Xo'sh, xo'sh, uyog'iniyam ayt-chi, — qistaydi uni amakim.
—   Mushukcham... Mushukcham...
Kelinoyim hayron.
—   Bugun senga bir narsa bo'ldimi o'zi, o'g'lim? Bolaginamga ko'z tekkanga o'xshaydi...
—   Mushukcham... Mushukcham... Mushukcham...
—   Mingta mushuging bormi o'zi, ovsar! — deb o'shqirdi amakim. Hamma kulib yubordi.
—   Bolani o'z holiga qo'ysang bo'lmaydimi? Nega unga hadeb baqirasan? Esini kirdi-chiqdi qilib qo'yganing yetmaydimi! — dedi kelinoyim o'g'lining yonini olib.
Bola: «Mushukcham...»
Araakim: «Bor...»
Bola: «Bir kichkina... Kichkina... Kichkina...»
Kelinoyim: «Ichganlari...»
Bola: «Ichganlari...»
Amakim: «Sutgina...»
Bola: «Sutgina...»
Kelinoyim: «Miyov, miyov...»
Bola: «Miyov, miyov qiladi».
Amakim: «Ko'zin...»
Bola: «Ko'zin suzib turadi. Bersam...»
Amakim: Xo'sh, nimani bersam?
Bola: «Bersam nonni yemaydi, O'zi sichqon tutmaydi».
Kelinoyim: Yasha, o'g'lim.
Bola: «Dangasa ekan bilsam,
Mening baroq mushukcham».
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:37:05
Bola yengil tin oldi. She'r tugaganiga bola ham, biz ham xursand bo'ldik. Ammo amakimning ko'ng-lidagidek bo'lmadi chamasi, «ho'kiz!» deb o'g'lini jerkib berdi.
—   Begona odamlarning oldida yotsiraganga o'xshaydi.
Injenerning xotini kelinoyimning bu gapini ma'qulladi.
—   Ha, ko'pchilik o'tiribdi, uyalgan bo’lsa kerak.
Biz chapak chalib turgan edik, amakivachcham yengiga ko'zyoshini artib, tashqariga chiqib ketdi.
—   Rasmlaringni olib kelganmisan, qizim? — Qo'shnimiz qo'li gul qizidan so'radi. — Bor bo'lmasa, olib chiq, amakilaring bir ko'rishsin.
—   E-e... — dedi qizi erinib.
Oyisi luqma tashladi:
—   Bo'yoqlar topilsa, shu yerning o'zidayam rasm solaveradi qizim.
Dadam menga qaradi:
—   Bo'yoqlaringni olib chiq, o'g'lim.
G'ijinib ketdim. Lekin ilojim qancha. Dadamning o'zi yangi yilda sovg'a qilgan bo'yoqlarni zo'rg'a olib chiqdim. Ro'yxush bermay qutichani qizga uzatdim.
Qizcha stol ustiga munkayib olgach, qog'oz betiga bo'yoqlarni chaplay boshladi. Buni ko'rib diqqinafas bo'ldim. Chetroqqa borib turdim.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:37:14
Shu orada injener mehmon fransuzchani sharillatib gapiradigan qizini yoniga chaqirdi. Keyin fransuzchalab unga bir nima dedi.
—   Ui, — deb javob berdi qizcha.
Otasining keyingi savoligayam u xuddi shu javobni berdi. Injener nima demasin, qizi shu bitta so'zni aytadi. Oxiri otasining xunobi oshdi.
—   «Ui»dan boshqa so'z qurib qolganmi?
—   Bo'lmasa «No» deb aytaymi? «No»ga kelganmidik?
—   Ha, albatta. «No» deb javob berish kerak. Shuning navbati.
Qizcha «No»ga o'tib oldi. Dadasi nimani so'ramasin hammasiga «no» deb javob qaytarib turdi. Ota-bolaning gapiga diqqat bilan quloq solib turdim. Chunki bo'lgan voqeani senga yozib yuborishga ahd qilgan edim. Ammo injenerning fransuzcha aytgan gaplariga sira tushunmadim. Esimda qolgan ba'zi jumlalarni esa litseyda o'qiydigan bir boladan so'rab bilib oldim.
—   Ferm la port, — dedi to'satdan otasi.
Qizi «voy» deganicha yugurib borib onasini betidan o'pdi.
—   «Ferm la port» — onangni o'p, degan gap emas, qizim. Senga aytgan narsa «bez la mer» bo'ladi.
—   Bolaning ham jinnisini chiqarasan, — dedi ona-si qizining yonini olib.
—   Bo'lmasa «ferm la port» deganda nima qilish kerak?
—   Ha, shuniyam bilmaysanmi, derazani och, degani-da! — Bilag'onlik qildi onasi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:37:19
—   Sen bizga xalaqit berma, xotin, — dedi injener uni bosib. — «Uvr la fnetr»ni aytyapsan sen. Ferm la port — eshikni yopib kel, degani! Xotiniyam bo'sh kelmadi.
—   Hech-da. Maktabda bizga shundoq deyishgan edi.
Er-xotin tortishib ketishdi.
—   Fransuzcha bilaman deb kerilmay qo'yaqol. Biz ham o'qiganmiz fransuzchani. Istagan odamingdan borib so'ray qol. Ferm la port — derazani och degani, — dedi xotini yana gap bermay.
—   Men axir o'qishdan tashqari Fransiyada ham yashaganman-ku.
—   Voy, birga boruvdik-ku. Hov, esingdami, ikkovimiz bir kuni magazinga kiruvdik. Menga siynaband olib bermoqchi bo'luvding-ku! Esingga tushdimi? O'shanda sotuvchi qizga imo-ishora bilan tushuntirganingda ovbop to'rva ko'rsatuvdi-ya?!
—   Gaping qiziq bo’ldi-ku, jonim, — dedi norozi bo'lib injener. — Axir Fransiya bilan Germaniyani chalkashtirib yubording-ku. Bu voqea Germaniyada bo'lgan edi. Fransuzlarning o'zlari qoyil qolishadi-ku, menga...
Er-xotinning tortishuviga rassom qizning dadasi chek qo'ydi.
—   Surating bo'ldimi, qizim? — so'radi u qizidan.
—   Tamom bo'ldi.
To'satdan qizning onasi chirqillab qoldi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:37:26
—   Voy, rasmlaring ordona qolgur... Yap-yangi ko'ylakni rasvo qilibdi-ku.
Bundoq qarasak, mohir rassomimiz sirkdagi qi-ziqchilarga o'xshab hammayog'iga bo'yoq surib chiqibdi.
—   Barakalla, qizim, juda boplabsan, — dedi chorasiz qolgan ota.
Zakiy bolani ko'rsa, dadam ayniqsa erib ketadi. Iste'dodini ko'rsatmagan bitta bizning Fato'sh qoldi.
—   Qizimdan ajoyib raqqosa chiqadi,— dedi dadam mehmonlarga qarab. Keyin singlimga o'girildi. — Qani, qizim, bir tvistga tushgin, bularning og'zi ochilib qolsin.
Bir burchakka tiqilib olgan Fato'sh qimir etmadi.
—   Bo'l endi, oppoq qizim.
Singlim boshini ko'tarmay, yerga qarab turaverdi. Uni o'yinga tortish uchun dadamning o'zi tvistni boshlab yubordi. Injener bilan xotiniyam davraga qo'shildi.
—   Qani yur, biz bilan o'yna, — deb rosa Fato'shni qistashdi.
«Bor, o'ynab bera qol», deb oyim sekingina Fa-to'shning orqasidan itargan edi, singlim boyadan beri nega bo'zrayib turgani ma'lum bo'ldi.
—   Voy o'lmasam, ishni o'xshatib qo'yibdi-ku qizim!— deganicha oyim Fato'shni dast ko'tarib tashqariga olib chiqib ketdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:37:36
—   Iya, bunaqa odati yo'q edi-ku, — hayron bo'ldi dadam.
Injenerning xotini yupatgan bo'ldi:
—   Bola bolaligiga boradi-da, afandim. Mayli, hechqisi yo'q.
—   Ko'pchilikning salobati bosgandir...
Zakiy bolalarning musobaqasi mana shunday yakunlandi. Bu musobaqada singlim Fato'sh g'olib chiqqaniga imonim komil.
Mehmonlar tarqalishdi. Daftarimni olib, dadam¬ning oldiga bordim.
—   Manavini eshiting, dada, juda qiziq gap ekan, — dedim daftarni ochib. — Bir kitobda ko'rib, ko'chirib olgan edim. Mana: «Mabodo eshak odamga o'xshab gapirsa va odam bolasi lining o'rniga yuk tashisa, buni normal hoi deb bo'lmaydi... Vaholanki, ba'zi kishilar, «falonchining eshagi tilga kirganmish», deb karnay chalib yurishadi. Odam bolasi gapiradi, eshak yuk tashiydi. Buning hech ajablanadigan joyi yo'q».
—   Xo'sh, buni menga nimaga o'qib beryapsan?
—   Aytmoqchi bo'lgan gapim shuki, yosh bola kattaning ishini qilmasligi kerak. Bola bolaligicha qolgani ma'qul.
— Ko'p valdirama!
Xullas, zukkolar musobaqasi ham sen aytgan majlisdan qolishmadi. Toza miriqib kuldik.
Xatingni kutaman. Omon bo'l, do'stim.
Ahmad Tarbay.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:37:54
Labbay, jonim!

Anqara, 3-fevral, 1964-yil.

Ahmad!
30-yanvarda yuborgan xatingni oldim. Katta rahmat. Naq kanikul boshlangan kuni qo'limga tegdi. Kulaverib, ko'zimda yosh qolmadi.
Bizning oilada aqlda tanho bo'ladi, deb dastlab opamga rosa umid bog'lab yurishdi. Ammo shirin orzular sarob bo'lib chiqqanidan keyin uydagilar qo'lni yuvib qo'ltiqqa urishdi. Kattasidan chiqmagan, kichigidan chiqadimi, degan andisha bilan Metin ikkovimizdan butunlay umidlarini uzishdi.
Opam baland dorga osilib yurgan paytlar hali-hali esimda. Men u mahalda juda yosh edim, o'qishga bormasdim. Dadam har kuni ishdan qaytgach, opam bilan fransuzchadan mashq qilardi. Opamning fransuzcha bir she'rni hecham yodlolmay, ikki-uch haftagacha qiynalib yurganlari shundoq esimda turibdi. Men ularning oldida o'tirardim. She'r qayta-qayta o'qilaverganidan menga yod bo'lib ketgan edi. Mana, oradan qancha yil o'tdi, lekin o'sha she'r hamon qulog'imda jaranglaydi. Ma'nosini bilmasam ham, so'zlari dilimga jo bo'lib ketgan. Bu she'rni yodlatish uchun dadam rosa ter to'kkan edi. Dadamning mehnati zoye ketgani yo'q — mendan bo'lak uni oyim bilan oqsoch xotin ham binoyidek yodlab olishdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:38:02
Dadamning bir o'rtog'i bo'lardi. Yevropada o'qigan ekan. O'sha odam bir kuni dadamga:
— Chet tilni o'rganish uchun alohida qobiliyat kerak. Fransuz tilini o'rgataman deb bolani bekorga qiynama, qo'y bu ishni, — deb maslahat beribdi. — Men Parijda bo'lganman. Binobarin, parijda ming yil tursayam fransuzchani o'rganolmagan odamlarni ko'p ko'rganman. Ularning umri qahvaxonada o'tardi. Oqibatda ular fransuzchani emas, balki ofitsiantlar turkchani o'rganib olishardi. Ayrim kishilarda chet tilga layoqat bo'lmaydi, lekin ular o'z tillarini boshqalarga o'rgatishga usta bo'ladilar. Ehtimol, sening qizing ham shular jumlasidandir... Har qanday bolada biror narsaga qobiliyat bo'ladi. Lekin u bolaning ich-ichida yashirinib yotadi. Shunga ko'ra bolada yashi-rinib yotgan mana shu haqiqiy qobiliyatni seza bilish, uni yuzaga chiqarish, qolaversa, har tomonlama kamol toptirish kerak bo'ladi.
Shu gapdan keyin dadam opamdagi ichki qobili¬yatni yuzaga chiqarish maqsadida uyga o'qituvchi yollab, unga skripkadan dars uyushtirib berdi. Ammo opamdagi yashirin qobiliyatning skripkaga sirayam aloqasi yo'q ekan.
—   Bu qizning qulog'i juda og'ir ekan, — debdi bir kuni o'qituvchi. — Hatto meniyam ishdan chiqarib qo'ydi. Unga dars bera boshlaganimdan buyon «do»ni «si»dan ajratolmay qoldim. Eshikning g'ijirlashi menga skripka chalgandek bo'lib tuyulyapti.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:38:08
Chindan ham opam ovozni yaxshi ajratolmaydi. Oshxonada stakan sinsa, birov keldimi, deb eshikka yuguradi. Maktabda o'qib yurganidayoq muallimi unga:
—   Hamma ashula aytayotganida sen tek tur, qizim. Boshqalarni ham yanglishtirib yuboryapsan, — deb aytgan ekan.
Shundan keyin opamni rassomlikka o'qitmoqchi bo'lishdi. Bundan ham biror naf chiqmadi. Endi navbat raqsga keldi. Ammo raqs darslarining opamga foydasi katta bo'ldi. U ilgarilari uyda har narsaga qoqilib yurar, og'ir chamadon ko'targan odamday nuqul o'zini stol-stullarga urib olardi. Raqs mashg'ulotlaridan keyin u gavdasini ko'tarib, orqa-o'ngiga qarab yuradigan bo'lib qoldi.
Oyim bilan dadam nechog'liq harakat qilishmasin, opamdagi yashirin iste'dodini hecham yuzaga chiqarib bo'lmadi.
—   Ha, mayli, qizimizning iste'dodi bir kunmas-bir kun o'zi lop etib chiqib qolar. Oldin o'qishini bitirsin-chi, — deyishdi ular oxiri kutaverishdan charchab.
Opam bir sinfda ikki yil o'qishni o'ziga odat qilib olgan edi, negadir litseyga borganda shuniyam eplolmadi. Litseyning ikkinchi sinfida ketma-ket uch yil o'tirib qoldi. Darhol kovushini to'g'rilab qo'yishdi.
—   Qizimning o'qishga havasi yo'q, xuddi ro'zg'or ishlariga tug'ilganga o'xshaydi, — dedi shunda oyim.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:38:15
Har qalay opamning shu sohadagi qobiliyatini sinab ko'rishmagan edi. Ammo sinov muddati ko'pga cho'zilmadi — opam oshxonadan ham quvildi. Sababi — opam oshxonaga birrov kirib chiqquday bo'lsa, hammayoq alg'ov-dalg'ov bo'lib ketardi. Biror narsani qo'ygan joydan topib bo'lmay qoldi. Hatto qozon-kastryullar ham g'oyib bo'lib qolar, ikki-uch kundan keyin esa kutilmagan joydan chiqardi.
Opamni vrachga ko'rsatishdi.
—   Boladan iste'dod izlab, enka-tenkasini chiqarib qo'yibsizlar. Ovsar bo'lib qolibdi. Endi uni tinch qo'yinglar, o'ziga kelsin, — deb maslahat beribdi.
Ana shundan keyin opamni o'z holiga tashlab qo'yishdi. Boyoqish ancha o'ziga kelib qoldi.
Ammo Metin ikkovimiz opamning kasriga qoldik. Dadam bilan oyim opam bilan ko'p ovora bo'lib charchashgan ekan, bizga sira e'tibor bermay qo'yish¬di. Men-ku, mayli-ya, ammo Metinga jabr bo'ldi. Chunki Metin texnikaga juda qiziqadi. Uyda nima bo'lsa hammasiga uning qo'li tekkan. Radiopriyomnik, kir yuvish mashinasi, dadamning soqol oladigan asbobi, xolodilnik, pilesos, gaz plitasi va hokazolar Metinni ko'rsa qaltirab turadi, deyman. Ukam soatning biror murvatini olib kastryulga o'rnatadi yoki tikuv mashinasining ichidagi lash-lushini radiopriyomnikka joylaydi. Shu vajdan dadam uni ustabuzarmon deb chaqiradi. Aslida esa Metinning qo'li qichib turishiga sabab uning texnikaga bo'lgan zo'r ishtiyoqidir...
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:38:21
Qo'shnilarimizdan binning Nurton degan qizi bor. Mana buni antiqa desa bo'ladi. Nurton bir o'tirishda besh kishining ovqatini pok-pokiza tushirib qo'yadi. Shundayam onasining ko'ngli to'lmaydi.
— Bolaginamga ko'z tegdi, ishtahasining mazasi yo'q, — deb zorlanadi. Keyin unga xilma-xil shar-bat, vitamin, baliq moyi tiqishtiradi. Baq-baqaloq qiz bo'lgan. Otasiyam uning xuddi o'zi — xo'ppasemiz.
Odatda ular biror joyga borishadigan bo'lsa, Nurtonni biznikiga tashlab ketishadi. Metin ham shunday. Dadam bilan oyim kinoga ketgan kuni ularnikiga chiqishga majbur. Uyda uni qoldirib bo'lmaydi: binoyidek ishlab turgan priyomnik yoki xolodilnik birpasda rasvoyi jahon bo'ladi. Men ham unga bas kelolmayman, ko'ngilbo'shlik qilib qo'yaman. Axir kastryulning qopqog'iga soat ulayman, necha minutda ovqat tayyor bo'larkin, ko'ramiz, deb tursa qandoq qilib yo'q deyman?! Mana shuning uchun ham uydagilar kinoga boradigan bo'lishsa Metin ikkovimiz Nurtonlarnikiga chiqamiz.
Tunov kuniyam Nurtonlarning uyida edik. Men Metin bilan Nurtonga ertak o'qib berayotgan edim. Bir mahal Nurton suv ichib kelaman, deb chiqib ketdi. Darrov iziga qaytdi.
—   Oyim bilan dadam urishayotgan ekan. Yuringlar, tomosha qilamiz, — deb qoldi Nurton.
—   Qayerdan bilding?
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:38:30
—   Ha, o'zim bilaman-da... Suv ichgani ketayotuvdim, oyim ko'rib qoldilar. Darrov dadamga qarab: «Jonginam», dedi. Dadam ham: «Sevgan yorim, asalim», deb javob berdilar. Ikkovlari janjallashib turishgan bo'lsa meni ko'rishlari bilan nuqul shunaqa deyishadi. Bir-birlariga shirin gap qilishmasa, mening tarbiyam buzilarkan. Boshqa paytlari bir-birlarining otini aytib chaqirishadi. Qani, yuringlar, tomosha qilamiz.
—   Biz endi uyga chiqaylik. Hademay kinodan qay¬tib qolishadi, — dedim bunga ko'nmay. Nurtonning ota-onasi bilan xayrlashgani qo'shni xonaga chiqdik. Ammo shu yerdayoq pushaymon bo'ldim. Bilganimda buyoqqa kirmasdim. Endi vaqt o'tdi, orqaga qaytib bo'lmaydi.
Dastlab poldagi ko'zaga ko'zim tushdi. Chil-chil sinib yotibdi. Nurtonning oyisi yoqavayron, sochlari to'zg'igan. Dadasining esa yuz-ko'zi tirnalgan.
—   Ko'zani supurib ol, azizim, — dedi Nurtonning dadasi muloyimlik bilan.
Oyisi orqasiga o'girilib qaragan edi, bizni ko'rdi. Keyin qiziga tanbeh berdi:
—   Eshikni taqillatib kirgin, deb aytaman-ku senga. Namuncha quloqsiz bo'lmasang. — So'ng eridan so'radi: — Qahva olib kelaymi, jonginam?
—   Mayli, azizim, mayli... Ammo juda shirin qilib yubormang, asalim.
Nurtonning dadasi o'tirgan joyda ayol kishining shippagi yotibdi.
—   Oyi, Zaynab opamlar ketishmoqchi, — dedi Nurton.
—   Yomon yiqilganga o'xshayman, haliyam og'riyapti, — dedi dadasi yuzini burishtirib.
Uyga chiqdik. Metin o'rniga kirib yotdi. Men xatga o'tirdim. Ana, dadamning yo'tali eshitildi. Kinodan qaytishibdi.
Xo'p, ko'rishguncha xayr. Sog' bo'l, Ahmad.
Zaynab Yolqir.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:38:42
Mehmon kutdik

Istanbul, 10-fevral, 1964-yil.

Aziz do'stim Zaynab!
Xatingni oldim. Qo'shni kvartirada bo'lgan voqeani yozgan ekansan. Xatingni o'qiyotib, yaxshiyam bizning uyimiz kichkina, atigi uchta xonasi bor nima gap bo'lsa darrov bilamiz, deb suyundim'. Biznikida unaqa noma'qul ishlar bo'lmaydi. Ammo men senga aytsam, oilamizda ko'ngilsiz voqealar haliyam bo'lib turadi. O'tgan yakshanba kuni xuddi shunday bo'ldi.
Dadam bir kuni ishdan qaytgach, yakshanba kuni xo'jayin biznikiga mehmon keladi, deb qoldi. Oldiniga ishonmadim, hazil bo'lsa kerak, deb yuraverdim. Chunki dadam xo'jayinini juda yomon ko'radi, buni bilaman. Qayerda shu odamdan gap ochilib qolguday bo'lsa, dadamning qoni qaynab ketadi, go'riga g'isht qalab, rosa avra-astarini ag'darib so'kadi.
—   Bu odamning bizda nima ishi bor, nega kela¬ di? — hayron bo’lib oyimdan so'radim.
—   Bu nima deganing? Dadangning xo'jayini u axir.
—   Dadam uni yomon ko'radi-ku?!
—   Dadang yomon ko'rsa, dadangni u yaxshi ko'radi.
—   Nima uchun?
—   Chunki dadang hozir fabrikada obroii, kasaba soyuz vakili.
Fabrika ishchilari dadamni bundan bir oy oldin kasaba soyuz komitetiga o'zlaridan vakil qilib saylashganini eshitgan edim. Xo'jayin shuning uchun kelmoqchi bo'lgan ekan-da, deb qo'ydim ichimda.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:38:51
Dadamning xo'jayinini ilgari hecham ko'rmaganman. Qanaqa odam ekan, deb ichimga g'ulg'ula tush¬di. Devday bahaybat bir odam bo'lsa kerak, degan xayolda yurdim.
Uyimizda tayyorgarlik ishlari zo'rayib ketdi. Bir kuni dadam ishdan kela solib, devor oqlashga tush¬di. Devorni oqlab turib ham xo'jayinini bo'ralatib so'kyapti.
—   Nega devorlarni oqlayapsiz, dada? Xo'jayinning kelishigami?
—   Xo'jayining nimasi?— Dadam qo'lidagi cho'tkani zarda bilan chelakka tiqdi.— Devorni uning uchun oqlayotganim yo'q. Ko'rmaysanmi, hammayoq kir bo'lib ketibdi.
Oyim qo'ni-qo'shnidan likopcha, stakan, dasturxon topib chiqdi. Shanba kuni esa erta bilan oshxonaga kirib olib, pishiriq bilan ovora bo'ldi.
Yakshanba kuni dadam juda erta turdi. Dam olish kunlari bemalol uxlardi, shuning uchun hayron bo'ldim.
—   Mehmon shunaqa erta keladimi, dada?
—   Mehmon kelarkan, deb barvaqt turganim yo'q, o'g'lim.
Nonushtadan keyin dadam derazaning oldiga o'tirib oldi. Ikki ko'zi ko'chada. Dam-badam o'rnidan turib ketadi-da:
—   Bu xumpar qayoqda qoldiykin? — deb g'ijinib qo'yadi.
Oyim dasturxonni tuzab qo'ydi. Shundoq bo'lsayam oshxona bilan uyga zir yugurib, kam-ko'stini qidirdi. Dadam fig'oni oshib uyda gir aylanib yurgan edi, birdan ko'cha tomondan mashinaning signali eshitildi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:38:58
—   Ana, keldi! Yuguringlar! Eshikni ochinglar! Nimaga qaqqayasanlar?! Tezroq bo'lsalaring-chi! — bo'kirib berdi dadam. O'zi esa boshini derazadan chiqarib, ko'chaga mo'raladi. Dadamning ovozidan qo'rqib ketgan oyim jonholatda eshikka qarab yugurdi. Ochib qarasaki, hech kim yo'q.
Oyim ikki kundan beri Fato'shning qulog'iga gap quyadi. Mehmonning oldida uni qil-u buni qilma, degan mazmunda. Oyimning odob darslariyam nuqul men bor paytda o'tadi. Buning bir chekkasi menga ham tegishli bo'lsa kerak-da.
Mana, Fato'sh yasanib olgan. Oyim menga sekin ko'z qirini tashlab qo'ydi-da, yana nasihatga o'tdi.
— Mehmon borida odob saqlab o'tirgin, oppoq qizim. Birovning oldida og'izga qo'l tiqib bo'lmaydi. Innaykeyin, yerga tushgan narsani og'zingga solma. Ha, qulog'ingda bo'lsin. Yo'talmoqchi bo’lsang, og'zingga qo'lingni tut. Yana shuni bilib qo'yki, mehmonning oldida nonni butunlay ushlama, keragini ushatib ol. Xo'pmi, do'mbog'im? Yana men senga aytsam, birov seni chaqirib qolsa, «ha» deb o'tirma-gin. Uyat bo'ladi. «Ha» degan so'zni zinhor og'zing¬ga olma.
—   Bo'lmasa nima deyishim kerak?
—   Begona odamning oldida «ha» desa, ayb bo'ladi. Labbay, deb javob berish kerak.
Oyim har zamon-har zamonda menga ko'z qirini tashlab qo'yadi. Bundan uncha ko'ngli to'lmadi shekilli, shart etib menga o'girildi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:39:05
—   Mehmonga bir nima demoqchi bo'lsang, oldin «afandim» degin, o'g'lim. Gaping tugagandan keyin ham «afandim» deb qo'shib qo'y. Xo'pmi?
Derazaning tagida xo'jayinini oq qilib o'tirgan dadam birdanga: «Ana, keldi!» deb qichqirganicha eshikka otildi. Oynadan mo'ralab qaragan edim, eshigimizning oldida turgan yaltiroq mashinaga ko'zim tushdi. Usti qizil rangga bo'yalgan ekan.
Sal o'tmay dadamning:
—   Buyursinlar, afandim... Rosa bizni muntazir qildingiz-da, taqsir... Qani, qani, ichkariga marhamat qilsinlar, afandim... Qadamlariga hasanot, — degan ovozi keldi.
Koridorga chiqdim. Dadam mehmonni yechin-tirib, palto bilan shlyapasini qoziqqa ilib qo'ydi. Bundoq qarasam, dadamning xo'jayini sirayam men o'ylagan devga o'xshamas ekan. Kichkinagina, xush-tabiat odam ekan. Dadam bu kishini nega yoqtirmay yurganiga, hozir bo’lsa atrofida bunchalik aylanib-o'rgilishiga tushunolmay hayron bo’ldim.
Fato'sh mehmonning qo'lidan o'pib salomlashdi. Men u bilan qo'l berib so'rashgan edim, dadam:
—   Amakingning qo'lini o'pmaysanmi, o'g'lim, — deb qoldi. Noiloj o'pishga majbur bo'ldim.
Dadam xo'jayini bilan gapga tushib ketishdi. Saldan keyin oyim ularni dasturxonga taklif qildi.
—   Yo'q, ovora bo'lmang, ovqatga turmayman, — deb mehmon uzr so'radi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:39:12
Ana, xolos. Oyim shuni deb necha kundan beri tipirchilab yurgan bo’lsa-yu, bu kishi ketaman deb turib olsa! Lekin dadam bo'sh kelmadi — xo'jayinini bilagidan tortib, zo'rg'a dasturxonga o'tqazdi.
Dadam bilan oyim tipirchilab turgani uchun men ham o'zimni yo'qotib qo'ydim. Yuragim po'killab ura boshladi. Bir payt dadam stoldagi stakanlarga suv quyib uzat, deb buyurgan edi, qo'limdagi grafinni das¬turxonga to'kib yubordim. Dadam:
—   Kap-katta yigit bo'lib qolgan bo'lsang ham, haligacha suv quyishni bilmaysan-a, — deb koyib berdi. Latta bilan stolni artmoqchi bo’lib, o'ziyam salat to'la laganchani ag'darib yubordi.
—   Kechirasiz, kostyumga tegmadimi? — mehmondan so'radi oyim shoshma-pisha uning oldiga kelib.
Tarki odat — amrimahol, degandek Fato'sh yana sho'rvasini to'kib yubordi. Oyim uni urishib bergan edi, bechora:
—   Axir, o'zingiz turtib yubordingiz-ku, — deb uvvos tortdi.
—   Bularingga ovqatni boshqa joyga suzib ber, deb aytdim-ku senga, — jerkib tashladi dadam.
—   Yum og'zingni, mehmonning oidida yigiasa ayb bo'ladi.
Oyim buni sekin gapirgan bo'lsayam, hammamiz eshitdik. Fato'sh mehmon oidida yig'lab bo'lmasligini tushunib, darrov jim bo'ldi-yu, ammo anchagacha o'pkasini bosolmay hiqillab o'tirdi.
Oyim hammaning tarelkasiga go'sht solib bermoqchi bo’ldi. Mehmon ham tarelkasini tutdi. Ammo o'zi dadamga o'girilib, nimanidir tushuntirayotgan edi. Oyim katta qoshiqdagi bir bo'lak go'shtni endi solaman deganida u tarelkani toprib oldi. Go'sht shalop etib stoldagi murabboga tushdi.
—   Voy sho'rim, nima qilib qo'ydim! — chinqirib yubordi oyim.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:39:18
Hammamiz esankirab qolganimizdan stol ayqash-uyqash bo'lib ketdi.
Dadam boyadan beri tuzning o'rniga ovqatiga qalampir sepib o'tirgan ekan, birdan buni payqab qolib, fig'oni oshdi:
—   Tuzliq qani? Qirg'in keldimi unga?!
Azbaroyi gangib qolganidan oyim tuzliqning o'rniga dadamga gorchitsaning uzatib yubordi. Darhol stoldan tuzni olib berdim. Dadam tuzliqni olib qattiq silkitib yuborgan edi, qopqog'i bilan ichidagi hamma tuzi oshga tushdi.
Bora-bora oyim gapidan ham adashib qoldi. Bir payt u hech narsadan hech narsa yo'q, mehmonga qarab:
—   Qalay yuribsiz, afandim?— deb qolsa bo'ladimi!
—   Labbay, xonim? — hayron bo'ldi mehmon. Oyim sal o'ziga keldi.
—   Ovqatni aytyapman, afandim? Yoqdimi sizga?
—   Qoiingiz dard ko'rmasin, juda shirin bo'pti. To'satdan Fato'sh:
—   Oyi, tomog'imga bir nima tiqilib qoldi, — deb yubordi.
Oyim bir qoii bilan uni orqasiga urib, ikkinchisida suv uzatdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:39:24
Dadam bizga pichoq o'ng qo'lda, vilka esa chap qoida turishi kerak, deb tayinlab qo'ygan edi. Lekin nechog'lik harakat qilmay, hecham uddasidan chiqolmadim. Oxiri o'zimga o'ng'ayini qildim — vilkani o'ng qoiga olib, ovqatimni yeyaverdim. Dadam o'zi aytganday qilib pichoqni o'ng, vilkani esa chap qoida tutgan holda tarelkasidagi go'shtni kesmoqchi bo’ldi. Go'sht pichoqdan qochdi shekilli, bir sakrab stoldagi apelsinlarning ustiga chiqib oldi. Lekin haliyam o'zim durust ekanman — ovqat paytida ko'pam xijolat bo’lganim yo'q. Dasturxondan turayotib, bu mash-mashaning tugaganiga xursand bo’lganimdan chuqur uh tortib qo'ydim.
Ovqatdan keyin mehmon qahva ichib o'tirgan edi, to'satdan menga o'girilib:
—   Nechanchi sinfda o'qiysan, jiyan? — deb so'rab qoldi.
—   Afandim, beshinchida o'qiyman, afandim, — deb tutilmay javob berdim.
«Afandim» so'zini tirkab, oyim bilan dadamni rozi qildim chamamda. Sekin ikkovlariga qarab qo'ydim. Jilmayib o'tirishgan ekan.
—   Xo'sh, necha yoshdasan?
—   Afandim, o'n birga chiqdim, afandim.
—   Katta bo'lganda kim boimoqchisan?
—   Afandim, yozuvchi bo'laman, afandim.
—   Barakallo...
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:39:32
Oyimning labi qimirlagandek bo'ldi. Rahmat aytish esimdan chiqibdi, shuni shipshitayotganini payqadim. Mehmon dadamga bir nima deb turgan edi, shartta gaplarini bo'ldim.
—   Afandim, rahmat, afandim.
Mehmon o'rinsiz tashakkurning sababini tushu-nolmadi. Biroz o'ylanib turganch: «Arzimaydi», deb qo'ydi.
Fato'shning antiqa ishlari haqida senga oldin ham yozgan edim. O'sha kuni u yana hunar ko'rsatdi.
Ovqatdan keyin oyim dasturxonni yig'ishtirib olayotgan edi, bir dona banan yerga tushib ketdi. Fato'sh darrov uni yerdan olib stolga qo'ydi.
—   Yerga tushgan narsani hozir yeb bo'lmaydi-a, oyi? — dedi u oyimga qarab. — Mehmon ketgandan keyin o'zim yeyman.
Fato'shning bema'ni gapini eshittirmaslik uchunmi yoki uning tilini tiyib qo'ymoqchi bo'libmi, harholda dadam ikki-uch marta qattiq yo'talib qo'ydi.
—   Mehmonning oldida yo'talganda og'izga qo'l tutib turish kerak, dada, — dedi Fato'sh yana bilag'onlik qilib.
—   Ha, Fato'sh! Nima deyapsan o'zing? — arang jilmaydi dadam.
Singlim yana aql o'rgatdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:39:41
—   Uyga mehmon kelganda «ha» deb bo’lmaydi, dada. Ayb bo'ladi.
Mehmon o'rnidan turdi. Dadam bilan oyim uni mashinasigacha kuzatib chiqishdi. U jo'nab ketgach, uyga qaytib kirishdi.
—   Uh, meni sharmanda qildilaring! — dedi dadam xunobi oshib.
—   Men senlarga tayinlab aytgan edim-ku, axir!— unga qo'shildi oyim.
Fato'sh hayron bo’ldi.
—   Axir men mehmonning oldida nonni butunicha yemadim-ku?
O'sha kuni kechgacha o'zimizni qo'yarga joy topolmay yurdik.
Zaynab, xat bilan senga bir rasm ham yuboryapman. Butun sinf bilan tushganmiz. Sendan keyin kelgan yangi o'qituvchi ham shu yerda bor.
Senga katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Ahmad Tarbay.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:39:54
Yomon odat

Anqara, 16-fevral, 1964-yil.

Qadrdon do'stim Ahmad!
Xatga qo'shib yuborgan rasmingni oldim. Qanchalik suyunganimni bilsang edi! Sinfdosh o'rtoqlarimning hammasini yana bir ko'rganday bo'ldim.
Suratda yoningda turgan qiz Mine bo'lsa kerak. Husayn uni to'sib olibdi, zo'rg'a tanidim. Yashar bo'lsa Chingizning odatini qilib, eng oldinga o'tib olibdi. Shu suratni yuborb, zap ish qilibsan-da. Juda xursand bo'ldim. Ammo rasmdan Damirni topolmadim. Harholda suratga tushmagan bo'lsa kerak, yangi o'qituvchingiz ancha yoshga borib qolgan odam ekan, ko'rinib turibdi.
Men ham senga rasm yuboryapman. Ukam bilan birga tushganmiz. Qo'shni bola o'zining apparatida olgan edi.
Mana shu hafta men uchun og'ir keldi — quruq tuhmatga qoldim. Hech qanday asos bo'lmagan holda badnom bo'ldim. Aslida-ku, mendan ham o'tgan joyi bor-a, lekin...
Voqeani bir boshdan gapirib beray. Mana, eshit.
O'qituvchimiz birovdan yozma ishni ko'chirib olgan yoki shpargalka ishlatgan bolalarni juda yomon ko'radi. Ko'chirmachilik — yaxshi o'qiyotgan o'rtoqqa nisbatan xiyonatdir, deydi nuqul. Esi butun odam bu ishni qilmasligi kerak, ko'chirmachilik mug'ambirlarga xos narsa ekan.
Dadamning ham fikri shu. Birovdan ko'chirib yozish yomon odat, bu bilan o'qituvchini emas, o'zingni aldaysan, deydilar.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:40:00
Dadam jo'ralari bilan yig'ilib qolishsa, nuqul mak-tab yillarini eslab o'tirishadi. Yaqinda yana shunday bo'ldi. O'sha kuni buvam ham biznikida edilar. Ulfatlar o'qish yillarini eslab o'tirishgan edi, Nurton baqaloqning dadasi to'satdan:
—   Hov, esingizdami, algebra o'qituvchisi Sabribey bo’lardi. O'shaning etagiga boplab shpargalka osib qo'yuvdik-a? — deb qoldi.
—   Voy, bu nimasi? Qani, biz ham eshitaylik, — yalindi xotini.
—   Rahmatli Sabribeyni hamma kal deb chaqirardi. O'zi litseyda bizga algebradan dars berardi. Imtihonda yuragimizni hovuchlab o'tirardik. Juda johil odam edi. Buning ustiga: «Mening imtihonimda hech kim shpargalka ishlatolmaydi. Bunaqa mardi hali tug'ilmagan», deb kerilib ham yurardi. Bizga imtihon savollarini berganidan keyin bir joyda o'tirmas, nuqul oldimizda o'ralashib yurardi. Bir kuni imtihon ketayotgan edi, ichimizdan bir bola...
—   Najdod so'takmidi o'sha? — uning gapini bo'ldi dadam.
—   Balli, Najdod so'tak qiluvdi bu ishni. Hozir qayergayam elchi bo’lib ketgan. O'sha Najdod masalaning tayyor javobini kitobdan ko'chirib, kal Sabrining orqa etagiga qadab qo'ydi. Orqasida bir parcha qog'oz osilib yotganidan kal Sabrining mutlaqo xabari yo'q. Bolalarning hammasi ishga tushib ketdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:40:06
Ammo Sabribey bir joyda tek turmay, paytavasiga qurt tushgan odamday nari borib, beri keladi. Shuning uchun orqasidagi qog'ozda bor narsani ko'chirib olish xiyla mushkul bo'ldi. Buning ham yoiini topdik, birortamiz uni gapga chalg'itib turamiz-da, boshqalar ko'chirib oladi. Mening ishim yurishmay qoldi — endi ko'chira boshlaganimda qimirlab qoladi. Oxiri uyoq-buyoqqa jilpanglab, Sabribeyda shubha tug'dirdim. Meni qo'lga tushirmoqchi bo'ldi shekilli, tepamga kelib, hech narsa bilmagan kishiday orqasini o'girib turaverdi. Men ham boplab ko'chirib oldim.
Ishini bitirganlar qog'ozini topshirib, birin-ketin chiqib ketishdi. Qo'ng'iroq chalingach, qolganlar ham sinfdan chiqishdi. Buni qarangki, Sabribeyning orqasidagi shpargalkani olib qo'yish hech qaysimizning esimizga kelmabdi. Sabribey yozma ishlarni yig'ishtirib olgach, orqasidagi qog'ozni likillatib to'g'ri o'qituvchilar xonasiga kirib ketdi.
Xullas, aybdor topilmabdi. Sabribey yumshoq ko'ngil odam ekan, ko'p yalinishganidan keyin bolalardan yangidan imtihon olibdi.
—   Usmon qassob esingda bormi? Uniyam boplab qo'lga tushirgan edik-a? — dedi ulfatlardan yana biri.
Usmon qassob deganlari tarix o'qituvchisi ekan. Bu odam, aksincha, bir joyda qimir etmay o'tirarkan-u, ammo ko'zi xuddi o'tkir projektorga o'xsharkan. Hamma narsani shundoqqina ko'rib turarkan. Shuning uchun imtihon bo'lib qolsa, oldingi qatorda o'tirgan bolalar nuqul past baho olisharkan. Orqada o'tirganlarning ishi durust bo’larkan: ular oldingi qatorda o'tirgan bolalarning orqasiga kitobni qo'yib, bemalol ko'chirib olishaverarkan..
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:40:13
Navbat dadamga keldi.
—   Nofis quruqning imtihoni yodingizdami?
—   Ha, anavi pashsha voqeasimi? Unutib bo'ladimi uni...
Ma'lum bo'lishicha, Nofiz quruq deganlari kimyodan dars berarkan. Ko'zi ojiz bo'lgani uchun uzoqni yaxshi ko'rolmas ekan. Bir kuni imtihonlardan oldin o'quvchilardan biri katta-katta pashshadan tutib, qutichaga joylab olibdi. Imtihon boshlanibdi. Haligi bola yupqa qog'ozdan shpargalka tayyorlapti, keyin uni ingichka ip bilan pashshaning oyog'iga bog'lab, uchiraveripti. Ma'lumki, yuki bor pashsha uzoqqa ucholmaydi, bir ko'tarilib, bir qo'nadi. Bolalar pashshani tutib, shpargalkani ko'chirib olishar, keyin esa boshqa tomonga uchirib yuborisharkan. Hammalari shunday qilishibdi. Bir payt to'satdan eshik ochilib sinfga litsey direktori kirib kelibdi. Tasodifni qaraki, oyog'iga shpargalka bogiangan bir pashsha ikki marta havoda gir aylanibdi-da, to'g'ri borib direktorning tepakaliga qo'nibdi.
—   Sizlarga hech narsa bo'lmadimi o'shanda? — so'radi Metin.
—   Bir bolani maktabdan haydashmoqchi bo'li-shuvdi, arang qutulib qoldi.
—   O'sha o'rtog'imiz hozir professor bo'lgan, — qo'shimcha qildi Nurtonning dadasi.
—   Siz ham maktabda shu ishni qilganmisiz, beyafandim? — so'rashdi buvamdan.
—   E, qaysi maktab ko'rgan bola shpargalkani bilmaydi, janoblar, — deb buvam boshqa bir voqeani gapirib berdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:40:21
Kimyodan og'zaki imtihon ketayotgan ekan. ichkariga uch kishidan kirib turishibdi. Navbat buvamga kelibdi. Ikki o'rtog'i bilan ichkari kiribdi. Ikkitasi orqaroqda-yu, bir bola oldinda turgan ekan. O'sha eng oldinda turgan bola sinfning eng qoloq o'quvchisi ekan. O'qituvchining savollariga sirayam javob berolmabdi. Nimani so'ramasin, churq etmay turaveribdi. Buni ko'rib o'qituvchining xunobi oshibdi. Qani, osonroq narsani so'raychi, zora javob bersa, degan fikrda stolda turgan grafinni ko'rsatibdi-da: «Xo'sh, buning ichidagi nima?» deb so'rabdi. Bola bezrayib turaveribdi. Shunda orqaroqda turgan o'rtog'i g'ijinib: «To'nka», debdi sekingina.
—   Grafinda nima bor, o'g'lim?
—   To'nka, afandim...
O'sha kuni eshitgan gaplarim meni qattiq o'ylantirib qo'ydi. Ertasiga tanaffusda voleybol o'ynab tur¬gan edik, o'qituvchimiz ham bizga qo'shildi. O'yindan keyin dam olib o'tirgan edik, miyamdan nari ketmay turgan savolni o'qituvchiga berdim.
—   Nima, shpargalka deysanmi? Bu ishni men ham qilganman, albatta. Ammo bir o'zim emas, — deb javob berdi o'qituvchi. — Sinfimizda bir a'lochi bola bo'lardi. Bir kuni yozma imtihon paytida o'sha bola hammamizdan oldin ishini yozib tugatdi-da, tashqari chiqib ketdi. Keyin katta karton qog'ozga butun javoblarni yozib, tayoqqa ilibdi. Hovli tomondagi derazaning oldiga borib, tayoqni baland ko'tarib turdi. Biz ham javoblarni boplab ko'chirib oldik...
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:40:26
Ertasi kuni o'qituvchi oilashunoslik darsidan yozma ish oladigan bo'lib qoldi. O'ng tomonida Turkon, chapda esa Murod o'tiradi. Murodni bilsang kerak, qaysi bir xatimdayam uni senga gapirib bergan edim. O'qituvchi chaqirib qolsa, menmi, deb anqovsiraydigan bola-chi? Endi esingga tushdimi? Murod sinfdan o'tolmay, o'tgan yili sheriklaridan qolib ketgan. Endi biz blan o'qiyapti. O'zi ancha tirishqoq bola-yu, lekin miyasiga dars kirmaydi. Ammo yaxshigina o'rtoq u. O'sha kuni Turkon ham nimagadir dars qilmay kelgan ekan. Yozma ish bo'-lishini eshitib, ikkovi mendan najot so'rab qolishdi.
— Shpargalka uzatolmayman-u, ammo kerak bo'lsa sekin aytib turishim mumkin, — dedim ularga.
O'qituvchi savollarni aytib turdi, hammamiz yozib oldik. Mana o'sha savollar:
«Bolani kasaldan saqlash uchun nima qilmoq kerak?»
«Kasalning oldini olish uchun bolaning o'zi nima qilmog'i kerak?»
«Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan o'yinlar bilan o'yinchoqlarni aytib bering?»
«Jismoniy jazoning biror tarbiyaviy ahamiyati bormi?»
Kecha kechqurun va bugun ertalab oilashunoslik kitobi qoiimdan tushmagan edi, shuning uchun qaysi savolga qaysi betdan javob topish mumkinligini bila-man. Bundoq qarasam, Turkon kitobni tizzasiga qo'yib olgan ekan.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:40:33
—   Elliginchi sahifani ochinglar. Elliginchidan ellik ikkinchi betgacha ko'chiraveringlar, — sekin shipshib qo'ydim Turkon bilan Murod ikkoviga.
O'zim ham ishga kirishib ketdim.
—   Meni laqillatibsan-ku, — deb qoldi bir payt Murod.
—   Ha, nima bo’ldi?
—   Elliginchi betda suyak haqida yozilgan-ku!
—   Keyingi sahifani och!
—   Ochib ko'rdim. Mushak, qon tomirlari bor ekan. Partaning tagida ushlab turgan kitobiga ko'z qirimni tashladim. Qo'lidagi «Anatomiya» darsligi ekan.
—   Bunga balo bormi? «Oilashunoslik»ni ol!
Murod boshqa kitobni olib shipillatib yoza ketdi.
Saldan keyin Turkon ikkovi ishni topshirib chiqib ketishdi. Orqalaridan men chiqdim.
—   Menikida elliginchi bet umuman yo'q ekan, — deb qoldi bir payt Murod.
—   Nega endi? Albatta bo'lishi kerak, — dedim hayron bo'lib.
—   Yo'q, xudo haqqi. Qirq sakkizdan oltmish to'rtgacha ko'rinmadi.
Keyin kitobni ko'rsatdi. Gapi to'g'ri chiqdi. Aytgan betlari chindan ham yo'q edi. Buning evaziga oldingi bobdan ikkita berilibdi. Harholda kitobni muqovalash paytida xato ketgan ko'rinadi.
—   Xo'sh, keyin nima qilding?
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:40:39
—   Qirq sakkizdan uyog'ini ko'chiraverdim. Tavakkalda.
Ertasiga o'qituvchi yozma ishlarimizning natijasini o'qib berdi. Turkon bilan menga a'lo qo'yibdi.
—   Endi men sizlarga sinfdoshingiz Murodning yozma ishini o'qib bermoqchiman, — dedi u kutilmaganda. — Mana, eshitinglar, Birinchi savol: «Bolani kasaldan saqlash uchun nima qilmoq kerak?» Javob: «Tez eskirmasligi, bejirim va ozoda bo'lishi uchun ularni ehtiyot qilish, vaqti-vaqti bilan dazmollab tu¬rish kerak».
Hamma sharaqlab kulib yubordi.
—   Jim bo'linglar! Endi ikkinchi savolga o'taman. «Kasalning oldini olish uchun bolaning o'zi nima qil¬mog'i kerak?» Mana, Murodning yozgan javobi: «Uni tez-tez cho'tkalab turish kerak. Changini qoqib bo’lgach, qoziqqa ilib qo'ying. Mavsumi o'tgandan keyin esa bo'xchaga tugib, sandiqqa solib qo'yish kerak. Mabodo u qattiq kirlangan bo'lsa, qaynoq suvga solib, sovun bilan ishqalab yuvish, keyin oftobda yoyib quritish lozim».
Kulaverib bolalarning ichagi uzilayozdi. Murod¬ning sha'niga har xil kesatiq gaplar yog'ilib ketdi. Boyoqish qattiq o'sal bo’ldi.
—   Axir bu gaplarni men o'zim to'qiganim yo'q, kitobdan olib yozdim-ku, — dedi u oxiri yigiamsirab.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:40:46
—   Ha, balli, kitobdan ko'chirgansan, bilaman, — dedi o'qituvchi. — Ammo shunda ham yanglishibsan. «Bola tarbiyasi» o'rniga «Kiyim-boshga qarash» degan bobni ko'chiribsan.
—   Zaynab menga shundoq degan edi.
O'qituvchi yalt etib menga qaradi.
—   Iya, Zaynab, o'rtog'ingga ko'chirmachilikni o'rgatganing yetmaganidek, yana aldaysanmi ham?
Endi orqaga chekinib bo’lmaydi. Shuning uchun:
—   Men hecham aldaganim yo'q, afandim, — dedim. — Savollarga kitobning qaysi betidan javob topish mumkinligini aytib berdim, xolos.
O'qituvchimiz Murodning kitobini ochib ko'rgan edi, masala ravshan bo'ldi.
—   Baribir buni oyingga aytib bermasam bo'lmaydi, — deb o'qituvchi menga po'pisa qildi.
Oyimni maktabga chaqirib, nima yomonlik qilganimni aytishdi. Kechqurun uyda toza dashnom eshitdim. Dadam:
—   Juda noma'qul ish qilibsan, qizim, chakki bo'pti, — deb koyib berdilar.
Yaxshiyamki o'sha kuni buvam biznikida edi. Buvam jonimga ora kirdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:40:55
—   Bo'ldi endi, bolamni ko'pam koyiyvermanglar, — dedim buvam yonimni olib. — O'rtog'iga aytib bergan bo'lsa nima qipti, osmon uzilib yerga tushibdimi? O'zi kitobdan ko'chirib olmapti-ku, axir.
—   Birovga aytib berdi nima-yu, ko'chirib oldi nima, ikkoviyam bir go'r, — dedi oyim hovuridan tushmay.
—   Bas endi, bo'ldi... Maktabda bu ishni kim qil-magan deysan...
Metin luqma tashladi:
—   Lekin hammayam qoiga tushavermaydi-da.
Ilojim qancha, bo'lar ish bo'ldi endi. Shundoq
bo'lsayam o'rinsiz ta'nalar eshitib, dilim xufton bo'ldi. Ayniqsa, Metinning gap-so'zi oshib tushdi. Ikki gapning birida nuqul: «Chakki bo'pti-da. Buni eplagan odam qiladi. Qo'lga tushib, sharmanda bo'lishning nima keragi bor!» deb piching qiladi.
Xatingni kutaman. Iloji boricha to'laroq yoz. Maylimi?
Xo'p, yaxshi qol. Senga muvaffaqiyat tilab:
Zaynab Yolqir.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:41:07
Uy qaysi holatda

Istanbul, 26-fevral, 1964-yil.

Jigarim Zaynab!
12-fevralda ichiga rasm solib yuborgan xating uchun katta rahmat.
Sinfingda bo'lib o'tgan ko'ngilsiz voqeadan qattiq ranjibsan. Ha, haqlisan. O'rtog'ingga yaxshilik qila-man deb o'zing yomonotliq bo'libsan. Murodni eslasam, boyoqishga ham achinaman, ham qilgan ishi uchun undan o'pkalayman.
Sinfimizdagi Husaynni taniysan-a? Murodga o'xshab Husayn ham yaqinda toza kulgi bo'ldi. Ammo u aybini birovga to'nkagani yo'q. Chunki mard bola u. Ilgari senga ham yozgan edim. Bir kuni joy talashib daraxtdan yiqilib tushganida kim uni itarib yuborganini hech kimga aytmagan edi.
Sen Istanbulda o'qib yurganingda Husaynlarning uyiga hech borganmiding? Torgina kulbada turishadi. Uylarini ko'rmagan bo'lsang ham, turmushlari juda nochor ekanini bilsang kerak. Men uiarnikiga har zamonda borib turaman, shuning uchun uylaridagi ahvoldan yaxshi xabardorman. Katalakka o'xshagan ikkita kichkina xonada yetti jon turishadi. Shu joy tanqisligi sababmi yoki qattiq muhtojlikdanmi, ishqilib, uylarida hecham halovat yo'q. Menga o'zini yaqin tutib, Husayn ba'zan oiladagi nochorlikdan hasrat qilib gapiradi. Bechoraning holiga achinaman. Ayrim kunlari maktabga qovog'i shishib, ko'zi qizargan holda keladi. Bilamanki, o'sha kuni uyda yana janjal bo'lgan. Husayn ko'pam ochilib-sochilib yurmaydi, ammo odamovi ham emas.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:41:14
Yaqinda Husayn maktabga yana ikki qovog'i shishib keldi. Yig'laganini birovga sezdirmaslik uchun jimgina joyiga borib o'tirdi, hech kim bilan gaplash-madi ham. Shu orada qo'ng'iroq chalinib, dars bosh-lanib ketdi.
Til darsi edi. O'qituvchi otlarning kelishiklarda turlanishini tushuntirib berdi. Kelishiklarni yodlab ham oldik; bosh kelishik, qaratqich, tushum, o'rinpat va chiqish kelishiklari.
Kelishiklarni yaxshilab tushuntirib bergach, o'qi¬tuvchi Damirni turg'izib, «Oltin derazali uy» hikoyasini o'qishga buyurdi. Ushbu hikoyani o'zing ham bilsang kerak. Qisqacha mazmuni shunday. Bir o'rmon bo'larkan. Shu o'rmon ichidagi kichkinagina kulbada chol-kampir turisharkan. Ularning bitta qizi bo'larkan. Juda kambag'al bo'lib, qo'l uchida kun ko'risharkan. Har kuni qizcha kechki payt ostonaga chiqib qarasa, uzoqdan bir uy ko'rinib turarkan. Uyning derazalari oltinday tovlanib, juda chiroyli ko'rinarkan. Qizchaning shunday ajoyib uyga havasi kelibdi, nima bo'lsayam uni bir ko'rmoqchi bo'libdi. Kunlardan bir kuni uyidan chiqib, o'sha tomonga qarab yuraveribdi. Yo'l yuribdi, yoi yursayam mo'l yuribdi, oxiri o'sha joyga yetib boribdi. Lekin shu payt to'satdan atrofga qorong'i tushibdi. Qizcha o'rmon ichida uxlab qolibdi. Bir mahal uyg'onib qarasa, o'zi kelgan tomonda yana bir uy charaqlab yotganmish. Uning ham oynalari xuddi oltinga o'xshab yalt-yalt etib turganmish. Qizcha oldiniga hayron bo'libdi, ke-yin bu uy o'zlariniki ekanini, oftob nuri tushib, shunaqa yaraqlab turganini tushu-nibdi.
Damir hikoyani o'qib bo'ldi:
— Qani, qissadan hissa nima? — so'radi o'qituv¬chi. Bizni kutmay, o'zi javob berdi: — Har kim o'z turmushidan nolimasligi kerak. Hikoyadagi qizchaga o'xshab, biz ham ko'pincha o'zimiz yashab turgan hayotning qadriga yetmaymiz. Undan sal uzoqlashgan taqdirdagina o'zimiz qanchalik baxtli, turmushimiz qanchalik soz ekanini anglab yetamiz. Demak, kim qanday uyda yashayotgana bo'lsa, uning uchun eng soz uy o'sha.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:41:21
Shundan keyin u hikoyadan bir jumlani o'qib berdi. Ichida «uy» degan so'z bor ekan.
—   Qani Husayn, sen ayt-chi, shu jumlada «uy» so'zi qaysi kelishikda kelgan?
Orqa partada o'z yog'iga o'zi qovurilib o'tirgan Husayn o'qituvchining gapini eshitmadi. O'rnidan turishga turdi-yu, lekin churq etib og'iz ochmadi.
—   Uy qaysi kelishikda, Husayn?
Husayn endi savolni eshitdi, ammo boshqacha tushundi.
—   Yaxshi deb bo’lmaydi, afandim, — dedi u o'ksinib. O'qituvchi tayoqdek qotib qoldi.
—   Nima deyapsan o'zing? Men sendan «uy»ni so'rayapman?
Bolalarning oldida ahvolidan nolib, kalaka bo'lishni istamagan Husayn:
—   Yaxshi emas, afandim, — dedi o'pkasi toiib.
—   Nega endi yaxshi emas?
— Hech qachon yaxshi bo'lmagan... Hozir ilgarigidan ham battar.
Husayn nima demoqchi bo’lganini yolg'iz men tushunib turibman. Bolalar bo'lsa nima gapligiga tushunmay kulib yotishibdi.
—   Nimaga battar bo'larkan?
Husaynning tomog'iga bir narsa qadalganday, ovozi titrab ketdi.
—   Chunki... chunki uyning egasi bizni ko'chaga haydayapti. Ijara haqini berolmovdik.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:41:33
Sinfda kulgi ko'tarildi. Husayn joyiga o'tirib, ikki qo'li bilan boshini changallab oldi.
O'qituvchi jumlani yana qaytarib o'qidi: «Qizcha uzoqdan oltin derazali uyni ko'rdi».
—   Qani, Damir, sen javob ber. Shu jumlada uy qaysi kelishikda?
—   Tushumda, afandim.
—   Xo'sh, qaysida ekan?
Bu gal ham Husayn tushunmadi. Damirning javobini o'zicha yo'ydi.
—   Tushida ekan, afandim.
Yana kulgi bo'ldi. Husayn tushum kelishigini «tushim» deb eshitgan edi.
Husaynning ko'nglidan nima kechayotganini o'qi-tuvchi juda kech fahmladi. Keyin mavzuni o'zgar-tirishga majbur bo’ldi.
—   Kim qayerda yashayotgan bo’lsa, shunga shukur qilishi kerak. Biz qaysi uyda turgan bo'lsak, o'sha uy biz uchun hisoblanadi.
Kechqurun maktabdan qaytishimizda Husaynni yupatib keldim.
Anqarada ob-havo qalay? Bizda yana sovuq turdi. Kecha ozroq qor yog'gan edi, darrov erib ketdi. Biz turgan uyning holati chakki emas-u, lekin men noroziman — zaldagi katta pechka men yotgan xonani yaxshi isitmaydi. Xo'sh, sizlarniki qalay?
Xatingni kutaman, Zaynab.
Seni bir umr esdan chiqarmaydigan o'rtog'ing:
Ahmad Tarbay.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:41:50
Yolg'on gapirma

Anqara, 16-mart, 1964-yil.

Ahmad!
26-fevralda yuborgan xatingga kechikib javob qay-tarayotganim uchun uzr. Bilasanmi, biz hozir 23-aprelda bo'ladigan kechaga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Menga ko'p narsani yuklab qo'yishgan. Bir tomondan, shu kechaning tashvishi, ikkinchi tomondan, darslar ham ko'payib ketdi. Xullas, senga o'z vaqtida javob yozolmadim. Lekin Husaynga ikki enlik xat yubordim. Husaynning boshiga tushgan kulfatni eshitib, qattiq qayg'urdim, buni sen orqali bilganimni aytmasdan, ko'nglini ko'tarib qo'ydim.
Senga javob yozishga vaqt topolmay yurgan kezlarim qiziq-qiziq gaplar bo'lib o'tdi. Shulardan birini senga gapirib beray. O'zi Metinga taalluqli narsa.
Metinning goh-gohda dadamga yolg'on gapirib qo'yadigan odati bor. Dadam buni sezib qolsa juda jahli chiqib ketadi. Keyin esa uni yoniga olib, qattiq nasihat qiladi.
—   Nima qilsang qilgin-u, lekin yolg'on gapirmagin, o'g'lim, — deydi dadam bunday paytlarda. — Yolg'onning urug'i serob bo'ladi. Arzimagan narsada aldasang, buni yashirish kattaroq yolg'onni o'ylab topishga majbur bo'lasan. Innaykeyin, sirim oshkor bo'lmasin deb bundan ham kattaroq yolg'onni ishlatasan. Mayda yolg'ondan hamisha katta yolg'on kelib chiqadi. Shuning uchun zinhor yolg'on gapirma, hamisha rostgo'y bo'l!
Dadam shunday deb aytadi-yu, lekin Metinni yol¬g'on gapirishga o'zi majbur qiladi. Nega deganda Metinning pashshadek gunohi dadamga tuyadek bo'lib ko'rinadi. Ukam bechora keyin rosa so'kish eshitadi. Shuning uchun ham u yolg'on ishlatib, dadamning do'q-po'pisasidan qutulsam deydi. Lekin baribir oxiri sir ochilib, rosa gap eshitadi-ya...
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:41:56
—   Dadamga nima deb bahona qilsamikin? — deb qoldi bir kuni Metin menga termulib.
Xabarim bor, bir necha kundan beri dadam Metinga bugun albatta sochingni oldirib kel, deb tayinlaydi. Metin bo'lsa o'yin bilan ovora bo’lib, nuqul buni esidan chiqaradi. O'sha kuni ertalab ishga ketayotib, dadam:
—   Ishdan qaytgunimcha sochingni oldirib kel, bo'lmasa xafa qilaman, — deb Metinni qattiq koyib bergan edi.
—   To'g'risini ayt, vaqtim bo’lmadi, de. Yolg'on gapirsang baribir mising chiqadi, — deb maslahat berdim.
—   To'g'risini aytsam, dadam urishib beradilar... Bergan pulingizni yo'qotib qo'ydim, deb aytay-mi-a?
—   Esing bormi o'zi? Bir martayam shunaqa deb qo'lga tushgan eding-ku. Yo'qotdim degan puling yoningdan chiquvdi.
—   Kitob oldim, desammikan-a?
—   Rostini aytaver yaxshisi.
—   Yoki sartaroshxonada odam ko'p ekan, navbat tegmadi, deb aytaymi?
Topgan bahonalariga o'zining ham ko'ngli to'lmadi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:42:03
Dadamning Ziyobey degan oshnasi bor. O'sha kuni kechqurun shu kishi xotini bilan mehmonga kelib qolishdi. Dadamni anchadan beri ko'rmagan ekan, sog'inib kelibdi. Ammo kech kirib, qorong'i tushdi hamki, dadamdan darak bo’lmadi.
—   Birpas o'tiringlar, hali zamon kelib qoladi, — deb oyim mehmonlarni gapga solib o'tirdi. Ammo dadamdan darak bo'lavermagach, oyimning o'zi g'ulg'ulaga tushdi.
—   Bunaqa odati yo'q edi. Namuncha kech qoldiykin-a?
—   Kim biladi, balki ish-pishi chiqib qolgandir, — dedi Ziyobey oyimni tinchitib.
—   Hayronman, ishi chiqsa xabar qilguvchi edi.
Metin ikkovimiz ovqatni yedik. Yana ancha vaqt o'tdi. Metin ham o'rniga kirib yotdi. Mehmonlar endi ketamiz deb turishgan edi, birdan eshik taqillab qoldi.
—   Ana, keldi! — dedi oyim sapchib o'rnidan turib.
—   Biz bekinib olamiz, ko'rib hayron bo’ladi, — deganicha mehmonlar yugurib narigi xonaga kirib olishdi. Oyim borib eshikni ochdi.
—   Qayerda yuribsan? Tinchlikmi o'zi? Rosa xavotir oldik-ku.
—   Ziyobey kasal ekan. Ko'rib kelyapman, — dedi dabdurustdan dadam.
—   Shundaymi? Namuncha qolib ketding bo'lmasa?
—   Og'ir yotgan ekan. Oldida birpas o'tirdim.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:42:14
—   Voy boyoqish-ey! Ishqilib sog'ayib ketsin-da! Dadam yana bir nima demoqchi bo'lib endi og'iz juftlagan ham ediki, qo'shni xonadan chiqib kelayotgan Ziyobey bilan xotiniga ko'zi tushdi. Dadam nima deyishini bilolmay qoldi. Oxiri:
—   Iya-iya-iya... O'zlari ham shu yerda ekanlar-da! — deb yubordi.
—   Senga bir kutilmagan sovg'a tayyorlab qo'ymoqchi bo'luvdik!
—   Chindan ham bu kutilmagan sovg'a bo'ldi, — dedi oyim jilmayib.
Hammalari dasturxonga o'tirishdi.
—   Metin uxlab qoldimi? — so'radi dadam saldan keyin.
—   Ha, uxlab qoldi, — dedim shosha-pisha. — O'ziyam bahona topaman deb rosa charchadi. Sochini bugun ham oldirgani yo'q. Esidan chiqibdi. To'g'risi¬ ni aytsam, urushib beradilar, deb sizga yolg'on gapirmoqchi bo’lib turgan edi.
Dadam o'shqirib berdi.
—   Bemahalda nima qilib yuribsan? Bor, joyingga yot!
Xullas, Metin ertangi jazodan qutilib qoldi. Ahmad, tez-tez xat yozib tur. Yaxshi tilaklarimni qabul qilgaysan.
Zaynab Yolqir.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:42:24
Bayram konserti

Istanbul, 24-arel, 1964-yil.

Zaynab do'stim!
16-martda yozgan xatingdan keyin sendan yana bir otkritka oldim. Otkritkada mendan ranjiganga o'xshaysan, oldingi xatingga kechikib javob yozganim uchun sen ham shunday qilyapsanmi, debsan. Mutlaqo unday emas. Biz ham 23-aprel kechasiga tayyorlanib yurgan edik. Shuning tashvishi bilan vaqt juda tez o'tib ketdi. Mana, kecha bir amallab qutulib oldik. Go'yo yelkamdan tog' ag'darilganday bo'ldi. Darhol xatga o'tirdim.
Konsertimiz zap antiqa o'tdi. Bilasanmi nimaga? Juda qiziq hangomalar bo'ldi. Eng ko'p malomatga qolgan ham men bo'ldim. Konsert uchun asosan uchinchi sinf o'qituvchisi javobgar edi. Musiqa o'qituvchisi ashula bilan o'yin qismini o'z zimmasiga oldi. O'zimizning o'qtiuvchimiz esa konsert kechasida ko'rsatish uchun bitta pyesa yozib berdi.
Men bir narsaga hayronman — kattalar nuqul o'z kasblaridan nolishadi, ko'ngillari boshqa sohani qo'msab yuradi. Mana, dadamni olib ko'raylik. Yana ozroq o'qiganimda katta shoir bo'lib ketardim, deydi bizga. Dadam hozir ham tinch yurmaydi. Xiyol bo'sh qoldi deguncha she'rga unnab ketadi. Amakim ham shunday. Qo'lida texnik hunari bor-u yana vrachlikni orzu qiladi. O'qituvchimizning bo'lsa yozuvchilikka ko'ngli sust ketgan. Ko'pincha bizga u: «Allaqachon yozuvchi bo’lib ketardim-u, lekin nasib qilmagan ekan-da», deydi. Bundoq o'ylab qarasam, hamma birovning hunarini orzu qilarkan.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:42:31
Aslida direktor bosilib chiqqan biror pyesani sahnaga qo'yaveringlar, deb tayinlagan edi-yu, ammo o'qituvchimizga bularning hech qaysisi ma'qul bo'lmadi. O'zi yeng shimarib ishga tushib ketdi. Yangi pyesa ham tayyor bo'ldi. Juda ayanchli chiqibdi.   
Yaxshisi, senga buning qisqacha mazmunini aytib bera qolay. Xulqi yomon bir bola bo'ladi. Ota-onasini juda bezor qilib yuboradi. Bola maktabdan qochadi, ishdan quviladi va yomon yo'lga kirib ketadi. Bu sharmandalikka chidayolmagan ona olamdan o'tadi. O'g'il otasini qiynab, pul olib yuradi. Bermaydigan bo'lsa, do'pposlaydi. Kunlardan birida u jinoyat ustida qoiga tushib, qamalib ketadi. Qamoqdan ancha tuzalib chiqadi. Butun qilmishlari uchun kechirim so'ragani to'g'ri otasining oldiga boradi. «Otajon, meni kechi-ring, gaplaringizga kirmadim, nasihatlaringizga quloq solmadim, mana, oqibatda sharmanda bo'ldim. Endi hammasiga tushundim. O'tinaman, meni kechiring!» deb yolvoradi. Qaddi bukchayib qolgan ota: «Ota degan hamisha o'g'ilning gunohidan o'tadi. Men ham seni kechirdim, o'g'lim. Parvardigorga iltijo qil, o'z dargohida kechirsin», deb ho'ngrab yig'lab yuboradi. Ammo yuragi buni ko'tarolmay, yerga yiqiladi-da, joni uziladi.
Pyesa chindan ham juda qayg'uli edi. Uni o'qiyot-ganimizda sinfda hamma bir-bir yig'lab oldi.
—   Boshqa biror yengilroq pyesa qo'yganimiz ma'qul emasmi, afandim? — deb so'radim.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:42:41
O'qituvchimiz meni qattiq jerkib:
—   Bu nima qiliq, Ahmad?! Yana mahmadanalik qilyapasanmi? — dedi.
Holbuki buni men butunlay boshqa maqsadda so'ragandim. Betimizga soqol-mo'ylov yopishtirib, katta odamlarga taqlid qilib yurgandan ko'ra maktab hayotidan biror nimani sahnalashtirib, o'zimizga mosroq rollarda chiqqanimiz yaxshi emasmi, deb ayt-moqchi edim. Ammo maqsadimni tushuntirolmab-man.
Sahnaga soqol-mo'ylov yopishtirib chiqqan bolalar xuddi sirkdagi liliputlarga o'xshab qoladi. Buni ilgari ham ko'p ko'rganman. Katta odamning rolida chiqqan bola qanchalik yaxshi o'ynamasin, baribir zalga kulgi bo'ladi. U qanchalik jiddiy gapirsa, tomoshabinlar shunchalik ko'p kuladi. Bas, shunday ekan, birato'la kulgili asarni ko'rsatib qo'ya qolsak bo'lmaydimi? Men shuni aytmoqchiydim. O'qituvchimiz koyib bergach, indamay qo'ya qoldim. Pyesa besh kishiga mo'l yozilgan ekan.
—   Noqobil o'g'il rolini sen o'ynaysan, Ahmad. O'ziyam senboproq, qotirasan, — dedi o'qituvchi.
Damirga ota, Minega esa ona roli topshirildi.
Hamma o'z rolini yaxshilab yodlab oldi. Uch-to'rt marta repetitsiya ham qilib ko'rdik. So'nggi repetitsiya kuni rosa yomg'ir quydi. O'zing bilasan, maktab tomidan yomon chakka o'tadi. Yomg'ir naq sahnaning tepasidan chelaklab quygandek bo'ldi. Hammayoq ivib ketdi. Polga qatorasiga chelak, tog'ora va kastryullar qo'yib chiqdik.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:42:49
Konsert programmasiga bitta xitoycha raqs nomeri ham kiritishibdi. O'yinchilar gruppasida men ham bor ekanman. Musiqa muallimimiz allaqaysi maktabda xitoycha raqsni ko'rib diliga tugib qo'ygan ekan, shuni o'ynaydigan bo'ldik.
—   O'zimizning «Zaybek»ni o'ynasak bo'lmaydi¬ mi? — deb so'radim o'qituvchidan.
«Qachon konsert bo'ladigan bo’lsa nuqul «Zaybek»ni o'ynaysiz, biror yangi narsa ko'rsatish ham kerak axir», degan javobni oldim.
—   Bo'lmasa biz tengi xitoy bolalari ham konsert qo'yganda o'zimizning «Zaybek»ka tushishadimi?
—   Masxarabozlik qilma! — urishib berdi musiqa muallimi.
Ammo men «Zaybek»ni o'ynab turgan xitoy bolasini bir zum tasavvur qildim-u miyig'imda kulib qo'ydim. Chamamda, xitoy bolalari ham shunday. Xitoycha raqsga tushganimizni ko'rishsa bormi, rosa qiyqirib kulishsa keragov.
Tomdan chakka o'tib turibdi-yu, biz paqir-tog'oralar o'rtasida oxirgi marta repetitsiya qilib oldik. Xitoycha raqsning zalvoridan pol taxtalarining beli bukilib ketdi.
—   Bu senga «Zaybek» emas, xitoycha raqs bo'ladi, hadeb osmonga qarab irg'ishlayverma. Xitoylarning o'yini og'ir-vazmin bo'ladi, ular keskin harakat qilishmaydi, — dedi menga tanbeh berib musiqa o'qituvchimiz.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:42:54
Mumkin qadar salmoq bilan, vazmin o'yinga tush-moqchi bo'laman-u, ammo «Zaybek» qon-qonimizga singib ketgani uchun beixtiyor osmonga sapchib ketaman.
—   Namuncha sakrayverasan, Ahmad? Xitoy ruhiga mos kelmaydi bu. Xitoylarning harakati mayin bo'ladi.
—   Yaxshi, lekin xitoy ruhi menga mos kelmasa, nima qilay? Men bunga o'rganmagan bo'lsam...
Musiqa o'qituvchimiz pianinoda jo'r bo'lib turdi, biz raqsga tushdik. Yana bir joyga kelganda to'satdan sakrab yuborgan edim, o'qituvchi irg'ib o'rnidan turdi-da, menga qarab yugurdi. Yo'lda chakka to'la paqirga qoqilib ag'darilib tushdi. Hammayog'i shalabbo bo'ldi. Toza qiyomat ko'tarildi. Xullas, kechga yaqin ma'lum bo’ldiki, so'nggi repetitsiyamiz muvaffaqiyatli o'tibdi.
Konsert kuni ham yetib keldi. Yuragimiz taka-puka bo'lib, parda orqasidan zalga mo'ralaymiz. Tumonat odam yig'ilgan. Biz sahnada saf tortib turibmiz. Hammasi bo'lib ellik bolamiz. Sinflarimiz ham har xil.
Mana, parda ochildi. Saf tortib «Mustaqillik marshi»ni aytdik. Keyin kattaroq bolalar orqaga o'tdi. Birinchi va ikkinchi sinf o'quvchilari «Bugun — yigirma uchinchi aprel» degan qo'shiqni boshlab yuborishdi. Qo'shiq tugagach, zalda qarsaklar yangrab ketdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:43:01
Keyingi aytilgan qo'shiq musiqa o'qituvchisiga sira ma'qul bo'lmadi.
—   Bu qanday o'zboshimchalik? Nima qilib qo'ydinglar?! Qo'shiqni ikki kishi ijro etishi kerak, deb aytmovdimmi? Olomon qilib yubordilaring-ku! — deb koyib berdi u parda orqasidan.
Xitoy raqsiga navbat keldi. Likopcha ko'tarib. sahnaga qizlar chiqishdi. Egnilarida guldor yubka bilan kalta ko'ylak. Bizlar ham qizlar bilan oldinma-ketin sahnaga chiqdik. Qosh-ko'zimizga qozonkuya surtib, labimizning tepasiga qora mo'ylov qo'ndirib olganmiz.
Musiqa o'qituvchimiz pianinoni boshlab yubordi. Likopcha ushlagan qizlar goh egilib, goh turib oramizdan o'tib yurishibdi. Shu o'rtada to'satdan bir falokat yuz berdi. O'qituvchining pand-u nasihatlari paqqos yodimdan ko'tarilib, sakrab yuboribman shekilli, chirigan pol taxtasining orasi ochilib, o'yinchi qizlardan birining etagini qisib oldi. Biz o'lib-qutulib muqom qilyapmiz-u, u bo'lsa etagini tortish bilan ovora. Yana bir sakrab ko'ray-chi zora boyoqishning etagi chiqsa, degan xayolda oldiga kelib bir irg'ib tushdim. Polning og'zi ochilishga ochildi-yu, ammo raqqosamiz yubkasini tortib ololmadi. Bechora jon-jahdi bilan bir silkingan edi, shir etib yubkasi tushib ketdi. Bo'ldi kulgi, bo'ldi kulgi.
—   Parda! Pardani yopinglar! — deb qichqirdi musiqa o'qituvchimiz sahna ortidan turib.
Gulduros qarsaklar ostida parda tushirildi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:43:07
Shundan keyin turli raqslar o'ynaldi, qo'shiqlar aytildi. Eng oxiri spektaklga navbat keldi.
O'qituvchilarimizning o'zi bizni grim qilib chiqdi. Mine oyisining eski kiyim-boshini kiyib olgan edi, naq liliput kampirning o'zi bo'ldi-qoldi. O'qituvchi burnimning tagiga quyuq qilib yelim yopishtirgach, ketmonning sopidek yo'g'on mo'ylovni qo'ndirib qo'ydi. Yelimning kuchi yetmay mo'ylov tushib ketdi.
Ustoz yana bir enlik yelim surtib qo'ygan edi, mo'ylovim joyiga tushdi. Damirning ikki betini yelimlab, ustidan paxta yopishtirishdi. Ota rolida chiqqanidan keyin soch-soqoli oppoq bo'lishi kerak edi-da. Grimni bir amallab tugatdik. Shu payt o'qituvchimiz to'satdan:
—   Damir juda yosh ko'rinyapti. Ko'zoynak taqib olmasa bo'lmaydi, — deb qoldi.
Holbuki repetitsiyalarda bu haqda gap bo'lgani yo'q edi. Shu topda qayoqdan ko'zoynak topib bo'ladi? Xayriyat, direktor jonimizga oro kirdi. Ko'z-oynagini olib, Damirga berdi.
—   Lekin ehtiyot boi, tag'in sindirib-netib qo'yma. Agar shu bo'lmasa, hech narsani ko'zim ko'rmaydi, — dedi u Damirni ogohlantirib.
Ko'zoynak Damirni xuddi mitti cholning o'zi qilib qo'ydi.
—   Voy-bo', ko'zim qamashib ketyapti-ku, hech narsani ko'rmayapman, — nolib qoldi Damir.
Gapi to'g'ri ekan. Parda ochilganda sahnaga chi-qaman deb boshini devorga qattiq urib oldi. Orqa¬sidan itarib-surib, bir amallab sahnaga chiqarib yubordik.
Harqalay, spektaklning birinchi pardasi ancha yaxshi o'tdi. Zalda yangragan qarsaklar buning yaqqol isboti bo'ldi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:43:15
Ikkinchi parda boshlandi. Men onamni, ya'ni Mineni savalab turibman. Otam boimish Damir menga nasihat qilishi kerak. Bir payt bundoq qarasam, Damir bizni ko'rmayapti. Tomoshabinlarga orqasini o'girib olib, devorga qarab monolog o'qiyapti. Har ikki gapining birida:
—   Hoy zolim bola, bu nima qilganing, axir? Seni shu umidda boqib katta qilganmidik-a? — deb devor¬ga nola qilyapti.
—   Buyoqqa qarab gapir, biz orqangda turibmiz, — sekin shivirladim qarshisidan chiqib.
Men onamni kaltaklab turganimda Damir uni qo'limdan qutqarib olishi kerak edi. Lekin Damir yana bizni payqamadi, ko'zbog'lag'ich o'ynayotgan boladay qo'li bilan paypaslab qoldi.
—   Urma, urma onangni! Onaga qoi ko'tarib bo'lmaydi, oqpadar! To'xta deyman! — eshik tomonga qarab baqiradi u.
Biz o'ng yog'ida turibmiz-u u bo'lsa chapga qarab bo'kiradi. Zora ovozimni eshitib, biz tomonga o'giril-sa, degan niyatda kinoda ko'rganlarimni ishga soldim.
—   Xa-xa-xa! Uraman! Urayotgan bo'lsam men birovnimas, o'z onamni uryapman!
Damir ovozimni payqab, biz turgan tomonga o'girildi-yu, lekir darrov yo'qotib qo'ydi.
—   Hoy bola, urma deyapman senga! Ilohim onani urgan qo'llaring sinib tushsin!
Yana uni bu tomonga qaratish uchun xanda otaman:
—   Xa-xa-xa!
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:43:21
Xullas, Damirdan ish chiqmaydiganga o'xshaydi. Bizni topib olishiga ko'zim yetmay qoldi. Noiloj Mineni Damirning oldiga sudrab keldim.
—   Hoy oqpadar deyman...
—   Bu tomondamiz, ota, bizga qarab qo'y.
Damir farosatli bola emasmi, darhol vaziyatni tushundi.
—   Betingni ko'rgani ko'zim yo'q, oqpadar. Men otang bo'laman. Kerak bo'lsa menga o'zing qara!
Pyesadan tamoman chetga chiqib ketdik.
—   Kimga qarab gapiryapsan, ota, axir men orqangda turibman-ku...
—   Harholda senga emas. Toqatim yo'q sen bilan gaplashgani...
—   Bo'lmasa devorga gap uqtiryapsanmi?
—   Sendan ko'ra shu devor ma'qul. Gapirsang, tushunadi.
—   Sening o'rningga tosh tug'sam bo'lmasmidi,
kunimga yarardi, evoh, — deb yerda ingrab yotgan Mine ham jon berdi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:43:27
Damir olamdan o'tgan Mineni bag'riga bosib, ho'ng-ho'ng yig'lashi kerak.
—   Qanisan, xotinjon, qayoqda qolding, jabrdiydam! — deganicha u o'zini yerga otib, Mineni timirskilab qidira boshladi.
Mine yotgan joyida unga qarab talpindi.
—   Bu yerdaman, men o'ldim.
—   Mana endi birga bo'linglar! — deb Damirni yoqasidan oldim-da, Minening ustiga uloqtirdim.
Shu bilan ikkinchi parda ham tugadi. Parda tushirilgach, o'qituvchimiz Damirni qattiq koyib berdi.
—   Ko'zoynakda ko'rmayotgan bo'lsam, nima qilay axir, — dedi u ham o'zini oqlab.
Oxirgi pardada Damirni ko'zoynaksiz chiqarmoq-chi bo'lishdi-yu, lekin shu paytgacha ko'zoynakda yurgan chol o'limi oldidan birdan uni tashlasa, qiziq tuyuladi, degan andishada bu fikrdan voz kechishdi.
—   Ko'zoynakni taqqin-u, lekin oynagining ustidan qara, — maslahat berdi direktor.
Damir direktorning maslahatiga amal qilgani uchun uchinchi parda ancha silliq o'tdi. Ammo oldingi sahnalarda tomoshabinlarning kulgi patini qitiqlab qo'ygan ekanmiz, to'g'ri gapgayam qiyqiriq ko'tarishadi. Yig'lash kerak bo'lgan joyda ham nuqul kulgi qilishadi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:43:33
Uchinchi pardada men qamoqdan bo'shab, uyga kelaman. Endi o'z qilmishlaridan pushaymon bo'lgan o'g'ilman. Otamga yalinib, meni kechirishini so'rayman. Zaldagilarga qolsa, shu ham kulgi. Buning nimasi kulgi ekan, hayronman.
Kechirim so'rab, otamning qo’lini o'pishim kerak. Endi o'pmoqchi bo'lib engashgan edim, bundoq qarasam, mo'ylovimning bir tomoni yerda yotibdi. Yarimta mo'ylov bilan boshni qandoq ko'taraman?!
Darrov buyog'ini kelishtirib yubordim.
—   Oyog'ingizga bosh qo'yib yalinaman, otajon! — deb Damirning oyog'i ostiga o'zimni otdim.
Ayni paytning o'zida yerda mo'ylovga chang sol-dim. Darrov labning tepasiga qo'ndirdim. Ammo falokat degan narsa yolg'iz yurmas ekan. Mo'ylovning chap bo'lagi tushgan ekan-u, uni o'ng tomonga yopishtiribman. Ikkovi ustma-ust bo'lib qoldi. Damir buni sezgan ekan, «chapga ol uni», deb shivirladi. Harakat qilib ko'rdim, bo'lmadi. Oxiri mo'ylovini burayotgan kishidek qilib chap qo'lni bo'sh joyda ushlab turaverdim.
—   Men seni kechirdim, o'g'lim, — dedi otam nihoyat.
Men bo’lsam unga mo'ylov qilaman. Lekin buning ham cheki bo’lishi kerak-da! Qachongacha otamga qarab mo'ylov burayman?!
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:43:40
—   Agar gunohimdan o'tmaganingda shu mo'ylovni mana bundoq qilib yulib tashlamoqchi edim, otajon! — deya solib mo'ylovni shartta olib, oyog'imning ostiga tashladim.
—   Nima qilib qo'yding, bolaginam?
—   Sendan aylansin shu mo'ylov, otajon! Gunohim katta, uni yuvishga bu ham yetmaydi.
Spektakl oxirlab qoldi. Endi otam ho'ng-ho'ng yigiab meni bag'riga bosishi va «gunohingdan o'tdim, o'g'lim. Endi parvardigorga iltijo qil, seni o'zi kechirsin», deb turib, jonini taslim qilishi kerak.
Damir ho'ngrab yig'lab yubordi. Razm solib qarasam, rostakamiga yig'layapti. Spektakldan keyin aytishiga qaraganda, yuragi ezilib ketgan ekan. Xullas, yuz-ko'zi chaplashib, paxta ivib ketdi. «Voy, bolagi¬nam!» deb o'zini menga tashladi. Birpas quchoqlashib turdik. Keyin bir-birimizni bo'shatdik.
Yuziga qarasam, bittayam soqol-mo'ylovi qolmapti. Hayron bo'lib o'zimnikina paypaslayman. Ana xolos. Mendan soqol o'sib chiqibdi. Boya bir-birimiz bilan achomlashib turganimizda Damirning ivib ket¬gan soqoli menga o'tib qolgan ekan-da... Birpasda o'g'lidan otaga aylanib qoldim. Hozir otaning yerga yiqilib, jon beradigan payti. Lekin Damirning hech oiadigan turqi yo'q.
—   Bo'l endi, Damir, o'ladigan bo'lsang tezroq o'lmaysanmi, — pichirlab dedim unga.
—   Soqol senga o'tdi-ku, endi qaysi birimiz oiishimiz kerak?
—   Axir sen otasan, albatta o'lishing kerak. Yerga ot o'zingni! — Damirning bo'lsa o'zini tashlagani hecham yuragi betlamaydi.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:43:49
—   Namuncha imillaysan? Bo'l tez!
—   Yiqil desang yiqilaveraman-u, ammo direktorning ko'zoynagi nima bo'ladi? Tag'in sinib qolsa-ya? — dedi u oldimga kelib.
—   E, gapni cho'zma, tez boi. Spektakl tugashi kerak. Sharmanda bo'ldik.
—   Men gunohingdan o'tdim. Endi parvardigorga iltijo qil, seni kechirsin.
Damir shu gapni aytdi-da, ko'zoynakni bemalol stolga olib qo'ydi. Keyin: «Endi men o'lyapman!» deganicha gup etib yerga ag'darildi. Men uning ustiga o'zimni tashladim. Darhol pardani yopishdi. Ammo ikkovimiz juda oldinga chiqib ketgan ekanmiz, yarim belimiz pardadan tashqarida qoldi.
Zal kulgi va qarsak zarbidan larzaga keldi.
—   Bunday ahvolda yotaversak bo'lmaydi, qani, turamiz endi, — deb Damirga pichirladim.
—   O'lgan odam qanaqa qilib turadi? Xohlasang, o'zing tur, men yotishim kerak.
Allakim oyog'imizdan sudrab, parda ichiga oldi. O'rnimizdan turib ko'rsak, o'qituvchimiz ekan.
—   Rasvo bo'ldik, Ahmad, endi toza gap eshitamiz, — dedi sekingina Damir.
Yurak o'ynog'ida sahna ortiga o'tdik. Direktor bilan o'qituvchilar huzur qilib ko'zyoshlarini artib turishgan ekan.
Xullas, 23-apreldagi konsertni boplab tashladik. Hamma Damirga qoyil qoldi. Hali-hali Damir zo'r iste'dod egasi ekan, deb yurishibdi. Bu gapning tagida jon bor. Zotan u o'qituvchimizning tragediyasini ajoy-ib komediyaga aylantirib berdi.
Shu kunlarda Istanbulning havosi juda ajoyib. Kanikul kunlari Istanbulda diydor ko'rishguncha xayr. Omon bo'l.
Ahmad Tarbay.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:44:08
Bolalar romani uchun konkurs

Istanbul, 25-aprel, 1964-yil.

Qadrdonim Zaynab!
Kuni kecha senga xat jo'natgan edim, mana bugun esa yana yozyapman. Rosa hayron bo'lsang kerak. Ketma-ket yozishimning sababi bor — bir narsaga sen qandoq qaraysan, shuni bilmoqchiman. Agar mening fikrim senga ma'qul tushsa, bir ish qilamiz.
Yaqinda bir gap eshitib qoldim. Bolalar romani uchun konkurs e'lon qilinganmish. Shuni eshitdim-u, lop etib miyamga bir fikr keldi. Bir-birimizga yozgan xatlarimizni tartib bilan to'plab chiqsak, shuning o'zi roman bo'lmaydimi? Men hamma xatlaringni yig'ib yuribman. Sen ham mendan olgan xatlaringni tartibga solib, papkaga joylab qo'yganingni bilaman. Buni o'zing aytgan eding.
Xo'sh, bunga nima deysan? Senga ma'qulmi shu gap? Agar konkursga qatnashishga rozi bo'lsang, jami-ki xatlarni bir konvertga solib, aviapochta orqali tezda menga yubor. Ikkovimiz sherik bo'lib qatnashamiz.
Agar sen shu taklifimga qo'shilmaydigan bo'lsang, u holda menga darhol xabar qil. Yana bir iltimosim bor. Taklifni ma'qul topsang, bu haqda hozircha hech kimga gapirmay tur. Konkursda yutib chiqsak, uyi-mizdagilarga bu sovg'a bo’ladi. Bordi-yu, omadimiz kelmasa, u holda yopig'lik qozon yopig'lig'icha qola-veradi. Hech kim buni yuzimizga sololmaydi.
Javobingni kutaman.
Hurmat ila sinfdoshing:
Ahmad Tarbay.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:44:19
Marra seniki

Anqara, 27-aprel, 1964-yil.

Aziz do'stim Ahmad!
Hozirgina xatingni oldim. Darhol javobga o'tirdim. Bo'lishim bilanoq hamma xatlaringni senga banderol qilib jo'nataman.
Sen konkursga qatnashaylik, deb yozibsan. Rozi-man. Ko'nglingga kelmasin-u, lekin bundan bir ish chiqishiga ko'zim yetmay turibdi. Sababini aytaymi? Gap shundaki, biz o'z maktublarimizda katta odamlarni, ota-onalarimiz va o'qituvchilarimizni bir g'alvirdan o'tkazib ko'rdik. Endi buyog'ini so'rasang, konkursga kelgan romanlarni o'qib, hukm chiqaradigan ham shularning o'zi. O'zlari haqida yozilgan romanga bular ijobiy baho berishiga aslo ishonmay-man. «Rosa beadab bolalar ekan», deb bizga o'cha-kishib qolishlari ham mumkin. Qolaversa, romanni konkursga yuborayotganingda ism va adreslarimizni yozsang, yana baloga qolamiz. Shuning uchun ismlarimizni o'zgartirib, xatlarning ostiga bittadan taxal-lus qo'ygan ma'qul. Meniki Zaynab bo'lsin. Sen ham birorta ism topib qo'y.
Men bu bilan konkursga qatnashmaylik, demoqchi emasman. Bir-birimizga yozgan xatlarimizni to'pla-sak, bitta roman bo'lishiga imonim komil. Mayli, bularni konkursga jo'nat. G'olib chiqmasak, o'zimizga tan. Biz hech narsa yo'qotmaymiz.
Bundan ikki-uch kun oldin ba'zi xatlaringni yana bir o'qib ko'rgandim. Bilishimcha, kattalarni kuzatish bobida biz xiyla chegaradan chiqib ketibmiz. Xatlaringda nimalarni yozmagan ekansan... Ehtimol, meniki ham shundaydir. Shu xatlarimiz yaxlit bir holga kelsa, qalampirday achchiq haqiqat oshkor bo'ladi. Ochig'i, ko'rgan va eshitgan narsalarimizni ba'zan oshirib ham yuborgan ekanmiz...
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:44:29
Konkursning jyuri a'zolari katta yoshdagi odamlardan emas, balki bolalardan iborat bo'lganida biz biror mukofotga ilinib qolardik, deb o'ylayman. Ammo shunday bo'lsa ham, bizning bir yutuq tomonimiz bor. Men bolalar uchun yozilgan ba'zi romanlarni beixtiyor eslab qoldim. Hammasida o'sha siyqa gaplar: qishloqda tug'ilgan qashshoq bola qiynalib o'qiydi, sayohatga chiqqan bolalar ajobtovur savdolarga qoladi yoki kambag'al oilaning farzandi bemor yotgan onasiga qarashish uchun ishga kirib ketadi. Xullas, pand-u nasihat bilan tugaydigan kitoblar. Bizniki esa bularga sira o'xshamaydi.
Mabodo konkursda yutib chiqmasak ham, senga buning hech ahamiyati yo'q. Baribir birinchi o'rinni olgan bo'lasan: zotan, sen ham ota bo'lganingda hammaga o'xshab farzandlaringga shu gapni aytasan (iltimos qilaman, loaqal shu oxirgi xatimni konkursga yubora ko'rma).
Senga tasalli berib o'tirmayman. Roman uchun mukofot olmasak, ko'pam qayg'urib yurma. Katta bo'lsam yozuvchi bo'laman, deb yurarding. Xatlarni o'shanda bir kitob qilib chiqararsan.
Senga chin yurakdan omad tilayman. Mendan hamma o'rtoqlarga salom.
Zaynab Yolqir.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:44:46
Yozuvchidan bolalarga maktub

Anqara, 11-aprel, 1967-yil.

Aziz jigargo'shalar!
Yo'q, aziz jigargo'shalarim!
Men hammangizni o'z farzandlarimday sevaman. Har qanday sevgi-muhabbatda bo'lganidek, menikida ham ozroq xudbinlik bor. Biz, kattalar, sizlarda o'z hayotimizni, o'z izdoshlarimizni ko'ramiz, shundoq bo'lishiga qattiq ishonamiz. Men o'z farzandlarimnigina, faqat turk bolalarinigina emas, dunyodagi hamma bolalarni — amerika, rus, nemis, armani, xitoy, lo'li bolalarini ham jondan sevaman.
Men sizlarga bir narsani oshkor qilmoqchiman. Buni o'zingiz ham yaxshi bilasiz. Ushbu kitobdagi xatlarni Zaynab bilan Ahmad emas, balki men yozganman. Zaynab bilan Ahmadni men o'ylab topdim. Ikki o'quvchi bola bir-biriga bunchalik ko'p, bunchalik batafsil va bexato xat yozishi mumkin emasligini o'zingiz ham yaxshi bilib turibsiz. Bordi-yu, orala-ringizda bir-biriga xat yozishib yurgan bolalar bo'lsa va bu xatlarni yaxlit kitob holiga keltirsangiz baribir jumla tuzishda, imloda yanglishliklar ketgan bo'ladi. Ammo shunisiga aminmanki, sizlarniki menikidan durustroq chiqqan bo'lardi. Nega deganda, sizlar o'z tilingiz va dilingiz bilan samimiy so'zlagan bo’lardingiz. Kattalar bilan bolalar o'rtasidagi eng yirik farq ham shunda. Sizlar ham ulg'aygan sari bizga o'xshab boraverasiz, samimiylikdan uzoqlashasiz.
Nom: Re: G'aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 10:44:58
Bu asarimda men qo'limdan kelmaydigan bir ishga unnab ko'rdim — o'zimni sizlarning o'rningizga qo'ymoqchi bo'ldim. Aslida buning hech imkoni yo'q. Zotan, kattalar o'zlarining bolalik davrlaridan bir-ikki ming yilga uzoqlashib ketgan bo'lishadi. Shuning uchun ham biz, kattalar, o'z bolaligimizni mutlaqo unutib yuboramiz. Ota-onangiz ham, o'qituvchingiz ham bir paytlar bola bo'lishganini esdan chiqarishadi.
Zaynab bilan Ahmad nomidan yozilgan mana shu maktublar chindan ham konkursga qatnashdi. Ammo unga mukofot tekkani yo'q. Buni adolatsizlik deb ham bo'lmaydi. Bu roman konkursda mukofot olomasdi ham. Chunki kitobni o'qib chiqqan jyuri a'zolari ham bolalik yillarini allaqachon esdan chiqarib yuborishgan. Zaynab bilan Ahmad shundoq bo'lishini bilishgan edi.
Hamma yozuvchilarga o'xshab men ham sizga bir-oz nasihat qilmoqchi bo’ldim. Lekin mening nasihatlarim boshqa odamlarnikiga sira o'xshamay qoldi. Bo'lak ilojini topolmadim. Ammo bu kishi hamisha shunaqa ekan, deb o'ylamang. Shaxsiy hayotimda men ham o'g'il-qizlarimga o'sha kattalarga o'xshab muomala qilaman. Men ham go'yo yaqindagina emas, bundan ming yil oldin bola bo'lganday ish tutaman. Biz, kattalar, buning xato ekanini bilamiz-u, lekin boshqa ilojimiz yo'q. Nochormiz.
Men ushbu kitobimda yana bir narsaga unnab ko'rdim — o'zimni katta, sizlarni esa yosh bola deb bilmadim. Sizlar bilan tenglashib ololmaganim uchun sizlarni o'zim qatori deb bildim. Ha, sizlarni kattalar qatoriga qo'shib qo'ydim. Ayni bir paytda hali bola ekanligingizni esdan chiqarmaslikka harakat qildim. Shuning uchun ham men kitobdan ko'zlagan maqsadlarimni sizlarga ro'yirost gapiryapman...
Qadrli jigargo'shalarim! Hammangizga chin qalbimdan muvaffaqiyatlar tilayman.
Aziz Nesin.