forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Musannif Adham 19 Yanvar 2009, 02:51:52

Nom: Rahmatulloh Obidov. Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir
Yuborildi: Musannif Adham 19 Yanvar 2009, 02:51:52
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi


TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI

Rahmatulloh qori Obidov




PAYG'AMBARLAR TARIXI
ISLOMIYAT TARIXIDIR

(Qur'oni Karimda payg'ambarlar siymosi)


Birinchi kitob

Toshkent
"Movarounnahr"
2005
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Yanvar 2009, 02:54:52
MUNDARIJA (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3224.msg160424#msg160424)

Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Yanvar 2009, 03:17:16
وَلَقَدْ بَعَثْنَا فِي كُلِّ أُمَّةٍ رَسُولا أَنِ اعْبُدُوا اللَّهَ وَاجْتَنِبُوا الطَّاغُوتَ


Biz har bir ummatga: «Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroqlashinglar»,-degan vahiy bilan payg‘ambar yuborganmiz. (Nahl, 36.)

اللَّهُ يَصْطَفِي مِنَ الْمَلائِكَةِ رُسُلا وَمِنَ النَّاسِ إِنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ بَصِيرٌ

«Alloh farishtalardan ham, odamlardan ham elchilarni O’zi tanlaydi. Alloh eshituvchi va ko‘ruvchidir». (Haj, 75.)

إِنَّ اللَّهَ اصْطَفَى آدَمَ وَنُوحًا وَآلَ إِبْرَاهِيمَ وَآلَ عِمْرَانَ عَلَى الْعَالَمِينَ

«Albatta, Alloh Odam va Nuhni hamda Ibrohim va Imron avlodlarini olamlar uzra (payg‘ambarlik uchun) tanladi». (Oli Imron, 33.)

وَرُسُلا قَدْ قَصَصْنَاهُمْ عَلَيْكَ مِنْ قَبْلُ وَرُسُلا لَمْ نَقْصُصْهُمْ عَلَيْكَ

«Ba’zi payg‘ambarlar haqida ilgari qissalarni bayon etgan edik. Ba’zi payg‘ambarlar qissalarini esa aytganimiz yo‘q». (Niso, 164.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Yanvar 2009, 03:24:38
MUQADDIMA

Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhonahu va taolo ko‘z bilan ko‘rib turganimiz va ko‘zimizga ko‘rinmaydigan butun borliqni  yaratgan qudrat sohibidir. Avval koinot yaratilib, undan so‘ng inson xalq qilingan. Azaldan yakkayu yagona Allohdan boshqa biror narsa mavjud emas edi. Alloh taolo o‘zining borligini, buyukligini, qudratini bildirish uchun oliy hikmati bilan osmonlarni, Yerni va undagi boyliklarni, o‘simliklarni yo‘qdan bor qildi. Yolg‘iz Allohning o‘zigagina itoat va ibodat qilishga buyurilgan farishtalar, insonlar va jinlarni xalq qildi.

Farishtalar ko‘zga ko‘rinmas mavjudot bo‘lib, nurdan yaratilgan, ularda nafs bo‘lmaganligi uchun taom yeyish, ichimlik ichish va shahvoniy hissiyotlarga berilishdan ozoddirlar.

Farishtalarning eng go‘zali va eng ulyg‘i Jabroil farishtadir.   
   
Ular Yerda emas, balki samovotda faqat ibodat bilan mashg‘uldirlar. Alloh taolo farishtalar haqida shunday xabar beradi:

إِنَّ الَّذِينَ عِنْدَ رَبِّكَ لا يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِهِ وَيُسَبِّحُونَهُ وَلَهُ يَسْجُدُونَ

«Haqiqatan, Robbingiz huzuridagi farishtalar Uning ibodatidan kibr qilmaydilar. Unga tasbeh aytadilar va Unga sajda qiladilar».(A’rof, 206.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Yanvar 2009, 03:30:43
Alloh taolo insonlar singari farishtalarni ham turli daraja va martabada, turli vazifalarga mas’ullikda bir-biridan fazilatlik qilib yaratgan. Qur’oni karimda farishtalarning o‘z so‘zlari bilan aytgan sifatlari keltirilgan:

وَمَا مِنَّا إِلا لَهُ مَقَامٌ مَعْلُومٌ (١٦٤)وَإِنَّا لَنَحْنُ الصَّافُّونَ (١٦٥)وَإِنَّا لَنَحْنُ الْمُسَبِّحُونَ

«(Farishtalar dedilar): «Bizlarning har birimiz uchun osmonlarda aniqki, ma’lum bir maqom bordir. Darhaqiqat, bizlar Alloh xizmatida saf tortib turguvchilardirmiz. Yana, bizlar (Allohga) tasbeh aytuvchilardirmiz».(Vas-soffot, 164-166)

Farishtalarning ba’zilari Allohning arshi va kursiysi xizmatida bo‘lsalar, ba’zilari jannat xizmatchilari, yana ba’zilari do‘zax xazanalaridir.

الَّذِينَ يَحْمِلُونَ الْعَرْشَ وَمَنْ حَوْلَهُ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَيُؤْمِنُونَ بِهِ

«Arshni ko‘tarib turadigan va uning atrofidagi farishtalar yagona Parvardigorlariga hamd bilan tasbeh ayturlar va Unga imon keltirurlar...».( G’ofir, 7.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Yanvar 2009, 03:35:44
Ba’zi farishtalar yerdagi insonlarning yelkalarida doim bo‘lib, nomai a’mol kotiblari vazifasini bajaradilar:

وَإِنَّ عَلَيْكُمْ لَحَافِظِينَ (١٠)كِرَامًا كَاتِبِينَ (١١)يَعْلَمُونَ مَا تَفْعَلُونَ


«Holbuki, sizlarning ustingizda har bir ishingizni yod oluvchi farishtalar bor. Ular yozuvchi ulug‘ zotlardir. Ular sizlar qilayotgan ishlarni bilurlar». (Infitor, 10-12.)

Ba’zilari Alloh bilan payg‘ambarlar o‘rtasidagi elchilik vazifasidadirlar:

اللَّهُ يَصْطَفِي مِنَ الْمَلائِكَةِ رُسُلا وَمِنَ النَّاسِ إِنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ بَصِيرٌ

«Alloh elchilarni farishtalardan tanlar, insonlardan ham».( Haj, 75.)

Farishtalarning yana ba’zilari esa insonlarning ruhlariga vakil qilinganlar:

قُلْ يَتَوَفَّاكُمْ مَلَكُ الْمَوْتِ الَّذِي وُكِّلَ بِكُمْ ثُمَّ إِلَى رَبِّكُمْ تُرْجَعُونَ

«Ayting, ey Muhammad! Sizlarga vakil qilingan o‘lim farishtasi jonlaringizni olur, so‘ngra Robbingizga qaytarilursizlar». (Sajda, 11.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Yanvar 2009, 03:39:41
Ular xilqat (yaratilish) jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida:

الْحَمْدُ لِلَّهِ فَاطِرِ السَّمَاوَاتِ وَالأرْضِ جَاعِلِ الْمَلائِكَةِ رُسُلا أُولِي أَجْنِحَةٍ مَثْنَى وَثُلاثَ وَرُبَاعَ


«Hamd osmonlar va Yerning ilk bor yaratuvchisi hamda farishtalarni ikki, uch, to‘rt qanotli elchilar qiluvchi Allohgadir» (Fotir, 1.)- deb marhamat qilgan.

Ularning mavjudligiga imon keltirish har bir musulmonga farz qilingan:

آمَنَ الرَّسُولُ بِمَا أُنْزِلَ إِلَيْهِ مِنْ رَبِّهِ وَالْمُؤْمِنُونَ كُلٌّ آمَنَ بِاللَّهِ وَمَلائِكَتِهِ وَكُتُبِهِ وَرُسُلِهِ لا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِنْ رُسُلِهِ

«Payg‘ambar (Muhammad) o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga (oyatlarga) imon keltirdi va mo‘minlar ham. Ularning har biri Allohga, farishtalarga, kitoblarga va payg‘ambarlarga birortasini ajratmasdan imon keltirdi». (Baqara, 285)       
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Yanvar 2009, 03:43:35
Jinlar va insonlarning maskani esa Yerdir. Har ikki toifa shu yerda istiqomat qiladi, tirikchilik qiladi va Allohning buyrug‘iga ham itoat qilishga buyurilganlar:

وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالإنْسَ إِلا لِيَعْبُدُونِ


"Men jin va insni O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim". (Vaz-zoriyot, 56.)

Jinlar bilan insonlarning yashaydigan maskanlari Yer bo‘lsa ham, ularning yashash va taomlanish jihatlari bir-birlaridan keskin farq qiladi. Jinlar xilqati olovdan, inson xilqati esa oddiy Yer tuprog‘idandir:

خَلَقَ الإنْسَانَ مِنْ صَلْصَالٍ كَالْفَخَّارِ (١٤)وَخَلَقَ الْجَانَّ مِنْ مَارِجٍ مِنْ نَارٍ


«U insonni sopol yanglig‘ quruq loydan yaratdi. Jin (va shaytonlar)ni esa olovdan yaratdi». (Ar-Rohman 14-15.)

Shuning uchun har bir narsa o‘z xilqatini namoyon qilganidek, jinlar bir shaklda turolmasdan, beqarorlik qiladilar, olovdek shakl va joylarini o‘zgartirib turadilar. Jinlarning yeydigan taomi ham insonlarnikidan boshqacha bo‘lib, ular hayvonlar tezagi va suyaklar bilan oziqlanadilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Yanvar 2009, 03:47:25
Jinlar ham musulmon va kofir toifalarga bo‘linadilar. Bir zamonda insonlarga kelgan payg‘ambarlar ayni shu zamonda yashayotgan jinlarga ham payg‘ambar hisoblanadilar:

يَا مَعْشَرَ الْجِنِّ وَالإنْسِ أَلَمْ يَأْتِكُمْ رُسُلٌ مِنْكُمْ يَقُصُّونَ عَلَيْكُمْ آيَاتِي وَيُنْذِرُونَكُمْ لِقَاءَ يَوْمِكُمْ هَذَا

«Ey jinlar va insonlar jamoasi! Sizlarga o‘zlaringdan payg‘ambarlar kelib, sizlarga oyatlarimni aytib, ushbu Kuningizga yo‘liqishingizdan ogohlantirgan emasmidilar?». (An’om, 130.)

Payg‘ambarlarga munkir bo‘lgan insonlardek, jinlar orasida ham imon keltirmaydigan, payg‘ambarlarga dushmanlik kayfiyatida bo‘ladigan jinlar ham bor ekanligini quyidagi oyati karima bayon etadi:

وَأَنَّا مِنَّا الصَّالِحُونَ وَمِنَّا دُونَ ذَلِكَ كُنَّا طَرَائِقَ قِدَدًا

"Albatta, bizlarning oramizda yaxshilar ham bordir va (shuningdek) oramizda undan berilar (yomonlar) ham bordir. Bizlar ilgari turli-tuman yo‘llarda edik". (Jin, 11.)

وَكَذَلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِيٍّ عَدُوًّا شَيَاطِينَ الإنْسِ وَالْجِنِّ


«Shuningdek, har bir payg‘ambarga insu jin shaytonlaridan dushman qilib qo‘ydik». (An’om, 112) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Yanvar 2009, 03:52:25
Ana shunday jinlar toifasi Sulaymon payg‘ambarga musaxxar qilingani, baland imoratlar quruvchi va suv ostiga tushuvchi jinlar u kishining amriga farmonbardor bo‘lganlarini Alloh oyati karimalarda shunday bayon etadi:

وَحُشِرَ لِسُلَيْمَانَ جُنُودُهُ مِنَ الْجِنِّ وَالإنْسِ وَالطَّيْرِ فَهُمْ يُوزَعُونَ


«Sulaymon uchun jin, ins va qushlardan iborat lashkarlari to‘planib, tizilgan hollarida turdilar». (Naml, 17) 
 
وَلِسُلَيْمَانَ الرِّيحَ غُدُوُّهَا شَهْرٌ وَرَوَاحُهَا شَهْرٌ وَأَسَلْنَا لَهُ عَيْنَ الْقِطْرِ وَمِنَ الْجِنِّ مَنْ يَعْمَلُ بَيْنَ يَدَيْهِ بِإِذْنِ رَبِّهِ وَمَنْ يَزِغْ مِنْهُمْ عَنْ أَمْرِنَا نُذِقْهُ مِنْ عَذَابِ السَّعِيرِ (١٢)يَعْمَلُونَ لَهُ مَا يَشَاءُ مِنْ مَحَارِيبَ وَتَمَاثِيلَ وَجِفَانٍ كَالْجَوَابِ وَقُدُورٍ رَاسِيَاتٍ

«Yana jinlardan ham Parvardigorining izni bilan uning (Sulaymonning) qo‘l ostida ishlaydiganlarini bo‘ysundirib qo‘ygandirmiz. Ulardan kim Bizning amrimizdan chetlasa, Biz unga o‘t azobidan tottirib qo‘yurmiz. Ular (Sulaymonga) misdan u xohlagan narsalarni-mehroblar, timsollar, hovuzlar kabi katta laganlar va o‘choqlarga o‘rnashuvchi qozonlarni yasab berurlar». (Saba, 12-13.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 19 Yanvar 2009, 03:56:17
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ga ham jinlardan bir toifasi imon keltirganligi «Ahqof» va «Jin» suralarida xabar beriladi:

وَإِذْ صَرَفْنَا إِلَيْكَ نَفَرًا مِنَ الْجِنِّ يَسْتَمِعُونَ الْقُرْآنَ فَلَمَّا حَضَرُوهُ قَالُوا أَنْصِتُوا فَلَمَّا قُضِيَ وَلَّوْا إِلَى قَوْمِهِمْ مُنْذِرِينَ (٢٩)قَالُوا يَا قَوْمَنَا إِنَّا سَمِعْنَا كِتَابًا أُنْزِلَ مِنْ بَعْدِ مُوسَى مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ يَهْدِي إِلَى الْحَقِّ وَإِلَى طَرِيقٍ مُسْتَقِيمٍ (٣٠)يَا قَوْمَنَا أَجِيبُوا دَاعِيَ اللَّهِ وَآمِنُوا بِهِ يَغْفِرْ لَكُمْ مِنْ ذُنُوبِكُمْ وَيُجِرْكُمْ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ

«Ey Muhammad, eslang, huzuringizga bir guruh jinlarni Qur’on tinglasinlar, deb yuborgan edik. Bas, qachonki ular hozir bo‘lishgach, (bir-birlariga): «Jim bo‘linglar»,- dedilar. Tilovat tugatilgach, ular o‘z qavmlari oldiga ogohlantiruvchi bo‘lgan hollarida qaytib ketdilar. Ular dedilar: «Ey qavmimiz, darhaqiqat bizlar Musodan keyin nozil qilingan, o‘zidan oldingi (ilohiy kitob)larni tasdiq qilguvchi bo‘lgan, Haq (din)ga va To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiladigan bir Kitobni — Qur’onni tingladik.  Ey qavmimiz, Allohning da’vatchisi Muhammadni qabul qilinglar va unga imon keltiringlar. Alloh gunohlaringizni mag‘firat qilur va sizlarga alamli azobdan panoh berur». (Ahqof, 29-31.)

«Ar-Rahmon» surasida Alloh taolo insonlarga bergan va berayotgan ne’matlari xususida savolga tutib, shu savol asnosida jinlarga ham barobar xitob qilayotgani, taklifda ham, mukofot yoki jazoda ham insonlar va jinlar barobar mas’ul ekanliklarini ko‘rsatadi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 29 Yanvar 2009, 17:05:34
Dunyomizning «qishr (qobig‘)» deb ataluvchi qatlamini tekshirgan geolog olimlar Yer yuzidagi hayotni to‘rt davrga bo‘lishgan. Bu olimlarning fikricha, Yer yuzidagi birinchi inson suyagi Janubiy Osiyodan topilgan. Insonlar tug‘ilishi haqida G’arb va Sharq olimlari o‘rtasida fikrlar, qarashlar xilma-xildir. Ammo hozirda inson zotining bir asosdan, bir asldan, bir ota va bir onadan tarqalganligi ilmiy haqiqat holini olganki, bu narsa ko‘pchilikka sir emas. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَأُنْثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ

«Ey insonlar, darhaqiqat, biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-biringiz bilan tanishishingiz (do‘st-birodar bo‘lishingiz) uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, Alloh bilguvchi va ogohdir». (Hujurot, 13) 

Qur’oni karimda Odamning qachon yaratilganligi aytilmagan, ammo Odamning yaratilishi va Odam qissasi turli shakllarda tushuntirib berilgan. Mufassir olimlarning fikrlaricha,

وَعَلَّمَ آدَمَ الأسْمَاءَ كُلَّهَا

«Alloh taolo Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi», (Baqara, 31.)  oyati karimasida insonga berilgan ilmning hududsiz ekanligiga ishora bor. Odam farzandi, ya’ni inson tajriba orqali hamma narsani tushunish va bilish quvvati bilan butun borliqlarga hokim bo‘lish uchun yaratilgan. Bu oyatda inson bilim darajasining farishtalarnikidan anchayin ustun ekanligi ko‘rsatilmoqda. Ammo inson bir ondayoq yaratilmagan, unga dastlab tuproqdan shakl berilgandan keyin ma’lum vaqt mobaynida tarbiya berilib, so‘nggi holatiga keltirilgan.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 29 Yanvar 2009, 17:06:23
Farishtalarning Odamga sajdasi ibodat emas, Allohning buyrug‘iga itoat, Odamga bo‘lgan hurmat, inson zotiga berilgan yuksak bahodir. Chunki, Allohdan boshqaga ibodat sajdasi qilinmaydi. Ilm bilan sharaflantirilgan inson shu tariqa farishtalardan ham yuqori mavqe’ga ega bo‘ldi.

Ba’zi islom olimlari: «Qur’ondagi «Odam» umuman «Inson»ni tamsil etadi. Qur’oni karim bir necha oyatlar bilan insonning tuproqdan yaratilganligini xabar beradi. Odam bizning otamizdir. «Odam hikoyasi» faqatgina insonlarning otasi bo‘lmish birinchi payg‘ambar Hazrati Odamninggina emas, har bir insonning hikoyasidir.

Qur’onning bildirishicha, Odamning Yer yuziga bir xalifa qilib yuborilishi insonning butun tabi’at quvvatlariga hokim bo‘lishiga ishoradir», - deydilar.

Tadqiqotlarga qaraganda, insonlar dastlab dunyoning eng katta parchasi bo‘lmish Osiyo qit’asida yashaganlar. Keyinchalik bu yerdan boshqa qit’alarga tarqalib ketganlar. Shu sababdan Osiyo insonlarning ilk tavallud topgan joyi, ilk madaniyat, ilk din chiqqan hudud hisoblanadi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 29 Yanvar 2009, 17:07:06
Insonlarning dastlabki hayoti, ularning yashash tarzi haqida arxeologlar va tarixchilar shunday fikr bildiradilar: «Insonlar avval vahshiy bo‘lishgan, keyinchalik darajama-daraja yuksalib, bugungi madaniy saviyaga yetishgan. Dastlab chaqmoq toshdan yasalgan bolta bilan ish ko‘rgan bo‘lishsa, keyinchalik temir qilich qo‘llay boshlashgan. Demak, bu nuqtai nazardan, inson ikki davrni - vahshiylik va madaniyat davrini boshidan kechirdi, deb hisoblanadi.

Lekin dinlar tarixi bilan shug‘ullangan olimlar arxeologiyaning, insoniyatning dastlabki davri «vahshiylik davri bo‘lgan», degan fikrini rad etadilar. Ularning fikricha, insonlarning dastlabki davri vahshiylik emas, balki ilk madaniyat davridir. Bu ilk madaniyat darsini insonlarga ilohiy payg‘ambarlar berishgan. Shu bilan birga ularga ilk diniy fikrlarni, ya’ni yagona Allohga ishonishni ham shu payg‘ambarlar yetkazishgan. Ilohiy payg‘ambarlardan ilk madaniyat darsini olgan insonlar keyinchalik bu madaniyatdan uzoqlashib, birinchi darsni unutish darajasida vahshiylashganlar. Ma’lum vaqt oradan o‘tib, yana ilohiy payg‘ambarlar vositasi bilan inson avvalgi madaniyatga qaytarilgan. Demak, inson o‘z hayoti davomida ikki davrni-vahshat va madaniyat davrini emas, balki ilk madaniyat, vahshat va ikkinchi madaniyatdan iborat uch davrni boshidan kechirgan. Vahshiylik esa, insonlar uchun ikki madaniyat orasidagi bir bosqichdir.

Ilohiy payg‘ambarlarning barchalari ham Alloh huzuridan bitta din — yagona Allohga ishonch va e’tiqoddan iborat bo‘lgan Islom dinini, musulmonlikni keltirganlar. Musulmonlik haqiqatan ham insoniylik dinidir. Insonlarning eng birinchi o‘rgangan dini Allohning birligiga ishonchdan iborat edi. Ularga bu e’tiqodni o‘z oralaridan tanlab olingan ilohiy payg‘ambarlar yetkazdilar. Eng so‘nggi payg‘ambar Muhammad (s.a.v) ham ayni shu e’tiqodni targ‘ib qildilar.

Biroq avvalgi payg‘ambarlar bildirgan yagona Allohga ishonchning asoslari turli kimsalar tarafidan buzildi. Turli sabablar bilan keyinchalik o‘zgarishlarga uchraydi. Hattoki Allohga ibodat o‘rnini but va sanamlarga sig‘inish egalladi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 29 Yanvar 2009, 17:07:39
Butparastlikning asosi-tabi’at kuchlarini ilohiy lashtirib yuksaltirish, rasm, haykallarda aks etgan bu kuchlarga insonlarni sig‘intirish bilan ularning qadr va sharafini yerga urishdan iborat edi.

Boshqa payg‘ambarlar o‘z davrlarida amalga oshirgan vazifalari singari Muhammad (s.a.v) ham davr ta’sirida o‘zgarib qolgan bu asoslarni asl holiga qaytardilar. Tabi’at kuchlariga sig‘inishni man’ etibgina qolmay, ayni paytda, bu kuchlardan foydalanishni bildirib, insoniyat sharafini yuksaltirdilar. Binobarin, Alloh taolo Yer va ko‘kdagi narsalarni, shu jumladan insonni ham shunchaki yaratgan emas, demakki, insonga berilgan aql ham bejiz emas.

Alloh insonni ikki borliq-ko‘z bilan ko‘rinadigan moddiy va ko‘z bilan ko‘rinmaydigan ma’naviy borliq bilan yaratgan. Ko‘pincha insonning moddiy borlig‘i ma’naviy borlig‘idan ustun keladi. O’sha payt insonning irodasi haqni taniyolmay qoladi. Fazilat aqllari berkiladi. Kamolot darajasini topmagan aqlning kuchi adolat o‘rnatish uchun yetmay qoladi, ko‘z bilan ko‘rilmaydigan narsalarni tushunolmay qoladi. Bu hol ma’naviy xastalikdir. Bu xastalikni davolaydigan birdan-bir chora ilohiy tarbiya bo‘lib, uning dasturi esa payg‘ambarlar vositasi bilan insoniyatga yuborilgan vahiydir. Vahiy faqat payg‘ambarlar vositasida yuboriladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ilohiy vahiy — Yer yuziga payg‘ambarlarning yuborilishidir.

Din esa, har bir payg‘ambarning vahiy orqali Allohdan olgan hukmlar yig‘indisidir. Din deganda, yagona Alloh va uning elchisi esga keladi. Allohsiz din bo‘lmaganidek, vahiyga suyanmagan, bir payg‘ambar tomonidan yetkazilmagan ko‘rsatmalarni ham «din» deb bo‘lmaydi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 29 Yanvar 2009, 17:09:28
Allohning huzuridan payg‘ambarlar orqali insoniyatni hidoyatga chaqirish uchun yuborilgan din Islom dinidir.
Islom dini inson yaratilgandan buyon mavjuddir. Har asrda yashagan va hozirda yashab turgan insoniyat bor ekan, u ham albatta turadi. «Alloh» fikrining yo‘qolishi insoniyat hayotiga nuqta qo‘yilishidir.
Islomiy e’tiqodga ko‘ra, payg‘ambarlik Allohning bandalariga bergan eng buyuk lutfidir. Insonlik darajasining eng yuksak cho‘qqisidir. Hech kim payg‘ambarlik maqomiga o‘z zakosi, bilimi va o‘z g‘ayrati bilan erisholmaydi. Payg‘ambarlik meros ham qolmaydi. Payg‘ambarlarni Alloh taolo bandalari orasidan o‘zi tanlaydi. Bu haqda Qur’oni karimda shunday deyiladi:

اللَّهُ يَصْطَفِي مِنَ الْمَلائِكَةِ رُسُلا وَمِنَ النَّاسِ إِنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ بَصِيرٌ

«Alloh farishtalardan ham, odamlardan ham elchilarni O’zi tanlaydi. Alloh eshituvchi va ko‘ruvchidir». (Haj,75)

هُنَالِكَ دَعَا زَكَرِيَّا رَبَّهُ قَالَ رَبِّ هَبْ لِي مِنْ لَدُنْكَ ذُرِّيَّةً طَيِّبَةً إِنَّكَ سَمِيعُ الدُّعَاءِ

«Albatta, Alloh Odam va Nuhni hamda Ibrohim va Imron avlodlarini olamlar uzra (payg‘ambarlik uchun) tanladi». (Oli Imron, 38.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 29 Yanvar 2009, 17:11:18
Payg‘ambarlar o‘z vazifalarini bajarishda o‘zlarining aql-idroklari va zakovatlaridan foydalansalar ham, ularni bu ishga-da’vatga buyurgan narsa aql-zakovat emas, balki ilohiy vahiydir. Ular faqat Parvardigorlarining amrinigina bajaradilar:

يُنَزِّلُ الْمَلائِكَةَ بِالرُّوحِ مِنْ أَمْرِهِ عَلَى مَنْ يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ أَنْ أَنْذِرُوا أَنَّهُ لا إِلَهَ إِلا أَنَا فَاتَّقُونِ

«Alloh o‘z amri bilan xohlagan bandalariga farishtalarni (shunday) vahiy bilan tushirur: («Ey payg‘ambarlarim! Insonlarni) ogohlantiringlarki, Mendan o‘zga iloh yo‘q. Bas, barchalaringiz Mendangina qo‘rqingiz!». (Nahl, 2)

قُلْ مَا يَكُونُ لِي أَنْ أُبَدِّلَهُ مِنْ تِلْقَاءِ نَفْسِي إِنْ أَتَّبِعُ إِلا مَا يُوحَى إِلَيَّ إِنِّي أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّي عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ

«Ayting, (ey Muhammad): «Uni o‘z tomonimdan o‘zgartirish menga mumkin emas. Men faqat, menga vahiy qilingan oyatlargagina ergashurman. Men, agar Rabbimga itoatsizlik qilsam, ulug‘ Kun (Qiyomat) azobidan qo‘rqaman». (Yunus, 15.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 29 Yanvar 2009, 17:12:13
Alloh taolo insonlarga payg‘ambar yuborishidan ikki narsani iroda qiladi:

Birinchisi, moddiy hayotda ko‘ringan hodisalarning sabablari ham asosan moddiy bo‘lib, bularga moddiy bo‘lmagan narsalarning ta’siri ham bor. Payg‘ambarlar insonlarga moddiy sabablar bilan birga, moddiy sabablar ustidan hokim bo‘lgan ilohiy qudratga ishonmoqni o‘rgatadi, har narsaning ilohiy irodaga bog‘liq ekanligini, «Koinot» deb atalmish bu borliqni ilohiy iroda boshqarganidek, g‘ayri tabiiy hollar ham shubhasiz Allohning xohish-irodasi bilan sodir bo‘lishini tushuntiradi.

Ikkinchisi, inson o‘z aqli bilan barcha fazilatlarni topa olmaydi, chunki, aqlning quvvati har bir insonda turlicha bo‘lgani uchun, fikr ham, amal ham bir xil bo‘lmaydi. Ba’zi odamlarning nazdida yaxshilik yomonlik bo‘lib ko‘rinishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Ba’zilar esa, yaxshilikni aniq his qila turib, uni ado qilmaydilar. Ba’zilar esa, yomonlikni bila turib, unga ruju’ qiladilar.

Payg‘ambarlar ana shu insonlarga, ularning o‘zligini tanitadilar, yaxshilik bilan yomonlik chegarasini aniqlab beradilar, ularning har bir harakati Allohning nazarida ekanligini, yaxshilikka mukofot, yomonlikka jazo muqarrar ekanligini anglatadilar. Hech kimning ezgu ishlari zoe’ bo‘lmaydi, yomonliklariga esa uzr qolmaydi:

رُسُلا مُبَشِّرِينَ وَمُنْذِرِينَ لِئَلا يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَى اللَّهِ حُجَّةٌ بَعْدَ الرُّسُلِ وَكَانَ اللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا

«Payg‘ambarlar kelgandan keyin odamlar uchun Allohga qarshi hujjat bo‘lmasin deb payg‘ambarlarni xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib  yubordik. Alloh qudrat va hikmat sohibidir». (Hiso, 165 ) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 29 Yanvar 2009, 17:13:15
Alloh taolo oxiratda hech bir bandasini beayb va besabab jazolamaydi. Shuningdek, o‘zining mavjudligini va yagonaligini bildirmay turib: «Meni nega tanimading, nega menga itoat va ibodat qilmading?» - deb qahr qilmaydi. Bu haqda Alloh shunday marhamat qiladi:

وَمَا كُنَّا مُعَذِّبِينَ حَتَّى نَبْعَثَ رَسُولا

«To payg‘ambar yubormagunimizcha (biror kimsani) azoblovchi bo‘lmadik». (Isro, 15.)

Payg‘ambarlar Parvardigor tomonidan o‘zlariga yuklatilgan bu muhim vazifani bajarishda, ularga berilgan g‘ayritabiiy xususiyatlardan foydalanadilar.

Payg‘ambarlardagi bunday g‘ayritabiiy xususiyatlar «mo‘‘jiza» deyiladi. Payg‘ambarlik ana shu mo‘‘jizalar bilan tushuniladi. Payg‘ambar bo‘lmagan odam bunday mo‘‘jizalardan yiroqdir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 29 Yanvar 2009, 17:13:39
Qur’oni karimda va Payg‘ambarimizning hadislarida mo‘‘jizalar «oyat» va «burhon» deyiladi. Alloh taolo tabiat qonunlarini qanday yaratgan bo‘lsa, g‘ayritabiiy hollarning qonunlarini ham shunday qudrat va iroda bilan yaratgan. Biz g‘ayritabiiy hollarning sabablarini bilolmaymiz. Chunki, u g‘ayb ilmidir. Buni faqat payg‘ambarlargina bilishadi, tushunishadi. Ular insonlarning bilmaganini biladilar, ko‘rmaganini ko‘radilar, eshitolmaganini eshitadilar.

Moddalar olamini o‘zgarmas qonunlarga bog‘lab qo‘ygan Alloh taolo payg‘ambarlarini quvvatlantirmoq, ularni yanada sharaflantirmoq uchun tabiat hodisalariga ham o‘zgartirish kiritishi mumkin. Shu maqsadda U tabiat hodisalarining sabablarini ham, ta’sirini ham yo‘qotishi mumkin. Masalan, olov kuydiruvchi xossaga ega bo‘lgan bir modda bo‘lishiga qaramay, Allohning qudrati bilan Ibrohim (a.s.)ni yondirmadi, unga ta’sir o‘tkazolmadi. Suv tabiatan suyuq modda bo‘lishiga qaramay, Fir’avndan qochib borayotgan Muso (a.s.) va qavmlariga yo‘l ochib, ikki tomonda tepalik hosil qilib, qotib turdi.

Mo‘‘jizalar ko‘rinishdan tabiat qonunlariga ziddir. Har handay kishining ham bu narsaga aqli yetavermaydi. Lekin mo‘‘jizalar bor va haqiqatdir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 29 Yanvar 2009, 17:15:25
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) barcha odamlarga umumiy payg‘ambar bo‘lishlari bilan birga, eng oxirgi payg‘ambar ham hisoblanadilar:

مَا كَانَ مُحَمَّدٌ أَبَا أَحَدٍ مِنْ رِجَالِكُمْ وَلَكِنْ رَسُولَ اللَّهِ وَخَاتَمَ النَّبِيِّينَ

«Muhammad sizlarning erkaklaringizdan birortasining otasi emasdir, balki u Allohning elchisi va payg‘ambarlarning so‘nggisidir». (Ahzob, 40.) (By yerda Alloh Taolo sollallohu alayhi va sallamni  «Payg‘ambarlarning  muhri deb atagan. Zero, har bir muhim yozma ish so‘ngida muhr bosilgani kabi Payg‘ambarimiz ham oxirgi payg‘ambar bo‘lganlari va endilikda to Qiyomatgacha boshqa payg‘ambar kelmasligi aniq bo‘lgani uchun payg‘ambarlar kitobiga muhr bosilgandek bo‘ldi.)

Payg‘ambarlik vazifasi nuqtai nazaridan hamma payg‘ambarlar tengdirlar, oralarida farq yo‘q. Fazilat jihatidan esa ular bir-birlaridan ajralib turadilar. Bu jihatdan Muhammad, Ibrohim, Muso, Iso, Nuh alayhissalomlar boshqa payg‘ambarlardan ustundirlar, chunki ular ulul-’azm payg‘ambarlar sanaladilar. Bu mo‘‘jizalarni tushunib yetish, qabul qilish uchun inson avvalo Allohning buyuk qudratiga, ko‘z bilan ko‘rinmaydigan ba’zi haqiqatlarga ishonmog‘i kerak bo‘ladi. Qur’oni karim aql bovar qilmaydigan hollarning ham bo‘lishi mumkinligini xabar berib, mo‘‘jizalarning yolg‘iz Alloh tomonidan sodir bo‘lishini, payg‘ambarlar ham xohlagan paytda mo‘‘jiza ko‘rsata olmasliklarini bildiradi.

Mo‘‘jizalarga ishontirmoq uchun ko‘rsatilgan dalillar nihoyat darajada haqiqiy bo‘lishi kerak. Payg‘ambarimizning mo‘‘jizalari bilan bog‘liq bo‘lgan dalillar boshqa hodisalarning tarixiy dalillaridan ham ishonarli va quvvatlidir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 02:24:07
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning muborak hadislarida Alloh taolo Odam otadan boshlab to bizning payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)gacha 124 ming payg‘ambar yuborganligi haqida xabar beriladi.

Ibn Murdavayh tafsirida shunday rivoyat mavjud: «Sahobai kiromlardan Abu Zar al-G’iforiy Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan so‘radilar: «Ey Allohning rasuli, Odam otadan to sizgacha nechta payg‘ambar yuborilgan?»
Rasululloh(s.a.v.): «Bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar yuborilgan», - dedilar. «Ularning nechtalari rasul hisoblanadilar?» Rasululloh (s.a.v.): «Ularning uch yuz o‘n uchtasi rasullardir» - deb javob berdilar.


Mazkur hadis ayni matnda Abu Hotimdan ham rivoyat qilingan: «Abu Umoma (r.a.) aytadilar: «Men rasulullohdan so‘radim: «Ey Allohning payg‘ambari, nechta payg‘ambar yuborilgan?» Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
«Payg‘ambarlarning hammasi bir yuz yigirma to‘rt ming bo‘lib, ularning uch yuz o‘n beshtasi rasullardir».
(Ibn Kasir, 1-tom, 465-bet.)

Qur’oni karimda butun insoniyatga yuborilgan ko‘pming sonlik payg‘ambarlarning faqat yigirma beshtasi bayon etilgan. Rasul-payg‘ambarlarga nozil qilingan 104ta muqaddas kitobdan faqat to‘rttasining nomi zikr etilgan.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 02:28:06
Alloh taolo Qur’oni karimda nomlarini  zikr etgan payg‘ambarlar: Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Lut, Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Yusuf, Shu’ayb, Ayyub, Zul Kifl, Muso, Horun, Dovud, Sulaymon, Ilyos, Alyasa’, Yunus, Zakariyo, Yahyo, Iyso va Muhammad (alayhimus salom)lardir.

Ilohiy payg‘ambarlarning birinchisi, Allohning huzuridan avlodlari-ummatlariga islom dinini birinchi olib kelgan zot — Hazrati Odam (a.s.), payg‘ambarlarning eng oxirgisi, ummatlariga hech qachon buzilmas, o‘zgarmas islom dinini keltirgan zot — Hazrati Muhammad (s.a.v.)dirlar. Avvalgi payg‘ambarlar bir qavm va bir millatga yuborilgan bo‘lsalar, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hamma odamlarga umumiy payg‘ambar etilganlar:

وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلا كَافَّةً لِلنَّاسِ بَشِيرًا وَنَذِيرًا وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لا يَعْلَمُونَ

«(Ey Muhammad), Biz Sizni, haqiqatan, barcha odamlarga xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi bo‘lgan holingizda, (payg‘ambar qilib) yubordik! Lekin, odamlarning aksariyati bu haqiqatni bilmaslar». (Saba’, 28.) Payg‘ambar alayhissalomlar boshqalarga qaraganda ustundirlar. Bularning ham ichlarida eng afzali Payg‘ambarimiz sarvari olam Muhammad mustafo (s.a.v.)dirlar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 06:14:35
Payg‘ambarlarning hammasiga imon keltirish vojibdir:

قُولُوا آمَنَّا بِاللَّهِ وَمَا أُنْزِلَ إِلَيْنَا وَمَا أُنْزِلَ إِلَى إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ وَالأسْبَاطِ وَمَا أُوتِيَ مُوسَى وَعِيسَى وَمَا أُوتِيَ النَّبِيُّونَ مِنْ رَبِّهِمْ لا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِنْهُمْ وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ

«Aytingiz (ey mo‘minlar): «Allohga, bizga nozil qilingan narsa (Kitob)ga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya’qub va uning avlodlariga nozil qilingan narsalarga, Musoga, Isoga va (barcha) payg‘ambarlarga Parvardigorlaridan berilgan narsalarga imon keltirdik. Biz ular o‘rtasidan birortasini (payg‘ambar emas deb) ajratib qo‘ymaymiz va Unga (Allohga) bo‘yinsunuvchilarmiz». (Baqara 136.) 

Payg‘ambarlarning ba’zisini tan olib, boshqasini tan olmagan kimsalarga Alloh taolo qattiq va’id qiladi:

إِنَّ الَّذِينَ يَكْفُرُونَ بِاللَّهِ وَرُسُلِهِ وَيُرِيدُونَ أَنْ يُفَرِّقُوا بَيْنَ اللَّهِ وَرُسُلِهِ وَيَقُولُونَ نُؤْمِنُ بِبَعْضٍ وَنَكْفُرُ بِبَعْضٍ وَيُرِيدُونَ أَنْ يَتَّخِذُوا بَيْنَ ذَلِكَ سَبِيلا (١٥٠)أُولَئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ حَقًّا

"Allohga va payg‘ambarlariga kufr keltiruvchilar, Alloh bilan payg‘ambarlari o‘rtasini uzishni xohlovchilar, biriga ishonamiz, biriga ishonmaymiz, deb o‘rtacha yo‘l tutuvchilar, ana o‘shalar haqiqiy kofirlardir". (Niso 150-151.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 06:17:14
Ushbu kitobda Qur’onda nomlari keltirilgan payg‘ambarlardan tashqari, faoliyatlari shularga bog‘liq bo‘lgan ba’zi payg‘ambarlarning, masalan: Shis, Yusha’, Armiyo, Sham’un, Sha’yo, Xizr, Hazqil va Doniyol payg‘ambarlarning tarixlarini ham manbalarga asoslangan holda keltirildi.

Har bir payg‘ambar o‘ziga xos sifatga, fazilatga ega. Ularning tarixida, hayot-faoliyatida insonlar uchun dars va ibratlar juda ko‘p. Alloh taolo bandalarni:

أُولَئِكَ الَّذِينَ هَدَى اللَّهُ فَبِهُدَاهُمُ اقْتَدِهِ

لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِمَنْ كَانَ يَرْجُو اللَّهَ وَالْيَوْمَ الآخِرَ وَذَكَرَ اللَّهَ كَثِيرًا
«Aynan o‘shalar Alloh hidoyatiga musharraf bo‘lgan zotlardir. Bas, (Sizlar ham) ularning yo‘liga iqtido qiling!». (An’om, 90.) 

«(Ey imon keltirganlar), sizlar uchun-Alloh va oxirat kunidan umidvor bo‘lgan hamda Allohni ko‘p yod qilgan kishilar uchun Allohning payg‘ambarida go‘zal namuna bordir», (Ahzob, 21.)  - deb ulardan ibrat olishga chaqiradi.

Payg‘ambarlar Allohning huzurida oliy martabada bo‘lib, ularning vazifalari ham insoniyatni isloh va tarbiya etishdek muhim vazifa bo‘lgani va barcha insonlar axloq-odobda, e’tiqodda va ma’naviy kamolotda ulardan ibrat olishga chaqirilgani uchun, payg‘ambarlarning tarixini, hayot va faoliyatlarini, chekkan mashaqqatlariyu sabr-bardoshlarini chuqur o‘rganish yoshlarimizni imon-e’tiqodli, vijdonli, halol va vatanga sadoqatli qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.               
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 06:21:03
1-BOB
1.1. Zamonning yaratilishi

Zamon o‘z faoliyatini kecha va kunduz yaratilgan daqiqadan boshlagan. Bu daqiqada Alloh koinotni o‘z qudrati bilan yaratib, uni harakatga soldi. Koinotning bir chekkasida Yer, Quyosh, Oy va boshqa sayyoralarni paydo qilib, ularni keng fazoda suzdirish bilan birga sayyoralarni Quyosh atrofida bir me’yorda harakat bilan aylanishini tartibga soldi. Natijada kecha va kunduz paydo bo‘ldi. Zamon kecha bilan kunduzning soatlaridan tashkil topgan muddat bo‘lib, u Quyosh va Oyning falakdagi takroriy harakatiga asoslangan. Bu haqda Alloh taolo shunday deydi:

وَآيَةٌ لَهُمُ اللَّيْلُ نَسْلَخُ مِنْهُ النَّهَارَ فَإِذَا هُمْ مُظْلِمُونَ (٣٧)وَالشَّمْسُ تَجْرِي لِمُسْتَقَرٍّ لَهَا ذَلِكَ تَقْدِيرُ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ (٣٨)وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ حَتَّى عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَدِيمِ (٣٩)لا الشَّمْسُ يَنْبَغِي لَهَا أَنْ تُدْرِكَ الْقَمَرَ وَلا اللَّيْلُ سَابِقُ النَّهَارِ وَكُلٌّ فِي فَلَكٍ يَسْبَحُونَ

«Tun ham ular uchun qudratimizdan bir alomatdir. Biz undan kunduzni sug‘urib olishimiz bilan birdaniga ular zulmatda qolurlar. Quyosh tinmay o‘z qarorgohi sari joriy bo‘lur. Bu qudratli va bilimli zotning o‘lchovidir. Biz oyni ham, toki u eski xurmo butog‘idek bo‘lib (egilib) qolgunicha, manzillarga (botadigan qilib) o‘lchab qo‘ygandirmiz. Na quyosh oyga yetishi mumkin va na kecha kunduzdan o‘zuvchidir. (Quyosh,oy va yulduzlarning) har biri bir falakda suzadilar». (Yosin, 37-40.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 06:21:53
Ulamolar zamonning boshlanishi va oxiri borligiga ittifoq qilgan holda, uning muddati qancha ekanligi to‘g‘risida turli fikrlar aytganlar.

Birinchi guruhning aytishicha, zamonning umumiy muddati yetti ming yildir. Ular o‘z fikrlarining to‘g‘riligini isbotlash uchun quyidagi hadisni rivoyat qilganlar:

Said ibn Jubayrning rivoyat qilishicha, Abdulloh ibn Abbos shunday dedilar: «Dunyo oxirat jum’alaridan bir jum’adir. Uning muddati yetti ming yildir. Bundan olti ming necha yuz yili o‘tib bo‘ldi. Yana bir necha yuz yil o‘tadi». (Tarixi Tabariy. Qohira. 1939.1-j.6-bet.)

Ikkinchi guruhning ta’kidlashicha, dunyoning muddati olti ming yildir. Ular ham o‘z fikrlarining isboti sifatida shunday hadis keltirganlar:

«Ismoil ibn Abdulkarimning rivoyat qilishicha, Abdussamad ibn Mu’aqqal Vahb ibn Munabbahdan shunday deganini eshitgan: «Dunyoning besh ming olti yuz yili o‘tib bo‘ldi. Men shu o‘tgan muddatdagi barcha payg‘ambarlar va podshohlarning tarixini bilaman». Ibn Mu’aqqal Vahb ibn Munabbahdan: «Dunyoning umumiy muddati qancha?»,-deb so‘raganda, Ibn Munabbah: «Olti ming yil»,-deb javob bergan».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 06:23:46
Ikki toifaning ham aytgan fikrlari noto‘g‘ri va Alloh yaratgan zamonning muddati haqida aniq fikr bildirish ilmi g‘aybga tajovuz ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Bu fikrlar to‘g‘ri bo‘lganda edi, ming yil avval Yerda hayot tugab, Qiyomat qoim bo‘lgan bo‘lar edi. Ulamolar dunyo yaratilgandan buyon o‘tgan muddatni hisoblab topishlari mumkin, ammo uning oxiri haqida faqat Alloh biladi:

إِنَّ اللَّهَ عِنْدَهُ عِلْمُ السَّاعَةِ

«Darhaqiqat, Allohning huzuridagina qiyomat qachon bo‘lishi to‘g‘risida bilim bordir». (Luqmon, 34)   

Dunyoning muddati to‘g‘risida Payg‘ambarimiz (s.a.v) dan  ijmoliy fikr aytilganligi diqqatga sazovordir.

Abdulloh ibn Umar(r.a.)ning rivoyat qilishlaricha, Janobi Rasululloh(s.a.v) dedilar: «Sizlardan oldin yashab o‘tgan insonlarga qaraganda sizlarning muddatlaringiz Asrdan Shomgacha bo‘lgan muddatchadir».

Yahudiylarning hozirda qo‘llarida mavjud bo‘lgan Tavrot kitoblarida, Alloh taolo Odamni yaratgan vaqtdan to Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning Makkadan Madinaga hijrat qilgan yillarigacha to‘rt ming yetti yuz qirq ikki (4742) yil ekanligi aytilgan. Unda bu muddatda yashab o‘tgan har bir payg‘ambar va har bir podshohning tug‘ilishidan vafotigacha yilma-yil yozilgan . (Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan  rivoyat etilgan hadis va yahudiy hamda nasroniylar tomonidan bildirilgan fikrlar mazmuniga qaraganda, besh ming, olti ming,  yetti ming yil deb ixtilof etilayotgan narsa insoniyatning yaratilishi va tugatilishi tarixidir. Ammo dunyoning yaratilishi va oxiri faqat Allohning ilmiga havola.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 07:44:27
Ammo Yunon nasroniylarining aytishlaricha, insoniyat tarixining muddati yahudiylarning Tavrotida xato ko‘rsatilgan. Bu muddatning aniqrog‘i, ya’ni Odamning yaratilishidan Payg‘ambarimiz (s.a.v)ning hijratlarigacha besh ming to‘qqiz yuz to‘qson ikki (5992) yildan ziyodroqdir. Nasroniylar ham o‘z tarixlarini bayon etishda har bir payg‘ambar va har bir podshohning tug‘ilgan va vafot etgan yillarini aniq ko‘rsatish bilan o‘z da’volarini isbotlashga harakat qilganlar. Ularning aytishlaricha, yahudiylar Iyso (a.s.)ni yomon ko‘rganlari va uning payg‘ambarligini inkor qilganlari uchun, Tavrotda aniq sifatlari bayon etilgan va yahudiylarning o‘zlari intizorlik bilan kutgan payg‘ambarning Iyso emasligini da’vo qilish maqsadida odamzod tarixidan, xususan nasroniylar tarixidan ming yilni qisqartirib tashlaganlar.

Majusiylarning hisob-kitoblariga qaraganda Qayumars (Odam)dan Payg‘ambarimiz (s.a.v)gacha bo‘lgan zamonning muddati uch ming bir yuz o‘ttiz to‘qqiz(3139) yil bo‘lib, podshoh Qayumars ayni bashariyatning otasi — Odam (a.s.) ekanliklari da’vo qilinadi.

Odamzodning tarixi ko‘rib o‘tganimizdek turli toifalarda turli muddat bilan hisob-kitob qilinsa ham, tarixchi olimlarning ba’zilari birinchisini, ba’zilari ikkinchisini, yana ba’zilari esa uchinchisini quvvatlaydilar. To‘rtinchi toifalar esa:

«Tarixchilar tilga olayotgan Qayumars nomli shaxs Odam ota emas. U kishi Jomir ibn Yofas ibn Nuh bo‘lib, Nuh payg‘ambar xizmatlarida uzoq vaqt bo‘lgan, Nuh (a.s.)ning duolari sharofati bilan podsholikka ega bo‘lib, uzoq umr ko‘rgan va podsholik uning zurriyotidan hech arimagan. Qayumars forslarning otasi bo‘lib, uning zurriyotidan podshohlik musulmonlar davrigacha yetib kelgan. Musulmonlar fors shaharlarini fath qilib, Kisro mamlakatiga kirib borganlaridan keyingina Qayumars zurriyotlari qo‘lidan podshohlik ketdi» , (Tabariy. Tarixil-umam val-muluk. Qohira. 1939. 1-j. 13-bet.) — deydilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 07:52:51
Zamon kecha va kunduzning soatlaridan tashkil topgan bo‘lsa, uning harakati kecha va kunduzning almashinuvidan hosil bo‘lsa, ikkovidan qaysi biri oldin yaratilgan, kechami yoki kunduzmi?

Bu savolga javob berishda ulamolar ikki toifaga bo‘linadilar. Birinchi toifa deydilar:

«Alloh taolo kechani avval yaratgan. Chunki, qachon quyoshning nuri kelsa, kecha chekinadi. Quyosh botsa, olamni zulmat qoplaydi. Quyosh va oy yaratilgandan keyingina yorug‘lik paydo bo‘ldi, yorug‘liksiz hamma joyda qorong‘ulik hukmron, shunday ekan, avval kecha va keyin kunduz yaratilgan. Bu haqda Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan:

«Kecha kunduzdan avval yaratilganmi?»,- deb so‘ralganda, Ibn Abbos: «Bilmaysizmi, Yeru osmonlar sochilib yotgan paytda, ularning orasida faqat zulmat bor edi. Mana shu narsa, kunduzdan avval kecha bo‘lganligini ko‘rsatadi»,- deb javob berdilar». (O’sha manba, 43-b.)

Ikkinchi toifa:

«Kunduz kechadan avval yaratilgan. Chunki olam yaratilmasdan oldin kecha ham, kunduz ham va boshqa narsalar ham yo‘q edi. Yolg‘iz Alloh bor edi. Allohning nuri yaratilgan narsalarga tushib munavvar qilib turardi», - deydilar va dalil sifatida quyidagi hadisni keltiradilar: «Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) dedilar: «Parvardigoringiz, uning oldida kecha ham, kunduz ham yo‘q paytida, o‘z nuri bilan osmonlarni munavvar qilib turgan. Alloh kunduzni yaratganda esa uning muddatini o‘n ikki soat qilib belgilagan». (Tarixi Tabariy. Qohira 1939. 1-j. 43-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 07:54:06
Yuqorida zikr etilgan ikki toifaning dalillaridan birinchisi aqlga ham, Qur’on oyatiga ham mos keladi. Alloh oyati karimada shunday xabar beradi:

أَأَنْتُمْ أَشَدُّ خَلْقًا أَمِ السَّمَاءُ بَنَاهَا (٢٧)رَفَعَ سَمْكَهَا فَسَوَّاهَا (٢٨)وَأَغْطَشَ لَيْلَهَا وَأَخْرَجَ ضُحَاهَا

«(Ey mushriklar), sizlarni yaratish qiyinroqmi yoki osmonnimi? (Bilasizki), Alloh uni bino qildi, shiftini baland qilib tikladi. Yana u osmonning tunini qorong‘u qilib, undan kunduzini chiqardi». (Van-Nazi’at, 27- 29.)

Oyatdagi jumlalarning tartibiga qaraganda, Alloh taolo osmonning shiftini tiklab, uning kechasini qattiq zulmat qilib, keyin quyoshni yaratgan bo‘lsa, shubhasiz kecha avval yaratilgan, kunduz esa keyin yaratilgan, deyishimiz mumkin.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 07:55:49
1.2. Dunyoning yaratilishi

 Dunyoning yaratilishi yolg‘iz Allohning irodasi va qudrati bilan amalga oshganligi tavhid e’tiqodida bo‘lgan barcha din ahllari, jumladan musulmonlar, nasroniylar, yahudiylar va majusiylar tomonidan bir ovozdan e’tirof etilgandir. Ammo tavhiddan boshqa e’tiqodda bo‘lganlar va mutlaqo e’tiqodsiz bo‘lgan kimsalar esa dunyo o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan, deb da’vo qiladilar.

Alloh bergan aql bilan ozgina tafakkur qilgan kishi hech narsa o‘z-o‘zidan bo‘lmasligini tushunadi. Alloh taolo Qur’oni karim oyatlari orqali kishilarni ana shunday fikrlashga chaqiradi:

أَفَلا يَنْظُرُونَ إِلَى الإبِلِ كَيْفَ خُلِقَتْ (١٧)وَإِلَى السَّمَاءِ كَيْفَ رُفِعَتْ (١٨)وَإِلَى الْجِبَالِ كَيْفَ نُصِبَتْ (١٩)وَإِلَى الأرْضِ كَيْفَ سُطِحَتْ

«Axir ular tuyaga qarab, qanday yaratilganiga, osmonning qanday ko‘tarib qo‘yilganiga, tog‘larning qanday tiklanganiga, va Yerning qanday yoyib-tekislab qo‘yilganiga boqmaydilarmi!?» (G’oshiya, 17-20.)   

Oyatning mazmunida aytilgan narsalardan birortasini o‘z-o‘zidan bo‘lgan deyish aqlga to‘g‘ri keladimi? Bu narsalardan birortasini yaratish, ijod qilish insonning imkoniyatida bormi? Yo‘q! - albatta. Demak, ularni yaratuvchi yolg‘iz Allohdir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 07:58:25
Alloh taolo ushbu:

لَوْ كَانَ فِيهِمَا آلِهَةٌ إِلا اللَّهُ لَفَسَدَتَا فَسُبْحَانَ اللَّهِ رَبِّ الْعَرْشِ عَمَّا يَصِفُونَ

«Agar Yer bilan osmonda Allohdan o‘zga ilohlar bo‘lganida, har ikkisi buzilib ketgan bo‘lur edi. Bas, Arsh egasi bo‘lmish Alloh ular sifatlayotgan sheriklardan pokdir» , (Anbiyo, 22.) - degan oyati karimasi bilan ko‘pxudolik e’tiqodini ham botil ekanligini, butun dunyoning egasi, yaratuvchisi va boshqaruvchisi yolg‘iz o‘zi ekanligini bayon qiladi.

Dunyoda eng birinchi yaratilgan narsa qalamdir. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v)dan hadislar rivoyat qilingan:

1. Uboda ibn as-Somit aytadilar: «Men Rasululloh (s.a.v)dan: «Alloh yaratgan narsalarning eng birinchisi qalamdir. Alloh unga: «Yoz!» - deb buyurdi. Shu onda hamma narsa yozildi» - deganlarini eshitdim.

2. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qildilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: «Alloh yaratgan narsalarning eng birinchisi qalamdir. Unga hamma narsani yozishni buyurdi».   

3. Ato dedilar: «Men Valid ibn Uboda ibn As-Somitdan «Otanggizning o‘lim oldidan sizga qilgan vasiyatlari qanday bo‘ldi?» - deb so‘radim. Ato shunday javob berdi: «Otam meni yonlariga chaqirdilar va dedilar: «Ey o‘g‘ilcham, Allohdan qo‘rqqin. Bilginki, yolg‘iz Allohga imon keltirmaguningcha va taqdirning yaxshisi ham, yomonligi ham Allohdan deb bilmaguningcha, ilm ham o‘rgana olmaysan, Allohdan ham qo‘rqmaysan.  Men buni Rasululloh (s.a.v)dan eshitganman. U kishi shunday deganlar: «Alloh taolo hamma narsadan avval Qalamni yaratdi, unga: «Yoz!» - deb buyurdi. Qalam: «Yo Rabbim, nimani yozaman?» - deb so‘radi. Alloh unga: «Qadarni yoz!» dedi. Qalam shu onda bo‘lgan va bo‘ladigan barcha narsalarni yozdi».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:00:30
Alloh taolo qalamni yaratib, unga hamma bo‘ladigan narsalarni yozdirib, keyin yumshoq bulutni yaratdi.

Abu Razin Al-Uqayliy shunday rivoyat qildilar: «Men Rasululloh (s.a.v)dan: «Ey Allohning rasuli, Yeru osmonlar yaratilmasdan oldin Alloh taolo qaerda edi?», - deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v) shunday javob berdilar:
«Alloh avval tagida ham, ustida ham havo bo‘lgan yumshoq bulut ustida edi. Keyin suv ustida Arshini yaratdi».

Ibn Abbos (r.a.)dan «Allohning Arshi suvning ustida» degan oyatning tafsirida: «Suv nimaning ustida edi?» - deb so‘ralganda, Ibn Abbos (r.a.): «Suvni shamol ko‘tarib turardi», - deganlar.

Qosim ibn Hasan rivoyat qilgan hadisda Zamra shunday deydi: «Alloh taolo avval qalamni yaratdi. Keyin shu qalam bilan o‘zi yaratadigan narsalarni ham, bandalardan sodir bo‘ladigan ishlarni ham bir kitobga yozdi. Keyin ana shu kitob dunyo yaratilmasidan oldin ming yil Allohga tasbeh va tamjid aytdi. Qachonki Alloh dunyoni yaratishni iroda qilgandan so‘ng osmonlar va Yerni hamda undagi mavjudotni olti kunda yaratdi va bu kunlarning har biriga alohida - Abjad, Havvaz, Huttiy, Kalaman, Sa’fas va Qarashat, deb nom berdi».

Zahhok va Atodan rivoyat qilingan hadisda dunyoning yaratilishi olti kun deyiladi. Vahb ibn Munabbahdan esa yetti kun deb rivoyat qilingan. Biroq, ikki hadisning ma’nosi bir-biriga ixtilofli emas, chunki Alloh taolo Qur’oni karimda ham:

«U(Alloh) shunday zotki, osmonlar va Yerni olti kunda yaratgan» - deb, dunyo olti kunda yaratilganini aytadi. Yettinchi kun jum’a kunidir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:03:25
Abdulloh ibn Salom va Ka’bning fikrlaricha: «Alloh taolo Yerni yakshanba va dushanba kunlari yaratgan».               

Olamning qanday yaratilgani  to‘g‘risida xabar beruvchi oyatlar Qur’onda juda ko‘p. Ularning birida shunday deyilgan:

قُلْ أَئِنَّكُمْ لَتَكْفُرُونَ بِالَّذِي خَلَقَ الأرْضَ فِي يَوْمَيْنِ وَتَجْعَلُونَ لَهُ أَنْدَادًا ذَلِكَ رَبُّ الْعَالَمِينَ (٩)وَجَعَلَ فِيهَا رَوَاسِيَ مِنْ فَوْقِهَا وَبَارَكَ فِيهَا وَقَدَّرَ فِيهَا أَقْوَاتَهَا فِي أَرْبَعَةِ أَيَّامٍ سَوَاءً لِلسَّائِلِينَ (١٠)ثُمَّ اسْتَوَى إِلَى السَّمَاءِ وَهِيَ دُخَانٌ فَقَالَ لَهَا وَلِلأرْضِ اِئْتِيَا طَوْعًا أَوْ كَرْهًا قَالَتَا أَتَيْنَا طَائِعِينَ (١١)فَقَضَاهُنَّ سَبْعَ سَمَاوَاتٍ فِي يَوْمَيْنِ وَأَوْحَى فِي كُلِّ سَمَاءٍ أَمْرَهَا وَزَيَّنَّا السَّمَاءَ الدُّنْيَا بِمَصَابِيحَ وَحِفْظًا ذَلِكَ تَقْدِيرُ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ

«Ayting: «Haqiqatan ham sizlar Yerni ikki kunda yaratgan zotga kofir bo‘lurmisizlar va o‘zgalarni unga tenglashtirurmisizlar?! Ana o‘sha barcha olamlarning parvardigori-ku?! U (Yerning) ustida to‘la to‘rt kunda tog‘larni paydo qildi va uni barakotli qildi hamda o‘sha yerda uning yemishlarini belgiladi(taqsimladi). (Bu tafsilot) so‘rovchilarga mosdir. So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni yaratishni qasd etib, unga va Yerga: «(Farmonimga) ixtiyoriy yoki majburiy holda kelinglar!», - degan edi, ular: «O’z ixtiyorimiz bilan keldik», - dedilar. Bas ikki kunda yetti osmonni xalq qildi va har bir osmonga o‘z vazifasini vahiy qildi». (Fussilat, 9-12.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:04:14
Abdulloh ibn Salom shunday deydi: «Alloh taolo olam yaratishni yakshanba kundan boshladi. Yakshanba va dushanba kunlarida  yerlarni yaratdi. Seshanba va chorshanba kunlari yemishlar va tog‘larni yaratdi. Payshanba va jum’a kunning avvalida osmonlarni yaratdi. Jum’a kunining oxirida esa Odamni yaratdi».

Muhammad ibn Ishoq aytadi: «Ahli Tavrotlar: «Alloh yaratishni dushanba kunidan boshlagan» - deydilar. Ahli Injillar: «Alloh yaratishni yakshanbadan boshlagan» - deydilar. Biz, musulmonlar Rasululloh (s.a.v)ning so‘zlariga asoslanib: «Alloh olamni olti kunda yaratgan, boshlanishi esa shanba kunidir», - deb e’tiqod qilamiz». (Tarixi Tabariy. Qohira. 1939. 1-j. 30-bet.)     
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:05:30
1.3.  Iblisning takabburligi

Alloh taolo obro‘ va martaba bergan maxluqlarning eng birinchisi Iblis edi. Iblis farishtalarning «jin» ismli qabilasidan bo‘lib, nihoyatda go‘zal, mukarram qilib yaratilgan edi. Farishtalarning bu qabilasi jannat nazoratchilari edilar. Alloh Iblisni dunyo osmoni va Yerga podshoh etib tayinladi. O’zini yaratgan va shunday ulug‘ martabalar bergan Allohga takabburlik qildi, xudolik da’vosini qilib, qo‘l ostidagilarni o‘ziga ibodat qilishga buyurdi va osiy bo‘ldi. Alloh uni masx qilib, Shaytonga aylantirdi, o‘z dargohidan haydadi va la’natladi.

Qatoda (r.a.) aytadilar:

وَمَنْ يَقُلْ مِنْهُمْ إِنِّي إِلَهٌ مِنْ دُونِهِ فَذَلِكَ نَجْزِيهِ جَهَنَّمَ كَذَلِكَ نَجْزِي الظَّالِمِينَ

«Ulardan qaysi biri: «Men ham (Alloh)dan o‘zga bir ilohman», desa, bas, Biz o‘shani jahannam bilan jazolaymiz. Barcha zolimlarni ana shunday jazolaymiz», (Anbiyo, 29)  - degan oyati karima xossatan Iblis haqidadir».

Ibn Abbos (r.a.) shunday rivoyat qiladilar: «Alloh taolo Yerda «jin» toifasini yaratgan edi. Ularning xilqati olovning tilidan edi. Yerda fasodni kuchaytirdilr. Bir-birlarini o‘ldirdilar. Allohga itoat qilishdan chiqib ketdilar. Alloh ularga qarshi Iblis boshchiligida farishtalarni yubordi. Iblis bilan jinlar orasida qattiq urush bo‘lib, jinlar tog‘larga va orollarga qochib ketdilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:05:48
G’alabadan mag‘rurlangan Iblisning dilida «Men hech kim qilmagan ishni qildim», degan kibr paydo bo‘ldi. Bu kibrni farishtalar sezmadilar, ammo Alloh undan xabardor edi».

Sa’d ibn Mas’ud rivoyat qilgan ushbu xabar yanada ajibroq. Uning aytishicha, Yerda fasod qilgan jinlar bilan jang qilgan farishtalar yoshgina Iblisni ushlab olib, osmonga olib chiqqanlar. Iblis farishtalardan Allohga ibodat qilishni o‘rganib, qattiq muxlis bo‘lib, juda ko‘p ibodat qilgan va Allohning huzurida yuqori martabalarga erishgan. Allohning huzurida «Azozil», «Horis», «Hakam» degan nomlarga ega bo‘lgan.

Alloh taolo Iblisning ana shunday ulug‘ martabada bo‘lib turgan, Yeru osmonning podshosi, farishtalarning ustozi, jannat xazanalaridan biri maqomini egallab turgan bir vaqtda Odamni yaratishni iroda qildi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:07:18
Odam (a.s.) qissasi

Qur’oni karimda Odamning qachon yaratilganligi aytilmagan, ammo Odamning yaratilishi va Odam qissasi turli shakllarda tushuntirib berilgan . (Baqara, 30-38.)

Ba’zi islom olimlarining fikrlariga ko‘ra, Qur’oni karimda zikr etilgan «Odam» umuman «Inson»ni tamsil etadi. Demakki, «Odam (a.s.) qissasi» faqatgina insonlarning otasi bo‘lmish birinchi payg‘ambar Hazrati Odamninggina emas, har bir inson mohiyatiga oid ibratli hikoyadir. Qur’onning bildirishicha, Odamning Yer yuziga  xalifa qilib yuborilishi insonning butun tabiat quvvatlariga hokim bo‘lishiga ishoradir. (Zakoi Ko‘nrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai Mubashshara. 1-t. Toshkent. 1995. 20-bet.)

Odam (a.s.) qissasining to‘la tafsiloti turli kitoblarda, jumladan, o‘zbek tilida bosilib chiqqan «Qisasi Rabg‘uziy»( Rabg‘uziy)da mavjud.

Ulug‘ sahobalardan Abu Zar (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan: «Payg‘ambarlarning eng avvali kim?» - deb so‘radilar. Rasululloh (s.a.v):

«Odam (a.s.) birinchi mursal payg‘ambar, Alloh uni qo‘li bilan yasadi, unga ruh kiritdi va go‘zal inson qilib yaratdi»(Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy. Tarix-ul umam val muluk. Misr. 1939. 1-j. 102-bet).
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:08:56
Abu Zar (r.a.)dan qilingan boshqa bir rivoyatda shunday deyiladi: «Men Rasululloh (s.a.v)dan: «Ey Allohning Rasuli, Odam payg‘ambarlardan edimi?»-deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v): «Albatta, Odam birinchi bo‘lib Alloh bilan bevosita gaplashgan payg‘ambar edilar» - deb javob berdilar».(Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy. Tarix-ul umam val muluk. Misr. 1939. 1-j. 102-bet)

Unga o‘n sahifalik dastur nozil etildi. Bu dasturda Allohga imon keltirish va uning buyruqlariga itoat etish (ibodat) yozilgan edi.

Ba’zi olimlarning aytishlaricha, Odam (a.s.)ga o‘limtik, qon, to‘ng‘iz go‘shti va birovlarning hayvonlarini yeyish harom qilingan yigirma bir varaqlik kitob nozil etilgan. (O’sha manba va sahifa.)  
   
Odam (a.s.)ning farzandlari otalari keltirgan shari’atni yaxshi qabul qildilar va amal qildilar. Odam (a.s.) ming yil umr ko‘rdilar. (Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy. Tarix-ul umam val muluk. Misr. 1939. 1-j. 105-bet.)

Odam (a.s.)ning qabrlarini ba’zilar Sarandib(Seylon) dagi Buz tog‘ida, ba’zilar Makkadagi Abu Qubays tog‘idagi g‘orda, deydilar. Ba’zi rivoyatlarga ko‘ra esa Nuh To‘fonidan keyin Bayt ul-Muqaddasga dafn etilganlar.(Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlas-ul Qur’on. Bayrut.  2001. 14-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:13:57
2-BOB.
2.1. Odamning  yaratilishi

Odam(a.s.) qissasi Qur’oni karimda 10 suraning 78 oyatida zikr etilgan.

(http://img141.imageshack.us/img141/6499/13491687dw0.jpg) (http://img141.imageshack.us/my.php?image=13491687dw0.jpg)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:16:08
Iblisda paydo bo‘lgan takabburlik va itoatsizlikdan farishtalarni ogoh qilish, uning saltanati, mulki va hukmi zavolga yuz tutganini izhor qilish maqsadida Alloh taolo Yerga yangi xalifa — Odamni yaratishni iroda qildi va farishtalarga bu haqda:

«Eslang, (ey Muhammad) Robbingiz farishtalarga: «Men Yerda xalifa (Odam) yaratmoqchiman» - deya bashorat berdi. Farishtalar Allohning xos maxluqotlari bo‘lib, Yaratganga itoat va ibodat qilish uchun yaratilgan edilar. Ular: «Bizdan biror kamchilik yoki xatolik sodir bo‘lmadimikan», - deb o‘zlarini oqlamoqchi bo‘ldilar va:

«Ey Robbimiz, u yerda buzg‘unchilik qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz», deb e’tiroz bildirdilar.

Alloh taolo ularning dillariga taskin berib:

«Albatta, Men bilgan hikmatni sizlar bilmaysizlar» - dedi. Alloh bilgan hikmat esa, Iblisning takabburligi, itoatdan chiqib ketganligini farishtalarga bildirish edi. Shuning uchun ularga amr qilib:

إِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلائِكَةِ إِنِّي خَالِقٌ بَشَرًا مِنْ طِينٍ (٧١)فَإِذَا سَوَّيْتُهُ وَنَفَخْتُ فِيهِ مِنْ رُوحِي فَقَعُوا لَهُ سَاجِدِينَ

«Albatta, Men loydan bir odam yaratguvchidirman. Bas, qachon uni rostlab, unga o‘z ruhimdan puflab kirgazganimdan so‘ng unga sajda qilgan holda yiqilinglar!» - (Sod, 71-72.) deb buyurdi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:18:16
Keyin Jabroil (a.s.)ni tuproq olib kelish uchun Yerga yubordi. Yer Jabroilga tuproq berishdan bosh tortdi va: «Men Allohdan sendan najot berishini va menga nuqson yetkazishingdan saqlashini so‘rayman», - dedi. Jabroil (a.s.) Alloh huzuriga chiqib, tuproq ololmaganlarining uzrini aytdilar. Alloh Mikoil farishtani yubordi. Mikoilga ham Yer tuproq bermadi.

Alloh taolo o‘lim farishtasi Azroilni yubordi. Yer unga ham tuproq bermay Allohdan panoh so‘radi. Azroil: «Men ham tuproq olmasdan va Allohning buyrug‘ini bajarmasdan qaytib ketishdan Allohdan panoh so‘rayman», - dedilar va Yerning bir necha rangli — qizil, oq, qora tuprog‘idan oldilar. Shu sababli insonlarning ranglari turlichadir.

Azroil (a.s.) tuproqni Allohning huzuriga olib chiqdilar, unga suv qo‘shib aralashtirdilar, yopishqoq loyga aylandi. Shu holicha tashlab qo‘yildi, to qora balchiqqa aylandi. Shuning uchun otamizning nomlarini Odam deyildi, chunki bu so‘z «adim» so‘zidan olingan bo‘lib, «aralash tuproq» degan ma’noni bildiradi.

Abu Muso al-Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v) dedilar:

«Alloh taolo Odam (a.s.)ni Yerning hamma joylaridan olingan tuproqdan yaratgan. Yer turlicha rangda va tabiatda bo‘lgani uchun Odam farzandlari ham qizil, qora, oq yoki bu ranglar orasidagi ko‘rinishda, tabiatlari esa xursand, xafa, yaxshi, yomon holatda bo‘ladilar. Tuproqni ho‘llab, yopishqoq loyga aylantirdi, keyin uni tashlab qo‘yib, achigan balchiqqa aylantirdi, keyin uni yana bir necha muddat pishitib, sopol loyiga aylantirdi».  (Tarixi Tabariy. Qohipa. 1939.1-j. 62-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:19:17
Alloh taolo Odam (a.s.)ning jismlarini o‘z qo‘li bilan yasadi. Shunday jonsiz holatda qirq kun yotdi. Iblis Odam (a.s.)ning jonsiz tanasi yoniga keldi, oyog‘i bilan tepib ko‘rdi. Odamning jasadidan chinni jaranggidek ovoz chiqdi. Iblis Odam jasadining og‘zidan kirib, orqasidan chiqdi, yana orqasidan kirib, og‘zidan chiqdi. Uning ko‘ziga Odam arzimas narsa bo‘lib ko‘rindi. Iblis dedi: «Sopoldan yasalgan sen arzirli narsa emassan. Men senga zo‘rlik qilsam, seni halok qilaman. Sen menga zo‘rlik qilsang, senga itoat etmayman».

Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) va boshqa ko‘pgina sahobiylar rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: «Alloh taolo Odamga ruh ato qilmoqchi bo‘ldi va farishtalarga: «Agar men Odamga ruh ato etsam, sizlar unga sajda qilinglar»,- deb buyurdi. Ruh Odamning boshiga kirganda, Odam aksa urdi. Farishtalar unga: «Alhamdu lillah» degin, deb o‘rgatdilar. Odam: «Alhamdu lillah», - dedilar. Alloh taolo unga javoban: «Senga Robbing rahm qilsin!» - dedi. Ruh Odamning ikki ko‘ziga yetganda jannat mevalarini ko‘rdi. Ruh qorniga yetganda ovqatga ishtahasi qo‘zg‘ab, o‘rnidan turishga harakat qildi va jannat mevalariga intildi».

Alloh Odam (a.s.)ga dunyodagi barcha maxluqot va mavjudotning ismlarini, yaratilish hikmatini o‘rgatdi. Odam (a.s.) ilmlari tufayli butun maxluqot ichida eng afzali va eng ulug‘iga aylandilar. Shu ilm tufayli hamma narsa u kishiga bo‘yin egdi. Odam zurriyotlari ham shu ilm bilan mufazzal bo‘ldi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:21:32
Alloh taolo barcha farishtalarni chaqirib, ularga o‘zi yaratgan mavjudotlarini ko‘rsatib, nomlarini so‘radi. Farishtalar dedilar:

قَالُوا سُبْحَانَكَ لا عِلْمَ لَنَا إِلا مَا عَلَّمْتَنَا إِنَّكَ أَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

«Zoti poking haqqi, bizda O’zing bildirganingdan o‘zga ilm yo‘qdir. Albatta, Sen ilm va hikmat egasidirsan». ( Baqara, 32.)

Alloh taolo farishtalarga: «Men Yerga sizlardan xalifa qilganimda, sizlar menga itoat qildingizlar, menga tasbeh aytdinggizlar, meni ulug‘ladingizlar, menga osiy bo‘lmadingizlar. Sizlardan boshqani xalifa qilsam, u Yerni buzadimi, qonlar to‘kadimi? Sizlar doim ko‘rib, uchratib yurgan narsalaringizning nomlarini bilmaysizlar-u, Men yaratgan xalifa sizlardan uzoqda bo‘lib, sizlar uning ishlaridan bexabarsizlar, u sizlarni ko‘rmaydi, shunday bo‘lsa ham uning haqida «Yerni buzadigan va qonlar to‘kadigan» ekanini qaerdan bildingizlar?

قَالَ يَا آدَمُ أَنْبِئْهُمْ بِأَسْمَائِهِمْ فَلَمَّا أَنْبَأَهُمْ بِأَسْمَائِهِمْ قَالَ أَلَمْ أَقُلْ لَكُمْ إِنِّي أَعْلَمُ غَيْبَ السَّمَاوَاتِ وَالأرْضِ وَأَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا كُنْتُمْ تَكْتُمُونَ (٣٣)وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلائِكَةِ اسْجُدُوا لآدَمَ فَسَجَدُوا إِلا إِبْلِيسَ أَبَى وَاسْتَكْبَرَ وَكَانَ مِنَ الْكَافِرِينَ

«(Alloh) aytdi: «Ey, Odam, ularga nomlari bilan aytib ber». Ularga nomlari bilan aytib berganida, (U) dedi: «Men osmonlar va Yer sirlarini, sizlar oshkor qilayotgan va yashirib yurgan narsalaringizni bilurman, demaganmidim?». «Eslang, (ey, Muhammad,) Biz farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!», - deb buyurishimiz bilan ular sajda qildilar. Faqat Iblis bosh tortib, kibr qildi va kofirlardan bo‘ldi». (Baqara, 33-34.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:33:44
Alloh taoloning amriga ko‘ra farishtalar Odam (a.s.)ga sajda qildilar. Ammo Iblis Parvardigorning ne’matlarini unutdi, takabburlik qildi, Allohning unga bergan ulug‘lik maqomi — Yeru osmonlar podshohligi maqomi uning ko‘zini ko‘r qildi, bepisand, dimog‘dor maxluqqa aylandi, o‘z valiyne’matining amridan yuz o‘girdi. Allohga isyon qilib:

«Uni tuproqdan, meni esa olovdan yaratgansan. Men Odamdan ustunroqman»,-dedi. Shu tariqa Odamga sajda qilishdan bosh tortdi, unga dushman bo‘ldi, natijada Alloh taolo: «Ey mal’un, jannatdan chiq! Chunki sen undan quvilding va albatta, senga qiyomatgacha mening la’natim bo‘lsin!» -deb shaytoni la’inni haydadi.

Bu haqda Alloh taolo A’rof surasida batafsil bayon etadi:

وَلَقَدْ خَلَقْنَاكُمْ ثُمَّ صَوَّرْنَاكُمْ ثُمَّ قُلْنَا لِلْمَلائِكَةِ اسْجُدُوا لآدَمَ فَسَجَدُوا إِلا إِبْلِيسَ لَمْ يَكُنْ مِنَ السَّاجِدِينَ (١١)قَالَ مَا مَنَعَكَ أَلا تَسْجُدَ إِذْ أَمَرْتُكَ قَالَ أَنَا خَيْرٌ مِنْهُ خَلَقْتَنِي مِنْ نَارٍ وَخَلَقْتَهُ مِنْ طِينٍ (١٢)قَالَ فَاهْبِطْ مِنْهَا فَمَا يَكُونُ لَكَ أَنْ تَتَكَبَّرَ فِيهَا فَاخْرُجْ إِنَّكَ مِنَ الصَّاغِرِينَ (١٣)قَالَ أَنْظِرْنِي إِلَى يَوْمِ يُبْعَثُونَ (١٤)قَالَ إِنَّكَ مِنَ الْمُنْظَرِينَ (١٥)قَالَ فَبِمَا أَغْوَيْتَنِي لأقْعُدَنَّ لَهُمْ صِرَاطَكَ الْمُسْتَقِيمَ (١٦)ثُمَّ لآتِيَنَّهُمْ مِنْ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ وَعَنْ أَيْمَانِهِمْ وَعَنْ شَمَائِلِهِمْ وَلا تَجِدُ أَكْثَرَهُمْ شَاكِرِينَ (١٧)قَالَ اخْرُجْ مِنْهَا مَذْءُومًا مَدْحُورًا لَمَنْ تَبِعَكَ مِنْهُمْ لأمْلأنَّ جَهَنَّمَ مِنْكُمْ أَجْمَعِينَ

«Albatta, (Biz) sizlarni (Odam Atoni) yaratdik, so‘ngra sizlarga (unga) suvrat berdik, so‘ngra farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!», - dedik. Ular sajda qildilar, illo Iblis sajda qiluvchilardan bo‘lmadi. (Alloh) aytdi: «Senga buyurganimda sajda qilishingga nima mone’lik qildi?» U dedi: «Men undan yaxshiman, meni olovdan yaratgansan. Uni (Odamni esa) loydan yaratding». Alloh aytdi: «Undan (jannatdan) chiq! Jannatda takabburlik qilishing senga joiz emas. Bas, chiq! Albatta, sen haqirlardandirsan». U (Iblis) dedi: «Menga insonlar tiriltiriladigan kungacha muhlat ber!» Alloh dedi: «Albatta, sen muhlat berilganlardansan». U (Iblis alamidan) dedi: «Qasamyod etamanki, meni yanglishtirganing tufayli Sening to‘g‘ri yo‘ling (islom dini) uzra odamlarni chalg‘itish uchun o‘tiraman. So‘ngra, ularga oldilaridan, ortlaridan, o‘ng tomonlaridan va so‘l tomonlaridan (chalg‘itish uchun) kelaman. Natijada ularning aksariyatini shukr qiluvchi holda topmaysan». (Alloh) aytdi: «Jannatdan ayblangan va haydalgan holingda chiq! Qasamyod etamanki, kimki senga ergashsa, sizlarning barchangiz bilan jahannamni to‘ldirajakman».(A’rof, 11-18.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:35:53
Shayton avvalgi maqomini o‘rtaga solib Allohdan qiyomatgacha unga muhlat berishini so‘radi. Alloh unga muhlat bergandan so‘ng, shayton tavba qilish o‘rniga alamzadalik bilan Odamdan o‘ch olmoqchi bo‘lib: «Ey Odam, sen mening xorlanishimga sabab bo‘lding, men zurriyotlaringni oldilaridan ham, orqalaridan ham, o‘ng taraflaridan ham, chap taraflaridan ham kelib vasvasa va ig‘vo qilaveraman, yo‘ldan ozdiraveraman, ko‘plarini Allohning ne’matlariga shukr aytmaydigan insonlarga aylantiraman!» deb qasam ichdi.

Parvardigor ham insonlarni:

«Shayton sizlarga ochiq bir dushmandir», - deya ogohlantirdi va shaytonga qarata: «Seni va senga ergashgan kishilarni Men ham do‘zax azobida yondiraman!» - deb ahd qildi.

Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) va boshqa sahobalardan rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, Alloh taolo Iblisni jannatdan quvganidan keyin uni osmonda uchib yuradigan va jannatga qayta tushmaydigan qildi. Odamni esa jannatda makon qildirdi. Odam (a.s.) jannatda yashasalarda, yolg‘izlikdan hadiksirar va qalblari taskin topmas edi. Bir kuni uyqudan uyg‘onsalar, bosh tomonlarida bir ayol kishi o‘tiribdi. Undan: «Sen nima uchun yaratilding?», - deb so‘radilar. Ayol: «Men bilan qalbinggiz taskin topsin uchun», - dedi. Odam (a.s.) ayolni «Havvo» deb nomladilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:38:09
Alloh taolo Odam (a.s.)ni Havvoga uylantirdi va ularga:

وَقُلْنَا يَا آدَمُ اسْكُنْ أَنْتَ وَزَوْجُكَ الْجَنَّةَ وَكُلا مِنْهَا رَغَدًا حَيْثُ شِئْتُمَا وَلا تَقْرَبَا هَذِهِ الشَّجَرَةَ فَتَكُونَا مِنَ الظَّالِمِينَ


«Ey Odam, siz juftingiz bilan jannatni maskan tuting va u yerda yenglar, ichinglar, ammo mana bu daraxt mevasidan yemanglar, zolimlarga aylanasizlar»,(Baqara, 35.) - deb buyurdi.

Odam va Havvo jannatda uzoq vaqt farog‘atda yashadilar. Ularning farog‘atiga hasad qilgan, o‘zi esa bunday ne’matdan mahrum bo‘lgan Iblis g‘arazli maqsadini amalga oshirishga kirishdi.

Alloh taolo Odam va Havvoga Iblisdan ehtiyot bo‘lishni, uning vasvasasiga uchmaslikni ta’yinladi:

فَقُلْنَا يَا آدَمُ إِنَّ هَذَا عَدُوٌّ لَكَ وَلِزَوْجِكَ فَلا يُخْرِجَنَّكُمَا مِنَ الْجَنَّةِ فَتَشْقَى (١١٧)إِنَّ لَكَ أَلا تَجُوعَ فِيهَا وَلا تَعْرَى (١١٨)وَأَنَّكَ لا تَظْمَأُ فِيهَا وَلا تَضْحَى

«Bas, aytdik: «Ey, Odam, aniqki, bu iblis senga ham, xotiningga ham dushmandir. Bas, u ikkovinggizni jannatdan zinhor chiqarmasinki, baxtsiz bo‘lib qolursan. Shubhasiz, sen u yerda (jannatda) och va yalang‘och qolmaysan. Va u joyda tashna ham bo‘lmaysan, issiqda ham qolmaysan».(Toha, 117-119.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:40:24
Ibn Abbos (r.a.), Ibn Mas’ud (r.a.) va boshqa sahobalarning rivoyat qilishlaricha, Iblis yana jannatga, Odam va Havvoning yonlariga kirmoqchi bo‘ldi. Jannat xazanalari uni kiritishmadi.

Jannatning go‘zal maxluqlari orasida ilon ham bor edi. Uning tanasi benihoya chiroyli bo‘lib, tuya singari to‘rt oyoqda yurardi.

Iblis ilonning yoniga keldi va uning og‘ziga kirib, jannatga o‘tib olish uchun izn so‘radi. Iblisni og‘ziga solib olgan ilon xazanalar oldidan jannatga kirib ketdi, ular Iblisni ko‘rmay qoldilar.

Iblis Odamning yoniga borib, uni vasvasa qildi:

فَوَسْوَسَ إِلَيْهِ الشَّيْطَانُ قَالَ يَا آدَمُ هَلْ أَدُلُّكَ عَلَى شَجَرَةِ الْخُلْدِ وَمُلْكٍ لا يَبْلَى

«Ey Odam, men seni abadiyat daraxti va chirimas (yo‘q bo‘lmas) mulkka boshlab boraymi?» - dedi».(Toha, 120.)

فَوَسْوَسَ لَهُمَا الشَّيْطَانُ لِيُبْدِيَ لَهُمَا مَا وُورِيَ عَنْهُمَا مِنْ سَوْآتِهِمَا وَقَالَ مَا نَهَاكُمَا رَبُّكُمَا عَنْ هَذِهِ الشَّجَرَةِ إِلا أَنْ تَكُونَا مَلَكَيْنِ أَوْ تَكُونَا مِنَ الْخَالِدِينَ

«Alloh ikkovingizni bu daraxt mevasini yeyishdan bekorga man’ etmadi. Agar bundan iste’mol qilsalaringiz ikkovingiz ham farishtaga aylanasizlar yoki jannatda abadiy qolib ketasizlar».(A’rof, 20.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:46:30
Iblis Odam va Havvoning jinsiy avratlari bor ekanligini, bu avratlarni jannat liboslari bilan bekitib yurishlarini farishtalardan eshitgan edi. Ularning libosi tirnoq singari silliq va yaltiroq bo‘lib, tana a’zolarini to‘la yopib turardi. Iblis Odam va Havvoning avratlarini ochib tashlab, sharmanda qilmoqchi bo‘ldi. U ilonning yordami bilan jannatga kirdi, u yerda bir daraxt bo‘lib, uni «Shajarat-ul-xuld» (abadiyat daraxti) deyilardi, tanasi nihoyatda go‘zal, yaproqlari xushbo‘y, mevasi esa beqiyos lazzatli edi. Undan faqat farishtalar iste’mol qilardilar.       

Vahb ibn Munabbahdan: «Farishtalar taom yemas edilarku, bu daraxt mevasidan iste’mol qilardilar, deyapsiz», - deb so‘ralganda, u kishi: «Alloh xohlaganini qilishi mumkin», - deb javob bergan.

Ibn Abbosning rivoyatlariga qaraganda, Alloh man etgan daraxt bug‘doy boshog‘i edi.       

Iblis uning juda xushbo‘yligini, xushxo‘rligini  maqtadi, o‘zi mevasidan yedi va avval Havvoni keyin Odamni qistadi. Odam va Havvoda sabr-toqat qolmadi, Allohning man’ etgani yodlaridan ko‘tarildi va shu daraxt mevasidan yedilar. Shu ondayoq ularning ustidagi jannatiylik libosi sidirilib tushdi, ulug‘liklari yo‘qoldi, qip-yalang‘och bo‘lib, sharmanda bo‘ldilar. Odam sharmandalikdan qochib, jannat daraxtlaridan birining yaprog‘lari orasiga kirib berkindi. Alloh taolo: «Ey Odam, qaerdasan?», -deb xitob qildi. Odam: «Yo Alloh, men bu yerdaman» - dedi. Allohning «Chiqmaysanmi?» - degan savoliga, «Men sendan uyalaman» - deb javob berdi. Alloh ularga qahr bilan:

«Ikkovingizni bu daraxtdan qaytarmaganmidim va ikkovingizga, Iblis sizlarga ochiq  dushmandir demaganmidim?!»,- deb xitob qildi.

Keyin har bir aybdorning aybiga munosib jazoga hukm qildi. Odam sharmandalikdan qochib yaproqlari orasiga berkingan «Talh» va «Sidr» daraxtlari jannat daraxtlari bo‘lib, nihoyatda chiroyli va ko‘rkam edi. Uni hatto mevasigacha tikonli qilib, odamlar bu daraxtlardan nafratlanadigan holga keltirdi.

Shaytonning jannatga kirishiga yordam bergan ilon jannatdan quvilib, oyoqlari kesildi va qorni bilan sudralib yuruvchiga aylantirildi. Dunyoda insonlarning nafratiga uchrab, bir-birlariga dushman bo‘lib qoldilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:49:20
Havvo jannat daraxtining mevasidan uzgan vaqtida, meva o‘rnidan qonga o‘xshash suyuqlik oqqan edi. Alloh taolo Havvoni har oyning boshida hayz ko‘rish, homilador bo‘lganda va farzandini tug‘ayotgan vaqtda esa, bir necha bor o‘lim bilan yuzma-yuz olishish azobiga giriftor qildi.   

Odam va Havvoning bu itoatsizliklari uchun:

قَالَ اهْبِطُوا بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ وَلَكُمْ فِي الأرْضِ مُسْتَقَرٌّ وَمَتَاعٌ إِلَى حِينٍ

«Ey (Odam va shayton), bir-biringizga dushman bo‘lgan holda yerga tushinglar, sizlar uchun yerda yashaydigan joy va kerakli narsalar mavjuddir»(A’rof, 24.) , - deb jannatdan chiqardi.

Odam (a.s.)ning jannatda yaratilishi va Yerga tushirilishi muddatida ulamolarning turlicha fikrlari mavjud.
Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday deganlar:

«Oftob chiqib turadigan kunlarning eng yaxshisi jum’a kunidir, chunki shu kunda Odam yaratilgan, shu kunda Odam jannatda yashagan, shu kunda jannatdan Yerga tushirilgan, shu kunda qiyomat boshlanadi, shu kunda bir soat borki, o‘sha soatda qaysi bir banda Allohdan yaxshilik so‘rasa, albatta beriladi».(Tarixi Tabariy, 1-j. 78-bet.)

Mujohid (r.a.) «Inson shoshiluvchi (etib) yaratilgan» degan oyati karimaning tafsirida Odamning gapini rivoyat qiladi: «Alloh taolo barcha maxluqotni yaratib bo‘lgan kunning oxirida Odamning jismiga ruh kiritdi. Ruh uning ikki ko‘zi, tili va boshini tiriltirganida, hali boshqa a’zolariga ruh yetib bormay turib: «Ey rabbim, kun botib qolmasdan meni tezroq tiriltirgin» - deb xitob qildi».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:50:37
Osmondagi hisob-kitob, Qur’onning shohidlik berishicha, bir kuni bizning hisobimizdagi ming yilga teng bo‘lsa, Odamning shakli yasalgan holda 40 yil turgan, keyin jannatda Havvo bilan yashagan va xato sodir bo‘lgandan keyin Yerga tushirilgan muddat 45 yil bo‘lib, Odamning jannatda turgan muddati 85 yil ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Haq taolo Odam (a.s.)ni Hindistonga, Havvoni esa Jiddaga tushirdi. Ular ko‘p yillar bir-birlaridan ayriliqda yashadilar. Ikkovlari qattiq pushaymon bo‘lib, Allohga iltijo bilan tovba qilib yolbordilar:

قَالا رَبَّنَا ظَلَمْنَا أَنْفُسَنَا وَإِنْ لَمْ تَغْفِرْ لَنَا وَتَرْحَمْنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ

«Parvardigor, bizlar o‘z jonimizga jabr-zulm qildik. Agar bizlarni rahm va mag‘firat qilmasang, shubhasiz, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lib qolurmiz!»(A’rof, 23.)  - degan duoni Alloh ularning diliga soldi va shu duo bilan qilgan tavbalarini ham qabul qildi. Ikkovlari ayriliq azobidan qutuldilar, Makkada uchrashdilar. Ular bugungi Baytullohga asos solib, uni tavof qildilar.

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Odam Hindistonga, Havvo esa Jiddaga tushirildi. Odam Havvoni qidirib, Arafotda topishdilar, Muzdalifada tunashdilar. Odamning Hindistondagi tushgan joyi «Buz» deb ataluvchi tog‘ning yoni edi».

Odam (a.s.) va Havvoni Makka bilan Toif shaharlari orasidagi Dajan nomli joyga tushganlari ham Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilingan. Ba’zi olimlar: «Odam (a.s.) Safo tog‘iga, Havvo esa Marva tog‘iga tushganlar», - deydilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:51:56
Imom Tabaroniy va Abu Na’im «Al-Hulya» kitobida rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Odam (a.s.) Hindistonga tushganlar», - deganlar.(Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlas-ul Qur’on. Bayrut. 2001.)

Ibn Ishoq aytadi: «Ahli Tavrotlarning rivoyatlaricha, Odamning tushirilgan joyi Hindistonning Ad-Dahnaj va Al-Mandal shaharlari orasidagi Bahyal vodiysining Vosim tog‘idadir».(Tarixi Tabariy, 1-j. 81-bet.)

Odam farishtalarni ko‘rishdan, ularning suhbatini eshitishdan mahrum bo‘lganlaridan keyin, yuraklariga g‘ulg‘ula tushib, zerika boshladilar va bu holatlaridan Allohga namoz va du’olarida shikoyat qildilar. Alloh taolo Odamni Makkaga borishga buyurdi. Odam (a.s.) Makkaga borar ekanlar, qadamlari yetgan joy keyinchalik obod qishloq va shaharlarga aylandi.

Odam (a.s.) Makkaga yetganlarida Alloh jannatdan bir qizil yoqut chiqarib, hozirgi Ka’ba o‘rniga qo‘ydi. Odam (a.s.) uni tavof qilib yurdilar. Allohning To‘foni boshlangach, yoqut yana osmonga olib chiqib ketildi. Qachonki, Ibrohim payg‘ambar kelib, Ka’bani qurishga taraddud ko‘rdilar, Alloh o‘z payg‘ambariga Ka’baning o‘rnini ko‘rsatib berdi:

وَإِذْ بَوَّأْنَا لإبْرَاهِيمَ مَكَانَ الْبَيْتِ أَنْ لا تُشْرِكْ بِي شَيْئًا وَطَهِّرْ بَيْتِيَ لِلطَّائِفِينَ وَالْقَائِمِينَ وَالرُّكَّعِ السُّجُودِ

«(Ey Muhammad,) eslang, Biz Ibrohimga Baytulloh o‘rnini belgilab berib, (unga shunday dedik): «Menga biror narsani sherik qilmagin va Mening Baytimni tavof qiluvchilar, namozda tikka turuvchilar, ruku’ va sajda qiluvchilar (ya’ni, hojilar va namozxonlar) uchun poklagin!»(Haj, 26.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:53:01
Abu Muso al-Ash’ariy aytadilar: «Alloh taolo Odam (a.s.)ni jannatdan chiqarishni iroda qilganda, u kishiga bu dunyoda tirikchilik uchun qilishi lozim bo‘lgan kasb-hunar, dehqonchilik sirlarini o‘rgatdi, jannat ne’matlari va mevalaridan o‘ttiz turini ozuqa tariqasida tayyorlab berdi. Ularning o‘ntasi po‘stlik mevalar, o‘ntasi danakli mevalar, qolgan o‘ntasi esa danagi ham, po‘sti ham yo‘q bo‘lgan mevalar edi. Mana shu dunyoda yeyiladigan barcha mevalar jannatdan chiqqan, ammo jannatdagisi aynimaydi, dunyodagisi esa ayniydi. Odam (a.s.) o‘zlari bilan jannatning xushbo‘yini olib chiqqan edilar. Shuning uchun, Hindistonda o‘sadigan barcha daraxtlar va butalar xushbo‘ydir».

Odam (a.s.) Yerga tushganlaridan keyin ko‘ngillari biroz ovqat tusadi, Jabroil (a.s.) jannatdan bir xalta olib chiqib, uni Odamga berdilar. Odam (a.s.) hayron bo‘lib: «Bu nima?» - deb so‘radilar. Jabroil (a.s.): «Sizni jannatdan chiqishingizga sabab bo‘lgan narsa shu» - deb, xaltadagi bug‘doyni ko‘rsatdilar. Uning vazni yuz ming sakkiz yuz dirham og‘irligida edi. Odam (a.s.): «Buni men nima qilaman?» - deb so‘radilar. Jabroil donni Yerga sepishni buyurdilar. Odam (a.s.) uni Yerga sepishlari bilan Alloh uni o‘sishga, don tugishga amr etdi. Bug‘doy shu ondayoq o‘sib, boshog‘i pishdi. Odam (a.s.) uni Allohning amri bilan o‘rib oldilar. Donini qo‘llari bilan boshoqdan ajratgandan keyin, ikki tosh olib bug‘doyni yanchdilar va unga aylantirdilar. Undan xamir qorib, Jabroil temir bilan toshdan chiqargan uchqun bilan olov yoqdilar va non pishirdilar. Dunyoda birinchi bor dehqonchilik, tegirmonchilik va novvoylik qilgan kishi Odam (a.s.)dirlar.

Ibn Abbos(r.a.) aytadilar: «Hajar-ul-asvad ham Odam bilan birga jannatdan chiqqan va Musoning hassasidan ham, oppoq qordan ham oqroq edi. Odam (a.s.) uchun jannatdan bolta ham tushirildi».

Shunday qilib, Odam va Havvoning oldida, kelajakdagi zurriyotlari oldida endi rohatbaxsh jannat emas, balki ikki yo‘l paydo qilindi. Yo zalolat, yo hidoyat! Yo imon, yo kufr! Yo najot, yo ofat!
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:55:31
Alloh taolo Odam (a.s.)ni o‘z farzandlarini tarbiyalash va ularga Haq yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambar qilib yubordi.

Abu Zar al-G’iforiy aytadilar: «Men masjidga kirdim. Rasululloh (s.a.v) yolg‘iz o‘tirgan edilar. Yonlariga borib o‘tirdim. Rasululloh (s.a.v) menga:

«Ey Abu Zar, har bir masjidning  salomi bor, u ikki rakat nafl namoz o‘qimoqdir. Bor, ikki rakat namoz o‘qib ol!» - dedilar. Men namozni o‘qib, yana Rasulullohning yonlariga o‘tirib so‘radim:

«Ey Allohning Rasuli, siz meni namozga buyurdingiz, namozning o‘zi nima?». Rasululloh (s.a.v) dedilar:

«Oz o‘qisang ham, ko‘p o‘qisang ham eng yaxshi mavzu’ namozdir».

Shu yerda men Rasulullohdan so‘radim: «Payg‘ambarlarning soni nechta?». Rasululloh (s.a.v) dedilar:

«Bir yuz yigirma to‘rt ming». «Qanchasi mursal payg‘ambarlar?». Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Uch yuz o‘n uchtasi».

«Eng avvali kim?». Rasululloh (s.a.v): «Odam (a.s.) birinchi mursal payg‘ambar, Alloh uni qo‘li bilan yasadi, unga ruh kiritdi va go‘zal inson qilib yaratdi».

Abu Zar (r.a.)dan qilingan boshqa bir rivoyatda shunday deyiladi: «Men Rasululloh (s.a.v)dan: «Ey Allohning Rasuli, Odam payg‘ambarlardan edimi?» - deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v): «Albatta, Odam birinchi bo‘lib Alloh bilan bevosita gaplashgan payg‘ambar edilar» - deb javob berdilar».(Tarixi Tabariy, 1-j. 102-bet.)

Unga o‘n sahifalik dastur nozil etildi. Bu dasturda Allohga imon keltirish va uning buyruqlariga itoat etish (ibodat) yozilgan edi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 30 Yanvar 2009, 08:57:27
«Ba’zi olimlarning aytishlaricha, Odam (a.s.)ga o‘limtik, qon, to‘ng‘iz go‘shti va birovlarning hayvonlarini yeyish harom qilingan yigirma bir varaqlik kitob nozil etilgan».(O’sha manba va sahifa.)       

Odam (a.s.)ning farzandlari buni yaxshi qabul qildilar va amal qildilar.

Odam (a.s.) ming yil umr ko‘rdilar. Imom Ahmad Ibn Abbos (r.a.)dan, Imom Termiziy Abu Hurayra (r.a.), Ibn Xuzayma(r.a.) va Ibn Habbondan rivoyat qilgan hadisda aytilishicha, Odam (a.s.) zurriyotlarining ruhlari ko‘rsatildi. Odam (a.s.) ularning orasidagi chiroyli ruhni ko‘rib: «Ey Rabbim, bu kim?» - deb so‘radilar. Alloh taolo: «Bu o‘g‘ling Dovuddir» - dedi. Odam (a.s.) uning umrini so‘radilar. Alloh taolo: «Oltmish yil» - deb javob berdi. Odam (a.s.) uning umrini ziyoda qilishni Allohdan so‘radilar. Alloh taolo: «Uning umri faqat sizning umringiz hisobiga ziyoda bo‘lishi mumkin» - dedi. Odam (a.s.)ning umrlari ming yil edi. Undan qirq yilini olib, Dovudga berildi.

Odam (a.s.)ning vafotlari yaqinlashganda, yana qirq yil umrlari bor ekanligini aytdilar. Uni Dovudga berganlarini unutdilar. Shundan so‘ng, Allohning karami bilan Odamning umrlari ming yil, Dovudning umrlari esa yuz yil komil bo‘ldi.

Odam (a.s.)ning qabrlarini ba’zilar Sarandib(Seylon) dagi Buz tog‘ida, ba’zilar Makkadagi Abu Qubays tog‘idagi g‘orda, deydilar. Ba’zi rivoyatlarga ko‘ra esa Nuh To‘fonidan keyin Baytul muqaddasga dafn etilganlar. (Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlas-ul Qur’on. Bayrut.  2001. 14-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 05:52:31
Odam (a.s.) qissasidan dars va ibratlar

Odamning yaratilishi va unga barcha farishtalar hurmat bajo keltirib sajda qilgan holda, Iblis Odamni mensimasdan takabburlik bilan sajdadan bosh tortgani haqidagi qissa Qur’oni karimning turli suralarida qayta-qayta zikr etiladi. Sababi bu qissada musulmonlar uchun bir qator dars va ibratlar mavjud.

1. Insoniyatning boshqa maxluqot va mavjudotlardan ulug‘ligi.

Avvalo, bu qissa orqali Alloh taolo Odamning Yer yuziga xalifa, ya’ni Yer yuzining egasi, xo‘jayini qilib yaratgani xabarini bermoqda. (Baqara, 30.)

Alloh taolo Odamni boshqa maxluqotlarga, hatto farishtalarga ham nasib etmagan moddiy dunyoni bilish va tahlil qila olish qobiliyati, ya’ni ilm bilan ziynatladi, unga kelajakda foydalanish va barchasiga egalik qilish uchun jamiki mavjudotning nomlarini, yaratilish hikmatlarini o‘rgatdi. Mufassir olimlarning fikrlaricha,

وَعَلَّمَ آدَمَ الأسْمَاءَ كُلَّهَا

«Alloh taolo Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi», (Baqara, 31.)  - oyati karimasida insonga berilgan ilmning hududsiz ekanligiga ishora bor. Odam farzandi, ya’ni inson tajriba orqali hamma narsani tushunish va bilish quvvati bilan butun borliqlarga hokim bo‘lish uchun yaratilgan. Bu oyatda inson bilim darajasining farishtalarnikidan anchayin ustun ekanligi ko‘rsatilmoqda.

Bunday bilim sohibi bo‘lgan Odamning ulug‘ligini bildirish uchun farishtalarni unga sajda qilishga buyurdi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 05:54:29
Bu martaba faqat Odam otaning o‘zinigina emas, balki uning barcha zurriyotlarining ham martabalaridir. Bunga quyidagi oyati karima dalolat qiladi:

وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِي آدَمَ وَحَمَلْنَاهُمْ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ وَرَزَقْنَاهُمْ مِنَ الطَّيِّبَاتِ وَفَضَّلْنَاهُمْ عَلَى كَثِيرٍ مِمَّنْ خَلَقْنَا تَفْضِيلا

«Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini aziz va mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-ulov, kemaga) mindirib qo‘ydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni O’zimiz yaratgan ko‘p jonzotlardan afzal qilib qo‘ydik». (Isro, 70.)

Odam farzandlari, ya’ni insoniyat Yer yuzining qaerida bo‘lmasin, millati, jinsi, rangi, tili va dinidan qat’iy nazar teng va mukarramdirlar.

Yer yuzidagi barcha mavjudotlar, maxluqotlar odamzodning tasarrufida bo‘lib, uning uchun xizmat qiladi:

هُوَ الَّذِي خَلَقَ لَكُمْ مَا فِي الأرْضِ جَمِيعًا ثُمَّ اسْتَوَى إِلَى السَّمَاءِ فَسَوَّاهُنَّ سَبْعَ سَمَاوَاتٍ وَهُوَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ

«U shunday zotki, sizlar uchun Yerdagi barcha narsalarni yaratdi». (Baqara, 29.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 05:57:28
2. Takabburlikning yomonligi. Insoniyat yaratilishdan boshlab aqlli, go‘zal qaddi-qomatli, ilmli, dunyoga egalik qiladigan darajada fahm-farosatli, barcha maxluqot, hatto farishtalar ham sajda qilib ulug‘lagan martaba sohibidir. Ammo inson bunday ulug‘ martabaga noil etilgan ekan, bundan g‘ururlanib, kibru havoga berilib ketsa, katta xatoga yo‘l qo‘yadi.

Alloh uni shu xatardan qaytarish uchun, uning o‘ziga berilgan hayvoniy nafs tuzog‘iga tushib, Iblisdek kibr-havoga berilmasligi, uni yaratgan, ne’mat bergan zot — Allohni unutmasligi uchun, aslini tuproqdan, qora balchiqdan ajratib olingan yopishqoq loydan yasaganligini takror-takror oyatlarda eslatiladi. Iblisning takabburligi, manmanligi uning o‘ziga qanchalik qimmatga tushgani, Allohning dargohidan va farishtalarning orasidan haydalganini bayon etish bilan Alloh taolo insoniyatni shunday manfur illatdan saqlanishga amr etadi. Chunki, Alloh taolo manmanlikni yoqtirmaydi:

إِنَّ اللَّهَ لا يُحِبُّ كُلَّ مُخْتَالٍ فَخُورٍ

«Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymaydi». (Luqmon, 18.)

Iblis farishtalar orasidagi hurmati va mavqe’idan g‘ururlanib, o‘zini ulardan ham katta olgan edi, uning bu manmanligi yaratganga ham itoatsizlik qilishiga sabab bo‘ldi va natijada Allohning dargohidan quvildi:

قَالَ فَاهْبِطْ مِنْهَا فَمَا يَكُونُ لَكَ أَنْ تَتَكَبَّرَ فِيهَا فَاخْرُجْ إِنَّكَ مِنَ الصَّاغِرِينَ

(Alloh) aytdi: «Undan (jannatdan) chiq! U yerda takabburlik qilishing senga joiz emas. Bas, chiq! Albatta, sen haqirlardandirsan». (A’rof, 13.)

Kibrning yomonligini, oqibati xorlikka olib borishini Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday ta’riflaganlar:

«Kimki, Alloh uchun kamtarlik qilsa, Alloh uni ko‘taradi. Kimki, takabburlik qilsa, Alloh uni tushiradi».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 06:02:18
3. Ma’naviy poklik zarurati. Alloh taolo o‘z kitobida Odamni oddiy tuproqdan yaratganligini eslatib turib, unga o‘zining ruhidan puflab, jon ato etganini bayon qiladi:

إِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلائِكَةِ إِنِّي خَالِقٌ بَشَرًا مِنْ طِينٍ (٧١)فَإِذَا سَوَّيْتُهُ وَنَفَخْتُ فِيهِ مِنْ رُوحِي فَقَعُوا لَهُ سَاجِدِينَ

«Eslang, Rabbingiz farishtalarga degan edi: «Albatta, men loydan bashar yaratuvchidirman. Bas, qachonki, uni rostlab, unga ruhimdan puflaganimdan so‘ng, unga sajda qilgan hollaringizda yiqilinglar!». (Sod, 71-72.) 

Ruh haqida olimlar juda ko‘p kitoblar yozganlar, fikrlar aytganlar. (Ibn Qayyim al-Javziy. «Ar-ruh».  Dorul-fikr. 1986. 336-bet. Ushbu ktob bu sohada yozilgan mukammal asarlarning biridir.)  Shunga qaramasdan uning mohiyati haqida inson to‘liq tasavvurga ega emas. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qilgan:

وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الرُّوحِ قُلِ الرُّوحُ مِنْ أَمْرِ رَبِّي وَمَا أُوتِيتُمْ مِنَ الْعِلْمِ إِلا قَلِيلا

«(Ey Muhammad), Sizdan ruh haqida so‘raydilar. Ayting: «Ruh faqat Rabbimning ishidandir». Sizlarga esa oz ilm berilgan».(Isro, 85)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 06:03:14
Faqat bir narsa ma’lumki, oddiy tuproqdan  tayyorlangan loydan yaratilgan insonga Alloh o‘z ruhidan puflash bilan uni yuksaltirdi, azizu mukarram qildi. Inson o‘ziga berilgan ilm va tafakkur  qobiliyatini yomonlikka ham, yaxshilikka ham, ya’ni sharrga ham, xayrga ham ishlatishi mumkin. Inson tabiatidagi  tuproq, loy uni pastga, zalolatga tortsa, unga ingan «Allohning ruhi» yuksaklikka, poklikka, ma’naviy kamolot sari intilishga undaydi. Ilohiy kitoblar inson uchun hidoyat yo‘li bo‘lsa, insonga yaratilishdan Alloh tomonidan nasib etilgan pok ruh ushbu kitoblar mazmunini, payg‘ambarlar da’vatini anglashga imkon yaratadi. Darhaqiqat, insondan o‘zga hech bir tirik («jonli») mavjudot ushbu kitoblar mohiyatini anglashga qodir emas. Bundan tashqari yuqorida eslab o‘tilgan ilm va tafakkur qobiliyati, hayotiy hodisalar ustida mushohada yuritib, undan tegishli xulosalar chiqarish imkoniyati ham faqat insonga xos.

Shunday ekan, inson o‘ziga berilgan bunday noyob imkoniyatlarni besamara qoldirmasligi, tafakkur bilan, borliqni va ilohiy kalom mazmunini anglash orqali o‘z ma’naviy kamolatini yuksaltirib borishi lozim. Alloh taolo tomonidan bandaga in’om etilgan pok ruh uni yaratganga imon keltirish, ne’matlariga shukr etish, hayotlik davrida Allohning murodini haq deb bilib, adolat, rostlik, yaxshilik, haqiqatni sevish sifatlari bilan hayot kechirishni taqozo etadi. Shunda inson unga Alloh ato etgan ulug‘ ne’matni zoe qilmagan bo‘ladi. Agar kimki, shunga loyiq amal qilmasa, uning oqibati achchiq pushaymonlikdir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 06:05:17
4. Yomonlikdan saqlanish. Alloh taolo Iblisning Odam otaga qattiq adovatli dushman ekanini aytadi. U Odamni shunday ustalik bilan aldadiki, natijada Odam Allohning qaytarig‘ini unutdi, uning amriga qarshi borib, isyon qilganini sezmay qoldi va natijada ulug‘ ne’matdan — jannatdan ayrilib qoldi. Ammo uning Odamga dushmanligi shu bilan tugamadi, balki Odam zurriyotlarini yo‘ldan urish va zalolatga tortishda to Qiyomat davom etadi. Shuning uchun Alloh taolo bandalarni ogohlantirib deydi:

يَا بَنِي آدَمَ لا يَفْتِنَنَّكُمُ الشَّيْطَانُ كَمَا أَخْرَجَ أَبَوَيْكُمْ مِنَ الْجَنَّةِ

"œEy Odam avlodi! Shayton ota-onalaringiz (Odam va Havvo)ni jannatdan chiqargani kabi sizlarni ham aldab qo‘ymasin!". (A’rof, 27.)

Alloh taolo Odamga bergandek, uning zurriyotiga ham o‘zining ruhidan berdi. Bu ruh sababidan ularda ham yaxshi sifatlar, adolat va ehson mavjud. Iblis esa doimiy ravishda insonni yomonlikka boshlaydi. Shu yerda Allohning imtihoni boshlanadi. Banda ruhning ezgulikka boshlashi bilan, shaytonning badbaxtlikka yetaklashi orasida sinovdan o‘tadi. Shu sababli inson sinov muddatida Iblisning tuzog‘iga tushib qolmasligi uchun Alloh taolo uni hushyorlikka chaqiradi:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ كُلُوا مِمَّا فِي الأرْضِ حَلالا طَيِّبًا وَلا تَتَّبِعُوا خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُبِينٌ (١٦٨)إِنَّمَا يَأْمُرُكُمْ بِالسُّوءِ وَالْفَحْشَاءِ وَأَنْ تَقُولُوا عَلَى اللَّهِ مَا لا تَعْلَمُونَ

«Ey odamlar, yerdagi halol-pok narsalardan yenglar va shaytonning izlaridan ergashmanglar! Albatta, u sizlarning aniq dushmaningizdir. U sizlarni faqatgina yomonlik va buzuqlikka va Alloh sha’niga bilmagan narsalaringizni gapirishga buyuradi». (Baqara, 168-169.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 06:09:16
Shayton qiziqtiradigan va tezlaydigan narsalardan eng zararlisi qimor va aroqxo‘rlikdir. Bu ikki tuban narsaga mukkasidan ketgan odamlar hayotda doim muhtojlikda, xorlikda yashaydilar:

الشَّيْطَانُ يَعِدُكُمُ الْفَقْرَ وَيَأْمُرُكُمْ بِالْفَحْشَاءِ

«Shayton sizlarni faqir bo‘lib qolishdan qo‘rqitadi va doim fahsh ishlarga buyuradi». (Baqara, 268.)

Shuning uchun Alloh taolo shaytonning asosiy quroli bo‘lgan va isrofgarchilikka sabab bo‘ladigan bu ikki narsani musulmon kishiga harom qildi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالأنْصَابُ وَالأزْلامُ رِجْسٌ مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

«Ey imon keltirganlar! Albatta, may (mast qiluvchi ichimliklar), qimor, but-sanamlar va (fol ochadigan) cho‘plar shaytonning ishidan iborat ifloslikdirki, undan chetlaningiz! Shoyad najot topsangiz». (Moida, 90.)

وَآتِ ذَا الْقُرْبَى حَقَّهُ وَالْمِسْكِينَ وَابْنَ السَّبِيلِ وَلا تُبَذِّرْ تَبْذِيرًا (٢٦)إِنَّ الْمُبَذِّرِينَ كَانُوا إِخْوَانَ الشَّيَاطِينِ وَكَانَ الشَّيْطَانُ لِرَبِّهِ كَفُورًا

«Isrofgarchilikka mutlaqo yo‘l qo‘ymang! Chunki, isrofgarlar shaytonlarning birodarlaridir. Shayton esa Parvardigoriga o‘ta noshukr edi». (Isro, 26-27.)
 
Allohning va insonlarning ashaddiy dushmani bo‘lgan shaytondan uzoq bo‘lish, uning yomonligidan saqlanish Allohga yaqin bo‘lish bilandir. Allohga yaqin bo‘lish esa, Uning buyurgan farzu vojibotlarini bajarish, qaytargan haromu makruhotlaridan saqlanish bilan, U ato etgan pok ruhning pokligini himoya qilishdir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 06:11:08
5. Odamzot Yerning birinchi egasi emas. Islom hech qachon ilmning rivojiga qarshi bo‘lgan va ilm bilan isbotlangan narsalarning haqligini inkor etgan emas.

Tarixchi olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, Odam otaning yaratilganiga o‘n ming yilga yaqin muddat bo‘lgan.
Arxeolog olimlar esa Yer yuzining turli burchaklarida topilgan va hozirgacha saqlangan inson kalla suyaklarini tekshirib, ularning yashagan davrini yetti yuz ellik mingdan bir million yilgacha avval yashaganligini taxmin qiladilar. Qur’oni karim ularning taxminini rad etmaydi, aksincha Odam otadan avval ham Yer yuzida inson yashagan bo‘lishi mumkinligiga ishora qiladi:

وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلائِكَةِ إِنِّي جَاعِلٌ فِي الأرْضِ خَلِيفَةً

«Eslang, (ey Muhammad), Rabbingiz farishtalarga: «Men Yerda xalifa yaratmoqchiman», - dedi. (Baqara, 30.)

Ulamolarning aytishlaricha, Yerda avval ham bir necha bor inson toifasi yashagan. Ular inqirozga uchrab, Yer yuzida buzg‘unchilik qilishgan, bir-birlarini o‘ldirishgan. «Xalifa»ning ma’nosi, o‘zidan avvalgilarga o‘xshaganlarning kelishi bo‘lgani uchun, farishtalar Allohning so‘zidan ajablanishib dedilar:

قَالُوا أَتَجْعَلُ فِيهَا مَنْ يُفْسِدُ فِيهَا وَيَسْفِكُ الدِّمَاءَ

«Unda (Yerda) buzg‘unchilik qiladigan, (nohaq ravishda) qonlar to‘kadigan kimsani yaratmoqchimisan?». (Baqara, 30.)

Ba’zi mufassirlarning aytishlariga qaraganda, Yerda avval olti marta inson avlodi yaratilgan va yashagan bo‘lib, yettinchisi Odam otaning avlodlaridir. Ko‘pgina mufassirlar esa, Yerda Odamdan oldin odam qiyofasidagi Jon va uning avlodlari jinlar yashagan, deydilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 07:09:16
2.2.  SHIS (A.S.)

Hazrati Havvodan doimo bir qiz-bir o‘g‘il egiz farzand tug‘ilar edi. Egiz tug‘ilgan bolalar bir-birlariga nikohlanardilar.
Odam (a.s.) bir yuz o‘ttiz yoshga yetganlarida, Shis(Tavrotda Shit)  (a.s.) yigirma beshinchi juft farzand bo‘lib, singlisi Hazuro bilan tug‘ildi. Unga Hibatulloh deb ism qo‘ydilar. Chunki Shis tug‘ilgan vaqtda Jabroil (a.s.): «Bu Hobilning o‘rniga Allohning bergan hadyasidir» - degan edilar. Alloh taolo unga payg‘ambarlikni ehson qildi, ellik sahifalik kitob tushirdi. Bu haqda Abu Zar al-G’iforiydan shunday hadis rivoyat qilingan: «Men Rasulullohdan payg‘ambarlarga nechta kitob tushirilganini so‘radim. Rasululloh (s.a.v) shunday dedilar: «Payg‘ambarlarga bir yuz to‘rtta kitob nozil qilingan. Shis payg‘ambarga ellik sahifalik kitob tushgan. Bugungi kunda yashayotgan barcha insonlarning nasabi Shisga boradi. Odamning barcha farzandlaridan tarqalgan insonlar inqirozga uchrab, bitta ham qolmay  yo‘qolib ketganlar. Hozirgi insonlar esa Shisning avlodlaridir». (Tarixi Tabariy, 1-j. 103-bet.)

Odam (a.s.)ning farzandlari orasida Qobil va Hobil ismli o‘g‘illari bo‘lib, ular ham o‘z egizlari bilan dunyoga kelgan edilar. Ular voyaga yetib, Qobil dehqonchilik bilan, Hobil esa cho‘ponlik bilan shug‘ullanardi.

Ulamolar Qobilning nomi to‘g‘risida ixtilof qilganlar: ba’zilarining fikricha, Qayn ibn Odam; yana ba’zilarining gumonicha, Qobiyn ibn Odam; boshqa ba’zilari esa Qoyin ibn Odam, deganlar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 07:11:26
Odam (a.s.) o‘z odatlariga ko‘ra Qobilga Hobil bilan tug‘ilgan egiz qizni, Hobilga esa Qobilning egizini nikohlab berishni o‘yladilar. Ammo Qobil o‘zi bilan egiz tug‘ilgan Iqlimani Hobilning nikohiga berishni istamadi. Aka-uka orasida janjal chiqdi. Odam (a.s.) aka-uka orasidagi bu adovat o‘tini tadbir bilan o‘chirmoqchi bo‘ldilar va o‘g‘illariga: «Sizlar o‘z mahsulotlaringizdan Alloh yo‘lida qurbonlik qilinglar. Kimning qurbonligini Alloh qabul qilsa, Iqlima o‘shanga nikohlanadi», - deb shart qo‘ydilar. Alloh taolo Hobilning qurbonligini qabul qildi. Bunga chiday olmagan Qobil Hobilni o‘ldirdi va dinidan ayrilib kofir bo‘ldi. Dunyoda birinchi o‘ldirish shu tariqa sodir bo‘ldi. Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida shunday qissa keltiradi:

وَاتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ ابْنَيْ آدَمَ بِالْحَقِّ إِذْ قَرَّبَا قُرْبَانًا فَتُقُبِّلَ مِنْ أَحَدِهِمَا وَلَمْ يُتَقَبَّلْ مِنَ الآخَرِ قَالَ لأقْتُلَنَّكَ قَالَ إِنَّمَا يَتَقَبَّلُ اللَّهُ مِنَ الْمُتَّقِينَ (٢٧)لَئِنْ بَسَطْتَ إِلَيَّ يَدَكَ لِتَقْتُلَنِي مَا أَنَا بِبَاسِطٍ يَدِيَ إِلَيْكَ لأقْتُلَكَ إِنِّي أَخَافُ اللَّهَ رَبَّ الْعَالَمِينَ (٢٨)إِنِّي أُرِيدُ أَنْ تَبُوءَ بِإِثْمِي وَإِثْمِكَ فَتَكُونَ مِنْ أَصْحَابِ النَّارِ وَذَلِكَ جَزَاءُ الظَّالِمِينَ (٢٩)فَطَوَّعَتْ لَهُ نَفْسُهُ قَتْلَ أَخِيهِ فَقَتَلَهُ فَأَصْبَحَ مِنَ الْخَاسِرِينَ

«Ularga Odamning ikki o‘g‘li (Qobil va Hobil) haqidagi xabarni haqiqati bilan o‘qib bering! Ikkisi qurbonlik qilganlarida, birlaridan qabul qilindi, unisidan esa qabul qilinmadi. (Qurbonligi qabul bo‘lmagan Qobil ukasi Hobilga): «Seni albatta o‘ldirajakman!» - dedi. (Hobil) esa: «(Qurbonlikni) Alloh aslida taqvoli kishilardan qabul qilur. Agar meni o‘ldirish uchun qo‘lingni men tomonga cho‘zsang, men seni o‘ldirish uchun Sen tomonga qo‘limni cho‘zuvchi emasman. Axir men olamlar robbisi — Allohdan qo‘rqaman. Men esa, mening gunohimni ham, o‘z gunohingni ham (zimmangga) olib ketishingni va do‘zax ahlidan bo‘lishingni xohlayman. Zolimlarning jazosi shudir», - dedi. Uning havoyi nafsi birodarini o‘ldirishni xush ko‘rsatdi va darhol, uni o‘ldirdi. Shu bilan u ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lib qoldi». (Moida, 27-30.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 07:12:41
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)ning rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: «Qaysi odamzod zulm bilan o‘ldirilsa, qotillikning gunohi Qobil ibn Odamga ham yetadi, chunki, Qobil birinchi qotillikni paydo qilgan edi».

Qobil ukasi Hobilni o‘ldirganda, uning yoshi yigirma beshda, Hobilniki esa yigirmada edi.

Damashq shahri yaqinidagi «Qosiyun» nomli tog‘ning shimol tarafida bir g‘or bo‘lib, mahalliy xalq uni «mag‘oratud dam» (qonli g‘or) deb ataydilar. Ularning e’tiqod qilishlaricha, Qobil ukasi Hobilni shu yerda o‘ldirgan. (Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlas-ul Qur’on. Bayrut. 2001. 15-bet.)

Qobilning avlodlari Alloh yo‘lida yurmadilar, dunyoga kofir bo‘lib tarqaldilar. Ularni hidoyatga chaqirish uchun Alloh taolo Shis (a.s.)ni payg‘ambar qilib yubordi.

Odam (a.s.)ning hayotlik paytlaridayoq, farzand va nabiralari qirq mingdan ortib ketdi. Qobilning avlodlari munkir kishilar bo‘lib, ularning orasida zinokorlik, aroqxo‘rlik va boshqa buzg‘unchilik ishlari kuchaydi. Odam (a.s.) Shisning avlodlariga Qobilning avlodlari bilan qudachilik qilmaslikni tayinladilar.

Qobil ukasi Hobilni o‘ldirgandan keyin, otasi Odamdan qochib Yamanga bordi. U yerda Qobilga Iblis yo‘liqib: «Sening qurbonligingni emas, balki Hobilning qurbonligini olov qabul qildi, chunki u olovga sig‘inardi. Shuning uchun sen ham olovga sig‘insang, kelajakda sening va avlodlaringning ishlari yaxshi bo‘ladi» - deb vasvasa qildi. Qobil olovga sig‘iniladigan birinchi ibodatxona qurdi va birinchi olovga sig‘inuvchi otashparast bo‘ldi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 07:13:23
Odam (a.s.)ning vasiyatiga amal qilib, Shis (a.s.) avlodlari tog‘dagi g‘orlarda bir necha muddat poklikda yashadilar. Keyin amakivachchalaridan xabar olib kelish maqsadida Qobil tarafga borib, ularning ayollari bilan aralashib ketdilar. Shunday qilib, Qobilning avlodlari ko‘payib, hamma yerni egalladilar, o‘z oralarida fasod kuchaydi, Alloh unutilib but-sanamlarga sig‘inish boshlandi, payg‘ambarlarning da’vatlari ta’sir qilmadi va Nuh (a.s.)ning zamonlarida yoppasiga to‘fonda g‘arq qilindilar.

Odam (a.s.) vafotlaridan avval Shis (a.s.)ni vasiy etib tayinlagan edilar. Shis (a.s.) kasal bo‘lganlaridan keyin o‘z o‘g‘illari Anushga vasiyat qildilar va vafot etganlaridan keyin Abu Qubays tog‘iga  Odam (a.s.)ning yoniga dafn etildilar. Shis (a.s.) 912 yil umr ko‘rdilar.

Shis (a.s.)ning o‘g‘illari Anush, otasining vasiyati bilan insonlarni boshqarishni o‘z qo‘liga oldi, payg‘ambar bo‘lmagani uchun faqat siyosatni boshqardi va dunyoda birinchi podshoh hisoblandi.

Tavrotning xabaricha, Anush 905 yil umr ko‘rdi. Ibn Ishoqning rivoyatiga ko‘ra, Anush Yonish ibn Shis deb keltiriladi.
Ibn Abbos (r.a.)ning rivoyatlariga ko‘ra, Anush 90 yoshga kirganda Qaynon ismli o‘g‘il ko‘rdi. Qaynon 910 yil yashadi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 07:14:35
Qaynon va uning xotini Daynadan Mahloiyl ismli o‘g‘il tug‘ildi. Mahloiyl ibn Qaynon tarixda 40 yil podshohlik qilgan va uning davrida ko‘p obodonchiliklar, qurilishlar bo‘lgan. U ko‘plab daraxtlarni kesdirib, imoratlar qurdirgan, Yerdan qazilma boyliklarni qazib chiqartirgan, masjidlar qurdirgan. Mahloiyl davrida Yer yuzida birinchi bo‘lib ikki shahar qurilgan: biri Bobil, ikkinchisi Sus.

Ba’zi fors tarixchilarning yozishlaricha, Mahloiylning nomi Avshhanj, laqabi Fishdoz (birinchi odil) bo‘lib, boshiga podshohlik tojini kiygan va xalqqa ma’ruza qilib, unga podshohlik bobosi Kayumarsdan qolganini, u ins va jinlarning kofirlariga o‘ch va azob qilib yuborilganini, Iblisga qahr qilib uni va askarlarini tog‘larga, o‘rmonlarga, dashtlarga chiqarib yuborganini, Iblisning odamzodga yomonlik qilmasligi uchun u bilan shartnoma tuzganligini, o‘zi barcha iqlimlarning podshohi ekanini so‘zlagan. U qurdirgan ikki shahar: biri E’rondagi Ray shahri, ikkinchisi Tabaristondagi Danbovand shahridir.(Tarixi Tabariy, 114-115-betlar.)

Mahloiyl temirdan turli asboblar yasattirgan, dehqonchilik ishlarini kuchaytirgan, suv miqdorini o‘lchaydigan asbob yasattirgan, vahshiy, zararkunanda hayvonlarni o‘ldirishga, ularning terilaridan kiyimlar tayyorlashga buyurgan, mol, kiyik va qo‘ylarni tig‘ bilan so‘yishni joriy etgan podshohdir.

Mahloiyl Yorid ismli o‘g‘il ko‘rdi. Yorid esa Xanux(Ba’zi rivoyatlarda «Axnux» keltirilgan)  ismli o‘g‘il ko‘rdi. Xanux Idris (a.s.)dirlar.     
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 07:18:08
2.3.  IDRIS (a.s.)

Shis (a.s.)dan keyin odamlar Allohni qo‘yib, har xil butlar va sanamlarga sig‘ina boshladilar. Qobilning avlodlari bo‘lgan bu adashgan qavmga chin e’tiqodni singdirish, yolg‘iz Allohning o‘ziga ibodat qilishni o‘rgatish uchun Odam (a.s.)dan 1140 yil keyin dunyoga kelgan Idris (a.s.) payg‘ambar qilib yuborildilar.

Idris (a.s.)ning payg‘ambarliklari haqida ushbu oyati karimalarda xabar beriladi:

وَإِسْمَاعِيلَ وَإِدْرِيسَ وَذَا الْكِفْلِ كُلٌّ مِنَ الصَّابِرِينَ

«Ismoil, Idris va Zul-kiflni eslang! Barchalari sabr qiluvchilardandir».(Anbiyo, 85.)

وَاذْكُرْ فِي الْكِتَابِ إِدْرِيسَ إِنَّهُ كَانَ صِدِّيقًا نَبِيًّا (٥٦)وَرَفَعْنَاهُ مَكَانًا عَلِيًّا


«Yana ushbu kitobda Idris qissasini yod eting! Darhaqiqat, u sadoqatli payg‘ambar edi. Biz uni yuksak maqomga ko‘tardik».(Maryam, 56-57.)

Idris (a.s.)ning tug‘ilgan joylari xususida ulamolar turli fikrlar aytganlar. Ba’zilarining so‘zlariga qaraganda, Idris Misrda tug‘ilganlar. Misrliklar u kishini «Hirmus al-haromisa» deb nomlaganlar. Yunonchasiga Armis, ibroniychada Xanux, arabcha Axnux, Allohning kalomida esa Idris deyiladi. (Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al Qur’anil Karim. 56-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 07:45:25
Ulamolarning yana bir guruhlari shunday deydilar: «Idris (a.s.) Bobilda tug‘ilganlar, shu yerda o‘sganlar. Dastlabki ilmni Shis ibn Odamdan o‘rganganlar va xalqni Odam(a.s.) va Shis (a.s.)ning shari’atlariga da’vat qilganlar. Idris (a.s.)ga kam odam itoat qildi, ularni olib Misrga keldilar. Misrda o‘zlariga tushirilgan o‘ttiz sahifalik shari’at dasturi bilan qavmni butparastlikdan qaytardilar, to‘g‘ri yo‘lga chaqirdilar. Qobilning avlodlari esa Allohning payg‘ambarini pisand qilmay, har xil yomonliklardan zavqlandilar. Idris (a.s.) ular bilan jang qilishga buyurildilar. Ularning ustidan g‘olib kelib, haq dinni ular orasiga yoydilar.

Idris (a.s.) zamonlariga qadar odamlar hayvonlar terisidan kiyim kiyishar edi. Idris (a.s.) esa matodan birinchi bo‘lib kiyim tikkan tikuvchi bo‘ldilar. Hayvonlarning yungidan bo‘lgan matoni ayollar qo‘l bilan to‘qir edilar.

Qalam bilan birinchi marta yozuv yozgan, birinchi marta tosh-tarozu ishlatgan ham Idris (a.s.)dirlar.

Idris (a.s.) o‘simliklardan dori tayyorlab, turli kasalliklarni davolar edilar.

Dunyoviy ilm bilan diniy ilmni shogirdlariga qo‘shib o‘rgatgan birinchi muallim ham Idris (a.s.)dirlar.
Abu Zar al-G’iforiy aytadilar: «Menga Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Ey Abu Zar, mursal payg‘ambarlarning to‘rttasi suryoniylardandir. Ular: Odam, Shis, Nuh va Xanuxdirlar. Xanux (Idris) birinchi bo‘lib qalam bilan yozgan kishidir va Alloh taolo unga o‘ttiz sahifa nozil etgan». (Tarixi Tabariy. 1-jild. 116-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 07:50:29
Idris (a.s.) har kuni namoz va ro‘zadan tashqari 12 ming marta Allohga tasbeh aytardilar. Ko‘p ibodat qilganlaridan Idris (a.s.)ga Alloh osmon sirlarini ochdi va u zot tiriklayin osmonga ko‘tarilib ketdilar.

Hilol ibn Yasof aytadilar: «Ibn Abbos (r.a.) Ka’bul-ahbordan so‘raganlarida men o‘sha yerda eshitib turdim. Ibn Abbos (r.a.): «Ey Ka’b, «Biz Idrisni baland darajaga ko‘tardik» - degan oyatning ma’nosini qanday tushunamiz?» - deb so‘radilar. Ka’bul-ahbor shunday deb javob berdilar: «Alloh taolo Idris (a.s.)ga: «Men sizni har kuni barcha odamzodning amali darajasida ko‘taraman» - deb vahiy tushirdi. Idris (a.s.) yanada amallari ko‘payishini xohladilar. Shu payt Idris (a.s.)ning farishta do‘stlaridan biri yo‘liqib qoldi. Idris (a.s.) unga: «Alloh menga shunday vahiy tushirdi, shuning uchun o‘lim farishtasi bilan gaplashaylik, (menga tegmay tursa) men yanada ko‘proq amal qilaman» - dedilar. Farishta Idris (a.s.)ni qanotlari ustiga o‘tirg‘izib, to‘rtinchi osmonga ko‘tarildi. U yerda shoshib kelayotgan o‘lim farishtasini ko‘rishdi. Idrisning gaplari esga olinganda, o‘lim farishtasi: «Idris qaerda?» - deb so‘radi. Farishta o‘z ustidagi Idrisga ishora qildi. Shunda o‘lim farishtasi: «Taajjub, Alloh menga Idrisning jonini to‘rtinchi osmonda olishimni buyurgan edi. Men: «Yerdagi Idrisning jonini qanday qilib to‘rtinchi osmonda olar ekanman!» - deb kelayotgan edim» - dedi va Idris (a.s.)ning jonlarini qabz qildi». (Ibn Kasir. Qisasul-Anbiyo. Qohira. 49-bet.)

Maryam surasining 56-57-oyati karimalarida Idris (a.s.) haqlarida:

وَاذْكُرْ فِي الْكِتَابِ إِدْرِيسَ إِنَّهُ كَانَ صِدِّيقًا نَبِيًّا (٥٦)وَرَفَعْنَاهُ مَكَانًا عَلِيًّا

«Yana ushbu kitobda Idris qissasini zikr qiling! Darhaqiqat, u juda rostgo‘y payg‘ambar edi. Va biz uni yuksak martabaga ko‘tardik», deyiladi va Allohning huzurida u zotning martabasi yuksakligi bildiriladi. (Idrisning Yer yuzida uch yuz oltmish besh yil umr ko‘rib, keyin osmonga ko‘tarilib ketgani haqida Tavrotning «Ibtido» kitobida yozilgan. 5-bob, 9-bet.)

Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 08:09:12
Idris (a.s.) qissaidan dars va ibratlar

Idris (a.s.) birinchi faylasuf ham hisoblanadilar. U zotning qilgan ishlari va aytgan so‘zlari barchaga ibratdir.
Idris (a.s.)ning uzuklari ko‘ziga quyidagi gaplari o‘yib yozilgan edi:

«Allohga imon keltirish zafarga eltadi».

Idris (a.s.)ning namoz vaqtida kiyadigan liboslarida esa: «O’zining nafsiga e’tibor beradigan, yaxshi amallari parvardigor huzurida shafoat qiladigan kishi eng baxtli kishidir, - deb yozilgan edi.

Quyidagi falsafiy gaplar ham Idris (a.s.)ga mansubdir:

1. Hech bir kishi Allohning unga berayotgan ne’matlariga munosib shukr aytolmaydi.
2. Alloh huzuriga duo qilsangizlar, ro‘za tutsangizlar va namoz o‘qisangizlar niyyatingizni xolis qilinglar.
3. Odamlarning boyligini ko‘pligiga hasad qilmanglar, chunki undan juda oz foydalanadi.
4. Kimki keragidan ortiq narsaga urinsa, hech narsa bilan boy bo‘lmaydi.
5. Umrboqiy bo‘lish donishmandlikdadir. (Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al anbiy fil-Qur’anil karim. Lubnon. 57-bet. Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’an. Damashq. 2001. 17-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 08:11:10
2.4.  NUH (A.S.)

Nuh (a.s.)ning qissalari Qur’oni karimda yigirma sakkiz suraning qirq uch oyatida kelgan.

Nuh (a.s.)ning nasablari — Nuh ibn Lomak ibn Matushaloh ibn Xanux (Idris) bo‘lib, Odam (a.s.)ning vafotlaridan bir yuz yigirma olti (ba’zi rivoyatlarda bir yuz qirq olti) yil keyin Bobil (Iroq) ning hozirgi Kufa shahri joylashgan mavze’ida dunyoga kelganlar. Nuh (a.s.) tillari shirin, so‘zlari ravon, aqllari o‘tkir, nihoyatda halim va sabrli kishi edilar.

Alloh taolo Nuh payg‘ambar va u kishining qavmlari haqida yigirma sakkiz suraning qirq uch joyida zikr etgan.

Nuh (a.s.) payg‘ambar qilib yuborilgan vaqtda u kishining qavmlari qanday zalolatda ekanligi borasida ulamolar turli fikrlar bayon etganlar.

Ba’zilarining fikricha, ular fahsh ishlar bilan, aroqxo‘rlik, zinokorlik bilan mashg‘ul bo‘lganlar.

Ba’zilarining fikricha, o‘sha davrda Buyurosib (arabcha Zahhok) podshoh edi. U sobiiylar e’tiqodida bo‘lib, qavmning barchasi ham itoat yuzasidan podshohdek zalolatda edilar.

Ammo Alloh taolo o‘z kalomida xabar berishiga qaraganda, Nuh (a.s.)ning qavmi butparastga aylangan edilar».(Tarixi Tabariy. 1-jild. 122-bet.) Ular Suvo‘ nomli ayol, Vad nomli erkak, Yag‘us nomli arslon, Yauq nomli ot, Nasr nomli burgut va kalxat shaklidagi butlarga sig‘inishardi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 08:14:24
Ibn Jarir At-Tabariyning o‘z tafsirida yozishicha, Muhammad ibn Qays ismli kishi shunday deydi: «Nuh qavmining ibodat qilgan butlari avvalda Odam va Nuh orasidagi muddatda yashagan solih odamlar bo‘lishgan edi. Ularning vafotidan keyin muxlislari va shogirdlari ko‘zlari tushib eslaganda o‘zlariga shavq va ibodatga g‘ayrat keltiruvchi bo‘lsin degan niyyatda suratlarini yasatib qo‘ygan va bu suratlarga sig‘inmagan edilar.

Bu zamondagi odamlar olamdan o‘tib ketishgandan keyin ularning avlodlari zamonida Iblis vasvasa qilib, «otalaring bu suratlarga sig‘inardilar, ulardan baraka va yomg‘ir so‘rardilar», deb solih kishilarning timsoliga ibodat qilishga o‘rgatdi. Hamma bu shirk amaliga mubtalo bo‘ldi».

Imom Buxoriy va Muslim sahihlarida Payg‘ambarimiz (s.a.v)dan shunday hadis rivoyat qilingan: «Habashiston hijratidan qaytib kelgan Ummu Salama va Ummu Habiba onalarimiz Payg‘ambarimiz (s.a.v)ga, Habashistonda «Moriya» ismli ibodatxonaga kirganlarini, uning go‘zalligini, u yerda juda ko‘p tasvirlar borligini hikoya qilib berishdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: «Ularning odatlaricha, oralaridan biror solih kishi olamdan o‘tsa, uning qabri ustiga masjid quradilar va uning suratini masjidga chizdiradilar. Ular Allohning nazdida odamlarning eng yaramaslaridir». (Ibn Kasir. Qisasul-Anbiyo. Qohira. 57-bet.) 

Bundan tashqari ular sayyoralarga ham sig‘inishgan. Sayyoralar kechasi ko‘rinib, kunduzi ko‘zdan g‘oyib bo‘lgani uchun, ularning shakllarida ham sanamlar yasab, sig‘inganlar. Allohning kalomida shunday deyiladi:

وَمَكَرُوا مَكْرًا كُبَّارًا (٢٢)وَقَالُوا لا تَذَرُنَّ آلِهَتَكُمْ وَلا تَذَرُنَّ وَدًّا وَلا سُوَاعًا وَلا يَغُوثَ وَيَعُوقَ وَنَسْرًا

«(Qavmim) juda katta makr qildilar. (O’zlariga ergashgan kimsalarga): «Sizlar o‘z ilohlaringizni sira tark etmanglar! «Vad»ni ham, «Suvo‘»ni ham, «Yag‘us»ni ham, «Ya’uq»ni ham va «Nasr»ni ham sira tark etmangizlar!» - dedilar».(Nuh, 22-23)       
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 08:23:14
Ularni hidoyatga chaqirish uchun Alloh taolo Nuh (a.s.)ni payg‘ambar(Imom Buxoriy va Imom Muslim sahihlarining «Shafoat» bobida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan, Nuh alayhisalom Yer ahliga yuborilgan birinchi payg‘ambar ekanliklari rivoyat qilingan. Ba’zi ulamolar ushbu hadisni ta’vil qilganlar va Odam hamda Idrisdan keyin uchinchi payg‘ambar ekanligini aytganlar. Abu Zarr Al-G’iforiy rivoyat qilgan hadisda esa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Odam, Shis, Idris va Nuhni suryoniy mursal payg‘ambar ekanliklarini ta’kidlaganlar) qilib yubordi.

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَى قَوْمِهِ فَلَبِثَ فِيهِمْ أَلْفَ سَنَةٍ إِلا خَمْسِينَ عَامًا فَأَخَذَهُمُ الطُّوفَانُ وَهُمْ ظَالِمُونَ

«Biz Nuhni o‘z qavmiga (payg‘ambar qilib) yubordik. Bas, u ularning orasida ellik yili kam ming yil turdi. Bas, ularni zolim (kofir) bo‘lgan hollarida to‘fon balosi tutdi» (Ankabut, 14.) 

Nuh (a.s.) qavmlariga o‘zlarini tanishtirib shunday dedilar:

قَالَ يَا قَوْمِ إِنِّي لَكُمْ نَذِيرٌ مُبِينٌ (٢)أَنِ اعْبُدُوا اللَّهَ وَاتَّقُوهُ وَأَطِيعُونِ

«Ey qavmim, albatta men sizlarga yuborilgan ochiq ogohlantiruvchiman. Allohga ibodat qilinglar va undan qo‘rqinglar hamda menga itoat qilinglar». (Nuh, 2-3.)

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَى قَوْمِهِ إِنِّي لَكُمْ نَذِيرٌ مُبِينٌ (٢٥)أَنْ لا تَعْبُدُوا إِلا اللَّهَ إِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ أَلِيمٍ


«Darhaqiqat, Nuhni o‘z qavmiga payg‘ambar qilib yubordik. (U dedi): «Men sizlarga aniq ogohlantiruvchiman. Allohdan o‘zgaga sig‘inmangizlar! Men sizlarga alamli azob (kelishi)dan qo‘rqaman». (Hud, 25-26.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 08:27:42
Ibn Abbos (r.a.)ning so‘zlariga qaraganda, Nuh (a.s.) qavmlariga payg‘ambar qilib yuborilganlarida 480 yoshda edilar. O’z qavmlarini 120 yil tavhidga chaqirdilar. Kemalariga chiqqan paytlarida 600 yoshda edilar. To‘fondan so‘ng yana 350 yil hayot kechirdilar.

Oysha (r.a.) rivoyat qiladilarki, Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday dedilar: «Agar Alloh taolo Nuh qavmidan biror kishiga najot berganda, «go‘dakning onasi»ga najot berardi. Nuh payg‘ambar qavmi orasida ularni tavhidga chaqirib ellik yili kam ming yil turdilar. Oxirida Yerga bir daraxt o‘tqazdilar, daraxt o‘sib-ulg‘aygandan keyin uni kesib kema yasay boshladilar. Nuhning yonlaridan o‘tib ketayotgan kishilar nima yasayotganini so‘rardilar, Nuh unga kema yasayotganlarini aytsalar, ular masxara qilishib: «Quruq yerda kema yasayapsan, uni nima bilan suzdirasan?» - deyishardi. Nuh (a.s.) esa beparvo: «Keyin bilasan!» - deb, ishlarida davom etardilar.

Kema bitgandan keyin Allohning amri bilan hamma tarafdan suv, yomg‘ir, sel kela boshladi. Bir chaqaloqning onasi bolasini yaxshi ko‘rganidan, uni saqlab qolish maqsadida toqqa ko‘tarildi. Suvning sathi tog‘ni ham ko‘madigan darajada ko‘tarildi va onaning bo‘ynigacha ko‘mdi. Ona esa bolasini qo‘li bilan yuqoriga ko‘tardi va nihoyat bolasini ham suv olib ketdi. Agar Alloh Nuhning gunohkor qavmidan biror kishiga rahm qilganda, o‘sha ona-bolaga najot bergan bo‘lardi». (Tarixi Tabariy. 1-jild. 124-bet)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 08:42:22
Nuh (a.s.)ning ko‘p yillik da’vatlari davomida imonga kelgan kishilarning soni haqida turli fikrlar mavjud. «Masalan 78, 72, 10, 8 kishi edilar, ularning yarmi ayollar edi, degan naqllar bor» (A.Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. 226-bet. Ibn Abbos rivoyatlarida 80 kishi, Ka’bul-Axbor rivoyatida 72.), qolganlari unga itoat etishdan, kufrdan voz kechishdan bosh tortishdi.

قَالُوا يَا نُوحُ قَدْ جَادَلْتَنَا فَأَكْثَرْتَ جِدَالَنَا فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَا إِنْ كُنْتَ مِنَ الصَّادِقِينَ (٣٢)قَالَ إِنَّمَا يَأْتِيكُمْ بِهِ اللَّهُ إِنْ شَاءَ وَمَا أَنْتُمْ بِمُعْجِزِينَ

«Ular (Nuh qavmi) dedilar: «Ey, Nuh! Biz bilan bahslashding, lekin bahsni ko‘p qilib yubording. Bas, agar rostgo‘ylardan bo‘lsang, bizga o‘sha cho‘chitgan narsang (azob)ni keltir!». Nuh dedi: «Uni Alloh xohlasa, albatta, keltiradi. Sizlar esa, ojiz qoldiruvchi emassizlar». (Hud, 32-33.)

Nuh (a.s.) butun sa’yu harakat va g‘ayratlarini qavmlarining hidoyatiga sarf qildilar. Har safar ulardan haqorat yoki masxaralangan javob olardilar. Nihoyat, eng oxirgi chora sifatida Allohga yolvorib:

قَالَ رَبِّ إِنِّي دَعَوْتُ قَوْمِي لَيْلا وَنَهَارًا (٥)فَلَمْ يَزِدْهُمْ دُعَائِي إِلا فِرَارًا (٦)وَإِنِّي كُلَّمَا دَعَوْتُهُمْ لِتَغْفِرَ لَهُمْ جَعَلُوا أَصَابِعَهُمْ فِي آذَانِهِمْ وَاسْتَغْشَوْا ثِيَابَهُمْ وَأَصَرُّوا وَاسْتَكْبَرُوا اسْتِكْبَارًا

"œParvardigorim, albatta men qavmimni kechayu-kunduz da’vat etdim. Da’vatim ularga faqat imondan qochishni ziyoda qildi, xolos. Darvoqe, men ularni har qachon Sening mag‘firatinga da’vat qilsam, ular barmoqlarini quloqlariga tiqib, kiyimlarini boshlariga o‘radilar va kibr-havoga berildilar". (Nuh, 5-7.)

وَقَالَ نُوحٌ رَبِّ لا تَذَرْ عَلَى الأرْضِ مِنَ الْكَافِرِينَ دَيَّارًا (٢٦)إِنَّكَ إِنْ تَذَرْهُمْ يُضِلُّوا عِبَادَكَ وَلا يَلِدُوا إِلا فَاجِرًا كَفَّارًا

"œEy Robbim, yer yuzida kofirlardan birortasini tirik qo‘ymagin, agar ularni tirik qo‘ysang, albatta Sening yaxshi bandalaringni yo‘ldan adashtiradilar, ulardan faqat kofirlar va fojirlar dunyoga keladi", (Nuh, 26-27.)  - deb duoyibad qilib yubordilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 08:44:31
Alloh Nuh (a.s.)ning duolarini ijobat qildi va:

وَأُوحِيَ إِلَى نُوحٍ أَنَّهُ لَنْ يُؤْمِنَ مِنْ قَوْمِكَ إِلا مَنْ قَدْ آمَنَ فَلا تَبْتَئِسْ بِمَا كَانُوا يَفْعَلُونَ (٣٦)وَاصْنَعِ الْفُلْكَ بِأَعْيُنِنَا وَوَحْيِنَا وَلا تُخَاطِبْنِي فِي الَّذِينَ ظَلَمُوا إِنَّهُمْ مُغْرَقُونَ

«Nuhga vahiy qilindi: «Qavmingdan hozirgacha imon keltirganlardan boshqa endi hech kim imon keltirmas. Bas, ularning qilayotgan ishlari tufayli tashvish chekmagin! «Ey Nuh, bizning nazoratimiz va buyrug‘imiz bilan kema yasagin, menga zolimlar uchun najot so‘rab murojaat qilmagin, albatta ular g‘arq bo‘ladilar» (Hud,36-37.)  - deb maxsus bir kema yasashga buyurdi.

Nuh (a.s.) yog‘och-taxtalarni yig‘ib, chekka bir joyda kema yasay boshladilar. Yaqin masofada dengiz ham, daryo ham yo‘q bir joyda falokatning bo‘lishini oldindan bilib kema yasashga urinishlari va misli ko‘rilmagan hajmdagi katta kemani eski ustalardek yasayotganlari Nuh alayhissalomning payg‘ambarlik mo‘‘jizalari edi. Qavmlari buni ko‘rib, Nuhni masxara qilib, ustilaridan kula boshlashdi.

«Ey Nuh, bugungacha payg‘ambarlik da’vosini qilgan eding, endi duradgor ustaga aylanibsan-da! Payg‘ambarlikdan voz kechdingmi yoki duradgorlikka qiziqib qoldingmi?» dedilar. Ba’zilar esa: «Yaqinda dengiz yoki daryo bo‘lmasa, kemangni havoga aytib ko‘tartirasanmi?» deb istehzo qildilar. Kema mukammal bitgandan keyin Alloh taolo Nuh (a.s.)ga:

حَتَّى إِذَا جَاءَ أَمْرُنَا وَفَارَ التَّنُّورُ قُلْنَا احْمِلْ فِيهَا مِنْ كُلٍّ زَوْجَيْنِ اثْنَيْنِ وَأَهْلَكَ إِلا مَنْ سَبَقَ عَلَيْهِ الْقَوْلُ وَمَنْ آمَنَ وَمَا آمَنَ مَعَهُ إِلا قَلِيلٌ

«To bizning buyrug‘imiz kelib, ishlar keskinlashgach, aytdik: «(Ey,Nuh!) Unga (kemaga) har bir jonivordan bir juftdan va ahlingni, illo (ahlingdan kimlarga g‘arq bo‘lish haqida Bizdan) so‘z kechgan bo‘lsa, ular mustasno, hamda imon keltirganlarni ortgin! Vaholonki, u bilan birga imon keltirganlar ozchilikdir», (Hud, 40.) — deb amr qildi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 08:49:04
Mashhur Nuh to‘foni boshlanib, birdan osmon teshilgandek, yer yorilgandek bo‘ldi. Osmondan jala quya boshladi, tog‘dan ham, toshdan ham, tekis yerdan ham suv otilib, sel oqa boshladi, hamma yerni suv bosib, to‘lqinlar bor narsani o‘z qa’riga torta boshladi, maxluqotlaru mavjudotlarning bari suv ostida qoldi. Faqatgina Nuh (a.s.) va u kishi bilan kemada bo‘lgan insonlar va maxluqotlargina najot topib, suv yuzida suzib ketdilar.

Nuh (a.s.)ning ayollari va kenja o‘g‘illari Kan’onni shayton yo‘ldan ozdirdi. U kemadan suvga o‘zini tashlab, otasining chaqiruviga quloq solmadi.

وَهِيَ تَجْرِي بِهِمْ فِي مَوْجٍ كَالْجِبَالِ وَنَادَى نُوحٌ ابْنَهُ وَكَانَ فِي مَعْزِلٍ يَا بُنَيَّ ارْكَبْ مَعَنَا وَلا تَكُنْ مَعَ الْكَافِرِينَ (٤٢)قَالَ سَآوِي إِلَى جَبَلٍ يَعْصِمُنِي مِنَ الْمَاءِ قَالَ لا عَاصِمَ الْيَوْمَ مِنْ أَمْرِ اللَّهِ إِلا مَنْ رَحِمَ وَحَالَ بَيْنَهُمَا الْمَوْجُ فَكَانَ مِنَ الْمُغْرَقِينَ

«U (kema) ularni tog‘lardek to‘lqinlar ichida olib borar ekan, Nuh chekkada turgan o‘g‘lini chaqirib dedi: «Ey, o‘g‘ilcham! Biz bilan birga kemaga mingin! Kofirlar bilan birga bo‘lmagin! U (o‘g‘li) dedi: «Men suvdan saqlaydigan biror toqqa chiqib najot topaman», - deb qoyaga osildi.

Ammo to‘lqin uni urib yiqitdi-da, o‘z qa’riga tortib ketdi. Bu voqeani ko‘rib Nuh (a.s.)ning yuraklari ezildi, farzandlariga achindilar, Allohga iltijo qilib:

وَنَادَى نُوحٌ رَبَّهُ فَقَالَ رَبِّ إِنَّ ابْنِي مِنْ أَهْلِي وَإِنَّ وَعْدَكَ الْحَقُّ وَأَنْتَ أَحْكَمُ الْحَاكِمِينَ

«Nuh robbiga nido qilib dedi: «Ey Robbim, farzandim mening ahlimdan. Sening (oilamni saqlashga bergan) va’dang esa haq va Sen hukm qiluvchilarning eng donosi va (odili)san», - dedilar. Alloh subhanahu va taolo:

قَالَ يَا نُوحُ إِنَّهُ لَيْسَ مِنْ أَهْلِكَ إِنَّهُ عَمَلٌ غَيْرُ صَالِحٍ فَلا تَسْأَلْنِي مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ إِنِّي أَعِظُكَ أَنْ تَكُونَ مِنَ الْجَاهِلِينَ (٤٦)قَالَ رَبِّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ أَنْ أَسْأَلَكَ مَا لَيْسَ لِي بِهِ عِلْمٌ وَإِلا تَغْفِرْ لِي وَتَرْحَمْنِي أَكُنْ مِنَ الْخَاسِرِينَ

«Ey Nuh, u sening ahling emas, u yomon ish qildi.  Bas, Mendan o‘zing yaxshi bilmagan narsani so‘ramagin! Men senga johillardan bo‘lishingdan qaytarib nasihat qilaman».Nuh aytdi: «Robbim! Men Sendan o‘zim bilmagan narsani so‘rashimdan panoh tilayman. Agar meni kechirmasang va menga rahm qilmasang, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lurman». (Hud, 42-47.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 09:34:41
Allohning hukmi bajarilib, barcha insonlar va hayvonlar suvga g‘arq bo‘lib, Yer yuzi nopoklardan tozalandi. Nuhning kemasi 150 kun mobaynida suvda suzib, Arabiston yarim orolidagi Judiy tog‘ining ustida to‘xtadi.

Qatoda (r.a.) rivoyat qiladilarki, Nuh va hamrohlari Rajab oyining o‘ninchi kunida kemaga minib, 150 kun suvda suzganlar va Al-Judiy tog‘i ustida yana bir oy turganlar, muharram oyining o‘ninchi kuni kemadan chiqish buyurilgan. Ibn Jarir Tabariyning rivoyatiga qaraganda, Nuh (a.s.) va hamrohlari shu kuni ro‘za tutishgan.

Muhammad ibn Ishoq aytadi: «Alloh taolo To‘fonning to‘xtashini iroda qildi va Yer yuziga shamol yubordi. Uning kuchi bilan mavjlar to‘xtadi, buloqlar yopildi. To‘fon boshlangan vaqtdan yettinchi oyning o‘ninchi  kunida kema Al-Judiy tog‘i ustida turib qoldi. O’ninchi oyda esa tog‘larning cho‘qqilari ko‘zga tashlana boshladi. Oradan  yana qirq kun o‘tgandan keyin, Nuh (a.s.) kemaning tuynugini ochdilar va quruqlikni topish maqsadida qarg‘ani uchirib yubordilar. Qarg‘a qaytib kelmadi. Keyin Nuh (a.s.) kaptarni uchirdilar. Kaptar ham qo‘nish uchun joy topolmadi. Nuh (a.s.) kaftlarini yozib, qo‘llarini yuqoriga ko‘targan edilar, kaptar qaytib kelib unga qo‘ndi.

Kemada yana yetti kun turdilar. Keyin yana kaptarni uchirdilar. Kaptar kun bo‘yi qaytib kelmasdan, kechki payt og‘zida zaytun daraxti bargini tishlagan holda keldi. Nuh (a.s.) suvning biroz kamayganini, Yer yuzi ochila boshlaganini bildilar. Yana yetti kundan so‘ng Nuh (a.s.) kaptarni ikkinchi marta uchirdilar. Kaptar qaytib kelmadi. Nuh (a.s.) bildilarki, Yerning yuzi to‘liq ochilgan.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 09:48:53
Yahudiylarning qo‘llaridagi Tavrotda yozilishicha, Alloh taolo To‘fon balosini yuborgandan to Nuh (a.s.) kaptarni ikkinchi bor uchirgan kunlarigacha bir yilu bir kun o‘tdi. (Tavrot, "œIbtido". 3-bob, 13-bet.) 

Ikkinchi yilning ikkinchi oyi yigirma oltinchi kechasida Alloh taolo Nuh (a.s.)ga shunday vahiy yubordi: (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 71-bet.)

قِيلَ يَا نُوحُ اهْبِطْ بِسَلامٍ مِنَّا وَبَرَكَاتٍ عَلَيْكَ وَعَلَى أُمَمٍ مِمَّنْ مَعَكَ وَأُمَمٌ سَنُمَتِّعُهُمْ ثُمَّ يَمَسُّهُمْ مِنَّا عَذَابٌ أَلِيمٌ

«Aytildi: «Ey, Nuh! Bizdan bo‘lmish salomatlik va senga va sen bilan birgalikdagi jamoalarga (atalgan) barakotlar bilan (kemadan Yerga) tushgin! Ummatingdan kelajakda shunday kofir jamoalar ham bo‘ladiki, ularni ozgina bahramand qilurmiz, so‘ngra ularni Bizdan (yuboriluvchi) alamli azoblar tutar». (Hud, 48.)

Nuh (a.s.) tirik qolgan mo‘minlar, uch o‘g‘illari va kelinlari hamda kemadagi maxluqotlar bilan Yerda ikkinchi bor hayot kechirish uchun kemadan tushdilar.

Ibn Abbos (r.a.)ning rivoyat qilishlaricha, Nuh (a.s.) Yerga tushib, Allohga ko‘p shukrlar keltirdilar, uzoq vaqt ibodat qilib, Allohga yolborib, insonlarni boshqa ommaviy to‘fonga yo‘liqtirmaslikni iltijo bilan so‘radilar. Alloh taolo Nuh (a.s.)ning bu duolarini ham qabul etdi va va’dasiga ishora sifatida bulut ustida kamalakni zohir qildi. Bu kamalak o‘qsiz holatda bo‘lib, xalqqa ommaviy to‘fondan omonlik alomatidir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 09:50:04
Tarixiy to‘fonning sodir bo‘lganini majusiy dinidagi forslar inkor etadilar. Ba’zilari e’tirof etsalar-da: «To‘fon Yer yuzining bir qismida-Bobil zaminida bo‘lgan, bizgacha yetib kelmagan», - deydilar.

Holbuki, Allohning vahdoniyatiga ishongan har qanday diyonat kishisining imoni komilki, Alloh taolo o‘zining ulug‘ payg‘ambari Nuh (a.s.)ning «butun dunyoda bitta ham kofirni qo‘ymagin», degan duolarini ijobat qilgani uchun to‘fon balosini yubordi. Agar Yerning bir chekkasida to‘fon bo‘lib, ikkinchi chekkasi omon qolgan bo‘lsa, bir tarafdagi kofirlar jazoga mahkum etilib, ikkinchi tarafdagilar afv etilgan bo‘lsa, Nuh (a.s.)ning duolari mustajob etilmagan bo‘lardi.

Alloh subhonahu va taolo Nuh (a.s.)ni Qur’oni karimda:

ذُرِّيَّةَ مَنْ حَمَلْنَا مَعَ نُوحٍ إِنَّهُ كَانَ عَبْدًا شَكُورًا

«Albatta Nuh ko‘p shukr aytuvchi banda edi»,(Isro, 3.) -deb, taom uchun ham, sharob uchun ham, libos uchun ham va boshqa har qanday yaxshilik uchun ko‘p shukr aytishini bayon etgan.

Ibn Moja «Nuh payg‘ambarning ro‘zasi» bobida shunday hadis rivoyat qilgan: «Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytadilar: «Men Rasululloh (s.a.v)ning shunday deganlarini eshitdim:

«Nuh (a.s.) umr bo‘yi ro‘za tutganlar, faqat iydul-fitr va iydul-azho kunlarigina og‘izlari ochiq bo‘lardi. Dovud (a.s.) bir kun ro‘za tutardilar, bir kun og‘izlari ochiq yurardilar. Ibrohim (a.s.) bir yil ro‘za tutardilar, bir yil tutmas edilar. Tutgan yillari esa har oyda uch kun ro‘zador bo‘lardilar».(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 72-bet. Mazkur hadis Ibn Mojjaning Sunanida rivoyat qilingan va za’if hadislar qatoriga qo‘shilgan)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 09:51:42
Al-Hofiz Abu Ya’loning rivoyat qilishicha, Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v) hajga jo‘nadilar. Asfon vodiysiga yetganda: «Ey Abu Bakr, bu qanday vodiy?» - deb so‘radilar. Abu Bakr (r.a.): «Bu Asfon vodiysi» - dedilar. Rasululloh (s.a.v): «Mana shu vodiydan Nuh, Hud, Ibrohimlar (a.s.) qizil tuyalariga minib, aboga o‘ralib, Allohning baytini haj qilishga kelganlar» - dedilar.

Imom Tabaroniyning hadis kitobida Abdulloh ibn Amrning rivoyat qilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: «Nuh payg‘ambarning o‘g‘lilariga qilgan vasiyatlarida: «Seni ikki narsadan qaytaraman va ikki narsaga buyuraman» - dedilar va «shirk» bilan «kibr»dan saqlanishga, «La ilaha illalloh» bilan «Subhanallohi va bihamdihi subhanallohil azim»ni ko‘p aytishga buyurdilar».

Vahb ibn Munabbahning aytishicha, Nuh (a.s.)ning o‘g‘illari: Som ibn Nuh — arablarning, forslarning va rumliklarning otasidir; Hom ibn Nuh — sudanlik va boshqa afrikalik qora tanlilarning otasidir; Yofas ibn Nuh esa turklar, ya’juj — ma’jujlar va boshqa osiyolik qavmlarning otasidir.

Yer yuzidagi insonlar shu uch o‘g‘ildan tarqalgani uchun Nuh (a.s.)ni ikkinchi Odam ham deyiladi. Nuh payg‘ambar 1000 yil umr ko‘rib vafot etganlaridan keyin Makkada dafn etilganlar.

Ibn Jarir Tabariyning rivoyatlariga ko‘ra, Nuh (a.s.)ning qabrlari Masjid ul-harom ichidadir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 09:52:51
Nuh payg‘ambar qissasidan dars va ibratlar

Nuh (a.s.)ning qavmlariga jazo tariqasida yuborilgan To‘fon balosi haqida Qur’on oyatlarini o‘qir ekanmiz, avvalo bu balo insoniyat boshiga tushgan balolarning eng qattig‘i va dahshatlisi ekanini ko‘ramiz. Bunday jazoga, hattoki undan qattiqrog‘iga ham Alloh qodirdir:

وَقَوْمَ نُوحٍ لَمَّا كَذَّبُوا الرُّسُلَ أَغْرَقْنَاهُمْ وَجَعَلْنَاهُمْ لِلنَّاسِ آيَةً وَأَعْتَدْنَا لِلظَّالِمِينَ عَذَابًا أَلِيمًا

«Nuh qavmini eslang! Qachonki, ular payg‘ambarlarini inkor etishgach, Biz ularni g‘arq qildik va ularni odamlar uchun ibrat qilib qo‘ydik. Yana biz bu kabi zolimlar uchun oxiratda ham alamli azob tayyorlab qo‘yganmiz». (Furqon, 37.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 09:54:01
Bu qissaning bayonida kitobxon uchun bir necha ibratli masalalar mavjud:

1. Qissani bayon qilish uslubi. Alloh taolo To‘fonning dahshatini shunday tasvir etganki, bundagi balog‘at va fasohat Qur’oni karimning mo‘‘jizalaridandir. Alloh taolo shunday deydi:

كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ فَكَذَّبُوا عَبْدَنَا وَقَالُوا مَجْنُونٌ وَازْدُجِرَ (٩)فَدَعَا رَبَّهُ أَنِّي مَغْلُوبٌ فَانْتَصِرْ (١٠)فَفَتَحْنَا أَبْوَابَ السَّمَاءِ بِمَاءٍ مُنْهَمِرٍ (١١)وَفَجَّرْنَا الأرْضَ عُيُونًا فَالْتَقَى الْمَاءُ عَلَى أَمْرٍ قَدْ قُدِرَ (١٢)وَحَمَلْنَاهُ عَلَى ذَاتِ أَلْوَاحٍ وَدُسُرٍ (١٣)تَجْرِي بِأَعْيُنِنَا جَزَاءً لِمَنْ كَانَ كُفِرَ

«Ulardan (Makka kofirlaridan) oldin Nuh qavmi ham (Uni) inkor etgan edi. Ular bandamiz (Nuh)ni yolg‘onchiga chiqarishib: «(U) bir majnun», - dedilar va u (payg‘ambarlik ijrosidan) to‘sib qo‘yildi. Shunda u Parvardigoriga: «Men mag‘lubdirman, yordam qilgin!» - deb duo qildi. Biz osmon darvozalarini tinimsiz quyiluvchi suv bilan ochib yubordik. Yana Yerdan buloqlar chiqarib yubordik. Bas, (osmon va Yer) suvi taqdir qilib qo‘yilgan bir ish uzra uchrashdilar. Uni (Nuhni) esa taxtalaru mixlar yasamasida (kemada) ko‘tardik. U kema bizning «ko‘zlarimiz» o‘ngida suzar. (Bu) inkor qilingan kishi (Nuh) uchun mukofotdir».(Qamar, 9-14.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 09:56:15
Oyatning ma’nosiga e’tibor berilsa, Alloh taolo agar «osmondan qattiq yomg‘ir yog‘dirdik» yoki «Yerdagi buloqlardan suv toshirdik» desa, bu iboralar butun Yer yuziga yoyilgan To‘fon balosi to‘g‘risida to‘liq tasavvur bermasdi.

To‘fonning to‘xtatilishi haqidagi tasvirda esa balog‘atning eng yuqori darajasidan foydalanilgan, ya’ni Alloh o‘zining hamma narsaning egasi, hamma ishga qodir ekanligiga ishora qilish bilan birga, To‘fon balosi Uning hukmi va bu albatta sodir etilganiga hech qanday shak-shubha yo‘qligini qisqa va qat’iy ibora bilan bayon etgan:

وَقِيلَ يَا أَرْضُ ابْلَعِي مَاءَكِ وَيَا سَمَاءُ أَقْلِعِي وَغِيضَ الْمَاءُ وَقُضِيَ الأمْرُ وَاسْتَوَتْ عَلَى الْجُودِيِّ وَقِيلَ بُعْدًا لِلْقَوْمِ الظَّالِمِينَ

«(So‘ngra) aytildi: «Ey Yer! Suvingni yutgin! Ey osmon! O’zingni tutgin (yog‘ishni bas qil)!» Suv quridi, buyruq ado etildi va kema Judiy tog‘i uzra qo‘ndi hamda «Zolimlar qavmiga - halokat!» - deyildi. (Hud, 44.) 

Oyatdagi oxirgi jumla esa, halok bo‘lganlarning barchasi shunday jazoga loyiq bo‘lganlarini ko‘rsatadi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 09:57:11
2. Qur’onning barcha xabarlari ilmiy haqiqatdir.

Qur’oni karimda shunday xabar va ma’lumotlar borki, ularning barchasini o‘n to‘rt asrdan buyon arablar o‘z aql-idroklariga yarasha tushunib keladilar va tasdiq etadilar. Bu ma’lumotlarning rostligini endilikda turli millat olimlari ilmiy tajriba, kuzatish va tahlillar natijasida isbot qilmoqdalar. Ilmiy kashfiyotlar bilan o‘z isbotini topgan ma’lumotlar Qur’oni karimda juda ko‘p. Misol tariqasida shulardan ikkitasini ko‘rib chiqamiz. Alloh taolo «Nuh» surasida:

وَجَعَلَ الْقَمَرَ فِيهِنَّ نُورًا وَجَعَلَ الشَّمْسَ سِرَاجًا

«(Alloh) oyni ular ichida nur qilib, quyoshni esa chiroq qilib qo‘ydi» (Nuh, 16.) — degan    jumla bilan, quyoshni ichidagi yog‘ va pilik bilan yonadigan chiroqqa, oyni esa uning nuridan akslanib yorug‘ beradigan narsaga o‘xshatadi. Olimlar quyosh va oy ustida tadqiqot olib borib, quyoshning yonayotgan gaz majmu’asidan iborat ekanini, u o‘zining yadrosidan quvvat olib yonishi natijasida, ham issiqlik, ham yorug‘lik tarqatib turishini, oy esa Yer singari oddiy moddadan iborat bo‘lib, quyoshning nuridan akslanib, olamga uning nurini taratishini isbotlaganlar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 09:58:10
Alloh taolo ushbu surada:

وَاللَّهُ أَنْبَتَكُمْ مِنَ الأرْضِ نَبَاتًا (١٧)ثُمَّ يُعِيدُكُمْ فِيهَا وَيُخْرِجُكُمْ إِخْرَاجًا

«Alloh taolo sizlarni (Odamni) yerdan undirdi (paydo qildi). So‘ngra (vafot etganlaringizda) sizlarni yana yerga qaytarur va (Qiyomatda) sizlarni yana chiqarur»(Nuh, 17-18.) deb, insonning asli yerdan yaratilganiga ishora qilyapti. Haqiqatdan ham insonning yaratilishi tuproqdan bo‘lgani uchun, uning hayotini davom etishi ana shu tuproqqa bog‘liqdir. Inson o‘ziga kerakli moddani tuproqdan chiqqan o‘simliklar, mevalar va donlardan oladi. Hattoki u hayvonlarning, parrandalarning va suvdagi baliqlarning go‘shtini iste’mol qilsa ham, ularning tarkibida yerdan unib chiqqan o‘simlik moddasi mavjud. O’simliklarning manbai esa yerdir. Bu narsa biolog olimlar tomonidan ilmiy isbotlangan haqiqatdir.

Demak, o‘n to‘rt asr avval Qur’oni karim orqali juda qisqa iboralar bilan aytib o‘tilgan ma’lumotlarning ilmiy isbotlanishi uning mo‘‘jizaviy ilohiy kalom ekanligiga dalolat qiladi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 09:59:16
3. Alloh nazdida barcha insonlar tengdir. Alloh taolo Nuh payg‘ambar zamonidan boshlab ikki tabaqaga — kiborlar va fuqarolarga bo‘linib ketgan Odam avlodini bir-birlaridan ortiqliklari yo‘qligini, hammalari ham bir ota, bir onadan yaratilganliklarini, shuning uchun bir-birlarini kamsitmasdan, aksincha qo‘llab-quvvatlab yashashlari lozim ekanligini eslatadi. Chunki, kiborlik illati inson ko‘zini ko‘r, aqlini zaiflashtirib qo‘yadi. Natijada, unday kimsalar haqni tan olmaydi, zaiflarga zulm qilishga o‘tadi, Alloh huzuridan kelib, imonga da’vat etadigan payg‘ambarlarni ham inkor etadi, tajovuz qiladi. Barcha yaxshiliklardan, ne’matni bardavomligidan, imondan va oxiratdagi mukofotdan manmanlik sababli mahrum bo‘ladi. Alloh taolo Nuh (a.s.)ning qissalarida ham ikki tabaqaning shunday tafovutini bayon etadi, ularning fuqarolari Nuh (a.s.)ning da’vatlariga quloq tutgan holda, kiborlari Nuhning payg‘ambarliklarini inkor qildilar:

فَقَالَ الْمَلأ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ قَوْمِهِ مَا نَرَاكَ إِلا بَشَرًا مِثْلَنَا وَمَا نَرَاكَ اتَّبَعَكَ إِلا الَّذِينَ هُمْ أَرَاذِلُنَا بَادِيَ الرَّأْيِ وَمَا نَرَى لَكُمْ عَلَيْنَا مِنْ فَضْلٍ بَلْ نَظُنُّكُمْ كَاذِبِينَ

«Bas, (Nuh) qavmi orasidagi kufrga ketgan zodagonlari dedilar: «Seni (biz) xuddi o‘zimizdek (oddiy) inson deb bilamiz va senga faqat bechorahol kishilargina (o‘ylamay) bir ko‘rishda ergashayotganini ko‘rayapmiz. Sizlarning bizdan ortiq joyingizni ko‘rmayapmiz. Balki, sizlarni yolg‘onchi deb gumon qilmoqdamiz». (Hud, 27.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 10:00:29
Zodagonlar o‘zlarini kambag‘allar bilan birga teng bo‘lib Nuh (a.s.)ning da’vatlarini qabul etishga ko‘nmadilar, bunga ulardagi manmanlik yo‘l bermadi. Buning ustiga ular, Nuh (a.s.)ning huzuriga kelgan va imonni qabul etgan kambag‘allarni haydab yuborishni ham Nuh (a.s.)dan talab qildilar. Nuh (a.s.) esa ularga javoban shunday dedilar:

وَيَا قَوْمِ لا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ مَالا إِنْ أَجْرِيَ إِلا عَلَى اللَّهِ وَمَا أَنَا بِطَارِدِ الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّهُمْ مُلاقُو رَبِّهِمْ وَلَكِنِّي أَرَاكُمْ قَوْمًا تَجْهَلُونَ

«Men (sizlarning talabingiz bilan) imon keltirganlarni (huzurimdan) quvib chiqaruvchi emasman. Zero, ular Parvardigorlari bilan ro‘baro‘ bo‘luvchilardir. Lekin sizlarning johil qavm ekanligingizni ko‘rib turibman».(Hud, 29.)

Alloh taolo Nuh (a.s.) qissalari orqali boylar va kiborlar bilan kambag‘al fuqarolar o‘rtasida biror tafovut yo‘qligini, kiborlar uchun hech qanday imtiyoz ham berilmasligini bayon etishni iroda qildi. Allohning huzuridagi huquq va vojibot-burchda hamma insonlar teng. Faqatgina taqvoli va ilmli insonlargagina dunyoda ham, oxiratda ham fazl beriladi:

إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ

«Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir».(Hujurot, 13.)

Alloh taolo «Nuh» surasidagi oyati karimada shundan ogohlantiradiki, agar boy va kiborlar Alloh payg‘ambarining haq da’vatiga quloq osganlarida, insonlar orasida tabaqalanish paydo bo‘lmas edi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 10:02:10
4. Inson jasoratli va qat’iyatli bo‘lishi kerak. Nuh (a.s.) qissalaridan yana bir dars shuki, inson sifatlari orasida jasorat va qat’iyat juda katta fazilatdir. Bu fazilat bilan har qanday muammoni hal etish, har qanday qiyinchilikdan qutulib ketish mumkin.

Alloh taolo Nuh (a.s.)ga ana shu fazilatni bergan edi. Qavm uni jinni deb masxara qildi, toshbo‘ron qilamiz deb qo‘rqitdi:

إِنْ هُوَ إِلا رَجُلٌ بِهِ جِنَّةٌ فَتَرَبَّصُوا بِهِ حَتَّى حِينٍ
«(Zodagonlar): «U (ya’ni Nuh) faqat bir jinni odamdir. Bas, uni biroz vaqtgacha kuzatib turinglar», - dedilar».(Mu’minun, 25.)

قَالُوا لَئِنْ لَمْ تَنْتَهِ يَا نُوحُ لَتَكُونَنَّ مِنَ الْمَرْجُومِينَ

«Ular dedilar: «Qasamki, agar (da’vatingdan) to‘xtamasang, ey Nuh, albatta, toshbo‘ron qilinuvchilardan bo‘lursan!». (Shuaro, 116.)

Nuh (a.s.)dagi ana shu jasorat va qat’iyatlik Allohga bo‘lgan imonlarining mustahkamligida, yaxshilik ham, yomonlik ham Uning xohish-irodasisiz amalga oshmaslikka ishonishlarida edi.   
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 21:15:35
2.5.  HUD  (A.S.)

Hud payg‘ambarning qissalari Qur’oni karimda uch suraning yetti oyatida kelgan.

Arabiston yarim oroli-Jaziradagi bir tog‘ vodiysida(Yaman bilan Ummon orasida joylashgan Ahqof tog‘i yonidagi Hazramaut  vodiysi) Od qabilasi bo‘lib, ular nihoyatda baquvvat, sog‘lom, yeyish-ichishdan serob, ob-havosi yoqimli joyda farovon hayot kechirishardi. Hamma yerda buloqlardan suvlar oqib yotar, yerlari dehqonchilikka moslangan fayzli joy edi.

Od qabilasining kelib chiqish tarixida Ibn Jarir Tabariy Vahb ibn Munabbahdan shunday nasab bayon etadi: «Som ibn Nuhning xotini Saliyb binti Batoviyl ibn Mahvil ibn Xanux ibn Qaynon ibn Odam (a.s.) edi. Undan bir necha o‘g‘il dunyoga keldi: Afxashz ibn Som, Ashvaz ibn Som, Lovaz ibn Som, Uvaylam ibn Som.

Som ibn Nuhning yana bir Eram ibn Som nomli o‘g‘li ham bo‘lgan, lekin uning onasi Somning boshqa o‘g‘illarining onasi bilan birmi yoki boshqami ekanligi noma’lumdir. Nasab bilimdonlarining aytishlaricha, Od va Samud qabilalari Eram ibn Somdan tarqalgan zurriyotdir.

Somning o‘g‘li Lovaz ibn Som  amakisi Yofasning Shabaka ismli qiziga uylangan va undan Fors, Jurjon, Tasm, Amliyq ismli o‘g‘illar tug‘ilgan edi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 21:21:08
Amliyq ibn Lovaz ibn Som avlodlariga «Amoliyqa» deb nom berilgan va ular juda ko‘p bo‘lib, turli yerlarga tarqalib ketgan edilar. Mashriqliklar, hijozliklar, shomliklar, misrliklar, kan’onliklar va Misr fir’avnlari amoliyqalardan edi.
Bahraynliklar, ummonliklar Josim deb nomlanardi. Ular shaharlarda yashar edilar.

Lovazning Fors nomli o‘g‘lidan forslar tarqaldi lar. Uning Tasm, Amliyq, Umaym va Josim nomli o‘g‘illaridan esa arablar tarqalib, ular tabiiy arab tilida gaplashardilar. Ularni «haqiqiy arablar» deyiladi. Ismoil payg‘ambarga nisbat beriladigan arablarni esa «arablashgan arablar» deyiladi. Chunki avval boshqa tilda so‘zlashadigan Jurhum qabilasi arablarga aralashgandan keyingina arab tiliga o‘tishgan.

Somning o‘g‘li Eram ibn Som  Avs nomli o‘g‘il ko‘rdi. Avs ibn Eram esa uch o‘g‘il ko‘rdi: G’osir, Od va Ubayl. G’osir esa Samud, Judays nomli ikki o‘g‘il ko‘rdi.

Od, Samud, Amoliyqa, Umaym, Josim, Judays, Tasm avlodlarining barchasi arablar edi.

Od qabilasi Arab dengizi va Adan qo‘ltig‘i sohillari bo‘ylab cho‘zilib ketgan Xazramavtdan Yamangacha bo‘lgan yerlarning hammasini egallagan edi. 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 21:34:10
Od qabilasining hukmdori Shaddod ismli kishi bo‘lib, xalqqa o‘zini Alloh deb tanitgan edi. Jannatga qiyos qilib bir shahar qurdirib, unga «Bog‘i Eram» (Ibn Xaldun o‘zining tarix kitobida shunday yozadi: «Bu yerda (Hazramavtda) Eram nomli hech qanday shahar yo‘q. Bu  napca xurofiy qissalardan bo‘lib, mufassirlarning zaiflari o‘z tafsirlarida rivoyat qilganlar. Ammo oyatda zikr etilgan «Eram» so‘zi qabila nomini bildiradi. (Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al-anbiyo fil Qur’onil Karim. Lubnon. 86-bet.)  Ba’zi olimlarning fikrlaricha, Eram Yer yuzida aylanib yuradi: ba’zida Shomda, ba’zida Yamanda, ba’zi vaqtda esa Hijozda. (Ibn Kasir. Qisasul anbiyo. Qohira. 74-75-betlar.)  deb nom bergan edi.

Qabila odamlari ularga shunday ne’mat va farovon hayotni muhayyo qilib bergan Allohga emas, balki, butlarga, sanamlarga va hukmdor Shaddodga sig‘inardilar. (Z -102 .1988 (Talxis...))

Tarixchilarning xabarlariga qaraganda, Od qavmining uchta butlari bo‘lib, ular: Sado, Samud va Al-Habo (Ibn Kasirning "œQisasul-anbiyo» kitobida Od qavmi butlarining nomlari Samad, Samud va Haro deb keltirilgan. 75-bet.)  deb nomlanardi.

Ular but va sanamlarni o‘z qo‘llari bilan yasagan bo‘lsalarda, quvonch kelsa, sanamlarga sig‘inib shukr qilishar, musibatdan ham ularga iltijo qilar edilar. Keyinchalik u yerda fasod qo‘zg‘ab zo‘ravonlar tajovuz qilishib, zaiflarning ustidan hukmronlik qilishga o‘tdilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 21:37:17
Alloh ularni hidoyatga chorlash, Xudoni tanitish va sanamlardan voz kechishlari uchun Hud (To‘liq ismlari Hud ibn Abdulloh ibn Raboh ibn Al-Xalud ibn Od ibn Avs ibn Eram ibn Som ibo Nuhdir. Ba’zi nasab olimlarining aytishlaricha, Hud Obir ibn Sholix ibn Arfaxshad ibn Som ibn Nuhdir) (a.s.)ni payg‘ambar qilib yubordi:

وَإِلَى عَادٍ أَخَاهُمْ هُودًا قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُمْ مِنْ إِلَهٍ غَيْرُهُ إِنْ أَنْتُمْ إِلا مُفْتَرُونَ

«Od qabilasiga birodarlari Hudni (payg‘ambar) qilib yubordik. U aytdi: «Ey, Qavmim! Allohga sig‘iningiz! Sizlarga Undan o‘zga iloh yo‘qdir! Siz (soxta ilohlarni) faqat o‘zlaringiz to‘qib oluvchisizlar». (Hud, 50.)

وَإِلَى عَادٍ أَخَاهُمْ هُودًا قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُمْ مِنْ إِلَهٍ غَيْرُهُ أَفَلا تَتَّقُونَ

«Od qavmiga ularning birodari Hudni elchi qilib yubordik. U (dedi): «Ey, qavmim! Allohga sig‘iningiz! Sizlarga undan o‘zga iloh yo‘qdir. Allohdan qo‘rqmaysizlarmi?!»(A’rof, 65.) — deb  yolg‘iz Allohga imon keltirishga chaqirdilar, toshlardan yasalgan haykallar insonga hech nima berolmasligini, ularning qo‘llaridan foyda ham, zarar ham yetkazish kelmasligini tushuntirdilar. Ammo qabila a’zolari tushunishni istamadilar. «Sening esing past, fikring sayoz, sen ham biz bilan yursang, biz yegan ovqatni yesang, biz ichgan narsani ichsang, bizdan nima ortiqliging borki, Xudoying bizni emas, seni payg‘ambarlikka tanlasin», deb gustohlik qildilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 21:39:26
قَالَ الْمَلأ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ قَوْمِهِ إِنَّا لَنَرَاكَ فِي سَفَاهَةٍ وَإِنَّا لَنَظُنُّكَ مِنَ الْكَاذِبِينَ (٦٦)قَالَ يَا قَوْمِ لَيْسَ بِي سَفَاهَةٌ وَلَكِنِّي رَسُولٌ مِنْ رَبِّ الْعَالَمِينَ (٦٧)أُبَلِّغُكُمْ رِسَالاتِ رَبِّي وَأَنَا لَكُمْ نَاصِحٌ أَمِينٌ

«Qavmining kofir bo‘lgan zodagonlari aytdilar: «Biz seni nodonlikda ekaningni ko‘rayapmiz. Biz seni yolg‘onchilardanmikan, deb gumon qilyapmiz». (U) aytdi: Ey, qavmim! Menda nodonlik yo‘q. Lekin, men olamlar Robbidan yuborilgan elchidirman. Sizlarga Robbimning topshiriqlarini yetkazurman va men sizlarga ishonchli nasihatgo‘yman». (A’rof, 66-68.) 

وَمَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ إِنْ أَجْرِيَ إِلا عَلَى رَبِّ الْعَالَمِينَ (١٢٧)أَتَبْنُونَ بِكُلِّ رِيعٍ آيَةً تَعْبَثُونَ (١٢٨)وَتَتَّخِذُونَ مَصَانِعَ لَعَلَّكُمْ تَخْلُدُونَ (١٢٩)وَإِذَا بَطَشْتُمْ بَطَشْتُمْ جَبَّارِينَ (١٣٠)فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ

«Men bu da’vatim uchun sizlardan mukofot so‘ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir. Sizlar har bir tepalikka o‘yin-kulgi uchun bir belgi (baland imoratlar) quraverasizlarmi?! Go‘yo mangu yashaymiz, deb qasrlarni solaverasizlarmi?! Qachon biror kishini jazoga tutsangizlar, berahmlarcha tutasizlarmi?! Bas, Allohdan qo‘rqinglar va menga itoat etinglar!». (Shuaro, 127-131.)     
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 21:42:03
Hud (a.s.) ularga: «Sizlar bilan qancha vaqt birga yashagan bo‘lsam, biror marta mening aqlim pastligini sezgan emasdinglar, biror marta sizlarga noto‘g‘ri maslahat bermagan edim. Agar Alloh taolo meni payg‘ambarlikka tanlagan, sizlarni hidoyatga chorlagan bo‘lsa, bu Allohning marhamati-ku! Agar Yaratgan payg‘ambar yubormaganda, sizlar bilan ishi bo‘lmay o‘z hollaringga tashlab qo‘yganida bundan yomon dahshat bo‘lmasdi-ku! Aqllaringni ishlatinglar, haqiqatni ko‘ringlar, gunohlaringga tavba qilib, imon keltiringlar, shunda Alloh hayotingizni yanada farovon qilib, molu-dunyoingizni ziyoda qiladi, quvvatlaringizni oshiradi, aks holda Allohning azobiga giriftor bo‘lasizlar», - dedilar.

قَالُوا يَا هُودُ مَا جِئْتَنَا بِبَيِّنَةٍ وَمَا نَحْنُ بِتَارِكِي آلِهَتِنَا عَنْ قَوْلِكَ وَمَا نَحْنُ لَكَ بِمُؤْمِنِينَ (٥٣)إِنْ نَقُولُ إِلا اعْتَرَاكَ بَعْضُ آلِهَتِنَا بِسُوءٍ قَالَ إِنِّي أُشْهِدُ اللَّهَ وَاشْهَدُوا أَنِّي بَرِيءٌ مِمَّا تُشْرِكُونَ

«Ular dedilar: «Ey, Hud! Bizga biror hujjat keltirmading. Biz sening quruq gaping bilan ilohlarimizni tark etuvchi ham, senga ishonuvchi ham emasmiz. Biz seni balkim ilohlarimizdan birortasi chalib ketgandir, demoqchimiz. Hud dedi: «Men Allohni guvoh qilaman va sizlar ham guvoh bo‘lingizlarki, men sizlar keltirayotgan shirkdan bezorman».

فَإِنْ تَوَلَّوْا فَقَدْ أَبْلَغْتُكُمْ مَا أُرْسِلْتُ بِهِ إِلَيْكُمْ وَيَسْتَخْلِفُ رَبِّي قَوْمًا غَيْرَكُمْ وَلا تَضُرُّونَهُ شَيْئًا إِنَّ رَبِّي عَلَى كُلِّ شَيْءٍ حَفِيظٌ

«Agar sizlar imon va tavbadan bosh tortsangiz, bas, sizlarga yetkazishim topshirilgan narsani sizlarga yetkazib bo‘ldim. Robbim sizlardan boshqa qavmni o‘rinlaringizga xalifa qilib keltirur». (Hud, 53-54, 57.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 21:43:47
Od qabilasi payg‘ambarlari xabar bergan azobni yolg‘on deb o‘yladilar, o‘zlari qo‘llari bilan yasab olgan haykallarga sig‘inishdan voz kechmadilar. Aksincha, Hud (as)ni qo‘rqitmoqchi bo‘lib:

"œBiz butlarimizdan biriga aytamiz, azobni bizdan daf qilib, seni mahkam ushlaydi va aqlingni kirgizib qo‘yadi", - deb dag‘dag‘a qildilar.

Alloh taolo Hud (a.s.)ning payg‘ambarliklarini mo‘‘jiza bilan quvvatlash, qavmlariga esa tavba qilib, hidoyatni topib olishlariga imkon berishni iroda qildi va ketma-ket uch yil bir tomchi ham yomg‘ir yog‘dirmay qurg‘oqchilikka mubtalo qildi. Mana shu qiyinchilikdan foydalanib, Hud (a.s.) qavmlarini yana hidoyatga chaqirdilar va ularga dedilar: «Ey, qavm! Allohga tavba qilib mag‘firat etishini so‘ranglar! Agar tavba qilsangizlar, Alloh sizlarni kechiradi, osmondan yomg‘ir yog‘diradi, barakangizni qaytaradi va asli holatingizga keltirib, quvvatlaringizni ziyoda qiladi».
Ammo qavmning diliga hidoyat tushmadi, tavbaga egilmadilar. Aksincha, ular Allohning payg‘ambaridan, o‘zlari ishonmagan holda, va’da qilingan azobni so‘radilar: 

قَالُوا أَجِئْتَنَا لِنَعْبُدَ اللَّهَ وَحْدَهُ وَنَذَرَ مَا كَانَ يَعْبُدُ آبَاؤُنَا فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَا إِنْ كُنْتَ مِنَ الصَّادِقِينَ (٧٠)قَالَ قَدْ وَقَعَ عَلَيْكُمْ مِنْ رَبِّكُمْ رِجْسٌ وَغَضَبٌ أَتُجَادِلُونَنِي فِي أَسْمَاءٍ سَمَّيْتُمُوهَا أَنْتُمْ وَآبَاؤُكُمْ مَا نَزَّلَ اللَّهُ بِهَا مِنْ سُلْطَانٍ فَانْتَظِرُوا إِنِّي مَعَكُمْ مِنَ الْمُنْتَظِرِينَ

«Aytdilar: «Faqat yagona Allohga sig‘inishimiz va ota-bobolarimiz sig‘inib kelgan narsani tark etishimizga (da’vat qilish uchun) bizning huzurimizga keldingmi? Agar rostgo‘ylardan bo‘lsang, bizga o‘sha va’da qilgan(va qo‘rqitgan) narsangni keltir!» (Hud) aytdi: «Sizlarning ustingizga Rabbingiz tomonidan azob va g‘azab yog‘ilib bo‘lgan. Sizlar va ota-bobolaringiz nomlarini atab sig‘inib yurgan, Alloh ularga biror hujjat tushirmagan (but-sanamlar) to‘g‘risida men bilan bahslashmoqchimisizlar?! Azob kelishini kutinglar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardandirman». (A’rof, 70-71.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 21:45:37
Hud (a.s.) duo qildilar va shu onda osmonni qora bulut qopladi. Qabila ahli: «Bu bulut odatdagi bulutlardan biri, yana yomg‘ir yog‘ib serobchilik bo‘ladigan bo‘ldi», deyishib bulutdan ko‘z uzmadilar. Shu payt qattiq bo‘ron ko‘tarilib, yaylovda o‘tlab yurgan mol-hollarni, tuya-qo‘ylarni uchirib, uloqtirib tashladi. Shaddod qurdirgan Bog‘i Eram vayron bo‘ldi, daraxtlar tomiri bilan qo‘porildi, hamma narsa mahv bo‘ldi.

Buni ko‘rib qabila qo‘rqib ketdi va jon saqlash uchun mustahkam imoratlar ichiga qochib kirdi, ammo balo umumiy edi, yetti kecha va sakkiz kun davom etgan dovuldan so‘ng butun qabila o‘liklarga aylandi. Alloh kalomi sharifda aytadi:

وَأَمَّا عَادٌ فَأُهْلِكُوا بِرِيحٍ صَرْصَرٍ عَاتِيَةٍ (٦)سَخَّرَهَا عَلَيْهِمْ سَبْعَ لَيَالٍ وَثَمَانِيَةَ أَيَّامٍ حُسُومًا فَتَرَى الْقَوْمَ فِيهَا صَرْعَى كَأَنَّهُمْ أَعْجَازُ نَخْلٍ خَاوِيَةٍ (٧)فَهَلْ تَرَى لَهُمْ مِنْ بَاقِيَةٍ

«Od qabilasi, dahshatli, quturgan bo‘ron bilan halok qilindilar. U(bo‘ronni Alloh) ularning ustiga yetti kecha va sakkiz kunduz hukmron qilib qo‘ydiki, endi u joydagi qavmni chirib ichi bo‘shab qolgan xurmo daraxtining tanasidek qulab halok bo‘lib yotganlarini ko‘rasiz. Bas, ulardan biror asoratni ko‘ryapsizmi?!». (Al-Haaqqa, 6-8.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 21:47:38
وَفِي عَادٍ إِذْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ الرِّيحَ الْعَقِيمَ (٤١)مَا تَذَرُ مِنْ شَيْءٍ أَتَتْ عَلَيْهِ إِلا جَعَلَتْهُ كَالرَّمِيمِ

«Od (qabilasi qissasi)da ham (ibrat bordir). Qaysiki, Biz ularning ustiga yaxlit bo‘ronni yuborgan edik. U bo‘ron nimaning ustidan o‘tsa, albatta uni halok qilib, huddi chirigan suyaklardek qilib qo‘yar edi». (Vaz-zoriyot, 41-42.)

Bir yerga jam bo‘lgan musulmonlar atrofiga Hud (a.s.) chiziq tortib qo‘ydilar. Shamol chiziqdan ichkari kirmadi va musulmonlarga zarar yetmadi. Ular imonlari sababli omon qoldilar, Hazramavt degan joyga ko‘chib o‘tishib, u yerda qolgan umrlarini osoyishta o‘tkazdilar.

وَمَا كَانَ رَبُّكَ لِيُهْلِكَ الْقُرَى بِظُلْمٍ وَأَهْلُهَا مُصْلِحُونَ

«Robbingiz hech bir qishloqni halokatga uchratmaydi, agar u qishloq ahli yaxshi odamlar bo‘lsalar». (Hud, 117.)

Hazramavt aholisining aytishicha, Hud (a.s.)ning qabrlari mamlakatning sharqida Barhut vodiysidagi Taryam shahridadir. Ba’zilar Falastindagi bir qabrni Hud (a.s.)ga nisbat beradilar, bu nisbat haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.(Ad-Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’on. Damashq. 2001. 31-b.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 21:49:22
2.6.  SOLIH (A.S.)

Solih payg‘ambarning nomlari Qur’oni karimda to‘rt suraning to‘qqiz oyatida zikr etilgan.

Solih payg‘ambar Samud qabilasini hidoyatga chaqirish uchun yuborilgan, millati arab bo‘lgan payg‘ambardirlar. U kishining to‘liq nomlari Solih ibn Asaf ibn Koshij ibn Eram ibn Samud ibn Josir ibn Eram ibn Som ibn Nuh (as)dirlar. Ba’zi rivoyatda Solih (as)ning nasablarida  boshqacharoq nomlar uchraydi.

Samud qabilasi Shom (Suriya) bilan Hijoz (Saudiya) orasidagi Hijr degan joyda yashagan qavm edi. Ularning yashagan joyi aksar tog‘lik joylar bo‘lgani uchun, baland tog‘larni yo‘nib, teshib, g‘oyat baland uylar qurib, shaharlar bunyod etishgan. Alloh taolo ular haqida shunday xabar bergan:

وَثَمُودَ الَّذِينَ جَابُوا الصَّخْرَ بِالْوَادِ

«Samud qabilasi vodiyda uy solish uchun xarsang toshlarni kesardilar». (Fajr, 9.)

Bu qabila ahli ham uzoq vaqt farovon hayot kechirganlariga qaramay, ularga ne’mat bergan Zot-Allohni unutib, unga shirk keltirib, butparast bo‘lib ketishdi. Ular ham o‘zlariga butlar yasab, ularga Vad, Jadhad, Shams, Manof, Manot va Lot degan nomlar qo‘yib, o‘sha butlarga sig‘inardilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 21:52:37
Alloh ularga Solih (a.s.)ni payg‘ambar qilib yubordi. Bu haqda Alloh taolo shunday deydi:

وَإِلَى ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَالِحًا قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُمْ مِنْ إِلَهٍ غَيْرُهُ هُوَ أَنْشَأَكُمْ مِنَ الأرْضِ وَاسْتَعْمَرَكُمْ فِيهَا فَاسْتَغْفِرُوهُ ثُمَّ تُوبُوا إِلَيْهِ إِنَّ رَبِّي قَرِيبٌ مُجِيبٌ

«Samud qabilasiga birodarlari Solihni (payg‘ambar etib yubordik). U aytdi: «Ey, qavmim! Allohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun undan o‘zga iloh yo‘qdir. U sizlarni Yerdan paydo qilib, sizlarni uni obod etuvchi qildi. Bas, Undan kechirim so‘ranggizlar, so‘ngra unga tavba etingizlar! Albatta, Rabbim yaqin va duolarni ijobat etuvchidir»

Mushrik qavm Solih (a.s.)ning payg‘ambarliklarini inkor etdi va:

قَالُوا يَا صَالِحُ قَدْ كُنْتَ فِينَا مَرْجُوًّا قَبْلَ هَذَا أَتَنْهَانَا أَنْ نَعْبُدَ مَا يَعْبُدُ آبَاؤُنَا وَإِنَّنَا لَفِي شَكٍّ مِمَّا تَدْعُونَا إِلَيْهِ مُرِيبٍ

«Ular dedilar: «Ey, Solih! Bundan oldin umid qilinadigan kishi eding. Endi bizni bobolarimiz sig‘inadigan narsalarga sig‘inishimizdan man etasanmi? Biz sen da’vat etayotgan narsangdan shak-shubhadamiz». (Hud, 61-62.)

كَذَّبَتْ ثَمُودُ الْمُرْسَلِينَ (١٤١)إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ صَالِحٌ أَلا تَتَّقُونَ (١٤٢)إِنِّي لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ (١٤٣)فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ (١٤٤)وَمَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ إِنْ أَجْرِيَ إِلا عَلَى رَبِّ الْعَالَمِينَ (١٤٥)أَتُتْرَكُونَ فِي مَا هَا هُنَا آمِنِينَ (١٤٦)فِي جَنَّاتٍ وَعُيُونٍ (١٤٧)وَزُرُوعٍ وَنَخْلٍ طَلْعُهَا هَضِيمٌ (١٤٨)وَتَنْحِتُونَ مِنَ الْجِبَالِ بُيُوتًا فَارِهِينَ (١٤٩)فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ

«Samud qabilasi  payg‘ambarlarni inkor etdi. O’shanda birodarlari Solih (a.s.) ularga aytgan edi: «Allohdan qo‘rqmaysizlarmi? Albatta, men sizlarga yuborilgan ishonchli payg‘ambardirman! Bas Allohdan qo‘rqinglar menga itoat etinglar! Men bu da’vatim uchun sizlardan mukofot so‘ramayman. Mening mukofotim faqat olamlar Parvardigorining zimmasidadir. Sizlar tinchgina bu yerdagi narsalarga, bog‘laru buloqlarga, ekinlar va novdalari muloyim xurmo daraxtlari ichiga mangu qo‘yib qo‘yilurmisiz?! Yana zukkolik bilan tog‘lardan uylar ham yo‘nmoqdasizlar. Bas, Allohdan qo‘rqinglar va menga itoat etinglar!». (Shuaro, 141-150.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 21:55:22
Solih (a.s.)ning qavmlari bu da’vatlarga ishonishmadi, Undan payg‘ambarlik mo‘‘jizasini talab qilishdi: «Ey Solih, agar shu tog‘ etagidan bir urg‘ochi tuya chiqarsang, senga ishonamiz», deyishdi. Alloh Qur’onda shunday bayon etadi:

قَالُوا إِنَّمَا أَنْتَ مِنَ الْمُسَحَّرِينَ (١٥٣)مَا أَنْتَ إِلا بَشَرٌ مِثْلُنَا فَأْتِ بِآيَةٍ إِنْ كُنْتَ مِنَ الصَّادِقِينَ

«Ular dedilar:«Sen aniq sehrlangan kimsalardansan! Sen ham xuddi bizlarga o‘xshagan odamdirsan. Bas, agar da’voingda rostgo‘ylardan bo‘lsang, biror mo‘‘jiza keltir!» (Shuaro, 153-154.)

Solih (a.s.) duo qildilar va bir urg‘ochi tuya paydo bo‘ldi. Solih (a.s.) ularga: «Mana bu tuya, bu Allohning yerida o‘tlaydi, sizlarning yeringizga daxl qilmaydi. Quduqdan bir kun u suv ichadi, bir kun sizlar ichasizlar. Agar unga biror yomonlik qilsalaringiz, umumiy halokat yuz beradi», deb ogohlantirdilar.

وَيَا قَوْمِ هَذِهِ نَاقَةُ اللَّهِ لَكُمْ آيَةً فَذَرُوهَا تَأْكُلْ فِي أَرْضِ اللَّهِ وَلا تَمَسُّوهَا بِسُوءٍ فَيَأْخُذَكُمْ عَذَابٌ قَرِيبٌ

«Ey qavmim, mana bu Alloh yuborgan tuya sizlar uchun oyat-mo‘‘jiza bo‘lib keldi. Bas, uni Allohning yerida yeb-ichib yurgan holida qo‘yib yuboringlar va unga biron yomonlik yetkazmanglar, aks holda sizlarni yaqin azob ushlar». (Hud, 64.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 21:57:02
Bu mo‘‘jizaviy tuyaning oralarida yurishi qavmga yoqmadi, birinchidan, har kun ichish mumkin bo‘lgan suvdan bir tuya uchun mahrum bo‘lish yoqmagan bo‘lsa, ikkinchidan, tuya sababli Solih (a.s.)ga imon keltiruvchilar ko‘payib borardi. Shuning uchun Solihga imon keltirmagan kishilar tuyani o‘ldirishga qasd qildilar. Ammo Solih (a.s.)ning «umumiy azob» to‘g‘risidagi so‘zlaridan qo‘rqib, jur’atlari yetmas edi. Nihoyat, jinoyat uchun qiziqtirishga ayollar yordamga keldilar. Qabilada eng go‘zal va boy ayol bo‘lgan Ziy Saduq binti Muhayyo o‘zini Misda’ ibn Maxrajga garovga qo‘yib, agar Solihning tuyasini so‘ysa, unga xotin bo‘lishga va’da berdi. Unayza ismli kofira kampir bo‘lsa, Qudor ibn Solifni chaqirib, agar Solihning tuyasini so‘ysa, qizlaridan birini Qudorga tekinga hadya qilishga va’da berdi. Chunki Solih (a.s.)ning tuyalaridan kampirning tuyalari doim hurkar, shuning uchun u tuyadan qutulishni mo‘ljallagan edi.

Misda’ bilan Qudor yana yettita bebosh yigitlarni olib, Solih (a.s.)ning endigina suv ichib qaytib kelgan tuyalarini avval kamon bilan urib, keyin qilich bilan chopib o‘ldirishdi.

فَعَقَرُوا النَّاقَةَ وَعَتَوْا عَنْ أَمْرِ رَبِّهِمْ وَقَالُوا يَا صَالِحُ ائْتِنَا بِمَا تَعِدُنَا إِنْ كُنْتَ مِنَ الْمُرْسَلِينَ

«Shunday qilib tuyani so‘yib yubordilar va Parvardigorlarining amridan bosh tortdilar hamda aytdilar: «Ey, Solih! Agar yuborilgan elchilardan bo‘lsang, bizga va’da qilgan narsa (azobni) keltir!». (A’rof, 77.)

Solih (a.s.) bu voqe’adan qattiq ranjidilar va qavmlariga: «Uch kecha-kunduz yayrab olinglar, keyin sizlarga azob keladi», - dedilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:08:12
Solih (a.s.): «Shoyad uch kun ichida qavmlarim tavba qilib qolishsa», - deb umid hilgan edilar. Ammo ular azobning kelishiga ishonishmagan edi, hatto azobdan qutulib qolish uchun Solihning o‘zini va oilasini shu kecha o‘ldiramiz, deb qasd qilishdi. Lekin Alloh taolo Solihni, oilasi va unga imon keltirgan kishilarni saqlab qoldi.

Oradan va’da qilingan uch kun o‘tgach, Samud qabilasi boshiga birdan azob keldi va dahshatli hodisa sodir bo‘ldi:

وَأَخَذَ الَّذِينَ ظَلَمُوا الصَّيْحَةُ فَأَصْبَحُوا فِي دِيَارِهِمْ جَاثِمِينَ (٦٧)كَأَنْ لَمْ يَغْنَوْا فِيهَا أَلا إِنَّ ثَمُودَ كَفَرُوا رَبَّهُمْ أَلا بُعْدًا لِثَمُودَ

«Zolim kimsalarni dahshatli qichqiriq tutib, go‘yo u yerda hech qachon yashamagandek, turgan joylarida to‘kildilar. Ogoh bo‘lingizkim, Samud qabilasi halokatga uchradi». (Hud, 67-68.)

فَأَخَذَتْهُمُ الرَّجْفَةُ فَأَصْبَحُوا فِي دَارِهِمْ جَاثِمِينَ

«Bas, ularni mudhish zilzila tutdi va o‘z yurtlarida o‘tirganlaricha gum bo‘ldilar». (A’rof, 78.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:09:58
Samud qabilasi ana shunday dahshatli bir qichqiriq bilan halok bo‘ldi. Solih (a.s.) ularga achinib, hasrat bilan:

فَتَوَلَّى عَنْهُمْ وَقَالَ يَا قَوْمِ لَقَدْ أَبْلَغْتُكُمْ رِسَالَةَ رَبِّي وَنَصَحْتُ لَكُمْ وَلَكِنْ لا تُحِبُّونَ النَّاصِحِينَ

«Ey qavmim, sizlarga Robbimning elchiligini, shubhasiz yetkazdim va sizlarga nasihat ham qildim. Lekin sizlar nasihat qilguvchilarni yaxshi ko‘rmaysizlar-da!»,(A’rof, 79.) — dedilar.

Yahudiylar Od, Samud qabilalari va ularning payg‘ambarlari Hud (a.s.) va Solih (a.s.) haqlarida Tavrotda hech qanday xabar yo‘qligini da’vo qiladilar.

Halokatdan keyin Solih (a.s.) musulmon qavmlarini olib Falastinning Ar-Ramla nohiyasiga kelib umrlarining oxirigacha yashadilar. Solih (a.s.) vafot etganlarida yoshlari ellik sakkizda edi.

Hazramavtliklar aytadilar: «Solih (a.s.)ning qavmlari aslida shu yerdan bo‘lganlari uchun, halokatdan so‘ng ular yana Hazramavtga ko‘chib keldilar. Hazramavtda bir qabr bo‘lib, u qabrni Solih (a.s.)ga nisbat beradilar.

Ba’zi olimlarning fikrlaricha, Solih (a.s.) imon keltirganlarni o‘zlari bilan birga Makkaga olib keldilar va qolgan umrlarini shu yerda o‘tkazdilar. Ularning qabrlari Ka’baning g‘arbida joylashgan. (Ad-Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’on. Damashq. 2001. 36-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:13:13
Hud va Solih qissalaridan dars va ibratlar

Alloh taolo Qur’oni karimda qissa qilib bergan ikki payg‘ambar qavmining faoliyatida bir necha ibratlar bor:

1. Ma’ishatda e’tidol (me’yor)da yashash lozim. Alloh taolo payg‘ambari Hud (a.s.)ning tillaridan insonlarga shunday xitob qiladi:

أَتَبْنُونَ بِكُلِّ رِيعٍ آيَةً تَعْبَثُونَ (١٢٨)وَتَتَّخِذُونَ مَصَانِعَ لَعَلَّكُمْ تَخْلُدُونَ

«Sizlar har bir tepalikka o‘yin-kulgi uchun bir belgi (baland binolar) quraverasizlarmi?! Go‘yo mangu yashaymiz, deb qasrlarni solaverasizlarmi?!» (Shuaro,128-129.)

أَتُتْرَكُونَ فِي مَا هَا هُنَا آمِنِينَ (١٤٦)فِي جَنَّاتٍ وَعُيُونٍ (١٤٧)وَزُرُوعٍ وَنَخْلٍ طَلْعُهَا هَضِيمٌ (١٤٨)وَتَنْحِتُونَ مِنَ الْجِبَالِ بُيُوتًا فَارِهِينَ

«Sizlar tinchgina bu yerdagi narsalarga, bog‘laru buloqlarga, ekinlar va novdalari muloyim xurmo daraxtlari ichiga mangu qo‘yib qo‘yilurmisiz?! Yana zukkolik bilan tog‘lardan uylar ham yo‘nmoqdasizlarmi?!». (Shuaro, 146-149.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:13:47
Insonlar balandlik joylarni tanlab olib, xuddi dunyoda abadiy yashaydigandek, u yerga behisob mablag‘ni sarflab, salobatli imoratlarni soladilar. Bu imoratlarda xotirjam va rohatda uzoq umr yashamoqni orzu qiladilar. Ammo bu orzu ko‘pam amalga oshavermaydi.

Birinchidan, shunday imorat-qasrni barpo qilish uchun katta mablag‘ni topish lozim bo‘ladi. Buning sa’yu harakatida inson rohatini ham, sog‘ligini va yoshligini ham yo‘qotadi. Ko‘p hollarda bunday katta mablag‘ni topishda harom aralashib qoladi, jinoyatga qo‘l uriladi. Qasr-binolar rohatxona emas, musibatxonaga aylanadi.

Ikkinchidan, insonning hozirgi davrdagi umri juda qisqa bo‘lib, imoratdan foydalanib, rohatda yashaydigan umri, uni bitirish uchun sarf qilgan umridan oz bo‘ladi.

Uchinchidan, umrini ham, boyligini ham dunyo imoratiga sarf qilib yuborib, oxiratda o‘ziga sadaqai joriya bo‘ladigan, borguncha jannatda qasr-bog‘larga aylanib turadigan ezguliklar imoratini solishga bo‘lgan imkoniyatini boy beradi.
Alloh taolo bu xitobni Hud payg‘ambarning qavmiga qilgan bo‘lsa ham, Qur’oni karimning barcha xitoblari Qiyomatgacha yashab o‘tadigan insonlarga, ya’ni bizlarga hamdir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:16:10
2. Zulmkorlar va tajovuzkorlarni ogohlikka chaqirish. Hud payg‘ambarning qavmlari bilan bo‘lgan munosabatlaridagi qat’iyatlik va jur’at ham toliblar uchun ibratdir. Bu yerda payg‘ambar o‘zlariga Alloh taolo tarafidan buyurilgan da’vat mas’uliyatini his qilib, mo‘‘minlarga yaxshi muomalani ayamagan holda, kofirlarni zalolatdan ogoh etyaptilar:

إِنْ نَقُولُ إِلا اعْتَرَاكَ بَعْضُ آلِهَتِنَا بِسُوءٍ قَالَ إِنِّي أُشْهِدُ اللَّهَ وَاشْهَدُوا أَنِّي بَرِيءٌ مِمَّا تُشْرِكُونَ

«(Hud) dedi: «Men Allohni guvoh qilaman va sizlar ham guvoh bo‘lingizlarki, men sizlar keltirayotgan shirkdan bezorman». (Hud, 54.)

Ayni shunday sifatga ega bo‘lish va kerakli maqomda haqiqatni aytishdan qaytmaslikni Alloh taolo barcha musulmonlarga ham buyurgan:

إِلا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَتَوَاصَوْا بِالْحَقِّ وَتَوَاصَوْا بِالصَّبْرِ

«Faqat imon keltirgan va solih amallarni qilgan, bir-birlariga haq yo‘lni ko‘rsatgan va bir-birlariga sabrli bo‘lishni tavsiya etgan zotlar (baxtsizlikdan yiroqdirlar)». (Asr, 3.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:17:03
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadisda, shunday dedilar: «Mo‘‘min kishi biror munkar ishni ko‘rsa, uni qo‘li bilan qaytarsin. Agar unga qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin. Unga ham qodir bo‘lmasa, dili bilan shuni karih ko‘rsin va shu majlisdan chiqib ketsin. Uchinchisi imonning zaifligiga dalolat qiladi».

Yana bir hadisda Rasululloh (s.a.v.) shunday dedilar: «Mo‘‘min kishi mo‘‘min kishining oynasidir, unga qarab kamchiligini tuzatib oladi».

Yuqoridagi oyatlar va hadislardan xulosa shuki, insonlarning biror kamchiligini ko‘rganda, menga nima? deb loqaydlik bilan qo‘l siltab ketish xudbinlikdir. Birodarimizning kamchiligiga ko‘zimiz tushdimi, uni boshqalar oldida oshkora qilib sharmanda qilmasdan yoki izza qilmasdan, alohida chaqirib turib, o‘sha kamchiligidan ogoh etib qo‘yishimiz unga nisbatan hurmatimizni ifoda etadi. Hud (a.s.)ning qissasidan o‘rganadigan ibratimiz o‘z vaqtida ogoh etish jur’atidir.   
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:18:51
3. Manmanlikning oqibati halokatdir. Alloh taolo Hud (a.s.) va Solih (a.s.)ning qavmlari, ularning halokati  haqida bayon etib, bandalarni manmanlikdan va uning oqibatidan saqlanishga chaqiradi:

فَأَمَّا عَادٌ فَاسْتَكْبَرُوا فِي الأرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَقَالُوا مَنْ أَشَدُّ مِنَّا قُوَّةً أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّ اللَّهَ الَّذِي خَلَقَهُمْ هُوَ أَشَدُّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَكَانُوا بِآيَاتِنَا يَجْحَدُونَ (١٥)فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِيحًا صَرْصَرًا فِي أَيَّامٍ نَحِسَاتٍ لِنُذِيقَهُمْ عَذَابَ الْخِزْيِ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَلَعَذَابُ الآخِرَةِ أَخْزَى وَهُمْ لا يُنْصَرُونَ

«Bas, Od qabilasi yerda nohaq kibrlandilar va «Kuch-quvvatda bizlardan kim zo‘rroq?» - dedilar. Axir ular o‘zlarini yaratgan Alloh kuch-quvvatda ulardan zo‘rroq ekanini bilmadilarmi?! Ular bizning oyatlarimizni inkor etuvchi bo‘ldilar. Bas, ularga mana shu hayoti dunyoda xor qiluvchi azobni totdirib qo‘yish uchun nahs kunlar(Nahs kunlar — Shavvol oyi oxirining chorshanba kunidan kelasi chorshanbagacha) da ustilariga bir dahshatli bo‘ron yubordik». (Fussilat, 15-16.)

Od qabilasi agar Alloh taolo tomonidan o‘zlariga berilgan kuch-quvvat, ilm-hikmat va madaniyatga shukr qilib, Haq yo‘lidan, payg‘ambar so‘zidan yuz o‘girmaganlarida, kibr-havoga berilmaganlarida, ularning hayotlari yanada farovon va davomli bo‘lishi mumkin edi, halokatga yo‘liqmas edilar. Insoniyat tarixida bundan boshqa millatlar ham, masalan: Gitler boshchiligidagi Germaniya butun dunyoga gegemon bo‘lish qasdida xalqaro maydonga chiqib, o‘zini yengilmas millat deb hisoblashi va barcha mamlakatlarga barobar urush ochib, havoga berilishi natijasida halokatga mahkum etilgani barchaga ayon. Bu tanbeh, albatta, mamlakatlar, millatlar va qavmlardan tashqari oila va hattoki har bir shaxsga ham tegishlidir, ya’ni kim agar hayotda bosar-tusarini bilmasdan, xudbinlik bilan o‘zgalarni mensimay qo‘ysa, uning oqibati halokatdir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:20:26
4. Tavba va istig‘forning foydasi. Banda biror gunohni qilib qo‘ysa, Alloh taolo uni darhol jazoga giriftor qilmasdan, tavba va istig‘for qilishiga imkon beradi. Tavba va istig‘for gunohni nafaqat kechirilishi, jazodan qutulishi, balki savobga aylantirilishiga sabab bo‘ladi:

إِلا مَنْ تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ عَمَلا صَالِحًا فَأُولَئِكَ يُبَدِّلُ اللَّهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَحِيمًا

"œKimki, tavba qilsa va imon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik (gunoh)larini yaxshilik (savob)ga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli va rahmli zotdir". (Furqon, 70.) 

Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Tavba qilinglar, olov o‘tinni yegandek, tavba gunohni yeb tugatadi», - deganlar.           
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:22:14
2.7.  IBROHIM (A.S.)

Qur’oni karim suralarining yigirma beshtasida oltmish to‘qqiz marta Ibrohim payg‘ambar haqida gapirilgan.

Nuh to‘fonidan bir ming sakson yil keyin Bobil (Iroq) mamlakatining Faddomorom shaharida haykaltarosh Ozarning xonadonida Ibrohim ismli go‘dak tug‘ildi. (M. Jodul-Mavlo. Qur’on qissalari. Bayrut. Lubnon. 2000 y.. 37-bet.)

Uning nasabini tarixchilar shunday bayon etadilar: Ibrohim ibn Torix ibn Nohur ibn Sorug‘ ibn Arg‘u ibn Folig‘ ibn Obir ibn Sholix ibn Qaynon ibn Arfaxshad ibn Som ibn Nuh (a.s.). (Tarixi Tabariy, 1-j.162-6et.)

Ibrohimning tug‘ilgan joyi borasida tarixchilarning fikrlari bir necha xildir:

1. Iroqning janubida joylashgan Tallul-Muqayyar yoki O’r deb nomlangan qadimiy shaharda;
2. Eronning janubi- g‘arbiy o‘lkalaridan bo‘lgan  Ahvozning Sus shahrida;
3. As-Savod (Iroq)ning Bobil shahrida;
4. Iroqning janubidagi Uruk (hozirgi nomi Varko) shahrida dunyoga kelgan, keyin otasi uni Namrud tug‘ilgan Ko‘so shahriga olib kelgan.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:23:18
Ibrohimning tug‘ilgan vaqti esa Namrud ibn Kan’on ibn Ko‘shning podshohligi davriga to‘g‘ri keladi. Namrud butun Yer yuziga podshoh bo‘lgan edi.

«Ibn Abbos (r.a.), Ibn Mas’ud (r.a.) va boshqa sahobiylardan rivoyat etilishicha, Yer yuzida birinchi bo‘lib butun insoniyatga podshoh bo‘lgan odam Namrud ibn Kan’on ibn Ko‘sh ibn Som ibn Nuhdir. Ularning aytishlaricha, dunyoda butun olamga podshohlik qilgan kishilar to‘rtta bo‘lib, ular-Namrud ibn Kan’on, Sulaymon ibn Dovud, Zul-Qarnayn va Buxtunnasrdir». (Tarixi Tabariy, 1-j.163-6et.)

Ibn Abbos (r.a.) va Ibn Mas’ud (r.a.)dan rivoyat qilinadiki: «Nuh payg‘ambar bilan Ibrohim (a.s.)ning oralaridagi muddatda Hud va Solih (a.s.)dan boshqa payg‘ambar yuborilmagan edi. Ibrohim (a.s.)ning zamonlari yaqinlashganda Namrudning huzuriga munajjimlar kelishib: «Biz sizni xabardor qilib qo‘yishni burchimiz deb bilamiz. Bizga ma’lum bo‘lishicha, falon muddatda qishlog‘ingizda Ibrohim ismli bir bola tug‘iladi. U sizning diningizni yo‘q qiladi, butlaringizni sindiradi», - deb xabar berishdi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:23:55
Munajjimlar ogoh qilgan yil boshlanganda, Namrud qishloqma-qishloq yurib, har bir homilador ayolni o‘z qishlog‘ida qo‘riqlashib, agar qiz tug‘sa, ozod qilib, o‘g‘il tug‘sa, chaqaloqni darhol o‘ldirishga farmon berdi.

Bir kuni podshohning shaharda zarur ishi chiqib qoldi. Ammo qattiq band bo‘lganidan, o‘z o‘rniga maslahatchisi Ozarni yubordi va unga xotini bilan uchrashmasdan qaytib kelishni buyurdi. Ozar shaharga borib podshoh buyurgan ishni bajardi, o‘z uyiga kirib o‘zini tutolmay xotiniga yaqinlik qildi. Ozarning uyi O’r shahrida edi. Vaqti soati kelib, Ibrohim tug‘ildi. Ozar uni bir go‘shaga yashirdi. Ibrohim bu go‘shada bir kunda bir haftalik, bir haftada bir oylik, bir oyda esa bir yillik chaqaloqdek ulg‘aydi.
Ozar bir kuni o‘zining yaqinlariga: «Meni bir o‘g‘lim bor, uni podshohning huzuriga olib kelsam, podshohning unga zarari yetmasmikin?» - dedi. Ozarning yaqinlari unga: «Podshoh senga ishonadi, olib kelaver!» - deyishdi.

Ozar Ibrohimni yetaklab olib ketayotganda, yo‘lda uning ko‘zi turli hayvonlarga tushdida, har biriga qiziqish bilan: «Bu nima?» - deb so‘radi. Ozar Ibrohimga barcha maxluqotlarning nomlarini aytib bera boshladi. Ibrohim otasiga: «Bu maxluqlarning albatta rabbisi bo‘lishi kerak» - dedi.

Kechki payt Ibrohim boshini ko‘tarib osmonga qaragan edi, ko‘ziga Mushtariy yulduzi juda chiroyli ko‘rindi. Hayajon bilan: «Mana shu rabbim bo‘lsa kerak!» - dedi. Ammo ozgina fursatdan so‘ng yulduz g‘oyib bo‘ldi. Buni ko‘rgan Ibrohim: «Men g‘oyib bo‘luvchilarni yaxshi ko‘rmayman!» - dedi va undan yuz o‘girdi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:25:07
Kechaning oxirida ko‘zi oyga tushdi va: «Mana shu robbim bo‘lsa kerak!» - deb unga tikildi. Oy ham ko‘zdan g‘oyib bo‘lib ko‘rinmay qolgach: «Agar meni Robbimning o‘zi hidoyat qilib o‘zini tanitmasa, men adashuvchilardan bo‘lib qolaman» - dedi.

Tong otganda, hamma yoqni munavvar qilib, quyosh chiqdi. Ibrohim uni ko‘rib: «Hammasidan eng katta va nuri o‘tkir ekan, shu mening robbim bo‘lsa kerak» - dedi. Ammo quyoshning ham botganini ko‘rib hafsalasi pir bo‘ldi va: «Men  olamlar Parvardigoriga itoat etaman!» - dedi». (Tarixi Tabariy, 1-j.166-6et.)

Ibrohim qavmiga borganda, ularning but va sanamlarga sig‘inishayotganini ko‘rdi.

Ibrohim (a.s.)ga Alloh taolo yoshligidan hidoyat ato etdi. U Allohning birligini, olamni yaratgan yagona egasi ekanligini bilgan holda qavmlari ibodat qilayotgan but va sanamlarning befoyda ekanligini tushundi. 
Bobilliklar nihoyatda farovon hayot kechirishardi, hech bir narsadan kamchilik va muhtojlik sezmas edilar. Ammo shunday bekamu ko‘st, farovon hayotga noshukrlik bilan munosabatda bo‘lib, Allohga shukr aytish o‘rniga, unga qarshi e’tiqodda edilar, ya’ni butparastlik qilardilar.

Bu munkir va mushrik qavmga Namrud ibn Kan’on ibn Ko‘sh podsholik qilardi. U o‘zining qudratli mamlakatga bosh bo‘lganidan va xalqning butparast bebosh bo‘lganidan foydalanib, hech qanday foyda va zarar yetkazolmaydigan, na gapni eshitadigan, na iltijo qiluvchining musibatini ko‘radigan butlarga ibodat qilmay, balki fikr qiladigan, eshitadigan, ko‘radigan, xohlasa birovni qahr bilan o‘ldira oladigan, xohlasa birovni boy qiladigan, qudrat, saltanat, boylik egasi bo‘lgan insonga — o‘ziga ibodat qilishga qavmini amr qilgan, ya’ni xudolik da’vosini qilgan edi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:27:51
Alloh taolo Ibrohim (a.s.)ni ana shu Bobillik mushriklarga payg‘ambar qilib yubordi.

Ibrohim (a.s.)ning otalari Ozar butparast edi, o‘zi butlar yasab bozorda sotardi. Ibrohim (a.s.) avval o‘z otalarini hidoyatga chaqirdilar, chunki u kishining padari buzrukvori bo‘lgani uchun zalolatda yurishiga sira rozi bo‘lolmas edilar. Shuning uchun otalarining diliga og‘ir botmaydigan muloyim tarzda shunday nasihat qildilar:

يَا أَبَتِ إِنِّي قَدْ جَاءَنِي مِنَ الْعِلْمِ مَا لَمْ يَأْتِكَ فَاتَّبِعْنِي أَهْدِكَ صِرَاطًا سَوِيًّا (٤٣)يَا أَبَتِ لا تَعْبُدِ الشَّيْطَانَ إِنَّ الشَّيْطَانَ كَانَ لِلرَّحْمَنِ عَصِيًّا (٤٤)يَا أَبَتِ إِنِّي أَخَافُ أَنْ يَمَسَّكَ عَذَابٌ مِنَ الرَّحْمَنِ فَتَكُونَ لِلشَّيْطَانِ وَلِيًّا

«Ey otajon, albatta menga Allohdan sizga kelmagan ilm keldi. Bas, menga ergashing, sizni to‘g‘ri yo‘lga boshlayman. Ey otajon, shaytonga ibodat qilmang, chunki shayton, shubhasiz Allohning dushmanidir. Ey otajon, albatta men qo‘rqamanki, sizga Payrvardigordan azob yetib qolsa, siz shaytonning do‘stiga aylanasiz».

Ammo Ozarning g‘azabi qaynadi, Ibrohim (a.s.)ga do‘q urdi:

قَالَ أَرَاغِبٌ أَنْتَ عَنْ آلِهَتِي يَا إِبْرَاهِيمُ لَئِنْ لَمْ تَنْتَهِ لأرْجُمَنَّكَ وَاهْجُرْنِي مَلِيًّا
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:31:59
Unga javoban Ibrohim (a.s.):

قَالَ سَلامٌ عَلَيْكَ سَأَسْتَغْفِرُ لَكَ رَبِّي إِنَّهُ كَانَ بِي حَفِيًّا

«Ey ota, salomat bo‘ling, men Robbimdan gunohlaringgizni kechirishini so‘rayman, chunki Robbim menga saxovati keng zotdir»,(Maryam, 43-47.)  - deb dilshikasta, ko‘ngillari og‘rigan holda chiqib ketdilar.

Ibrohim (a.s.) otalarini hidoyatga chaqira olmaganlaridan keyin qavmlarini ochiq da’vat qilishga o‘tdilar. Har bir guruh o‘z butlarini maqtar ekan, Ibrohim (a.s.) ularga:

إِذْ قَالَ لأبِيهِ وَقَوْمِهِ مَا هَذِهِ التَّمَاثِيلُ الَّتِي أَنْتُمْ لَهَا عَاكِفُونَ

«Bu butlar insonning biror og‘irini yengil qilolmaydi, musibatini daf qilolmaydi, hatto «ha» yoki «yo‘q» deb javob berishga qodir emas-u, nechun unga sig‘inasizlar?» - desalar, ular:

قَالُوا وَجَدْنَا آبَاءَنَا لَهَا عَابِدِينَ

«Otalarimizni shu butga sig‘inganlarini ko‘rganmiz, shuning uchun ularga taqlid qilamiz», - deb javob berishardi.

قَالَ بَل رَبُّكُمْ رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالأرْضِ الَّذِي فَطَرَهُنَّ وَأَنَا عَلَى ذَلِكُمْ مِنَ الشَّاهِدِينَ

«U dedi: «Yo‘q! Sizlarning Robbingiz butlar emas, balki osmonlar va Yerning Pavardigoriki, ularni o‘zi yaratgandir. Men bunga guvohlik beruvchilardanman». (Anbiyo, 52-53, 56.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:32:57
Nihoyat Ibrohim (a.s.) boshqacha yo‘l tutmoqchi bo‘ldilar.

Bobilliklarning har bir qishlog‘ida bittadan kichik but bo‘lib, eng kattasi «Mardak» deb nomlangan va bobilliklarning ilohi darajasiga ko‘tarilgan edi.

Bobilliklarning odatlari har yili bayram qilib, katta ziyofatga tayyorgarlik ko‘rib, ziyofat  dasturxonini butxonaga yozishardilar va shahar tashqarisiga chiqib, o‘yin-kulgu qilib qaytganlaridan keyin butlar oldida ziyofat tanovul qilardilar. Hatto butlarning eng kattasi va bobilliklarning faxri, ilohi bo‘lgan Mardakning oldiga ham dasturxon yozishib, unga o‘zlari iste’mol qiladigan taomlar va sharoblarni qo‘yishardi.

Ozar o‘zi bilan Ibrohimning orasida paydo bo‘lgan sovuqchilikni yo‘qotish maqsadida: «Ey, Ibrohim! Bugun bizning bayramimiz, biz bilan borsang, bayramda ishtirok qilsang, qadbingga xursandlik kirardi va har xil hayollarni unutarding!» - dedi.

Ibrohim (a.s.) tashqariga chiqdilar. Boshlarini ko‘tarib yulduzlar bilan charog‘on osmonni ko‘rdilar va dillariga bir fikr keldi, uni amalga oshirishning eng qulay fursati bugun ekanligini bildilar.

Ibrohim (a.s.) o‘zlarini kasallikka soldilar va: «Men bemorman» - deb, bayramga bormadilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:34:47
Qavm ham to‘polonda unga biror zarar yetib qolishini nazarda tutib, uning qolishiga rozi bo‘lishdi. Hamma bayram yig‘iniga ketganda, Ibrohim (a.s.) butxonaga kirsalar, butlarning oyoqlari ostiga turli meva-chevalar uyub tashlanganini ko‘rdilar. Ibrohim (a.s.) butlarni masxara qilib, yuzlariga shapaloq bilan urib: «Ey butlar, ovqatlardan yemaysizlarmi, nega gapirmaysizlar?», dedilar va g‘azablari qo‘zg‘ab, bir boltani qo‘llariga olib, hamma butlarni sindirib chiqdilar va eng katta butning bo‘yniga boltani osib qo‘ydilar. 

Qavm bayramdan qaytib kelib, butxonaga kirishdi. U yerda hamma butlarning pachoqlanib yotganini ko‘rib hammalarining hushlari boshlaridan uchdi. Bir-birlaridan gumonsirab, buni kim qildi, deb so‘ray boshladilar. Ba’zilari: «Ibrohim degan yigit bizni ayblab, butlarimizni haqoratlab yurar edi, bayramga ham chiqmagan edi», - deyishdi.

Hamma Ibrohimni qidirishga tushdi, qavm undan qasos olishga shoshilardi. Ibrohim (a.s.) esa ko‘pdan buyon qavm bir joyga jamlanishini, ularga e’tiqodlarining botilligini aytib, hidoyatga chaqirishni orzu qilardilar. Hamma jam bo‘lgan joyga Ibrohim (a.s.)ni keltirishdi va bu ishni kim qilganini so‘rashdi:
«Ilohlarimizni sen shunday qildingmi, ey, Ibrohim?» Ibrohim (a.s.) bamaylixotirlik bilan:

قَالَ بَلْ فَعَلَهُ كَبِيرُهُمْ هَذَا فَاسْأَلُوهُمْ إِنْ كَانُوا يَنْطِقُونَ

«Balki bu ishni qilgan eng kattasidir, agar ular gapira olsalar, o‘zlaridan so‘rab ko‘ringlar!», (Anbiyo, 63.)-  dedilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:37:23
Qavmning ko‘pchiligi bir-birlarini ayblab, nega olihalarni qarovsiz qoldirdinglar, desalar, ba’zilar haqiqatni tushunib, botil yo‘lda yurganliklarini e’tirof qilardilar. Ko‘pchilikning diliga g‘ulg‘ula tushganini ko‘rgan qabila kattalari Ibrohimni kuydirib, yo‘q qilishga amr qildilar:

قَالُوا حَرِّقُوهُ وَانْصُرُوا آلِهَتَكُمْ إِنْ كُنْتُمْ فَاعِلِينَ

«Ibrohimni olovda kuydiringlar, shu ishni qilib olihalaringizga yordam beringlar». (Anbiyo, 68.)

Ibrohim (a.s.)ni «Alloh bir» deganlari uchun o‘tda yondirmoqchi bo‘ldilar. Katta miqdorda o‘tin jamlanib, uni yoqib, obdan qizdirib, keyin Ibrohimni manjaniqqa (qadimiy tosh otish quroli) solib olovga otdilar.

Ibrohim (a.s.) manjaniqdan olovga otilgan lahzada Jabroil farishta kelib: «Mendan biror tilaging bormi?», deb so‘radilar. Ibrohim (a.s.): «Mening Allohdan o‘zga biror kimsaga ehtiyojim yo‘q. U mening holimni bilguvchi, ko‘rguvchidir», deb javob berdilar. Shunda Alloh taolo olovga:

قُلْنَا يَا نَارُ كُونِي بَرْدًا وَسَلامًا عَلَى إِبْرَاهِيمَ

«Ey olov, sen Ibrohim uchun salqin va omonlik bo‘l!» (Anbiyo, 69.) , — deb amr qildi.

Allohning qudrati va marhamati bilan Ibrohim (a.s.) olovning o‘rtasiga tushdilar, tutun va alanga orasida ko‘rinmay qolib, olov yonib tugagandan so‘ng esa sog‘-salomat chiqib keldilar. Bundan hayratlangan dushmanlar qattiq xijolatdan o‘zlarini qo‘yarga joy topolmay, odamlar ko‘zidan yashirindilar. Bu Ibrohim (a.s.) uchun berilgan payg‘ambarlik mo‘‘jizasi edi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 22:44:24
Ba’zi tarixchilarning yozishiga qaraganda, Ibrohim (a.s.) olovga otilgan joy Turkiyaning Urfa shahrida bo‘lib, hozirda ham mashhurdir.

Mamlakat podshosi Namrud Ibrohim (a.s.)ni huzuriga chorladi va: «Sen nima uchun fitna qo‘zg‘ab yuribsan, sen chaqirgan iloh qanday iloh? Dunyoda mendan boshqa iloh ham bor ekanmi, mendan mavqe’i baland iloh qani u?» deb po‘pisa qildi.

«(Ibrohim (a.s.) Namrudga): «Men chaqirayotgan Rabbim o‘likni tiriltiradi, tirikni o‘ldiradi, yolg‘iz o‘zigina hayot baxsh etib, uni olib qo‘yishi mumkin», - dedilar. (Namrudning g‘azabi qo‘zg‘ab): «Men ham xohlagan kishini afv qilib, unga hayot ato etaman, xohlagan kishini o‘ldiraman, xohlaganimni dunyo berib boy qilsam, xohlaganimni boyligini tortib olib, gado qilaman», - dedi. (Ibrohim (a.s.):

فَإِنَّ اللَّهَ يَأْتِي بِالشَّمْسِ مِنَ الْمَشْرِقِ فَأْتِ بِهَا مِنَ الْمَغْرِبِ فَبُهِتَ الَّذِي كَفَرَ

«Rabbim amr qilib, nizom o‘rnatganki, quyosh har kun mashriqdan chiqib mag‘ribga botadi. Agar senda ham qudrat bo‘lsa, shu nizomni o‘zgartirib quyoshni mag‘ribdan chiqar-chi?», - deganlarida (Namrud) mot bo‘ldi».(Baqara, 258.)         
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 23:14:51
Ibrohim (a.s.)ning qalblari imonga to‘la bo‘lishiga qaramay, Allohning qudratini o‘z ko‘zlari va ilmi yaqinlari bilan ko‘rishni istadilar. Bir kun Allohga iltijo qilib dedilar:

وَإِذْ قَالَ إِبْرَاهِيمُ رَبِّ أَرِنِي كَيْفَ تُحْيِ الْمَوْتَى قَالَ أَوَلَمْ تُؤْمِنْ قَالَ بَلَى وَلَكِنْ لِيَطْمَئِنَّ قَلْبِي قَالَ فَخُذْ أَرْبَعَةً مِنَ الطَّيْرِ فَصُرْهُنَّ إِلَيْكَ ثُمَّ اجْعَلْ عَلَى كُلِّ جَبَلٍ مِنْهُنَّ جُزْءًا ثُمَّ ادْعُهُنَّ يَأْتِينَكَ سَعْيًا وَاعْلَمْ أَنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ

«Ey Rabbim, o‘lgandan so‘ng qanday qilib qayta tiriltirishingni menga ko‘rsatgin». (Alloh aytdi): «Ishonmaysanmi hali!». «Yo‘q, ishonaman — dedilar Ibrohim (a.s.). — Lekin qalbimning xotirjam bo‘lmog‘ini istayman». (Alloh) buyurdi: «Unday bo‘lsa, to‘rt xil parranda olgin, ularni so‘yib, go‘shtlarini aralashtirgin va to‘rt qismga bo‘lib, turt tog‘ning ustiga bir qismdan qo‘ygin, keyin ularni chaqirgin, tirilib chopganlaricha huzuringga kelishadi». (Baqara, 260.)

Ibrohim (a.s.) bu tajriba bilan guvoh bo‘ldilarki, Allohning qudrati oldida o‘likni qayta tiriltirish hech narsa emas ekan. Alloh bir ishni xohladimi, unga hech qanday to‘siq yo‘q.

Qavmdan faqat Lut (a.s.)gina imon keltirgan edilar, xolos. Ibrohim (a.s.) Lut (a.s.) bilan birga Harronga safar qildilar.

Ibrohim (a.s.) Harronda yashab turgan davrlarida amakilarining qizi Soraga uylandilar, oilali bo‘ldilar.

As-Sadiydan rivoyat qilinishicha, Sora Harron podshohining qizi edi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 23:16:50
Payg‘ambarlik mo‘‘jizasiga odamlar guvoh bo‘lib turib, imonga kelishmagani, buning ustiga kofir qavm va zolim hukmdor bilan bir joyda yashashning qiyinligi va kundan-kunga oradagi dushmanlik va adovatning kuchayib borishi tufayli, bu munkir qavm orasidan ketishni, hijrat qilishni xohladilar. Ibrohim (a.s.) o‘zlariga tobe’ musulmonlarni olib vatanni tark etdilar va Kan’on yerlariga qarashli Falastinga intiqol qildilar.

قَدْ كَانَتْ لَكُمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ فِي إِبْرَاهِيمَ وَالَّذِينَ مَعَهُ إِذْ قَالُوا لِقَوْمِهِمْ إِنَّا بُرَآءُ مِنْكُمْ وَمِمَّا تَعْبُدُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ كَفَرْنَا بِكُمْ وَبَدَا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةُ وَالْبَغْضَاءُ أَبَدًا حَتَّى تُؤْمِنُوا بِاللَّهِ وَحْدَهُ

«Ibrohim bilan birga bo‘lgan kishilarda go‘zal namuna bordir. Qaysiki, ular o‘z qavmlariga: «Bizlar sizlardan va sizlar Allohni qo‘yib ibodat qilayotgan narsalaringizdan bezormiz. Bizlar sizlarni inkor etdik. Toki, sizlar yolg‘iz Allohga imon keltirmagunlaringgacha, sizlar bilan bizning o‘rtamizda mangu adovat va nafrat paydo bo‘ldi» - dedilar». (Mumtahana, 4.) 

U yerda qattiq ocharchilik boshlandi. Ibrohim (a.s.) xotinlari Sorani olib, Misrga rizq axtarib keldilar. Misr podshohiga Ibrohimning xotini Soraning husnu jamoli ta’rif qilib berilgandan so‘ng podshoh Ibrohim (a.s.)ni huzuriga chaqirib, Soraning kimligini so‘radi. Xotinlari ekanini aytsalar, o‘zlarini o‘ldirib, xotinlarini tortib olishi turgan gap edi. Shuning uchun falokatdan qutulish maqsadida Sorani singlim dedilar, chunki nasab jihatidangina emas, baki din, til va millat jihatidan ham singil deb atash mumkin edi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 23:37:18
Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Ibrohim (a.s.) hech qachon bo‘lmagan narsani bo‘lgan, demagan edi, magar uch bor shunday deyishga majbur bo‘lgan: birinchisi, o‘zlari kasal bo‘lmasalarda, «men bemorman», dedilar; ikkinchisi, butlarni o‘zlari sindirgan bo‘lsalarda, «Balki bu ishni qilgan eng kattasidir, agar ular gapira olsalar, o‘zlaridan so‘rab ko‘ringlar!» - dedilar; uchinchisi, Fir’avn Soraning kimligini so‘raganda, xotinlari bo‘lsada, uni «singlim», dedilar». (Tarixi Tabariy, 1-j. 172-6et.)

Podshoh Sorani boshi ochiq ekan, deb o‘ylab Ibrohim (a.s.)ni saroydan chiqarib yubordi va Sorani o‘z haramiga keltirishni buyurdi. Ibrohim (a.s.) Soraning oldiga borib bo‘lgan voqe’ani batafsil tushuntirdilar va Allohning omonatiga topshirib saroyga yubordilar. Kechqurun podshoh haramga kelib Sorani ko‘rdi, husniga qarab hayratga tushdi, yaqin borib qo‘l tekkizay deganda vujudi qaltirab, boshi aylanib, o‘zini lohas sezdi va joyiga uzala tushib yotdiyu qotib uxlab qoldi.

Shu uxlagancha bir tush ko‘rdi. Tushida ayon bo‘ldiki, bu ayolning eri bor ekan, nihoyatda pok ayol ekan, shuning uchun u ayolni o‘z eriga qaytarish lozimligini, unga yomon niyat bilan qo‘l tekizish mumkin emasligini tushundi. Uyqudan turib o‘zining eng go‘zal cho‘risi bo‘lgan Hojarni Soraga hadya qilib, ikkovini Ibrohim (a.s.)ning qo‘llariga topshirdi. Ibrohim (a.s.) uchun Soradan judo bo‘lish og‘ir musibat edi, chunki och qolib, non izlab, musofirlikka tushib qolsa-yu musofirlikda xotinini  ham tortib olishsa, bu dahshatli xo‘rlik edi. Lekin Ibrohim (a.s.)ni olov qa’ridan saqlab olib chiqqan Alloh xotinlari Sorani ham o‘z panohida asradi.

Ibrohim (a.s.) harakatchan bo‘lganlari uchun tez fursatda mol-dunyolari ko‘payib, obro‘lari oshib ketdi. Buni ko‘rgan hasadchilarning hasad olovi kuchayib, Ibrohim (a.s.)ga ozor yetkaza boshladilar. Shu sababli Ibrohim (a.s.) yana muqaddas joy hisoblangan Falastinga qaytib, u yerda Alloh muyassar qilganicha yashadilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 23:39:41
Alloh taolo Ibrohim (a.s.)ni bir necha marta imtihon qildi va har bir imtihondan yaxshi o‘tganlari va har bir buyruqqa samimiyyat bilan itoat etganlari uchun o‘ziga «Xalil» qilib oldi. Alloh taolo shunday deydi:

وَإِذِ ابْتَلَى إِبْرَاهِيمَ رَبُّهُ بِكَلِمَاتٍ فَأَتَمَّهُنَّ قَالَ إِنِّي جَاعِلُكَ لِلنَّاسِ إِمَامًا قَالَ وَمِنْ ذُرِّيَّتِي قَالَ لا يَنَالُ عَهْدِي الظَّالِمِينَ

«Eslang: Ibrohimni bir necha so‘zlar bilan Robbi imtihon qilganida, ularni mukammal ado etdi. Shunda Alloh:

«Albatta, Men seni odamlarga imom (peshvo) qilaman», - dedi». (Baqara,  124.) 

Ushbu oyati karimada aytilgan «bir necha so‘zlar» borasida ulamolar turli fikrlar bildiradilar.

Ar-Rabi’ning fikricha, mazkur kalimotlar:
«Albatta, Men seni odamlarga imom (peshvo) qilaman»,
«Eslang: Bayt (Ka’ba)ni odamlar uchun ziyoratgoh va xavfsiz joy qilib qo‘ydik»,
«Ibrohim maqomini namozgoh qilib olinglar!»
«Ibrohim va Ismoilga: «Tavof, e’tikof va ruku’-sujud qiluvchilar uchun Baytimni poklangiz!»
«Eslang: Ibrohim o‘z o‘g‘li Ismoil bilan birgalikda Uy (Baytulloh)ning poydevorini ko‘tardilar» - degan oyatlardir.

Ibn Abbosning fikricha, bu kalimotlar: Ibrohim (a.s.)ning peshvo qilinishlari, Ibrohim (a.s.) o‘g‘illari Ismoil bilan Ka’ba binosini qurishlari, Haj manosiklari, Maqomi Ibrohim, Makkada yashovchilarning rizqlarini barakotli qilish va U kishining zurriyotlariga Muhammad (s.a.v)ning payg‘ambar qilib yuborilishlari to‘g‘risidagi oyatlardir.

Ibn Abbosning yana bir fikricha, mazkur kalimotlardan murod Haj manosiklaridir.

Ibn Abbosning yana bir fikricha, mazkur kalimotlardan murod  poklikdir; beshtasi boshda, beshtasi badanda. Boshdagisi: mo‘ylabni qirqish, og‘izni chayish, burunni tozalash, misvok tutish, sochning farqini ochishdir. Badandagisi: tirnoqlarni olish, avratni tozalash, xatna qilish, qo‘ltiqni tozalash va najosat va siydik chiqqan joyni suv bilan yuvishdir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 23:41:51
Qatoda (r.a.) va Abu Xolid ham Ibn Abbos (r.a.)ning oxirgi fikrini quvvatlaydi.

Ibn Abbosning yana bir fikricha, «mazkur kalimotlar»dan murod, insonda oltita, masho‘irlarda to‘rtta amallardir. Oltita insondagisi: avratni tozalash, xatna qilish, qo‘ltiqni tozalash, tirnoqlarni olish, mo‘ylabni qirqish, jum’a kuni g‘usl qilish, masho‘irdagi to‘rttasi esa: Ka’bani tavof qilish,  Safo va Marvani sa’y qilish, Shaytonga tosh otish va ifoza tavofini qilishdir.

Ash-Sha’biyning fikricha, «mazkur kalimotlardan biri Ibrohim (a.s.)ni xatnaga buyurilishlaridir.

Abu Ishoqning Ash-Sha’biydan rivoyat qilishicha, mazkur kalimotlardan murod Ibrohim (a.s.)ning haqiqiy Rabbini qidirib, yulduzga, oyga, quyoshga qarab gumon qilishi, olovga tashlanishi, vatandan hijrat qilishi va o‘z-o‘zini xatna qilishidir. Ibrohim (a.s.) shularning bariga sabr qilganlar.
Mu’oz ibn Anas otalaridan rivoyat qiladilar:

«Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday derdilar: «Men sizlarga Alloh taolo Ibrohim (a.s.)ni nima uchun «xalil» deganining sababini aytib berayinmi? Chunki Ibrohim har tong otganda va har kun botganda:

فَسُبْحَانَ اللَّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ (١٧)وَلَهُ الْحَمْدُ فِي السَّمَاوَاتِ وَالأرْضِ وَعَشِيًّا وَحِينَ تُظْهِرُونَ (١٨)يُخْرِجُ الْحَيَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَيِّ وَيُحْيِي الأرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَكَذَلِكَ تُخْرَجُونَ

«Bas, tunga kirish paytlaringizda ham, tongga kirish paytlaringizda ham Allohga tasbeh aytingiz! Osmonlar va Yerdagi (bor) hamd Unikidir. Oqshomda ham, peshin paytiga kirishlaringizda ham (tasbeh aytingiz)!». Alloh o‘likdan tirikni chiqarur, tirikdan o‘likni chiqarur va yerni «o‘lgandan» keyin (bahorda qayta) tiriltirur. Sizlar ham qiyomat kunida qabrlaringizdan shu tarzda chiqarilursizlar» (Rum, 17-19.) - degan mazmundagi ushbu duolarni o‘qir edilar».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 31 Yanvar 2009, 23:43:12
Ibrohim (a.s.)dagi barcha buyruqlarga itoatni, barcha ibodatga sabrni Alloh ko‘rib, uni «xalil» qilib oldi va boshqa xalqlarga payg‘ambar qildi, o‘zidan keyingi odamlarga peshvo qildi, uning zurriyyotidan payg‘ambarlarni chiqardi, muqaddas kitoblarga ega qildi, uning nomini barcha millat va xalqlar tilida hurmatli qildi, qaysi millat va din egalari bo‘lmasin, hammalari uning otalari va ulug‘ payg‘ambar ekanini tan oladigan qildi, oxiratda ham e’zozli odam ekanligiga ishora qildi.

Ibrohim (a.s.)ning eng katta xotinlari Sora, undan ikkinchi o‘g‘illari Ishoq (a.s.) tug‘ildilar.

Ikkinchi xotinlari Misrning Qibt qabilasidan Hojar, undan birinchi o‘g‘illari Ismoil (a.s.) tug‘ildilar.

Uchinchi xotinlari Qanturo binti Maftur, undan Madon, Madyan, Yaqson, Zamron, Yasbaq va Suh ismli o‘g‘illar tug‘ildi.

Yaqson avlodlari Makkada joylashdilar. Madon va Madyan avlodlari Shuayb payg‘ambarning yurti bo‘lgan Madyan shahrida qo‘nim topdilar. Boshqa avlodlari turli yerlarga tarqalib ketdilar. Ular otalariga: «Ey, otajon, akalarimiz Ismoil va Ishoqni yaxshi shaharlarga joyladingiz, biz esa notanish yerlarga tarqalib ketdik» - deyishganda, Ibrohim (a.s.) ularga: «Allohning buyrug‘i shunday bo‘ldi» - deb javob berdilar. Keyin ularga Allohning ismlaridan birini o‘rgatdilar va: «Shu ism bilan yordam va suv so‘rasangizlar, najot topasizlar» - dedilar. O’g‘illarining ba’zilari Xurosonga ketdilar va u yerda podshohlik martabasida bo‘lib, ular «Hoqon» deb nomlandilar.

To‘rtinchi xotinlari Hajur binti Arhir, undan beshta o‘g‘il: Kayson, Shavrax, Umaym, Lo‘ton va Nofis tug‘ildi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 00:05:32
Shu’ayb ibn Al-Jubboiyning rivoyat qilishicha, Ibrohim olovga tashlanganda, uning yoshi o‘n oltida bo‘lgan, Ishoq zabh etilganda, uning yoshi yettida bo‘lgan, Sora Ishoqni tuqqanda, yoshi to‘qsonda bo‘lgan. Shuning uchun Ishoq so‘yiladigan bo‘lganini eshitib, onasi Sora ikki kun kasal yotgan va uchinchi kunda vafot etgan. U vafot etganda yoshi to‘qson yettida edi.

Ba’zi olimlarning fikricha, Sora binti Horon bir yuz yigirma yetti yoshda vafot etgan va Ibrohim (a.s.) sotib olgan Hibrun deb nomlangan maydonga dafn etilgan.

Hojar esa Soradan avvalroq vafot etgan edi.

As-Sadiydan rivoyat qilinishicha, Ibrohim (a.s.) o‘g‘illari Ismoilni sog‘indilar. Soradan ijozat so‘rab, buroqqa minib Makkaga yo‘l oldilar. Bu vaqtda Hojar olamdan o‘tgan, Ismoil (a.s.) esa Jurhum qabilasidan Ibrohimga manzur bo‘lgan xotinga uylangan edilar. (Tarixi Tabariy, 1-j. 216-6et.)   

Ibrohim (a.s.)ning vafotlari haqida As-Sadiy shunday rivoyat qiladi: «Ibrohim (a.s.) Allohdan o‘zlari so‘ramagunlaricha Azroilni yubormaslikni tilab duo qilgan edilar. O’zlari juda saxovatli kishi edilar. Bir kuni odamlarni mehmon qilib turganlarida, uzoqdan bir keksa kishining issiqda qiynalib kelayotganini ko‘rdilar. Uning oldiga darhol eshaklarini yuborib, unga o‘tirg‘izib olib keldilar. Keksa kishi yetib kelgandan keyin uning oldiga ham taom qo‘ydilar. Mehmon juda keksaligidan luqmani yeyish uchun qo‘li bilan og‘ziga emas, balki ko‘ziga, qulog‘iga olib borib, keyin og‘zini zo‘rg‘a topdi va unga luqmani tashladi. Ovqat oshqozoniga tushishi bilan, to‘xtamasdan orqasidan chiqib ketdi. Buni ko‘rgan Ibrohim (a.s.) keksa kishidan: «Bu nima qiliq?» - deb so‘radilar. Mehmon: «Uzr, qarilik-da!» - dedi. Yoshini so‘ragan edilar, Ibrohim (a.s.) ning yoshlaridan ikki yosh kattaligini aytdi. «Mendan bor-yo‘g‘i ikki yosh katta ekansiz, men ham sizning yoshingizga borganimda shunday ahvolga tushamanmi?» - dedilar va Allohga iltijo qilib: «Ey, Alloh! Mana shu odamning holi boshimga kelmasdan turib mening ruhimni qabz qilgin!» - dedilar. Kelgan keksa mehmon o‘lim farishtasi edi, shu ondayoq o‘rnidan turib, Ibrohim (a.s.)ni qabzi ruh qildi.

Ibrohim (a.s.) vafot etganlarida, yoshlari ikki yuz yoshda edilar. Ba’zi rivoyatlarda, bir yuz yetmish besh yil yashaganlari aytiladi. Ibrohim (a.s.) xotinlari Sora dafn etilgan Falastindagi Madinatul-Xalil (Hibrun)(Ba’zi rivoyatlarda Jayrun) shahariga dafn etildilar.               
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 00:08:37
Ibrohim (a.s.) qissalaridan dars va ibratlar

1. Ibrohim (a.s.)ning hayotlari va axloqlari u kishidan keyingi barcha payg‘ambarlarga va barcha musulmonlarga ham ibratdir. U kishining ta’rifiga so‘z topilmaydi va aytishimiz mumkinki, buyuk qalb egasi edilar. Shuning uchun ham ummatlarini salomat qalb bo‘lishga chaqirgan edilar:

يَوْمَ لا يَنْفَعُ مَالٌ وَلا بَنُونَ (٨٨)إِلا مَنْ أَتَى اللَّهَ بِقَلْبٍ سَلِيمٍ

«U kunda na mol-dunyo va na farzandlar foyda bermas, faqat Alloh huzuriga sog‘lom dil bilan kelgan kishilargagina (foyda berur)». (Shuaro, 88-89.)

Ibrohim (a.s.)ning dillari shu darajada pok va keng ediki, o‘zlariga berilgan payg‘ambarlikni tezroq odamlarga yetkazishni, qarindoshmi, begonami, boymi, kambag‘almi, hammani yolg‘iz Allohga imon keltirishga chaqirishni, ular sig‘inayotgan but va sanamlar qo‘lidan hech qanday ish kelmasligini, ularga sig‘ingan kishilarning oqibati juda yomon kechishini butun vujudlari bilan tushuntirishni istardilar. Xususan, o‘zlarini dunyoga keltirgan otalarining shunday azobga qolishini hech aqllariga sig‘dirolmas edilar. Shu sababdan ham, otalarini ko‘p marta da’vat etdilar. Ammo otalari Ibrohimning gaplariga quloq osmaganidan keyin, noiloj qolganda ham:

قَالَ سَلامٌ عَلَيْكَ سَأَسْتَغْفِرُ لَكَ رَبِّي إِنَّهُ كَانَ بِي حَفِيًّا

(Ibrohim): «Omon bo‘ling! Endi Rabbimdan sizga kechirim so‘rayman. Zero, U menga mehribon zotdir»(Maryam, 47.)  - deb, otalariga achindilar va:

وَاغْفِرْ لأبِي إِنَّهُ كَانَ مِنَ الضَّالِّينَ

«Otamni mag‘firat qilgin. U adashganlardan edi» (Shuaro, 86.)  - deb otalarining haqqiga duo qildilar. Otalarining Ibrohimga: «sen mening ilohlarimdan yuz o‘giruvchimisan, ey Ibrohim?! Qasamki, agar sen bu ishingdan qaytmasang, albatta, seni toshbo‘ron qilurman» - deb qilgan do‘q-po‘pisasidan so‘ng, undan yuz o‘girmadilar, unga zarda qilmadilar. Aksincha, achinish va samimiy mehribonlik bilan duo qildilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 00:10:07
Ibrohim (a.s.)ning bu ishlarini Alloh taolo har bir musulmon farzandiga ibrat qilib ko‘rsatmoqda. Qobil va solih farzand shunday amal qilishi kerakligini uqdirmoqda.

Allohni tanimagan, uni tanitishga harakat qilgan o‘g‘liga qo‘rslik qilgan otaning ham hurmatini joyiga qo‘ygan Ibrohim (a.s.)ning hayotlari barchaga ibrat, chunki Ibrohim (a.s.)ga Alloh taolo shunday qobil, solih va itoatkor o‘g‘ilni — Ismoilni ato etdiki, Ibrohim (a.s.) uni so‘yishga olib borsalar ham, u e’tirozsiz va qarshiliksiz o‘lim joyiga bordi. Hattoki:

قَالَ يَا أَبَتِ افْعَلْ مَا تُؤْمَرُ سَتَجِدُنِي إِنْ شَاءَ اللَّهُ مِنَ الصَّابِرِينَ

«U aytdi: «Ey otajon, sizga (Alloh tomonidan) buyurilgan ishni qiling. Xudo xohlasa, meni sabr qiluvchilardan topasiz»(Vas-Soffot, 102.)  - otasiga taskin berdi. Shoir aytganidek:

Otangga cho‘p otsang kun o‘tib bir kun,
Farzanding senga tosh otmog‘i mumkin.

Farzandning o‘z otasiga qilgan muomalasi va munosabati hayoti dunyoda o‘z farzandidan, shubhasiz, qaytadi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 00:13:22
2. Ibrohim (a.s.) kelajakdagi zurriyotlarining ham g‘amini yedilar. Ularning ham farovon yashashlarini, butparastlikdan uzoq bo‘lib, Allohni tanishlarini, ibodatli bo‘lishlarini istab Allohning huzuriga duo qildilar:

وَإِذْ قَالَ إِبْرَاهِيمُ رَبِّ اجْعَلْ هَذَا بَلَدًا آمِنًا وَارْزُقْ أَهْلَهُ مِنَ الثَّمَرَاتِ مَنْ آمَنَ مِنْهُمْ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ

«Eslang: Ibrohim: «Ey Rabbim, bu (Makka)ni tinchlik shahri qilgin va uning aholisidan Allohga va oxirat kuniga ishonuvchilarga (turli) mevalardan rizq qilib bergin», - dedi. (Baqara, 126.)

قَالَ إِنِّي جَاعِلُكَ لِلنَّاسِ إِمَامًا قَالَ وَمِنْ ذُرِّيَّتِي

«Alloh: «Albatta, Men seni odamlarga imom (peshvo) qilaman», - dedi. (Ibrohim) «Zurriyotimdan  hammi?» - deb so‘radi. (Baqara, 124.)

فَلَمَّا ذَهَبَ عَنْ إِبْرَاهِيمَ الرَّوْعُ وَجَاءَتْهُ الْبُشْرَى يُجَادِلُنَا فِي قَوْمِ لُوطٍ

«Ibrohimdan qo‘rquv ketib, unga xushxabar yetgach, Biz bilan Lut qavmi (halokati) to‘g‘risida bahslasha boshladi». (Hud, 74.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 00:15:04
3. Ibrohim (a.s.) ummatlariga va zurriyotlariga o‘ta shafqatli bo‘lish bilan birga, ba’zi payg‘ambarlarda bo‘ladigan shijoat fazilatiga ham ega edilar. Qilgan ishlarining nihoyasi o‘lim jazosi bilan yakunlanishini bilgan holda, qavmlarining ko‘zini ochib, ular sig‘inayotgan narsalar ojiz bir toshlar ekanidan ogohlantirish maqsadida butlarning hammasini bolta bilan sindirib, eng katta butning bo‘yniga boltani osib qo‘yishlari va masxara bilan:

قَالُوا أَأَنْتَ فَعَلْتَ هَذَا بِآلِهَتِنَا يَا إِبْرَاهِيمُ (٦٢)قَالَ بَلْ فَعَلَهُ كَبِيرُهُمْ هَذَا فَاسْأَلُوهُمْ إِنْ كَانُوا يَنْطِقُونَ

«Ilohlarimizni sen shunday qildingmi, ey Ibrohim?» - deb so‘rashdi. (Ibrohim) aytdi: «Yo‘q, bu ishni ularning kattasi — mana bu haykal qildi. Bas, ulardan so‘ranglar, agar gapira olsalar» (Anbiyo, 62-63.)  - deyishlari, Ibrohim (a.s.)ning juda katta shijo‘at egasi va fidoiy inson ekanliklariga dalolat qiladi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 00:15:50
4. Ibrohim (a.s.)ning itoat va ixloslari ham ibratdir. Har bir ishda Allohning o‘ziga tavakkul qilganlari uchun ham, eng zarur joyda Allohning o‘zi  ofatlardan najot berardi. Buni bir necha misolda ko‘rishimiz mumkin. Birinchisi, Ibrohim (a.s.)ni o‘tda kuydirmasdan, uni salomatlik joyiga aylantirgani, Misr fir’avni Ibrohim (a.s.)ning xotinlari Sorani o‘z haramiga chaqirganda, Sorani uning tajovuzidan saqlab, Ibrohim (a.s.)ning huzurlariga pok holda qaytargani, yoshlari keksayib qolishiga qaramasdan qator-qator zurriyotlarni bergani, farzandlari Ismoilni Alloh yo‘liga qurbon qilmoqchi bo‘lganlarida, evaziga jannatdan qo‘chqor chiqarib so‘ydirib, Ismoilga najot bergani, Ka’ba binosining qurilishi bitgandan so‘ng, uning yonida Ibrohim (a.s.) o‘g‘illari Ismoil (a.s.) bilan duo qilganlarida, duolarining beshak ijobat etilgani Ibrohim (a.s.)ning imon va ixloslarining natijasidir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 05:27:43
2.8. LUT (A.S.)

Lut (a.s.) Ibrohim (a.s.) ukalarining o‘g‘li, ya’ni Ibrohim (a.s.)ning jiyanlari edilar. Ibrohim(a.s.) Namrudning zulmidan Misrga qochganlarida, Lut (a.s.) ham birga hamsafar bo‘ldilar. Misrdan esa behisob boylik bilan Falastinga ko‘chib o‘tdilar. Ibrohim (a.s.) bilan Lut (a.s.)ning chorvalari bir yerga sig‘ishmay qolganidan keyin, Lut (a.s.) ajrab uzoqroq joyga - Saddum shahariga ko‘chib ketdilar.

Lut (a.s.)ning nomlari Qur’onning o‘n to‘rt surasida, yigirma yetti marta takrorlangan. 
Saddum aholisi ma’naviy buzuq kishilar bo‘lib, bachchavozlik bilan shug‘ullanishar edi. Alloh taolo bu o‘ta buzuq qavmni imonga chaqirish va fahsh ishlaridan tavba qildirish uchun Lut (a.s.)ni payg‘ambar qilib yubordi. Lut (a.s.) ularni har qancha da’vat qilmasinlar, oxirat azobidan qo‘rqitmasinlar, ular hidoyat yo‘liga o‘tishmadi.

كَذَّبَتْ قَوْمُ لُوطٍ الْمُرْسَلِينَ (١٦٠)إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ لُوطٌ أَلا تَتَّقُونَ (١٦١)إِنِّي لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ (١٦٢)فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ (١٦٣)وَمَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ إِنْ أَجْرِيَ إِلا عَلَى رَبِّ الْعَالَمِينَ (١٦٤)أَتَأْتُونَ الذُّكْرَانَ مِنَ الْعَالَمِينَ (١٦٥)وَتَذَرُونَ مَا خَلَقَ لَكُمْ رَبُّكُمْ مِنْ أَزْوَاجِكُمْ بَلْ أَنْتُمْ قَوْمٌ عَادُونَ (١٦٦)قَالُوا لَئِنْ لَمْ تَنْتَهِ يَا لُوطُ لَتَكُونَنَّ مِنَ الْمُخْرَجِينَ

«Lut qavmi payg‘ambarlarni inkor etdi. O’shanda ularga birodarlari Lut aytgan edi: «Allohdan qo‘rqmaysizlarmi?! Albatta men sizlarga yuborilgan ishonchli payg‘ambardirman. Bas, Allohdan qo‘rqinglar va menga itoat etinglar!... Sizlar olamlardan farqli ravishda erkaklarga yaqinlashurmisizlar?! Hamda Robbingiz sizlar uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilurmisiz?! Yo‘q, sizlar haddan oshuvchi qavmdirsizlar. Ular dedilar: «Qasamki, agar to‘xtamasang, ey Lut, albatta, surgun qilinuvchilardan bo‘lursan!». (Shuaro, 160-167.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 05:29:57
وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ إِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ الْفَاحِشَةَ مَا سَبَقَكُمْ بِهَا مِنْ أَحَدٍ مِنَ الْعَالَمِينَ (٢٨)أَئِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ الرِّجَالَ وَتَقْطَعُونَ السَّبِيلَ وَتَأْتُونَ فِي نَادِيكُمُ الْمُنْكَرَ فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِ إِلا أَنْ قَالُوا ائْتِنَا بِعَذَابِ اللَّهِ إِنْ كُنْتَ مِنَ الصَّادِقِينَ (٢٩)قَالَ رَبِّ انْصُرْنِي عَلَى الْقَوْمِ الْمُفْسِدِينَ

«Lut o‘z qavmiga: «Albatta, sizlar shunday fahsh ishni qilmoqdasizlarki, sizlardan oldin olamlardan hech kim bu ishni qilmagan edi. Haqiqatan ham sizlar xotinlaringizni qo‘yib, erkaklarga borasizmi; qaroqchilik qilasizmi; majlisgohlaringizda yomon ishlar qilasizmi?!» - deganini eslang. Bas, Lut qavmining javobi faqat: «Agar sen rostgo‘y kishilardan bo‘lsang, bizlarga Allohning azobini keltir» - deyishlari bo‘ldi. Shunda Lut aytdi: «Ey, Robbim, bu buzg‘unchilar qavmi ustidan O’zing meni g‘olib qil!». (Ankabut, 28-29.)   

Alloh taolo bu munkir, fohish qavmni jazolash uchun o‘z farishtalarini yubordi. Farishtalar avval Ibrohim (a.s.)ning ziyoratlariga kirdilar va Lut (a.s.)ning qavmlari Alloh tarafidan halokatga mahkum etilganlari xabarini berdilar.

وَلَمَّا جَاءَتْ رُسُلُنَا إِبْرَاهِيمَ بِالْبُشْرَى قَالُوا إِنَّا مُهْلِكُو أَهْلِ هَذِهِ الْقَرْيَةِ إِنَّ أَهْلَهَا كَانُوا ظَالِمِينَ (٣١)قَالَ إِنَّ فِيهَا لُوطًا قَالُوا نَحْنُ أَعْلَمُ بِمَنْ فِيهَا لَنُنَجِّيَنَّهُ وَأَهْلَهُ إِلا امْرَأَتَهُ كَانَتْ مِنَ الْغَابِرِينَ

«Qachonki, elchilarimiz (farishtalar) Ibrohimga farzand ko‘rishi haqida xushxabarni keltirgach, aytdilar: «Albatta, bizlar mana shu qishloq ahlini halok qiluvchidirmiz. Chunki, uning aholisi zolimdirlar! Ibrohim: «Axir, u yerda Lut bor-ku?» - dedi. Ular aytdilar: «Bizlar u joyda kim borligini biluvchiroqdirmiz. Albatta, bizlar uni va ahlini qutqarurmiz. Illo, uning xotini qoluvchi (halok bo‘luvchi)lardandir». (Ankabut, 31-32.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 05:31:20
Keyin ular Saddum tomonga ketdilar va shaharga kirishda bir qizni uchratdilar. Farishtalar o‘zlarining musofir ekanliklarini aytib, ertalabgacha uyidan joy berishini so‘radilar. Qiz esa otasidan ruxsat so‘rashini aytdi va uyiga chopib ketdi. Uning otasi Lut (a.s.) edilar.

O’z qavmlarining yomon fe’lidan xabardor bo‘lgan Lut (a.s.) uchun uylariga musofir kishilarni qo‘yish juda mushkil ish edi. Chunki, begona erkak mehmon bo‘lgan xonadonga fosiq qavm bostirib kirishar va bachchavozlikka majbur qilishar edi. Asli tabiatida musofirga rahm-shafqat va mehmonnavozlik bo‘lgan Lut (a.s.) tavakkal qilib, farishtalarni uyga taklif etdilar. Shu ondayoq qaerdandir xabar topgan qavm Lut (a.s.)ning uylariga kelishib, «yigit» qiyofasidagi farishtalarni talab qila boshladilar. Lut (a.s.) ularga ko‘p nasihat qildilar, nihoyat o‘z qizlarini olib chiqib:
«Mana qizimni nima qilsangiz qiling, ammo mehmonlarga tegmanglar!», - deb yolvordilar. Ular esa: «Bizni qizlaringga haqqimiz yo‘qligini bilasan-ku!» deb oyoq tirab turib oldilar. Lut (a.s.)ning qattiq iztiroblarini ko‘rgan farishtalar:

قَالُوا يَا لُوطُ إِنَّا رُسُلُ رَبِّكَ لَنْ يَصِلُوا إِلَيْكَ فَأَسْرِ بِأَهْلِكَ بِقِطْعٍ مِنَ اللَّيْلِ وَلا يَلْتَفِتْ مِنْكُمْ أَحَدٌ إِلا امْرَأَتَكَ إِنَّهُ مُصِيبُهَا مَا أَصَابَهُمْ

«Ey Lut, bizdan ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. Bu qavmni halok etish uchun bizni Alloh yuborgan. Siz o‘z ahlingizni olib, bu yerdan chiqib keting, ammo xotiningiz qolsin, u fosiq qavmning hamkori, azobga mahkum», (Hud, 81.)  - dedilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 05:33:10
Parvardigori olam qattiq zilzila bilan Saddum yerini ag‘dar-to‘ntar qildi, xalqi boshiga tosh yog‘dirdi.

كَذَّبَتْ قَوْمُ لُوطٍ بِالنُّذُرِ (٣٣)إِنَّا أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ حَاصِبًا إِلا آلَ لُوطٍ نَجَّيْنَاهُمْ بِسَحَرٍ

«Lut qavmi u keltirgan ogohlantirishlarni inkor etdi. Darvoqe’, Biz ularning ustiga toshli bo‘ron yubordik. Illo, Lut oilasigagina tong saharda najot berdik». (Qamar, 33-34.)

قَالُوا يَا لُوطُ إِنَّا رُسُلُ رَبِّكَ لَنْ يَصِلُوا إِلَيْكَ فَأَسْرِ بِأَهْلِكَ بِقِطْعٍ مِنَ اللَّيْلِ وَلا يَلْتَفِتْ مِنْكُمْ أَحَدٌ إِلا امْرَأَتَكَ إِنَّهُ مُصِيبُهَا مَا أَصَابَهُمْ إِنَّ مَوْعِدَهُمُ الصُّبْحُ أَلَيْسَ الصُّبْحُ بِقَرِيبٍ (٨١)فَلَمَّا جَاءَ أَمْرُنَا جَعَلْنَا عَالِيَهَا سَافِلَهَا وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهَا حِجَارَةً مِنْ سِجِّيلٍ مَنْضُودٍ (٨٢)مُسَوَّمَةً عِنْدَ رَبِّكَ وَمَا هِيَ مِنَ الظَّالِمِينَ بِبَعِيدٍ

«Farishtalar aytdilar: «Ey, Lut! Biz Robbingning elchilarimiz. Qavming senga sira yeta olmaslar(tega olmaslar). Bas, tunning bir qismida oilangni olib ket! Sizlardan biror kishi ortiga boqmasin! Xotiningni esa qo‘yaver! Zero, ularga yetgan narsa (azob) unga ham yetqusidir. Ularga va’da qilingan vaqt bomdod vaqtidir. Bomdod yaqin emasmi?! Farmonimiz (azobimiz) yaqin kelganda u yerni ostin-ustin qilib yubordik va u yerga qizitilgan g‘ishtdan iborat toshlarni paydar-pay yog‘dirdik. U toshlar Robbingiz huzurida belgili qilib qo‘yilgan edi». (Hud, 81-83.)

Tarixchilarning yozishicha, xaritadan joy olgan Lut ko‘li (O’lik ko‘l) o‘sha qavmning Saddum va Omura shaharlari o‘rnida paydo bo‘lgan. O’lik ko‘lning tubi arxeologlar tomonidan tekshirilganda, ko‘lning ostidan qadimiy shaharga dalolat qiluvchi  alomatlar topilgan. Lut (a.s.) o‘z tobe’lari bilan falokat sodir bo‘lishidan avval Saddumdan chiqib, borib joylashgan Sug‘ar shahri esa falokatdan omon qolgan.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 05:34:15
Lut (a.s.)ning qissalaridan  ibratlar

Lut (a.s.)ning qissalarida Alloh taolo Lut qavmining bachchavozlik(Bachchavozlik Lut qavmi mubtalo bo‘lgan illatning bir qismigina bo‘lib, o‘g‘il bolalarga yaqinlik qilishdir. Holbuki, bu illatga mubtalo bo‘lgan kishi faqat bolalarga emas, o‘zi singari mubtalo erkaklarga yaqinlik qilish bilan birga, boshqa erkaklarning ham o‘ziga yaqinlik qilishlariga ehtiyoj sezadi. Ayollarga ham, xuddi erakaklarga bo‘lganidek yaqinlik qiladilar. Shuning uchun ham biz "œbachchavozlik" so‘zini umumiy ma’noda ishlatamiz)  kasaliga mubtalo bo‘lib, tajovuzkorlikda haddan oshib ketganlari va shu sababli Alloh ularni halokatga loyiq ko‘rganini bayon etadi. Bu qissadan kitobxon o‘ziga bir necha dars va ibratlar olishi mumkin:

1. Bachchavozlik tuban illat va undan saqlanish lozim. Bachchavozlik gunohlarning eng kattasi, eng iflosi bo‘lib, uni havaskorlik yuzasidan qilinmaydi, balki erkakning mijozi buzulishi natijasida mubtalo bo‘lgan eng iflos kasallikdir. Bu kasallik jamiyatga tez tarqaluvchi va uni axloqan buzuvchi narsa bo‘lib, insonlarni hayvonlar ham qilmaydigan pastkashlikka o‘rgatadi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 05:36:00
Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida bachchavozlarni juda haqoratli nomlar bilan atagan:

أَتَأْتُونَ الذُّكْرَانَ مِنَ الْعَالَمِينَ (١٦٥)وَتَذَرُونَ مَا خَلَقَ لَكُمْ رَبُّكُمْ مِنْ أَزْوَاجِكُمْ بَلْ أَنْتُمْ قَوْمٌ عَادُونَ

«Sizlar olamlardan farqli ravishda erkaklarga yaqinlashurmisizlar?! Hamda Rabbingiz sizlar uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilurmisiz?! Yo‘q, sizlar haddan oshuvchi qavmdirsizlar». (Shuaro, 165-166.)

Bu manfur odatga o‘rgangan qavmni Alloh taolo haddan oshgan-tajovuzkor deb nomlayapti. Ular Allohning shari’atiga tajovuz qilyaptilar va o‘zlariga jazoni chaqiryaptilar.

وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ أَتَأْتُونَ الْفَاحِشَةَ مَا سَبَقَكُمْ بِهَا مِنْ أَحَدٍ مِنَ الْعَالَمِينَ (٨٠)إِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ الرِّجَالَ شَهْوَةً مِنْ دُونِ النِّسَاءِ بَلْ أَنْتُمْ قَوْمٌ مُسْرِفُونَ

«Lut o‘z qavmiga dedi: «Shunday yomon fahsh ishni qilasizlarmi? Sizlardan oldin butun olamda hech kim uni qilmagan edi. Sizlar xotinlar qolib, shahvatni (qondirish uchun) erkaklarga «kelasiz». Ha, sizlar isrofgar qavmdirsizlar». (A’rof, 80-81.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 05:37:11
Alloh taolo ushbu oyatda ularni «isrofgar qavm» deb atadi. Haqiqatda ham Alloh isrofgarlarni yaxshi ko‘rmaydi va ularni jazoga loyiq topadi.

أَئِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ الرِّجَالَ شَهْوَةً مِنْ دُونِ النِّسَاءِ بَلْ أَنْتُمْ قَوْمٌ تَجْهَلُونَ

«Sizlar xotinlaringizni qo‘yib, shahvatni erkaklarga keltirasizlarmi?! Ha, sizlar johil qavmdirsizlar!». (Naml, 55.)

Uchinchi oyati karimada Alloh taolo Lut qavmini «johil qavm» deb atadi. Bu oyatning ma’nosidagi johillik ilmning ziddi bo‘lgan jahl emas, balki pastkashlik va tubanlik bo‘lib, bu illat sohibi toshbo‘ronga loyiqdir. Hozirgi yoshlarning tarbiyasi izdan chiqib, aroqxo‘rlik, giyohvandlik, fohishalik illatlari kuchayib turgan, odamlar orasida halol va harom chegarasi loqaydlik bilan buzilayotgan bir paytda, g‘arb mamlakatlarida Lut qavmi mubtalo bo‘lgan tubanlik kasali ham avj olmoqda. Alloh taolo bu illatga mubtalo bo‘lganlarning jazosi toshbo‘ron ekanligini bayon etib turganda, kutilmagan balo jamiyat ustiga yog‘ilib qolishning oldini olish uchun, farzandlar, yoshlar tarbiyasi ustida qattiq ish olib borish kerak bo‘ladi. Bu ishda o‘tgan payg‘ambarlar va qavmlarning tarixini o‘rganish katta ahamiyatga egadir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 05:37:49
2. Bachchavozlik illati inson salomatligiga zarardir. Bachchavozlik jamiyatning axloqiy buzilishiga katta ta’sir ko‘rsatish bilan birga, har bir odamning sog‘ligiga ham futur yetkazadi. Chunki, zinokorlik bilan yuqishi mumkin bo‘lgan yaramas tanosil kasalliklari va SPID bachchavozlik bilan ham yuqadi. Bachchavozlikning eng yomon asorati erkak kishini xunasaga aylantirib qo‘yishidir. Shuning uchun ham Alloh taolo inson salomatligi uchun juda katta zarari bo‘lgan bu manfur illatdan uzoq bo‘lishni buyurgan.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 05:39:16
3. Bachchavozlarni Alloh qattiq jazolaydi. Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida Lut (a.s.)ning qavmlarini qilgan ayblari uchun qattiq jazoladi va Saddum shahari ichidagi bor narsasi bilan yer qa’riga kirib ketdi:

فَأَخَذَتْهُمُ الصَّيْحَةُ مُشْرِقِينَ (٧٣)فَجَعَلْنَا عَالِيَهَا سَافِلَهَا وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِمْ حِجَارَةً مِنْ سِجِّيلٍ (٧٤)إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَاتٍ لِلْمُتَوَسِّمِينَ
«Tong paytida (to‘satdan) ularni dahshatli qichqiriq tutdi. Bas, Biz u shaharni ostin-ustun qilib yubordik va ularning ustiga sopoldan (yasalgan) tosh yog‘dirdik. Albatta, bu (hodisa)da farosatli kishilar uchun alomatlar bordir». (Hijr, 73-75.) 

Ushbu oyatning mazmuniga muvofiq, bachchavozlik bilan shug‘ullangan har bir kimsa, u xoh oilali bo‘lsin, xoh yolg‘iz bo‘lsin, Imom Shofeiy, Imom Ahmad ibn Hanbal va boshqa mujtahid olimlar, toshbo‘ron qilib o‘ldirishga ittifoq qilganlar. Dalil sifatida Imom Ahmad va boshqa «Sunan» sohiblari rivoyat qilgan hadisni keltiradilar: «Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilinadiki, Janob Rasululloh (s.a.v.) dedilar:

«Lut qavmi qilgan ishni qiluvchi odamni topsangizlar, «foil»ni ham, «maf’ul»ni ham o‘ldiringlar».

Imom A’zam mazhablarida esa, bachchavozlar tog‘ning eng baland cho‘qqisidan pastga tashlab yuboriladi va orqasidan toshlar otiladi. Chunki, Lut (a.s.)ning qavmlarini manfur ishlari uchun Alloh taolo shunday jazolagan.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 05:40:58
4. Mehmon Allohning amonatidir. Lut (a.s.)ning qissalarida Alloh taolo uyga kelgan mehmonni ikrom qilish, unga qulaylik yaratib berish va zarur bo‘lganda barcha vositalar bilan dushmandan himoya qilish darsini ham bermoqda.

Lut (a.s.) o‘zlarining huzurlariga kelgan mehmonlarni qavmlaridan qattiq turib himoya qildilar. Hattoki, manfur qavm mehmonlarga tegajoqlik qilmasin deb, avval darvozani yopib qo‘ydilar. Keyin qavm oldiga yuzma-yuz chiqib, nasihat qilmoqchi bo‘ldilar. Qavm o‘z niyatidan qaytmaganidan so‘ng, o‘zlarining jigarbandlari, pokiza qizlarini ularga tutib, mehmonlariga tegmaslikni iltijo qildilar:

قَالَ هَؤُلاءِ بَنَاتِي إِنْ كُنْتُمْ فَاعِلِينَ

«(Lut) dedi: «Agar (shu ishni) qiluvchi bo‘lsangizlar, ana qizlarim! (O’shalarni nikohlaringizga olaveringlar)». (Hijr, 71.)

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mehmonni musulmon bo‘lishi yoki kofir bo‘lishidan qat’iy nazar hurmatini joyiga qo‘yishni ummatlariga buyurganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar:

«Biror qavmning obro‘li kishisi sizlarga mehmon bo‘lib kelsa, uning hurmatini joyiga qo‘yinglar!». Yana bir hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar:

«Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo‘lsa, mehmonini ikrom qilsin!».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 06:07:22
2.9.  ISMOIL (A.S.)

Ismoil (a.s.)ning nomlari Qur’oni karimda sakkiz suraning o‘n ikki oyatida zikr etilgan.

Ibrohim (a.s.) Falastinda o‘zlariga imon keltirgan ozgina qavm bilan yashadilar. Mol-dunyolari behisob edi. Ammo biror farzandlari yo‘q edi. Ibrohim (a.s.) farzandli bo‘lishni juda orzu qilardilar va Allohdan:

رَبِّ هَبْ لِي مِنَ الصَّالِحِينَ

«Ey, Robbim, O’zing menga solih farzandlardan ato etgin!»,(Vas-soffot, 100.) — deb, iltijo qilardilar.

Ibrohimni yaxshi ko‘rgan Sora o‘zi befarzand, tug‘mas ayol bo‘lgani uchun erini xursand qilish maqsadida cho‘risi Hojar(Ba’zi manbalarda Hojar bir kichik mamlakat podshohining qizi-malika bo‘lib, Fir’avn askarlari u mamlakatni bosib olgandan so‘ng, podshohni o‘ldirgan va uning xotini bilan qizini asir qilib, o‘z saroyiga cho‘ri qilganiligi bayon etiladi) ni Ibrohim (a.s.)ga hadya qildi va uni nikohlariga olib, u bilan birga bo‘lishni eridan so‘radi.

فَبَشَّرْنَاهُ بِغُلامٍ حَلِيمٍ

«Bas, Biz unga (Ibrohimga) bir halim o‘g‘il xushxabarini berdik». (Vas-soffot, 100.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 06:09:37
Allohning irodasi bilan Hojar homilador bo‘lib, Ibrohim (a.s.)ga bir o‘g‘il tug‘ib berdi, otini Ismoil qo‘ydilar. Baniy Ismoil qavmi Ismoilning zurriyotlaridir.

Ibrohim (a.s.)ga Hojar o‘g‘il tug‘ib bergandan keyin, Soraning izzat-nafsi toptalganday bo‘ldi, hasrat va rashk qalbini chulg‘ab oldi, Hojarni va uning o‘g‘lini ko‘zidan uzoq qilishni Ibrohim (a.s.)dan talab qildi. Ibrohim (a.s.)ga Allohdan izn kelgach, Soraning xohishini qabul qildilar. (Afif Abdulfattoh Tabbora.Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Karim. Lubnon. 122-bet.)

Allohning buyrug‘i bilan kichik xotinlari Hojarni va o‘g‘illari Ismoilni olib Makkaga safar qildilar. Baytulloh yaqinida ikkovlarini ozgina taom va ozgina suv bilan qoldirdilar va orqalariga qaytayotib shunday duo o‘qidilar:

رَبَّنَا إِنِّي أَسْكَنْتُ مِنْ ذُرِّيَّتِي بِوَادٍ غَيْرِ ذِي زَرْعٍ عِنْدَ بَيْتِكَ الْمُحَرَّمِ رَبَّنَا لِيُقِيمُوا الصَّلاةَ فَاجْعَلْ أَفْئِدَةً مِنَ النَّاسِ تَهْوِي إِلَيْهِمْ وَارْزُقْهُمْ مِنَ الثَّمَرَاتِ لَعَلَّهُمْ يَشْكُرُونَ

«Ey Robbimiz, albatta men o‘z zurriyotimni Baytul-haramning yoniga, o‘simlik o‘smas biyobonga qoldirdim. Ey Robbimiz, ular nomoz o‘qisinlar. Odamlarning dillarida ularga muhabbat paydo qilgin, ularni dunyo mevalari bilan rizqlantirgin, albatta ular shukr aytadilar!».(Ibrohim, 37.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 06:10:19
Ibrohim (a.s.) orqalariga qaytayotgan vaqtda Hojar: «Ey, Ibrohim, bu ishni o‘z xohishingiz bilan qilyapsizmi yoki Allohning buyrug‘i bilanmi?» - deb so‘radi. Ibrohim (a.s.): «Albatta, Allohning buyrug‘i bilan» - deb javob berdilar va Falastinga qaytib ketdilar. 

Hojar o‘g‘li bilan taom va suvni ichib bo‘ldi. Issiq havoda chaqaloqning og‘zi quriy boshladi va ona suv istab Safo va Marva tog‘lari orasida bir necha bor yugurdi, tog‘ tepasidan atrofga suv qidirib alangladi. Nihoyat Marva tog‘ining ustidan yerda yotgan Ismoilga nazar tashladi va uning yonida bir farishta qanoti bilan yerni kavlayotganini ko‘rdi. Allohning marhamati bilan qum orasidan suv otilib chiqdi. Bu Zamzam suvi edi. Ona-bolaning taomlari ham, sharoblari ham shu suv bo‘ldi.

Shu atrofda yamanlik ko‘chmanchi qabilalardan biri bo‘lgan Jurhum qabilasi yangi buloq chiqqanidan xabar topib, Zamzam bulog‘i atrofiga joylasha boshladilar.

Ibrohim (a.s.)ning duolari barakotidan Makka ahli ko‘paydi va u yerga ziyorat uchun dunyoning turli chekkalaridan odamlar kela boshladilar. Makkada mevali daraxt o‘sishiga, meva pishishiga imkon bo‘lmasa ham, turli mamlakatlardan keltiriladigan anvoyi mevalar bilan bu muqaddas shahar ahlini Alloh taolo rizqlantirib turibdi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 06:12:23
Ibrohim (a.s.) xotinlari va o‘g‘illaridan har zamonda xabar olib turardilar. Ko‘nggillari yolg‘iz shirin o‘g‘illarida bo‘lib, uni yana bir borib ko‘rib kelish ishtiyoqida yurar ekanlar, Allohning irodasi bilan bir tush ko‘rdilarki, Ismoilni o‘z qo‘llari bilan qurbonlik qilyaptilar. Bu tush Allohning vahiysi ekanini aniq bildilar. Uning da’vatiga javob berish va amriga itoat etish uchun o‘sha onda o‘g‘illari Ismoilning oldiga jo‘nadilar. Ismoilga uchrashar ekanlar, Allohning buyrug‘ini bajarishda o‘g‘illariga zo‘ravonlik qilmaslik uchun unga parvardigorning buyrug‘ini ochiq aytib:

فَلَمَّا بَلَغَ مَعَهُ السَّعْيَ قَالَ يَا بُنَيَّ إِنِّي أَرَى فِي الْمَنَامِ أَنِّي أَذْبَحُكَ فَانْظُرْ مَاذَا تَرَى قَالَ يَا أَبَتِ افْعَلْ مَا تُؤْمَرُ سَتَجِدُنِي إِنْ شَاءَ اللَّهُ مِنَ الصَّابِرِينَ

«Bas, qachonki u (otasi) bilan birga yuradigan bo‘lgach, (Ibrohim): «Ey, o‘g‘ilcham, men tushimda seni so‘yayotganimni ko‘rmoqdaman. Endi sen o‘zing nima ra’y (fikr) qilishingni bir o‘ylab ko‘rgin» - degan edi, u aytdi: «Ey, otajon, sizga tushinggizda Alloh tomonidan buyurilgan ishni qiling. Inshaalloh, meni sabr qiluvchilardan topursiz». (Vas-soffot, 102.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 08:30:37
Ibrohim (a.s.) Ismoilni onalari Hojarga bildirmasdan aylantirib kelish bahonasida Makkadan Minoga olib borgan vaqtlarida, Ismoil otasiiga yana bir itoat belgisini namoyon qildi va dedi: «Ey, otajon, oyoq va qo‘llarimni mahkam bog‘lang, toki alamdan qattiq iztirobga tushib, ko‘nglinggizni ranjitmayin, kiyimlarimni yechib qo‘ying, toki unga qonim sachrab, savobim kamaymasin va qonni onam ham ko‘rib, hijron dardi ziyoda bo‘lmasin, pichoqni o‘tkirroq qiling, toki tezroq kessin va menga o‘lim azobi yengil bo‘lsin, onamga mendan salom ayting, agar istasangiz kiyimimni onamga qaytaring, toki meni eslaganda va topolmaganda kiyimimni hidlab taskin oladi».

Ibrohim (a.s.) o‘g‘illarining otaga qilgan odobi va Allohga qilgan itoatidan zavqlanib: «Ey, o‘g‘ilcham, Allohning buyrug‘ini bajarishda menga qanday ajoyib ko‘makchisan!» - deb, Ismoilni bag‘rilariga bosdilar, yuzidan o‘pdilar va ota-bola bir-birlari bilan yig‘lab vido‘lashdilar.

Ibrohim (a.s.) Ismoilni yonboshga yotqizib, tomog‘iga pichoq qadadilar, ammo pichoq kesmadi.

Ismoil otasiga: Ey, otajon ko‘zingiz yuzimga tushgani uchun qo‘lingiz qaltirab kesolmayapsiz. Mening yuzimni yerga qaratib yotqizing, shunda sizga oson bo‘ladi» - dedi. Ibrohim (a.s.) bu usulni ham qo‘lladilar, ammo bunda ham pichoq kesmadi. Ibrohim (a.s.)ning hayratlari ziyoda, toqatlari toq bo‘lib, boshlarini ko‘tarib, Allohga iltijo qildilar va bu vaziyatdan qutultirishni so‘radilar. Shu payt Alloh taolo xitob qildi:

وَنَادَيْنَاهُ أَنْ يَا إِبْرَاهِيمُ (١٠٤)قَدْ صَدَّقْتَ الرُّؤْيَا إِنَّا كَذَلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ (١٠٥)إِنَّ هَذَا لَهُوَ الْبَلاءُ الْمُبِينُ (١٠٦)وَفَدَيْنَاهُ بِذِبْحٍ عَظِيمٍ

«Ey Ibrohim, Darhaqiqat sen tushingni tasdiq qilding. Albatta, biz ezgu ish qiluvchilarni shunday mukofotlaymiz, bu sizni sinash uchun bir imtihon edi. Biz (Ismoilning) o‘rniga katta bir (qo‘chqor) so‘yishni evaz qilib berdik». (Vas-soffot, 104-107.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 08:32:07
Alloh taolo ota-bolaga zafarning bashoratini berdi, ularning boshlaridan katta hijron musibatini olib tashladi. Allohning bunday marhamatidan ota-bolaning boshlari osmonga yetdi, muhabbatlari ziyoda bo‘ldi, qalblari yanada imonga to‘ldi va Allohga yanada itoatliroq bo‘ldilar.

Alloh taolo Ismoilning jonidan fido qilib so‘yishlik uchun, jannatdan qo‘chqor chiqarib berdi. Ibrohim (a.s.) shu qo‘chqorni qurbonlik qildilar. Ibrohim (a.s.)ning bu qurbonliklari har bir musulmonga har yil bir marta qilinadigan sunnat bo‘lib qoldi.

Ibrohim (a.s.) xotinlari Hojarni o‘g‘li bilan tashlab ketganlaridan va Allohning marhamati bilan zamzam bulog‘idan suv chiqqanidan keyin, buloqning tepasida qushlar charx urib qolishdi. Qumlik cho‘lda ko‘chmanchilik qilib yurgan, asli yamanlik qabilalardan bo‘lgan Jurhum qabilasining odamlari qushlar charx urib turgan yerda suv borligini sezdilar. Yuborilgan odam zamzam bulog‘ining oqib turganini xabar qildi. Qabila ahli xursandchilik bilan kelishib, buloq yonida o‘tirgan ona va bolaga ko‘zlari tushdi va ayoldan izn so‘rab, buloq yoniga o‘rnasha boshlashdi. Hojar ularga ijozat bergani uchun, ular o‘z hukmlarini Hojarning ixtiyoriga topshirdilar va boshqa qarindoshlariga ham xabar qilib, u yerga ko‘chib kelishga da’vat etdilar. Shu bilan zamzam bulog‘i atrofida juda ko‘p uyli katta mahalla bunyod bo‘ldi.

Ismoil yigit bo‘lib, balog‘at yoshiga yetdi, Jurhum qabilasi odamlaridan haqiqiy arab tilini o‘rgandi, qabila qizlaridan biriga uylandi. Mana shunday saodatli kunlarda o‘lim Hojarni o‘z domiga tortdi va o‘zining maslahatchisi, mehribonidan ajralish Ismoilni alamli qayg‘u girdobiga tashladi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 08:32:41
Ibrohim (a.s.) uzoq sahroga tashlab ketgan xotinlari va itoatli o‘g‘lilarini hech xayollaridan chiqarolmas, shuning uchun imkon topildi deguncha Makka tarafga shoshardilar. Bir safar kelganlarida Ismoilni uyda uchratmadilar. Uning qaerdaligini xotinidan so‘radilar. Ismoilning xotini hayotidan shikoyat qildi, Allohning qismatidan noroziligini izhor qildi. Uyda yegulik narsa yo‘qligi uchun, eri ovga ketganini qo‘shib qo‘ydi.

Ibrohim (a.s.) o‘g‘illari Ismoilning xotini o‘g‘illariga munosib emasligini bildilar va xotinga:

«Agar Ismoil kelsa, unga salom aytib qo‘yishni va uyining ostonasini o‘zgartirishi lozimligini ham tayinlashni» - aytdilar.
Ismoil ovdan kelib, ko‘ngli bir nimani sezdi va xotinidan: «Uyga birov keldimi?» - deb so‘radi. Xotin bo‘lgan voqe’ani aytib berdi: «Bir qari kishi keldi, sening ishlaring va oilamiz bilan qiziqdi. Men unga, oilamizning kambag‘alligini, qiyinchiligimizni aytdim» - dedi. Ismoil darhol: «Biror gap tayinlamadimi?» - deb so‘radi. Xotini: «U avval sizga salom aytishimni tayinladi, keyin «uyining ostonasini o‘zgartirsin», dedi». Ismoil darhol tushundi: «Uyimning ostonasi sensan, otam sendan ajrashimni buyuribdilar» - dedi va xotini bilan ajrashdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Ibrohim (a.s.) yana o‘g‘illarini sog‘indilar va Makkaga ko‘rgani keldilar. Bu safar ham Ismoilni uydan topolmadilar. Ammo Ismoilning xotini odob bilan kutib oldi. Undan hol-ahvol so‘raganlarida, ayol, Allohga shukrlar aytdi, er-xotin Allohning barakoti bilan juda farovon yashayotganlarini gapirdi. Ibrohim (a.s.)ning bu safar ko‘ngillari xotirjam bo‘ldi. Alloh taolo o‘g‘illariga shokira, mo‘mina xotin ato etganligini bildilar va xotinga: «Ismoilga mendan salom aytgin. Uyining ostonasi juda munosib, uni avaylab saqlasin!» - dedilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 08:33:52
Ismoil qaytib kelganda, xotini unga: «Bir nuroniy, kelishgan otaxon keldilar, eshigimizni taqillatdilar. Uyga kirgach, oilaviy ahvolimiz bilan qiziqdilar. Men, yaxshi yashayotganimizni, Alloh o‘z ne’matlaridan rizqimizni farovon berib turganini aytdim. Shundan keyin ketayotib: «Ismoilga mendan salom aytgin, uyining ostonasini asrasin!» - deganlarini aytdi. Ismoil: «Bu kishi mening otam, seni asrashimni buyuribdilar» - dedi va umrining oxirigacha shu ayol bilan hayot kechirdi. Ismoilning zurriyotlari shu ayoldan tug‘ildi.

Ibn Kasir aytadilar: «Ismoil (a.s.)ning avval uylangan va otalari Ibrohim «o‘zgartirishga» buyurgan xotinlari Ammora binti Sa’d ibn Usoma ibn Akiyl al-amoliqiy edi.

Keyingi uylangan, otalari Ibrohim (a.s.)ga manzur bo‘lib, «avaylab saqlashga» buyurgan xotinlari esa As-Sayyida binti Mazoz ibn Amr al-jurhumiy edi. As-Sayyida Ishoq (a.s.)ga o‘n ikkita o‘g‘il tug‘ib berdi. Ularning ismlarini Muhammad ibn Ishoq quyidagicha bayon etganlar: Nobit, Qaydor, Azyal, Miysho, Masma’, Mosh, Davso, Arar, Yatur, Nabash, Taymo va Qayzamon». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo.  Qohira. 169-bet.)

Ibrohim (a.s.) o‘g‘illari Ismoilni ko‘rgani yana keldilar. Bu safargi kelishlari Allohning yana bir buyrug‘ini ado etish, Makkada uning Baytini bino qilish uchun edi. Ota-bola sog‘inch alangasini zamzam bulog‘i yonidagi bir daraxt tagida mahkam quchoqlashib, uzoq suhbatlashib pasaytirganlaridan so‘ng Ota O’g‘liga bir sirni oshkor qilib dedilar: «Alloh menga, ey o‘g‘lim, shu tepalikka bir uy qurishimni buyurdi».

Ismoil otasining gaplariga: «Ey, otajon, Alloh buyurgan muborak ishni kechiktirmasdan boshlang, men sizga bu ulug‘ ishda yordamchingiz bo‘laman» - dedi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 08:35:32
Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Alloh taolo Ka’bani qurishni Ibrohim (a.s.)ga buyurgandan keyin, Ibrohim (a.s.) Makkaga keldilar. Ismoilni qidirib, zamzam yonida kamon o‘qlarini o‘tkirlayotganini ko‘rdilar. Ota-bola uchrashganlaridan keyin, Ibrohim (a.s.) o‘g‘illariga: «Ey, Ismoil, Robbim menga uning uchun uy qurishimni buyurdi», - dedilar. Ismoil otasiga: «Ey, otajon, unda Robbingizga itoat qiling va buyrug‘ini bajaring!» - dedi. Ibrohim (a.s.): «Ey o‘g‘ilcham, Alloh bu ishda sening yordam berishingni ham aytdi» - dedilar. Ismoil darhol otasiga qulluq qilib: «Unday bo‘lsa, albatta yordam beraman» - dedi.

Alloh taolo qurilajak binoning asosiga ishora qildi. Ba’zilar, shamol ilon qiyofasida kelib, to‘rt burchakli shakl hosil qildi, deydilar. Ba’zilar, bulut soyasi bilan Ka’baning joyini ko‘rsatdi, deydilar. Uchinchi toifa esa, Ka’baning qadimgi Odam (a.s.) qurgan o‘rnini ochib, o‘sha eski binoning poydevori ustiga ko‘tarildi, deydilar.       

Ota-bola Allohning uyi-Ka’ba qurilishini boshladilar. Ibrohim binoni qurdilar, Ismoil otalariga tosh olib berib turdilar. Bu haqda Alloh taolo shunday xabar beradi:

وَإِذْ يَرْفَعُ إِبْرَاهِيمُ الْقَوَاعِدَ مِنَ الْبَيْتِ وَإِسْمَاعِيلُ رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّا إِنَّكَ أَنْتَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ (١٢٧)رَبَّنَا وَاجْعَلْنَا مُسْلِمَيْنِ لَكَ وَمِنْ ذُرِّيَّتِنَا أُمَّةً مُسْلِمَةً لَكَ وَأَرِنَا مَنَاسِكَنَا وَتُبْ عَلَيْنَا إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ

«Eslang! Ibrohim o‘z o‘g‘li Ismoil bilan birgalikda Uy(Baytulloh) ning poydevorini ko‘tarar ekanlar, (shunday duo qildilar): Ey, Robbimiz, bizdan ushbu ishimizni qabul et. Albatta, sen eshitguvchi va dono zotdirsan. Ey, Robbimiz, bizni o‘zingga bo‘yinsunuvchi qilgin va zurriyotimizdan ham Senga itoat qiladigan ummat chiqargin! Shuningdek, bizga (hajga doir) ibodatlarimizni ko‘rsatib ber va tavbalarimizni qabul et! Albatta, Sen tavbalarni qabul etuvchi, rahmli zotdirsan». (Baqara. 127-128.)         
 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 08:39:31
Vaqti-soati bilan Baytullohning devorlari ko‘tarilib, Ibrohim (a.s.)ning bo‘ylari yetmay qoldi va o‘g‘illariga: «Ey o‘g‘lim, menga biror tosh topib bering, oyog‘im ostiga qo‘ymasam, tepaga bo‘yim yetmay qolyapti», - dedilar. Ismoil (a.s.) darhol qidirib, katta bir qora toshni  keltirib berdilar. Ibrohim (a.s.) shu toshni oyoqlari ostiga qo‘yib, binoni oxirigacha bitkazdilar. Allohning baytini bitkazishda Ibrohim (a.s.) oyoqlari ostida xizmat qilgan tosh butun dunyo hojilari tomonidan ziyorat qilinadigan toshga aylandi.

Ibrohim (a.s.) yana Ismoilga: «Ko‘rinishi chiroyliroq bo‘lgan yana bir tosh olib kel, uni Ka’ba devoriga o‘rnatib, Ruknga ishora qilamiz» - dedilar. Jabroil (a.s.) Ruknga qo‘yish uchun «hajarul-asvad» ni eslatdilar. «Hajarul-asvad»ni keltirib, Ka’ba devorining Rukni yamoniy tarafiga o‘rnatib qo‘ydilar.

Baytulloh bitgandan va ota-bola uni tavof qilganlaridan so‘ng Ibrohim (a.s.) Makkadagi Abu Qubays tog‘i ustiga chiqib, insonlarni Ka’bani tavof qilishga chaqirdilar. Bu ovozni eshitgan va unga javob bergan  ruhlar bu dunyoda shu chaqiriqqa javoban Ka’baga boradilar. «Labbayka Allohumma labbayk» bu chaqiriqni eshitdik, qabul etdik, deb u yerni tavof etgani boradilar.

Alloh taolo Ka’ba haqida shunday marhamat qilgan: «Eslang! Bayt (Ka’ba)ni odamlar uchun ziyoratgoh va xavfsiz joy qilib qo‘ydik. «Ibrohim maqomi»ni namozgoh qilib olinglar! Ibrohim bilan Ismoilga: «Tavof, e’tikof va ruku’-sujud qiluvchilar uchun Baytimni poklangiz» - deb buyurdik.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 08:45:12
Ismoil (a.s.) Hijoz va Yaman aholisiga payg‘ambar qilinib, ularni Allohning birligiga, Unga ibodat qilishga chaqirdilar.
Ismoil (a.s.) vafotlaridan avval payg‘ambarlikni ukalari Ishoqqa topshirdilar, Nasama ismli qizlarini Ishoq (a.s.)ning Iysu nomli o‘g‘illariga nikohlab qo‘ydilar. Ulardan Rum va Yunon aholisi tarqaldi.

Umar ibn Abdulaziz rivoyat qiladiki, Ismoil (a.s.) keksaygan vaqtlarida Makkaning issiq havosidan malollandilar. Alloh taolo u kishiga vahiy yuborib: «Yaqinda siz dafn etilgan joyga jannatdan eshik ochib qo‘yaman, u yerga to qiyomat jannat shabadasi esib turadi» - deb dillariga taskin berdi. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 170-bet.)   

Ismoil (a.s.) bir yuz o‘ttiz yetti yil umr ko‘rdilar va vafot etganlaridan so‘ng onalari Hojar dafn etilgan g‘orga dafn etildilar.

Hijoz arablarining barchasi Ismoil (a.s.)ning Nobit va Qaydor ismli o‘g‘illariga nisbat beriladi.

Ismoil (a.s.)ning zurriyotlaridan oxirgi zamon payg‘ambari Muhammad (s.a.v) keldilar, butun olamga rahmat payg‘ambari qilib yuborildilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:18:17
2.10.  IS'HOQ (A.S.)

Ishoq (a.s.)ning nomlari Qur’oni karimda o‘n ikki suraning o‘n yetti oyatida zikr etilgan.   
   
Allohning irodasi bilan Hojar va o‘g‘li Ismoil Falastindan ketgandan keyin Ibrohim (a.s.)ning katta xotinlari Soraning alami kundan kun ziyodalashib bordi. O’zi juda qari kampir bo‘lishiga qaramay, Allohga qattiq yolbordi, yig‘lab ko‘p duo qildi. Alloh taolo Soraning duosini ijobat qildi va u 80 yoshida homilador bo‘ldi.

وَبَشَّرْنَاهُ بِإِسْحَاقَ نَبِيًّا مِنَ الصَّالِحِينَ (١١٢)وَبَارَكْنَا عَلَيْهِ وَعَلَى إِسْحَاقَ وَمِنْ ذُرِّيَّتِهِمَا مُحْسِنٌ وَظَالِمٌ لِنَفْسِهِ مُبِينٌ

«Yana, Biz unga solihlardan (bo‘lg‘usi) payg‘ambar Ishoqning xush-xabarini berdik. Unga(Ibrohimga) ham, Ishoqqa ham barakot berdik. Ularning zurriyotidan ezgu amal qiluvchi ham, o‘ziga aniq zulm qiluvchi ham bo‘lur». (Vas-soffot, 112-113.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:19:27
Ibrohim saxovatli, qo‘li ochiq kishi edilar. Lut payg‘ambarning qavmini jazolash uchun ketayotgan farishtalar, Ishoqning tug‘ilishini bashorat qilish uchun Ibrohim (a.s.) huzurlariga kelishgan edi.

وَلَقَدْ جَاءَتْ رُسُلُنَا إِبْرَاهِيمَ بِالْبُشْرَى قَالُوا سَلامًا قَالَ سَلامٌ فَمَا لَبِثَ أَنْ جَاءَ بِعِجْلٍ حَنِيذٍ (٦٩)فَلَمَّا رَأَى أَيْدِيَهُمْ لا تَصِلُ إِلَيْهِ نَكِرَهُمْ وَأَوْجَسَ مِنْهُمْ خِيفَةً قَالُوا لا تَخَفْ إِنَّا أُرْسِلْنَا إِلَى قَوْمِ لُوطٍ (٧٠)وَامْرَأَتُهُ قَائِمَةٌ فَضَحِكَتْ فَبَشَّرْنَاهَا بِإِسْحَاقَ وَمِنْ وَرَاءِ إِسْحَاقَ يَعْقُوبَ (٧١)قَالَتْ يَا وَيْلَتَا أَأَلِدُ وَأَنَا عَجُوزٌ وَهَذَا بَعْلِي شَيْخًا إِنَّ هَذَا لَشَيْءٌ عَجِيبٌ

«Ibrohimga elchilarimiz (farzandli bo‘lish haqida) xushxabar keltirdilar va «Salom!» dedilar. U ham «Salom!» dedi-da, hech qancha vaqt o‘tmay, bir buzoq go‘shtining tandir kabobini keltirdi. Unga (taomga) qo‘l cho‘zishmaganini ko‘rgach, (Ibrohim) ularni yotsiradi va ulardan qattiq qo‘rqib ketdi. (Ular) dedilar: «Qo‘rqma! Biz Lut (qavmi)ga yuborilganmiz. Ibrohim (a.s.)ning xotinlari tik turib kuldilar. Biz unga Ishoq degan o‘g‘ilni, uning ketidan Ya’qub degan nabiraning bashoratini berdik. U(Sora): «Voy o‘lay, men qari kampir bo‘lsam, erim keksa chol bo‘lsa, qanday bola tug‘aman, shubhasiz bu qiziq narsa bo‘ldi-ku!». (Hud, 71-72.) 

Allohning qudratiga shak yo‘q, Ishoq otli farzand tug‘ildi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:19:56
Ishoq (a.s.) ulg‘ayib, payg‘ambar bo‘ldilar, Shom va uning atrofidagi xalqni Haqqa da’vat qilishga buyurildilar. U kishining da’vatlari otalari Ibrohim (a.s.)ga berilgan shariat va kitob orqali edi.

Ishoq (a.s.) otalariga juda o‘xshar edilar. U kishini soqolda ko‘rgan odamlar Ibrohimning o‘zlari deb o‘ylardilar.

Islom ulamolari Alloh taolo tomonidan qurbonlikka buyurilgan farzand Ibrohim (a.s.)ning ikki o‘g‘illaridan qaysi biri ekanligi to‘g‘risida ixtilof qilganlar. Ba’zilari zabih Ishoq ibn Ibrohim edi, desalar, yana ba’zilari zabih Ismoil ibn Ibrohim edi, deydilar va har ikki taraf ham o‘z so‘zlarining rostligiga dalil sifatida Payg‘ambarimiz (s.a.v)dan hadis rivoyat qilganlar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:21:04
Ishoqni zabih deguvchilar quyidagi hadislarni keltirganlar:

1. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v)dan «Biz uning o‘rniga katta bir (qo‘chqor) so‘yishni evaz qilib berdik» oyati karimasi aytilib, zabihning kimligi so‘ralganda, Payg‘ambarimiz (s.a.v): «Zabih Ishoqdir» - dedilar.

2. Ibn Abbos dedilar: «Alloh taolo Ibrohim (a.s.)ga qurbonlik qilishni buyurgan o‘g‘illari Ishoqdir».

3. Ka’bul ahbor Abu Hurayra (r.a.)ga: «Men sizga Ishoq ibn Ibrohim haqlarida so‘zlab berayinmi?» - deb so‘radi.

Abu Hurayra rozilik bildirganlaridan keyin Ka’bul ahbor dedi: «Ibrohim (a.s.) tushida o‘g‘lini qurbonlik qilayotganini ko‘rgandan keyin, Shayton o‘ziga-o‘zi: «Agar men Ibrohim xonadonini hozir yo‘ldan urmasam, hech qachon urolmayman» - dedi va tanish bir odam suratiga kirib, Ibrohim xonadoniga keldi. Ko‘rdiki, Ibrohim (a.s.) o‘g‘li Ishoqni qo‘lidan yetaklab, so‘ygani olib ketayapti. Shayton vaqtni g‘animat bilib, Soraning oldiga kirdi va unga: «Ibrohim erta tongda o‘g‘lini qaerga olib ketdi?» - deb so‘radi. Sora unga: «Biror ish bilan ketishgandir-da!» - dedi. Shayton: «Biror ish bilan emas, o‘g‘lini so‘ygani olib ketdi. Ibrohim tush ko‘rgan edi, uning gumonicha, tushida Alloh unga shuni buyurgan emish» - dedi. Sora beparvo: «Agar Alloh buyurgan bo‘lsa, Ibrohim va o‘g‘li Ishoq Robbilarining amriga itoat qilayotgan bo‘lsa, shuda yaxshi-da!» - dedi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:21:49
Shayton u yerdan noumid bo‘lib chiqdi va Ishoqning yoniga bordi. Ishoq otasining izidan sekin ketib borar edi. Shayton unga yaqinlashib: «Erta tongda otang seni qayoqqa olib ketyapti?» - deb so‘radi. Ishoq: «Biror ish bilan ketyapmiz, shekilli» - dedi. Shayton unga: «Otang seni Alloh buyurgani uchun so‘ygani olib ketyapti» - dedi. Ishoq beparvo: «Agar Alloh buyurgan bo‘lsa, otam unga albatta itoat qilishi lozim» - dedi.

Shayton Ishoq oldidan ham noumid bo‘lib, Ibrohim (a.s.) ning yonlariga o‘tdi va: «Erta tongda o‘g‘ling bilan qayoqqa ketyapsan?» - deb so‘radi. Ibrohim (a.s.) unga: «Ishlarimizni erta tongda bitiraylik, deb ketyapmiz» - dedilar. Shayton: «Ishlaringni bitirishga emas, o‘g‘lingni so‘yishga olib ketyapsan-ku!» - dedi. Ibrohim (a.s.): «Agar menga Alloh shuni buyurgan ekan, albatta itoat qilaman!» - dedilar. Shayton maqsadiga yetolmay, noumid bo‘lib ketdi.

Ibrohim (a.s.) o‘g‘li Ishoqni so‘yishga boshlaganda, Alloh taolo unga xitob qilib, o‘g‘lini afv etganini, uning o‘rniga jannatdan qo‘chqor keltirganini va o‘g‘li o‘rniga uni so‘yishini buyurdi. Ibrohim (a.s.): «Ey, o‘g‘ilcham! tur o‘rningdan, Alloh seni afv qildi va o‘rningga katta qo‘chqorni fido qildi» - dedilar.

Alloh taolo Ishoq (a.s.)ga vahiy yubordi va: «Hozir mening huzurimga duo qilib nimani so‘rasang, albatta, ijobat qilaman» - dedi. Ishoq (a.s.) duoga qo‘l ochib: «Ey, Rabbim! Men sening huzuringga, mening duoimni ijobat qilgin, deb duo qilmoqdaman. Senga shirk keltirmagan avvalinu oxirin bandalaringdan qaysi birlari senga yo‘liqsa, uni jannatingga doxil qilgin!» - dedilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:22:47
Ibn Abbos (r.a.)dan turli sanadlar bilan o‘nlab hadislar rivoyat qilingan va ularning hammasida zabih Ishoq (a.s.) ekanliklari aytilgan. Ibn Abbos va Abu Hurayradan tashqari yana Abdulloh ibn Mas’ud, Abdulloh ibn Abiyd, Ibn Sobit, Ibn Abil-Huzayl, Abu Maysara, Abu Molik, Masruq va boshqa sahobiylardan ham Ishoq (a.s.) ning Zabihulloh ekanlari haqida hadislar rivoyat qilingan.

Ibn Abbosdan boshqa sanadlar orqali rivoyat qilingan hadislarda, Omir, Ash-Sha’biy, Yusuf ibn Mahron, Mujohid, Al-Hasan, Muhammad ibn Ka’b al-Quraziy, Muoviya va boshqalardan zabih Ismoil (a.s.) ekanlari aytiladi.

Muoviya ibn Abiy Sufyon aytadilar: «Biz Rasululloh (s.a.v)ning huzurlarida o‘tirgan edik. Bir odam kelib: «Ey, ikki zabiyhning o‘g‘li, Alloh sizga bildirgan narsalardan bizga ham so‘zlab bering!» - dedi. Uning so‘zidan Rasululloh (s.a.v) kuldilar.

O’tirganlardan biri: «Ey, Allohning Rasuli, ikki zabih deganining ma’nosi nima?» - deb so‘radi. Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar:
«Abdulmuttolib Zamzam bulog‘ini kengaytirishga uringanda, agar buloqni kavlash osonlik bilan bitsa, men o‘g‘illarimdan birini Alloh yo‘lida qurbonlik qilaman, deb nazr qildi. Ish bitgandan keyin, kimni so‘yish kerakligi haqida qur’a tashlanganda, qur’a Abdullohning haqiga tushdi. Lekin Abdullohning tog‘alari uni so‘yilishiga qarshi turdilar va Abdulmuttolibga: «Agar nazringni ado qilaman desang, uning xuni badaliga yuzta tuyani fido qilgin!» - deyishdi. Abdulmuttolib yuz tuya fido qilib, zabih Abdullohni saqlab qoldi. Ikkinchi zabih esa Ismoil (a.s.)dirlar».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:27:42
Muhammad ibn Ka’b al-Quraziy aytadilar: «Alloh taolo o‘zining Kalomi sharifida Ibrohim (a.s.)ga so‘yish uchun buyurgan o‘g‘li Ismoil ekanini aytgan. Mazbuh Ismoilning qissasidan keyin, Alloh taolo o‘zining itoatli quliga:

وَبَشَّرْنَاهُ بِإِسْحَاقَ نَبِيًّا مِنَ الصَّالِحِينَ

«Yana, Biz unga solihlardan (bo‘lg‘usi) payg‘ambar Ishoqning xush-xabarini berdik», (Vas-Soffot, 112.)  - deydi. Yana bir oyati karimada:

فَبَشَّرْنَاهَا بِإِسْحَاقَ وَمِنْ وَرَاءِ إِسْحَاقَ يَعْقُوبَ

«Unga Ishoq (nomli farzand) va Ishoqning orqasidan Ya’qub (ismli nabira berishimiz) haqida xushxabar berdik» (Hud, 71.) - deb, Ishoqning so‘yilishini emas, balki, undan dunyoga keladigan farzand-Ya’qubning bashoratini beryapti. Shundan ma’lum bo‘ladiki, qurbonlikka buyurilgan o‘g‘il Ismoil (a.s.)dirlar».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:31:26
Muhammad ibn al-Quraziy rivoyat qiladi: «Men bir kuni xalifa Umar ibn Abdulaziz huzurida o‘tirib, unga yuqorida aytilgan, zabih Ishoq emas, balki Ismoil ekanligi haqidagi fikrimni bayon etdim. Shunda xalifa: «Bu sening fikringdir. Ammo uning to‘g‘riligiga men ishonmay turibman» - dedi va islomni qabul qilgan yahudiy olimlaridan birining oldiga odam yuborib, saroyga keltirdi. Mening oldimda Xalifa undan: «Ibrohimning ikki o‘g‘lidan qaysi biri zabhga buyurilgan?» - deb so‘radi. Yahudiy olimi: «Zabih Ismoildir. Qasam ichib aytamanki, yahudiylar buni juda yaxshi biladilar, lekin, Alloh taolo zabhga buyurgan, Allohning buyrug‘iga bo‘yinsungan va otasiga itoat etgan, odobli, Allohning maqtoviga sazovor bo‘lgan kishi arablarning otasi bo‘lgani uchun, ularga hasad qiladilar. Shuning uchun Ismoilning zabih ekanligini inkor etib, Ishoqni zabih deb da’vo qiladilar» - dedi . (Tarixi Tabariy, 1-j. 189-bet.)

Qur’oni karim, Ismoil (a.s.)ning zabih ekanliklariga dalolat qiladi. Chunki, Qur’onda avval Ismoilning zabhi to‘g‘risida hikoya qilinib, keyin Ibrohimga Ishoq va Ya’qubning bashorati beriladi. Shundan ma’lum bo‘ladiki, zabih Ismoil (a.s.)dirlar. (Afif Abdulfattoh. Tabbora.  Ma’al-anbiyo fil-Qur’anil Ka¬rim. Lubnon. 125-bet.)   
  
Ishoq (a.s.) va o‘g‘illari Ya’qub (a.s.)ning hayotlari  haqida Qur’oni karimda ko‘p ma’lumot berilmagan. Faqat, Ya’qub (a.s.)ning sevimli o‘g‘illari Yusufni yo‘qotib, uning firoqida uzoq muddat alamli hayot kechirganlari, ko‘p yig‘lashdan ko‘zlarining ko‘r bo‘lib qolganligi, umrlarining oxirgi yillarida bu musibatlardan Alloh najot berib, yo‘qolgan farzandlarini topishlari, ko‘zlarining yana ochilishi va nihoyat, o‘g‘illari Yusuf hokim bo‘lgan Misrga ko‘chib o‘tib, oxirgi vaqtlarigacha farovonlik, osoyishtalik va shukronalik bilan yashaganlari bayon etilgan.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:33:45
Ammo ahli kitoblar Ishoq (a.s.) va Ya’qub (a.s.) haqlarida quyidagi xabarlarni keltiradilar.

Ibrohim (a.s.) o‘z umrlarining  oxirlab qolganini sezganlaridan keyin, o‘g‘illari Ishoqning g‘amini yeyishga tushdilar. Chunki, Ishoq hali uylanmagan, Ibrohim (a.s.) esa unga Allohni tanimaydigan, oilaviy munosabatdan uzoq bo‘lgan kan’onlik qizlarni olib berishga ko‘ngillari yo‘l qo‘ymas edi. Shuning uchun Ibrohim (a.s.) aqlli, ishonchni oqlaydigan, har bir topshiriqni xo‘jasining ko‘nglidagiday bajarib keladigan bir xizmatkorni taklif etdilar va unga, Horonga borib, qarindoshlaridan birining qizini kelinlikka olib kelishni tayinladilar. Xizmatkor Horonga bordi va Allohning inoyati bilan Ibrohim (a.s.)ning akalari Batuiyl ibn Nohurning Rafiqa ismli qizini tanladida, uni o‘zi bilan Kan’onga olib keldi va Ibrohim (a.s.)ga topshirdi.

Ibrohim (a.s.) jiyanlari Rafiqani o‘z o‘g‘illari Ishoqqa nikohlab qo‘ydilar.

Ishoq (a.s.) uylangandan yigirma yil o‘tib, Rafiqa egiz o‘g‘il tug‘di. Birining ismini Iysu qo‘ydilar, arablar Iys deydilar. Ikkinchisining ismini Ya’qub deb qo‘ydilar. Uni Isroil (Ya’qubning ma’nosi "œergashib tushgan"dir.  Egizakning biri Ya’qub Iysudan keyin tug‘ilgani uchun uni shunday atalgan. Ya’qubning ikkinchi nomi Isroildir. "œIsro" qul demakdir. "œIyl" Allohdir. Demak, Isroiyl Abdulloh deganidir. Isroil Safvatulloh (Allohning tanlagan bandasi), Insonulloh (Alloh yaratgan inson), Mujohidulloh(Allohning jihod qiluvchi quli), Jundulloh (Allohning askari) degan ma’nolari ham bor)  ham deyilgani uchun, yahudiylarning barcha qabilalari Bani Isroil deyiladi.

Iysu amakisi Ismoil (a.s.)ning Nasama ismli qizlariga uylandi va ko‘p farzand ko‘rdi.

Ya’qubga esa otalari Ishoq (a.s.)ning vafotlaridan keyin payg‘ambarlik martabasi berildi va otalarining ishlarini davom ettirdilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:35:12
2.11.  YA’QUB (A.S.)

Ya’qub (a.s.)ning nomlari Qur’oni karimda o‘nta suraning o‘n yetti oyatida zikr etilgan.

Ishoq (a.s.)ning ikki o‘g‘illari ham teng katta bo‘ldilar. Ammo Ya’qub alohida fazilat egasi bo‘lib, uning yuzidan nur tomib turardi. Shu sababli Ishoq (a.s.) bir kun bu o‘g‘illarining kelajagi porloq ekanligini, xonadonida baraka bo‘lishini, pokiza avlodlar dunyoga kelishini bashorat qilib, Ya’qubning haqlariga duoyi xayr qildilar. Ana shu sabab egizaklar o‘rtasida adovat va hasad paydo bo‘ldi. Iysu Ya’qubga yomon nazar bilan qarab, unga tazyiq o‘tkaza boshladi. Bundan bezor bo‘lgan Ya’qub otalariga shikoyat qilib, shunday dedi: «Ey ota, men sizga akam Iysudan shikoyat qilib keldim. Mening haqimga bashorat berib, duoyi xayr qilgan kuninggizdan buyon menga yomon munosabatda bo‘lyapti, meni haqoratlayapti, tahdid qilyapti, o‘rtamizda aka-ukalik mehri qolmadi, buning ustiga Kan’ondan uylangan ikki xotini bilan maqtanyapti, ikkovi ko‘p o‘g‘illar tug‘ib berarmish, ular menga hayotda ro‘shnolik ko‘rsatmasmishlar. Shuning uchun Alloh sizga bergan hikmatli, dono maslahatingiz bilan ikkovimizning oramizni kelishtirib qo‘yasiz deb sizga shikoyatimni aytdim».

Ikki aka-uka, jigarlarning bunday kelishmovchiligi, ular orasidagi adovat Ishoq (a.s.)ning dillariga anduh soldi va Ya’qubga dedilar: «Ey o‘g‘lim, shubhasiz men o‘zing ko‘rib turganingdek, soch-soqolim oqarib, peshonam tirishib, belim kamondek bukchayib, sharti ketib, parti qolgan cholga aylandim. Umrim oxirlab qoldi, bir sabab bo‘ladiyu ajal meni hayotdan olib ketadi, ammo o‘lganimdan keyin sendan xotirjam bo‘lmayman, chunki akang adovatini oshkor qilib turgan bo‘lsa, qaynota tomonlari serurug‘, tanish-bilishlari ko‘p bo‘lsa, seni ko‘p qiynab qo‘yadi, degan tashvishdaman. Shuning uchun senga maslahatim shuki, sen bu yerdan ko‘chib, Iroq yerining Faddonorom shahriga borgin. U yerda tog‘ang Lobon ibn Batuiyl yashaydi. U kishining qizlaridan birortasiga uylangin-da, farzandlaring va qarindosh-urug‘laring, himoyachilaring ko‘paygandan keyin bu yerga qaytib kelarsan. Men, albatta senga akangning hayotidan farovonroq hayotni, uning naslidan ko‘ra pokizaroq, yaxshiroq naslni orzu qilaman. Seni Allohga amonat topshirdim, O’zi saqlasin!».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:35:42
Ya’qubga otalarining maslahatlari taskin berdi va ma’qul tushdi. Tug‘ilib o‘sgan ota shaharlaridan bosh olib, ota-onalarini Allohga topshirib, qaynoq yoshlar to‘kib, ikkovlaridan qayta-qayta duoyi xayr olib, musofirlikka yuz tutdilar.

Lobon ibn Batuiyl Ya’qubni juda e’zoz bilan qarshi olib, uni bag‘riga uzoq bosib turdi, ko‘zlaridan sog‘inch va surur yoshlari quyildi.

Ya’qub o‘zining kelishidan maqsadini, otasining so‘zlarini bayon qildi va agar rozi bo‘lsa, uning qizlaridan biriga uylanishini ham qo‘shib qo‘ydi. Lobon ibn Batuiyl Ya’qubning bu taklifini xursandchilik bilan qabul qildi, lekin nikohdan avval kelinning mahri uchun yetti yil cho‘pon bo‘lib ishlab berishni shart qildi. Ya’qub shartga rozi bo‘ldi. Lobonning ikki qizi bo‘lib, kattasi Layyo, kichigi esa Rohiyl edi. Layyo Rohiyldek go‘zal bo‘lmasada, odob va axloqda undan qolishmas edi. O’sha zamonning shariatida opadan avval singilni nikohlash mumkin emas edi, ammo bir erkak opa-singilni o‘z nikohiga olishi joiz edi. Shuning uchun Ya’qub yetti yillik shartni bajarib qaytganlarida Lobon unga katta qizi Layyoni nikohlab berdi va agar xohlasa, yana yetti yillik xizmatdan so‘ng kichik qizi Rohiylni ham nikohiga olishi mumkin ekanligini ta’kidladi. Ya’qub o‘n to‘rt yillik xolis xizmatdan so‘ng Lobon ibn Batuiylning ikki qizi Layyo va Rohiylni o‘z nikohlariga oldilar. Lobon ikki qiziga ikki cho‘rini xizmatga bergan edi. Layyo ham, Rohiyl ham erlari Ya’qubni qattiq yaxshi ko‘rganlari uchun o‘z cho‘rilarini Ya’qubga hadya qilishdi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:36:17
Ya’qub to‘rt xotindan o‘n ikki farzand ko‘rdilar:

Layyodan Robbin, Sham’un, Lovo, Yahuzo, Yasokir va Zabulun.

Rohiyldan Yusuf va Binyomin.

Balhadan Vaddon va Naftoliy.

Zalfadan Jod va Ashur ismli o‘g‘illar tug‘ildi.

Bularning hammasi Faddonoromda, yolg‘iz Binyomin Kan’onda tug‘ildilar. Bu o‘n ikki o‘g‘il avlodlari «asbot» deb ataladi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:37:07
Ya’qub (a.s.) yigirma yildan so‘ng qaynotalari Lobondan ijozat olib, Faddonoromdan to‘rt xotin, o‘n bir farzand, behisob boyligu ko‘plab qarindoshlarga ega bo‘lib qaytdilar. Falastinga yaqinlashganda Ya’qub (a.s.) akalari Iysuning to‘rt yuz kishi bilan kutib olishga chiqqanligini eshitib, dillariga qo‘rquv tushdi va mollaridan katta miqdorda hadya ajratib, o‘zlaridan oldinroq akalariga yubordilar. Iysu ukasi Ya’qubdan kelgan hadyalarni ko‘rib, qalbi biroz yumshadi va butun yerlarini Ya’qub (a.s.)ga tashlab, o‘zi odamlari bilan Sa’iyr tog‘lariga chiqib ketdi.

Ya’qub (a.s.) otalari Ishoq (a.s.)ning huzurlariga keldilar va Hibrun shaharida otalari Ishoq (a.s.) bilan birga yashay boshladilar.

Ishoq (a.s.) bir yuz sakson yil umr ko‘rib, Hibrunda olamdan o‘tdilar va otalari Ibrohim hamda onalari Sora dafn etilgan yerga dafn etildilar. (Afif Abdulfattoh Tabbora, Ma’al-anbiyo fil-Qur’anil Ka¬rim. Lubnon.156-bet.)

Ba’zi rivoyatlarda, Ishoq (a.s.) bir yuz oltmish yil umr ko‘rganlari aytiladi. (Tarixi Tabariy,   1-j.  231-6et.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:41:16
Ya’qub (a.s.)ning laqablari Isroil edi. Shuning uchun Ya’qubning o‘g‘illari va avlodlariga «Bani Isroil» deb nom berildi. Ularni «Asbot» ham deyiladi. Ya’qub (a.s.)ning bir o‘g‘il avlodi «sibt» bo‘lib, arablarning bir qabilasiga o‘xshashdir. O’n ikki sibtning faqat uchtasidan:

Lovo sibtidan Muso, Horun, Ilyos va Alyasa’.

Yahuzo sibtidan Dovud, Sulaymon, Zakariyyo, Yahyo va Iyso.

Binyomin sibtidan Yunus payg‘ambarlar chiqqanlar.       

Ishoq (a.s.)ning vafotlaridan keyin uning o‘rniga Ya’qub (a.s.) payg‘ambar bo‘ldilar. Uzun bo‘yli, bug‘doy rangli, vujudi zaif, tabiatan halim, shu bilan birga o‘tkir farosatli bo‘lgan Ya’qub (a.s.) o‘n ikki o‘g‘il orasidan Yusufning buyuk inson bo‘lishini sezar, shu sababli ham uni alohida yaxshi ko‘rar edilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:45:17
2.12.  YUSUF (A.S.) 
   
         
Yusuf bolaligida bir tush ko‘rdi. Subhga yaqin ko‘rgan bu ajoyib tushidan qalbi farahga to‘lib uyg‘ondi. Quvonchini ichiga sig‘dirolmay, darhol otasi Ya’qub (a.s.) huzurlariga shoshildi va shosha-pisha:

يَا أَبَتِ إِنِّي رَأَيْتُ أَحَدَ عَشَرَ كَوْكَبًا وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ رَأَيْتُهُمْ لِي سَاجِدِينَ

«Ey otajon, men tushimda o‘n bir yulduzni, quyoshni va oyni menga sajda qilib turganlarini ko‘rdim», dedi.

Ya’qub (a.s.)ning yuzlari yorishib, o‘g‘illari Yusufga dedilar: «Ey o‘g‘ilcham, bu tushingiz rost keladi. Alloh sizga xos bir fazlni, ilmni va bobolaringiz Ibrohim va Ishoqqa bergan ne’mat singari ne’mati komilni berishni iroda qilibdi. Bu sizga muborak bo‘lsin, lekin bu ko‘rgan tushingizni akalaringizga aytmang, ular bu kunlarda siz haqingizda yaxshi gap qilmayaptilar, hasad qilyaptilar, agar tushingizni eshitsalar, sizga adovatlari kuchayadi va sizga zarar yetkazish uchun makr-hiyla qilishga o‘tib qoladilar».(Yusuf (a.s.)ning qissalaridagi barcha oyatlar mazkur suraning oyatlari bo‘lib, faqat zarurlarinigina tarjimasi olingan.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:48:40
Jobir (r.a.) aytadilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v)ning huzurlariga yahudiylardan Bo‘stona al-yahudiy nomli bir kishi keldi va dedi: «Ey, Muhammad, menga aytchi, Yusuf unga sajda qilayotganini tushida ko‘rgan yulduzlarning nomlari nima?». Payg‘ambarimiz (s.a.v) hech narsa demadilar. Jabroil (a.s.) kelib, ularning nomlarini bildirdilar.

Payg‘ambarimiz (s.a.v) yahudiyni ayttirib kelib, unga:

«Men senga ularning nomlarini sanab bersam, sen menga ishonasanmi?» - dedilar. Yahudiy «ha» javobini berganlan keyin Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar:

«Yulduzlarning nomlari Jarayon, At-Toriq, Az-Zayyol, Zul-kitfon, Qobis, Vassob, Amudon, Al-Faylaq, Al-Masbah, Az-Zaruh, Zul-far’, Az-Ziyo, An-Nurdir».

Yahudiy: «Juda to‘g‘ri aytding, u yulduzlarning nomlari xuddi shunday edi» - dedi. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 178-bet.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:49:06
Yusuf (a.s.) yoshlikdan o‘ta go‘zal, har qanday qalbi pok kishining dilida mehr va har qanday qalbi qora kishida adovat va hasad paydo qiluvchi husnga ega edilar.

Buning ustiga Binyomin va Yusufning onalari bo‘lgan Rohiyl olamdan o‘tgan, ularning ko‘nggillari yarim, shu sababdan otalari Ya’qub (a.s.) butun muhabbatlarini va rahm-shafqatlarini Yusuf va Binyominga qaratgan edilar. Bunga tush ham qo‘shildi va Ya’qub (a.s.)ning fikr-zikrlari Yusufda bo‘lib qoldi. Bu hol Yusuf akalarining qalblarida hasad olovini alangalatdi. Ular ukalari Yusuf va Binyominga bo‘lgan adovatlari va hasadlarini bir-birlaridan yashirmas edilar. Ulardan biri dedi:

«Nima uchun Yusuf va uning ukasi otamizning mehrini qozongan, biz otamizga nima yomonlik qildikki, bizga muhabbatlari yo‘q. Bizning yoshimiz Yusuf va uning ukasidan katta, kuchimiz ko‘p, otamizning hamma xizmatlarini doim bajarsak, nima uchun otamizning ko‘ngillari ikkovini bizdan ortiq ko‘radi? Ehtimol bizlarning onalarimizdan Yusuf va Binyominning onasi Rohiyl otamiz qalbida suyukliroqdir, lekin bunda bizning aybimiz nima?»

Ikkinchisi shunday dedi: «Otamizning dillaridagi Yusuf va ukasiga bo‘lgan muhabbat kaftdagi barmoqlarday mustahkam o‘sib bo‘lgan. Agar biz otamizning oldilariga bunday savol bilan borganimizda ham dildagi mustahkam muhabbatni yulib tashlash mumkin emas. Shunday ekan faqat bir yo‘li bor, u ham bo‘lsa, Yusufni o‘ldirishimiz yoki uzoq o‘rmonga eltib tashlab, hayvonlarga yem qilishimiz yo bo‘lmasa sahroga olib borib qum ostiga ko‘mib yuborishimiz kerak, shundagina undan qutulamiz, otamiz esa bizga suyanib qoladilar. Keyinroq esa Allohga istig‘for aytib, tavba qilib yaxshi odamlar qatoriga qo‘shilib olamiz».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:50:09
Yahuzo Yusuf akalari orasida rahmdilroq, fikri o‘tkirroq edi. U ham gapga qo‘shilib: «Ey birodarlar, biz payg‘ambar avlodimiz, payg‘ambar nabirasimiz, hammamizning ham aqlimiz bor, dinimiz bor, aql ham, din ham odam o‘ldirishga buyurmaydi. Holbuki, Yusuf beayb bola, hech qachon uni o‘ldirishga sabab bo‘ladigan yomonlik ham, gunoh ham qilgani yo‘q. Shuning uchun, modomiki, undan qutulishga qaror qilgan ekansizlar, Baytul-Maqdis yaqinidagi chuqur, suvi ko‘p bo‘lgan quduqqa tashlanglar, biror o‘tkinchi topib olsa, o‘zi bilan birga olib ketadi, sizlar undan qutulasizlar, qotillik gunohidan ham uzoq bo‘lasizlar», dedi. Hammalari uning fikriga qo‘shildilar.

«Haqiqatan, Yusuf va (uning) akalari (qissasi)da so‘rovchilar uchun alomatlar bordir.

O’shanda (akalari) aytdilar: «Yusuf va uning ukasi (Binyomin) otamizga bizdan ko‘ra suyukliroqdir. Vaholonki, biz bir to‘p (ko‘pchilik)miz. Haqiqatan, otamiz aniq gumrohlikdadir.

(Bir-birlariga): «Yusufni o‘ldiringiz yoki uni biror yerga chiqarib tashlangiz, shunda otangiz o‘zi sizlarga ortar (faqat sizlarga mehr qo‘yar). Undan keyin yana solih kishilar qavmi bo‘lursizlar.

Ulardan bir so‘zlovchi dedi: «Yusufni o‘ldirmangiz, balki agar qilmoqchi bo‘lsangiz, uni quduq qa’riga tashlangiz, shunda uni ba’zi yo‘lovchilar olib ketar!»
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:52:03
Tong otganda barcha akalar otalari Ya’qub (as)ning huzuriga bordilar va unga shunday dedilar:

«Ey otajon, nima uchun Yusufni bizga ishonmaysiz, u ham bizning ukamiz, hammamiz sizning farzandlaringizmiz, sizning barchamizga mehringiz bir, muhabbatingiz ziyoda, ertaga Yusufni biz bilan yuboring, uni shahar tashqarisiga olib chiqaylik, biz qo‘y boqqanda u keng dalada yayrab, o‘ynab kelsin, kechqurun huzuringgizga tani yayrab kirib keladi. Biz uni hamisha nazarimizdan qochirmaymiz», - dedilar.

Ya’qub (a.s.) ularga: «Men Yusufni ko‘zimdan uzoqlatsam chiday olmayman, dalada sizlar beparvo bo‘lib qolsalaringiz, payt poylab uni bo‘ri yeb qo‘yishi mumkin, unda meni abadiy g‘amga qo‘yasizlar», - deb e’tiroz bildirdilar. Ammo akalari:

«Bizdek pahlavon jigarlari turganda Yusufni qanday bo‘ri yer ekan, agar unday bo‘lsa, biz ham zarar ko‘ramiz-ku, jigarimizdan ayrilamiz-ku?», - dedilar. Nihoyat Ya’qub (as): «Bo‘lmasa, ko‘zdan hech qochirmanglar, sizlarga ham, Allohga ham amonat qildim, bilganlaringni qilinglar!» - deb ijozat berib yubordilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:52:36
Tong otganda Yusufni hamroh qilib quduq tomon yurdilar, unga yetmasdanoq Yusufga qo‘pol muomala qila boshladilar. Niyatlari oshkor bo‘ldi, hasadlari kuchaydi, Yusufning libosiga chang solishib, yirtib oldilar va o‘zini quduqqa tashlab yubordilar. Shu bilan ular Yusufdan qutuldik, deb o‘yladilar, otalarining Yusufga bo‘lgan muhabbati tezda unutiladi va dillari bizga moyil bo‘ladi, deb gumon qildilar. Lekin Allohning taqdiri o‘zgacha edi, ular taqdirni o‘zgartirmoqchi bo‘ldilar, ammo taqdir ular ustidan kuldi. Ular makr qilmoqchi bo‘ldilar, ammo Allohning ishi hamisha g‘olibdir.

Kech kirganda hammalari Ya’qub (a.s.) huzurlariga yig‘ilishib kirib keldilar va:

«Dod-faryod bilan dedilar: «Ey otajon, siz qo‘rqqan ish sodir bo‘ldi. Biz Yusufni narsalarimiz oldida qoldirib, o‘zimiz ishlarimiz bilan mashg‘ul bo‘lib qolgan ekanmiz, Yusufni bo‘ri poylaganini sezmabmiz, unga hamla qilib yeb qo‘yipti, mana Yusufning kiyimlarini qoniga belangan holda topdik».

Ya’qub (a.s.) ziyraklik bilan bu akalarining Yusufdan qutulish uchun qilgan tadbirlari ekanligini, Yusufga bo‘lsa, Allohning va’dasi borligini va bu, albatta bexilof amalga oshishini bildilar va o‘g‘illariga qarab:

«Sizlar yaxshi ish qilmadinglar, hasad sizlarni yomonlikka boshladi, lekin men uchun bu firoqqa chiroyli sabrdan boshqa chora yo‘q, Alloh makrlaringiz natijasini o‘zi zohir qilsin, sizlar aytgan ishning aksiga Alloh yordam beruvchidir», dedilar va Yusufning firoqidan ko‘p yig‘ladilar. Kechayu kunduz davomli yig‘idan Ya’qub (a.s.)ning ko‘zlari ko‘r bo‘lib qoldi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 09:54:42
Yusuf (a.s.) qorong‘i zax quduqda Allohning sinovini boshlaridan o‘tkazar edilar. Bunday azobga qaysi gunohi sabab bo‘ldi ekan? Shu holatda, shu choh qa’rida Yusufga Alloh taolo vahiy yuborib: «Sabrni chiroyli qil, men seni bu mashaqqatdan ozod qilaman, g‘amingni sururga aylantiraman, akalaringning hammasini sening huzuringda bosh egdiraman, faqat keyinroq», deb tasalli berdi.

Shu ondan boshlab Yusuf (a.s.) Allohning hukmini kutib turdilar, dillari ravshan bo‘ldi.

Yusuf (a.s.) yotgan quduq yonida bir karvon suv olish uchun to‘xtadi  va quduqqa chelak tashladi. Allohning amri bilan Yusuf (a.s.) arqonga osilib yuqoriga chiqdilar, o‘n to‘rt kunlik oy yanglig‘ go‘zal yigitni ko‘rgan kishilar:

«Qanday xursandchilik, mana bu bolani ko‘ringlar!», deb baqirib yubordilar. Karvon Yusuf (as)ni olib yo‘lga tushdilar va O’rta dengiz sohilida joylashgan Heyksus (Misr) davlatining poytaxti Aforis (hozirda Sonal-hijr deyiladi) shahriga olib borib, arzon garovga sotib yubordilar. Uni sotib olgan Misr azizi(Ismi Qitfir bo‘lib, Misr xazinalarn vaziyri ham edi. O’sha paytda Misr fir’avni amoliqalardan bo‘lgan Ar-Rayyon ibn Al-Valid edi) xotini Zulayho(Ibn Ishoqning aytishicha, Misr Azizining xotini Roiyl binti Ramoiyl bo‘lib, Zulayho uning laqabi edi. Ba’zilarning fikricha u ayolning nomi Fako binti Yanusdir) ga: 

«Bu bolaga yaxshi joy ber, bizga foydasi tegib qolar, yoki uni o‘zimizga o‘g‘il qilib olarmiz», - dedi.

Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Odamlarning eng farosati o‘tkiri uchtadir:

Birinchisi, xotiniga: «Yusufga yaxshi joy ber!» - degan Misr azizi.
Ikkinchisi, otasiga: «Ey ota, u kishi (Muso)ni xizmatga oling!» - degan Shuayb payg‘ambarning qizi.
Uchinchisi, o‘zining o‘rniga Hazrat Umar (r.a.)ni xalifa qilib ketgan Abu Bakr Siddiq (r.a.)dirlar».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:02:46
Alloh taolo oyati karimada shunday xabar beradi:

وَقَالَ الَّذِي اشْتَرَاهُ مِنْ مِصْرَ لامْرَأَتِهِ أَكْرِمِي مَثْوَاهُ عَسَى أَنْ يَنْفَعَنَا أَوْ نَتَّخِذَهُ وَلَدًا وَكَذَلِكَ مَكَّنَّا لِيُوسُفَ فِي الأرْضِ وَلِنُعَلِّمَهُ مِنْ تَأْوِيلِ الأحَادِيثِ وَاللَّهُ غَالِبٌ عَلَى أَمْرِهِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لا يَعْلَمُونَ (٢١)وَلَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُ آتَيْنَاهُ حُكْمًا وَعِلْمًا وَكَذَلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ

«Shunday qilib, Yusufni yerga (Misrga) joylashtirdik va gaplar (tushlar) ta’vilini bildirishimiz uchun shunday qildik. Alloh (O’z) ishida g‘olibdir, lekin odamlarning aksariyati buni bilmaydilar. (Yusuf) voyaga yetgach, unga hukm va ilm ato etdik. Chiroyli ish qiluvchilarni shu tarzda mukofotlaymiz».

«Voyaga yetish»ning ma’nosi Alloh taolo payg‘ambarlariga vahiy yuboradigan yosh, ya’ni qirq yoshdir.

Molik, Rabiy’a, Zayd ibn Aslam va Ash-Sha’biyning fikrlaricha, «voyaga yetish» balog‘atga yetishdir.

Sa’id ibn Jubayrning fikricha, «voyaga yetish» o‘n sakkizga kirishdir.

Az-Zahhokning fikricha, yigirma yosh voyaga yetish yoshidir.

Ikrimaning fikricha, yigirma besh yosh, As-Sadiyning fikricha, o‘ttiz yosh, Ibn Abbos, Mujohid va Qatodaning fikrlaricha, o‘ttiz uch yosh, Al-Hasan al-Basriyning fikricha, qirq yosh voyaga yetish yoshi hisoblanadi.       
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:05:02
Zulayho Yusufni yaxshi tarbiyalab voyaga yetkazdi, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, bag‘oyat xushro‘y Yusuf (a.s.)ning go‘zalliklari qarshisida lol qoldi va unga oshiqi beqaror bo‘lib qoldi. Bir kuni Yusuf (a.s.) xizmat yuzasidan Zulayho huzuriga kirganlarida, betoqat ayol Yusuf (a.s.)ni o‘ziga chorladi.

وَرَاوَدَتْهُ الَّتِي هُوَ فِي بَيْتِهَا عَنْ نَفْسِهِ وَغَلَّقَتِ الأبْوَابَ وَقَالَتْ هَيْتَ لَكَ قَالَ مَعَاذَ اللَّهِ إِنَّهُ رَبِّي أَحْسَنَ مَثْوَايَ إِنَّهُ لا يُفْلِحُ الظَّالِمُونَ (٢٣)وَلَقَدْ هَمَّتْ بِهِ وَهَمَّ بِهَا لَوْلا أَنْ رَأَى بُرْهَانَ رَبِّهِ كَذَلِكَ لِنَصْرِفَ عَنْهُ السُّوءَ وَالْفَحْشَاءَ إِنَّهُ مِنْ عِبَادِنَا الْمُخْلَصِينَ

«U (Yusuf) uyida bo‘lgan ayol (Zulayho) undan nafsi (jinsiy yaqinlik qilishi)ni talab qildi va eshiklarni qulflab: «Qani kel!» - dedi. (Yusuf) dedi: «Alloh saqlasin! Axir, u (ering) xojam-ku! Menga yaxshi joy bergan bo‘lsa?! Zolimlar, zotan iqbolsiz bo‘lurlar!». Haqiqatan, (Zulayho) unga (ya’ni, Yusufning visoliga) intildi. Agar Parvardigorining ochiq hujjat-alomatini ko‘rmaganida, (Yusuf) ham unga (Zulayhoga) moyil bo‘lar edi. Undan (Yusufdan) yomonlik va buzuqlikni chetlatish uchun mana shunday qildik (ya’ni uni O’z hifzu himoyatimizda asradik). Zero, u pokiza bandalarimizdandir. (Yusuf surasi, 23-24. Shu yerdagi tarjimani Alouddin Mansurdan oldim. Izoh muharrirniki.)


Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:06:04
Oyati karimadagi «Valaqod hammat bihi vahamma biho, Lavlo arroa burhana robbih» jumlasining ma’nosida olimlar turlicha fikrlar aytganlar.

Oyatning tarjimasida Shayx Abdulaziz Mansur «Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi» kitobida (Zulayho) unga moyil, u (Yusuf dili) ham bunga moyil bo‘lgandi. Agar Robbining hujjatini ko‘rmaganda (bo‘lar ish bo‘lar edi) - deb ma’no beradi va bu ma’noga: «Yusufdagi moyillik dilda hosil bo‘ladigan, lekin uni ijro etish niyati bo‘lmagan moyillik edi. Zulayxodagi moyillik esa uni amalga oshirish niyati bilan edi» - deb izoh beradi. (A. Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. Toshkent. 2001. 238-bet.)

Ibn Jarir At-Tabariy tarix kitobida keltirgan xabarida As-Sadiy shunday rivoyat qiladi: «Azizning xotini Yusufni o‘z xonasiga chaqirib, unga shunday deydi:

- Ey  Yusuf, muncha sochlaring chiroyli?
- Sochlarim qabrda badanimdan birinchi bo‘lib sochilib ketadigan narsadir.
- Ey Yusuf, muncha ko‘zlaring chiroyli?
- Ko‘zlarim qabrda jasadimdan birinchi oqib tushadigan narsadir.
- Ey Yusuf, yuzlaring muncha chiroyli?
- Yuzlarimni qabrda tuproq yeb bitiradi.

Azizning xotini besabrlik bilan Yusufga talpindi. Yusuf esa unga moyil bo‘ldi. Ikkovlari xonaga kirdilar. Ayol xona eshigini qulfladi. Yusuf esa libosini yecha boshladi. Shu payt Yusufning ko‘ziga otasi Ya’qub (a.s.) tik turgan holda ko‘rindi. U barmog‘ini tishlab: «Ey, Yusuf! U ayol bilan yotma! Agar sen u bilan yotmasang, osmonda uchib yurgan ozod qushsan. Agar u bilan yotib qo‘ysang, osmonda o‘lib qolgan qush misolisanki, yerga zarb bilan urilishdan o‘zingni saqlolmaysan!» - dedi. Yusuf yana libosini kiyib oldi va tashqariga qarab qochdi. Yusufning orqasidan chang solgan ayol uning libosi orqasidan ushlab, yirtib yubordi va ustidan yechib oldi».(Tarixi Tabariy. 1-j. 236-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:09:51
Abdulloh ibn Abu Mulayka aytadi: «Men Ibn Abbos (r.a.)dan: «Yusufning moyil bo‘lishi qanday sodir bo‘lgan?» - deb so‘radim. Ibn Abbos (r.a.) dedilar: «Azizning xotini cho‘zilib yotgan. Yusuf uning oyoqlari orasiga o‘tirib olib, libosini yecha boshlagan. Shu payt Alloh taolo unga o‘z burhonini ko‘rsatgan. Ya’ni, Ya’qub (a.s.) barmoqlarini tishlagan holda ko‘rinib, bu ishdan qaytarganlar».

Ba’zilarning aytishicha, «Zino qilayapsanmi? Qanoti yulingan qushning osmonga ko‘tarilganiga o‘xshab qolasan-ku!» - degan ovoz eshitilgan.

Ba’zilarning aytishicha, uyning devorida:

وَلا تَقْرَبُوا الزِّنَا إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَسَاءَ سَبِيلا

«Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki u buzuqlik va yomon yo‘ldir». (Al-Isro, 32.)  - degan yozuv ko‘ringan.

Yuqorida keltirilgan misollardagi uch fikr ham, «Albatta, u dili xolis bandalarimizdandir» - deb Alloh maqtagan Yusuf (a.s.)ning pokiza sha’nlariga nomunosibdir. Bunday fikrga kelish, o‘z payg‘ambarlarini turli ayb, isyon va gunohlar bilan haqoratlovchi ahli kitoblarning ta’siriga berilish natijasidir.

«Yusuf (a.s.)ning yosh yigitliklari, husnlari Azizning qizi, Fir’avnning jiyani  bo‘lgan Zulayhoni haddan ortiq hirsini ziyoda qilgan, maqsadini amalga oshirish uchun butun imkoniyatini ishga solib, chiroyli kiyinib, xushbo‘y bo‘lib, xoli uyga kirib, eshikni qulflagan va Yusufni zinoga chorlagan bo‘lsa ham, Yusuf (a.s.) o‘zlarining payg‘ambar ekanliklarini va payg‘ambarlar avlodi ekanliklarini unutgan emaslar. Alloh taolo Yusuf payg‘ambarini bunday fahsh ishdan, unga moyil qildirmasdan saqlagan, u kishini ayollar makridan himoya qilgan. Chunki Yusuf (a.s.) sayyidlarning sayyidi, Payg‘ambarimiz (s.a.v) ta’riflagan yetti toifa taqvodorlarning ulug‘i edilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:19:09
Imom Buxoriy va Muslimning sahihlarida rivoyat etilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v) marhamat qilganlar: «Yetti toifa odamga Alloh taolo o‘zining arshi soyasidan joy beradi:

1. Odil imomga;
2. Bir odamgaki, xoli bo‘lganda Allohni zikr qiladi va ikki ko‘zidan yosh quyiladi;
3. Bir odamgaki, masjidda namoz o‘qib chiqib, keyingi namozgacha qalbi masjidga bog‘liq bo‘ladi;
4. Ikki odamgaki, ular Alloh uchun do‘st tutinadilar, shunga ko‘ra uchrashadilar va ajrashadilar;
5. Bir odamgaki, u qilgan sadaqasini maxfiy tutadi, hatto o‘ng qo‘li berganini chap qo‘li bilmaydi;
6. Bir yigitgaki, yoshligidan Allohning ibodatida voyaga yetsa;
7. Bir odamgaki, uni go‘zal va obro‘li ayol zinoga chaqirsa, u esa: «Men zino qilishga Allohdan qo‘rqaman» - desa». 


Yusuf (a.s.) mana shunday maqomdagi zot bo‘lib, u kishi Zulayhoning nopok istagiga moyil bo‘lishdan uzoq edilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 182-183-6et.)

Yusuf (a.s.) ayni gurkirab turgan yoshda va husnu malohatlari benazir bo‘lishi bilan birga, yoshlikdan hikmat bulog‘idan sut ichgan, payg‘ambarlik quchog‘ida yayrab o‘sgan va o‘zlarini ham Alloh taolo payg‘ambarlik sharafiga munosib tayyorlayotgan zot bo‘lib, qalblari Rabbilari bilan mashg‘ul, uning bir chekkasida ham nopok ayollarga moyillikdan asar ham yo‘q edi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:20:08
Zulayho o‘z talabini aytganda, Yusuf (a.s.) unga javoban: «Sen xohlagan narsani qilishdan xudo saqlasin! Menga yaxshi joy bergan, qul bo‘lishimga qaramay hurmatimni joyiga qo‘ygan xojamga xiyonat qilamanmi?! Men yaxshilikni inkor etuvchi, unga yomonlik bilan javob beruvchi insofsiz emasman. Sen eshikni qulflaganing, pardalarni tushirganing bilan Allohdan hech narsani yashirolmaysan. Chunki U inson ko‘zi ko‘rolmaydigan narsalarni, hatto dilingga bekitgan narsalarni ham bilib va ko‘rib turuvchidir. Allohning ma’siyatiga bo‘yin egishimdan, uning g‘azabini keltiradigan ishga qalbimning moyil bo‘lishidan Allohning o‘zi asrasin! Alloh zolimlarga najot bermaydi» - dedi.

Azizning xotini shunchalik husnu jamoli va mavqeu kamoliga qaramasdan o‘zining xizmatkor qullaridan birini bu ishga taklif etgan edi. U bo‘lsa, bosh tortdi. Axir, Zulayho kim? Saroyning yagona amirasi, uning bo‘yrug‘iga itoat etmagan, uning g‘azabidan qo‘rqmagan biror kimsa bormi?! Uning huzuriga mana shunday taklif bilan kira oladigan odam topiladimi?! Shunga qaramasdan, Zulayhoning o‘zi shuni xohlab, imkon yaratib, bir qul bo‘lgan Yusufni taklif etsa-yu, u qul malika bilan kayf-safo qilishga noz qilsa!

Mana shunday «noshukrlik» Zulayhoning qalbini o‘ynatdi, g‘azabini qaynatdi, izzat-nafsiga tegdi. U alam va sharmisorlik alangasida Yusuf (a.s.)dan intiqom olmoqchi bo‘ldi va unga tashlandi. Yusuf (a.s.) ham yomonlikka yomonlik bilan javob bermoqchi, Zulayhoning zarbasiga zarba qaytarmoqchi bo‘ldilar. Lekin o‘zlaridagi payg‘ambarlik nurining shu’lasi qalblarini yoritdi, Allohning burhonini ko‘rdilar. Alloh Yusuf (a.s.)ga: «Urushishdan qochish afzalroq, sakrashishdan o‘zni tiyish afzalroq» - degan vahiy yubordi. Yusuf (a.s.) Rabbilarining vahiysini jon deb qabul qildilar va eshik tarafga o‘zlarini otdilar. Yusufning ketidan tashlangan Zulayho, ko‘ylaklarining orqasiga chang soldi va uni yirtib ustilaridan sug‘urib oldi. Eshik oldida esa Misr azizi turardi». (Muhammad Jodul Mavlo. Qur’on qissalari. Bayrut. 2000 y.  85-6et.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:22:14
Allohdan qo‘rqqan Yusuf (a.s.) uni rad etib, yuz o‘girdilar va eshikka qarab qochdilar. Zulayhoning qo‘lida esa Yusuf (a.s.)ning orqasidan yirtilgan liboslari qoldi. Shu vaqt eshikdan kirib kelgan Misr azizi voqeadan hayron bo‘ldi. Zulayho esa haqiqatni eridan yashirib, Yusuf (a.s.)ga tuhmat qildi va:

قَالَتْ مَا جَزَاءُ مَنْ أَرَادَ بِأَهْلِكَ سُوءًا إِلا أَنْ يُسْجَنَ أَوْ عَذَابٌ أَلِيمٌ


«Sening ahlinga yomonlik qilmoqchi bo‘lgan odamning jazosi nima?», - deb so‘radi.

Misr azizi: «Zindonga tashlanadi», - dedi. Zulayhoning tuhmat tomoniga osongina o‘tayotganini ko‘rgan Yusuf (a.s.) bor haqiqatni oshkor qilishga majbur bo‘ldilar:

قَالَ هِيَ رَاوَدَتْنِي عَنْ نَفْسِي

«(Yusuf) dedi: Uning o‘zi mendan nafsim (jinsiy yaqinlik qilishim)ni talab qildi», - dedilar. So‘zlarining isboti uchun saroy ahllaridan birining chaqalog‘ini keltirdilar. U:

وَشَهِدَ شَاهِدٌ مِنْ أَهْلِهَا إِنْ كَانَ قَمِيصُهُ قُدَّ مِنْ قُبُلٍ فَصَدَقَتْ وَهُوَ مِنَ الْكَاذِبِينَ (٢٦)وَإِنْ كَانَ قَمِيصُهُ قُدَّ مِنْ دُبُرٍ فَكَذَبَتْ وَهُوَ مِنَ الصَّادِقِينَ

«Agar Yusufning ko‘ylagi oldidan yirtilgan bo‘lsa, Zulayhoning gaplari rost, Yusuf yolg‘onchidir. Agar ko‘ylakning orqasidan yirtilgan bo‘lsa, Yusufning so‘zlari rost, Zulayho yolg‘on gapirdi», - dedi va Yusuf (a.s.)ni oqladi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:23:07
Yusuf (a.s.)ning pokliklariga guvohlik bergan «shohid» haqida bir necha fikrlar mavjud.

As-Sadiydan rivoyat etilishicha, bu shohid Zulayhoning amakisining o‘g‘li edi.

Ba’zi olimlar: «Bu shohid beshikdagi bir go‘dak edi» - deydilar. Bu fikrning isboti uchun hadis rivoyat qilganlar: «Ibn Abbos rivoyat qiladilarki, Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: «To‘rtta go‘dak beshikdalik paytida gapirgan: Birinchisi Fir’avn qizining pardozchisini o‘g‘li; Ikkinchisi Yusuf (a.s.)ning pokliklariga shohidlik bergan bola; Uchinchisi obid Jurayjning sohibi; To‘rtinchisi Iyso ibn Maryamdirlar.

Ba’zi olimlarning fikricha, bu shohid Yusufning ko‘ylagi edi. 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:24:55
Misr azizi xotiniga:

إِنَّ كَيْدَكُنَّ عَظِيمٌ (٢٨)يُوسُفُ أَعْرِضْ عَنْ هَذَا وَاسْتَغْفِرِي لِذَنْبِكِ إِنَّكِ كُنْتِ مِنَ الْخَاطِئِينَ

«Siz ayollarning makringiz juda buyuk, Ey Zulayho, tavba qil, chunki sen xato qilding», dedi va Yusuf (a.s.)ga: «Ey Yusuf, tilingni tiy, bu voqea xalq orasida tarqalib ketmasin», - deb tayinladi.

Bu voqea tezda shaharga tarqaldi. Misr ahli, ayniqsa ayollari Zulayhoni buzuq ayolga chiqarib qo‘yishdi. Zulayho o‘zini oqlash va g‘iybatchilardan alamini olish niyyatida saroyda katta ziyofat tashkil qildi. Unga barcha ayollarni taklif etdi. To‘kin dasturxon atrofida o‘tirgan ayollarning har biriga bittadan pichoq berib, meva yeyishga taklif etdi. Hamma meva kesish bilan ovora bo‘lib turgan paytda Yusuf (a.s.)ni ichkariga kiritdi. Yusuf (a.s.)ning husni-jamoliga mahliyo bo‘lgan xonimlar hushlaridan ayrilib o‘z qo‘llarini kesa boshladilar. Zulayhoning qilgan xatosini uzrli deb topdilar. Ba’zi yengil tabiatlari Zulayhoga yordam bermoqchi bo‘lib, u bilan kayfu safo qilishga Yusufni tezlay boshladilar. Yusuf (a.s.) Allohga tavajjuh qilib:

قَالَ رَبِّ السِّجْنُ أَحَبُّ إِلَيَّ مِمَّا يَدْعُونَنِي إِلَيْهِ وَإِلا تَصْرِفْ عَنِّي كَيْدَهُنَّ أَصْبُ إِلَيْهِنَّ وَأَكُنْ مِنَ الْجَاهِلِينَ

«Ey Robbim, menga bular taklif qilayotgan narsadan ko‘ra zindon mahbubroqdir. Mendan bularning makrini tezroq qaytarmasang, ularga giriftor bo‘laman va johillar qatoriga qo‘shilib qolaman», - dedilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:30:53
Yusuf (a.s.) ularga:

يَا صَاحِبَيِ السِّجْنِ أَمَّا أَحَدُكُمَا فَيَسْقِي رَبَّهُ خَمْرًا وَأَمَّا الآخَرُ فَيُصْلَبُ فَتَأْكُلُ الطَّيْرُ مِنْ رَأْسِهِ

«Ey, ikki hamzindonlarim! Endi, sizlarning biringiz ko‘rgan tushga kelsak, (u ozod etilib, yana) xojasiga soqiylik qilur. Unisi bo‘lsa, (dorga) osiladi va uning boshidan qushlar cho‘qib yerlar».


Keyin sharobchiga qarab:

وَقَالَ لِلَّذِي ظَنَّ أَنَّهُ نَاجٍ مِنْهُمَا اذْكُرْنِي عِنْدَ رَبِّكَ

«Agar sen ozod bo‘lib, podshoh huzurida bo‘lsang, zindonda begunoh qamalganlar ham borligini podshohga uqtirgin», - dedilar.

Yusuf (a.s.)ning bashoratlariga muvofiq oz fursatda novvoy dorga osilib ketdi, sharobchi esa o‘z xizmatiga tayinlanib, podshohga soqiy bo‘ldi. Ammo Yusuf (a.s.) najotni Allohdan so‘rash o‘rniga soqiydan umidvor bo‘lganlari uchun zindonda yana bir necha yil qolib ketdilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:33:01
Misr podshohi yomon tush ko‘rdi. Uning xavfi va vahimasidan qo‘rqib uyg‘ondi va mamlakat olimlari, saroy a’yonlarini jamlab ularga tushini bayon qildi:

وَقَالَ الْمَلِكُ إِنِّي أَرَى سَبْعَ بَقَرَاتٍ سِمَانٍ يَأْكُلُهُنَّ سَبْعٌ عِجَافٌ وَسَبْعَ سُنْبُلاتٍ خُضْرٍ وَأُخَرَ يَابِسَاتٍ يَا أَيُّهَا الْمَلأ أَفْتُونِي فِي رُؤْيَايَ إِنْ كُنْتُمْ لِلرُّؤْيَا تَعْبُرُونَ

«Men tushimda yettita semiz sigirni ko‘rdim, keyin yettita oriq sigirlar kelib semiz sigirlarni yeb qo‘yishdi. Yana yettita ko‘m-ko‘k bug‘doy boshog‘ini, undan keyin yettita qurigan boshoqni ko‘rdim. Shu tushimning ta’birini aytinglar!», - deb amr qildi.

Bu tushning ta’biridan hamma ojiz qoldi va noiloj:

قَالُوا أَضْغَاثُ أَحْلامٍ وَمَا نَحْنُ بِتَأْوِيلِ الأحْلامِ بِعَالِمِينَ

«Bu tushingiz aralash-quralash, bosinqirash tushlar, biz buning ta’vilini bilmaymiz», - deyishdi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:34:15
Nogahon soqiyning esiga zindonda yotgan tush ta’birchisi tushib qoldi va shoshilgancha zindonga bordi. Qarasa Yusuf hali ham taqdirga tan berib, zindonda yotibdi. U kishiga murojaat qilib, shunday dedi:

يُوسُفُ أَيُّهَا الصِّدِّيقُ أَفْتِنَا فِي سَبْعِ بَقَرَاتٍ سِمَانٍ يَأْكُلُهُنَّ سَبْعٌ عِجَافٌ وَسَبْعِ سُنْبُلاتٍ خُضْرٍ وَأُخَرَ يَابِسَاتٍ لَعَلِّي أَرْجِعُ إِلَى النَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَعْلَمُونَ

«Ey rostgo‘y Yusuf, men sizdan bir tushning ta’vilini so‘ragani keldim. Agar uning ta’vilini aytib bersangiz, shoyadki sizning bu zindondan qutilishingizga sabab bo‘lsa, u tush shunday: yettita semiz sigir, ketidan yettita oriq sigirlar kelib, semizlarini yeb qo‘ydi. Keyin yettita ko‘m-ko‘k boshoq, yana yettita qurigan boshoq ko‘rilgan, shuning ta’vili qanday?».

Yusuf (a.s.) faqat tushlar ta’vilchisi emas, balki Alloh taolo odamlarni isloh va hidoyati uchun yuborgan payg‘ambar ham edilar. Shuning uchun tush bahonasida kishilar qalbiga yana Allohga bo‘lgan ishonchni, imonni solib qo‘yishni xohladilar:

«Bu tushning ta’vili shuki, sizlar yetti yil farovonlikda yashaysizlar. Suvlar serob, hosillar mo‘l, omborlaringiz g‘alla-donga to‘la bo‘ladi. Uning ketidan yetti qahatchilik yillari keladi, yomg‘ir yog‘maydi, Nil daryosining suvi quriydi, bog‘u bo‘stonlar xarob bo‘ladi, don pishmaydi. Undan keyin asta-sekin to‘kin-sochin hayot boshlanadi. Nil to‘lib oqadi, yomg‘ir serob bo‘ladi, bog‘u bo‘stonlar obod bo‘lib, hayot izga tushadi. Bu ta’vilni men o‘z ichimdan chiqarmadim, menga Alloh vahiy qilib bildirganini aytdim».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:35:47
Podshohga bu gaplar yetkazilgandan keyin, bildiki, bu gap egasi mukammal aql va farosat sohibidir. Darhol uni zindondan olib kelishga buyurdi. Ammo Yusuf (a.s.)ga elchi kelganda, ozod bo‘lishga shoshilmadilar. Chunki Yusuf(a.s.) gunohkor emas, mazlum edilar. Zindondan ham afv etilgan gunohkor sifatida boshlarini egib emas, o‘z pokliklarini namoyish qilib, bu kishiga zulm qilganlarning tavbasiga tayantirib, ochiq yuz bilan ozod bo‘lishni xohlardilar.

Shuning uchun kelgan elchiga:
 
ارْجِعْ إِلَى رَبِّكَ فَاسْأَلْهُ مَا بَالُ النِّسْوَةِ اللاتِي قَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ إِنَّ رَبِّي بِكَيْدِهِنَّ عَلِيمٌ

«Avval podshohga borib, meni bu yerga tuhmat bilan zindonga soldirgan ayollarning qismati nima bo‘lganini so‘ra, chunki men bu yerdan chiqqandan keyin yana ularning fitnasiga uchramayin», - dedilar.

Podshoh barcha ayollarni saroyga keltirdi va:
 
قَالَ مَا خَطْبُكُنَّ إِذْ رَاوَدْتُنَّ يُوسُفَ عَنْ نَفْسِهِ

«Sizlarning Yusuf haqida fikrlaringiz qanday?», - deb so‘radi. Xonimlar endi yolg‘on gapirishga, inkor qilishga va tuhmat qilishga imkon topolmadilar:

قُلْنَ حَاشَ لِلَّهِ مَا عَلِمْنَا عَلَيْهِ مِنْ سُوءٍ

«Alloh uchun aytamizki, undan yomonlik sodir bo‘lgan emas, u nihoyatda pok inson, uning pokligiga hech shubha yo‘q», - deb haqiqatni aytdilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:38:14
O’z aybini Zulayho ham e’tirof etdi. Zulayhoning shahodati soqiyning ta’rifiga mos tushdi, Yusuf butunlay pok inson ekanligi ma’lum bo‘ldi va Podshoh Yusuf (a.s.)ni Misr xazinasi sohibi etib tayinladi. Misr shahar azizi Qitfir vafot etgandan so‘ng podshoh Yusufni Misr azizi etib ham tayinladi va taqdirning taqozosi bilan uning xotini Zulayhoga uylantirib ham qo‘ydi.

Yetti yil mo‘l-ko‘lchilik davrida Yusuf (a.s.) katta-katta omborlar qurdirib, xalqdan don yig‘a boshladilar va omborlarni to‘ldirdilar. Haqiqatan ham, yetti yil mo‘l-ko‘lchilikdan keyin yetti yil qahatchilik boshlandi. Yegulik hech narsa qolmadi. Yusuf (a.s.) ning tadbirkorliklari atrof mamlakatlariga yoyildi. Hamma oziq-ovqat olib kelish uchun Misrga borardi.

Bunday qahatchilik Kan’onni ham chetlab o‘tmadi. Ya’qub (a.s.) o‘g‘illarini chaqirib: «Ey o‘g‘illarim, ko‘rib turganingizdek, qahatchilik bizga ham yetib keldi. Karvonlarning xabariga qaraganda Misr azizi saxovatli, tadbirkor odam bo‘lib, borgan kishining qo‘lini quruq qaytarmayapti ekan. Sizlar ham borib ashyolaringiz evaziga g‘alla almashtirib kelinglar. Binyomin yonimda qolsin, sizlarning sog‘inchlaringizni u bilan bosib turaman», - dedilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:41:08
Ya’qub (a.s.)ning o‘g‘illari Misrga kelganlarida Yusuf (a.s.) o‘z akalarini tanidilar va ulardan: «Sizlar kimsizlar, josus emasmisizlar?» - deb so‘radilar. Akalari: «Alloh saqlasin! Bizlar o‘zining eng suyukli farzandidan ayrilib g‘am-anduhga qolgan bir payg‘ambarning o‘g‘illarimiz. Bizlar hammamiz o‘n ikki o‘g‘il edik. Yo‘qolgan inimiz va uning birodari ota bir ona boshqa inilarimizdir. O’sha inimiz biz bilan birga o‘ynab sahroga chiqqan vaqtda yo‘qolib qolgan edi. Shu sababdan otamiz uning birodarini bizlarga ishonmay o‘zi bilan olib qoldi», - deyishdi.

Yusuf (a.s.) ularga izzat-ikrom ko‘rsatdilar.

«Agar kichik ukangizni ham olib kelsangiz, sizga yanada ko‘proq ikrom qilaman», - dedilar. Ular Ya’qub (a.s.) ning yonlariga qaytib kelishib, shunday deyishdi:

«Ey ota! Misr hokimi bizga ko‘p ikrom qildi. Agar kichik ukalaringizni ham olib kelsangiz, yanada ko‘proq ikrom qilaman», - dedi. Ya’qub (a.s.):

«Men uni sizlarga ishonmayman. Binyominning akasini sizlarga ishonganimda sizlar va’dangizga xiyonat qildingiz. Alloh eng yaxshi muhofaza qiluvchidir va mehribon zotdir», - deb yig‘ladilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:45:13
Hammalari uylariga borib, «yuklarini ochib qarasalar, olib borgan matolarini qaytarib, donni tekinga berib yuborishibdi. Otalari huzuriga borishib: «Ey ota, yaxshi, saxiy vazirga yo‘liqdik, deb sizni aldamagan edik, chunki narsalarimizni olmasdan, tekinga don berib yuborgan odam yomon odam bo‘larmidi? Shunday saxiy odamga bergan va’damizni bajaraylik, ukamizni birga olib borishga izn bering», - dedilar.

Ya’qub (a.s.) Binyominni akalariga qo‘shib Misrga yuborishdan boshqa iloj topolmadilar. Misrga kirib borgan akalarini Yusuf (a.s.) yaxshi kutib oldilar, Binyominni ko‘rib qalblari eridi, lekin oshkor qilmasdan mehmonlarni taomga taklif qildilar. Ularni ikkita-ikkita o‘tirg‘izgan edilar. Binyomin alohida dasturxonda yolg‘iz qoldi. Yusuf (a.s.) uni o‘z yonlariga chaqirib, birga o‘tirdilar. Keyin suhbat asnosida Binyominga o‘zlarining Yusuf ekanliklarini aytib tanishtirdilar. Binyominning quvonchi cheksiz bo‘ldi, g‘amlari tarqadi, o‘z jigarining bag‘rida tong ottirdi.

Mehmondorchilik odatlari nihoyasiga yetgandan keyin, akalar ketishga chog‘landilar. Ularga yuklari tayyorlab berildi, ammo Yusuf akalariga makr ishlatib, ukalari Binyominni olib qolmoqchi bo‘ldilar va uning yuklari orasiga don o‘lchab beriladigan idishni yashirib qo‘yishni xizmatkorlarga buyurdilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:45:54
Endigina yo‘lga tushganlarida jarchi ularni to‘xtashga buyurdi va ularni o‘g‘rilar deb e’lon qildi. Akalar dahshatga tushdilar va:
«Ular yaqin kelishgach: Nima yo‘qotdingiz?!», - deyishdi.

«Jarchilardan biri aytdi: «Podshohning tillodan bo‘lgan don o‘lchagichi yo‘qoldi. Agar uni kim topib, keltirib bersa unga bir tuya don hadya qilinadi, bu va’dani bajarishni o‘z zimmamga olaman», - dedi. Yusufning akalari:

«Allohga qasamki, biz fasod qo‘zg‘ash yoki o‘g‘irlik uchun kelmaganmiz-ku!», - dedilar. Jarchilar dedilar:

«Agar yolg‘onchi bo‘lsangizlar (o‘g‘rining) jazosi nima bo‘lur?» Akalar aytdilar:

«Bizning dinimiz va shariatimizda o‘g‘rilik qilgan kimsa qo‘lga tushsa, uning o‘zini qul qilib olib qolinadi, lekin biz o‘zimizni bu o‘g‘irlikdan pok, deb bilamiz», - dedilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:49:42
Akalarining javobidan Yusuf (a.s.) xursand bo‘ldilar. Taftish boshlandi va yo‘qolgan narsa Binyominning yuklari orasidan chiqdi. Hammalari boshlarini egib qoldilar:

«Ular: «Agar bu (Binyamin) o‘g‘irlik qilgan bo‘lsa (qilgandir, chunki) ilgari uning akasi ham o‘g‘irlik qilgan edi» - dedilar. Bas, Yusuf (a.s.) bu gapni ichiga solib, ularga bildirmadi va «Sizlar yomon (tuban) martabadadirsizlar. Alloh sizlarning «vasflaringizni» yaxshi biluvchidir» - dedi».

Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: «Yusuf va uning onasiga butun husnning yarmi berilgan edi. Rohiyl o‘g‘li Yusufni tuqqan vaqtda, chaqaloqni Ya’qub (a.s.) o‘z singillariga tarbiyalash uchun berganlar».

Yusuf (a.s.) bilan u kishini tarbiyalayotgan ammalari o‘rtasida ko‘ngilxiralik sodir bo‘lgan. Bu haqda Mujohid (r.a.) shunday rivoyat qiladilar: «Yusufning boshiga kelgan birinchi balo ammasi tufayli edi. Amma Ishoq (a.s.)ning birinchi va to‘ng‘ich farzandi bo‘lgani uchun Ishoq (a.s.)dan meros qolgan kamar unga berilgan edi.

Yusuf tug‘ilganda ham uni tarbiyalashga loyiq deb eng katta amma topildi va Ya’qub (a.s.) chaqaloqni unga topshirdi. Amma Yusufni jonidan ham yaxshi ko‘rardi. Yusuf yuradigan bo‘ldi va oradan yillar o‘tdi. Ya’qub (a.s.) Yusufni juda sog‘inardilar va bu sog‘inch u kishini singillari huzuriga yetaklab keldi. Ya’qub (a.s.) dedilar: «Ey, singlim, menga Yusufni qaytarib ber. Allohga qasamki, men uni yonimdan uzoqlatishga chidamayapman» - dedilar. Amma ham bo‘sh kelmay: «Men Yusufni sizga tashlab qo‘yolmayman!» - dedi. Ya’qub (a.s.): «Men ham uni senga tashlab qo‘yolmayman» - dedilar. Nihoyat amma biroz bo‘shashdi va Ya’qub (a.s.)ga dedi: «Unday bo‘lsa, menikida bir oz tursin, qalbim tasalli topsin, keyin sizga o‘zim olib borib beraman» - dedi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:51:37
Ya’qub (a.s.) ammaning huzuridan chiqib ketishlari bilan, amma kamarni olib Yusufning libosi ichidan uning beliga bog‘lab qo‘ydi. Keyin kamarni qidirgan bo‘lib, xonadon ahllariga: «Qaranglar, kamarni kim oldi ekan» - deb hammasini taftish qildi, yechintirib ko‘rdi va nihoyat Yusufning kiyimi ostidan «topib oldi». Keyin qasam ichib: «Allohga qasamki, Yusuf o‘g‘irlik qilgani uchun menga topshiriladi, men uni nima qilsam qilaman» - deb da’vo qildi. Ya’qub (a.s.) kelganlarida esa, Yusufning «o‘g‘irlik qilgan»ini aytib berdi. Ya’qub (a.s.) noiloj: «Agar Yusuf shu ishni qilgan bo‘lsa, u senga topshirildi, bilganingni qil, boshqa narsa mening qo‘limdan kelmaydi» - dedilar. Ya’qub (a.s.) Yusufni ammasining qo‘lidan, u vafot etguncha tortib olmadilar». (Tarixi Tabariy, 1-j. 232-6et.)

Ba’zi olimlarning fikricha, Yusuf o‘zining bobosi, ya’ni Rohiylning  otasi bo‘lgan Lobonning sanamini o‘g‘irlagan va uni sindirgan edi. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 195-6et.)

Yusuf (a.s.)ning akalari:
«Agar bu (Binyamin) o‘g‘irlik qilgan bo‘lsa (qilgandir, chunki) ilgari uning akasi ham o‘g‘irlik qilgan edi» - deganlarida shu voqe’ani nazarda tutgan edilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:53:02
Akalar Yusuf (a.s.)ga yana murojaat qilib:

«Ey aziz, Binyominning bir qari otasi bor. Buning ayrilig‘iga chiday olmaydi, uning o‘rniga bizlardan bittamizni olib qoling. Bizlar sizni ezgu ishlarni qiluvchi zotlardan ekaningizni ko‘rmoqdamiz», - deyishdi. Yusuf (a.s.) rad javobini berib:

«Alloh saqlasin, biz kimdan matomizni topgan bo‘lsak, o‘shani olib qolamiz. Aks holda biz zolim kimsalardan bo‘lib qolurmiz», - deb Binyominni olib qoldilar. Akalari noumid bo‘lgandan keyin endi nima qilish haqida maslahat qildilar. Yahuzo ularga dedi:

«Otamiz bizlardan Binyominni saqlashimiz haqida va’da olmaganmidi, imon bilan qasam ichmaganmidik, endi nima deymiz. Bir ukamizni yo‘qotdik, ikkinchisi uchun ichgan qasamimizni buzdik. Hali otamizning jigari Yusuf uchun ezilishdan to‘xtagani yo‘q, ko‘zyoshlari tingani yo‘q; endi otamizning ko‘ziga qanday qaraymiz? Men bir qadam ham bosmayman, to otam izn bermaguncha yoki Alloh menga hukm qilmaguncha, chunki Alloh eng yaxshi hukm qiluvchidir», - dedi.

Akalar endi Binyominni ham, Yahuzoni ham Misrda qoldirib, otalari huzuriga bordilar va bo‘lgan voqeadan xabardor qildilar. Ya’qub (a.s.)ning firoq o‘tlari yanada ziyoda bo‘lsada, «bunda albatta Allohning hikmati bor», deb sabr qildilar.

«(Ya’qub) dedi: «Yo‘q! Sizlarga havoyi nafsingiz (yomon) ishni chiroyli qilib ko‘rsatgan. Endi mening ishim chiroyli sabrdir. Shoyadki, Alloh ularning (Yusuf, Binyomin va katta o‘g‘limning) barchalarini bag‘rimga qaytarsa. Albatta, U bilim va hikmat sohibidir.

Keyin ulardan yuz o‘girib: «esizgina Yusuf!» dedi. G’am-g‘ussadan uning ko‘zlari oqarib (ojiz bo‘lib) qoldi va endi u hazindir».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:53:44
Oradan biroz vaqt o‘tgandan keyin o‘g‘illarini chaqirib: «Boringlar! Haligacha Yusufning o‘lganiga ishona olmayman. Allohning lutfidan noumid bo‘lmanglar, borib izlanglar», - dedilar.

Akalar Misrga bordilar va Yusuf (a.s.)ning huzurlariga kirib: «Misr azizi, ukamizni bizga qaytaring, otamiz juda qarib qolganlar, uning hasratida ko‘z yoshi to‘kyaptilar. Yusufning yo‘qolgani uchun ham juda mahzunlar. Yig‘lay-yig‘lay ko‘zlari ko‘r bo‘lib qoldi», - deb yolvorishdi.

Yusuf (a.s.) ularning yuzlariga kulimsirab qaradilar va: «Sizlar johillik qilib Yusufni nima qilganlaringizni bilasizlarmi?» - dedilar. Akalari baravariga Yusufning yuzlariga qaradilar va ukalarini tanishib baravariga:

«Sen Yusufmisan?!», - deb baqirib yuborishdi. Yusuf (a.s.): «Ha, men sizlar quduqqa tashlagan Yusufman. Alloh meni saqladi va Misrga hokim qildi», - dedilar.

Akalar uzr aytishib: «Ey birodarimiz Yusuf, Biz xato qildik. Alloh bizni afv etsin, uzr so‘raymiz», - deb yig‘lashdi.

Yusuf (a.s.) ularga: «Men sizlarga hech qanday yomonlik qilmayman. Alloh arhamur-rohimindir, sizni afv etsin. Mana bu ko‘ylagimni olib borib otamning ko‘zlariga suring, avvalgidek ko‘radigan bo‘ladi. Sizlar otamni va oila a’zolaringizni ham bu yerga olib keling!», - deb buyurdilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:54:17
Yusuf (a.s.) shu so‘zlarni aytayotgan paytlarida shamol ko‘ylakning hidini otalarining dimog‘iga olib bordi. Ya’qub (a.s.):
«Men Yusufning bo‘yini sezmoqdaman. Meni aqldan ozganga chiqarmasangizlar edi» - dedilar» va yig‘lay boshladilar.
Bir muddat o‘tgandan keyin Yusuf (a.s.)ning akalari ham Misrdan qaytib keldilar. Ular hayajon bilan: «Otajon! Yusufni ko‘rdik, Misrga hokim bo‘libdi. Uning ko‘ylagini keltirdik», - deyishdi.

Ya’qub (a.s.) Allohga shukronalar aytib sajdaga bosh qo‘ydilar. Yusuf (a.s.)ning ko‘ylaklarini ko‘zlariga surtdilar. Allohning izni bilan ko‘zlari ochildi.

«(Yusufning akalari) dedilar: «Ey, ota, (Allohdan) bizning gunohlarimizni mag‘firat qilishini so‘ragin. Albatta, bizlar xato qiluvchilardan bo‘ldik».

Ya’qub (a.s.) o‘g‘illarining maqsadi tavba ekanini va o‘z qilmishlaridan pushaymon ekanini bildilar va ularga:
«Albatta, Robbimdan sizlarni mag‘firat qilishini yaqinda so‘rayman. Albatta, U mag‘firat qiluvchi zotdir» - dedilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:56:50
Ibn Mas’ud, Ibrohim At-Taymiy, Amr ibn Qays va Ibn Jurayj dedilar: «Ya’qub (a.s.) darhol duoga qo‘l ochmasdan, «sizlarni mag‘firat qilishini yaqinda so‘rayman» deyishlaridan maqsad, sahar paytini kutgan edilar.

Muhorib ibn Disor aytadilar: «Umar (r.a.) masjidga borayotib, bir kishining duo qilayotganini eshitdilar. U shunday derdi: «Ey, Alloh, meni chaqirding, men ijobat qildim. Menga buyurding, men itoat qildim. Mana shu saharda meni mag‘firat qilgin!»

Bu duo Abdulloh ibn Mas’udning uyidan eshitilayotgan edi. Umar (r.a.) bu haqda Ibn Mas’uddan so‘raganlarida, u dedi: «Ya’qub (a.s.) farzandlari haqiga qiladigan duoni sahar paytida qildilar. Alloh taolo: «Saharlarda istig‘for aytuvchilar» - deb sahar payti qilingan duoni ijobat etilishiga ishora qildi. Men ham saharni g‘animat bilayotgan edim».

Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: «Rabbimiz har kecha dunyo osmoniga tushadi va shunday xitob qiladi: «Biror tavba qiluvchi bormi, tavbasini qabul qilaman. Biror narsa so‘rovchi bormi, unga so‘raganini beraman. Biror istig‘for aytuvchi bormi, gunohini kechiraman».

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v) «sizlarni mag‘firat qilishini yaqinda so‘rayman» - deganlari birodarim Ya’qub (a.s.)ning «jum’a kuni so‘rayman» deganlaridir». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 198-6et.)   
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 10:59:14
Yusuf (a.s.)ning akalari otalari va oilalarini olib, Misrga ko‘chib bordilar. Yusuf (a.s.) ularni kutib olib, ehtirom bilan saroyga keltirdilar.

«(Keyin, Misrga kirib Yusufning saroyiga kelganlaridan so‘ng) u ota-onasini o‘z taxtiga chiqardi va ular (ya’ni ota-ona va akalari Yusufga) sajda qilgan hollarida yiqildilar. U dedi: «Ey, otajon, mana shu (qirq yil) ilgari ko‘rgan tushimning ta’biridir. Rabbim uni rost qildi».

Barchalari sevinchlarini ichlariga sig‘dirolmay, Yusufni ulug‘lab unga ta’zim bajo keltirganlarini ko‘rib, Yusuf (a.s.) qo‘llarini duoga ko‘tardilar, Allohga shukr qildilar va fazlini zikr qildilar:

«Ey Robbim, menga mulk berding va menga tushlar ta’vilini o‘rgatding, o‘zing osmonlar va yerni yaratgan zotsan. Dunyoda ham, oxiratda ham sen mening do‘stimsan, meni musulmon holda o‘ldirgin va solih bandalaringga qo‘shgin».

Oyati karimaning «u ota-onasini o‘z taxtiga chiqardi» - degan mazmuniga qaraganda, Yusuf (a.s.)ning onalari Rohiyl ham hayot bo‘lgan. Ba’zi mufassirlarning fikricha, Alloh Rohiylni tiriltirgan, chunki tushning ta’biri amalga oshishi shart edi.

Ba’zi olimlar: «Taxtga chiqqan onalari emas, balki xolalari «Layyo» edi. Chunki xola ona maqomidadir» - degan fikr bildiradilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 11:00:24
Ibn Jarir Tabariy aytadilar: «Yusufning onasi u yoshlik paytida o‘lganini ahli kitoblar rivoyat qilganlar. Biz esa ularning rivoyatlarini to‘la qabul qilavermaymiz. Allohning oyati karimasi uning tirik bo‘lganligiga dalolat qilyaptimi, biz albatta tasdiq etamiz». (O’sha manba, 200-6et.)

Ya’qub (a.s.) bilan Yusuf (a.s.)ning o‘rtalarida bo‘lgan firoq muddatida ham ulamolar turlicha fikrlar bildirganlar. Al-Hasan al-Basriydan ikki xil fikr rivoyat qilingan: biri sakson yil, ikkinchisi sakson uch yil. Qatoda, o‘ttiz besh yil degan. Muhammad ibn Ishoqning fikricha, o‘n sakkiz yil, ba’zi ahli kitoblardan esa, qirq yil, deb rivoyat qilingan.

Voqe’aning rivoji firoq muddatini aniq hisoblashga imkon beradi. Aksar ulamolarning ittifoq qilishlaricha, Azizning xotini Yusufni «birga bo‘lishga» chaqirganda, Yusuf o‘n yetti yoshli yigit edi. Yusuf zindonda yetti yil turgan. Zindondan chiqib, vazir bo‘lgandan keyin yetti yil mo‘l-ko‘lchilik bo‘ldi. Keyingi yetti yillik qahatchilikning birinchi yilida akalar Yusufning oldiga yordam so‘rab keldilar, ikkinchi yilida Binyominni olib keldilar, uchinchi yilida esa, otalari va butun oila a’zolari bilan birga ko‘chib keldilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 199-6et.)

«Yusuf (a.s.) Misrga kelganlarida o‘n yetti yoshda edilar. Misr azizining uyida o‘n uch yil turdilar. O’ttiz yoshga kirganlarida Fir’avn o‘ziga vazir qilib oldi. Vasiyatlarini akalari Yahuzoga qildilar va bir yuz o‘n yoshlarida vafot etdilar. (Tarixi Tabariy. 1-j. 235-236-bet.)           
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 01 Fevral 2009, 11:01:39
Ya’qub (a.s.) o‘g‘lilari va butun oila a’zolari bilan Misrga ko‘chib keldilar. Ular Balbis viloyatining Joshir shahariga yetib kelganlarida, Yusuf (a.s.)ga xabar qilindi. Yusuf (a.s.) bilan birga Fir’avn Ar-Rayyon ibn Al-Valid (Ba’zi manbalarda Al-Valid ibn Ar-Rayyon)  saroy a’yonlari bilan Yusufning hurmati uchun otalarini istiqboliga chiqdi va izzat-ikrom ko‘rsatib kutib oldi. Ya’qub (a.s.)ga Balbisning shimolidagi Joshon (hozirda Siftul-Hanna deyiladi) yerlarini in’om qildi. 
       
Ya’qub (a.s.) Misrda yana o‘n yetti yil yashadilar. Umrlarining oxirida farzandlarining har biriga alohida-alohida vasiyat qildilar. Ularning zurriyotlari haqida alohida bashoratlar berdilar. Navbat Yahuzoga kelganda, uning naslidan ulug‘, ko‘pchilik itoat qiladigan payg‘ambar zuhur qilishini bashorat qildilar. Bu bashorat Iyso (a.s.)ning haqlarida edi.

Ya’qub (a.s.) Misrga kelgan vaqtlarida bir yuz o‘ttiz yoshda edilar. Bir yuz qirq yetti yoshda vafot etdilar.

Ya’qub (a.s.) vafot etganlarida Misr ahli yetmish kun yig‘ladi. Yusuf (a.s.) otalarini moylatdilar va shu holatda qirq kun turdi.

Yusuf (a.s.) podshohdan izn oldilar va otalari qilgan vasiyatni amalga oshirib, jasadni Shomga olib bordilar va Ibrohim (a.s.) hamda Ismoil (a.s.)lar dafn etilgan Hibrundagi g‘orga dafn etdilar. 
     
O’z navbatida Yusuf (a.s.)ga ham o‘lim yetib keldi. Yusuf (a.s.) bir yuz o‘n yoshlarida Misrda vafot etdilar.

Bani Isroil Muso (a.s.) bilan birga Misrdan Falastinga qaytayotganlarida Yusufning jasadini ham «Tobuti sakina» nomli tobutda Falastinga olib kelishgan. Hozirda Yusuf (a.s.)ning tobutlari Madina tul-Xalil (Hibrun)dagi Al-Makfiyla g‘oridadir. 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 06:03:01
Yusuf (a.s.) qissasidan dars va ibratlar

Alloh subhonahu va taolo Qur’oni karimda bir necha payg‘ambarning qissasini keltirgan bo‘lsada, Yusuf (a.s.)ning qissalarini «qissalarning go‘zali» deb atagan:

نَحْنُ نَقُصُّ عَلَيْكَ أَحْسَنَ الْقَصَصِ بِمَا أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ هَذَا الْقُرْآنَ


«Biz Sizga ushbu Qur’on (surasi)ni vahiy qilishimiz bilan birga qissalarning go‘zalini aytib berurmiz».( Yusuf, 3.)

Qissaning o‘zi go‘zal bo‘lishi bilan birga, undagi voqe’alarning jarayoni go‘zal. Unda ota mehri  tengsizligining achchiq alami, manmanlikning oqibati, hasad olovining dillarda aks etuvchi adovati, ayollarning makri, taqdirning haqligi, poklikning sharafi va sabrning natijasi ochiq-oydin bayon etilgan. Qissaning  yakuni esa hammasidan go‘zal, ya’ni umumiy yaxshilik va umumiy xursandchilik bilan nihoyasiga yetgan.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 06:04:34
Kitobxon qissani o‘qir ekan, undan ma’naviy zavq olish bilan birga o‘zining hayoti uchun zarur bo‘lgan quyidagi dars va ibratlarga ega bo‘ladi:

1. Ya’qub (a.s.)ning Allohga imonlari, uning sinoviga bo‘lgan bardoshlari barchaga ibratdir. Ya’qub (a.s.) ulug‘ payg‘ambarning o‘g‘illari, o‘zlari ham ulug‘ payg‘ambar bo‘lib, boshqa payg‘ambarlardek qavmlarining tazyiqiga uchramagan bo‘lsalar ham, ammo shaxsiy hayotlari nihoyatda dardli, alamli sinovlarga to‘la bo‘ldi. Yoshlik paytlaridayoq otalari Ishoq (a.s.)ning Ya’qubga bo‘lgan alohida e’tibor va muhabbatlarini ko‘rib, tug‘ishgan egiz akalari Iysuning qalbida Ya’qubga nisbatan adovat paydo bo‘ldi va bu adovat kattalashib, yuzaga chiqib, Iysu Ya’qubga: «Men seni o‘ldiraman», - deydigan darajada zohir bo‘ldi. Ota-onalarining tavsiyasi bilan Ya’qub (a.s.) Iroqning Horon shahrida istiqomat qiluvchi Lobon ismli tog‘alari yoniga qochib borib jon saqlashga majbur bo‘ldilar. Horonda uylanib, katta oila va bir necha farzandlarga ega bo‘lgan bo‘lsalarda, ota-onalaridan yigirma yil hijronda, musofirlikda, g‘ariblikda yashashga majbur bo‘ldilar.

Ota-ona hijronidan endi qutulib, xotirjam bo‘lganlarida, Alloh taolo sevimli farzandlarining hijroniga duchor etdi. Yusuf akalari qalbida paydo bo‘lgan hasad va adovat qurboni bo‘ldilar. Otalari bag‘ridan yulib olinib, noma’lum muddatga badarg‘a qilindilar. Endi Ya’qub (a.s.) sevimli farzandlaridan ayriliq-hijron balosiga giriftor etildilar. Ammo Ya’qub (a.s.)ning ibrat bo‘ladigan mustahkam imonlari va dars bo‘ladigan sabr-toqatlari bu musibatga ham bardosh berishlarida namoyon bo‘ldi. U zotning bardoshlari nochorlikdan o‘zini sabr qilgan ko‘rsatib, uchraganga shikoyat qiladigan yoki Allohning taqdiriga qarshi urush ochib, jaza’ qiladigan odamlarning bardoshi emas, balki har qanday musibatni Allohning sinovi deb biladigan va o‘zigagina takya qilib (suyanib), o‘zidangina yordam so‘raydigan hanif va muxlis kishining bardoshi edi. Shuning uchun Yusufning akalari, uni bo‘ri yeb ketganligini aytib, qonga bulangan kiyimni oldilariga tashlaganda, Ya’qub (a.s.) shunday javob qildilar:

قَالَ بَلْ سَوَّلَتْ لَكُمْ أَنْفُسُكُمْ أَمْرًا فَصَبْرٌ جَمِيلٌ وَاللَّهُ الْمُسْتَعَانُ عَلَى مَا تَصِفُونَ

«(Yaqub) dedi: «Yo‘q! Sizlarni (o‘z) nafsingiz (bunday mudhish) ishga undagan. Bas, (mening burchim) chiroyli sabrdir. Sizlar tavsiflayotgan narsa ustidan Alloh (menga) madadkordir». (Yusuf, 18.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 06:06:19
Yusufning akalari Misrga birga olib borish uchun otalaridan kenja o‘g‘illari Binyominga ruxsat so‘rashganda, ularning makrlari zahridan bir marta totib ko‘rgan bo‘lishlariga qaramasdan, Allohning irodasisiz tikon ham kirmasligiga bo‘lgan imonlari tufayli Binyominni ham birga qo‘shib berdilar va dedilar:

فَاللَّهُ خَيْرٌ حَافِظًا وَهُوَ أَرْحَمُ الرَّاحِمِينَ

«Zotan, Alloh eng yaxshi saqlaguvchidir va U mehribonlarning mehribonrog‘idir». (Yusuf, 64.)   

Ya’qub (a.s.)ning imonda mustahkam ekanliklari o‘g‘illarini «yomon ko‘zlar tushmasligi» uchun Misrga turli darvozalardan kirish nasihatini qila turib, Allohga tavakkul qilganlari va o‘g‘illarini ham shunga da’vat qilganlarida ochiq namoyon bo‘ladi:

وَمَا أُغْنِي عَنْكُمْ مِنَ اللَّهِ مِنْ شَيْءٍ إِنِ الْحُكْمُ إِلا لِلَّهِ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَعَلَيْهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُتَوَكِّلُونَ

«Men sizlardan Allohning biror hukmini qaytara olmayman. Hukm faqat Allohning izmidadir. Ungagina tavakkul qildim. Barcha tavakkul qiluvchilar ham Uning O’zigagina tavakkul qilsinlar». (Yusuf, 67.)

Ya’qub (a.s.)ning o‘g‘illariga Misrga turli darvozadan kirishga, jamlanib kirmaslikka buyurganlarining sababi shuki, Allohga tavakkul qilgan kishi, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bo‘sh qo‘yib yuborilgan tuyasini yo‘qotgan bir a’robiyga: «Avval tuyangni tushovlab, keyin Allohga tavakkul qilgin!» - deganlaridek, avval ehtiyot chorasini ham ko‘rib, keyin tavakkul qilsin.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 06:08:43
Ya’qub (a.s.)ga musibat ustiga musibat, hijron ustiga hijron bo‘ldi, ya’ni Misr azizi «o‘g‘irlik qilgani uchun» Binyominni asirlikda olib qoldi. Bu musibatga ham bag‘rilari keng bo‘lgan Ya’qub (a.s.) faqat Allohdan najot kutdilar:

قَالَ إِنَّمَا أَشْكُو بَثِّي وَحُزْنِي إِلَى اللَّهِ وَأَعْلَمُ مِنَ اللَّهِ مَا لا تَعْلَمُونَ

«U aytdi: «Men g‘am va tashvishlarimdan faqat Allohga shikoyat qilaman va men Allohning (mehribonligi haqida) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman».(Yusuf, 86.)

Barcha musibatlardan najotni faqat Allohdan kutgan Ya’qub (a.s.)ga Alloh taolo ikkinchi bor marhamat qilib, yo‘qotgan o‘g‘illarining ikkovini ham o‘z amonatida saqladi va muxlis payg‘ambariga sog‘-salomat qaytardi. Yusufning dardida ojizlanib qolgan ko‘zlariga shifo berdi. Qilgan ishlaridan pushaymon bo‘lgan akalar tavba qildilar. Ya’qub (a.s.) gunohkor o‘g‘illarini ham faqat Allohdan mag‘firat so‘rashga, uning rahmatidan noumid bo‘lmaslikka chaqirdilar:   
   
يَا بَنِيَّ اذْهَبُوا فَتَحَسَّسُوا مِنْ يُوسُفَ وَأَخِيهِ وَلا تَيْأَسُوا مِنْ رَوْحِ اللَّهِ إِنَّهُ لا يَيْئَسُ مِنْ رَوْحِ اللَّهِ إِلا الْقَوْمُ الْكَافِرُونَ

«Ey o‘g‘illarim, boringlar, Yusuf va uning ukasini izlanglar va Allohning rahmatidan noumid bo‘lmanglar. Zero, Allohning rahmatidan faqat kofirlar qavmigina noumid bo‘lur».(Yusuf, 87.)

Juda og‘ir musibatlarga duchor bo‘lsalarda, Ya’qub (a.s.) hech qachon Allohning rahmatidan noumid bo‘lmadilar, oxirda uning marhamatiga sazovor bo‘ldilar. Shuning uchun o‘g‘illarini ham noumid bo‘lmaslikka chaqirdilar, natijada ularning gunohlari ham kechirilib, umrlarining oxirini yaxshilikda, rohat-farog‘atda o‘tkazdilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 06:53:00
2. Allohning yagonaligiga hujjatlar ko‘p. Barcha payg‘ambarlar tarafidan Allohning huzuridan ummatlariga keltirgan din — islom dini bo‘lib, bu din insonlarni Allohning vahdoniyatiga-yagona deb e’tiqod qilishga chaqiradi. Qavmlarini vahdoniyatga chaqirgan payg‘ambarlarning siyratlari haqida bayon etilarkan, ular ham qavmlarini o‘z tillari bilan Allohni yagona deb imon keltirishga, unga biror narsani sherik qilmaslikka-tavhidga chaqirganlari aytiladi. Masalan: Yusuf (a.s.)ning zindonda o‘z sheriklariga shunday deb da’vat qilganlari Qur’on oyatlarida keltirilgan:

إِنِّي تَرَكْتُ مِلَّةَ قَوْمٍ لا يُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَهُمْ بِالآخِرَةِ هُمْ كَافِرُونَ (٣٧)وَاتَّبَعْتُ مِلَّةَ آبَائِي إِبْرَاهِيمَ وَإِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ مَا كَانَ لَنَا أَنْ نُشْرِكَ بِاللَّهِ مِنْ شَيْءٍ ذَلِكَ مِنْ فَضْلِ اللَّهِ عَلَيْنَا وَعَلَى النَّاسِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لا يَشْكُرُونَ (٣٨)يَا صَاحِبَيِ السِّجْنِ أَأَرْبَابٌ مُتَفَرِّقُونَ خَيْرٌ أَمِ اللَّهُ الْوَاحِدُ الْقَهَّارُ (٣٩)مَا تَعْبُدُونَ مِنْ دُونِهِ إِلا أَسْمَاءً سَمَّيْتُمُوهَا أَنْتُمْ وَآبَاؤُكُمْ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ بِهَا مِنْ سُلْطَانٍ

«Men Allohga imon keltirmaydigan va oxiratni inkor etuvchi qavm dinini tark etdim. Shuningdek, ajdodlarim Ibrohim, Ishoq va Ya’qublarning diniga ergashdim. Biz uchun Allohga biror narsani sherik qilish mumkin emasdir. Bu Allohning bizlarga va odamlarga fazlidir, lekin aksariyat odamlar shukr qilmaydilar. Ey ikki hamzindonlarim! Turli-tuman «ilohlar» yaxshimi yoki yagona va g‘olib Allohmi? Sizlar Uni qo‘yib, o‘zlaringiz va ota-bobolaringiz atab olgan nomlar (but-sanam)largagina sig‘inyapsizlar. Ularga Alloh biror hujjat tushirmagan bo‘lsa?!». (Yusuf, 37-40.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 06:53:35
Yusuf (a.s.) fursatni g‘animat bilib, zindonda yotgan boshqa kofirlarning ko‘zini ochib, ularga ko‘pxudolik yaxshimi yoki yakkaxudolikmi ekanligini tushuntira boshladilar. Alloh taolo insonlarga boshqa payg‘ambarlar qissasidagidek, Yusuf (a.s.)ning tillaridan O’zining vahdoniyatini tushuntirmoqda. Unga shirk keltirishning oqibatini bayon etmoqda.

Alloh bergan aql va tafakkurini ozgina ishlatib mulohaza qilgan inson aniq biladiki, butun olam Yaratganning mavjudligiga va yagonaligiga dalolat qiladi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 06:54:51
3. Begona erkak va ayolning bir joyda turishi fitnaga sabab bo‘ladi. Yusuf (a.s.)ning qissalarida ayollarning o‘z maqsadiga yetish yo‘lida har qanday makr, ig‘vo va shaytonlikdan qaytmasliklariga ishora bor. Alloh taolo oyati karimada shunday deydi:

إِنَّهُ مِنْ كَيْدِكُنَّ إِنَّ كَيْدَكُنَّ عَظِيمٌ

«Albatta,bu siz ayollarning makrlaringizdir. Haqiqatan, sizlarning makringiz ulkandir». (Yusuf, 28.)

Ayol kishi jismonan zaifroq yaratilgan bilan, erkakka nisbatan hissiyoti, shahvoniy nafsi kuchliroqdir. Ko‘p fitna-fasodlarga aksariyat ayollar sababchi ekanligini hayot ham tasdiqlab turibdi.

Shuning uchun Islom ayol kishining begona erkak huzurida ota-onasi, aka-ukasi yoki eri singari biror mahramisiz qolishini taqiqlaydi. Chunki, begona erkak va begona ayol bir joyda tursa, albatta, uchinchisi shayton bo‘ladi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 06:55:59
4. Poklik – eng ulug‘ fazilatdir. Alloh taolo Yusufdek payg‘ambarini tabiatan pok qilib yaratgan edi.

Shuning uchun barcha imkoniyatlar yaratilib, eshiklar bekitilib, Allohdan boshqa hech kim guvoh bo‘lishi mumkin bo‘lmagan bir paytda Yusuf (a.s.)ning pok dillari Zulayhoga emas, balki uning eri bo‘lgan Misr aziziga xiyonat qilishdan saqladi:

قَالَ مَعَاذَ اللَّهِ إِنَّهُ رَبِّي أَحْسَنَ مَثْوَايَ إِنَّهُ لا يُفْلِحُ الظَّالِمُونَ

«Yusuf dedi: «Alloh saqlasin! Axir u(ering) xojam-ku?! Menga yaxshi joy bergan bo‘lsa?! Zolimlar (xoinlar) zotan iqbolsiz bo‘lurlar!». (Yusuf, 23.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 06:57:39
Misr zodagonlarining ayollari Yusufning jamolini ko‘rishib, Zulayhoning qilmishini uzrli deb bilishdi, Yusufni qiziqtirib: «Shunday martabali, go‘zal ayol bilan o‘ynab-kulib qolmaysanmi?» - deyishdi. Yusuf (a.s.) ayollar taklif etgan xiyonatdan yuz o‘girdilar. Ular: «Agar bekangning taklifiga rozi bo‘lmasang, umring zindonda o‘tadi!» - deb tahdid ham qilishdi. Pokiza Yusuf esa zindonni afzal bildilar:

قَالَ رَبِّ السِّجْنُ أَحَبُّ إِلَيَّ مِمَّا يَدْعُونَنِي إِلَيْهِ وَإِلا تَصْرِفْ عَنِّي كَيْدَهُنَّ أَصْبُ إِلَيْهِنَّ وَأَكُنْ مِنَ الْجَاهِلِينَ

«(Yusuf) dedi: «Ey Rabbim! Menga taklif etishayotgan narsadan ko‘ra zindon ma’qulroqdir. Agar ularning makrlarini mendan darig‘ tutmasang, ularga moyil bo‘lib, johillardan bo‘lib qolurman». (Yusuf, 33.)

Agar Yusuf (a.s.) shahvoniy nafs yo‘lida hech narsadan tap tortmaydigan bir besabr ayolning domiga ilinib, nafs ko‘yiga yurgan va u bilan zinoga qadam qo‘yganlarida, ehtimolki, Alloh taolo u kishini qattiq jazolardi, ehtimolki o‘limga hukm etilardilar. Alloh taolo azaldan ato etgan poklik sababli o‘zlarini saqladilar, xojalariga xiyonat qilmadilar, Allohning shariatini buzmadilar, natijada Allohning o‘zi bu itoat va poklikni munosib taqdirladi. Yusuf (a.s.) qullikdan Misr azizi martabasiga ko‘tarildilar, Zulayxo bilan nopok tarzda uchrashmagan bo‘lsalar, endi Alloh taoloning marhamati bilan halol-pok nikohlangan zavjalariga aylandi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 06:59:59
5. Sabrning tagi oltindir. Yusuf (a.s.)ning qissalarida insonda mavjud bo‘ladigan barcha sifatlarga qaraganda qiyinchiliklarga sabr qilish fazilati yuksak darajada ta’rif etilgan. Ya’qub (a.s.)ning musibatlarga qilgan sabrlari, Yusuf (a.s.)ning qiyinchilik, mashaqqat va xo‘rliklarga qilgan sabrlari go‘zal iboralar bilan bayon etilgan.

Haqiqatan ham, Yusuf (a.s.)ning boshlaridan o‘tgan savdolar, u kishiga qilingan tuhmatlar, adovatlar alamiga oddiy inson chidayolmasligi tabiiydir. Payg‘ambarning o‘g‘li, dunyoda eng go‘zal inson, o‘zi ham payg‘ambar bo‘lgan kishi, mehribon ota-onasi hayot bo‘la turib, o‘zining tug‘ishgan akalari tomonidan xo‘rlanib, tagi zimiston qorong‘u bo‘lgan quduqqa berahmlarcha tashlab yuborilsa, topib olgan kishilar tomonidan bir necha tanga bahoga qul qilib sotib yuborilsa, ayollar makriga uchragan, ammo pokligini saqlagan holda quruq tuhmatga uchrab, el orasida nomi qoralansa, uzoq muddat yer ostida, zax bosgan zindonda jabrlansa, bunday balolarga chidash mumkinmi? Ammo Yusuf (a.s.) bularning hammasiga Alloh bergan sabr fazilati orqali chidadilar, bardosh berdilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Sabr xursandchilikning kalitidir», - deganlaridek, Yusuf (a.s.)ning boshlaridan o‘tgan barcha mashaqqatlarga sabr etishlari yaxshilik bilan, xursandchilik bilan tugadi.

إِنَّهُ مَنْ يَتَّقِ وَيَصْبِرْ فَإِنَّ اللَّهَ لا يُضِيعُ أَجْرَ الْمُحْسِنِينَ

«Darhaqiqat, kimda-kim Allohdan qo‘rqib, sabr qilsa, albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilarning mukofotini zoye’ qilmas». (Yusuf, 90.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 07:01:28
Barcha payg‘ambarlar ham o‘z ummatlariga ibrat bo‘lish uchun har qanday qiyinchilikka sabr etganlari payg‘ambarlar tarixidan ma’lum. Shuningdek, musibatlarga sabr etish Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ham ulug‘ sifatlaridan biri edi. Alloh taolo Qur’oni karimda U zotning ummatlari bo‘lgan sizu biz musulmonlarga ham sabrni buyurgan va natijasi yaxshilik bo‘lishiga va’da bergan:

وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِنَ الْخَوْفِ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِنَ الأمْوَالِ وَالأنْفُسِ وَالثَّمَرَاتِ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ (١٥٥)الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ (١٥٦)أُولَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِنْ رَبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ

«(Ey Muhammad), Sabr qiluvchilarga xushxabar bering! Ularga musibat yetganda: «Albatta, biz Allohning mulkimiz va albatta, biz Uning sari qaytuvchilarmiz», - deydilar. Aynan o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salavot (mag‘firat) va rahmat bordir va aynan ular hidoyat topuvchilardir». (Baqara, 155-157.)       
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 07:02:38
6. Ehsonning mukofoti ehsondir. Alloh taolo Yusuf (a.s.)ga hokimlik va ilm-hikmatni jam qilib berdi. Bu ato Yusufning yaxshiliklariga, ixloslariga munosib tuhfa edi. Ammo ilm-hikmat tuhfasi hokimlik va boylik tuhfasidan afzaldir. Chunki, payg‘ambarlar nazdida mol-dunyo arzimas mato hisoblanadi. Yusuf (a.s.)ga Alloh bergan ilm-hikmat orasida tushlarni ta’vil qilish ne’mati ham bor edi.

Tushlarni ta’vil qilish, undan xulosa chiqarish g‘aybga tajovuz qilish emasdir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga Allohdan keladigan vahiy turlaridan biri subhi sodiq qorong‘u kechada yaqqol ko‘ringanidek «ro‘‘yoi sodiqa», ya’ni rost keladigan tushdan iborat edi.

Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadi: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Ashoblariga Qur’on suralarini qanday o‘rgatsalar, istixorani ham shunday o‘rgatardilar».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 07:03:41
«Istixora» deb biror muhim ishni boshlashdan avval, uning natijasini xayrlimi yoki yo‘qmi ekanligini bilish uchun o‘qiladigan namoz va undan so‘ng qilinadigan duoni aytiladi. Duodan so‘ng o‘ng yonboshni bosib, yuzni qiblaga qilib yotiladi. Alloh taolo tushida unga bashorat beradi.

Istixora bilan ko‘rilgan tushning ta’viliga qarab biror ishni qilish yoki to‘xtatish g‘aybga tajovuz emasdir.

Yusuf (a.s.)ning erishgan barcha yaxshiliklari, u kishining avvaldan qilgan yaxshiliklariga: sabr-toqatlariga, pokliklariga va ixloslariga mukofotdir.

Yaxshilik arab tilida ehson deyiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ehsonga shunday ta’rif berganlar: «Ehson, Allohni ko‘z bilan ko‘rib turganingdek, unga ibodat qilishingdir. Chunki, sen uni ko‘rmaganing bilan Alloh seni ko‘rib turibdi».

Alloh yo‘lida kimki Yusuf (a.s.)ning yo‘llaridan yurar ekan, Alloh Yusufdek uning oqibatini ham yaxshi qiladi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 07:05:04
7. Odamlar orasida yaxshi taassurot paydo qilish zarur. Yusuf (a.s.) yomonlikka aslo qo‘l urmadilar. Biroq odamlar orasida ayollarning makri va g‘iybati tufayli o‘z xojasiga xiyonat qilgan, pokiza Zulayhoga tajovuz qilgan niyati buzuq bir kimsa sifatida gap tarqalgan edi. Farosatli Yusuf (a.s.) podshoh tomonidan zindondan ozod etilganlarida, aslida aybdor, ammo podshohning marhamati bilan zindondan qutulgan kishi emas, balki tuhmatga uchragan, aslida ham beayb va pok inson sifatida boshlarini baland ko‘tarib, g‘urur bilan zindondan chiqib ketishni xohladilar. Shuning uchun podshohning chopari kelib, Yusuf (a.s.)ning ozod etilganlarini e’lon qilib, birgalashib saroyga borishni taklif etganda, Yusuf (a.s.) zindondan chiqishga shoshilmadilar va:

فَلَمَّا جَاءَهُ الرَّسُولُ قَالَ ارْجِعْ إِلَى رَبِّكَ فَاسْأَلْهُ مَا بَالُ النِّسْوَةِ اللاتِي قَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ إِنَّ رَبِّي بِكَيْدِهِنَّ عَلِيمٌ


«Chopar kelgach, u (Yusuf) dedi: «Xojang huzuriga qaytib borginda, undan qo‘llarini kesib olgan ayollar nima bo‘lganini so‘ra! Albatta, Rabbim ularning makrlarini biluvchidir» (Yusuf, 50.) , - dedilar.

Podshoh o‘sha ayollarni va Misr azizining xotinini chaqirib, bo‘lib o‘tgan voqe’aning haqiqatini so‘radi. Ayolarning hammasi Yusufdan biror xatolik o‘tmaganini tan oldilar. Zulayxo ham xatolik o‘zidan sodir bo‘lganini, Yusufning butunlay pokligini e’tirof etdi. Yusuf (a.s.)ning mutlaqo pok ekanliklarini bilgan va ilm-hikmat sohibi ekanliklaridan hayratlangan podshoh, oziq-ovqat vaziri lavozimiga ta’yinlab, Misr azizi martabasini berdi. Misr xalqi orasida esa, Yusuf (a.s.)ning pok va amonatli insonliklari oshkor bo‘ldi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 07:06:18
8. Qasosga qodir bo‘la turib, afv etish haqiqiy mardlikdir. Yusuf (a.s.)ning kechirimlilik sifatiga ega ekanliklari ham qissada o‘z aksini topgan. Yosh Yusufni ko‘rolmagan, hasad qilib, uni ham ota-onalari mehridan uzoqlatib, ham o‘limini xohlab quduqqa tashlagan, otalari oldiga esa, «Yusufni bo‘ri yeb ketdi» degan yolg‘on gap bilan kelgan tuhmatchi akalari shari’at nuqtai nazaridan ham, qonun nuqtai nazaridan ham og‘ir jazoga loyiq edilar. Ammo Yusuf (a.s.) akalarini o‘z jigarlari bo‘lgani uchun afv etdilar:

قَالَ لا تَثْرِيبَ عَلَيْكُمُ الْيَوْمَ يَغْفِرُ اللَّهُ لَكُمْ وَهُوَ أَرْحَمُ الرَّاحِمِينَ

«U (Yusuf) dedi: «Bu kun sizlarga ayblov yo‘q. Alloh sizlarni mag‘firat qilgay. U rahm qiluvchilarning rahmlirog‘idir».(Yusuf, 92.)       

Bunday  mardlik sifatidan akalari mahrum edilar. Shuning uchun ham Yusufning nomlari tarixda yaxshilik bilan, akalarining nomlari esa yomonlik bilan abadiy qoldi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 07:07:05
9. O’nta farzand bo‘lsa, o‘rni boshqa. Ushbu qissada ota-onalar uchun ham juda muhim dars borki, ba’zilar bunga rioya qilmaydilar. Natijada farzandlarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlariga sovuqchilik tushirib qo‘yadilar.

Har bir farzandning dilida tug‘ma qizg‘onish-g‘ayirlik bo‘lib, o‘zining aka-ukalaridan ko‘ra ko‘proq ota-onasining e’tiborini jalb qilgisi, maqtoviga sazovor bo‘lgisi keladi. Agar ota-ona uni emas, akasini yoki ukasini maqtasa, ularni ko‘proq suysa, hasadi keladi va o‘z jigarlariga nisbatan qalbida adovat, ota-onasiga nisbatan esa nafrat uyg‘onadi. Bunday nafratni esa Ya’qub va Iysu misolida ko‘rib o‘tgan edik. Farzandlar o‘rtasida shunday adovat va nafrat uyg‘onmasligi uchun ota-onalar barcha farzandlariga bir xil munosabatda bo‘lishlari lozim. Farzandlarning yaxshisi ham, yomoni ham o‘zlarining farzandlaridir, yomonidan kechib el orasida ham, Alloh huzurida ham obro‘ga ega bo‘lolmaydilar. Aksincha, mas’ul bo‘ladilar Shunday ekan, har ikki jigarbandlarini ham bir xil maqomda ko‘rib, har ikkovining haqqiga ham duoyi xayr qilishlari kerak. Duoyi xayrning ijobati sababidan yaxshining yaxshiligi ikki barobarga ortadi, yomonning yomonligi ketib yaxshiga aylanadi.

Ya’qub (a.s.)ning qalblari o‘n ikki farzanddan ko‘ra ko‘proq Yusufga moyil edi. Yusufning xulqi-atvori, tabiati va siymosida zohir bo‘lgan uning kelajakdagi ulug‘ martaba va risolat egasi ekanligini payqagan Ya’qub (a.s.) uni yeru-ko‘kka ishonmasdilar, nazarlaridan chetlatmasdilar. Shuning uchun Yusufga akalari hasad qilishar edi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 03 Fevral 2009, 07:08:35
Yusuf o‘zlarining kelajaklaridan bashorat beruvchi tushni ko‘rib, otalariga so‘zlab berganlarida, Yusufni akalaridan qattiq qizg‘onadigan bo‘lib qoldilar va unga shunday tayinladilar:

قَالَ يَا بُنَيَّ لا تَقْصُصْ رُؤْيَاكَ عَلَى إِخْوَتِكَ فَيَكِيدُوا لَكَ كَيْدًا إِنَّ الشَّيْطَانَ لِلإنْسَانِ عَدُوٌّ مُبِينٌ

«Ey o‘g‘ilcham! Tushingni akalaringga so‘zlab bermagin! Aks holda senga qattiq makr qilishadi. Zero, Shayton insonga qattiq dushmandir». (Yusuf, 5.)

Akalar va Yusuf o‘rtasidagi voqe’alar esa shuning natijasida sodir bo‘ldi.

Farzandlar o‘rtasida adovat paydo bo‘lishining yana bir muhim jihati, otaning ko‘pxotinlikka ruju’ qilishidir. Qaysi xotin erining e’tiborini aqli bilanmi, axloqi bilanmi yoki makr va ishvasi bilanmi o‘ziga qaratib olsa, otaga uning farzandi ham suyukliroq bo‘ladi yoki shunga majbur qiladi. Natijada boshqa ayollardan tug‘ilgan farzandlar qalbida hasad paydo bo‘ladi. Shuning uchun, avval o‘zimning qulog‘im tinsin, qolaversa, farzandlarim bir-birlariga muhabbatli bo‘lsin, degan har bir oqil kishi xotinlar sonini bittadan orttirmaydi. Alloh taoloning Qur’oni karimdagi hukmi ham faqat bitta xotin bilan kifoyalanishgadir.

فَإِنْ خِفْتُمْ أَلا تَعْدِلُوا فَوَاحِدَةً

«Bordiyu (ular o‘rtasida) odil bo‘lolmaslikdan qo‘rqsangiz, bir ayolga uylaning». (Niso, 3.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 05:39:57
2.13.  SHUAYB (A.S.)

Shuayb (a.s.) arablardan chiqqan to‘rt payg‘ambar(Hud, Solih, Shuayb va Muhammad (s.a.v)larning bittasi bo‘lib, va’z-nasihatlari juda ta’sirli va fasohatli bo‘lgani uchun «Payg‘ambarlarning xatibi»(Ibn Abbosning rivoyat qilishlaricha, Rasululloh (s.a.v) Shuayb (a.s.) haqlarida gap ketganda: «Bu payg‘ambarlarning xatibi» - der ekanlar) deb nomlanadilar. (Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Ka¬rim. Lubnon. 199-bet.) 

Shuayb (a.s.)ning ismlari suryoniycha Yatrundir. U kishining nasablarida ham shajara bilimdonlari biroz ixtilof qilganlar. To‘liq nomlari Shuayb ibn Yashxar ibn Lovo ibn Ya’qub (a.s.)dirlar. Ba’zi rivoyatda Shuayb ibn Sayfur ibn Ayfo ibn Sobit ibn Madyan ibn Ibrohim yoki Shuayb ibn Nuvayb ibn Ayfo ibn Madyan ibn Ibrohimdir, deyilgan. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 158-6et.)

Shuayb (a.s.)ning buvilari Lut (a.s.)ning qizlaridir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 05:44:48
Madyan(Madyan - Qulzum (Qizil) dengiz sohilida joylashgan shahar) shahri Ibrohim (a.s.)ning zurriyotlaridan bo‘lgan Madyan ismli badavlat hukmdor tomonidan qurilgan shahar edi. Bu shahar aholisi arablardan bo‘lib, ular Shomning juda katta yerini ishg‘ol qilgan Ma’on vodiysida istiqomat qilishardi. Keyinchalik ular Allohni unutdilar, «Al-Ayka» deb nomlanuvchi qalin shoxli, serbarg bo‘lgan bir daraxtni muqaddas bilib, o‘sha daraxtga sig‘ina boshladilar va kofir bo‘ldilar Buning ustiga  yo‘lto‘sar-qaroqchilik bilan shug‘ullana boshladilar. Tijoratda, savdo-sotiq va o‘lchov ishlarida xiyonatga berilib, tarozudan urish, hiyla qilish yo‘llari bilan pul topishar edi. Ana shu qabiladan chiqqan Shuayb (a.s.) o‘z qavmlariga payg‘ambar qilib yuborildilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 159-6et.)

Shuayb (a.s.) Madyan va Al-Ayka (Al-Ayka — sershoxli, barglari qalin bo‘lgan bir daraxt. Shu daraxtga sig‘inuvchilar istiqomat qiladigan shaharning nomi ham Al-Ayka bulib, hozirda Tabuk deyiladi) aholisini avvalo yolg‘iz Allohga imon keltirishga va tijoratda halol bo‘lishga chaqirdilar. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:

وَإِلَى مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُمْ مِنْ إِلَهٍ غَيْرُهُ وَلا تَنْقُصُوا الْمِكْيَالَ وَالْمِيزَانَ إِنِّي أَرَاكُمْ بِخَيْرٍ وَإِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ مُحِيطٍ (٨٤)وَيَا قَوْمِ أَوْفُوا الْمِكْيَالَ وَالْمِيزَانَ بِالْقِسْطِ وَلا تَبْخَسُوا النَّاسَ أَشْيَاءَهُمْ وَلا تَعْثَوْا فِي الأرْضِ مُفْسِدِينَ

«Madyan qavmiga o‘z birodarlari Shuaybni payg‘ambar qildik. U aytdi: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun undan o‘zga iloh yo‘qdir. Va o‘lchov-tarozudan urib qolmanglar. Men sizlarni yaxshilikda (to‘kin-sochinlikda) ekanligingizni ko‘rib turibman. Va men sizlarning ustingizga o‘rab oluvchi kun-qiyomatning azobi tushishidan qo‘rqaman».  "œEy qavmim! O’lchov va vaznni adolat bilan to‘la beringiz! Odamlarning narsalarini urib qolmangiz va Yerda fasod ishlarni qilib, buzg‘unchilik qilmangiz!" (Hud, 84-85.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 05:59:30
Shuayb (a.s.) juda ko‘p namoz o‘qirdilar. U kishining seribodatliklari Madyan aholisiga xush kelmasdi. Ular ochiqdan-ochiq shakkoklik qilib:

قَالُوا يَا شُعَيْبُ أَصَلاتُكَ تَأْمُرُكَ أَنْ نَتْرُكَ مَا يَعْبُدُ آبَاؤُنَا أَوْ أَنْ نَفْعَلَ فِي أَمْوَالِنَا مَا نَشَاءُ إِنَّكَ لأنْتَ الْحَلِيمُ الرَّشِيدُ

«Ey Shuayb, bizning otalarimiz ibodat qilgan narsani tark qilishimizga va tijoratda bilganimizni qilmasligimizga sening shu namozing buyuradimi, aslida o‘zing yuvosh, to‘g‘ri so‘z kishisan-ku». (O’sha sura, 87.), — dedilar va payg‘ambar nasihatini olmasdan masxara qildilar.

Ularning yanada yomonroq odatlari bor edi. Yo‘l boshlariga o‘tirib olib, avvalo Shuaybning huzuriga kelayotganlarni, ularga Shuayb haqida bo‘lar-bo‘lmas gaplarni aytib, qaytarib yuborishardi. Shuaybning oldiga kelmayotgan, balki yo‘ldan o‘tib ketayotganlardan esa, «yo‘l haqi» solig‘ini undirardilar.

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Shuayb qavmi qaroqchi edilar. Ular yo‘l bo‘yiga o‘tirib olishib, o‘tgan-ketganlardan ushur olishardi. Insoniyat yaralgandan buyon birinchi yo‘lto‘sarlik o‘shalardan chiqqan». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 160-6et.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 06:07:53
«Shuayb dedi: Ey, qavmim! O’ylab ko‘rdingizmi, agar men Rabbim tomonidan hujjatga ega bo‘lsam va U meni yaxshi rizq bilan ta’minlagan bo‘lsa (qanday qilib sizlarni yomon ishlardan qaytarmayin?) Men sizlarga muxoliflik qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani o‘zim qilishni xohlamayman. Islohdan o‘zga narsani imkonim boricha xohlamasman».

Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: «(Kofir) odamni keltiradilar va do‘zaxga uloqtiradilar. Uning ichaklari qornining yorig‘idan chiqib sudralgan bo‘ladi. Xuddi eshak o‘z arqoniga o‘ralgandek, u ham o‘zining ichaklariga o‘ralib qoladi. Ahli do‘zaxlar uning atrofida to‘planishib, undan: «Ey, falonchi, senga nima bo‘ldi?! Sen amru ma’ruf va nahyu munkar qilib yurmasmiding?» - deb so‘raydilar. U odam: «To‘g‘ri, men amru ma’ruf qilardim, ammo o‘zim amal qilmasdim, nahyu munkar qilardim, ammo o‘zim undan qaytmasdim» - deb javob beradi». (O’sha manba. 161-162-6et.) 

Shuayb (a.s.) ularga achinib:

وَيَا قَوْمِ لا يَجْرِمَنَّكُمْ شِقَاقِي أَنْ يُصِيبَكُمْ مِثْلُ مَا أَصَابَ قَوْمَ نُوحٍ أَوْ قَوْمَ هُودٍ أَوْ قَوْمَ صَالِحٍ وَمَا قَوْمُ لُوطٍ مِنْكُمْ بِبَعِيدٍ

«Ey, qavmim! Menga xilof qilishingiz sizlarga Nuh qavmiga yo Hud qavmiga yoki Solih qavmiga yetganga o‘xshagan balolar yetishiga olib kelmasin, tag‘in! Lut ham sizlardan uzoq emas». (Hud,  89.)   
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 08:58:26
قَالَ الْمَلأ الَّذِينَ اسْتَكْبَرُوا مِنْ قَوْمِهِ لَنُخْرِجَنَّكَ يَا شُعَيْبُ وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَكَ مِنْ قَرْيَتِنَا أَوْ لَتَعُودُنَّ فِي مِلَّتِنَا قَالَ أَوَلَوْ كُنَّا كَارِهِينَ (٨٨)قَدِ افْتَرَيْنَا عَلَى اللَّهِ كَذِبًا إِنْ عُدْنَا فِي مِلَّتِكُمْ بَعْدَ إِذْ نَجَّانَا اللَّهُ مِنْهَا وَمَا يَكُونُ لَنَا أَنْ نَعُودَ فِيهَا إِلا أَنْ يَشَاءَ اللَّهُ رَبُّنَا وَسِعَ رَبُّنَا كُلَّ شَيْءٍ عِلْمًا عَلَى اللَّهِ تَوَكَّلْنَا رَبَّنَا افْتَحْ بَيْنَنَا وَبَيْنَ قَوْمِنَا بِالْحَقِّ وَأَنْتَ خَيْرُ الْفَاتِحِينَ (٨٩)وَقَالَ الْمَلأ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ قَوْمِهِ لَئِنِ اتَّبَعْتُمْ شُعَيْبًا إِنَّكُمْ إِذًا لَخَاسِرُونَ

«Shuaybning qavmidan kibrga ketgan zodagonlari aytishdi: «Ey, Shuayb! Qasamki, seni va sen bilan birga imon keltirganlarni shahrimizdan chiqarib yuboramiz yoki dinimizga qaytasizlar!» U dedi: «Diningizni yoqtirmasak hammi. Diningizdan bizni Alloh qutqargandan keyin yana unga qaytadigan bo‘lsak, Allohga yolg‘on to‘qigan bo‘lamiz-ku! Illo, Rabbimiz — Alloh xohlagani bo‘lur. Rabbimiz har narsaga ilmi kengdir. Allohgagina tavakkul qildik. Ey, Rabbimiz! Biz bilan qavmimiz o‘rtasida haqiqiy ajrimlik ato et! Sen ajrim qiluvchilarning yaxshisidirsan». «Qavmining kofir bo‘lgan zodagonlari: «Qasamki, agar Shuaybga ergashsangizlar, demak, sizlar ziyon ko‘ruvchi ekansizlar» - deyishdi». (A’rof, 88-90.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 09:00:16
Shuayb (a.s.) jon kuydirib, ularni qancha hidoyatga chaqirmasinlar, savdoda halollikka o‘rgatmasinlar, xiyonat va yo‘lto‘sarlikning zararini gapirmasinlar, qavmning tajovuzi kuchayaverardi. Ular Shuaybga yana dedilar:

قَالُوا يَا شُعَيْبُ مَا نَفْقَهُ كَثِيرًا مِمَّا تَقُولُ وَإِنَّا لَنَرَاكَ فِينَا ضَعِيفًا وَلَوْلا رَهْطُكَ لَرَجَمْنَاكَ وَمَا أَنْتَ عَلَيْنَا بِعَزِيزٍ (٩١)قَالَ يَا قَوْمِ أَرَهْطِي أَعَزُّ عَلَيْكُمْ مِنَ اللَّهِ وَاتَّخَذْتُمُوهُ وَرَاءَكُمْ ظِهْرِيًّا إِنَّ رَبِّي بِمَا تَعْمَلُونَ مُحِيطٌ

«Ey, Shuayb, sening aytayotganlaringdan ko‘pini anglamayapmiz va biz sening oramizdagi bir ojiz inson ekanligingni ko‘rmoqdamiz. Agar qarindoshlaring bo‘lmaganda, seni toshbo‘ron qilgan bo‘lur edik. Sen biz uchun aziz odam emassan. Shuayb dedi: «Ey, qavmim! Sizlar uchun qarindoshlarim Allohdan ham azizroqmi? Shuning uchun Uni orqangizga (e’tiborsiz) tashlab qo‘ydingizmi? Albatta, Rabbim qilmishlaringizni qamrab oluvchidir». (Hud, 91-92.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 09:02:28
Shuayb (a.s.) qavmlarining hidoyatidan umidlarini uzganlaridan va ularning Alloh yuborgan payg‘ambarga inodlari va tajovuzlari kuchaygandan so‘ng, Allohdan u qavmga azob yuborishini so‘rab duo qildilar:

«Ey, Rabbimiz! Biz bilan qavmimiz o‘rtasida haqiqiy ajrimlik ato et! Sen ajrim qiluvchilarning yaxshisidirsan».

Keyin qavmni ogohlantirib dedilar:

وَيَا قَوْمِ اعْمَلُوا عَلَى مَكَانَتِكُمْ إِنِّي عَامِلٌ سَوْفَ تَعْلَمُونَ مَنْ يَأْتِيهِ عَذَابٌ يُخْزِيهِ وَمَنْ هُوَ كَاذِبٌ وَارْتَقِبُوا إِنِّي مَعَكُمْ رَقِيبٌ

«Ey, qavmim! Maqomingizda (e’tiqodingizda) turib ish qilaveringiz! Men ham ish qiluvchiman. So‘ngra kimga xor qiluvchi azob kelishi va kim yolg‘onchi ekanini bilursiz. Kutib turingiz! Men ham sizlar bilan birga kuzatuvchidirman». (O’sha sura, 93.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 09:24:15
Madyan aholisi Shuayb (a.s.)ning kelishi muqarrar bo‘lgan azobdan xabar berishlarini shunchaki qo‘rqituv deb tushunib, parvo qilmadilar. Aksincha, azob kelishiga munkir ekanliklarini quyidagicha tajovuz bilan ifoda qildilar:

قَالُوا إِنَّمَا أَنْتَ مِنَ الْمُسَحَّرِينَ (١٨٥)وَمَا أَنْتَ إِلا بَشَرٌ مِثْلُنَا وَإِنْ نَظُنُّكَ لَمِنَ الْكَاذِبِينَ (١٨٦)فَأَسْقِطْ عَلَيْنَا كِسَفًا مِنَ السَّمَاءِ إِنْ كُنْتَ مِنَ الصَّادِقِينَ

«Ular dedilar: «Aniqki, sen sehrlangan kimsalardandirsan! Sen ham xuddi bizlarga o‘xshagan odamdirsan. Bizlar seni yolg‘onchi kimsalardan deb gumon qilyapmiz. Bas, agar rostgo‘ylardan bo‘lsang, ustimizga osmonning bir bo‘lagini tashlab yubor!». (Shuaro, 185-187.)       
                    
Madyanda kun qizib ketdi, suvlar qaynadi. Bu issiqlik yetti kun davom etdi. Keyin osmonda bir bulut paydo bo‘ldi. Hamma shu bulutning ostiga to‘plandi. Bulutdan olov yog‘ildi va Ayka aholisining hammasi yondi. Madyan aholisi esa, dahshatli bir qichqiriqdan o‘sha onda o‘ldilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 09:27:01
فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَهُمْ عَذَابُ يَوْمِ الظُّلَّةِ إِنَّهُ كَانَ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ

«Bas, ular Shuaybni inkor etishgach, ularni «soyabon» (Rivoyatlarga qaraganda, Shuayb qavmi itoatsizlik qilaverganlaridan keyin Alloh  Taolo ular boshiga issiqlik balosini yuborgan. Ular bulut ostidan soya izlab turganlarida ko‘kdan olov tushib, ularni kuydirib yuborgan. (Abdulaziz  Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. 375-6et.) kunining azobi tutdi. Darhaqiqat, u ulkan (dahshatli) kunning azobi edi». (Shuaro, 189.)
 
فَأَخَذَتْهُمُ الرَّجْفَةُ فَأَصْبَحُوا فِي دَارِهِمْ جَاثِمِينَ

«Bas, ularni mudhish zilzila tutdi. Natijada o‘z joylarida o‘tirganlaricha yer bilan yakson bo‘ldilar». (A’rof,  91.)

وَلَمَّا جَاءَ أَمْرُنَا نَجَّيْنَا شُعَيْبًا وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ بِرَحْمَةٍ مِنَّا وَأَخَذَتِ الَّذِينَ ظَلَمُوا الصَّيْحَةُ فَأَصْبَحُوا فِي دِيَارِهِمْ جَاثِمِينَ

«Amrimiz (azobimiz) kelganda esa, Shuaybga va u bilan birga imon keltirganlarga Bizdan bo‘lmish rahmat sababli najot berdik. Zulm qilganlarni esa, qichqiriq tutdi. Bas, ular uylarida murdaga aylandilar». (Hud, 94.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 09:28:48
Alloh taolo Shuaro surasida Shuayb (a.s.)ning qavmini bulutdan chiqqan olov bilan halok qilganini, A’rof surasida zilzila bilan halok etganini, Hud surasida esa qattiq ovoz bilan halok etganini bayon qiladi. Allohning azobini takror va turlicha bo‘lganiga qaraganda, Madyan aholisi bilan al-Ayka aholisi Shuayb payg‘ambar qilib yuborilgan ikki qavm deyish mumkin.

Hofiz ibn Asokir «Shuayb payg‘ambarning tarjimasi»da Abdulloh ibn Amrdan shunday rivoyat keltiradi: «Albatta, Madyan qavmi bilan al-Ayka Ashoblari ikki qavm-ummat bo‘lib, ularga Shuayb (a.s.) payg‘ambar etib yuborilganlar». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 165-6et.)

Ulamolar ushbu hadis roviysi Abdulloh ibn Amrning ishonchsizligini aytib o‘tganlar.

Ibn Kasir «Qisasul-Anbiyo» kitobida shunday yozadi: «Alloh taolo al-Ayka Ashoblari ustida qilingan mazammatlar: masalan savdodagi xiyonat, tosh-tarozudan urib qolishlarni Madyan qavmi ustida ham qilgan, ya’ni ikkovining gustohligi va xatolari bir xil bayon etilgan. Shunga ko‘ra, Madyan aholisi va al-Ayka Ashoblari bir qavm-ummat bo‘lib, ular turlicha azoblar bilan halok etilgan». (O’sha manba,  166-6et.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 09:43:18
Bunday fikr Muhammad Jodul-Mavloning «Qisasul-Qur’on» kitobida ham bayon etilgan: 

«Alloh taolo Shuaybning duosini qabul etdi va qavmini qattiq issiq bilan azobladi. Issiq shu qadar kuchli ediki, ularning chanqog‘ini suv qondirolmasdi, haroratni soyalar to‘solmasdi. Ular bunday dahshatli issiqdan qochib, shaharni tashlab chiqdilar. Lekin ular Allohning qazosidan qochib, yana uning qazosiga yo‘liqqanlarini bilmas edilar. Osmonda soyabondek turgan qora bulut soyasiga oftob tig‘idan saqlanish uchun bordilar. Hammalari yig‘ilgandan so‘ng, qora bulutdan yashin chaqnadi, qattiq gulduragan ovoz ularni sarosimaga soldi va xushlarini oldi. Oyoqlari ostida esa Yer silkinib, zilzila bo‘ldi. Qattiq xavf va dahshatga tushgan qavm jonsiz tanalarga aylandilar.

Shuayb (a.s.) ularning holiga achindilar, qalblari o‘rtandi. Lekin ularning zalolatdan qaytmaganlarini eslab:

فَتَوَلَّى عَنْهُمْ وَقَالَ يَا قَوْمِ لَقَدْ أَبْلَغْتُكُمْ رِسَالاتِ رَبِّي وَنَصَحْتُ لَكُمْ فَكَيْفَ آسَى عَلَى قَوْمٍ كَافِرِينَ

«Shuayb ulardan yuz o‘girdi va dedi: «Ey, qavmim! Sizlarga Rabbimning topshiriqlarini yetkazdim va sizlarga nasihat qildim. Bas, endi kofirlar qavmiga qanday ham qilib hamdard bo‘layin?!» (A’rof, 93. Muhammad Jodul Mavlo. Qur’on qissalari.  Bayrut. 2000 y. 113-6et.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 09:44:47
Afif Abdulfattoh Tabbora esa «Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil karim» kitobida esa Madyan qavmi bilan Al-Ayka aholisini ikki qavm ekanligini, Shuayb (a.s.) avval Madyan qavmiga payg‘ambar etib yuborilganlarini, ular Allohning payg‘ambarini tan olmaganlari, fisq-fasodni to‘xtatmaganlari, kufrdan tavba qilmaganlari uchun Alloh taolo Madyan aholisini qattiq ovoz-qichqiriq bilan halok etganini batafsil bayon etadi:

وَلَمَّا جَاءَ أَمْرُنَا نَجَّيْنَا شُعَيْبًا وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ بِرَحْمَةٍ مِنَّا وَأَخَذَتِ الَّذِينَ ظَلَمُوا الصَّيْحَةُ فَأَصْبَحُوا فِي دِيَارِهِمْ جَاثِمِينَ (٩٤)كَأَنْ لَمْ يَغْنَوْا فِيهَا أَلا بُعْدًا لِمَدْيَنَ كَمَا بَعِدَتْ ثَمُودُ

«Amrimiz (azobimiz) kelganda esa, Shuaybga va u bilan birga imon keltirganlarga Bizdan bo‘lmish rahmat sababli najot berdik. Zulm qilganlarni esa, qichqiriq tutdi. Bas, ular uylarida murdaga aylandilar. Go‘yo u yerda oldin yashamagandek (izlari o‘chib ketdi). Ogohlaningki, Samud qavmiga halokat yetgani kabi Madyan qavmiga ham halokat yetsin!». (Hud, 94-95.)

Undan so‘ng, «Ashobul-Ayka» haqida shunday yozadi:

«Alloh taolo Madyan aholisini halok etib, Shuayb (a.s.) va boshqa mo‘minlarga najot bergandan keyin, Shuayb (a.s.)ni al-Ayka aholisiga payg‘ambar qilib yubordi.

Shuayb (a.s.) ularga kelib, o‘zlarining payg‘ambarliklarini e’lon qildilar va ularni turli gunohlar va osiyliklardan saqlanishni buyurdilar. Ularni ham tijoratda adolatli bo‘lishga, tosh-tarozuda xiyonat qilmaslikka va yaqin atroflaridagi qavmlarga Alloh tarafidan yetgan azob-uqubatlarni ular ham o‘z boshlariga jalb qilmaslikka chaqirdilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 09:46:24
Aykaliklar esa, Shuayb (a.s.)ni oramizdagi sehrgarlardan bittasisan, deb haqorat qila boshlashdi. U kishining payg‘ambarliklarini inkor etishdi:

كَذَّبَ أَصْحَابُ الأيْكَةِ الْمُرْسَلِينَ (١٧٦)إِذْ قَالَ لَهُمْ شُعَيْبٌ أَلا تَتَّقُونَ (١٧٧)إِنِّي لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ

«Ayka xalqi (Shuayb payg‘ambar qavmi) payg‘ambarlarni inkor etdilar. O’shanda Shuayb ularga aytgan edi: «Allohdan qo‘rqmaysizlarmi?! Albatta, men sizlarga yuborilgan ishonchli payg‘ambardirman». (Shuaro, 176-178.)

Ayka qavmining inodi, itoatsizligi, inkorda davomiyligi sababli, Alloh taolo bularga ham o‘zining azobini  yubordi:

فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَهُمْ عَذَابُ يَوْمِ الظُّلَّةِ إِنَّهُ كَانَ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ

«Bas, ular Shuaybni inkor etishgach, ularni «soyabon» kunining azobi tutdi. Darhaqiqat, u ulkan (dahshatli) kunning azobi edi». (Shuaro, 189. Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Karim. Lubnon. 202-204-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 09:47:19
«Shuayb (a.s.) avval payg‘ambar etib yuborilgan qavm Madyan shahri aholisi bo‘lib, ular Madyan ibn Ibrohim (a.s.)ning avlodlaridir. Ularning yashagan joylari Qizil dengizning Aqaba qo‘ltig‘i sharqiy sohillarida, Hijozning Shom tarafidadir.

Shuayb (a.s.) ikkinchi bor payg‘ambar etib yuborilgan al-Ayka aholisi qalin daraxtzor vodiyga joylashgan  bo‘lib, bu vodiy Hismay va Sharavray tog‘lari bilan o‘ralgan. al-Ayka shahari hozirda Tabuk deb nomlanadi». (Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’on. Lubnon. 2001. 71-bet.)

Vahb ibn Munabbahdan rivoyat qilinishicha, Shuayb (a.s.) imon keltirganlarni o‘zlari bilan olib, Makkaga keldilar va shu yerda vafot etdilar. Ularning qabrlari Ka’baning g‘arbiy tarafidadir. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 167-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 14:39:00
Shuayb (a.s.)ning qissalaridan ibratlar

Shuayb (a.s.)ning qissalarida, Alloh taolo bu payg‘ambarining faoliyatidan bir necha ibratlar olishimizga ishora qiladi:

1. Da’vatchi faol va namuna bo‘lishi kerak. Har bir da’vatchi odamlarni biror narsaga chaqirar ekan, avvalo o‘zi aytganiga amal qiluvchi bo‘lishi kerak. Bu narsa Shuayb (a.s.)ning qavmlariga qilgan xitoblarida yaqqol namoyon bo‘ladi:

قَالَ يَا قَوْمِ أَرَأَيْتُمْ إِنْ كُنْتُ عَلَى بَيِّنَةٍ مِنْ رَبِّي وَرَزَقَنِي مِنْهُ رِزْقًا حَسَنًا وَمَا أُرِيدُ أَنْ أُخَالِفَكُمْ إِلَى مَا أَنْهَاكُمْ عَنْهُ إِنْ أُرِيدُ إِلا الإصْلاحَ مَا اسْتَطَعْتُ وَمَا تَوْفِيقِي إِلا بِاللَّهِ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ أُنِيبُ

«Men sizlarga muxoliflik qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani o‘zim qilishni istamayman. Islohdan o‘zga hech narsani imkonim boricha xohlamasman. Bunga muvaffaq qilish esa Allohning ixtiyoridadir». (Hud, 88.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 14:40:25
O’zgalarga nasihat, da’vat qilaman, xato-kamchiliklarini ko‘rsataman, degan odam har bir yaxshilikda o‘zi namuna va ibrat bo‘lishi kerak. Boshqalarga o‘rgatayotgan amalini birinchi bo‘lib o‘zi bajara olishi lozim. Agar aytgan so‘zi qilgan ishiga mos kelmasa, Alloh tanbeh bergan odamlar qatoriga qo‘shilib qoladi:

أَتَأْمُرُونَ النَّاسَ بِالْبِرِّ وَتَنْسَوْنَ أَنْفُسَكُمْ وَأَنْتُمْ تَتْلُونَ الْكِتَابَ أَفَلا تَعْقِلُونَ

«Odamlarni yaxshilikka buyurasizlar-u, o‘zlaringizni unutasizlarmi?!» (Baqara, 44.)

Da’vatni zimmasiga olgan kishi qilayotgan ishidan faqat Alloh roziligi-yu, boshqalarga manfaat yetkazishnigina asosiy maqsad qilishi lozim. Shunda Alloh unga najot beradi, uning so‘zida ta’sir bo‘ladi, uni ma’qullovchilar va unga ergashuvchilar ko‘payadi.         
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 14:42:11
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ummatlarining har biri ana shunday da’vatchilik mas’uliyati yuklangan kishilardir. Alloh taolo avval ulamolarga:

وَلْتَكُنْ مِنْكُمْ أُمَّةٌ يَدْعُونَ إِلَى الْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ


«Sizlardan yaxshilikka da’vat etadigan, amri ma’ruf va nahiy munkar ishlarini olib boradigan bir ummat bo‘lsin! Aynan ular tole’ topuvchilardir», (Oli Imron, 104.)  - deb, keyin har bir musulmonning zimmasiga bu sharafli vazifani yukladi:

وَالْمُؤْمِنُونَ وَالْمُؤْمِنَاتُ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ يَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ


«Mo‘‘minlar va mo‘‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar: (odamlarni) yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar...» (Tavba, 71.)  
                      
Bu mas’uliyatli vazifa egalarining qanday sifatlarga ega bo‘lishlari lozimligi Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning muborak hadislarida bayon etilgan.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Mo‘‘min kishi mo‘‘min kishining oynasidir, unga qarab aybini to‘g‘rilab oladi».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 14:45:21
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) isloh qiluvchi, xatolarni tuzatuvchi da’vatchini bejiz oynaga o‘xshatmadilar. Buning uchta hikmati bor:

1. Oyna o‘z yoniga kelgan odamning kamchiligini ko‘rsatib berish uchun o‘zi toza bo‘lishi kerak. Demak, da’vatchi ham, aytgan gaplarini amalda ko‘rsatish bilan birga, ayb-nuqsonlardan iloji boricha uzoq bo‘lishi lozim.

2. Oyna yoniga kelgan odamning aybini, u kim bo‘lishidan qat’iy  nazar to‘la ko‘rsatib beradi, yashirib yoki rioya qilib o‘tirmaydi. Da’vatchi ham boshqalardagi aybni, garchi odamlar oldida oshkora aytmasa ham, lekin unga loqaydlik bilan qo‘l siltab ketmasdan, alohida joyda sekin aytib, ogohlantirib qo‘yishi lozim.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Kim bir munkar ishni ko‘rsa, uni qo‘li bilan qaytarsin. Agar unga qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin. Bu ish ham qo‘lidan kelmasa, dili bilan yomon ko‘rib, o‘sha joydan chiqib ketsin. Uchinchisi imonining zaifligini bildiradi».

3. Oyna o‘z yoniga kelgan odamlarning ayblarini keyingi kelganlarga oshkor qilib o‘tirmaydi. Demak, da’vatchi ham ko‘pchilik oldida ma’ruza qilayotganda bir-ikki odamni nishon qilib olmasligi kerak. Biror odamning aybidan xabardor bo‘lib qolsa, uni boshqalarga oshkor qilmasligi kerak. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Yaxshilarning qalblari sirlarning qabrlaridir», - deganlar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 14:47:06
2. Namoz dinning ustunidir. Shu’ayb (a.s.)ning qissalarida namozning inson ma’naviyatiga ta’siri o‘z aksini topgan. Payg‘ambarning o‘zlari va tobe’lari ko‘p namoz o‘qiganlaridan, namozning aksi ularning gap-so‘zlariga, yurish-turishlariga va odob-axloqlariga ta’sir etgan edi. Bu narsa, qavmning nazaridan ham chetda qolmadi va Shu’ayb (a.s.) qavmlaridan butlarga sig‘inishni tark etib, yolg‘iz Allohga imon keltirishni hamda tijorat vaqtida toshu tarozidan urib qolmaslikni, oldi-sotdida xiyonatdan saqlanishni buyurganlarida, ular payg‘ambarlariga:

قَالُوا يَا شُعَيْبُ أَصَلاتُكَ تَأْمُرُكَ أَنْ نَتْرُكَ مَا يَعْبُدُ آبَاؤُنَا أَوْ أَنْ نَفْعَلَ فِي أَمْوَالِنَا مَا نَشَاءُ إِنَّكَ لأنْتَ الْحَلِيمُ الرَّشِيدُ

«Ular dedilar: «Ey Shu’ayb! Ota-bobolarimiz sig‘inib kelayotgan narsa (ma’bud)larni tark etishimizga yoki mol-mulklarimizni qanday xohlasak, shunday boshqarishimiz (mumkin emasligi) haqida senga namozing buyruq beradimi? Axir, sen halim va to‘g‘ri eding-ku?!» (Hud, 87.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 14:47:49
Allohga ruku’ va sajda qilib namoz o‘qish hamma payg‘ambarlarning ham suygan amallari edi va ummatlariga ham namoz o‘qish farz qilingan edi. Shuningdek, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ummatlariga ham Alloh taolo shunday ibodatni farz qildi, u haqda Qur’oni karimning yetmish sakkiz joyida eslatib o‘tgan. Namoz to‘g‘risida bu yerda batafsil so‘zlashga imkoniyat yo‘q. Faqat namozning inson hayotidagi foydalaridan bittasini oyati karima orqali eslatib o‘tamiz. Alloh taolo shunday deydi:

اتْلُ مَا أُوحِيَ إِلَيْكَ مِنَ الْكِتَابِ وَأَقِمِ الصَّلاةَ إِنَّ الصَّلاةَ تَنْهَى عَنِ الْفَحْشَاءِ وَالْمُنْكَرِ

«Sizga Kitob (Qur’on)dan vahiy qilingan narsani tilovat qiling va namozni mukammal ado eting! Albatta, namoz fahsh va yomonlikdan qaytarur!» (Ankabut, 45.)

Shuning uchun har bir shaxsni ma’naviy tarbiyasini yaxshilash, jamiyatni esa isloh qilish, ularni xiyonat va jinoyatdan saqlanishga o‘rgatishning eng samarali yo‘li bu imon va e’tiqodga hamda namoz o‘qishga o‘rgatishdir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 14:49:27
3. Baraka omonatdorlik va halollikdadir. Inson savdoda omonatdor va halol bo‘lishi qadimdanoq Alloh va payg‘ambarlar nazarida bo‘lib, insonlarni tavhidga, ibodatga chorlash bilan birga, o‘zaro muomala va munosabatlarda, nikoh-taloq, oldi-sotdi, qarz va omonat berish masalalarida rostgo‘ylik, halol, xiyonatdan saqlanuvchi  bo‘lishga da’vat etganlar. Ijtimo‘iy munosabatni  mustahkamlanishida, o‘zaro iqtisodiy aloqalarni yaxshi bo‘lishida savdodagi halollik, ikki tomonning bir-biriga ishonchi muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun, boshqa payg‘ambarlar kabi, Shu’ayb (a.s.) ham o‘z qavmlarida ommalashib ketgan xiyonatni: tarozidan, metrdan, mo‘ljalli o‘lchovdan, qaytimdan urib qoluvchi savdo ahliga ochiqdan-ochiq e’tiroz bildirdilar:

وَإِلَى مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُمْ مِنْ إِلَهٍ غَيْرُهُ وَلا تَنْقُصُوا الْمِكْيَالَ وَالْمِيزَانَ إِنِّي أَرَاكُمْ بِخَيْرٍ وَإِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ مُحِيطٍ (٨٤)وَيَا قَوْمِ أَوْفُوا الْمِكْيَالَ وَالْمِيزَانَ بِالْقِسْطِ وَلا تَبْخَسُوا النَّاسَ أَشْيَاءَهُمْ وَلا تَعْثَوْا فِي الأرْضِ مُفْسِدِينَ

«U dedi: «Ey qavmim! Allohga sig‘iningiz! Sizlar uchun Undan o‘zga iloh yo‘qdir. O’lchov va vazndan urib qolmangiz. Men sizlarni (hozircha) yaxshilikda ko‘rib turibman va men sizlarga (hammani) qamrab oluvchi kun (qiyomat)ning azobi (bo‘lishi)dan qo‘rqaman. Ey qavmim! O’lchov va vaznni adolat bilan to‘la beringiz! Odamlarning narsalarini urib qolmangiz va Yerda fasod ishlarni qilib, buzg‘unchilik qilmangiz!». (Hud, 84-85.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 14:51:03
Alloh taolo Qur’oni karimda ham musulmonlarni sudxo‘rlikdan qaytarish, ularga tijoratni halol qilib berish bilan birga, oldi-sotdi paytida xaridorning haqqini rioya qilishga buyuradi.   

Ba’zi tijorat ahllari tezroq va ko‘proq pul topish maqsadida ba’zan qalloblikka, ba’zan esa nopoklikka qo‘l urib boshqalarning cho‘ntagini qoqib olishga urinadilar va shu yo‘l bilan molu-dunyo orttiradilar. Bu xildagi tirikchilik musulmonchilik qonun-qoidalariga, insofga zid amal bo‘lib, Alloh taolo musulmonlarni bunday nopoklikdan saqlanishni buyurgan:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لا تَأْكُلُوا أَمْوَالَكُمْ بَيْنَكُمْ بِالْبَاطِلِ إِلا أَنْ تَكُونَ تِجَارَةً عَنْ تَرَاضٍ مِنْكُمْ


«Ey mo‘‘minlar, bir-birlaringizning mollaringiz ni nohaqlik bilan yemanglar. Ammo ikki tomonning roziligida tijorat yo‘li bilan bo‘lsa, (englar)» (Niso, 29.)  - deb, birinchidan xiyonatdan saqlanishni buyurgan bo‘lsa, ikkinchidan shar’iy tijorat qilishga ijozat beradi.

Tijorat qiluvchi kishi avvalo tijoratning qonun-qoidarini, odamlar bilan muomalani, shariat bo‘yicha oldi-sotdidagi masalalarni bilish bilan birga, o‘ziga rostgo‘ylik, halollik va omonatdorlik fazilatlarini doimiy kasb qilib olishi lozim bo‘ladi.

Aslida tijorat shariatda ruxsat berilgan amal bo‘lib, mol-dunyoga ega bo‘lishning asosiy shartlaridan biridir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: «Kimki dunyo istasa tijorat qilsin, oxirat istasa ibodat qilsin, agar ikkovini istasa ilm o‘qisin!». (Ta’liymul muta’allim.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 14:53:58
Tijorat bilan dunyo-boylik topishga niyat qilgan kishi bir necha qoidaga amal qilishi kerak:

1. Tijorat ilmini yaxshi o‘zlashtirishi kerak, chunki ilmsiz holatda har qanday narsaga urinish muvaffaqiyatsizlik keltiradi.

2. Savdoda halollikka rioya qilish lozim. Alloh taolo shunday deydi:

وَأَوْفُوا الْكَيْلَ إِذَا كِلْتُمْ وَزِنُوا بِالْقِسْطَاسِ الْمُسْتَقِيمِ ذَلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلا


«Agar molni o‘lchab beradigan bo‘lsangiz, (metr yoki chelakni) to‘la qilib o‘lchab bering, tarozi pallalarini teng qilib tortib bering, mana shunday tijorat ma’oshingiz uchun ham, oxiratingiz uchun ham yaxshidur». (Isro, 35.)

Ibn Abbos (r.a.) tijoratchilarga shunday der ekanlar: «Ey ahli dunyo jamoati, sizlarga ikki narsani omonat qilib berilganki, bu narsalar bilan sizdan avvalgi ummatlar halokatga uchraganlar; bular o‘lchov bilan tarozidur».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 14:55:30
Shuning uchun o‘lchovda noaniqlikka yo‘l qo‘ygan, o‘z foydasi uchun haromdan hayiqmay toshu-tarozida va metrda xaridor haqiga xiyonat qiladigan, olchoq savdogarlar haqida Alloh taolo shunday xitob qiladi:

وَيْلٌ لِلْمُطَفِّفِينَ (١)الَّذِينَ إِذَا اكْتَالُوا عَلَى النَّاسِ يَسْتَوْفُونَ (٢)وَإِذَا كَالُوهُمْ أَوْ وَزَنُوهُمْ يُخْسِرُونَ (٣)أَلا يَظُنُّ أُولَئِكَ أَنَّهُمْ مَبْعُوثُونَ


«O’lchovda va toshu-tarozida kishilar haqini urib qolib, xaridorga moddiy zarar yetkazuvchilarga Allohning do‘zaxi bo‘lsin. Chunki ular o‘zlariga olishda orttirib o‘lchatadilar, ammo boshqalarga sotishda esa, ziyon qildiradilar. Nima, ular qiyomatda Alloh oldida javob bermayman, deb o‘ylaydilarmi?!». (Mutoffifiyn, 1-4.)

Miqdod bin al-Asvad al-Kindiy  aytadi: «Men Rasululloh (sav)ning: «Qiyomat kuni bo‘lganda quyosh bandalarga bir mil yoki ikki mil masofaga yaqin kelib, ularni boshlaridan kuydiradi. Gunohlari miqdoricha ter to‘kiladi. Ba’zilarining terlari oyoq oshiqlarigacha, ba’zilariniki tizzalarigacha, ba’zilariniki bellarigacha, ba’zilarining terlari esa burunlarigacha ko‘madi» - deganlarini eshitganman». (Imom  Ahmad rivoyati)

Qiyomatdagi bu sharmandalik tijoratdagi qalloblarga tayin etilgandir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 14:56:27
3. Tijoratchi omonatdor bo‘lishi zarur. Alloh taolo:

إِنَّ اللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَنْ تُؤَدُّوا الأمَانَاتِ إِلَى أَهْلِهَا

«Albatta, Alloh sizlarga omonatni egasiga o‘z vaqtida berishingizni buyuradi» (Niso, 58.)  - degan bo‘lsa, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Munofiqning uchta alomati bor; Yolg‘on gapiradi, va’dasiga vafo qilmaydi, omonatga xiyonat qiladi» - deb, omonatdor bo‘lmagan kishi munofiq ekanligini bayon qilganlar. Shartnomani buzmaslik, va’da qilgan molni o‘z vaqtida egasiga berishlik, qarz olgan bo‘lsa muddatida qaytarishlik, molning aybini ochiq aytib yoki ko‘rsatib sotishlik, bularning hammasi omonatdorlik sifatlaridir. Ko‘p hollarda taroziga qo‘yiladigan toshning tagi egovlanib, me’yordan yengil qilib qo‘yilganini, xaridorga tortib berilgan mol boshqa tarozida tortib ko‘rilganda ancha kam chiqib, xaridor sarf qilgan puliga achinib, dili ranjib, olgan puling harom bo‘lsin, deb qarg‘aganining guvohi bo‘lamiz. Ba’zi hollarda esa minib yurgan mashinamiz biror hodisaga uchrab  pachoqlansa, undan ko‘nglimiz to‘lmay qolsa, urilgan joyini nomiga «bozor uchun» tuzattirib, xaridorning ko‘zini shamg‘alat qilib, yangi mashinadek pullaymiz, aybini berkitamiz. Mana shu qilmishlarimiz ayni xiyonatdir.

4. Tijoratda halol narsalarning oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish kerak. Bunda elga ham manfaat bo‘ladi. Iste’moli Alloh ta’olo tomonidan harom qilingan narsalarning, masalan: mast qiluvchi ichimliklar, giyohvand moddalar, harom o‘lgan hayvon go‘shtlari, cho‘chqa go‘shti, o‘g‘irlangan mollar tijorati bilan topilgan mablag‘ ham musulmon odam uchun harom hisoblanadi va vaqtincha tijoratchining puli ko‘paysa ham baraka qilmaydi, natijada qisqa muddat ichida «surib chiqib ketadi».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 14:56:47
5. Tijoratchi saxovat qo‘lini ochiqroq tutishi kerak. Chunki baraka Allohdan bo‘lganidan keyin, uning buyruqlariga itoat etib, nafaqa, sadaqa va zakotlarni o‘z vaqtida ajratib, oilasini, qaramog‘idagilarni, qarindosh-urug‘lar hamda qo‘shnilarning muhtojlarini ta’minlab turishi kerak. «Baqara» surasining 261-oyatida, saxovatli kishilarning Alloh yo‘lida qiladigan ehsonlari evaziga yetti yuz barobar, ba’zi kishilarga esa behisob baraka ato qilishga Alloh va’da beradi.

6. Tijoratchi savdo paytida nihoyatda xushmuomala bo‘lishi, xaridorni yaxshi muomala va shirin so‘z bilan ko‘ngliga kirib borishi kerak, ayniqsa xaridorga turli mollarni takror ko‘rsatishga erinmasligi lozim. Xaridor hech narsa olmay chiqib ketsa ham, unga boshqa safar kelib turishini taklif etib qolishi kerak. Afsuski, bu jihatdan bizning tijoratchilarda muomala odobi yetishmaydi. Ko‘p tijoratchilar xaridorning salomiga alik olishni ham bilmaydi. Biror narsaning boshqa turini ikkinchi marta ko‘rsatishni so‘ralsa, «olsangiz oling, olmasangiz yo‘q» - deb dag‘al javob berishadi. Ey muhtaram tijoratchilar, shirin tilingiz bilan xaridor chaqirasiz, shirin muomalangiz bilan mol sotasiz. Aks holda xaridor sizdan qarzdor emas, arpangizni xom o‘rgani ham yo‘q! Shuning uchun, tijoratchi birodarlarimiz agar musulmon bo‘lsalar tijoratda diyonatni unutmasliklari lozimdir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 15:16:07
2.14.  AYYUB (A.S.)

Ayyub payg‘ambar Ya’qub (a.s.)ning akalari Iysuning zurriyotidan bo‘lib, nasablari Ayyub ibn Ma’sub ibn Ravoh ibn Rum ibn Iysu ibn Ishoqdirlar. Iysuning xotini Ismoil (a.s.)ning qizlari ekanligi avvalda aytib o‘tildi. Ayyub (a.s.)ning xotinlari Rahima (Ba’zi  olimlar  Ayyubnning xotini Layya binti Ya’qub  edi deydilar) binti Afrosim ibn Yusuf esa Yusuf (a.s.)ning nabiralari edi.

Ayyub (a.s.)ning vatanlari, ba’zi manbalarda al-Aqaba qo‘ltig‘ining shimolida, O’lik dengizning janubiy g‘arbida joylashgan Odum vodiysidagi Avs yeridir. (Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’on. Damashq. 2001. 18-6et.)

At-Tabariy va Yoqut al-Hamaviy Ayyub tug‘ilgan va yashagan yer Damashq va Azru’otning o‘rtasida joylashgan al-Basaniyya vodiysida ekanligini yozganlar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 15:17:19
Ba’zi «ahli kitoblar»ning fikricha, Ayyub (a.s.)ning onalari Lut payg‘ambarning qizlari degan holda, otalari Ibrohim zurriyotidan emas, balki Ibrohim olovdan omon chiqqanligini ko‘rib imonga kelgan kishilardan biri edi, deydilar. Holbuki, Ayyub (a.s.) Ibrohim (a.s.)ning zurriyotlaridan ekanligini Qur’on oyatlari tasdiqlab turibdi:

وَوَهَبْنَا لَهُ إِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ كُلاً هَدَيْنَا وَنُوحًا هَدَيْنَا مِنْ قَبْلُ وَمِنْ ذُرِّيَّتِهِ دَاوُدَ وَسُلَيْمَانَ وَأَيُّوبَ وَيُوسُفَ وَمُوسَى وَهَارُونَ وَكَذَلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ

«Unga (Ibrohimga) Ishoq va Ya’qubni ato etdik. Hammasini hidoyatga yo‘lladik. Oldin Nuhni ham hidoyatga yo‘llagan edik. Uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso va va Horunni ham yo‘lladik». (An’om, 84.)

Ayyub (a.s.)ning yashagan joylari Rum yeri (Shom) bo‘lib, juda farovon yashardilar, mollari behisob, o‘zlari juda go‘zal inson edilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 15:18:47
Ayyub (a.s.) Allohning ikki sinoviga uchradilar. Birinchidan og‘ir dardga mubtalo bo‘ldilar, badanlari irib, qurtlab ketdi, tillari va qalblaridan boshqa sog‘ joylari qolmadi va ana shu imtihon o‘n sakkiz yil davom etdi.

وَأَيُّوبَ إِذْ نَادَى رَبَّهُ أَنِّي مَسَّنِيَ الضُّرُّ وَأَنْتَ أَرْحَمُ الرَّاحِمِينَ (٨٣)فَاسْتَجَبْنَا لَهُ فَكَشَفْنَا مَا بِهِ مِنْ ضُرٍّ وَآتَيْنَاهُ أَهْلَهُ وَمِثْلَهُمْ مَعَهُمْ رَحْمَةً مِنْ عِنْدِنَا وَذِكْرَى لِلْعَابِدِينَ


«Ayyubning Parvardigoriga nido qilib: «Parvardigorim, menga musibat yetishdi. O’zing rahmlilarning rahmlirog‘isan» - deb iltijo qilganini eslang. Biz uning duosini mustajob qilib, undagi zahmatni ketkazdik hamda o‘z huzurimizdan mehribonlik ko‘rsatib, barcha ibodat qiluvchilarga eslatma bo‘lsin, deb Ayyubga oilasini va ular bilan qo‘shib, yana ularning barobarida ahlu avlod ato etdik». (Anbiyo, 83.) 

Ba’zi tarixchilar, Ayyubning sinov muddati uch yil, ba’zilar esa yetti yilu bir necha oy bo‘lgan, deb taxmin qiladilar.

Ikkinchidan butun mol-dunyolari yo‘q bo‘ldi. Buni ko‘rgan e’tiqodi past va imonsiz kishilar Ayyub (a.s.)ning ustilaridan kulishib: «Agar u payg‘ambar bo‘lsa, bunday dardlarga mubtalo bo‘lmas va boyligidan ajralmas edi», - deyishdi va undan butunlay yuz o‘girib ketishdi. Holbuki, Ayyub (a.s.) Allohning suyukli payg‘ambari edilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 15:23:58
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:

وَاذْكُرْ عَبْدَنَا أَيُّوبَ إِذْ نَادَى رَبَّهُ أَنِّي مَسَّنِيَ الشَّيْطَانُ بِنُصْبٍ وَعَذَابٍ (٤١)ارْكُضْ بِرِجْلِكَ هَذَا مُغْتَسَلٌ بَارِدٌ وَشَرَابٌ

«(Ey Muhammad (s.a.v)), bandamiz Ayyubning Parvardigoriga nido qilib: «Darhaqiqat, shayton meni balo va azob bilan ushladi», degan paytini eslang! (Shunda unga aytildi): «Oyog‘ing bilan ostingdagi yerni tepgin!»

U Allohning amrini bajargan edi, o‘sha yerdan bir chashma otilib chiqdi. So‘ng unga aytildi:

«Mana shu muzdek ichiladigan va cho‘miladigan suvdir. (Qachonki Ayyub u suvda cho‘milib, so‘ng undan ichgach uning barcha zohiriy va botiniy dardlari darhol davo topdi)». (Sod, 41-42.)

Ayyub (a.s.)ning xotinlari yolg‘iz Rahimagina bu uzoq muddatli sinov paytida eriga vafo qilib, sadoqat bilan xizmat qildi, ham erining, ham Allohning roziligini topdi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 15:24:26
Ayyub (a.s.)ning kasallari shu darajada og‘ir ediki, go‘shtlari chirib, to‘kilib  ketgan, faqat suyaklari va paylarigina qolgan edi. Ayyubning xotinlari qum olib kelar va qoq suyakning ostiga to‘shardi. Rahimaning eriga juda rahmi kelganidan, bir kuni: «Rabbingizga duo qilsangiz, sizga o‘zi shifo berardi» - dedi. Shunda Ayyub (a.s.): «Axir yetmish yil ne’matda va farovonlikda yashadim. Alloh uchun men ham yetmish yil azob cheksam, bu juda oz-ku!» - dedilar. Buni eshitgan Rahima biroz og‘ringan bo‘lsa-da, erining xizmatida astoydil davom etdi.

Ahli kitoblarning rivoyat qilishicha, odamlar Ayyubni shahardan tashqariga axlatxonaga chiqarib tashlashdi. Chunki, u yara-chaqaning ko‘pligi va og‘irligidan sasib ketgan edi. Hamma undan yuz o‘girgan, faqat xotini Rahimagina avvalgi yaxshi kunlarini qadrlab, eriga vafo va sadoqat bilan xizmat qilardi. Molining va xizmatkorlarining hisobiga yetib bo‘lmaydigan Ayyub shunday qashshoqlashib ketdiki, Rahima birovlarning uyida xizmatkorlik qilib, topgan puliga Ayyub (a.s.) uchun taom sotib olardi.

Nihoyat odamlar, erining kasalini yuqtirib qo‘yadi, deyishib Rahimani ishga ham aytmay qo‘yishdi, undan ham hazar qiladigan bo‘lishdi. Nochor qolgan vafodor xotin bir o‘rim sochini tagidan qirqdirib boylardan birining qiziga sotdi va puliga Ayyub uchun yegulik taomlar oldi. Ayyub (a.s.) taomni nari surib, buni qaerdan olganini so‘radi. Rahima, bu taomni odamlarning uyida ishlab topgan pulga olganligini aytdi. Ertasi kuni ham uni hech kim ishga aytmadi. Nochorlikdan ikkinchi o‘rim sochini ham qirqtirib, bir boyning qiziga sotdi va puliga Ayyub uchun taom sotib oldi. Ayyub (a.s.) bugun ham taomni yemasdan surib qo‘ydilar va uni qaerdan olganini xotinlaridan so‘radilar. Rahima, eriga taomni bemalol yeyishini, qaerdan olganini esa albatta tushuntirishini qasam ichib aytdi va ro‘molini olib, boshini ochib ko‘rsatdi. Ana shundagina Ayyub (a.s.): «Parvardigorim, menga musibat yetishdi. O’zing rahmlilarning rahmlirog‘isan» - deb duo qildilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 15:25:37
Abdulloh ibn Ubayd ibn Umayr aytadi: «Ayyub  (a.s.)ning ikki yaqin birodarlari bor edi. Boshqalar yuz o‘girib ketgan bo‘lsa ham, ikkovi kelib, Ayyubdan xabar olib turishardi. Bir kuni kelishib, Ayyubning yaqiniga borolmasdan, uzoqdan salomlashishdi-da, keyin o‘zaro gaplashishib, biri ikkinchisiga dedi: «Agar Alloh taolo Ayyubni yaxshilar qatoriga qo‘shganda, uni bunchalik og‘ir kasalga mubtalo qilmasdi»  - dedi. Bu gap Ayyubning quloqlariga yetib, qattiq ranjidilar va Allohning huzuriga iltijo qildilar: «Ey, parvardigor, men biror odamning ochligini bila turib, o‘zim to‘q yotmaganimni  bilsang, meni tasdiq etgin!». Osmondan uni tasdiqlagan ovoz keldi va bu ovozni ikki birodari ham eshitdi.

«Ey, parvardigorim, muhtoj-yalang‘och odamni bilganim holda, o‘zim ikkita kiyim kiymaganimni bilsang, meni tasdiq etgin!». Osmondan tasdiq ovozi keldi va bu ovozni ikkovi ham eshitdi. Keyin Ayyub: «Ey parvardigorim, sening aziz zotingdan najot so‘rayman, agar mendan bu baloni aritmas ekansan, men boshimni abadiy ko‘tarmayman!» - dedilar va sajdaga bosh qo‘ydilar. Alloh taolo barcha dardlaridan xalos qildi».

Anas ibn Molik (r.a.) shunday rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: «Allohning payg‘ambari Ayyubning sinovi o‘n sakkiz yil davom etdi. Ayyubning yaqinlari ham, uzoq tanishlari ham undan yuz o‘girishdi. Faqat doim Ayyubning yoniga chopadigan ikki qadrdonlarigina kelib-ketib, xabar olib yurishardi. Ularning biri ikkinchisiga dedi: «Bilasanmi, nima uchun o‘n sakkiz yildan buyon Alloh Ayyubga najot bermayapti, chunki u kechirilmaydigan katta gunoh qilib qo‘ygan, shuning uchun Alloh unga rahm qilmayapti» - dedi. Sherigi bu gapni sir saqlay olmasdan, Ayyubga aytib qo‘ydi. Ayyub (a.s.) qattiq iztirobga tushdilar va: «Nima deyapsan?! Alloh biladi, men bir kuni ikki kishining janjallashayotganini eshitdim. Ular tinmay Allohning nomini tilga olishardi. Men ularga, Allohning nomini faqat haq bo‘lsanggina tilga ol, deb tanbeh bergan edim. Keyin uyga kelib, qilgan ishimga pushaymon yedim va kafforat berdim. Bundan boshqa xato qilganimni bilmayman» - dedilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 205-6et.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 15:26:32
Ayyub (a.s.) agar hojatga chiqmoqchi bo‘lsalar, Rahimaning yetagida chiqar edilar. Bir kuni zarur bo‘lib, xotinlarini chaqirdilar, ammo u kelavermadi. Alloh taolo shu onda Ayyub (a.s.)ga vahiy yuborib:

«Oyog‘ing bilan ostingdagi yerni tepgin! «Mana shu muzdek ichiladigan va cho‘miladigan suvdir» - deb xitob qildi. Ayyub (a.s.) ichkiyu tashqi kasalliklaridan shifo topib, avvalgidan ham sog‘lomroq va go‘zalroq insonga aylandilar.

Birozdan so‘ng Ayyub (a.s.)ning xotinlari kelsa, nihoyatda xushro‘y va sog‘lom bir kishi o‘tiribdi. Undan shu yerda yotgan kasal mubtalo erining qayoqqa ketganini so‘radi: «Baraka toping! Shu yerda yotgan mubtalo payg‘ambarni ko‘rmadingizmi? Allohga qasamki, siz erimning sog‘lik vaqtidagi qiyofasiga juda o‘xshar ekansiz!» Ayyub (a.s.): «Men Ayyubning o‘ziman» - dedilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 15:27:41
Ibn Abbos (r.a.) shunday rivoyat qiladilar: «Alloh taolo Ayyub (a.s.)ga jannat libosidan kiydirdi. U kishi o‘rinlaridan turib bir chekkaga borib o‘tirdilar. Rahima kelib, o‘z erini tanimadi va: «Ey, Allohning bandasi, shu yerda yotgan kasal qayoqqa ketdi? Uni itlar yoki bo‘rilar tortib ketmadimikin?!». Ayyub (a.s.) xotinlariga: «Ey, sho‘ring qurg‘ur, men axir Ayyubning o‘ziman-ku!» - dedilar. Xotin taajjublanib: «Ey, Allohning bandasi, siz meni masxara qilyapsizmi?» - dedi. Ayyub (a.s.) takroran: «Axir men Ayyubman-ku! Alloh menga asli jasadimni qaytarib berdi» - dedilar. Ibn Abbos aytadilarki, Alloh taolo Ayyub (a.s.)ga sog‘lik bilan birga mol-dunyolarini, avlodlarini va a’yonlarini ikki barobar qilib qaytarib berdi.

Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilarki, Payg‘ambarimiz (s.a.v) aytdilar:

«Alloh taolo Ayyub (a.s.)ga shifo bergandan keyin, osmondan tilla chigirtkalarni yomg‘ir qilib yog‘dirdi. Ayyub (a.s.) ulardan birini olib liboslariga taqib oldilar. Alloh taolo u kishiga: «Ey, Ayyub! Dunyoga haliyam to‘ymadingmi?» - deb xitob qildi. Ayyub (a.s.): «Ey Robbim, sening rahmatingga kim to‘yibdi?!» - dedilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 206-6et.)   
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 15:31:00
Ayyub (a.s.)ga yetgan kasalliklar va og‘riqlar ahli kitoblar tomonidan haddan ortiq bo‘rttirib ko‘rsatilgani ba’zi mufassirlarning ta’nasiga va inkoriga sabab bo‘lgan. Masalan: ustoz Ahmad Mustafo Al-Marog‘iy o‘zining «Tafsirul-Marog‘iy» kitobida shunday deydi:

«Ayyub (a.s.)ga yetgan kasallikning odamlar nafrat qiladigan va uni shahardan tashqariga, axlatxonaga chiqarib tashlaydigan darajada bo‘lishi, undan barcha yaqinlar yuz o‘girishib, faqat xotini Rahimagina uning oziq-ovqatidan xabar olib turishi to‘g‘risidagi rivoyatlar yolg‘on isroiliy rivoyatlardan bo‘lib, bu rivoyatlarning barchasini yolg‘on deb e’tiqod qilish vojibdir. Chunki, mazkur rivoyatlarning rostligini quvvatlovchi sahih sanadlar mavjud emas.

Buning ustiga Allohning payg‘ambarlari bunchalik darajada hamma jirkanadigan va axlatxonaga chiqarib tashlanadigan kasalliklarga mubtalo bo‘lishi mumkin emas. Agar shunday bo‘lsa, payg‘ambar o‘z ummatiga aralasholmay qoladi va shariat hukmlarini ularga yetkazolmay qoladi». (Afif Abdulfattoh Tabbora.  Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Ka¬rim. Lubnon. 209-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 15:31:26
Ammo biz ahli kitoblarning rivoyatlarigagina emas, balki Ayyub (a.s.) haqlarida qissa qilingan Qur’oni karim oyatlariga e’tibor qilsak, ustoz Marog‘iyning ta’nalari o‘rinsiz ekanligining guvohi bo‘lamiz. Chunki, Alloh taolo Ayyub (a.s.)ning jismlariga qattiq zarar yetganini, unga uzoq muddat sabr qilib, keyin alam jonlaridan o‘tgandan keyin, Allohga iltijo qilganlarini, Alloh bu iltijoli duoni mustajob qilib, Ayyub (a.s.)ga oyoqlari ostidan shifobaxsh suv chiqarib berganini va undan ichib, cho‘milganlaridan keyin jismlaridan dard-alam chiqib ketganini hikoya qilib beradi.         

Bir kun Ayyub (a.s.)ning xotinlari ko‘chada bir tabibni uchratib qoldi. Uni Ayyub (a.s.)ni davolatish uchun uyga boshlab keldi. Tabibning odam qiyofasidagi iblis ekanini payqab qolib, Ayyub (a.s.) uni boshlab kelgan xotinlariga g‘azab qildilar va: «Eson-omon tuzalsam, seni yuz darra uraman!» - deb qasam ichdilar.

Ba’zi olimlarning fikricha, Rahima eridan so‘ramasdan soch o‘rimlarini sotgani uchun, Ayyub (a.s.) uni yuz darra urishga qasam ichgan edilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 15:34:21
Muhammad Jodul Mavloning «Qur’on qissalari» kitobida buning sababi quyidagicha keltirilgan. (Rivoyat qisqartirib berildi.) 

«Ayyub (a.s.)ning fazilatlari farishtalar o‘rtasida maqtab zikr qilindi. Ular aytardilar: «Bugunki kunda Yer yuzida Ayyubdan boshqa yaxshiroq odam yo‘q. U e’tiqodli mo‘min, seribodat muttaqiydir. Uning rizqini ham Alloh taolo kengaytirib berib qo‘ygan, umrini uzoq qilgan. Uning molidan boyu kambag‘al bahramand, kecha-kunduz Allohga uning ne’matlari uchun shukr etib, ibodat qiladi».

Farishtalarning bunday maqtovidan Iblisning hasadi qo‘zg‘adi va Ayyubni yo‘ldan urib, amallarini botil qilishni istadi. Avval Ayyubning qalbiga vasvasa bilan fitna solishga urindi. Buning uddasidan chiqa olmagach, Allohning yaqiniga borib, unga ig‘vo qila boshladi.

«Ey, parvardigor, bandang Ayyub senga samimiy qalb bilan ibodat qilayotgani yo‘q. Sen unga behisob boylik, beadad farzandlar, obro‘-martabalar berib qo‘ygansanki, u o‘shalardan ayrilib qolmaslik uchun senga mulozamat yuzasidan ibodat qilyapti. Agar uni ne’matdan ayirib, imtihon qilib ko‘rsang, itoati va ibodati samimiy emasligining guvohi bo‘lasan» - dedi.

Alloh taolo unga javoban: «Shubhasiz Ayyub, imoni tama’dan yiroq bo‘lgan, muxlis bandadir. U menga martaba va mol-dunyosini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib, tama’ning tasirida ibodat qilmaydi, balki u ibodatning haqqini bilgani uchun menga ibodat qiladi, zikrning haqqini bilgani uchun mening zikrimni qiladi.

Unday solih payg‘ambarimning haqida sen mal’un yomon fikrda bo‘lmasliging uchun, senga ijozat beramanki, barcha lashkarlaringni yig‘ib, uni istaganingcha sinab ko‘r! Ayyubning moliyu zurriyoti  hukmini senga berdim, ishonchim komilki, uning e’tiqodidan zarracha qaytarolmaysan, uning imonini zarracha bo‘shashtirolmaysan, bilganingni qil, keyin uning sabrini qanday ekanligiga, ibodatlardan biror maqsad va g‘arazni iroda qilmayotganiga o‘zing shohid bo‘lgin va tan bergin!» - dedi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 15:34:42
Iblis qattiq sa’y-harakat qilib, Ayyub (a.s.)ni vasvasa qilib ko‘rdi, niyatiga yetmagandan keyin, Ayyubning oilasi va avlodlari yashaydigan saroyni zilzila bilan vayron qildi. Saroyda farovon, shohona yashayotgan uning barcha zurriyotlari saroy vayronalari ostida qolib  halok buldi.

Iblis inson qiyofasida Ayyub (a.s.)ning oldilariga kelib, hamdardlik bildirgan bo‘ldi va Alloh uning shuncha qilgan ibodatlarini rioyasini qilmaganiga, balki bu ibodatlar butunlay qabul etilmaganiga ishora qildi.

Ayyub (a.s.) oila va farzandlariga achinib yig‘lagan bo‘lsalar-da, bu hodisa Allohning sinovi ekanligini aytib: «Bu ne’matlarni Alloh bergan edi, yana qaytarib oldi, uning berganiga ham, qaytib olganiga ham, uning g‘azabiga ham, roziligiga ham beadad shukrlar bo‘lsin!» - dedilar va yana astoydil ibodat bilan mashg‘ul bo‘ldilar.

Iblis Ayyub (a.s.)ning mol va avlodlaridan ajralib ham qattiq ibodatdan to‘xtamagani va Allohga bo‘lgan imoni zaiflashmaganini ko‘rib, uni ibodatdan mahrum etish maqsadida jismlariga bedavo va qattiq alamli dardni yuqtirdi. Biroq, Ayyub  (a.s.)ning alamlari qancha ziyoda bo‘lsa, shukrlari shuncha ko‘p va iltijoli bo‘ldi.

Iblis nima qilmasin, Ayyubning imonlari ziyoda, shukrlari behad ko‘p bo‘lib, Alloh oldida mulzam bo‘lgandan keyin, o‘zining maslahatchi shaytonlarini kengashga chaqirdi. Ulardan biri: «Ey, boshlig‘imiz, sening o‘tkir hiylalaring, tadbirkorliging qaerda qoldi. Ayyubga shuncha zarar yetkazib, uning imoniga ta’sir o‘tkazolmading-ku! Odam va Havvoni vasvasa bilan qanday qilib jannatdan chiqargan eding? Shu usulni Ayyubga ham qo‘llab ko‘r, shoyad foyda bersa!» - dedi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 15:35:56
Iblis: «Odamni jannatdan chiqarishda, uning xotini yordam bergan edi. Sen juda to‘g‘ri fikr aytding», - dedi va odam qiyofaga kirib, Ayyubning xotini yoniga bordi. Uni vasvasa qilib, diliga biroz shubha soldi.

Ayol Ayyub (a.s.)ning oldilariga borib, hayotidan noliy boshladi: «Ey, Ayyub! Sening rabbing qachongacha senga azob beradi, davlating, obro‘ying, bola-chaqang, do‘stlaring, yoshliging qayoqqa ketdi? Bu alamli kunlarning nihoyasi bormi? Boshimizga kelgan bu musibat qachon tugaydi?!»

Ayyub (a.s.) xotinlaridagi bunday o‘zgarishni sezib: «Ey, xotin! Seni shayton yo‘ldan uribdi, imoningni zaiflashtiribdi, qalbingni tor qilibdi, agar eson-omon tuzalsam, qasam ichib aytamanki, seni yuz darra o‘z qo‘lim bilan uraman!. Bugundan boshlab sening qo‘lingdan taom yeyishni, seni biror ishga buyurishni o‘zimga harom qildim! Menga Allohning o‘zi biror hukm yubormagunicha mening oldimdan ket!» - dedilar.

Yolg‘iz qolgan Ayyub (a.s.)ning dard-alamlari ziyoda bo‘lib, Allohga astoydil iltijo va tazarru’ bilan duo qildilar:
«Parvardigorim, menga musibat yetishdi. O’zing rahmlilarning rahmlirog‘isan».

Alloh taolo Ayyub (a.s.)ning duolarini ijobat qildi, oyoqlari ostidan shifo bulog‘ini chiqarib berdi. Bu suvdan ichib, badanlarini yuvishlari bilan ichkiyu tashqi kasalliklari shifo topdi va avvalgidan ham xushsurat odamga aylandilar.

Ayyub (a.s.)ning xotinlari ham borgan joyida xotirjam bo‘lolmadi. Eriga shuncha yil xizmat qilib, oxirida uning dilini og‘ritib qo‘yganligi uning oromini yo‘qotdi. Chunki, eri bilan sakson yil rohat-farog‘atda yashab, qancha shodlik kunlarini birga o‘tkazgan edi. Endi erining boshiga biroz musibat tushganda yuziga solishi, avval qilgan xizmatlarini ham ta’na bilan yo‘qqa chiqarishi aqldan emasligini tushundi va erining yoniga qaytdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsin-ki, nochor va mubtalo erining o‘rnida yosh, go‘zal, sog‘lom bir yigit turardi. Avval tanimasdan biroz taajjubga tushdi. Keyin aql-hushini yig‘ib, bu yigit o‘z eri Ayyub (a.s.) ekanliklarini bildi va Allohning qudratiga tan berib, marhamatiga shukronalar aytib, o‘z erini bag‘riga bosdi». (Muhammad Jodul Mavlo. Qur’on qissalari. Bayrut. 2000 y. 192-198-6et.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 15:37:03
Alloh taoloning o‘zi Rahimani yuz darra azobdan xalos etish, Ayyub (a.s.)ning qasamlarini ham buzdirmaslikni iroda qildi va shunday buyurdi:

وَخُذْ بِيَدِكَ ضِغْثًا فَاضْرِبْ بِهِ وَلا تَحْنَثْ إِنَّا وَجَدْنَاهُ صَابِرًا نِعْمَ الْعَبْدُ إِنَّهُ أَوَّابٌ

«Yana biz Ayyubga aytdik: «Qo‘lingga bir bog‘ (novda)ni olib, u bilan xotiningni urgin — qasamingni buzmagin. Darhaqiqat, Biz (Ayyub)ni sabr qiluvchi deb topdik. U naqadar yaxshi bandadir!». (Sod, 44.) 

«Ayyub payg‘ambar qadimdan sabr-toqat bobida mashhuri jahon bo‘lib, bu fazilati zarbul-masalga aylanib ketgan. Zero, u shaytonning hasadiga javoban Allohning yuborgan barcha musibat va dardlariga bardosh bergan, shikoyat qilmagan. Bu ishlarning ajrini yorug‘ dunyoda qisman olishga muyassar bo‘lgan». (Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. Toshkent. 2001. 329-6et.)

Hazrat Ayyubning amakisi Bohiyl Horon viloyatining hukmdori edi, lekin Allohga emas, butga sajda qilardi. Ayyub (a.s.)ning qayta-qayta da’vatlaridan so‘ng Alloh uni imon ne’mati bilan siyladi.

Ibn Jarir va boshqa tarixchilarning yozishicha, Ayyub (a.s.) to‘qson uch yoshlarida vafot etdilar. Ba’zilar undan ham ko‘proq umr ko‘rganini aytganlar.

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Ayyubni shu nom bilan atalishlariga sabab, u kishi har qanday holda ham Allohga yolvorib, ibodat qilganlari va shukr aytganlari uchundir». (Afif Abdulfattoh Tabbora.  Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Karim. Lubnon. 208-6et.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:08:31
Ayyub (a.s.) qissalaridan dars va ibratlar

Alloh taolo Ayyub (a.s.)ni juda qattiq sinovga duchor etdi. Hayoti davomida erishgan obro‘si, mol-dunyosi va bola-chaqasidan butunlay ayrilgani yetmasdan, unga alamli og‘ir dard ham berildi. Bu sinov muddati juda uzoq davom etdi. Nihoyat, Ayyub (a.s.)ning sabr-toqatlari, Allohdan noumid bo‘lmasdan, unga ibodatda bardavom bo‘lishlari, imonlarining zanglamasdan, zarracha darz ketmasdan, aksincha avvalgi ne’matni shukriga shu azob barobar evaz bo‘larmikan, degan fikrga borib, azobdan zavq olishlari natijasida yana Allohning marhamatiga erishdilar va asl hollariga qaytdilar. Mazkur qissada ham kitobxon uchun muhim ibratlar bor:

1. Musibatlar insonning baxtsizligiga dalolat qilmaydi. Inson hayoti davomida turli musibatlar, sinovlar, kasalliklar va omadsizliklarga uchraydi. Bu narsa (ko‘pchilik o‘ylaganidek) uning qilgan biror yomon ishi evaziga ko‘rgilik emas, erishgan ketma-ket muvaffaqiyatlari ham, uning yaxshiligiga berilayotgan mukofot emas. Chunki, bu dunyo qilmishiga yarasha jazolanadigan joy emas, balki oxiratga zaxira tayyorlaydigan maydondir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu haqda: «Dunyo oxiratning ekinzoridir», - deganlar. Bu dunyoda qilingan yaxshilikni ham, yomonlikni ham mukofot yoki jazosini Alloh taolo oxiratda beradi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:09:38
Agar bu dunyoda yaxshi va mo‘min odamga faqat yaxshilik bo‘lganda, yomon va kofir odamga faqat yomonlik berilganda edi, dunyoda yomon odam qolmasdi, hech kim Allohni inkor etmasdi, kofir bo‘lmasdi.

Aksincha, dunyo oxirat ekinzori bo‘lgani va inson yaxshilik bilan ham, yomonlik bilan imtihon etib sinalgani uchun, yaxshi odamlarning ham, yomon odamlarning ham oralarida azoblanayotganlar, ishi yurishmayotganlar, omadsizlar, falokatlarga yo‘liqqanlar bor. Ular orasida rohatda yashayotganlar, maqsadiga erishayotganlar, boy-badavlatlar, omadlilar borki, bu sinovlar hali ularning qaysi birlari baxtli, qaysi birlari baxtsiz ekanligini aniqlash va hukm chiqarish uchun imkon bermaydi. Har ikki toifa uchun har ikki holat shunchaki bir sinovdir. Alloh taolo shunday deydi:

وَنَبْلُوكُمْ بِالشَّرِّ وَالْخَيْرِ فِتْنَةً وَإِلَيْنَا تُرْجَعُونَ


«Biz sizlarni yomonlik bilan ham, yaxshilik bilan ham sinab, imtihon qilurmiz. Keyin faqat Bizgagina qaytarilursizlar». (Anbiyo, 35.)

Hattoki bunday sinovlar payg‘ambarlar ustilarida ko‘proq va qattiqroq bo‘ladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qilganlar: «Odamlarning eng qattiq sinovga uchraydiganlari payg‘ambarlardir. Ulardan so‘ng avliyolar, ulardan keyin esa pastroq darajadagi odamlar. Har bir inson imonining darajasiga muvofiq imtihon etiladi. Imoni salobatli kishining sinovi ham ortib boradi».

Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:11:47
Har bir inson darajasi kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Allohning sinovlariga imoni bilan bardosh bersa, sabr qilsa, uning musibati muvaffaqiyatga almashadi. Sabrining natijasi esa oxirat uchun zaxira bo‘ladi. Qiyinchilik va musibatlarga sabr qilish hamma payg‘ambarlar va ularning ummatlari uchun, shuningdek, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) va ummatlari uchun ham maqtov hisoblanadi. Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida shunday degan:

وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِنَ الْخَوْفِ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِنَ الأمْوَالِ وَالأنْفُسِ وَالثَّمَرَاتِ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ (١٥٥)الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ (١٥٦)أُولَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِنْ رَبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ

«Shunday xolatlarda sabr qiluvchilarga xushxabar bering (ey Muhammad)! Ularga musibat yetganda: «Albatta, biz Allohning mulkimiz va albatta, biz Uning sari qaytuvchilarmiz», - deydilar. Aynan o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot (mag‘firat) va rahmat bordir va aynan ular, hidoyat topuvchilardir». (Baqara, 155-157.) 

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham ummatlarini doim sabrga chorlaganlar.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Sabr imonning yarmidir».

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Kim o‘zini sabrga o‘rgatsa, Alloh unga sabr ne’matini beradi. Hech kimga sabrdan ko‘ra yaxshiroq ne’mat berilmagan».

Arablar maqolida shunday deyiladi: «Sabr nusratga yetkazuvchi vositadir».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:13:11
2. Nusrat faqat Allohdandir. Qissada bayon etilishicha, Ayyub (a.s.)ning musibatdan avvalgi hayotlarida seribodat bo‘lganlari, ertayu kech Allohga iltijo va duoda bo‘lganlari, Alloh taolo esa bu bandasini barcha ne’mat bilan siylagani, bunga shaytonning hasadi va adovati qo‘zg‘ab: «Ayyub (a.s.)ning bunday ibodatda mustaqim turishlariga ne’matlar sababchidir. Agar bu ne’matlardan judo bo‘lsa, ibodatdan ham yuz o‘giradi», - deb Ayyub (a.s.)ning boshlariga shunchalik musibat tushishiga sabab bo‘ldi. Ammo qissadan shu narsa ayon bo‘ldiki, Ayyub (a.s.)ning ko‘p ibodat qilishlari ne’matlar tufayli emas, balki, imonlarining mustahkamligi tufayli ekan. Musibatlar ketma-ket yog‘ilsa ham, uzoq muddatga cho‘zilsa ham, Ayyub (a.s.)ning imonlari yanada quvvatlandi, ibodatlari yanada samimiylashdi va iltijolari qattiq bo‘ldi. Natijada, Allohning marhamatiga erishdilar, shayton esa noumid bo‘ldi.

Bundan xulosa shuki, islom ibodatiga yangi kirgan kishilar, agar biroz ishlari yurishmay qolsa yoki biror dindor kishidan kamchilik sodir bo‘lsa, darhol Alloh bilan urushib: «Men namoz boshlaganimdan keyin ishim yurishish o‘rniga teskarisi bo‘ldi», - deb yoki «falonchi namozxon bo‘lib turib ayb ish qildi, bor men namozxon bo‘lmayman», - deb Allohdan yuz o‘girib ketuvchilarga bu qissada katta ibrat bor. Alloh taolo faqat O’zini degan va:

إِيَّاكَ نَعْبُدُ وَإِيَّاكَ نَسْتَعِينُ

«Yolg‘iz O’zinggagina ibodat qilaman va yolg‘iz O’zingdangina yordam so‘rayman», (Fotiha, 4.) - degan bandalarini hech qachon tashlab qo‘ymaydi va dunyoda ham oxiratda ham xor qilmaydi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:13:47
3. Har bir dardning davosi bor. Alloh taolo Ayyub (a.s.)ning duolarini ijobat qilganidan keyin, oyoqlari bilan yerni tepish va shu yerdan chiqqan buloq suvi bilan yuvinib va ichib poklanishni buyurdi. Alloh taolo busiz ham payg‘ambari jismidagi kasallikni yo‘q qilib, o‘sha ondayoq aslilariga qaytarishga qodir edi. Kasallikka davo istashni, uni topib, iste’mol qilib, shu sabab bilan shifolanishni payg‘ambariga buyurdi. Demak, har qanday bemor ham, o‘z kasalining shifosini Allohdan so‘rash bilan birga, uning sababiga kirishishi, davosini qidirishi lozim. Ko‘p davolash vositalari orasidan qaysi birini sabab qilish esa Allohga havola. Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: «Turli usullar bilan davolaninglar, sihhat topasizlar!»
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:14:51
4. Sizlarning eng yaxshilaringiz oilasiga yaxshi munosabatda bo‘luvchilaringizdir. Ayyub (a.s.) obro‘lari yaxshi, mol-dunyolari serob, tan-jonlari salomat paytlarida ayollariga yaxshi munosabatda bo‘ldilar, mehribonlik qildilar. Yaxshi yedirib, yaxshi kiyintirdilar. Boshlariga musibat tushganda esa, ayollari ham yaxshilikni qaytarib, hamma tashlab ketsa ham, u tashlab ketmadi, vafodorlik qildi, juda mehribonlik bilan kasalni boqdi. Bu narsa barsa musulmonlarga ham ibrat. Insonning omadini kelib, ishini yurishib turishi har qachon ham bir xil bo‘lmaydi. Shuning uchun omadli paytlarda oilada ham, hamkasblar orasida ham har bir qadamni o‘ylab bosish kerak bo‘ladi. Manmanlik, oilaga xiyonat, ayollarga yomon munosabat va minnat qilishdan uzoq bo‘lish kerak. Alloh taolo Qur’on oyatlarida «Umr yo‘ldoshingizga yaxshilik qiling» (Niso, 36.) degan.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham o‘zlari ayollariga yaxshi munosabatda bo‘lish bilan birga, ummatlarini ham shunga da’vat qilganlar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:15:52
Ayyub (a.s.)ning qissalarida ayollar uchun ham yaxshi ibrat bor. Ayyubning xotinlari erining omadi ketgan paytda ham sabr-matonat bilan unga qaradi, vafo qildi. Eri bilan o‘tkazgan baxtli onlarni unutmadi va baxtsiz kunlarda undan jirkanmadi va yuz o‘girmadi. Natijada, Allohdan mukofotini oldi, ya’ni avval yo‘qotgan baxti, farovonligi qaytib keldi. Buning ustiga qo‘shimcha «payg‘ambarning soliha xotini» mavqe’ini saqlab qoldi, oxiratda payg‘ambar bilan jannatga kirish baxtiga ega bo‘ldi. Sadoqatli ayolning xolis xizmatini Alloh taqdirlab, uni jazodan O’zi qutultirdi:

«Yana biz Ayyubga aytdik: «Qo‘lingga bir bog‘ (novda)ni olib, u bilan xotiningni urgin — qasamingni buzmagin».

Yoshlik, sog‘lik, mansabdorlik va omadli paytlarida erlari bilan o‘ynab kulgan ko‘pgina ayollar bu qissadan o‘zlariga xulosa chiqarib olishlari lozim. Erining ishi orqaga ketganda, qariganda va kasal bo‘lganda uni mensimasdan xorlaydigan, o‘z holiga tashlab qo‘yadigan, xiyonat ko‘chasiga kirib ketadigan va unga tanbeh bergan eriga: «Men sendan nima ko‘rdim, endi o‘z bilganimni qilaman, bilganimcha yuraman!» - deydigan ayollar Ayyub (a.s.)ning xotinlari Rahimadan vafodorlikning va sabrning mukofoti nima bo‘lishini o‘rganib olsalar yomon bo‘lmas edi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:18:15
2.15.  ZUL-KIFL (A.S.)

Ayyub (a.s.) vasiyatlarini o‘g‘illari Havmalga qoldirgan edilar. Havmaldan so‘ng esa, ikkinchi o‘g‘illari Bishr ibn Ayyub (a.s.) ota vasiyatini davom etdirdi.

Ko‘pchilik ulamolarning ittifoqlaricha, Bishr ibn Ayyub (a.s.) Zul-Kifl ismli payg‘ambardirlar. 

Alloh taolo Qur’oni karimning quyidagi oyatlarida Zul-Kiflni zikr qilgan:

وَإِسْمَاعِيلَ وَإِدْرِيسَ وَذَا الْكِفْلِ كُلٌّ مِنَ الصَّابِرِينَ (٨٥)وَأَدْخَلْنَاهُمْ فِي رَحْمَتِنَا إِنَّهُمْ مِنَ الصَّالِحِينَ

«Ismoil, Idris va Zul-Kiflni eslang. Barchalari sabr qiluvchilardandir. Biz ularni o‘z rahmatimizga doxil qildik. Darhaqiqat, ular solih zotlardandir». (Anbiyo, 85-86.)

وَاذْكُرْ إِسْمَاعِيلَ وَالْيَسَعَ وَذَا الْكِفْلِ وَكُلٌّ مِنَ الأخْيَارِ

«Yana Ismoil, al-Yasa’ va Zul-Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir». (Sod, 48.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:18:57
Ibn Jarir va Abu Najiyh Mujohid (r.a.)dan rivoyat qilishlaricha, Mujohid dedilar: «Al-Yasa’ payg‘ambar keksayib qolganlaridan keyin o‘z o‘rinlariga ishonchli vakil tayinlamoqchi bo‘ldilar va qavmni yig‘dilar-da, ularga dedilar: «Kim mendan uch omonatni: kunduzlari ro‘zador, kechalari namozxon va g‘azabini ichiga yutuvchi bo‘lishni qabul qilib olsa, uni o‘zimga xalifa qilaman».

Bir kishi ko‘zlaridan yosh quyilgan holda o‘rnidan turib: «Men!» - dedi. Al-Yasa’ unga: «Sen kunduzlari ro‘zador, kechalari namozxon bo‘lib, g‘azabingni ichingga yutasanmi?» - dedilar. O’rnidan turgan odamdan «Ha!» - degan javobni olib, uni qaytardilar.

Ikkinchi kuni ham jamoat orasida shu savol takrorlanganda, boshqalar jim turishdi, ammo kechagi odam yana o‘rnidan turib, o‘zini ro‘baro‘ qildi. Al-Yasa’(a.s.) o‘z o‘rinlariga shu odamni xalifa qildilar». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 208-209-6et.)

Mazkur rivoyatning davomida Iblis bir necha bor al-Yasa’ning o‘rniga xalifa bo‘lgan odamning huzuriga kelib, uning g‘azabini keltirishga urinadi, lekin eplay olmaydi. Iblisga aldanmagan zotning nomini Alloh taolo Zul-Kifl deb ataydi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:19:38
Kinona ibn al-Axnas aytadi: «Men Abu Muso al-Ash’ariyning baland minbardan turib shunday deganini eshitdim: «Zul-Kifl payg‘ambar emas, bir solih odamdir. Uning davrida boshqa bir solih odam har kuni yuz bor namoz o‘qir edi. Solih odam vafot etgandan keyin, uning yuz vaqt namozini qoldirmay o‘qib yurishni o‘z bo‘yniga olgani uchun, Zul-Kifl deb nomlandi.

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyatlarida, Abu Umar aytadilar: «Men Rasululloh (s.a.v)dan bir hadis eshitdim, uni bir yoki ikki marta eshitgan bo‘lsaydim, sizlarga rivoyat qilmas edim, balki men bu hadisni yetti marta eshitganman. Al-Kifl Baniy Isroil qavmidan bo‘lib, taqvosiz, gunohdan qaytmagan odam edi. Uning oldiga bir ayol keldi. Al-Kifl ayolga oltmish dinor berib, uni zinoga ko‘ndirdi. Ikkovi yechinib, zinoni boshlash oldida, ayolni qattiq qaltiroq tutdi va yig‘lab yubordi. Al-Kifl sababini so‘raganda, ayol: «Men bunday ishni hech qilmagan edim. Muhtojlik meni shunga majbur etdi» - dedi va yana qattiqroq yig‘ladi.

Al-Kifl: «Sen ilgari bunday ishni qilmaganmi ding? Muhtojlik seni shunga boshladimi? Tur o‘rningdan! Dinorlar ham o‘zingga!» - dedi va o‘rnidan turib ketdi. Shu kundan boshlab al-Kifl ham hech qachon Allohga osiy bo‘lmaslikka ahd qildi va o‘sha kecha vafot etdi. Ertalab janozaga kelganlar uning uyi eshigida: «Alloh taolo al-Kiflni mag‘firat etdi!» - degan yozuvni ko‘rdilar». (O’sha manba. 209-6et.) 

Bu hadisning sahihligida muhaddislarning ixtilofi mavjud. Agar hadis sahih bo‘lganda ham, unda aytilgan odamning nomi «al-Kifl» bo‘lib, baniy Isroil qavmidan bo‘lgan biror odam bo‘lishi mumkin. Qur’onda nomlari payg‘ambarlar qatorida zikr etilgan kishi esa, Zul-Kifldirlar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:20:18
Ibn Kasirning aytishicha, mazkur oyati karimalarning zohiriy ma’nosi, Zul-Kifl ulug‘ payg‘ambarlar qatorida zikr etilgan, o‘zlari ham payg‘ambar ekanliklariga dalolat qiladi.

Ammo Zul-Kifl qaysi qavmga yuborilgan, uning da’vati nimadan iborat bo‘lgan, bu haqda Qur’oni karim oyatlarida ochiq ham, ijmoliy ham xabar berilmagan. (Afif Abdulfattoh. Tabora. Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Ka¬rim. Lubnon. 214-6et.)

«Tarixi Tabariy»da yozilishicha, Alloh taolo Ayyub (a.s.)ning vafotlaridan keyin vasiylik Havmal ibn Ayyub (a.s.)ga qoldi va qavmni u boshqarib turdi. Uning vafotidan keyin qavmga Alloh taolo Bishr ibn Ayyub (a.s.)ni payg‘ambar qilib yubordi, uni Zul-Kifl deb nomladi va qavmini tavhidga chaqirishni buyurdi.

Zul-Kifl (a.s.) umrlarining oxirigacha Shomda turdilar va o‘g‘illari Abdonga vasiyat qilib, yetmish besh yoshda olamdan o‘tdilar. (Tarixi Tabariy. 1-j. 228-6et.)

Damashqning shimol tarafida «Qosiyun al-Matol» nomli tog‘ bo‘lib, undagi joylardan biri «Zul-Kifl» deb nomlanadi. (Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’on. Damashq. 2001. 100-6et.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:28:57
2.16. YUNUS (A.S.)

Yunus (a.s.) qissalari Qur’oni karimda to‘rt suraning to‘rt oyatida zikr etilgan.

Yunus (a.s.)ning qavmlari, garchi hukm amalga oshmay qolgan va ularning tavbalari Allohning huzurida qabul etilgan bo‘lsada, tarixan ommaviy halokatga hukm etilgan qavmlar sirasiga kiradi. Yunus (Uning nisbati Ibn Mattodir. Ba’zi oliimlarning so‘ziga qaraganda Matto onasining ismi. Ahli kitoblar Yunusni Yunon ibn Umtoy deb ataydilar) (a.s.)ning nasablari  Yusufning ukasi Binyomin avlodlariga bog‘lanadi.

Shom mamlakatining Mavsil qishloqlaridan biri bo‘lgan Naynavoda istiqomat qiluvchi qavm sanamlarga ibodat qilardilar. Alloh taolo bu butparast xalqni Haq diniga da’vat etish uchun Yunus (a.s.)ni payg‘ambar etib yubordi. Yunus (a.s.)  juda ko‘p nasihatlar qilgan bo‘lsalar ham, qavmga Alloh hidoyat nasib etmadi, imonga kelmadilar, butlaridan yuz o‘girmadilar.

Yunus (a.s.) ularga, agar imon keltirmasalar, bir necha kundan keyin ularga Allohning azobi kelishini aytadilar. Ular shunda ham imonga kelmaydilar. Yunus (a.s.) qavmdan g‘azablanadilar va yo‘llarida duch kelgan dengiz sohilida bir kemaga minib, ulardan uzoqlashadilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:33:53
Yunus (a.s.) kemaga mingan kunlari Naynavo shahri ustidagi osmon qoraydi, shaharni dahshatli quyuq tuman qopladi. Hamma Yunus (a.s.) aytgan dahshatli azobning kelishi haq ekanligini angladi, ularning qalblariga o‘lim  vahimasi tushib, biz ham Od, Samud, Lut qavmlariga o‘xshab Allohning umumiy azobiga duchor bo‘lib, yer bilan yakson bo‘lib, yer yuzidan butunlay nomimiz o‘chib ketmasa edi, do‘zax azobiga giriftor bo‘lmasak edi, deb Yunus (a.s.)ni ko‘p qidirdilar, Allohga ko‘p iltijo qildilar. Alloh taolo ularning tavbasini qabul qildi, ularga shafqat qildi va muayyan azobdan xalos qildi.

فَلَوْلا كَانَتْ قَرْيَةٌ آمَنَتْ فَنَفَعَهَا إِيمَانُهَا إِلا قَوْمَ يُونُسَ لَمَّا آمَنُوا كَشَفْنَا عَنْهُمْ عَذَابَ الْخِزْيِ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَمَتَّعْنَاهُمْ إِلَى حِينٍ

«Koshki biror qishloq ahli imon keltirganda edi, imoni unga foyda bergan va halok bo‘lmagan bo‘lur edi. Illo, Yunus qavmi shunday qildi. Iymon keltirishgach, ulardan dunyo hayotidagi xorlik azobini ketkizdik va ularni ma’lum vaqtgacha hayot lazzatidan bahramand qildik». (Yunus, 98.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:35:29
Qavm uylariga sog‘-omon qaytdilar, Yunus (a.s.)ni ko‘rishni, unga itoat etishni juda xohlardilar, ammo Yunus (a.s.) qavmlarini tashlab, Allohning iznisiz ulardan uzoq yerda — dengizda ketayotgan edilar.

وَإِنَّ يُونُسَ لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ (١٣٩)إِذْ أَبَقَ إِلَى الْفُلْكِ الْمَشْحُونِ


«Yunus ham albatta, payg‘ambarlardandir. Qaysiki (o‘z qavmidan g‘azablanib) to‘la yukli kemaga qarab qochgan edi. (Vas-soffot, 139-148.)

Yunus payg‘ambar qavmning inkoridan g‘azablanib, ulardan uzoq-uzoqlarga qochib ketmoqchi bo‘ldilar va yo‘llarida katta dengizga uchradilar. (Yunus (a.s.) Naynavodan qochib, Tartish(hozirgi Tunis)ga bormoqchi bo‘ldilar. O’rta dengiz sohilidagi Yaffa shahri(hozirgi Quddusga yaqin)dan kemaga o‘tirdilar va kemadan dengizga uloqtirildilar. Dengizda nahang qornidan yerga chiqqanlaridan so‘ng Naynavoga qaytdilar.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:37:00
«Yunus (a.s.) shu ketishda qavmlaridan qochib, Tartish (hozirgi Tunis)ga borishni istagan edilar». (Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’on. Damashq. 2001. 102-6et)

Kema dengiz o‘rtasiga kelganda yurmay qoldi. Kema egasi: «Ichingizda bir gunohkor odam bor, shuning uchun kema yurmayapti», - deydi. Gunohkorni aniqlash uchun qur’a tashlanadi. Uch marta ham qur’a Yunus (a.s.)ning nomlariga tushdi. Yunus (a.s.) gunohkor odam sifatida dengizga tashlandilar. (Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Ka¬rim. Lubnon. 307-6et.)

Yunus (a.s.) uch martada ham qur’a o‘z nomlariga chiqqanini ko‘rib, bunda Allohning tadbiri, hikmati va siri borligini sezdilar, Allohning hijratga iznisiz qavmlaridan qochib suvga tushganlari o‘zlarining xatolari ekanini his qildilar va qorong‘i zulmat qa’riga singib ketish uchun o‘zlarini dengiz bag‘riga otib, uning mavji ixtiyoriga topshirdilar. (Muhammad Jodul Mavlo. Qur’on qissalari. Bayrut. 2000 y. 202-6et.)

Bas, kemadagilar bilan qur’a tashlashdi va mag‘lub bo‘ldi. Bas, malomatga qolgan holida uni bir nahang yutib yubordi.

Alloh taolo katta bir nahangga Yunus (a.s.)ni yutib yuborishni, ammo uning tanasini hazm qilmaslikni, suyagini sindirmaslikni, omonat saqlashni buyurdi. Chunki mehribon parvardigor o‘zining ulug‘ payg‘ambarini sog‘-salomat bo‘lishini istagan edi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:38:19
Imom Ahmad va ba’zi muhaddislar Ibn Abbos (r.a.)dan shunday hadis rivoyat qilganlar: «Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Ey bola, men senga bir necha kalimalarni o‘rgataman: Allohni yodingdan chiqarma, u seni muhofaza qiladi. Allohni yodingdan chiqarma, uni doim yoningda topasan. Farog‘atda Allohga yaqin bo‘l, qiyinchilikda u senga yaqin bo‘ladi».

Ibn Jarir tafsirida Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Janob Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Alloh taolo Yunus (a.s.)ni baliq qorniga hibs qilishni iroda qilgan vaqtda, Nahangga vahiy yuborib: «Yunusni yut, lekin go‘shtini tishlama, suyagini sindirma!» - deb buyurdi. Nahang Yunusni yutib, u bilan dengiz ostiga tushganda, Yunusning quloqlari notanish ovozni eshitganday bo‘ldi va o‘ziga-o‘zi: «Bu nima ekan?» - deb savol qildi. Alloh taolo Yunus (a.s.)ga vahiy yuborib: «Bu ovoz dengiz hayvonlarining tasbehidir» - dedi. Yunus (a.s.) darhol tasbeh aytdilar va bu tasbehni farishtalar ham eshitishdi. Ular Allohga: «Ey parvardigorimiz, Yerning bir chekkasidan zaif tovushni eshityapmiz» - dedilar. Alloh taolo ularga: «Bu tovush bandam Yunusning tovushidir, u menga osiy bo‘lgan edi, men uni dengizdagi nahang qorniga hibs qildim» - deb javob berdi. Farishtalar taajjublanib: «Har kecha va kunduz undan sening huzuringga solih amal chiqib turadigan solih bandangni-ya?!» - deyishdi. Alloh tasdiq qilgandan keyin, farishtalar Yunusga shafe’ bo‘lishdi va mag‘firat etishini so‘rashdi. Alloh taolo nahangga buyurdi va u Yunus (a.s.)ni sohilga chiqarib tashladi». (Al-Bazzorning aytishicha, bu hadis faqat bir sanad bilan rivoyat qilingan. Ya’ni Muhammad ibn Ishoq o‘rtada bir roviy bilan Abdulloh ibn Rofi’dan, u kishi Abu Hurayradan, u kishi esa payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilganlar.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:39:42
Yazid ar-Raqqoshiy aytadi: «Men faqat Anas ibn Molikdan bir hadis eshitganman, unda Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: «Yunus payg‘ambar (a.s.) nahang qornida turib, duo qilganlarida shunday degan edilar: «Yo Alloh! Hech qanday ma’bud yo‘q, illo sen borsan, poksan. Albatta men o‘z jonimga zulm qiluvchilardan bo‘ldim!». (La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz-zolimiyn).

Bu duo arsh tagiga yetdi. Farishtalar: «Yo Alloh, uzoq shahardan tanish bir ovoz eshitilyapti» - deb so‘radilar. Alloh ularga: «Uni tanimayapsizlarmi?» - dedi. Farishtalar: «Yo‘q! Ey Rabbimiz, kim u?» - deb so‘raganlaridan so‘ng, Alloh: «Bu bandam Yunusning ovozi-ku!» - dedi. Farishtalar: «Bu bandangdan sening huzuringa doim solih amallar va mustajob duolar kelardi-ku! Ey Robbimiz! Tinchlik vaqtida senga ibodat qilgan bandangga balo va musibat vaqtida rahm qilmaysanmi?» - dedilar. Alloh taolo: «Albatta, rahm qilaman» - deb, nahanga buyurdi. Nahang Yunus (a.s.)ni sohilga chiqarib tashladi». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 218-6et. Tarixi Tabariy, 1-j. 461-bet)

Bas, agar Allohga doim tasbeh aytuvchilardan bo‘lmaganida, albatta, u baliq qornida, to qayta tiriladigan (qiyomat) kunigacha qolib ketgan bo‘lur edi.     
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:40:57
Yunus (a.s.) avval shoshilib, keyin qilmishlariga pushaymon bo‘ldilar, dahshatli qorong‘ulikda o‘zlarini yo‘qotmadilar. Allohdan mag‘firat va najot so‘radilar,  unga tasbeh aytib, tavba qildilar. Alloh Yunusning tavbalarini qabul qildi.
Qur’oni karimning Anbiyo surasida shunday xabar beriladi:

وَذَا النُّونِ إِذْ ذَهَبَ مُغَاضِبًا فَظَنَّ أَنْ لَنْ نَقْدِرَ عَلَيْهِ فَنَادَى فِي الظُّلُمَاتِ أَنْ لا إِلَهَ إِلا أَنْتَ سُبْحَانَكَ إِنِّي كُنْتُ مِنَ الظَّالِمِينَ (٨٧)فَاسْتَجَبْنَا لَهُ وَنَجَّيْنَاهُ مِنَ الْغَمِّ وَكَذَلِكَ نُنْجِي الْمُؤْمِنِينَ

«Zunnun-Yunusning qavmidan g‘azablangan holda o‘z qishlog‘idan chiqib ketib, Bizni uning ziyoniga hukm qilmaydi, deb o‘ylagan paytini, so‘ng Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan so‘ng qorong‘u zulmatlarda turib: «Hech iloh yo‘q, magar o‘zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men o‘z jonimga jabr qiluvchilardan bo‘lib qoldim», - deb nido qilgan paytini eslang. Bas, Biz uning duosini mustajob qildik va uni g‘am-g‘ussadan qutqardik. Biz mo‘minlarga mana shunday najot berurmiz». (Anbiyo, 87-88.)

Yunus (a.s.) nahangning qornida bir necha kun qolib ketdilar. Bu muddat haqida tarixchi va mufassir ulamolar turli fikrlar bildirganlar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:41:55
Mujohid ash-Sha’biydan rivoyat qilib, Yunus (a.s.)ni nahang ertalab yutgan va kechqurun quruqlikka chiqarganini aytadi.

Qatoda esa, bu muddat uch kun bo‘lgan, deb fikr bildiradi.

Ja’far as-Sodiq, yetti kun deb da’vo qiladi va fikrining tasdig‘i uchun Umayya ibn Abis-Saltning she’ridan quyidagi satrlarni keltiradi:

Sen o‘zingning fazling bilan Yunusga berding najot,
Necha  kunlar nahang qorni uningchun bo‘ldi zulumot.

Sa’id ibn Abil-Hasan va Abu Molik: «Yunus (a.s.) nahang qornida qirq kun turganlar» - deydilar. Hazrat So‘fi Olloyor ham o‘z manzumasida:

«Baliq qornida ul sohib karomat,
Chilla o‘ltirdi-yu chiqdi salomat»
- deb, Yunus (a.s.)ning nahang qornida turgan muddatlarini qirq kun ekanligini yozadi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:43:10
Bu muddatning uzoqroq ekanligiga Allohning oyati karimasi ham dalolat qiladi:

فَلَوْلا أَنَّهُ كَانَ مِنَ الْمُسَبِّحِينَ (١٤٣)لَلَبِثَ فِي بَطْنِهِ إِلَى يَوْمِ يُبْعَثُونَ (١٤٤)فَنَبَذْنَاهُ بِالْعَرَاءِ وَهُوَ سَقِيمٌ (١٤٥)وَأَنْبَتْنَا عَلَيْهِ شَجَرَةً مِنْ يَقْطِينٍ

"œBas, biz uni xasta holida quruqlikka uloqtirdik. Uning ustida (soya tashlab turishi uchun) qovoq daraxtini undirib qo‘ydik". (Vas-soffot. 143-146.)   

Alloh taolo o‘zining payg‘ambari Yunus (a.s.)ni nahang qornida uzoq muddat qolib, badanlari hilvirab, ochiq va issiq havoga chidamliligini yo‘qotgani uchun, to shifo topguncha ustiga soya tashlab tursin deb qovoq daraxtini undirib qo‘yganini bayon etadi. 

Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Yunus (a.s.) hech bir daraxt yoki maysa o‘smagan quruq sohilga chiqarib tashlandilar. Alloh taolo Yunusning ustiga qovoq daraxtini o‘stirdi». Abu Hurayra: «U qanday daraxt?» - deb so‘ralganda: «Alloh uni sutlik va mag‘izlik qilib yaratgan» - deb javob berdilar».

Ba’zi olimlar aytadilar: «Alloh taolo qovoqni hikmat bilan yaratgan. Uning bargi o‘ta muloyim, soyasi qalin. Unga chivin yaqinlashmaydi, mevasini po‘sti va urug‘i bilan pishirib ham, xomicha ham yeyish mumkin. Uning inson salomatligiga foydasi katta. Bu daraxt mevasi insonlarga berilgan Allohning ulug‘ ne’matlaridandir». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 218-219-6et.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:44:39
Yunus (a.s.)ni nahang yutishi voqeasining qachon bo‘lgani va u kishining kimga g‘azab qilib qochganlari haqida ulamolarning turli fikrlari mavjud.

Yuqorida keltirilgan dalillardan, Yunus (a.s.) qavmlarining inkoridan g‘azablanib, Allohning iznisiz ulardan uzoq-uzoqlarga qochmoqchi bo‘lganlari va yo‘lda kemaga minganlaridan keyin jazo tariqasida nahang yutgani ma’lum bo‘ladi.

Qur’oni karimning «Vas-soffat» surasi, 139—140-oyatlarining tarjimasida Shayx Abdulaziz Mansur ham shunday fikrni bildirgan . (A.Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. Toshkent. 2001. 451-6et. Ibn Kasir tafsirida ham (3-j, 191-6et), "œMuxtasari tafsiri Tabariy"da ham (Anbiyo surasi, 87) Yunus (a.s.) qavmidan g‘azablangani yoziladi.)

وَإِنَّ يُونُسَ لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ (١٣٩)إِذْ أَبَقَ إِلَى الْفُلْكِ الْمَشْحُونِ

"œYunus ham albatta, payg‘ambarlardandir. Qaysiki (o‘z qavmidan g‘azablanib) to‘la yukli kemaga qarab qochgan edi". (Vas-soffot, 139-140-6et.)

U holda Yunus payg‘ambarni qavmiga yuborilgan va da’vat qilgandan keyin, ular unamagani uchun g‘azab qilgan va ulardan qochib ketayotganda nahang yutganligi tushuniladi. Bu fikrni Qur’oni karimning Yunus surasi, 98-oyatida aytilganidek, Yunusning qavmi tavba qilgani va imonga kelgani uchun, ularga hukm etilgan halokatdan najot topganligi ham tasdiqlaydi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 17:45:33
Ba’zi olimlar esa, Alloh taoloning:

«Zunnun-Yunusning g‘azablangan holda o‘z qishlog‘idan chiqib ketib, Bizni uning ziyoniga hukm qilmaydi, deb o‘ylagan paytini, so‘ng Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan so‘ng qorong‘u zulmatlarda turib: «Hech iloh yo‘q, magar o‘zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men o‘z jonimga jabr qiluvchilardan bo‘lib qoldim», - deb nido qilgan paytini eslang» - degan oyati karimasini dalil qilishib: «Yunus (a.s.) qavmiga emas, Allohga g‘azab qilib, uning buyrug‘iga itoat qilmagani va uning amrini bajarishdan qochganligi uchun Alloh uni nahangga yutdirish bilan jazoladi. Jazodan keyin esa, qavmiga borib, ularni da’vat qilib va imonga kelishmasa ularni azob kutishini aytganida, ularning hammasi imonga kelishgan», - deydilar.

Tarixi Tabariyda keltirilishicha, Shahr ibn Havshab shunday rivoyat qiladi: «Jabroil (a.s.) Yunus (a.s.)ning yonlariga kelib: «Naynavo ahliga borib, ularga tushishi yaqinlashib qolgan jazodan qo‘rqiting!» - deb buyurdilar. Yunus (a.s.): «Men biror minadigan hayvon topayin, keyin boraman» - dedilar. Jabroil (a.s.): «Ish shoshilinchroqdir» - dedilar. Yunus (a.s.): «Unday bo‘lsa tez yurar tuya topayin» - dedilar. Jabroil (a.s.): «Ish bundan ham shoshilinchroq» - dedilar. Yunus (a.s.)ning jahllari kelib, g‘azablandilar va kemaga borib o‘tirdilar. Kema oldinga ham, orqaga ham jilmay turib qoldi. Kemadagilar bir-birlari bilan kelishmovchilikka borishib, qur’a tashlashga kelishishdi va qur’a bo‘yicha Yunus (a.s.) suvga tashlandilar. Nahang Yunus (a.s.)ni yutib yubordi. Alloh tarafidan: «Ey nahang, biz senga Yunusni rizq qilib bermadik, balki seni unga qo‘rg‘on va masjid qilib qo‘ydik» - deb ovoz qilindi. Nahang Yunus (a.s.)ni qornida saqlaganicha dengizdan Dajla daryosiga chiqdi va u orqali Naynavoga olib borib tashladi».(Tarixi Tabariy, 1-j. 458-6et.)   
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 23:23:07
Ibn Abbosning aytishlariga qaraganda ham, Yunus (a.s.)ning qavmga payg‘ambar etib yuborilishlari nahang qornidan chiqqandan keyin bo‘lgan.

Ikkinchi toifa olimlarning aytishlariga qaraganda, Yunusni nahang yutishi qavmga da’vatlaridan keyin sodir bo‘lgan.

Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, aytadilar: «Alloh taolo Yunus (a.s.)ni qavmiga payg‘ambar etib yubordi. Qavm Yunus keltirgan dinni qabul qilishdan bosh tortdi va Yunusning da’vatini inkor etdi.

Alloh taolo Yunus (a.s.)ga vahiy tushirib: «Men qavmingizni falon kuni jazolayman va halok etaman» - dedi. Yunus (a.s.) qavmlariga Allohning azobi tushadigan kunni aytib, o‘zlari u yerdan chiqib ketdilar. Payg‘ambarning chiqib ketganini ko‘rgan qavm, ularga azobning kelishi aniq ekanligini bilib qolishdi va butun qishloq aholisi bir-birlarini ogohlantirib, qishloqni tashlab, yalang bir joyga chiqishdi va Allohga tavba-tazarru’ qilishib, imon keltirdilar. Alloh va’id qilgan halokat to‘xtatildi. Yunus (a.s.) esa o‘tgan-ketganlardan qavmlarining sog‘-salomat ekanliklarini, ulardan azob ko‘tarilganini eshitib, qattiq g‘azablandilar va dedilar: «Ey Alloh! Men qavmim oldiga kazzob bo‘lgan holimda hech qachon qaytmayman! O’zingni yuborgan vahiying bilan men qavmga azob tushadigan aniq kunni aytgan edim. Endi esa men yolg‘onchi bo‘ldim».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 23:31:40
Allohga shunday itob qilib, yuzlarida g‘azab ifodasini ko‘rsatganlari va Parvardigorga gustohlik qilganlari uchun nahang qornida azob chekdilar». (O’sha manba, 459-6et.) 

Yunus (a.s.) Allohning marhamati bilan o‘zlaridagi zaiflik bartaraf bo‘lgandan keyin, Alloh taolo yana vahiy yubordi va dedi: «Ey Yunus, o‘z shaharingga bor, o‘z qavming va qarindoshlaring huzuriga bor! Ularning barchasi imonga kelganlar va ularga imonlari naf etgan. Ular but va sanamlarga ibodat qilishdan qaytganlar. Ular hozirda sening qadringni bilib, intizorlik bilan kutmoqdalar». (Muhammad Jodul Mavlo. Qur’on qissalari. Bayrut. 2000 y. 202-6et.)   

Yunus (a.s.) Naynavoga qaytib kelganlarida qavmlari yaxshi kutib oldilar va imon keltirdilar. Yunus (a.s.)ga hurmat bajo keltirib, aytganlariga itoat qildilar.

وَأَرْسَلْنَاهُ إِلَى مِائَةِ أَلْفٍ أَوْ يَزِيدُونَ (١٤٧)فَآمَنُوا فَمَتَّعْنَاهُمْ إِلَى حِينٍ


«Biz uni yuz ming, balki undan ham ko‘proq odamga payg‘ambar qildik. Bas, ular (Yunusga) imon keltirdilar. So‘ng Biz ularni ma’lum bir muddatgacha bahramand etdik». (Vas-Soffat, 147-148.)

Ibn Abbos (r.a.)ning aytishlaricha, Alloh taolo Yunus (a.s.)ni bir yuz o‘ttiz ming kishiga payg‘ambar etib yuborgan. Sa’id ibn Jubayrning fikricha, Yunus yuborilgan qavmning soni bir yuz yetmish mingta edi.

Ubay ibn Ka’b Rasululloh (s.a.v.)dan «Biz uni yuz ming, balki undan ham ko‘proq odamga payg‘ambar qildik» - degan oyatning mazmuni haqida so‘radi. Rasululloh (s.a.v.): «Yuz mingdan ortig‘i yigirma ming edi» - deb javob berdilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 218-219-6et.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 23:35:17
Sa’d ibn Abu Vaqqos aytadi: «Rasululloh (s.a.v.): «Allohning duoga qo‘shib aytilsa ijobat bo‘ladigan, shu nom bilan so‘ralgan narsa beriladigan ismi Yunus ibn Mattoning qilgan duolaridir», - dedilar. Men Rasulullohdan: «Ey Allohning rasuli, bu duo Yunus (a.s.) uchun xosmidi yoki musulmonlar uchun umumiy duomi?» - deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v.): «Bu duo Yunus (a.s.) uchun xos va musulmonlar uchun umumiy bo‘lgan duodir. Alloh taoloning so‘zini eshitmaganmisan? U shunday degan:

وَذَا النُّونِ إِذْ ذَهَبَ مُغَاضِبًا فَظَنَّ أَنْ لَنْ نَقْدِرَ عَلَيْهِ فَنَادَى فِي الظُّلُمَاتِ أَنْ لا إِلَهَ إِلا أَنْتَ سُبْحَانَكَ إِنِّي كُنْتُ مِنَ الظَّالِمِينَ (٨٧)فَاسْتَجَبْنَا لَهُ وَنَجَّيْنَاهُ مِنَ الْغَمِّ وَكَذَلِكَ نُنْجِي الْمُؤْمِنِينَ

«Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan so‘ng qorong‘u zulmatlarda turib: «Hech iloh yo‘q, magar o‘zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men o‘z jonimga jabr qiluvchilardan bo‘lib qoldim», - deb nido qilgan paytini eslang. Bas, Biz uning duosini mustajob qildik va uni g‘am-g‘ussadan qutqardik. Biz mo‘minlarga mana shunday najot berurmiz». (Anbiyo, 87-88.)

Kimki ushbu duo bilan Allohdan biror maqsadini so‘rasa, albatta beriladi. Chunki bu duo ismi a’zam duosidir. (Tafsiri Ibn Kasir. 3-j.193-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 23:39:00
Sa’d ibn Abu Vaqqos yana bir rivoyatda aytadi: «Men masjidda Usmon ibn Affonning yonlaridan o‘tayotib salom berdim. Usmon (r.a.) ko‘zlarini mendan olib qochdilar va salomimga alik qaytarmadilar. Men xalifa Umar ibn Xattobning huzurlariga borib: «Ey mo‘minlarning amiri, islomda biror hodisa sodir bo‘ldimi?» - deb so‘radim. Xalifa Umar (r.a.): «Yo‘q! Nima uchun bunday deyapsan?» - dedilar. «Men Hazrat Usmonning yonlaridan o‘tayotib salom bersam, u kishi menga alik qaytarmadilar» - dedim. Xalifa Umar (r.a.) Usmonni chaqirtirdilar va: «Nima uchun sen birodaringning salomiga alik qaytarmading?» - dedilar. Hazrat Usmon (r.a.) rad etdilar va qasam ham ichdilar. Men ham da’voyimning rostligiga qasam ichdim.

Hazrat Usmon darhol eslab qoldilar va: «Ey bo‘ldi, astag‘firulloh va atubu ilayhi. Sen mening yonimdan o‘tayotgan vaqtingda men Rasululloh (s.a.v.)dan eshitgan so‘zlarni eslab turuvdim. O’sha so‘zlar mening dilimni va ko‘zimni sendan to‘sib qo‘ygan ekan» - dedilar. Sa’d aytadilar: «Men sizlarga o‘sha so‘zlarni aytib berayin. Rasululloh (s.a.v.) bizga birinchi duo haqida gapirayotgan edilar. Bir a’robiy (arablarning cho‘lda istiqomat qiladigan dag‘al, to‘pori vakili) kelib Rasulullohni gapga soldi va Rasululloh (s.a.v.) faromush bo‘lib, gaplarini tugatmasdan  o‘rinlaridan qo‘zg‘oldilar. Manzillariga kirib ketayotganlarida men qadamimni yerga qattiq urib, depsindim va Rasulullohni ogohlantirdim. Rasululloh (s.a.v.) menga o‘girilib qaradilar va: «Kim bu? Abu Ishoq! Ketmadingmi?» - dedilar. Men: «Yo‘q! Ey Allohning rasuli, siz birinchi duo haqida gapirayotgan edingiz. A’robiy kelib, sizni faromush qildi» - dedim. Rasululloh (s.a.v.): «Bu duo Zun-Nunning duosi bo‘lib, qaysi bir musulmon kishi shuni o‘qib duo qilsa, shubhasiz uning duosi ijobat bo‘ladi va tilagi beriladi» - dedilar. (Ibn Kasir. Qisasul anbiyo. Qohira,  220-6et)

Yunus (a.s.) haqlaridagi biror manbada, u kishining umrlari qancha bo‘lgani aytilmagan.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 23:52:30
3-BOB
Ommaviy halokatga hukm etilgan
boshqa ummatlar

Alloh taolo Baniy Isroilga Muso (a.s.)ni payg‘ambar qilib yuborgunicha va Musoga Tavrotni nozil qilgunicha, yuqorida aytib o‘tilgan Nuh, Od, Samud, Lut va Shuayb (a.s.)larning qavmlaridan tashqari yana bir necha qavm ommaviy jazoga uchragan va halok etilgan edi. Bu haqda Qur’oni karim shunday xabar beradi:

وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ مِنْ بَعْدِ مَا أَهْلَكْنَا الْقُرُونَ الأولَى بَصَائِرَ لِلنَّاسِ وَهُدًى وَرَحْمَةً لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ


«Biz avvalgi avlodlarni (kofirliklari sababli) halok qilganimizdan keyin Musoga odamlar uchun nur, hidoyat va rahmat bo‘lgan Kitob ato etdik. Shoyad, ular eslatma olsalar!» (Qasos, 43.)

Ibn Jarirning rivoyatiga qaraganda, Abu Sa’id al-Xudriy (r.a.) aytadi: «Alloh taolo Tavrot nozil bo‘lganidan keyin Yer yuzida biror qavmni osmondan yo Yerdan bo‘lgan ommaviy halokat bilan jazolamagan. Illo bir qishloq ahlini maymunga aylantirgan». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 210-6et.)

Oyati karimaning mazmuni va rivoyat qilingan hadis dalolat qiladiki, qadimgi qavmlarning barchasiga (Nomlari sanab o‘tilgan payg‘ambarlarning ummatlaridan boshqa qavmlar.) bo‘lgan ommaviy halokat Muso (a.s.)ning payg‘ambarliklaridan oldin sodir bo‘lgan. Ulardan biri «Ashobur-Rassi» qavmidir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 23:58:17
3.1. «ASHABUR-RASSI»
(Quduq egalari)

«Quduq egalari» qavmi haqida Qur’oni karimning ikki surasida oyatlar nozil bo‘lgan. Biri «Furqon» surasida:

وَعَادًا وَثَمُودَ وَأَصْحَابَ الرَّسِّ وَقُرُونًا بَيْنَ ذَلِكَ كَثِيرًا (٣٨)وَكُلا ضَرَبْنَا لَهُ الأمْثَالَ وَكُلا تَبَّرْنَا تَتْبِيرًا

«Od, Samud (qabilalarini) va «quduq egalarini»(Har ikki oyatning tarjimasida "œQuduq egalari"ni Shayx Abdulaziz Mansur «Shuayb qavmi» deb izoh bergan. Bu izohda biroz chalkashlik bor.(muallif))  hamda shu oradagi ko‘p avlodlarni (eslang). Barchalariga masallar keltirdik va (gap kor qilmagach), barchalarini butunlay yo‘q qilib yubordik». (Furqon, 38-39.)

Ikkinchisi Qof surasida:

كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَأَصْحَابُ الرَّسِّ وَثَمُودُ (١٢)وَعَادٌ وَفِرْعَوْنُ وَإِخْوَانُ لُوطٍ (١٣)وَأَصْحَابُ الأيْكَةِ وَقَوْمُ تُبَّعٍ كُلٌّ كَذَّبَ الرُّسُلَ فَحَقَّ وَعِيدِ

«Ulardan (Makka kofirlaridan) oldin Nuh qavmi, «quduq egalari», Samud (qabilasi) inkor qilgan edilar. Shuningdek, Od (qabilasi), Fir’avn (qavmi), Lutning og‘a-inilari, daraxtzor egalari (Shuayb qavmi) va Tubba’ qavmi ham. Ularning barchalari payg‘ambarlarni inkor etishgach, mening va’dam (azobim ularga) muqarrar bo‘ldi». (Qof, 12-14.) mazmunidagi oyatlardir. Bu oyatlarning mazmuniga qaraganda, boshqa qavmlar qatori «Quduq egalari» qavmi ham ommaviy jazo bilan halok etilganlar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 00:05:36
Ibn Jarir at-Tabariyning aytishicha, «Quduq egalari» qavmi «Buruj» surasida aytilgan «olovli choh» («Olovli choh»  Payg‘ambarimizdan oldin o‘tgan ummatlar ichida zolim podshoh buyrug‘i 6ilan  imonli kishilarga qattiq azob berilgani, axiri ular uchun qazilgan chohga zolimlarning o‘zlari qulagani, choh ichidagi olov mo‘‘minlarni emas, balki ularning o‘zlarini kuydirib yuborgani ibrat sifatida bayon etilmoqda. (Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. Toshkent. 2001 y. 590-bet.) egalaridir. «Olovli choh» voqe’asi Ibn Ishoq va ba’zi olimlarning fikricha, Iso (a.s.)dan keyin sodir bo‘lgan. Shunga ko‘ra, ikki oyatning mazmuni ham Ibn Jarirning fikrini rad etadi.
Ibn Abbos (r.a.)ning fikricha, «Quduq egalari» Samud qabilasi yashagan qishloqlardan birining aholisidir. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 210-6et.)

Mufassirlardan Ikrima aytadi: «Quduq egalari» Yosin Ashoblari bo‘lib, ular Falaj(Falavja Furot daryosi sohilidagi qadimiy qishloq. Al-Munjid) shahrida yashaganlar.

Mufassirlardan Qatodaning fikricha, Falaj Yamoma qishloqlaridan biridir.

Abu Hotim Ibn Abbosdan rivoyat qilishicha, «Quduq egalari» Ozarbayjondagi bir quduq voqeasida ishtirok etgan kishilardir. (Tafsiri Ibn Kasir. 3-j. 318-319-bet.) 

Ikrimaning fikricha, Payg‘ambarlar dafn etilgan bir quduqning nomidir.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 00:07:06
Al-Hofiz «al-Kabir» kitobida, Abul-Qosim ibn Asokir «Tarix» kitobining avvalida shunday rivoyat keltiradi:

«Ashobur-Rassi (Quduq egalari) Hazur degan makonda yashar edilar. Alloh taolo ularga Hanzala ibn Safvon ismli kishini payg‘ambar etib yubordi. Qavm Allohning payg‘ambarini inkor va takzib qildilar. Od qabilasining asoschisi bo‘lgan Od ibn Avs ibn Eram ibn Som ibn Nuh ham shu makonda yashar edilar. Od o‘z avlodlarini olib Rassdan chiqib ketdi va Ahqof nomli joyga joylashishdi.

Rassda qolgan va payg‘ambarni takzib qilgan qavm esa ommatan halok etildi.

Odning Jibrun ibn Sa’d ismli nabirasi o‘z odamlari bilan Damashq shahri o‘rniga joylashdi va shahar barpo etib, uni Damashq deb nomladi. Alloh taolo ularga Hud (a.s.)ni payg‘ambar qilib yubordi. Ular ham payg‘ambarga imon keltirmay halokatga uchradilar.

Bu rivoyatdan chiqadigan xulosa shuki, «Ashobur-Rassi» halokati Od qavmi halokatidan uzoq muddatlar avval sodir bo‘lgan. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 210-6et.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 00:08:29
Abu Bakr Muhammad ibn Al-Hasan an-Naqqoshning rivoyatiga qaraganda, Ashobur-Rassi qavmining bir qudug‘i bo‘lib, qavm undan ichishar va yerlarini sug‘orishda ham foydalanishar edi. Qavmning bir chiroyli, odobli, adolatli podshohlari bor bo‘lib, qavm undan juda faxrlanishardi.

Taqdirning taqozosi bilan podshoh olamdan o‘tdi. Qavm bu judolikka chidamay, qattiq motam va iztirobda bo‘ldilar. Bir necha kun o‘tgandan so‘ng, Iblis alayhil-la’na marhum podshohning suratiga kirib, qavm huzuriga keldi va: «Men o‘lmagan edim. Sizlarni sinab ko‘rish uchun bir necha kun g‘oyib bo‘ldim, xolos» - dedi. Qavm podshohlarining «o‘lmaganidan» juda xursand bo‘ldilar.

Iblis ularni: «Men bilan orangizga parda tutib qo‘yinglar. Endi men abadiy o‘lmayman!» - deb aldadi. Qavm esa bu aldovga uchib, «abadiy o‘lmaydigan podshoh»ga sig‘ina boshladilar.

Alloh taolo ularga Hanzala ibn Safvonni payg‘ambar qilib yubordi. U, parda orqasida o‘tirgan va qavmni o‘ziga ibodat qilishga chorlagan odam qiyofasidagi Iblis ekanligini, unga emas, balki yolg‘iz Allohga ibodat qilish lozimligini aytib, qavmni imonga da’vat qildi.

Kofir qavm esa Allohning payg‘ambariga itoat etish, Iblisdan yuz o‘girish o‘rniga, payg‘ambarga dushmanlik qildilar va uni o‘ldirib, quduqqa tashladilar.

Ana shundan so‘ng, ularni sug‘orib, bog‘larini yashnatib turgan quduq suvi to‘xtadi, suvsizlikdan bog‘lar, ekinlar quridi va nihoyat odamlar ham tashnalikdan xarob bo‘ldilar. Obod shahar vayron bo‘lib, odamlar o‘rnini jinlar va vahshiy hayvonlar egalladi. Insonlarning shodlik qichqiriqlari o‘rnini vahshiy hayvonlarning o‘kirishlari qopladi. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 211-6et.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 00:11:20
Ibn Jarir at-Tabariy Ibn Ishoq orqali Muhammad ibn al-Quraziydan shunday hadis rivoyat qilgan: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Qiyomat kuni jannatga birinchi kiradigan odam qora quldir».

Buning sababi shuki, Alloh taolo bir qishloqdagi qavmga payg‘ambar yubordi. Qavm payg‘ambarga unamay, bo‘yin tovladilar. Illo bir qora qul Allohning payg‘ambarini haq bilib, unga imon keltirdi. Qavm esa payg‘ambarning oyoq-qo‘lini bog‘lab, quduqqa tashladilar va ustiga hech kim ko‘tara olmaydigan og‘ir toshni qo‘yib bekitib tashladilar. Qulay fursatni topib, qora qul quduq boshiga keldi va ko‘p mashaqqatlar bilan toshni surib, payg‘ambarning ustini ochdi, unga suv va taom berdi. Shu tariqa har kuni qora qul o‘tin terib sotib, uning puliga taom sotib olib kelib, payg‘ambarning holidan xabar olib turdi. Bir kun yana o‘tin terib kelish uchun dalaga chiqdi. O’tinni yelkasiga ko‘tarib jo‘nashdan avval biroz dam olmoqchi bo‘ldi va yerga uzala tushib yotdi. Alloh taolo u qora qulni uxlatib qo‘ydi va shu yotganicha yetti yil yotdi. Uyqudan uyg‘onib ikkinchi yonboshiga o‘girildi va yana yetti yil shu yotganicha uxlab qoldi. O’n to‘rt yildan keyin o‘rnidan turib, o‘zini biroz uxlab dam olgan hisoblab, o‘tinni bozorga olib borib sotdi va odaticha payg‘ambarga yeyish uchun taom sotib oldi. Taomni ko‘tarib quduq yoniga keldi, lekin u quduqdan payg‘ambarni topa olmadi. Chunki, qora qul uxlab yotgan vaqtda qavmga Alloh insof berib, qilmishlariga afsus chekib, tavba qilish uchun payg‘ambarning yoniga borgan va uni quduqdan chiqarib, uzr-ma’zur aytishib, imonga kelgan edilar.

Payg‘ambar darhol qora qulni so‘radilar. Lekin qavm uni topa olishmadi. Qora qul uyqudan uyg‘onganda esa, Alloh taolo payg‘ambarning ruhini qabz qilgan edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ana shu qora qul jannatga kiruvchilarning birinchisidir» - dedilar.

Mazkur hadisni rivoyat qilgan Ibn Jarir o‘zini-o‘zi rad etadi va shunday deydi: «Qora qul oralarida mavjud bo‘lgan qavm Qur’onda zikr etilgan «Ashobur-Rassi» qavmi bo‘lishi mumkin emas. Chunki, u qavm keyinroq payg‘ambarga imon keltirgani va itoat etgani aytib o‘tildi. Alloh taolo Qur’onda esa «Ashobur-Rassi» qavmini butunlay halok qilganini bayon etib turibdi. (Tafsiri Ibn  Kasir. 3-j. 319-6et.)

Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 00:19:50
3.2.  YOSIN QAVMI

Alloh taolo ommatan azob yuborib, halokatga uchratgan yana bir qavm haqida Qur’oni karimning Yosin surasida bayon qiladi:

وَاضْرِبْ لَهُمْ مَثَلا أَصْحَابَ الْقَرْيَةِ إِذْ جَاءَهَا الْمُرْسَلُونَ (١٣)إِذْ أَرْسَلْنَا إِلَيْهِمُ اثْنَيْنِ فَكَذَّبُوهُمَا فَعَزَّزْنَا بِثَالِثٍ فَقَالُوا إِنَّا إِلَيْكُمْ مُرْسَلُونَ (١٤)قَالُوا مَا أَنْتُمْ إِلا بَشَرٌ مِثْلُنَا وَمَا أَنْزَلَ الرَّحْمَنُ مِنْ شَيْءٍ إِنْ أَنْتُمْ إِلا تَكْذِبُونَ (١٥)قَالُوا رَبُّنَا يَعْلَمُ إِنَّا إِلَيْكُمْ لَمُرْسَلُونَ (١٦)وَمَا عَلَيْنَا إِلا الْبَلاغُ الْمُبِينُ (١٧)قَالُوا إِنَّا تَطَيَّرْنَا بِكُمْ لَئِنْ لَمْ تَنْتَهُوا لَنَرْجُمَنَّكُمْ وَلَيَمَسَّنَّكُمْ مِنَّا عَذَابٌ أَلِيمٌ (١٨)قَالُوا طَائِرُكُمْ مَعَكُمْ أَئِنْ ذُكِّرْتُمْ بَلْ أَنْتُمْ قَوْمٌ مُسْرِفُونَ (١٩)وَجَاءَ مِنْ أَقْصَى الْمَدِينَةِ رَجُلٌ يَسْعَى قَالَ يَا قَوْمِ اتَّبِعُوا الْمُرْسَلِينَ (٢٠)اتَّبِعُوا مَنْ لا يَسْأَلُكُمْ أَجْرًا وَهُمْ مُهْتَدُونَ (٢١)وَمَا لِيَ لا أَعْبُدُ الَّذِي فَطَرَنِي وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ (٢٢)أَأَتَّخِذُ مِنْ دُونِهِ آلِهَةً إِنْ يُرِدْنِ الرَّحْمَنُ بِضُرٍّ لا تُغْنِ عَنِّي شَفَاعَتُهُمْ شَيْئًا وَلا يُنْقِذُونِ (٢٣)إِنِّي إِذًا لَفِي ضَلالٍ مُبِينٍ (٢٤)إِنِّي آمَنْتُ بِرَبِّكُمْ فَاسْمَعُونِ (٢٥)قِيلَ ادْخُلِ الْجَنَّةَ قَالَ يَا لَيْتَ قَوْمِي يَعْلَمُونَ (٢٦)بِمَا غَفَرَ لِي رَبِّي وَجَعَلَنِي مِنَ الْمُكْرَمِينَ (٢٧)وَمَا أَنْزَلْنَا عَلَى قَوْمِهِ مِنْ بَعْدِهِ مِنْ جُنْدٍ مِنَ السَّمَاءِ وَمَا كُنَّا مُنْزِلِينَ (٢٨)إِنْ كَانَتْ إِلا صَيْحَةً وَاحِدَةً فَإِذَا هُمْ خَامِدُونَ

«Ey, Muhammad, Siz ularga qishloq (Qishloqning nomi Antokiya bo‘lib, u Rum (hozirgi Italiya)ning qadimiy qishloqlaridan biridir) ahlining u joyga elchilar kelgan paytini misol keltiring! O’shanda Biz ularga ikkita elchini yuborganimizda ular ikkisini yolg‘onchiga chiqarishgach, uchinchi elchi bilan quvvatlantirdik. Bas, (uchchala elchi Antokiya ahliga): «Haqiqatan, biz sizlarga yuborilgan elchilarmiz» - degan edilar. Ular: «Sizlar ham xuddi bizlarga o‘xshagan odamlarsiz. Rahmon biror narsa nozil qilgani yo‘q. Sizlar faqat yolg‘on so‘zlamoqdasizlar» - dedilar. Elchilar aytdilar: «Robbimiz bilurki, bizlar, albatta, sizlarga yuborilgan elchilardirmiz! Bizlarning zimmamizda faqat Allohning vahiysini sizlarga aniq yetkazishgina bordir. Ular dedilar: «Bizlar sizlardan shumlanmoqdamiz. Qasamki, agar da’vatlaringizni to‘xtatmasangizlar, sizlarni albatta, toshbo‘ron qilurmiz va sizlarga biz tomondan alamli azob yetar». Elchilar aytdilar: «Shumlanishingiz o‘zlaringiz bilandir. Sizlarga nasihat qilinsa shumlanasizlarmi?! Yo‘q, sizlar haddan oshgan qavmdirsiz!» Shu payt bir kishi (Bu taklifni xaloyiqqa aytgan kishi Habib ismli bir xudojo‘y duradgor edi) shaharning ichkarisidan shoshganicha kelib, dedi: «Ey qavmim, bu elchilarga ergashinglar! O’zlari hidoyatda bo‘lgan va sizlardan haq so‘ramaydigan zotlarga ergashinglar!» U yana aytdi: «Nega men o‘zimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin? Sizlar ham Ungagina qaytarilursizlar. Men Undan o‘zgalarni iloh qilib olaymi? Holbuki, agar Rahmon menga biror zarar yetkazishni istasa, u (iloh)larning shafoatlari menga biror foyda bera olmas va ular meni azobdan qutqara olmaslar. U holda men, albatta, aniq zalolatda bo‘lurman-ku! Haqiqatan, men Rabbingizga imon keltirganman, meni eshitib qo‘yingiz!» (So‘zlariga boqmay uni qatl qilishgach, unga) «Jannatga kir», - deyildi. (U joydagi noz-ne’mat va izzat-ikromni ko‘rgach), u aytdi: «Qani edi qavmim bilsalar Robbimning meni mag‘firat etganini va meni mukarram kishilardan qilganini». Biz undan (Habib an-Najjor qatlidan) keyin uning qavmi ustiga osmondan biror qo‘shin (azob farishtalarini) tushirmadik. Biz (shoshilinch) tushiruvchi bo‘lmadik. Faqat birgina dahshatli qichqiriq bo‘ldi-yu, birdaniga ular «o‘chib» qoldilar». (Yosin, 13-29.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 00:22:48
Avvalgi ulamolardan Ibn Abbos, Ka’bul-Ahbor va Vahb ibn Munabbahdan, keyingi ulamolardan Burayda ibn al-Xasib, Ikrima, Qatoda, az-Zuhriy va boshqalardan qilingan rivoyatlarga qaraganda mazkur qavm yashagan qishloqning nomi «Antokiya»dir.

Ibn Ishoq nomlari zikr etilgan avvalgi ulamolardan yana shuni ham rivoyat qilganki, mazkur qavmning Antixus ibn Antixus ismli podshohlari bo‘lib, ular sanamlarga sig‘inardilar. Alloh taolo ularga Sodiq, Masduq va Shalum ismli uch payg‘ambarni yubordi. Qavm esa payg‘ambarlarning da’vatiga quloq tutmadilar, ularni yolg‘onchi qildilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 212-6et.)

Qatodaning taxmin qilishicha, Antokiya xalqiga yuborilgan uch payg‘ambarning ismlari Sham’un, Yo‘hanno va Pavlus bo‘lib, ular Iso (a.s.)ning elchilari edilar.

Qatodaning fikri noto‘g‘ri, chunki tarixda Antokiya shahri Iso Masih dinlarini qabul qilgan birinchi shahardir. Shuning uchun ham mazkur shahar dunyoda eng katta bo‘lgan to‘rt patriarxiya — Antokiya, Quddus, Iskandariya va Rumiyaning bittasi hisoblanadi. Qustantiniya esa beshinchi o‘rindadir. Qur’onda zikr etilgan qavm esa, payg‘ambarni tan olmagani uchun halokatga uchragan. (Ibn Kasir. Qisasul anbiyo.  Qohira. 213-6et.)

Lekin ikki rivoyatni quyidagicha jamlash mumkin. Ya’ni Antokiya qavmiga qadimda ham mazkur uch payg‘ambar — Sodiq, Masduq va Shalum ismli payg‘ambarlar yuborilgan. Ular inkor etilgach, qavmni Alloh taolo halokatga uchratgan. Oradan uzoq yillar o‘tgandan keyin, Iso Masih davrida ham shu shahar aholisiga yana uch havoriy-Sham’un, Yuhanno va Pavlus Iso payg‘ambar tomonidan da’vat uchun yuborilgan. Qavm ularni yaxshi kutib olishib, Iso (a.s.) shariatlarini qabul etishgan. Ammo bu fikr tarixiy nuqtai nazardan ancha uzoq, chunki, Antokiya tarixida hech qachon, Iso (a.s.)ning davrida ham, undan oldin ham biror qavm ommaviy halokatga uchramagan. (Muxtasari tafsiri Ibn Kasir. 3-j. 121-6et.)               
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 00:23:49
Qur’onda qissa qilingan uch payg‘ambarning Iso Masih havoriylari emasligiga uch dalil bor. Birinchisi shuki, oyatda xabar berilgan payg‘ambarlarni Alloh tomonidan yuborilganiga «O’shanda Biz ularga ikkita elchini yuborganimizda ular ikkisini yolg‘onchiga chiqarishgach, uchinchi elchi bilan quvvatlantirdik» - degan mazmun dalolat qilib turibdi. Agar ular Iso Masih yuborgan havoriylar bo‘lganida, oyatning lafzi shunga munosib bo‘lardi.

Ikkinchisi shuki, Qur’onda zikr etilgan qavm itoatsizliklari uchun halok etilganlar. Iso Masih davridagi qavm esa birinchilardan bo‘lib imonga kelganlar.

Uchinchisi shuki, Antokiyaga Iso Masihning da’vatchilar yuborishlari yahudiylarga Tavrot nozil bo‘lgandan uzoq vaqt keyin sodir bo‘lgan. Hamma ulamolarning ittifoq qilishlaricha, Tavrot nozil bo‘lgandan keyin biror qavmga ommaviy halokat yuborilmagan, balki, payg‘ambarga unamagan qavmga nisbatan chora ko‘rish va ular bilan payg‘ambar boshchiligida urushish musulmonlarga buyurilgan. (Muxtasari tafsiri Ibn Kasir. 3-j. 121-6et.) 
 
Demak, Qur’onning Yosin surasida xabar berilgan va halokatga uchragan qavm yashagan joyning nomi Antokiya emas yoki qadimda Antokiya deb nomlangan bo‘lsa ham, u qishloq Rum yeridagi Antokiya emas, deb xulosa chiqarishimiz mumkin.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 01:18:45
4-BOB
4.1.  MUSO VA HORUN (A.S.)

Alloh taolo Qur’oni karimda zikr etgan payg‘ambarlarning qissalari orasida Muso (a.s.) qissasi eng katta va mufassal bayon etilgan qissadir. Qur’onning o‘ttiz to‘rt surasida bir yuz o‘ttiz olti marta Muso nomi tilga olingan.

Muso (a.s.)ning nasablari Hazrat Ya’qubning o‘g‘illaridan biri bo‘lgan Lovo ibn Ya’qubga boradi. Muhammad ibn Ishoqning aytishicha, Lovo ibn Ya’qub va Nobita binti Moriydan Qohis ismli o‘g‘il tug‘ildi. Qohis ibn Lovo va Fohiy binti Mussindan Yashar ismli o‘g‘il tug‘ildi. Yashar ibn Qohis va Shumays binti Batodiddan Imron ismli o‘g‘il tug‘ildi. Imron ibn Yashar va Yuhib binti Shamvildan Muso va Horun ismli o‘g‘illar dunyoga keldilar. (Tarixi Tabariy. 1-j. 270-6et.)

Boshqa olimlarning fikrlaricha, Ya’qub ibn Ishoq (a.s.) bir yuz qirq yetti yil umr ko‘rganlar. Yoshlari sakson to‘qqizga yetganda, Lovo ismli o‘g‘illari tug‘ildi. Lovo qirq oltiga kirganda Qohis ismli o‘g‘il ko‘rdi. Qohis esa Yashar ismli o‘g‘il ko‘rdi. Yashar oltmish yoshligida o‘g‘li Imron dunyoga keldi. Muso (a.s.) ana shu Imronning o‘g‘lidirlar. Muso (a.s.) onalarining ismi Yukobid (Ba’zi manbalarda Yuxobid yoki Anohid, As-Suhayliyning yozishicha, Ayorixo yoki Ayozaxtdir. Lekin nomi kim deb aytilsa ham, juda baxtli ayol, ulug‘ payg‘ambarning onasi, Allohdan uning o‘ziga vahiy-ilhomiy xabar kelgan va Allohning buyrug‘iga itoat qilgan tabarruk ayoldir.) , xotinlari esa Safurodir. (Tarixi Tabariy. 1-j. 271-bet.) 

Ibn Kasir esa «Qisasul-Anbiyo» kitobida Muso (a.s.)ning shajaralarini «Muso ibn Imron ibn Qohis ibn Ozir ibn Lovo ibn Ya’qub ibn Ishoq ibn Ibrohim (a.s.)» deb keltirgan. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 221-6et.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 01:22:53
Isroil o‘g‘illari Yusuf (a.s.)ning davrlarida Misrning unumdor chorva yerlariga kelib o‘rnashgan, Misrliklar oldida ularning mavqe’lari baland, hayotlari farovon o‘tdi. Bu vaqtda Misr fir’avni Ar-Rayyon ibn Al-Valid bo‘lib, u Yusufning hurmatlaridan Bani Isroilga juda katta saxovat va samohat ko‘rsatdi.

Ibn Ishoqning rivoyat qilishicha, Misr mulkida bir necha amoliqa fir’avnlar hukmronlik qilishdi va ular ham Yusuf, Ya’qub, Ishoq va Ibrohim dinlaridan yuz o‘girishmadi. Qachonki Muso (a.s.)ning fir’avni bo‘lgan Voliy al-Valid ibn Mus’ab (Uning tarixiy nomi Munfitoh  Ramzes II dir) Misr taxtiga o‘tirgandan keyin Bani Isroil qavmi boshiga balo yog‘ildi. Buning ikkita sababi bor edi. Birinchidan, boshqa fir’avnlarga qaraganda al-Validning qalbi qora, niyati buzuq, Bani Isroil qavmiga nisbatan adovati kuchli, o‘ta millatchi edi. (Tarixi Tabariy. 1-j. 272-6et.) 

Ikkinchidan, kohinlarning unga bergan bashoratla rida, uning podshohligini bani Isroil qavmida tug‘ilajak o‘g‘il bola barbod etishining xabari bor edi.

Shuning uchun Misrning bu johil fir’avni baniy Isroil qavmiga juda chuqur adovat saqladi va kuchining boricha ularga yomonlik, xunrezlik illatlarini namoyon qildi. Baniy Isrilning erki va farovon, osoyishta hayoti buzuldi. Ular endi Misr fuqarosi emas, balki misrliklarning qul va cho‘rilariga aylantirildi.   
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 01:24:07
Shunday qilib Muso (a.s.)ning zamonlarida bani Isroil qavmini misrliklar quldek ishlatishardi. Misr qavmini qibtiy deb atalardi. Ular o‘z podshohlari boshchiligida ulug‘ payg‘ambarlar keltirgan Allohning haq dinidan yuz o‘girishib, yulduzlarga va butlarga sig‘inishar, Isroil qavmini haqorat etib, kamsitishar edi. Bu ham yetmagandek Fir’avn (Ramzes II) xudolik da’vosini qila boshladi.

Bani Isroil qavmi Misrda o‘n ikki qabila bo‘lib yashagan. Fir’avnning zulmidan juda azob chekishar, ota-bobolarining yerlari bo‘lgan Kan’onga ketishni juda-juda istashar, biroq buning ilojini qilisha olmas edilar.

Fir’avn ularni turli guruhlarga: binokorlarga, dehqonlarga va cho‘ponlarga bo‘lib tashladi. Hamma ish bilan qattiq band edi. Qo‘lidan ish kelmaydiganlar esa alohida guruh qilinib, ulardan beish yurganlari uchun Fir’avn xazinasiga jarima soliq olinardi.

Ular orasida o‘zlarining haqiqiy e’tiqodlaridan voz kechmagan, dinlarini yashirganlar ham mavjud edi. Hatto ulardan biri bo‘lgan Osiya binti Mazohim ayollarning eng go‘zali, eng pokizasi va eng yaxshisi bo‘lib, Fir’avnning ishonch va muhabbatini qozongan, Fir’avnning jufti, umr yo‘ldoshi, Misr malikasi darajasiga erishgan edi. (Tarixi Tabariy. 1-j. 272-6et.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 01:39:08
Fir’avnning xotini bo‘lgan Osiya binti Mazohim haqida yana turli fikrlar mavjud.

As-Suhayliyning fikricha, Osiya Musoning ammasi edi. Ba’zi olimlarning fikricha, Osiya Muso (a.s.)ning sibti (qabilasi)dan  bo‘lgan.

Ibn Jarir At-Tabariyning aytishicha, Osiyaning to‘liq nomi  Binti Mazohim ibn Ubayd ibn ar-Rayyon ibn al-Valid bo‘lib, Yusuf (a.s.)ning zamonlaridagi musulmon fir’avnning chevarasi edi.

Fir’avn shunchalik zolim bo‘lsa-da, uzoq umr ko‘rdi. Uning ana shunday uzoq umr ko‘rishi oqibatda xudolik da’vosini qilib:

فَقَالَ أَنَا رَبُّكُمُ الأعْلَى

«Men sizlarning oliy Parvardigoringizdirman» (Van-Noziot, 24.) - deyishgacha olib bordi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 01:40:58
Alloh taolo Muso va Fir’avn qissasini  qisqacha tarzda Qur’oni karimning «Qasos» surasida shunday bayon etgan:

نَتْلُوا عَلَيْكَ مِنْ نَبَإِ مُوسَى وَفِرْعَوْنَ بِالْحَقِّ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ (٣)إِنَّ فِرْعَوْنَ عَلا فِي الأرْضِ وَجَعَلَ أَهْلَهَا شِيَعًا يَسْتَضْعِفُ طَائِفَةً مِنْهُمْ يُذَبِّحُ أَبْنَاءَهُمْ وَيَسْتَحْيِي نِسَاءَهُمْ إِنَّهُ كَانَ مِنَ الْمُفْسِدِينَ (٤)وَنُرِيدُ أَنْ نَمُنَّ عَلَى الَّذِينَ اسْتُضْعِفُوا فِي الأرْضِ وَنَجْعَلَهُمْ أَئِمَّةً وَنَجْعَلَهُمُ الْوَارِثِينَ (٥)وَنُمَكِّنَ لَهُمْ فِي الأرْضِ وَنُرِيَ فِرْعَوْنَ وَهَامَانَ وَجُنُودَهُمَا مِنْهُمْ مَا كَانُوا يَحْذَرُونَ

«Ey, Muhammad, imon keltiradigan qavm uchun Sizga Muso va Fir’avn xabarini haqiqati bilan tilovat qilib berurmiz. Darhaqiqat, Fir’avn yerda (Misrda) tug‘yonga ketib, uning aholisini bo‘lib tashladi. Ulardan bir toifani (Isroil avlodi qavmini) xorlab, o‘g‘illarini so‘yar, ayollarini tirik qo‘yar edi. Albatta, u buzg‘unchilardandir. Biz esa u yerda xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni (xorlikdan chiqarib, barchaga) peshvo zotlarga aylantirishni va ularni (Fir’avn mulkiga) merosxo‘r qilishni istaymiz. Yana ularni o‘sha yerda barqaror qilib, Fir’avn va (uning vaziri) Homonga hamda ikkovining lashkarlariga ular xavotirlanayotgan narsani ko‘rsatib qo‘yishni istaymiz». (Qasos, 3-6. Fir’avn va uning vaziri Homonniig xavotiri mol-mulk va davlat Baniy Isroil qavmiga o‘tib ketish xavfi edi. Baniy Isroil qavmi o‘zaro suhbatlarda ulardan bir bola chiqib, shu bolaning qo‘li bilan Misr mulki qibtiylar qo‘lidan ketib ularga o‘tishini qayta-qayta takrorlardilar.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 01:42:37
Bir kuni Misr kohinlaridan biri Fir’avnga: «Bani Isroildan bir bola dunyoga keladi, sening davlatingni va saltanatingni qo‘lingdan tortib oladi», - deb bashorat beradi. Bundan g‘azablangan va dahshatga tushgan Fir’avn bani Isroil qavmida dunyoga kelgan barcha o‘g‘il chaqaloqlarni qilichdan o‘tkaza boshlaydi.

Ibn Abbos, Ibn Mas’ud va boshqa mashhur sahobalardan rivoyat qilinishicha, Fir’avn bir kecha tush ko‘rdi. Tushida Baytil-maqdisdan chiqib kelgan bir olov Misrning barcha uylarini va Qibt qabilasini kuydirdi. Ammo baniy Isroilga hech qanday zarar yetkazmadi. Fir’avn ko‘rgan tushidan vahimaga tushib, kohinlari, sohirlari va tush ta’birchilarini saroyiga chaqirtirdi va ulardan ko‘rgan tushining ta’birini so‘radi.

Yig‘ilganlar dedilar: «Anovilar (Bani Isroil qavmiga ishora. Qibtiylar Fir’avn huzurida ularning nomini tilga olishga ham  qo‘rqdilar) dan  bir bola tug‘iladi va Misrning halokati uning sababi bilan bo‘ladi» - dedilar. Bundan dahshatga tushgan Fir’avn Baniy Isroil qavmida tug‘iladigan har bir o‘g‘il go‘dakni o‘ldirishga buyurdi». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 222-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 02:03:04
Mufassirlarning ko‘pchiligi shunday fikr bildiradilar: «Fir’avn Baniy Isroil qavmida tug‘ilgan chaqaloqlarni qirib tashlagandan keyin, qibtiylar o‘zlariga o‘g‘il xizmatkorlar kamayib ketayotganidan shikoyat qildilar. Ularning iltimosiga muvofiq Fir’avn chaqaloqlarni bir yil o‘ldirish, bir yil tirik qo‘yishga farmon chiqardi. Shuning uchun Horun (a.s.) chaqaloqlar o‘ldirilmagan yilda tug‘ildilar. Muso (a.s.) esa, o‘ldirishga buyurilgan yilda dunyoga keldilar. Chaqaloqning halok etilishi xavfidan ona dahshatga tushdi. Ammo, Alloh taolo o‘zining taqdirini amalga oshirishni iroda etgan edi. Shuning uchun Musoni saqlashni ham o‘z himoyasiga oldi. Musoning onasi Yukobidga vahiy yuborib, Musoni bir sandiqqa solib, uni Nil daryosiga qo‘yishni va bir uchidan arqon bilan tortib, qirg‘oqqa bog‘lab qo‘yishni buyurdi. Qachon bolani emizish kerak bo‘lsa, uni sandiqdan olardi, emizardi, o‘z qo‘lida saqlardi. Biror xavfni sezsa, darhol uni daryodagi sandiqqa berkitardi». (O’sha manba, 223-224-bet.)

Shunday ayanchli kunda Ya’qub (a.s.)ning uchinchi farzandlari Lovoning nabirasi bo‘lmish Imronning xonadonida o‘g‘il farzand tug‘ildi. Uning onasi (Yukobid) chaqalog‘ini yomon ko‘zdan yashirishga muvaffaq bo‘ldi va bir necha kun emizib ulg‘aytirdi. Keyin ilohiy buyruqqa binoan chaqaloqni sandiqqa solib, Nil daryosiga oqizdi.

وَأَوْحَيْنَا إِلَى أُمِّ مُوسَى أَنْ أَرْضِعِيهِ فَإِذَا خِفْتِ عَلَيْهِ فَأَلْقِيهِ فِي الْيَمِّ وَلا تَخَافِي وَلا تَحْزَنِي إِنَّا رَادُّوهُ إِلَيْكِ وَجَاعِلُوهُ مِنَ الْمُرْسَلِينَ

«Biz Musoning onasiga vahiy qildikki, uni emizaver. Bas, uni o‘ldirib ketishlaridan qo‘rqsang, uni daryoga tashlagin va qo‘rqmagin ham, qayg‘urmagin ham. Zero, Biz uni senga qaytaruvchidirmiz va uni payg‘ambarlardan qiluvchidirmiz». (Qosos, 7.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 02:05:40
Go‘dak solingan sandiq Fir’avnning saroyi oldidan oqib o‘tayotganda, uning xotini Osiyoning ko‘zi sandiqqa tushdi. Sandiq suvdan olinib, unda chaqaloq borligi ma’lum bo‘lgandan keyin, Osiyoning mehri chaqalloqqa tushdi va befarzandligi uchun uni o‘g‘il qilib olish maqsadida tarbiyalashni niyat qildi. Alloh taolo o‘zining bu ne’matini shunday bayon etadi:

فَالْتَقَطَهُ آلُ فِرْعَوْنَ لِيَكُونَ لَهُمْ عَدُوًّا وَحَزَنًا إِنَّ فِرْعَوْنَ وَهَامَانَ وَجُنُودَهُمَا كَانُوا خَاطِئِينَ (٨)وَقَالَتِ امْرَأَةُ فِرْعَوْنَ قُرَّةُ عَيْنٍ لِي وَلَكَ لا تَقْتُلُوهُ عَسَى أَنْ يَنْفَعَنَا أَوْ نَتَّخِذَهُ وَلَدًا وَهُمْ لا يَشْعُرُونَ

«Bas, Fir’avn xonadoni uni (o‘sib-ulg‘aygach), o‘zlariga «dushman va tashvish» bo‘lishi uchun tutib oldilar. Albatta, Fir’avn, Homon va ularning lashkarlari yanglishgan edilar. Fir’avnning xotini (unga): «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko‘z quvonchidir. Uni o‘ldirmanglar. Shoyadki, uning bizlarga nafi tegsa yoki uni farzand qilib olsak» - dedi. Vaholonki, ular haqiqatni sezmas edilar». (Qosos, 9.)

Fir’avnning jallodlari qilichlarini o‘tkirlab, malika Osiya huzuriga keldilar va Fir’avnning buyrug‘i tufayli daryodan topib olingan chaqaloqni qatl etmoqchi ekanliklarini aytishdi. Osiya ularga: «Shoshilmanglar, bu bitta chaqaloq yashagani bilan bani Isroil qavmi ko‘payib ketmaydi. Men o‘zim Fir’avnning oldiga borib, undan shu bolaga omonlik so‘rayman, agar omonlik bersa, sizlar menga ko‘p yaxshilik qilgan bo‘lasizlar, agar o‘limga buyursa, meni sizlarga hech qanday ginam qolmaydi» - dedi va darhol turib, Fir’avnning huzuriga bordi. Unga chaqaloqni ko‘rsatib: «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko‘z quvonchidir. Uni o‘ldirmanglar. Shoyadki, uning bizlarga nafi tegsa yoki uni farzand qilib olsak» - dedi.

Fir’avn xotiniga: «Sening ko‘zing quvonayotgan bo‘lsa, olaqol, ammo mening bu bolaga hojatim yo‘q!» - dedi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 02:07:50
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: «Alloh nomiga qasamki, agar Fir’avnning ko‘zi ham xotini Osiyaning ko‘zidek quvonganda, Alloh taolo Osiyani hidoyat qilganidek, uni ham hidoyat qilgan bo‘lardi. Lekin Alloh taolo Fir’avnni hidoyatdan mahrum etdi».

Allohning irodasi bilan Musoni emizishlik uchun saroyga emizuvchi ayollar taklif etildilar.  Muso boshqa onalarni emmadi.

وَحَرَّمْنَا عَلَيْهِ الْمَرَاضِعَ مِنْ قَبْلُ فَقَالَتْ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَى أَهْلِ بَيْتٍ يَكْفُلُونَهُ لَكُمْ وَهُمْ لَهُ نَاصِحُونَ


«Biz oldindan Musoga barcha emizuvchi ayollarni taqiqladik (u hech bir ayolni emmadi), shunda (uning opasi kelib): «Men sizlarga unga kafil bo‘lib (emizadigan) va unga xolis (tarbiya beradigan) bir oilani ko‘rsataymi?» - dedi. (O’sha sura, 12.)

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Musoning opasi Fir’avn qavmiga bolani emizadigan va uni mehribonlik bilan tarbiyalaydigan ayolga dalolat qilishini aytganda, ular: «Sen u ayolni bu bolaga yaxshi tarbiya berishini va mehribonlik qilishini qaerdan bilasan?» - deb so‘raganlarida, Musoning opasi hech ikkilanmasdan: «Men bu ishni podshohimizning xursandliklari va u kishiga biroz bo‘lsa ham foydam tegishi uchun qilyapman» - dedi. Fir’avn a’yonlari uni qo‘yib yuborishdi. Musoning opasi borib, onasi Yukobidni olib keldi. Muso esa o‘z onasini to‘yib emdi va tinchlandi. Bundan gumonsiragan Homon: «Sen kimsan va nima uchun ayni seni qo‘lingda go‘dak orom topdi», - deb savolga tutdi. Yukobid: «Men pokiza ayolman, mendan xushbo‘y hid keladi, shuning uchun chaqaloq meni tanlagan bo‘lsa kerak», - deb javob berdi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 02:13:35
وَأَصْبَحَ فُؤَادُ أُمِّ مُوسَى فَارِغًا إِنْ كَادَتْ لَتُبْدِي بِهِ لَوْلا أَنْ رَبَطْنَا عَلَى قَلْبِهَا لِتَكُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ

«Muso onasining qalbi tashvishdan forig‘ bo‘ldi. Agar Biz («Musoni o‘zinga qaytarurmiz», degan va’damiz)ga imon keltiruvchilardan bo‘lishi uchun uning ko‘nglini xotirjam qilmaganimizda, albatta, u (o‘z o‘g‘li ekani)ni ochib qo‘ygan bo‘lar edi». (O’sha sura, 10.)

Muso o‘z onasini to‘yib emganligi haqidagi xushxabar Osiyaga yetkazildi. Osiya Yukobidni saroyda xizmatda qolishni, buning evaziga Fir’avn tomonidan juda yaxshi ehsonga sazovor bo‘lishini taklif etdi. Yukobid rozi bo‘lmadi va bolani o‘zi bilan uyiga olib ketishga, uyida boqib berishga rozi ekanligini aytdi. Osiya shunga ham shukr qilib, Musoni onasi bilan uyiga qo‘shib berib yubordi. Bolani emizgani uchun maosh ham tayinlab, kiyim-kechak va boshqa hadyalar ham berdi.

فَرَدَدْنَاهُ إِلَى أُمِّهِ كَيْ تَقَرَّ عَيْنُهَا وَلا تَحْزَنَ وَلِتَعْلَمَ أَنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ وَلَكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لا يَعْلَمُونَ

«Shunday qilib, Biz (Musoning onasining) ko‘zlari quvonishi va g‘am chekmasligi uchun hamda Allohning va’dasi haq ekanini bilishi uchun uni onasiga qaytardik. Lekin, ko‘pchiligi (buni) bilmaydilar». (Qosos, 13.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 02:17:33
Alloh taoloning hikmatini qarangki, kohinlarning bashoratidan so‘ng Fir’avn qattiq qo‘rqib yurgan Musoni — o‘zining ashaddiy dushmanini o‘z himoyasida, o‘z bag‘rida o‘stirib-ulg‘aytirdi.

Muso (a.s.) chopib yuradigan bo‘lganda, Osiya Yukobidga odam yuborib: «Men o‘g‘limni juda sog‘indim, saroyga-mening ziyoratimga olib kel!» - deb buyurdi. Saroy a’yonlariga esa: «Biror kishi qolmasdan mening sevikli o‘g‘limni hadyalar va izzat-ikrom bilan kutib olsin!» - deb amr etdi. Saroy a’yonlari turli-tuman sovg‘alarni qo‘llarida ushlagancha, Osiyaning saroyidan Muso tug‘ilgan uyning darvozasigacha saf tortib, Muso va uning onasi Yukobidga hurmat bajo keltirdilar.

Muso (a.s.) saroyga yetib kelgach, Osiya ham o‘g‘lini bag‘riga bosib, hurmat bajo keltirib, hadyalar berdi. Keyin Muso (a.s.)ni qo‘lida ko‘tarib, Fir’avn huzuriga olib bordi va uning tizzasiga o‘tqazib qo‘ydi. Muso (a.s.) Fir’avnning soqolidan ushlab, pastga torta boshladilar. Buni ko‘rib turgan g‘alamus kimsalar yomon gumon qilishib, Fir’avnga: «Eshitmaganmisiz, Ibrohimga uning Allohi nima deb va’da qilgan edi? Shubhasiz, bu bola ham sizning soqolingizni yerga tortib, o‘zini sizga merosxo‘r bo‘lishiga, sizga g‘olib bo‘lishiga, sizni halok etishiga ishora qilyapti!» - deyishdi.

Fir’avn g‘azab otiga minib, darhol Musoni jallodlar qo‘liga yubordi. Buni ko‘rgan Osiya Fir’avnning yoniga kelib, bolaga qahr qilganining sababini so‘radi. Fir’avn unga: «Ko‘rmayapsanmi, u mening soqolimni yerga ishqab, meni halok etishga va mendan g‘olib bo‘lishga ishora qilyapti» - dedi. Osiya unga javoban: «Axir, bu aqli yo‘q yosh bola-ku! Agar unga cho‘g‘ bilan tilloni yonma-yon qo‘ysang, ularni bir-biridan ajratolmaydi» - dedi. Bir idishga qizib turgan cho‘g‘ni, ikkinchi idishga yaltirab turgan tillo tangalarni solib Muso (a.s.)ning oldilariga qo‘yilgan edi, Muso (a.s.) cho‘g‘ga qo‘l uzatdilar. Shunday qilib, Muso (a.s.)ni o‘ldirishdan Fir’avn ikkinchi bor qo‘l siltadi». (Nasaiy. Kitobut-tafsir. Toho surasining 40-oyati tafsirida.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 02:20:39
Muso (a.s.) voyaga yetib, aqllari to‘lgan vaqtda Alloh taolo u kishini fahm-farosat va ilm-hikmat sohibi qildi. Buning ustiga Muso (a.s.) Fir’avnning saroyida hech narsaga muhtoj bo‘lmasdan, yayrab, jismonan baquvvat bo‘lib o‘sdilar. Shunga qaramasdan, o‘zlari isroiliy bo‘lganlari uchun, mazlum qavmlariga imkoniyatlari yetganicha yordam berar edilar, ularni qibtiylarning zulmidan himoya qilardilar.

وَدَخَلَ الْمَدِينَةَ عَلَى حِينِ غَفْلَةٍ مِنْ أَهْلِهَا فَوَجَدَ فِيهَا رَجُلَيْنِ يَقْتَتِلانِ هَذَا مِنْ شِيعَتِهِ وَهَذَا مِنْ عَدُوِّهِ فَاسْتَغَاثَهُ الَّذِي مِنْ شِيعَتِهِ عَلَى الَّذِي مِنْ عَدُوِّهِ فَوَكَزَهُ مُوسَى فَقَضَى عَلَيْهِ قَالَ هَذَا مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ إِنَّهُ عَدُوٌّ مُضِلٌّ مُبِينٌ (١٥)قَالَ رَبِّ إِنِّي ظَلَمْتُ نَفْسِي فَاغْفِرْ لِي فَغَفَرَ لَهُ إِنَّهُ هُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ

«(Kunlarning birida Muso) shaharga uning aholisi g‘aflatda bo‘lgan (peshin) paytida kirgan edi, unda ikki kishini urushayotgan holatda topdi. Bunisi o‘z guruhidan (Isroil avlodi qavmidan) va unisi dushmanidan (qibtiylardan) edi. Bas, (Musoning) guruhidan bo‘lgan kishi undan dushmaniga qarshi yordam so‘radi. Shunda Muso bir musht urib, uni o‘ldirib qo‘ydi. (So‘ng pushaymon bo‘lib) dedi: «Bu shaytonning ishidandir. Albatta, u aniq adashtiruvchi dushmandir. Keyin Allohga iltijo qilib, dedi: «Ey, Robbim, darhaqiqat men o‘zimga zulm qilib qo‘ydim. Bas, meni mag‘firat et». Alloh uni mag‘firat etdi. Albatta, Uning o‘zigina mag‘firatli va rahmli zotdir». (Qosos, 15-16.)       
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 02:25:50
Muso (a.s.) ertasi kuni Fir’avn va uning ayonlaridan kechagi gunohlari uchun jazolanishlarini o‘ylab qo‘rqa-pisa ko‘chada ketayotsalar, kechagi isroiliy bugun yana bir qibtiy bilan janjallashib yordamga chaqiryapti. Muso (a.s.) tanbeh uchun isroiliyga yaqinlashib: «Darhaqiqat, sen o‘zing aniq gumroh ekansan», - deyishlari bilan u baland ovozda:

فَلَمَّا أَنْ أَرَادَ أَنْ يَبْطِشَ بِالَّذِي هُوَ عَدُوٌّ لَهُمَا قَالَ يَا مُوسَى أَتُرِيدُ أَنْ تَقْتُلَنِي كَمَا قَتَلْتَ نَفْسًا بِالأمْسِ إِنْ تُرِيدُ إِلا أَنْ تَكُونَ جَبَّارًا فِي الأرْضِ وَمَا تُرِيدُ أَنْ تَكُونَ مِنَ الْمُصْلِحِينَ

«Ey Muso, kechagi odamni o‘ldirganingdek, bugun meni o‘ldirmoqchimisan. Sen urushganlarni yarashtiruvchi emas, buzg‘unchi qotil ekansan!», (O’sha sura, 19.)  - deb baqirdi.

Ba’zi mufassirlarning fikrlaricha, Musoga tanbeh berib, muttahamlik qilgan odam isroiliy emas, balki kechagi voqeadan xabardor bo‘lgan yana bir qibtiy bo‘lib, u o‘zini ham o‘ldirgani kelyapti deb o‘ylagan va «buzg‘unchi qotil ekansan» - deb, Musoning kechagi gunohidan ham xabardor ekanligiga ishora qilgan. Keyin Fir’avnning huzuriga borib, uni Musoning ishidan xabardor qilgan va Fir’avnni Musodan o‘ch olishga tezlagan. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 228-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 02:28:40
Fir’avn kecha o‘ldirilgan qibtiyning qotili Muso ekanligidan xabar topgach, uni tutib kelishga odam yubordi.

وَجَاءَ رَجُلٌ مِنْ أَقْصَى الْمَدِينَةِ يَسْعَى قَالَ يَا مُوسَى إِنَّ الْمَلأ يَأْتَمِرُونَ بِكَ لِيَقْتُلُوكَ فَاخْرُجْ إِنِّي لَكَ مِنَ النَّاصِحِينَ (٢٠)فَخَرَجَ مِنْهَا خَائِفًا يَتَرَقَّبُ قَالَ رَبِّ نَجِّنِي مِنَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ

«Shaharning ichkarisidan bir kishi shoshganicha kelib: «Ey, Muso, zodagonlar seni o‘ldirish uchun til biriktirmoqdalar. Bas, sen (bu shahardan) chiqib ketgin. Albatta, men senga nasihatgo‘y kishilardandirman» - dedi. Bas, u qo‘rquvga tushib, (atrofni) kuzatgan holda u yerdan chiqib, dedi: «Ey Rabbim, O’zing menga bu zolimlar qavmidan najot bergin!». (Qosos, 20-21.) 

Muso (a.s.) bu voqeadan keyin Misrdan qochib, Madyan shahriga keldilar.

وَلَمَّا وَرَدَ مَاءَ مَدْيَنَ وَجَدَ عَلَيْهِ أُمَّةً مِنَ النَّاسِ يَسْقُونَ وَوَجَدَ مِنْ دُونِهِمُ امْرَأتَيْنِ تَذُودَانِ قَالَ مَا خَطْبُكُمَا قَالَتَا لا نَسْقِي حَتَّى يُصْدِرَ الرِّعَاءُ وَأَبُونَا شَيْخٌ كَبِيرٌ


«Qachonki, Madyanning suvi (qudug‘i)ga yetib kelgach, u joyda bir to‘p odamlar (chorvalarini) sug‘orayotganlarini ko‘rdi va ulardan beriroqda ikki ayol (o‘z qo‘ylarini) qo‘riqlab turganlarini ko‘rib: «Sizlarga ne bo‘ldi?» - dedi. Ular: «Biz, to podachilar (mollarini) qaytarmaguncha, sug‘ora olmaymiz. Otamiz esa qari chol» - dedilar». (O’sha sura, 23.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 02:30:26
Mufassirlarning aytishlaricha, quduqda suv oz bo‘lganligidan cho‘ponlar o‘z mollarini suvga qondirib olganlaridan so‘ng, uning ustini og‘ir tosh qopqoq bilan yopib qo‘yardilar. Qizlar esa og‘ir toshni ko‘tarolmasdilar va quduq atrofidagi qolgan-qutgan suv bilan qo‘ylarini sug‘orishga majbur bo‘lardilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 229-6et.)

Buning ustiga bu qizlar Shu’ayb (a.s.)ning qizlari edi. Madyan aholisi ularga payg‘ambar etib yuborilgan Shu’aybni mensimas edilar (bu haqda Shu’ayb payg‘ambar haqlaridagi faslda batafsil aytib o‘tilgan). Shuning uchun ular Shu’aybning qo‘ylarini sug‘orishga ataylab to‘sqinlik qilardilar.

فَسَقَى لَهُمَا ثُمَّ تَوَلَّى إِلَى الظِّلِّ فَقَالَ رَبِّ إِنِّي لِمَا أَنْزَلْتَ إِلَيَّ مِنْ خَيْرٍ فَقِيرٌ

«Shunda (Muso) ularga qo‘ylarini sug‘orib berdi. So‘ngra (bir chetga) soyaga borib o‘tirib dedi: «Ey, Robbim, men uchun nima yaxshilik (rizq) tushirsang, o‘shanga muhtojdirman». (O’sha sura, 24.)

Muso (a.s.) Misrdan Madyanga kelar ekanlar, yo‘lda ko‘katlar va daraxt bargidan boshqa narsa tanovul qilmagan edilar. Yo‘lda oyoq kiyimlari ham tushib qolgan edi. Hech bo‘lmasa bir dona xurmo bo‘lsa ham, og‘izlariga solib, ochlik dardini o‘zlaridan quvishni istar edilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 02:31:37
Muso (a.s.)ning g‘ariblik va bechorahollik bilan daraxt soyasiga o‘zlarini olib, Allohga qilgan iltijolari payg‘ambarning ziyrak qizlari e’tiboridan chetda qolmadi. Ular otalari huzuriga borganlarida, otalari qizlarining quduq boshidan juda tez qaytganlaridan ajablanib, buning sababini so‘radi. Qizlar Musoning xabarini aytganlaridan so‘ng, qizlardan biriga Musoni tez chaqirib kelishni tayinladi.

فَجَاءَتْهُ إِحْدَاهُمَا تَمْشِي عَلَى اسْتِحْيَاءٍ قَالَتْ إِنَّ أَبِي يَدْعُوكَ لِيَجْزِيَكَ أَجْرَ مَا سَقَيْتَ لَنَا فَلَمَّا جَاءَهُ وَقَصَّ عَلَيْهِ الْقَصَصَ قَالَ لا تَخَفْ نَجَوْتَ مِنَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ (٢٥)قَالَتْ إِحْدَاهُمَا يَا أَبَتِ اسْتَأْجِرْهُ إِنَّ خَيْرَ مَنِ اسْتَأْجَرْتَ الْقَوِيُّ الأمِينُ (٢٦)قَالَ إِنِّي أُرِيدُ أَنْ أُنْكِحَكَ إِحْدَى ابْنَتَيَّ هَاتَيْنِ عَلَى أَنْ تَأْجُرَنِي ثَمَانِيَ حِجَجٍ فَإِنْ أَتْمَمْتَ عَشْرًا فَمِنْ عِنْدِكَ وَمَا أُرِيدُ أَنْ أَشُقَّ عَلَيْكَ سَتَجِدُنِي إِنْ شَاءَ اللَّهُ مِنَ الصَّالِحِينَ (٢٧)قَالَ ذَلِكَ بَيْنِي وَبَيْنَكَ أَيَّمَا الأجَلَيْنِ قَضَيْتُ فَلا عُدْوَانَ عَلَيَّ وَاللَّهُ عَلَى مَا نَقُولُ وَكِيلٌ

«Bas, ulardan biri hayo bilan yurib kelib: «Otam seni bizlarga (qo‘ylarimizni) sug‘orib berganing haqini berish uchun chaqirmoqda» - dedi. Bas, (Muso Shuaybning huzuriga) kelib, unga o‘z qissasini so‘ylab bergach, u: «Qo‘rqmagin. Sen zolimlar qavmidan najot topding» - dedi. Qizlardan biri: «Ey, ota, uni ishga yollagin! Zero, sen yollagan eng yaxshi kishi kuchli, ishonchli kishidir» - dedi. (Shuayb) aytdi: «Menga sakkiz yil ishlab berishing evaziga men senga mana shu ikki qizimdan birini nikohlab bermoqchiman. Endi, agar o‘n yilni bitirsang o‘zingdan marhamatdir. Men seni qiynashni istamayman. Inshaalloh, mening solih kishilardan ekanimni bilursan. (Muso) dedi: «Mana shu sen bilan mening o‘rtamizdagi bitimdir. Ikki muddatdan qay birini ado qilsam, bas, menga adovat qilinmas. Alloh aytayotgan so‘zimizga guvohdir». (Qosos, 25-28.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 02:32:29
Ulamolar Madyanda Muso (a.s.)ni kutib olib, ijaraga ishga olgan, ikki dono qizning otasi bo‘lgan qariya kim ekanligi borasida turli fikrlar aytganlar. Ko‘pchilik ulamolarning fikricha, mazkur qariya Shuayb (a.s.)dirlar. Bu fikrni tasdiqlovchi hujjat Hasan al-Basriy va Molik ibn Anasdan rivoyat qilingan.

Yana bir toifa ulamolar: «Shuayb (a.s.) o‘z qavmlari ommaviy halokatga uchragandan keyin, juda uzoq umr ko‘rganlar, hatto Musoning davrlarigacha yashaganlar va Muso Madyanga kelib, Shuaybning qizlariga uylanganlar» - deb qat’iy fikr bildiradilar.

Ibn Abi Hotim va boshqa olimlar Hasan al-Basriydan keltirgan boshqa rivoyatlarida: «Musoni Madyanda kutib olgan qariyaning ham ismi Shuayb bo‘lib, u suvlarning boshlig‘idir, Madyan egasi bo‘lgan payg‘ambar emasdir» - deydilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 230-6et.)

Ulamolar orasida, qariya Shuayb (a.s.)ning jiyanlari edi, amakivachchalari edi, Shuayb qavmidan bo‘lgan bir mo‘min edi, Yatrun ismli bir kishi edi, deganlar ham mavjud. Ahli kitoblardan birining fikricha, Yatrun Madyan kohinlaridan biri, eng ulug‘i edi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 02:36:45
Ibn Abbos (r.a.) va Abu Ubayda (r.a.) aytadilar: «Uning (qariyaning) ismi Yatrun edi. Abu Ubayda: «Yatrun Shuaybning akalarining o‘g‘li edi», - deb, Ibn Abbos esa: «Yatrun Madyanning egasi edi», - deb qo‘shimcha qilganlar.

Umar, Ibn Abbos, Shurayh al-Qoziy, Abu Molik, Qatoda, Muhammad ibn Ishoq va boshqalar shunday rivoyat qiladilar: «Shuaybning qizi: «Ey, ota, uni ishga yollagin!» - deganda, otasi unga: «Uning haqida nima bilasan?» - deb so‘radi. Qiz javob berdi: «O’n kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan katta toshni bir o‘zi ko‘tarib, bizga yordam berdi. Men uni chaqirib kelayotganimda, oldinda yo‘lboshlamoqchi edim. U menga: «Sen orqamga o‘tib yur, burilish joyga kelganda qaysi tomonga yurishimni ko‘rsatish uchun mayda tosh otib menga yo‘lni ko‘rsat» - dedi.

Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Odamlarning o‘tkir farosatlisi uchtadir:

1. Misr azizi, chunki u xotiniga: «Uning hurmatini joyiga qo‘y» - dedi;
2. Shuaybning qizi, chunki u otasiga: «Ey, ota, uni ishga yollagin!» - dedi;
3. Abu Bakr Siddiq, chunki u o‘zidan keyin Umarni xalifalikka tavsiya etdi». (O’sha manba,  230-6et.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 02:45:47
Shuayb (a.s.)ning «Menga sakkiz yil ishlab berishing evaziga men senga mana shu ikki qizimdan birini nikohlab bermoqchiman» - degan mazmundagi oyatni dalil qilib, Hanafiy mazhab ulamolari, bunday so‘zni tijoratda ham ishlatsa bo‘ladi, deganlar. Masalan: mana bu ikki quldan birini, mana bu ikki libosdan birini sotaman deb shartnoma qilsa bo‘ladi.

Imom Ahmad Muso (a.s.)ning Shuayb (a.s.) bilan tuzgan shartnomalarini dalil qilib: «Har bir kishi o‘z qornini to‘yg‘azish uchun taom evaziga yoki kiyinish uchun libos evaziga o‘zini ijaraga qo‘ysa bo‘ladi», - deb fatvo berganlar. Dalil sifatida quyidagi hadisni keltiradilar:

«Ataba ibn Al-Munzir aytadi: «Biz Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlarida o‘tirgan edik. Rasululloh (s.a.v.) «To. Sin. Mim.» (Qosos  surasi) surasini o‘qib, Muso (a.s.)ning qissalariga yetganda, shunday dedilar: «Albatta, Muso (a.s.) qornini to‘yg‘azish va nomusini saqlash uchun o‘zini sakkiz yoki o‘n yilga ijaraga bergan».

Ataba ibn As-Salmo rivoyat qiladiki, Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Albatta, Muso qornini to‘yg‘azish va nomusini saqlash uchun o‘zini ijaraga bergan». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira.  230-231-6et.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 02:47:22
Muso (a.s.) Shuaybga bergan ikki muddat — sakkiz va o‘n yildan qaysi birini o‘taganligi haqida ko‘plab hadislar rivoyat qilingan. Biz shulardan uchtasini keltirish bilan kifoyalanamiz.

Imom Buxoriy rivoyat qiladi: «Sa’id ibn Jubayr aytadi: «Yahudiylardan biri mendan: «Muso (a.s.) ikki muddatdan qaysi birini o‘taganlar?» - deb savol qildi. Men unga: «Bilmayman, arab olimlarining biridan so‘rab, keyin aytaman» - dedim. Keyin Ibn Abbosning huzurlariga kelib, u kishiga shu savolni berdim. Ibn Abbos (r.a.) dedilar: «Muso (a.s.) ikki muddatdan ko‘prog‘ini va yaxshirog‘ini bajarganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham aytgan gaplarini albatta bajarardilar».

Mujohid aytadi: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Muso qaysi muddatni o‘taganligi haqida Jabroildan so‘radilar. Jabroil Mekoildan, Mekoil esa Alloh taolodan so‘radilar. Alloh taolo: «Muso ikki muddatdan eng yaxshisini va mukammalini ado etgan» - dedi.

Abu Zarr aytadilar: «Rasululloh (s.a.v.)dan Muso (a.s.) ikki muddatdan qaysi birini o‘taganligi haqida so‘raldi. Rasululloh (s.a.v.): «Ikki muddatning eng yaxshisini va mukammalini o‘tagan» - dedilar. Keyin: «Agar mendan: «Muso ikki qizdan qaysi biriga uylangan?» - deb so‘ralsa, Men albatta: «Ikki qizning kichigiga uylangan» - deb javob berardim» - dedilar. (O’sha manba, 231-232-6et.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 09 Fevral 2009, 02:50:51
Muso (a.s.) va’dalariga vafo qilib, o‘n yil xizmat qilganlaridan keyin, Shuayb (a.s.) ham va’dalari bo‘yicha kichik qizlari Safurani Muso (a.s.)ga nikohlab qo‘ydilar.

Ataba ibn al-Munzir rivoyat qiladiki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Muso (a.s.) nomusini saqlash va qornini to‘ydirish uchun o‘zini ijaraga qo‘ydi. Shartnomada ko‘rsatilgan ikki muddatdan yaxshisini va mukammalini ado qildi. Shu’ayb  bilan xayrlashish vaqti kelganda, xotiniga: «Otangdan so‘ragin, qo‘ylaridan bizga ham tirikchiligimizga yetadigan darajada bersin!» - dedi. Shu’ayb ularga, shu yilgi tug‘iladigan qo‘zilarning onasidan boshqa ranglisini hadya qildi. Muso (a.s.) qo‘ylarning barchasini ikki qismga bo‘lib, kichik bir hovuz yoniga qo‘ydilar-da, o‘zlari hovuzning bir chekkasida turib, yonlaridan o‘tgan qo‘yning qorniga cho‘p bilan turtib qo‘ya boshladilar. Natijada tug‘ilgan barcha qo‘zilar onasining rangidan boshqa rangda tug‘ildi...»

Rasululloh (s.a.v.) aytadilarki: «Agar Shomni fath etsalaringiz, mana shu qo‘ylarning qolgan-qutganini ko‘rasizlar. Ular «As-Somiriyya» deb nomlanuvchi qo‘ylardir». (O’sha manba, 232-6et.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 05:23:41
Muso (a.s.) o‘z xotinlari bilan Madyanda shirin hayot kechirar ekanlar, Misrda qolgan qarindosh-urug‘lari, oila a’zolarini, yaqinlarini juda sog‘inar edilar. Kundan-kun ziyoda bo‘lgan sog‘inch Muso (a.s.)ni Misr tarafga safar qilishga undadi.

Muso (a.s.) xotinlari Safurani, ikki o‘g‘illarini va qaynotalari bergan qo‘ylarini olib, Misrga qaytayotganlarida Tur tog‘i yaqinida, ittofoqo kecha juda qorong‘u, havo esa juda sovuq edi. O’t yoqishga imkoniyat yo‘q, yo‘l yurishga esa hech narsani ko‘rib bo‘lmasdi. Ochiq va yalanglikda, tog‘ yonbag‘rida to‘xtab qolishgan edi.

Shu payt uzoqdan — Tur tog‘ining ustidan yongan olov ko‘rindi. Muso (a.s.) hamrohlariga: «Sizlar shu yerda turinglar, men olov ko‘ringan tarafga borib, biror xabar olib kelaman» - dedilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 05:26:09
فَلَمَّا قَضَى مُوسَى الأجَلَ وَسَارَ بِأَهْلِهِ آنَسَ مِنْ جَانِبِ الطُّورِ نَارًا قَالَ لأهْلِهِ امْكُثُوا إِنِّي آنَسْتُ نَارًا لَعَلِّي آتِيكُمْ مِنْهَا بِخَبَرٍ أَوْ جَذْوَةٍ مِنَ النَّارِ لَعَلَّكُمْ تَصْطَلُونَ (٢٩)فَلَمَّا أَتَاهَا نُودِيَ مِنْ شَاطِئِ الْوَادِ الأيْمَنِ فِي الْبُقْعَةِ الْمُبَارَكَةِ مِنَ الشَّجَرَةِ أَنْ يَا مُوسَى إِنِّي أَنَا اللَّهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ (٣٠)وَأَنْ أَلْقِ عَصَاكَ فَلَمَّا رَآهَا تَهْتَزُّ كَأَنَّهَا جَانٌّ وَلَّى مُدْبِرًا وَلَمْ يُعَقِّبْ يَا مُوسَى أَقْبِلْ وَلا تَخَفْ إِنَّكَ مِنَ الآمِنِينَ (٣١)اسْلُكْ يَدَكَ فِي جَيْبِكَ تَخْرُجْ بَيْضَاءَ مِنْ غَيْرِ سُوءٍ وَاضْمُمْ إِلَيْكَ جَنَاحَكَ مِنَ الرَّهْبِ فَذَانِكَ بُرْهَانَانِ مِنْ رَبِّكَ إِلَى فِرْعَوْنَ وَمَلَئِهِ إِنَّهُمْ كَانُوا قَوْمًا فَاسِقِينَ

«Bas, qachonki, Muso (kelishilgan) muddatni o‘tab, oilasi bilan Misr tomon yo‘lga tushgach, Tur (tog‘i) tarafidan bir olovni ko‘rib qoldi. U oilasiga: «Sizlar shu yerda kutib turinglar. Men bir olovni ko‘rib qoldim. Shoyad sizlarga biror xabar yoki isinib olishlaringiz uchun u olovdan cho‘g‘ olib kelsam» - dedi. Bas, qachonki, uning oldiga yetib kelgach, u muborak joydagi vodiyning o‘ng tarafidan — daraxtdan unga nido qilindi: «Ey Muso, Men barcha olamlarning parvardigori - Allohdirman! Asoyingni yerga tashla!». Bas, qachonki, Muso uni ilondek qimirlayotganini ko‘rgach, ortiga qaramay qochdi. (Unga deyildi): «Ey, Muso, qayt va qo‘rqma! Zero, sen omonlikdagi kishilardandirsan! Qo‘lingni qo‘yningga tiqqin, biror yomonliksiz oppoq bo‘lib chiqur va qanotingni (ya’ni, qo‘lingni) qo‘rquvdan yumib olgin (u yana o‘z holiga qaytar). Bas, shu ikkisi Rabbing tomonidan Fir’avn va uning zodagonlariga ikki hujjatdir. Darhaqiqat, ular fosiqlar qavmi edilar». (Qosos, 29-32-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 05:39:33
Muso (a.s.) ahllariga biror xabar olib kelaman, deb uzoqdan ko‘ringan olov yaqiniga bordilar.

Mana shu muqaddas kecha va muqaddas makonda, ya’ni Tuvo vodiysida Muso (a.s.) Parvardigorlarining muborak ovozini eshitdilar, muborak bir vazifaga — payg‘ambarlik darajasiga erishdilar.

إِنِّي أَنَا رَبُّكَ فَاخْلَعْ نَعْلَيْكَ إِنَّكَ بِالْوَادِ الْمُقَدَّسِ طُوًى (١٢)وَأَنَا اخْتَرْتُكَ فَاسْتَمِعْ لِمَا يُوحَى (١٣)إِنَّنِي أَنَا اللَّهُ لا إِلَهَ إِلا أَنَا فَاعْبُدْنِي وَأَقِمِ الصَّلاةَ لِذِكْرِي

«Ey Muso, men sening Rabbingdirman. Bas, oyoq kiyimingni yechgin. Chunki sen muqaddas Tuvo vodiysidadirsan. Men seni (payg‘ambarlikka) tanladim. Bas, (O’zingga) yuboriladigan vahiyga quloq tut! Darhaqiqat, Men Allohdirman! Mendan o‘zga iloh yo‘q! Bas, Mengagina ibodat qil va meni eslash uchun namozni ado et!». (Toha, 12-14.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 05:43:27
Alloh taolo «Toho» surasida ham, Muso (a.s.)ga o‘zining Parvardigor ekanini aytgandan so‘ng, Musoning qo‘llaridagi aso haqida so‘raydi va ushbu aso oddiy aso emasligini aytib, uni hamda Musoning qo‘llarini payg‘ambarlik mo‘‘jizasi qilganini xabarini beradi.

وَمَا تِلْكَ بِيَمِينِكَ يَا مُوسَى (١٧)قَالَ هِيَ عَصَايَ أَتَوَكَّأُ عَلَيْهَا وَأَهُشُّ بِهَا عَلَى غَنَمِي وَلِيَ فِيهَا مَآرِبُ أُخْرَى (١٨)قَالَ أَلْقِهَا يَا مُوسَى (١٩)فَأَلْقَاهَا فَإِذَا هِيَ حَيَّةٌ تَسْعَى (٢٠)قَالَ خُذْهَا وَلا تَخَفْ سَنُعِيدُهَا سِيرَتَهَا الأولَى (٢١)وَاضْمُمْ يَدَكَ إِلَى جَنَاحِكَ تَخْرُجْ بَيْضَاءَ مِنْ غَيْرِ سُوءٍ آيَةً أُخْرَى

«(Alloh dedi): «Ana u qo‘lingdagi nima, ey, Muso?! (Muso) dedi: «U asoyim, unga tayanurman va u bilan qo‘ylarimga barg qoqib berurman. Yana unda boshqa xojatlarim ham bor». (Alloh) aytdi: «Uni yerga tashlagin, ey, Muso!» Bas, Muso uni tashlagan edi, birdaniga u harakatlanuvchi jonli ilon bo‘lib qoldi. (Alloh) dedi: «Uni ol! Qo‘rqmagin, Biz uni avvalgi holiga qaytarurmiz. Qo‘lingni qo‘ltig‘ingga tiqqin, u hech qanday yomonliksiz (ya’ni, qo‘lingning nurafshon oqligi uning pes kasaliga chalinganidan emkas, balki u sog‘lom holda Mening qudratim bilan yog‘du sochadi.Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. 313-bet.) oppoq bo‘lib chiqur. Bu yana boshqa bir mo‘‘jizadir». (Toha, 17-22.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 05:46:18
Alloh taolo Muso (a.s.) uchun to‘qqizta payg‘ambarlik mo‘‘jizasi berganini va undan bittasi «qo‘l» ekanligini «Naml» surasida bayon etgan:

وَأَدْخِلْ يَدَكَ فِي جَيْبِكَ تَخْرُجْ بَيْضَاءَ مِنْ غَيْرِ سُوءٍ فِي تِسْعِ آيَاتٍ إِلَى فِرْعَوْنَ وَقَوْمِهِ إِنَّهُمْ كَانُوا قَوْمًا فَاسِقِينَ

«Qo‘lingni qo‘yningga tiq, u hech qanday yomonliksiz oppoq bo‘lib chiqur. Bu mo‘‘jizalar sen Fir’avn va uning qavmiga olib boradigan to‘qqiz mo‘‘jiza ichidadir. Darhaqiqat, ular itoatsiz qavm bo‘ldilar». (Naml, 12.)

Alloh taolo avvalgi ikki sura — «Qasos» va «Toha»da aytilgan qo‘l va aso mo‘‘jizalarini va «Naml»da aytilgan yana yettita mo‘‘jizani birga qo‘shib, «Subhon» surasida to‘qqiz mo‘‘jiza haqida bayon etadi:

وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى تِسْعَ آيَاتٍ بَيِّنَاتٍ فَاسْأَلْ بَنِي إِسْرَائِيلَ إِذْ جَاءَهُمْ فَقَالَ لَهُ فِرْعَوْنُ إِنِّي لأظُنُّكَ يَا مُوسَى مَسْحُورًا (١٠١)قَالَ لَقَدْ عَلِمْتَ مَا أَنْزَلَ هَؤُلاءِ إِلا رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالأرْضِ بَصَائِرَ وَإِنِّي لأظُنُّكَ يَا فِرْعَوْنُ مَثْبُورًا

«Biz Musoga to‘qqizta aniq mo‘‘jiza ato etdik. (Muso (a.s.)ga ato etilgan to‘qqiz mo‘‘jiza borasida har-xil rivoyatlar mavjud. Bir rivoyatda ular — Muso qo‘lining yog‘dusi, aso, to‘fon, chigirtka, bit-burga, qurbaqalar, qon, tosh suvi, Tur tog‘i deyilsa, boshqasida qahatchilik va mevasizlik deyiladi. Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. 292-bet.) So‘ng u Fir’avn huzuriga kelgan paytida, (unga): «Isroil avlodlarini (o‘z yurtlari — Shomga qo‘yib yuborishni, Fir’avndan) so‘ragin!» - (deb buyurdik). Shunga Fir’avn unga: «Ey Muso, haqiqatan, men seni sehrlangan, deb o‘ylamoqdaman» - dedi. (Muso) dedi: «(Ey Fir’avn,) sen anavi mo‘‘jizalarni faqat osmonlar va Yerning Parvardigori hujjat qilib nozil qilganini aniq bilursan. Hech shubha yo‘qki, ey, Fir’avn, men seni halok qilinuvchi deb bilurman». (Al-Isro, 101-102.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 05:48:58
Bu to‘qqiz mo‘‘jizaning yettitasi «A’rof» surasida birma-bir sanab beriladi:

وَلَقَدْ أَخَذْنَا آلَ فِرْعَوْنَ بِالسِّنِينَ وَنَقْصٍ مِنَ الثَّمَرَاتِ لَعَلَّهُمْ يَذَّكَّرُونَ (١٣٠)فَإِذَا جَاءَتْهُمُ الْحَسَنَةُ قَالُوا لَنَا هَذِهِ وَإِنْ تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ يَطَّيَّرُوا بِمُوسَى وَمَنْ مَعَهُ أَلا إِنَّمَا طَائِرُهُمْ عِنْدَ اللَّهِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لا يَعْلَمُونَ (١٣١)وَقَالُوا مَهْمَا تَأْتِنَا بِهِ مِنْ آيَةٍ لِتَسْحَرَنَا بِهَا فَمَا نَحْنُ لَكَ بِمُؤْمِنِينَ (١٣٢)فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ الطُّوفَانَ وَالْجَرَادَ وَالْقُمَّلَ وَالضَّفَادِعَ وَالدَّمَ آيَاتٍ مُفَصَّلاتٍ فَاسْتَكْبَرُوا وَكَانُوا قَوْمًا مُجْرِمِينَ

«Fir’avn qavmini zora eslatma olsalar, deb qahatchilik yillariga va mevalarning taqchilligiga duchor etdik. Bas, ularga yaxshilik kelganda: «Bu bizga xos» - deydilar. Agar ularga biror noxushlik yetsa, Muso va u bilan birga imon keltirgan kishilardan shumlanadilar. Ogoh bo‘lingki, ularning (yaxshi-yomon) amallari Allohning huzuridadir. Lekin buni aksariyatlari bilmaydilar. Ular Musoga aytdilar: «Bizni sehrlash uchun har qanday mo‘‘jiza keltirsang ham, biz senga imon keltiruvchi emasmiz». Shundan keyin ular ustiga to‘fon, chigirtka, bit, baqalar va qon (balolari)ni aniq mo‘‘jizalar sifatida yubordik. Shundan so‘ng ham ular kibr qildilar va o‘zlari oldindan jinoyatchi qavm edilar». (A’rof, 130-133.)          
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 05:50:28
Alloh taolo Muso (a.s.)ni payg‘ambar qilib tayinlab, keyin mo‘‘jizalar bilan ham quvvatlab, Fir’avn huzuriga yubormoqni iroda qildi. Muso (a.s.)ning yodlariga Misrda bir qibtiyni o‘ldirib qo‘yib, qochib ketganlari tushdi va Parvardigorga iltijo qildilar:

قَالَ رَبِّ إِنِّي قَتَلْتُ مِنْهُمْ نَفْسًا فَأَخَافُ أَنْ يَقْتُلُونِ (٣٣)وَأَخِي هَارُونُ هُوَ أَفْصَحُ مِنِّي لِسَانًا فَأَرْسِلْهُ مَعِيَ رِدْءًا يُصَدِّقُنِي إِنِّي أَخَافُ أَنْ يُكَذِّبُونِ (٣٤)قَالَ سَنَشُدُّ عَضُدَكَ بِأَخِيكَ وَنَجْعَلُ لَكُمَا سُلْطَانًا فَلا يَصِلُونَ إِلَيْكُمَا بِآيَاتِنَا أَنْتُمَا وَمَنِ اتَّبَعَكُمَا الْغَالِبُونَ

«Muso dedi: «Ey, Robbim, men ulardan bir jonni o‘ldirib qo‘yganman. Bas, meni o‘ldirishlaridan qo‘rqurman. Birodarim Horun mendan ko‘ra tili burroroq. Bas, uni ham men bilan birga meni tasdiqlaydigan yordamchi qilib yuborgin. Chunki, ular meni yolg‘onchi qilishlaridan qo‘rqaman». Alloh dedi: «Biz seni birodaring bilan quvvatlantirurmiz va ikkingiz uchun saltanat (g‘alaba) ato qilurmiz. Bas, ular sizlarga biror ziyon yetkaza olmaydilar. Bizning mo‘‘jizalarimiz bilan sizlar ham, sizlarga ergashganlar ham g‘olibdirlar». (Qosos, 33-35.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 05:52:17
Alloh taolo bular haqida «Toho» surasida ham bayon etgan:

اذْهَبْ إِلَى فِرْعَوْنَ إِنَّهُ طَغَى (٢٤)قَالَ رَبِّ اشْرَحْ لِي صَدْرِي (٢٥)وَيَسِّرْ لِي أَمْرِي (٢٦)وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِنْ لِسَانِي (٢٧)يَفْقَهُوا قَوْلِي (٢٨)وَاجْعَلْ لِي وَزِيرًا مِنْ أَهْلِي (٢٩)هَارُونَ أَخِي (٣٠)اشْدُدْ بِهِ أَزْرِي (٣١)وَأَشْرِكْهُ فِي أَمْرِي (٣٢)كَيْ نُسَبِّحَكَ كَثِيرًا (٣٣)وَنَذْكُرَكَ كَثِيرًا (٣٤)إِنَّكَ كُنْتَ بِنَا بَصِيرًا (٣٥)قَالَ قَدْ أُوتِيتَ سُؤْلَكَ يَا مُوسَى

«Endi Fir’avnning huzuriga bor! Haqiqatan, u haddan oshdi («Xudoman» deb da’vo qildi). Muso dedi: «Ey, Robbim, bag‘rimni keng qilgin, ishimni oson qilgin, tilimdan tugunni(Muso alayhissalomni chaqaloqlik paytlarida Fir’avn saroyidagilar juda yaxshi ko‘rishardi. Fir’avnning o‘zi ham Musoni qo‘lida ko‘tarib, o‘tirganda tizzasida olib o‘tirardi. Bir kuni Muso Fir’avnning soqoliga chang solib, yulib oldi. Bundan g‘azablangan Fir’avn chaqaloqni o‘limga buyurdi. Osiya Musoni himoya qilib, uning aqlsiz go‘dakligiga ishora qildi va eriga: "œBu chaqaloq tilla bilan cho‘g‘ning farqiga yetmaydi-yu, sizga dushmanlik qilarmidi?!" — deb, gapining isboti uchun uning oldiga bir tovoq oltin va bir tovoq cho‘g‘ni keltirishdi. Muso qo‘lini oltinga cho‘zganda, Jabroil farishta kelib, cho‘g‘ga to‘g‘irlab qo‘ydilar. Muso cho‘g‘ni ushladi, qo‘li kuyib darhol uni og‘ziga olib borganda, qo‘liga ilashib chiqqan cho‘g‘ Musoning tilini kuydirdi. Shundan so‘ng Musoning tili duduq bo‘lib qolgan edi. Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 236-bet) (duduqlikni) yechib yuborgin, toki ular (qavmim) gapimni anglasinlar. Menga o‘z ahlimdan vazir qilgin, ya’ni birodarim Horunni. U bilan belimni baquvvat qilgin. Va uni ishimda (ya’ni payg‘ambarlik ishida) sherik qilgin. Toki, biz Senga ko‘proq tasbeh aytaylik, va Seni ko‘proq yod etaylik. Albatta, Sen bizni ko‘ruvchi zotsan. Alloh dedi: «So‘ragan narsang senga ato etildi, ey, Muso!». (Toha, 24-36.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 05:54:32
Alloh taolo Muso (a.s.)ning duolarini ijobat qilib, talablarini qondirganini «Maryam» surasida ham ta’kidlaydi:

وَوَهَبْنَا لَهُ مِنْ رَحْمَتِنَا أَخَاهُ هَارُونَ نَبِيًّا


«Biz unga o‘z fazlimiz bilan birodari — Horunni payg‘ambar qilib berdik». (Maryam. 53.)

Oysha onamiz (r.a.) haj yo‘lida ketayotib, bir odamning: «Qaysi aka o‘zining ukasiga eng ishonchli sherik bo‘lgan?» - deb savol qilganini eshitdilar. Butun qavmdagilar sukut saqlab, javobga og‘iz ochmadilar. Shunda Oysha onamiz (r.a.) atrofdagilarga dedilar: «Musoning duosi bilan akasi Horunni Alloh taolo eng ishonchli sherik qilgan». (Ibn Kasir, Qisasul anbiyo. Qohira, 236-bet.)

Shunday qilib, Alloh taolo Muso va Horun payg‘ambarlarni birgalikda Fir’avn va uning qavmini hidoyatga chaqirish uchun Misrga yubordi.

وَإِذْ نَادَى رَبُّكَ مُوسَى أَنِ ائْتِ الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ (١٠)قَوْمَ فِرْعَوْنَ أَلا يَتَّقُونَ (١١)قَالَ رَبِّ إِنِّي أَخَافُ أَنْ يُكَذِّبُونِ (١٢)وَيَضِيقُ صَدْرِي وَلا يَنْطَلِقُ لِسَانِي فَأَرْسِلْ إِلَى هَارُونَ (١٣)وَلَهُمْ عَلَيَّ ذَنْبٌ فَأَخَافُ أَنْ يَقْتُلُونِ (١٤)قَالَ كَلا فَاذْهَبَا بِآيَاتِنَا إِنَّا مَعَكُمْ مُسْتَمِعُونَ (١٥)فَأْتِيَا فِرْعَوْنَ فَقُولا إِنَّا رَسُولُ رَبِّ الْعَالَمِينَ (١٦)أَنْ أَرْسِلْ مَعَنَا بَنِي إِسْرَائِيلَ (١٧)قَالَ أَلَمْ نُرَبِّكَ فِينَا وَلِيدًا وَلَبِثْتَ فِينَا مِنْ عُمُرِكَ سِنِينَ (١٨)وَفَعَلْتَ فَعْلَتَكَ الَّتِي فَعَلْتَ وَأَنْتَ مِنَ الْكَافِرِينَ

«(Ey Muhammad,) eslang, Robbingiz Musoga nido qilib: «Zolimlar qavmiga borgin — Fir’avn qavmiga. Ular (Mendan) qo‘rqmaydilarmi?» - degan edi. Muso aytdi: «Ey Robbim, (borurman, lekin) ular meni yolg‘onchi qilishlaridan qo‘rqaman. Dilim tang bo‘lur, tilim esa burro emas. Bas, (birodarim) Horunga ham (payg‘ambarlik) yuborgin! Yana ular nazdida mening gunohim bor. Bas, meni o‘ldirib qo‘yishlaridan qo‘rqaman». Alloh aytdi: «Yo‘q (o‘ldira olmaslar)! Bas, (Horun bilan) mo‘‘jizalarimizni olib boringlar! Albatta, Biz sizlar bilan birga (savol-javoblaringizni) tinglab turuvchidirmiz. Bas, ikkovingiz Fir’avnga borib aytinglar: «Haqiqatan, biz olamlar Parvardigorining elchilarimiz. Isroil avlodini bizga qo‘shib (o‘z yurtlari — Falastinga) jo‘natgin! Fir’avn Musoga dedi: «Biz seni bolalik chog‘ingda o‘z ichimizda tarbiyalamaganmidik, umringning bir necha yilida oramizda turgan eding-ku! Keyin noshukrlardan bo‘lib qilgan ishingni qilgan eding-ku!». (Shuaro, 10-19.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 05:55:55
Alloh taolo Muso (a.s.) va Horun (a.s.)ni Fir’avnning huzuriga yuborar ekan, uning va qavmining huzurida qo‘pollik qilmasdan, o‘zlarini odob doirasida saqlashni, imkonlarining boricha muloyimlik bilan da’vat qilishni, Fir’avn xudolik da’vosini qilib, adashayotganini, u Allohning oddiy bandalaridan biri ekanligini, u o‘ziga noloyiq da’vo sababli, uning qavmi esa unga ergashganligi sababli zalolatda ekanligini aytib, zarur bo‘lganda mo‘‘jiza ko‘rsatish bilan o‘zlarining haq payg‘ambarliklarini isbotlashni buyurdi. Shu bilan birga ularning zimmasiga Fir’avndan Isroil avlodiga o‘z yerlari — Falastinga chiqib ketishga ijozat berishini talab qilishni ham yukladi:

اذْهَبَا إِلَى فِرْعَوْنَ إِنَّهُ طَغَى (٤٣)فَقُولا لَهُ قَوْلا لَيِّنًا لَعَلَّهُ يَتَذَكَّرُ أَوْ يَخْشَى

«Ikkovingiz Fir’avnning oldiga boringiz, chunki u (Men — xudoman), deb haddidan oshdi. Bas, unga yumshoq so‘z so‘zlangiz! Shoyad, u eslatma olsa yoki (halok bo‘lishidan) qo‘rqsa». (Toha,  43-44.)

Har qanday odamning qalbini zabt etish uchun unga shirin muomala, yumshoq so‘z, ochiq yuz bilan ro‘baro‘ bo‘lish kerak. Shuning chun ham Alloh taolo barcha payg‘ambarlarga xuddi shunday sifatni fazilat qilib bergan. Qaysi payg‘ambarning tarixini o‘qimang, u o‘z qavmiga shirin muomala qilganini, qavmning inkoriga, tazyiqiga matonat bilan chidaganining guvohi bo‘lamiz.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 05:58:35
Ustoz H. S. Karomatovning payg‘ambarlar tarixiga oid yozgan kitobini «Xo‘rlangan payg‘ambarlar g‘alabasi» deb nomlashi ham bejiz emas. Bunda barcha payg‘ambarlar o‘z qavmlari tomonidan qo‘pollik, munkirlik bilan qarshi olinib, ularga nisbatan yomon munosabatda bo‘lishgani, xo‘rlashgani, azoblashgani, shunga qaramay, payg‘ambarlar sabr-matonat, afv-mag‘firat, rahm-muruvvat ko‘rsatishib, oxir-oqibat g‘oliblik ular tarafida bo‘lganiga ishora bor.

Payg‘ambarlardan biri Yunus (a.s.)ning ana shu xos fazilatdan biroz chekinishlari natijasi esa, u kishining o‘zlari jiddiy sinovga giriftor bo‘lishlari bilan yakunlandi. Agar Yunus (a.s.) Allohga ma’qul bo‘ladigan iltijoni qilmaganlarida, bu chekinish nima bilan yakunlanishi faqat Allohga ayon edi, ya’ni nahang qornida qiyomatgacha qolib ketishlari mumkin edi.

Shuning uchun Alloh taolo Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni payg‘ambar qilib, Quraysh ahlini da’vat etishga yuborayotganda shunday dedi:

لِيَحْمِلُوا أَوْزَارَهُمْ كَامِلَةً يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَمِنْ أَوْزَارِ الَّذِينَ يُضِلُّونَهُمْ بِغَيْرِ عِلْمٍ أَلا سَاءَ مَا يَزِرُونَ

«(Ey Muhammad,) Rabbingizning yo‘li (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da’vat qiling! Ular bilan eng go‘zal uslubda munozara qiling!». (Nahl, 25.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 06:00:11
«Ankabut» surasida esa «Ahli kitoblar»ga ham muloyim muomala qilishga, ular bilan qo‘pollik qilib, mujodala qilmaslikka buyurgan:

وَلا تُجَادِلُوا أَهْلَ الْكِتَابِ إِلا بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ إِلا الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْهُمْ وَقُولُوا آمَنَّا بِالَّذِي أُنْزِلَ إِلَيْنَا وَأُنْزِلَ إِلَيْكُمْ وَإِلَهُنَا وَإِلَهُكُمْ وَاحِدٌ وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ


«(Ey mo‘minlar) sizlar ahli kitob bilan faqat eng chiroyli uslubda munozara qilinglar, illo ularning orasidagi zulm (tajovuz) qilganlar bundan mustasnodirlar». (Ankabut, 46.)

Vahb ibn Munabbahning aytishicha, Alloh taolo Muso va Horunga «Bas, unga yumshoq so‘z so‘zlangiz!» deganida:  «Mening kechiruvchiligim va mag‘firatim g‘azabimdan va azobimdan osonroq»ligini aytinglar», - degan edi.

وَكَذَلِكَ أَنْزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ فَالَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ يُؤْمِنُونَ بِهِ وَمِنْ هَؤُلاءِ مَنْ يُؤْمِنُ بِهِ وَمَا يَجْحَدُ بِآيَاتِنَا إِلا الْكَافِرُونَ


«Bas, sizlar uning oldiga borib (aytinglar): «Biz Parvardigoringning elchilaridirmiz. Isroil avlodini biz bilan birga qo‘yib yuborgin, ularni azoblamagin. Biz senga Rabbing tomonidan hujjat keltirdik. Hidoyatga ergashganlarga salom (omonlik) bo‘lur». (O’sha sura, 47.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 06:01:44
Muso (a.s.) bilan Horun (a.s.) Fir’avnning huzuriga borib, uni Haq yo‘liga chaqirishdi. Fir’avn Muso (a.s.)ga:

قَالَ أَلَمْ نُرَبِّكَ فِينَا وَلِيدًا وَلَبِثْتَ فِينَا مِنْ عُمُرِكَ سِنِينَ (١٨)وَفَعَلْتَ فَعْلَتَكَ الَّتِي فَعَلْتَ وَأَنْتَ مِنَ الْكَافِرِينَ (١٩)قَالَ فَعَلْتُهَا إِذًا وَأَنَا مِنَ الضَّالِّينَ (٢٠)فَفَرَرْتُ مِنْكُمْ لَمَّا خِفْتُكُمْ فَوَهَبَ لِي رَبِّي حُكْمًا وَجَعَلَنِي مِنَ الْمُرْسَلِينَ (٢١)وَتِلْكَ نِعْمَةٌ تَمُنُّهَا عَلَيَّ أَنْ عَبَّدْتَ بَنِي إِسْرَائِيلَ (٢٢)قَالَ فِرْعَوْنُ وَمَا رَبُّ الْعَالَمِينَ (٢٣)قَالَ رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالأرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا إِنْ كُنْتُمْ مُوقِنِينَ (٢٤)قَالَ لِمَنْ حَوْلَهُ أَلا تَسْتَمِعُونَ (٢٥)قَالَ رَبُّكُمْ وَرَبُّ آبَائِكُمُ الأوَّلِينَ (٢٦)قَالَ إِنَّ رَسُولَكُمُ الَّذِي أُرْسِلَ إِلَيْكُمْ لَمَجْنُونٌ

«Biz seni bolalik chog‘ingda o‘z ichimizda tarbiyalamaganmidik, umringning bir necha yilida oramizda turgan eding-ku! Keyin noshukrlardan bo‘lib qilgan ishingni qilgan eding-ku!» (Muso (a.s.) aytdi: «O’shanda men u ishni yanglishganlardan bo‘lib qilgan edim. So‘ngra sizlardan qo‘rqib qochib ketdim. Keyin Rabbim menga hikmat berdi va meni payg‘ambarlardan qildi. O’sha sen menga minnat qilayotgan ne’mat (aslida) sen Isroil avlodini qul qilib olishing tufaylidir. Fir’avn dedi: «Olamlarning Parvardigori (deganing) nima?» (Muso) aytdi: «Agar ishonadigan bo‘lsanglar, U osmonlar va Yerning hamda ularning orasidagi barcha narsalarning Parvardigori (murabbiysi)dir». (Fir’avn) atrofidagi (a’yon)lariga: «Eshitmayapsizlarmi?!», - dedi. (Muso) aytdi: «U sizlarning ham, o‘tgan ota-bobolaringizning ham Parvardigoridir. (Fir’avn) dedi: «Sizlarga yuborilgan bu payg‘ambaringiz, qasamki, jinnidir». (Shuaro, 18-27.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 06:08:02
قَالَ فَمَنْ رَبُّكُمَا يَا مُوسَى (٤٩)قَالَ رَبُّنَا الَّذِي أَعْطَى كُلَّ شَيْءٍ خَلْقَهُ ثُمَّ هَدَى (٥٠)قَالَ فَمَا بَالُ الْقُرُونِ الأولَى (٥١)قَالَ عِلْمُهَا عِنْدَ رَبِّي فِي كِتَابٍ لا يَضِلُّ رَبِّي وَلا يَنْسَى

«Fir’avnga kelib, mazkur so‘zlarni aytishgach, u dedi: «Ikkingizning rabbingiz kim, ey Muso?» (Muso) aytdi: «Rabbimiz har bir narsaga O’z yaratuvchiligini ado etib (ko‘rsatib), so‘ngra (uni) to‘g‘ri yo‘lga yo‘llagan zotdir». (Fir’avn) dedi: «Unda avvalgi avlodlarning holi nedir? (Rabbing ularni ham azoblaganmi?)». (Muso) aytdi: «Ular haqidagi ma’lumot Rabbim huzuridagi Kitob (Lavhul-mahfuz)dadir. Rabbim adashmas va unutmas». ( Toha, 49-52.)

Buni eshitgan Fir’avn juda g‘azablandi va:

قَالَ لَئِنِ اتَّخَذْتَ إِلَهًا غَيْرِي لأجْعَلَنَّكَ مِنَ الْمَسْجُونِينَ (٢٩)قَالَ أَوَلَوْ جِئْتُكَ بِشَيْءٍ مُبِينٍ (٣٠)قَالَ فَأْتِ بِهِ إِنْ كُنْتَ مِنَ الصَّادِقِينَ

«Qasamki, agar mendan o‘zgani iloh qilib oladigan bo‘lsang, albatta, men seni zindonbandlardan qilurman». - dedi. (Muso) aytdi: «Agar men senga aniq narsa (mo‘‘jiza) keltirsam-chi? (Fir’avn) dedi: «Bas, agar rostgo‘ylardan bo‘lsang, o‘sha mo‘‘jizangni keltir-chi!». (Shuaro, 29.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 06:14:38
Alloh taolo Muso (a.s.)ni bir necha payg‘ambarlik mo‘‘jizalari bilan quvvatlagan edi. Ularning biri qo‘llaridagi hassalari edi. Muso (a.s.) hassalarini yerga tashladilar, u shu ondayoq ajdarhoga aylandi. Qo‘llarini qo‘ynilaridan chiqargan edilar, hammayoq munavvar bo‘lib ketdi.

Ammo Fir’avn ham a’yonlar ham bu hodisani payg‘ambarlik mo‘‘jizasi emas, oddiy sehr  deb o‘ylashdi.

قَالَ لِلْمَلإ حَوْلَهُ إِنَّ هَذَا لَسَاحِرٌ عَلِيمٌ (٣٤)يُرِيدُ أَنْ يُخْرِجَكُمْ مِنْ أَرْضِكُمْ بِسِحْرِهِ فَمَاذَا تَأْمُرُونَ (٣٥)قَالُوا أَرْجِهْ وَأَخَاهُ وَابْعَثْ فِي الْمَدَائِنِ حَاشِرِينَ (٣٦)يَأْتُوكَ بِكُلِّ سَحَّارٍ عَلِيمٍ ٧

«Fir’avn atrofidagi zodagonlarga: «Aniqki, bu (Muso) bilimdon sehrgardir. U o‘z sehri bilan sizlarni o‘z yerlaringizdan chiqarmoqchi. Nima deysizlar?» - dedi. Ular aytishdi: «Uni va akasi (Horunni) qo‘yib turgin-da, hamma shaharlarga (sehrgarlarni yig‘ib keladigan kishilarni) jo‘natgin! Ular senga barcha o‘tkir sehrgarlarni keltirsinlar!». (Shuaro, 34-37.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 07:35:11
قَالَ أَجِئْتَنَا لِتُخْرِجَنَا مِنْ أَرْضِنَا بِسِحْرِكَ يَا مُوسَى (٥٧)فَلَنَأْتِيَنَّكَ بِسِحْرٍ مِثْلِهِ فَاجْعَلْ بَيْنَنَا وَبَيْنَكَ مَوْعِدًا لا نُخْلِفُهُ نَحْنُ وَلا أَنْتَ مَكَانًا سُوًى (٥٨)قَالَ مَوْعِدُكُمْ يَوْمُ الزِّينَةِ وَأَنْ يُحْشَرَ النَّاسُ ضُحًى


(Fir’avn) dedi: «Sen o‘z sehring bilan bizlarni yerimizdan chiqarish uchun keldingmi, ey Muso? U holda, bizlar ham senga xuddi o‘shanday sehr keltirurmiz. Bas, sen o‘zing bilan bizlarning o‘rtamizda bir joy tanlaginki, u sen ham, bizlar ham qarshilik qilmaydigan o‘rta bir joy bo‘lsin». (Muso) aytdi: «Va’da ziynat (bayram) kunidir. Odamlar choshgohda to‘planurlar». (Toha, 57-59.)

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Ziynat — bayram kuni bu Ashuro kuni edi. Alloh taolo shu kunda payg‘ambari Muso (a.s.)ni sehrgarlar ustidan g‘alaba qildirdi».

قَالَ لَهُمْ مُوسَى وَيْلَكُمْ لا تَفْتَرُوا عَلَى اللَّهِ كَذِبًا فَيُسْحِتَكُمْ بِعَذَابٍ وَقَدْ خَابَ مَنِ افْتَرَى

«Fir’avn o‘z a’yonlarining maslahati bilan mamlakatning hamma taraflariga odam yuborib, eng zo‘r sehrgarlarni yig‘ishni buyurdi. Ularni Muso (a.s.) bilan yuzma-yuz qildi. «Muso ularga (sehrgarlarga) dedi: «Hollaringa voy! Sizlar Alloh sha’niga yolg‘on to‘qimangiz (mo‘‘jizani sehr demangiz), aks holda (Alloh) sizlarni azob bilan halok qilur! Yolg‘on to‘qiganlar noumid bo‘lishlari aniqdir». (O’sha sura, 61.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 08:15:33
وَجَاءَ السَّحَرَةُ فِرْعَوْنَ قَالُوا إِنَّ لَنَا لأجْرًا إِنْ كُنَّا نَحْنُ الْغَالِبِينَ (١١٣)قَالَ نَعَمْ وَإِنَّكُمْ لَمِنَ الْمُقَرَّبِينَ

«Fir’avn huzuriga sehrgarlar kelib: «Agar biz g‘olib bo‘lsak, bizga mukofot bormi?» - dedilar. «Albatta! - dedi u, - Sizlar menga yaqinlardan bo‘lursizlar». (A’rof, 113-114.) 
  
فَأَجْمِعُوا كَيْدَكُمْ ثُمَّ ائْتُوا صَفًّا وَقَدْ أَفْلَحَ الْيَوْمَ مَنِ اسْتَعْلَى (٦٤)قَالُوا يَا مُوسَى إِمَّا أَنْ تُلْقِيَ وَإِمَّا أَنْ نَكُونَ أَوَّلَ مَنْ أَلْقَى (٦٥)قَالَ بَلْ أَلْقُوا فَإِذَا حِبَالُهُمْ وَعِصِيُّهُمْ يُخَيَّلُ إِلَيْهِ مِنْ سِحْرِهِمْ أَنَّهَا تَسْعَى

«(Sehrgarlar bir-birlariga shivirlashib dedilar): «Bas, makr-hiylangizni yig‘ingiz, so‘ng saf tortib kelingiz. Bugun ustun bo‘lganlar iqbolli bo‘lurlar». (Maslahatlari bitgach), dedilar: «Ey Muso, sen (qo‘lingdagi asoyingni) tashlaysanmi yoki bizlar birinchi tashlovchi bo‘laylikmi?». (Muso) dedi: «Yo‘q, sizlar tashlanglar!». (Toha, 64-66.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 08:21:55
Sehrgarlar yerga tashlagan ip va tayoqlar qo‘rqinchli ilonlarga aylanib, hamma yoq to‘lib ketdi. Hatto Muso (a.s.) ham ularni ko‘rib qo‘rqib ketdilar. Ammo Alloh taolo buyurdi:

قُلْنَا لا تَخَفْ إِنَّكَ أَنْتَ الأعْلَى (٦٨)وَأَلْقِ مَا فِي يَمِينِكَ تَلْقَفْ مَا صَنَعُوا إِنَّمَا صَنَعُوا كَيْدُ سَاحِرٍ وَلا يُفْلِحُ السَّاحِرُ حَيْثُ أَتَى

«Biz aytdik: «Qo‘rqmagin! Albatta, sen o‘zing oliy (g‘olib)dirsan. Qo‘lingdagi narsani (asoyingni) tashlagin, ular yasagan narsalarni yutib yuborur. Ularning yasagani faqat bir sehrgarning makridir. Sehrgar esa, qaerda bo‘lmasin zafar topmas». (O’sha sura, 68-69.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 08:23:14
Shu on Muso (a.s.) yerga tashlagan asolari katta ajdarhoga aylanib, sehrgarlar paydo qilgan ilonlarni bitta qo‘ymay yutib yubordi.

فَأَلْقَى مُوسَى عَصَاهُ فَإِذَا هِيَ تَلْقَفُ مَا يَأْفِكُونَ (٤٥)فَأُلْقِيَ السَّحَرَةُ سَاجِدِينَ (٤٦)قَالُوا آمَنَّا بِرَبِّ الْعَالَمِينَ (٤٧)رَبِّ مُوسَى وَهَارُونَ (٤٨)قَالَ آمَنْتُمْ لَهُ قَبْلَ أَنْ آذَنَ لَكُمْ إِنَّهُ لَكَبِيرُكُمُ الَّذِي عَلَّمَكُمُ السِّحْرَ فَلَسَوْفَ تَعْلَمُونَ لأقَطِّعَنَّ أَيْدِيَكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ مِنْ خِلافٍ وَلأصَلِّبَنَّكُمْ أَجْمَعِينَ

«So‘ngra Muso asosini tashlagan edi, birdan u (aso) ularning «yasama»larini yuta boshladi. Bas, u sehrgarlar sajda qilgan hollarida yerga yiqildilar. «Barcha olamlarning Parvardigoriga, ya’ni Muso va Horunning Parvardigoriga imon keltirdik» - dedilar. (Fir’avn g‘azab bilan) aytdi: «Men izn bermay turib unga imon keltirdingizmi?! Albatta, u (Muso) sizlarga sehr o‘rgatgan kattangizdir. Bas, yaqinda bilursiz. Albatta, men oyoq-qo‘llaringizni qarama-qarshisiga (o‘ng qo‘l, chap oyog‘ingizni yoki aksincha) kesurman va sizlarning barchangizni osib tashlayman!». (Shuaro, 45-49.)

قَالَ آمَنْتُمْ لَهُ قَبْلَ أَنْ آذَنَ لَكُمْ إِنَّهُ لَكَبِيرُكُمُ الَّذِي عَلَّمَكُمُ السِّحْرَ فَلأقَطِّعَنَّ أَيْدِيَكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ مِنْ خِلافٍ وَلأصَلِّبَنَّكُمْ فِي جُذُوعِ النَّخْلِ وَلَتَعْلَمُنَّ أَيُّنَا أَشَدُّ عَذَابًا وَأَبْقَى

(Fir’avn) aytdi: «Men izn bermay turib, unga imon keltirdingizmi?! Shubhasiz, u sizlarga sehr o‘rgatgan kattangizdir. Bas, endi (men), albatta, oyoq-qo‘llarin gizni qarama-qarshisiga (o‘ng qo‘l, chap oyog‘ingizni yoki aksincha) kesurman va sizlarni xurmo shoxlariga osurman, (o‘shanda) qaysimizning (ya’ni, meningmi yoki Musoning xudosi) azobi qattiqroq va boqiyroq ekanini bilib olursiz». (Toha, 71.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 08:27:07
Said ibn Jubayr, Ikrima, Qosim ibn Abi Burda va al-Avzo‘iylarning aytishlaricha, sehrgarlar imon keltirib yerga sajda qilgan onda, ularga jannatda tayyorlab qo‘yilgan ulug‘ maqomlar, bog‘lar va qasrlar ko‘rsatilgan. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 245-bet.) Shu sababli ular Fir’avnning tahdididan qo‘rqmadilar va e’tibor ham bermagan holda dedilar:

قَالُوا لا ضَيْرَ إِنَّا إِلَى رَبِّنَا مُنْقَلِبُونَ (٥٠)إِنَّا نَطْمَعُ أَنْ يَغْفِرَ لَنَا رَبُّنَا خَطَايَانَا أَنْ كُنَّا أَوَّلَ الْمُؤْمِنِينَ

«Ular (sehrgarlar) dedilar: «Zarari yo‘q. Zero, biz Rabbimizga qaytuvchidirmiz. Biz Musoga imon keltirganlarning birinchisi bo‘lganimiz sababli, Rabbimiz bizning gunohlarimizni mag‘firat etishini umid qilurmiz». (Shuaro, 50-51.) 

قَالُوا إِنَّا إِلَى رَبِّنَا مُنْقَلِبُونَ (١٢٥)وَمَا تَنْقِمُ مِنَّا إِلا أَنْ آمَنَّا بِآيَاتِ رَبِّنَا لَمَّا جَاءَتْنَا رَبَّنَا أَفْرِغْ عَلَيْنَا صَبْرًا وَتَوَفَّنَا مُسْلِمِينَ

(Ular) dedilar: «Biz (o‘lsak), albatta, Rabbimiz huzuriga qaytuvchimiz. Sen faqatgina Rabbimiz oyatlari kelganda, ularga imon keltirganimiz uchungina bizdan o‘ch olmoqchisan. Ey Rabbimiz, ustimizga sabr (yomg‘irini) yog‘dir va bizni musulmon holimizda vafot ettir!». (A’rof, 125-126.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 08:28:30
Muso (a.s.) o‘zlariga Alloh taolo tomonidan berilgan fazlni xalq ko‘zida va guvohligida oshkor qilgan va ochiqdan-ochiq mo‘‘jiza ko‘rsatgan bo‘lsalar-da, Fir’avn, Homon va ularning qavmi imon keltirmadilar. Aksincha, ularning Muso qavmiga bo‘lgan adovati yanada oshdi. Bani Isroilning boshiga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar battar kuchaydi.

Fir’avn qavmining zodagonlari aytdilar:

وَقَالَ الْمَلأ مِنْ قَوْمِ فِرْعَوْنَ أَتَذَرُ مُوسَى وَقَوْمَهُ لِيُفْسِدُوا فِي الأرْضِ وَيَذَرَكَ وَآلِهَتَكَ قَالَ سَنُقَتِّلُ أَبْنَاءَهُمْ وَنَسْتَحْيِي نِسَاءَهُمْ وَإِنَّا فَوْقَهُمْ قَاهِرُونَ

«(Ey Fir’avn), Muso va uning qavmini Yer (yuzi)da buzg‘unchilik qilishiga hamda seni va ilohlaringni (tan olmay) tark etishiga qo‘yib berasanmi?» (Fir’avn) dedi: «Ularning o‘g‘illarini (qatli om qilib) qirib tashlab, xotinlarini tirik qoldiramiz va biz ular ustidan g‘olibdirmiz!». (A’rof, 127.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 08:30:08
Haddidan oshgan va zulm-tajovuzkorlikka mukkasidan ketgan Fir’avn va uning qavmi bani Isroil  o‘rtasida ikkinchi bor qatag‘onni boshlab yubordi. Natijada ko‘plab yigitlar qirib tashlandi. Fir’avnning bunday zulmkorligidan sabr kosasi to‘lgan Isroil avlodlarini Muso (a.s.) sabr-bardoshga chaqirdilar:

قَالَ مُوسَى لِقَوْمِهِ اسْتَعِينُوا بِاللَّهِ وَاصْبِرُوا إِنَّ الأرْضَ لِلَّهِ يُورِثُهَا مَنْ يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ

"œMuso (o‘z) qavmiga aytdi: «Allohdan madad so‘rangiz va sabrli bo‘lingiz! Yer Allohnikidir! Uni (O’zi) xohlagan bandalariga meros qilib berur. Oqibat (yaxshiliklari) esa taqvodorlarga tegishlidir". (O’sha sura, 128.)

Bani Isroil  Muso (a.s.)ga imon keltirgan bo‘lsalar-da, Fir’avnning zulmidan o‘ta zerikkanlari uchun, payg‘ambarga nolib shikoyat qildilar. Ular, Muso tug‘ilmasdan oldin ham, hozir ham faqat uning sababidan ozor chekayotganlarini, ikki bor qatli omga duchor bo‘lganlarini minnat qildilar.

قَالُوا أُوذِينَا مِنْ قَبْلِ أَنْ تَأْتِيَنَا وَمِنْ بَعْدِ مَا جِئْتَنَا قَالَ عَسَى رَبُّكُمْ أَنْ يُهْلِكَ عَدُوَّكُمْ وَيَسْتَخْلِفَكُمْ فِي الأرْضِ فَيَنْظُرَ كَيْفَ تَعْمَلُونَ

(Qavm Musoga) dedilar: «(Sen) bizga kelmasingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham ozorlandik. (Muso) dedi: «Rabbingiz dushmaningizni halok etib, sizlarni (Misrdek) yerga o‘rinbosar qilajak va qanday ish qilishingizni ko‘rajak». (O’sha sura, 129.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 08:37:23
Fir’avn qavmini Alloh taolo birin-ketin sinovlarga duchor qila boshladi. Bu haqda oyati karimada shunday xabar berilgan:

وَلَقَدْ أَخَذْنَا آلَ فِرْعَوْنَ بِالسِّنِينَ وَنَقْصٍ مِنَ الثَّمَرَاتِ لَعَلَّهُمْ يَذَّكَّرُونَ

"œFir’avn qavmini zora eslatma olsalar, deb (qahatchilik) yillariga va mevalarning taqchilligiga duchor etdik". (O’sha sura, 130.)

Ammo kofir qavm, ommaviy yetgan bunday azobdan ibrat olish o‘rniga, ularning inod va inkorlari battar zo‘raydi. Ular buni Muso (a.s.)dan yashirib o‘tirmadilar:

وَقَالُوا مَهْمَا تَأْتِنَا بِهِ مِنْ آيَةٍ لِتَسْحَرَنَا بِهَا فَمَا نَحْنُ لَكَ بِمُؤْمِنِينَ (١٣٢)فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ الطُّوفَانَ وَالْجَرَادَ وَالْقُمَّلَ وَالضَّفَادِعَ وَالدَّمَ آيَاتٍ مُفَصَّلاتٍ فَاسْتَكْبَرُوا وَكَانُوا قَوْمًا مُجْرِمِينَ

«(Ular Musoga) aytdilar: «Bizni sehrlash uchun har qanday mo‘‘jiza keltirsang ham, biz senga imon keltiruvchi emasmiz». Shundan keyin ular ustiga to‘fon, chigirtka, bit, baqalar va qon (balolari)ni aniq mo‘‘jizalar sifatida yubordik. (Shundan) so‘ng ham ular kibr qildilar va (o‘zlari oldindan) jinoyatchilar qavmi edilar. (A’rof, 132-133.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 08:56:43
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «To‘fon balosidan murod ekin-tikinlarni va mevalarni to‘kib, yakson qiluvchi davomli yoqqan yomg‘irdir».

Ato va ba’zi olimlarning fikrlaricha, to‘fon o‘limning ko‘p bo‘lishidir.
Mujohid: «To‘fon suv va vabo kasalligidir» - degan.

Oysha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «To‘fon o‘limdir».

Salmon al-Forsiy aytadilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan chigirtka haqida so‘raldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Chigirtka Allohning eng ko‘psonli askarlari bo‘lib, uni men yemayman, sizlarga yeyishni harom ham qilmayman».

Olimlarning e’tirof etishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) chigirtkani haromligi uchun emas, taqvo sababidan yemaganlar, shuningdek poklik sababidan piyoz, sarimsoqni yemaganlar. Ammo boshqa musulmonlarga bu narsalarning iste’moli man etilmaydi.

Abdulloh ibn Abu Avfo aytadilar: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan yetti g‘azotda qatnashganmiz va safarda chigirtkani yeganmiz».

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Qummal donning ichidan chiqadigan qurtdir». Boshqa rivoyatda, qanotsiz chigirtka, deganlar.

Abdurrahmon ibn Zayd ibn Aslam: «Qummal burgadir» - degan.

Zafode’ - (birligi zifda’dir) barchaga mashhur bo‘lgan qurbaqadir. Qibtiylar ovqat uchun og‘izlarini ochsalar, ovqat o‘rniga qurbaqa tushardi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:02:33
Misr hududida toza ichimlik suvi qolmagan edi. Nil daryosidanmi yoki quduq-buloqlardanmi yo biror idishdanmi suv ichmoqchi bo‘lsalar, o‘sha onda qip-qizil qonga aylanardi. Bu holat bani Isroilga bilinmasdan, faqat qibtiylargagina bilinishi ayni mo‘‘jiza edi. (Ibn Kasir. Qisasul anbiyo. Qohira. 256-bet.) 

وَلَمَّا وَقَعَ عَلَيْهِمُ الرِّجْزُ قَالُوا يَا مُوسَى ادْعُ لَنَا رَبَّكَ بِمَا عَهِدَ عِنْدَكَ لَئِنْ كَشَفْتَ عَنَّا الرِّجْزَ لَنُؤْمِنَنَّ لَكَ وَلَنُرْسِلَنَّ مَعَكَ بَنِي إِسْرَائِيلَ

"œUlar ustiga azob tushganda dedilar: «Ey, Muso! Rabbinga sendagi bergan ahdi bilan biz uchun duo qil! Qasamki, agar bizlardan shu azobni ko‘tarsang, albatta, senga imon keltiramiz va sen bilan birga Isroil avlodini (o‘z yurtlariga) jo‘natamiz!"

Ulardan o‘zlari yetib borayotgan ma’lum muddatgacha azobni ko‘targanimizda esa, nogoh ular yana ahdni buzyaptilar.

فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُمُ الرِّجْزَ إِلَى أَجَلٍ هُمْ بَالِغُوهُ إِذَا هُمْ يَنْكُثُونَ (١٣٥)فَانْتَقَمْنَا مِنْهُمْ فَأَغْرَقْنَاهُمْ فِي الْيَمِّ بِأَنَّهُمْ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا وَكَانُوا عَنْهَا غَافِلِينَ

«Bas, Biz ulardan «o‘ch» oldik — oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlari va ulardan g‘aflatda bo‘lganlari sababli ularni dengizga g‘arq qildik». (A’rof, 134-136.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:04:39
Fir’avn Muso (a.s.)ni nihoyatda usta sehrgar deb bilardi. Uni Alloh taolo tarafidan yuborilgan payg‘ambarligini e’tirof etgisi kelmas edi. Qanday yo‘l va tadbir bilan bo‘lmasin, Musoni yolg‘onchi ekanligini qavmiga isbotlab berishni xohlardi. Bu safar endi Musoni yuborgan Allohning o‘zini qidirib ko‘rish, u bilan yuzma-yuz uchrashish, balki uning yo‘qligini shu usul bilan isbotlab berishni istab qoldi.

وَقَالَ فِرْعَوْنُ يَا هَامَانُ ابْنِ لِي صَرْحًا لَعَلِّي أَبْلُغُ الأسْبَابَ (٣٦)أَسْبَابَ السَّمَاوَاتِ فَأَطَّلِعَ إِلَى إِلَهِ مُوسَى وَإِنِّي لأظُنُّهُ كَاذِبًا

"œFir’avn aytdi: «Ey Homon, men uchun bir baland minora qurgin, shoyadki men uning ustiga chiqib yo‘llarga yetsam, osmonlarning yo‘llariga. Zora Musoning ilohini ko‘rsam, darhaqiqat, men uni yolg‘onchi deb gumon qilmoqdaman". (G’ofir, 36-37.)
 
وَقَالَ فِرْعَوْنُ يَا أَيُّهَا الْمَلأ مَا عَلِمْتُ لَكُمْ مِنْ إِلَهٍ غَيْرِي فَأَوْقِدْ لِي يَا هَامَانُ عَلَى الطِّينِ فَاجْعَلْ لِي صَرْحًا لَعَلِّي أَطَّلِعُ إِلَى إِلَهِ مُوسَى وَإِنِّي لأظُنُّهُ مِنَ الْكَاذِبِينَ

Fir’avn: «Ey odamlar, men sizlar uchun o‘zimdan boshqa biror ilohni bilmasman. Bas, ey Homon, loyni pishirib, (g‘isht quyib) men uchun bir baland burj (minora) bino qil, shoyadki, men (uning ustiga chiqib) Musoning ilohini ko‘rsam. Men uni yolg‘onchilardan deb o‘ylamoqdaman» - dedi. (Qosos, 38.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:05:52
Allohning payg‘ambarlari Muso va Horunning da’vatlariga, mo‘‘jizalariga qavm ishonmayotgan bo‘lsa-da, ulardagi biroz ikkilanishni sezgan Fir’avn o‘zini mensimay, Musoning yo‘liga yurib ketishlaridan cho‘chidi va qavmiga o‘z g‘azabini izhor qildi.

وَنَادَى فِرْعَوْنُ فِي قَوْمِهِ قَالَ يَا قَوْمِ أَلَيْسَ لِي مُلْكُ مِصْرَ وَهَذِهِ الأنْهَارُ تَجْرِي مِنْ تَحْتِي أَفَلا تُبْصِرُونَ (٥١)أَمْ أَنَا خَيْرٌ مِنْ هَذَا الَّذِي هُوَ مَهِينٌ وَلا يَكَادُ يُبِينُ (٥٢)فَلَوْلا أُلْقِيَ عَلَيْهِ أَسْوِرَةٌ مِنْ ذَهَبٍ أَوْ جَاءَ مَعَهُ الْمَلائِكَةُ مُقْتَرِنِينَ (٥٣)فَاسْتَخَفَّ قَوْمَهُ فَأَطَاعُوهُ إِنَّهُمْ كَانُوا قَوْمًا فَاسِقِينَ

"œFir’avn o‘z qavmiga jar solib dedi: «Ey qavmim, Misr podshohligi va mana bu ostimdan oqib turgan daryolar meniki emasmi?! Axir ko‘rayapsizlarmi?! Yoki mana bu hozir (maqsadini) ochiq bayon qila olmaydigan kimsadan (Musodan) men yaxshiroq emasmanmi?! Bas, unga oltin bilaguzuklar tashlanganida edi yoki u bilan birga farishtalar hamroh bo‘lib kelganda edi!» Bas, u o‘z qavmini tezlatgan edi, ular unga itoat etdilar. Darhaqiqat, ular fosiq qavm edilar". (Zuxruf, 51-54.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:08:24
Fir’avn hamma jihatdan o‘zidan ustun bo‘lgan va ketma-ket mo‘‘jizalar bilan mot qilib, uning «oliy rabbingizman» deb qilgan da’vosini puchga chiqarayotgan Muso payg‘ambarga teng kelolmasligini tushunib, undan qutulishning eng oxirgi chegarasi — o‘ldirib qutulishni fikr qila boshladi:

وَقَالَ فِرْعَوْنُ ذَرُونِي أَقْتُلْ مُوسَى وَلْيَدْعُ رَبَّهُ إِنِّي أَخَافُ أَنْ يُبَدِّلَ دِينَكُمْ أَوْ أَنْ يُظْهِرَ فِي الأرْضِ الْفَسَادَ (٢٦)وَقَالَ مُوسَى إِنِّي عُذْتُ بِرَبِّي وَرَبِّكُمْ مِنْ كُلِّ مُتَكَبِّرٍ لا يُؤْمِنُ بِيَوْمِ الْحِسَابِ (٢٧)وَقَالَ رَجُلٌ مُؤْمِنٌ مِنْ آلِ فِرْعَوْنَ يَكْتُمُ إِيمَانَهُ أَتَقْتُلُونَ رَجُلا أَنْ يَقُولَ رَبِّيَ اللَّهُ وَقَدْ جَاءَكُمْ بِالْبَيِّنَاتِ مِنْ رَبِّكُمْ وَإِنْ يَكُ كَاذِبًا فَعَلَيْهِ كَذِبُهُ وَإِنْ يَكُ صَادِقًا يُصِبْكُمْ بَعْضُ الَّذِي يَعِدُكُمْ إِنَّ اللَّهَ لا يَهْدِي مَنْ هُوَ مُسْرِفٌ كَذَّابٌ (٢٨)يَا قَوْمِ لَكُمُ الْمُلْكُ الْيَوْمَ ظَاهِرِينَ فِي الأرْضِ فَمَنْ يَنْصُرُنَا مِنْ بَأْسِ اللَّهِ إِنْ جَاءَنَا قَالَ فِرْعَوْنُ مَا أُرِيكُمْ إِلا مَا أَرَى وَمَا أَهْدِيكُمْ إِلا سَبِيلَ الرَّشَادِ

"Fir’avn dedi: «Menga qo‘yib beringlar, Musoni o‘ldiray. (Qani) u Parvardigoriga duo qilsin-chi (unga najot berarmikin)! Men (Muso) sizlarning diningizni o‘zgartirib yuborishidan yoki yer yuzida buzg‘unchilikni avj oldirishidan qo‘rqmoqdaman». Muso aytdi: «Men Rabbim va Rabbingiz bo‘lgan Allohdan Hisob kuniga imon keltirmaydigan barcha mutakabbirlarning yomonligidan panoh berishini so‘rayman. (Shunda) Fir’avn zodagonlaridan bo‘lgan, o‘zining imonini yashirib yuradigan bir mo‘min kishi dedi: «Bir kishini, «Mening Rabbim Allohdir», - degani uchun o‘ldirasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga Rabbingiz tomonidan hujjatlarni keltirgandir. Agar u yolg‘onchi bo‘lsa, yolg‘oni - o‘ziga! Bordiyu rostgo‘y bo‘lsa, u holda sizlarga u va’da qilayotgan azoblardan ayrimlari yetib qoladi-ku! Albatta, Alloh haddan oshuvchi va yolg‘onchi kimsalarni hidoyat qilmas. Ey qavmim, bugun-ku hukmronlik sizlarniki, shu yerda g‘olibsizlar. Endi agar, bizlarga Allohning azobi kelsa, kim bizlarga yordam berur?! Fir’avn aytdi: «Men sizlarga faqat o‘zim ra’y qilayotgan narsani (Musoni o‘ldirishni) ko‘rsatayapman va men sizlarni faqat to‘g‘ri yo‘lga yetaklayman". (G’ofir, 26-29.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:12:07
Mufassirlarning aytishlaricha, imonini yashirgan, Fir’avnning fikriga qarshi chiqib, unga e’tiroz bildirgan va qavmini Allohning azobi tushib qolishidan ogohlantirgan kishi Fir’avnning amakivachchasi edi.

Ibn Abbos aytadilar: «Qibt qabilasidan faqat ikki kishi imon keltirgan bo‘lib, biri shu kishi, ikkinchisi Fir’avnning xotini Osiya binti Mazohim edi».

Mazkur mo‘min kishining ismini ad-Doruqutniy «Sham’on», Ibn Jarir esa «Xayr» deb keltirganlar.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Jihodning eng afzali zolim sulton huzurida rost so‘zlashdir».

«Imonli kishi»ning Fir’avn huzuridagi jur’atli so‘zi Allohning payg‘ambarini himoyasi uchun aytilgani tufayli darajalarning eng yuqorisiga loyiqdir. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 249-bet.)

وَقَالَ الَّذِي آمَنَ يَا قَوْمِ إِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ مِثْلَ يَوْمِ الأحْزَابِ (٣٠)مِثْلَ دَأْبِ قَوْمِ نُوحٍ وَعَادٍ وَثَمُودَ وَالَّذِينَ مِنْ بَعْدِهِمْ وَمَا اللَّهُ يُرِيدُ ظُلْمًا لِلْعِبَادِ

"œImon keltirgan kishi dedi: «Ey qavmim, men sizlarning ustingizga ham xuddi o‘tgan firqalar kuni tushib qolishidan qo‘rqaman. (Ular) Nuh qavmi, Od, Samud qabilalari va ulardan keyingi (kufr yo‘lini tutgan) kimsalarning ishi kabidir. Holbuki, Alloh bandalari uchun zulm qilishni istamas". (G’ofir, 30-31.)   
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:14:39
«Imonli kishi» ularni ko‘p nasihatlar qilib, jon kuydirib hidoyatga chorladi, aniq bilardiki, qavmi agar imonga kelsa, yaxshi, agar imonga kelmasa, unda o‘ziga zarar yetkazishlari ham mumkin. Ammo mo‘‘jiza tufayli «imonli kishi» halokatdan saqlanib qoldi:

فَوَقَاهُ اللَّهُ سَيِّئَاتِ مَا مَكَرُوا وَحَاقَ بِآلِ فِرْعَوْنَ سُوءُ الْعَذَابِ


«Hali men sizlarga aytayotgan so‘zlarni eslaysizlar. Men o‘z ishimni Allohga topshirurman. Zero, Alloh bandalarini ko‘rib turuvchidir». Bas, Alloh u (imon keltirgan kishi)ni ularning yomon makrlaridan saqladi va Fir’avn zodagonlarini yomon azob o‘rab oldi. (G’ofir, 45.)

Muso (a.s.) va Horun (a.s.) qancha sa’y-harakat qilmasinlar, Fir’avn qavmidan juda oz kishi imonga keldi. Mufassirlarning ta’kidlashicha, qibtiylardan faqat uch kishi: Fir’avnning xotini Osiya, amakivachchasi Sham’on va Musoni Fir’avnning g‘azabidan ogohlantirib, hijrat qilishga ko‘ndirgan shaharlik kishi imonga kelgan edilar.

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Mazkur imonga kelgan uch kishidan murod sehrgarlardan boshqalardir».
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:15:39
Ba’zi olimlarning fikrlaricha, Muso va Horunga bani Isroilning hammasi, qibtiylardan ham katta guruh, bundan tashqari sehrgarlarning hammasi imon keltirgan edilar. Bu gapning rostligiga Qur’on oyati dalildir:

فَمَا آمَنَ لِمُوسَى إِلا ذُرِّيَّةٌ مِنْ قَوْمِهِ عَلَى خَوْفٍ مِنْ فِرْعَوْنَ وَمَلَئِهِمْ أَنْ يَفْتِنَهُمْ وَإِنَّ فِرْعَوْنَ لَعَالٍ فِي الأرْضِ وَإِنَّهُ لَمِنَ الْمُسْرِفِينَ

"œMusoga Fir’avn qavmidan faqat bir guruh kishilar Fir’avn va uning zodagonlarining fitna qilishlaridan xavfsiragan holda imon keltirdilar. Zero Fir’avn Yerda «oliy» va isrofgar tajovuzkorlardandir". (Yunus, 83.)

Shayx Abdulaziz Mansur ushbu oyatning tarjimasida: «Musoga qavmidan faqat bir guruh kishilar Fir’avn va uning zodagonlarining fitna qilishlaridan xavfsiragan holda imon keltirdilar» - deb, Isroil avlodlarining barchasi emas, bir qismi imonga kelganligini aytgan.

Mazkur oyatning tafsirida Ibn Kasir shunday deydi: «Illo zurriyyatun min qovmihi» oyatidagi zamir Fir’avnga qaytadi. Chunki oyat mazmunining yo‘nalishi shuni taqozo qiladi. Ba’zilar zamirni Musoga qaytadi, deydilar. Avvalgi gap sahihdir. Chunki, Fir’avnning jabborligidan uning qavmi orasidagi mo‘minlar imonlarini yashirishga majbur bo‘lganlar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:20:24
Musoning qavmi esa, ular imonlarini yashirsalar ham, yashirmasalar ham jabbor podshoh va kofir qavmning zulmi ostida edilar. Shuning uchun Muso (a.s.) o‘z qavmlarini sabrga, tavakkulga chaqirgan edilar:

وَقَالَ مُوسَى يَا قَوْمِ إِنْ كُنْتُمْ آمَنْتُمْ بِاللَّهِ فَعَلَيْهِ تَوَكَّلُوا إِنْ كُنْتُمْ مُسْلِمِينَ (٨٤)فَقَالُوا عَلَى اللَّهِ تَوَكَّلْنَا رَبَّنَا لا تَجْعَلْنَا فِتْنَةً لِلْقَوْمِ الظَّالِمِينَ (٨٥)وَنَجِّنَا بِرَحْمَتِكَ مِنَ الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ


Muso dedi: «Ey qavmim! Allohga imon keltirgan ekansizlar, bas, Unga tavakkul ham qilingizlar, agar musulmon bo‘lsangizlar, albatta». Bas, ular dedilar: «Allohgagina tavakkul qildik. Ey Rabbimiz! Zolimlar qavmiga bizni fitna (aldanuvchi) qilib qo‘ymagin! O’z rahmating bilan bizni kofirlar qavmidan xalos etgin!». (Yunus, 84-86.)

Muso va Horunga imon keltirganlarning soni ko‘paygani va shunga qaramay ular kofirlarning tazyiqi ostida yashashga majbur bo‘lgani uchun, Alloh taolo payg‘ambariga mo‘minlar uchun ibodatxona (masjid) bino qilishni, ko‘p ibodat bilan Allohga iltijo va tazarru’ qilishib, shu yo‘l bilan kofir qavmdan najot topishlarini vahiy qildi:

وَأَوْحَيْنَا إِلَى مُوسَى وَأَخِيهِ أَنْ تَبَوَّآ لِقَوْمِكُمَا بِمِصْرَ بُيُوتًا وَاجْعَلُوا بُيُوتَكُمْ قِبْلَةً وَأَقِيمُوا الصَّلاةَ وَبَشِّرِ الْمُؤْمِنِينَ

Muso va uning birodariga vahiy orqali: «Qavmlaringiz uchun Misrda uylar hozirlangiz va uylaringizni qibla (namozgoh) etib, namoz o‘qingizlar va mo‘minlarga esa (ey, Muso) xushxabar (Bu "œxushxabar" Fir’avn ustidan qilinadigan g‘alabaning xabaridir.) bering!» - deb aytdik. (Yunus, 87.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:22:58
Barcha mo‘minlar ibodatda qoim bo‘lishib, Allohdan najot so‘rashga o‘tdilar. Muso (a.s.) esa butun qavmlariga najot so‘rab, Allohga iltijo bilan shunday duo qildilar:

وَقَالَ مُوسَى رَبَّنَا إِنَّكَ آتَيْتَ فِرْعَوْنَ وَمَلأهُ زِينَةً وَأَمْوَالا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا رَبَّنَا لِيُضِلُّوا عَنْ سَبِيلِكَ رَبَّنَا اطْمِسْ عَلَى أَمْوَالِهِمْ وَاشْدُدْ عَلَى قُلُوبِهِمْ فَلا يُؤْمِنُوا حَتَّى يَرَوُا الْعَذَابَ الألِيمَ (٨٨)قَالَ قَدْ أُجِيبَتْ دَعْوَتُكُمَا فَاسْتَقِيمَا وَلا تَتَّبِعَانِّ سَبِيلَ الَّذِينَ لا يَعْلَمُونَ

Muso dedi: «Ey, Rabbimiz! Sen Fir’avn va uning zodagonlariga bu dunyoda zebu ziynat va molu mulk ato etding. Ey, Rabbimiz! (Bu esa, odamlarni) Sening yo‘lingdan ozdirishlariga sabab bo‘ldi. Ey, Rabbimiz! Mol-mulklarini barbod et va dillarini qattiq qil, toki (qiyomatda) alamli azobni ko‘rmagunlaricha imon keltirmasinlar». Alloh dedi: «Ikkingizning duoingiz ijobat etildi. Endi, to‘g‘ri bo‘lingizlar! Bilmaydiganlarning yo‘liga zinhor ergashmangizlar!». (Yunus, 88-89.)

Muso (a.s.)ning duolari sababidan Alloh taolo Fir’avn va uning qavmi to‘plagan barcha boyliklarni, oltin-kumushlarni, don-dun, urug‘larni oddiy qiymatsiz toshga aylantirdi. Bu voqea xalifa Umar ibn Abdulaziz huzurida so‘zlanganda, u o‘zining bir quliga: «Bor, xaltani olib chiq!» - deb buyurdi. Qul xaltani olib kelganda, uning ichidan toshga aylanib qotib qolgan don va tuxum chiqdi». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 261-bet.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:25:21
Alloh aytadi:

وَأَوْحَيْنَا إِلَى مُوسَى أَنْ أَسْرِ بِعِبَادِي إِنَّكُمْ مُتَّبَعُونَ

"œBiz Musoga: «Bandalarim (Isroil avlodi) bilan tunda yo‘lga chiqqin! Albatta, sizlarning izingizga tushilur» - deb vahiy yubordik". (Shuaro, 52.)   

وَلَقَدْ أَوْحَيْنَا إِلَى مُوسَى أَنْ أَسْرِ بِعِبَادِي فَاضْرِبْ لَهُمْ طَرِيقًا فِي الْبَحْرِ يَبَسًا لا تَخَافُ دَرَكًا وَلا تَخْشَى


Biz Musoga: «Sen bandalarimni (Isroil avlodini) tunda olib ket va (ortingdan) yetib kelishdan xavf qilmagan va (g‘arq bo‘lishdan ham) qo‘rqmagan holingda dengizdan ularga quruq yo‘l och» - deb vahiy yubordik. (Toha, 77.) 

Mufassirlar va ahli kitoblardan ba’zilarining xabar berishlaricha, Muso (a.s.)ga bani Isroilni olib Misrdan chiqib ketish buyurilgan kuni, ular o‘zlarining bir milliy bayramlariga to‘planish uchun Fir’avndan ijozat so‘radilar. Fir’avn ichida norozi bo‘lsa ham, ijozat bermaslikning yo‘lini topolmadi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:26:46
Ahli kitoblardan rivoyat etilishicha, Bani Isroilga Misrdan chiqib ketishga amr etilgach, Alloh taolo ushbu oyni ularning yilboshiga aylantirdi va ularga har bir oila o‘zlari uchun yangi tug‘ilgan qo‘zi so‘yish, agar ular bunga muhtoj bo‘lmasalar, qo‘shnilarga yordam berish buyurildi. Qo‘zilar so‘yilgandan keyin, uning qoni bilan darvozalariga alomat qo‘yish ham ta’kidlandi. Qo‘zi a’zolarining hamma go‘shtlarini, qaynatib emas, qovurib yeyish, ulardan biror narsani qoldirmaslik, uydan tashqariga hech narsa chiqarmaslik, qo‘zining suyagini sindirmaslik, endi yetti kungacha ovqatlari faqat patir non bo‘lishi buyurildi.  Bani Isroil bu ajoyib ziyofatni bahor payti, yangi yilning birinchi oyi, o‘n to‘rtinchi kunida boshladilar. Ularga yana shart qilindiki, taomlanayotgan vaqtlarida bellari belbog‘ bilan mahkam bog‘langan, oyoqlaridan mahsilari yechilmagan, hassalari qo‘llarida bo‘lgan va tik turgan holda taomni tez-tez tanovul qilsinlar. Ovqatdan ortib qolsa, uni kelgusi kunga saqlab qo‘ymasdan, o‘tda kuydirib yuborsinlar.

Isroil avlodlariga mana shu ajoyib ziyofat kuni shar’an bayram kuniga aylandi va to Tavrot dunyoda mavjud va ma’mul ekan bu bayram davom etadi. Shu kechada Misrliklar bani Isroilni unutsinlar va o‘zlari bilan ovora bo‘lsinlar deb, Alloh taolo Qibt qabilasi odamlaridan va chorva mollaridan juda ko‘pini o‘ldirdi.

Misrliklar o‘zlarining musibatlari bilan band ekanlar, bani Isroil tun yarmida Misrdan chiqishib, Shom tarafiga qarab yurib ketishdi.

Bani Isroilning Misrdagi turg‘unlik hayoti to‘rt yuz o‘ttiz yilni tashkil etdi. Ular Misrdan qochib chiqqan yil «Fasx» yili bo‘lib, ana shu yil munosabati bilan «Fasx» bayrami tashkil etilgan. Bani Isroilning e’tirof etishlaricha, ularning muqaddas kitoblarida shar’iy qilingan uchta bayram bo‘lib, birinchisi «Fasx» (Nasroniylarning "œPasxa" bayrami yahudiylarning mazkur bayramlarining davomidir)  bayrami, ikkinchisi «Fitr» (Musulmonlar singari yahudiylarda ham "œiydul-fitr", ya’ni Ramazon hayiti mavjud) bayrami, uchinchisi «Himl» (Misrdan chiqib ketishga Fir’avn izn bergan kechada, hamma yahudiylar yeyish uchun qo‘zi so‘yishga buyurilgan va shu kuni ularda ozodlik bayrami hisoblanadi. Shu munosabat bilan bu bayram "œiydul-himl", ya’ni qo‘zi so‘yish bayrami deyiladi) bayrami deb nomlanadi.

Misrdan Muso va Horun (a.s.)lar bilan chiqqan yahudiylar soni yetti yuz ming erkak edi. Bu hisobga ayollar va cho‘rilar kirmaydi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:30:18
Ahli kitoblarning aytishlaricha, Allohning amri bilan bani Isroil bayramga bezanib chiqish uchun Fir’avn qavmlaridan turli qimmatbaho taqinchoqlarni ijaraga oldilar. Juda ko‘p boylikni o‘zlari bilan olib, kechasi Shom tarafga qarab yurishni tezlatdilar. Ular Misrdan chiqishda Yusuf payg‘ambarning tobutlarini ham olib ketdilar. Bani Isroil kechayu kunduz yo‘l yurdilar, ularga kunduzi bulut soya qilar, oq nurdan bo‘lgan ustun ularni yo‘lga boshlar, kechasi esa olov ustun ularning yo‘lini yoritar edi. Shu bo‘yi ular yo‘l yurib, dengiz sohiliga yetdilar. 

Muso va uning qavmi Misrdan chiqib, Shom tarafga qochib ketayotganining xabari Fir’avnga yetib kelgach, u o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoldi va tezlik bilan askar to‘plab, bani Isroilning izidan quvishga tushdi.

فَأَتْبَعُوهُمْ مُشْرِقِينَ (٦٠)فَلَمَّا تَرَاءَى الْجَمْعَانِ قَالَ أَصْحَابُ مُوسَى إِنَّا لَمُدْرَكُونَ

Bas, (Fir’avn lashkari) tong paytida ularning iziga tushdilar. Bas, qachonki, ikki jamoa bir-birini ko‘rishgach, Musoning hamrohlari: «Bizlar aniq tutildik» - dedilar. (Shuaro, 60-61)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:35:30
Fir’avnning quvib kelayotganini ko‘rib, qavm dahshatga tushdi. Ularning ba’zilari: «Qul bo‘lsak ham Misrda qolganimiz mana shu cho‘lda o‘lib ketganimizdan yaxshiroq edi» - deb afsus chekishdi. Ularni Muso (a.s.): «Qo‘rqmanglar, Fir’avn va uning askarlari endi Misrga qaytib borisholmaydi» - deb tinchlantirdilar. Alloh taolo aytadi:

قَالَ كَلا إِنَّ مَعِيَ رَبِّي سَيَهْدِينِ

(Muso) aytdi: «Yo‘q, men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta, U meni (xavfsiz) yo‘lga boshlar!». (Shuaro, 60-62.) 

Alloh taolo payg‘ambari Musoga najot yo‘lini ko‘rsatib, qo‘lidagi aso bilan dengizni urishni buyurdi:

فَأَوْحَيْنَا إِلَى مُوسَى أَنِ اضْرِبْ بِعَصَاكَ الْبَحْرَ فَانْفَلَقَ فَكَانَ كُلُّ فِرْقٍ كَالطَّوْدِ الْعَظِيمِ

"œBas, Biz Musoga: «Asoying bilan dengizni urgin!» - deb vahiy yubordik. Bas, (dengiz) bo‘linib, har bir bo‘lak suv ulkan tog‘ kabi bo‘ldi". (Shuaro, 63.)

Dengiz yorilib, undan o‘n ikkita yo‘l ochildi. Baniy Isroilning o‘n ikki qabilasi alohida-alohida yo‘ldan yura boshladilar. Suv esa Allohning buyrug‘i bilan o‘rkachlar misoli tog‘dek qotib qolgan edi. (Ibn Kasir.  Qisasul-anbiyo. Qohira. 263-bet.) 

Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:37:50
Abdulloh ibn Abbos, Mujohid, Ikrima, ar-Rabi’, az-Zahhok, Qatoda, Ka’bul ahbor, Sammok ibn Harb va boshqa olimlarning rivoyat qilishlaricha, Musoning qavmi dengizdan o‘tib bo‘lganda ham, dengiz harakatsiz holda, mavjlar o‘rkachsimon tog‘dek qotib turar ekan, dengiz sohiliga Fir’avn yetib keldi. Dengizning ko‘rinishi uning yuragiga vahima soldi. Dengizning bunday hay’atda ko‘rinishi faqat qudratli Allohning ishi ekanligini ko‘nglidan o‘tkazdi. Nogahon otining jilovini tortib, dengiz kechuviga tushmadi. Musoning ketidan quvib bekor yo‘lga tushdim, deb afsus chekdi, lekin bu yerdagi afsusdan hech foyda yo‘q edi. Qo‘rqayotganini bildirmaslik uchun o‘zini lashkarlariga jasur va mo‘‘jizakor qilib ko‘rsatishga urindi. Ularga: «Qaranglar, menga itoat qilmasdan, mening mamlakatimdan qochib ketayotgan qullarimni tutib olishim uchun dengiz menga qanday sharoit yaratib, bo‘yin egyapti» - deb xitob qildi.

Ular ham shu yo‘ldan o‘tayotganlarida dengiz ularning ustini suv bilan yopdi va barcha dushman askarlari suvga g‘arq bo‘lishdi.

وَجَاوَزْنَا بِبَنِي إِسْرَائِيلَ الْبَحْرَ فَأَتْبَعَهُمْ فِرْعَوْنُ وَجُنُودُهُ بَغْيًا وَعَدْوًا حَتَّى إِذَا أَدْرَكَهُ الْغَرَقُ قَالَ آمَنْتُ أَنَّهُ لا إِلَهَ إِلا الَّذِي آمَنَتْ بِهِ بَنُو إِسْرَائِيلَ وَأَنَا مِنَ الْمُسْلِمِينَ (٩٠)آلآنَ وَقَدْ عَصَيْتَ قَبْلُ وَكُنْتَ مِنَ الْمُفْسِدِينَ

«Isroil avlodini dengizdan o‘tkazdik. Fir’avn va uning lashkarlari ular ortidan zo‘ravonlik va zulm yuzasidan ergashdilar. Unga (Fir’avnga) g‘arq bo‘lish soati yetishganda aytdi: «Imon keltirdimki, Isroil avlodi imon keltirgan Zotdan o‘zga iloh yo‘qdir. Men ham musulmonlardanman». (Alloh dedi): «Endimi?! Axir, sen ilgari itoatsizlik qilganding va buzg‘unchilardan eding-ku! (Yunus, 90-91.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:42:07
Abu Dovud at-Tayolisiy rivoyatida Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Menga Jabroil (a.s.) shunday dedi: «Dengiz yutgan kuni Fir’avnga Allohning rahmati yetib qolmasin deb uning og‘ziga qanday urganimni ko‘rsangiz edi».

Said ibn Jubayr rivoyatida Ibn Abbos (r.a.) dedilar: «Alloh taolo Fir’avnni suvga g‘arq qilgan paytda, u barmoqlari bilan ishora qilib, baland ovozda: «Men Isroil avlodlari imon keltirgan yagona Allohga imon keltirdim!» - dedi. Jabroil (a.s.) Fir’avnga Allohning g‘azabidan oldin rahmati yetib qolishidan qo‘rqib, uning yuziga qanotlari bilan urib hushidan ketkizdilar».

Zahhok ibn Qays odamlarga qilgan mav’izasida shunday rivoyat qiladi: «Jabroil (a.s.) dedilar: «Dunyoda men hech kimni «Men oliy rabbingizman» -degan Fir’avnchalik yomon ko‘rmaganman. Shuning uchun ham u g‘arq bo‘lishini bilib Allohga imon keltirgan vaqtda uning og‘ziga loy bilan urib to‘ldirganman». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 266-bet.)   
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:44:01
Ibn Abbos (r.a.) va boshqa bir necha olimlarning aytishlaricha, bani Isroil Fir’avnning o‘limiga ishonmadilar. Hatto ba’zilari: «Fir’avn o‘lmaydigan odam» - deyishardi. Alloh taolo ishonmaganlarga hujjat, o‘zining qudratiga ibrat bo‘lsin uchun dengizga, Fir’avnning jasadini ustidagi jang libosi bilan suv yuziga chiqarishni amr qildi. Alloh aytadi:

فَالْيَوْمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ لِتَكُونَ لِمَنْ خَلْفَكَ آيَةً وَإِنَّ كَثِيرًا مِنَ النَّاسِ عَنْ آيَاتِنَا لَغَافِلُونَ

«Mana bugun sendan keyingilarga belgi (ibrat) bo‘lishing uchun jasadingni qutqarurmiz. Haqiqatan, odamlarning aksariyati oyatlarimizdan g‘ofildirlar». (Yunus, 92.)   

Imom Buxoriy «Sahih»ida rivoyat qilgan hadis Fir’avnning halok bo‘lishi Ashuro kuni sodir bo‘lganini tasdiqlaydi.

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Madinaga kelganlarida, u yerdagi yahudiylar Ashuro kuni ro‘za tutardilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ulardan buning sababini so‘radilar. Ular: «Bu kun Muso payg‘ambar Fir’avndan g‘olib kelgan kun» - deb javob berdilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sahobalarga: «Musoga yahudiylardan ko‘ra sizlar haqdorroqsizlar, shu kuni ro‘za tutinglar!» - dedilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:45:15
Alloh taolo aytadi:

وَأَوْرَثْنَا الْقَوْمَ الَّذِينَ كَانُوا يُسْتَضْعَفُونَ مَشَارِقَ الأرْضِ وَمَغَارِبَهَا الَّتِي بَارَكْنَا فِيهَا وَتَمَّتْ كَلِمَةُ رَبِّكَ الْحُسْنَى عَلَى بَنِي إِسْرَائِيلَ بِمَا صَبَرُوا وَدَمَّرْنَا مَا كَانَ يَصْنَعُ فِرْعَوْنُ وَقَوْمُهُ وَمَا كَانُوا يَعْرِشُونَ (١٣٧)وَجَاوَزْنَا بِبَنِي إِسْرَائِيلَ الْبَحْرَ فَأَتَوْا عَلَى قَوْمٍ يَعْكُفُونَ عَلَى أَصْنَامٍ لَهُمْ قَالُوا يَا مُوسَى اجْعَلْ لَنَا إِلَهًا كَمَا لَهُمْ آلِهَةٌ قَالَ إِنَّكُمْ قَوْمٌ تَجْهَلُونَ

«Bas, (Biz) ulardan «o‘ch» oldik — oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlari va ulardan g‘aflatda bo‘lganlari sababli ularni dengizga g‘arq qildik. Biz barakotli qilib qo‘ygan Yerning mag‘rib va mashriqlariga zaiflashtirilayotgan (xo‘rlanayotgan) qavm (Muso qavmi)ni merosxo‘r qilib qo‘ydik. Sabr qilganlari sababli Isroil avlodiga Rabbingizning chiroyli so‘zlari (bergan va’dasi) o‘z adosini topdi. Fir’avn va uning qavmi qurgan binolari hamda ko‘targan qasru burjlarini vayron qildik». (A’rof, 137-138.)

Alloh taolo Fir’avn va uning a’yonlarini, vazir va amirlarini, qudratli qo‘shinini dengizda halok qildi. Mamlakatda oddiy mehnatkash va hunarmand ra’iyatdan boshqa odam qolmadi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:46:19
Ibn Abdulhakim «Misr tarixi» kitobida shunday yozadi: «Mana shu vaqtdan boshlab ayollarning erkaklar ustidan hukmronligi boshlandi. Amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning beva qolgan xotinlari nasab jihatidan o‘zlaridan past sanalgan oddiy mehnatkash erkaklarga turmushga chiqishga majbur bo‘ldilar. Ammo avvaldan qul yoki xizmatkorga mensimasdan muomala qilib o‘rgangan boyvuchcha ayollar, ularga xotin bo‘lib tekkanlaridan keyin ham o‘z maqomlarini tark etmadilar, erlariga shunday qo‘pol muomala qilishda davom etdilar. Ayollarning bunday dimog‘dorligi, oila jilovini o‘z qo‘llariga olishga intilishlari Misrda hozirgi paytgacha davom etib kelmoqda».

Ahli kitoblar aytadilar: «Alloh taolo Fir’avn va uning qavmini halok qilganidan keyin, Muso (a.s.) va bani Isroil: «O’zining do‘stlari bo‘lgan otliqlarni (Isroil avlodlarini) halokatli dengizdan sog‘-salomat o‘tkazgan, dushman askarlariga esa qahr qilgan qudratli Parvardigorimizni ulug‘laymiz!» - deb tasbih aytdilar.

Nabiyya Maryam qo‘liga childirma olib chiqdi, boshqa ayollar ham childirma, nog‘oralarni ko‘targan holda unga ergashdilar. Maryam jo‘r ayollarga bosh bo‘lgan holda shunday tasbeh aytdi: «Otliq dushmanlarga qahr etib, ularni dengizga uloqtirgan Rabbimizni poklayman».

Nabiyya Maryam Muso va Horunning tug‘ishgan opasi edi. Uning «nabiyya» deb atalishiga sabab, odatda podshoh xonadonidan bo‘lgan har qanday ayol-qizga malika, amirlik xonadonidan bo‘lsa, amira deb murojaat qilinganidek, ikki payg‘ambarning opasi  bo‘lgan Maryamni ham nabiyya deb atashardi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 09:51:15
Maryam va boshqa ayollarning xursandchilikdan childirma va nog‘ora chalishlari Muso (a.s.)ning shariatlarida man etilmagan edi. Shuningdek, nikoh to‘ylarida, g‘oyibni kutib olishda nog‘ora va childirma chalish Muhammad (s.a.v.)ning shariatlarida ham man etilmagan. Oysha onamizning xonadonlarida qizlar childirma chalib o‘yin qilishayotgan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) esa devorga o‘girilib yotgan edilar. Abu Bakr Siddiq kirib qoldilar va qizlarga: «Rasulullohning uylarida Shaytonning o‘yinini qilyapsizlarmi?» - deb zajr qildilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ey Abu Bakr, ularni o‘z holiga qo‘ying, har bir qavmning bayram kuni bo‘ladi, bugun bizning bayramimizdir» - dedilar. 

وَجَاوَزْنَا بِبَنِي إِسْرَائِيلَ الْبَحْرَ فَأَتَوْا عَلَى قَوْمٍ يَعْكُفُونَ عَلَى أَصْنَامٍ لَهُمْ قَالُوا يَا مُوسَى اجْعَلْ لَنَا إِلَهًا كَمَا لَهُمْ آلِهَةٌ قَالَ إِنَّكُمْ قَوْمٌ تَجْهَلُونَ (١٣٨)إِنَّ هَؤُلاءِ مُتَبَّرٌ مَا هُمْ فِيهِ وَبَاطِلٌ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ (١٣٩)قَالَ أَغَيْرَ اللَّهِ أَبْغِيكُمْ إِلَهًا وَهُوَ فَضَّلَكُمْ عَلَى الْعَالَمِينَ

«Isroil avlodini dengizdan o‘tkazganimizda, o‘z sanamlariga sig‘inayotgan bir qavm ustidan chiqib qoldilar-da, aytdilar: «Ey Muso! Ularning ilohlari kabi bizga ham iloh yasab ber!» (Muso): «Sizlar johil qavm ekansizlar. Zero, ularning sig‘inib turgan narsalari barbod bo‘luvchi va qilayotgan ishlari botil (behuda ish)dir». (Muso yana) dedi: «Sizlar uchun olamlar uzra sizlarni afzal qilib qo‘ygan Allohdan o‘zga iloh qidirayinmi?!». (A’rof, 138-140.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 10:02:26
Abu Voqid al-Laysiy shunday rivoyat qiladi: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan Hunayn tarafga jihodga chiqdik. Sidra nomli daraxt yonidan o‘tayotganimizda Rasulullohga: «Bizga ijozat bersangiz, mana shu daraxtdan kofirlar foydalanganlaridek, biz ham qurol-aslahalarimizni unga osib, atrofida aylanib, biroz istirohat qilardik» - dedik. Rasululloh (s.a.v.): «Allohu akbar! Bu gap Isroil avlodlarining gapi edi. Sizlar ham qadimda o‘tgan qavmlarning ishini takrorlayapsizlar!»- dedilar. (Imom Ahmad rivoyat qilgan.)

Muso (a.s.) o‘z qavmlari bilan dunyoning eng katta shahri hisoblangan Ariho(Hozirgi Quddus shahri) ga yo‘l oldilar. U yerni Amoliqa qavmidan tortib olmoqchi bo‘ldilar. Isroil avlodlariga Allohning berayotgan ne’matlarini eslatib, uning shukronasi uchun jihodga buyurilganini, bu jihodda ularning g‘alaba qilish bashorati berilganini ham aytdilar. Lekin ular Muso (a.s.) ga itoatsizlik qilib: «Jabbor bir qavm bilan biz jang qilmaymiz. Sen Rabbing bilan borib jang qil», - deyishdi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 10:04:37
وَإِذْ قَالَ مُوسَى لِقَوْمِهِ يَا قَوْمِ اذْكُرُوا نِعْمَةَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ جَعَلَ فِيكُمْ أَنْبِيَاءَ وَجَعَلَكُمْ مُلُوكًا وَآتَاكُمْ مَا لَمْ يُؤْتِ أَحَدًا مِنَ الْعَالَمِينَ (٢٠)يَا قَوْمِ ادْخُلُوا الأرْضَ الْمُقَدَّسَةَ الَّتِي كَتَبَ اللَّهُ لَكُمْ وَلا تَرْتَدُّوا عَلَى أَدْبَارِكُمْ فَتَنْقَلِبُوا خَاسِرِينَ (٢١)قَالُوا يَا مُوسَى إِنَّ فِيهَا قَوْمًا جَبَّارِينَ وَإِنَّا لَنْ نَدْخُلَهَا حَتَّى يَخْرُجُوا مِنْهَا فَإِنْ يَخْرُجُوا مِنْهَا فَإِنَّا دَاخِلُونَ (٢٢)قَالَ رَجُلانِ مِنَ الَّذِينَ يَخَافُونَ أَنْعَمَ اللَّهُ عَلَيْهِمَا ادْخُلُوا عَلَيْهِمُ الْبَابَ فَإِذَا دَخَلْتُمُوهُ فَإِنَّكُمْ غَالِبُونَ وَعَلَى اللَّهِ فَتَوَكَّلُوا إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ (٢٣)قَالُوا يَا مُوسَى إِنَّا لَنْ نَدْخُلَهَا أَبَدًا مَا دَامُوا فِيهَا فَاذْهَبْ أَنْتَ وَرَبُّكَ فَقَاتِلا إِنَّا هَا هُنَا (٢٤)قَالَ رَبِّ إِنِّي لا أَمْلِكُ إِلا نَفْسِي وَأَخِي فَافْرُقْ بَيْنَنَا وَبَيْنَ الْقَوْمِ الْفَاسِقِينَ (٢٥)قَالَ فَإِنَّهَا مُحَرَّمَةٌ عَلَيْهِمْ أَرْبَعِينَ سَنَةً يَتِيهُونَ فِي الأرْضِ فَلا تَأْسَ عَلَى الْقَوْمِ الْفَاسِقِينَ

«Muso o‘z qavmiga aytganini eslang: «Ey qavmim! Allohning sizlarga bergan ne’mati – ichingizdan payg‘ambar chiqargani, sizlarni (ba’zilaringizni) podshoh qilgani va olamlardan hech bir kimsaga bermaganini sizlarga ato etganini eslangiz! Ey qavmim! Sizlar uchun Alloh bitib qo‘ygan bu muqaddas yer (Baytul-Maqdis)ga kiringiz va ortingizga qaytib ketmangizki, ziyon ko‘ruvchilarga aylanib qolasiz». Aytdilar: «Ey Muso! U yerda bahaybat (zolim) qavm bor. Ular u yerdan chiqmagunlaricha, biz u yerga sira kirmaymiz. Agar u yerdan chiqsalargina, biz kiruvchilardirmiz.»  (O’n ikki yo‘lboshchi ichidan Allohdan) qo‘rqadigan va Allohning in’omiga sazovor bo‘lganlaridan ikki kishi shunday dedi: «Ular ustiga (shaharga) darvozadan kiringiz. Unga kirib olishingiz bilan, sizlar g‘olib bo‘lasiz. Agar mo‘‘min bo‘lsangiz, Allohga tavakkul qilingiz!» Aytdilar: «Ey Muso! Modomiki, ular u yerda ekanlar, biz sira u yerga kirmagaymiz. Sen o‘zing va Rabbing borib, ular bilan jang qilaveringlar. Biz esa shu yerda o‘tiruvchilarmiz». (Muso) aytdi: «Ey Rabbim! Men faqat o‘zim va birodarim (Horunga) egalik qilurman. Bas, bizni u fosiqlar qavmidan O’zing ajrim qilgin!» (Alloh) dedi: «Albatta, u (Baytul-Maqdis) endi ular uchun qirq yilga (kirishi) taqiqlangandir. Yer yuzi bo‘ylab sarsonlikda yuradilar. Sen (bu kabi) fosiqlar qavmi uchun qayg‘urma!» (Moida, 20-26.) 

Shunday qilib Muso (a.s.) qavmlari Tiyh sahrosida adashib, sargardonchilikda mashaqqatlar chekdilar. Misrda chekkan mashaqqatlari xolva bo‘lib: «Koshkiydi Misrdan chiqmagan bo‘lsak», deyishdi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 10:06:38
Baytul-maqdis (Ariho)da shu davrda istiqomat qilgan «jabbor» qavm haqida mufassirlar juda ko‘p rivoyatlarni keltirganlar. Ularning jasadlari haddan ortiq ulkan, beso‘naqay ekanligi, Muso (a.s.) ularni da’vat qilish uchun yuborgan o‘n ikki kishi jabborlardan biriga duch kelgani, ularni ushlab cho‘ntagiga, qo‘yniga va yengiga solib, podshohi huzurida qo‘yib yuborgani, podshoh: «Bu nima?» - deb so‘ragani, ya’ni ular bunday mitti odamlarning Odam avlodidan ekanligiga ishonmagani va hokazo rivoyatlarni aytadilarki, bu rivoyatlar hech qanday asosga ega bo‘lmagan, aqlga ham, naqlga ham mos kelmaydigan xurofotlardir.

Mufassir al-Bag‘aviy o‘z tafsirida rivoyat etishicha, jabborlardan bo‘lgan Avj ibn Unuq Isroil avlodlarini halok qilish uchun shahardan tashqariga chiqadi, ularga uloqtirish uchun tog‘ning cho‘qqisini sindirib oladi va boshiga ko‘tarib Isroil avlodlari tomon shitob bilan yuradi. Uning bo‘yi uch ming uch yuz o‘ttiz uch gaz(bir  gaz yetmish santimetrdan ortiqdir) Bir qush tepadan kelib, harsangni cho‘qiydi va uni teshib qo‘yadi. Harsang tosh Avjning bo‘yniga halqadek osilib qoladi. Bundan foydalangan Muso (a.s.) sakrab turib, hassalari bilan uni uradilar. Muso (a.s.)ning bo‘ylari o‘n gaz (sakkiz metr), hassalarining uzunligi ham o‘n gaz edi. Yana o‘n gaz balandlikka sakrab, Avjning to‘fig‘idan jarohatlaydilar va halok etadilar.

Agar shu rivoyat rost bo‘lib, jabborlar haddan ortiq ulkan bo‘lganda edi, Alloh taolo ular bilan jang qilib, Baytul-Maqdisni egallashni Isroil avlodlariga buyurmagan bo‘lardi. Ular itoatsizlik qilsalar ham, ma’zur sanalardilar.

Ibn Abbos, Mujohid, Ikrima, Atiyya, as-Sadiy, ar-Rabi’ ibn Anas va boshqalarning fikricha, Isroil avlodlariga nasihat qilib, payg‘ambarga itoat qilsalar va shaharga tavakkul bilan kirib borsalar najotga erishishlari mumkin ekanligini ishora qilgan ikki solih kishi-Yusha’ ibn Nun va Kolib ibn Yufanno edilar. Bu ikkovlari Allohning buyrug‘iga tajovuz qilmadilar, payg‘ambar so‘ziga itoat qildilar va najotga erishib, Baytul-Maqdisga sog‘-salomat kirib bordilar. Tiyhga kirib qolganlarning barchasi esa qirq yillik sarson-sargardonchilikda vafot etishdi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 11 Fevral 2009, 10:07:38
Imom Ahmad rivoyat qiladi: Al-Miqdod Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga Badr kuni shunday dedi: «Ey Allohning Rasuli, Biz sizga Isroil avlodlari Muso (a.s.)ga:

«Sen o‘zing va Rabbing borib, ular bilan jang qilaveringlar. Biz esa shu yerda o‘tiruvchilarmiz» - degan javobni aytmaymiz, balki, «Siz boring, Rabbingiz bilan birga jang qiling, biz ham siz bilan birga jang qiluvchilarmiz» - deymiz». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 273-bet.)

Isroil avlodlarining Muso (a.s.)ga itoatsizlik qilganlari va buning jazosiga Tiyh vodiysida sargardon bo‘lib qirq yil qolib ketganlari Qur’onda bayon etilgan.

Ammo, bu voqea «Ahli kitoblar»ning kitoblarida yozilmagan. Ularning aytishlaricha, Muso (a.s.) jabborlar bilan jang qilish uchun Yusha’ ibn Nun boshchiligida askar tayyorlab, Baytul muqaddasga yubordilar. Ularning jangini Muso, Horun va Xur tog‘ cho‘qqisidan kuzatib turdilar. Muso (a.s.) har gal hassalarini ko‘targanda, Yusha’ askarlari dushmanni quvardilar, agar qo‘llari tolib, hassa qiyshayib ketsa, dushman hujumni kuchaytirardi. Kun botishiga yaqin qolganda, Yusha’ ibn Nun boshchiligidagi Muso askarlari g‘olib bo‘lib, dushmanni tor-mor etdilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 01:54:56
«Ahli kitoblar»ning yana rivoyat etishlaricha, Muso (a.s.)ning qaynilari, Madyanning kohini bo‘lgan Yasrun dushman tarafida edi. Muso (a.s.)ning jangdagi mo‘‘jizalaridan, u kishiga Alloh zafar berganidan xabar topib, Muso (a.s.)ning yonlariga mo‘min bo‘lib keldi. Muso (a.s.) unga ko‘p hurmat va ehtirom ko‘rsatdilar.

Yasrun Muso (a.s.)ga bashorat berib, Isroil avlodlarining turli qabilalari o‘rtasida ixtilof paydo bo‘lgani, Musoga nisbatan xusumat kuchayganini aytdi va qavmga ishonchli, pok, taqvodor odamlardan vakillar tayinlashni, ular odamlarning xatosi va xiyonatiga yarasha jazo berib turishlarini, har ming kishiga mingboshi, har yuz kishiga yuzboshi, har ellik kishiga ellikboshi va har o‘n kishiga o‘nboshi tayinlashni, ular qavmlarni boshqarishini, muammolarni hal etishini maslahat berdi. Muso (a.s.) qavmlari orasida ana shunday boshqaruvni yo‘lga qo‘ydilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 274-bet.)

Isroil avlodlari Misrdan chiqqan kundan boshlab, uchinchi oyda bahorning dastlabki kunlarida Turi Siyno tog‘ining yonidagi vodiyga tushdilar.

يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ قَدْ أَنْجَيْنَاكُمْ مِنْ عَدُوِّكُمْ وَوَاعَدْنَاكُمْ جَانِبَ الطُّورِ الأيْمَنَ وَنَزَّلْنَا عَلَيْكُمُ الْمَنَّ وَالسَّلْوَى (٨٠)كُلُوا مِنْ طَيِّبَاتِ مَا رَزَقْنَاكُمْ وَلا تَطْغَوْا فِيهِ فَيَحِلَّ عَلَيْكُمْ غَضَبِي وَمَنْ يَحْلِلْ عَلَيْهِ غَضَبِي فَقَدْ هَوَى

«Alloh dedi: «Ey Isroil avlodi, Biz sizlarga dushmaningizdan najot berdik va sizlarga (Musoga Tavrot nozil qilish uchun) Tur tog‘ining o‘ng tomonini va’dalashdik va sizlarga shirinlik va bedanalar yog‘dirdik. Pok rizqlarimizdan yenglar va ularga (shukr qilmaslik bilan) haddan oshmanglar, aks holda ustingizga Mening g‘azabim tushar. Kimning ustiga mening g‘azabim tushar ekan, u albatta yiqilur (halok bo‘lur). (Toha, 80-81.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 07:15:05
Isroil avlodlari Tiyh vodiysida sargardonchilikda yurar ekanlar, Alloh taolo ularga rizq-ro‘zlarini o‘z vaqtida yetkazish, issiqda bulutlarni soyabon qilish, ko‘tarib olib yuriladigan toshdan ichimlik suvi chiqarib berish kabi ne’matlardan bahramand qildi.
       
Shundan so‘ng Alloh taolo Muso (a.s.) bilan gaplashdi va o‘nta kalima-vazifa topshirdi. Qavm Alloh bilan Muso o‘rtasidagi suhbatni eshitib turgan bo‘lsalarda, ma’nosini tushunmadilar. Muso (a.s.) ularga Alloh buyurgan o‘nta vazifani tushuntirib berdilar. Ahli kitoblarning aytishicha,bu o‘nta vazifa (E’tiqod va ibodat ikki vazifa, ota-onaga yaxshi munosabat ham ikki vazifa, jami o‘ntadir)  quyidagilardir:

1. E’tiqod va ibodatni yolg‘iz Allohga qilish.
2. Alloh nomi bilan yolg‘on qasam ichmaslik.
3. Shanba kun hurmatini saqlash.
4. Ota-onaga yaxshi munosabatda bo‘lish.
5. Qotillik qilmaslik.
6. Zino qilmaslik
7. Birovning haqiga yolg‘on guvohlik bermaslik.
8. Hasad qilmaslik.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 07:16:53
Bu vazifalar nimalardan iborat ekanligi Qur’oni karimda ham xabar berilgan:

قُلْ تَعَالَوْا أَتْلُ مَا حَرَّمَ رَبُّكُمْ عَلَيْكُمْ أَلا تُشْرِكُوا بِهِ شَيْئًا وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا وَلا تَقْتُلُوا أَوْلادَكُمْ مِنْ إِمْلاقٍ نَحْنُ نَرْزُقُكُمْ وَإِيَّاهُمْ وَلا تَقْرَبُوا الْفَوَاحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ وَلا تَقْتُلُوا النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللَّهُ إِلا بِالْحَقِّ ذَلِكُمْ وَصَّاكُمْ بِهِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ (١٥١)وَلا تَقْرَبُوا مَالَ الْيَتِيمِ إِلا بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ حَتَّى يَبْلُغَ أَشُدَّهُ وَأَوْفُوا الْكَيْلَ وَالْمِيزَانَ بِالْقِسْطِ لا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلا وُسْعَهَا وَإِذَا قُلْتُمْ فَاعْدِلُوا وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَى وَبِعَهْدِ اللَّهِ أَوْفُوا ذَلِكُمْ وَصَّاكُمْ بِهِ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ (١٥٢)وَأَنَّ هَذَا صِرَاطِي مُسْتَقِيمًا فَاتَّبِعُوهُ وَلا تَتَّبِعُوا السُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَنْ سَبِيلِهِ ذَلِكُمْ وَصَّاكُمْ بِهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

«Ayting: «Kelinglar, Rabbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni o‘qib beray: — U zotga biror narsani sherik qilmangiz, ota-onaga yaxshilik qilingiz, bolalaringizni qashshoqlikdan qo‘rqib o‘ldirmangiz, Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz, fahsh ishlarning oshkorasiga ham, pinhonasiga ham yaqinlashmangiz, Alloh taqiqlagan (jon)ni nohaq qatl qilmangiz! Aql yurgizishlaringiz uchun (Alloh) hukm qilgani shulardir. To voyaga yetgunicha yetimning moliga yaqinlashmangiz, magar chiroyli yo‘l bilan (bo‘lsa durust). O’lchov va tarozini adolat bilan to‘la ado etingiz! Hech bir jonni toqatidan tashqarisiga taklif (amr) qilmaymiz. Gapirganingizda (guvoh sifatida) garchi qarindoshingiz bo‘lsa ham, adolatli bo‘ling! Allohning olgan ahdiga esa vafo qiling. Eslatma olishlaringiz uchun Alloh qilgan hukmlari mana shulardir». Albatta, mana shu (Mening) to‘g‘ri yo‘limdir. Unga ergashinglar! Boshqa turli yo‘llarga ergashmangiz! Aks holda, ular sizlarni Uning yo‘lidan ayirib qo‘yadi. Taqvoli bo‘lishlaringiz uchun Alloh qilgan hukmlar mana shulardir». (An’om, 151-153.)

Isroil avlodlariga Alloh taolo yuborgan bu vazifalarni ular qo‘llaridan kelganicha bajarishga harakat qildilar.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 07:18:27
Alloh taolo Muso (a.s.)ga va ummatlariga, O’zining buyruqlariga amal qilishlari uchun Tavrot nozil qilishni iroda qildi. Buning uchun sevikli payg‘ambari bo‘lgan Muso (a.s.)ni yana muloqotga taklif etdi:

وَوَاعَدْنَا مُوسَى ثَلاثِينَ لَيْلَةً وَأَتْمَمْنَاهَا بِعَشْرٍ فَتَمَّ مِيقَاتُ رَبِّهِ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً وَقَالَ مُوسَى لأخِيهِ هَارُونَ اخْلُفْنِي فِي قَوْمِي وَأَصْلِحْ وَلا تَتَّبِعْ سَبِيلَ الْمُفْسِدِينَ (١٤٢)وَلَمَّا جَاءَ مُوسَى لِمِيقَاتِنَا وَكَلَّمَهُ رَبُّهُ قَالَ رَبِّ أَرِنِي أَنْظُرْ إِلَيْكَ قَالَ لَنْ تَرَانِي وَلَكِنِ انْظُرْ إِلَى الْجَبَلِ فَإِنِ اسْتَقَرَّ مَكَانَهُ فَسَوْفَ تَرَانِي فَلَمَّا تَجَلَّى رَبُّهُ لِلْجَبَلِ جَعَلَهُ دَكًّا وَخَرَّ مُوسَى صَعِقًا فَلَمَّا أَفَاقَ قَالَ سُبْحَانَكَ تُبْتُ إِلَيْكَ وَأَنَا أَوَّلُ الْمُؤْمِنِينَ (١٤٣)قَالَ يَا مُوسَى إِنِّي اصْطَفَيْتُكَ عَلَى النَّاسِ بِرِسَالاتِي وَبِكَلامِي فَخُذْ مَا آتَيْتُكَ وَكُنْ مِنَ الشَّاكِرِينَ (١٤٤)وَكَتَبْنَا لَهُ فِي الألْوَاحِ مِنْ كُلِّ شَيْءٍ مَوْعِظَةً وَتَفْصِيلا لِكُلِّ شَيْءٍ فَخُذْهَا بِقُوَّةٍ وَأْمُرْ قَوْمَكَ يَأْخُذُوا بِأَحْسَنِهَا سَأُرِيكُمْ دَارَ الْفَاسِقِينَ

«Muso bilan biz o‘ttiz kecha va’dalashdik. So‘ngra uni yana o‘n kecha bilan to‘ldirdik. Shunlay qilib, Rabbining qirq kecha deya belgilagan vaqti kamoliga yetdi. Muso ketaturib o‘z birodari Horunga: «Qavmimda sen qolib mening o‘rinbosarim bo‘lgin, xatolarini isloh et va buzg‘unchilar yo‘liga ergashmagin!» - dedi. Muso biz belgilagan vaqtda (Tur tog‘iga) kelgach, u bilan Rabbi bevosita gaplashdi. Muso: «Rabbim (O’zingni) menga ko‘rsatgin, Senga bir nazar qilay!» - dedi. (Alloh): «Meni ko‘ra olmaysan. Lekin (ana u) toqqa bir boq! Agar Men unga bir jilva qilganimda (toqat qilib) o‘z o‘rnida tura olsa, sen ham meni ko‘rasan» - dedi. Rabbi toqqa tajalliy (kichik bir ko‘rinish) qilgan edi, uni maydalab tashladi. Muso ham ta’sirlanib behush holda yiqildi. Hushiga kelgach, dedi: «Senga tasbeh ayturman, Senga tavba qildim va men mo‘minlarning birinchisi (peshvosi)dirman». «Ey Muso! Men seni odamlar uzra risolalarim (Tavrot bitiklari) va gaplashganim bilan mumtoz etdim. Bas, senga berganimni qabul etib ol va shukr qiluvchilardan bo‘lgin!» - dedi (Alloh). Uning uchun lavhlarda (Tavrot sahifalarida) nasihat va har narsaning tafsiloti sifatida har narsadan bitib qo‘ydik. Bas, (Ey Muso!) quvvat bilan olgin va qavmingga ularning yaxshi bitilgan ahkomlarini tutishlariga buyurgin! Sizlarga fosiqlar diyori qanday halokatga yuz tutganini ko‘rsatajakman». (A’rof, 142-145.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 07:19:45
وَمَا أَعْجَلَكَ عَنْ قَوْمِكَ يَا مُوسَى (٨٣)قَالَ هُمْ أُولاءِ عَلَى أَثَرِي وَعَجِلْتُ إِلَيْكَ رَبِّ لِتَرْضَى (٨٤)قَالَ فَإِنَّا قَدْ فَتَنَّا قَوْمَكَ مِنْ بَعْدِكَ وَأَضَلَّهُمُ السَّامِرِيُّ (٨٥)فَرَجَعَ مُوسَى إِلَى قَوْمِهِ غَضْبَانَ أَسِفًا قَالَ يَا قَوْمِ أَلَمْ يَعِدْكُمْ رَبُّكُمْ وَعْدًا حَسَنًا أَفَطَالَ عَلَيْكُمُ الْعَهْدُ أَمْ أَرَدْتُمْ أَنْ يَحِلَّ عَلَيْكُمْ غَضَبٌ مِنْ رَبِّكُمْ فَأَخْلَفْتُمْ مَوْعِدِي (٨٦)قَالُوا مَا أَخْلَفْنَا مَوْعِدَكَ بِمَلْكِنَا وَلَكِنَّا حُمِّلْنَا أَوْزَارًا مِنْ زِينَةِ الْقَوْمِ فَقَذَفْنَاهَا فَكَذَلِكَ أَلْقَى السَّامِرِيُّ (٨٧)فَأَخْرَجَ لَهُمْ عِجْلا جَسَدًا لَهُ خُوَارٌ فَقَالُوا هَذَا إِلَهُكُمْ وَإِلَهُ مُوسَى فَنَسِيَ

«Qavmingdan nega ilgarilab ketding, ey Muso!» U aytdi: «Ular ana, izimdan kelurlar. Men esa, ey Rabbim, rozi bo‘lishing uchun Sen tomon shoshdim.» Alloh dedi: «Haqiqatan, Biz sening ortingdan qavmingni imtihon qildik. Somiriy ularni yo‘ldan ozdirdi». Bas, Muso qavmiga g‘azablangan va afsuslangan holda qaytib kelib, dedi: «Ey qavmim! Parvardigoringiz sizlarga (Tavrot nozil qilish haqida) chiroyli va’da qilmaganmidi?!  Sizlarga kechgan vaqt uzun ko‘rinib ketdimi yoki ustingizga Rabbingiz tomonidan g‘azab tushishini xohlab, menga bergan va’dangizni buzdingizlarmi? Ular aytdilar: «Bizlar senga bergan va’dani o‘z ixtiyorimiz bilan buzganimiz yo‘q. Lekin bizlar (Misrdan chiqib kelayotganimizda), qavm zeb-ziynatlaridan iborat narsalarni ko‘tarib chiqqan edik. Bas, (Somiriyning amri bilan) ularni (olovga) tashladik. So‘ngra Somiriy ham (narsalarini olovga) tashladi. So‘ng (Somiriy ularni olovda eritib), ovozli buzoq haykalini (yasab) chiqarib berdi. So‘ngra (Somiriy va uning sheriklari): «Sizlarning ham, Musoning ham ham ilohi shu edi, bas, Muso unutdi va izlab boshqa yerga ketdi» - dedilar.  (Toha, 83-88.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 08:32:37
Muso (a.s.) Sino tog‘iga Alloh bilan muloqotga ketayotib, qavmlariga men o‘ttiz kunda qaytaman, deb va’da qilgan edilar. Ammo toqqa yetib borishning o‘ziga o‘ttiz kun ketib qoldi va Alloh muloqotning muddatini qirq kunga uzaytirdi. Muso (a.s.) Allohning miyqotida uzoq turdilar, Allohga munojot qildilar, so‘raydigan narsalarni so‘radilar, Alloh javob berdi. Keyin Alloh taolo Muso (a.s.)ga va’da qilgan Tavrot bitiklarini ato etdi:

وَوَاعَدْنَا مُوسَى ثَلاثِينَ لَيْلَةً وَأَتْمَمْنَاهَا بِعَشْرٍ فَتَمَّ مِيقَاتُ رَبِّهِ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً وَقَالَ مُوسَى لأخِيهِ هَارُونَ اخْلُفْنِي فِي قَوْمِي وَأَصْلِحْ وَلا تَتَّبِعْ سَبِيلَ الْمُفْسِدِينَ (١٤٢)وَلَمَّا جَاءَ مُوسَى لِمِيقَاتِنَا وَكَلَّمَهُ رَبُّهُ قَالَ رَبِّ أَرِنِي أَنْظُرْ إِلَيْكَ قَالَ لَنْ تَرَانِي وَلَكِنِ انْظُرْ إِلَى الْجَبَلِ فَإِنِ اسْتَقَرَّ مَكَانَهُ فَسَوْفَ تَرَانِي فَلَمَّا تَجَلَّى رَبُّهُ لِلْجَبَلِ جَعَلَهُ دَكًّا وَخَرَّ مُوسَى صَعِقًا فَلَمَّا أَفَاقَ قَالَ سُبْحَانَكَ تُبْتُ إِلَيْكَ وَأَنَا أَوَّلُ الْمُؤْمِنِينَ (١٤٣)قَالَ يَا مُوسَى إِنِّي اصْطَفَيْتُكَ عَلَى النَّاسِ بِرِسَالاتِي وَبِكَلامِي فَخُذْ مَا آتَيْتُكَ وَكُنْ مِنَ الشَّاكِرِينَ (١٤٤)وَكَتَبْنَا لَهُ فِي الألْوَاحِ مِنْ كُلِّ شَيْءٍ مَوْعِظَةً وَتَفْصِيلا لِكُلِّ شَيْءٍ فَخُذْهَا بِقُوَّةٍ وَأْمُرْ قَوْمَكَ يَأْخُذُوا بِأَحْسَنِهَا سَأُرِيكُمْ دَارَ الْفَاسِقِينَ

«Ey Muso! Men seni odamlar uzra risolalarim (Tavrot bitiklari) va gaplashganim bilan mumtoz etdim. Bas, senga berganimni qabul etib ol va shukr qiluvchilardan bo‘lgin!» - dedi (Alloh). Uning uchun lavhlarda (Tavrot sahifalarida) nasihat va har narsaning tafsiloti sifatida har narsadan bitib qo‘ydik. Bas, (Ey Muso!) quvvat bilan olgin va qavmingga ularning yaxshi bitilgan ahkomlarini tutishlariga buyurgin! Sizlarga fosiqlar diyori qanday halokatga yuz tutganini ko‘rsatajakman». (A’rof, 142-145.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 08:34:34
Alloh taolo Qur’oni karimning «Toho» surasida Muso (a.s.) bilan Somiriy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan hodisani bayon etadi. Muso (a.s.)ning o‘z vaqtida qaytib kelmaganidan foydalangan Horun as-Somiriy nomli kohin Isroil avlodlaridan barcha tilla taqinchoqlarni so‘rab oldi, ularni olovda eritib, buzoq shaklida but yasadi va uning ustiga Jabroilning oti tuyog‘i ostidan olgan bir siqim tuproqni sochib yuborgan edi, buzoq tirikdek mo‘ray boshladi. Somiriy boshchiligidagi yo‘ldan ozgan kimsalar buzoqning atrofida tavof qilishib, raqs tushishib, xursandchilik qila boshladilar.   

Qavmning zalolatidan qattiq tashvishga tushgan Horun (a.s.) ularni Somiriyga itoat etishdan va Allohni tashlab, buzoqqa sig‘inishdan qaytarishga urindilar:

وَلَقَدْ قَالَ لَهُمْ هَارُونُ مِنْ قَبْلُ يَا قَوْمِ إِنَّمَا فُتِنْتُمْ بِهِ وَإِنَّ رَبَّكُمُ الرَّحْمَنُ فَاتَّبِعُونِي وَأَطِيعُوا أَمْرِي (٩٠)قَالُوا لَنْ نَبْرَحَ عَلَيْهِ عَاكِفِينَ حَتَّى يَرْجِعَ إِلَيْنَا مُوسَى (٩١)قَالَ يَا هَارُونُ مَا مَنَعَكَ إِذْ رَأَيْتَهُمْ ضَلُّوا (٩٢)أَلا تَتَّبِعَنِ أَفَعَصَيْتَ أَمْرِي (٩٣)قَالَ يَا ابْنَ أُمَّ لا تَأْخُذْ بِلِحْيَتِي وَلا بِرَأْسِي إِنِّي خَشِيتُ أَنْ تَقُولَ فَرَّقْتَ بَيْنَ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَمْ تَرْقُبْ قَوْلِي (٩٤)قَالَ فَمَا خَطْبُكَ يَا سَامِرِيُّ (٩٥)قَالَ بَصُرْتُ بِمَا لَمْ يَبْصُرُوا بِهِ فَقَبَضْتُ قَبْضَةً مِنْ أَثَرِ الرَّسُولِ فَنَبَذْتُهَا وَكَذَلِكَ سَوَّلَتْ لِي نَفْسِي (٩٦)قَالَ فَاذْهَبْ فَإِنَّ لَكَ فِي الْحَيَاةِ أَنْ تَقُولَ لا مِسَاسَ وَإِنَّ لَكَ مَوْعِدًا لَنْ تُخْلَفَهُ وَانْظُرْ إِلَى إِلَهِكَ الَّذِي ظَلْتَ عَلَيْهِ عَاكِفًا لَنُحَرِّقَنَّهُ ثُمَّ لَنَنْسِفَنَّهُ فِي الْيَمِّ نَسْفًا

«Holbuki, (buzoqqa sig‘inishlaridan) oldin Horun ularga: «Ey qavmim, sizlar bu bilan imtihon qilindingiz. Shubha yo‘qki, sizlarning  Rabbingiz Rahmondir. Bas, menga ergashinglar va amrimga itoat qilinglar!» - degan edi. Ular: «To bizga Muso qaytmagunicha, unga (ma’budaga) sig‘inishdan sira tinmaymiz» - degan edilar. Muso qaytib kelib, dedi: «Ey Horun, ularning adashganlarini ko‘rganingda (to‘xtatib qolishdan) senga nima mone’lik qildi?! Mening ortimdan nega bormading? Amrimga itoatsizlik qildingmi?» Horun dedi: «Ey onamning o‘g‘li, sen mening sochimdan ham, soqolimdan ham tutmagin! Men ortingdan borsam, «Mening so‘zimni kutmay, Isroil avlodini bo‘lib yuboribsan» deyishingdan qo‘rqdim». (So‘ngra  Muso Somiriyga qarab): «Bu qilig‘ing nimasi, ey Somiriy?» - dedi. Somiriy aytdi: «Men ular ko‘rmagan narsani ko‘rdim. (Uning ko‘rgan narsasi — Jabroil farishta Muso alayhissalomning oldiga kelganda, uning minib kelgan otining tuyog‘i tekkan narsalarga jon kirgan edi.) Bas, elchi Jabroilning izidan bir siqim olib, uni buzoqning haykaliga sochgan edim (undan tirik buzoq kabi ovoz chiqdi). Nafsim ana shunday qilishni menga chiroyli ko‘rsatdi». Muso dedi: «Bas, ket! Endi sen uchun hayotda «(Menga) tegish yo‘q!» deyishgina qolur. Oxiratda esa sen uchun sira xilof qilinmaydigan bir va’da (azob) bordir. Sen ustidan jilmay sig‘inayotgan «ilohing» holini ko‘rib qo‘y! Biz, albatta, uni yondirib, so‘ngra kulini dengizga sochib yuborurmiz». (Toha,  90-97.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 08:37:09
Muso (a.s.) Somiriyning buzog‘ini olovda yondirdilar, uning kulini dengizga sochib yubordilar, keyin qavmlariga shu dengiz suvidan ichishni buyurdilar. Kim buzoqqa sig‘ingan bo‘lsa, uning rangi sarg‘ayib keta boshladi. Isroil avlodlarining mo‘minlaridan buzoqqa sig‘inuvchilar ajralib qoldilar. Ularga jazoni yolg‘iz Allohdan kutishayotgan edi:

إِنَّ الَّذِينَ اتَّخَذُوا الْعِجْلَ سَيَنَالُهُمْ غَضَبٌ مِنْ رَبِّهِمْ وَذِلَّةٌ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَكَذَلِكَ نَجْزِي الْمُفْتَرِينَ

«Albatta, buzoqni iloh qilib olganlarga Parvardigorlari tarafidan g‘azab va dunyo hayotida xorlik yetgusidir. (Yolg‘on va bo‘hton) to‘quvchilarni shu tarzda jazolagaymiz». (A’rof, 152.) 

وَلَمَّا سُقِطَ فِي أَيْدِيهِمْ وَرَأَوْا أَنَّهُمْ قَدْ ضَلُّوا قَالُوا لَئِنْ لَمْ يَرْحَمْنَا رَبُّنَا وَيَغْفِرْ لَنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ


«Qo‘llaridan «tarvuzlari» tushib pushaymon bo‘lib, o‘zlarining adashganliklarini ko‘rganlarida, aytdilar: «Qasamki, agar Rabbimiz bizga rahm qilmasa va gunohlarimizni kechirmasa, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lishimiz aniqdir». (A’rof, 149.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 08:38:51
Somiriyning tobe’lari Allohning azobidan qo‘rqa boshladilar, qilgan ishlariga afsus va nadomat chekdilar, mag‘firat qilishini so‘rab yolvordilar. Biroq Alloh taolo ularning tavbasini faqat qatl bilan qabul etishini bayon qildi:

وَإِذْ قَالَ مُوسَى لِقَوْمِهِ يَا قَوْمِ إِنَّكُمْ ظَلَمْتُمْ أَنْفُسَكُمْ بِاتِّخَاذِكُمُ الْعِجْلَ فَتُوبُوا إِلَى بَارِئِكُمْ فَاقْتُلُوا أَنْفُسَكُمْ ذَلِكُمْ خَيْرٌ لَكُمْ عِنْدَ بَارِئِكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ إِنَّهُ هُوَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ


«Musoning o‘z qavmiga: «Ey qavmim, sizlar buzoqqa sig‘inish bilan o‘zingizga zulm qildingiz. Endi o‘zingizni (bir-biringizni) o‘ldirish bilan Yaratuvchingizga tavba qilingiz. Yaratuvchingiz nazdida shu qatl sizlar uchun yaxshiroqdir» - degan so‘zini eslang. Shunday qilib, Alloh tavbangizni qabul etdi. Albatta, U kechirimli va rahmlidir». (Baqara, 54.)

Erta tongda, g‘ira-shirada buzoqqa ibodat qilmaganlar qo‘llarida qilich tutgan holda turib, buzoqqa ibodat qilganlarni qilichdan o‘tkaza boshladilar va bir kechaning tongida yetmish ming kishini halok qildilar. (Ibn Kassir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 284-bet.)

Ba’zi rivoyatlarda uch ming kishi halok bo‘lganligi aytiladi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 08:42:37
Muso (a.s.)ning g‘azablari so‘nganidan keyin, Allohning huzuridan keltirgan Tavrot bitiklarini qo‘llariga oldilar:

وَلَمَّا سَكَتَ عَنْ مُوسَى الْغَضَبُ أَخَذَ الألْوَاحَ وَفِي نُسْخَتِهَا هُدًى وَرَحْمَةٌ لِلَّذِينَ هُمْ لِرَبِّهِمْ يَرْهَبُونَ

«Musoning g‘azabi so‘ngach, lavhlarni (erdan) oldi. Undagi bitikda Parvardigorlaridan qo‘rqadiganlar uchun hidoyat va rahmat bor edi. (A’rof, 154.)

Muso (a.s.) Allohga iltijo qilib, qavmlarining gunohidan o‘tishini so‘radilar. Alloh taolo Muso (a.s.) va qavmlaridan bir necha kishini yana o‘z miqotiga chaqirdi.

وَاخْتَارَ مُوسَى قَوْمَهُ سَبْعِينَ رَجُلا لِمِيقَاتِنَا


«Muso belgilagan vaqtimiz (va joyimizga kelish) uchun qavmidan yetmish kishini tanladi». (A’rof, 155.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 08:46:00
Ibn Abbosning rivoyatlariga qaraganda, Muso miyqotga tanlagan yetmish kishi Isroil avlodlarining ulamolari edilar. Ular bilan birga Muso, Horun, Yusha’, Nozob va Abiyhular bor edi. Hammalari Muso (a.s.) bilan birga qavmning (buzoqqa sig‘inib) qilgan xatolari uchun Allohning huzurida tavba qilish va uzr aytish maqsadida bordilar.

Alloh taolo Muso (a.s.)ga qavmlarini toqqa yaqin kelib, Allohning vasiyatlarini eshitishga chaqirishlarini amr etdi.

Isroil avlodlarining ulamolari bo‘lgan «ahborlar»ni ham toqqa chiqishlarini, Allohga yaqin bo‘lishlarini amr etdi.

Muso (a.s.): «Ey Rabbim, ular bu yerga chiqolmaydilar, men ularni bu yerga chiqishdan qaytargan edim» - dedilar. Alloh taolo: «Boring, o‘zingiz bilan Horunni olib chiqing! Boshqalar — kohinlar va oddiy fuqarolar esa yaqinroqqa kelsinlar!» - deb buyurdi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 08:49:04
Isroil avlodlari payg‘ambar so‘ziga itoat etishib, o‘zlarini poklab, xushbo‘yliklar sepishib, kutib turishdi. Ammo uchinchi kun kelganda, tog‘ ustini qalin bulut qopladi, ketma-ket chaqmoq chaqib, momaqaldiroq va qattiq sur ovozi eshitildi. Bu ovozdan Isroil avlodlari qattiq qo‘rqib ketdilar. Tog‘ning tekis bir joyiga to‘planib, yaqin borolmasdan kuzatib turdilar. Shu payt tog‘ ustini quyuq tutun o‘radi, tutun o‘rtasida nurdan bir ustun paydo bo‘ldi. Tog‘ning hamma yeri qattiq silkindi. Sur ovozi gurullab, chaqmoq chaqnadi. Bu vaqtda esa Muso (a.s.) tog‘ning naq ustida edilar. Alloh Musoga gapirdi, Muso (a.s.) Allohga munojot qildilar.

Muso (a.s.)ning Alloh taologa qilgan munojotlarini, Allohning Musoga qilgan takallumlarini, amr va nahiysini o‘z quloqlari bilan eshitdilar. Muso (a.s.) Allohdan vahiyni qabul qilib olib, ulamolar yoniga qaytib keldilar. Ular esa Muso (a.s.)dan Allohni ochiq-ravshan ko‘rsatishni talab qildilar:

وَإِذْ قُلْتُمْ يَا مُوسَى لَنْ نُؤْمِنَ لَكَ حَتَّى نَرَى اللَّهَ جَهْرَةً فَأَخَذَتْكُمُ الصَّاعِقَةُ وَأَنْتُمْ تَنْظُرُونَ

«Ey Muso, Allohni oshkora ko‘rmagunimizcha, senga hech ham ishonmaymiz» - deyishingiz bilan ko‘z o‘ngingizda sizlarni chaqmoq urganini ham eslangiz». (Baqara,  55.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 08:55:59
وَاخْتَارَ مُوسَى قَوْمَهُ سَبْعِينَ رَجُلا لِمِيقَاتِنَا فَلَمَّا أَخَذَتْهُمُ الرَّجْفَةُ قَالَ رَبِّ لَوْ شِئْتَ أَهْلَكْتَهُمْ مِنْ قَبْلُ وَإِيَّايَ أَتُهْلِكُنَا بِمَا فَعَلَ السُّفَهَاءُ مِنَّا إِنْ هِيَ إِلا فِتْنَتُكَ تُضِلُّ بِهَا مَنْ تَشَاءُ وَتَهْدِي مَنْ تَشَاءُ أَنْتَ وَلِيُّنَا فَاغْفِرْ لَنَا وَارْحَمْنَا وَأَنْتَ خَيْرُ الْغَافِرِينَ (١٥٥)وَاكْتُبْ لَنَا فِي هَذِهِ الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الآخِرَةِ إِنَّا هُدْنَا إِلَيْكَ

"œUlarni qattiq zilzila tutgan paytda (Muso) dedi: «Ey Rabbim! Xohlasang ularni ham, meni ham oldinroq halok qilgan bo‘lur eding. Ichimizdagi nodonlarning qilmishlari uchun bizlarni halok qilasanmi?! Bu faqat bir sinovingdirki, u orqali xohlagan kishingni adashtirasan va xohlagan kishingni hidoyat qilasan. O’zing egamizsan. Bas, bizlarni mag‘firat et va bizlarga rahm qil. Sen kechiruvchilarning eng yaxshisidirsan. Bizlarga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni yozgin. Biz senga qaytdik". (A'rof, 155-156.)

Alloh taolo Muso (a.s.)ning iltijolarini qabul etdi va halok bo‘lganlarni qayta tiriltirdi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 09:12:52
Alloh dedi:

قَالَ عَذَابِي أُصِيبُ بِهِ مَنْ أَشَاءُ وَرَحْمَتِي وَسِعَتْ كُلَّ شَيْءٍ

«Azobimni xohlagan kishimga yetkazurman. Ammo rahmatim hamma narsadan kengdir». (A’rof, 155-156.)

ثُمَّ بَعَثْنَاكُمْ مِنْ بَعْدِ مَوْتِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ (٥٦)وَظَلَّلْنَا عَلَيْكُمُ الْغَمَامَ وَأَنْزَلْنَا عَلَيْكُمُ الْمَنَّ وَالسَّلْوَى كُلُوا مِنْ طَيِّبَاتِ مَا رَزَقْنَاكُمْ وَمَا ظَلَمُونَا وَلَكِنْ كَانُوا أَنْفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ

«So‘ngra shukr qilursizlar, deb, o‘lganingizdan keyin yana sizlarni tiriltirdik. Shuningdek, ustingizga bulutlarni soyabon qildik, samoviy noz-ne’matlar va (pishirilgan) bedanalar nozil etib, «Sizlarga rizq sifatida berilgan pok narsalarni yenglar» dedik. Ular (Isroil avlodi) Bizga zulm qilmadilar, balki o‘zlarigagina zulm qildilar». (Baqara,  56-57.)

Shunday qilib, Muso (a.s.) va u kishining qavmlariga Alloh taolo Tavrot kitobini nozil qildi. Bu kitob orqali Isroil qavmiga imon, amallar va shariat ahkomlari yuborildi.                 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 09:15:59
Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida Tavrotning  muqaddas kitob ekanligini Uni Muso (a.s.) va ummatlariga yuborilganini xabar qilgan:

قَالَ يَا مُوسَى إِنِّي اصْطَفَيْتُكَ عَلَى النَّاسِ بِرِسَالاتِي وَبِكَلامِي فَخُذْ مَا آتَيْتُكَ وَكُنْ مِنَ الشَّاكِرِينَ (١٤٤)وَكَتَبْنَا لَهُ فِي الألْوَاحِ مِنْ كُلِّ شَيْءٍ مَوْعِظَةً وَتَفْصِيلا لِكُلِّ شَيْءٍ فَخُذْهَا بِقُوَّةٍ وَأْمُرْ قَوْمَكَ يَأْخُذُوا بِأَحْسَنِهَا سَأُرِيكُمْ دَارَ الْفَاسِقِينَ

«Alloh dedi: «Ey Muso, albatta men seni o‘z payg‘ambarligim va o‘z kalomimni berishim bilan odamlardan ortiq qildim. Men senga bergan bu narsalarni (ne’matlarni) olgin va shukr qiluvchilardan bo‘lgin. Biz Muso uchun Lavhlarga (Tavrotga) har bir narsadan mav’iza yozib berdik va hamma narsaning tafsilini qilib berdik (va dedik): «Ey Muso, bu lavhlarni g‘ayrat bilan olgin, qavmingga buyurgin, uning chiroyli hukmlarini olsinlar (ya’ni, amal qilsinlar)». (A’rof, 144-145.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 09:43:21
4.2. TAVROT

Tavrot ibriy (qadimiy yahudiy) tilida yuborilgan.  «Tora» — «qonun, shariat» - deganidir.

Tavrot ham Allohning hidoyat kitobi bo‘lgani uchun, uning asliy nusxasida avvalo Isroil avlodlarini Allohning borligi va birligiga imon keltirishga — tavhidga chaqirilgan, yahudiylarni odob-axloqqa, insoniy fazilatlarni kasb qilishga, payg‘ambarlariga itoat etishga va Allohga ibodat qilishga chaqirilgan. Qur’onning  ko‘plab oyatlarida Tavrot oyatlaridan jumlalar iqtibos qilinganki, bu oyatlarning mazmunini Qur’onning boshqa oyatlari bilan taqqoslanganda yahudiylarga ham musulmonlarga buyurilgan amallar va ibodatlar buyurilganining shohidi bo‘lamiz. «Al-A’lo» surasida shunday deyilgan:       
 
قَدْ أَفْلَحَ مَنْ تَزَكَّى (١٤)وَذَكَرَ اسْمَ رَبِّهِ فَصَلَّى (١٥)بَلْ تُؤْثِرُونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا (١٦)وَالآخِرَةُ خَيْرٌ وَأَبْقَى (١٧)إِنَّ هَذَا لَفِي الصُّحُفِ الأولَى (١٨)صُحُفِ إِبْرَاهِيمَ وَمُوسَى

«Darhaqiqat, (kufru-isyondan) pok bo‘lgan va Parvardigori ismini yod etib, namoz o‘qigan (har bir) kishi najot topgandir. Yo‘q, sizlar hayoti dunyoni ustun qo‘yursizlar. Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir. Albatta bu (surada mazkur bo‘lgan gaplar) avvalgi (payg‘ambarlarga nozil bo‘lgan) sahifalarda — Ibrohim va Muso sahifalarida mavjuddir». (A’lo, 14-19.)   
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 09:50:04
Tarixdan ma’lumki, Bobil podshohi Buxtunnasr (meloddan oldin 605-562 yillarda yashagan) hukmronligi davrida Isroil avlodlarining muqaddas diniy markazi bo‘lgan Yevrushalim (Quddus shahri) vayron etilib, yahudiylar asir olingan va barcha diniy kitoblar yoqib yuborilgan, yo‘q qilingan. Tavrotning asl nusxasi ham o‘sha paytda yo‘qolgan. Uni yod olgan oz sonli tavrotxonlar olamdan ko‘z yumganlar. Tavrotni yod olgan birgina Uzayr (a.s.) yuz yildan ko‘proq vaqt o‘tgandan so‘nggina uni qayta yozib, kitob holatiga keltirganlar. Alloh o‘zining qudratini namoyon qilish uchun Uzayr (a.s.)ni uzoq muddat — yuz yil uxlatib, qayta o‘zlariga keltirdi va bu muddatda yo‘qolib ketgan Tavrotni Uzayrning qo‘llari bilan asl holatiga keltirib yozdirdi.

«Yahudiy qomusi»da bunday deyiladi: «Ular unutilib ketgan edi, ammo Azro ularni qayta tikladi.

Iqtiboslardan ko‘rinib turibdiki, Tavrotning umumiy matni, Uzayr (a.s.) nusxalaridan qat’iy nazar, Alloh taolo dastlab nozil qilgan paytdagidek sof, musaffo holda saqlangan emas.

Demak, Iso (a.s.)dan qariyb 450 yil avval yashagan Uzayr (a.s.) davrlarida Tavrot va boshqa kitoblar aralash-quralash bo‘lib ketgan. O’sha paytdayoq bu kitoblarning birorta ishonchli nusxasi yo‘q edi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 09:51:14
Tavrotning odamlar qo‘li bilan o‘zgartirilgani, ba’zi hukmlar olib tashlangani, keraksiz narsalar qo‘shib yuborilgani haqida Alloh shunday xabar beradi:

أَفَتَطْمَعُونَ أَنْ يُؤْمِنُوا لَكُمْ وَقَدْ كَانَ فَرِيقٌ مِنْهُمْ يَسْمَعُونَ كَلامَ اللَّهِ ثُمَّ يُحَرِّفُونَهُ مِنْ بَعْدِ مَا عَقَلُوهُ وَهُمْ يَعْلَمُونَ

«Vaholanki, ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshitib, anglab olganlaridan so‘ng, bila turib, uni o‘zgartirar edilar». (Baqara, 75.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 09:52:34
Qatoda (r.a.) aytadilar: «Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim, menga nozil qilgan kitobingda «ummatlarning eng yaxshisi» haqida xabar topdim. Ular odamlarni yaxshilikka buyurar, yomonlikdan qaytarar ekanlar. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh taolo dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir».

Muso(a.s.) dedilar: «Rabbim, kitobda men bir ummat haqida xabar topdimki, ular oxir zamonda yaratiladilar, ammo jannatga birinchi kiradilar. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir».

Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim men kitobda bir ummatning xabarini topdimki, ular sening muqaddas kitobingni yoddan o‘qir ekanlar. Ulardan avvalgi qavmlar kitoblarini qarab o‘qir ekanlar, kitob ko‘tarilib ketgandan keyin esa uni yoddan o‘quvchilar topilmagani uchun ahkomlardan bexabar qolar ekanlar. Mazkur ummatga esa avvalgilarga berilmagan «hifz» ne’matini ato etganing uchun, ular orasidan ahkomlar yo‘qolmas ekan. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir».

Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim, kitobda bir ummatning xabarini topdimki, ular sening huzuringdan nozil qilingan birinchi kitobga ham, oxirgi kitobga ham, ya’ni barcha muqaddas kitoblarga imon keltirar ekanlar, zalolatga qarshi jihod qilar ekanlar, hattoki «g‘ilay kazzob»(Dajjol)ga ham qarshi kurashar ekanlar. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir.» Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim, men kitobda bir ummatni topdimki, ularning biri sadaqa qilsa, ikkinchisi bu sadaqani yer va sadaqa qiluvchiga esa ajr yozilar ekan. Avvalgi ummatlarning sadaqasini Alloh dargohida qabul qilsa, osmondan olov tushib, sadaqani yeb ketar, agar qabul qilmasa, osmondan olov tushmas va sadaqani qurt-qumursqalar, vahshiy hayvonlar yer edi. Mazkur ummatning sadaqalari boylaridan olinib, kambag‘allariga berilar ekan. O’shalarni mening ummatim qilgin». Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir». Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim, kitobda men bir ummatning xabarini topdimki, ulardan biri yaxshilikni niyat qilsa, ammo amalga oshirmasa, unga bir savob, agar amalga oshirsa, unga o‘ntadan yetti yuztagacha savob yozilar ekan. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir.» Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim, kitobda men bir ummatning xabarini topdimki, ular shafoat qilar va shafoatlari qabul qilinar ekan. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir».

Qatoda aytadi: «Menga rivoyat qilishlaricha, Muso (a.s.) kitobdan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ummatlari haqidagi yana ko‘plab marhamatlarni ko‘rib, havas qilib: «Rabbim, o‘shalarni mening ummatim qilgin!» - deb munojot qildilar». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 286-287-bet.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 09:56:08
Muso (a.s.)ning Parvardigorga qilgan munojotlari borasida ko‘plab kitoblar va tafsirlarda turli rivoyatlar kelganki, ularning rostligiga hech qanday dalil va asos yo‘qligi sababli e’tibordan chetda qolib ketgan. Ammo quyida biz keltiradigan rivoyatlar esa oyat va hadislar bilan o‘z isbotini topgan.

Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba minbarda turib Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan shunday rivoyat keltiradi: «Muso (a.s.) Parvardigordan: «Ahli jannatlarning eng past darajasi qanday bo‘ladi?» - deb so‘radilar. Alloh taolo shunday javob berdi: «Barcha ahli jannatlar jannatga kirib, o‘z maqomlariga ega bo‘lganlaridan keyin, bir jannatini olib kelinadi va unga: «Jannatga kir!» - deb amr etiladi. Jannati odam: «Men qaerga kiraman, avval kirganlar jannatning hamma joylarini egallab olibdilarku?!» - deydi. Alloh taolo undan: «Senga jannatdan Yerdagi podshohlar egallagan mulkchalik mulk bersam, yetadimi?» - deb so‘raydi. Jannati rozi bo‘lgach, Alloh taolo unga: «Sen rozi bo‘lgan mulkdan ikki barobarini senga berdim!» - deydi. Jannati odam rozilik bildirgach, Alloh unga yana: «Bundan tashqari ko‘ngling nimani tusasa, ko‘zing nimadan quvonsa, o‘sha narsalar ham senga!» - deydi.

Muso (a.s.) Alloh taolodan: «Ahli jannatlarning eng afzali qanday bo‘ladi?» - deb so‘radilar. Alloh taolo Musoga: «Ularning bog‘larini men o‘z qo‘lim bilan yaratganman, ularga beriladigan ne’matning qiyosi yo‘q, dunyoda u haqda biror quloq eshitmagan, biror kishining tasavvuriga tushmagan, biror ko‘z uni ko‘rmagan» - dedi. (Termiziy. Sunan. 3198-hadis.  Sahihi Muslim. 312-hadis. Mazkur hadis Ibn Hibbonning "œSahih"ida ham keltirilgan. Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 287-bet.)

Bu ma’no Alloh taoloning quyidagi oyati karimasida bayon etiladi:

فَلا تَعْلَمُ نَفْسٌ مَا أُخْفِيَ لَهُمْ مِنْ قُرَّةِ أَعْيُنٍ جَزَاءً بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ

«Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot uchun yashirib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (oxirat ne’matlarini) hech kim bilmas». (Sajda, 17.)
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 09:56:54
Abu Hurayra (r.a.) rivoyatlarida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Muso (a.s.) munojot paytida Rabbilaridan yetti narsani so‘radilar. Ularning oltitasi o‘zlari uchun edi, yettinchisini esa Muso (a.s.) yaxshi ko‘rmas edilar.

Muso dedilar: - Rabbim, qaysi bandang taqvoli roqdir?
Alloh taolo dedi: - Meni doim eslab yuradigan va unutmaydigan bandam.
Muso dedilar: - Qaysi bandang eng to‘g‘ri yo‘lda?
Alloh dedi: - Hidoyatga ergashgani.
Muso dedilar: - Qaysi bandangning hukmi o‘tkirroq?
Alloh dedi: - Odamlarga xuddi o‘ziga hukm qilayotgandek hukm qilgani.
Muso dedilar: - Qaysi bandang biluvchiroq?
Alloh dedi: - Ilmga to‘ymaydigan va odamlarning ilmini o‘z ilmi bilan jamlaydigani.
Muso dedilar: - Qaysi bandang azizroq?
Alloh dedi: - Qodir bo‘la turib kechirgani.
Muso dedilar: - Qaysi bandang boyroq?
Alloh dedi: - Berilganiga shukr qilgani.
Muso dedilar: - Qaysi bandang faqirroq?
Alloh dedi: - Nuqson sohibi.
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 09:57:47
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Isroil avlodlari Muso (a.s.)dan: «Rabbingiz uxlaydimi?» - deb so‘ragan edilar. Muso (a.s.) ularni: «Bunday deyishga Allohdan qo‘rqinglar!» - deb ularni qaytargan edilar. Munojot paytida Muso (a.s.)ga Alloh dedi: «Ey Muso, qavmingiz sizdan: «Alloh ham uxlaydimi?» - deb so‘ragan edilar. Siz qo‘lingizga ikki oynani olib, kechasi tik turing!» - deb amr etdi. Muso (a.s.)ni kechaning uchdan bir qismi o‘tganda mudroq bosdi va qo‘llaridagi oynalar tizzalariga tushdi. Muso (a.s.) darhol hushyor tortib, oynalarni mahkam ushladilar. Tong otishga kelganda qattiq uyqu eltdi va qo‘llaridan oynalar tushib ketib  chil-chil sindi. Alloh taolo Muso (a.s.)ga xitob qilib: «Ey Muso, agar men uxlasam Yer va osmonlar shunday halokatga uchraydi» - dedi. (Ibn Abu Hotam. Tafsirul Qur’on. Oyat al-Kursi tafsirida.)

Muso (a.s.) qavmlariga Tavrotni keltirganlaridan keyin, undagi ahkomlarga amal qilishni buyurdilar. Isroil avlodlari Muso (a.s.)ga e’tiroz bildirishib: «Tavrotdagi barcha hukmlarni bizga sharhlab tushuntirib bering, agar bizga ma’qul kelsa, biz ularni qabul etamiz va amal qilamiz» - dedilar. Muso (a.s.) ularga bir necha marta murojaat qilsalar ham, ular o‘z so‘zlaridan qaytmadilar. Alloh taolo farishtalarga buyurdi va ular katta tog‘ni ko‘tarishib Muso (a.s.)ning qavmlari ustiga kelishdi. Tog‘ qavm ustida qora bulutdek soya solib turdi. Farishtalar qavmga xitob qilib: «Agar Tavrotda bor hukmlarni to‘laligicha qabul qilmasalaringiz, boshlaringizga mana shu tog‘ni tashlab yuboramiz» - deyishdi. Qavm Tavrotni qabul qildilar, sajda qilishga buyurilgan edilar, tog‘ning boshlariga tushib ketishidan xavf qilishib, bir yuzlarini yerga qo‘yib, ikkinchisini osmonga qilib, ko‘zlarining qiri bilan tog‘ni kuzatgan holda sajda qildilar.

Ular doim aytib yuradilarki, Bizlar uchun eng ulug‘ sajda boshimizdan Allohning azobi ko‘tarilgan kundagi sajdadir.

Ulamolardan Abu Bakr ibn Abdulloh aytadilar: «Allohning farishtalari tog‘ni ko‘tarib, Isroil avlodlari qavmiga tahdid qilib, keyin azob ko‘tarilganda, Yer yuzidagi jamiki tog‘lar, toshlar va daraxtlar silkinib ketdilar. Yahudiylarning birortasi huzurida Tavrot tilovat qilinsa, darhol uni qaltiroq bosishi va boshini ko‘tarib osmonga qarashi ana shu dahshatli kundan odat bo‘lib qolgan». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 290-bet.) 
Nom: Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
Yuborildi: Musannif Adham 12 Fevral 2009, 09:59:35
4.3. Muso (a.s.) bilan sodir bo‘lgan
boshqa voqe’alar

Alloh taolo Qur’oni karimning «Baqara» surasida Isroil avlodlari va Muso (a.s.) o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan tarixiy sigir voqeasini bayon etadi.

Ibn Abbos, Ubayda as-Salmoniy, Abul Oliya, Mujohid, as-Sadiy va boshqa mujtahid mufassir ulamolarning rivoyat qilishlaricha, Isroil avlodlari orasida bir keksa kishi