forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Mavzu boshlandi: Rukhiya 23 Yanvar 2009, 20:32:25

Nom: Mmmm muzqaymoq......
Yuborildi: Rukhiya 23 Yanvar 2009, 20:32:25
(http://blogs.phillyburbs.com/news/bct/wp-content/blogs.dir/3/files/2008/06/0620_Ice_Cream.gif)
Nom: Re: Mmmm muzqaymoq......
Yuborildi: Rukhiya 23 Yanvar 2009, 20:47:40
                                 

                                   


Kerakli masalliqlar:



Tayyorlanishi:

200 sutga+shakar+vanillin solib o'rtacha olovga qo'yamiz.
 Alohida idishga un+tushum+50ml sutni solib yaxshilab aralashtiramiz. Aralashmani gazga qo'ygan sutli massamizga qo'shamiz, hammasini birga qo'yulgunga qadar tinmay past olovda aralashtirib turamiz. Quyulgandan so'ng, gazdan olin sovutamiz.
200gr qaymoqni mexserda quyuq qb ko'pirtiramiz. Yuqorida tayyorlab olgan sovugan sutli kremga ko'pirtiilgan qaymoni qo'shib yaxshilar aralashtiramiz. Ta'bilarga ko'ra istagan  ta'm berishilar mumkin. Masalan: qulpunay,yong'oq,yoki biror bir o'zilar suygan murobbo va hokazolar bn ta'mini boyitishilar mumkin!
So'ng qulay bir idishga solib qotgunga qadar muzlatkichga solib qo'yiladi.....



Mana muzqaymog'imiz ham tayyor!!!!



                                            (http://i068.radikal.ru/0901/f2/804d303d79ea.jpg)

Yoqimli ishtaha!!!
Nom: Re: Mmmm muzqaymoq......
Yuborildi: Moxim bonu 01 Aprel 2009, 13:07:15
100gr meva, 50gr qaymoqyoki smetanana, tabga ko'ra shakar va yong'oq. Barcha masaliqlani aralashtirib muzlatgichga sob qo'yamiz. Va mazza qilib iste'mol qilamiz
Nom: Re: Mmmm muzqaymoq......
Yuborildi: Afifahon 20 Noyabr 2009, 12:53:44
(http://static.tasteline.com/picprod/ImageGallery/Thumbnails/55/77155/57537_168053.jpg)
                          (original foto)

[/list]
Nom: Re: Mmmm muzqaymoq......
Yuborildi: Ansora 16 Sentyabr 2011, 19:40:57
Bugun muzqaymoq qildim, xozircha muzlatgichda. Oyshanurni ta'riflari bilan 3-4 xil ta'rifni aralshatirib qildim, Ko'ramiz qanday bo'larkin:)

Bu Oyshanurni muzqaymoqlari:

(http://i065.radikal.ru/1007/d2/f19c187fb52e.jpg) (http://www.radikal.ru)

Bu esa ta'rifi:

Mana bu linkda uni qanday tayyorlashni ko'rsatgan.
http://www.youtube.com/watch?v=GONkBoMVkV8&feature=related
                                Muzqaymoq

Kerakli masalliqlar:
8ta tuhum sarig'i,150gr. shakar,tahminan 400grcha sut,vanilin yoki mevali essensiyalar,1 choy q. tuz,2st.qaymoq(slivka)
Videodagi bo'yicha masalliqni yarmiga qildim.(4-5 kishilik muzqaymoq bo'ldi)Menda "Ice maker"(muzqaymoq qilgich) bo'lmagani uchun ba'zi joylarini tavakkal boshqa usuldan foydalandim.Hozir shu usulni ham aytib o'tib ketaman.
    Tuhumni sarig'iga shakarni solib aralashtirasiz(sbivalkada yoki mikserda).Keyin ustiga gazda ilib turgan sutni quyib,aralashtiramiz.So'ng bu massani o'rtachadan pastroq  olovga qo'yib,taxtali yoki plastmassa kapgirda aralashtirib turamiz.7minutcha turishi kerak olovda.Juda pishib qolmasligi kerak.(O'ta suyuq kasha holini eslatadi)
Keyin uni suzgichdan o'tkazib, plastmassali yoki shisha idishga solib, vanilin, tuz va qaymoqni solamiz va aralashtiramiz.
Shu yerda Ice makerga solish kerak.Ammo menda u yo'q bo'lgani uchun boshqacha yo'l tutdim.
    Ustini yopib,muzlatgichga qo'ydim.40daqiqalardan keyin olib,mikserda yaxshilab aralashtirdim(5daqiqa).Keyin yana muzlatgichga qo'ydim.1soatlardan keyin yana mikserda 5-10 daqiqacha aralashtirdim.(Yuzasida mayda ko'piklar paydo bo'ladi).Yana muzlatgichga qo'ydim.Shu holatda har 1-2 soatda mikserda aralashtirib turdim.4marta shu usulni qildim.O'zi shu massa oxirgi aralshtirishlarga borib quyulib,muzqaymoqni tusiga kiradi.Keyin to qattiq bo'lguncha muzlatgichda turdi.(bir necha soatlar).Agar ice maker bo'lsa judayam tez tayyor bo'larkan.
Juda mazali va haqiqiy muzqaymoq bo'ldi. :)
P.S.boshqa forumlarga ham qo'yilgan.

Oyshanur, dugonajon, sizni ma'lumotlaringizni joyladim bu yerga, balki foydasi tegar boshqalargayam deb, hafa bo'lmaysiz endi:)
Nom: Re: Mmmm muzqaymoq......
Yuborildi: azizbek_mx 18 Sentyabr 2011, 21:51:47
Muzqaymoq qanday böldi?
Nom: Re: Mmmm muzqaymoq......
Yuborildi: Ansora 19 Sentyabr 2011, 12:49:35
Muzqaymoq qanday böldi?

Muzqaymoq yuqorida yozilganday muzxonadan olinib 5-6 marta mikser bilan aralshtirilishi kerak edi, o'g'limni mazasi yo'qligi uchun vaqtim bo'lmadi ko'p aralashtirgani, shuning uchun xohlaganimday bo'lmadibu safar. Lekin mazasi judayam yaxshi edi, inshalloh keyingi safarga yana ham yaxshiroq qilishga harakat qilaman:) qo'shni bolalar juda yaxshi ko'rishdi lekin:)
Nom: Re: Mmmm muzqaymoq......
Yuborildi: MASTURA 1 14 Noyabr 2011, 17:27:02
(http://)
Nom: Re: Mmmm muzqaymoq......
Yuborildi: MASTURA 1 14 Noyabr 2011, 17:27:56
(http://www.gradering.org/cpics/tiptop.gif)
shunaqasini yaxshi koraman
Nom: Javob: Mmmm muzqaymoq......
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 14:25:31
Ёнғоқли музқаймоқ

Масаллиқлар:

Ёнғоқлар (бодом, ерёнғоқ…);
Мандарин бўлакчалари;
шакарланган мева(цукат)лар –
200 грамм;
Аччиқ шоколад – 100 грамм;
Қаймоқ – 500 мл.;
4 дона тухум сариғи;
Шакар – 100 грамм;
Бир чимдим ванилин.
Ўз қўлларингиз билан
музқаймоқ тайёрлаганмисиз?
Йўқ, дейсизми? Унда ишга
киришдик!
Тайёрланиши:
Ёнғоқлар тозаланади, товада
озроқ қизартирилади (куйиб
қолмасин!)
Шоколад қирғичдан
ўтказилади.
Шакарланган мевалар майда
тўғралади.
Кекс идишини махсус плёнка
билан қопланг.
Тухум сариқлари ва шакарни
бир хил массага келгунга қадар
кўпиртиринг. Буғли ванна
устида 4-5 дақиқа ушлаб
туринг.
Тайёр тухумли кремни ёнғоқ,
шоколад, тўғралган мева ва
цукатлар билан аралаштириб,
устига кўпиртирилган қаймоқни
солинг.
Эҳтиёткорлик билан
қориштиринг.
Аралашмани кекс қолипига
жойлаб, плёнка билан ўранг. 12
соатга музлаткичга солиб
қўйинг.
Тайёр бўлгач, қайноқ сувга
тиқиб олинган пичоқ билан
бўлакларга бўлинг!
Ёқимли иштаҳа!
Nom: Javob: Mmmm muzqaymoq......
Yuborildi: Zumrad1995 16 Avgust 2013, 14:29:26
MEVALI MUZQAYMOQ

Zarur masalliqlar: 0,5 kg malina. 1st
shakar. 1ta tuxum oqi.
TAYYORLANISHI: Malina shakar
bilan eziladi. Tuxum oqi qo'shib
mikserda ko'pirtiriladi.
Muzlatgichga qo'yiladi. ( Malina
o'rniga istalgan meva ishlatish
mumkin.)