forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:04:38

Nom: Horun Yahyo. Qur'oni karimga ko'ra duo
Yuborildi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:04:38
Horun Yahyo

QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO

 :bs1:

Sizni O’zining yer yuzidagi xalifasi qilib yaratgan, ko‘rish, hid va ta’m bilish, aql va tafakkur qilish hidoyatini hamda sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydigan ko‘plab ne’matlarni ato etgan Robbingizga qanchalar yaqinsiz?
 Unga oxirgi marta qachon duo qilganingizni eslay olasizmi? Yoki Allohni faqat balo va musibatlarga, qiyinchilik va mashaqqatlarga uchragandagina yodga olasizmi? Yohud Robbingiz mudom qalbingizdami? Duo qilayotganingizda U Zotining sizga juda yaqin ekanini, shivirlab aytgan har bir gapingiz, hatto ko‘nglingizdan o‘tkazgan har bir fikringizdan ogohligini bilasizmi?
 U barcha odamlar va hamma-hamma narsaning - olamlarning Robbi, hayotdagi eng yaqin do‘stingiz, suyanadigan yolg‘iz tayanchingiz, umid va ishonchingiz manbaai ekanini, avvalambor U Zotga murojaat qilinishini yurak-yurakdan his qilasizmi? Beriladigan javob qanday bo‘lishidan qat’iy nazar bu kitobni o‘qish foydadan holi emas. Chunki har bir qalb Allohni o‘zining aqli, tafakkur qilish doirasi, bilim saviyasi darajasida tasavvur qiladi. Insonning tafakur doirasi qanchalik keng, tasavvuri qanchalik boy bo‘lmasin, Allohni, uning mislsiz qudratini iroda qilishga ojizdir. Bu risolada Allohning bandalariga qanchalik yaqinligi, ulardan qanday duo istashi, qanday duo qilish Allohga xush kelishi, duo qilish ilmi va odobi bayon qilinadi.
Duoning ahamiyati Qur’onda: “Agar duo-iltijolaringiz bo‘lmasa, Robbim sizlarga hech qiymat bermas”, “Furqon”, 77, oyati orqali bayon qilingan. Allohga duo qilishda, unga yaqin bo‘lishda hech qanday chegara yo‘q. Duo - Alloh bilan bandani bog‘lovchi vosita, Allohga bog‘lanish, unga iltijo qilish ehtiyoji esa insonning fitratida bor. Mo‘minlar uchun duo hayotlarining ajralmas qismi va tabiiy ehtiyoji. Ba’zilar uchun duo juda mushkul ahvolda qolganda, qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz kelganda esga olinadigan ibodatdir. Albatta, bu Allohga xush kelmagan holat. Allohga maqbul bo‘lgani osonchilikda ham, ham qiyinchilikda ham birdek duoda bardavom bo‘lishdir. Qur’onda samimiyat bilan duo qilish yo‘llari atroflicha bayon qilingan. Qur’onning 209 oyatida duo mavzusi tilga olingan. Shuning o‘zi duoning qanchalik muhim ibodat ekanidan dalolatdir .

MUNDARIJA

Qur’onga ko‘ra duo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156631#msg156631)
Qur’onda duo qanday anglatilgan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156633#msg156633)
Baland bo‘lmagan ovoz, tanho va qalban duo qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156634#msg156634)
Allohning borligini his etgan holda duo qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156637#msg156637)
Qo‘rquv va umid bilan duo qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156643#msg156643)
Allohning sifatlarini yodga olib duo qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156646#msg156646)
Duoda qolipga tushgan, takrorlanadigan so‘zlarni aytmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156648#msg156648)
Duoda shoshmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156649#msg156649)
Duoning mavzusi faqat dunyo ne’matlari emas (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156798#msg156798)
Duo faqat o‘zi uchun emas, umumiy bo‘lishi lozim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156802#msg156802)
Duoning makoni va zamoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156804#msg156804)
Duo qabul bo‘lmasligidan xafa bo‘lmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156806#msg156806)
Iborali duo va fe’liy duo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156808#msg156808)
Allohdan boshqasiga duo qilinmaydi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156809#msg156809)
Johillarning duo haqidagi tushunchasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156811#msg156811)
Qur’onda payg‘ambarlar duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156812#msg156812)
Nuh alayhissalomning duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156813#msg156813)
Ibrohim alayhissalomning duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156816#msg156816)
Lut alayhissalomning duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156820#msg156820)
Yusuf alayhissalom duosi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156822#msg156822)
Shuayb alayhissalomning duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156826#msg156826)
Ayyub alayhissalomning duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156834#msg156834)
Muso alayhissalomning duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156835#msg156835)
Sulaymon alayhissalomning duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156845#msg156845)
Zakariyo alayhissalomning duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156847#msg156847)
Yunus alayhissalom duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156853#msg156853)
Iyso alayhissalom duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156855#msg156855)
Muhammad alayhissalom duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156857#msg156857)
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:06:20
QUR’ONGA KO’RA DUO

Chaqirish, nido qilish, istash, yordam so‘rash ma’nolarini bildirgan duo, Qur’onga ko‘ra bandaning butun vujudi bilan Allohga iltijosi yoki imkoniyatlari cheklangan mavjudod — insonning, hamma narsaga qodir Zot qarshisida ojizlik bilan munojot qilishidir. Allohga iymon keltirgan har bir kishining duo qilishi bir haqiqat. Faqat ba’zilar duoni so‘nggi chora sifatida, barcha imkoniyatlarni ishga solib, o‘ylagani amalga oshmagandan keyingina qo‘llashi lozim bo‘lgan imkon sifatida ko‘rishadi. Bundaylar qiyin ahvoldan chiqgach, boshlariga yana bir mashaqqat tushmaguncha Allohni yod etish hayollarining chetidan ham o‘tmaydi. Ayrim toifa odamlarning esa duo haqida tushunchalari juda yuzaki. Ularning nazdida duo bolalikdan e’tiboran oilaning yoshi ulug‘ a’zosi tomonidan o‘rgatiladigan jumlalardir. Bundaylar duoda Allohning borligi, birligi, buyukligi, hamma narsaga qodirligi, bandalarining ahvolidan doimiy ogohligi, duolarining qabul bo‘lish-bo‘lmasligi haqidagi tushunchalarga mutlaqo ega emaslar. Oldindan yod olingan duo qolipidan tashqariga chiqmaydilar.
Mazkur kitobimiz mavzusi - Allohning Qur’on vositasida bandalariga bildirgan duo qilish ta’limi haqida.
Qur’on ilmiga ko‘ra duo qilish - Allohga bog‘lanishning eng oson yo‘li. Keling endi, Allohning sifatlarini bir o‘ylaylik. U insonga jon tomirlaridan ham yaqin, hamma narsani eshituvchi, ko‘ruvchi Zotdir. Insonning qalbidan o‘tgan har qanday fikr Allohning nazaridan chetda qolmaydi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:06:44
Inson Allohning ojiz, Uning yordamiga doimiy muhtoj bandasi ekanligini bilib yashasa, har doim Allohning u bilan birga ekanligi, qalbida yashiringan zarradek tuyg‘ularidan ham boxabarligi, orzu-niyatlarini Alloh yuzaga chiqarayotganini yurak-yurakdan his qiladi. Shu sababli inson mudom Allohga samimiyat bilan gunohlarini, xatolarini e’tirof etishi, O’zidan yordam so‘rab qalban yuzlanishi lozim. Buning aksini qilgan kimsalar Allohga qarshi kibrlangan hisoblanib, Qur’onda buning jazosi abadiy jahannam ekanligi bayon qilingan. Hozirgi kunda ayrim toifa odamlar orasida diqqatimizni tortadigan bir holat bor. Bu - duoni boshqa ibodatlar kabi tark etilgan, eskirgan bir an’ana sifatida baholashdir. Islomiy ilmlar haqida so‘z ketganda ularni birgina eskicha so‘zi bilan almashtirib ishlatishadi. Bunday tor fikrlash Allohga ehtiyoji yo‘q, o‘zini hamma narsaga qodir deb biluvchi kimsalarga xos. Insonlarning ko‘p qismi hayotlarining boshidan to oxiriga qadar bo‘layotgan voqealarni o‘zlari va atroflaridagi odamlarning nazoratida yuz beradi deb o‘ylaydilar. Shu sababli o‘lim bilan yuzma- yuz qolmaguncha yoki biror falokatga uchramaguncha o‘zlaricha Allohga duo qilishga ehtiyoj sezmaydilar. Vaholanki bu juda yanglish fikrlash. Aslida insonlarning bari duoga ehtiyoj sezadilar. Faqir va nochor ahvolda yashayotgan insonning badavlat insonga qaraganda duoga ko‘proq ehtiyoj sezadi deb o‘ylash, duo haqida noto‘g‘ri tushunchaga ega kishilarning fikri. Hamma narsasi bor, barcha maqsadlariga yetishgan kishining duoga hech ehtiyoji yo‘q deb o‘ylash ham noto‘g‘ridir. Chunki bunday holda duo qilishning yagona sababi dunyoviy orzularga erishish bo‘lib qoladi. Vaholanki mo‘minlar ham dunyo, ham oxiratlari uchun duo qiladilar. Duo qiluvchi yuzaga kelgan har qanday holatni, har qanday voqealarni koinotning yaratuvchisi va hokimi bo‘lgan Allohga havola qiladi. Muammolarning yechimini topish uchun intilish, Allohga duo qilish, ishlarining xayrli yakunini Allohga havola etish bilan birga , sabr qilish ham rohat manbaaidir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:07:50
QUR’ONDA DUO QANDAY ANGLATILGAN

Eng oxirgi marta Allohga qachon duo qilganingizni eslaysizmi? Bu savolga turlicha javob olinishi tabiiy. Insonlar albatta, hamma joyda, har qanday vaziyatda, barcha istaklarining ro‘yobi uchun Allohga duo qiladilar. Ammo iymon keltirganlarning har qanday vaziyatda ham Allohga duo qilishlari haqida Qur’onda alohida e’tibor qaratilgan:
   "œRobbimiz, buni bekorga yaratganing yo‘q, O’zing poksan, bizni o‘t azobidan saqlagin. Robbimiz, albatta, Sen kimni do‘zaxga kiritsang, batahqiq, uni sharmanda qilibsan. Va zolimlarga yordam beruvchilar yo‘q. Robbimiz, biz nido qiluvchining: "œRobbingizga iymon keltiring!"- deb nido qilayotganini eshitdik va iymon keltirdik. Robbimiz, bizning gunohlarimizni kechirgin va yomonliklarimizni o‘chirgin hamda yaxshilar bilan birga o‘ldirgin. Robbimiz, bizga Payg‘ambarlaringga va’da qilgan narsalaringni bergin va bizni qiyomat kuni sharmanda qilmagin. Albatta, Sen va’daga xilof qilmasan. Robbilari ularning (duolarini) ijobat qilib: "œMen sizlardan erkagu ayol amal qiluvchining amalini zoe qilmasman" ("œOli Imron", 191-195).   
Bular bilan yonma-yon duoning eng go‘zal, eng maqbul shakli borki, Qur’onda ular bayon qilingan.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:08:27
BALAND BO’LMAGAN OVOZ, TANHO VA QALBAN DUO QILISH

Hayotingizdagi eng qiyin va mashaqqatli onlarda, Allohga duo qilish ehtiyoji yanada kuchayganda, duo qilish uchun qanday sharoit ixtiyor qilganingizni eslay olasizmi? Xoynahoy oqshom boshingizni yostiqqa qo‘yib yulduzli osmonga tikilgan kuyi uning cheksiz-chegarasiz ekanligini tafakkur qilgan holda, yoki Alloh bilan yuzma-yuz qolish imkoni bo‘lgan sokin, kimsasiz bir joyni tanlagan bo‘lsangiz kerak. Ibodat asnosida ma’naviy huzur asosan yolg‘iz qolganda, hech kim bilmagan vaqtda, Alloh bilan tanho, yuzma-yuz bo‘lganda seziladi. Xato va gunohlari uchun mag‘firat, ehtiyojlarining qondirilishi uchun duo qilayotgan inson albatta, yolg‘iz holda duo qilishni tanlaydi. Bunga bir misol Zakariyo alayhissalomning duosidir. Qur’onda uning Allohdan naslini davom ettiradigan voris istab yashirincha qilgan duosi shunday bayon qilingan:
«U Robbiga maxfiy nido qilgan chog‘ini esla. U: «Ey Robbim, mening suyaklarim mo‘rtlashdi, boshga oq tutashdi, ey Robbim, senga duo qilish-la badbaxt bo‘lmaganman» (« Maryam», 3-4).
Duoning qabul bo‘lish sabablaridan biri Allohga yuzlanuvchining kuchli, hamma narsaga qodir, hamma narsadan ogoh Zot qarshisida o‘zini past tutib, iltijo qilishdir. Zotan samimiy mo‘min xoh duo, xoh namoz, xoh ro‘za, xoh boshqa ibodat bo‘lsin o‘zini Allohning oldida ojiz, haqir sanab U Zotga qo‘rquv va umid bilan duo qiladi. Qur’onda mo‘minlarga duo qilish odobi to‘g‘risida quyidagi tarzda ta’lim berilgan:
«Robbingizga tazarru’ ila maxfiy duo qiling. Zotan, U haddan oshguvchilarni sevmas» («A’rof», 55).
«Robbingni ertayu kech ichingda tazarru’-la, qo‘rqib, ovoz chiqarib gapirmay zikr qil va g‘ofillardan bo‘lma. Robbing huzuridagilar, albatta, Uning ibodatidan mutakabbirlik qilmaslar"¦» («A’rof», 205-206).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:10:28
Qur’onda duoni yolg‘iz, maxfiy va tazarru’ bilan qilishga e’tibor qaratilgan. Shu sababli duo qiluvchi ovozini baland qilishi, atrofida ko‘p odamlarni jamlashi muhim emas. Shuni unutmaslik kerakki duoda ovozni balandlashtirish uning qabulini osonlashtirmaydi. Biz duo qilayotgan Robbimiz qalbimizdan o‘tgan tuyg‘ularni bilgan, hamma narsadan ogoh va bizga jon tomirlarimizdan ham yaqindir. Bu haqda Alloh taolo marhamat qiladi:
«Albatta, insonni Biz yaratganmiz va uning nafsi nimani vasvasa qilishini ham bilurmiz. Va Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz» («Qof», 16).
Yaratuvchimizning bizlarga shunchalik yaqinligini bilib turib ovozimizni behuda balandlatishning hojati yo‘q. Inson qalban duo qilish bilan birga faqat o‘zi eshitadigan ovoz bilan ham duo qilishi mumkin. Qur’onda xoh ibodat chog‘ida, xoh hayotining har onida ovozini me’yorda qilish lozimligi oyatlarda quyidagicha bildirilgan:
«Yurishda mo‘‘tadil bo‘l va ovozingni pasaytir. Chunki, ovozlarning eng yomoni eshakning ovozidir» («Luqmon», 19).
«Sen: «Allohga duo qilinglar, Rohmanga duo qilinglar, qaysisiga duo qilsangiz ham, bari bir. Go‘zal ismlar Unikidir», deb ayt. Namozingni juda baland ovoz ila o‘qima, uni juda maxfiy ham o‘qima, buning orasida bir yo‘l tut» («Isro»,110).
Ko‘rib turganimizdek Qur’onda ta’lim berilgan ibodat namunasi ko‘z-ko‘z qilishdan uzoq. Boshqalar ko‘rsin yoki eshitsin deb qilinmaydi. Faqat Alloh oldidagi burchini go‘zal holda bajarish maqsad qilinadi. Qur’onda bunga juda katta ahamiyat berilgan. Duo bilan bog‘liq oyatlarda qayta-qayta «Unga dinni xolis qilgan holda duo qiling» kalomi zikr etilgan.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:12:55
«Sen «Robbim adolatga amr qiladi. Har bir ibodatxonada yuzingizni to‘g‘ri tuting. Uning diniga ixlos etgan holda duo qiling. Sizlarni avval qanday yaratgan bo‘lsa, o‘sha holda qaytasizlar», deb ayt» («A’rof», 29,)
«Bas, agar kofirlar yoqtirmasalar ham, Allohga dinni xolis qilgan holingizda yolboring» («G’ofir», 14).
«U zot tirikdir. Undan o‘zga ibodatga sazovor zot yo‘q. Bas, Unga dinni xolis qilgan holda duo qiling. Olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo‘lsin» («G’ofir», 65).
Ushbu oyatlarda zikr etilgan «Unga dinni xolis qilgan holda duo qiling» kalomidan murod Allohga dinni xolis tutgan holda duo-ibodat qilish, Allohga xolis bo‘ysungan holda, shariatga to‘la amal qilgan holda, iymon-e’tiqodga yolg‘onu riyoni aralashtirmay duo-ibodat qilishga chaqirishdir.
Din faqat Allohnikidir. Ibodatlar ham faqat Uning roziligini ko‘zlab qilinadi. Duo-ibodatlarini boshqalarga ko‘rsatish uchun qilganlar haqida shunday deyilgan:
«Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki. Ular namozlarini unutuvchilardir. Undoq kishilar riyo qiladiganlardir» («Maa’un», 4-6).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:13:23
ALLOHNING BORLIGINI HIS ETGAN HOLDA DUO QILISH

Duoning eng birinchi va muhim shartlaridan biri Allohga bo‘lgan mustahkam iymondir. Odam chorasiz qolganda Allohning borligini va unga faqatgina U Zot yordam berishi mumkinligini his qilishi juda muhimdir. Lekin odam nafaqat og‘ir damlarda, balki osoyishta onlarida ham Allohning borligini, Uning buyukligini his etib duo qilishi lozim. Aslida odam faqat duoda emas, hayotining har onida bularni his qilib yashamog‘i lozim. Bularni bilgan mo‘min barcha ibodatlar qatori duoni ham uning mazmun mohiyatni anglab qiladi. Duo Alloh bilan banda o‘rtasida riyosiz, xolis aloqa o‘rnatilishi bilan ahamiyatlidir. Odam barcha muammoyu tashvishlarini, istagu ehtiyojlarini faqat Allohga ochib, bu muloqotda faqat Alloh va Uning bandasi ishtirok etadi. Alloh ham bandasining Unga xolislik, tazarru’ bilan qilgan iltijolarini qabul etib, uni noumid qilmaydi.
Avval ham aytib o‘tganimizdek duoning hech qanday shakliy qolipi yo‘q. «Namozni ado etganingizdan so‘ng, Allohni turgan, o‘tirgan va yonboshlagan holingizda eslang» («Niso», 103) oyati, insonni har qanday sharoitda ham Allohni eslab, Unga duo qilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Muhimi taqozo etilgan vaziyat emas, bandaning Allohga bo‘lgan iymonu ixlosi, samimiyatidir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:13:49
Aytganlarimizning aksi esa duoning haqiqiy mohiyatiga zid bo‘lib, uni faqat ma’lum vaqt va sharoitda bajariladigan ibodat sirasiga kiritib qo‘yadi. Unda ixlos, ishonch duo qabulining asosiy shartlaridan bo‘lmay qoladi. Hatto ba’zi johil kimsalar duoning asl mohiyatini anglamay uni sehr va tilsimiyat deb ham o‘ylashadi. Daraxtlarga ip bog‘lash, o‘zlari aniq bilmagan aziz-avliyolar qabrini ziyorat qilish, u yerdagi ko‘l baliqlariga yemish berib farzand tilash, Bibi mushkulkushod marosimi o‘tkazib muammolariga yechim so‘rash moddiyun fikrlovchi kishilarga xosdir. E’tibor bersak bunday fikrlashning eng muhim sababi Qur’on ilmidan bexabar bo‘lishdir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri, hech qanday vositachisiz Allohga duo qilib so‘rash o‘rniga, turli-tuman botil narsalarga ixlos qilib o‘zlarini qiynashlari achinarli hol. Bu amallari bilan ular kimga iltijo qilib, kimdan so‘raganliklarini farqiga ham bormaydilar. Duo uchun qo‘llashgan turli botil ashyolarini karomat deb e’tiqod qilishadi, ammo uning nimaligi so‘ralsa tayinli javob bera olmaydilar. Qabr ziyoratida u yerda yotganlarga duo qilib, ulardan madad so‘raganlar ham botil e’tiqod egalaridir. Mo‘min esa «Va Robbingni ismini zikr et va Uning ibodatiga butunlay ajralib chiq» («Muzzammil», 8) amriga amal qilib o‘zining barcha ishlarida Allohni doimo zikr qilish bilan yordam so‘raydi. U Zotga butun vujudi bilan iltijo chiqib, faqat Uning O’ziga suyanadi, ishlarining birortasida ham Alloh taolodan o‘zgaga suyanmaydi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:33:21
QO’RQUV VA UMID BILAN DUO QILISH

Qur’onda Allohning «marhamatlilarning eng marhamatlisi» («Anbiyo», 83) ekanligi bildirilgan. Yana Qur’onda gunoh qilib, so‘ngra Allohga istig‘for aytganlar Allohning mag‘firatli va rahimli Zot ekanligini ko‘rishlari bildirilgan. («Niso»,110). Shu sababli inson Allohni rahim qiluvchi, mag‘firat etuvchi Zotligini o‘ylashi, umid bilan duo qilishi lozim. Kishi qilgan xatosi tufayli his qilayotgan vijdon azobi qanchalik katta bo‘lmasin, bu Allohning cheksiz mag‘firatidan umid uzishga sabab bo‘la olmaydi. Shu bilan birga kishining xato va gunohlari tufayli mavjud ruhiy holati uning Allohga umid bilan duo qilishiga to‘siq bo‘la olmasligi kerak. Chunki Qur’onda Allohning rahmatidan umid uzish kofirlarga xosligi eslatilgan:
«Allohning rahmatidan noumid bo‘lmanglar. Haqiqatan, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmlargina noumid bo‘lurlar» («Yusuf», 87).
Ma’lumki hech kimning jannatga kirishi uchun kafolati yo‘q. Bu xususda Alloh Qur’onda:
«Albatta, Robbilarining azobidan omonlik yo‘qdir» («Ma’orij», 28), oyati bilan ushbu haqiqatni bandalariga bildirgan. Shu sababli barcha odamlar so‘nggi imkonigacha Allohdan qo‘rqishlari lozim. Shunday ekan, imtihon dunyosidagi barcha odamlar Allohga qalban iltijo qilib zalolatga tushishdan, shaytonga itoat qilishdan panoh tilashi, Allohdan hidoyatda sobit turishlarini so‘rashi lozim. Chunki hech kimning to‘g‘ri yo‘lda mustahkam turishiga kafolati yo‘q. Qalblarning hammasi Allohning qo‘lida bo‘lib, bu haqda Qur’onda iymon keltirgan va ilmda sobit bo‘lgan aql egalari tomonidan qilingan quyidagi duoga e’tibor qaratilgan:
«Ey Robbimiz, bizni hidoyat qilganingdan so‘ng qalblarimizni og‘dirmagin va bizga O’z huzuringdan rahmat ato qilgin. Albatta, Sening o‘zing ko‘plab ato qiluvchisan» («Oli Imron», 8).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:34:40
   Albatta, ilmda sobit bo‘lgan mo‘min kishi hidoyat Allohning rahmati, naqadar ulug‘ ne’mati ekanligini bilgani bois, Allohgan qalban yolvorib ushbu hidoyat yo‘lida sobit qilishini so‘raydi.
   Mo‘minning boshqalardan eng farqli jihati Allohdan qo‘rqishida aks etadi. Chunki Allohga iymon keltirmagan kimsaning jahannamning mavjudligiga bo‘lgan ishonchi ham sustdir. Mo‘min kishi oxirat kuniga qattiq ishongani uchun, bu ishonch uni mudom Allohdan qo‘rqib yashashga chorlab turadi. Faqatgina Allohga iymon keltirgan va Robbisiga qarshi kibr qilishdan qo‘rqqan, Uning cheksiz rahmatidan umidvor bo‘lgan kishigina Allohga qo‘rquv va umid bilan duo qiladi. Bu tarbiyani o‘zida shakllantirishni istaganlar albatta, Allohning kalomini, undagi azob va rahmat oyatlarini mudom o‘qishi, uni qalbiga singdirib, amalda tadbiq qilishi lozim. E’tibor bersak Qur’onda qo‘rquv va umid oyatlari yonma-yon keladi. Agar kishi duolarida qo‘rquv his etmasa u tafakkkur qilishdan yiroq turgan kimsa bo‘ladi. Inson Allohga jahannam azobidan panoh tilab qancha ko‘p duo qilsa, Uning jannati, jamolini istab ham shuncha ko‘p duo qilishi lozim. Ya’ni jahannam azobidan qo‘qib, jannatga kirishni umid qilishi lozim. Bu holat Qur’on oyatlarida quyidagicha bayon qilingan:
«Undan qo‘rqib tama’ ila duo qiling. Albatta, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir» («A’rof», 56).
«Ularning yonboshlari yotar joyidan yiroq bo‘lur. Ular Robbilariga qo‘rquv va umidvorlik ila duo qilurlar va o‘zlariga Biz rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qilurlar» («Sajda», 16).
Ko‘rib turganimizdek qo‘rquv va umid Qur’onda ta’lim berilgan duoning ikki tamalidan biridir. Qur’onni diqqat bilan o‘qisak, uni tafakkur qilsak barcha ibodatlar va hayotning har lahzasida bu ikki tuyg‘uning ahamiyati buyuk ekanini tushunib yetamiz. Unutmaslik kerakki, duo abadiy hayotimizda najotga yetaklaydigan ibodatdir. Alloh taolo Qur’oni karimda bu haqiqatni quyidagicha bayon qilgan:
«Va Robbingiz: «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, Menga ibodatdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar», dedi» («G’ofir», 60).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:36:03
ALLOHNING SIFATLARINI YODGA OLIB DUO QILISH

Allohning ismlari bizga U Zotning sifatlarini o‘rgatadi. Misol uchun Alloh - Rahmon — kofiru, mo‘minga mehribon, ne’mat beruvchidir. Hakam — hukm qiluvchi, Razzoq — rizq beruvchidir"¦. Bu ismlar bizga Robbimizni tanitgani uchun odam ularni yodga olganda U Zotning buyukligini, yaqinligini, mehribonligini va boshqa yana qanchadan-qancha sifatlarini eslaydi. Allohdan rizq istagan Uning «Razzoq» ismini, mag‘firat istagan «G’ofurur Rohiym», «Tavvabur Rohiym» kabi ismlarini yodga olib duo qiladi. Bunday duo qilish albatta, duo qilish shartiga mos keladi. Qur’onda Allohga Uning ismlari bilan duo qilish aytilgan:
«Allohning go‘zal ismlari bordir. Bas, Unga o‘sha (ism)lar ila duo qiling» («A’rof»,180).
«Sen: «Allohga duo qilinglar, Rohmanga duo qilinglar, qaysisiga duo qilsangiz ham, bari bir. Go‘zal ismlar Unikidir», deb ayt» («Isro»,110).
Allohning barcha sifatlarini bilgan odam xato va gunohlarini Allohdan yashirishga urinmaydi. Chunki yashirsa ham oshkor qilsa ham Alloh hamma narsani ko‘ruvchi va biluvchi ekanini fikrlaydi. Xatolarini yashirishga urinishi behuda ekanini bilgan odam kuchini behuda bo‘sh narsaga emas, balki Allohdan mag‘firat so‘rab, istig‘for aytishga sarflaydi. Ibrohim alayhissalomning o‘z duolarini quyidagicha boshlaganligi Qur’onda shunday bildirilgan:
«Ey Robbimiz, albatta, Sen o‘zing maxfiy tutgan narsamizni ham, oshkor qilgan narsamizni ham bilursan. Alloh uchun yeru osmondagi biron narsa maxfiy emas» («Ibrohim», 38).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:36:56
Mo‘min kishiga ehtiyoji, niyati o‘ziga naqadar imkonsiz tuyulsada hamma narsa Allohning nazoratida ekanini, imkonsiz ko‘ringan har narsa Allohning birgina «Bo‘l» degan amri bilan amalga oshishini biladi. Shu sababli Allohning ne’matlariga yetishish uchun har qanday og‘ir holatni to‘siq deb hisoblamaydi. Allohga bo‘lgan mustahkam ishonch va ixlos bilan qilgan duosi har qanday to‘siqni yengib o‘tishiga astoydil ishonadi.
Istak va ehtiyojlarimizni Allohga bildirishda bizlarga Qur’onda Payg‘ambarlar, mo‘minlar va farishtalar tilidan qilingan duo odobi bayon qilingan. Ular o‘z ehtiyojlarini Robbilariga bayon qilganda U Zotning sifatlarini tilga olishgan. Ularning bir nechtasini ko‘rsatib o‘tish kifoya .
Zakariyo alayhissalomning duosi:
«Ey Robbim, menga O’z huzuringdan yaxshi zurriyot bergin. Albatta, Sen duoni eshituvchisan» («Oli Imron», 38).
Sulaymon alayhissalomning duosi quyidagicha edi:
«Ey Robbim, meni mag‘firat qilgin va menga o‘zimdan keyin biror kishiga muyassar bo‘lmaydigan mulkni hadya etgin. Albatta, Sen ko‘plab atolarni berguvchisan» («Sod», 35).
Iso alayhissalomning duosi:
«Robbimiz, Bizga osmondan yasatilgan dasturxon tushirgin, u avvalimizgayu oxirimizga bayram bo‘lib qolsin. Sendan mo‘‘jiza bo‘lib qolsin. Va bizga rizq bergin, zotan O’zing eng yaxshi rizq berguvchisan» («Moida», 114).
Mo‘minlarning duosi:
«Ey Robbimiz, bizga nurimizni batamom qilib ber, mag‘firat qil, albatta, Sen barcha narsaga qodirsan» («Tahrim», 8).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:41:44
DUODA QOLIPGA TUSHGAN, TAKRORLANADIGAN SO’ZLARNI AYTMASLIK

Duo deganda fikrimizga dastlab Allohni yodga olish, U Zotga ehtiyojlarini bildirish, istaklarini so‘rash, gunohlari uchun mag‘firat tilash kabilar keladi. Agar haqiqatdan ham shunday bo‘lsa duoda samimiy bo‘lish lozim. Ayrim kishilar duoni ixlos bilan bajariladigan ibodat emas, balki ma’lum qolipga tushgan so‘zlar tizimi, ma’nosini duo qilayotgan kishining o‘zi ham unchalik tushunib yetmaydigan, har safar qayta-qayta aytiladigan so‘zlarning takrorlanishi, shunga o‘rganib qolish yoki an’ana deb o‘ylashadi. Allohning buyukligini his qilgan, Uning azobidan qo‘rqqan va roziligini topishni istagan odam qalbidan kelgan samimiy va tabiiy ifodalar bilan U Zotga yuzlanadi. O’zini Allohga topshirgan, do‘st va yordamchi sifatida faqat Uni tanlagan odam, qalbida to‘lib-toshgan samimiy ifodalar bilan dardini faqat Unga aytadi hamda Yoqub alayhissalom kabi barcha dardu alamini faqatgina Allohga bildirib, Undan yordam so‘raydi:
«...Albatta, men dardu hasratimdan faqat Allohning O’ziga shikoyat qilmoqdaman"¦.» («Yusuf, 86»).
Duo qiluvchi samimiy bo‘lmasa, duoni bajarilishi kerak bo‘lgan rasmiy ish yoki qabul bo‘lish - bo‘lmasligi aniq bo‘lmagan narsa deb e’tiborsiz qarasa, asosan bir qolipga tushgan iboralarni qo‘llaydi. Nima deyotganini o‘zi ham tushunmayotgan bir qancha chiroyli so‘zlarni aytib o‘zicha duo qilgan bo‘ladi. Bu Qur’onda ta’rif etilgan duo emasligi aniq. Vaholanki duo bandaning O’z Robbisi bilan samimiy muloqotidir. Har bir odamning muammolari, istaklari, orzulari, ruhiy holati bir xil emas. Duo vaqtida so‘zlar emas , duo qiluvchining o‘sha vaqtdagi ruhiy holati muhimdir. Qur’onda bayon qilingan duolarning hech birida bu uslub ko‘rinmagan. Payg‘ambarlar, farishtalar, mo‘minlar tilidan qilingan duo namunalarida faqatgina ruhiy holatdan kelib chiqqan samimiy qalb ifodalari, iltijolarini ko‘ramiz.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:42:43
DUODA SHOSHMASLIK

Inson tabiatan shoshiluvchidir. Ba’zan fitratidagi bu shoshqaloqlik yuzaga chiqqanda, hatti - harakatlarining oqibatini o‘ylamasdan ish tutadi. Har narsani nozik jihatlarigacha biluvchi Robbimiz O’zining kitobida shunday marhamat qilgan:
«Inson shoshqaloq o‘laroq yaratilgandir. Men, albatta, sizlarga O’z oyat-alomatlarimni ko‘rsaturman. Bas, meni shoshiltirmanglar» («Anbiyo», 37).
Inson tabiatidagi shoshqaloqlik asosan dunyoviy ne’matlarni qo‘lga kiritishda yanada ko‘proq yuzaga chiqadi. Albatta, har bir odam Allohning ne’matlari va jannatiga rag‘bati kuchli. Jannat ne’matlariga o‘xshash ba’zi ne’matlarning bu dunyoda ham mavjudligi, jannatning qanday maskan ekanligini tasavvur qilish va unga bo‘lgan rag‘batni yanada kuchaytirib solih amallar qilishga chaqirishdir. Bu ne’matlarga bo‘lgan kuchli istak hamda shoshqaloqlik tufayli kishi ularni tezroq qo‘lga kiritishni xohlaydi. Bu shoshqaloqlik duolarda ham o‘z aksini topadi. Duo qilgandan so‘ng uni tezroq qabul bo‘lishini istaydi. Duoning qabuli kechiksa «Duo qilyapman, lekin qabul bo‘lmayapti», degan noto‘g‘ri xayollarga borishadi. Shoshqaloqlik, sabrsizlik vaqti-vaqti bilan noumid bo‘lishga, hatto duo qilmay qo‘yishgacha olib keladi. Aslida mo‘min o‘zi uchun nima yaxshi va nima yomon ekanligini juda yaxshi biluvchi Alloh ekanini esda tutishi lozim. Bu haqiqatni Alloh shunday bildirgan:
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216). Shu sababli banda Allohdan bir narsa istagan vaqt uning oqibatini Allohga havola etishi va sabr qilishi lozim. Balki duo qilib istagan narsasida uning uchun yaxshilik yo‘qdir. Balki duo qilgan narsasiga erishish uchun ma’naviy kamollikka yetishish, buning uchun ma’lum muddat o‘tishi zarurdir. Balki Alloh unga so‘raganidan ham yaxshirog‘ini ato etish uchun sabrini sinayotgandir. Shu sababli mo‘min u ishni Allohga havola etishi, Undan xayrli oqibatlarni so‘rab duo qilishi zarur. Bu yo‘lda faqat sabr kerak. Zero, Alloh taolo Qur’onda ibodatda sabrli bo‘lishga e’tibor qaratib shunday marhamat qilgan:
(«Baqara», 45)
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 25 Yanvar 2009, 09:43:27
Qur’onda barcha ibodatlar kabi duoda ham azmu qarorli bo‘lish maqtalgan. Chunki duoda sabrli bo‘lish mo‘minni yanada komillashtiradi, kuchli iroda egasi qiladi. Sabr bilan duo qilish unda istalgan ehtiyojlar, muammolarning yechimi bilan birga eng muhim narsa Allohga bo‘lgan yaqinlikni taqozo etadi. Duoda sabrli bo‘lgan mo‘min duo qilib istagan narsasidan ham afzal narsa - kuchli ma’naviy ozuqa topadi.
Payg‘ambarlarning ba’zilari talablarini yillar davomida duo orqali Allohdan istab kelishgan. Alloh esa ularning ba’zilarining istagini tez, ba’zilarinikini esa yillar o‘tganidan so‘ng bergan. Yoqub alayhissalomning o‘g‘li Yusuf alayhissalom bilan diydorlashishi, Yusuf alayhissalomning yillar davomida yotgan zindondan chiqib mulk egasi bo‘lishi, Ayyub alayhissalom yetgan zarardan rahimlilarning rahimligi bo‘lgan Allohga qilgan duolari ko‘p yillar o‘tgandan so‘nggina qabul bo‘lgan. Ibrohim alayhissalom zurriyotlaridan musulmon ummat chiqishini, Allohning oyatlarini tilovat qilib beradigan, kitobni va hikmatni o‘rgatadigan, ularni poklaydigan Payg‘ambar yuborishni so‘rab qilgan duosini esa Alloh ko‘p asrlardan so‘ng ijobat qilib, Muhammad alayhissalomni Payg‘ambar qilib yuborgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, chin dildan qilingan duo albatta qabul bo‘ladi, lekin qabul qiluvchi Zot qachon xohlasa, o‘shanda qabul qiladi. Albatta, Qur’ondan kelgan bunday misollarda buyuk sabr namunasini ko‘rish mumkin. Alloh solih bandalarining duolarini ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng qabul qilish bilan ularga xayr istagan. Bu muddat ichida ular yanada komillashgan, tarbiyalangan, sadoqat va ixloslari yanada mustahkamlashgan, jannatga loyiq kishilar qatoridan o‘rin olganlar. Ko‘rinib turibdiki duoning natijasini ko‘rish uchun shoshilish mo‘minga aslo xos emas. Mo‘minning yagona vazifasi Yaratuvchisiga itoat etish, o‘zi uchun atalgan taqdirga rozi bo‘lishdir. Ana, mo‘min kishining duosini Alloh o‘z vazifasining bir qismi sifatida ado etadi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:31:53
DUONING MAVZUSI FAQAT DUNYO NE’MATLARI EMAS

Duoda dunyoviy  hayotimiz bilan bog‘liq  narsalarni so‘raymizmi yoki dunyodan kechib faqat oxirat talabida bo‘lamizmi? Albatta, Allohning xolis bandalari uchun har ikkisida  ham  xayr bor. Ma’lumki, dunyo hayoti mutlaqo yakun topadigan juda qisqa hayotdir. Lekin undagi har bir ne’mat kishining Allohga yaqinlashishi va shukr qilishi uchun sabab bo‘la olishi mumkin. Undagi ba’zi ne’matlarga qarab jannat  va undagi ne’matlar haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Undagi osmon, yer, quyosh, oy,  yulduz kabi sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydigan boshqa ne’matlar esa Allohning biru borligi, har narsaga qodirligini tafakkur qilishga chaqiradi. Quyoshning botishi, kunning tun bilan o‘rin almashishi, yulduzlarning paydo bo‘lishi, yana tong otishi, quyosh chiqishi kabi ko‘zimiz o‘rganib qolgan hodisalarda esa olamning yagona boshqaruvchisi borligi, Undan boshqa hech narsaning boqiy emasligini isbotlaydi. Albatta, tafakkur qiluvchilar bularning barini ko‘rganda Allohni poklab yod etadilar, Uning cheksiz qudrati oldida bosh egadilar. Bu esa Allohga ma’naviy yaqinlikni taqozo etadi. Shu sababli Alloh Qur’onda mo‘minlarga ham dunyo, ham oxirat uchun duo qilish kerakligini bildirgan. Faqat dunyo hayotining o‘tkinchi matohlariga aldanib qolishdan qaytaradi. O’z kitobida esa shunday marhamat qilgan:
«"¦Odamlardan ba’zilari: Robbimiz bizga bu dunyoda bergin», deydir va unga oxiratda nasiba yo‘qdir. Va ulardan ba’zilari: «Robbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilikni, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do‘zax olovi azobidan saqlagin», deydir. Ana o‘shalarga qilgan kasblaridan nasiba bor. Va Alloh tez hisob qiluvchidir» («Baqara», 200-202).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:32:32
Albatta, har bir odam o‘z dunyoqarashi, ehtiyoji, talabidan kelib chiqib duo qiladi. Kimni nima qiziqtirsa, nima bilan mashg‘ul bo‘lsa, nimaga ko‘p vaqt ajratsa qilgan duosi ham asosan o‘shalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Alloh roziligini maqsad qilgan mo‘minning istagi U Zotning amrlarni bajarish bo‘lib, duosi ham shu bilan bog‘liq bo‘ladi. Bundaylar o‘z duolarida Allohdan O’zini rozi qiladigan solih amallarni qilishga muvaffaq etadigan imkoniyat, kuch va quvvat va bu yo‘lda sobit turishni so‘raydilar.
Alloh istasa kishining dunyo bilan bog‘liq duolari qabul bo‘ladi, ammo avval aytganimizdek uning oqibati xayrli bo‘lmasligi mumkin. Pul, mol-dunyo uchun duo qiladilar. Lekin u e’tiqodi sust odamni gunohga yetaklaydigan, to‘g‘ri yo‘ldan chiqishiga sabab bo‘ladigan vosita bo‘lishi ham mumkin. Dunyo hayotining jozibador, jalb qiluvchi ekanligi haqida Qur’onda shunday deyilgan:
«Odamlarga ayollardan, bolalardan, to‘p-to‘p tillo va kumushdan, go‘zal otlardan, chorvadan, ekin-tikindan iborat shahvatlarning muhabbati ziynatlandi. Ular dunyo hayotining matohidir. Allohning huzurida esa, husnli qaytar joy bor» («Oli Imron», 14).
Dunyoviy istak va xohishlarning yuzaga chiqishida albatta yaxshilik ham bo‘ladi. Allohdan mulk istab niyatiga yetgan hamda undan Alloh yo‘lida savobli va xayrli amallar qilayotgan kishilar oramizda yo‘q emas. Dunyoviy istaklarning hammasi ham yomonlikka yetaklayvermaydi. Bu dunyoni g‘animat bilib, moddiy, jismoniy, ma’naviy imkoniyatlaridan imkon qadar ko‘p foydalanib Alloh roziligini ko‘zlagan kimsalar uchun dunyoviy ne’matlar Allohning lutfidir. Allohning ne’matlaridan bahramand bo‘lgan holda U Zotga qarshi boradigan, mutakabbirlik qiladigan kimsalar uchun esa bu ne’matlar halokatdan ortiq narsa emas.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:33:12
Shunday insonlar bo‘lganki ularning dunyoviy istalari oxiratlari uchun ham manfaat bergan. Albatta bu muborak bandalar Allohning Payg‘ambarlaridir. Ular bu dunyoning o‘tkinchi matohlarini faqat Alloh roziligini maqsad qilib so‘rashgan. Chunki ularning istaklarining bari Alloh roziligini topishga qaratilgan. Hech bir Payg‘ambar nomim saqlanib qolsin deb Allohdan zurriyot so‘ramagan. Farzandni faqat o‘zlaridan keyingi iymon keltirgan zotlar uchun yo‘lboshchi bo‘lishini istab so‘rashgan. Qur’oni karimda bayon etilgan Anbiyolar qissasiga e’tibor qaratsak ular o‘zlaridan keyin qoladigan zurriyodlarini faqat Alloh roziligini ko‘zlagan holda talab qilishgan. Qur’onda Zakariyo alayhissalomning Allohdan farzand istashlari bayon qilingan. Undan kelib chiqadigan mazmunga ko‘ra Imronning xotini, Bibi Maryamning onalari homiladorlik vaqtida xolis niyat bilan qorinlaridagi farzandni ibodatxona xizmati uchun nazr qiladi. Vaqti-soati yetib Bibi Maryam dunyoga keladi. Alloh uni juda yaxshi qabul qilib, nihoyatda go‘zal o‘stiradi va Zakariyo alayhissalomni unga kafil qiladi. Zakariyo alayhissalom qachon Maryamning oldiga kirsalar, uning huzurida rizq ko‘rar edilar. Bu holatdan xayron bo‘lgan Zakariyo alayhissalom Maryamdan: «Senga bu qaerdan keldi?», deb so‘raydilar. Maryam esa, «Bu Allohning huzuridan. Albatta, Alloh xohlagan kishisiga behisob rizq berur», deb javob qilgan. Buni ko‘rib turib befarzand yurgan Zakariyo alayhissalomda farzandli bo‘lish havasi yangidan uyg‘onadi va Allohga rag‘bat va qo‘rquv bilan quyidagicha duo qiladi:
«Robbim, O’z huzuringdan pokiza farzand ato et. Albatta, Sen duo-iltijolarimni eshituvchisan» («Oli Imron»,38). Alloh taolo Zakariyo alayhissalomning duolarini qabul qilib, qarigan chog‘ida unga Yahyo alayhissalomni hadya etgan. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qilgan:
«Bas, Biz uni (duosini) ijobat etdik va unga Yahyoni hadya qildik hamda juftini o‘nglab qo‘ydik. Albatta, ular yaxshiliklarga shoshilishar edi va Bizga rag‘bat ila va qo‘rqib duo qilishar edi. Ular Bizga ta’zim ila bo‘yinsunuvchi edilar» («Anbiyo», 90).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:33:39
Sulaymon alayhissalom qissasida ham mo‘minlar uchun ibrat bor. Alloh taolo Sulaymon alayhissalomga gijinglab turgan uchqur otlarni ko‘rsatadi. Ul zot otlarni zavq bilan tomosha qilib quyosh botganini ham sezmay qoladilar. Sulaymon alayhissalom Allohning zikridan chalg‘itgan bu otlarni qurbonlik qilib so‘yib yuboradilar. Ammo bu otlarni ko‘rgan Sulaymon alayhissalom Alloh yo‘lida jihod qiladigan chavandoz o‘g‘illari bo‘lishini orzu qiladilar.
Ibrohim alayhissalomning duolariga nazar solsak, Unda ham Allohning roziligidan boshqa narsa maqsad qilinmaganligi yaqqol ko‘rinadi. «Ey Robbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sen O’zing eshituvchi, biluvchi Zotsan. Robbimiz, ikkovimizni O’zingga musulmon bo‘lganlardan qil va zurriyotimizdan ham O’zingga musulmon ummat qil, bizga ibodatlarimizni ko‘rsat, tavbamizni qabul et. Albatta, Sen o‘zing tavbalarni ko‘plab qabul etuvchi, rahimli Zotsan» («Baqara», 127-128).
Faqat dunyo ne’matlarini istab duo qilish mo‘minga xos emas. Mo‘minlarning asl yurti oxiratdir. Shunday ekan asl yurtini unutib duolarini faqat o‘tkinchi hayotga bog‘lash joiz emas. Allohdan ham dunyo, ham oxirati uchun yaxshilik so‘ralishi lozim.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:38:20
DUO FAQAT O’ZI UCHUN EMAS, UMUMIY BO’LISHI LOZIM

Ma’lumki Allohning birovga bergan ne’matiga hasad qilmaslik ulkan fazilatdir. Bu fazilatdan yiroq johil, xudbin kimsalar davlat, martaba, xotirjamlik kabi ne’matlarni faqat o‘zlaridagina bo‘lishini xohlaydilar. Vaqti-vaqti bilan yaqin do‘stlardek ko‘ringan odamlar, hatto qarindoshlar orasida ham xasad tufayli kelib chiqqan nizolar, janjallar buning misoli bo‘la oladi.
Qur’onda maqtab vasf etilgan asl mo‘min ham dunyo, ham oxirat ne’matlarini boshqalar bilan baham ko‘rishni istaydi. Misol uchun saodat asrida Makkalik muhojirlarga Madinalik ansorlar tomonidan qilingan fidokorliklar haqida Alloh taolo shunday marhamat qilgan:
«U (muhojir)lardan avval bu joy (Madiyna)da yashagan va iymonga (ixlos qilganlar). Ular yurtlariga hijrat qilib kelganlarni sevarlar va ularga berilgan narsalarga qalblarida hasad qilmaslar. Va agar o‘zlarining hojatlari bo‘lsa ham, ularni o‘zlaridan ustun qo‘yarlar. Kim o‘z nafsining baxilligidan saqlansa, undoq kishilar, ha, o‘shalar yutuvchilardir» («Hashr», 9).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:39:36
Mo‘minlarning o‘zaro g‘amxo‘rliklari, bir-birlariga yaxshilik qilish uchun astoydil harakat qilishlari Qur’onning boshqa oyatida shunday vasf qilingan:
«Mo‘min erkaklar va mo‘mina ayollar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyururlar, yomonlikdan qaytarurlar, namozni to‘kis ado eturlar, zakotni berurlar hamda Allohga va Uning Rasuliga itoat qilurlar. Ana o‘shalarga Alloh tezda rahim qilur. Albatta, Alloh g‘olib va hikmatli Zotdir» («Tavba», 71).
Mo‘minlarning o‘zaro g‘amxo‘rliklari albatta, ularning duolarida ham o‘z ifodasini topgan. Eng avvalo e’tiborni jalb etadigan narsa Qur’onda bayon qilingan, mo‘minlar tilidan qilingan duolarda Allohga «men» emas, «biz» deb ko‘pchilik uchun iltijo qilinganini ko‘ramiz. Ya’ni Allohga yuzlangan mo‘min faqat o‘zi uchun duo qilmaydi. Albatta, faqat o‘zi uchun duo qilish kerak bo‘lgan holatlar ham bo‘ladi. Lekin o‘z istaklari bilan yonma-yon boshqa mo‘minlar uchun ham duo qilib, Allohdan yordam so‘rash Qur’onda ibrat qilib ko‘rsatilgan fazilatdir. Quyidagi oyatlarda ulardan namuna ko‘rsatilgan:
«Ey Robbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, (iqobga) tutmagin. Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga o‘xshash og‘irlikni bizga yuklamagin. Ey Robbimiz, bizga toqatimiz yetmaydigan narsani yuklamagin. Bizni afv et, mag‘firat qil va rahim et. Sen Xojamizsan. Bas, kofir qavmlarga bizni g‘olib qil» («Baqara», 286 ).
 «Ey Robbimiz, bizni hidoyat qilganingdan so‘ng qalblarimizni og‘dirmagin va bizga O’z huzuringdan rahmat ato qilgin. Albatta, Sening o‘zing ko‘plab ato qiluvchisan» («Oli Imron», 8).
   «Robbimiz, albatta, biz iymon keltirdik. Bizning gunohlarimizni mag‘firat qilgin va do‘zax azobidan saqlagin» («Oli Imron», 16).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:40:40
DUONING MAKONI VA ZAMONI

   Alloh taolo Qur’onda duo qilish odobidan ta’lim bergan oyatlarga ko‘ra mo‘min Alloh uni ko‘rib, eshitib turganini his qilib Unga umid va qo‘rquv bilan duo qiladi. Qur’onda duo qilish uchun ma’lum vaqt belgilanmagan. Kishining Allohga yuzlanib iltijo qilishi bu ibodat vaqti —soati kelganini ko‘rsatadi. Odam bolasining istak va ehtiyojlari ko‘pligi bois duosi ham ko‘p bo‘ladi. Shu sababli duoning ma’lum vaqti tayin qilinmagan. Odam qachon duoga ehtiyoj sezsa o‘sha vaqtdayoq duo qilishi mumkin. Faqat Qur’onda fazilatli vaqtlar ba’zi oyatlarda qisqacha aytib o‘tilgan:
«(Taqvodorlar) sabr qiluvchilar, sodiqlar, doimiy toat qiluvchilar, nafaqa qiluvchilar va saharlarda istig‘for aytuvchilardir» («Oli Imron», 17).
«Va ular saharlarda istig‘for aytar edilar» («Zaariyat»,18).
Boshqa oyatlarda esa tungi vaqtni boshqa vaqtlarga nisbatan ibodat uchun ma’qul vaqtligi aytilgan:
«Albatta, kechki ibodat ko‘proq muvofiq kelur va qiroati to‘g‘riroq bo‘lur. Albatta, kunduzi sening uzoq ishlashing bor. Va Robbingning ismini zikr et va Uning ibodatiga butunlay ajralib chiq» («Muzzammil», 6-8).
Duo uchun ma’lum vaqt tayin qilinmagan bo‘lsada, yuqoridagi oyatlarda sahar va tunggi vaqtga alohida e’tibor qaratilgan. Albatta, buning o‘ziga yarasha hikmatlari bor. Yangi kunni Alloh bilan samimiy aloqa bog‘lab, duo bilan kutib olgan mo‘minning kun davomida Uni norozi qiladigan amallarga yaqinlashish ehtimoli kamayadi. Kunni duo, ibodat, istig‘for bilan qarshilagan odam kun davomida Alloh uni kuzatib turganini his qilib shunga yarasha harakat qiladi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:45:15
Qur’onda maqtalgan tunggi vaqt esa dunyoviy ishlar orqasidan yelib kunini o‘tkazgan kimsalarning o‘z vijdonini hisobga tortish uchun juda qulay fursatdir. Tunggi vaqt kun davomida bo‘lib o‘tgan voqealardan o‘ziga yarasha hikmat izlash, tafakkur etish, Allohga shukr qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Tunda ibodat uchun vaqt ajratgan odam kun davomida qilgan xatoyu gunohlari uchun tavba qilib, mag‘firat so‘rashi bilan birga navbatdagi kunda xato va gunohlarni nisbatan kamroq sodir qilishi uchun ajoyib imkon hozirlagan bo‘ladi.
Duo qilish uchun Qur’onda bayon qilingan ma’lum makon ham yo‘q. Odam bozorda, maktabda, ish joyida qisqasi hamma yerda duo qilishi mumkin. Duo vaqtida eng muhimi Alloh unga jon tomirlaridan ham yaqin ekanligini unutmaslikdir. Qur’onda Payg‘ambarlar har yerda har on duo qilganligi shunday bayon qilingan:
«(Muso) bas, ikkovlariga (hayvonlarini) sug‘orib berdi. So‘ngra soyaga qaytdi va: «Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman», dedi» («Qasos»,24).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:45:46
DUO QABUL BO’LMASLIGIDAN XAFA BO’LMASLIK

Odam hayoti davomida bo‘lib o‘tgan voqealarga nazar solsa unda o‘ziga yarasha ko‘pgina mo‘jiza va hikmatlarni ko‘rishi mumkin. Bir qancha kimsalar dunyodagi voqealarni tasodif deb qabul qilishadi. Shu sababli ular voqealardagi mo‘jiza va hikmatlarni ko‘ra olmaydilar. Allohning sifatlarini bilmagan odam U Zotning duoyu iltijolarni eshituvchi, ularni qabul qiluvchi ekanligini bilmaydi. Duo qilsa ham ularni qabul bo‘lishiga shubha bilan qaraydi. Mo‘min kishi duo qilgan vaqt Alloh uni eshitib turganini, duolarini ham O’zi istagan vaqt qabul qilishini, voqea-hodisalar tasodifan emas, Allohning belgilagan taqdiri asosida yuz berayotganini biladi. Shu sababli duolari qabul bo‘lmasa tushkunlikka tushmaydi. Alloh taoloning bandalariga bergan quyidagi xushxabari ularni bu ibodatda bardavom bo‘lishga chorlaydi:
   Agar bandalarim sendan Meni so‘rasalar, Men, albatta, yaqinman. Duo qilguvchi duo qilganda, ijobat qilurman. Bas, Menga ham ijobat qilsinlar va iymon keltirsinlar. Shoyadki, to‘g‘ri yo‘lni topsalar» («Baqara», 186).
   Alloh taolo boshqa oyatlarda: «Naml», 61-62 bildirgan. Shu sababli mo‘min kishi qilgan duosi albatta qabul bo‘lishini biladi. Duo qiluvchi odam egalik qilishi kerak bo‘lgan ikki tuyg‘u bor, bu Allohga samimiyat bilan yuzlanish va U Zotning duolarni qabul qiluvchi, eshituvchi ekanligiga qalban ishonish. Allohga ishonch va samimiyat bilan yuzlangan odam albatta, duolari natijasini ko‘radi. Insonni bir tomchi suvdan yaratgan, olamni yo‘qdan bor qilgan Zotga bandasining duosini qabul qilish qiyin emas. Faqat Alloh bandasining duosini O’zi istagan vaqt qabul qiladi. Banda faqat sabr qilishi va duosining qabuliga ishonishi zarur.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:46:37
   Duo xususida eng noto‘g‘ri tushuncha duolari qabul bo‘lmasligidan qo‘rqish va uni tashlab qo‘yish. Albatta, ojiz, gunohkor bandamiz. Lekin gunohlarimiz bizni duo qilishdan to‘sib qo‘ymasligi lozim. Gunohlarimiz qanchalik ko‘p bo‘lmasin, Allohning marhamati, lutfi bizning gunohlarimizdan kengligini unutmaslik kerak.
   Unutmaslik kerakki duoning ijobati aynan duoda istgandek yuzaga chiqishida aks etmaydi. Chunki avval ham aytib o‘tganimizdek odam o‘z zarariga duo qilayotgan bo‘lishi mumkin. Quyidagi oyat esa bunga misol bo‘la oladi:
«Inson yaxshilikka duo qilganidek, yomonlikka ham duo qilur. Inson shoshqaloq bo‘lgandir» («Isro»,11).
Duoning qabuli kechikkan yoki umuman boshqa tarzda qabul qilingan bo‘lsa ham xafa bo‘lmaslik kerak. Chunki Alloh bandasi uchun nima yaxshiyu nima yomonligini eng yaxshi bilguvchi Zotdir. Ba’zan Alloh ma’lum hikmatlar asosida duoning qabulini kechiktirishi yoki umuman uni qabul qilmasligi mumkin. Shu va shunga o‘xshash sabablar ham odamni duodan to‘smasligi lozim.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:47:42
IBORALI DUO VA FE’LIY DUO

Alloh yer yuzida yuzaga chiqargan barcha voqealarni ma’lum sabablarga bog‘lagan. Dunyodagi va atrofdagi barcha voqealar Allohning nizomi asosida ro‘y beradi. Alloh iborali duo bilan yonma - yon odamlarning o‘z harakati bilan duolarining qabulini qanchalik istayotganlarini ko‘rsatishlarini istaydi. Bu fe’liy duodir. Fe’liy duo kishining biror orzusiga yetish uchun Allohga duo qilib, keyin imkoni boricha harakat qilishdir. Masalan imtihondan muvaffaqiyatli o‘tishni istaymiz. Buning uchun faqat duo qilish bilan to‘xtab qolmasligimiz kerak. Allohga duo qilib imtihonlarga tayyorlanishimiz zarur. Tayyorlanishdan avval Allohdan bizga o‘tkir zehn berishini istashimiz, tayyorlanib bo‘lgach esa imtihonlarni osonlashtirishini so‘rashimiz iborali duodir. Imtihonga tayyorlanish esa iborali duoni quvvatlovchi fe’liy duodir. Fe’liy duo iborali duo bilan birga qilinishi kerak bo‘lgan ibodatdir. Iborali va fe’liy duoga yana bir misol tavbadir. Kishining biror gunoh uchun tavba qilishi, Allohdan mag‘firat tilashi iborali duodir. Lekin bu bilan uning mas’uliyati tugamaydi. Gunohlari uchun tavba qilgan odam, bunday keyin harakatlarini, amallarini, so‘zlarini nazorat qilishi, qisqasi o‘z ustidan o‘zi hokim bo‘lishi lozim. Qisqasi tavba qilgan narsalariga aslo qaytmaslik uchun imkoniyatining oxirgi darajasigacha harakat qilishi lozim. Bu uning fe’liy duosi bo‘ladi.
Biror ishning yuzaga chiqishi uchun faqat iborali duo bilan cheklanib qolgan kishining harakati qanchalik noto‘g‘ri bo‘lsa, ishlari amalga oshishi uchun harakat qilib, bu ishni o‘zim bajardim deb duo qilmagan kishining harakati ham shunchalik noto‘g‘ri.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:48:29
ALLOHDAN BOSHQASIGA DUO QILINMAYDI

Sherik qo‘shish, ya’ni shirk Allohdan o‘zga boshqa iloh bor deyish eng katta kechirilmas gunohdir. Uning naqadar ulkan gunoh ekanligi haqida Qur’onda shunday deyilgan:
«Albatta, Alloh O’ziga shirk keltirishlarini kechirmas. Undan boshqa gunohni, kimni xohlasa, kechiradir. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, katta gunohni to‘qibdir» («Niso», 48).
Shirk tarixning hamma davrlarida mavjud bo‘lgan. U hozirgi yashab turgan davrimizda ham yo‘q emas. Ko‘pchilik o‘zining shirk ichida yashayotganidan bexabar holda, uni yomon ko‘radi. Allohning sifatlarini boshqalarga bog‘lash, ularni ba’zi odamlarga tadbiq etish ham shirkning bir turidir. Misol usun odam Allohdan boshqasining roziligini topish, uni xursand qilish uchun yashayotgan bo‘lsa, undan madad kutsa bu shirk bo‘ladi.
Odamlar uchun bu ulkan gunohdan saqlanishning yagona yo‘li duo qilishdir. Chunki duo qiluvchi odam Allohning biru borligini, Uning qarshisida ojizligini, istash mumkin bo‘lgan Zot faqat U ekanligini, yolg‘iz madadkori ham Allohligini tan olgan bo‘ladi. Shu sabali duo mo‘minni shirkdan asraydi. Zero bu haqda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Duo mo‘minning qurolidir», deganlar.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:49:14
Alloh taolo Qur’onda:
«Ey Nabiy, senga va senga ergashgan mo‘minlarga Alloh kifoyadir» («Anfol», 64) bildirgan oyatga ko‘ra mo‘minlar madad so‘ralishga loyiq Zot yagona Alloh ekanini biladilar. U har sohada eng ustun, cheksiz qudrat sohibi, eshituvchi va biluvchi Zotdir. Shunday ekan yordam faqat va faqat hamma Unga muhtoj bo‘lgan, O’zi esa hech kimga muhtoj bo‘lmagan Allohdan so‘ralishi kerak. Qur’onda Allohdan o‘zgaga duo qilish xatoligi va duoga loyiq Zot faqat Alloh ekanligi shunday bayon qilingan:
«Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilma. Yo‘qsa, azoblanganlardan bo‘lasan» («Shuaro», 213).
Boshqa oyatlarda Allohdan o‘zgaga duo qiluvchilarning holati haqida shunday deylilgan:
«Ularning Allohdan o‘zga ibodat qilayotganlari hech narsani yarata olmaslar. Holbuki, o‘zlari yaratilurlar. O’liklardir, tirik emaslar va qachon qayta tirilishlarini bilmaslar» («Nahl», 20-21).
Bularni bilgan mo‘min aslo va aslo Allohdan boshqasiga duo qilmaydi. Faqat Unga iltijo qilib, faqat Undan istaydi. Shu sababli «Fotiha» surasida   iymon keltirganlarga quyidagi oyatlar duo tarzida ta’lim berilgan:
Sengagina ibodat qilamiz va faqat Sendangina yordam so‘raymiz. Bizni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilgin. O’zing ne’mat berganlarning yo‘liga (boshlagin), g‘azabga duchor bo‘lganlarning yo‘liga emas, adashganlarnikiga ham emas» (1-4 oyatlar).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:50:15
JOHILLARNING DUO HAQIDAGI TUSHUNCHASI

Allohdan boshqasini iloh tutganlar, ya’ni mushriklar ham vaqti - vaqti bilan duo qiladilar, lekin ularning duosi mo‘minlarnikidan tubdan farq qiladi. Avvalo bu farq ularning hamma narsani eshituvchi va biluvchi Zotga emas, balki hech narsadan bexabar soxta ilohlarga duo qilishda aks etadi. Keyingisi esa ularning faqat qiyin vaqtlarda bir yaratuvchiga ehtiyoj sezib, bu vaziyatdan chiqish uchun duo qilishlaridir. Aslini olganda inson hayotida Allohga muhtoj bo‘lmagan hech bir on yo‘q. Mushriklar esa bu ulkan haqiqatdan yiroq bo‘lganlari bois soxta ilohlari ularning iltijolariga javob bermagandagina, asl yaratuvchiga ehtiyoj sezadilar. Mushrik va mo‘min duosidagi asosiy farq mana shularda o‘z ifodasini topadi. Mo‘minlar eng avvalo duolarini faqatgina Allohga qiladilar. Qolaversa ularning duosi hamma vaqt davom etadi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:51:13
QUR’ONDA PAYG’AMBARLAR DUOLARI

   Qur’onda tilga olingan Payg‘ambarlarning har biri, ma’lum xususiyatlari bilan diqqatni tortgan qavmlarga yuborilgan. Bu qavmlar o‘zlariga yuborilgan elchilarni yolg‘onchiga chiqarishgan, ularga nisbatan turli axloqsizliklar ko‘rsatishgan. Payg‘ambarlarning vazifasi esa dinni bilmagan yoki bilgani holda to‘g‘ri yo‘ldan og‘ib ketgan bunday qavmlarga haq dinni tanitish, ularni Allohga iymon keltirishga da’vat etishdir. Bu esa o‘ta mas’uliyatli hamda mashaqqatli ish edi. Ammo Alloh Payg‘ambarlarining barchasi bunday mas’uliyatli ishda o‘zlariga Allohni vakil, madadkor deb bilishgan. Hamma vaqt, har onda faqat U Zotga suyanishgan. Alloh ularning bu axloqiy fazilatlarini Qur’onda takror - takror vasf etgan.
Albatta, Alloh hamma vaqt iymon keltirganlarga madadkor bo‘lgan. U Zot bu xususda Qur’onda shunday marhamat qilgan:
«Agar siz unga yordam bermasangiz, batahqiq, Alloh unga, kufr keltirganlar uni ikki kishining biri bo‘lgan holida chiqarganlarida, nusrat berdi. Ular ikkovlon g‘orda turganlarida, u sherigiga, xafa bo‘lma, Alloh, albatta, biz bilan, dedi. Bas, Alloh uning ustidan O’z sokinligini nozil qildi va siz ko‘rmagan lashkarlar bilan qo‘lladi. Kufr keltirganlarning kalimasini past qildi. Allohning kalimasi esa, o‘zi yuqori. Alloh g‘olib va hikmatli Zotdir» («Tavba», 40).
Payg‘ambarlar o‘zlariga bu mas’uliyatli vazifa topshirilgan vaqtdan boshlab yagona maqsadlari uni go‘zal holda, mukammal ado etish bo‘lgan. Ular bu vazifani bajarish chog‘ida faqat va faqat Allohga suyanishgan, U Zotdan yordam, quvvat so‘rab duo qilishgan. Shu sababli kitobimizning bundan keyingi bo‘limlari Qur’onda Payg‘ambarlar tilidan qilingan duolarni o‘rganamiz.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:52:09
NUH ALAYHISSALOMNING DUOLARI

«Biz Nuhni o‘z qavmiga, qavmingni ularga alamli azob kelishidan avval ogohlantirgin, deb Payg‘ambar qilib yubordik»
(«Nuh»,1).

Qur’onda, uzoq yillar davomida mustahkam azmu qaror bilan qavmini Allohga iymon keltirishga chaqirgan Nuh alayhissalomning to‘g‘riso‘zligi, halimligi, marhamati, sabri maqtab vasf qilingan. U zotning har qanday vaziyatda Allohga suyanishi, Undan madad so‘rab duo qilishi mo‘minlarga ibrat qilib ko‘rsatilgan. Ma’lumki, Nuh alayhissalom Allohni qo‘yib loydan, toshdan yasab olingan soxta ilohlarga ibodat qilinadigan qavmni dinu diyonatga chaqirish uchun Payg‘ambar qilib yuborilgan. Nuh alayhissalom Allohning amriga bo‘ysunib qavmlarni soxta ilohlarni qo‘yib, olamlarning Robbisi Allohga iymonga keltirishga chaqiradi. Nuh alayhissalom qavmlarining asosiy qismini boy kishilar tashkil etardi. Shu sababli o‘z mehnati bilan kun ko‘rayotgan oddiy odamdan Payg‘ambar chiqqani ularni ajablantirardi. Ular o‘zlaridan    «past» turadigan odamga itoat qilmaslikni afzal bilishdi. Nuh alayhissalom qavmlaridan faqat sanoqli kishilargina iymon keltirdi. U ham bo‘lsa o‘zlariga o‘xshash oddiy mehnatkashlar edi. Shunday qilib Nuh alayhissalom jami to‘qqiz yuz ellik yil odamlarni kechayu kunduz ham maxfiy, ham oshkora Allohning diniga da’vat qildilar. U zot odamlarni qancha ko‘p iymonga chorlasalar, shuncha ko‘p Nuh alayhissalomdan qochishdi. Allohdan qavmdagi iymon keltirgan kishilardan boshqalari iymon keltirmaydi degan xabar kelgandan so‘ng ham Nuh alayhissalom yana bir bor urinib ko‘rdilar. Lekin foydasi bo‘lmadi. Nuh alayhissalom g‘azablanib Allohga shunday duo qildilar:
«Va Nuh: «Ey Robbim, yer yuzida kofirlardan birorta ham harakatlanuvchini qo‘ymagin. Albatta, Sen ularni tek qo‘ysang, bandalaringni adashtirurlar va fojiru kofirdan boshqa tug‘maslar. Robbim, meni mag‘firat qilgin, mening ota-onamni ham va uyimga mo‘min bo‘lib kirganlarni va mo‘minlaru mo‘minalarni ham. Va zolimlarga halokatdan o‘zga narsani ziyoda qilma», dedi» («Nuh», 26-28).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:52:36
Alloh Nuh alayhissalomning bu duosini qabul qilib ro‘y beradigan to‘fonga qarshi tayyorgarlik ko‘rib kema qurishni amr etgan. Nuh alayhissalom atrofida hech qanday dengiz bo‘lmasligiga qaramay Allohga so‘zsiz itoat etib kema yasashga tushdi. U zotning qavmidagilar Nuh alayhissalomning bu harakatlarini masxara qildilar.
«U kema yasamoqda. O’z qavmidan bo‘lgan zodagonlar qachon oldidan o‘tsalar, uni masxara qildilar: U«Agar bizni masxara qilsangiz, biz ham xuddi siz bizni masxara qilganingizdek sizni masxara qilurmiz. Bas, yaqinda kimga sharmanda qiluvchi azob kelishini va kimning ustiga muqim azob tushishini bilib olursiz», dedi» («Hud», 38-39).
Nuh alayhissalom qavmining barcha bu harakatlariga qaramay kema qurishda davom etadilar. Oxir oqibat Allohning va’dasi oshib tinimsiz yomg‘ir quya boshlaydi. Suv ko‘paygandan—ko‘payib borardi. Alloh Nuh alayhissalomga o‘zi, ahli va mo‘minlarni, hamda barcha hayvonlardan bir juftdan olib kemaga chiqishni buyuradi. Dunyoni to‘fon bosib qavm halok bo‘ladi. Ular orasida farzandlari bo‘lgani bois otalik mehri jo‘shib ketgan Nuh alayhissalom Allohga shunday nido qiladilar:
«Robbim, albatta, o‘g‘lim ahlimdandir, albatta, va’dang haqdir va Sen hukm qilguvchilarning eng hikmatlisisan» («Hud»,45).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:53:34
Bu nido orqali Nuh alayhissalom ey Robbim, Sen menga ahlingni qutqaraman, deb va’da berganding, o‘g‘lim ahlimdan-ku, o‘sha bolamni menga bergin, o‘zing hikmat ila hukm chiqarguvchi Zotsan, demoqchi bo‘lganlar. Alloh taolo Nuh alayhissalomning bu nidolariga quyidagicha javob beradi:
«Ey Nuh, albatta, u ahlingdan emas. Albatta, u yaxshi amal emasdir o‘zingning ilming bo‘lmagan narsani zinhor so‘ramagin. Men senga johillardan bo‘lmasligingni nasihat qilaman», dedi. («Hud, 46»).
Shundan so‘ng Nuh alayhissalom Allohdan quyidagicha duo qilib panoh so‘radilar:
   «Robbim, men o‘zimning ilmim bo‘lmagan narsani Sendan so‘ramoqdan panoh tilarman. Agar meni mag‘firat qilmasang va rahim ko‘rsatmasang, ziyon ko‘rguvchilardan bo‘lurman» («Hud», 47).
Qur’onning boshqa surasida Nuh alayhissalom duosining qabul bo‘lishi quyidagicha bayon qilingan:
 «Va Robbisiga duo qilib:    «Albatta, men mag‘lub bo‘ldim, yordam ber», dedi. Bas, osmon eshiklarini sharros suv bilan ochib yubordik. Va yerdan otiltirib buloqlar chiqardik. Bas, suvlar taqdir qilingan ish uchun birlashdilar. Va u (Nuh)ni taxtalari va mixlari bor narsa ustiga (kemaga) ko‘tardik. U (kema) inkor qilingan shaxs (Nuh)ga mukofot bo‘lib, Bizning inoyatimiz ila yuradir» («Qamar», 10-14).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:54:06
IBROHIM ALAYHISSALOMNING DUOLARI

«Kitobda Ibrohimni esla. Albatta, u siddiq va Nabiy bo‘lgan edi»
(«Maryam», 41).

Hozirgi kunda milliardlab odamlar haj ibodatini ado etishlari uchun ziyorat qilayotgan Ka’bani bunyod etgan Ibrohim alayhissalom Qur’onda nomi eng ko‘p zikr qilingan Payg‘ambarlardan biridir. Ibrohim alayhissalom o‘g‘li Ismoil alayhissalom bilan birga bir necha asrlar avval bino qilgan   Ka’ba hozirgi kundan butun dunyo musulmon ummati jamlanadigan maskanga aylangan.    Ota-bola payg‘ambarlar Allohning amriga bo‘ysunib Baytullohning poydevorini ko‘tarayotib shunday duo qilganlar:
«Ibrohim bilan Ismoil: Ey Robbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sening o‘zing eshitguvi, bilguvchi Zotsan», deb baytning poydevorlarini ko‘tarayotganini esla»   («Baqara», 127).   
Baytulloh bunyod qilingan yer vaqti kelib butun dunyo musulmonlari ziyoratgohi — diniy markaziga aylangani ma’lum. Buning uchun Ibrohim alayhissalom shunday duo qilganlar:
«...Ey Robbim, bu yurtni omonlik yurti qilgin, meni va bolalarimni sanamlarga ibodat qilishimizdan chetda qilgin» («Ibrohim», 35).
«...Robbim, buni omonlik yurti qilgin va ahlidan Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirganlarini mevalar ila rizqlantirgin» («Baqara»,126).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:54:52
Ibrohim va Ismoil alayhissalomlar faqat o‘zlari uchun emas, balki o‘zlaridan keyin keladigan zurriyotlari uchun ham duo qilganlar:
Robbimiz, ikkovimizni O’zingga musulmon bo‘lganlardan qil va zurriyotimizdan ham O’zingga musulmon ummat qil, bizga ibodatlarimizni ko‘rsat, tavbamizni qabul et. Albatta, Sen o‘zing tavbalarni ko‘plab qabul etuvchi, rahimli Zotsan. Robbimiz, ularga o‘zlarining ichidan ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, kitobni va hikmatni o‘rgatadigan, ularni poklaydigan Payg‘ambar yubor. Albatta, Sening O’zing aziz va hikmatli Zotsan» («Baqara», 128-129).
Ibrohim alayhissalomning boshqa duolari esa Allohga yaqinlashishi uchun qilingan:
«Esla, Ibrohim: «Ey Robbim, menga o‘liklarni qanday tiriltirishingni ko‘rsat», deganda, U Zot: «Ishonmadingni?» - dedi. U: «Qalbim xotirjam bo‘lishi uchun»,-dedi. U Zot: «Qushdan to‘rtta olgin-da, o‘zingga tortib, kesib maydala, so‘ngra, ulardan har bir toqqa bo‘laklarini qo‘ygin, keyin ularni o‘zingga chaqir, huzuringga tezlab keladilar»,-dedi. «Va bilginki, albatta, Alloh aziz va hakim Zotdir» («Baqara»,260).
Oyatda Ibrohim alayhissalomning Allohdan o‘liklarni qanday tiriltirishini ko‘rsatishini istashi, u kishining iymonidagi zaiflik, Allohning qudratiga bo‘lgan ishonchidagi sustlik emas. Aksincha u chin dildan Allohning mo‘‘jizasini ko‘rishni, uni ko‘rib iymonlari yanada ziyodalashuvini istaganlar. Shu sababli Alloh u zotning duosini ijobat qilgan.   
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 00:57:40
Ibrohim alayhissalomning otasi butparast edi. U otasini Rahmonga osiy bo‘lgan shaytonni do‘st tutishdan qaytargan. Allohning azobi tutishidan ogohlantirgan. Lekin otasi qabul qilmay, Ibrohim alayhissalomga toshbo‘ron qilaman deb tahdid solgan. Shunday bo‘lsa ham Ibrohim alayhisssalom otalariga shunday deganlar:
«"¦Omon bo‘l. Endi Robbimdan seni mag‘firat qilishini so‘rayman. Albatta, U menga juda ham lutfli, marhamatlidir. Men sizlardan ham, Allohdan o‘zga iltijo qilayotgan narsangizdan ham chetlanaman va Robbimga iltijo qilaman. Shoyadki, Robbimga iltijo qilish ila badbaxt bo‘lmasam» («Maryam», 47-48)
 Ibrohim alayhissalomning otasi iymon keltirmagan bo‘lsa ham o‘g‘lining uni haqqiga duo qilishining asl sababi Qur’onda shunday bayon qilingan:
«Payg‘ambarlar va mo‘minlar uchun do‘zax egalari ekanligi ayon bo‘lgan mushriklarga, agar yaqin qarindoshlari bo‘lsa ham, istig‘for aytishlari durust emasdir. Ibrohimning otasi uchun aytgan istig‘fori unga bergan va’dasi ustidan edi, xolos. Vaqtiki, unga otasining Allohga dushman ekanligi ayon bo‘lganda, undan voz kechdi. Albatta, Ibrohim tazarru’li va haliymdir» («Tavba», 113-114).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 01:02:07
Bugun millionlab insonlar tavof etayotgan Masjidi Harom ya’ni Ka’baga dastlab joylashgan Ibrohim alayhissalom duolarining davomida shunday deganlar:
«Ey Robbimiz, haqiqatda men zurriyotimdan Sening Baytul Haroming yoniga, giyohsiz vodiyga joylashtirdim. Ey Robbimiz, namozni to‘kis ado etishlari uchun. Bas, O’zing odamlardan ba’zilarining qalblarini ularga talpinadigan qilgin va ularni mevalardan rizqlantirgin. Shoyad, shukr qilsalar. Ey Robbimiz, albatta, Sening O’zing maxfiy tutgan narsamizni ham, oshkor qilgan narsamizni ham yaxshi bilursan. Alloh uchun na yerdayu na osmonda biror narsa maxfiy qolmas.Keksalik paytimda menga Ismoil va Ishoqni ato qilgan Allohga hamd bo‘lsin. Albatta, Robbim duoni eshitguvchidir. Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etadiganlardan qilgin. Ey Robbimiz, duoni qabul etgin. Ey Robbimiz, meni, ota-onamni va mo‘minlarni hisob qilinadigan kuni mag‘firat aylagin» («Ibrohim», 37-41).
Ko‘rib turganimizdek Ibrohim alayhissalom duoda ham Allohning sifatlarini yodga olyaptilar, ham shukr qilayaptilar. Allohdan istayotgan narsalari U Zotga yaqinlashtiradigan va oxiratda mag‘firatga sabab bo‘ladigan narsalardir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 01:03:28
LUT ALAYHISSALOMNING DUOLARI

«Albatta, Lut ham yuborilgan Payg‘ambarlardandir»
(«Soffat»,133).

Qur’onda hukm va ilm berilgan payg‘ambar deb ta’rif etilgan Lut alayhissalom Nuh alayhissalom kabi qavmini uzoq yillar haq dinga da’vat qilganlar. U zot qavmidagi erkaklar noto‘g‘ri jinsiy aloqa — erkak bilan erkak jinsiy yaqinlik qilardi. Lut alayhissalomning asosiy vaziflaridan bir ularni bu qabih ishdan qaytarish edi. Ammo tug‘yonga ketgan qavm Lut alayhissalomning o‘gitlarini tinglamay, qilayotgan gunohlari uchun keladigan azoblardan ham qo‘rqmay qo‘ygandi.
«Va Lutni (yubordik). Uning o‘z qavmiga: «Sizdan oldin olamlarda hech Kim qilmagan fohisha ishni qilasizlarmi?! Albatta, sizlar ayollarni qo‘yib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilmoqdasizlar. Yo‘q! Sizlar isrofchi qavmsiz!» deganini esla. Qavmning javobi: «Ularni qishlog‘ingizdan chiqarib yuboring, ular juda ham pokiza bo‘laveradigan odamlar ekan», deyishlaridan boshqa narsa bo‘lmadi» («A’rof», 80-82).
Lut alayhissalomning barcha urinishlari zoe ketayotgan edi. Buzg‘unchi qavm o‘z Payg‘ambariga: «Ey Lut, agar gaping rost bo‘lsa, Allohning azobini keltir», deyishadi. Ulardan umidini uzgan Lut alayhissalom Allohga shunday duo qiladilar.
«U «Ey Robbim, menga buzg‘unchi qavmlarga qarshi O’zing nusrat ber», dedi» («Ankabut», 30).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 01:06:40
Alloh Lut alayhissalomning duosini qabul qiladi. U zotning uyiga kelishgan, chiroyli yigitlar qiyofasidagi uchta farishtani yuboradi. Qavmining buzug‘ligini bilgan Lut alayhissalom mehmonlarning tashrifidan xavotirga tusha boshlaydilar. Lekin ular juda xotirjam, sokin holda o‘tirishar edi. Mehmonlar kelganini Lut alayhissalom va uning xotinidan boshqa hech kim ko‘rmagandi. Xotini bu xabarni qavm erkaklariga yetkazadi. Tun cho‘kkan bo‘lishiga qaramay ular Lut alayhissalom uylariga yetib kelishadi. U zot ularning yo‘lini to‘sib mehmonlar oldida sharmanda qilmasliklarini so‘raydilar. Tabiiyki ular bunga quloq tutmadilar. Nihoyatda og‘ir vaziyatda qolgan Lut alayhissalomga xaligi mehmonlar:
«...Sen xavfsirama va mahzun ham bo‘lma, albatta, biz seni va ahlingni qutqarguvchilarmiz. Magar, xotining halok bo‘lguvchilardan bo‘lgandir. Albatta, biz ushbu shahar aholisi boshiga fosiqlik qilganlari tufayli osmondan azob tushirguvchimiz, dedilar» («Ankabut», 34).
Shu vaqt eshik parchalanib uy ichiga qattiq shamol kiradi. Jabroil alayhissalom qo‘llari bilan ishora qilganlaridan so‘ng qavmning ko‘zlari ko‘r bo‘lib qoladi. Ular bir-birlarini urib yiqitib qocha boshlaydilar. Farishtalar Lut alayhissalomga kechasi o‘z ahli bilan bu yerdan chiqib ketishni, shiddatli ovoz kelsa hxam orqaga qaramaslikni buyuradilar. Orqaga qaraganlar azobga duchor bo‘lshini ta’kidlaydilar. Yerta saharda Jabroil alayhissalom qanotlari bilan Lut alayhissalom qavmi yashayotgan barcha shaharni osmonga ko‘tarib, to‘ntarib tashlaydi. Robbisi va Payg‘ambariga qarshi chiqqan qavm halok bo‘ldi.
Bu misolda ko‘rganimizdek duo faqat odamlarning yaxshiligi, dunyo va oxirat saodati uchun bo‘lmasligi ham mumkin. Allohning hadlaridan chiqqan, mo‘minlarga zulm qilgan qavmining halokati uchun bir qancha Payg‘ambarlar duo qilishgan. Lut alayhissalomning duosi ham bunga bir misoldir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 01:08:41
YUSUF ALAYHISSALOM DUOSI

Duo xususida Yusuf alayhissalom qissasi mo‘minlar uchun go‘zal ibratlarga to‘la. Yusuf alayhissalom har bir holatda Allohga bo‘lgan mustahkam ishonch, tavakkul va sadoqat bilan chin mo‘minning barcha alomatlarini o‘zlarida ko‘rsatganlar. U zot va otalari Yoqub alayhissalomga keladigan mashaqqatlar kichik yoshdagi Yusuf alayhissalomning akalari tomonidan quduqqa tashlanishidan boshlangan. Yoqub alayhissalom eng sevgan o‘g‘lidan ajralsada, Allohga bo‘lgan mustahkam ishonchni saqlaganlar:
«Va uning yolg‘on qonga bo‘yalgan ko‘ylagini keltirdilar. U: «Yo‘q! Sizga havoyi nafsingiz biror ishni ziynatlab ko‘rsatadi. Endi chiroyli sabr (dan boshqa choram yo‘q). Siz vasf qilayotgan narsada yordam so‘raladigan Zot yolg‘iz Allohning O’zi», - dedi» («Yusuf», 18).
Oyatga ko‘ra o‘g‘lining qonli ko‘ylagini ko‘rgan ota, haqiqiy mo‘min tutadigan holat - sabr, tavakkul va duo ekanligi ko‘rinib turibdi.
 Quduqqa tashlanib o‘limga hukm qilingan Yusuf alayhissalom dam olish uchun to‘xtagan yo‘lovchi savdo karvoni tomonidan topib olinadi. Quduqdan suv olishga kelgan odam Yusuf alayhisslomni ko‘rib sotib yuborishni o‘ylaydi. Misrga kelgach u o‘zining niyatini amalga oshirib Yusuf alayhissalomni arzon narxga sotib yuboradi. Uni sotib olgan odam Yusuf alayhisslomni oddiy odam emasligini his qiladi va uni yaxshilab joylashlarini tayinlab, farzand qilib olishni niyat qiladi. Shunday qilib har narsaga qodir Alloh Misrga qul bo‘lib kelgan Yusuf alayhisslomga tushlarni ta’bir qilishni o‘rgatadi. Bu haqda Qur’onda shunday deyilgan:
«Va uni Misrda sotib olgan (odam) o‘z xotiniga: «Uni yaxshilab joylashtir, shoyad bizga manfaat bersa yoki bola qilib olsak», dedi. Mana shunday qilib, unga tushlarning ta’birini o‘rgatishimiz uchun Yusufni joylashtirib qo‘ydik. Alloh o‘z ishida g‘olibdir. Lekin odamlarning ko‘pi bilmaslar» («Yusuf», 21).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 01:11:38
Yusuf alayhisslom voyaga yetgach Alloh U zotga to‘g‘ri hukm chiqarish va ilm fazlini berdi.
«Voyaga yetgan vaqtida unga hukmni va ilmni berdik. Go‘zal ish qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz» («Yusuf», 22).
Yusuf alayhissalom husnda lol qoladigan darajada voyaga yetdilar. Shu sababli u zotni sotib olgan kishining xotini Yusuf alayhisslomni fahsh ishga chorlaydi. Ammo Yusuf alayhissalom Allohdan qo‘rqib bu ishga qo‘l urmaydilar. Lekin shahar ayollari o‘rtasida u ayolning o‘z xizmatkorini xohlab qolganligi haqida mish-mish tarqaladi. Xaligi ayol uyiga shahar ayollarining barchasini mehmon qilib chaqiradi. Ularning har birining qo‘liga pichoq beradi hamda Yusuf alayhissalomga ularning oldilariga chiqishni buyuradi. Yusuf ularning huzuriga chiqqanlarida ayollarning barchasi u kishining husnu jamoliga mahliyo bo‘lib qo‘llarini pichoq bilan kesib olishadi. Shunda ayol:
«U: «Siz meni malomat qilgan edingiz. Ha, men undan nafsini xohladim, biroq u o‘zini saqladi. Agar u mening amrimni bajarmasa, albatta, qamalur va xor bo‘lguvchilardan bo‘lur», dedi» («Yusuf», 32)
 Yusuf alayhissalom bu gaplarni eshitib harom ishdan ko‘ra qamoqni afzal biladilar va shunday duo qiladilar:
«U: «Ey Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan ko‘ra men uchun qamoq mahbubroqdir, bu (ayol)larning makrini mendan o‘zing nari qilmasang, ularga moyil bo‘lib, johillardan bo‘lib qolaman», dedi» («Yusuf», 33).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 01:12:39
Alloh taolo O’z Payg‘ambarining duosini qabul qiladi:
«Bas, Robbi uning (duosini) ijobat qilib, ularning makrini undan nari qildi. Albatta, uning O’zi eshitguvchi va bilguvchi Zotdir» («Yusuf», 34).
Fahshdan ko‘ra zindonni afzal bilib, qalban Allohga duo qilgan Yusuf alayhissalomning duosi qabul bo‘lib, Alloh ularni ayollarning makridan nari qiladi. Lekin beayb ekanligi ma’lum bo‘lgani holda Yusuf alayhissalom qamoqqa tashlanadilar. Qamoqda odamlar Yusuf alayhissalomni taqvoli, insofli odam deb bilib, u zotdan maslahat so‘raydigan bo‘lishadi. Yusuf alayhissalom Allohning yo‘liga da’vat qilish uchun qulay fursat kelganini fahmlaydilar.
«Ey hamzindon do‘stlarim, turli-tuman robblar yaxshimi yoki Yolg‘izu Qahhor Allohmi? Sizlar undan o‘zga, o‘zingiz va ota-bobolaringiz nomlab olgan ismlarga, Alloh ularga biron hujjat nozil qilmagan narsalarga ibodat qilmoqdasizlar. Hukm qilish faqat Allohning O’ziga xosdir. U faqat O’zigagina ibodat qilishingizni amr etdi. Ana o‘sha to‘g‘ri dindir. Lekin odamlarning ko‘pi bilmaslar» («Yusuf», 40).
Yusuf alayhissalom hamzindon bo‘lgan ikki yigitga ularning tushlarini ta’bir qilib beradi. Yusuf alayhisslom yigitlardan biriga o‘zini qamashga amr etgan kishiga u zotni eslatishini tayinlaydi. Haligi yigit qamoqdan chiqqach Yusuf alayhissalomning gapini unutadi. Shunday qilib Yusuf alayhissalom yana bir necha yil qamoqda qoladilar. Bu orada Misrning podshohi qayta-qayta alg‘ov-dalg‘ov tushlar ko‘radi. U o‘z a’yonlaridan tushining ta’birini so‘raydi. Shunda zindonda yotgan, ozod bo‘lgach esa podshohga soqiylik qilyotgan haligi yigit Yusuf alayhissalomning gaplarini eslaydi. Haligi yigit podshohdan izn olib Yusuf alayhissalom yoniga boradilar. Yusuf alayhissalom unga tushning ta’birini aytadilar. Tushning ta’birini eshitgan podshoh Yusuf alayhissalomni huzurlariga olib kelishni amr etadi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 01:13:58
Lekin Yusuf alayhissalom podshohga ham, boshqalarga ham o‘zlarining beayb ekanliklarini bildirishni xohlaydilar. Shu sababli qamalishlariga sabab bo‘lgan voqeani qayta tekshirtirishni so‘raydilar. Podshoh u kishining talablarini bajaradilar. Ketma-ket kelgan mashaqqatlardan so‘ng Yusuf alayhissalomning beayb ekanligi isbot etiladi.
Alloh iymonli, taqvodor bandalarini, ayniqsa O’z Payg‘ambarlarini hech qachon xor qilmaydi. Go‘zal amallari uchun chiroyli mukofotlar beradi. Yusuf alayhissalom ham yillar davomida ko‘rgan mashaqqatlari oldida bo‘yin egmay, Allohga mustahkam e’tiqodda bo‘lganlari uchun Alloh u zotni mukofotlaydi.
«Shunday qilib, Yusufga yer yuzida makonat berdik, uni o‘zi xohlagan joyga yerlasha oladigan qildik. O’z rahmatimizni, kimni xohlasak, o‘shanga muyassar eturmiz va go‘zal amal qiluvchilarning ajrini zoe qilmasmiz» («Yusuf», 56).
Alloh tomonidan ne’mat berilgan Yusuf alayhissalom O’z Robbisiga shukr aytib shunday duo qiladilar:
«Ey Robbim, haqiqatda menga mulk berding va menga tushlarning ta’birini o‘rgatding. Ey osmonlaru yerni yaratgan Zot! Sen dunyoyu oxiratda mening valiyimsan. Meni musulmon holimda vafot ettirgin va solihlarga qo‘shgin» («Yusuf», 101).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 01:15:30
SHUAYB ALAYHISSALOMNING DUOLARI

«Va Madyanga o‘z birodarlari Shuaybni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Sizga Undan o‘zga iloh yo‘q. Batahqiq, sizga Robbingizdan hujjat keldi. Bas, o‘lchov va tarozuni to‘liq ado eting, odamlarning narsalaridan kamaytirib qolmang va yer yuzida uning islohidan keyin bug‘zunchilik qilmang. Agar mo‘min bo‘lsangiz, shunday qilmog‘ingiz o‘zingiz uchun yaxshidir» (dedi)»
(«A’rof», 85).
Madyan xalqining Shuayb alayhissalomga javobi Nuh va Lut alayhissalom qavmlarining javobidan farq qilmasdi. Shuayb alayhissalomning nasihatlarini qabul qilmagan qavm, uni va iymon keltirgan boshqa kishilarni quvg‘in qilamiz deb tahdid solishdi.
«Uning qavmidan bo‘lgan mutkaabbir zodagonlar: «Ey Shuayb, yoki, albatta, seni va sen bilan birga iymon keltirganlarni o‘z qishlog‘imizdan chiqaramiz yoki o‘z millatimizga qaytasizlar»,-dedilar. U: «Garchi yomon ko‘ruvchi bo‘lsak ham-a?!» dedi» («A’rof», 88).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 01:19:57
Shuayb alayhissalom esa qavmining itoatsizligi va tahdidlariga qarshi shunday dedilar:
«Agar sizning millatingizga Alloh bizga undan najot bergandan so‘ng qaytsak, batahqiq, Allohga nisbatan yolg‘on to‘qigan bo‘lamiz. Biz uchun unga qaytish mutlaqo mumkin emas, magar Robbimiz — Alloh xohlasagina (mumkin). Robbimiz hamma narsani o‘z ilmi ila qamrab olgandir», dedilar va shunday iltijo qildilar:
«Allohga tavakkal qildik. Ey Robbimiz, biz bilan qavmimizning oramizni haq ila ochgin. Sen ochuvchilarning yaxshisidirsan» («A’rof»,89).
Shuayb alayhissalomning so‘zlari zarracha ta’sir qilmagan mutakabbir zodagonlar:
«...Agar Shuaybga ergashsangiz, u holda, albatta, ziyon ko‘ruvchidirsiz, dedilar» («A’rof»,90).
Keyin Lut va Nuh alayhissalomlar qavmining boshiga tushgan narsalar Madyan xalqiga ham keldi. Shuayb alayhissalomning qabul bo‘lgan va Allohning elchisini tan olmagan qavm halok etildi:
«Bas, ularni shiddatli zilzila oldi va joylarida o‘tirib qoldilar. Shuaybni yolg‘onga chiqarganlar, xuddi u yerda yashamagandek bo‘ldilar. Shuaybni yolg‘onchiga chiqarganlar, o‘shalar ziyon ko‘ruvchilar bo‘ldilar» («A’rof», 91-92).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 08:46:47
AYYUB ALAYHISSALOMNING DUOLARI

«Biz Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Asbot, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonlarga vahiy yubordik»
(«Niso»,163)
Qur’onning to‘rt surasida nomlari tilgan olingan Ayyub alayhissalomning sabri barchaga ibrat qilib ko‘rsatilgan. Allohning tanlangan bandasi sifatida vahiy yuborilgan Ayyub alayhissalom og‘ir sinovga uchraydilar. Lekin Allohga bo‘lgan mustahkam e’tiqod, ibodatlarda sobitlik va eng muhimi go‘zal sabr bilan bu sinovdan juda go‘zal o‘tganlar. Ayyub alayhissalomning duosi, U zotning go‘zal sabri odamlarga eslatma sifatida Qur’onda maqtab vasf etilgan.
 «Va Ayyubning O’z Robbisiga nido qilib: «Albatta, meni zarar tutdi. Sening O’zing rahmlilarning rahmligisan!» deganini esla. Bas, Biz uning (duosini) istijobat qildik. Unga yetgan zararni ketkazdik. Unga ahlini, ular bilan birga yana shunchani ham berdik. Buni O’z rahmatimiz ila va obidlarga eslatma bo‘lsin, deb qildik» («Anbiyo»,83-84).
«Sod» surasida Ayyub alayhissalom qissasi shunday bayon qilingan:
«Bizning bandamiz Ayyubni esla. O’shanda u Robbiga nido qilib: «Albatta, meni shayton mashaqqat va azob ila tutdi», dedi. «Oyog‘ing ila tepgin! Bu cho‘miladigan va ichiladigan sovuq (suv). Va Biz unga ahlini va yana ular bilan birga misllarichani ham hadya etdik. Bu Bizdan rahmat o‘laroq va aql egalariga eslatma uchun bo‘ldi. Qo‘lingga bir dastani ol-da, u bilan ur. Qasamingni buzma» (dedi). Biz uni sabrli topdik. U qanday ham yaxshi banda. Albatta, u o‘ta qaytguvchidir» («Sod», 41-44).
Albatta, olamlarning Robbisi Alloh bandalarini turli yo‘llar bilan imtihon qiladi. Ayyub alayhissalomni ham O’ziga ma’lum sinov bilan imtihon qilgan. Shunga o‘xshash sinovlar hammaning boshidan o‘tishi mumkin. Shunday holatda qolgan mo‘min Ayyub alayhissalomdan ibrat olib, boshiga tushgan mashaqqatlar bir sinov ekanligi va Alloh hech kimga toqatidan ortiq narsani yuklamasligini eslab sabr qilishi lozim.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 08:47:07
MUSO ALAYHISSALOMNING DUOLARI

Bani Isroil qavmiga Payg‘ambar qilib yuborilgan Muso alayhissalom, Fir’avnning zulmidan najot topish uchun onasiga kelgan vahiyga ko‘ra go‘dakligidayoq daryoga tashlangan edi. Uni ushlab olgan Fir’avn oilasi o‘zlariga farzand qilib asrab olishdi.
«Va Musoning onasiga: «Uni emizaver. Bas, (unga yomonlik yetishidan) qo‘rqqan chog‘ingda uni daryoga tashla, qo‘rqma, xafa bo‘lma, Biz, albatta, uni senga qaytarguvchimiz va Payg‘ambarlardan qilguvchimiz», deb vahiy qildik. Bas, Fir’avnning oilasi uni o‘zlariga dushman va g‘am-g‘ussa bo‘lishi uchun tutib oldilar. Albatta, Fir’avni, Homon va ikkovlarining askarlari xatokorlardan bo‘lgan edilar» («Qosos», 7-8).
Bolasini oqizib yuborgan onaning ko‘ngli huvillab qoladi. Ammo Alloh unga mustahkam iroda berib, bu sir oshkor bo‘lmasligini iroda qiladi. Ona chaqaloqning opasiga uning izidan borishni tayinlaydi. Opasi chaqaloq solingan sandiqni Fir’avn bog‘iga oqib kirganini, ular bolani sandiqdan olishganini ko‘radi. Bolani ko‘rgan Fir’avnning oilasi uni yaxshi ko‘rib qoladi. Ular bolani emizadigan ayol qidiradilar. Ammo Allohning irodasi bilan bola hech kimni emmaydi. Buni bilgan Musoning opasi ularga chaqaloqni emiza oladigan odam topib kelishini aytadi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 08:48:02
«Bas, Biz uni onasiga ko‘zi quvonchga to‘lishi, xafa bo‘lmasligi va, albatta, Allohning va’dasi haq ekanini bilishi uchun qaytardik. Lekin ko‘plari buni bilmaslar» («Qosos», 13).
Muso alayhissalom Fir’avn saroyida voyaga yetdi. Boshqa Payg‘ambarlar kabi Alloh unga ham ilm va hikmat berdi.
Qur’onda Muso alayhissalomning Allohga yuzlanib duo qilishiga sabab bo‘lgan voqea shunday bayon qilingan:
«Va u shaharga uning aholisi g‘aflatdalik paytda kirdi. Unda urishayotgan ikki kishini ko‘rdi. Bunisi o‘z guruhidan, unisi esa, dushmanlaridan edi. Bas, o‘z guruhidan bo‘lgan dushman bo‘lganga qarshi unday yordam so‘radi. Shunda Muso uni bir musht tushirib o‘ldirib qo‘ydi. U: «Bu shaytonning ishidir. Albatta, u ochiq-oydin dushman va yo‘ldan ozdirguvchidir», dedi» («Qosos», 15).
Bu voqeadan so‘ng Muso alayhissalom Allohdan mag‘firat tiladi va jinoyatchilarga yordam ko‘rsatmaslikka va’da berdi.
«U:«Ey Robbim, albatta, men o‘zimga zulm qildim. Bas, meni mag‘firat qil», dedi. Shunda U Zot uni mag‘firat qildi. Albatta, Uning O’zi mag‘firat qilguvchi, mehribondir. U: «Ey Robbim, menga bergan ne’matingning haqqi-hurmati hargiz jinoyatchilarga yordamchi bo‘lmasman», dedi» («Qosos», 16).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 08:49:04
Ertasi kuni bir kun oldin Fir’avn qavmidan bo‘lgan kishi bilan urushayotgan kechagi kishini ko‘rib qoladilar. Bugun u boshqa odam bilan urushayotganining guvohi bo‘ladilar. Kechagi kishi yana Muso alayhissalomni yordamga chaqiradi. Ammo kechagi ishidan qattiq nadomatlangan va boshqa bunday qilmaslik uchun Allohga va’da bergan Muso alayhissalom unga:
«Albatta, sen ochiq-oydin gumrohsan, dedi» («Qosos», 18).
Bu orada fir’avn va uning a’yonlari Muso alayhissalomni o‘ldirish uchun til biriktirayotgan edi. Bundan xabari bo‘lgan bir mo‘min odam Muso alayhissalomni ogohlantirib qo‘yadi. Buni eshitgan Muso alayhissalom shunday duo qiladilar:
«Ey Robbim, menga zolim qavmlardan najot bergin» («Qosos, 21»).
Alloh Muso alayhissalomning duosini qabul qildi. O’z marhamati bilan Muso alayhissalomning yo‘lini Madyan tomonga burib qo‘ydi. Muso alayhissalom notanish taraflarga ketar ekan, Allohdan umid qilib:
«Shoyadki, Robbim meni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilsa», («Qosos»,22) deb iltijo qildilar.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 08:49:50
«Qachonki Madyan suviga yetib kelgach, bir to‘p odamlarning hayvonlarini sug‘orayotganini ko‘rdi va ulardan boshqa (qo‘ylarini suvdan) qaytarayotgan ikki ayolni ko‘rdi. U: «Sizlarga nima bo‘ldi?»dedi. Ular «Cho‘ponlar qaytmagunlaricha sug‘ora olmaymiz, otamiz qari chol», dedilar. Bas, ikkovlariga (hayvonlarni) sug‘orib berdi. So‘ngra soyaga qaytdi va «Ey Robbim, albatta menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman», dedi. Bas, ikkovlaridan biri hayo bilan yurib kelib: «Otam senga bizlarga sug‘orib berganing haqqini berish uchun chaqirmoqda», dedi. Qachonki unga kelganida va qissani aytib berganida, u: «Qo‘rqma, zolim qavmlardan najot topding», dedi» («Qosos», 23-25)
Qariya qizlarining taklifiga ko‘ra Muso alayhissalomni ishga yollamoqchi bo‘ladi. U Muso alayhissalomga buni quyidagi tarzda bildirdi:
«... Menga sakkiz yil ishlab berishing sharti bilan, shu ikki qizimdan birisini senga nikohlab bermoqchiman, agar o‘n yilni tamomlasang, bu sening ishing. Men senga mashaqqat qilishni istamasman. Inshaalloh, meni solih kishilardan ekanimni ko‘rasan» («Qosos», 27).
Kelishilgan muddat tugagach Muso alayhissalom ahli ayollarini olib yo‘lga tushadilar. Tur tog‘iga yaqinlashganda, uzoqdan olov yonib turganini ko‘radilar. Ahli ayollarini o‘sha yerda qoldirib, olov ko‘ringan tarafga qarab ketadilar. U yerga yaqinlashgach Alloh tomonidan «Ey Muso» degan nido keldi. So‘ngra Alloh taolo:
«Albatta, Men, O’zim olamlarning Robbi Allohdirman» deydi. («Qosos», 30).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 08:50:39
So‘ng Alloh O’z Payg‘ambariga ikki mo‘‘jiza-hujjat ato etadi. Tashlaganda katta ilonga aylanadigan hassa va qo‘lini qo‘ltig‘iga tiqqanda uning oppoq bo‘lib chiqishi. Bu ikki mo‘‘jiza Fir’avn va uning a’yonlarini Allohning diniga chaqirishda qo‘llaniladigan hujjat edi. Muso alayhissalom bunday mas’uliyatli ishni bajarishdan avval bir oz mulohazaga borib shunday deydilar:
«Ey Robbim, men ulardan bir jonni o‘ldirganman, ular meni o‘ldirishlaridan qo‘rqaman. Birodarim Horun mendan ko‘ra tili burroroq, uni ham men bilan yubor, meni tasdiqlaydilar. Zero, ular meni yolg‘onchi qilishlaridan qo‘rqurman» («Qosos», 33).
Alloh Muso alayhissalomni Horun alayhissalom bilan quvvatlashini aytib, Fir’avnning yoniga borishni buyurdi. Shunda Muso alayhissalom Allohga shunday duo qildilar:
«Ey Robbim, mening qalbimni keng qil. Ishimni oson qil. Tilimdagi tugunni yechgin, so‘zimni anglasinlar. Menga o‘z ahlimdan bir vazir qilib ber. Og‘am Horunni. U bilan belimni quvvatla. Uni ishimga sherik ayla. Senga ko‘p tasbeh aytishimiz uchun. Va Seni ko‘p zikr qilishimiz uchun. Albatta, Sen O’zing bizni ko‘rib turuvchi eding» («Toha», 24-35).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 08:51:47
Muso alayhissalomning duosini qabul qilgan Alloh:
«Ey Muso, senga so‘raganing berildi», deb marhamat qildi. («Toha», 36).
Muso alayhissalom Fir’avn va uning qavmiga ko‘rsatayotgan mo‘‘jizalari ularni iymon keltirishlariga sabab bo‘lishi o‘rniga uydirma va sehr deb baholanadi. Muso alayhissalom Fir’avn va uning qavmini Haq yo‘liga chaqirishda har tomonlama qattiq harakat qildilar. Ammo tug‘yonga ketgan qavm botil yo‘ldan chekinishni istamadi . Shunda Muso alayhissalom Allohga shunday iltijo qildilar:
«Ey Robbimiz, Sen Fir’avnga va uning amaldorlariga zebu ziynat va molu dunyo berding. Robbimiz, bu Sening yo‘lingdan adashtirishlari uchundir. Robbimiz, ularning mollarini yo‘q qilgin va qalblarini qattiq qilgin, to alamli azobni ko‘rmagunlaricha iymonga kelmasinlar» («Yunus», 88).
Alloh taolo bu duoni qabul qilganini quyidagi tarzda bildirdi:
«U: «Batahqiq, ikkovingizning duoingiz qabul bo‘ldi. Bas, sobit turinglar va bilmaydiganlarning yo‘liga ergashmanglar», dedi». («Yunus», 89).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 08:52:21
Muso va Horun alayhissalom Allohning:
«Batahqiq, Biz Musoga: «Sen bandalarim ila kechasi yo‘lga tush, ularga dengizdan quruq yo‘l och, yetib olishlaridan xavf qilma va qo‘rqma» («Toha», 77) amriga ko‘ra Bani Isroil qavmini Fir’avn zulmidan qutqarish uchun Misrni tashlab ketishadi. Ularning orqasidan Fir’avn va uning askarlari quvib kela boshlaydi. Yo‘ldan dengiz chiqadi. Muso alayhissalom dahshatga tushmasdan, Allohning amriga ko‘ra qo‘llaridagi hassa bilan dengizga uradilar. Dengiz ikkiga bo‘linib, yo‘l ochiladi. Hammalari shu yo‘ldan o‘tib oladilar. Shunda Alloh O’z Payg‘ambarining duosini qabul bo‘lganini ko‘rsatadi:
«Va Bani Isroilni dengizdan o‘tkazdik. Bas, Fir’avn va uning askarlari haddan oshgan va tug‘yon qilgan holda ularni ta’qib qildilar. Toki unga (dengizga) g‘arq bo‘lish yetganida (Fir’avn): «Bani Isroil iymon keltirgan Zotdan o‘zga iloh yo‘qligiga iymon keltirdim va men musulmonlardanman», dedi» («Yunus», 90).
Shunda Alloh:
«Endimi! Oldin isyon qilgan va buzg‘unchilardan bo‘lgan eding-ku?! Bugun sening badaningni qutqaramiz. Toki o‘zingdan keyingilarga ibrat bo‘lgin. Albatta, ko‘p odamlar Bizning oyatlarimizdan g‘ofildirlar» dedi («Yunus», 91-92).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 08:52:58
Fir’avnning o‘limidan so‘ng nima bo‘lgani haqida Qur’onda shunday deyilgan:
«Batahqiq, Biz Bani Isroilni haqiqiy omonlik maskaniga joylashtirdik va ularni pok narsalar ila rizqlantirdik.Bas, ular to o‘zlariga ilm kelmaguncha ixtilof qilmadilar...» («Yunus», 93).
Allohning va’dasiga muvofiq Fir’avn va uning a’yonlari halok bo‘lganidan so‘ng Muso alayhissalomga kitob berishi kerak edi. Muso alayhissalom bu haqda Allohdan so‘raganlarida, U Zot o‘ttiz kun ro‘za tutishni amr qiladi. Muso alayhissalom o‘ttiz kun ro‘za tutadilar. Uchrashuv belgilangan vaqtga tayyorgarlik ko‘rayotganlarida Allohdan yana o‘n kun ro‘za tutish amri keladi. Muso alayhissalom Alloh buyurgan amrni to‘la bajaradilar. So‘ngra Tur tog‘i tomon yo‘l olib, o‘rnilariga og‘alari Horun alayhissalomni qoldiradilar. Muso alayhissalom ketishlari bilan Bani Isroil Horun alayhissalomning gapiga kirmay tilla taqinchoqlardan yasalgan buzoqni iloh tutadi. Muso alayhissalom qavm yoniga darg‘azab holda qaytadilar. O’rnilariga tayinlab ketgan akalari Horun alayhissalomni sochidan tortadilar. Horun alayhissalom Muso alayhissalomga bo‘layotgan voqealarga bepisand qarab turmaganini, qavm uni xo‘rlaganini, hatto o‘ldirib qo‘yishlariga oz qolganini aytadi. Shunda Muso alayhissalom Allohga iltijo qiladilar:
«Robbim, meni va akamni mag‘firat qilgin va bizlarni O’z rahmatingga kiritgin. Sening O’zing rahim qilguvchilarning rahimlirog‘isan» («A’rof», 151)
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 08:53:19
Bani Isroil tilladan yasalgan buzoq haykaliga ibodat qilib, ulkan gunoh sodir etganlari, keyin afsus bilan tavba qilganlari uchun Alloh taolo Muso alayhissalomga ulardan yetmish kishini o‘z miyqotiga olib kelishni amr qiladi. Bu yetmish kishi Bani Isroilliklar nomidan Allohga uzr aytib, duo qilishlari kerak edi. Ular esa, Muso alayhissalomga, bizga Xudoning o‘zini ko‘rsat, deb turib oladilar. Bunday shakkoklik sodir etganlaridan so‘ng, ularni dahshatli zilzila tutib, o‘zlaridan ketadilar. Shu payt Muso alayhissalom Alloh taologa iltijo qilib:
«Ey Robbim, agar xohlasang, bularni ham, meni ham bundan oldin halok qilsang bo‘lardi. Esi pastlarimiz qilgan ish tufayli bizni halok qilasanmi? Bu Sening sinovingdan boshqa narsa emas. U ila kimni xohlasang, adashtirasan va kimni xohlasang, hidoyatga solasan», dedilar.
Iltijoda davom etgan Muso alayhissalom:
«Sen valiyimizsan, bas, bizni mag‘firat qil, bizlarga rahim et. Sen O’zing mag‘firat qiluvchilarning eng yaxshisisan. Va bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni yozib qo‘y. Biz Sening O’zingga tavba qildik», deb duo qildilar («A’rof», 155-156).
Qur’onda Muso alayhissalom bilan bog‘liq oyatlarga nazar solsak u zotning duolarida ixlos, ishonchni ko‘rish mumkin. Alloh taolo Muso alayhissalomni vaqt hamda turli hodisalar orqali tarbiyalab ulug‘ Payg‘ambar qildi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 08:54:00
SULAYMON ALAYHISSALOMNING DUOLARI

Sulaymon alayhissalomning muhim xususiyatlaridan biri Alloh tomonidan u zotga ulkan davlat ato etilishidir. Bundan tashqari Alloh u zotga boshqa bir qancha fazilatlarni ham bergan.
«Va Sulaymon Dovudga voris bo‘ldi. U: «Ey odamlar, bizga qush tili o‘rgatildi va har bir narsadan berildi. Bu, albatta, ochiq-oydin fazldir», dedi. Sulaymonga jin, ins va qushlardan bo‘lgan askarlari to‘planib, tizilgan holda turdilar» («Naml», 16-17).
«Bas, Biz unga shamolni bo‘ysundirdik, u iroda qilgan tomonga mayin esaveradi. Yana barcha binokor va g‘avvos shaytonlarni ham. Va boshqalarini ham kishanlagan holda to‘plab (bo‘ysundirdik)» («Sod», 36-38).
Robbisi tomonidan berilgan bu afzalliklar sababli Sulaymon alayhissalom Allohga shunday duo qilganlar:
«Robbim, meni O’zing menga va ota-onamga bergan ne’matlaringga shukr etishimga va Sen rozi bo‘ladigan solih amallar qilishimga muyassar etgin. O’z rahmating ila meni solih bandalaringga qo‘shgin» («Naml», 19).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 08:54:39
Sulaymon alayhissalomning bunday duo qilishlariga sabab quyidagi voqea bo‘lgan:
Sulaymon alayhissalom o‘zlarining ins, jin va qushlardan iborat askarlari bilan yurib borayotgan edilar. Chumolilar yashaydigan joyga yetganda bir chumolining shu so‘zlarini eshitib qoladilar:
«...Ey chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari sizlarni bilmasdan ezib yubormasin» («Naml», 18).
Sulaymon alayhissalom mittigina bu jonzotning hushyorligidan, boshqa chumolilarning unga itoat etganlaridan zavqlanadilar va tabassum bilan yuqorida aytilgan duoni qiladilar.
Qur’onda bayon qilingan quyidagi qissa ham Sulaymon alayhissalom tilidan qilingan duo bilan bog‘liq:
Alloh taolo Sulaymon alayhissalomni imtihon qilishni iroda etadi. Alloh unga gijinglab turgan uchqur otlarni ko‘rsatadi. U zot otlarni zavq bilan tomosha qilib quyosh botganini ham sezmay qoladilar.Sulaymon alayhissalom Allohning zikridan chalg‘itgan bu otlarni qurbonlik qilib so‘yib yuboradilar. Ammo bu otlarni ko‘rgan Sulaymon alayhissalom Alloh yo‘lida jihod qiladigan chavandoz o‘g‘illari bo‘lishini orzu qiladilar. Sulaymon alyhissalom, «bu kecha yetmish ayolni aylanib chiqaman, ularning har biri Alloh yo‘lida jihod qiladigan chavandoz tug‘adi», dedi. «Inshaalloh» demadi. U ayollarni aylanib chiqdi. Ulardan birgina ayol homilador bo‘lib, chala bola tashladi. Sulaymon alayhissalom nima sababdan bunday bo‘lganini anglab yetib, tavba qiladilar:
«Ey Robbim, meni mag‘firat qilgin va menga o‘zimdan keyin biror kishiga muyassar bo‘lmaydigan mulkni hadya etgin. Albatta, Sen ko‘plab atolarni berguvchisan» («Sod», 35).
Sulaymon alayhissalom bilan bog‘liq bu voqea haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
«Mening nafsim qo‘lida bo‘lgan Zot bilan qasamki, agar «inshaalloh» deganida, ularning hammasi chavandoz bo‘lib, Alloh yo‘lida jihod qilar edilar».
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 08:55:08
ZAKARIYO ALAYHISSALOMNING DUOLARI

Qur’onning uch surasida Zakariyo alayhissalom tilidan qilingan duo bayon etilgan. Keksa Zakariyo alayhissalom befarzand edilar. Ammo bu xususda Allohdan umidlari uzilmagandi. O’zlari va va ayollari farzand ko‘rish yoshidan o‘tib qolgan bo‘lsalar ham sabr bilan Allohdan farzand so‘rab duo qilardilar.
Imron alayhissalomning homilador ayoli tug‘ilajak farzandini xolis niyat bilan ibodatxona xizmati uchun nazr qiladi. Vaqti-soati kelib qiz farzand dunyoga keladi. Unga Maryam deb ism qo‘yishadi. Alloh uni juda yaxshi qabul qilib, nihoyatda go‘zal o‘stiradi va Zakariyo alayhissalomni unga kafil qiladi. O’sha payt ibodatxona boshlig‘i Zakariyo alayhissalom edi. Zakariyo alayhissalom doimo Maryamning oziq-ovqatidan xabardor bo‘lib turar edilar. Har safar Maryamning oldiga kirsalar uning huzurida rizq ko‘rar edilar. Xayron bo‘lgan Zakariyo alayhissalom Maryamdan: «Senga bu qaerdan keldi?», deb so‘raydilar. Maryam esa, «Bu Allohning huzuridan. Albatta, Alloh xohlagan kishisiga behisob rizq berur», deb javob qilgan. Buni ko‘rib befarzand yurgan Zakariyo alayhissalomda farzandli bo‘lish havasi yangidan uyg‘onadi va Allohga rag‘bat va qo‘rquv bilan duo qiladi:
«Ey Robbim, menga O’z huzuringdan pokiza farzand ato et. Albatta, Sen duoni eshituvchisan» («Oli Imron»,38).
Boshqa surada Zakariyo alayhissalom o‘zlaridan keyin qavmning dinu diyonatda sobit qolishini istab Allohdan merosxo‘r so‘rab duo qilganlar. U zot alayhissalom tilidan qilingan ushbu duoda duoning bir nechta odoblari mujassamlashgan:
 «U Robbiga maxfiy nido qilgan chog‘ini esla. U: «Ey Robbim, mening suyaklarim mo‘rtlashdi, boshga oq tutashdi, ey Robbim, Senga duo qilish-la badbaxt bo‘lmaganman. Va, albatta, men ortimdagi qarindoshlardan qo‘rqdim. Ayolim tug‘mas edi. Bas, menga O’z dargohingdan bir valiy-ortdan qoladigan ato et. U menga va Ya’qub oilasiga merosxo‘r bo‘lsin. Ey Robbim, uni O’zing rozi bo‘ladigan qil», dedi» («Maryam», 3-4).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 08:56:03
Ushbu oyatda Allohga xush keladigan duo shakli qanday bo‘lishi kerakligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Eng avval, olamlarning Robbisiga kamtarlik his qilib maxfiy duo qilish. So‘ngra U Zotning qarshisida o‘zini ojiz bilish, U Zotning eshituvchi, qabul qiluvchi ekanligini tilga chiqarish, o‘z istaklarini bayon qilish, noumid bo‘lmaslik. Albatta, Payg‘ambarlarning har bir harakatida odamlarga buyuk axloq namunasi bor. Zakariyo alayhissalomning duolari ham bizlarga qanday duo qilish kerakligini o‘rgatgan.
Yana bir surada Zakariyo alayhissalom tilidan qilingan duo shunday bayon qilingan:
«Va Zakariyoni esla. O’shanda u Robbiga nido qilib: «Ey Robbim, meni yolg‘iz tashlab qo‘yma, Sen O’zing vorislarning eng yaxshisisan», degan edi» («Anbiyo», 89).
Albatta, Zakariyo alayhissalomning duolari qabul bo‘ldi. Buni Alloh taolo quyidagi tarzda bildirgan:
«Bas, Biz uning (duosini) ijobat etdik va unga Yahyoni hadya qildik hamda juftini o‘nglab qo‘ydik. Albatta, ular yaxshilikka shoshilishar edi va Bizga rag‘bat ila va qo‘rqib duo qilishar edi. Ular Bizga ta’zim ila bo‘yinsunuvchi edilar» («Anbiyo», 90).
«Ey Zakariyo, Biz senga ismi Yahyo bo‘lgan bir o‘g‘ilning xushxabarini beramiz. Bundan oldin unga otdosh qilgan emasmiz» («Maryam», 7).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 09:00:53
Oyatning davomida bildirilishiga ko‘ra yoshi ulg‘ayib qolgan Zakariyo alayhissalom o‘g‘illik bo‘lish xushxabarini eshitib bir oz xayratlanadi:
«U: «Ey Robbim, ayolim tug‘mas bo‘lsa, o‘zim qarib-chirib qolgan bo‘lsam, qanday qilib mening o‘g‘lim bo‘lsin?!» - dedi» («Maryam»,8).
Shunda Alloh bu ishning O’zi uchun juda osonligini quyidagi tarzda ma’lum qildi:
«... Robbing aytdiki, bu Men uchun oson. Batahqiq, bundan oldin seni yaratdim. Holbuki, sen hech narsa emas eding» («Maryam», 9)
Hurmatli o‘quvchi, avvalgi sahifalarda ixlos bilan qilingan duo qabul bo‘lishini aytib o‘tgan edik. Alloh O’ziga qalban yuzlangan bandalarining iltijolarini javobsiz qoldirmasligini, ilojsiz ko‘ringan har bir narsa olamlar Robbisiga oson ekanligini ham aytgandik. Ko‘rib turganimizdek, farzandlik bo‘lishi imkonsiz ko‘ringan Zakariyo alayhissalomga ham Alloh o‘g‘il farzand ato etdi. Yaxyo alayhissalom o‘z duolarida: «Senga duo qilish-la badbaxt bo‘lmaganman», deb Allohning duolarni qabul qilishiga mustahkam ishonch bilan iltijo qilganlar. Natijasi hammamizga ma’lum. Xulosa qilish o‘zingizga havola.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 09:02:52
YUNUS ALAYHISSALOM DUOLARI

Qur’onda Yunus alayhissalom haqida shunday deyilgan:
«Albatta, Yunus ham yuborilgan Payg‘ambarlardandir. O’shanda u to‘lgan kemaga qochdi. Bas, qur’a tashlashdi va u mag‘lublardan bo‘ldi. Bas, uni malomatga loyiq bo‘lgan holida nahang baliq yutdi» («Soffat», 139-142)
Yunus alayhissalom aholisi turli but va sanamlarga ibodat qiladigan qavmni Allohning diniga da’vat qilish uchun yuborilgan edi. Lekin ular ham boshqa qavm singari Payg‘ambarining nasihatlarini qabul qilmay, gunohda davom etdi. Yunus alayhissalom ularni Allohning azobi kelishidan ogohlantirdilar. Ammo gunohkor qavmga bu ta’sir qilmaydi. Ularning itoatsizligidan g‘azablangan Yunus alayhissalom u yerda qolishni munosib ko‘rmasdan shaharni tark etdilar. Yurib-yurib dengiz sohiliga yetib borgach, u yerda ketishga tayyor turgan kemani ko‘radilar. Uning egasi Yunus alayhissalomni o‘zlari bilan olib ketishga rozi bo‘ladi. Kema dengizga chiqqach kuchli dovul boshlanib, g‘arq bo‘lish xavfi tug‘iladi. Kemadagilarning barchasi sarosimaga tushib qoladi. O’zaro maslahatlashib, bu hodisa kemada gunohkor odam borligi uchun ro‘y berdi degan fikrga kelishadi. Qur’a tashlashga va unga kimning ismi tushsa o‘shani dengizga uloqtirishga kelishadilar. Qur’aga Yunus alayhissalom ismlari tushadi. Kemadagilar u zotni dengizga tashlaydilar. Allohning amri bilan u zotni katta baliq yutib, qornida saqlab yuradi. Yunus alayhissalom bu voqealar qilgan xatolari tufayli bo‘lganini anglab iltijo qiladilar:
«Sendan o‘zga Iloh yo‘q, Sen poksan, albatta, men zolimlardan bo‘ldim» («Anbiyo», 87).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 09:03:28
Alloh taolo Yunus alayhissalomning iltijosini qabul qiladi:
«Bas, Biz uning (duosini) ijobat qildik. Unga g‘amdan najot berdik. Mo‘minlarga shunday najot berurmiz» dedilar («Anbiyo», 88).
Yunus alayhissalom qissasi gunoh ish bandaning Allohga duo qilishidan to‘smasligi kerakligiga yaqqol dalil bo‘la oladi. Alloh O’zining iznisiz shaharni tark etgan Payg‘ambarini mag‘firat qildi va unga buyuk mukofot tarzida qavmini hidoyatga boshladi.
«Bas, Biz uni bemori holida maydonga otdik. Va uning ustiga qovoq daraxtini o‘stirib qo‘ydik. Va uni yuz ming yoki undan ko‘proqqa Payg‘ambar qilib yubordik» («Soffat», 145-147).
«Agar u ko‘p tasbih aytguvchilardan bo‘lmaganida edi, uning qornida qayta tiriltiradigan kungacha qolib ketar edi» («Soffat», 143-144).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 09:03:55
IYSO ALAYHISSALOM DUOLARI

Qur’onda Iyso alayhissalom haqida shunday deyilgan:
«...Uning ismi Masiyh Iyso ibn Maryam, bu dunyoyu oxiratda obro‘li va yaqin bandalardandir» («Oli Imron», 45).
Havoriylar, ya’ni Iyso alayhissalomning yordamchilari, din uchun butunlay ajralib chiqqan odamlar Iyso alayhissalomdan Allohga duo qilib, osmondan dasturxon tushirishini so‘rashgan. Bu voqea Qur’onda shunday bayon qilingan:
«Havoriylar: «Ey Iyso ibn Maryam, sening Robbing bizga osmondan tuzatilgan dasturxon tushira olurmi?» deganlarida, u : «Agar mo‘min bo‘lsalaringiz, Allohga taqvo qilinglar», deganini esla». («Moida», 112)
Kelasi oyatda havoriylarning Payg‘ambarlaridan Allohga duo qilib dasturxon tushirishini so‘rashlarining asl maqsadi bayon qilingan:
«Ular: «Undan yemoqni, qalblarimizni taskin topmog‘ini, bizga rost gapirganingni bilmoqni va bunga guvoh bo‘lmoqni istarmiz», dedilar» («Moida», 113).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 09:04:26
Havoriylarning bu xohishlari ortida Allohning mo‘‘jizasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish istagi bor edi. Shunda Iyso alayhissalom Allohning sifatlarini tilga olib duo qiladilar:
«Robbimiz, Bizga osmondan yasatilgan dasturxon tushirgin, u avvalimizgayu oxirimizga bayram bo‘lib qolsin. Sendan mo‘‘jiza bo‘lib qolsin. Va bizga rizq bergin, zotan O’zing eng yaxshi rizq berguvchisan» («Moida», 114).
Alloh taolo Iyso alayhissalomning duosini ijobat etganini bildirish bilan birga shunday dedi:
«...Men, albatta, uni sizlarga tushirguvchiman. Bas, bundan keyin sizlardan kim kufr keltirsa, uni olamlarda hech kimni azoblamagan azob ila azoblagayman» («Moida», 115).
Iyso alayhissalomning navbatdagi duolari quyidagicha:
«Agar ularni azoblasang, ular sening ojiz bandalaring. Agar ularni mag‘firat qilsang, albatta, Sen O’zing qudrat, hikmat egasidirsan» («Moida» 118).
Bu duo Iyso alayhissalom tilidan Alloh bilan quyidagi suhbatlashuvdan so‘ng qilingan bo‘lib, Qur’onda shunday xabar berilgan:
«Alloh: «Ey, Iyso ibn Maryam, sen odamlarga, Allohni qo‘yib, men iva onamni iloh qilib olinglar, dedingmi?»-deganini, u esa: «Ey pok Parvardigoro, men haqqim yo‘q narsani ayta olmayman-ku. Agar aytgan bo‘lganimda, batahqiq, Sen uni bilar eding. Sen mening dilimdagini bilasan, men Sendagi hech narsani bilmasman. Albatta, Sening O’zing g‘ayblarni eng yaxshi bilguvchi Zotsan», deganini esla. Men ularga O’zing menga amr qilgan narsa «Allohga, mening Robbim va sizning Robbingizga ibodat qiling»dan boshqani aytganim yo‘q. Meni O’zingga olganingdan so‘ng, Sening o‘zing ularga kuzatuvchi bo‘lding. Zotan, Sen har bir narsaga guvohsan» («Moida», 116-117).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 09:04:59
MUHAMMAD ALAYHISSALOM DUOLARI

Qur’onda «Va albatta, Sen ulkan xulqdasan»
(«Qalam», 4) deb vasf qilingan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kechaning bir qismini duo, zikr va ibodat bilan o‘tkazar edilar. Bir oyatda bu haqda shunday deyilgan:
«Albatta, Robbing sening kechaning uchdan biridan ozrog‘ini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim bo‘lib o‘tkazayotganingizni va sen bilan birga bo‘lganlardan ham bir toifa (shundoq qilayotganlarini) biladir» («Muzzammil», 20)
Alloh Qur’onning ba’zi oyatlarida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qanday duo qilish kerakligini o‘rgatgan bo‘lib, ular quyidagilardir:
«Sen «Ey barcha mulkning egasi Robbim! Xohlagan kishingga mulk berursan va xohlagan kishingdan mulkni tortib olursan. Xohlagan kishingni aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sening qo‘lingda. Albatta, Sen har bir narsaga qodirsan. Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga kiritursan, o‘likdan tirikni chiqarursan va tirikdan o‘likni chiqarursan hamda xohlagan kishingga behisob rizq berursan», deb ayt» («Oli Imron», 26-27).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 09:05:30
«Menga Allohning O’zi yetarli. Undan o‘zga ibodatga sazovor Zot yo‘q. Unga tavakkal qildim. U ulug‘ arshning Robbisidir»,-degin» («Tavba»,129).
«Sen: «Ey Robbim, Sendan shaytonlarning vasvasasidan panoh so‘rayman! Ey Robbim, Sendan ularning menga hozir bo‘lishlaridan panoh so‘rayman» , deb ayt» («Mu’minun», 97-98).
«Sen: «Ey Robbim, mag‘firat qil, rahim qil. O’zing rahim qilguvchilarning yaxshisisan», deb ayt» («Mu’minun», 118).
«Robbim, ular meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahim qilgin» deb ayt» («Isro», 24).
«Ey Robbim, meni kiradigan joyimga sodiqlik ila kiritib, chiqadigan joyimga sodiqlik bilan chiqargin va menga O’z huzuringdan yordam beruvchi quvvat ato et», degin («Isro», 80).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 26 Yanvar 2009, 09:22:45
MUNDARIJA

Qur’onga ko‘ra duo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156631#msg156631)
Qur’onda duo qanday anglatilgan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156633#msg156633)
Baland bo‘lmagan ovoz, tanho va qalban duo qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156634#msg156634)
Allohning borligini his etgan holda duo qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156637#msg156637)
Qo‘rquv va umid bilan duo qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156643#msg156643)
Allohning sifatlarini yodga olib duo qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156646#msg156646)
Duoda qolipga tushgan, takrorlanadigan so‘zlarni aytmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156648#msg156648)
Duoda shoshmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156649#msg156649)
Duoning mavzusi faqat dunyo ne’matlari emas (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156798#msg156798)
Duo faqat o‘zi uchun emas, umumiy bo‘lishi lozim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156802#msg156802)
Duoning makoni va zamoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156804#msg156804)
Duo qabul bo‘lmasligidan xafa bo‘lmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156806#msg156806)
Iborali duo va fe’liy duo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156808#msg156808)
Allohdan boshqasiga duo qilinmaydi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156809#msg156809)
Johillarning duo haqidagi tushunchasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156811#msg156811)
Qur’onda payg‘ambarlar duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156812#msg156812)
Nuh alayhissalomning duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156813#msg156813)
Ibrohim alayhissalomning duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156816#msg156816)
Lut alayhissalomning duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156820#msg156820)
Yusuf alayhissalom duosi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156822#msg156822)
Shuayb alayhissalomning duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156826#msg156826)
Ayyub alayhissalomning duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156834#msg156834)
Muso alayhissalomning duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156835#msg156835)
Sulaymon alayhissalomning duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156845#msg156845)
Zakariyo alayhissalomning duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156847#msg156847)
Yunus alayhissalom duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156853#msg156853)
Iyso alayhissalom duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156855#msg156855)
Muhammad alayhissalom duolari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.msg156857#msg156857)
Nom: Re: QUR’ONI KARIMGA KO’RA DUO. Horun Yahyo
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 07:52:09
Qur'oni karimga ko'ra duo

(http://www.ziyouz.com/images/books/kuran_dua.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=324)

Muallif: Horun Yahyo
Hajmi: 308 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=324)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3246.0)