forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:02:05

Nom: Imom G'azzoliy. Qirq hadisi qudsiy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:02:05
Imom G’AZZOLIY

QIRQ HADISI QUDSIY

Toshkent islom universiteti
nashriyot-matbaa birlashmasi
Toshkent - 2008

«Hujjatul-Islom» nomi bilan dunyoga mashhur Imom G’azzoliy tasnif etgan ushbu risolada qirq qudsiy hadis tarjimasi o‘rin olgan. Mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda har bir hadisga ramziy sarlavhalar qo‘yildi.
Bu hadislarda jamul-jam bo‘lgan ma’nolar zukko va ma’rifat-talab o‘quvchini aslo befarq qoldirmaydi.

So‘zboshi muallifi:
Abdulhay ABDULLAYEV
filologiya fanlari nomzodi, doqent

Mas’ul muharrir:
Abdulaziz MANSUR

Taqrizchi:
Zohidjon ISLOMOV
filologiya fanlari doktori, professor

Arab tilidan Rashid ZOHID tarjimasi

Muharrir:
Anvar AHMAD
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:04:26
BUYUK HAQIQATNI ANGLASH

Inson ezgu va haq so‘zni yaxshi ko‘radi, shirin so‘zning gadosi. Ayniqsa, bu foniy dunyoning bebaqoligini anglagan kishi o‘zini buyuk savol-javob kuniga tayyorlab boradi. O’sha kuni tiliga biror kalima kelmay, sharmanda bo‘lishidan qo‘rqadi. Har kuni nafsini tergaydi, gunohkorligini, bandaligini eslab turadi. Allohning kalomini qalbiga muhrlaydi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarini o‘z turmush tarzi uchun dasturul-amal qilib oladi.

Hozirgi kunning o‘quvchisi, Qur’oni karimning bir necha ma’no tarjimalari va tafsirlaridan, hadisi sharif va uiing sharhlaridan bahramand bo‘lib kelmoqda. Va aynan ana shu mo‘‘tabar manbalar har bir inson hayoti uchun nihoyatda muhimligi har lahzada sezilib turibdi. Har kim bu bebaho xazinadagi ma’naviy javharlar bilan umr mazmunini bezash harakatida yuribdi. Kimlardir birgina oyatning mohiyatini dil-dildan anglab, hech qanday taruddudga tushmay, poklangan holda peshonasini sajdaga qo‘ydi. Albatta Alloh hidoyat bergan kimsani hech kim adashtira olmaydi va ayni choqda Yaratgan Zot adashtirib qo‘ygan kimsani hech bir banda hidoyat yo‘liga sola olmaydi. Hidoyat ham, rizq ham Uning izmida...

Allohning ilohligini anglash uchun qalbni g‘aflat uyqusidan uyg‘otib, bir marta qabr ziyoratiga borish kifoyadir, ehtimol.

Allohning buyuk qudratini anglash uchun odam umr bo‘yi kitob o‘qigan olim bo‘lish shart emas. Inson o‘z nafsiga nazar solishi, ko‘zgudagi aksiga boqib, shu bir juft ko‘z albatta ertaga qabrda qurtlarga eng birinchi yem bo‘ladigan a’zo ekanini xotirlashi yetarlidir, ehtimol.

Allohning har narsaga qodirligini anglash uchun yillab umrini zoe ketkazish shart emas. Qo‘lga kirgan zirapcha yoki yerning bir silkinishi, birgina oyat ma’nosiga yoki osmon dalasida sochilib yotgan yulduzlarga aql ko‘zi bilan bir qarash kifoyadir, ehtimol.
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:05:00
Nima bo‘lganda ham Alloh hidoyat nasib qilgan aql egalari uchun bu olamda belgi-alomatlar ko‘p...

Eng asosiysi albatta Allohning kalomi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari. Shuningdek, maqom e’tiboridan bu ikki tabarruk manba orasidan joy olgan hadisi qudsiylar ham borki, ulardan boxabarlik har kim uchun foydalidir. Ushbu rabboniy hadislar o‘qilganda odam o‘zini taftish qilishga tushadi, chuqur o‘yga toladi. «Ey iymon keltirganlar, nima uchun bajarmagan narsalaringizni gapirasizlar? Qanchadan-qancha gaplarni gapirdingiz-da, ularning xilofini bajarasiz. Qanchadan-qancha narsalardan man qilasiz-da, o‘zingiz undan to‘xtamaysiz. Qanchadan-qancha narsaga buyurasiz-da, o‘zingiz uni bajarmaysiz». Bu satrlarni beparvo, loqayd o‘qish mumkinmi?

«Ey Odam farzandi, so‘zing muloyim, amaling qabih bo‘lsa, unda munofiqlarning raisisan».

Ilm-ma’rifatning qadr-qiymati juda muhim. Olimning ilmiga amal qilishi undan muhimroq. Shu ma’noda hadisi qudsiyda aytiladi: «Ey Odam farzandi! Amalsiz ilm xuddi yomg‘irsiz chaqmoqqa va momaqaldiroqqa o‘xshaydi. Ilmsiz amal xuddi mevasiz daraxtga o‘xshaydi. Amalsiz olim xuddi o‘qsiz kamonga o‘xshaydi». Har bir olim zoti bu buyuk haqiqatni anglashi lozim emasmi?

Bu dunyoda halol bilan haromning farqiga bormay yurgan g‘aflat bandalariga «Ey Odam farzandi! Bilgin, albatta halol narsa qatra-qatra bo‘lib keladi. Harom narsa esa sel kabi keladi. Sen boylikka xursand bo‘lma, chunki u abadiy emas», degan haqiqat sadosi ta’sir qilmasligi mumkinmi?

Xullas, ushbu qirqta hadisi qudsiyda jamul-jam bo‘lgan ma’nolar zukko va ma’rifattalab o‘quvchini aslo befarq qoldirmaydi, deb o‘ylayman.

Abdulhay ABDULLAYEV,
filologiya fanlari nomzodi
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:22:52
HAYRAT

«Ey Odam farzandi! Kishi o‘limga iymon keltirib, yana qanday xursand bo‘layotganidan ajablandim. Hisob-kitob bo‘lishiga iymon keltirib, mol-dunyo to‘playotganiga ajablandim. Oxiratga iymon keltirib, nechuk rohatlanayotganiga ajablandim. Dunyo va uning zavoliga ishonib, nechuk unga xotirjam bo‘layotganiga ajablandim. Tilida olim, qalbda johil kishidan ajablandim. Suv bilan o‘zini poklasa ham, qalbi poklanmagan kishidan ajablandim. Odamlarning ayblari bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘zining ayblaridan g‘ofil qolgan kishidan ajablandim. Alloh taolo kuzatib turganini bilgan holda yana qanday Unga osiylik qilayotgan kishiga ajablandim. O’zining yakka holda o‘lishini, yakka holda qabrga kirishini, yakka holda hisob-kitob qilinishini bilaturib, (nechuk Parvardigoridan o‘zgani do‘st tutgan kishidan ajablandim). Haqiqatan Mendan o‘zga iloh yo‘q. Albatta Muhammad (alayhissalom) Mening bandam va rasulimdir».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:24:15
QAZOGA ROZILIK MO’MINNING SIFATI

«Guvohlik beramanki, yakka O’zimdan boshqa iloh yo‘q. Mening sherigim ham yo‘q. Muhammad Mening qulim va rasulimdir. Kim qazoi qadarimga rozi bo‘lmasa, balolarimga sabr, ne’matlarimga shukr qilmasa, berganlarimga qanoat etmasa, Mendan boshqa xudoga ibodat qilaversin. Kim dunyo uchun g‘am cheksa, go‘yoki Menga g‘azab qilgan bo‘ladi. Kim musibatimdan shikoyat etsa, go‘yo Mendan shikoyat qilgan bo‘ladi. Kim boyning huzuriga kirib, boyligi uchun unga tavoze etsa, dinining uchdan birini ketkazibdi. Kim ahlidan biror kishi vafot etgani uchun yuziga ursa, go‘yo Men bilan urishish uchun nayza olibdi. Kim qabr ustidagi shoxni sindirsa, Ka’bam eshigini qo‘li bilan buzgandek bo‘libdi. Kim qaysi eshikdan yeyayotganiga (ya’ni, harom narsaga) parvo qilmasa, Alloh uni qaysi eshikdan jahannamga kiritishiga ham parvo qilmabdi. Kimning dinida o‘sish bo‘lmasa, u noqislikdadir. Kim noqislikda bo‘lsa, uning uchun o‘lim yaxshiroqdir. Kim bilgan narsasiga amal etsa, Alloh taolo u bilmagan ilmni unga meros qoldiradi. Kimning orzu-havasi ko‘paysa, amali xolis bo‘lmaydi».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:26:10
QANOATLI BO’L, BEHOJAT BO’LASAN

«Ey Odam farzandi! Qanoatli bo‘l, behojat bo‘lasan. Hasadni tark qil, rohatda yashaysan. Haromdan saqlan, diningni xolis qilasan. Kim g‘iybatni tark etsa, unga muhabbatim namoyon bo‘ladi. Kim odamlardan uzlatda bo‘lsa, ulardan omonda yuradi. Kimning so‘zi oz bo‘lsa, aqli komil bo‘ladi. Kim oz rizqqa rozi bo‘lsa, Alloh bilan bog‘lanibdi.
Ey Odam farzandi! Sen amal qilmaydigan narsangni bilasan-u, nechuk bilmagan narsangni bilishni talab qilaverasan?
Ey Odam farzandi! Dunyoda xuddi ertaga o‘lmay-digandek harakat qilasan. Go‘yo abadiy yashaydigandek mol-dunyo to‘playsan.
Ey dunyo, senga hirsu ochko‘zlik bilan tashlangan odamdan yuz o‘gir. Sendan yuz o‘girgan odamga intil. Senga nazar soluvchilarning ko‘zidan xoli bo‘l».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:26:36
DUNYO G’AM CHEKISHGA ARZIMAS

«Ey Odam farzandi! Kim dunyo sababli xafalik bilan tong orttirsa, Allohdan faqat uzoqlashibdi. Unga dunyoda qiyinchilik, oxiratda faqat mashaqqat bo‘ladi. Alloh taolo u kishining qalbiga hech qachon tugamaydigan g‘am solib qo‘yadi. Shunday mashg‘ulotga band qiladiki, undan aslo bo‘shay olmaydi. Kambag‘allik berib qo‘yadiki, hech boylikka yetisha olmaydi. Orzular berib qo‘yadiki, doimo o‘sha orzular bilan band bo‘lib qoladi.
Ey Odam farzandi! Har kuni o‘zing bilmagan holda umringdan qisqartirasan. Har kuni rizqingni keltirishadi, sen esa hamd aytmaysan. Na oziga qanoat qilasan, na ko‘piga to‘yasan.
Ey Odam farzandi! Biror kun yo‘qki, huzurimdan senga rizqing borib turmagan bo‘lsin! Biror kecha yo‘qki, farishtalar sen tomondan bir buzuq amalni olib kelmagan bo‘lsin. Rizqimni yeb, Menga osiylik qilasan. Holbuki, sen Menga duo qilib (so‘raganingda) duolaringni ijobat etaman. Yaxshiligim senga tushguvchidir, yomonliging Menga yetguvchi. Bas, Men senga qanchalar yaxshi Xojaman! Sen Menga qanchalar yomon bandasan! Sening ketma-ket sodir etgan yomon, sharmandali ishlaringni yopaman. Men sendan hayo qilaman, sen esa Mendan hayo qilmaysan. Mendan boshqasini eslaysan-u, Meni unutasan. Odamlardan qo‘rqasan-u, Mendan xotirjam yurasan. Odamlarning nafratidan hayiqib, Mening g‘azabimdan (go‘yo) omonlik topgansan».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:27:19
TILING BILAN DILING BIR BO’LSIN

«Ey Odam farzandi! Tavbasi nuqsonli, orzu-havasi uzun kishilar jumlasidan bo‘lma. Oxiratni amalsiz umid qiladiganlardan bo‘lma. Obidlarning gapini gapirib, munofiqlarning amalini qiluvchilardan bo‘lma. Agar bersa, qanoat etmaydigan, bermasa, sabr qilmaydiganlardan bo‘lma. Yaxshilikka buyurib, o‘zi uni qilmaydigan, yomonlikdan qaytarib, o‘zi undan qaytmaydiganlar jumlasidan bo‘lma. Solihlarni yaxshi ko‘rib, o‘zi solih bo‘l-maydigan, munofiqlarni yomon ko‘rib, o‘zi munofiq bo‘ladiganlar jumlasidan bo‘lma. Bajara olmaydigan narsasini gapiruvchi, buyurilmagan narsani bajaruvchi, vafodorlikni talab etib, o‘zi vafo qilolmaydigan kishilar jumlasidan bo‘lma.
Ey Odam farzandi! Biror yangi kun yo‘qki, Yer senga o‘zining tilida: «Ey Bani Odam, ustimda yurasan, keyin qo‘ynimda g‘amga ko‘milasan, ustimda nafsing tusaganini yeysan, qo‘ynimda qurtlarga yem bo‘lasan», demasa. (Biror kun yo‘qki, Yer senga o‘z tilida:) «Ey Bani Odam! Men qo‘rqinch uyiman, sen so‘roq qilinadigan uyman, kimsasiz uyman, zulmat uyiman, ilonlaru chayonlar uyiman, bas, meni xarob qilavermasdan obod etmaysanmi?» demasa».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:28:23
YARATILISH MAZMUNI

«Ey Odam farzandi! Sizlarni avval oz bo‘lib, keyin ko‘paytirish uchun xalq qilmadim. Qo‘rqinchda Menga hamroh bo‘lish uchun yo ojiz bo‘lib qolganimda yordam so‘rash uchun yoki manfaat hosil qilish uchun yoxud zararni daf etish uchun sizlarni yaratganim yo‘q. Balki uzoq vaqt Menga ibodat qilib, ko‘p shukr keltirib, ertayu kech Menga tasbeh aytishingiz uchun sizlarni yaratdim.
Ey Odam farzandi! Agar sizlarning avvalgiyu oxirgilaringiz, jinlaru inslaringiz, kichiklaru kattalaringiz, hurlaru qullaringiz Menga toat qilishga jam bo‘lishsa, mulkimdan zarra miqdoricha ham ko‘payib qolmaydi. Kim jiddu jahd qilsa, o‘zi uchun qiladi. Alloh esa butun olamlardan behojat Zotdir.
Ey Odam farzandi! Ozor berganingdek senga ham ozor beriladi. Amal qilganishta yarashasi beriladi».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:28:46
AMALINGNI XOLIS QIL

«Ey Odam farzandi! Ey dinor va dirhamning qullari! Men dinor va dirhamni ular orqali (bergan) rizqimni yeyishingiz, ular orqali (bergan) kiyimimni kiyishingiz, Menga tasbeh aytib, Meni ulug‘lashingiz uchun yaratdim. Keyin sizlar Kitobimni oldingizlar va uni orqaga otdingiz. Dinoru dirhamlarni oldingizlar va ularni boshingizga ko‘tardingiz. Uylaringizni baland etib, Mening uyimni pasaytirdingiz. Sizlar na yaxshi, na ozodsiz, balki dunyoning qulisiz. Sizlarga o‘xshaganlarning jamlanishi bamisoli tashi suvab qo‘yilgan qabrlarga o‘xshaydi. Bu qabrlar tashqarisidan chiroyli ko‘rinsa-da, ichi xunukdir. Sizlar ham shirin tillaringiz, chiroyli fe’llaringiz bilan odamlarga yaxshi bo‘lib ko‘rinasizlar-u, (aslida) tosh qalblaringiz va rasvo ahvolingiz bilan (ulardan) uzoqlashasiz.
Ey Odam farzandi! Amalingni xolis qil va (hojatingni faqat) Mendan so‘ra. Chunki Men senga so‘rovchilar so‘raganidan ham ko‘prog‘ini beraman».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:35:22
TAVBAGA SHOSHIL

«Ey Odam farzandi! Men sizlarni befoyda va behudaga yaratganim yo‘q. Men g‘ofil emasman, (holingizdan) xabardorman. Mening roziligim uchun yoqtirmayotgan narsangizga ham sabr qil(ishni o‘rgan)maguncha huzurimdagi narsa (jannat)ga erisholmaysiz. Toatimga sabr qilishingiz ma’siyatimga sabr qilishdan, gunohni tark qilishingiz do‘zax olovidan (qo‘rqib) Mendan uzr so‘rashingizdan, dunyo azobi oxirat azobidan yengilroqdir.
Ey Odam farzandi! Barchangiz adashgansiz. Faqat Men hidoyat qilganlargina unday emas. Barchangiz yomonlik qiluvchisiz, faqat Men (yomonlikdan) saqlaganlargina unday emas. Menga tavba qilinglar, sizlarga rahm qilaman. Sirlaringiz maxfiy qolmaydigan Zot huzurida sirlaringizni fosh etmanglar».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:36:01
QATTIQ QALBGA NASIHAT BEKOR

«Ey Odam farzandi! Maxluqlarni la’natlamang, la’nat o‘zingizga qaytadi.
Ey Odam farzandi! Osmon Ismlarimdan biri sababli havoda ustunsiz tik turibdi. Ammo qalblaringiz esa Kitobimdagi mingta va’z-nasihatim bilan ham to‘g‘ri emas! Ey insonlar! Tosh suvda yumshamaganidek, va’z ham qattiq qalbga ta’sirini o‘tkaza olmaydi.
Ey Odam farzandi! Sizlar Allohning bandasi ekaningizga guvohlik berib, keyin yana qanday Unga osiylik qilasiz? Ulimni haq deb gumon qilasiz-u, yana uni qanday yomon ko‘rasiz? Bilmagan narsangizni tillaringiz bilan gapirasiz, Allohning nazdida ulug‘ bo‘lgan narsani arzimas sanaysiz».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:36:38
HAMMAGA YAXSHILIK QILING

«Ey insonlar! Aniqki, sizlarga Parvardigoringiz tomonidan qalblarga shifo bo‘lib pand-nasihat keldi. Nega faqat sizga yaxshilik qilgan kishigagina yaxshilik qilasiz, sizga bog‘langan kishigagina bog‘lanasiz, sizga yedirgan kishigagina yedirasiz, sizni hurmat qilgan kishinigina hurmat qilasiz?! Birovning yana birovdan afzal joyi yo‘q. Balki mo‘minlar shunday kishilarki, Alloh va rasuliga iymon keltiradilar, yomonlik qilgan kishiga yaxshilik qiladilar, aloqani uzgan kishi bilan aloqani tiklaydilar, mahrum qilgan kishini avf etadilar, xiyonat qilgan kishiga ishonadilar, xo‘rlaganni hurmat qilishadi, arazlagan kishi bilan so‘zlashishadi. Albatta Men sizlardan xabardor Zotdirman».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:37:13
OXIRATNI UNUTMANG

«Ey insonlar! Bu dunyo hovlisi yo‘qlar uchun hovlidir, moli yo‘qlar uchun moldir. Mol-dunyoni aqli yo‘qlar yig‘adi. Fahmi yo‘qlar esa mol-dunyoga xursand bo‘ladi. Tavakkali yo‘qlar unga hirs qo‘yadi. Ma’rifati yo‘qlar esa dunyo istaklarini talab qiladi. Kim yo‘q bo‘luvchi ne’mat, uzuq-yuluq hayotni xohlasa, o‘z nafsiga zulm etib, Robbisiga isyon qilibdi. Yana oxiratni unutib, dunyosiga aldanibdi. "Gunohning ochig‘ini ham, maxfiysini tark qilingiz!" Albatta gunoh qiluvchi kimsalar o‘zlari qilib o‘tgan gunohlariga jazo olajaklar» (An’om, 120).
Ey Odam farzandi! Mening rioyamni qiling, Men bilan tijorat qiling, Men bilan muomala qilinglar, foydalaringiz naqd, darhol xazinamga jo‘nataveringlar. Chunki huzurimda ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hamda inson qalbi his qilmagan narsalar bordir. Xazina tugab ham, kamayib ham qolmaydi. Men saxovat va ulug‘lik egasi bo‘lgan Zotman».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:38:28
AHDGA VAFO QILING

«Ey Odam farzandi! Sizlarga in’om qilgan ne’matimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Shunda Men ham O’z ahdimga vafo qilaman. Mendangina qo‘rqinglar. Yo‘lboshlovchisiz to‘g‘ri yo‘lga tushib bo‘lmaganidek, jannatga ham amalsiz yo‘l yo‘qdir. Shuningdek, mol mashaqqatsiz yig‘ilmaydi. Xuddi shunday ibodatimga ham sabr qilsangizlargina, jannatga kirasizlar. Allohga nafl ibodatlar bilan yaqinlashing. Mening roziligimni o‘zlaringiz orangizdagi misskinlar roziligidan izlang. Ulamolar majlisi orqali rahmatimga rag‘batli bo‘ling. Chunki rahmatim bir lahza ham ulardan ajralmaydi.
Alloh taolo: «Ey Muso! Aytayotganlarimni eshit. Haqqi rostki, kim miskinga takabburlik qilsa, Qiyomat kunida uni (zarra yoki mayda chumoli) suratida tiriltiraman. Kimki miskinga tavoze’li bo‘lsa, dunyo va oxiratda u(ning darajasi)ni ko‘taraman. Kimki miskinni obro‘sizlantirish uchun sirini yoysa, Qiyomat kunida uni siri pardalanmagan holda tiriltiraman. Kimki qashshoqni xorlasa, bas, u Meni jangga chorlabdi. Kim Menga iymon keltirsa, dunyo va oxiratda farishtalar u bilan qo‘l berib so‘rashadi», dedi».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:39:53
SHUKR QIL

«Ey Odam farzandi! Qancha chiroqlar bor, ularni havoyi nafs shamoli o‘chirib yubordi. Qancha obidlar bor, o‘ziga bino qo‘yish ularni buzdi. Qancha boylar bor, ehtiyojsizlik ularni aynitdi. Qancha kambag‘allar bor, qashshoqlik ularni buzuqlikka yetakladi. Qancha sog‘lom kishilar bor, doim sog‘ yurish ularni fasodga eltdi. Qancha olimlar bor, ilmi ularni buzdi. Qancha johillar bor, nodonligi ularni fasodga g‘arq qildi. Agar ruku’dagi keksalar, xushu’li yoshlar, emizikli go‘daklar va o‘tloqdagi hayvonlar bo‘lmaganida albatta osmonni ustingizga temir, yerni yaydoq tekislik, tuproqni esa kul qilgan, sizlarga osmondan bitta ham tomchi tushirmagan, yerda birorta don o‘stirmagan va ustlaringizga azobni yog‘dirgan bo‘lar edim».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:40:25
OSIYLIKDAN SAQLANING

«Ey Odam farzandi! Ehtiyojingiz miqdorida Mendan so‘rang. Jahannamga toqatingiz miqdorida (agar toqat qilolsangiz) Menga osiylik qiling. Kechiktirilgan ajallaringiz, oldingizdagi hozir bo‘lgan rizqingiz va yopib qo‘yilgan gunohlaringizga qaramang. «Barcha narsa halok bo‘lguvchidir, magar Uning yuzi - O’zigina (mangudir)» (Qasos surasi, 88-oyat)».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:40:45
OFIYAT - BEBAHO NE’MAT

«Ey Odam farzandi! Agar diningiz salomat bo‘lsa, amalingiz, go‘shtingiz va qoningiz ham salomat bo‘ladi. Agar diningiz fasod topsa, amalingiz, go‘shtingiz, qoningiz ham buziladi. Sizlar o‘zini kuydirib, odamlarga ziyo tarqatadigan sham kabi bo‘lmang. Qalbingizdan dunyo muhabbatini chiqarib tashlang, chunki Men hech qachon dunyo muhabbati bilan Uzimga bo‘lgan muhabbatni bir qalbda jamlamayman. Rizqni to‘plashda nafsingizga muloyim bo‘ling. Chunki rizq taqsimlab bo‘lingan. (Mol yig‘ishga) hirsli bo‘lgan kishi (moldan) mahrumdir. Baxil esa yomonlikka duchor. (Bu dunyo) ne’mati bir kun poyoniga yetadi, uni qattiq talab qilish badbaxtlikdir. Ajal ma’lumdir, haqiqat ma’lum. Alloh hikmatlarining eng yaxshisi -xushu’dir. Boylikning eng yaxshisi - qanoat. Eng yaxshi zaxira - taqvo. Qalbga atr etilgan eng yaxshi narsa yaqiyn, ya’ni o‘ta kuchli ishonch. Sizlarga berilgan narsaning eng yaxshisi - ofiyatdir».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:40:54
PASHSHAGA QO’NGAN ASAL

«Ey mo‘minlar! Nega qilmagan ishingizni gapirasiz? Qancha gaplar aytib, xilofini qilyapsiz. Qancha narsalardan man etib, o‘zingiz undan tiyilmayapsiz. Qancha narsalarga buyurib, o‘zingiz uni bajarmayapsiz. Qanchadan-qancha yemaydigan narsalarni to‘playapsiz! Kunlar ketidan kunlar o‘tyapti, qancha tavbalarni kechiktiryapsiz! Yillarni quvib yillar o‘tyapti, nimani kutyapsizlar?! Balki o‘limdan saqlaydigan narsangiz bordir?! Yoki qo‘lingizda do‘zaxdan (xalos bo‘lganingizni asoslovchi) hujjat bormi? Yo jannatlarda najot topdingizmi? Yoki siz bilan Parvardigoringiz orasi (faqatgina) rahmatu marhamatdan iborat deb o‘ylayapsizmi? Yo (mo‘l-ko‘l) ne’matlar havolantirib, (qilingan) yaxshilik(lar) sizlarni buzdimi? Yeki dunyoning uzundan-uzoq orzu-havaslari sizlarni chalg‘itdimi? Sihatu-salomatlikni g‘animat bil-mayapsizlar, axir kunlaringiz belgilangan, oladigan nafaslaringiz sanoqli-ku!..
Ey Odam farzandi! Albatta sen amalingdan o‘zib ketyapsan. Har bir o‘tgan kuning umringdan bir kunni yakson qilyapti. Onangning qornidan chiqqan kuningdan buyon har kuni qabringga yaqinlashyapsan, toki unga kirasan.
Ey Odam farzandi! Sen bu dunyoda bamisoli pashshaga o‘xshaysan: pashsha asalga qo‘nar ekan, chiqolmasdan botib qoladi, sen ham xuddi shundaysan. Boshqalarga olov bo‘lish uchun o‘zini kuydirgan o‘tin kabi bo‘lma».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:41:22
DUO QACHON IJOBAT BO’LADI?

«Ey Odam farzandi! Buyurganimdek amal qil, qaytargan narsamdan to‘xta, shunda seni hech vafot etmaydigan tiriklar jumlasidan qilaman. Men (abadiy) tirikman, hech qachon o‘lmayman. Agar biror narsaga «Bo‘l!» desam, u narsa (paydo) bo‘ladi.
Ey Odam farzandi! Agar so‘zing muloyim, amaling qabih bo‘lsa, u holda sen munofiqlarning raisisan. Agar zohiring chiroyli, botining xunuk bo‘lsa, u holda sen halokatga duchor bo‘lguvchilardansan. Ular Allohni aldamoqchi bo‘ladilar, ammo o‘zlari sezmagan holda faqat o‘zlarinigina aldaydilar.
Ey Odam farzandi! Jannatga faqat Mening buyukli-gimga tavoze’ qilganlar, kunini zikr bilan o‘tkazganlar, faqat Men uchun nafsini shahvatlardan tiyganlar kiradi. Albatta Men g‘ariblarni panohim, qashshoqlarni himoyam ostiga olaman. Ota o‘z farzandiga (qancha) rahmdil, beva ayolga er (qancha) mehr-shafqatli bo‘lganidek, Men yetimni (shunchalik) hurmatlayman. Kim mana shu sifat bilan vasflansa, unga javob beruvchi bo‘laman. Qachon duo qilsa, ijobat etaman. Qachon so‘rasa, so‘raganini beraman».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:41:45
QACHONGACHA?..

«Ey Odam farzandi! Meni kimga shikoyat qilyapsan? Holbuki, shikoyat qilishing (uchun) Menga barobar zot yo‘q! Qachongacha Meni unutasan, holbuki buni sendan talab qilmadim?! Qachongacha Menga itoatsizlik qilasan, holbuki Men bandaga zulm qilguvchi emasman?! Qachongacha ne’matimni inkor qilasan? Qachongacha Kitobimni arzimas sanaysan, holbuki senga toqatingdan tashqari narsa yuklamadim?! Qachongacha Menga xunuk muomalada bo‘lasan, Meni inkor qilasan, holbuki Mendan o‘zga Parvardigoring yo‘q?!
Agar bemor bo‘lsangiz, Mendan boshqa qaysi tabib dardingizga shifo beradi?! Mendan norozi bo‘lib, qazoi qadarimdan nafratlandingiz. Samodan ustingizga sharros yomg‘ir yog‘dirgan Menman. Siz esa: «Mana bu yulduz tufayli bizga yomg‘ir yog‘di», deb Menga kufr, o‘sha yulduzga iymon keltirdingiz. Men sizlarga rahmatimni taqdirga muvofiq belgilab, o‘lchab, sanab, tortib, taqsimlab berguvchi Zotman. Agar sizlardan birortangizga uch kunlik rizqi kelsa ham, «Mening ahvolim yomon, yaxshi emas», deydi. Ne’matimga aniq noshukrlik qiladi. Kim molidan zakot berishga qarshi bo‘lsa, Kitobimni tahqirlabdi. Kimki namoz vaqtini bilaturib unga hozir bo‘lmasa, Mendan g‘ofil qolibdi».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:42:01
UMRING ZIYODA BO’LGAY

«Ey Odam farzandi! Sabr qilib, tavoze’li bo‘l, O’zim seni baland qilaman. Menga shukr qil, O’zim seni serob qilaman. Menga istig‘for ayt, O’zim gunohlaringni kechiraman. Agar Menga duo qilsang, ijobat etaman. Menga tavba qil, qabul etaman. Mendan so‘ra, ato qilaman. Sadaqa ulash, rizqingni barakali qilib qo‘yaman. Qarindoshlar bilan aloqani uzmagin, umringni ziyoda qilaman. Davomli sihat bilan Mendan ofiyatni talab qil. Tinchlik tanholikdadir. Ixlos rag‘batdadir. Tavbada Allohga taqvo bor. Boylik qanoatdadir.
Ey Odam farzandi! Qorning to‘q bo‘laturib, ibodatga qanday xohishing bo‘lishi mumkin?! Mol-dunyoga mehring bo‘laturib, qanaqasiga Allohning muhabbatini tama’ qili-shing mumkin?! Qashshoqlikdan qo‘rqib, yana qanday Allohning qo‘rqinchini orzu qilasan?! Dunyoga hirs bo‘laturib, qanaqasiga taqvoni tama’ qilasan?! Miskinlarsiz Allohning roziligiga qanday yetishing mumkin?! Baxillik bilan Allohning rizoligini qanday topishing mumkin?! Dunyoga muhabbat va maqtovu olqishlarlar bo‘laturib, qanaqasiga jannatni orzu qilishing mumkin?! Ozgina ilm bilan qanday qilib saodatni istashing mumkin?!»
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:42:14
ODOBDAN YUKSAK MUHABBAT YO’Q

«Ey insonlar! Tadbirdek hayot yo‘q. Aziyat yetka-zishdan tiyilishdek taqvo yo‘q. Odobdan yuksak muhabbat yo‘q. Tavbadek shafoat qiluvchi yo‘q. Ilmdek ibodat yo‘q. Allohdan qo‘rqishdek salotu salovot yo‘q. Sabr kabi g‘alaba, tavfiq kabi saodat yo‘q. Aqldan chiroyliroq ziynat, hilmdan mehribonroq hamroh yo‘q.
Ey Odam farzandi! Ibodatimga mashg‘ul bo‘l, qalbingni boylikdan to‘ldiraman, rizqingga baraka beraman, rohatni jismingga joylayman. Meni zikr qilishdan g‘ofil bo‘lma! G’aflatda qolsang, qalbingni qashshoqlikka, badaningni charchog‘u mashaqqatga, ko‘kragingni g‘amga to‘ldiraman. Agar umringdan qolganini ko‘rganingda bundan buyon orzu-havas qilmagan bo‘larding.
Ey Odam farzandi! Men ato etgan tinchligu salomatlik tufayli toatimga toqatli bo‘lding. Tavfig‘im tufayli farzlarimni ado qilding. Bergan rizqim bilan Menga itoatsizlik qilishga kuch topding. Xohishim tufayli xohlagan narsangni xohlading. Irodam tufayli nafsing neni istasa, istading. Ne’matim tufayli turding, o‘tirding, qaytding. Himoyatim bilan kunni bottirib, tongni ottirding. Fazlim bilan maishat kechirib, ne’matim bilan to‘kis yashading. Ofiyatim bilan bezanding. Keyin Meni unutib, o‘zgani zikr qilding. Nega haqqimni va shukrimni ado qilmayapsan?!»
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:42:26
QALB ALLOHNING NAZARGOHIDIR

«Ey Odam farzandi! O’lim sirlaringni ochadi. Qiyomat xabarlaringni sinaydi. Azob yopganlaringni fosh qiladi. Gunoh qilar ekansan, gunohning kichikligiga emas, kimga osiylik qilayotganingga qara! Ozgina rizqlanar ekansan, rizqingning ozligiga emas, kim berayotganiga nazar sol! Gunohi sag‘irani kichik sanama, chunki sen qaysi gunoh bilan Allohga osiylik qilayotganingni bilmaysan. Mening makrimdan omon qololmaysan. Chunki makrim qorong‘u kechada Safo tog‘idagi chumolining o‘rmalashidan ham maxfiyroqdir.
Ey Odam farzandi! G’azabimni eslab, yana Menga osiylik qildingmi? Qaytarganlarimdan qaytdingmi? Farzimni senga buyurganimdek ado qildingmi? Molingdan berib, miskinlarning ko‘nglini oldingmi? Senga yomonlik qilganga yaxshilik qildingmi? Senga zulm etganni kechirdingmi? Sendan uzilgan kishi bilan bog‘landingmi? Senga xiyonat etgan kishiga insof qildingmi? Sendan arazlagan kishiga gapirdingmi? Farzandingga tarbiya berdingmi? Qo‘shningni rozi qildingmi? Olimlardan dining va dunyoingga bog‘liq ishlar xususida so‘radingmi? Albatta, Men sizlarning na suratlaringizga, na chiroylaringizga qarayman. Balki qalblaringizga nazar solaman va sizlardagi yaxshi xislatlardan rozi bo‘laman».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:42:54
BOLANING SOCHINI OQARTIRGAN KUN

«Ey Odam farzandi! O’zingga va jamiki maxluqotlarimga nazar sol. Agar o‘zingdan azizrog‘ini topsang, uning hurmatini qozon. Illo, o‘zingdan azizini topolmasang, nafsingni tavba va solih amal bilan e’zozla. Allohning senga ato etgan ne’matini va U Zotning sizlar bilan bog‘lagan ahd-miysoqini esla. Sizlar o‘shanda «Eshitdik va itoat etdik», degan edingiz. Qiyomat kuni, "Tag‘obun" kuni (ya’ni, bir-birlarini aldash - ziyon yetkazish Kuni. Chunki bu dunyoda mo‘‘minlarni aldab, ularga ziyon yetkazish harakatida yurgan kofirlar u Kunda do‘zaxga giriftor qilinishlari bilan o‘zlarining ziyon ko‘rib, aldanib qolganlarini bilishib, nadomat qilurlar), Al-Haqqa (aniq ro‘y beruvchi) kun, miqdori-uzunligi (dunyo hisobida) ellik ming yil bo‘lgan bir Kun, bu (Kun) ular so‘zlay olmaydigan va ular uchun uzr aytishlariga ham izn berilmaydigan Kun, balo va dahshatli qichqiriq kuni kelishidan oldin Allohdan qo‘rqinglar. U kunda dahshatli azobdan yuzlar tirishib, burishib qoladi. U kunda hech bir jon (boshqa) bir jonga biron narsa qilishga (ya’ni, biron foyda yetkazishga yoki undan biron ziyonni ketkazishga) ega bo‘lmas! U kunda barcha ish yolg‘iz Allohniki bo‘lur! U to‘xtovsiz davom etadigan kundir. U zilzila kuni, qalblarni qattiq qoquvchi "qoria" kunidir. U kunda tog‘lar titraydi. U kun ibratli jazolar boshlanadigan, kun tez botadigan, dahshatli qichqiriq va eng so‘ngga yetiladigan, bolalarning sochlarini oqartirib, chollarga aylantirib qo‘yadigan kundir. O’zlari eshitmagan (ya’ni, anglab, iymon keltirmagan) hollarida eshitdik, degan kimsalar kabi bo‘lmangiz!»
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:43:07
TIL OFATI

«Ey iymon keltirganlar! Allohni ko‘p zikr qilinglar, ertayu kech Unga tasbeh aytinglar. Ey Muso ibn Imron, ey bayon qiluvchi Zot! So‘zlarimni eshit! Men mukofot beruvchi podshohdirman. Men bilan sening o‘rtangda tarjimon yo‘q. Ribo yeyuvchi kishiga Rahmonning g‘azabi va do‘zaxning ziyoda azobi bo‘lsin.
Ey Odam farzandi! Agar qalbingda g‘ashlik, badaningda bemorlik, rizqingda mahrumlik, molingda kamchilik topsang, demak, bilginki, sen befoyda narsani (ko‘p)gapiribsan.
Ey Odam farzandi! Tilingni to‘g‘ri qilmaguningcha, dining to‘g‘ri bo‘lmaydi. Robbingdan hayo qilmaguningcha, tiling to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Ey Odam farzandi! Agar o‘z aybingni unutib, odamlarning aybiga nazar solsang, unda sen shaytonni rozi qilib, Rahmonning g‘azabini keltiribsan.
Ey Odam farzandi! Tiling sher (kabi)dir. Agar uni qo‘yib yuborsang, seni o‘ldiradi. Sening halokating tilingni qo‘yib yuborishingdadir».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:43:21
SHUNDAY KUN KELADI...

«Ey Odam farzandi! Albatta shayton sizlarga dushmandir. Siz uni dushman tuting. Bilinglar, u kunda to‘p-to‘p bo‘lib qayta tirilasizlar. Rahmon huzurida saf-saf bo‘lib tizilib turasizlar. (Nomai a’mol) kitobini harfma-harf o‘qiysizlar. Maxfiy va oshkora qilgan ishlaringiz haqida so‘ralasizlar. Biz taqvodor zotlarni otliq hollarida Rahmon huzuriga to‘playdigan, jinoyatchi kofirlarni esa jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunda sizlarga va’da va va’idlar bor. Men o‘xshashi yo‘q Allohdirman. Mening sultonligim kabi sultonlik yo‘qdir. Kim o‘z vaqtida Men uchun ro‘za tutsa, turli-tuman (ne’mat)lar bilan iftor qildiraman. Kim kechasini ibodatda bedor o‘tkazsa, e’tiborimdan biri unga bo‘ladi. Kim ko‘zini harom narsalardan yumsa, do‘zaximdan saqlayman. Men Parvardigorman, Meni taninglar. Men ne’mat beruvchiman, Menga shukr qilinglar. Men saqlovchiman, Mendan saqlashimni so‘ranglar. Men yordam beruvchiman, Mendan yordam so‘ranglar. Men gunohlarni kechiruvchiman, Mendan mag‘firat tilanglar. Men maqsad qilinadigan Zotman, Men sari yuringlar. Men ato qiluvchiman, Mendan so‘ranglar. Men Ma’budman, Menga ibodat qilinglar. Men har narsani bilguvchi Zotman, Mendan ogoh bo‘ling».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:43:32
ALLOH KIBRLILARNI SUYMAS

«Ey Odam farzandi! Alloh guvohlik beradiki, Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir. Farishtalar, ilm egalari adolatda barqarordir. Hakimu Aziz Zotdan o‘zga iloh yo‘q. Albatta Alloh nazdidagi (maqbul) din Islom (dini)dir. Kimki Islomdan boshqa dinni xohlasa, (bu «dini») undan hech qachon qabul etilmaydi. Oxiratda u kimsa ziyon ko‘rguvchilardan bo‘ladi. Alloh barcha narsalarning eng yaxshisi jannatda ekanining xabarini berdi. Kim Allohni xolis holatda tanisa, keyin U Zotta itoat etsa, najot topdi. Kim shaytonni tanib, unga itoat etmasa, salomat bo‘ldi. Kim haqni tanib, unga ergashsa, (xavf-xatarlardan) omon qoldi. Kim botilni tanib, undan saqlansa, g‘olib bo‘ldi. Kim shaytonni va dunyoni tanib, ularni tark etsa, saodatga erishdi. Kim oxiratni tanib, keyin uni talab qilsa, hidoyat topdi. Albatta Alloh O’zi xohlagan kishini hidoyat qiladi va yolg‘iz Unga qaytarilajaksiz.
Ey Odam farzandi! Modomiki, Alloh taolo senga rizqingning kafolatini bergan ekan, nega bu yo‘lda uzundan-uzoq tashvish chekasan?! O’rnini qoplash Allohdan ekan, baxillik nega kerak?! Iblis Alloh taoloning dushmani ekan, g‘aflat nechun? Jahannamda azob bor ekan, rohat nechun?! Allohning savobi jannat ekan, gunoh qilish nechun?! Barcha narsa Mening qazoi qadarim bilan bo‘lar ekan, sabrsizlik nechun?!
Boy berganlaringizga g‘am chekmasligingiz uchun qo‘lingizga kirganlariga ham suyunib ketmang. Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:43:43
UZUN YO’LNING OZIG’I

«Ey Odam farzandi! Yo‘l ozig‘ini ko‘proq g‘amla, chunki yo‘l olis. Alloh uchun qoyim bo‘lishni kanda qilma, negaki dengiz chuqur. Amallarni tatbiq qilinglar, chunki sirot ko‘prigi nozik. Ishing xolis bo‘lsin, chunki tekshiruvchi ziyrak. Istaklaring jannatda, rohating oxiratdir. (Chunki u payt) Huzuringda ohu ko‘z hurlar (bo‘ladi). Men uchun (hozir) ekansan, Men ham sen uchun (hozir) man. Dunyoni xor tutib, Menga yaqinlash. Yaxshilarga muhabbatli bo‘l. Chunki Alloh muhsinlarning mukofotini zoe qilmaydi».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:44:08
O’ZINGIZGA RAHMINGIZ KELSIN

«Ey odam farzandi! Quyoshning haroratiga toqat etolmayapsanu, yana qanday gunoh qilayapsan?! Jahannam yetti qavatdir. Ularda bir-birini yeyayotgan olovlar bor. Har qavatda olovdan bo‘lgan yetmish ming dara bor. Har darada yetmish ming hovli bor. Har hovlida yetmish ming uy bor. Har uyda yetmish ming quduq bor. Har quduqda olovdan bo‘lgan yetmish ming sandiq bor. Har sandiqda olovdan bo‘lgan yetmish ming chayon bor. Har sandiqda yetmish ming zaqqum daraxti bor. Har daraxt ostida yetmish ming qo‘mondon bor. Har qo‘mondonning yonida olovdan bo‘lgan yetmish ming farishta va olovdan bo‘lgan yetmish ming ilon bor. Har ilonning uzunligi yetmish ming ziro’dir (61.6 sm). Har ilonning qornida qora zahar dengizi bor. Har chayonning mingta dumi bor. Har dumining uzunligi yetmish ming ziro’dir. Chayonning har dumida yetmish ming ratl (0,5 l) qizil zahar bor.
O’zimga qasam, "Tur (tog‘iga), ochiq sahifaga bitilgan Kitobga (Qur’onga), Baytul-Ma’murga (obod uyga), (baland) ko‘tarilgan tomga (osmonga) va to‘lib-toshgan dengizga qasamki, Parvardigoringizning azobi shak-shubhasiz, voqe bo‘lguvchidir" (Vat-Tur, 1-7).
Ey Odam farzandi! Jahannam olovini har bir kofir uchun, chaqimchi uchun, ota-onasiga oq bo‘lgan kishi uchun, riyokor uchun, molidan zakot bermaydigan kimsa uchun, zinokor uchun, sudxo‘r va aroqxo‘r uchun, yetimga zulm qiluvchi uchun, xoinga xizmat qiluvchi uchun, o‘likka bo‘kirib yig‘lovchi uchun va qo‘shnilarga ozor beruvchi har kimsa uchun, faqat shular uchun yaratdim. "Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib, yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik gunohlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib qo‘yur. Alloh Mag‘firatli, Mehribon bo‘lgan Zotdir" (Furqon, 70).
O’zingizga rahmingiz kelsin, ey bandalarim! Chunki, badanlar zaif, safar uzoq, yuk og‘ir, ko‘prik nozik, kuzatuvchi o‘tkir, hakam butun olamlar Parvardigoridir".
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:44:56
RAHMONNING HADYASI

«Ey insonlar! Dunyo foniy va yo‘q bo‘lishini hamda hayot uziluvchi ekanini bilib turib nima uchun dunyoga rag‘bat qilasizlar? Albatta itoatkor kishilar uchun jannat bo‘lib, uning sakkizta eshigidan kiradilar. Har bir jannatning yetmish ming bog‘i bor. Har bir bog‘ning yoqutdan yetmish ming qasri bor. Har bir qasrning zumrad toshdan yetmish ming hovlisi bor. Har bir hovlining qizil tilladan yetmish ming uyi bor. Har bir uyning oq kumushdan yetmish ming ayvoni bor. Har ayvonda yetmish ming oq dasturxon bor. Har bir dasturxonda yetmish ming gavhardan tovoqlar bor. Har bir tovoqda yetmish ming alvon
taomlar bor. Har bir ayvonda yetmish ming qizil oltindan so‘ri bor. Har bir so‘rida yetmish mingta ipak, kimxob, duxobalardan to‘shaklar bor. Har bir so‘ri atrofida hayot suvi, sut, asal, sharoblardan yetmish mingi bor. Har bir anhor o‘rtasida mevalarning yetmish ming turi bor. Har bir uyda to‘q qizil rangda yetmish ming chodir bor. Har bir to‘shakda hurlar bo‘lib, ular oldida yetmish ming xizmatkor qizlar bor. Ular go‘yoki yashirib qo‘yilgan oq narsaga o‘xshaydi. Har bir qasrning boshida yetmish ming qubba bor. Har bir qubbada Rahmon tomonidan ato etilgan yetti ming hadya bor. Bu ne’matlarni biror ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va inson qalbi his etmagan».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:45:13
DUO SENDAN, IJOBAT MENDAN

«Ey Odam farzandi! Mol-dunyo Mening molimdir. Sen esa Mening qulimsan. Molimdan senga hech nima qolgani yo‘q. Illo, yeb yo‘q qilding yoki kiyib to‘zdirding yoxud sadaqa qildingu, saqlab qolding.
Menga va senga (atalgani) uch qismdir: bir qismi Men uchun, yana bir qismi o‘zing uchun, qolgan bir qismi Men bilan sening o‘rtangdadir. Joning meniki, amaling o‘zingniki, duo sendan, ijobat Mendandir.
Ey Odam farzandi! Taqvo qil va qanoatli bo‘l, Meni ko‘rasan. Ibodat qil, Menga qaytasan. Izla, Meni topasan.
Ey Odam farzandi! Agar sen fisqu-fujurlari tufayli jahannamga kiruvchi amirlarga o‘xshasang, gunohga botgan (johil) arablarga, hasadgo‘y olimlarga, xiyonatkor savdogarlarga o‘xshasang, zulmkor johillarga, riyokor hunarmandu obidlarga, takabbur boylarga, yolg‘onchi kambag‘allarga o‘xshasang, bas, u holda jannatni kim talab qiladi?»
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:45:27
ILM AMAL BILAN GO’ZAL

«Ey mo‘minlar! Allohdan haq-rost ko‘rqish bilan qo‘rqinglar va faqat musulmon bo‘lgan hollaringizda dunyodan o‘tinglar»
(Oli-Imron, 102).
Ey Odam farzandi! Amalsiz ilmning misoli xuddi yomg‘irsiz chaqmoq va momaqaldiroqqa o‘xshaydi. Amalsiz olim xuddi ipsiz kamonga o‘xshaydi. Zakotsiz mol xuddi qoyaga tuz ekkan kishiga o‘xshaydi. Ahmoq huzurida qilingan mav’iza xuddi hayvon yonidagi duru gavharga o‘xshaydi. Ilmi bo‘laturib, qalbi qattiq bo‘lgan kishi xuddi toshloq yerga o‘xshaydi. Rag‘bat qilmaydigan kishiga qilingan nasihat qabrlar oldida nay chalishga o‘xshaydi. Haromdan qilingan sadaqa xuddi kiyimidagi iflosliklarni siydigi bilan yuvgan kishiga o‘xshaydi. Poklanmasdan o‘qilgan namoz xuddi jonsiz tanaga o‘xshaydi. Tavbasiz olim xuddi poydevorsiz binoga o‘xshaydi. Ular Allohning azobidan omon qolamiz, deya xotirjam bo‘lishyaptimi? Bas, Allohning azobidan faqat ziyon ko‘rguvchi qavmgina xotirjam bo‘ladi».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:45:40
IKKI DUNYO SAODATI

«Ey Odam farzandi! Menga bo‘lgan qalbingdagi muhabbat sening dunyoga bo‘lgan mayling miqdoridadir. Albatta Men O’zimga bo‘lgan muhabbat bilan dunyo muhabbatini hech qachon bir qalbda jamlamayman.
Ey Odam farzandi! Taqvo qil, Meni taniysan. Och yur, Meni ko‘rasan. Ibodatimga beril, Menga yetasan. Amalingni riyodan xalos et, muhabbatim senga libos bo‘lajak. Zik-rimga vaqt ajrat, farishtalar huzurida seni eslayman.
Ey Odam farzandi! Qalbingda Allohdan o‘zgasi bo‘laturib, Allohdan o‘zgasidan umid qilaturib, Allohdan o‘zgasidan qo‘rqaturib, yana qachongacha (dilda emas, faqat tilda) «Alloh oliy», deysan?! Agar haqni taniganingda Allohdan o‘zgasi seni mashg‘ul qilolmas, Allohdan o‘zgasidan qo‘rqmas, Allohning zikridan tilingni to‘xtatmas eding. Tavba qilgan holda gunohda davom etish yolg‘onchilarning tavbasidir.
Ey Odam farzandi! Agar qashshoqlikdan qo‘rqqaning kabi do‘zaxdan qo‘rqqaningda edi, kutilmagan joydan (rizq berib), seni boy qilib qo‘ygan bo‘lardim.
Ey Odam farzandi! Agar dunyoga qiziqqaningdek jannatga rag‘bat qilganingda edi, ikkala diyorda (dunyo va oxiratda) ham seni saodatmand etar edim. Bir-birlaringizni eslagandek, zikr qilgandek Meni ham zikr qilganlaringizda edi, farishtalar ertayu kech sizlarga salom yo‘llagan bo‘lardi. Agar dunyoni yaxshi ko‘rganingizdek ibodatimga muhabbat qo‘yganingizda edi, sizlarni ham payg‘ambarlarga ko‘rsatilgan hurmat bilan hurmatlagan bo‘lardim. Bas, qalbingizni dunyo muhabbati bilan to‘ldirmang, chunki dunyoning zavoli yaqindir».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:45:59
JANNATGA MUSHTOQ - YAXSHILIKLARGA SHOSHADI

«Gunohdan tiyilish uchun ozgina sabr qilishing jahannamning ko‘p azobiga sabr qilishingdan yengilroqdir. "Darhaqiqat, jahannam azobi ketmas, mangu(azob)dir" (Furqon, 65). Toatta ozgina sabr qilishing senga doimiy ne’matdan iborat tuganmas rohatni olib keladi.
Ey Odam farzandi! Sening rizqingni o‘zgaga yedirishdan avval seni kafolatlab qo‘yganimga aniq ishonch hosil qilishing lozim. Sendan kechishimdan oldin dunyodan kech! Hisob kuni savoblaring yo‘qolishidan oldin shubhalardan xalos bo‘l. Qalbingni oxirat zikri bilan obod qil, chunki sening qabrdan boshqa maskaning yo‘q.
Ey Odam farzandi! Jannatga mushtoq kishi yaxshiliklarga shoshadi, do‘zaxdan qo‘rqqan kishi yomonliqdan tiyiladi. Kimki nafsini shahvatlar (dunyo istaklari)dan qaytarsa, oliy darajalarga erishadi.
Ey Muso ibn Imron! Tahoratsiz paytingda senga bir musibat yetgan ekan, nafsingdan o‘zgasini malomat qilma. Ey Muso! Yaxshiliklardan mahrumlik eng dahshatli o‘limdir. Ey Muso! Kim maslahatlashmasa, pushaymon bo‘ladi. Kim istixora qilsa (ya’ni, xayr tilagida bo‘lsa), nadomat chekmaydi».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:47:18
QASHSHOQLIKDAN QO’RQMA

«Kim bir amali bilan odamlar orasida ovoza bo‘lishni xohlasa, u bamisoli orqasiga suv ortib, toqqa ko‘tarilayotgan kimsaga o‘xshaydi. Unga charchoq va mashaqqat yetadi, amalidan birortasi qabul qilinmaydi...
Ey Odam farzandi! Bilginki, faqat Men uchun xolis bajarilgan amalni qabul etaman. Amalni xolis bajaruvchilar naqadar baxtiyor!
Ey odam farzandi! Agar qashshoqlik sen tomon kelayotganini ko‘rsang: "Marhabo solihlar tantanasi!" - degin.
Ey Odam farzandi! Agar boylik sen tomon kelayotganini ko‘rsang, «Marhabo, jazosi tezlatilgan gunohlar!» degin. Agar mehmonni bog‘liq holda ko‘rsang (ya’ni, uyingga mehmon kelishi uzilsa, "a’uzu billahi minash-shaytonir rojim" - degin).
Ey Odam farzandi! Mol-dunyo Meniki, sen esa qulimsan, mehmon Mening elchim. Ne’matimni sendan tortib olishimdan qo‘rqmaysanmi? Rizq Mening rizqim, shukr qilish sendan, foydasi ham o‘zingga qaytguvchidir. Senga bergan ne’matlarim uchun Menga hamd aytmaysanmi?
Ey Odam farzandi! Zimmangda uchta majburiyat bor: molingdan zakot berish, qarindoshlar bilan aloqani uzmaslik, oilang va mehmonlaringga taalluqli ishlar. Agar buyurganimni qilmasang, (sharmandali jazolash bilan) seni butun olamlarga ibrat qilaman.
Ey Odam farzandi! Agar qo‘shningning haqqiga oilang haqqini ado qilgandek rioya qilmasang, senga nazar solmayman, amalingni qabul qilmayman, duongni ijobat etmayman.
Ey Odam farzandi! O’zingga o‘xshagan maxluqlarga suyanma. (Suyansang), ularga topshirib qo‘yaman. Maxluqotlarimga takabburlik qilma, chunki kelib chiqishing nutfadandir. Men seni siydik yo‘lidan, erkak kishining beli bilan ayolning ko‘krak qafasi o‘rtasidan otilib chiquvchi bir suvdan yaratganman. Sen uchun harom qilgan narsalarimga qarama. Chunki (qabrda) birinchi qurt yeydigan a’zoing ikki ko‘zingdir. Bilginki, sen nazar solganingga ham, muhabbatingga ham hisob-kitob qilinasan. Ertaga oldimda turadigan maqomingni esla. Albatta Men ko‘z ochib-yumguncha ham qalbingdan g‘ofil emasman. Albatta Men qalblarni bilguvchi Zotman».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:47:32
OXIRAT BOQIYDIR

«Ey Odam farzandi! Menga xizmat qil, chunki Menga xizmat qilgan kishini yaxshi ko‘raman va bandalarimni ham unga xizmat qildiraman. Albatta sen umringning o‘tgan qismida Menga qancha osiylik qilganingni bilmaysan va qolgan qismida ham qancha osiylik qilishingni bilmaysan. Meni eslashni unutma. Albatta Men O’zi istagan ishni qilguvchi Zotman. Menga ibodat qil, chunki sen xor bir qulsan, Men esa ulug‘ Parvardigorman. Agar Odam farzandi bo‘lgan birodarlaring-u suyukli do‘stlaring gunohlaring hidini sezishganida, gunohlaring bildirgan narsadan xabar topishganida albatta ular sen bilan birga o‘tirmas, senga yaqinlashmas edilar. Bu gunohlar har kuni ko‘payib boraversa, qanday bo‘ladi?! Umring esa tug‘ilganingdan buyon qisqarmoqda.
Ey Odam farzandi! Kemasi parchalanib, yog‘och taxta ustida qolgan, dengiz to‘lqinlari o‘rab olgan kishining musibati ham senikidan katta emas. Gunohkor ekaningni aniq bil, amaling (qabul bo‘lmay qolishi)dan xavfda bo‘l!
Ey Odam farzandi! Men senga ofiyat nazari bilan boqaman. Gunohlaringni yopaman. Men sendan behojatman. Sen esa Menga hojating bo‘lishiga qaramasdan, gunohlaring bilan Menga yuzlanyapsan.
Ey Odam farzandi! Qachongacha aldaysan?! Dunyoni tuzatish payidasan, holbuki u o‘tkinchi. Oxiratni xarob qilyapsan, holbuki u boqiy.
Ey Odam farzandi! Agar osmonlaru yer sen uchun mag‘firat tilasa, gunohlaringga yig‘lamog‘ing lozim bo‘ladi. Chunki hali Menga qay ahvolda yo‘liqishingni bilmaysan.
Ey Muso ibn Imron! Aytmoqchi bo‘lganlarimni eshit, haqni aytaman: bandalarimdan birortasi mo‘min bo‘lolmaydi, toki odamlar uning yomonligidan, zulmidan, makridan, chaqimchiligidan, zo‘ravonligidan va hasadidan omon bo‘lmagunicha (ya’ni, odamlarga mazkur yomonliklarni qilmagan kishigina haqiqiy mo‘min bo‘ladi).
Ey Muso! Ayting: «Haq Parvardigoringiz tomonidandir. Kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kofir bo‘lsin».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:47:44
AMALINGNI RIYODAN XALOS ET

«Ey Odam farzandi! Sen ikki ne’mat orasida tong ottirding. Ulardan qay biri senga zararliroq ekanini bilmaysan: odamlardan bekitilgan gunohlaringmi yoki sen haqli bo‘lmagan holda eshitgan maqtovlaringmi? Agar odamlar sen haqingda Mening bilganlarimni bilganlarida senga salom ham berishmas edi. O’sha berganlarimdan ham ulug‘rog‘i ofiyat, odamlarning hojati senga tushib turganida sening odamlardan behojat bo‘lishing, ularning ozoridan himoya qilinishingdir. Menga hamd ayt, ne’matimning qadriga yet, amalingni riyodan xalos et. Doimo safar xavfida bo‘lgan musofir kabi yo‘l ozig‘ini g‘amla. Xayr amalingni Arshim ostiga joyla.
Ey Odam farzandi! Tosh qalblaringiz amallaringizni ko‘rib yig‘laydi, amallaringiz jussangizni ko‘rib yig‘laydi, jussalaringiz tillaringizni ko‘rib yig‘laydi, tillaringiz ko‘zlaringizni ko‘rib yig‘laydi.
Ey Odam farzandi! Xazinalarim hech qachon tugamaydi. Infoq qilganing miqdorida senga infoq qilaman, baxillik qilganing miqdorida senga baxillik qilaman.
Sen bergan rizqimni miskinlardan qizg‘anishing yomon gumon, qashshoqlikdan qo‘rqish va Menga ishonchsizliging tufaylidir. Chunki Men asl xilqatingni rizqqa e’tibor beradigan qilib yaratdim. Bas, qachonki sen rizqqa intilsang-u, Men seni rizqlantirsam, infoq qil, qo‘lingdagi rizq Meniki, bas, bandalarimga baxillik qilma. (Infoq qilgan narsaning) o‘rniga (undan ham yaxshirog‘ini) berishga kafilman, ajrini va’da etdim. Yana nega Kitobimga shak keltirasan?! Va’damni rost deb bilmading. Kim payg‘ambarlarimni tasdiqlamasa, Parvardigorligimni inkor etibdi. Kim Parvardigorligimni inkor etsa, uni yuzi bilan do‘zaxga qulataman».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:47:55
VALIYLAR ALLOHNING DO’STLARIDIR

«Ey Odam farzandi! Men Allohdirman, Mendan boshqa iloh yo‘q. Menga ibodat qiling, Menga shukr qiling, kufr keltirmang.
Ey Odam farzandi! Kim valiylarim - do‘stlarimga dushmanlik qilsa, Men bilan urishishga bel bog‘labdi. Mendan boshqa yordamchisi bo‘lmagan kimsaga zulm qilgan kishi uchun g‘azabim qattiqdir. Kim taqsimlab qo‘ygan nasibamga rozi bo‘lsa, rizqiga baraka berib, xohlamasa ham, dunyoni u kishining oyog‘i ostiga keltirib qo‘yaman».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:48:15
SO’NGGI PUSHAYMON - O’ZINGGA DUSHMAN

«Ey Odam farzandi! Qo‘lingni ko‘kraging ustiga qo‘y. Nimaniki o‘zing uchun yaxshi ko‘rsang, o‘zingdan boshqasi uchun ham uni yaxshi ko‘r.
Ey Odam farzandi! Taning zaif, tiling yengil, qalbing esa zolimdir.
Ey Odam farzandi! Oxirgi chegara o‘lim, o‘lim kelishidan oldin amal qilib qol.
Ey Odam farzandi! To rizqini ham yaratmaguncha, birorta a’zongni yaratmadim.
Ey Odam farzandi! Agar seni soqov qilib yaratganimda til uchun, ko‘r qilib yaratganimda ko‘z uchun, kar qilib yaratganimda quloq uchun hasrat chekkan bo‘larding. Bas, bergan ne’matimning qadriga yet, Menga shukr qil, kufr keltirma, chunki Menga qaytajaksan.
Ey Odam farzandi! Senga taqsimlab qo‘ygan narsam talabida o‘zingni qiynama. Senga taqsimlagan har bir narsam to tugagunicha, o‘zi seni talab qilib boradi.
Ey Odam farzandi! Meni o‘rtaga qo‘yib yolg‘on qasam ichma. Kim Mening nomim bilan yolg‘on qasam ichsa, do‘zaxga kiritaman.
Ey Odam farzandi! Bergan rizqimni yeganingdan so‘ng toatimga kirish.
Ey Odam farzandi! Mendan ertaning rizqini so‘rama, chunki Men ham sendan ertaga qiladigan amalingni (bugun) talab qilayotganim yo‘q-ku!
Ey Odam farzandi! Men sening ozgina amalingga roziman. Sen esa bergan ko‘p rizqimga ham rozi emassan.
Ey Odam farzandi! Agar dunyoni bandalarimdan birortasiga qoldirganimda albatta uni payg‘ambarlarimga qoldirgan bo‘lardim, ular (shu dunyo orqali) bandalarimni toatimga va buyruqlarimni bajarishga chaqirgan bo‘lardilar.
Ey Odam farzandi! Ulim senga tushishidan oldin o‘zing uchun amal qil. Xato(lar) seni aldab qo‘ymasin.
Chunki (hali) xatolar izidan yurish bor. Hayot va uzun orzu-havaslar seni tavbadan chalg‘itmasin. Negaki, tavbani kechiktirganing uchun pushaymon foyda bermaydigan kunda pushaymonlar ichra qolasan.
Ey Odam farzandi! Senga rizq etib bergan moldan Mening haqqimni chiqarmasang va kambag‘allarni u moldagi haqlarini olishdan to‘ssang, ustishta shunday bir zolim hukmron qilinadiki, u sendan molni tortib oladi, Men ham mol tufayli keladigan savobdan seni mahrum qilaman.
Ey Odam farzandi! Agar dunyo sen tomon yuz tutsa, o‘limni esla, agar gunohni qasd qilsang, tavbani esla, mol-dunyo qo‘lga kiritsang, hisob-kitobni esla, taomga o‘tirsang, ochlarni esla, nafsing zaifni (jazolashga) undasa, Allohning sening ustingdagi qudratini esla. Agar Alloh xohlasa, qudratini ustingda hukmron qilib qo‘yadi. Agar ustingga bir balo tushsa, «La havla vala quvvata illa billahil aliyyil ‘aziym»ni aytish bilan yordam so‘ra. Agar kasal bo‘lsang, nafsingni sadaqa bilan muolaja qil. Agar senga biror musibat yetsa, «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un», "Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u Zotga qaytguvchilarmiz" (Baqara, 156) degin».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:48:40
YOLG’ON DO’ZAXGA YETAKLAYDI

«Ey Odam farzandi! Yaxshilik qil, chunki yaxshilik jannat kaliti va jannatga yetaklovchidir. Yolg‘ondan chetlan, chunki u do‘zax kaliti va do‘zaxga yetaklovchidir.
Ey Odam farzandi! Bilginki, bino qilgan narsang ham, umring ham xarob bo‘lish uchun, jasading tuproq bo‘lish uchun, to‘plagan narsang merosxo‘rlar uchundir. (Topgan) noz-ne’matlaring o‘zingdan o‘zgalar uchun, hisobi esa sening zimmangda, jazo va pushaymonlik ham senikidir. Amal qabrdagi hamrohing. Hisobga tortilishingdan oldin o‘zingni hisob qil. Toatimni mahkam ushla. Menga gunoh qilishdan saqlan. Berganlarimga rozi bo‘l, shukr qiluvchilardan bo‘l.
Ey Odam farzandi! Kim kulib turib bir gunohni qilsa, yig‘lagan holida jahannamga kiritaman. Kimki qo‘rqinchimdan, o‘tirib yig‘lasa, kulgan holida uni jannatta kiritaman.
Ey Odam farzandi! Qancha boylar bor, hisob kuni kambag‘allikni orzu qilib qolishadi. Qancha zolimlar bor, o‘lim ularni xor qilgan. Qancha shirin narsalar bor, o‘lim ularni achchiq qilgan. Bergan ne’matimdan qancha sururga to‘lishlar bor, o‘lim ularni g‘amga botirgan. Qancha shodliklar bor, uzun qayg‘uni meros qoldirgan.
Ey Odam farzandi! Agar hayvonlar sizlarning o‘lim haqida bilganlaringizni anglaganida edi, yeyish-ichishdan tiyilib, och va chanqoq holda o‘lib ketardi.
Ey Odam farzandi! Senga o‘lim va uning shiddati taqdir qilingan ekan, bas, endi senga na kechasi, na kunduzi orom bo‘lmasligi kerak. Ulim shunchalik ekan, o‘limdan keyingi, o‘limdan ham qattiqroq (azoblar) qanday bo‘ladi?!
Ey Odam farzandi! Oxiratda yetadigan ne’matlaring bor ekan, o‘lim sirini orqangda bil. Boy bergan savob ishlaringga afsuslan. Dunyodan keladigan narsaga shodlanma, qo‘ldan ketganiga g‘am chekma.
Ey Odam farzandi! Seni tuproqdan yaratdim, tup-roqqa qaytaraman va yana tuproqdan qayta tiriltiraman. Dunyo bilan vidolash, o‘limga hozirlik ko‘r. Bilgin, agar Men bir bandani suysam, u haqda dunyoga xabar beraman, u bandamni oxirat uchun amal qildiraman, unga dunyoning ayblarini ko‘rsatib qo‘yaman. Keyin u dunyoning ayblaridan saqlanib, jannat ahlining amalini qiladi. So‘ngra uni O’z rahmatim bilan jannatga kiritaman. Agar bir bandamga g‘azab qilsam, uni O’zimdan chalg‘itib, dunyoga mashg‘ul etaman, faqat dunyo uchun ishlaydigan qilaman. Oqibat u do‘zax ahlidan bo‘ladi. Keyin uni jahannamga kiritaman.
Ey Odam farzandi! Barcha umr o‘tkinchi, garchi u uzun bo‘lsa ham. Dunyo kun og‘ayotgan paytdagi soyaga o‘xshaydi, ozgina (turadi-da), keyin ketadi, sen tomon qaytmaydi.
Ey Odam farzandi! Men seni yaratgan, rizq bergan, tiriltirgan, o‘ldiradigan va yana tiriltiradigan, hisobga tortadigan Zotdirman. Yomonlikni bilding, ko‘rding, shunday bo‘lsa ham, o‘zingdan biror zararni daf etolmaysan. Na o‘zingga foyda keltirishga, na o‘limni (kechiktirishga), na hayot ato etishga, na qayta tiriltirishga qodirsan.
Ey Odam farzandi! Menga itoat et, Menga xizmat qil, rizq uchun g‘am chekma. Rizqingga Men kafilman. Kafillikka olingan narsaning tashvishini yelkangga ortma.
Ey Odam farzandi! Senga taqdir qilinmagan va sen yeta olmaydigan narsani qanday ustingga yuklaysan?! Shuningdek, qilmagan amalning savobini ham olmaysan.
Ey Odam farzandi! Yo‘li o‘lim bo‘lgan kishi qanday dunyoga xursand bo‘jshi mumkin?! Qabr uyi bo‘lgan kishi qanday qilib dunyo hovlisidagi uyida shodmon bo‘lishi mumkin?!
Ey Odam farzandi! Ozgina rizqing bo‘lib, shukrli bo‘lishing rizqing ko‘p bo‘lib, noshukr bo‘lishdan yaxshiroqdir.
Ey Odam farzandi! Molingning yaxshisi (oxirat uchun) taqdim qilganingdir. Molingning yomoni dunyoda qoldirgan molingdir. O’zing uchun (o‘zingdan oldin) yaxshilikni jo‘nat. Senga o‘lim kelishidan avval o‘sha yaxshi amalingni huzurimda topasan.
Ey Odam farzandi! Men g‘amgin bo‘lganlarning g‘amini arituvchi, istig‘for tilaganlarni mag‘firat qiluvchi, tavba qilganlarni qaytaruvchi, yalang‘ochlarni kiyintiruvchi, xavfda bo‘lganlarni xavfdan asraguvchi, ochlarni to‘ydiruvchi Zotdirman. Agar bandam Menga itoat etsa, buyrug‘imga rozi bo‘lsa, uning ishini oson qilib, unga yordam beraman, qalbini ochib qo‘yaman.
Ey Muso! Kim kambag‘allar va yetimlar moli bilan boyisa, Men uni dunyoda kambag‘al qilib, oxiratda azoblayman. Kim kambag‘al va zaiflarga jabru sitam qilsa, uning uyini xaroba holida qoldirib, o‘ziga do‘zaxdan maskan qilaman. «Darvoqe, bu (pand-nasihatlar) avvalgi (payg‘ambarlarga nozil bo‘lgan) sahifalarda - Ibrohim va Muso sahifalarida ham bordir» (A’lo, 18-19).
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:49:17
BIR QALBGA IKKI MUHABBAT JAM BO’LMAS

«Ey Odam farzandi! Dunyo muhabbatini qalbingdan chiqar. Chunki Men O’zimga bo‘lgan muhabbat bilan dunyo muhabbatini hech qachon bir qalbda jamlamayman.
Ey Odam farzandi! Zikrim uchun vaqtingni g‘animat bil, Men ham shunda seni farishtalarim huzurida zikr qilaman.
Ey Odam farzandi! Qachongacha «Alloh, Alloh», deysiz-u, qalbingiz, mashg‘ulotingiz, himmatingiz Allohdan o‘z-gasi bilan band. Allohdan o‘zgasidan qo‘rqdingiz, bas, endi qaysarlik qilmagan holda Allohdan kechirim so‘ranglar. Chunki qaysarlik bilan (ya’ni, xatodan qaytmasdan) mag‘firat tilash yolg‘onchilarning tavbasidir. Robbing bandalariga zulm qiluvchi emas. Ajaling orzu-havaslaring ustidan kuladi. Qazoi qadarim ehtiyotkorligingta kuladi. Taqdirim tadbiringdan kuladi. Taqsimotim hoyu-havasingga kuladi. (Rizq) talabiga bee’tibor bo‘l. Qazoi qadarimga, taqsimotimga bo‘ysun. Chunki rizqing o‘lchangan, taqsimlangan. Taqdir qilgan narsam muhrlab qo‘yilgan, (solih) amallarni qilib, oxirating uchun shoshil. Bilginki, dunyodagi rizqingni o‘zingdan boshqa hech kim yemaydi. Biz ularning dunyo hayotidagi tirikchiligini o‘rtalarida taqsimladik va ba’zilarining darajalarini boshqalarnikidan ko‘tarib qo‘ydik. Men dunyoga vahiy qildim: «Ey dunyo, do‘stlarimga xor va arzimas bo‘lib ko‘ringin, toki ular diydorimga mushtoq bo‘lishsin».
Ey Odam farzandi! Bilginki, garchi yomon ko‘rsang-da, o‘lim senga tushguvchidir. Parvardigoringning hukmiga sabr qil. Sen kechadan (bo‘lgan soatlarda) va yulduzlar yuz o‘girib ketgach (ya’ni, sahar paytlarida) ham, Robbingga tasbeh ayt. Ey Odam farzandi! Senda ham, Menda ham xohish bor. Lekin Mening xohlaganim bo‘ladi!
Ey odamlar! Kim Men tomon intilsa, taniydi. Kim tanisa, Meni xohlagan bo‘ladi. Kim xohlasa, Meni talab qilgan bo‘ladi. Kim talab qilsa, Meni topadi. Kim topsa, Meni eslaydi. Kim Meni unutmasdan eslasa, Men ham uni eslayman, unutmayman.
Ey Odam farzandi! Toki to‘rtta (o‘lim)ni his etmaguningcha amaling xolis bo‘lmaydi:
1) qizil o‘lim - aziyat va qiyinchiliklarga duch kelish;
2) oq o‘lim - uzoq sukut qilib turmoq;
3) sariq o‘lim - e’tibor bilan uzoq tafakkur qilish;
4) qora o‘lim - havoyu nafsga muxolif bo‘lmoq.
Alloh taolo bu haqda: «Albatta Alloh yo‘lidan ozadigan kimsalar uchun hisob-kitob kunini (ya’ni, qiyomatni) unutib ko‘yganlari sababli kattik, azob bordir», deb aytgan (Sod, 26-oyat)».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:50:14
YER AMALLARGA GUVOHDIR

«Ey Odam farzandi! Farishtalarim kechasiyu kunduzi ketma-ket kelib, aytgan va qilgan narsalaringni yozib borishadi. Yer esa ustida bajargan amallarishta guvoh bo‘ladi. Osmon ham o‘zi tomon ko‘tarilayotgan amallariyuta guvoh bo‘ladi. Quyosh va oy ham ko‘rayotgan narsalariga guvoh bo‘lishadi. Allohning O’zi guvohlikka kifoya Zotdir.
Ey Odam farzandi! Bilgin, albatta halol narsa qatra-qatra bo‘lib keladi. Harom narsa esa sel kabi keladi. Kimning hayoti sof-musaffo bo‘lsa, dini ham sof bo‘lur. Sen boylikka xursand bo‘lma, chunki u abadiy emas. Allohning toatiga sabr qil, chunki Alloh barcha qiyinchilikda yordam beradi. Kambag‘allikdan bezovta bo‘lma, chunki u senga uzil-kesil belgilangan narsa emas. (Ya’ni, Alloh fazliga olsa, boyib ketasan.) Allohning rahmatidan noumid bo‘lma, chunki Alloh kechiruvchi va rahmli Zotdir. Gunohni tark qil, chunki gunoh jahannam tomon ketayotgan gunohkorning ozig‘idir. Boylikka xursand bo‘lma, chunki boylik dunyo hayotida aziz, oxiratda esa xorliqdir. Haqiqatda oxirat azizligi ulug‘ va mangudir. Bilgin, sendan istig‘for, Mendan esa gunohlarni kechirishdir. Sendan tavba, Mendan esa qabuldir. Sendan shukr, Mendan esa ko‘paytirib, ziyoda qilish. Sendan sabr, Mendan g‘alaba. Sen ilm tolibi bo‘l, jannat yo‘liga yo‘llab qo‘yilasan.
Ey Muso ibn Imron! Agar bandamning qalbi ko‘proq dunyoga mashg‘ul bo‘lsa, uning qalbini kambag‘allik bilan mashg‘ul qilib, o‘limni esidan chiqartirib, mol-dunyo ko‘paytirish kasaliga mubtalo qilib, oxiratdan g‘aflatda qoldiraman. Agar bandamning qalbi ko‘proq oxirat ishiga mashg‘ul bo‘lsa, butun g‘ami Mening ibodatimga yo‘llanib, bandalarimni uning xizmatiga mashg‘ul qilib, qalbini muhabbatimga to‘ldirib qo‘yaman».
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:50:35
MA’NAVIYATNI TARG’IB ETUVCHI KITOB

Hadislarning Hadisi kudsiy deb nomlanuvchi turi martaba jihatdan Qur’oni karim bilan Hadisi nabaviy o‘rtasida turadi. "Hadisi Rabboniy", "Ilohiy hadislar" istilohlari bilan ham yuritiladi. Bu hadislar "Alloh aytdi", "Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Alloh taborak va taolodan xabar berishlaricha" singari iboralar bilan boshlanadi.
Ushbu hadislarni ham to‘plab o‘quvchilarga yetkazish ma’lum an’anaga ega. Xususan, mashhur islom olimlari o‘z asarlarida qudsiy hadislardan ko‘plab namunalar keltirishgan.
"Hujjatul islom" nomi bilan dunyoga mashhur Imom G’azzoliy tasnif etgan mazkur "Qirk hadisi qudsiy" kitobida ham - umr mazmuni, sabr-qanoat, xushmuomalalik, ahdga vafo, mehr-shafqat kabi fazilatlarning insonning ham dunyo ham oxirat hayotidagi foydalari, bir so‘z bilan aytganda stuk ma’naviyatli komil inson bo‘lishning yo‘l-yo‘riqlari haqidagi ilohiy hadislar o‘rin olgan.
Kitobda insondagi ma’naviy xastaliklarga malham bo‘ladigan o‘rinlar talaygina. Birgina misol:
"Agar qalbingda g‘ashlik, badaningda bemorlik, rizqingda mahrumlik, molingda kamchilik topsang, demak, bilginki, sen befoyda narsani (ko‘p) gapiribsan".
Komil inson, yuksak ma’naviyat masalalari dolzarb ahamiyat kasb etayotgan bugungi kunda mazkur mo‘‘jaz risola o‘quvchilarimizga yaxshi yordamchi bo‘ladi.

Zohidjon ISLOMOV,
filologiya fanlari doktori, professor
Nom: Re: QIRQ HADISI QUDSIY. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 27 Yanvar 2009, 08:51:14
Qirq hadisi qudsiy

(http://www.ziyouz.com/images/books/qirq_hadis_quds.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=323)

Muallif: Imom G'azzoliy
Hajmi: 221 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=323)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3256.0)