forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Fikr va mulohazalar => Mavzu boshlandi: Abdullоh 28 Yanvar 2009, 17:48:34

Nom: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: Abdullоh 28 Yanvar 2009, 17:48:34
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar. Men sizlarga bir taklif bilan chiqmoqchi edim. Hammamizga ma'lumki hozirgi rivojlanib borayotgan davrda jahon hamjamiyati qobiliyatli iqtisodchilarga muhtoj. Hozirgi kunda hamma yerda iqtisodchilarga talab kuchli. Shularni inobatga olib Darsxona bo'limida yangi Iqtisod saboqlari degan bo'lim ochilishi va bu bo'limni oramizdan yoshi katta va bilimi bizdan kuchliroq bo'lgan birodarlar boshqarishini xihlardim. Bunga sizlarning ham fikrlaringni bilmoqchi edim.
Nom: Re: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: AbdulAziz 28 Yanvar 2009, 21:00:42
Va alaykum assalom!
Yaxshi taklif.
Menimcha ko'pchilikka ma'qul keladi.
Forumda iqtisodga oid ba'zi mavzular bor edi. Lekin bunaqa bo'lim yo'q edi.
Inshaalloh, bu kemtikni ham to'ldisrishga harakat qilamiz.
Nom: Re: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: Musannif Adham 28 Yanvar 2009, 22:12:34
Qo'llayman. Faqat bu bo'limni kim boshqaradi? Ana shuni hal qilish kerak.
Nom: Re: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: AbdulAziz 29 Yanvar 2009, 02:45:59
Hozircha Abdulloh90ga ishonib turibman. har qalay ularni sohalari - iqtisod. Birqancha manbalari ham bor ekan.
Agar boshqa takliflar bo'lsa mamnuniyat ila qabul qilamiz.
Nom: Re: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: Abdullоh 29 Yanvar 2009, 09:41:17
Hozircha Abdulloh90ga ishonib turibman. har qalay ularni sohalari - iqtisod. Birqancha manbalari ham bor ekan.
Agar boshqa takliflar bo'lsa mamnuniyat ila qabul qilamiz.
Assalomu alaykum! AbdulAziz aka ishonchingiz uchun katta rahmat. Men bu bo'limni boshqara olmayman deb qo'rqaman. Mendan yoshi kattaroq va bilimlari ham ziyodaroq userlar forumda juda ko'p adashmasam. Agar shulardan birontasini olib borsa, men ularga yordamchi bo'lishim mumkin. O'zimning kursdoshlarimdan ham bilimi yaxshilar bor. Ularni ham bu ishga jalb etaman, InshaAlloh!
Nom: Re: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: AbdulAziz 29 Yanvar 2009, 09:51:30
Va alaykum assalom!
Abdulloh, siz ma'lumotlarni yig'ib boravering. Agar o'zingiz bilgan yaxshi iqtisod bilimdonini topsangiz, uni forumga olib keling va birgalikda bu bo'limni boshqarasizlar.
Nom: Re: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: Abdullоh 29 Yanvar 2009, 09:57:49
Juda yaxshi, qolganlardan ham takliflarni kutaylik.
Nom: Re: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: Abdullоh 08 Fevral 2009, 11:50:04
Assalomu alaykum!
Bu mavzu ochilganiga ancha bo'ldi-yu, ammo takliflar juda kam. Kecha Forumdoshlarning osh majlisidan ma'lum bo'ldiki, ichimizda iqtisodchilar juda ko'p ekan. Aziz forumimizning iqtisodchilari, o'zingizni taniting va bu yerga yangi bo'lim ochish haqida o'z takliflaringizni bildiring. Keyin esa Alloh xohlasa moderatorlar tayinlanadi va darsni ham boshlardik...
Nom: Re: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: Musannif Adham 08 Fevral 2009, 13:46:05
Hozircha bo'lim emas, Darsxona (http://forum.ziyouz.com/index.php?board=35.0) bo'limi tarkibida Iqtisod asoslari nomli kichik bo'lim ochish kerak. Keyinchalik ma'lumotlar va foydalanuvchilar ko'payib ketsa, katta bo'limga aylantirish mumkin. 
Nom: Re: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: AbdulAziz 08 Fevral 2009, 15:49:00
Tezroq moderator saylanglar. Hozircha agar rozi bo'lsalar Foniy akamizni tayinlash kerak.
U kishiga Abdulloh90 yordam berib turadi. Agar rozi bo'lsanglar, ochib beraman.
Nom: Re: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: T.Yusupov 08 Fevral 2009, 20:12:31
Albatta, iqtisod bo'limi ochilishi tarafdoriman. AbdulAziz aka, tezroq ochsangiz, men ham o'zimni iqtisodiy nazariyalarimni yozib turardim :)
Nom: Re: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: AbdulAziz 09 Fevral 2009, 09:35:21
Talablarga binoan Iqtisod saboqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?board=61.0) bo'limi Darsxona bo'limi ichida tashkil etildi. Hozircha bor bo'lgan ba'zi mavzular ko'chirildi.

Endi, hurmatli iqtisodchilar bo'lkimni to'ldirish sizlardan. Boshlanglar, bo'lmasa!
Nom: Re: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: Abdullоh 09 Fevral 2009, 17:14:46
Talablarga binoan Iqtisod saboqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?board=61.0) bo'limi Darsxona bo'limi ichida tashkil etildi. Hozircha bor bo'lgan ba'zi mavzular ko'chirildi.

Endi, hurmatli iqtisodchilar bo'lkimni to'ldirish sizlardan. Boshlanglar, bo'lmasa!
Katta rahmat. Alloh xohlasa bu bo'limni forumning eng qiziqarli bo'lumlaridan biri qilib yuboramiz.
Nom: Re: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: AbdulAziz 10 Fevral 2009, 09:55:20
Abdulloh90
Bemalol, kirib darslarni boshlayvering.

T.Yusupov faoliyatni boshladilar.
Nom: Re: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: Abdullоh 11 Fevral 2009, 20:17:09
Assalomu alaykum, Allohga shukr biz ham boshlab yubordik, buyog'iga duo qilib turinglar.
Nom: Re: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: ibnUyayna 14 Fevral 2009, 03:11:58
Assalamu alaykum wr wb!
Jazaka Allohu xoyron kasiyron!Juda yaxshi ish bo`libdi bu ishishi boshlaganila.Man ham juda-juda qiziqaman bu sohaga.O`zbek tilida agar online kitob joylasela zo`r bo`lardide.Yaxshi tezro boshli qolila,tez-tez juda ko`p ma`lumotla berib borila.Alloh roziligi uchun!Alloh ishilaga barakot bersin Inshaallah.
Assalamu alaykum wr wb!
Nom: Re: Iqtisod saboqlari
Yuborildi: Abdullоh 17 Fevral 2009, 17:29:54
Assalamu alaykum wr wb!
Jazaka Allohu xoyron kasiyron!Juda yaxshi ish bo`libdi bu ishishi boshlaganila.Man ham juda-juda qiziqaman bu sohaga.O`zbek tilida agar online kitob joylasela zo`r bo`lardide.Yaxshi tezro boshli qolila,tez-tez juda ko`p ma`lumotla berib borila.Alloh roziligi uchun!Alloh ishilaga barakot bersin Inshaallah.
Assalamu alaykum wr wb!

Assalomu alaykum! Darslar Darsxona bo'limida amalga oshirilmoqda. Hozircha Boshlovchilar uchun iqtisod saboqlari nomli mavzu ostida ishni boshlab yubordim. Alloh xohlasa bundanda ko'proq ishlarni amalga oshiramiz. Sizdan ham bu bo'limni qiziqarli qilishda yordam berishingizni so'raymiz.