forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:17:35

Nom: Muhammad Zohiq Qo'tqu. Ichkilik - iymon zavoli
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:17:35
ICHKILIK -
IYMON ZAVOLI

MUHAMMAD ZOHID QO’TQU

Toshkent
«Yangi asr avlodi»
2003

Ichkilik - jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iktisodiy hayotiga zid, shaxsning ma’naviy va moddiy turmush tarziga xilof, diniy e’tiqodimizga to‘g‘ri kelmaydigan jirkanch hodisadir.
Risolada ichkilikning insoniyat tabiatiga yotligi, uning shar’iy harom qilinganligi dalillar asosida ko‘rsatib berildi.

Tarjimon:
Sayfiddin SAYFULLOH
Filologiya fanlari nomzodi, Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofotining sohibi

Mas’ul muharrir:
Hoji Anvar TURSUN
Toshkent shahar bosh imom-xatibi

Muharrir:
Aliakbar SAYFIDDIN
O’zbekiston Musulmonlar diniy idorasi ta’lim bo‘limi mudirining muovini

© Muhammad Zohid Qo‘tku «Ichkilik - iymon zavoli» (tarj.) «Yangi asr avlodi». 2003
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:20:33
SO’ZBOSHI

Har bir davr va jamiyat azaldan ichkilikbozlikka qarshi kurashib kelgan. Chunki, bu illat xalq uchun moddiy va ma’naviy zarar manbai bo‘lgan. Tibbiyot ham ichkilikni qattiq qoralagan holda organizmga, naslga, zurriyotga bo‘lgan salbiy ta’sir va oqibatini isbotlab bergan. Shu bois ichkilikbozlikni bartaraf etish shaxs va jamiyat osoyishtaligini, barkamolligini ta’minlaydi.

Ichkilikbozlik, - deyiladi bir kitobda, - sog‘liqqa putur yetkazuvchi, oilani buzuvchi, kelajak avlod salomatligiga ziyon keltiruvchi ofatdir. Zero, ichkilikbozlikka qarshi kurash hammamizning burchimizdir1 .


  1Қаранг: Донолар ичкиликбозлик ҳакида. Тошкент, «Медияина», 1990, 3-бет.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:21:37
Darhaqiqat, bu noxush odat tufayli qanchadan-qancha fisqu fujurlar, gunohlar, zinokorlik. o‘g‘rilik, hatto, qotilliklar sodir bo‘ladi. Ichkilik sabab, ba’zi to‘y-hashamning motamxonaga aylanganligiga o‘zimiz guvoh bo‘lganmiz. Islom shariatida ichkilik ta’qiqlangan, aroqqa sarflangan pul isrof va haromga xarjlangan sanalib, javobgarligi so‘raladi. Qur’oni karimning kuyidagi oyati oxirgi hukm sifatida ichkilikni qat’iy tarzda harom qildi:
Ya’ni: «Ey mo‘minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar (ya’ni ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni, cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo‘lingiz! Ichkilik, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishini hamda sizlarni Allohni zikr qilishdan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos! Endi to‘xtarsizlar!» («Moida» surasi, 90, 91-oyatlar).

Bundan tashqari hadisi shariflarda, nufuzli islomiy manbalarda, ichkilikning haromligi va zararlari atroflicha yoritilgan.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:23:05
Ichkilikka faqat musulmon olami emas, balki boshqa dindagi xalqlar, millatlar, jamiyatlar ham qarshi bo‘lib kelganlar. Bu xalqlarning ichkilikka qarshi maqol va matallarini o‘qisangiz ishonch hosil qilasiz2.

Lekin biz musulmonlar uchun aroqxo‘rlik, sharobxo‘rlikning harom qilingani haqidagi oyat va hadis hukmlari kifoya va asosiy hujjatdir. Amri ilohiyni taftish qilish, noo‘rin «Nega? Nima uchun?...» kabi savollar berishga haqqimiz yo‘q! Amrni bajarishga mas’ulmiz, agar bajarmasak, koinotning Xoliqi oldida javob beramiz, vassalom.


  2Мазкур манбада ичкиликбозликни аёвсиз танқид қилган миллатларнинг мақол ва маталлари ҳамда бир қатор Шарқу Ғарб мутафаккир ва адибларининг ичкиликни қоралаган фикрлари келтирилган.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:24:11
Muhtaram kitobxon!

Ushbu risolada Imom A’zam mazhabidagi alloma, shayx Muhammad Zohid Qo‘tqu (1897 - 1980) hazratlari bir qator oyat va hadislar, naqlu rivoyatlar asosida ichkilikning haromligini, dunyo va oxirat uchun zarari borligini, ichuvchi shaxs uchun alamli azobning muhaqqaq ekanligini kuyunib ta’kidlaganlar.

Risolani mulohaza qilib o‘qisangiz, amri ilohiyning hikmat manbaini, bani bashar uchun foyda keltiruvchi o‘gitlarini idrok qilasiz. Bevosita muallifga darddosh, hamfikr o‘quvchiga aylanasiz va uning haqiga ham duoi xayr qilasiz...

Allohu taolo barchamizni ichkilik balosidan asrasin. Solih, taqvodor va saodatli bandalar toifasidan aylasin!

                                                                                                                                            Tarjimon
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:25:22
ICHKILIK HAQIDA

Yaratgan Parvardigorimizga hamdu sanolar aytib, sevimli payg‘ambarimizga salotu salomlar yo‘llaymiz.

Ma’lumki, ichkilik xususida ko‘plab asarlar yozilgan. Lekin afsuslar bo‘lsinki, ularning aksarini amalda nafi kam bo‘layapti. Zero ichkilik talablar shahvat, shayton va nafs qo‘lida o‘yinchoq kabidir, undaylar jamiyatni xarob qiladilar, chunki ularda islomiy axloq va muayyan bir ustunlik ko‘rish juda qiyin. Ular o‘z manfaatlari changaliga asir tushganlar.

Bugun birov ozgina ichib zavq olayotgan bo‘lsa, keyinroq bunga o‘rganib qoladi, yana ko‘proq ichishga majbur bo‘ladi va nihoyat aqlu hushidan, oru nomusidan ajralgan jinnisifat aroqxo‘rga aylanadi. Alaloqibat ish o‘lim bilan tugaydi, islom dinining hukmlariga ko‘ra, jahannamga ketadi. Qiyomat kunida hamma jannatga ketayogganida, afsuski mushriklar bilan birga jahannam chuqurlaridan joy oladi.

Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Termiziylarning Abu Hurayra(r.a) dan naql etgan hadisda:
Ya’ni, Rasululloh(s.a.v): «Zinokor mo‘min holida zino qilmas, o‘g‘ri mo‘min holida o‘g‘irlik qilmas, xamr (aroq) ichuvchi mo‘min holida xamr ichmas», deganlar. Zero, iymon bunday gunohlarning hech birini qilishga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki, iymon sohibi Alloh taoloning bandani har yerda va doimo ko‘rib, qilayotganlarini bilib turishini yaxshi biladi. Unday yomon ishlarni qilarkan, ham qo‘rqadi, ham uyaladi. Chunki hayotini va hayoti uchun zarur bo‘lgan sanoqsiz ne’matlarni bergan Alloh taoloning lutflariga hurmatsizlik ko‘rsatib, eng buyuk ne’mat bo‘lgan aqlni yo‘qotishi va jinnisifat bo‘lib, kulgili bir holga tushishi va hatto mastlikning janjal va o‘limlarga sabab bo‘lishi aniqdir.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:26:18
ICHKILIKNING HAROM QILINISHI

Yuqoridagi ikki hadisi sharif bizga har qanday nomda bo‘lishi-yu, qanday tayyorlanishidan qati nazar, mast qiluvchi har narsa sharob kabi haromligini anglatmoqda. Sharob harom qilinishining sabablaridan biri - insonning shuuriga sohib bo‘lmasligi, aytayotganlarini anglamasligi va hatto ahmoqona gapirishidir. Har qanday sarxushlikning yakuni - shu. Shu bilan birga ichkilik har qanday yomonlikning boshi va ochqichidir.

Bizning tabibimiz: «Ichkilik har qancha ozdan boshlasin, insonni mutlaqo bir kun aroqxo‘r holiga keltiradi», deydi. Ortiq hech o‘nglanmas holga keladi. Hamma narsa ham ana shu oz-ozdan boshlanadi. Ba’zi odamlar afsuski, «ozginasi zarar bermaydi, quvvatlantiradi, ishtahani ochadi» deb, bu dardga mubtalo bo‘lganlar. Jasad shunday qilib, bu «ozgina» ichkilikka o‘rganadi. Ko‘paytira-ko‘paytira, nihoyat qip-qizil ichuvchi holiga keladi, razil bo‘ladi. Bundan bola-chaqa va qo‘ni-qo‘shnining zarar ko‘rishi tabiiy. Shuning uchun shubhasiz, har qancha yomonlik bo‘lsa, uning ildizi ichkilikdir. Ichkilikka ruju’ qo‘ydingmi, orqasidan falokat kut. Oxiri yo qamoq yo qabr...

Bu xususda Qur’oni karim oyatlarining tarjimasini takror va takror o‘qi. Chunki takrorda ko‘p foyda bor. Yuqorida aytilganidek, avvalo foyda yoki zarar ham emas, balki Alloh taolo man qilgan amrlariga itoat va xurmatdir. Boringki, ichkilik boshdan oxir foyda va shifo bo‘lsin, butun dardlarga darmon bo‘lsin xam deylik, ammo hech biri qulog‘imizga kirmaydi. Zero, Xoliqi koinot - Allox taolodan ham yaxshiroq bilamizmi? Modomiki man’ etdimi, muhokamaga o‘rin yo‘q... Musulmon boshqa narsa qidirmaydi. «Nima sababdan harom ekan?» demaydi. Aqli bilan ijobat - qabul etadi.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:27:34
Payg‘ambarimiz(s.a.v) ta’kidlaganlaridek: «Aqlli inson shunday kishidirki, Rabbiga itoat qiladi». Ya’ni, aqlli odam Alloxga itoatda, johil esa isyonda bo‘lgani uchun shunday deyilgan. Bu bir islomiy nuqtai nazardir. Eng to‘g‘risi xam shudir. Bugun dunyo hayotida ko‘rilayotgan rivojlanishning biz ko‘zda tutgan aql bilan xech aloqasi yo‘q. Bunga dunyo aqli derlar. Dindorda ham, dinsizda ham bo‘ladi. Biz murod ettan aql dunyo ortiga, so‘nggiga boqib, borliqlarning soxibi Alloh taoloni tanishni, Unga bandalik qilishni va amriga bo‘yso‘nishni o‘rgatadi. Isyon vodiylarida kezganlar ahli iymon nazarida johildirlar. Rasululloh Abu Dardo(r.a)ga xitoban: «Aqlingni ziyoda qilki, Rabbingga yaqinliging ham ziyoda bo‘lsin», - deyilganda:

- Aqlimni qanday ziyoda qila olaman? - degan.
-G’azabi ilohiyga sabab bo‘ladigan gunoxlardan saqlan. Va ilohiy farzlarni ado et. Shunda aqlli bo‘lasan (ya’ni, aqling xar on ortar). So‘ngra nofila (qo‘shimcha) ibodatlarni ko‘paytirki, dunyoviy aqling ortsin. Shu yo‘l bilan Rabbingga qurbiyat va izzating ziyoda bo‘lsin. Shuning uchun Imom G’azzoliy bunday deganlar:

Ya’ni, Alloh nazdida to‘ng‘izlarning (yomonlarning) eng kattasi, Unga itoat etmaganidir. Aql aslida, insonni Alloh azza va jallaga itoatga olib boradi. Haq subxanahu taologa muxolifat bo‘lgan ishlar aqlning nurini so‘ndiradi, uni fasod qiladi. Zero, isyon-dushman, aql esa nurdir. Shuning uchun aqli joyida bo‘lgan kimsa Alloq azza va jallaga isyon etmaydi. Alloh azza va jallaning azamatini, hamma narsani ko‘rib, bilishini biladi va bergan ne’matlarini ko‘z oldiga keltiradi. «Sen uchun bu ayb, hech yarashmaydi. Allohdan qo‘rq, uyal», - deya man’ etadi. Shuning uchun zino, ichkilik va o‘g‘irlik kabi iflos narsalar iymon bilan aslo kelisholmaydi, muvofaqat qilolmaydi. Ya’ni, ahli iymon bularni aslo qilmaydi. Hadisi sharifda mo‘min odam bu gunohlardan hech birini qila olmasligi bildirilgan.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:28:26
ICHKILIKDAN UZOQ TURMOQ

Hazrat payg‘ambarimiz ayganlar: «Huzurimga Jabroil kelib bunday dedi: «Ey Muhammad, Allox taolo sharobni, uni siqqanni va siqtirtanni, ichganni, tashiganni va unga yordam berganni, sotganni, sotib olganni, ichuvchiga berganni, ichkilik sotiladigan va tarqatiladigan yerlarni (mayxona va shu kabilarni) la’nat etdi», kabi hadislar ichkilikning haromligini ochiq izhor qiladi. Halol narsaga hech qachon la’nat aytilmagan. La’nat doimo kufr va haromga taalluqlidir. Hatto shunchalikki, ichkilikning tayyorlanishiga qanday bo‘lmasin yordam bergan, tashigan hammollar va shishalarini hammolning orqasiga ortib yuborganlar ham ayni la’natga loyiqdirlar. Endi, uni olib sotganlar o‘zlari ichmasalar ham, xuddi shunday gunoh va xuddi shunday la’natta loyiqdirlar. «Moida» surasining 91-oyati sharobning haromligini bildirgan oyati karimadir.

Ba’zi birovlar ichkilikka tarafkashlik qilib qandaydir narsalarni yozgandirlar, ehtimol bugun ko‘ryapmizki, bir qism kishilar sigaretga o‘rganganday ichkilikka mutbalodirlar. Ular aroqxo‘rlardir. Ularga endi qancha gapirsangiz ham foyda bermaydi. Chunki jasad bu kabi gunoh va iflos odatlar bilan ulfat bo‘lgan, jasadga bu narsa yog‘dek yoqadi, usiz yashay olmaydi. Faqat biror baloga mubtalo bo‘lib, joniga tamoman tegadi va shunday qilib tashlashi mumkin, lekin jasad va bosh muvozanatini ta’min qilib bo‘lmaydi. Ichmasa ham mastdek bo‘ladi.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:28:56
Janobi Haq farishtalarini shahvatsiz yaratgan, shuning uchun ular hech qabohat va gunoh qilmaydilar. Hayvonlar esa faqat shahvatli qilib yaratilgandir. Insonga kelsak, insonda ham aql, ham shahvat bor. Inson shahvatga g‘olib kelsa qanday baxt, agar shahvat aqlga g‘olib kelsa, afsus demoqdan boshqa choramiz yo‘q. Biror kishi «musulmonman» desayu, musulmonchilik harom qilgan, man’ qilgan gunohlarni doimiy suratda qilsa, ming afsus. Butun dunyo birlashib ichkilikni madh etsa, falonchi, falonchilar ham ichardi, shunday shon-shavkatlari bor edi, ko‘p yashadilar desalar, barcha tabiblar, kimyogarlar va olimlar ichkilikni madh qilsalar, musulmon bularning hech biriga zarracha quloq tutmaydi. Modomiki, «Alloh taolo kitobida mumkin emas, harom!», dedimi, «men ortiq boshqa so‘z eshitmayman», der. Lekin afsuski, iymon zaifligidan irodasini yo‘qotganlarga ortiqcha so‘zimiz yo‘qdir. Bundaylarning shahvati aqliga g‘olib kelgan, aqli mag‘lub, orzu havasining asiri, endi undan yaxshilik kugab bo‘ladimi?

Alloh taolo butun bashariyatni va alalxusus, musulmon millatini ichkilik ofati va boshqa gunohlardan saqlasin.

Gazetalarda Finlyandiyada ichkilik va sigaretning ta’qiqlangani hakida xabar berildi. Qanday go‘zal ibrat!

Yuqoridagi hadisi sharifda ichkilikning naqadar yomon va zararli ekanligi bildirilgan. Bunda eng muhim masala - buni ta’qiqlagan zot - Alloh taolo hazratlari ekanligidadir. Qo‘rqish lozim. Aslida jahannamni yaratgan Alloh taolodan qo‘rqish kerak. Jannat - mukofot uyi. Jahannam esa jazo uyidir. Ammo ikkalasi ham maxluq (yaratilgan)dir. Olovning yondirishi Alloh taoloning izni bilan bo‘ladi. Agar olov muhaqqaq yondira olsa edi, Ibrohim alayhissalomni kuydirishi kerak edi. Holbuki, unday bo‘lmadi. Haqning amri bilan bir onda «badr va salom» (sovuq va zararsiz) bo‘ldi. Shunday ekan, inson maxluqdan emas, avvalo Xoliqdan qo‘rkishi kerak. Qamoqxonalar ham bir jazo uyidir. Inson doimo u yerga tushmaslikning tadbirini ko‘radi, bashariyat yaratgan qonunlarni doimo hurmat qilishni vazifa deb biladi va qonunlarga muxolif harakatlardan saqlanadi.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:29:18
Borliqning va koinotning sohibi, butun mavjudotlarni yaratgan va koinotni g‘oyatda uyg‘un bir nizomga bo‘yso‘ndirgan, insonga ko‘rish, eshitish, gapirish va hidlash hislarini, idrok, aql, fikr kabi behisob ne’matlarni bergan Haq subhanahu va taolo yana bandasining foydasi va sihati, botinidagi nurning muhofazasi uchun ichkilikni harom qilgan.

Biz avvalo shuni yaxshi bilishimiz kerakki, ichkilikning moddiy zararlari u qadar muhim emas. Asl falokat, aslida yaxshini yomondan, oqni qoradan, haqni botildan farqlaydigan nurni, ma’naviy aqlni yo‘qotishdir. Ichuvchi chin bilan yolg‘onni farqlay olmaydigan darajaga kelsa, yaxshi bilan yomonni, oq bilan qorani ajratolmasa, uni qanday qilib inson deb bo‘ladi? Asl fojeiy falokat - insonlik martabasidan hayvonlik martabasiga tushishda, nursizlikdadir. Zero, mana shu nur tufayli inson Allohni taniydi va Unga itoat qiladi. U nur so‘nsa, yoki qoraysa, ko‘z hayvon ko‘zidek bo‘lib qoladi, ya’ni inson ko‘rar ko‘zidan emas, qalb ko‘zidan mahrum bo‘lib qoladi...
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:29:52
ICHKILIKNING ZARARLARI

1.   Ichkilik ichgandan iymon nuri olinadi;
2.   Alloh taoloning la’natiga mubtalo bo‘ladi;
3.   Ichkilik g‘am va musibatlarni jalb qiladi, rizqni kamaytiradi. Ichuvchining qiyofasi, siymosi o‘zgaradi, go‘yo bir hayvon holiga keladi;
4.    Faqat osiylargiia sharob ichadilar. Ular Alloh va rasuliga, oxirat kuniga ishonmaydilar;
5.    Ichkilik insonni qotillik, zino va shu kabi har turli gunohlarga yetaklaydi;
6.    Qiyomat kunida jahannam xalqiga, ichkilik ichgan odobsiz ayollarning farjlaridan oqqan iflos yiringlar ichiriladi;
7.   Alloh taolo ichuvchilarga jannatni harom qilgan;
8.    Aroqxo‘r yuragi issiqlikdan yongan holda qayta tiriladi;
9.    Aroqxo‘rning azobi butga sig‘inganlarnikidek bo‘ladi;
10.    Alloh taolo ichkilik ichganning qirq kunlik ibodatini qabul qilmaydi;
11.    Ichuvchi haqirdir. Unga darra uriladi, salom berilmaydi;
12.    Alloh taoloning g‘azabiga duchor bo‘ladilar. Shu holda o‘lsalar Alloh taoloning savobi va rahmatidan mahrum qoladilar;
13.    Mast holda o‘lsa, qabr azobini ko‘radi va qabrida qon va yiring bilan azoblanadi. Butun yaxshiliklardan mahrum, dunyosi qo‘lidan olingan kishidek bo‘lib qoladi;
14. Mast odam o‘z halokatini o‘z ko‘li bilan tayyorlaydi.
Har qanday ichkilik haromdir. Hech bir ichkilik yoki uni qo‘shib tayyorlangan dori bilan davolanish joiz emas, haromdir. Shunga alohida e’tibor berish kerakki, ichkilikdan boshqa najosatlar bilan davolanish mumkin va hatto joiz hamdir, ammo ichkilik bilan davolinishga yo‘l yo‘q.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:30:32
KIMKI ICHKILIK ICHSA, ALLOH UNING IYMONINI OLADI

Abu Hurayra(r.a) Payg‘ambarimiz(s.a.v)dan bunday rivoyat qilgan: «Har kim zino qilsa yoki sharob ichsa, odamning boshidan ko‘ylagini yechgandek, Alloh ham undan iymonini chiqaradi».

Bu yerda iymonning chiqarilishiga bir necha ma’no berilgan. Ba’zilar: «Iymonning nuri ketadi», deydilar. Ma’lumki, nur deb yorug‘likka, oydinlikka, quyoshga, oyga, elektrga aytiladi. Elektr lampalarga tok uzatish to‘xtatilganda, qanday qorong‘ilik vujudga kelsa, iymon ham nuri ketgach, xuddi shunday bo‘lib, ortiq haq bilan botilni ajratib bo‘lmaydi. Qorong‘ilikda qora bilan oqni farqlash mumkin bo‘lmaganidek, iymon ham shu holga keladi. Shunchaki nomiga bir iymon qoladiki, qay tarafga tortsang, ketaveradi. Boshqa bir ma’noga ko‘ra iymon insondan chiqarilib, boshi ustida bir soyadek turadi. Bu hollar o‘tgandan keyin qaytadan joyiga tushadi, boshqa rivoyatlarga ko‘ra, tavba qilsa, tavbasi qabul bo‘ladi.

Tabaroniyning rivoyatida «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan odam sharob ichmasin va sharob ichiladigan dasturxonga o‘tirmasin» deyiladi. Har qanday kayf beradigan ichimlik - sharob hukmidadir. Shunday ekan, har qanday ichkilik ichiladigan joylarda o‘tirgan ichmaydigan kishi ham ichganlar kabi gunohga duchor bo‘ladi.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:31:10
ICHKILIK BARCHA YOMONLIKLARNING ASOSI

Habbob bin Arat(r.a) Rasululloh(s.a.v)dan bunday naql etadi: «Ichkilik ichishdan saqlaning. Chunki ichkilikning yomonligi boshqa yomonliklarga manba bo‘ladi. Xuddi tokning boshqa daraxtlar ustiga chirmashib chiqib, egallab olganidek».

Ha, butun gunohlarning undan chiqishiga dalil shuki, avvalo namoz o‘qiy olmaydi, ro‘za tuta olmaydi, har xil fisqu fujurga sabab bo‘ladi, bu esa gunohlarning xuddi tok shoxlarining ko‘payib ketganiga o‘xshaydi.

Abdulloh bin Umar Rasuli Akram(s.a.v)dan naql etadiki: «Kayf beruvchi har qanday narsa sharob hisoblanadi va uning har qanday turi haromdir. Har kim dunyoda davomli holda sharob ichib o‘lsa, oxirat sharoblaridan icha olmaydi». Oxirat sharoblari esa mast qilmaydi, kayf bermaydi, insonga ilohiy huzar-halovat bag‘ishlaydi.

Uch kimsa jannatga kirmaydi: doimiy sharob ichib yurganlar, sehrga ishonganlar, silai rahm qilmaganlar. Yana uch kimsa ham jannatga kirmaydi: biri dayus, ikkinchisi o‘zlarini erkakka o‘xshatgan ayollar, uchinchisi doim sharob ichib yuradiganlar. Shu sababdan sharob ichishdan saqlaning, chunki u har qanday yomonliklarning manbaidir. Naql etishadiki, har qancha gunoh, yomon va iflos narsalarning hammasini yig‘ib, to‘plab, bir xonaga qamab, qulflab, qo‘yganlar. Ularni ochuvchi kalit esa mastlikdir. Sharob ichildimi, eshiklar ochilib, har turli yomonliklar osonlikcha sodir bo‘ladi, shuning uchun bundan iloji boricha saqlaning.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:32:12
MAST BO’LIB O’LGAN YANA MAST BO’LIB TIRILADI

Sharob ichgan odamning qirq kecha va qirq kunduz namozi qabul bo‘lmaganidek, shoyadki, tavba qilsa, tavbasi qabul bo‘lar. Agar to‘rt marta aroq ichgan bo‘lsa, Alloh taolo unga jahannam xalqining yiringini ichiradi. Shu qirq kun ichida o‘lsa, kofir bo‘lib o‘ladi va dunyodan mast holda ketadi. Qabrida ham mast holda qoladi. Qiyomat kunida mast bo‘lib tiriladi va mast holda jahannamga olib ketilishi amr qilinadi.

Mastligi tufayli namozni bir marta tark etgan kishi dunyo va undagi hamma narsani qo‘ldan boy bergan odam kabidir. Shunday ekan, quyydagi besh holda ummati Muhammad uchun halokat bor:
1.      Bir-birini la’natlashda;
2.    Ichkilik ichishda;
3.    Ipakli kiyim kiyishda;
4.    Yomon ayol saklashda;
5.    Bir jinsdagi kishilarning o‘zaro shahvoniy munosabatlarida.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:32:34
Ichkilikning falokatligi haqida qanchadan-qancha asar va qimmatli so‘zlar mavjud. Bularni yo o‘qimaymiz, yo o‘qisak ham, nafsimizga qul bo‘lganimizdan qulog‘imizga kirmaydi. Bugun barcha yurtlar shifobaxsh sharbat bilan to‘lib toshgan ham arzon, ham salomatlik uchun foydali, aqlni ham ketkizmaydi, aksincha, quvvat beradi. Lekin afsuslarki, irodasi zaif odamlar, aqldan mahrum qiladigan, ham sog‘liqqa zarar beradigan, ham ba’zan oqibati o‘lim bilan tugaydigan hodisalarga sabab bo‘ladigan ichkilikka mubtalo bo‘lganlar. Ichkilikni chiqarganlar muhaqqaq dinsiz va axloqsiz odamlardir. Islom kelgach, ichkilik ta’qiqlandi. Bu ta’qiq Madinai Munavvarada e’lon qilinganda, musulmonlarning hammasi uylaridagi ichkilikni ko‘chalarga olib chiqib to‘kdilar, shishalarini ham sindirganlar. Hatto Madinai Munavvara ko‘chalaridan sharoblar xuddi seldek oqqan ekan. Ana musulmonlik! Payg‘ambarning so‘ziga amal qilmoq ana shunday bo‘ladi. Hech taraddud etmay, payg‘ambar buyrug‘iga darxol itoat etib, saqlagan sharoblarini ham to‘kib, ham shishasini sindirganlar.

Alloh taolo jumlamizni sevmagan va ta’qiqlagan har qanday narsasidan muhofaza etsin va O’zi sevgan, rozi bo‘lgan bandalaridan qilsin.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:33:47
DOIMIY RAVISHDA GUNOH QILISH QALBNI QORAYTIRADI

E’tiqodimiz bo‘yicha, ba’zi gunohlarni qilgan odam kofir bo‘lmasa ham qo‘rqish kerak bo‘lgan jihati shuki, ba’zi gunohlarni doimo qilib yurgan insonning qalbi qop-qora bo‘ladi. Kufr bilan iymonni tanlay olmaydigan bir holga keladi. Bu hol va vaziyat uni o‘zi bilmagan holda kufr tomon yetaklaydi. Unga «kofir» desang jahli chiqadi, janjallashadi, «kofir emasman», deydi.

«Shariat yo‘lida yurishga da’vat qilganning boshini yoraman», deb odobsizlik qilib, so‘ng yana masjidlarda «musulmonman» deb, qo‘lida tasbeh ushlagan bunday bechoralar o‘zlarini va boshqalarni qanchalik aldayaptilar...

Shariatni istamagan odamning kufrida hech ixtilof yo‘q. Ammo bugungi musulmon buni idrok etishdan ojiz, chunki diniy ma’lumotdan umuman mahrumdir.

Dunyoviy ilm bor. Uni bilmaganlarni johil deydilar. Yana din ilmi borki, buni bilmaganlarni ham ajhol - johillar deydilar. Diniy ilm orqali borliqning soxibi bo‘lgan Allohni tanimoq, Uning bizga bergan Islom dinini o‘rganmoq va amal qilmoq har bir mo‘minning burchi. Din ilmidan mahrum odamlarning dunyoda yashash tarzi hech qachon insonlikka mukammal ravishda uyg‘un va xayrli yashash tarzi bo‘la olmaydi. Fir’avnlar davridan to bugungi kungacha madaniyatning eng yuksak davridagi dinsizlarning hayotini olib qarasak, bu turmush tarzi chinakam insoniy, mo‘min odamning hayotiga sira o‘xshamaydi. Loaqal «yangi yil kechasi» deyilgan kechada qilingan gunohlarni bir o‘ylab ko‘raylik. Bu kechadagi ziyofatlar, isrofgarchilik, mast-alastlik, xushvaqtchilik xalqimizga qanday og‘ir yuk bo‘lmoqda. Holbuki, musulmonman degan inson bilishi kerakki, hazrati Payg‘ambarimiz(s.a.v) «Har qanday vaziyatda, koru holda yahudiy va nasroniylarga muxolifat eting», deb amr qilganlar. Yahudiy va nasroniy odat va an’analariga bu qadar sadoqat bizlarga yarasharmikin? Axir ular bizning odat va an’analarimizga sira ham esh bo‘lmaydilar-ku! Istang-istamang, har bir narsa o‘z asliga qaytadi...
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:34:48
ICHKILIK MO’MIN FAROSATINI O’TMASLASHTIRADI

Ibrat faqat basirat bilandir. Ya’ni, ma’naviy ko‘zimiz ham ochiq bo‘lishi kerak. Chunki bu nurni bizga Janobi Haq ehson etgan. Zohiriy narsalar oddiy ko‘z bilan ko‘rilsa, botiniy dunyo basirat bilan ko‘riladi, o‘qiladi, bilinadi. U xuddi sizning radiongiz, televizoringiz. Agar ishlamasa, uning nima keragi bor? Ma’naviyatdan bebahra ko‘ngil, ko‘z, akl va quloq xuddi ishlamaydigan soat yoki mashina, radio, televizor kabi - tashqi ko‘rinishi go‘zal, lekin eng zarur bo‘lgan ich qismi esa buzuq. Bu oqimning nomi «Nur»dir. (O’zbekchasiga yorug‘lik, oydinlik desa bo‘ladi). Bizning jon mashinamizni ishlatadigan nur - ruxdir. U bo‘lmasa inson ishga yaramaydigan, axlatga tashlangan bir mashina bo‘lagi kabi bo‘lib qoladi. Ba’zi birodarlarimiz bu ta’birdan xafa bo‘lib, bizga e’tiroz bildirishlari mumkin:

- Ishlashimizni ko‘r. Ovro‘poliklarni, dinsiz qavm va kommunistlarni ko‘rmayapsanmi? Jon jahdi bilan ishlayapti. Xo‘sh, sizningcha bular jonsiz odamga o‘xshaydimi?....

Aziz birodarim, - deyman men. - Vaqti-vaqti bilan tush ko‘rib tursang kerak. Tushni yotog‘ingda uxlayotgan jasading ko‘radimi yoki sening bir timsolingmi? Na eti, na suyagi bor. Bir onda har tarafga keza oladi. Ba’zan ko‘klarda uchadi, ba’zan dengizlarni oshadi. Asl ruh bir nurki, uning ta’rifiga tilimiz ojizdir. Shu nur tufayli inson insondir. U nurning pokligi va sofligi muhofaza etilgan taqdirdagina insonda juda buyuk va juda ko‘p ajoyibotlar ko‘rinar. Payg‘ambarlardan zoxir bo‘lgan mo‘‘jizalar aslida shu nurning g‘oyat tozaligidandir. Bu nur vujudimizda ikki taraflama ko‘rinadi. Birinchisi, ko‘rinadigan hayot - ko‘rish, yeb-ichish va eshitishni ta’minlaydi. Bu nur yo‘qolsa, xayot tugaydi. Nurning asl qismi ichki nurdir. Ikkalasini birlashishidan insonda kamoli insoniyat zohir bo‘ladi. Faqat bittasi bilan badan ishlaydi. Harqanday jonzotning ishlaganidek ishlaydi. Murodimiz bu emas. Biz bir mumtoz maxluqmiz, xayvonlar kabi g‘oya va natijasini bilmay ishlagani kelmaganmiz. Biz Xoliqimizga bandalik qilishimiz kerak. Bu bandalikni bajo keltirmoq uchun bu olamga kelganmiz. Asl vazifamiz bandalik. Buni unutib, hayvondek ishlab, tuproqqa ko‘milib yo‘q bo‘lish emas. Aks xolda bunday hayotga achinib, yig‘lash kerak. Zero, unday xayotda eng muxim narsa - insonlik yo‘qdir. Insondan boshqa maxluqlarning yashashidek xayot bor, xolos. «Balxum azall - balki ular xayvondan ham tubanroqdirlar» oyati jalilasida fosiq, kofirlarning past, eng tuban darajaga loyiq ekanliklariga ishora qilingan.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:35:04
Ikkinchi nur ichki olamning nuridir. Insonni inson qilgan narsa ham shu. Buni tark etsak, ko‘zi bor, lekin ko‘rmaydigan, qulog‘i bor, eshitmaydigan, boshi bor, ammo o‘ylamaydigan holga kelamiz. Shuning uchun insonning ruhini kirlatgan va nurini qoraytirgan har narsa gunoh, haromdir. Ichkilik ham pgunday narsalardandir. Ichkilik insonning muvaqqat bir lahzalar aqlini ketkizishi va g‘am-anduhini unuttirishi mumkin. Mana shu gunoh va haromlar ruhimizni kirlaydi, nurimizni qoraytiradi. Shuning uchun ham u taqiqlangandir. Shuningdek, ichkilik ichmasa ham dunyoga mayl va muhabbatlari sababidan shu qadar mast bo‘lgan kimsalar borki, ta’riflariga til lol. Bundaylarning butun faoliyati, aqli, fikri, ishi-kuchi bu foniy dunyoga ega bo‘lish uchun ishlash va bundan mast bo‘lish. Bu ham ichkilik tufayli yuzaga keladigan mastlikdan kam emas. Bundaylarda Islom ko‘zda tutgan, istagan insoniylik topilmaydi. Shunga binoan aytamizki, insonni mast qiladigan har qanday narsa haromdir...
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:35:52
MASTLIKDA O’LGAN JOHILIYAT O’LIMI BILAN O’LADI

«Sharob xabois - butun yomonliklarning onasidir. Kimki uni ichsa, Alloh azza va jalla uning qirq kungacha namozini qabul qilmaydi. Agar hatto bir qultum bo‘lsa ham ichida ichkilik bilan o‘lsa, johiliyat o‘limi bilan o‘ladi».

Johiliyat o‘limi ya’ni (islomdan ilgarigi) - dinsizlik davridagi badbaxt insonlardek dinsiz o‘lgani uchun ham yuqoridagi hadisi sharif qayd etilgan. Johiliyat davrida dinsiz o‘lganlarning orasida pok va nomusli odamlar ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo insonning onasi, xolasi va ammasi bilan jinsiy munosabatda bo‘lishidek bir holatni biror dinda va biror millatda tasavvur qilish qiyin. Johiliyat davrida mastlik insonlarni shunday qabih holatlarga olib borardi. Shunga binoan mastlik mazammat qilingan va naqadar qabohat narsa ekanligi tashbeh asosida tunguntirilgan.

Boshqa bir hadisda:
«Zino qilgan kimsa iymondan chiqadi; o‘z xohishi bilan sharob ichgan odam ham iymondan chiqadi. Kim insonlarning molini olib, o‘g‘irlik va talonchilik qilsa, u ham iymondan chiqadi». «Man zano xaraja minal iymon» deyilar ekan, demak, iymoni bo‘lgan mo‘min va muvahhid bir kimsaning bu gunohlarni qilishga haqqi yo‘q. Gunoh qilishga tashabbus etgan odamdan esa, ustimizdan kuylak yechib olinganidek darhol iymon chiqadi. So‘ng ichkilik ichgan kimsa mushrikka o‘xshatilgan. Tomirlarida ichkilikdan bir zarra bo‘lgani holda o‘lsa, johiliyat o‘limi bilan o‘ladi. Shuningdek, ichkilikning zarari faqat nafsida qolmaydi. Balki ommaga tegadi. Ichkilik yakka holda ichilmaydi. Yonida cholg‘u va cholg‘uchilar bo‘lganidan bu gunohlarni qilgan fosiq va fojirlar - zilzilalarga, insonlarning siymosi, axloq va harakatlarining o‘zgarishiga, shuningdek, «qazf» deyilgan tuhmatga sabab bo‘ladi.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:36:26
Ko‘kdan tosh yog‘adi, tuproqlar ko‘chadi, mozordan chiqishlar ro‘y beradi. Tayyoralar halokatga uchraydi. Lekin bugungi inson bularga qandaydir bahonalar topib, bu hodisalarni yer ko‘chishi, ma’danlarning portlashi kabi sabablar bilan bog‘lab, asl sababni chetlab o‘tishga harakat qiladilar. Holbuki, bularning bosh sababi - isyon. «Nega kofirlarga hech narsa bo‘lmayapti-yu, faqat bizda bo‘ladimi?», deya ko‘rma. Vaqti kelib ularga ham navbat keladi. Sen dinsizlar haqida bo‘lmag‘ur gaplar aytib gunohga botma.

Bu borada Alloh va Rasulning so‘zlariga diqqat qilish kerak. Agar ichkilik yaxshi narsa bo‘lsa, ichgan odamga nima sababdan darra uriladi, nihoyat nima uchun o‘ldiriladi? Yigirmadan ortiq roviylar rivoyat qilgan, jumladan Imom Muslim(r.a)ning hadisi shariflarida aytiladiki:

«Kimki sharob ichsa, darra uring. Ikkinchi marta ichsa, yana uring. Uchinchi marta ichsa ham uring. To‘rtinchi marta ichsa o‘ldiring». Oxirgi hukm mansux (bekor, qabul qilinmagan) bo‘lsa ham Imomi Molik(r.a)ga ko‘ra «qatl lozimdir» deyilgan. Boshqa gunohlar emas, zinokor va ichuvchilarga qatl jazosining loyiq ko‘rilishi, ularning zarari kattaligiga dalolat beradi. Boshqa musulmonlarni asrash uchun bir tadbir bu. Chunki ichkilik barcha yomonlik va gunohlarning boshidir. Unga o‘rgangan kimsadan har qanday yomonlik kutsa bo‘ladi.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:37:27
Bir ibratli hikoya bor. Bir vaqtlar bir zot shahar tashqarisidagi bir go‘shada - nasroniylarning ibodat va riyozat uchun kiradigan yerlarida yashar ekan. Bir kun shayton musofir qiyofasiga kirib, u zotnikiga mehmon bo‘libdi. Uy egasi unga taom manzirat qilibdi, lekin uch kun davomida mehmon hech narsa yeb-ichmabdi. Uy egasi:

-   Sen qanday odamsanki, yeb-ichmay yashaysan? - debdi. Shayton aldab:
-   Bir gunoh qilib, so‘ngra tavba qilgandim. Alloh taolo mendan yemoq ehtiyojini ko‘tardi, - deyishi bilan obid:
-   Hay, menga ham o‘rgat, men ham yeb-ichish kulfatidan qutulay, - debdi.
Shayton ham unga javoban:
-   Yo ichkilik ichish, yo zino qilish yoki bir odam o‘ldirish lozimdir, - debdi. Bechora obid ko‘p o‘ylab, odam o‘ldirish bo‘lmaydi. Zino, u ham bo‘lmaydi. «Ichkilik... ey, bir oz ichaman, so‘ngra tavba qilaman, eng osoni shu», deb sharob ichibdi. Bu orada shayton qizi kasal bo‘lgan bir podshohning oldiga borib, «Falon joyda bir obid bor, nafasi juda yaxshi, inshoalloh u yerda qizingiz sog‘ayadi», - deb podshohni aldabdi. Bir onda qizni aravaga solib, obidning uyiga olib kelibdilar. Obid mast holida qizni zo‘rlab zino qilibdi. So‘ngra qilganiga pushaymon bo‘lib, «Ishqilib, podshohning xabari bo‘lmasin», deb o‘ylab o‘girganda, shayton kelib: «Uni o‘ldirib, ko‘mishdan boshqa chora yo‘q, qidirishsa, uyga yubordik deymiz», debdi. Shu sabab bo‘lib, bechora obid qotillik ham kilibdi. Lekin qizning o‘ldirilgani bilinib, ko‘milgan joyidan jasadi chiqarilgach, obidning qatliga farmon berilibdi...
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:37:58
Ko‘rdingizmi, bir ichkilik ham zinoga, ham qatlga sabab bo‘ldi. Bir necha daqiqalik zavq bu jinoyatlarning sodir bo‘lishiga arziydimi? Alloh azza va jalla butun bashariyatni, hususan ummati Muhammadni bu kabi hollardan muhofaza qilsin.

Ham sihatga foydali, ham kimsaga gunohi, zarari yo‘q xilma-xil ne’matlar: sharbatlar, ayronlar, meva suvlari to‘lib-toshib turgan holda es-hushi joyida, tuppa-tuzik odamlar mastlikka ruju qo‘yadilar, so‘ngida o‘zidan ketadilar, nima qilayogganini bilmay, o‘likday uxlab, qusib-qusib atrofni barbod qiladilar. Yo Rabbim, qanday ayanch hol bu?! Ichkilikning xush ko‘riladigan nimasi bor? Aqli salim hech qachon buni qabul qilmaydi. Musulmonlik esa avval boshdan buni rad etadi. Jabroil alayhissalom vositasida Payg‘ambarimizga bunday buyurilgan: «Ey Muhammad, xohlaganingcha yasha, faqat yaxshi bilki, so‘ngida o‘lasan, hayogingni, turmush tarzingni shunga ko‘ra tartibga sol, chunki natijada o‘lim bilan yuzma-yuz bo‘lasan. So‘nggi pushaymonning befoyda ekanini ham bilasan.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:38:33
Ikkinchisi: istaganingni, xohlaganingdek sev, lekin yaxshi bilki, oxir sevganingdan ayrilasan. Shunday ekan bir zoti Ajallu a’loni sevki, sevganing sayin Undan ayrilish emas, balki Unga yaqinlashasan. Ha, qayta-qayta Allohni sev, foyda faqat Undandir.

Uchinchisi: har qanday yomonlikni qilishing mumkin. Ammo yaxshi bilki, qilganlaringning jazosini ko‘rasan. Ya’ni xayotingning har lahzasiga mas’ulsan». O’zimizni shunga ko‘ra tarbiyalamoq majburiyatidamiz, vassalom.

Boshqa bir hadisi sharifda esa:
«Mendan keyin ummatim sharobni ismini o‘zgartirib ichadi. Bunga umarosi, hokimlari yordamchi bo‘ladi». Bu hadisda bayon etilgan hikmat tom ma’nosi bilan amalga oshgandir. Kombinatlarga yuborilayotgan uzumlarga qarab ming afsus deyishdan, o‘zimizni to‘xtatolmaymiz. Chunki bu gunoh bo‘lishi bilan birga Haqqa qarshi ochiq isyondir. Buning albatga, jazosi og‘ir bo‘ladi.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:39:20
ICHKILIK ICHGANLARNI ALLOH HIMOYA QILMAS

«Mastlik beruvchi har qanday narsa sharob hukmidadir. Mast qiluvchi narsaning ko‘pi ham, ozi ham haromdir». Demak, Payg‘ambar(s.a.v) amriga ko‘ra, uning bir qultumi ham harom. Bunga binoan sigaret harom degan olimlar ham bor. Chunki ketma-ket chekilganda uning ko‘pi odamni mast qilishi mumkin. Mast qilmasa ham uning yomon hidi yetarli emasmi? Bugun fan sigaretning zararini ochiq e’lon etayotganda, buni chekayotgan tabiblarga nima deyishni ham bilmayman. Quyidagi hadisi sharifda marhamat qilinadiki:

Abu Hurayra(r.a) rivoyat qilgan hadisda: «Alloh sharobni ham, pulini ham harom qilgan. O’lik hayvon go‘shtini va pulini ham harom qilgan. To‘ng‘iz go‘shti va pulini ham harom qilgandir». Ya’ni, inson ichmasa ham ichkilik sotib, ishlagan puli haromdir. Endi insof bilan ilk musulmonlar holiga qara-yu, bizning holimizga qara. Islomning ilk davrlarida eskidan o‘rganilgan bu iflos odatdan musulmonlarning qutulishi uchun nozil bo‘lgan Qur’on oyati ummatga yetkazilishi bilanoq, butun musulmonlar bir-birini xabardor qilib, o‘z qo‘llari bilan hozirlagan qancha ichkiliklari bo‘lsa, eshiklaridan tashqariga otib, shishalarini sindirganlar. Bu amrni bajarishga ularni hech kim majbur qilmagan. Faqat ichlaridagi iymon va sevgilari yetarli bo‘lgan. Ichkilikni shunday to‘kishlarigina emas, o‘z mollari, jonlarini fido qilishdan ham qochmaganlari hamisha ko‘z oldimizdadir. Islomga bo‘lgan sevgilari sababidan tug‘ilib o‘sgan mamlakatlarini tashlab, hijrat qilish oson deysizmi? So‘ng Badr, Uhud va boshqa jihodlarda Allohning dushmanlari bilan kanday urushganlari hammamizga ma’lum. Mana shu musulmon oshiqlar, sharobning ta’qiqlanganini eshitgach, hech taraddud etmay hamma shishalarini sindirib, himmatlarining yuksakligini ahli dunyoga isbot etganlar. Alloh ulardan rozi bo‘lsin.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:40:45
ICHKILIK - YOMONLIKLAR ONASI

Bu hadisi sharifning ma’nosi: «Sharob ichishdan saqlaning, chunki u barcha yomonliklarning kaliti, manbaidir».

Men bu o‘rinda hadis kitoblarida bitilgan ichkilik haqidagi hadislardan ba’zilarini naql etishni munosib ko‘rdim. Chunonchi, «Targ‘ib vat-Tarhib» nomli hadis kitobida ichkilik haqida 57 ta hadisi sharif naql etilgan. Ba’zilarini darj etib o‘tamiz:

1-hadis: Buxoriy, Muslim, Dovud, Termiziy va Nasoiylar asarlarida keltirilgan. Ya’ni:
«1. Zoniy (zinokor) zino qilmas, mo‘minlik holida.
2. O’g‘ri o‘g‘irlik qilmas, mo‘min bo‘lgan holda.
3. Ichuvchi sharob ichmas, mo‘min bo‘lgan holda».

Ya’ni, mo‘min bo‘da turib inson na zino qila oladi, na o‘g‘irlik va na sharob icha oladi. Agar bir mo‘min bulardan birini qilsa, undan islom alomati ketadi. Hatgo gunohlar kitobida yozilganki: Bir odamning sharob sotgan odamda qarzi bo‘lsa, qarzdor qarzini sharob pulidan bersa, qarzini to‘lagan hisoblanmaydi. Zero, sharob puli uniki emas - musulmonga sharob sotish haromdir...
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:42:22
11-hadisi sharifda: «Har kim zino yoki sharob ichsa Alloh undan iymonini oladi». Hadisdagi «naz’» so‘zi «tortib olmoq», masalan, quduqdan suv chiqarmoq ma’nosini beradi. Inson ko‘ylagini boshidan yechgandek iymon ham undan shunday chiqariladi. Binobarin, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan kimsa ichkilik ichmasin va kishi Alloh va oxiratga ishonar ekan, ichkilik ichiladigan dasturxonga o‘tirmasin.

13-hadisda: «Kayf beruvchi har qanday narsa sharobdir va kayf beruvchi har narsa haromdir. Kimki dunyoda sharob ichib, bunga o‘rganib, odatlanib o‘lsa, oxirat sharoblaridan ichmaydi (ya’ni jannatga kirmaydi)». Uch kimsa jannatga kirmaydi: sharob ichishga odatlangan, qarindoshlari bilan arazlashib, ziyorat qilmaydiganlar va sehrni tasdiq ettanlar.

16-hadisda: «Sharob ichgan, foiz yegan, pulini foizga qarz bergan, yetim molini haqsiz yegan, ota-onaga osiy bo‘lganlarning jannatga kirmasliklari Allohning haqidir, ya’ni jannatga kirgizmaydi va ne’matlaridan yedirmaydi», deyiladi.

18 va 19-hadislarda esa sharob ichib o‘lgan odam butga sig‘ingan kimsa kabi Allohga yuzlanadi, deyilgan.

22-hadisi sharifda: «Uch kimsaga Alloh taborak va taolo jannatni harom qilgan. Bular: ichkilikka odatlanganlar, ota-onaga osiy bo‘lganlar va dayuslar, ya’ni oilasining iffatsizligini iqror qilib, u bilan yashagan badbaxtdir», deyilgan.

23-hadisda: «Jannatning hidi 500 yillik masofadan kelib tursa-da, berganini minnat qilgan, ota-onaga osiy bo‘lgan, ichkilikka ruju qo‘ygan odamlar undan bahramand bo‘lmaydilar», deyiladi.

24-hadis: «Uch kimsa borki, abadiy jannatga kira olmaydi: Dayuslar, o‘zlarini erkaklarga o‘xshatgan ayollar va ichkilikka o‘rganganlar».

26-hadis: «Sharob gunohlarning qadahidir, ayollar shayton tuzog‘idir, domidir, shayton odamni u bilan aldab, zalolatga tushiradi. Dunyo sevgisi esa butun xatolarning boshidir».

27-hadis: Abu Dardo(r.a)dan: «Do‘stim Rasululloh(s.a.v) vasiyat qildi: «Seni parchalasalar, yoqsalar ham Allohga hech narsani sherik qilma, farz namozlardan hech birini qasddan tark etma, kimki qasddan tark etsa, dinu mazhabdan chiqadi. Sharob ham ichma, chunki u butun sharrlarning miftohidir (yomonliklarning ochqichidir)».
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:43:02
Ya’ni, bor yomonliklarni bir xonaga qamasalar uning boshi ichkilikdir. Ichkilik ichdingmi, eshik ochiladi, yomonliklar maydonga chiqadi, ichuvchi bu yomonliklarning hammasini qilaveradi.

Yana bir hikoyani zikr etaman: kunlardan bir kun bir zot ibodat uchun odamlardan xoli bir joyga chekilibdi. U yerda ibodat bilan mashg‘ul ekan, buni ko‘rgan bir ayol unga oshiq bo‘libdi. Xizmatkorini yuborib: «Bir guvohlik masalasi tufayli sizni bizning xonim uyiga chaqiryapti», deb odamni aldab uyiga olib kelibdi. Xonalari ko‘p ekan, Har xonadan boshqasiga o‘tganda eshiklar qulflanibdi va nihoyat, g‘oyat go‘zal bir ayol o‘tirgan xonaga kirib qarasa, bir yosh go‘dak bilan katta bir idishda ichkilik turganmish. Ayol obidga: «Seni guvohlik uchun chaqirdim, maqsadim yo bu bolani o‘ldirasan, yo men bilan jinsiy muomala qilasan va yo shu sharobni ichasan. Bosh tortadigan bo‘lsang, dodu faryod qilib seni razilu rasvo qilaman», debdi. Bechora obid qarasa qutulishning hech chorasi yo‘q, sharob ichishga qaror qilibdi. Bir pastda tuppa-tuzuk odam mast bo‘lib zino ham qilibdi, go‘dakni ham o‘ldiribdi. Azizlar, sharob ichishdan saqlaning.

Alloh jalla va ala bizlarga aql, fikr, hidoyat nasib etsin, yomon, iflos oqibatlardan muhofaza etsin. Omin.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:43:46
JANNAT NE’MATLARIDAN MAHRUM TO’RT KISHI

Hokimning isnodi sahih (manbai ishonchli) bir hadisi sharifini eslab o‘taylik. Zero, bunda farosatli odam uchun ko‘p ibrat va saboq bor. Abu Hurayra Rasululloh(s.a.v)dan naql qiladilarki: to‘rt kishining jannatga kirgizmasligi va ularga jannat ne’matlarini yedirmasligi Allohning haqidir: 1 - sharobga ruju qo‘yganlar, 2 - foiz yeganlar, 3 - yetim molini nohaq yeganlar, 4 - ota-onaga osiy bo‘lganlar.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:44:24
SHAROB ICHISHGA ODATLANGANLAR

Bir paytlar bir boy hashamatli bir jome’ qurdiribdi. Afsuski, o‘zi ichkilikka o‘rgangan ekan. O’sha davrning taniqli ulamolaridan biri jome’ning ochilish marosimida binoning ichiga sharob to‘ldirilgan katta bir ko‘za qo‘ydiribdi. Odamlar jome’ga kirib, eshik tagida bu idishni ko‘rib, ajablanishib, buning nimaligini so‘rashibdi. U hazrat: «Sharob idishi», debdi. Jome’ni qurdirgan zot jahl bilan: «Jome’ga ichkilik qo‘yib bo‘ladimi?» - desa, hazrat javoban; «Do‘stim, bu jome’i sharif siz kabi bandalarning qurdirgan binosidir. Alloh yaratgan vujudga - ma’rifati ilohiya va asrori g‘aybiyalar bilan to‘la ko‘ngillarga ichkilik quyilsa hech narsa bo‘lmaydi-yu, inson qurgan binoga qo‘yilsa nima qilibdi?» - debdi. Jome’ qurdirgan zot so‘raganidan pushaymon bo‘lib, boshqa ichmaslik sharti bilan tavba qilibdi.

Ichkilik kabi 125 xil katga gunohlar, umuman 400 dan ortiq katta-kichik gunohlar mavjud deydilar. Bularning hammasi insoniylik javhari bo‘lgan ko‘ngilni qoraytiruvchi va ortiq yaxshilik bilan yomonlikni farqlay olmas darajada odamiylikdan chiqaruvchi, hatto hayvondan pastroqqa tushiruvchi falokat manbaidir. Janobi Haq hidoyat va ehson qilib, bu yomon odatlardan bizni qutqarsin va muhofaza qilsin. Nafs va shaytonga masxara bo‘lib, natijada kufr va zalolatga tushib, oxiratga iymonsiz kyotishdan, azob uyi - jahannamga tushishdan, rahmat uyi - jannat va ne’matlaridan mahrum qolishdan asrasin. Omin.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:45:17
ICHKILIK JANNAT HIDIGA MONE’DIR

Jannatning mushk kabi xidi 500 yillik yo‘ldan kelib turadi. Amali bilan maqtangan, ota-onasiga osiy bo‘lgan va ichkilikka odatlanganlar, afsuski, bu go‘zal jannatning hatto hidini ham hidday olmaydilar. Ya’ni, aslo jannatga kira olmaydilar. Zero, jannat tozadir. Ichi iymon, tashqarisi solih amallar bilan bezatilgan mo‘min va muvahhidlarning joyidir. Umrini gunoh, isyon bilan o‘tkazgan badbaxtlar joyi emas. Yana bir hadisda Payg‘ambarimiz(s.a.v) shunday marhamat qiladilar:

«Alloh taolo va taqaddas hazratlari meni odamlarga rahmat qilib yubordi. Alloh mazomir va maozif deyiladigan cholg‘u asboblarini yo‘qotish, johiliyat odat va an’analarini, butga sig‘inishni yo‘qotish va man’ qilish uchun meni yubordi...»

Rabbimizning izzati va jaloli uchun qasam ichib aytdilarki: «Bandalarimdan har qaysisi ichkilik ichsa, mutlaqo, qiyomat kunida jannat unga harom bo‘ladi. Kimki dunyoda sharob ichmasa va uni tark etsa, unga Haziratul quds deyiladigan jannat bog‘chalarida istaganicha sharob ichiriladi». Lekin shuni bilish kerakki, jannat sharoblari bu dunyo sharoblaridek odamni aqldan chiqarib, mast qilmaydi, balki har on zavqini, nash’asini, sururini orttirib, hech bir tarzda zarari kuzatilmaydi. Holbuki, dunyo ichkiliklarining eng ozi ham insonni mast qiladi.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:46:13
QIYOMAT KUNI YUZIGA NAZAR SOLINMAYDIGANLAR

Bu hadisda janobi Haq qiyomat kunida uch toifaning yuziga rahmat nazari bilan qaralmasligini marhamat qiladi. Bulardan biri: berganini minnat qilgan odobsizlar, ikkinchisi: g‘urur va kibrdan pocha va etaklari yerga sudralgan kiyim kiyganlar, uchinchisi: ichkilik ichishga odatlangan shuursiz bechoralar. Haq bergan go‘zal hayotni jirkanch holga keltirgan kishilar.

Hammamizga juda yaxshi ma’lumki, achigan, hidlangan ovqatlarni o‘zimiz ham yomaymiz, boshqalarga ham bermaymiz. Chunki nafsimiz undan xushlanmaydi. Qornimiz qanchalik och bo‘lsa ham yemaymiz. Chunki oshqozonimiz buziladi, kasal bo‘lamiz. Yegan ovqatimiz keyin bizga qimmatga tushadi. Uzum suvi deyiladigan zaqqum oylab, yillab idishlarda saqlanadi, achiydi, bijg‘iydi ko‘piradi, zaharu zaqqum bo‘ladi. Ba’zi birovlar esa unga oshiqu beqaror, puli bo‘lmasa ham shu zaqqumni ichish uchun o‘zini har yerga uradi. Ortiq yuzida hayo qolmaydi.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:46:58
Boshqa bir hadisda Jabroil alayhissalom bayon etgani bo‘yicha, «Sharob ichishga da’vat etganlar butparastlar kabidir», deb buyuriladi. Butga sig‘inmasa ham, holi mushriklar, butparastlarga o‘xshash holda zikr etilganki, shirkdan qay darajada qochish kerak bo‘lsa, ichkilikning har navidan ham shunday qochish kerakligi bildirilgan.

Xuddi shunday boshqa bir hadisi sharifda ichkilikning nomini o‘zgartirib, «Bu sharob emas» deb ichmoq, foizni hech mensimay, «Bu savdo-sotiqdir, bugun busiz tijorat qilib bo‘lmaydi» deb, qo‘rqmasdan sudxo‘rlik bilan muomala qilmoq va zakot bermay tijorat qilmoq (ya’ni zakotni fuqaroga bermay, tijoratda qo‘llamoq), bu iflosliklar insonning ham o‘zini, ham qavmiyu millatini halok qiladi.

Bu dunyo yo‘qotishlarining hech qiymati yo‘q, zero hayot muvaqqatdir. Vafot etgan odam bu dunyoning falokatlaridan bir oz avval qutuladi. Oxiratdaga falokat esa bunga hech o‘xshamaydi. O’limsiz abadiy azob va iskanja... Asl falokat shu.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:49:08
Yuqoridagi hadisda g‘ayritabiiy hodisalar, zilzilalar, tabiatdagi o‘zgarishlar, o‘z-o‘zini o‘ldirishlarning qachon ro‘y berishi haqida so‘ralganda: Havoyi nafsiga tobe bo‘lib, qonuni ilohiyu Qur’on hukmlariga amal qilmaslik, ayollarning ot va mashinalarda kayfu maishat qilishlari, mastlik, zavq olamlarida kayfu safo qilish uchun ashulachi ayolarning ko‘pligi, nafratga loyiq yolg‘on guvohlik, uyalmay, siqilmay ular qo‘lidan ichkilik ichmoq, lutiylik muomalasining erkaklar va ayollar orasidagi zuhuri, namozxonlar tabaqasining hech tortinmasdan ahli shirkning oltin va kumush idishlaridan ichishlari - g‘ayri tabiiy falokatlarning bosh sababchilaridan ekanligini hazrati Payg‘ambarimiz ta’kidlab o‘tganlar.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:50:04
OXIRATDA PESHONASIDA MUHR BILAN TIRILADIGANLAR

«Ichkilikka mubtalo odam ikki ko‘zi orasida: «Allohning mag‘firatidan mahrum» deyilgan yozuv bilan qabrdan turadi. Sudxo‘r ham ikki ko‘zi orasida: «Alloh huzurida hujjati yo‘q» degan yozuv bilan tiriladi. Xalq zarariga, lekin o‘zining foydasiga mol to‘plovchi, chayqovchilar ham: «Ey kofir, jahannamga hozirlan» deb yozilgan holda tiriladi».

Endi bu hadisni ham talkin qilib ko‘raylik. Avvalo shuni bilish kerakki, yahudiy yoki nasroniy kitoblarida ham oxirat, jannat va jahannam haqida yozilgan. O’limdan so‘ng amallarimizning hisobini beramiz, jazo va mukofotga noil bo‘lamiz. Qiyomat kuni keladi. U kun har bir payg‘ambar ummati bilan birga u yerda tayyor bo‘ladilar. Xisobdan so‘ng hamma o‘z joyini topadi; yo Jannat, yo Jahannam. Buni dunyoviy aql bilan tasavvur qilishga urinish behuda. Bu xususda kichik bir misol keltiraylik: Ipak bir qurtdan olinadi. U qurt zuluk va chuvalchangga o‘xshaydi. Rangi oq. Faqat tut yaprog‘i bilan oziqlanadi. Uyqudan so‘ng kattalashib, pilla o‘ray boshlaydi. O’zi shu pillaning ichida qoladi. O’n besh kundan so‘ng pillani teshib chiqadi. Endi qarasangiz shunday go‘zal kapalak. Vaholanki, pilla o‘rarkan, uzungina qurt edi. Na qanoti, na shoxlari, na ko‘zlari bor edi. Bu uzun hashorat 15 kunda ko‘zli, qoshli, nafis shoxlari bor, ipakdek qanotli, yeb-ichmas, uchar bir qush holiga keladi. Odam ham o‘lgan taqdirda ruhi qabrdan pilla qurtidek bir qush bo‘lib, oxirat olamiga ko‘chadi. Kapalaklar pilladan chiqqanlari kabi qobiqlari - jasadlarini tashlaydi, yaxshi odamlarning ruhi oxirat olamining bexisob ne’matlari ichida shahidlar, valiylardek yeb-ichib, hayoti ma’naviy bilan yashaydilar. Bunga iymon va islomiy hayot bilan erishish mumkin. Jasadi qabrda ekan, ma’naviy hayoti davom etadi. To qiyomatga qadar u yer ahli iymon uchun jannat bog‘chasi, ahli kufr uchun esa jahannam chuquri bo‘ladi. U yerda tong va oqshom payti loyiq ko‘rilgan Jannat yoki Jahannam ko‘rsatiladi. «Sening joying shu», - deydilar. Ahli iymon sevinch va surur, axli kufr azob va nadomatda qoladilar. Janobi Haq bizni axli iymon toifasidan aylab, O’zi sevgan va O’zi rozi bo‘lgan bandalaridan aylasin. Omin.

Qabrdan qiyomatga kechish asnosida sharob ichganlarning peshonasiga «Ayban min raxmatillox» (Alloh rahmatidan benasiblar) lavxasi yoziladi. Hamma ko‘rib, biladigan bir badbaxt holiga keladi. Naqadar achinarli bir oqibat! Haq subhanahu va taolo xammamizni bunday shum oqibatdan asrasin. Omin, bihurmati sayyidil mursalin, valhamdu lillahi Rabbil olamin.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:50:57
ILOVA

Oyisha onamiz, Allox undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiddi: Payg‘ambar(s.a.v.) aytdilar: "Kim aroq ichuvchini bir luqma bilan taomlantirgan bo‘lsa, Alloh taolo uning jasadiga chayon va ilonni ega qilib qo‘yadi. Kim uning hojatini chiqargan bo‘lsa, Islomni buzishiga yordam bergan bo‘ladi. Kim unga qarz bergan bo‘lsa, mo‘minni o‘ldirishiga yordam bergan bo‘ladi, kim u bilan o‘tirishgan bo‘lsa, Alloh taolo qiyomat kunida uni ko‘r qilib, xushi yo‘q holatda tiriltiradi, kimiki aroq ichsa, uni uylantirmanglar. Agar kasal bo‘lsa, borib ko‘rmanglar, agar shohiddik bersa, shoxidligini qabul qilmanglar. Meni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, aroq ichgan kishi Tavrotda, Injilda, Zaburda, Furqonda(Qur’onda) la’natlangandir. Kim aroq ichsa, Allohning payg‘ambarlariga tushirgan kitoblarini inkor kilibdi. Kim halol sanasa, kofir bo‘libdi, kim xamrni halol sanasa, dunyo va oxiratda men undan bezorman".

Ato ibn Yosir aytadi: Bir kishi Ka’bul Axbordan so‘radi: "Aroq Tavrotda harom kilinganmi?". "Ha", dedi, keyin bu oyatni o‘qidi: "Ey mo‘minlar, aroq qimor, butlar va cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan xarom ishdir" (Moida, 90). Tavrotda yozilgan: "Biz botilni yo‘q qilish uchun haqni nozil qildik va u bilan bekorchi o‘yinni, nog‘orani, surnayni botil qildik va aroqni ham, aroq ichuvchiga vayl azobi bo‘lsin. Alloh ulug‘ligiga va izzatiga qasam ichdiki, bu dunyoda undan to‘xtamasa, u qiyomat kunida chanqoq bo‘ladi. Men uni harom qilganimdan keyin tark qilsa, Men uni Hozirat ul-qudusda sug‘oraman".
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:52:23
So‘raldi: "Hozirat ul-qudus nima?". Aytdi: "Qudus -Alloh, hozira esa jannatdir".

Fakih Abu Lays Samarqandiy aytdi: Aroq ichishdan saqlangin, chunki unda o‘nta yomonlangan xislat bor:

1.   Agar uni ichsa, majnunga aylanadi. Bolalarga kulgi bo‘lib, ermakka aylanada. Aqllilar oldida yomon otliqdir.
Abu Dunyo aytganidek: Bog‘dod ko‘chalaridan birida bir mastning bavl qilayotganini ko‘rdim. U siydigini yuziga artib: "Ey Parvardigor, meni tavba qilguvchilardan, pokdomonlardan qilgin", deb aytardi.

Bir ko‘chada mast kishi yotgan edi, it kelib uning og‘zini va soqolini yaladi. U itga: "Ey do‘stim, ey do‘stim, Alloh senga barakot bersin", dedi. Keyin haligi it oyog‘ini ko‘tarib, uning yuziga bavl qildi. Haligi mast, issiq suv uchun Alloh senga barakot bersin, deb aytar edi...
2.    U molni yo‘q qilguvchi, aqlni ketkazuvchi. Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytganidek: "Ey Allohning elchisi, aroq borasida bizga fikringizni bering". Aytdilar: "Albatta, u molni yo‘qotguvchi, aqlni ketkazuvchidir''.
3.    Uni ichishlik odamlar, do‘stlar, og‘aynilar orasida adovatga sabab bo‘ladi. Alloh taolo aytganidek: "Ichishlik, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni xohlaydi" (Moida, 91).
4.    Albatta, uni ichishlik Allohning zikridan va namozdan man’ qiladi. Alloh aytganidek: "Shayton sizlarni Allohning zikridan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos. Endi to‘xtarsizlar?!" (Moida, 91.). Ya’ni, undan to‘xtanglar. Bu oyat tushgan vaqtda Umar ibn Xatgob: "Albatta, to‘xtaymiz, ey Rabbim", degan edi.
5.    Uni ichmoqlik zinoga olib boradi. Chunki ichgan vaqtida xotinini taloq qiladi, o‘zi sezmay qoladi.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:52:59
6.    Aroq hamma yomonliklar kalitidir. Agar uni ichsa, unga hamma gunohlar yengil bo‘lib qoladi.
7.    U fosiqlik majlisiga kirish bilan o‘zida sassiq hid borligi uchun maloikalarga aziyat berib qo‘yadiki, ozor bermaganga ozor berishlik joiz emas.
8.    Uni ichgan kishini sakson darra urishlik vojib bo‘ladi. Agar dunyoda urilmasa, qiyomat kunida o‘tdan bo‘lgan qamchi bilan boshiga uriladi. Urayotgan vaqtda otasi va do‘stlari qarab turadi.
9.    Aroq ichishlik bilan o‘zi uchun osmon eshigini yopib qo‘yadi, chunki qirq kungacha yaxshi amallari va qilgan duolari kabul bo‘lmaydi.
10.   Aroq ichuvchi xavotirga tushuvchidir, chunki u o‘layotgan vaqtida iymonsiz holda chiqishidan ko‘rqiladi. Bu azoblar dunyodadir, oxirat azoblariga yetmasdan oldindir.
Ammo oxirat azoblarini sanab bo‘lmaydi, undagi yiring, zaqqum, savoblarining yo‘q bo‘lishi va boshqalar. Oqil kishining ozgina lazzatni tark etib, katta lazzatni ixtiyor qilishi lozim bo‘ladi.

"œTanbehul-g‘ofiliyn" I-kitob, XV bobidan olindi. Toshkent "Movarounnahr", 2000 y.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:55:32
ICHKILIKBOZLIK HAQIDA...3

Ichkilik bolalarning kasalmand va nimjon bo‘lib o‘sishlariga sabab bo‘ladi.
(Gippokrat)

Mast bo‘lish o‘z ixtiyori bilan aqldan ozishdir.
(Arastu)

Har qanday xujum va jinoyatlar ham xalqni va xalq boyliklarini ichkilikdek qiyratmaydi.
(F. Bekon)

Ichkilikbozlik - barcha illatlar asosidir.
(Abul Faraj)

Ichkilikboz odam na aqliy jixatdan, na axloqiy jixatdan oddinga qarab yurmaydi.
(L. N. Tolstoy)

Mastlik - aqldan ozish mashqidir.
(Pifagor)

Mast odam sog‘liq paytida yetti uxlab tushiga kirmagan yomon ishlarni qilishga qodir.
(J. London)

Badmastga damodam ichmog‘idin ne baxr,
Ki odamiylik qatlig‘a ichar qadax-qadax zaxr.
(Alisher Navoiy)

3  қаранг: «Донолар ичкиликбозлик хақида». Ксрсатилган манба, 14-18-бетлар
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:56:43
Menku axvolingga ko‘z solib dil xun
Ichma, zaxri mor deb, qo‘lingni to‘sdim.
Kayf ustida bo‘lgan avloding bir kun,
Seni la’natlarga ko‘mmasin, do‘stim.
(Jamol Kamol)

Ichkilik illat, keltirar kulfat.
(O’zbek maqoli)

Ichkilik mastlik keltiradi.
(Tojik maqoli)

Uch narsaga xavas qo‘yma: ichkilikka, ayollarga, boylikka.
(Xitoy maqoli)

Ichkilik kelgan joydan uyat qochadi.
(Ispan maqoli)

Jinni mastga yo‘l beradi.
(Ingliz maqoli)

«Salomatlik uchun» deb ko‘p ichganlar qabristonga vaqtli keladilar.
(Nemis maqoli)

Ichkilik kuchlini kuchsiz, olimni aqlsiz qiladi.
(Fransuz maqoli)
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:57:13
Mastdan quturgan it ham qochadi.
(Mo‘g‘ul maqoli)

Aroq bilan salomlashgan aql bilan xayrlashadi.
(Gurji maqoli)

Eshak - ortidan, echki - oldidan, mast esa har tomonlama xatarli.
(Arman maqoli)

Ichkilikbozlik ko‘paygan joyda kasal ham ko‘p bo‘ladi.
(Yahudiy maqoli)

Aroq ichish va ko‘p uxlash - kambag‘allikka olib kelady.
(Yapon maqoli)

Shamol cho‘g‘ni, aroq nafratni alanga oldiradi.
(Fin maqoli)

Ichkilik oqibatida aql so‘ng inson o‘ladi.
(Tamil maqoli)
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: Abdullоh 01 Fevral 2009, 12:58:02
Frantsuz vrachi Demme 28 yil davomida o‘nta oilani kuzatgan. Bu oilalarda er ham, xotin ham ichkilikka berilgan. Bu oilalarda 57 ta bola tug‘ilgan, ulardan 25 tasi yoshiga yetmay o‘lgan, 5 tasida tutqanoq, 5tasining bosh miyasida suv, 12 tasi jinni bo‘lgan. Faqat 10 ta bola normal tug‘ilgan.

Amerikada 1920 yil (ichkilik ichish man qilingan yili) mingta aholidan 13 kishi alkagoldan halok bo‘lsa, 1925 yilda ichkilik tarqalishi bilanoq mingta odamdan 86 tasi mastlikdan o‘lgan.

70 foizga yaqin qotillik, 80-90 foiz bezorilik asosan mastlik oqibatida ro‘y beradi. Agar spirtli ichimliklar iste’mol qilish 35 foizga kamaytirilsa, qotillik 40 foizga, bezorilik esa 25 foizga kamaygan bo‘lardi.
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2009, 00:47:53
MUNDARIJA

So’zboshi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158573#msg158573)
Ichkilik haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158577#msg158577)
Ichkilikning harom qilinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158578#msg158578)
Ichkilikdan uzoq turmoq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158580#msg158580)
Ichkilikning zararlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158583#msg158583)
Kimki ichkilik ichsa, alloh uning iymonini oladi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158584#msg158584)
Ichkilik barcha yomonliklarning asosi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158585#msg158585)
Mast bo’lib o’lgan yana mast bo’lib tiriladi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158586#msg158586)
Doimiy ravishda gunoh qilish qalbni qoraytiradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158588#msg158588)
Ichkilik mo’min farosatini o’tmaslashtiradi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158589#msg158589)
Mastlikda o’lgan johiliyat o’limi bilan o’ladi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158591#msg158591)
Ichkilik ichganlarni alloh himoya qilmas (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158596#msg158596)
Ichkilik - yomonliklar onasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158597#msg158597)
Jannat ne’matlaridan mahrum to’rt kishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158600#msg158600)
Sharob ichishga odatlanganlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158601#msg158601)
Ichkilik jannat hidiga monye’dir (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158602#msg158602)
Qiyomat kuni yuziga nazar solinmaydiganlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158603#msg158603)
Oxiratda pyeshonasida muhr bilan tiriladiganlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158607#msg158607)
Ilova (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158608#msg158608)
Ichkilikbozlik haqida... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.msg158611#msg158611)
Nom: Re: ICHKILIK - IYMON ZAVOLI. Muhammad Zohiq Qo'tqu
Yuborildi: AbdulAziz 02 Fevral 2009, 00:48:57
Ichkilik - iymon zavoli

(http://www.ziyouz.com/images/books/ichkilik.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=328)

Muallif: Muhammad Zohid Qo'tqu
Hajmi: 222 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=328)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3283.0)