forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 17 Fevral 2009, 08:42:40

Nom: Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich oʻynatib qoʻshib olish siyosati
Yuborildi: AbdulAziz 17 Fevral 2009, 08:42:40
Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich o‘ynatib qo‘shib olish siyosati (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3572&Itemid=59)

(http://ziyouz.com/images/qora_dog.jpg)

Jahon tarixida rus imperiyasi nisbatan ancha yosh imperiya hisoblanadi. Podsho Petr Birinchi 1721 yilda Rossiyani imperiya deb e'lon qilgan bo‘lsa, 1917 yilgi oktyabr to‘ntarishini amalga oshirishi bilan V. I. Lenin bu saltanatning vorisi, yanada dahshatliroq davomchisi bo‘lgan qizil imperiyaga asos soldi. Holbuki, paydo bo‘lgan kunidan boshlab (hatto hali g‘oya darajasida bo‘lganida ham) butun dunyoda to‘ntarish yasab, tanho hukmron bo‘lish niyati bilan insoniyatga dag‘dag‘a qilib kelgan o‘sha «qizil imperiya» egallab turgan behad katta hududda qadimda ko‘plab imperiyalar hukmronlik qilib yoki ta'sir o‘tkazib kelganlar: Rum, Yunon, Germaniya, Vizantiya imperiyalari, Polsha, Litva, Shved qirolliklari, qator Osiyo, ya'ni Fors, Xitoy, Turk imperiyalari shular jumlasidandir. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, turkiy xalqlarning ota-bobolari o‘tmishda o‘n olti buyuk imperiya ko‘rganlar: Buyuk Xun, Boti Xun, Ovrupo Xun (eramizning IV asrida Atoma Ovrupoda barpo etgan turkiy davlat), Ko‘kturk, Avar, Hazor, Uyg‘ur, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Buyuk Saljuqiylar, Xorazmiylar, Oltin O'rda, Buyuk Temur, Bobur, Usmoniylar imperiyalari. Bu o‘rinda rus xalqi uch yuz yilga yaqin davr mobaynida mo‘g‘ul-tatar xonliklari qaramligida bo‘lganligini ham unutmaslik kerak.

O'rta Osiyo va Qozog‘istonga yurish davrida Farg‘ona general-gubernatori: «Bir ming sart bir rus askari etigining poshnasiga arzimaydi». - deb yozgan bo‘lsa, ularning boshqa biri-Turkiston general-gubernatori Fon Kaufman: «Amir (Buxoro amri) isyonkorlaridan (1868 y.) birortasi ham asir olinmasin. Qo‘lga tushganlarning hammasi, hattoki yaradorlar ham otib tashlansin»,-deb farmon bergan edi.

Harbiy tarixchilar A. Terentev, M. Ivanin, 3. Kastelskaya Qozog‘istondagi shahar, qishloqlarni, O'rta Osiyoning madaniy markazi bo‘lmish Toshkent shahrini vayron etib, ming-minglab begunoh oddiy odamlar qonini daryo qilib oqizgan generallar Chernyaev, Skobelev, Ionov, Kuropatkin, Ivanovlarni qattiq qoralashgan. «Chernyaev ashaddiy shovinist edi. Uning nazarida, Qo‘qon xonligida yashagan o‘zbeklar, qirg‘izlar, qipchoqlar va boshqa xalqlar faqat to‘n (chopon) kiyganliklari uchungina qirib tashlashga loyiq»,- deb yozgan edi tarixchi zobit Kastelskaya.

«Skobelev Ivanovni zug‘umga olgach,- deb yozadi B. Nalivkin,- u qo‘l ostidagi askarlarini hujumga boshlab, emizikli bolalargacha chopib tashladi»...

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3572&Itemid=59)
Nom: Re: Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich oʻynatib qoʻshib olish siyosati
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 17 Fevral 2009, 09:52:24
Ha, bu xalqimiz tarixidagi eng qora kunlar edi. Ular shunchalikka borishgandiki....

Ularning asosiy g'oyasi, o'sha "Buyuk rus og'asi" maqomida ish yuritish va "Millatni qo'lga olmoqchi bo'lsang, avvalo uning madaniyati va ma'anaviyatini yo'qotish kerak" iborasini maksimal darajada hayotga tadbiq etdilar.

Ex, o'sha kunlar....
Bir voqeani eshitgandim. Bir kattaroq mansabda ishlaydigan yurtdoshimizning onalari vafot etadi. Ammo ming afsuski, u o'z onasining janozasiga ham borolmasdi. Bunga siyosat yo'l qo'ymasdi. Bechora nima ham qilsin... Hovlisidan onasining eng o'ngi yo'lga kuzatib chiqayotganda bechora boshiga do'ppi kiyib, uzoqdan bir daraxtni panasida ko'zida yosh bilan kuzatib turishga qurbi yetdi xolos. Shunda ham kimdir (o'sha vaqtlarda "quloqlar" ko'payib ketgandi) uning mana shu turishini suratga olgan va yuqoriga jo'natgan. Natijada... Nafaqat ishdan olingan, balki qamalib ham ketgan. Uning bitta aybi onasining janozasini uzoqdan kuzatgani (!. Hatto o'zi qatnashmagan ham) edi. Mana shunaqa davrlar ham boshimizdan o'tgan edi.

Necha dovonlardan o'tdi xalqimiz,
Ko'rganlari bo'ldi xo'rlik va qullik!
Farovon kunlarga yetdik nihoyat,
Boringa ming shukur, ey, Mustaqillik!
Nom: Re: Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich oʻynatib qoʻshib olish siyosati
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 17 Fevral 2009, 17:01:23
Onasini janozasiga boribdiku uzoqdan bo'lsa ham? Bunga o'sha siyosat yo'l qo'yibdiku?

Ha, lekin negadir o'sha "siyosat" uni uzoq yilga qamoqqa tashlagan.

Iqtibos
Onasini so'nggi yo'lga kuzatishga imkoni bo'la turib,uzoqdan berkinib, ho'ngrab turish qo'rqoqlarning ishi...

Biz xozirgi davrdan kelib chiqib kimnidir qo'rqoq, kimnidir yana boshqa narsa deya ataymiz. Ammo o'sha davrda o'zimiz ham yashab ko'rganimizda, balki boshqacha fikrlagan bo'larmidik. Xozir yuzaki yondoshib xulosa chiqaramiz. Ammo tabib tabibmas, boshidan o'tkazgan tabib deydilar!

Iqtibos
Undan boshqa odamlar janozasida qatnashganku o'sha mansabdorni onasini...U odamlar ham yashashgan o'sha mansabsiz ham....

Ha, yashagan, lekin u ham mana shunaqa kuyga tushaman deb mansabdor bo'lmagandir??? O'sha vaqtdagi mansab egalarini ham (o'zbek millatiga mansub) o'zining orzulari, o'zining xavaslari bo'lgandir?

Hamma "Mansabsiz yashay olamanku" deya fikrlasa, unda kim egallardi o'sha vaqtdagi kursilarni? Yana o'sha ruslarmi? O'zi shundog'am barcha boshqaruvni qo'lga olganlari yetmasmidi?
Nom: Re: Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich oʻynatib qoʻshib olish siyosati
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 18 Fevral 2009, 13:50:21
Biz o'zi umuman mavzudan chetlashib ketdik. Men aytmoqchi bo'lgan gap, o'z onasini janozasiga borganlarni (uzoqdan kuzatganmi, farqi yo'q) qamoqqa tashlashgan demoqchi edim. Shu darajaga borishgan xatto degan fikrni aytmoqchi edim.

Iqtibos
Shuncha yil oq sut berib,yuvib tarab,uxlamay boqqan ayolni hurmati uchun qayoqdagi ALLAKIMDIR tomonidan berilgan va ertaga qaytarib olinadigan QANDAYDIR mansabni deb bormaslik...

Bu gapizga men ham qo'shilaman. Va rahmat ham aytib qo'ydim.
Lekin bu boshqa mavzu edi aslida!
Nom: Re: Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich oʻynatib qoʻshib olish siyosati
Yuborildi: AbdulAziz 19 Fevral 2009, 07:19:35
Turkiston tarixining eng qonli sahifalari

(http://ziyouz.com/images/Goktepe.jpg)

Chor Rossiyasi istilochilari 1877-1878 yillari rus-turk urushi bilan band bo‘lishiga qaramay, 70-yillarda Xivani zabt etgach, asosiy kuchni Turkmanistonni, Akltaka vodiysida joylashgan Dinglitepa va Ko‘ktepa qal'alarini bosib olishga qaratdilar. Bosqinchi rus generallari Skobelev, Lomakin, Golovachev, Lazerev, Grodekov, Kuropatkin, Fon Kaufmandan iborat harbiy qo‘shin avval katta kuch bilan Dinglitepa qal'asiga hujum qiladi.  Turkman himoyachilarining qattiq qarshiligiga uchragan rus bosqinchilari Kavkaz tomon chekinishga majbur bo‘ladilar. Lekin istilochilik rejalaridan voz kechmagan oq imperiyaning kallakesar generallari bir yil o‘tgach, 1879 yilning 28 avgustida katta harbiy kuch bilan yana Dinglitepa va Ko‘ktepaga hujumga o‘tadilar.

Chor generali Lomakin 16 yarim batareya, 20 ta yuzlik eskadron. 20 to‘p-zambarak qurilmasi bilan, ikkinchi bir rus generali Kuropatkin esa 540 piyoda rus, 318 kazak askarlari, 2 tog‘ to‘pi, 2 raketa qurilmasi bilan birlashadi. Har ikkala general qo‘l ostidagi askarlar, qurolli kuchlar general Skobelevning umumiy qo‘mondonligida 45 ta rota, 11 eskadron, 74 to‘p, 11 ta raketa qurilmasi, 8000 rus va kazak askarlari bilan 40 mingdan ziyod turkman himoyachilariga qarshi dahshatdi urush boshlaydilar. Bosqinchi dushman hujumiga qarshi yetti yashardan yetmish yoshgacha bo‘lgan jamiki turkman botirlari Vatan himoyasida turadilar. Aslida imperiya shunchalik katta harbiy kuchi bilan yarim Yevropani zabt etishi mumkin edi. Lekin Ko‘ktepa qal'asini 6 oygacha ololmagach, chor bosqinchilari hiyla ishlatishga o‘tadilar. Ular himoyachilar kuzini shamg‘alat qilib, qal'a devori ostiga lahm qazib borishadi va juda ko‘p miqdorda portlovchi modda joylab, yarim tunda portlatadilar. Dushman bilan qo‘rg‘on himoyachilari o‘rtasida misli ko‘rilmagan jang bo‘ladi. Rus bosqinchilariga qarshi turgan 40 mingdan ziyod botir himoyachining 20 mingdan ortig‘i jangda halok bo‘ladi, ko‘plari yaralanadi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3574&Itemid=59)
Nom: Re: Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich oʻynatib qoʻshib olish siyosati
Yuborildi: AbdulAziz 27 Fevral 2009, 09:09:28
Yurtimiz boyliklarining talon-toroji: madaniyatimizning dunyoga sochilgan durdonalari

(http://ziyouz.com/images/Amudaryo-xazinasidan.jpg)

Tarixdan ma'lumki, Turkiston inglizlar, olmonlar, Xitoy va boshqa imperialistik mamlakatlar uchun o‘lja manbai bo‘lib kelgan. O'rta Osiyoga yashirin yo‘l bilan turli maqsadlarni ko‘zlab kelib-ketgan ilmiy, harbiy ekspeditsiyalar, sayyohlar, tijorat vakillarini eng avvalo Osiyoning qimmatbaho, betakror boyliklari qiziqtirardi. 1931-1933 yillarda «Ost-Ind» kompaniyasining zobiti-leytenant Aleksandr Boris ma'lum vaqt Buxoroda yashab, 200 dan ziyod oltin, kumush tangalar, qimmatbaho taqinchoqlarni yig‘ib Britaniya muzeyiga taqdim etgan.  Buxorodan olib ketilgan osori-atiqalar hozirda bebaho hisoblanib, bizning milliy boyligimiz Angliya mulki bo‘lib turibdi. Bu yaqin o‘tmishimizda diyorimizda ish olib borgan xususiy shaxs qilmishlaridan birgina misol. Qadim tariximizda va bizning davrimizda qilingan bunday o‘g‘riliklar va talonchiliklarni aytib ado qilish qiyin. Harholda shu hususda bir oz fikr yuritishga harakat qilib ko‘raylik.

O'rta Osiyo xonliklari xazinasi kirim-chiqimida, jumladan, Buxoro amirligi xazinasi haqida qayd etilgan hujjatlar ko‘rsatmasida xilma-xilliklar mavjud. Masalan, Buxoro amirining vaziri - qushbegi Mirzo Nasrulloning inqilobga qadar shaxsan o‘zi ro‘yxatga olgan boyligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: Buxoro tillasi 114838 dona, rus tillasi 4365100 so‘m, yombi holidagi Gamburg tillasi-1108 pud (17 dona - 728 kg) kumush - 45 tonna, rus kumushi- 1385 pud (22 tonna- 160 kg) Buxoro tangasi - 62834780 dona, Buxoro mis tangasi - 731 pud (5 tonna 696 kg), tilla kukuni- 16 pud (1 tonna 56 kg), rus banki kumushi - 864 pud (13 tonna 724 kg), yirik brilliantlar - 3482 karat, buyumlarga tikilgan brilliantlar - 968 karat, kimmatbaho toshlar - 8617 karat bo‘lgan. Buxoro amiri Olimxon (1914-1920) qo‘lidagi rus sanoat banklari aktsiyalarining qiymati 33 million so‘m edi. Uning xazinasida 100 million Rossiya puli bo‘lgani ham qand etilgan.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3575&Itemid=59)
Nom: Re: Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich oʻynatib qoʻshib olish siyosati
Yuborildi: AbdulAziz 27 Fevral 2009, 09:14:05
Buxoro amirligining talangan oltinlari

(http://www.ziyouz.com/images/stories/buhoro_oltin.jpg)

O'z vaqtida yozib qoldirilgan hujjatlar va tarixiy manbalardan, tarixchi olimlarimiz keyingi paytlarda olib borgan jiddiy tadqiqotlardan ayonki, terrorchi qizil imleriya bolsheviklari Buxoro amiri xazinasidan tonnalab qo‘yma oltin va kumush, million-million so‘mlik oltin, kumush tangalar hamda oltin barobar boshqa qimmatbaho boyliklarni tashib ketganlar.  Jumladan, olimlarimizdan I. Yo‘ldoshev va N. Haydarovning «Amir Olimxon xazinasi qaerda?» maqolasida («Fan va turmush» jurnali, 1991, 10- son) ta'kidlanishicha, 1914 yildan oldin amir xonadoniga tegishdi oltin, kumush pullar va boshqa qimmatbaho zeb-ziynatlar ro‘yxatini aks ettiruvchi daftarlarning o‘zi taxminan bir yarim olchin (bir olchin 70 sm ga teng) qalinlikda bo‘lgan.

«Buxoro amirining oltinlari» sarlavhali maqola mualliflari H. Uzoqov, S. Xolboev jiddiy tadqiqotlar natijasida amir qushbegi tomonidan ro‘yxatga olingan boyliklarni aniqladilar: «Buxoro tillasi- 1,148.380 dona, rus tillasi - 4,365.100 so‘m, yombi holidagi Gamburg tillasi- 1,108 pud (17 tonna 728 kg), yombi holidagi Gamburg kumushi - 2,844 pud (45 tonna 404 kg), rus kumush tangalari -1,385 pud (22 tonna 160 kg), Buxoro xazinasi - 62,834.780 dona, Buxoro mis tangasi - 731 pud (5 tonna 50 kg), rus banki kumushi - 864 pud (13 tonna 734 kg) va hokazo, jami 34 nomdagi qimmatbaho narsalar ro‘yxatga olingan.

Buxoro xalq inqilobi g‘alabasidan keyin Fayzulla Xo‘jaevning uyi amir Said Olimxon ma'murlari tomonidan talon-toroj qilinib, butun boyligi xazinaga o‘tkazilgan. Otameros boyliklardan 25 pud quyma oltin, 4,8 million tilla tanga (1914 yil pul hisobida), 5 pudga yaqin kumush tanga, 7 million atrofida qarz-kredit va boshqa qimmatbaho mol-mulkni Fayzulla Xo‘jaev Sovet huqumati ixtiyoriga topshirgan. Uning boyliklaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib bo‘lgan bolsheviklar mulk egasi bo‘lgan Fayzulla Xo‘jaevning o‘zini 1938 yil 15 martda otib o‘ldirdilar.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3590&Itemid=371)
Nom: Re: Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich oʻynatib qoʻshib olish siyosati
Yuborildi: AbdulAziz 02 Mart 2009, 09:37:45
Otaga vafo qilmagan, farzandlarga nasib etmagan yurt boyliklari

(http://www.ziyouz.com/images/stories/buxoro.jpg)

Buxoroning so‘nggi amiri yiqqan shuncha xazina, boyliklar uning farzandlariga nasib etganmi yoki yo‘qmi degan savol tug‘iladi. Haydarali Uzoqov va Sotimxon Xolboev «Buxoro amirligining oltinlari» nomli nufuzli maqolasida Buxoro amirligi xazinasida to‘plangan behisob oltin, kumush va boshqa qimmatbaho boyliklar to‘g‘risida ishonchli hujjatlar asosida fikr yuritadilar.

Kuybishev Buxoroga kelgan kunining ertasi amir xazinachisi otib o‘ldirildi. Biz hayratga tushdik. Bu voqea Frunze bilan Kuybishev xazinani aylanib yurganida sodir bo‘ldi. Xazinachi o‘ldirilgach, xazina kaliti Frunze bilan Kuybishev qo‘liga tegdi. Shu kuni Fayzulla Xo‘jaev ichki ishlar nozirligiga: «2-3 kishi Ark atrofini kuzatib yursin, shu kecha nimadir bo‘ladigandek ko‘rinadi», - deydi. Menga esa yaqin oradagi majlisda orden ta'sis etish to‘g‘risida taklif kiritgin, deb buyurdi. Frunze Buxoroga kelgan kunidan boshlab Ark ichida yashayotgan edi. Kuybishevga ham yashash uchun Ark ma'qul bo‘ldi. Biz ularga xizmat uchun odam bermoqchi edik, negadir rad qilishdi. O'zlariga sodiq askarlardan birini tanlab olishdi. Ertasi kuni Fayzulla Xo‘jaev ichki ishlar noziri bilan uzoq vaqt suhbatlashdi. Keyin mening oldimga kelib; «Kecha men o‘ylagan voqea yuz berganga o‘xshaydi», - dedi. U odatiga ko‘ra yuzma-yuz gaplashdi. Men undan: «Qanday voqea yuz berishi mumkin?», - deb so‘rasam: «Kechasi Arkka «cherniy zona»dan bir necha bo‘sh arava kelib, yuk bilan chiqib ketibdi.

Xazinani o‘marishganga o‘xshaydi, - dedi. Shu kuni biz Frunzedan ordenga ishlatish uchun tilla kerak, deb xazinaning kalitini oldik. Kirsak, bir kechada xazinaning qariyb hammasini gumdon qilishibdi. Qaerga, nima uchun olib ketishganini bila olmadik». (I. Xudoyor. Fayzullaning armoni. «Xalq so‘zi», 1992 yil 23 may).

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3592&Itemid=59)
Nom: Istilo: uni amalga oshirganlar va ahli donish nazdida
Yuborildi: AbdulAziz 03 Mart 2009, 07:08:33
Istilo: uni amalga oshirganlar va ahli donish nazdida

(http://ziyouz.com/images/isstilo.jpg)

Bu xalqqa (o‘rta osiyoliklar — turkistonliklarga) iloji boricha, mumkin qadar ko‘proq paxta ektirish, ularni tinimsiz ishlashga majbur etish kerak, toki bu xalqning boshqa narsalarni o‘ylashga, siyosiy voqealarni anglab yetishga bir zum ham vaqti, xohishi qolmasin...
Amir isyonkorlaridan birortasi ham asir olinmasin, qulga tushganlarning hammasi, hattoki yaradorlar ham otib tashlansin!...
Biz xon bilan emas, balki xalq bilan to‘qnashdik. Uni bostirish oson bo‘lmadi, Ruslar O’rta Osiyoda bunday (Qo‘qondagidek) uzoq va qattiq qarshilikka duch kelmagan edilar...
Ulug‘ rus podshohi bizga qo‘shni davlatlarda xon va xalq o‘rtasida nizo chiqishiga yo‘l qo‘ymasligiga inonchimiz komil...
Fon Kaufman, Turkiston general-gubernatori.

Qo‘zg‘olonchilar (Dukchi Eshon boshliq 1898 yildagi qo‘zg‘olon) bizning uyquda yotgan 22 soldatimizni o‘ldirganliklari uchun buning xuniga isyonchilardan 22000 kishiga o‘lim jazosi berilib, 300 kishi Sibir surguniga hukm etildi. Qo‘zg‘olonchilar rahbari Dukchi Eshon yashagan joy. — Mingtepa tep-tekis qilinib, u yerga 200 oilali rus qishlog‘i qurildi...
Islom o‘z qiyofasida nufuzli bir kuchdirki, u bilan biz, ruslar, uzoq davrlargacha, muqarrar ravishda hisoblashishga majburmiz..."
Buyuk olampapoh, Siz boshqarayotgan hozirgi bug‘ va zlektr asrida hamma milliy nifoqlarni tekislaydigan, o‘zaro nizolardan kuchlangan umumiy tinchlik g‘oyasi va bunga qanday qilib bo‘lsa ham intilish chuqur mulohazali ish bo‘lur edi.
S. M. Duxovskiy, Turkiston general-gubernatori (Imperator Nikolay II ga yuborgan axborotnomasidan).

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3594&Itemid=59)
Nom: Re: Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich oʻynatib qoʻshib olish siyosati
Yuborildi: AbdulAziz 04 Mart 2009, 07:58:03
«Kurashmoq uchun o‘rganmoq kerak»

Rossiya imperiyasining yirik harbiy mutaxassisi, mashhur tarixchi, 1830-1840 yillarda Xivani zabt etish uchun yuborilgan harbiy ekspeditsiya qatnashchisi general-leytenant Mixail Ignatovich Ivanin (1801 -1874) ruslarning Sharqqa dastlabki yurishlaridagi muvaffaqiyatsizliklari sababini bu o‘lkalardagi xalqlarning buyuk sarkardalari harbiy mahoratini, usul va uslublarini o‘rganmasdan ishga kirishilganlikda ko‘radi. Shu boisdan u eng avvalo Chingizxon va Amir Temurning harbiy strategiyasi va taktikasini, ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘llarini puxta o‘zlashtirishni tavsiya kilib hamda Rossiya hukumati bu borada amalga oshirishi zarur bo‘lgan va amalga oshirgan ishlarni yoritib, kitoblar (Dva polkovodtsa: Chingisxan i Mir Temur. S-Peterburg, 1874; Zapiski o gosudarstvennnx i obshestvenno-ekonomicheskix nujdax Turkistanskogo kraya. S-Peterburg, 1906) yozdi. Bu kitoblar o‘quvchida turli fikr-mulohazalar va xulosalar uyg‘otadi. Quyida ulardan ayrim parchalar keltiriladi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3595&Itemid=371)
Nom: Re: Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich oʻynatib qoʻshib olish siyosati
Yuborildi: oakrom 05 Mart 2009, 19:41:27
Yaxshi mavzu.
O'ylaymanki yuqorida keltirilgan ma'lumotlar kelajak avlod uchun dars buladi...
Xozirgi kunda mustaqillikka erishganimizga mingdan ming shukronalar aytishimiz kerak. Chunki bu kunlarga etib kelganlar bor etib kelmaganlar. Endi o'zimizga o'zimiz ho'jayinmiza, o'z kelajagimizni o'zimiz aniqlay olamiz. 19 asr oxiri va 20 asr boshlarida bo'lib o'tgan voqealarning, xalqimizning 100 yilga yaqin vaqt azob-uqubat, kamsitish va chorasizlikda yashashiga asosiy sababchilar yuqori lavozimdagi xon, amirlarning, bek va mayda boylarning ochko'zliklaridadir. O'sha paytlari dunyodagi barcha mamlakatlar 2 turga ajralar edi:
1. Kolonizatorlar;
2. Koloniyalar;
O'sha davrlarda hokimiyat tepasida turgan shaxslarning tor fikirlashi, faqat o'zini o'ylashi oqibatida bizning xalq 2 chi turdagi mamlakatlar qatoriga kirgan. Misol uchun huddi o'sha paytda Angliya Imperiyasi Afg'on shoxlarini enga olamaganku, nega? Chunki ular birdam bo'gan!!! Biznikilarning esa har tarafdan ko'rpani o'ziga tortgan. Agar birlashganda Afg'on shoxlaridan ham kattaroq kuchga ega bo'lardik va Rus Imperiyasi Turkistonni bosib olish masalasini bir necha bor o'ylab ko'rishiga va bu narsani orqaroqqa surishiga to'g'ri kelardi.
Yana bitta savol tug'iladi, nega butun halq ko'tarilmagan? Menimcha haqiqatda o'sha davrda aholining savodsizligi, dunyo qarashi torligi sababchi. Bunga ham bevosita hokimiyat tepasida turganlar aybdor deb o'ylayman.
Bulardan hulosa shuki, xozir biz o'zligimizga erishdik, o'z davlatimiz bor, hech kimga tobe emasmiz, kelajagimiz o'zimizga bog'liq.
Xozirgi kunda eng asosiysi Ilm-Fan, shu sohada hech kimdan ortda qolmasligimiz kerak, qoloqlik bu qaramlik degani. (Qoloqlik sababli biz Rus Imperiyasiga koloniya bo'lib 100 yilga yaqin vaqt hizmat qildik!!!!)
Bilimi kuchli, dunyo qarashi keng va eng asosiysi VATANPARVAR avlodlarni tarbiyalab etishtirish yurtimizning kelajagi porloq bo'lishining kafolatidir.
Mening fikrim shuki, biz bunga erishamiz negaki bizning qonimizda oqayotgan qon, genlarimizda buyuk daholar qoni oqadi, bu odamlar boshqa halqlarni uyqudan uyg'otishgan o'z vaqtida, qoloqlikdan olib chiqishgan, lekin Chor imperiyasi 100 yil mobaynida bizning halqqa "Yovvoyilardey", "Qoloqlardey" munosabat qilib aqlimizga singdirishgan. Mani ishonchim komil, genlarimiz o'z kuchini ko'rsatadi, bizning davlat BUYUK bo'ladi!!!

 :1
Nom: Re: Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich oʻynatib qoʻshib olish siyosati
Yuborildi: AbdulAziz 06 Mart 2009, 08:16:00
O’rta Osiyoning bosib olinishi to’g’risida tarixiy tadrijiy ma’lumotnoma

TURKISTON-HARBIY OKRUGI SHTABINING NASHRI

Toshkent
Turkiston harbiy okrugi tipolitografiyasi
1909 yil

* Ilovaning 1-bo‘limidan boshqa bo‘limlarini rus tilidan Sh. Xolmurod tarjima qilgan.

HINDISTON BILAN SAVDO ALOQALARINI KENGAYTIRISH HAMDA XIVA BILAN TOTUV MUNOSABATLAR O’RNATISH MAQSADIDA IMPYERATOR PYETR BIRINCHI YERKYENT VA XIVAGA OTRYADLAR YUBORDI.

1715 yilda Buxgoltsning to‘rt yarim minglik otryadi Balxash ko‘ligacha yetib keldi va u yerda qal’a bunyod etdi, biroq chekinishga majbur qilindi.
1717 yili knyaz Bekovich-Cherkasskiy otryadi 3727 piyoda, 617 otliq dragun, 2000 kazak, 230 dengizchi askar va 22 ta to‘p-zambarak bilan Xivaga yo‘l oldi.
9 iyunda otryad Gurev shahridan chiqib, qumli dasht va sahrolar osha 2 oy yo‘l bosgach, Xivaga kirib keldi.
Xivaliklar avval to‘la tobeliklarini bildirdilar va joylashtirishga qulay bo‘lsin uchun knyaz Bekovichni o‘z otryadini kichik qismlarga bo‘lishga ko‘ndirdilar, shundan keyin Bekovichning ehtiyotsizligidan foydalanib, ruslarga qo‘qqisdan xiyonatkorona hujum qilib, o‘larni batamom qirib tashladilar.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3596&Itemid=371)
Nom: Re: Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich oʻynatib qoʻshib olish siyosati
Yuborildi: Mahdiyah 16 Avgust 2009, 17:58:09
Yqinda "Shahidlar xotirasi" muzeyida bo'lgandim.

Bir ma'lumotga ko'zim tushdi.
1937 yil 10 oktyabrgacha olingan ma'lumotlarda NKVDning mehnat tuzatuv lagerida
10492 qozoq,
2050 qirg'iz,
1633 tojik,
3509 turkman
va
21579 O'ZBEK (eng ko'pi) millatiga mansub mahbuslar saqlangan.
Tabiiyki bularni orasida ko'pgina jadidlar, siyosatshunos jurnalistlar .... bo'lgan.
Nom: Re: Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich oʻynatib qoʻshib olish siyosati
Yuborildi: Ansora 17 Avgust 2009, 02:06:01
A.Alaykum. Bu mavzu har ochilganda yuraklarim zirqirab ketadi. Minglab insonlar nima uchun o'ldirilganlarini ham bilmasdan, hatto isimlari ham aniqlanmasdan yo'q bo'lib ketaverdilar. Bizga tushgan vazifa esa, tarihimizni yaxshilab o'rganish va undan dars olish. Lekin avvalo bir-birimiz bilan ahil bo'lishimiz kerak. Agar Honliklar bir biri bilan do'stona munosabatda bo'lgan bo'lsa edi, balki Chor Rossiyasi hech bo'lmaganda bunchalik tuproqlarimizni tez qo'lga olmagan va Oktyabr inqilobi bo'lishiga qaramay, bizning tuproqlarimizni "meros" qilib Bolsehviklarga bermagan bo'lardi.
Nom: Re: Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich oʻynatib qoʻshib olish siyosati
Yuborildi: Rustam Ahun 01 Sentyabr 2009, 02:02:12
Judayam yaxshi mavzu.
oakro fikriga qo'shilaman...
yana shuni qo'shimcha qilib aytmoqchimanki, hozirgi hurriyatimizi saqlab qolish va uni mustahkamlashimiz lozim. Zero Markaziy Osiyo yoda Turkiston hamisha kuchli davlatlar nigohida turgan va turadi. Ovrupa siyosatdonlari orasida bir termin bor "Markaziy Osiyoni boshqarish bu Evroasiyani boshqarish, bu esa dunyoni boshqarish". Haqiqatan ham Rossiya davlati Markaziy Osiyoni qo'ldan chiqarganidan keyin Jahonda o'zini avvalgi obro'sini yo'qotdi. Va hozirda qaytadan o'z so'zini o'tkazishga harakat qiladi, bu qatorda Xitoy ham bor. Bu davlatlani nig'orasiga o'ynamaslik uchun hozirda menimcha tariximizi o'qib yig'lash o'rniga o'sha ota bobolarimiz qilgan xatolardan dars olib, xulosa chiqarib birdamlikda hamnafas bo'lib harakat qilish lozim. Har bir odam vataniga olamshumul bo'masayam azgina foyda keltirsa, azgina xizmat qisa Inshalla barakasi bo'ladi, toma toma ko'l bo'lur deganlaride. Endi hozirgi davrda Alloga shukur hurligimiz bor va yoshlar o'qisa o'qimagani ishlasa va zamon bilan haafas bo'p yurtiga xizmat qisa, har xil alkash-kashandalaga va oqimlaga berilmasdan. Hudo holasa yurtimiz kuchaysin va do'stlarimiz ko'paysin. Temur bobomiz davlatide davlat quramiz albatta. Har bir yoshlarimiz zamonaviy bilimlani olishsa va ular yurtimizi tayanchi bo'lishadi. XXVIIIasrdegidek qoloqlikka tushmasligimiz va ota bobolarimizdan qolgan urf odatlarimizi unutmadligimiz lozim.
Hammaga omad.

DO'STI KO'P QADDI BUKILMAS QON YUTSA HAM hammamizi do'stlarimiz ko'p bo'sin.
Nom: Re: Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich oʻynatib qoʻshib olish siyosati
Yuborildi: Ansora 01 Sentyabr 2009, 02:30:39
(http://s59.radikal.ru/i165/0908/23/714f8e2bbe22.jpg) (http://www.radikal.ru)

Davlatim menga nima berdi, deb emas, men davlatimga nima berdim, deb so'rashimiz kerak albatta. Bir kuni Marmara Universitetida O'zbekiston haqida seminar berayotgan edim, men O'zbekistonning chegarasidan, shaharlaridan bahs etar ekanman, talabalar hayron bo'lib, eng mashhur shaharlarning hammasi O'zbekistonda joylashgan ekanku, boshqa qayer qoldiki, O'rta Osiyoda, deyishgan edi. Ha rostdan ham Vatanim, desa degulik O'zbekistonimiz bor. Masalan Mo'g'ilistonda faqatgina 3 shahar bor. Mo'g'il qizlardan biri O'zbekistonning rasmlarini ko'rayotib, voy rosa yashil, chiroyli yerlar ekan, deganda men ham "œHimm" degandim, sizni Chingizxoningiz bizni tuproqlarni yer bilan yakson qilmoqchi bo'ldi, lekin O'zbekistonning o'zagida yashilliklar borligi uchun ham yangidan jonlandi, sizning Vataningiz esa afsus haliham cho'llardan iborat, degandim. Shunday ekan, ota-bobolarimizning bizlarga meros qilib qoldirib ketgan butun yaxshi ishlarning negizi, o'zagi tuproqlarimizda, biz ularni ilm-fan, izlanishlarimiz bilan sug'oraylik, o'sib-unsilar. İnson, Ona-Vatani haqida hech qachon yomon gap eshitgisi kelmaydi. Bir narsa bo'libdi eshitdingmi, deganda huddi yuragingiz to'htab qolganday bo'laverasiz. Shu ulug' ayyom kunlarda Vatanimiz, xalqimiz sog'-omon bo'lsin insholloh. Bayrog'imiz hech yerga tushmasin. Doimo musaffo osmon uzra hilpirasin.