forum.ziyouz.com

Kutubxona => Jahon adabiyoti => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 02 Mart 2009, 07:35:51

Nom: Qizil durli ko’ylak (hikoya). Omer Seyfettin
Yuborildi: AbdulAziz 02 Mart 2009, 07:35:51
Omer Seyfettin

QIZIL DURLI KO’YLAK

Katta gumbazli devonxona binosi har kungidan sokin, har kungidan salqin edi. Derazalardan kirgan bahorning moviy nurlari koshinlarning yashillikka burkangan teranligida singib, ko’zni olardi. Charchoqdan holsizlanib, ipak to’shaklarga tiz cho’kkan vazirlar ostlariga solingan gilamning rangin naqshu nigorlariga qarashar, uzun oppoq soqolini zaif qo’li bilan tutgan qari vaziri a’zamning nursiz ko‘zlari esa uzoq va qorong’u o’tmish qatiga sayr qilgan kabi bir nuqtaga qadalgan edi.
- Yurakli bir odam kerak, poshsholar — dedi vaziri a’zam. — Biz uning oltinu kumushlarga burkangan elchisiga hukmdorimizning qo’lini o’ptirmadik. Faqatgina tizzasini o’pishiga izn berdik. Ularning ham bizga qarshi chora qo’llashi aniq.