forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:00:10

Nom: Xoluq Nurboqiy. Qur’oni karimning ilmiy mo'jizalari
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:00:10
QUR’ONI KARIMNING
ILMIY MO’JIZALARI


Onkolog-hakim
XOLUQ NURBOQIY

IKKINCHI NASHRI

Toshkent
«Adolat»
2002


Turkchadan MIRAZIZ A’ZAM tarjimasi.

Noshir TURSUNXO’JA YUSUFXO’JA o‘g‘li XIDOYATXO’JAYEV

Taniqli turk olimi Xoluq Nurboqiy qalamiga mansub ushbu kitobda Qur’oni karimning shu choqqacha ilm-fanga noma’lum bo‘lib kelayotgan yangi-yangi qirralari g‘oyatda qiziqarli tarzda bayon etilgan. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

MUNDARIJA

Xoluq Nurboqiyning "Qur’oni Karimning ilmiy mo‘jizalari" kitobi to‘g‘risida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162988#msg162988)
So‘zboshi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162991#msg162991)

Birinchi bo‘lim
ASILLIK MO’JIZASI (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162993#msg162993)
A) Tarovatidagi mangulik belgilari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162994#msg162994)
B) Qur’onning soflik-xolislik sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162996#msg162996)
a) Ayollar mavzui (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162996#msg162996)
b) Huquq sohasida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162996#msg162996)
v) Ma’lumotning yuksakligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162998#msg162998)
g) Qur’onning tili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162999#msg162999)
d) Qur’onning ohangi (ritmi) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163001#msg163001)

Ikkinchi bo‘lim
TIZIMIDAGI HIKMATLAR (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163002#msg163002)
A) Oyatlarning joylanish tartibidagi sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163003#msg163003)
B) Harfiy muqatta’a (shifrlar) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163004#msg163004)
V) Hikoyatlar va inson sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163006#msg163006)
G) Suralarning nomlari va joy-joyiga qo‘yilishidagi hikmatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163007#msg163007)

Uchinchi bo‘lim
QUR’ONNING MATEMATIK MO’JIZASI (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163008#msg163008)
A) 19ning Qur’onda bildirilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163008#msg163008)
B) Bismilloning 19 siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163009#msg163009)
V) Ramzlarda 19ning nazokati va boshqa hikmatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163010#msg163010)

To‘rtinchi bo‘lim
QUR’ONNING FIZIKAGA OID MO’JIZALARI (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163011#msg163011)
A) Parite haqiqati va Qur’on (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163012#msg163012)
B) Gravitatsiya va giroskopik harakat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163015#msg163015)
V) Koinotdagi "qora tuynuklar" (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163018#msg163018)
G) Taspuoplar va zamon tushunchasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163021#msg163021)

Beshinchi bo‘lim
QUR’ONNING TIBBIY MO’JIZALARI (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163025#msg163025)
A) Tahorat va g‘uslning sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163025#msg163025)
a) Vujudning statik-elektrik muvozanati masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163025#msg163025)
b) Sirkulyatsiya masalalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163026#msg163026)
v) Limfa aylanish masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163027#msg163027)
B) Ro‘za mo‘jizasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163029#msg163029)
a) Ro‘zaning hazm tizimiga ko‘rsatadigan mo‘‘jizaviy ta’sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163029#msg163029)
b) Ro‘zaning modda aylanish tizimiga beradigan ne’matlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163031#msg163031)
v) Ro‘zaning hujayralarga ta’siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163032#msg163032)
g) Ro‘zaning asab sistemasiga ta’siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163033#msg163033)
V) Homila va tug‘ilish sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163034#msg163034)
Tug‘ilish mo‘jizasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163037#msg163037)
G) Asal va arining sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163038#msg163038)
a) Arining ko‘von siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163038#msg163038)
b) Arining yo‘l tanlashi va qaytishda uyini topishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163039#msg163039)
v) Asalning tarkibi va xususiyatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163040#msg163040)
g) Asalning turli ranglardagi sharbat ayirmasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163041#msg163041)
d) Asalning insonlarni shifolashda ko‘rsatadigan ta’siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163042#msg163042)

Oltinchi bo‘lim
QUR’ONNING HAR XIL ILMIY MO’JIZALARI  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163286#msg163286)
1. Koinotning maxfiy haqiqatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163286#msg163286)
A) Cheksiz o‘lchovlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163287#msg163287)
B) Koinotdagi magnit tarangligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163289#msg163289)
a) Kvantning mavjudligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163290#msg163290)
b) Inter aktsion (o‘zaro ta’sir) kuchi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163290#msg163290)
v) Giroskopik harakatning siltanish kuchi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163291#msg163291)
V) Bo‘linuvchi zarralar (Big Bang) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163292#msg163292)
G) Koinot sahifalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163295#msg163295)
2. Yer va muhit (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163297#msg163297)
A) Muhitning sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163297#msg163297)
B) Yerning aylanishi va dumaloqligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163299#msg163299)
V)Neft (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163300#msg163300)
G) Tog‘lar va zilzila (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163301#msg163301)
3. Suv va hayot (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163302#msg163302)
A) Suv va hayot (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163303#msg163303)
B) Inson va uch qorong‘i mintaqa (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163307#msg163307)
V) Yomg‘irning sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163308#msg163308)
G) Tuyaning biologik xususiyatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163311#msg163311)
4. O’lik tuproqning tirilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163313#msg163313)
5. Bo‘g‘ozlarning hikmati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163317#msg163317)
6. Qur’onning boshni aylantiruvchi ichimlikni man etganligi mo‘jizasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163319#msg163319)
7. "Ixlos" surasining sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163322#msg163322)
Ahad siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163324#msg163324)
Somad siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163325#msg163325)

Yettinchi bo‘lim
QUR’ONNING KALOM SIRI  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163328#msg163328)
A) Qur’onning hay siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163329#msg163329)
B) Yurak va Qur’on (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163332#msg163332)
V) Qur’on va anfus hikmatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163334#msg163334)
G) Fotiha va Qur’on siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163336#msg163336)

Xoluq Nurboqiyning "Qur’oni Karimning ilmiy mo‘jizalari" asari tarjimasi to‘g‘risida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163339#msg163339)
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:00:35
Xoluq Nurboqiyning "Qur’oni karimning ilmiy mo‘jizalari" kitobi to‘g‘risida

Qur’oni karim inson fikrini, zikrini, sa’i-harakatini yagona va to‘g‘ri yo‘lga solib turadigan, insonga qiyomatgacha dasturi amal bo‘lgan kitob - Olloh taoloning hikmatidir.
Qur’oni karim Koinot haqidagi shoh asar, bir tomondan, ohangiga ko‘ra komil san’at, ikkinchi tomondan, matematika va fizikaga dahldor buyuk kashfiyot. Fizikaning barcha muhim qoidalari Qur’oni karimda bor. Fizika Ollohning taqdirga oid ta’limoti, faqat jism ilmi emas, balki koinot nizomidir, deb uqtiradi muallif.
Qur’oni karimning Nur surasi 35-oyatida: "Alloh osmonlar va Yerning "Nuri"dir. Nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo durdan yaralgan yulduzga o‘xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g‘arbiy ham bo‘lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligi)dan garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir. (Mazkurlar qo‘shilganda esa), nur ustiga nur (bo‘lur). Alloh o‘zining (bu) nuriga o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlarga (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) masallarni keltirur. Alloh barcha narsani biluvchidir".
U shunday bir narsaki, o‘tsiz yonadi va yulduz kabi porlab nur taratadi. "O’t tegmasa ham yoritib yuboray deydi" mazmunidagi oyatning abjad hisobi hijriy 1284 (melodiy 1867) sanaga teng bo‘lib, elektr energiyasi kashf etilgan va undan foydalanish ommaviylashgan yillarga to‘g‘ri keladi. Fikr yuritilsa oyatdagi yashirin sirning qachon kashf qilinishi ham Olloh tomonidan (taqdiri azalda) belgilab qo‘yilgan.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:01:14
Elektr lampasini kashf qilgan Edison vafot etganida, javonidan Nur surasining yuqorida zikr qilingan oyatlari topilgan. Bu, Edison Ollohning kalomiga suyangan holda qat’iyat bilan lampa yasashga uringanini ko‘rsatadi.
U ilohiy bir mujdaga tayanmaganida yigirma ming martalik urinish va tajriba o‘tkazishga yetarli kuchni qaerdan olardi?
Rivojlangan Amerika, Yaponiya, Frantsiya mamlakatlarining kinoshunos olimlari jismning ovozi va tasviri uzatilgani kabi hidini ham uzatish mumkinligi to‘g‘risida ish olib borib, ijobiy natijalarga erishganlar. Kino ekranlari yoki televizor orqali tomosha qilayotgan manzaradagi gullarning xush bo‘ylari yoki manzaraga xos boshqa hidlarning dimog‘ingizga urilishiga oz yillar qoldi. (Vallohu a’lam).
Zero, Qur’oni karimdagi Yusuf alayhissallom qissasini eslang...
Otasi yig‘lab-yig‘lab, ko‘zlariga oq tushgan va ko‘rmay qolgan...
Hazrati Yusuf ko‘ylagini akalariga berib, otasining yuziga surtishlarini tayinlaydi. Hali ko‘ylak Misrdan yo‘lga chiqar-chiqmas Kan’ondagi Yoqub (a.s.)ning ruhi ko‘tarilib, tabassum bilan Misr tomonga qaraydi. Chuqur-chuqur nafas olib, "Men Yusufning hidini tuymoqdaman" (Yusuf, 94) deydi...
Ingliz kashfiyotchi-muhandisidan muvaffaqiyatga qanday erishganini so‘rashganda u kitob javonidagi Qur’oni karimga imo qilib: "Kitobingizni o‘qiyman va U (Olloh) ishorat etgan yo‘lda izlanaman, tadqiqot o‘tkazaman. Siz esa uni saqlaysiz xolos", deb javob bergan ekan.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:01:37
Olloh taolo butun koinotning Rabbidir. U musulmon, nasroniy deb ajratmasdan, kim harakat qilsa, o‘shanga beradi ("Hidoyat" jurnali, 2000 yil, 3-son). Agar biz ham Olloh Qur’oni karim vositasida bildirilgan amrlarga, unda ishorat qilingan haqiqatlarga quloq osib, ularni o‘rgansak va o‘rganganlarimizga amal qilsak, ya’ni hayotga tatbiq etsak, bu yo‘lda Edison, Galileo Galiley, Holuq Nurboqiy lar kabi tinmay izlansak, ko‘plab kashfiyotlarni amalga oshirishimiz mumkin.
Yurtboshimiz "Tafakkur" jurnali bosh muharririning savollariga javoblarida ta’kidlaganidek, "Har qaysi inson Olloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va iste’dodini (avvalo o‘zi uchun) oilasining, millati va xalqining, davlatining farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas" ("Tafakkur" jurnali, 1998 yil, 2-son)
Maqsadga erishish, kashfiyotlarni amalga oshirish uchun ham diniy, ham dunyoviy bilimlarni puxta o‘rganishimiz, buyuk ajdodlarimiz, allomalarimiz kabi koinot sirlarini tashuvchi shifr orqali tushuniladigan, faqat yurak yo‘li bilan qamrab olinishi mumkin bo‘lgan Qur’oni karimga suyanishimiz kerak. Ollohga shukurlar bo‘lsinki, buning uchun mustaqil O’zbekistonimizda hamma sharoit yaratilgan.
Hurmatli kitobxon!
Taniqli turk olimi, onkolog-vrach Xoluq Nurboqiyning mazkur kitobi Maraziz A’zam tomonidan tarjima qilingan. Asar Qur’onning tili, qurilishi, matematik, fizik, tibbiy va boshqa mo‘jizalari to‘g‘risida bahs yuritadi. Kitob 1999 yilda "Adolat" nashriyoti tomonidan 10.000 nusxada nashr etilgan edi. U, o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va bugungi kunda yana bu kitobga ehtiyoj sezilmoqda. O’quvchilarning yana shu ehtiyojlarini hisobga olib, nashriyot bu kitobni ikkinchi marta chop etmoqda.

Noshir Tursunxo‘ja Yusufxo‘ja o‘g‘li Xidoyatxo‘jaev
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:02:11
Bismillohir Rohmanir Rohim

So‘z boshi

Qur’on boshdan-oyoq mo‘jizadir, mittigina yuragi bilan koinotlarni o‘zida aks ettirgan inson kabi ilohiy bir mo‘jiza...
Shu bois "Qur’on mo‘jizalari" degan ibora kalom ahli uchun bir oz g‘arib bo‘lib ko‘rinadi. Ustiga-ustak, yangi avlodlarga ko‘p beo‘xshov tarjimalarni tavsiya qilgan bugungi kunimizda shu ta’bir bilan yo‘lga chiqish majburiyatida qoldik.
Qur’onni o‘qib tushunish uchun yaxshi niyat bilan o‘rganishga kirishuvchilar Qur’onning haqiqiy sirlarini mutlaqo bilishlari shart. Aks xolda uning ilohiy kalom ekanligini his qila olmaydilar.
Bu kitobimizni o‘qiganda aqli va insofi bo‘lgan har o‘quvchi Qur’on ilohiy kalom ekanligini ko‘rajak, inshoolloh.
Payg’ambar sallallohu alayhi va sallam "Qur’on bilan chin inson - egiz aka-uka" deb amr qilganlar, bu - ayni chog’da ul Zotning Qur’onga bergan ta’riflaridir. Inson aqlni hayratga soluvchi ilohiy san’at asari sifatida koinotning barcha sirlarini qay darajada tamsil etsa, Qur’on ham koinotning barcha haqiqatlarini shu darajada tamsil etadi.
Qur’on ilohiy amrlarning kalomga, kalomdan ovozga, ovozdan qalbga o‘tishidir. Uning barcha boshqa yozuv va so‘zlardan farqi ham shunda. Inson til bilmasa ham, uni tinglaganda qalb yo‘li bilan ilohiy hikmatlarni sezadi, eshitadi va ruhan Qur’on dunyosida yashaydi. Uni o‘rgangan kishi esa, aql darchasidan koinotni bemalol tomosha qiladi, inson haqiqatini yaxshiroq anglaydi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:02:42
Bilmaganlarga mubolag‘a bo‘lib ko‘rinuvchi bu haqiqatlarga kitobimizni o‘qiganingizdan keyin siz ham haq berajaksiz. Ammo bu ta’rifu izohlarimizni juda yuzaki deb topishingiz ham ehtimoldan uzoq emas.
Yana shuni ham unutmangki, Qur’onning sirlari uni muntazam o‘qib va tinglab turilgandagina bizning botinimizda, ya’ni ruhiy olamimizda yashaydi. Agar undan uzilgan holda yashasak, ko‘ngil sathimiz hosil bermaydigan tuproqday qotib qolishi hech gap emas va u holda biz haqiqatlarni ko‘rmaydigan va sezmaydigan bo‘lib qolamiz.
Qur’on mazmun to‘la hikmatlari bilan bizga "sirri Muhammadiy"ni, ya’ni ko‘ngillar haqiqatini naql etadi. Uning "alhamdulilloh", ya’ni "Ollohga hamd" kalimasi bilan boshlanishi hikmati ham mana shu.
Ko‘ngillarda hamd tug‘ilganda koinotning eng oliy mavjudoti Rabbimiz, ya’ni Egamizga bir ma’no oqimi oqib boradi va Qur’on sirlari bizni Ollohning borligi va birligini tushunib yetgan chinakam insonga aylantiradi.
Olloh hammamizni bu ilohiy ne’matning eng go‘zali bilan mukofotlasin (sharaflasin).
 
Xoluq NURBOQIY,
doktor-onkolog
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:03:11
BIRINCHI BO’LIM

ASILLIK MO’JIZASI


Qur’onning eng muhim hikmati - undagi asillik sirlaridir.
Qur’on o‘z tili va o‘z xususiy ohangida o‘qilganda, insonning asosiy sifati bo‘lmish his qilish sezgisini yo‘qotmagan har inson uning dunyoda hech o‘xshashi yo‘qligini bir daqiqadayoq sezadi, shu paytgacha eshitgan so‘zlardan hech biriga o‘xshamasligini darhol farqlaydi. Bu hikmat boisi biz yo‘qotgan, qo‘ldan boy bergan ma’noning hofizamizda diniy aks-sado berishi bilan bog‘liq.
Insonning qalbi (ko‘ngli) Qur’on to‘lqinlariga uyg‘un, uni olishga tayyor turgan hassos bir xaridordir. Uni eshitgan zahoti inson xayolida jonlangan ekran kabi, tushunilishi qiyinroq bir maneara paydo bo‘ladi.
Bu jihatdan Qur’onda bitmas-tuganmas bir tarovat, buzilishi imkon doirasidan tashqarida bo‘lgan bir soflik (yarqiratib artib qo‘yilgandek tiniqlik) seziladi. Lisoni arabcha bo‘lishiga qaramay, o‘zga tilda so‘zlovchi har qanday odamga ham juda aniq ta’sir ko‘rsatayotgani seziladi. Bu, shu qadar sirli bir hodisaki, ma’nolar bamisoli ohanglar jilosi olamida jonli odamday yashayotganga o‘xshaydi. Qur’onning asilligiga, o‘xshashi yo‘qligiga oid bu asos unsurlarni sal kengroq ochish uchun bir necha namuna ustida andak to‘xtalmoqni istar edim.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:03:22
A) Tarovatidagi mangulik belgilari
Ma’lumki, biz, ojiz bandalar tomonidan yaratilgan so‘z va asarlar zamon shamollari ostida axir bir kun eskiradi, ilgarigi tarovatidan ayrilib, ta’sir kuchini yo‘qotadi.
Olloh kalomi bo‘lmish Qur’on esa, vaqt o‘tgan sayin yanada tarovatliroq bo‘la boradi, kuchi ortadi. Undagi har bir hukm zamonlar osha asrlardan-asrlarga o‘tib ham hukmlik kuchini aslo yo‘qotmaydi.
Qur’ondan boshqa bitiklarning hammasi davrlarning xususiyati va yorg‘u(hukm)larini tashigani sababli qiymatini yo‘qotishga mahkumdir. Bunga juda eski zamonlardan misol keltirib o‘tirishning hojati yo‘q. Yaqinginada, ya’ni asrimiz boshida o‘rtaga tashlangan falsafiy doktrinalar (dasturlar) davrning ateistik va materialistik qarashlariga asoslangani bois, bugunga kelib eskirib qoldi, qanchadan-qancha islohotlar, umrni uzaytirishga intilishlar tarix sahnasida ahamiyat kasb etolmadi.
Holbuki, Qur’onning yaqin-yaqinlargacha anglashilishi qiyin bo‘lgan hukmlari yangidan qayta-qayta kashf etilayotir (Kitobimizning IV, V, VI bo‘limlarida bu mavzu ustida atroflicha to‘xtalganmiz).
Qur’on Olloh tomonidan Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallamga tushirilgan davrda hali yer yuzida ilm-fan u qadar taraqqiy etmagan, ijtimoiy va iqtisodiy hayot butunlay zulmat qo‘ynida edi. Faqat qo‘pol kuch ishlatishdan boshqa jamiyatga ta’sir o‘tkaza oladigan hech bir vosita tan olinmasdi. Dunyoning bu aqlsiz dahshatiga faqat Qur’oni Karimgina qarshi tura oldi va ilmni har qanday kuchlardan ustun qo‘ydi, jamiyat taraqqiyoti uchun axloq, faqat axloq asos bo‘la olajagini e’lon qildi va hayotda buni isbotlab ko‘rsatdi.
Qur’onga inongan-inonmagan barcha jamoalar undagi jamiki nizomlarni qabul qildilar, chunki ular insonning insonligini ko‘rsatuvchi qonun-qoidalar edi.
Asrimizda hamon munozara mavzui bo‘lib turgan millatlararo tenglik masalasi, manfaatparast kuchlarning qattiq qarshiligiga qaramay, qabul bo‘ldi. Holbuki, Qur’oni karimda bu masala allaqachon uqtirilgan edi.
Hozirgi davrda inson huquqlari mavzuining eng katta mutafakkir olimi hisoblangan Rojer Garaudi bu haqiqatni qat’iylik bilan tasdiq etarkan, 1981 yil aprel oyida musulmon bo‘ldi va Qur’onni "davrlarning doimo eng oldinda borayottan Olloh kalomidir" deb ta’rifladi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:03:48
Bugungi G’arb dunyosi olimlari R.Garaudi fikriga qanday qaraydilar, bilmayman. Lekin bizning olimlarimiz, 1982 yil oxirigacha uni, so‘nggi uch asr ichida yetishgan eng katta mutafakkir, deyishardi.
Boshqa g‘arblik bir tadqiqotchi ham uni: "Barcha ilmiy doktrinalar yo‘q bo‘lib ketsa, u eng go‘zalini yangitdan yaratadi" deb maqtagandi.
Garaudi esa bir ilmiy doktrina yaratdi va: "Mening doktrinam Qur’onga asoslanadi, chunki Qur’on yer yuzida hech qachon eskirmaydigan, zamonlar ketidan siljib boraveradigan kitobdir", - dedi.
Urushda va ilmiy izlanish onlarida Qur’on ne-ne fikrlar va hukmlarni, noto‘g‘ri e’tiqodlarni osonlik bilan yo‘q qilib yubordi. Ammo minglarcha ilmiy kashfiyotlar ham, Qur’onni yo‘qotish uchun olib borilgan yuzlarcha urushlar ham Qur’onning tarovati saqlanishiga chek qo‘yolmadi, aksincha, bizni undagi haqiqatlarga butunlay yaqinlashtirib qo‘ydi, hayratimizni orttirdi.
Yer yuzidagi jamiki tushunchalar, inonchlar Qur’on hikmatlaridan biriga hamohang bo‘lsagina omon qoladi. Hamda Qur’on barcha bu fikrlar uzra hukmrondir. Unga ters borgan e’tiqodlar eskirmoqda va yo‘q bo‘lib ketmoqda, undan kuch olgan tushunchalar esa tirik va tiniq-yorqin holda saqlanmoqda.
Yana bir g‘arblik mutafakkir Bernard Shou:
- Sizningcha, yer yuzida eng e’tiborga loyiq hodisa nima? - deb berilgan savolga shunday javob bergan edi:
- Yer yuzida shuncha g‘avg‘o va tafakkur isyonlari bo‘lib turganiga qaramay, Qur’onning o‘z tarovatini saqlab qolganligidir.
Qur’on go‘zallik, chin inson mizoji haqida bahs yuritadi. Uning hukmlariga, ahloq haqidagi qoidalariga qarshi odam baxtsizlikka duchor bo‘lishga va manfaat janglarida qarib-eskirib yo‘qolishga mahkumdir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:04:26
B) Qur’onning soflik-xolislik sirlari
Qur’onning sofligi, ya’ni shaxs, guruh, toifa, millat manfaatlaridan yuqorida turishi - xolisligi ham uning Olloh kalomi ekanligini ko‘rsatadi. Har asar zamon ta’sirida davrining ilmiy darajasidan kelib chiqib, o‘sha asr e’tiqodlarini hamda joriy ijtimoiy tuzum talablarini o‘zida aks ettirgan bo‘ladi. Qur’onda na o‘z davrining va na oldingi davrlarning mafkurasi ilgari surilgan. U ma’lum bir davr uchun emas, hamma zamonlar uchun birday xizmat qilishga qodir bo‘lgan muborak bir kalomdir. Unda qisman bo‘lsa-da, cheklangan bir davr uchun xizmat qiluvchi hukmlar yo‘q.
Misollar so‘ngsizdir. Faqat bir necha mavzuga aloqador ba’zi bir namunalarni keltiraman.
a) Ayollar mavzui
Qur’ondan oldin ham, Qur’on inzol bo‘lgan yillarda ham ijtimoiy munosabatlarda va siyosatda xotinlar masalasiga yaqin kelinmas, xotinlar qat’iyan bor deb hisoblanmasdilar. Qur’on birinchi marta xotin kishiga barcha siyosiy va ijtimoiy mavzularda erkak bilan baravar shartlarda xitob etdi. Qur’onning bu tarzi o‘z davrida ko‘p qarshiliklarga uchradi.
Holbuki, Qur’on erkak bilan xotinga ayri-ayri xitob etib, ul vaqt uchun katta fikr inqilobi keltirayotgan edi.
b) Huquq sohasida
U jamiyatga olib kirgan barcha hukmlar na arab huquqiga va na tevaragidagi uluslar huquqlariga o‘xshar edi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:15:28
V) Ma’lumotining yuksakligi
Qur’on o‘z davri va o‘zidan oldingi davrlarning darajasidan farqli ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Hatto Qur’on inzol bo‘lgan yillarning eng ko‘zga ko‘ringan olimlari ham, Qur’onning ilmiy darajasi beqiyos ustunligidan, bilim va e’tiqodlarini unga aslo tenglashtira olmasdilar.
Qur’on barcha asrlarning fiziklari, munajjimlarini o‘z ichiga qamrab olgan edi. Turgan gapki, parite (juftlik) nazariyalari va kvant (zarrot) qonunlaridan tortib, to jismlarning tortishuv kuchiga qadar bo‘lgan barcha muhim qonun-qoidalarni izohlab bergan Qur’onning ilmiy oyatlari asrlar bo‘yi hayratlanib ko‘zdan kechirildi. Lekin quyoshning yetti sayyorasi va bu tizimning Qur’onda yo‘qligi, jamiki olimlarning fikricha, odamlarni Qur’ondan begonalashtirar edi.
Aslida buning boisi shuki, Qur’on inzol bo‘lgan asrda quyoshning yetti sayyorasi, sayyora sifatida bilinmagan bo‘lsa ham, u zamon munajjimlari nazdida katta ilmiy haqiqat hisoblanardi. Qur’on bu yetti sayyoradan bahs ochgan bo‘lsaydi, ular buni hammaga ma’lum ilmiy haqiqat deb qabul qilardilar: ammo zamonlar o‘tib, bizning asrimizga kelganda bir ilmiy tazod (qarama-qarshilik) o‘rtaga chiqishi mumkin edi. Xolis Qur’onda bunday yanglish bilimlarga o‘rin berilmaganligini ulug‘ bir mo‘jiza unsuridir.
Qur’onning eng katta mo‘jizalaridan biri mana shunday o‘z davriga oid falakiyot bilimlariga rag‘bat etmaganligidir.
Tibbiyot va tabiiyot mavzuida ham Qur’on biron yanglish ma’lumotga o‘rin bermagan.
Shunday qilib, Qur’on o‘z davri ta’siriga berilmagan va ilmiy jihatdan pokligini saqlab qola olgan birdan-bir kitobdir, chunki u Olloh kalomidir.
Qur’onni tadqiq etgan har bir chinakam olim Qur’ondagi bu soflikka takror-takror hayron qolaveradi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:16:13
G) Qur’onning tili
Bir qator oyatlarda Qur’on - hikmatlar manbai ekanligi, u odamlar tomonidan tushunilishi, tushunganda ham osonlik bilan tushunilishi uchun arab tilida yuborilganligi bildirilgan:
"Alif, Lom, Ro. Bular ochiq-ravshan Kitob oyatlaridir. Darhaqiqat, biz uni anglaysiz deya Qur’onni arab tilida tushirdik". (12-sura, 1-2-oyatlar).
Oyatdan ochiq-ravshan bilinib turibdiki, Qur’on koinotning butun sirlarini qamrab olgan ishoralar kitobidir. Ya’ni ilmiy ma’noda jamiki ma’lumotlarni bir yerga to‘plagan bilim xazinasidir. Bu bilim xazinasidagi hikmatlarni shartli (ramziy) harflarning ifodasidan ham anglay olishimiz mumkin bo‘lgan tarzda qamrashimiz oson ish emas; faqat Haq-Taolo bu hikmatlar va bilimlar kitobini anglay olishimiz uchun keng imkonli arab tilida yuborgan.
Ramziy harflar aniq oyatlar ekanligi bildirilgan. Bu harfiy ishoralar koinotning biror qonun-qoidasi vasfiga egaligi ham aniq va ravshandir. Ikkinchidan, Qur’onning Lavhi Mahfuz (Muhofazali Lavha, ya’ni Qur’on Qo‘lyozmasi) bo‘lgani ham bir necha oyat orqali ma’lum qilingan. Lavhi Mahfuz - koinot haqiqatlari yozilgan kompyuter tizimi (sistemasi)dir. Xullas, Qur’on koinot haqiqatlari, qonun va qoidalarining matematik tizim ichida arabchaga tushirilishi hodisasidir.
Bu aytganlarimiz Qur’onning qat’iy vasflaridir va hech qanday boshqacha izohga o‘rin yo‘q.
Bir talay koinot haqiqatlarini o‘zida tashigan Qur’onning nega arabcha ekanligi sababini, arabcha - eng yaxshi til ekanligidan izlamoq kerak.
Bir kompyuter tasmasini bir tilga bog‘lamoq uchun, albatta, so‘z boyligi katta, sarfu nahvi (morfologiya va sintaksisi) kuchli bir til tanlanishi zarurligini mutaxassislar juda yaxshi bilishadi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:16:51
Shunday bo‘lgach, Qur’onning bir talay ilmiy sirlarni o‘zida mujassam etgani tabiiydir. Uning harflarida va kalimalarida juda ehtiyotkorlik bilan hisobga olingan hikmatlar bor. Bu haqiqatlarni bilib, hatto ko‘rib yashayotganlar uchun Qur’onni tarjima qilish benihoya qiyinligi ayondir, qilingan bir qator o‘girmalar esa balki, qo‘pol xatolar bilan bo‘lsa-da, ma’noga yaqinlanish uchun qilingan harakatdir... Yana shu narsa ham ayonki, Qur’ondagi arab tili — mustaqil, hozirgi arabchadan farq qiluvchi arab tilidir. Bironta arab shevasida, hatto eng boy va eng rangin arabcha adabiyotda Qur’ondagi arab tiliga duch kelinmaydi. Shuning uchun ham ayrim kishilar Qur’on arabchasini xalq tili (umum-arab tili) sifatida tavsiflashga intiladilar.
Holbuki, Qur’on tili juda o‘ziga xos arabchadir. Ham lirik, mayin oquvchi uslubi bor, ham o‘ta ilmiydir. Ham ovoz chiqarib o‘qilganda oson tushuniladi, ham o‘qish jarayonida yangi ma’nolari ochiladi.
Undan tashqari, Qur’on arabchasining juda muhim bir tomoni, Qur’onda uchragan juda ko‘p arabcha kalimalarning ilgari hech ishlatilmaganligidir. Arabchada uchragan, lekin ma’lum maqsad uchun bir martagina ishlatilgan kalimalar ham Qur’onda ilmiylashtirilgandir.
Jannat va jahannamga oid bir qator o‘ziga xos kalimalar va Lavhi Mahfuz ta’birlari ham ilk bora Qur’onda uchraydi. Zamxari kalimasi ham birinchi marta Qur’onda kuzatilgan. Bu mavzu bilan aloqador "Omma juz’i yorumi (tafsiri)" nomli kitobimizda biz bu o‘ziga xos kalimalarni ko‘rsatib o‘tganmiz.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkin:
Qur’on Olloh ilmining arabcha tarzda berilishidir. Lekin uning tili klassik arabchadan ohang jihatdan farqlidir.
O’zida haqiqatlar majmuini saqlagan Qur’on juda o‘ziga xos bir arab tilidadir. Uning kalimalari ma’lum bir ohangga tushadigan bichimda tanlangan, ayni chog‘da, har bir kalimaning tarjimasi ma’noga ko‘p yashirin sirlar yuklangandir.
Chunonchi, bir qaraganda xunnas va kunnas so‘zlari faqat ohang uchun yonma-yon qo‘llanilganday ko‘rinadi. Holbuki, bu kalimalar koinotning asos qonunlarini tamsil etadi. (Bu haqda to‘rtinchi bo‘limda batafsil to‘xtalganmiz).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:17:29
D) Qur’onning ohangi (ritmi)
Qur’onning ohangi, g‘arb ta’biri bilan aytganda, ritmi mustaqil, ilohiy bir mo‘jizadir.
Ko‘ngli va ruhi ohang zavqiga oshno kishilar uning ohangidan sarxush (mast) bo‘ladilar.
Ma’lumki, har sura o‘z mavzuiga yarasha ayricha bir ohang hikmatiga ega. Bir tomondan eng so‘ngidagi qofiyalar ritmi, ikkinchi tomondan, oyatlar oqimidagi to‘la ravonlik birgina parchani eshitish nasib bo‘lgan odamni mast qiladi.
Qur’onning mazmuniga oshno bo‘lmaganlar ham bu ohang go‘zalligi ta’sirida ma’noga yaqinlashib qoladilar. "Rahmon" surasini bir o‘qing, ma’nosini hech bilmay turib, Ollohning xilqatdagi san’atining buyukligini darhol his qilasiz. "Voqea" surasini o‘qing, hali hech nimani anglamay turib ham qariyb mahsharni boshdan kechirasiz. Qur’ondagi bu ritm mo‘jizasi oyatlari qisqa bo‘lgan so‘nggi ikki juzda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Deyarli insonni o‘z ohangida eritadi. Bir kez "Takvir" surasini o‘qib ko‘ring, mahshardagi manzaralarni ko‘rib-yashaganday his qilasiz, o‘zingizni. "Muddassir" surasida Validning ozorlanishlari hayratlanarli darajada Sizga "yuqadi". Qur’oining mana shu aql bovar qilmas ohangi va ritmi uning ilohiy kitob ekanligiga hech taraddudsiz ishontiradigan mo‘jizaviy sirlaridandir.
O’tgan yili (1990) Qur’ondagi bu ohangni qalbi bilan ilg‘agan ikki atoqli g‘arb sozandasi Islom dinini qabul qilishdi! Ingliz rohibi, musiqa san’atchisi, asli rumlik Kesh Stevens Qur’on tinglab ko‘rgandan so‘ng gitarasini uloqtirdi. "Men bunday nag‘ma va ohangni umrimda birinchi bor tinglashim. Yo‘q, Qur’on—ilohiy kalom! Boshqacha bo‘lishi mumkin emas! - deb musulmon bo‘ldi, bor-yo‘q boyligini Islomni yoyish yo‘liga tikdi. O’sha kundan boshlab, to shu kunlargacha faqat ilohiy kuylar ijod qildi, o‘zining ilgari yozgan musiqiy asarlaridan voz kechdi.
Yana dunyoning eng mashhur xoreofafi va raqs muallimi, ustod Moris Bejard Qur’on ohangidagi mo‘jizaga maftun bo‘lib musulmonlikni qabul qildi, o‘z kasbini tark etib bundan keyingi hayotini Qur’onni Ovrupoga yoyishga bag‘ishlashga bel bog‘ladi.
Aziz O’quvchilarim! Qur’onning bu ohang mo‘jizasini sezishiz uchun uni qoidasi bilan o‘qish va tinglash farz qilingan. U astoydil tinglanganda ohangidagi aql bovar qilmas mo‘jizasi - o‘lik qalblarga ham jon ato etish siriga egaligi ko‘rinadi. Uning ohangidan biz yo‘qotgan, qo‘ldan boy bergan ma’nolar hofizamizda jonlanadi.
Boshqacha aytganda, insonning ma’naviy shaxsiyati Qur’on ohanglariga ko‘ra to‘g‘rilanadi. Uni eshitganda bozordagi asrorangiz bir xaridorga o‘xshab, u nag‘malar inson atalmish mavjudotni koinotning so‘ngsiz mezonlari bilan nurlantiradi.
Bu oddiy bir haqiqatdir va juda ko‘p insonlar shu ohanglar orqali mangulikka qovushganlar.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:17:43
IKKINCHI BO’LIM

TIZIMDAGI HIKMATLAR


Qur’onda oyatlarning va suralarning tizimi favqulodda hassos ilohin hikmatga ega.
Qur’on, aqlni lol qiladigan matematik tizim bilan Davhi Mahfuzdagi "ilohiy bilim markazi" holiga kelgandir.
Qur’onning inzol bo‘lishi - o‘zi bir tarix. Ya’ni Qur’on, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamga bu kungi 600 sahifalik kitob holida kelgan emas. Oyat va suralar bugun biz ko‘rib turgan tartibda yuborilmagan, parcha-parcha indirilib, tamomlangan. Lekin bu bitgan suralar qay tartibda joy-joyiga qo‘yilishi kerakligi Payg‘ambarimizga bildirilgan. Bu haqiqatni alohida bir bo‘limda misollari bilan ko‘ramiz.
Qur’onning muhim joylaridan biri shuki, ba’zi suralarning boshlanishida harflar bilan ifodalangan ramzlar bor. Bu ramzlar aqlni lol qiluvchi haqiqatlarga ega. Ilohiy kalomning o‘ziga xos haqiqati esa uning tizimidagi ajoyib nazokatni ramziy ishora qilib ko‘rsatadi.
Qur’on tizimidagi yana bir muhim sir oyatlarning favqulodda nomlarida saqlanadi.
Bu nazokatlarni navbatma-navbat misollar keltirib, tushuntirishga harakat qilaman.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:18:03
A) Oyatlarning joylanish tartibidagi sirlari
Ko‘pchilik olimlar QURUQ oyatlarning o‘zi inzol bo‘larkan, ularning bo‘lak-bo‘lakligi va xulosalanish navbatiga qarab, Qur’onning Olloh kalomi ekanligini sezganlar.
Masalan, 6-sura 165 oyatdir va Makkada, ya’ni hijratdan oldin nozil bo‘lgandir. Bu suraning 91-,92-,93-,151-,152-,153- oyatlari oradan bir necha yil o‘tgandan keyin Madinada nozil bo‘lgan. Butun suradagi ohang hech oqsamagan, aksincha, komil tugallangan.
Yana 9-sura ham Makkada inzol bo‘lgan, 128- va 129-oyatlari Madinada tushirilgan. 75 oyatdan tashkil topgan 8-suraning 30-36 oyatlari bir necha yildan so‘ng Madinada inzol bo‘lgan. 99 oyatdan tashkil topgan 15-suraning 87-oyati Madinada indirilgan. 8- va 15-suralarning oralarida nozil bo‘lgan bu oyatlar avvalgi suralarning ohangi bilan apoq-chapoq, faqat bu oyatlarning ilgari nuzul qilinmaganining boisi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam tomonidan o‘sha paytdagi Islom jamiyatini ma’lum bir sura davomida tarbiyalab yetiltirish, yangi tushunchalarga ko‘nikma hosil qilish hikmati bilan bog‘liqdir.
Oyatlarning bunday tanaffuslar bilan, ma’lum bir tartib asosida emas, ilohiy maqsadga uyg‘un nozil etilishi haqiqatan ham ilohiy mo‘jizadir.
Olloh ilohiy bilim markazida pishitgan asari Qur’onni, uning nomalari bo‘lmish oyatlarni turli paytlarda yuborgan va 22 yildan keyin ilohiy asar tugallangan.
Qisqa muddatda bitkazilgan suralarda ham bu farqli bo‘lak-bo‘lakliklar bor.
Masalan, eng avval 96-suraning dastlabki oyatlari kelgan, bu oyatdan so‘ng sura davom etmagan. 78- va 74-suraning bosh qismlari inzol bo‘lgan, keyinroq esa Bismillo bilan birgalikda "Fotiha" inzol bo‘lgan. Bu navbat bitgan zahoti 73-,74-suralar va birinchi bo‘lib kelgan oyatlarni o‘z ichiga olgan "Alaq" surasi tugallangan.
Qur’onning ilohiy kalom ekanligiga inonmaganlar uchun bu tarzdagi inzolning izohini berish mumkin emas. Hech bir insonning zehni bu tarzdagi mo‘jizaviy galma-gallikni bir nizomga sololmaydi, bir necha yil burungi ohangni ko‘ngilda jonlantirib, unga aynan mos keluvchi narsa yozolmaydi.
Har oyatning tartib bilan joy-joyiga qo‘yilishida ham bir talay hikmatlar bor, ular bizning mavzu doiramizdan bir oz chetroqda. Ammo bir misol keltirsam, o‘quvchilarga malol kelmas, degan fikrdaman.
Qur’onning so‘ngida kelgan oyatlar dunyoning oxiri yaqinlashganda odamzotning yashash tarzi qanday bo‘lishi to‘g‘risida tushuncha beradi. "Nasr" deb nomlangan 110-sura oxir zamon yaqinlashganda to‘da-to‘da aqlli kishilar Islomga kirajaklarini ramziy ishora qilib ko‘rsatadi.
Yana 2-suraning so‘nggi qismlariga yaqin oyatlar ham keyin kelgan oyatlardir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:19:07
B) Harfiy muqatta’a (shifrlar)
Qur’ondagi 114 suraning 29 tasida suralar harf ko‘rinishidagi shifrlar bilan boshlanadi. Buni Qur’on tilida harfiy muqatta’a deyiladi.
"Surai Yusufning yorumi (tafsiri)" nomli kitobimda izohlaganim kabi, Qur’on bu harflar to‘g‘risida shunday bir ta’rifni keltiradi:
"Alif, lom, ro. Tilka oyat-ul-kitobil mubiyn". Ya’ni:
"Alif, lom, ro. Bular ochiq-ravshan kitob oyatlaridir".
Demak, bu harflar - oyatlardir, ya’ni ilmiy shifrlardir. Qur’on biz Lavhi Mahfuz deb aytadigan ilohiy ilm kompyuterining arabchaga tushirilishi (tarjimasi) deganidir, buning uchun bu harflar deyarli u kompyuterning kod raqamlari mohiyatidadir.
Afsuslar bo‘lsinki, biz Ilohiy Ilm Kompyuterini bilmaganimiz uchun, bu kod raqamlari ortida yashiringan bilim xazinasini ochib, hikmatlarining barini o‘rganolmaymiz. Hozirgacha qilingan tafsirlarda shu tufayli aniq bir ma’lumotga yaqinlashmoqning imkoni bo‘lgani yo‘q. Faqat, juda jo‘n bo‘lsa-da, ba’zi yaqinlashishlarni siz, o‘quvchilarimga havola qilgim keldi.
Qur’onda yetti marta kelgan Alif—Lom—Mim bilan Ho—Mim shifrlari va besh marta kelgan Alif—Lom— Ro shifrlari asosan Ollohning Rahmon va Rahim sifatini ko‘rsatadigan suralarni boshqa suralardan ajratib ko‘rsatish uchun qo‘yilgan belgilar ekanligi va biri ikkinchisining ichida bo‘lgan nizomni tamsil etishi ayonlashib qoldi. Bir marta kelgan Nun shunday shifr markazining qoq o‘rtasida yetti qavat magnit maydonini bildiruvchi samoda katta portlash nuqtasi ekanligi tushunilishi mumkin.
Bu shifr-harflar, undan tashqari o‘zi tamsil etgan sura ichida kalimalar orasida kelganda ham biror ilmiy izohni bildirishi shak-shubhasizdir. Bir misol bilan bu haqiqatni kuzatib ko‘raylik.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:19:27
"Fussilat" surasida shifr "Ho—Mim"dir. Ammo "Ho—Mim "dan keyin Rahmon va Rahim sifatlari zikr etilgan oyat keladi. 11 -oyatda Rahim sirlari (atmosferaning shakllanishi) bayon etilgan va katta bir ilmiy hikmat izohlangandir.
"Fussilat" Qur’onda ikkinchi bora "Ho—Mim bilan belgilangan suradir va 11 -oyatda ikki marta Mim ga duch kelamiz.
12-oyatda Rahmon sirlari (Yer va Osmonning yaratilishi) izohlangan ikki marta Ho ga duch kelamiz.
Aslida faqat shu qoidani nazardan qochirmasakkina Qur’ondan koinot sirlarini o‘rgana olishimiz mumkin, deb o‘ylayman. Hatto, menimcha o‘rganish uchun Qur’ondan oddiyroq (yengilroq) yo‘l axtarish vaqtni behuda sarflash bo‘lur edi.
Uchinchi "Ho—Mim" va "Sho‘ro" surasida bu hikmatlarni boshqa bir nuqtai nazardan o‘rganish uchun uch marta "Mim" va "Ho" uchragan oyatlarni ko‘zdan kechirmoq kerak bo‘ladi. E’tibor bersangiz, "Sho‘ro" surasining 5-oyatida uch marta "Ho" uchraydi va samolarning eng katta sirlarini izohlab beradi (quyiroqda yana bu oyatning tafsiriga qaytamiz). Ya’ni "Fussilat" surasidagi ikkita "Ho" bilan berilgan samolarning yaratilishidagi Rahmon hikmati "Sho‘ro" surasida uchta "Ho" orqali bildirilgan oyat bilan izohlangandir.
"Qur’on oyatlarining ilmiy tafsirlari" degan kitobimizda bu ochqichni deyarli har taraflama ishga solganmiz.
Harfiy muqatta’alarga oid boshqa shifrlarning xususiyatlari shularga oid bahsimizda ko‘rsatilgan ("Qur’onning matematik mo‘jizasi" bo‘limida).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:19:41
V) Hikoyatlar va inson sirlari
Qur’onda har oyatning, hatto har kalima va harfning bir hikmati, bir siri bordir. Bu hikmatlar ko‘pincha bir hikoyatning ichida yashirilgandir. Ba’zan shu hikoyatlar boshqa voqeliklar munosabati bilan keltiriladi; Qur’on uslubini yaxshi bilmaganlar bularni takror deb hisoblaydilar.
Payg‘ambar va uning qavmlariga oid hikoyatlar ko‘pincha insondagi sirri-i ilohiy bo‘lgan ruh bilan nafs manfaatlarining to‘qnashuvini ko‘rsatadi.
Inson diqqat va insof bilan suralarning hikmatiga quloq bersa, o‘z ichidagi Fir’avnni va Namrudni taniydi, jazolaydi. Boshqacha aytganda, bu hikoyatlar bilan tarbiyalangan inson albatta Muso va Ibrohim yumon bo‘ladi.
Solih payg‘ambarning tuyasi hamma davrda yashaydi, har inson o‘z manfaati yo‘lida vijdonini (Solihning tuyasi) bo‘g‘adi.
Qur’onda bir necha marta uchragan Solih payg‘ambar hikoyati ichimizdagi Samud kufrini aniqlab olish uchundir. Inson mizojiga xos beqarorlik va ichki o‘z-o‘zi bilan olishuvlar "Yusuf" surasida har tomonlama tadqiq etilgan. Jamiki tasavvufning suyangan tog‘i "Yusuf" surasidir. Hazrati Yusuf hikoyatini barcha tafsilotlari bilan bilsak, o‘z majhul tomonlarimizni ham anglab olamiz.
Qur’ondagi hikmatlarni qanday tushunishimiz kerakligini ko‘rsatish maqsadida bir necha namuna keltirishni istardim.
a) Yusufning tushi Haq-Taoloning ilhomini tamsil etadi. Otasining Yusufga "tushingni akalaringga aytma" deyishi "ilohiy sirga nafs eshiklarini yop" deganidir.
Lekin Yusuf tushini akalariga aytmagan bo‘lsa ham, akalari (nafsning o‘nta xususiyatini tamsil qiladilar) bu tushni, ya’ni ilhomi ilohiyni sezgan va Yusufni o‘ldirishni ko‘ngillariga tugib qo‘ygan edilar. Uni o‘ldirmasdan quduqqa tashlab ketishlari nafsning qo‘rqoqlik tomonini tamsil etadi.
b) Zulayho jamiki nafsning tamsilchisidir. Uning go‘zal insonga oshiq bo‘lishi, lekin buni shahvat bilan bog‘lashi nafsga xos xususiyatdir. Zulayhoning eri Qiftir mol-dunyoga hirsni tamsil qiladi. Nafs, ya’ni Zulayho, ham Qiftirga tegadi, dunyo sevgisiga bog‘lanadi, ham Yusufga ko‘ngil qo‘yadi, dunyo bilan ishi yo‘q ko‘ngilga bog‘lanadi. Holbuki, Zulayho, ya’ni nafs, dunyo sevgisidan uzilsagina Yusuf bilan qovushadi.
v)Yusufning qiymatini oqil(Misr sultoni) ilm(sharobchi) orqali anglaydi, uni o‘ziga maslahatchi qilib oladi.
Yusufning zindondagi hayoti - ko‘ngilning nafs(Zulayho) bilan olishishga majbur bo‘lishidan tuzilgan. Dunyo sevgisi, ya’ni Qiftir o‘lgandan keyin bu olishuv nihoyasiga yetadi, nafs (Zulayho) ko‘ngilning amriga bo’yin egadi.
Xullas, Qur’ondagi har bir hikoyat shu tarz nafislik bilan inson majhulligi(murakkabligi)ning izohini beradi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:19:55
G) Suralarning nomlari va joy—joyiga qo‘yilishidagi hikmatlar
Qur’ondagi sura nomlari va suralarning ma’lum bir joyga qo‘yilishining va hatto sinonimlararo tanlangan kalimaning ham katta hikmati bor. Buni ko‘rsatuvchi misollar juda ko‘p.
Qur’on Ollohga hamd amri bilan boshlanadi va "Nos", ya’ni inson kalimasi bilan tugaydi. "Fotiha" - Qur’onning boshida umumiy xulosa, Qur’on oyatlarining ma’nosini yechib berish uchun tanlangan bir shifr. Zotan, "Fotiha" nomi - lug‘aviy ma’nosi jihatdan ham "yechib beruvchi", "hal qilib beruvchi" demakdir.
Bundan keyin "Baqara" surasi bilan Qur’on mavzuiga kirish boshlanadi. Baqara nomi - ham surada uchragan Somuriyning buzog‘ini, hamda mashhur Baqara voqeasini xotirga soladi. Inson mijozining dunyo manfaatlariga naqadar bog‘liqligiga, ko‘ra-bila turib haqiqatlarga hilof ish qilishiga e’tiborni qaratadi.
Deyarli hamma suralarning nomlari u sura ichidagi tushunilishi qiyin bo‘lgan oyatlarga kalit vazifasini bajaradi. Bulardan bir qator namunalarni bu kitobda bera boramiz.
Suralarning joy-joyiga qo‘yilishidagi hikmat ham juda nozikdir. Mana, masalan, so‘nggi 20 suraning joy-joyiga qo‘yilish hikmati: "Vaz-Zuho" va "Sharh" - butun koinotning faxri Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning xilqatdagi o‘ziga xos sirlarini ochadi. "Vattiyn" surasida insonning nima sababdan butun yaratiqlar ichida eng go‘zali va mukammali ekanligi va u nega payg‘ambarimizga bog‘langanligi bildiriladi. "Zalzala" mashhar manzarasini, "Val-Odiyot" nonko‘r inson bilan fidokor banda orasidagi farqni ko‘rsatadi. "Qoria" surasi qiyomatni, "Takasur" surasi molparast insonning hisob kuni bemurosa qoralanishini ma’lum qiladi. "Val-asr" surasi hamma zamonlarda xam inson o‘zini qay taxlit baxtsizlikka maxkum etishini o‘rtaga qo‘yadi. "Humaza" surasi inson nafsini tanqid qiladi. "Fil" va "Quraysh" Ollohning Qurayshga, Islom deb bilgan o‘lkalariga qanday yordam qilganini uqtiradi. "Mo’uvn" surasi Islom dini hamjihatlik asosida bino bo‘lganini, bu yo‘ldan yurmagan insonning namozi ham el ko‘rsinga o‘qilishini, shu sababli qabul bo‘lmasligini ta’kidlaydi. "Kavsar" surasi Payg‘ambarimizning koinotdagi maqomlari yuksakligi sirini, "Nasr" surasi ul zotning moddiy dunyodan ma’naviy olamga ko‘chib o‘tishlari sirlarini anglatadi.
"Tabbat" Payg‘ambarimiz - Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallamga, ya’ni yaxshilikka qarshi chiqqan kishi kim bo‘lishidan qat’i nazar, jazosini topajagini aytadi. "Ixlos" surasi Ollohning o‘z-o‘ziga bergan ta’rifidir. "Falaq" va "Nos" suralari insonlarning jamiki gunohlardan xalos bo‘lishlari uchun Ollohga qanday duo o‘qilishi kerakligidan ta’lim beradi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:20:58
UCHINCHI BO’LIM

QUR’ONNING MATEMATIK MO’JIZASI


Qur’onda 19 raqamining katta hikmati bor. Juda ko‘p oyatlarning kalima va harflari yig‘indisi 19 raqamining karralaridir. Bundan tashqari Bismillohir Rahmonir Rahim ham 19 harflidir. Qur’onda - "Yusuf" surasida insonning 19 xususiyati yashirindir. Shu sababli 19 raqamining juda muhim jihatlari bor, deb hisoblanadi.

A) 19 ning Qur’onda bildirilishi
Qur’on, bilamizki, "Alaq" surasining dastlabki besh oyati bilan boshlangan. Bu besh oyat 19 kalimadan iborat edi va harflar yig‘indisi 19 ning karralari edi (4x19=76). So‘ngra "Muzzammil", uning ketidan "Muddassir" (73-va 74-suralar)ning dastlabki 30 oyati keldi. Qurayshning eng aqlli kishisi hisoblangan Valid Ibn Mug‘ayra dastlab nozil bo‘lgan oyatlarni eshitib o‘tirib, undagi kalomning favqulodda (ya’ni ilohiy) xususiyatini e’tirof etdi. Lekin keyinchalik Quraysh kofirlari uni g‘urur va kibru havo yo‘liga solib yubordilar va u oldingi so‘zidan qaytib, bu - inson kalomidir, dedi. Shunda "Muddassir"ning ilk 30 oyati inzol bo‘ldi:
18-oyat: Innaqu faqqara va qaddara. Chunki u fikrladi va taqdir bichdi.
19-oyat: Fa qutila kayfa qaddara? Qahrga uchragur, qanday taqdir bichdi?
20-oyap Summa qutila kayfa qaddara? Yana qahrga uchragur, qanday taqdir bichdi—ya?
25-oyat: In hozo illo qavlul bashar. Bu faqat inson so‘zi, dedi.
26-oyag. Si usluxi Saqor. (Men uni) Saqorga kiritajakman.
30-oyat: A’layho tis’ata a’shar. Uning ustida 19 bor.

Bu oyatlar birgalikda: "Tushuna turib, ilohiy bichim ekanligini bila turib, Qur’onning ilohiyligini inkor etsalar, bunday kishilar ustiga 19 lar sirini ag‘daraman, Qur’onning Olloh kalomi ekanligini inkor etganlar bo‘hrondan bo‘hronga tushajaklar", degan ma’noni bildiradi.
Bu 30-oyatdan keyin Qur’onning shifr hikmati kalitlari- "Bismillo" bilan "Fotiha" inzol bo‘ldi.
1. Lekin dunyo avliyolardan iborat emas. XX asrning so‘nggiga qarab kelayotgan Amerikaning eng mashhur matematiklari ham Qur’onning bu siriga hayron qoldilar. Bu olimlarning olib borgan matematik tadqiqotlariga ko‘ra, Qur’ondagi bu 19 va uning karralari hikmati bor bo‘lishi mumkin va u 616x1025dir, ya’ni 626 septrilliondan bir ehtimoldir. Shuning uchun ham Qur’on faqat Olloh kalomidir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:21:13
B) Bismilloning 19 siri
Bismillo 19 harfligini aytdik, bismillodagi to‘rt kalima Qur’onda 19ning karralarida ko‘rinadi: ISM 19 marta o‘tadi, OLLOH 19x142=2698, RAHMON 19x3=57, RAHIM 19x6=114 marta o‘tadi. (Qur’onning 9-sura 128-oyatida Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga nisbatan ishlatilgan Rahim sifati, albatta, bu sanoqqa kirmaydi).
Qur’onda Bismillo 6x19=114 marta o‘tadi, faqat 9-suraning Bismillosi yo‘q. Yo‘qolgan bu Bismillo 19 sura o‘tgandan keyin "Naml"da (27-sura 29-oyat) o‘tadi. Bu yetishmagan Bismillo ham bizga Ollohning Qur’on matematikasi ichida 19 raqamiga bergan e’tiborini bayon qilish uchundir.
Ajabo, Bismilloning bu 19lar hikmati siri nima ekan? Bu savolning javobi, ya’ni yashirilgan ma’no hikmatlari "Yusuf" surasida bildirilgan.
"Yusuf" deb nomlangan 12-surada 19 shaxs bor. Va bular insondagi 19 xususiyatni tamsil etadi. Bular:
1 - Yoqub hazratlari: RUH.
2 - Yusuf hazratlari: QALB (KO’NGIL).
3 - Zulayho: NAFS.
4 - Binyamin: IMON.
5 - Qiftir: DUNYOGA HIRS (DUNYOGA BOG’LIQLIK).
6 - Sulton: OQILLIK.
7 - Sharobchi (soqiy): ILM.
8 - Sharobchining yonidagi tutqun: MANTIQ.
9 - Yusufni quduqdan chiqargan karvonchi: MANFAAT.
10 - Yusufning o‘n akasi: XASISLIK, GINA, ShUBHA (GUMON), G’URUR, ZULM, ShAHVAT, EHTIROS, JAHOLAT, ZAIFLIK, SUYuQLIK.
Shunday qilib, Bismillo insondagi bu xususiyatlarga har bir harfi bilan hukm (ta’sir) o‘tkazuvchi ilohiy bir kafolatdir. Chunonchi, Be harfi badanga, Sin harfi nafsga, Mim - qalbga, keyingi Alif - ruhga biror kafolat sug‘urtasi (straxovanie)dir. Bu yerda biz tilga olmagan ayrim tafsilotlarni "Ommajuz’i yorumi (tafsiri)" degan kitobimizdan topishingiz mumkin.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:21:25
V) Ramzlarda 19 ning nazokati va boshqa hikmatlar
Qur’onda 7 surada "Alif-Lom-Mim" shifri bor. Bu yetti surada uchragan "Alif", "Lom", "Mim" harflarining yig‘indisi 26676 = 1404x19 dir.
Qur’onda 7 "Ho-Mim" shifri bor. Bu shifrlar uchragan suralardagi "Ho" va "Mim" harflarining yig‘indisi 2147=113x19dir.
"Sho‘ro" surasida 5 muqatta’a bor va ular ikki oyat holidadir:
a) "HO-MIM": b) "AYN-SIN-QOF".
Surada bu besh harfning yig‘indisi: 570=30x19, shu jumladan, "Ayn", "Sin", "Qof" yig‘indisi: 209=11x19, "Qof" yig‘indisi: 57=3x79dir. 7-sura "Alif—Lom— Mim—Sod" bilan boshlanadi, bu harflar yig‘indisi: 5358=282x19dir. 19-surada muqatta’a harflar: "Qof", "Ho", "Yo", "Ayn-Sod". Bu harflar yig‘indisi 798=42x19dir. «Sod» shifriga ega bo‘lgan 7~, 19-, 38-suralarda uchragan "Sod" yig‘indisi: 152=8x19dir.
Bunaqanggi keskin bir matematik nazokatni ko‘rmaslikka olish, bularni aql bovar qilmas mo‘jiza sifatida ilg‘amaslik, haqiqatan "Fotiha" surasida amr etilganday, faqat benasiblikdir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:21:42
TO’RTINCHI BO’LIM

QUR’ONNING FIZIKAGA OID MO’JIZALARI


Qur’onning ilmiy mo‘jizalarini sanagan bilan ado bo‘lmaydi. Shubhasiz, ularni payqamoq uchun insonda fizikaga oid bir qator bilimlar bo‘lmog‘i lozim. Zotan, u - koinot xaqidagi shoh asar, bir tomondan ohangiga ko‘ra komil san’at, ikkinchi tomondan matematika va fizikaga daxldor buyuk kashfiyot ekanligi ko‘rinib turadi.
Haqiqat nuqtai nazaridan qaralsa, fizika Ollohning taqdirga oid ta’limotidir. Ba’zi bir qashshoq tushunchali odamlar o‘ylaganidek, fizika - bu jism ilmi emas, balki koinot nizomidir. Turli kitoblarimizda bir qancha oyatlarni sharhlash paytida fizikaviy tahlillarga to‘xtalingan. Bu yerda esa, faqat kitob mavzui doirasida asosiy fizik qonunlarni bayon etgan 4 oyatni sharhlamoqchiman, xolos.
Hozirgi davrda modern fizikaning eng mashhur olimlaridan:
- Koinotdagi eng muhim fizik qonunlar qaysi qonunlar? - deb so‘rasangiz, oladigan javobingiz:
1. Parite (zid juftlar) haqiqati;
2. Gravitatsiya (joziba) va giroskopik harakat;
3. Blak xoles (qora tuynuklar) hodisasi;
4. Vaqt tushunchasi va tasoplar, - bo‘ladi. Shunday bo‘lgach, biz ham bu 4 muhim hodisani sharhlovchi 4 oyat tafsirini beramiz.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:22:11
A) Parite haqiqati va Qur’on
Modern fizikaning tamal haqiqatlaridan biri "Parite" (frantsuzcha) yoki "Pariti" (inglizcha)dir. Jamiki borliqlar zid juftlar holida yaxlit yaratilishini ifoda etgan bu qonun barcha fizik qonunlarning negizida yotgan bir haqiqatdir.
Kundalik hayotimizda "Parite"ni qo‘pol ravishda elektrning musbat-manfiysida, magnitning shimol-janub qutblarida deb tushunamiz.
Hozirgi fizika olimlari KarlDavid Andersonning pozitron (musbat elektron)ni kashf etganini fizika taraqqiyotining eng yuksak nuqtasi deb hisoblaydilar. Zero, shu kashfiyot tufayli davrimizning eng buyuk besh fizik olimidan biri Dirak parite haqiqatini topgan. U deydiki: Bir kvant quvvat ma’lum bir yo‘nalishda makon bilan aloqaga kirishadi, bir spin harakati, ya’ni yo‘ldosh harakat yuz bersa, zid yo‘nalishda xuddi shu sifatga ega bo‘lgan boshqa bir kvant tug‘iladi.
Ya’ni har borliq zid egizi bilan birga tug‘iladi. Bu juft bo‘lishning eng taniqli namunalari:
Elektronning zid egizi - pozitron,
Protonning zid egizi - antiproton,
Neytronning zid egizi - antineytron,
Neytronchaning zid egizi - antineytroncha.
Modda va antimodda tushunchalariga yo‘l ochgan har haqiqatning buzilgan, mubolag‘a qilingan xayoliy tomonlari fizikaga va demak, bizning mavzumizga daxldor emas.
Endi shu tamal bilimga asoslanib, "Yosin" surasining bir oyatini o‘qiylik(36-sura, 36-oyat):
Subhonalazziy xalaqal azvoja kullaho mimmo tinbitul arzu va min anfusihim va mimmo lo ya’lamun.
Ya’ni!
Yerdan chiqqan narsalardan, o‘z avlodlaridan va ular bilmaydigan narsalardan juftlarni yaratgan Olloh pok zotdir.
E’tibor beraylik:
Alloh har qanday ayb—u nuqsondan pok zotdir. Barcha borliqlarni juft yaratgandir. Oyat, bu juft yaratilish hodisasini uch nuqtada yakunlagandir:
a) arzdan (yerdan) chiqqan narsalardan;
b) odamlarning o‘zlaridan;
v) va ular bilmaydigan narsalardan.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:22:22
"Juft" ("azvoj") ta’birining lotinchasi "parite" bo‘ladi. Oyatning ikkinchi moddasi juft tushunchasiga insonning o‘zi namuna qilinishi bilan zid juftlar nazarda tutilayotganligini (erkak va ayol) uqtiradi.
Oyat agar faqat birinchi va ikkinchini qamrasa edi (tabiiyki, aql buni qoidaga uyg‘un deb qabul qiladi), u holda parite haqiqatiga bog‘lanolmagan bo‘lar edik. Holbuki, oyat "har narsalardan juftlar yaratdik" deb boshlanadi va oxirida: "ular (odamlar) bilmaydigan narsalardan juftlar yaratilgani'ga ham e’tibor tortiladi.
Xususan, yerdan (arzdan) chiqarganlaridan boshqa ham bir qancha juftlar yaratdik" deb buyurilishi va bularning "ular bilmaydigan narsalar" degan atama bilan ta’kidlanishi ochiq va yaqqol ko‘rinib turgan parite haqiqatining bayonidir.
Ikkinchi moddada yerdan chiqqan narsalar, yerdagi juftlar tashqarisida siz bilmaydigan qancha juftlar yaratdik deb buyurilishi, parite haqiqatining koinot ichida ham hukm surishini bildiradi. Bu esa hozirgi zamon fizikasidagi paritedan boshqa narsa emas.
Yerdan chiqqan narsalar deyilganda faqat o‘simliklar nazarda tutilmaganligi ham oshkoradir. Agar o‘simliklar nazarda tutilgan bo‘lsa, "o‘simlik" deyilar yoki boshqa bir aniq ta’bir qo‘llanilar edi. Demak, oyat parite haqiqatiga chinakam ilmiy bir ta’rif olib kirgan. Bu ta’rifga ko‘ra, zid juftlarni uch guruhga bo‘lib nazardan o‘tkazamiz:
a) nafslarga oid zid juftlar (erkak-ayol, erkak-urg‘ochi). Bu - barcha jonlilarga taalluqli paritelardir;
b) yerdagi biz fahmlagan zid juftlar: ionlar, elektrik munosabatlar, magnit qutblashmalari: ya’ni moddaning spetsifik qurilmasidagi jamiki juftlik (zid eshlik) hodisalari;
v) biz bilmaydigan va yerga xos bo‘lmagan parite munosabatlari.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:22:34
Bular orasida bugungacha biz bilganlarimiz quyidagilaridir:
1) kvantning magnitik o‘q (mehvar)larga nisbatan juft yonda spin aloqalari;
2) energiyaning so‘rilish va quyilish hodisalari. Bu holni biz hali laboratoriyalarga keltira olgan emasmiz:
faqat fazoda kvazar (yulduzsimon ob’yekt) va blak xoleslarda ko‘ra olamiz;
3) joziba (tortishuv kuchi) bilan unga qarshi kelgan giroskopik aylanma kuchi;
4) o‘lchovlar aro juftlashishlar; ayniqsa vaqt o‘lchovi ila boshqa o‘lchovlardagi zid juftliklar (Kozirev va Eynshteyn nazariyalari) va yana necha-necha biz bilmaydigan juftlarning siri.
Oyati karimaning hikmatlari faqat shulardan iborat emas. Bu fikrni isbotlash uchun bir-ikki namuna keltiray. Mavzumizdan tashqari bo‘lishiga qaramay, Qur’ondagi bir oyatning qanchalik keng qamrovli ekanligini ko‘rsatishi jihatdan bu qo‘shimcha izoh ortiqchalik qilmaydi, deb o’ylayman.
Yerdan chiqqan juftlar, ya’ni zid eshlarning qamrovida bir-biriga o‘xshagan zid o‘zakli unsurlar juda muhimdir. Bu juft bo‘lish siri bir qator xususiyatlarga ega. Masalan, tamoman zid xarakterli metall va anmetallardan so‘z yuritaylik.
Ko‘rinishda juda bir-biriga o‘xshasa ham, aslida fizik xarakterlari tamoman bir-birining tersidir; temir bilan vismut kabi. Biri magnitik kuchlarni yaqinlashtiradi, boshqasi uzoqlashtiradi.
Yana nafslarimizdagi juft yaratilish ham ko‘p jihatdan bir-biriga zid sheriklar sifatiga egadir. Masalan, bir-biriga tamoman ters yo‘nalishdagi xarakterlar: jasorat va qo‘rquv, zolimlik va rahmdillik...
Ba’zi xarakterlar esa bir-biriga juda o‘xshash ko‘rinishga ega. Faqat tarzlari bir-biriga zid, xolos. Riyo va mudaro (bir sabr-chidam tarzi), vahshat va jasorat kabi.
Bu oyat boshlanishida buyurgani kabi, o‘xshashsiz bo‘lishni, ziddi va sherigi yo‘qlikni faqat Ollohga xos bir hikmat deb hisoblamoqda (Subhonallaziy). Yaratilganlar esa ko‘p jihatdan juft: ya’ni o‘xshash zidlarning namoyandalaridirlar. Ajabo, yaratilmalaridagi bu juft bo‘lish sirining hikmati nimaykin?
"Ixlos" surasi bahsida quyiroqda bu masalaga keng izoh beraman, ammo hozircha aytishim kerakki, xufuvi bo‘lmaslik (teng bir o‘xshashi yo teng bir ziddi bo‘lmagan, degan ma’noda) va abadiyat faqat Ollohga xos xususiyatdir. Bu xususiyatning tersi barcha yaratiqlarning tamal xarakteridir. Ya’ni:
a) ko‘p bo‘lmoq,
b) ziddi va esh tengi bo‘lmoq.
Shunday qilib, juft yaratilishning tamal hikmati shudir. Parite nazariyasidagi fizik hodisaning sababi ham bir yerda shu hikmatdan tug‘ilmoqda.
Blak holesning olamdagi ahvolni anglatishicha, har Blak holesga qarshi bir boshqa makonda bir kvazar bor, bu esa yaratilishning zid eshlar printsipini yana bir bor to‘g‘ri deb tasdiqlaydi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:23:02
B) Gravitatsiya va giroskopik harakat
Koinotdagi jamiki moddiy borliqlar o‘zlarida mavjud joziba kuchi (o‘zaro tortishuv kuchi) bilan oyoqda turadi. Ahvol shundayki, agar bir boshqa ta’sir bo‘lmasa edi, jamiki moddalar bir zumda bir-biriga yopishib, koinot toq bir jism holiga kelar edi. Moddalardan tashkil topgan koinotning tarqoq holdagi muvozanati giroskopik harakatning siltanish (itarish) kuchi bilan saqlanadi. Bu jihatdan barcha moddiy borliqlar tinimsiz aylanma harakatini davom ettirib turadi.
Elektron - atom mag‘zi (yadrosi) atrofida, quyosh - somon yo‘li o‘qi atrofida betanaffus aylanmoqda, shu tariqa gravitatsiya jozibaga qarshilik qilib, hayotini davom ettirmoqla. Agar joziba bo‘lmasaydi, harakatdagi bir jism koinot so‘ngsizligiga uchib tushib, g‘oyib bo‘lardi. Giroskopik itarish kuchi bo‘lmasaydi, bir jism boshqa jismga yopishib, yo‘q bo‘lardi.
Moddiy koitnotning yaratilishidagi bo‘lakchalar nazariyasi (buni keyingi bahslarda ko‘ramiz) bu yashirin ikki kuchni moddiy koinotning yashash sharti deb qabul etmoqda.
Hozirgacha gravitatsiyaga (jozibaga) qoniqarli ta’rif berilgani yo‘q. Buning iloji bo‘lmayotir.
Qur’onda joziba itarish kuchining ziddidir (gravitatsiya- giroskopik itarishning ziddidir), degan ma’noda bir ta’rif keltirilgan. Bundan ham go‘zalroq fizik tushuncha berishning iloji yo‘q.
"Takvir" surasi (81), 15-oyat.
Falo uqsimu bi’l xunnas...
Ya’ni:
U holda xunnasga qasamki...
Arabchada "xunnas"ning ikki ma’nosi bor: biri "xunnas" - "bir burchakka tortilgan"dir. Lekin izohli lug‘atda aytilishicha, "xunnas" kalimasi harakatga qiyosan qo‘llanilsa, ters harakat qilib ichiga tor o‘tilish ma’nosida keladi.
Buni qarangki, bu oyatdan keyingi oyat, ochiqdan-ochiq oqib turgan orbital harakatdan bahs etayotir (81-sura, 16-oyat):
Al—javoril kunnas...
Arabchada "kunnas" - bir harakatning maqsadi, o‘tish yo‘li, orbitasi, yo‘nalishi, makon chizgisi ma’nolarini bildiradi. Oyatning ma’nosi "orbitada harakat qilayotganga..." demakdir: ya’ni tom ma’nosi bilan giroskopik harakat kuchini ta’riflayotir.
Demak, ikki oyat birgalikda "o‘ziga qaytib yashiringan kuchga (jozibaga) va orbitasida oqib kelayotganga qasamki..." tarzida tarjima qilinadi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:23:14
Bu yerda va Qur’onning boshqa suralarida tez-tez "qasam" ta’biri ishlatiladi. Boshqa tillarda aynan o‘xshashi bo‘lmagan "qasam"ni sharhlab o‘tmasa bo‘lmaydi, menimcha.
Qur’onda va umuman arabchada qasam - ont ichishni bildiradi. "Qasam kalimasi yo bir o‘zi va yo "va" bog‘lovchisi bilan birga - ikki xil tarzda keladi. Lekin arabchadagi bu qasam lar bizning tilimizdagi ont ichishlardan bir oz farq qiladi.
Arab adabiyotida qasam asosan shohid va dalil ma’nosida qo‘llaniladi. "Valloxi" demak ham Ollohga ont ichaman emas, Olloh shohid bo‘lsin deganidir.
Yana arab adabiyotida bir qator muhim mavzularning anglatilishida ilmiy asoslashlar "qasam" bilan boshlanadi. Qur’onda qasam umuman ilmiy haqiqatlarga namuna ma’nosidadir. Olloh bir amrni berarkan, yulduzlarning, quyoshning nizomini dalil ko‘rsatish, bu haqiqatlarni bo‘rttirib ko‘rsatish uchun qasam so‘zini qo‘llaydi. Shunday qilib, bu oyatda ham Olloh sura ichida qiyomat hodisasini anglatarkan, koinotdagi eng muhim fizik qonunni namuna ma’nosida shohid qilib ko‘rsatadi. Ya’ni mashhar qanday bo‘lishi mumkin, savoliga avtomatik bir javob sifatida moddiy olamning eng buyuk fizik qonunini namuna qilib ko‘rsatadi. Jozibaga va giroskopik harakatning itarish kuchi haqiqatiga qasamki" deb buyuradi.
"Falo uqsimu" so‘zlari bilan bog‘langan qasam ta’biri juda katta haqiqatlar uchun qo‘llaniladi. Oyatning bunday boshlanishi keltirilgan namunaning koinotdagi eng muhim hodisalaridan biri ekanligini ko‘rsatib turibdi. Va mana endi, fizika ilmi bu sirlarni bugun aynan qabul qilayotir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:23:33
Ikki oyati karimada besh kalima ichida bildirilgan bu muhim fizika qonunining o‘tkirligini yana shu kalimalar ichida ko‘rish mumkin:
a) koinot muvozanatini ko‘rsatuvchi bu ikki muhim voqeadan, ya’ni gravitatsiya va giroskopik harakatdan muhimrog‘i va aslrog‘i joziba (gravitatsiya)dir. Shu sababli oyat avval "xunnas "ni zikr etadi.
b) Joziba haqiqatini to‘la tushunib yetish mumkin emas. Faqat uning, harakat energiyasining siltanish (itarish) sirlari -qarshisida bir tushuncha ichida sezilishi kerak bo‘layotir. Oyat avval tamoman bilinmas bo‘lgan xunnasni zikr etib, so‘ng (moxrak)dagi bu harakatning, ya’ni giroskopik harakatning ters tushunchasi bo‘lgan gravitatsiyaga yaqinlashib borishimizni ta’minlaydi.
v) Bugun yer yuzining barcha fizik laboratoriyalari gravitatsiyaning sirlarini yechishni istaydi. Holbuki, Qur’on bu savolning javobini 15 asr avval bergandir.
Xunnas o‘z burjiga yashiringan, o‘z ichida bir harakat faoliyati bilan aylanayotgan quvvatdir.
Shunday qilib, qimmatli o‘quvchilarim, Qur’onning eng muhim mo‘‘jizaviy hikmatlaridan biri, jild-jild kitoblar aytolmagan haqiqatlarni o‘z sistemasi ichida bir necha kalima bilan anglata olganligidir. Qur’onning ilohiy bo‘lishidagi hikmat shunday aniqdir.
Qur’on oyatlari orasida shunday hukmlar borki, ularni hayotga tatbiq qilish qiyin deb o‘ylaymiz. Holbuki, shunday kunlar keladiki, bu hukmlar bashariyatni boshi berk ko‘chalardan olib chiqajakdir. Bu oyat bilan arabcha iboralar orasidagi bog‘lanishga yana diqqatingizni tortayin.
16-oyatdagi "al—javoril" kalimasi ham muhim tafsir moddasidir: zero, "al—javoril" mutlaqo tayinli bir o‘tish yo‘lida (trassada, yo‘nalishda) takrorlanadigan harakatni bildiradi. «Kunnas» - bu, harakatni ishga soladigan muallifdir. Uzil-kesil giroskopik harakatni bildiradi.15-oyatdagi "xunnas" kalimasi "al-javoril kalimasiga imoli harakatning tersi, o‘z ichida yashirin, ters harakat demakdir. Bu esa to‘la-to‘kis ma’noda gravitatsiyani bildiradi.
Falo uqsimu bi’l xunnas.
Al-javoril kunnas.

Shunday qilib, bu hayratli fizik qonunlar majmuasi shu ikkigina "xunnas" va "kunnas" kalimasi zamirida yashiringandir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:24:23
V) Koinotdagi qora tuynuklar (Moddiy olamning eng katta sirlari)
"Voqea" surasi (56-sura) 75-oyati:
Falo uhsimu bi mavohi’ un—nujum,- deb boshlanadi.Yuqorida ko‘rganimizdek, bu yerda ham Olloh katta koinot sirlarini ko‘rsatayotir, ya’ni:
Botgan yulduzlarning joylariga qasamki...
So‘ng oyat juda qiziq jumla bilan davom ettiriladi:
Va innahhu lo qasamu lav ta’lamuna a’zim (76-oyat)
Ya’ni:
Va bu, naqadar ulug‘ qasamligini bilsaydinglar...
Bu oyat keltirilgan sura "voqea"ning ma’nosi "mudhish hodisa"dir. Endi yer yuzining man-man degan fiziklaridan: "Koinotda eng mudhish hodisa nima?" - deb so‘rang, oladigan javobingiz bitta «bu -qora tuynuklar» bo‘ladi. Qora tuynuklar - bu, qazosi yetib, botib ketgan, g‘oyib bo‘lgan, yo‘qolgan yulduzlarning joylari, mavqe’laridir. Qur’on mo‘jizasini, bu aql bovar qilmas mo‘jizani ko‘rmayotirsizmi?
Endi avval bir yulduzning qazosi yetib qaylargadir botib ketishi, g‘oyib bo‘lishi voqeasini fizika ilmining eng yangi kashfiyotlari asosida tadqiq qilaylik.
Xo‘sh, yulduz qanday o‘ladi? Fizika va astro-fizikaning kosmik tadqiqotlari masalani bugun katta miqyoslarda izohlab berdi. U yoki bu yulduzning energiyasi tamom bo‘lgan paytda, avvalo, uning molekulalari harakatdan qoladi va usti-ustiga yiqiladi. Shuning orqasida (shu tufayli) yulduz buzilib, kichraya boshlaydi, ma’lum bir vaqtdan keyin esa, elektronlar atom mag‘izlarining markaziga yiqiladi. Shu tariqa yulduz atom mag‘izlari uyumi holiga keladi. Bu asno yulduz million-million bora kichraygan bo‘lsa-da, uning jozibasi va tiqinligi o‘zgarmagan bo‘ladi. Elektronlarning mag‘iziga yiqilishi, ya’ni mag‘zga tushganligi boisidan mag‘izdan kvantlar, nur to‘lqinlari taraladi, bu taralish ritmik holdadir va bir tomirga o‘xshab uradi. Bu, o‘layotgan yulduzlarning qalbidagi so‘nggi zarbalardirki, har 0,01-0,02 soniya sayin to‘lqin-to‘lqin chiqayotgan bu nurlar tomir urishi manzarasini eslatgani uchun, ular pulsar ("puls" so‘zidan) deb ataladi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:25:07
Quyoshimiz kabi benihoya kichik hisoblanuvchi bir yulduzning o‘limi shunday oqibat bilan tugaydi.
Agar yulduz quyoshdan kattaroq bo‘lsa, u buzilgan vaqtida maydonga kelgan neytron uyumidagi gravitatsiya shu qadar kuchli bo‘ladiki, boshqa barcha neytronlar unga tob berolmay eriydi, shiddatli bir joziba uyumi tashkil topadi. Bu asno moddiy ko‘rinim, kvant sifatida ham, moddaning atom mag‘zi sifatida ham yo‘q bo‘lgan, koinotda ko‘p joylarda qora tuynuklar qolgan bo‘ladi. Voqea ro‘y bergan nuqtani rus olimlari "yulduz joylari", amerikaliklar "qora tuynuk" deb ataydilar. Xo‘sh, bu tuynukni qanday ko‘rish mumkin, u boshqa joylardan qanday farqlanadi? Biz dastavval bu tunukni uning yaqinidan o‘tgan har jismni yutib yuborishidan, har narsani so‘rib olishidan bildik.
Boston universitetining professori Reymo Rovini buni payqadi, doktor Jon Uiller esa uni "qora tuynuk" deb atadi.
Bu voqea fizik ma’noda bir gravitatsion shok (joziba tufayli o‘pirilish)dir. Ayni chog‘da Eynshteyning talabalaridan Auben Xelmer va Shneyder koinotdagi muvozanatni o‘zaro bir-biriga bog‘liq ikki hodisaga bog‘laydilar:
1. Termoyadroviy kengayish. 2. Qora tuynuklar.
Bu tuynuklar atrofidan (yaqinidan) o‘tgan har qanday moddiy borliq - yulduz, nur - yo‘q bo‘lmoqda, aql bovar qilmas joziba tomonidan yutilmoqda. Hatto vaqt ham bu nuqta yaqinida tezlashadi, unda sur’atlanish yuz beradi, so‘ngra u ham yutilib, yo‘q bo‘ladi.
Xullas, "Voqea" surasida Olloh bir necha oyati karimada bu haqiqatni namunaga keltirib, dalil qilib (qasam) mahsharni ta’riflaydi:
Botgan yulduzlarning mavqe’lariga kasamki,
Va bu, nakadar ulug kasamligini bilsaydinglar

Qur’onning bu qadar aniq mo‘jizasi oldida har qanday odam ham jamiki shubha-gumonlardan poklanib, unga qo‘shilishi muqarrardir, chunki bu ilm amrdir. "Yulduz joylari" ("bi mavoqi’ un-nujum"), ya’ni "qora tuynuklar" borasida mashhur fiziklarning (yuqorida nomlari keltirilgan ilm ahllarining) g‘oyat qiziqarli taxminlari bor. Ba’zilari: "bu tuynuklar moddiy borliqlarni shiddat bilan so‘rib olib, olamning(koinotning) juda uzoq—uzoqlariga zarb bilan irgitadi, - deydilar. Ba’zilari: "Bu tuynuklar sathiga kelib qolgan moddiy borliqlar boshqa o‘lchovlarning, boshqa makonlarning ichida g‘ayrimoddiy sifatga o‘tadilar", - deyishadi. Bu so‘nggi nuqtai nazar Qur’onda amr etilgan ba’zi olamlar haqiqatiga yaqinroqdir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:25:28
Oyati karimaning boshqa hikmatlariga kelinsa:
a) qiyomat kuni, xuddi "yulduz joylari"ning aql bovar qilmas sirlari kabi, sizlarni boshqa makonga o‘tkazaman, deyilgan;
b) o‘lim, biz aytganimizdek, yo'q bo‘lish emas: qarang, yo‘q bo‘lgandek ko‘ringan bir yulduzning joyida ham qanchadan - qancha hikmat to‘la boshqa bir hayot sirlari bor. Siz ham o‘ldik deganingizda yanada quvvatliroq bir hayotga yuzma—yuz kelajaksiz;
v) xilqatning, yaratilishning muhim bir siri voqealarning boshlangan yo‘nalishidan orqaga qaytish hikmatidir.
Magnitik tortilish bahsida ko‘rajagimiz kabi, koinotdagi aql bovar qilmas kuch modda makonida kvantni ishga solib, milliard karra milliard atomni vujudga keltiradi. Ayni zamonda bu qudrat "yulduz joylari"da bo‘lgani kabi, yangidan gravitatsiyaning bir boshqa siri bo‘lgan magnitik tortilishlarga aylanadi. Bor bo‘lib, ayni yo‘nalishda tekis-notekis istiqomatlarga o‘ta boshlaydi.
Haq-taolo bu oyatda: "Bu naqadar ulug‘ qasamligini bilsaydinglar , — der ekan, shunday qilib, xilqatning buyuk qonuniga ishora qilgandir. Ha, bu oyat haqiqatan koinotning eng tushunarsiz sirlaridan birini ochiq mo‘jiza siri doirasida bayon etgandir. Mahsharda makonlardan-makonlarga o‘tayotganda bu oyatning sirini shaxsan o‘z boshimizdan kechirajakmiz, ko‘rajakmiz.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:27:15
G) Tasuoplar va zamon tushunchasi
Eynshteyn fizikaga ko‘p ajoyib yangiliklar kiritdi, zamon haqiqatini o‘lchov sifatida tanitdi. So‘ngsiz o‘lchovlar bilan koinotga ilm ahllarining haqqoniyroq yondasha olishlariga zamin yaratdi. Faqat qandaydir bir darajada moddiyunchilarning yovuzliklarini davom ettirishdan o‘zini tiyolmadi. Tezlik va moddaning chegarasini aniqlashtirish uchun tajriba o‘tkazib, bir xatoga yo‘l qo‘ydi. Agar Dirak va Xeyzenberg kabi buyuk fiziklar bo‘lmasaydi, u bu xatosini oxiriga yetkazardi.
Eynshteyn aytgan "Lorentizm — tezlik chegarasi voqeasi" nima? Massa-tezlik va zamon orasida bir bog‘lanish bor. Massa-mexanikaning asosiy kattaliklaridan biri bo‘lib, jismdagi modda miqdorini va uning inertsiyasini belgilaydi. Massa borlig‘i bor bo‘lganda jismning tezligi 300.000 kilometr : sekunddan oshishi mumkin emas. Bir qancha moddiy voqealarga tatbiq qilsa bo‘ladigan bu nazariy qoida, ko‘p jihatdan to‘g‘ri bo‘lsa-da, ayni chog‘da koinotga tatbiq qilinsa, katta xato bo‘ladi. Shuning uchun ham professor Gerard Faynberg (Kolumbiyaning katta fizik olimi) va Srinkoff (Cherenkov) koinotdagi namunalarni dalil qilib ko‘rsatadilar. Ular bu tezlikdan bemalol bir necha pog‘ona yuqoriga chiqish imkonini fizikaga olib kirdilar.
Kosmik tadqiqotlar energiyasi (quvvati) bitgan massalarni va massasi bitgan quvvatlarni aniqladi, shunday qilib, har ikkala hodisa asnosida ham Srinkoff shu’lasi va Tasuop nomli tezligi 2-Yu.S bo‘lgan (S-nur tezligi) shu’laning borligi qabul etildi.
Massaning birlamchiligi, energiyaning ikkilamchiligi, boshqacha aytganda, energiyaning massaga qaramligi shart bo‘lgan bir holda g‘oyat sur’atli jismlar tezliklarini 2-Yu.S ga yetkazarkan, bu vaqtda mazkur shu’lalar ila kengaygan bo‘ladi. Va 1.000-50.000.T bo‘ladi (T-dunyomizdagi zamon-vaqt oqish miqdori). Ayniqsa, ba’zi kosmik jismlarning umrlari tadqiqidan shuni anglaymizki, koinotning turli-turli joylarida vaqtning oqish tezligi turlichadir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:27:43
Bu harakatlardan chiqadigan xulosa shundaydir:
a) koinotning turli joylarida vaqtning oqish tezligi farqlidir;
b) tezligi 1.S ustida bo‘lgan shu’la(tasuop)lar mutlaqo ko‘rinmaydi va ularning qayerda ekanligini aniqlab bo‘lmaydi;
v) bir tasuop bir massaga erishsa, sur’ati 1.Sdan pastga tushishi bilan ko‘rinadigan holga keladi;
g) tasuoplar doirasidagi vaqt ko‘p kengaygan, ta’siri sustlashgan bo‘ladi;
d) tasuoplar ko‘rinadigan holga kelsa, ya’ni sur’ati tushganda ko‘p kattalashadi: kichik bir nuqtadan ulkan bir makonga keladi;
e) tasuoplar va ularga o‘xshash borliqlar koinotning bir makoniga intiqol bo‘lganda o‘rganish imkonini beradi, aksar hollarda vaqtdan ta’sirlanadi (vaqti-vaqti bilan kengayadi, sur’atlari minglarcha nur tezligiga o‘tgan bo‘ladi).
Ajabo, tasuoplar to‘g‘risida Qur’on bizga qanday ma’lumotlar beradi? 32-suraning 5-oyatiga qarang:
Yudabbirul amra min as—samoi ilal arzi summa ya’g‘ruju ilayhi fi yavmin kona miqdoruhu alfa sanatin mimmo ta’addun.
Ya’ni:
U, ko‘kdan yerga qadar har ishni tartibla yo‘naltiradi, so‘ngra (u ishlar) sizningcha ming yilga teng bo‘ladigan bir kunda (mahsharda) uning o‘ziga ko‘tarilur.
Endi 70-suraning 4-oyatiga quloq soling:
Ta’ rujul maloikatu var ruhu ilayhi fi yavmin kona miqdoruhu hamsina alfa sana.
Ya’ni:
Malaklar va ruh (dunyo hisobi bilan) miqdori — ellik ming yilga teng bir kunda uning huzuriga ko‘tariladilar.
Bu oyatlar bizga nimalarni yo‘llayotir?
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:28:08
1. G’ayrimoddiy amaliyalarda (amallarda, ishlarda) zamon kengayadi, ya’ni qandaydir ma’noda zamonning makonimizdagi tarovatli ta’siri zaiflashadi.
2. Ayniqsa, ikkinchi oyatda ruh va malak (farishta)larning qo‘rqinch bir sur’atga ega ekanliklari, bu borliqlarning sur’ati moddaning eng katta sur’ati darajasidan benihoya yuqori, ya’ni: S x S-180000002dir.
3. G’ayrimoddiy borliqlar, bu aql bovar qilmas sur’atlari bilan moddiy koinotga ko‘chganida (Payg‘ambarimizga Jabroilning kelishi) yo juda ulkan jismoniy bir borliq bo‘ladi yoki boshqa makondan bizga bir nurlanish hodisasi holida ko‘rinadi.
4. Gravitatsiya (massa jozibasi) bilan giroskopik harakat, vaqt fe’lli moddiy ko‘rinishlardadir. Olamlarda boshqa makonlar ham borki, u yerda gravitatsiya fe’li vaqt koordinati bilan boshqarilmaydi, sur’at cheksizlikka yaqindir. Modda bilan g‘ayrimodda orasidagi farq bir jihatdan sur’atga bog‘liqdir. Sur’at ma’lum bir chegaragacha bir tezlikka ega bo‘lsa, u hodisa, vaqt fe’liga katta o‘lchovda moslashadi va u moddadir. Sur’at, Tasuoplarda bo‘lgani kabi, ma’lum chegarani o‘tgandan keyin vaqt fe’liga nisbatan sekin-asta tobe’likdan chiqadi. Zotan, oyati karimadagi aql bovar qilmas bir mo‘jiza ham 50 ming yildan bahs etayotgan ekan, "sizning vaqtingiz bilan 50 ming yil" deyish o‘rniga "sizning miqdoringiz bilan 50 ming yil" ochiqchasiga masofalarga nisbatan tezlikning shiddatini bayon etmoqdadirki, bu hozirgi sur’at va makon tushunchalariga butunlay mos keladi.
5. Borliqlar tushunchasi keng bir tizimlar masalasidir. Bizning bilgan-ko‘rgan moddalarimiz esa cheklangan tezliklarning va vaqt fe’lining ta’siridagi xususiy bir makondir.
6. Inson ruhiy tomondan so‘ngsiz sur’at fe’liga ko‘chishi mumkin.
7. Koinotda bir borliq tezligini yo‘qotib, moddiy olamga ko‘cha oladi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:28:23
U holda bu ikki oyat, 15 asr avval, zamon va uning fe’llari borasida hech bir ilmiy kashfiyot, xulosalar bo‘lmagan davrda, modern fizikaning modda va g‘ayrimodda mavzuidagi jamiki haqiqatlarini bayon etgan, deb xulosa chiqarish mumkin. Ayniqsa, modda bilan zamonning kengayishi ta’siriga hamda sur’at masalasiga bog‘lanmoqdaki, modern fizikada modda ta’rifi shudir. Bu masalaga qiziquvchilar modda va g‘ayrimodda mavzuida "Toq nur" nomli kitobimizdan mufassal ma’lumot olishlari mumkin. Bu oyati karima ko‘pchilikning ongida, zehnida bir savol bo‘lgan Azroilning, ayni chog‘da dunyoning turli joylariga ko‘cha olishi masalasini juda yaxshi izohlaydi.
Qora tuynuklarda moddaning yo‘q bo‘lishi ham sur’at o‘zgarishlaridan yuzaga kelmoqda. Modda ma’lum bir energiyaning uch o‘lchovi va vaqt fe’li doirasida juda tor bir kanal tanlashidan tug‘ilmoqda. Bu kvant kanallarida sur’at Lorentsning formulasidagi 300.000 km/sek. limitini ochayotir. Qora tuynuklar yoki boshqa bir shiddatli joziba ularni bu tor kanalga qaramlilikdan qutqarayotir. Shu tariqa modda, boshqa makonlarda boshqa sur’atlar bilan yangi borliqlarga aylanayotir.
Ruh va malaklarning hadsiz sur’ati esa, ularga boshqa olamlarda erkin intiqollar (ko‘chish, o‘tish, o‘lish orqali boshqa borliqqa aylanishlar) saqlaydi. Shunday qilib, Srinkoffning va Faynbergning topganlari qo‘rqinch sur’atli Taspuoplar, ya’ni shu’lalar bir ma’noda malaklar (farishtalar)ning xususiyatidir.
Qur’onning, vaqtning kengayishi bilan aloqador oyatni bera turib, ayni chog‘da, vaqtning fe’lida aql bovar qilmas tezliklarga sohib malaklardan so‘z yuritishi ochiqchasiga, vaqt-tezlik va borliqlarning sistemasi orasidagi fizik aloqani ham bayon qilganidir. Oyatdagi mo‘jizaning ulug‘ligi - vaqt kengayishini ruh va malaklarga qiyos qilganidadir. Ha, fizikaning barcha muhim qoidalari Qur’onda bor.
Albatta, bizdan keyin uning boshqa hikmatlari ham ochilajakdir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:29:32
BESHINCHI BO’LIM

QUR’ONNING TIBBIY MO’JIZALARI


A) Tahorat va g‘uslning sirlari
Hech qanday mubolag‘asiz iddao qilamanki, bir kun kelib hamma (bu kun inonmaganlar ham) tahorat ola boshlaydi. G’usl-ku (vujudni boshdan-oyoq yuvmoq) qandaydir ma’noda butun dunyoga yoyildi. Tahorat ham shunday bo‘lajagi shak-shubhasizdir.
Endi tahorat va g‘usl jarayonida tibbiy jihatdan yuz beruvchi hikmatlarni aytib beray, keyin 5-sura, 6-oyatni ko‘ramiz.
Tahorat va g‘usl natijasida tanda 3 muhim tibbiy mo‘jiza yuz beradi:
a) vujudda birikkan elektronlar chiqarib tashlanadi va ular ta’sirida bo‘layotgan jismoniy og‘irlashuv yo‘qoladi;
b) umumiy qon aylanishidagi kamchiliklar tuzaladi, qarish sekinlashadi;
v) sog‘liqni saqlash tizimida asosiy negiz hisoblangan limfa (organizmda qon bilan to‘qimalar o‘rtasida modda almashinuvini ta’minlovchi suyuqlik) aylanishi eng yaxshi saviyada bo‘ladi.
Va bu uch hodisa, asosan, tahorat va g‘usl olinayotganda yuz berishi ochiq-oydin tasdiqlangan. Endi bu hodisalarni izohlab beray:
a) Vujudning statik-elektrik muvozanati masalasi
Normal vujudning qurilishi negizida elektrning katta ahamiyati bor. Tani sog‘liq ko‘p jihatdan uning muvozanatiga bog‘liq. Ahvol esa shundayki, havoda elektr kuchlanishlari buzilib turadi, ta’siri ko‘p bo‘lgan sun’iy tolali kiyimlar kiyamiz, mingan ulovlarimiz, mashinalar ichida o‘tayotgan kunlarimiz statik-elektrik muvozanatni buzadi va biz uchun jiddiy muammolar yaratadi. Avtodan tusha solib xonaga kirganda va yo oromkursidan qo‘zg‘alganda kondensator kabi ashyolar ta’sirida ortiqcha elektronlarga to‘lib ketamiz.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:30:01
Bular, undan tashqari, chekish ham bizni qaritadi, bizga bemavrid ta’sirlar o‘tkazadi, ayni chog‘da, juda ko‘p psixozmatik (ruhiy, asabiy) kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu manfiy (salbiy) natijalarning birdan-bir chorasi tahorat va g‘usldir. Shuning uchun ham tahorat olganlarning yuzlari nurli bo‘ladi. Ajabo, Olloh, tahorat oling, deb buyurganda shu maqsadni ko‘zlaganmidi, deguvchilar bo‘lsa, javobimiz tayyor: faqat bu emas, tayammum ham tahoratdan olinadigan foydani ta’minlay oladi. Agar bunday bo‘lmasa, tayammum amr qilinmagan bo‘lardi. Tahoratdan boxabar bo‘lganlar, vujudning elektr-statik muvozanati buzuqligini daf qilmoq uchun butun dunyoda akapunktur (nina bilan davolanish)ga vaqt sarflab, o‘zlarini ilma-teshik qilib o‘tirmasdilar.
b) Sirkulyatsiya masalalari
Sirkulyatsiya - yurakdan to‘qimalarga, to‘qimalardan yurakka ikki taraflama oqim tizimidir. Ayniqsa, to‘qimalarda bu tizimning ulovi tomirlar qildan ham ingichka naychalar holida ishlab turadi. Mana shu ingichka kapillyar naylar tizimi, ichki doirada ishga tushmay qolgan oziq-ovqat qoldiqlari tufayli va boshqa turli sabablar bilan torayib yoki umuman bekilib, to‘qimalar kerakli moddalar bilan ta’minlanmay qoladi. Mana shu hodisa vujudning bemahal qarishiga asos-sabab bo‘ladi. Bu tarz-qarish tomirlarning yillar bo‘yi davom etgan shunday hayoti bilan bog‘liqdir. Tomirlar rezinka singari egiluvchan va cho‘ziluvchan bo‘lib tursa, ishlar osonlashadi, aksincha, torayib-qattiqlashsa, ishlar orqaga qarab ketadi, yashash og‘irlashib boraveradi.
Bu muammolar amaliy hayotda tahorat va g‘usl orqali hal bo‘ladi. Turli issiqlikdagi suv terimizga tekkanda bir jihatdan tomirlarning ochilib-yopilish ekzersisi (mashqi trenirovkasi) ko‘payadi, ikkinchi jihatdan endigina bo‘g‘ilib tiqilib qolgan tomirlar ochilib ketadi.
Vujud to‘qimalarida birikkan ortiqcha moddalar umumiy tsirkulyatsiyaga o‘tadi. Shu tariqa to‘qimalarda tiriklik g‘irillab ketadi ya’ni jonlanish tetiklanish yuz beradi. Ajabo tahorat shu maqsadda qilinadimi? Bu savolga ham javobimiz tayyor: chiqit birikmalar asosan qo‘l oyoq va yuzning kapillyar naychalarida to‘planadi. Tahorat amallari esa sizga ma’lumki shu joylarimizga taalluqlidir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:30:16
v) Limfa aylanishi masalasi
Inson vujudining umumiy himoyalanish sistemasi oq qon aylanishi orqali bo‘ladi. Biz bilgan tomirlarga nisbatan benihoya ingichka bo‘lgan kapillyar naychalar "lenfotsit" nomli oq qon hujayralarini to‘qimalarning eng chekka-chekkalarigacha olib boradi. Vujudning qay yerida bir makruh bir begona narsa chunonchi saraton (rak kasali) hujayrasi bor bo‘lsa bu mayda jangchilar o‘zidagi qo‘rqinchli zaharlar bilan uni o‘ldiradilar.
Bir makruhli kasallikka uchrash saratonga duchor bo‘lish bu mudofaaning biron yerda bo‘shashib qolishi demakdir.
Bu tizim ko‘p jihatlarga ega va g‘oyat murakkabdir. Lekin bu nozik tomirchalarning juda yaxshi ishlashini ta’minlash sog‘lig‘ini qadrlaydigan har bir insonning birinchi vazifasidir. Mana shu limfa tomirlarining sog‘lom ishlashi uchun ham tahorat va g‘usl kerak bo‘ladi, chunki bu, ularni hayratomuz ne’matlar bilan ta’minlaydi. Qo‘l, oyoqlarning yuvilishi vujud markazidan uzoq bo‘lgan muchalardagi qildan nozik tomirlarda limfa aylanishi tezligini oshiradi. Undan tashqari, limfa tizimining eng muhim qismi bo‘lgan yuz, bo‘g‘iz va burunning yuvilishi bu sistema uchun bir massaj (uqalash) va kuchlantirish omili bo‘ladi.
Bu kun inson biologiyasi sohasida eng tanilgan, jahonga mashhur bo‘lgan biron olimdan: "Bu limfa sistemamizga (tizimimizga) qanday tiyraklik, jonlilik bera olishimiz mumkin?" - deb so‘rasangiz, sizga tahorat olishni ta’riflab beradi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:30:46
Ajabo, tahorat olishdan murod bu sistemaga kuch berishdan iboratmi? Savolning javobi ochiq va ravshandir:
1. Tahorat olish bilan vujudning eng chekka, eng kichik nuqtasi ham sakrab-sakrab ishlay boshlaydi.
2.Burun, bo‘g‘iz qismlari va og‘izu quloqlarning chayilishi (ho‘llanishi) bu sistemaning yaxshi ishlashiga qaratilgan.
3. Masalaning eng muhim tomoni shuki, tahorat olishga amr qilgan oyat shu hikmatga diqqatni tortadi.
5-sura, 6-oyat:
Yo ayyuhallazina omanu iza kumtum ilossaloti fag‘silu vujuhakum va aydiyakum ilalmarofiki vamsaxu biruusikum va arjilakum ilalka’bayn va in kuntum junuban fattohharu.
Ya’ni:
Ey mo‘minlar, nomozga turganingizda yuzlaringizni va tirsakdoxil qo‘llaringizni yuving, boshingizga mash torting (nam qo‘llaringiz bilan silang) va to‘pikdoxil oyoqlaringizni yuving. Agar junub bo‘lsangiz, cho‘miling.
Oyat shundan keyin tayammum borasida amr beradi. Va nihoyat, tahorat nechun farz qilinganini bildiradi:
Mo yuriydullohu liyaj’ola alaykum min harajin va lokin yuriydu liyutohhirakum va li yutimma ne’matahu alaykum la alla’kum tashkurun.
Ya’ni:
Olloh sizlarga qiyinchilik keltirib chiqarishni istamaydi. Lekin sizlarni tahoratli (pokiza) qilishni va o‘z ne’matini komil qilib berishni istaydi, zora shukur qilsangizlar...
Ha... Demak, tahoratning ikki maqsadi bor
1. Pokizalik.
2. Ilohiy ne’matning komil qilib berilishi.
Bu yerdagi ikkinchi maqsad ustida fikr yuritaylik. Ilohiy ne’matning komilligi nima? Tani sog‘liqdagi oqsashlarni aritish... Vujud statik-elektrik holatini saqlash... Modda almashinuvini ta’minlaydigan aql bovar qilmas tomir sistemasi va vujud muhofazasi uchun ishlovchi limfa tizimi va bulardagi oqsashlarni tahorat olib aritish. Sizlarga bergan bu bebaho ne’matlarimni tahorat amri bilan komil qilaman", - deb amr etayotir Olloh. Bu ne’matlar uchun Ollohga shukur qilmaslik mumkinmi?
Tahoratning ma’naviy hikmatlari ham ko‘p. Ularni "so‘ngsiz nur" kitobimda yozgandim. Sevikli o‘quvchilarim! Birgina shu oyatdagi tibbiy mo‘zijaning o‘zi ham Qur’on - Olloh kalomi ekanligini ortig‘i bilan isbotlaydi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:31:24
B) Ro‘za mo‘jizasi
Ro‘za amri "Baqara" surasining 184-187-oyatlari orasida barcha tafsilotlari bilan keladi. Ko‘p diqqat qilinishi lozim bo‘lgan hukm 184-oyatdadir. Bu oyatning so‘nggi qismida:
An tasumu xoyrun lakum in kuntum ta’lamun, ya’ni:
Ammo, bilsangiz, ro‘za tutish siz uchun yaxshiroqdir, deb uqtirilgan.
Ro‘za mavzuida keng tarqalgan qanoat to‘g‘risidagi fikrlar va bir nuqtada uzr qidirishga intilishlar xatodir. Zaif kishilar, qon bosimi baland bo‘lgan bemorlar yoki bir qator eski kasalliklari bo‘lgan kishilarning ro‘za tutmay qo‘yishlari noto‘g‘ri, chunki ro‘za vujud uchun kaloriya kamayib ketishi yoki ta’minot cheklanishi hodisasi emas. Ro‘za vujud mexanizmining ongli ravishda taftish qilinishi, ko‘zdan kechirilishidir. Mana o‘qidingiz, oyati karima mo‘jizaviy hikmat bilan to‘la bu haqiqatni aytib turipti. To‘g‘ri, sog‘lig‘i jihatdan uzrli bo‘lganlarga ro‘za tutmaslikka ruxsat berilgan. Lekin oyatda masalani yaxshi bilganlar uchun ro‘za tutishda zarar emas, aksincha, foyda va xayr borligi bildirilgan.
a) Ro‘zaning hazm (singishi) tizimiga ko‘rsatadigan mo‘jizaviy ta’sirlari
Hazm qilish tizimi - vujudning eng tartibsiz, ovqatlar tiqilib ketgan a’zolar oilasidir va butunlay kompyuterik, ya’ni bir-biriga elektronik miyalar bilan bog‘langan hayratomiz bir qurilmadir.
Hazm tizimi oilasining eng og‘ir vazifalari o‘zimiz bilgan jigar nomli a’zoga yuklangan. Bu a’zo, hozirga qadar aniqlanishicha, 16 xil vazifani ado etadi. Va 24 soat hech tinmay bir-biridan og‘ir ishlarni qilgani-qilgan. Mana shu jigar ro‘za tutish asnosida hech bo‘lmaganda 12 soatning 6 soatida vazifalari yengillashib, bir dam olishga o‘tadi. Eh-he, qaniydi jigar hujayralari bir tilga kirsa-yu, bu 6 soatlik dam olishning o‘zi uchun naqadar katta ne’mat ekanligini hikoya qilib bersa... hech bo‘lmaganda bu kunlarimizning adashayotgan ba’zi bir kishilari jonimga mador deb, baquvvat ovqatlar yeb, o‘z jigarlarini axlat tozalash mashinasiga aylantirib qo‘yayotganlari to‘g‘risida bir oz mulohaza yuritsalar, "jigarim shu onda ichimda nima qilayotgan ekan? - deb xavotir bilan o‘ylab ko‘rsalar... o‘zlariga foyda bo‘lar edi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:31:43
Ey inson, hech bo‘lmasa yilda bir oy ro‘za tut, bechora zahmatkash jigaringni har kuni bir marta 6 soat dam oldir. Vujudning bu markaziy laboratoriyasiga ro‘zadan boshqa yo‘l bilan hech qanday yordam bera olmaysan, shuning uchun ham 184-oyat:
Ammo bilsangiz, ro‘za tutish siz uchun yaxshiroqdir ,- deb uqtiradi.
Ro‘za hazm tizimi oilasiga kiruvchi boshqa a’zolarga ham juda yaxshi istirohat fursati yaratadi. Og‘izdan boshlab tupuk bezigacha, undan to benihoya nozik a’zo - ovqat yutish nayi - (qizilo‘ngach)gacha - hamma-hammasi uchun yilda bir oy tutilgan ro‘za - ne’matlar ichida eng katta ne’matdir. Bu paytda oshqozon barcha mushak (Muskul)larni dam oldiradi. Ichki pardadagi jamiki zaifliklar o‘zini sozlab oladi. Ba’zi bir ilmi chalaroq "doktor"lar o‘ylaganiday, ro‘za paytida oshqozon kislota chiqarmaydi. Ro‘za tutish uchun niyat qilingan lahzadayoq oshqozon shartli refleksga o‘tib, kislota ajratishni taqqa to‘xtatadi. 12 barmoq ichak ham ro‘zadan o‘zining omonlik ulushini oladi. Zero, bu a’zo jamiki hazm tizimi kompyuterlarining markaziy nuqtasidir. U ro‘zada har kuni o‘rta hisobda 10 soat dam oladi. Ichaklar ro‘za asnosida, ayniqsa, ichki pardalarini va ular ortidagi muhofaza markazlari bo‘lmish Peer tangachalarini  bir bor tekshiruvdan o‘tkazib, tishlarini sozlab oladi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:31:56
b) Ro‘zaning modda aylanish tizimiga beradigan ne’matlari
Jismimizda qon hajmini ozayishi yurakka jiddiy bir istirohat keltiradi. Yanada muhimrog‘i to‘qimalar orasidagi ortiqcha suvni yo‘q qilib, to‘qima bosimini pasaytirishidir. Xalq orasida "kichik qon bosimi" deb yuritiladigan, qonning yurakka bosim berishi ro‘za chog‘ida pasayadi. Bu esa, yurakka biz in’om etishimiz mumkin bo‘lgan eng katta yaxshilikdir. To‘qima bosimini ro‘zadan boshqa yo‘l bilan tushirish juda qiyin.
Modda aylanishi tizimi jihatdan eng muhim masalalardan biri shuki, sog‘lom kishilarda qonga o‘tgan oziq-ovqatlarning hammasi faqat ro‘zali chog‘larida kuyib ketadi. Ayniqsa qondagi yog‘ va yog‘simon moddalar (lipid) ro‘za tutilgan paytda minimal (eng oz) darajaga tushadi. Bu esa qarishning orqaga surilishi demakdir, ya’ni lipidi ortib ketganlar ham ro‘za tutishdan katta foyda ko‘rishlari shak-shubhasizdir.
Lipid - tomirning qattiqlashib ketishiga katta ta’sir qilishi aniqlangan bugungi kunimizda ro‘zaning tomir tizimimizga ham ko‘rsatatayotgan ta’siri haqiqatan bir tibbiy mo‘jizadir.
Modda aylanish tizimida muhim o‘rni bo‘lgan buyraklarning ramazon oyida o‘ziga xos dam olish fazasiga o‘tishi ham ro‘zaning bir ne’matidir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:32:17
v)Ro‘zaning hujayralarga ta’siri
To‘qima tizimi ichida turli vazifalarni ado etuvchi hujayralar, ayniqsa, ovqat oldi-berdisini va hujayra ichida hamda hujayralar orasida suv muvozanatini bir tartibda tutishga majburdirlar. Hujayrani eng ko‘p charchatuvchi narsa ana shu suv muvozanati bilan bog‘liq. Ro‘zada jamiki bu hodisalar eng oz darajaga tushishi munosabati bilan hujayralar uchun yengil nafas olish imkoni tug‘iladi. Ro‘zali odamning jamiki hujayralari ikki taraflama baxtli bo‘ladi:1. Suv muvozanatini saqlash mashaqqati yarim baravar ozayadi.
2. Hujayralarning o‘z vazifalari, ayniqsa, shira chiqaruvchi hujayralarning ishi yana oz saviyaga tushadi.
Bu sohada ko‘p tadqiqotlar o‘tkazgan Hipofiz, Diroyt va Pankreas ramazonni sog‘inib kutishlari mutlaqo bejiz emas.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:32:35
g) Ro‘zaning asab tizimiga ta’siri
Oldindan aytib qo‘yayki, nafsni tiyolmaslikka oid bo‘lgan ro‘za kashandaligi (ro‘za tutgan holda chekish) asab tizimiga hech qanday naf keltirmaydi. Biron kishi ro‘za og‘iz ekan, asab tizimi qat’iyan yuz foiz dam olmog‘i kerak. Vujud metabolizmi (modda almashinuvi) kunduzi eng oz saviyaga tushganda asab tizimi markazidan e’tiboran nisbiy bir dam olishga o‘tadi.
Jinsiy intizom ham, asab tizimidagi jamiki tangliklarni aritganidan, unga alohida bir orom beradi.
Ro‘zaning asab tizimiga bergan eng katta ne’mati uning qattiq hayajondan yuzaga keluvchi ruhiy zarbalarni yo‘q qilishidir. Ayniqsa, ro‘za ibodatlari (tarovih) kabi zavqi barcha qayg‘u-hasrat, ma’yuslik va qo‘rquvlarni yo‘q qilib yuboradi. Juda chuqur g‘am-g‘ussalarni yurak tublaridan o‘chiradi. Ruhiy zarbalar esa, ma’lumki, sog‘liqning eng katta dushmanidir. Ro‘zaning butun bir tizimlarga sezilarli ta’siri axir-oqibatda bir qator umumiy ne’matlar ham olib keladi. Masalan, jigar dam olgani uchun vujud xavfsizligiga tayyorlangan himoyachi moddalar kuchliroq bo‘ladi. Ayni shu hodisa tufayli ro‘zadan so‘ng o‘zimizni bardamroq his qilamiz. Jismimizdagi ortiqcha yuklar eriydi, ishtahasiz va zaif kishilar kuchga kiradilar, toshlari ortadi. Qonsizlar xoh hazm tizimining tartibga tushishidan bo‘lsin, xoh qondagi ovqat eng oz saviyaga kelishi asnosida suyak iligiga ko‘rsatilgan rag‘batdan bo‘lsin-yanada faolroq qon ishlab chiqara boshlaydilar.
Ha, aziz o‘quvchilarim, endi 184-oyat orqali buyurilgan Agar bilsangiz, ro‘za tutish siz uchun yaxshiroqdir" jumlasining hikmatini anglagan bo‘lsangiz kerak...
Shunday qilib, Qur’onning aqllarni o‘yga toldiradigan bu mo‘jizasi yaqin orada yana bir mo‘jiza ko‘rsatishiga aminman: ha, shunday zamonlar keladiki, bugun inonganlar ham, inonmaganlar ham, agar bilimlari yetarli bo‘lsa, agar shirin jonlarini sevsalar... mutlaqo ro‘za tutajaklari shak-shubhasizdir. Lekin inonib ro‘za tutganlarning qo‘lga kiritajak ne’matlari va hikmatlari ortiqroq bo‘lgusidir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:32:54
V) Homila va tug‘ilish sirlari
Bu mavzuni izohlashdan oldin bir oyatdagi mo‘jizaviy amrni e’tiboringizga havola qilmoqchiman; 41-sura 47-oyat
... mo tahruju min samarotin min akmomiho va mo tahmilu min unso..
Uning ilmi aralashmasa, murtaklardan mevalar chiqmaydi, va ayol homila olmaydi va tug‘maydi...

Ilm tamomila ilohiy amr timsolidir. Shunday bo‘lgach, homila hodisasiga aloqador biologik mahsulotlar to‘g‘risida nima uchun bu alohida amr berilgan? Imonlilar uchun bu, bir hikmat ekanligi ma’lum. Demak, bu oyat, asosan imonsizlarga xitob qiladi. Ajabo, homila hodisasida ilohiy ilmning o‘ziga xos hissasi nimadan iborat? Yaqin yillargacha homila hodisasi ayol va erkak mayllarining birlashuvidan iborat deb hisoblanardi. 1950 yildan keyin DNAning kashfi, 1965 yilda xromosomalar dagi DNA  helezon larining o‘rnashib qolishi kabi muammolar bu hodisa biz o‘ylagandan murakkabroq ekanini ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bir insonda 46-47 xromosoma bo‘lar ekan. Bu xromosomalar deyarli 60000 genetik mayl uchun yotoqlik (krovat) qiluvchi skeletlardir. Qandaydir ma’noda ularni genetik shifrlarning bir bog‘lam lentalari deyish mumkin.
Bir ayolning tuxum hujayrasi menoz degan maxsus bir bo‘linish yo‘li bilan o‘zidagi genetik mayllarning eng yaxshilaridan yarmisini, ya’ni 30000 donasini bu xromosomalarning 23 donasiga baxsh etadi.
60000 asos genetik shifrning har birini bir songa o‘xshataylik: tuxum hujayrasida navbat nomeri tartibsiz 30000 raqam bor. Bu 30000 raqam, 1dan 60000gacha bo‘lgan sonlarning navbatsiz bir olomonidir. Masalan, 1,17, 24, 25, 26, 105, 787, 6434, 14401, 23007, 54507, 57414 kabi qay biri chiqishi noma’lum bo‘lgan mayllar tuxum hujayralaridadir. Bir inson shaklini vujudga keltira oladigan 30000 karta tuxum hujayralarida naqd bo‘lmagan holda yashirinib yotadilar. Bu aytganlarimizni kundalik hayotimizning tili bilan ifodalasak, bunday deyish mumkin: onaning tuxum hujayrasi tug‘ilajak bolaning qulog‘ining solinchagiga oid, qoshiga yo burnining uchiga oid mayllarga ega, xolos. Lekin quloq hajmi, kipriklar va burun teshiklari onaning genetik kartasida mavjud emas. Bularni butun vujudga nisbatan olib ko‘rilsa, ona chaqaloqning yarim mayllarini tashiydi, degan xulosaga kelamiz. Ammo bular muntazam yarimni bildirmaydi. Bir qancha a’zolarning, tomirlarning ba’zi jihatlariga oid mayllar bor.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:33:03
Bir tuxum hujayrasi homilaga aylanadigan, ya’ni urug‘lanadigan paytda uning atrofida 250 million maniy hujayrasi (sperma) joylashgan bo‘ladi. Va bu hujayralarning har birida chiroyli harakat qilib turgan 30000 mayl bordir. Har biri 60000 raqamning chiroyli harakat qilib turgan 30000 donasiga ega.
Tuxum hujayrasi bulardan bittaginasida o‘zida yetishmagan kartalarni topib, o‘sha bilan homilaga aylanish holatida bo‘ladi. Va bu aql bovar qilmas noma’lum kartani topib, u bilan masalani hal qilish uchun eng ko‘pi bilan 40 daqiqa muhlat kerak bo‘ladi, yanada tushunarliroq bo‘lsin uchun bu manzarani boshqacha misol bilan ifodalay. Sizning qozoningizda 1dan 60000gacha bo‘lgan sonlarning 30000 donasi bor.
Qarshingizga 250 million dona ayrim-ayrim to‘rvalarda kartalar olib kelishgan. To‘rvalarning birida siz uchun kerakli bo‘lgan, sizga yetishmay turgan karta (aytaylik, burun teshigi) bor, 40 daqiqada bu to‘rvani topishingiz kerak. Shunday qilib imkonsiz ehtimol bilan yuzma-yuz kelasizmi? Mana, tuxum hujayrasining muammosi shundan iborat. Shuning ustiga-ustak, o‘zida yetishmaydigan mayllarni ustun biluvchi tuxum hujayrasi yolg‘izgina raqamlarga qarab o‘tirmaydi.
Ha! Yana buni qarang! Tez o‘zgaruvchi mayllar ma’lum bir makonning ma’lum burchaklarida tizilib turgan uch o‘lchovli, ya’ni bo‘yi, eni va uzunligi har xil aminokislota (oqsil) figuralardir. Faraz qilaylik: siz o‘zingizda yetishmaydigan 52075 maylni izlayotirsiz. Bu mayl bir genetik shifr helezonida 18 gradus vertikal, 75 gradus gorizontal burchakda Gua bazasidagi bir aminokislotadir. Va u, deylik, 4 raqami bilan qayd qilingan. Tuxum hujayrasi aminokislotalarning qator-qator tizimlari ichidan ana shu 4 raqami bilan qayd etilgan maylni aniqlab topmog‘i kerak. Aytaylik, bir tuxum hujayrasi bu masalani hal qilish, ya’ni o‘ziga kerakli maniyni tanlash uchun ming nafar genetika olimini yordamga chaqirdi. Bu olimlar ham qo‘llarida turli-tuman burchak o‘lchagichlari bilan keldilar va aminokislotani aniqlovchi asbob-uskunalari bilan ishga kirishdilar. Xo‘sh, ular ishni 40 daqiqada qila oladilarmi? 250 million maniy hujayrasi orasidan tegishli nomerni topishlari uchun ularga kamida 2 oy kerak bo‘ladi. Demak, tuxum hujayrasi bu masalani na bir o‘zi va na ming olim bilan birgalikda hal qila oladi. Unday bo‘lsa, qanday qilib har kuni minglarcha ayollar homilador bo‘ladilar? Bu masalani faqat ilohiy ilmgina hal qila oladi. Endi oyatning ilmiy mo‘jizasini his etdingizmi?
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:33:13
Ollohning uqtirishicha, ilmingiz ming yuksak bo‘lsa ham hech bir urg‘ochi hujayrani normal ilm qonunlari asosida ikkiqat qilolmaysiz. Bu homila hodisasi shunday bir ilmiy masala, shunday bir ulug‘ muammodirki, unga faqat Ollohning ilmi aralashsagina hal bo‘ladi. Olloh shunday buyurgan.
Ha, ilohiy ilm aralashmaguncha hech bir ayol ikkiqat bo‘lolmaydi. Genetika fani, modern biologiya tajribalar o‘tkaza-o‘tkaza, axir bir kun oyat qarshisiga kelib to‘xtayveradi va OMANNO va SODDOQNO (inondik va sen haqsan) deyishga majbur bo‘laveradi va Qur’on - ilohiy kitob emas, deguvchilarning tilini uzib olgisi keladi.
Endi oyatning ikkinchi sirini ochishga urinib ko‘ray...
Urug‘langan tuxum hikoyasini davom ettiraylik: 60000 mayl ichidan keragini tanlab, homilaga aylangan tuxum 2,4,8,16,32 raqamlaridagi tartib asosida (ya’ni geometrik progressiya yo‘lida) murtaklana boshlaydi va oxiri 30 milliard hujayrali inson bolasi yetiladi. Mana shu 1dan 30 milliardga qadar geometrik progressiya asosida ko‘paygan hujayralar 40 haftada murtakka (embrionga) aylana boshlar ekan, bu vaqt davomida yuqorida sharhlaganimiz 60000 mayl, murtakni, xuddi hisob xaltasiga o‘xshab, kuzatib-poylab yuradi. Yangi bo‘lingan har tuxum murtak ustida ma’lum bir joyga borib joylashadi. Bu joylashuv bir angustron (bir santimetrning milliarddan biri) masofada burchak hosil qilib turadigan o‘ziga xos joylashuvdir. Bir namuna keltiray: hujayralar sanog‘i 256ga yetgan yettinchi bo‘linmada (murtakning bir qismida), agar 6 nomerli hujayra 1 millimikron (mikron - metrning milliondan bir bo‘lagi, millimikron - mikronning mingdan bir bo‘lagi) quyiga toyib ketsa, insonning oyog‘i o‘z joyidan emas, ko‘ksidan chiqadi. Bundan keyin yana shunday bir xato yuz bersa, ul ilohiy kitobni inkor qiluvchining tili og‘zidan emas, qornidan chiqadi.
Demak, urug‘lanishdan keyin vujudga kelayotgan murtakda ham hujayra saflari navbat-navbati bilan kelishda hech xato qilmaydi, ham 60000 genetik kartadagi shifrlar hujayralarda tegishli o‘rnini topadi. Bu hodisaning Olloh ilmisiz amalga oshirilish imkoni 6xYu-Ya12ga yaqin raqamdir. Bu matematik xulosa oyatdagi "hech bir homilador ayol Ollohning ilmisiz tug‘olmaydi" degan ma’noni anglatish uchun keltirildi.
Qur’onning 41-sura 47-oyatidagi hikmatga duch kelganda, bu mu’jizaviy amr qarshisida butun biologiya va matematika fani Omanno va Soddoqno deb, Qur’onning ilohiy kalom ekanligiga imon keltiradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, kimda-kim Qur’onni inkor etsa, matematika va biologiya fanlarini ham inkor etgan bo‘ladi. Bu ikki ilmni inkor etish esa borib turgan jaholatdan boshqa narsa emas.
Shuning uchun ham Qur’onni inkor etgan kishi Abu Jahl - Jaholatning Otasi deb ta’riflangan.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:33:31
Tug‘ilish mo‘jizasi
40 hafta o‘tganda, ilohiy ilm chaqaloqqa yangi hayot tarzi ato etadi. So‘nggi tadqiqotlarga qaraganda, chaqaloq va onada ikki alohida kompyuter sistema hamjihatlik bilan tug‘ilish jarayonini amalga oshiradilar.
Mandaringa o‘xshab ketadigan ona rahmi qizlik pardasining nozikligidan tortib, bir ritmik qoida bilan ishlashigacha benihoya mo‘jizaviy xususiyatga ega. Ona rahmining usti yassi, ichi qavat-qavat - ochilib-yopilib turadi. Mehr bilan silkinadigan ona rahmining butun faoliyat sistemasi oldida kompyuterning ishlash qoidalari ip esholmaydi. Ona rahmi faoliyatidagi hodisalar juda ta’sirchan hormon ayirmalari (bezlarning shira chiqarishi) bilan tartibga solib turiladi. Homiladorlik vaqtida onaning modda almashinuv tizimi, hazm qilish a’zolari birgalikda yagona bir kompyuter markazining avtomatik idorasiga bog‘liq bo‘ladi. Ona qornidagi chaqaloq esa, boshqa bir kompyuter ichida - ham olamga chiqish harakatlarini boshlaydi, ham yangi hayot tarzi uchun butun tizimlari katta avtomatik kompyuter tizimi bilan bog‘lanadi.
Mo‘jizaning ham hayratnalarli, ham mamnun qiluvchi tomoni - tug‘ilajak chaqaloq bilan tug‘ajak onaning kompyuter tizimlari o‘rtasidagi sinxron (intilish va harakatlarda bir-biriga uyg‘un)likdir. Ana shu bir-biriga uyg‘un harakatlar natijasida ona rahmi bolani "A" nuqtasiga eltganda, chaqaloq ham jag‘ini "B" nuqtasiga yetkazadi va pastga tortila boshlaydi.
Tibb ilmi ona rahmi bilan chaqaloq o‘rtasidagi sinxron bog‘liqlik mo‘jizasini faqat ilohiy ilmda deb topayotir.
Mana, endi o‘zingiz o‘ylang, Qur’on mo‘jizasini, ya’ni:
"Uning ilmi aralashmasa hech bir ayol tug‘olmaydi" - degan hikmatini inkor etish mumkinmi?
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:34:13
G) Asal va arining sirlari
Qur’on ari va asal mavzuida muhim bir masalaga e’tiborni jalb qilgan. Bir qarashda har qanday biologik hodisaday ko‘rinuvchi ari va asalda juda muhim biologik mo‘jizalar bor.
Oldin "Nahl" surasi (16-sura) ning 68 va 69-oyatlarini o‘qing: Va avho rabbuka ilannohli anittahiziy minaljiboli buyutan va minashshajari va mimmo ya’rishun. Summa kuliy min kullissamaroti faslukiy subula Rabbiki zululo, yaxruju min butuniho sharobun muxtalifun alvonuhu fiyhi shifoun linnos, inna fi zolika la oyatan liqavmin yatafakkarun.
Ya’ni:
(Ey Muhammad), Rabbingiz asalariga: "Toglarda, daraxtlarda va (odamlar) quradigan qo‘vonlarda in qur. So‘ngra turli mevalardan yeb, Rabbingning senga ko‘rsatgan yo‘llaridan yur!" deb vahiy—amr qildi. Uning qornidan odamlar uchun shifo bo‘lgan alvon, rangli ichimlik—asal chiqadi. Albatta, bu ishda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibrat bor.

Endi birma-bir oyat e’tiborni tortgan hikmatlarni ko‘zdan kechiraylik...
a) Arining ko‘von (in) siri
Olti burchak prizmalardan qurilgan ari ini - faqat Olloh bergan ilm-vahiy bilangina qurish mumkin bo‘lgan me’moriy shoh asardir. Bu geometrik tanlov odatdagi tabiiy zavq natijasida bunyod bo‘lgan deb o‘ylashning hech iloji yo‘q. Undan tashqari, qurilish ashyosi sifatida ishlatilgan moddalarning saqichga o‘xshashligi, ya’ni o‘ziga xos kimyoviy modda tanlanganligi ham mo‘jizadan boshqa narsa emas.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:34:25
b) Arining yo‘l tanlashi va qaytishda uyini topishi
Jamiki jondorlarga oid juda qiziq bir hikoyatdir bu.
Asalari, bir tomondan, o‘ziga xos ovoz to‘lqinlariga ega, ikkinchi tomondan, xuddi kompyuterday aniq bir harakatda bo‘lib, ma’lum bir vazifani ado etadi. Oyati Karima, bu hikmatni ham juda hassoslik bilan tavsiflagan. Arining tabiiy ravishda uyini topib kelishi, yo‘lda hech adashmasligi mavzuida ko‘p kitoblarda hikoya qilingan. Qiziqqan kishilar u kitoblarni izlab topib o‘qishlari mumkin. Biz qo‘lga olgan mavzu va tahlil qilmoqchi bo‘lgan hodisa - biologiyaning asalga oid so‘nggi xulosalari borasidadir. Endi asalning tarkibi mavzuida maxsus bir izoh keltiraman.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:34:47
v) Asalning tarkibi va xususiyatlari
Arining taqqosi yo‘q me’morligi va ongli hayot sohibi ekanligi hammaga ma’lum. Ammo ari shuncha ko‘p asalni o‘z ehtiyoji uchun "ishlab chiqararmikan?" Yo‘q. Aksincha, o‘zi ishlab chiqargan asalning yuzdan biri unga ortiqchalik qiladi. Shunday hisob mutaxassisi bo‘la turib, o‘ziga kerak bo‘lmagan narsani ko‘p ishlab chiqarishi tabiat muvozanati doirasida g‘ayri-tabiiy hodisa deb hisoblanadi. Demak, oyatda amr etilganiday, butun olamlarning Rabbi ariga shunday asal ishlab chiqar, degani uchun ari ko‘p asal ishlab chiqarish kampaniyasiga kirishadi.
Endi asalning tarkibiga bir qaraylik. Har bir jonzot o‘zini kuch-quvvat bilan ta’minlash uchun umuman qandaydir bir shakarga muhtojdir va buni osonlik bilan o‘simlikdan, uning mevalaridan oladi. Arida ham ahvol xuddi shunday. Ammo tanasining asos qurilish moddasi DNAda shakar riboz shaklida bo‘ladi. Va ari mevalardan tanlab olgan maxsus shakarlar bilan ribozni to‘g‘ridan-to‘g‘ri asalga aylantiradi. Bu hodisa yana arining o‘z ehtiyoji emas. Chunki qirolicha arining iznisiz ishchi ariga asal ishlab chiqarish ham, DNAtayyorlash ham taqiqlangandir.
Undan tashqari, asalda B13, B11, BT quvvatbolari (vitaminlari) borki, hech qanday oziqda bu quvvatbolar bo‘lmaydi. Bu quvvatbolarning biologik faoliyati hali to‘la o‘rganilmagan bo‘lsa ham, har qalay ular DNA tayyorlashga xizmat qilsa kerak, deb taxmin etilmoqda.
Bulardan tashqari asalda tanilgan jamiki fosfor achitqilari, har xil kimyoviy reaktsiyalarda faollik ko‘rsatadigan AChChIQ FOLIK va boshqa fermentlar hamda suvda eriydigan quvvatbolar borki, ularning jami mevalarda bo‘ladi.
Ari bu hayratomuz kimyoviy tarkibni faqat inson uchun hozirlab beradi. Ma’lumki, asalda juda ko‘p o‘ziga xos hormonlar mavjud. Bu hormonlar qisman qirolicha ari uchun hozirlanadi. Lekin qirolicha arining ehtiyoji juda oz bo‘lib, ishlab chiqarilgan ari suti benihoya ko‘p. Bu hormonning tarkibi va ta’sir darajasi to‘la o‘rganilgan emas. Uni yegan qirolicha to‘satdan bir necha bora kattalashib, shiddatli bir tarzda tug‘uvchan bo‘lib ketishi o‘rganilgan. Bu hormonning bir hujayraga tuyqusdan hayotiyot berishi, shu maqsadda qo‘llanilishi, bu hormondan yoshlik vaktsinasi olinishi ham ma’lumdir.
Asalda yana bir qancha nabotiy dorilar mavjud. Chunonchi, uning tarkibida belladon, digital singari dorilarga ham duch kelinmoqda.
Mana shu jamiki hikmatlar butun olamlar Rabbining ariga inson xizmatida bo‘lishi uchun maxsus ilhom baxsh etganidan yuzaga kelgani ko‘rinib turibdi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:35:19
g) Asalning turli ranglardagi sharbat ayirmasi
Ari ozmi-ko‘p miqdorda oq hormon, oq shaffof riboz, fruktoza va boshqa turli-tuman nabotiy vitamin (quvvatbo) va fermentlar qorishmasidan tarkib topgan quyuqroq sarg‘ish yo sariq, qizil yo qizg‘ish rangli sharbat ayirmasi holida asal soladi.
Oyat - ham shu farqli tarkiblarni bildirish, hamda arining faqat guldan olib berish bilan kifoyalanmay, ularni bir ishlovdan o‘tkazib berishni anglatish uchun ham o‘sha yuqoridagi jumlalarni ishlatgandir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Mart 2009, 08:35:52
d) Asalning insonlarni shifolashda ko‘rasatadigan ta’siri
Bir yoqdan fosfor achitqilarga, bir yoqdan ribozday asosiy yaratish moddasiga ega bo‘lgan asalda sog‘liqni yaxshilash va bevosita shifolash xususiyati mavjud. Asal, ahamiyati hammaga ma’lum bo‘lgan hormonlar bilan xronik (uzluksiz davom etib kelayotgan, ya’ni eski) kasalliklarni, shubhasiz, yaxshilaydi, ya’ni tom ma’noda shifobaxshdir. Lekin bu hormonning ari suti tarzida olinishi o‘rniga tabiiy yaylovlarda yetishtirilgan asalning olinishi foydaliroqdir.
Bundan tashqari, asal o‘zidagi riboz va glyukoza moddalari bilan hamda quvvatbolari bilan yurak muskullariga o‘zgacha bir shifobaxsh ta’sir berishi ham aniqlandi. Yana asal jigar, qon va suyak iligi uchun bebaho doridir. Asal yemaydigan kishilarda jigar bir qator kimyoviy aralash moddalarni, achitqi va fermentlarni ishlab chiqargani uchun, ularga asal yedirilsa, jigar tom ma’noda dam olish fursatiga ega bo‘ladi va bu - shifo bo‘lmay qolmaydi.
Qon tarkibi uchun juda ham muhim bo‘lgan ko‘p moddalarni tashuvchi asal suyak iligi uchun ham shifo beradi. Shu bois, jamiki xronik kasallikka chalingan kishilar uchun asal shifobaxshlikda tengsizdir, ayni zamonda, suyak iligining tinchligini va tartibli ishlashini ta’minlashda xam shifobaxshligi bebahodir.
Shuni nazarda tutib, ya’ni keng va faol ta’siri borligi tufayli Qur’onda ari va asal mo‘jizasiga diqqat tortilgan.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:15:06
OLTINCHI BO’LIM

QUR’ONNING HAR XIL ILMIY MO’JIZALARI


1.   KOINOTNING MAXFIY HAQIQATLARI
Ilmning koinot mavzuida yecha olmagan ikki muhim savoli bor:
a) o‘zgaruvchan makonlar va o‘lchovlar;
b) koinotdagi magnit tarangligi.
Tashqi borliqlarning bir butun bo‘lib, bir-biri bilan bog‘liq holda turishi, boshqacha aytganda, butun borliqning skeleti sirlari o‘lchovlarda yashiringandir. Bu skeletlarni tutib turuvchi so‘ngsiz kuch magnit tarangligida ko‘rinadi. Hamonki, bu ikki tushuncha biz uchun sirliligini yo‘qotmagan ekan, koinot haqidagi jamiki ilmlarimiz taxminlardan nariga o‘tolmaydi.
Qur’onda bu mavzularga oid oyatlar juda ko‘p. Men bu bo‘limda tushunish oson bo‘lgan 4 oyatnigina sharhlayman. Ana unda siz bugungi koinot ilmlari Qur’ondan naqadar orqadaligini ko‘rib, uning mo‘jizalariga hayronlar qolasiz.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:19:48
A) Cheksiz o‘lchovlar
Ilmda eng qiyin idrok etiladigan mavzu o‘lchovlardir. Yo‘nalishga oid boshlang‘ich o‘lchovlarni oson idrok etish mumkin. Birinchi o‘lchov uzunlikdir: qarshimizda cho‘zilib yotgan tomon birinchi o‘lchovdir. Unga tik bo‘lgan ayni tekislikdagi o‘lchov, ya’ni en - ikkinchi o‘lchovdir. Bu tekislikka yuqoridan quyiga tik bo‘lgan o‘lchov (bo‘y, en, uzunlik) birlikda bir makonni, bir joyni bildiradi. Ammo ahvol shundayki, ish shu bilan bitmaydi. Agar biz taqvim yoki soat nuqtai nazaridan qarasak, to‘rtinchi o‘lchovga duch kelamiz. Koinotda bundan boshqa yana bir talay o‘lchovlar bor. Ular nazariy jihatdan "n" harfi bilan ifodalanadi. Cheksiz o‘lchovlar... Bu o‘lchovlarning bir qanchasi bir joyga jamlansa, o‘ziga xos makonlar yaratadi.
Moddiy olam esa to‘rt o‘lchovdan yaraluvchi makondir.
Bu asosiy fizikaviy ilmdan so‘ng Qur’onning mo‘jizaviy ta’rifini kuzataylik. ("Saf", 37-sura, 5-oyat):
Rabb us—samovoti val—arzi va mo baynaxumo va rabbul—mashoriq.
Ya’ni:
U, osmonlar, yer va orasidagilarning Rabbi, kunchiqarlarning ham Rabbidir.
Bu oyatdan chiqadigan birinchi ma’no: kunchiqar (mashoriq) tushunchasi osmonlar, yer va orasidagilar tushunchasidan farqli ekan. Agar shunday bo‘lmasa edi, oyat faqat: "U osmonlar, yer va orasidagilarning Rabbi" tarzida bo‘lardi. Lekin oyat borliqlarni ikkiga ayirgan:
1)..osmonlar, yer va orasidagilar;
2) kunchiqarlar.
Bu ayrilish koinot fizikasiga oid chin haqiqatning ifodasidir. Zero, osmon, yer va orasidagilar Ilohiy kuch tomonidan yaratilgan yaratiqlardir. Kunchiqarlar esa bizning tushunchamizdagi ma’noda yaratilgan yaratiq vasfiga ega emas, matematik bir sistemadir. Chunki kunchiqarlar bugungi fizika atamasi bilan aytadigan bo‘lsak, o‘lchovlardir. Olloh bu sharofatli oyatida olamlarda o‘zi yaratgan ikki farqli sistema haqida gapirgan. Bulardan biri yeru osmon va ular orasidagi fizik borliqlar, ikkinchisi esa kunchiqarlar (o‘lchovlar) atamasi bilan anglatish mumkin bo‘lgan matematik sistema haqiqatlaridir. Bunisi bizning tushunchamizda yaratiq (maxluq) bo‘lolmaydi, faqat Haq-Taoloning olqishiga sazovor bo‘lgan ilohiy iroda tartiblaridir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:21:21
Bu oyatdan va boshqa bir qator oyatlardan bilamizki, Olloh borliqlarni va o‘lchovlarni alohida-alohida yaratgan. Kunchiqarlar (mashoriq) kalimasining tomonlar, yo‘nalishlar, o‘lchovlardan boshqa ma’nosi yo‘q.
Arabchada ko‘plik, umuman, juda ko‘pni ifoda qiladi. Ma’lum sonlar ko‘plik ifodasi bo‘lmaydi va ko‘plikda bildirilmaydi. Zotan, osmondan uch o‘lchovli makon bor bo‘lganligidan, bu yerdagi "mashoriq" - "kunchiqarlar" atamasida o‘lchov sistemasini ifoda etadi.
Qur’onning mahshar bilan aloqador juda ko‘p oyatida "jannat" atamasining "moddiy makon" atamasidan farqli ekanligi, ayricha bir makonning olami ekanligi bildirilgan. Demak, Qur’on cheksiz o‘lchovlar sistemasi ichida makonlar haqiqatini taqdim etgandir.
Moddiy olamda bor borliqning mavjudlik holi deganda biz 4 o‘lchovga geometrik moslashuvni va bir kanal tanlash holini tushunamiz. Bu moslashuv Ollohning Rabblik (Egamlik) sifatining siridir. Shu bois, oyat borliqlarni va o‘lchovlarni ta’riflarkan, Rabb sifatini qo‘llagandir.
Oyatning tafsiri mana bundaydir:
Yerdagi, osmondagi va ular orasidagi jamiki borliqlarni Rabblik sifatim bilan bir—biriga qanday moslagan bo‘lsam, men cheksiz o‘lchovlar (mashoriq)ning ham shunday Rabbidirman.
Qur’onda bir qancha joyda kunchiqarlar va kunbotarlar atamasi keladi. Bular ham bir ma’noda o‘lchov ifodasidir. Faqat kunbotarlar atamasi bilan birgalikda kunchiqarlar atamasi ham kelgandagina yerni va sistemalarning harakatlarini ifoda qiladi. Lekin bu yerdagi oyat bilan turli ilmiy mo‘jizalar bir-biriga aloqasiz hikmatlardir.
1. Moddiy yaratiqlarning, asosan, hammasi oyatning ilk jumlasida butun holida berilgan. Oyatning to‘la jumlasida o‘lchovlar sistemasining bo‘lak bir borliqlar dastasi ekanligi uqtirilganligi eng jiddiy ilm mo‘jizasidir. Ha, borliqlarga sinch, skelet bo‘lgan o‘lchovlar makoni, jamiki borliqlardan bo‘lak qilib ta’riflanishi bizning asrimiz uchun eng katta fizik mo‘jizadir. Bugungi davrda Brogleydan tortib Jordan, Femi, Xilbertgacha hammalari butun borliqlarni alohida, o‘lchovlarni alohida - ayri-ayricha o‘rganish tarafdoridirlar. Hatto o‘lchovlarning va makonlarning farqlari boshqa borliqlarning ham qanchadan-qancha farqliliklarini ko‘rsatib berishi aniqlandi. 4-o‘lchov, vaqt oz ta’sir qiladigan makonlarda ayni o‘sha borliqning umri o‘zgaradi. Qisqa masofada so‘nggi ma’lum bo‘lgan voqealar kengayadi, o‘z xususiyatlari va bo‘lakchalari yuzaga chiqadi.
2. Koinot geometriyasining asos qusurlarini yashirgan o‘lchovlar (mashriq) Ollohning Rabblik sifati bilan uyg‘unlashganini ifoda qiladi, ya’ni hamma koinot makonlari Rabb tajallisi degan tushuncha ichida qonunning o‘zgaruvchanligi hikmatini tashiyotir. Dunyo va fazoning qanday fizik nizomlari bor bo‘lsa, yo‘nalishlarning, ulardan bunyod makonlarning ham shunday maxsus formulalari bor.
3. Fotihada amr etilgan "olamlarning Rabbiga hamd" siri, bu oyatda ochilib ketgan, ya’ni olamlar bir tomondan faqat yer, osmonlar va ularning oralaridagi borliqlardangina iborat emas. Olamlar atamasi bilan aloqador bo‘lgan, masalan, cheksiz yo‘nalishlar va bular bilan bog‘liq makonlar bor. Cheksiz yo‘nalishlar, Rabb sifatining siri bilan o‘zlari bunyod etgan makonlarga, olamlarga, ya’ni koinotlarga cheksizlik ato etadilar. Bu cheksizlik osmon, yer va ular orasidagilarning naryog‘ida boshqa olam borligining ramzidir.
Mana, biz Mashoriq siri deganda boshqa olamlarni tushunsak, unda insonning so‘ngsizlik sirlariga yaqinlashuviga imkon beramiz va Tangri go‘zalligini makonlarda tomosha qilamiz.
Oyat, shunday qilib, insonlarga cheksiz yo‘nalish va makonlarda Olloh ilmiga yaqinlashish yo‘lini ochib beradi. Ilm, bu tushunchaga yaqin kelishi bilanoq koinotni anglab oladi. Aks holda, barcha galaktikalarni o‘rgansa, ilmni tagiga yetish chorasini, tayanch nuqtasini topolmaydi. Moddiy koinotda borliqlarning xususiyatlari makon va zamon tushunchasi ichida chegaralangan (joylashgan)dir. Ayni shu borliqlar cheksiz makonlarda bo‘lakcha go‘zallikga burkanadi. Borliqlar haqiqati shulardan iborat.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:22:34
B) Koinotdagi magnit tarangligi
Koinotning ba’zi jihatlarini yaxshiroq bilib olaylik: Fazo qadim-qadimlardan beri cheksiz-chegarasiz bo‘shliqlar aro ko‘zimizga ko‘rinuvchi sanoqli yulduzlardan tashkil topgan deyilardi. Endi moddiy olam haqida faqat o‘sha bilimlarimiz bilan ish ko‘rsak, kifoyalansak, bu-aqlimizni yalqovlashtirib qo‘yadi. Milliardlarcha sayyoradan bunyod bo‘lgan milliardlarcha galaktikalar va ular orasida sanoqsiz nurtaratkichlar (nur manbalari) shunday joylashganki, fazoda bo‘sh qolgan biron nuqta ko‘rolmaysiz. Yo biron sayyora, yo biron yangi yulduz, yo bir qora tuynuk va bular orasida har qaysisi bir mavjudot bo‘lgan son-sanoqsiz fazo nur taratkichlari...
Yolg‘iz moddiy olam haqida o‘ylaganimizda, bir sinch kabi yaratilgan o‘lchovlar va makonlardan keyin jamiki bu ko‘rkam va muhtahsham manzara to‘satdan qanday vujudga keldi, deymiz.
Aqllarni lol qiluvchi bu ilmiy mo‘jiza, bu hayratomuz sirga 42-sura, 5-oyat da duch kelamiz:
Takodussamovotu yatafattorna
Ya’ni:
Ustlaridagi samo (osmon)lar yorilgusidir.
Mikrofazoda, ya’ni atomlar va kvantlar dunyosidan bilamizki, har bir kvantning dunyoga kelishi katta magnit tarangligi borligini bildiradi. Sal qo‘polroq bo‘lsada, bir misol: bir toladan oqim o‘tganda magnit tarangligini ko‘ramiz - kompas millari o‘ynab ketadi. Demak, makonlarda iloh qudratining rahm sifatini ko‘rsatuvchi qo‘rqinchli bir magnit tarangligi bor. Oyatning keyingi jumlalarini o‘qing:
Min favkihinna val maloikatu yusabbihuna bi hamdi robbihim va yasta’g‘firuna liman filarz, a’lo innalloha huval g‘afururrahim
Ya’ni:
Maloyikalar Rabblarini hamd va tasbih etayotgan bo‘lurlar, yerdagilarga mag‘firat tilaydilar, bilingki, Olloh g‘afuri rahimdir.
Ilohiy g‘oya makonlarda jilvasini ko‘rsatganda sanoqsiz borliqlar bu o‘lchovalar qafasida qolib tizilib turadi.
Bu fizikaviy hukm yolg‘iz moddiy olam uchun emas, jamiki olamlar (koinotlar) uchun ham tegishlidir. Maloyikalar (farishtalar) haqidagi gap bu haqiqatni ta’kidlab turibdi. Davrimizning eng mashhur olimlari Martin Rayl va Allan Santeyg bo‘linuvchi zarralar nazariyasida tayanch sifatida shu magnit tarangligini himoya qiladilar. Qur’onning ulug‘vor mo‘jizasi bu oyatning birinchi satrini shu tariqa koinot fizikasi nuqtai nazaridan qonun holida olimlarga bildiradi. Lekin fazoning, olamlarning magnitik tarangligi haqidagi bu fikr hali juda yangi. Hech kimsa bu sirni bundan XV asr muqaddam Qur’on sharhlab ketganining farqiga yetmadi.
Ramzlar haqidagi bo‘limimizda "ho, mim" li suralar koinot fizakasiga oid sirlarni bildirishni aytgan edik. Bu yerda "ho, mim" bir boshqa mo‘jiza xususiyatiga ham ega ekanligini ko‘rsatayotir. "Olamlarning magnitik tarangligi" deb ishlatgan ifodamiz bizning shaxsiy idrokimiz asosida tanlagan ta’birimizdir. Aslida bu, Qudrati Ilohiyning shiddatidirki, uni biz o‘zimizcha tasavvur qilolmaymiz. Mana, fizika olimlari uchun yangi so‘qmoq ochish xususiyatiga ega bo‘lgan bu oyatning mo‘jizasi... Kelajak fiziklarga ulug‘ sirlarni berayotir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:24:26
Endi bu oyatning hukmi ostida fizikadan o‘zimiz bilgan asos voqealarning sabablarini ko‘zdan kechiraylik:
A) Kvantning mavjudligi
Kvant - energiyaning eng kichik miqdori bo‘lgan to‘lqin postulati (isbotsiz ham qabul qilanaveradigan dastlabki qoida) uchun eng zamonaviy ta’birdir.
Kvant - chiqarilishi va yutilishi mumkin bo‘lgan eng oz, bo‘linmas energiya miqdori bo‘lib, ta’sirning eng kichik makonda geometrik bir koordinat tanlash hodisasidir, boshqacha aytganda, bir santimetrning milliarddan biri qadar kichik bir makonga katta ta’sir bilan kira olish qudratidir. Hozirgacha ham bu, qanday yuz berishini ilm-fan sharhlab bera olmagan. Lekin 42-sura, 5-oyatdan buni tushunish mumkin:
Shiddatli magnitik taranglik ta’sirida osmonlar yorilguvsidir.

B) Inter aktsion (o‘zaro ta’sir) kuchi
Atom mag‘zining zarrachalari orasida shundaylari borki, ular biz bilgan gravitatsiya (joziba) tufayli o‘zidan yuz ming barabar katta tortish kuchiga ega. Izohi bugungi kunimiz uchun imkonsiz bo‘lgan yuqoridagi oyat koinotning har nuqtasida dahshatli bir magnit tarangligini borligini bildiradi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:30:04
V) Giroskopik harakatning siltanish kuchi
Aylanuvchi jismlar qo‘rqinchli siltanish kuchiga ega ekanligini va shu sababli gravitatsiyadan (jozibadan) o‘z borliqlarini saqlab qolishlarini bilamiz. Xo‘sh, aylanuvchi jism bu siltanish kuchining manbaini qaerdan oladi? Bu - ayondan ham ayon: koinotdagi magnitik taranglikdan oladi. Shuning uchun ham oyatning oxirgi jumlasida "bilingki" deb jamiki olimlarga tanbeh berilgandir.
Zamonamiz olimlari tushuntirib berolmagan jozibaning ham sababi shu ochiq - ravshan oyat orqali bildirilgandir: borliqlar ichlarida shu magnitik taranglikni saqlashlari sababli joziba kuchiga egadir.
Jamiki bu tafsirlardan chiqadigan xulosa:
Fiziklar amaliyotidagi tushunchalardan farqlanuvchi formulalarda ko‘rganimiz inter aktsiya, joziba, giroskopik ta’sirlanish va nihoyat, kvantning o‘ziga kanal va spin (harakatlanish uchun qulay muhlat) tanlashi hodislarining asos sababi, koinotdagi magnit tarangligidir. Sharofatli oyat bizga bu magnitik taranglik fazoning istalgan nuqtasida mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Fazoda jamiki gravitatsiya ta’sirlaridan uzoq bir nuqta belgilasak, o‘sha joyda bir kvant ta’sir kanaliga kirsa, yana bir raqsga o‘xshash titroq va magnitik ta’sir kuzatiladi. Fazoning ba’zi bir nuqtalaridan ta’sirlangan jamlanish yerlarida ko‘rilgan shiddatli magnitik taranglik bir natija, xolos (qora tuynuk), yo‘qsa fazoning har nuqtasi magnitik taranglikning keskin va davomli ta’sir maydonidir. Zotan, bo‘lunuvchi zarralar nazariyasi ham bu haqiqatni abadiy o‘zgarmas hol deb hisoblashga majburdir.
Bu magnitik taranglik boshqa bir tomondan moddiy borliqlarga majburiy bir qodar (qismat), bir dastur hozirlaydi.
Xoh gravitatsiya, xoh giroskopik harakat bo‘lsin, o‘z nizomini, fizik xususiyatini koinotning har nuqtasiga hokim bo‘lgan shu taranglikdan oladi. Bir daqiqaga ham bu taranglikning yo‘q qilish mumkin bo‘lsa edi, har joziba, har aylanma harakat moddiy borliqlarni bir nuqtaga biriktirib qo‘ygan bo‘lar edi. So‘nggi yillarda bu bo‘linuvchi zarralar nazariyasiga qattiq yopishib olgan ba’zi olimlar moddiy olamlarning plazma (qattiq urilish natijasida ionlangan, ya’ni zaryadlangan zarra) dinamikasidan (o‘sish sur’atidan) so‘z ochmoqdalar. Aslida bu qarash magnit tarangligining boshqacha ta’rifi, xolos.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:31:18
V) Bo‘linuvchi zarralar (Big Bang)
So‘zimizni 21-sura, 30-oyat bilan boshlamoqchimiz.
Avalam yarallazina kafaru annassamovoti val arza konato ratkon fafa takno humo...
Ya’ni:
U kofir bo‘lganlar ko‘rmadilarmiki, osmonlar va yer birikkan holda edi, biz ularni bir—biridan uzib yubordik...
Endi koinotning yaratilishi borasida eng zamonaviy astrofizikaning asos nazariyalariga e’tibor bering.
Osmon fiziklarining koinot mavzuidagi rag‘bat ko‘rsatgan nazariyalari bo‘linuvchi zarralarga oiddir. Bu nazariya asosida cheksiz bir quvvat (energiya) manbaining atrofga ta’sir ko‘rsatishi va buning natijasida cheksiz masofada moddiy olam vujudga kelishi to‘g‘risidagi fikr yotadi, ya’ni XIX asr fiziklari uqtirganidek, olam (koinot) ulkan yangi yulduzlarning sovigan mag‘izlari emas.
Mana endi yuqorida sharhi keltirilgan oyatni nazardan qochirmay o‘ylasak, olam tushunchasiga katta o‘lchovlar asosida yaqinlashgan bo‘lamiz.
Moddiy olam oldin masofa uzra o‘ram-o‘ram samolar, kitob varaqlari kabi, yopiq bir sistema holida bo‘lganligini tasavvur qilish mumkin. Keyin ilohiy kuch katta bir magnit tarangligi bilan cheksiz o‘lchovlarga behisob shakllar berganini ham sezamiz. Oyatning ta’biri juda maroqlidir: "Osmonlar va yer birikkan holda edi, biz ularni bir—biridan uzib yubordik", - deb buyuradi. Bu asnoda yer, bu bo‘linuvchi zarralar (parchalar) nazariyasining markazi bo‘ldimikin yoki u makonlardan boshqa biridami? Qanday yaratildi? Biz bilmaymiz.
Oyati karima, xususan, samolarning, masofalarning magnitik taranglik bilan (oldingi bo‘limda bu oyatning sharhlagandim) cheksiz ufqlarda ochilganini izohlab berayotir.
Yuqorida aytganimizday, avval bir kitobni varaqlari singari yopiq turgan moddiy olam bunyod bo‘lgan, so‘ngra varaqlar magnitik taranglik bilan bir-biridan ayirilgan, "Osmonlar va yerning bir—biridan uzilishi", - degan ibora fizikadagi parchalangan zarralar hodisasi qanday tashkil qilinishini ifoda etayotir. Ilm-fan yulduzlarning vujudga kelishlariga oid tadqiqlardan so‘ng koinotda magnitik taranglikning ikkiyoqlama ta’siri hukm surishini aniqlagan. Magnitik taranglik moddiy shakllanish sahifalarini ochadi, ya’ni neytrondan mag‘izga, atom va molekulalarga qarab yo‘nalgan kuch ta’sirida sur’at bilan ko‘plab zarralar shakllanadi. Shu tariqa masofalar, cheksiz uzoqlikda makonlar tashkil topadi. Bir yangi yulduz bu parchalangan (bo‘lingan) zarralardan bir zarra hisoblanadi. So‘ngra undagi ulkan quvvat moddiy tashakkullarni tabaqa-tabaqa fazoning keng makonlariga sochib yuboradi. Ko‘pincha uning ustidagi samolar uzib-yorib yuboriladi, qavat-qavat ochilib turgan bir g‘uncha singari makon sahifalari ochiladi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:32:57
Makondagi bir modda uyumi kuch ta’sirida magnitik sistema ichida o‘rnini topadi. Albatta, bungacha u samolarning yorilish hodisasini, uning issiqligi ketmasdan burun quvvat yig‘ish jarayonlarini boshidan kechiradi. Zarralar doirasida bu kuchli energiya yig‘ish bosqichidagi magnitik tarangliklar ham, uning ustida makonlarning, samolarning yorilishi (bir-biridan uzilishi) ham tom ma’noda fizik haqiqatlardir, shu ondan e’tiboran yerning sovishi va bugungi holga kelishi bahs mavzui bo‘ldi. Zarralar nazariyasiga ko‘ra koinot hamda samolarning undan uzila boshlagan nuqtasi, albatta, majhuldir. Bu nuqta qaysidir bir sayyora yoki bizning yerimiz bo‘lishi mumkin. Oyat har bir masalaga keng to‘xtala bermaydi yoki undagi biror ishorani biz fahmlamayotgan bo‘lishimiz ham ehtimoldan uzoq emas. Faqat bir sayyoraning tuproq tutmas sathiga boqib, unga oid biror vaqt o‘lchovini ham aytolmaymiz. Zero, yangi zarralar nazariyasiga ko‘ra, yulduzlarning sovishi juda ko‘p shart-sharoitlarga tobe’dir.
Ba’zi islom olimlari, moddiy olamning yaratilish nuqtasi deb yer yoki uning atrofini qabul qiladilar. Lekin gap bunda emas. Gap Qur’onning bo‘linuvchi zarralar sirini magnit tarangligi unsurlari doirasida naqadar aniq ifodalaganidadir.
Modda va modda tashqarisidagi ta’birlarni anglamoq uchun ko‘plik va birlik ta’birlarni yaxshi farqlab olmoq zarurdir.
Qur’on ta’riflari ichida ko‘plik tushunchasiga umuman Ollohning yaratuvchilik asnosini (sifatini) ko‘rsatishi kiradi.
Ko‘plik, birlik (vahdat)ning markazidan uzoqlashganda:
a) bir-biridan farq qiluvchi borliqlar tashkil topadi. Zero, birlikdagi bir xilliklar ko‘plik yo‘nalishida makondan sachraganda yangi ko‘rinishlar kasb etadi;
b) ko‘plik va farqlar vujudga kelganda zaiflik va foniylik (o‘tkinchilik) qonunlari ham vujudga keladi. Shu sababli bir qancha borliqlar o‘zlarini saqlash uchun beixtiyor birlik sirlariga yaqinlashish bilan ta’minlanadilar. O’simliklarning bir-biriga aynan o‘xshashligi, atom mag‘izlaridagi kvant xususiyatlari kabi;
v) ko‘plik markazdan tashqariga, doira yuziga yaqinlashganda miqdordagi ortish va shu nisbatdagi farqlanishlar cheksiz masofalarni qamraydi. Lekin markaz ta’siri doimo ularni bir kuch doirasida harakat qildiradi.
Mana shu uch asosiy unsur - osmonlarning yorilishi markazdan tashqariga qarab sochilishlar sirida ham qo‘l keladi. Zotan, moddiy olamdagi bo‘linuvchi zarralar nazariyasi ham bu uch moddaning hukmini haq deb hisoblamoqda.
Lekin Qur’onning koinot fizikasiga oid to‘rt asosiy hukmi: o‘lchovlar, magnit tarangligi, koinot sahifalari va bo‘linish - parchalanish qonunlari birga tadqiq qilinganda bo‘linuvchi zarralar nazariyasi noma’lumlik (mavhumlik)dan qutilib tushunarli holga kelib qoladi.
Boshqa koinotlar uchun bir nuqtadan yoyilish (taralish) to‘g‘risidagi gap bahs mavzui bo‘lolmaydi, chunki bu koinotlarning makoni uch o‘lchovli emaski, bu markaziy nuqta qat’iy bo‘lsa.
Shuning uchun ham Qur’on magnit tarangligi bilan koinot sahifalarini anglatib boshqalarining ko‘plik unsurlarini sahifa namunasi bilan izohlaganlar. Bu bo‘limda biz uchun muhim nuqta: moddiy olam yaratilishini nuqsonli andozada izohlashga uringan bo‘linuvchi zarralar nazariyaning ham komil bir shaklda XV asr muqaddam Qur’onda bildirilganligidir.
Qur’on moddiy olamdagi bu ko‘plik in’ikosini tamalda magnitik taranglik formulasi holida izohlab bergandir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:34:20
G) Koinot sahifalari
Ajabo, bir-biridan farqlanuvchi makonni, olamlarni, cheksiz o‘lchovlarni biz o‘z ilmimiz doirasida qanday idrok qila olamiz? Bu savolning javobini na bugungi ilm-fan, na kelajakning ilmi bera olgay. Holbuki, Qur’on anglash qiyin bo‘lgan bu savolga juda ochiq-oydin javob bergandir.
21-sura, 104-oyat:
Yavma nat’viys—samoa kat’oyyis sijilli lil kutubi, kamo bada’no avvala holkin nu’iydux, va’dan a’layno inno kunno foi’liyn.
Ya’ni:
U kunda biz samoni kitob sahifalariday o‘raymiz, avval qanday yaratgan bo‘lsak, o‘sha holga qaytaramiz, bu bizning va’damizdir, albatta, shunday qilajakmiz.
Cheksiz o‘lchovlarni va bir-biridan farqlanuvchi makonlar fizikasining bir oz bo‘lsa-da bilganlar uchun bunchalik shohona fizik ta’rif lol qoldirarli bo‘lmasligi mumkin emas.
Bu ta’rifdan ko‘rinadiki, olamlar Lavhi Maxfuz kitobining sahifalariga o‘xshaydi. U kitobning har sahifasi bir turli makonning ifodasidir. Masalan, moddiy olam u kitobda bir yoki bir necha sahifadir. Yetti qavat osmonlar u kitobda yetti sahifali bir juz’dir.
Jannat makonlari ham kitobda bir boshqa juz’dir. Qavat-qavat makonlarning qavat-qavat sirlari ichida Olloh qiyomat kunini, mahsharni yodimizga muhrlar ekan, bir boshqa olamga ko‘chib o‘tishimizni kitobning ma’lum bir sahifasining o‘ralishiga o‘xshatadi va chinakam hayratlanarli ta’rifni shundan keyin beradi. Turli makonlarning yaratilishini ham bamisoli bir kitobning sahifalariga o‘xshatgandir.
Endi idrok kuchmizni qiynab bu makonlarga yaqinlashishga urinib ko‘raylik. Cheksiz olamlar kitobining dastlabki juz’i moddiy olamlardir. Ma’lumki, to‘rtinchi o‘lchov vaqtning oldingi uch o‘lchov bilan sheriklikda qurgan makonlari moddiy olamlardir. Bularning ichida bir sahifa esa bizning moddiy makonimizdir, to‘rtinchi o‘lchov vaqtning kuchli ta’siriga uchragan boshqa bir makondir. Bu makon butun galaktikamizni qoplaydimi yoki quyosh tizimimizni tashakkul etadimi - hali tuzukroq bilingani yo‘q. Zero, vaqt o‘lchovini ta’siri galaktikamizning har nuqtasida bir xilmi, bir xil emasmi - bilmaymiz. Biz tadqiq etgan astrofizika kitoblarida gallatikamizning har nuqtasida vaqtning oqish sur’ati bir xil emas, degan fikr bor; unday bo‘lsa galaktikamizda farqli makonlar ham bo‘lishi mukin, degan fikrni qabul qilishimiz kerak.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:34:37
Qur’onning xilma-xil suralardagi qiyomat ta’rifidan bilamizki, galatikamiz ko‘p jihatdan bir-biridan farqli, lekin hammasi ham moddiy bo‘lgan makonlardan tarkib topgan. Olloh ularni "kitob sahifalariday o‘rayman, avval qanday yaratgan bo‘lsam..." - deb buyuradi.
Vaqt birligi ta’smir qilmaydigan boshqa bir makondan, masalan, jannat sahifalaridan tarkib topgan olamda tajalli berishimiz shu tariqa yana ham qulay ko‘chadi. Jannat makonining xususiyatlari yuzlab oyatda sharhlangan. Ko‘pincha u makon haqidagi tushunchamiz faqat misol shaklida tushunilishi mumkin. Masalan, Erika - haddan tashqari o‘zgacha bir makon mav’qei (koordinati) dir. U yerda paydo bo‘lgan inson uchun masofa tushunchasi bo‘lmaydi. Chunki Erika makonida birinchi o‘lchov yo‘qdir. Bu mavzudagi oyatlardan bilib olamizki, Erika makonida eng uzoq, eng yaqin degan tushunchalar o‘rnida cheksizliklar sayri bor.
Shunday qilib, bu oyat koinotning so‘ngsiz olamlarini va makonlarini bir kitob sahifalariga o‘xshatib, makon va zamon haqidagi tushunchalarimizni kengaytiradi. Koinot o‘lchovlarini va makonlarini ayrim-ayrim sahifalarda ko‘rgandan keyingina eng ilg‘or aspyufizika ilmini egallash mumkin. Zotan, insonga shunday farqli makonlarda paydo bo‘lish xususiyati ato bo‘lgan.
Olamlarning sahifalari misolidagi muhim hikmat yaratilmishlar farqli sahifalarda bor bo‘la olishi siridadir.
Jannatda yerdagi ba’zi mevalarning bor bo‘lishi hikmati shundan kelib chiqqan. Lekin farqli sahifalarda bu borliqlar garchi asosiy xususiyatlarini saqlab qolsa-ayni chog‘da farqli unsurlarini ham namoyon etadi. Chunonchi, gul moddiy olamning ilk sahifasi bo‘lmish bizning dunyoda qisqa vaqt ichida so‘ladi. Olamning yana bir sahifasi bo‘lmish jannatda esa u hech so‘lmaydi. Bu jihatdan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bir qancha yaratilmishlar koinotning boshqa sahifalarida asl mohiyatlarini saqlab qoladilar. Ammo moddiy olamda ularning umri cheklangan va qisqa bo‘ladi. Moddiy olam makonlarida asosiy ta’sir ko‘rsatadigan unsur-zamon va masofadir; bu dunyodagi yanglish xukmlarimizning jami zamon va masofadagi odatlanishlarimizdan paydo bo‘ladi. Shu boisdan Olloh mahshar xodisasini isbotlash uchun zehnlarda unga yaqin holatlarni muhrlash maqsadida olam sahifalari misolini keltiradi. Mahsharda - biz aytmoqchi bo‘lgan hodisa - bu, insonning boshqa bir makonga intiqolidir (ko‘chib o‘tishidir). Bu intiqol esa, olamning ma’lum bir sahifasining ochilishi demakdir. Biz buni, ya’ni moddiy makonimizda o‘lchovlarning qay taxlit o‘ralishini (buralib ochilishini) albatta ko‘ramiz. Zero, Qur’onnning Omma juz’ida bir qator suralardagi ta’riflar bu makon falokatini (qiyomat qoyimini) eslatgandir. Bunday falokatga duchor bo‘lgan makon saxifasining ortidagi ochilgan yangi bir makon sahifasiga intiqol bo‘lamiz. Cheksiz o‘lchovlar olamdagi magnit tarangligi hali ma’lum bo‘lmagan bir zamonda Qur’on bugunning va ertaning fizikasini bayon qilib qo‘ygandir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:35:03
2. YER VA MUHIT (ATMOSFERA)
Qur’onda yer va muhit voqealariga oid aql bovar qilmas mo‘jizaviy oyatlar bor. Biz bulardan faqat to‘rttasini namuna qilib keltiramiz. Bizning davrimizda endigina tagiga yetilgan bu hikmatlarning, 15 asr ilgari, atmosferadan xabarsiz, dunyo bir narsaga suyanib turadi, deb hisoblangan zamonda, Qur’onnning muhtasham nuri bilan qanday bayon etib berilganligini o‘ylash inson idrokini lol qiladi.

A) Muhitning sirlari
Oldin sizga Qur’onning eng mo‘jizaviy oyatlaridan birini bayon qilib beray: "Fussilat" surasi (41-sura, 11 -oyat):
Summastavo ilassamoi va hiya duxonun fa’koola ' laho va lil arzi i’tiya tav’on av karho koalato atayno toi’iyn.
Ya’ni:
(Olloh) samoga yuzlandi, u bir tutun edi; unga va yerga: "Ikkingiz ham istasangiz—da, istamasangiz-da birgalikda keling", — dedi. Ular esa: "Istab keldik", — dedilar.
Olloh Qur’onda "Biz bir narsani hohlasak, "Bo‘l!" deymiz va darhol bo‘ladi",- deb buyurgan, madomiki shunday ekan, yerning ostoniga, ya’ni atmosfera va yerga birgalikda keling deb ne sababdan maxsus amr berdi ekan? Nima uchun "yuzlandi" shaklida, maxsus bir yaratilish tarzida amr etgan yer va atmosferaga? Bu savollarga javob olish uchun astrofizika olimlarimizning so‘nggi o‘n yil ichida ilmga olib kirgan nozik yangiliklarni bir ko‘zdan kechiraylik.
Ma’lumki, koinotning milliard karra milliard sayyoralari bor va yer ulardan biridir. Astrofizik jihatdan yerning eng katta xususiyati barqaror bir atmosferaga (muhitga) egaligidir. Zero, bir sayyora uchun fizik jihatdan eng qiyini va imkonsizi - muhit hodisasidir. Buning boisi aniq va ravshan. Bir sayyorani o‘rab turuvchi gazlar ikki natijadan biri bilan barham topadi: yo bu gaz molekularining harakat sur’atlari sayyoraning tortish kuchi tufayli o‘zligidan mahrum bo‘ladi - bu holda gaz sayyoraga so‘rilib ketadi, yo bu molekulalar issiq ta’sirida yanada tez harakat qila boshlaydi - u holda sayyorani tashlab fazoning so‘ngsizliklariga sochilib ketadi. Ba’zi sayyoralarda bu hodisalar asta, juda sekin yuz beradi. Juda qisqa vaqt ichida muvozanatini yo‘qotib, beqaror bir muhit paydo bo‘ladi, so‘ng u ham yo‘qoladi.
Shunday bo‘lgach, o‘rtada muayyan savol tutiladi: xo‘sh, biror sayyoraning muqim bir muhitga ega bo‘lish imkoni bormi? Bor bo‘lsa, nimada yo qaerda?
Atmosfera molekulalarining harakat sur’ati u sayyoraning tortish sur’atiga qaysidir cheklangan bir nuqtada sherik bo‘ladi va muvozanatda qoladi.
Endi Yerga oid shart-sharoitlarni bir ko‘zdan kechiraylik. Yer Quyoshdan shunday bir uzoqlikda turishi kerakki, muhit issiqligi u molekulalarda shunday muvozanatli harakat imkonini bersin. Bu masofa Yerning Quyosh atrofida aylanish sur’ati bilan hamohang bo‘lishi shart. Zero, shunda giroskopik itarish kuchini saqlay olmaydi. Aytaylik, bu masofa hozirlandi. Endi esa Yerning kurra shaklida ekanligi bilan aloqador muammolar bor. Agar Yer o‘z o‘qi atrofida ma’lum bir tezlikda aylanmasa, u vaqt atmosferaning har tarafi bir xil issiqlikda bo‘lolmaydi va muvozanatli atmosfera yuzaga kelmaydi. Boring, ana bu aylanish ham yo‘lga qo‘yildi, deylik, endi qutblarda atmosfera so‘rilib ketadi, ekvatordagi atmosfera jadallik bilan qutblarga hujumga o‘tadiki, Yer yuzidagi shamolga dosh berib bo‘lmaydi. Nima bo‘ladi? Yerning o‘qi (mehvari) tik bo‘lolmaydi, 23,5 daraja egiladi, shu tariqa atmosfera molekulalari barqaror muvozanatga erishadi-yu, lekin sovuq mintaqalarda issiqlik butunlay yo‘qolib, muvozanat yana buziladi: atmosferaning ichiga shunday bir modda qo‘yish kerakki, issiqlikning yo‘qolishiga monelik qilsin, u ham bor: bu -atmosferadagi karbondioksit.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:35:43
Mana shu sharoitlarning bari bir oraga kelgandagina muhit yaratiladi. Endi oyat karimani xotirlaylik: Olloh oldindan Yer va muhit bir-birisiz yasholmasliklariga e’tiborni tortmoqda. Bu esa — biz endigina o‘rgangan ilmlarimizdan chiqargan xulosalarimizdir. O’n besh asr avval bu sir, bu ilmiy mo‘jizaniig aytib qo‘yilganligi bizni titroqqa soladi va hayratlantiradi. Ollohning "yuzlandi" kalomidan, u o‘zgacha bir yaratish jarayoni o‘tkazajagini, biz yuqorida sanab o‘tgan shart-sharoitlarni lutf etajagini anglashimiz mumkin. Yuqorida biz "Yerning osmoni degan ta’birni ishlatgan edik. Suraning 12-oyatida "samo ad—dunyo" ("dunyoning samosi") degan ta’bir borligi uchun biz ham o‘sha ta’birga suyangan holda "Yerning osmoni" ta’birini olishga jur’at etgan edik. Garchi oyatda aynan "arzning samosi" degan ta’bir yo‘q bo‘lsa-da, "samo" degan ta’birning umumiy ma’nosida bir qancha hikmatlar mavjudligini nazardan uzoq tutmaslik kerak. Oyatga shu jihatdan qaralsa, uning shunday hikmatlarini ilg‘ash mumkin: umumiy ma’noda samo-koinotning ma’lum makonlarini ifoda qiladi. "Samoning yetti qavati" iborasini sharhlaganimizda biz bu mavzuga mufassal to‘xtalgan edik. Bu yerda bahs mavzui faqat birinchi va ikkinchi samolar orasidagi bir-biriga uyg‘un muvozanat borasidadir. Ma’lumki, Galaktika ichida Somon Yo‘lini eng mukammal nuqtada deb bilamiz. Bu komillikni yaratish uchun Ollohning maxsus bir amri bo‘lganligini oyatdan tushunib olish mumkin. Undagi istamasangiz ham" amridan maqsad - Galaktikaning bu aktsiyasida muvozanat yaratish markaz koordinatiga nisbatan yanada qiyinroq bo‘lganligiga ishora qilmoqdir.
Yerimiz, Galaktika ichidagi o‘z nuqtasida 230 milliard yil muttasil giroskopik harakatda bo‘ladi (albatta, Quyosh sistemasi bilan birga). Bu nuqta giroskopik harakat uchun nihoyatda qulay, shunday harakatga mos bir joydir. Umumiy tushunchalar nuqtai nazaridan olganda Yer Galaktika markazidan uzoqdir. Ammo, Tangrining bu joyni ustun qo‘yishidan shuni ilg‘ash mumkinki, u kelgusida insonni mehmon qilib yuborajagi dunyoni radioaktiv ta’sirlardan ma’zurli qilib qoldirgandir. Shu sababli samoga, Galaktikamizning makoniga "istamasangiz ham moslashishga harakat qiling", - deb amr etgandir. Oyatdagi "Olloh samoga yuzlandi, u bir tutun edi" jumlasining bizga uqtirayotgan hikmatiga kelsak, "samo" (osmon) atamasini "atmosfera" deb qabul etmog‘imiz kerak, shunda bugungi atmosferadan oldin atmosferaning karbondioksit bo‘lganligini anglab yetamiz. Ilmiy haqiqatlar hozir shu nuqtaga kelgan. Samo (osmon) deganda Galaktikamizning samosi qabul qilingan taqdirda, bu kungi ilmiy xulosalarda uqtirilganiday, Galaktikamiz - energiya buluti ekanligida bir tutun ko‘rinishida edi. Mana shu sahifaga kelganda Haq-Taolo Yerning makonini komillik bilan taqdirlagandir.
Har ikki tarzda va sharhda ham ko‘rilganiday, yerga oid ming bir hikmat xayolimizga kelaveradi. Zotan, "Fussilat" - so‘ngsiz hikmatlar, xususan, moddiy olamga juda ko‘p sirlar izohlangan suradir. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam har kecha bu surani o‘qir, undan katta I zavq olar edilar.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:36:09
B) Yerning aylanishi va dumaloqligi
Qur’onda Yerning aylanishiga diqqatni tortuvchi juda ko‘p oyat bor. Xususan, Omma juz’idagi bir qancha surada kunduz va kecha shunday ta’riflanganki, ulardan yerning I aylanishini osongina bilish mumkin. Lekin 27—sura("Naml"), 88—oyatda Yerning aylanishi juda ochiq-ravshan bayon etilgan:
Va taryaljibola tahsabuho jomidatan va hiya, tamurru marrassahob, sun’ollohillaziy atkona kulla shay’ innahu xobiyrun bimo taf’olun.
Siz tog‘larni ko‘rib tek qotib turibdi, deb o‘ylarsiz. Holbuki, ular bulut yurganday yurarlar. Bu barcha narsani puxta qilgan zot — Ollohning hunaridir. Albatta, u zot sizlar qilayotgan ishlardan ogohdir.

(Alouddin Mansur tarjimasi).
Bu oyat ochiq tarzda tog‘larning bulutday harakatda bo‘lishini amr etgan. Bulutlar fazoda qanday harakat qilsalar, tog‘lar ham fazo makonida shunday harakat holidadirlar.
Bu hodisa faqat Yerning aylanishi nazarda tutilsagina qabul qilinishi mumkin bo‘lgan holdir.
Turgan gapki, o‘n besh asr oldin Yer aylanadi deyilsa, odamlar aqldan ozishardi. "Noziot" surasining 30-oyatida:
Val ‘arza ba’da zoliki dahoho,
Ya’ni:
Samodan so‘ng Yerni tuyaqush tuxumiday qildik, deb buyurilgan.
Tuxumlar orasida eng dumalog‘i tuyaqush tuxumidir. V asrda bu ta’rif shu qadar yovvoyi ko‘ringanki, Qur’on tafsirchilari "DAHO" kalimasini "yoyib qo‘ymoq", "yoyib-tekis qilmoq" ma’nosida sharhlashga majbur bo‘lganlar. Holbuki, "DAHO" kalimasi faqat tuxumsimon, katta oval shakl, kumpol, tuyaqush tuxumi, katta to‘p o‘rnida qo‘llaniladi. (Bizning muhtaram tarjimonimiz Alouddin Mansur xam boshqa ko‘pdan-ko‘p nufuzli mufassirlarning an’anaviy fikrini qabul qilib "daxo" kalimasini "yoyib-tekis qildik" tarzida izoxlaganlar, - Tarjimon). Bu oyat juda ochiq tarzda Yerning dumaloq ekanligini bildirgandir. Xuddi Yer aylanishida bo‘lgani kabi, Olloh Yerning dumaloqligi borasida ham shunday bir kalima yuborganki, ul asr insonlari ham aqllarini qattiq ishlatmay o‘qiyverganlar, oradan asrlar o‘tib bu so‘zning asl siri anglashilgandir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:36:32
V)Neft
Vallaziy axrajalmar’o fajaolahu g‘ushoan ahvo.
Ya’ni:
U (Rabbing) o‘t—o‘lan undirdi, so‘ng uni hora g‘ushoga aylantirdi.
("A’lo" 87-sura, 4-5-oyatlar).
"G’usho" deganda arabchada sel ko‘piklariga qorishgan chirik daraxt yaproqlarining quyqasi tushuniladi. Neft va neft nimadan bo‘lganligini bu oyatchalik anglatuvchi bayonga duch kelganmisiz? Qani bugun biron bir tafsirchi bundan o‘n besh asr oldin Qur’onda neft ta’rifi berilganligini inkor eta oladimi? Yana oyatdagi noziklikka qarangki, bir-biriga xech o‘xshamaydigan xabarlarni bir joyning o’zida berib qo‘ya qolgan.
Bu xabarlarning birinchisi: Yer qadimda keng o‘simliklar o‘rami bilan o‘ralganligini bildiradi. Geologiyada bu hikmat necha-necha asrlar o‘tgandan keyingina kashf etilgandir.
Ikkinchi hikmat: o‘simliklar o‘rami mo‘l oksigen chiqarib, muhitni bitkazgandan so‘ng, endi yo‘qotilishi kerakligi tufayli katta zilzilalar qilinganligidadir.
Uchinchi hikmat: o‘sha o‘simliklarni Olloh, qora suvga aylantirdik demasdan, qora sel quyqumiga aylantirdik deydi. Ilm-fan tomonidan naq 25 yil olib borgan tadqiqotlarida ham neft Yerning o‘ziga mos keluvchi qatlamlari orasida bir irmoq kabi oqishi uqtirilgandir. Mana, ko‘rib turibmiz, oyat ilm tilida neft oqimi degan xodisani ham ochiq-ravshan bildirib turibdi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:36:56
G) Tog‘lar va zilzila
Qur’onning bir qator oyatlari geologik hikmatlarni bayon etadi. Bularning eng muhimlari tog‘larning magma(er qa’ridagi cho‘g‘simon suyuq modda, lava) ustida harakat qilishlarini hamda Yerning tuproq tarkibi sog‘lom bo‘lishi uchun tog‘lar yaratilganligini bildiruvchi oyatlardir. E’tibor bering:
"An-nahl", 16-sura, 15-oyat:
Va alka’a fil arzi ravosiya an tamiyda bikum...
Ya’ni:
U (Olloh), Yer sizlarni tebratmasin uchun unda sobit tog‘lar barpo qildi. (Alouddin Mansur tarjimasi).
Ma’lumki, Yer qatlamlari markazdan ust tomonga borgan sari o‘zgara boradi. Qoq markazdagi suyuq va issiq qorishma ma’danlar ustida issiqligi turlicha qavatlar bor Tuproq bu qavatlarning eng ustidagi uqalanuvchi qavatdir. Agar dunyo bo‘lmag‘ur bir tasodif asari sifatida yaratilgan bo‘lsaydi, eng ustdagi tuproq qavati bu ma’danlar uzra suzib yurar va tinimsiz zilzilalar yer yuzida bir jonni ham sog‘ qo‘ymasdi.
Olloh tog‘larni yaratib, bu suzish, bu zilzilalarga "to‘xta!" deb buyurgan. Dunyo xaritasida bu Ulug‘ san’atkorning qo‘lidan chiqqan dekoratsiyani ko‘rishingiz mumkin. Mana shu tog‘lar dekoratsiyasi Yer tuprog‘ining bitmas zilzilalarini yo‘q qilgan. Oyat tog‘larning yaratilish sababini sharhlarkan, ayni chog‘da, yerning geologik holatini ham tushuntiradi. Bu esa oyatning navbatdagi bir mo‘jizasidir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:39:29
3. SUV VA HAYOT
Men bu yerda hayot va biologiya nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan to‘rt oyatni sharhlamoqchiman. Ularning har biri faqat bizning davrimizda tushunilgan ilmiy hikmatlarni o‘rtaga qo‘ygandir. Yana bu yerda men suvga aloqador juda muhim masalalarning yechimini ham ko‘rsatishga harakat qilaman. Suvga tegishli hikmatlar ikki oyatda bildirilganligini, undan tashqari Haq-Taolo hamma moddiy narsalar qatori oddiy birikma hisoblanishi kerak bo‘lgan suvga nechog‘li mo‘jizalar ato etganini xotirangizda qoldirishni istayman. Bir kimyoviy birikmaning va fizikaviy bir hodisaning o‘z xususiyatiga egaligi va ayni chog‘da ilohiy bir lutfga muyassar bo‘lganligi ma’naviy qiymatga ega bo‘lgan sirdir.
Suv shundaydir, azizdir. Bu bahs so‘nggida bo‘g‘izlar (tomoqlar) bilan bog‘liq yana bir oyatni keltirishimiz ham suv hikmati bilan aloqadordir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:39:53
A) Suv va hayot
21 -sura, 30-oyatning oxiri:
Va ja’alna minalmoi kulla shay’in xayy, afalo yu’minun.
Ya’ni:
Hamma tirik narsani suvdan vujudga keltirdik, hamon inonmaydilarmi? (u inkorchilar).
Tiriklik ta’rifi ilmda tez—tez o‘zgarib turibdi. DNA tugal o‘rganilgandan keyin mukammal bir ta’rif yaratilishi mumkindir. Tiriklik, jonlilik - DNA molekulasini tashuvchilik va molekulaga biror aminokislota (oqsil) qo‘sha oluvchilik tabiatidir (xarakteridir).
Xususan, ayrim bakteriyalarda tiriklik ba’zan turg‘unlik davriga o‘tadi. Hayot alomatlari birdan butunlay yo‘q bo‘lib qoladi, lekin bakteriya o‘lmagan bo‘ladi. Tiriklikning bu tarzdagi turg‘un shaklini bilib qo‘yish odamga asqotadi. Oyatdagi "hamma tirik narsani" iborasi ham kishida qiziqish uyg‘otadi.
O’n besh asr oldin odamlarning aksariyati tirik mavjudot deganda faqat hayvonlarni tushunardi. Ba’zi bir taniqli olimlar va ularning davralarda o‘simliklarda ham jon bor, deb hisoblanar va himoya qilinar edi. Oyatda esa juda keng umumlashma bor. "Hamma tirik narsani suvdan vujudga keltirdik amrida yaratdik demasdan, "suvdan chiqardik", ya’ni "jonli bo‘lgan har narsani suvdan chiqardik" ma’nosi yetakchilik qiladi. Oyatning aslida "va ja’alna kalomi ishlatilgan, "halak" emas. "Va ja’alna" — "chiqardik", "ijod qildik", "vujudga keltirdik" kabi tushunchalarni beradiki, bu jitobiologiya (hayot biologiyasi)ga to‘la-to‘kis muvofiq keladi. Oyatni to‘g‘ri tarjima qilishni mo‘l, sizga tavsiya etgan bu qisqacha sharhimizda uch muhim ilmiy nuqtani tasdiqlaymiz:
1. "Hamma tirik narsa" ta’biri ostida virusdan e’tiboran jamiki jonlilar nazarda tutilgandir.
2. Jonlilik suvdan yuz bergan hodisadir, lekin jonlilik suvdan yaratilgan emas, ya’ni faqatgina suvdan iborat emas.
3. Inkorchilarga bir tanbeh bor, ayniqsa, bizning davrimizdagi inkorchilarga.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:40:19
Jonlilik bilan suv orasidagi haqiqatlar shu qadar yaqindan o‘rganilgan bu davrimizda hamon inonmaydimi odamzot?
Modomiki, oyat "hamma jonli narsalarni suvdan yuzaga chiqardik" der ekan, demak, u juda aniq—tiniq yaratilish mo‘jizasini aytib berayotir va inkorchilarning hollarini namuna bilan ochib ko‘rsatayotir. Xo‘sh, suv bilan tiriklik orasidagi bu ilmiy munosabat nimadan iborat?
Ilmning eng so‘nggi xulosalariga ko‘ra, jonlining asos unsuri - DNA, ya’ni "dioksiribo nyukleik atsit"dir. Bu -kimyoviy molekulardan tarkib topgan "kayan gidrogen" degan gidrogen - DNAlarni birlashtiruvchi bir ko‘prik vazifasini o‘taydi deb hisoblanmoqda. Bu gidrogen - suv ionidan olinmoqda (ion - zaryadlangan zarra, atom yoki atomlar guruhi). Jonlining shifri bo‘lmish DNAdan qurilgan helezonlardir. Bular qurilish tarzini va umrni ion uyumlari yordamida davom ettiradilar. Ion uyumlari esa suv ionlari vositachiligi bilan tayyorlanadi. Suvning N+ va ON - ionlaridan N+ ioni, bu tiriklik molekulalariga fosfordan tuzilgan ba’zi achitqi (xamirturush)lar tayyorlab beradi (ATR).
Bu hayot ioni (N+)ning nechun faqat suvdan olinishini jitobiologiya ilmi hali aytib berolgani yo‘q. DNA — "Homila va tugilish sirlari" bo‘limiga qarang.
Radioaktiv xidrogen (Ne) bilan olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, jonli molekulalar siZAM (kayan) hidrogen deb aytganimiz bu ko‘prik hidrogenini 7-14 kun orasida, albatta, o‘zgartiradi. Ko‘rinadiki, jonlining suvga ehtiyoji shu sababga asoslanadi. Lekin suvning jonlini vujudga keltirishdagi vazifasi faqatgina shu hidrogendan iborat emas. Hujayra kimyosida suv ionlari jamiki energiya ionlarining tamal toshidir. Har ne bo‘lganda ham jonlilik bilan suv orasidagi asosiy aloqa shu ionik hidrogenga tayanadi!
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:40:57
Oyati kalimada: "Biz hamma tirik narsani suvdan ijod qildik, maydonga chiqardik", - deyilar ekan, juda qiziqarli bir shaklda suvning tamal rolini ko‘rsatdi. Lekin noziklarning nozigi bu hikmat bilan suvdan yaratdik demagan.
Odamning yaratilishida esa, Haq-Taolo bu hikmatni ochiqroq bir shaklda bildirgan: "Odamni (uni moddasini), balchiq loyidan yaratdik" ("xolikun basharan min tiyn -38-sura, 71-oyat) degan, bu yerda bunday bo‘lsa, ikkinchi yerda: "biz insonni quruq loydan, shakllangan balchiqdan yaratdik" ("lakad xalaqnal insona min solsalin min homain masnun" (15-sura, 26-oyat), deyilgan. Bu yerda ham boshqa
joyda ham tuproq deyilmagan, loy yoki balchiq deyilgan. Ya’ni tuproq DNAni, loydagi suv hidrogenni tamsil etadi. Yana bu yerda "ja’alna" emas, "xalakna" ta’biri qo‘llangan, ya’ni "odamni balchiqdan chiqardik" emas, "balchiqdan yaratdik"dir. Zero, tuproq orqali DNA molekulasining qurilmasi ham masalaga qo‘shilgan. Mana, ko‘ryapsizmi, Qur’on uchun kalimalar tanlashda Olloh shunday ilmiy haqiqatlarga talabchanlik va injiqlik bilan urg‘u bergandir.
Suv va hayot mavzuida oyat shunday haqiqatlarni qamrab olganini bir hadis sharhidan yanada yaxshiroq anglab olamiz. Tashna va xasta jonlilarga suv berilishini amr etgan Payg‘ambarimiz: "Nechog‘li holsiz va kasal bo‘lsa ham berilishi kerakmi?" deb so‘ralganda: "Ha. Jigarlarida suv bitgunga qadar yashaydi deb biling va suv bering , - deb buyurganlar.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:44:51
Tibbiyotda mutlaq o‘lim ta’rifida uch holat qayd etilishi shart:
a) yurakning to‘xtagani;
b) miya elektrik tarmog‘ining ishlamayotganligi;
v) jigarda funktsiyalarning bitishi esa suv ionlarining bitishi ma’nosida keladi.
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam o‘n besh asr oldin bu oyati karimaning suv ila hayot orasidagi bir-biriga bog‘liqlikni bildiruvchi ilmiy tomonini juda yaxshi bilganliklari uchun shunday modern o‘lim ta’rifini o‘n besh asr oldin berganlar!
Suv ionlarining tiriklikdagi ahamiyati hujayra ichida va tashqarisida suv muvozanati masalasidir. Bir hujayra yashashda davom etayotgan bo‘lsa, bu muvozanatni keragi darajasida saqlaydi. Bemor esa nisbatan tuzalish sari ketayotgan bo‘ladi. O’ladigan bo‘lsa bu muvozanat butunlay buziladi va hujayra suv ionlarini teridan tashqariga chiqarib yuboradi.
Suv ila tiriklikning aloqasi elektronik aloqa ekanligi aniqdir. Hayot energiya olish-berishini bajararkan, xuddi qurilishda suvga muhtojlik bo‘lgani kabi, ion energiyasiga muhtojdir. Hujayraning olgan oziqlarni kuydirib tashlab, energiya bilan ta’minlanishi ham yangi bir molekulyar olish-berishdir (Kreps nafasi). Oziqlarning kuydirilishi ichki redoks (reduktsiya-kichrayib yo‘qolish yoki tiklanish) hodisalariga tayanadiki, yana tamal vosita hidrogen ionidir, u tufayli suvdir. Hujayra muhitida hidrogen ioni bo‘lmasa, bu keng va tartibsiz bioximiya hodisalari qat’iyan yuz bermaydi.
Mana, suv ila tiriklik orasidagi munosabat bu nuqtai nazardan ham muqarrar bir hayot hikoyasidir. Tiriklikning suvdan tug‘ilishini amr etgan oyat bu hikmatni ham qamrab olgandir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:45:08
B) Inson va uch qorong‘i mintaqa
Endi sizga Qur’ondagi yana bir biologik mo‘jizasini aytib beray. Insonning ona qornida qanday marhala (manzil, bekat, etap) lardan o‘tishini ayon qiluvchi bu oyat, inson biologiyasi haqida hali hech narsa ma’lum bo‘lmagan o‘n besh asr avvalgi zamon uchun emas, bu kun uchun ham mo‘jiza xarakterini saqlab qolgan:
39-sura, 6-oyatdan:
"...yoxlukukum fi butuni ummahotikum xolkan min ba’di xolkin fi zulumotin salos..."
"...sizni onalaringizning qornida uch turli qorong‘ilik ichida bir yaratilishdan boshqa yaratilishga o‘tkazib yaratgandir...''

(Abdulloh Oydin tarjimasi).
Insonning ona qornidagi hayoti shunday jarayonlardan o‘tadi:
Onaning tuxum hujayrasi urug‘lanib, yetilgan zahoti qorin bo‘shlig‘iga sakraydi. "Fallop nayi" deb atalgan, bir uchi rahimga (jinsiy a’zoga), ikkinchi uchi qorin bo‘shlig‘iga ochilib turgan naychaning qorin bo‘shlig‘iga qaragan uchi bir meduzaning qo‘llari kabi uzun uzatkichlarga egadir va u tuxumni qorin bo‘shlig‘ida bir vakuum singari tutib, ichiga qamab oladi. Mana shu tuxum, sperma (maniy) hujayralari bilan shu naycha ichida urug‘lanadi. Urug‘langan tuxum shu naychada bir muxlat dam oladi, so‘ngra rahimga o‘tadi. Bu o‘tish tarzi tamomila o‘rganilgan. Keyin bu tuxum hujayrasi qavat-qavat hujayralardan qurilgan rahim ichiga qulay bir joyga o‘rnashadi. Urug‘langan tuxum uchun rahimning ichki sathi boy va muhtasham bir muhitdir.
So‘ngra platsenta  yuzaga keladi va shu kez ulg‘aya boshlagan embrion suyuqlik ichiga olinadi. Albatta, bu hayot hikoyasi qorung‘ulik dunyosida davom etadi.
Ishning eng qiziqarli tomoni - bizning davrimizda endigina o‘rganilgan, homila shakllanishiga qulaylik yaratadigan sirlar bundan o‘n besh asr oldin qanday bilindi ekan?
Uch qorong‘i mintaqa - embrionning, ya’ni urug‘langan tuxumning uch turli makonidir:
a) Fallop naycha sidagi qorong‘i mintaqa;
b) rahimda oldin tanlangan rahim epiteli ichidagi qorong‘i mintaqa;
v) platsenta shakllangandan keyin Amnion suvi  nomli to‘rvachadagi qorong‘i mintaqa.
Qur’onning savlati va ulug‘vorligini tomosha qiling: bu, aql bovar qilmas Ilohiy So‘z mo‘jizasidir.
Oyati karimadagi uch bosqichli xilqat (yaratilish)ga kelsak:
a) Fallop naychasida vujudga kelgan ilk xilqat - ona va otadan kelgan ginetik shifrlarning birlashishi;
b) rahmdagi ilk o‘rnashuv chog‘ida xilqatning ikkinchi bosqichi yuz beradi. Bu bosqichda urug‘langan hujayra dastlabki qiyin va sirli bo‘linishlarini ado etib bo‘lgach, embrionning jitobiologiya skeleti (sinchi, shotilari)ni hozirlash;
v) amnion suvi ichidagi embrionning hayot bosqichi esa, xuddi fotografga o‘xshab, vujudga keladigan jonlining bichimini (me’moriy shaklini) ishlaydi.
Embrionning ikkinchi hayot bosqichi uchun Qur’on "alaq" ta’birini qo‘llagan.
Qorong‘i mintaqalarning ta’kidlanishi hikmati - bir yondan inson vujudi va rahim ichidagi tabiiy qorong‘ilikni ko‘rsatishidadir; bir yondan ona rahmidagi hayotning tashqi dunyo ila aloqasi uzoqligini bildirishidadir. Bulardan tashqari, bu yerda Ollohning turli hayot bosqichlariga, dunyo va oxiratga ishoralari ham bor.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:45:32
V) Yomg‘irning sirlari
Endi Qur’on tili bilan yomg‘ir sirlarini sharxlashga o‘tamiz:
43-sura, 11 -oyat:
Vallaziy nazzala min as—samoi mo an bi kodar, faan sharno bihi baldatan mayto kazalika tuhrajun.
Ya’ni:
Samodan bir kodar o‘lchoviga ko‘ra suvni indirgan U (Olloh)dir; biz uning bilan o‘lik baldaga (shaharga) hayot beramiz, siz ham shunday chiqarilasiz.
Bu oyatning butun nazokatini ko‘rsatib berish juda qiyin. Lekin oyatni va uning eng qiziqarli nuqtasini ilmiy tahlil qilaylik. Olloh yomg‘irni "samodan bir kodar o‘lchoviga ko‘ra indirilgan suv" ta’biri, Qur’onda, xech shubhasiz fizikaviy formulani nazarda tutgan. Eng oz ma’lumotli odam ham yomg‘ir yog‘ilishining fizikaviy sabablarini bilaman, deb o‘ylaydi. Keyin kap-katta astrofizika olimi ham yomg‘ir fizikasini bilolmaganini aytadi.
Yomg‘ir nima o‘zi? Suvning oldin bug‘ga anlanishi, keyin atmosferaning yuqori qavatlarida sovuq ta’sirida qaytadan suvga aylanib yerga tushishi, shundaymi? U xolda quyidagi savollarga javob berilishi kerak bo‘ladi:
1. Issiq o‘lkalarda, atmosferaning ust qavatlarida issiqning darajasi 40-60 gradusdan pastga tushmaydi. U yerlarda yomg‘ir qanday paydo bo‘ladi-yu, qanday yog‘adi. (Yomg‘ir yog‘ishi uchun kristallashmog‘i, ya’ni noldan pastga tushmog‘i kerak).
2. Sibirning minus 60 gradusli iqlimida bulut nega kezib yuradi, u muz parchalari xolida yerga qolipday taraqlab tushishi kerak emasmi?
3. Umuman, atmosferadagi issiq nol daraja atrofidadir. Bulutlar ko‘k yuzida kezib to‘xtagani holda ko’pincha yomg‘ir yuzaga kelmaydi. Bamisoli kunini va soatini kutayotgandek bir xolda bo‘ladi.
Bu savollarning javobi oyatda bor: Biz samodan suvni kodar o‘lchovi (taqdir o‘lchovi) bilan tushirdik" deyiladi. Kechaga qadar "yomg‘irni oddiy suv bug‘i xodisasi" deb bilgan va oyatga labini burgan munkir (inkorchi)larning lablarini endi ilm uzib olsa ham xaqqi bor...
Xo‘sh, eng modern ilm yomg‘irni nima deb ta’riflaydi? Astrofizika biz o‘rtaga qo‘ygan savollarimizning javobini tadqiq qilayotir.
Astrofizika o‘z qarashlarini shunday yakunlamoqda.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:45:41
Bu xodisa - mag‘iz (yadro) nazariyasi masalasidir:
a) yo kosmik mag‘iz fazodagi noma’lum chang zarralarini;
b) yo suv bug‘i parvoz etarkan, dengizdan tuz kristallarini ham ketida sudrab olib yuradi.
1. Ko‘rinadiki, yomg‘ir vujudga kelishi uchun bor xisoblangan bu kristall mag‘izlar nazariyasi yana ilmiy majburlashdir. Chunki tuz molekulasining bug‘ bilan birga uchib yurishi qiyin masala, undan tashqari uchib yuradi deb faraz qilingan bu molekula bug‘ uchun standart bir miqdorda mag‘iz ajratib berolmaydi. Kosmik changlar ham shunday. Undan tashqari, kosmik changlarning mavjudligi aniq bo‘lgan taqdirda ham hech bo‘lmasa radioaktiv aloqa nuqtai nazaridan ham yuksak miqdorda bo‘lmog‘i kerakdir. Yana bular yomg‘irning vujudga kelishiga oid astrofizika ilmining bu kungi eng asosiy ma’lumotlari hisoblanadi.
2. Suv zarrachalar juda sof bo‘lgan taqdirda (bulutlar shundaydir) minus 40 darajagacha qotmaydi (muzlamaydi). Bu - Amerikaning astrofizika laboratoriyalarida qat’iyan isbotlangan haqiqatdir. Demak, suvning qotishi hodisasi boshqa, sof suv zarrachalarining qotishi hodisasi boshqadir. Shu sababga ko‘ra, o‘ta sovuq mintaqalar - Sibir va Alyaska osmonlarida bulutlar bemalol suzib yuraveradi.
3. Suv bug‘i bulut ichidaligida bulut oldin tomchi mag‘izlari atrofida tomchilarni vujudga keltiradi. Bir kub millimetrda bir million tomchi mag‘izi bo‘ladi. Bulutning jinsiga ko‘ra bir kub santimetrda 50 dan to 500 gacha bulut tomchichasi va donachasi bordir. Bu nazariya, ya’ni Bergeron Findeysen nazariyasi yomg‘irdan oldin qotish (muzlash) hodisasi bo‘ladi, degan fikrni o‘tkazmoqda.
4. Lekin yomg‘ir tomchilarining ideal bir tekislikda yerga tushishi chin ma’nodagi muhim xodisadir. Agar o‘rtacha kattalikdagi yomg‘ir tomchisi bulutlar kezib yurgan 1500-3000 metr yuksaklikdan tushsa bormi, yerga favqulodda qattiq zarb bilan urilgan bo‘lardi. Xolbuki, yomg‘ir tomchisi bulutdan mayda zarrachalar xolida tusha boshlab, yerga yaqinlashgan sari bir-biriga qo‘shilib, kattalasha boradi. Tamomila yerga yaqin kelganda parashyut ochganday havoning ko‘tarish kuchiga yaqin tezlikda inadi. Zotan, agar yomg‘irga bunday bir taqdir o‘lchovi ato etilmagan bo‘lsaydi, bulutdan kamida yong‘oqday-yong‘oqdai do‘l yog‘gan bo‘lar edi. Normal sharoitlarda na yomg‘irning jonni yayratib silashlari, na qorning ming bir naqsh bilan inishlari mumkin emas.
5. Yomg‘irning tashkil topishida ham, yog‘ish shiddatida ham muhim bir masala elektrik kuchlanish hodisalaridir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:45:49
Biologiyadan xabarsiz kishilar bulutlardagi kuchli elektr energiyasini suv va tuz molekulalarining ionlashuviga bog‘liq energiyalar deb hisoblaydilar.
Holbuki, oyatda bu elektrik kuchlanishga oid bir kalavaning uchi, ya’ni dalil bor. Ko‘kdan tushgan o‘lchovli, taqdir etilgan bu suv o‘lik shaharga jon ato etadi. Biz yuqorida hayot negizida yotgan narsa suv ionlari ekanligini aytgan edik. Jamiki jonlilarda suv molekulasining tez-tez o‘zgarib turishga majburligi, ionlarning, ayniqsa, hidrogen ionlarining kuchlanishi bilan yaqindan aloqadordir. Bulutdan yuzaga keluvchi yomg‘ir, xususan, bu devday elektrik kuchlanishlar bilan shunaqanggi kuchli bir ion xususiyatini qo‘lga kiritadiki, haqiqatdan tuproqqa tushgach, jamiki bioximiya xodisalari darhol avj olib ketadi va o‘lik shaharga jon ato bo‘ladi.
Mana, oyat yomg‘irning tashkil topishini ham hikmatdan bir qodar o‘lchovi, deb ta’riflaydi va hali qancha biofizika sirlari borligiga e’tiborni tortadi. U qandil donalariday yog‘ishi lozim bo‘la turib, naqadar muloyim bir kattalikka keltirib o‘lchab qo‘yilganligi xayratlanarlidir. Endi yomg‘irning "O’lik shaharga jon berganligi" siriga yaqinlashaylik: Oyat quruq tuproqni o‘lik shaharga qiyoslaydi. Ya’ni quruq tuproqning o‘zi jonli emas, o‘lik bir shahardir, ko‘chalari, muassasalari, tashkilotlari, binolari bo‘lgan, ammo jonsiz bir shahardir. Yomg‘ir u kentga yog‘dimi, tamom, u yerda hayot boshlanadi. QURUQ tuproqda turg‘un (statik) bir holga kelgan qandaydir bir ma’noda qotirib (muzlatib) qo‘yilgan milliardlarcha genetik shifr bor. Bu shifrlar yuksak potentsial bilan yangilangan suv ionlarini topgan zahoti hayot hikoyasini boshlaydilar.
Oyatning so‘nggi jumlasida esa, Haq-Taolo bizning mahsharda tirilishimizni xotirlayotir. Biz bundan keyingi bahsda buning butun tavsilotlarini berishga harakat qilamiz. Bu yerda Olloh sizning genetik shifrlaringizni ham xoxlagan kunimiz, xoxlagan onimizda faoliyatga o‘tkazamiz, amri bilan katta ilmiy haqiqatga urg‘u berayottanini aytish bilan kifoyalanamiz. Bamisoli QURUQ tuproqda genetik shifrlar bir o‘lik shahar ko‘rinishida bo‘lsa, sizning ham un-urvoq bo‘lib yotgan jasadlaringizdan qolib ketgan qanchadan-qancha shifrlar bor.
Olloh xohlasa, ularni bir lahzada ishga qo‘yadi, yangidan hayotni boshlatadi. "Yosin" surasining oxirida Alloh bergan genetik shifr misoli ham, shunday qilib, ilohiy mo‘jiza hikmatini cheksiz ufqlarga yoyadi (Qur’onning "Yosin" surasidan 78-82- oyatlarni o‘qing).
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:46:25
G) Tuyaning biologik xususiyatlari
Afalo vanzuruna ilal’ibili kayfa xulikot? (88-sura, 17-oyat).
Ya’ni:
Ular tuyaning qanday yaratilganiga hanuz qaramaydilarmi?
Bu oyatni o‘z ichiga olgan "G’oshiya" surasi (88-sura) Qur’onning mahsharni e’lon etishiga ramziy ishora bo‘lib, g‘oshiya - insonlarda katta notinchlik uyg‘otgan dard, demakdir. Bir yoqdan mahshar qo‘rquvi, ikkinchi yoqdan gunohkorlik xavotirini bildiradi va eng muhimi bu oyat bugungi insonlarga bo‘lakcha bir xitob eta olish siriga ham ega.
Endi tuyaning sirlarini birma-bir ko‘rib chiqaylik:
1. Tuya hamma hayvonlarday oddiy bir jonivor bo‘lib ko‘rinadi-yu, ammo unda qanchadan-qancha sirlar yashiringan. Tuya ayniqsa, Darvinning hayvonot olamida evolyutsiya nazariyasini butun hayoti bilan inkor etadi. Oqillar va olimlarga nozli-nozli o‘girilib, ma’yus-ma’yus qarab, bunday evolyutsiya mumkin emas, deyayotganday ko‘rinadi.
a) Tuya evolyutsiyachilarning tabiiy tanlanma qonuniga to‘g‘ri kelmaydigan hayvon turidir. Birinchidan, u yirik jussali. Himoya sistemasi ham yo‘q. O’simlik bilan ovqatlanishiga qaramay, yashaydigan joyi sertahlika cho‘l bag‘ridadir. Evolyutsiyachilarning nazariyasiga ko‘ra, tuya ham dinozavrlar bilan birga yo‘q bo‘lib ketishi kerak edi.
Holbuki, tuya hayvonlar tarixi jihatidan eng eski bir hayvon turidir, lekin hech bir tabiat hodisasi uni yo‘q qilib yuborolmagandir.
b) Tuya, hayvonlar tasnifida evolyutsiya zanjiri deb to‘qilgan qatorni buzuvchi to‘rt hayvondan biridir (Ornitornik, Avstraliya tipratikani, Lav g‘ori chuvalchangi, tuya).
v) Evolyutsiya nazariyasiga ko‘ra, hayvonlar ma’lum bir hayot jangini boshdan kechiradilar. Holbuki, tuyaning hech bir hayot jangi yo‘q. Ozuqasi esa o‘simlikning qurigani, o‘simlikning naq tsellyuzaga aylangan jinsini yeydi.
g) Evolyutsiyachilar ba’zi jonlilarda ortiqcha a’zo borligidan bahs yuritadilar va tsellyulozani hazm qilmoq uchun maxsus ichak kerak, deydilar. Holbuki, tuya oddiy bir hazm sistemasi ichida tsellyulozani eng yaxshi hazm qila oladigan hayvondir. O’zgacha bir ichak sistemasi bunday bir hazm uchun kerak emas. Bu funktsiya masalasidir. Shu tarzda faqat tuyaga qarashning o‘zi kifoya: evolyutsiya ertagi ertaroq tugaydi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:46:45
2. Jamiki jonivorlar suv molekulasini 7-14 kunda o‘zgartirishga majbur bo‘lganlari holda, bu ko‘mak tuyaga to‘g‘ri kelmaydi. Tuya 50 kun suv molekulasini ichida tuta oladi. Bunday hayoti va ionlari bilan u jonivorlar orasida favqulodda hikmat sohibidir. Nailojki, bu mavzu ilmga endigina kirib keldi, lekin hali butun tafsilotlari o‘rganilgani yo‘q.
3. Tuya faqat tsellyuloza bilan oziqlanib, vitaminlarni va hayot uchun kerakli barcha kimyoviy moddalarning ko‘pini ishlab chiqaruvchi va shu tariqa hayotini davom ettiruvchi birdan-bir hayvondir! "G’oshiya" surasida butun jannat ta’riflanarkan, 17-oyatga hayot unsurlari jihatidan tuya qanchalar ko‘p sirlar tashishi, bu hikmatlarni bilmagan kishilarning jannat makoni haqidagi tasovurlari yetarsiz bo‘lishi imo bilan bildiriladi.
4. Jamiki hayvonlar ichida faqat insonlarga xizmat qiladigani va hayotlarining hech bir o‘zgacha tomoni bo‘lmagani tuyadir, xolos. Tuyaning odamzotga qilgan minglarcha yillik tashuvchilik xizmati tufayli taraqqiyot (tsivilizatsiya) vujudga kelgan. Hamda tuya faqatgina shu maqsad uchun yaratilgan bir hayvon. Olimlar tuyaning faqatgina shu jihati ustida fikr yuritganda insonning koinotdagi o‘rnini aniq tushunib yetadilar. Hamda tuyani ko‘zdan kechirarkan, buncha haqiqatlarga guvoh bo‘lib, Ollohni inkor etishdan uyaladilar.
5. Tuyaning muhim xususiyatlarini xayoldan o‘tkazish ham katta ahamiyatga ega. Jussasi yirik bo‘lishiga qaramay, hayratlanarli darajada inson irodasiga bo‘ysinuvchandir, hatto sabr-bardosh timsolidir. Odamni seskantiradigan xotirasi bor, musiqadan zavqlanish qobiliyati kuchli. Bu so‘nggi xislatlaridan uning o‘ziga foyda yo‘q. Faqatgina insonga xizmat nuqtai nazaridan ato bo‘lgan xossalaridir.
Shunday qilib, tuya chindan ham juda ko‘p sir-asrorlar timsolidir, hech qachon bitmaydigan yo‘lchilik timsolidir. Uning hayot hikoyasi xuddi odamzotning hayot hikoyasiga o‘xshaydi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:47:02
4. O’LIK TUPROQNING TIRILISHI
Tuproq yaqin-yaqingacha ilmda jonsiz bir kimyoviy birikma sanalardi. Endi esa tuproqning jonli bir plazma ekanligi ayon bo‘lib qoldi. Hovuchimizga olgan eng quruq tuproq ham o‘tkinchi hayoti to‘xtagan milliard karra milliard jonlining qurgan shahridir. Va biz bugun endigina tagiga yetgan bu haqiqat, o‘n besh asr oldin har sohada, har mavzuda bo‘lganiday Qur’onda jamiki insonlarga bildirilgandir. (36-sura, 33-oyat):
"va oyatun lahumul’arzul maytaxu axyaynaho va axrajno minho habban faminhu yo’kulun".
Ya’ni:
"o‘lik yer (arz) ular uchun bir oyat—alomatdir, biz unga hayot berdik (yomg‘ir bilan), undan don (habban) chiqardik, undan yeydilar".
Oldin oyatning ilk jumlasini anglashga tirishaylik. Yuqorida aytganimizday, ilmiy Qur’on oyatlarida "oyat" kalimasi bir ilmiy qonun demakdir. Shunday bo‘lgach, birinchi jumla:
O’lik tuproqning jonlanishi qonuniy hodisadir, ilmiy alomatdir, degan ma’noni bildiradi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:47:12
a) Yerning yashashga tayyor bo‘lgan ilk payti: bungacha tuproq bir kimyoviy birikmalar yig‘indisi edi, so‘ngra tuproqdan kutilgan jon yuzaga keldi.
Oldin o‘simliklar, keyin jonlilar yashay boshlashi uchun tuproqning jonlanishi shart edi. Zero, tuproqdagi bakteriyalarning faoliyatga o‘tib, azotni va fosforni organik kimyodagi birikmalarga qo‘shiladigan ahvolga keltirmasdan burun o‘simliklarga hayot eshigi ochilishi mumkin emasdi.
Shunday qilib, o‘lik tuproqning ilk tirilishi Ollohning shu bakteriyalarni ishga solib, tuproqqa jon berishi hodisasidir.
Olloh, oyatda aniq-tiniq ma’lum qilganidek, avval o‘lik bo‘lgan tuproqqa jon berganini, ya’ni bakterial hayotni ishga solganini (biz buni tiriklik deymiz) sharhlaydi. Har qalay, faqat shundan keyingina don-dunlar chiqqaniga keyingi jumlada ishora qiladi.
b) Tuproq ana shu tiriklik vasfiga erishgandan keyin, tuproqqa yangidan hayot ustiga hayot bergan holati ham ayricha bir hikmatdir. Bu yerda yomg‘irdan so‘z ochilmaganligi-tuproqning o‘zidagi bakterial jonlilikni juda yorqin ifodalash uchundir. Boshqa oyatlarda, bu tirilish yomg‘ir bilan amalga oshiriladi, ma’nosida kelgan amrlar inobatga olinsa bu oyatdan bunday ma’no ham chiqadi: tuproqqa jon berdim. U eng quruq holida ham shu sirga ega, ya’ni tuproq jonlidir. Faqat uning bu jonliligini goh tezlashtiraman, goh sekinlashtiraman.
Oyatning ikkinchi jumlasiga kelsak... Zotan, ilk jumla bilan bu jumlalarning zikr etilish tartibi eng muhim mo‘jiza siridir. Zero, tuproqning jonlanishi, bu - don-dunlar chiqarishi emas Unday bo‘lgan taqdirda tuproqdan don-dun chiqardik, uni jonlantirdik, shaklida amr qilinardi. Holbuki, Olloh, oldin tuproqni jonlantirdik, deb amr etgan. Ana undan keyingina o‘sha jonli tuproqdan don chiqardik, deydi! Bu yerdagi "habba" ta’birida ham o‘ziga xoslik bor. Garchi umuman "habba" - "o‘simlik" tushunchasiday kelsa ham, tanlangan kalima asosan "don-dun" deb tafsirlagandagina oziq-ovqat bo‘ladigan o‘simlik urug‘lari xayolga keladi.
Bu yerdagi nazokat meva va boshqa o‘simlik turlari emas, urug‘ shaklidagi oziq-ovqatlar zikr etilganligidadir. Zero, oyat va jon ato bo‘lish ham donni jonli qilib yaratilganligini, hamda jon ato bo‘lish hodisasi tuproqda yuz berishini ko‘rsatmoqda.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:47:22
Ma’lumki, urug‘lar aro namuna o‘laroq bir bug‘doyning yaratilishini olsak, urug‘ning genetik shifrlari yangi aminokislota (oqsil)lar bog‘lasagina bug‘doy yaraladi. Bu hodisa hayvonlarda, ona qornida shaxsan qon proteinidan ta’minlanadi. Holbuki, tuproqda tashqi ko‘rinishi jihatdan na qon, na jon bor. Olloh oyatning ikkinchi jumlasida shu sirga ishora qiladi.
Tuproqda bo‘lgan bakteriyalar bu aminokislotalarning vujudga kelishini qulaylashtiradi. Va tuproq habba (don-dun, urug‘) uchun qandaydir bir ma’noda rahim vazifasini ado etadi, ya’ni tuproq bir ona singari, jonlilik sirini don-dunga beradi.
Oyat so‘nggi kalima bilan ham asosiy oziq bu nabotiy proteinlar bo‘lganini, ham bizga qandaydir bir ma’noda jon berajagini eslatadi - haqiqat shundan iborat. Biz ham habbalarning asosiy moddasi bo‘lmish nuklidlarini olib, jonliligimizni davom ettiramiz.
Masalaning ana shu joyi benihoya katta ahamiyatlidir. Chunki habbalardan olgan ozig‘imiz faqatgina bizga kuch beruvchi yoqilg‘igina emas, hujayralarimizning asosiy moddasi hamdir.
Bu oyati karima, shunday qilib, jamiki moddiy hayotning negizi bo‘lgan DNAning jonlilar orasidagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Va aslida ishni tuproqdan boshlaydi, DNA jonlilik sirini ilmiy tarzda o‘rtaga yoyadi.
O’lik tuproqning tirilishiga oid amrda eng so‘nggi va muhim bir hikmat - bu, tuproqdagi onalik vazifasining qiyomatda ko‘rinishidir.
Mavlono Jaloliddin Rumiy:
'Tuproqqa qaysi urug‘ otilib, takror tirilib chiqmas,
Nechun inson urug‘i tuproqda tirilishidan gumonsiraysiz?" - deydilar.
Ma’lumki jonlining genetik kartalari shifr holidan vujud holiga kelishi sahifasi - bu murtak (embrion)ning shakllanishi jarayonidir.
Olloh jonli shifrlarini, ya’ni genetik kartalarning ochilishini (murtak tashakkulini) uch yo‘l bilan bergandir:
a) tuxum;
b) ona rahmi;
v) tuproqda rivojlanish.
Murtak tashakkulida bu uch turli yo‘l ham ishtirok etadi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:47:31
Tuxum genetik karta va kerakli aminokislotalari bilan birga yopiq bir laboratoriyadir. Tashqaridan faqat issiqqa muhtoj, goho-goho nurga ham(ba’zi sudraluvchilar tuxumlarini ko‘zlaridan taraluvchi nur bilan rivojlantiradilar). Ona rahmi esa ochiq bir laboratoriyadir, genetik hujayralarning ishlashi uchun kerakli aminokislotalarni qondan oladi.
Tuproqqa kelinsa, u qisman ona rahmiga o‘xshaydi. Tuproqqa tushgan qonda (urug‘da, danakda) rushaymin (embrion, murtak) muhtoj bo‘lgan ba’zi aminokislotalarni quyuqlashgan (qotgan) bir shaklda, ichida saqlab qo‘ygandir. Tuproqning bo‘lguvsi jonliga ona sifatidagi yordami ko‘proq ion jihatidandir. Aslida tuproq bu ion materiallarini yomg‘ir suvining elektrik kuchi yordamida, ko‘proq suvi yordamida ishga soladi. Lekin murtak rivojlanishi uchun aminokislotalarga, ularni asosini tashkil etuvchi benihoya muhim modda - azotni tayyorlab berishga majburdir. Bu azot esa, uch qo‘lli fosfor bazasi yordamida ishga kirisha oladi. Bu borada tuproqdagi mikroblarning bu benihoya muhim azotni tayyorlab berishlarini unutmaslik kerak. Jamiki bu haqiqatlarni ko‘z oldimizga keltirsak, tuproq jonlilar uchun muhtasham bir jon bankidir.
Mana, oyat juda muhim bo‘lgan bu hikmatni ham bizga o‘rgatadi. Bu mavzudagi eng qimmatli sir esa jonlining asosiy qurilmasi DNAga oiddir. Kimyoviy birikmalar qaysi qavatlarda ishlashga kirishmasin, bari bir jonlilik bu matematik bir taqdir dasturidir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:48:04
5. BO’G’OZLARNING HIKMATI
Asrimizning eng taniqli tadqiqotchi olimlaridan Jaqus Kusto ikkinchi oti: kapitan Kusto musulmon bo‘ldi. Dengiz osti hayotini tadqiq qilish bo‘yicha eng usta va mohir olim hisoblanuvchi bu inson ummonlar tagida ilohiy ko‘rkamlikni ko‘rib, hayratlarga cho‘mdi va ko‘nglida haqiqat nuri porlay boshladi.
Jaqus uchun, ochig‘i, bir bahona kerak edi. Bir kuni yangi bir tadqiqot qildi. Bo‘g‘ozlar va ularning ikki yonidagi dengizlarning qo‘shilishini, har ikki dengiz ostidagi hayotning farqlarini o‘rganayotgan edi. Darhol aniqlagan narsasi shu bo‘ldiki, bo‘g‘ozlarda, xususan, Adan ko‘rfazi bilan Qizil dengiz tutashadigan Bob ul~Mandap bo‘g‘ozida va Atlas ummoni (Atlantik okeani) bilan Oq dengiz (O’rta dengiz) tutashadigan Jabali Torik (Gibraltar) bo‘g‘ozida ikki yondagi dengiz bir-biri bilan qat’iyan aralashmas ekan.
Jaqus Kusto butun tadqiqotchilik zakosini ishga solib, bu hodisani o‘rgandi: ikki bo‘g‘oz ostida ham 45 daraja qiyalikka duch kelgan yer osti suvlari taralib pishqirar va ikki dengiz taralish jarayoni tufayli bir-biriga aralashmas edi. Shu tariqa oradagi jarayonga qaramay, bo‘g‘ozning ikki yonidagi ayri-ayri dengiz suvi birlashib ketishidan o‘zini saqlar edi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:48:19
Olim bu hodisani ko‘p qiziqarli deb bildi va matbuotda e’lon qildi. Shunda bo‘ladigani bo‘ldi. Oldinroq musulmon bo‘lgan bir do‘sti Moris Bejard bu haqiqatning o‘n besh asr oldin Qur’onda yozug‘lik ekanligini bildirdi (55-sura, 19-20-oyatlar):
Maraj al bahrayni yaltakiyoni, bayna humo barzahun lo yabg‘iyon
Ya’ni:
(U) ikki dengizni bir—biriga oqizdi, oralarida to‘siq bor, qo‘shilolmaydilar.
Oyatda Kusto aniqlagan to‘siq haqida xabar borligi va bu o‘n besh asr oldin bayon qilinganligini mashhur olimni hayratga soldi va u: "bu oyat ilmiy bir mo‘jizadir va Qur’on mutlaq Olloh kalomidir" deb, islom diniga kirdi.
Bu ikki oyatdan so‘ng "Rahmon" surasida: "yaxruju minhumal lu’lu’u val marjon" (22-oyat), ya’ni "bu ikki dengizdan inju va marjon chiqur" degan oyat keladi. Bu oyatning muhimligi shundaki, Olloh har dengizning boyligi o‘zgachadir, ularda yashovchi jonlilar ham turlicha, go‘zallik darajasi ham har xil, shuning uchun ularning har biri o‘z ilohiy boyligini muhofaza qiladi, bunda ularga bo‘g‘oz yordam beradi, degan fikrni bayon etgandir. Zero, inju dengizning ayricha sharoitlarida va tutashgan yerlarida vujudga keladi. Inju qiluvchi shulluk (ustritsa)ning marjon qoyaliklari, to‘g‘rirog‘i shu qoyaliklarning yonboshidagi bog‘lar ichida istiqomat qilishi hikmatini bizga uqtirib, Olloh surayotir:
Ey Odamzod! Men ilohiy san’atimning muhtasham bir muhrini, qara, dengiz tubiga qanday urib qo‘yganman! Bu manzarani yaratmoq uchun bo‘g‘ozlarning tubidan suvlarni sharqiratib oqizdimu, bir—birlariga qo‘shmay o‘z hikmatimni namoyon qildim. Men va mening son—sanoqsiz hikmatlarimni qanday in’kor qilasiz?!
Ha, muhtaram bir olim bu manzarani tomosha qildi va oyat amriga bo‘ysunib, musulmon bo‘ldi.
Oyati karimada amr qilingan to‘siq haqiqatdan ham ilmiy mo‘jizadir. Yerning yaratilishini "ko‘r-ko‘rona tasodif" deb bilgan ko‘zi ojizlarning ko‘ziga davolovchi nashtarday uriladi, bu oyat...
Suv ostida yuzlarcha oqimlar bir-biriga yuzma-yuz kelib, taralib oqib yotadi va 45 daraja qiyalik bilan qarshilik sistemasi barpo etadi. Va ikki dengiz, ikki davlatday, bir-biriga qo‘shilmaydi. Bu geofizik mo‘jizaning sababi nima? Bu - Ollohning ilohiy san’at ihtishomini (hashamatini) ko‘rsatish uchundir...
Zero, oyati karima Ollohning ilohiy san’at shoh asarlarini bir-bir sanab ko‘rsatuvchi "Rahmon" surasida keltirilgandir. Ha, o‘sha ilohiy ohang mo‘jizasi bo‘lgan surada...
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:48:29
6. QUR’ONNING BOShNI AYLANTIRUVChI IChIMLIKNI MAN ETGANLIGI MO’JIZASI
Spirtli ichimlik butun ko‘hna tarix davomida jamiyat boshiga qanchadan-qancha balolar keltirgani yaxshi ma’lum. Ammo, afsuski, na bir tuzum, na bir yasoq va na el aro uyushtirilgan bos-bos buyruqlar - hech qanday kuch spirtli ichimlikka qarshi kurashib, biron natijaga erisholgan emas.
Qur’on har xil tashvishli xodisalar qatorida ilohiy amr bilan spirtli ichimlikni ham taqiqlagandir. Faqat shunisi bilan ham Qur’on mashhur psixoterapevt olim, tibbiyotfanlari doktori, professor Hich aytganiday, asrlar davomida million-million odamlarni tubanlashishdan saqlab qoldi.
Keyingi o‘n yillarda G’arb olamida bo‘lib o‘tgan faqat psixiatriya, psixo-sotsiologiya va rak kongresslarida kun tartibiga chiqqan asosiy masalalardan biri-algogolizmdir. Ayniqsa, sotsial-ruhiy sohalarda olib borilgan tadqiqiotlar taraqqiyotning eng katta dushmani-algololizm borgan sari kengayayotganini ko‘rsatmoqda.
Mayxo‘rlik balosi bir shaxs masalasi bo‘lmay qoldi, taraqqiyotga, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishga xalaqit berayotgani, jamiyatlarga ochiqdan-ochiq tahdid solayotgani olimlarni tashvishga ko‘mmoqda. So‘nggi o‘n yillar ichida alkogolizmga qarshi yana jang boshlandi. Agar bu jang kerakli saviyada olib borilmasa, G’arb dunyosi yo‘qlik qa’riga cho‘ka boshlashi ma’lum qilinmoqda.
Spirtli ichimlik tarafdorlari necha-necha yillar davomida uning zararlarini xaspo‘shlab keldilar, endilikda na mayxo‘rligu, na nashavandlikning biron-bir yoqlanadigan joyi qolmadi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:48:39
Biz o‘zimiz yashab, o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rgan shu so‘nggi yillarda alkogolizmdan ko‘rilgan zararlar, uning og‘ir asoratlari tasdiqlandi va e’lon qilindi:
1. Spirtli ichimlik jigar xujayralarini tinimsiz ishlatadi va vujudda qoidali kimyoviy harakat bo‘lishini ta’minlovchi markaz, ya’ni jigarda har turli kor-hollarni yuzaga chiqaradi;
a) ayniqsa, qonda va xujayrada yog‘ kimyosi kerakli darajada tartibga solinmaganligi uchun lipid va hollestrol chiqishi majburiy bo‘lib qoladi, bular turli tomir xastaliklari va qon bosimining oshishiga asos, sabab bo‘lmoqda;
b) uzluksiz ravishda suyak iligiga asosiy jitobiologik moddalar tayyorlovchi jigarning bu vazifasi ham oqsab qolmoqda. Shu sababli qonsizlik muammosi alkogolning favqulodda oqibati holiga kelayotir;
v) vujud o‘zini ushlab turish qobiliyatini yo‘qotmoqda va turli qo‘shimcha kasalliklar (yiqilib, lat yeb yaralanish, suyak sinishi va h.k.) vujudga kelmoqda.
2. Spirtli ichimlik limfa sistemasi uchun juda jiddiy zahar bo‘lishi allaqachon tasdiqlangan. Ayniqsa, keyingi yillarda yanada batafsil isbotlangan bu haqiqat - limfa suyuqligi va limfa bezlarining tarkibida yog‘ning muhim ahamiyat kasb etishidir. Alkogol esa, yog‘ erituvchilik xususiyati bilan limfa sistemasini yo‘qotishga xizmat qiladi. Limfa rakining ilk alomatlaridan biri - spirtli ichimlik qabul qilinganda qattiq og‘riq berishidir, bu hol xozirgacha isbotlanmagan xodisa edi, endi bu ham isbotlandi. Mana shu boisga ko‘ra, spirtli ichimlik rak kasalining haqiqiy sababchilaridan biri deb topildi.
Tomoq, qizilo‘ngach, jigar va meda raklaridan ham alkogolik ichimliklarining ta’siri kattaligi qat’iyan isbotlangandir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:48:51
3. Alkogolning asab sistemasiga ta’siri.
Asab to‘qimasi, qurilmasi va pardasida ko‘pgina yog‘ birikmalari bor. Shu vajdan alkogolning yomon ta’siri, o‘sha yog‘ erituvchilik xususiyati tufayli asab sistemasini ham buzadi:
a) to‘g‘ridan-to‘g‘ri asab sistemasiga ta’sirining oqibati:
polinevrit (chakka tomirlarining umumiy shamollashi), Korsakov sindromi (ayrim kasalliklarga xos xususiyatlarning jamlanishi), delirium tremans (tutqanoqli alahsirash) hamda alkogolik koma (hushdan ketish) kabi og‘ir kasalliklarga duchor qiladi;
b) ruhiy-asabiy ta’siri ham yomon:
gumonsirash, ta’sirchanlikdan boshlab, og‘ir psixozlarga olib boradi;
v) ruhiy-sotsial ta’sirlari: loqaydlik-befarqlik, tanballik, oilaga bog‘liqlikning uzilishi singari mudxish xodisalar yuz beradi.
4. Ichkilikning eng ko‘ngilsiz tomoni, zotga o‘tkazgan ta’siridir.
Genetik xujayralar ko‘p jihatdan yog‘li moddalar tomonidan qo‘riqlanadi. Shu sabali alkogol ko‘pincha, ona orqali farzandda aks etadi. Esi past bolalarning 89 foizi mayparast oila farzandidir. Undan tashqari, yoshlar orasidagi ruhiy kasalliklarning 80 foizi mayxo‘r oila zotlarida bo‘lishi ham ko‘pchilik olimlar tomonidan e’tirof etilgandir.
Qur’onning boshni aylantiruvchi ichimliklarni man qilish borasidagi amrlari tufayli islom jamoalarida bunday kasalliklar nisbatan ozligi va G’arbning islomiy millatlarga qarshi ayovsiz mustamlakachilik siyosati olib borganiga qaramay, islom-millatlarning omon qolishini ta’minlagani ko‘rinib turgan faktdir.
Tag‘in buni ko‘ringki, mustamlakachi uluslar islom o‘lkalariga ichkilik yog‘dirib, ularning sog‘lom hayot tarzlarini buzib, ketidan "muncha orqada qolib ketdinglar?" deya mazah ham qilishadi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:49:02
7. "IXLOS" SURASINING SIRLARI
"Ixlos" surasi Ollohning o‘zini bandalariga tanitish farmonidir.
Agar Olloh degan tushunchaga "Ixlos" surasining unsurlari yo‘nalishida yondasha olsak, ilmning asos g‘oyalarini o‘zlashtirgan bo‘lamiz.
"Ixlos" surasi, ayni chog‘da, jamiki borliqlarning chegara chiziqlaridir. Olloh tushunchasiga xos xususiyatga ega bo‘lmagan har narsa yaratiqlardir.
Har holda "Ixlos" surasi koinotdagi yaratiqlarning fizik hususiyatlarini farqlab ayirib ko‘rsatgandir.
Bu jihatdan olinganda "Ixlos" surasi butun ilmning tugal bayonidir.
Oldin "Ixlos" surasini Ollohning ta’rifi tarzida tadqiq qilamiz, so‘ngra teskari tarzda barcha yaratiqlarning asos xususiyatlarini yana "Ixlos" surasidan o‘rganamiz:
"Aytingki: U Olloh Ahaddir.
U Olloh Somaddir. U tug‘madi va tug‘ilmadi. Va faqat unga hech bir kufur bo‘lmadi" (kufur - sherik, teng, esh, o‘xshash, misl va hokazo).
"Ixlos" surasini bundan boshqacha qilib, o‘rinsiz kalimalar bilan tarjima qilish, menimcha, mumkin emas.
Chunonchi, "U Olloh birdir", deyolmaymiz. Chunki "bir"ni "vohid" kalimasi ifodalaydi, "ahad" ta’biri esa "vohid"dan farqlidir.
Ko‘rinadiki, Olloh o‘zini bandalariga ta’riflarkan, to‘rt unsurini:
a) Olloh Ahaddir,
b) Olloh Somaddir,
v) U birovni tug‘madi va birovdan tug‘ilmagan,
g) uning tersi va o‘xshashi yo‘q, deb uqtiradi.
Bu to‘rt unsurni izohlashdan oldin illoh kalimasining ma’nosi ustida to‘xtalgim keladi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:49:18
"Olloh" kalimasi faqatgina Qur’onda uchraydigan maxsus bir so‘zdir. Hech bir tilda uning tengi yo‘q. 'Tangri", "dizu", "god" kalimalari "iloh" kalimasining tengidir. Inglizcha va frantsuzcha Qur’on tarjimalarida ham bu holga e’tibor berilgan va "Olloh" kalimasi aynan o‘z holida saqlab qolingan.
Yurakning so‘l aortasida (eng katta tomirida) kaftlarimizdagi sobit chiziqlar singari xatlar bilan "Olloh" deb yozilgandir. (Bu haqda bizning 'Toq nur" nomli kitobimizda batafsil to‘xtalingan, 32-bet).
Olloh, olamning eng tanlangan mavjudoti bo‘lmish insonning yuragiga o‘z imzosini biologik bir muhrday urib qo‘ygan. "Olloh" kalimasi Ollohning bilinmas zotiyatining ismidir. Shuning uchun uni "Ixlos" surasining 4 asosiy vositasi ichidagina qamray olamiz.
Mana, ayniqsa, Ahadiyat va Somadiyat siri yaxshi bilib olinsa, ilmda juda muhim va qimmatli haqiqatlar ham qamrab olingan bo‘ladi.
Lekin shuni unutmaslik kerakki, "Ixlos" surasiga oid bu sharhimiz faqat asos ilmlar nuqtai nazaridandir.
"Ixlos" surasining to‘la-to‘kis tafsiri, barcha tafsilotlari bilan "Namoz suralari yo‘rimi" nomli kitobimizda mavjuddir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:49:27
 Ahad siri:
Ollohning zotiga oid o‘ta o‘ziga xoslik, ya’ni toqlik hikmatini tushunib yetmoq uchun vahdoniyat va ahadiyat ma’nolarini tushunib olmoq kerak. Chunki ilmiy jihatdan ham bu ma’nolar favqulodda ahamiyatlidir.
Vahdoniyat biz bilgan toqlik (birlik) unsuri demakdir. Bu toqlik ma’lum sifatlar jihatidan bo‘lishi mumkin. Masalan, barcha nafslar toqdir. "Kullu nafsin vohida", ya’ni nafslar ehtiros, zulm, manfaatparastlik nuqtai nazaridan bir xil xususiyatlarga egadirlar, demakdir.
Butun elektronlar vahdoniyat siriga ega. Chunki o‘z xususiyatlari bilan ular aynan bir-birlarini takrorlaydilar. Ko‘plik atom mag‘zidagi proton miqdoridan vujudga keladi. Lekin aslida protonlar ham, mustaqil holda ekan, vahdoniyat, ya’ni toqlik siriga sohibdir.
Demak, fizik unsurlarga ko‘ra juda ko‘p unsurlar o‘zida toqlik sirini tashiydi. Toqlikning ziddi bo‘lgan ko‘plik umuman bir-biriga zid juftlar tarzidagi sajiyadan tug‘iladi. Bu jihatdan fizika ham toqlik siriga ega, Ko‘z o‘ngimizdagi har bir element o‘zining zid jufti tufayli ko‘plikni tamsil etadi.
Elementlardagi toqlik ko‘rinishi ilohiy qudratning vahdoniyat siridan tug‘iladi.
Lekin, unutmaslik kerakki, Qudrat-i Ilohiy bir sifatning aks etishidir va Ollohning zotiga oid bo‘lgan Ahadiyatdan farqlanuvchi toqlikdir. Yanada ochiqrog‘i bu birlik ashyoda, zid juftlar nizomiga ko‘ra, istagancha ko‘plik shaklida ko‘rina oladi, bu - vahdoniyatdan tug‘ilgan toqlikning siridir.
Ahadiyatga kelinsa, u, fizik va matematik xususiyatlardan tashqaridagi birlikdir va ashyoda, ya’ni yaratilgan narsada bor bo‘lolmaydigan birlikdir. Ahadiyat shaxsan bir sifat jilvasi bo‘lgan vahdoniyat shakliga ham kirolmaydi.
U holda ahadiyat toqligi qanday toqlikdir? Bu savolning javobini yana "Ixlos" surasining o‘zi so‘nggi oyatida bildiradi: "O’xshashi va ziddi bo‘lmagan toqlik"dir. Shunday bo‘lgach, gal-gali bilan bilgan ma’nolarimizni tadqiq qilaylik: qaysi mezondagi toqlik bu? Ajabo, qudrati cheksiz bo‘lgan quvvatni Ahadiyat desa bo‘larmikan? Yo‘q, uning ziddi (tengi) bor: kuchsizlik.
O’lchovlar, vaqt, kvant, atomlar, galaktikalar, yangi yulduzlar - bularning hammasi ziddi yo o‘xshashi bor bo‘lgan borliqlardir. Bular qaysidir bir jihatdan vahdoniyat sirini tashiydilar, ammo ahadiyat sirini tashimaydilar (joziba va magnitik taranglik).
Shu tufayli bularning hech biri Olloh bo‘lolmaydi. "Ixlos" surasi Olloh ma’nosini tushuntirarkan, ilk oyatidayoq bilganlarimizning hech biri Olloh bo‘lolmasligini ta’kidlaydi va bularning barchasining narigi yog‘ida mutlaq bir toqlik borligini, bu toqlikning o‘xshashi va ziddi bo‘lolmasligini uqtiradi.
Matematik jihatdan 1 soni ham ahadiyat siriga ega emas, chunki-1 bor.
Kvant ham fizik jihatdan ahadiyat siriga ega emas, chunki handasa (geometriya) amaliyotida undan ham kichik Hilbert makoni bor.
Koordinatlar, ya’ni nuqtaning joyi ham geometrik jihatdan doimo zid o‘xshashlik farqni ko‘rsatgani tufayli ahadiyat sirini tashiyolmaydi.
Ammo har uchalasida ham vahdoniyat siri bor.
Shunday bo‘lgach, Ahadiyat, bu - yolg‘iz Ollohga, uning zotiga xos bir mutlaq toqlikdir. Zehnlarda paydo bo‘lgan har bir o‘rnak, ilm bilan o‘zini izohlab, ma’no chegarasini cheksizlashtiradi. Bir-biridan farqlanuvchi har xil toqlar, Ollohni bilib bo‘lmasligining muhtasham bir ko‘rgazmasidir.
Hammasini ko‘rib, bilib bo‘lgach Olloh bundaylardan emas, deysiz. "Ixlos" surasi ko‘rsatgan ilk ilmiy mo‘jiza mana shudir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:49:41
Somad siri:
Somad - shonli, ulug‘, barcha g‘oyalar manbai, nuqsonsiz, har narsadan to‘q (hech narsaga muhtoj emas) ma’nolarini bildiradi. Lekin eng asosiy ma’nosi: har qanday borliq unga muhtoj, undan madad olmay turolmaydi, u oliy qudrat demakdir.
Koinotda har borliq, koinotning har nuqtasi somad siriga muhtojdir. Somad sirini, kitobimizning tafsir tarzi nuqtai nazaridan, ya’ni fizik tomonidan sharhlagim keladi:
Ajabo, inson Somad siriga qanchalik muhtoj ekan?
Ma’lumki inson o‘z navbatida atomlardan molekulalarga, molekulalardan hujayralarga, hujayralardan to‘qimalarga va undan a’zolar tizimiga o‘tuvchi bir jismoniyat sohibidir.
Bir atom mag‘zi, inter aktsion jozibasi sababli, bir soniyada o‘n milliard marta muvozanat titrog‘i beradi. Bu muvozanatni saqlash uchun bir soniyada o‘n milliard marta somad siriga muhtoj bo‘ladi.
Bir inson vujudida 7x1028 atom mag‘zi, taxminan 14x1(R elektron bor. Demak, inson o‘zidagi atom va elektronlar tufayli bir soniyada atom mag‘zi jihatidan 7x1028 va elektronlar jihatidan 14x1028 marta somad siriga muhtojdir.
Bu degani - biz bir soniyada milliard karra milliard karra milliard karra milliard bora somad siriga muhtoj bo‘lamiz. Somad bizga lutf etmasa, biz bir bombaday portlaymiz. Atomdan molekulagacha, u yerdagi roppa-rosa 2000 bioximiya fabrikasi hujayrasigacha somad siriga muhtojligi shu qadar kattaki, har bir insonning vujudi, butun borlig‘i, hech shubhasiz, bir soniyada cheksizga yaqin miqdorda somad siriga sig‘inishga majburdir.
Shunday qilib, "Ixlos" surasi ahad siri orqali Ollohni bilib bo‘lmasligini ta’kidlar ekan, ayni chog‘da somad siri orqali har hodisa, har qurilma naqadar Ollohga bog‘liqligini tushuntiradi.
Olloh ma’nosiga ilmiy yondoshuvni shu tariqa aniq ifoda qila olish yana faqat Ollohga xos san’atdir.
"Ixlos" surasining ilk ikki oyati ham Qur’onning ilohiy kalom ekanligini isbotlash uchun yetarlidir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:50:21
"Ixlos" surasining bundan keyingi bo‘limi, ya’ni qolgan 3 oyati - insonning hatto ilmda ham yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolari haqida hukm yuritgandir:
"U tug‘madi va tug‘ilmadi"
Ma’lumki, barcha insonlarda tug‘ish va tug‘ilishning ikki ma’nosi bor.
1. Biz bilgan tug‘ish va tug‘ilish.
2. Vujudga kelish va vujudga keltirish. Ilmiy jihatdan:
Ollohning bir narsani o‘zidan biron ulush qo‘shib vujudga keltirmasligi amri juda ham muhimdir.
Na kvantu, na yulduzlar, na-da, galaktikalar Olohning ulushi, bir parchasi emas. Ular va barcha yaratilgan mavjudotlar Ollohning zotiga tegishli biron xususiyatga ega emaslar. Uning sifatlaridan biri yo bir nechasini akslantiradilar.
Ollohning ilmiy qudratlari uning sifatlari, bu ko‘rinishlar, jilvalanishlar, koinotlarga aks tushirib, bir bichim bergandir.
Har borliq, Ollohning somadoniyat va ahadoniyat siri tashqarisidagi bir ko‘plik sistemasidir. Yana islom metofizikasi ta’biri bilan aytsak: Olloh jamiki olamlarni yaratgan, o‘zidan biron narsa kamayib qolmagandir.
"Tug‘madi" hukmi ham ilmiy tomondan juda muhimdir. Olloh biron narsadan vujudga kelmadi, zero bor bo‘lgan, borligi xayol qilinishi mumkin bo‘lgan har narsani u yaratdi. Ilmni, aqllardagi tushunchani va tasavvurni u yaratdi. Bu chegarasiz haqiqat avtomatik tarzda ahadiyat siriga borib taqaladi. Va "Ixlos" surasi so‘nggi oyati bilan, oldingi uch oyatning sirini anglashda qiynalgan zehnlarga yangi chiroq kiritgan: "Va faqat unga hech bir kufuv bo‘lmadi".
"Kufuvan ahad" jumlasidagi "kufuv ning ikki tarafli bir ma’nosi bor. Bu bir ma’no ichida: a) teng bir o‘xshashi, b) teng ziddi degan tushunchalar yashiringan. Buni, yaxshisi elektr misolida ko‘raylik.
+5 potentsial bilan -5 potentsial kufuvdir. Bir joydan o‘tgan 5 amperlik oqimda yana -5 amperli oqim kufuv bo‘la oladi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:50:43
"Ixlos" surasida, shu tariqa ta’rifi va ma’nosi tushunilishi qiyin bo‘lgan Ahad kalimasining izohi, bu so‘nggi oyatda o‘zini topgandir. Yaratilgan har narsaning bir kufuvi, ya’ni ziddi va yo o‘xshashi bo‘lgan holda, Ollohning na ziddiyu, na o‘xshashi bor. Teparoqdagi bahslardan ba’zi birlarini yodga olish orqali parite nazariyasi, koinotdagi har narsa juft yaratilganini, ziddi va o‘xshashi borligini to‘la-to‘kis bir shaklda ochib beradi. So‘nggi yillardagi tadqiqotlar blak holes ("qora tuynuklar") kabi izohi qiyin borliqlarning ham ziddi borligini, ya’ni kvazarlar mavjudligini tasdiqlagandir. Buyuk galaktikalarning ham aynan o‘xshashlari va yo zidlari, hech shubhasiz bordir.
Mana, Haq-Taolo, "Ixlos" surasida ham uchinchi oyat yordami bilan, ham to‘rtinchi oyat ichida ahadiyat haqiqatini ko‘rsatgan katta ma’nolari shulardir:
a) yaratilganlarning hech biri Ollohdan parcha emasdir;
b) yaratilganlardan hech biri Haq-taologa na zidlik jihatidan, na-da eshlik jihatdan o‘xshash bo‘lolmaydi.
Shubhasiz, "Ixlos" surasining hadsiz ma’noviy sirlari bor. Lekin kitobimizning maqsadi "Ixlos" surasining ilmiy jihati bo‘lganligi uchun boshqa tafsilotlarga to‘xtalmadik.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:52:45
YETTINCHI BO’LIM

QUR’ONNING KALOM SIRI


Men shu yergacha aqlchi (ratsionalistik) ilmlar yo‘li bilan Qur’onning qanday muhtasham mo‘jizalar manbai ekanligini ochishga urindim. Endi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qur’onning o‘ziga yaqinlashib, uning aql bovar qilmas siri-Qur’on haqiqatiga e’tiboringizni tortmoqchiman.
Har kuni sizni o‘rab olgan ba’zi hikmatlarni hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Qur’ondan oyatlar o‘qib, balolardan qutulganingizni, o‘qigan fotihangiz bilan o‘liklarga huzur va rahmat yetkazganingiz va yo Qur’onni anglamasangiz ham uni eshitganda ko‘nglingiz yayraganini, ko‘zlaringiz nurga to‘lganini, qanchadan-qancha kitoblar, so‘zlarning ta’siri tez o‘tib ketgani holda, Qur’onning ta’sirchanligi o‘n besh asrdan beri hech o‘zgarmay yashab kelayotganini xayolingizdan o‘tkazganmisiz?
Butun bu haqiqatlarni quruq moddiy qoliplar asosida sezib bo‘ladimi?
Qur’onning mana shu moddiy dunyodan tashqaridagi hikmatlari kalom siri deyiladi. Payg‘ambarimiz Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallamdan: "Ey, Ollohning Rasuli, har payg‘ambarning bir mo‘jizasi bor: Musoning hassasi, Iso nafasining hayotbaxshligi (o‘liklarni ham tiriltira olishi)ni bilamiz. Sizning mo‘jizangiz nima?" - deb so‘raganlarida, "Mening mo‘jizam kalomdir", - deb buyurganlar.
Kalomdagi so‘zlar so‘z emas, so‘zlar yig‘indisi oddiy gap emas, ilohiy hikmatlar xazinasidir. Kalomdan tashqaridagi barcha so‘zlar va bilimlar moddaning tashqi xususiyatlarini bildiradi. Kalom esa har narsaning mohiyatini ochib beradi. Bu mohiyatda Tangrining ilg‘or san’atini ko‘ramiz va go‘zalligini his qilamiz, Qur’on oyatlari har bir kalimasida, har bir iborasida bizni bir sirdan ogoh etadi, har narsaning, har xodisaning zamiridagi haqiqatni anglatadi.
Qur’on, har kalimasi bilan ashyoning mohiyatini eng tashqaridan eng ichigacha - qalbigacha, o‘zagigacha - birma-bir ochib beradi, har o‘qilganda yangi bir hikmatni his qildiradi.
Zero, Kalom siri - bu, ma’nodir. Shu vajdan bu sir zako va idrok bilan emas, qalb bilan seziladi.
Qur’onning eng asosiy jihati bo‘lgan ifodalar va qamrovlarning tagiga yetish juda qiyin. Men Qur’ondagi ana shu hikmatni to‘rt bo‘lim orqali sizlarga yetkazishga urinib ko‘raman.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:53:35
A) Qur’onning hay siri
Hay - tirik va jonli ma’nosida keladi. Lekin haqiqatda Ilohning bir Sifatidir. O’lmaslikni, mangu tiriklikni bildiradi. Shu tufayli hay - jonlilarga oid foniy hayot emas, jamiki tirik mavjudodlarga oid mushtarak tushunchadir. Borliqlarning genetik shifrlar orqali avloddan avlodga o‘tkazib qoldirgan hayot hikoyasi - hay siridan bir parchadir.
Qur’ondagi hay siriga kelinsa, bu oyatlar ma’nosidagi o‘lmaslikni ifoda etadi.
Qur’on kalomi abadiy tirikdir: yashayveradi, kun o‘tgan sayin yosharib boraveradi, eskirmaydi hamda oyatlarning ma’no va g‘oyalari g‘aroyib bir jonli mavjudodday oramizda aylanib yuraveradi. Butun hayotga toshining og‘irligini sezdiradi.
Biz bu hay sirini qanday his etamiz? Hay siri chindan ham qalb ko‘zi bilan seziladi. Faqat u bizga, ilmda aks etgan jihatlari ila ko‘riladi. Chunonchi:
1. Uning amrlari insonga baxtiyorlik ato etishi necha bor isbotlangandir. Uning taqiqlariga amal qilmagan insonlar va jamoalar ne-ne falokatlarga duchor bo‘layotganlari, umrlari besamar o‘tayotgani ham ko‘rinib turibdi. Chunonchi sadaqa haqidagi amrlari insonlar orasida hal qilish qiyin bo‘lgan umumiy birlikni vujudga keltirishi shak-shubhasizdir. Bu amrlarga rioya qilmaganlarning "insonparvar" doktrinayu rejalari g‘avg‘o chiqarishdan boshqa narsaga yaramayotir, dunyo sahnasida umidsizlik vujudga keltirayotir.
2. Uni yurakdan tinglanganda, jamiki alamlardan, mushkullardan forig‘ bo‘linadi, siz o‘zingizni ma’nolar jannatida ko‘rasiz. G’am-g‘ussalaringiz, dardlaringiz ham tinadi. Bu Qur’onning hay mo‘jizasi ichidagi shifo siridir. Uning aql bovar qilmas bu hikmati, hatto inonmaganlarga ham seziladi.
3. Uning duosifat oyatlarini o‘qiganda ne-ne balo-qazolarning moddiy sharpalari kelib yoningizda to‘xtab qolganini ko‘rasiz. U oyat kuchi, cheksiz energiya pardasi bo‘lib, sizni o‘rab olib, balo-qazodan himoya qiladi.
4. Olamdan ko‘z yumgan qadrdonlaringizga uni o‘qiganingizda bamisoli ulardagi baxtiyorlik, mamnunlik, rozilikni birga yashaganday bo‘lasiz. U oyatlar boshqa bir olamga yetib borganini va qanday aks-sado berganini tuyasiz. Uning hay siri go‘yo sizga u olamdan allaqanday bir daraklar keltirganday bo‘ladi.
Shunday lahzalarda o‘lik bilan sizning orangizda butun bo‘y-basti bilan turgan achchiq bir musibat alami, bosma qog‘oz bilan shimilganday shimiladi, go‘yo yaqiningiz o‘lmaganday, yashashda davom etayotgandek ko‘rinadi.
Lekin bular hay sirining shuuringizga va ahvolingizga o‘tkazgan ta’sirlaridir. Uning asl hikmati - siz bilan birga ich-ichingizning eng yashirin joylarida hukm surishidir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:54:34
"Qur’on bilan iymonli inson egizak aka-ukalardir", - Hadis hukmi bu sirning eng tiniq ta’rifidir.
Oyatlarning tashqi ma’nosi insonning moddiy hayotini tamsil etadi, hay siri esa, insonning ko‘nglini tamsil etadi. Insonning asl mohiyatini uning ko‘ngli ko‘rsatganiday oyatlarning hay mo‘jizasi ham ich-ichdadir. Qur’on oyatlari inson uchun jamiki olamlarga o‘tish vizasi bo‘lib xizmat qiladi va insonning qiymatini belgilaydi, bu ham oyatlarning hay siridir.
Bu bo‘limning so‘nggi ikki qismida bu hikmatlarni maxsus maydalab sharhlayman.
Inson, Qur’on axloqini butun borlig‘iga singdirgandagina unga egiz bo‘lish hikmatiga erishadi. Buyuk avliyolar singari haqiqiy tiriklikni, hay sirini topadi. Qur’onning eng buyuk mo‘jizasi mana shundan iboratdir.
Oyatlarning hukmi asosida o‘z imoni va amalini bir butun qilib olgan inson haqiqiy tiriklikka (o‘lmaslikka) erishadi.
Tushunish va idrok qilish bir oz qiyin bo‘lgan bu holatni yanada kengroq sharhlashga urinib ko‘ray:
Qur’on oyatlarini bir bora o‘z shaxsiyatida aks ettirgan inson, olamlarning jamiki makonlarida bir holdan ikkinchi holga o‘tadiki, bu ayni chog‘da, xom ashyoning ichki haqiqatini izlab topmoq, hamda Payg‘ambarimiz Rasuli Akramning boshidan kechirgan holatlarini tatib ko‘rmoqdir.
Tasavvufda bu hol haqiqiy tirilish yoki o‘lishdan oldin o‘lish deyiladi.
Bu mo‘jizaviy jarayon davomida alast , jannat har on his etiladi. Bu kimsa jannatga oid bir oyatni o‘qisa, ul makonni aynan his etadi, o‘tmishdagi bir qavm hikoyasini bayon etuvchi oyatni o‘qisa, o‘sha zamonning o‘sha qatlamiga nur bo‘lib kirib boradi va o‘sha voqealarni aynan tomosha qiladi. Shu vajdan hay siriga erishganlar, jamiki insonlarga, shaxsan o‘zi boshdan kechirayotganday, achinadilar. Buyuk avliyolarning so‘ngsiz insoniy muhabbati shu hikmat orqali tug‘iladi.
Hech shubha yo‘qki, Qur’on oyatlari asosida yashash, ularga moslashish - Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamga taqlid qilish va ul Muborak Zot kabi harakatda bo‘lish san’atidir. Aks holda, har kim o‘zicha Qur’on asosida yashayapman deb hisoblayversa, albatta, ul kishi hay sirining farqiga borolmaydi. Holbuki, Qur’on oyatlari asosida yashashning asosiy sharti yana hay sirida namoyondir. Zero, Qur’on oyatlariga uyg‘unlashishning har bosqichida ko‘ngilda butun olam sarvari Payg‘ambarimizning ko‘nglidagi jarayonlar yuz berib o‘tadi. Bu holdan -holga o‘tish jarayonida inson bir lahzada so‘ngsizlikka qadar bora oladi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:54:44
Odamlarimizdagi har chizgi (alomat) Payg‘ambarimizning sirini tashisa, bu - hay siri tug‘iladi, deganidir.
Hayotiy va asl (original) bo‘lgan bu oliy hikmat yonida, albatta, bosqichma-bosqich hay sirini tatish lazzatlari bor. Qur’onning bir dona oyatiga rioya qilish ham mustaqil bir hay siridir. Masalan, faqat nafaqa (hadya) ulashmoq, Olloh o‘ziga bergan har ne’matdan boshqalarga bermoq hikmatiga yetishgan kishi, o‘z-o‘zidan bir insonlik mehrini qozonadiki, bu tiriklik uni yana bir o‘lmaydigan hikmatga yetishtiradi.
Qur’ondagi hay hikmatining juda muhim jihati shundaki, u insonga g‘ayrat beradi. Boshqacha aytganda o‘lik qalblarni tiriltiradi. Yana aniqrog‘i qalblar ma’naviy jihatdan faqat Qur’on bilan jonlandi, ya’ni qalb uning oyatlaridan kelgan hay siri bilan ko‘zini ochgan uyqudagi go‘zal kabidir. Uni bir tarafdan alast xitobi (chorlovi) bilan, ikkinchi tarafdan haqiqiy yurti bo‘lgan jannat hidi bilan faqat Qur’on tiriltiradi.
Haq oshiqlari chuqur uyquga ketsalar ham ba’zan darhol uyg‘onadilar, ba’zan bir turli ko‘zalarini ocholmaydilar. Shu vajdan Qur’onni idrok etolmagan qalbga o‘lik ko‘z deb qaraladi.
Qalbning jonlanishi vijdonning tug‘ilishi va imon olovining yonishi bilan ko‘zga tashlanadi. Undan keyin bu tirilish gul g‘unchasining ochilishiday qavat-qavat bo‘lib davom etadi va to‘xtaydi.
Namoz va namozda Fotihaning kunda 40 marta o‘qilishi naq abadiyatgacha davom etadigan bu jonlanishga xush ohang qo‘shadi.
So‘ngsiz go‘zalliklarda odam hech to‘ymaydigan zavq olamida, har kun yangi bir makonning tomoshasi va har kun yangi bir lazzatning siri tajalli etadi. Qur’on mana shunday: insonni har kuni yangi bir olamning tirikligiga eltadigan Ilohiy mo‘jiza. Va buni boshidan o‘tkazganlar: "HAYF Qur’onni faqat kitob deb bilganlarga!" - deya xitob qiladilar.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:55:00
B) Yurak va Qur’on.
Qur’onning boshqa so‘zlardan va qo‘lyozmalardan eng katta farqi yurak bilan uning orasidagi
munosabatdir.
Shu bois, kitobimizning boshidan beri sharhlashga urinayotganimiz Qur’on mo‘jizalarining eng muhim siri yurakda tavallud topadi.
"Inson bilinmazi" ("Insonning bilib bo‘lmas tomonlari") degan kitobimizda yurakka oid batafsil ma’lumot berilgan. Bu yerda faqat bir xulosamizni aytaylik: Insonning yuragi moddiy qurilishi jihatdan, vujudning boshqa asab tizimlaridan farqli o‘laroq, butunlday bo‘lakcha bir hissiy vasfga ega. Sevgilar, alamlar, hatto gina va ehtiros ham uning moddiy qurilishini juda qattiq ta’sir ostiga oladi. Biroq hodisani uzoq o‘ylaganda miyamiz qanday horisa, bunday his-tuyg‘ular bilan yuragimiz ham shunday horiganini, hatto shikastlanganini farqlaymiz.
Qalbimizning ma’naviy jihati juda muhimdir. Oldindan sezishlar yuragimizning ma’naviy tomonini aniq ko‘rsatuvchi tugal chizgilardir. Bugun-erta yuz beradigan hodisani oldindan his qilish yoki olis kelajakda bo‘ladigan voqeani, masalan, qo‘lga katta boyliklar tushajagini oldindan sezish kabi xususiyatlari hamma tan oladigan, hech inkor etib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Insonning eng bilib bo‘lmas tomoni mana shu yuragining ma’naviy xususiyati bilan bog‘liq. Ishonch markazi yurak ekanligi ham undagi bu xususiyatni bizga o‘zgacha bir tushuntirish tarzidir. Aql hamda fikr idrok qilishga qiynaladigan haqiqatlarni yurak shu xususiyati tufayli tez idrok qiladi, bir lahzada sezadi. Aql va fikr barcha hodisalarni o‘z bilimlari majmui va zamon formulasi doirasida baholaydi. Qolbuki, yurak bunday boylikka va zamonga ehtiyoj tuymaydi, bilinishi kerak bo‘lgan narsani (hodisani) sezadi va to‘g‘ri topadi. Yurak bilan aqlning ishlash tarzlarini, matematik bir hisob misolida chog‘ishtirib ko‘rish mumkin: ya’ni bu qog‘ozga yozilgan narsalarning hisoblanishi bilan barcha ma’lumotlar joylashtirilgan elektronik miyaning javob berishi orasidagi farqqa o‘xshaydi. Yurak bamisoli hamma ma’lumotlar bilan jihozlangan elektronik bir aqlga o‘xshaydi. Sizning kunlarcha yuritgan hislaringiz ko‘ngil tugmasiga bosib bir onda chiqariladi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:55:11
Qur’on, koinot sirlarini tashuvchi umuman shifr orqali tushuniladigan ilohiy noma bo‘lgani uchun faqat yurak yo‘li bilan qamrab olinishi mumkin. Qur’on o‘qilganda Qur’on tilini hech tushunmaydigan odam ham undan bir narsalarni anglashi mumkin, chunki yurak aql ishlatadigan ma’lumot xazinasi bo‘lmish sarmoyani ishga solmaydi. U, koinotga oid bir sirni sezarkan, aql kabi bir qator old hukmlarga muhtoj emas, shu tufayli tildagi farq ham unga mone bo‘lolmaydi.
Qur’onning ko‘ngilga xitob qiluvchi bu sirlari uning ohang tizimidagi go‘zallik ta’sirida boshlanadi. Ya’ni Qur’on o‘qilar ekan, ovoz ohangi yurakning hissiy klavishlarini harakatga soladi. Undan keyin yurak oyatlar orqali kelayotgan shifrlarni sezadi va tushuna boshlaydi. Ko‘ngli toza mo‘minning Qur’on o‘qilganda ta’sirlanishi, yig‘lashi, ba’zi bir paytlarda butun iztirob va dardlarining arishi buning eng yorqin dalilidir. Shuni unutmaslik kerakki, bu muvozanatning yuzaga kelishi uchun imon shartdir. Chunki yurakning ma’no klavishlariga bosadigan barmoq imondir. Turli oyatlarda yurak darchalari yopiq bo‘lmaganlarning Qur’onni yuraklari bilan sezib imonga kelishlari yozig‘ilikdir. Hatto, inonmaganlarning ham mutlaqo yurak sirida sezilarsiz va tushunarsiz bo‘lsa-da, ta’sir qolajagi bildirilgandir. Qur’onga qarshi chiqqanlarning ham bu bilinmas to‘lqinlanishlardan bezovtalanib Qur’onga qarshi chiqishlari yana Qur’on amrlaridandir.
Imon naqadar kuchli bo‘lsa, Qur’onning yurak orqali tushunilishi, undagi ma’nolarning qamrab olinishi ham shunchalik to‘kis bo‘ladi, ya’ni ideal ma’nodagi mo‘minlarda Qur’onni his qilish va anglash kuchli bo‘ladi, ideal mo‘min deganda, hech bir Qur’on va din ta’limi bo‘lmasa ham hatti-harakatlari va axloqi tamomila Qur’on oyatlari yo‘nalishida bo‘lgan kishilarni nazarda tutamiz. Shunday qilib, Qur’onning eng muhim mo‘jizasi - insonga bir yashirin xazina o‘laroq berilgan yurakning ma’nosini harakatga keltirishidir. Bizning davrimizda inson ovoziga moslab sozlangan kassa (seyf) qulflari bor. Ya’ni u kassaning egasi gapirmaguncha, u kassani ochish mumkin emas. Mana Qur’on, xuddi ko‘ngil kassasining va u kassadagi so‘ngsiz ma’no xazinasining eshiklarini ochganday ta’sir sirlariga ega.
Pag‘ambarimizning har bir musulmonga Qur’onni tushunsa-tushunmasa, tez-tez o‘qib turishni buyurganlarining sababi shu nozik hikmat bilan aloqadordir. "Qur’on bilan inson egizak aka-ukalardir" hadisi ham shu hikmatning yaqqol ifodasidir. Har insonning ko‘nglida Qur’onning bir nusxasi bor. Ya’ni inson olam sirlarini ich dunyosida olib yuradi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:55:22
V) Qur’on va anfus hikmatlari
Olamdagi jamiki borliqlar o‘z haqiqatlari va mohiyatlarini ikki tomondan aks ettiradi. Birinchi tomoni ofoq, ya’ni tashqi ko‘rinishlari bo‘lsa, ikkinchisi anfus, ya’ni ichki ko‘rinishlari, chin mohiyatlaridir. Bu kungi insonlar uzoq yillar davomida unuta boshlagan bu muhim ta’rifni o‘rnaklar bilan sharhlagim keladi: bir tosh parchasining yoki ma’dan (metall)ning ofoqi - uning rangi, qattiqligi, shakli kabi qo‘pol ko‘rinishlaridir, anfusi esa uning atom qurilmalaridir. Yoki biron jonivorning ofoqi - uni biz nomlagan turi, jinsi, og‘irligi kabi ko‘rinishlaridir, anfusi esa genetik shifrlaridir.
Anfusning ikki muhim xususiyati bordirki, bularni tan olmagan ateizm ilmi bir turli haqiqatlarni bulg‘ab tashlamoqda. Anfusning birinchi xususiyati o‘zi tamsil etgan mavjudotning eng ichida, eng kichik nuqtasi shaklida bo‘lishiga qaramay, u mavjudotning har joyida bu xususiyat mavjuddir (bir toshning yoki moddaning har nuqtasida atomlar bo‘lgani singari). Anfusning ikkinchi xususiyati esa, qancha-qancha pardalardan o‘tib, ich-ichga toqlik sari borishidir. Yana tosh misoliga qaytsak, turli-tuman toshlar anfuslari jihatdan atomlarida farqlidirlar. Lekin atomlarning ham anfusi bor va atomlarning anfusi kvant degan qudratli zarrachalardir. Biz anfuslari farqli deb bilgan toshlar va ma’danlar atomlar qavatida anfus jihatdan tekshirilsa, aynan bir-biriga o‘xshashligi ko‘riladi. Bu qashshoqday ko‘rinuvchi xulosaning sababi shundaki, bir mavjudot bor bo‘lishi uchun ilohiy kuch u mavjudotga makonlarda masofa beradi, u shu haqiqatdan tug‘iladi. Demak, ofoq toqlikdan uzoqlashgan bu masofalarning tamsimchilaridir. Anfus esa bu masofalarda bor bo‘lgan toqlik sirlarining shifrlaridir. Endi shu asosiy ma’lumot nuqtai nazaridan Qur’onning anfus sirini ko‘rib chiqaylik. Bu mavzuni ifodalash uchun qo‘llanilgan jamiki so‘zlar haqiqatning ofoqini bayon etadi. Holbuki, hodisalarning asl haqiqati (mohiyati) uning anfusida, ya’ni ma’nosidadir. Shunday qilib, Qur’on jamiki hodisalarning ma’nosidagi o‘zni va haqiqatni bayon etadi. Bu fikrni misol ustida tahlil etaylik: insonning qanday mavjudot ekanligini tarix davomida minglarcha kitob sharhlagan. Ulardagi ifoda va xulosalarning hammasi ham inson haqiqatining ofoqidir, insonni to‘la va uzil-kesil anglatish vasfidan yiroqdir, hatto, aksincha, ofoq vositalari ichida uni ko‘mib-bekitib yuborgandir.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:56:09
Holbuki, Qur’on insonni ta’riflarkan, uning ko‘plik va toqlik olami orasidagi intiqol sirini ko‘rsatganki, butun mavjudotlarning va insonning mohiyati shu nuqtadan ichki ko‘rinishi bilan birga to‘la-to‘kis yuz ko‘rsatadi ("Tiyn" surasi).
Yana, ruh to‘g‘risida ham ofoqda yozilgan, ya’ni masalaning ustki tomonini ko‘rsatuvchi ko‘pdan-ko‘p g‘arib ta’riflar, kitoblar, maqolalar bor. Qur’on ruhning sirlarini bildirarkan: "Ollohdan edi — Ollohga qaytdi" degan ta’rifni berganki, ruhga oid barcha g‘avg‘oli tushunchalar tindi-qo‘ydi, ruh o‘z bilinmasligida qolib haqiqatga yetishdi.
Qur’onning olam haqidagi bayon sirlari ham ayni anfus xususiyati doirasidadir. Olamdagi jamiki mavjudotlar (borliqlar)ning Rahmon siri doirasida yashashlari bildirilgan: jozibaning, u tufayli sayyora va atom borlig‘ining asos elementi bu oyatning umumiy ta’rifi doirasiga kiritib qo‘ya qolingan ("Fotihaning qirq yo‘rimi" nomli kitobimizga qarang).
Bu mavzuning kirish qismida aytganimday, anfus tushunchasi - hodisaning faqat bittagina jihati bo‘lmagani uchun, ya’ni haqiqatning o‘zida to birlikka (toqlikka) qadar boradigan qavat-qavat tafsilotlari bo‘lganligi uchun Qur’onda anfus sirlarining ham aynan shunday xususiyatlari bor. Ya’ni turli oyatlar haqiqatlarning yuzini birma-bir, qavatma-qavat ocha borib, koinot sirlarini Hal qiladi (ya’ni olam sirlarini ochadi). Ayni shu sababga ko’ra, Qur’on oyatlarining bu ofoq ma’nosi va bunga muqobil xilma-xil anfus ma’nolari bor (xuddi anfusning o‘z xususiyatidan tug‘ilgan haqiqat kabi). Tashqaridan ichkariga qarab ketgan tafsirlarni qavatma-qavat kuzatib boramiz. Bundan tashqari, Qur’on oyatlari tafsirining Fotiha bilan amalga oshirilishi ham anfus sirining boshqa bir ifodasidir. Qur’onning har bir oyatida ofoq tafsiri naqadar ayon, ochiq bir amrni ko‘rsatgan bo‘lsa-da, uning mutlaqo bir anfus siri ham bo‘ladi.
Qur’on oyatlarining anfus qamrovlari va ma’nolari ko‘ngil eshigidan ochiladi. Bu haqiqat bizlarga buyuk islom avliyolari tomonidan naql qilingandir.
Qur’onning anfus sirini yana bir oz boshqacharoq yo‘sinda - "Fotiha" ko‘rsatmalari asosida sharhlab berishga harakat qilaman.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:56:52
G) Fotiha va Qur’on siri
Koinot faxri va butun olam sarvari Payg‘ambarimiz "Fotiha" surasini "Ummul Qur’on" deb buyurganlar.
Ummul kalimasining arabchada ikki muhim ma’nosi bor: biri "ona", ikkinchisi "umuman" degan ma’noda "tug‘uvchi", "vujudga keltiruvchi" ni bildiradi. Zotan, Fotiha "ning asosiy ma’nosi ham ochuvchi, hal qiluvchi, bilinmagan narsani topib yuzaga chiqaruvchi demakdir.
Yaqinginada butun Islom mutafakkirlari va tafsirchilari Fotiha surasini - Qur’onning shifri ekanligi
borasida ham bir fikrga keldilar.
Qur’onning Fotiha orqali tushunilishi va tagiga yetilishi hodisasi alohida bir Qur’on mo‘jizasidir. Zero, insonlar orasidagi munosabatdan tortib, to olamning barcha qonunlarigacha har turli haqiqatni tashuvchi bir kitobga uning mutlaq so‘nggi bir xulosasini, shifrini qo‘ymoq-bu, faqat va faqat ilohiy san’at bo‘lishigina mumkin.
"Fotiha" mavzuida va "Fotiha"ning Qur’onni sharhlovchilik sirlari haqida juda ko‘p gapirish mumkin. Men bu masalani alohida bir asarim ("Fotihaning qirq yorumi")da sharhlab chiqqanman.
Lekin bu yerda "Fotiha" bilan Qur’on oyatlarining tafsirlanishi mavzuini qisqaroq bir xulosa holida taqdim etmoqchiman.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:57:09
1. "Fotiha" o‘z ichida tafsirlanayotganda yetti ayrim-ayrim bo‘lim holida ko‘riladi. "Hijr" surasida uning bu xususiyati "yetti nasihat siri" deb nomlangan. Bu tafsir tarzi shunday sharhlanishi mumkin: "Fotiha"ning yettala oyati keyingi oyatlar bilan birma-bir, alohida-alohida ochila bilishi san’atidadir. Masalan, birinchi oyat "Hamd olamlarning Rabbi bo‘lgan Ollohgadir".
Bu oyat tafsirlanishi uchun "Olamlarning Rabbi" iborasidagi hikmatlarni bilish kerak bo‘ladi. Bu hikmatlar esa, navbati bilan Ollohning Rahmon va Rahim ekanligi, Din Kuni (Qiyomat)ning sohibi ekanligi, undangina yordam istalinishi va ungagina sig‘inilishi, faqat uning yordamida hidoyat va to‘g‘rilik topilishi, u istaganiga ne’mat berishi, istaganini adashtirishi va benasib qoldirishi haqiqatlaridir. Bu haqiqatlar esa "Fotiha "ning ikkinchi oyatidan yettinchi oyatigacha bir tizim ohangi holida berilgandir.
Ikkinchi oyatdagi Rahmon siri ham faqat boshqa oyatlarning birma-bir bu oyatga e’tiborni qaratishi orqali sharhlana oladi. Qisqa bir sharh kerak bo‘lsa: nima sababdan ba’zilarning hidoyatga yetishuvi, ba’zilarning adashuvda qolgani holda hayotlarini davom ettirishlari Rahmon sirida yashirindir.
Qur’ondagi biron oyatni tafsirlanayotgan kishidan "Fotiha"ning qaysi oyatini qayerda ishlata olishi katta bilim (ko‘p ilmlardan xabardorlik) talab qiladi va bu "Fotiha"dagi oyatning ma’no siriga bog‘liqdir.
2. Qur’on oyatlarining qay biri bo‘lishidan qat’i nazar, mutlaqo "Fotiha"ning asos hikmatlari doirasida bir yechim siriga egadir. Tashqi mazmuni jihatidan yo ibodat, yo taqiq sifatiga ega bo‘lgan har qaysi oyat, albatta, "Fotiha"ning to‘rtinchi oyatidan tafsir kalitini oladi. Shuningdek, qanchadan-qancha suralardagi har bir tarixiy hikoya "Fotiha"ning ikkinchi va yettinchi oyatlari bilan sharhlana oladi. Faqat shuni unutmaslik kerakki, bu tafsirlarda "Fotiha"ning yetti qavat anfus siridan birginasi bilinib, topilib, tatbiq qilinadi.
Yana Qur’onning bir qancha suralaridagi boshda keluvchi shifr oyatlar ham "Fotiha" kaliti bilan ochilishi mumkin.
3. "Fotiha "ning eng katta xususiyati Muhammad payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning axloqini va imonini tamsil etadi. "Faqat senga qulluq qilamiz, faqat sendan yordam tilaymiz".
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:57:18
"Qur’on bilan inson egizak aka-ukalardir", - deyilganda "Fotiha "ning Payg‘ambarimiz ta’rifini berganligi, ayni chog‘da, Qur’on barcha mo‘min qardoshlarimizning ta’rifini ham qamrab olganligi nazarda tutiladi. Barcha imon sohiblari Qur’ondagi har bir oyat singari, mo‘minlarning vakillaridir. Fotiha esa Payg‘ambarimiz sirlarining butun mo‘minlarga yoyilgan ramzidir. Shu tariqa anfusdan ofoqqa borgan sari imon sohiblarining birligi yaratiladi. Ayni chog‘da "Fotiha "dan anfus sirlariga o‘tishlari ta’minlanadi. 4. Qur’on oyatlarining qurilish tizimi ham "Fotiha ila yaqindan aloqadordir. Ya’ni Qur’on chin ma’noda "Fotiha "ning tafsiridir. Bu tafsir ikki xil tarzda berilgandir. Birinchi tarz butun oyatlarga singib ketgan "Fotiha "ning sistematikligidir. Ikkinchisi esa "Fotiha " oyatlarining birma-bir sharhidir. Bu umumiy sharh HO-MIM bilan boshlangan 7 surada navbati bilan berilgan. Ya’ni har bir "HO-MIM"li sura "Fotiha"ning 7 oyatini sharhlaydi.
Birinchi bo‘limdan beri aytganlarimizning jami bilan "Fotiha ning aql bovar qilmas anfus hikmatini birgalikda mutolaa qilsangiz, chiqadigan natija shu bo‘ladi: Qur’on butun olamning Olloh tarafidan yozilgan ilohiy bir musiqasi-bastasidir. "Fotiha" buning ostidagi ilohiy imzo.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:57:28
XOLUQ NURBOQIYNING "QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI" ASARI TARJIMASI TO’G’RISIDA

Mana, aziz kitobxonlar, Xoluq Nurboqiyning Qur’on mo‘jizalariga oid risolasi ham poyoniga yetdi. Diqqat-e’tiborli va sinchkov o‘quvchilar ko‘p ilmiy va ilohiy mo‘jizalardan boxabar bo‘ldilar va ruhan boyidilar, deb o‘ylayman.
Endi bu kitobni tarjima qilishga bahona bo‘lgan sabablarni so‘zlab berayin 1993 yil edi. Bir kuni mening ish joyimga bir do‘stim bilan Tursunxo‘ja hoji aka degan bir kishi kirib keldilar. (Tursunxo‘ja hoji Hidoyatxo‘jaev - keksa pedagog, fizika, kinoshunoslik, vidiotexnikaga oid bir necha kitoblar muallifi ekanlar). Ular menga mazkur kitobni turkchadan o‘zbekchaga o‘girishni iltimos qilishdi. Bu paytlarda men turli mufassirlarning Qur’on mo‘jizalariga oid talay kitoblarini o‘qigandim. Aksariyati katta ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lsa-da, qandaydir bir ma’noda bir-birining ixtiyorsiz takroriga o‘xshab tuyulardi. Shu bois ham dastlab bu kitobga loqaydroq qaradim, shekilli. (Olloh o‘zi kechirsin).
Kitob Istanbulda 1991 yilda "Damla" yoyinevi ('Tomchi" nashriyoti)da "Islom va ilm" seriyasida 2-raqam bilan bosilib chiqqan edi. Milliy ta’lim vazirligi 1986 yilning 15 dekabrida bu asarni litsey va eksperimental maktab o‘quvchilariga o‘qish kitobi sifatida tavsiya qilgan edi. Menga berilgan nusxa kitobning 8-nashri edi. Meni qiziqtirgan birinchi hol ana shu bo‘ldi. Ikkinchisi - muallifi. Gap Xoluq Nurboqiyning "Omma juz’i tafsiri", "Sura-i Yusuf tafsiri", 'Toq nur", "So‘ngsiz nur", "Yosin surasi tafsiri", "Namoz suralari tafsiri" (I—II jildlar), "Insonning bilinmasligi", "Fotihaning qirq tafsiri" kabi o‘nlab kitob yozganligida emas, gap muallifning tibbiyot fanlari doktori, professor, onkolog-vrach ekanligidadir. Dunyoviy ilmlarga ega bo‘lgan bir insonning ruhoniy ilmlarga munosabati qiziqarli edi, chunki dunyoviy ilm sohibi o‘z fikrlarini moddiy dalillarsiz isbotlay olmaydi. Chindan ham asar mundarijasiga qaradim-u, birdan ichimda katta qiziqish uyg‘ondi. Unda Qur’onning tili, qurilishi(kompozitsiyasi), matematik, fizik, tibbiy mo’jizalari, koinot, muhit (atmosfera), yer, dengiz, shamol, neft, zilzila, tug‘ish va tug‘ilish, tuproqda jonli mavjudotning paydo bo‘lishi, ya’ni o‘lik tuproqning tirilishi, alkogolizmning insonga va jamiyatga zararlari to‘g‘risida gap borardiki, bular odamni qiziqtirmasligi mumkin emas edi.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 00:58:48
Men tajriba uchun dastlab Tursunxo‘ja akaning iltimosiga ko‘ra kitobning to‘rtinchi - "Qur’onning fizikaga oid mo‘jizalari"ni tarjima qilib ko‘rdim. Ish jarayonida hozirgi zamon oliy fizikasiga doir shu qadar ko‘p ma’lumotlar oldimki, shu paytgacha bulardan bexabarligim uchun o‘zimdan o‘zim hijolat bo‘la boshladim. Hozirgi zamon fizikasining eng yangi kashfiyotlari bundan 15 asr muqaddam insoniyatga indirilgan Qur’onda goh ochiq-oydin, goh imo-ishoralar bilan ma’lum qilingan edi. Menga, ayniqsa, yulduzlarning o‘limoldi xolatlari tasvirlangan parchalar juda qattiq ta’sir qildi. Shuningdek, meni tahorat sirlari ham hayron qoldirdi. Albatta, tahorat - bu tozalik, tozalik zsa sog‘likning garovi ekanligini hamma biladi. Ammo buning tibb olimi tili bilan, ilm tafsilotlari asosida, jigar, buyrak, yurak, qon tomiridagi harakatlarlar bilan bog‘liq holda kino tomoshasidek ko‘rsatib berilishi, nazarimda, misli ko‘rilmagan voqea edi.
O’rta Dengizdagi bo‘g‘ozlarda ikki tomondan ikki xil suv - issiq va sovuq suv - bir-biri bilan to‘qnashib, ammo bir-biriga bir tomchisi ham qo‘shilmay, o‘z yo‘llariga qarab qaytib ketishi ham hayratlanarli edi. Bu hodisani birinchi bo‘lib suv ostiga tushib kashf ettan, buning sirlarini aniqlagan olim, kapitan Kusto, bu sirlar 15 asr ilgari Qur’onda ma’lum etilganligini aniqlagach, musulmon bo‘lganligi g‘oyat qiziqarli va ishonarli hikoya qilinadi.
Yoki asalarining faoliyati haqidagi fasllar... Darhaqiqat, asalariga o‘z hayotini davom ettirishi uchun ko‘p asal kerakmi? Hech qanday tabiiy ehtiyojsiz ko‘p asal berishi sirli emasmi? Asalarining insonga xizmat qilish uchun yaratilgani ilohiy mo‘jiza emasmi? Holbuki, bular bari Qur’onda ma’lum qilingan-ku!
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Mart 2009, 01:01:49
Xo‘p, bularni takrorlab o‘tirmay. Barini o‘zingiz o‘qib chiqdingiz. Men tarjima jarayonida o‘zim uchun duch kelgan ayrim muammolar haqida so‘zlay. Ma’lumki, kitobda ko‘pdan-ko‘p oyatlar keltirilgan bo‘lib, ularni bizning alifboda qanday ifodalash masalasi bor edi. Men mazkur oyatlarni Qur’oni Karimdan topib, ularni bizning harflarda ifodalay boshladim. Albatta, bunda qiyinchilik yuz berdi. Chunki arab alifbosining "to", "te", "itqi", "ze", "zo", "zod", "izg‘i", "he" va "ho" singari harflarini o‘zbekchada faqat "t", "z" va "h" bilan ifodalashga to‘g‘ri keldi. Bulardan tashqari, ilmiy terminlar, atamalar tanlashda ham muammolarga duch keldim. Tibbiyot va fizikaga oid so‘zlarni, turli olimlarning ism-familiyalarini ifodalashda ham talaygina qiyinchiliklar sodir bo‘ldi. Men hamon bu borada xatoliklarga yo‘l qo‘ygandirman, degan gumondaman. Shular va shunga o‘xshash kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lishim mumkin. Buning uchun kitobxonlardan uzr so‘rayman. Agar ular tarjimaga oid o‘z fikr va mulohazalarini bildirsalar, cheksiz mamnun bo‘lar va kelgusidagi qayta nashrlarda (bundan umidim yo‘q emas) albatta ulardan foydalanar edim.
So‘zimning so‘ngida bu asarning tarjimasiga sababchi bo‘lgan Tursunxo‘ja hoji akaga va bu asarni o‘quvchilarga yetkazish uchun jonbozlik qilgan barcha do‘stlarga minnatdorchiligimni bildiraman.
 
Tarjimon.
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Mart 2009, 07:31:40
MUNDARIJA

Xoluq Nurboqiyning "Qur’oni Karimning ilmiy mo‘jizalari" kitobi to‘g‘risida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162988#msg162988)
So‘zboshi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162991#msg162991)

Birinchi bo‘lim
ASILLIK MO’JIZASI (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162993#msg162993)
A) Tarovatidagi mangulik belgilari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162994#msg162994)
B) Qur’onning soflik-xolislik sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162996#msg162996)
a) Ayollar mavzui (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162996#msg162996)
b) Huquq sohasida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162996#msg162996)
v) Ma’lumotning yuksakligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162998#msg162998)
g) Qur’onning tili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg162999#msg162999)
d) Qur’onning ohangi (ritmi) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163001#msg163001)

Ikkinchi bo‘lim
TIZIMIDAGI HIKMATLAR (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163002#msg163002)
A) Oyatlarning joylanish tartibidagi sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163003#msg163003)
B) Harfiy muqatta’a (shifrlar) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163004#msg163004)
V) Hikoyatlar va inson sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163006#msg163006)
G) Suralarning nomlari va joy-joyiga qo‘yilishidagi hikmatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163007#msg163007)

Uchinchi bo‘lim
QUR’ONNING MATEMATIK MO’JIZASI (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163008#msg163008)
A) 19ning Qur’onda bildirilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163008#msg163008)
B) Bismilloning 19 siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163009#msg163009)
V) Ramzlarda 19ning nazokati va boshqa hikmatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163010#msg163010)

To‘rtinchi bo‘lim
QUR’ONNING FIZIKAGA OID MO’JIZALARI (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163011#msg163011)
A) Parite haqiqati va Qur’on (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163012#msg163012)
B) Gravitatsiya va giroskopik harakat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163015#msg163015)
V) Koinotdagi "qora tuynuklar" (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163018#msg163018)
G) Taspuoplar va zamon tushunchasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163021#msg163021)

Beshinchi bo‘lim
QUR’ONNING TIBBIY MO’JIZALARI (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163025#msg163025)
A) Tahorat va g‘uslning sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163025#msg163025)
a) Vujudning statik-elektrik muvozanati masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163025#msg163025)
b) Sirkulyatsiya masalalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163026#msg163026)
v) Limfa aylanish masalasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163027#msg163027)
B) Ro‘za mo‘jizasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163029#msg163029)
a) Ro‘zaning hazm tizimiga ko‘rsatadigan mo‘‘jizaviy ta’sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163029#msg163029)
b) Ro‘zaning modda aylanish tizimiga beradigan ne’matlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163031#msg163031)
v) Ro‘zaning hujayralarga ta’siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163032#msg163032)
g) Ro‘zaning asab sistemasiga ta’siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163033#msg163033)
V) Homila va tug‘ilish sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163034#msg163034)
Tug‘ilish mo‘jizasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163037#msg163037)
G) Asal va arining sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163038#msg163038)
a) Arining ko‘von siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163038#msg163038)
b) Arining yo‘l tanlashi va qaytishda uyini topishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163039#msg163039)
v) Asalning tarkibi va xususiyatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163040#msg163040)
g) Asalning turli ranglardagi sharbat ayirmasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163041#msg163041)
d) Asalning insonlarni shifolashda ko‘rsatadigan ta’siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163042#msg163042)

Oltinchi bo‘lim
QUR’ONNING HAR XIL ILMIY MO’JIZALARI  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163286#msg163286)
1. Koinotning maxfiy haqiqatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163286#msg163286)
A) Cheksiz o‘lchovlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163287#msg163287)
B) Koinotdagi magnit tarangligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163289#msg163289)
a) Kvantning mavjudligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163290#msg163290)
b) Inter aktsion (o‘zaro ta’sir) kuchi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163290#msg163290)
v) Giroskopik harakatning siltanish kuchi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163291#msg163291)
V) Bo‘linuvchi zarralar (Big Bang) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163292#msg163292)
G) Koinot sahifalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163295#msg163295)
2. Yer va muhit (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163297#msg163297)
A) Muhitning sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163297#msg163297)
B) Yerning aylanishi va dumaloqligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163299#msg163299)
V)Neft (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163300#msg163300)
G) Tog‘lar va zilzila (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163301#msg163301)
3. Suv va hayot (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163302#msg163302)
A) Suv va hayot (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163303#msg163303)
B) Inson va uch qorong‘i mintaqa (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163307#msg163307)
V) Yomg‘irning sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163308#msg163308)
G) Tuyaning biologik xususiyatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163311#msg163311)
4. O’lik tuproqning tirilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163313#msg163313)
5. Bo‘g‘ozlarning hikmati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163317#msg163317)
6. Qur’onning boshni aylantiruvchi ichimlikni man etganligi mo‘jizasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163319#msg163319)
7. "Ixlos" surasining sirlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163322#msg163322)
Ahad siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163324#msg163324)
Somad siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163325#msg163325)

Yettinchi bo‘lim
QUR’ONNING KALOM SIRI  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163328#msg163328)
A) Qur’onning hay siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163329#msg163329)
B) Yurak va Qur’on (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163332#msg163332)
V) Qur’on va anfus hikmatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163334#msg163334)
G) Fotiha va Qur’on siri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163336#msg163336)

Xoluq Nurboqiyning "Qur’oni Karimning ilmiy mo‘jizalari" asari tarjimasi to‘g‘risida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.msg163339#msg163339)
Nom: Re: QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI. Xoluq Nurboqiy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Mart 2009, 07:36:48
Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari

(http://www.ziyouz.com/images/books/quroni_karim_ilmiy_mujiza.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=354)

Muallif: Xoluq Nurboqiy
Hajmi: 294 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=354)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3439.0)