forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 22:58:11

Nom: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 22:58:11
PAYG'AMBARLAR QISSASI

BOLALAR UCHUN
Muallif:

Abul Hasan Nadaviy

MUNDARIJA

Nuhning kemasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg163446#msg163446)
Ibrohim alayhissolatu vassalomning qissasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg163468#msg163468)
Eng go'zal qissa: Yusuf alayhissalom qissasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg163638#msg163638)
Muso alayhissalom qissasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg163782#msg163782)
Fir'avn xonadonidagi mo'min kishi. (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg163808#msg163808)
Dovud va  Sulaymon alayhimassalomlar qissasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg163988#msg163988)
Ayyub va Yunus alayhimassalomlarning qissalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg164759#msg164759)
Shuayb alayhissalomning qissasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg164766#msg164766)
Iyso ibn Maryam alayhissolatu vassalomning qissasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg164780#msg164780)

MUQADDIMA
Musulmon o'g'il-qizlarim!
Men barcha tengqurlaringiz kabi sizning ham qissa-yu hikoyalarga, ularni eshitish va o'qishga juda-juda qiziqishingizni ko'rib turibman. Lekin, achinarli tomoni shundaki, qo'lingizda faqat mushuk, it, bo'ri, sher va ayiq kabi hayvonlar haqidagi ertaklar...
Ha, bu biz - kattalarning kamchiligimiz. Xudo xohlasa, ushbu kitobchamiz chop etilgan holatda sizlarga yetib boradi...
Aziz o'g'il-qizlarim! Men sizlarning turli bemaza ertaklar va hayvonlar haqidagi hikoyalardan boshqa o'z yoshingizga munosib qissalar topa olmayotganingizdan xijolatdaman. Shu bois, sizga, barcha musulmon farzandlariga atab Payg'ambarlar tarixini yengil uslub bilan bolalar tilida bayon etishga kirishdim. Qo'lingizdagi ushbu kitobcha payg'ambarlar qissasidan siz aziz bolalarim uchun yozilgan birinchi kitobidir. Uni senga hadya qilaman.
Kitobni imkon qadar bolalar tili va tabiatiga yaqin qilib yozdim. Sodda, yengil, tushunarli bo'lishiga, jumlalarning takror-takror kelishiga alohida e'tibor berdim.
Xudo xohlasa, o'tgan payg'ambarlar qissasini yengil uslub, chiroyli bayon va qiziqarli tilda senga tuhfa qilaman. Ularda mutlaqo yolg'on aralashmaydi.
Ey birodarimning o'g'ilchasi – Abdulloh! Alloh sen bilan ota-onang, amaking hamda Islom ko'zini quvonchlarga to'ldirsin. Seni sababchi qilib ushbu xonadonga, butun musulmonlarga otalaring barakotlarini qaytarsin!
Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy.




NUHNING KEMASI

1 - Odamdan so`ng

Alloh ta`olo Odamning zurriyotiga baraka berdi. Ularning ichida ko`plab e`rkaklar va ko`plab ayollar bor e`di.

Odamning zurriyotlari Yer yuziga tarqalib, ko`paydilar.

Odam qaytib kelsa e`di, zirriyotlarini taniy olmas e`di.

Agar unga: “E`y, Odam, bular sizning zurriyotingiz”- deyilsa, U hayron bo`lar va: “Subhonalloh, bularning hammasi mening farzandlarim va zurriyotimmi?!”- degan bo`lar edi.

Odam zurriyotining ko`p qishloqlari bor edi. Ular ko`p uylar qurgan e`dilar.

Ular yer haydab, ekin ekib kun kechirishar e`dilar.

Odamlar otalari Odamning dinida bo`lib, Alloh ta`ologa ibodat qilishar va Unga biron narsani sherik qilmas edilar!

Odamlar bir Ummat edilar: otalari Odam va robbilari Alloh edi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 22:58:54
2 — Shaytonning hasadi

Iblis va uning zurriyoti bunga qanday rozi bo`lsin? Odamlar qachongacha Alloh ta`ologa ibodat qiladilar?!

Odamlar qachongacha bir-birlari bilan ittifoq va o`rtalarida kelishmovchilik bo`lmay yagona xalq bo`lib yashaydilar?!

Buning bo`lshi mimkin e`mas! Buning bo`lishi mumkin e`mas!

Odamning zurriyotlari jannatga, iblis va uning zurriyotlari jahannamga kirsinmi?!

Yo`q, buning bo`lishi mumkin e`mas! Buning bo`lishi mumkin e`mas!

Zero, iblis Odamga sajda qilmadi va Alloh uni o`z dargohidan quvdi hamda la`nat qildi.

Iblis buning e`vaziga Odamning zurriyotlaridan qasos olib, ular ham Iblis bilan birga jahannamga kirmasinlarmi?!

Albatta, shunday bo`lishi kerak! Albatta, shunday bo`lishi kerak!
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:02:02
3 — Shaytonning fikri

Shayton odamlarni butlarga ibodat qilishlari va o`zi bilan birga jahannamga kirib, jannatga kirmasliklari uchun da`vat qila boshladi.

Shayton Alloh ta`olo shirk (Alloh ta`ologa sherik qilinishi)ni kechirmasligini, undan boshqa gunohlarni hohlasa kechirishini juda yaxshi bilar e`di.

Shuning uchun ham Shayton odamlarni shirk gunohini qilishga va undan keyin jannatga hech ham kirmasliklari uchun da`vat e`tmoqchi bo`ldi.

Buni qanday amalga oshirish mumkin?! Axir odamlar Alloh ta`oloning o`zigagina ibodat qila- yaptilar-ku!!

Agar Shayton odamlarning oldiga borib: "œAllohga ibodat qilmay, butlarga ibodat qilinglar!"- deb aytsa, odamlar uni so`kib, uradilar-ku!

Odamlar: "œUnday gunohni qilishdan Alloh saqlasin! Biz robbimizga sherik qilamizmi?! Butlarga ibodat qilamizmi?! Sen Alloh huzuridan toshlar bilan quvilgan Shaytonsan! Sen iflos Shaytonsan"- deydilar-ku!!
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:03:01
4 — Shaytonning hiylasi

Lekin, Shayton odamlarning ichlariga kiradigan yo`lni topdi.

Ba`zi odamlar Allohdan qo`rqishar, Allohga kechayu kunduz ibodat qilib, Allohni ko`p zikr qilar e`dilar.

Ular Alloh ta`oloni yaxshi ko`rishar, Alloh ham ularni yaxshi ko`rib, ularning duolarini qabul qilar e`di.

Odamlar ham ularni sevishar, ulug`lashar e`di.

Shayton bularni juda ham yaxshi bilar e`di.

U odamlar o`ldilar va Allohning rahmatiga qovushdilar.

Shayton odamlar oldiga borib, u odamlarni tilga oldi va: "œFalonchi, falonchi va falonchi qanday odam e`dilar?"- deb so`radi.

Odamlar: "œSubhonalloh! Ular Allohning do`stlari e`dilar. Ular Allohga duo qilisalar Alloh ularning duolarini qabul qilar va nimani so`rasalar berar e`di"- deb javob berdilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:04:16
5 — Solih kishilarning suratlari

Shayton: "œUlarga bo`lgan qayg`ularingiz qanday?!"- dedi.

Odamlar: "œQayg`umiz buyuk!"- dedilar.

-         Ularni nega har kuni ko`rib turmaysizlar?

-         Buning qanday iloji bor, axir ular o`lib ketdilar-ku?!

-         Ularning suratlarini chizib, har kuni e`rtalab ularga bir qarab qo`yinglar.

Iblisning so`zlari odamlarga ma`qul keldi va ular solih odamlarning suratlarini chizdilar.

Odamlar u suratlarga har kuni qarashar va solih odamlarni xotirlar e`dilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:04:38
6 — Suratlardan haykallarga

Odamlar suratlardan haykallarga o`tdilar.

Odamlar solih odamlarning ko`p haykallarini yasadilar va uylari hamda masjidlariga qo`ydilar.

Ular Alloh ta`ologa biron narsani sherik qilmas e`dilar.

Odamlar bular solih odamlarning haykallari e`kanini bilar e`dilar.

Haykallar odamlarga foyda, zarar va rizq bermaydigan toshdan qilingan e`kanini bilar e`dilar. Biroq, ular bu haykallar bilan tabarruklanishar va ularni ulug`lar e`dilar. Chunki ular solih kishilarning haykallari e`di.

Odamlar ichida haykallar ko`paydi va haykallarni ulug`lash rivojlandi.

Ular ichlaridan bir solih odam vafot e`tsa uning haykalini yasashar va bu haykalni uning nomi bilan atashar e`di.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:05:44
7 — Haykallardan butlarga

U odamlar vafot e`tdilar. Ularning bolalari otalarining haykallardan tabarruklanishlari va ularni ulug`laganlarini ko`rar e`dilar.

Ular otalarining haykallarni o`pganlari, qo`llari bilan silaganlari va ular oldida duo qilganlarini ko`rar e`dilar.

Ular otalarining haykallar oldida bo`yinlarini e`gganlari, ruku` qilganlarini ko`rar e`dilar.

Bolalar otalarining qilgan ishlariga haykallarga sajda va qurbonliklar qilish hamda ulardan o`z e`htiyojlarini so`rashni qo`shdilar.

Shunday qilib bu butlar xudolarga aylandi. Odamlar ularga ilgari Allohga ibodat qilganlaridek, ibodat qila boshladilar. Odamlar ichida xudolar ko`paydi: bunisining ismi Vadd, bunisiniki Suva`, unisiniki Yag`us, bunisiniki Yauuq va unisiniki Nasr e`di.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:06:34
8 — Allohning g`azabi

Alloh odamlarga qattiq g`azab qildi va ularni la`natladi.

Alloh nega ularga g`azab va la`nat qilmasin?! Axir, Alloh ularni shuning uchun yaratib rizq berganmidi?!

Ular Allohning Erida yurib, Allohga kofir bo`lmadilarmi?!

Ular Allohning rizqini eb, Allohga sherik qilmadilarmi?!

Bu katta zulm-ku! Bu katta zulm-ku!

Alloh odamlarga g`azab qildi: yomg`ir yog`dirmay, odamlarni qiyin ahvolga soldi. Odamlar ichida nasl va hosillar ozayib ketdi.

Lekin odamlar buni tushunmadilar va tavba qilmadilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:07:27
9 — Rasul-payg`ambar

Alloh ta`olo ularning ichidan ular bilan gaplashib, ularga nasihat qiladigan bir e`rkakni o`z tarafidan e`lchi qilishni hohladi.

Zero, Alloh har bir odam bilan gaplashib: "œSen unday qil! Sen bunday qil!"- deb aytmaydi. Axir podshohlar ham odamlar bilan alohida-alohida gaplashmaydilar-ku!

Podshohlar ham har bir odam oldiga kelib: "œUnday qil, bunday qil!"- demaydilar-ku!

Podshohlar odamlardan biri, hamma ularni ko`rishi va so`zlarini e`shitishi mumkin. Ammo Allohni hech kim ko`ra olmaydi, e`shita olmaydi va U bilan hech kim gaplasha olmaydi. Bunga Alloh hohlagan paytda Alloh hohlagan odamlargina qodir bo`la oladilar.

Alloh ta`olo odamlarga ular bilan gaplashib, ularga nasihat qiladigan e`lchi yuborishni hohladi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:08:17
10 - Insonmi, farishtami?

Alloh ta`olo bu e`lchining insonlardan, odamlar taniydigan, so`zlarini tushunishadigan birisi bo`lishini hohladi. Axir e`lchi farishta bo`lsa odamlar: "œBiz kimu, u kim! U farishta, biz insonmiz-ku?!

Bizlar eb-ichamiz, bizning xotinlarimiz va bolalarimiz bor. Biz Allohga qanday ibodat qilamiz?!"- der e`dilar.

E`lchi agar inson bo`lsa, shinday der e`di:

"œMen ham eb-ichaman. Mening ham xotinim va farzandlarim bor. Men Allohga ibodat qilaman, sizlar nega ibodat qilmaysizlar?". E`lchi agar farishta bo`lsa odamlar shunday der e`dilar:

"œSen chanqamaysan, sening qorning ochmaydi. Sen kasal bo`lmaysan, o`lmaysan. Shuning uchun ham Alloh ta`ologa ibodat qilib, Uni doimo zikr qilasan.

Biz e`sa insonmiz: chanqaymiz, qornimiz ochadi, kasal bo`lamiz, o`lamiz. Shunday e`kan, qanday qilib Allohga ibodat qilib, Uni zikr qilaylik".

E`lchi agar inson bo`lsa shunday der e`di:

"œMen ham sizlar kabi chanqayman, och qolaman, kasal bo`laman, o`laman. Men Allohga ibodat qilaman, Uni zikr qilaman. Nega sizlar Allohga ibodat qilib, Uni zikr qilmaysizlar?!".

Natijada, odamlar hech qanday sabab topisha olmay, mot bo`lar e`dilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:10:42
11 — E`lchi Nuh

Alloh ta`olo Nuhni o`z xalqiga e`lchi-payg`ambar qilib yuborishni hohladi.

Xalq ichida boylar va rahbarlar ko`p e`di. Lekin Alloh ularni e`mas, Nuhni payg`ambar qilib tanladi.

Alloh payg`ambarlik va Allohning omonatini ko`taradigan odamni yaxshi biladi.

Nuh solih, aqlli, halim va oliyjanob e`di.

Nuh nasihatgo`y, mehribon, rostgo`y va omonatdor e`di.

Alloh ta`olo o`z payg`ambarligi uchun Nuhni tanlab oldi  va unga: "œXalqingizni boshiga alamli azob kelishidan avval ogohlantiring!"- deb vahiy qildi.

Nuh xalqi orasida: "œMen sizlar uchun (yuborilgan) omonatdor payg`ambarman"- deya boshladi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:12:31
12 — Xalq nima dedi?

Nuh xalqiga: "œMen sizlar uchun (yuborilgan) omonatdor payg`mbarman" deb aytganida ba`zi odamlar: "œBu qachondan buyon payg`ambar bo`lib qoldi? Axir u kecha bizlardan biri e`masmidi? Bugun: "œMen Allohning sizlar uchun yuborilgan payg`ambariman"- deyaptimi?".

Nuhning do`stlari: "œNuh yoshligida bizlar bilan birga o`ynar e`di. Har kuni biz bilan birga o`tirar e`di. Unga payg`ambarlik qachon kelibdi? Kechasimi yoki kunduzimi?"- dedilar.

Boylar va mutakabbirlar: "œAlloh payg`ambar qilish uchun Nuhdan boshqasini topa olmabdimi? Odamlar o`lib, Alloh bu faqirdan boshqasini topa olmabdimi?"- dedilar.

 Johillar: "œU (Nuh) sizlar kabi inson-ku!". "œAgar Alloh hohlasa, farishtani yuborar e`di. Biz buni (yashab o`tgan) avvalgi otalarimizdan e`shitmagan e`dik"- dedilar.

Ba`zi odamlar: "œNuh shu yo`l bilan podshoh  yoki e`ng sharafli inson bo`lmoqchi"- dedilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:12:57
13 — Nuh va xalqi o`rtasida

Odamlar butlarga ibodat qilishni haqiqat va aqllilik deb o`ylar e`dilar.

Odamlar butlarga ibodat qilmagan kishi adashgan va pastkashdir deb o`ylar e`dilar.

Ular: "œOtalarimiz butlarga ibodat qilar edilar, nega bu ibodat qilmaydi"- der e`dilar.

Nuh: "œButlarga ibodat qilish adashish va pastkashlikdir"- deb o`ylar e`di.

Nuh: "œOtalar ham adashgan va pastkash bo`lganlar. Otalarning otasi Odam butlarga e`mas, Allohga ibodat qilar e`di.

Xalq ham adashgan va pastkashdir. Chunki ular o`zlarini yaratgan Allohga e`mas, toshlarga ibodat qilmoqdalar"- deb o`ylar e`di.

Nuh oyoqqa turib bor ovozi bilan baralla:

"œE`y, xalqim, Allohga ibodat qilingiz! Sizlar uchun undan boshqa iloh yo`qdir! Men boshlaringizga keladigan dahshatli kunning azobidan qo`rqaman!"- dedi.

"œXalqi ichidan ba`zilar: "œBiz seni ochiq adashgan holatda ko`rmoqdamiz"- dedilar".

"œNuh: "œHoy xalqim, menda adashishlik yo`q. Lekin men barcha Olamlar robbisi tarafidan e`lchiman. Men sizlarga robbimning payg`omini etkazaman va sizlarga nasihat qilaman hamda Allohdan sizlar bilmagan narsalarni bilaman"- dedi".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:13:21
14 — Senga pastkash odamlar e`rgashdi

Nuh xalqining Allohga iymon keltirib, ibodat qilishi va butlarga ibodat qilishni tark qilishi uchun ko`p tirishdi.

Nuhga bir necha kishilargina iymon keltirdilar.

Nuhga o`z qo`llari bilan kasb qilib, halol narsalarni yedigan kishilargina iymon keltirdilar.

Xalqi ichidagi boylarni Nuhga itoat qilishga kibrlari yo`l qo`ymadi.

Ularning boyliklari va farzandlari oxirat haqida tafakkur qilishga yo`l bermadi. Ular: "œBiz aslzodamiz, ular e`sa pastkashlardir"- der e`dilar.

Nuh ularni Alloh yo`liga da`vat e`tib: "œSenga pastkashlar e`rgashsa, biz senga e`rgashamizmi?!"- dedilar va Nuhdan u bechoralarni quvib yuborishini talab qildilar.

Lekin Nuh: "œMen mo`minlarni quvadigan inson e`masman". Mening darvozam podshohlar darvozasi e`mas. "œMen ochiq ogohlantiruvchiman, xolos""- dedi.

Nuh u bechoralarning samimiy mo`min e`kanliklarini, ularni quvsa Alloh g`azab qilishi va o`zi- ga hech kim yordam bermasligini bilar e`di. Shu- ning uchun ham Nuh: "œHoy xalqim, men ularni quvsam Alloh tarafidan menga kim yordam beradi?!"- dedi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:13:42
15 — Boylarning hujjati

Boylar shunday dedilar:

 "œNuh da`vat e`tayotgan narsa haqiqat va yaxshilik e`mas. Nega? Chunki biz barcha yaxshilikni birinchi bo`lib qilamiz. E`ng shirin taomlar, e`ng chiroyli kiyimlar biznikidir. Ularni odamlar bizdan keyingina olishlari mumkin.

Biz o`ylaymizki, bu shaharda barcha yaxshilik birinchi bo`lib bizga, keyin boshqalra kelar e`di. Demak, Nuh aytayotgan narsa yaxshilik bo`lsa e`di, u kambag`allarga kelishidan avva bizga kelgan bo`lar e`di. "œAgar yaxshilik bo`lsa ular bizdan avval unga etisha olmas e`dilar".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:14:01
16 — Nuhning da`vati

Nuh o`z qavmini da`vat e`tdi va nasihat qilishga kirishdi.

"œNuh dedi: "œMen sizlar uchun yuborilgan ochiq da`vatchiman: Alohgagina ibodat va taqvo qilib, ungagina itoat e`tinglar, Alloh sizlarning gunohla-ringizni kechiradi va sizlarni belgilangan muddatga kechiktiradi. Agar bilsangizlar, Allohning ajali kelgan vaqtida aslo ortga surilmas".

Alloh ularga g`azab qilgan, yomg`irni to`xtatgan, natijada, hosil va nasllari ozayib ketgan e`di.

Shuning uchun ham Nuh: "œE`y, xalqim, Agar Allohga iymon keltirsangiz, U sizdan rozi bo`ladi va boshingizdagi azob ketadi.

U sizlarga yomg`irlarni yog`diradi va rizq va naslingizda baraka beradi"- dedi.

Nuh xalqini Alloh yo`liga da`vat e`tdi va dedi:

"œSizlar Allohni tanniysizlarmi?! Atrofingizdagi Allohning mo`jizalarini ko`rmaysizlarmi? Yer va Osmonga boqmaysizlarmi?

Osmonlarni kim yaratdi?

Osmonlarga Oyni nur, Quyoshni chiroq qilib kim joylashtirdi?

Sizlarni kim yaratdi? Sizlarga yerni to`shab qoygan zot kim?".

Nuh shunchalar da`vat qilsada, xalqi tushunmadi va iymon keltirmadi.

Balki, Nuh da`vat e`tsa, uning so`zlarini e`shitmaslik uchun quloqlariga barmoqlarini tiqib olar e`dilar.

E`shitmagan odam qanday tushunishi mumkin? E`shitishni hohlamagan odam qanday e`shitishi mumkin?!
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:14:29
17 — Nuhning duosi

Nuh uzoq zamonlar xalqini Alloh yo`liga da`vat e`tdi.

Nuh xalqini to`qqiz yuz e`llik yil da`vat qildi.

Lekin, xalq iymon keltirmadi.

Xalq butlarga ibodat qilishdan voz kechib, Allohning yo`liga qaytmadi.

Nuh qachongacha kutishi kerak? Nuh qachongacha Erdagi fasodni va butlarga ibodat qilinishini ko`rishi kerak?

U qachongacha odamlarning Allohning rizqini eb, boshqa larga ibodat qilishini ko`rishi kerak?

Nega Nuh g`azab qilmasin? Axir u misli ko`rilmagan darajada sabr qildi-ku!

To`qqiz yuz e`llik yil-a! Allohu akbar!

Alloh ta`olo Nuhga vahiy qilib: "œShu kunga qadar iymon keltirgan kimsalardan boshqa hech kim xalqing ichidan iymon keltirmas"- dedi.

Nuh da`vat e`tar e`kan, xalqi: "Hoy Nuh, biz bilan ko`p bahs qilding. Agar rost gapirayotgan bo`lsang,va`da qilayotgan narsalaringni keltir!- dedi.

Nuh g`azablandi va ulardan noumid bo`lib: "œAllohim, yer yuzida bironta kofirni qo`yma!"- dedi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:14:50
18 — Kema

Alloh Nuhning duosini ijobat qildi va uning xalqini suvga g`arq qilishni hohladi.

Alloh bu bilan Nuh va mo`minlarni qutqarib qolishni hohlagan e`di.

Shuning uchun ham Alloh Nuhga ulkan kema yasashni amr qildi.

Nuh ulkan kema yasay boshladi.

Nuhni ko`rgan xalqi yana tinch turmadilar. Balki, Nuhni masxara qila boshladilar:

"œBu nimasi, Nuh. Qachondan buyon duradgor bo`lib qolding?

Biz senga: "œU pastkashlar bilan birga o`tirma!"- degan e`dik. Sen quloq solmay, duradgor va temirchilar bilan birga o`tirding va duradgor bo`lib qolding!

Hoy, Nuh, sening ishing ajoyibku, bu kema qaerda yuradi?

U qumlarda yuradimi yoki tog`larga chiqadimi?

Dengiz juda ham uzoqda bo`lsa. Yoki uni jinlar ko`taradimi yoki ho`kizlar tortadimi?!".

Nuh bu so`zlarni e`shitar va sabr qilar e`di. Axir u bundan og`ir narsalarga sabr qilmadimi?

Lekin, Nuh ba`zida: "œBizning ustimizdan kulsangiz, biz ham ustingizdan sizlar kabi kulamiz"- der e`di.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:15:08
19 — To`fon

Allohning va`dasi keldi, Alloh saqlasin!

Osmon yomg`ir quyaverdi, quyaverdi.

Go`yo osmon suvni tuta olmaydigan e`lak kabi e`di.

Suv erlardan ham otilib chiqdi va odamlarni har tomondan o`rab oldi.

Alloh ta`olo Nuhga: "œXalqing va oilang ichidan senga iymon keltirgan kimsalarni o`zing bilan birga ol!"- deb vahiy qildi.

Alloh ta`olo Nuhga har bir hayvon va parrandadan bir juft: e`rkak va urg`ochi olishni amr e`tdi.

Chunki to`fon hammaga barobar e`di. Undan na inson va na hayvon qutila olar e`di.

Nuh Allohning amriga itoat e`di va  kemaga xalqi ichidan iymon keltirgan odamlar mindilar.

Uning kemasiga har bir hayvon va parrandadan bir jufti chiqarildi.

Tog`dek ko`ringan kema to`lqinlarni yorib, suza boshladi.

Kofirlar Allohning azobidan qutulamiz deb baland erlarga, tog`larning cho`qqilariga chiqib oldilar.

Lekin, bu azobdan Allohgina qutqazishi mumkin e`di.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:16:00
20 — Nuhning o`g`li

Nuhning kofirlar bilan birga bo`lgan o`g`li bor e`di.

Nuh o`g`lini to`fon ichida ko`rib: "œOg`lim, biz bilan birga kemaga mingin. Kofirlar bilan birga bo`lma!"- dedi.

"œ(O`g`li): "œTog`ning cho`qqisiga chiqib olaman va u meni suv(da g`arq bo`lish) dan saqlaydi"- dedi.

"œ(Nuh): "œBugun Allohning amridan Alloh rahm qilganlargina qutila oladilar"- dedi".

"œU ikkisining o`rtasini to`lqinlar to`sdi va (o`g`il) g`arq bo`ldi".

Nuh o`g`li uchun qattiq qayg`urdi. Nega qayg`urmasin? Axir u o`g`li e`di-ku!!

Nuh o`g`lining qiyomat kuni jahannamdan qutilishini  hohlar e`di. Zero, u kecha to`fondan qutila olmadi-ku!

Jahannam to`fondan yomondir. Oxirat azobi qattiqdir. Axir Alloh Nuhning oilasini qutqarishni va`da qilmadimi?! Ha! Allohning va`dasi haqdir.

Nuh o`g`li uchun Allohning huzurida shafoat so`ramoqchi bo`ldi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:16:18
21 — Sening ahlingdan e`mas

"œNuh robbisiga nido qilib: "œO`g`lim mening ahlim (oilam) dan, Sening va`dang haqdir va sen eng adolatli hukm qiluvchisan"- dedi".

Lekin, Alloh nasablarga e`mas, amallarga qaraydi.

Alloh mushriklar uchun qilingan shafoatni qabul qilmaydi.

Mushrik, garchi o`g`li bo`lsada, payg`ambarning ahlidan bo`la olmas.

Alloh ta`olo Nuhni bunga ogohlantirib dedi: "œEy Nuh, u sening ahlingdan e`mas! Albatta u (ning qilgan amali-kufr yo'lini tutgani) yomon amaldir. Bas, o'zing bilmagan narsa haqida aslo Mendan so`rama! Men senga johil-nodonlardan bo`lmaslikni buyuraman".

Nuh ogohlandi va Allohga tavba qilib, dedi:

"œRobbim, men sendan bilmagan narsamni so`rashdan panoh so`rayman. Agar meni kechirmasang va rahm qlmasang, men ziyonkrlardan bo`laman".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:16:49
22 — To`fondan so`ng

Alloh hohlagan narsa bo`lib, kofirlar g`arq bo`lanlaridan so`ng, yomg`ir to`xtadi, suvlar Yer ostiga ketdi.

Kema Judiy tog`i uzra tohtadi va: "œZolim qavmga halokat bo'lgay"- deyildi".

Va: "œEy Nuh, tinchlik bilan (kemadan Yerga) tushgin!" deyildi.

Nuh va kemaga u bilan mingan maxluqlar quruqlikda xotirjam yura boshladilar.

Nuh xalqining ichidagi kofirlar o`ldi. Ularning ortidan hech kim yig`lamadi.

Alloh Nuhning zurriyotiga baraka berdi va ular Yer yuziga yoyildilar.

Ularning ichida turli xalqlar, payg`ambarlar va podshohlar bor e`di.

"œBarcha olamlar ichida Nuhga salomlar bo`lsin!".

"œBarcha olamlar ichida Nuhga salomlar bo`lsin!".

 

*      *     *
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:19:32
Ibrohim alayhissolatu vassalomning qissasi

Bismillahir rohmanir rohiym


Butlarni kim sindirdi?

1 — Butfurush

Juda qadim zamonda, bir qishloqda mashhur kishi bor e`di.

Uning ismi Ozar e`di.

Ozar butlarni sotar e`di.

Bu qishloqda juda ham katta uy bor e`di.

Bu uyda juda ham ko`p butlar bor e`di.

Odamlar bu butlarga ibodat qilar e`dilar.

Odamlar bu butlarga sajda qilar e`di lar.

Ozar ham bu butlarga sajda qilar e`di.

Ozar ham bu butlarga ibodat qilar e`di.

 
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:20:26
2 — Ozarning o`g`li

 

Ozarning aqlli o`g`li bor e`di.

Uning ismi Ibrohim e`di.

Ibrohim odamlarning butlarga ibodat qilganlarini ko`rar e`di.

Ibrohim odamlarning butlarga sajda qilganlarini ko`rar e`di.

Ibrohim butlarning toshdan e`kanini bilar e`di.

Ibrohim butlarning gapirmasligi va e`shitmasligini bilar e`di.

Ibrohim butlarning zarar va foyda bermasligini bilar e`di.

Ibrohim pashshalarning butlar oldiga kelib qo`nganini, butlar e`sa ularni hayday olmaganlarini ko`rar e`di.

Ibrohim sichqonlar butlarning oldidagi taomlarni eganlarini, butlar e`sa ularni hayday olmaganlarini ko`rar e`di.

Ibrohim o`zicha: "œNega odamlar butlarga ibodat qiladilar?!"- der e`di.

Ibrohim o`zicha: "œNega odamlar e`h tiyojlarini butlardan so`raydilar?!"- der e`di.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:21:01
3 — Ibrohimning nasihati

 

Ibroim otasiga shunday dedi:

 "œOtajon, nega butlarga ibodat qilasiz?

Otajon, nega butlarga sajda qilasiz?

Otajon, nega butlardan e`htiyojingizni so`raysiz?

Axir bu butlar e`shitib, gapirmaydiku!

Axir bu butlar foyda va zarar ber maydi-ku!

Otajon, bu butlar eb ichmaydi-ku!".

Ozar o`g`lining bu so`zlaridan g`azablanar va uning so`zlarini tushunmas e`di.

Ibrohim o`z qavmiga nasihat qilar, ular e`sa g`azablanishar va uni tushunmas e`dilar.

Ibrohim: "œOdamlar ketganlarida bu butlarni sindiraman. Odamlar shundagina tushunadilar"- dedi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:21:27
4 — Ibrohim butlarni sindirdi

 

Bayram kuni keldi.

Odamlar xursand bo`ldilar.

Kattalar ham, bolalar ham bayramga chiqdilar.

Ibrohimning otasi ham bayramga chiqar e`kan Ibrohimga: "œSen chiqmay sanmi?"- dedi.

Ibrohim: "œYo`q, men kasalman"- dedi.

Odamlar ketdilar. Ibrohim butlar turgan uyda qoldi.

Ibrohim butlar oldiga kelib dedi:

"œGapirmaysizlarmi?! E`shitmaysiz larmi?!

Mana bu taom va sharob! Ulardan yeb, ichmaysizlarmi?!"

Butlardan ovoz chiqmadi. Chunki ular gapir maydigan tosh e`dilar.

Ibrohim: "œNega gapirmaysizlar?"- dedi.

Butlar jim, gapirmas e`dilar.

Bundan Ibrohimning jahli chiqdi va qo`liga boltani oldi.

Ibrohim bolta bilan butlarni urib, sindirdi.

Ibrohim katta butdan boshqa barcha butlarni sindirdi va uning bo`yniga boltani osib qo`ydi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:21:52
5 — Butlarni kim sindirdi?

Odamlar qaytdilar va butlar turgan uyga kirdilar.

Odamlar butlarga sajda qilmoqchi bo`ldilar. Chunki u kun bayram e`di.

Lekin odamlar hayron bo`lib qoldilar.

Odamlar afsus qilib, g`azablandilar. Ularning ba`zilari: "œBizning xudolarimizga buni kim qildi?!"- dedilar.

Ba`zilar: "œIsmi Ibrohim bo`lgan bir yigitning xudolarimiz haqida gapirganini e`shitgan e`dik"- dedilar.

Odamlar: "œE`y Ibrohim, xudolarimizga bu ishni sen qildingmi?!"- dedi lar.

Ibrohim: "œYo`q, uni butlarning mana bu kattasi qildi. Agar gapira olsalar ulardan so`rab ko`ringlar?!"- dedi.

Odamlar butlar toshdan yasalgan e`kanini bilar e`dilar.

Odamlar toshlar e`shitmasligi va gapirmasligini bilar e`dilar.

Odamlar katta but ham tosh e`kanini, u yurmasligi va qimirlay olmasligini bilar e`dilar.

Odamlar katta butning boshqa butlarni sindirishga kuchi yetmasligini bilar e`dilar.

Ular Ibrohimga: "œSen butlarning gapirmasligini bilasanku!"- dedilar.

Ibrohim dedi: "œSizlarga foyda va zarar bera olmaydigan butlarga nega ibodat qilasizlar?

Gapirmaydigan va e`shitmaydigan butlardan nega e`htiyojlaringizni so`raysizlar?

Nega hech narsani tushunmaysizlar!

Nega aqllaringizni ishlatmaysizlar?".

Odamlar hech narsa deya olmadilar va xijolat bo`ldilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:22:18
6 — Sovuq olov

 

Odamlar to`planib: "œE`ndi nima qilamiz?

Ibrohim butlarni sindirdi va xudolarimizni tahqirladi"- dedilar.

Odamlar bir-birlariga: "œIbrohimga nima jazo beraylik?"- deb so`radilar.

Bir ovozdan: "œUni yoqinglar va xudolaringizga yordam beringlar!"- dedilar.

Shunday qilindi: Odamlar olov yoqib, Ibrohimni olovga otdilar.

Alloh ta`olo Ibrohimga yordam berdi va olovga: "œHoy olov, Ibrohim uchun zararsiz va sovuq bo`l!"- deb amr qildi.

Alloh aytganidek bo`ldi. Olov Ibro him uchun zararsiz va sovuq bo`ldi.

Odamlar olov Ibrohimga zarar ber maganini ko`rdilar.

Odamlar Ibrohimning xursandligi va sog`lom e`kanini ko`rib hayratga tushdilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:22:39
7 — Robbim kim?

Ibrohim kechalarning birida yulduzni ko`rdi va: "œBu mening robbim!"- dedi.

Yulduz g`oyib bo`lganidan so`ng e`sa: "Yo`q, bu mening robbim e`mas" - dedi.

Ibrohim Oyni ko`rdi va: "œBu mening robbim!"- dedi.

Oy g`oyib bo`lganidan keyin e`sa: "œYo`q, bu mening robbim e`mas"- dedi.

Quyosh chiqdi. Ibrohim: "œBu mening robbimdir, chunki u hamma narsadan kattadir!"- dedi.

Kechqurun Quyosh botganida Ibrohim dedi:

 "œYo`q! Bu mening robbim e`masdir.

Allohgina o`lmas va Tirikdir.

Allohgina Boqiy va G`oyib bo`lmasdir.

Allohgina mag`lub bo`lmaydigan Kuchlidir.

Yulduz tong oldida mag`lub bo`lgan zaifdir.

Oy zaifdir, unga Quyosh g`olibdir.

Quyosh zaifdir, unga qorong`ulik va bulutlar g`olibdir.

Menga yulduz yordam bera olmaydi. Chunki u zaifdir.

Menga Oy yordam bera olmaydi. Chunki u kucgzisdir.

Menga Quyosh yordam bera olmay di. Chunki u zaifdir.

Menga Allohgina yordam bera oladi.

Chunki U o`lmas Boqiydir.

Chunki U g`oyib bo`lmaydigan Bo qiydir.

Chnuki U mag`lub bo`lmaydigan Kuchlidir.

Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:22:57
8 — Robbim Allohdir!

 

Ibrohim robbisi Alloh e`kanini bildi.

Chunki Alloh o`lmaydigan Tirikdir.

Chunki Alloh yo`q bo`lmaydigan Boqiydir.

Chunki Alloh mag`lub bo`lmaydigan Kuchlidir.

Ibrohim: Alloh Oy, Quyosh va barcha olamlarning Robbisi e`kanini bildi.

Alloh ta`olo ibrohimni to`g`ri yo`lga hidoyatladi va uni payg`ambar hamda o`zi uchun xalil—e`ng yaqin do`st qildi.

Alloh ta`olo Ibrohimga qavmi (xalqi) ni (Islom diniga) da`vat e`tish va ularni butlarga ibodat qilishdan qaytarishga buyurdi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:23:15
9 — Ibrohimning da`vati

Ibrohim o`z qavmini Alloh yo`liga da`vat qildi va ularni butlarga ibodat qilishdan qaytardi.

Ibrohim o`z qavmiga: "œSizlar nimaga ibodat qilasizlar"- dedi.

Qavm: "œBiz butlarga ibodat qilamiz" - dedilar.

Ibrohim dedi: "œSizlar duo qilsangizlar ular e`shishitadilarmi?

Yoki sizlarga foyda, yoki zarar beradilarmi?".

Qavm: "œBiz otalarimizni shunday (ibodat) qilganlarini ko`rganmiz"- dedi.

Ibrohim dedi:

"œMen bu butlarga ibodat qilmayman.

Balki men, bu butlarning dushmaniman.

Men "œo'zimni yaratgan va meni to`g`ri yo`lga hidoyatlaydigan";

"œMenga taom berib, meni sug`oradigan";

"œKasal bo`lsam menga shifo beradigan";

"œMeni o`ldirib, qayta tiriltiradigan" va barcha Olamlar robbisi bo`lgan Allohga ibodat qilaman.

Butlar yaratmaydi va hidoyat qilmaydi.

Butlar hech kimga taom ham, suv ham bermaydi.

Butlar kasal bo`lgan kimsalarga shifo bermaydi.

Butlar hech kimni o`ldirib, tiriltira olmaydi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:23:36
10 — Podshoh huzurida

 

Shaharda juda ham katta va juda ham zolim podshoh bor e`di.

Odamlar bu podshohga sajda qilishar e`di.

Podshoh Ibrohimning Allohdan boshqa hech kimga ibodat qilmasligini e`shitib, g`azablandi va uni huzuriga chaqirtirdi.

Ibrohim podshoh huzuriga keldi.

Chunki U Allohdan boshqa hech kimdan qo`rqmas e`di.

Podshoh: "œIbrohim, sening robbing kim?"- deb so`radi.

Ibrohim: "œMening robbim — Allohdir"- dedi.

Podshoh: "œAlloh kimdir?"- deb savol berdi.

Ibrohim: "œHayot beruvchi va o`ldi ruvchi zot"- deb javob berdi.

Podshoh: "œMen ham o`ldirib, tiriltira olaman"- dedi-da, bir kishini chaqirdi va uni o`ldirdi.

Boshqa bir kishini chaqirib, uni qo`yib yubordi-da: "œMen ham o`ldirib, tiriltira olaman. Mana, bir kishini o`ldirib, boshqasini qo`yib yubordim"- dedi.

Podshoh aqlsiz e`di. Hamma mushriklar ham shunday aqlsiz bo`ladilar.

Ibrohim podshohni ham, qavmini ham tushunishini hohladi va podshohga dedi:

"œAlloh Quyoshni sharqdan olib keladi. Sen uni g`arbdan olib kelchi?!".

Podshoh hayron bo`lib, gapirishga so`z topa olmay qoldi.

Podshoh hijolat bo`ldi. Chunki u javob topa olamagan e`di.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:27:43
11 — Otani da`vat qilish

 

Ibrohim otasini ham (Islom diniga) da`vat qilishni hohladi va dedi:

"œOtajon, nega e`shitmaydigan va ko`rmaydigan narsalarga ibodat qilasiz?!".

Otajon, nega foyda va zarar bermaydigan narsalarga ibodat qilasiz?!

"œOtajon, Shaytonga ibodat qilmang!".

Otajon, Rahmonga ibodat qiling!".

Ibrohimning otasi achchiqlandi va Ibrohimga: "œMeni o`z holimga qo`y. Menga hech narsa dema, bo`lmasa seni uraman"- dedi.

Ibrohim halim e`di. Shuning uchun ham otasiga: "œSalamun alayk (Sizga tinchlik bo`lsin). Men bu yerlardan ke tib, Robbim yo`liga da`vat e`taman"- dedi.

Ibrohim otasiga juda ham achindi.

Ibrohim boshqa yurtlarga ketib robbisiga ibodat qilish va odamlarni robbisining yo`liga da`vat e`tishni hohladi.

Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:28:29
12 — Makka sari

 

Ibrohimdan qavmi ham, otasi ham, podshoh ham g`azablandi.

Ibrohim boshqa yurtlarga ketib, u yerlarda Allohga ibodat qilish va odamlarni Alloh yo`liga da`vat e`tishni maqsad qildi.

Ibrohim otasi bilan xayrlashib, o`z yurtidan ayrildi.

Ibrohim rafiqasi Hojar bilan Makka tomon yo`l oldi.

Makkada o`tloq va daraxtlar yo`q e`di.

Makkada quduq va daryolar yo`q e`di.

Makkada hayvonlar ham, odamlar ham yo`q e`di.

Ibrohim Makkaga yetib kelgach, u yerga yerlashdi.

Ibrohim rafiqasi va o`g`li Ismoilni tashlab ketdi.

Tashlab ketar e`kan rafiqasi Hojar dedi:

"œBegim, qayoqqa ketayapsiz?

Bizni shu suv va oziq-ovqat bo`lmagan yerda qoldirasizmi?

Yoki Alloh shunga buyurdimi?"

Ibrohim: "œHa"- dedi.

Hojar: "œUnday bo`lsa, Alloh bizni tashlab qo`ymaydi!"- dedi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:29:08
13 — Zamzam qudug`i

Ismoil chanqab ketdi. Onasi unga suv bermoqchi bo`ldi.

Biroq, suv qayerda?

Axir Makkada quduq va daryo yo`q-ku!

Hojar suv izlab, Safo tog`idan Marva tog`iga, Marva tog`idan Safo tog`iga yugura boshladi..

Alloh ta`olo Hojar va Ismoilga yordam berdi. Yerdan suv otilib chiqdi.

Ismoil ham, Hojar ham bu suvdan qonib ichdilar.

Bu suv to`xtamay chiqa boshladi. Bu Zamzam qudug`i e`di.

Alloh ta`olo Zamzamga barakotlar berdi. U suv bugungi kunda hojilar ichib, o`z yurtlariga olib ketishayotgan Zamzam suvidir.

Siz Zamzam suvidan ichganmisiz?!
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:29:52
14 — Ibrohimning tushi

Bir qancha vaqt o`tganidan so`ng, Ibrohim Makkaga qaytib keldi.

Ibrohim o`gli Ismoilni ko`rib juda ham xursand bo`ldi.

Ismoil kichkina bola e`di. U chopib o`ynar va otasi bilan sayr qilar e`di.

Ibrohim Ismoilni juda ham sevar e`di.

Ibrohim kechalarning birida tushida o`g`li Ismoilni bo`g`izlayotganini ko`r di.

Ibrohim rost pay`g`ambar e`di.

Uning tuchi ham rost tush e`di.

Ibrohim Allohning yaqin do`sti-xalili e`di. Shuning uchun ham u tushida Alloh buyurgan ishni qilmoqchi bo`ldi.

Ibrohim o`g`liga:

"œ(Og`lim), tushimda men seni bo`g`izlayotgan holimda ko`rdim. Sen nima deysan?"- dedi.

Ismoil: "œOtajon, sizga qanday amr qilingan bo`lsa, shunday qiling! In- shaalloh, meni sabrlilardan biri e`ka nimni ko`rasiz"- dedi.

Ibrohim Ismoilni va pichoqni olib Mino tarafiga ketdi. Minoga yetib, Ismoilni bo`g`izlamoqchi bo`ldi.

Ismoil yerga chalqancha yotdi. Ibrohim bo`g`izlash uchun pichoqni Ismoilning bo`g`ziga qo`ydi.

Lekin Alloh amr e`tgan paytida xalilining nima qilishini sinamoqchi e`di: Ibrohim Allohni ko`proq sevadimi yoki o`g`li Ismoilnimi?

Ibrohim imtihondan o`tdi.

Alloh ta`olo Jibriilni jannatdagi qo`chqorlardan biri bilan jo`natdi va:

"œIsmoilning o`rniga buni so`y!"- dedi.

Alloh ta`olo Ibrohimning bu ishini yaxshi ko`rdi va musulmonlarni Qurbon hayitida hayvon so`yishlariga amr e`t di.

Alloh o`zining xalili bo`lgan Ibrohimga salavot va salomlar yo`llasin!

Alloh uning o`gli Ismoilga ham salavot va salomlar yo`llasin!

Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:32:11
15 — Ka`ba

Ibrohim yana safarga chiqdi va bir oz muddat o`tganidan so`ng qaytib keldi.

Ibrohim Alloh uchun uy qurmoqchi bo`ldi.

Uylar ko`p e`di. Biroq, Allohga ibodat qilinadigan bironta ham uy yo`q e`di.

Ismoil ham otasi bilan Alloh uchun uy qurmoqchi bo`ldi.

Ibrohim va Ismoil tog`lardan toshlarni tashidilar.

Ibrohim va Ismoil o`z qo`llari bilan Ka`bani tikladilar.

Ibrohim Allohni yod qilib, Unga duo qilar e`di.

Ismoil ham Allohni yod qilib, Unga duo qilar e`di:

"œRobbimaz, bizdan buni qabul e`t! Darhaqiqat, Sen e`shituvchi va biluvchi zotsan".

Alloh ta`olo Ibrohim va Ismoildan qilgan ishlarini qabul qildi.

Alloh ta`olo Ka`baga barakotlar yog`dirdi. Biz har bir namozimizda Ka`baga yuzlanamiz.

Musulmonlar haj kunlari Ka`ba tomon safar qilib, uni tavof qiladilar va uning oldida namoz o`qiydilar.

Alloh ta`olo Ka`baga barakotlar yog`dirdi. Alloh ta`olo Ibrohim va Ismoildan qilgan ishlarini qabul qildi.

Alloh Ibrohimga salavot va salomlar yo`llasin!

Alloh Ismoilga salavot va salomlar yo`llasin!

Alloh payg`ambarimizga salavot va salomlar yo`llasin!

Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 10 Mart 2009, 23:42:49
16 — Baytul-muqaddas

Ibrohimning Sora ismli boshqa xotini ham bor e`di.

Ibrohimning bu xotinidan tug`ilgan Ishoq ismli o`gli ham bor e`di.

Ibrohim va Ishoq Shomga yerlashdilar.

Ishoq otasi va akasi Makkada Alloh uchun uy qurganlaridek, Shomda ham bir uy qurmoqchi bo`ldi.

Ishoq alayhissalom Shomda qurgan bu masjid — "œBaytul-Muqaddas" dir.

Bu masjid Alloh atroflariga barakotlar yog`dirgan "œAqso" masjididir.

Alloh ta`olo Ismoilga ko`p farzandlar berganidek, Ishoqqa ham ko`p farzandlar berdi. Ularning ichida ko`plab pay g`ambarlar va podshohlar bor e`di.

Ishoqning Ya`qub ismli bir o`g`li bor e`di. U payg`ambar e`di.

Ya`qubning o`n ikkita o`g`li bor e`di. Yusuf ulardan birisi e`di.

Qur`on Karimda Yusufning ajoyib qissasi bor.

Kel, men senga bu qissani aytib be ray!

 

*     *     *
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:04:41
Eng go'zal qissa

1-   Ajoyib tush


Yusuf kichkina bola e`di. Uning o`n bitta akasi bor e`di.

Yusuf chiroyli va ziyrak bola e`di. Otasi Ya`qub uni boshqa o`g`illaridan ko`ra ko`proq se- var e`di.

Yusuf kechalarning birida ajoyib tush ko`rdi.

U tushida o`n bitta yulduz, Quyosh va Oyning o`ziga sajda qilayotganlarini ko`rdi.

Kichik Yusuf bu tushidan hayratga tushdi! Chunki u tushni tushunmagan e`di. Axir yulduzlar, Quyosh va Oy qanday qilib odamga sajda qilishi mumkin?!

Kichik Yusuf Otasi Ya`qubning oldiga bordi va unga tushini aytib berdi:

"œOtajon, men o`n bitta yulduz, Quyosh va Oyning menga sajda qilganlarini (tushimda) ko`rdim".

Yusufning otasi Ya`qub payg`ambar e`di.

Ya`qub bu tushdan xursand bo`ldi va dedi:

"œHoy Yusuf, Alloh senga ne`matlarini serob qilsin, tez kunda sening boshingga ajoyib ishlar keladi.

Bu tush ilm va payg`ambarlikdan xushxabardir.

Alloh ta`olo bobolaring Ishoq va Ibrohimlarga ham ko`p ne`matlar ato e`tgan e`di.

Alloh senga ham, Ya`qub xonadoniga ham ne`matlar ato e`tadi".

Ya`qub yoshi ulg`aygan va narsalarning tabiatlarini yaxshi bilgan odam e`di.

Ya`qub Shayton odamlarga qanday g`olib bo`lishi va odamlarni qanday o`yinchoq qilib olishini yaxshi bilar e`di. Shuning uchun ham o`g`li Yusufga: "œO`glim, bu tushingni akalaringning birortasiga aytib berma. Aytib bersang ular senga hasad qilishib, dushman bo`lib qoladilar"- dedi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:05:27
2 — Akalarning hasadi

Yusufning bir onadan tug`ilgan ukasi bor e`di. Uning ismi Binyamin e`di. Ya`qub bu ikki o`g`lini juda ham yaxshi ko`rar, boshqa farzandlarini ular kabi suymas e`di.

Akalar Yusuf va Binyaminga hasad va g`azab qilishar hamda: "œNega otamiz Yusuf va Binyaminni bizdan ko`ra ko`proq yaxshi koradi? Nega otamiz bizlarni Yusuf va Binyamin kabi yaxshi kormaydi? Axir bizlar kuchga to`lgan yigitlar bo`lsak? Bu ajoyib ishku!"- der e`dilar.

Yusuf kichkina bola e`di. U Ko`rgan tushini akalariga aytib berdi. Tushni e`shitgan akalarning g`zabiga g`azab, hasadiga hasad qo`shildi.

Kunlarning birida akalar to`plandilar va ba`zilari: "œYusufni o`ldiringlar yoki bu yerdan uzoqroq bo`lgan yerlarga tashlab kelinglar. Shundagina otangiz o`zingizga qoladi va sizlarnigina yaxshi koradi"- dedilar.

Ulardan biri e`sa: "œYo`q, uni yo`l bo`yidagi quduqqa tashlanglar. Uni safarga chiqqanlar olib ketishsin!"- dedi.

Akalar bu maslahatni ma`qulladilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:06:16
3 — Ya`qub huzurida

Bu maslahatdan so`ng akalar Ya`qub huzuriga keldilar.

Ya`qub Yusufning boshiga biron narsa kelishidan qo`rqar va akalarining uni yoqtirmasliklari, unga hasad qilishlarini juda yaxshi bilar e`di.

Ya`qub Yusufni akalari bilan yubormas e`di. Yusuf akalari bilan o`ynasa-da, uzoqlarga ketmas e`di. Akalar buni bilsalar-da, yomon niyyatlarini amalga oshirish uchun azm qildilar.

Akalar otalariga dedilar:

"œOtajon, nega Yusufni biz bilan birga yubormaysiz? Nimadan qo`rqasiz?

U bizning aziz va kichik ukamizdir. Hammamiz bir otaning farzandlarimiz. Aka-ukalar doimo birga o`ynaydilar. Nega biz birga ketib, birga o`ynamaymiz?

"œUni biz bilan yuboring, maza qilib o`ynab kelsin. Bizlar uni himoya qilamiz".

Ya`qub yoshi ulg`aygan qariya e`di.

Ya`qub aqlli va halim-yumshoq e`di. Ya`qub Yusufning uzoqlashishini hohlamas va uning boshiga falokat kelishidan qo`rqar e`di.

Shuning uchun ham u o`g`illariga: "œSizlar g`aflatda qolib, Yusufni bo`ri yeb qo`yishidan qo`rqaman"- dedi.

O`g`illar: "œBiz kuchga to`lgan yigitlar turganimizda bo`ri uni qanday qilib yesin?!"- dedilar.

Ya`qub Yusufning akalari bilan birga ketishiga izn berdi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:06:46
4 — O`rmonda

Akalar Ya`qubning Yusufga izn berishidan sevindilar va o`rmonga ketdilar. Yusufni o`rmondagi quduqqa tashladilar. Ular kichik Yusufga va yoshi ulg`aygan Ya`qubga rahm qilmadilar.

Yusuf kichik bola e`di. Uning qalbi ham kichik e`di. Quduq e`sa chuqur va qorong`u, Yusuf e`sa quduqda yolg`iz e`di.

Biroq, Alloh unga xushxabarlar berib dedi:

"œSen qo`rqma, qayg`urma! Alloh sen bilan! Kelajakda sening boshingga ajoyib kunlar keladi. Sening huzuringga akalaring keladilar va sen ularga bu qilmishlarini so`zlab berasan".

Akalar Yusufni quduqqa tashlaganlaridan so`ng to`planishib: "œE`ndi otamizga nima deymiz?"- dedilar.

Ulardan biri dedi:

"œOtamiz Yusufni bo`ri yeb qo`yishidan qo`rqishini aytgan e`di. Biz unga: "œOtajon, siz to`gri aytgan e`kansiz. Yusufni bo`ri yeb qo`ydi" deymiz".

Hamma bu maslahatni ma`qulladi va: "œJuda to’g’ri, otamizga: "œOtajon, uni bo`ri yeb qo`ydi"- deb aytamiz"- dedilar.

Ularning ayrimlari: "œBuning bir dalili bo`lishi kerak"- dedi.

Boshqalari: "œUning dalili qondir"- dedilar.

Akalar bir qo`chqorni keltirib so`ydilar  va Yusufning ko`ylagini uning qoniga bo`yadilar.

Akalar juda xursand bo`ldilar va: "œMana e`ndi otamiz bizlarga ishonadi"- dedilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:07:10
5 — Ota huzurida

"œAkalar Ya`qubning oldiga kechqurun yig`lab keldilar". Va: "œOtajon, biz Yusufni narsalarimiz oldiga qo`yib, quvlashmachoq o`ynab ketgan e`dik, uni bo`ri yeb ketdi"- dedilar va "œYusufning soxta qonga belangan ko`ylagini" berdilar-da: "œBu Yusufning qoni"- dedilar.

Otalari Ya`qub payg`ambar, yoshi ulug` va farzandlaridan ko`ra aqlli e`di.

Ya`qub bo`ri odamni esa uni parchalab va kiyimlarini yirtib tashlashini juda yaxshi bilar e`di.

Yusufning kiyimlari yirtilmagan va soxta qonga belangan e`di. Shuning uchun ham Ya`qub qonning soxtaligi, bo`ri haqida o’g’illari aytgan so`z yolg’on e`kanligini tushundi-da, o`g`illariga:

"œSiz aytgan so`zlar yolg’on. "œShunday bo`lsada, chiroyli cabr qilishim kerak"- dedi.

Ya`qub Yusuf uchun ko`p qayg`urdi. Lekin chiroyli sabr qildi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:07:39
6 — Yusuf quduqda

Akalar Yusufni quduqqa tashlab uyga qaytdilar va ovqatlarini eb, ko`rpalariga o’ranib uxladilar.

Yusuf quduqda e`kan na eyish uchun ovqati va na yotish uchun ko`rpasi bor e`di.

Akalar Yusufni unutdilar va miriqib uxladilar.

Yusuf e`sa hech kimni unutmadi va uxlamadi.

Ya`qub Yusufni, Yusuf e`sa Ya`qubni e`slar e`di.

Yusuf quduqda, quduq e`sa chuqur e`di.

Quduq o`rmonda, o`rmon e`sa qor`inchli e`di.

U payt kecha, kecha e`sa zulmatli e`di.

Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:08:03
7 — Quduqdan saroyga

Bir karvon shu o`rmondan o`tib borar e`di.

Ular chanqagan va quduq qidirishar e`di.

Ular quduqni ko`rdilar va suv olib kelishi uchun ichlaridan birini jo`natdilar.

U odam quduqqa etib kelgach, chelakni tushirib, suv olish uchun torta boshladi.

Chelak juda ham og`ir e`di.

Tortib chiqarganida chelakda bir bola bor e`di!

U odam hayratga tushib: "œSuyunchi beringlar, bir bola chiqdi"- dedi.

Karvondagilar bundan xursand bo`ldilar, biroq, buni sir tutishga qaror qildilar.

Karvon Misrga etib keldi. Karvondagilar Yusufni bozorga olib borib: "œBu bolani kim sotib oladi? Bu bolani kim sotib oladi?"- deb ovoza qildilar.

Aziz Yusufni bir necha kumush tangaga sotib oldi.

Karvondagilar Yusufni sotdilar, biroq, uning kim e`kanini bilmagan e`dilar.

Aziz Yusufni saroyiga olib bordi va xotiniga: "œYusufni  yuvib, tarab qo’ying, u aqlli bola"- dedi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:08:31
8 - Vafodorlik

Azizning xotini Yusufni Azizga xiyonat qilishga chaqirdi. Lekin, Yusuf bu ishdan bosh tortib: "œYo`q! Men hojamga xiyonat qilmayman. U menga yaxshiliklar qildi. Men Allohdan qo`rqaman"- dedi.

Azizning xotini g`azablandi va e`riga Yusuf ustidan shikoyat qildi.

Aziz xotinining yolg`on so`zlayotgani va Yusuf vafodor e`kanini bildi va xotiniga: "œSen xato qilganlardan birisan"- dedi.

Yusufda Misrda o`z chiroyi bilan tanilagan va uni kim ko`rsa: "œBu inson e`mas. U go`zal farishtadir!"- der e`di.

Azizning xotini Yusufdan g`azablandi va: "œUnday bo`lsa qamoqqa ketasan!"- dedi.

Yusuf: "œ(Bu gunohni qilgandan ko`ra), qamoqqa kirishim men uchun yaxshiroqdir"- dedi.

Aziz bir necha kun o`tganidan so`ng Yusufni qamoqqa jo`natmoqchi bo`ldi.

 Aziz Yusufning ayb ish qilmaganini yaxshi bilar e`di.

Yusuf qamoqqa tushdi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:08:51
9 - Zindondagi nasihat

Yusuf zindonga tushdi.

Zindondagi bandilar Yusufning oliyjanob, rahmdil va ilmli yigit e`kanini bildilar.

Bandilar Yusufni yaxshi ko`rib, humat qildilar.

Bandilar Yusuf birga e`kanidan quvondilar va Yusufni ulug`ladilar.

Zindonga Yusuf bilan birga ikki bandi ham kir gan e`dilar. Ular Yusufga ko`rgan tushlarini aytib berdilar.

Ulardan biri: "œMen (mast qiluvchi) sharob tay yorlayotgan e`dim"- dedi.

Ikkinchisi e`sa: "œMening boshim ustida non va u nonni qushlar eyapti"- dedi.

Ular tushlarining ta`birini so`radilar.

Yusuf tush ta`birlarini yaxshi bilar e`di.

Yusuf payg`ambarlardan e`di.

Yusuf yashagan zamondagi odamlar Allohdan boshqa narsalarga sig`inar e`dilar. Ular o`zlari turli xudolarni qilib olgan e`dilar.

Ular: "œBu - quruqlik xudosi. Bu - dengiz xudosi. Bu — rizq xudosi. Bu — yomg`ir xudosi"- der e`dilar.

Yusuf bularning barchasini ko`rar va kular e`di.

Yusuf bularning barchasini bilar va yig`lar e`di.

Yusuf odamlarni Alloh yo`liga da`vat e`tishni hohlar e`di.

Alloh ta`olo bu da`vatning zindonda bo`lishini hohlagan e`di.

Zindondagi bandilar nasihatga loyiq e`masmi?

Zindondagi bandilar shafqatga loyik e`masmi?

Zindondagi bandilar Allohning bandasi e`masmi?

Zindondagi bandilar Odamning zurriyoti e`masmi?

Yusuf zindonda bo`lsada, hur va jur`atli e`di/

Yusuf faqir bo`lsada, o`ta saxovatli e`di.

Payg`ambarlar har zamon haqiqatni baralla aytadilar.

Payg`ambarlar har zamon e`zgulikni hadya e`tadilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:09:06
10 — Yusufning hikmati

Yusuf ichida o`ziga:

Menga bu ikki odamni e`htiyoj olib keldi.

Muhtoj odam muloyim va itoatli bo`lib, so`zla rimga quloq soladi.

Agar ikkovlariga biron narsani aytsam, boshqa bandilar ham tinglaydilar"- dedi.

Biroq, Yusuf shoshilmadi. Balki, ularga:

"œTaomingiz kelguniga qadar tushlaringizning ta`birini aytib beraman"- dedi.

U ikkisi o`tirdilar va xotirjam bo`ldilar. So`ngra, Yusuf ularga:

"œMen tush ta`birlarini bilgan odamman. (Buni menga Robbim bildirdi)- dedi.

U ikkisi bu so`zlardan xursand bo`ldilar va tinchlandilar.

Yusuf bu fursatni g`animat bildi va nasihatini boshladi.

Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:09:25
11 — Tavhid haqidagi nasihat

Yusuf dedi:

"œ(Menga buni Robbim bildirdi).

Lekin Alloh ilmini har kimga ham beravermaydi.

Alloh ilmini mushrikka bermaydi.

Siz ikkingiz robbim menga nega bildirganini bilasizlarmi?!

Chunki men shirk ahlining yo`lini tark e`tdim.

(Va otalarim Ibrohim, Ishoq va ya`qubning yo liga e`rgashdim).

(Bizning Allohga biron narsani sherik qilishi miz mumkin e`mas).

Tavhid faqat biz uchungina e`mas. Balki, u bar cha insoniyat uchundir.

(Bu Allohning bizga va odamlarga bergan fazlidandir. Biroq, ko`p odamlar shukr qilmaydilar)".

Yusuf so`zini to`xtatib, so`radi:

"œSizlar: "œQuruqlik xudosi, dengiz xudosi, rizq xudosi va yomg`ir xudosi"- deysizlar.

Biz e`sa: "œAlloh barcha narsalarning robbisidir", deymiz.

(Xilma-xil xudolar yaxshimi yoki Yagona, G`o lib Allohmi?).

Quruqlik xudosi, dengiz xudosi, rizq xudosi va yomg`ir xudosi qayerda?

(Ularning yaratgan narsalarini menga ko`rsatinglar-chi! Yoki ularning osmonlar (ni yaratishda) she rikliklari bormi?).

Yerga, osmonga va insonga qaranglar!

(Bu Allohning yaratgan maxluqidir. Sizlar Al lohdan boshqalari yaratgan narsalarni menga ko`rsatinglar!).

Nega: "œQuruqlik xudosi, dengiz xudosi, rizq xu dosi va yomg`ir xudosi", deysizlar.

[(Bular) siz va otalaringiz qo`ygan ismlar, xolos].

Hukm qilish, e`gadorlik va buyurish Al lohga xosdir.

(Allohgagina ibodat qilinglar!).

(Shugina to`g`ri yo`ldir).

[Lekin odamlarning ko`plari (buni) bilmaydilar]. 
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:09:46
12 — Tushning ta`biri

Yusuf nasihatini tugatgach, ularga tush ta`birini aytib berdi:

["œSizlardan biringiz hojasiga soqiy (kosagul) lik qiladi].

(Ikkinchingiz e`sa dorga osiladi va uning boshidan qushlar eydi).

Yusuf birinchi bandiga: "œ(Meni hojang oldida tilga ol!)- dedi.

U ikki bandi zindondan chiqdilar: birinchisi podshohga soqiy bo`ldi, ikkinchisi e`sa osildi.

Soqiy podshoh huzurida Yusufni tilga olishni unutdi va Yusuf zindonda bir necha yil qolib ketdi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:33:09
13 — Podshohning tushi

Misr podshohi ajoyib tush ko`rdi.

U tushida ettita semiz sigir ettita ozg`in sigirni yeyotganini, hamda ettita yashil va ettita quruq sunbula (boshoq) ni ko`rdi.

Podshoh bu tushdan hayron bo`ldi va a`yonlaridan buning ta`birini so`radi.

A`yonlar: "œBu hech narsa e`mas. Uyqudagi odam asli bo`lmagan ko`p narsalarni tushida ko`rishi mumkin- dedilar.

Lekin soqiy: "œYo`q, men sizlarga bu tushning ta`birini aytib beraman"- dedi-da, zindonga ketdi va Yusufdan podshoh ko`rgan tushning ta`birini so`- radi.

Yusuf oliyjanob va sahovatli, Allohning maxluqlariga mehribon e`di. Shuning uchun ham tushning ta`birini aytib berdi.

Yusuf tushning ta`birini aytish bilan cheklanib qolmadi, balki, qanday tadbirlar qilish kerakligini ham ko`rsatib berdi:

"œYetti yil don e`kinglar va qorningizdan ortganini g`amlanglar.

Yetti yildan so`ng qahatchilik keladi. U kunlarda g`amlagan donlaringizning ko`p qismini yeysizlar va oz don ortib qoladi.

Bu qahatchilik yetti yil davom e`tadi. Shundan so`nggina (Allohning) yordam (i) keladi va serobgarchilik bo`ladi".

Soqiy ketdi va tush ta`birini podshohga aytib berdi.

Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:33:31
14 — Podshoh Yusufga odam jo`natdi

Podshoh bu ta`bir va tadbirni e`shitib xursand bo`ldi va: "œBularni kim aytib berdi? Bizlarga samimiy bo`lgan va tadbirlar ko`rsat- gan kishi kim?"- dedi.

Soqiy: "œU — rostgo`y va mening siz janoblariga soqiy bo`lishimni aytib bergan Yusufdir"- dedi.

Podshoh Yusuf bilan ko`rishishni hohladi va: "œMenga uni olib kelinglar. Men uni o`zim uchun ozod qilaman"- dedi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:33:55
15 — Yusuf tekshirishni talab qildi

E`lchi Yusufning huzuriga kelib: "œPodshoh seni o`z huzuriga chaqirayapti"- dedi.

Yusuf zindondan shunday chiqib ketishni hohlamadi.

Axir odamlar: "œBu o`sha Yusuf. U Azizga xiyonat qilib, kecha zindonga tushgan e`di"- demaydilarmi.

Yusuf oriyatli, hayoli va aqlli e`di.

Agar uning o`rnida boshqa birorta odam bo`lsa va unga podshohning e`lchisi kelib: "œSeni podshoh yo`qlatdi va seni kutib turibdi" desa e`di, zindon e`shigi tomon shoshilar va zindondan chiqar e`di.

Biroq, Yusuf unday qilmadi.

Yusuf shoshilmadi, balki e`lchiga: "œMen ishimni qayta ko`rib chiqilishini hohlayman"- dedi.

Podshoh Yusufning nega qamalgan e`kanini qayta ko`rib chiqdi va o`zi ham, odamlar ham Yusufning aybdor e`masligini bildilar.

Yusuf zindondan aybsiz o`laroq chiqdi va podshoh unga izzat-ikrom ko`rsatdi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:35:09
16 — Xazinadorlik boshida

Yusuf odamlarda omonatdorlik ozaygani va xiyonatkorlik ko`payganini bilar e`di.

Yusuf odamlarning Alloh moliga qilayotgan xiyonatlarini ko`rar va Allohning Yer yuzida boyliklari ko`p bo`lsada, zoe bo`layotganini bilar e`di.

Allohning boyliklari zoe bo`lar e`di. Chunki hukmdorlar Allohdan qo`rqmas e`dilar.

Zero, ularning itlarining qorinlari to`q, lekin odamlar bir burda non topa olmas e`dilar.

Ularning uylari ham gazmollar bilan o`ralgan, biroq, odamlar badanlarini to`sadigan bir parcha latta topa olmas e`dilar.

Odamlar yerdagi  xazinalardan omonatdor va bilmdon xazinador bo`lsagina odilona foydalanishlari mumkin e`di.

Chunki hazinador omonatdor bo`lib, bilimdon bo`lmasa Yer xazinalari qayerda va ulardan qanday foydalanish kerakligini bilmaydi.

Agar hazinador bilimdon bo`lib, omonatdor bo`lmasa, xazinadan o`z manfaati yo`lida ishlatib, xiyonat qilishi mumkin.

Yusuf ham omonatdor va ham bilimdon e`di.

Yusuf amirlarning odamlar haqqini yegan hollarida tashlab qo`yishni hohlamas e`di.

Yusuf odamlarning ochlikdan o`lib ketishlariga toqat qila olmas e`di.

Yusuf haqiqatni aytishdan hayo qilmas e`di. U podshohga:

"œMeni hazinabon qilib ta`yin e`ting. Men omonatdor va bilimdonman"- dedi.

Shunday qilib Yusuf Misr davlatining hazinasiga omonatdor bo`ldi.

Odamlar juda ham rohatlandilar va Allohga hamdlar aytdilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:35:37
17 — Yusufning akalari keldi

Misr va Shomda, Yusuf xabar berganidek, ocharchilik boshlandi.

Shomliklar ham, Ya`qub ham Misrda rahmdil, saxovatli xazinador borligini, odamlar uning oldiga borib, don olayotganini e`shitdilar.

Ya`qub ham o`g`illarini donga almashtirishlari uchun mol bilan jo`natdi.

Binyamin otasining oldida qoldi. Chunki Ya`qub Binyaminni juda ham sevar va o`zidan uzoqlashishini hohlamas e`di.

Chunki Ya`qub Yusufning boshiga biror musibat kelishini hohlamaganidek, Binyaminning boshiga ham biror musibat kelishini hohlamas e`di.

Akalar Yusuf tomon yo`lga chiqdilar. Biroq, xazinador ukalari Yusuf e`kanini bilmas e`dilar.

Ular xazinador quduqdagi Yusuf e`kanini bilmas e`dilar. Chunki ular Yusuf o`lgan deb o`ylar e`dilar.

Axir qanday o`lmasin! Quduq chuqur va o`rmonda. O`rmon e`sa qo`rqinchli, vaqt ham kecha va kecha zulmatli e`di-ku!

"œYusufning akalari Yusufning huzuriga kirdilar. Yusuf ularni tanidi, biroq, ular Yusufni tanimadilar".

Ular Yusufni tanimadilar, lekin, Yusuf ularni tanidi.

Yusuf ularni tanidi. Ular Uni quduqqa tashlagan, balki, o`ldirmoqchi bo`lsalarda, Alloh saqlagan e`di.

Shunday bo`lsada, Yusuf ularga bu haqida biron bir so`z ochib, sharmanda qilmadi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:36:03
18 — Yusuf va akalar o`rtasidagi suhbat

Yusuf ular bilan suhbatlashdi va dedi: "œQayerdansizlar?"

Ular: "œKan`ondanmiz"- dedilar.

-         Otangiz kim?

-         Ya`qub ibn Ishoq ibn Ibrohim (ularga Allohning salavot va saomlari bo`lsin)

-         Sizlarning boshqa ukalaringiz ham bormi?

-         Ha, uning ismi Binyamin.

-         Nega u sizlar bilan birga kelmadi?

-         Otamiz uni juda ham yaxshi ko`radi va uning o`zidan uzoqlashishini hohlamaydi.

-         Nega sizlar bilan yurishiga ruxsat bermaydi? U hali kichikmi?

-         Yo`q. Uning Yusuf ismli bir akasi bor e`di. U biz bilan birga quvlashmachoq o`ynash uchun chiqqan e`di. Biz uni narsalarimiz oldida tashlab ketgan e`dik. Uni u yerda bo`ri yeb ketdi.

Yusuf ichida kuldi. Biroq, biron so`z aytmadi. Chunki U, ukasi Binyamin bilan ko`rishishga mushtoq e`di.

Alloh ta`olo Ya`qubni yana bir marta imtihon qilmoqchi bo`ldi.

Yusuf akalariga don berishlari uchun amr e`tdi va akalariga:

"œUkangizni ham olib kelinglar!". Agar olib kelmasangiz, don ola olmaysizlar"- dedi.

Yusuf hizmatchilariga akalari olib kelgan mollarni ham donlariga qo`shib qaytarishlariga buyurdi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:36:27
19 — Ya`qub va o`gillari o`rtasidagi suhbat

Og`illar otalari huzuriga qaytib, bo`lgan voqealarni aytib berdilar va: "œUkamizni ham biz bilan jo`nating. Bo`lmasa Azizdan hech narsa ola olmaymiz"- dedilar.

Ular Ya`qubdan Binyaminni istagan e`dilar.

O`g`illar: "œBiz uni himoya qilamiz!"- dedilar.

Ya`qub dedi:

"œ("œBundan avval akasini sizlarga ishonib topshirganimdek, buni ham sizlarga ishonib topshirayinmi?").

Sizlar Yusufning qissasini unutdingizmi?

Sizlar Binyaminni Yusufni himoya qilgandek himoya qilmoqchimisiz?!

(Alloh himoya qiluvchilarning e`ng yaxshisidir. U Rahmlilarning rahmlisidir)".

Og`illar donga almashtirish uchun olib borgan narsalarini qaytib kelganini ko`rdilar va otalariga:

"œAziz oliyjanob odam. U bizga olib borgan narsalarimizni ham qaytarib beribdi. Bergan donlari e`vaziga hech narsa olmabdi.

Biz bilan birga Binyaminni ham jo`nating, uning haqqini ham olaylik!"- dedilar.

Ya`qub ularga: "œUni kuchingiz etganicha o`zingiz bilan birga qaytarib kelish uchun Allohga ahd bermaguningizcha sizlar bilan birga yubormayman"- dedi.

O`g`illar Allohga ahd berdilar. Ya`qub: "œAlloh aytgan so`zlarimizga vakildir"- dedi.

Ya`qub o`g`illariga: ("œHammangiz bir darvozadan kirmangiz! Hammangiz boshqa-boshqa darvozalardan kiringiz!")- dedi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:36:58
20 — Binyamin Yusuf huzurida

Akalar otalarii tayinlaganidek, turli darvozalardan kirib keldilar va Yusufning huzurida hozir bo`ldilar.

Yusuf Binyaminni ko`rgach juda ham quvondi va uni o`z uyiga joylashtirdi va: "œMen sening akangman"- dedi. Binyamin xotirjam bo`ldi.

Yusuf oradan uzoq vaqt o`tganidan so`nggina Binyamin bilan ko`rishdi va ota-onasi, uyi va yoshlik chog`larini e`sladi.

Yusuf Binyaminning o`z huzurida qolishini, uni har kuni ko`rish va u bilan suhbatlashish hamda undan uyi-xonadoni haqida so`rashni hohlar e`di.

Lekin buning qanday iloji bo`lishi mumkin? Axir Binyamin e`rtaga Kan`onga qaytadi-ku!

Buning qanday iloji bo`lishi mumkin? Axir akalar Binyaminni qaytarib olib kelish uchun Allohga ahd berdilar-ku!

Yusuf Binyaminni sababsiz o`z huzurida olib qolishi mumkinmi?

Axir odamlar: "œAziz Kan`onlini sababsiz ushlab qoldi"- deb aytmaydilarmi? Axir bu katta zulm-ku!

Yusuf aqlli va zukko e`di.

Yusfning xonasida qimmatbaho idish bor e`di. Yusuf shu idishda ichar e`di.

Yusuf bu idishni Binyaminning narsalari ichiga qo`yib qo`ydi va jarchi akalarga qarata: "œSizlar o`g`irlik qildingiz!"- dedi.

Akalar burilib: "œNimangizni yo`qotdingiz?"- deb so`radilar.

Jarchilar: "œPodshohning idishini. Uni kim topib olib kelsa, unga bir tuyaga yuk bo`ladigan mukofot bor"- dedilar.

Akalar: "œ(Aloh nomiga ond ichib aytamizki, sizlar bizlarning Yer yuzida fasod yoyish uchun kelmaganimizni va bizlar o`g`ri e`masligimizni yaxshi bilasizlar!)- dedilar.

Jarchilar: ("œYolg`on gapirgan bo`lsangiz, o`g`rining jazosi nima bo`ladi?")- deb so`radilar.

Akalar: "œKimning yukidan chiqsa, bu uning jazosidir. Biz zolimlarni shunday jazolaymiz)- dedilar.

Idish Binyaminning yuklari ichidan chiqdi. Akalar xijolat bo`ldilar. Keyin e`sa uyalmay: "œBinyamin o`g`irlik qilgan bo`lsa, uning akasi Yusuf ham bundan avval o`g`irlik qilgan e`di"- dedilar.

Yusuf bu buhtonni e`shitdi, biroq, sukut saqladi.

Yusuf bu so`zlarga g`azablanmadi. Chunki u, oliyjanob va halim e`di.

Akalar: ("œE`y, Aziz, uning qari otasi bor. Uning o`rniga bizlardan birimizni oling. Biz sizni yaxshilik qiladigan odam deb o`ylaymiz"- dedilar).

Yusuf: [Narsamiz chiqqan kimsadan boshasini olib qolishdan Alloh saqlasin. (Agar boshqasini olib qolsak) zolimlardan biri bo`lamiz-ku!"- dedi].

Shunday qilib, Binyamin Yusufning oldida qoldi va ikki aka-uka xursand bo`ldilar.

Yusuf uzoq zamondan beri yolg`iz va o`z oilasidan hech bir kishini ko`rmagan e`di.

Alloh ta`olo unga Binyaminni olib keldi. Yusuf Binyaminni har kuni ko`rishi va u bilan gaplashishi uchun olib qolmasinmi? Ukaning aka oldida qolishi zulmmi? Yo`q! Yo`q!
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:37:27
21 — Ya`qub tomon

Akalar otalari huzuriga qanday qaytishlari haqida hayron bo`lib qoldilar.

Akalar otalariga nima deyishlari haqida o`ylanib qoldilar.

Ular kecha otalarini Yusufni deb qiynagan e`dilar, bugun Binyaminni deb qiynasinlarmi?!

Akalarning kattasi Ya`qubning huzuriga qaytishdan uyaldi va ukalariga:

("œOtangizning huzuriga qaytinglar va: "œOtajon, o`g`lingiz o`g`irlik qildi. Biz bilgan narsalarimizgagina guvoh bo`ldik. Biz bilmagan narsamizni himoya qila olmas e`dik"- deb aytinglar")- dedi.

Ya`qub bo`lib o`tgan voqealarni tinglagach bu ish Alloh tarafidanligi va U Ya`qubni sinayotganini bildi va o`yga toldi: "œKecha Yusuf uchun qayg`urgan e`di. Bugun e`sa Binyamin uhun qayg`urmoqda. Alloh unga ikki musibatni jam qilmaydi. Alloh uni ikki o`g`li bilan musibatlamaydi.

Demak-ki, bu ish Alloh tarafidan.

Dmak-ki, bu ishda Allohning sirli hikmati bor.

Alloh  bandalarini imtihon qilib, keyin quvontirib, ularga ne`matlar ato e`tadi.

Katta o`g`il ham Misrda qolibdi va Kan`onga qaytishdan uyalibdi. Nahotki, uchunchi o`g`ilni ham deb qayg`uraymi. Bundan avval ikki o`g`ilni deb oz qayg`urdimi?!

Bunday bo`lishi mumkin e`mas".

Ayni shu paytda Ya`qub xotirjam bo`ldi va:

("œShoyad Alloh barcha o`g`illarimni o`zi olib kelsa. Darhaqiqat, U Bilguvchi, Hakim zotdir")- dedi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:37:49
22 — Sir fosh bo`ldi

Ya`qub ham inson e`di. Uning ko`ksida bir parcha tosh e`mas, balki, inson qalbi bor e`di.

Shuning uchun ham Yusufni yana bir bor e`slab, g`amlari yangilandi va: ("œOh, e`y, Yusuf")- dedi.

O`g`illari uni koyib: "œSiz o`lguningizcha Yusufni e`slayverar e`kansiz-da"- dedilar.

Ya`qub: ("œMen qayg`u alamlarimni Allohga shikoyat qilaman va Allohdan sizlar bilmagan narsalarni bilaman")- dedi.

Ya`qub noumidlik kufr e`kanini bilar va Uning Allohdan katta umidi bor e`di.

Ya`qub Yusuf va Binyaminni jiddiy qidirishlari uchun o'g'illarini Misrga yubordi va ularni Allohning rahmatidan noumid bo`lishlaridan qaytardi.

O`g`alar uchunchi marta Misrga ketdilar.

Ular Yusufning huzuriga kirib, faqirliklari va musibatlaridan shikoyat qildilar va buning chorasini istadilar.

Ularning so`zlarini e`shitar e`kan Yusuf hayajonlandi va o`zini tuta olmadi:

"œOtamning o`g`illari, payg`ambarlar o`g`illari podshohlardan biriga o`z faqirliklaridan shikoyat qiladilarmi?

Qachongacha ulardan yashiray? Qachongacha ularni bu holatda ko`ray? Qachongacha otamni ko`ra olmayman?".

Yusuf o`zini tuta olmadi va o`g`alariga dedi:

"œSizlar bilmay Yusuf va uning ukasiga nima qilganingizni bilasizlarmi?!"

Og`alar bu sirdan o`zlari va Yusufgina xabardorligini bilar e`dilar. Shuning uchun ham, oldilaridagi odam Yusuf e`kanini bildilar.

Vo ajab! Yusuf tirikmi?! U quduqda o`lmadimi?!

Hazinabon o`sha Yusufmi?!

Bizga don berishni amr e`tgan Yusufmidi?!

Ular o`zlari bilan gaplashayotgan odamning Ya`qubning o`g`li Yusuf e`kanida shubhalari qolmadi!

Ular: ("œSiz Yusufmisiz?!"- dedilar).

Yusuf: [(Ha,) men Yusufman va bu mening ukam. Alloh bizga lutf qildi. Kim taqvo qilib, sabr e`tsa, Alloh yaxshilik qilganlarning savobini zoe qilmaydi]"- dedi.

Akalar: ("œAlloh sizni bizdan afzal ko`rdi. Biz xato qiluvchilardan bo'ldik"- dedilar).

Yusuf ularni qilgan ishlari uchun malomat qilmadi, balki: ("œAlloh sizlarni kechiradi. U rahmlilarning rahmlirog`idir")- dedi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:38:07
23 — Yusuf Ya`qubga e`lchi yubordi

Yusuf otasini juda ham sog`ingan e`di. Nega sog`inmasin, axir, oradan qancha zamonlar o`tdi.

E`ndi qanday sabr qilsin, sir fosh bo`ldi-ku!

Otasi yemasa, ichmasa, uxlamasa Yusuf qanday yeb, ichsin!

Sir ochildi va Alloh ta`olo Ya`qubning quvonishini hohladi.

Ko`p yig`lagani va qayg`urgani uchun Ya`qubning ko`zlari ko`r bo`lgan e`di.

Shuning uchun ham Yusuf akalariga:

("œBu ko`ylagimni olib borib, otamning yuziga tashlanglar. Uning ko'zlari sog'ayadi va huzurimga xonadoningizdagi barchani olib kelinglar!")- dedi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:38:30
24 — Ya`qub Yusufning huzurida

Akalar Yusufning ko'ylagiini Kan`onga olib kelar e`kanlar, Ya`qub Yusufning hidini his e`tdi va: ("œMen Yusufning hidini sezmoqdaman")- dedi.

[(Atrofidagilar): "œSiz hali ham e`ski adashishligingizdasiz!"- dedilar].

Lekin Ya`qub rost gapirgan e`di. (Xushxabarchi kelib, ko'ylagni Ya`qubning yuziga tashlagach, Ya`qubning ko`zlari ochildi va u: "œMen sizlarga Allohdan bilmagan narsalaringizni bilaman"- deb aytmaganmidim- dedi).

O`g`illar: (Otajon, ginoglarimiz uchun istig`for ayting, biz xato qiluvchilardan bo'ldik"- dedilar).

Ya`qub: ("œAlbatta,  gunohlaringizni kechirishi uchun robbimdan istigfor so`rayman. Darhaqiqat, U rahmli kechiruvchi zotdir"- dedi).

Ya`qub Misrga yetib kelganida Yusuf uning istiqboliga shiqdi. U ikkisining quvonchi haqida so`ramang!

Bu kun Misrdagi unutilmas va muborakli kunlardan biri bo`lgan e`di.

Yusuf ota-onasini taxtga o`tqazdi va hammalari Yusufga sajda qilib yiqildilar.

Yusuf: (Bu ilgari ko`rgan tushimning ta`biridir. Robbim uni haqiqatga aylantirdi")- dedi.

(Men o`n bir yulduz, Quyosh va Oyning menga sajda qilayotganlarini ko`rdim).

Yusuf Allohga ko`p go'zal hamdlar aytdi.

Yusuf bu ne`mat uchun Allohga ko`p shukr qildi.

Ya`qub va uning oilasi Misrda uzoq zamon qoldilar. Ya`qub va uning xotini Misrda vafot e`tdilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 11 Mart 2009, 21:40:00
25 — Chiroyli xotima

Ulkan podshohlik Yusufni Alloh ta`ologa ibodat qilishdan to`sa olmadi.

Yusuf Alloh ta`oloni ko`p zikr qilar, Unga ibodat qilar va Undan qo`rqar e`di.

Yusuf Allohning hukmi bilan hukm qilar va Allohning amrlarini ijro e`tar e`di.

Yusuf podshohlikni ko`p ko`rmas va uni katta narsa deb hisoblamas e`di.

Yusuf podshohlardek o`lib, qiyomat kunida podshohlar bilan birga to`planishni yoqtirmas e`di.

Balki, U qul kabi o`lishni va qiyomat kuni solih bandalar bilan birga to`planishni yoqtirar e`di.

Yusuf quyidagicha duo qilar e`di:

("œRobbim, Sen menga podshohlikni berding va tushlar ta`birini bildirding. (E`y,) Osmonlar va Yerni yaratgan zot, Sen mening dunyo va oxiratdagi hojamsan, mening jonimni musulmon holimda ol va solih bandalar qatorida qil!").

Alloh ta`olo Yusufni musulmon holida vafot e`ttirdi va otalari Ibrohim, Ishoq va Ya`qublar qatoriga qo`shdi. Alloh  payg`ambarimizga va ularga salavot va salomlar yo`llasin!

 

*     *     *
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:48:09
Muso alayhissalom qissasi

 

    1. Kan'ondan Misrga

    Ya'qub alayhis-salom o'z o'g'illari bilan Kan'ondan Misrga ko'chdi.

    Chunki, Misrda uning o'g'li Yusuf alayhis-salom hokimlik qilardi.

    Ular Kan'onda qo'y boqib, echki sog'ib, jun sotib tirikchilik qilishardi. Misrda esa Yusufning xizmatkorlari ham turfa ne'matlar ichida edi.

    Ya'qub alayhis-salom va uning o'g'illari endi Kan'onda qolib nima qilishadi?!

    Yusuf alayhis-salom otasi hamda og'alarini Misrga chorlab elchi yubordi. Chunki, unga otasi va og'alarisiz taom tatimasdi.

    Axir shuncha yil begona yurtda hamma qarindoshlaridan ajralib yolg'iz yurish osonmi?!

    Otasi, akalari o'zlarining Kan'ondagi tor hovlilarini to'ldirib o'tirgan bir paytda Yusuf alayhis-salom muhtasham saroylarda huvillab o'tiradimi?!

    Nihoyat Ya'qub alayhis-salom o'g'illarini boshlab Misrga kirib keldi. Otasi va og'alarining tashrifidan behad shod bo'lgan Yusuf ularni izzat-ikrom bilan kutib oldi.

    Misr ahli  o'z xojasining, e'zozli podshohining oilasini quvonch bilan qarshiladi.

    Shahar ahli bu muborak oilaga qattiq mehr qo'ydilar. Chunki ular qo'li ochiq, saxovatli Yusufni juda-juda sevar edilar.

    Kishilar Yusufni o'zlariga mehribon, g'amxo'r og'a sifatida ko'rsalar, Ya'qub alayhis-salomni muhtaram ota o'rnida qabul qilgan edilar.

    Keksa yoshli, nuroniy Ya'qub alayhis-salomga shahar ahli xuddi o'z o'g'illaridek bo'ldi.

    Ular Misrni vatan tutib shod-xurram hayot kechira boshlashdi.

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:48:52
2. Yusuf alayhis-salom vafotidan so'ng

    Oradan bir muncha vaqt o'tib Ya'qub alayhis-salom hayot bilan vidolashdi. Yusuf alayhis-salom, umuman butun Misr ahli qattiq mahzun bo'ldilar....

    Ya'qub alayhis-salomni dafn etgan Misr ahli xuddi otalaridan ajragandek bo'lib qoldilar...

    Vaqt-soati etib Yusuf alayhis-salom ham bu dunyoni tark qildi.

    Ha, bu kun misrliklar uchun haqiqatan og'ir bo'ldi.

    Yusufga butun mamlakat motam tutdi. Misr ko'z yoshlarga g'arq bo'ldi...

    Boshqa barcha qayg'u musibatlar hozirgisining oldida hech narsa bo'lmay qoldi. Odamlar, go'yo musibatning achchiq ta'mini shu kungacha sira totmagandek edilar...

    Yusufni dafn qildilar. Hamma bir-biriga ta'ziya bildirar edi. Chunki, bu musibat barchaga barobar ta'sir qilgandi.

    Yusuf kattalarga aka, kichiklarga ota bo'lib qolgandi.

    Odamlar Yusuf alayhis-salomning qon-qarindoshlari huzuriga borib ta'ziya bildirdilar:

    - Ey Ulug'lar! Bugun sizlarning qayg'ularingiz biznikidan hasratliroq emas! Bugun biz mehribon og'amizni, g'amxo'r xojamizni, odil podshohimizni tuproqqa topshirib keldik.

    - U kichiklarimizni kattalar zo'rligidan, ojizlarimizni kuchlilar zulmidan himoya qilardi.

    Mazlumlarga yordam berar, och-nahorlarni to'ydirar, qo'rqqanlarni qanoti ostiga olar edi.

    U bizni haqqa boshladi. Allohni tanitdi. Ilgarilari biz Allohni ham, oxiratni ham bilmas edik.

    Ocharchilik yillarida u bizni saqlab qoldi. Boshqa yurtlarda odamlar ochlikdan tirishib jon berayotgan bir paytda bizlar to'q bo'ldik.

    Biz o'zimizning saxovatli podshohimizni aslo unutmaymiz. Sizlarning unga qon-qarindosh ekaningiz ham hamisha yodimizda turadi.

    Sizlar Misrga kelgan kun Yusuf qanchalar quvongan edi-ya!

    Podshohimiz quvonganini ko'rib bizlar ham behad shod bo'lgan edik.

    Mana shu shahar sizlarning ham shahringiz! O'rtadagi munosabatlarimiz xuddi ilgarigidek davom etaveradi!
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:49:15
3. Banu Isroil Misrda

    Uzoq yillar misrliklar o'z ahdlarida turdilar. Ular Kan'ondan kelgan ulug'larning fazlini hamisha yodda saqlar edilar. Kan'onlik ulug'lar "Banu Isroil" —  "Isroilning farzandlari" deyilardi. Isroil Ya'qub alayhissalomning ismlari.

    Lekin, vaqt o'tishi bilan odamlar ham asta-sekin o'zgardi. Xulqlar yomonlashdi, kishilar Allohni, da'vatni unutib mol-dunyoga berilib ketdilar.

    Endi odamlar Banu Isroilga ham boshqacha ko'z bilan qaray boshladi.

    Chunki, Banu Isroil faqat nasl-nasabi e'tibori bilangina farqlanib turardi. Boshqa hech narsada o'zgalardan farqi qolmagandi.

    Endi kishilar ularning boylariga hasad bilan, faqirlariga nafrat bilan qaray boshlashdi. Ya'qub avlodi Misrda chetdan kelib qolgan begonalardek kun kechirardi.

    Misrliklar: "Ya'qub avlodining Misrga nisbatan hech qanday haqqi yo'q. Misr misrliklarniki" degan e'tiqodda edilar.

    Hatto ba'zilar Yusufni ham nazar-pisand qilmay qo'yishgandi:

    "Yusuf Kan'ondan kelgan bir begona. Uni hokim sotib olgan. Aslida Kan'onlikning Misr ustidan hukm yuritishga sira haqqi yo'q..".

    Juda ko'pchilik misrliklar Yusufdan ko'rgan yaxshiliklarini unutdilar.

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:49:28
4. Misr fir'avnlari

    Misr taxtiga Banu Isroilni haddan ziyod yomon ko'ruvchi kimsalar kelishdi. Misr shohi o'ta zolim bir kishi bo'lib, Banu Isroilning payg'ambarlar avlodidan ekanini hamda ularning ulug' Misr shohi Yusuf alayhis-salomga qondoshligini tan olmasdi.

    Hatto Banu Isroilni odam o'rnida ko'rmasdi.

    Fir'avn o'z qavmi Qibtiylar bilan Banu Isroil orasida katta farq ko'rardi.

    Uningcha, Qibtiylar — shohlar avlodi va hukmronlik qilish uchun yaratilganlar. Banu Isroil esa qullar. Ular faqat xizmatkor bo'lmoqlari kerak. Fir'avn Banu Isroilga hayvon sifatida qaradi. Ya'ni, ularga faqat yiqilib qolmasliklari uchungina ozgina narsa berilar va tinimsiz ishlatilardi.

    Fir'avn o'zini hammadan yuqori qo'yadigan mutakabbir shoh edi.

    Alloh taologa iymon keltirmagan bu zolim: "Men sizlarning eng Oliy Parvardigoringizman" derdi. O'zining mol-davlati, qasrlari va kuch-qudrati bilan mag'rurlanib ketgandi.

    "Misr mulki va (oyoqlarim) tagidan oquvchi mana bu daryolar meniki emasmi?! Ko'rmaysizlarmi?!"

    U Bobil shohi Namrudga o'rinbosar bo'la olardi.

    Agar kimdir undan o'zgani oliy ko'radigan bo'lsa, darg'azab bo'lardi. Fir'avn odamlarni o'ziga ibodat qilishga buyurardi. Xalq Fir'avn qarshisiga tiz cho'kib, sajdalar qilardi.

    Lekin Banu Isroil Alloh va Uning rasullariga mo'min bo'lganliklari bois, Fir'avnga sajda qilishdan bosh tortishdi. G'azablangan Fir'avn bor zahrini Yaqub avlodi ustiga sochdi.

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:49:49
5. Go'daklarning so'yilishi

    Bir qibtiy folbin Fir'avn xuzuriga kelib shunday dedi:

    - "Banu Isroilda bir bola tug'iladi. Sening mulking uni qo'liga o'tadi".

    Fir'avnning g'azabi tutdi. Jallodlariga buyurdiki: Banu Isroilda tug'ilgan har bir o'g'il qilichdan o'tkazilsin! Fir'avn o'zini mutlaq shoh deb hisoblagani sababli, xohlagan kishisini o'ldirishga o'zini haqli deb bilardi.

    Misrli bir cho'pon suruvidan xohlagan qo'yini ushlab so'yishi mumkin.

    Fir'avn jallodlari butun Misr bo'ylab tarqaldilar. Ular qaerda bir chaqaloq dunyoga kelganidan habar topsalar, go'dakni qo'ydek bo'g'izlardilar.

    O'rmonda bo'rilar erkin yurardi. Ilon-chayonlarga hech kim hech narsa demasdi. Lekin Fir'avn mamlakatida tug'ilgan Bani Ya'qub o'g'illari — inson bolalari shafqatsiz qatl qilinardi. Minglab o'g'il chaqaloqlar ota-onalarining ko'z oldida bo'g'izlandi.

    Banu Isroilda farzand tug'ilgan uy motam tutardi. Bu kun mana shu oila uchun shod-xurramlik emas, mahzunlik va ko'zyoshlar kuni bo'lardi. Bir kunning o'zida yuzlab bolalar qurbon qilinardi.

    "Darhaqiqat Fir'avn (Musr) erida tug'yonga tushib uning aholisini bo'lak-bo'lak qildi. U ulardan bir toifani (yani Banu Isroilni) xorlab, o'g'illarini so'yar, ayollarini qoldirar edi. Albatta u buzg'unchi kimsalardan bo'ldi".

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:50:54
6. Musoning tug'ilishi

    Alloh taolo aynan Fir'avn qo'rqayotgan hodisaning amalga oshishini iroda qildi. Kelajakda Fir'avn mulkini qo'lga kiritishi yozib qo'yilgan go'dak dunyoga keldi.

    Banu Isroilning Fir'avn zulmidan ozod bo'lishiga, insonlarni Alloh ibodatiga qaytishiga va ularni zulmatlardan nur tomon odimlashiga sababchi bo'ladigan go'dak dunyoga keldi.

    Fir'avn va uning jallodlari qanchalik tirishmasinlar, Muso ibn Imron sog'-omon tug'ilganiga uch oy ham to'ldi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:51:17
7. Nilda

    Musoning onasi jajji go'dagidan qattiq xavotirda edi. Chunki jallodlar yangi tug'ilgan chaqaloqlarni tinimsiz o'ldirib turardilar. Ular o'nlab go'daklarni onalari bag'ridan yulqib olib, qatl qilardilar. Chumolidek sezgir, lochindek o'tkirko'z jallodlardan bechora ona bolasini qanday qilib saqlab qola oladi? Shu holatda Alloh taolo Musoning onasiga farzandini sandiqqa solib, Nil daryosiga oqizishga ilhomlantirdi.

    Allohu akbar!

    Mehribon, mushfiq onaizor qaysi yurak bilan tuqqan bolasini sandiqqa solib daryoga oqizib yuboradi?!

    Bolani sandiqda kim emizadi?!

    Sandiq ichida go'dak qandan nafas oladi?!

    Bularning barchasi munisa ona ko'nglidan kechsa-da, Allohga tavakkul qilib, U bergan ilhomga muvofiq ish tutdi.

    Aslida uy ham sandiqdan hafsizroq emasdi. Chunki go'dak ovchilari hamma joyda izg'ib yurishardi. Bechora ona Alloh amriga bo'ysunib emizikli bolasini sandiqqa soldi va uni Nilga qo'yib yubordi. Albatta ona uchun bu oson emasdi. Lekin u parvardigorga tavakkul qilib, sabr qildi.

    "Biz Musoning onasiga (Musoni tug'ib, uni ham Fir'avn odamlari kelib o'ldirishlaridan qo'rqib turgan paytda) vahiy qildikki: "Uni emizavergin! Bas, qachon (Fir'avn odamlari o'g'il ko'rganiningni bilishib qolib, uni o'ldirib ketishlaridan) qo'rqsang, uni daryoga tashlagin va qo'rqmagin ham, qayg'urmagin ham. Zero biz uni senga (ya'ni tirik holda) qaytarguvchidirmiz va uni payg'ambarlardan qilguvchidirmiz".

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:51:35
8. Fir'avn qasrida

    Nil daryosi sohillarida Fir'avnning ko'p qasrlari bor edi.

    Fir'avn sohil bo'yidagi qasrlarida istirohat qilardi. Kunlardan bir kun u ayoli — misr malikasi bilan oyoqlari tagida shovillab oqayotgan daryoga tikilib o'tirardi. Banogoh to'lqinlar quchog'ida allalanib kelayotgan sandiqqa ko'zi tushdi.

    - Ey hojam, anavi sandiqni ko'rayapsizmi?- dedi Misr malikasi.

    Fir'avn e'tiborsiz javob berdi:

    - Nilda sandiq nima qiladi? U bir yog'ochdir-da.

    - Yo'q, aniq sandiq oqib kelayapti deya e'tiroz bildirdi malika.

    Bu orada sandiq ular oldiga ancha yaqin kelib qolgandi. Atrofdagilar ham — "Ha, ha sandiq ekan",- deb qichqirib yuborishdi.

    Shoh hizmatkorlaridan biriga sandiqni tutib kelishni buyurdi. Sandiq keltirildi. Uni ochgan kishilar hayratdan yoqa ushlab qolishdi. Sandiq ichida do'ndiq bir go'dak jilmayib yotardi.

    Hamma uni bir-bir qo'liga olib tomosha qilib chiqdi.

    Fir'avn ham hayron edi. Hizmatkorlardan biri "Bu bola Banu Isroildan, shoh uni albatta qatl qiladi" dedi.

    Lekin Misr malikasi bolani yoqtirib qolgandi. U qo'lidagi jajji go'dakni bag'riga bosib, o'pib erkalar ekan, eriga qarab shunday dedi:

    - "(Bu bola) Men uchun ham, siz uchun ham, ko'z quvonchidir. Uni o'ldirmanglar. Shoyadki, uning bizlarga nafi tegsa yoki uni bola qilib olsak".

    Shunday qilib Muso ibn Imron Fir'avn qasrida yashay boshladi. Fir'avn jallodlari shuncha tirishsalar ham, bu bolani topa olmagan edilar. Vaholanki, ular lochindek o'tkir ko'zlari va chumolidek sezgir burunlari bilan o'lib-tirilib qidirishgandi.

    Alloh taolo irodasiga muvofiq go'daklar jallodi Fir'avn kelajakda uning mol-mulkini tortib oladigan go'dakni o'z uyida tarbiya qila boshladi. Bechora Fir'avn...

    Shunday qilib, shoh ham, uning vaziri Homon ham, butun askarlari ham qattiq yanglishdilar.

    "Bas, uni Fir'avn xonadoni (o'sib-ulg'aygach) o'zlariga dushman va g'am-tashvish bo'lishi uchun tutib oldilar. Albatta Fir'avn, Homon va ularning lashkarlari hato qiluvchi bo'ldilar".

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:51:57
9. Bolani kim emizadi

    Yangi topilgan bola qasrning quvonchiga, malikaning ovunchog'iga aylandi. Qasrdagi har bir kishi bolani suyub erkalatardi. Chunki malika bu bolani qattiq yaxshi ko'rardi. Shundan keyin Banu Isroillik jajji go'dakni saroy bekalari va xizmatkorlari qanday qilib suymasinlar.

    Malika go'dakka emizuvchi chaqirtirdi. Bolani emizish uchun unga ko'krak tutganida go'dak yig'lab emmadi.

    Malika boshqa emizuvchi olib keltirdi. Go'dak hanuz yig'lab emmas edi.

    Uchinchi, to'rtinchi, beshinchi, yangi, yangi emizuvchilar olib kelishdi. Lekin bola birortasining ko'kragini og'ziga olmadi.

    Ajabo, go'dak nega emmayapti?

    Nima uchun yig'layapti?

    Musoni emizgani kelgan ayollar malikani xursand qilib, undan hadyalar, sarpolar olish niyatida go'dakni emizishga rosa urindilar. Lekin Alloh taolo Musoga ularning sutini harom qilgandi.

    Go'dakning emmayotgani butun qasrga ovoza bo'ldi:

    - Hoy egachi, daryodan topilgan bolani ko'rdingizmi?

    - Ha ko'rdim, juda ham do'ndiq bola ekan. Lekin u boshqa bolalarga o'xshamaydi. Hech qaysi emizuvchini emmayotgan emish.

    - Uni emizamiz deb olsalar, chirqirab yig'lar emish. Bechora bola endi qanday yashaydi. Ochdan o'lib qolmaydimi?

    Darhaqqiqat Muso bir necha kun hech bir ayolni emmadi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:52:22
10. Ona bag'rida

    Musoning bechora onasi qiziga dedi:

    - Qizim, bor, ukangni qidir, shoyad u tirik bo'lsa. Alloh taolo uni saqlashni va sog'-omon qaytarishni menga va'da qilgandi.

    Musoning opasi ukasini daraklab ketdi.

    Atrofdagilar shoh qasridagi chiroyli go'dak haqida gaplashishardi.

    Qiz saroy ayollarini suhbatlariga quloq tutdi:

    - Malika so'ratgan bolaga emizuvchi keldimi?

    - Ha bekachim, lekin bola uni ham emmayotgan emish.

    - Yo Alloh! Bu bola nega hech bir ayolni emmaydi-ya? Endi adashmasam shu malika chaqirtirgan oltinchi ayol edi-ya?

    - Ha, aytishlaricha u judayam pokiza ayol ekan. Hamma uni o'z bolasiga enaga qilarkan.

    Shunda Musoning opasi odob bilan suhbatga qo'shildi.

    - Men shahardagi bir ayolni bilaman. Go'dak albatta uni emishi kerak.

    - Yo'q, men bunga ishonmayman,- dedi saroy bekachi, - biz oltita ayolni olib keldik, lekin bola birontasini ham emmadi.

    Saroyda hizmat qiladigan ayollardan biri aytdi:

    - Kelinglar, ettinchisini ham sinab ko'raylik, bizdan nima ketdi?

    Bu gap malikaning qulog'iga etdi. U qizni chaqirib dedi:

    - "Bor va o'zing bilan o'sha ayolni olib kel"!

    Musoning onasi qasrga keldi. Kanizaklar Musoni keltirishdi.

    Bola ayolning quchog'iga talpinib uni ema boshladi.

    Axir nima uchun ham uni emmasin?! Bu ayol uning mehribon onasi-ku! Muso uch kundan buyon och edi.

    Butun saroy ahli ajablandi.

    Fir'avn ichiga shubha kirdi:

    - Nega bola bu ayolni emishga talpindi. Nima, u onasimi?!

    Musoning onasi javob berdi:

    - Podshohim, men hushbo'y hidlik, shirin sutlik ayolman. Hech qaysi go'dak mendan yotsiramagan.

    Fir'avn jim bo'ldi. Musoning onasiga podsholikdan nafaqa tayin qilindi. Musoning onasi farzandini bag'riga bosib uyiga qaytdi.

    "Shunday qilib, biz (Musoning onasi) ko'zlari shodlanishi va g'am chekmasligi uchun hamda Allohning va'dasi haq ekanini bilishi uchun uni onasiga qaytardik. Lekin ko'p (odamlar Allohning va'dasi haq ekanini) bilmaydilar".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:53:41
1. Yana Fir'avn qasriga

    Musoning emadigan vaqti bitib, sutdan chiqarilgach, yana qasrga qaytarildi.

    Muso podshoh saroyida huddi shahzodalardek ulg'aydi.

    Shu bois podshohlar va zodagonlardan qo'rqish uning qalbidan yo'qoldi.

    Muso Fir'avn va uning ahli qanday nematlar ichida yashayotganiga guvoh bo'ldi.

    Fir'avn va uning ahlining farog'ati uchun Banu Isroilning qanday ezilganini, Fir'avnning hayvonlari to'q yurishi uchun Banu Isroilning qanday och qoliganini Muso o'z ko'zi bilan ko'rardi.

    Doim qattiq mehnat ostida eziladigan Musoning qavmi o'ta og'ir kun kechirardi.

    Qavmining qanday azoblar ichida yashayotganini Muso ertayu kech ko'rib tursa-da lom-mim deya olmasdi.

    Lekin bu narsalar albatta izsiz o'chib ketmas, balki Muso qalbida g'azab-nafrat uyg'otar edi.

    Ahir ular ulug' payg'ambarlar farzandlari-ku?! Banu Isroilning aybi qibtiy (mahalliy millat) bo'lmaganimi!?

    Ularning gunohi Kan'ondan kelganligimi!?

    Yo'q! Bular aslo sabab bo'la olmaydi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:54:07
12. Hal qiluvchi musht

    Muso ulg'ayib kuchli yigit bo'lgach, Alloh taolo unga ilm va hikmat ato etdi.

    Muso zolimlardan nafratlanar, ularni xush ko'rmas edi.

    Barcha payg'ambarlar kabi mazlum, bechoralarni sevib, hamisha ularning yonini olib yurardi.

    Hamma o'yin-kulgu bilan mashg'ul bo'lgan bir paytda Muso Fir'avn shahriga kirib keldi.

    Yo'lda u ikki kishining urushayotgani ustidan chiqib qoldi. janjallashayotganlarning biri Banu Isroillik, ikkinchisi esa qibtiylardan edi.

    Banu Isroillik kishi Musoni yordamga chaqirdi.

    G'azablangan Muso qibtiyni bir musht urib o'ldirib qo'ydi.

    Muso alayhis-salom qibtiyni o'ldirib qo'yganiga qattiq afsuslandi. Buning shayton amalidan ekanini bilib Yaratganga tavbalar qildi.

    Albatta, barcha payg'ambarlar mana shunday ko'p tavba-tazarrular qilganlar.

    "(Muso) dedi: Bu shayton amalidandir. Albatta u ochiq adashtirguvchi dushmandir".

    Alloh taolo Musoning tavbasini qabul qildi. Chunki u qibtiyni qasddan o'ldirgani yo'q edi.

    Qibtiy to'satdan birinchi mushtdanoq jon berdi. Muso alayhis-salom Allohga hamdu-sanolar aytdi:

    - Darhaqiqat, Parvardigorim menga ko'p ne'matlar bergan va U meni mag'firat qildi. "Bas, (endi) hargiz mujrim-jinoyatkor kimsalarga yordamchi bo'lmasman".

    Muso Fir'avnning jallodlari kelib qachon olib ketar ekan, deya qo'rqib yurdi.

    Mirshablar Fir'avn xizmatkorlaridan bo'lgan qibtiyning jasadini topib oldilar. Lekin qancha urinmasinlar, kim o'ldirganini baribir bila olmadilar.

    Axir qotilning kimligini Muso va Banu Isroillik bir kishidan boshqa hech kim bilmasdi. Ro'y bergan qotillik haqida hamma yoqda duv-duv gap yurardi. G'azablangan Fir'avn qotilni topish haqida rasmiy buyruq berdi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:54:33
13. Sir fosh bo'ldi

    Ertasi kuni Muso o'sha Banu Isroillikni yana bir qibtiy bilan janjallashib turganini ko'rdi.

    Banu Isroillik uyalmasdan yana uni yordamga chaqirdi.

    Muso unga dedi:

    - Sen yaramas odam ekansan. Hadeb hamma bilan urishaverasanmi? Yana meni yordamga chaqirasan?! Nima, hamisha yoningni olishim kerakmi? "Albatta sen ochiq adashgan (kimsa)dirsan".

    Muso qibtiyga odob berib qo'yish niyatida ular tomon yurdi. Lekin Musoning malomatini eshitgan, g'azablanganini ko'rgan Banu Isroillik "Muso meni urgani kelayapti" deb o'yladi. U o'zining kechagi qibtiy holiga tushishidan qo'rqdi.

    "Bas (Banu Isroillik kishi) dedi: - Ey Muso ! Kecha bir jonni o'ldirganing kabi meni ham o'ldirishni xohlayapsani? Aniqki, sen er (yuzi)da zo'ravon bo'lmoqni istaysan. Va isloh qilguvchilardan bo'lishni xohlamaysan".

    Bu so'zlarni eshitgan qibtiy qotilning Muso ekanligini bilib qoldi va Fir'avn mirshablariga xabar etkazish uchun yugurdi.

    Kechagi qibtiyni o'ldirgan Musoligini eshitgan Fir'avn qattiq darg'azab bo'ldi.

    - U saroyda katta bo'lgan haligi boqimanda bola emasmi?!

    Muso Alloh irodasi bilan Fir'avn va uning jallodlari qo'lidan omon qoldi. Chunki u qasddan qotilik qilmagan edi. Lekin bu uzrni Fir'avn jallodlari qabul qilmasdi.

    Alloh taolo Fir'avn mulkini Muso qo'li bilan yo'qotishni, Banu Isroilni uning vositasida jabr-zulmdan xalos qilishni iroda etgandi.

    Alloh yozgan taqdirga ko'ra Muso insonlarni o'zlari kabi ojiz qullarga ibodat qilishdan Yolg'iz, Qudratli Allohga ibodat etishga olib chiqishi lozim edi.

    Fir'avn a'yonlari o'zaro kengashib, Musoni qatl qilishga qaror qildilar.

    "Shaharning narigi tarafidan bir kishi shoshgancha kelib: "Ey Muso, (Fir'avn) odamlari seni o'ldirish uchun til biriktirmoqdalar. Bas sen bu (shahardan) chiqib ketgin. Albatta men senga xolis bo'lgan kishilardandirman", dedi. Bas qo'rquvga tushib (ortidan etib kelib qolishlariga) ko'z tutgan holda u erdan chiqib, dedi: "Parvardigorim, O'zing menga bu zolim qavmidan najot bergin".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:54:57
14. Misrdan Madyanga safar

    Muso Fir'avn qo'l ostida bo'lgan Misr mamlakatida qololmasdi.

    Shoh jallodlari hamma joylarda uni izlab izg'ib yurishardi.

    Musoning oldida faqat bitta yo'l qolgan edi — arab shahri Madyanga ketish. Chunki u erga Fir'avnning qo'li etmasdi.

    Sahroda joylashgan bir qancha qishloqlardan iborat bu arab diyorida Misrdagidek hashamatli saroylar, katta-katta bog'lar yo'q edi. Umuman, Misr madaniyati Madyan uchun begona hisoblanardi.

    Shunday bo'lsa-da, Fir'avn zulmidan ozod Madyan baxtli hayot kechirardi.

    Adolat va erkinlik hukm surgan qoloqlik adolatsiz taraqqiyotga qaraganda naqadar yaxshi!

    Xorlik va qullik bilan bo'lgan madaniyat kimga ham kerak?

    Madyan ahli Fir'avn zulmidan bexavotir yashardi.

    Ular Fir'avn jallodlaridan qo'rqmasdan tinch uxlardilar.

    Madyanda bolalar so'yilmasdi!

    Muso "Orqamdan hech kim quvib kelmayaptimikan" degan xavotir bilan qo'rqa-pisa yo'lga tushdi.

    "Bismillah" deb Allohdan madadlar so'rab Misrdan chiqib ketdi. Va qachonki Madyan (shahri) tomonga yuzlangach, dedi: "Shoyad Parvardigorim meni to'g'ri yo'lga hidoyat qilsa..."

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:55:16
15. Madyanda

    Muso o'zi uchun butunlay begona bo'lgan Madyan erlariga qadam qo'ydi.

    Bu kecha Musoga kim boshpana beradi?

    U hech kimni tanimasa, bilmasa, qaerda uxlaydi?

    Mana shu kabi savollar Musoning boshidan kechsa-da Allohning O'zi madadkor ekaniga zarracha shubha qilmasdi.

    Muso bir quduqdan mol-hollarini sug'orayotgan odamlar yonida to'xtadi.

    U erda odamlarning mollarini sug'orib bo'lishini kutib ikkita qiz o'z qo'ylariga qarab turardi.

    Mehribon qalbli Muso ulardan so'radi:

    - Nega sizlar qo'ylaringizni sug'ormayapsizlar?

    - Biz to odamlar qo'ylarini sug'orib bo'lmagunicha quduqqa yaqinlasha olmaymiz. Chunki ular kuchli, biz esa ojizmiz. Ular er kishilar. Bizlar zaifalarmiz. "Otamiz keksa chol",- dedi ular.

    Oilasida ishga yaraydigan er kishisi bo'lmagan bu qizlarga Muso yordam berdi.

    Ularning qo'yini sug'orib, otalari huzuriga jo'natib yubordi.

    Ho'sh, endi Musoning o'zi qaerga boradi? Bu begona shaharda uning birorta ham tanishi yo'q-ku?

    "So'ngra (bir chetdagi daraxt) soyasiga borib (o'tirib) dedi: "Parvardigorim! Men O'zing men uchun nima yaxshilik (ya'ni rizq) tushirsang o'shanga muhtojdirman".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:55:38
16. Qizlarning otasi Musoni huzuriga chorlaydi

    Qizlarining bugun barvaqtroq qaytganini ko'rib otasi ajablandi.

    - Bugun ertaroq kelibsizlarmi? Qanday qilib qo'ylarni tez sug'orib bo'ldingiz?

    - Allohning O'zi bizga bir solih kishini etkazdi. U qo'ylarimizni sug'orib berdi.

    Qizlarining javobini eshitgan chol taajjubga tushdi va bildiki, qo'ylarni sug'orib bergan kishi bu erlik emas. Chunki shu kungacha hali hech kim qizlarga yordam bermagandi.

    - U yigit qaerda qoldi?

    - O'sha joyda. U boshpanasiz bir musofir odam ekan.

    - Qizlarim, sizlar yaxshi ish qilmabsizlar. Bir bechora musofir sizlarga yordam beribdi. Uning bu erlarda hech kimi yo'q ekan. Bu kech u qaerda tunaydi? Biz uni mehmon qilmog'imiz lozim. Sizlardan biringiz borib uni chaqirib keling.

    "Bas, ulardan biri hayo bilan yurib kelib: "Otam sizni bizlarga (qo'ylarimizni) sug'orib berganingiz haqini berish uchun chaqirmoqda", dedi".

    Duosini Alloh ijobat qilganini, unga boshpana berganini Muso tushundi-da, indamay qizning oldiga tushdi.

    Qizga ko'zi tushib qolmasligi uchun oldinda ketayotgan Muso ulug'vor qadam tashlardi.

    Ular qizning otasi huzuriga keldilar.

    Chol Musoning ismi, vatani va nimalar qilib yurgani haqida surishtirdi.

    Muso boshidan o'tganlarini birma-bir hikoya qilib berdi.

    Musoni jim turib sabr bilan oxirigacha tinglagan qariya dedi:

    - "Qo'rqmagin. Sen zolim qavmdan najot topding".

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:56:00
17. Uylanish

    Muso qizlarnikida katta hurmat-izzat ko'rdi. Ular bu g'arib yigitni xuddi o'z farzandlaridek ko'rib izzat-ikrom qilishdi.

    Kunlarning birida qiz otasi huzuriga kelib ma'sumalik bilan shunday dedi:

    - "Ey ota, uni (ishga) yollagin. Zero sen yollagan eng yaxshi kishi kuchli, ishonchli kishidir".

    Chol dedi:

    - Ey qizim. Uning kuchli hamda ishonchli ekanligini sen qaerdan bilasan?

    - U odamlar bir necha kishilashib ko'taradigan quduq qopqog'ini bir o'zi ko'tarib qo'ydi. Shundan bildimki, u juda kuchli yigit. Endi ishonchligiga kelsak, uni chaqirib kelayotganimda oldinda yurdi va yo'l bo'yi biron marta menga qaragani yo'q.

    Xizmatkor kuchli va omonatdor bo'lmog'i shart. Chunki zaif xizmatkor yaxshi ishlay olmaydi. Sadoqatsiz xizmatkor esa kuchli bo'lsa ham xiyonati sababli xojasiga zarar etkazadi.

    Qizining taklifi otasining ham ko'nglidan o'tgandi. Lekin u masalaga ota sifatida, ko'pni ko'rgan keksa kishi sifatida yondoshardi.

    Chol o'z-o'ziga dedi:

    "Mana shu yigitni o'zimga kuyov qilib olsam-chi?! Axir undan munosibroq yigitni yana qaerdan topaman.

    Madyanda bunday yigit yo'q.

    Shoyad Alloh menga uni kuyov va ko'makchi bo'lsin, deb yuborgan bo'lsa!"

    Chol sekin, viqor bilan so'z boshladi.

    "(Ey Muso, agar rozi bo'lsang) menga sakkiz yil ishlab berishing evaziga men senga mana shu ikki qizimdan birini nikohlab bermoqchiman. Endi, agar o'n yilni to'latsang (ya'ni to'liq o'n yil ishlab bersang) sen tomoningdan (bizga marhamat bo'lur). Men seni qiynashni istamayman. Inshaalloh, sen mening solih kishilardan ekanligimni ko'rursan".

    Chol o'zining yolg'iz qolib ketishidan cho'chidi. U Musoni yaxshilab bilib olmoq niyatida edi.

    Alloh taolo Musoni Madyanga, bu nuroniy keksaga o'zi etkazdi.

    Uning qalbida bu g'arib yigitga nisbatan muhabbat va mehribonlik uyg'otdi.

    Muso cholning taklifiga rozi bo'ldi. U o'z haqqini muhofaza qilish niyatida aql va hikmat bilan shunday dedi.

    "(Muso) dedi: "Mana shu siz bilan mening o'rtamizdagi (bitimdir). Ikki muddatdan qay birini ado qilsam bas, menga zo'rlik qilinmas. Alloh aytayotgan so'zimizga guvohdir".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:57:28
18. Yana Misr sari.

    Muso kelishilgan muddatni o'tab bo'lgach, ahli oilasi bilan Misr tomon yo'lga tushdi.

    Qizning otasi bilan xayr-xo'shlashdilar. Chol ularni kuzatib qoldi:

    - Alloh panohida asrasin, ey bolalarim! Safaringiz bexatar bo'lsin.

    Qop-qorong'u, sovuq bir kechada Muso ahli oilasi bilan yo'lda borardi.

    Sahroda milt etgan olov ko'rinmasdi. Ular yo'lni yoritishga, isinishga olov topa olmasalar nima qiladilar?.

    Muso banogoh Tur tog'i tarafda bir yolqinni ko'rib qoldi.

    "U ahli oilasiga: "Sizlar kutib turinglar. Aniqki men bir olovni ko'rib qoldim. Shoyad sizlarga biron xabar yoki isinib olishlaringiz uchun u olovdan cho'g' olib kelsam", dedi".

    Muso uzoqda ko'rinayotgan olov tomon ketdi.

    "Endi qachonki uning oldiga etib kelgach u muborak joydagi vodiyning o'ng tarafidan - daraxtdan unga nido qilindi: "Ey Muso, albatta, Men barcha olamlarning Parvardigori Allohdirman".

    "Men seni (Payg'ambarlikka) tanladim. Bas, (o'zingga) yuboriladigan vahiyga quloq tut: Darhaqiqat Men Allohdirman. (Hech qanday) iloh yo'q, faqat Men ilohdirman. Bas, sen Mengagina ibodat qil va Meni zikr qilish uchun namozni to'kis ado qil! Toki har bir jon qiladigan sa'y-harakati sababli jazolanishi uchun (qiyomat) soati albatta kelguvchidir".

    Muso alayhis-salomning qo'lida aso bor edi, Alloh taolo dedi:

    - "Ana u - qo'lingdagi narsa nimadir. Ey Muso?".

    Muso alayhis-salom soddadillik bilan "U asoyim (hassam)" dedi.

    So'ng u Alloh taolo bilan iloji boricha uzoqroq suhbatlashmoq niyatida asoning foydalari haqida batafsil gapirib ketdi:

    "U asoyim. Unga tayanurman va u bilan qo'ylarimga barg qoqib berurman. Yana unda boshqa ishlarim ham bor".

    "(Alloh) aytdi: "Uni erga tashlagin, Ey Muso. Bas, (Muso) uni tashlagan edi, banogoh u yuradigan-jonli ilon bo'lib qoldi. (Alloh) dedi: "Uni ushla! qo'rqmagin, Biz uni avvalgi holiga qaytarurmiz". Alloh taolo Muso alayhis-salomga yana bir oyat-alomat berdi: "Qo'lingni qanoting-qo'ltig'ingga tiqqin, u hech qanday ziyon-zahmatsiz oppoq-nurli bo'lib chiqur. Bu ikkinchi mo''jiza (bo'lur)".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:57:50
19. Sen Fir'avn oldiga borgin! Darhaqiqat u haddidan oshdi

    Shundan so'ng Alloh taolo Muso alayhis-salomga ishga kirishishni amr qildi. Aslida, Muso mana shu ish uchun yaratilgan edi.

    Fir'avn Er yuzida haddidan oshib, tug'yonga tushdi, buzg'unchilik qildi.

    Uning qavmi Allohga kufr keltirdi. Ular ham erda buzg'unchilik bilan mashhur edilar.

    Alloh taolo esa bandalariga kufrni xohlamaydi. Pok Parvardigor Er yuzida buzg'unchilikning yoyilishiga rozi bo'lmaydi.

    Alloh taolo Musoga Fir'avn va uning qavmi oldiga borishni buyurdi.

    "Albatta ular fosiq qavm bo'lgan edilar".

    Lekin Muso qanday qilib ular oldiga bora oladi?!

    Qanday qilib u zolimga ro'baro' bo'ladi?! Axir Muso kechagina bir qibtiyni o'ldirib qo'ymaganmidi?!

    Misrdan qo'rqa-pisa yashirincha chiqib ketmaganmidi?!.

    Fir'avn jallodlari ham, qasr ahli ham uni yaxshi taniydi-ku?!.

    "(Muso) dedi: Parvardigorim! albatta men ulardan bir jonni o'ldirib qo'yganman. Bas, (endi) meni o'ldirishlaridan qo'rqaman".

    Muso tilining duduqligidan Parvardigoriga shikoyat qildi.

    "(Muso) dedi: "Parvardigorim, qalbimni keng qilgin; ishimni oson qilgin; tilimdan tugunni-duduqlikni echib yuborgin. (Toki) ular so'zimni anglasinlar. Menga o'z ahlim-urug'imdan bo'lgan Horun og'amni vazir qilgin. U bilan belimni mahkam qilgin. Va uni ishimda (ya'ni payg'ambarlik ishida) sherik qilgin".

    "Parvardigorim, men ulardan bir jonni o'ldirib qo'yganman. Bas, ular meni o'ldirishlaridan  qo'rqaman".

    "(Alloh) dedi: "Qo'rqmanglar. Shak-shubhasiz men sizlar bilan birgaman, eshitib, ko'rib turaman".

    "Bas, sizlar uning oldiga borib; biz Parvardigorning elchilaridirmiz. Sen Banu Isroil (qavmini) biz bilan birga qo'yib yuborgin, ularni azoblamagin" deb ayting.

    Alloh taolo Muso va Horunga Fir'avn bilan yumshoq muomalada bo'lishni buyurdi:

    "Bas unga yumshoq so'z so'zlanglar! Shoyad pand-nasihat olsa yoki (Mening qahrimdan qo'rqsa)".

    Alloh taolo hatto Fir'avndek haq dushmanlari bilan ham ma'lum chegarada turib muloyim muomalada bo'lishni xush ko'radi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:58:11
20. Fir'avn huzurida

    Muso va Horun Fir'avn oldiga keldilar. Saroy a'yonlari davrasida uni haqqa da'vat qildilar.

    Muso alayhis-salomning bu jur'atini ko'rib mutakkabir Fir'avn g'oyat darg'azab bo'ldi.

    - Ey bola! Sen kim bo'libsanki, mening majlisimda turib menga aql o'rgatasan?! Sen daryoda oqib kelgan o'sha go'dak emasmisan?! Biz seni suvdan qutqarib olib tarbiya qildik, edirdik, ichirdik. Oramizda ancha vaqt yashading. So'ng bir kishimizni o'ldirib bizga kufroni ne'mat qilding.

    Muso g'azablanmadi.

    Muso yolg'on gapirmadi.

    Muso tonmadi.

    Muso har-xil uzr-bahonalar keltirmadi.

    Muso qo'rqmasdan, yashirmasdan, viqorli turib dedi:

    - Ha. Men adashganlardan bo'lib mana shu ishni qilib qo'ydim. So'ng sizlardan qo'rqib qochib ketdim. Parvardigorim menga hukm ato etdi. Meni Payg'ambarlardan qildi.

    Muso alayhis-salom so'zlarini davom ettirdilar:

    - Ey Fir'avn! Sen meni boqib olganingni minnat qilyapsan. Lekin, bir o'ylab ko'rgin; Men sening qo'lingga qanday tushib qoldim?!.

    - Agar sen Banu Isroil go'daklarini qatliom qilishga buyurmaganingda onam meni Nilga oqizmasdi va men sening qo'lingga tushmasdim.

    - Sening shunchalik zulmlaring, zo'ravonliklaring oldida nahot mana shu kichkina marhamating eslashga arzisa?!

    - Sen qavmimni hayvon qatorida ko'rding.

    - Ularni itdek haydading, xorlading! Dahshatli azoblarga solding. Endi mana shu qavmdan bir bolani boqib olgan bo'lsang nima bo'pti?!

    - Yana tag'in sen bu ishni o'zing bilmagan holda qilgansan.

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:58:36
21. Allohga da'vat

    Musoning haq so'zlariga hech qanday e'tiroz bildira olmagan Fir'avn boshqacha yo'l bilan munozarada yutib chiqmoqchi bo'ldi:

    - Ey Muso! Sen aytayotgan barcha olamlar Robbisi kim o'zi?

    Muso dedi:

    - U osmonlaru er va ular o'rtasidagi barcha narsalarning Robbisidir!

    Bu javobni eshitib darg'azab bo'lgan Fir'avn davra ahlini ham gij-gijlay boshladi.

    - "Bas (Fir'avn) atrofidagilarga dedi: (Uning nimalar deyayotganini) eshityapsizlarmi?".

    Lekin Muso o'z so'zini to'xtatmasdan Fir'avnga ikkinchi zarbani berdi.

    "(Muso) dedi: "(U), sizlarning Robbingiz va avvalgi otalaringizning (ham) Robbidir".

    Mana shu erda g'azablangan Fir'avn o'zini to'xtata olmadi:

    "Albatta sizlarga yuborilgan rasulingiz aniq majnundir".

    Muso alayhis-salom esa o'z so'zida hamon davom qilardi: "(Muso) dedi: Agar sizlar aql yurgizib ko'rsangizlar, (Alloh) mag'ribu mashriq va ular o'rtasidagi (barcha) narsaning Robbisidir".

    Fir'avn Muso alayhis-salomni o'zi uchun achchiq bo'lgan bu masaladan chalg'itishni niyat qildi.

    U xalqni Musoga qarshi qilib qo'ymoqchi bo'ldi.

    "(Fir'avn) dedi: "U holda avvagi o'tganlarning holi nedur?"

    Fir'avn o'zicha o'yladi; Agar Muso "avvalgi avlodlar haq ustida bo'lganlar" desa, "ular ham but-sanamlarga sig'inishgan" deyman.

    Agar "ular adashgan nodon kimsalar bo'lgan" desa, majlis ahlining g'azabi keladi va u kishilar otalarini haqoratlangan hisoblaydilar.

    Lekin Muso Fir'avndan aqlliroq edi. Robbisi unga ilm va hikmat bergandi:

    "(Muso) aytdi: "Ular haqidagi bilim Robbim huzuridagi Kitobda - Lavhul Mahfuzdadir. Robbim adashmas va unutmas".

    So'ng Muso shu paytgacha Fir'avn qo'rqib-qochib kelayotgan masala haqida so'z boshladi:

    "U zot erni sizlar uchun beshik-qarorgoh qilib qo'ydi va unda yo'llar paydo qildi hamda osmondan suv (yomg'ir-qor) yog'dirdi".

    Lom-lim deya olmay qolgan Fir'avn g'azablangan va javobdan ojiz qolgan shohlar tomonidan doimo aytiladigan ma'lum jumlalarni yana bir bor takrorladi. "(Fir'avn) dedi: "Agar mendan o'zga ilohni (o'zingga iloh qilib) olsang, albatta men seni zindonbandlardan qilurman!".

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:59:02
22. Musoning mo''jizalari

    Fir'avn o'zining g'azab o'qlarini bo'shatgach, Muso uni Alloh o'qi bilan otmoqchi bo'ldi.

    "(Muso) dedi" Yoki men senga ochiq-oydin narsa keltirsam-chi?!"

    "(Fir'avn) dedi: "Agar rostgo'y kishilardan bo'lib, oyat-mo''jiza bilan kelgan bo'lsang, qani uni keltir".

    "Shunda (Muso tutib turgan) asosini tashlagan edi, banogoh u aso rostakam ajdarga aylandi. Keyin qo'lini (qo'ltig'idan) chiqargan edi, banogoh u qarab turganlarga (kundan ham) oq bo'lib ko'rindi".

    Fir'avn yana gap topdi.

    "(Fir'avn) atrofidagi kishilarga dedi: "Albatta bu usta sehrgardir".

    Majlis ahli ham uning so'zini quvvatladi:

    "Bu ochiq sehr" dedilar".

    "Muso dedi: "Sizlarga haqiqat kelgan vaqtda ("Bu sehr"), deysizlarmi?! Sehrmi shu? Axir sehrgarlar muvaffaqiyat qozonolmaydilar-ku?!"

    "Ular dedilar: "Sen bizlarni oto-bobolarimizni amal qilgan holda topgan dinimizdan burish uchun va ikkovingiz erimizga ega bo'lib olish uchun keldingmi?! Biz sizlarga iymon keltirguvchi emasmiz!".

    Fir'avn xalqni Muso alayhis-salomga qarshi qayramoqchi bo'ldi:

    "Fir'avn aytdi: "U sizlarni o'z eringizdan chiqarmoqchi, nima deysizlar?"

    Shunda kishilar Fir'avnga quyidagicha maslahat berdilar:

    - Sen mamlakatingdagi jami o'tkir sehrgarlarni to'plagin. Ular Musoni mag'lub qilsinlar.

    Shunday qilib butun Misr bo'ylab jarchilar tarqatildi:

    - "Ogoh bo'lingizkim, kimda-kim sehr (qilish)ni bilsa, shoh huzuriga borsin".

    Misrning turli burchaklaridan sehrgarlar yig'ildi.

    Muso alayhis-salom bilan sehrgarlar bayram kuni choshgohda uchrashadigan bo'ldi.

    "Odamlarga aytildi: "Sizlar to'planguvchimisizlar? Shoyad biz, agar ular g'olib bo'lsalar, sehrgarlarga ergashsak".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:59:24
23. Maydonga

    Va'da kuni choshgohda odamlar to'p-to'p bo'lib maydonga chiqishdi.

    Erkagu ayol, yoshu qari barcha maydonga oshiqardi.

    Uyda bemorlar va yura olmaydigan kishilardan boshqa hech kim qolmadi.

    Butun shahar faqat sehr haqida gapirar edi;

    - Usvonning eng katta sehrgari ham kelibdimi?

    - Ha, yana tag'in Uqsur, va Jiyzaning mashhur sehrgarlari ham shu erda.

    - Nima deb o'ylaysiz - kim engar ekan?

    - Misrning eng zo'r sehrgarlari yig'ilgan bo'lsa, ularga kim ham bas kela oladi?!

    - Muso va uning og'asi sehr qilishni qachon-qaerda o'rganibdi-ki, bu mashhur sehrgarlardan ustun chiqsa?!

    - Muso saroyda katta bo'lgan bir yigit. So'ng Madyanga qochib ketgandi. U Misrda sehrgarlikni o'rganmagan edi. Madyanda esa sehrdan ta'lim beradigan hech kim yo'q.

    Maydonda Banu Isroilliklar ham yuraglarini hovuchlab turishardi. Ularda umidga qaraganda qo'rquv hissi ko'proq edi. Imron o'g'liga Allohning o'zi rahm qilsin!

    Banu Isroilga Allohning o'zi madadkor bo'lsin!

    Maydonga kibru g'urur bilan sehrgarlar kirib kelishdi. Turfa liboslarga burkangan bu odamlarning qo'llarida aso va iplar bor edi.

    Ular "bu kun bizning kunimiz" deya shod-xurram kelar edilar:

    - Bugun shoh bizning nimalarga qodir ekanimizni ko'radi. Odamlarning o'zi bizning afzalligimizga guvoh bo'ladi!

    "(Shundan keyin) sehrgarlar Fir'avn oldiga kelishib: "Agar biz g'olib bo'lsak, albatta (katta) mukofot (berarsan)" deyishdi".

    "U: "Ha, (agar g'olib bo'lsangizlar) albatta sizlar mening yaqinlarimdan bo'lasizlar" dedi.

    Shohlar beradigan mukofot mana shunday bo'ladi.

    Kishilar shu mukofot bilan aldanadi.

    Botir-pahlavonlar shu mukofot bilan ovlanadi.

    Sehrgarlar Fir'avnning va'dasini eshitib behad shod bo'ldilar.

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 12 Mart 2009, 23:59:46
24. Haq va botil

    "Muso ularga dedi: "Sizlar tashlaydigan narsangizni tashlangizlar".

    "Bas (sehrgarlar) iplari va asolarini tashladilar va "Fir'avn izzatiga qasamki, albatta biz g'oliblardirmiz", dedilar".

    Shunda kishilar g'alati narsaning guvohi bo'ldilar; Maydonda ilonlar sudralib yurardi. Hamma dahshatga tushdi. Hamma "Ilon, ilon" deya qichqirib o'zini orqaga otdi.

    Muso ham bularni ko'rib turardi.

    "(Ular qo'llaridagi aso va iplarni tashlagan edilar) banogoh iplari va asolari sehr qilganlari sababli (Musoga) yurib ketayotgandek tuyuldi".

    Musoning qalbiga qo'rquv kirdi.

    Axir qanday qilib ham qo'rqmasin?!

    Bu kun sinov kunidir.

    Imtihonda kishi yo hurmat topadi va yo xorlanadi.

    Xudo ko'rsatmasin, agar sehrgarlar g'olib chiqsa-chi?!

    To'satdan Muso mag'lub bo'lib qolsa-ya?!

    Unda nima bo'ladi?! Alloh asrasin!!!

    Bu erda bir kishining g'alabasi haqida gap borayotgani yo'q. Bu kungi g'alaba dinning Fir'avn ustidan qozongan g'alabasidir.

    Alloh taolo o'z payg'ambariga dalda berdi.

    "Qo'rqmagin. Albatta sen o'zing g'olib bo'luvchisan. Qo'lingdagi narsani (ya'ni asoyingni) tashlagin, ular qilgan narsalarni yutib yuborur. Ularning qilgan narsalari faqat bir sehrgarning makri-hiylasi xolos. Sehrgar esa qaerda bo'lmasin zafar topmas".

    "Qachonki ular (qo'llaridagi narsalarini) tashlaganlarida (va u arqon, asolar ilonlarga aylanib qolganida) Muso dedi: "(Mana shu) sizlar qilgan ish sehrdir. Albatta Alloh uni botil qiladi. Zero, Alloh buzg'unchi kimsalarning ishini o'nglamaydi. Va garchi jinoyatchi kimsalar istamasalar-da, Alloh o'z so'zlari (ya'ni amru farmonlari) bilan haqiqatni ro'yobga chiqaradi".

    "Biz Musoga "Asoyingni tashlagin", deb vahiy yubordik. Banogoh u (ajdarga aylangan hassa) ularning "uydirma"larini yuta boshladi. Bas, haqiqat qaror topdi, ularning qilgan harakatlari esa botil bo'ldi".

    Endi sehrgarlar dahshatga tushdilar;

    - Bu nima o'zi?! Sehr nimaligini, uning aslini va turlarini biz yaxshi bilamiz.

    - Sehr qilishda bizning oldimizga tushadigani yo'q! Biz shu sohaning eng mohirlarimiz!

    - Muso ko'rsatgan narsa sehr emas!

    - Sehr emas!

    - Agar sehr bo'lganida, biz ham unga qarshi sehr qilardik, sehrga sehr bilan javob berardik!

    - Bizning hunarimiz uning oldida erparchin bo'ldi. Xuddi quyosh qarshisida namlik qurib bitganidek butkul yo'qoldi.

    - Bu qaerdan, kim tomonidan bo'lishi mumkin?!

    - Bu yolg'iz Alloh tomonidandir!

    Sehrgarlar Muso alayhis-salomning payg'ambarligiga va Alloh tomonidan unga mo''jiza berilganiga to'la amin bo'ldilar.

    "(Shu payt) u sehrgarlar sajda qilgan hollarida erga yiqilib; "Barcha olamlarning Robbisi — Muso va Horunning Robbisiga iymon keltirdik", dedilar".

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:00:04
25.Fir'avn tahdid qiladi

    Fir'avn g'azab otiga mindi.

    Fir'avn joyida o'tirolmay qoldi.

    Momoqaldiroq bo'lib guldiradi, yashin bo'lib chaqnadi..

    Bechora Fir'avn! Bugun u kutmagan narsalar bo'ldi.

    U Musoni sehrgarlar bilan mag'lub qilmoqchi edi. Sehrgarlar esa endi Musoning qo'shiniga aylandi.

    Fir'avn sehrgarlarni xalqni Muso alayhis-salomga ergashishidan qaytarishlari uchun yiqqan edi. Vaholanki Musoga birinchi bo'lib shu sehrgarlar iymon keltirishdi.

    Fir'avn otgan o'qlar uning o'ziga kelib tegdi...

    Fir'avn o'zini kishilarning aqliga ham, qalbiga ham hukmron deb bilardi. Faqat jasadlar va tillarga hukmi o'tishini unutib qo'ygandi.

    Uningcha, Misrda hech kim Fir'avn iznisiz hech narsaga iymon keltirmasligi kerak edi. Shu bois u kibr bilan dedi;

    - "Men izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi? Shak-shubhasiz u sizlarga sehr o'rgatgan kattangizdir".

    "Shubhasiz bu (qilmishingiz) ushbu shahardan uning aholisini chiqarish uchun qilgan makringizdir".

    Va nihoyat Fir'avn o'zining sadog'idagi so'nggi zaharli o'qini otdi.

    - "Endi yaqinda bilursiz - albatta oyoq-qo'llaringizni qarama-qarshisiga (o'ng qo'l, chap oyog'ingizni) kesaman, so'ngra barchangizni dorga osaman".

    Mo'minlar Fir'avn otgan zaharli o'qlarni iymon va sabr qalqoni bilan to'sdilar.

    - "Ular dedilar; "Zarari yo'q. Zero, bizlar Robbimizga qaytuvchidirmiz. Albatta bizlar (Musoga birinchi iymon keltirgan kishilar bo'lganimiz sababli) Robbimiz xato-gunohlarimizni mag'firat etishini umid qilamiz".

    Ular iymonlari bilan sobit turib qizg'inlik ila dedilar:

    "Bizlar esa xatolarimizni va sen bizlarni majbur qilgan sehrgarlikdan iborat (gunohimizni) mag'firat qilishi uchun Robbimizga iymon keltirdik. Alloh(ning savobi) yaxshiroq va (azobi) uzunroqdir". Hech shubha yo'qki, kimda-kim Robbisining (huzuriga) jinoyatchi-kofir bo'lgan holda kelsa, u holda albatta uning uchun jahannam bor bo'lib, u joyda na o'la oladi va na yashay oladi. Kim U zotga yaxshi amallar qilgan mo'min holida kelsa, bas, ana o'sha (kishilar) uchun yuksak darajalar - ostidan daryolar oqadigan, ular abadiy qoladigan jannatlar bo'ladi. Bu (shirku-kufrdan) pok bo'lgan kishilarning mukofotidir!".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:01:53
26. Nodon Fir'avn.

    Fir'avnning halovati yo'qoldi, uyqusi qochdi. Egan-ichgani o'ziga tatimay qoldi.

    Saroy a'yonlari Fir'avn g'azabini yana alangalatdilar:

    - "(Ey Fir'avn), Muso va qavmining erda buzg'unchilik qilib yurishiga hamda seni va xudolaringni tark etishiga qo'yib berasanmi?!".

    G'azablangan Fir'avn dedi:

    - "Ularning o'g'illarini o'ldirib, ayollarini tirik qoldirajakmiz. Albatta biz ularning ustida g'olibdirmiz".

    Fir'avn Banu Isroil va Misr ahlini Musodan ajratib olish uchun turli makr-hiylalarni qo'lladi va shunday dedi:

    - Ey qavmim! Ko'rmayapsizlarmi, Misr mulki va oyoqlarim tagidan oquvchi mana bu anhorlar meniki emasmi?!

    - Yoki men mana bu xor kimsadan yaxshiroq emasmanmi?!

    "Fir'avn; "Ey odamlar, men sizlar uchun o'zimdan boshqa biron iloh borligini bilmasman. Bas sen ey Homon, loyni pishirib, (g'isht quyib) men uchun bir baland qasr bino qil, shoyadki men (uning ustiga chiqib) Musoning xudosini ko'rsam. Albatta men uni yolg'onchi kimsalardan deb o'ylamoqdaman".

    Homon ustalarni yig'ib loyni pishirib baland qasr qurishga kirishdi. Lekin ojiz inson bolasining chiranishlari qaerga ham etardi?!

    Homon ham, ustalar ham holdan toyishdi. Loy, g'isht tamom bo'ldi.

    Fir'avn oy nari tursin bulutga ham etmadi.

    Quyosh nari tursin oyga ham etmadi.

    Yulduz nari tursin quyoshga ham etmadi.

    Osmonlar nari tursin yulduzga ham etmadi.

    Bechora Fir'avn! Nahot u yuksak osmonlaru erni Alloh taolo yaratganini bilmasa?!

    "U samoda ham iloh, erda ham iloh bo'lgan zotdir".

    Fir'avn Muso alayhis-salomni o'ldirishdan boshqa yo'l topa olmadi. U "Muso er yuzida buzg'unchilik, fasod tarqatyapti", deya hujjat keltirdi.

    "Fir'avn dedi: "Meni qo'yinglar, Musoni o'ldiray. (Qani) u Robbisiga duo-iltijo qilsin-chi, unga najot berarmikin. Darhaqiqat men (Muso) sizlarning diningizni o'zgartirib yuborishidan yoki er yuzida buzg'unchilik avj oldirishidan qo'rqaman".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:02:42
Fir'avn xonadonidagi mo'min kishi.

1. Fir'avn xonadonidagi mo'min kishi.

    Fir'avn Muso alayhis-salomni o'ldirmoqchi bo'ldi.

    "(Shunda) Fir'avn xonadonidan bo'lgan, o'zining iymonini yashirib yuradigan bir mo'min kishi dedi: - "Bir kishini "mening Robbim Allohdir, degani uchun o'ldirurmisizlar?!" holbuki u sizlarga Robbingiz tomonidan aniq hujjatlar keltirgandir".

    - Nima uchun Musoga qarshi chiqyapsiz, unga ozorlar berayapsiz?! Agar iymon keltirmasangizlar ham, mayli, uni tinch qo'yinglar. Indamanglar, o'z yo'lida ketaversin. "Agar u yolg'onchi bo'lsa, yolg'oni o'z bo'yniga. (Ammo) agar rostgo'y bo'lsa (u holda) sizlarga u (kofirlar uchun) va'da qilayotgan (azoblardan) ayrimlari etib qoladi-ku! Albatta Alloh haddan oshguvchi, yolg'onchi kimsalarni hidoyat qilmas".

    - Aziz og'alarim! Bu kun siz molu mulkingiz, kuch-quvvatingiz va behisob askarlaringiz bilan mag'rurlanib, aldanib qolmangiz.

    "Ey qavmim, bugun-ku mulku davlat sizlarniki, mana shu erda g'olibsizlar. Endi agar Allohning azobi kelar bo'lsa kim bizlarga (undan najot topishimiz uchun) yordam berur?!" Fir'avn aytdi; "Men sizlarga faqat o'zim ra'y qilayotgan narsani (ya'ni Musoni o'ldirishni) maslahatinigina ko'rsataman va men sizlarni faqat to'g'ri yo'lga etaklayman".

    Mo'min kishi qavmini zolimlarning oqibati naqadar yomon bo'lishini aytib ogohlantirmoqchi bo'ldi.

    Iymon keltirgan kishi dedi: "Ey qavmim haqiqatan men sizlarning ustingizga ham xuddi Nuh qavmi, Od, Samud (qavmlari) va ulardan keyingi (kufr yo'lini tutgan) kimsalarning ishi tushib qolishidan qo'rqaman. Holbuki, Alloh o'z bandalariga zulm qilishni istamas (ya'ni Alloh o'sha jamoalarni halok qilishi bilan ularga zulm qilgani yo'q, balki ular o'zlarini kufru tug'yonlari sababli halokatga mustahiq bo'ldilar)"

    Mo'min kishi ularni dahshatli qiyomat kuni bilan qo'rqitardi.

    U kun qanday kun bo'lishini bilasizmi?!

    "U kunda kishi o'z og'a-inisidan ham, onasi va otasidan ham, xotinu bola-chaqasidan ham qochur! (Chunki) ulardan har bir kishi uchun u kunda o'ziga etarli tashvish bo'lur".

    "Do'stlar u kunda bir-birlariga dushmandir. Magar taqvo egalarigina (bunday emaslar)".

    "U kunda ular o'rtasida nasablar bo'lmas va (ular) bir-birlaridan so'ramaslar".

    U kunda barcha narsaning egasi, yakka-yu yagona podshoh nido qilur:

    "Bu kun mulk-egalik kimniki?!

    "Yagona va Qahhor Allohnikidir".

    U kunda borliq dahshat ichida qoladi. Insonlar dod-voy solib bir-birlarini yordamga chaqiradilar, o'zlaricha do'zax azobidan qochib qutulmoqchi bo'ladilar. Lekin, Alloh azobidan asrab-to'sib qolguvchi biron panoh topilmas!

    "Ey qavmim, haqiqatan men sizlar haqingizda (kishilar bir-birlariga) nido qilib qoladigan kundan (ya'ni qiyomat kunida do'zax azobiga duchor bo'lib, dod-voy qilib qolishingizdan) qo'rqurman".

    "U kunda sizlar (jahannam dahshatlaridan) yuz o'girib qochursizlar, (ammo) sizlar uchun Alloh(ning azobidan) saqlovchi-to'suvchi bo'lmas".

    "Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas uning uchun biron hidoyat qiluvchi bo'lmas".

    Alloh sizlarga ne'mat ato etganida, uning qadriga etmadingiz. Qachon o'sha ne'mat yo'qolgan edi, afsus-nadomat chekdingiz. Yusuf alayhis-salom kelganida uni tan olmagan edingiz, qadriga etmagan edingiz.

    Lekin u dunyodan o'tib ketgach, "Unaqa payg'ambar, unaqa adolatli shoh, unaqa ulug' inson yo'q edi", deya nadomat chekkansiz.

    Sizlar "Endi Yusufdaqasi bo'lmaydi", deb pushaymon qilgansiz.

    "Darvoqe ilgari Yusuf sizlarga (o'zining payg'ambar ekanligini isbotlaydigan) aniq hujjatlar keltirganida ham, u sizlarga keltirgan narsalardan shubha-gumon qilib turib olgan edinglar. To qachon u halok bo'lganida esa: "(Endi Yusufdan) so'ng Alloh hargiz payg'ambar yubormas, dedinglar".

    Xuddi shuningdek, mana shu payg'ambardan keyin ham afsuslanib qolasizlar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:03:24
2. Pand-nasihat.

    Mo'min kishi qavmdoshlariga astoydil pand-nasihatlar qilardi.

    "Iymon keltirgan kishi dedi: Ey qavmim! Sizlar menga ergashinglar, men sizlarni to'g'ri yo'lga etaklayman".

    Kishi bildiki, qavmdoshlari hali dunyo hayoti bilan mast bo'lib yurishibdi.

    Fir'avn molu davlati va kuch-quvvati bilan mag'rur, aldangan.

    Mana shu dunyo mastligi odamlarni Muso alayhis-salomga ergashishdan to'sib turibdi.

    Zero mast kishilarning hushi o'zida bo'lmaydi. Ular na eshitadilar va na sezadilar.

    Mo'min qavmini mana shu g'aflatdan uyg'otishga qasd qildi:

    "Ey qavmim, bu hayoti dunyo faqat bir (arzimas) matodir. Albatta oxiratgina (mangu) qarorgoh bo'lgan diyordir".

    Johil odamlar mo'min kishini kufr va shirkka chorladilar. Ota-bobolari dininga qaytishni maslahat berdilar. Ularga "Allohga qaytingiz!", deyilsa, ular "Ota-bobolarimiz dinini ushlaylik", deya javob berishdi.

    Qavmdoshlari hadeb zalolatga chaqiravergach, mo'min kishi dedi;

    "Ey qavmim, nega men sizlarni najotga-jannatga chorlasam, sizlar meni do'zaxga chaqirmoqdasizlar-a? Sizlar meni Allohga kofir bo'lishga va (o'zim iloh ekanligini) bilmaydigan narsalarni U zotga sherik qilishga chaqirmoqdasizlar. Men esa sizlarni qudratli, benihoya mag'firatli zotga chaqirmoqdaman".

    - Sizlarning olihalaringiz tarafidan biron bir payg'ambar keldimi? Ma'budalaringiz qaysi kitobni nozil qilishdi? Ular faqat sizlar hamda otalaringiz o'zlaricha to'qib olgan nomlar xolos. Alloh taolo hech qachon but-sanamlar haqida hujjat tushirmagan.

    Payg'ambarlar: Ibrohim, Yusuf, Muso... faqat Allohga davat etganlar. Zero har bir  narsa Alloh taoloning borligiga dalolat qiladi. Borliqning hamma burchagidan yolg'iz unga qaytishlikka da'vat keladi.

    "Shak-shubha yo'qki, albatta sizlar meni (ibodat qilishga) chaqirayotgan butlaringiz (jonsiz narsalar bo'lgani sababli) na dunyoda va na oxiratda (biron kimsani o'zlariga ibodat qilish uchun) da'vat qila olmas".

    Qavmining hidoyatga kelishidan butkul noumid bo'lgach, mo'min ularni tark qildi. Va dediki: "Hali (boshlaringizga azob tushganida albatta hozir) men sizlarga aytayotgan so'zlarni eslaysizlar. Men o'z ishimni Allohga topshirurman. Zero, Alloh bandalarini ko'rib turguvchidir".

    Darg'azab bo'lgan Fir'avn malaylari mo'minni o'ldirishga qaror qildilar.

    Lekin Alloh taolo uni o'z himoyasiga oldi. Dushmanlarini esa halok qildi.

    "Bas, Alloh u (iymon keltirgan kishi)ni ularning makr-hiylalaridan saqladi va Fir'avn xonadonini yomon azob o'rab oldi".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:03:48
3. Fir'avnning xotini

    O'zini aqllar va qalblarga ham hukumron hisoblaydigan Fir'avn Misrda biron kishining undan boshqaga iymon keltirishini tasavvur qila olmasdi.

    Agar Misrning uzoq chekkasidagi bir kishi Muso alayhis-salomga iymon keltirsa, o'sha kuni Fir'avn uxlay olmasdi.

    Goh o'tirib, goh turib, momaqaldiroqdek guldirab, yashindek chaqnab, yonib, bezovta bo'lardi.

    - Qanday qilib mendan beso'roq Musoga iymon keltiradi?!

    - Mening mamlakatimda yashab turib menga bo'ysunmasa! Men bergan rizq-ne'matlarni eb, yana menga kufroni ne'mat qilsa-ya!

    - Axir, Misrdagi har bir kishiga o'zidan ham ko'ra men haqdorroq emasmanmi?!

    Lekin Fir'avn o'zining Alloh erida yashab turib U zotga isyon qilayotganini o'ylamasdi. Alloh bergan rizq-ro'zni eb, so'ng yana unga kufr keltirayotganini unutib qo'ygan edi.

    Alloh taolo unga o'z uyida, ahli oilasida bir oyat-alomat ko'rsatib qo'ydi.

    Alloh taolo aqllarga ham, qalblarga ham - xuddi jasad va tillarga hukmron bo'lgani kabi hokim ekanligini namoyon qildi.

    Alloh taolo agar xohlasa kishi bilan ahli oilasi o'rtasini ajratib qo'yadi. Xohlasa inson bilan uning qalbi orasiga to'siq tashlaydi!

    Iymon Fir'avn xonadoniga ham kirib keldi. Fir'avnning o'zi hali hech narsadan bexabar edi. Uning qo'lidan biron ish kelmasdi.

    Eri Misr mamlakatining sultoni bo'lishiga qaramasdan Fir'avnning ayoli Musoga iymon keltirdi.

    Fir'avnning eng suyukli kishisi uning Robblik da'vosini rad etdi.

    Bu erda shohning qarg'adek shum ayg'oqchilari ham, jallodlari ham ojiz qoldilar. Ular hech narsani sezmadilar.

    Eng yaqin kishisining Allohga iymon keltirganidan Fir'avn hanuz bexabar edi.

    Xo'sh, agar xabar topganida nima qila olardi?

    Chunki uning hukmi jismga o'tishi mumkin, tillarga tushov solishi mumkin. Lekin, aqllarga va qalblarga aslo hukmronlik qila olmaydi.

    To'g'ri, ayol eriga itoat etishi kerak. Lekin, Allohga isyon bo'ladigan ishlarda inson bolasiga itoat qilinmaydi.

    Farzand ota-onasiga quloq solishi, ularga mehribon-mushfiq bo'lishi lozim.

    Agar ular shirkka da'vat qilsalar, ularga bo'ysunmaydi.

    "Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishiga buyurdik (ya'ni ota-ona xoh yaxshi, xoh yomon bo'lsin, xoh musulmon, xoh kofir bo'lsin ularga yaxshilik qilish farzandning burchidir, ammo) agar ular sen o'zing bilmagan narsalarni (ya'ni soxta "xudo" larni) menga sherik qilishing uchun zo'rlasalar, u holda ularga itoat etmagin! (Barchangiz) menga qaytursiz, bas (ana o'sha kunda) men sizlarga qilib o'tgan amallaringizning xabarini berurman".

    Iymon ne'matiga musharraf bo'lgan ayol Alloh dushmanining uyida turib Allohga ibodat qila boshladi.

    U Fir'avnning yaramas ishlaridan bezor edi. Allohga iltijolar qilib bu zolimdan najot berishini so'rardi.

    Alloh taolo Fir'avnning ayolidan rozi bo'ldi va uni eri hamda uning yomon amallaridan qutqardi.

    Bu ayol iymoni va shijoati uchun Qur'onda barcha mo'minlarga namuna qilib keltirildi.

    "Alloh iymon keltirgan zotlar (va ular o'zlari haqiqiy mo'min bo'lsalar, yaqin odamlarining kofir holda bo'lishi ularga ziyon qilmasligi) haqida Fir'avnning ayolini misol keltirdi. O'shanda u: "Robbim o'zing men uchun huzuringda - jannatda bir uy bino qilgin, menga Fir'avn va uning qilmishidan najot bergin va menga bu zolim qavmdan najot bergin", dedi".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:04:57
4. Banu Isroilning balo-sinovga solinishi

    Banu Isroilga nisbatan Fir'avnning qanday muomala qilayotganini ko'rgan xalq ham Isroil farzandlariga zulm-zo'ravonlik qila boshladi.

    Hatto yosh bolalar ularni so'kar, mahalla itlari esa oldiga solib quvlar edi.

    Har kuni yangi bir balo, har kuni tashvishli bir xabar Banu Isroil boshida hoziru nozir bo'lardi.

    Muso alayhis-salom qavmini sabr qilishga chorlab tasalli berar edi;

    - "(Ey qavmim) Allohdan madad tilab, sabr-toqat qiling! Bu er shak-shubhasiz Allohnikidir. Uni O'zi xohlagan bandalariga meros qilib beradi. Oqibat-natija esa taqvodorlarniki bo'ladi".

    Lekin Banu Isroil bu sinovni yomon qabul qildi. Ular Muso alayhis-salomga "Sen bizga hech qanday foyda berolmading. Bizga yordaming tegmadi" deya malomat qilishdi.

    "Ular aytdilar: "Sen bizga (payg'ambar bo'lib) kelishingdan ilgari ham (ya'ni o'shanda ham Fir'avn o'g'illarimizni o'ldirib, ayollarimizni tirik qoldirib, zulm qilgan edi), Sen kelganingdan keyin ham ozor ko'rdik".

    Muso alayhis-salom umidsizlikka tushmadi.

    "U (Muso) dedi: "Shoyad Robbingiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni bu erga xalifa qilsa va qanday amallar qilishingizni ko'rsa".

    "Ey qavmim, agar Allohga iymon keltirar ekansizlar, demak musulmon bo'lsangizlar, Uning o'zigagina suyaninglar-tavakkul qilinglar!"

    "Bas, ular aytdilar: "Allohning o'ziga tavakkul qildik. Robimiz, bizlarni bu zolim qavmga maftun-aldanuvchi qilib qo'yma. Va o'zing rahm aylab bizlarni bu kofir qavmdan qutqar".

    Fir'avn Banu Isroilni Allohga ibodat qilishdan qattiq qaytarar, agar ular ibodat qilsalar g'oyat darg'azab bo'lar edi.

    U Allohning erida masjidlarning Alloh uchun bo'lishini xohlamasdi. Allohning erida Allohga ibodat qilinsa g'azabi kelardi?!

    Yo tavba! Bu qanday nodonlik?!

    Axir er - Fir'avnniki emas - Allohning mulki-ku!!

    Allohning qullarini Allohning erida Allohga ibodat qilishdan to'sgan kimsadan ham zolimroq kim bor?!!

    Alloh erida turib bandalarni o'ziga ibodat qilishga chaqirayotgan kimsa eng zolim kimsa emasmi?!!

    Lekin, Fir'avn baribir ojiz qoldi. U hech kimni o'z uyida xohlagan ishini qilishdan qaytara olmasdi.

    Alloh taolo Muso alayhis-salom orqali Banu Isroilga quyidagicha amr etdi;

    "Qavmlaringiz uchun Misrda uylar tayyorlanglar va bu uylaringizni qibla-namozgoh qilib (u uylarda) namozni to'kis ado qilinglar".

    Fir'avn ham, uning jallodlari ham Banu Isroilni Alloh ibodatidan to'sa olmadi.

    Axir banda bilan uning Robbisi o'rtasini to'sib bo'larkanmi?!

    Musulmonni Alloh ibodatidan kim to'sa oladi?!
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:05:22
5. Ocharchilik

    Fir'avn tug'yonga kelib g'aflat va kufr qaysarligiga qattiq turib olgach, Alloh taolo unga o'zini o'nglab olishi uchun tanbeh berishni iroda qildi.

    Alloh taolo er yuzida fasodning yoyilishini xohlamaydi.

    U zot bandalarining kofir holda yurishlariga aslo rozi bo'lmas!

    Fir'avn juda nodon podshoh bo'lganligidan pand-nasihatlar unga ta'sir qilmasdi.

    Eshak to urmaguningcha o'z holatini o'zgartirmay yotaveradi.

    Alloh taolo Fir'avnni g'aflat uyqusidan qo'zg'atmoqni iroda etdi.

    Misr yam-yashil diyor! U turli laziz mevalar, don-dunlarga boy o'lka.

    Yusuf alayhis-salom zamonidagi ocharchilik yillarida Shom va Kan'on aholisi Misrdan don tashib kun kechirganlarini yaxshi bilasiz.

    Nil daryosi Misr erlarini sug'orib turadi.

    U Misrda saodat va xayr bulog'i hisoblanadi.

    Butun Misr ahli Nilni rizq-ro'z kaliti deb bilishardi.

    Mana shu sersuv daryo tufayli misrliklar yomg'ir suviga qarab qolmaganlar. Insonlar aslida rizq-ro'z kalitlari Alloh huzurida ekanligidan g'ofildirlar.

    Zero U zot o'zi xohlagan bandasiga mo'l-ko'l rizq berib ne'matlantiradi. Alloh kimgadir kam, kimgadir ko'p rizq ato qiladi.

    Nil ham Uning amri bilan qirg'oqlaridan toshib oqadi.

    Alloh taolo Nilga qurishlikni amr etdi.

    Nil suvi erga singib ketdi.

    Endi Misr aholisining ekin-tikini qaerdan suv ichadi?!

    Hosildan baraka ketdi. Hirmon to'lmadi. Natijada ochlik ketidan ochlik boshlandi.

    Fir'avn ham, Homon ham nima qilishni bilmay hayron edi. Shohning ko'p sonli lashkari ham ocharchilik qarshisida ojiz qolgandi.

    Misr aholisi Fir'avnning hech qanaqa iloh emasligini va rizq-ro'z berish yolg'iz Alloh ixtiyorida ekanini anglay boshladilar.

    Lekin bu na Fir'avnga va na Misr ahliga biron foyda berdi.

    Ular o'zlarini o'nglab olmadilar, g'aflat uyqusidan bosh ko'tarmadilar. Shayton Misr ahlini mav'izaga kar, ibrat olishdan ko'r qilib qo'ygandi.

    Misrliklar mana shu balolarga Musoni, Banu Isroilni sababchi qildilar.

    - Mana shu ocharchilikka Muso va uning qavmining shum qadami sabab bo'ldi!

    Vo ajab! Axir Muso Misrga kecha kelgani yo'q edi-ku!

    Banu Isroil ham uzoq yillardan buyon shu erda yashab kelardi-ku!

    Yo'q! Bu balolar Muso va uning qavmining shum qadamligidan emas, balki Misr aholisining mash'um qilmishlari-yu kufru isyon botqog'iga botganligi sababidandir.

    Fir'avn va uning qavmi hanuz o'zlarining kufroniy qaysarligidan kechmagandi.

    "Ular (Musoga): "Bizlarni sehrlash uchun qanday oyat-mo''jiza keltirsang ham biz senga hargiz iymon keltiruvchi emasmiz", dedilar".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:05:47
6. Besh oyat-alomat

    Alloh taolo kofir qavmga ketma-ket balolar yubora boshladi.

    Rob ular ustiga suv balosini yubordi. Osmondan yomg'ir quydi. Nil to'lib toshdi. Yomg'ir yog'averdi, yog'averdi, yog'averdi. Ekin maydonlarini suv bosdi. Bog'lar, ekinzorlarga qattiq talofat etdi. Aslida rahmat bo'lgan yomg'ir ularga balo bo'lib kelgandi. Avvallari misrliklar qurg'oqchilikdan shikoyat qilgan bo'lsalar, endi suv toshqinidan nolir edilar.

    So'ng ular ustiga chigirtkalar yuborildi. Mo'r-malaxday bostirib kelayotgan qop-qora to'lqin hech narsani qoldirmay eb, yo'lda davom etar edi.

    Fir'avn qo'shinlari Alloh qo'shini oldida ojiz qolishdi. Axir ular chigirtkalarga qarshi qanday ham jang qilsinlar?!

    Chigirtkaga nayza sanchib bo'lmasa! Ularga qarshi qilich ko'tarish ham befoyda bo'lsa.

    Hozir yana bir bor hammaning ko'z oldida Fir'avn va uning xizmatkorlarinig ojizligi ochiq ko'rinib qoldi. Lekin Misr ahli hali ham bu balolardan ibrat olmasdilar. G'aflat uyqusida tosh qotib yotar edilar.

    Alloh ular ustiga yana bir qo'shin yubordi. Bu son-sanoqsiz bitlar lashkari edi. Misrning hamma yog'ini bit bosib ketdi. To'shaklarda, kiyimlarda bitlar g'ujg'on o'ynardi. Sochlar, badanlar bitlar bilan to'ldi.

    Fir'avn qavmi tun bo'yi uxlamasdan qashlanib, tirnoqlari bilan bit o'ldirib chiqardi. Odatdagidek Fir'avining behisob qo'shini bu erda ham faqat tomoshabin bo'lishga yaradi. Qilichlar, nayzalar, o'q-yoylar bilan bitlarga qarshi hech nima qilib bo'lmadi.

    Keyin Misr ahliga qurbaqa balosi keldi. Ovqatlar ichida qurbaqa, suvlarda qurbaqa, kiyimlarda qurbaqa...

    Yashashning halovati qolmadi.

    Odamlar uylarining qay burchagiga qarashmasin, baqrayib turgan qurbaqani ko'rardilar.

    Uylar qurbaqalarning qurillashiyu vaqillashiga to'lib ketdi.

    Odamlar bitta qurbaqani o'ldirsalar, o'rniga yana o'ntasi paydo bo'lardi. Uydan bitta qurbaqa irg'itilmasdan turib, yangi-yangi qurbaqalar ovoz berardi.

    Xizmatkorlar ham, qo'riqchilar ham qurbaqalardan charchashdi...

    Alloh taolo bu kofir qavmga ibrat bo'lsin deb beshinchi oyat-alomatni — qon balosini yubordi.

    Odamlar burunlaridan tinimsiz qon kelishi oqibatida juda holsizlanib qolishdi.

    Hech qanday dori-darmon qonni to'xtata olmasdi. Tabiblar bu g'alati dard oldida ojiz edilar.

    Kofir qavm har gal boshiga balo kelganida Muso alayhis-salomga yolvorardilar;

    - Robbingga duo qil. Bizdan bu baloni ko'tarsin! Endi tavba qilib biz ham mo'minlardan bo'lamiz. Banu Isroilni sen bilan qo'shib yuboramiz...

    Lekin, boshlaridan balo arigach, yana ahdlaridan qaytar edilar.

    "(Ular) ustiga to'fon (sel), chigirtka, bit, baqa va qon (balolarini) ochiq oyat-mo''jizalar qilib yubordik. (Lekin) ular kibr-havo qildilar va jinoyatchi-osiy qavm bo'ldilar. Qachonki ularning ustiga bu azob tushgach; "Ey Muso, senga bergan va'dasi haqqi-hurmati, Robbinga duo qil. Qasamki, agar bizlardan shu azobni ko'tarsang, albatta senga (Payg'ambarligingga) iymon keltiramiz va Banu Isroilni sen bilan birga (O'z vatanlariga) jo'natamiz," dedilar. Endi ulardan bu azobimizni (ular) etib boruvchi bo'lgan muddatgacha (ya'ni qiyomat kunigacha) ko'targanimizda esa, banogoh (ichgan qasamlarini) buzib turibdilar".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:06:15
7. Banu Isroilning Misrdan safar qilishi

    Misrning keng erlari Banu Isroil uchun torlik qilib qoldi. Axir, har kuni ming turli azob va xo'rlik ko'ruvchi Isroil farzandlariga Misrning yam-yashil vodiylari qanday ham quvonch bag'ishlasin?!

    Banu Isroil tokaygacha sabr qiladi? Ular ham joni og'riydigan odamlar-ku!?

    Alloh taolo Muso alayhis-salomga tunda Banu Isroilni olib Misrdan chiqib ketishni vahiy qildi.

    Lekin uzunquloq ayg'oqchilar bu xabarni Fir'avnga etkazdilar.

    Muso alayhis-salom Banu Isroilni olib muqaddas zamin - Shom tomon tunda yo'lga chiqdi. Banu Isroil 12 guruhga bo'lingan bo'lib, har bir guruhning o'z amiri bor edi.

    Shom yo'lidan Muso alayhis-salom avval ham ikki marta yurgan edi. (Bir gal Madyanga borishda, ikkinchisi Misrga qaytishda).

    Lekin Musoning xohlagani emas, Allohning xohlagani bo'ldi.

    Muso alayhis-salom taqdiri azalda yozilganidek, bilgan yo'lidan adashib ketdi.

    U Banu Isroil bilan shimol tomonga ketyapman, deb o'ylasa-da, tun qorong'usida o'zining sharqqa qarab yurayotganligini sezmasdi.

    Kutilmaganda ular mavj urib yotgan qizil dengiz qarshisidan chiqib qoldilar.

    - Yo Alloh, yo Robb! Biz qaerdamiz o'zi?!!

    Banu Isroil ortlariga burilib uzoqdan ko'tarilgan qalin g'uborni ko'rdilar.

    Orqadan ufqni to'sib Fir'avnning katta qo'shini ta'qib qilib kelardi.

    Isroil farzandlari umidsizlikka tushib dod-faryod ko'tarishdi.

    Ey Imronning o'g'li! Biz senga nima yomonlik qiluvdik? Fir'avn bizni xuddi sichqon bolasidek o'ldirib tashlashi uchun dengiz qirg'og'iga olib keldingmi? Axir bu erdan hech qayoqqa qochib ketib bo'lmaydi-ku!?

    Nima uchun bizdan intiqom olyapsan? Senga biron yomon so'z dedikmi?

    Shu paytgacha sen sababli ko'rgan jabru sitamlarimiz kammidi? Endi shu erga boshlab keldingmi?

    Oldinda pishqirgan dengiz, ortda esa quturgan dushmanlar.

    Bu kun biz aniq halok bo'lamiz.

    Banu Isroil ko'ziga dunyo qorong'i bo'ldi. Ko'zlar dahshatdan chaqchayib qoldi. Damlar ichga tushdi. Umidsizlik Isroil qavmini to'la qamrab oldi.

    Bugun sarosimaga tushmagan odam qolmadi. Ha, hatto azim tog'lar ham bu qo'rquv qarshisida larzaga kelishi mumkin.

    Lekin Musoning Robbisiga bo'lgan iymoni zarracha susaymadi — larzaga kelmadi.

    Insonlar nubuvvat nuri yog'ilib turgan so'zni eshitdilar.

    "Yo'q, aniqki men bilan birga Robbim bor. Albatta u meni (najot) yo'liga boshlaydi".

    Alloh taolo Musoga asosi bilan dengizni urishga amr qildi. Muso Robbisining amrini bajardi. Shunda dengiz yorilib suv xuddi tog'lardek bo'laklanib qoldi.

    O'n ikki guruh uchun o'n ikki yo'l paydo bo'ldi.

    Banu Isroil dengizdan eson-omon o'tib ketdi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:06:35
8. Fir'avnning g'arq qilinishi

    Banu Isroilning dengiz o'rtasidan ochilgan yo'ldan sog'-omon o'tib ketganini ko'rgan Fir'avn o'z qo'shiniga qarab qichqirdi;

    Qaranglar! Qochoqlarni tutishim uchun mening amrimga bo'ysunib dengiz yorildi!

    Fir'avn qo'shini bilan olg'a intildi. Banu Isroilni yana qo'rquv qamradi.

    Zolim dushman ular tomon dengiz o'rtasidan emin-erkin kelmoqda edi.

    Tamom, biz qo'lga tushdik.

    Fir'avn hozir bizni yana xorlab, asir qilib Misrga olib ketadi yoki mana shu kimsasiz erda qilich tig'idan o'tkazadi.

    Muso alayhis-salom dengiz qaytadan asliga kelishi uchun asosi bilan erni urmoqchi bo'ldi.

    Shunda Alloh taolo vahiy qildi;

    Ey Muso, dengizga teginma "albatta ular g'arq qilinuvchi qo'shindir".

    Fir'avn va uning qo'shini yo'l o'rtasiga etgach dengiz harakatga keldi. Ular to'lqinlar tagida qolishdi.

    O'lishini aniq bilgach, Fir'avn o'zining kufr-kibr mastligidan uyg'ondi.

    "Endi unga (Fir'avnga dengizda) g'arq bo'lish (payti) etganida esa, u dedi; hech qanday iloh yo'q, magar Banu Isroil iymon keltirgan zot - Allohgina borligiga iymon keltirdim. Men ham musulmonlardan - Allohga bo'ysinuvchilardanman".

    Lekin, endi Fir'avn uchun tavba qilish fursati o'tgan edi.

    "Na gunoh ishlarni mudom qilib yurib, qachonki birovlariga o'lim kelganida "endi tavba qildim" deydigan va na kofir holda o'lib ketadigan kimsalarning tavbalari qabul qilinmas".

    "Robbingizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan) iymoni foyda bermas".

    Fir'avnga shunday deyildi.

    - "Endi-ya! Axir sen ilgari (ya'ni shu paytgacha) itoatsizlik qilgan va buzg'unchi kimsalardan bo'lgan eding-ku!"

    Fir'avn dengizga g'arq bo'ldi.

    Minglab go'daklarni qatl qildirgan qonxo'r o'ldi!

    Ming-minglab kishilarni zindonband qilib chiritgan, osgan, so'ygan zolim jon taslim etdi!

    Misr podshohi taxtidan, koshonasidan, saltanatidan yiroqda jon berdi.

    Uning boshida na davolovchi tabib, na mehribon do'st va na yig'lovchi bir ko'z turmadi!

    Banu Isroil hali ham Fir'avnning o'lganiga shubha qilardi. Ular "Fir'avn o'lmaydi" deyishardi.

    - Axir u necha kunlab emasdan, ichmasdan yurar edi-ku?!..

    Faqat dengiz uning jasadini qirg'oqqa chiqarib tashlaganidan keyingina "Fir'avn aniq o'libdi" dedilar.

    Alloh taolo Fir'avnga xitob qilib shunday dedi:

    "Mana bugun o'zingdan keyingi kishilarga oyat-ibrat bo'lishing uchun seni jasadingni qutqaramiz".

    Fir'avn jasadi odamlarga oyat-ibrat bo'lishi uchun asrab qo'yildi.

    Banu Isroilni ta'qib etgan askarlardan biron kishi ham omon qolmadi.

    Shunday muazzam Misr mamlakatidan ularga bir qarich er nasib qilmadi.

    "Ular qanchadan-qancha bog'larni, chashmalarni, ekinzorlarni va ulug'-go'zal joylarni qoldirib (o'zlari g'arq bo'lib) ketdilar va (qanchadan-qancha) o'zlari vaqtichog'lik qilgan ne'matlarni (qoldirib ketdilar)! Mana shunday! Biz u (ne'matlarni boshqa) bir qavmga meros qilib berdik. Bas, ularga osmon ham, er ham (aza tutib) yig'lamadi, ularga (tavba-tazarru' uchun) muhlat ham berilmadi!"
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:07:50
9. Sahroda

    Fir'avn ta'qibidan sog'-salomat qutulgan Banu Isroil bexavotir erga etganlarida ozod kishilardek engil nafas oldilar.

    Bu erda ularga na Fir'avn va na Homon xavf solardi.

    Endi Fir'avn jallodlaridan qo'rqmasdan emin-erkin, xotirjam yurishlari mumkin edi. Lekin, yam-yashil vodiyda o'sgan Banu Isroil sahro quyoshidan ozor chekardi.

    Hozir Isroil farzandlari Allohning mehmoni edilar.

    Siz shohlarning o'z mehmonlariga qanday izzat-ikrom ko'rsatishni bilasizmi? Albatta, aziz mehmonlarni jazirama oftobdan ehtiyot qilib shohona chodirlar tikiladi...

    Alloh izzat-ikromi esa har qanday mehmonnavozlikdan yuqori bo'ladi.

    Pok Rob amri bilan Banu Isroilga bulut soyabon qilindi.

    Isroil farzandlarini quyosh tig'idan saqlovchi bu bulutlar ular bilan hamisha birga yurardi.

    Musoning qavmi to'xtasa, bulut ham to'xtar, yursalar, u ham samoda suza boshlar edi.

    Sahroda na bir quduq va na bir ko'l ko'zga tashlanardi.

    Banu Isroil Onasidan yordam kutgan go'dak misoli Musoga tashnalik azobidan shikoyat qildi.

    Muso alayhis-salom Robbiga iltijo etdi.

    Axir undan o'zga madadkor bormi?!

    "Eslang (ey Banu Isroil) Muso o'z qavmi uchun suv tilaganida, "Asoingni toshga urgil", dedik. Bas, undan o'n ikki chashma otilib chiqdi har bir qabilaga (ular o'n ikki urug' edilar) o'z suvi ma'lum bo'ldi".

    Qorni ochgan Isroil farzandlari yana Muso alayhis-salom oldiga yugurishdi:

    - Sen bizni turli laziz mevalarga boy bo'lgan hushmanzara Misr eridan olib chiqding. Endi, mana bu qup-quruq sahroda bizga kim biron egulik beradi?!

    Muso yana Robbiga duo-iltijolar qildi. Axir undan boshqa kimga ham iltijo qilsin?!

    Alloh taolo ularga eguliklar tushirdi.

    Holva kabi laziz shirinliklar va bedana go'shti daraxt barglariga quyilib tushirildi.

    Mana shu Alloh tomonidan berilgan "shirinlik va bedanalar" edi.

    Mana shu — yaydoq sahroda Banu Isroilning Alloh tomonidan mehmon qilinishi edi.

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:08:14
10. Kufroni ne'mat

    Lekin uzoq davom etgan qullik Banu Isroilga o'z ta'sirini o'tkazgan, ularning xulq-atvorini ancha o'zgartgan edi.

    Banu Isroil bola tabiatli bo'lib qolgandi. Ular hech bir narsada uzoq vaqt tura olmasdilar. Besabr, beqaror kishilarga aylanishgan edi.

    Shukri kam, nolishi ko'p, noz-zerikishi xo'b bu qavm ta'qiqlangan narsani xush ko'rib, berilgan ne'matlarni yoqtirmasdi.

    Hali hech qancha o'tmasdan turib ular yana nolishga o'tdilar:

    Ey Muso, bir xil taom jonimizga tegdi. Go'shtu holvalardan zerikdik.

    Erda o'sadigan ko'k-sabzavotlardan egimiz kelyapti.

    - "Ey Muso, bir xil taomga hech qanoat qila olmayapmiz. Robbinga duo qil, bizga erda unib-o'sadigan sabzavotlardan, bodring, sarimsoq, mosh, piyozga o'xshagan o'simliklardan chiqarib bersin".

    Muso ularning bu g'alati so'rovlaridan taajjubga tushib ham inkor, ham tanbeh, ham hayrat ohangida dedi;

    - "Yaxshi narsani past narsaga almashtirishni istaysizlarmi?"

    - Qush go'shtlari, holvalar kabi inson qo'li tegmagan noz-ne'matlarni tashlab ko'k-sabzavotlarni orzu qilasizlarmi?

    - Shohlar taomini dehqonlar eguligiga almashasizlarmi?

    - Eh sizlarning orzu-havaslaringiz?!

    Lekin Banu Isroil o'z talabida qattiq turib olib qayta-qayta so'rayvergach, Muso alayhis-salom ularga dedi:

    - Xohlagan shahringizdan aytayotgan narsalaringizni topasiz.

    "Qaysi shaharga tushsangizlar so'ragan narsalaringiz turibdi-ku?"
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:08:43
11. Qaysar Banu Isroil

    Isroil farzandlari o'jar tabiatli bolaga o'xshardilar.

    Ular buyurilgan ishning teskarisini qilishni yaxshi ko'rishardi.

    Bu qavm o'zlariga aytilgan narsani albatta almashtirish kerak, deb turardi.

    Xuddi o'jar bolalar kabi: Agar siz ularga "Tur!", desangiz o'tirib olishadi. "O'tir!", degan buyruqni eshitishlari bilan sakrab turishadi. "Jim bo'l!", deyilganda gapirib, "Gapir!", deyilsa jim turishadi.

    Banu Isroilning o'jarligida nodonlik, jinnilarcha hatti-harakat va maraz ishoralar ham bor edi.

    Ular bir qishloqqa tushib uning sabzavotlaridan emoqchi bo'ldilar. Lekin Alloh taolo izn bergach:

    "Ushbu qishloqqa (Quddusga) kiringlarda, undan xohlagan joylaringizda eb-ichinglar. Darvozadan sajda qilgan holingizda kiringlar va "afv et" denglar, biz xatolaringizni mag'firat qilamiz va yaxshilik egalariga ziyoda ne'matlar ato qilamiz".

    Banu Isroil ushbu ilohiy amrdan o'zlaricha darg'azab bo'ldilar. Ular shaharga xohlamasdan istehzo qilib orqalari bilan er supirib-sudralib kirdilar.

    "Shunda zolim kimsalar ularga aytilgan so'zdan boshqa so'zni almashtirib aytdilar".

    Alloh taolo ular ustiga vabo balosini yubordi.

    Qavm itdek o'lib ketdi.

    Agar ularga bir narsa buyurilsa, titkilab qayta-qayta savol berishaverardi.

    Kishi bir ishni qilgisi kelmasa, turli bahonalar bilan vaqtni cho'zib yuraveradi. Hadeb savollar beradi.

    Banu Isroil orasida qotillik sodir bo'ldi. Odamlar har qancha urinmasinlar haqiqiy qotilni topisha olmadi. So'ng Muso alayhis-salom huzuriga keldilar:

    - Ey Allohning Payg'ambari! Mana shu masalada bizga yordam bergin. Robbingga duo qil. Qotilning kimligini bildirsin.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:09:07
12. Sigir voqeasi.

    Muso alayhis-salom Allohga duo qildi.

    Pok Rob Bani Isrol qavmiga bir sigir so'yishni vahiy orqali buyurdi.

    Xuddi mana shu erda masala chigallashdi. Banu Isroil yana masxaraomuz savollarini boshlagandi.

    "Eslang! Muso o'z qavmiga:

    - "Alloh bir sigir so'yishlaringni buyurdi, deganda ular:

    - "Ustimizdan kulyapsanmi?" —dedilar.

    Muso dedi:

    - "Unday johillardan bo'lib qolishdan Alloh panoh berishini so'rayman".

    Ular dedilar:

    - "Robbingga duo qil, uning qandayligini bayon qilsin".

    (Muso dedi):

    - "U zotning aytishicha, u qari ham, yosh g'unajin ham bo'lmagan o'rta bir sigirdir. Endi farmonni ado etinglar".

    Ular shu erda ham to'xtashmadi. Endi sigirning rangini surishtira boshlashdi.

    Ular dedilar:

    - "Robbingga duo qil. Uning rangini bayon qilsin".

    (Muso) aytdi:

    - "U zotning aytishicha, u ochiq-mallarang sigir bo'lib, ko'rganlarning ko'ngli chog' bo'ladi".

    Hech qanday savol topa olmaganlaridan keyin umumiy qilib yana bir marta so'rashdi:

    Ular aytdilar:

    - "Robbinga duo qil, uning qandayligini bayon qilsin, bu mol bizga ishtibohli bo'lib qoldi. Inshaolloh, endi yo'limizni topib olamiz".

    (Muso) aytdi:

    - "U zotning aytishicha, u shunday bir sigirki, xor bo'lib er haydamaydi, u bilan (suv tashib) ekin sug'ormaydilar, aybu nuqsonsiz, unda o'z rangidan boshqa rang-bo'yoq yo'q".

    Ular:

    - "Endi haqiqatni aytding", dedilar".

    Lekin Banu Isroil o'ziga-o'zi og'ir qilib qo'ygandi. Agar ular hadeb savol beravermasdan to'g'ri kelgan bir sigirni so'yganlarida ham kifoya qilgan bo'lardi.

    O'zlari qattiq olganidan keyin, Alloh ham ularga qattiq qilib qo'ydi.

    Banu Isroil aytilgan sigirni uzoq qidirdi. Chunki yuqoridagi sifatlarga ega bo'lgan sigir juda ham kam uchrardi.

    Bir sigir ochiq mallarang bo'lsa-da, o'rta yoshli bo'lmasdi.

    Yana birida ko'p sifatlar topilardi-yu, lekin u er haydardi yoki suv tashirdi...

    Qidiraverdilar, qidiraverdilar...

    Nihoyat o'zlarining xato qilganliklarini tushundilar.

    Alloh taolo bir etimning baxtini ochdi. Vahiyda ta'riflangan sigir faqat mana shu etimda bor edi.

    Banu Isroil sigirni juda katta pulga sotib oldilar.

    Alloh taolo o'ldirilgan kishini sigirning bir bo'lak go'shti bilan urishni buyurdi. Shunda o'lik tirilib qotilining nomini aytadi.

    Xuddi shunday bo'ldi....
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:09:30
13. Shariat

    Banu Isroil endi odamlardek yashay boshladi. Ular cho'lda hur, erkin edilar.

    Endi bu qavmga ilohiy bir shariat lozim edi. Toki ular mana shu shariat bilan hukm qilsinlar, hayot yo'llarini yoritsinlar.

    Inson faqat ilohiy shariat nuri ostidagina insondek yashashi mumkin.

    Olam tim qora zulmat. Bu erda Rob tomonidan berilgan mash'ala zarur.

    U Payg'ambarlar qo'lidagi mash'aladir.

    Kimda-kim mana shu nur ortidan ergashmas ekan, hayotda mudom ko'r tuyadek adashib yuradi.

    Ilohiy nurdan tashqarida turib to'qilgan aqidalar bolalarga ermak bo'ladigan ertaklardan boshqa narsa emas.

    Siz mushriku kofirlar - turli adashgan kimsalar aqidalarini, xurofotlarini eshitmaganmisiz?

    Ularning ilmi jaholat, taxmin va shubha-gumon asosiga qurilgan.

    "Ular faqat gumon-taxminga ergashurlar xolos. Aniq-ki, gumon haqiqatdan biron narsaning o'rniga o'tmas!"

    Johiliy axloq bu isrof, qosirlik, haddan oshish va sustkashlikdir.

    Payg'ambarlar yo'liga ergashmagan kimsalar o'zgalar haq-huquqini bemalol hazm qilib yuboradilar. Ular havoi nafslariga ergashib o'z chegaralaridan tashqariga chiqib ketishadi.

    Hukm yurgizish, siyosat esa zulm, istibdod va kishilar moli-yu haq-huqlarini toptashdan iborat bo'ladi.

    Allohdan qo'rqmaydigan podshohlar o'z fuqarolari qonini behuda to'kishlari, haq-huquqlarini poymol etishlari, omonatlarga hiyonat qilishlarini nahot bilmasangiz?!

    Qancha-qancha kishilar qullik zanjiriga solindi. Insonlar guruh-guruhga ajratib yuborildi. Ayollar tirik qoldirilib erlar qilich tig'idan o'tkazildi

    Siz birinchi va ikkinchi jahon urushlarida necha million insonning yostig'i quritilganini bilasizmi?!

    Dunyo tim qora zulmat.

    "(Ular) ustma-ust zulmatlardir. U o'z qo'lini chiqarib (qarasa) ko'rishga yaqin bo'lmas. Kimga Alloh nuri (iymon) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur bo'lmas".

    Payg'ambarlar insonlarga qanday ibodat qilish kerakligini o'rgatish bilan bir qatorda ularga o'zaro muomala-munosabat haqida ham ta'lim bergan.

    Alloh taolo elchisi din odobidan ham, hayot odobidan ham ta'lim beruvchi muallimdir. U insonlarga barcha odoblarni — eyish, ichish, o'tirish, uxlash... odoblarini o'rgatadi.

    Go'yo mehribon ota bo'lib o'zining aziz jigarbandlariga pand-nasihat qiladi.

    Insonlar Payg'ambarlar qarshisida go'dak maqomida turadilar. Ular go'daklikda otalari tarbiyasiga qanchalik muhtoj bo'lgan bo'lsalar, balog'atga etgan chog'larida Payg'ambar tarbiyasiga shunchalik muhtojdirlar.

    Nubuvvat ta'lim-tarbiyasidan bebahra qolgan mana shu kimsalar yovvoyi holda o'sgan daraxtga o'xshaydilar. Zero parvarishsiz katta bo'lgan o'simlik qing'ir-qiyshiq bo'lib o'sishi mumkin.

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:09:52
14. Tavrot

    Alloh taolo Banu Isroilni kitobsiz-hidoyatsiz qavmlar kabi adashib-uloqib ketishni istamadi.

    Ularni ko'r tuyadek tentirab yurishdan asramoqni iroda qildi.

    Alloh taolo Muso alayhis-salomga poklanish uchun 30 kun ro'za tutishni, so'ngra Tur tog'iga kelishni buyurdi. Alloh taolo Tur tog'ida Muso alayhis-salomga xitob qilishi va aynan shu erda unga kitob nozil etishi kerak edi.

    Muso alayhis-salom qavmidan 70 kishini guvoh bo'lsin deb o'zi bilan birga olib ketdi. Chunki o'jar, hadeb har narsani kavlashtiraveradigan Banu Isroil uchun tirik guvohlar zarur edi.

    "Muso akasi Horunga dedi: "Qavmim ustida mening o'rinbosarim bo'lgin va (agar yomon amal qilsalar) tuzatgin".

    "Buzg'unchi kimsalar yo'liga ergashmagin".

    Albatta, jamoani yo'lboshchisiz tashlab ketib bo'lmaydi.

    Muso alayhis-salom Tur tog'iga hammadan ilgari etib keldi.

    "Tur tog'i tomon ketayotgan Muso yo'lda ulardan ilgarilab ketadi. Shunda Alloh dedi;

    - "Qavmingdan munchalar ko'p ilgarilab ketding, ey Muso!"

    U aytdi:

    - "Ular ana izimdan kelishayotir. Men esa sen rozi bo'lishing uchun shoshdim, Robbim!".

    Alloh taolo Muso alayhis-salomga ahdlashilgan qirq kunni to'liq qilishni buyurdi. Muso Tur tog'ida Robbi bilan gaplashdi.

    Alloh taolo uni O'ziga yaqin kishilardan qildi. Bundan to'lqinlanib ketgan Muso Allohdan jamolini ko'rsatishni so'radi.

    Lekin Muso bunga dosh berolmasdi. Zero, "Ko'zlar uni idrok qilolmas, U esa ko'zlarni idrok etar! U mehribon va (har narsadan) ogoh zotdir".

    Hatto buyuk tog'lar Alloh jamolini qo'ya turing, Uning kalomini ko'tarishga dosh bera olmaydi:

    "Agar biz ushbu Qur'onni biron tog'ga nozil qilganimizda albatta siz u (tog')ni Allohning qo'rquvidan egilib, yorilib ketgan holda ko'rgan bo'lur edingiz".

    - "Sen Meni (bu dunyoda) hargiz ko'rolmaysan. Ammo mana bu toqqa boq (Men unga ko'rinurman). Bas, agar u (Men ko'ringanimda) o'rnashgan joyida tura olsa, sen ham meni ko'rajaksan.

    Qachonki, Robbi u toqqa ko'ringan edi, uni mayda-mayda qilib tashladi va (bu holni ko'rgan) Muso hushsiz holda yiqildi. O'ziga kelganidan keyin esa dedi:

    - "Pok Robb (noo'rin savol so'rashdan) O'zingga tavba qildim. Endi men (sening naqadar buyuk zot ekanligingga) iymon keltiruvchilarning avvali - peshqadamiman".

    Alloh aytdi:

    - "Ey Muso, haqiqatan men seni odamlar ustida Payg'ambarim bo'lishingga va (bevosita) kalomimni eshitishingga tanlab oldim. Bas, senga ato etgan narsamni (ya'ni buyruq va qaytariqlarimni) olgin va shukr qilguvchilardan bo'lgin!".

    Muso alayhis-salom Banu Isroilga zarur bo'lgan batafsil bayon va ma'ruzalar bitilgan lavhlarni oldi. Alloh taolo ularni etkazishga amr qilgan edi.

    Muso tanlab olgan 70 kishi yoniga qaytib Alloh in'omi haqida so'z boshlaganida ular surbetlik bilan shunday dedilar;

    - "Ey Muso, Allohni ochiq ravshan ko'rmagunimizcha hargiz senga ishonmaymiz!"

    Shunda ularni qarab turgan hollarida chaqmoq urdi.

    Alloh taolo yaratgan chaqmoqni ko'tara olmagan kishilar u zotning nuriga bardosh bera olarmidilar?!

    Muso alayhis-salom Robbiga iltijo qilib dedi:

    - "Robbim, agar xohlasang ularni ham, meni ham ilgari halok qilsang bo'lur edi. Oramizdagi aqlsiz kimsalarning qilmishlari sababli (endi) bizlarni halok qilasanmi?!

    Alloh taolo Payg'ambarining iltijolarini qabul qildi. Ularga qaytadan hayot baxsh etdi. Shoyad endi shukr qilsalar?!
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:11:10
15. Buzoqqa sig'inish

    Banu Isroil Misrda ancha vaqt mushriklar bilan qo'shni yashagan edi. Qibtiylarning juda ko'p narsaga sig'inishlarini ular o'z ko'zlari bilan ko'rardilar.

    Shu bois Isroil farzandlari asta-sekin shirkdan nafratlanmay qo'ydilar. Xuddi eski uy devorlaridan suv sizib kirganidek ular qalbiga ham shirk muhabbati in qura boshladi.

    Ozgina fursat topilishi bilanoq misli pastlikka yugurayotgan suvdek shirkka qarab chopishardi.

    Qalblar buzilgan, xohish-istaklar noto'g'ri yo'nalishga burilgan edi. Haq yo'lni ko'ra-bila turib tashlab ketardilar. Zalolatga mudom quchoq ochardilar.

    Banu Isroil Fir'avn ta'qibidan qochib Qizil dengizdan o'tib ketdi.

    "So'ng ular butlarga sig'inib turgan bir qavm oldidan o'tdilar va: "Ey Muso, bizlarga ham ularning ilohlari kabi xudo qilib (yasab) ber", dedilar".

    Ularning bu noo'rin tilaklaridan Musoning jahli chiqdi.

    - "Albatta sizlar bilmaydigan qavmdirsizlar!"

    Vo ajab! Bu ne zulm?! Bu ne ko'rnamaklik?! Axir Alloh ularga hali hech kimga berilmagan ne'matlarni bermadi-mi?

    Axir Alloh taolo ularni butun olamlardan afzal qilib qo'ymadimi?!

    Muso dedi:

    - "Men, sizlarni butun olamlardan afzal qilib qo'ygan Allohdan o'zgani (ya'ni jonsiz butni) sizlarga xudo qilib beramanmi?"

    Muso Robbi bilan so'zlashmoq uchun Tur tog'iga qarab ketdi. Banu Isroil Muso ketganidan so'ng shaytonning o'ljasiga aylandi.

    Ularning orasida Somiriy degan bir badbaxt kimsa ham yashardi.

    "So'ng (Somiriy o'sha zeb-ziynatlarni olovda eritib, xuddi tirik buzoq kabi) ovozi bor haykal-buzoq (yasab) chiqarib berdi. So'ng (Somiriy va uning sheriklari): "Sizlarning ham, Musoning ham ilohi shu edi, (Muso) unutib, (uni boshqa erdan izlagani ketibdi"), dedi".

    Banu Isroil qavmi mana shu buzoq bilan fitnalandi.

    Ular ko'rlarcha buzoqqa yukina (sig'ina) boshladilar.

    "Axir uning o'zlariga biron so'z qaytara olmayotganini va biron ziyon ham, foyda ham etkazishga qodir emasligini ko'rmaydilarmi?!

    Holbuki (buzoqqa sig'inishlaridan) ilgari Horun ularga:

    - "Ey qavmim, sizlar bu bilan faqat imtihon qilindinglar xolos, (bas, u buzoqqa sig'inmanglar!) Shak-shubha yo'qki, sizlarning. Robbingiz yolg'iz Rahmon Marhamatli Allohdir. Bas, menga ergashinglar va amrimga itoat qilinglar!"- degandi"

    Lekin Somiriyning sehri bilan aldangan Banu Isroil bu zalolatidan qaytmadi.

    "Ular: "To bizlarga Muso qaytmagunicha, unga (shu butga) ibodat qilib—sig'inishdan hargiz ajralmaymiz", degan edilar".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:11:41
16. Jazo-uqubat

    Alloh taolo Musoga qavmining Somiriy sehri bilan fitnalanganini ma'lum qildi.

    Muso g'oyat xafa bo'lib, g'azablanib qaytdi.

    U Alloh uchun qavmiga va og'asi Horunga g'azab qildi.

    "(Muso qaytib kelgach) dedi:

    - "Ey Horun, sen ularning yo'ldan ozganlarini ko'rgan paytingda mening ortimdan borishingdan (va menga bu haqda xabar berishingdan) seni nima to'sdi?! Mening amrimga itoatsizlik qildingmi?!"

    "(Horun) dedi:

    - "Ey onamning o'g'li, sen menining soch-soqolimdan tortmagin. Men (agar buzoqqa sig'inayotganlarni qo'yib, yo'ldan ozmagan kishilar bilan sening ortingdan borsam) mening so'zimni kutmay, Banu Isroilni bo'lib yuboribsan, deyishingdan qo'rqdim".

    "(Horun) dedi:

    - "Ey onamning bolasi-birodarim", bu qavm meni xo'rlab, o'ldirishlariga oz qoldi, endi sen ham bu dushmanlarni mening ustimdan kuldirmagin va meni bu zolim qavm bilan birga deb bilmagin".

    (Muso) dedi:

    - "Robbim, meni va birodarimni o'zing mag'firat qilgaysan va bizni o'z rahmatingga dohil qilgaysan.

    O'zing rahm qilguvchilarning rahmlirog'isan".

    So'ng Muso Somiriyga yuzlandi;

    - Ey Somiriy! Bu nima qilganing?!

    Somiriy o'z gunohiga iqror bo'ldi:

    "Menga nafsim ana shunday qilishni chiroyli ko'rsatdi".

    (Muso) dedi:

    - "Bas yo'qol! Endi sen uchun hayotda "Menga tegmanglar", deyishgina bordir, (ya'ni umringning oxirigacha yakkamoxov bo'lib qolursan)".

    Muso uni shunday jazoladi.

    Endi Somiriy to ajali etgunicha vahshiy hayvonday odamlardan yiroqda bir o'zi yuradi.

    Inson uchun bundan ham qattiq jazo bormi dunyoda?!!

    Minglab kishilarni shirk balchig'i ila bulg'atgan kimsadan hazar qilmoq lozimdir. Alloh bilan bandalari o'rtasini ajratmoqchi bo'lgan kas (odam) yakkamoxov qilinmog'i shart.

    Alloh erida turib unga o'zgalarni sherik qilishga chaqirgan kimsa uchun butun er yuzi zindon bo'lmog'i kerak.

    Muso Somiriy yasagan la'nati buzoqni o'tda yondirib, so'ng kulini dengizga sochib yuborishni buyurdi.

    Banu Isroil o'zlariga ma'buda bo'lgan buzoqning oxir-oqibat bir hovuch kul ekanini ko'rdilar.

    Muso Banu Isroilga xitob qildi:

    "Qavmim, sizlar buzoqqa ibodat qilish bilan o'zingizga zulm qildingiz. Endi o'zingizni (bir-biringizni) o'ldirish bilan sizni bor qilguvchi zotga tavba qilasiz. Bor qiluvchi zot nazdida mana shu (qatl) sizlar uchun xayrliroqdir".

    Buzoqqa sig'inmagan kishilar buzoqqa sig'inib ketganlarni qatl qildilar. Alloh taolo ular tavbasini mana shunday qabul etdi.

    "Shubhasiz, buzoqni ("xudo" qilib) ushlagan kimsalarga Robblari tarafidan g'azab va hayoti dunyoda xor-zorlik etar. (Alloh sha'niga) yolg'on to'quvchi kimsalarni mana shunday jazolaymiz".

    Allohdan o'zgaga qul bo'lgan kimsalarning holi to qiyomatga qadar mana shunday bo'ladi.

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:12:04
17. Banu Isroilning qo'rqoqligi

    Misrda Banu Isroil qul edi. Ularing bolalari ham qul bo'lib o'sdi. Xorlik va ozorlarga ko'nikib ketgan Banu Isroil yigitlarining qoni qaynoq emasdi.

    Ular jang qilishni, o'zlari o'zlariga hokim bo'lishni unutib yuborgan edilar. Isroil farzandlari xor-zor bo'lib, bevatan yurishga odatlanishdi. Alloh vahiysi bilan Muso alayhis-salom orzu qilardi: qani endi Isroil farzandlari muqaddas zaminga qadam qo'ysalar.

    Shunda Banu Isroil ham ozod hayot kechirardi.

    Lekin qavmining tabiatidagi qo'rqoqlikdan Muso bexabar edi.

    Muqaddas zaminni kuch-quvvatli, zo'ravon kimsalar egallab olgan edi.

    Muso qavmini shaharga-muqaddas zaminga kirishga unday boshladi. Ularga Allohning Banu Isroilga bergan ne'matlarini eslatdi. Butun olamlardan mufazzal qilinganliklarini aytdi. Zora Banu Isroil bu xor hayotdan kechib Alloh yo'lida jihodga otlansa!

    Lekin to shahardan zo'ravon kimsalar chiqib ketmagunicha yahudiylar u erga kirishga rozi bo'lmasdi.

    "Muso qavmiga dedi:

    - "Ey qavmim, Allohning sizlarga bergan ne'matini - orangizdan payg'ambarlar chiqarganini, yana sizlarni mulku davlat egalari qilib, barcha olamlar ichra biron kishiga bermagan in'omlarni sizlarga ato etganini yodga olingiz".

    - Qarshingizda muqaddas zamin turibdi. Sizlar uni dushmanlaringizdan tortib olmog'ingiz lozim. Agar Alloh kishining peshonasiga bir ne'matga etishishni yozgan bo'lsa, hech kim bu kishini qaytara olmaydi. Zero Alloh taqdirini qaytarguvchi yo'qdir.

    - "Ey qavmim, Alloh sizlar uchun yozib qo'ymish bu muqaddas erga (shaharga) kiringiz! Ortlaringizga qaytib ketmangiz, aks holda ziyon ko'ruvchilarga aylanib qolursiz", deganida ular;

    - "Ey Muso, u erda zo'ravon odamlar bor. To ular chiqmagunlaricha biz u erga zinhor kira olmaymiz. Agar ular chiqib ketsalargina biz doxil bo'lurmiz", dedilar.

    (Shunda o'n ikki boshliq orasidan) Allohdan qo'rqadigan va uning in'om-marhamatiga muyassar bo'lgan ikki kishi:

    - "Ularning ustiga darvozadan to'satdan kiringiz, undan kirib olishingiz bilanoq shubhasiz g'olib bo'lursiz. Agar mo'min bo'lsangizlar, yolg'iz Allohgagina suyaninglar!" dedilar".

    Lekin bu gap ham Banu Isroilga ta'sir qilmadi.

    - Ey Muso,- deyishdi ular - Agar shu shaharga kirishimiz juda shart bo'lsa, sen o'zing bir mo''jiza bilan kirib ola qol. Agar sening kirganigni eshitsak, keyin biz ham emin-erkin kiraveramiz.

    "(Qavm) aytdi:

    - Ey Muso, modomiki ular shu joyda ekan, biz hech qachon kira olmaymiz. Bas, borgin, sen o'zing va Robbing ular bilan urishaveringlar. Biz esa mana shu erda o'tirib kutamiz".

    Muso alayhis-salomning o'z qavmidan hafsalasi pir bo'ldi.

    "Muso aytdi:

    - Robbim, men faqat o'zimga va birodarim (Horunga) egaman xolos. Bas, O'zing biz bilan bu itoatsiz qavmning orasini ajratgin.

    Alloh dedi:

    - "Endi qirq yil mobaynida bu er ular uchun haromdir. Ular erda (sahrolarda) adashib-uloqib yururlar. Sen bu itoatsiz qavm qilmishidan mahzun bo'lmagin".

    Mana shu muddat ichida Misrda qullik va xorlikda o'sib ulg'aygan avlod dunyodan o'tib ketardi.

    So'ng yangi avlod dunyoga keladi. Bu avlod sargardonlikda qiynalib katta bo'ladi. U kelajak avlod.

    Yahudiylar oqibati hamisha mana shunday. Ular mudom adashib-uloqib xorlikda yashab o'tadilar.

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:12:32
18. Ilm yo'lida

    Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan quyidagi mazmunli hadis rivoyat qilingan:

    Bir kuni Muso Banu Isroil orasida xutba qilayotganda undan "Dunyoda eng ilmli kim?", deb so'rashdi. Musoning "Eng ilmli zot Allohdir!" demaganligi uchun Robbi olam unga tanbeh berdi.

    Alloh taolo Musoga vahiy qildi:

    - Ikki dengiz qo'shiladigan joydagi bir bandam sendan ilmliroq.

    Muso so'radi:

    - Robbim, men u bandangni qanday topaman?

    Unga aytildi:

    - Sen savatga bir baliq solib yo'lga tush. Qaerda baliqni yo'qotsang uni (Hizrni) o'sha erdan topasan.

    Muso Yusha' ibn Nun ismlik yigiti bilan savatda baliq ko'tarib yo'lga tushdi. Ular bir qoyatosh oldida to'xtab uyquga ketdilar. Shunda baliq savatdan chiqib dengizga sho'ng'idi.

    Muso ham, xizmatkor yigit ham hech narsani sezmadi. Ular yana yo'llarida davom etishdi.

    Tong otgach, Muso Yusha' ibn Nunga buyurdi:

    - Nonushtamizni keltir! Darhaqiqat biz bu safarimizda juda toliqdik.

    Ular to'xtashlari kerak bo'lgan joydan o'tib ketmagunlariga qadar sira qiynalmagan edilar.

    - Qoyatosh yonida to'xtaganimizni eslaysizmi?- dedi Yusha' — Ana o'sha erda baliqni unutib qoldiribman.

    - Axir, biz izlayotgan narsa ham shu edi-ku! -dedi Muso.

    Ular kelgan izlari bo'ylab orqaga qaytdilar.

    Dam olgan qoyatoshlari yoniga etganlarida u erda kiyimiga o'ralgan bir kishini uchratishdi.

    Muso unga salom berdi.

    - Sening yurtingda (bu) salom qaerdan bo'lsin?, -dedi haligi kishi.

    - Men Musoman.

    - Banu Isroilning Musosimi?

    - Ha. Sizga bildirilgan ilmdan menga ham ta'lim berishingiz uchun sizga ergashsam maylimi?

    - Men bilan birga yurishga sabr qilolmaysan. Ey Muso, Alloh menga shunday bir ilm berganki, sen uni bilmaysan. Senga ham bir ilm berilganki, men uni bilmayman.

    - Inshaolloh, siz mening sabrli kishilardan ekanimga o'zingiz amin bo'lasiz. Men hech bir ishda sizga qarshi chiqmayman.

    Muso bilan Hizr sohil bo'ylab yurib ketishdi.

    Banogoh dengizda kema ko'rindi. Ular kemadagilardan o'zlari bilan birga olib ketishlarini so'rashdi.

    Kemadagilar Hizrni taniganliklari uchun hech qanday haq olmasdan Muso ikkisini kemaga chiqardilar.

    Ittifoqo, kema chetiga bir chumchuq kelib qo'ndi-da, dengiz suvidan bir-ikki cho'qidi.

    Shunda Hizr Musoga dedi:

    Ey Muso, sening ham, mening ham ilmim Alloh ilmi oldida mana shu dengizdan chumchuqning bir cho'qishichalik, xolos.

    To'satdan Hizr kema taxtalaridan birini sug'urib olib kemani teshib qo'ydi.

    Muso dedi:

    - Ular bizdan hech qanday haq olmasdan kemalariga chiqarsalar-u, siz odamlarni cho'ktirish uchun kemani teshasizmi?

    - Men senga "Men bilan yurishga sabr qilolmaysan," demabmidim?!

    - Unutib qo'yganim uchun meni ayblamang va bu ishim sababli meni og'ir holga solmang.

    Bu Musoning birinchi unutishi edi.

    Ular kemadan tushib yo'llarida davom etishdi.

    (Qarshilaridan bir to'p bola chiqdi.) Banogoh Hizr o'ynab yurgan bolalarning birini boshidan ushladida, shartta uzib tashladi.

    - Hech kimni o'ldirmagan, begunoh bir bolaning qonini to'kdingiz-ku?!

    Men senga "Men bilan birga yurishga sabr qilolmaysan," demabmidim?

    Muso yana uzr so'radi.

    Ular bir qishloqqa kirib borishdi. Qishloq ahlidan taom so'ragan edilar, ularni mehmon qilishdan bosh tortishdi. Qishloqda  yiqilib ketay deb turgan bir devorni Hizr alayhis-salom tiklab qo'ydi.

    Muso alayhis-salom yana o'zlarini to'xtata olmadilar:

    - Agar xohlasangiz, bu ishingiz uchun ulardan haq olardingiz.

    - Mana shu sen bilan mening ajralishimizdir.

    Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar:

    "Alloh Musoni O'z rahmatiga olsin. Qani edi, Muso sabr qilganida-yu, ikkisining qissasi bizga (to'la) hikoya etilganda".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:12:54
19. Sharh

    So'ng Hizr alayhis-salom Musoga dedi:

    "Endi men seni sabr qilishga toqating etmagan narsalarning ta'vili (sharhi)dan ogoh qilurman.

    Kema xususiga kelsak, u dengizda ishlaydigan miskin-bechoralarniki edi. Bas, men uni aybli qilib qo'ymoqchi bo'ldim. (Chunki) ularning (kemadagilarning) ortida (ko'zlab ketayotgan manzillarida) barcha (butun) kemalarni talon-taroj qilib, tortib olguvchi bir podshoh bor edi.

    Haligi bolaning esa ota-onalari mo'min kishilar edilar. Bas, biz u (bola) tug'yon va kufr bilan ularni qiynab qo'yishidan qo'rqdik.

    Shu sababdan, ularga Parvardigor (bola)dan ko'ra pokizaroq, undan ko'ra mehribonroq (boshqa bir bolani) badal-evaz qilib berishini istadik.

    Endi devor esa shu shahardagi ikki etim bolaniki bo'lib, uning ostida ular uchun bir xazina bor edi. Ularning otalari juda yaxshi kishi edi.

    Bas, ular voyaga etib, Robbingning rahmat-marhamati bo'lmish xazinalarini chiqarib olishlarini Robbing iroda qildi.

    Men bu (ishlarning birontasini) o'z-o'zimcha qilganim yo'q. Mana shu sen sabr qilishga toqating etmagan narsalarning ta'vilidir".

    Alloh taolo ilmini qamrab olishga hech kim qodir emasligini Muso alayhis-salom tushundi.

    Parvardigari olam har kimga har xil ilmni bildirdi. Shubha yo'qki, har qanday ilm egasi ustida barcha narsadan ogoh Alloh turadi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 13 Mart 2009, 00:13:14
20. Banu Isroil Muso alayhis-salomdan keyin

    Banu Isroil qilmishiga yarasha jazo olib sahroda sarson bo'lib yurganida, Muso alayhis-salom vafot etdi.

    Alloh taolo ularni xor-zorlikka mahkum qilib qo'ydi. Ular Alloh g'azabiga uchradilar.

    Parvardigori olam Banu Isroilga o'z davrida hech kimga berilmagan ne'matlarni bergandi. Ularni boy-badavlat qilib, oralaridan payg'ambarlar chiqargan edi.

    Fir'avn Banu Isroilni dahshatli azoblarga solardi. Erlarini o'ldirib, ayollarini tirik qoldirardi. Alloh taolo ularni Fir'avn zulmidan qutqardi.

    Dengizni yorib ularga yo'l ochdi. Ko'z o'nggilarida Fir'avn va uning qo'shinini g'arq qildi.

    Banu Isroil ustiga bulutlarni soyabon etdi. Osmondan shirinliklar va bedana go'shti tushirdi.

    Eyish-ichishlarini keng qildi. Erlarida zilol buloqlarni oqizib qo'ydi.

    Mana shu ne'matlarning barchasiga ular kufr bilan, isyon bilan javob berdilar.

    Banu Isroil ularga eng ko'p achinadigan payg'ambarlari Muso alayhis-salomni ham darg'azab qilishdi.

    Yo'qsa Muso ularga ota-onalaridan ham mehribonroq edi.

    Mehribon ona etim go'dagi atrofida parvona bo'lgani kabi Muso ham Banu Isroilga parvona edi.

    Uni haqorat qilsalar, ularni duo qilardi. Ustidan kulsalar, ularga achinib yig'lardi. Har qancha ozor bersalar ham ularga qayg'urardi.

    Fir'avn qulligidan, Misr zindonidan, badbaxt qullik hayotidan ularni ozodlikka, hur insonlar hayotiga olib chiqqandi.

    Alloh oldida e'tiborli bo'lgan Muso alayhis-salomni o'zlaricha past ko'rar, masxara qilar edilar.

    Mana shunday qavm xorlikka, azobga, doimiy adashib-uloqishga loyiq emasmi?!!

    Ha, ular o'zlarining qilmishlari sababli bundan ham qattiqroq jazoga loyiqlar.

    "Alloh ularga zulm qilmadi. Va lekin ular o'zlariga (o'zlari) zulm qildilar".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 00:31:11
Dovud va  Sulaymon alayhimassalomlar qissasi


Yuqorida eslatib o'tganimizdek Qur'on Karim Allohning azoblari, payg'ambar va nabiylar o'zlari yuborilgan qavmlar tarafidan duch kelishgan rad etish, masxara, tahqir va quvg'inlar va bu qavmlaming boshiga payg'ambarlarini rad etgani, rnasxara va tahqir qilgani, ularga qarshi makru hiyla va hatto o'ldirish uchun rejalar qilgani sababli kelgan azob-uqubat, halokat va vayronagarchiliklarni bayon qilish bilan cheklanmagan.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 00:31:37
1 — Qur'on Karim Allohning ne'matlari haqida so'z yuritadi

Qur'on Karim Alloh taoloning ba'zi payg'ambarlariga bergan buyuk ne'matlari haqida goho qisqacha, goho mufassal so'z yuritgan. O'sha payg'ambarlardan ba'zilari Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yunus, Zakariyyo va Yahyo alayhimussalomlardir.

Alloh taolo Dovud va Sulaymon alayhimassalomlarga Er yuzida katta imkoniyatlar berdi: podshohlik, odamlar bilmagan ko'p ilmlarni o'rgatdi, kuchlilar va bo'ysunmaslarni, jonligu jonsiz narsalarni ularga bo'ysundirdi. Alloh taolo dedi: "Qasamki, Biz Dovud va Sulaymonga (etuk) bilim ato etdik va ular: "Bizlarni ko'p mo'min bandalaridan afzal qilib qo'ygan zot — Allohga hamdu sano bo'lsin", dedilar. Sulaymon (payg'ambarlik va ilmda) Dovudga voris bo'ldi va aytdi: "Ey odamlar, bizga qushlarning (va barcha jonivorlarning) tili bildirildi hamda (payg'ambar va podshoxlarga beriladigan) barcha narsalardan berildi. Albatta bu ochiq fazlu-marhamatning o'zidir". (Naml: 15,16)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 00:31:55
2— Allohning Dovudga bergan ne'mati

Alloh taolo Dovudga tog'lar va qushlarni bo'ysundirdi. Tog'lar va qushlar uning duosi va tasbehlariga jo'r bo'lar edilar. Alloh taolo Dovudga urushlarda qo'llanadigan qalqonlarni yasash san'atini ham o'rgatdi. Temirni Dovudning qo'lida xamirdek yumshoq qilib qo'ydi.

"Biz Dovudga (ulug') bir fazl-martaba ato etdik "Ey tog'lar va qushlar (Dovud) bilan birga tasbeh aytinglar!" Uning uchun temirni (xamirdek) yumshoq qilib qo'ydik. (Va unga dedik): "Sovutlar yasagin va (ularni) to'qishda aniq-puxta ish qilgin! (Ey Dovud xonadoni), yaxshi amal qilinglar! Zero Men qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidirman"; (Saba': 10,11)

"Tog'lar va qushlarni Dovud bilan birga tasbeh aytadigan qilib bo'ysundirib qo'ydik. Biz shunday qila oluvchidirmiz. Yana (Dovudga) sizlarga ziyon etishidan saqlaydigan sovut ilmini ta'lim berdik. Bas sizlar shukr qilurmisiz?!" (Anbiyo: 79, 80)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 00:32:20
3— Dovudning bu ne'matlarga shukronasi

Bu qadar katta mulk va hayratomuz mohir qo'lga ega bo'lishiga qaramay Dovud tavozeli, ibodatli, tili doimo zikrda, ko'p duo va tasbih aytuvchi, odamlar o'rtasida haq bilan hukm qiladigan adolatli hokim edi. Alloh taolo shunday dedi:

"Ey Dovud, darhaqiqat Biz seni erda xalifa qildik. Sen (nafs) xohishiga ergashib ketmagin! Aks holda u seni Allohning yo'lidan ozdirar. Albatta Alloh yo'lidan ozadigan kimsalar uchun hisob-kitob kunini (ya'ni Qiyomatni) unutib qo'yganlari sababli qattiq azob bordir." (Sod: 26) 
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 00:32:45
4— Allohning Sulaymonga bergan ne'matlari

Sulaymonga esa Alloh taolo shamolni bo'ysundirdi. Shamol uning amri bilan esar va uni istagan eriga qisq vaqt ichida tez olib borar edi. Alloh taolo bundan tashqari unga kuchli, mohir jinlar va itoatsiz shaytonlarni bo'ysundirdi. Ular Sulaymonning amrlarini bajo keltirishar, me'moriy va ulkan binokorlik ishlarini bajarar edilar.

"Sulaymonga esa bo'ronli shamolni (bo'ysundirib), uning amri bilan Biz muborak qilgan zaminga (Shomga) esadigan qilib qo'ydik. Biz barcha narsani biluvchidirmiz. Yana shayton-jinlardan (Sulaymon uchun) g'avvoslik qiladigan va bundan boshqa ishlarni ham ado etadiganlarni (bo'ysundirdik). Biz ularni (Sulaymonning amridan chiqib ketmasliklari uchun) qo'riqlab turuvchi bo'ldik." (Anbiyo: 81, 82)

"Sulaymonga ertalab (dan tush paytigacha) bir oylik, (tush paytidan to) kechgacha bir oylik (masofani bosib o'tadigan) shamolni (bo'ysundirdik) va uning uchun mis bulog'ini oqizib qo'ydik. Yana jinlardan ham Parvardigorining izni-irodasi bilan uning qo'l ostida ishlaydiganlarni (bo'ysundirib qo'ydik). Ulardan kim Bizning amrimizdan toyilsa, Biz unga o't-olov azobidan totdirib qo'yurmiz. Ular (Sulaymonga misdan) u xohlagan narsalarni — ibodatxonalarni, haykallarni, hovuzlar kabi (katta)laganlarni va (o'choqlarga) o'rnashgan (vazmin) qozonlarni qilib berardilar. "(Ey) Dovud xonadoni, Alloh sizlarga ato etgan bu ne'matlarning shukronasi uchun amal-ibodat qilinglar! Bandalarim orasida shukr qiluvchi (zotlar juda) ozdir". (Saba': 12, 13)

 
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 00:33:04
5— O'ta donolik va chuqur bilim

Sulaymonning zukkoligi va to'g'ri hukm chiqarishga qurdati otasiga ko'tarilgan da'voni hal qilishda ochiq namoyon bo'ldi.

Bir qavmning boshlari ko'rinib qolgan uzumzori bor edi. Boshqa bir qavmning qo'ylari uzumzorga kirib, uni payhon qildilar. Dovud qo'ylarni uzumzor egasiga berilsin deb hukm chiqardi. Biroq, Sulaymon: Ey Allohning payg'ambari, hukm bundan boshqacharoq emasmi? — dedi. Dovud: Qanday ekan, aytchi?— dedi. Sulaymon: Uzumzorni qo'ylarning egasiga berilsin, u uzumlarni parvarishlab, avvalgi holatiga qaytarsin. Qo'ylarni esa uzumzorning egasiga berilsin. U esa qo'ylarning yungi va sutidan foydalansin. Uzumzor avvalgi holatiga qaytarilgach, uzumzorni o'z egasiga, qo'ylarni ham o'z egasiga qaytarilsin.

Alloh taolo Sulaymonni hikmat va bilim bilan xoslaganini shunday bayon qildi: "Dovud va Sulaymonning ekinzor xususida hukm qilayotgan paytlarini (eslang). O'shanda unga qavmning qo'ylari bo'shalib kirib (uni payhon qilib yuborgan) edi. Biz ular (chiqargan) hukmga shohid edik. Biz uni Sulaymonga anglatdik." (Anbiyo: 78, 79)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 00:33:23
6— Sulaymon qush va hayvonlar tilini bilar edi

Qur'on Karim Sulaymon alayhissalomning mamlakatini boshqarishdagi tadbiri, salatanatidagi haybatini, qanday qilib Alloh taolo unga dunyo va oxirat baxt-saodati bilan, podshohlik va dindagi payg'ambarlikni jamlaganini bayon qilgan.

Sulaymon qush va hayvonlar tilini bilar edi. Sulaymon kunlarning birida insonu jindan va qushlardan tarkib topgan lashkarini jamladi va katta haybat bilan otga mindi. Lashkar o'ta intizomli, o'z qo'mondonlariga itoat etardi. U chumolilar yashaydigan vodiydan o'tib qoldi. Chumolilardan biri o'z qabilasini Sulaymon va uning lashkari sezmagan holatda, otlar tuyog'i bilan bosib ketshidan qo'rqib, o'z inlariga kirishga chaqirdi. Sulaymon buni tushundi, biroq, Allohning payg'ambari ekanidan kibrlanmadi, balki, bu hodisa uni Allohga hamd, ne'matlariga shukronalar aytishga, uni solih amallarga muvaffaq qilishi va O'zining solih bandalari qatoriga kiritishi uchun Allohga duo qilishga undadi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 00:33:41
7— Hudhud qissasi

Hudhud Sulaymonning suv va dushman qo'shini joylashgan erlarni ko'rsatib beradigan qidiruvchisi edi. Kunlarning birida Sulaymon hudhudni ko'rmadi va unga jazo bermoqchi bo'ldi. Ko'p vaqt o'tmasdan hudhud Sulaymon huzuriga kelib dedi: "Men sen ogoh bo'lmagan narsadan ogoh bo'ldim va senga Saba' (shahri) dan aniq bir xabar keltirdim. Darhaqiqat men bir ayolni ko'rdim. U ularning malikasi ekan. Unga barcha narsadan ato etilgan bo'lib, katta taxti ham bordir. Men u va uning qavmi Allohni qo'yib, quyoshga ibodat qilayotganlarini ko'rdim". Shayton ularga (qilayotgan) amallarini chiroyli ko'rsatib, ularni (Haq) yo'ldan to'sib qo'ygandir. Bas ular (to) Allohga sajda qilmagunlaricha (Haq yo'lga) hidoyat topmaslar." (Naml: 22-25)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 00:34:00
8— Sulaymon alayhissalom Saba' malikasini Islomga da'vat etadi

Allohning payg'ambari Sulaymonga o'z mamlakati yonida ularni bilmaydigan, da'vati ularga etib bormagan, hanuzgacha Quyoshga sig'inadigan podshoh va xalqning borligini bilish og'ir tuyuldi. Sulaymonda payg'ambarlarga xos diniy hamiyat qo'zg'aldi. U engilmas askarlari bilan ularga bostirib borishdan avval, Allohga shirk keltiruvchi malikani Islomga va taslim bo'lishga da'vat etib fasohatli maktub yo'lladi.

Maktub muloyimlik bilan qattiqqo'llik, payg'ambarlar kamtarligi bilan podshohlar shijoatini o'zida jamlagan edi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 00:38:56
9— Malikaning davlat arboblari bilan maslahati

Saba' mamlakatiga hukm qilayotgan bu ayol aqilli, hukm chiqarishga shoshilmaydigan, podshohlar va fotihlar haqida yaxshi bilar va ularning tutumlaridan boxabar edi. Faqatgina, uning aqli Allohni tanish va unga ibodat qilish bilishda unga ko'makchi bo'lmadi. (Maktub etib kelgach) podshohligi bilan g'ururlanmadi, o'z fikrida qattiq turib olmadi, balki, boshqa maktublarga o'xshamagan bu maktub haqida atrofidagi davlat arboblari bilan maslahat qildi. Chunki maktub o'z zamonasining eng kuchli podshohidan va Allohning yo'liga da'vat etuvchi payg'ambaridan kelgan edi.

Davlat arboblari, har zamondagi saroy odamlari kabi, malikaga xushomad qilib, o'z davlatlarining kuchi va askarlarining ko'pligiga ishora qildilar. Biroq, malika ularning so'zlarini qabul qilmadi, fikrlariga qo'shilmadi. Balki, ularni mag'lub bo'lgan xalqlarga bostirib kelgan podshohlar tarafidan etgan qirg'in va yomon oqibatlardan ogohlantirdi va dedi: Bu kabi holatlar bizning mamlakatimiz va xalqimizning boshiga kelishi mumkin. Yaxshisi, men Sulaymonga sovg'a-salomlar yuborib, uni sinab ko'ray. Agar sovg'alarni qabul qilsa, u bir podshohdir va unga qarshi urushinglar. Agar sovg'alarni qabul qilmasa, u payg'ambardir, unga ergashinglar.

 
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 00:39:25
10— Kelishib olish uchun yuborilgan sovg'alar

Malika podshohlarga munosib ulkan sovg'alar yubordi. Sovg'alar Sulaymonga etib borgach, u sovg'alarga qarab ham qo'ymadi va dedi: Sizlarni qilayotgan shirk amallaringizda va salatantingizda tek tashlab qo'yishim uchun mana shu arzimagan dunyo matolari bilan meni aldashga keldingizlarmi?! Alloh taoloning menga bergan salatanati, mol-dunyosi va askarlari sizlarning mulkingiz, saltanatingizdan yaxshiroqdir. Bu jiddiy ish, hazil emas. Masala kelishib olish emas, da'vat va toat masalasidir.

Sulaymon ularning yurtini qasd qilgani va mamlakatlariga bostirib borishini bildirdi.

 
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 00:39:45
11— Malika bo'yin egib keldi

Elchilar Saba' malikasining huzuriga kelib, bo'lgan ishni aytib berdilar. Malika va uning qavmi Sulaymon alayhissalomning da'vatini qabul qilib unga bo'ysunishdi. U askarlari bilan birgalikda taslim bo'lib Sulaymonning huzuriga yo'l oldi.

Ularning kelayotganidan xabar topgan Sulaymon alayhissalom xursand bo'ldi, Allohga hamdlar aytdi. Malikaga Allohning qudrati va o'ziga berilgan ne'matlarga dalolat qiladigan Allohning mo'jizalaridan birini ko'rsatmoqchi bo'ldi. U malikaning kuchli va omonatdor kishilariga topshirib kelgan taxtini keltirishni xohladi va odamlaridan taxtni ular etib kelishidan avval olib kelishni talab qildi.

Sulaymonning istagi qisqa vaqt ichida bajo keltirildi. Bu — mo'jiza edi. Sulaymon malikaning bilimi va ziyrakligini sinash uchun taxtning ba'zi joylarini o'zgartishni amr etdi. Agar malika taxtini taniy olmasa, bu uning bundan ko'ra nozikroq narsalarni tushuna olmasligiga dalolat qiladi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 00:40:04
12— Shishadan qurilgan hashamatli qasr

Sulaymon insu jindan iborat quruvchilariga shishadan ulkan qasr qurishni buyurdi. Qasr bitgach uning ostidan suv oqizishdi. Uning shishaligidan bexabar odam suv deb o'ylardi, haqiqatda esa suv shishaning ostida bo'lib uning ustida yurgan odamning oyog'i ho'l bo'lmasdi. Bu erga kirgan malika uni suv deb o'ylab etaklarini ko'tarishi, natijada, hayotda xato qilgani, fikrining kaltaligi va tashqi ko'rinishlar bilan aldanganligi muqarrar bo'lardi. Chunki malika va uning halqi nur va hayotning eng buyuk ko'rinishi bo'lgan Quyoshga sig'inar edilar. Aslida nur va hayot Alloh taoloning sifatlaridan edi. O'shandagina malikaning ko'zlari ochilar va shishani suv deb xato qilganidek, Quyoshni Xoliq deb sajda va ibodat qilganining xato ekanini tushunib etar edi. Bu ish yuzlab xutba va minglab dalildan ko'ra foydaliroq edi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 00:40:23
13— Sulaymon bilan birga barcha Olamlar Robbi Allohga bo'ysundim

Sulaymon o'ylagandek bo'ldi. Sulaymon unga qasr ichida turgan taxtini ko'rsatdi. Malika naqadar aqlli va ziyrak bo'lmasin, bu katta xatoni qildi: shishani oqayotgan tiniq suv deb o'ylab, etaklarini ko'tardi-da, taxti tomon kechib bormoqchi bo'ldi. Ana shu payt Allohning payg'ambari Sulaymon alayhissalom uni yo'l qo'ygan xatosidan voqif qilib: Bu qasr shishadan qurilgan, dedi. Malikaning ko'zi ochildi, tashqi ko'rinishga aldangani va bilmasdan Quyoshga ibodat qilganini tushundi-da:

<<Robbim, men o'z jonimga jabr qildim. Men Sulaymon bilan barcha Olamlar Robbisi — Allohga itoat etdim>>— dedi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 00:41:23
14— Qur'on Sulaymon qissasini hikoya qiladi

(Bolalar,) Qur'on Karimda ushbu shirin va shavqli qissani o'qinglar. Alloh taolo dedi:

"U qushlarni ko'zdan kechirib (ularning orasida hudhudga ko'zi tushmagach): "Nega men hudhudni ko'rmayapman, balki u (mendan beizn) g'oyib bo'lgandir?! Albatta uni qattiq azob bilan azoblayman yo so'yib yuboraman yoki u menga (o'z uzrini bayon qilib) ochiq hujjat keltiradi", dedi. So'ng uzoqqa qolmay (hudhud kelib) dedi: "Men sen ogoh bo'lmagan narsadan ogoh bo'ldim va senga Saba' (shahri) dan aniq bir xabar keltirdim. Darhaqiqat men bir ayolni ko'rdim. U ularning malikasi ekan. Unga barcha narsadan ato etilgan bo'lib, katta taxti ham bordir. Men u va uning qavmi Allohni qo'yib, quyoshga sajda-ibodat qilayotganlarini ko'rdim". Shayton ularga (qilayotgan) amallarini chiroyli ko'rsatib, ularni (Haq) yo'ldan to'sib qo'ygandir. Bas ular (to) Allohga sajda qilmagunlaricha (Haq yo'lga) hidoyat topmaslar. (Alloh) osmonlar va erdagi barcha sirlarni oshkor qiladigan hamda sizlar yashiradigan va oshkor qiladigan barcha narsalarni ham biladigan zotdir." Alloh — hech qanday barhaq iloh yo'q, magar Uning O'zigina barhaqdir. U ulug' arsh egasidir." (Sulaymon) dedi: "Sen rost so'zladingmi yoki yolg'onchilardan bo'ldingmi, ko'ramiz. Mana bu maktubimni olib borib, ularga tashlagin, so'ngra ulardan chetlanib kuzatgin-chi, nima (javob) qaytarar ekanlar." (Qachonki hudhud Sulaymonning maktubini olib kelib, malika Bilqiysning oldiga tashlagach) u dedi: "Ey odamlar, haqiqatan menga ulug' bir maktub tashlandi. Albatta u Sulaymondandir va u (maktubda shunday bitilgandir): "Mehribon va rahmdil Alloh nomi bilan boshlayman. Sizlar menga kibr-havo qilmay, huzurimga bo'ysungan holingizda kelingiz!" (Malika) aytdi: "Ey odamlar, menga bu ishimda maslahat beringlar. Men to sizlar guvoh bo'lmaguningizcha biron ish haqida hukm qiluvchi emasman." Ular dedilar: "Bizlar kuch-quvvat va jur'at-matonat egalaridirmiz. (Qanday ishga) buyurish sening o'zingga havola. Nimaga buyurishni o'ylab ko'raver, (bizlar esa senga itoat eturmiz)." U aytdi: "Aniqki podshoxlar qachon biron qishloqqa (bostirib) kirsalar uni vayron etadilar, aholisining obro'-e'tiborlilarini esa hor-zor qiladilar. Ularning qilmish-odatlari shudir. Men ularga bir hadya yuborib, ko'ray-chi, elchilarim nima (xabar) bilan qaytar ekanlar."

I z o h. Bilqiys dono malika edi. U hadya yuborish bilan Sulaymon alayhis-salomning haqiqiy payg'ambarmi yoki oddiy bosqinchi podshohmi ekanligini imtihon qiladi. Malikaning fikri shunday edi: "U agar oddiy podshoh bo'lsa, hadyani darhol qabul qiladi, demak unga qarshi hujum uyushtirish ham mumkin bo'ladi. Endi agar u Alloh taoloning payg'ambari bo'lsa, hadya qabul qilmaydi, u holda unga bo'ysunish lozim bo'ladi"

Qachonki (Bilqiysning elchilari uning yuborgan hadyasini olib) Sulaymon (huzuriga) kelgach u dedi: "Sizlar menga mol-dunyo bilan madad bermoqchimisiz?! U holda (bilingizki), Alloh menga ato etgan (payg'ambarlik va mulku-davlat) U zot sizlarga bergan (mol-dunyodan) yaxshiroqdir. Balki sizlar hadyalaringiz bilan xursand bo'larsizlar, (lekin mening unga ehtiyojim yo'qdir). Sen (qavmingga) qaytib borib (aytginki, agar huzurimga bo'ysungan hollarida kelmasalar) albatta biz ularga shunday qo'shin bilan borurmizki, ular unga aslo bas kela olmaslar va albatta biz ularni (qishloqlaridan) mag'lub hollarida quvib chiqaramiz.

I z o h.
Bilqiysning elchisi uning oldiga hadya bilan qaytib borib Sulaymon alayhis-salomning javoblarini etkazgach, u "Bu oddiy podshoh emasligini bilgan edim", dedi va Sulaymon payg'ambarga: "Men sening kimligingni va da'vat qilayotgan dining qanday din ekanligini bilish uchun o'z a'yonlarim bilan huzuringga bormoqdaman", degan xabar bilan chopar yuborib, o'zi o'n ikki ming odam bilan yo'lga tushdi. Qachonki ular Sulaymon alayhis-salomning qarorgohlariga etib kelishlariga bir farsax (olti chaqirim atrofida) qolganida u zot bundan xabar topib, ularga o'zining haq payg'ambar ekanligini isbotlaydigan bir mo''jiza ko'rsatish va malika Bilqiysning fahmu-farosatini sinash maqsadida qo'l ostidagi xaloyiqqa qarab: "Ey odamlar, ular mening huzurimga bo'ysungan hollarida kelishlaridan ilgari qaysi birlaringiz menga uning (ya'ni Bilqiysning o'z shahrida qolgan) taxtini keltira olur", dedi. (Shunda) jinlardan bir paxlavoni aytdi: "Men uni sen o'rningdan turishingdan ilgari senga keltiraman. Albatta men bunga qodir va ishonchlidirman. Kitobdan ogohligi bor bo'lgan bir zot esa: "Men uni ko'zing o'zingta qaytgunicha (ya'ni ko'z ochib yumguncha) senga keltiraman", dedi. "Bu Parvardigorimning men shukr qilamanmi yoki kufroni ne'mat qilamanmi, imtihon etish uchun bergan fazlu-marhamatidandir. Kim shukr qilsa, bas, albatta u faqat o'z (foydasi) uchun shukr qilur. Kim kufroni ne'mat qilsa, bas, albatta Parvardigorim (uning shukr qilishidan) behojat va fazlu-karam egasidir." "Qachonki malikaning kelishi yaqinlashib qolgach, Sulaymon (uning fahmu-farosatini sinash uchun) dedi: "Uning taxtini tanimaydigan qilib — o'zgartirib qo'yinglar u (o'z taxtini tanishga yo'l) topadimi yoki yo'l topa olmaydigan kimsalardan bo'ladimi, ko'ramiz." "Endi qachonki u kelgach: "Sening taxting shundaymidi?" — deyildi. U (hayratga tushib): "Xuddi o'shaning o'zi-ku" dedi. (Shunda Sulaymon aytdi: "Alhamdulillohki), bizlarga undan ilgari ilm-ma'rifat berilib, musulmon bo'lganmiz. Uni esa o'zi Allohni qo'yib, ibodat qilgan narsasi (Allohga shirk keltirib, musulmon bo'lishdan) to'sgandir. Chunki u kofir qavmdan edi." (Malikaga): "Saroyga kirgin", deyildi. Endi qachonki u (saroyni) ko'rgach, uni suv deb o'ylab oyoqlarini ochgan edi, (Sulaymon): "Bu oynadan yasalgan baland qasrdir", dedi. (Shunda malika) aytdi: "Parvardigorim, darhaqiqat men (quyoshga sig'inish bilan) jonimga jabr qilibman, (endi) Sulaymon bilan birga barcha olamlar hojasi — Allohga bo'ysundim".

Allohning payg'ambari Sulaymon alayhissalom shunday edi. Siz uning Alloh yo'liga va tavhidga da'vat qilishdagi uslubi, hikmati, bilimi va o'z dini va etiqodiga bo'lgan sadoqatini ko'rib chiqdingiz.

 
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 00:41:46
15— Sulaymon emas, Shaytonlar kofir bo'ldilar

Yahudiylar Sulaymon alayhissalomga Alloh taolo payg'ambarlik, hikmat va Dovud alahyissalomga o'rinbosarlik bilan musharraf qilgan payg'ambar u yoqda tursin, qalbini iymon uchun ochgan muvahhid mo'minga noloyiq bo'lgan narsalarni nisbatladilar.

Ular Sulaymon alayhissalomni kofirlik, sehrgarlik, shirk amallariga beparvolik va xotinlari sababli tavhid ishida beqarorlik bilan aybladilar. Alloh taolo Sulaymon alayhissalomni bunday ayblardan oqlab dedi:

"Sulaymon kofir emas edi, balki odamlarga sehr o'rgatadigan shay­tonlar kofir edilar.";

"Biz Dovudga Sulaymonni hadya etdik. (Sulaymon) naqadar yaxshi bandadir.";

"Shak-shubhasiz (Sulaymon) uchun Bizning huzurimizda yaqinlik va go'zal oqibat (ya'ni jannat)dir".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:20:55
Ayyub va Yunus alayhimassalomlarning qissalari

1. Ayyubning qissasi farqli qissadir

 Ayyubning qissasi Qur'on Karimda o'ziga xos farqli qissadir. U qissa Alloh ne'matlarining sabrli, shukronlar keltirgan mo'min bandalari va Sevimli payg'ambarlarida ko'rinish qissasidir. Ayyubning hisobsiz molu qo'ylari, tuyalari, erlari va sevimli farzandlari bor edi. Ayyub shu narsalarda sinaldi va ularning hammasi qo'lidan ketdi. Keyinroq esa badanida sinaldi: tanasida Allohni zikr qiladigan tili va qalbidan boshqa barcha a'zolari kasallandi. U shaharning bir chetida yakkalandi. Yonida unga mehribonlik qiladigan xotinidan boshqa kimsa qolmadi. Xotini ham muhtoj bo'lgani uchun birovlarning xizmatlarini qilish uchun ketar edi (Bu jumlalar alloma ibn Kasirning tafsiridan iqtibos qilindi).
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:21:17
2. Ayyubning sabri

Shunday bo'lishiga qaramay Ayyub qanoatli, shukronali bo'lib, tili zikru shukr bilan mashg'ul, shikoyat va g'azab qilmas edi. U uzoq yillar shu ahvolda ,baloga sabr qilib qolib ketdi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:21:45

3. Mashaqqat ustiga mashaqqat


Alloh iroda qilgan sinov, maqomlarning yuksalishi va qazoga rozi bo'lish nihoyasiga etgach, Alloh uni ojizligi, musibati, panoh Allohdangina ekani, Allohgina barcha narsaga qodirligini ifodalagan maqbul duoni qilishga ilhomlantirdi. Alloh taolo bu duodan so'ng uning badaniga, oilasiga ofiyat berdi, molu dunyosini qaytardi so'ng baraka ato etdi. Uning qo'l ostidagi mulki bitmas-tuganmas darajada ko'paydi.

Alloh taolo dedi: "(Ey Muhammad)... Ayyubning Parvardigoriga nido qilib: "(Parvardigorim), meni balo ushladi. O'zing rahm-shafqat qiluvchilarning rahmlirog'idirsan", deb iltijo qilgan paytini (eslang). Biz uning (duosini) qabul qilib, undagi ziyon-zahmatni ketkazdik hamda O'z huzurimizdan mehribonlik ko'rsatib, barcha ibodat qiluvchilarga eslatma-ibrat bo'lsin, deb (Ayyubga) ahli-oilasini va ular bilan qo'shib yana o'shalarning mislicha bola-chaqa ato etdik. (Anbiyo: 83,84)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:22:11
4. Yunus alayhissalomning qissasi

Yunus alayhissalomning qissasi Allohning qudrati, bandalariga bo'lgan lutfi karami, barcha narsalardan umid uzilib, noumidlik va zulmat qamrab olganda, barcha eshiklar yopilib, nur, havo va umid qolmay, o'lim har tarafdan qisib kelgan bir paytda Uning bandalariga yordam bershi va rahmli ilohiy kuch va qudrat namoyon bo'lib, zaif insonni o'lishi muqarrar bo'lib turgan arslonning og'zidan ham chiqarishi, inson xuddi o'z uyida, bola-chaqasi bilan ko'rpasiga o'ranib yotgandek parchalanmay, salomat chiqib kelishini isbotlash maqomida, Ayyubning qissasiga bog'lanib keladi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:22:26
5. Yunus qavmi o'rtasida

Yunusning qissasi quyidagicha: uni Alloh taolo "Niynavo" ismli shaharga payg'ambar qilib yubordi. U qavmini Alloh taoloning yo'liga da'vat etdi. Lekin ular bu da'vatdan bosh tortib, kufrlarida davom etdilar. Bundan achchiqlangan Yunus qavmidan ajralib ketdi va uch kundan so'ng azob keladi deb xabar berdi. Odamlar bunga aniq ishonganlari uchun, bola-chaqalari va hayvonlarini sahroga olib chiqdilar. Ular onalar bilan bolalar o'rtasini ajratishib, Alloh taologa yurakdan yalinib yolborib duo qildilar. Hatto tuyayu-bo'taloqlar o'kirdilar, sigiru-buzoqlar va qo'yu-qo'zichoqlar ma'radilar. Bu iltijoning natijasida, Alloh taolo ulardan azobni qatardi. Alloh taolo dedi: "Qani endi (biz halok qilgan shaharlar ichida) biron shahar (ahli o'z payg'ambarlari aytgan azob­ni sezgan vaqtlarida) iymon keltirsalar edi, albatta iymonlari foyda qilgan (ya'ni, halok bo'lmagan) bo'lar edi. Faqat Yunus qavmigina (shunday qildi). Iymon keltirishgach, ulardan hayoti dunyodagi sharmandalik azobini ketkazdik va ularni ma'lum bir vaqtgacha (ya'ni o'z ajallari bilan vafot etgunlaricha) foydalantirdik." (Yunus: 98)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:22:41
6. Yunus baliq qornida

Yunus alayhissalom esa ketib qoldi va ba'zi odamlar bilan birga kemaga mindi. Ular dengizda borishar ekan, kema suvga bota boshladi. Kemadagilar g'arq bo'lishdan qo'rqib, yuklarni engillatish maqsadida yo'lovchilardan birini dengizga tashlash uchun qur'a tashladilar. Qur'a Yunus alayhissalomga chiqdi, biroq, kemadagilar bunga rozi bo'lmadilar, chunki ular Yunus payg'ambar ekanini bilishardi. Ikkinchi, uchinchi marta qur'a tashladilar. Qur'a yana Yunusga chiqdi. Ular Yunusni dengizga tashlashga rozi bo'lmadilar. Alloh taolo: (Kemadagilar bilan) qur'a tashlashib mag'lub bo'lgach, (uni dengizga uloqtirdilar).— dedi. Shunda Yunus alayhissalom kiyimlarini echib, o'zini dengizga tashladi. Alloh taolo bir nahang baliq (kit)ni u tomon yubordi. Baliq dengiz to'lqinlarini yorib keldi-da, Yunusni yutib yubordi. Alloh taolo baliqqa Yunusni go'shtlarini hazm qilmaslik va suyaklarini parchalamaslikni vahiy qildi (Bu jumlalar ibn Kasiring tafsiridan iqtibos qilindi).
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:23:01
7. Alloh Yunusning duosini ijobat qildi

Yunus alayhissalom kechaning qorong'iligi ichida, dengiz zulmatining ichidagi baliq qornining zulmati ichida — bir-birini qoplagan zulmatlar ichida edi. U er naqadar qorong'i edi-ya!! U erda odamning sog' qolishi mumkin emas edi!! Yunus alayhissalom Alloh xohlagan muddat davomida baliq qornida qoldi va Alloh taolo uni zulmatlarni parchalaydigan, etti qat Osmonning ustidan rahmatlarni yog'diradigan va musibatlarni ketkazadigan so'zlarga ilhomlantirdi. Siz barcha musibatlangan, iztirobga tushgan, Er keng bo'lishiga qaramay uning uchun tor bo'lgan, joni qiynalib ketgan va panoh Alloh taolodangina ekanini aniq bilgan kishilar uchun tasalli bo'lgan ushbu misli yo'q g'aroyib qissani Qur'on Karim qanday hikoya qilganini tinglang:

"Zunnun — Yunusning (qavmidan) g'azablangan holda (o'z qishlog'idan chiqib) ketib, Biz haqimizda uni tek tashlab qo'yishimizni o'ylagan paytini (eslang), so'ng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorong'u zulmatlarda turib: "Hech barhaq iloh yo'q, magar O'zing Haqdirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat men (o'z jonimga) jabr qiluvchilardan bo'lib qoldim", deb nido qilgan (paytini eslang). Biz uning (duosini) ijobat qildik va uni g'am-g'ussadan qutqardik. Biz mo'minlarga mana shunday najot berurmiz." (Anbiyo: 87,88)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:26:00
Shuayb alayhissalomning qissasi

1 — O'tgan qissalarga bir nazar

    Aziz bolalar, siz Ibrohim,  Yusuf,  Nuh,  Ayyub va  Yunus alayhimussalom qissalarini o'qib chiqdingiz. Bundan tashqari,  Musoning ham uzun va mufassal qissasini o'qidingiz. Sizlar bu qissalarni shavqu rag'bat bilan o'qib chiqdingiz. U qissalar sizning qalbingizga eng sevimli qissalar qatorida o'rnashdi, ularni qalblaringiz qabul qilib, tillaringiz ravon so'zlaydigan bo'ldi. Odamlar sizlarning bu qissalarni kichik ukalaringiz, ota-onalaringiz va akalaringizga maroq va hayajon bilan aytib berayotganingizga guvoh bo'lmoqdalar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:26:29
2— Haqiqat va botil o'rtasidagi kurash qissasi

    Shubhasiz, u qissalar shavqli va ta'sirli edi. Chunki u qissalar — haqiqat bilan botil, ilm bilan jaholat, nur bilan zulmat, insoniylik bilan vahshiylik, ishonch bilan ikkilanish va gumon bilan taxmin o'rtasidagi qissalar edi.

    Bundan tashqari, u qissalar haqiqatning botil, ilmning jaholat, zaifning kuchli, ozning ko'pchilik ustidan g'alaba qilishining qissalari edi. U qissalar ilm, hikmat, nasihat va ibratlarga to'la edi. "Darhaqiqat, ularning qissalarida aql egalari uchun ibrat bordir. (Ushbu Qur'on) to'qib chiqariladigan so'z emas, balki o'zidan avvalgi narsalarni (ya'ni samoviy kitoblarni) tasdiq etuvchi, unga iymon keltiradigan qavm uchun barcha narsalarni mufassal bayon qilib beruvchi hidoyat va rahmat (bo'lgan bir Kitobdir) (Yusuf: 111).— deb aytgan Alloh, haqqi rostni so'zlagandir.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:27:26
Shuayb alayhissalomning qissasi

     

    Biz sizlarga aytib bergan qissalarimiz Alloh taolo Qur'on Karimda hikoya qilgan payg'ambarlar qissalarining barchasi emasdir. Qur'on Karimda bulardan boshqa qissalar ham bor.

    3— Madyanga birodarlari Shuaybni (yubordik)

    Qur'on Karimda Alloh taolo Madyanga va Ayka ashoblariga yuborgan Shuayb alayhissalomning qissasi bor. Madyan va Ayka ashoblari Qizil dengiz sohilida joylashgan bo'lishib Yaman va Shom, Iroq va Misr o'rtasida katta savdogarchilik bilan shug'ullanar edilar.

    Ular, har bir zamondagi payg'ambarlarning ummatlari kabi, Alloh taologa boshqani sherik qilar edilar. Ular bundan tashqari, tarozi va o'lchovda "œurib" qolishar, qaroqchilik qilishar, karvonlarga hujumlar uyushtirib, hisob berish va jazolanishdan qo'rqmaydigan kuchlilar va boylar kabi Er yuzida buzg'unchilik qilishardi.

    Alloh taolo payg'ambari Shuaybni da'vat qilishi, ogohlantirishi va: "Ey qavmim, Allohga ibodat qilingiz! Sizlar uchun Undan o'zga biron iloh yo'qdir. Va o'lchov va tarozidan urib qolmanglar. Men sizlarning yaxshilikda (ya'ni to'kin-sochinlikda) ekanligingizni ko'rib turibman. Men (agar iymon keltirmasangizlar) sizlarning ustingizga o'rab oluvchi Kun — Qiyomatning azobi tushishidan qo'rqaman". "Ey qavmim, o'lchov va tarozini adolat bilan to'la tortingiz! Odamlarning narsalarini urib qolmangiz va Erda buzg'unchilik qilib yurmangiz!" (Hud: 84,85) — deb aytishi uchun ularga yubordi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:27:51
4— Shuaybning da'vati

    Shuayb ularga sodda tilda gapirar va qalblariga o'rnashgan mol-mulk va dunyo jamg'arish hirsini yo'qotishga tirishar va shunday der edi:

    Tarozi va o'lchovni to'la qilib o'lchagandan keyin topgan foydangiz siz uchun odamlarning mollarini zulm va xiyonat bilan olishingizdan ko'ra yaxshiroqdir. Agar boyigan odamlarning va o'zingizning hayotingizga nazar tashlasangiz, o'lchovlardan urish, xiyonat qilish va baxillik bilan topilgan dunyoning oqibati zoelik, buzilish, bekordan yo'q bo'lib ketish bo'lganini bilasiz: u mollar yo o'g'irlangan, yo Alloh rozi bo'lmaydigan o'rinlarga sarf qilingan, yo talon-taroj qilingan, yo Alloh taolo uni isrof qiladigan va yo'qotib yuboradigan boshqa bir odamning qo'liga tushirib qo'ygan. Ozgina foydali narsa, ko'pgina foydasiz narsadan yaxshiroqdir: (Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam), ayting: "Garchi nopok narsaning ko'pligi sizni qiziqtirsa ham, nopok narsa pok narsaga barobar bo'lmas." (Moida: 100)

    Sizlarga qilayotgan nasihatim samimiydir. Men sizlarga tekshiruvchi qilib yuborilgan emasman, Allohgina sizlarni tekshirib turadi Shuayb muloyimlik, ilm va hikmat ila:

    "Agar mo'min bo'lsangizlar (harom—harish yo'llar bilan boy-badavlat bo'lgandan ko'ra) Alloh qoldirgan (halol) narsa sizlar uchun yaxshiroqdir. Men sizlarning ustingizda tekshiruvchi emasman". — dedi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:28:05
5— Rahmdil ota va dono muallim

    Shuayb ularga mehribon ota va dono muallim kabi xilma-xil xitob va turfa nasihatlar qilib, shunday der edi:

    "Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun Undan o'zga biron iloh yo'qdir. Sizlarga Robbingiz tarafidan hujjat (ya'ni din) keldi.  O'lchov va tarozini komil qilib (tortinglar) va odamlarning haqlaridan urib qolmanglar hamda Er (payg'ambarlar yuborish bilan) o'nglab qo'yilganidan keyin, unda (kofirlik bilan) buzg'unchilik qilib yurmanglar. Agar mo'min bo'lsangizlar, mana shu o'zlaringiz uchun yaxshiroqdir. Har ko'chada (kishilarni) qo'rqitib va Allohga iymon keltirgan zotlarni Uning yo'lidan to'sib hamda u yo'lni buzishga harakat qilib o'tirmangiz! Ozchilik (ya'ni kuch-quvvatsiz, nochor) bo'lgan paytingizda sizlarni ko'paytirganini (ya'ni kuch-qudratli, aziz qilganini) eslang va buzg'unchi kimsalarning oqibati (qismati) qanday bo'lganini ko'ring."
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:28:25
6— Qavmining javobi

    Qavmi ichidagi zukko odamlar bu da'vatni izohlamoqchi bo'ldilar va xuddi sirni ochgandek, yoki muammoni hal qilgandek, telbalarcha va masxaraomuz qilib dedilar:

    "Ey Shuayb, bizlar ota-bobolarimiz ibodat qilib kelayotgan butlarni tark qilishimiz kerakligini yoki o'z mol-mulkimizni o'zimiz xohlagandek tasarruf qilmasligimiz kerakligini senga o'qiyotgan namozing buyurmoqdami? Haqiqatan, sen juda ko'ngilchan va haliym va rashid (to'g'ri yo'lni topib olgan) kishisanda!" (Hud: 87) 
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:28:47
7— Shuayb da'vatini sharhlaydi

    Shuayb ularga nisbatan muloyim muomalada bo'ldi: ularga qattiqqo'llik ham, g'azab ham qilmadi. Balki, uzoq sukunat va ularning buzuq axloqlari va sitamli harakatlariga qarshi bo'lmay yurib, keyinchalik bunday da'vatga uni majbur qilgan narsa, Alloh taoloning unga payg'ambarlikni, vahiyni berishi, qalbini keng qilishi va nur ato etishi ekanini ularga tushuntirdi.

    Meni bunga hasad majbur qilmadi. Zotan, Alloh taolo meni bunday narsalardan behojat qildi va menga pok va halol narsalari rizq qilib berdi. Men bu narsalar bilan baxtiyor, xotirjam hamda Alloh taologa qalbim va tilim bilan shukrona aytaman.

    Shuayb bir ishni qilib, qavmini undan qaytarmas, ularni bir ishdan man qilib o'zi o'sha ishni qilmas edi. U odamlarni yaxshilikka buyurib, o'zlarini unutadigan, qilmaydigan narsalarini gapiradigan odamlardan emas edi. Balki, u qavmining islohi, baxt-saodati va boshlari uzra aylanib yurgan azobdan qutqarmoqchi edi. U bu marhamatlarning barchasi Allohdan ekani va Ungagina suyanajagini bayon qilib shunday dedi:

    "Ey qavmim, xabar beringizchi, agar men Robbim tomonidan aniq hujjatga ega bo'lsam va U zot meni O'z tomonidan go'zal rizq bilan rizqlantirgan bo'lsa (shu halol rizqni haromga aralashtirishim kerakmi?!) Men sizlarga xilof qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani (ya'ni, halolni haromga aralashtirishni) o'zim qilishni istamayman. Men faqat imkonim boricha isloh qilishni istayman, xolos. (Bunga) yolg'iz Allohning yordami bilangina muvaffaq bo'laman. O'ziga suyandim va O'ziga iltijo qilaman". (Hud: 88)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:29:22
8— Sen aytayotgan narsalarning ko'pini tushunmayapmiz

    Qavm Shuaybning so'zlarini tushunmaslikka oldi. Go'yo Shuayb ularga ajnabiy tilda gapirayotgandek edi. Holbuki, u qavmi bilan yurtdosh va bir millatdan edi. Go'yo Shuayb ularga ochiq, tushunarli qilib gapirmayotgan edi. Holbuki, u qavmning eng chechani edi. Odamlarga nasihat va talab qilingan ish og'irlik qilsa, ular shunday holatga tushib qoladilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:29:41
9— Shuayb qavmidan hayratlandi

    Qavm Shuaybning tanholigi va zaifligini sabab qildilar. Agar uning qarindoshlari va yaqinlari bo'lmasa edi, uni toshbo'ron qilib o'ldirib, undan qutulishar edi. Shuayb bu ishlardan hayratlandi va Aziz, Kuchli, G'olib va Qudratli Alloh taolo ularga kasallik, ojizlik, zaiflik va halokatga mubtalo bo'ladigan qarindoshlardan ko'ra qadrsizroq bo'lishidan taajjublandi.

    Ular aytdilar: "Ey Shuayb, sen aytayotgan narsalarning ko'pini anglay olmayapmiz va oramizdagi ojiz bir kimsa ekaningni ko'rib turibmiz. Agar qavmu qarindoshlaring bo'lmaganida albatta seni toshbo'ron qilgan bo'lardik. Sen bizlar uchun aziz — mo''tabar kishi emassan". U aytdi: "Ey qavmim, mening qavmu qarindoshlarim sizlar uchun Allohdan ham azizroqmiki, U zotga orqa o'girib oldingiz? (Ya'ni sizlar mening qavmu qarindoshimni emas, balki Allohni hurmat qilishingiz lozim emasmi?) Shubhasiz, Parvardigorim qilayotgan amallaringizni bilib — ihota qilib turuvchidir" (Hud: 91,92)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:29:58
10— So'nggi o'q

    Qavm hujjatlari qolmaganidan so'ng har bir ummatning ichidagi mutakabbirlar payg'ambarlari va uning izdoshlariga otadigan so'nggi o'qni otdilar: "(Shunda) uning qavmidan bo'lgan mutakabbir kimsalar: "Ey Shuayb, yo seni va sen bilan birga iymon keltirgan kishi­larni qishlog'imizdan haydab chiqaramiz, yoki sizlar bizning dinimizga qaytasizlar", deyishdi. (A'rof: 88)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:30:16
11— Qat'iy hujjat

    Shuaybning javobi dini bilan faxrlanadigan, e'tiqodi va vijdoniga hamiyatli bo'lgan odamning javobi bo'ldi:

    U aytdi: "Agar (diningizni) yomon ko'rsak ham-a? Agar Alloh bizga o'sha diningizdan najot berganidan keyin yana unga qaytsak, Alloh sha'niga yolg'on to'qigan bo'lamiz-ku? (Ya'ni aslida bo'lmagan narsalarni Allohga sherik qilgan bo'lamiz-ku?) Biz uchun u dinga qaytish joiz emas, magar Parvardigorimiz — Alloh (bizni yo'ldan ozdirishni) xohlasagina (qaytishimiz mumkin). Parvardigorimizning ilmi hamma narsani qamrab olgandir. Allohning O'ziga tavakkul qildik (suyandik). Parvardigoro, biz bilan qavmimiz o'rtasida haq hukm qilgaysan. O'zing hukm qiluvchilarning yaxshirog'idirsan". (A'rof: 88, 89)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:30:31
12— Qavm avvalgilarning so'zlarini aytdilar

    Bu ham qavmga foyda bermadi. Balki, ular avvalgilar kabi dedilar:

    "Hech shak-shubhasiz sen sehrlangan — aqldan ozgan kimsalardansan. Sen ham xuddi bizlarga o'xshagan odamsan. Albatta bizlar seni yolg'onchi kimsalardan deb gumon qilamiz. Agar rostgo'ylardan bo'lsang, ustimizga osmondan bir bo'lagini tashlab yubor!" (Shuaro: 185-187)

     
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:30:52
13— Payg'ambarining so'zlarini rad etgan qavmning oqibati

    Oqibat — payg'ambarlarini rad etgan va Allohning ne'matlariga nonko'rlik qilgan barcha ummatlarning oqibati kabi bo'ldi.

    "Ularni dahshatli zilzila tutib, turgan joylarida to'kildilar (halok bo'ldilar). Shuaybni yolg'onchi qilgan kimsalar go'yo u erda yashamagandek bo'lib qoldilar. Shuaybni yolg'onchi qilgan kimsalar aniq ziyon ko'ruvchi bo'ldilar. (A'rof: 91,92)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:31:09
14— Risolatni etkazdi va omonatni ado etdi

    Shuayb ham boshqa payg'ambarlar kabi Allohning risolatini etkazdi, omonatni ado etdi va hujjatni barpo qildi:

    Keyin (Shuayb) ulardan yuz o'girib, (o'zicha) dedi: "Ey qavmim, mana, men Robbimning dinini sizlarga etkazdim va nasihatlar qildim. Endi shuncha va'z-nasihatlardan keyin ham kofir (bo'lgan) qavmga qanday qayg'ururman? (A'rof: 91,92)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:32:36
Iyso ibn Maryam alayhissolatu vassalomning qissasi

     

    1— Mo'jizaviy qissa

     Iysoning davri keldi. U payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan avvalgi payg'ambarlarning so'nggisidir.

    Iyso alayhissolatu vassalom qissasida Allohning g'olib irodasi, mutlaq qudrati va nozik hikmati namoyon bo'ldi. Iyso alayhissalomning barcha ishlari mo'jiza edi. Uning tug'ilishi mo'jiza bo'ldi, aqllarni hayratga soldi, tabiiy qonunlar bekor bo'ldi. Tabiiy qonunlarga ulug' ilohdek iymon keltirganlarga, tajriba, ko'rinib turgan narsalar hamda tib va tabiat qonunlarini o'zgarmas deb qat'iy ishonadiganlarga Iysoning mazkur qonunlarga zid ravishda tug'ilishiga iymon keltirish va uni tasdiqlash juda og'ir bo'ldi. Bu kabi insonlar Allohning barcha narsalarni ihota qilgan va barcha narsalarga g'olib bo'lgan hamda oldida hech bir narsa to'siq bo'la olmaydigan qudratini bilishmas edi. "Biron narsani (yaratishni) iroda qilgan vaqtida Uning ishi faqatgina "Bo'l", demoqligidir. Bas u (narsa) bo'lur — vujudga kelur." (Yosin: 82)

    Allohni qodir, xohlovchi, xoliq va yaratuvchi iloh deb iymon keltirgan kishi uchun Iyso alayhissalomning g'ayritabiiy tug'ilishiga ishonish engil bo'ldi: "U — Alloh yaratuvchidir, (yo'qdan) bor qiluvchidir, (barcha narsaga) surat-shakl beruvchidir. Uning go'zal ismlari bordir. Osmonlar va Erdagi bor narsa Unga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir." (Hashr: 24)

    Alloh taoloning Odam (alayhissalom) ni ota-onasiz, suv va loydan yaratganiga iymon keltirgan odamga otasiz faqat onadan tug'ilishga iymon keltirishi anchagina engildir. Shuning uchun ham, Alloh taolo dedi: "Albatta Iysoning (otasiz tug'ilishining) misoli Alloh oldida xuddi Odamning misoli kabidirki, uni tuproqdai yaratib, so'ngra "Bo'l", dedi, u (jonli odam) bo'ldi." (Oli Imron: 59)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:33:04
2— Hamma yog'i ajoyib ish

     Iyso alayhissalomning barcha ishlari hayratomuzdir. U zotning tug'ilishi Yunonlarning aqliy fanlar va matematika sohasida cho'qqiga chiqishgan bir payt bo'lib, tibbiyot ham o'ziga xos etiborga ega edi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:33:34
3— Yahudiylarning zohiriy sabablarga suyanishi

    Yahudiylar ichlarida ko'p payg'ambarlar o'tgan bo'lsa-da, o'z davrlarida hukmron bo'lgan ilmlarga bo'ysundilar. Ular ruh va unga bog'liq hamma narsani inkor etishar va  ko'rayotgan barcha narsalarini moddiy izohlashar edi. Ular sababi bo'lgan narsalarnigina bor va bo'lishi mumkin deb hisoblardilar. Shuning uchun ham, Alloh taolo Iyso alayhissalomga bergan mo'jizalar tor doirali moddiy aqllar uchun davo va zamon ehtiyojiga javob bo'ldi.

    Yahudiylar narsalarning zohiri oldida to'xtab, mag'iz qolib po'stloqqa yopishib, irqchilik va qondoshlikni ulug'lash hamda molu-dunyo muhabbatiga mukkasidan ketdilar. Dunyo hayotiga berilib, qalblari qora, tabiatlari esa qo'pol bo'ldi. Ular kuchsizlarga rahm, faqirlarga mehr qilmas, tomirlarida yahudiylik qoni oqmagan har bir kishiga hayvon, it, balki, jonsiz narsalar kabi muomala qilar edilar. Ayni paytda, ular kuchli va davlatmand odamlarga bo'ysunar, imkonlari bo'lgani zamon shafqatsizlashar, imkonlari bo'lmagani mahal muloyimlashar edi. Suriya va Falastinda uzoq zamonlar rimliklar hukmronligi ostida yashashgan qullik va xorlik hayoti ularda munofiqlik, xorlik, hiylakorlik, maxfiy fitnlar uyushtirishni paydo qilgan edi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:33:55
4— Kamsitish va qarshilik

    Payg'ambarlarni mensimaslik va ularga qarshi hatto o'ldirish bilan jur'at etish, sudxo'rlik, diniy ta'limotlar bilan o'ynashish yahudiylarda bag'ritoshlik, insoniy tuyg'uni zaiflashishini vujudga keltirdi. Ulardan ko'plarining qalblarida Allohga xolis muhabbat, insoniyatga hurmat qolmadi. Ular hamdardlik, hamkorlik, ezgulik va saxovat ma'nolarini unutayozgan edilar. Yahudiylar payg'ambarlikka va risolatga iymon keltirishar, ichlaridan ko'plab payg'ambarlar chiqqan, kitoblari ularning xabarlari bilan to'lib-toshgan edi. Biroq ular oxirgi paytlarda o'z xohishlariga muvofiq kelgan narsalarga, turmush tarzlari va axloqlarida ularni qo'llab quvvatlaydiganlarga iymon keltiradigan bo'lib qolishdi. Ularni tanqid qilgan, sog'lom din, ochiq haqiqat va ahvollarni isloh qilishga chaqirgàn odamni esa o'zlari uchun dushman hisoblashar, unga qarshi kurashishardi. Ularda bo'hton, uydirma, haqiqatni yashirish va soxta guvohlik berishga jur'at bor edi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:34:10
 5— Banu Isroilga Allohning ne'mati

    Ular o'zlariga zamondosh xalqlardan tavhid aqidasi bilan ajralib turardilar. Mana shu bois Alloh ularni boshqalardan afzal qildi: "Ey Banu Isroil, sizlarga in'om qilgan ne'matimni va sizlarni butun olamga afzal qilgan paytimni eslang." (Baqara: 122)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:34:42
6— Nonko'rlik

    Mushrik, butparast xalqlar bilan qo'shni yashash, aralashish va payg'ambarlar ta'limotlaridan uzoq vaqt uzilib qolish oqibatida yahudiylarga soxta e'tiqod va johiliy odatlar kirib keldi. Ular Misrda buzoqqa sig'indilar, Uzayr (payg'ambar) ni ulug'lab, uni insonlik darajasidan yuqori martabalarga chiqardilar. Sharmsizlik shu darajaga etib bordi-ki, ular shirk, butparastlik, sehr, kufr va yomon ishlarni ba'zi payg'ambarlarga nisbatladilar. Ularning haqlarida Allohdan qo'rqmadilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:35:12
7— Kibr va nasl-nasabga suyanish

    Shunday bo'lishiga qaramay, yahudiylar nasl-nasabga qattiq suyanishar va orzu-umidlarga o'ta berilishar: "Biz Allohning o'g'illari va suyuklilarimiz" (Moida: 18) va: "Bizlarga do'zax o'ti sanoqli kunlardagina tegadi", (Baqara: 80) der edilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:35:32
8 - Masih alayhissalomning tug'ilishi ma'lum narsalarga qarshi

    Iyso alyhissalomning tug'ilishi, hayoti, da'vati va turmush tarzi hammaga ma'lum narsalarga, keng tarqalgan urf-odatlarga, hayot qonunlariga, yahudiylar iymon keltirgan, uning ustida raqobatlashayotgan va u tufayli jang qilayotgan oliy g'oyalarga zid bo'ldi. Iyso alayhissalom g'ayriodatiy ko'rinishda tug'ildi; beshikdaligida odamlarga so'zladi; faqir va obida onaning bag'rida o'sdi; ulug'lik va boylikdan uzoq bo'lgan tahqiru-ta'nalar to'lib toshgan muhitda yashadi. Iyso alayhissalom kambag'allar bilan o'tirar, birga taomlanar va ularga mehribonlik qilar, zaif va g'ariblarga hamdardlik qilar, boy bilan kambag'alning, shoh bilan gadoning, aslzoda bilan oddiy odamning o'rtasini ajratmas edi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:35:51
9— Iysoning mo'jizalari

    Alloh taolo Iyso alayhissalomni payg'ambarlik bilan musharraf etib, unga Injilni berdi, uni Jibril alayhissalom va mo''jizalar bilan quvvatladi. Alloh taolo tabiblar davolashdan ojiz qolgan kasallarga Iyso orqali shifo berardi. U ko'r va mohovlarni tuzatar, Allohning izni bilan o'liklarni tiriltirar, odamlarga loydan qush yasab, unga dam solsa, u (tirik) qush bo'lib uchib ketar edi. Va yana u odamlar uylarida egan hamda saqlab qo'ygan oziq-ovqatlardan xabar berar edi.

    Bu ishlar Tavrotda bayon qilingan payg'ambarlarning mo'jizalari va ilohiy qudratga bo'lgan ishonchni qaytarar va ularga bo'lgan iymonni yangilar va ibodatni his va tajribaga yaqinlashtirar edi. Shunday bo'lsada, ilohiy qudratning keng qamrovliligi va rabboniy irodani inkor etgan kimsalar Iyso alayhissalom olib kelgan narsalarda o'zlari bilgan va ko'rgan narsalaridan ortiqcha biron narsa yo'q ekanini qat'iy aytdilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:36:11
10— Iyso alayhissalomning dinga da'vati va yahudiylarning uni rad etishi

    Yahudiylar xom xayollari va g'uluvlari sababli yolg'on to'qishardi. Ular Alloh halol qilgan narsalarni harom, harom qilgan narsalarni halol qilishdi. Shuning uchun Iyso alayhissalom ularni dinning mag'zi va haqiqatiga, Allohni barcha muhabbatdan ustun muhabbat bilan yaxshi ko'rish, insoniyatga rahmli va kambag'allarga hamdard bo'lishga chaqirdi. U ularni xolis tavhidga, payg'ambarlar diniga kirib qolgan johiliy odatlar va botil e'tiqodlarning barchasini tark etishga da'vat etdi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:36:32
11— Yahudiylar Iyso alayhissalomga qarshi kurash boshladilar

    Iyso alayhissalomning so'zlari yahudiylarga og'ir botdi va ular unga qarshi birgalikda kurash boshladilar. Ular Iyso alayhissalomga tuhmat va bo'htonlar qilib, uni xunuk so'zlar bilan haqoratladilar. Uning onasi obida Maryamga tuhmat qilishdi, o'zini esa ta'qib qilishar, unga qarshi bezorilarni gij-gijlashar va uning yo'llariga to'siqlar qo'yishardi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:37:01
12— Iyso alayhissalomning Qur'on Karimdagi qissasi

    Keyin, yahudiylar Iyso alayhissalomni o'ldirib, undan qutilish payiga tushdilar. Biroq, Alloh taolo Iysoni ulardan himoya qilib, ularning hiylalarini puchga chiqardi-da, uni O'zining huzuriga (Osmonga) ko'tarib, mukarram qildi. (Bolalar,) Qur'ondagi Iyso alayhissalomning qissasini o'qinglar:

    "Eslang (ey Muhammad), farishtalar: "Yo Ma­ryam, albatta Alloh senga O'zining So'zini xushxabar qilib beradiki, uning ismi al-Masih Iyso ibni Maryam bo'lib, dunyoyu oxiratda obro'li va (Allohning) yaqinlaridan bo'lur hamda odam­larga go'daklik paytida ham voyaga etgan chog'idagidek gapirur va solih bandalardan bo'lur", deganlarida, Maryam: "Parvardigorim, menga odamzod tegmagan bo'lsa, qayoqdan menda farzand bo'lsin?" — dedi. Alloh aytdi: "Shunday, Alloh O'zi xohlagan narsasini (O'zi xohlagan suratda) yaratadi. Qachon biron ishni iroda qilsa, unga: "Bo'l!" — deydi. Bas, u ish bo'ladi".

    I z o h. Allohning so'zi — Iyso ibni Maryamdir. Chunki u zot Qur'onning xabariga ko'ra Allohning: "Bo'l!" — degan so'zi — farmoni bilan Maryamdan otasiz tavallud topganlar.

    48-49. Unga (Iysoga) yozish va hikmat ilmini, Tavrot va Injilni ta'lim beradi hamda uni bani Isroil qavmiga payg'ambar qiladi. (Iyso bani Isroilga deydi): "Men (o'zimning haq payg'ambar ekanligim haqida) sizlarga Parvardigoringizdan oyat-dalil keltirdim: Men sizlarga loydan qush timsolini yasab unga puflasam, u Allohning izni-irodasi bilan haqiqiy qush bo'ladi. Va yana ko'r, pes kasallarini tuzata olaman va Allohning izni bilan o'liklarni tiriltiraman hamda sizlarga eydigan va uylaringizda saqlaydigan narsalaringizni aytib beraman. Agar mo'min bo'lsangizlar, albatta bu ishlarda sizlar uchun aniq oyat-dalillar bordir".

    50. "(Men) sizlarga o'zimdan oldingi Tavrotning (haq ekanligini) tasdiqlovchi bo'lgan holda, sizlar uchun harom qilingan ayrim narsalarni halol qilish uchun (keldim). Va sizlarga Parvardigoringizdan oyat-dalil keltirdim. Bas, Allohdan qo'rqingiz va menga itoat qilingiz! 51. Albatta Alloh Robbim va Robbingizdir. Unga ibodat qilingiz! Mana shu to'g'ri yo'ldir!" 52-53. Qachonki Iyso ular tomondan kufrni ko'rgach: "Allohning diniga da'vat qilishimda kim menga yordamchi bo'ladi?" — dedi. Havoriylar aytdilar: "Biz Allohning (diniga) yordam beruvchilarmiz. Allohga iymon keltirdik. (Ey Iyso), guvoh bo'lginki, biz Allohga bo'ysunuvchilarmiz. Parvardigoro, nozil qilgan narsangga ishondik, payg'ambaringga ergashdik. Bas, bizni (O'zingning birligingga, payg'ambaringning haqligiga) guvohlik beruvchilar qatoriga yozgin!" 54. (Yahudiylar) makr qildilar. Alloh ham "makr" qildi. Alloh makr qiluvchilarning yaxshisidir.

    I z o h. Ular Iyso alayhis-salomni o'ldirmoqchi bo'ldilar. Alloh esa unga biror zarar etkazmay O'z huzuriga — samoga ko'tardi. Allohning "makri" — tadbiri ustunroq bo'lib chiqdi.

    55. (Ey Muhammad), Alloh aytgan bu so'zlarni eslang: "Yo Iyso, albatta Men seni vafot qildiraman va O'z huzurimga ko'taraman. Kofirlar yomonligidan xalos qilaman hamda to Qiyomat Kunigacha senga ergashganlarni kofirlardan yuqori qo'yaman. So'ngra Menga qaytasizlar. O'zim sizlar talashib-tortishgan narsalar haqida oralaringizda hakamlik qilaman. 56. Kofir bo'lgan kimsalarga dunyo va oxiratda qattiq azob-la azob beraman, ular uchun hech qanday yordamchi bo'lmas. 57. (Alloh) iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlarga esa ajrlarini komil suratda beradi. Alloh zulm qiluvchilarni sevmaydi. (Binobarin O'zi ham hech kimga zulm qilmay, har kimga qilgan ishiga loyiq jazo beradi)". 58. (Ey Muhammad), Sizga tilovat qilayotganimiz bu qissa Allohning oyatlari va hikmatli eslatmalaridandir. 59. Albatta Iysoning (otasiz tug'ilishining) misoli Alloh oldida xuddi Odamning misoli kabidirki, uni tuproqdai yaratib, so'ngra "Bo'l", dedi, u (jonli odam) bo'ldi.

    I z o h. Rivoyat qilishlaricha, bir guruh nasroniylar payg'ambar alayhis-salom huzurlariga kelib: "Nega sen bizning payg'ambarimiz Iysoni: "u ham bir inson, Allohning bandasi", deb haqorat qilasan! Agar u xudo bo'lmaganida otasiz tug'ilarmidi?" — deyishdi. Shunda Odamning na ota, na onasiz dunyoga kelishi uni bandalik qilishdan to'smagani yanglig', Iysoning otasiz tug'ilishi ham uning banda bo'lishiga mone' bo'lmaydi, degan mazmunda yuqoridagi oyat nozil bo'ldi.

    60. (Bu) Parvardigoringiz tomonidan bo'lgan haq so'zdir, shubha qiluvchilardan bo'lmang! (Oli Imron: 45-60)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:38:32
13— Iyso alayhissalomning Qur'on Karimda bayon qilingan hayoti va da'vati

    Alloh taoloning Iyso alayhissalomning siyrati va da'vatini bayon qilgan ushbu oyatlarni o'qing:

    (Shu payt chaqaloq, ya'ni Iyso tilga kirib) dedi: "Men Allohning bandasidirman. U zot menga Kitob — Injil ato etdi va meni payg'ambar qildi. Yana meni qaerda bo'lsam, xayru-barakotli qildi va modomiki hayot ekanman, namozni va zakotni (ado etishni) amr qildi. Shuningdek, (Alloh) meni onamga mehribon qildi va meni sitamkor badbaxt qilmadi. Menga tug'ilgan kunimda ham, vafot bo'ladigan kunimda ham, qayta tiriladigan kunimda ham tinchlik-omonlik bo'lur". (Maryam: 30-33)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:38:56
14— Qadimiy kurash

     Iyso alayhissalomning boshiga ham boshqa payg'ambarlar boshiga kelgan ishlar keldi. Undan kattalar va rahbarlar uzoqlashishdi, uni boylar va kuchlilar tark etishdi. Ular unga iymon keltirish va ergashishni ayb deb hisobladilar,  qo'llaridagi rahbarlik, imtiyoz va hukmronlikdan voz kechish ulur uchun og'ir edi. Allohning quyidagi so'zlari haqqi-rostdir:

    "Biz qaysi bir qishloq-shaharga biron ogohlantiruvchi (payg'ambar) yubormaylik, albatta u joyning boyonlari "Aniqki biz sizlar elchi qilib yuborilgan narsaga kofirdirmiz", dedilar. Yana ular: "(Bizlarning mol-dunyo va bolalarimiz — iymon keltirganlardan ko'ra) ko'proq, (binobarin bizlar) azoblanuvchi emasdirmiz", dedilar." (Saba': 34, 35)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:39:17
15— Oddiy xalq va kambag'allarning iymoni

    Iyso boy va rahbarlardan noumid bo'lib, ulardagi o'jarlik va kufrni ko'rganidan, ularning o'zi olib kelgan va ular aniq bilishgan ochiq hujjat va mo'jizalarni Iysoning kambag'al va kuchsizligi sababli engil sanaganlaridan so'ng, oddiy odamlar va kambag'allarga yuzlandi. Chunki ular muloyim va qalblari sof edi. Ular rizqlarini peshona terlari bilan topib, nasl-nasablari va obro'lari bilan faxrlanishmas edilar. Shuning uchun ham ulardan bir guruhi Iysoga iymon keltirdilar. Ular ichida chevarlar, baliqchilar va hunarmandlar bor edi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:39:44
16— Biz Allohning yordamchilarimiz

    Ular iymon keltirib, Iysoning atrofida birlashdilar Va: "Biz Alllohning ansorlarimiz!" — dedilar.

    Alloh taolo dedi: "Qachonki Iyso ular tomondan kufrni ko'rgach: "Allohning diniga da'vat qilishimda kim menga yordamchi bo'lur?" — dedi. Havoriylar aytdilar: "Biz Allohning (diniga) yordam beruvchilarmiz. Allohga iymon keltirdik. (Ey Iyso), guvoh bo'lginki, biz Allohga bo'ysunuvchilarmiz. Parvardigoro, nozil qilgan narsangga ishondik, payg'ambaringga ergashdik. Bas, bizni (O'zingning birligingga, payg'ambaringning haqligiga) guvohlik beruvchilar qatoriga yozgin!" (Oli Imron: 52,53)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:44:13
17— Sayohat va da'vat

     Iyso alayhissalom vaqtining ko'proq qismini sayohat va bir erdan boshqa erga ko'chish bilan o'tkazib, Banu Isroilni Allohning diniga da'vat etar, adashganlarga Robbi va hojasiga olib boradigan yo'lni ko'rsatar edi. Bu safarlarda qulaylik va mashaqqatlar, qiynalish va engilliklar hamroh edi. U ularni sabr va shukr bilan qabul qilar va ko'tarar, ochlikka chidab, oz narsaga qanoat qilar edi.
   
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:44:42
18— Havoriylar osmondan dasturxon nozil bo'lishini so'radilar

    Havoriylar Iyso alayhissalom kabi sabr-matonatli, qanoatli va zohid bo'lmaganlari uchun,  Iysodan Alloh taologa osmondan dasturxon tushirishi va undan eb, qorinlarini to'ydirishlari hamda mashaqqatdan so'ng rohatlanishlarini talab qildilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:47:43
19— Odobsizlik

    Havoriylar bu so'rovlarida odobsizlik qilib: "Ey Iyso ibni Maryam, parvardigoring bizga osmondan bir dasturxon nozil qilishga qodirmi?" — dedilar. Iyso alayhissalom ularning so'ragan narsalaridan hayratlanmadi. Biroq, ularning savol berish uslublarini yoqtirmadi. Zotan, barcha payg'ambarlar o'z ummatlaridan g'aybga iymon keltirishni talab qilishar va unga buyurishar edi. Chunki mo''jizalar bolalar tasalli oladigan g'ayri oddiy narsalar emas. Balki, mo'jizalar Alloh xohlagan paytda payg'ambarlar qo'lida sodir bo'ladi va bandalar zarariga hujjat bo'ladi. Undan so'ng payg'ambar da'vatiga iymon keltirmasalar, Allohning azobi tushadi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:48:04
20— Iyso alayhissalomning o'z qavmini yomon oqibatdan ogohlantirishi

    Shuning uchun ham,  Iyso alayhissalom ularning ustlariga azob kelishidan qo'rqib, yomon oqibatdan ogohlantirdi va Alloh taoloni imtihon qilib sinashdan ularni qaytardi. Chunki Alloh ularning sinashlaridan Buyuk va Ulug' zotdir.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:48:24
21 — Qaysarlik

    Biroq, havoriylar so'rashini qo'ymadilar va talablari jiddiy ekanligi, maqsadlari sinov emas, balki qanoatlanishlari uchun ekani, bu hodisaning kelgusi avlodlar uchun xotira, tarix davomida tillardan tushmaydigan qissa bo'lishi hamda bu dinning haqqi rost, avvalgi mo'minlarga va sadoqatli havoriylarga tushirilgan ekaniga hujjat bo'lishi uchun so'rash ekanini aytdilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:48:44
22— Qur'on bu qissani hikoya qiladi

    (Bolalar), kelinglar, Qur'on bizga bu qissani hikoya qilib bersin:

    Havoriylar: "Ey Iyso ibn Maryam, parvardigoring bizga osmondan bir dasturxon nozil qilishiga qodirmi?" — degan paytlarida (Iyso ularga): "Agar mo'min bo'lsangizlar, Allohdan qo'rqinglar", deb javob qildi. Ular dedilar: "Biz (faqatgina) u dasturxondan eyishni va ko'ngillarimiz taskin topishini hamda sening rost so'zlaganingni aniq bilib, u dasturxonga guvohlik beruvchilardan bo'lishni istaymiz". (Shunda) Iyso ibn Maryam: "Ey Allohim, parvardigor, bizga osmondan bir dasturxon nozil qilginki, u avvalu oxirimiz uchun bayram va Sening oyat-mo''jizang bo'lib qolgay. Bizni (shu ne'matdan) bahramand qilgil. O'zing eng yaxshi rizq beruvchisan", deganida, Alloh aytdi: "Men uni sizlarga tushiraman. Ammo shundan keyin sizlardan kimda-kim kofir bo'lsa, uni shunday azobga giriftor qilamanki, butun olamlardan biron odamni unday azoblamagayman".  (Moida: 112-115)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:49:12
23— Yahudiylar  Iyso alayhissalomdan qutulmoqchilar

    Yahudiylarning sabr kosasi to'ldi, adovat va qaysarliklari ortdi. Ular Iysodan butunlay qutulmoqni xohladilar va rimlik hokimga Iyso alyhissalom ustidan da'vo qilib dedilar: Bu odam qo'zg'olonchidir. U dinimizdan chiqdi, yoshlarimizni avradi, ular uning fitnalariga aldandilar. U bizni bo'lib tashladi va bizni mashg'ul qildi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:50:07
24— O'ch oluvchi va siyosatchilarning uslubi

    "œIyso davlat uchun xatarlidir. U na tuzumga, na qonunga bo'ysunadi va na qadimgi narsalarni hurmatlaydi. U qo'zg'olonchi odam, uni tiyib qo'yilmasa ishi kuchayadi. Axir uchqunni kichik sanab bo'lmaydi-ku! Katta o't kichik uchqundan chiqishi mumkinku!".
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:50:31
25— Makru-hiyla

    Ularning so'zlari ko'rinishda siyosiy hamda makru hiylalar bilan to'lib-toshgan edi. Ular diniy taraf hokimlarni qimirlatmasligini, junbushga keltirmasligini juda yaxshi bilishardi. Hokimlar o'z siyosatlarida yahudiylarning diniy ishlariga aralashmasdilar, shuning uchun ham makkorlar so'zni siyosatga aralashtirdilar.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:51:05
26— Muammo

    Ajnabiy mushrik hokimlar ishning haqiqatini tekshirishlari, yahudiylarning maqsadlari, Iysoga nisbatan dushmanlik sabablarini bilishlari qiyin edi. Chunki ular idora ishlari bilan mashg'ul edilar. Biroq, yahudiylarning tinimsiz talablari va ketma-ket murojaatlari ularni shaharda mish-mishlarga aylangan bu muammoni hal etishga majbur qildi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:51:31
27—  Iyso alayhissalom mahkamada

    Bu hodisa asrdan so'ng, shanbaga o'tar kechasi bo'lgan edi. Yahudiylar shanba kuni ish qilmas, balki, shanba ularning hordiq kuni edi. Shuning uchun ham, yahudiylar juma kuni Quyosh botishidan avval Iyso alayhissalom ustidan hukm chiqarilishini Iysodan qutilib, xotirjam uxlab, ertalab yaxshi kayfiyatda uyg'onishni xohlar edilar.

    Hokim bu muammodan siqildi. Chunki bu muammoda uning uchun xohish, xalqi uchun hech bir foyda yo'q edi. Yahudiylar hukmni eshitish uchun mahkama oldiga to'plandilar. Ular qichqirib, baqirishar edi. Hokim siqilgan, vaqt qisqa va quyosh esa botishga yaqin edi. Hokim Iyso alayhissalom ustidan dorga osib o'ldirish hukmini chiqardi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:51:59
28— U zamondagi jinoiy qonun

    U zamondagi jinoiy qonunga ko'ra mahbus o'zi osiladigan hochni ko'tarib olib borar edi. Rivojlangan mamlakatlarda bo'lgani kabi, dor tikiladigan er shaharning chetida edi. Odamlar ko'pligidan bir-birini ustidan bosib ketar, urdi-surdi bo'lardi. Tartib saqlash uchun hozir bo'lgan — ko'pchiligi ajnabiy millatlarga mansub — melisalarning bu muammoga qiziqishlari ham yo'q edi. Biroq, ish yuzasidan hozir bo'lishgan edi. Barcha ajnabiy xalqlar uchun boshqa ajnabiy xalqlar ko'rinishda farqsiz, bir xil  ko'ringandek, bu rimlik melisalar ko'zida ham yahudiylar bir otaning bolalaridek bir xil tuyulardi. Buning ustiga vaqt ham kech bo'lib, qorong'i tusha boshlagandi. Ba'zi yahudiy yoshlar Iyso alayhissalomga tashlanishar, uni haqorat qilishar, so'kishar va unga ozor berishga harakat qilishar edi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:52:21
29— Iyso alayhissalom ozorlarga chidadi

     Iyso alayhissalomning mahkamada tik turish, ko'tarib olgan dor yog'ochining og'irligi va boshqa qiyinchiliklar sababli tinkasi qurigan edi. Uning tez yurishga majoli yo'q edi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:52:42
30— Ilohiy tadbir

    Iyso alayhissalomning qiynalganini ko'rgan yasovul-melisa yahudiy yoshlardan birisiga dor yog'ochini ko'tarishga buyurdi. U yigit boshqalardan ko'ra ahmoqroq, Iyso alayhissalomga ko'proq ozor berar, haqoratlar va o'ziga yuklatilgan bu — hochni ko'tarib yurishdek —  mashaqqatdan tezroq qutulishni xohlar edi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:53:04
31 — Lekin ularga o'xshatib qo'yildi

    Olomon dorxonaning darvozasi oldiga etib keldilar. Dorxona yasovullari peshvoz chiqdilar va ishni yo'l bo'yi bajarib kelgan hamkasblaridan qabul qilib olishdi. Yasovullar dor yog'ochini ko'tarib olgan yigitni ko'rishdi, hamma yoq alg'ov-dalg'ov, baqir-chaqir bo'lib ketdi. Ular hoch ko'targan yigitni mahbus deb o'yladilar-da, uning qo'lidan ushladilar. U o'zining aybdor emasligi, hukm va dorga aloqasi yo'qligini, dor yog'ochini istehzo uchun ko'tarib olganini yolvorib tushuntirishga harakat qilar, biroq, yasovullar unga parvo qilishmas, — ular rumlik yunonlardan bo'lganlari bois — uning tilini tushunishmas edi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:53:24
32— Hukm ijrosi

    Har qanday jinoyatchi jinoyat qilmaganini aytadi, baqirib-chaqiradi. Yasovullar uni ushladilar va hukmni ijro etdilar. Yahudiylar bu mojarodan uzoqda turishar, hamma yoqni kecha zulmati qoplagandi. Ular osilgan odam Iyso ekanida shubha qilishmas edi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:53:47
33— Iyso alayhissalomning samoga ko'tarilishi

    Ammo  Iyso ibn Maryam alayhissalomni Alloh taolo yahudiylarning makridan qutqardi va uni hurmatlab, poklab O'z huzuriga ko'tardi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:54:09
34— Qur'on bu qissani bayon qiladi

    Alloh taoloning yahudiylar haqidagi so'zlari quyidagichadir:

    "Yana kofirliklari va Maryam xususida ulug' bo'hton qilganliklari sababli hamda Allohning payg'ambari bo'lgan al-Masih Iyso ibni Maryamni "bizlar o'ldirganmiz", degan so'zlari sababli (Biz ularni la'natladik). Holbuki, ular uni o'ldirganlari ham, osganlari ham yo'q. Faqat ular uchun (boshqa birov Iysoga) o'xshatib qo'yildi, xolos Albatta, Iyso haqida talashib-tortishgan kimsalar uning (o'ldirilgan-o'ldirilmagani) haqida shubhada qolganlar. U haqda faqat gumonlarga beriladilar, xolos. Uni o'ldirmaganlari aniqdir. Balki uni Alloh O'z huzuriga ko'targandir. Alloh qudrat va hikmat egasi bo'lgan zotdir." (Niso: 156-158)

    Iyso alayhissalom, barcha narsaga qodir bo'lgan Alloh taolo xohlaganidek Osmondadir. Zotan, uning tug'ulishi, hayoti va barcha ishlari avvalidan oxiriga qadar g'ayri tabiiy, hayratomuz va mutlaq ilohiy qudratning isbotidir.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:56:13
35— Iyso alayhissalomning qiyomatdan oldin tushishi

    Iyso alayhissalom Alloh xohlagan mahal Osmondan nozil bo'lib, o'zi haqida nasroniy va yahudiylar g'uluv ketib yoki kamsitib aytgan so'zlariga qarshi hujjat qoim qiladi, haqqa yordam beradi va botil ahlini xonavayron qiladi. Zotan, payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam bu haqda xabar berganlar va u zotdan ishonchli xabarlar va mutavotir rivoyatlar naql qilingan. Buni har bir asrda yashagan musulmonlar e'tiqod qilishgan. Buyuk Alloh haqqi-rost so'zlagan:

    "Har bir ahli Kitob o'limi oldidan unga (ya'ni Iysoga) albatta iymon keltirur. Qiyomat Kunida esa u bularning zarariga guvoh bo'lur." (Niso: 159)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:56:50
36— Iyso alayhissalomning Muhammad alayhissolatu vassalom haqidagi bashorati

     

     Iyso alayhissalom yahudiylarning qarshiliklari, firiblari, o'zining kuchsiz va yordamchilarining ozligi sababli da'vatdagi vazifasini komil qila olmadi-da, odamlar bilan vidolashib, Robbining amriga bo'ysundi. Biroq, o'zidan keyin kelib boshlagan ishini nihoyasiga etkazadigan, u om qilgan narsalarni xoslaydigan, Alloh O'z ne'matlarini u bilan komil va odamlarga qarshi hujjatni barpo qiladigan payg'ambardan bashorat berdi:

    "Eslang, Iyso ibn Maryam: "Ey Bani Isroil, albatta men Allohning sizlarga  (yuborgan) payg'ambaridirman. (Men) o'zimdan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi va o'zimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir payg'ambar haqida xushxabar beruvchi bo'lgan holda (yuborildim)", degan edi." (Sof: 6).
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:57:22
37— Sof tavhiddan chigal e'tiqodga

    Dinlar tarixidagi ko'zlarni yoshlatadigan va qalblarni ezadigan taajjub narslardan biri, Iyso alayhissalomning sof tavhidga, chigalliklar, o'zgartish va ta'villardan uzoq bo'lgan qulay dinga, Allohning o'zigagina ibodat qilish, Undangina ehtiyojlarni so'rash, Ungagina iltijo qilish va Unigina yaxshi ko'rishga bo'lgan da'vati noaniq e'tiqod va chigal falsafaga aylanib qolishidir. Natijada, Iysoga ergashganlar u haqida g'uluv ketib, uni bashariy hududlardan chiqarib, xudolik darajasiga ko'tardilar. Ular: "Masih (Iyso) Allohning o'g'lidir" (Tavba: 30) dedilar. "Allohning bolasi bor" (Baqara: 116), va "Alloh — Masih ibn Maryamdir" (Moida: 72), dedilar. Ular tug'magan va tug'ilmagan Beniyoz, Yagona ilohdan uch kishidan iborat oilani qilishib: "œUlarning barchasi xudodir! Ular ota, o'g'il va muqaddas ruhdir"— dedilar. Ular Iysoning onasi Mar'yamni muqaddaslash va unga ibodat qilish darajasiga olib boradigan ishlarni qildilar. Ular: "œMar'yam — Allohning onasidir!"— dedilar. Natijada, Mar'yamning surat va haykallari cherkovlarga qo'yildi va nasroniylar unga iltijo, duo, nazr va ta'zim kabi ibodatlar qildilar. Alloh taolo ularning bu e'tiqodlarini inkor qilib va qilgan ishlarini yomon ko'rib dedi:

    "Masih ibn Maryam faqat bir payg'ambar bo'lib, undan ilgari ham ko'p payg'ambarlar o'tgandir. Uning onasi esa siddiqa — Allohga haqqirost iymon keltirgan ayoldir. Ikkalalari ham taom er edilar. (Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam), oyat-hujjatlarni ularga qanday bayon qilishimizni ko'ring, so'ng ularni qanday bo'hton tomonga og'ayotganlarni ko'ring! Ayting: "Allohni qo'yib, sizlar zarar ham, foyda ham berishga ega bo'lmagan narsalarga ibodat qilasizmi? Alloh eshituvchi, biluvchidir". (Moida: 75, 76)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:58:01
38— Iyso Allohning o'zigagina ibodat qilishga chaqirdi

    Iyso alayhissalom ham boshqa payg'ambarlar singari Allohning o'zigagina ibodat qilishga da'vat etdi. Injilda quyidagi satrlar bor: "œYozilganki, Rob — ilohingga sajda va uning o'zigagina ibodat qil" (Matto: 4/ 10), "œYozilganki, Rob — ilohingga sajda va uning o'zigagina ibodat qil" (Luqo: 4/8).

    Alloh taolo (Qur'on Karimda) dedi:

    "Biror odam uchun Alloh unga Kitob, hikmat va payg'ambarlik berganidan so'ng, odamlarga: "Allohga emas, menga ibodat qilinglar", deyishi joiz emas, balki ularga: "Allohning kitobini odamlarga ta'lim berib va o'zingiz o'qib-o'rganib, yolg'iz Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar bo'linglar" (demog'i lozimdir).

    I z o h. Bu oyat ba'zi bir nasroniylarning: "Iyso alayhis-salom bizni o'ziga sajda qilishga buyurgan", degan botil da'volariga raddiya tarzida nozil bo'lgan.

    U (payg'ambar) sizlarni farishtalar va boshqa payg'ambarlarni xudo qilib olishingizga buyurishi ham joiz emas. Axir u sizlarni musulmon — Allohga bo'ysunuvchi bo'lganingizdan keyin kufr — dinsizlikka qaytishga buyuradimi?!" (Oli Imron: 79, 80).
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:58:31
39— Qur'on Iyso alayhissalomning da'vatini ochiq bayon qiladi

     

    O'zidan avvalgi barcha kitoblarni ichiga olgan va ularga hakam bo'lgan Qur'on Karim  Iyso alayhissalomning sof tavhidni e'lon qilib, unga da'vat etganini ochiq-ravshan uslubda naql qildi:

    "Alloh — Masih ibn Maryamdir", degan kimsalar aniq kofir bo'ldilar. Holbuki, Masih: "Ey bani Isroil, parvardigorim va parvardigorin­giz bo'lmish Allohga ibodat qilingiz!" — degandir. Albatta kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur va borar joyi do'zax bo'lur. Zulm qiluvchilar uchun biron yordamchi bo'lmas." (Moida: 72).
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:58:58
40— Iyso alayhissalomning da'vatidagi tavhidning o'rni

    Iyso alayhissalom tavhid maqomi va payg'ambarlar hayotidan xabardor bo'lgan va Allohning ma'rifati, Unga bo'ysunish va Undan qo'rqish bilan tabiatlangan har bir kishi bila oladigan go'zal uslubda shunday dedi:

    "Masih ham, Allohga yaqin qilingan farishtalar ham Allohga banda bo'lishdan zinhor or qilmaydilar. Kimki Unga bandalik qilishdan or qilsa va kibru havo qilsa, bas, ularning barchasini O'z huzuriga jam qilajak. Ana o'shanda iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan kishilarning mukofotlarini komil qilib berib, yana O'z fazlu karamidan qo'shimcha ham qilur. Ammo or qilgan, kibru havo qil­gan kimsalarni esa alamli azob bilan azoblaydi va ular o'zlari uchun Allohdan o'zga na bir do'st va na bir madadkor topolmaslar." (Niso: 172, 173).
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2009, 23:59:25
41— Qiyomatning hayratomuz tasviri

    Qur'on Karim o'zining balog'ati va mo''jizaviyligi bilan  Iyso alayhissalom odamlar to'qigan va unga nisbatan qilgan ishlardan pok ekanini aytayotgan qiyomat kunining hayrotomuz ko'rinishlaridan birini tasvirlaydi. Iyso alayhissalom o'z da'vatini quvvat va sadoqat bilan izohlaydi va bu ma'noda o'z ummati ichidan g'uluv ketgan kimsalarni ayblaydi hamda ularni ushbu jinoyatdan javobgar ekanliklarini bayon qiladi. (Bolalar,) bu holatning buyukligi va hayratomuzligini his etib tinglang:

    "Eslang (ey Muhammad), Alloh: "Ey Iyso ibn Maryam, odamlarga: "Allohni qo'yib, meni va onamni xudo qilib olinglar", deb sen aytdingmi?" — deganida, (Iyso) aytdi: "Ey pok parvardigor, haqqim bo'lmagan narsani aytish men uchun durust emas-ku. Agar aytgan bo'lganimda Sen albatta bilar eding. Zotan Sen dilimdagi bor narsani bilursan. Ammo men Sening ichingdagi narsani bilmasman. Faqat Sen O'zing g'ayb ilmlarining bilimdonisan. Men ularga faqat O'zing amr qilgan gapnigina aytdim: "Robbim va Robbingiz bo'lmish Allohga ibodat qilingiz!" Va oralarida bo'lgan muddatimda ularning ustida guvoh bo'lib turdim. Meni (Er yuzidagi muddatimni to'latganingdan so'ng) O'z huzuringga ko'targaningdan keyin esa Sen O'zing ularning ustida kuzatuvchi bo'lding. Sen O'zing hamma narsaga guvohdirsan. Agar ularni azoblasang, ular Sening bandalaring. Agar ularni mag'firat qilsang, albatta Sen O'zing qudrat, hikmat egasidirsan". Alloh aytdi: "Bu kun (ya'ni Qiyomat Kuni) haqqi-rost iymon keltirganlarga rost so'zlari foyda beradigan. Kundir". Ular uchun ostidan daryolar oqib turadigan jannatlar bordir. Ular unda abadiy qoladilar. Ulardan Alloh rozi bo'ldi, ular ham Allohdan rozi bo'ldilar. Bu esa ulug' baxtdir. Osmonlar va er hamda ulardagi bor narsa Allohning mulkidir. U hamma narsaga qodirdir." (Moida: 116-120)
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 17 Mart 2009, 00:00:09
42— Chigal e'tiqoddan ochiq butparastlikka

    Nasroniy dini da'vatchilari Evropaga o'z tashabbuslari bilan ko'chib ketdilar (Chunki Iyso alayhissalom ularga buni amr etmagan va faqatgina, Banu Isroilning adashganlarini to'g'ri yo'lga solish uchun kelganini ochiq bayon qilgan edi). Qadim zamonlardan beri Evropada butparastlik hukmron bo'lib, ular butparastlikka quloqlarigacha botishgan edi. Yunonlar butparast bo'lib, Allohning sifatlarini turli olihalar shaklida tasavvur qilishgan, ular uchun haykallar va ibodatxonalar qurishgan edi. Ularning da'volaricha rizq uchun bir xudo, rahmat uchun boshqa bir xudo, g'oliblik uchun yana bir xudo bor edi. Rimliklar qadim-qadimlardan butparastlik va xurofotlarga ishonishardi. Butparastlik ularning qonu-jonlariga singib ketgan edi. Rimliklar turli olihalarga ibodat qilishardi. Ularga nasroniy dini etib kelganida Rim qiroli katta Konstantin 306- yilda nasroniy dinini qabul qilib, uni davlatning rasmiy dini deb elon etdi. Nasroniy dini butprastlik e'tiqodi hamda yunon taqlidchiligi va falsafasidan ko'p narsalarni o'zlashtira va asta-asta ularga yaqinlasha boshladi. Natijada, o'zining payg'ambarlikka xos aslligi, sharqqa xos soddaligi va tavhidga asoslangan hamiyatini yo'qotdi. Bu dinga ba'zi munofiqlar ham kirib, unga qadimgi e'tiqodlari va butparast tushunchalarini qorishtirdilar. Buning oqibatida yangi — butparastlik ila nasroniylik bab-barobar shakllangan yangi bir din paydo bo'ldi.

    Shu kundan boshlab nasroniy dini Iyso alayhissalom yurgan va da'vat etgan yo'ldan boshqasidan yura boshladi. U zulmatli kechada bilib, yoki bilmay adashgan, biroq, birinchi yo'liga aslo olib bormaydigan yo'lda davom etavergan yo'lovchiga o'xshab qoldi.

    Dinlar tarixini yaxshi o'rgangan odamlargina bila oladigan ushbu nozik hikmat sababli, Alloh taolo yahudiylarni "œg'azab qilingan" deb sifatlagan paytda, nasroniylarni "œadashgan" deb sifatladi. Alloh taolo musulmonlar tilida shunday dedi:

    "Bizlarni, g'azabga duchor bo'lmagan va haq yo'ldan toymagan zotlarga in'om qilgan yo'ling bo'lmish — To'g'ri yo'lga yo'llagaysan." (Fotiha: 6, 7).

    Bu (nasroniy dini) — Evropa uchun va Evropa uzoq zamon boshqargan va xozirda ham boshqarayotgan bashariyat uchun musibat bo'ldi. "Avvalu-oxir barcha ish Allohning (izmida)dir" (Rum: 4).

     

    Allohning tavfiqi ila kitobning tahriri va Islom Nuri veb sahifasidagi nashri melodiy 28/05/2008, 23- Jumodul avval 1429 hijriyda nihoyasiga etdi.
Nom: Re: Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)
Yuborildi: ZUBAIR 17 Mart 2009, 00:10:56
MUNDARIJA

MUNDARIJA

Nuhning kemasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg163446#msg163446)
Ibrohim alayhissolatu vassalomning qissasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg163468#msg163468)
Eng go'zal qissa: Yusuf alayhissalom qissasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg163638#msg163638)
Muso alayhissalom qissasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg163782#msg163782)
Fir'avn xonadonidagi mo'min kishi. (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg163808#msg163808)
Dovud va  Sulaymon alayhimassalomlar qissasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg163988#msg163988)
Ayyub va Yunus alayhimassalomlarning qissalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg164759#msg164759)
Shuayb alayhissalomning qissasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg164766#msg164766)
Iyso ibn Maryam alayhissolatu vassalomning qissasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3448.msg164780#msg164780)

Manba: Islom Nuri veb sahifasi (http://islamnuri.com/)

Assalamu Alaykum Varohmatullohi Vabarokatuh.