forum.ziyouz.com

Kutubxona => Jahon adabiyoti => Mavzu boshlandi: Munavvara 13 Mart 2009, 22:29:05

Nom: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 13 Mart 2009, 22:29:05
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Alisher Navoiy nomidagi
Til va adabiyot instituti

Mavlono Jaloliddin Rumiy

HIKMATLAR


Forsiydan O’zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tarjimasi

Toshkent
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
«Fan» nashriyoti
2007
Mavlono Jaloliddin Rumiy - jumla bashariyat nomini hamisha iftixor ila tilga oladigan buyuk ijodkor, betimsol alloma, uning "Masnaviyi ma’naviy" asari esa teran hayotiy o‘gitlar, bebaho hikmatu haqiqatlar xazinasidir. "Masnaviy"ni varaqlab, durdona pandu hikmatlarni saralab, aziz kitobxonlarimiz uchun ixcham bir saylanma tuzdik.
Umid ulkim, ulug‘ bobokalon shoirimizning muborak ruhi shod, uning ruhoniyatiga oshno bo‘lganlarning ko‘ngillari obod bo‘lgay...

Mas’ul muharrir:
To‘ra MIRZAYEV,
filologiya fanlari doktori, professor

So‘zboshi muallifi:
Ibrohim HAQQUL,
filologiya fanlari doktori

Nashrga tayyorlovchi:
Nodir RAMAZONOV

Muharrir:
Jabbor ESHONQUL
Nom: Re: HIKMATLAR
Yuborildi: Munavvara 13 Mart 2009, 22:31:19
HIKMAT - KO’NGIL CHIROG’I

Ma’lum ermasmu magar ibrat senga,
So‘z ochar so‘zni degan hikmat senga?
Jaloliddin Rumiy

Insonni sev! Uni e’zozla! Bu yangilik emas — juda qadimiy gap. Sevgi va e’zozga loyiq bo‘lolmasa-chi? Noloyiqni sevmoq, birinchidan, fahm-farosat pastligini ko‘rsatadi; ikkinchidan, muhabbatni tahqirlaydi; uchinchidan, insoniylik sharafiga ziyon yetkazguvchi bir ishdir. Chunki hamma kishi ham mehr-muhabbatga munosib bo‘lolmaydi.
Odamni bilish, odam tanishda hikmat ko‘p. Mana shunda adashildimi - bo‘ldi: to‘g‘rilik, insof, muruvvat, vijdon, mardlik - hamma-hammasida chalg‘ib ketiladi. Dononi - nodondan, oqilni - johildan, mardni — nomard va g‘irromdan ajratolmagan, rostlik va halollik qadrini yerga qorishtirib, o‘g‘rilik, muttahamlik va korchalonlikka keng yo‘l ochgan jamiyatning boshi esa musibatdan chiqmaydi, xususan, axloqiy, ruhiy ofatlar uni ichdan kemirib, yemirib yuboradi. Bunday vaziyatda so‘z ham, fikr ham ta’sir kuchini yo‘qotadi. Va o‘zi ishonmaydigan narsaga o‘zgalarni ishontirishta bel bog‘lagan, gapi boshqa, hol va amali mutlaqo boshqa vaysaqi, safsatabozlarning bozori qiziydi. Ammo ulardan hech qaysisi millat, yurt taqdiriga tegishli biror bir mas’uliyatni zimmasiga olmaydi.
Odamning taqdiri va istiqboli jamiyatda hal bo‘lganidek, jamiyatning ijtimoiy, axloqiy, fikriy sog‘lomligi ham odamning butunligi, komilligiga daxldor. Komil inson haqida ko‘p gapiramiz, o‘zimizcha kuyinamiz. Bu yaxshi, albatta. Lekin quruq gap bilan, yolg‘iz kuyinish yoki istak bilan insonni o‘zgartirib, komillashtirib bo‘lmasligini chuqur o‘ylab ko‘rmaymiz. Bizningcha, bu jabhada komil inson masalasini har jihatdan chuqur o‘rgangan tasavvuf allomalarining mulohaza, mushohada va xulosalariga ko‘proq tayanish joiz. "Komil inson" asarining muallifi, buyuk vatandoshimiz Azizuddin Nasafiy yozadi: "Shuni yaxshi bilgilki, odamlarning ko‘pchiligida insonlik qiyofasi bo‘lgani bilan odamiylik ma’nosi yo‘qdir. Bunday kimsalar esa aslida eshak, ho‘kiz, qurt-qumursqa, qoplon, ilon va chayonlardir. Nega, nima uchun bunday deya sira ajablanmaslik lozim. Chunki
har bir kent va shaharda ham ma’nan, ham jisman insonlik sharafiga sohib bir hovuch kishi bordir, xolos...".
Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlab o‘tsak. Insonning axloqiy poklanishi, tafakkur balog‘ati, bir so‘z bilan aytganda, komilligi borasida qadimda ilgari surilgan va asrlar mobaynida o‘zlashtirilib, amal etilib kelingan BOYA va tushunchalardan yiroqlashish, uzilish holati u yoxud bu tarzda butun bashariyat turmushida ko‘zga tashlanib turibdi. Buning bosh sababi Nasafiy bobomiz ko‘rsatgan nuqson - odamiylik ma’nosidan mahrumiyatning keng quloch yozishi erur. Darhaqiqat, o‘z ilohiy mohiyatini tushunish va mushohada qilishda insoniyat oldinga emas, ortga odimlagani inkor aylash mushkul bir haqiqat. Moddiy va texnikaviy taraqqiyot bashar nafsida yangi-yangi "o‘zan"lar ochdi...
Nom: Re: HIKMATLAR
Yuborildi: Munavvara 13 Mart 2009, 22:34:13
"Aniqki, biz jin va insondan ko‘plarini jahannam uchun yaratdik. Ularning dillari boru anglay olmaydilar, ko‘zlari boru ko‘ra bilmaydilar" (A’rof: 179) Dunyoni botindan bilish layoqatiga sohib odam Qur’oni karimdagi bu kalimalarga zarra qadar ishtiboh qilolmaydi. Shaytoniylik, hayvonlashuv, yirtqichlik shu qadar avj olib ketdi. Ayniqsa, G’arb dunyosidagi ma’naviy xastaliklar, xulqiy buhronlarni aytib ado qilish qiyin. Eng katta fojia esa botin va zohir orasidagi ziddiyat, hol va amalning keskin farqlanishidir. Pul, mol-mulk, mansab, martabaning kuch-quvvatiga ishonch, barcha ishonchning, jumladan, diniy hissiyotlarning ham tamali bo‘layotir. Hozir biror bir din va ilohiy maslak topilmaydiki, "butparastlik" unga suqilib kirmagan bo‘lsin.
Ma’lumki, odamlar ma’nan va ruhan mavjud borliq, ya’ni zohiriy dunyodan yuksakkka ko‘tarila olmaganliklari tufayli oltin, kumush, yoqut, dur kabi jismlardan go‘zal shaklda haykallar yaratib ularga topinganlar. Iloh deb shularga sajda etganlar. Va Olloh sifatlarini mana shu narsalarga nisbat berishgan. His qorong‘uligi, ko‘ngil ko‘rligi bunday bandalarni ilohiy nurdan butunlay yiroqlashtirib tashlagan. Shunday kimsalar yo‘qmi butun? Jahonning hamma joyida ularga duch kelish mumkin. Ular xohlasa dindor, taqvodor, istasa, kambag‘alparvar va fidokor siymosida ko‘rinadi. Biroq Ollohga emas, siyratidagi but-nafsga taslimdirlarki, qorin uchun ular dasturxonga ta’zim etishdan, manfaat va mavqe ilinjida amaldorga bel bukib tilyog‘malik qilishdan, boylik deb shaytonga siginishdan aslo tortinmaydilar. Imom G’azzoliyning mana bu so‘zlariga e’tibor bering: "... Bir jamoat bordurki... o‘zlarining bir rab ekanliklariga inonurlar. Masalan, go‘zal bir inson, bir daraxt, ko‘rkam bir ot yoki boshqa bir qimmatbaho narsani ko‘rishlari zamon darhol unga sajda qilurlar va "U rabbimizdir", derlar..."
Xoh ishoning, xoh ishonmang, ana shu qavmga mansub zotlar hozir ko‘paygan. Faqat ular otgamas, narxi baland xorijiymashinasiga, daraxtgamas, hashamatli imoratlariga, jonining "jonona"siga do‘ngan allaqanday jihozlariga sig‘inishadi. Eng qizig‘i, bular ham "sun’iy go‘zallikka emas, balki tabiiy go‘zallikka" sajda etib, qalblari "go‘zallik nuri ila pardalanib" buzilganini tasavvur ham etolmaydilar.
Umuman, Haq va haqiqatdan olis, na olam, na odam hikmatini idrok qilib bilmaydigan bandaning g‘ayrati ham, tashabbusi va himmati ham xosiyatsiz. "Taom bilan to‘lgan medada hikmat bo‘lmas", deydi Zununi Misriy. Bu - nafs, hirs, tama bandalari hikmatdan benasibdurlar degani bo‘ladi. Chunki, hikmat pokiza ko‘ngil va tazkiya topgan ruhlarga Olloh tomonidan tuhfa yuboriladigan ilohiy so‘z hamda ma’nolardir. Hikmat ahli xos kishilar, ya’ni chin faqir, orif, diydortalab oshiq va abdollar bo‘lgan. Ularning ilmi - laduniy ilm, vujudlari esa ma’rifat suvi bilan yuvilgan. Hikmat egalarining dunyoni anglashlarida tafakkur va sukut alohida o‘rin tutganligi uchun tabiatlarida shoshqinlik, yakravlik, kibr singari nuqsonlardan tozalangan. Rumiyga ko‘ra "Hikmatlar - Alloh lashkaridur, ular Haq, haqiqat bayrog‘ini ko‘tarib, ko‘ngullarni zabt qilur". Bu e’tirof Mavlono hikmatlariga ham to‘la tegishli.
Nom: Re: HIKMATLAR
Yuborildi: Munavvara 13 Mart 2009, 22:45:50
Abdurahmon Jomiy hazratlari:
G’arqi daryoiy tafakkur shudaem,
Tahnishin chun sadafu dur shudaem, -

deydilar. Chunonchi: biz tafakkur daryosining qa’riga sho‘ng‘idik. Shu uchun sadaf va durga o‘xshab joyimiz pastda - eng chuqurlikdadir. Aqli va dili hikmatga to‘lgan zotlarning, xususan irfon narhidan qonib-qonib suv ichgan haqiqatparastlarning sifat va fazilatlari xuddi shundaydir.
Abu Hasan Bushanchi "Bugun tasavvuf, haqiqatidan mahrum bir ismdir. Bundan oldin esa ismsiz bir haqiqat edi", deydi. Ya’ni: tasavvuf atamasi sahoba va salaf zamonida mavjud emasdi. Biroq ularning har birida buning ma’nosi mavjud edi. Endi esa tasavvufning nomi bor, ammo haqiqat va hikmati yo‘qdir. Ushbu fikrni hozirgi kunlarga ham tadbiq qilsa bo‘ladi. Chunki tasavvuf mavzuida aytilayotgan va yozilayotgan mulohazalarning ko‘pi uning haqiqati, sirli hikmatidan ko‘ra tashqi yoki allaqachon eskirib ulgurgan jihatlariga tegishlidir. Tasavvufning hayotiy ruhi, bebaho duri gavhari, sir-asror xazinasi va go‘zallik shukuhini qaerdan izlash haqida so‘ralsa, hech ikkilanmasdan, adabiyot va san’atni tilga olish lozim. Tasavvuf targ‘ibu tashviqiga safarbar adabiyot ham juda ahamiyatli va ibratli. Lekin tasavvuf olami va haqiqatlari badiiy talqin qilingan Ishq, Ruh, Ko‘ngul, Irfon va Zavq adabiyoti yanada go‘zal, yanada ta’sirlidir. Bu adabiyotda nainki so‘z va ma’no, ohang, rang, tasvir ham o‘zgacha, ya’ni ruh va ko‘ngulni yolqinlantiruvchidir. Mavlono Jaloliddin Rumiy asarlari shu uchun dunyo ahlining yuragini zabt aylab, o‘ziga asir etgan.
O’zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol keyingi yillarda tarjimon sifatida bir qator xayrli va zo‘r ishlarni amalga oshirdi. O’zbek o‘quvchilari uning tarjimasida sharq irfoniy adabiyotining shoh asarlari - Fariduddin Attorning "Mantiqut tayr", Jaloliddin Rumiyning olti jildlik "Masnaviyi ma’naviy"sini o‘qish imkoniga ega bo‘lishdi. "Masnaviy"ning har bir kitobi bor-yo‘g‘i ming nusxada chiqqani inobatga olinsa, uni o‘qiganlar soni orzu darajasida emasligi o‘z-o‘zidan anglashiladi. Holbuki, "Masnaviy" bugun dunyo jamoasini qiziqtirib, bashariyatning najot, umid kitobidan biri bo‘lib turibdi. Ma’lumotlarga ko‘ra so‘nggi vaqtlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarida tez-tez nashr etilib, eng ko‘p xarid qilinayotgan kitob "Masnaviy" ekan. Uni o‘qish, o‘rganishga ehtiyojmandlik bizda ham hech bir eldan oz yoki past emas. Shuni nazarda tutib Mavlono hikmatlaridan kichik bir guldasta tuzdik. Bu hikmatlar tuyg‘u va tushunchada tozalik, imon va e’tiqodda halovat demak. Mavlononing so‘z va fikrlaridagi hikmat — insoniylik qadri va sharafini hayvoniy, shaytoniy hirsu ofatlardan ajratish demak.
Sharq donishmandlaridan biri kambag‘al va qashshoqlarni boylikdan nafratlanish, molu dunyoni qoralashga o‘rgatmanglar, odam oldin badavlat bo‘lib, ana undan so‘ng boylikni nazarga ilmaydigan saviyaga yuksalmogi lozim, degan ekan. Bu - to‘g‘ri gap. Xalqimiz bejiz "Ko‘rmaganni - ko‘rgani qursin", demagan. Ochdan, qashshoqdan chiqqan nazari past kimsa dunyo boyligini yig‘sa ham baribir to‘ymaydi, "mol yig‘ishtirur lain"ligicha qolaveradi. Va bunaqa gushnalarning millatga, yurtga, ilm-fan yoki adabiyot va san’atga hech foydasi tegmaydi. Ollohga shukrki, elimiz orasida adabiyotni sevadigan, ilm-fan, ma’rifat qadr-qimmatini har qanday moddiy boylikdan baland ko‘radigan sarmoyadorlar ba’zan uchraydi. Siyrak bo‘lsa-da, bor ular. Mazkur kitob shunday insonlardan birining tashabbusi va himmati bilan chop etildi. Bundan ko‘pchilik minnatdor, Mavlononing ruhlari shod bo‘lur, degan umiddamiz. Axir ma’rifat hamisha madadga muhtojligini Rumiy hazratlari ham inkor qilmaganlar. Haq mayining ayricha toti bor. Mavlono demishlarki:
Haq mayidin kimsa bir kultum ichar,
Bir emas, ul ikki olamdin kechar.
Ul musaffo may sururi o‘zgacha,
Mastligi etgay davom mahshargacha.

O’ylaymizki, ushbu hikmatlarni o‘qigan har bir kitobxon Haq mayidan qultumlab, qon va jonida o‘zgacha surur uyg‘onishini his etarkan, bunga o‘zi ishonch hosil qiladi.
Ibrohim Haqqul,
filologiya fanlari doktori
Nom: Re: HIKMATLAR
Yuborildi: Munavvara 13 Mart 2009, 23:15:11
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYM

Tingla naydin, chun hikoyat aylagay,
Ayriliqlardin shikoyat aylagay.

Men qamish erdim, kesib keltirdilar,
Nola cheksam, el hama oh urdilar.

Siyna istarmen to‘lo dardu firoq,
Toki so‘ylay sharhi dardu ishtiyoq.

Kim yiroq tushsa, yo‘qotsa aslini,
Boz izlar ro‘zgori vaslini.

Davralar ko‘rdim necha nolon bo‘lib,
Davradoshim g‘amginu shodon bo‘lib.

Har kishikim bo‘ldi bir dam yor menga,
Bilmadi yordir nechuk asror menga.

Sirrim ermas nola-ohimdin yiroq,
Garchi nur ko‘zu qarog‘imdin yiroq.

Tanga jonu jonga tan mastur emas,
Jonni ko‘rmak kimsaga dastur emas.

O’t erur nayning navosi, yel emas,
Kimda o‘t yo‘qdir, yo‘qolsin, el emas.

Nayni yondirgan o‘shal ishq otashi,
Mayni yondirgan o‘shal ishq otashi.
Nom: Re: HIKMATLAR
Yuborildi: Munavvara 13 Mart 2009, 23:17:12
Yordin ayrilganga nay yordir, ne bok,
Pardasi pardamni etmish chok-chok.

Nay kabi bir zahru taryoq qayda bor?
Nay kabi damsozu mushtoq qayda bor?

Qonli yo‘llardin hikoyat aylagay,
Ne emish savdoyi Majnun, so‘ylagay.

Bo‘yla hushdir, mahrami behush, bas,
Mushtari unga quloqdin boshqamas.

Kunlarim tun qa’riga jo bo‘ldilar.
O’rtanishlar menga hamroh bo‘ldilar.

Ishq ila kimning yaqosi chok erur,
Hirsdin ozodu aybdin pok erur.

Ey omon bo‘l ishq - ajib savdoyimiz,
Ey hakimi hoziqu donoyimiz.

Lablariga yetsam ul damsozni,
Nay kabi men sochgay erdim rozni...

Kimki bo‘lsa hamzabonidin judo,
Bezabondir garchi unda yuz navo.

Chunki, gul ketsa guliston qolmagay,
So‘ngra bulbul birla doston qolmagay...
Nom: Re: HIKMATLAR
Yuborildi: Munavvara 13 Mart 2009, 23:23:55
Rabbanodin barcha istarmiz adab,
Beadab ko‘rmas jahonda lutfi Rab.

Yo‘q, faqat etmas o‘ziga ul yomon,
Beadab urgay jahonga o‘t hamon.

Nurga to‘lmishdir adab birlan falak,
Ham adabdin ma’sumu pokdir malak.

Kun tutilsa ko‘kda, gustohlik sabab,
Ko‘kdin haydaldi Azozil, beadab...

* * *

Xastaga mehru muruvvat ko‘rsatib,
Har ne lozim, ko‘rdi, tekshirdi tabib.

Boisi safro emasdi ul butun,
Bilsa bo‘lgay, ne o‘tindin ne tutun...

Zoridin bildi, nechuk zor erdi dil,
Tan salomat, lek giriftor erdi dil.

Keldi oshiqlik ko‘ngilning zoridek,
Yo‘q bemorlik ko‘ngil bemoridek.

Dardi oshiq o‘zgadir olam aro,
Ishq - usturlobi asrori Xudo.

Aql ishq sharhida ojiz ne tariyq,
Ishq ne, oshiq nedir, anglatdi ishq...
Nom: Re: HIKMATLAR
Yuborildi: Munavvara 13 Mart 2009, 23:25:01
* * *

Gar tikan botsa oyoqqa, begumon
Tizzaga olgung oyoqni shul zamon.

Igna birla chiqmasa ul bir yo‘la,
Lab bosib, olmoq bo‘lursan tish ila.

Bas, tikan botsa oyoqqa, bul azob,
Dilga sanchilsa, ne bo‘lg‘ay, ber javob?

* * *

Mustafo dediki, kim sir tutgusi,
Sir nihon aylab, murodga yetgusi.

Donalar chun yerga pinhon bo‘ldilar,
Barq urib so‘ng sabza, rayhon bo‘ldilar.

Simu zar gar bo‘lmasa ko‘zdin nihon,
Bo‘lmas erdi simu zar berguvchi kon...

* * *

Chashmaning boshi kesilsa, xullasi,
Boisi - mavji, ziloli jilvasi.

O’z pati tovusga dushmandir, qarang,
Chunki ul patning jilosi turfarang.

Bul jahon - tog‘, fe’lu atvoring - nido,
Ul nidoni senga qaytargay sado...

* * *

Ul qizil guldir ochilgan, xun dema,
Ul aqldin mast erur, majnun dema.

Kimki to‘ksa bir musulmon qonini,
Kofir o‘lgum, tilga olsam nomini.

Larza solgay Arshga ham madhi shaqiy ,
Badgumon bo‘lgay bu so‘zdin muttaqiy .

Shoh bo‘lsa, yurtga ogoh bo‘lsin ul,
Xos bo‘lsin, xosi Olloh bo‘lsin ul...
Nom: Re: HIKMATLAR
Yuborildi: Munavvara 13 Mart 2009, 23:28:16
* * *

Sen azizlarni o‘zingdek bilmagil,
Garchi o‘xshashdir yozuvda "sher"u "shir".

Jumla olam shul sabab gumroh erur,
Kam kishi Haq ahlidin ogoh erur.

Ba’zilar o‘zni nabiy deydi, xolos,
Avliyoni o‘ziga aylar qiyos.

Der: ular ersa bashar, biz ham bashar,
Biz-da non yermiz, ular-da non oshar.

Vah, ular ko‘rmas va bilmas hech qachon
O’rtada bordir tavofut onchunon.

Arilar ham turfadirkim, har mahal
Bittasi zahru biri yiqqay asal.

Ikki ohu bir giyoh yer, sarhisob:
Bittasidin go‘ng, biridin mushki nob.

Ul qamishlar bir ariqdin suv ichar,
Bittasi bo‘m-bo‘sh, birida qand, shakar.

Boqki, o‘xshash jonu jonzot qanchalar,
O’rtada farqu tafovut munchalar.

Ul yesa, undan palid bo‘lgay judo,
Bul yesa, kelgay nuqul nuri Xudo.

Ul yesa, kelgay faqat buxlu hasad,
Bul yesa, bo‘lgay faqat ishqi Ahad...

Harf - idish, ma’no - idishda suv hamon,
Bahri ma’no ham kitob ichra nihon.

Bahri talx, bahri shirin ham mavjlanur,
Lek qo‘shilmas, bir-biridin ajralur...
Nom: Re: HIKMATLAR
Yuborildi: Munavvara 13 Mart 2009, 23:35:56
* * *

Sen razm sol, ikki yuzni et qiyos,
Balki bo‘lgaysen bu ishdin ro‘shinos.

Jumla iblislarda odamyuzli, bas,
Har kishiga qo‘l berish ham yaxshimas.

Kahru shahvat kimsani aylar g‘ilay,
Ko‘p yomon yo‘llarga ruhni boshlagay.

Bas, g‘araz kelsa, hunar kiygay niqob,
Parda tushgay ko‘zga ko‘ngildin shu tob...

* * *

Gar hasad ko‘nglingga solsa bir g‘uluv,
La’nati Iblisning etgan kori bu.

Ul hasad aylab, mudom jang aylagay,
Odamiyning holini tang aylagay.

Ehtiyot bo‘l, yo‘lda ul tosh bo‘lmasin,
Shum hasad yo‘lingda yo‘ldosh bo‘lmasin.

Gar jasad ermish hasad uyi, va lek,
Ul jasadni pok etur Ollohi nek.

Behasadga aylasang makru hasad,
Ko‘p qaroliklar chekar ko‘nglingga sad.

Mardi Haq bo‘l, bo‘l hasaddin beg‘ubor,
Bizga o‘xshab sen uni tuproqqa qor...
Nom: Re: HIKMATLAR
Yuborildi: Munavvara 13 Mart 2009, 23:47:14
* * *

Gar kumushning rangi oqdir, lek shu dam
Qo‘lga olsang, qo‘l qoraygay, joma ham.

O’t degan cho‘g‘din qizil yuzdir magar,
Sen qaro qilmishlariga sol nazar.

Garchi chaqmoq nurga monandir, hamon
Chaqnasa, ko‘zni qamashtirgay yomon...

* * *

Gar anor istar esang, xandonni ol,
Xandasi har donasidin bir misol.

Nori xandon bog‘ni ham xandon qilur,
Suhbati mardon seni mardon qilur.

Garchi toshdirsen, va gar marmar o‘zing,
Tutsa ko‘ngil sohibi, gavhar o‘zing.

Mehri poklarni aziz tut erta-kech,
Mehri yo‘qlarga ko‘ngilni berma hech.

Sen g‘azoyi dilni hamdildin so‘ra,
Baxtu iqbolingni muqbildin  so‘ra.

* * *

Haq o‘zi jonlarga deb nur yog‘durur,
Baxtiyorlar unga doman to‘ldirur.

Kimki uzmas ersa Ollohdin nazar,
Unga bo‘lgay nuri Ollohdin asar.
Nom: Re: HIKMATLAR
Yuborildi: Munavvara 13 Mart 2009, 23:49:17
* * *

Tangri bizni yorlaqab, yorlik qilur,
Ko‘nglimizni o‘ziga zorlik qilur.

Ul go‘zal ko‘zlarki, giryondir anga,
Ul humoyun dilki, biryondir anga.

Har yig‘ining oxiri bir xandadir,
Oxirat mardi muborak bandadir.

Yig‘laganlarni aya, nam istasang,
Notavonlarni aya, rahm istasang...

* * *

Bo‘yladir ushbu jahonda qiylu qol,
Och ko‘zingni, boq jahonga, ibrat ol.

Sen o‘zingdan-ku qocholmassen, aniq,
Bas, netib Haqdin qocharsen, ey rafiq?

Bedavolar mulki dunyo izlagay,
Baxtiyorlar mulki uqbo izlagay...

* * *

Dedi: sir aytilsa, sirdan bormu sud,
Juft toq bo‘lgay gahi, gah toq juft.

Urmagil dam, tiyra tortgay oyina,
So‘ngra aksingni qoraytgay oyina.

Uchta so‘zga kam qimirlat sen labing,
Aqchangu yurmoq yo‘ling ham mazhabing.

Shu uchovga ko‘p emish dushman, aduv,
Bilsa, bas, tushgay sening qasdingga u...
Nom: Re: HIKMATLAR
Yuborildi: Munavvara 13 Mart 2009, 23:49:50
* * *

Sen imonni toza tutgil ham omon,
Bo‘l amin kibru havodin har zamon.

Ul havo ziddir imoni tozaga,
Ul havo qulfdir o‘shal darvozaga.

Sharh etarsen ul aziz Qur’onni, bas,
Sen o‘zingni sharh qil, Qur’onnimas.

Uncha sharh etding dumog‘dorlik bilan,
Pastu qiyshiq bo‘ldi ma’noyi baland...

* * *

Xushdurur payg‘omi Haq - Parvardigor,
To abad payg‘omi Haqdir poydor.

O’zgarur shohlarda hukmu saltanat,
Avliyolar hukmi qolgay to abad.

Shohlardin qolmagay dahr ichra nom,
Nomi Ahmad to abad oliymaqom.

Anbiyolar ismi butkul undadur,
Kelsa yuz, fahm etki no‘qson shundadur...

* * *

Rang ko‘rish zohirda nursiz ko‘p qiyin,
Ichdagi rangi xayol ham inchunin.

Dahr aro nur - aksi oftobi saxo,
Dildagi nur - aksi anvori Xudo.

Dilda bo‘lsa, ko‘zga kelgay hosili,
Ko‘z nuri ko‘ngil nurining mahsuli...

* * *

Eyki, yuksalding alamni, ohni,
Bilki, qazgaysen o‘zingga chohni.

Bir zaif yerda chekar bo‘lsa fig‘on,
Tikka qo‘zg‘olgay sipohi osmon...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:23:56
* * *

Nafs do‘zaxdir va do‘zax - ajdaho,
Bahru daryoying anga bo‘lmas vaqo.

Yetti daryoni simirsa, ichsa ham,
Chanqovi qonmas, degaykim, menga kam.

Nafsi dev olamni ham yamlab yutar,
Na’ralar tortib, yana olam kutar.

Lomakondin Haq qadam bosgan zamon
Qolmagay andin biror nomu nishon.

Sher agar saflarni yormishdir, netar,
Sher ulkim, nafsini mag‘lub etar...

* * *

Kim havasdin pok tutsa jonini,
Hazrati Haqning ko‘rar ayvonini.

Chun Muhammad ul g‘ubordin pok edi,
Qayga borsa, unda vajhulloh edi.

Bag‘ri keng bo‘lsa kishi ham ko‘ngli sof,
Har shahardin unga boqqay oftob.

Haq bu olam ichra ko‘rsatgay jamol,
Porlagan yulduzlar ichra oy misol...

* * *

Chun odam ko‘zu quloqsiz erdi, bo‘sh,
Haq fusun etgach, odamga tushdi jo‘sh.

Haq fusun etgach, odamlar zud-zud
Keldilar bor bo‘lgali so‘yi vujud.

Gulga afsun aytdi, xandon ayladi,
Toshga aytdi, la’li tobon ayladi.

Tanga so‘z aytgan edi, jon bo‘ldi ul,
So‘yladi xurshidga, raxshon bo‘ldi ul.

Boz qulog‘iga etarkan nuqta fosh,
Yuziga yuz parda tortdi ul quyosh.

To bulutga so‘yladi bir-ikki bor,
Ko‘zidin yoshlar oqizdi shashqator.

Yer qulog‘iga necha so‘z aytdikim,
Yer chuqur o‘ylarga toldi, qoldi jim...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:24:21
* * *

Til temirga, toshga ham o‘xshash erur,
Tildan uchgan so‘z gahi otash erur.

Urma sen toshni temirga bemahal,
Goh maqol aytib, gohi so‘ylab matal.

Ulki zolim qavmlar, ko‘z yumdilar,
So‘z ila olamni ham yondirdilar.

Bir suxan olamni vayron aylagay,
Tulkini o‘rmonda sulton aylagay...

Qatrayi ilmingki, ul jismimda dil,
Sen uni xokiy tanimdin toza qil.

Ul ilmni toki tuproq bosmagay,
To havolar har tarafga sochmagay.

Sochsa ham, basdir, kifoya bir so‘zing,
Qaytadan yig‘moqqa qodirsan o‘zing.

Qatrakim, ketmish havolarga uchib,
Ul xaziningdin ketolgaymu qochib?

Maskani gar bir odammas, yuz odam,
Sen chaqirsang, sen sari qo‘ygay qadam.

Tortadir zidlarni zidlar bir yo‘la,
Boz chiqurlar o‘rtaga hukming ila.

So‘yi borliqqa odamdin har zamon,
Yo‘llanur karvon ketidin korvon...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:24:36
* * *

Ey birodar, qil o‘zingga e’tibor,
Sendadir har dam xazon birla bahor.

Sen ko‘ngil bog‘iga ko‘z sol, ne chaman,
Har qadam gulg‘uncha, sarvu yosuman.

Boqki, yaproqlarga burkanmish butog‘,
Gul bilan orastadir sahroyu tog‘.

Atru gul bo‘lsa agar rahbar senga,
Senga bo‘lgay jannatul kavsar, senga...

* * *

Odamiy kardir parilar soziga,
Oshno ermas ularning roziga.

Gar pariyu nag‘ma bir olam erur,
Lek ko‘ngil sozi yana ko‘rkam erur.

Nurni sen odamdan ol yo Undan ol,
May tilarsen, ko‘zadin yo xumdan ol.

Meni ko‘rgan baxtiyor, demish Nabiy,
Meni ko‘rganlarni ko‘rganlar dag‘i.

Berdikim otash, chiroqni yoqdi sham,
Kim chiroqni ko‘rsa, ko‘rgay shamni ham.

Ochdi bir-bir yuz chiroqning vaslini,
Har chiroqda ko‘rsatur ul aslini...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:24:55
* * *

Avliyolar so‘zi yumshoqdir, dag‘al,
Mulki diningga tayanchdir har mahal.

So‘zlari issiq-sovuqdir, et qabul,
Jonni do‘zaxdin himoyat aylar ul.

So‘zlarin bilgil tiriklik gulshani,
Bandalik, sidqu yaqinlik ravshani.

Bas, alardin gulshani jon zindadir,
Dengizi, bahri javohir undadir...

* * *

Falsafiy ul, munkiri Hannonadir,
Avliyo asroriga begonadir.

Falsafiy shaytonni tan olmas sira,
Shul sabab shaytonga har kun masxara...

* * *

Ilm agar ko‘ngilga singsa, yor erur,
Gar badanga singsa ul, bekor erur.

Ilm Hudan kelmasa bevosita,
Bir bo‘yoqdirkim, ketar bilvosita.

Sen bu yukni yaxshilik birlan tashi,
Yukdan ajralganda shod bo‘lgay kishi.

Ilm yukin eltma havoyi nafs uchun,
Ilm tulporiga mingaysen u kun.

Ilm tulporiga sen bo‘lgach suvor,
Qolmagay yelkangda ul yukdin g‘ubor...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:25:14
* * *

Kim xalos topmish o‘shal Hu jomisiz?
Huga yettaymu kishi Hu nomisiz ?

Ismini bilding, o‘zing har yonda ko‘r,
Suvda ko‘rma oyni sen, osmonda ko‘r.

Boylama ko‘ngilni nomu harf ila,
O’zligingdin kech, qutilgin bir yo‘la.

Gar temir ersang, erib, berang bo‘l,
Oyina ersang, tiniq, bezang bo‘l.

Qo‘y tamom tavsifu avsofingni sen,
Ko‘r asl zotingni, ul sofingni sen.

Rahnamosiz, bekitobu bexato
Yuz ochar ko‘nglingda ilmi anbiyo.

Dedi Payg‘ambarki, bordir ummatim,
Ul mening bir gavharimdir, himmatim.

Nur erur, boqsam, ularning maskani,
Bas, ular ham nurda ko‘rgaylar meni.

Ul hadislarkim, sahih, oliy sifot,
O’ylakim, chun mashrabi obi hayot.

Kurd bo‘lib, oqshom tunashni o‘ylagil,
So‘ng arabdek uyg‘onishni o‘ylagil...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:25:41
* * *

Ahli Rum so‘fiy edilar, ey padar,
Bekitobu beqiroat, behunar.

Sohibi sayqal - ularning siynasi,
Yo‘q ularning hirsu buxlu kiynasi.

Ahli sayqalga ne hojat bo‘yu rang,
Har nafas ko‘ngilda bir husnu jarang.

Chetga otmishlar ilm po‘stlog‘ini,
Tik tutib ilmalyaqin bayrog‘ini,

O’ylamay o‘y, ro‘shnolik topdilar,
Nahru bahri oshnolik topdilar.

Jumla qo‘rqarlar o‘limning dastidin,
Bul qavm kulgay o‘limning ustidin.

Yarqirab sakkiz bihishtning jilvasi,
Ul tiniq dillarga urmish shu’lasi.

Ne emish ul Arshu Kursiyu Fazo
Gar muyassar ersa diydori Xudo...

* * *

Vo darig‘o, ikki burda non hamon
Otashi fikrimni so‘ndirdi tamom .

Etdi bug‘doy subhi Odamni qaro,
Kirdi Yer ul Oyu ul Oftob aro...

Loylanib oqmoqda ul so‘z to‘lqini,
Suvki kelsa tiyra, to‘s, tindir uni.

To Xudoyim boz zilolu sof qilur,
Tiyra qildi, Ul o‘zi shaffof qilur.

Sabr eltar orzuga, etma shitob,
Sabr qil vallohu a’lam bis-savob...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:25:54
* * *

Masnaviy nazmida yuz berdi sukut,
Vaqt lozim qondin ayrilguncha sut.

Ul shirin sut qondin ayrilmaydi to,
Etmaguncha toleing farzand ato.

Ul Ziyoulhaq Husomiddin bu on
Masnaviyni burdi ko‘kdin yer tomok.

Ul Haqoyiq ko‘kiga ketmish edi,
Gulbahorsiz g‘unchalar xomush edi.

Qaytdi ul sohilga, og‘oz ayladi,
Masnaviy cholg‘usini soz ayladi.

Qaytdi bulbul bog‘ aro bong urgali,
Uchdi lochin ul maoniy tergali.

Shoh qo‘li unga makon bo‘lsin abad,
Bul eshik elga ravon bo‘lsin abad...

* * *

Bongi Shayton - misli bongi oshno,
Oshno tortgay seni so‘yi fano.

Bong urib, chorlaydi: kel, ey karvon,
Bundadir yo‘l, bunda manzildir, nishon.

Har kishining ismin aytib, ey falon,
Kel beri, der ul, vale bermas omon.

Kimki borsa, qarshilar sheri balo,
Umr zoe, yo‘l mashaqqat, kun qaro...

Bongi Shaytoning nima, ne ermish u?
Mol derman, joh derman, obro‘.

O’z ichingdandir - o‘shal ovozlar,
Kes ularni, to yetishgay rozlar.

Haq degil, shaytonni kuydir erta-kech,
Solma ul nargis ko‘zing kalxatga hech...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:26:17
* * *

Ko‘kda oftob ne’matidir - nuri Arsh,
Hosidu shaytonga ozuq-dudi farsh.

Do‘stu yordin dil g‘izolar izlagay,
Ilmi asrordin safolar izlagay.

Har yaqindin totinursen bir nima,
Har qarindoshdin olursen bir nima.

Bo‘lsa yulduzga magar yulduz yaqin,
Ul yaqinlikdin tug‘ilgaydir chaqin.

Er bilan xotun qovushganda - bashar,
Tosh ila temir so‘g‘ishganda - sharar .

Yerga yog‘sa yomg‘iru naysonlar,
Meva bo‘lgay ham gulu rayhonlar.

Yuz qizillik jism aro xundan kelur,
Qonga tal’at - shamsi gulgundan kelur.

Ol, qizil rang barcha rangdin yaxshidir,
Ul quyosh rangi, quyoshning naqshidir.

* * *

Suv sadosi - bongi Isrofil erur,
Tirgizur hatto o‘lik jonlarni ul.

Guldiros ul, misli ayyomi bahor,
Guldirab, bog‘larni etgay lolazor.

Yoki darveshlarga - ayomi zakot,
Yoki mahbuslarga - payg‘omi najot.

Yo dami Rayhon, Yaman gul bo‘yiga -
Yo‘g‘rilib kelmish Muhammad so‘yiga.

Yeki atri Ahmadi mursal erur,
Ahli osiyga shafoat keltirur.

Yoki ul mushki Yusufdirkim, latif,
Bahra olgay Ya’qubi zoru zaif...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:26:50
* * *

Keksalik tuprog‘i sho‘rdir, o‘ylakim,
Sho‘rlagan tuproqda ungaymu ekin?

Kuch suvi, shahvat suvi bo‘lmish ado,
Foyda yo‘q sendin birovga mutlaqo.

Hurpayib qoshlar, o‘siqdir, tasqara,
Yoshlanib boqqan o‘shal ko‘zlar xira.

Yuz ajin uzra ajin, ranglar uniq,
Til g‘aliz, ta’m betamiz, tishlar siniq.

Qosh qoraygan, tan mayibu, yo‘l yiroq,
Alxusus, korxona vayron, ish chatoq...

* * *

Nuri Haqdin nuri his gul-gul erur,
Nurun a’lo nur, degoni shul erur.

Nuri his tortar shu yer, maydon sari,
Nuri Haq tortar vale osmon sari.

Nuri Haqdin bahramand ersa kishi,
Ko‘rsatur shirin so‘zi, qilgan ishi...

Odamiy olsa Xudodin nur agar,
Qoshida jumla xaloyiq bosh egar.

Jonida yo‘q ersa zarra shubha-shak,
Sajda etgaylar o‘shanga chun malak...

* * *

Men yana devonadirmen, ey tabib,
Men yana savdoyidirmen, yo habib.

To uribsen zanjiringni menga chun,
Bo‘ylakim, har halqasida bir junun.

Bo‘ldi savdoyi fununim o‘zgacha,
Har nafas kelgan jununim o‘zgacha.

Bas, junun ermish funun-zarbulmasal,
Soldi zanjirga meni miri ajal.

Onchunon devonalik yuz berdi, tut,
Ki hama devonalar bergay o‘git...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:27:07
* * *

Do‘st agar ranjitsa, hech ranjirmu do‘st?
Mehr - mag‘z ersa magar, ranj misli po‘st.

Do‘st turur yoningdayu joningda to,
Har balovu ofatu mehnat aro.

Do‘st - misoli zar, balo-otash erur,
Zar agar otashga kirsa, xush erur...

* * *

Dedi: ne’matbaxsh qo‘lingdin, ey hakim,
Totliyu tansiq taomlar ko‘p yedim.

Bir safar achchiq yesam, ofatmi ul?
Baski, shirin o‘rnida etdim qabul.

Uzvu uzvim ichra in’oming sening,
Borlig‘im ul donavu doming sening.

Bitta achchiqdin agar faryodu dod
Aylasam, boshimga tuproq shul zahot.

Qo‘llaring shahdu shakarbaxshdir chunon,
Tegsa, achchiqlar yo‘qolgaydir hamon.

Ulki achchiq, ishq ila shirin bo‘lur,
Ulki misdir, ishq ila zarrin bo‘lur.

Ishq ila loy uzra nayson bo‘lgusi,
Ishq ila dard uzra darmon bo‘lgusi.

Murdalar ham zinda bo‘lgay ishq ila,
Shohlar qul, banda bo‘lgay ishq ila...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:27:23
* * *

Keldi Musoga vahiy - lutfi Xudo;
Aylading shu damda bandamdin judo.

Hoy, ne qilding, ne edi bu qilmishing,
Vaslu diydormu, judolikmu ishing?

Har kishiga - o‘zga bir siyrat, tana,
Har kishiga istiloh berdim yana.

Amr etarkan, sudi savdo kutmadim,
Bandaga mehru saxovat istadim.

Hinduga hind istilohi xush yoqar,
Sinduga sind istilohi xush yoqar.

Poklamas nomimni tasbih so‘zlari,
Dur misoli poklanurlar o‘zlari.

Boqmagaymiz tilga yoxud qolga biz,
Ko‘z solodurmiz ko‘ngilga, holga biz.

Mayliga, bog‘lanmasin ul til bila,
Lekin ul payvasta bo‘lsin dil bila.

Millati ishq barcha dinlardin judo,
Ahli ishqqa millatu mazhab - Xudo...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:27:36
* * *

Rahmat ichra necha rahmat bor, o‘g‘il,
Bitta rahmatga qanoat qilmag‘il.

Obi rahmat sori engash, past bo‘l,
Ich mayi rahmatni chanqab, mast bo‘l.

Charxni olgil sen oyoq ostiga to,
Tingla, yuksakdin kelur bongi samo.

Ol quloqdin vahmu vasvos paxtasin,
Ko‘k nidosi to quloqda yangrasin.

Ol ko‘zingdan ham hasad nuqsonini,
Toki ko‘rgil g‘ayb sarvistonini.

Poklasang burning, dumog‘ing, xush edi,
Unga kirgay mushki Ruhulloh hidi.

Qolmasin ta’bingda safrodin asar,
Toki totgaysen shu dunyodin shakar.

Mard bo‘lib ko‘rsat jahonga bo‘ylar,
Mardlar ergashsin senga, xushro‘ylar...

Ko‘kka boqmoq ko‘zga baxsh etgay ziyo,
Lek qamashtirgay ko‘zingni avvalo.

Ko‘zlaringni nurga, ro‘shnolikka bur,
Bo‘lma xuffosh, kunni, ro‘shnolikni ko‘r.

Oqibatbinlik erur nuring sening,
So‘ng haqiqatdir borar go‘ring sening...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:27:54
* * *

Avliyodin gar yiroq tushsang chunon,
Sen Xudodin ham yiroqdirsen hamon.

Do‘stdin ayrilmoqku bundoq g‘am erur,
Shohdin ayrilmoq nechuk motam erur.

Sen-da bir shoh soyasini izla, top,
Top o‘shal shoh soyasida oftob.

Yo‘lga chiqsang, ushbu niyat birla yur,
Yurmasang, bul nuqtadin ogoh o‘tir...

* * *

Xaq demishkim, qayga borsang haq ila,
Tolibi mard bo‘l, eranlarni tila.

Ganj izla, chunki bo‘l sudu ziyon,
Yo‘lda qolgay, sen ketib manzil tomon.

Bug‘doy olmoqqa kishi qasd qilgusi,
Yakka bug‘doymas, somon ham olgusi.

Lek somon ekkanda bitmas gandume ,
Mardum izla, mardum izla, mardume .

Haj qilay deb Ka’baga yurgay kishi,
Makkani ham bir yo‘la ko‘rgay kishi.

Do‘st debon me’rojga chiqdi mo‘htaram,
Arshni ko‘rdi ul, maloyiklarni ham...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:28:16
* * *

Oldida o‘ltirdi pirning, so‘rdi hol,
Ko‘rdi darvesh erdi ul, sohib ayol.

So‘rdi: yo‘l bo‘lsin senga, ey Boyazid?
Qaysi manzillar sari eltar umid?

Ka’baga, dedi, borurmen, haj uchun,
So‘rdi: aqchang bormu, yo‘lda xaj uchun?

Dedi: bordir ikki yuz tanga pulim,
Ehtiyotdin to‘nga tikkanmen uni.

Dedi: atrofimdin aylan yetti bor,
Bul tavofi Ka’badin ham ustivor.

Tangalarni menga bergil, ey javod,
O’yla, haj qilding, nasib etdi murod.

Umra qilsang, bul baqoga yetganing,
Soflanib yursang, Safoga yetganing.

Tangrikim jonimni jon deb saylamish,
O’z uyidin ham ziyoda aylamish.

Ka’ba garchand Biru Borning mehr uyi,
Xilqati jonim - Xudoning sir uyi.

Ka’bani qurmish, vale yo‘q sharpasi.
Kirmamish ko‘nglimga Haqdin o‘zgasi.

Meni ko‘rding, bul Xudoni ko‘rganing,
Ka’baning atrofidin o‘rgilganing.

Bori umrim toatu hamdi Xudo,
Haq menga hamdam, qachon bo‘lmish judo?..

Sen ko‘zingni kattaroq och, sol nazar,
Nuri Haqni o‘ziga olmish bashar.

Boyazid ushbu o‘gitni tingladi,
Nuqta-nuqta ko‘ngliga jo ayladi.

Shul tufayli bo‘ldi andoq muqtado,
Yetdi ul oxirdin - ul oxirga to...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:28:29
* * *

Yurma nafs xohishiga, nafs kuyiga,
Bur yuzingni do‘sti sodiq so‘yiga.

Chun aqllardin aql quvvat olar,
Nayshakar yonida o‘sgay nayshakar.

Menga nafs makr etdi, nelar ko‘rmadim,
Necha bir toshlarga boshni urmadim.

Va’dalar bergay senga ul basma-bas,
Va’dalarga so‘ng o‘zi bergay shikast.

Haq magar umringni yuz yil shaylagay,
Nafs har kun bir bahona aylagay.

Ul sovuqmas, va’dani issiq qilur,
Qo‘llaringni jodu birla bog‘lar ul.

Boshda qurt erdi, ilon erdi, qaro,
Yo‘lga tushgach, bo‘ldi devu ajdaho...

* * *

Kimki ustozdin qocharkan, yaxshi bil,
Kechgay ustozi emas, davlatdin ul.

Tan uchun kasb aylading, chekding niyoz,
Endi dining deb mashaqqat chek bir oz.

Bul jahon ichra badavlatsen, g‘ani,
Lek ketar chog‘ida topgoning qani?

Bir hunar kasb etki, kelsa oxirat,
Qo‘llasin joningni, topgil maxfirat.

Ul jahon ham shahru bozoru hunar,
O’ylama, yolg‘iz shu dunyoda unar.

Haq taolo dedi: bul kasbi jahon,
Ul jahon oldida ermakdir chunon...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:28:47
* * *

So‘zki ul, dildan emas, tildan kelur,
O’ylakim, gulxanda o‘sgan gul erur.

Bevafolar lutfiga lutf aylama,
Ul buzuq ko‘prikni yo‘l deb o‘ylama.

Qo‘ysa ul ko‘prikka bir johil qadam,
Singay ul ko‘prik va johil poyi ham.

Gar biror maydonda lashkar lat yemish,
Bul magar uch-to‘rt muxannisdan emish.

Bitta zarb birlan qochurlar orqaga,
Sen mashaqqatga qolursen qaytaga...

* * *

Yaxshidir ko‘zni o‘zingga solganing,
Aytganing - aybni o‘zingga olganing.

Chunki kelgay yarmi-ayb dunyosidin,
Boshqa yarmi ersa-g‘ayb dunyosidin.

O’n yaro chiqqan esa boshingga, bil,
Sur o‘zing malham, iloju chora qil.

Yo‘qsa aybing, bunga emin bo‘lma, oh,
Sendanam kelgay o‘shal aybu gunoh.

Surdi Iblis necha xush ayyomini,
Bo‘ldi rasvo, endi ko‘rgil nomini.

Bor jahonga ma’ruf erdi, oy anga,
Chappa ketdi kori, endi voy anga...

Emin ermassen, o‘zingni qistama,
Ma’lumu ma’ruf bo‘lishni istama...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:29:03
* * *

Telbalar masjidga ta’zim aylagay,
Ahli dillarga vale zulm aylagay.

Ul-majozdir, bul haqiqat, ey dali,
Masjid ul-orifu sarvarlar dili.

Ko‘nglida masjid ko‘targay avliyo,
Sajdagohdir elga, dargohi Xudo...

* * *

Yo‘qsa gar hojat, Xudovandi g‘ani
Bermagay bir kimsaga bir narsani.

Bo‘lmasaydi hojati olam-zamin,
Hech yaratmas erdi Rabbulolamin.

Bo‘lmasaydi yerda hojat ustuvor,
Tizmas erdi tog‘ni bundoq purviqor.

Bo‘lmasaydi ehtiyoj osmonga ham
Yetti gardunni yaratmasdi Egam.

Oftob, oy birla yulduzlarki ul,
Ehtiyoj yo‘q ersa, etmasdi zuhur.

Baski, borliqqa kamand hojat emish,
Erda ham hojatga mos olat emish.

Sen oshir hojatni, ey muhtoj, zud,
To karam etgay o‘shal daryoyi jud...

Yaxshilar afsona so‘ylar yaxshiga,
Sen yopishma suvratiga, naqshiga.

Ey birodar, qissa chun paymonadir ,
Ma’ni unda-misli bug‘doy donadir.

Gul va bulbuldin necha afsona bor,
Garchi ermas o‘rtada so‘z oshkor.

Ne kechirmish sham ul, parvona ham,
Tinglabon, ma’nosiga yet, ey sanam...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:29:19
* * *

Borishardi turk, arab, forsu yunon,
Shunda bir kimsa, anisu mehribon,

Xayr, deb bir tanga savg‘o ayladi,
Yo‘qki savg‘o, balki g‘avg‘o ayladi.

Fors dedi: bozor tushaylik shu zamon,
Aqchaga angur olaylik, do‘sti jon.

Qo‘y bu gapni, deb uni kesdi arab,
Eynab olsak aqchaga, bo‘lgay ajab...

Turk dedi: behuda bu gaplar bari,
Mevalar ichra uzumdir sarvari...

Shunda yunon ham aroga soldi so‘z;
Hoy, xarid etmoqqa stafil durust...

Bas, ular bitta qarorga keldilar,
Lek tushunmay, bahsu g‘avg‘o qildilar.

Barchada xohish uzum erdi faqat,
Barchasi birdek, uzum, derdi faqat.

Lek aroga shum jaholat tushdi, bas,
Tish, qovurg‘a lat yedi, topdi shikast.

G’ofilu g‘aflat so‘ziddin-mojaro,
Bizniki-birlik ila sulhu saloh...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:29:32
* * *

Haq demishkim, dahr aro yo‘q ummate,
Bo‘lmagay to unda sohib himmate.

Jumla jonlarni yig‘ib, yaqdil qilur,
Jumla ko‘ngillarni bemushkul qilur.

Bizki ko‘r qushmiz, adabda turmadik,
Ul Sulaymon kelsa hamki, ko‘rmadik.

Chug‘z kabi lochinga yov, dushmon bo‘lib,
Qoldik oxir mulkimiz vayron bo‘lib.

Chunki kirganmiz jaholat yo‘liga,
Yetkazib ozor azizlar ko‘ngliga...

* * *

Eyki, oziq senga shul xalqning xuni,
Xalq xuni bir kun base tutgay seni.

Molini sen qoni deb bil bir yo‘la,
Chunki topgay molini zahmat ila.

Sen necha filbachcha yersan, poraxo‘r,
Ona filni bir kuni qarshingda ko‘r.

Ona fil bir kun muqarrar o‘ch olur,
Ul necha filbachchaxo‘rni o‘ldirur...

* * *

Haq degil, og‘zing, dahoning pok qil,
O’z ruhingni chobuku cholok qil.

Zikri Haq pokdirki, ul kelgach, tamom,
Daf bo‘lur har neki ifloslik, harom.

Zid qochur, ziddin hamisha, inchunin,
Tun qochur, zulmat qochur kelganda kun.

Pok nom kirsa og‘izga, bil u dam
Qolmagay kirlik, palidlik, dardu g‘am...

Biz agar naymiz, navo Haqdin kelur,
Biz agar tog‘miz, sado Haqdin kelur...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:29:48
* * *

Sabr qilkim, sabr keltirgay najot,
Sabr sergaklikka chun qo‘lu qanot.

O’zni tiykim, ko‘p zaharli ul giyoh,
O’zni tiymoqlikda nuri anbiyo.

Yel ufursa, ko‘kka uchgaydir xazon,
Yel esib, tog‘ni qo‘porgaydir qachon?

Har nafas shayton erur qarshingda shay,
Ey birodar, qochma mendan, kel, degay.

El bo‘lurmen senga, bo‘lgaymen rafiq,
Yo‘l ocharmen senga ravshan ham daqiq.

Bo‘yla der ul makru hiyla zo‘ridin,
Yusufo, qochgil odamxo‘r bo‘ridin.

Sen haziru ehtiyot bo‘l, xullasi,
Chun firib aylar senga har luqmasi.

Berga oltin, olma, darhol tarkin et,
Sen-baliqdirsen, ilar qarmoqqa et...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:30:04
* * *

Porlasa mahshar quyoshi, ul zamon
To‘lg‘anib, junbushga tushgaydir jahon.

Bizni tuproqdin yaratmish, o‘ylagil,
Ne emish tuproq, fikr qil, anglagil.

Murdadir bunda, u yoqda zindadir,
Bunda xomush, unda ul go‘yandadir.

Ul tarafdin bizga yetsa bir aso,
Qo‘lga olganda bo‘lur ul ajdaho.

Tog‘u tosh Dovudga xushxonlik qilur,
Ilkiga olsa, temirlar mum bo‘lur.

Yel Sulaymonshohga xizmat aylagay,
Bahr Muso birla suhbat aylagay.

Oy boqib, Ahmadga maftun, qul bo‘lur,
Otash Ibrohimga nasrin gul bo‘lur.

Yer yutar Qorunni bir ajdarsimon,
Ustuni Hannonaga yetgay imon.

Tosh Ahmadga salomlar yo‘llagay,
Tog‘ Yahyoga payomlar yo‘llagay...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:30:26
* * *

Nuri Alloh lomakondek joydadir,
Unda istiqbolu moziy qaydadir?

Moziyu mustaqbal  ermish senga ep,
Bittadir ul, sen bilarsen ikki deb...

Uyqu-orom ersa sohir ulfati,
Sehru jodu uzra bo‘lmas qudrati.

Yotsa cho‘pon, bo‘rilar emin bo‘lur,
Chunki cho‘pon g‘ayrati sokin bo‘lur.

Haqki cho‘pondir, amal befoydadir,
Ul tarafga bo‘riga yo‘l qaydadir?

Joduni Haq etsa, ul Haqdin ato,
Sehru jodu deb uni aytmoq xato...

* * *

Ey Rasulim, sohir ermassen base,
Kiyganing ustingda Muso xirqasi.

Ham sening ilkingda Qur’on ul-aso,
O’ylakim, kofirga misli ajdaho.

Sen yotursen, maskaning yer ostida,
Lek asoying yotmagay yer ustida.

Uxla, ey shoh, uxla orom, bexatar,
Qo‘l urolmaydi asoga o‘g‘rilar.

Yerdasen, nuringga maskan-osmon,
Yovlaring otmoqqa Haq tutmish kamon...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:31:00
* * *

Zikri Muso-bir bahona, ey o‘g‘il,
Nuri Muso-aslida joningda ul.

Fir’avn, Muso ikovlon senda jam,
Sen o‘zingdin izlagil, ey muhtasham.

Porlagay nuri Muso mahshargacha,
Nur o‘shal nurdir, charog‘i o‘zgacha.

O’zgadir garchi charog‘u piltasi,
Lek u yoqdandir safoyi shul’asi.

Shishaga boqsang, yo‘qolgaydir yo‘ling,
Son-hisoblarga taqalgaydir yo‘ling.

Nurga boqsang, yo‘llaring etgay davom,
Son-hisoblardin qutulgaysen tamom...

* * *

Bul jahon misli daraxtdir, ey kirom,
Biz - butoqda mevalarimiz, g‘o‘ru xom.

Novdaga qattiq yopishgay xomlar,
Xomga kim etgay magar ikromlar?

Bas, yetilsa, olsa sharbat, totu ta’m,
Novdaga meva yopishmas uncha ham.

Totsa ul iqboli shirinni dahon,
Odamiyga hech bo‘lur mulki jahon.

Muncha xomsanki, hama hayron senga,
Ona qornidan yemishdir qon senga...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:31:15
* * *

Har nechuk holingda ham etgil talab,
Bir zilol axtar o‘zingga, xushklab.

Qovjiroq lablar guvohlik bergusi,
Bir kuni chashma muyassar bo‘lgusi.

Senga lablar qurg‘ashi payg‘om o‘lur,
Qurg‘agan lablarga suv in’om o‘lur.

Bir kalitdir bu talab andoq senga,
Ham sipoh, ham nusratu bayroq senga.

Vositang yo‘qdir, vale etgil talab,
Vosita so‘rmaydi sendin rohi Rab,

Kimsani ko‘rsang talabgor, ey o‘g‘il,
Oldida boshingni indir, sen egil.

Yondashib tolibga, tolib bo‘l o‘zing,
Ergashib g‘olibga, g‘olib bo‘l o‘zing.

Bir chumoli gar sulaymonlik tilar,
Solma istehzo ila kubro nazar.

Qancha molu davlating ersa hali,
Bir tilak, andisha erdi avvali...

* * *

Bor hadiskim, dil misoli par emish
Bir biyobon ichra, yel-sarsar emish.

Yel uchirgay parni, bermas unga dam,
O’ngga surgay, so‘lga surgay damba-dam.

Bor hadis bir o‘zgakim, ko‘ngil chunon,
Bir qozondirkim, turarmish qaynabon.

Har zamon bir o‘zga holu mayli bor,
Undan ermas, boshqa joydin ul qaror...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:31:29
* * *

Xalq magar uyquda ko‘rgay bir nishon,
Men esam o‘ngimda ko‘rgaymen ayon.

Bul jahondin o‘zni bir dam berkitay,
Tuyg‘u-yaproqlar to‘kilsin, silkitay.

His-asiri aqlu hushdir, ey falon,
Aqlu hush ruhingga tutqin begumon.

Jon aql ilkin ochib, darmon qilur,
Necha bir mushkulni ul osmon qilur.

Tuyg‘ular andishalarni to‘plagay,
Xoru xasdek suv yuzini qoplagay.

Aqlu hush surgay ularni bir taraf,
Ko‘zlaringga suv ochilgay yarqirab.

Aqlu hush gar senga nozir bo‘lgusi,
His-havas amringga hozir bo‘lgusi.

Uyquga cho‘mganda bedor tuyg‘ular,
Qo‘zg‘olur joningda sirri g‘aybilar.

Sen ko‘rib o‘ngingda tushlar tozasin,
Ham samo ochgay senga darvozasin...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:31:47
* * *

Husni fikr, ummidi xush hamroh senga,
Ki madadkordir mudom Olloh senga.

Har qachonkim sen o‘qishni o‘ylasang,
Ya’ni, Mushafni qiroat aylasang,

Ul zamon nurlarga to‘lgaydir ko‘zing,
Ul zamon harflarni ko‘rgaysen o‘zing...

Ul sabab bo‘lmas valiyda e’tiroz,
Haq olarkan, unga qaytarmog‘i rost.

Yondirib bog‘ing, uzum bergay senga,
Solsa motamga, to‘zim bergay senga.

Qo‘li shol, qo‘lsizga hamdastlik berar,
G’am to‘la ko‘ngilga bir mastlik berar.

Ne yo‘qotsak, o‘rniga bergay evaz,
E’tiroz etmoqni banda o‘ylamas.

Ulki, otashsiz haroratlar berur,
Rozimen solsin meni otashga ul.

Senga ravshanlikni bermish ul hama,
Bas, chirog‘ing o‘chsa, afg‘on aylama...

Amri Haqsiz luqma oshing pishmagay,
Turgay ul og‘zingda, ichga tushmagay.

To‘kmagay chun bitta yaprog‘in daraxt,
Bermaguncha hukmini sultoni baxt.

Maylu rag‘batkim, imom, derlar ani,
Unga ham yetgay o‘shal amri g‘aniy.

Yeru osmonlarda zarra yurmagay,
Tushmagay junbushga u, par urmagay..

Bas, qazoyi Haq-rizoyi bandadir,
Unda gar hukm ersa, xohish bundadir.

Men yashay, deb o‘zni har yon urmas ul,
Ham hayot zavqin so‘roqlab yurmas ul.

Bo‘ysunar Parvardigor amriga bot,
Unga birdekdir hayotdir yo mamot.

Ganj uchunmas, ul yashar Yazdon uchun,
Ranj uchunmas, ul o‘lar Rahmon uchun.

Haq uchundir ko‘nglida iymoni, bas,
Azbaroyi jannatul ma’vo emas...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:32:13
* * *

O’ylakim, mashharda mardum saf bo‘lib,
Til hisob birlan munojotga kelib.

Yosh to‘karsen, oh urib Haq oldida,
So‘ylagaysen tik turib Haq oldida.

Haq degay: muhlat beribdirman senga,
Ne qozonding hamda keltirding menga?

Umri muddatni qayoqqa sarflading?
Qurbu quvvatni qayoqqa sarflading?

Ko‘z nuringchi, qayga sarf etding uni?
Qayga sarf etding o‘shal besh tuyg‘uni?

Uncha gavharlarki olding arshdin,
Qayga xarj etding, ne olding farshdin?

Qo‘l, oyoq berdim chu ketmon, belkurak,
Bir umr sodiq madadkoru tirak...

Bo‘yla payg‘omu savollar ko‘p bo‘lur,
Necha yuz minglab senga Haqdin kelur.

Bandasi tinglar, qiyomda erkan u,
Ko‘p xijolatlar chekib, aylar ruku.

Jismida bir zarra darmon qolmagay,
Ul uyatdin Haqqa tasbih so‘ylagay.

Bosh ko‘tar, deb Tangridin yetgay xitob,
Haq savoliga aniq bergil javob...

Ul rukudin bosh ko‘targay sharmsor,
Lek yiqilgay yerga besabru qaror.

Boz kelur farmon: ayo, boshing ko‘tar,
Bizga ul qilmishlaringdin ber xabar...

Bosh ko‘targay ul uyatlig‘ qul yana,
Lek ilondek yerga tushgay ul yana.

Boz kelur farmon: ko‘tar boshing, haqir,
So‘ylagil qilmishlaringni birma-bir.

Bir nafas turmoqqa holi qolmagay,
Haybati Haqdin majoli qolmagay.

Qa’da aylab o‘ltirur og‘ir, garon,
Tangri der: qilmishlaringni qil bayon.

Qayda ul ne’matga shukuronang magar?
Berganim sarmoyadin bormu samar?..

Yuz burib, o‘ng qo‘lga qul bergay salom,
Ul tarafda - anbiyo, ahli kirom.

Derki, ey shohlar, shafoat aylangiz,
Men, laim balchiqqa botdim, qo‘llangiz...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:32:37
* * *

Rost demishdir dahr eliga Mustafo,
Qutbi dinu bahri daryoyi safo:

Oqibatda har nekim johil ko‘rur,
Boshdanoq bilgay uni, oqil ko‘rur.

Ne bo‘lur ish so‘ngiga yetgach tayin,
Oqil avvaldan bilur, johil keyin...

Haq duo aylarsa, bunga ne yetar?
Ul duo aylar, ijobat ham etar...

* * *

Dil degan bo‘lgay magar daryoyi nur,
Dil-nazargohi Xudo, bo‘lgaymi ko‘r?

Dil-necha xosu avomning ko‘nglimas,
Dil bo‘lur bir kimsaning ko‘ksida, bas.

Dil-muhitdirkim, jahonni qoplagay,
Dahr aro har oshiyonni qoplagay.

Olam ahliga kalomlar yo‘llagay,
Haq salomidin salomlar yo‘llagay.

Har kishi ersa musaffo ham habib,
Dil nisoridin anga yetgay nasib...

Siymu zar deb o‘ylading-da, bir yo‘la,
To‘ldirib olding etakni tosh ila.

Zar emasdi sen o‘shal zar bilganing,
Domaning yirtildi, oshdi ul g‘aming...

Yosh go‘dak bilgaymu toshning toshligin,
Ulg‘ayib, to qo‘ymaguncha yoshligin.

Pirlik ul sochu soqolning oqimas,
Ul aql birlan kelur insonga, bas...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:32:59
* * *

Gar aql bo‘lsa aqlga oshno,
Damba-dam ortgay magar mehru vafo.

Nafs agar nafs birla esh, hamdam bo‘lur,
O’rtada mehru vafo kam-kam bo‘lur.

Nafs ul illatga bergaydir rivoj,
Ma’rifat bo‘lgay zalolatga xiroj.

Oshno, do‘st bo‘lmagil g‘ofil bila,
Do‘st tutun, do‘st bo‘l faqat oqil bila.

Chun samumi nafs birla xastasen,
Har ne olsang, bir baloga bastasen.

Gavhar olsang gar, qo‘lingda tosh bo‘lur,
Mehr ko‘rsang gar, ko‘zingda yosh bo‘lur...

* * *

Har sifatkim, jon uchun Haq saylamish,
Begumon unga munosib aylamish.

Vasf ila jonni tanosib etdi ul,
Yuz ila ko‘zni munosib etdi ul.

Yo go‘zal, yoki xunukning vasfi ham,
Mos-munosibdir, Xudo chekkan raqam.

Ikki barmoq o‘rtasinda bu ko‘ngil,
Gohi ma’yus ersa, gohi xursand ul.

Ey qalam, faxr et, bu dunyo mulkida,
Xat chekarsen, o‘yla, kimning ilkida?

Jumla junbishing u juft barmoqdadir,
To‘rtta yo‘l boshida, to‘rt barmoqdadir.

Holi nazming ham - Xudoning xohishi,
Azmi jazming ham - Xudoning xohishi.

Bas, tazarru ayla, o‘zga roh yo‘q,
Har qalam bu shevadin ogoh yo‘q...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:33:15
* * *

Yo boqing avvalgilarning holiga,
Yo boring oxirgilarning oldiga.

Ehtiyot ne? Ishni salmoqlash demak,
Ikki tadbirdin birin tanlash demak.

Gar biri desa: yo‘lingdir yetti kun,
Yo‘l emas, qumlar kecharsen, tashna qum.

Boshqasi desa: ishonma, ey falon,
Har qadamda uchragay obi ravon.

Ehtiyotdin chora-tadbir shul bo‘lur,
Suvni g‘amlab chiqqaning ma’qul bo‘lur.

Yo‘lda suv ersa, to‘karsen hoynahoy,
Yo‘lda gar suv bo‘lmasa, holingga voy.

Ey xalifazodalar, insof qiling,
Ro‘zi Haqqa ehtiyot aylab keling.

Otangizga chun g‘azab etdi aduv,
Illiyyundin  sudradi zindonga u.

Baski ko‘rsatdi nechuk yiqmoqni ham,
To yiqib, ranglarni sarg‘aytmoqni ham.

Ul hasadchi oldi, qochdi bojini,
Otamiz ham onamizning tojini.

Qip-yalang‘och qo‘ydi, bundoq etdi xor,
Yig‘ladi Odam bu ishga zor-zor...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:33:28
* * *

Shukr qil, ne’matdin ortiq bil ani,
Noshukur ersang, senga ne’mat qani?

Shukr agar jon ersa, ne’mat ggo‘st anga,
Shukr ila kelgay visoli do‘st senga.

Ne’mat ul-g‘aflat, shukr-ogohlik ul,
Dom etib shukringni, ne’mat ovlagil...

Qona-qona ich mayi anvosidin,
To qutulgaysen qorin g‘avg‘osidin...

* * *

Kim yomondir, beomonlik aylagay,
Yaxshilik etsang, yomonlik aylagay.

Sabr ila nafsingga etgil qarshilik,
Ul yomondin kim ko‘ribdir yaxshilik?

Yaxshiga bir karra ehson ayla.bas,
Yetti yuz ehson ila bergay evaz.

Gar yomonga aylasang qahru jafo,
Senga banda, qul bo‘lib, etgay vafo.

Ahli kofir ham etib jabru sitam,
So‘ng jahannamda degaylar, yo Egam!..

* * *

Keldi dunyoga ibodat deb bashar,
Bo‘ldi munkirga ibodatgoh - saqar .

Odamiy dunyoda nelar aylasin,
Mayli, lekin bandalikni o‘ylasin.

Insu jinslarni yaratdi Haq, demak,
O’zga maqsad yo‘q ibodatdin bo‘lak.

Gar bashardin muddao irfon edi,
O’zgadir har odamiyning ma’badi.

Ma’badi mardu karim - mehru vafo,
Ma’badi pastu laim - jabru jafo.

Ur yomonni, bosh egar, ursang magar,
Yaxshilarga berki, bergaylar samar.

Ikki masjid Haq bunyod aylamish,
Kimga do‘zax bermish ul, kimga bihisht.

Ul Muso past qurdi Quddus qopqasin,
To kirarkan, qavm sajda aylasin...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:33:47
* * *

Ahli dunyo shohga etgay sajdalar,
Kibriyoga sajda etmaslar ular.

Bo‘yla mehrob etdi axlat zotini,
Shohu sulton qo‘ydi so‘ngra otini.

Bo‘yla ko‘ppaklarga pastlar bosh egar,
Boshini egmas arislon, or etar.

To‘s yuzing, ey kosales, sarqitxo‘r,
Senga non berganni Haq o‘rnida ko‘r...

Bas, yetar, bundan-da ortiq bo‘lsa gap,
Ko‘zg‘atur shohu amirlarda g‘azab.

Gapning indallosi shuldir, ey karim,
Bosh egur har dam laimlarga laim.

Nafsi badga kimda kim ehson etar,
Bilmagay ne’matni ul, kufron etar.

Ahli mehnat shukr etib, shokir erur,
Ahli ne’mat makr etib, botil erur.

Molu ne’matdin shukr kelgaymu hech?
Kelgay ul dardu alamdin erta-kech...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:34:01
* * *

Bul-Anas, farzandi Molikning ishi,
Ki uning mehmoni erdi bir kishi.

Ul hikoyat etdi, ovqatdin keyin,
Ko‘rdi mezbon sufraning dog‘ bo‘lganin

Kirlanibti, boq, dedi, ey xodima,
Sen uni tandirga tashla bir dama...

Oldi dasturxonni cho‘ri qiz hamon,
O’t to‘la tandirga otdi shul zamon.

Jumla mehmon bunga hayron erdilar,
Kul bo‘lur otashda sufra, derdilar.

Kechdi fursat, oldi dasturxonni qiz,
Sufra erdi beg‘ubor, poku tamiz.

Ey sahoba, dedilar, bul ne edi?
Ne sabab, otashga tushdi, yonmadi?

Dedikim, ovqat tanovul aylabon,
Mustafo surmishdilar dastu dahon...

* * *

Boqki, gulning yulsalar ham bargini,
Kulgusin qo‘ymaydi, egmas qaddini.

Kelsa boshingga baloyi nogahon,
Yaxshilikka yo‘y uni sen begumon.

O’zgalar qo‘rquv-la sarg‘aygan zamon,
Qarshila guldek kulib sudu ziyon.

Sen yo‘qotsang gar biror bir narsani,
Bir falokatdin xalos etmish seni.

So‘rdilar: ustoz, tasavvuf ne emish?
Dedi: g‘am kelganda fe’lni keng qilish...

Bir balo yuz bir balodin saqlagay,
Bir jafo yuz bir jafodin asragay...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:34:26
* * *

Ulki bergay, foyda kutmay mutlaqo,
Ul Xudodir, ul Xudodir, ul Xudo.

Ul g‘aniydir, o‘zgalar ermish faqir,
Bir evaz olmay qachon bermish faqir ?

Yo valiydirkim, anisi Haq emish,
Nurga aylanmish, nuri mutlaq emish...

Bir tamah etmay magar xosu avom,
Bir salom bermas birovga, vassalom.

Xaq salomin izla yakkash, unga to‘y,
O’yma-o‘y, manzilma-manzil, ko‘yma-ko‘y.

Odamiykim xushnafasdir, xush kalom,
Kelgay andin Haq payomi, Haq salom.

O’zi murda, Tangri birla zindadir,
Ul sabab asrori Alloh undadir...

* * *

Sen qo‘ling-la berganing xayru zakot,
Ul taraflarda bo‘lur naxlu nabot .

Jannat ichra chashmadir sabring sening,
Sutli irmoqdir magar mehring sening.

Toating zavqi - asal, nahri gulob,
Mastliging toatda - daryoyi sharob...

Ul sabablar amru farmoningdadir,
To‘rtta daryo sharqirab, yoningdadir.

Ne taraf ista, ravon etguvchi sen,
Ne sifat ista, chunon etguvchi sen...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:34:43
* * *

So‘rsakim, bilgaymusen sen Nuhni,
Ul Rasuli Haqni, nuri Ruhni?

Sen degaysen: nega bilmasmen, kabir?
Ul quyoshu oydanam ravshan, axir.

Nuhni ayturlar kitoblar bob aro,
Ne imomlar har kuni mehrob aro.

Nomi Qur’onda bitilmishdir yana,
Qissalar insho etilmishdir yana.

Rost dersan, chun bilarsen vasfini,
Sen vale aslida bilmassen ani.

Gar desangkim, bilmagaymen, kimdir ul?
Nuhni yolshz Nuhga monandlar bilur.

Lang chumoli filni bilgaymu sira?
Pashsha Isrofilni bilgaymu sira?

Bul so‘zing ham to‘g‘ri so‘zdir, ey falon,
Mohiyatni chunki bilmassen hamon.

Lekin, oshnam, mohiyat asli nima?
Bul jihatni barcha ham bilmas, dema.

Mohiyat ul garchi dengiz ichra dur,
Ahli komil nazdida ravshan erur.

Mulki borliq ichra Haqning zotidin -
Ham buyukroq sirru asror bormikin?

Ulki mahramlarga maxfiymas, ayon,
O’zga sirlar emdi qolgaymu nihon?..
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:34:57
* * *

Men tatib boqdim magar halvosini,
Ko‘zlarim ko‘rdi uning siymosini.

Gulga bir so‘z aytdi, xandon ayladi,
Dilga bir so‘z aytdi, chandon ayladi.

Boqdi, sarvning qaddini rost etdi ul,
Nargizu nasrinni hamroz etdi ul.

Nayga ehson etdi shirin jonu dil,
Chekdi tuproqdin go‘zal naqshi chigil.

Qoshni chizdi egmayu tarror etib,
Yuzni chekdi gulgunu gulnor etib.

Tilni etdi shul jahon afsungari,
Konga in’om etdi zarri ja’fari.

Uzdi o‘q ko‘nglimga, savdo ayladi,
Bir ajib oshig‘i shaydo ayladi.

Unga oshiqmenki, olam jonidir,
Aqlu jon hamrozi bir marjonidir.

Lof demang, lof ursa suvdek gar tilim,
So‘ndirarmen o‘tni, yo‘qdir mushkulim.

Bus-butun mahzan, suyanchim ul o‘zi,
Beti qattiqmen, tayanchim ul o‘zi...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:35:34
* * *

Boqki, Qur’on ichra so‘z zohir erur,
Ostida ma’nosi bor, qohir  erur.

Boz uning ostida qo‘sh ma’noyi hol,
Unga yetganda aql hayronu lol.

Bor yana to‘rtinchi ma’no, bo‘yla sir,
Voqif ul yolg‘iz Xudoyi benazir.

Boqma Qur’on zohiriga, bu - g‘alat,
Dev boqur odamga tuproq deb faqat.

O’ylakim, Qur’on-da bir odamsimon,
Jismi zohir, joni ko‘zlardin nihon...

* * *

Bu jahonda neki bor, Haq buyrug‘i;
Juft-juftdir, bir-birining oshig‘i.

Har ne borkim, juftini izlar hamon,
Kahraboga talpinur bargi somon.

Osmon deydi Zaminga: marhabo,
Men-temirdirmanki, sen-ohanrabo.

Osmon-erdir, zamin chun xotini,
Har ne eksa, yer yetishtirgay uni.

Gar sovuq qotsa, harorat bergay ul,
Chanqasa, namlik, tarovat bergay ul.

Yerga parvona hamisha osmon,
Er kishi xotindin aylangansimon.

Yer-da oybonu maqomiga o‘tar,
Necha bir farzand tug‘ib, ko‘krak tutar.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:35:58
Yo‘qsa yer, o‘sgaimu erdi arg‘uvon?
Yer tug‘ar erdimu yo‘qsa osmon.

Er-ayol ishqiga Haq bermish sabot,
To jahonni asragay ul ittihod.

Kun va tun zohirda dushmandir magar,
Aslida yaxlit haqiqat, bir samar.

Bir-biriga talpinurlar doimo,
Birlashib, ishlarni etgaylar ado.

Tun kerak insonga sog‘lom tab’ uchun,
Tab’i solim yo‘q esa, kunduz nechun?

Deydi tuproq tandagi tuproqqa: hayt,
Tarki jon qil, qo‘y badanni, bizga qayt.

Bizga hamdam bo‘lganing avlo erur,
Tanni qo‘y.ul suvli bir ma’vo erur.

To‘g‘ri,der tuproq.valekin bastamen,
Men-da hijroning chekarmen, xastamen...

Tandagi suvlarga suvlar arz etar:
Bo‘ldi, bas, g‘urbatda yotgoning, yetar.

Tandagi otashni chorlaydir quyosh:
Uyga qayt, begonalarga egma bosh...

To‘rtta unsurning bu yanglig‘ bahsidan,
Yetmish ikki dardga maskandir badan.

To‘rt anosir to‘rtta tutqun qush erur,
Dard, ajal ersa-tugun yechguvchidir.

Chun tugunlarni yechar ul, boz etar,
To‘rt tarafga to‘rtta qush parvoz etar...

Tortishuvlardin bo‘lingay jismimiz
Xastaliklarga chalingay jismimiz.

Baski tushgay ul bari tan qasdiga,
Qushchalar qaytmoqni istar asliga.

Hikmati Haq mone bo‘lgay har safar,
Jam etib, sihhatda tutgay to ajal.

Derki, ey ajzo, hali mavrud emas,
Chun ajaldin oldin uchmoq sud emas...

Juzv-juzvkim ayriliqdin o‘rtanur,
Ne emish joni g‘aribning holi ul?
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:36:15
* * *

Jon degay: ajzo, yeringiz farsh erur,
Menga og‘ir, chunki joyim arsh erur.

Tan tilar ul sabzavu obi ravon,
Sabzavu obi ravondin ul hamon.

Mayli jon ersa hayotu haydadir,
Lomakon otlig‘ muborak joydadir.

Jon tilar dunyoda hikmat ham ulum,
Tan tilar lek bog‘u bo‘stonu uzum.

Jon tilar doim taraqqiy va sharaf,
Tan tilar ul kasbu asbobu alaf.

Gar kishi bir narsa istar har kuni,
Istagan ul narsa ham qistar uni.

Sharhini aytsam.uzun doston bo‘lur,
Masnaviy juzvi oshib to‘qson bo‘lur...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:36:33
* * *

Azmu jazm ichra kecharkan turmushing,
Goh-gohi o‘ngidin kelgay ishing.

Qo‘l urarsen yangi bir niyatga, bas,
Niyatingga Haq vale bergay shikast.

Bermasa mutlaq murodingni magar,
Noumid qolgay eding sen, beamal.

Bersa baxtingni nuqul, bilgaymiding,
Qudrati Haqqa nazar qilgaymiding?

Baski oshiqlar tilakda o‘ldilar,
Qudrati Haqdin xabardor bo‘ldilar.

Ayru tush jumla murodingdin,ayo,
Har muroding senga bo‘lgaydir ravo...

Eyki sen mardumga zo‘rlik aylading,
Uzni chun g‘olib, muzaffar o‘ylading.

Sen esingni boshga yig‘ har soniya,
Quvma qochganni, yiqilganni aya.

Balki ul qochgan qurar yo‘lingda dom,
Hamla ettay chun baloyi nogahon..

Bo‘lmagay oqil u g‘oliblikda shod,
Chunki g‘oliblikda u ko‘rgay fasod.

Oqil ulkim, ertani ko‘rgay ko‘zi,
Bo‘yla ko‘zga surma chekmish Haq o‘zi...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:36:48
* * *

Ishqni sir tutmoq chu ma’shuq maylidir,
Oshiq ishqi karnayu, surnaylidir.

Ey birodar, ish aningdek ish erur,
Gar ajal kelganda banda xush erur.

Ey yigit, sidqu imonga ul nishon,
Qarshilar ersang ajalni shodumon.

Ey jigar, yo‘q ersa iymoning chunin,
Bor-da, izla, kasb et ikmoli din.

Qaysi ishda gar ajal mag‘lub senga,
Bas, o‘shal ishdir base mahbub senga.

Ketsa nafrat o‘rtadin, qolmas ajal,
Ul ajal ermas, ko‘chib ketmoq magar.

Baski nafrat ketdi, o‘lmoq bo‘ldi naf,
Shul yo‘sinda balki o‘lmoq bo‘ldi daf.

Do‘st Haqdir, Haq do‘sti bo‘ylakim,
Men seningmen, sen menimsen, desa kim...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:37:02
* * *

Bas, Sulaymon so‘rdikim, ey notovon,
Kim senga jabr etdi, bizga et bayon?

Munchalar zulm etdi qaysi zolim ul?
Haddidin oshgan u kimsa kim erur?

Ey, bizim davronda zolim bormu bas,
Bo‘lsa gar zolim, nechun zindondamas?

Biz tug‘ilgan kunda zulm o‘lmishdi chun,
Biz-ki shoh ersak, u amr aylar nechun?

Yo‘q bo‘lur nur birla zulmat barchasi,
Chunki zulmatdir zulmning chashmasi.

Boq, shayotin biz uchun xizmatdadir,
Etsa sarkashlik, kishanda, o‘tdadir.

Zulmi zolim asli shaytondin kelur,
Ersa zanjirband, zulm aylarmu ul?

Bizga mulk bermish Yaratgan, Haqqu Hay,
Toki osmonlarga xalq yuzlanmagay.

To tutundan kiymasin osmon qaro,
Iztirobga tushmasin charxu Shuho.

To yetimlar Arshga larza solmagay,
G’am chekib, jonlar parishon bo‘lmagay.

Mamlakat ichra tayindir chorasi,
Uchmagay to ko‘kka "yo Rab!" nolasi.

Boqma osmonlargakim, arshingdadir,
Osmoniy shoh magar qarshingdadir...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:37:14
* * *

Bir tovuq bor erdi, bundoq o‘yladi,
Tevani mehmonga da’vat ayladi.

Keldi ul, ostonaga qo‘ydi qadam,
Uy buzildi, duv to‘kildi shifti ham...

Aqlimiz chun ul tovuqning xonasi,
Aqli solihdir - Xudoning tevasi.

Bosh suqar bo‘lsa mabodo teva ul,
Qolmagay uy, qolmagay jonu ko‘ngil.

Fazli ishq birlan kishi fozil bo‘lur,
Bundan ortiq istagan johil bo‘lur.

Bo‘yla johildirki, jahl aylar ayon,
Bo‘ylakim, arslonni bosgaydir quyon.

Bilsa erdi, bo‘yla ish boshlarmidi?
O’zni arslon ustiga tashlarmidi?

Jonu tanga bo‘yla zolimdir kishi,
Zulm erur etgan adolatlig‘ ishi...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:37:27
* * *

Qaydakim yer uzra ko‘rsang qatra qon,
Ul mening oqmish ko‘zimdan begumon.

So‘zlarim ko‘k ichra gurrosdir magar,
Guldirab, yer uzra yomg‘ir yog‘dirar

So‘zu faryod ichra qolmishmen atay,
Yoki so‘ylar, yoki yig‘larmen, netay.

So‘ylasam gar, ohu faryodim fano,
So‘ylamas ersam, nechuk aytgum sano?

Yosh emas oqqan ko‘zimdin, dil xuni,
Podshohim, boq yaqindin, ko‘r uni...

* * *

Ne emishdir ishq? Daryoyi adam,
Aqlu idrok ul sari qo‘ymas qadam.

Bandalik ne, saltanat ne, ma’lum ul,
Ishq ularning ikkisidin sirlidir.

Koshki deyman, bo‘lsa shu borliqda til,
Koshki borliq pardasin yirtsaydi ul.

Eyki, borliq, ne degaysen javrabon,
Parda uzra parda tortgaysen hamon.

Ofati idrok emishdir qolu hol,
Qonni qon birlan magar yuvmoq mahol.

Men uning savdosiga mahram hanuz,
Bul qafas ichra urarmen dam hanuz.

Eyki jon, oshuftaholdirsen necha,
Qaysi yonboshing bila yotding kecha?

Yig‘ hushingni, muncha dam urmoq - balo,
Boshqa mahram top o‘zingga avvalo.

Oshiqi mastsenki, bundoq shevasen,
Novadon ustiga chiqqan tevasen...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:37:43
* * *

Sir ne ermish, paxta ichra otash ul,
Qancha pinhon tutmagil, paydo bo‘lur.

Berkitay deb men urindim necha dam,
Lekin ul bayroq ko‘targay damba-dam.

Ul tutib ikki qulog‘imdin mani,
Der: qo‘lingdin kelsa.berkitgil, qani.

Men degaymen: oshma haddingdin yomon,
Jon kabi paydo erursen ham nihon.

Ul degay: xum ichra mahbusdir tanam,
Xumda maydek bazmi jamshid aylaram.

Men degaymen: ket bu yerdin, chekma un,
Ofati mastlik yetishmasdin burun.

Ul degay, jomim simirgaymen necha,
Kun bo‘yi, toki namozi shomgacha.

Shom kelib, olgay latif jomim mening,
Ber, degaymen, kelmadi shomim mening.

Mayning otini arab qo‘ymish: mudom,
Qaysi mayxo‘r may ichib, to‘ymish mudom?

Ishq olovdir bodayi tahqiqqa ul,
So‘ng nihon soqiy bo‘lur siddiqqa ul.

Qaynasa tavfiq sharobi tinmayin,
Dosh berolmay, ko‘za sinmog‘i tayin.

Partavi soqiy sharobga urdi, hay,
Qaynadi, raqs etdi sharbat, bo‘ldi may.

Ba’zilar hayrat aro tinglar buni,
Sen so‘rab ko‘rgil, qachon ko‘rmish uni?

Bas, bilurlar barcha, o‘tchi, suvchi bor,
Qaynagan bor ersa, qaynatguvchi bor...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:38:07
* * *

Dedi: Payg‘ambar: eshikni muttasil,
Qoq erinmasdan, ochilgay senga ul.

Bir kishi ko‘yida yurgaysen magar,
Duch kelur ul senga, ko‘rgaysen magar.

Har kuni qazsang quduqni tashnahol,
Oqibat etgay nasib obi zilol.

Barcha bilgaylarki, sen ham bil shuni,
Ne ekarsen yerga, olgaysen uni.

Ur temirni toshga, uchqun sachragay,
Aksi bo‘lmas, bo‘lsa ham oz uchragay.

Har kuni non yeydi insonlar nuqul,
Bir kuni lekin tomoqdan o‘tmas ul.

Non yema, bechora ruhim, bo‘lma kam,
O’zni kulfatlarga solma muncha ham.

Ermasang mahrum va ablahzoda sen,
Ko‘z ochib boq, qanchalar aftodasen.

Gar jahonda oy to‘lib, porlar quyosh,
Sen esang har dam egarsen chohga bosh...

Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 16:38:30
* * *

Bir yigit chun o‘tga parvona bo‘lib,
Qoqdi yori eshigin, xilvat qilib.

Soqchi chiqdi, qo‘rqdi, qochdi bog‘ tomon,
Yorini bog‘ ichra uchratdi hamon.

Dedi, yuz shukronalar aylab ado:
Soqchilarni rahmat etgil, ey Xudo.

O’rtaga bundoq sababni tashlading,
Bizni do‘zaxdin bihishtga boshlading.

Bir sababdin bo‘yla etding korni,
Siylading bizdek tikanni, xorni...

* * *

Ey Ziyovulhaq Husomiddin, qaviy,
Oshdi nuring birla oydan Masnaviy.

Ulki, oliy himmating, ey mehribon,
Boshlagay bizni, Xudo bilgay, qayon?

Masnaviy bo‘yniga arqon boylading,
Bilganing yoqqa azimat aylading.

Masnaviy yurgay, ko‘rinmas yo‘lchisi,
Ko‘zki botil ersa, qandoq ko‘rgusi?

Masnaviyni boshlabon, bshtuvchi sen,
Gar uzansa ul, uzun etguvchi sen.

Neki istarsen, Xudo xohlar chunin,
Haq berur har neki istar muttaqin.

Masnaviykim muqtado aylar seni,
Qo‘l ochib shukru duo aylar seni.

Masnaviyda ko‘rdi haqqingga duo,
Lutfini senga ziyod etdi Xudo.

Shamsni Qur’on ziyo deb nomladi,
Oyni ersa, nurga nisbat ayladi.

Nur yog‘ur oydan, quyoshdandir - ziyo,
Sen o‘qi bul nuqtani Mushaf aro...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:24:22
Soch o‘zing to‘rtinchi daftar uzra nur,
Oftob to‘rtinchi osmondin kelur.

Soch o‘zing to‘rtinchiga xurshidvor,
Porlasin shahri chamanlar, bu diyor.

Kim buni afsun desa, afsona ul,
Kim haqiqatdir, desa, mardona ul.

Mavji Nil qibtiyga suvmas, xun edi,
Lek Muso qavmiga ul to‘lqin edi.

Bu suxanga kim yomon solgay nazar,
Maskan o‘lgaydir anga qa’ri saqar.

Ey Ziyovulhaq, chu ko‘rding holini,
Haq ayon etdi uning ahvolini.

G’aybni ko‘rgan ko‘zlaring nam bo‘lmasin,
Bu jahonda toleing kam bo‘lmasin.

Mardga yuzlan, ayla nokaslarni tark,
Qissaning poyoniga yetmoq kerak.

Ul hikoyat unda etmishdi davom,
Aylagil to‘rtinchi daftarda tamom...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:24:38
* * *

Dahr aro mutlaq yomonlik yuq, inon,
Ne yomonlik borki, nisbiydir hamon.

Bormu zahrekim shakar, qand bo‘lmagay,
Yo oyoq bormu magar, band bo‘lmagay.

Ul birovga poy, birovga poyband,
Og‘u gar Toshmatga ul, Eshmatga qand.

Zahri mor garchi ilonlarga hayot,
Odamiy joniga ofatdir, mamot.

Maxluqi obiyga daryo misli bog‘,
Maxluqi xokiyga lekin margu dog‘.

Ey rafiq, boqqil jahonga bor-bor,
Buyla nisbatlarni ko‘rgaysen hazor.

Zayd birovlar nazdida shayton erur,
Lek birovlar nazdida sulton erur.

Ul degaykim, mo‘min ichra mo‘mini,
Bul degaykim, kofir ul, o‘ldir uni.

Bitta kimsa chun birovlarga jinon,
Lek birovlarga nuqul ranju ziyon.

Istasang gar senga bo‘lsin ul shakar,
Sen anga oshiq bo‘lib solgin nazar.

O’z qarog‘ing birla ko‘rma xubni sen,
Ko‘r faqat tolib bo‘lib, matlubni sen.

Sen ko‘zingni yum uning oldida, bas,
Ko‘rgali oshiq ko‘zin olgil evaz.

Ko‘zni sen andin evaz ol, ey jigar,
So‘ngra ul siymo sari solgil nazar...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:24:55
* * *

Banda ranju g‘am chekib, dod aylagay,
Yuz shikoyat birla faryod aylagay.

Haq degaykim, senga yetgan ranju dard,
Haqqa yuzlantirdi, sen bo‘lding jumard.

Boqma ul ne’matga, rad etgil ani,
Ki aziz ostonadin surgay seni.

Darhaqiqat har aduv darmon senga,
Kimiyovu foydavu ehson senga.

Chunki dushmandin qocharsen doimo,
So‘ngra istarsen base lutfi Xudo.

Do‘stlaringdir asli joning dushmani,
Hazratingdin ayru tutgaylar seni.

Barcha bilgaydir magar bo‘rsiq desa,
Ul semirgaydir magar kaltak yesa.

Ko‘rkamu zebo bo‘lur kaltak bila,
Ziyragu dono bo‘lur kaltak bila.

Nafsi mo‘min ham magar bo‘rsiqdir ul,
Mehnatu zahmat ila komil bo‘lur.

Ul sababdin el aro ranju shikast,
Xammadan ham avliyoga yetdi, bas.

Jonlari jonlardin avlodir magar,
Chunki ko‘p jabru jafolar ko‘rdilar.

Yo‘q dema sen, rozi bo‘lgil, ey falon,
Gar Xudoyim bersa kulfat nogahon.

Do‘st balosi poklagay joningni bot,
Ilmu tadbiringdin ul ustun, ziyod...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:25:54
* * *

Shahvati dunyo magar gulxan erur,
Ul sabab hammomi zuhd ravshan erur.

Muttaqiylarga o‘shal o‘tdin safo,
Baski, xammom ichradirlar doimo.

Ag‘niyo gulxanga tashlaydir tezak,
Maqsadi o‘tni balandroq aylamak.

Tangri bermishdir ularga hirsi dun,
Har zamon hammomni qizdirmoq uchun.

Hirsingiz o‘tdir jahonda, ey falon,
Har o‘ti ochgay jahonga yuz dahon.

Ulki der, men molu davlat to‘pladim,
Desa bo‘lg‘ay, muncha axlat to‘pladim.

Oftob ko‘kdin olovlar purkagay,
Har ne axlatni olovga burkagay...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:26:10
* * *

Ahli mo‘min ayru, iymon bittadir,
Jismu tanlar muxtalif, jon bittadir.

Fahmu jon hayvonda ham bordir necha,
Odamiyning aqlu joni o‘zgacha.

Odamiylar jonikim bundoq erur,
O’zgadir sohib nafaslar joni ul.

Joni hayvoniyda bo‘lmas ittihod,
Izlama yel ruhidin sabru sabot.

Ul tanovul aylasa, bul to‘ymagay,
Unga yuk ort, bunga og‘ir kelmagay.

Balki shod bo‘lgay, sevingay o‘lsa ul,
Lek hasad etgay, muzaffar bo‘lsa ul...

O’zni soliklarga hamroh aylagil,
Ruhi qudsiylarga ruhni boylagil.

Yuz chirog‘ing yonsa, so‘nsa, sir emas,
Ayrudirlarkim,yagona,bir emas.

Ul sababdin jang qilurmiz doimo,
O’zaro jang aylamishmu anbiyo?
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:26:25
* * *

Haq demish: jannatda devor borki, bas,
Boshqa devorlar kabi jonsiz emas.

Tan binoying ersa ogoh xonasi,
Bo‘lgay ul xonang - shahanshoh xonasi.

Ul og‘ochu mevayu obi zilol,
Jannat ichra so‘z qotib, so‘ylar maqol.

Demakim, asbobu olat tiklamish,
Ravzani a’molu niyat tiklamish.

Bul bino gar obu gildan, murdadir,
Ul bino toatdin ermish, zindadir.

Bul binoning asli -qing‘irlik, xalal,
Ul binoning aslida - ilmu amal.

Unda ko‘shku taxt ila toju siyob ,
Chun o‘zi so‘rgay savol, bergay javob.

Gul tushaklarkim to‘shalgaylar mayin,
Xona top-toza, supurgi tegmayin.

Toju taxtning o‘zi sayr etgay base,
Kuylagay eshik va eshik halqasi.

Dil uyida g‘am chu beandozadir,
Tavbadin lekin hamisha tozadir...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:27:28
* * *

Atri bo‘lsa, sabza gul bo‘lgay edi,
Ul magar bo‘lganda bul bo‘lgay edi.

Bir tarafda ko‘z esa, bir yonda til,
O’rtada yo‘l bor vale minglarcha yil.

Bo‘lma ma’yus, chun saxiydir osmon,
Istasa, Haqdin yetishgay shul zamon.

Qudrati birlan yetishgay sarbasar,
Koni ma’danlarga anjumdin asar.

Haq tilarsa, soya yemrilgay shu tob,
Soya ne ermish, chiqarkan oftob?

Pok nafasli avliyodardin faqat,
Ko‘kda yulduzlarga ham yetgay madad.

Zohiran gar bizga yulduzlar suyanch,
Botinan arzu samoga biz tayanch...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:27:43
* * *

Suvrat ichra olami asg‘ar o‘zing,
Aslida lek olami akbar o‘zing.

Gar og‘ochdin meva tongaydir rivoj,
Meva topmog‘i uchun bordir og‘och.

Gar umidi bo‘lmasaydi meva, bol,
Bog‘bon bog‘ ichra ekmasdi nihol.

Hazrati Odam va jumla anbiyo
Bayrog‘im ostidadir, der Mustafo.

Suvrat ichra garchi odamzodamen,
Hazrati Odamga lekin otamen.

Men tufayli sajda etmishdir malak
Yuz ochib Odamga osmonu falak.

Fikri avval topdi oxirda amal,
Xosa fikr erdi magar vasfi azal...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:28:01
* * *

Dedi Payg‘ambar: zamona ichra men,
Misli to‘fon ichra suzgan kema men.

Men va ashobim chu Nuhning kemasi,
Kimki qo‘l cho‘zsa, najotin topgusi...

Shayxga hamrohsen, yomonlikdin yiroq,
Kema ichra, beomonlikdin yiroq.

Shayxi jonbaxshing qanoti ostida
Kemada suzmoqdadirsen, osuda.

Mehri birla goh uchirgaydir seni,
Qahri birla goh ko‘chirgaydir seni.

Qahrini mehriga zid deb o‘ylama,
Ikkisi bir narsa, ayru aylama.

Bir zamon bog‘ingni bo‘ston aylagay,
Bir zamon dashtu biyobon aylagay.

Ulki ko‘rdi, o‘zga kymsa ko‘rmadi,
Ko‘ngli poklarga kelur jannat hidi.

Xoli tut ko‘nglingni yor inkoridin,
So‘ngra rayhon uz uning gulzoridin...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:28:34
* * *

Haqqa, bas, boshingni indir xam bo‘lib,
Yulduz ermas, Tangriga mahram bo‘lib.

Mahram o‘lsang gar ilohiy sirga sen,
Tunda ham porloq quyoshing ko‘rgasen.

Pok ruhdir bori, o‘zga sharh yuq,
Kechayu kunduzda unga farq yuq.

Kun bo‘lur, gar ko‘kda ul sayron bo‘lur,
Tun tugangay, ko‘kda gar tobon bo‘lur.

Zarra ne ermish, ne ermish oftob?
Oftobing ahli irfon ichra top.

Oftobkim, ko‘k aro raxshonadir,
Unga boqqanlar faqat hayronadir.

Ko‘zlaringga bersa nur Parvardigor,
Ko‘kda oftob ham senga miskinu xor.

Chunki Haq kimyosidin yetdi asar,
Bug‘, tumanlar ko‘kda yulduz bo‘ldilar.

Bir ajib iksirni urdi ul shu tob,
Chikdi zulmatdin yaraqlab oftob.

Buyla san’atkorki aylab bir amal,
Chaqnatib qo‘ydi samo ichra Zuhal.

O’zga yulduzlarki, jon gavharlarin,
Bo‘yla miqyos ichra ko‘rgin, anglagin.

Tindirar hissiy ko‘zingni oftob,
Diydayi Rabboniy o‘zga, izla, top...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:28:56
* * *

Shaix Mag‘ribiy demishdir bo‘ylakim,
Kechdi oltmish, tunda tunni ko‘rmadim.

Yetdim oltmish yoshgakim, hayrat menga,
Bir zamon yuz ochmadi zulmat menga...

So‘filar so‘ylab bu sidqi qolini,
Tunda ko‘rdik, dedilar, ahvolini.

Dasht aro har ne tikanlar g‘ov edi,
Oy kabi oldinda ul peshrov edi.

Boshini ortiga burmay, derdi ul:
O’ng tarafga yurma, qarshingda chuqur.

Lahza o‘tmay derdi: o‘tgil o‘ng tomon,
Chunki yo‘l uzra tikan bor beomon.

Kunduzi o‘pdik oyog‘in, ne ajib,
Erdi qizlarning oyog‘idek latif.

Ne chaqa bor erdi unda, ne g‘ubor,
Erdi atlasdek hafifu beg‘ubor.

Mag‘ribiyni mashriqiy etmish Xudoy,
Baxsh etib mag‘ribga mashriqdek chiroy.

Nuri ul shamsu shamus andoq erur,
Xosu omlar boshida porloq erur.

Sen o‘shal nur birla yurgaysen hamon,
Ajdaho, kajdumlar ichra sog‘-omon.

Yurgay oldingda hamisha nuri pok,
Yo‘lni to‘sganlarni aylab chok-chok...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:29:10
* * *

Toju taxtingga namuncha bandasen,
Turda deb o‘rnim, vale poygakdasen.

O’z soqolingga chu yetmaydir kuching,
Shohsen yaxshi-yomonga sen nechun?

Senga buysunmas, oqargaydir o‘shal,
Hoy, takabbur, o‘z soqolingdin uyal.

Molikul mulk ulki, bosh indir anga,
Ikki olam mulkini bergay senga.

Shunda dersan: davlat ermas, ey Xudo,
Sajda mulkini musallam qil mango.

Necha shohlarkim jahondin o‘tdilar,
Bandalik zavqini totmay ketdilar.

Totsalar Ibrohim Adham singari,
Toju taxtdin voz kechar erdi bari.

Haq shu dunyoni avaylab, bir kuni,
Ko‘zlaru lablarga bosdi muhrini.

Shul sababdin ham shirindir taxtu toj,
Ahli dunyodin yig‘arlar boj-xiroj.

Boj-xiroj deb tilla to‘plarsen nuqul,
Sen o‘larsen lek, qolur ortingda ul.

Bo‘lmagay joningga iuldosh mulku mol,
Zarni qo‘ygil, ko‘zlaringga surma ol.

Bu jahon chohdirki, mahbussen hali,
Sen Yusufdek ipga chirmash chiqqali...

Bolakaylar ko‘chada tosh o‘ynashar,
Tilla deb toshlarni, qattiq so‘ylashar.

Lekin oriflar ko‘zi - kimyoyi nur,
Oltinu gavharlaringga boqmas ul...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:29:27
* * *

Naychi bor erdi, chalardi damba-dam,
Nogahon yel chiqdi bir gal ortidan.

Ortiga tutdi-da nayni, dedi ul:
Mayliga, men puflamay, sen puflagil...

Ey musulmon, senki istarsen adab.
Sabr qil, gar bersa ozor beadab.

Kimni ko‘rsa ul shikoyat aylagay,
Ul yomonu bul yomon, deb so‘ylagay.

O’ziga bir kun vale qaytar so‘zi,
Chun yomonliqdir nuqul aytar so‘zi.

Yaxshidir ul sohibi sabru havas,
Ki yomonlardin gapirmas, so‘ylamas.

Shayx so‘ylar bo‘lsa, bul- amri Xudo,
Na malomatdir va na maylu havo.

Yo‘q shikoyat ermas ul, islohi jon,
Jumla Payg‘ambar-da etmishlar chunon...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:29:49
* * *

Eyki, sen, Haq, sha’niga urguvchi do‘q,
Lashkari Haq ichradirsen, o‘yla, qo‘rq.

Juzvi juzving lashkari Haqdir, biroq,
Bosh egarlar senga, etmasdan nifoq.

Ko‘zlaringga yetsa gar Haq buyrug‘i,
Shul zamon joningni olgay og‘rig‘i.

Tishlaringga bersa Olloh amrini,
Ne uqubatlarga solgaydir seni.

Tib kitobidin o‘qi bobul-ilal,
Ki nechuk tan lashkari aylar amal.

Lashkari devu parini qo‘y nari,
Bos, desa, jonlarni bosgay lashkari.

O’z-o‘zingga mahliyosen, bas, o‘zing,
O’z-o‘zing birlan xushu sarmast o‘zing.

Qush o‘zingsen, ov o‘zingsen, dom o‘zing,
To‘r o‘zingsen, yem o‘zingsen, tom o‘zing.

Gavhar o‘ldirki, agarda yaxlit ul,
Bulmasa yaxlit, o‘shal noqis bo‘lur.

Senki odamzodasen, gavharcha bo‘l,
Jumla zuryodingni o‘z jismingda ko‘r.

Xumda ul nekim, topilmas nahr aro,
Uyda ne ulkim, topilmas shahr aro.

Bul jahon-xumdir, ko‘ngil-nahri ajab
Bul jahon-uydir, ko‘ngil-shahri ajab..
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:30:32
* * *

Kirsak ul butxonaga, ey bulhavas,
Bizga butlar bosh egar, biz butgamas,

Kirdi Ahmad, kirdi so‘ngra Bu-Jahl,
O’rtada bordir tafovut, anglagil.

Ul kirar, butlar uning oldida losh,
Bul kirar, lekin egar butlarga bosh.

Bul jahon-shahvat uyi, butxonadir,
Anbiyo, kofirga birdek xonadir.

Poklar shahvat so‘ziga boqmagay,
Kondagi oltinni otash yoqmagay.

Ahli kofir-soxta, pok-rasmona zar,
Tovaga ul ham tushar, bul ham tushar.

Ul tusharkan yuz qaro bo‘lgay hamon,
Bul tusharkan, zarligi bo‘lgay ayon.

Tovada oltin jimirlab, xush erur,
O’t-olov ichra yana dilkash erur...

Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:31:04
* * *

Jismimiz bir pardadirkim onchunon,
Xas-xashak ostida daryodir nihon.

Shohi dinga sen balanddin boqmagin,
Bo‘yla boqmish erdi iblisi lain.

Ko‘kda porlaydir quyoshkim yarqirab,
Bir hovuch balchiq-la bo‘lgaymu suvab?

Garchi nodonlar quyoshga qum sochar,
Lek quyosh tuzonda qolmas, yuz ochar.

Xas-xashak daryoni bosgaymu sira?
Chang-g‘ubor oftobni to‘sgaymu sira?

Bilqiso, silkit etakni shahvor,
Toju taxting ul to‘kilsin chun g‘ubor...

* * *

Dahr aro hirsing yoniq otash erur,
O’tga tushganda ko‘mir ham xush erur.

Yuz qarolik otash ichra gar nihon,
O’t yonib bitganda bo‘lgaydir ayon.

Soldi hirsing ul ko‘mirni o‘t aro,
Kechdi hirsing, qoldi lekin ul qaro.

Ul ko‘mirkim yondi lov-lov, yashnadi,
Husn emas, otashga monand hirs edi.

Hirs chizar qarashingda alvon manzara
Hirs magar bitganda, holing-masxara.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:31:58
* * *

Ahli ehsonkim, saxovat ichradir,
Zar yig‘ib, shoirga bo‘lgay muntazir.

Molu mulk ne, she’r azizdir baridin,
Chun olingaydir u dengiz qa’ridin.

Odamiy avval harisi non erur,
Non suyanchiqdir taningga, qon erur.

Aylagay yuz kasbu g‘asbu yuz hiyal,
Nonga yetguncha necha hirsu amal.

Nonga yetgach, boshqasi darkor bulur,
Endi shoir maqtoviga zor bo‘lur.

Asli-naslin madhiga azbar kerak,
Maqtovin aytmoqqa yuz minbar kerak.

Shuhrati manzilma-manzil, ko‘yma-ko‘y,
Xuddi ambardek taratsin atru bo‘y.

Xulqimizni xulqiga o‘xshatdi Haq,
Vasfimiz ham vasfidin olgay sabaq.

Biru Bor madhu sano istar nuqul,
Odamiyni ham yaratmish bo‘yla ul.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:33:00
* * *

Oqil ersang, yig‘ hushingni boshga sen,
Maslahat sol o‘zga aqlu hushga sen.

Ko‘sh aql bo‘lsa, balo bo‘lgay yiroq,
Avji osmonlarga qo‘ygungdir oyoq...

Devki chiqmishdi Sulaymon nom etib,
O’lkani olmoqchi bo‘ldi rom etib.

Ko‘rmish erdi ul Sulaymon korini,
Bo‘yla tuzmoq bo‘ldi ish raftorini.

El dedi: etma qiyos, befoydadir,
Ul Sulaymon qaydayu bul qaydadir...

* * *

Yurma nafsing ortidin, ey tumtaroq,
Bog‘ emas, boshlar mozorga qarg‘a-zog‘.

Gar borarsen, bor ko‘ngil anqoyiga,
Ko‘hi Qofu masjidi Aqsoyiga.

Har nafas o‘smoqda savdoyingda gul,
Gurkirar masjidi Aqsoyingda ul.

Chun Sulaymon so‘r uning ahvolini,
Bosma nogoh, taftish ayla holini.

E’tibor birlan nazar solsang anga,
Shul zamin asrorini so‘ylar senga.

Ul qamishdirmu va yo shakkarmikan?
Har zaminga tarjimondir o‘t-o‘lan.

Bas, ko‘ngil sahnida fikring gurkirar,
Ham ko‘ngil rozini ochgaydir ular.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:33:56
* * *

Sufikim ul bog‘da o‘ltirmish edi,
Tizzasiga boshini qo‘ymish edi.

Bo‘yla g‘arq, etmishdi ko‘ngil to‘lqini,
Uxlamish, deb bittasi turtdi uni.

Nega uxlaysen.dedi, atrofga boq,
Ne og‘ochlardir, ne anvo bog‘u rog‘.

Haq o‘zi amr aylamishdir: anzaru,
Boq, demish asrori rahmatlarga u.

Dedi: Haq osori-dildir, bulhavas,
Boshqa osorlar uning osori,bas.

Jondadir bog‘u chamanlarning bari,
Ko‘rganing bul-suvda aks etganlari.

Ko‘rganing bul-suvda aks etgan xayol,
Titragay, mavj ursa ul obi zilol.

Mevalar, bog‘lar bari ko‘ngildadir,
Suvrati dunyoda-obu gildadir.

Bo‘lmasaydi suvrati sarvu surur,
Nomini aytgaymidi: dorulg‘urur.

Bu xayol ko‘ngil elining aksidir,
Avliyo jonu dilining aksidir.

Jumla kelganlar ko‘rarkan, aldanar,
Deydilarkim, bunda jannatdir magar.

Ham asl bog‘din qocharlar yuz burib,
Xor etarlar goh mazammat ham qilib.

Baski g‘aflat uyqusi topgay basar,
Chinni ko‘rgaylar, va lekin ne samar?

Ul sababdandirki, qabriston aro
To qiyomat yangragay: vo hasrato!..

Baxtiyor uldirki, o‘lmay o‘ldi Ul.
Bul asl bog‘din nasiba oldi ul...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:35:31
* * *

Chun Sulaymon tingladi, bildi magar,
Ki ajal kelmish, yaqinlashmish safar.

Dedi: to bormen, shu masjidi zamon,
Ko‘rmagay ofat va turgaydir omon.

To tirikmen, muddaoying o‘tmagay,
Masjidi Aqsoga ofat yetmagay.

Tutsa yuz yo‘qlikka boru budimiz,
So‘ng yiqilgaydir magar masjidimiz.

Masjiding-ko‘ngil, taning - sojid anga,
Ul yomon do‘st xarrubi sobit anga.

Do‘stki nodo‘st bo‘ldi, ko‘ngil boylama,
Qoch nari, so‘zlashma, suhbat aylama.

Yul tomirdin ham uloqtirgil shitob,
Yo‘qsa masjidingni etgaydir xarob.

Oshiqo, xarrubing o‘smishdir bu dam,
Yosh go‘dakdek egri tashlaysen qadam. . .

O’zni mujrim bil, gunohkor o‘yla, bas,
Yo‘qsa, yuz burgay o‘shal ustozi dars.

Aytki, johilmen, menga bergil saboq,
Bo‘yla insof nomusingdin yaxshiroq.

Eng buyuk bobongdin o‘rgangil, tamom,
Rabbano, dedi, zalamno, vassalom.

So‘zni chaynab, bir bahona etmadi,
Makru hiyla tug‘ini yuksaltmadi.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:36:21
* * *

Badguharga  ilmu fan o‘rgatganing,
Yo‘lto‘sar ilkiga xanjar tutganing.

Mast-alast zanjiyga shamshir ber, bali,
Ilmu irfon berma nokasga vale.

Ilmu molu mansabu johu qiron
Badguharlar ilkiga tushsa, yomon.

Telbaga tig‘-aqlu insofdin emas,
Tig‘ni olmoqlik erur mo‘minga farz.

Joni majnundir, tani shamshir bo‘lib,
Telbadin shamshirini olgin yulib.

Mast etar johilni mansab, simu zar,
Yuz arslon ham qutirmas munchalar.

Vaqtu fursatni qulay topgan zamon,
Sudralib chiqqay inidin har ilon.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:36:50
Jumla sahro moru kajdumga to‘lur,
Bitta johil kimsa gar podsho bo‘lur.

Molu mansab tegsa nokasga, yomon,
Har nafas rasvolik aylar begumon.

Yo karam, ehson yo‘lini boylagay,
Yo sochib oltinni, isrof aylagay.

Shohni vazir xonasiga qo‘ndirar,
Ulki johil, ishni bundoq do‘ndirar.

Taxtki gumroh ilkiga tushsa, tamom,
Simu zar choh qa’riga tushgay hamon.

Io‘lni bilmas yo‘lni ko‘rsatgaymu hech?
Yondirar borliq-jahonni erta-kech.

Yosh bola pirlik etarmu, o‘ylakim,
Ergashib borgan bo‘lur shaytonga yem.

Kel beri, der, oyni ko‘rsatgum senga,
Oyni ko‘rmoqmu nasib etgay anga?

Ko‘rmagansen suvda bir bor aksini,
Bas, netib ko‘klarda ko‘rsatgung ani?

Ulki axmoq, shoh bo‘lib solgay vahim,
Oqilu dono turar bir chetda jim.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:37:39
* * *

Ul hadisda dedikim, Yazdonu hu
Xalqi olamni yaratdi uch guruh.

Bir guruhda jumla aqlu ilmu jud,
Ul malaklardir, faqat aylar sujud.

Yo‘q ularda zarracha hirsu havo,
Nuri mutlaqdir ular, ishqi Xudo.

Bir guruh borkim, ular hayvonsifat,
Yeb-ichib, uxlab, semirgaylar faqat.

Bilgani yolg‘iz yemishdir, o‘t-alaf,
Bilmagaylar na shaqovat, na sharaf...

Bor uchinchi bir guruh-qavmi bashar,
Yarmi inson, yarmisi eshshak magar.

Yarmisi fikru aqlning moyili,
Yarmisi hirsu jahlning moyili.

Yo‘q o‘shal ikki guruhda ixtilof,
Lek bashar qavmi aro jangu azob.

Odamiylar uchta ummat bo‘ldilar,
Imtihon bermoq uchun ayrildilar.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:52:34
* * *

Bir faqirkim sallasin boylab edi.
Salla ichra bir balo joylab edi...

Toki ul masjidga kirgan pallasi,
Ajralib tursin bahaybat sallasi.

Latta-lutta, har nechuk qiyqim, quroq -
Solmish erdi, to ko‘ringay kattaroq.

Zohiran gar jannatul anvo edi,
Lek munofiqdek ichi rasvo edi.

Parcha-purcha har nechuk eski matoh,
Barchasi erdi buyuk dastorga jo...

Madrasa sori yo‘l oldi ertalab,
Erdi mundoq shuhratu obro‘talab.

Yo‘lda lekin yo‘lto‘sar hozir edi,
Yo‘lto‘sarlik bobida mohir edi.

Yuldi-qochdi boshidin dastorini,
Shul yo‘sin bo‘ldi bitirmoq korini.

Lek faqih qichqirdi: avval ko‘r ochib,
Mayli, so‘ng bir yoqqa ketgaysen qochib

Qo‘shqanot boylab ucharsen ne balo,
Olganingni bir ochib ko‘r avvalo.

Och-da, siypab ko‘r qo‘ling-la bemalol,
So‘ngra ol, mayli, senga etdim halol.

O’g‘ri ul dastorni ochdi bir mahal,
Har taraf sochildi latta-luttalar.

Sochilib ul jumla ko‘zi o‘ngida,
To‘rt qarich bir narsa qoldi so‘nggida.

O’g‘ri jahl ichra uloqtirdi ani,
Dedi: ey makkor, ado qilding mani...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 18:53:18
* * *

Ul tabiblarkim, badanlarga tabib,
Har ne darding ersa, bilgaylar boqib.

Siydigingni tekshirib, holing nechuk,
Aytishar avzoyu ahvoling nechuk. . .

Tadqiq etgaylar tomirga qo‘l urib,
Dam-nafas ham rangi ro‘yingni ko‘rib.

Lek tabiblar bor ilohiykim chunon,
Bir boqib, holingni ko‘rgaylar ayon.

Gar tomir, ko‘zlarga urmaslar ilik,
Zohir etgaylar vale yuz xastalik.

Ul tabiblar yosh va o‘rgamchik magar,
Har kasalga bir nishona axtarar.

Bul tabiblar ersa chin, komil tabib,
Ich-iching tadqiq etarlar, ey habib.

Sen hali dunyoga kelmasdan hamon,
Holu ahvolingni etmishlar bayon..
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:03:24
* * *

Shul yorug‘ olam, shu osmon birla yer,
Haq og‘ochida yetishgan olmadir.

Sen shu olma ichra qurtdirsen magar,
Ul daraxtu bog‘bondin bexabar...

Lekin ul qurtlar aro bor o‘zga ham,
Jonni bayroq aylagan, sohib alam.

Olmani yorgay u, ortiq turmagay,
Olma po‘sti unga bardosh bermagay.

Pardalarni yirtib ul, etgay ado,
Suvrati qurtdir, o‘zi lek ajdaho.

Avvalo uchqun temirdin sachragay,
Tashqari dunyoga so‘ngra uchragay.

Paxta bo‘lgay doyasi, lek bari bir,
Yog‘dirib yolqin, uni aylar asir.

Odamiy gar uyqu, ovqat birla band,
Oqibatda lek maloyikdin baland.

Paxtayu gugurt madad aylarsa to,
Shu’lasi yetgay zamindin to Suho.

Odamiy zulmatni ravshan aylagay,
Dashtu sahrolarni gulshan aylagay...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:06:38
* * *

Bo‘lsa hamdam necha do‘st, ravshan senga,
Garchi gulxandir, o‘shal gulshan senga.

Hamnishin ersa agarda dushmaning,
Gulshan ichra gulxan ermish maskaning.

Do‘stga ozor berma, man-man etmagil,
Berma qo‘ldin, do‘stni dushman etmagil.

Xalqqa ehson ayla Rahmoning uchun,
Azbaroyi rohati joning uchun.

Do‘stga doim do‘st debon solgil nazar,
Kiynadin keltirma ko‘ngligga zarar.

Ulki dushman, qoch nari, parhez ila,
Maslahat qil yori mehrangez ila...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:09:35
* * *

Aqlu idrok yoshda ermas, boshdadir,
Soch-soqol oqiga boqma, ey o‘g‘il.

Bormu iblisdan-da keksa bir ulug‘,
Yoshi keksa, lek zig‘ircha aqli yo‘q.

Yosh bola uchrar gahi Iso nafas,
Ko‘ngliga yotdir g‘urur birlan havas.

Soch-soqol oqi aqldanmas nishon,
Bo‘yla, deb ba’zida o‘ylaydir avom.

Ul muqallid doimo izlar dalil,
Bir alomat axtarib, bo‘lgay sabil.

Istasang bir ishni sen, tadbir top,
Rahnamo axtar o‘zingga, pir top.

Ulki taqliddan qutilmish, tut ani,
Nuri Xaq birla ko‘rar ul jumlani.

Nuri poki bedalilu bebayon,
Har ne ersa, baski etgaydir ayon.

Ulki zohirbin puchakni chin demish,
Qaydin ul bilgay, savatda ne emish.

Necha oltin bor, tutunlardin qaro,
Ki birov qo‘l cho‘zmasin deb el aro.

Necha mis ham borki, ul zarrin niqob,
Akdi qosirlar ko‘rib, aylar tavob.

Bizki botinni ko‘rarmiz har nafas,
Dilni ko‘rgaymiz, vale zohirnimas...

Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:10:49
* * *

Jahd qil, to piyri aqlu din bo‘l,
Aqli Kulldek sen-da botinbin bo‘l.

Aqli zebo ochdi yuz, xullas kalom,
Tangri to‘n kiydirdi, berdi mingta nom...

Kamtarin nomi ne ermish, xush nafas,
Bo‘ylakim, hech kimsaga muhtoj emas.

Aql yuz ochsa jahon ko‘zgusida,
Tiyra ermish kun uning o‘trusida.

Lekin axmoqlik agar zohir erur,
Oldida tun zulmati ravshan turur.

Ul qaro tundin qorong‘udir, qaro,
Shabparak uchgay o‘shal zulmat aro.

Andak-andak nurga etgil ishtiyoq,
Yo‘qsa, xuffoshdek qolursen bechiroq.

Ulki sevgay tunni, xuffosh bil ani,
Har qachon sha’mu chiroqdir dushmani...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:13:31
* * *

Oqil ul bo‘lgayki, mash’al birla ul,
Necha karvon ahliga yo‘l ko‘rsatur.

Payravi nuri Xudodir, peshrov,
Elni boshlab, o‘zni etmishdir garov.

Sizga keltirmish u iymoni hayot,
Nuri joniga etingiz e’tiqod.

Ul yarim oqil kishidir bo‘ylakim,
Ko‘z bilib oqilni, mahkam tutsa kim.

Ko‘r kishi bir bora tutgandek dalil,
Tutmish ul, shundan magar chustu jalil.

Ko‘r anuv eshshaknikim, ul ne emish,
Aqli yo‘q, oqil yo‘liga yurmamish.

Yo‘li yo‘qdir bir taraf yurmoqqa, hay,
Rahnamosi boshlasa, ergashmagay...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:13:46
* * *

Sen tahorat aylasang fursat aro,
Ayla har uzvingga ayru bir duo.

Suvnikim burningga olgaysen, jo‘ra,
Sen Xudodin bo‘yi jannatni so‘ra.

Atri gul boshlar seni so‘yi jinon,
Atri gul ermish dalili bo‘ston.

Sen tahorat aylaganda so‘ylagil,
So‘ylagil, yo Rab, meni pok aylagil.

Et-betimni pokladim, Parvardigor,
Jonni poklashga tanimda yo‘q mador.

Necha nokaslarga sen etding karam,
Cho‘z qo‘lingni endi shul jonlarga ham.

Muncha qildim, menku noqismen, laim,
Qolganin etgil ado, ey mustaqim.

Pokladim changu g‘ubordin po‘stni,
Poklagil changu g‘ubordin do‘stni...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:17:50
* * *

Artinib derdi birov: Parvardigor,
Sen qulingga atri jannatni yubor.

Bir aziz tinglab dedikim, ey g‘ulom,
Sen teshiklarni adashtirding tamom.

Chun burun poklashda ayturlar uni,
Sen keting artganda aytursan buni.

Bas, burun birlan chekarlar bo‘yi gul,
Gar chekar bo‘lsang ketingdin, yo‘q bo‘lur

Ey takabburlik etib shoh oldida,
Bosh egarsen muncha gumroh oldida?

Xoru xasga et takabburlikni, hay,
Aksini etsang, ishing o‘nglanmagay.

O’ylakim, burning uchundir atri gul,
Gul uchundir ham dumog‘ing, burning ul.

Atri gulni tortasen burning bila,
Atri gul chunki chekilmas ket ila.

Ul tarafdin atri xuld kelgaymikin?
Baski, istarsen, qidir o‘z joyidin.

Bo‘ylakim, hubbul vatan ermish ravo,
Sen vale bilgil vatanni avvalo...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:20:55
* * *

To‘rga tushdi qushcha, bo‘ldi bandi dom,
Dedi ul ovchiga: ey Xo‘ja Humom,

Qo‘y, ho‘kizlarni yegansen qanchalar,
Tevalar ham bo‘ldi qurbon nechalar.

Shunchalar yeding ularni, to‘ymading,
Men kabi bir qushchaga to‘ygaymiding?

Qo‘y meni, uch maslahat bergum senga,
Ziyragu nodonligimni ayt menga.

Avvalin derman qo‘lingda o‘ltirib,
So‘ngrasi derman anuv tomdan turib.

So‘nggisin derman makon aylab daraxt,
Uch o‘git birlan bo‘lursen nekbaxt.

Aytdi so‘ng ilk maslahatni qush hamon;
Bo‘lmas ishga bovar etma hech qachon...

Ovchi ozod qo‘ydi qushni, oshiga,
Qush uchib, qo‘ndi baland tom boshiga.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:24:55
Dedi: aslo o‘tgan ishga g‘am yema,
Chekma hasrat, o‘tmaganni kam dema...

So‘ng dedi: ey xo‘ja, qornimda manim,
O’n diram tosh bor, magar durri yatim.

Senga ham, farzandlaringga yetgulik,
Gavhar erdi, elga ko‘z-ko‘z etgulik.

Toleing yor bo‘lmadi, ko‘rgil buni,
Bir yo‘la qo‘ldan berib qo‘yding uni.

Xo‘ja oh chekdi, yurakni tig‘ladi,
Xuddi dard tutgan xotindek yig‘ladi.

Qush dedi: hoy, xo‘ja, yig‘larsen nega?
O’tgan ishga kuyma, deb aytdim senga.

O’tgan ishga shunchalar yig‘larmisen,
Yo magar fahm etmadingmi, karmisen?

Ko‘rgan erdim senga boz pandimni ep,
Bo‘lmas ishga uchma, bovar etma deb.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:28:07
Uch diram kelmas shu vaznim yo kelur,
O’n diram tosh unga qandoq jo bo‘lur?

Xo‘ja hushyor tortdi, artdi yoshini,
So‘rdi qushdin so‘nggi bir kengoshini.

Qush dedi: balli, amal etding tayin,
Endi so‘nggi maslahatni aytayin.

So‘ylamoq johilga hikmat, yo‘l-yo‘rug‘,
Huddi sho‘rxok yerga ekkandek urug‘.

Johil uzgan ip ulanmas, boylama,
So‘ylama hikmatni, zoe aylama...

* * *

Ayt, qachon kim bir zalolat etmadi,
Ortidin unga malomat yetmadi?

Ayt, qachon bir ezgulikka osmon,
Bermadi loyiq nasibu armug‘on?

Och ko‘zingni, boq, nechuk ermish ishing,
Ki javobsiz qolmagay bir qilmishing

Ipga chirmashsang, yetishgay davlati,
Qolmagay senga qiyomat hojati.

Kim magar ramzu ishorat anglagay,
Oshkoro so‘zga hojat qolmagay...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:31:06
* * *

Borlig‘ing tiyra temir ermish tamom,
Unga sayqal ber-da, sayqal ber mudom.

To ko‘ngil oyina bo‘lsin, jilvagar,
Har nafas aks etsin unda bir go‘zal.

Ul temirkim tiyravu benur edi,
Topdi sayqal, yondi yal-yal, chaqnadi.

Endi nur o‘ynab, yuzida raqs etar,
Endi suvratlar damo-dam aks etar.

Gar tani xoking g‘alizdir, tiyradir,
Unga sayqal berki, sayqal istar ul.

Olami g‘ayb suvrati, huru malak,
Jilva etsin unda chun oyinadak.

Nurga to‘lsin dil, yorishsin deb varaq,
Uylakim, aqlingga sayqal berdi Haq...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:31:49
* * *

E’tiroz etma, yetar deb, ey falon,
Tavba eshigi ochiqdir har qachon.

Jannat ichra jonibi mag‘ribda ul,
Lang ochiq turgay qiyomatga dovur.

Toki mag‘ribdin ko‘rinmas oftob,
Lang ochiq turgay hamisha, qil shitob.

Bir emas, sakkizta jannat qopqasi,
Tavba eshigi atalmish bittasi.

Ul eshiklar goh ochiqdir, gohi berk,
Tavba eshigi bekilmaydir va lek.

Ul sari bormoqqa o‘zni shaylagil,
Sen hasad etguvchini ko‘r aylagil...

* * *

Dedi Muso: sen qabul et birni, bas,
So‘nggida to‘rt narsa olgaysen evaz.

Dedi Fir’avn: ne ermish ul biring,
So‘yla ravshanroq, ayon etgil siring.

Dedi Muso: bir, debon ayt oshkor,
Ki Xudodin o‘zga yo‘q Parvardigor.

Ul yaratmish yerni, osmonlarni ham,
Jumla insonlarni, shaytonlarni ham

Barchasin-daryovu dashtu tog‘u qir,
Haq yaratmish, ul Xudoyi benazir.

Dedi Fir’avn: magar to‘rtingni ayt,
Birma-bir bergil izohing, ayla qayd.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:32:05
* * *

Dedi Muso: so‘ylasam avval nisor,
Sihhating bo‘lgay taningda poydor.

Har ne illatlarki, solgaylar kamand,
Bo‘lgusi sendin yiroq, ey arjumand.

So‘ngra ko‘rgaysen base umri daroz,
Ki ajalumringga etmas e’tiroz.

Ham nasib o‘lgay senga andoq hayot,
Ketmagaysen bu jahondin bemurod.

Chun go‘dak sut istagandek har zamon,
Sen o‘limga talgshnursen, ey falon...

* * *

Haq uchun suv bo‘lsa ko‘ngling, arjumand,
Ikki olam senga bo‘lgaydir chaman.

G’aflating ham balki hikmatdir.bali,
Necha fursat ul davom etgay vale?

G’aflating-hikmat, hamono kechmagay,
Boqki, sarmoyang qo‘lingdin uchmagay.

Bo‘l hazir, umri uzoqqa ketmasin,
Jon ila aqlingni ranjur etmasin.

Kimki topgay bo‘yla bir bozorni,
Gul berib, olgay o‘shal gulzorni.

Novda bergan kimsa o‘rmon olgusi,
Dona bergan kimsa xirmon olgusi.

Kimki, Ollohim, demishdir har kuni,
Oqibat, bandam, degay Olloh uni...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:33:09
* * *

Keldi ona Murtazoning qoshiga,
Dedi: yordam ber, bolam tom boshida.

Necha bor yig‘lab chaqirdim: hoy, o‘g‘il,
Boqmadi, nogoh yiqilgay pastga ul.

Oqil ermaskim, so‘zimni tinglasa,
Qobil ermaskim, xatarni anglasa.

Qo‘llarim silkib, ishorat ayladim,
Kel, dedim, qoshimga, qancha imladim.

Ko‘rsatib ko‘ksim, kelar deb har tugul,
Em, desam, mendin o‘girdi yuzni ul.

Azbaroyi Haq madad ber, mehribon,
Sen suyanchim ul jahonu bul jahon.

Dardga darmon ayla, yechgil mushkulim,
Xavf-xavotir ichra titraydir dilim.

Murtazo burdi ayolga boshini,
Tomga opchiqqil, dedi, tengdoshini.

Shunda o‘g‘ling novadonni tark etar,
Jins degan jinsin hamisha jazb etar

Bo‘yla qildi ona, tengdoshin ko‘rib,
Bolasi o‘grildi, boqdi termulib.

So‘ngra tarnov boshini tark etdi ul,
Jins borkim, jinsiga jozib erur.

Umtilib keldi go‘dakning yoniga,
Shul yo‘sin yetdi omonlik joniga.

Bas, nabiylar ham bari jinsi bashar,
Odamiyni novadondin chekdilar.

Dedilarkim, jinsingizdanmen, keling,
Ergashib, o‘zni balodin qutqaring.

Jinsiyatkim munchalar jozib erur,
Jins har dam jinsiga tolib erur...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:34:09
* * *

Do‘zax aytur: mo‘mino, o‘tgil shitob,
Chunki nuringdin mening holim xarob.

Nuri iymoning ko‘zimni tindirar,
O’tlarim, otashlarimni so‘ndirar.

Do‘zaxiy nurdin qocharmish, ey sanam,
Do‘zax ermish do‘zaxiyning ta’bi ham.

Boqki, do‘zax ahli mo‘mindin qochar.
Ahli mo‘min ham magar andin qochar.

Jinsi otashdin emasdir, ayridir,
Kimki nur istar, muhabbat xaylidir.

Bor hadiskim, mo‘min aylarmish duo:
Do‘zaxingni tut yiroq mendin, Xudo.

Do‘zax ham dermishki, Ollohi g‘ani,
Ahli mo‘mindin yiroq tutgil mani.

Jinsiyat jozibasi ne, anglagin,
Ikki yo‘l qarshingda turgay: kufru din.

Qo‘llasang Homonni, homoniy o‘zing,
Qo‘llasang Musoni, subhoniy o‘zing.

Ersa gar ruhingda mavjud aqlu nafs,
Aql ila nafsing kurashgay basma-bas.

Och ko‘zingni.o‘zni andoq shaylagil,
Ma’nini suvratga g‘olib aylagil...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:34:25
* * *

Sen siniq bo‘lkim, siniqlikda najot,
Sen faqir bo‘lkim, faqirlikda hayot.

Tog‘ maskan erdi ma’danlarga chin,
Pora-pora bo‘ldi kirka zarbidin.

Tig‘ magar kesgay bo‘yinni, bu aniq,
Yerda yotgan soyani kesgaymu tig‘?

Gerdayish - o‘tdir, olovdir sen uchun,
Sen o‘zingni o‘tga otgaysen nechun?

O’qni ko‘r, yerda xatarsiz uxlagay,
Bosh ko‘tarsa, bir baloga uchragay.

Bosh ko‘tarsa, unga uchraydir to‘siq,
O’q bo‘lur ul, chorasiz qolganda o‘q.

Boqki, manmanlikda bir narvon emish,
El chiqib narvonga, ko‘p sarson emish.

Ulki nodon intilur yuksakka, bas,
Bilmagay, yuksakda yuksakdir shikast.

Zarradirkim, yuksalib sarson bo‘lur,
Ul magarkim shirkati Yazdon bo‘lur.

To o‘lib, Haqdin tirilmassen yana,
O’zni Haq mulkiga sherikman, dema...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:44:52
* * *

To‘planib necha amirlar keldilar,
Ham Rasulillohga da’vo qildilar.

Dedilar: sen ham amir, biz ham amir,
Ol ulushni, bizga dog‘i hissa ber.

Rozi bo‘lsin barcha, sen ham rozi bo‘l,
O’zgalar mulkiga lekin cho‘zma qo‘l...

Mustafo dedi: meni Haq saylamish,
Mulk berib, ul amri mutlaq saylamish.

Bul - Muhammad Mustafoning davridir,
Bo‘ysuning amriga, Olloh amridir...

Dedilarkim, bizga ham - lutfi qazo,
Bizga ham bermish amirlikni Xudo.

Dedi: menga mangu davlat berdi ul,
Bergani sizga muvaqqat erdi ul.

Menga mulk berganda berdi beshikast,
Sizga bergan mulkiga yetgay shikast...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:45:41
Dedilarkim, ustun ermassen, amir,
Ustun ersang, bir daliling bormidir ?

Shul zamon Haq amri birlan esdi yel,
Bir bulut chiqdi samoga, quydi sel.

Quydi sel, oqdi shaharga yuz tutib,
Qochdilar mardum hama faryod etib.

Mustafo dediki, vaqti imtihon,
Keldi, dillardin taralgaydir gumon.

Ul amirlar nayzalarni otdilar,
Selni to‘xtatmoqqa chun azm etdilar.

Nayzasin otdi Muhammad Mustafo,
Nayza erdi mo‘‘jizu farmonravo.

Nayzalar ul jumla suvga botdilar,
Bir somon cho‘pdek ko‘rinmay ketdilar.

Qoldi suv uzra Muhammad nayzasi,
Larzaga solmishdi suvni larzasi.

Ul tufayli tindi, taqqa turdi sel,
So‘ng shahardin boshqa yoqqa yurdi sel.

Ul amirlarkim bu ishni ko‘rdilar,
Qo‘rquv ichra bosh egib, jim turdilar.

Mustafoga uch kishi tan bermadi,
Ul sehrgar, ham juhud, kohin edi.

Haqdin ayru davlat ermishdir zaif,
Tangri bergan davlating bo‘lgay sharif
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:46:39
* * *

Bir minora bormu olamda nishon,
Ki birov munkirni aytgay haq debon?

Bormu bir minbarki, bir voiz atay
Ismin aytib, xotirni yod aylagay?

Boq, kumush, zar uzra kimning nomlari,
To qiyomat haq erur ahkomlari.

Podsholar nomi balkim o‘zgarur,
Mustafoning nomi o‘zgarmas, turur.

Bir kumush, oltinni ko‘rsatgil menga,
Ki bitilmish nomi bir munkir anga...

Mo‘‘jiza ermas falakda oftob,
Mo‘‘jiza-olamda ul ummul-kitob.

Bitta so‘z olmoqqa kimda iqtidor?
Yoki so‘z qo‘shmoqqa kimning haddi bor?
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:49:08
* * *

Bormu bir naqqosh, umr baxsh aylagay,
Bir niyatni ko‘zlamay, naqsh aylagay?

Jumla mehmonlarni naqshim gullari,
Xush etar, deb chayqalur orzulari.

Ul chizarkan, do‘stu yorin yod etar,
Keksayu yoshu yalangni shod etar.

Ko‘zagar ko‘za yasarkan doimo,
Suv solishni aylamasmu muddao?

Kosagar kosa yasarkan har kuni,
Shunchaki ermakka aylarmi uni?

Xat bitib xattot, bekor ermas fanim,
Ki o‘qilgay, deydi, bir kun yozganim.

Naqshi zohir naqshi g‘oyibdin xabar,
So‘ngra g‘oyib ortidin g‘oyib kelar.

Ortidin kelgay uchinchi, g‘olibo,
So‘ngra to‘rtinchi, o‘ninchi, hokazo.

Bo‘ylakim, shatranj uyinni eslatur,
Har o‘yindin ayricha bir foydadir.

Ul o‘yindin maqsad erdi bul o‘yin,
Bul o‘yindin o‘zga istig‘no tayin.

Ne jihatlar ichra bordir ne jihot,
O’ynagaylar to o‘yin bo‘lguncha mot,

Avvali ikkinchiga ochqich edi,
Bul biriga ul biri bosqich edi.

Bir o‘tib, ikkinchi bitsa, uch kelar,
Poya-poya tomga yetgaysen magar.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:58:17
* * *

Haq agarchi bosh qimirlatmas senga,
E’tiborin aylagay payvast senga.

Zavqu shavq ko‘nglingda qo‘zg‘atgay chunon,
Oqibat junbushga tushgay aqlu jon.

Sen aqlga xizmat ayla, ijtihod,
Ul senga yo‘l ko‘rsatur - rohi rashod.

Haq agar zohirda ko‘rsatmas ani,
Lek ulusga aylagay sarvar seni.

Haq senga bergay ajab sirri nihon,
Yer o‘par oldingda shul ahli jahon

Toshga Haq lutf etdi, dilbar bo‘ldi ul,
Elga noyobu aziz zar bo‘ldi ul.

Qatra suv ham topdi nogoh lutfi Haq,
Bo‘ldi gavhar, berdi tilloga sabaq.

Tan magar Haq lutfi birlan to‘lgusi,
Ul-da oy yanglig‘ johongir bo‘lgusi.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:58:52
* * *

Dedi: ey dono, muruvvat aylagil,
Bir naql Haq hayratidin so‘ylagil.

Dedi: uch yuz yil aroliq dasht aro
Tog‘-tog‘ qorlarni yog‘dirdi Iloh.

Har taraf qor erdi andoq beadad,
Har zamon yetgaydi osmondin madad.

Bas cho‘kar erdi yana tog‘ uzra tog‘,
Singishib qa’ri zaminga besanoq.

Tog‘ uza tog‘lar tushar erdi nuqul,
Ko‘k emas, ombori Haqdin erdi ul.

Gar muruvvat etmasaydi bo‘yla shoh,
Bizni do‘zax o‘ti aylardi ado.

Axdi g‘ofil - tog‘-tog‘ qordir base
Yonmagay to axdi oqil pardasi.

Jahl qor yog‘dirmasaydi behisob,
Shavq o‘ti birlan yonardi Ko‘hi Qof.

Otash ul qahri Xudodin zarradir,
Nobakorni qo‘rqituvg‘a darradir.

Qahri Haqniki ko‘rarsen, chun erur,
Lutfi lekin qahridin ustun erur.

Boq bu ustunlik nechuk, ey muhtaram,
Baski ko‘rding ostinu ustunni ham.

Ko‘rmasang, aqling magarkim past emish,
Aqli xalq - xirmoni Haqdin xas emish.

Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:59:18
* * *

Shoh Husomiddinki, yulduz, toza nur,
Bizni beshinchi safarga boshlayur.

Ey Ziyoulhaq, Husomiddini jon,
Eyki ustodlarga ustodi zamon,

Xalq bu yanglig‘ pardalarga burkanib,
Bo‘lmasaydi shunchalar toru zaif,

Madhing aytib, men guhar sochgay edim,
O’zga maqtovlarga lab ochgay edim.

Sa’vaga singmaydi lochin luqmasi,
Moy ila suvni qo‘sharmiz xullasi.

Hayf, zindoniyga aytsam men ani,
Ahli ruhoniyga so‘ylarmen seni.

Maqtovingni xushlamas ahli jahon,
Rozi ishqdek dilda saqlarmen nihon.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:59:31
Madh - ta’rifdir, magar ochmoq hijob,
Madhu ta’rifdin balanddir oftob.

Kunni maqtab, kimsa o‘zni maqtagay,
Kunni ko‘rgan ko‘zlarim ravshan, degay.

Gar quyoshga ta’na-dashnom etsa er,
Ko‘zlarim ko‘rdir, ko‘rolmas, tiyra, der.

Kim hasad etgay quyoshga, qo‘y uni,
Gar quyoshi bitsa, o‘ttaymu kuni?

Oftobni benishon etgaymu ul?
So‘ndirib, ko‘zdin nihon etgaimu ul?

Shu’lasin etgaymu yoxud zarra kam?
Jildirarmu o‘rnidin yo zarra ham?

Bas, buyuklarga hasad etgay kishi,
Bir halokat chohiga ketgay kishi...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 19:59:57
* * *

Sen zamon ichra Xalildirsen hanuz,
Yo‘lto‘sar to‘rt qushni ushla, boshin uz.

Har biri oqilga so‘ylab naqlini,
Xuddi quzg‘undek cho‘qiydir aqlini.

Tandagi to‘rt xo‘y - Xalilning qushlari,
Kes ularni, ayla joningdin nari.

Ey Xalil, qushlarni so‘yla ro‘y rost,
Bog‘u banddin et oyoqlarni xalos.

Kul o‘zingsen, boshqalar juzving sening
Yech oyoqlarni, oyoqlar ham sening,

Jumla olam ruhzor bo‘lgay senga,
Necha ming lashkar savor bo‘lgay senga.

Shul badan ermish maqomi to‘rt xo‘,
Fe’lu xo‘ying to‘rt qushdir, fitnajo‘.

Halqqa gar istar esang umri abad,
To‘rtta shumning boshini uz beg‘alat.

So‘ng tiriltirgil-da, bergil bolu tar,
Kelmagay toki ulardin bir zarar.

Ma’naviy to‘rt qushki, ma’shum, rohzan,
Xalq dilu jonida tutmishlar vatan.

Baski dillar shohidirsen, sohibi,
Baski sen Haqning xalifi, noibi.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 20:00:15
To‘rtta qushning boshini uzgil base,
Jumla xalqning umrini cho‘zgil base.

Chun ular g‘ozdir, tovus, zog‘u, xo‘roz,
Nafs aro har lahza bergaylar ovoz.

G’oz - hisdirkim, xo‘roz - shahvat erur,
Gar tovus - joh ersa, zog‘ - niyat erur.

Zog‘ istar, o‘lmasa hech, tursa boz,
Ul tamah aylaydi chun umri daroz.

G’oz hirskim, titkilar yerni nuqul,
Ho‘l-quruq har neki topgay, yutgay ul.

Bir zamon osuda turmas ul tomoq,
Bilgani har lahza yutmoq, yamlamoq.

Xuddi bir yag‘mochidek yurgay faqat,
O’z jig‘ildonini to‘ldirgay faqat.

Ayru etmas, har nekim yaxshi-yomon,
Duru gavharmu, no‘xatmu, yamlabon.

Kelmagay nogoh raqib, deb ko‘zi lo‘q,
Xaltaga joylar hama ho‘lu quruq...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 20:00:43
* * *

Gul kularmu yig‘lamas ersa bulut?
Yig‘lamas ersa go‘daklar, qayda sut?

Yosh go‘daklar ham bilur yo‘lu tariyq,
Yig‘lagaylar, istabon mehru shafiq.

Doyalarning doyasi ham ul atay,
Yig‘lamas ersang, senga sut bermagay.

Dedi: yig‘lang tavba aylab, zor-zor,
To muruvvat aylagay Parvardigor.

Oftob nuri, bulutning yoshi ul,
Muhtasham olamning ikki toshi ul.

Bo‘lmasaydi yomg‘iru oftobi, bas,
Oshkor bo‘lgaymidi jismu araz ?

Bo‘lmasaydi bul ikovlon muttasil,
Qayda erdi bul tamanno to‘rt fasl?

Oftob balqib, bulutlar yig‘lashar,
Atru anbarga cho‘mib, olam yashar.

Sen-da porlatgil aql oftobini,
Senda sochgil ko‘zlaring selobini.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 20:01:08
Yaxshidir gar ko‘zlaringda nam bo‘lur,
Ko‘p yema, chun ko‘zda yoshing kam bo‘lur.

Non ila yaproq yozar tan yashnabon,
Jon butog‘ing sarg‘ayib, bo‘lgay xazon.

Tanga oziq jonga bo‘lgaymu tirak,
Ul biri deb bul birin kesmoq kerak.

Xayru ehson qil, kamaysin bargi tan,
Toki ko‘ngling ichra gul ochsin chaman...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 20:02:03
* * *

Biz-da qoziyi qazo dahlizida,
O’ltiribmiz bir balo orzusida.

Balli, deb aytdik, demak, bul-imtihon
Fe’lu so‘z barcha guvohlikdir tamom.

O’ltiribmiz sahni dahlizda nuqul,
Muddao asli guvohlik erdi ul.

Tobakay dahlizda qolgung, ey guvoh,
Aylagil zikri shahodat jon aro.

Bunda kelmishsen shahodat bergani,
Chorlamishlar chin guvohlikka seni.

O’ltirarsen o‘zni tashvishga ko‘mib,
Qo‘llaring bog‘lab, labingni chirt yumib.

To guvohlik bermaguncha, anglab ol,
Ushbu dahlizdan qutulmog‘ing mahol.

Bir nafaslik ishga ko‘ngil buzma ko‘p,
Qisqa bir ishdirki, bundoq cho‘zma ko‘p.

Ista yuz yil, istagil bir onda ul,
Bir yo‘la topshir omonatni, qugul...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 20:02:23
* * *

Bul namozu ro‘zavu hajju jihod,
Bir guvohlikdir, dalili e’tiqod.

Bul zakotu hadyavu tarki hasad,
Nuru iymoningni ko‘rsatgay faqat.

Sufra yozmoq, oshu ob, nonu namak,
Ey azizlar, sizga biz do‘stmiz, demak.

Armug‘onlar birla dilkashlik erur,
Bul dalilkim, o‘rtada xushlik erur.

Har kishikim zohir etgaydir fusun,
Ko‘nglida bir durru gavhar bor uchun.

Gavharning bor ersa taqvo yo saxo,
Ro‘za tutmog‘ing, zakotingdir guvoh.

Ro‘za der: kechdi haloldin ul magar,
Bas, haromga endi solgaymu nazar?

Der zakot: o‘z molin ehson etdi qul,
O’zgalar moliga ko‘z solgaymu ul?
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 20:03:08
* * *

Suvki turg‘un ersa, bas, ul aynigay,
Bo‘yla suvni ichsa, ko‘ngil aynigay.

Haq savob bahriga irg‘shtay yana,
Lutfi birlan suvni suv etgay yana.

Bir yil o‘tgach, ul yana ma’vosida,
Qayda erding? Ezgulik daryosida.

Bulg‘anib erdim, yetishdim pok bo‘lib,
Yangi to‘n kiydim, makonim xok bo‘lib.

Eyki irkitlar, keling bul yoqqakim,
Poklamoq - Haqdin yetishgan odatim.

Har balodin poklaguvchi der meni,
Ifrit ersang gar, malak etgum seni.

Bulg‘anar bo‘lsam magar, ketgum yana,
Tozalik daryosiga yetgum yana.

Eski, kir hirqamni yechgaymen dag‘i,
Yangi, toza to‘nni bichgaymen dag‘i.

Bo‘yla bil Haqni va Haqning hamdamin
Olam orodir Rabbul olamin...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 23:22:44
* * *

Ey Xudoyi benazir, isor qil,
Haq so‘zingni har nafas takror qil.

Tut quloqdin, sol irodang azmiga,
Bizni yetkazgil azizlar bazmiga.

Chun nasib etding sharobing bo‘yidin,
Benasib etma sira, ey Rabbi din.

Gar ayoldir yoki erkak, har zamon,
Rizqini berguvchisen, ey mehribon.

Ey duo etmay etuvchi mustajob,
Sen sabab ko‘ngillar ichra oftob...

* * *

Aqlu idrok ham malakdek har saboh,
Lavhi Mahfuz so‘zidin olgay saboq.

Sen adamda bo‘yla tahrirlarni ko‘r,
Har so‘zi savdoyilarni gangitur.

Ul biriga boqki, bir andishada,
Axtarur ganji nihon har go‘shada.

Boshqasi ko‘nglida andoq bir shukuh,
Tog‘da ma’danlarni topsam, deydi u.

O’zgasi fikri, xayoli o‘zgadir,
Dengiz ostiga tushib, izlaydi dur.

Ul biri rohib, ibodatxonada,
Bul biri dehqon, ziroatxonada.

Yo‘lto‘sar aylaydi qochmoqni xayol,
Doru darmonlarni o‘ylar xastahol.

Chodir ichra gar parixondir biri,
Ko‘kda yulduzlar-la sayrondir biri.

Muxtalif ermish amallar, ne ajab,
Ichdagi rangin xayollardir sabab.

Ul biriga bul biri hayron emish,
Bul birini ul biri nodon demish...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 23:23:40
* * *

O’zni ovlovchi jahonda erta-kech,
Biz kabi axmog‘u nodon bormu hech?

Dahr aro chun to‘ng‘iz ovlaydir avom,
Zahmati ko‘pdir, o‘zi butkul harom.

Ovlasang, shnq ovla shu dunyoda, bas,
Lekin ul domu tuzoqni xushlamas.

Istasang yetmoq muhabbat jomiga,
Qo‘y tuzog‘ingni, o‘zing tush domiga.

Ishq shivirlaydir qulog‘imga nuqul;
Sayd bo‘lish sayyod bo‘lishdin yaxshidir

Men demasmenkim, o‘zingga g‘arra bo‘l,
Qo‘y quyoshlikni, jahonda zarra bo‘l.

Eshigim maskan tutib, farzona bo‘l,
Sham dema sen o‘zni, bir parvona bo‘l.

Bo‘ylakim yetkay dilingga zindalik,
Podsholikka yetaklar bandalik...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 23:25:27
* * *

So‘rdi darvesh o‘zga darveshdanki, hayt,
Hazrati Ollohni sen ko‘rdingmi, ayt...

Dedi: ko‘rdim Haqni bechun, bahri hol,
Muxtasar vasfini so‘ylar shu misol:

So‘l qo‘li yoqda olov, ozar edi,
O’ng qo‘li yoqda suvi Kavsar edi.

So‘l qo‘li yoqda jahonso‘z otashi,
O’ng qo‘li yoqda ziloli, dilkashi.

Bir guruh cho‘zmish edi otashga dast,
Bir guruh irmoq bo‘yida shodu mast.

Lek o‘yin erdi bu har soat sayin,
Baxtliyu badbaxtni mot etgan o‘yin...

Har kishi otashga kirgaydir hamon,
Bosh chiqargay erdi suvdin shul zamon.

Har kishikim suvga sho‘ng‘ib, jo edi,
Shul zamon otash aro paydo edi.

O’ng tarafda suvga kirgaydir kishi,
So‘lda otash ichra turgaydir kishi.

So‘l tarafda o‘tga kirsa odame,
O’ng taraf, suv ichra erdi shul dame.

Bul buyuk asrorni har kim bilmadi,
Shul sababdin o‘tga har kim kirmadi.

Qay kishining ochsa baxt-iqboli gul,
Suvgamas, otashga kirgay erdi ul.

Qo‘ldagi naqdini ma’bud etdi xalq,
Aldanib, chun o‘zni nobud etdi xalq.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 23:27:06
Saf chekib, o‘tdin qochib, asru xarob,
Suv sari bormoqqa etgaylar shitob.

Bosh ko‘targaylar olovdin so‘ng ular,
E’tiborul-e’tibor, ey bexabar...

Qichqirar otashki, ey nodonu go‘l,
Otash ermas, chashmadirmen, mavji mo‘l

Mendadir ko‘zboqchilik, sehri nihon,
Kel, olovdin senga yetmaydir ziyon...

Ey Xalil, yo‘q bunda otash, dud magar,
Ko‘rganing ul hiylayi Namrud magar.

Sen Xalili Haq esang, farzonasen,
Otashing suvdir, o‘zing parvonasen.

Joni parvona faqat solgay nido:
Bir emas, yuz ming qanotim bo‘lsa, oh.

Yondirardim men ularni beomon,
Ko‘ngli ko‘rlar toki ko‘rsinlar, debon.

Rahm etar johil shu jonim holiga,
Men achingaymen uning ahvoliga...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 23:27:39
* * *

Jon berar erdi iti, unga qarab,
Voy, itim, derdi-da yig‘lardi arab.

Bir tilanchi so‘rdikim, ey bag‘ri xun,
So‘ylagil, bul ohu faryoding nechun?

Dedikim, sodiq itim bor erdi, hay,
Jon berar yo‘l uzra bundoq, ne qilay?

Kunduz ovchim, kechalar soqchim edi,
O’g‘rilar yo‘liga poyloqchim edi.

So‘rdi: yetmishmu magar zahmu ziyon?
Dedikim, ochlikdin o‘lgaydir hamon.

Dedi: sabr ayla mashaqqatlarga, bas,
Lutfi Ollohdin yetishgaydir evaz.

So‘rdi so‘ngra: xurjuningda, ey xo‘jam,
Ne emishdir, qappayibdir muncha ham.

Dedikim, yo‘l ozig‘im bul, ne emish,
Nonu go‘sht birlan yana anvo yemish.

Itga ham bersang-chi andin bir adad?
Dedi: yo‘qdir menda lutfu marhamat.

Yo‘lda pulsiz, aqchasiz kelmaydi non,
Ko‘zdagi yoshim tekindir, roygon.

Dedi: ey boshingga tuproq, ho‘ppa mesh,
Non senga ko‘z yoshidin avlo emish...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 23:28:24
* * *

Sen oyoqqa boq, qanotga boqma, hay,
To yomon ko‘zlar oyoqdin olmagay.

Tog‘ni silkitgay yomon ko‘z ta’ziyqi,
"Yuzliqu"ni ol-da, Qur’ondin o‘qi.

Ul Muhammad ham jahonda tog‘ edi,
Qup-quruq yo‘l uzra toydi, munkidi.

Bir nafas qoldi taajjub ichra ul,
Dedikim, ermas magar behuda bul.

Keldi oyat shunda, ogoh ayladi,
Bul-yomon ko‘z kasridir, deb so‘yladi.

Sendin o‘zga bo‘lsa, lo bo‘lgay edi,
Ul yomon ko‘zdin fano bo‘lgay edi.

Ismatim yetdi himoyat aylabon,
Toyganing erdi falokatdin nishon.

Ibrat ol tog‘ holidin, ey mayda cho‘p,
Sen o‘zingni elga ko‘z-ko‘z etma ko‘p...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 23:28:37
* * *

Ey Rasulilloh, odamlar bor chunon,
Ko‘z bila kalxatni o‘ldirgay hamon.

Ko‘z bila hattoki sherni tig‘lagay,
Tig‘lanib ko‘zdin, arslon yig‘lagay.

Tevaga tashlab nigohin bir humom,
Ortidin so‘ngra yuborgaydir g‘ulom.

Yog‘idin keltur, degay, osh etgulik,
Qul ko‘rar ul tevani yo‘l uzra muk.

Poygada otlardin o‘zgay erdi to,
Xastalik bois bo‘lib, boshdin judo.

Shum hasad bois bo‘lib beshubha-shak,
To‘g‘ri ermas, egri aylangay falak.

Suv nihon ersa, chig‘irdir oshkor,
Lek chig‘ir tortishda suvdir e’tibor.

Har yomon ko‘zning da’vosi yaxshi ko‘z,
Har xunuk ko‘zning balosi yaxshi ko‘z.

Yaxshi ko‘zlar lutfu rahmatdin kelur,
Lek yomon ko‘z qahru la’natdin kelur...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 23:28:49
* * *

Ko‘rmaguncha to Musoning morini,
Chin degaylar jodugarlar korini.

Qushki aslo ichmamish obi zilol,
Sho‘r, taxir suvlarga urgay parru bol.

Zidni zid yonida bilgaysen, ayo,
Dardki kelgay, unga izlarsen davo.

Lojaram, dunyo muqaddam keldi, bas,
Toki bilgaysen o‘shal qadri Alast.

Bul jahondin ul jahonga qaytasen,
Ul shukur uyida shukron aytasen:

Unda tuproqlarni men sochdim necha,
Bul jahoni pokdin qochdim necha.

Ey darig‘o, koshki oldinroq ajal -
Kelsa, chekmasdim azobim munchalar...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 21 Mart 2009, 12:35:06
* * *

Eyki, bundoq aylagan tuproqni zar,
Eyki, tuproqdin yaratgan Bulbashar.

Gar ishing - tabdilu a’yonu ato,
Qilmishim - yanglish, unutmoqlik, xato

Yanglishu nis’yonim olgil, ber bilim,
Men g‘azabdirmen, bag‘ishla sabru hilm.

Ey taxir tuproqni chun non aylagan,
Ey o‘lik nonlarni so‘ng jon aylagan.

Eyki, hayron jonni rahbar aylagan,
Eyki, yo‘l bilmasni sarvar aylagan.

Bo‘ylakim, yerdin yaratding osmon,
Yerda yulduzlarni ham etding ayon.

Kimki topgay dahr aro obi hayot,
Ko‘z ochirmay, unga yetgaydir mamot.

Dil ko‘zi-la kim nazarni burgusi,
Har zamon bir turfa savdo ko‘rgusi.

Tan libosikim, bu yanglig‘ sir erur,
Tanni tan etgan o‘shal iksir erur...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 21 Mart 2009, 12:35:30
* * *

Ko‘zni ko‘rmas aylasa, sho‘r aylagay,
Suvki sho‘rdir, ko‘zni ul ko‘r aylagay.

Ko‘ngli ko‘rdir ahli dunyo ul sabab,
Haqni ko‘rmaslar shu obu gil sabab.

Yo‘qsa gar obi hayoting chun zilol,
Sen o‘shal sho‘r suvni ich, ko‘rlikni ol.

Bo‘yla holatda baqo istab to‘la,
Zanjidek shodsen qaro yuzlik bila.

Zanjiga ne ul qarolik, ganjidir,
Chun azaldin ul qarodir, zanjidir,

Ulki ul ko‘rku safolik izlagay,
Yuz qaro bo‘lsa, tadorik izlagay.

Gar uchar qush yerda, uchmasdan qolur,
G’ussavu dardu alamdin dod solur.

Uy qushi yurgay zaminda yo‘rg‘alab,
Donu suvni uyda etgaydir talab.

Ul azaldin sohibi parvoz emish,
Bul azaldin sustu beparvoz emish...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 21 Mart 2009, 12:36:33
* * *

Ovladi ohuni bir sayyod, keyin,
Sudradi og‘ilga hech rahm etmayin.

Ko‘p edi og‘ilda eshshak, mol-ho‘kiz,
Qoldi ul og‘ilda ohu chorasiz.

Qo‘rquv ichra o‘zni urdi har tomon,
Tunda sayyod soldi oxurga somon.

Xo‘kizu eshshak somonni yerdilar,
Bul somonmas, shahdu shakkar, derdilar.

Har taraf o‘zni urardi ohujon,
Chang-g‘ubordin yuz burardi ohujon.

Kimki nojins birla hamdam bo‘lgusi,
Tong emaskim, ul tiriklay o‘lgusi...

* * *

Yuz sanoch oltinni to‘ksang, ey g‘ani,
Haq degaykim, topganing ko‘ngil qani?

Rozi ersa gar ko‘ngil, men rozimen,
Yuz o‘girsa sendin ul, norozimen.

Sengamas, ko‘z tashlagum ko‘nglingga men,
Tuhfa aylab, keltir ostonamga sen.

Senga ko‘ngildir nechuk, men ham chunon,
Onalarning poyi ostida - jinon.

Elga ota-ona ermishdir ko‘ngil,
Baxtlidir ko‘ngilni ko‘rgan kimsa ul.

Senga keltirdim, degaysen, dilni man,
Ul degaykim, bo‘yla dillar ne pisand.

Qutbi olam bo‘lgudek ko‘ngil kerak,
Joni odam bo‘lgudek ko‘ngil kerak.

Bir ko‘ngildirkim, musaffo, benazir,
Unga ul sultoni olam muntazir...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 21 Mart 2009, 12:37:57
* * *

Dedi Ibliskim, ayo Razzoqi toq,
Ber menga insonni ovlashga tuzoq.

Siymu zar berdi, bedovlar rangba-rang,
Dedi: etgay bu xaloyiqni garang.

Yaxshidir, dedi lain, ko‘rgach ani,
Yuz burib, bujmaytdi lekin aftini.

So‘ng duru gavhar va ma’danlarki, xush,
Berdi Haq Iblisga, chun olguvchi hush.

Dedi: ol ushbu tuzoqni, ey lain,
Dedikim, ber menga bundan yaxshisin.

Moy, asal, halvoyu sharbat berdi Haq,
Zar, ipak to‘n, ya’ni, xil’at berdi Haq.

Dedi: yo Rab, yaxshirog‘in ber atay,
Toki insonlarni bog‘lab, band etay.

Sen ila mast erlaringkim bor abad,
Ul tugun, bog‘larni uzsinlar faqat.

Ul tuzoq insonni taslim aylasin,
Mard ila nomardni ajrim aylasin.

Bir tuzoq ber o‘zga, ey sultoni taxt,
Toki inson aqlini etsin karaxt.

Oldiga changu sharobni qo‘ydi bot,
Sal kulimsab qo‘ydi Iblis, jilla shod.

So‘ng azal izlolidin berdi xabar,
Fitna daryosin, dedi, ul chayqatar.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 21 Mart 2009, 12:38:52
Dedi: Muso erdi senga banda, qul,
Dengiz ortini qo‘pormish erdi ul.

Tirqirab suv, bir-birin yiqmish edi,
Loy-g‘uborlar suv uza chiqmish edi.

Shunda Haq ko‘rsatdi xotin husnini,
Er kishining aqlin olgay, sabrini.

Qars urib, Iblis o‘yinga tushdi shod,
Dedi: bergil, hosil o‘lgaydir murod.

Ko‘rdi ul ko‘zlarki erdi nurxumor,
Bir boqib, aqlu xirad ham beqaror.

Ko‘rdi ul yuzlarki naq kunday edi,
Shu’lasi dillarni kuydirgay edi.

Chehravu xol, qoshu lablarkim, aqiq
Shu’lai Haqdek go‘zal erdi, yoniq.

G’amzavu nozlarga bir ko‘z tashladi,
Charx urib, raqs aylamoqqa boshladi...

Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 21 Mart 2009, 12:39:21
* * *

Sajda etmishdi malak ham husniga.
Asta-asta yetdi barham husniga.

Odamiy oh chekdi bunga, Haq dedi:
Ko‘p umr ko‘rding, gunohing shul edi.

Jabrail tutdi basharni, sudrabon,
Chiq, dedi, xushlik diyoridin hamon.

So‘rdi: izzat erdi, ne izlol bul?
Bul adolatdir, dedi, lutf erdi ul.

Dedikim, hoy, sajda etmishding hama,
Endi jannatdin bu quvmog‘ing nima?

Bor libosimdin ayirdi imtihon,
Bir og‘ochdirmen magar, bargim xazon.

Yuzlarimki, rashk etardi oy anga.
Keksayib, bujmaydi, endi voy menga.

Boshda sochim hurpayib, ko‘rkam edi,
Tos bo‘lib, bitdi, to‘kiddi, qolmadi

Qomatim ham nayza erdikim, sinon,
Bukchayib qoldim, netay, qaddim kamon.

Lola rangim za’faron bo‘ldi bugun,
Sher kuchim bitdi, tamom bo‘ldi bugun.

Pahlavonni ham yiqardim ul kuni,
Endi bir eplab yuritgaylar meni.

Bul bari - jonimga yo‘ldosh yo‘lchidir,
Har biri - menga o‘limdin elchidir...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 21 Mart 2009, 12:39:50
* * *

Bul guruhga so‘zlagan axmoq emish,
Tog‘u toshdin ko‘ngil axtarmoq emish.

Tog‘u toshdin kimsa ko‘ngil izlamas,
Fahmu zabt, ma’niyi mushkul izlamas.

Har ne aytsang, qaytarib so‘ylar hamon,
Qaytarib so‘ylar, mazax etgansimon.

Qaydadir ul, qavmi payg‘om qaydadir?
Qaydavu jonsiz jism, jon qaydadir?

Ber vale boylik va xotindin xabar,
Yer o‘pib, qarshingda turgaydir ular.

Bir go‘zal bordir, desang, tinglar hama,
Senga mushtoqdir, desang, anglar hama.

Lek bayon etsang Xudo payg‘omini,
O’rtaga ko‘ysang Xudoning nomini.

Boylama ko‘ngil fano dunyosiga,
Bor, desang, Haqning baqo dunyosiga.

Aylagaylar qoningu joninga qasd,
Ishlari dinu diyonatdin emas...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 21 Mart 2009, 12:41:38
* * *

Ey Xudoyi qutu tamkinu sabot,
Besabotdir xalq, o‘zing bergil najot.

Shul qiyin ishda madadkor bo‘l, qarash,
Betiyiq nafslarga insof ayla baxsh.

Sabru bardosh ber, munavvar aylagin,
Shumniyat suvratchilardin asragin.

Sen hasaddin asra elni, ey Karim,
Bo‘lmagaylar toki shaytoni rajim.

El hama o‘tkinchi ul molu jasad,
Kasridin bir-birga etgaylar hasad...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 21 Mart 2009, 12:42:08
* * *

Vohki, bir oshiq ochib dil daftarin,
Yoriga aytar edi xizmatlarin.

Sen uchun undog‘u bundoq bo‘ldi kor,
Nayzavu o‘kdarga bo‘ldim men duchor.

Ketdi molim, ketdi quvvat, ketdi nom,
Baski, ishqingda adodirmen tamom.

Tong otib, ko‘nglimni xandon ko‘rmadim,
Kun botib, o‘zni bearmon ko‘rmadim.

Har nekim chekmishdi ul achchiq-taxir,
So‘ylar erdi dona-dona, birma-bir.

Yoriga minnat qilib aytmasdi ul,
Ishqiga so‘ylardi balki yuz dalil.

Ulki oqildir, ishorat unga bas,
Ulki oshiqdir, qanoat aylamas.

So‘zni takrorlar-da, takrorlar yoniq,
Suv icharkan, suvga qongaymu baliq?

Bir emas, yuz karra so‘ylar, o‘ylakim,
So‘nggida so‘ylar magarkim, ne dedim?

Ul yonar otashda, ammo bilmagay,
Sham kabi otashlar ichra yig‘lagay...

Aytganing rostdir, dedi, ma’shuqa, bas,
Endi men so‘ylay, eshitgil bir nafas.

Etganing bir zarra, andin o‘tmading,
Ne emish shnq amri, ijro etmading.

Ne emish ishq asli, deb so‘rdi bu dam,
Dedikim, o‘lmoqdir ul, bo‘lmoq adam.

Lek tirikdirsen hamon, har ne desang,
Yorni deb joningni ber jonboz esang.

Shul zamon yotdi, kulib jon berdi ul,
Ki chamandin shodu xandon kechdi gul.

Bo‘yla bo‘ldi ishqu oshiq belgisi,
Qoldi lekin shodu xandon kulgusi...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 21 Mart 2009, 12:43:22
* * *

Muftidin so‘rdi birov: aylab namoz,
Gar namozxon yig‘lasa, cheksa ovoz,

Ul namozi buzg‘unu botilmidir?
Yo magarkim joizu komilmidir?

Dedi muftiy: ko‘nglida ne ko‘rdi ul,
Nega yig‘lar, boisin bilmoq zarur.

Ko‘ngli ichra ko‘rdi nelarni nihon?
Ne sababdin bo‘ldi ko‘z yoshi ravon?

O’zga olamni ko‘rib ul purniyoz,
Yig‘lasa, joizu komildir namoz.

Boisi dardu musibat ersa, bas,
Ip uzilmish, charxiga yetmish shikast..
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 21 Mart 2009, 12:44:38
* * *

Rahmu shafqat so‘rma tig‘din, ey g‘ani,
Nayzani tutguvchi shohdin so‘r ani.

Nayzaga yolborma, hoy, ne ermish ul?
Nayza podshoh ilkida tutqun erur.

Ul emish san’atda - Ozar, men - sanam,
Ne yasar bo‘lsa, o‘shaldirmen hamon.

Sog‘ar aylar bo‘lsa ul, sog‘ar o‘zim,
Xanjar aylar bo‘lsa ul, xanjar o‘zim.

Chashma etsa, men oqarmen suv bo‘lib,
Otash etsa, tovlanib, yog‘du bo‘lib.

Yomg‘ir aylar bo‘lsa, men xirmon bo‘lay,
O’q etar bo‘lsa, badanga sanchilay.

Gar ilon etsa, zahar solgum yomon,
Do‘stu yor etsa, anismen, mehribon.

Ikki barmoq izmida men bir qalam,
Har nechuk amr etsa, ijro aylaram...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 21 Mart 2009, 12:46:35
* * *

Jonni shum chirkin tomoqdin qutqarib,
Olsangu yetsa senga rizqi sharif,

Singadir, har qancha yeydirsen, bari,
Yengilu poksen, hafifsen chun pari.

Na achib, me’dangda bir og‘riq bo‘lur,
Na shishib, qorningda bir sanchiq bo‘lur.

Oz yesang, fe’lu xo‘ying bo‘lgay yomon,
Ko‘p yesang, me’dang buzilgaydir hamon.

Gar taomulloh yesang-chi, unda sen,
O’ylakim, dengizda suzgan kemasen.

Ro‘zada sabru qanoat ichra tur,
Bo‘l mudom quti Xudoga muntazir.

Chunki ul Ollohi sohib marhamat,
Intizorlar ohini tinglar faqat.

To‘q kishi ovqat sari boqqaymu hech,
Erta kelgaymu taoming yoki kech.

Benavo ersa, yemishni ko‘zlagay,
Och qolib, bir burda nonni izlagay.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 10:56:53
Intizorlik chekmasa, dodim senga,
Yetmish ikki rizqi yetmaydir anga.

Ey o'ril, al-intizor, al-intizor,
Kut o'shal ko'k sufrasini zor-zor.

Intizor, och kimsa bir kun to'q bo'lur,
Sochgusi davlat quyoshi unga nur.

Oz yesa mehmon agar saqlab kirom,
Keltirur mezbon taom uzra taom.

Ziqnadir lek ba'zi darveshi laim,
Chin saxovatpesha Razzoqi karim.

Tog' kabi boshing ko'targil ko'kka to,
Subhidamlar senga sochsinlar ziyo.

Cho'qqilar ham ko'kka bosh urgay faqat,
Oftob, deb yo'lga termulgay faqat...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:33:49

* * *

Jahd qil, toshlikni kamroq aylagil,
Toshni sen la’l ayla, porloq aylagil.

Sabru bardosh ayla azmu jazm aro,
Damba-dam ko‘rgil fano ichra baqo.

Tosh sifoting bo‘yla kam-kam bo‘lgusi,
La’li vasfing mastu mahkam bo‘lgusi.

Vasfi dunyo tark etib jismingni bot,
Bo‘lgusi boshingda sarxushlik ziyod.

Tinglaguvchi bir quloq bo‘l sen tayin,
La’li nob taqqil qulog‘ingga keyin.

Qaz quduqdek shul tani xokiyni sen,
Bir kuni obi hayotga yetgasen.

Gar Xudodan jazba yetsa yarqirab,
Qazmasang-da suv otilgay sharqirab.

Sen qanoat etma bunga, qil xavas,
Andak-andak ishga tush, tuproqni qaz.

Kimki ranj ko‘rgay, yetar sarvatga ul,
Kimki jahd etgay, yetar davlatga ul.

Dedi Payg‘ambar: namozga turganing,
Tangrining darvozasini urganing.

Har kishikim ul eshikni urgusi,
Davlati bir kun muyassar bo‘lgusi...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:34:09
* * *

Men bilarmen kimligimni, ul bilur,
Ayblarimni pardalab yopguvchi ul.

Boshda Iblis erdi ustoz menga, bas,
So‘ngra ul bo‘ldi qoshimda xoru xas.

Ko‘rdi Haq, ko‘rmasga oldi, aytmadi,
Etmadi rasvo, yuzim sarg‘aytmadi.

Boz, rahmat birla tikdi po‘stinim?
Tavba berdi, o‘ylakim jondek shirin.

Har ne qildim, qilmagan etdi hisob,
Etmagan toatlarim bo‘ldi savob.

Bo‘yla sarvu savsanim ozod etib,
Bo‘yla baxtu davlatim obod etib,

Yozdi nomimni asl deb, pokravish,
Do‘zaxiy erdim, nasib etdi bihisht.

Oh, dedim, ip bo‘ldi ul ohim mening,
Qoldi tubanlarda ul chohim mening.

Ipga chirmashdim, mana, erkin bo‘lib,
O’ltiribmen shod bo‘lib, durkun bo‘lib.

Tiyra choh tubida erdim men zabun,
Endi-chi, olamga sig‘masmen bugun.

Ofarinlar senga, ey qodir Xudo,
Nogahon etding meni g‘amdin judo.

Boshda har tola tukim bo‘lsa zabon,
Yetmagay shukringni etmoqqa bayon...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:34:31
* * *

Bir kishi urdi eshikka o‘zini,
Za’faron etmishdi qo‘rquv yuzini.

So‘rdi uy sohibi: ne bo‘ldi, baxayr,
Qaltiraydirsen terakshshg bargiday?

Kim seni quvdi, magar kimdin qochib,
Bizga kirding rangi ro‘ying qum uchib?

Dedi: shohning ermagi deb bul zamon,
Qayda etttptak ersa, tutgaylar hamon.

Kuldi uy sohibi, dedi: muhtaram,
Eshshak ermassan-ku, senga bu ne g‘am?

Dedi: hech gapmas ular aylab jadal,
Eshshak o‘rnida meni ham tutsalar.

Bo‘yla bu ishga kirishganlarki, bas,
Eshshagu inson ularga ayrumas...

Betamizlar elga rahbar bo‘lmasin,
Eshshak o‘rniga tutarlar egasin.

O’zgadir lek shahrimizda shohimiz,
Dardimizdan har nafas ogohimiz.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:34:55
Odamo, eshshakquvardin qo‘rqmagil,
Eshshak ermassen, alardin qo‘rqmagil.

To‘ldi to‘rtinchi falak nuringga, bas,
Hoshakalloh, maskaning oxur emas.

Aslida charx uzra, yulduz uzrasen,
Garchi bir kengash ili oxurdasen.

Miri oxur o‘zga, eshshak o‘zga, hay,
Barcha oxur ahli eshshak bo‘lmagay.

So‘ylading eshshakni shuncha, shartmidir,
Endi sen guldin, gulistondin gapir.

Yo anorlardin, turunju olmadin,
Dilrabolardin, sharobdin, ishvadin.

Mavjlari gavhar o‘shal dengizni ayt,
So‘zga lab ochsa magar, tengsizni ayt.

Yoki ul qushlarni ayt, gulchin erur,
Tuxmi zarrindir va yo siymin erur.

So‘yla lochinlarni, kakliklar bilan,
Gohi past parvoz eturlar, goh baland.

Necha narvonlar jahon ichra nihon,
Poya-poya yuksalur to - osmon.

Har guruhning narvoni o‘zgadir,
Har ravishning osmoni o‘zgadir...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:35:25
* * *

Dedikim, ko‘ngil uyi xilvat erur,
Unda bir begona yo‘q, jannat erur.

Ishqi Haqdin o‘zga dilda yor yo‘q.
Yodi Haqdin o‘zga bir dildor yo‘q.

Men supurdim har ne bordir neku bad ,
Dil uyim to‘ldirdi ul ishqi Ahad.

Har ne ko‘rsam unda gar g‘ayri Xudo,
Mendin ermas ul, magar aksi gado.

Gar ko‘rarsen suvda hurmo aksini,
Suvdamas, sohilda ko‘rgil aslini.

Suvrati garchi ariqda, suvdadir,
Sohibi suvrat vale sohildadir.

Istasang obi ziloldin fayzu qut,
Tanda oqqan ul ariqni toza tut.

Gar ariqdin xoru xasliklar ketar,
Sen amin bo‘lgilki, yuzlar aks etar.

Suv ila loydir taning ul, ne yana?
Loy bila obi ziloling bulg‘ama.

Sen yemak-ichmak va uyqu birla band,
Suv uza tuproq socharsen damba-dam...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:35:46
* * *

Dilmidir ul, bo‘lmasa nur dil aro,
Ruhdin ayru tanni tuproq bil, qaro.

Nuri jondin ayru qandil ne emish?
Qandil ermas ul, qo‘llansa bir idish.

Gar idishlarda sanoq bor, e’tidod,
Lek olovlarda sanoq yo‘q, ittihod.

Olti qandil nur socharlar yarqirab,
Lek ularning nurini bo‘lmas sanab.

Ul juhud, mushrik ko‘rar qandilni tek,
Ahli mo‘min bir ko‘rarlar nurni lek.

Nurdamas, qandilda ko‘rsa ruhni,
Ikki ko‘rgay Shis birlan Nuhni.

Ul ariq ermishki, suv javloni bor,
Odamiy uldirki, tanda joni bor.

Ulki chin odam emas, suvrat erur,
Gar jahonda nonu shahvat deb o‘lur...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:36:06
* * *

Ul biri bozor kezardi kunduzi,
Qo‘lda shamdi, ko‘nglida ishqi, so‘zi.

Bilfuzul so‘rdi banogoh: ey falon,
Ne tilarsen ul do‘kondin bul do‘kon?

Neni izlarsen do‘konlarga boqib,
Kuppa-kunduzda buningdek sham yoqib?

Dedi: izlarmen aningdek odamiy,
Ki tirik bo‘lsin hayotda har dami.

Bormikin hech? Dedi: ey donoyi hur
Kam emas, bozor to‘la odam erur.

Dedikim, men ikki yo‘llik jaddada
Bir sabrli mardni istarmen juda.

Qahru shahvat chog‘i to er bo‘lsin ul,
Ko‘yma-ko‘y ovora, izlarmen nuqul.

Bormikin dunyo ichinda bo‘ylasi,
Bo‘lsa gar, jonimni aylay sadqasi...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:38:33
* * *

O’g‘ri mirshabga dedi: ey podsho,
Har ne qildim, erdi ul hukmi Xudo.

Dedi: mirshab: har ne aylarmen, jigar,
Ul-da menga hukmi Ollohdir magar.

Bir turup olsa do‘kondin bir kishi,'
Desakim gar, bu - Xudoning xohishi.

Musht urarsen boshiga, ey besabaq, ,
O’rniga qo‘ygilki, bul ham hukmi Haq.

* * *

Bir ko‘kat deb bo‘yla etsang, ey fuzul,
Bo‘yla uzring etmagay baqqol qabul.

Bo‘yla uzrim bor, deya o‘ilanma ko‘p,
Ajdahoning boshidin aylanma ko‘p.

Bo‘yla uzrim bor, desang ey soddadil,
Molu joning barchasi qolgay sabil...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:38:58
* * *

Bir kishi erdi daraxtning ustida,
Silkitib, meva qoqardi pastiga.

Keldi bog‘bon, dedi: ey buzg‘un amal,
Ne qilursen, hay? Xudoyimdin uyal.

Dedikim: men-banda, bul-bog‘i Xudo,
Mevasin yerman, Xudoyimdin ato.

Ko‘r-ko‘rona sen malomat aylama,
Qo‘y bu ochko‘zlikni, odat aylama.

Dedi: hoy, Aybak, ketur arqonni sen,
To bu dam olsin javobin Bul-Hasan.

O’g‘rini tutdi, daraxtga bog‘ladi,
Urdi andoqkim, tuyib, to‘qmoqladi.

O’g‘ri ul qichqirdi: insofing qani?
Begunohdin o‘ldirarsen bandani.

Dedi bog‘bon: men - Xudoning bandasi,
Ushbu kaltaklar-Xudoning zarbasi...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:39:22
Necha nodon dedilar Majnunga, bas,
Layli husni ortig‘u chandon emas.

Shahrimizda necha minglab dilrabo,
Andin ortiqdir magarkim husn aro.

Dedi: suvrat-ko‘za, may ermish husn,
Tangri menga may tutar ul ko‘zadin.

Sizga sirka, menga may sungay base,
Ul sababdin sizga xushmas ko‘zasi.

Bir idishdin ul Xudoyi azzi jal,
Ham zahar quygay-da, ham quygay asal.

Ko‘zani ko‘rding va lekin ul sharob,
Senga pinhon erdi, tutmishdi hijob.

Chunki har kimga ko‘rinmas zavqi jon,
Ko‘rsatur yolg‘iz yaqinlarga nishon...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:39:36
* * *

Baxtlidir ul kimsa, ehson aylamish,
Borini bir do‘stga qurbon aylamish.

Fanga chun oshufta ermish ul mudom,
Umrini shu yo‘lda etmishdir tamom.

Mag‘ribu mashriqda ham shundoq bo‘lur,
Oshiq o‘lgay, balki ma’shuq ham o‘lur.

Ilmu fan deb o‘lsa, muqbil oti bor,
Bu o‘limda yuz tiriklik toti bor.

Oshig‘u ma’shuqlik etgaydir davom,
Ikki olamda ularga yaxshi nom...

* * *

Men misoli yosumandirmen hamon,
Bosh egarmen ul tomonu bul tomon.

Qolmamish ko‘nglimda chun ummidu xavf,
Xuddi toldek sollanurmen har taraf.

Chayqalurmen, shoxlarim larzon bo‘lib,
Yelda majnuntol kabi raqson bo‘lib.

Ulki may birlan topar xushlik, karam,
Bo‘yla bir xushlikni bilsin qaydanam?

Anbiyoga bo‘yla xushlik keldi past,
Jonlari Hak, shavqi birlan erdi mast.

O’ylakim xushlikni ko‘rgandin keyin
Bo‘yla xushliklar ularga bir o‘yin.

Ulki ul mahbubga mahram erta-kech,
Murdaga emdi quchoq ochgaymu hech?
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:39:58
* * *

Yordin lutfu karamlar kelsa, xush,
Lutfi oldida naboting ne emish?

Qatra lutfi tomsa dengizga magar,
Tong emas, dengiz suvi shirin bo‘lar.

Necha ming holatki kelgaylar chunin,
G’ayb qarorgohiga ketgaylar keyin.

Bir kuning avvalgi kunga o‘xshamas,
Bir ariqdirkim oqarkan, to‘xtamas.

Har kuning zavqi, sevinchi o‘zgacha,
Har daming dardi, ovunchi o‘zgacha.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:40:11
* * *

Har nafasda bir aziz mehmondayin
Bir fikr ko‘nglingga kelgaydir tayin.

Sen fikrni shaxs bil, ey jonajon,
Chunki shaxs topgay fikrdin qadru jon.

G’am agar shodlik yo‘lini to‘sgusi,
Chekma g‘am, yangi sevinchlar o‘sgusi.

Dil o‘yin g‘amlar supursa, ne ajab,
Yangi shodliklar kelurlar yarqirab.

Dil butog‘i sap-sariq yaproq to‘kar,
Yam-yashil yaproq ko‘karsin deb magar.

Eski ildizlarni kovlar g‘am hamon,
Yangining zavqini totgaymen, debon.

Eski ildizni qo‘porgay, otgay ul,
Yoshirin ildizga bir kun yetgay ul.

Har nekim g‘amni ko‘ngildin surgusi,
O’rniga a’losini keltirgusi.

Ko‘k bulutdin tutmasa erdi hijob,
Kuydirar erdi uzumni oftob...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:40:25
* * *

Shoh o‘ziga keldi, tavba ayladi,
Aylagan aybu gunohin o‘yladi.

Dedi: etdim o‘zgalarga ne yomon,
Yopirilib boshimga keldi bu zamon.

O’zgalarning juftiga tikdim ko‘zim,
Bu malomatga duchor bo‘ldim o‘zim.

O’zgalarning eshigin urdimki, hov,
Urdilar chun eshigimni beayov.

Kim tilaydir o‘zgalarning yorini,
O’zgalarga esh etar dildorini.

Chunki qilmishga qidirmishdir sazo,
Har gunohning jinsidin ermish jazo.

O’zgalarning yoriga ko‘z solganing
Sen dayuslikni bo‘yinga olganing.

Tortib olmishdim kanizni zo‘r bilan,
Zo‘r bilan tortib olishdi mendanam.

Pahlavon erdi vafo oyinligim,
Xoin etdi,boq, uni xoinligim.

Lozim ermas emdi kiynu intiqom,
Har ne o‘tdi, o‘tdi ul mendin tamom.

Qahru kiyna aylasamchi, etganim,
Yoprilib, boshimga kelgaydir manim.

Bir safar bildim, sinab ko‘rdimku men,
Kel, bilay deb boz sinab ko‘rgaymu men?
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:40:44
* * *

Aylanur boshim xumoringdin, Xudo,
Bul karamga men tasadduq, men ado.

Xohishingdir maylu rag‘bat barchasi,
Yo‘lchi yo‘lga tushsa, ul Haq jazbasi.

Chang-g‘ubor uchgaymu yellar yurmasa,
Kema yo‘l bosgaymu yelkan surmasa.

Jon olur jonlar xayoling oldida,
Obi hayvon ne ziloling oldida?

Obi hayvon qiblayi jon, ey rafiq,
Suv ila yashnaydi bo‘ston, ey rafiq.

Ishq ila o‘lmish, tirilmishdir ular,
Dilni jondin, jon suyidin uzdilar.

Ishq suying ko‘ngilga bermishdir najot,
Oldimizda obi hayvon ham kasod.

Obi hayvon jon bag‘ishlar, suvchi sen,
Chunki ul suvga hayot berguvchi sen.

Har nafas berding o‘limni, jonni ham,
Angladim, nelarga qodir ul karam.

Bas, o‘lim uyqu emishdir menga to,
E’timodim bor tirilmoqqa, Xudo.

Yetti dengiz bo‘lsa erdi gar sharob,
Sen uni borliqqa bergayding shu tob...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:40:56
* * *

Ey hayoti dil, Husomiddin, yigit,
Jazb etar ko‘nglingni ul oltinchi jild.

Jazb etarkan sen kabi alloma ul,
Yer yuzin kezgay "Husomiynoma" ul.

Senga peshkash bulgusi, ey ma’naviy,
Bul kitob, ya’ni yakuni masnaviy.

Olti yoqqa ul taratsin shu’la, nur,
Kay yatufa havlahu man lat yatur .

Beshu olti birla ishqning ne ishi?
Jazbi yordin o‘zga bormu xohishi?

Balki bundan so‘ngra bir dastur kelur,
So‘ylanuvchi rozi dillar so‘ylanur.

Ul bayonotlar bo‘lib ravshan, aniq,
Ul kinoyatlar yana bo‘lgay daqiq.

Sirga - sirdosh, o‘zgasi anboz emas,
Rozkim munkirga yetgay, roz emas.

Baski, da’vat ayla, der Parvardigor,
Da’vat aylar, o‘zga ne parvoyi bor?

Kechdi da’vat birla to‘qqiz yuz yili,
Qoldi g‘aflat ichra lekin Nuh eli.

Nuh da’vat etdi, so‘zni
Jim bo‘lib, xilvatga o‘zni chekmadi...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:41:12
* * *

Ul jahonga, bas, suyangay bul ravoq,
Vasl ila topgay yakun hajru firoq.

Ziddiyatlar ichra ko‘r har zotni,
Ne uchun vahdat tug‘ar e’dodni?

Biz - bo‘laklarimiz, u to‘rt e’dod - asl,
Bizda fe’lin aylagay ijod asl.

Gavhari jon o‘rtada turgay nuqul,
Fe’lu ho‘yi - fe’li ho‘yi Haqdin ul.

Jang olur sulhu omonliqdin kuchin,
Chun Nabiy jang qildi Tangri - Haq uchun.

Ikki olam ichra g‘olib ul chunon,
Sharhiga yetmas sira fikru bayon.

Mavji Jayhunni simirmoging mahol,
Yaxshimas yurmoq vale labtashnahol.

Ma’nilar daryosi jizibdir senga,
Masnaviydin bir ariq ochgil anga.

Bir ariq och Masnaviydin unga, bas,
Ma’naviyat dengizin ko‘r har nafas.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:41:29
Yelki yelpib ul ariqni chayqatar,
Suvda yakranglikni ul paydo etar.

Novdalarkim silkinur, larzonni ko‘r,
Mevalarkim tovlanur, marjonni ko‘r.

Harfu savtu dam-la so‘z paydo bo‘lur,
Gar ulardin kechsa, ul daryo bo‘lur.

So‘ylaguvchi, tinglaguvchi, so‘z faqat,
Shul uchovdin jon yaralgay oqibat.

Non beruvchi, non oluvchi, noni pok,
Tark etib suvrat, bo‘lur oxirda xok.

Lek yo‘qolmasdir sira ma’nolari,
Uch maqomda ayrilib turgay bari.

Suvrati xok bo‘ldi, ma’ni o‘lmadi,
Kim desa: bo‘ldi, degilkim, bo‘lmadi.

Olami ruh ichra turgaylar basir,
Goh shaklli, goh shaklsiz, muntazir.

Amr ila suvratga kirgaylar yana,
Amr ila suvratni surgaylar yana...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:41:44
* * *

Otda, otliqda uning farmonida,
Uydadir jon, tan esa ayvonida.

Xohishi gar ersa mindirmoq aning,
Amr etib jonlarga derkim ul: mining.

Istasa jonlarni yuksaltmoq nuqul,
Hoy, tushing, deb amru farmon aylar ul.

So‘zki nozik tortdi, lozimmas qalov,
Bas, qalashtirma, pasaytirgil olov.

Qaynagay mo‘‘jaz qozonlar har nechuk,
Yupqadir idrok, qozoni ham kichik.

Poki subhoniyki, sebiston  qilur,
Olmalarni barg aro pinhon qilur.

Barg degan aslida so‘zdir, guftugo‘y,
Ostidin olma taratgay atru bo‘y.

Sen simirgil, ol dumog‘ingga ani,
Atru bo‘yi olmaga eltgay seni.

Atru bo‘y ol, ehtiyot et o‘zni, bas,
To avomdin yetmasin salqin nafas.

Yetmasin joningga dard, jismingga suq,
Bir nafasdirkim, zimistondin sovuq.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:41:59
* * *

So‘rdi voizdin yig‘inda bir kishi,
Eyki sen, majlisu minbar donishi,

Bir savolim bor, so‘raydirmen shu tob,
Majlis ichra ber savolimga javob.

O’ltirar bir qush og‘och ustida toq,
Boshi avlomu, dumimi yaxshiroq?

Dedi: yuzlansa shaharga ul agar,
Quyrug‘idan boshi afzalroq bo‘lar.

Yo‘q, agar bursa shaharga dumni ul,
Boshi ermas, quyrug‘i afzal bo‘lur.

Qush uchar ersa, uchar to oshiyon,
Bolu par insonga himmatdir, inon.

Xayru sharrga botsa oshiq ul magar,
Xayru sharrmas, himmatiga sol nazar.

Oq qanotli qarchig‘ay gar benazir,
Sichqon ovlar ersa, tubandir, razil.

Gar qaro quzg‘un sevar podshoni, bas,
Emdi ul lochin erur, quzg‘in emas.

Odamiy bir tos xamirdek qad bilan,
Ko‘kdanam yuksak, quyoshdan ham baland..
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:42:10
* * *

Har ishoratkim Muhammaddin kelur,
Baski dil ochmog‘u gul ochmoq erur.

Ofarinlar ul muborak joniga,
Ofarin farzandlari davroniga.

Ul xalifazodalarkim, har biri,
Kam emas, jonu dilining unsuri.

Balki Bag‘dodu Hirot, Raydan ular,
Asli nasliga vale payvand ular.

Gul butog‘i qayda o‘ssa, gul erur,
May xumi har qayda jo‘shsa, may turur.

Gar quyosh mag‘rib tarafdin chiqsa, bas,
Ayni oftobdir, bo‘lak oftob emas.

Aybchilarkim shu yorug‘ olamda bor,
Barchasin ko‘r ayla, ey Parvardigor.

Haq demish: xuffoshni ko‘r etdim, so‘qir,
Ko‘rmagay toki munavvar kunni ul.

Bo‘yla noqislikka soldim men atay,
To quyoshning yulduzin ham ko‘rmagay...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:42:26
* * *

Berma ko‘ngilni bu ishga, ey nigor,
So‘ng nadomatlar chekursan zor-zor.

Ul amirlik, ul vazirlik, shohlik ul,
Chun o‘limdir, balki jon bermoq erur.

Banda bo‘l, hur bo‘l shu dunyo qo‘ynida,
Murdadek kezma birovning bo‘ynida.

Kufr emishdir, ulki bundoq istagay,
O’zgalar ustida yurmoq istagay.

Tushda bir tobutda ko‘rsang kimsani,
O’ngda bir mansabda ko‘rgaysen ani.

Yuk emishdir yelkada tobutki bor,
Xalqqa yuklar zalvorin ahli kibor.

O’zgaga ortma yukingni, esh bo‘l,
Etma sarvarlik havas, darvesh bo‘l.

Minma xalq bo‘yniga, og‘ir olmasin,
Xastalik ikki oyoqdin chalmasin.

Oxiri otdan tushib, hayronasen,
Bir shahardirsen, vale vayronasen.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:42:42
Kech shahardin, turma ul koshonada,
Qolmagaysen so‘ngra bir vayronada.

Yuzta bog‘ing borida tark ayla, bas,
Bo‘lmagil to ojizu vayronparast.

Dedi: gar jannatni etgaysen tama’,
Odamiydin bir vaqoe istama.

Men kafilmen, senga bo‘lgaydir ato,
Jannatul ma’voyu diydori Xudo...

* * *

Bir kishi tunda eshitdi bir shitir,
Tosh chaqib chun shamni yoqmoq bo‘ldi ul.

Keldi o‘g‘ri, yoniga o‘ltirdi zud,
O’t ilashsa, qo‘l bosib, so‘ndirdi zud.

Har safar bosgay edi barmog‘ini,
Istamasdi chunki sham yonmog‘ini.

Xo‘ja o‘ylar erdi, o‘chgay sham o‘zi,
Hiylagar o‘g‘rini ko‘rmasdi ko‘zi.

Derdi: nam tortmish, emas o‘ng‘ay pilik,
Ul sababdin yonmagay, so‘ngay pilik.

Baski zulmat erdi atrof, timqaro,
O’g‘rini ko‘rmasdi xo‘ja tun aro.

Bo‘ylakim kofir ko‘ngilda, ey nigor,
Chun ko‘rinmas, o‘tni so‘ndirguvchi bor.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:43:57
Yo‘q emas, ortida bordir bir kuchi,
Har ne aylanganni aylantirguchi.

Bas, nechuk kelgay-da, ketgay kun, kecha,
Bo‘lmasa ortida qodir bir xo‘ja?

Ne savollar ichra yurgaysen malol,
Bul jihatni ham o‘zingga ber savol.

Uyni tiklovchi binokordir, o‘g‘il,
Yo binokorsiz-da tiklangaymu ul?

Xatni xat qilguvchi kotibdir o‘shal,
O’z-o‘zicha xat yozilgaymu magar?

Jim-qulog‘u ayn-ko‘zu mim-og‘iz,
Yozmasa kotib, yozilgaymu nafis?

Sham yongaymu bilimdon yoqmasa,
Tun aro bir ahli irfon yoqmasa?

Qo‘li cho‘ltoq, ko‘zi ko‘r bo‘lsa, so‘nik,
Ul kishi san’at yaratgaydir nechuk?

Baski bilding, qahr etib turguvchi kim?
Qahr etib, boshingga chun urguvchi kim?
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:44:20
* * *

Bir kishi qo‘chqor yetaklab, erdi band,
Ipni kesdi o‘g‘ri, chaldi ilkidan.

Sho‘rlik ogoh bo‘ldi, chopdi o‘ngu so‘l,
Axtarib qo‘chqorni topmoq bo‘ldi ul.

Ko‘rdi bir kimsa quduqning boshida,
Qayg‘usi oshkor edi ko‘z yoshida.

So‘rdi: ne bo‘ldi? Dedikim, voy inim,
Shu quduqqa tushdi hamyon oltinim.

Gar olib chiqsang, madad bersang menga,
Yuz dinorning o‘ttizin bergum senga.

O’yladi ul sodda ko‘ngilning quli:
Kam emas bu, o‘nta qo‘chqorning puli.

Bir eshik yopganda ochdi o‘ntasin,
Oldi bir qo‘chqorni, berdi tevasin...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:44:36
To‘n yechib, tushdi quduqqa da’fatan,
Ildi-qochdi o‘g‘ri joma-to‘nni ham.

Chora top, manzilga eltsin ul seni,
Eltsa ofatga, tamah deb bil ani.

O’gridir, bir fitna siyratdir tamah,
Har nafas bir o‘zga suvratdir tamah.

Banda bilmas makrini, bilgay Xudo,
Haqqa bor, qolsin alamda ul dag‘o .

* * *

Jon base chekding-ku, ozod bo‘lmading,
Muddao o‘lmokdik erdi, o‘lmading.

O’lmaguncha mehnating bo‘lmas tamom,
Narvonsiz tomga chiqmog‘ing gumon.

Balki ul bir-ikki poya kam bo‘lur,
Tom senga yuksak va nomahram bo‘lur.

Yetmasa arqon quduqqa, bo‘lmagay,
Sen tushirgan ko‘za suvga to‘lmagay.

Kelmaguncha so‘nggi yuk og‘ir, garon,
Kema g‘arq bo‘lgaymu suvga, ey falon?
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:44:53
Ne etar bo‘lsa, o‘shal yuk etgusi,
Vahmu vasvos kemasin cho‘ktirgusi.

Aqlu hush g‘arq bo‘lsa suvga misli tosh,
O’zni ko‘rgaysen falak uzra quyosh.

O’lmading, chun bo‘ldi jon chekmak daroz,
Yon, ado bo‘l tongda, ey sham’i Taroz.

Bo‘lmaguncha yulduzing ko‘zdin nihon,
Nur taratmas senga xurshidi jahon...

* * *

Bir kishi so‘rdi amirdan ot-ulov,
Ul dedi: ol, senga bo‘lsin shul bedov.

Men bu otni istamasmen, dedi ul,
Olg‘a yurmas, ortga tislangay nuqul.

Shunda mir o‘rgatdi ishning yo‘rig‘in,
Boshin ermas, uyga burgul quyrug‘in.

Nafsing oti quyrug‘i shahvat magar,
Shul sababdin ortga tislangay o‘shal.

Ko‘kdin ermish, angla shu buyruqni sen,
Oxiratga bur o‘shal quyruqni sen.

Bermasang shahvatga nonu oshini,
Ul egar aqli sharifga boshini...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:45:08
* * *

Keldi giyloniyga yo‘qsil bir gado,
Qo‘l ochib, xayri duo etdi ado.

Chun duoe etdi ul olganda non:
Manzilingga Tangri yetkazsin omon.

Dedi giyloniy: bu uy-manzil manim,
Manzilingga Tangri yetkazsin seni.

Ahli g‘ofil bo‘ylakim kor aylagay,
So‘ylama, gavhar so‘zing xor aylagay.

Har kishi ham so‘zni uqmog‘i qiyin,
Qaddi bastni ko‘r-da, to‘n bichgil keyin...

* * *

Bir eshikka bir gado kelmish edi,
Yoki qotgan, yoki yumshoq non, dedi.

Dedi sohibxona: bunda non qani?
Non do‘konidin so‘rab, axtar ani.

Dedi: jindak yog‘ xayr etsang-da bas,
Dedi: bu qassob do‘koni ham emas.

Dedi bir kaf un xayr etgil, jigar,
Dedi: bu senga tegirmonmu magar?

Dedi: bir jom suv uzatgil bo‘lmasam,
Dedi: bu anhor emasdir, chashma ham.

Xullasi har ne tilandi, so‘rdi ul,
Yo‘q, debon keldi javobi, yo‘q nuqul.

Shunda uyga kirdi, dedi: qistadi,
Cho‘nqayib, hojat qilishni istadi.

Dedi: hay-hay, ne etarsen xonada,
Bir yozilgum, dedi shul vayronada.

Bas, tiriklikdin yiroq bir xona ul,
Uy emas, aslida hojatxona ul...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:45:28
* * *

Kim yomon bir do‘stgakim sabr aylagay,
Sabr ila ko‘nglin munavvar aylagay.

Sabr etib oy tunga, ko‘kda to‘yi bor,
Gul tikanga sabr etib, obro‘yi bor.

Sabr etib, sher yo‘lni poylaydir necha,
O’lja bo‘lgay so‘ngra unga tevacha.

Sabr aylab anbiyo ham har qachon,
Xosi Haq bo‘lmish ular, sohibqiron.

Gar kishi egnida yangi to‘n erur,
Sabru bardosh birla yetmish to‘nga ul.

Gar kishi ersa yalang‘och, benavo,
Besabrdirkim, erur yo‘qsul, gado.

Kimda ersa dardu og‘riq shiddati,
Balki, bir makkor ila bor ulfati.

Sabr etib, gar Haqqa etsayding vafo,
Sen tushib hijronga, chekmasding jafo...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:45:40
* * *

Ko‘z-bulut, ko‘ngil - chamandir, jilvagar,
Gar bulut ko‘zyoshi to‘ksa, bog‘ kular.

Yil agar ofatli kelsa, oftob
O’t sochib, bog‘larni qilgaydir xarob.

Yig‘lamoqlik amrini Haq berdi, lek,
Tirjayarsen muncha kuygan kalladek.

Sham kabi ko‘zyoshi to‘kkil, yig‘lagil,
Sham kabi o‘ini munavvar aylagil.

Ota-ona koyisa, istar samar,
Yetmasin der senga bir zahmu zarar.

Kulgular zavqini totding begumon,
Endi yig‘lash zavqini tot, ey falon.

Gar jahannam yodi yig‘latsa seni,
Jannatul ma’vodin ortiq bil ani.

Kulgular izla chu ko‘z yosh ichrakim,
Ganj yotur vayronalarda, ey salim.

Zavqu shavq g‘amlarda ermishdir, ayo,
Obi hayvon bo‘ldi zulmat ichra jo...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:45:52
* * *

Yorga yetgach, xomush o‘ltirmoqni bil,
Sen uzukka o‘zni gavhar etmagil.

Boq o‘shal jum’a namozga, damni yut,
Jumla jamdirlar va etgaylar sukut.

Ayla xomushlikni o‘zga chin makon,
O’zgalarga aylama o‘zni nishon.

Dedi payg‘ambar, sharaf bo‘lsin anga,
Do‘stu yoring yo‘lchi yulduzdir senga.

Ko‘zni yulduzlarga tik, tark aylama.
So‘z nazarga rahna solgay, so‘ylama.

Ikki - uch so‘z to‘g‘ri so‘ylarsen, falon,
Egri so‘zlar so‘ngra kelgay nogahon.

Ma’lum ermasmu magar ibrat senga,
So‘zni so‘z ochgay, degan hikmat senga?

To‘g‘ri so‘zni aytmoq istarsen yonib,
Egri so‘zga yondashursen tiyg‘anib.

Toza so‘z aytmoqqa ochgaysen dahon,
Ergashib, bir tiyra so‘z kelgay hamon.

Kimgakim so‘zni vahiy etmish Xudo,
So‘zi sofdir, Unga so‘z aytmoq ravo...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:46:07
* * *

Ming o‘qi, gar yetmasa Haqdin karam,
Xotirangda qolmagay bir nuqta ham.

Haqqa xizmat qil, kitobsiz ham ajab,
Yenglaringdin sochilur ilmu adab.

Qo‘yniga qo‘l soldi Muso, topdi nur,
Ko‘kdagi oydan-da porloq erdi ul.

Izlamishding nurni osmondin magar,
Ey Muso, qo‘yningda ermishdir o‘shal.

Boshing uzra necha osmon bahsidir,
Aslida aqli basharshshg aksidir...

* * *

Aqlu hush yurmas umidsiz yo‘lga hech,
Ishq esa yurgay u yo‘ldin erta-kech.

Louboli-ishq emishdirkim, naql,
Qayga borsa, foydasin izlar aql.

Lek balolar ichra ishqning boshidir,
Boshida doim tegirmon toshidir.

Ortga boqmas, olg‘a bosgaydir mudom,
Bahrajo‘ylikdin yiroq ermish tamom.

Boru yo‘g‘in o‘rtaga tashlar o‘shal,
Neki olmish, qaytarib bergay tugal.

Bu sifatni ishqqa bermishdir ulug‘,
Olganin ul Haqqa qaytargay to‘liq...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:46:25
* * *

Benavomen, davlatim bergil menga,
Ranj ko‘rdim, rohatim bergil menga.

Bo‘yla ko‘z yoshlarga g‘arq etding meni,
Eshiging ko‘rmoqqa endi ko‘z qani?

Ber bu so‘zsiz bandaga yoshdin ulush,
Sabzalar unsin o‘shal yaylovda xush.

Ko‘zlarimda bitsa yosh bardoshidin,
Ko‘zlarimga ber Nabiy ko‘z yoshidin.

Qancha izzatmandi, behamto, suyuk,
Tangridin ko‘z yoshi so‘rdi ul buyuk.

Yig‘lamasmu bo‘ylakim kelganda kez,
Men kabi bir benavoyu kosales?

Ulki ko‘z yoshlarga chun maftun erur,
Ne ajab, ashkim agar Jayhun erur.

Qatrasi ul necha Jayhundin ziyod,
Insu jinslar topdilar andin najot.

Yomg‘ir istar ersa jannat gulshani,
Istamasmu sho‘rlagan tuproq ani?

Ey rafiq, etgil duoyi nolishing,
Ul qabul bo‘lgaymu, bo‘lmas, ne ishing?

Nonni deb gar ko‘zlaringda bitsa suv,
Sen o‘shal nondin hamono qo‘lni yuv.

O’zni mavzun ayla, epchil, nolakor,
Ko‘zlaring yoshiga ul noningni qor...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:46:41
* * *

Shoh dedi: lutfi azaldir yaxshilik,
O’rnida ersa, go‘zaldir yaxshilik.

Ruxga gal kelganda shoh surmoq - xato,
Shohga gal kelganda ot yurmoq-balo.

Lutf bor joyda jazo ham bo‘lgusi,
Shoh saroyga, ot oxurga borgusi.

Har nekim o‘rnida ersa, adl erur,
Zulm o‘lur o‘rnida ermas ersa ul.

Haq yaratmish, bejiz ermas, esda tut,
Qahru kin, rahmu ayov, makru o‘git.

Hech biri dunyoda mutlaq xayr emas,
Hech biri dunyoda mutlaq sharr emas.

Har biridin naf kelgaydir, zarar,
Lozim o‘lgay ilm olmog‘ing magar.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:47:16
Ey baso miskinga etmishlar itob,
Nonu halvodin-da ul xayru savob.

Gohi kaltak doru darmondir anga,
Gohi halvo ofati jondir anga.

Lozim ersa, etma shafqat, shatta ur,
Urganing yuz bir balodin qutqarur.

Shatta quvgaydir kishi nayrangini,
Shatta to‘kkaydir namatning changini.

Bazmu zindon yonma-yon, hamroh emish,
Yaxshiga bazmu yomonga choh emish.

Tibda ham avval yorilgaydir yaro,
So‘ngra bir malham surilgaydir ango.

Kun o‘tarkan, foydasi bo‘lgay ayon,
Qo‘l tegizmoqlik anga etgay ziyon...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:47:38
* * *

Besh namoz birlan taralmaydir xumor,
Ul taralmas, bo‘lsa hamki yuz hazor.

Kam ziyorat et, deyilmish, boshqadir,
Ahli sodiq joni doim tashnadir.

Suvda yurgaydir baliqlar har qachon,
Suv agar yo‘q ersa, qayda unsi jon?

Qanchalar cheksiz bu dengiz, o‘ylakim,
Tashna ko‘ngillarga lekin - bir yutum.

Bir nafas hijron anga - bir yilchadir,
Yor ila bir yil ko‘rishmoq - qilchadir.

Tashnadir oshiq, chu izlar tashnani,
Kecha-kunduzdek ta’qib aylar uni.

Kechani izlaydi kunduz, oshiq ul,
Kecha-kunduzdan-da oshiqroq erur.

Bir-birin ko‘zlaydi izlab har nafas,
Bir-birin izlaydi ko‘zlab har nafas.

Ul oyog‘iga tushib, behush anga,
Bul qulog‘idin tutib, madhush anga.

Ne emish oshiqda o‘y, ma’shuq faqat,
Ne emish Uzroda o‘y, Vomiq faqat.

Ma’shuqa ko‘nglida oshiqdir nuqul,
Ikkisin ayro etuvchi qayda ul?
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:47:56
* * *

Eyki senga sadqadir sarvu suman,
Lutfu ehsoningga jonim orzumand.

Men tilab lutfing, o‘larmen, ey nigor,
Shunda ham lutfing tilarmen, ey nigor

Balki kelgaysen mozorim boshiga,
Ko‘z yoshing tomgay mozorim toshiga.

Yig‘lagaysen unda mahrum deb meni,
Benavo, bechora, mazlum deb meni.

Sen o‘shal lutfingni ko‘rsat shul zamon,
Sen o‘shal so‘zlardin aytgil bir nishon.

Senki ul qabrimga dersan, sevganim,
Shul zamon aytgil qulog‘imga manim...

Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:48:07
* * *

Dedi so‘fiyga chu davlatmand xo‘ja.
Men sening poyingda qurbonmen necha.

Yo bugun bir tanga ol yo ertaga
Bir emas, uch tanga bergaymen senga.

Yarmini gar kecha bersayding, dedi,
Bir emas, yuz tingadin avlo edi.

Nasya nondin naqd mushtum menga xush,
Shayladim boshimni, urgil unga musht.

Har nafas boshimga tushsin zarbasi,
Ur menga mushtingni, jonim sadqasi.

Och ko‘zing, jonu jahonim, turmagil,
Dam g‘animat, naqdni qo‘ldin bermagil...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:48:22
* * *

Gar quyosh ul ko‘kda porlar bir o‘zi,
Ne emish oldida yuzlab yulduzi?

Mingta sichqon to‘planib, g‘avg‘o qilur,
Yo‘lini to‘sgay mushuk, qo‘rqmaydi ul.

Bas, nechuk sichqon mushuk-la jang etar,
Jonida yo‘qsa jamiyatdin asar?

Suvrat ichra yo‘q jamiyatda baqo,
Ma’ni ichra so‘r uni, bergay Xudo.

Hosil etgaymu jamiyat ko‘p jism,
Har jism yel uzra turgay chun ism.

Bo‘lsa sichqonlarda birlik tuyg‘usi,
Tarqalib turmas pisib, to‘plangusi.

Birlashib tushsaydi dushman qasdiga,
Yoprilib g‘addor mushukning ustiga.

Timdalab ko‘zu qarog‘in qaybiri,
Qiymalar erdi qulog‘in qay biri.

Boshqasi ko‘ksidin ochgaydi tengak,
Ul jamiyatdin qutilmasdi mushuk.

Ne qilur birlik u sichqon jonida,
Gar mushukdin titrasa har onida?

Bittamas, yuz mingta sichqon bo‘lsa ham,
Bir mushuk oldida ojizdir, adam...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:48:39
* * *

Ko‘chadin o‘tganda Yusuf har kezi,
Darchalarga shu’la solgaydi yuzi.

Uylarida o‘ltirib mardum magar,
Bul tarafga o‘tdi Yusuf, derdilar.

Darchalarga shu’lalar tushgay edi,
Shu’lalardin ko‘cha yorishgay edi.

Darchasi ochilgan ersa ul taraf,
Uyga tushgay erdi Yusufdin sharaf.

Darcha och Yusuf tomonga tinmayin,
Ko‘z solib ko‘rgil tomoshani keyin.

Ishq degan ul darcha ochmoqdir, o‘g‘il,
Do‘st jamoli ursa, dil ravshan bo‘lur.

Ma’shuqa yuziga har dam sol nazar,
Bul sening ilkingda ermish, ey jigar.

Tut mudom ko‘ngilga kirmoq peshasin,
Sur nari o‘zga xayol, andishasin.

Kimiyong bordir, davoyi po‘st qil,
Yo‘l topib, dushmanlaringni do‘st qil.

Chun nasib etgay o‘shal zeboyi xos,
Jonni bekaslikdin ul aylar xalos.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:48:55
Bergusi jon gulshaniga ul najot,
G’amdin o‘lganlarga daryoyi hayot.

Dema, yolg‘iz davlati dun bergusi,
Yuz tuman mulki gunogun bergusi.

Boq, nechuk mulki jamolin berdi Haq,
Tushni ta’birlashni bedarsu sabaq.

Mulki husni soldi zindonga ani,
Mulki ilmi eltdi Ka’aomga ani.

Podsho qul bo‘ldi unga, cho‘kdi tiz,
Mulki ilmi mulki husnidin aziz...

* * *

Ey simirding yeru ko‘kdin ayricha,
Shul yo‘sin jismingni to‘ldirding necha

Chun yig‘ib dunyoning uzvi-uzvidan,
Parcha-parcha to‘plading, etding badan.

To‘plading jonu taningga qanchalar,
Yeru ko‘klardin, quyoshdin parchalar.

Uyla lekin, senga bergaymu tekin,
Berganin ul qaytarib olmasmikin?
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:49:15
O’g‘rikim chaldi, matohi bir kuni
Dor og‘ochi ostiga eltar uni.

Ne omonatdir, uni ko‘rmoq kerak,
Neki olding, qaytarib bermoq kerak.

Tandamas boqiy tiriklik ruhdadir,
Ruhni bergil, boshqasi behudadir.

Jonga nisbat so‘yladim behudani,
Haqqa nisbat lekin aytmasmen ani...

* * *

Dedilar shahzodalar: xizmatdamiz,
Amring etgaymiz ado albatta biz.

Baski vojibdir hama farmonlaring,
Kufr bo‘lgay bilmasak ehsonlaring...

Lekin istisnovu tasbihi Xudo,
So‘ylamay, chun etdilar kibru havo.

Ne karam bor inshoolloh toshida,
So‘ylamishdik Masnaviyning boshida.

Yuz kitobdin muddao bir bob erur,
Yuz jihatdin maqsad ul mehrob erur.

Necha yo‘llardin murod bir xonadir,
Ming boshoqning ildizi bir donadir.

Turfa-turfa nozu ne’matlarki bor,
Aslida bir narsa, etsang e’tibor.

Bittasi birlan magar to‘ysang tamom,
Tortmagay, bo‘lsa yana ellik taom...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:49:31
* * *

Ichma suvrat jomini, hay, bo‘lma mast,
Bo‘lmagil to buttaroshu butparast.

Kech o‘shal suvrat qadahdin, ey o‘g‘il,
Boda jomdanmas, magar jom ichra ul.

Bodabaxshga tut og‘izni damba-dam,
Boda bo‘lsa, bas, topilgay jomi ham.

Odamo, ma’niyi dilbandimni so‘r,
Qobig‘u suvratni qo‘y, ul ne erur?

Baski qum bo‘ldi Xalilullohga un,
Ey aziz, bug‘doy ne hojat sen uchun?

Suvrat ul olgay besuvratdin vujud,
Misli otashdin kelur dunyoga dud...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:49:47
* * *

Ul Zulayho derdi "Yusuf" damba-dam,
Unga Yusuf erdi isroqdoni ham.

Joylamishdi barcha nomlarga uni,
So‘ylamishdi jumla jonlarga uni,

Desakim gar, mum olovdin yumshadi,
Yoridin bul mehr ko‘rgoni edi.

Desa gar, yuz ochdi moviy ko‘kda oy,
Desa gar, durkun teraklarda chiroy,

Desa, barglarning alomat raqsi bor,
Desa, isriqdin taralgay xush ufor,

Desa, bulbul o‘ltirur gulnoz ila,
Desakim, shoh sirlashur shahnoz ila,

Desa gar, baxtim bahori lolagun,
Desa gar, silking gilamlarni bugun,

Desa gar, keltirdi mashkob obi nob,
Desa gar, tong otdi, chiqdi oftob,

Desakim gar, kecha tortilgan taom,
Totli erdi, etdi ko‘ngillarni rom.

Desakim, nonlarda tuz yo‘q, benamak,
Desakim, voy, chappa aylandi falak.

Yo magar boshim to‘la og‘riq, desa,
Yo magar boshimda og‘riq yo‘q, desa,

Maqtasa bir ishni, bois ul edi,
Nolisa, bois-da yolg‘iz ul edi.

Keltirarkan tilga yuzminglarcha nom,
Maqsudi Yusuf edi, Yusuf tamom...

Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:50:06
* * *

Tikka turgaydir ilon ham misli marg,
Og‘zida ov ovlamoq-chun sabza barg.

O’tlar ichra o‘tga o‘xshar govdasi,
Qushga ul-durkun o‘simlik novdasi.

Kush boqib, to‘ymaydi yaproq raqsiga,
Talpinib, tushgay ilonning og‘ziga.

Boq, yotur og‘zin ichib timsoh atay,
Qurtlari tishlar arosinda talay.

Har nekim tutmish, yemish, qoldiqlari
Qurtlanib, qolmish kavaklarda bari.

Qushchalar g‘ujg‘on u qurtlarni ko‘rib,
Rizq bilurlar, birma-bir yerlar terib.

Og‘zi qushga to‘lsa, timsoh nogahon,
Og‘zini yumgay-da, yuttaydir hamon.

Sen jahonning holiga solgin nazar,
Og‘zini ochgan buyuk timsoh magar.

Rizqu ro‘zing axtarib dargohidin,
Sen qutilmassen uning timsohidin...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:50:18
* * *

Til, dudoq qishloqilarga o‘xshagay,
Ki shahar bozoriga kelmish atay.

O’tmasak, sarqit matoh ham shundadir,
Ko‘p asl, qimmatbaho ham shundadir.

Sudu savdo kimniki, bilganniki,
Ulki bilgay ne asl, ne qalbaki.

Qay biriga foyda kelgaydir, samar,
Qay biriga - koni tashvishu zarar.

Uzvi olam go‘lu nodonga-tugun,
Kashfiyotdir ul asl ustod uchun.

Ul biriga qand, biriga og‘udir,
Ul biriga lutf, biriga qayg‘udir.

So‘ylasa toshlar, eshitgay anbiyo,
Hojilarga Ka’ba ermishdir guvoh.

Masjid o‘lgaydir namozxon shohidi,
Der: yiroq yo‘llar bosib kelmish edi

Gar Halilullohga otash erdi gul,
Lek halokat erdi namrudiyga ul.

Necha bor aytdik bularni, ey Hasan ,
Ne qilay aytmoqdin aslo to‘ymasam?
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:50:31
* * *

Yer qushi dengizga tushsa, ne bo‘lur,
Ul suzolmaydi, muqarrarkim o‘lur.

G’allasiz tushsa tegirmonga kishi,
Soch-soqolini oqartmoqdir ishi.

Charx tegirmoniga donsiz tushma, hoy
Soch-soqoling oq etar, qaddingni yoy.

Doni borlarni tegirmon siylagay,
Molu mulk bergay, mukarram aylagay.

Avval iste’dod kerak jannatga ul,
So‘ngra jannat ichra davroningni sur.

Yosh go‘dakka ne sharobdir, ne kabob,
So‘ylama behudadir sharhu xitob.

So‘nggi yo‘q so‘zdir bu, sanjob aylagil,
Kasbi iste’dod etishni o‘ylagil.
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:50:55
* * *

Jumla Qur’on - sharhi sirri nafs erur,
Boq o‘zing Mushafga, gar ko‘z bo‘lsa ul.

Anglatur Qur’on u kofirlarni ham,
Qilni qirq yorgan baloxo‘rlarni ham.

Har zamonda qo‘zg‘alib ul ahli dov,
Nogahon dunyoga urgaylar olov...

* * *

Narsa yo‘qkim, xoriji olam erur,
Har ne istarsen, o‘zingda jam erur.

* * *

Ko‘zni yumgil, ko‘zga aylansin ko‘ngil,
Ko‘z bo‘rmu Haqni ko‘rmas bo‘lsa ul?

* * *

Kelmadik hajru firoqu fasl uchun,
Vasl uchun keldik jahonga, vasl uchun.

* * *

Kimki badbaxtdir, kuyikdir xirmani,
Yonmasin der o‘zga insonlar shami...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:51:21
* * *

El uchun adlu adolat bo‘lsa, bas,
Andin o‘zga posboning shart emas...

* * *

Voqifi Haq ulki, iymon ichradir,
Har nafas bir bog‘u bo‘ston ichradir.

* * *

Xush demish andoq Rasuli dilnavoz:
Zarra aqling sadqasi savmu namoz...

Dil aqldin nurga to‘lgay damba-dam,
Ham yetar nurdan nasiba ko‘zga ham...

* * *

Men nechuk bir kimsaman Mahshar kuni,
Jumla olam ilmiga jon bil buni...

* * *

Gar usul bilsang - bilimlar naqshidir,
Andin o‘z aslingni bilgan yaxshidir...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:51:36
* * *

Aql yuz ochsa jahon ko‘zgusida,
Tiyra bo‘lgay kun uning o‘trusida...

* * *

Odamiy olat ila erkak emas,
Olim ersang, etma johil birla bahs...

* * *

Tevaga yantoq, tikanlardir yemish,
Ul sababdin ko‘zlari yashnoq emish

* * *

Bul qirilmish deb sadafga boqmv xor,
Bag‘rida balki munavvar inju bor. ,

* * *

Puflama sham’i Xudoni, ey falon,
So‘ngra otashlarda yongaysen yomon...

* * *

Lojaram dunyo muqaddam keldi, bas,
Toki bil deb qadri iqlimi Alast...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:51:50
* * *

Sengamas, ko‘z tashlagum ko‘nglingga men,
Tuhfa aylab, keltir ostonamga sen...

* * *

Partavi Haqdir ayol, ma’shuq emas,
Misli Xoliqdir ayol, maxluq emas.

* * *

Xalqni o‘ylab, xalqqa bergum deb madad,
Yov bilan maydonga tushgay sheri mard.

* * *

Sirri jon ulkim, xabar imkoni bor,
Kim xabardor ersa, ko‘proq joni bor.

* * *

Ta’siri jon baski ogohlik erur,
Kimda ul ko‘p ersa, ollohlik erur...

* * *

Tong - kichik mahshar emishdir, iqtibos,
Sen buyuk mahsharni andin et qiyos...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:52:01
* * *

Gar asoni ajdaho etmas kishi,
Ajdaho birlan nechuk bo‘lgay ishi?

* * *

Tushsa senga bir Xudoyorning ko‘zi,
Yor bo‘lur senga Xudoyimning o‘zi...

* * *

Bu jafolarkim, etar ahli jahon,
Ganji boylikdir, senga kelmish nihon

* * *

Garchi tanholikda tan uxloq erur,
Dil aro sakkiz bihisht yashnoq erur...

* * *

O’zgadir mahram tili ro‘zi azal,
Hamko‘ngillik hamzabonlikdin go‘zal...

* * *

Har ko‘ngil bog‘ida bir xas kam bo‘lur,
Bir emas, oqilda ming bir g‘am bo‘lur...

* * *

Noahillarga sabr zt, ey ko‘ngil,
Har nechuk ko‘ngilni poklaydir sabr...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:52:15
* * *

Osmonkim, goh alamlar bergusi,
Muntazir bo‘l, senga to‘n kiydirgusi...

* * *

Haqdin o‘zga barchasi dushman, U - do‘st,
Do‘stdin dushmanga dod aylarmu do‘st?

* * *

Odamiy - ko‘zdir, ko‘rish o‘lgunchadir,
Har necha ul ko‘rsa, qadri shunchadir...

* * *

Ilmu fan deb o‘lsa, muqbil oti bor,
Bu o‘limda yuz tiriklik toti bor...

Ittifoq ermish o‘lim ummat aro,
Obi hayvondir o‘shal zulmat aro...

* * *

Yuz sanoch oltinni to‘ksang, ey g‘ani,
Haq degaykim, topganing ko‘ngil qani?
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:52:37
* * *

Xotami mulki Sulaymondir - ilm,
Jumla olam suvratu jondir - ilm...

* * *

So‘z tilarsen, dilda turmog‘in tila,
Jon toparsen baski xomushlik ila...

* * *

Tangrining qahri buzish ermas, tuzish,
Tangridin jon saqlamog‘ing - jon uzish...

* * *

Sen shikasta dil bila etgil duo,
Ki siniq ko‘ngildadir fazli Xudo...

* * *

Lavhi mahfuz do‘stga - do‘st peshonasi,
Ikki olam sirrining koshonasi...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:52:48
* * *

Ishq shivirlaydir qulog‘imga nuqul:
Sayd bo‘lish sayyod bo‘lishdin yaxshidir...

* * *

Mo‘‘jiza ermas falakda oftob,
Mo‘‘jiza olamda ul Ummul kitob...

* * *

Tangri Qur’oniga bo‘lsa rag‘bating,
Avliyolar birla bo‘lgay suhbating...

* * *

Hurmat etgan er bo‘lur hurmatli er,
Kimki qand bergay, o‘shal lavzina  yer...

* * *

Boqma kofirga balanddin besabab,
Bir kuni bo‘lsa musulmon, ne ajab?

* * *

Zohiring garchi qorong‘udir, bashar,
Botining ichra gulistoning yashar...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:53:13
* * *

Sen borib, zulmatni yondir nur bila,
Jon quyoshing so‘igra so‘nmaydir sira...

* * *

Soya oftobga dalil bo‘lgaymu hech?
Nur degan nurdir, zalil bo‘lgaymu hech?

* * *

Zid bilan ziddan tug‘ilgaydir fano,
Zidki yo‘q ersa, qaror topgay baqo...

* * *

Baxti kulgan barcha insonlar bilur,
Kibr - Iblis, ishq - Odamdin kelur...

* * *

Podsho ruhi esa nahri zilol,
Bor ariqlarning suvi ham ayni hol...

* * *

Aql erur Haq soyasi, Haq - oftob,
Oftobga soya hech bergaymu tob?
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:53:29
* * *

Sen qanoat ayla, bu hikmat senga,
Zoti iymondir buyuk ne’mat senga...

* * *

Ishq magar avval emishdir, oxir ul,
Bitta ko‘rgil ishqni, ikki ko‘rmagil...

* * *

Ishqdin o‘zga husni jonon qayda bor?
Jondin o‘zga tanga darmon qayda bor?..

* * *

Ishq sharhin so‘ylasam, etsam davom,
Yuz qiyomat o‘tsa ham bo‘lmas tamom...

* * *

Yuz qiyomat ham o‘tar, turmas abad,
Tangri vasfiga vale bo‘lgaymu had?
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:53:40
* * *

Haq mayidin kimki bir qultum ichar,
Bir emas, ul ikki olamdin kechar.

Ul musaffo may sururi o‘zgacha,
Mastligi eltar seni mahshargacha...

* * *

Qo‘y bu donolikni, hayronlik go‘zal,
Ul biri - shubha, gumondir, bul - nazar...

* * *

Odamiy - bir kemadir, bor yelkani,
Yel surib, manzilga haydaydir ani...

* * *

Olami avval - jahoni imtihon,
Olami soniy - jazodir beomon...

* * *

Sen o‘zingdin-ku qocholmassen, aniq,
Bas, netib Haqdin qocharsen, ey rafiq?
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:53:58
* * *

Baski dor uzra yurolmassen dadil,
Yerda yurmog‘ingga sen shukr aylagil...

* * *

Garchi sust yurguvchi, gar chopguvchidir,
Izlagan kimsa magar togxguvchidir...

* * *

Sen talabni ustuvor et doimo,
Ki talabdir yo‘llaguvchi rahnamo...

* * *

Darding ortganda, Xudo, deb bo‘zlagil,
Har ne istarsen, Xudodin izlagil...

* * *

Qayda bir ko‘zdin yiroq vayrona bor,
Unda bir ganji nihon, afsona bor...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:54:35
* * *

Haq yaratdi kimiyolar naqshini,
Ko‘rmadi odam sabrdin yaxshini...

* * *

Sersoqol gar uyda ko‘rmas narsani,
Ko‘sa ko‘rgaydir yiroqlardin ani...

* * *

Zoti inson Arshdanam yuksak erur,
Bo‘yla yuksakdirki, sig‘mas so‘zga ul.

* * *

Qiymatin gar so‘ylasam, etsam bayon,
Men kuyarmen, balki yongaydir jahon...

* * *

Ishq tili rubob tilidek sir emish,
Turku yunonu arabga bir emish...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:54:53
* * *

Men jamod erdim, keyin bo‘ldim nabot ,
So‘ngra hayvon jismida surdim hayot.

O’ldimu qad rostladim odam bo‘lib,
Men qachon o‘lganda qoldim kam bo‘lib?

Bas, o‘lay bir hamla birlan men, bashar,
So‘ng maloyiklar-la yozgum bolu par.

Men malak ersam, yana qurbon bo‘lay,
Doxili ul dargahi Rahmon bo‘lay...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: Munavvara 22 Mart 2009, 12:55:10
* * *

Haq madad aylab, inoyat etdi chun,
Topdi shu oltinchi daftar ham yakun.

Cho‘zma ortiq, yuzga men chekdim niqob,
Gap tamom, vallohu a’lam bissavob...

Bu kitob poyonga yetdi oqibat,
Naqd bo‘lib, unvonga yetdi oqibat.

Osmonga nardbondir bu kalom,
Tirmashib chiqqan ko‘rar tom uzra tom.

Ul oyoq qo‘ymas faqat ko‘k jomiga,
Ul chiqar undan balandroq tomiga.

Ko‘kka yetgaydir o‘shal yoqdin navo,
Charx mudom aylansa, bois ul havo...
Nom: Re: HIKMATLAR. Jaloliddin Rumiy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Mart 2009, 06:40:03
Jaloliddin Rumiy. Hikmatlar

(http://www.ziyouz.com/images/books/rumiy_hikmat.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=357)

Muallif: Jaloliddin Rumiy
Hajmi: 674 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=357)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3454.0)