forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Intellekt => Mavzu boshlandi: Zamiraxon 18 Mart 2009, 12:03:17

Nom: Dinozavrlar haqida qiziq ma'lumotlar
Yuborildi: Zamiraxon 18 Mart 2009, 12:03:17
Ko'pchilikni qadim-qadim zamonlarda yashagan ulkan yirtqichlar haqidagi ma'lumotlar qiziqtiradi. Quyida Yura davrida yashagan dinozavrlar haqida ma'lumot bermoqchiman.

            Diplodok

Kech Yura davrida yashagan.
Uzunligi: 27metr.
Vazni: 10tonna.
"Diplodok"ning ma'nosi: "Qo'shaloq to'sin".
Umumiy ma'lumotlar: o'txo'r, boshi kichik, egiluvchan uzun dum, baquvvat va yo'g'on oyoqlar, ilonsimon uzun bo'yin va nisbatan yengil suyaklarga ega bo'lgan.
 Mayda o'txo'r dinozavrlar diplodokka o'xshash gigantlar oyog'i ostida toptalib ketishi hech gap emas edi. Eng yiriklarining uzunligi hozirgi tennis kortidan uzun bo'lgan. ANa shunday bahaybat o'txo'r diplodok yuvosh jonzot bo'lgan. Dushmanlari ko'p bo'lgani uchun hamisha sergak yurishga majbur edi. Diplodok uzun bo'yni yordamida dushmanini uzoq masofadan ko'ra olgan va qochib qutulishga harakat qilgan.
 

[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: Dinozavrlar haqida qiziq ma'lumotlar
Yuborildi: Zamiraxon 18 Mart 2009, 12:04:10
        Dilofozavr

Ilk Yura davrida yashagan.
Uzunligi
: 6metr.
Vazni: 400kg dan ortiq.
Nomining ma'nosi: "Ikki taroqli kaltakesak".
Umumiy ma'lumotlar: ikki oyoqda harakatlangan. Go'shtxo'r, orqa va old oyoqlarida o'tkir, mustahkam tirnoqlari, boshida ikkita suyakli taroq, uchiga tomon ingichkalashib ketgan qattiq dum va o'tkir tishlarga ega bo'lgan.
 Dilofozavrlar uncha yirik bo'lmasada, ammo o'ta tajovuzkor va badjahl edi. To'da bo'lib yashashgan va boshidagi eng katta taroqqa ega bo'lgan erkagi ularga yetakchilik qilgan. Olimlarning fikricha, dilofozavrlar dushmaniga zahar purkash qobiliyatiga ham ega bo'lgan ekan. Hozir zahar tuflaydiganlardan faqat ilonni bilamiz. Dilofozavrlar nafaqat ov qilgan, balki o'laksalar bilan ham oziqlangan.


[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: Dinozavrlar haqida qiziq ma'lumotlar
Yuborildi: Zamiraxon 18 Mart 2009, 12:09:19
        Melagozavr

Kech Yura davrida yashagan.
Uzunligi
: 9 metr.
Vazni: 1 tonna.
Nomining ma'nosi: "Buyuk kaltakesak".
Boshqa ma'lumotlar: asosan ikki oyoqda haraklangan. Go'shtxo'r, tishlari o'tkir, old oyoqlari kalta va tirnoqli.
 O'ljasini quvayotgan melagozavr tezligini soatiga 8km.gacha oshira olgan. Uzun va yerga yondosh dumi yordamida muvozanatini yaxshi saqlagan. Boshi ancha katta bo'lgan. O'ljasiga tashlanganida o'tkir tishlari uning tanasidan katta-katta go'sht bo'lagini imkonini berardi. Bir-ikki bor shunday tishlasa, uncha-muncha ulkan yirtqichlar ham gursillab yiqilardi.
Nom: Re: Dinozavrlar haqida qiziq ma'lumotlar
Yuborildi: Zamiraxon 18 Mart 2009, 12:11:38
       Seratozavr

Kech Yura davrida yashagan.
Uzunligi: 6metr.
Vazni: 1tonna.
Nomining ma'nosi: "Shohdor kaltakesak".
Boshqa ma'lumotlar: go'shtxo'r, ikki oyoqda harakatlangan. Burni yonida shoxi, o'tkir panjalar va pishiq tirnoqlarga ega bo'lib, dumi yo'g'on edi.
 Seratozavrlar ertaklarda keltirilgan ajdaholarni eslatadi. O'tkir tishlar va favqulodda kuchli jag'i uning o'ta qonxo'r yirtqich bo'lganidan dalolat. Nafaqat ov qilgan, balki o'laksalar bilan ham oziqlangan. Burnidagi shoxi kichik bo'lib, undan qurol sifatida foydalana olmagan. Bu shox ko'proq seratozavrning bezagiga o'xshab ketadi. Jag' suyaklarining tuzilishi uning favqulodda katta ochilish imkoniga ega bo'lganini bildiradi. Yelkasidan dumining uchigacha qirrador mayda suyak plastinkalar bilan qoplangan. Buyam seratozavrning o'ziga xos "taqinchog'i".


[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: Dinozavrlar haqida qiziq ma'lumotlar
Yuborildi: Zamiraxon 18 Mart 2009, 12:13:45
Braxiozavr.

Kech Yura davrida yashagan (bundan 150million yil muqaddam).
Uzunligi: 23metrgacha yetgan.
Vazni: 50tonna.
Nomining ma'nosi: "Qo'lli kaltakesak".
Umumiy ma'lumotlar: o'txo'r, uzun bo'yin, old oyoqlari orqasidagilardan uzunroq, juda yebto'ymas bo'lgan. Braxiozavrlar to'da-to'da bo'lib yashagan, boshida yirik tarog'i bo'lib, katta-katta qadam tashlar edi.
 Braxiozavr qachonlardir yer yuzida yashagan ulkan va vazni og'ir o'txo'r dinozavrlar sirasiga kiradi. Juda yuvoshtabiat bo'lgan. Boshqa yirtqich dinozavrlar hujum qilganda esa o'zini yaxshigina himoya qila olgan. Olimlarning fikricha, braxiozavrlar oila-oila bo'lib yashagan. Bitta oilada 20ta va undan ko'p dinozavrlar bo'lgan.
 Mutaxassislarning keltirishicha, braxiozavrlar 70yilgacha umr ko'rgan. Bolalarining ulg'ayishi uchun kamida 10-15 yil vaqt ketardi. Bundan tashqari ular ancha farosatli bo'lgan ekan.


[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: Dinozavrlar haqida qiziq ma'lumotlar
Yuborildi: Zamiraxon 18 Mart 2009, 12:21:02
           Apatozavr

Kech Yura davrida yashagan.
Uzunligi
: 21metr.
Vazni: 20tonna.
Nomining ma'nosi: "Yanglishtiruvchi kaltakesak".
Umumiy ma'lumotlar: to'rt oyoqda haraklangan o'txo'r. Uchiga tomon ingichkalashib ketgan dumga, yo'g'on oyoqlarga ega bo'lgan. Ilgarilari uni "brontozavr" deb ham atashardi.
 Oyoqlari shu qadar kattaki, bosgan iziga ikkita yosh bola bemalol joylasha oladi. Olimlarning fikricha, apatozavrlarning miyasi juda mitti bo'lgan (tanasining yuz mingdan bir qismi). Bu ochofat jonivorlar haftasiga tonna-tonnalab o't yegan. Gavdasining lkanligi sababli, daryolarni ham bemalol kechib o'ta olgan. Ular bir o'tloqdan boshqasiga ot'ib yurgan.
 Suvda suzishda esa dushmaniga hamla qilishda asqotadigan dumidan foydalangan. Dumi bilan urgan yirtqichlarning uncha-munchasi joyidan qaytib turmasdi.


[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: Dinozavrlar haqida qiziq ma'lumotlar
Yuborildi: Zamiraxon 18 Mart 2009, 12:23:45
              Allozavr

Kech Yura davrida yashagan.
Uzunligi
: 11 metr.
Vazni: 1,5tonna va undan oshiq.
Nomining ma'nosi: "G'alati kaltakesak".
Boshqa ma'lumotlar: ikki oyoqda harakatlangan. Bo'yni yo'g'on, kichik va baquvvat old oyoqlar, to'rttala oyog'i ham tirnoqdor va ancha baquvvat dumga ega yirtqich edi.
 Allozavrlar orasida ancha yirkalari ham uchrardi. Olimlar uning o'ta qonxo'r yirtqich bo'lganini ta'kidlashadi. Tishlari og'zining ichki tomoniga qayrilgan bo'lib, o'ljasining tanasidan katta go'sht bo'lakalarini uzib olish imkonini bergan. Bu yirtqichning og'zi juda katta bo'lgani uchun o'ljasini chaynamay katta-katta bo'laklab olib yutgan. Allozavr hozirgi odamni bir yamlab yutib yuborgan bo'lardi.      

[вложение удалено Администратором]