forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:25:03

Nom: Abduhafiz Abdujabborov. Inson ko'rki — odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:25:03
INSON KO’RKI — ODOB
(Odob-axloq haqidagi Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflar)

To‘plovchi va tarjimon: Abduhafiz Abdujabborov

«Toshkent islom universiteti»
Nashriyot-matbaa birlashmasi
Toshkent – 2004

MUNDARIJA

Xushxulqlik va xushfe’llik haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165159#msg165159)
Mo‘min-musulmonlarning bir-birlariga munosabatlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165163#msg165163)
Odamlarni murosaga keltirish haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165172#msg165171)
Qarindoshchilik va qo‘shnichilik haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165172#msg165172)
Mehr-muruvvat haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165175#msg165175)
Sadaqa haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165398#msg165398)
Saxiylik va ziqnalik haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165402#msg165402)
Isrofgarchilik haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165404#msg165404)
Halol va harom haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165405#msg165405)
Vafo va xiyonat haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165407#msg165407)
Hayo haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165409#msg165409)
Ozodalik, orastalik haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165410#msg165410)
Izn so‘rash haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165412#msg165412)
Mehmondo‘stlik haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165418#msg165418)
Salom berish, ko‘rishish haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165421#msg165421)
Yurish, o‘tirish va yotish odobi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165440#msg165440)
Kamtarlik, kibru havo haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165643#msg165643)
G‘azab haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165645#msg165645)
G‘iybat, bo‘hton haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165646#msg165646)
Shubha, gumon haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165648#msg165648)
Yolg‘on haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165649#msg165649)
Boshqa turli mavzular (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165655#msg165655)


I. Xushxulqlik va xushfe’llik haqida

1. «Ezgulik va taqvo yo‘lida hamkor bo‘ling. Gunoh va adovat yo‘lida hamkor bo‘lmang.» («Moida»,2)

2. Rasululloh (s.a.v.) aytganlar:
— Mo‘minlarning imonda barkamollari xulqi yaxshilaridir.

3. Rasululloh (s.a.v.) aytganlar:
— Mo‘min xushxulqlik bilan ro‘zador va qoim (tunini toat — ibodatda o‘tkazuvchi) darajasiga yetadi.
Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:27:34
4. Rasululloh (s.a.v.)dan so‘radilar:
— Odamlarga berilgan ne’matlarning eng yaxshisi nima, Rasululloh?
— Xushfe’llik, — dedilar.

5. Abdulloh ibn al-Muborak xushxulqlikni ta’riflab bunday degan:
— Ochiq chehralik bo‘lish, mudom yaxshilik qilish, hech kimga ozor bermaslik.

6. Rasululloh (s.a.v.) aytganlar:
— Qiyomat kunida mo‘minning tarozusiga quyiladigan eng salmoqli narsa yaxshi xulqdir.
Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:28:06

7. An-Navvos dedi:
— Rasululloh(s.a.v.)dan so‘radim: «Yaxshilik nima-yu, yomonlik nima?» Dedilar:
— Yaxshilik xushfe’llikdir. Biror ish qilsang-u, ko‘ngling g‘ash bo‘lib, odamlar bilib qolishidan hadiksirasang, o‘sha ishing yomonlik bo‘ladi.

8. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Orangizda kimlar yomonligini aytaymi? -Vaysaqi, safsatabozlar. Yaxshilar kimligini aytaymi? - Xushfe’l, odoblilar.

9. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Din ixlosdir. So‘radik:
— Kimga? Dedilar:
— Allohga, Uning Kitobiga, Elchisi (Rasuli)ga, musulmon rahbarlarga va musulmon qavmlarga.

Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:28:28
10. Rasululloh (s.a.v.) aytganlar:
— Teshik-tuynugi yo‘q qoyatoshning ichida bo‘lsa ham biror ish qilsangiz, baribir ma’lum bo‘ladi.

11. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Alloh taolo (farishtalarga) bunday degan (Uning gapi esa doimo haq): «Bandam biror yaxshilikni niyat qilishi bilan yaxshilik qilgan savobini yozib qo‘ying. Niyatini amalga oshirsa, o‘nta savob yozing. Mabodo yomonlikni niyat qilsa, hech narsa yozmay turing. Yomon niyatini amalga oshirsa, o‘sha ishiga teng gunoh yozing, amalga oshirmasa bitta savob yozib qo‘ying».
Keyin Rasululloh mana bu oyatni o‘qidilar: «Yaxshilik qilganga savob o‘n barobar ko‘paytirib yozilur» («An’om», 160).

12. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Xudojo‘yligingizni hech qo‘ymang! Biror yomonlik qilib qo‘ysangiz, albatta uni yuvadigan yaxshilik ham qiling! Odamlar bilan muomalada xushfe’l bo‘ling!
Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:28:49
II. Mo‘min-musulmonlarning bir-birlariga munosabatlari haqida

13 «Mo‘minlar bir-birlariga birodardirlar» («Hujurot», 10)

14. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Musulmon musulmonga birodar. Odam birodarini aldamaydi, unga xiyonat qilmaydi, uni xo‘rlamaydi. Musulmonning eng qabih ishi —musulmon birodarini haqoratlashidir.

15. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Musulmon musulmonning birodaridir. Birodariga zulm qilmaydi, xiyonat qilmaydi. Birodarining hojatini chiqarganning hojatini Alloh chiqaradi. Musulmonning og‘irini yengil qilgan kishining Qiyomat kunidagi og‘irini Alloh yengil qiladi. Musulmonni panohiga olganni Qiyomat kunida Alloh panohiga oladi.
Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:29:15
16. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Bir-biringizdan nafratlanmang, hasad qilmang, adovatda bo‘lmang, Allohning bir-biriga birodar bandalari bo‘ling.

17. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— o‘ziga ravo ko‘rganini birodariga ham ravo ko‘rmaguncha hech kim mo‘min bo‘lmaydi.

18. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— O’zingga ravo ko‘rganingni o‘zgalarga ham ravo ko‘rsatsangina musulmon bo‘lasan.
Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:29:36

19. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Odamlarga na tili va na qo‘li bilan ozor bermaydigan kishilargina musulmon bo‘ladilar.

20. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: Musulmonning birodari oldida olti burchi bor.
- Ular qaysilar, Rasululloh?
- Uchrashganda salom berish, chaqirganida borish, so‘raganida maslahat berish, aksa urib «alhamdulillah» desa, «yarhamukalloh» deb tashmit aytish, betob bo‘lsa, ziyorat qilish, vafot etsa, janozasida qatnashish.

21. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Musulmonning musulmon bilan uch kecha-kunduzdan ortiq arazlashib yurishi mumkin emas. Araz uch kundan ortiq cho‘zilsa, ikkovi ham adashgan bo‘ladi. Arazni birinchi bo‘lib bas qilish gunohni yuvadi. Salom bersa-yu, birodari alik olmasa, maloikalar alik olishadi, alik olmaganga esa shayton salom beradi. Arazlashgan holda dunyodan o‘tib ketsalar, jannatda qech qachon uchrashmaydilar (ya’ni ulardan biri jannatga tushmaydi).

Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:29:58
22. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Birodarining uzrini qabul qilmaganning gunoqi nohaq soliq to‘lashni talab qilganning gunohidek bo‘ladi.

23. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kechirimli bo‘l, senga xam kechirimli bo‘lishadi.

24. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Qo‘lingizdan kelgancha birodarlaringizga xizmat qiling.
Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:30:22
25. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kerak bo‘lganida birodaringizdan maslahatingizni ayamang.

26. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Noto‘g‘ri fatvoga ko‘ra qilingan ishning gunohi fatvo beruvchiga bo‘ladi. Bila turib birodariga noto‘g‘ri maslahat berish xiyonat qilish bilan tengdir.

27. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Birodaring zulm ko‘rayotgan bo‘lsa ham, zulm qilayotgan bo‘lsa ham, yordam ber.
Bir kishi so‘radi:
— Zulm ko‘rayotganga-ku yordam beraman. Zulm qilayotganga qanday yordam beraman, Rasululloh?
Dedilar:
— Zulm qilishdan to‘xtatasan. mana shu yordaming bo‘ladi.
Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:30:46

28. Rasululloh (s.a.v.) delilar:
— Bir-biringizga hadyalar berib turing, hadya dildagi kekni ketkizadi.

29. Abu Abdurahmon al-Hubliy degan:
— Birodaringizga dono maslahatdan ortiq hadya berolmaysiz.

30. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Taklifni yerda qoldirmang, hadyani rad etmang.
Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:31:08
31. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— «Bizga yaxshilik qilishsa, biz ham yaxshilik qilamiz, bizga zulm qilishsa, biz ham zulm qilamiz», - deydigan pastkash bo‘lmang. Qalbingizni sizga yaxshilik qilganga albatta yaxshilik qilishga, yomonlik qilganga esa yomonlik qilmaslikka o‘rgating.

32. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Biror kishi birodariga «Kofirsan» desa, ikkovidan biri kofir bo‘ladi: gapi to‘g‘ri bo‘lsa — birodari, noto‘g‘ri bo‘lsa — o‘zi.

33. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Mo‘minni la’natlash gunohi uni o‘ldirish gunohi bilan barobar.
Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:31:31
34. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ikki musulmon qilich solishsa, o‘ldirgan ham, o‘lgan ham do‘zaxga tushadi.
Odamlar so‘rashdi:
- Bu-ku odam o‘ldirgani uchun, o‘lgani nechun, Rasululloh?
Dedilar:
— U ham birodarini o‘ldirmoqchi edi-da!

35. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Musulmon bilan urushish - kofirlik, uni so‘kish esa — fosiqlik.

36. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Ota-onani so‘kish gunohi kabiralardandir. So‘radilar:
— Odam ham ota-onasini so‘kadimi?
— Ha, — dedilar. - Birovning otasini so‘ksa, o‘z otasini so‘kkan bo‘ladi, onasini so‘ksa, o‘z ona-sini so‘kkan bo‘ladi.

Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:31:58
III. Odamlarni murosaga keltirish haqida

37. Mo‘minlar bir-birlariga birodardirlar. Birodarlaringiz bilan murosa qilinglar. («Hujurot», 10)

38. Mo‘minlarning ikki toifasi urushib qolsa, ularni murosaga keltiringlar.
(«Hujurot», 9)

39. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Zinhor odamlar orasiga nifoq solmang. Nifoq qiron keltiradi.
40. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ro‘za, namoz, sadaqadan afzal ishni aytaymi?
- Ayting, Rasululloh.
- Urushib qolganlarni yarashtirish. Nifoq solish esa qiron keltiradi.


Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:33:15
IV. Qarindoshchilik va qo‘shnichilik haqida

41. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Savobi eng tez tegadigan yaxshilik—olijanoblik (saxovat) bilan qarindoshchilikni mustahkamlash. Jazosi eng tez tegadigan yomonlik — noinsoflik bilan qarindoshchilikni uzish.

42. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Qarindoshchilikni uzgan bilan qarindoshchilikni tiklashing, so‘raganingda bermagan kishi sendan so‘raganda berishing, so‘kkanni kechirishing — eng yaxshi fazilatlar bo‘ladi.

43. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Qo‘shningga yaxshi munosabatda bo‘l — musulmon bo‘lasan.
Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:33:38
44. Rasululloh (s.a.v.):
- Xudo haqqi, imoni yo‘q, imoni yo‘q,  - dedilar.
- Kimning imoni yo‘q, Rasululloh?
Dedilar:
- Kasofatidan qo‘shnisi omon bo‘lmaganning imoni yo‘q.

45. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Parvardigorim haqqi, yomonliklari bilan qo‘shnisiga ozor beradigan kishi jannatga kirmaydi.

46. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Allohga, Qiyomat kuniga imon keltirgan kishi qo‘shnisiga ozor yetkazmaydi.

Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:34:00
47. Bir kishi Rasululloh. (s.a.v.)dan so‘radi:
- Qilgan ishim yaxshilik yo yomonlik bo‘lganini qaydan bilsam bo‘ladi, Rasululloh?
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar:
- Qo‘shnilaring «yaxshi qilding», deyishsa, yaxshilik qilgan bo‘lasan, «yomon qilding», deyishsa, yomonlik qilgan bo‘lasan.

48. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Abu Zar, sho‘rva pishirsang, suvini ko‘proq sol, qo‘shnilaringga ham chiqarasan.

49. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Yerini sotmoqchi bo‘lgan odam avval qo‘shnisini xabardor qilsin.


Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:34:29
V. Mehr-muruvvat haqida

50.Bir-biringizga fazlu muruvvat qilishni unutmang. Alloh nima qilayotganingizni ko‘rib - bilib turadi. («Baqara», 237)

51.Buning (ne’matlarimning) evaziga men faqat yaqinlaringizga mehr-muhabbatli bo‘lishingizni talab qilaman. («Sho‘ro», 23)

52. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Alloh rahmdil bandalarigagina rahm qiladi.

Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:34:53
53. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Mexr ko‘rgazmagan mehr ko‘rmaydi.

54. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Qiyin ahvolga tushib qolganning mushkulini oson qilgan kishining mushkulini Alloh bu dunyoda ham, u dunyoda ham oson qiladi.

55. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Rahmdillarga Rahmon rahm qiladi. Siz yerdagilarga mehribon bo‘lsangiz, sizga Osmondagi mehribon bo‘ladi.

Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:35:16
56. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Duosi ijobat bo‘lib, g‘am-g‘ussadan forig‘ bo‘lishni istagan kishi qiyin ahvolda bo‘lgan kimsaning mushkulini oson qilsin.

57. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Bu dunyoda odamlarga azob berganni u dunyoda Alloh azoblaydi.

58. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kichigimizni izzat, kattamizni hurmat qilmagan bizning ummatdan emas
Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:35:50

59. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Yoshligida keksalarni hurmat qilgan kishiga uning o‘zi ulg‘ayganida izzat-hurmat ko‘rsatadiganlarni Alloh belgilab qo‘yadi.

60. Bir kishi Rasululloh(s.a.v.)ga o‘zining tosh-bag‘irligidan shikoyat qildi. Rasululloh(s.a.v.):
— Yetimning boshini silagin, miskin-bechoralarning qornini to‘yg‘azgin, qalbing yumshaydi, — deb maslahat berdilar.

61. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Beva va bechoralarning g‘amini yeydigan kishi Alloh yo‘lida jihod qilgan bilan barobar bo‘ladi.

Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:36:14

62. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Betob birodarini ko‘rgani kelgan kishi jannat yo‘lidan kelgandek bo‘ladi. Bemor yonida o‘tirganida, unga Allohning marhamati yog‘iladi. Ertalab kelgan bo‘lsa kechgacha, kechqurun kelgan bo‘lsa ertalabgacha yetmish ming farishta unga salavot aytadi.

63. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Bemor kishi huzuriga kirganingizda «umring uzoq bo‘ladi», deb ko‘nglini ko‘taring. Bu bilan hech narsa o‘zgarmaydi, ammo bemorning ruhi yengillashadi.

64. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Bemorni ziyorat qilganingizda uning peshonasiga yoki qo‘liga qo‘lingizni qo‘yib, «tuzukmisan?» deb so‘rang.
Nom: Re: inson ko'rki odob
Yuborildi: siddiqa 19 Mart 2009, 05:36:37
65. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Bir buzuq (fohisha) ayol bir itning quduq yonida tashnalikdan o‘lay deb yotganini ko‘ribdi. Belbog‘iga kavshini bog‘lab, quduqdan suv olib, itga ichirgan ekan, gunohlari kechirilibdi.

66. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Bir ayol mushuk tufayli azobga hukm qilingan. U mushukni qamab qo‘ygan, mushuk ochdan o‘lgan ekan. Shu ishi uchun ayol do‘zaxga tashlangan.

67. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- O’lganlarni so‘kmang. Ular qilgan ishlariga javob beryaptilar.

68. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- O’lganlarning yaxshiliklaridan gapiring, yomonliklaridan gapirmang.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:00:21
VI. Sadaqa haqida

69. Sizlarga bergan rizqimizdan ajalingiz yetishidan avval xayr-ehson qilib turing, toki «Rabbim (ajalimni) keyinroqqa sursa edi, sadaqalar berib solih (odam)lar qatoriga o‘tib qolardim», — deb qolmang. («Munofiqun», 10)

70. Oltin, kumushlarini g‘aznalariga yashirib, Alloh yo‘lida sarflamaydiganlarga alamli azob borligshi xabar qiling. («Tavba»,34)

71. Yaqining — qarindoshing haqqini ado et, miskin (bechora), yo‘lovchi (musofir)ning ham. Mana shu Alloh jamoliga intilganlar uchun yaxshidir. Ana o‘shalar najot topguvchilardir.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:00:44
72. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Olov o‘tinni ado qilganidek, hasad xayrli ishlar savobini ado qiladi. Olovni suv o‘chirganidek, xato — gunohni sadaqa o‘chiradi.
   
73. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Sadaqa bergan bilan bandaning moli kamayib qolmaydi.

74. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Birodaringga kulib boqishing — sadaqa, yaxshilikka undab, yomonlikdan qaytarishing -sadaqa. Adashgan kimsaga yo‘l ko‘rsatishing - sadaqa. Senga yomon ko‘z bilan qaragan kishiga yaxshi ko‘z bilan qarashing — sadaqa. Yo‘ldan tosh, tikan, suyaklarni olib tashlashing — sadaqa. Chelagingdagi suvingdan birodaringga quyib berishing - sadaqa.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:01:09
75. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Inson har a’zosi uchun har yorug‘ kunda sadaqa qilishi kerak. Ikki kishini murosaga keltirsa — sadaqa, biron kishining ulovga minib olishiga, yoki yukini ortib olishiga yordam bersa — sadaqa, yaxshi so‘z — sadaqa, namoz o‘qish uchun qo‘yilgan har bir qadam - sadaqa, o‘tishga xala-qit berayotgan narsani yo‘ldan olib tashlash — sadaqa.

76. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ekilgan o‘simlik mevasidan biror kimsa yo hayvon yesa, o‘sha o‘simlikni ekkan musulmonga sadaqa savobi yoziladi.

77. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Xar bir musulmon sadaqa berishi kerak.
— Sadaqa qilishga hech narsasi bo‘lmasa-chi?
— Ishlab o‘ziga va sadaqa qilishga narsa topsin.
— Ish topa olmasa-chi?
— Boshiga musibat tushib, yordamga muhtoj bo‘lib qolgan kishiga madad bersin.
— Unday qila olmasa-chi?
— Yaxshilikka undasin.
— Unday ham qila olmasa-chi?
— Yomonlikdan o‘zini tiysin, shu ham sadaqa bo‘ladi.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:01:32
78. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Har qanday yaxshi ish - sadaqa. Birodaringni ochiq chehra bilan kutib olishing ham - yaxshi ish, birodaringning idishiga chelagingdan suv quyib berishing ham — yaxshi ish.
   
79. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Bir miskinga berilgan sadaqa — bitta savob, qarindoshga bersangiz ikkita savob — ham qarindoshchilik, ham sadaqa savobini olasiz.

80. Rasululloh (s.a.v.)dan so‘radilar:
— Rasululloh, ayting, eng afzal sadaqa qanday bo‘ladi?
— Aytaman, — dedilar Rasululloh (s.a.v.) — o‘zing sog‘-salomat bo‘lib, boyligingni ko‘zing qiymaydigan paytda berganing, dunyodan hali umiding ko‘p bo‘lib, faqirlikdan qo‘rqadigan vaqtingda berganing afzal. Bu ishni keyinga surib, ajaling yetib joning bo‘g‘zingga yetganida «Falonchiga uni bering, pismadonchiga buni bering» deganingning foydasi yo‘q, chunki endi xoxlasang ham, xoxlamasang ham, bor topganing o‘shalarniki bo‘ladi.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:01:55
VII. Saxiylik va ziqnalik haqida

81. Ey, imon keltirganlar! Bergan sadaqalaringizni minnat qilish va ozor berish bilan yo‘qqa chiqarmang. («Baqara», 264)

82. Alloh o‘zining fazlu karami ila bergan narsalariga ziqnalik qilganlar buni o‘zlariga yaxshilik deb bilmasinlar, aksincha, bu ular uchun yomondir, ziqnalik qilib olib qolgan narsalari qiyomatda bo‘yinlariga bo‘yinturuq qilib qo‘yiladi («Oli Imron», 180)

83. Rasululloh (s.a.v.) o‘z xutbalarida dedilar:
— Hech ziqnalik qilmang — sizlardan avvalgilarni halok qilgan ziqnalikdir.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:02:23

84. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Saxiy kishi — Allohga yaqin, jannatga yaqin, odamlarga yaqin, do‘zaxdan uzoq. Xasis kishi — Allohdan uzoq, jannatdan uzoq, odamlardan uzoq, do‘zaxga yaqin. Alloh taologa xasis olimdan saxiy omi suyukliroq.

85. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kishining qalbida ham imon, ham ziqnalik bo‘lmaydi.


Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:02:46
VIII. Isrofgarchilik haqida

86. Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar. U (Alloh) isrof qilguvchilarni sevmaydi. («A’rof», 31)

87. Yaqining (qarindoshing) haqqini ado et, miskin (bechora) va yo‘lovchi (musofir)ning ham, ammo isrofgarchilik qilma. Isrofgarlar shaytonlarga birodar bo‘ladilar. Shayton esa Rabbiga ko‘rnamak bo‘lgan. («Isro», 26 — 27)

88. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Yeng, iching, sadaqa qiling, kiyim-kechaklar kiying, ammo isrofgarchilik va manmanlikka yo‘l qo‘ymang.

89. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Ko‘ngling tusaganini yeya berishing isrofgarchilikdan bo‘ladi.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:03:08
IX. Halol va harom haqida

90. O’limtik go‘shti, qon, cho‘chqa go‘shti, Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan, bo‘g‘ilib o‘lgan, urib o‘ldirilgan, yiqilib o‘lgan, suzishdan o‘lgan, (biror joyini) yirqtich hayvon yegan hayvonlar go‘shti sizlarga harom. (Shar’iy yo‘l bilan so‘yib) poklab olishga ulgurganingiz bundan mustasno. Shuningdek, but - sanamlarga atab so‘yilganlar ham — harom. («Moida», 3)

91. Endi sizlarga (hamma) pokiza narsalar halol bo‘ldi. Ahli kitoblarning (yahudiy va nasroniylarning) taomlari sizlarga, sizlarning taomingiz ularga halol («Moida», 5)

92. Ey, imon keltirganlar, Alloh sizlarga halol qilgan narsalarni haromga chiqarmang. Haddan oshmang, Alloh haddan oshganlarni sevmaydi. («Moida», 87)

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:03:30
93. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Musulmon-musulmonga birodar. Birodari bilan oldi-sotdi qilganida molining nuqsonini aytib qo‘ymaslik halollikdan emas.

94. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Halol rostgo‘y savdogar (oxiratda) nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo‘ladi.

95. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Sen so‘ramasang ham biron narsa berilsa, olginda, o‘zingga ishlat va sadaqa qilib yubor.

96. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kuchuk yalagan idish yetti marta yuviladi. Birinchi yo ikkinchi martasida tuproq bilan. Mushuk yalagan bo‘lsa, bir marta yuvilsa yetadi.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:04:36
X. Vafo va xiyonat haqida

97. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Ishonchli bo‘lmaganda imon yo‘q, axdiga vafo qilmaganda diyonat yo‘q.

98. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Senga ishonganning ishonchini oqla, senga xiyonat qilsalar xam sen xiyonat qilma.

99. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Birodariga to‘g‘ri yo‘lni bila turib, boshqa yo‘lni ko‘rsatish - xiyonat.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:04:56
100. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
- Kishi va’dasini bajarishga urinsa-yu, imkon topa olmasa, gunohkor bo‘lmaydi.

101. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Qavmga bosh bo‘lgan kishi Allohdan so‘raganida yolg‘iz o‘zi uchun so‘ramasin. Agar shunday qilsa, qavmiga xiyonat qilgan bo‘ladi.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:05:19
XI. Hayo haqida

102. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
- Har dinning o‘ziga xos xususiyati bor. Musulmonchilikning xususiyati - sharm-hayo.

103. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Hayo faqat yaxshilik keltiradi.

104. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Hayo va kamgaplik imondandir. Og‘zi shaloqlik va sergaplik esa — munofiqlikdan.

105. Bir ansoriy birodariga hayoli bo‘lish lozimligini uqtirayotganida Rasululloh(s.a.v.) o‘tib qoldilar va:
- Qo‘y, ovora bo‘lma, hayo imondan bo‘ladi, - dedilar.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:05:44
XII. Ozodalik, orastalik haqida

106. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Uyg‘onganingizda uch marta yuvmasdan qo‘lingizni suvli idishga tiqmang — uyquda qo‘lingiz qaerlarga tekkanini bilmaysiz.

107. Rasululloh (s.a.v.) xoh kechasi, xoh kunduzi uyqudan turganlarida, tahoratdan oldin tishlarini albatta misvok bilan tozalar edilar.

108. Molik ibn Nadla hikoya qiladi:
— Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) xuzurida o‘tirgan edim. U kishi mening juldur kiyimdaligimni ko‘rib: «Mol-davlating bormi?», — dedilar. «Ha, hamma narsam bor», — dedim. «Alloh senga mol-davlat bergan bo‘lsa, ust-boshingdan bilinib tursin», — dedilar.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:06:06
109. Erkakka o‘xshamoqchi bo‘lgan ayolni va ayolga o‘xshamoqchi bo‘lgan erkakni Rasululloh (s.a.v.) la’natlaganlar.

110. Husn deb, Alloh bergan suratni o‘zgartirgan — badaniga igna bilan naqsh soldirganga ham, solganga ham, qoshini va yuzidagi boshqa tuklarini terganga ham, terdirganga ham Rasululloh (s.a.v.) la’nat aytganlar.

111. Oysha (r. a. ) aytadilar:
— Bir kuni oldimga Usmon ibn Maz’unning xotini Huvayla bint Hakim kelgan edi. Rasululloh uni ko‘rib, menga: «Oysha, Huvayla nechuk bunday isqirt bo‘lib qolibdi?» — dedilar. Men: «Uning eri yo‘q hisob, Rasululloh, — dedim. — Eri kunduzi ro‘za tutadi, kechasi bilan toat-ibodat qiladi. Xotini bilan ishi yo‘q. Shuning uchun o‘ziga qaramay qo‘ygan».
Rasululloh Usmonni chaqirtirdilar. Kelganida: «Mening sunnatimdan yuz o‘giryapsanmi, Usmon?», — dedilar. U bo‘lsa: «Yo‘g‘-e, Rasululloh, Xudo haqqi, sunnatingizni deb yuribman-ku!», — dedi. Shunda Rasululloh: «Men uxlayman, namoz o‘qiyman, ro‘za tutaman, iftor qilaman, xotinlarimga qarayman. Xudodan qo‘rqqin, Usmon, senda oilangning haqqi bor, mehmoningning haqqi bor, o‘zingning ham haqqing bor. Vaqtida ro‘zangni tut, iftoringni qil, namozingni o‘qi va vaqtida yot», — dedilar.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:06:31
XIII. Izn so‘rash haqida

112. Ey, imon keltirganlar! o‘zingiznikidan boshqa uylarga o‘zingizni tanitmasdan, izn so‘ramasdan va xonadon ahliga salom bermasdan kirmang. Shunday qilsangsh o‘zingizga yaxshi bo‘ladi, buni yodingizda tutarsiz. Xonadonda hech kim bo‘lmasa ham, ruxsat tegmaguncha kirmang. Agar kimdir sizga «Qayting (kirmang)!» desa, qayting (kirmang). Shunda o‘zingizga munosib ish tutgan bo‘lasiz. Alloh nima qilayotganingizni biladi. Hech kim yashamaydigan uyda biror yumushingiz bo‘lsa, (izn so‘ramasdan) kirishigizning aybi yo‘q. Alloh oshkor qilayotgan va pinhon tutayotgan ishlaringizning hammasini biladi. («An-nur», 27 — 28 )

113. Ey, imon keltirganlar!Uch paytda — bo-dod namozidan avval, yechinib yotishingiz ehtimoli bo‘lgan tushdan keyingi paytda va xufton namozidan keyin qo‘l ostingizdagilar (qul va cho‘rilarigiz) va voyaga yetmagan bolalaringiz ham huzuringizga ruxsat so‘rab kirsinlar. («An-nur», 58)

114. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Biror kishining huzuriga kirish uchun uch marta ruxsat so‘rasangiz , javob bo‘lmasa, ortingizga qaytavering.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:06:54
115. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)dan so‘radi:
- O’z onamning huzurlariga kirish uchun ham ruxsat so‘rashim kerakmi?
- Ha, - dedilar.
— Men ular bilan bir uyda yashayman-ku?
— Baribir, huzurlariga kirish uchun ruxsat so‘raysan.
— Axir men ularning xizmatlaridaman-ku?
— Baribir izn so‘raysan. Onangni kiyimsiz holda ko‘rishni istaysanmi?
— Yo‘q.
— Shuning uchun ruxsat so‘rab kirasan.

116. Erlari uyida yo‘q ayollarning huzurlariga kirishimizni Rasululloh (s.a.v.) taqiqlaganlar.

117. Rasululloh (s.a.v.) ayollarning huzurlariga kirish uchun avval ularning erlaridan ruxsat olib, keyin o‘zlaridan izn so‘rashni buyurganlar.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:07:18
118. Rasululloh (s.a.v.) biror uyga kelsalar, eshikning to‘g‘risidan emas, o‘ng yoki chap tomonidan: «Assalomu alaykum, assalomu alaykum», deb yaqinlashar edilar. o‘sha vaqtlarda eshikka parda tutish rasm bo‘lmagan edi.

119. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)nikiga keldi va eshikning to‘g‘risida turib kirishga izn so‘radi. Rasululloh (s.a.v.):
— Undoqroq yoki bundoqroq turgin, chunki izn aslida (kirish uchun emas) ko‘rish uchun so‘raladi, — dedilar.

120. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Hech kim ruxsat so‘ramay uy ichkarisiga qaramasin. Qaragan kirgan bilan barobar.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:07:40
121. Rasulullog‘(s.a.v.) dedilar:
— Uyingga ruxsatsiz mo‘ralagan kishiga tosh otib, ko‘zini chiqarsang ham gunox bo‘lmaydi.

122. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Birovning uyiga ruxsat so‘ramay pardani ochib qaragan va xonadon ahlining avratini ko‘rgan kishi katta gunoh qilgan bo‘ladi. Uni urib ko‘zini chiqarganni men ayblamayman. Pardasi yo‘q ochiq eshik yonidan o‘tayotib, nazari tushgan bo‘lsa, ayb unda emas, xonadon ahlida bo‘ladi.

123. Rasululloh (s.a.v.) uylarida ibodat bilan mashg‘ul edilar. Bir kishi xonalariga mo‘ralab turganini ko‘rib qoldilar. Sadoklaridan kamon o‘qi olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgunicha tiqib olmoqchidek o‘qtalib turdilar.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:08:02
124. Jobir ibn Abdulloh aytadi:
— Otamning bo‘yinlaridagi qarz masalasida Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga kelgan edim.Eshikni taqillatsam, «Kim u?», deb so‘radilar. «Men», — deb javob berdim. U kishi javobimni yoqtirmaganday «Men"¦ men emish», — dedilar norozi ohangda.

125. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) uylariga kelib: «Kirsam bo‘ladimi?», deb izn so‘radi. Rasululloh (s.a.v.) xodimlariga: «Chiqib, unga ruxsat so‘rashni o‘rgat, - dedilar. - «Assalomu alaykum, kirsam bo‘ladimi?» - desin». U kishi bu gapni eshitib, «Assalomu alaykum, kirsam bo‘ladimi?» — degan edi, Rasululloh (s.a.v.) ruxsat berdilar.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:08:25
126. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ikki kishining orasiga faqat ularning ruxsatlari bilangina kirish mumkin.

127. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Uch kishi bo‘lsangiz, ikkitangiz bir-biringiz bilan shivirlashmang. Uchinchingizga og‘ir botadi.

128. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kimdir sizga biron narsani aytayotib atrofga alanglab qo‘ysa, bilingki, uning gapi sir, omonat bo‘ladi, uni oshkor qilish mumkin emas.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:08:51
XIV. Mehmondo‘stlik haqida

129. Abu Hurayra rivoyat qiladi:
— Bir ansoriynikiga mehmon kelibdi. Uning uyida oilasishshg bir kunlik yemishidan ortiq hech vaqo yo‘q ekan. Xotiniga: «Avval bolalarni uxlatib, chiroqni o‘chir. Keyin mehmon oldiga boringni qo‘yasan», — debdi.
Mana bu oyat o‘shanda nozil bo‘lgan ekan:
O’zlari tang ahvolda bo‘lsalar-da, o‘zgalar hojatini chiqaradilar…  («Hashr», 9)

130. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan kishi yaxshi gapni gapirsin yo sukut saqlasin; qo‘shnisini hurmat qilsin; mehmoniga izzat-ikrom ko‘rsatsin.

131. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Mehmondo‘st bo‘lmagandan yaxshilik kutma.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:09:18
132. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ovqat tortilgan bo‘lsa, idishlar yig‘ishtirib olingunga qadar o‘rningizdan turib ketmang.Qorningiz to‘ysa ham qo‘lingizni artmay turing yoki uzringizni aytib qo‘ying, toki boshqalar qorinlari to‘ymagan bo‘lsa ham uyalganlaridan qo‘llarini artib qolishmasin.

133. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Mehmonni uyning eshigigacha kuzatib chiqish vojib.

134. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Mehmondorchilik uch kungacha. Ortig‘i — mehmonga sadaqa.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:09:43
135. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Ziyofat bir kun bo‘ladi. Ikkinchi kun — ehson, uchinchi kun — riyo, dovruq chiqarish uchun bo‘ladi.
   
136. Molik ibn Nadla (sahoba) Rasululloh (s.a.v.)dan so‘rabdi:
- Men mana bu kishinikiga borsam, meni mehmondek kutib olmaydi. Menikiga kelganida men ham shunday qilaymi, Rasululloh?
Rasululloh (s.a.v.):
- Yo‘q, sen mehmon qilgin, - debdilar.


Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:10:07
XV. Salom berish, ko‘rishish haqida

137. Sizga salom berilsa, siz undan yaxshiroq yoki unikidaqa alik oling.  («An-Niso», 86)

138. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Rahmonga ibodat qiling, (nochorlarga) ovqat bering, salom berib (tinchlik tilab) yuring, shunda jannatga kirasiz.

139. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Jonim qo‘lida bo‘lgan zot nomi bilan qasamki, imonli bo‘lmaguncha jannatga kirmaysiz. Bir-biringizga mehrli bo‘lmaguncha imonli bo‘lmaysiz. Qanday qilib bir-biringizga mehrli bo‘lishni aytaymi? — Bir-biringizga salom berib (tinchlik tilab) yuring.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:10:31
140. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)dan so‘radi:
— Musulmonchilik fazilati nimada? Rasululloh (s.a.v.) javob berdilar:
— Nochorlarni to‘yg‘azishda va tanigan-tanimaganlarga salom berib (tinchlik tilab) yurishda.

141. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Allohning dargohida qabul qilinadigan hajning mukofoti jannat bo‘ladi.
— U qanday haj bo‘ladi, Rasululloh?
— Nochorlarni to‘ydirib turish va salom berib (tinchlik tilab) yurish.

142. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kishi musulmon birodarini uchratganida «Assalomu alaykum va rahmatulloh» desin.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 04:10:54
143. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Odamlar faqat tanishlariga salom beradigan bo‘lib qolishlari Qiyomat yaqinlashganining belgisi bo‘ladi.

144. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Birinchi bo‘lib salom beradiganlar Alloh nazdida yaxshi odamlardir.

145. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— (Gapni) salomdan boshlagan odam Alloh (azza va jalla)ga va uning Rasuliga yaqinroq bo‘ladi
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 06:47:34
146. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kichik kattaga, yurgan o‘tirganga, ozchilik ko‘pchilikka salom beradi.

147. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Otliq piyodaga, yurgan o‘tirganga, ozchilik ko‘pchilikka salom beradi.

148. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
 — Avval salom, so‘ngra kalom. Salom bermaganni dasturxonga taklif qilmang.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 06:48:00
149. Anas ibn Molik aytadi:
— Rasululloh (s.a.v.) menga: «o‘g‘lim, xonadoning ahli huzuriga ham salom berib kir. Shunda senga ham, ularga ham baraka bo‘ladi», deganlar.

150. Usoma ibn Zayd aytadi:
— Rasululloh (s.a.v.) musulmonlar va yahudiylar aralash o‘tirgan jamoa oldidan o‘taturib, ularga salom berganlar.

151. Jobir ibn Abdulloh aytadi:
— Rasululloh (s.a.v.) minbarga ko‘tarilganlarida albatta salom berardilar.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 06:48:20
152. Anas ibn Molik (r. a. ) bolalarning yonidan o‘ta turib ularga salom berdi va:
— Rasululloh (s.a.v.) shunday qilar edilar, — dedi.

153. Rasululloh (s.a.v.) kattalarga va bir-birimizga salom berib yurishni buyurganlar.

154. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Uchrashganda so‘rashishning eng mukammali qo‘l berib ko‘rishishdir.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 06:48:58
155. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Qo‘l berib ko‘rishing — o‘rtangizdan adovat ketadi. Bir-biringizga hadyalar berib turing mehringiz ortadi, gina-kudurat bo‘lmaydi.

156. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Uchrashganda qo‘l berib ko‘rishgan ikki musulmon xayrlashgunlariga qadar gunohlari to‘kiladi.

157. Bir kishi so‘radi:
— Rasululloh, kishi birodarini yoki do‘stini uchratganida unga ta’zim qiladimi?
— Yo‘q, — dedilar.
— Quchoqlashib, o‘pishadimi?
— Yo‘q.
— Qo‘l berib ko‘rishadimi? -Ha.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 06:49:20
158. Qatoda Anasdan so‘radi:
— Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sahobalari orasida qo‘l berib ko‘rishish rasm bo‘lganmi?
— Ha, bo‘lgan.

159. Bir kishi Abu Zardan:
— Rasululloh sizlar bilan uchrashganlarida qo‘l berib ko‘risharmidilar? — deb so‘radi.
Abu Zar:
— Men bilan uchrashganlarida qo‘l berib ko‘rishmaganlari hech ham bo‘lmagan, — deb javob berdi.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 06:49:41
XVI. Yurish, o‘tirish va yotish odobi haqida

160. Rahmonning (suyukli) bandalari shoshmasdan, salobat bilan yuradilar. («Furqon», 63)

161. Yurganingda shoshmagin ham, imlamagin ham. Ovozingni (keragidan ortiq) ko‘tarmagin. («Luqmon», 19)

162. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Namoz boshlanayotgan bo‘lsa ham, chopib kelmang, xovliqmasdan keling. Ulgurganingizni (jamoat bilan) o‘qiysiz, ulgurmaganingizni keyin o‘qib quyasiz.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 06:50:06
163. Rasululloh (s.a.v.) erkak kishining ikki ayol o‘rtasida yurishini taqiqlaganlar.

164. Samura aytgan:
— Rasululloh (s.a.v.) o‘tirganimizda bemalol o‘tirishni, omonat o‘tirmaslikni buyurganlar.

165. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Biror davraga kirsangiz, salom berib kiring. Lozim ko‘rsangiz, o‘tiring. Ketmoqchi bo‘lsangiz ham salom berib keting.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 06:50:49
166. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Har kim o‘zi o‘tirgan o‘rnida o‘tirishi kerak. Biror zarurat bilan davradan chiqib, qaytgan kishi avvalgi o‘rnida o‘tirishga haqli.

167. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Zinhor yig‘inda o‘tirgan birodaringizni turg‘azib o‘rniga o‘tirmang.

168. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— o‘tirganingizda, yotganingizda oyoqlaringizni chalishtirib olmang.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 20 Mart 2009, 06:51:12

169. Rasululloh (s.a.v.):
— Yo‘l bo‘yida o‘tirmanglar, — dedilar.
— O’tirsak nima qilibdi? Gaplashib o‘tiramizda.
— O’tirmaslikning iloji bo‘lmasa, yo‘lning haqini berib o‘tiring.
— Yo‘lning haqi nima bo‘ladi?
— o‘tganlarga tikilib qaramaslik, odamlarga xalaqit beradigan narsalarni yo‘ldan olib tashlash, salomga alik olish, yaxshilikka undab, yomonlikdan qaytarish.

170. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Yotayotganingizda chiroqlarni o‘chirib, eshiklarni yopib, meshlarning og‘zini bog‘lab, oziq-ovqat va suv idishlarining qopqog‘ini yopib qo‘ying.

171. Xafsa (Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning zavjalari):
— Rasululloh yotganlarida o‘ng kaftlarini o‘ng yonoqlari ostiga qo‘yib yotar edilar, — degan
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:37:37
172. Rasululloh (s.a.v.) bir odam qornini yerga berib yotganini ko‘rib, «Bunday yotish Allohga xush kelmaydi», — dedilar.

173. Rasululloh (s.a.v.) ustiga hech narsa yopmay qornini yerga berib yotgan kishini ko‘rsalar, uni oyoqlari bilan turtib: «Bunday yotish Alloh taolo nazdida eng yomon yotish», — derdilar.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:38:27
XVII. Kamtarlik, kibru havo haqida

174. Gerdayib yurmagin, baribir (tovoning bilan) yerni teshib yuborolmaysan, balandlikda tog‘larga yetolmaysan. («Isro», 37)

175. Odamlarni mensimasdan aftigni burishtirma, gerdayib yurma. Kekkaygan, gerdayganlarni Alloh suymaydi. («Luqmon», 18)

176. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Alloh «Kamtarin bo‘linglar, hech kim birovni xo‘rlamasin, o‘zini boshqadan baland ko‘rmasin», deb menga vahiy yuborgan.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:40:06
177. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
- Dilida xantal urug‘idek kibru havo bo‘lgan kishi jannatga kirmaydi. Qalbida xantal urug‘idek imon bo‘lgan kishi do‘zaxga tushmaydi.

178. Rasululloh (s.a.v.):
— Qalbida zarracha kibru havosi bo‘lgan kishi jannatga kirmaydi, — dedilar.
Bir kishi so‘radi:
— Odam chiroyli kiyim, yaxshi poyafzal kiyib, yasanib yurishni yaxshi ko‘rsa-chi?
- Alloh o‘zi go‘zal va go‘zallikni suyadi. Kibru havo esa gerdayish va odamlarni mensimaslikdir, - dedilar.

179. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- o‘ziga bino qo‘yib, kekkayib yurganlar Allohning g‘azabini keltiradilar.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:41:19
XVIII. G’azab haqida

180. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Bellashganda zo‘r chiqadigan emas, g‘azabi kelganda o‘zini tuta oladigan odam kuchli bo‘ladi.

181. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Jahlingiz chiqqanda turgan bo‘lsangiz, o‘tirib oling, bosilsa bosildi, bosilmasa - yotib oling.

182. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— g‘azab shaytondandir. Shayton olovdan yaralgan, olov esa suv bilan o‘chiriladi. Jaxlingiz chiqsa, tahorat oling.


Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:42:47
XIX. G’iybat, bo‘hton haqida

183. Birovdan ayb qidirib josuslik qilmang! Bir-biringizni g‘iybat ham qilmang! o‘lgan birodaringizning go‘shtini yeyish yoqadimi ? (Axir) bundan hazar qilasiz-ku. («Xujurot», 12)

184. Iffatli, imonli, (ammo) g‘aflatda qolgan ayollar haqida bo‘hton gaplar tarqatganlarga bu dunyoda ham, u dunyoda ham la’nat bo‘ladi. Ularni qattiq azob kutadi («Nur»,23)

185. Iffatli ayollar haqida ularning sha’niga tegadigan gap gapirib, o‘sha gapini tasdiqlaydigan to‘rtta guvoh topa olmaganlarni sakson darra urib jazolang. Minba’d ularning guvohliklarini inobatga olmang, ular fosiqlardir. («Nur», 4)
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:43:27
186. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— G’iybat nima, bilasizmi?
— Alloh va uning Rasuli bizdan yaxshi biladi.
— Birodaringiz ortidan unga yoqmaydigan gap gapirishingiz.
— Gapirgan gapimiz rost bo‘lsachi?
— Rost bo‘lsa g‘iybat bo‘ladi-da! Yolg‘on bo‘lsa bo‘hton bo‘ladi.

187. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— G’alamislik nima, bilasizmi? g‘alamislik — gap tashib odamlar orasini buzish.

188. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Ig‘vogar g‘iybatchi jannatga kirmaydi.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:44:58
XX. Shubha, gumon haqida

189. Ey, imon keltirganlar! Shubha-gumonlardan uzoqda bo‘ling, ba’zi shubha-gumonlar gunoh bo‘ladi. («Hujurot», 12)

190. Gumon hech qachon haqiqat o‘rnini bosa olmaydi. («Yunus», 36)

191. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Yaxshi gumon yaxshi bandada bo‘ladi.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:46:07
XXI. Yolg‘on haqida

192. Rasululloh(s.a.v.):
- Odamlar, yolg‘on guvohlik Allohga shirk keltirish bilan teng, — deb, mana bu oyatni o‘qidilar: But-sanamlar razolatidan uzoqlashing, shuningdek, yolg‘on gapdan ham chetda bo‘lingsh
(«Haj», 30)

193. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Aldoqchi ham, minnatchi ham, xasis ham jannatga kirmaydi.

194. Oysha (r. a.) shunday degan:
— Yolg‘onchilikni Rasululloh inson sifatlarining eng jirkanchi deb bilardilar.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:48:22

195. Bir kishi Rasulullohdan so‘radi:
— Jannatga nima olib boradi, Rasululloh?
— Rostgo‘ylik. Rostguy odam pok bo‘ladi, pok bo‘lsa imonli bo‘ladi, imon esa jannatga olib boradi.
— Do‘zaxgachi, Rasululloh?
— Yolg‘onchilik. Yolg‘on gapirgan kishi buzuq bo‘ladi, buzuqlik kofirlikka yetaklaydi. Kofirlik esa do‘zaxga olib boradi.

196. Rasululloh (s.a.v.)dan so‘radilar:
— Mo‘min qo‘rqoq bo‘lishi mumkinmi?
— Ha, mumkin, — dedilar.
— Mo‘min xasis bo‘lishi mumkinmi?
— Ha, mumkin.
— Mo‘min yolg‘onchi bo‘lishi mumkinmi?
— Yo‘q, mumkin emas, — dedilar Rasululloh (s.a.v.).

197. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Mo‘minda hamma xislatlar bo‘lishi mumkin, faqat xiyonatkorlik va yolg‘onchilik bo‘lmaydi

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:49:28
198. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Munofiqning uchta belgisi bor: yolg‘on gapiradi, va’dasiga vafo qilmaydi, omonatga xiyonat qiladi.

199. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Munofiq namoz o‘qib, ro‘za tutgani bilan, «musulmonman» deb da’vo qilgani bilan uch illati bo‘ladi: yolg‘on gapiradi, va’dasiga vafo qilmaydi, omonatga xiyonat qiladi.

200. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Unga bu yuzini, bunga u yuzini ko‘rsatadigan ikkiyuzlamachi odam qabih bo‘ladi
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:49:54
201. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
.— Banda yolg‘on gapirsa, farishta uning og‘zidan chiqayotgan sassikdan jirkanib, undan uzoqlashadi.

202. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Birodaring gapingga ishonayotganini bila turib, yolg‘on gapirsang, unga xiyonat qilgan bo‘lasan.

203. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Yolg‘onni jiddiy ham, hazillashib ham gapirib bo‘lmaydi. Yolg‘on va’dani hech kim o‘z bolasiga ham bermasin.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:50:53

204. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Yosh bolaga bo‘lsa xam «Buyoqqa kel, mana buni ol», — deb, hech narsa bermagan yolg‘onchi bo‘ladi.

205. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kishi bergan va’dasini bajarish niyatidabo‘lsa-yu, bajarolmasa, gunohkor bo‘lmaydi.

206. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Musulmonga qarshi asossiz guvoxlik bergan kishi do‘zax otashida yonishi muqarrar.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:53:54
207. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kishi uch holatdagina yolg‘on gapirishi mumkin: xotini bilan murosa qilish uchun; urush vaqtida (harbiy maqsadlarda); odamlarni murosaga keltirish uchun.

208. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Odamlarni murosaga keltirish uchun oshirib-toshirgan bilan, yaxshi gaplarni to‘qib gapirgan bilan kishi yolg‘onchi bo‘lib qolmaydi.

Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:55:19
XXII. Boshqa turli mavzular

209. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
—-Kuchli mo‘min zaif mo‘minga qaraganda yaxshiroq va Alloh taologa suyukliroq.

210. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Odamlar zulm qilayotgan kishini ko‘rsalar-u, birontalari uni to‘xtatmasalar, Alloh o‘sha zulm uchun ularning hammalarini jazolashi mumkin.

211. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Yomonlarning yomoni — olimlarning yomoni, yaxshilarning yaxshisi —- olimlarning yaxshisi
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:56:18

212. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)dan so‘radi:
— Jihodning qanday afzal?
— Zolim sulton huzurida ham haq gapni gapirish, - dedilar.

213. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Yo‘lda yotgan tikan, shoxni olib tashlagan kishidan Alloh mamnun bo‘ladi va uning gunohlaridan kechadi.

214. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Banda tilanchilik eshigini ochishi bilan Alloh unga qashshoqlik eshigini ochib qo‘yadi.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:56:56
215. Rasululloh (s.a.v.) sudxo‘rlik qilib daromad olganni ham, berganni ham, bu ishda
kotiblik qilganni ham, guvoh bo‘lganni ham la’natlaganlar.

216. Rasululloh (s.a.v.) pora berganni ham, olganni ham la’natlaganlar.

217. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ovqatlanib, shukrini ado qilgan kishi sabr bilan ro‘za tutgan darajasida bo‘ladi.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:57:30
218. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ozga shukr qilmagan ko‘pga ham shukr qilmaydi. Odamlardan minnatdor bo‘lmagan Allohdan ham minnatdor bo‘lmaydi (shukr qilmaydi).
Alloh bergan ne’mat haqida gapirish unga shukr aytishdir, gapirmaslik esa kufrdir.

219. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Jamoatga imomlik qilgan kishi namozni yengilroq o‘qisin, chunki jamoat ichida betoblar, ojizlar va shoshib turganlar bo‘lishi mumkin.

220. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
—Kimdir biror aybing uchun seni so‘ksa, uning o‘zida ham shunday ayb borligini bilsang ham, sen uni so‘kma. Shunda senga savob, unga gunoh bo‘ladi.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:58:28
221. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Mol-mulkning ko‘pligi boylik emas. Boylik — ko‘ngil to‘kligi.

222. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Maslaxat ishonchli odamdan so‘raladi.

223. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— o‘rgating, osonlashtiringu qiyinlashtirmang. Jahlingiz chiqsa, sukut saqlang
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:59:26

224. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ezgulikka yo‘l ko‘rsatuvchi o‘sha ezgulikni qilgan bilan teng ajrga ega bo‘ladi.

225. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: .
— Men sizlarni uch narsadan qaytarar edim:
Qabrlarni ziyorat qilishdan.
Keyin bilsam mozorda ko‘zdan yosh oqib, qalb yumshar ekan. Ziyorat qilaveringlar, ammo (qabr tepasida) qo‘pol gaplarni gapirmanglar;
Qurbonlik go‘shtini uch kundan ortiq saqlab turishdan. Keyin bilsam, odamlar uning terisini olishni, mehmonlariga taqdim etishni, safardagilariga asrab qo‘yishni istar ekanlar. Xohlasangiz saqlab, yeyavering;
Mana bu idishlar (qovoqdan yasalgan, mumlangan)dan ichishdan. (Bilsam, gap idishda emas ekan). Xohlagan idishingizdan ichavering.

226. Muoz ibn Jabal (sahoba) dedi:
— Rasululloh: «La ilaha illalloh» (Allohdan boshqa iloh yo‘q), «va Muhammadun abduhu va rasuluhu» (Muhammad esa uning bandasi va elchisi) deb sidqidildan shahodat keltirgan bandasini Alloh do‘zaxdan asraydi, - degandilar. Men: «Odamlarga bu gapni yetkazib, suyuntiraymi?» — deb so‘rasam: «Unda xotirjam, loqayd bo‘lib qoladilarda», - degandilar.
Muoz bu gapni o‘limi oldidan aybdorona ohangda gapirdi.

227. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Odam bolasining hammasi ham xatoga yo‘l qo‘yadi. Xato qilganlarning yaxshilari - tavba qilganlardir.
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: siddiqa 21 Mart 2009, 05:59:55
MUNDARIJA

Xushxulqlik va xushfe’llik haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165159#msg165159)
Mo‘min-musulmonlarning bir-birlariga munosabatlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165163#msg165163)
Odamlarni murosaga keltirish haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165172#msg165171)
Qarindoshchilik va qo‘shnichilik haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165172#msg165172)
Mehr-muruvvat haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165175#msg165175)
Sadaqa haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165398#msg165398)
Saxiylik va ziqnalik haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165402#msg165402)
Isrofgarchilik haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165404#msg165404)
Halol va harom haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165405#msg165405)
Vafo va xiyonat haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165407#msg165407)
Hayo haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165409#msg165409)
Ozodalik, orastalik haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165410#msg165410)
Izn so‘rash haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165412#msg165412)
Mehmondo‘stlik haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165418#msg165418)
Salom berish, ko‘rishish haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165421#msg165421)
Yurish, o‘tirish va yotish odobi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165440#msg165440)
Kamtarlik, kibru havo haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165643#msg165643)
G‘azab haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165645#msg165645)
G‘iybat, bo‘hton haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165646#msg165646)
Shubha, gumon haqida  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165648#msg165648)
Yolg‘on haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165649#msg165649)
Boshqa turli mavzular (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.msg165655#msg165655)
Nom: Re: INSON KO’RKI — ODOB
Yuborildi: AbdulAziz 21 Mart 2009, 21:01:48
Inson ko'rki — odob

(http://www.ziyouz.com/images/books/inson_kurki.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=364)

To'plovchi: Abdulhafiz Abdujabborov
Hajmi: 257 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=364)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3488.0)