forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:31:10

Nom: Ahmad Lutfiy Qozonchi. Abu Bakr siddiq (r.a.)
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:31:10
Ahmad Lutfiy Qozonchi

ABU BAKR SIDDIQ
(Rasulullohning g‘ordagi birodari)

MOVAROUNNAHR
2005

Aziz o‘quvchi, ushbu mo‘jazgina risolada siz olam—olam ma’nolarga boy bo‘lgan tarixdan voqif bo‘lasiz. Chunki, unda bashariyatga islom dinini yoygan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan so‘ng ilk xalifa bo‘lmish Abu Bakr Siddiq (r.a.) haqlarida bayon etiladi. U zotning qisqagina xalifalik muddatlarida nechog‘lik ulkan ishlarni amalga oshirganlarini risolamizni o‘qigach shohidi bo‘lasiz. Hidoyat va tavfiq Allohdandir.

Tarjimon: Sarvar Jahongirov
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:34:09
BIRINCHI XALIFA

MUQADDIMA

Iymon sohibi bo‘lish barchamizning eng avvalgi niyatimiz va maqsadimizdir. Bu maqsad bizni bevosita dinni chuqurroq o‘rganishga, sahobalar hayoti bilan tanishishga ro‘baro‘ qiladi. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.)ning do‘stlari, zamondoshlari diqqatimizni tortadi. Ularning ba’zilarining ismi bizga tanish, qaysi ma’nodaki, hadis va rivoyatlarda ularning nomlarini uchratganmiz. Rasululloh (s.a.v.)ning do‘stlari deganda, avvalo yodga olinadigan zot bu hazrat Abu Bakr roziyallohu anhudir. Ular Xotamul anbiyoi val mursalin bo‘lmish payg‘ambarimizning sevimli va eng vafoli birodarlaridir. Bu birodarlik nubuvvat vazifasi topshirilmasdan bir necha yil avval, juda samimiy o‘lchovlar ichida boshlanib, vafo va sevgining eng go‘zal namunalari ila davom etgandir. Bu ikki birodarlardan birining eng mashhur laqabi «al—Amin» (ishonchli inson) dir, ikkinchisiniki esa «as —Siddiq»dir, ya’ni eng to‘g‘ri, rostgo‘y inson...

Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning ishonchli ekanligi shu darajadaki, Muhtaram Rasulimiz (s.a.v.) «Men Allohning Payg‘ambariman» deganlarida hazrat Abu Bakr (r.a.) hech ikkilanmasdan "ishonaman" deya olgan. «Agar payg‘ambar bo‘lsang buni isbotla!», deyish huquqidan foydalanmagan ikki ahamiyatli zotdan biridir.

Payg‘ambarimiz (sa.v.)ni eng yaxshi bilgan, insonlarga Uni yaxshi tanita olgan buyuk insonlar boshida shu shaxs turadi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni eng yaxshi tanigan, boshqalarga nasib qilmagan ko‘pgina xotiralarga ega bu qimmatli insondan ham, afsuski juda kam xotiraga egamiz.
Taqdir bitigi, Rasululloh (s.a.v.)ni yonlarida bo‘lgan, hayoti davomido eng yaqin do‘st bo‘lish sharafiga erishgan insonni, «Birinchi xalifa» qilib tayinlagan. Ammo, Alloh taoloning qismati buyuk xalifaga ikki yil, uch oy, o‘n kun hayot in’om qilib, so‘ng O’z huzuriga chaqirgan.

Islom tarixi va hadis kitoblari bu ikki yillik davr haqida ham, hazrat Abu Bakr (r.a.)ning shaxsi haqida ham bizni qoniqtiradigan darajada yetarli ma’lumot bermaydi. Bu davrda Musaylama, Tulayha, Sajoh... kabi payg‘ambarlik da’vosini qilgan yolg‘onchilarga qarshi janglar, Bizans va Eron bilan bo‘lgan urushlar, Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning Madinada qilgan ishlari, insonlarga nisbatan harakatlari ila bog‘liq ma’lumotlar afsuski yetarli emas.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:35:37
Ushbu kitobni tayyorlash jarayonida imkon qadar sahih hadis va rivoyatlarga joy ajratishga harakat qilib, haqiqiy hayot bilan unchalik aloqador bo‘lmagan rivoyatlardan uzoqlashdik.

Masalan, hazrat Abu Bakr (r.a.)ning «Allohim, qiyomat kuni meni jahannamingga qo‘y, vujudimni shu daraja kattalashtirki, toki jahannamda mendan boshqa hech bir kishiga joy qolmasin» degan rivoyat keltiriladi. Bu so‘zlar hazrat Abu Bakr (r.a.)ning marhamatiga ishoradir albatta va bu orqali insonlar sevgisiga dalolat qilgan bir iymon sohibi ekanligini ta’kidlaydi. Biroq rivoyatning haqiqat ekanligiga yetarli isbot yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, aytishim lozimki, aziz birodarim, hazrat Abu Bakr (r.a.)ning bu so‘zlari bir majoziy ifodadir. Maqsad o‘zining jahannamga kirishi emas. Insonlarning jahannamdan ozod qilinishini, kechirilishini tilashdir. Bu ehson istagi hazrat Abu Bakr (r.a.) tarafidan shunday tilga olingan, deyishimiz mumkin.

Alloh taoloning kitobidan keltirilgan suralarga esa so‘zsiz ishonamiz. Jumladan, Baqara surasi 201-oyatida shunday deyilgan: «Yana shundaylari ham borki, ular: Ey, Rabbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato etgin, oxiratda ham yaxshilik (ato etgin) va bizni do‘zax azobidan asragin, — deydilar».

Abu Bakr (r.a.) Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.)ning har kun qilgan bu duosini bila turib o‘zini otashga otadigan inson emas!
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hayot ekanliklarida ham, vafotlaridan so‘ng ham qilich ko‘tarib mushriklar bilan jangga kirganlar.

Payg‘ambarimiz Rasuli Akram (s.a.v.) komil iymon sohibi mo‘minni anglatarkan, «Alloh rizosi uchun sevgan. Alloh rizosi uchun nafratlangan. Alloh rizosi uchun bergan, Alloh rizosi uchun bermagan» deya ta’riflaganlar. Xayolida, harakatida, insonlarga nisbatan muomalasida doimo Alloh taolo rizoligini o‘ylagan inson anglatiladi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) Muhammad (s.a.v.) ummati ichida bu xususiyatlarni ayni tarzda ruhiga singdirgan, Yaratginning rizoligi uchun harakat qilgan insondir. Butun maqsad va fikri Alloh taolo rizoligiga qaratilgan, qo‘lga kiritgan narsani Alloh taolo rizoligi uchun sarflagan hazrat Abu Bakr (r.a.) madh etilganda hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) anglatgan hadis kitoblarda keltirilgan ma’lumotlar nurida ulug‘lanadi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:37:45
Darhaqiqat, hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘ta marhamatli bir insondir. Ammo bu marhamat tuyg‘usi, islomni qabul qilgandan keyin Alloh taoloning va Rasulining rizolari bilan bo‘lgandir. Qur’on haqiqiy musulmonlarni anglatarkan, «Muhammad Allohning rasulidir. U bilan birga bo‘lgan (mo‘min)lar kofirlarga qahrli, o‘z oralarida (mo‘minlarga nisbatan) esa rahm-shafqatlidirlar» - deyiladi (Fath surasi, 29-oyat).

Hazrat Abu Bakr (r.a.) esa, Rasululloh (s.a.v.)ning yonlarida bo‘lganlarning eng oldidan joy egallaganidir. Shu darajadaki, payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga, undan ham yaxshirog‘i yo‘qdir.

Yana boshqa bir oyatda Buyuk Rabbimiz mo‘minlarni: «Ey, imon keltirganlar! Sizlardan kimki dinidan qaytsa, Alloh shunday bir qavmni keltirurki, ularni Alloh sevadigan va ular ham Uni sevadigan, mo‘minlarga (nisbatan) kamtar, kofirlardan esa (o‘zlarini) yuqori tutuvchi, Allohning (toati) yo‘lida jiddu jahd qiluvchi, malomatchining malomatidan qo‘rqmaydigan bo‘lurlar. Bu Allohning fazlidirki, uni O’zi xohlagan (bandalari)ga berur. Alloh (karami) keng, dono zotdir», - deya marhamat qilinadi (Moida surasi, 54-oyat).

Qur’onda keltirilgan sabr, tavakkul, yaxshilik, hayr — ehson kabi Yaratgan tomonidan afzal ko‘rilgan sifatlarning barchasiga hazrat Abu Bakr (r.a.) tom ma’noda ega bo‘lganlar. Bu haqda ushbu risolamizda imkon qadar ma’lumot beriladi.

Risolani o‘qiganlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning eng yaqin do‘stlari bilan ruhan tanishadilar. Ularning haqqiga qilingan duo shubhasiz o‘zimizga ham duo bo‘lib qaytadi. Risolaning har bir sahifasida esa buyuklar haqqiga duo bor. Alloh rozi bo‘lsin.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:39:37
ABU BAKRNING TAVALLUDI

Shoshib ketayotgan Ummulxayrdan so‘radilar:
—   Qayoqqa ketayapsan, ey Ummulxayr?
—   Baytulloh ziyoratiga, — javob qildi u.
— Tuqqaningga atigi uch kun bo‘ldi, sen damingni olishing kerak.
—   Gaping rost...
Ummulxayr nafasini rostlagan bo‘ldi va quchog‘idagi chaqalog‘ini ko‘rsatib, so‘zida davom etdi:
— Qachonki mana shu bolam yashab ketsagina men xotirjam bo‘laman. Shu vaqtgacha ko‘rgan farzanddarimning birortasidan «Onajon» degan so‘zni eshitmadim. Bu narsa esa meni juda qiynaydi.
Ummulxayr peshonasidagi terni artarkan, so‘zida davom etdi:
   — Hammasini yerga topshirdim.

Ummulxayr qadamini tezlatdi. Baytulloh qarshisida to‘xtadi-yu, ammo biror qarorga kelolmasdi. Oyog‘i yonidagi butga qaradi. Unsiz, sadosiz harakatsiz, jonsiz butlarning qay biriga ta’zim qilishni, ahvolini qay biriga aytishni, qay biridan madad so‘rashni bilmasdi... Biriga borsa ikkinchisi nima deydi?... Birinchisidan yordam so‘rasa ikkinchisinichg g‘azabi kelmaydimi?... «Meni yoqtirmadingmi?» deb g‘azablansa nima bo‘ladi?..

Dadil qadamlar bilan bir chapga bir o‘ngga qarab yurdi. Bir muddat o‘tgach o‘zini qo‘lga olib, o‘z-o‘ziga savol berdi: «Avvalo Ka’bani tavof qilish afzal emasmi?».

Hajar ul-asvadning qarshisida to‘xtadi-da, quchog‘idagi chaqaloqni yerga qo‘yib Ka’bani tavof qila boshladi. Baytullohni yetti marta aylanib, murojaatini boshladi:
—   Allohim, bu bola senga qurbon bo‘lsin, uni menga ehson qil.

Shu tarzda xasta ko‘ngil bilan ushbu duoni bir necha marta takrorladi. Butlardan birini tanlab «hojatimni mana shunga arz etdim» deya olmasdi. Agar shu paytda Ummulxayrdan "kimga iltijo qilding",— deb so‘rashsa «Baytullohning asl egasi kim bo‘lsa o‘shanga» — deya olardi, xolos.
Iltijosi qabul bo‘lganiga ishonib, uyiga qaytdi. Mushtipar onaning ko‘nglidagi duosi faqat shunday bo‘lishi mumkin edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:40:52
* * *
Ummulxayrni bejiz bu ism bilan chaqirishmasdi. Barchaga yaxshilik sog‘inuvchi bu ayolning ushbu xislatini yaxshi bilgan atrofdagilari unga «Ummulxayr, ya’ni ezgulik onasi» deb nom qo‘yishgandi. Va bu ism unga shunchalik singib ketgan ediki, uning asl ismi «Salma»ligini ba’zilar bilishmasdi ham. Go‘zal xulq va ezguliklar onasi bo‘lgan bu ayolning hayotini o‘rtaga qo‘yib, ming bir azob bilan dunyoga keltirgan farzandlarini, hali qadam bosib ulgurmasdanoq tuproqqa topshirishi, atrofdagilarini ham qattiq qayg‘uga qo‘ygandi.

So‘nggi homilalik davrida Salma xonim bir duoni ko‘p takrorlardi: «Ey, fil ashobini mahv etgan va baytullohni saqlagan Zot, sening kuch — qudrating cheksizligiga shubha yo‘q... Shu baytulloh haqqi mening jigargo‘shamni hayotini saqla va umr ber!». Xokisor, ammo umidvor ona iltijosidagi «niyoz (qurbonlik)» so‘zi keyinchalik bolaning laqabiga aylanib ketdi. Otasi Abu Quhofa Usmon bin Amir tomonidan bolaga Abdulloh degan ism qo‘yildi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:43:29
* * *
Ummulxayr farzandining dastlab «ummi» ya’ni, «onajon» deganini eshitganida, bu shirin so‘zni qulog‘i bilan eshitdimi yoki qalbi bilanmi—anglay olmadi. Demak, u ham ona bo‘lishning totli mevalarini terdi, ona ekanligini o‘z farzandidan eshitdi. Baytulloh qarshisida qilgan duolari qabul bo‘lgan, farzandi yorug‘ dunyoda sog‘ — omon yashayotgan edi.
Shundan keyin Ummulxayr yana Ka’baga bordi. Baytullohning ko‘rinmas sohibiga takror va takror shukronalarini aytdi.

Vaqt Abu Quhofaning uyiga bir qiz farzand keltirdi. U Abu Quhofaning boshqa ayoli — Hind binti Nufayldan edi. Asosiysi, endi Abu Bakrning singlisi bor edi.
Taym qabilasi Abu Quhofaning solih o‘g‘li borligini bilar, ammo ular o‘g‘ilning taqdirini, kelajakning buyuk xalifasi Abu Bakr Siddiq (r.a.) bo‘lishini bilishmasdi. Aniqki, g‘aybni oldindan bilish haqqi hech kimga nasib etmagandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:44:20
* * *
Arablar laqabga katta ahamiyat berishlari bilan boshqa millatlardan ajralib turishadi. Erkagu ayolga ismdan ko‘ra ko‘proq laqab bilan murojaat qilishadi. Chunki laqab sifatlash va hurmat ifodasi sifatida ham qabul qilinadi. Ba’zida otaga birinchi o‘g‘il farzandining ismi laqab qilib aytiladi. Ya’ni farzandning ismi Ali bo‘lsa, otasiga Abu Ali, onasiga Ummu Ali kabi. Ba’zan esa farzandga juda kichikligidan laqab berishadi. Ammo, bu holatda o‘sha insonning biror fazilati nazarda tutiladi, xuddi Abulxayr, Ummulxayrdek. Rasululloh (s.a.v.)ning ayollaridan Zaynab onamizning islomdan avval ham faqirlarga nisbatan o‘ta mehribon va marhamatli ekanliklari sabab «Ummulmasakin» ya’ni miskinlar onasi laqabini olganlari ma’lum.

Xullas, keyinchalik Abu Quhofa Usmon bin Amirning o‘g‘li Abdullohga Abu Bakr ismi berildi. Bu nomga shunchalik o‘rganib ketdiki, bora-bora Abu Bakr deyilmaguncha uning o‘zi ham o‘ziga murojaat etishayotganlarini bilolmasdi.

Bolalik va o‘smirlik davrida Abu Bakr otasining qo‘ylarini olib suvsiz, o‘tsiz vodiylarni kezardi. Bir tutam o‘t topgan qo‘zisining ishtaha bilan yeyishini sevinch bilan kuzatardi. Dehqonchilikka qulay bo‘lmagan Makka vodiylari ko‘pgina insonlar qatori Abu Bakrni ham yoshligidan tijorat bilan shug‘ullanishga undardi. Yozda Shomga, qishda Yamanga qilinadigan tijorat karvonlariga u ham qo‘shildi. O’zidan o‘ttiz uch yosh katta bo‘lgan otasiga yordam berish imkonini topdi. Tijorat karvonlarining yo‘lini to‘sgan bosqinchilarga qarshi to‘qnashuvlarda bo‘ldi. Molini muhofaza qilish uchun qo‘liga qilich oldi va kurashdi. Ba’zan ziyofatlarga kirib qolib, ichkilikdan nafratlanadigan birodarlari bilan birga sarmast odamlarni jirkanch harakatlariga guvoh bo‘ldi. Makka tashqarisidagi karvonda olib yurilgan ma’budlar yerga qo‘yilib, ularga sig‘ina boshlashganda ko‘nglidan kechganlarini otasiga aytolmasdi. Unga ham butlarga sig‘inishni taklif qiluvchilar yo‘q emks edi. Bunday paytlarda Abu Bakr shunday javob qilardi:

— O’zimni sajdaga majbur qila olmayman. Shunday xolatlarga guvoh bo‘ldiki, Makkadan but olib kela olmaganlar tan yig‘imiga chiqishardi. Qo‘ynilarida bir nechta tosh ko‘tarib kelishdi. Ularning bir qismi o‘choq uchun ishlatilsa, qolgan qismi esa iloh sifatida ulug‘lanardi, unga sajda qilinardi. Ammo birozdan keyin aynan o‘sha but boshqalari kabi o‘sha joyda qolib ketardi. Oqibat arablar uchun ilohlik vazifasini bajargan bu toshga keyin hech kim e’tibor bermas, hatto boshqa safar bu yerdan o‘tayotganlar undan o‘choq tani sifatida foydalanishardi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:45:17
Shu va shunga o‘xshash qator holatlar, aqlga sig‘maydigan rasm — rusumlar Abu Bakrni ziyraklantirdi. Bir qator jihatdan insonlarni chuqurroq bilish imkonini berdi. Ko‘plab xushfe’l insonlarning o‘z manfaatlari yo‘lida birodarlikdan ham kechishiga, insoniylik qadrini manfaatdan ustun tutishlariga guvoh bo‘ldi.

Gapini ustun qo‘yguvchi toifa kishilari bilan ham tanishdi, qalbi bir pullarni ham tanidi. Hijozning qum tepaliklari, suvsiz vohalari va jazirama quyoshi bo‘lganidek, zamonaning maftunkor va o‘ziga mahliyo qiluvchi voqealari ham shunday ko‘p ediki, u yetarlicha tajribaga ega bo‘ldi.
Abu Bakr(r.a) pokiza xulqli inson edi. Bu fazilat unga boshqalarni aldash imkonini bermasdi. Ko‘ngli, ishiga hiyla aralashtiruvchilarni yoqtirmasdi. Halol va samimiy insonlarga doimo eshigi ochiq va qaynoq mehr tuyg‘usi bilan yashadi. Ruhida ular bilan bo‘lishni xohladi.

Bozorma bozor yurdi. Ukkoz, Majanna, Zulmajaz bozorlarida savdo-sotiq qildi. Adabiy suhbatlarni tingladi, she’r —mushoiralariga qatnashdi. Bir guruh insonlar uchun bozorlarda maxsus bayroqlar qoldirilganini, «Falonchi aytgan so‘zini buzdi, ahdiga vafo qilmadi, qarzini to‘lamadi» shaklidagi e’lonlar qilinganiga guvoh bo‘ldi. Uning kelgan xulosasi shu bo‘ldiki, xulqi buzilmagan, pokiza insonlar ham u kabi o‘ylashadi, insoniy fazilatlarni yoqtirishadi.

Ba’zida bozorlardagi «Kimning qarzi bo‘lsa kelsin, falon kishiga uchrasin!» kabi e’lonlarga duch keldi. Miskinlar uchun dasturxon yozganlarga, mehmon kutishayotganini jar solib xabar qilayotganlarga uchradi. Bunday kishilar boshqa insonlarga xizmat ko‘rsatishda balki o‘z mulklarini namoyish etishni xoxlashar, ammo nima bo‘lganda ham xalqning molini zo‘rlab olishdan, o‘g‘irlash, fitna va fasoddan zavqlanuvchi kishilar yonida insonlarga ko‘maklashishdan lazzatlanuvchi insonlarning alohida hurmati bor edi. Abu Bakr savdo — sotiq ishlarida katta-kichik kelishuvlar asosida ish olib bordi. Sheriklari uning manfaatga asirligini ko‘rishmadi, u bilan oldi-berdi qilganlar aldanmaganligiga ishonch hosil qilishdi. Yoniga kelganlar yuzida samimiyat ufurib turgan inson huzurida ekanliklarini his etdilar. Makka xalqi va ayniqsa uning xaridorlari o‘z so‘ziga munosib, tili va dili bir insonni tanish baxtiga muyassar edilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:47:25
Abu Bakr Abdulmuttalib xonadonidagi Muhammad bin Abdullohni ham bolalik chog‘larida uchratdi. O’zidan ikki yosh katga bo‘lgan bu birodari bilan doimo shodlik tuyg‘ulari ila yodga olinuvchi bir do‘stlik tamalini qo‘ydi. U ham o‘zidek ichkilikni og‘ziga olmagan, zinodan umuman yiroq, butlar qarshisida hech qachon bosh egmagan pokiza bir o‘spirin edi. Xalq sajda qilib topinuvchi tosh va daraxt parchalariga nisbatan U ham nafrat nazari bilan qarardi. Abu Bakr va Muhammad bin Abdullohni ko‘ngil mushtarakligi va fikrlar birligi ipsiz bog‘lab turar edi. Ota diydoridan benasib bo‘lgan, dastlab bobosi, so‘ng amakisi qo‘lida ulg‘aygan bu o‘spirin, umuman oila tarbiyasidan mahrum qolganga o‘xshamas, har tomonlama yetuk, pokiza va namunali inson ekanligini ko‘rsatardi.

Tabiiyki, do‘stlar vaqti-vaqti bilan fikr almashib, uchrashib turmasa, manfaat yo‘lida uzoqlashib ketishi ehtimoldan holi emas, hatto munosabatlari mutlaqo uzilishi mumkin. Aynan manfaat sabab do‘stlik o‘rnini nafrat egallashi ham haqiqatdan mutlaqo yiroq bo‘lgan holat emas. Ammo oradan o‘tgan yillar, Abu Bakr bilan uning do‘sti o‘rtasida bunday janjallar kelib chiqishiga olib kelmadi. Balki yanada samimiy va qalban birlik vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu do‘stlik go‘yoki ruhlar dunyosida vujudga kelgan va mustahkamlangan edi. Aql, mehr-muhabbat, insoniylik tuyg‘ulari bilan boshlangan yo‘llarida yillab birga bo‘ldilar. Hamjihatlikda faoliyat olib bordilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:49:24
* * *
Abu Quhofa har tomonlama faxrlansa arziydigan farzandning otasi ekanligidan baxtiyor bo‘lsa, Ummulxayr ham, tom ma’noda yetuk, insoniy fazilatlarga boy bir insonning volidasi sifatida xursand edi.

Bir kun Abu Bakr (r.a.)ning ota — onasi o‘zaro suhbatlashib, o‘g‘illarining uylanish vaqti yetganligini muhokama qilishdi. Oqibat, Abu Quhofa, Amr bin Luiy qabilasi tomon yo‘l oldi. Abdul Uzzo bin Abdi As’adning eshigini qoqib, Qutayla ismli qizlariga sovchilikka kelganligini bildirdi.

Abu Quhofaning taklifi oila ichida muhokama qilindi va munosib qarshi olindi. Natijada Abu Bakr (r.a.)ning oila davri boshlandi. Bu yerdagi an’anaga binoan, Abu Bakr (r.a.)ning uch kun mudlatga qiz uyida qolishini aytishdi. Shunday qilindi. To‘rtinchi kun tongda Qutayla ota uyini tark etdi. Abu Quhofa va Ummulxayrga kelin, Abu Bakrga, zavja bo‘lib uyiga keldi. Bu nikohdan tug‘ilgan to‘ng‘ich farzand ismi Abdulloh edi. Arablar odatiga binoan otaga endi «Abu Abdulloh» nomi berilishi kerak. Ammo ota eski nomini tashlashni xohlamadi va Abu Bakrligicha qoldi.

Bir necha yil o‘tgach, Abu Quhofa uyida ikkinchi nabira ham tug‘ildi. Qiz bo‘lgan bu ikkinchi go‘dak ismi Asmo edi. Ummulxayr bu ikki go‘dakning buvisi bo‘lish baxtini ham ko‘rdi. Oltmishga yetgan Abu Quhofa keksayib, turmush yumushlari endi Abu Bakr (r.a.) zimmasiga yuklangandi. Hamon yoshlik yillarini o‘tkazayotgan Abu Bakr bozorma —bozor kezar, qo‘l mehnati va peshona teri bilan topganlarini dasturxonga to‘kardi. O’rta holli oila farzandi bo‘lib boshlangan tijorati barakali bo‘lib, boyiy boshladi. Bunga halolligi sabab erishganligini unutmadi. Kechagi hayoti bugun ham ayni sinovlar ichida davom etardi.

Bu orada Abu Bakr ikkinchi marta uylandi. Ummu Rummon ismli xonim ham Abu Quhofa va Ummulxayrning kelini bo‘ldi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:50:32
O’ttiz to‘rt yoshlarida yong‘in falokatiga uchragan Ka’baning qayta qurilishida Abu Bakrning shaxsan o‘zi tosh tashib, ter to‘kdi. O’tirib hordiq chiqararkan bu muqaddas dargohning nega butlarga to‘laligini, shonli va irodali insonlarning nega jonsiz va irodasiz borliqlarning quli va soyasi ekanliklarini tushunmasdi. Kunlik hayotlarida aqlli ekanliklarini har qanday vaziyatda isbot qila oladigan va qo‘llaridan aldab bir dirham olib bo‘lmaydigan bu insonlar butlar qarshisiga kelgach tushunib bo‘lmas holga tushar, miyalari zaharlanib qolardi. Necha yildirki qo‘yilgan joylaridan bir odim ham jilmagan, shamol, yomg‘ir, issiq, sovuqda sas — sadosiz turgan, kelib — ketuvchilardan bexabar, hatgo o‘zlariga ibodat qilinayotganidan xabarsiz bo‘lgan bu borliqlar qanday qilib iloh bo‘lishi mumkin, qanday qilib ma’bud darajasiga ko‘tarilishi mumkin, bu haqda o‘ylashmasdi.

Abu Bakr(r.a) atrofida o‘zidek fikrlovchi ko‘plab insonlar borligini, ularning bir qanchasi haq dinni axtarib, Makkani tark etishganini bilardi. O’zi ham qilgan safarlarida din masalasini o‘rtaga tashlagan, biroq qoniqarli javob ololmagandi. Eng ishonchli inson, hamma tarafidan «Al—Amin» deya nomlangan Muhammad bin Abdulloh edi. U bilan ham bu masalada suhbatlashgan, ammo u ham biror aniq fikr aytmagan, faqat butlarga nafratini bildirgandi, xolos.

Abu Bakr (r.a.) og‘ir vaziyatda edi. Faqatgina u emas, ahli insoniyat shu ahvolda edi. Ularning qo‘lidan tutib, haq yo‘lni ko‘rsatuvchi hidoyat yo‘lboshchisiga ehtiyoj katta va bu ehtiyojni his qilayottan insonlar ko‘p edi.
Ramazon oyi kelgach bir guruh insonlarning oziq — ovqatlarini olib Makkadan ketishlariga ham aynan shu ehtiyoj sabab bo‘ldi.
Abu Bakr (r.a.) anchadan buyon tanigan, sevgan, hurmat qiladigan Abdulmuttalibning nabirasini ko‘pdan beri ko‘rmagandi. Bu samimiy do‘sti yonidaligida qalbi rohatlanar, ko‘ngli taskin topardi. Shu o‘ylarda Abu Bakr Hadicha binti Huvaylid uyiga keldi do‘stini so‘radi va uning ham notinchligini, yolg‘iz qolish uchun ketganligini bildi.

Bunday muhitda yashagan inson faqatgina yolg‘izlikda, odamlardan yiroqda taskin topa oladi. Ammo bu chora emasdi. Insonlar orasida, insonlar bilan birga topilmagan huzur tatimaydi. Kishi faqat vaqtincha o‘ziga orom beradi, xolos.
Keyingi paytda qilgan bir safarida yana din masalasi tilga olinganida bir ruhoniy, «najot umidi sen kelgan tuproqlardadir» degandi. Holbuki, Abu Bakr (r.a.) Hijozdagi hayot ko‘rsatgan iztiroblar bilan dardiga davo qidirmoqda edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:55:04
* * *
Nihoyat bir kun, ko‘ngliga yaqin, sodiq do‘stini uchratganda xursandchiligini yashirmadi:
—   Do‘stim, seni nihoyatda sog‘inib ketdim, qaerlarda yuribsan, axir?...
—   «Butun borliqni yaratgan zot bo‘lmish Rabbingiz nomi bilan o‘qing! U insonni laxta qondan yaratdi. O’qing! Rabbingiz esa karamli zotdir. U insonga qalam bilan (yozishni) o‘rgatgan zotdir. U insonga bilmagan narsalarini o‘rgatdi» (Alaq surasi. 1—5 oyatlar).

Do‘sti aytgan so‘zlar savolining javobi bo‘lmasa—da, bema’ni so‘zlar ham emas edi.
—   So‘zlaringni yana bir karra takrorla, ey, Muhammad!..
Takror tingladi. Ruhi to‘lqinlangandi, go‘yo. Noma’lum, ammo zinhor begona so‘zlar emas edi. Bu so‘zlarning xamiri go‘yo o‘zidan olingandi.
—   Gaplaring meni maftun qildi, ey, Amin. Ammo sen bularni kimdan eshitding?.. Axir bular sening so‘zlaring emas. Shuncha yildan beri sendan bu kabi so‘z eshitmagandim...
Do‘sti javob berdi:
— Ey, Abu Bakr, unda so‘zlarimni tingla!..
«Ey, (liboslariga) burkanib olgan kishi. Turing-da, (insonlarni oxirat to‘g‘risida) ogohlantiring. Rabbingizni ulug‘lang. Liboslaringizni poklang. Butlardan yiroq bo‘ling». (Muddassir surasi 1—5 oyatlar).
—   Ey, Abdullohning o‘g‘li, menga nima bo‘lyapti, sening so‘zlaring menga qanchalik yoqmasin, men ularning mag‘zini tushunolmayapman. Gaplaringning ma’nosini anglat!
Abu Bakr (r.a.) Hiro tog‘ida avval malakning kelgani, birozdan so‘ng vahiy eshitilganini, keyin esa kutishdan so‘ng tog‘dan qaytarkan, Batni Vodiysida malakning yana ko‘ringani, qo‘rquvdan titrab uyga kelib yotganda malakning qayta kelib avval o‘qigan «Ey, (liboslariga) burkanib olgan kishi» — deya boshlanuvchi oyatlarni keltirganini do‘sti—birodaridan eshitdi. Abdulmutgalibning nabirasi ushbu so‘zlarni so‘zlarkan, Abu Bakr (r.a.) ham yolg‘ondan yiroq, riyokorlikdan bexabar bu insonni qulog‘i bilan emas, balki qalbi bilan tinglardi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:56:20
—   Shuni bilginki, ey, Abu Bakr, men Allohning yerdagi payg‘ambariman. Men insonlarga haq dinni tanitish amrini oldim. Sendan Alloh taoloning yagonaligiga ishonishingni va mening Payg‘ambarligimni qabul qilishingni so‘rayman...

Abu Bakr (r.a.)ning ko‘ngli izlaganini topgandi. Ko‘p yillardan buyon din, iymon, payg‘ambarlikka tegishli biror marta ham so‘zlamagan, ammo hech kimni aldamagan bu insonning haqiqatdan payg‘ambarligiga aslo shubha yo‘q edi. Hech ikkilanmasdan Uning qo‘lini tutdi va do‘stiga murojaat etdi:
—   Ey, Amin, men senga ishonaman, sen haqiqatdan ham Alloh yuborgan Payg‘ambarsan...

Abu Bakr (r.a.) hech ikkilanmadi. Sababi uzoq yillardan buyon bilgan, har bir so‘zi haqiqat, or — nomus sohibi bu insonning harakatlari aslo tanazzulga uchramasligini mushohada qilgandi. Ishonganga gumon bilan qarash, sinalganni qayta sinash, aql va mantiq sohibi bo‘lgan insonlarga xos emas edi.

Ma’noli hayotning ilk sahifasi ochilgan edi, Abu Bakr qaytadan dunyoga kelgandi. Haqiqiy hayot, yashashga qadrli umr mana shu onlardan boshlangandi.

Muhammad al—Amin( s.a.v) ham baxtli edi. Uzoq yillik qadrdon, ishonchli do‘sti, haqiqatdan do‘stligini isbotlagan, uning gapiga javoban aqalli «bir o‘ylab ko‘rayin» ham demagandi. Abu Bakr (r.a.) o‘sha kundan e’tiboran hayotga boshqacha nazar tashlay boshladi. Bundan keyingi hayot yashashga arzir edi.

Uning nazarida hayot faqatgina shu taskin, shu ishonch va shu dinning borligi bilan qadr, ma’no topgan edi.
Shu vaqtgacha nafratlanib yurgan va biror marotaba ularning huzuriga qadam bosmagan butlarning haqiqatdan ham qadrsizligini bu safar Alloh taoloning Payg‘ambaridan ham eshitgan, turli shubha-gumonlar va botil xayollar qurshovidan yiroqlashib, Olamlar Rabbi bo‘lgan Alloh taologa iymon keltirdi. O’sha kecha yotog‘iga kirarkan, butun vujudi tilga aylanib, Rasululloh (sa.v.)dan eshitgan muborak so‘zlarni takrorlardi: «Yaratgan Rabbing nomi bilan o‘ki...». O’zini ajib bir dunyoda his qilardi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:57:14
MAZMUNLI HAYOT

Hazrati Abu Bakr (r.a.) ikki dunyo saodatiga yetaklovchi bu mazmunli hayotida endi mulohazali ish boshlash vaqti kelganligiga amin bo‘ldi va darhol shunga kirishdi. Uning nazarida Alloh taoloning Rasuli (s.a.v.)ga yelkadosh bo‘lmoq kerak edi. Shu fikrda avvalo ishonchli kishilar bilan uchrashib chiqdi. Yangi dinni Rasululloh (s.a.v.)dan eshitganidek qilib ularga tushuntirdi. Bu bilan o‘zini muvaffaqqiyatga boshlayotgandi. Buning sabablaridan biri, uchrashgan barcha insonlari johiliyat davrining behuzur havosidan bezgan va najotkor kutayotganlar edi.

Barchalarining qalbi islom diniga moyil, hidoyat nuri bilan yo‘g‘rilgan edi. Birozdan so‘ng payg‘ambarlar buyugi huzuriga yo‘l olishdi. Yangi dinni Payg‘ambarimiz (sa.v.)dan tingladilar va shahodat kalimalarini keltirib musulmon bo‘ldilar. Ular Usmon bin Affon, Abdurahmon bin Avf, Bilol bin Abu Raboh, Holid bin Said kabi islom sharafi hisoblangan bir guruh kishilar bo‘lib, hazrat Abu Bakr (r.a.)ning sharofati bilan iymon va islom doirasidan joy olgandilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 11:59:54
* * *
Farzandi har qancha ulg‘aysa—da, ona uchun u baribir bola. Ummulxayrning ham nazaridan bir muddat bo‘lsin o‘g‘li nari ketmaydi. O’ttiz sakkizga chiqqan, tijoratda yaxshi va halol inson kishisi bo‘lib tanilgan o‘g‘lining so‘nggi paytlarda ancha o‘zgarib qolganini sezdi. Faqat unga bo‘lgan qat’iy ishonchi unga nimadir bo‘layotganidan xavotirga tushishga mo’nelik qilardi. Islomga oshkora da’vat boshlanishi bilan iymon keltirgan bechora mo‘minlarga ham azob davri boshlandi. Bu qiynoqlarni ruhida his qilgan hazrat Abu Bakr (r.a.) chorani ularni qullikdan qutqarishda deb o‘yladi. Shu kungacha to‘plagan davlatini Alloh taolo rizoligi uchun sarfladi. Azob chekkan qullarning xojalari bilan savdoga kirishdi. Bilol, Amr bin Fuqayra, Zubyona, Zimurra, Nahdiyya va Ummu Abas nomli ikki erkak , to‘rt ayol hazrat Abu Bakr (r.a.) tomonidan sotib olindi va darhol ozod qilinib, hurriyatga erishdilar. Mana shu payt, bir necha yil avval onasi tomonidan qo‘yilgan «Atiq» laqabi yana bir marotaba boshqa tomondan izohlanib, bahslashildi va azobda qolgan bechoralarni qutqarishi Alloh taolo tomonidan yuksak taqdirlandi. Rasululloh (s.a.v.): «Jahannamdan ozod kilingan insonni ko‘rish bilan baxtiyorlik his qiladiganlar bu odamga boqsinlar» deya hazrat Abu Bakrni ko‘rsatdilar.

«Atiq» bo‘lish (jahannamdan ozod etilish)ning yaqqol ko‘rinishi mana shu edi. Buni u insonlarning ozodlikka haqiqiy munosibligini va o‘zi hurriyatga chiqargan kishilardan hech narsa talab qilmaganligi bilan isbotladi. Amallarining barchasini u, Alloh taolo rizoligi uchun bajargandi. Alloh uchun qilganlarining ajrini bandasining qo‘lidan kutishga haqqi yo‘qligini bilardi. Bundan keyin ham shu fikr va niyatda qolib, hatto Bilol bin Abu Raboha ko‘ngil uchun emas, yuksak iymon ta’siridan «Payg‘ambarimiz» (s.a.v.) deyishidan baxtli edi.

O’g‘lining yillar bo‘yi Yaman, Shom orasidaga minglarcha chaqirimlik masofalarni, ming bir tahlikaga ko‘ksini kerib, peshona teri bilan to‘plagan shuncha boylikni bir necha qulni ozod qilish uchun sarflaganini ko‘rgan Abu Quhofa o‘zini bu ishga aralashishi lozim deb o‘yladi va o‘g‘liga biroz aql bilan ish yuritishni xotirlatdi. Hech bo‘lmasa, navqiron, qo‘lidan ish keladigan, mehnatga yaraydigan qullarni olib qolishni, shunday qilsa zarar ko‘rmasligini ta’kidladi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) otasini ham xafa qilmadi. Ya’ni bu savdodan zinhor zarar ko‘rmasligini aytish bilan kifoyalandi.
Zarar qilish emas, balki Abu Bakr (r.a.) bir inson qilishi mumkin bo‘lgan eng foydali ishni bajarayotgandi. Chunki Alloh taolo sharafli elchisi — Payg‘ambari qalbiga shu oyatlarni yozgandi:

«Qaysiki, u mol-davlatini (yaxshilik yo‘lida) sarf qilur. Uning huzurida (zimmasida) biror kimsaga qaytariladigan ne’mat yo‘qdir. U faqat eng oliy zot bo‘lmish Parvardigorining "yuzi"ni istab (ehson qilur). (U) yaqinda (ato etilajak mukofotdan) rozi bo‘lur.». (Layl surasi 18 — 21 oyatlar)

Hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘ziga tegishli bo‘lgan ushbu oyatlarni so‘ngsiz hayajon va ko‘zlari yoshga to‘lib tingladi. Cheksiz baxt edi bu. Uzoq yillardan so‘ng tushirilgan boshqa bir oyatda esa: «Ey, insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda, bir-birlaringiz bilan tanishishlaringiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo‘ydik. Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir.» (Hujurot surasi 13-oyat) deya marhamat qilinadi va bu bilan Muhammad (s.a.v.) ummatining eng ustun shaxsiyati bildiriladi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:00:33
* * *
O’sha kunlarda Abu Bakr (r.a.) ikkinchi ayolining ikkinchi chaqalog‘ini qo‘liga oldi. Ismini Oysha qo‘yishdi. Juda go‘zal va yoqimtoy bu qiz doimo shunday bo‘lib qoldi va dunyo hayotida sevimli ayol bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi.

Abu Bakr (r.a.) Ummu Rummondan bo‘lgan to‘ng‘ich o‘g‘liga Abdulka’ba deya ism qo‘ygan, ammo Islom dini kelgandan so‘ng Rasululloh (s.a.v.) bu bolaning ismini Abdurahmon deya o‘zgartirgandilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:03:38
* * *
Bir kun Rasululloh (s.a.v.) mushriklar hujumiga duch keldi. Masjidi Haramda namoz o‘qiyotganlarida mushriklar bostirib kirdilar va uning joniga qasd qilmoqchi bo‘lishdi. Bo‘yniga arqon solib bo‘g‘moqchi bo‘ldilar. Bu holni ko‘rgan hazrat Abu Bakr (r.a.) mushriklarning yoniga bordi va ularga qarata xitob qildi:
—   Bir odamni «Rabbim Allohdir» degani uchun o‘ldirmoqchimisizlar ?

U o‘zini o‘rtaga qo‘yib Rasululloh (s.a.v.)ni qutqarish fikrida edi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) muvaffaqiyat qozondi. Mushriklar Payg‘ambar (sa.v.)ni o‘z holiga qo‘ydilar ve o‘zlariga qarshi chiqayotgan hazrat Abu Bakr (r.a)ga yuzlandilar. Yolg‘iz o‘zi ularga qarshi chiqishi aqlga ham sig‘masdi. Aslida hech janjallashib yurmagan hazrat Abu Bakr (r.a.) atrofini qurshagan odamlar tushirgan shapaloq (tarsaki), musht va tepkilarga qarshi hech narsa qilolmasdi. Uni bu holda tashlab ketishgan janjalkashlar bir chetga chiqishgan payt, voqeani tomosha qilib turgan Taym qabilasidan bir necha kishi keldi. Yuz-ko‘zi tanib bo‘lmas holga tushgan bu insonni bir chetga yotqizdilar va uyiga yo‘l olishdi.

Ummulxayr bir ahvoldagi o‘g‘lini ko‘rib ko‘zlariga ishonmadi. Axir fikri — yodi ezgulik, kishilarga yaxshilik qilish uchun yashagan inson qanday qilib bu holga tushishi mumkin?
Bechora ona o‘g‘lini bu ko‘yga solganlarga la’natlar yog‘dirib, faryod chekarkan, uni olib kelganlar ortlariga qaytishdi va ketish oldidan Ummulxayrni ogohlantirishdi:
—   Ey, Ummulxayr, unga biror narsa yedir, nihoyatda holdan toygan, hech qursa suv ichir.
Ammo bu tavsiya kor qilmadi. Shomga yaqin ko‘zlarini ochgan Abu Bakr (r.a.)ning dastlabki so‘zi Payg‘ambarini so‘rash bo‘ldi:
   —   Muhammad (s.a.v.)ning ahvoli qanday?...
—   Bilmadim. Sen biror narsa yeyishing va ichishing kerak, o‘g‘lim, deb javob berdi Ummulxayr.
Abu Bakr (r.a.) savolini takrorladi:
«Muhammad (s.a.v.)ning axvoli qanday?..» der, boshqa so‘z aytmasdi ham, tinglamasdi ham. Natijada Ummulxayr avval Muhammad (s.a.v.) bin Abdullohdan xabar olishi lozimligini angladi.
—   Uni qaerdan topaman? — o‘g‘lidan so‘radi u.
—   Xattobning qizi Ummu Jamil yoniga bor, undan so‘ra, — javob qildi Abu Bakr.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:09:07
* * *
Asli ismi Fotima bo‘lgan Ummu Jamil, kelgan ayolni uyiga kiritdi. Ammo unga yordam berolmasligini, chunki Abu Bakrni ham, Muhammad bin Abdullohni ham tanimasligini aytdi.
—   Qizim, iltimos qilaman, o‘g‘limni bir ahvolda tashlab keldim. Sendan oladigan xabarimdan tinchlanar. Biror narsa yedirib — ichirish imkoniyati bo‘lar, yordam ber.
—   Xolajon, ularni tanimasligimni aytdim-ku, — Ummu Jamil qayta rad javobini berdi.
—    Jonqizim...
Onaning yolvorishlari Ummu Jamilni yumshatdi:
—   Xohlasangiz, siz bilan borishim mumkin, — oxirgi so‘zi shu bo‘ldi Ummu Jamilning.

Ikki ayol birgalikda yo‘lga tushishdi. Uyga kelganlarida hazrat Abu Bakr (r.a.)ni bu holda ko‘rgan Ummu Jamil birdan faryod chekib, «Seni bu holga solganlar albatta, fosiqdir, kofirdir!», deya yig‘lay boshladi.
Ummulxayr ajablandi. Shuncha yolvorganda ham, tanimayman deb turgan bu ayol, endi jon jigaridek kuyinayotgan edi. Xasta esa yana avvalgi savolini qaytardi.

Ummu Jamil esa nihoyatda past ovozda unga javob berdi:
—   Onang shu yerda, ey, Abu Bakr, gaplarimizni eshitadi.
—   Tashvishlanma, onamdan qo‘rqishning hojati yo‘q, — deb tinchlantirdi uni Abu Bakr.
Shundan keyin ular o‘rtasida suhbat boshlandi:
—   Senga shuni aytishim mumkinki, Rasululloh (s.a.v.)ning ahvoli yaxshi, sog‘ —salomat.
—   Hozir qaerdalar?
—   Arqamning uyida. Ummulxayr hazrat Abu Bakrga:
—   O’g‘lim, maqsadingga erishding. Biror narsa yeb olishing kerak — dedi. Ammo xasta:
—   Yo‘q, avval Uni ko‘rishim kerak. So‘z beramanki toki Uni ko‘rmagunimcha hech narsa yemayman va ichmayman.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:11:44
Ortiqcha urinishning foydasizligi aniq edi. Quyosh botib, ko‘chalarda qatnov kamayguncha kutdilar. Hazrat Abu Bakr (r.a.) zo‘rg‘a o‘rnidan turdi. Ikki ayol yordamida qadam tashladi. gaA’zoi badani zirqirab og‘rirdi. Oyoqlari go‘yo yerga botib ketayotgandi. Safo tepaligi tomonga yo‘l olishdi va Arqamning uyiga yetib kelishdi. Uni bu holda ko‘rgan Rasululloh (s.a.v.) juda xafa bo‘ldilar, ko‘zlaridan oqayoggan yoshlar bilan duo qildi. Rasululloh (s.a.v.)ni sog‘ — salomat ko‘rgan hazrat Abu Bakr (r.a.) jonlangandek bo‘ldi, go‘yo xastaligini unutgandi:
—   Ey, Allohning Payg‘ambari, bu mening onam, u oqila ayol. Hidoyat topishi uchun Alloh taologa duo qil:
Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning bu istagi bajo keltirildi. Payg‘ambar(s.a.v.)ning huzuridan ezgulik istovchi ona uchun duolar olib qaytishdi. Haqiqatdan ham hazrat Abu Bakr (r.a.) biroz oyoqqa turgach to‘g‘ri Nabiylar Sultoni Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga borib onasining islomni qabul qilganligi haqida xabar berdi.

Abu Bakr (r.a.) islomni qabul qilmasdan avval ham Rasululloh (sa.v.) bilan do‘st edi. Ammo bu do‘stlik, shahodat kalimalarini keltirgan kundan buyon o‘zga bir ma’no kasb etgandi. Hech bir moddiy tuyg‘usiz, faqat Alloh taolo rizoligidagi do‘stlik va birodarlikning eng go‘zal namunasi, ularning munosabatlari edi. Bu do‘stlikdan Abu Bakr (r.a.) ta’rifsiz bir sevgi — muhabbat ichida his qilardi o‘zini... Bu sevgi uning butun borlig‘ini qoplagan fikr va tuyg‘u olamida Rasululloh (s.a.v.) bilan doimo birga edi. Tunda ko‘zlarini yumarkan, Rasululloh (s.a.v.) sevgisi ila huzurlanardi va tongda ham shu sevgi ila uyg‘onardi.

Bu sevgi Rasululloh (s.a.v.)ni, hazrat Abu Bakr (r.a.) uchun mukammal oyna holiga keltirdi. Shu oynaga qarab xatti—harakatlar to‘g‘rilandi. Fikru—xayollarga bu oyna qarshisida chek qo‘yishdi. Alloh taolo Habibini qay holda tarbiyalab istaganidek holga keltirgan bo‘lsa, Rasululloh (sa.v.) ham sevimli do‘stini shunday yetishtirdi. U voyaga yetgan erkaklar orasida ilk marotaba iymon keltiribgina qolmadi, balki Alloh taologa borish yo‘lida Rasululloh (sa.v.)ga eng yaqin va sevimli inson bo‘lish sharafini ham doimo muhofaza qildi. Bu sevgi va do‘stlik natijasida Rasululloh (s.a.v.)ni mamnun qilgan har bir narsa uni ham sevintirardi. Alloh taoloning Rasulini ranjitgan narsa uni ham ranjitardi.

Payg‘ambarlar Sultonining do‘stligi va tarbiyasi natijasida hazrat Abu Bakr (r.a.) bundan keyingi yigirma besh yil muddat ichida Alloh taolo uchun sevishning, Alloh taolo uchun sevmaslikning haqiqiy va jonli namunasi bo‘lib qoldi. Bersa Alloh taolo rizoligi uchun berdi. Bermasa bu ham Alloh taolo rizoligini ko‘zlagan fikru maqsadda bermadi. Hayotining har bir sahifasi shu tuyg‘u va fikr, shu ishonch va qanoat bilan to‘g‘ri yo‘lda ketdi. Ammo bu sevgi javobsiz qolmadi. Alloh taoloning Rasuli (sa.v.) ham, sevilishiga haqiqatdan loyiq bo‘lgan bu insonga nisbatan doimo ayni shu tuyg‘ularni asradi. Shunday qilib, Abu Bakr (r.a.) oilasi Makka ahli bo‘yicha, Rasuli Amin (s.a.v.) tarafidan har kun yo‘qlanish baxtiga erishdilar va bu ziyoratlar ular uchun shirin xotira bo‘lib qoldi.

So‘nggi nafasigacha davom etgan bu sevgi, qabrlarining yonma — yon qazilishi bilan nihoyalandi. Oxirat hayotining do‘stligi esa abadiyatga qadar davom etib ketadi. Payg‘ambarimiz (sa.v.), «sevn sevgani bilan birgadir»,— deganlar, bu birgalikning eng go‘zal namunasi ila o‘zi va sevimli do‘sti hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘rtasida bo‘ldi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:12:23
* * *
Rasulullohni (s.a.v.) Masjidi Aqsoga qadar borib — kelganini, hatto samoga chiqarilgani va jannat — jahannamni ko‘rsatilgani haqidagi xabarni darhol Abu Bakr (r.a.)ga yetkazdilar.
Boshqalar Abu Bakr (r.a.)ning iymoni endi nihoyalanadi, deb o‘ylardilar. Chunki, bunday voqeani inson zoti aqliga sig‘dira olmaydi, deb hisoblardi ular. O’tirib hammasini gapirib berdilar.
—    Bularni kimdan eshitdingiz? — dedilar, hazrat Abu Bakr (r.a.).
—   Muhammad bin Abdullohning o‘zidan eshitdik, deb javob berdilar.
—   U holda to‘g‘ri. Men butun qalbim bilan Uning to‘g‘ri xabar berishiga ishonaman—dedilar.
—   Shunaqa xabarga ham ishonasanmi, ey, Abu Bakr?.. Hech o‘ylab ko‘rmaysanmi?... —deb ajablandilar.
—   O’ylaganim uchun ishonaman. Chunki men Uning hech qachon yolg‘on gapirganini eshitmadim. Agar bularni U xabar bergan bo‘lsa to‘g‘ridir, — deb qatiy javob berdilar.
Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning bu holda Payg‘ambarimiz (s.a.v)ni tasdiqlagani sabab bir laqabi bor edi. Shaxsan Payg‘ambarimiz(s.a.v.) tarafidan unga Siddiq (to‘g‘ri, to‘g‘rini tasdiqlovchi inson) deya nom berildi. Islom olami uni shundan so‘ng «Abu Bakr Siddiq» (r.a.) deya tanidi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:13:01
* * *
Ko‘rilgan hech bir chora hazrat Abu Bakr (r.a.)ni iymon yo‘lida bergan so‘zidan qaytara olmadi. Ajratish yo‘lida qilingan barcha harakat natijasiz qoldi. Abu Bakr (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) bilan birga kechirgan yillarning azoblarini ham sevardi. Hatto bu yo‘lda chekkan iztiroblarni o‘zi uchun unutishini joiz bilmagan bir sharaf deya qabul qildi.

Uning uyi yonida o‘tirib Qur’on o‘qishi mushriklarni bezovta qildi. Qilingan aziyatlarga parvo qilmasligini aytib Rasululloh (s.a.v.)dan izn olib Makkani tark etdi. Ammo ibni Dag‘ina tomonidan ortga qaytarib, Makkaga keltirildi.

Rasululloh (sa.v.)ning arab qabilalari bilan bo‘lgan uchrashuvlarda doimo yonlarida bo‘ldi. Nihoyat, Madinaga hijrat izni bo‘lib Rasululloh (s.a.v.) bilan birga ketishni eshitganda ko‘zlaridan oqayotgan yoshlarni to‘xtatish iloji yo‘q edi. Bu bilan hazrat Oysha hayotida sevinchdan yig‘lagan insonni ilk marotaba ko‘rish imkonini qo‘lga kiritgandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:13:59
SHARAFLI SAFAR

Abu Bakr (r.a.), o‘zi uchun nihoyatda katga baxt va abadiy sharaf deb bilgan hijratni Rasululloh (s.a.v.) bilan birga o‘tkazdi. Uni «g‘or birodari» qilib Islom olamiga tanitdi. Ashobi kiromda eng yuqori mavqe egasi bo‘lgan hazrat Umar g‘ordagi uch kunlik muddatning bahosini quyidagi so‘zlar bilan izohladi: «Alloh taologa qasamki Abu Bakrning g‘orda kechgan bir kuni va bir kechasi Umardan ham, Umar oilasidan ham xayrlidir».

Rasululloh (s.a.v.) ham, hazrat Abu Bakr (r.a.) ham g‘orda kechgan uch kun haqida ko‘p gapirishmadi. Ammo ortlaridan izma—iz kelganlarning g‘or og‘ziga yaqinlashayotganini ko‘rgan hazrat Abu Bakr (r.a.) shunday dedi:
—   Ey, Alloh taoloning Payg‘ambari, agar ulardan biri oyoqlari uchiga qarasalar bizni ko‘radi.
Ammo, Nabiylar Sarvari Payg‘ambarimiz (s.a.v.) matonatini yo‘qotmagan holda javob berdilar:
—    Ey, Abu Bakr, qo‘rqma, bu ikki do‘stning uchinchisi Allohdir. Alloh biz bilan.
Bu javobi bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xavotirga tushmaslikni bildirgandi. Ammo Payg‘ambarimiz (sa.v.) ham bilardiki, hazrat Abu Bakr (r.a.)ning xavotiri o‘ziga keladigan tahlikadan ko‘proq Rasululloh (sa.v.)ga zarar bo‘lsa... Qo‘rquvi shundan edi.

Aslida g‘orda kechgan uch kun muddat «Alloh taolo bilan birga bo‘lish» edi. Ular bu birlikning huzurini totishgandi.
Asosan bu tuyg‘uni tashkil qilgan huzurbaxsh suhbat shu g‘orda bo‘lishi lozim edi. Uch kundan keyin Abdulloh bin Urayqit yonida ikki tuya bilan keldi va safarga tayyor ekanligini bildirdi.
—   Ey, Allohning Payg‘ambari, bu ikki tuyani hijrat safarida minarsiz, deya olib qo‘ygandim. Ulardan birini sizga hadya qilmoqchiman. Qay birini istasangiz oling, u sizga bo‘lsin.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qatiy javob berdilar:
—   Xo‘p, ammo men uning haqqini to‘lab olmoqchiman — dedi. Bundan keyin minadigan tuyaning pulini to‘lab, sotib oldi. Keyin esa unga «Qasva» deb nom berdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:14:41
* * *
Safar boshlandi. Har qadami rahmatlarga yo‘g‘rilgan zahmatli to‘rt yuz ellik chaqirimlik yo‘lda Hazrat Abu Bakr (r.a.) abadiy do‘sti yonida ketarkan ba’zan yo‘l ko‘rinmas, shu payt Rasululloh (s.a.v.) oldinga o‘tar va shunday yurardilar. Ba’zan orqa taraf shunaqa bo‘lar va orqa tomondan yurishga to‘g‘ri kelardi. Bundan ajablangan payg‘ambarimiz (sa.v.) so‘radilar:
—    Nega bunday qilyapsan, ey, Abu Bakr?..
—   Old tarafdan xatar kelishi mumkin deb o‘ylaganimdan sizga qalqon bo‘lish maqsadida oldinga o‘tayapman. Tahlika orqadan kelishini o‘ylaganimda orqada qolayapman.

Uning aynan shu fikrda ekanligini, zarracha soxtalik qilmaganini Alloh taolo bilardi. Rasul (s.a.v.) sezardi. Agar shu safar davomida ikki kishidan biriga zarar kelishi muqarrar bo‘lsa, shubhasiz hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘zini qurbon qilishga tayyor edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:16:47
* * *
Bu safar aftidan, faqat ikki kishining hijratidan iborat edi. Ammo Odam Atodan tortib, eng so‘nggi insongacha, hech bir zot «Olamlarga rahmat» bo‘lish darajasiga erisholmagan. «Maqomi Mahmud» martabasiga yuksalish va’dasini olmagan, hech biriga «Shafoat-i Uzmo» (Eng buyuk shafoat) haqqi berilmagan, hech biriga «butun zamonlar Payg‘ambari» unvoni berilmagandi...

Ikkinchisi esa Muhammad (sa.v.) ummatining ko‘z nuri, Rasululloh (sa.v.)ning eng sevimli, sodiq do‘sgi... U shunday bir do‘stki, Alloh taolo tarafidan Habibiga «g‘or birodari» bo‘lib tanlangan, keyinchalik «qabr birodari» bo‘lib saylanadigan va bu birlik hech qanday shaklda biror voqea sabab buzilmas, dog‘ tushmas... Insoniyat bilgan va biladigan eng samimiy o‘lchovlar bilan davom etadi va abadiyat olamida «kishi sevgani bilan birgadir» marhamati ila taqdirlanadi.

Safar chog‘ida hazrat Abu Bakr (r.a.) orqadan chang — to‘zonga qorishib kelayotgan bir otliqni ko‘rib, xavotirga tusha boshladi. Payg‘ambarimiz Nabiy Akram (s.a.v.) esa tuya yonida Qur’on o‘qish bilan mashg‘ul edilar. G’orda qanchalik osoyishta bo‘lsalar, yana shu matonatini davom ettirardi.
—    Ey, Allohning Payg‘ambari, otliq juda yaqinlashdi.
—   Qo‘rqma, ey, Abu Bakr, tashvishlanma. Alloh biz bilan birgadir.

Birozdan so‘ng hazrat Abu Bakr (r.a.) Nabiy Akram (s.a.v.)ning qo‘llarini ko‘targan holda «Allohim, shu odamni yiqit!» — deya duo qilayotganini ko‘rdi. Shu onda, Suroqa ismli bu odam yerga dumalab tushdi. Ot oyoqlari qumga ko‘milib tabiiy ravishda yiqilib tushgandi.

Qo‘lga kiritgan yuz tuyalik mol badalini to‘lagan kishining takror otiga mingach, uch marta ham ketma-ket shu holatga tushgandan so‘ng, buning tasodif emasligini, bu yo‘lovchining ilohiy kuchlar tomonidan himoyalanganini fahmladi va omonlik topadi. Qaysarlik qilgan taqdirda ham ilohiy shamol uning peshonasini terga botirardi.

Uning istagi bilan bir suyak parchasiga hazrat Abu Bakr (r.a.) tomonidan yozilgan yozuv uzoq yillar saqlandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:18:05
* * *
Yo‘l chetidagi chodirda istiqomat qiluvchi Umma Ma’bad ismli ayolning hijrat yo‘lovchilariga beradigan hech vaqosi yo‘q edi.

—    Shu yotgan qo‘yingni sog‘ishimizga izn berasanmi?
—   Undan sut olishingizga ko‘zim yetmaydi. Yurolmaganligi sabab suruvdan ajralib qoldi. Istasangiz qarab ko‘ring.

Alloh taoloning buyuk ismi bilan sog‘ilgan sut Ummu Ma’badning hayratlanib boqishlari ila davom etardi. U shu kunga qadar hech bir qo‘yning shuncha sut berganini ko‘rmagandi.

Qayta—qayta sog‘ilgan qo‘y suti ichildi va yana sog‘ilib, Abu Ma’bad kelgach ichadi, deya qoldirildi. Birozdan so‘ng bu ayolga qilingan tavsiya shunday bo‘ldi:
— Bu qo‘yni zinhor so‘ydirmagin, ey, Ummu Ma’bad. Ummu Ma’bad hayratlanib kuzatib qolgan bu baxtli insonlar tavsiyasiga binoan yana o‘n sakkiz yil bu qo‘ydan foydalandi.

Bu vaqt davomida qo‘y Ummu Ma’bad oilasining baraka manbai bo‘lib xizmat qildi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:18:54
* * *
Safar davomida yo‘lda uchragan barcha tanishlar hazrat Abu Bakr (r.a.) bilan salomlashar, hol—ahvol so‘rashardi. Yonidagi nur chehra kishini ko‘rsatib, uning kimligini bilishga qiziqishardi.
—   Yo‘l ko‘rsatuvchimdir, — Abu Bakr (r.a.)ning so‘rovchilarga javobi bir xil bo‘lardi.

Ular bu so‘zni haqqi to‘lab olingan yo‘l ko‘rsatuvchi shaklida tushundilar. Chunki shunda xatar bo‘lmaydi. Darhaqiqat, uning so‘zi rost edi. Sababi Abu Bakr (r.a.) Yaratganning rizoligiga ketayotgan bu yo‘lni, haqiqiy tijorat yo‘lini Uning yo‘lboshchiligida o‘rgandi va o‘rganmoqda edi.

Keyingi umri doimo shu Yo‘lboshchining odimlarini ta’qib etish bilan o‘tadi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:19:50
MADINADAGI HAYOT

Madinada Hazrat Abu Bakr (r.a.) Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v.) bilan birgalikda Homid bin Zayd Abu Ayyub al Ansoriyning uyida mehmon bo‘lishdi. Masjid qurilishida u ham qatnashgandi. Islomga qilingan xizmat yo‘lida hech bir faoliyatdan chetda qolmadi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘g‘li Abdullohni Makkaga yubordi. Ayoli Ummu Rummon va qizi Oyshani ham olib keltirdi. Ikkinchi o‘g‘li Abdurahmon hanuz islomni qabul qilmaganligi bois Makkada qolishini ma’qul ko‘rdi. Bundan esa Abu Bakr (r.a.)ning norizoligini aytib o‘tishimiz lozim. Buni faqat farzandini hidoyat yo‘lida ko‘rish baxtidan mahrum bo‘lgan otalargina his qila oladilar.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) oila a’zolari bilan Horisa bin Zaydning uyiga joylashdi.
Rasululloh (s.a.v.) esa muhojir va ansordan hosil bo‘lgan bir jamoa bilan Ummu Sulaymning uyiga joylashdilar. Madinadagi yahudiy qabilalari va islomni qabul qilmaganlarga nisbatan yaxshi bir kuch birligini vujudga keltirib, muhojir — ansor birodarligini paydo qildilar. Biri Makkalik, biri Madinalik ikki mo‘minni chaqirar, qo‘lni — qo‘lga berar va bir — birlari bilan Alloh taolo yo‘lida birodar ekanliklarini so‘zlardi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) bilan Horisa bin Zayd birodar bo‘lishdi. Keyin esa hazrat Abu Bakr (r.a.) Horisaning qizi Habibaga uylandi va bu birodarlik kuyov — qaynota tarziga o‘zgardi. Makkada ekanligida qizi Oyshani Rasululloh (s.a.v.)ga unashtirgan hazrat Abu Bakr (r.a.) vaqti kelib ularning nikohini ham ko‘rdi. Bir necha yillardan buyon eng samimiy tuyg‘ular bilan davom etib kelayotgan do‘stlik bu safar qarindoshlik bilan almashdi.

Amr bin Avf o‘g‘illari Qubo qishlog‘ida yashardi. Bir kun bu oilalar ichida tushunmovchilik paydo bo‘lib bir necha oila bir — biriga qarshi dushmanlarcha qilich ko‘tarishdi. Holbuki islom sulh va tinchlik va’da qiluvchi dindir. Qarindoshlarning sevgi va hurmat rishtalari ila bog‘lanishni buyuradi.

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v.) bu xabarni eshitib qattiq ranjidilar. Darhol yonlariga bir necha birodarini olib Qubo qishlog‘iga yo‘l oldilar va oila boshliqlarini bir joyga to‘pladilar. Arzlarini tingladilar. Haq hukmni so‘zlab, o‘rtalarida totuvlik, hurmat va muhabbatni qaytadan tiklashga harakat qilib qaytishdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:20:36
Bu yoqda peshinga yaqin Bilol hazrat Abu Bakr (r.a.) yoniga keldi, namoz o‘qishni o‘rgatishini so‘radi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) imom sifatida mehrobga o‘tib namozga turdilar. Jamoat bilan namozni boshladilar. Ayni paytda masjidga kirib kelgan Payg‘ambarimiz (sa.v.) ham yon safga borib qo‘shildilar va namozni boshladilar. Nabiy Akram Payg‘ambarimiz(s.a.v.) ning kelganini payqagan jamoat qo‘l silkib hazrat Abu Bakr (r.a.)ni ogohlantirmoqchi bo‘lishdi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) namozni davom ettirardi. Shunday qilishi ham kerak edi. Alloh taologa ibodat etuvchi har bir kishi, albatta yon-atrofga qaramas, boshqa narsalarga chalg‘imasdi. Ammo qo‘l siltashlar to‘xtamadi. Paygambarimiz Rasululloh (s.a.v.) kelganlarini fahmladi. Yuzini qiblaga o‘girarkan orqaga siljiy boshladi. Birinchi safga kelgach, turdi. Bu safar Rasuli Muhtaram (s.a.v.) olg‘a siljidilar va namozni davom ettirdilar.

Salom bergandan so‘ng jamoaga yuzlandilar. Namozda qo‘l ko‘tarish ayollarga xos xususiyat ekanligini va agarda imomga biror narsani bildirmoqchi bo‘lsalar, «SUBHANALLOH» deya ovoz berishlarini aytdilar. Keyin:
—   Ey, Abu Bakr, senga ishorat etganimda joyingda turib namozni davom ettirishingga nima mone’lik qildi? — deya so‘radilar. Hazrat Abu Bakr (r.a.) javob berdilar:
—   Abu Quhofaning o‘g‘liga, Rasululloh (s.a.v.)ning oldilarida namoz o‘qish yarashmasdi..
Keyin yana so‘radi:
—   Ey, Allohning Rasuli, menga namozda o‘qiladigan bir duo o‘rgat. Men bu duoni uyimda ham takrorlab yurayin...
—   Quyidagicha duo qil, ey, Abu Bakr: «Allohim, men o‘zimga ko‘p zulm qildim. Sendan boshqa gunohlarni kechiruvchi yo‘qdir. Shu holda mag‘firat xazinangdagi lutfu-karamingla meni kechirgin, marhamating ila muomala lutf qil. Shubhasiz sen, marhamati keng, cheksizdirsan».
Shundan so‘ng hazrat Abu Bakr (r.a.) butun umri davomida ushbu duoni takrorlab yurdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:24:05
* * *
O’shanda uch yuz o‘n uch kishilik islom qo‘shini Badrda Makkaning to‘qqiz yuz ellik kishilik qo‘shini bilan qarama — qarshi kelgan edi..

Rasuli Muhtaram (s.a.v.) jang boshlanmasdan oldin o‘ziga qilingan soyada qo‘lini ko‘tarib, «Allohim, agar bu qo‘shin mag‘lub bo‘lsa, keyin yer yuzida Senga ibodat qiladigan odam qolmaydi», — deya niyoz qila boshladi. Yonida esa hazrat Abu Bakr (r.a.) «omin» derdi. Payg‘ambarimiz Nabiy Akram (s.a.v.) shunday uzoq duo qildilarki, ustilaridagi rido yerga tushib ketgandi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) uni olib Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ustlariga tashlarkan, «Yetishasan, ey, Allohning Payg‘ambari, Alloh taolo senga ko‘mak beradi», —dedi.

Jang davomida mushriklarning Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga hujum qilishlari kutilardi. Shu sabab hazrat Abu Bakr (r.a.) va Xazraj qabilasining raisi Sa’d bin Muoz qabiladan bir guruh kishi bilan Payg‘ambarimiz (sa.v.)ning muhofazasida edilar.

Ammo ikki qo‘shin ichida maydonga chiqqan va talabgor istayotgan bir pahlavonni ko‘rib hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘zini to‘xtata olmadi:
—   Tarbiyasiz odam, nima bo‘ldi mening shuncha molim?.. — deb yubordi.
Yigit:
—   Jangda qo‘llanadigan bir qancha qurol, shamoldek yeluvchi Yoqub (ismli ot) va yo‘lda shoshilgan qariyalarga o‘g‘irlatmaslik sharti bilan qo‘lga kiritilgan keskir
qilichdan boshqa hech narsa qolmadi, — deya baqirdi.
Uning bu ahloqsizlarcha harakatidan hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘zi to‘qnashmoq uchun jang maydoniga qarab yurdi. Ammo, bu safar uni Rasululloh (s.a.v.)ning amrlari to‘xtatdi. Ortiq oldinga izn yo‘q va takror joyiga qaytdi. To‘qnashuvga otlangan yigit uning o‘g‘li Abdurahmon edi. Afzali unga yaxshi saboq beradi, Allohning Rasuliga va diniga qarshi turib qilich ko‘tarishning nimaligini o‘rgatadi, yo‘qsa o‘ladi. Ammo bu kun ota va o‘g‘ilning to‘qnashuvi taqdirda yo‘q. Keyinchalik esa bu o‘g‘il ham, qalbida uyg‘ongan hidoyat quyosh nuri ila yuzini qiblaga o‘girdi, ko‘ngli kuygan ota yuragiga suv sepildi. Shubhasiz, Alloh taolo hamma narsaga qodirdir.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:27:53
* * *
Badr jangining zafar bilan tugashi va qurayshlardan yetmish kishi asir olinishi Makkaliklarning rejalarini ostin — ustun qilib yuborgandi. Istasa har daqiqa mag‘lub qila olishlariga ishonganlar Madina jamoasidan mag‘lub bo‘lishgan, avvaldan arablar ichida eng hurmatli qabila bo‘lgan quraysh obro‘si oyoqosti bo‘lgandi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) asirlarga qanday munosabatda bo‘lish haqida ashoblari ila maslahatlashardi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘z fikrini shunday bayon etdi:
—   Ey Allohning Payg‘ambari, bular sening amakivachchalaringdir. Bizning ham yaqin qarindosh, birodarlarimizdir. Men ulardan qutulishda avval boyligi olinishini ma’qul deb bilaman. Olinadigan bu mablag‘ kofirlarga qarshi quvvat bo‘ladi. Umid qilamanki, Alloh taolo ulardan bir qismiga hidoyat qiladi, musulmon bo‘lishadi, — dedi.
—    Ey, Xattob o‘g‘li sen nima deysan?
—   Ey, Allohning Payg‘ambari, Vallohi, men Abu Bakrdek o‘ylamayapman. Menga izn ber, falon kishini o‘ldirayin. Ali, birodarim Aqilning bo‘ynini uzsin. Hamza birodari Abbosni o‘ldirsin. Toki Rabbimizga qalbimizda mushriklarga nisbatan mayl va mehr yo‘qligini isbotlaylik.

Hazrat Umar (r.a.) mushriklar qilgan zulmlarni gapirdi va jazo berilishi tarafdori ekanligini bildirdi.
Payg‘ambar (s.a.v.) bu fikrlarni tinglagach, hazrat Abu Bakrga yuzlandi:
—   Ey, Abu Bakr sening ahvoling, hazrat Ibrohim (a.s.)ning ahvoliga o‘xshaydi. U, Rabbiga «Ey, Rabbim, menga tobe bo‘lganlar mendandir. Menga qarshi chiquvchilar esa sening rahmatingga havola. Sen mag‘firati cheksiz, marhamati keng Zotsan», — deya duo qilgan edi. Abu Bakr yana hazrat Iso (a.s.)ga ham o‘xshaydirki, U Alloh taologa shunday yolvoradi: «Agar ularni azoblasang, ular Sening bandalaring. Agar ularni mag‘firat qilsang, albatta Sen O’zing qudrat, rahmat egasidirsan».
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:29:50
Rasululloh (s.a.v.) keyin hazrat Umarga yuzlandilar:
—   Ey, Umar sening ahvoling esa Nuh (a.s.)ning ahvoli kabidirki, u Allohga «Ey, Rabbim, yer yuzida kofirlardan bir kishini ham qoldirma, mahv et», — deya duo qilganlar. Va yana hazrat Muso (a.s.)ning ahvoli kabidirki, u ham Alloh taologa shunday duo qilganlar: «Parvardigoro, ularning mol-dunyolarini yo‘k qilgin, ko‘ngillarini qattiq qilgin, toki ular olamni azobini ko‘rmagunlaricha, iymon keltirmasinlar».

Nihoyat, ashoblar fikriga ko‘ra, qutulish uchun ularning pulini olish yo‘li tutildi. Ammo, bir kun hazrat Umar (r.a.) Rasuli Amin (s.a.v.) va hazrat Abu Bakr (r.a.)ni mahzun holda ko‘rdi. Har ikkisining ham ko‘zlari yoshli edi. Ularga yuzlanib, so‘radi:
— Ey, Allohning Payg‘ambari, sizga hamdard bo‘layin, birga yig‘layin. Ammo, sizni yig‘latgan nima?

Rasululloh (s.a.v.) shu javobni berdilar:
— Birodarlarim taklif qilishgan va olishgan mablag‘ sabab yig‘layapman.
Sizga keladigan azob menga darhol shu daraxt qadar yaqinda ko‘rsatildi.

Rasululloh (sa.v.) birozdan so‘ng shu oyatlarni o‘qidi: «Hech bir payg‘ambar, yer yuzida zafar qozongunga qadar, asir olish imkoni bo‘lmagach Siz dunyo hayotining o‘tkinchi molini orzu qilayapsiz. Holbuki, Alloh sizning, oxirat savobini qo‘lga kiritishingizni istaydi. Alloh har narsaga hukmdordir, hikmat sohibidir. Agar Allohning sizga azob bermasligiga va kechirmasligiga doir o‘tmish yozuvi bo‘lmasaydi, olganimiz mablag‘ masalasida sizga har holda buyuk azob berilardi. Ortiq qo‘lingizdagi g‘animatdan halol va to‘g‘ri foydalaning. Allohga nisbatan hurmatli bo‘ling. Shubha yo‘qki, Alloh kechirimlidir, marhamatlidir».

Keyin Nabiy Akram (s.a.v.)nint «Shoyad bu azob tushsaydi Umar va Sa’d bin Muozdan boshqa qutulolmasdi», — deganlari rivoyat qilinadi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:31:03
YODNOMALAR

Bir yodnomalarida Abu Muso al—Ash’ariy shunday hikoya qiladilar: "Bir kun Rasululloh (s.a.v.)dan ayrilmayman" — deb qaror qildim va Ularning ortidan yurdim.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ansorlardan birining bog‘iga kirib, ehtiyojini bitirgach, menga yuzlandilar:
— Eshikda tur va mening ruxsatimsiz hech kimni ichkariga kiritma.

Bir payt eshik taqilladi, qarasam tashqarida Abu Bakr turgan ekanlar. Ularga bir daqiqa kutib turishlarini aytdim—da, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirib, u kishining kelganligi hakida xabar berdim.

Abu Bakrni ichkariga kirit va uni jannat bilan mujdala (unga jannat xabarini ber), — dedilar o‘shanda Rasullulloh (sa.v.).
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:32:13
* * *
Bir kun Rasululloh (s.a.v.) «Insonlardan kimki gerdayib, ko‘ylagini sudrab yuruvchi bo‘lsa, u kishiga qiyomat kunida Alloh taolo hech qanday qadr bermas va yuziga ham boqmas», — dedilar. Shunda Abu Bakr (r.a.) Unga (s.a.v.) savol berdi:
—   Ey, Alloh taoloning Payg‘ambari, gerdayib yurmayman, ammo ko‘ylagimning bir uchini alohida tutmasam u osilib turadi. Bu holimga nima deysiz?

Agar buni boshqalarga nisbatan kibrlanish va g‘ururlanish maqsadida qilmasang, bu mustasnodir, - dedilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:34:47
* * *
Amr bin Os Zotussalosil jihodiga boshliq qilib tayinlangan edi. Ilk musulmonlardan iborat besh yuz kishilik qo‘shin bilan ketgan va zafar bilan qaytgandi. Uning izmida hazrat Abu Bakr (r.a.), hazrat Umar (r.a.) va hazrat Abu Ubayda kabi sahobalar ham bor edi. Endigina Islomni qabul qilganligiga qaramay bu insonlarga boshliq qilib tayinlanishi Amr bin Osni Rasululloh (sa.v.) yonlariga chorladi va u kelib savol bera boshladi:
—   Eng ko‘p kimni sevasiz, ey, Rasululloh?...
—   Oyshani, — deya javob berdilar Rasul (s.a.v.).
—   Erkaklardan kimni sevasiz?
—   Oyshaning otasini.
—   Undan keyin —chi?
—   Umarni sevaman.

Amr bin Os bulardan keyin yana kimlarni sevishni so‘rashda davom etdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hech kuttirmasdan javob qaytardilar. Shunday bo‘ldiki, ortiq savol bersa Amr o‘zining eng oxiriga qolishini his qildi va so‘rashdan voz kechdi. Ammo, Amr bin Os bu voqeani yodga olar ekan, Rasululloh (s.a.v.)ning hazrat Umar (r.a.)dan keyin kimlarni sevishlarini aytmadi. Agar aytganlarida keyingilarga mukammal bir hadya taqdim qilgan bo‘lardilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:35:57
* * *
Ular jannat hayotidan haqida bahs yuritishmoqda edi. Abu Said al—Xudriy Rasululloh (s.a.v.)ni quyidagi so‘zlarini yodga oldi:
"Siz ko‘kdagi yulduzni qanday ko‘rayotgan bo‘lsangiz, jannatning quyi tabaqasida bo‘lganlar ham buyuk martaba sohiblarini shunday nur ichidagi holda yuksaklarda ko‘radilar. Abu Bakr va Umar shular qatoridandir. Chunki ular insonlarning eng hurmatlisidir".
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:36:53
* * *
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir safarlarida hazrat Oysha (r.a.)ni ham olib ketdilar. Zotuljaysh degan joyga kelganlarida uning opasi Asmodan omonat olib taqqan munchog‘i yo‘q zdi. Hazrati Oysha (r.a.)ning peshonasini sovuq ter qopladi. Atrofini axtardi. Vaziyatni Rasululloh (s.a.v.)ga bildirdi. Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.)ning amri bilan izlovlar boshlandi. Qo‘shin majburiy yurishini to‘xtatdi.

Atrofda suv yo‘q, meshlar bo‘shagan edi. Mo‘minlardan bir qismi kelib hazrat Abu Bakr (r.a.)ni topdilar. Hazrat Oysha (r.a.) sabab shunday suvsiz joyda to‘xtaganliklarini bildirishdi.
Bu xabardan keyin Abu Bakr (r.a.) iztirob va qayg‘u bilan o‘rnidan turdi. Hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) chodirlariga keldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hazrat Oysha (r.a.)ning tizzalariga bosh qo‘yib uxlayotgan edi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) qo‘li bilan qizining yoniga urar va sekingina:
— Sen insonlarni va Rasulullohni (s.a.v.) suvsiz joyda qoldirding, — deya norizoligini bildirdi.

Hazrat Oysha Rasululloh (s.a.v.)ni uyg‘otib yubormaslik ilinjida qimirlamadi, otasining so‘zlari yuragini kuydirib o‘tgan bo‘lsa —da, uning bu so‘zlarga e’tibor bermaslikka harakat qildi. Oqibat Rasuli Akram (s.a.v.) uyg‘onmadilar va qo‘shin tunni o‘sha yerda o‘tkazdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:38:47
Bomdod namoziga tahorat olish kerak, ammo uning ham imkoni yo‘q edi. Rasululloh (s.a.v.)ning chodirlaridan chiqishni kutishdan o‘zga choralari yo‘q edi. Nihoyat, Sayyidul Anbiyo Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tashqariga chiqdilar va shu kecha vahiy qilingan oyatlarni o‘qidilar: «Ey, imon keltirganlar! Namoz (o‘qish)ga turar ekansiz, albatta, yuzlaringizni, qo‘llaringizni tirsaklarigacha yuvingizlar, boshlaringizga mash tortingizlar va oyoqlaringizni to‘piqlarigacha (yuvingizlar)! Agar junub bo‘lsangiz, obdon poklaningizlar (cho‘milingizlar)! Agar bemor yoki safarda bo‘lsangiz, yoki sizlardan biror kishi hojatxonadan (chiqib) kelsa, yoxud xotinlaringiz bilan surkalishgan (qovushgan) bo‘lsangizu, (lekin) suv topmasangiz, pok tuproqqa tayammum qilib, undan yuzlaringiz va qo‘llaringizga surting! Alloh sizlarga biror qiyinchilik (paydo) qilishni ravo ko‘rmaydi. Aksincha, sizlarni poklash va ne’mat(lar)ini sizlarga mukammal berishni xohlaydi, zora shukr qilsangizlar». (Moida surasi 6-oyat.)

Tayammum oyati suv topolmaganlar yoki suvdan foydalanish imkoni bo‘lmaganlar uchun katta qulaylik keltirgandi. Xazraj qabilasining boshlig‘i Usayd bin Hudayr shodligini qasida sifatida keltirdi. «Ey, Abu Bakr xonadoni, bu sizning Muhammad (s.a.v.) ummatlariga keltirgan ilk barakot emas...» dedi.

Tayammum qilishda Rasululloh (s.a.v.) o‘rgatganlaridek qo‘llar, barmoqlar ochiq holda yerga qo‘yildi va yuzga surtildi. Ikkinchi marotaba esa avval o‘ng qo‘l tirsaklarigacha, keyin yana chap qo‘l tirsaklargacha mash tortildi. Bosh va oyoqlarga mash tortilmadi. Birozdan so‘ng Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldinga o‘tdilar va namozni boshladilar.

Endi yo‘lga tushish lozim edi. Hazrat Oysha (r.a.) o‘z tuyasiga mindi. Tuya oyoqqa turgan zahoti uni turg‘azgan kishining ko‘zlari chaqnab ketdi. Egilib tuya tagida qolgan munchoqni oldi va egasiga topshirdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:39:33
* * *
Bir kecha Rasululloh (s.a.v.) yonida ikki sevimli birodari Abu Bakr (r.a.) va Umar (r.a.) bilan Qur’on o‘qiyotgan bir kishini miriqib tingladilar. Bir vaqtlar cho‘ponlik qilgan bu qul islomni qabul qilgan va bu muborak dinga unutilmas xizmatlar qilgan Abdulloh bin Mas’ud edi. U kishi past bo‘yli, ko‘sa, ozg‘in ko‘rinishda bo‘lib, Qur’onni juda chiroyli qiroat qilardi. Ikki birodar baxtiyor edilar. Chunki birinchidan olamlarga rahmat bo‘lgan buyuk Payg‘ambar (s.a.v.)ning yonlarida, ikkinchidan shunaqangi go‘zal o‘qilayotgan Qur’onni U (s.a.v.) bilan birga tinglashayapti. Qiroat tugagach, Rasululloh (s.a.v.) «Qur’oni karimni tushirilganidek go‘zal o‘qishni istaganlar Ibni Ummu Abdning (Abdulloh bin Mas’ud) o‘qigani kabi o‘kisin», —dedilar.
Birozdan so‘ng Rasululloh (s.a.v.)dan ayrilgan hazrat Abu Bakr va Umar Abdulloh bin Mas’udni topdilar va unga aytdilar:
— Birodar, senga xushxabarimiz bor...

Ular shunday deb payg‘ambarimiz (s.a.v.)yaing so‘zlarini yetkazdilar. Va. u kichikkina odam ushbu mujdani, islom ummatining ikki buyuk vakilidan tingladi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:41:10
* * *
Hazrat Abu Bakr (r.a.) Qur’oni karimni haqiqatdan go‘zal qiroat qilardi. Yoqimli ovozi bor edi. Qur’onga bo‘lgan iymoni va sevgisi ham uyg‘unlashib, ovozida o‘zgacha bir mayinlik paydo bo‘lardi.
Shunday qilib Makkada ekanliklarida mushriklar, uning uyida o‘qiladigan qur’onni tinglagan ayollarning bu qiroatga berilib, dinlaridan voz kechishlaridan qo‘rqardilar.

Islomning ilk yillarida ahvoli shunday bo‘lgan hazrat Abu Bakr (r.a.)ning keyinchalik, faqat o‘zi eshitadigan bir ovozda o‘qishni davom ettirganligi naql qilinadi. Nega baland ovozda o‘qimaganini esa «Men kimga munojat qilsam U yashirin bo‘lsa ham, oshkora bo‘lsa ham biladi», — deya javob berganlar.
Zotan Qur’oni karimda: «Alloh yashirgan narsalaringizni ham, oshkor kilgan narsalaringizni ham bilur» (Nahl 19-oyat) — deya marhamat qilinadi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) tabiati ijobiy tarzda yashirin zikr yo‘lini tutgandi. U ko‘ngil teranliklarida, lablari ham qimirlamasdan zikr keltirarkan, faqat Mavlosi ila birga edi. Bunaqangi zikrga riyo aralashishi mumkin emas edi. Qilingan bu zikrni, har narsani bilguvchi Ulug‘ Alloh bilardi. Shuningdek, boshqa birovning bilishi shart ham emasdi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) Payg‘ambar (s.a.v.)ning har tun, yarim kechada shirin uyqusidan kechib, Oliy devonga turishini bilardi. Faqat Sayyidul Anbiyo (s.a.v.)ga farz bo‘lgan bu namozni, Muhammad (sa.v.) ummatining bajarish majburiyati yo‘q edi. Ammo, Payg‘ambarimiz (sa.v.)ning uyg‘oq soatlarida turib tahorat olib, Alloh taolo huzurida turish ta’qiqlanmagandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:42:30
Boshqa — boshqa yerda, ammo ko‘ngil birligida ilohiy huzurga bosh qo‘yish, shukronalar keltirish unga alohida o‘zgacha bir huzur baxsh etardi.

O’ziga o‘zidan ham yaqinligiga ishongan Mavlosining ismini zikr etish qanchalik yoqimli ekailigiii hazrat Abu Bakr (r.a.) biladi va ishonadi—ki, shu onda riyokorlikka umuman aloqador bo‘lmagan bu zikr tufayli Buyuk Yaratuvchi ham Abu Bakr (r.a.)ni zikr qilmoqda edi. Chunki, U kitobida: «Bas, Meni yod etingiz, Men ham sizlarni yed eturman. Menga shukr qilingiz, noshukrchilik qilmangiz!» (Baqara surasi 152-oyat), —deya marhamat qilgan.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) «Zikri xofiy» ya’ni, yashirin zikr yo‘lining sardori edi.

Janobi Haqni zikr etishning muhim tomonlaridan biri, ham Uni qudrat va azamati, hikmat, avfining cheksizligi, azobining shiddati, rahmatining kengligi ila yodlashdir. Hazrat Abu Bakr (r.a.) bu masalaga aloqador. Hazrat Ali (r.a.) ham bo‘lgan bir jamoatda, shu hadisi sharifni keltiradi: «Inson bir gunoh kilib qo‘ysa—da, ketidan tahorat olib ikki rakat namoz o‘qib, Alloh taolodan kechirilishini so‘rab iltijo kilsa mutlaqo kechiriladi».
Hazrat Abu Bakr (r.a.) Sayyidul Anbiyo Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning shu so‘zlardan so‘ng ushbu oyati karimani o‘qiganlarini keltiradi:
«Ular biror fahsh ish qilib qo‘ysalar yoki o‘zlariga zulm qilib qo‘ysalar, (darhol) Allohni eslab, istig‘for aytadilar. Vaholanki, gunohlarni faqat Allohgina mag‘firat etar. Yana bila turib, qilmishlarida davom etmaydigan kishilardir. Aynan ularning mukofotlari - Parvardigorlaridan mag‘firat va ostidan anhorlar oqib turuvchi jannat bog‘lari bo‘lib, o‘sha joyda abadiy bo‘lurlar. (Yaxshi) amal qiluvchilarning mukofoti naqadar yaxshi!» (Oli — Imron surasi 135 — 136 oyatlar).
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:43:31
* * *
Abu Bakr (r.a.) Hanzaladan so‘radi:
—   Ahvollaring qalay ey, Hanzala?
—   Yaxshi emas, ey, Abu Bakr.
—   Nega, — ajablandi Abu Bakr.
—   Chunki men bir munofiq kishiman. SUBHANALLOH... Sendaqalar munofiq bo‘lolmaydi, ey, Hanzala! Nimalar deya yotganingni bilayapsanmi?

Hazrat Abu Bakr (r.a.) haqli edi. Chunki iliklariga qadar iymonga to‘la bu odam munofiq bo‘lsa, munofiq bo‘lmaganlar qolmasdi.
Makka ahli jonlarini o‘rtaga qo‘yib mone’lik qilayotgan islomga, Madinaning halim, xushxulq insonlari quchoq ochishganda musulmonlar yengil nafas olishdi, kundan kunga quvvat olishdi. Ko‘ngillari islomdan yiroq bir guruh insonlar bu holat qarshisida yagona chorani ya’ni, musulmonlardek ko‘rinib yana kufrda davom etishni qo‘llashdi. Islom keltirgan ne’matlardan foydalanishadi. Ammo, fursat bo‘ldi deguncha musulmonlar orasiga fitna va fasod urug‘larini sochishga harakat qilishadi.
Qur’oni karimda bular haqida keng ma’lumot berilgai va Rasululloh (s.a.v.) ham ularning eng muhim xususiyatlarini anglatgandilar. Bu o‘lchovlarga ko‘ra Hanzala munofiq hisoblanmasdi. Ammo bu odamni shunday deyishga nima sabab bo‘lganligini bilish lozim.

—   Sen menga nima demoqchi ekanligingni ochiq gapira olasanmi?
—   Qara, ey, Abu Bakr (r.a.), biz Payg‘ambarimiz Sayyidul Anbiyo (s.a.v.) yonlaridamiz. Jahannamdan so‘zladilar, jannatni tasvirladilar. Shu darajada-ki biz shu olamni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rayotgandek, go‘yo u olamda yashayotgandekmiz. Rasululloh (s.a.v.)dan ayrilganimizda esa oilamiz, farzandlarimiz, ishlarimiz bilan bo‘lib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) so‘zlaridan ko‘pini unutamiz va boshqa bir olamga o‘tib qolamiz. U kishining (s.a.v.) yonlarida boshqacha, qolgan vaqtda o‘zgacha bo‘lamiz. Shu holat sabab munofiq bo‘lishdan qo‘rqaman.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:43:57
—   Ey, Hanzala, aminmanki, sen aytayotgan hayotni biz ham kechirayapmiz.
Hazrat Abu Bakr (r.a.)dan eshitgan bu so‘zlar Hanzalaga quvonch keltirmadi. Rasululloh (s.a.v.)ning eng yaqin birodari ham mendek bo‘lsa andishaga o‘rni yo‘q, demadi.
—   Men holimni Payg‘ambar (s.a.v.)ga bayon qilmaguncha xotirjam bo‘la olmayman, — dedi Hanzala.
—   Unday bo‘lsa birga boramiz.
Yo‘lga tushishdi, Hanzala u yerda ham o‘zining munofiqligini so‘zladi.
—   Jim, nimalar deyapsan?
Hanzala, hazrat Abu Bakr (r.a.)ga aytganlarini Rasululloh (s.a.v.)ga ham ochiq-oydin gapirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uning so‘zlarini oxirigacha tingladilar va shunday izoh berdilar:
—   Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Alloh taolo nomi bilan aytamanki, agar mening yonimdagi holingizni davom ettirmoqchi bo‘lsangiz yotoqlaringizda, yo‘llaringizda ham farishtalar siz bilan bo‘lishadi va siz bilan salomlashishadi hol—ahvol so‘rashadi. Ammo, ey Hanzala, vaqti-vaqti bilan bu holni takrorlashga harakat qil. Ora-sira, vaqti-vaqti bilan... dedilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:44:53
HAKAMNING URISHI

Bir kun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) va hazrat Oysha (r.a.) oralarida bir anglashilmovchilik yuz berdi. Masalani hal etish uchun hazrat Abu Bakr (r.a.) hakam qilib tayinlandi. Xabar yuborildi va hazrat Abu Bakr (r.a.) keldi.

Hakam kelgach, Rasululloh (s.a.v.) hazrat Oysha (r.a.)ga qarata dedilar:
—   Avval sen gapirasanmi, yo‘qsa men gapirayinmi?
Hazrat Oysha bosh silkidilar va:
—   Avval siz gapiring, ammo to‘g‘risini so‘zlang, — dedilar.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) quloqlariga ishonmasdi. Hayoti davomida qizidan eshitishi mumkin bo‘lmagan bir so‘zni eshitgandi. Buning ma’nosi esa: «Yolg‘on gapirish, o‘zingni haqli qilib ko‘rsatishga harakat qilib haqiqatni egib — bukmagin» degani edi. G’azabi qaynab ketdi. Aslida o‘ta marhamatli, shaxsan qiziga nisbatan buyuk sevgisi bo‘lgan otaning qo‘li birdan ko‘tarildi va havoda yarim doira chizib hazrat Oyshaiing yuzlariga tushdi. Tarsakini tushirarkan:
—   Hoy, joniiing dushmani, Rasululloh (s.a.v.) haq so‘zdan boshqasini so‘zlashi mumkinmi?.. —dedi.

Ikkinchi tarsakiga ko‘tarilgan qo‘li nishoniga yetolmay qoldi. Chunki og‘zidan qon sizib chiqqan hazrat Oysha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning orqalariga yashiringandi. Payg‘ambarimiz Nabiy Akram (sa.v.) hazrat Abu Bakr (r.a.)ga:
—   Biz seni buning uchun chaqirmagandik. Bunaqa ish qilishingni emas, hakamlik qilishingni xohlagandik, — dedilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:46:10
Shunday bo‘lsa—da, hazrat Abu Bakr (r.a.) yaxshi hakamlik qildim deb o‘ylardi. Faqat haq so‘z chiqadi, faqat to‘g‘ri so‘z gapiriladi. Vaqti—vaqti bilan hazillashgan Payg‘ambarimizga (s.a.v.):
—   Yo NabiyAlloh, Sen ham ora—sira hazil qilasan, — deganlarida U (s.a.v.)ning:
—   Men hazillashsam ham to‘g‘ri gapiraman..., deganlarini bugungidek xotirlardi.

Makka xalqi uzoq yillar tajribadan o‘tkazishgandan so‘ng, «al —Amin» nomini munosib ko‘rishgandi. Alohida Rasululloh (s.a.v.)ni eng yaxshi taniguvchilarning boshida ayollari turadi. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) to‘g‘ri va ishonchli ekanliklariga eng katga guvoh «Mo‘minlar onasi» edilar. U holda qiziga nima bo‘ldi, uni bunday deyishga qaysi ishonchsizlik sabab bo‘ldi? Ammo hazrat Oysha (r.a.) ham bu gapni aytarkan, Rasululloh (s.a.v.)ning haq so‘zni yechib—bukishlariga, teskari ko‘rsatishlariga ishonmasdi. Aytgan bo‘lsa munozara hayajonidan va sevgimning sevgilisiga nozlanishidek aytgandi.

Shunga qaramasdan otasidan yaxshi va unutilmas saboq olganligiga shubha yo‘q.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:47:36
XIZMATCHI KELTIRGAN SUT

Bir kuni hazrat Abu Bakr (r.a.) xizmatchi keltirgan taomni yedi va sut ichdi. Xizmatchi go‘yo yodiga tushib qolgandek, balki maqtanish maqsadida:
—   Sen doimo mendan keltirgan taomimni qaerdan olganimni so‘rarding. Bu safar so‘ramading, — dedi.
—   Bu safar so‘ramaganligimga sabab ochligimdir. Gapir, uni qaerdan olding?
—   Johiliyat davrida bir odamga folbinlik qilgandim. Aslida men folbin emasman. Faqat uni aldagandim. Bugun o‘sha odamni uchratib qoldim, haqimni berdi. Bu o‘shaning haqidir, — dedi.

Bu so‘zlardan hazrat Abu Bakr (r.a.)ning quloqlari qizib ketdi. Oz qoldi meni mahv etarding, deya o‘rnidan turib ketdi. Barmog‘ini tomog‘iga tiqdi va me’dasidagini chiqarishga harakat qila boshladi.

Bo‘g‘ilardi, ammo ichidagi hamma narsani chiqarmaguncha xotirjam bo‘lolmasligini bilardi. Ortiq me’dasida hech narsa qolmaganiga qanoat hosil qilgach qo‘llarini chiqardi.

—   Allohim, tomirlarimga singan ichki a’zolarimga tarqalgan qismini chiqarishga kuchim yetmaydi, meni ma’zur tut va kechir, — deya duo qildi.
Chekkan azobidan peshonasini ter qoplagandi. Qaytib joyiga o‘tirarkan: «Alloh taolo senga rahmatini yog‘dirsin, bularning bari shu ichgan bir necha qultum sut va bir — ikki luqma uchunmidi» — dedi.

Ehtimolki, bu so‘zlar ham yana, uning bu holini hayratlanib kuzatgan xizmatchi tomonidan aytilgandir. Hazrat Abu Bakr (r.a.) yana o‘sha qat’iylik bilan javob berdi:
—   Agarda qornimdagi birovning haqi jonim bilan birga chiqishini bilsam ham, hech taraddudlanmasdan chiqarardim. Chunki men Rasululloh (s.a.v.)ning shunday so‘zlarini eshitgan edim: «Harom aralashgan vujudning joyi jahannamdir». Men vujudimni harom bilan quvvatlanishi va tarbiyalanishi qo‘rquvidan buni qildim.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:49:11
Shundan so‘ng hazrat Abu Bakr (r.a.) xizmatchini jazoladimi, yo‘qmi bilmaymiz. Ammo har gal u ovqat keltirganda uni qaerdan, qanday yo‘l bilan topib kelganini so‘rar va bu safar shu odatini unutgani sabab boshiga bu ish kelgandi. Bu ishda johil xizmatchidan ko‘ra ko‘proq o‘zini aybdor hisoblardi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘zini o‘ylamasa xizmatchi uni o‘ylaydimi? Yeyilgan harom luqmaning hisobi so‘ralayotganda borib xizmatchidan so‘rang— deya olmaydi.

Rasululloh (s.a.v.) uch—besh kishilik bir jamoada:
—   Alloh taolodan lozim bo‘lgani kabi uyalingiz, — degan so‘zlari hamon quloqlari ostida jaranglardi. Birodarlari:
—   Ey, Allohning Payg‘ambari, shukrlar bo‘lsinki, biz Alloh taolodan uyalgan kishilarmiz, — dedilar.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) esa:
—   Yo‘q, masala siz o‘ylaganingizdek oson emas. Alloh taolodan haqiqiy ma’noda hayo etmoq (uyalmoq), boshni va boshdagi a’zolarni haromdan muhofaza qilish, qorinni va qorindagi a’zolarni haromdan muhofaza qilish va oxiratni yodda tutishdir. Bularni bajargan dunyoning aldamchi ziynatlarini tark etadi. Mana shularni oydinlatgan ham Alloh taolodan keragicha uyalgan hisoblanadi, — dedilar.

Alloh taolo Qur’oni karimda: «Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalarning halolu poklarini tanovul qilingizlar va o‘zlaringiz imon keltirgan Allohdan qo‘rqingizlar!», (Moida surasi 88-oyat) — deya marhamat qilgandir. Shunga ko‘ra solih amal qilishning ilk sharti, vujudning halol va toza rizq bilan ta’minlanishidir.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) islomni qabul qilmasdan avvalgi hayotida ham pokiza, halol va ishonchli bir tijorat odami edi. O’sha paytda ham insonlarni aldab, yolg‘on gapirib boylik orttirish yo‘lidan bormagan, bunday yo‘lni or — nomusdan mahrum insonlar tutishlari mumkin degan fikrda edi. Islomni qabul qilgach esa bu tuyg‘u yanada ortdi. Ko‘zi ham ko‘ngli ham haromga yopiq edi. Afsuski bu sut ichish voqeasi Rasululloh (s.a.v.)ga anglatilganda «Siz Abu Bakrning me’dasiga pok va haloldan boshqa narsa kirmasligini bilmaysizmi?», deyishi bilan taqdirlangandi.

Rasululloh (s.a.v.) tomonidan bunaqa tanilish buyuk baxt edi. Bir umr birodarlik qilgan inson haqida Alloh taolo vahiy bilan quvvatlagan Payg‘ambar (s.a.v.) shunday guvohlik qilgandi.
Bir daqiqalik g‘aflatda ichilgan bu sutni bo‘g‘ilar darajada chiqarishga undagan tuyg‘u, iymon quvvatidandir. Alloh taologa bo‘lgan hurmat va qo‘rquvga tayanardi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) bunaqa noxushlik bilan boshlangan ammo huzurga bog‘langan bu voqeadan so‘ng yanada e’tiborliroq, diqqatliroq bo‘ladi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:49:48
* * *
Bir kun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uylariga kirdilar. Ichkarida hazrat Oysha (r.a.) va Avs qabilasidan ikki qiz bor edi. Qo‘llaridagi daftarni varaqlay, varaqlay Buos kuni bilan bog‘liq she’rlarni o‘qiyotgan qizlar, aslida cholg‘uchi ham emasdi. Faqat ko‘ngil ochib vaqtlarini o‘tkazishayotgan edi.

Buos kuni islom dinidan avval Avs va Xazraj qabilalari o‘rtasida paydo bo‘lgan bir muhoraba edi va u Avsliklarning muvaffaqiyati bilan yakunlangandi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) kirgach ham qizlar qo‘shiqlarini to‘xtatishmadi. Rasululloh (s.a.v.) ham hech narsa demasdan xonaning boshqa bir tarafiga o‘tib, orqalarini o‘girib yotdilar.
Birozdan so‘ng xonaga hazrat Abu Bakr (r.a.) keldi. Bu manzara uni g‘azablantirdi va qiziga:
— Rasululloh (s.a.v.) yonlarida shaytonning cholg‘ulari... Ha!... Qanday qilib, —deya ozorlashdan o‘zini to‘xtatolmadi.
Buni eshitgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.):
Qo‘yaver, ey, Abu Bakr (r.a.), har millatning o‘z bayrami bor. Bu kunlar ham bizning bayramimizdir, — dedilar.

Bu so‘zlar hazrat Abu Bakr (r.a.)ning g‘azabini yo‘qotdi. Rasululloh (s.a.v.) yonlariga o‘tirib suhbatlasha boshladilar. Birozdan so‘ng hazrat Oysha (r.a.) dugonalariga imo qildilar va ular turib ketishdi.

O’sha kun Rasululloh (s.a.v.) bilan bo‘lgan suhbat qaysi mavzuda ekanligi bizga noma’lum. Ammo bundan so‘ng hazrat Abu Bakr (r.a.) yanada xushxulq bo‘lganligiga shubha yo‘q.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:51:55
* * *
Rasululloh (s.a.v.)ning yonlarida bir kishi hazrat Abu Bakr (r.a.)ga gap tashladi va unga qarata noma’qul so‘zlarni so‘zladi.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) esa bu haqoratlarni javobsiz qoldirdi. Rasululloh (s.a.v.)ning: "Orangizda ro‘zadorlar bo‘lsa yomon so‘zlar so‘zlamasin, aql va dinga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni qilmasin. Agar unga birov yomon gapirsa, men ro‘zadorman, men ro‘zadorman, desin", — deya buyurganlarini esladi.
Garchi ushbu daqiqada u ro‘zador bo‘lmasa-da, yuqoridagi tavsiyani qilgan Rasululloh (s.a.v.)ning yonlarida edi. Alohida Buyuk Mavlo: «Qilingan yomonlikning javobi, o‘sha uning tengi bo‘lgan yomonlikdir. Ammo, kimki kechirsa va sulhni ta’minlasa, u kishining ajri Alloh taologa oiddir», —deya marhamat qilgandir. Hazrat Abu Bakr (r.a.) shu o‘lchovlar ichida qolishni afzal ko‘rib sukut saqlashni ma’qul topgan edi.

Ammo o‘sha odam Abu Bakr (r.a.)ning bu harakatini ojizlik deb tushundi. Rasululloh (s.a.v.) yonlarida uning eng yaqin birodariga nisbatan bema’ni so‘zlarni so‘zlayotganini o‘ylamadi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, hazrat Abu Bakr (r.a.) ham unga javob qaytarishga majbur bo‘ldi. Ammo bu safar g‘alati bo‘lib ketdi. Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yuzlarida noxushlik sezildi va turib keta boshladilar.

Abu Bakr (r.a.) bu holni tushunolmadi. O’z o‘lchovlariga ko‘ra bu harakatning hikmatini yecholmadi. Ortiq bu odamga gapirishning hojati yo‘q edi. Darhol o‘rnidan turdi va Muhtaram Payg‘ambarimiz Nabiyi Akram (s.a.v.) ortlaridan ketdi va unga murojaat qildi:
— Ey, Allohning Payg‘ambari, u odam meni haqoratlayotganda o‘tirgan eding. Ammo men so‘z boshlagach nega turib ketding?
Bu bilan u birodar sifatida meni himoya qilishing kerak edi, men mudofaaga turganim xush kelmadi, demoqchi edi. Ammo Rasuli Akram (s.a.v.) voqeani boshqacha izohladilar:
—   "œSen jim turganingda bir farishta ortingda turib u odamga javob bermoqda edi. So‘z boshlaganingda esa farishta chekindi va majlisga shayton kelib ko‘shildi. Men esa shayton bor joyda bo‘lishni xohlamayman."

Bu voqeaga bog‘liq oyatlar. Payg‘ambarimiz Nabiyi Muhtaram (s.a.v.) qalblariga naqsh etildi: «Agar shukr qilsangiz va imon keltirsangiz, Alloh sizlarni azoblab nima ham qiladi?! Alloh shukrni qabul etuvchi va biluvchi zotdir. Alloh yomonlikni so‘z bilan oshkora aytishlikni suymaydi. Zulm qilingan kishi bundan mustasno. Alloh eshituvchi va biluvchidir». (Niso surasi 147 — 148 oyatlar)
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:53:22
* * *
Bu oyatlarda Buyuk Mavloning jazo berish bilan birga avf ztuvchi ham ekanligi bildirilar ekan. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ga ham yanada sabrli, bosiq, xushmuomala bo‘lishi xotirlatilgan edi.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) uyga qaytgach, o‘g‘li Abdurahmonni qo‘shni bilan bahslashib turganini ko‘rdi. Avzoyi buzildi, oraga tushib yaxshi gaplar bilan ishni hal qildi. Qo‘shni uyiga kirdi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) ham o‘g‘lini ichkariga chorladi va shu so‘zlarni aytdi:
—   O’g‘ilginam, qo‘shni bilan tortishma. Chunki sizni bu holatda ko‘rganlar yana ketishadi va sen yana qo‘shning bilan qolasan.

O’zining nasihatida Abu Bakr (r.a.) qo‘shnilar bilan bir umr birga bo‘lasan, hayoting tinch o‘tishi uchun qo‘shnilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishing kerak, demoqchi edi. Yomon qo‘shnichilik insonga faqat behuzurlik keltirishini hayotiy tajribalarga tayanib bilardi.

Bir vaqtlar Abu Lahab, Uqba bin Abu Muayt va Hakim bin Askarning Rasululloh (s.a.v.)ga nisbatan chirkin qo‘shnichilik qilganliklarini unutmagandi. Unutilmagan, unutib bo‘lmaydigan boshqa masala esa, Rasululloh (s.a.v.)ning qo‘shni huquqiga o‘ta ahamiyat berishlari edi va: «Alloh taologa va oxirat kuniga ishonganlar qo‘shnilariga ikrom etsin!»— deya buyurganlarini bilardi.

Ha, Abdurahmon navqiron edi. Badr jangida islomga qarshi bo‘lib, musulmonlarga qilich ko‘targan bu yigit bir kun kelib shahodat kalimalarini keltirib hidoyat yo‘liga kirgan va yuragi kuygan ota ham yengil nafas olish baxtiga muyassar bo‘lib ko‘zlariga sevinch yoshlari kelgandi. Eski hayotidan butkul voz kechgan bu yigit islom odobini o‘rganib ertaning mo‘mini bo‘lgan edi.

G’azabkor bo‘lishiga qaramasdan irodasi mustahkam bo‘lgan hazrat Abu Bakr (r.a.) hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning qo‘shni haqidagi amr va tavsiyalarini bila turib boshqa yo‘lni tutolmas, qo‘shnisi bilan yomon munosabatda bo‘lolmasdi. O’g‘lining bu munozarada haq yoki nohaqligi ikkinchi bir masala edi. Haqli bo‘lsa rozi rizolik qilinar, nohaq bo‘lsa borib uzr so‘ralardi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:54:13
* * *
Abu Dardo bir yodnomasini shunday bayon qiladi: Rasululloh (s.a.v.)ning yonlarida o‘tirardik. Bir payt hazrat Abu Bakr (r.a.) oyoqlariga o‘ralmasin deb ko‘ylagining uchini tutib, shaxdam qadamlar bilan kelardi. Uni bu holda ko‘rgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) birodarining muhim ish yuzasidan shoshib kelayotganini sezdilar. Hazrat Abu Bakr (r.a.) kelib salom berdi va shunday dedi:
—   Ey, Allohning Payg‘ambari, Xattob bilan oramizda bir kelishmovchilik yuzaga keldi. Ammo men ustun chiqdim. Birozdan so‘ng qilgan ishimdan pushaymon bo‘ldim.

Kechirishini iltimos qildim, biroq u qabul qilmadi. Men sening yoningga keldim.
Rasuli Muhtaram (s.a.v.) vaziyatga javoban shunday dedilar:
—   Alloh kechirsin seni, ey, Abu Bakr, Alloh kechirsin!!
Bu orada hazrat Umar (r.a.) ham pushaymon bo‘lgan va hazrat Abu Bakr (r.a.)ning uyiga borgan faqat uni topolmagandi. Shu sabab hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yonlariga kelgandi. Biroq Rasululloh (s.a.v.) yuzlarida balqib turguvchi tabassum o‘rnini biroz qayg‘u egallagandi.

Payg‘ambar (s.a.v.)ning yuzlaridan Hazrat Umar (r.a.)ga bir narsalar demoqchiligi ma’lum edi. Bu safar hazrat Abu Bakr (r.a.)ni qo‘rquv bosdi. O’rnidan turib Sayyidul Anbiyo (s.a.v.) qarshilarida tiz cho‘kdi:
—   Ey, Allohning Payg‘ambari, nohaqlik qilgan men edim. Ha, men nohaqlik qildim, Umar emas, — dedi.
Biroq Rasululloh (s.a.v.) unga javoban shunday dedilar:
—   Alloh taolo meni sizlarga Payg‘ambar qilib yubordi. Siz yolg‘on dedingiz, Abu Bakr (r.a.) esa tasdiqladi. Joni va nomi ila menga dastak bo‘ldi. Siz birodarimni menga qo‘yib bermaysizmi?..

Ushbu xotirani keltirgan Abu Dardo aytadiki: "Hazrat Abu Bakr (r.a.) shundan so‘ng bezovta qilinmadi."
Bomdod namozidan so‘ng Rasululloh (s.a.v.) oralaringizda tush ko‘rganlar bormi?— deya so‘radilar. Biri men borman, yo Nabiyalloh, dedi va tushini aytib berdi:
—   Bir tarozi ko‘rdim. O’ylashimcha, u samodan tushdi. Ey, Alloh taoloning Payg‘ambari seni tarozining bir pallasiga, Abu Bakrni ikkinchi bir pallasiga qo‘yib tortishdi. Sen og‘ir kelding. So‘ng Abu Bakr va Umar tortildi, bu gal Abu Bakr og‘ir keldi. Keyin tarozi ko‘tarildi.

Bu rivoyatni keltirgan Abu Bakr (r.a.)ga aytadiki:
—   Biz, Rasululloh (s.a.v.)ning yuzlarida tarozi ko‘tarilganini eshitganlarida bir noxushlik alomati sezilganini fahmladik.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:55:27
* * *
Hazrat Umar (r.a.) bir yodnomasini shunday keltiradi: «Sayyidul Anbiyo (s.a.v.) Tabuk safarida moddiy yordamda bo‘lishimizni buyurdilar. O’sha kunlari qo‘limda yetarli mol bor edi. Yarmini ajratdim. O’z—o‘zimga, «Abu Bakr dan o‘tsam, shu safar o‘taman», dedim.

Katga miqdordagi molni olib bordim, shunda Rasuli Muhtaram Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Oilangga ham qoldirdingmi?»,— dedilar.

—   Bir qismini qoldirdim, — dedim. Birozdan so‘ng Abu Bakr (r.a.) ham molini keltirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ayni shu savolni unga ham berdilar.

—   Ularga Alloh taoloni va Payg‘ambarini qoldirdim, — javobini berdilar.

Butun molini keltirganligi anglatildi. Shundan keyin undan aslo o‘tolmasligimga ishonch hosil qildim. Muhammad bin al—Hanifiyya bayon qiladi. Bir kun otamdan (ya’ni hazrat Ali (r.a.)dan)so‘radim:
—   Rasululloh (s.a.v.)dan so‘ng bu ummatning eng xayrlisi kimdir?
—   Abu Bakr (r.a.)dir, — dedilar.
—   Keyingi galda kim turadi?
Umar (r.a.)dir.

Bu javobni olgach «keyin kim?»— deya so‘ramadim. Chunki Usmondir, deyishlaridan qo‘rqardim. Shu sababdan savolni boshqacha tarzda berdim:
So‘ng sen emasmi otajon? Men faqatgina mo‘minlardan biriman, deya javob berdilar otam.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:56:33
* * *
Abu Hurayra aytadilar: Payg‘ambarimiz Sayyidul Anbiyo (s.a.v.) tushlarini bayon qilayotgandilar.

—   Jabroil Amin yonimga kelib qo‘limdan tutdi va ummatim jannatga kiradigan eshikni ko‘rsatdi.
Shunda Hazrat Abu Bakr (r.a.) chidolmadi:
—   Ey, Allohning Payg‘ambari, sen bilan birga bo‘lishni va o‘sha eshikni ko‘rishni orzu qilardim, — dedi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bunga javoban shunday dedilar; «Senga kelsak, ey, Abu Bakr, ummatimdan jannatga kiradigan ilk inson sen bo‘lasan».
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:58:00
* * *
Abdulloh bin Umar (r.a.)ning bir xotirasi bor edi. Uning aytishicha, ular masjidda o‘tirishardi. Rasululloh (s.a.v.) yonlarida hazrat Abu Bakr (r.a.) va Umar (r.a.) bilan keldilar. Biri o‘ng taraflarida, ikkinchi chap tomonlarida edi. Ikkisining ham bir qo‘lidan tutgan edilar. Shunda U (s.a.v.) masjiddagilarga yuzlanib so‘z aytdi:
—   Qiyomat kuni biz mana shu holda yonma — yon, qo‘l—qo‘lda, birga bo‘lamiz.

Yana Abdulloh bin Umar keltirgan bir xabarda Rasululloh (s.a.v.) hazrat Abu Bakr (r.a.)ga shunday deganlari bayon ztiladi:
«Ey, Abu Bakr, sen Havz boshida mening birodarim bo‘lasan. G’orda ham sen eding».

Bu muborak so‘zning ma’nosi: «Eng azobli daqiqalarimda birodarim sen eding, oxiratda eng baxtiyor damlarimda ham sen bo‘lasan» — deganidir. Azaliy olamda boshlangan do‘stlik abadiy olamda ham davom etadi va sevgan sevgani bilan birga bo‘ladi.

G’orda birga, qabri saodatda birga, mahsharda birga va jannatda birga...
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 12:58:28
QAYG’ULI XOTIRA

Rasululloh (s.a.v)ning foniy dunyodagi so‘nggi damlari, balki so‘nggi oylari edi. Bir ayol kelib ahvolini bayon qildi va yordamga muhtojligini so‘zladi. Faqat olamlarga rahmat bo‘lgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yonlarida bu ayolning ehtiyojiga yarasha mol yo‘q edi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) O’zi ham Madinadagi bir yahudiydan qarzga arpa olgandi. Shu sabab ayoldan boshqa payt kelishini, shoyad mol kelsa, unga albatta berishini aytdilar. Ayol esa Unga (s.a.v.) savolini berdi:
—   Kelganimda seni topolmasam nima qilishimni buyurasan, ey, Allohning Payg‘ambari?

Bu savolda o‘lim nafasi bor edi. Seni yo‘qotsam, unda dardimni kimga aytayin, hojatimni kimdan istayin degan ma’no bor edi ayolning ohangida. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uning maqsadini angladilar:
—   Meni topolmasang Abu Bakrga murojaat qilasan, — deya javob berdilar payg‘ambarimiz (s.a.v.).
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 13:00:16
* * *
Rasululloh (s.a.v.) hayotlarining so‘nggi haftasida bir suhbat o‘tkazdilar va shunday dedilar:
—   Alloh taolo qulga, hayotda tilaganicha yashash, yeyish va ichish yoki Rabbiga yetishishi uchun imkoniyat berdi, u ham Rabbiga yetishishni afzal bildi.

Bu gapdan hazrat Abu Bakr (r.a.) ko‘zlari yoshlandi va mahzun ovozda dedi:
—   Ota-onalarimiz senga fido bo‘lsin ey, Alloxning Rasuli.
O’tirganlar hazrat Abu Bakr (r.a.)ning yig‘isi va so‘zlariga ma’no berisholmadi. Ammo, ular bu so‘zlardan, Xotamul Anbiyo Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafotlari yaqinlashayotganini bilgandi.

Payg‘ambar (s.a.v) so‘zlarini davom ettirdi:
Do‘stligi va moli ila bizga nisbatan Abu Quhofaning o‘g‘lidan-da jo‘mard, vafoli kishi yo‘qdir. Shoyad Allohdan o‘zga do‘st kilish imkoni bo‘lsaydi, albatta u Abu Quhofaning o‘g‘li bo‘lardi. Biroq o‘rtada bir sevgi bor. Ha, bir sevgi va iymon birodarligi bor,- dedilar.

Kimdan yaxshilik ko‘rsak albatga uni qaytarishimiz kerak. Faqat Abu Bakrdan ko‘rgan yaxshiligimizni uning mukofotini, qiyomat kuni Alloh taolo berajak. Abu Bakrning moli qadar hech kimning moli menga foyda keltirgan emas. Shoyad yagona do‘st qilish kerak bo‘lsaydi, shu Abu Bakr bo‘lardi. Ammo, bu ma’nodagi do‘stim Buyuk Mavlodir. Masjidga ochilgan barcha eshiklar yopilsin, faqat Abu Bakrning eshigi ochiq qolsin.

Sayyidul Anbiyo val Mursalin (s.a.v.)ning xastaliklari ortib uch marotaba masjidga chiqmoqchi bo‘lib turganlarida yiqilib tushgach, yonidagilarga aytdilar:
—   Abu Bakrga amrimni yetkazing, namozni boshlasin.
—   Ey, Allohning Payg‘ambari, Abu Bakr o‘ta ko‘ngilchan inson. Sening o‘rningga o‘tgach, o‘zini tutolmay yig‘laydi. Amr qilsang, Umar o‘qisa bo‘lmaydimi?

Bu taklifni bildirgan hazrat Oysha (r.a.) edi. Xalq mehrobda hazrat Abu Bakr (r.a.)ni ko‘rsa xushlamasligini o‘ylardi. Ammo, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) amrlarini takrorladilar:
—    Abu Bakrga amrimni yetkazing, namozni boshlasin. Hazrat Oysha (r.a.) istagini yana bir marotaba so‘zladi.
Yonidagi Hafsaga ham ayttirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday ahvolda ham irodasiga hokim edilar, so‘zlarida qat’iy turdilar:
—   Sizlar Yusuf (a.s)ni qaroridan qaytarmoqchi bo‘lgan ayollarga o‘xshaysiz. Abu Bakrga ayting, namozni boshlasin.

Shundan keyin o‘n yetti vaqt namoz, Rasululloh (s.a.v.) hayotliklarida hazrat Abu Bakr (r.a.) tomonidan o‘qitildiyu Shu bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘eidan keyin xalifa bo‘ladigan zot kim zkanligini oshkora tayinladilar. Aqli joyida bo‘lgan har bir kishi buni yaxshi anglab oldi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 28 Mart 2009, 13:01:16
* * *
— Allohim, eng buyuk do‘stni saylayapman, — deya so‘nggi nafaslarida qayta — qayta takrorlagan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hayotlarini bilganlar bir qarashda hazrat Abu Bakr (r.a.) hayotini ham bilib olishadi. Biz bu bilan bir nechta voqealar ila hazrat Abu Bakr (r.a.) hayotini xulosalashga harakat qildik.

Qadrli o‘quvchilarimizni, hazrat Abu Bakr (r.a.)ning bundan keyingi hayotini o‘rganishga chorlab qolamiz.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 29 Mart 2009, 14:56:23
ISLOM OLAMIDA ILK XALIFANING TAYINLANISHI

Hijratning o‘n birinchi yili, Rabiu’l—avval oyining birinchi kuni... Dushanbaga yaqinlashayotgan kun yigirma uch yil davom etgan sharafli hayot nihoyasiga yetgan va Rasululloh (s.a.v.) «Eng Buyuk Seviklisi»ning da’vatiga binoan, foniy dunyoni tark etdilar. Mo‘minlar kuchli qayg‘uda... Ko‘zlardan oqayotgan yoshlar qayta kelmaydigan sevgili hasratini anglatardi.

Hazrat Umar (r.a.) katta hayajonda edi. Qamchini sug‘urib:
— Rasululloh (s.a.v.) o‘lmaganlar. Behushlar xolos. O’lgan degan kishining bo‘ynini kesaman, — deya baqirardi.

Uning bu harakati ashoblar qayg‘usiga boshqacha tus bergan, hech kim nima deyishni, nima qilishni bilmasdi.

Bu orada Madinaning «Sunh» nomli mahallasidagi uyiga ketgan hazrat Abu Bakr (r.a.)ga xabar yuborilgan va darhol yetib kelgandi. Masjidga kirgan hazrat Abu Bakr (r.a.) hech kimdan hech narsa so‘ramasdan qizi hazrat Oysha (r.a.)ning xonasiga kirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yuzlaridagi yopqichni ochdi va peshonalaridan o‘pdi—da, shunday dedi:
—   "Ota — onam senga fido bo‘lsin, ey, Allohning Payg‘ambari, sog‘ligingda go‘zal eding. O’limingda ham go‘zalsan. Ruhim qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamki, Alloh taolo senga ikkinchi o‘limni ko‘rsatmayajak".

Abu Bakr (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.) muborak yuzlariga so‘nggi marotaba boqdi va yopqichni tushirdi. Masjidga chiqdi. Hazrat Umar (r.a.) boyagi holatda edi. «Hech kim Rasululloh (s.a.v)ni o‘lganlarini so‘zlamasin,— derdi. Bunga javoban Abu Bakr (r.a.) so‘z boshladi:
—    Bas qil ,ey, Umar!
Bu ogohlantirish hazrat Umar (r.a.)ni to‘xtata olmadi. U hamon davom etardi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) bu safar o‘tirganlarga yuzlanib so‘zini davom ettirdi:
—   Ey, mo‘minlar!.. Orangizda Muhammad (s.a.v.)ga topinadiganlar bo‘lsa bilsinlarki, u kishi o‘ldilar. Kimki, Alloh taologa ibodat qilsa bilsinlarki, Alloh boqiydir, aslo o‘lmas...
Bu so‘zlar hazrat Umar (r.a.)ning shashtini qaytargan, ashoblar ham o‘zlariga kelishgandi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) davom etdi:
—   Alloh taolo bu haqiqatni avval Rasululloh (s.a.v)ga bildirib, «(Ey, Muhammad,) Biz sizdan avval biror odamzotga mangu hayot bergan emasmiz, Siz o‘ladiganu, ular mangu qoluvchilarmi?! Har bir jon o‘limni totuvchidir. Biz sizlarni yomonlik bilan ham, yaxshilik bilan ham sinab, imtihon qilurmiz. (Keyin) faqat bizgagina qaytarilursizlar»,- (Anbiyo surasi 34 — 35 oyatlar) deya marhamat qilgan.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 29 Mart 2009, 14:59:00
Hazrat Abu Bakr (r.a.) oxirida shu oyatni o‘qidi: «Muhammad payg‘ambardir, xolos. Undan oldin ham payg‘ambarlar o‘tgan. Mabodo, u o‘lsa yoki o‘ldirilsa, ortlaringiz (kufr)ga qaytib ketasizmi?! Kimki ortiga qaytsa, Allohga sira zarar yetkaza olmaydi. Alloh shukr qiluvchilarni mukofotlar.» (Oli Imron surasi 144-oyat.)

Jamoatdagilarning ko‘pchiligi bu oyatlarni ilk marotaba eshitishayotgandi. Achchiq bo‘lsa ham haqiqat tilga olingandi. Dahshatli tovushi bilan masjidni titratayotgan edi. Umar bin Xattob (r.a.) qilichini tushirib, oyoqlarida darmon tutab joyida o‘tirib qoldi. Ha, bir paytlar «Ey, Allohning Payg‘ambari, seni jonimdan ortiq ko‘raman» — degani va «Ey, Umar, mana endi haqiqiy iymonga erishding»,— degan so‘zlariki muborak og‘izlaridan tinglagan sevgili birodaridan qayta ko‘rishmas bo‘lib, ayrilgan va ajal sharbatini ichgandi. Hatto butun insoniyat qo‘l ochib yolvorsa ham, hech bir kuch Uni (s.a.v.) ortga qaytarolmasdi.

Hazrat Umar (r.a.) ta’rifsiz qayg‘u daryosiga cho‘kkandi. Butun o‘zligini qoplagan iztirob ko‘zdagi yosh ila ifodalanishi mumkin edi. Holbuki bu tomchilar ko‘ngil daryosidan kelayotgandi. Bu daryo tubsiz, chegarasiz, ammo bular bir hovuchni ham to‘ldira olmaydi.

Lablari «Vama Muhammadun illa Rasul...» oyatini necha marotaba takrorlagani faqat Alloh taologa ayon...
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 29 Mart 2009, 15:00:35
* * *
Hazrat Abu Bakr (r.a.) bu harakati bilan ashoblar ichida sovuqqonlikni ta’minlagan, voqealarga haqiqiy ko‘z bilan qaraydigan inson ekanligini ko‘rsatgandi. Hech bir inson Rasululloh (s.a.v.)ni undan yaxshiroq tanishini va sevishini da’vo qilolmasdi.

Rasululloh (s.a.v.)ning ham eng sevimli birodari hazrat Abu Bakr (r.a.) ekanligi hammaga ayon edi. Shu sabab Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafotlari eng ko‘p uni qayg‘uga solgandi. Ammo bu sevgi Uning da’vosiii unutishga, Unga qilinadigan xizmatlarni oqsatishga olib boradigan qayg‘u emasdi. Chunki buyuk Rasul so‘nggi sakkiz yil ichida, avvalo Ruqiyyani, keyin Zaynabni, Ummu Kulsumni va Ibrohimni tuproqqa berib qayg‘usiii tortgan. Ammo, bu iztiroblar unga vazifalarini unuttirmagandi. Bir necha oy avval Ibrohimni tuproqqa qo‘yilayotganida quyosh tutilganini xotirlaganlar bor edi. O’shanda ba’zilar «quyosh Ibrohimning vafoti sabab tutildi», — deyishgan. Ammo, Rasululloh (s.a.v.) darhol haqiqatni anglatib: «Quyosh ham, oy ham Alloh taoloning qudratidan dalolat beruvchi ikki maxluqdir. Hech kimning tug‘ilishi yo vafoti ila tutilmaydur» — degan edilar. Bu zotga bo‘lgan muhabbat, haqiqatdan ko‘z yumishga sabab bo‘lmasligi kerak edi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) shunday qilgan, uch — besh daqiqa davom etgan so‘zlar bilan ahvolni tabiiy holga keltirgan, qirg‘og‘idan toshayotgan daryoni qayta o‘zaniga oqizgandi. U odamlarga «siz Rasulullohning (s.a.v.) vafotidan iztirobga tushmang» demas, ammo keltirgan da’vatni unutmang degan ma’noda gapirardi.

Rasululloh (s.a.v.) «Har bir jon o‘limni tatib ko‘radi», oyatini takror—takror bu jamoa oldida o‘qigan, yagona Alloh taoloning abadiyligi haqiqatini zehnlariga joylashga harakat qilgandi. Bu haqiqatni ko‘z bilan ko‘rish vaqti kelgani hazrat Abu Bakr (r.a.)ning so‘zlari ila anglatilgandi.

Masjiddagilar qayg‘u ichida yosh to‘kib, «Vama Muhammadun illa Rasul...» oyatini takrorlashardi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 29 Mart 2009, 15:02:36
* * *
Hazrat Abu Bakr (r.a.) zimmasidagi vazifani bajargach bir chetga chiqdi. Rasululloh (s.a.v.)ning dafn hozirliklarini ko‘rish kerak edi. Bu ish esa uning oila a’zolari tomonidan qilinadi. Hazrat Oysha (r.a.)ga tegishli bo‘lgan va endi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qabriga aylangan xonaga Hazrati Ali (r.a.), Abbos, Abbosning ikki o‘g‘li Fazl va Qusam, Hazrati Payg‘ambarimizning (s.a.v.) xizmatchilari, Shuronlar kirib xonani bekitishgandi. Shu payt Xazraj qabilasidan Avs bin Havl keldi:
— Ey, Ali, Alloh taolo rizoligi uchun, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hurmati uchun meni ham ichkariga kirgiz!..— deya yolvordi va unga bir burchakda o‘tirishga izn berildi. Shu unga yetarli edi. Bir chetga o‘tirdi va boshqalarni kuzata boshladi.

Rasululloh (s.a.v.)ning muborak vujudlari bir vaqtlar As’ad bin Zurora tomonidan hadya qilingan sadrda yotardi. Ichkaridagilar bu aziz vujudni bezovta qilmaslik uchun past ovozda gapirishardi. Ular orasidan bir inson, «Ey, imon keltirganlar, amallaringiz o‘zlaringiz sezmagan holingizda zoe bo‘lib ketmasligi uchun sizlar ovozlaringizni Payg‘ambarning ovozidan yuqori ko‘tarmanglar va unga bir-birlaringizga baland ovoz (dag‘al so‘z) qilgandek baland ovoz qilmangizlar!» (Hujurot surasi 2-oyat) degan ma’nodagi oyatni xotirladi. Avs bin Havl bundan so‘ng faqat tushida ko‘rishi mumkin bo‘lgan Rasulullohning (s.a.v) aziz vujudi ila bir ikki soat bo‘lsa—da birga bo‘lishning baxtini his qilmoqda edi. Olamlarga rahmat qilib yuborilgan buyuk Payg‘ambarlarini (s.a.v.) tuproqqa qo‘yish vaqti yaqinlasharkan yuragidan toshib kelgan qichqiriqni to‘xtatishga harakat qilar, ammo ko‘zlaridan oqayotgan yoshlarni to‘xtatolmasdi. Darhaqiqat, bu ko‘zlar, Nabiylar Sarvari (s.a.v.) uchun yosh to‘kmasa kim uchun to‘kadi?!
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 29 Mart 2009, 15:12:12
TARIXIY MAYDON
SA’D O’G’ILLARI QARORGOHI

Ichkarida tayyorgarliklar davom etarkan, vafot xabaridan so‘ng bir necha xazrajliklar masjidni tark etgani va Sa’d bin Ubadaning uyiga ketganligini fahmlashmadi. Hammaning o‘ziga yarasha dardi bo‘lib, kelib — ketgan bilan qiziqadigan holda emasdi.

Uyida xasta bo‘lib yotgan Sa’d bin Ubada xabarni tingladi. Musulmonlar boshsiz qolishgandi. Rasululloh (s.a.v) o‘rniga idorani qo‘lg‘a oladigan insonga ehtiyoj bor edi. Agar vaqtida harakat qilinsa, bir yig‘ilishda hal qilish mumkin edi. Vaqt o‘tsa butun Madina xalqi orasida saylov o‘tkazilsa, bu fursat qo‘ldan chiqardi.

Hubob bin Munzirning suhbatlari va birodarlarining dastagi ila Sa’d, bir qarorga kelib o‘rnidan turdi. Birodarlari ko‘magida otga mindi, yaxshilab o‘randi va «Bani Saida Saqifasi» (Saida o‘g‘illarining soyaligi) degan joyga keldi. Bu yer taxminan Rasululloh (s.a.v.) masjidlaridan besh yuz metrcha sharqda bo‘lib, kichikroq bir joy edi. Yashirincha bir — birlariga xabar yetkazishgan xazrajliklar birin —ketin to‘planishmoqda edi. Yetarli kishi to‘plangach maqsadga o‘tilib «bay’at marosimi» ijro qilinardi.

Bu orada, bir tomonda jamoa to‘planayotganini ko‘rgan bir kishi sekingina masturga yo‘l oldk. Agar uning aytganlari rost bo‘lib chiqsa, mutlaqo marosim tugagunga qadar ko‘zdan qochirilmasdi. Ismi noma’lum bo‘lgan bu odam Avs qabilasidan edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 29 Mart 2009, 15:13:59
* * *
Dastlab Huzayma bin Sobit so‘z boshladi:
—   Ey, Ansor jamoasi, agar siz idorani quraysh qabilasiga tashlab qo‘ysangiz, bu to qiyomat kunigacha davom etadi. Keyin qaytib Madinaga hokimlik qila olmaysiz. Holbuki sizlar Alloh taoloning kitobidan Ansor nomi ila joy olgan insonlarsiz. Hijrat sizning yurtingizga qilindi, Rasululloh (s.a.v.)ning qabri sizning tuprog‘ingizdan qaziladi. Shuning uchun bu ishda bir qarorga kelinglar va qurayishliklar hurmat qiladigan, Ansorlar ishonadigan bir insonni Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi qilib tayinlangiz, — dedi.

Yig‘ilganlar javob qaytarishdi:
—   Ey, Huzayma, to‘g‘ri gapirding. Biz raisimiz va boshlig‘imiz qilib Sa’d bin Ubadani tayinlaymiz.

Avs qabilasi boshlig‘i Usayd bin Hudayr o‘rnidan turdi:
—   Ey, Ansor, siz Alloh taoloning buyuk ne’matlariga qovushgan insonlarsiz. Shu kungacha bo‘lganidek, bundan so‘ng ham ishingizni Alloh taolo taqdiriga qo‘ying. To‘g‘risini so‘zlash kerak bo‘lsa xalifalik sizning emas, qurayishliklarning haqqidir.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 29 Mart 2009, 15:15:10
Shu kunga qadar Ansor orasida sevimli va hurmatli inson bo‘lishiga qaramasdan Usaydga qarshi chiqishdi. U yer — bu yerdan turli gaplar gapirildi.

Bu safar Xazraj qabilasidan Bashir so‘z oldi:
—   Ey, Ansor jamoasi, siz faqat quraysh bilan bo‘lganingizdagina muvaffaqiyat qozondingiz, quraysh qabilasi ham siz bilan muvaffaqiyatga erishdi. Agar siz «muhojirlarga imkoniyat yaratdik, huzur va shodlik ichida bo‘ladigan bir joy hozirlandi va jonimiz bilan ko‘maklashdik», deydigan bo‘lsangiz, bilingki, Alloh taoloning ularga bergan ne’mati, siznikidan ko‘ra xayrliroqdir. Shuning uchun haddingizni biling va «Alloh bergan ne’matni kufrga almashgan va qavmlarini halok qiluvchi yurtga joylashtirganlardan» bo‘lmangiz, — dedi.

Usayddan so‘ng Bashirning so‘zlari xazrajliklarning g‘azabini qo‘zg‘agandi. Bu odamlar chiqib turgan shoxlarni (daraxt) kesishmoqchimi?... Yo‘qsa to‘g‘ri fikrlash qobiliyatlaridan ayrilishdimi?.. O’z oralaridan tayinlanadigan amir ular uchun sharaf hisoblanmaydimi?.. Bu safar Uvaym bin Said o‘rnidan turdi:
—   Ey, Ansor, sizlar din yo‘lida, Alloh taolo rizoligi uchun ilk marotaba qilich ko‘targan va jangga kirgan insonlarsiz. Shu bilan bu dinni sizga keltirganlarga qarshi ilk kurashga kirishganlar ham siz bo‘lmang. Nubuvvat kimga berilgan bo‘lsa xalifalik ham ularning haqqidir, — dedi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 29 Mart 2009, 15:16:08
* * *
Bu yerda shunday gaplar bo‘layotgan bir payt masjidning bir burchagida g‘am daryosiga botib o‘tirgan hazrat Umar (r.a.) yoniga yaqinlashib, shivirlab so‘zlagan bu odamning gaplarini eshitib, go‘yo uyqudan uyg‘ongandek bo‘ldi va darhol o‘rnidan turdi. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ni qidirardi, ko‘rdi va u tomonga yurdi:
—   Yo Abu Bakr, ortimdan yur, ahvol juda jiddiy, — dedi.
Umar (r.a.)ning yuzidagi tahlika sababini bilomagan Abu Bakr (ra.) chehrasidaham sarosimalik aks etdi:
—   Nima bor?.. Nima bo‘ldi yo Umar?..
—   Vaqt o‘tkazadigan payt emas, tashqarida tushuntiraman.

Masjiddan chiqishdi. Hazrat Umar (r.a.) boyagi odam keltirgan xabarni aytdi.
Abu Ubaydaga uchrab, yonlariga olishdi. Ko‘p o‘tmay Saqifaga bordilar.

Ko‘p kishi to‘plangan, qizg‘in suhbatlar bo‘layotgandi. Ular bir chetga o‘tirdilar.

Bu paytda Sa’d bin Ubada gapirayotgan edi. Baland ovozda gapirishga darmoni yo‘q edi. So‘zlarining baland ovozda takrorlanishini buyurdi va shunday dedi:
—   Ey, Ansor jamoasi, siz hech bir arabda bo‘lmagan fazilat va afzallik sohibisizlar. Muhammad (s.a.v.) qavmida, ularga islomni da’vat etib o‘n yildan ko‘proq qoldilar. Shunga qaramasdan Unga juda kam kishi iymon keltirdi. Faqat ular Payg‘ambar (s.a.v.)ni himoya qilishga va keltirgan dinga dastak bo‘lishga, zulmga bartaraf berishga qudrati yetmasdi.
Alloh taolo sizning baxtingizni berdi va ikromini sizlarga jo‘natdi. O’ziga va Rasuliga iymon qilishni nasib etdi. Sevimli Payg‘ambarini va ashobini himoya qilish sharafini sizlarga baxsh etdi. Keltirgan dinga sizlar dastak bo‘ldingiz, dushmanga sizlar qarshi turdingiz. Arablar sizning qilichlaringizga bo‘yin egdilar va sizning kuchingiz qarshisida Rasulullohga (s.a.v.) «ha» dedilar.
Alloh taolo sevimli Payg‘ambarini (s.a.v.) sizdan rozi bo‘lgan holda oramizdan oldi. Shuning uchun siz bu xalifalik ishini yagona o‘zingiz qo‘lga oling. Chunki xalifalik faqat sizning haqqingizdir, ularning emas
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 29 Mart 2009, 15:18:00
Behol va past ovozda gapirayotgan Sa’d so‘zini tugatishi bilan atrofdan ma’qullagan ovozlar eshitildi. Biz seni shu ishga munosib ko‘ramiz. Sen mo‘minlar ko‘nglini oluvchi, munosib amir bo‘lasan, — deyishardi.

Ansordan Sobit bin Qays o‘rnidan turdi va shunday dedi:
— Ey muhojirlar, sizlarga ma’lumki, Rasululloh (s.a.v) Makkada ekanliklarida ko‘rsatilgan aziyatlarga e’tibor bermasdilar. Keyin esa Alloh taolo Unga (s.a.v.) hijrat qilishini buyurdi, yurtimiz Uning hijrat joyi bo‘ldi. Keyin sizlar keldingiz. Mollarimizni siz bilan bo‘lishdik, ishlaringizni ko‘rdik, yurtimizda mehmon qildik. Ehtiyojlaringizni joyiga keltirishida, avvalo sizlarni o‘yladik. Biz Alloh taoloning yordamchilari, islomning ilg‘or kuchlaridirmiz.
Bizlar Rabbimiz: «Ulardan (muhojirlardan) ilgari (Madinadek) diyorda yashagan va imonni saqlaganlar (ansorlar) esa o‘zlari (yonlari)ga hijrat qilib kelgan kishilarni suyurlar va dillarida ularga berilgan narsa (o‘ljalar) sababli hasad sezmaslar hamda o‘zlarida ehtiyoj bo‘la turib, (ehson qilishda o‘zgalarni) ixtiyor qilurlar. Kimki o‘z nafsi baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o‘shalar iqbollidirlar», (Hashr 9 — oyat) degan insonlarmiz. Sizlarga ma’lumki, Rasululloh (s.a.v.) biror xalifa tayinlamasdan bu dunyodan ketdilar. Insonlar bu holda kitob va sunnatlar ko‘rsatgan hukmlarga qoldirildi.

Alloh taolo bu ummatni zalolatdan qutqarib, janjaldan saqlasin. Shunday ekan, ey, muhojirlar, nima demoqchi bo‘lsangiz aytinglar.

Hazrat Umar (r.a.) turmoqchi bo‘ldi, ammo hazrat Abu Bakr (r.a.) uni to‘xtatdi va o‘zi turdi. Vazmin ohangda gap boshladi:
Ey, Ansor jamoasi, sizlar haqiqatni gapirayotgandeksiz. Dinda fazilatlari inkor qilinmaydigan, islomda afzalliklari unutilmas insonlarsiz. Alloh taolo va Rasuli sizlardan dinning yordamchilari sifatida rozi bo‘lgan. Alloh taolo Payg‘ambari (s.a.v.)ning hijratini sizning yurtingizga buyurdi. Bizningcha ilk muhojirlardan so‘ng sizning darajangizdagi kishilar yo‘q. Payg‘ambar (s.a.v.): «Agar butun insonlar bir yo‘lga, Ansor bir yo‘lga qo‘yilsa, men Ansorlar yo‘lidan ketardim» — degan edilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 29 Mart 2009, 15:19:20
Ammo bizlar ham Alloh taoloning: «(U o‘ljalar yana) o‘z diyorlaridan va mol-mulklaridan haydab chiqarilgan zotlar — kambag‘al muxojirlarnikidir, zero, ular Allohdan fazl va rizolik istaganlar hamda Alloh va Uning payg‘ambariga yordam berganlar. Aynan o‘shalar (imonlarida) sodiqdirlar», (Hashr, 8-oyat) degan insonlarmiz. Sizlarga ma’lumki, ey, Ansor, Alloh taolo sizlarga, biz bilan birga bo‘lishni buyurarkan: «Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va rostgo‘y bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘lingiz!» — deya marhamat qiladi. Bilasizki, arablar bu ishda Qurayshdan boshqasiga bo‘yin egishmaydi. Ular arab millatining eng oliy tabaqasidan paydo bo‘lganlar.

Hubab bin Munzir, hazrat Abu Bakr (r.a.) ning gapini bo‘ldi:
— Ey, Ansor, ko‘zingizni kattaroq oching va qo‘lingizdagi ishga egalik qiling. Aldanib haqqingizni oldirmang. Abu Bakr (r.a.) va birodarlarining so‘zini tinglamang. Unday bo‘lsa nasibangizni qo‘lingizdan olib qo‘yishadi, unutmangki, faqatgina sizning yurtingizda Alloh taologa ibodat qilindi, sizning masjidlaringizda namoz o‘qildi, arablar sizning qilmishlaringiz kuchi ila yo‘lga kirib, iymon keltirdi. Siz dinda eng katga nasiba sohibisiz. Bu ishga hammadan ko‘p sizlar munosibsiz. Agar bular haqqingizni qabul qilmay qarshi chiqishsa, ularni yurtingizdan haydab chiqaring, o‘rniga hokim bo‘ling.

Arablar johiliyat davrida ham, islomni qabul qilgandan so‘ng ham sizning hurmatingiz va qudratingizga tan berishlari kerak. Aminmanki, bundan keyin bu ishni rad qiluvchi chiqsa uning burjini qilichim bilan to‘g‘rilab qo‘yaman.

—   Unda Alloh sening balongni beradi, ey, Hubab!..
—   Aksincha, sening balongni beradi, ey, Umar!...
—   Sa’d xalifalikka munosib kishi emas. Sobit bin Qays gapga aralashdi:
—   Yo‘q, ey, Umar, yanglishyapsan. Sa’d xalifalikka munosib kishi. Bu yurt uning yurtidir, sizlar uning musofirlaridirsiz.
Abu Ubayda bin Jarroh so‘z qotdi:
—   Ey, Ansor, sizlar bu dinga va Rasululloh (s.a.v.)ga ilk yordamchi bo‘lganlardansiz. Birinchi bo‘lib hol va vaziyatni o‘zgartirgan ham sizlar bo‘lib qolmang.
Hubab bin Munzir qaytadigan emasdi. Yana takrorladi:
—   Ey, Ansor, haqqingizdan aslo voz kechmang. Agar qarshilik qilinsa aytingki, bir amir bizdan, bir amir esa sizdan bo‘lsin.

—   Ey, Hubab bir yerda qanday qilib ikki amir bo‘ladi?.. Biri ikkinchisiga muxolif chiqsa nima qilasiz?
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 29 Mart 2009, 15:20:50
Bu so‘zlar Usayd bin Hudayr va Bashir bin Sa’d tomonidan aytildi.

Usayd Avs qabilasining raisi, Bashir esa Xazrajdan edi. Hazrat Umar (r.a.) ilova qildi:
—   Ey, Hubab, bir qinga ikki qilich sig‘maydi. Arab millati ham sizlarni xalifa sifatida qabul qilmaydi. Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v) quraysh qabilasidandir. Seni bu istaging ig‘vo, xolos. Alloh taolo birdir. Islom bir, din birdir. Ishlar ham yagona amir idorasi bilan bo‘ladi. Agar bugun ikki amir bo‘lsa ertaga tartib buziladi. Alloh taolodan qo‘rqing va bu ishni Muhojirlar ham Ansorlar ham ma’qul ko‘radigan bir kishiga topshiring.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) so‘z boshladi:
—   Ey, insonlar, sizlarga Rasululloh (s.a.v.) qadrlagan ikki insonni tavsiya qilmoqchiman. Umar bin Xattob va Abu Ubayda bin Jarroh. Bulardan birini tailang. Har ikkisi ham bu ishga munosib insonlardir.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) so‘zlarkan ikkisining ham qo‘lidan tutgandi. Ammo hazrat Umar (r.a.):
—   Ey, Abu Bakr, bu vazifani sendan boshqa hech kim zimmasiga ololmaydi. Muhojirlarning eng fazilatlisi, g‘ordagi ikki kishidan biri va Rasululloh (s.a.v.)ning tayinlagan imomi sensan. Kim sening oldingda namoz o‘qita oladi, kim senga amir bo‘la oladi? Qo‘lingni ber, seni duo qilaman, — dedi va qo‘lini uzatdi. Ammo, Xazraj qabilasidan Bashir bir Sa’d sapchib turdi, Vallohi hech kim mendan oldin bayat berolmaydi, — dedi. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning qo‘lidan tutdi: Seni Rasululloh (s.a.v)ning xalifasi sifatida qabul qilamiz va itoat qilishga so‘z beraman, — dedi. Hubab bin Munzir g‘azabdan sapchib ketgandi:
—   Ey, Bashir, seni bu ishga majbur qilgan narsa nima?.. Yo‘qsa amakingning o‘g‘li Sa’dga hasad qilayapsanmi?.. Shunday deya qilichini qinidan chiqardi. Bir necha kishi otilib qo‘lidan tutdilar. Bas qil, ey, Hubab, deyishardi.

—   Shunday qila turib yana menga bas qil deysizlarmi?.. Aminmanki, hali farzandlaringiz ularning eshiklaridan non va suv so‘raganini ko‘rasiz, quvilganiga guvoh bo‘lasiz.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 29 Mart 2009, 15:22:58
Hazrat Abu Bakr:
Mendanmi?.. Mening shu ishlarni qilishimdan andisha qilayapsanmi, ey Hubab?..

—   Yo‘q, men sendan qo‘rqayotganim yo‘q. Ammo, sendan keyingilarning shunday qilishidan qo‘rqaman.
—   Sen qo‘rqayotgan ishlarning qilinganini ko‘rgin, keyin xohlaganingni qilasan.
—   Nahotki, ey, Abu Bakr sen ham, men ham u payt bo‘lmaymiz. Keyin farzandlarimizga qayg‘uli azoblar beradigan qavm kelgan bo‘ladi.

Bu paytda hazrat Umar (r.a.) Abu Bakr (r.a.)ning qo‘lidan tutib bay’at bergandi.
Ketidan hazrat Ubayda uchinchi bay’atni berdi. Keyin Muhojirlar va Ansor navbatma — navbat kelishdi, o‘zlariga xalifa qilib qabul qilinganini bildirishdi. Bu jamoaning olovli notiqlari bo‘lgan Hubab, Sobit bin Qays va Huzayma bin Sobitlar ham bay’at qilayotganlar orasida edi. Bay’atga qo‘shilmagan yagona shaxs Sa’d bin Uboda bo‘ldi.

Ikki soat avval Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi Sa’d bo‘lishi kerak deya kelgan xazrajliklar, bu safar yanada xayrli, bu ishga yanada munosib bir insonni saylaganliklariga ishonib u yerdan ketarkan, Sa’d bin Ubada ham uyiga keltirildi. Katta umidlar bilan kelgan, ammo katta inqirozga uchrab yotog‘iga qaytgandi, ikki soat oldin faqatgina vujudi xasta edi, endi esa ko‘ngli ham nogiron bo‘ldi. Natija shunday bo‘lar ekan kelishmasa, unga umid berilmasa bo‘lmasmidi?...

Bu yoqda Rasululloh (s.a.v.) dafnlariga hozirlik ko‘rayotganlar, kech bo‘lsa ham Bani Said Saqifasidagi yig‘ilishdan xabardor bo‘lishgan, tayyorgarlik bir yoqda qolib, hazrat Fotima (r.a.)ning uyida to‘planishgandi. Bunday muhim ish shunchalik shoshilinch qilinadimi?.. Agar hazrat Payg‘ambar (s.a.v.)ga xalifa tayinlashsa hech bo‘lmasa o‘zlariga ham xabar berishmaydimi?.. Bu xalifa, hazrat Payg‘ambar (s.a.v) oilasidan biri bo‘lishi kerak edi—ku?..
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 29 Mart 2009, 15:24:24
Hazrat Fotima (r.a.)ning uyida yig‘ilganlar fikri shunday edi. Hatto hazrat Abu Bakr (r.a.)ning kuyovi Zubayr bin Avvom qilichini sug‘urib, «Rasululloh (s.a.v.) xalifasi qilib Ali bin Abu Tolibga bay’at qilinmagunga qadar bu qilich qiniga kirmaydi!» — deya xitob qildi. Ular nega Bani Said yig‘ilishiga borishmadi?..
Avvalo yig‘ilish bo‘lishidan bexabar edilar. Xabar olganlarida esa «g‘isht qolipdan ko‘chgandi». Shunday muhim ishni bir—ikki soat ichida va ashoblarning ko‘pchiligi bo‘lmagan bir yig‘ilishda hal qilish mumkin emas, degan fikr ularni to‘xtatgandi. Borsalar va yig‘ilishga qo‘shilsalar, baribir saylov ular istagandek bo‘lmasa—chi. Ammo, natijada hazrat Abu Bakr (r.a.)ning xalifa qilib tayinlanishi ular tashvishini yo‘qotdi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) Bani Said yig‘ilishidan, jangda g‘alaba qozongan qo‘mondondek qaytmadi. Chunki u bir necha soat avval bu yig‘ilishga kelarkan xalifalikni qo‘lga kiritish orzusi yo‘q edi. U Rasululloh (s.a.v.)ning bir birodariga: "Ey, Abdurahmon bin Samura, xalifalik istama. Bilgilki, agar amirlik senga istaging sabab berilsa ilohiy yordamdan mahrum bo‘lasan. Agar u, senga istamasang ham berilsa yordam ko‘rasan», deganlarini eshitgandi. Islom dinini qabul qilgandan buyon eng samimiy orzusi Rasululloh (s.a.v.)ning ko‘rsatgan yo‘lidan yurish, hayotini U keltirgan qoidalar asosida to‘g‘rilash edi. U o‘rgatgan islomiy hayotda yashash edi. Bir davlat boshlig‘i bo‘lish orzu—havasi xayoliga ham kelmagandi. Shu sabab, u zimmasidagi vazifada Alloh taoloning ko‘magidan umidvor edi.
Fikru, ishonchi bu bo‘lgan hazrat Abu Bakr (r.a.)ni uyida «tabriklaymiz, shu ondan Rasululloh (s.a.v) xalifasi bo‘ldingiz» — deya qarshilashmadi. Oila a’zolari ham unda zafar sarxushligini sezishmadi. Uzoq yillardan buyon birodarlik qilib kelayotganlar, bugun g‘urur bilan ko‘tarilgan boshni ko‘rishmadi.
Chunki hazrat Abu Bakr (r.a.) qalbida bu begona tuyg‘ular mehmon bo‘lmagandi. U iskanjadagi insonlarni sotib olib ozod qilarkan, qullik qarzini bajargani, qobil mo‘minga xos harakat qilgani uchun Rabbiga hamd aytgan. Ammo, ozod qilingan insonlar uning g‘urur va kibr bilan o‘zlarini tomosha qilgan holda ko‘rishmagandi. Shafqatsiz azoblardan qutqarilib, hurriyat berilgan Bilol uning yonida hech qachon minnat ostida qolmagan, boqishlarida ham yaxshiligini yodga soluvchi tuyg‘u borligini umuman sezmasdi. Xalifalik unga faqat tashvish va mas’uliyat keltirardi. Kechagacha faqat bir oila boshlig‘i, shu ummatning bir odami edi, xolos. Endi esa, «LA ILAHA ILLALLOH. MUHAMMADUN RASULULLOH» degan har bir insonning dardi, uning ham dardi bo‘lajak. Bu insonlar farovon bo‘lishmasa, Buyuk Mavlo Abu Bakrni so‘roq qiladi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 29 Mart 2009, 15:26:12
Shu tuyg‘u—fikrdagi inson, xalifalik vazifasini olgani uchun sevinolmasdi. O’ta og‘ir shartga ko‘ra xalifa bo‘lgandi. Biror qabila boshlig‘i yo davlat boshlig‘iga vakolat berib bo‘lmasdi. Eron shohi, Vizantiya imperatori yoki Misr qiroliga vakolat berish emas, balki ulardan ko‘ra adolatli, muvaffaqiyatli idora tizimini yo‘lga qo‘yish va yuritish lozim edi. Ammo, olamlarga rahmat bo‘lgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan so‘ng vazifani boshqarishning alohida ma’nosi bor. Insoniyat yaratilibdiki, Uning (s.a.v.) tengi tug‘ilmagan, qiyomatga qadar ham tug‘ilmayajak. Onadan tug‘ilgan har inson Uning (s.a.v.) shafoatiga muhtojdir. Hech bir Payg‘ambarga nasib bo‘lmagan «Maqomi Mahmud»ning yagona tayanchi, «Shafoati Uzmo» (eng buyuk shafoat)da tanilgan yagona Payg‘ambar... Shunday Payg‘ambar (s.a.v.)ning xalifasi bo‘lish o‘ta og‘ir va mas’uliyatli edi. Shu sabab u uyiga kelganda «keling bu muvaffaqiyatni qutlaylik» demas, deya olmasdi ham.

Davlat boshlig‘i bo‘lish ko‘pgina imkoniyatlar ham berardi. Imkoniyatlardan foydalanishni bilgan kishi uchun omad eshigi mutlaqo ochilgan hisoblanadi. Bundan keyingi hayotini huzur—halovatda, aytganini ikki qilinmasdan o‘tkazishi mumkin. Ammo, hazrat Abu Bakr (r.a.)ning vijdonida bunga izn yo‘q. «Mo‘minlar dardi ila dardlanmagan amir» sifatida Alloh taolo huzuriga borishga rozi emas. Shu sabab, uning uyga qaytayotganini ko‘rganlar chehrasida hech bir sevinch va mamnuniyat (belgilarini) alomatlarini ko‘rishmadi. Jonini berishga rozi bo‘ladigan, Payg‘ambarini yo‘qotgan kishi sifatida u qanday sevina olardi?... Hayotida uchragan eng katga musibat qayg‘usida yonarkan, xalifalik unga shodlik keltirolmasdi.
Ha, Rasululloh (s.a.v.) qoldirgan bo‘shliqni to‘ldirib bo‘lmasdi. Boshqa birovning to‘ldirishi esa xayolga ham sig‘masdi. Kuch nimaga, qo‘ldan nima kelsa qilinar. Janobi Haqdan yordam so‘ralar va Unga ishonilardi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) shu va shunga o‘xshash xayollar og‘ushida tunni o‘tkazdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:11:52
* * *
Xazrajliklarning yong‘indan qo‘rqqandek xalifa tayinlashga turishlari Rasulullsh (s.a.v.) vafotlari xabarining yoyilishiga sabab bo‘ldi. Shoshilishmasa, Rasululloh (s.a.v.) el birligida dafn qilinsa, so‘ng 99 Muhojir va Ansorlar ishtirokida bamaylixotir saylov o‘tkazilsa yanada yaxshiroq bo‘lmasmidi?...
Bu masalada, «Ashob ummati bir daqiqa bo‘lsin boshsiz qolmasligi uchun, hazrat Payg‘ambar (s.a.v.)ni dafn qilishlarini ham kutmasdan xalifa saylovini o‘tkazishganlari» — deya izohli so‘zlar so‘zlangandi.

Masalaga bu tomondan qaralsa, bu yoqda yuzlab kishilarga va hazrat Abu Bakr (r.a.), Umar(r.a.), Ali(r.a.)... kabi ashoblarning eng faollariga ham xabar berilmaganligini izohlash mushkul.

Bani Said yig‘ilishida xalifa saylovini bir — ikki kun keyinga qoldirib, ashoblarning hammasi qatnashishini kutishga qaror qilinsa bo‘lmasmidi?.. Fikrimizcha, eng to‘g‘ri yo‘l shu edi. O’shanda Hoshimiylarning e’tirozlari ham bo‘lmas, yaxshi natijaga erishilgan bo‘lardi. Shunaqa saylov o‘tkazilganda ham, ashoblarning ko‘pchiligi yana hazrat Abu Bakr (r.a.)ni tayinlashlariga shubha yo‘q edi. Chunki Rasululloh (s.a.v.) «Mendan so‘ng xalifa falonchi» demasalar ham, hazrat Abu Bakr (r.a.)ning eng ma’qul nomzodligi ayon bo‘lgan, «ko‘ringan manzilga boshlovchining keragi yo‘q» haqiqati ko‘ngillardan joy olgandi.

Rasululloh (s.a.v.) o‘n yil Madinada imomlik vazifasini boshqardilar. O’zlari qatnashmagan vaqtlari kimni tayinlasalar namozni ham u o‘qitardi. Bir tarafdan amirlik imomlik degani edi. Tajribalarga ko‘ra amir bo‘lgan joyda boshqalarga bu vazifa yuklatilmasdi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) esa shaxsan Rasululloh (s.a.v.) tomonidan masjidda payshanba kechasidan e’tiboran dushanba tongiga qadar o‘n yetti vaqt namozni o‘qitishga buyurilgandi. Unga mehrobga o‘tish amri berilganini xotirlovchilar bor edi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) topilmaganda Hazrat Umar (r.a.) o‘tgan, lekin uning yo‘g‘on ovozini eshitgan Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo ham, mo‘minlar ham Abu Bakrdan boshqasiga rozi emas» deya, Abu Bakr (r.a.)ni topishni va mehrobga o‘tkazilishini buyurgan edilar.

Rasululloh (s.a.v.)ga yaqin bo‘lgan hazrat Ali (r.a.), amakisi Abbosdek insonlarning davomli ravishda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xonalariga kirib—chiqishlariga qaramasdan, bu o‘n yetti vaqtdan biriga ham izn olmadi.

Bani Said yig‘ilishga borishmaganlarida xazrajliklar Sa’d bin Ubodaga qo‘l berishar va ishni hal qilishardi. Holbuki, bu holda yanada ustun, yanada qobiliyatli insonlar ortda qolib, ish munosib sohibiga tegmasdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:12:52
* * *
Sa’d bin Uboda Rasululloh (s.a.v.)ga xalifa bo‘ladigan fazilat egasimidi?.. Yoki hazrat Abu Bakr (r.a.), Umar (r.a.) kabi buyuk insonlar bor joyda uning xalifa qilib tayinlanishi to‘g‘ri qaror hisoblanadimi?..

Bu so‘roqqa «ha» javobini berish mumkin emas, Rasululloh (s.a.v.) ashobi bo‘lish, hamma ishni muvaffaqiyatli boshqara oladi, har mavqe va maqomga munosib degani emas edi. Uning saylovdagi harakatlari ham bu maqomga munosib emasligiga bir dalil. U hayotining so‘ngi besh yilini hazrat Abu Bakr (r.a.)ga ham, hazrat Umar(r.a.)ga ham bay’at qilmasdan o‘tkazdi.
Savr hech qanday taraflama xalifalikka hazrat Abu Bakr (r.a.)dan-da munosibligiga da’vo qila olmadi. Rasululloh (s.a.v.)ni hazrat Abu Bakr (r.a.)dan ham yaxshiroq tanishi, islomni undan-da yaxshiroq bilishi va tushuntira olishini aytolmasdi.

Hazrat Oysha (r.a.)ga tuhmat qilish voqeasi hanuz hammaning yodida bo‘lib, bu bo‘hton Xazraj qabilasidan bo‘lgan va «munofiqlar raisi» deya tanilgan Abdulloh bin Ubay bin Salul ismli kishi tomonidan qilingandi. Bir oygacha vahiyning to‘xtab qolishi Rasululloh (s.a.v.)ning iztirob chekishlariga sabab bo‘lgan, natijada masjidda turib bu tuhmatni qilgan kishining jazosini berishni aytgandilar. Avs qabilasi boshlig‘i Usayd bin Hudayr:
—   Ey, Allohning Payg‘ambari, aytayotgan odaming Avsdan bo‘lsa, uning jazosini beramiz. Agar xazrajlik birodarlarimizdan bo‘lsa ham jazolaymiz, degan, ammo Sa’d bin Uboda uning so‘zini bo‘lib:
—   Hech narsa qilolmaysan. Sen bu ishni qilgan xazrajlik odam ekanligini bilganing uchun aytayapsan, — dedi.
O’rtadagi masala Rasululloh (s.a.v.)ning nomusi edi. Uning ayoli haqida gap borar, Sa’d esa bu bema’ni bo‘htonni qilgan kishi o‘z qabilasidan bo‘lgani sabab muhofaza qilar, ammo men kimni kimdan himoya qilayapman, demasdi. Shunday chirkin voqeada Rasululloh (s.a.v.)ni emas, qabilasidan bo‘lgan munofiq bir kishini o‘ylagan Sa’d qanday qilib «Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi» bo‘la oladi?... Shunday muhim va jiddiy masalada ko‘zi qabilasidan nariga o‘tolmagan shaxs qanday qilib butun mo‘minlarga amir bo‘la oladi?...
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:15:23
Sa’d haqiqatdan saxiy inson edi, saxiy bir oiladan chiqqandi. O’zidan keyin o‘g‘li Qays ham bu saxiylikni davom ettirdi.

Qabiladoshlari o‘rtasida hurmatli mavqei bor edi. Ammo, bular hazrat Abu Bakr (r.a.) bor joyda xalifalik maqomiga ko‘tarilishi uchun yetarli emasdi.

Uni xalifalikka ko‘tarish qayg‘usida yurganlar ham, eng yaxshi va munosib insonni topishgani uchun emas, balki qabiladoshligi sabab bu ishga tashabbus ko‘rsatishgandi. Agar haqiqatdan munosib ko‘rishganda edi, bu qadar shoshilishmas, katta yig‘ilish o‘tkazib tayinlanishini istashardi.

Ular bu harakatlari bilan islom tarixidagi eng muhim saylovning o‘tkazilishiga to‘siq bo‘lishgandi. Ammo Rasululloh (s.a.v.) uchun eng oliy xalifa tayin edi.

Bani Said soyaligida o‘tkazilgan yig‘ilishi va natijasi qisqa vaqtda yoyilib, butun Madinada eshitmagan kishi qolmadi. Peshin namoziga masjidga yig‘ilganlarning nigohi tanish yangi xalifani qidirardi.

Nihoyat, minbar qarshisida oq tanli, yonoqlari va ko‘zlari chuqur, peshonasi tor, peshonasining o‘ng tomonidagi sochlari to‘kilgan, o‘rta bo‘yli, soqoli xinaga bo‘yalgan bir kishi ko‘rindi. Keyingi paytda namoyon bo‘lgan bu odam hazrat Abu Bakr (r.a.)dan boshqa bo‘lishi mumkin emasdi. Kelib uch zinapoyali minbarning ikkinchi zinasida o‘tirdi. Bundan keyin ham uchinchi pillapoyaga umuman chiqmadi va Rasululloh (s.a.v.) o‘tirgan joy doimo bo‘sh qoldi.

Bu orada hazrat Umar (r.a.) turib Alloh taologa hamd keltirdi va shunday dedi:
— Ey, insonlar, kecha sizga Rasululloh (s.a.v.) o‘lmaganliklarini, hushdan ketganliklarini aytgandim. Bu so‘zlarim Alloh taoloning kitobidagi biror oyatga, yoki Rasululloh (s.a.v.)ning so‘zlariga tayanib aytilmagandi. Ammo men Payg‘ambar (s.a.v.) bizning ishlarimizni to‘g‘ri yo‘lga solib, bizni oxirat yo‘lchisi qilib so‘ng vafot etadi, deb umid qilibman. Ammo, ishonamanki Rabbimiz, Rasuliga hidoyat ko‘rsatganidek, bizga ham qo‘limizdagi Qur’on vositasida hidoyatni ko‘rsatadi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:16:43
Shu bir haqiqatki, Alloh taolo sizning ishingizni eng xayrli kishi qo‘liga topshirdi va Rasuliga birodarlik qilgan do‘stini xalifa qildi. Turib uni duo qiling.

Turib birma-bir hazrat Abu Bakr (r.a.)ning qo‘lidan tutdilar, Alloh taoloning Rasuliga xalifa sifatida ko‘rishlarini va itoat qilishlarini bildirishdi.

Bay’at tugagach, hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘rnidan turdi va Alloh taologa hamd o‘qib, Rasululloh (s.a.v.)ga salotu salom qilgandan so‘ng shunday dedi:
— Ey, insonlar!.. Sizga amir qilib tayinlandim, holbuki, men sizlarning eng xayrliyingiz emasman. Shu sabab, agar vazifamni yaxshi bajarsam, menga yordamchi bo‘ling. Xato qilsam, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating. To‘g‘rilik bir omonat, yolg‘onchilik xiyonatdir. Oralaringizdagi zaif kishi haqqini olib o‘zini taslim etgunga qadar, Alloh taoloning izni ila mening nazarimda qudratli inson bo‘lib qabul qilinadi. Oralaringizda qudratli bo‘lgan kishi, o‘zidan haq olinib egasiga topshirilmaguncha, Alloh taoloning izni ila mening nazarimda zaif inson sifatida ko‘riladi. Biror jamoa aql va dinga to‘g‘ri kelmaydigan yomonliklarni tarqatsa, Alloh taolo u jamoaga balo (kulfat) yog‘diradi.

Men Alloh taolo va Rasuliga itoat etsam, siz ham menga itoat qiling. Alloh taolo va Payg‘ambariga isyon qilsam unda menga itoatingiz kerak emas. Namozingizni o‘qing, Alloh taolo sizlarga rahmat va marhamati ila muomala nasib qilsin.

Buyuk xalifa shu qisqacha nutqdan so‘ng mehrobga o‘tdi va namozni boshladi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) ning xutbasi qisqa va lo‘nda edi. Uni tinglaganlar Rasululloh (s.a.v.)ga xalifalikka haqiqatdan munosib inson qarshisida ekanliklariga yana bir bora ishonch hosil qilishgandi. U so‘zlarini buyuklarning eng go‘zal fazilati bo‘lgan kamtarlik bilan boshlab, "sizning eng xayrliyingiz emasman" degandi. Shunaqa deyishi ham kerak edi. Rasululloh (s.a.v.)ning aslo kibrlanmaganligi, doimo kamtarinlik bilan muomalada bo‘lganligini biladigan ko‘plab insonlar shu onda masjidda o‘tirishardi. Ular Rasuli Muhtaram (s.a.v.)ning «Alloh rizoligi uchun kamtarin bo‘lganni Alloh taolo yuksaltiradi» xabarini tinglagan insonlar edi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) bu so‘zlari bilan bundan keyingi rejalarni ham aytib o‘tgandi. Ijro o‘ziga, taftish mo‘minlarga oiddir. Insonlar ko‘r —ko‘rona emas, ongli tarzda sevib — sevib itoat qilishlari kerak.

Davlat boshlig‘ini taftish qilish va kerak bo‘lsa haq yo‘lni ko‘rsatish ularning vazifasidir. Agar xalifa Rasulullohga (s.a.v.) itoat etishda sustkashlik qilsa, u holda insonlarning xalifaga itoat qilishi majburiy emasdir.
Bu so‘zlar ikki kundan keyin unutiladigan so‘zlar emas, balki baxtiyorligi Rasululloh (s.a.v.)ga bog‘liq bo‘lgan bir insonning jiddiy va samimiy ifodalari edi. Xalq ham, xalifa ham ayni qonunga, hukmlarga amal qilgan holda barcha yo‘llar Alloh taologa va Payg‘ambariga itoat markazida birlashadi. Adolat eng muhim masala bo‘lib, boy-u faqir, badavlat-u qul, barchasi bir xil shart oldida muhokama qilinar, xalifaning ko‘zi da’vo sohibida emas, adolat tarozusida bo‘lar va Haqqa tayanganning yelkasi yerga tegmas.

Buyuk Xalifa bu so‘zlari bilan «insonlarning xalifaga itoatidan-da muhimi, xalifaning Alloh taolo va Rasuliga itoatidir», degan haqiqatini anglatish edi. Xalifa o‘z vazifasini bajarmasa fuqarodan nimani kutish mumkin?
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:18:50
* * *
Masjidda hazrat Abu Bakr (r.a.)ga bay’at qilinarkan, Rasululloh (s.a.v.) yuvilib kafanlangandi. Yuvish ishi hazrat Oysha (r.a.)ning xonasida o‘tkazilgan. Hazrat Ali (r.a.) yuvgan, Usoma va Shukron suv quygan, Abbos va ikki o‘g‘li Fazl va Qusom, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning muborak vujudlarini o‘ngga, chapga (ag‘darishda) o‘girishda yordam berishgandi. Kiyimlari yechilmasdan yuvilgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uch qavat kafan ichiga qo‘yildi. Keyin esa ikki odam chaqirildi. Biri Abu Ubayda bin Jarrohga, ikkinchisi esa Abu Talhaga yuborildi.
Abu Ubayda Makkaliklarga, Makka odatiga ko‘ra qabr qazdirdi. Abu Talha Madinalik bo‘lib, Madinaliklar odatiga ko‘ra qabr qazir va qabrning qibla tomonini bir miqdor o‘yib «lahad» deya nomlangan shaklga keltirardi.

Abu Ubaydani topisholmadi, Abu Talha keldi va Rasuli Akram (s.a.v.) uchun shunday qabr qazilishi ayon bo‘ldi.
Rasululloh (s.a.v.)ni qaerga dafn qilishni o‘ylashardi. Baqi qabristoniga birodarlari yoniga qo‘yilishini taklif qiluvchilar ham bo‘ldi. Bir qismi qabrning masjidda qazilishini aytishardi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan «Payg‘ambarlar so‘nggi nafaslarini bergan joyda dafn qilinganliklarini» eshitganini aytdi. Shu bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning muborak vujudlari bir tomonga olindi va Abu Talha qabrni qazidi.

Birozdan so‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) xonalarida yolg‘iz qoldirildi.
Avvalo erkaklar kirib jamoat bo‘lmasdan yakka—yakka namoz o‘qidilar. Keyin ayollar, keyin bolalar, keyin esa xizmatkorlar kirishdi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yonlarida namoz o‘qiydigan biror kishi bo‘lganda janoza namozini aslo yakka holda o‘qimas edilar. Ammo, bu safar U (s.a.v.)ning namozi nega masjidga chiqarilib, jamoat holida o‘qilmadi?.. Buning sababini bilmaymiz.
Seshanba kuni yuvilib, kafanlangan va yuqoridagidek tarzda namozi o‘qilgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi tuproqqa qo‘yildi. Qabrga hazrat Ali (r.a.), Usoma, Fazl va Qusomalar tushishdi. Oltmish uch yil avval dunyoga yetim bo‘lib kelgan, endi dunyoni yetim qoldirib ketgan buyuk Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning muborak vujudi tushirildi, hurmat bilan tuproqqa qo‘yilib, usti yopildi. Bu xona Rasululloh (s.a.v.)ning qabri, ham sevimli ayoli hazrat Oysha (r.a.)ning xonasi bo‘lib qoldi.

«ALLOHUMMA SOLLI ALA MUHAMMADIN ABDIKA VA NABIYYIKA VA RASULIKAL KARIM VA ALA ALIHI VA AVLADIHI VA AZVAJIHI VA ASHABIHI VA ATBAIHI VA IXVANIHI AJMA’IN».
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:20:15
* * *
Yonidagi xonada bo‘lgan mo‘minlar onalari Oysha, Hafsa, Ummu Salama, Ummu Habiba, Savda, Juvayriya, Sofiya, Zaynab, Maymuna va joriyalari Moriya, Rayhona... va jigarporasi hazrat Fotima (Alloh taolo har birlaridan rozi bo‘lsin) qazish, ko‘mish ovozlarining to‘xtashi bilan dafn ishi bitganligini anglashganida hanuz atrof qorong‘u, shafaq ko‘rinmagandi.

Qayg‘uli xabar tez yoyildi. Ko‘p insrnlar buyuk Payg‘ambar (s.a.v.) ortidan ko‘zyosh to‘kib qolishdi. Tengi va o‘xshashi bo‘lmagan, qayta tug‘ilmaydigan insonni qayta ko‘rmaslik qayg‘usida qovurilishardi. Yagona tasalli, U (s.a.v.) ko‘rsatgan yo‘ldan borilsa, Unga va Uning Mavlosiga yetishish edi.
Rasululloh (s.a.v.)ning vafot xabari bir guruh insonlar yuzida shaytoniy tabassum ham paydo qildi. Uzoq yillar ko‘ksilarida siqilib kelayotgan qo‘rquv tuyg‘usini chuqur nafas bilan chiqarib yubordilar. Demak, ortiq vahiyning to‘xtashini ko‘radigan kunlarga ham yetishadi. Bundan so‘ng qalblaridagi munofiqlik tuyg‘usi haqida insonlarga gapira olishadi.

Rasululloh (s.a.v.)ni tuproqqa qo‘yishgandan bir necha soat keyin ikki birodar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan shu suhbat diqqatga sazovordir. Bu ikki sahoba Madinaning bir ko‘chasida lom-mim demasdan o‘tirishardi. Ikkisi ham dardli, ikkisining ham qalbi yarador. Bir — birlariga aytadigan ko‘p narsa bor, yoki hech narsa yo‘q. Chunki ikkisi ham ayni bir qayg‘udan iztirobda, ikkisi ham ayni bir ayriliqqa uchragan insonlar edi. Tug‘ilib o‘sgan shahar, qanchadan—qancha go‘zal xotiralarga guvoh bo‘lgan bu ko‘chalar endi ma’nosiz, go‘yo begonalashib ketgandek. Negadir Uvaym bin Said ko‘nglidagi tuyg‘ularini shunday tilga oldi:
—   Vallohi Rasululloh (s.a.v.)dan oldin o‘lishni juda orzu qilardim.

Birodari Ma’n bin Adiy boshqacha o‘ylayotgandi:
—   Ammo men Vallohi Rasululloh (s.a.v.)dan avval o‘lishini orzu qilmagandim. Istardimki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hayotliklarida ko‘rsatgan e’tiqodimni, vafotlaridan keyin ham isbotlasam.

Ma’n bu so‘zlarining samimiyligini to‘la isbotlagan, payg‘ambarlik da’vosida chiqqan Musaylama qo‘shiniga qarshi kurashib, shahid bo‘lgandi. Birodari Uvaymga kelsak, uni yaqindan bilish uchun bu voqeadan bir necha yil oldin Rasululloh (s.a.v.)dan so‘ragan bir savol va olingan javobni xotirlaylik:
— Ey, Allohning Payg‘ambari! «Birinchi kundan taqvoga asoslangan masjid - Sizning o‘shanda turishingiz loyiqroqdir. Unda poklanishni xush ko‘radigan kishilar bor. Alloh esa poklanuvchilarni sevar.» (Tavba surasi 108-oyat) oyatida keltirilganlar kimlar edi?

Rasululloh bu savolga javob berarkanlar, muborak ko‘zlarini yonidagi zotga qaratib: «Uvaym bin Said ulardan biri sifatida qanday ajoyib inson»— degan edilar.

Bular ana shunday ashoblar orasida kam tanilgan, ammo ular Alloh taolo va Rasuli tomonidan taqdirlanib, taqdir ular ismini baxtli insonlar qayd qilinadigan daftarga, o‘chirilishi mumkin bo‘lmagan siyohda yozgandi,
"Allohim, sen tilaganini qilishga qodirsan...".
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:22:09
XALIFANING ILK KUNLARI

Rasululloh (s.a.v.)ning dafn etilishidan so‘ng hazrat Abu Bakr (r.a.) Usoma qo‘shinining darhol qarorgohda to‘planishini buyurdi. Payg‘ambarimiz vasiyati — bu qo‘shinni kuttirmasdan yuborish edi. Vafot sabab tarqalgan va shaharga kelgan qo‘shin yana «Jurf» nomli joyda to‘plana boshladi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:22:39
* * *
Madinadagi hayotning so‘nggi yili, arab qabilalari islomni qabul qildi. Ko‘p qabilalarning ketma—ket elchilar yuborib shirk hayotiga nuqta qo‘yishganini ko‘rgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) katta mamnuniyatda edilar. Uzoq yillar sabr va sabot bilan qilingan harakatlarning mevasini olish, albatta mamnunlik keltirardi.

Ba’zan atrofdagi qabilalarning bir — birlari bilan urushib musulmon bo‘lishi bir guruh qabilalarni qo‘rqitib qo‘ygan, atroflarini musulmon qabilalar o‘rab olishganini ko‘rib ular ham islomni qabul qilganliklarini bildirishardi.

Shahodat kalimalarini keltirib, o‘zlarini xavfsizlikka olgan, ammo hanuz islom dinini ruhlariga yaxshi singdira olmagan bu qabilalar xabarni eshitib, shoshib qolishdi. Payg‘ambar (s.a.v.)ning vafotlarini eshitgach, o‘tirib ahvollarini bir ko‘zdan kechirib chiqishdi. Ayniqsa, ishning moddiy jihati og‘ir borayotgandi. Peshona teri bilan topilgan molning qirqdan birini zakot sifatida berish yoqmasdi. Bir qarashda bu zahmat bilan topilgan molni oborib «men yemadim, sen ye " deya tashlab kelishdan iborat edi. Natijada islom dinida qolish, ammo zakot bermaslikka qaror qilishdi. Rasman Madinaga borib «biz shu shartlar asosida musulmon bo‘lib qolishni xohlaymiz» demoqchi bo‘lishdi.

Bir guruh qabilalar islom bilan aloqalarini umuman uzishdi. Madina Rasululloh (s.a.v.)ni yo‘qotib, ketidan «Dindan qaytish» xabarlari ila o‘ralgandi. Ertalab bir qabila, oqshom tushmasdan boshqa bir qabilaning dindan qaytgani haqida xabar kelardi. Bir paytlar islomga kirish urushini boshlagan qabilalar, endi xuddi shu urushni zakot bermaslik yoki umuman islomni tark etish uchun qilmayotgandi. Bu qarorga kelganlarning kutmasliklari ham ayon edi. To‘satdan urush boshlab, Madinaga bostirib kelishlari mumkin edi. Hazrat Oysha (r.a.)ning fikricha, xalq tunda yomg‘irga uchragan qo‘y suruvidek nima qilarini bilmas, ishni nimadan boshlashga qaror qilolmas holga kelgan edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:23:43
* * *
Rasululloh (s.a.v.)ning vafot xabari Makkaga yetgach, xalq nima qilarini bilmay qoldi.

Qilich dahshatidan shahodat kalimalarini keltirgan insonlar «endi bu ish tugaydi» deya, fursat shu fursatdir, deb eski hayotga qaytishga qaror qilishgan va bir guruh odamlarni to‘plab, arz qilmoqchi bo‘lishgandi. Hatto samimiy musulmon bo‘lgan vali Attob bin Asid jon qo‘rquvida qochib yashiringandi.
Mana shunday ahvolda Makkaning faollaridan bo‘lgan Suhayl bin Amr Ka’ba oldida to‘plangan xaloyiqqa qarata shunday dedi:
— Ey, insonlar, islomni eng oxiri qabul qilgan sizlarsiz. Shu sabab katta ayriliqqa uchradingiz. Bo‘lmasa ilk daf’a bu dinni tark etuvchilar ham sizlar bo‘lmangiz.

Bu so‘zlar to‘planganlarni jiddiy fikrlashga da’vat qildi va natijada iymon va islomning aziz, qadri vijdon amriga havola qilindi.

Suhaylning bu nutqi katta falokatning oldini olgandi. Agar Makkaliklar takror kufr hayotlariga qaytishsa, bu boshqa arablarga katta ta’sir qilar, qaytish harakatlari mislsiz ortadi. Shuningdek, arablar islomni qabul qilish uchun ularni kutishgan. Makka fathini kutgan ikki yil islomni qabul qilish yili bo‘lgandi.
Suhayl bin Amr mashhur kishi edi. Hudaybiyada qurayishliklar nomidan bitimga imzo qo‘ygan u edi. Badr muhorabasida asir tushganda hazrat Umar (r.a.):
—   Izn ber, ey, Allohning Rasuli, Suhaylning tishlarini urib to‘kayin. Senga qarshi gapirolmaydigan bo‘ladi, — degan.

Rasululloh (s.a.v.) esa unga javoban shunday degan edilar:
—   Ey, Umar, Allohning Payg‘ambari bo‘lsam ham, bir insonni aybdor qila olmayman. Qaerdan bilasan, ertaga uning sen haqingdagi fikri ijobiy tomonga o‘zgarib qolar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:25:19
Bu voqeadan olti yil o‘tgach musulmon bo‘lgan va iymonda hakiqiy sabot ko‘rsatgan Suhayl, shu gaplari ila tobora kattalashib borayotgan harakatni to‘xtatgan va ko‘pgina insonlarning hidoyatda qolishiga sababchi bo‘lgandi. Hazrat Umar (r.a.) bu voqeani eshitib, ko‘zlari yoshga to‘ldi. Rasululloh (s.a.v.) mo‘‘jizalariga guvoh bo‘lish baxtiga erishdi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) Usoma qo‘shinini yo‘lga chiqarishga qat’iy qaror qilgandi. Chunki Nabiylar Sultoni Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning so‘nggi vasiyatlari islomni qabul qilish uchun Madinaga kelgan elchi guruhlariga, o‘zi qanday ikrom qilsa shunday ikrom qilinishini, Usoma qo‘shinining kechikmasdan yo‘lga chiqarilishini amr qilish edi.

Ammo ashoblar orasida qo‘shinning ketishini to‘g‘ri tushunmaganlar ham bor edi. Chunki qo‘shin ketgach Madina himoyasiz qolardi. Holbuki, bu shahar islomning beshigi va qal’asi hisoblanardi. Hukumat markazi qo‘ldan chiqqach musulmonlar uchun hech bir joy Madinaning o‘rnini bosolmasdi. Nihoyat bir necha kishi vakil bo‘lib keldi:
— Ey, Rasulullohning xalifasi, qo‘shinning Madinadan ketishi falokat keltiradi. Bu masalada ehtiyotkorlik bilan ish qilinishini istaymiz, — dedi va qilinadigan bosqinga qarshi kuchning Madinada bo‘lishini tushuntirishga harakat qildi.

Ularning samimiy ekanligiga aslo shubha yo‘q edi. O’z fikrlari bilan to‘g‘ri va qilinishi kerak bo‘lgan ishni taklif qilishayotgandi. Ammo, hazrat Abu Bakr (r.a.) qarorida qatiy turardi. Va ularga qarata shunday javob qildi:
— Yolg‘iz qolsam va meni bu yerda yirtqich hayvonlar tilka—pora qilishini bilsam ham bu qo‘shinni yuborardim...
Ortiqcha so‘zga o‘rin yo‘q. So‘nggi so‘z xalifadan chiqadi.

Kechagina itoat qilishga so‘z bergan insonlariga qarshi birinchi kundanoq «yo‘q, istamaymiz» deya olishmasdi. Zimmalaridagi xotirlatish vazifasini bajarganliklariga ishonib ortga qaytdilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:28:26
* * *
Bir—ikki kunda qo‘shin tayyorgarligi bitdi. Ammo hali ko‘ngillar notinch, andishalar ketmagandi. Chunki ketma—ket kelayotgan xabarlar yuraklarni titratar, qalblarga qo‘rquv solardi. Shaxsan qo‘mondon Usomaning o‘zi shu fikrda edi. Qo‘shinda oddiy askar vazifasini bajaruvchi Umar bin Xattob (r.a.)ni chaqirdi. Xalifa yoniga borib ahvolni tushuntirishni buyurdi.


Hazrat Abu Bakr (r.a.) bu so‘nggi taklifni ham rad qilib, qashqirlarga yem bo‘lsa ham Rasululloh (s.a.v.)ning vasiyatini bajarishini aytdi. Hazrat Umar (r.a.) bu safar ikkinchi bir taklifni aytdi:
—   Ansorning sendan bir istagi bor, ey, Abu Bakr.
—   Nima?
—   Qo‘shin qo‘mondonligini tajribaliroq, kattaroq kishiga topshirish.

Bu taklifdan hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘rnidan turib ketdi. Hazrat Umar (r.a.)ning soqolidan tutdi:
—   Onang sendan ayrilsin, ey, Xattobning o‘g‘li!.. — deya baqirdi. Uni men tayinladimmiki, chetlashtirishga haqqim bo‘lsa?.. Qiladigan birinchi ishim Rasuli Akram (s.a.v.) ishlarini buzish bo‘lsinmi?..

Bu xitob hazrat Umar (r.a.)ni o‘ziga keltirdi. Bu taklifni aytganiga haqiqatdan pushaymon bo‘ldi. Xalifaning vazifasi, Rasuli Muhtaram (s.a.v.) tartibini imkon qadar muhofaza qilish edi.

Axir, to‘g‘ri—noto‘g‘ri qoldirilgan idora uslubini tuzatish va isloh qilish maqsadida ish boshiga kelgan emasku...

Ha, Usoma navqironlik davrida edi. Badr va Uhud
muhorabalarida yosh bola bo‘lganligi sabab qatnasholmagan, to‘g‘rirog‘i Nabiyyi Akram (s.a.v.) tomonidan izn berilmagandi. O’shanda uni jangdan chetlatgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu safar qo‘shin qo‘mondonligiga tayinlagandi. O’sha payt muhorabadan chetlashtirish qanchalik to‘g‘ri bo‘lgan bo‘lsa, bu safar tayinlanishi ham shunchalik ma’qul edi. Bu Rasululloh (s.a.v.)ning yoshlarga qanchalik muhim ahamiyat berish belgisi edi. Shuningdek, Vado hajida oti orqasiga shaxsan Usomani olgani ham ko‘pchilikning yodida. Holbuki, agar Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yayov yurayotgan biror kishini mindirmoqchi bo‘lsalar, katta yoshli insonlar turganda bir yigitni olarmidi?

Qo‘shinda hazrat Umar (r.a.) tomonidan tilga olingan fikr sohiblari chorasiz bu hukmni qabul qilishdi. Ular bu safarga Alloh taolo rizoligini olish umidida chiqishayotgandi. Alloh taolo rizoligiga esa, Rasululloh (s.a.v.)ga bog‘liq tarzda erishilardi. «Ayting (ey, Muhammad): "Agar Alloxni sevsangiz, menga ergashingiz. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag‘firat etadi. Alloh kechiruvchi va rahmlidir». (Oli Imron 31-oyat)

«Alloh taoloning Rasuli albatta mendan ko‘ra to‘g‘riroq fikrlaydi» degan xayol qo‘shindagi har bir kishi xayolida hokim bo‘ldi...
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:29:22
* * *
Tayyorgarliklar tugagach, hazrat Abu Bakr (r.a.) qarorgohga keldi. Qo‘shin yosh qo‘mondon buyrug‘i bilan yo‘lga otlandi. Usoma otliq, xalifa esa yayov yo‘lga tushishdi. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning oti, Abdurahmon bin Avf tomonidan yetaklanib kelayotgan edi. Bundan Usoma xijolat bo‘ldi va xalifaga e’tirozini aytdi:
—   Ey, Rasulullohning xalifasi, yo sen ham min, yo men ham yayov yurayin.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) javob qildi:
—   Yo‘q, sen tushmagin, men ham minmayin. Oyoqlarim Alloh taolo yo‘lida bir soatgina yursa nima yo‘qotardim?..
Va yurish shu holda davom etdi.
—   Izn bersang, ey Usoma, Umar yonimda qolsa.
—   Albatta, ey, Rasulullohning xalifasi, keyin hazrat Umarga yuzlanib:
— Qo‘shindan ayril ey, Umar xalifa bilan qolasan, — dedi.
Keyin hazrat Abu Bakr (r.a.) Usoma va boshqa qo‘mondonlarga yuzlanib, shunday dedi:
—   Xiyonat qilmang. Bitimni buzmang. O’lja mollari taqsim qilinmasdan o‘zingiz uchun biror narsa olmang. Birovning quloq-burnini kesib nuqsonli qilib qo‘ymang. Bolalarni, keksalarni, ayollarni o‘ldirmang. Xurmo daraxtlarini kesmang va yondirmang. Hech bir mevali daraxtni kesmang. Biror qo‘ymi, sigirmi, tuyami, faqat yeyish uchungina so‘ying.
Ibodatxonalardagi insonlarni ko‘rsangiz, ularni o‘z holiga qo‘ying. Turli taomlar bilan sizni kutib olgan insonlarni ko‘rganda, o‘sha taomlardan yeyayotganingizda Alloh taoloning ismini zikr qiling. Bir guruh insonlarga duch kelasizki, ularning sochlari kalta kesilgan va sariqdir. Ana o‘shalar sizning dushmanlaringizdir, ular bilan jang qiling. Endi Alloh taoloning ismini zikr qilib yo‘lga chiqing. Keyin Usomaga yuzlandi:
- Rasululloh (s.a.v.) senga nimani buyurgan bo‘lsalar, shuni qil. Ortda qoldirishgani sabab, shoshilma, toki ishing chala qolmasin.

Usoma bu amrni olib yo‘lga tushdi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) esa birodarlari bilan Madinaga qarab yo‘l oldi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:30:36
* * *
Hazrat Abu Bakr (r.a.) Usoma yonida yayov yurib o‘zini ko‘rsatmoqchi emasdi. U bu yo‘lda tashlangan har bir qadami alohida bir daraja keltirishiga, Mavlosiga taboro yaqinlashtirishiga ko‘ngildan ishonib qilayotgandi. Uning yana bir ishonchi, bu yo‘lda egniga qo‘ngan changlar ertaga mukofot bo‘lib qaytadi.

Alohida bu harakati bilan ham va Umar (r.a.) uchun izn so‘rashi bilan ham qo‘shin qo‘mondoniga hurmatini bildirgandi. Istasa Umarni shundoq ham qo‘shindan ajratib olish va buning uchun hech kimga hisob bermasligi ham mumkin edi.

Ha, Usoma Umar (r.a.) qo‘lida voyaga yetgan va bir necha yil avval o‘yin o‘ynab yurgan yosh bola edi. Ammo, bugun Rasululloh (s.a.v.) tomonidan qo‘shin qo‘mondonligiga munosib topilgan pahlavon edi. Rasululloh (s.a.v.) hurmat ko‘rsatganga Uning xalifasi ham hurmat ko‘rsatishga majburdir.

Qo‘shin to‘zoni tumanga qo‘shilib uzoqlasharkan, ikki birodar ham Madinaga yaqinlashardi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) zimmasidagi yukni yanada yaxshiroq his qilayotgandi. Ketgan qo‘shinga ham, qolgan odamlarga ham javobgar edi. Rasululloh (s.a.v.)ning «Har biringiz bir cho‘pondirsiz, har bir cho‘pon suruviga javobgardir» deganlarini xotirladi.

Ichida bir iztirob bor edi. Bu muborak so‘zlarni tinglagan vaqtda U faqat uch —besh kishi uchun javobgar edi. Ammo, endi faqat bir shaharning emas, Arabiston yarim oroligacha tarqalgan va soni yuz mingdan ortiq insonlar javobgarligi uning zimmasiga yuklangandi. O’girildi, yillar bo‘yi iymon birligi yaqinlashtirgan birodariga boqdi. Ajabo, u ham shularni o‘ylayaptimi?..
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:31:20
XALIFANI TAN OLISHNI KECHIKTIRGANLAR

Sa’d bin Uboda shunday katta imkoniyatni boy berib, inqirozga uchrab uyiga qaytdi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) unga xabar yubordi. Kelib bay’at berishini aytdi. Yaxshi javob qaytmadi. Yo‘q debgina qolmasdan, hatto tazyiq qilishsa ham oxirigacha bardosh berishni bildirgandi. Hazrat Umar (r.a.) uni o‘z holicha qo‘yib qo‘yishni ma’qul ko‘rmadi. Ammo Bashir bin Sa’d unga boshqacha masllhat berdi: — Ey, Rasulullohning xalifasi, u bir marotaba rad qildimi, tamom, o‘lgunicha bu qarorini buzmaydi. Oila a’zolari, hatto qabiladoshlari jon bersalar-da, uni sizga taslim qilib qo‘yishmaydi. Bir kishining bosh egmasligi bizga zarar keltirmaydi. Uni o‘z holiga qo‘yish kerak.

Bashirning bu tavsiyasi yaxshi qarshilandi. Bularga qarshi biror ish qilmaguncha yoki odamlarni xalifalikka qarshi boshlamaguncha o‘z holiga qo‘yishga qaror qilindi.

Ortiq Sa’d bin Uboda o‘z holicha yashar, ammo birovga zarari tegmas, xalifaga ham qarshi harakat qilmayotgandi. Jamoaga qo‘shilmas, namozlarini ham yolg‘iz o‘zi o‘qir, haj vazifasini bajarganda ham jamoadan ayrilgan holda qilayotgandi. Hazrat Umar (r.a.) davrida yana unga taklif qilinadi. U esa tug‘ilib o‘sgan yurtini tark etib, Shom tomonlarga ketadi va hijratning o‘n beshinchi yilida vafot qildi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:32:17
* * *
Hazrat Zubayr hayotligida Rasululloh (s.a.v.)dan jannat xushxabarini olgan kishi edi. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning qizi Asmo bilan turmush qurgandi va Rasululloh (s.a.v.)ga xalifa bo‘lish haqqi hazrat Aliga tegishli deb o‘ylardi. Shu sabab, hazrat Abu Bakr (r.a.)ga bay’at o‘qilganini eshitib, g‘azabi qaynab ketgan, qilichini sug‘urib, xalifalik Ali bin Abu Tolibga berilmaguncha bu qilich qiniga kirmaydi» deya hayqirgandi. Kerak bo‘lsa bu yo‘lda jang qilishdan ham qaytmayman, — bu uning yuqoridagi hayqirig‘iga qo‘shimcha gapi edi.

Ammo haqlimidi?.. Rasululloh (s.a.v.)ning muborak vujudlari dafn qilinmasdan turib qilichlar suhbatlashishidan Alloh taolo va Rasuli rozi bo‘larmidi?.. Hazrat Ali (r.a.)ning bu maqomga munosibligini inkor etib bo‘lmasdi, ammo hazrat Abu Bakr (r.a.) munosib emasmi? Yohud Hazrat Ali (r.a.)ning xalifalik uchun nomzodi Abu Bakr (r.a.)dan ortiqmidi?

Uning bu harakatini ma’qul ko‘rmagan Muhammad bin Maslama qilichni tortib oldi va ikki tosh orasiga urdi. Qilichning sadosi Zubayr hayajonini bosdi.

Ammo, fikrini o‘zgartirmadi. Bir guruh hoshimiylar bilan birga hazrat Fotimaning uyiga bordi. Bu guruh hazrat Abu Bakr (r.a.)ga qarshi edi.

Nihoyat, bir kun kimdir: «Seni Rasulullohning xalifasi chaqirayapti, ey, Zubayr!», — dedi.

Zubayr unga javoban «Bormayman» deya olmasdi. Da’vatga javob Rasululloh (s.a.v.)ning sunnatlari edi. Buning ustiga hazrat Ali (r.a.)ning xalifa bo‘lishini ma’qullovchilar soni ham kamaygandi. Borlari ham katta jamoatni tashkil qilmasdi. Borib, masjid eshigidan kirdi va to‘g‘ri mehrobga qarab yurdi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) mehrobda jamoaga yuzlangan holda o‘tirardi. Kuyovini ko‘rgach unga tomon yura boshladi:
- Ey, Rasululloh (s.a.v.) ammasining o‘g‘li!.. Ey, Rasululloh (s.a.v.)ning fidokori, sen mo‘minlar birligini buzmoqchimisan?..
Zubayr uning gapini inkor etdi:
—   Yo‘q, ey, Abu Bakr, unday niyatim yo‘q.
—   Unda nega shu kunga qadar kelmading?
Javob bo‘lmadi. O’zini oqlashdan foyda yo‘q. Borib hazrat Abu Bakr (r.a.)ning qo‘lidan tutdi:
—   Meni ma’zur tut ey, Abu Bakr, seni Rasulullohning (s.a.v.) xalifasi sifatida qabul qilaman, itoat qilishga so‘z beraman.

Shunday qilib Zubayr, Rasululloh (s.a.v.)ning vafotlarida hayajon bilan aytgan gaplariga nuqta qo‘ygandi. Uning bu harakati jamoatdagilarni mamnun qildi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:32:58
* * *
Hazrat Abu Bakr (r.a.)ga bay’at qilmagan bir necha Hoshimiylar vaqti — vaqti bilan hazrat Fotimaning uyiga yig‘ilishar va o‘zaro ba’zi masalalarda suhbatlashishardi. Hazrat Umar (r.a.) bu holdan g‘azablanar va bu jamoani tarqatish yo‘lini axtarar edi. Nihoyat bir kun borib eshikdan kirdi va baland ovozda so‘z boshladi:
—   Ey, Rasulullohning qizi, Vallohi seni sevamiz. Senga hurmatimiz bor. Ammo, bu odamlarga tarqalishini buyurmasang bilgilki, bu uyga o‘t quyishdan ham qaytmaymiz.

Keyin qaytib ketdi. Uning ketidan ochilgan eshik mehmonlarni yo‘lga otlantirdi. Chiranishdan boshqa hech ish qilolmaydigan bu guruh avvaldan qattiqqo‘l, bir so‘zli bo‘lib tanilgan Umar bin Xattob (r.a.)ning bu so‘zlari tahdid emasligini tushunishardi. U aytgan ishini haqiqatdan bajarardi.

Guruh qayta bu uyga to‘planmaslikka qaror qilib, tarqaldilar. Harakatlar shu bilan nihoyasini topgandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:33:53
* * *
Oxirida asosiy shaxs hazrat Ali (r.a.) qolgandi. U ham rozi bo‘lsa, Hoshimiylar masalasi batamom hal bo‘lardi. Bir kun unga:
—   Seni Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi chaqirayapti, ey, Ali, — deyishdi.
—    Boraman.
Vaqt o‘tkazmasdan yo‘lga chiqdi. Kirgan xonasida hazrat Umar (r.a.), Abu Ubayda, Bashir bin Sa’d kabi birodarlari bor edi.
—   Salom, ey, Rasulullohning birodarlari.
—   Salom, ey, Rasulullohning amakivachchasi. Shunday boshlangan suhbat bay’at masalasiga kelib taqaldi. Hoshimiylardan tashqari butun ashoblar bay’at berishgani va endi bu masala tugatilishi lozimligi anglatildi. Ammo hazrat Ali (r.a.) bu fikrda emasdi.

—   Siz Ansorlarga nisbatan Payg‘ambar (s.a.v.)ga yaqinligingizni isbotladingiz. Ular ham sizga xalifalikni topshirishdi. Biz ham sizga nisbatan ayni dalilni keltiramiz. Muhammad sallallohu alayhi va sallamga hayotliklarida ham, vafotlarida ham eng yaqin insonlar bizlarmiz. Agar siz Alloh taoloni hurmat qilsangiz, unda adolatli bo‘ling va Ansor sizga bergan haqni siz ham bizga bering.

Hazrat Umar (r.a.) uning so‘zini bo‘ldi:
—   Ey, odam, hamma qatori bay’at qilmaguncha bu yerdan jilmaysan.
HazratAli (r.a.):
—   U holda men yanada haqli va munosib bo‘lganim uchun sening bu taklifingni rad qilaman, — deya javob berdi.
Abu Ubayda gapga qo‘shildi:
—    Ey, Abu Hasan, haqiqatdan ham sen fazilating, afzalliging va Payg‘ambar (s.a.v.)ga yaqinliging bilan bu ishga munosibsan. Ammo, odamlar bu keksani xalifa qilib, bay’at berishdi. Musulmonlar rozi bo‘lgan ishga sen ham rozi bo‘l.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:36:07
—    Ey, Abu Ubayda sen shu ummatning eng ishongan vakilisan. Alloh taologa nisbatan hurmatli bo‘l. Rasululloh (s.a.v.)ning davlat raisligini U (s.a.v.)ning uyidan o‘z uyingizga olib ketmang. Chunki Qur’on bizning uyimizga tushdi. Qur’on ilmlarining chiqish joyi biznikidir. Insonlarning ishini sizdan ko‘ra ko‘proq biz bilamiz. Shunday ekan, nafs orzulariga berilmang. Yaxshi natijalarga erisha olmaysiz.
Bashir bin Sa’d so‘z oldi:
—   Ey, Abu Hasan, aminmanki, bay’atdan oldin odamlar bu gaplarni eshitishganda edi, senga bay’at berishardi. Ammo, sen uyingda o‘tirding va Saqifaga bormading. Odamlar sening bu maqsadingni bilishmadi. Endi shu keksaga bay’at berishdi, sen esa kechikding.
—   Taqdir ekan, ey, Bashir, men Rasululloh (s.a.v.)ni uyda qoldirib, Saqifaga borib odamlar bilan xalifalikni talashayinmi?..
Hazrat Umar (r.a.)ning so‘zlari hazrat Abu Ubayda va Bashir bin Sa’dning tasallilari befoyda bo‘ldi. Natijada Hazrat Abu Bakr:
—   Ey, Abu Hasan, agar sening bu ishda menga qarshi chiqishingni bilganimda xalifalikni qabul qilmasdim. Endi esa odamlar bay’at qilib bo‘lishdi. Agar bay’at qilsang yaxshi bo‘lardi. Shunday qilasan degan umiddaman. Agar xohlamasang majburlamayman. Xohlasang yaxshi bor.
Hazrat Ali (r.a.) majlisdan bay’at qilmasdan, ammo g‘amgin holda qaytdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 01 Aprel 2009, 16:37:04
* * *
Hazrat Alining ilmi, jasorati, fazilati tengsiz edi. Rasululloh (s.av.)ga bo‘lgan sevgisi va bog‘liqligi ham shunday edi. Amakisining o‘g‘li va kuyovi zkanligi ham ma’lum edi. Yoshligidan Payg‘ambar (s.a.v.) tarbiyasida bo‘lganligi ham haqiqat edi. Shu sabab xalifalikka munosib ekanligiga ham shubha yo‘q edi.

Ammo, bu jamoada xalifalikka munosib boshqa insonlarning ham borligini tan olish kerak. Shuningdek, Ashoblar ichida bu ishni muvaffaqiyat bilan boshqaradigan inson yagona shaxs deyish uchun ko‘pgina haqiqatlardan ko‘z yumish kerak.
Odamlar ahvolini eng ko‘p Hoshimiylarning bilishi va davlat hukmronligining fazilatlari shu oilada qolishi kabi masalalar muammosi edi. Ammo Ali (r.a.) ham haqli edi. O’rtada Rasululloh (s.a.v.)ning dafn kabi muhim masalalari turganda, Undan ayrilib Saqifaga borishi mumkin emasdi. Hech bo‘lmaganda u bu voqeaning boshlanganini eshitganida «yaxshi natijaga erishishi uchun saylov ishini Rasululloh (s.a.v.) dafnlaridan keyinga qoldirilishi»ni aytardi. Koshki shunday bo‘lsa. Yoki Saqifaga borganlar unga ham xabar berishsa, yonlariga olib birga borishsa, keyin chiqadigan shunday ixtiloflar bartaraf qilingan bo‘lardi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:15:05
FOTIMA MEROS ISTAYDI

Rasululloh (s.a.v.) bir dunyo saltanat qoldirgandi. Ayniqsa Badr muhorabasida qo‘lga kiritilgan o‘ljaning beshdan biri Uning (s.a.v.) idorasiga o‘tgandi. O’z oilasi boshchiligida bu pullar sadaqa va zakot olishi harom qilingan qarindoshlariga, yetimlarga, faqirlarga, yo‘lda qolib ketganlarga tarqatilardi. Rasululloh (s.a.v.) bu ishlarni keragidan ortiq bajarar, ammo hech qachon U (s.a.v.)ning oila a’zolari majburiy dasturxonlarda o‘tirmas, davlat boshliqlari hayotiga xos hayot kechirishmasdi. «Allohim, Muhammadning oilasiga yetarli bo‘lgan, tomoqlaridan o‘tadigan rizqni ber» duosini qilgani ma’lum edi. Oila a’zolari bir kunda ikki marta ovqatlanishsa, biri mutlaqo xurmo bo‘lardi. Janobi Mavlo Uni (s.a.v.) olamlarga rahmat qilib tanitarkan, Rasululloh (s.a.v.) ichi xurmo novdalariga to‘ldirilgan va hammaning uyida bo‘ladigan teri to‘shakda yotardilar.

Ertaga tark etib ketadigan dunyodan farishtalardek, sultonlardek, hatto boylar kabi emas, o‘rta hol oilalardek, ammo faqir inson tashvishlarini ham tatib ko‘rgan kishi sifatida ayrilib, ortida moddiy qadri bo‘lgan boylik qoldirmagandi. Alloh taolo xohlagan kishiga muhtoj bo‘lmasdan yashash taqdirini beradi. Shuningdek, qo‘l ostidagi davlatni Alloh taolo rizoligi uchun muhtojlarga ulashuvchilar naqadar baxtlidir.

Rasululloh (s.a.v.)ning eng ko‘p qiladigan duolari:
«Ey, Rabbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato etgin, oxiratda ham yaxshilik (ato etgin) va bizni do‘zax azobidan asragin». (Baqara surasi, 201-oyat)

Shubhasiz Buyuk Rabbimiz sevimli Payg‘ambari (s.a.v.)ga yaxshi narsalarni berib, dog‘da qolmaydigan, iztirob chekmaydigan bir imkon yaratgandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:17:25
Bir suhbatlarida Rasululloh (s.a.v.) shunday degandilar:
— Uhud tog‘i qadar oltinim bo‘lsaydi, uch kun o‘tmasdan tarqatardim va baxtli bo‘lardim. Undan faqat qarzimni to‘lash uchun bir necha dinor qolardi xolos.

Hech kim bu so‘zlarni Rasululloh (s.a.v.)dek samimiy ayta olmasdi. Qo‘liga katta davlat kelgan kunlarda «Sizdan kimki o‘lib davlat qoldirsa, u mol vorislariga tegishlidir. O’lib qarz koldirganning qarzini to‘lash esa menga tegishlidir» degan edilar va bu so‘zlarni hammaga eshittirib, minbarda so‘zlagandilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu gaplarni aytarkan «yo qo‘limda hovuchimda hech narsa qolmasa...» degan fikrni ham o‘tkazgandilar.

Rasululloh (s.a.v.) birovning qarzini to‘lashga majbur emas edi. U faqat qiyin ahvolda qolgan insonlarga yordam qilishni, tashvishlarning bo‘lishishni va buni Alloh taolo rizoligi uchun qilishni o‘ylardi. Insonlarni baxtli holda ko‘rsa baxtli bo‘lar, ularning dardiga chora topolsa ko‘ngli huzurlanardi.
Shuningdek, so‘nggi nafaslarini olayotganda uyida puli yo‘q edi. Safarda mingan tuyasidan boshqa qo‘y, echki... kabi mol qoldirmadi. Va bir quroli hisoblangan qilichi bor edi. Zirhi esa qarzga olingan arpa uchun bir yahudiyga berilgandi.
Xaybar tomonlarda «Fadaq» nomli joyda bir yeri bor edi. Muhim masala, Fadaq yerining meroschilar o‘rtasida qanday taqsimlanishi edi.

Meroschilardan Rasululloh (s.a.v.)ning ayollari va qizi Fotima bor edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning erkak zurriyodi bo‘lmaganligi sabab, hazrat Abbos hayotdagi yagona amakisi sifatida merosdan ulush olishi kerak edi. Hazrat Fotima qayg‘uli kunlar biroz ortda qolgach, amakisi Abbosni olib hazrat Abu Bakr (r.a.)ning yoniga bordi:
— Salom, ey, Abu Bakr, — dedi hazrati Fotima so‘zini boshlar ekan.

— Salom, ey, Rasululloh (s.a.v.)ning qizi javob qildi Abu Bakr (r.a.).
— Otamdan qolgan merosni so‘rab keldim.
Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning yuzida mahzunlik paydo bo‘ldi. Biroz sukutdan keyin gap boshladi:
— Ey, Fotima, istagingni bajara olmasligimdan afsusdaman. Ammo qo‘limdan o‘zga chora kelmaydi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:18:44
Nega? Xayratini yashirmadi hazrati Fotima.
Chunki Rasululloh (s.a.v.) «Biz Payg‘ambarlar meros qilib mol qoldirmaymiz. Bizdan qolgan mol sadaqadir» — deganlarini bilaman.

— Ammo, U (s.a.v.) mening otam.
Albatta, bunga hammadan oldin biz guvohlik beramiz. Uning qizini hurmat qilish vazifamizdir. Ammo, U (s.a.v.) keltirganlarini tatbiq etishga ham majburmiz. Shu sabab senga meros qilib beradigan narsamiz yo‘q.

Hazrat Fotima kutilmagan bu javobdan juda ranjidi.
O’rnidan turib hazrat Abu Bakr (r.a.)ning xonasini tark etdi. Ko‘ngil oynasi singandi. Olamlarga rahmat qilib yuborilgan buyuk Payg‘ambar (s.a.v.)ning hayotda qolgan yagona qizlari edi. Bu masalada unga teng keladigan inson yo‘q edi.
Boshqalardan farqi ayni paytda boshqa sohada ham ko‘rindi. Sababi, har bir inson otasidan qolgan merosni oladi, bu huquqdan mahrum bo‘lgan yagona inson ham uning o‘zi, ya’ni Hazrat Fotima edi.

Yo‘l — yo‘lakay qaytarkan, xayolida bir gapni takrorlardi:
— Hazrat Abu Bakr (r.a.) bilan gaplashmayman, ko‘rishmayman.... Bundan so‘ng ular murosasi mahsharga qolgandi.

Bu yerda shu xususda gapirishdan foyda bor. Fadaq yeri taqsim qilinsa, hazrat Fotima bilan birga hazrat Oysha, Hafsa, Ummu Salama, Ummu Habiba, Zaynab, Juvayriya, Sofiya, Savda va Maymuna (Alloh taolo har birlaridan rozi bo‘lsin) nomli «Mo‘minlar onalari» bo‘lgan ayollarga ham ulush berilishi kerak edi. Ammo ular bu haqda gapirishmagandi. Yo meros haqidagi gaplarni ular ham bilishadi, yoki ahvol tushuntirilganda indamasdan taqdirga rozi bo‘lishadi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:20:11
* * *
Shunday qilib Fadaq yerini davlat xazinasiga o‘tkazishdi. Avvallari vaqti — vaqti bilan daromad kelib turardi. Endi ham bu yerning daromadi Rasululloh (s.a.v.) hayotlarida bo‘lganidek ishlatilib, mo‘minlar onalari, qizi va sadaqa, zakot olishlari harom bo‘lgan qarindoshlariga emas, balki ehtiyoj egalariga tarqatiladi.

Hazrati Fotimaning butun umri muhtojlikda o‘tayotgandi. To‘yib ovqatlangani, boylarga xos dasturxonlarda o‘tirgani yodida yo‘q. Na ota uyida, na erining uyida «dunyo» deydigan davlat egasi bo‘lish imkoni bo‘lmagan. Arpa o‘rib qavarib ketgan qo‘llarini otasiga ko‘rsatib yordam so‘rashida olgan tavsiyasi, uyga kirguncha o‘tgiz uch marta Allohu Akbar, o‘ttiz uch marta Subhanalloh, o‘ttiz uch marta Alhamdulilloh, deya zikr keltirish va uning ketidan «LA ILAHA ILLALLOHU VAHDAHU LA ShARIYKA LAH. LAHUL MULKU VA LAHUL HAMD. VA HUVA ALA KULLI ShAY’IN QODIR» bo‘ldi.

Otasi o‘rgatgan bu zikr va tasbehning foydasi, bir yordamchining moddiy sohada keltiradigan foydasidan qanchalik ko‘p.

Hazrat Fotima Fadaq yeridan haq olsa badavlatlardek dasturxonda, ko‘ngli tusagandek hayot kechirarmidi?...
Uning bu niyatdaligini qabul qila olmaymiz. U otasidan qolgan merosni olgan taqdirda ham ehtiyojiga yetarlisini olib, qolganini sadaqaga tarqatar va Alloh taolo yo‘lida sarflardi. U va turmush o‘rtog‘i hazrat Ali (r.a.)ning bunday maqsadda ekanliklariga Alloh taolo guvohlik berib Qur’oni karimda tushirgan oyatlaridan birida: «Mollarini Alloh rizoligi va dillarining sobitligi uchun sarf qiladigan kishilar adirdaga boqqa o‘xshaydi: unga jala tekkach, hosilini ikki barobar yetishtirar. Agar unga jala yog‘magan bo‘lsa, tomchilab yoqqan yomg‘ir ham (o‘ziga yarasha undirar). Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rib turuvchidir». (Baqara 265-oyat) deya marhamat qilgan.

Hazrat Fotima yana o‘sha hazrat Fotima edi. Yana o‘sha hayotini davom ettirayotgan, yana ezgulik istovchi Fotima bo‘lib qoldi. Ammo farzand sifatida merosdan mahrum bo‘lishi uni haqiqatdan ranjitgan edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:21:21
* * *
Hazrat Abu Bakr (r.a.) va hazratAli (r.a.) oilalari... Rasululloh (s.a.v.)ga eng yaqin, eng sevimli ikki oila... Ammo bu ikki oila Rasululloh (s.a.v.) vafotlaridan so‘ng qisqa vaqt ichida xafalashib, ko‘rishmas, so‘rashmas holga kelishdi. Rasululloh (s.a.v.) keltirgan din insonlarning bir—birlarini sevishlari, hurmat qilishlari asosiga tayanardi. Xushmuomala, samimiy birodarlar bo‘lishga chorlardi. Hazrat Abu Bakr (r.a.), hazrat Ali (r.a.) va hazrat Fotima ham Rasululloh (s.a.v.) hayotliklarida va U (s.a.v.)ning rahbarligida bu hayotning eng go‘zal, namunali insonlari edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:24:05
* * *
Ikki oilaning kelishmovchiligi, hazrat Ali (r.a.)ning hazrat Abu Bakr (r.a.)ga bay’at bermasligi yaxshi natija emasdi. Shu bilan bir guruh insonlar noniga yog‘ surilib, ko‘ngillarida qolib ketgan tuyg‘ularnnish uyg‘onishiga sabab bo‘lgandi. Shuningdek, bir kun hazrat Ali (r.a.)ning yoniga Abu Sufyon keldi:

—   Nimalar bo‘layapti, ey, Ali?... Ishlar chappasiga ketyaptimi?...
—   Nima demoqchisan, — Ali (r.a.) uning muddaosini tushunmadi.
—   Ko‘rib turganingdek xalifalik qurayshning eng zaif oilasiga berildi. Taym o‘g‘illaridan biri idorani qo‘lga oldi. Bu esa quvonarli hol emas. Agar istasang, Vallohi, unga qarshi otliq yayov qo‘shin to‘plashim mumkin. Qo‘lingni ber, Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi sifatida senga bay’at berishni istayman, — dedi.

Bu gapdan hazrat Ali (r.a.)ning quloqlari qizib ketdi. Bunaqa taklifga tayyor emasdi. Nafrat va iztirob aralash bir ovozda javob qildi:
—   Ey, Abu Sufyon, shuncha vaqt islomga va musulmonlarga dushmanlik qilding, ammo muvaffaqiyat qozonmading. Vallohi, sen bu taklifing bilan fitna chiqarmoqchisan. Senga ham, sen to‘playdigan qo‘shinga ham ehtiyojim yo‘q. Biz Abu Bakr (r.a.)ni xalifalikka munosib inson deb bilamiz. Bor, ishingni qil, yo‘lingdan qolma.

Abu Sufyonning umidi puchga chiqdi. Haqiqatdan hazrat Ali (r.a.)ning xalifaligiga tarafdormidi?.. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ga qildira olmaydigan ishlarini hazrat Ali (r.a.)ga osonlikcha qildiraman, degan fikrda aytdimi bu taklifni?...

Yoki bo‘lmasa ikki tomon urishsa biri inqirozga uchraydi. Ikkinchisi ham zaiflashadi va natijada Amavi xonadoniga qudrat yo‘li ko‘rinadi, deb o‘yladimi?

Amavi xonadoni tarix daftariga nazar tashlagan kishi ularning hazrat Ali (r.a.) va avlodiga qarshi qilgan harakatlarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Shu sabab uning hazrat Ali (r.a.)ga xalifalik taklifidan samimiylik qidirmasak ham bo‘ladi.
Hazrat Ali (r.a.)ning Abu Sufyon taklifiga rad javobini berishini mamnuniyat bilan qarshi olish lozim. Bu bilan U buyuk insonlarga xos ish tutgan edi.

(ROZIYALLOHU ANHUM).

BIRINCHI KITOB TUGADI.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:26:35
HAZRAT ABU BAKR SIDDIQQA XOS TIJORAT

Rasululloh (s.a.v.)ning dafn qilinishidan biroz vaqt o‘tgach, Usoma qo‘shini yuborilgandan so‘ng, hazrat Abu Bakr (r.a.)ni yelkasida bir nechta ko‘ylak bilan bozor yo‘lida ko‘rishdi va undan so‘rashdi:
- Qayoqqa ketayapsan, ey, Rasulullohning xalifasi?
- Bozorga, savdo-sotiq qilishga ketayapman,- deb javob berdi u.
- Nega?
Hayratini yashirmagan Abu Bakr (r. a.) javob berdi:
- Men bir oila boshlig‘iman. Uydagilarni iqtisodiy jihatdan ta’minlash mening vazifam.

- To‘g‘ri, lekin, endi sen bir oila boshlig‘i emassan, balki butun mo‘minlar amirisan. Bundan keyin tijoratga aralashib yurishing to‘g‘ri emas. Oilangga tegishli vazifalar, ummatlaring oldidagi vazifalar bilan aralashmasligi lozim. Zero, ummatlar ishi sen uchun asosiy vazifa hisoblanadi.

- Ammo mening oila a’zolarimni kim ta’minlaydi, yo Umar?
- Senga maosh tayinlaymiz, javob berdi hazrati Umar (r.a.).
Shundan so‘ng hazrat Abu Bakr (r.a.) yonida hazrat Umar (r.a.) va hazrat Abu Ubayda (r.a.) bilan masjidga tomon ketishdi. Masala bir nechta ashoblar o‘rtasida muhokama qilindi. Va qaror qilindiki, hazrat Abu Bakr (r.a.)ga maosh tariqasida ikki kunda bir qo‘y beriladigan bo‘ldi. O’z xohishiga binoan, yilda bir marta haj va umra amalini bajarish ixtiyori ham berildi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:27:53
* * *
Shu bilan hazrat Abu Bakr (r.a.) uchun tijorat hayoti tugadi. Ammo uning ko‘ngli boshqa bir tijoratda edi. Bir necha yil avval Rasululloh (s.a.v.)ga yuborilgan bir oyatda ko‘rsatilgan, insonni qayg‘uli azobdan qutqaruvchi va Buyuk Mavloning rizoligiga qaratilgan bir tijorat edi. Ya’ni, «Mollarini Alloh yo‘lida sarflab, keyinchalik bergan narsalari ketidan minnat va ozor yetkazmaydigan kishilar uchun Parvardigorlaridan mukofot bordir. Ularga xavf ham bo‘lmas va ular tashvish ham chekmaslar.», (Baqara surasi, 262-oyat) deya marhamat qiladi.

Bu tijorat boshqa bir oyatda: «Alloh mo‘minlardan jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi.» (Tavba surasi, 111-oyat) deya keltiriladi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) iymon keltirgan kundan buyon shu tijorat haqida o‘ylardi. O’ttiz sakkiz yoshiga qadar ming bir qarshilikka uchrab, butun davlatini shu tijorat yo‘lida sarflab, Rasululloh (s.a.v.)ning barcha safarlarida yonlarida bo‘lib, barcha muhorabalarda qatnashdi. Ramazon qunlarining birida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tomonidan Uning bu amali tilga olingan edi:
«Jannatda "Rayyon" nomi berilgan bir eshik bor. Alloh rizoligi yo‘lida ro‘za tutganlargina bu eshikdan kiradi».

Rasululloh (s.a.v.)ning bu so‘zlaridan anglashiladiki, jannatning eshiklari ko‘p. Va bu eshiklar sabrlilar uchun alohida, shukr qiluvchilar uchun alohida, sadaqa beruvchilar, kamtarinlar, saxovat egalari uchun alohida bo‘lgan eshiklardir. Agar mo‘min qaysi bir xayrli axloqni, qaysi bir xayrli amalni bajarsa, o‘shanga yarasha eshiqdan chaqiriladi. Jannatning ikki, uch, to‘rt va hokazo eshigidan chaqiriluvchi mo‘minlar ham bo‘ladi. Bu xabarni eshitgan hazrat Abu Bakr (r.a.) so‘radilar:
- Ey, Allohning Payg‘ambari, jannatning hamma eshiklaridan chaqiriluvchi mo‘minlar ham bo‘ladimi?..
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:28:41
- Ha, ey, Abu Bakr, sen jannatning hamma eshiklaridan chaqirilasan...
Demak, hazrat Abu Bakr (r.a.) bu amalning, bu tijoratning Alloh istaganidek avvalida edi. Alloh rozi bo‘lgan har bir xayrli amal, har bir go‘zal fazilat unda mujassamlashgan.
Islom dinida buyurilgan jami yaxshi amal unda mavjud edi. Mo‘min bir inson erishishi mumkin bo‘lgan eng oliy darajaga hazrat Abu Bakr (r. a.) erishgan edi.

Jabru zulm ila kirib bo‘lmaydigan jannat eshiklaridan uning ismi chaqiriladi: «Marhabo, ey, Abu Bakr, bu eshikdan kir». U ham umri davomida birga yurishni eng katta baxt hisoblagan Rasululloh (s.a.v.)ning ketidan jannatga kiradi. Go‘yoki, hijrat safarida g‘orga birga kirishganidek.
Albatta, mo‘minlar ko‘nglini sotib olish, bu tijoratning mutlaqo boshqa yo‘li...

Hazrat Abu Bakr (r.a.) bu yo‘lda insonlar rizoligini olish, ular ko‘ngillariga kirish uchun o‘zini urintirmagandi. Maqsad va g‘oyasi insonlar rizoligini olishga qaratilgandi, xolos. U Islomning amiri sifatida Rasululloh (s.a.v.)dan olgan odob darsini insonlar havas qilgudek o‘zlashtirgan, samimiy, shirin so‘z, xushmuomala, sevimli bir insonga xos xususiyatlar unda tarkib topgan, ammo bularning bari faqat insonlar duosini olish uchungina emas, balki Buyuk Yaratganni rozi qilish uchun ham edi.

Buning mukofoti sifatida Buyuk Mavlo uning sevgisini mo‘minlar qalbiga jo qilib, to qiyomatga qadar sevintirdi. Ha, u o‘zini ko‘rgan-ko‘rmagan barcha mo‘minlarning boshidagi toji hisoblanadi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:29:53
HAZRATI ABU BAKR (R.A.)GA ENG YAQIN IKKI DO’ST

- Assalomu alaykum, ey, Abu Bakr!..
- Vaalaykum assalom, Rasululloh (s.a.v.)ning seviklilari.
- Biz sening huzuringga yordam berish niyatida keldik.
- Alloh rozi bo‘lsin, sizlardan. «... Ezgulik va taqvo (yo‘li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo‘li)da hamkorlik kilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir.» (Moida surasi, 2-oyat) amri, Buyuk Mavlomizning marhamatidir.

- Abu Ubayda iqtisodiy ishlarda senga ko‘maklashadi. Men esa muhokama vazifasini zimmamga olaman.

Bu darhaqiqat, quvonarli hol edi. Abu Ubaydadek Rasululloh (s.a.v.) tomonidan «Bu Ummatning Aminidir» deyilgan zot o‘zi iqtisodiy ishlarni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lib keldi. Yuqorida nomi tillarda doston, adolat peshvosi muhokama ishlarini boshqarishiga so‘z berayapti. Bir vaqtlar Sayyidul Anbiyo (s.a.v.)ning Abdurahmon bin Samuraga «Amirlik sening orzu-istaging bilan berilsa yordam ko‘rmaysan. Agar sen istamagan paytda berilsa, ilohiy quvvatga erishasan» deganlarini eshitgan edi.

Haqiqiy do‘stlik qadri, shu ikki fazilat sohibi tomonidan isbotlangandi.
Bajaradigan vazifalari evaziga ular uchun biror maosh yoki manfaat yo‘q. Ular faqat Alloh rizoligi uchun, Islom birligi buzilmasligi uchun shu vazifani bajarishardi.

Ular bu harakatlari bilan Saqifada boshlagan ishlarini o‘sha yerda qoldirmasdan, ko‘mak berishlari ko‘rsatilgandi.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) hech narsa deya olmadi. Bu vazifalarni boshqalarga berishni o‘ylamagandi, hatto. Ashoblar ichida eng oliy darajadagi bu insonlarga «Alloh rozi bo‘lsin» deyishdan boshqa nima ham deyishi mumkin?

Hazrat Umar (r.a.)ning haqiqatan eng qiyin vazifaga tayinlanganiga shubha yo‘q. Adolat tarozusining boshida turib, haq(ni) va nohaq orasidagi hukmni u beradi. Sharafi katta, javobgarligi, mas’uliyati undan ham katta bir maqomga o‘tirganini bilardi. Uning qo‘lida Allohning kitobi, Rasululloh (s.a.v.)ning sunnati bor. Bu ikki asl manbada ko‘rsatilmagan biror masala bo‘lsa, o‘z tajribasidan foydalanar, zarurat joiz bo‘lsa, xalifa va ashoblar bilan maslahatlashib, haqqa yaqin hukmni chiqarishga harakat qilardi. Hazrat Umar (r.a.)ning da’vogar va aybdor o‘rtasida qanchalik ish olib borishini vaqt ko‘rsatadi. Harholda, hazrat Abu Bakr (r. a.) yoniga eng yaqin ikki do‘st qo‘shilgandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:30:38
* * *
Bir kuni hazrat Abu Bak(r. a.) yoniga Bilol keldi va so‘z boshladi:
- Ey, Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi, men sen bilan xayrlashishga keldim...

- Nega, ey, Bilol, qayoqqa ketayapsan?
- Rasululloh (s.a.v.) bo‘lmagach, shaharda ortiq qolishni istamaganligim uchun bu yerdan ketayapman.
- Qayoqqa ketmoqchisan?
- Shomga. U yerga borib jihod bilan shug‘ullanmoqchiman.
- Biz bunga rozilik berolmaymiz, ey, Bilol, yonimizda qol. Sen bizga keraksan.

Bilol xayrlashish uchun kelgan edi, o‘ylab oxiri javob berdi:
- Xo‘p, ey, Abu Bakr, faqat meni o‘zing uchun ozod qilsang qolaman. Ammo, Alloh rizoligi uchun ozod qilsang ketaman.
Bu gapdan hazrat Abu Bakr (r. a.)ning quloqlari qizib ketdi. Aytilmasligi kerak bo‘lgan gap aytilgan, eslamaslik kerak bo‘lgan voqea yodga olingandi.

- Bu nima deganing, ey, Bilol, shu kunga qadar biz seni ranjitadigan ish qildikmi?
- Yo‘q, aslo, - javob qildi Bilol.
- U holda bilgilki, biz bu ishni Alloh rizoligi uchun kildik va unutdik. Allohdan o‘zga hech bir borliqdan mukofot kutmadik. Biz seni Alloh rizoligi uchun sevamiz, Alloh rizoligi uchun yonimizda qolishingni istaymiz.

Bir muddat o‘ylanib turgach, past ovozda javob berdi:
- Bo‘pti, qolaman, ey, Abu Bakr.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:31:42
PAYG’AMBARLIK DA’VOSIDAGI ASVOD

Ma’lumki, Rasululloh (s.a.v.)ga umrlarining oxirida Madinaga elchi yuborgan ko‘pgina qabilalar Islom dinini qabul qilishganini bildirishgandi. Elchilar Madinada bir qancha vaqt qolishib, Islom asoslarini, Qur’on suralari va oyatlarini o‘rganib, so‘ng yurtlariga qaytishgandi.

Qabila ahli Islomni ular o‘rgatgandek o‘rganishdi. Bir qismigagina Madinadan yuborilgan ustozlar yordam berishdi. Xullas, bu qabilalar elchilar yoki yuborilgan ustozlar o‘rgatganidek, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) va Islom dini haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Shu orada Ashobi kiromning Rasululloh (s.a.v.)ga ko‘rsatgan ehtiromi tilga olindi. Unda hech bir qabila boshlig‘i, hatto hech bir sulton ko‘rmagan ehtirom va sevgi ila bog‘langanliklari aytildi. Olingan bu ma’lumotlar payg‘ambarlikning Alloh marhamati ekanligini bilmaydigan bir qancha «ilg‘or»lar ishtahasini ochib yubordi. Payg‘ambarlik da’vosida chiqib, xalqni boshkarish yo‘lini tutish, har orzusi buyruq hisoblangan ulkan baxt deya bilingan payg‘ambarlikni bajarish, albatta, yoqimli maslak edi.

Shuningdek, Rasululloh (s.a.v.) Vado hajidan qaytib, bir necha kun xastalanishi va bu xabar Yaman taraflarga tarqalishi bilan Asvod al - Ansiy deya tanilgan, xalq o‘rtasida nayrangbozlik bilan nom chiqargan bir shaxs darhol Payg‘ambarlik da’vosida o‘rtaga chiqdi. Atrofiga to‘plagan yetti yuz kishilik qo‘shin unga yetarli darajada jasorat berdi. Avval, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tomonidan tayinlagan hokimlarga qarshi bir maktub yozdi. Maktubning mazmuni, yurtimizdan keting va zakot sifatida to‘plaganlaringizni ham qaytaring. Chunki bu yerlar va mollarga egalik qilish huquqi biznikidir, deyilgandi.

Asvod vaqt o‘tkazmasdan Najronga yo‘l oldi. Payg‘ambarlik da’vosi bilan chiqqan kundan o‘n kun o‘tib, Najronni zabt etdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tomonidan Najronga hokim qilib tayinlangan Amr bin Hazm va Xolid bin Said ortga chekinishga majbur bo‘ldi. Nabiylar Sarvari (s.a.v.)ga ilk daf’a imon keltirganlar orasidan joy olgan va din yo‘lida tortmagan zahmati qolmagan Xolid bin Said bu safar, payg‘ambarlik da’vosida chiqqan qallob keltirgan kulfat bilan yuzma-yuz to‘qnashdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:32:48
Asvod bu safar San’a shahriga yo‘l oldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tomonidan tayinlangan Shahr bin Bazon unga qarshi chiqdi.
Bu muhorabada Asvodga zafar kulib boqdi. Shahr o‘ldirildi. Asvod Shahrning xotini Ozodni nikohiga oldi.
Asvod boshlagan harakat tobora kattalashib borardi. Har tomondan quvvat olib qadami tobora sobitlashayotgandi. Bir paytlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yonlariga kelib Islom dinini qabul qilgan mashhur qahramon Amr bin Ma’diy Kirib ham unga qo‘shildi va Mazhij qabilasi raisligiga tayinlandi.

Qanday sabab ta’siri bo‘lsa-bo‘lsin, Amr bu dunyoning ikki kunlik ne’matiga aldanib, sahobalik sharafini qo‘ldan chiqardi va iymon hududini ko‘chkidek tark etdi. Keyin aldanganligini tushunib tavba qildi va musulmon bo‘ldi. Ammo nomi qayta sahoba devoniga kiritilmadi. Chunki u tavba qilgan vaqtda Rasululloh (s.a.v.) foniy olam bilan vidolashganiga ancha bo‘lgan edi.

Amrdek qo‘li bukilmas, nomi tillarda doston «Samsana» nomli qilichi olti yuz yil davomida Amaviylar va Abbosiylar sharaf timsoli sifatida «saltanat qilichi» hisoblangan bir qahramonning Asvoddek lo‘ttibozga ergashishi haqiqatdan ajablanarli.

Najron va San’adagi mag‘lubiyat maktub orqali Rasululloh (s.a.v.)ga bildirilgan, Sayyidul Anbiyo (s.a.v.) ham bo‘shashmaslikni, qarshi jang qilishni buyurgandilar. Mo‘minlar bu amrga binoan, atrofdan kuch to‘playotgan bir paytda, Ozod va amakivachchasi Fayruz o‘zaro maslahatlashishdi. Uxlab yotgan Asvodning boshi kesildi. Shu bilan soxta payg‘ambar umri bitdi. Ozod o‘ldirilgan xo‘jayinning intiqomini olgan va Islomga haqiqiy ma’noda unutilmas xizmat qilgandek bo‘ldi. Alloh undan rozi bo‘lsin.

Asvod boshlagan harakat somon olovidek qisqa vaqt ichida atrofni dahshatga soldi. Ammo qo‘p o‘tmay so‘ndirildi. Uning insoniyatga keltiradigan hech bir qonun-qoidasi yo‘q edi. Biror ahloqiy fazilatga da’vat qilmagandi. Zo‘rlab nikohiga olingan xotini Ozod u haqda: «Vallohi undan-da ko‘proq nafratlanadigan odamni Alloh yaratmagan. Alloh rizoligi yo‘lida hech bir ishni qilmaydi, har qanday yomonlikdan kaytmaydi», degan. Asvod ahvoli shu bo‘lgach, uning atrofidagilar ham ahloq, fazilat, insonlarga xizmat kabi oliy maqsadlarni qo‘zlaganini aytib bo‘lmasdi. Ko‘pchiligining talonchilikdan boshqa maqsadi yo‘q, bir guruh tomosha talablar edi. Haqiqatan ham ular: «Asvod o‘lgan bo‘lsa-da, keltirgan din davom etadi, xotirasi yashaydi», deyilmagan va tarqab ketishgandi. Hatto, Asvod ismining ma’nosini ham bilishmasdi, nomi kabi «qora dog‘» bo‘lib qoldi, xolos. Chunki Asvod «qora» degan ma’noni biddiradi.

Boshlanib bitgan uch-to‘rt oylik Asvod voqeasining nihoyasining xabari Madinaga yetganda, Usoma qo‘shini hali hamon safardan qaytmagandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:34:08
KAZZOB TULAYHA

Asad qabilasi raisi Tulayha bin Huvaylid odamlar orasida kohin sifatida ham mashhur edi. Vaqti kelib Tulayha kohinlik bilan chegaralanmadi, Payg‘ambarlik da’vosi bilan chiqdi. O’ziga Jabroil kelganini aytib bir qancha ibratli so‘zlarni ham Jabroil keltirgan vahiy sifatida takdim qilardi.
- Sizning qabohatga borishingiz Allohga biror foyda keltirmaydi. Namozlaringizni kanda kilmang - der, bu esa qabila ahliga ma’qul bo‘lardi.

Tulayhaning Payg‘ambarlik da’vosida chiqqanligi xabari Madinaga yetdi va Rasululloh (s.a.v.) unga qarshi Diror bin Azvorni yubordi. Tulayha Azvorga ko‘p dosh berolmas, ammo uning qilichi ta’sir qilmagandi. Bu safar Tulayha o‘z qabilasi oldida «qilich kelmas Payg‘ambar» sifatida shuhrati ortgandi.

Bu orada Rasululloh (s.a.v.) vafot qilib, bu xabar Asad qabilasiga ham yetib kelgandi. Qabila ahli Tulayha hokimiyati qo‘l ostida to‘planishdi. Ko‘pdan buyon rejalashtirib yurgan fikrlarini o‘rtaga tashlashdi. Hech kim zakot berishni istamasdi. Hech kim peshona teri bilan topganini qo‘ldan chiqarishni istamasdi.

Qo‘shni G’atafon qabilasi bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Qaror ularga ham tushuntirildi. G’atafonliklar bunga rozi bo‘lishdi va bu ishda suyanchiq bo‘lishlarini bildirishdi. Ish silliq ko‘chishi uchun Madinaga elchi yuborishni ma’qul ko‘rishdi.

Madinada hazrat Abu Bakr (r.a.)ni topgan elchilar ikki qabila maqsadini aytishdi. Namoz o‘qishlarini, ammo zakot bermasliklarini tushuntirishdi.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) javob berishga shoshilmadi.
- Borib qabilangizga ayting, Rasululloh (s.a.v.)ga bergan echkining bo‘ynidagi ipni berishdan bosh tortishsa ham ularga qarshi jihod e’lon qilaman, shuni bilib qo‘ysinlar, - dedi.
Bunga javoban hazrat Umar (r.a.) o‘z fikrini aytmoqchi bo‘ldi:

- Nimaga ishonib ular bilan urishmoqchisan, ey, Abu Bakr?.. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Men, insonlar bilan "Allohdan boshqa iloh yo‘qdir, Muhammad Allohning Rasulidir" deya shahodat keltirgunlariga qadar jihod qilish amrini oldim, Ular bu haqiqatga shahodat keltirishganda jon va mollarini muhofaza qilgan bo‘ladilar, Islom haqqi boqiydir, u olinadi», deya marhamat qilgan, dedi.
Ammo, hazrat Abu Bakr (r.a.) bu masalani boshqacha tushungandi:
- Vallohi, ular hazrat Payg‘ambar (s.a.v.)ga bergan bir uloq, yo hayvonning bo‘yniga bog‘lagan ipni menga ham berishmasa ular bilan jang qilaman. Zakot mol haqqidir. Vallohi, namoz va zakotni ayirmoqchi bo‘lganlarga qarshi urush e’lon qilaman, — dedi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:35:58
Hazrat Umar (r.a.) javob bermadi. Ehtimol, xalifa haqlidir, deb o‘yladi. Har ish Rasululloh (s.a.v.) zamonida bo‘lgani kabi yuritilishini istardi. Bugun zakot bermaganga indashmasa ertaga ikkinchi, uchinchi... e’tirozlarga ham zamin tayyorlagan bo‘lishadi. Bir qabila ro‘zani rad qiladi, boshqasi meros masalasida muammo chiqaradi. Hazrat Umar (r.a.) shularni o‘ylarkan, xotirasiga bir oyat keldi: «... Agar tavba qilib, namozni mukammal ado etsalar va zakot bersalar, ularni qo‘iib yuboringiz! Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.» (Tavba surasi, 5-oyat)

Birozdan so‘ng hazrat Umar (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning bir muborak so‘zlarini xotirladi: «Islom besh tamoyil asosida qurilgan. Bular Allohdan boshqa iloh yo‘qdir, Muhammad Uning Rasulidir, deya shahodat keltirish, namoz o‘qish, zakot berish, Baytullohni haj maqsadida ziyorat qilish va Ramazon ro‘zasini tutishdir». Zakot berishdan bosh tortuvchilar shu besh tamoyildan birini bajarmagan hisoblanadi. Bu masalaga e’tiborsizlik qilinsa, yahudiylar, nasroniylar holiga tushib qolish muqarrar. Ixtiyorlarida o‘zgarmas, qat’iy din bor. U buning xohishiga ko‘ra ilova qilinib, yoki bir qancha oyatlar chiqarib tashlanadigan kitoblar ham bor. Bular bari hazrat Muso (a.s.) va hazrat Iso (a.s.)lar keltirgan merosga munosib egalik qilolmagan ummatlar qusuri edi. Agar Rasululloh (s.a.v.) vafotlariga bir oy bo‘lmasdan zakot amri rad qilinsa va bu holat hazrat Payg‘ambar (s.a.v.)ning eng yaqin birodarlari tomonidan bajarilsa, kelajak avlod nima kiladi?

Hazrat Umar (r. a.) birozdan so‘ng boshini ko‘tarib:
-   Haklisan, ey, Abu Bakr, - dedi.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) elchilarga qat’iy rad javobini berib, tadbirli bo‘lish kerakligini yana bir bor his qildi va Madina atrofidagi tog‘ yo‘llariga soqchilar qo‘ydirdi. Keyin ularga bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarini, yaqinlashayotgan tahlikali vaziyatni tushuntirdi. Soqchilar boshida Ali bin Abu Tolib, Zubayr bin Avvom, Talha bin Ubaydulloh, Sa’d bin Abu Vaqqoslar bor edi.
Madinada turib qo‘liga qurol ushlagan musulmonlar masjidga kelolmasdi. Chunki ular kecha-yu kunduz masjidni qo‘riqlashardi. To‘satdan qilingan hujumga hozir turmoq lozim edi. Hazrat Abu Baqr (r.a.) bir suhbatida:
—Ular bizning kamchiligimizni ko‘rishdi. Tundami, kunduzmi, qachon kelishlarini bilib bo‘lmaydi. Eng yaqini ham o‘n ikki mil masofada. Bizga taklif bilan kelishdi,
rad qildik. Bu ularga ma’qul bo‘lmadi, albatga. Shuning uchun tayyor turmog‘imiz lozim, g‘aflatda qolmaylik, — dedi.

hidan boshqa kishini uchratmadik», — deyishgandi.
Bu fursatni qo‘ldan chiqarmaslik lozim edi.
Ular Madinadan ketishganiga uch kun bo‘lgan edi hamki, bir soqchi hazrat Abu Bakr (r.a.)ga kelib dedi:
- Ey, Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi, Asad va G’atafon qabilalari bostirib kelishmoqda.
Masjidda yig‘ilganlar darhol yo‘lga chiqishdi. Ularni Madinaga kirmasdan qarshiladilar. Qilich, nayza, o‘qlar birligida urush boshlandi, qarshi taraf qo‘mondoni Tulayha bin Huvaylid edi. Kelgan bosqinchilarni ortga qaytarishdi. Madinaliklar ularni «Zahusho» degan joygacha quvib borishdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:37:27
MUNOSIBLIGINI ISBOTLAGAN QO’MONDON

Shundan keyin hazrat Abu Bakr (r.a.) bir qism qo‘shin bilan Madina atrofidagi qabilalarga salohiyatini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lib, Avs, Murra, Zubyon, Nasib qabilalariga qarshi yurish boshladi.
Ular avvaldan hozirlagan tuzoqni ishga solishdi. Tepalardan shishirilgan teri to‘rvalarni pastga qarata yumalatishdi. Bir zumda tuyalar sarosimaga tushib qolishdi va har tomonga tarqalib qocha boshladi. Qilingan harakat natija bermadi. Tuyalar charchagunlaricha qochishdi. Suvoriylar Madinaga yetib kelganlarida qosh qoraya boshlagandi. Bu holni zavq bilan tomosha qilgan odamlar atrofga xabar tarqatishdi. Hazrat Abu Baqr (r.a,)ning ahvoli nochorligini aytishdi. Musulmonlar bir hujumda inqirozga uchrashini gapirishardi. Atrofdan yordam keldi. Hatto Tulayha, o‘g‘li Habbolni yordamga yubordi.


Hazrat Abu Bakr (r.a.) tunni uyqusiz o‘tkazdi. Kun yorishayotgan bir vaqtda harakatga kirishgan badaviylar kutilmagan to‘qnashuvga uchradilar. Chunki jangda Abu Bakr (r.a)ning qo‘li baland keladi. Badaviylar jang maydonida juda ko‘p odamlaridan ayrilib, ortga chekinishdi. Tulayhaning o‘g‘li ham o‘liklar orasidan joy olgan edi.

Zubyon va Avs qabilasidan bo‘lgan badaviylar mag‘lubiyat alamini o‘z qabiladoshlari orasidagi musulmonlardan olishga kirishdilar va ularni tutib olib o‘ldirishdi. Boshqalar ham shunday qilishdi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) bularni eshitib, o‘ldirilgan musulmonlar qancha bo‘lsa, shuncha odam o‘ldirishga qasam ichdi.

O’sha kecha Adiy bin Hotam, Zabarkonlar yuborgan zakot Madinaga yetib keldi. Bu hol hazrat Abu Bakr (r.a.)ni majnun qildi. Chunki zakot kelishi murosa ifodasi edi. Shu voqealar bo‘layotgan bir paytda Rasululloh (s.a.v.)ning vafotiga ikki oy to‘lgandi. Oradan yana o‘n kun o‘tdi. Madina ufqida ko‘tarilgan chang-to‘zon bu muborak shahar ahlini hayajonga soldi. Qo‘llar Alloh biladi necha marta yurakka bostirildi. Ammo bu hayajon sevinch va shodlik tuyg‘ulariga almashishi uchun ko‘p vaqt o‘tmadi. Chunki kelayotgan qo‘shin, Usoma qo‘shini ekanligini bildiruvchi xabar yetib kelgandi. Ko‘ksini qoplagan iztirobli tuyg‘u bir teran nafas bilan chiqarib tashlandi. Rasululloh (s.a.v.) vafotidan so‘ng ko‘zlarda ilk daf’a shodlik nishonalari ko‘rinmoqda edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:38:46
Usoma kelib, hazrat Abu Bakr (r.a.) bilan ko‘rishdi. Safar davomida umuman dushmanga uchramaganini aytdi. Rasululloh (s.a.v.) buyurgan joylarga borganini aytdi. Borish-kelishi yetmish kunlik ushbu safar davomida biror kishining ham burni qonamagandi. Yuzlab chaqirim yo‘l bosib o‘tildi, qancha tepalar, necha vodiylardan oshildi. Jazirama quyoshda qumlarga botib yo‘l bosgan vujudlar ter va chang-to‘zon ichida qolgan, ammo qo‘ngillar pok, shodlikdan ruhlari yengil edi. Chunki ular Alloh rizoligi uchun, Alloh dinini himoya qilish uchun yo‘lga chiqishgan edi va shu maqsadda qaytishgandi.

Bir yil avval Tabuk safariga Rasululloh (s.a.v.) bilan birga chiqqanlar, U (s.a.v.) bilan birga bu vodiylarni oshganlarning ko‘zlari yoshlanib, shirin xotiralarni eslashgandi.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) qo‘shin qaytishini kutayotgan kunlarida, "Biz Usomadan norozimiz, ey, xalifa... Avval ham aytgandik. Safarni burnimizdan chiqardi..." deydigan insonlarni kutdi. Ammo bunday shikoyat bo‘lmadi. Qo‘mondon yosh va tajribasiz edi. Ammo tayinlangan vazifani muvaffaqiyat bilan yuritganiga ham shubha yo‘q. Bo‘lsa albatta tilga olinardi. Shaxsan Rasululloh (s.a.v.) hayotliklarida va dunyo hayotidan vidolashgandan so‘ng shikoyat qiluvchilar hech bo‘lmasa shikoyatlari qanchalik haqli ekanligini isbotlash uchun ham bir ikki gap aytmasdan turolmasdi. Avvalgi safarlarda qo‘mondonlarning nojo‘ya harakatlaridan Rasululloh (s.a.v.)ni xabardor qilib turilardi. Shunday ekan, bu kabi holatlar albatta davlat boshlig‘iga yetkazilishi kerak edi.

Usomaning qo‘mondonlikka tayinlanishi haqiqatan muhim ahamiyatga ega edi. Ota-onasi xizmatkor bo‘lgan qora tanli yigit, uzoq safarga chiqqan qo‘shinga boshchi qilib keltirilgandi. Bu bilan Rasululloh (s.a.v.) vazifaga tayinlashda nasl-nasab, irq va yoshga ahamiyat bermasdan hulqi, bilimiga e’tibor berishlarini isbotlagandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:41:20
ILK MUHORABA MUVAFFAQIYATI

Hazrat Abu Bakr (r.a.) zakot berishdan bo‘yin tovlayotgan va dindan qaytayotganlarga qarshi harakat kilish vaqti kelganini tushunib, qo‘shin oldiga keldi. Shaxsan o‘zi ularga kerakli darsni beradi. Shunda hazrat Ali (r.a.) xazrat Abu Bakr (r.a.) mingan otning uzangisidan tutdi va dedi:
- Qayoqqa ketayapsan, ey, Abu Bakr?.. Senga Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Uhud kuni so‘zlagan so‘zlarini xotirlatay. Qilichingni qiniga sol va bizni falokatga boshlama. Aminmanki, seni yo‘qotsak sendan keyin Islom nizomi umuman qayta qurilmaydi.

Hanuz uni xalifa sifatida qabul qilmagan hazrat Ali (r.a.)ning bu so‘zlarida faqatgina samimiyatni ifodalanayotganiga shubha yo‘q edi.
Natija esa hazrat Abu Bakr (r.a.)ning qaroridan qaytishi va fikrini o‘zgartirishi bilan yakunlandi. Vaqt o‘tkazmasdan qo‘shinni o‘n bir bo‘lakka bo‘lishdi. Har biriga bittadan qo‘mondon tayinlashdi. Bosh qo‘mondon qilib Xolid bin Validni qo‘yishdi.

Bir maktub yozildi va ko‘paytirildi. So‘ng har bir qo‘mondonga bittadan tarqatildi. O’sha xatda: «Hidoyatga xayrixoh bo‘lgan va Islomni qabul qilib, bu yo‘ldan qaytmaganlarga salomlar bo‘lsin!» deya boshlangan edi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) Payg‘ambarlar Sultoni Rasululloh (s.a.v.)dan so‘z ochib, U (s.a.v.)ning vafotidan so‘ng dindan qaytish noto‘g‘riligini bildiruvchi oyatni xotirlatib, tavba qilishmasa, ular bilan jangga kirishni bildirgan»

Hazrat ABu Bakr (r.a) yuborgan ilk bayroq (tug‘) Xolid bin Validga oid edi. Unga Tulayha huzuriga borish buyurildi. Abu Jahlning o‘g‘li Ikrimaga bir tug‘ berdi va
Musaylama al-Kazzobga borishni buyurdi. Boshqa amirlarga ham boriladigan joylar ham shu tarzda bayon qilindi. Jumladan:

1.   Xolid bin Valid, Tulayhaga
2.   Ikrima bin Abu Jaxl, Musaylamaga
3.   Muhojir bin Abu Umayya, Avs qabilasiga
4.   Xolid bin Sa’d, Shom tarafga
5.   Huzayfa bin Mihson, Daboga
6.   Arfaja bin Harsama, Iqrimaning yordamiga
7.   Shurayh bin Husana, Mahraga
8.   Ma’n bin Hojiz, Sulaym va Havozin tomonga
9. Suvayd bin Mukarrin, Yaman tomonlardagi Tihomaga
10. A’lo bin al-Hadramiy, Bahraynga.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:43:57
Hazrat Xolid qo‘shinini olib, Asad qabilasi tomon yo‘l oldi. Qabilaga yaqinlashayotib, Ukkosha bin Mihson va Sobit bin Akramga buyurdi. Bu ikki xalifa Tulayhaga tegishli yerlar tomondan aylandi.
Birozdan so‘ng yetib kelgan Xolid bin Valid ikki birodarini qora qonga belangan holda qo‘rdi. Ular xarob ahvolda tashlab ketilgandi. Bu hol mo‘minlar ko‘zini yoshlatdi. Chunki Rasululloh (s.a.v.) bilan bo‘lib o‘tgan aziz xotiralar yodda edi. Bir kun Rasululloh (s.a.v.): «Ummatlarimdan yetmish ming kishi, so‘zsiz jannatga kirajak», — dedilar.

Ukkosha bu xushxabarni eshitib: «Ey, Allohning Payg‘ambari, duo qil, Alloh meni shu insonlar qatoridan qilsin», — deya o‘tingan, Rasululoh (s.a.v.) ham unga javoban: «Sen ulardansan», — deya marhamat qilgandilar.
So‘zsiz jannatga kirish xushxabarini olgan Ukkosha, bir paytlar musulmon bo‘lib, so‘ng dindan qaytib, yana dinga qaytgan va Asad qabilasi jallodlari tarafidan shahid bo‘lgan.

Hazrat Xolid olg‘a yurdi. Nihoyat bir kecha Tulayha qo‘shini bilan yuzma-yuz keldi. Bir paytlar hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) tomonidan qalbi Islomga yaqinlashar deya Hunayn o‘ljasidan yuz tuyalik hadya berilgan va alohida maosh tayinlangan Uayna bin Hisn, yetti yuz kishilik qo‘shin bilan kelib Tulayhaga qo‘shiladi va shunday deydi: «Biz uchun Asad o‘g‘illaridan chiqadigan payg‘ambar, Hoshim o‘g‘illarining payg‘ambaridan ko‘ra ma’qulroqdir. Muhammad o‘ldi. Endi sizga payg‘ambar Tulayha, Unga itoat qiling!» deya hanuz qalblariga imon to‘g‘ri joylashmagan qabilasini ham bu urushga boshlagandi.

Atrofdagi tog‘larga chekingan bir guruh badaviylar, jang natijasini kutishayotgandi. Qilingan takliflar natijasiz bo‘ldi. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning maktubi foydasiz qoldi. Hazrat Xolid muhorabadan boshqa yo‘l yo‘qligini anglab yetdi. Ukkosha va birodarlari jasadini ko‘rgan musulmonlar jangda g‘olib bo‘lishga intilishardi. Oradan o‘tayotgan vaqt Asad o‘g‘illarining qadam va qadam ortga chekinishini ko‘rsatayotgandi. Uayna qo‘ldan ketayotgan zafarni ko‘rib Tulayhaga:
- Jabroildan xabar bormi?.. Keldimi?.. - dedi.
- Yo‘q, hanuz kelmadi.
Bu javobdan so‘ng Uayna yana jang maydoniga kirib ketdi. Birozdan so‘ng yana qaytib keldi. Shu savolni takrorladi, yana o‘sha ayni javobni oldi. Uchinchi safar kelganida xushxabar eshitdi va hayajonlanib, kayta so‘radi:
- Nima dedi?..
- Uning boshiga kelgan sening boshingga ham keladi, unutilmas bir voqea yuz beradi, - dedi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:44:49
Uayna bu gaplardan biror narsa anglolmadi. Zotan, Tulayha ham anglaydigan bir gap aytmagandi. Kohinlar turli shaklda ifodalaydigan so‘zlar shunday bo‘ladimi?..
Uayna uzoqlashdi, ya’ni nari ketdi. Birozdan so‘ng Tulayhaning o‘z otiga minganini va xotini Navorni ham ortiga mindirib jang maydonini tark etganini ko‘rdi.

Bu jangga yuz foiz g‘olib bo‘lish umidida kelgan Uayna, payg‘ambarining qochganini ko‘rib, jonini qutqarib qolish ham katta muvaffaqiyat ekanligini anglab yetdi. Tulayhaning bu harakatini anglolmadi, hech bo‘lmaganda qo‘l ostidagi odamlariga biror nima deyish lozimligini o‘yladi. Qabiladoshlariga ahvolni tushuntirib, «Chekinamiz, men ham ketaman endi» demoqchi edi hamki, ajal nafasi peshonasini silab o‘tganini his kildi. Chunki Xolid bin Valid bilan ro‘baro‘ kelib qolgandi. Buyog‘i ma’lum, yo o‘ladi, yo asir bo‘ladi. Uchinchi yo‘l yo‘q. Xoliddek yelkasi yer ko‘rmagan jangovarni mag‘lub etishni xayoliga ham keltirolmasdi.

Albatta istardiki, Xolidni oldiga solib, qo‘li va bo‘yniga arqon solib, qabilasiga olib borib «Mana, tillarda doston qahramon qarshingizda amrimni kutib turibdi» deyishni...
Shunda nomi tillarda doston bo‘lib, «Xolidni bo‘ysundirgan yigit» sifatida xotirlanardi. Afsuski, Uaynaning bularni xayolida jonlantirishga ham holi qolmagandi. Shu bugunga qadar necha janglarda qatnashib, qanchadan-qancha insonlarning umr daftarlarini yopgan Uayna uchun hamma narsa tugagan edi. Xolidning beshafqat zarbalari ostida jon taslim qilgandan ko‘ra asir tushish ma’qul edi. Balki bu mojaro natijasida yana hayot nuri ko‘rinib qolar, to‘rt-besh kun yashash imkoni topilar.

Qo‘llari mahkam bog‘langan Uayna, bir burchakda boshiga tushadiganlarini kutib o‘tirardi. Pushaymonlik tuyg‘usi qalbini qamragandi. Boshiga kulfat orttirib, shirin jonini tahlikaga qo‘ygandi.
Tulayha qo‘mondonlaridan biri Kurra bin Hubayra, hazrat Sayfulloh asir olgan asirlar orasida edi. Jang natijasini tahmin qilib, oldinroq jimgina qochib qolganlar hayotlarini qutqarib qolishgandi.
Dindan qaytganlarga qarshi ilk muhoraba muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Bosh qo‘mondon olingan asir va o‘ljalarni Madinaga yuborarkan, yozgan maktubida: «Ey, Rasulullohning xalifasi, yangi amrlaringni kutaman», -deb yozgan edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:45:39
* * *
Uayna va boshqa asirlar qo‘llari bog‘liq holda Madinaga keltirildi. Ularni ko‘rgan bolalar: «Allohning dushmanlari, Islom dinidan yuz o‘girganlar"¦», - deya masxaralashardi.
Uayna xalifa huzuriga keltirildi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) uning darhol qatl qilinishini buyurdi.
- To‘xta, ey, Abu Bakr, sen meni o‘ldirolmaysan.
- Nega? - hayratlandi xalifa.
- Chunki birodaring mening munofiqligimni bilardi, ammo o‘ldirmagandi. Men shu kunga qadar aslo imon keltirmagandim. Ammo endi tavba qilib, kechirim so‘rayapman. U shunday deya, shahodat kalimalarini keltirdi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) yonidagilardan biriga o‘girilib:
- Uaynaning qo‘lini yech, — deya buyurdi.

Qaysar va qo‘rs tabiatli badaviylardan bo‘lgan Uaynaning keyingi hayoti risoladagidek musulmon bo‘lib, takror kufrga qaytmay o‘tdi. Afsuski, Rasululloh (s.a.v.)ni necha marotabalab ko‘rgan, birga janglarda qatnashgan, hatto Sayyidul Anbiyo (s.a.v.)ning ikromlariga noil bo‘lgan Uayna, «Rasululloh (s.a.v.)ning sharafli ashobi» bo‘lishdek ne’mat qadrini bilmasdan, oyog‘i ostigacha kelgan baxtni boy bergandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:47:07
* * *
Payg‘ambarlikni da’vo kilgan Tulayha qo‘ylarining ko‘pligi bilan shuhrat qozongan Kalb qabilasi yeriga kelib qoldi. Otining orqasiga ayolini mindirib kelayotgan bu musofirni Kalb qabilasi odamlari darhol tanishdi. Tulayha ko‘p vaqt bu qabila ichida qolib ketdi. O’tgan voqealar uni yaxshilab o‘ylashga majbur qildi. Boshlagan mojarosi o‘ta muhim va tahlikali ekanligini endi his kilayotgandi. Rasman yolg‘on gapirgani, ya’ni Jabroil nomli farishta kelib, vahiy keltirganini aytib, ko‘pgina odamlarning dinidan qaytib, mushrik holda o‘lilishiga sabab bo‘lgandi.

Rasululloh (s.a.v.)ning so‘nggi Payg‘ambar ekanligini bilgan va ishongan kishilar bu ishonchni tark etib, Tulayha ortidan borishlari muhim ahamiyatga molik hol edi.
Tulayha qaytib payg‘ambarlik da’vosini og‘izga olmadi. Shaxsan o‘zi ishonmagan payg‘ambarlik da’vosida insonlardan dastak kutish noo‘rin ekanligini anglab yetgandi.

Bu dunyoda qozonolmagan oxirat hayotini ham mahv etgandi. Yagona va ishonchli din Islom dini edi. Tavba qilib, taqror Islomni qabul qilish eng to‘g‘ri yo‘l edi. Madinaga borib shaxsan hazrat Abu Bakr (r.a.) bilan uchrashishga jasorat qila olmadi. Uyat va jon qo‘rquvi mone’lik qildi. Hazrat Xolidni topib ahvolni unga tushuntirishni ma’qul qo‘rdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:48:58
* * *
Hazrat Abu Bakr (r.a.) Xolid bin Validdan kelgan maktubni o‘qidi. Unda Tulayhaning kelib taslim bo‘lgani va shahodat kalimalarini keltirib takror Islomni qabul qilinganini yozgandi.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) unga javob yozdi va jumladan shunday dedi: «Muhoraba bilan bog‘liq masalalarda fikrlash, ammo amirlikni berma».

Hazrat Xolidga yana alohida maktub bitdi: «Alloh barakangni bersin. Ishingda Allohga nisbatan hurmatli bo‘l. Alloh o‘ziga hurmati bo‘lgan va ishni mukammal bajarganlar bilan birgadir. Ishingni mas’uliyat bilan boshqar. Aslo bo‘shashma. Musulmonlarni o‘ldirgan mushriklarni va Allohga qarshi chiqqan fasodchilarni jazola!», — deb yozdi.

Xolid bin Valid Buzohoda bir oy qoddi. Aybdorlarni jazoladi. Bu orada tarqab ketgan Tulayha askarlari Ummu Ziml deya nom chiqargan Salma bin Molik ismli bir ayol atrofida birlashib, musulmonlardan intiqom olish uchun yig‘ilishdi. Bani Sulaym, Tay, Havozik va Asad qabilalari qo‘shilib kattagina qo‘shin maydonga keldi. Ummu Ziml mashhur tuyasiga minib jangni boshqarmoqchi bo‘ldi. Yuborilgan sulhni rad qilishdi. Shiddatli jang boshlandi. Hazrat Xolid askarlari to‘g‘ri dushman qo‘shini markazi tomon yurayotgandi, qarshi taraf Ummu Ziml atrofida mustahkam xalqa hosil qilib, jonlarini o‘rtaga qo‘yib mudofaa qilishmoqda edi. Tuya atrofida o‘liklar soni yuzdan oshdi, bir-biridan kuch zarbalar tuyani cho‘ktirdi.

Ummu Ziml shiddatli qilich zarbidan yiqilarkan, baland hayqirish bilan hayot bilan vidolashib, mag‘lubiyatini ma’lum qilgandek bo‘ldi. Bir paytlar asir qilib Madinaga keltirilgan va hazrat Oisha (r.a.) tomonidan ozod qilingan Ummu Ziml, Payg‘ambar (s.a.v.) vafotidan so‘ng mo‘minlardan intiqom olish payiga tushib qolib, hayotini izdan chiqargandi.

Ummu Ziml o‘ldirilgach, qo‘shin uzoq vaqt dosh berolmadi. Ortda qolganlarning maqsad va g‘oyalari yo‘q edi. Ummu Ziml o‘lsa-da, uning da’vosi davom etadi deydigan kishi chiqmadi va har biri har tomonga tarqalib ketishdi. Qisqa vaqt ichida qo‘lga kiritilgan zafar xushxabarini hazrat Abu Bakr (r.a.)ga yetkazishdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:50:29
* * *
Bir kun hazrat Abu Bakr (r.a.) huzuriga Fujoa ismli bir kishi keldi va u xalifaga murojaat qildi:
- Ruxsat ber, ey, xalifa, Islomni tark etganlarga qarshi jihod qilayin. Menga ot va qurol ber, borib ularni dinga qaytaray, ular yana islomni tan olsinlar.
Bu taklif qabul qilindi. Ot va qurol berildi. Fujoa mamnun bo‘lib chiqib ketdi. Ammo Fujoa xalifa yonida ko‘rsatgan samimiyatini o‘sha yerning o‘zida qoldirgandi. Yo‘lida kim uchrasa, hatto mo‘min bo‘lishiga qaramasdan, o‘ldirib molini olardi. Unga Najaba bin Abu Mayso ismli qaroqchi qo‘shilib, ikki kishi bo‘lishgandi...

Bu xabar tezda Madinaga yetdi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘zidan nihoyatda xafa bo‘lib ketdi. Turayfa bin Hojizga bir maktub yozdi. Vaziyatni bayon qildi. Uni tutib keltirishni buyurdi. Turayfa yo‘lga chiqdi. Natijada Fujoa sherigi bilan qurshab olindi. Otilgan o‘qlardan biri Najabani qulatdi. Yakka qolgan Fujoa vaziyatdan chiqish uchun:
- Ey, Turayfa bu nima qilganing?.. Sen xalifa nomidan jang qilayapsan, men ham. Shu qilichni ham menga shaxsan xalifaning o‘zi bergan. Shunday ekan, xalifa yonida sen mendan ko‘ra e’tiborli hisoblana olmaysan, — deya hayqirdi.

Unga javoban Turayfa shunday dedi:
- Agar so‘zlaring samimiy bo‘lsa, qilichingni tashla, birga xalifa yoniga boramiz.
Fujoa oyog‘i ostigacha kelgan o‘limdan qutulish uchun qilichini tashladi. Zotan, boshqa yo‘li ham yo‘q edi. Yolg‘iz o‘zi shuncha odamni qilichdan o‘tkaza olmas edi. Ammo, hazrat Abu Bakr (r.a.)ning ko‘nglini topib, bir yo‘lni topish umidida edi. O’ziga ishongan odamdek qurolini tashladi va ilgariladi. Birga Madinaga yo‘l olishdi.

Hazrat Abu Bakr Fujoani ko‘rgach, gapni cho‘zib o‘tirmadi. Olib borib yoqilishini buyurdi. Fujoa bu amrni eshitib, oyoqlaridan darmon ketdi. Uzr so‘rash uchun aytilgan uch-to‘rt kalima unga najot eshigini ocha olmadi. Turayfa uni shahar tashqarisiga olib chiqib, yonib turgan olovga qo‘llari bog‘liq holda tashladi...
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:51:15
* * *
Rasululloh (s.a.v.) Habbor bin Asvod haqida eshitib, uni tutib olovda yoqilishini buyurgan va amrni olib ketgan kishi ortidan odam yuborib: «Olovda yoqish Allohga oid haqdir. Qatl qiling!», — deya buyurganlari ko‘pchilikning yodida edi. Shunday ekan, agar voqea haqiqat bo‘lsa, hazrat Abu Bakr (r.a.)ning bu harakati noto‘g‘ri bo‘ladi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) Habbor bin Asvod haqidagi qarordan bexabar qolgan, yoki kuchli g‘azabdan boshqalarga ibrat bo‘lsin deya shu yo‘lni tutgan bo‘lishi mumkin.

Ashoblardan birortasi hazrat Abu Bakr (r.a.)ga bu xususda xotirlatmagani ham diqqatga sazovordir. Voqeani bayon qilganlar o‘ldirish amrini yoqish bilan o‘zgartirilishi ham ehtimollardan biridir.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:52:21
SAJOH
(yoki yomon hayotning yaxshi yakuni)

Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning o‘limidan keyin ko‘pgina qabilalar boshini yo‘qotib qo‘yishgani haqida yuqorida aytib o‘ggan edik. Ular kam emas edi, albatta. Shulardan yana biri Tamim qabilasi. Ular Rasululloh (s.a.v.)ning vafotlaridan so‘ng sarosimaga tushib qolishdi. Aholining bir qismi solingan soliq, ya’ni zakotni to‘pladilar va Madinaga jo‘natdilar. Boshqa bir qismi esa namoz o‘qiymiz, ammo zakot bermaymiz, deyishdi. Hatto, vaziyatga qarab ish tutuvchilar va betaraflar ham bor edi.

Shunday kunlarning birida Tamim qabilasi o‘zlarini bir ayol payg‘ambarning qarshisida ko‘rdilar. Tag‘lib qabilasidan bo‘lgan Harisning qizi Sajoh payg‘ambarlikdan keladigan foydani ko‘zlab, o‘zini payg‘ambar deb e’lon qildi.
Atrofiga to‘plagan sarguzashtparast insonlar bilan Tamim qabilasiga keldi. Madina ustiga yurish qilib, Abu Bakr (r.a.)ni ag‘darmoqchi ekanligini aytdi. Agar Madinani zabt etsak, ortda qolgan islom olami gullab yashnaydi, saltanat bizga qoladi, derdi.

Qabila a’zolarining ko‘pi bu da’vatni mamnuniyat bilan qarshi olishdi. Aslida esa nasroniy diniga mansub bo‘lgan bir ayolning musulmonlarga payg‘ambar bo‘layotganligi haqida o‘ylab ham ko‘rishmasdi. Ularni ko‘proq zakot masalasining hal bo‘lishi qiziqtirardi. Agar zafar qozonilib, Madina qo‘lga kiritilsa, ularning boyliklariga boylik qo‘shilardi.

Molik bin Nuvayra va Utorid bin Hojib kabi qabila boshliqlari ham Sajohning payg‘ambarligiga xayrixoxlik bildirganlar qatorida edi. Sajoh dastlab Islomga tomon yo‘l oldi. Avvalo Yamomada yashovchi Musaylama ismli payg‘ambar bilan ko‘rishmoqchi edi. Yo u bilan bitim tuziladi yoki uni tinchitib qo‘ya qoladi. Madinaga bo‘ladigan yurish Yamomadan keyinga qoldirildi.

Zakotdan qutulish uchun nasroniy bir ayolning payg‘ambarligini qo‘llab quvvatlagan Tamim qabilasi Rasululloh (s.a.v.)ning so‘nggi payg‘ambar ekanliklarini yaxshi bilishardi. Ammo mol-dunyoga bo‘lgan muhabbat ularning ko‘zini ko‘r, tafakkurini sust qilib qo‘ygandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:53:25
Sajoh qo‘shinlarining Yamomaga kirib kelishi Musaylamani sarosimaga solib qo‘ydi. Chunki busiz ham uning dushmanlari yetarlicha edi. Qabiladoshi bo‘lgan Sumama bin Usal hazrat Abu Bakr (r.a.) tomonga o‘tib, unga qarshi chiqmoqda edi. Bu ham yetmagandek, Madinadan Shurayh bin Haina boshliq guruhlar ham unga qarshi edi. Shunday bir vaziyatda Sajohning kelishi Musaylamani sarosimaga soldi. Bu mag‘lubiyat onlari yaqinlashayotganidan darak bo‘lib tuyuldi.

Sajoh bilan uchrashish maqsadida, avval unga odam jo‘natdi. Keyin esa shaxsan o‘zi bordi. Bu uchrashuv ularning turmush qurishi bilan yaqun topdi. Sajoh payg‘ambarlik da’vosidan voz kechib, uni Musaylamaga topshirdi. Musaylama Yamoma vohasining bir yillik daromadini Sajohga in’om qildi.

Sajohning muazzini Shabas bin Ribi xalqqa shu e’lonni yetkazdi:
- Ey, odamlar! Musaylama Muhammad keltirgan besh vaqt namozdan bomdod va xufton namozlarini olib tashladi. Bundan so‘ng namoz uch mahal o‘qiladi.
Biri tonggi shirin uyquni buzadigan, biri esa insonning uyqusi kelib charchab turgan paytda o‘qilishi kerak bo‘lgan bu namozlarning bekor qilinishi qo‘pchilik tomonidan sevinch bilan qarshilandi.

Sajoh Yamomada yana bir necha kun qoldi. So‘ngra qo‘shinini olib, kelgan yo‘liga qaytib ketdi. U Tamim kabilasi bilan xayrlashdi va yana Tag‘lib qabilasiga qaytdi. Ammo, endi u Musaylamaning yonida voz kechgan payg‘ambarlikdan so‘z ochmasdi. Bir necha kunlik kayfu-safodan iborat bo‘lgan er-xotinlik munosabatlari ham o‘sha yerda yakun topgan edi. Musaylamani ham ortiq eslamadi. Oddiy bir ayol kabi yashay boshladi.

Vaqti kelib nasroniy dinidan voz kechib, kalimai shahodat keltirib islom diniga kirdi. Basrada Muoviya bin Abu Sufyon davrida vafot etdi. Uning samimiy bir muslima ekanligini bilgan mo‘minlar uning tobuti oldida saf tortdilar. Juda yomon shaklda boshlagan hayotini, juda yaxshi tarzda yakunladi va ortidan yaxshi nom bilan yodga oluvchi bir necha do‘stlar qoldirdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:54:32
MOLIK BIN NUVAYRA VOQEASI

Tamim qabilasi oqsoqollaridan bo‘lgan Molik bin Nuvayra zakot bermaslik talabi bilan chikqanlardan edi. U Sajoh qo‘shinlari bilan birga Yamomaga borib kelgandi.

Qabilasiga qaytib kelgan Molik yaxshilab o‘ylab ko‘rdi va qilgan ishining naqadar jirkanch ekanligini angladi. Bundan pushaymon bo‘lib tavba qildi va yana islom diniga kirdi. Lekin u bu ish uchun Xolid bin Valid askarlari tomonidan tutildi va qamoqqa olindi. Bir kuni kechasi juda sovuq bo‘lganligi tufayli hazrat Xolid «Asirlaringizni isiting» deb farmon berdi. Ammo «isiting» so‘zining Kikona qabilasiga «o‘ldiring» ma’nosida kelishi yomon oqibatni keltirib chiqardi. Molikni asir sifatida saqlayotgan odam bu amrni bajarish uchun Molikni o‘ldirdi. Molikning o‘layotgan chog‘dagi faryodini eshitgan Xolid bin Valid nima bo‘layotganini bilish uchun chodiridan chiqdi. Ammo endi kech bo‘lgandi. Molikning boshi tanasidan judo qilingan edi. Hazrat Xolid Molikni o‘ldirgan odamni ta’qib ostiga olmadi, jazolamadi ham. Biroq, u Molikning go‘zal xotini Ummu Tamimga uylandi. (Ba’zi rivoyatlarda Molik shaxsan hazrat Xolidning o‘zi tarafidan o‘ldirilganligi aytiladi.)

Bu holat aholini bezovta qildi. Xabar Madinaga ham yetib bordi. Hazrat Umar (r.a.) Molikning jazolanishini istadi, ammo hazrat Abu Bakr (r.a.): «Men Allohning sug‘urilgan qilichini qiniga sololmayman» deb qarshilik ko‘rsatdi. Uning fikricha, hazrat Xolid bu jinoyatni qasddan qilmagan. Shuning uchun uni vazifasidan ozod qilish va jazolash kerak emas, deb hisoblardi. Shu bilan birga Abu Bakr (r.a.) Molik bin Nuvayraning yakinlariga xun to‘lashni ham unutmadi. Hazrat Xolidga Madinaga kelishini so‘rab maktub yozdi.

Xolid bin Validni Madinada hazrat Umar (r.a.): «Sen bir musulmonni o‘ldirding, uning iddasi tugamagan xotiniga uylanding. Seni zinokorlikda ayblayman», degan so‘zlar bilan qarshi oldi.
Shundan so‘ng hazrat Xolid, hazrat Abu Bakr (r.a.) huzuriga kirdi va uzr so‘radi. Xalifa hazratlari uning uzrini qabul qildi, lekin uylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalada undan ranjidi. Molik bin Nuvayra voqeasi ana shunday yakun topdi.

Saxiy, mehmondo‘st, sovuq kechalarda yo‘lini yo‘qotganlar kelar, deya olov yoqib o‘tiruvchi olijanob inson sifatida ta’rif etilgan Molik qilgan johilligi uchun jazosini oldi. Ya’ni u o‘z xatosining qurboni bo‘ldi. Hazrat Umar (r.a.)ga qolsa, Molik bin Nuvayra voqeasi tufayli Xolid bin Validni jazolashni istardi. Biroq, xalifa bo‘lishiga qaramasdan bu ishni amalga oshirish imkoniga ega emas. Shu bilan birga bu masala keyinchalik yana kun tartibiga kiradi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:55:52
MAL’UN MUSAYLAMA

Musaylama Yamoma vohasida yashovchi Banu Hanifa qabilasidan edi. U Rasululloh (s.a.v.) bilan uchrashish uchun Madinaga kelgan elchilar bilan birga edi. Kishilarning Rasululloh (s.a.v.)ga bo‘lgan hurmat va muhabbatini ko‘rib hayron qoldi va Yamomaga qaytib, darhol o‘zini payg‘ambar deb e’lon qildi.

Hanifa qabilasidagi ko‘pchilik insonlar uning payg‘ambarligini mamnuniyat bilan qarshi oldilar. «Quraysh qabilasidan payg‘ambar chiqqanda, nega endi Yamoma qabilasidan chiqmasligi kerak» deguvchilar ham bo‘ldi. Bir paytlar har bir qabilaning o‘z xudosi bo‘lgan degan aqidaga ishonadigan insonlar, «har bir qabilaga bittadan payg‘ambar kerak» degan fikrga kelishgan edi.

Bir kuni Musaylama bir maktub yozib, Rasululloh (s.a.v.)ga jo‘natdi va unda o‘zining ham payg‘ambar bo‘lganligini ma’lum qildi. Uning nomasida shunday so‘zlar bor edi:
«Ey, qurayshlik payg‘ambar! Yer yuzining yarmi senga, yarmi esa mengadir. Ammo, yer yuzining hammasiga ega chiqa qo‘rma».

Rasululloh (s.a.v.) tomonlaridan Yamomaga Qur’on va dindan ta’lim beruvchi muallim sifatida jo‘natilgan va bir qancha vaqt shu vazifani bajargan bu odamning gaplariga kim ham qarshi chiqardi? Ammo Musaylama bu so‘zlari bilan besh kunlik dunyo lazzatini o‘ylab, iymonini sotdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning sahobalari bo‘lishdek sharafni boy berdi. Buning ustiga abadiy la’natlanadigan ishni qildi. Allohning rasuliga bilib turib, yomonlik istadi. Holbuki, u Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning «Mening nomimdan yolg‘on so‘zlamang, kimki mening nomimdan yolg‘on so‘zlasa jahannamdagi joyiga hozirlik ko‘raversin», deganlarini bilardi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:56:51
Rajolning so‘zlari juda chirkin, juda jirkanch yolg‘on edi. Insonning xayoliga ham kelmaydigan qabihlik edi. Insonlarni kufrga boshlovchi, Musaylama kabi bir nasroniyning payg‘ambar bo‘lganligiga Rasulullohning (s.a.v.) shahodat berganliklarini aytib, insonlarni chalg‘ituvchi bir yolg‘on edi bu.

Rajolning bu yolg‘oni Musaylama chiqargan fitnani yanada olovlantirdi. Soxta payg‘ambarning aytrofida qirq ming kishidan iborat qo‘shin to‘plangan edi. Madinada samimiy bir musulmon bo‘lgan, Yamomada esa kofirlik qilgan bu odamning yordami bilan Musaylama bir necha so‘zlarni she’r holiga keltirar va bularni Allohdan kelgan vahiy deb insonlarga o‘qib berar va qabul ettirardi.

Bir quni Talha Yamomaga keldi va odamlardan:
- Musaylamani qaerdan topsam bo‘ladi? — deb so‘radi.
Odamlarning yuzlari burishdi. Bir kishi:
- Jim, u payg‘ambardir, — dedi.
- Unday bo‘lsa u bilan uchrashmoqchiman.
- Shu yo‘ldan bor. Talha yo‘lida davom etdi va izlagan kishisini topdi.
- Sen Musaylamamisan?
- Ha.
- Senga kim vahiy keltiradi?
- Rahmon ismli bir malak.
- Yorug‘da keladimi yoki qorong‘udami?
- Qorong‘uda keladi, - javob berdi Musaylama.
- U holda ishontirib aytamanki, sen yolg‘onchi va soxta payg‘ambarsan. Muhammad esa to‘g‘ri so‘z va haqiqiy payg‘ambardir.

Keyinchalik Talha Musaylamaning yolg‘onchi va soxtakorligini bila turib ham, Musaylamaning etagiga yopishib olgandi. Ishonchiga teskari bir yo‘l tutgandi. Ayni paytda bu yo‘lning so‘nggi abadiy falokat ekanligi uning uchun kundek ravshan edi. Taassufki, ba’zi bir arablarda ko‘rilgan qabilasiga yon bosish dardi unga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan edi. Bundan so‘ng u har doim Musaylama bilan birlikda bo‘lib, u bilan birga musulmonlarga qilich ko‘taribdi va o‘zi ham qilich zarbidan jon beribdi...
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:58:09
Bu paytda Yamomalik musulmonlarning boshchilaridan bo‘lgan Sumoma bin Usol Musaylamaning hech qachon payg‘ambar bo‘lolmasligini, Muhammad (s.a.v.) oxirgi payg‘ambar ekanliklarini, Musaylama esa soxta va yolg‘onchi ekanligini odamlarga tushuntirishga harakat qilar va atrofiga to‘plagan musulmonlar bilan birga kufrga qarshi kurashardi.

Bir kun Musaylamani sarosimaga soluvchi bir xabar tarqaldi. Xolid bin Valid qo‘shinlari Yamomaga kelibdi. Shurayh bin Kasona boshliq ilg‘or qo‘shin bilan «Akruba» degan joyda jang boshlandi. Muhojirlarning bayrog‘i Abu Hurayraning ozod etilgan quli Salimda edi. Jangning qiyin bo‘lishini sezgan, oqibatni avvaldan taxmin qilgan bir necha kishi keldi va unga: "Ey, Salim, boshingga bir balo yog‘ilmasa edi deb qo‘rqamiz", — deyishdi.

U hali yosh edi. Shu yoshida uning islom olamini tark etishini istamasdilar. Ular jangda bayroq ko‘targan kishi birinchi bo‘lib nishonga olinishini tajribalaridan yaxshi bilishardi. Hazrat Umar (r.a.)ning «Salim hayot bo‘lganda edi, xalifalikni unga qoldirardim» deb qayg‘urishiga sabab bo‘ladigan darajadagi muhim shaxs edi. Salim bu urushda halok bo‘lsa, juda achinarli hol bo‘lardi. Lekin Salim ular kutmagan javobni berdi:
- U holda, men yomon bir musulmon bo‘lmaymanmi? Jihodning, shahidlikning qadrini bilib turib jangda so‘nggi saflarda ishtirok etishni va o‘limdan qo‘rqib bayroq qo‘tarishdan bosh tortishni hech ham istamayman.

Ansorning bayrog‘ini Rasululloh (s.a.v.)ning voizi deya tanilgan Sobit bin Qays qo‘tarib yurardi.
Jang ikki tomonning bir-biriga hujumi bilan boshlandi. Shiddatli jang bormoqda edi. Bir taraf islom dinini mudofaa etish uchun, ikkinchi taraf esa yangi payg‘ambarni qo‘llab quvvatlashga urinib jang qilardi. Eng achinarli tomoni shundaki, avval iymon keltirib keyin yana kufrga qaytgan va Rasululloh (s.a.v.)ga qarshi qilich ko‘tarayotganlar ham bor edi.


Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:58:58
Hazrat Umar (r.a.)ning ukasi Zayd bin Xattob qo‘lida qilich bilan kurasharkan, birdan ichida sevinch hissini tuydi. Yuzida istehzoli kulgu zohir bo‘ldi. Ichidan «bu fursatni qo‘ldan bermaslik kerak» degan ovozni eshitgandek bo‘ldi. Bu hislar qarshisida turgan odam bilan bog‘liq edi. U Rajol bin Unfiya bilan yuzma-yuz turardi. Qaniydi, uni o‘ldira olsa, bu bilan uni Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga qilgan tuhmati uchun jazolagan bo‘lardi. Shu xayolda u oldinga intildi va baland ovozda gap boshladi:
- Beri kel, ey, mal’un. Sen bilan hisoblashib olishimiz lozim.

Ikkovi orasida jang boshlandi. Rajol qarshisidagi bu inson osonlikcha taslim bo‘lmasligini yaxshi bilardi. Ammo, «jazoimni tortayin, ey, Zayd, boshim sening ixtiyoringda» deb, bo‘ynini egib ham turolmasdi. Oxirigacha kurashishdan boshqa najot yo‘li yo‘qligini tushungan holda urishmoqda edi. Zarba berishlar, qurashlar ancha vaqt davom etdi. Natijada, «Xattobning o‘g‘li mana bunday zarba beradi», deb tushirilgan qilich Rajolni qonga beladi. Ikkinchi, uchinchi zarbadan so‘ng u o‘liklar safiga qo‘shildi.

Qo‘llari tolgan, yuzi chang va terga botgan bir insonning ko‘zlarida yosh bilan «Allohim, o‘zingga shukr, buni menga nasib etding» degani eshitildi. U haqiqatan ham maqtanishga haqli edi. Ammo u maqtanishdan qo‘ra, Allohga hamd aytishni, shukr qilishni afzal qo‘rdi. Mukofotga arziydigan ish qilgandi, lekin bu mukofot hozir emas, ertaga Sayyidul Anbiyo (s.a.v.) huzurlarida beriladi. Allohning rasuliga tuhmat qilgan kishini o‘ldirganligi uchun hadyasini Rasululloh (s.a.v.)ning o‘zlaridan oladi.

Shu payt jang maydoni larzaga kelgandek bo‘ldi. Musaylama tarafdorlarining yuzlarida nafrat va qo‘rquv paydo bo‘ldi. Mo‘minlar esa chuqur nafas oldilar. Chunki Xolid bin Valid qo‘shinlari bilan yetib kelgan va jangga kirishgan edi. Yangi kelganlarning yordami bilan mo‘minlar shiddatli hujum qilishar, ammo kuchli qarshilikka uchrashardi. Shu kunga qadar ko‘rilmagan bir jang bo‘layotganini his etib turishardi. Bu shiddatli jangda, muhojirlarning bayroqdori bo‘lgan Salimni bolaligidan beri katta kilgan Abu Hurayra va hazrat Umar (r.a.)ning ukasi Zayd shahidlar safiga qo‘shilishdi.

Quyosh ufqqa bosh qo‘yarkan, Musaylama qo‘shini g‘alaba quvonchi bilan ortga qaytishardi. Shunday davom etsa, Madinalik qo‘shinni bir-ikki kunda yengishlariga ishonishayotgandi. Ertasi kuni ertalab Xolid bin Validning o‘zi jang maydoniga keldi. Butun ovozi bilan «Yo, Muhammad!» deb qichqirdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 14:59:46
Bu ovoz «Men Muhammadning qasosini olish uchun keldim. Qani men bilan kurashadiganlar bormi?», degan ma’noda edi. Shundan so‘ng shu kuni ajali yetganlar birma bir g‘alaba umidi bilan Sayfullohning qarshisiga chiqa boshladi. Biroq hammasi qonga belandi, hayot bilan vidolashdi. Biri o‘ldirilgach, boshqasi sherigining qasosini olish uchun shiddat bilan hujum qilar, ammo qasos olishni boshqa sherigiga qoldirib, u dunyoga ravona bo‘lardi.

Nihoyat hazrat Sayfulloh Musaylamaning shaxsan o‘ziga murojaat etdi:
- Ey, Musaylama, yigit bo‘lsang qarshimga chiq. Ikkimiz ham bir kuchimizni sinab ko‘raylik...
Soatlab kurashgan va juda charchagan Xolidning bu taklifi Musaylamaga g‘ayrat berdi. U bu fursatning qadrini bilar va uni o‘ldirish - zafar qozonish, degan gap edi. To‘g‘ri qaror qabul qilganiga ishonch hosil qilgan holda, u Xolidning qarshisiga chiqdi.

Xolid bin Validning shahdi ancha baland edi va unga:
- Ey, Musaylama, endi qilgan ishlaring uchun tavba qil. Islom diniga kir. Ikki taraf bir-birini qirib tashlashiga sababchi bo‘lma! Aks holda dunyo va oxiratda parishon bo‘lasan. Bu ham sen uchun qadrli bo‘lgan so‘nggi fursatdir, — dedi.
Ammo Musaylama bu taklifni rad etdi. Shunda Xolid bin Valid:
- Demak, yigitchasiga kurashamiz, — dedi va jang boshladi.

Hujumlar boshlangan, avjiga chiqqan bir paytda soxta payg‘ambar orqasiga qarab qocha boshladi. Arablar urushdan qochganni aslo xushlamas, yoqtirmas edilar. Ammo, Musaylama hozir qochish payg‘ambarning obro‘siga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan ish ekanligini tushunadigan holatda emasdi. Amriga itoat etgan va uning payg‘ambar ekanligiga ishongan qirq ming kishi qanday ahvolda qolishi uni qiziqtirmasdi. Birgina niyati jonini qutqarish va o‘zini saqlab qolishga intilish edi.

Musaylamaning qochayotganini ko‘rgan hazrat Sayfulloh o‘z qo‘shiniga umumiy hujum amrini berdi va ostida shamoldek uchayotgan ot bilan qirq ming kishilik qo‘shinga tashlandi. Juda shiddatli bir jang boshlandi. Bu safar Musaylama qo‘shinlari chekina boshladi. Nihoyat, baland devorlar bilan o‘ralgan bir boqqa kirdilar va eshik yopildi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:00:41
Baro bin Molik oldinga chiqdi. Do‘stlaridan iltimos qildi, uni devordan oshirdilar. Yugurib borib eshikni ochdi. Mo‘minlar kirdilar. Yana shiddatli jang boshlandi. Qora tanli bir qul maydonda olisharkan ko‘zlari sevinch bilan porladi. Ovini qo‘lga tushirgan ovchining ko‘zlari ham xuddi shunday porlaydi. Hech ikkilanmay qo‘lidagi nayzani Musaylamaga uloqtirdi. Ikki soniyadan so‘ng nayza nishonga sanchildi va ayni shu damda Abu Dujona ham unga qilich soldi va Musaylama gurs etib yerga quladi. Bir necha marta tipirchiladi. Ammo, bu tipirchilashlar uni o‘limning qo‘llariga topshirishdan boshqa narsaga yaramadi.

Shunday qilib, u hayotining so‘nggi yilida ro‘y bergan mojaroni o‘zi istamagan bir tarzda tamomladi. Abadiy azob davom etadigan olamga ilk qadamini qo‘yarkan, yoqasidan tutgan farishtalar uni payg‘ambar sifatida emas, mal’un sifatida olib ketishardi. Hatto, o‘zi ham ishonmagan payg‘ambarlik da’vosi bilan qancha insonlarning zalolat yo‘lida halok bo‘lishlariga sabab bo‘ldi. Bunga qo‘shimcha ravishda Alloh nomidan yolg‘on gapirgani uchun uni jazo kutardi.

O’liklar orasidan joy olganlardan yana biri Musaylamaga «Ishonamanki, sen yolg‘onchisan. Muhammad esa haqiqiy payg‘ambardir. Ammo Robiyaning yolg‘onchisi Mudorning to‘g‘risidan ko‘ra yaxshiroqdir», degan Talha an-Namri edi. Bularni so‘zlayotganda, kim biladi, qanday hislar bilan ochilib yopilgan lablar endi harakatsiz edi. Bu lablar yana bir ochilsa, ming marta pushaymon bo‘lganligini ont icha-icha anglatar, abadiy falokat jarliklariga qulashning azobini aytib qichqirardi. Biroq endi vaqt o‘tgan, g‘isht qolipdan qo‘chgan edi.

Nayza otgan Vahshiy maqsadiga yetgandi. Hazrat Hamzani o‘ldirganidan buyon ichini tutayotgan aybdorlik tuyg‘usi ko‘tarilgandek bo‘ldi. Uhudda hazrat Hamzani shahid qilib, katta jinoyat sodir qilgan va Rasululloh (s.a.v.)ni qattiq qayg‘uga solgan Vahshiy bu daf’a Musaylamani nayza sanchib o‘ldirdi va urush tugaganini e’lon qildi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:01:46
Demak, qo‘rquvning ajalga foydasi yo‘q. Xolid bin Validning keskir qilichidan qochish Musaylama uchun najot bermadi. U Vahshiyning nayzasi va Abu Dujamaning zarbasidan halok bo‘ldi. Uning vujudiga nayzaning sanchilganini derazasidan ko‘rgan bir xotin «Voh, nur yuzli inson! Uni bir zanji (habash) o‘ldirdi» deb hayqirib yubordi.

Musaylamaning o‘ldirilganligi baland ovozda har tarafda e’lon qilinarkan, endi urushdan foyda yo‘qligini tushunganlar qochib qutulishga harakat qilishardi. Musaylama ortidan insoniyatga foyda keltiradigan muqaddas birorta g‘oya qoldirmagan edi.

Haqiqiy g‘alaba qozonilgandi. Qarshi tarafning qurbon berib chekinganligi, maydonda olti yuztacha mo‘minning jon bergani rivoyat qilinadi. Bularning orasida Rasululloh (s.a.v.) bilan kecha-kunduz birga bo‘lgan, necha martalab ularning amrlari bilan janglarda qatnashgan sahoba bor edi. Bulardan tashqari, Qur’onni boshdan oyoq yod olgan yetmishta hofiz ham shahidlik sharobini ichishgan edi. Ansorning bayroqdori bo‘lgan Sobit bin Qays bir qilich zarbi bilan oyoqlaridan ajraldi. Jon achchig‘ida oyoqlarisiz yana bir bor hujum qilgan va yerga yiqilib jon taslim qilgandi. O’lganlarning uch yuz oltmishtasi Ansor va Muhojirlardan bo‘lgani uchun Sayyidul Anbiyo (s.a.v.)ning sharafli sahobaloridan edi.

Madinaliklar g‘alaba mujdasini yuzlarcha odamning shahid bo‘lganligi haqidagi xabar bilan birgalikda qarshi olishdi. Haqiqatan ham buyuk bir zafar qozonilgandi. Ammo yana bir haqiqat ham bor edi. Yuzlarcha uy motamga chulg‘angan, qancha xotinlar tul qolgan, bolalarning ismlariga «etim» sifati ham qo‘shilgan edi.

Hazrat Umar (r.a.) ukasi Zaydning shahid bo‘lganini eshitgach, yum-yum yig‘ladi va o‘g‘li Abdullohni qarshisiga chorlab, shunday dedi:
- Zayd o‘ldi, ammo sen sog‘san. Qanday qilib yuzimga qarashingni va qaysi yuz bilan qarshimga chiqishingni o‘ylab ko‘rmadingmi? — deya baqirishdan o‘zini tiyolmadi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:03:52
Abdulloh o‘zini oqlash uchun: «U Allohdan shahidlik istadi va unga shahidlik berildi. Men ham shahid bo‘lish uchun g‘ayrat qildim, ammo nasib etmadi» deyishdan boshqa chora topolmadi.
Musaylama avvaldan Rasululloh (s.a.v.)ning ahvollarini quzatgandi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga tushirilgan Qur’onga o‘xshash ifodalar topish uchun juda charchagan, muvaffaqiyat qozonolmagan, safsataga aylangan tizimlar holida «Bu mening Qur’onim» deb xalqiga taqdim etgandi.

Musaylama Faxri Koinot (s.a.v.)ning bir necha mo‘‘jizalaridan xabardor bo‘lgandi. Masalan, barmoqlarining orasidan suvlar otilib chiqqanini, bir quduqqa muborak tupuklari bilan xo‘llab bergan o‘qning sanchilishi bilan suvning qaynab chiqqanligini eshitgandi. O’zi ham shu usulni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi.

- Qaranglar shu quduqqa tuflayman, suvlari ko‘piradi, — dedi.
Musaylama haqiqatan ham suvga tupurdi, ammo quduqdagi bor suv ham chekindi. Boshqa bir quduqqa tupurishi quduq suvining achchiqlashuviga sabab bo‘ldi. Qo‘lini yuvgan suvni bir xurmo daraxtining ostiga quygan edi, daraxt qurib qoldi. Ikki bolaning boshini silagan edi, biri duduq bo‘lib qoldi. Ko‘z og‘rig‘idan shikoyat qilib kelgan odamning ko‘zini qo‘li bilan siladi, biroq u odam ko‘r bo‘lib qoldi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:06:41
BAHRAYN

Rasululloh (s.a.v.)ning o‘limi xabarini yaxshi qarshilamagan qabilalar ham bor ediki, unga misol qilib Bahrayn xalqini keltirish mumkin. Ular e’tiroz bildirishib, haqiqiy payg‘ambar bo‘lsa, o‘lmas edi, dedilar. Ammo bunga javoban Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni ko‘rgan va chin dildan ishongan Jorud bin Muallo:
- Sizlar avval yashagan payg‘ambarlarni bilasizmi! — dedi.
- Bilamiz, javob berishdi Bahrayn xalqi.
- Juda soz, ular nima bo‘ldilar?
- O’ldilar.
- Muhammad (s.a.v.) ham ularning biridir. Uning ham hayot muddati bitgach, Allohga yetishgan. Men uning haqiqiy payg‘ambar ekanligiga ishonaman. Sizlarni shayton chalg‘itmoqda. Dunyo hayoti aldamoqda. Alloh taolo: «Ey, insonlar, albatta, Allohning va’dasi haqdir. Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘ymasin! Yana sizlarni aldamchi (shayton) aldab qo‘ymasin!» (Fotir surasi, 5-oyat) deya marhamat qilgan.

Jorudning jiddiy va ma’noli gaplari natijasida, zalolat botqog‘iga botmoqchi bo‘lib turgan Bahraynliklar yana hidoyat yo‘liga qaytdilar. Shu bilan birga Bahraynda kufr hayotini afzal ko‘ruvchi bir necha qabilalar ham bor edi. Ularga qarshi hazrat Abu Bakr (r.a.) tomonidan jo‘natilgan A’lo bin al-Xadrami kurashdi va zafar qozondi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:08:45
* * *
Islom dinidan qaytganlarga va zakot berishni xohlamaganlarga karshi olib borilgan kurash har tarafda muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Bundan keyin qo‘zg‘olonlar bo‘lmas, islomning birligi buzilmas edi. Zakot berishni istamaydiganlar ham bo‘lmasdi. Shu bilan birga bu muvaffaqiyat yuzlarcha sahobaning hayoti evaziga qo‘lga kiritilgandi. Ular shubhasiz Allohdan bebaho mukofotlar oladilar, tom ma’noda mamnun etiladilar. Ammo ortlarida bitmas yaralar, yuzlari qayg‘uli tul va yetimlar qolgandi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning bukilmas irodasi va uning ortida bir-biriga tirgak bo‘lgan va din uchun hayotlarini tikib kurashgan insonlar bo‘lmaganida islom dini Rasululloh (s.a.v.)ning vafotlari bilan birga tarihda qolib ketardi. Yoki har kimning istagancha o‘zgartirishi bilan tanib bo‘lmas holga kelardi.

Alloh bu janglarda qatnashib jonlarini fido qilganlarni ham, ortda qolib Islom dinini kelajak avlodlarga yetkazganlarni ham marhamatiga sazovor kilsin.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:09:59
IKKINCHI AYRILIQ

Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafotlaridan besh oy muddat o‘ggach, hazrat Fotima (r.a.) bir o‘g‘il ko‘rdilar. Unga Muhsin ismi berildi, ammo bu bola uzoq yashamadi. Bu voqea hazrat Fotima (r.a.)ni qayg‘uga soldi. Ushbu voqeadan larzaga tushgan ona kunlab dam olishiga qaramay, yotoqdan turolmadi. Sha’bon oyi so‘ngida umri poyoniga yetib borayotganini his qildi. Zotan, bu oiladan otasiga birinchi bo‘lib o‘zining yetishishini bilayotgan edi. Buni shaxsan o‘zi Rasululloh (s.a.v.)dan eshitgandi. Ammo qay vaqt, qaysi kuni, qaysi soatda vafot etishini bilmasdi. Hazrat Fotima (r.a) o‘limdan qo‘rqmasdi.

O’limdan keyingi oxirat olamida jannat ayollarining eng yuqorisidan joy olar, ularning ko‘ngil sultoni bo‘lib, bitmas tuganmas ne’matlar va hurmat bilan qarshi olinardi. Otasiga vafo qilmagan va rohat nimaligini bilmay yashagani bu dunyo o‘ziga ham vafo qilmasligini yaxshi bilardi. Sevikli onasi kabi o‘zi ham yoshlikka to‘ymasdan, ortda qoldirayotgan bolalarini to‘yib-to‘yib erkalamasdan, ularni onasiz qoldirib ketmoqda edi. Aynan shu narsa, ya’ni yetim qoladigan bolalarining ahvoli uni o‘ksitardi.

Umri otasi keltirgan dinning amal va axloqi bilan bezangan edi. Ko‘nglini Qur’on ko‘rsatgan maqsadlarga yo‘naltirgan edi. Ramazon oyining uchinchi kuni oqshom payti shahodat kalimasini yana bir daf’a takrorlagan lablar qayta ochilmaslik uchun harakatsiz qoldi. Muborak ruhi malaklar hamrohligida Alloh huzuriga yetkazildi.

Jannat yigitlarining eng yaxshisi bo‘lishlari Rasululloh (s.a.v.) tomonlaridan bashorat qilingan hazrat Hasan va Husan qadrli onajonlarining ortidan ko‘z yoshi to‘karkan, hazrat Ali (r.a.) Asmo binti Umaysga xabar jo‘natdilar. Birgalikda hazrat Fotima (r.a.)ni yuvdilar va kafanladilar. Birozdan so‘ng, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning sevikli qizlari Baqi’ qabristoni tomon olib ketildi.

Bugungi holatiga ko‘ra, qabriston eshigining qarshisida joylashgan onalarining qabrining chap tarafiga, ammo ulardan yigirma besh metr uzoqliqda kazilgan kabrga dafn etilgan.
Qabristonning eshigi ochiq bo‘lgan paytlarda hazrat Fotima (r.a.)ning qabri boshida bir guruh ziyoratchilarni ko‘rish mumkin. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ayollari va ularning yonidan joy olgan qizlari Zaynab, Ruqayya va Ummu Gulsum esa juda oz kishilar tomonidan ziyorat qilinadi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:10:50
Hazrat Fotima (r.a.)ning qadri, fazilatlari inkor etilmaydi. Fakat Rasululloh (s.a.v.)ning boshqa qizlariga nechun bu darajada parvosizlik bilan qaraladi va hatto unutilgan? Oralarida haqiqatan ham shu darajada fazilat farqlari mavjudmi? Bu savolga javob faqat oxiratda olinadi.
Hazrat Ali (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) omonatlarini qabrga qo‘ygach, ko‘z yoshlar ichida u yerdan chiqdilar. Atrof qorong‘u edi. Tong otishini soatlab kutish kerak edi.
Xalifalar hazrat Abu Bakr (r.a.) va hazrat Umar (r.a.)ning bu yo‘qotishdan hamon xabarlari yo‘q edi.

Ammo bexabar bo‘lishlari kerakmidi? Islomni birinchilardan bo‘lib kabul kilgan sharafli naslning eng buyuk siymolaridan bo‘lgan hazrat Abu Bakr (r.a.) va Fotima (r.a.) orasida olti oy davom etgan xafagarchilik mo‘minlarni quvontiradigan holat emas edi.
Bu mash’um xabar madinaliklarni yana bir marta qayg‘uga soldi. Ko‘zlar «Eh, Fotima» deb qovrilgan ko‘ngillarga qo‘shilib, yum-yum yosh to‘kdi. Bu ko‘z yoshlar samimiy edi. Biroq ketganni qaytarish imkoni yo‘q, albatta.

Sayyidul Anbiyo (s.a.v.)ning jigarporalari tuproqqa qo‘yilgan paytda payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafotlariga olti oy bo‘lgan edi. Ortda qolgan to‘rt farzanddan eng kattasi bo‘lgan Hasan endigina yetti yoshda edi. Sevikli ona esa yigirma yetti yosh edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:11:38
* * *
Hazrat Fotima (r.a.)ning vafoti bilan birga xalqning hazrat Ali (r.a.)ga nisbatan munosabatida sezilarli bir o‘zgarish bo‘ldi. Bu holat hazrat Ali (r.a.)ning qasamyod qilmayotgani bilan bog‘liq edi. Xalq Fotima onamizga tiriklik paytlarida ham qiziqib kelardi. Uning o‘limidan so‘ng endi qasamyod mavzusining kun tartibiga chiqishi kerakligini xatti-harakatlari bilan anglatishga urinishayotgandi. Ayni ehtiyojni sezgan va qasamyod qilmaslik o‘ziga ham, musulmonlarga ham yaxshilik bildirmasligini anglagan hazrat Ali (r.a.) faqat Fotima(r.a.)ni xafa qilmaslik uchun kutayotgandi. Endi qasamyod uchun to‘siq bo‘ladigan biror sabab yo‘q.

Shundan so‘ng hazrat Abu Bakr (r.a.)ga xabar jo‘natdi va uni uyiga taklif qildi. Uchrashuv do‘stona davom etdi. Hazrat Ali (r.a.) qasamyod mavzusida kechikkani uchun uzr so‘radi.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) unga javoban lutf qildi va o‘z tuyg‘ularini do‘stona bayon etdi:
- Shoyad bu mavzuda sening xohishing borligini bilsaydim, aslo xalifalikni qabul etmasdim!..
Hazrat Ali (r.a.) bir kundan so‘ng masjidga borib, xalqining huzurida qasamyod qilishini aytdi.

Ertasi kuni asr namozidan keyin Abu Bakr (r.a.) o‘rnidan turdi va hazrat Ali (r.a.)ning fazilatlarini bayon etdi. Qasamyodning bugunga qadar kechikishining sababi shaxsiy muammolar ekanligini ta’kidladi. Keyin esa hazrat Ali (r.a.) keldi va hazrat Abu Bakr (r.a.)ning qo‘lini tutdi, hamda bundan keyin uni xalifa sifatida tan olishini aytdi.

Shundan so‘ng yig‘ilganlarga qarata xitob qildi:
- Shu vaqtgacha Abu Bakrni bu maqomga noloyiq qo‘rganimizdan emas, saylov mavzusida bizning fiqrimiz so‘ralmagani uchun undan ranjib yurgandik. U Sayyidul Anbiyo (s.a.v.)ga g‘orda sheriklik (hamrohlik) qilgan va Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning o‘zlari ham hayotlik paytlarida uni imomlikka loyiq qo‘rgan edilar, — dedi.

Shundan so‘ng hoshimiy qavmidan hazrat Ali (r.a.) qasamyod qilguncha qutish qarorini olganlar kelishdi va munosabat bildirishdi.
Kech qolib erishilgan bo‘lsa-da, natija yaxshi edi. Ko‘pdan beri qo‘ngillarni hijil etib kelayotgan g‘ashlik tarqalgandek bo‘ldi. Bugunga qadar ginali, buzg‘unchilik haqidagi suhbatlardan, odobsiz harakatlardan uzoq yurilishi va xalifalik maqomini buzuvchi amallar qilinmaganligi ham quvonchli hol edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:12:26
Hazrat Ali (r.a.) «Men borman, boshqasi yo‘q» deb iddao qilmas edi. Chunki Rasululloh (s.a.v.)ning so‘nggi kunlarida amakivachchasi hazrat Abbos bilan bo‘lgan bir voqea hadis kitoblaridan joy olgan. Birgalikda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlaridan chiqqach, hazrat Abbos unga qarata shunday degan edi:
- Men Hoshim o‘g‘illari o‘layotganda yuzlarida qo‘rgan ifodamni Rasululloh (s.a.v.)ning yuzlarida ham ko‘rdim. Bir-ikki kun ichida vafot etadilar, deb taxmin qilyapman. Kel, birgalikda huzurlariga kiraylik, musulmonlarni boshqarishni kimga qoldirishlarini bilaylik. Shoyad bizga qoldirsalar. Agar shunday bo‘lsa, hujjatlashtiramiz. Agar bizdan boshqasiga qoldirishni o‘ylasalar, uni bizga qoldirishlari uchun ishontirishga harakat qilamiz, — degan edi.

Hazrat Ali (r.a.) esa:
- Yo‘q, men bu mavzuni Rasululloh (s.a.v.)dan so‘ramayman. Agar xalifalikni bizga qoldirmasalar, insonlar bu ishni bizga aslo topshirmaydilar, — deb qarshilik ko‘rsatganlar.
Hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Xaybar jangida bayroqni turli kimsalarga bergandilar. Holbuki, xastalik paytlarida o‘n yetti vaqt namoz faqat hazrat Abu Bakr (r.a.) tomonidan o‘qittirildi. Rasululloh (s.a.v.) istaganlarida bu vaqt ichida turli odamlarni imomlikka qo‘yar edilar. Hazrat Ali (r.a.) bu yerdagi noziklikni anglamay qolmasdi.

Hazrat Ali (r.a.)ga Payg‘ambarimiz (s.a.v.) taraflaridan xalifalik maxfiy ravishda topshirilganligi, bu haqida bir vasiyat topilganligi haqidagi asossiz rivoyatlarga ishonmaslik kerak. Haqiqatan shunday bir vasiyat bo‘lsa, hazrat Ali (r.a.) bu vasiyatni amalga oshirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilardi. Hech bo‘lmaganda, masjidda barcha mo‘minlarning huzurida izoh bergan bo‘lardi. Holbuki, bu mavzuda hazrat Ali (r.a.)dan bizga biror rivoyat yetib kelmagan. Agar Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday vasiyat qilgan bo‘lsalar-u, hazrat Ali (r.a.) buni umr bo‘yi sir tutgan bo‘lsalar, unda uni xoinlikda ayblash kerak bo‘ladi. Biroq hech bir musulmonning hazrat Ali (r.a.) haqida bunday fikr yuritishi joiz emas. Hayoti davomida Rasululloh (s.a.v.)ga sodiqligini jonini tikib isbotlagan hazrat Ali (r.a.) hech qachon bunday holatga tushib qolishi mumkin emas.

Xullas, hazrat Ali (r.a.)ga xalifalik berilsa «yo‘q» demasdi, ammo u berilmagani uchun islom ummatini rohatsiz etadigan va ularga zarar yetkazadigan harakatlar qiladigan inson emas edi. U bu maqomga haqiqatan ham Abu Bakr (r.a.)ni loyiq ko‘rmoqda edi. Shuningdek, o‘ttiz yildan keyin o‘lim to‘shagida ekan, «O’rningga bir xalifa tayinlamaysanmi?» deganlarga «Rasululloh (s.a.v.) xalifa tayinlamaganlarida men tayinlayinmi?, - deb javob bergan edidar.

Faqat Allohgina insonlar uchun yaxshilik istasa, ularni yaxshi bir insonning atrofida birlashtiradi. Shuningdek, Rasululloh (s.a.v.)dan so‘ng ham insonlarni bu ummatning eng yaxshisi atrofida birlashtirgandi. Agar hazrat Ali (r.a.) bu mavzuda juda havasli, mukkasidan ketgan inson bo‘lganda edi, Abu Sufyon tomonidan kiritilgan taklifni qabul qilar, uning to‘plagan qo‘shini bilan hazrat Abu Bakrga qarshi chiqqan bo‘lardi. Lekin, u imoniga qarshi bormadi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:13:23
QUR’ONI KARIMNING MUSHAF HOLIGA KELISHI

Garchi nihoyatda ko‘p shahid berilgan bo‘lsa-da, Yamoma jangida muvaffaqiyat qozonildi. Shahidlarning yetmishtasi esa Qur’onni boshdan oxirigacha yoddan biladigan insonlar edi. Ertaga ikkinchi bir jangda boshqalarning ham shahid bo‘lmasligiga hech kim kafolat berolmasdi. Bundan tashqari qachon kelishi noma’lum bo‘lgan ajal bu hofizlarni ham bitta-ikkitadan qilib o‘z iskanjasiga olardi. Holbuki, Islom dini faqat Rasululloh (s.a.v.)ning sahobalariga emas, qiyomatga qadar dunyoga keladigan butun insoniyatga jo‘natilgandi. Islomning asosi Qur’oni karimga tayanadi. Bu kitobning kelajak avlodlarga asl holida, to‘kis yetkazilishi esa faqat yozuv orqali amalga oshirilishi mumkin edi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mana shu o‘ylar bilan uni faqat yodlabgina qolmasdan, nozil bo‘lgan har bir oyatni yozdirgan va alohida yozilganlarni o‘qitib, tekshirganlar.

Bularni bir-bir xayolidan o‘tkazgan hazrat Umar (r.a.) hazrat Abu Bakr (r.a.)ning yoniga bordi va masalani tushuntirdi. Vaqtni o‘tkazmasdan Qur’onni yaxlit bir kitob holiga keltirish kerakligini taklif etdi.
- Ammo biz Rasululloh (s.a.v.) qilmagan ishlarini qanday qila olamiz?, - ikkilandi hazrat Abu Bakr (r.a.).

Shu o‘rinda o‘z fikrimizni bildirishdan chetda qololmaymiz. Agar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning shu ikkala yaqinlari bu xulosaga kelishmaganda edi, Qur’on oyatlari bugun qo‘limizda bo‘lganidek shaklda va tizimda kelmagan bo‘lardi. Masalan, Hiro tog‘ida ilk bora tushirilgan besh oyat Qur’onning bugungi tizimida 96-o‘rinda keladigan «Alaq» surasining ilk besh oyatidir. Bundan keyin ba’zan bugun bir sura, ba’zan esa bir suraning bir necha oyatlari tushirilgan. Bir suraga oid bo‘lgan oyatlar tamom bo‘lmasdan turib, boshqa bir suraga oid bo‘lgan oyatlar ham kelgan. Kelgan har bir oyatni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) izohlaganlar va qaysi suraning qaysi oyatidan keyin yozilishi kerakligini aytganlar va kotiblar tomonidan shunday qayd etilgan.

Vahiyning qaysi paytda kelishi, Qur’onning qachon tamom bo‘lishi, hajmining qancha bo‘lishi kabi narsalar Rasululloh (s.a.v.) uchun noma’lum edi.
Vahiy kelishiga ko‘zlari intiq bo‘lib kutgan paytlarida kunlab, hatto haftalab vahiy kelmasligi mumkin edi. Ba’zan hech kutilmaganda vahiy kelardi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:15:19
«Nasr» surasi Qur’onning oxiridan beshinchi surasidir. Ammo undan keyin joylashgan «Masad» surasi payg‘ambarlikning ilk yillarida Makkada ekanliklarida nozil qilingan. Oyatlarning tartibi Rasululloh (s.a.v.) taraflaridan amalga oshirilganidek, suralarning tartibi ham ularga tegishlidir. Xususan, oyatlar tartibga solinmasa, olti mingdan ortiq Qur’on oyatlarini yod olish va hammasini o‘qish imkonsiz bo‘lar edi. Masalan, ellik oyatdan iborat bo‘lgan bir suraning oyatlari ma’lum bir tizimga solinmagan bo‘lsa, inson bu ellik oyatning hammasini oson o‘qiy olmaydi. Hech bir ishni tasodifga qoldirmagan Alloh taolo Qur’onni ham albatta tartibsiz va qorishiq holda qoldirmas edi.

Rasululloh (s.a.v.)dan «Baqara surasining so‘nggi ikki oyati... Hashr surasining so‘nggi uch oyati» kabi ifodalar naql qilinadi. Agar oyatlarda tartib bo‘lmasa so‘nggi uch oyatning qaysi oyatlar ekanligi qaerdan bilinardi?

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Vado hajini ado qilgan kunlarida Arofatda ekanliklarida, «... Ana, endi bugun, diningizni kamoliga yetkazdim, ne’matimni tamomila berdim va sizlar uchun Islomni din bo‘lishiga rozi bo‘ldim.» ma’nosidagi oyat nozil qilingan. Bu oyat Qur’onning 5-surasi bo‘lgan «Moida»ning 3-oyatidir. Bu oyat nozil qilingandan so‘ng Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sakson bir kun yashaganlar. Bu oyatda dinning kamolotga yetkazdirilganligi haqidagi fikrlarga tayanib, eng so‘nggi vahiy ekanligi ilgari surilsa ham, Baqara surasidagi 281-oyat «(Barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan (qiyomatdan) qo‘rqingiz! So‘ngra har bir jon (egasi)ga qilgan amallariga yarasha narsa (mukofot yoki jazo) berilur va ularga zulm qilinmas.», -degan eng so‘ng nozil qilingan oyatdir. Bu oyat tushirilgandan so‘ng, Payg‘ambarimiz atigi to‘qqiz kun yashaganlar. Zotan, umrlarining so‘nggi kunlarini yotoqda o‘tkazgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning shu to‘qqiz kun ichida keltirishlari mumkin emas edi. Qolaversa, vahiy so‘ngiga yetganligi, Qur’onning tamom bo‘lganligi to‘g‘risida Rasululloh (s.a.v.)dan biror izoh keltirilmagan.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:16:16
Teri, kurak suyaklari, katga toshlar va daraxt po‘stloqlari kabi ashyolarga yozilgan, ammo to‘plam holiga keltirilmagan Qur’onni kitob holiga keltirish kerak edi. Bu vazifa qilinishi lozim bo‘lgan, tark etilishi mutlaqo joiz bo‘lmagan vazifa sifatida qaralmoqda edi. Agar shunday qilinmasa, Qur’onning muhofazasi tahlika ostida qolardi.

Hazrat Umar (r.a.)ning qarori qat’iy edi. Masalani atroflicha tushuntirgach so‘zini shunday yakunladi:
- Yaxshilab o‘ylab ko‘r, Abu Bakr. Bu juda xayrli ish. Agar biz Qur’onni kitob holiga keltirmasak, u qanday muhofaza etiladi?

Hazrati Umar (r.a.) yerdan ko‘kka qadar haq edi.
Asrlar o‘tgach dunyoga keladigan insonlar bu kitobga qanday ega bo‘lardilar? Qur’on oyatlarining tarqoq holda bo‘lishi faqat xavf tug‘dirardi. Yod olish ham qiyin bo‘lardi.
Uning saqlanishi qiyinlashar, hatto imkonsiz bo‘lardi. Holbuki, kitob holiga keltirilishining bir qancha foydalari bo‘lardi, hech qanday zarari bo‘lmasdi.

Hazrat Umar (r.a.) shu kuni masalani anglagach, qaytdi. Bir necha kundan so‘ng kelgan paytda Abu Bakr (r.a.)ning ham o‘zi kabi o‘ylayotgan holatda ko‘rdi. Buni Alloh taolo uning ko‘ngliga solgani ma’lum edi. Endi bu vazifani kim bajarishini tayinlash kerak edi. Har ikkisining ham darhol xayoliga kelgan kishi - Rasululloh (s.a.v.)ga kotiblik kilgan Zayd bin Sobit edi. Xabar jo‘natdilar. U yetib keldi.
- Seni muhim bir ish yuzasidan chaqirdik, ey, Zayd. Bilasanki, payg‘ambarimiz (s.a.v.) hayotlik paytlarida vahiy kelishi davom etdi. Shuning uchun Qur’onni kitob holiga keltirishga imkon topolmadilar. Yana bilasanki, Yamoma jangida Qur’onni yod olgan bir necha insonlar shahid ketdi. Shunday davom etaversa, Qur’onning zoe ketishi mumkinligidan qo‘rqamiz. Uni Rasululloh(s.a.v.)dan olganimizdek holda, kelgusi avlodlarga yetkazish uchun bir kitob holiga keltirishimiz kerak.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:17:11
Shundan so‘ng hazrat Abu Bakr (r.a.), hazrat Umar (r.a.) unga bu mavzuda murojaat qilganligini, o‘zining esa unga bergan javobini aytdi. Ammo Zayd ularning gapiga e’tirozini bildirdi:
- Sizlar Rasululloh (s.a.v.) qilmagan ishni qilmoqchimisizlar?
Ikki buyuk inson Zaydni bu ishga rozi qilish uchun ancha urindilar. O’ylash uchun muhlat berdilar. Bir necha kundan so‘ng Zayd fikrining o‘zgarganini va bu qilinishi lozim bo‘lgan vazifa ekanligini anglab yetganligini aytish uchun keldi.

Shundan so‘ng birgalikda qilinadigan ishlarni rejalashtirdilar. Bunga ko‘ra, to‘planajak Qur’on oyatlari ham yod olingan bo‘lishi, ham shaxsan Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlarida yozilgan bo‘lishi kerak edi. Shu bilan birga oyatlarning Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida yozilganligini tasdiklovchi ikki guvoh ham bo‘lishi shart edi. Boshqa odamning qo‘lidagi nusxadan ko‘chirilganlar hisobga olinmas edi.

Zayd, hazrat Abu Bakr (r.a.)ning huzuridan yelkasiga og‘ir yuk ortilganday bo‘lib chiqdi. Keyinchalik xotiralarini anglatarkan, «katta bir tog‘ni turgan joyidan boshqa joyga olib qo‘y, deyilsa menga bu ishdan ko‘ra yengilroq bo‘lib tuyulardi», dedi.

Zayd bu so‘zlari bilan zimmasiga olgan vazifaning qanchalik og‘ir, murakkab va mas’uliyatli ekanligini aytgan. O’zi Qur’onni butunlay yod olgan edi. Ashob orasida Qur’onni boshidan oxirigacha yod olgan juda ko‘p erkak va ayollar bor edi. Bu kishilar bir joyga to‘planishar, Zayd yozar, boshqalar tekshirishar va natijada Qur’on oyatlari to‘plam holiga kelardi. Faqat ehtiyotkorlik bilan harakat qilish, kichik bo‘lsa-da, xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun qiyin yo‘l tanlangan va oyatlarning Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida yozilgan nusxalardan yod olinganligini tasdiqlovchi guvoxlar bo‘lishi shart qilib qo‘yilgan edi. Chunki boshqa odamning qo‘lidagi nusxadan ko‘chirilgan nusxalarda xatolar bo‘lishi mumkin edi. Holbuki, Rasululloh (s.a.v.) kelgan vahiyni yozdirganlaridan so‘ng o‘qitib, nazorat qilar va xatosizligini ta’minlar edilar. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning huzurlarida yozilganligiga guvohlik beruvchi ikki kishi bo‘lishi kerak edi. Bu esa haqiqatan ham qiyin ish edi.

Bu ish uchun masjiddan joy ajratildi. Hazrat Umar (r.a.) «Kimning yonida Rasululloh (s.a.v.) yozdirgan Qur’on oyati bo‘lsa keltirsin!» deb e’lon qildi. Shundan so‘ng, yassi toshlarga, xurmo barglariga, suyaklar, terilar va qog‘ozlarga yozilgan oyatlar keltirila boshlandi. "Fotiha" surasidan boshlab Qur’on oyatlarini qayd eta boshladilar. Oyatlar keltirilar va Zaydga berilardi. Keltirgan odamga: "Bu oyatlarni Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlarida yozdingmi?" - degan savol berilar va u «ha» deb tasdiqlasa hamda uning so‘zini ikki guvoh oldida isbotlasa, shundan keyingina oyatlar yozilardi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:18:34
Yozish ishi shunday boshlandi. Kuchli g‘ayrat bilan ishga kirishildi. Ahvol quvonarli darajada davom etmoqda edi. "Tavba" surasining so‘nggi ikki oyatiga kelgan payti ahvol o‘zgardi. Shartlarga rioya qilgan holda oyatlarni keltiradigan odam yo‘q edi. Faqat Huzayma bin Sobitgina kelgandi.

- Sen bu oyatlarni Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida yozdingmi?
- Albatta.
- Guvohing bormi?
- Shu paytda yo‘q. Yolg‘iz guvoh Alloh taolodir.
- U holda kutamiz, ey, Huzayma.

Bu ikki oyatni Rasululloh (s.a.v.)dan yozib olgan faqat Huzaymagina bo‘lmasligi kerak edi. Juda ko‘p inson yodtsan bilgan, Rasululloh (s.a.v.)dan namozda va namozdan tashqarida eshitgan bu oyatlarni kimlardir yozib olgan bo‘lishi kerak edi. Afsuski, bu odamlar hozir hayot emas edi. Jangu jadallar, ayniqsa Musaylamaga qarshi bo‘lgan Yamoma muhorabasi tufayli bu insonlar mozorga qo‘yildi.

Bir payt Huzaymaning ko‘zlari porladi va o‘sha yerdagilarga qarata shunday dedi:
- Rasululloh (s.a.v.) mening guvohligimni ikki kishining guvohligi o‘rnida ko‘rganlar.
- Qanday qilib, ey, Huzayma?
-Bir kuni bozorda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni ko‘rib qoldim. U (s.a.v.) kishi bir ot sotib olgandilar. Otning pulini keltirish uchun ketganlarida sotuvchi otni boshqa birovga sotdi. Rasululloh (s.a.v.) kelganlarida esa «Men senga ot sotmadim» deb tondi. Bu esa Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni yolgonchiliqda ayblashdek gap edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) atrofga qarab «Bu otni sotib olganimga guvohlik beradigan yo‘qmi?» degandilar. «Men borman ey, Allohning rasuli», dedim.

- Sen meni bu otni xarid qilayotganimda ko‘rdingmi?
- Yo‘q, ko‘rmadim, - javob qildim men.
- U holda nimaga tayanib shohidlik berayapsan?
- Ey, Allohning rasuli, men sening Allohdan keltirgan har bir so‘zing to‘g‘ri ekanligiga ishongan va guvohlik bergan bir insonman. Jabroilni ko‘rmadim, uni Allohdan vahiy olayotganini qo‘rmadim. Bular haqida bizga siz xabar bergansiz. Alloh nomidan bu oyatlarni yetkazishda yolg‘on so‘zlamagan, bir ot uchun yolg‘on so‘zlarmidingiz? — dedim.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:19:48
Bu so‘zlarim Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni mamnun qildi. Guvohligim ikki kishining guvohligi o‘rnida o‘tishini aytdilar.
- Yaxshi bu aytganlaringni tasdiqlovchi guvohing bormi?
- Albatta, Muhammad bin Maslama yonimda edi. Muhammad bin Maslama topib kelindi. U voqea haqiqatan ham shunday bo‘lganligiga guvohlik berdi. Shundan so‘ng Zayd bin Sobit qo‘liga qalam oldi va «Tavba» surasining so‘nggi ikki oyatini yoza boshladi.

Huzaymaning bu chiroyli xotirasi barchani quvontirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) go‘yo bugun duch kelinadigan holat uchun tadbir ko‘rgan va buning uchun Huzaymani tayyorlagandek edilar. Bu ot yoqimli ovoz bilan kishnagani uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) unga Mujazzar deb nom qo‘yishni ma’qul qo‘rgan edilar.

Yozish ishi qachongacha davom etdi, necha hafta yoki qancha oy davom etdi? Bu to‘g‘rida aniq ma’lumotga ega emasmiz. Ma’lum bo‘lgani shuki, avvaldan belgilangan shartlarga mos tushmaydigan hech qanday ish qilinmadi, hech bir oyat faqat yodlanganlarga tayangan holda yozilmadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan yozib olingan hech bir sura yoki oyat chetda qolib ketmadi. Rasululloh (s.a.v.) Qur’on oyati deb o‘qib bergan hamma gaplari bu kitobga kiritildi. Biror so‘z ortiqcha ishlatilmadi yoki biror so‘z tushirib qoldirilmadi. Kitob holiga keltirilgan Qur’on haqida minglab sahobalar orasida e’tiroz bo‘lmadi. Allohning rasuliga Jabroil (a.s.) orqali yetkazilgan bu kitob sahobalar tomonidan kelgusi nasllarga asl holida yetkazish uchun tartiblangan edi. Bu kitobga «Mushaf» deb nom berildi.

Alloh taolo: «Albatta, bu zikrni (ya’ni, Qur’onni) Biz O’zimiz nozil qildik va uni O’zimiz asraguvchimiz!» deya marhamat qilgan (Hijr surasi, 9-oyat).
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:20:36
Insoniyat umrining oxiriga qadar Qur’on Rasululloh (s.a.v.)ga nozil qilingan kundagi kabi sofligicha qoladi. Bu muhofaza ishida Alloh rizosi uchun qatnashgan, bu qadrli kitob uchun xizmat qilishni o‘zlariga sharaf deb biluvchi insonlar doimo topilardi. Boshida hazrat Umar (r.a.), hazrat Abu Bakr (r.a.), Zayd bin Sobit kabi bo‘lish uchun muqaddas kitobning to‘plam holiga kelishida fidoiylik bilan mehnat qilgan sahobalar bu insonlarning eng old saflaridan joy olganlar. Islom olami bu sharafli insonlardan abadiy minnatdordir.

Zayd bin Sobit hayotidan mamnun edi. Avvallari bir tog‘ni tashishdan ham og‘ir tuyulgan, ammo sharafi ham shunchalik buyuk bo‘lgan bu vazifa ko‘ngillarga huzur bag‘ishlaydigan darajada tugallangan edi. Alloh taolo bunday sharafni unga ravo ko‘rgandi. Avvallari «Rasululloh (s.a.v.) qilmagan ishni qilmoqchimisizlar?» deya ajablangan ishining hozir qanchalik zaruriy ekanligini yanada yaxshiroq anglardi.

Mazkur voqea bizga bir haqiqatni anglatmoqda: avvaldan qandaydir sabab yoki chorasizlik tufayli chala qolgan ishlar topiladi. Keyin kelgan avlodning vazifasi bu ishni oxiriga yetkazish, qanday bo‘lsa shundayligicha qoldirmaslikdir. Agar Qur’onni kitob holiga keltirish «Rasululloh (s.a.v.) qilmagan ishdir» deb, qanday bo‘lsa shundayligicha qoldirilganda, bugun holimiz nima kechardi? Bu haqda o‘z fikrimizni bildirishga ojizmiz.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:22:07
XALIFANING O’G’LI

Rasululloh (s.a.v.)ning vafotlariga sakkiz oy to‘lgan, Shavvol oyi edi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) peshonasini terlatuvchi bir xabar oldi. O’g‘li Abdullohning yarasi qayta teshilgan, bu safar vaziyat o‘ta jiddiy edi.

Abdulloh Toif qurshovida otilgan bir o‘qdan yaralangan va safdan chiqqan edi. O’sha qundan beri vaqti-vaqti bilan bezovta qiladigan yara endi yaxshilana boshlagan va yuzlariga qulgu yugurgan edi. Ammo endi bu sevinch yo‘qoddi. Shuningdek, bir ikki qundan so‘ng o‘rtoqlari Abu Bakr (r.a.)ni «Inna lillahi va inna ilayhi rojiun» deyayotgan holda qo‘rishdi.

Bu «... Albatta, biz Allohning mulkimiz va albatta, biz Uning sari qaytuvchilarmiz.» degani edi. (Baqara surasi, 156-oyat)

U bu oyatni o‘g‘lidan mash’um xabar kelgan paytda o‘qiyotgan edi.
Abdulloh yuvilib kafanlandi. Shaxsan Abu Bakr (r.a.) o‘qitgan namozdan so‘ng Baqi’ qabristoniga dafn etildi. Ortidan yig‘laganlar orasida mo‘minlarning onasi hazrat Oisha (r.a.) va opasi Asmo ham bor edi. Abdulloh Asmo bilan bir onadan tug‘ilgan opa-uka edilar.

O’lim og‘ir musibat. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning ko‘zidan oqqan yosh shu musibat tufayli edi. Ammo o‘g‘lining Alloh yo‘lida va Payg‘ambar (s.a.v.)ning amri bilan kurashayotgan paytda olgan yara tufayli hayotdan ko‘z yumganligi unga tasalli berardi.

Hijrat kunlarida Rasululloh (s.a.v.) bilan birgaliqda Savr g‘orida ekan, yegulik keltirgan, Makkadagi voqealarni anglatgan inson - shu yigit edi. U Rasululloh (s.a.v.)ga hijrat safarida yordamchi bo‘lgandi. Bu daf’a u oxirat safariga chiqqan edi. Hech shubhasiz, o‘zining hayotini tahlikaga qo‘yib, sevikli payg‘ambariga ko‘mak bergani uchun Alloh unga marhamat ko‘rsatadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uning qo‘lidan tutib unga shafoatchi bo‘ladilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:23:06
Abdullohni dafn qilish uchun Baqi’ qabristoniga yig‘ilganlar bir haqiqatni qo‘zlari bilan qo‘rmoqda edilar. Hech kim «Abdulloh shahzodalarga xos tantana bilan tuproqqa qo‘yilyapti», degan fikrni xayoliga ham keltirmasdi. Har qaysi musulmonga qanday marosim qilinsa, Abdullohga ham shunday qilinayotgan edi. Hech kim «nega Abdulloh uchun maxsus dafn marosimi o‘tkazilmayapti?» degan o‘yni o‘ilamasdi ham. Demak, xalifalik u kunning boshqaruvchisi va boshqarilayotganlar tarafidan bir saltanat sifatida emas, xizmat maqomi sifatida qadrlanardi. Demak, xalifalik hazrat Abu Bakr (r.a.)ga hech qanday alohida manfaat keltirmagandi. U har jihatdan kechagi tanilgan va hamma bilgan Abu Bakr (r.a.) edi.

U xalifa bo‘lmasdan avval Alloh roziligi uchun qo‘shnilarining echkilarini, tuyalarini sog‘ardi. Xalifa bo‘lgandan so‘ng ham olti oy shu mahallada yashagan va ayni ishni davom ettirgandi. Ba’zan sutni sog‘ib bo‘lgach, qo‘shnisidan «qaymoq qilayinmi yoki sutligicha qolsinmi?» deb so‘rardi. Qo‘shni ayol istagini aytar, keyin esa qo‘llarini duoga ochib «Allohim, Abu Bakr qulingdan rozi bo‘l!» deb duo qilardi.

- Boshing omon bo‘lsin, ey, Abu Bakr. Alloh o‘g‘lingni o‘z rahmatiga olsin, — deb duo qilishdi odamlar.
Keyin esa Abdulloh qabristonda savol-javob qiluvchi farishtalar bilan yolg‘iz qoldirildi. Shunday qilib, hazrat Abu Bakr (r.a.) to‘ng‘ich o‘g‘li bilan vidolashdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:26:01
BAHRAYNDAN JO’NATILGAN MOL

Qabilalar, urug‘lar, ummatlar orasidagi har bir xabar Abu Bakr (r.a.)ga yetkazib turilardi. Navbatdagi yangilik ham tezlik bilan ma’lum kilindi:
- Senga xabar bor, ey, Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi.
- Qanday xabar?
- A’lo bin al Xadrami tomonidan Bahrayndan jo‘natilgan mol Madinaga yetib kelibdi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning yuzida mamnuniyat alomatlari ko‘rindi. Chunki Rasululloh (s.a.v.)ning vafotlaridan so‘ng avvalo islom uchun qolish qarorini bergan, keyinroq esa hal qilinishi kerak bo‘lgan va katta g‘ayrat bilan qayta ta’minlangan birlik endi meva bera boshlagandi. Bahrayndan kelgan soliq oz bo‘lmasdi. Buning natijasi esa faqirlarning yuzlari kulishi, qorinlarni to‘ydiruvchi yeguliklarning kelishi edi. Ko‘p o‘tmay, Madina ko‘chalarida kezib yuruvchi bir odam bu ahvolni e’lon qildi. Ayniqsa, Rasululloh (s.a.v.) tomonlaridan va’da qilingan va hanuz berilmagan boylikning kelganligi aytildi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:27:35
* * *
Shu kunlarning birida xalifaning huzuriga Jobir keldi va unga murojaat qildi:
- Assalomu alaykum, ey, Rasulullohning xalifasi!
- Vaalaykum assalom, ey, Jobir.
- Payg‘ambarimiz (s.a.v.) menga Bahrayndan keladigan moldan berishni va’da qilgandilar. Shuning uchun keldim.
-Uning va’dalarini bajarish bizning burchimiz.
Ular birgalikda oziq-ovqat joylashgan yerga bordilar.
-Payg‘ambarimiz (s.a.v.) senga qancha berishni va’da qilgandilar?
Jobir bin Abdulloh besh barmog‘ini ochdi va barmoqlarini yuqori ko‘tarib «bu qadar yuz hovuch» dedi. Hovuch derkan, ikki qo‘lini birlashtirib qo‘rsatdi.
- Tushunarli, ey, Jobir.
Keyin esa hazrat Abu Bakr (r.a.) oziq-ovqatning tepasiga keldi. Ikki qo‘li bilan hovuchlab sanay boshladi. Sanadi, sanadi, hisob besh yuzga ketganda Jobirga qarab:
- Buni yana ikki barobarini ol, ey, Jobir.
Jobir hazrat Abu Bakr (r.a.)ga tashakkur aytib, haqini olib uzoqlasharkan, xayolida bir necha xotiralar jonlanmoqda edi. Rasululloh (s.a.v.)dan juda ko‘p ikrom ko‘rgandi. Shu ostidagi tuyasini bozorda Rasululloh (s.a.v.)ga sotganligini, pulini olib ketayotganda orqasidan kelgan Bilolning «Ey, Jobir, bu tuya Rasululloh (s.a.v.)ning senga ikromi va Hadyasidir», deganini kechagidek yaxshi eslardi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:29:28
* * *
Bir kuni Abu Bakr (r.a.)ning huzuriga bir ayol keldi.
- Meni tanidingmi, ey, Abu Bakr, - so‘radi ayol.
Abu Bakr (ra.) ovoz kelgan tomonga qaradi. Keyin esa o‘rnidan turib, hurmat bilan unga joy ko‘rsatdi.

- Seni tanimaslik mumkinmi, singlim, o‘tir bu yoqqa...
Ayol o‘tirdi. Hol-ahvoli so‘raldi, izzat ko‘rsatildi. Ehtiyoji qondirildi. Birozdan so‘ng ketayotib:
- Alloh sendan rozi bo‘lsin, ey, Abu Bakr, mening ko‘nglimni ko‘tarding, Alloh seni murodingga yetkazsin, — dedi.

Bu ayol Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning oldilariga o‘limlaridan biroz avval kelgan va ehtiyojini aytgandi. O’sha vaqt uning ehtiyojini qondirishga qodir bo‘lmagan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) keyinchalik qo‘llaridan kelsa, albatta, yordam berishni va’da qildilar va boshqa payt kelishini so‘radilar.
- Yaxshi, lekin kelsam-u, seni topolmasam nima qilay, ey, Allohning rasuli? - so‘ragan edi o‘shanda ayol.

Yuraqlarni zirqiratgan hazrat Abu Bakr (r.a.)ga o‘sha kunni eslatib, ko‘z yosh to‘ktirgan savol shu edi. Bu bechora xotin «Men kelgan paytimda sen safarga ketgan bo‘lsang-chi?» demoqchi bo‘lganmi?.. Yoki «Ajal kelib seni olib ketsa, arzimni kimga aytaman?» deb savol berdimi? Bilolmadi. Go‘yo, Rasululloh (s.a.v.)ni qayta qo‘rolmasligini sezgandek, xalifalik maqomi kimga qolishni bilishni istagandek bir tarzdagi savol edi. Balki, ayol bu savolni berayotganda asl maqsadini o‘zi ham sezmagandir. Balki, bu so‘zlarni Alloh uning diliga solgandir. Ammo, u bu savoli bilan ertaning muammosini ham hal qilgandi. Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) har ikki savolga ham munosib javob qaytargan edilar:
- Meni topolmasang, Abu Bakrga murojaat qilasan.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:30:16
Ayol bu javobdan so‘ng ketgandi. Ehtimol bu javobdagi noziklikni Payg‘abarimiz (s.a.v.)dan boshka hech kim bilmas.
Oradan bir necha kun o‘tdi. Hamma qatori bu ayol ham mash’um xabarni eshitib qattiq qayg‘urdi. Endi u Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasini topib, unga dardini aytishi kerak. Agar xalifa uni tanimasa Payg‘ambar (s.a.v.)ning va’dasini eslatmokchi edi.
«Meni tanidingmi, ey, Abu Bakr?». Bu so‘roq shu xotirani jonlantirgan edi.
Bu xotira achchiq, bu xotira boldan totli, bu xotira o‘zgacha edi.
Faqat uning ortidan qarab qolgan ko‘zlardan yosh sizilgan edi. Bu yoshlar mahzun bir qalbdan yoki mamnun bir ko‘ngil bulog‘idan okayotgani noma’lum bo‘lgan tuyg‘ular bilan to‘la. Buni biz ham yonidagilar ham bilolmaydilar, so‘rolmaydilar. Balki har ikki tuyg‘uning qorishmasidan yuzaga kelgan baxtiyorlikdir.
«Yana kel, bizni boshqatdan majnun et, singil!» degan tilaklar uni ta’qib etardi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 04 Aprel 2009, 15:33:06
BERGAN QO’L OLGAN QO’LDAN BALANDDIR

Bahrayndan kelgan mol-mulkni tarqatar ekan, hazrat Abu Bakr (r.a.) Hakim bin Hizomni yo‘qlattirdi.
- Meni chaqirtiribsiz, ey, Rasulullohning xalifasi.
- Shunday, Hakim, Bahrayndan jo‘natilgan soliq kelgan. Haqingni olish uchun kelmading. Seni shuning uchun chaqirtirdim.
- Men hech kimdan hech narsa so‘ramayman, deb Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga so‘z berganman.
- Bu seninghaqqing. Sen hech kimdan narsa so‘ragan bo‘lmaysan.
- Shunday bo‘lsa ham ololmayman. Haqimni muhtoj mo‘minlarga bag‘ishlayman. Ularga tarqating.
Shundan keyin esa Hakim Rasululloh (s.a.v.)ning shaxsan o‘ziga aytgan so‘zlarini eslatdi. «Bergan qo‘l, olgan qo‘ldan balanddir».
- Ha, Rasululloh (s.a.v.) menga shunday deganlar. Men shu payt Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga hech kimdan hech narsa olmayman, deb so‘z berdim. Shuning uchun meni aslo, «olgan qo‘l» egasi sifatida ko‘rmaysiz, — dedi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) bu voqeani juda yaxshi xotirlamoqda edi. Hunayn jangidagi g‘alabadan so‘ng Payg‘abarimiz (s.a.v.) qo‘lga kiritilgan o‘ljani tarqatayotib, xalq orasida e’tibori bo‘lgan, ammo hanuz qalblarida iymon urug‘i yetarlicha yashnamagan bir qism insonlarning ko‘ngillarida Allohning diniga nisbatan mehr uyg‘otish va ulardan insonlarga keladigan zararning oldini olish maqsadida yuzta tuya bag‘ishlagandilar. Bu odamlar «Muallafai qulub» nomi bilan tanilgan edilar. Bulardan biri esa Hakim bin Xizom edi. Hazrat Xadichaning jiyani bo‘lgan Hakim bosiq, gap-so‘zi joyida, yaxshilik qilishni sevuvchi bir inson bo‘lishiga qaramay, Makka fath etilgunga qadar imonga kirmagan mushrik sifatida hayotini davom ettirmoqda edi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) taraflaridan o‘ziga berilgan yuz tuyani olgandan so‘ng, tabiatiga zid bo‘lsa ham Rasululloh (s.a.v.)dan yana ehson qilishini so‘radi. Istagi bajarildi. Uchinchi marta murojaat qilganda, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu odamning tabiatini juda yaxshi bilganlari uchun unga shunday degandilar:
- "Ey, Hakim, bilasanki, mol-dunyo totli. Uni ko‘z tiklamasdan olsang, barakali bo‘ladi. Kimki ko‘z tikib olsa - barakasiz bo‘ladi. U shaxs endigina yegan, ammo to‘yganini bilmagan odam kabidir. Shuni ham unutmaginki, bergan qo‘l olgan qo‘ldan balanddir".

Rasululloh (s.a.v.) ayniqsa so‘nggi so‘zni aytarkanlar, «Bergan qo‘lning egasi bo‘l, faqat olgan qo‘lning egasi bo‘lishingni tavsiya etmayman» demoqchi edilar. Bu gapdan keyin Hakim: «Ey, Rasululloh (s.a.v.) seni Payg‘ambar sifatida jo‘natgan Allohga qasamki, hayotim davomida hech kimdan hech narsa olmayman», degandi.

Aksariyat kishilar hayoti davomida bir necha qoidalarga amal qilib yashashga qaror qiladi. Faqat bu qaror uzoq davom etmaydi. Hayotning turli-tuman yo‘llarida unutilib ketadi. Juda kam insonlar o‘z qarorlarida qat’iy turib, muvaffaqiyatga erishadilar. Hakim ham shu yo‘lda muvaffaqiyat qozongan kishilardan edi. Tuya ustida ketayotganda qo‘lidan qamchisi tushib ketsa ham, o‘zi tushib olardi. «Istasang olib berardik, ey, Hakim» deganlarga Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga bergan so‘zini eslatardi.

Haqini olmagan va faqirlarga taqdim etgan yagona shaxs, Hakim bin Hizom edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 08 Aprel 2009, 16:01:02
* * *
- Sen Mati’ emasmisan?
- Ha, xalifa, men sen aytgan kishiman.
- Xo‘sh, Madinada sening nima ishing bor? Payg‘ambarimiz (s.a.v.) seni Xamoga surgun qilmaganmidilar?
- Shunday, lekin Rasululloh (s.a.v.) vafot etdilar. Endi surgun ham tugaydi.

- Yo‘q, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) haydagan kishini men qabul qilolmayman. Ular bergan jazoni bekor qilish huquqiga ega emasman. Darhol Madinani tark et.

Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning qat’iy va sabotli harakati qarshisida Mati’ning boshi egildi. E’tiroz biddirolmas, bildirsa ham hech qanday natijaga erisholmasdi.

Ammo u, "men tavba qildim, ey, xalifa, endi avvalgi Mati’ emasman", deya olmadi.

«Surgun hayoti meni hamma qatori yashashga, hayosiz gaplardan uzoq bo‘lishga odatlantirdi» deyishi va Madinaga qaytishiga izn olishi mumkin edi. Bir necha ayb qilgan, ammo oxirida pushaymon bo‘lganlarga tanish bo‘lgan sabr-toqat Mati’ga ham tegishli edi. Ammo u yana eski hayotiga qaytsa, notayin harakatlari va behayo so‘zlari bilan xalqni bezovta qilsa, mayli yana surgun qilinsin. Shu xayollarni o‘ylar ekan, Mati’ bu safar rahm uyg‘otuvchi bir ovozda:
- Rasululloh (s.a.v.) hayotliklarida haftada bir kun kelib ketishga haqqimiz bor edi. Yegulik yig‘ardik, — dedi.
- Bunga hozir ham haqlisan, — degan javob oldi u.
Mati’ ketdi, ayoli bilan birgalikda shaharni tark etdi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) yashagan paytda u surgunda bo‘ldi. Hazrat Umar (r.a.) tarafidan ham shu tajriba takrorlandi. Nihoyat uchinchi xalifa davrida Madinaga kelib joylashadi.

Mati’ kabi ayollarning majlisiga kirib chiqqan, ularning ko‘nglini olish va kuldirish bahonasi bilan juda ko‘p bema’ni so‘zlar so‘zlagan, tarbiyasiz kishilar bilan insonlar orasini ajratish, vujudni yomonliklardan himoya qilishdek gap edi.

Xalqni bu kabi kishilarning yomonligidan asrash odamlarga foydali bo‘lishi bilan bir qatorda, bu xildagi o‘zligini yo‘qotgan kishilar uchun ham marhamat hisoblanadi. Chunki shoirning she’r yozishiga to‘sqinlik qilish, zolimning zulm qilishiga qarshilik ko‘rsatish, ular uchun qilingan bir yaxshiliqdir.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 08 Aprel 2009, 16:02:29
* * *
O’sha paytlarda Mati’ Rasululloh (s.a.v.) oldilariga qo‘llari va oyoqlari xinali holda keltirilgandi. Yana shunga o‘xshash harakatlar qilgan edi. Holbuki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) erkak kishining ayollarga xos qiliqlar qilishini, ayollarning ham erkaklar qiyofasida yurishini yeqtirmas, hatto bu xildagi erkak va ayollarni la’natlagan edilar.

Inson qadr-qimmati ayolning ayollarga, erkakning erkaklarga xos harakatlar qilishini talab qiladi. Hayot har bir mavjudotning yaratilish maqsadiga qarab yashashiga bog‘liq tarzda davom etadi.

Bu odam oxirgi marta Toif qurshovida bo‘lgandi. Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.)ning qayn og‘asi bo‘lgan Abdulloh bin Abu Umayya opasi hazrat Ummu Salamaning yoniga kelgandi. Mati’ o‘zini tutolmay Rasululloh (s.a.v.)ning va hurmatli onamizning yonlarida:
- Ey, Abdulloh, agar ertaga Toif fath etilsa, senga Jaylaning qizi Badiyani ko‘rsataman. Faqat uni qo‘ldan chiqarma. Bir qo‘rsang edi xipcha bellarini...

Rasululloh (s.a.v.) bu uyatsiz odamga qarab:
- Ey, Allohning dushmani, u xotin bechoraga shunchalik tikilib qaradingmi?—dedilar va Ummu Salamaga boshqa buni yonlariga yaqinlashtirmasliklarini uqtirdilar.

Shundan so‘ng Mati’ning Madinada qolishi fisqu fasodga zamin yaratishini o‘ylab, shaharni tark etishi va Xamo degan joyda yashashini lozim topdilar.

Bir kuni Abu Bakr (r.a.) qon tupurgan bir odamning dardini eshitishga majbur bo‘ddilar.
- Qanday shikoyating bor?
U odam asabiylashgan edi. Yonidagi odamni ko‘rsatdi.
- Bu odam bilan urishdik. Barmog‘ini tishlagandim, birdan tortib oldi va tishimning sinishiga sabab bo‘ldi... Uni jazolashingni istayman.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) narigi odamga qaradilar va undan so‘radilar:
- Voqeani endi sen ayt-chi.
- Xuddi shunday bo‘ldi, ey, xalifa, javob berdi ikkinchi kishi.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) kulimsiradi va:
- Ikkingizning ham bir-biringizdan qarzingiz yo‘q, ishingizga boring, — dedi.
- Ammo mening tishim nima bo‘ladi. Tishim sindi-ku axir.
Bu odam yo juda sodda edi, yoki haq-huquqini bilmas edi.
- Sening xohishingga ko‘ra, bu odam barmog‘ini senga berishi kerak, sen esa uni istaganingcha chaynashing kerak edi. Ammo, bu odamning joni og‘rimasligi va sening og‘zingdan qo‘lini tortmasligi kerak edi, shundaymi? O’ylaymanki, sen shuni istarding. Istasang bir marta u ham sening barmog‘ingni tishlasin. Nimalar bo‘lishini ko‘r.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) so‘ziga shularni ilova qildi:
- Aynan sen kabi bir kishi Rasululloh (s.a.v.)ga shikoyat qilgan va Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan ayni shu javobni olgan edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 08 Aprel 2009, 16:04:09
JUMA XUTBASI

Hazrat Abu Bakr (r.a.) bir juma quni minbarda turib ijtimoiy mas’ullik haqida so‘zladi. Ayniqsa, so‘nggi kunlarda ko‘pchilik shaxsiy manfaatini o‘ylab, o‘zimni qutqarsam bo‘ldi, degan qarashlar bilan yashamoqda. Bir qism o‘rtoqlarining shu va shunga o‘xshash so‘zlarni so‘zlashi bu mavzuda ogoxlantirish berishga sabab bo‘ddi.

Inson oilasi, qarindoshlari va yashayotgan yeridagi odamlar bilan birga hayot kechiradi. Vujuddagi a’zolar tana bilan qanchalik bog‘liq bo‘lsa, odam ham atrofidagi kishilar bilan shunchalik bog‘liqlikda yashaydi. Bu kabi masalalarni tushungan hazrat Abu Bakr (r.a.) so‘nggi kunlarda tez-tez eshitayotgan bu oyatni o‘qidi: «Ey, imon keltirganlar, o‘zlaringizni va oila a’zolaringizni yoqilg‘isi odamlar va toshlar bo‘lmish do‘zaxdan saqlangizki, unda dag‘al va qattiqqo‘l, Alloh buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni qiladigan farishtalar (tururlar).» (Tahrim surasi, 66-oyat).

Hazrat Abu Bakr (r.a.) birozdan so‘ng shularni so‘zladi:
- Ey, insonlar, siz bu oyatni o‘qib, yanglish baholayapsiz. Holbuki, men Rasululloh (s.a.v.)ning shunday so‘zlarini eshitdim. Insonlar birovning zulm qilayotganini ko‘rsalar va uning qo‘lini tutib zulmiga qarshilik qilmasalar, Alloh ularning boshlariga balo keltiruvchi jazo beradi, degandilar.
Xutbani tinglayotganlar orasida boshlarini yengil tebratib bu gapni ma’qullaganlar ham bo‘ldi. Men ham bu so‘zlarni u muborak og‘izdan eshitgandim, deyishni istardilar. Xutba tinglayotgan Abu Salaba al-Xushoni, ayniqsa bu oyatni Rasululloh (s.a.v.)dan so‘raganligini xotirladi.

- Ey, Allohning Payg‘ambari, nima qilaylik bir tarafda yaxshilik qilish, yomonlikdan uzoqlashish kerakligi buyuriladi. Boshqa tarafda bu oyatda esa «nafsingizni muhofaza eting» deyilmoqda. Buni qanday izohlash mumkin? degan paytda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deb javob bergan edilar:
- To‘g‘risi shuki, siz yaxshilikni targ‘ib qilasiz, odamlarni yomonlikdan qaytarishga urinasiz. Natija sifatida esa insonlarni xasis bo‘lib ketayotganini, nafsning orzulariga berilganini, oxiratini unutib, faqat bu dunyosini o‘ylayotgani va o‘zini haq deb bilayotganini ko‘rasiz. Shunday paytda o‘zingizni biling va ularni o‘z holiga qo‘ying. Chunki keyinchalik shunday kunlar keladiki, u kunlarda sabrli bo‘lish hovuchda otash tutgan kabi mashaqqatlidir. O’shanday kunlarda sabr qilib, dinida mustahkam turganlarga siz qilgan amalni qilgan ellik kishiga beriladigan savobga teng, savob va mukofot bordir.

Abu Salabaning zehnidan chaqmoqdek o‘tgan bu aziz xotiradan so‘ng ikkinchi fikr yodiga keldi. Shu bilan birga Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning bu so‘zlari ba’zi insonlar uchun ruxsat bo‘lishi kerak edi. Bo‘lmasa yaxshilikka da’vat va yomonlikdan qaytarishga urinish kabi muhim bir vazifa, agar insonlar fasodga berilgan paytda bajarilmasa, qachon bajariladi? Payg‘ambarlar ham insonlar zalolatga botgan paytlarda jo‘natilgan emasmi?.. Rasululloh (s.a.v.) yillar bo‘yi haqiqatga chorlagan insonlar ig‘vo va zalolatga berilgan kimsalar emasmidi? Ularning toshlarga, daraxtlarga sig‘inganlarini, haqiqatni eshitmaslik uchun turli choralar izlaganliklarini ko‘rgan paytda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) «Endi bu ish shu yerda tugaydi» deb bir chekkaga chekinmaganmidilar?
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 08 Aprel 2009, 16:04:59
Ajabo, Abu Salaba yanglish xotirlayaptimi? Payg‘ambarimiz (s.a.v.) so‘zlamagan so‘zlarini eshitgandek bo‘lyaptimi? Yo‘q, aslo yo‘q. Yanglishayotgani yo‘q. Shaxsan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan eshitganiga ishonardi. Chunki Rasululloh (s.a.v.) bu so‘zni uning o‘ziga aytgandilar. Ammo nega Abu Bakr (r.a.)ga yoki Umar (r.a.)ga aytmadilar? Ularga ham «yaxshilikka da’vat qilish, yomonliqdan qaytarish vaqti kelganligini» anglatgan edilar. Bunga shubha yo‘q. Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xastaga kasalligiga qarab davolaydigan, haqiqiy tabib edilar.

Ha, namoz o‘qiydigan odamga «doim namoz o‘qishing kerak» deyish, zino kilmaydigan odamga shu iffatini hamisha saqlab qolishini tavsiya qilish qanchalik foydali bo‘lsa ham, bu kabi tavsiyalar namoz o‘qimaydiganga, zino qiluvchiga va ichkilikka mubtalo bo‘lgan odamlarga aytilsa yanada foydaliroq bo‘lardi.

Abu Salaba bularni o‘ylarkan, hazrat Abu Bakr (r.a.)ning ko‘zlaridan oqayotgan yoshlarning sababini aniq bilolmadi. Shu onda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni yuz marotabalab ko‘rganini esladimi yoki Islomning aslo voz kechib bo‘lmaydigan «yaxshilikni targ‘ib qilish» tamoyili haqida o‘ylovchilarning borligiga xursand bo‘lib yig‘lamoqdami? Hazrat Abu Bakr (r.a.) xutbani har safargidek shu so‘zlar bilan yakunladi:
- Allohim, hayotimning eng xayrli qismi umrimning oxiri bo‘lsin. Amalimning eng savoblisi, so‘nggi amallarim bo‘lsin. Kunlarimning eng xayrlisi senga yetishgan qunim bo‘lsin.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 08 Aprel 2009, 16:10:19
XALIFA OPICHLAGAN BOLA

Hazrat Abu Bakrning Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bajargan har bir amalini sunnat deya bilishi, va Uning ishini takrorlashni o‘ziga orzudek ko‘rishiga ko‘p jihatdan guvoh bo‘lish mumkin. Jumladan, quyidagi holat ham shundan dalolat beradi.

Peshin namozidan chiqqan hazrat Abu Bakr (r.a.) hazrat Ali (r.a.) bilan birgalikda yo‘lda ketishayotgan edi. Birga yurib gaplashib borishar ekan, ko‘chada o‘ynayotgan bolalarning chug‘ur-chug‘ur ovozlari ularni xayollarini oldi. Shundan keyin ularning yoniga yaqinlashdilar. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning zehnida shirin bir xotira uyg‘ondi. Go‘yo Rasululloh (s.a.v.)ni yelkalarida nabiralari Hasanni ko‘tarib olgan holatda qo‘rgandek bo‘ldi. Hozir shu xotirani yana bir takrorlashning ayni vaqti edi. Darhol bolalar tomon yurdi. Yetti yoshlardagi bir bolakayni yelkasiga oldi. O’ngga, chapga aylantirar va «Alidan ko‘ra ko‘proq Rasulullohga (s.a.v.) o‘xshaydigan bu bolakayga jonim qurbon bo‘lsin!» derdi.

Hazrat Ali (r.a.) bu so‘zlarni va manzarani kulib tomosha qilardi. Haqiqatan ham bu bola Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga juda o‘xshardi.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) xuddi bugun bo‘lgandek xotirlagan ou voqeada Rasulullohning (s.a.v.) yelkalarida o‘tirgan bu bolakayga «juda ajoyib uloving bor-da» deyishdan o‘zini tiyolmagandi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) esa javob sifatida «Bu ulovning egasi ham qadrlidir» degandilar.

Birozdan so‘ng hazrat Abu Bakr (r.a.) hazrat Hasanni yelkasidan tushirdi. U o‘rtoqlarining yoniga chopib ketarkan, ikki birodar yo‘llarida davom etdilar... Ammo ko‘zlar yoshga to‘lgandi. Bu yoshlar hozir tuproq ostida yotgan, biri ummatlarini, biri esa bu bolani yetim qoldirgan ikki sevimli inson bilan bog‘liq edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 08 Aprel 2009, 16:16:15
EGAR SAVDOSI

Bir kuni Azib hazrat Abu Bakr (r.a.)ni mehmonga chorladi. Suhbat asnosida bir egar sotishini ham aytib o‘tdi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) egarning narxini so‘radi. Uning qiziqqanligini bilgach, Azib unga dedi:
- Uni senga hadya qilishim mumkin, ey, xalifa.
- Yo‘q, sotib olishni istayman, — dedi Abu Bakr (r.a.).

Shu o‘rinda hazrat Abu Bakr xayolida boshqa bir voqeani, to‘g‘rirog‘i, Rasululloh (s.a.v.)ga bir tuya hadya qilmoqchi bo‘lgani, ammo Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qabul qilmaganlari va pulini berib sotib, olganliklarini eslaydi.

Gapini tugatgan paytda endi yigitlik yoshini yashayotgan Baro egarni olgan va tayyor turgandi.
- Yaxshi kunlarda foydalanasan, ey, Rasulullohning xalifasi, - deya uni shunday so‘zlar bilan kuzatib, egarni unga berdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 08 Aprel 2009, 16:19:20
* * *
Haj mavsumi yaqinlashayotgandi. Buning uchun alohida tayyorgarlik ko‘rilardi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlarida bo‘lgani kabi Madinadan to‘plam xolida harakat qilinishi ma’qul ko‘rildi. Hazrat Umar (r.a.) shu yili «Haj amiri» etib tayinlandi. Hajga oid vazifalarni u tushuntiradi va uning yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalari asosida bu muborak amal bajariladi.

Haj qiluvchi olomonga Zul xulayfa nomi berilgan va Madinadan olti chaqirim uzoqlikda joylashgan yerda ehromga kirgandan so‘ng, «Labbaykallohumma, labbayka» nidolari ostida yo‘lga chiqdi. Ka’bani ziyorat etish va kelolmaganlarning salomlarini yetkazib, ular uchun ham duo qilish ularning maqsadlari edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 08 Aprel 2009, 16:20:48
YANA BIR JUMA XUTBASI

... Ey, Allohning qullari, sizlar qachon poyoniga yetishi noma’lum bo‘lgan hayotni o‘tkazish uchun ertadan kechgacha harakat qilmoqdasiz. Agar Alloh rozi bo‘ladigan bir ish qilayotgan bo‘lsangiz, hayotingiz so‘ngiga yetayotgan bo‘lsa-da, bu ishni bajarishdan sira to‘xtamang. Bunga esa faqat Allohning marhamati bilan kuch topa olasiz. U holda hayot muddati bitmasdan xayrli amallar qilishga shoshiling. Aks holda, loqaydligingiz sizni yomon amallarga boshlaydi.

Vaqtni behuda o‘tkazmay aqlingizni yig‘ib oling. Chunki sizning ortingizda ishini bir zumda bajaradigan o‘lim bordir. Undan qutulish mumkin emas.
Bilasizmi, Aploh taologa nisbatan xolis niyatda bo‘lgan paytlaringizda Unga itoat etgan va haq yo‘ldan yurgan bo‘lasiz. Ushrlarni yig‘im-terim paytida bering va uni kelajak uchun tayyorgarlik sifatida asrab qo‘ying. Bunga ehtiyoj sezgan paytingizda asl mahsulotni aynan va benuqson olgan bo‘lasiz.

Ey, Allohning qullari, o‘zlaringizdan avval yashab ketganlar haqida o‘ylang. Ular kecha qaerda edilar, bugun qaerdalar? Dunyoni larzaga keltirgan va hashamatli saroylar qurdirgan shohlarning ahvoli nima bo‘ldi? Barchalari unutildilar. Hatto ismlari ham xotiralardan o‘chib ketdi. Ular hech dunyoga kelmagan kabidirlar. «Mana, zulm qilganlari sababli ularning uylari huvillab qoldi! Albatta, bunda biladigan qavm uchun ibrat bordir!» (Naml surasi, 52-oyat). Ular esa qorong‘u mozorda chirib ketdilar. «Biz ulardan (Makka mushriklaridan) oldin ham qanchalab (itoat etmagan) avlodlarni halok etgandirmiz. Siz ulardan birortasini sezyapsizmi yoki ovozlarini eshityapsizmi?!» (Maryam surasi, 98-oyat).

Tanishlaringiz, do‘stlaringiz qaerda? Ular ketdilar, avvaldan taqdim etgan amallari bilan topishdilar. Baxtiyor yoki baxtsiz bo‘ladilar.
Alloh taoloning hech kim bilan qarindoshligi yo‘qdirki, bu qarindoshlikka bog‘liq foyda yoki zarar yo‘q qilinsa. Uning amriga bo‘ysunish bilan foydaga erishiladi yoki zarar yo‘q qilinadi. Shuni ham bilasizki, oxiri jahannam bo‘lgan hech bir foydada xayr yo‘qdir. Oxiri jannat bo‘lgan hech bir zararda esa yomonlik yo‘qdir.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 08 Aprel 2009, 16:21:55
NOBAKOR HAKIM BIN ABUL OS

Bir kuni Abu Bakr (r.a.)ning huzurlariga iltimos bilan kelishdi.
- Bizni tinglang, ey, xalifa.
- So‘zlang, qanday murojaatingiz bor?
- Biz Hakim bin Abul Osning Madinaga kelishini istaymiz.
- Yo‘q, u ketgan joyida qoladi, - keskin e’tiroz bildirdi xalifa (r.a.).
- Ammo u keragicha yashadi. Buning ustiga Rasululloh (s.a.v.) vafot etganlar. Endi uning kelishiga hech bir kishi g‘ov bo‘lmasa kerak.
- Men Rasululloh (s.a.v.) tukkan tugunni yechish uchun bu maqomga ega bo‘ldimmi? Ular bir odamni Madinadan xaydasalar, men bu ish xato bo‘ldi deb, quvilgan odamni chaqirtirib olaymi? Buni mendan kutmang.

Bu javob masalani hal qildi. Kelganlar Abu Bakr (r.a.) hayotlik paytida bu ish amalga oshmasligiga ishonch hosil qilishdi va u yerdan ketdilar. Yumshoq tabiatli, istaganlarini qildirishlari mumkin bo‘lgan bir xalifa (r.a.) rahbar bo‘lmaguncha Hakimning bu shaharga kira olmasligi aniq bo‘lib qoldi.
Rasululloh (s.a.v.) tarafidan haydalish... Har qanday musulmon uchun bu jiddiy masaladir.
Payg‘ambar bir insonni o‘z-o‘zidan surgunga jo‘natadilarmi? Ayb qilsa jazo berar, ammo u odam yana Madinada olib qolardi. Bunday holatga tushgan erkak va ayollarni taniymiz.

Bir inson Islomni qabul qilmasdan avvalgi hayoti uchun gunohkor bo‘lishi mumkin. Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning dushmani hisoblanadi. Ammo bular shahodat kalimalarini aytgunga qadar shunday hisoblanadi. Islomni qabul etgandan keyin «Ey, Allohning Payg‘ambari, bugunga qadar sendan juda nafratlanardim. Ammo, bugun eng yaxshi ko‘radigan insonimsan», deguvchilar ham bor edi. Islomga, musulmonlarga va ayniqsa Rasululloh (s.a.v.)ga nisbatan qilgan yomonliklarini eslab, endi kelajakda nimalarga erishishlari mumkinligini o‘ylab, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan bu haqida so‘raganlarida, ular shunday deya javob qilgandilar:
«Islom o‘zidan avval qilingan ishlarni o‘chirib tashlaydi».
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 08 Aprel 2009, 16:22:58
Haqiqiy ma’nosi bilan islomni qabul etishning natijasi shunday. Islomdan avvalgi hayotning mas’uliyati ko‘tarilgan, yangi bir hayot boshlangan. Aqlini to‘plashni istagan inson uchun bu mukammal bir fursatdir. Ayniqsa, o‘tmishda qilgan va pushaymon bo‘lgan ishlaridan xulosa chiqarib, yaxshi amallar qilish uchun imkoniyatlar bordir. Xolid bin Valid kabi, Abu Jaxdning o‘g‘li Ikrima kabi havas kilsa arzigulik insonlar umrlarining bir qismini Rasululloh (s.a.v.)ga, islomga dushmanlik qilib o‘tkazdilar. Ammo ular keyinchalik bu hayot tarzlaridan voz kechib, samimiylik bilan islomni qabul qilib, kelgusi avlodlarni hayratga soluvchi ishlar qilgan buyuk insonlardir.

Hakim bin Abul Os Makka fath etilgunga qadar kufrga botgan insonlardan edi. U o‘z jiyani Usmon bin Affonning islom dinini qabul qilganini eshitib, asabiylashgan, bu yigit shunchaki havas bilan otalarining dinini tark etgan deb o‘ylab, uni qaytadan aqlini kirgizib qo‘yish uchun harakat qilgan va hatto uch kun bog‘liq qoldirgan edi. Faqat bu tazyiqlarga qaramay, islom diniga sodiq qolganini ko‘rgach, uni bo‘shatgan edi.

Keyinchalik Hakim, Rasululloh (s.a.v.)ni rohatsiz etish uchun olib borilgan kurashlarda ishtirok etdi. Abu Lahab, Uqba bin Abu Muayt kabi bir necha tuban kishilar bilan birgalikda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning eshiklarining oldini ifloslantirish va to‘plagan chiqindilarini devorlaridan oshirib ketishni o‘zlarining vazifalari qilib olishgandi. Hakim Rasululloh (s.a.v.)ning hijratlarigacha o‘tgan vaqt ichida shu va shunga o‘xshash ishlar bilan shug‘ullanishdan zavqlanib yurdi.
Makka fath etilib, Rasululloh (s.a.v.) boshqaruvni qo‘lga olganlaridan so‘ng vaziyat o‘zgardi (o‘z hukmlarini o‘tkazganlaridan so‘ng).

Shunday kunlarning birida Rasululloh (s.a.v.):
- Meni qanday inson deb bilasizlar? Sizlarga qanday muomalada bo‘lishimni istaysizlar? — deb so‘radilar.
- Siz muruvvatli insonsiz. Saxiy bir kishining o‘g‘lisiz.
Sizdan ikrom kutamiz, - deganlar orasida Hakim ham bor edi.
Go‘yo Payg‘ambarimiz (s.a.v.) u kunga qadar saxiy ham, saxiy bir insonning o‘g‘li ham emasdilar. Go‘yo bu odamlar uzoq yillardan buyon Allohning rasuliga turli-tuman malomatlar yog‘dirmagandek. Shu onda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning so‘zlarini tinglayotganlar, go‘yo bir paytlar Rasululloh (s.a.v.)ga hech qanday yomonlik qilmagandek. Go‘yoki Payg‘ambar bo‘lmaslaridan avval ularga «al-Amin» ya’ni, ishonchli inson laqabini boshqalar bergandek...
- Bugun sizga hazrat Yusufning akalariga aytgan gapidan ortiq gap aytolmayman. Boringlar barchangiz ozodsiz.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 08 Aprel 2009, 16:24:36
Bir insonning bundan buyuk bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Saxiy inson shunday harakat qilishi mumkin. Buyuklik shunday isbot qilinmay yana nima qilinishi kerak? U yerdan ketdilar. Endi o‘zlari uchun avfning, marhamatning, sabr-toqatning ochgan eshigidan islomga kirish va abadiy saodat yo‘lida ishonchli odamlar bilan birga bo‘lish qolgandi. Ko‘pchiliklari shunday qildilar.

Hakim shahodat kalimalarini aytdi va jonini qutqardi. Keyinroq esa Madinaga yo‘l oldi. Ammo u va u kabilarga endi «muhojir» bo‘lish sharafi yo‘q edi. Chunki endi bir musulmon shahridan boshqa bir musulmon shaharlariga ketuvchilar ham bo‘lishi mumkin edi. Rasululloh (s.a.v.) xususan shuni ta’kidlagan holda «fathdan keyin hijrat qilish yo‘qdir» deb buyurgandilar. Orqada faqat pok niyatlar, bu niyatlarga bog‘liq holda amallar qilish qolardi.

Hakimning Madinadagi hayoti yaxshi o‘tmadi. Yillar davomida Rasululloh (s.a.v.)ga nisbatan ko‘nglida saqlab kelgan g‘ayirligidan voz kecholmadi. Islomga kirmasdan avval, mushrikligida Rasululloh (s.a.v.)ni ranjitgandi, bu yerda mo‘min sifatida Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni xafa qilish yo‘llarini izladi. Rasululloh (s.a.v.)ning sunnatlariga amal qilish uchun emas, ularni masxara qilish uchun yurishlariga taqlid qila boshladi. Qo‘l, yuz, ko‘z harakatlari bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga taqlid qilish unga boshqacha bir zavq bag‘ishlardi. Rasululloh (s.a.v.)ning ayniqsa sir bo‘lib qolishi kerak bo‘lgan ba’zi masalalarini barchaga eshittirish kabi harakatlarni qildi. Islom dini keltirgan odob va tarbiya bor edi. Rasululloh (s.a.v.)ga nisbatan boshqacha hurmat va e’tiborda bo‘lish kerak edi. Afsuski, bu hududlar ishg‘ol qilingan, buning ustiga Hakim qilgan ishi uchun uzr so‘rashni ham istamagandi. Bu odobsizligiga nuqta qo‘yish uchun, Madinani tark etish va Toifda yashashi ma’qul ko‘rilgan edi.

Hakim o‘ziga berilgan bu baxtni oyoqosti qildi. Allohning behisob marhamatiga noil bo‘lish o‘rniga bu fursatning qadriga yetmadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga nisbatan ko‘rsatgan ahmoqona harakatlari uchun ulardan nafrat, g‘azab va la’nat oldi. Rasululloh (s.a.v.): «Madina o‘ziga loyiq bo‘lmaganlarni tashqariga uloqtiradi» deb aytgan haq so‘zlari Hakimga ham taalluqli edi. Ammo bu safar uni Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning shaxsan o‘zlari haydab yubordilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 08 Aprel 2009, 16:27:05
Hazrat Usmon o‘z amakisi Hakimning Makkadan quvilishi va Toifda yashashga majbur etilganligi haqidagi xabarni, tabiiyki, xursandlik bilan qarshi olmadi. Ammo unga ma’qul bo‘lmagan ish Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni shunday qarorga kelishiga majbur qilgan salbiy harakatlar edi. Shunga qaramay, u fursat topib Hakimni Madinaga qaytarmaguncha xotirjam yasholmasligini bilardi. Shuningdek, hazrat Abu Bakr (r.a.) bu taklifni rad qiladi. Hazrat Umar (r.a.) ham qabul qilmaydi. Nihoyat hazrat Usmon (r.a.)ning o‘zi xalifa bo‘lgach, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tomonlaridan haydalgan sevimli amakisini izzat-ikrom bilan Madinaga qaytardi. Ammo, bu safar xam Hakim va o‘g‘li Marvon yana xunrezliklarini boshlaydilar. Ayniqsa, hazrat Usmon (r.a.)ning shahid etilishi bilan bog‘liq fitna va fasodga Marvon boshchilik qilgandi. Xalifaning izzat-ikromi bilan Madinaga qaytgan Hakim qayta e’tibor topishi mumkin edi. Holbuki, Muhojir va Ansor guruhidan hech kim hazrat Usmon (r.a.)ning qilgan ishini ma’qul ko‘rmadi. Hatto, undan xafa ham bo‘lishdi. Hazrat Usmon (r.a.)ni o‘ldirish uchun kelgan isyonchilarga qarshi Madina xalqi sas chiqarmadi. Boshqacha aytganda, tomoshabin bo‘lib turdilar. Bunga bosh sabab esa Hakim va Marvonning qaytarilishidan norozilik edi.

Bunday bir odamning Madinaga oyoq bosishiga rozi bo‘lish fisqu-fasodga yo‘l ochib berishdek gap edi. Rasululloh (s.a.v.) tahlikaning oldini olgan edilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning bu qarorlarini bekor kilish ummat uchun tahlika tug‘dirardi. Bularni tushungan hazrat Abu Bakr (r.a.) bu shaxsning Madinaga kelishiga qarshilik qilgandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 08 Aprel 2009, 16:29:11
UMMU AYMAN - JANNATI AYOL

Bir kuni hazrat Abu Bakr (r.a.) ko‘rinishi bir ahvolda bo‘lgan, g‘amdan qorayib ketgan bir yigitni uchratdi. Ko‘zlaridan oqayotgan yoshlar uning qayg‘uga botganligidan darak berardi.
- Ey, Rasulullohning seviklisi, men nechuk seni bunday dardli ko‘ryapman?
Eshitgan javobi Abu Bakr (r.a.)ni ham qayg‘uga soldi:
- Onam Ummu Ayman vafot etdi, ey, xalifa.
Bir insonning rahmatli bo‘lishi insonni xafa qilmas, ammo uning yaqinlaridan ayrilib ketishi qayg‘uli hol edi. Usomani g‘amga botirgan narsa ham sevimli onasining endi hech qachon qaytmaydigan bo‘lib bu dunyo bilan vidolashgani edi.

Shunday qilib, Rasululloh (s.a.v.) uchun sevimli bo‘lgan yana bir inson bu foniy dunyoni tark etdi. Holbuki, hazrat Abu Bakr (r.a.) vaqti-vaqti bilan yoniga hazrat Umar (r.a.)ni ham olib, bu ayolning ziyoratiga borib turishardi. Uning ataylab hozirlagan dasturxoni atrofida o‘tirish zavqini tuygandi. Bu dasturxon maxsus tayyorlanardi. Chunki Ummu Ayman xalifa juma namozidan chiqqach, o‘zini ziyorat qilish uchun kelishini yaxshi bilardi. Birga o‘tirishar, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni yaxshi taniydiganlardan biri bo‘lgan bu keksa ayolning so‘zlarini berilib tinglashardi. Bu ayol Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tug‘ilganlaridan buyon birga bo‘lgan, har bir paytda ularning yonlarida bo‘lgan yagona ayol edilar. Rasululloh (s.a.v.)ning bolalik davrlari, yoshlik paytlariga oid xotiralarni so‘zlab berardi. Endi esa bu ayol ham boqiy dunyoga safar qildi.

Ummu Ayman yuvib, kafanlandi. Unga Abu Bakr (r.a.)ning o‘zi janoza o‘qidi. Bir paytlar u Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni quchog‘ida ko‘targan va yelkasiga mindirib yurgan edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning onalari Omina Avbo qishlog‘ida vafot etganlarida, Makkadan yuz chaqirimlarcha uzoqlikda bo‘lgan bu qishloqdan olti yoshlardagi yetim bolani bag‘riga bosib, olib kelgan va bobosiga topshirgan inson mana shu ayol edi. Endi esa Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning tarbiyalarini olgan insonlar, uni yelkalarida olib ketmoqda edilar. Faqat haq so‘zni so‘zlaydigan kishi «jannati bir ayol bilan turmush qurishni istagan mard bo‘lsa, Ummu Aymanga uylansin», degandi. Bu so‘zlarni aytgan muborak dudoqlar «Ummu Ayman ikkinchi onamdir», degan edi.

Qisqasi, yelkalarda ko‘tarib ketilayotgan bu yuk sharafli edi. Chunki Alloh yaratgan eng sharafli, eng qadrli insonni u ko‘targan, ovutgan va bag‘riga bosgandi.
Bu yo‘l jannatga olib borardi. Uni yelkalarida ko‘targanlar jannatga olib boruvchi yo‘lga ketayotgandek baxtli edilar. Bu dunyoda hech bir narsaga ega bo‘lmagan, shunga qaramay, foniy dunyodan olib ketilishi mumkin bo‘lgan hamma narsani olib ketgan, ya’ni jannatga arziydigan darajagi iymon va ko‘ngil xazinasiga ega bo‘lgan bu ayol insonlar olib borishi mumkin bo‘lgan joygacha olib borildi.
Baqi’ qabristoni yana bir mo‘mina va munis ayol uchun abadiy dunyo darvozasi bo‘ldi.

IKKINCHI KITOB TUGADI
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 14:29:00
SURIYA - SHOM - IROQ - ERON FATHLARI

Islom dinini targ‘ib etish hazrat Abu Bakr (r.a.)ning asosiy vazifasi sanalib, zakot berishdan bosh tortgan va islomni tark etganlarga qarshi olib borilgan muvaffaqiyatli yurishlar so‘ngiga yetgach, navbatdagi qiladigan vazifasi islom dinining ovozasini boshqa o‘lkalarga ham yoyish ekanligini tushundi. Shu bilan birga islomning kun sayin ildiz otayotganini va bu xususda jiddiy tadbirlar ko‘rish vaqgi kelganligini o‘ylab yurgan va vaqti-vaqti bilan noroziliklarini bildirayotgan millatlarga qarshi jang qilish lozim edi. Shuning uchun Abu Bakr (r.a.) Xolid bin Validga Eron yerlariga yurish qilish haqida buyruq berdi.

Xolid bin Valid o‘ziga berilgan qo‘shin tarkibidagi Kaqo bin Amr, Iyoz bin G’anon va Abd bin G’avini ham yoniga olib, Eron tomon yo‘l oldi. Eron harbiy qo‘shinlari bilan birinchi bo‘lib to‘qnashadigan qo‘shin orasida boshqacha bir hayajon bor edi.
Uch guruhdan iborat qo‘shinning bir qismiga Musanna, ikkinchisiga Adiy bin Hotim qo‘mondonlik qilmoqda edi. Uchinchi guruhga esa Xolid bin Validning o‘zi boshchilik qilardi. Har uchchalasi ham Xofir degan joyda uchrashishardi.

Musulmonlar bilan to‘qnashadigan mazkur qo‘shinga arablar bilan ko‘p marta kurashgan va shuhrat qozongan qo‘mondon Xurmuz boshchilik qilardi. Bir kuni o‘sha Xurmuzning qarorgohiga musulmonlar tarafidan bir elchi keldi. Uni kutib olib, maqsadini so‘radilar.
Elchi shunday deb javob qiddi:
— Qo‘mondonga maktub keltirdim. Shundan keyin u maktubni Xurmuzga berdi.
Xurmuz maktubni o‘qib, nihoyatda g‘azablandi.
— Och arablar, - deya ming‘irladi u, - shu kunga qadar qorinlarini to‘ydirish dardida edilar, bugun esa buyuk ishlarga kirishmoqdalar.

Xolid bin Validning Xurmuzga jo‘natgan maktubda jumladan shunday mazmundagi so‘zlar bor edi:
«Islomni dinini qabul qil. Musulmon bo‘l. Agar islomni qabul qilsang salomat bo‘lasan. Yoki bizga juz’ya berib qavmingni va o‘zingni kafillikka ol. Bunga ham rozi bo‘lmasang, bizdan xafa bo‘lma. Eslatib qo‘yishim mumkin, men juda kuchli bir qo‘shin bilan kelganman».
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 14:32:42
Uzoq jang qilish tajribalariga ega bo‘lgan Xurmuz dushmanni mensimaslik falokat keltirishini bilardi. Bir tomondan Eron shohiga yordam so‘rab xabar berarkan, boshqa tomondan esa kurashda oson g‘alaba qozonish yo‘llarini o‘ylardi. Nixoyat bir qarorga keldi. Agar dushman qo‘mondonini o‘ldirsa yoki asir qilsa, zafar qozongan hisoblanardi. Qo‘mondonsiz qo‘shinni tarqatish esa mashaqqat talab qilmaydi.

Eron harbiy qo‘shinlaridagi askarlarning bir qismi boshqalariga yordamchi bo‘lish, ayniqsa qochishlarning oldini olish uchun bir-birlariga bog‘langan edilar. Ular sakkiz-o‘n kishilik guruh tarzida edilar. Bu holatni ko‘rgan va tahlikali jangligini anglagan tajribali kishilar Xurmuzga maslahat berishdi:
—    Siz o‘zingizni dushmanga taslim etish uchun bel bog‘labsiz, bunday qilmangiz, — deyishdi.
—    Demak, sizlar faqat qochishni o‘ylayapsizlar, — degan javobni olishdi maslahatgo‘ylar.
Bu javob Xurmuz o‘z qo‘shinining zafar qozonishiga aniq ishonganligidan dalolat edi.
Xurmuz odamlari bilan maxfiy bir reja tuzdi. Keyin ikki taraf qo‘shinlari turgan joyda maydonga chiqdi. Va o‘zining baralla ovozi bilan jang maydonini zabt etdi:
—   Men qo‘shin qo‘mondonini ko‘rishni istayman. Kelsin, urushaylik.

Hazrat Xolid bunday taklifni rad qilolmasdi. Darhol yo‘lga tushdi. Uning yayov kelayotganini ko‘rgan Xurmuz ham otidan tushdi. Tanishuvdan so‘ng, kurash boshlandi. Jang maydonida chiniqqan har ikkala yigit bir-biriga bir necha zarbalar berishdi. Ammo hazrat Xolid dushman qo‘shiniga orqa o‘girib turgan paytda Eron qo‘shinlaridan bir necha kishi o‘qdek uchib qo‘llarida qilichlari bilan u tomonga otildilar. Xolid bin Validni yerga qulatish uchun uch-besh soniya vaqt yetarli edi.

—   Orqangga qara, ey, Xolid!.. Orqangga qara! Ko‘kni larzaga solgan bu ovoz suiqasdchilar yaqinlashmasdan avval hazrat Xolidning qulog‘iga chalindi. Darhol o‘girildi. Bu paytda islom qo‘shinlaridan ham oldinga otilganlar bo‘ldi. Bir zumda ikki taraf ham hujumga o‘tdi. Faqat Xolid bin Valid Xurmuzni qo‘yib yuborishni o‘ylamas edi. Birozdan so‘ng hazrat Xolidning qo‘lida qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bir toj ko‘rishdi. Bu toj kimning boshidan olinganligini darhol anglab yetishdi...
Yerda boshsiz bir jasad yotardi. Tojsiz bir bosh... Bu boshni bu vujudda ko‘rgan necha-necha insonlar salomga bosh eggan, qo‘shinlar uning og‘zidan chiqqan so‘z bilan yurgan va to‘xtagan edi. Ammo endi bu bosh boshqa boshlardan farqli emasdi.

Qo‘shin qo‘mondonining o‘ldirilganligi haqidagi xabar e’lon qilingach, qo‘shin tarqalishdan boshqa chora topolmadi. Bir-birlariga bog‘langan holda maydonga chiqqanlar aynan shu payt qanday katta xato qilganliklarini tushunib yetishdi. Oralaridan o‘lgan kishini sudrab kurashish imkoni bo‘lmagani kabi qochish imkoni ham yo‘qligini anglab yetishdi. Ammo buning evazini o‘z hayotlari bilan to‘lashdi.

Qo‘lga kiritilgan o‘ljaning beshdan bir qismi Madinaga jo‘natildi. Yuborilgan odam jang tafsilotlarini so‘zlab berdi va «Xolid va uning qo‘shinlari amringizga muntazirdir», deb so‘zini yakunladi.
Zafar bilan tugagan bu to‘qnashuvdan keyin hazrat Abu Bakr (r.a.) qiymati yuz ming dirham turadigan bu tojni hazrat Xolidning o‘ziga loyiq ko‘rdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 14:34:14
* * *
Eron shohi esa bu orada to‘plagan ikkinchi qo‘shinni yo‘lga chiqardi. Ular Xurmuz qo‘shinlariga yordam berish uchun jangga otlanishgan edi. Biroq ular yo‘lda qochib kelayotgan askarlarga uchradilar. Eshitgan xabarlari ularni dovdiratib qo‘ydi. Chodirda yashaydigan va biror hunarga ega bo‘lmagan arablar eronning tartibli va tarbiyali qo‘shinini qanday mag‘lub qila olishdi?

Qo‘mondon Qorin bin Kiryonus bu natijaga biror ma’no berolmasdi. Xurmuz mutlaqo tadbirsiz harakat qilgan bo‘lishi kerak. Bu tadbirsizlik esa o‘zini o‘limga olib borgan va qo‘shinning tarqoq holga kelishiga sabab bo‘lgan. Endi ish o‘ziga qolgan, Eron shohining toptalgan g‘ururini qutqarishi va sherigi uchun qasos olishi kerak edi. Qorin bu xayollar girdobida «Sano» degan joyga keldi va qarorgoh qurishga amr berdi. Dushmanni shu yerda qarshi olishga qaror qildi.

Qorin yoniga bir necha askarlarini olib, atrofni kuzatishga chiqdi. Dushman qaerdan kelishi, qaerdan hujum qilishi mumkinligini chamalab ko‘rishni foydali deb bilardi. Xurmuzdek hayoti janglarda o‘tgan bir qo‘mondonni va uning qo‘shinini mahv etgan bir quvvatni mensimaslik va ehtiyotsizlik qilish u uchragan baloga yo‘liqish degani edi. Bundan tashqari Xurmuzni mahv etgan quvvatni mensimaslik va ehtiyotsizlik qilish u uchragan baloga yo‘liqish degani edi. Bundan tashqari Xurmuzni mahv etgan qo‘shinni yengish o‘ziga qanchalik sharaf keltirishi haqida o‘ylardi.

U shunday xayollar bilan ketarkan, birdan qo‘lini peshonasiga qo‘yishga ehtiyoj sezdi. Chunki qarshisidan qurollangan uch-besh kishi yuzma-yuz kelgandilar.
— Hoy, sizlar kimsizlar?
Olinadigan javob ma’lum edi. Chunki kiyimlari ularning arab ekanliklarini ko‘rsatib turardi.
—   Biz islom qo‘shinining askarlarimiz. Ammo sizlar kimsizlar?
Qorin bu savolga javob berishni lozim topmadi. Qatiy bir holatda ularga qarshi gapirdi:
—   Bizning kimligimizni so‘ramanglar. Shuni aytishim mumkinki, sizlar bizning asirimiz hisoblanasiz. Oldimga tushing, qarorgohga boramiz.
—   Nega? Nega biz sizlarning asiringiz bo‘lamiz?
—   Chunki siz bizning yerimizdasiz.
—   Mulk Allohnikidir. Va bu yerlarga ham Allohga itoat etuvchilar hokim bo‘ladilar.

Gapini cho‘zishdan foyda yo‘qligini bilgan Qorin, ular bilan gaplashishni istamagan bir ohangda ilk amrini takrorladi. Buni aytarkan qo‘li qilichiga bordi va itoat etmasalar kallalarini olishini anglatmoqchi bo‘ldi. Qo‘mondonning qarshisida bunday betakalluf turish noto‘g‘ri ekanligini tushunishlarini istardi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 14:42:00
Arablar qo‘shinidan Maqil bin Asho ismli kishi ham qilichini sug‘urgach, suhbat jiddiy tus oldi.
Maqil:
— Sen kim bo‘libsanki, bizga buyruq berasan? — deb oldinga chiqdi.
Suhbat navbati endi qilichlarga kelgandi. Ularning ham tili bor edi va bu til ba’zan natijani juda keskin hal qilardi. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Havoda o‘ynagan, ba’zan raqibining tepasiga shiddat bilan tushgan qilichlar suhbatlashdilar. Ikki o‘rtada shiddatli bir jang borardi. Ba’zan kesilgan bir qo‘l tufayli dahshatli faryod chekilar va tuproq qon bilan sug‘orilardi. Ba’zan yerga yiqilganlar qaytib turish imkonini topolmay ikkinchi marta tushirilgan qilich zarbidan hayot bilan vidolashardi.

Qorin unchalik uzoqda bo‘lmagan qo‘shinga xabar berolmagani uchun siqilar, ammo bu odamlarning aqlini kiritib qo‘yish uchun qilich solardi. Faqat vaziyat asta-sekin yomonlashayotganini sezib turardi. O’rtoqlarining birma-bir yerga yiqilayotganini qo‘rgan payt o‘zining boshida ham o‘lim shamoli esayotganini tushunib yetdi. Ammo qochishga g‘ururi yo‘l qo‘ymadi. Bunga imkoni ham yo‘q edi. Qilichini qo‘yib taslim bo‘lishning oxiri ham o‘lim bilan tugardi. Chorasiz va umidsiz bir alfozda yana hujum qildi. Birozdan so‘ng kutilgan natija ro‘y berdi. Maqil va uning do‘stlari Qorinning boshini tanasidan judo qildilar va kichik jang maydonini tark etdilar.

Bundan keyingi vaziyat oson kechmadi. Noxush xabarni eshitgan Eron qo‘shini larzaga tushdi va shiddat bilan hujum qildi. Biroq qo‘shin qisqa vaqt ichida tarqalib ketdilar. Qochoqlarning bir qanchasi daryoga cho‘kayotgan bir paytda esa, musulmonlar ular ortda qoldirgan o‘ljalarni to‘plash bilan mashg‘ul edilar.

Sano vohasining dehqonlari qo‘rquv ichida hosillarining talon-taroj etilishini, mulklarining tortib olinishini kutdilar, ammo bunday bo‘lmadi. Ularga ishlarini bexavotir davom ettirishlari aytildi. Hech kimning joniga, moliga va nomusiga zarar yetkazilmasligi, buning evaziga esa ulardan juz’ya solig‘i olinishi bildirildi.

Eron shohi ikkinchi mag‘lubiyatni ham eshitgach, endi arablar u o‘ylaganidek ilgarigi arablar emasligini tushunib yetdi. Sano vohasining aholisi ham sahroyi xalq bo‘lgan arablardan bunday muomalani ko‘rib, hayratda qolishdi. Mag‘lub etilgan xalqqa mol va jonlarining xavfsizligi va’da qilingandi. Istalgan soliq to‘lansa o‘z xalqlarini qanday qo‘riqlasalar Sano xalqini ham shunday himoya qilishlarini aytishdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 14:43:56
Eron shohi bu safar Jaban ismli bir qo‘mondon bilan uchinchi qo‘shinni jo‘natdi. Ayniqsa, Bakr bin Voil qabilasidan nasroniy bo‘lgan arablar Abdulasvad ismli bir shaxsning qo‘mondonligi ostida Eron qo‘shiniga yordamchi bo‘ldilar. Islomga qarshi bo‘lgan qabilalar bir-bir kelib, Eron qo‘shinlariga qo‘shila boshladilar.

Eronliklarning Al-lays nomli vohada to‘planganliklaridan xabar topgan Xolid bin Valid endi o‘sha tarafga yurish qilishga buyruq berdi. Ikki qo‘shin qarama-qarshi kelgan payt birinchi bo‘lib maydonga Sayfulloh bin Valid chiqdi. Va dushman qo‘mondonlaridan bir nechasining ismlarini sanadi. Ularning har biri bilan kurashmoqchi ekanligini aytdi.

Hazrat Sayfulloh bu katta qo‘shinga qarshi chiqib nomlarni aytayotgan paytda qo‘mondonning chodirida dasturxon hozirlanayotgandi. Jaban mag‘lub bo‘lish ehtimolini ham o‘ylab yeguliklarni zaharlashni va shunday qoldirishni amr etdi. Arablar chodirlarga kirgan paytlarida dasturxondagi yeguliklarni ko‘rib darhol och qorinlarini to‘ydiradilar va o‘ladilar, deb mo‘ljalladi.

Boshqa qo‘mondonlar bu taklifni o‘rinsiz, deb hisobladilar. Boshqalar esa bu taklifni qo‘llab-quvvatlab, endi g‘alaba bizniki, deyishdi. Hazrat Xolid tarafidan nomi tilga olinganlardan Molik «Endi bu ishni nihoyasiga yetkazmoq kerak», deb jang maydoniga chiqdi. Haqiqatan ham ish qisqa vaqt ichida hal bo‘ldi. Beayov zarblar uni tuproqqa qorishtirdi.

Molikning o‘limi do‘stlarining sochini tikka qildi. Ammo shunisi ham ma’lum ediki, kundan-kunga shuhragi ortib borayotgan Xolidning qarshisiga chiqqanlar o‘z qo‘shinlariga qaytib kelish baxtidan benasib qolishmoqda edi. Shu bois hazrat Xolid tarafidan nomi sanalgan boshqa qo‘mondonlar joylaridan jilmaslikni afzal ko‘rishdi. Bu safar Xolid bin Valid orqasida turgan qo‘shinga hujumga o‘tishni buyurdi. Keyish esa o‘zini o‘ng minglab askarlardan vujudga kelgan qo‘shinga urdi. Shiddatli jang boshlandi. Kaqo, Musasha va boshqa do‘stlari arslon kabi hujum qilishar va yo‘nalgan taraflarini tor-mor etishardi.

Natijada Jabanning aytganlari bo‘ldi. Ya’ni, Eronlik ma’jusiylar va nasroniylar arablardan iborat qo‘shindan qochib qolishni ma’qul topishdi. Biroq yeguliklarni zaharlashga ulgurishmadi.
To‘plangag o‘ljaning beshdan bir qismi va zafar xabari kelgan paytda hazrat Abu Bakr (r.a.) mamnun bo‘lib, «Onalar qayta Xolid kabi bir yigitni dunyoga keltira olmasalar kerak», - deyishdan o‘zini tiya olmadi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 14:44:52
Xolid bin Valid bu daf’a Xira tomon yo‘l oldi. O’sha yerda qarorgoh qurildi. Shahar boshliqlaridan iborat bir guruh kishilar Xolid bin Valid bilan uchrashish uchup qarorgohga kelishdi.
Shundan keyin hazrat Xolid ularga qarata shunday dedi:
—   Sizni Allohning yagona ekanligini tan olishga va islom dinini qabul qilishga da’vat etaman. Agar qabul qilsangizlar sizlar ham musulmonlar safiga qo‘shilasizlar. Musulmonlar ega bo‘lgan haq-huquqlarga sizlar ham ega bo‘lasizlar. Ularning burchlari sizning ham burchingiz bo‘ladi. Agar buni qabul qilmasangiz juz’ya to‘laysiz va homiyligimizni qabul qilasiz. Bunga ham rozi bo‘lmasangiz shuni yaxshi bilingki, siz dunyo hayotini qanchalik sevsangiz, biz oxirat hayotini shunchalik sevadigan qo‘shin bilan birga kelganmiz. Alloh oramizdagi hukmini chiqargunga qadar siz bilan jihod qilamiz, - dedi.

Oralaridan Kabisa bin Iyoz ismli kishi o‘rtaga chikdi va shunday dedi:
—   Biz sen bilan jang qilmaymiz. Islom dinini qabul qilamiz va juz’ya to‘laymiz.
Shunday qilib Iroqda ilk juz’ya belgilandi. Bir yilda bir yuz to‘qson ming dirham qiymatida soliq to‘lashlari haqida kelishuv tuzildi. Faqat mehnatga yaroqsizlar va diniy vazifani bajaruvchilargina soliq to‘lamaydilar. Buning evaziga esa musulmonlar ham Xira xalqini tashqi dushmanlardan himoya qiladilar, ichkarida ham xavfsizliklarini ta’minlaydilar. Himoya qila olmasalar soliq olinmaydi. Ammo Xiraliklar isyon qilsalar, keyingi gal himoya qilinmaydi.

Hijriy o‘n ikkinchi yilda tuzilgan bu ahdnoma Xira xalqiga ma’qul tushdi. Xalq esa hayotidan mamnun bo‘ldi. Bu mamnuniyatning ifodasi sifatida qo‘shin qo‘mondoniga hadyalar berdilar. Hazrat Xolid bu hadyalarni Madinaga jo‘natdi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning amri bilan hadyalarning bahosi aniqlandi. Keyin esa bir maktub jo‘natdi. Maktubda keyinchalik olinadigan soliqdan bu hadyalarning narxini ayirib tashlash, xalqqa ziyon yetkazmaslik kerakligi aytildi. Xira xalqi zinhor bunday muomalani kutmagan edi. Hatto boshqa tuzumlarda ham uchratmagan adolatli boshqaruv bilan yuzlashganliklarini tushunib yetdilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 14:48:47
* * *
Xira fath etilgach, ro‘y bergan voqea haqida so‘z ketganda Shuvayl haqida ham aytib o‘tish kerak. Shuvayl bir necha yil avval Xiraga kelgan va Abdulmasihning qizi Karomani ko‘rib oshiq bo‘lgandi. Keyinchalik Madinaga kelib, islomni qabul qilgan Shuvayl bir suhbat asnosida Islomning atrofga yoyilishi haqidagi xabarni eshitgach, payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan Xira fath etilsa, Abdulmasihning qizi Karomani o‘ziga berishini iltimos qilgandi. Va undan «Agar harb yo‘li bilan qo‘lga kiritilsa, u seniki» degan javobni olgandi.

Xiraning fath etilishi Shuvaylni mamnun qildi. Xolid bin Validga bu xotirasini so‘zlab berib, Karoma ismli ayolni o‘ziga berilishini istadi. Istagi bajo keltirildi. Ammo Karoma va uning qarindoshlari bu holatni yaxshi qarshilamadilar. Zehn va fikriy doirasi tor bo‘lgan yangi sohibiga rozi bo‘lmagan Karoma:
—   Ey, Shuvayl, men kabi shu yoshga kirgan ayolni nima qilasan? Yaxshisi, meni qarindoshlarimga sot. Har holda qo‘lingga bir-ikki qurush boylik tushadi, — deb taklif kiritdi.

Haqiqatan ham avvalgi go‘zalligi Karomani tark etganligini ko‘rdi va bu taklifni ijobiy qabul qildi. Shuvayl ming dirhamga sotishni istadi.
—   Juda ko‘p so‘rayapsan, ey Shuvayl! Buncha pulni biz qaerdan topamiz?
Shu va shunga o‘xshash taklif va iltimoslar Shuvayl tomonidan rad etildi. «Ming dirhamdan kam olsam otamning o‘g‘li emasman», degach, Shuvaylga ming dirham berildi va Karoma qutqarildi.
Bu savdo haqida eshitgan o‘rtoqlari Shuvaylni koyidilar, istaganida bundan ortig‘ini ham olishi mumkinligini aytdilar. Biroq olgan javoblari juda ajoyib edi:
— Demak, mingdan katta son ham bormi? Bilsam ko‘proq so‘rardim.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 14:49:43
* * *
Din himoyasi va targ‘iboti sabab bo‘lib o‘tgan bundan keyingi bir necha janglarda ham mo‘minlar g‘olib keldilar. Anbar, Aynuttamr, Husayd, Madih kabi joylarda Islom bayrog‘i hilpiray boshladi.
Bu orada haj mavsumi boshlandi. Shu munosabat bilan Xolid bin Valid fursat topib, eng qisqa yo‘llar bilan Makkaga bordi. Haj amallarini ado etdi va qo‘shinga qaytdi.

Hajdan qaytganlar bilan suhbatlashayotgan hazrat Abu Bakr (r.a.) eshitgan bu xabaridan hayratda qoldi. Odamlar Xolid bin Validni Makkada ko‘rganliklarini aytishardi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) buni tadbirsizlik deb baholadi. Sababi, ketma-ket janglar bo‘lib turgan bir paytda Xolid qo‘shinni qo‘mondonsiz qoldirib ketmasligi kerak edi. Uning yo‘qligini dushmanlar sezib qolsa hujum qilishi va katta falokat kelishi mumkin edi.

Shu bois Xolid bin Validga bir maktub jo‘natadi. Xatda uning Allohning marhamati bilan boshqa qo‘shinlar qilolmagan ishni bajarganini, bundan keyin solih amallar qilish niyatini faqat qalbida tutishi lozimligini, shunday qilsa Alloh bu niyatlarni amalga oshgandek qabul qilishini aytadi. Va maktubi so‘ngida «O’zingni yaxshi ko‘rib manmanlik yo‘lini tutma, aks holda parishon bo‘lasan», deb ogohlantirdi.

Bu maktubni va undagi amrni olgan hazrat Xolid, Musannani Xirada qoldirib, qo‘shinning bir qismi bilan birga g‘arb tomon yo‘naldi. U Basra shahriga tomon otlangan edi.
Hazrat Abu Bakr (r.a) Madinaga kelib, sahobalar bilan uchrashdi. Bu gal Rumlar bilan ro‘baro‘ kelish vaqti kelgan edi. Ular ham xuddi shu fikrda ekanliklarini aytishdi. Shunday qilib, Mutening intiqomi olinardi.
Sahobalarning ham fikrlarini bilgach, atrofga odamlar jo‘natdi, jihodga tayyor turish kerakligi haqida xabar qildi.

Shu maqsadda to‘plangan guruhlarni beshga bo‘ldi. Amr bin Os, Yazid bin Abu Sufyon, Abu Ubayda bin Jarroh, Shurayh bin Hasan va Xolid bin Said bu guruhlarga qo‘mondon etib tayinlandilar. Hazrat Umar (r.a.)ning Xolid bin Saidga amal bermaslik haqidagi qatiy fikrlari hazrat Abu Bakr (r.a.) tomonidan e’tiborga olinmadi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 14:51:11
Qo‘mondonlarga isyonda ishtirok etganlar qo‘shinga qabul qilinmasligi haqidagi xabar yetkazildi. Shu bilan birga yana bir amr bildirildi, bu doimo bir-birlariga yordam berishlari kerakligi haqidagi buyruq edi. Biri boshqasiga yordam berish uchun kelsa, u payt jang maydonidagi qo‘shinning qo‘mondoni buyruq berish huquqiga ega bo‘ladi. Boshqa qo‘mondonlar uning amriga bo‘ysunadilar.

Qo‘shin qo‘mondonlari Madinadan jo‘nadilar. To‘plangan qo‘shinning boshiga bordilar. Amr bin Os Falastinga, Shurayh Urdunga, Abu Ubayda Jabiya tomon yo‘naldilar.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) Madinadagi guruhga Abu Sufyonning o‘g‘li Yazidni qo‘mondon etib tayinladi. Boshqa qo‘mondonlar bilan bo‘lgani kabi bir muddat uning qo‘shinlari bilan birga yurdi. Ketish oldidan unga qatiy tayinladi:
— Ey, Yazid, - dedi u, - seni sinash uchun bu mavqega qo‘ydim. Agar omadsizlikka uchrasang, bo‘shataman. Muvaffaqiyat qozonsang yanayam yuqoriroq martabaga ko‘taraman...

Qo‘shin qo‘mondonlari Madinadan jo‘nadilar. To‘plangan qo‘shinning boshiga bordilar. Amr bin Os Falastinga, Shurayh Urdunga, Abu Ubayda Jabiya tomon yo‘naldilar.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) Madinadagi guruhga Abu Sufyonning o‘g‘li Yazidni qo‘mondon etib tayinladi. Boshqa qo‘mondonlar bilan bo‘lgani kabi bir muddat uning qo‘shinlari bilan birga yurdi. Ketish oldidan unga qatiy tayinladi:
— Ey, Yazid, - dedi u, - seni sinash uchun bu mavqega qo‘ydim. Agar omadsizlikka uchrasang, bo‘shataman. Muvaffaqiyat qozonsang yanayam yuqoriroq martabaga ko‘taraman...

Hazrat Abu Bakr (r.a.) gapini shunday davom ettirdi. U (r.a.) o‘z mulohazalari davomida Allohni sevishi va jaholatga berilmasligi kerakligini tavsiya qildi. Qo‘l ostidagilarni o‘ziga bo‘ysunishlarini ta’minlash uchun, avvalo o‘zining nafsini jilovlashi kerakligini uqtirdi. Dushman elchilarini hurmat bilan kutib olishi, ammo ko‘p vaqt yonida olib qolmasligi amr etildi. Tungi navbatchilikni yaxshi nazorat qilishi, kerak bo‘lsa jazo berishi buyurildi. Nasihatlar orasida kibrli, xudbin insonlar bilan do‘st bo‘lmasligi, to‘g‘ri va sodiq kishilar bilan suhbat qilishi, omonatga xiyonat qilmasligi haqidagi gaplar ham bor edi. O’zini ibodatta bag‘ishlagan insonlarga tegmaslik kerakligi ham uqtirildi.

Shundan keyin orasida Suhayl bin Amr kabi Makkaning e’tiborli kishilari ham bo‘lgan qo‘shin Yazidning amriga binoan, Suriya tomon yo‘l oldi. Belka degan joyda qarorgoh qurilishi lozim edi.
Shundan keyin hazrat Abu Bakr (r.a.) Madinaga qaytdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 14:51:51
* * *
Bu paytda Abu Sufyon o‘z turmushidan mamnun edi. Agar o‘g‘li aql bilan ish yuritsa, bundan buyon Amaviylar xonadoni uchun mukammal bir eshik ochilardi. Ushbu eshik va uning ortidagi shartlarni ochish va qadrlash esa o‘g‘lining tadbirli bo‘lishiga bog‘liqligi uni benihoya quvontirayotgan edi. Qo‘lga kiritilgan narsalarni bahosini bilgan bir kishi uchun bular shubhasiz yetarli edi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) bu samimiy harakatining natijasi kelajakda qanday bo‘lishi haqida o‘ylab ko‘rmagandi. Rasululloh (s.a.v.)ga yillar davomida balo ustiga balo yog‘dirgan Amaviylar uchun saltanat yo‘lini ochganini va Amaviy davlatining poydevorini qo‘yganligini bilmasdi. Bu odamlar kechagina qalblarida Islomga mehr uyg‘otish uchun yuzta tuya nazr qilingandi. Agar Shom kabi Madinadan bir oylik yo‘lda joylashgan bir vohaga qarorgoh qursalar va keyinchalik xalifalik markazida sustlik sezsalar holatlarini o‘zgartirib, darhol hokimiyatga intilishlari mumkin edi.

Xolid bin Validga zakot bermaslik uchun yoki islomga qarshi kurashlarda ishtirok etganlarga mansab bermaslik kerakligini tayinlagan hazrat Abu Bakr (r.a.) «Muallifai qulub» nomi bilan tanilgan Yazidni va keyinchalik uning ukasi Muoviyani nima sababdan qo‘shin qo‘mondoni etib tayinlaganligini tushunish qiyin. Masalan, Makkaliklar islomdan yuz o‘girayotgan bir paytda ularni kaytargan Suxayl bin Amr kabi bir kishi qo‘shinda oddiy shaxs emas, qo‘mondon bo‘lishi ham mumkin edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 14:53:47
* * *
Xolid Taymga kelgan paytda Rumlar va nasroniy arablardan tashkil tongan qo‘shin bilan qarshilashdi. Ammo bular Xolid bin Saidning qo‘shiniga dosh berolmasdan, tarqalib ketdi. Bir qismi islomni qabul qildi.

Bu g‘alaba haqida Madinaga xabar berildi. Hazrag Abu Bakr (r.a.) Xolidga olg‘a yurishni buyurdi. Ortidan Valid bin Utba va Ikrima bin Abu Johil qo‘mondonligidagi ikki guruhni yo‘lga chiqardi.
Xolid ilgariladi. Ilya atrofida Mahan ismli qo‘mondon boshliq qo‘shin bilan jang qildi va ularni chekinishga majbur qildi. Mahan Shom shahriga yashirindi. Xolid ortidan yetishdi, yana jang boshlandi. Ammo Marji Safro degan joyda Mahan uyushtirgan hujum tufayli Xolid bin Said qo‘shinni tark etib qochib qoldi. Qo‘shin tarqaldi. Bir qismi Sharima boshchiligidagi qo‘shinga qo‘shildi. Bir qismi Madinaga qaytib ketdi. Xolid bin Said Zumarvaga keldi. Hazrat Abu Baqr (r.a.) uning kelishidan xabar topgan zahoti bir maktub jo‘natdi. Maktubda jumladan shunday deyilgan edi: «O’sha joyda tur. Sen hujumkor, dovyurak kishisan. Mashaqqatlarni bartaraf etish yo‘llarini bilasan. Nohaq kurashlarga qo‘shilmaysan. Haqqa qarshi e’tirozlarga chidolmaysan. Senga yana ishlar bor».

Bu voqealardan keyingina hazrat Abu Bakr (r.a.) uning Madinaga kelishiga izn berdi. Xolid o‘ziga qayta mansab berilmasligini iltimos qildi. Holbuki, hazrat Abu Bakr (r.a.) unga yozgan maktubida jasorat bergani kabi ikkinchi marta imkoniyat berishni va xalq nazarida yo‘qotgan obro‘sini qayta tiklashini istardi. Bir sardordan kutiladigan harakat ham faqat shu bo‘lishi mumkin edi. Chunki arablar jangdan qochganni aslo kechirmas, orqadan yaralanishini ham ayb sanardi. Faqat qaytadan hujum qilish yoki boshqa tarafdan zarba berish uchun ortga chekinishigina ayb sanalmasdi. Islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan va dinining muhofazasi yo‘lida chekmagan azobi qolmagan Xolid bin Saidning bu tutumi hazrat Abu Bakr (r.a.) tarafidan unchalik xush ko‘rilmagan edi. Unga yozgan bir maktubda «Sho‘xlikmi bu, ey, Xolid? Sen jang paytida qo‘rqoqlik qilasanmi?» degan edi. Keyin esa «Umar va Ali Xolidni mendan ko‘ra yaxshi bilisharkan!» - deyishdan o‘zini tiyolmadi.

Madinaga tarqoq holda kelgan qo‘shinlarni qaytadan safladi. Muoviya bin Abu Sufyonni o‘sha qo‘shinga qo‘mondon qildi va akasi Yazidga yetishishini va uning amriga bo‘ysunishini tayinladi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 14:55:02
* * *
Yaxshi va yomon degan tushuncha doimo bir joyning o‘zida ham mavjud bo‘lib kelgan. Shuningdek, da’vogar va jangovor kishilar bilan birgalikda tarafdor kishilar ham har doim, har vaqt hamma joyda topiladi.

Bir necha yil avval Islomga da’vat qilgan payg‘ambarning vafot etganligini, ammo u keltirgan da’vo borgan sayin kuchayib borayotganini va Suriya tuproqlariga yetib kelganligi Xiraql ismli kishini o‘ylantirdi va u endi bu ish jiddiy tus olganligini angladi. Shu munosabat bilan odamlarini majlisga chaqirdi. Majlisda xalifalik markazidan kelgan maktubni o‘qitdi. Keyin esa o‘z fikrini ochiqchasiga bayon qildi:
— Ular islom diniga mansub kishilardir. Fikrimcha, biror millat bu dinga qarshi chiqolmaydi. So‘zimga quloq soling va ular bilan sulh tuzing. Kerak bo‘lsa Suriya vohasining yarim daromadini ularga bering. Buning evaziga Rum diyorining tog‘lari sizga qoladi. Agar gapimga amal qilmasangiz, Suriyani tortib olishadi va rum diyorining tog‘lari ham qo‘ldan ketadi.

U bu mavzudagi qarashlarini olti yil avval Rasululloh (s.a.v.)dan maktub olgan paytda ham ochiqchasiga aytgan va kerakli tavsiyalarni bergandi. Ammo atrofidagi mansabdor kishilarning qarshiligi va o‘zining ham toju taxtga mubtaloligi Islomni qabul qilishiga to‘sqinlik qilgandi.
Taxti atrofidagi odamlar bu safar ham asabiylashdilar. G’ala-g‘ovur kuchaydi. Xiraql bu vaziyatda yo toju taxtdan voz kechib, islom diniga kirishi yoki saltanatini davom ettirishi kerakligini angladi.

Shu kungacha shohlik qilganim mening uchun yetarli deyishi va shahodat kalimalarini aytib, Islom qo‘shiniga qo‘shilishi mumkin edi. Bu esa uning uchun chinakamiga aqlli bir harakat bo‘lardi. Chunki olti yil avval Rasululloh (s.a.v.) taraflaridan islomga da’vat qilingan paytda islom dini Madina tashqarisiga yoyilgan emasdi. Holbuki, oradan o‘tgan bu ozgina vaqtdan so‘ng Madinadan bir oylik uzoqlikda joylashgan yerlarda bayroqlar Rasululloh (s.a.v.) keltirgan din uchun hilpiramoqda edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 14:56:36
Lekin Xiraql bu safar ham nafsini tiyolmadi. Yillar davomida odatlangan hayotini bir tarafga uloqtirib, bir mo‘min sifatida yashash achinarli hol emasdi. Shu onda o‘zi amr qiladi. Bundan keyin esa boshqaning amriga bo‘ysunar, hatto amirlikning yuzini qaytib ko‘rmasligi ham mumkin edi.
— Sizni sinagandim, — deya so‘z boshladi, — Haqiqatan ham diniga va millatiga sodiq insonlar ekanligingizni isbotladingiz. Amr etamanki, u bilan jang qilamiz, — dedi.

Xiraql bu ishni bu safar ham bitirolmasa, boshqa imkoniyat yo‘qligini tushunardi. Aslida diniy asarlarda o‘qishimcha, bu din davom etar, boshqa payg‘ambar kelmasdi. Bu dinning davom etishi musulmonlar ham mag‘lub bo‘lmaydi, degan gap edi. U holda musulmonlar zafar qozonar, omad ularga kulib boqardi.

Qilayotgan bu so‘nggi sinovi bilan islomning ildizini qurita olmasligini yaxshi bilardi. Taassufki, bu dinning Suriyada tarqalishini biroz kechiktira olar, besh kunlik dunyoda bu tuproqlarda yana o‘zi hukmronlik qilardi.

Hayot-mamot jangiga kirishgandi. Davlatning barcha imkoniyatlari shu yo‘lda sarflanishi, bu kurash bir jihatdan nasroniylikning Islomiyat bilan hisob-kitobi bo‘lishi kerak edi. Darhol hozirlik ko‘rishni buyurdi. Ukasi Tazorik boshliq bir qo‘shinni yo‘lga chiqardi. Keyin esa to‘plagan qo‘shinini orqama orqa bitga qo‘mondon amri ostida bo‘lish sharti bilan jo‘natdi. Qo‘shinlar Suriya yerlarida ilgarilay boshladilar.

Har biri biroz avval kelib u yerlarni zabt etgan Islom qo‘shinlarini nishonga olib, ilgarilamoqda edi. Bu qo‘shinlarning har biri islom qo‘shinidan ko‘p edi.
Shunday holatda jangga kirish mag‘lubiyatni oldindan qabul qilish ekanligini tushungan qo‘mondonlar Amr bin Osga murojaat qildilar. Avvaddan o‘tkir aqli va murakkab vaziyatlardan chiqib keta olishi bilan dong taratgan Amr bin Os «qo‘shin bir joyga to‘planishi darkor, ozligimiz tufayli mag‘lub bo‘lishimiz kerak emas», degan fikrni ilgari surdi. Yig‘ilib muhokama qildilar va dushmanni Yarmuk vodiysida qarshilashga kelishib oldilar. Bu holatni va karorlarini hazrat Abu Bakr (r.a.)ga bildirdilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 14:58:37
* * *
Hazrat Abu Bakr (r.a.) Suriyadagi vaziyat juda jiddiy ekanligini bilgach, «Bu jang uchun Xolid kerak», - dedi. Darhol bir maktub yozdirdi. Qo‘l ostidagi kuchlarning bir qismini Musanna bilan o‘sha yerda qoldirishini va darhol Suriya tomon harakat qilib, Yarmukka borishini buyurdi. Yarmukka borgach esa Xolid qo‘mondon bo‘lishi kerak edi.

Hazrat Sayfulloh buyruqni bajarish uchun qo‘shinni ikkiga bo‘ldi. Ashobi kiromlarni yoniga oldi va kurashga hozirlandi. Faqat Musanna bu taqsimga rozi bo‘lmadi. Rasululloh (s.a.v.)ning sahobalaridan bo‘lgan bir guruh insonlar yonida qoldirilishini istadi. «Men ular shu yerda bo‘lsa fayzni his qilaman» derdi.

Hazrat Xolid bu istakni qabul qildilar va qo‘shinini olib Suriya tomonga ilgariladi. Yo‘lda bir necha marotaba jangga ro‘baro‘ bo‘ldi va ularni zafar bilan yakunladi.
Bir jangda o‘ldirilgan ikki kishining yonidan hazrat Abu Bakr (r.a.)dan olingan bittadan qiblanoma chiqdi. Musulmon bo‘lganlari va ularga zarar yetkazmaslik kerakligi yozilgandi. Ammo g‘isht qolipdan ko‘chgandi.

Bu xabar Madinaga kelishi bilan hazrat Umar (r.a.) bu xatoning jazosi berilishini va hazrat Xolid qo‘mondonlikdan ozod etilishi lozimligini taklif qildi. Ammo hazrat Abu Bakr (r.a.) bunday o‘ylamasdi. Shu sababli o‘z fikrini quyidagicha bayon qildi:
— Mushriklar bilan birga harakat qilganlar bu kabi qazolarga uchrashlari mumkin.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) haq edi. Jang paytida ularning kimligini bilish va tekshirish kimning aqliga kelardi? Bu odamlarning peshonasiga musulmon ekanligi yozilgan bo‘lmasa... Yoki o‘zlari kelib biror izoh berishmagandan keyin dushman qo‘shini boshiga tushgan kun ularning ham boshiga tushishi tabiiy hol edi. Hazrat Umar (r.a.) ham shunday vaziyatga tushsa ayni ishni qilgan bo‘lardi. Shu bois hazrat Sayfullohni dushman saflarida harakat qilgan ikki mo‘minni o‘ldirgani uchun ayblash to‘g‘ri bo‘lmasdi. Shu bilan birga hazrat Abu Bakr (r.a.) bu ikki kishining xunini to‘lagan holda masalani hal qildi.

Madinaga keltirilgan asirlar orasida bo‘lgan Sahbo ismli bir ayol hazrat Ali (r.a.) tarafidan sotib olindi. Bu ayolga uylanib, undan Umar ismli o‘g‘il va Ruqiya ismli qiz ko‘rdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:00:12
* * *
Suriyaning asosiy savdo markazi Basra shahri edi. Avvaldan Arabistonning turli yerlaridan yo‘lga chiqqan karvonlar safarlarini shu yerda to‘xtatar, har tomondan kelgan tijorat kishilari - savdogarlar bilan ko‘rishar, savdo qilishar va yana yurtlariga qaytishardi.
Rasululloh (s.a.v.) o‘n ikki yoshlik paytlarida amakilari Abu Tolib bilan Basraga kelgan, keyin esa ayollari hazrat Xadichaning tijoratlari bilan mashg‘ul bo‘lganlar, bu yerlarda savdo-sotiq bilan shug‘ullangan edilar. Hozir esa Payg‘ambarimiz (s.a.v.) keltirgan da’voning tarafdorlari Shurayh bin Hasanning qo‘mondonligi ostida bu savdo markazini qurshab olishgandi.

Shahar devor bilan o‘ralgan edi. Tongda ochilgan eshikdan jang maydoniga chiqqan askarlar mo‘minlarning qarshisida saf tortdilar, jang boshlanib ketdi. Birozdan so‘ng Basra qo‘shinining qo‘li baland kela boshladi. G’alaba qozonishlari aniqdek tuyulardi. Uzog‘i bilan bir-ikki soatdan so‘ng zafar hayqiriqlari bilan mo‘minlarni oldilariga solib quvishlarini o‘ylagan basraliklar shavq bilan, hayajon bilan hujum qilishar, hujum paytida yuzlaridagi istehzoli kulguni ko‘rish qiyin emas edi.

Xuddi shu paytda uzoqda chang-to‘zoni ko‘tarildi. Ko‘ngillarda qo‘rquv va hadik hissi uyg‘ondi. Ter va chang tufayli tanib bo‘lmaydigan holga kelgan, sachragan qonlar qo‘rqinchli tus bergan yuzlarda tushunish mushkul bo‘lgan bir his paydo bo‘ldi.
Ammo hayot-mamot jangi bo‘layotgan bu maydonda hech kim g‘animidan ko‘zini uzib kelganlarga qarashga holi yo‘q edi.

Chang-to‘zon borgan sari yaqinlashmoqda edi. Jang maydoni birdan larzaga kelgandek bo‘ldi. Chunki yo‘g‘on bir ovoz Allohning buyukligini e’lon qilgani holda «Allohu akbar», deya hayqirdi. Keyin esa orqasidagi minglarcha kishilik qo‘shin takroran «Allohu akbar», deya baralla qaytardi. Basra qal’asining devorlarida aks-sado bergan bu ovozlar mo‘minlarga kuch bag‘ishladi va mag‘lubiyat eshigidan qaytganliklari uchun sevinch va hayajon bilan yana olg‘a bosdilar.

Kelgan Xolid bin Validning qo‘shini edi. Necha kunlardan buyon yo‘l yurgan va kurashgan qo‘shin dam olish haqida o‘ylamasdi. Qo‘llar qilichlarga uzaldi. Kilichlar havoda o‘ynadi. Bu daf’a chekinish navbati basraliklarga kelgandi. Chorasiz chekindilar. Musulmonlar, ayniqsa Xolid bin Valid idora qilgan qo‘shin yordamga kelgani tufayli baxtiyor bo‘ldilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:01:32
* * *
Bo‘layotgan voqealar qal’a boshlig‘i Rumanusni tahlikaga qo‘ydi. U ko‘p o‘ylab o‘tirmasdan ko‘nglidagini aytish maqsadida shahar oqsoqollari bilan birga kengash qildi. G’alaba qozonadigan holatda turgan paytlarida birdan taqdir g‘ildiragi aylanib mag‘lubiyat eshigiga kelib qolganliklarini aytib, so‘zini quyidagicha yakunladi:
— Bu qo‘shinning qo‘mondoni Xolid bin Valid bo‘ladi. U baquvvat, yoniga yaqinlashib bo‘lmaydigan yigit. Uning jangda mag‘lub bo‘lishi mumkin bo‘lmaydigan xodisa hisoblanadi. Shu sababli zarar bilan bo‘lsa ham jangni to‘xtatishni foydali, deb o‘ylayman. Agar mening gapimga quloq solsangiz ular bilan sulh tuzaylik, solig‘imizni beraylik va behuda qon to‘kilishining oldini olaylik, — dedi.

Rumanusning bu gaplari unga qimmatga tushdi. Shahar oqsoqollari uning gaplarini jiddiy e’tiroz bilan qarshi olishdi va «So‘zlaringning nihoyasida qanday ma’no yotganligini bilmayapsan», dedilar va bundan keyin uning rahbar bo‘lishini istamasliklarini ham bildirdilar.
Rumanus tom ma’noda to‘g‘ri gapni aytgandi, ammo shu to‘g‘ri so‘zlar bilan u o‘z mavqeini yo‘qotdi. Uni qal’a boshlig‘i vazifasidan ozod etishdi.

Shu sababli ushbu qisqa vaqt ichida yangi qo‘mondon tayinlanishi lozim edi. Vaqt ziq. Haqiqatan ham bu ish uzoq cho‘zilmadi. Tong yorishar ekan, tayinlangan yangi qo‘mondon o‘z zimmasiga juda og‘ir mas’uliyat olganini o‘ylar, tunni bedor o‘tkazayotgan edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:03:11
* * *
Basraliklarning yangi qo‘mondonidan tashqari yana bir kishi tunni o‘yqusiz o‘tkazayotgan edi. U devorlar atrofida aylanib yurar, otini bir o‘ngga, bir chapga yugurtirar, ora-sira lablari qimirlab, «Allohim, o‘zing madadkor bo‘l», deb takrorlab qo‘yardi. Kunlar davomida betinim yo‘l yurgan, yo‘lda necha marotabalab jangga kirgan, doimo qo‘shinning old safida turib, oddiy jangchi kabi qilich o‘ynatgan, shu bois ko‘zlari va vujudi uyqu neligini unutgan bu fidoyi inson - Xolid bin Valid edi. Ertaga yana qilich ko‘tarib, jang qiladigan insonlar uchun uyqu qanchalik zarur bo‘lsa, bu qahramonning shaxsan o‘zi soqchilik qilishi ham shunchalik muhim edi.

Agar istasa xohlagancha soqchi qo‘yishi, o‘zi esa haqli ravishda to‘yib uxlashi mumkin edi. Chunki vujudi haddan ziyod charchagan, hordiq olishni istardi. Ertangi jang uchun ham uning dam olishi ahamiyatli edi. Ammo mas’uliyat tuyg‘usi uni ogohlikka da’vat qilardi. «Hammangiz cho‘ponsiz, har biringiz suruvingiz uchun javobgardirsiz», degan buyruqqa asosan harakat qilardi.

Faqat boshliqlarni bedor qilgan tun ortga chekindi. Yangi tong otdi. Yana ikki tomon yana ro‘baro‘ kelishdi. Basra qo‘shinining yangi qo‘mondoni maydonga chiqdi, o‘zini tanishtirdi va jang qilish uchun qarshisiga biror askar chiqishini istadi.
Islom qo‘shinidan hazrat Abu Bakr (r.a.)ning o‘g‘li Abdurahmon uning qarshisiga chiqdi va an’anaga binoan o‘zini tanitdi.

Unga javoban yangi qo‘mondon savol berdi:
— Qo‘shin qo‘mondoni senmisan?
—    Yo‘q, men oddiy jangchiman, - deb javob berdi u, - qo‘mondonimiz Shurayh bin Hasandir. Kecha kelgan guruhning qo‘mondoni Xolid bin Valid esa bosh qo‘mondonimizdir.
—    Demak, sen ham xalifaning o‘g‘li, ham oddiy askarsan, shundaymi?
— Ha.
—Haqiqatan ham xalifaning o‘g‘limisan? Yolg‘on so‘zlayotgan bo‘lmagin tag‘in?
—   Bizning dinimizda yolgon so‘z xaromdir. Mard insonga yolg‘on so‘zlash yarashmaydi.
—   Juda soz, lekin bu qanaqasi? Xalifaning o‘g‘li boshqaning amriga bo‘ysunadi?
—Bizda xalifaning o‘g‘li maxsus maqomga ega emas.
Boshqa musulmonlarning haqlari va burchlari qanday bo‘lsa, xalifaning o‘g‘li uchun ham xuddi shunday.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:04:11
Yangi qo‘mondon xalifaning o‘g‘li bilan qarshida turgan odamning turishi orasida bir bog‘liqlik topolmayotgandi. Masalan, Xiraqlning ukasini, hatto bir hokimning o‘g‘lini shu qiyofada tasavvur qilish uchun o‘zini majbur qildi, ammo tasavvur qilolmadi. Ammo bu yerga bu masalalarni hal qilish uchun kelgandi. Bu jang maydoni edi. Bu yerda tillar emas, qilichlar suhbatlashishi kerak edi.
—   Unday bo‘lsa, o‘zingni himoya qil, ey xalifaning o‘g‘li!

Abdurahmon uning hujumiga chap berdi. Bu safar Abdurahmon hujum qildi, ammo biror natijaga erisholmadi. Qarama-qarshi tushirilgan zarbalar bir-birini ta’qib etdi. So‘ng esa Abdurahmonning:
—   Mana bunday urish kerak, ey, qo‘mondon, — deya ko‘targan qilichi qo‘mondonning qonini yerga to‘kdi. U bu jarohatdan so‘ng jangni davom ettirolmasdi. Agar jang qila olsa qal’aga qochib qutulish eng aqlli harakat bo‘lardi. Shunday qilishga qaror qildi va qocha boshladi. Bu holatni ko‘rgan Xolid bin Valid umumiy hujum amrini berdi. Ikki taraf bir-biriga aralashib ketdi. Endi Basra qo‘shini uchun g‘alaba qozonish u yoqda tursin, hatto mag‘lub bo‘lmaslik ham bir muvaffaqiyat hisoblanardi. Qadam-baqadam chekindilar va qal’alariga kirdilar. O’rtada yuzlarcha o‘lik qoldirgan edilar. Yarador holda jonini saqlaganlar ham bisyor edi.

Rumanus o‘zining haqli taklifining achchiq mevasini qo‘mondonlikdan ozod qilinishi orqali totgan va haqoratlangandi. Shundan keyin u uyiga kirib oldi va jangda qatnashmadi. O’sha kuni ularni kuzatgach, o‘zining mutlaqo haq jangchi ekanligiga ishondi. Ayniqsa, Xolid bin Validdek qo‘mondon boshqarayotgan qo‘shinni yengish uchun ko‘kdan bir qo‘shinning tushishidan o‘zga chora borligiga hech kim uni ishontira olmasdi. Unga nisbatan nohaqlik qilganlar o‘zlari ham bu jangdan keyin yaxshigina dars olgandilar.

Lekin Rumanus «Bo‘ldi, peshonaga yozilgani shu ekan», deb o‘tiradigan odamlar toifasidan emasdi. Shu bois o‘rnidan turdi va qal’aning devoriga tutash bo‘lgan uyining devoridan bir odam sig‘ishi mumkin bo‘lgan bir teshik ochdi. U yerdan chiqib, qarshi tarafga yura boshladi. Lekin notanish ovoz uni to‘xtashga majbur qildi. Ko‘lida qilich tutgan ikki kishi unga yaqinlashib keldi va so‘roqqa tutdi:
—   Ey, Allohning quli, kimsan va nima istaysan?
—   Xolid bin Valid bilan ko‘rishmoqchiman. Men qal’aning sobiq qo‘mondoniman va ko‘rib turibsizki, qurolim yo‘q, — dedi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:05:51
Birgalikda yo‘lga tushdilar. Bir necha daqiqadan so‘ng g‘aroyib bir chodirning yonida to‘xtadilar. Do‘stlari bilan suhbatlashib o‘tirgan bir odam u tomonga yo‘naldi. Oy shulasida yuzi biroz ko‘rinib turgan bu odamni ko‘rgan zahoti Rumanus ichining titraganini his qildi. Avvalo o‘zini tanishtirdi, keyin esa basraliklarga kiritgan taklifi va ulardan ko‘rgan muomalani aytib berdi. So‘zini yakunlar ekan, «Qal’a devoridan ochilgan teshik orqali ichkariga kirishingiz mumkin», — degan taklifni aytdi.

Jangdagi g‘alabadan keyin mag‘lub tomondan bir kishining huzuriga kelishi har qanday qo‘mondonni o‘ylantirishi tabiiy edi. Sababi, bu odam tuzoq qo‘ygan bo‘lishi ham ehtimoldan holi emasdi. Biroq qal’ani qo‘lga kiritish ham mumkin edi. Abdurahmon yana o‘ziga vazifa berilishini istadi. Yoniga yuz kishini olib, Rumanusning ortidan sassiz ilgarilay boshladilar. Teshikdan avvalo Rumanus kirdi. Ortidan Abdurahmon va sheriklari kirdilar. Shundan keyin ularning tadbirlari boshlandi. Dastlab Abdurahmon sheriklarini 25 kishilik guruhlarga ajratdi. Keyin takbir ovozini kutishlarini aytdi. O’zi esa 25 kishi bilan qal’a eshigiga keldi. Soqchilarni do‘pposlab, eshikni katta ochgach, baland ovoz bilan «Allohu akbar» deya takbir aytdilar. Ko‘chalarda boshqa 25 kishilik guruhlar ham baland ovozda takbir aytib, ilgari qadam tashlashdi.

Qanday voqea sodir bo‘layotganini tushunmasdan qilich ko‘tarib chiqqanlar ham bo‘ldi. Bu orada Xolid bin Valid qo‘shinni qal’a tomonga jo‘natgan, ko‘chalar askarlar bilan to‘lgan edi. Quyosh nurlari qal’a devorlariga tushgan paytda taslim bo‘lish kerakmi yoki urushib o‘lgan afzalmi, bu borada bir qarorga kelmagan Basraliklar umidsizlik bilan qilich solar, ammo borgan sayin ortga chekinishardi.
Va nihoyat Xolid bin Valid juz’ya berib, sulh tuzishni taklif qilgan bir necha kishiga ro‘baro‘ keldi. Darhol jangni to‘xtatishni buyurdi.

Shunday qilib, Suriyaning muhim savdo markazi hisoblangan Basra musulmonlar ixtiyoriga o‘tdi. Bundan keyin Basra qal’asida Islom bayrog‘i hilpiraydi. Masjidlarda Allohning buyukligi azon va ibodat bilan e’lon qilinadi, shu bilan birgalikda Basra xalqi o‘z e’tiqodlarida qolishlari va istaganlaridek tijorat qilishlari mumkin edi. Balki shu kunga qadar ko‘rmaganlari adolatli boshqaruvni yoqlovchilar ham topilgandir...

Ikki kun avval Rumanus kiritgan taklifning rad etilishi katta zararga olib kelgandi. Qancha qon to‘kilgan, ayollar beva, bolalar yetim qolgandi. Bir kunga qo‘mondon etib tayinlangan valiy ham endi bir umr majruh bo‘lib qolgan, nogironligi tufayli siqilib vaqti-vaqti bilan bir kunlik saltanatning achchiq xotiralarini eslab turardi.

Rumanus bir davlat arbobi sifatida yengolmaydigan raqibini hech bo‘lmasa qo‘lini o‘pib, zararni ozroq bo‘lishini istagandi, ammo so‘zini o‘tkazolmagandi.
Basrada bajarish lozim bo‘lgan tadbirlarni qisqa vaqtda hal qilgan Xolid bin Valid qo‘shinga harakatlanish amrini berdi. Endi ketma-ket g‘alaba nashidasini surayotgan qo‘shin Yarmuk tomonga yo‘l olgan edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:08:25
ABUL OSNING VAFOTI

Hijratning o‘n ikkinchi yili, so‘nggi oylar Rasululloh (s.a.v.)ning to‘ng‘ich kuyovlari Abul Os bin Rabi umrining ham so‘nggi kunlari bo‘ldi. Odamlar haj maqsadida Ka’bani ziyorat qilisharkan, u ham hayotining so‘nggi lahzalarini o‘tkazardi. Ayoli Zaynabni tuproqqa topshirganiga to‘rt yil bo‘libdiki, hali ham uning xayoli bilan ovunadi. Axiyri o‘rnidan turolmaydigan bo‘lib qolgach: «Menga Zubayr bin Avvomni chaqiringlar», - dedi.

Hazrat Zubayr keldi, ko‘rishdilar. Maqsad qilib qo‘yib, bajara olmagan ishlarini unga tushuntirdi va shu ishlarni bajarishni vasiyat qildi.

Ko‘p o‘tmay Baqi’ qabristoni boshqa insonlar qatori uni ham o‘z huzuriga oldi. Yuzini qiblaga qilib yotqizishdi va ustidan tuproq tortishdi. Birodarlari uni iymon va amallari ila qoldirib, ortlariga qaytishdi. Iymon keltirmasdan oldin ham, keyin ham vafoli inson bo‘lgan, go‘zal axloq sohibi, mardligi bilan tanilgan Abul Os, ko‘ngillarda shirin xotiralar qoldirib ketgandi. Rasululloh (s.a.v.) ham u haqda fikr bildirib, shunday degan edilar: «Abul Osning kuyovligidan oilamiz rohatsiz bo‘lmadi».
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:09:51
* * *
Oradan bir-ikki hafta o‘tdi. Ali bin Abu Tolib huzuriga bir mehmon keldi va u mehmonni ochiq yuz bilan kutib oldi.
—   Assalomu alaykum, ey tog‘amning o‘g‘li!..
—   Assalomu alaykum.
Zubayr bin Avvom ichkariga kirdi va hol-ahvol so‘rashdilar.
—   Seni muhim bir ish bilan yo‘qlab keldim, ey Ali.
—Marhamat, eshitaman.
—   Sen Abul Osga murojaat qilib qizi Umomaga xaridor bo‘lgan eding-a?
―Ha.
—Hali ham shu fiqrdamisan?
—   Albatga. Fotimaning vafotidan ko‘p qayg‘urdim, biroq Rasululloh (s.a.v.)ning qizi qoldirgan bo‘shliqni to‘ldirsa faqat uning (s.a.v.) nabirasi to‘ldiradi, deb o‘yladim. Bu nikoh menga baxt keltiradi, deb bilaman.
—   Unday bo‘lsa eshitginki, Abul Os vafotidan oldin bu ishga meni vakil qilib ketdi. Men uning nomidan Umomani senga nikoxlab beraman.
—Rahmat senga.

Shunday qilib, Umoma ota uyidan ayrildi. Hazrat Ali (r.a.)ning uyiga keldi. O’z xolasi hazrat Fotima (r.a.)ning omonatlari Hasan, Husan, Ummu Gulsum va Zaynablarga ona bo‘ldi. Bir paytlar uni olamlarga rahmat bo‘lgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yelkalarida olib yurardilar. Hatto Abu Qamado bir safar Rasululloh (s.a.v.) sajda qilarkan, Umomani yerga qo‘yar, turganda yana olib yelkalariga o‘tirg‘izar edilar. Bolaligi Payg‘ambarlar sultoni Muhammad (s.a.v.) quchog‘i va yelkasida o‘tgan, sevilishi ibodat bo‘lgan sevimli ota mehri bilan ulg‘aygan Umoma endilikda uy bekasi edi. Buyog‘iga Rasululloh (s.a.v.) nabiralariga onalik qilib, hayotini davom ettiradi.

O’zi Nabiylar Sarvari (s.a.v.)ning mehribon qo‘llari ostida kamolga yetgan edi, endi esa uning mehribon qo‘llari hazrat Fotima (r.a.)ning ortida qolgan bolalar boshini silaydi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:11:37
* * *
Kunlarning birida hazrat Abu Bakr (r.a.)ning huzuriga Uayna bin Hikam va Aqrab bin Hobislar kelishdi. Ularning har ikkisi ham — «Muallafai qulub» guruhidan bo‘lib, tashriflarining maqsadi o‘zlariga yer berilishini so‘rab kelishgandi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) bu istak bajarilishi uchun bir noma yozib qo‘llariga tutqazdi. Mamnun bo‘lgan ikki birodar yaxshi ish qilishganiga ishonishardi. Bundan hazrat Umar (r.a.)ni ham topib xabardor qilib qo‘yishni ma’qul ko‘rishdi. Bu nomaga guvoh sifatida uning ham imzo qo‘yishi foydadan holi emasdi. Uni topib ahvolni tushuntirishdi.

— Qani, ko‘rayin-chi, - javob qildi hazrati Umar (r.a.).
Shunday deya hazrat Umar (r.a.) nomani qo‘liga oldi va jahl bilan yirtib tashladi. Aqrab va Uayna hayratda qolishdi, vasiqa esa parcha-parcha bo‘ldi.
—   Nimalar qilayapsan, ey Umar?.. Uni shaxsan xalifaning o‘zi yozib bergandi.
—    Bilaman. Ammo sizlarga beradigan pulimiz yo‘q. Rasululloh (s.a.v.) bu to‘lovni to‘g‘ri yo‘lga boshlash maqsadida bergan edilar. U payt Islom qudratli emas edi. Ammo endi yetarli kuchga ega. Fitnayu fasod chiqaruvchilarning jazosini bera oladi. Rozi bo‘lmasanglar o‘rtamizda qilich hakamlik qiladi.

—    Unda chiqar qilichingni!.. deya olishmadi. Bu gapni aytish falokat ortidan borish bo‘lardi. Qabila ahliga ishonib ish qiladigan vaqt emas.
G’azabkor va nafratli nigohlar hazrat Umar (r.a.)ni qo‘rqita olmasdi. Shu bois, qanday kelishgan bo‘lsa shunday ortga qaytishdi. Ammo oldinda muhim bir ish bor edi. To‘g‘ri hazrat Abu Bakr (r.a.)ning huzuriga bordilar va bo‘lgan voqeani tushuntirdilar. Va o‘z e’tirozlarini quyidagicha tugatishdi:
—   Ey, Abu Bakr! Biz tushunolmayapmiz. Sen amr berasan, Umar esa inkor etadi. O’zi xalifa senmi yoki Umarmi?

Bu bilan Aqrab va Uayna hazrat Abu Bakr (r.a.)ning jahlini chiqarmoqchi va ikki do‘stning orasiga nizo solmoqchi bo‘lishgan edi. Qay biri mag‘lub bo‘lsa ham foyda hisoblanar edi. Ammo ular kutmagan tarzda xalifa o‘ta vazmin va mulohazakor ohangda gap boshladi:
—Agar xohlasa Umar xalifa bo‘lsin.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) shu birgina gapi bilan dunyoni qonga botiradigan, saltanat va taxtdan boshqa narsani o‘ylamaydigan kishilarning aqliga ham sig‘maydigan bir davlat boshlig‘i ekanligini isbot qilgandi. Bu javobdan so‘ng Aqrab va Uayna jimgina chiqib ketishdan boshqa chora topisha olmadi.

Hazrat Umar (r.a.)ning o‘zboshimchalik bilan ish ko‘rishi Muallifai Qulubdagilarning ulushini kamaytirgandi. Ya’ni umr bo‘yi keladigan daromad yo‘li yopilgandi. O’n besh kishidan iborat Muallifai Qulub guruhida hech bir zarar ko‘rmagan Hakim bin Hizam ham bor edi. Chunki u bu masala o‘rtaga qo‘yilgan kuniyoq o‘ziga tegishli hamma narsani sadaqa sifatida tarqatib, hech kishidan hech narsa umid qilmasligini Rasululloh (s.a.v.)ning shaxsan o‘zlariga aytgan edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:12:46
* * *
Hazrat Abu Bakr (r.a.) xalqqa maosh tarqatarkan, aholini erkak-ayol, boy-kambag‘al kabi toifalarga ajratmasdan, yeyish-ichish, kiyinish masalalarida teng ehtiyoj sohiblari sifatida qarardi. Shu sabab huzuriga kelgan har bir kishining maoshi boshqalarniki bilan teng edi. Abdurahmon bin Horis bin Hishomning xizmatkori Abu Kurra ham o‘zi bilan xo‘jayinining maoshi tengligini aytadi.

Shuningdek, hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘lja bo‘lib, mulk sifatida tushganlardan ham o‘z ulushini olmasdan, «Sobiquna Avvalun» guruhidagi nochor kishilarga ulashganini ham eslab o‘tish joiz.
Qish mavsumi yaqinlasharkan, hazrat Abu Bakr (r.a.) turli xil kiyimlar sotib olib, Madinaning beva ayollariga tarqatardi.

Himmat va mehribonchilik o‘zini Allohga do‘st tutganlar uchun doimiy odatga aylanishi shart hisoblanadi.

Bir kuni hazrat Umar (r.a.) ko‘zi ojiz bir keksa ayolning xizmatini qilish uchun borardi. Ammo har gal borganida ayolning ishlari bajarilganligiga guvoh bo‘lardi. Bir kun sahar kelib u baxtli insonning kimligini bilmoqchi bo‘ldi va hazrat Abu Bakr (r.a.)ning o‘sha uydan chiqib ketayotganini ko‘rdi. Bu bilan hazrat Abu Bakr (r.a.) xalifalik bilan birga insonlarga xizmatchi ham ekanligini go‘zal namunalar bilan isbotlagan va Rasululloh (s.a.v.)ning: «Bir qavm boshlig‘i o‘sha qavmga xizmat qilgandir», mazmunidagi hikmatli so‘zlarining eng yorqin namunasini ko‘rsatgan edi.

Har holda, atrofdagilarning yordamiga ko‘z tikkandan ko‘ra, insonlarga xolis xizmat qilish va ko‘maklashish afzal va bu oliy insonparvarlik vazifasi hisoblanadi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:14:14
UMRA SAFARI

Rajab oyi edi, hazrat Abu Bakr (r.a.) Abdurahmon bin Sabihaga uchradi va unga o‘zi bilan safarga chiqish taklifini bildirdi:
― Agar xohlasang, men bilan birga umraga borishing mumkin, — dedi.
Bu gapdan albatta Sabihaning boshi ko‘kka yetdi:
—    Mamnun bo‘lardim, yo Rasulullohning xalifasi!
—    U holda tayyorgarligingni ko‘r.

Shunday qilib, hazrat Abu Bakr sultonlardan bo‘lmagan, yonida atigi bitta sherik bilan (Islom tarixida nomi tanilmagan kishi bilan) Madinani tark etdi. O’rniga esa hazrat Umar (r.a.)ni qoldirdi.
Madina yaylovlari o‘rnini bora-bora tepaliklar egallab, yashil rang ko‘rinmaydigan, oqar suv nimaligini bilmaydigan cho‘llardan o‘tishdi. Go‘yo Madina xalqidagi yumshoq fe’llik, Makka xalqining qo‘pol, qaysar tabiati bilan joy almashayotgandi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) bu cho‘llardan o‘n ikki yil avval o‘tgandi. O’shanda juda hayajonlangan edi. Rasululloh (s.a.v.) uchrashi mumkin bo‘lgan falokatlardan ming bir andishada edi. Endi esa, uchragan har inson uning din birodari. Tanigan, kimligini biladigan har bir kishi hurmat bilan «Marhamat, ey Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi, mehmonimiz bo‘l», deya taklif etardi. Biri qo‘rquv, andisha va hayajonga to‘la, ikkinchisi ishonch va hurmat bilan bo‘lgan bu ikki safarda ham Allohdan boshqa najotkor yo‘q. Ammo hazrat Abu Bakr (r.a.) birinchi safarining sharafini dunyoning hech bir xazinasiga alishmasdi.

Yana bir yangi kun boshlanayotgan bir paytda Makka vodiylari ham ko‘rina boshladi.
Bu yil umrining to‘qson beshinchi yilini yashayotgan va anchadan buyon ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolgan bir kishi, eshik yonida o‘tirib, o‘tgan-ketgan bilan suhbat qurardi. Ortiq uning bu dunyoda qiladigan ishi qolmagandi. Hayoti davomida to‘plangan tajribalar va xotiralar qolgandi, xolos. Ularni yoshlarga gapirib berib vaqt o‘tkazar va shu yoshda biror narsa qila olish baxtini berardi.
—   Shu kelayotgan o‘g‘ling, ey, Abu Kuhofa!.. Suhbatning bir zumda uzilishi va bu xabarning berilishi ko‘pdan buyon faoliyatini yo‘qotayozgan quloqlarga unchalik yaxshi yetib bormadi:
—   Tushunmadim, — dedi.
—   Abu Bakr kelyapti.
 
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:14:44
Buni anglamay bo‘lmasdi. Nuroniy chol darhol o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi va yonidagilar ko‘magida turdi. Buni ko‘rgan hazrat Abu Bakr (r.a.) hozirjavoblik qildi:
—   Otajon, turmang,— u shunday deya tuyaning cho‘kishini ham kutmasdan sakrab tushib kelib qariyaning bo‘ynidan quchdi, ko‘zlaridan o‘pdi.

Bu o‘g‘lining xalifa bo‘lganidai so‘ng ilk marotaba kelishi edi. Bundan Abu Kuhofa yaxshigina hayajonga tushgandi, ko‘zlaridan yirik-yirik yosh tomchilari oqardi. Oralarida o‘ttiz uch yosh farq va o‘n ikki yillik hasrat bor edi. Umrining to‘qson ikki yilini kufr va shirkda o‘tkazgan Abu Kuhofa, Makka fath etilgan kun qo‘lidan tutgan o‘g‘lining gapi bilan Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, shahodat kalimalarini keltirgandi. Olamlar rahmati bo‘lgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning nurli yuzlarini ko‘ra olmagan, ammo ovozini eshitib nasihatlarini tinglagandi. O’zi Islomga xizmat qila olmadi. Ammo o‘g‘li, nabiralari va hazrati Oisha (r.a.) musulmon inson uchun sharafli bo‘lgan xizmatlarni bajarib, Allohning Rasuli (s.a.v.)ni eng ko‘p shu oila baxtiyor qilgandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:16:02
* * *
Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning tashrifini eshitgan Makka volisi Attob bin Osid, yoniga Suhayl bin Amr, Ikrima bin Abu Jahl, Horis bin Hishomni olib keldi.
Har birining Rasululloh (s.a.v.) bilan achchiq-shirin bir muncha xotiralarga ega bo‘lgan bu insonlar bilan o‘tgan kunlar yodga olindi. Bu paytda hazrat Abu Bakr (r.a.)ning ko‘zlari qaytmas bo‘lib ketgan sevikli Payg‘ambari (s.a.v.) ortidan hasrat to‘la yoshlarni to‘ka boshladi.

Shunda Abu Kuhofa o‘g‘liga qarab murojaat qildi:
—   Ey Atiq, bular qurayshlarning eng faol kishilaridir. Ular bilan muomalada iltifotli bo‘l.
—   Otajon, har ish Allohning iznidadir. Yelkamga juda og‘ir vazifa yuklangan. Uning yordami bilan boshkaryapman va faqat Ungagina burchlidirman, — deya javob berdi.
So‘ng birodarlariga yuzlanib:
—   Men g‘usl qilishim kerak. Baytullohga pokiza holda bormoq lozim. Sizlar ishingizga boring, — dedi.

Shundan keyin yuvinib, poklangach yolg‘iz o‘zi kibr va g‘ururga joy bermasdan Baytullohga yo‘l oldi. Yo‘lda uni uchratganlar hurmat bilan salom berishar va «Xush kelding, ey, Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi», deyishardi. O’ng qo‘lini ehrom ustiga qo‘yib turdi, so‘ng Ka’baga yo‘l oldi. Xajari Asvodni ziyorat qildi. Duo qilib atrofini yetti marotaba aylandi. So‘ng Maqomi Ibrohimda ikki rakat namoz o‘qidi. Safo tepasiga yo‘l oldi. U yerdan Marva tomon yurdi. Takror Safoga keldi. Shunday qilib, uch marta Marvadan Safoga to‘rt marta Safodan Marvaga yurib, yetti marta borib keldi. Bu orada Rasululloh (s.a.v.) bilan birga bu ikki tepa orasida borib kelganini o‘ylab, bir vaqtlar hazrat Hojarning bu ikki tepa orasida suvsiz qolgan dilbandiga suv topish umidida yugurib-elganini xotirladi. Ertasi kun odamlar hazrat Abu Bakr (r.a.)ning yana Ka’bani tavof etayotganini ko‘rishdi. Birozdan so‘ng Safo tepasi yonidagi «Dorunnadva»ga keldi. Kimning shikoyati, arzi bo‘lsa, kelsin, deya e’lon berdi. U yerda biroz o‘tirdi. Chaqirig‘iga binoan huzuriga kelganlar bo‘ldi. Kelganlarning hammasi vali Attob haqida, idorasining yaxshiligi haqida so‘zladilar. Shikoyat uchun kelganlar bo‘lmadi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘sha kuni peshin namozini o‘qigach, odamlar bilan xayrlashdi. Birodari bilan yo‘lga chiqdi. 450 chaqirimga cho‘zilgan bu zerikarli sahrolar va qum daryolaridan takror o‘tish lozim edi. Keksa ota yonida faqat bir kecha bo‘lib, o‘rtacha o‘n ikki kunlik bu safar charchog‘i hanuz ketmagandi. Shunga qaramay yana o‘n ikki kunlik safarga yo‘l olish lozim edi. Ammo u xalifalik markazida bo‘lishi va chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarga chora topishi lozim edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:18:03
* * *
Kunlarning birida Habiba xonimning ko‘ngli shirinlik tusab qoldi. Ammo bu haqda hazrat Abu Bakr (r.a.)ga aytishni ham ma’qul ko‘rmadi. O’zicha chora topishga qaror qildi. Har kun o‘zlariga keladigan oziq-ovqatdan bir miqdorini olib qolsa, uch-to‘rt kunda bir halvo pulini chiqara oladi. Darhol o‘sha kundan boshlab qarorini tadbiq qilishni boshladi. Bir kun hazrat Abu Bakr (r.a.) dasturxoniga bir tovoq halvo qo‘yilganini ko‘rib, ajablandi. Ko‘pdan buyon shirinlik nomini unutayozgan va o‘ziga beriladigan oziq-ovqatda shirinlikning nomi ham bo‘lmaydigan bir paytda dasturxonga qo‘yilishi uni haqiqatan ajablantirgandi:
— Bu qaerdan keldi, - so‘radi darhol.

Shundan keyin Habiba xonim vaziyatni bildirdi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) og‘ir sukutda qoldi. Va Baytulmulkni boshqaruvchi kishi, bundan buyon hazrat Abu Bakr (r.a.) uyiga yuboriladigan ulushning bir miqdorini kesish amrini oldi. Xalifa bu amrni berarkan: «Hazrat Abu Bakr oilasi bundan oziga ham qornini to‘ydira oladi», dedi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) xalifalikdan avvalgi hayotida ham bunday tansiq taom yeganini eslolmasdi. U topganida yer, yo‘qsillarga berar, shukr qilishdan tinmaydigan bir mo‘min sifatida yashagandi. U hech vaqt qo‘shnisi och ekan o‘zi to‘q bo‘lib, vijdon azobini chekmagan, chekishni istamasdi ham. Chunki Rasululloh (s.a.v.)ning: «Mo‘minlar ahvoli bilan qiziqmagan, ularning dardini o‘z dardi deb bilmagan bizlardan emasdir», deganlarini eshitgan va bu gapning nihoyasida «qo‘shnisi och bo‘lib, o‘zi to‘q yuradiganlar bizlardan emasdir», deya aytganlarini eshitgandi. Bir mo‘min sifatida bu masalada qo‘li ochiq, ko‘ngli rohatda edi. Iymon keltirgandan buyon o‘zi uchun orzu qilgan har ezgulikni mo‘min birodarlari uchun ham samimiyat bilan orzu qilar, o‘ziga kelishga rozi bo‘lmagan hech bir yomonlikning boshqa mo‘minlarga kelishini tilash uning xayoliga ham kelmasdi. Shu sabab «Bugun men qornimni to‘ydirdim, och qolgan bilan nima ishim bor», demasdi. Shu kunga qadar bir mo‘min vazifasi sifatida bajargan bu ahloqiy fazilatlarni bundan buyon mo‘minlar ajri sifatida yanada mas’uliyatlilik bilan bajarardi. Qo‘shnisi och holda u xotirjam tong ottirmasdi. Endi esa xalq och ekan, amir ham to‘q bo‘lmaydi. Agar to‘q bo‘lsa, ochlar holini qayoqdan bila oladi, qanday chora topa oladi?...

Hazrat Abu Bakr (r.a.)ni Baytulmulkka yetaklagan va «Hazrat Abu Bakr oilasi shu bilan ham to‘yadi», deyishiga majbur qilgan tuyg‘u mana shu edi. Yo‘qsa u ham yeyishni bilardi. Uning ham to‘ydirilishi kerak bo‘lgan bir qorni, go‘zal taomlarni inkor qilmaydigan nafsi bor edi. Ammo ertaga hisob beradi. Rasululloh (s.a.v.)ga qaysi o‘lchovlar bilan xalifa bo‘lganligi masalasi ko‘riladi, bu hisobni yorug‘ yuz bilan bera olish, haqiqiy ma’noda fuqaro oldidagi mas’uliyati, xalqni o‘ylaydigan bir amir bo‘lish uchun to‘rt kunlik dunyoning o‘tkinchi ne’matlariga aldanolmasdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:20:11
* * *
Hayratli bir savol, hazrat Abu Bakr (r.a.) bu masalada ilgarilab ketganmidi? Nahotki o‘zidan keyin tayinlanadigan xalifalar ham bemalol bajarishi mumkin bo‘lgan bir hayot tarzini o‘rtaga qo‘ya olmaydi? Hamma xalifalar ham bu masalada hazrat Abu Bakr (r.a.)dek bo‘lishi mumkinmi?.. O’zi xohlagan hayot tarziga ayoli va farzandlarini ham bo‘ysundirish majburiyati bormidi?.. Bu savollarga javob topish imkoniga ega emasmiz.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:21:27
* * *
Hazrat Abu Bakr (r.a.) haqida sifat bildirish asnosida shu gapni alohida ta’kidlash o‘rinlidir. U kishi (r.a.) urushni, qilich ko‘tarishni xush ko‘rmaydigan bir zot edi. Shu bois xalifalikdan avvalgi va keyingi hayotida ham jang kishisi sifatida tanilmagandi. Uni bu masalada Umar bin Xatgob, Hamza bin Abulmuttalib, Ali bin Abu Tolib, Xolid bin Validlar bilan tenglashtirib bo‘lmasdi. Turli voqealar natijasida hazrat Umar (r.a.) tarafidan: «Izn ber, ey, Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi, shu odamni boshini tanasidan judo qilayin», degan qancha takliflar bo‘lgan va bularning barchasi hazrat Abu Bakr (r.a.) tomonidan rad etilgan edi. Shu bilan birga u hech vaqt qo‘rqoq shaxs sifatida ham tanilmagandi. Yaxshi bir jangchi emasdir, ammo hech kimda bo‘lmaydigan bir iymon quvvatiga ega edi. Shu iymon uni ismlari yuqorida sanab o‘tilgan insonlar qatorida jasur qilgandi. O’lim qo‘rquvi uning hech bir qadamiga to‘siq bo‘lolmas, aslo tashvishiga qo‘ymas, dushmanlar ko‘pligi, hatto ba’zan musulmonlarning tarqalib ketishi uni ortga chekintirolmasdi. Hamma safarlarda Rasululloh (s.a.v.) yonlarida bo‘lib, unga ko‘ngil bilan yo‘ldosh bo‘lgan, janglarda uni muhofaza qilib kelgandi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) qalbini to‘ldirgan, suyaklarigacha singib ketgan iymon hanuz iymon keltirmagan o‘g‘li Abdurahmonni Badr maydonida ko‘rganda, uning islom va Rasululloh (s.a.v.)ga qarshi qilich ko‘tarishiga chidolmasdan kerakli saboqni berib qo‘yish uchun shaxsan o‘zi maydonga tushmokchi bo‘lganda Rasululloh (s.a.v.) izn bermagandilar. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning bu harakati ko‘zbo‘yamachilik uchun emas edi, albatta. U hayoti davomida hech qachon nosamimiy harakat qilmagandi. Shuningdek, keyinchalik iymon keltirgan va o‘ta samimiy musulmon bo‘lgan o‘g‘li Abdurahmon bilan oralarida Badr jangi bilan aloqador suhbatda Abdurahmon:
—   Agar siz o‘sha kun menga qarshi chiqib, qilich ko‘targaningizda men qaytib ketardim, — degan edi.

O’shanda hazrat Abu Bakr (r.a.) shunday deb javob bergan edi:
—   Agar men maydonga chiqsam va sen menga qarshi qilich ko‘targaningda men hech ikkilanmasdan seni o‘ldirardim, — deya javob bergan edi.
Agar inson fazilati va ishlari bilan g‘ururlanish kerak bo‘lsa bunga eng munosib kishi hazrat Abu Bakr (r.a.) edi, shubhasiz. Ammo u hech kachon g‘urur va kibrga yo‘l qo‘ymasdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:23:28
Chunki uning ko‘z oldida insoniylikning barcha go‘zal fazilatlarini o‘zida jo qilgan Rasululloh (s.a.v.) bor edilar. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning maqsad va g‘oyasi fazilat yo‘lida Rasululloh (s.a.v.)ga bir qadam bo‘lsa-da, yana ham yaqinlashishi, U (s.a.v.)ning sunnati va hayot tarzini ruhiga biroz bo‘lsa-da, singdirish edi. Butun olamga rahmat qilib yuborilgan bo‘lishiga qaramasdan, u qilmagan, hatto xush ko‘rmaydigan holatga hazrat Abu Bakr (r.a.) ham tushmasdi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) shaytonning ilohiy rahmatdan yiroqlashtiruvchi xususiyatlarning boshida o‘zini yaxshi ko‘rish va kibrlanish turishini va ular chirkin axloqiy xastalikka boshlashini bilardi. Shu sabab hech kim uni qilgan ishlari bilan maqtangan va kibrlangan holda ko‘rmagandi. U Rasululloh(s.a.v.)ning «Kim Alloh rizosi uchun kamtarlik qilsa, Alloh uning qadrini yuksaltiradi», degan so‘zlarini eshitgan, kamtarlikning eng go‘zal namunalarini ham yana Rasuli Akram (s.a.v.)da ko‘rgandi. Allohning qiyomatga qadar barcha insonlarga har tomonlama namuna bo‘lib ko‘rsatilgan Rasululloh (s.a.v.) tavoze yo‘lini tutganda, hazrat Abu Bakr (r.a.) uning aksi bo‘lgan yo‘lga kanday keta oladi, qanday kibrlana oladi?!

Rasululloh (s.a.v.)ni eng yaxshi tanuvchi inson sifatida qanday qilib boshqa yo‘lni tuta oladi?!
Alloh huzurida aziz bo‘lishning yagona yo‘li bor, bu ham bo‘lsa Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yo‘llaridan borish, U (s.a.v.)ning har bir harakatidan o‘rnak olishdir.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘zini qanday tutishni biladi. Ko‘z oldida Buyuk Mavloning bitmas-tuganmas ne’matlari bor, Mavlosiga qul bo‘lish yo‘lida Qur’onda keltirilgan Payg‘ambarlar bor va nihoyat uzoq yillar birga bo‘lgan Payg‘ambarlar Sultoni bor. Shunday holda manmanlik qilish, kibr va g‘ururga berilishdek noma’qul va johillarcha harakat bo‘lmas. Shularni ruhiga singdirgan hazrat Abu Bakr (r.a.) haqiqiy mo‘minlarga xos fazilatli hayot kechirib, kamtarlikning eng go‘zal namunalarini ko‘rsatgan, hatto qullikdan ozod qilingan Bilol Habashni «afandim», deyishdan ham qaytmagandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:38:36
* * *
— Namozdan so‘ng o‘qiladigan bir duo tavsiya et, ey Allohning Rasuli, — deya murojaat bilan kelgan sevimli birodariga Rasululloh (s.a.v.):
—   Ey Allohim, men nafsimga ko‘p zulm qildim. Sendan boshqa gunohlarni kechirguvchi yo‘q. Meii avf et, menga rahmat va mag‘firating bilan muomala buyur. Shubhasiz, marhamati keng, karami cheksizdirsan, deya niyoz etishni tavsiya etgan, bu tavsiyaga binoan Hazrat Abu Bakr (r.a.):
—   Men qanday nafsimga zulm qilgan bo‘laman?.. Agar men ham zulm qilgan bo‘lsam, zulm qilmagan hech kim qolmaydi, demagan va hayoti so‘nggiga qadar namozdan so‘ng: «Allohumma inni zolamtu nafsi zulman kasiron»... duosini o‘qidi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.)ga tegishli va haqiqatan ham uning tabiatiga xos bir munojot bor. «Jud bilutfika...» deya boshlanuvchi bu munojotda u Bukj Mavloga shunday niyoz qiladi:
—   Ey, Allohim, ulushi juda kam, gunohlarini samimiylik bilan e’tirof etishdan boshqa sarmoyasi bo‘lmagan bir faqir huzuringga keldi. Undan marhamatingni ayama.
—   Ey, Olamlar egasi, bu qulning gunohi kattadir. Sendan boshqa najotkori yo‘q bir g‘aribdir. Uning gunohlarini kechirgin.
—   Ey, Buyuk rahm qiluvchi, bu qulniig qilganlari faqat isyondir, sening nematlaringni unutishdir, gunoh ustiga gunohdir. Sendan kutganim esa faqat ehson, ikromdir.
—   Marhamatli Allohim, gunohlarim qum zarrachalaridan ham ko‘p, sanog‘i yo‘q. Sen avf qilib gunohlarimni kechirgin, sabr ber.
—   Yaratgan egam, xayrli amalim yo‘q, yomon amallarim ko‘p, ibodatim esa juda ham oz. Bu ahvolda holim ne kechadi? Bu qulingni turli xastaliklardan saqla. Hojatini chiqargin. E’tirof etamanki, mening qalbim xastadir. Xastaga haqiqiy shifoni sen bera olasan,
—   Ey, Allohim, Ibrohiming uchun olovga «O’ch!»... amrini berganingdek, meni yoquvchi olovga ham shu amrni bergin! Shifo beruvchi sensan.
—   Ey, Rabbim, ikrom xazinalaringdan menga ehson qil. Chunki sen marhamati keng ikrom qilguvchisan. Menga ko‘nglimning murodini ber. Men eng xayrli telba ketidan ayirma.
—   Ikki olam egasi bo‘lgan Buyuk Mavlo, Jabroil yordamchi bo‘ladigan qiyomat kunida bizga muborak bir mulk va saltanat ber. Biz qo‘rquvchi narsalardan qutqar va asra!
—   Qani Muso, qani Iso, Yahyo qaerda?.. Nuh qaerda?.. Bu buyuklarning har biri umrlarini yashab ketmadilarmi?..
Ey, isyonkor Siddiq, sen Buyuk Mavloga qaytib tavba qil...
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:39:31
* * *
Abu Bakr (ra.) hazratlari turli sabablar bilan jannatga loyiq ko‘rilgan bir insondir. Jannatning barcha eshiklaridan chaqiriladigan inson sifatiga U (r.a.) zot sazovor bo‘lgandir. U (r.a.) kishi haqida yana fazilatlar sanasak, ko‘p davom ettirishimiz mumkin. Jumladan, Allohga isyon qilib, natijada azobga uchrashdan Allohning huzuriga yuzi qora bo‘lib chiqishdan eng qo‘rquvchi inson ham hazrat Abu Baqr (r.a.)dir. U vakti-vaqti bilan nafsini hisob-kitob qilishni muhim vazifa sifatida qabul qilgandi. U (r.a.) islom tarixida unutilishi joiz bo‘lmagan buyuklarning eng buyugidir. Komil bir inson islomni faqat u yashagandek darajadagi samimiyat bilan yashay olishi mumkin. Shu bilan birga u nafsini hisob qilishda aslo beparvolik qilmasdi.

Hazrat Umar (r.a.)ning xizmatchisi Ashlom bir ish bilan buyuk xalifa yoniga kirib, ko‘rgan manzarasidan hayratda qoladi. Chunki hazrat Abu Bakr (r.a.)qo‘lida bir ro‘molcha bilan tilini o‘rab siqib burayotgandi. Hayoti davomida bunaqa holatga ilk marotaba uchragan Ashlom birozdan so‘ng hazrat Abu Bakr (r.a.)ning «Nima topgan bo‘lsam, tilimdan topdim», deganiga guvoh bo‘ladi.

Darhaqiqat, hazrat Abu Bakr (r.a.) saxovatli bir inson edi. U uchun molning qadri Alloh yo‘lida biror ishga yarashi bilan o‘lchanardi. Shuningdek, uning azoblanayotgan qul va joriyalarni sotib olib, ozod qilgani ma’lum. Tabuk safari oldidan moliniig hammasini keltirib Rasululloh (s.a.v.) qarshisiga qo‘ygan yagona inson ham Abu Bakrdir.

O’shanda Allohning Rasuli (s.a.v.) unga shunday savol bergan edi:
—   Ey, Abu Bakr, oilangga nima qoldirding?
—   Allohni va Rasulini qoldirdim, — degan javobni olgandilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.).
Ushbu gapni aytar ekan, ko‘nglida ishonch bor ediki, bu «Rabbim ularning rizqini beradi», degan taskindan iborat edi. U o‘z oilasidan yiroqda imkon qadar insonlar dardini olishga harakat qilardi. Vaqti-vaqti bilan ashoblar uyiga kelib, qorinlarini to‘ydirgan vaqtda ular orasida uning dasturxonidan yeb-ichadigan qarindoshlari ham bor edi. Ulardan biri xolasi Ummu Mistoh va o‘g‘li Mistoh bin Asosadir. Mistoh hazrat Abu Bakr (r.a.) xolasining o‘g‘li edi. Ular o‘ta faqir oila edilar. Shu sabab hazrat Abu Bakr (r.a.)ning hojatbaror qo‘li ularga ham uzatilgan edi. Ona-bola uzoq yil hazrat Abu Bakr (r.a.) hisobidan kun kechirishgan edi. Ammo bir kun shayton Mistohni o‘yinga boshladi. Munofiqlar tomonidan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga qarshi uyushtirilgan bo‘htonning ishtirokchisi bo‘ldi. Zinoda tuhmat qilingan ayol hazrat Abu Bakr (r.a.)ning qizi va Rasululloh (s.a.v.)ning ayoli ekanligini o‘ylamadi. Holbuki, u Badr jangida qatnashgan. Uzoq yillar Rasululloh (s.a.v.) orqasidan namoz o‘qib, nasihatlarini tinglagan bir inson edi. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ni va oila a’zolarini yaxshi bilardi. Hech bir ota qizining or-nomusiga til tekkizilishini ijobiy qarshilay olmaydi. Hazrat Abu Bakr (r.a.)dek nomusli inson uchun esa bu tuhmat haqiqiy manoda zarba edi. Bu voqeadan u Rasululloh (s.a.v.) ranjiganchalik ranjidi. Bunaqa jiddiy masalada Buyuk Mavlodan biror izoh kelar deya kutdi, ammo kelmadi. Rasululloh (s.a.v.) ham hech narsa qilmadi. Kechalari ko‘zlariga uyqu kelmas, kunduzlari odamlar yuziga qaray olmasdi: bir munofiq bu bo‘htonni qilar, hazrat Abu Bakr (r.a.)ni o‘lmasdan avval o‘ldirishni istardi. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning boshi egilishidan sevinishardi. Ammo dasturxonida o‘tirmasa och qoladigan va tilanchilik qilishi mumkin bo‘lgan, har kun avvalo ne’matlar sohibi Allohga hamd keltirgach, «Alloh sendan rozi bo‘lsin, ey Abu Bakr!» deguvchi Mistohning qilgan ishi hayratga munosib edi. Hayronlik eshitgan kishini biror ichki tuyg‘u boshladimi uni bu yo‘lga, yo‘qsa biror noxush munosabat intiqomini olish uchunmi, degan savolga ro‘baro‘ qilardi. Bu oilani yaxshi biluvchi inson sifatida agar shunday bo‘hton chiqqudek bo‘lsa, dastlab u qarshi chiqib: «Yo‘q, Oisha unday ishni qilmaydi», - deyishi kerak edi. Bu Mistohning vijdoniy burchi, insoniylik vazifasi edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:42:50
Ma’lum vaqt davom etgan iztirobli kutishlardan so‘ng Buyuk Mavlo, masalani oydinlatuvchi oyatlarni tushirgach, hazrat Abu Bakr (r.a.) taskin topdi. Nazarida, yelkasidan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi. Bo‘hton qilingandan buyon bunaqa yengil huzurbaxsh nafas olmagandi. Go‘yo dunyoga qaytadan kelgandek bo‘ddi. Shundan keyin kayfiyati ko‘tarilib, hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning muborak yuzlarini ko‘rganda his qilgan uyatni unutdi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) bundan keyin Mistohni dasturxoniga o‘tirtirmaslikka, unga ikrom va ehson qilmaslikka qaror qildi. Mistoh haqiqatan bunga munosibligini isbotlagandi. Yana bu qaror hazrat Abu Bakr (r.a.)ning voqeadan qanchalik ranjiganini ko‘rsatadi. Ammo bu harakat hazrat Abu Bakr (r.a.)ga xos emasdi. Unga munosib Allohga xush kelguvchi bir qulga xos harakat edi. Shuningdek, Jabroil Amin Rasululloh (s.a.v.)ni topib ilohiy xabarni yetkazdi. Bu farmon hazrat Abu Bakr (r.a.)ning yomonlikni yaxshilik bilan qarshilashini ko‘rsatardi.

Oyat Rasululloh (s.a.v.) tomonidan alohida hazrat Abu Bakr (r.a.)ga o‘qildi:
«Sizlardan fazilat va keng mol-mulk egalari qarindoshlarga, miskinlarga va muhojirlarga Alloh yo‘lida ehson qilmaslikka qasam ichmasin, balki ularni avf qilib, kechirsinlar! Alloh sizlarni mag‘firat qilishini istamaysizlarmi?! Alloh mag‘firatli va rahmlidir» (Nur surasi, 22-oyat).

Bu oyatni eshitgan hazrat Abu Bakr (r.a.)ning peshonasini ter qopladi. Chunki Buyuk Mavlo ogohlantiradigan holatga tushgandi. Boshqalar uchun oddiy hol hisoblanadigan ko‘pgina harakatlar yuqori darajadagi kishilar uchun ayb sanalardi. Qiziga bo‘hton qilgan kishiga avvalgi munosabatning o‘zgarishi jamiyat tomonidan oddiy qarshilanadi. Hech kim bu harakat uchun uni ayblamaydi. Shuningdek, hazrat Abu Bakr (r.a.) alohida fazilat sohibi bo‘lishi kerak. Janobi Haq shuni istaydi: «(Har qanday) yomonlikning jazosi xuddi o‘ziga o‘xshash yomonlikdir. Bas, kimki afv etib (o‘rtani) tuzatsa, bas, uning mukofoti Allohning zimmasidadir. Albatta, U zolimlarnn sevmas» (Sho‘ro surasi, 40-oyat), deya marhamat qilgan Buyuk Mavlo yomonlikka qarshi jazo berishni oddiy hayot kechirayotgan qullariga qoldirib, hazrat Abu Bakr (r.a.)ni yuksakliklarda ko‘rishni xohlamoqda. Shuningdek, hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘ziga aloqador oyatni Rasululloh (s.a.v.) tinglagach, qo‘llarini ko‘tarib, «Allohim, biz Sening marhamatingdan umidvormiz», dedi.

Shundan so‘ng Mistoh yana bu dasturxoning a’zosi bo‘ladi. Ham bu masala umuman xotirlab, uyaltirilmasdan u yana avvalgi «xola» o‘g‘li bo‘lib qoldi.

UCHINCHI KITOB TUGADI
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:44:33
HAZRATI ABU BAKR (R.A.)NING VAFOTI

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hijratidan so‘ng o‘n uch yil o‘tgan, jumodul oxir oyining yettinchi, dushanba kuni edi. Havo sovuq. Hazrat Abu Bakr (r.a.) g‘usl qilib, yuvinib chiqqanda yaxshigina sovuq qotib, titray boshlagandi. Buyuk Islom olamiga o‘n minglarcha kishilik qo‘shinlarga hukmini o‘tkazgan qudratli xalifa vujudini qoplab kelayotgan bu titroqni bosolmasdi. Titroq isitma bilan almashdi. Bora-bora tayanchi va kuchini yo‘qotayotgan vujud yotishga majbur bo‘ldi. Ilojsiz hazrat Umar (r.a.)ni chaqirtirdi. Masjidga borolmaydigan darajada majolsizligini aytib, imomlikni boshqarishni buyurdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:46:13
* * *
Birozdan so‘ng Abu Bakr (r.a.)ning huzuriga hazrati Umar (r.a.) qaytib keldi va ahvolni so‘radi:
— Ahvollaring yaxshimi, ey, Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi?...
— Ko‘rib turganingdekman, - javob qildi xalifa.
— Ahvoling yaxshi bo‘lmasa, biror tabib chaqiraylik, kelib davolasin.
— Tabib kelgan edi...
— Davo buyurdimi?
— Nima istasam shuni qo‘llashimni aytdi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) bu gaplari bilan hayoti tugayotganini anglatmoqchi bo‘ldi. Odamlar bu buyuk zotga biror yaxshilik qilishni istashar, ammo hech narsa qilib bo‘lmasligini tushunib turishardi. O’lim hukmi Allohning so‘nggi va eng buyuk Payg‘ambari (s.a.v.) uchun o‘zgarmaganda, uning xalifasi uchun o‘zgararmidi. Qaytish hukmi bo‘lmagan, ya’ni natijasi o‘lim bilan tugaydigan yo‘lga kirganligi aniq edi.
Ziyoratga kelganlar uning nursiz ko‘zlaridan ahvolini tushunishar, ammo chorasiz edilar. Xalifaga salomatlik tilab ketisharkan, ko‘ngillarida og‘riq bor edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:47:08
* * *
Hazrati Abu Bakr (r.a.)ning o‘limi haqida bir rivoyat ma’lum bo‘lib, u quyidagicha talqin etilgan. Xullas, o‘shanda Toif ashrafining mashhur tabibi Horis bin Kaladaning ham bemor bo‘lganligi haqida xabar keladi. Horis uni ko‘rishga kelganlardan biriga, bir yil avval hazrat Abu Bakr (r.a.) bilan bo‘lgan bir ziyofatda taomga bir yildan so‘ng ta’sirini ko‘rsatuvchi zahar solinganligini aytgan, uni sezgan zahoti darhol chora ko‘rgan, ammo kechikkanini aytgandi. Uning fikricha, endi o‘sha zahar o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgandi. Va buning natijasi faqat o‘lim edi. Aziz sahoba Abu Bakr (r.a.)ning otasi Quhofa haqiqatan hazrat Abu Bakr (r.a.) bilan bir kunda vafot etadi.

Bu rivoyatning qanchalik ishonchliligi bizga noma’lum. Bir kunda sodir bo‘lgan ushbu qazolar sababi xayoliy voqea yoki tasodif bo‘lishi ham mumkin.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:49:03
* * *
Hazrat Oisha (r.a.) kundan-kun tobora so‘nib borayotgan sevimli otasining yuziga boqdi. Sog‘ligida ham chuqur bo‘lgan ko‘zlari yanada botib ketgandi. Yotgan xonasiga «Xalifa yotog‘i» deb nom berish uchun guvohlarga ehtiyoj bor edi. Bu ummatning eng buyuk, eng aziz insoni, eng faqir inson uyida ham topiladigan bir-ikki eski, yaroqsiz ashyodan boshqa narsasi yo‘q edi. Ammo bu inson Alloh va uning Rasuli (s.a.v.) yonida boshqalarga nasib qilmaydigan darajadagi yuksak maqomga ega edi. Shularni xayolidan kechirgan mo‘minlar onasi hazrat Oisha (r.a.) yuragidan toshib kelgan bir she’rning ikki baytini tilga oldi va o‘sha she’rning ma’nosi quyidagicha edi: «Nur yuzlidir. Uning hurmati bilan Allohdan yomg‘ir so‘raladi. Yetimlar yuzini kuldirgan, bevalarga qanot bo‘lgan Udir».

Bu baytlar xasta ko‘zining ochilib-yumilishiga sabab bo‘ldi. Sekingina boshini ko‘tarib qiziga qaradi va xazin ovozda dedi:
—   Aytmoqchi bo‘lganing Rasululloh (s.a.v.)dir. Hazrat Oisha (r.a.) bu she’rni Rasululloh (s.a.v.)ga atab amakisi Abu Tolib tarafidan aytilganini bilmasdi, sevikli padariga boqarkan, Rasululloh (s.a.v.)ning xayoli ham bu chehrada aks etgandek bo‘ldi. «Kishi sevgani bilan birgadir», deya marhamat qilgan Buyuk Payg‘ambar (s.a.v.)ning shu onda o‘z dardida qovurilayotgan hazrat Abu Bakr (r.a.)ning yonida bo‘lib, ruh va ko‘ngil birligi natijasida xasta yuzida shunaqa bir holat namoyon bo‘lishi ham mumkin.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:53:32
* * *
O’sha kunlarning birida hazrat Abu Bakr (r.a.) huzurlariga bir kishi keladi:
—   Assalomu alaykum, ey, Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi!
—   Vaalaykum assalom, ey, Salmon!
—   Menga vasiyat qilarsan, deb keldim.
—   Albatta, Salmon, mendan keyin bir qancha fotihlar bo‘ladi. Seni ular ichida qornini va to‘rvasini to‘ldiruvchi odam sifatida bo‘lishingni istamayman. Ma’lumki, besh vaqt namoz o‘qigan kishi Allohning lutfi va marhamati, himoyasida yashaydi. Bu imkoniyatdan foydalanib, Allohning bir bandasiga ozor berma. Agarda shunday qilsang, Alloh hisob qilib, yuzing bilan olovga tashlaydi...
Majolsiz bemorning ortiq so‘zlashga darmoni yo‘q edi. Shu sababli Salmon unga shifo tilab, chiqib ketdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:54:49
* * *
Tobora umri tugab borayotganini his qilgan hazrat Abu Baqr (r.a.) qisqa vaqt ichida qaror qildi va butun mas’uliyatni his qilib o‘rniga xalifa tayinlamoqchi bo‘ldi. Bu ummatni ikki yil oldingi voqealarga uchratmasdan xalifalik ishini tugatmoqchi edi.

Bir yarim yil oldin Qur’oni karimni butun kitob holida to‘plashni taklif qilgan hazrat Umar (r.a.)ga: «Hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qilmagan ishni biz qanday qilamiz?» degan muammoli savodni bergan xalifa endi Rasululloh (s.a.v.) qilmagan ishni bajarishga qat’iy azm qilgan hazrat Abu Bakr (r.a.) orasida anchagina farq bor edi. Ikki yarim yilga yaqin davr mobaynida davlat boshlig‘i vazifasida ishlab, haqiqatan ancha pishgandi. Kecha ko‘rolmayotgan haqiqatlarni bugun yaxshigina anglab olardi. Vaqt va voqealar inson uchun shubhasiz eng yaxshi saboqdir.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:56:36
* * *
Bir kuni Abu Bakr (r.a.) o‘z huzuriga Abdurahmon bin Avfni chaqirishlarini iltimos qildi. Shundan keyin darhol xabar yuborildi va ko‘p o‘tmay kirib kelgan oqsoq, ochiq chehrali bir kishi, «Meni yo‘qladingmi, ey, Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi»,-deya kirib keddi.
— Ha, Abdurahmon, kel, bu yoqqa o‘tir.
—   Bugun ahvoling biroz tuzukka o‘xshaydi, umid qilamanki, shifo topasan.

Haqiqatan umid qilyapsanmi, ey, sevimli do‘stim? Lekin men umidvor emasman. Menimcha, dunyo bilan vidolashadigan vaqt yaqin. O’limimdan avval mo‘minlar ishini zimmasiga oladigan bir insonni tayinlab, insonlarni tashvishga tushishidan qutqarayin. Seni ham shu masalada fikringni bilmoqchi bo‘lib chaqirtirgandim. Endi menga ayt-chi, Umar bin Hattob haqida fikring qanaqa?

Hazrat Abdurahmon o‘ylab o‘tirmasdan javob berdi:
—   Nega mendan ko‘ra yaxshiroq biladigan insoning haqida mendan so‘rayapsan?
—   Bilsam ham, sening ham fikringni bilmoqchiman.
— U sen o‘ylagandan ham yaxshiroq bir insondir. Ammo biroz qattiqqo‘l tabiatliroq.
—   Umarning bu tabiati meni yumshoq, deb bilishingdandir. Men uni jiddiy kuzatdim. Natija shuki, men biror odamga g‘azab qilsam, Umar u odamning yaxshi tomonlarini ko‘rsatishga harakat qildi, meni yumshoq xulqda ko‘rgan vaqt tenglikni saqlash uchun u shiddatli bo‘ldi.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘zi uchun muhim bo‘lgan gapni hazrat Abdurahmonga ham ma’qul bo‘lganini bildi va past ovozda qo‘shimcha qildi:
—   Bu gap oramizda sir bo‘lib qolishini iltimos qilaman...
 — Ishonishing mumkin, ey, Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi, — dedi Abdurahmon bin Avf va oqsoqlanganicha xonani tark etdi. Endi biri kalta bo‘lib qolgan oyog‘ini iymon, Islom yo‘lida fido qilgan, Rasululloh (s.a.v.)ni dushmandan mudofaa qilganida shu holga tushgan edi. O’zi uchun unutilmas bir sharaf, tengsiz shirin xotira bo‘lgan bu voqeani bilmaganlar ayb (nuqson) hisoblashardi. Ular fikrining ahamiyatsizligi ma’lum. U hayotida Rasululloh (s.a.v.)dan jannat xushxabarini olgan inson edi. Hayotining bu xushxabarga munosibligini isbotlagan va davom etgirgan shaxsdir.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:59:08
* * *
Abu Bakr (r.a.) hazratlari barcha yaqinlarini huzurlariga chorlar ekanlar, navbatdagi birodarlarini yo‘qlattirdilar.
—   Menga Usmon bin Affonni chaqiring!...
Birozdan so‘ng Rasululloh (s.a.v.)ga ikki marotaba kuyov bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan va shu sabab ikki nur ma’nosini bildiruvchi «Zinnurayn» nomini olgan bir inson kirib keldi.
― Assalomu alaykum, ey, Rasulululloh(s.a,v.)ning xalifasi!
― Vaalaykum assalom, Usmon. Kel, sendan bir kishi xususida so‘ramoqchiman. U Umardir, ko‘pchilikdan u haqda fikr oldim va shular qatorida sening fikringni ham bilmoqchiman.
—   Menimcha uning ichi, tashqi qiyofasidan ham yaxshiroq. Oramizda unga tenglashadigan inson yo‘q...

Hazrat Abu Baqr (r.a.) xalifa tayinlash haqidagi fikrlari tasdiqlanganidan mamnun bo‘lgandi. Unga ham bu suhbat sir saqlanishini aytgach, ketishiga izn berdi. Keyin Avs qabilasi boshlig‘i Usayd bin Hudayrni chaqirtirdi. Unga ham shu savolni berdi. Undan:
—   Sendan keyin eng xayrli inson sifatida uni ko‘raman. Yumshoq muomala lozim bo‘lgan joyda yumshoq muomala qiladi, qattiqqo‘llik kerak joyda, qattiqqo‘l bo‘ladi. Uning ichki dunyosi, tashqi ko‘rinishidan ham yaxshidir. Oramizda xalifalikka undan munosibroq kishi yo‘q, - degan javobni oldi.

Keyin hazrat Abu Bakr (r.a.) muhojir va Ansor qabilalaridan fikrlari muhim bo‘lgan kishilarni chaqirtirdi. Olingan natija ijobiy edi. Ko‘ngli xotirjam bo‘ldi. Endi esa qatiy bo‘lgan qarorini e’lon qilishi mumkin edi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 15:59:50
* * *
Fikr almashish uchun chaqirilganlar bilan bo‘lgan suhbatning sir tutilishi foydali edi. Biroq, bu kengashga nima uchun hazrat Ali (r.a.)dek ilm va fazilat sohibi chaqirilmadi, nega uning fikri so‘ralmadi?

Bu savolga javobni faqat Abu Bakr (r.a.)gina izohlab berishi mumkin. Afsuski bu mumkin emas. Ma’lum bo‘lgani shuki, kengashga chakirilganlarning hech biri Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga hazrat Alidan ko‘ra yaqinroq emasdi. Hech biri hazrat Alidan avval iymon keltirmagandi. Hech biri hazrat Alidan ko‘ra ko‘proq Islom diniga va Rasululloh (s.a.v.)ga xizmat qilmagan edi. Shu bilan birga xalifa tayinlash balki juda shoshilinch bo‘lgani uchun Ul zotning fikri so‘ralmadimi? Hech bir sababsiz z’tibordan chetda qoldirildi. Bu o‘rinda shunday savol tug‘ilishi mumkin. Qiziq, hazrat Ali(r.a.) xalifalikka da’vogarmidi?...

Xo‘sh, hazrat Ali (r.a.)ning fikri so‘ralsa, U nima derdi? Shunday taxmin qilish mumkinki, hazrat Umar (r.a.) xususida aytadigan fikri boshqa do‘stlarinikidan farq qilmasdi. Hazrat Ali haqiqatan ham adolatli, birovning haqiga xiyonat qilmagan inson edi. Hazrat Umar xalifalikni qabul qilgandan keyin, eng kichik e’tiroz kuchaymaganligi va doimo unga yordamchi bo‘lgani uning bu ajoyib fe’l-atvoridan dalolatdir.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:00:36
* * *
Hazrat Umar(r.a.)ning «Valiyahd» sifatida tayinlanishini bilgan bir necha kishi hazrat Abu Bakr(r.a.)ni ziyorat qildilar. Ziyoratga kelganlar orasida Talha bin Ubaydulloh so‘z olib, e’tiroz bildirdi:
— Umar bin Hattobni xalifa etib tayinlamoqchi ekansan, avvalo uning tazyiq va shiddatini ko‘rib turibsan. Agar u xalifa bo‘lsa, holimiz nima kechadi? Ertaga Rabbingga qanday javob berasan? — dedi.

Talha o‘z so‘zlari bilan uni tayinlasang bu ummatni qiyinchilikka solgan bo‘lasan, buning mas’uliyati ham og‘ir bo‘ladi, demoqchi edi.
Bu so‘zlar hazrat Abu Bakr (r.a.)ni asabiylashtirdi. O’zini o‘tirg‘izishlarini so‘radi va o‘tkir nigohi bilan Talhaga qaradi. Talhaning so‘zlariga javob berishi lozim edi. Shu sababli ishonch bilan gap boshladi:
― Ey, Talha, meni Allohning azobi bilan qo‘rqitmoqchimisan? Sizga zulm qilgan, haqingizni yeb, dunyo to‘plagan kishi parishon bo‘lsin. Men Rabbimga yetishganimda va bu mavzuda hisob berishimga to‘g‘ri kelganda: «Allohim, sening qullaringga eng yaxshi qulingni xalifa qilib qoldirdim», deyman. Mening bu so‘zlarimni siz kabi o‘ylaydiganlarga yetkazing, - dedi.
Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning boshqa so‘z aytishga majoli qolmadi. Xalifani o‘rniga yotqizdilar va hammalari uning huzuridan chiqib ketdilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:01:57
* * *
Keyingi kun xalifani holidan xabar olishga Abdurahmon keldi.
—   Bugun ko‘rinishing yaxshi, ey, xalifa. Yaratganga shukur, shifo topgan holda tongga yetishding.
—   Shunday deb o‘ylaysanmi, ey, Abdurahmon.
—   Albatga.
—   Lekin men umid qilayotganim yo‘q... Biroz sukutdan so‘ng xalifa o‘z so‘zida davom etdi, - men o‘z qarashlarimga ko‘ra eng oqil, deb bilgan insonni sizlarga amir etib tayinladim. Ba’zilar mening bu qarorimdan rohatsiz bo‘lganlarini sezib turibman. Hammasi bu xalifalikni faqat o‘ziga tegishli bo‘lishini istashmoqda. Dunyoni o‘zingizga yo‘nalgan holda ko‘rmoqdasiz. Holbuki, u hech qaysi tomonga yo‘nalmagandir. U sizga yo‘naladi, ammo u paytda yaltir-yultur kiyimlar kiyasiz, tunlar (yung) ustida yotish sizga kirpi (tipratikan) ustida yotgandek rohatsiz tuyuladi (qush pati ustida yotishni istab qolasiz). Aminmanki, biror kimning aybsiz yerga tiz cho‘ktirilib, bo‘ynining uzilishi, sizning dunyo dardiga berilib, insonlarni zalolatga boshlagan, haq yo‘ldan ayrilgan kishilar bo‘lishingizdan ko‘ra xayrlidir.

Hazrat Abdurahmon xalifaning so‘zini bo‘ldi:
—   Tinchlan, hayajonlanma, huzursiz bo‘lasan. Ba’zilar sen kabi o‘ylaydilar, bular sen bilan birodardirlar. Ba’zilar esa senga muholifdirlar. Bular ham fikrlarining to‘g‘ri ekanligiga ishonganlari uchun senga tavsiya etmoqdalar. Bular ham sening samimiy do‘stlaring, sening yaxshiligingni bilgan kishilardir. Biz sening xayrli ish qilmoqchi ekanligingni bilamiz. Bizga ma’lumki, sen solih insonsan. Insonlarga hamisha yaxshilik istaysan. Dunyo molining qo‘ldan ketishi seni mahzun etolmaydi.

Ha, to‘g‘ri aytayapsan. Mol-dunyo uchun qayg‘urmayman. Ammo hayotimda uch narsa borki, uni qilmagan bo‘lishni xohlardim. Yana qilmagan uch ishim borki, qaniydi qilsam, deyman. Yana uch narsa borki, ularni Nabiyi Akram (s.a.v.)dan so‘rashni istardim.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) bir nafas tin olib, davom etdi:
— Qilganim uchun pushaymon bo‘lgan uch narsa quyidagilardir: avvalo, hazrat Fotima(r.a.) oilasiga aralashmaslikni, til tekkizmaslikni orzu qilardim. U yerda to‘planganlar jangga qaror qilishib bu eshikni yopishgan bo‘lsa, uni qayta bor ochmaslikni orzu qilardim. Keyingisi, Fujoani yonmasligini istardim. Uni yo o‘ldirishim kerak yoxud qo‘yvorishim kerak edi, deb o‘ylardim. Yana xohlardimki, Saqifada o‘tkazilgan yig‘ilishida xalifalik ishini ikki kishidan (Umar va Abu Ubaydadan) biriga qoldirsam edi. Ulardan biri amir, men esa yordamchi vazir bo‘lsam edi...
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:02:35
Biroz tin olgach, xalifa so‘zida davom etdi, - qilmaganim uchun qayg‘urgan ishlarim ham bor, ya’ni Ash’os bin Qays asir sifatida keltirilganda, o‘ldirmaganim uchun afsusdaman. O’sha kundan buyon va bugunga qadar kuzatdimki, qaerda fitna chiqadigan bo‘lsa, Ash’os unga yordamchi bo‘ladi, yoqlab chiqadi. Xolid bin Validni qo‘zg‘olon ko‘targanlarga qarshi yuborganimda «Zulqassa»da tursam edi. Shoyad musulmonlar urushda mag‘lub bo‘lsalar, men qarshi chiqsam va yordam bersaydim.

Yana istardimki, Xolid bin Validni Iroqdan Suriyaga jo‘natgan paytimda, Umar bin Xattobni Iroqqa jo‘natdim. Shunday qilib, har ikki qulimni (Xolid va Umarni ham) Alloh yo‘lida osgan bo‘lardim. Rasululloh (s.a.v.)dan so‘rashni istagan narsalarim quyidagilardir: istardimki, bu xalifalik kimga tegishli bo‘lishini, Ansorning xalifalik ishida haqqi bor-yo‘qligini, qizlarining va ammalarining merosdagi ulushini so‘rashni istardim. Chunki bu ikkisiga tegadigan meros xususida hanuz ba’zi andishalar bor.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:05:01
* * *
Xalifaning so‘nggi so‘zlarini eshitish, uning huzurida bo‘lish Usmon bin Affonga kelgandi.
Biroz vaqtdan so‘ng ichkari kirgan Usmon bin Affon so‘z boshladi:
— Meni chaqirtirdingmi, ey, Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi, — dedi.
—Ha, Usmon. Darhol qog‘oz va qalam tayyorla.
—Tayyorman, ey, xalifa.
— Yoz: «Bismillahir Rahmonir Rohiym. Bu yozuv Abu Quhofa o‘g‘li Abu Bakrning oxirat olamiga ketish oldidan, ya’ni kofirning iymonga kelgan, isyonkorning haqiqatga bo‘yin eggan, yolg‘on, hatto rost so‘zlagan o‘lim oni bo‘lgan dunyodagi so‘nggi soatlarida yozdirgan vasiyatidir:
Bilasizki, men sizga Umar bin Xattobni xalifa etib qoldirmoqdaman. Ularning so‘zlarini tinglang va itoat eting. Men Allohga, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga, dinimga, nafsimga va sizga nisbatan nuqsonli ishlar qilmadim, deb o‘ylayman. Agar u sizlarga adolatli bo‘lsa, o‘zidan kutganimizni kilgan bo‘ladi. Agar kutganimizni qilmasa va o‘zgarib ketsa, yomonliklari uchun oladigan gunoh bor. Men sizlarga yaxshilik istab, oqil insonni tanladim.

«Ammo, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan hamda doim Allohni yod etgan va (ilgari) mazlum bo‘lganlaridan keyin (Islom ravnaq topgach) g‘olib bo‘lgan kishilar (mustasnodirlar). Zulm qilganlar esa yaqinda qanday oqibat sari ketayotganlarini bilib olurlar!» (Shuaro surasi, 227-oyat).
Allohning salomi va rahmati, barakotlari sizga yog‘ilsin».

Hazrat Abu Bakr (r.a.) so‘zlarini tugatdi va yozilgan vasiyatnomani muhrlashni buyurdi. Hazrat Usmon bu amrni bajardi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) qo‘llarini ko‘tarib, quyidagicha duo qildi:
— «Allohim, men bu xalifani tayinlash bilan faqat mo‘minlarga yaxshilik istadim. Oralarida fitna chiqishidan qo‘rqdim. Rostini mendan ko‘ra yaxshi bilganing uchun bu ishni qildim. Bu mavzuda o‘z qarashlarimdan kelib chiqdim. Qullaring ichidan eng oqil va kuchlisini, ularni boshqarishini istovchi kishini tayinladim. Men bu holga tushdim. Insonlarga mening vakilim sen bo‘l! Ular sening qullaring. Xalifalarini o‘zlariga munosib qilgin. Uni Payg‘ambaring (s.a.v.) va solih qullaringni yo‘liga kirgan Rashid xalifalar kabi qil».

Hazrat Usmon tashqaridagi odamlarning yoniga chiqdi va:
— Shu sahifada ismi yozilgan insonga itoat qilasizmi, ya’ni uni xalifa sifatida qabul qilasizmi? — dedi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:06:31
U yerdagilarning bir qismi roziligini bildirishdi. Bir qismi esa biz kimning xalifa bo‘lishini taxmin qilyapmiz, - dedilar. Hazrat Alining: «Umar bo‘lishi kerak!» degan ovozi eshitildi. Ammo hech kim e’tiroz bildirmadi. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning oldigacha kelgan va fikrlarini oshkora aytganlardan sas chiqmadi. Yoki olgan javoblari ularni qoniqtirgandi, yo aksariyat kishilar rozi bo‘lgan bu ishga noiloj rozi bo‘lishayotgandi.

Shu payt xonaning derazasi ochildi. Holdan toygan, majolsiz Abu Bakr (r.a.)ning yuzi ko‘rindi. Yiqilib ketmasligi uchun ayoli Asmo binti Umays uni suyab turardi.
—   Sizga xalifa etib tayinlagan odamga rozimisiz? Vallohi, bu xususda ko‘p o‘yladim. Sizga biror qarindoshimni xalifa qilganim yo‘q. Umar bin Xattobni tayinladim. Uni tinglang va itoat qiling, — dedi.
To‘planganlar:
—   Tinglaymiz va itoat qilamiz, — dedilar. So‘ngra hazrat Usmon qo‘lida ushlab turgan nomani o‘qidi. Shaxsan Abu Bakr (r.a.) tarafidan e’lon qilingan ism bilan, yozilgan vasiqadagi ism ayni bir shaxs ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) orqaga chekindi va: «Menga Umarni chaqiring», - dedilar. Bu chorlovdan keyin hazrat Umar (r.a.) keldilar va ular yolg‘iz qolishdi. Shundan so‘ng hazrat Abu Bakr (r.a.) so‘z boshladi:
—   Ey, Umar, seni Rasululloh (s.a.v.)ning sahobalariga xalifa etib tayinladim. Doimo Allohdan qo‘rqishingni tavsiya qilaman. Alloh taoloning insonlar uchun tunda qilishi kerak bo‘lgan bir haqqi borki, uni kunduzi qabul qilmaydi. Qunduzi bajarilishi lozim bo‘lgan bir haqqi borki, tunda bajarilsa qabul qilmaydi. Allohning farz ibodatlari bajarilmasa, nafl qilgan ibodati qabul qilinmaydi.

—   Ey, Umar, qiyomat kuni tarozisi og‘ir bosganlar faqat Allohni sevgan va unga bog‘liq bo‘lganlari uchun bu darajaga erishadilar. Haqdan boshqa bir narsa qo‘yilmagan bir tarozining og‘ir bosishi tabiiy hol. Tarozisi yengil bo‘lganlar esa faqat botinga bog‘liq bo‘lganlari tufayli bu natijaga erishadilar. Zalolatdan boshqa bir narsa qo‘yilmagan tarozining yengil kelishi ham tabiiy holdir.
—   Ey, Umar, kengchilik haqidagi oyatlar, shiddatli oyatlar bilan birga tushirilgan. Shiddatli oyatlar esa huzur bag‘ishlovchi oyatlar bilan birga nozil qilingan. Toki mo‘min har ikkisini ham esda tutsin. Umid bilan yashasin, ammo azob qo‘rquvini ham unutmasin. Amalga oshmaydigan narsaga umid bog‘lamasin, o‘zni o‘zi tahlikaga qo‘ymasin!
—   Ey, Umar, qara, Alloh jahannam ahlini qilgan gunoh amallari bilan eslaydi. Men ular haqida o‘ylagan paytimda, «Umid qilamanki, men undaylardan bo‘lmayman», deyman. Jannat ahlini esa qilgan savob ishlari bilan ta’rif etadi. Chunki ularning mayda-chuyda kamchiliklarini kechirgan. Men ularni eslaganimda «Ular qaerda-yu, men qaerda?» deyman.
—   Ey, Umar, mening vasiyatimga amal qil! Qo‘lingdan kelmaydigan ishlarni emas, uzoqda bo‘lmagan va qo‘lidan qutulib bo‘lmaydigan o‘limni hamisha yodingda tut...
Ular o‘rtasidagi suhbat tugagandan so‘ng hazrat Umar (r.a.) xayrlashib chiqib ketdi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) esa qaytib joyiga cho‘zildi. Endi ko‘ngli xotirjam edi. Alloh huzuriga borishdan boshqa o‘yi yo‘q edi. Bu paytda hazrat Oisha (r.a.) otasining ahvolini ko‘rib, Hotam at-Toyining bir baytini takrorlashdan o‘zini tiyayolmadi. Hotam bu baytida, «Ont ichamanki, o‘lim kelib bo‘g‘zingga tiqilganda va nafasing qisganda boylik insonga hech qanday foyda bermaydi», - derdi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) mo‘minlar onasiga qaradi:
—   Ey, qizginam, Allohning so‘zi juda to‘g‘ridir, — dedi va Quronning shu oyatini o‘qidi: «Mana o‘lim mastligi (jon chiqish payti) haqiqatan (etib) keldi. (Ey, inson,) bu (o‘lim) sen undan qochuvchi bo‘lgan narsadir.» (Qof surasi, 19-oyat).
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:07:20
* * *
Bir guruh kishilar Abu Bakr (r.a.)ni ko‘rishga kelishdi. Ularning orasida yigirma uch yoshli, hayotining o‘n yilini Rasuli Akram (s.a.v.)ga xizmat qilib o‘tkazgan Anas bin Molik ham bor edi. Hol-ahvol so‘radilar. Hazrat Abu Baqr (r.a.):
—   Mol-dunyomni hisoblab chiqing. Xalifa bo‘lganimdan so‘ng boyligim ortgan bo‘lsa, o‘sha qismini Umarga bering. Xalifalikni qabul qilgan kunimdan boshlab «Baytulmulk»dan (davlat mulki) olgan maoshimni hisoblang va o‘z molim hisobidan to‘lang, - dedi.

Buning to‘lovi uchun bir yerining sotilishini va qarzining to‘lanishini aytdi. Bu ish Anas bin Molik boshchiligida shu yerdagi kishilar tarafidan amalga oshirilishiga kelishib olindi.
O’rtada boylik yo‘q edi. Boy bir musulmon bo‘lgan va qo‘lidagi boyliklarini qiyin ahvoldagi musulmonlarga va Alloh yo‘lida sarf qilgan edi.

Xalifa bo‘lgandan keyin ham ozga emas, «juda ozga qanoat qilib yashagan, ishtaha ochuvchi taomlar bilan bezatilgan shohona dasturxon atrofida hech o‘tirmagan, ayollari bo‘lmish Asmo binti Umays va Habiba binti Horisalar xalifaning ayoli malika sifatida emas, ozga qanoat qilgan bir oilaning a’zosi sifatida yashagan edilar.

Agar u bajarayotgan vazifasi evaziga maosh oladigan bo‘lsa, u hammadan ko‘p maosh olishi kerak edi. Holbuki, unga xalifalikni qabul qilgandan keyin tijorat bilan shug‘ullanishni ham ta’qiqlangan edi. Tayin etilgan yuqori darajadagi maoshni ortig‘i bilan olgan taqdirda vijdoni qiynalardi. Ammo Alloh taolo uni boshqalarga ehson qilishni, «bergan qo‘l» bo‘lishni baxt, deb hisoblovchi inson etib yaratgan edi. Olgan haqi hech qachon qilgan ishlari uchun to‘lov bo‘lolmasdi. Islom tarixida hech qaysi xalifa undan kam maosh olmagan, ammo vazifasini u kabi samimiyat bilan muvaffaqiyatli tarzda davom ettirganini ayta olmaydi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:08:10
* * *
Hazrat Abu Bakr (r.a.) hazrat Oisha (r.a.)dan so‘radilar:
—   Bugun qanday kun?
—   Bugun dushanba, otajon.
—   Rasululloh qaysi kun vafot etgandilar?
—   Dushanba kuni.
—   Men ham umid qilamanki, kechgacha yashayman. Agar tunda vafot etsam, tongni kutmay dafn etinglar. Chunki men kunlarning va kechalarning eng sevimlisi, Sayyidul Anbiyo (s.a.v.)ga yetishadiganim kun va kechadir.

—   Ey, Oisha, bir paytlar senga bir yer bag‘ishlagandim. Ammo ko‘nglim bezovta, uni ham meros orasiga qo‘sh. Uni va boshqa merosimdan sizga tegishli bo‘lganini ikki singling bilan bo‘lishib olinglar.
—   Subhonalloh, mening bir opam Asmo bor. Boshqa singlim yo‘q, otajon.
—   Horisaning qizi Habiba homilador. Tug‘adigan farzandi qiz bo‘lishini taxmin qilmoqdaman. Uning haqqiga xiyonat qilmasligingni, tarbiyasiga e’tibor qilishingni, ayniqsa, sendan iltimos qilaman.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) charchagandi. Bir nafasdan keyin davom etdi:
—   Vafot etganimdan so‘ng o‘zimning shu ikki ko‘ylagimni yuving va uni kafanlik qiling.
Hazrati Oisha (r.a.) darhol e’tiroz bildirdi:
—   Otajon, Alloh bizga ikrom etgan sizga yangi kafanlik olamiz.
—Yangi kiyim hayotda yashayotganlarga loyiq. Uning ehtiyojini qondiradi. Chiriydigan jasadga munosibi esa, eski kiyimlardir.

Keyin esa ayoli Asmo binti Umaysga qaradi:
—   Ey, Asmo, meni sen yuv. Agar kerak bo‘lsa, Abdurahmon senga yordamlashadi.
So‘ngra Abu Bakr (r.a.) molining beshdan bir qismini Alloh yo‘lida sadaqa qilishlarini vasiyat qildi. Endi dunyo bilan hech bir aloqasi qolmagandi. Muborak lablari shahodat kalimasini takrorladi. Hayotining yigirma besh yilini ming bir azobga bardosh berib tugatgandi. Ko‘rgan kabi ibodat qilgan Allohiga so‘nggi orzusini ayta boshladi: «Tavaffaniy musliman va alhiqniy bis solihin. Ya’ni, "(Ajalim yetganida) musulmoi holimda jonimni olgin va menn solihlar (qatori)ga ko‘shgin." (Yusuf surasi, 101-oyat).
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:08:56
Alloh taoloning kitobida hazrat Yusufning yolvorishi sifatida berilgan bu duoni tilida, dilida bir necha marta takrorladi.
Seshanba kungi quyosh ham har doimgi vaqtda chiqdi, yuqoriladi va botdi. Ammo bugun Rasululloh(s.a.v.)ning xalifasi, mo‘minlarning amiri bo‘lgan bu inson uchun boshqa kunlardek kelmadi. Vujudi zirqirab og‘rirdi. Nihoyat oqshom cho‘karkan, qimirlashi ham hatto qiyin bo‘lgan lablar yana bir marta qimirlab: *Tavaffaniy musliman va alhiqniy bis solihin* duosini yana takrorladi. Zo‘rg‘a eshitilayotgan so‘zlar muborak duo va niyozlardan iborat edi. Xonasi yaqinlari bilan to‘la edi. Boshida mo‘minlarning onasi hazrat Oisha (r.a.), keyin esa ikki ayoli (hazrat Asmo va hazrat Habiba), katta o‘g‘li Abdurahmon va endigina ikki yarim yosh bo‘lgan Muhammad...

Bulardan tashqari hayoti davomida unga hamrohlik qilgan malaklar va ayniqsa uning ruhini olib Alloh huzuriga yetkazish vazifasini bajaruvchi Ajal farishtasi hozir turardi. Hayotining tugashi uchun belgilangan vaqtni kutib turardi.

Hayotining so‘nggi yigirma besh yilini iymon yo‘lida sarflagan, Muhammad(s.a.v.) ummati yetishishi mumkin bo‘lgan eng yuksak cho‘qqiga iymon bayrog‘ini o‘rnatgan bu qadrli insonning ruhini malaklar qo‘llari orasida oldilar, unga «qo‘rqma, mahzun bo‘lma, va’da qilingan jannatning xabarini bizdan ol!» dedilar. Hayot davomida ko‘rinmasdan unga hamrohlik qilgan farishtalar bundan keyingi hayotida ham unga yo‘ldosh bo‘lishlarini, ko‘ngli nimani tusasa o‘ziniki bo‘lishi mumkinligini aytishadi. Azobdan iborat hayot so‘nggiga yetgan, oxirat hayoti orzu qilinganidek boshlangan. Jannatning har bir eshigidan alohida taklif qilinadigan baxtiyor hayotga o‘tish payti kelgan edi. Ajal farishtasi uning ruhini jismidan ayirarkan, so‘nggi marta qimirlayotgan dudoqlar: «Allohim, musulmon sifatida vafot ettir, yaxshi qullaring safiga qo‘sh», dedi. Baxtli uchrashuv amalga oshgan, aziz ruhi Allohga va Rasululloh (s.a.v.)ga yetishishi uchun ayrilgan vujud, harakatsiz qolgandi...
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:11:02
Rasululloh (s.a.v.)ning qadrdon birodarlari shom namozidan keyin xalifaning sog‘lig‘idan xabar olish uchun kutmoqda edilar. Ochilgan derazadan ko‘ringan insonning ko‘z yoshlari g‘ira-shira qorong‘ulikda sezilmasdi. Ammo quloqlarga eshitilgan ovozdagi qayg‘u, achchiq haqiqatdan xabar bermoqda edi. Rasuli Akram (s.a.v.)ning eng qadrli do‘stlari islom olamining eng samimiy va eng buyuk xizmatchisi bu foniy dunyoni tark etgandi. Bir necha kundan buyon ahvolining yaxshilanishini kutgan, ammo uning quyosh qarshisida qordek asta-sekin erib borayotganini ko‘rib, umidsizlanayotgan insonlar uchun endi «hukm faqat Allohdandir» deyishdan o‘zga chora qolmagandi. Lablarda rahmat tilaklari bor edi. «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un» oyatini takrorlardi.

Birozdan so‘ng so‘fi xufton namoziga azon aytib, odamlarni to‘plarkan, mo‘minlarning onasi hazrat Oisha (r.a.) ko‘z yosh to‘kkancha otasining vasiyatini bajarish uchun uning ko‘ylagini yuvardi. Hazrat Umar (r.a.) esa xalifa sifatida ilk bora o‘qitadigan xufton namozini ado etish uchun mehrob tarafga o‘tdi. Yuzlarida qayg‘u aks etgan, qalblari bu ko‘rguliqdan qovrilgan insonlarga imom bo‘ldi. Shundan so‘ng o‘n ikki yil davomida Rasululloh (s.a.v.)ning mehroblarida mo‘minlarga namoz o‘qittirdi.

Uyda kafanlash va marosim ishlari davom etayottan bir paytda, Rasuli Akram (s.a.v.)ning muborak qabrlari yonida, mash’alalar yog‘dusi ostida yangi bir qabr qazilmoqda edi. Qibla tomondan hisoblansa hazrat Abu Bakr (r.a.)ning qabri, Rasululloh (s.a.v.) qabrlarining orqa tarafida joylashgan edi.

Shu holatda yotqizilsa hazrat Abu Baqr (r.a.)ning yuzi ham Allohning Rasuliga, ham qibla tomonga qaragan bo‘lardi. Ammo hazrat Abu Bakr (r.a.)ning boshi, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning yelkalaridan biroz pastda joylashadi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) yuviladigan joy bo‘shatildi. Yuvish vazifasini zimmasiga olgan hazrat Asmo va yordamchisi Abdurahmon ichkarida qoldi. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning barmog‘idagi «Muhammad Rasululloh» deb yozilgan uzuk chiqarildi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) vafot etganlaridan buyon o‘zida omonat sifatida saqlanayottan va «Xalifalik muhri» hisoblangan bu muborak uzuk hazrat Umar (r.a.)ga jo‘natildi. Xalifaning barmog‘ida yana bir uzuk bo‘lib, u o‘ziga tegishli edi. Ustida «Ne’mal qodiyru Alloh», ya’ni «Alloh naqadar yaxshi qudrat egasidir», deya yozilgan edi. Bu uzuk oila a’zolari uchun juda qadrli bo‘lgan bir xotira sifatida qoldi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:12:49
Bundan ikki yil avval Nabiyi Akram (s.a.v.)ning ko‘zlarining nuri bo‘lgan hazrat Fotima (r.a.)ni yuvgan hazrat Asmo, bu safar oxirgi bir necha yilini birga o‘tkazgan turmush o‘rtog‘i hazrat Abu Bakr (r.a.)ni yuva boshladi. Abdurahmon kerakli joyda yordamlashar, otasining vujudini o‘ngga, so‘lga o‘girardi.

Qabrga qo‘yilajak vujud Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning qabrlari bilan minbarlari oralig‘idagi bir joyga qo‘yildi. Hazrat Umar (r.a.) to‘rt takbir bilan namozini o‘qitdi.
Murdani qabrga hazrat Umar (r.a.), Usmon bin Affon, Talha bin Ubaydulloh va o‘g‘illari Abdurahmon tushirdilar. To‘shak ustidan olingan jasad yana «Bismillahi va ‘ala millati Rasululloh» deya qabrga qo‘yildi. Rahmat tilaklari bilan tuproq tortildi. Paygambarimiz (s.a.v.)ning sunnatlaridir, deya ustiga suv quyildi.

«Alloh seni o‘z rahmatiga sazovor qilsin, ey, Rasulullohning do‘sti va xalifasi» kabi duolar bilan ikki do‘st yolg‘iz qoldirildi. Ular ikki yilu, uch oy, o‘n kunlik ayriliqdan so‘ng qayta topishdilar.

Oltmish uch yoshida hayot bilan vidolashgan bu ikki insondan biri Payg‘ambarlarning eng buyugi edi. Hijrat safarida g‘orda hamrohlik qilish baxtiga muyassar bo‘lgan hazrat Abu Bakr (r.a.)ga Alloh taoloning bir ikromi sifatida bu safar Rasululloh (s.a.v.) bilan qiyomatga qadar yonma-yon yotish baxti nasib bo‘ladi va ular hech qachon ayrilmaydilar.

Hazrat Umar (r.a.) sevimli do‘stini dafn etgandan so‘ng vitr namozini masjidda o‘qidi va uyiga yo‘l oldi. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning uyidan eshitilgan faryodlar uni to‘xtashga majbur qildi. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning uyi yoniga keldi va faryod qilib yig‘lash nojoiz ekanligini eslatib o‘tdi. Ammo butun Madina xalqi yig‘lamoqda edi. Rasuli Akram (s.a.v.)ning vafotlaridan beri ahli Madinada bunday qayg‘u ko‘rilmagandi.

Ko‘kdagi oyga qaraganda jumodul oxir oyining tugashini yana sakkiz kun kutish kerak edi. Hijrati Muhammadiyadan keyin o‘n uch yil o‘tgandi. Chorshanba kuni tong payti hazrat Oisha (r.a.)ning eshigi oldida turgan bir kishi ko‘z yoshlari soqolini yuvgancha hazin bir ovoz bilan shularni so‘zlardi:
« — Ey, Abu Bakr, Alloh seni rahmatiga sazovor qilsin. Vallohi, sen Islomni birinchi bo‘lib qabul qilgan, iymoni sog‘lom, e’tiqodi mustahkam, Rasululloh (s.a.v.)ga eng ko‘p ko‘mak bo‘lgan inson eding. Islomga kirgan musulmonlarga juda marhamatli, turmush kechirish jihatdan Rasululloh (s.a.v.)ga nihoyatda o‘xshagan inson eding. Buyuk Alloh senga mukofotlar bersin...
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:15:41
Iymonsiz kishilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni «yolg‘onchidir» deganlarida, Sen Rasululloh (s.a.v.)ning taraflarini olding. Unga qarshi harakatlar bo‘lganda sen Sayyidul Anbiyo (s.a.v.)ga ko‘mak berding. Alloh taolo kitobida senga «Siddiq» sifatini berdi. «Rostlikni keltirgan zot (Muhammad) va uni tasdiq etgan (mo‘minlar) - aynan o‘shalar taqvoli zotlardir.», deya marhamat qildi (Zumar surasi, 33-oyat). Yaratgan Alloh bu oyatda dinni keltirgan deganda - Payg‘ambarini, tasdiq etgan deganda esa - Seni anglatmoqni istagan.

Vallohi, ey, Abu Bakr, sen Islomga bir qal’a, kofirlarga esa azob eding. Sening e’tiqoding susaymadi, ruhing qo‘rquv nimaligini bilmadi. Sen shiddatli bo‘ronlar silkitolmagan bir tog‘, quyunlarga dosh bergan, yulib otilmagan ildizi mustahkam bir daraxt eding, Rasululloh (s.a.v.) buyurganlaridek, jismi zaif, Allohga ibodat yo‘lida baquvvat, nafsingga ko‘ra qadrsiz, Allohga ko‘ra juda qadrli inson eding. Hech kimga minnat nazari bilan qaramagan samimiy zot eding. Kuchli bo‘lgan kishi undan haq olingunga qadar sening yoningda zaif, xalq nazarida zaif bo‘lgan esa, unga haqqi toshpirilgunga qadar sening yoningda kuchli edi.

Seni yo‘qotib, tortgan musibatimiz tufayli Alloh bizni ehsonidan mahrum qilmasin. Sen yo‘qligingda bizni chorasizlikdan asrasin...»
Keyin esa ko‘z yoshlarini artib, u yerdan uzoqlashgan bu odam hazrat Ali( r.a.) edi.

Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:19:03
* * *
Hazrat Abu Bakr (r.a.) hayoti davomida to‘rt marta uylangan edilar. Avval Qutayla binti Abduluzza bilan turmush qurdi. Abdulloh ismli o‘g‘li va qizi Asmo bu xotindan bo‘lgan farzandlaridir. Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning bu ayol bilan turmushi qachongacha davom etganini bilmaymiz. Ammo ularning ajralishgani aniq.

Bu xotinni hijratdan bir necha yildan so‘ng Madinada ko‘ramiz. O’zi yana mushrikdir, qizi hazrat Asmoni ko‘rib turar va uning munosabatini bilishni istardi. Bu vaziyatda qanday yo‘l tutish kerakligini Rasululloh (s.a.v.)dan so‘ragan hazrat Asmo:
— Onangga yaxshi munosabatda bo‘laver, — degan javobni oladi.
Mushrik bo‘lishiga qaramay, qizidan bir onaga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan mehrni ko‘rgan bu ayol keyinchalik islom dinini qabul qilganligi haqida rivoyatlar bor.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) ikkinchi marta Ummu Rummonga uylandi. Bu turmushidan Abdurahmon va Oisha ismli farzandlari bo‘lgan. Farzandlari ichida Islomni eng oxiri qabul qilgani Abdurahmondir.
Ummu Rummon Makkadaligida Islomni qabul qilgan, Rasululloh (s.a.v.)ga hurmati baland ekanligini har doim isbotlagan qadrli bir ayol edi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning: «Jannat parilaridan birini ko‘rishni istagan Ummu Rummonga boqsin», degan hadislari bu ayolga berilgan yuksak baho edi.

Ummu Rummon hijratning to‘qqizinchi yilida bu foniy dunyoni tark etganda, Nabiyi Akram (s.a.v.) uning qabriga tushgan, unga Allohdan mag‘firat tilab: «Allohim, Ummu Rummonning sening yo‘lingda, payg‘ambaringning yo‘lida chekkan aziyatlarini sen juda yaxshi bilasan» degandilar.

Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning uchinchi ayoli esa, shahid bo‘lgan Ja’far bin Abu Tolbining xotini Asmo binti Umaysdir. Bu ko‘p azob chekkan ayol avval Habashistonga, keyin esa Madinaga hijrat qilgan va ikki hijrat savobi olganligini Rasululloh (s.a.v.)dan shaxsan eshitgan ayol edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Vido Hajiga chiqqan paytlarida Asmo ham bu safarga qo‘shilarkan, to‘qqiz oyu, o‘n kunlik homilasi bor edi. Shuningdek, Madinadan olti chaqirim uzoqlikda bo‘lgan Zulxulayfa degan joyga yetgan paytlarida bir o‘g‘il ko‘rdi. Rasululloh (s.a.v.)ga taqdim etilgan bu bolaning og‘ziga kirgan ilk yegulik Nabiylar sarvari Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning og‘izlarida chaynab yumshatilgan xurmo bo‘lgandi. Bu chaqaloqqa Muhammad, deb ism qo‘yilgan.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:20:19
Asmo binti Umays Rasululloh (s.a.v.)ning qaynsingillari edi. Chunki mo‘minlarning onalari orasida bo‘lgan hazrat Maymuna hazrat Asmoning singlisi edi.
Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning to‘rtinchi xotini Madinaga hijratdan keyin bir muddat mehmon bo‘lib qolgan va Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tomonlaridan muhojir Ansor birodarligi qurilarkan, hazrat Abu Bakr (r.a.)ga birodar qilingan Horisa bin Zaydning qizi Habiba edi.

Hazrat Abu Bakr (r.a.) vafot etganda bu ayol homilador edi. Tug‘iladigan farzandi qiz bo‘lishidan umidvor ekanligini hazrat Abu Bakr (r.a.) hazrat Oisha (r.a.)ga aytgandi.
Xalifaning bu farzandiga hazrat Oisha (r.a.) tomonidan Ummu Gulsum, deb ism qo‘yiladi. Turmushga chiqish vaqti kelganda esa Talha bin Ubaydulloh bilan oila quradi.

* * *
Hazrat Umar (r.a.) xalifa sifatida yozgan ilk maktubini xat tashuvchiga berdi. Va bu nomani Yarmuk vodiysida jangga kirishish uchun to‘plangan qo‘shinga yetkazishini amr etdi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:21:09
YARMUK JANGI

Qo‘shinlar Yarmuk vodiysida to‘plangan, ikki taraf ham oradagi nizoga yakun yasash uchun barcha xozirlikni ko‘rgan edilar. Xolid bin Valid Yarmukka kelgan paytda qo‘mondonlarning holati unga ma’qul bo‘lmadi. Har biri o‘z holicha harakat qilar va boshqaruvni o‘z qo‘liga olish orzusida edi. Abu Ubaydaning qo‘shinlari Amr bin Osning qo‘shinlariga yaqin edi. Shurayhning qo‘shini ham Yazid bin Abu Sufyon qo‘shinlarining yonidan joy olgandi. Namoz vaqtlarida Abu Ubayda ba’zan Amrning orqasida uning imomligida namoz o‘qirdi, ammo Amr, Abu Ubaydaning ortida namoz o‘qimasdi. Amrning bir necha yillar avval Zotus g‘azotida ham imomlikni Abu Ubaydaga topshirmaslik uchun qattiq turib olganligidan esga olinsa, o‘sha kundan bugunga qadar biror o‘zgarish ro‘y bermaganligini bilish mumkin edi.

Islom keltirgan odobning mohiyati insonlar bilan yaxshi muomalada bo‘lishdir. Rasululloh (s.a.v.): «Mo‘min xushmuomalali insondir. U bilan yaxshi muomalada bo‘lish imkoni mavjud. Xushmuomalada bo‘lmagan va xushmuomalada bo‘lish imkoni yo‘q kishida xayr yo‘qdir», - deganlar.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) taraflaridan «Bu ummatning aminidir» deya ta’riflangan va hayotlik paytidayoq jannat mujdasini olgan hazrat Abu Ubayda Islomning bu odobiga rioya qilardi. Ammo Amr bin Os o‘zligini yengolmasdi. Holbuki, «Sabiquna avvalun» nomi ostida to‘plangan ilk musulmonlarning biri bo‘lgan. Islomni va Qur’onni juda yaxshi bilgan, mo‘minlar orasida alohida mavqega ega bo‘lgan Abu Ubayda ham qo‘shin qo‘mondoni bo‘lgan joyda Amr xudbinlikdan voz kechishi va uni mehrobga o‘tkazishi kerak edi. Birlik, tenglik va bir-biriga yaqinlik islom tarixidagi eng buyuk jang bo‘layotgan bir paytda bo‘lmasa, qachon amalga oshishi mumkin?

Boshqa tarafda ba’zan Shurayh ham Yazidning ortida namoz o‘qirdi, ammo Yazid Shurayhning ortida namoz o‘qishni xayoliga ham keltirmasdi. Holbuki, Yarmukda to‘planish, bir tanu bir jon bo‘lib jang qilish zafar keltiradi, degan fikr ularni bu yerlarga keltirgandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:21:58
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) davrida Badr jangi qanchalik ahamiyatli bo‘lgan bo‘lsa, Yarmuk jangi ham bugun shunchalik muhim edi. Islomning hayot-mamoti shu yerda hal bo‘ladi. Yarmuk vodiysi yo musulmonlarga yoki rumliklarga mozor bo‘lardi. Har ikki taraf ham butun kuchini shu yerda to‘plagandi. Bugunga qadar bo‘lib o‘tgan hech bir jangda bunchalik ko‘p sonli dushman bir joyga kelmagandi. Ikki yuz qirq ming kishidan iborat Rum qo‘shini bilan Islom qo‘shini taqqoslanganda har bir islom qo‘shinlari oltita Rum qo‘shini bilan kurashishga to‘g‘ri kelardi.

Barcha tayyorgarliklar ko‘rilgan, endi hisob-kitob payti kelgandi. Hazrat Xolid qo‘mondonlarni to‘plab majlis qildi:
— Bugun kekkayish va shoshqaloqlik qilish joiz emas. Jihodingizni samimiy niyatlar bilan qiling. Allohning rizosini ko‘zlab ish qiling, deya boshlagan gapini shunday davom ettirdi:
Hazrat Abu Bakr (r.a.) bizni bir-birimizga yordamchi bo‘lishimizni o‘ylab shunday vazifaga tayinladi. Agar bunday holat yuz berishini bilsa, albatta bitta qo‘mondon saylab boshqalarni unga bo‘ysundirgan bo‘lardi. Sizning bunday boshboshdoqligingiz musulmonlar uchun dushmanga duch kelishdan ko‘ra yomonroqdir. Dushmanimiz uchun esa tashqaridan keladigan yordamdan ko‘ra foydaliroqdir. Men yaxshi bilamanki, sizning orangiz mol-dunyoga bo‘lgan muhabbat tufayli buzilgan.

Agar biz bugun ularni ortga chekinishga majbur qila olsak, ko‘ngillariga g‘ulg‘ula tushadi va boshqa kunlarda ham ularni ortga chekintiramiz. Agar ular bizni xarob qilsa, qaytib o‘zimizni o‘nglay olmaymiz. Sizga bir taklifim bor. Keling, qo‘mondonlikni qo‘ldan qo‘lga o‘tkazib turaylik. Har birimiz qo‘shinga bir kundan qo‘mondonlik qilaylik. Shunda har birimiz jangni idora qilgan bo‘lamiz. Bugun men boshqarayin.

Xolid bin Valid kiritgan taklif ma’qullandi. Chunki, har qalay u bosh qo‘mondon edi.
Rum qo‘shinlari ming kishilik qismlar holida jang maydoniga chiqdilar. Arablar shu kunga qadar bunday intizomli qo‘shinga ro‘baro‘ bo‘lmagandilar. Hazrat Xolid ham qo‘shinini tartibga soldi.
Abu Ubaydani markazga qo‘ydi. O’ng tarafni Amr bin Os boshqaradi, Shurayh bin Hasana unga yordam beradi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:23:08
Chap tarafni Yazid bin Abu Sufyonga qoldirdi. Har ming kishilik qo‘shinga bittadan mas’ul qo‘mondon bor edi. Abu Sufyon qo‘shin orasida kezadi va jihodga tashviq etuvchi so‘zlar so‘zlaydi. Miqdod bin Asval esa Anfol surasidagi oyatlarni aytib, saflar orasida harakat qiladi.

Qo‘shinning eng oldida Sayfulloh Xolid bin Valid borardi. Otining ustida tik turardi. Ko‘zi qarshisidagi qo‘shinlar ko‘ngli Allohda edi. Zafar berishi uchun yolvorar, musulmonlarning oyoq ostida qolmasligini tilardi. U aslo o‘limdan qo‘rqayotgani yo‘q edi. Bir kun albatta o‘lishini bilgan (o‘lim haq ekanligini bilgan) bir kishi sifatida uning tilagi dushman bilan Alloh rizosi uchun kurashayotgan paytda o‘lish, ya’ni shahid bo‘lish edi. Bugunga qadar hech bir jangda ko‘ngliga qo‘rquv oralamagan edi. Barcha janglarda safning eng oldidan joy olar, hayotdan ko‘ra o‘limni ko‘proq sevuvchi kishining hujumi kabi dushmanga tashlanardi. Birgina xavotiri, musulmonlarning o‘zlaridan olti baravar ko‘p qo‘shinga dosh berolmay xarob bo‘lishi edi.

Ilgari nasroniylarni jangga tashviq etish maqsadida Injildan oyatlar o‘qigan ruhoniylarning ovozlari eshitilmoqda edi. Ular ham saflar orasida kezib, hayajonga soluvchi gaplar gapirib, musulmonlarning ta’zirini berishning zarurati va ahamiyatini anglatishga harakat qilishardi.
Xolid bin Valid oldingi safga keldi va:
—   Ey, Abu Ubayda, bir taklifim bor, — dedi.
—   So‘zla, ey, Xolid, tinglayman va itoat kilaman.
—   Bu dushman qo‘shini kuchli hujum qiladi. Men esa o‘ng va chap guruhlardan xavotirdaman. Suvoriylarni guruhga ajratib, har bir guruhni o‘ng va chap qanotning orqa qismiga joylashtirish kerak, deb o‘ylayman. Agar dushman oldindagilarni chekinishga majbur qilsa, orqa tarafdan yordam bersinlar.

—   Xuddi shunday qil, ey, Xolid.
Xolid bin Valid ikki suvoriy guruhidan birini Qays bin Xubayraning amriga berdi. Ikkinchisini esa buyuk sahobaga qarab:
—   Ey, Abu Ubayda, sen qo‘shinlarning ortida turasan. Agar ular tarqab ketmoqchi bo‘lib ortga chekinsalar, seni ko‘radilar va uyaladilar, — dedi.
Hazrat Abu Ubayda bu buyruqni olgandan so‘ng yonidagi Said bin Ubaydga:
—   Bu yerdagi vazifamni senga topshiraman, ey, Said, — dedi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:23:44
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) «Jannat ahlidandir» deb ismlarini sanagan o‘nta baxtli insonlardan biri bo‘lgan hazrat Said vazifani qabul qilib oldi. Hazrat Abu Ubayda orqaga o‘tdi. Hazrat Xolid otining boshini eng orqa qismida joylashgan ayollar tomon burdi. Ularning yonida yetarlicha qilich va harbiy qurollar mavjud edi.

—   Biror kimning jangdan qochayotganini ko‘rsangiz darhol o‘ldiring, deb amr etdi. Keyin esa vaqt o‘tkazmay o‘z joyiga keldi.
Hazrat Abu Ubayda baland ovoz bilan mo‘minlarga:
—   Ey, Allohning qullari, Alloh diniga yordam bering. Buning evaziga U ham sizlarga yordam beradi, oyoqlaringizni sobit qiladi, qalblaringizga quvvat baxsh etadi. Ey, musulmonlar, sabr qiling. Chunki sabr kufrdan qutulishga, Alloh taoloning rizosiga va uyatli holatga tushib qolishdan saqlanishga sabab bo‘ladi. Saflaringizda ajralib tarqalmang. Men amr etmagunimcha jang boshlamang. Ko‘nglingizda Allohni zikr etib jim kuting, — dedi. Shu payt bir odam hazrat Abu Ubaydaga yaqinlashdi:
—   O’ylaymanki, bugun shahidlik sharbatini ichadiganlardan biri men bo‘laman. Rasululloh (s.a.v.)ga yetkazilishini istaydigan biror gaping bormi? — dedi.

—   Ha, Allohning Rasuliga salomimni yetkaz! Rabbimizning bizga va’da qilganini haq yo‘ldan yurib topdik, deganimizni, bunga ishonishimizni unga xabar qil, — degan amrni oldi. So‘nggi nafasi chiqar-chiqmas o‘zini Rasuli Akram (s.a.v.) huzurlarida ko‘rishiga qattiq ishongan bu odamning ismini bilmaymiz. Ammo shunisi aniqki, u Buyuk Payg‘ambar (s.a.v.)ning: «Kishi sevgani bilan birgadir» deya bergan xabarlariga ismi kabi ishongan, tongda quyosh chiqishini, oqshom payti botishini bilganidek aniq ishonch bilan bu haqiqatni ko‘ngliga joylagandi. Hayoti davomida Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning sevgilariga sazovor bo‘lish va ular keltirgan hukmlarga amal qilishda boshqa narsani o‘ylamagandi. Bu dunyoning hech bir ishi uning ko‘nglidagi tuyg‘uning o‘rnini egallolmas va unuttirolmasdi. Nihoyat Yarmukning dahshatli kuni kelib yettanda ajal ko‘prigining narigi tomonida unutilmas sevgilisi bo‘lgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) kutishlarini, ruhi jismini tark etishi bilanoq, ularning huzurlarida yetishishini o‘ylab ichi yorishar, xuddi bir mahalladan boshqa bir mahallaga ketayotgandek, vayronadan saroyga ko‘chayotgandek bir his bilan kelib, Abu Ubaydadan jo‘natadigan xabarini so‘ragandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:24:52
Haqiqatan ham o‘sha kuni Alloh yo‘lida jon bergan yigitlar orasida uning ham qonga belangan jasadini topdilar. U o‘z murodiga yetgandi. Qo‘shinga jasorat baxsh etuvchi gaplar gapirishini istagan Abu Sufyon baland ovoz bilan:
— Ey, mo‘minlar, bugun siz musulmon bo‘lmaganlarning tuprog‘idasiz. Oila a’zolaringizdan, mo‘minlarning amiridan uzoqdasiz. Orqangizdan yordam kelishini kutmang. Vallohi, sabr bilan, jasorat va sabot bilan ularga qarshi kurashishdan boshqa hech narsa sizni qutqara olmaydi. Rabbingizning rizosini ta’minlolmaydi. qilichlaringizdan va qurollaringizdan boshqa himoya izlamang. Olg‘a borsangiz, Allohning Rasuli bor, jannat bor, ortga chekinsangiz qarshingizda jahannam va shaytonni ko‘rasiz

Shu payt Xolid bin Valid bir kishining, «Rumlar qanchalar ko‘p, mo‘minlar qanchalar oz», deganini eshitdi va unga dedi: «Xayf senga, meni ularning ko‘pligi bilan qo‘rqitmoqchimisan?...»
Qo‘shin faqat Allohning marhamati bilan kuchli bo‘ladi. Uning marhamati bo‘lmasa, kuchsiz bo‘ladi. Vallohi, Ashqar xasta bo‘lmasaydi, bu kabi qo‘shin yana bo‘lsaydi, g‘am chekmasdim, — dedi.
Xolid bu jihatdan haqiqatan ham qayg‘uga botgan edi. Qizil yolli, qizil dumli «Ashqar» nomli otining shunday bir kunda yana ostida bo‘lishini va zafar qozonishini juda istardi. Ashqar Xolidga, Xolid Ashqarga qattiq bog‘lanib (o‘rganib) qolishgandi. Na choraki, Iroqdan kelayotib qisqa yo‘llardagi soylardan biri Ashqarning qulashiga va ortiq Xolidni ko‘tara olmaydigan holga kelishiga sabab bo‘lgandi.

Xolid kabi bir qahramon ayni paytda hech qanday otga minolmasdi. O’zining ko‘ngliga yaqin bo‘lgan, go‘yo qay tarafga qanchalik tezliqda yugurish kerakligini aniq bilib, tez harakat qiladigan Ashqarning ahvoli yaxshilanishini va buyuk qo‘mondonga hamroh bo‘lishini oyog‘idagi bog‘ichlarga qaray-qaray kutmoqda edi.

Shu payt Rum qo‘shinidan bir qo‘mondonning jang maydoni tomon kelayotgani ko‘rishdi. Ikki qo‘shinning o‘rtasida turdi. O’zini qo‘shin qo‘mondonlaridan bo‘lgan Yoruv ekanligini aytdi. Maqsadini bildirib:
- Xolid bin Valid bilan ko‘rishmoq istayman, - dedi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:25:37
Qo‘shinning eng oldida, jasorat timsoli kabi turgan odam otini ilgari surdi. Doimgidek haybatli qo‘rquv neligini bilmagan holatda ilgariladi. Ikki taraf ham kuchli hayajonda edi. Ko‘ngillardan chiqqan duolar, o‘n minglarcha kishidan yuzaga kelgan Islom qo‘shinining bosh qo‘mondonini aldanishdan saqlashini Allohga yolvormoqda edi. Chunki qarshidagi odamning qo‘lida qurol yo‘q edi. Shu bois Hazrat Sayfulloh ham qo‘liga qilich olmagandi. U odam kutilmagan paytda bir telbalik qilishi va hazrat Xolidga zarar yetkazishi mumkin edi.

—   Men urushish uchun kelmadim, ey, Xolid, gaplashmoqchiman, — dedi. Ammo bir nasroniyga, ayniqsa, shunday bir vaziyatda qanchalik ishonish mumkin?!
—Xolid bin Valid menman, — dedi.
—   U holda menga to‘g‘risini ayt. Aslo yolg‘on so‘zlama. Chunki hur va obro‘li kishi yolg‘on so‘zlamaydi, ham suhbatini aldamaydi.
—So‘zla, qulog‘im senda...
—Alloh sizning Payg‘ambaringizga ko‘kdan bir qilich tushirgan ekan. Paig‘ambaringiz u qilichni senga berganmidi-ki, qaysi qo‘shin bilan qilich solishsang, u qo‘shin chekinadi va sen g‘alaba qozonasan?
—Yo‘q, Alloh ko‘kdan hech qanday qilich tushirmagan.
—   U holda nima uchun seni «Sayfulloh» deyishadi?

—   Alloh taolo bizga bir Payg‘ambar jo‘natgan va u Payg‘ambar bizni Allohning diniga da’vat etgan. Biz avvallari bu dindan uzoq edik. Keyin esa bir qismimiz hazrat Payg‘ambar (s.a.v.)ning so‘zlari rost ekanligiga ishondik va ortidan ergashdik. Bir qismimiz esa payg‘ambarni yolg‘onchiliqda aybladik. Men ham payg‘ambarni yolg‘onchi deb hisoblagan, undan uzoq turgan, ham u bilan kurashganlardan biri edim. So‘ngra Alloh taolo bizning qalbimizga hidoyat baxsh etdi. Uning yo‘liga kirdik. O’sha paytda hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) menga: «Sen Allohning mushriklarga qarshi tushirgan qilichisan», dedi va zafar qozonishim uchun duo qildi. Shundan so‘ng menga «Sayfulloh» (Allohning qilichi) nomi berildi. Shu bois men mo‘minlarning mushriklarga qarshi turgan omonsiz bir zarba beruvchisiman.

—   Xo‘sh, meni nimaga da’vat qilmoqchisan, ey, Xolid?
—   Seni va boshqa insonlarni Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga, Muhammad esa Allohning quli va rasuli ekanligiga ishonishga, hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) Allohdan keltirgan har bir xabarni haqiqat ekanligini qabul qilishga da’vat qilaman.
— Agar qabul qilmasam-chi?..
—   Unda juz’ya berasizlar. Biz esa sizni himoya qilish mas’uliyatini zimmamizga olamiz.
— Agar juz’ya berishni ham istamasak-chi?
—   U holda urush e’lon qilamiz va kurashamiz (jang qilamiz).
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:26:19
Yoruv o‘ziga juda ishongan, bu qadar iymonli inson bilan hayoti davomida birinchi marta tanishmoqda edi. Ortida turgan va ikki yuz qirq ming kishidan iborat daryo kabi qo‘shin uning diliga qo‘rquv solmayotgan edi. Go‘yo bu qo‘shinlar jasorat va iymonning namoyondalari edi.

Avvaldan nomi tillarda doston bo‘lgan bir qahramon bilan ro‘baro‘ turganini bilmaganda bir hovuchgina qo‘shini bilan shunday katta qo‘shinga qarshi chiqqan bu odamning aql-hushi joyida emasligini rohatlanib so‘zlardi. Bu insonlarning har biri olti kishi bilan kurashishlari kerak edi, ehtimolki, hatto zafar qozonishni o‘ylashardi.

U ich-ichidan: «Sen nimalar deyapsan? Nima deb vaysayapsan, ey, Xolid? Siz kechagina och-yalang‘och arablar emasmidingiz? Qanday qilib buyuk bir Bizans davlatini himoyangizga olish haqida bahs yuritmoqdasiz? - deyishni istayotgandi.

Agar shunday desa ham, haq hisoblanardi. Ammo Xolidni daryo kabi qo‘shinlarning qarshisida bunchalik qatiyatli, bunchalik xotirjam so‘zlatgan bir imon bor edi. Go‘yo bu yerdagi olomon va kuchli bo‘lgan qo‘shinning qo‘mondoni o‘zi edi. Go‘yo Rum qo‘shini ularga sulh taklif qilish, jonlarini saqlab qolinishini tilash uchun bu yerga kelgandek edi. Hazrat Sayfullohning ta’rif etib bo‘lmaydigan darajadagi jasoratining yonida, uni bunchalik jasur qilgan bir ishonch va bu ishonchning tayanchi bo‘lgan bir quvvatli din bo‘lishi kerak edi. Unda o‘limdan qo‘rqish hissi ko‘rinmasdi. Ertangi hayoti bugungidan ham yaxshi bo‘lishiga yuz foiz ishongan, o‘zining Alloh yo‘lida ekanligiga hech shubha qilmaydigan bir inson bilan yuzma-yuz turganligini ko‘rardi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:27:17
—   Bugun diningizni qabul qilgan kishining sizning diningizda o‘rni qanday bo‘ladi?
—   Alloh farz qilgan amallarni bajarishda holatimiz bir xil. Ayni haqlarga ega bo‘ladi, ayni vazifalarni bajarishga majburdir.
—   Ajr va savob jihatiga nima deysan? Bugun musulmon bo‘lgan bir kishi, siz olgan savobni oladimi?
— Ha, hatto yanada ko‘proq oladi.
—   Bu qanday bo‘ladi? Siz avvaldan dinni qabul qilgansiz-ku?

— Biz Payg‘ambarimiz oramizda ekanligida unga ishondik. Unga kelgan vahiyni tingladik. Turli mo‘‘jizalarga guvoh bo‘ldik. Bizning ko‘rganimizni ko‘rgan, eshitganlarimizni eshitgan bir inson uchun imon keltirish juda tabiiy bir hol. Siz esa biz ko‘rgan narsalarni ko‘rmagan, biz eshitgan narsalarni eshitmagansiz. Shunday bo‘lgach, bugun samimiyat bilan iymon keltirganlar bizdan ko‘ra fazilatli bo‘ladilar.
—   Vallohi, to‘g‘risini aytding. Meni aldamading, ey, Xolid.
—   Ha, to‘g‘risini so‘zladim. Menda seni aldashga ehtiyoj yo‘q. Alloh bu so‘zlarimga guvohdir.

Suhbat shu yerda tugashi kerak edi. Chunki Yoruv qalqonining orqasini o‘girgandi. Bu esa jang qilishga chiqqan kishining taslim bo‘lishini bildirardi. Yoruv hazrat Xolidga qarab:
— Menga Islomni o‘rgat, ey, Xolid. Sizning diningizni qabul qilmoqchiman, - dedi.

Bu gaplardan hazrat Sayfullohning ko‘zlari yashnab ketdi. Ikki yuz qirq ming kishining qarshisida qo‘rquvdan hapqirmagan yuragi endi sevinchdan hapriqib ketdi. Eshitgani bu bir jumla go‘yo qalbini yoqib qovurar, ko‘zlarini yoshga to‘ldirgandi. Shu onda Rasululloh (s.a.v.)ning: «Sen orqali bir insonga Allohning hidoyat berishi, dunyoning eng qadrli ne’matlaridan ham xayrlidir» deganlarini eshitayotgandek edi.

—   Unday bo‘lsa, mening aytganlarimni takrorla, ey, Yoruv! Ashhadu anla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh.
Yoruv shahodat kalimalarini takrorladi. Keyin esa birgaliqda qo‘shinga qaytdilar. Hazrat Xolidning chodirida bir suvdon suv bilan g‘usl qildi. O’rgatilgan shaklda ikki rakat namoz o‘qidi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:28:09
* * *
Rum qo‘shini birinchi bo‘lib musulmonlarning o‘ng tarafiga hujum qildi. Ikki taraf bir-biriga yaqinlasharkan, hazrat Xolid chap tarafdagi qo‘shinning Rumlarga hujum qilishini buyurdi. Endi umumiy hujum boshlanib ketdi. Shu kungacha hech bir jangda qo‘shinini jangga kirgizib, o‘zi tomoshabin bo‘lmagan Xolid, bu safar ham arslon kabi hujum qilar, qaysi tarafga tashlansa, o‘sha tarafda bir bo‘shliq, bir kenglik paydo bo‘lardi. O’sha kuni Rumlarga qarshi shiddat bilan qilich o‘ynatganlardan biri Yoruv edi. Endi navbat qilichlarga, nayzalarga, o‘qlarga kelgandi. Kesilgan kallalar, uzilgan qo‘l va oyoqlar, singan suyaklar va nihoyat sel kabi oqqan qon bor edi, otlarning kishnashi, g‘animga hujum qilgan qahramonlarning qo‘rqinchli ovozlari, bir qilich zarbi bilan qo‘lidan yoki oyog‘idan ajralgan insonlarning vodiylarni titratgan faryodlari bir-biriga qorishib ketgandi. Ba’zan birortasi oti bilan birga yiqilar, yerdan turgan ot egasini sudrab olib ketardi. Ba’zan tushgan bir zarb tufayli qulagan odam qochib ketgan otiga yetolmay, o‘rtada qolib ketardi. G’animini yiqitib, kallasini kesish bilan mashg‘ul bo‘lgan odam otilgan bir o‘q tufayli yerga qular, keyin esa raqibi uning boshini tanasidan judo qilardi.

Zubayr bin Avvom u kunning holatiga yarashadigan shaklda qilich solar, mana bunday kurashadi, degandek shiddat bilan hujum qilardi. Uning bir to‘da odamlar atrofini o‘rab olganligini ko‘rdi.
—   Nima deysan, ey, Rasululloh (s.a.v.) xolasining o‘g‘li, biz bilan birgalikda jang qilasanmi?
—   Siz bunga dosh berolmaysiz!
—   Ko‘rasan, sen istaganingdek kurashamiz.
—   Juda soz, boshladik.

Shunday olishuvdan so‘ng ular birgalikda dushman qo‘shiniga tashlandilar. Urdilar, urdilar. Nihoyat o‘zlarini dushman qo‘shinining tashqarisida ko‘rdilar. Ortga qaytdilar. Islom qo‘shiniga yetishdilar. Bu paytda juda ko‘p Rum qo‘shinlarining hayotiga nuqta qo‘yilgan edi. Hazrat Zubayr yelkasi bilan bo‘yni orasiga tushirilgan zarblar tufayli jiddiy jarohat olgandi. Bu jarohatning o‘rni chuqurcha bo‘lib qolgandi. Keyinchalik tobe’in naslining eng buyuk yetti olimi orasidan joy olgan kichik o‘g‘li Urva, otasi bilan bog‘liq xotiralarni eslarkan, barmog‘ini shu bo‘shliqning, ya’ni chuqurchaning ichiga tiqib o‘ynaganini aytadi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:29:10
Dushman qo‘shinida saflar oralab aylanib yurgan ruhoniylar Injildan oyatlar o‘qib, qo‘shinlarni shiddatli jang qilishga undashardi. Islom qo‘shinlari orasida ham shunday vazifani bajarayotganlardan biri Muoz bin Jabal ba’zan mujohidlarga qarab: «Ey, Qur’on ahli, ey, Alloh kitobining himoyachilari, ey, Haqning va hidoyatning yordamchilari... Allohning rahmatiga quruq gap bilan, yuzaki amallar bilan erishib bo‘lmaydi. Alloh taolo rahmatini va mag‘firatini faqat sodiq qullarigagina ehson qiladi. Alloh iymon keltirgan va solih amallar qilgan kishilarni yer yuziga xalifa qilishini bilmaysizlarmi? Alloh taolo sizni aslo dushmandan qochayotgan holda ko‘rmasin. Sizning Allohdan boshqa sig‘inadigan kimsangiz yo‘q» der, ba’zan qo‘llarini ko‘kka cho‘zgancha: «Allohim, dushmanning oyoqlarini toydir, qalblariga qo‘rquv sol. Ustimizga sabot va huzur yog‘dir, senga bo‘lgan muhabbatimizni mangu qil, senga yetishmoqni doim orzu qilaylik. Zafar berib bizni xushnud qil!» deya yolborardi.

Shu payt Rumlar mo‘minlarning o‘ng tarafiga shiddat bilan hujum qildilar. Mo‘minlarning bir qismi bayroqlarining ostida jonlarini tikib kurashayotgan bir paytda, boshqa bir qismi ortga chekindi. Ba’zilari esa markazga intildi. Ba’zilari orqaga qocha boshladi. Buni ko‘rgan ayollar ularni toshbo‘ron qildilar. Tayoqlar bilan qarshi chiqdilar. Bu ayollarning orasida xalifa hazrat Abu Bakr (r.a.)ning qizi hazrat Asmo ham bor edi. Eri Zubayr bin Avvom bilan birgalikda bu muhim jangda katnashish uchun kelgan, shunday bir jon bozorining, jonli shahidlaridan biri bo‘lgandi. Sevikli otasining oxirat safariga chiqqanligini bilmasdi.

Ayollar safdan chiqib qochayotganlarni: «Qaerga?... Bizni dushman qo‘shinlariga qoldirib ketyapsizlarmi? O’lmasdan avval bizni ularga qoldirishga uyalmaysizlarmi?» - deya qarshilardilar.
Ularning bu so‘zlari va ustilariga yog‘dirilgan toshlari haqiqatan ham qochoqlarni uyaltirdi va ortga qaytishga majbur qildi. Qo‘llar yana qilichlarni tutdi. Yana jangga kirishdilar.
Bu paytda Madinadan kelgan xat tashuvchi Xolid bin Valid yoki Abu Ubayda bin Jarrohni qidirish bilan mashg‘ul edi. Atrofini qurshab «Nima xabar bor Madinadan?» deguvchilar ham bo‘ldi.
Ular haqli edilar. Ko‘pdan beri yurtlaridan biror xabar kelmayotgandi. Kelgan odam «Hazrat Abu Bakr xastalandi», — deb gap boshlagan edi, hazrat Xolid keldi. Uni bir chetga tortib:
Qanday xabar keltirding? — dedi.

— Xabarlar yaxshi emas, ey, Xolid. Hazrat Abu Bakr (r.a.) vafot etdilar. O’rinlariga Umar bin Xattobni xalifa bo‘lishini vasiyat qildi. U esa...
Hazrat Xolid u odamning so‘zini bo‘ldi:
—   U esa meni qo‘mondonlikdan ozod qildi, shundaymi? — dedi.
Ha, Xolid, keltirgan xabarimga ko‘ra, endi sen qo‘mondon emassan. Yangi qo‘mondon hazrat Abu Ubaydadir.

— Buyruqni menga ber.
Kelgan odam Umar (r.a.)ning muhri bosilgan maktubni berdi. Shu paytda ba’zi kishilar biror xabarni bilish istagi bilan ularga yaqinlashishdi. Hazrat Xolid ular eshitadigan ovozda:
— Juda soz, juda yaxshi... — dedi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:30:24
Keyin esa hech kimning gapirishiga fursat bermay xat olib kelgan odamni ulardan uzoqlashtirdi. Chodirda o‘tirishini va oqshomga qadar hech kimga hech narsa aytmasligini qattiq uqtirdi.
Hazrat Xolid haqiqiy qo‘mondon qilishi kerak bo‘lgan ishni bajargandi. Shunday bir vaziyatda qo‘mondon almashtirish va ayniqsa hazrat Abu Bakr (r.a.)ning vafot etganligi haqidagi xabarni tarqatishdan biror foyda yo‘q edi. Faqat qo‘shin larzaga kelishi mumkin edi va shundoq ham son jihatdan juda oz bo‘lgan qo‘shin uchun mag‘lubiyat eshigi ochilardi. Zotan, bir kundan so‘ng qo‘mondon o‘zgarishi, boshqa kishining amri ostida urush davom etishi kerak edi.

Qo‘mondonliqdan ozod etilish hazrat Xolid uchun deyarli ahamiyatli emasdi. Alloh yo‘lida kurashish kerak bo‘lsa, bir o‘zi ham buni mehr bilan bajara olardi. Shunday o‘y bilan yana dushman saflariga sho‘ng‘idi.

Ikrima bin Abu Jahl shiddat bilan qilich o‘ynatmoqda edi. Atrofidagilarning tarqoq holga kelishi uning vijdonini qiynadi. «Rasululloh (s.a.v.)ga qarshi mushrik sifatida necha marotabalab jang qildim. Bugun esa bir musulmon sifatida men qochmoqchimanmi?» deya o‘yladi. So‘ngra atrofidagilarga qarab hayqirdi:
—   O’lguniga qadar jang qilish uchun men bilan kim va’dalashadi?

Avval amakisi Xoris bin Xishom javob berdi:
   — Men, ey, Ikrima. Oxirigacha sen bilan bo‘laman. Undan so‘ng Diror bin Avvor keldi. Orqama-orqa kelganlarning soni ortdi. Nihoyat, to‘rt yuz kishilik guruh holiga kelishdi. Ular o‘lgunlaricha jang qilishga qasamyod etdilar. Keyin esa och bo‘ri kabi dushmanga tashlandilar. Eng shiddatli jang bosh qo‘mondon Xolid bin Validning chodiri oldida bo‘lmoqda edi. Bu to‘rt yuz kishining barchasi hazrat Xolidning chodiri atrofida yerga quladilar. Juda ko‘plari shahodat sharbatini ichishdi. Bir qismi esa o‘rnidan turolmaydigan darajada og‘ir yaralangandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:32:35
Keyin esa yonidagi yuz kishi bilan Rum qo‘shinining markaziga shiddatli hujum uyushtirdi. Mo‘ljali bosh qo‘mondon Tazorikning chodiri edi. Oldidan chiqqanni yiqitib, o‘ldirib, ilgariladi. Uning maqsadini anglab, ortiga tushganlarning soni ham ortib bordi. Hujum shiddati dushmanning yuragiga g‘ulg‘ula solar, u ilgarilagan sayin hurmat ko‘rsatgandek yo‘l ochishardi.

Tazorik bu jangni borgan sari umidsizlanib kuzatmoqda edi. Jangni boshlayotganda yuz foiz g‘alaba qozonishiga ishongan edi. Ammo jang u istaganidek davom etmayotgandi. Daryo kabi qo‘shin, dengizdek qo‘shinning qarshisida yengilishdan o‘zga chora topolmaydi, deb ishongan edi. Kichikkina qo‘shin sabot bilan jang qilar, hatto tarqab ketishsa ham darhol to‘llanishar va borgan sayin jangni kuchaytirishardi. Buning sabablaridan biri esa sakkiz-o‘ntadan bo‘lib, bir-birlariga bog‘langan qo‘shinlar edi. Jangdan qochmaslshslari uchun bir-biriga bog‘lab qo‘yilgan qo‘shinlardan biri yoki ikkitasi yerga yiqilgach, narigilarining jang qilishiga xalaqit qilar, biror ish qilolmas, hatto qocholmas edilar. Bu jihatdan juda katta talofat ko‘rishayotgandi.

Nihoyat qilichlarini chaqmoq kabi o‘ynatgan bir guruh kishilarning o‘z chodirini nishonga olib kelayotganini ko‘rdi. Himoyachilar ularni to‘xtatish uchun umidsizlik bilan qilich ko‘tarishar, ammo birma-bir yerga yiqilishardi.

Himoyaning foydasizligi, mag‘lub bo‘layotganlari aniq bo‘lib qoldi. Darhol qarorini berdi. Bir nechta odamini yoniga olib, jang maydonini tark etdi. Islom qo‘shinining bosh qo‘mondoni saflarning eng oldida, arslon kabi jang qilarkan, Tazorikning ipak ko‘ylaklar kiyib jangni tomosha qilishi va chapga-o‘ngga qarab buyruq berishi har bir aqlli odam ko‘rishi mumkin bo‘lgan jihat edi. Xeraqlning ukasi bo‘lishi unga zarracha foyda keltirmagandi.

Tazorikning jang maydonini tark etganini ko‘rgan qo‘shin tarqala boshladi. Biroq bir-biriga bog‘langan qo‘shinlarning qochish imkonlari yo‘q edi. Qochishlari uchun guruhdan hech kim o‘lmagan bo‘lishi kerak edi. Aks holda yo o‘lishlari yoki o‘ldirishlari kerak edi.

O’sha kuni mo‘minlar peshin va asr namozlarini jang maydonida ishoralar bilan o‘qidilar. Ichlarida bittasi bor edi. U hanuz necha vaqt namoz farz qilinganligidan bexabar edi. Faqat ko‘nglini Islom sevgisi to‘ldirgani uchun Allohga hamd aytar va kechagacha qo‘mondoni bo‘lgan guruhlarga qarshi qilich o‘ynatardi. Hidoyat topishiga sabab bo‘lgan Xolid bin Validning ortidan soya kabi ergashib yurarkan, tilini kelishtirish uchun shahodat kalimalarini tinmay takrorlardi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:35:07
Quyosh g‘arbga tomon og‘arkan, olgan yaralari ham hayotining quyoshini so‘ndirayotgandi. Yoki uning uchun havas qilsa arzigulik abadiy hayot boshlanish arafasida edi. Hidoyat quyoshi bilan yorishgan ruhi, hatgo xayol qilishi ham zavqli bo‘lgan bir olamga ketish arafasida edi. Oqayotgan qon darmonini quritgandi. Ustidan bosib o‘tganlar ham bo‘ldi. Bu jang paytida odatiy hol edi.

Yoruv samimiy bir mo‘min bo‘lgandi. Buning yorqin dalili esa ikki yuz qirq ming kishilik dahshatli qo‘shindagi qo‘mondonlik vazifasidan voz kechib, yengilish ehtimoli bo‘lgan qirq ming kishilik qo‘shinga hech qanday martabasiz o‘tishi edi. Bu har kimning ham qo‘lidan kelavermaydigan bir fidokorlik edi. Ammo u to‘g‘ri yo‘lni tutgan, hech qachon pushaymon bo‘lmaydigan baxtiyorlik yo‘lini afzal ko‘rgandi. Bundan boshqasi esa Alloh taoloning bitmas-tuganmas ehsoniga, karami va inoyatiga oid edi. Yoruv o‘ziga yoqqan ishni qilgandi, Alloh taolo ham o‘ziga yoqqanini qiladi.

Endi jang tugadi, deyish mumkin edi. Aql bovar qilmaydigan darajada muazzam bir zafar qozonilgan bu yo‘lda uch ming musulmon jon bergandi. Alloh taolo Qur’onda: «Alloh mo‘minlardan jonlari va mollarini jannat evaziga "sotib oldi" - Alloh yo‘lida jang qiladilar. Bas, o‘ldiradilar va o‘ldiriladilar. Tavrot, Injil, va Qur’onda O’zining haq va’dasini bergan Allohdan ko‘ra kim ahdiga vafodorroqdir?! Bas, bitishgan bu savdolaringizdan shodlaningizlar! Ana o‘sha ulkan yutuqdir!» (Tavba surasi, 111-oyat) deya ta’riflagan insonlar shu muborak shahidlar bo‘lishi kerak edi.

Ortda vujudlar qolgandi. Yaratilgandan buyon bunday sahnaga ilk va so‘nggi marotaba shohid bo‘lgan bu vodiy ortiq chidab bo‘lmaydigan hidlar bilan to‘lgandi. Oqqan qonlardan tuproq qip-qizil bo‘lgan, chuqurlar to‘lgan, qon bilan yo‘g‘rilgan botqoqliklar vujudga kelgandi. Uch ming mo‘minning hech narsadan xabarsiz vujudlari, Islomni tag-tugi bilan yo‘q qilmoqchi bo‘lgan va shu maqsadda jon bergan insonlarning jasadlari bilan yonma-yon yotardi. Go‘yo Yarmukda jannat bilan jahannam bir joyga kelgan, Allohning rahmati bilan g‘azabi shu onda bu vodiyda tajalli etgan, rahmat farishtalari bilan azob farishtalari shu yerda uchrashgandek edi.

Birozdan so‘ng quyosh bu vodiyni tark etadi. Jasadlar zim-ziyo qorong‘ulik bag‘riga sho‘ng‘iydi, ammo bu vodiyga jala holida rahmat va azob yog‘adi. Keyin esa tongning ilk nurlari bilan birgalikda lochin va burgutlar dahshatli ovozlar chiqarib, bu jasadlarga tashlanadilar va bayram qiladilar.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:36:19
* * *
Qo‘lida suvdon bilan jang maydonida kezib yurgan bir odam murdalarni tekshirardi. Ba’zilari mutlaqo tanib bo‘lmaydigan holga kelgandi. Kesilgan boshlarning qaysisi qaysi tanaga tegishli ekanligini aniqlash juda mushkul, hatto imkonsiz... Ammo u hanuz tirik qolganlar bilan qiziqar, tanish chehralar axtarardi. Juda ko‘p o‘likning va ko‘plab yaradorlarning orasida sassiq hidlarga chidab harakat qilish oson ish emasdi. Shu paytda eshitilgan ingragan ovoz uni hanuz tirik bo‘lgan yaradorni topishga undadi. Qarshisida tanish chehrani ko‘rdi. Lablari harakatdan yorilgan, ko‘zlarida faqat bir necha nafasgagina dosh beradigan darmon qolgan bu inson «Suv ichasanmi?» degan savolga ko‘zlarida paydo bo‘lgan bir uchqun bilan javob berdi. Qanday qilib istamasligi mumkin?! Axir u bir qultum suv uchun hayoti davomida orttirgan hamma narsasini qurbon qiladigan holatda edi.

Huzayfa deya taniganimiz bu sahoba qo‘lidagi suvdonning og‘zini yaradorning lablariga olib bordi. Suv oqayotgan paytda eshitilgan ingrash ovozi yaradorning og‘zini yopilishiga sabab bo‘ldi. «Suv-suv», - deya ingragan bir dindoshining ovozini eshitgandi. Og‘zini yopib oldi va ko‘zlari bilan hatto kimligini bilmaydigan yaradorga olib borishini ishora qildi. Payg‘ambarlar sultonidan olgan tarbiya va qalbida hamon uyg‘oq holda borliqni his ettirgan imonning samarasi edi, bu. Qur’onda ular shunday tasvirlangan: «... garchi o‘zlarida ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘zlarini qo‘yib (o‘zgalarni) iysor-ixtiyor qilurlar».

Allohning Rasuli (s.a.v.) ularga qo‘shnisi och bo‘lsa, to‘q tong ottirishni Islom odobiga nomunosib ekanligini uqtirar edilar. O’ziga ravo ko‘rgan narsani dindoshiga ham ravo ko‘rmaguncha haqiqiy mo‘min bo‘lolmasligini aytgandilar. Asl kurash maydoni hozir yuzaga kelgan, zirqiragan yaralar, qizdirayotgan quyoshni yengishning payti kelgandi. Balki bir necha daqiqadan so‘ng nafaslar tugashi, Alloh huzuriga ketishlari mumkin edi. O’tib borayotgan bu vaqt ichida uzoq o‘ylashning imkoni yo‘q edi. U yerda «suv...suv» deya ingragan insonning dardini faqat shu onda u dardni chekkanlar bilishi mumkin edi. Bir musulmonning chekkan azobini bartaraf qilgan odamning azobini oxiratda Alloh bartaraf etishni bir zumda zehniga kelgani bois lablarini berkitib, suvni dindoshiga olib borilishini ishora qilgandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:39:17
Birozdan so‘ng kim ingrayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu odam Hishom bin Os edi va unga:
— Senga suv keltirdim, — dedi.
Hishom bu so‘zlarni «Senga yangi hayot keltirdim» - degandek tushundi. Yuziga tabassum yugurdi, lablarini ochdi. Ko‘zlaridagi minnatdorlik tuyg‘usini til bilan anglatish imkonsiz edi. Alloh taoloning: «Kofir bo‘lganlar osmonlar ham, yer ham (avvalda) yaxlit bo‘lganini, bas, Biz ularni yorib yuborganimizni va barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko‘rmadilarmi?! Endi ham imon keltirmaydilarmi?!» (Anbiyo surasi, 30-oyat) degan oyatini eslagan bo‘lsa kerak. Yoki «O’lyapsan, so‘nggi tilaging nima», deyilsa:

— Bir piyola suv bering, deyishiga shubha yo‘q edi. Huzayfa fursatni boy bermadi, suvdonni uning og‘ziga tutdi. Yarador lablarini cho‘zib, suvga yaqinlashdi. Biroq birdan uning lablari ham yopildi. Chunki u ham «suv», deya ingragan bir yaradorning majolsiz ovozini eshitdi. Ikki soniya avval bor-yo‘g‘ini fido qiladigan darajadagi suvni ichmaslik uchun qarshilik ko‘rsatdi. Minnat ostida qolishi mumkinligidan emas, xarom bo‘lgani uchun emas, ammo islom odobiga to‘g‘ri kelmaganligi uchun lablarini berkitgandi. Ko‘zlari bilan «Men kabi azoblanayottan dindoshimga olib bor» degandek ishora qilardi.

—   Suv unga ham yetadi, ey Hishom, avval sen ich.
—   Yo‘q.
Tili bilan emas, ko‘ngli bilan, ko‘zi bilan, yo‘q, demoqda edi. Yo‘q, deyolmaydigan darajada majolsiz, ammo bir piyola suv uchun dunyodagi hamma narsani berishga tayyor turgan nafasni jilovlay oladigan darajada kuchli bir insonning bu harakati Huzayfani ko‘zini yoshlatib, ko‘nglini titratdi. O’rni kelsa «yo‘q» deyishning ham fazilat ekanligini, shunday achchiq, shunday jonli tajribani hech qachon unutilmaydigan shaklda olgan edi. Tomchi-tomchi qonlari bilan qushlarni qizil rangda bo‘yayotgan bu insonlar, hatto o‘layotgan paytida ham insoniyatga ibrat berar, odamgarchilik qilishi kerakligini ko‘rsatgan holda o‘lar yoki abadiy qolardilar. Alloh roziligi uchun, hayot va o‘lim bir nuqtaga kelgan paytda chizilgan bu manzara insoniyat uchun mangulikka daxldor yodgorlik bo‘lib qolardi.

Huzayfa bu yaradorga ham so‘z uqtirolmasligini tushungan holda uchunchi yarador tomon yo‘naldi. Yonma-yon yotgan jasadlar orasidan uni topdi. Olgan jarohatlardan tanasi ilma-teshik bo‘lgan, yuzi tanib bo‘lmaydigan holga kelgandi. Ikrimaga o‘xshardi. Boshida turgan Huzayfani ko‘rganidanmi yoki aziz ruhini olish uchun kelgan malaklarni kuzatganidanmi yuzida sevinch zohir bo‘ldi. Og‘ziga to‘kilgan suv «Alloh» deya, harakatsiz qolgan lablarini ho‘lladi. Ammo bu ho‘llashning unga foydasi bo‘lmadi. Chunki so‘nggi nafas chiqarilgan Yarmuk jangini shonli shahidi Alloh huzuriga yo‘l olgandi.
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:40:21
Huzayfa endi unga rahmat tilashdan boshka hech narsa qilolmasdi. Ko‘nglidagi suvdondan suv quyish bilan faqat bir jasadni unutgan edi, xolos. U Hishomni topib, unga ikrom ko‘rsatishi mumkin edi. Murdalarni xatlagancha uning yoniga yetishganda uning nafas olmayotganini ko‘rdi. Birinchi yaradorga yetishish uchun yugurdi. Lekin u ham Haqning rahmatiga yetishgandi.

U yerda uch shahid, bir shohid bor edi. Bu soxta yolg‘iz guvoh hisoblangan Huzayfa tarafidan insoniyatga yetkaziladi va hozirgi zamon kishisining aqlini lol qoldiradigan abadiy bir xotira sifatida tarix sahifalariga qayd etiladi.

Yana bir shohid bor edi. Hamma narsaning haqiqiy bahosi o‘lchanadigan kunda ular bilan alohida hisoblashadi, ularni Yarmukning uch aziz shahidi sifatida jannatga yo‘llaydigan buyuk Alloh... Ha, Yarmuk vodiysida halok bo‘lgan uch ming shahid orasida Huzayfa topgan, bir-biridan aziz bo‘lgan uch vujud...

Bular hayotlarini Islom axloqining eng yuksak saviyadagi fazilat muhri bilan muhrlash baxtiga muyassar bo‘lgandilar. Ortida esa unutilmas xotira qoldirgandilar. Uch ming shahid hayotlarini bergan, ammo u kungacha Islom qozongan eng shonli zafarga tamal toshi qo‘ygandilar. Ilohiy devonda ismlari birma bir qayd etilgan u aziz shahidlarning ruhlari asrlar ortidan jo‘natilgan salomlar va rahmat tilaklari bilan xotirlanadi. Allohim ularga ular kabi bo‘lolmagani uchun qayg‘uga botgan ko‘ngillarning, ko‘ngil do‘sti bo‘lganlarning salomlarini yetkazgin.

Rasululloh (s.a.v.)ga va sahobalarga nisbatan yillar davomida beayov dushmanlik qilgan va Abu Jahl kabi misli ko‘rilmagan bir mushrikning o‘g‘li bo‘lgan Ikrima vaqti kelib, eng samimiy bir mo‘min bo‘ldi, hatto Yarmuk vodiysini Alloh roziligi yo‘lida qoni bilan sug‘ordi va Huzayfaning suvini icharkan, Alloh vasliga erishadi. Bir tarafda asfala sofilinga qulagan ota, boshqa tarafga esa yuksaklikka ko‘tarilgan bir o‘g‘il va har ikkisiga munosib muomala qiladigan, har narsaga qodir, hikmati cheksiz Alloh taolo... Allohim sen har narsaga qodirsan. Jon baxsh etuvchi ham, uni oluvchi ham o‘zingsan...

Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 16:41:15
* * *
Qo‘mondonlar qo‘lga kiritilgan g‘alabaning hisobini qilish uchun to‘plangan paytlarida Xolid bin Valid yonidan chiqargan maktubni Abu Ubaydaga uzatdi:
— Xalifa hazrati Abu Bakr (r.a.) vafot etibdi. Umarni xalifa etib tayinlabdi. U esa seni qo‘mondon etib e’lon qilibdi. Jang paytida bu gaplarni aytish qo‘shinni sarosimaga solishi mumkin, - deb buni sir saqladim. Shu ondan boshlab sen qo‘mondonsan, men esa sening amringga muntazirman...

Shundan keyin hazrati Sayfulloh Xolid bin Valid oddiy bir inson sifatida hayotini davom ettiradi. Qo‘mondonlikdan ozod qilinishi uni qayg‘uga botirmas edi. Lekin insoniyat tarixida hamma payt ham o‘xshashi topilavermaydigan va Rasululloh (s.a.v.) tarafidan «Sayfulloh» deya ta’riflangan «Allohning qilichi» qanday o‘y bilan bo‘lsa bo‘lsin, qiniga solingandi.

(Roziyallohu anhum.)

TO’RTINCHI KITOB TUGADI
Nom: Re: ABU BAKR SIDDIQ. Ahmad Lutfiy Qozonchi
Yuborildi: AbdulAziz 12 Aprel 2009, 09:29:53
Abu Bakr Siddiq

(http://www.ziyouz.com/images/books/abu_bakr.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=359)

Muallif: Ahmad Lutfiy Qozonchi
Hajmi: 1,12 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=359)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3505.0)