forum.ziyouz.com

Kutubxona => Jahon adabiyoti => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 10 Iyul 2006, 19:32:29

Nom: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2006, 19:32:29
Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman)

(http://www.ziyouz.com/images/books/musavvir.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=12)

Muallif: Jeyms Joys
Hajmi: 570 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=12)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=352.0)
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:02:13
(http://ziyouz.com/rasmlar/literature/joyce.jpg)

Irlandiyalik buyuk yozuvchi Jeyms Joys (1882-1941) ijodi XX asr jahon adabiyoti tarixida muhim o‘rin tutadi. Uning hozirgi zamon adabiyotlariga ko‘rsatgan ta'siri g‘oyatda ulkan. E.Xeminguey, U.Folkner, T.Vulf kabi dunyoga mashhur adiblar uning shogirdlari bo‘lishgani, ular o‘z asarlari haqida Joysning e'tirofini ilhaq bo‘lib kutishgani ham fikrimizni tasdiqlaydi. 1982 yili YUNESKO qarori bilan irland realistik adabiyotining klassigi Jeyms Joys tavalludining 100 yilligi butun dunyoda keng nishonlandi. Adibning "œDublinliklar" nomli hikoyalar to‘plami, "œMusavvirning yoshlikdagi shamoyili" va "œUliss" romanlari allaqachon yuzlab xalqlar tillariga tarjima qilingan, jahondagi barcha nufuzli oliy o‘quv yurtlari, o‘rta ta'lim adabiyot dasturlari va majmualaridan o‘rin olgan.

O‘zbek o‘quvchisi bu ulug‘ yozuvchi ijodi bilan Istiqlol sharofati tufayli bahramand bo‘la boshladi. Hozircha uning "œDublinliklar" to‘plamidan bir necha hikoyalar, "œJakomo Joys" nomli nasriy asari gazeta va jurnallarda e'lon qilindi. 1993 yili filologiya fanlari nomzodi Tilavoldi Jo‘raevning oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan "œJeyms Joys" nomli risolasi chop etildi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:03:10
Biz o‘z milliy madaniyatimiz, adabiyotimizni puxta o‘rganish, qadriyatimizni tiklash va e'zozlash bilan bir qatorda dunyo madaniyatida chinakam hodisa sifatida e'tirof etilgan, vaqt va zamonlar sinovidan o‘tgan boshqa xalqlarning nodir ijod namunalaridan ham bahramand bo‘lib borishga haqlimiz. Shu ma'noda irlandiyalik adib Jeyms Joys ijodi bilan o‘zbek o‘quvchilarini tanishtirish kitobxonlarimiz ma'naviy dunyosini boyitishga, badiiy saviyasini yuksaltirishga, go‘zallikni nozik va teran his etishga odatlantirishga, didini o‘stirishga, qolaversa, XX asr adabiyotining eng muhim yangiliklaridan xabardor etishga xizmat qiladi.

Quyida sizning e'tiboringizga havola etilayotgan J.Joysning "œMusavvirning yoshlikdagi shamoyili" romani bir qarashda atoqli o‘zbek adiblari Oybek, Abdulla Qahhor va G‘afur G‘ulomning avtobiografik asarlarini yodga soladi. Yosh bolaning, o‘smirning ongi atrof-muhitni qay tarzda qabul qiladi, u ta'lim-tarbiya olayotgan maskandagi o‘zaro munosabatlar, oiladagi, jamiyatdagi vaziyat bola ongining shakllanishida nechog‘li ahamiyat kasb etadi, muayyan muhitda shakllangan bu ong o‘z-o‘zini anglash jarayonlarini qanday kechiradi — bular barchasi J.Joys romanida nozik psixologik tahlillar orqali juda chuqur ochib berilgan. Muallif asar qahramonining fikrlarini, o‘y-xayollarini, kechinmalari va his-tuyg‘ularini asosan uning ichki monologlari orqali ko‘rsatib beradi.

Tarjimon
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:04:13
Jeyms JOYS

MUSAVVIRNING YOSHLIKDAGI SHAMOILI

Tarjimon: Ahmad Otaboyev

(http://ziyouz.com/rasmlar/literature/musavvir.jpg)


BIRINCHI BOB

Et ignotas animum dimittit in artes*1.
Ovidiy, Metamorfozalar, VIII, 18
Qadim-qadim zamonda Mo‘-mo‘ degan bir govmish yo‘l yurib, yo‘l yursa ham mo‘l yurib, kunlardan bir kun aqlli-hushli, yoqimtoy bolakayga duch kelibdi, bolakayning ismi Bo‘-bo‘ ekan.
Bu ertakni otasi unga aytib berardi. Uning yuzlari sertuk edi.
Bo‘-bo‘ degan bola edi u. Mo‘-mo‘ Betti Bern yashaydigan tomondagi yo‘ldan yurib kelardi: Betti limonli obaki sotardi.
Yam-yashil chamanzorda
Gullagan, hoy atirgul.
U shu qo‘shiqni aytardi. Bu uning qo‘shig‘i edi.
To‘shagingni ho‘llab qo‘yganingda oldin issiq bo‘ladi, keyin muzday. Onang klyonka to‘shaydi. Undan yoqimli hid taraladi. Onangdan taralgan hid otangnikidan yoqimliroq. Onasi uni o‘yinga tushsin, deb royalda dengizchilar raqs kuyini chaladi. U o‘yinga tushadi:
Tra-lya-lya, lya-lya.
Tra-lya-lya, tra-lya-lya-lya.
Tra-lya-lya, lya-lya.
Tra-lya-lya, lya-lya.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:04:53
Charlz tog‘a bilan Denti qarsak chaladi. Ular otasi va onasidan katta, ammo Charlz tog‘a Dentidan ham keksaroq.
Dentining jovonda ikkita cho‘tkasi bor. Dastasiga jigarrang barxit qoplangan cho‘tka Maykl Devitt sharafiga, yashil barxit qoplangan cho‘tka esa Parnell sharafiga. Har gal papiros qog‘ozining varag‘ini keltirganida Denti yalpizli obaki beradi.
Venslar yettinchi uyda yashaydi. Ularning ota-onasi boshqa. Hali katta bo‘lsa, u Eylinni oladi. U stolning tagiga bekindi. Onasi:
—Kechirim so‘ra, Stiven, — dedi.
Denti:
—Uzr so‘ramasang-chi, burgut uchib keladi-da, ko‘zingni cho‘qib oladi, — dedi.
Ko‘zingni cho‘qib olur,
Tirrancha, so‘ra uzr,
Tirrancha, so‘ra uzr,
Ko‘zingni cho‘qib olur,
Tirrancha, so‘ra uzr,
Ko‘zingni cho‘qib olur,
Ko‘zingni cho‘qib olur,
Tirrancha so‘ra uzr.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:05:15
* * *
Katta sport maydonlarida bolalar to‘pirlashib, yugurib-elishadi. Bari baravariga baqirib-chaqiradi, tarbiyachilar ham hay-haylashib, ularga dalda berishadi. Kech kirib, kun xira tortgan, havo salqin, har gal to‘p surayotganlarning hujumi va zarbalaridan yag‘iri chiqib ketgan charm to‘p zil-zambil qushday bo‘zargan havoga vazmin ko‘tariladi. U komandasining dumida sudralib, tarbiyachilarning ko‘zidan panaroqda, qo‘pol oyoqlaridan chetroqda yer tepib, depsinib yuribdi, ora-sira o‘zini yugurayotganga o‘xshatib ko‘rsatadi.
Bu to‘dada u o‘zini kichkina va kuchsiz his etadi, uning ko‘zlari ham xira, yoshlanib turadi. Rodi Kikem unday emas: Rodi uchinchi komandaga kapitan bo‘ladi, deyishadi bolalar.
Yaxshi bola-da Rodi Kikem, Sassiq Rouch yomon, isqirt. Rodi Kikemning oyog‘iga kiyadigan himoya qalqonchalari yechinadigan xonada shkafda, qand-qurs solingan savatchasi oshxonada turadi. Sassiq Rouchning qo‘llari beso‘naqay. Marosim oshi — bo‘tqa, deydi u. Bir kuni u so‘rab qoldi:
— Oting nima?
Stiven javob berdi:
— Stiven Dedalus.
Shunda Sassiq Rouch dabdurustdan dedi:
— Bu o‘zi qanaqa ism?
— Stiven nima deb javob berishni bilmay qoldi, Sassiq Rouch esa tag‘in so‘radi:
— Kim sening otang?
Stiven aytdi:
— Jentelmen.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:05:43
Shunda Sassiq Rouch so‘radi:
— Nima, sening otang sudya emasmi?
U to‘p surayotgan bolalar ortidan ilakishib, depsinib yuribdi, ora-sira o‘zicha u yoq-bu yoqqa chopqillaydi. Qo‘llari sovuqdan ko‘karib ketdi. U qo‘llarini belbog‘li kalta kamzulining cho‘ntaklariga tiqdi. Belbog‘ degani bu cho‘ntaklardan balandroqda turadigan bir narsa. Yoqalashganda zo‘r chiqqanni: belbog‘i qoruvli deyishlari shundan.
Bir kuni Kentuellga bir bola shunday dedi:
— Agar xohlasam bir zumdayoq uningni o‘chiraman.
Kentuell dedi:
— Boshqalarga ham tirg‘alib ko‘r-chi. Qani, Sesil Sanderning unini o‘chirish qo‘lingdan kelarmikan. Ko‘raman, ortingga yaxshilab tepki yeganingni.
Bunday tillashish odobdan emas. Onasi kollejda yoqimsiz bolalar bilan jiqqillashib yurmagin, deb tayinlagan. Onajoni judayam chiroyli-da. Birinchi kelgan kun qasrning qabulxonasida xayrlashayotib onasi uni o‘pmoqchi bo‘lib yuzidagi to‘r-chimmatni xiyla ko‘tardi, onasining burni, ko‘zlari qizarib ketgan edi. Biroq u o‘zini bir kuyga soldi, ko‘rmaganga oldi, onasi yig‘lab yuboradiganday tuyuldi unga. Onasi yig‘lasa yuzi o‘zgarib qoladi. Otasi unga ikkita besh shilinglik tanga berdi — harqalay cho‘ntagi quruq turmagani tuzuk. Otasi unga biror zarurat sezsa, uyga xat yozishini aytdi, zinhor o‘rtoqlaring ustidan chaqimchilik qilib yurmagin, deb tayinladi. Shundan so‘ng rektor eshik oldida otasi va onasining qo‘llarini siqib xayrlashdi, rektorning egnidagi uzun yaktagi shamolda hilpiradi, otasi bilan onasi o‘tirgan izvosh jildi. Ular qo‘l silkishdi va izvoshdan unga qichqirishdi:
— Xayr, Stiven, xayr.
— Xayr, Stiven xayr.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:07:25
Uning atrofida bolalar to‘p talashib, ur-sur boshlandi, chaqchaygan ko‘zlarni, loyga belangan boshmoqlarni ko‘rib u qo‘rqib ketganidan enkayib oldi va bolalarning oyoqlari ostiga qaray boshladi. Bolalar yoqalashar, pishqirishar, ularning oyoqlari tipirchilar, bir-birini tepkilardi. Keyin Jek Lotenning sariq botinkasi to‘pni tepib yubordi, boshqa botinkalar va oyoqlar uning ortidan yugurib ketdi. U biroz chopib borib to‘xtadi. Yugurishga hojat yo‘q. Hali-zamon yotoqqa qaytishadi. Kechki ovqatdan so‘ng, sinfxonada, partasiga yelimlab qo‘yilgan raqamni—etmish yettini yetmish olti qilib o‘zgartiradi.
Hozir bu yerda, izg‘irinda uloqib yurgandan ko‘ra sinfxonada o‘tirgani yaxshi. Havoning avzoyi buzuq, bosh binoda, qasrda esa olov yonib turibdi. U o‘zicha, Gamilton Rouen qaysi derazadan shlyapasini chakalak ustiga otgan ekan, deb o‘yladi, o‘sha paytda ham deraza tagida gulxona bo‘lganmikan. Bir kuni, qasrdaligida, bu yerlik xizmatchi unga askar otgan o‘qning eshikdagi izini ko‘rsatdi va jamoa iste’mol qiladigan yong‘oqli qotirma non berdi. Qasrda olovga termulib o‘tirish mazza-da, issiq. Xuddi kitobchada yozilganday. Lester abbatligi shunaqa bo‘lgandir, ehtimol. Doktor Kornuellning darsligida qanday yaxshi gaplar bor edi. Ular she’rga o‘xshaydi, biroq she’r emas, husnixatni mashq qilish uchun berilgan misollar, xolos:

Uolsi Lester abbatligida qazo qildi,
Abbatlar uni shu yerga dafn etdilar.
Giyohlarni qurt-qumursqa yeb bitiradi,
Jonzotlarni qisqichbaqa kemiradi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:07:46
Hozir kamin yonidagi gilamga cho‘zilib yotib, iyagingga kaftlaringni tirab bu gaplarning mag‘zini chaqsang. U seskanib ketdi, badanida allaqanday sovuq shilimshiq suyuqlik oqib tushayotganday bo‘ldi. Uelss pastkashlik qildi-da, uni hojatxona teshigiga qarab itarib yubordi, jajji tamakidonini oshiqqa alishmagani uchun shunday qildi, uni Uelss qimorda qirq marta yutib olgan edi. Suv sovuq, shilimshiq edi-ya! Bir bola katta kalamushning bo‘tqaga o‘zini otganini ko‘rib qolgan. Onasi bilan Denti kamin yonida, Brijetning choy olib kelishini kutib o‘tirishibdi. Onasi oyoqlarini kaminning panjarasiga qo‘ydi, munchoqdan gul solib tikilgan paypog‘i isidi, ulardan xushbo‘y hid, mayin harorat taraldi. Dentining bilmagan balosi yo‘q. Denti unga Mozambik bo‘g‘ozi qaerdaligini, Amerikadagi eng uzun daryo, oydagi eng baland tog‘ qanday atalishini o‘rgatadi. Hazrat Arnoll Dentidan ham ko‘p biladi, chunki u ruhoniy, biroq otasi bilan Charlz tog‘a Denti aqlli, o‘qimishli ayol, deyishadi. Ba’zan Denti ovqatdan so‘ng, og‘zini qo‘li bilan to‘sib, g‘alati tovush chiqaradi: bu — kekirik.
Maydonning narigi chetidan kimdir qichqirdi:
— Hamma uyga!
Unga kichik va tayyorlov sinflari bolalarining ovozi qo‘shildi:
— Uyga! Hamma uyga!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:08:02
Qizarib-bo‘g‘riqib ketgan, ust-boshlari loyga belangan bolalar bir joyga to‘planishdi, u bolalarning orasida ketayapti, yotoqqa qaytayotganidan xursand. Rodi Kikem to‘pni sirpanchiq bandidan ushlab ko‘tarib borayapti. Bolalardan biri unga oxirgi marta to‘pni tashlab ber, dedi, biroq Rodi pinagini buzmadi, hatto javob ham qilmadi. Saymon Munen jim yur, nazoratchi kuzatib kelayapti, dedi. Shunda haligi bola burilib, Saymon Munenga shunday dedi:
— Nima uchun bunday deyayotganingni bilamiz. Sen uchiga chiqqan xushomadgo‘ysan.
"œXushomadgo‘y"œ qandaydir g‘alati so‘z. U bola Saymon Munenni behuda haqorat qilmadi. Saymon Munen ba’zida nazoratchi Makgleydga orqa qilib, yeng uchida ish bitiradi, nazoratchi bo‘lsa go‘yo o‘zini jahli chiqqanday ko‘rsatadi. Bu so‘zning ohangi yoqimsiz. Bir safar u Uiklou mehmonxonasida hojatxonadagi chanoqda qo‘lini yuvdi, keyin otasi zanjirga bog‘lab qo‘yilgan tiqinni ochib yubordi va shunda yuvindi suv teshikdan pastga oqib tusha boshladi. Suv sekinlab oqib ketgandan so‘ng chanoqning teshigidan: "œx-u-sh" degan tovush chiqdi. U shuni esladi, yana hojatxonaning oppoq devorlari esiga tushdi, badani junjikib, sovqotganday bo‘ldi, keyin qizib ketdi. U yerda ikkita jo‘mrak bor, ularni burash kerak, shunda sovuq va issiq suv oqadi. Badani bir zum sovqotib qaltiradi, keyin biroz qiziganday bo‘ldi. U jo‘mraklarga muhrlangan so‘zlarni ko‘rdi. Bunda qandaydir g‘alati sir bor edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:09:01
Dahliz ham sovuq, havosi allaqanday bo‘g‘iq, zax. Hechqisi yo‘q, hademay gazni yoqishadi, gaz yonib turganda, xuddi ashula xirgoyi qilganday, bir maromda vishillaydi. O‘sha, har doimgi ashulasini kuylaydi, bolalar shovqin qilishmasa dam olish xonasida xirgoyini eshitsa bo‘ladi.
Arifmetika darsi boshlandi. Hazrat Arnoll doskaga bir qiyin masalani yozdi-da, bolalarga qarab shunday dedi:
— Xo‘sh, qani, kim g‘olib chiqarkan? Boshla, York! Tez bo‘l, Lankaster!
Stiven jon-jahdi bilan kirishdi, biroq masala juda murakkab edi, u chalkashib ketdi. Ko‘kragidagi, kamzulining ustidan oq atirgul qo‘shib taqilgan shoyi nishoncha titray boshladi. U arifmetikadan kuchli emas edi, biroq Yorklar yutqazib qo‘ymasin, deb jon-jahdi bilan tirishdi. Hazrat Arnoll yuziga jiddiy tus berdi, biroq u jahlga minmagan, miyig‘ida kulib turardi. Tuyqusdan Jek Loten barmoqlarini qirsillatdi va Hazrat Arnoll uning daftariga nazar tashlab, dedi:
— To‘g‘ri, yasha Lankaster! Qirmizi atirgul yutdi. Qani-qani, bo‘sh kelma, York! Qani, tez bo‘l.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:09:19
Jek Loten o‘tirgan joyidan ularga qarab-qarab qo‘yadi. Uning dengizchilar kiyadigan moviy ko‘ylagidagi qirmizi atirgul qo‘shib taqilgan jajji shoyi nishoncha judayam yarashiqli edi. Stiven yuzlari qizarganini his qildi, shu damda u bolalarning tayyorlov sinfida kim kuchli: Jek Lotenmi yo Stivenmi, deb bahs boylashganini eslagandi. Birinchi o‘quvchi nomini bir hafta Jek Loten, bir hafta u qo‘lga kiritgan vaqtlar ham bo‘lgan. Navbatdagi masalani yechar ekan, uning oq shoyi nishonchasi titrab, qulog‘i ostida Hazrat Arnollning ovozi jaranglab turdi. Keyin uning g‘ayrati susayib qoldi, manglayiga sovuq ter tepchidi, yuzlari bir zumda sovub qolganini his qildi. Betim sovib ketdi, demak, oqarib ketgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladi u. Masalani yecha olmadi, biroq tashvishlanmasa ham bo‘ladi. Oq atirgul, qirmizi atirgul—bari chiroyli gullar! Birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘quvchiga beriladigan guvohnomalarning ham hammasi birday chiroyli: qirmizi, oq sariq va binafsha. Oq sariq, binafsha va qirmizi atirgullar ham chiroyli. Balki yovvoyi atirgullar aynan shundaydir: bexosdan xayoliga maysazordagi yovvoyi atirgul haqidagi qo‘shiq keldi. Biroq atirgullarning yashil ranglisi bo‘lmaydi. Kim bilsin tag‘in, bir joylarda bo‘lsa bordir.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:09:32
Qo‘ng‘iroq jiringladi va o‘quvchilar sinf-sinf bo‘lib birin-ketin dahlizdan yurib oshxonaga yo‘l olishdi. U likopchasidagi ikki tuyur sariq yog‘ga termilib o‘tiribdi, biroq yelimshak nonni yeya olmadi. Dasturxon ham ho‘l, shilimshiq. Shunga qaramay, u oq etak bog‘lab olgan qo‘pol xizmatchi krujkasiga shopirib quyib ketgan issiq choyni bir ko‘tarishda sipqordi. Sassiq Rouch bilan Sorin qahva ichdi, ularga qahvani uyidagilari tunuka qutilarda yuborishadi. Bu yerning choyini ichib bo‘lmaydi, yuvindiga o‘xshaydi, deyishadi ular. Ularning otalari — katta sudya, deb gapiradi bolalar.
Bolalar unga juda g‘alati tuyuladi. Ularning hammasining otasi, onasi bor, hammasining kamzullari va ovozlari har xil. Shu zumda uylarida bo‘lib qolsa, qani endi onasining tizzasiga boshini qo‘yib yotsa. Biroq buning hech iloji yo‘q, qani bu o‘yinlar, darslar, ibodatlar tezroq tugay qolsa, borib to‘shakda cho‘zilib yotardi.
U yana bir krujka qaynoq choy ichdi, shu payt Fleming so‘radi:
— Senga nima bo‘ldi? Biror joying og‘riyaptimi?
— Bilmayman, — dedi Stiven.
— Qorning og‘riyotgan bo‘lsa kerak, — dedi Fleming, — ranging oqarib ketganga o‘xshaydi. Hechqisi yo‘q, o‘tib ketadi.
— Ha, — dedi Stiven.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:10:19
Biroq uning qorni og‘rimayotgandi. Yuragim og‘riyapti, deb o‘yladi u, agar shu joy og‘rishi mumkin bo‘lsa. Fleming ko‘ngli ochiq bola, undan hol so‘radi. Yig‘lagisi keldi uning. Tirsaklarini stolga tiradi va kaftlari bilan ikkala qulog‘ini mahkam bekitdi, keyin ochdi. U har gal qulog‘ini chippa bekitib, keyin ochganda oshxonadan kuchli shovqin eshitiladi. Bu xuddi tunda shitob bilan ketayotgan poezd shovqiniga o‘xshaydi. U qulog‘ini bekitsa shovqin tinadi, poezd tunelga kirib ketganday. O‘sha oqshom Dokida poezd mana shunday gumburlagan edi, tunnelga kirishi bilan shovqin tindi. Stiven ko‘zlarini yumdi, poezd yurdi—shovqin, so‘ng jimlik, yana shovqin—jimlik. Uning gumburlashini, keyin tinchlanishini eshitish maroqli, mana, tag‘in tunneldan otilib chiqdi, gumburladi, jimib qoldi.
Keyin yuqori sinf bolalari saflanishib, oshxona o‘rtasidagi poyondozdan yurib o‘ta boshlashdi. Peddi Ret, Jimmi Mejji, ispan bola, unga tamaki chekishga ruxsat berilgan, kichkina portugal ketayapti, jun qalpoq kiyib yuradi. Keyin kichik sinflar va tayyorlov bo‘limi qo‘zg‘aldi. Har qaysi bolaning o‘ziga xos ravish-raftori bor.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:11:10
U dam olish xonasining bir burchagida, o‘zini go‘yo domino o‘yinini tomosha qilayotgan ko‘yga solib o‘tiribdi, ora-sira birmi, ikki bor gazning xirgoyisini eshitishga muvaffaq bo‘ldi. Nazoratchi bolalar bilan eshik oldida tik turibdi. Saymon Munen odatdagiday uning soyasida kuymalanadi. Nazoratchi bolalarga Tallabeg haqida nimanidir gapirayotir.
Keyin u eshikdan nariroqqa yurdi. Uells esa Stivenga yaqin kelib, so‘radi:
— Ayt-chi, Dedalus, sen uxlash oldidan onangni o‘pasanmi?
— Ha, — deb javob berdi Stiven.
Uells bolalar tomonga o‘girilib, dedi:
— Eshitdinglarmi, bu bola har kun oqshom uxlash oldidan onamni o‘paman, deyapti.
Bolalar o‘yinni to‘xtatib, o‘girilib qarashdi va kulib yuborishdi. Stiven ularga qarab, kulishlaridan lovullab tutaqib ketdi:
— Yo‘q, men o‘pmayman.
Uells uning gapini ilib oldi:
— Eshitdinglarmi, bu bola uxlash oldidan onasini o‘pmas ekan.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:11:33
Yana kulgi ko‘tarildi, Stiven ularga qo‘shilib kulishga urindi. Birdan a’zoyi badani qizib ketdi, o‘zini noxush sezdi. Qanday javob berish kerak edi? Unday desa ham, bunday desa ham Uells kuldi-ku! Uelss, aftidan, nima deb javob berishni biladi, chunki u uchinchi sinf. Stiven Uellsning onasini ko‘z oldiga keltirmoqchi bo‘ldi, biroq Uellsga qarashga botinolmadi. Uellsning basharasi unga yoqmasdi. Shu Uells uni kecha hojatxona teshigiga itargiladi, u jajji tamakidonini oshiqqa alishmadi, oshiqni Uells qimorda qirq bor yutib olgan. Uells pastkashlik qildi, bolalar shunday deyishdi. Suv muzday, shilimshiq edi. Bir bola katta kalamushning bo‘tqaga "œshalp" etib tushganini ko‘rib qolgan.
Badanida allaqanday yoqimsiz sovuq shilimshiq suyuqlik yugurganday bo‘ldi, darsga qo‘ng‘iroq chalinganda bolalar dam olish xonasidan tizilib chiqa boshlashdi, u dahlizda, keyin zinapoyada ketayotib kiyimining tagidan izillab sovuq kirayotganini his qildi. Hanuz miyasida nima deb javob berish kerak edi, degan o‘y charx uradi. Qaysisi to‘g‘ri — onasini o‘pgani ma’qulmidi, o‘pmagani? O‘pich degani nima? Onangga "œxayrli tun" deyish uchun boshingni mana bunday ko‘tarasan, onang yuzini tutadi. Shu-da, axir, o‘pich degani. Onasi uning iyagiga lablarini bosadi, onasining lablari yumshoq, lablari uning iyagiga sovuqqina tegadi va qisqagina mayin tovush chiqaradi: pts. Odamlarning bir-birlariga yuzlarini tutishining nima keragi bor ekan?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:11:45
U o‘z o‘rniga o‘tirib, partasining qopqog‘ini ochdi va tagiga yelimlangan raqamni—etmish yettini yetmish olti qilib o‘zgartirdi. Mavlud ta’tiligacha hali juda uzoq, biroq qachondir baribir u kunlar keladi, axir, yer tinimsiz aylanib turibdi-ku.
Uning geografiya darsligining birinchi betida Yer rasmi bor. Ulkan shar bulutlar orasida. Flemingda bir quti rangli qalamlari bor, bir kuni kechqurun mustaqil dars payti Fleming yerni yashilga, bulutlarni esa jigarrangga bo‘yadi. Bu Dentining javondagi ikkita cho‘tkaday: dastasiga yashil barxit qoplangan cho‘tka Parnell sharafiga, jigarrang barxit qoplangan cho‘tka Maykl Devitt sharafiga. Biroq bunaqa ranglarga bo‘yashni u Flemingdan iltimos qilgani yo‘q. Fleming o‘zi shunday bo‘yadi.
U dars tayyorlamoqchi bo‘lib geografiyani ochdi, biroq Amerikadagi atamalarni yodida saqlay olmadi. Har xil joylar turlicha nomlarda ataladi. Ular turli mamlakatlarda, qit’alarda, qit’alar esa Yerda, Yer esa Koinotda.
U yana birinchi betni ochdi va qachondir o‘zi yozib qo‘ygan so‘zlarni o‘qidi: mana uning o‘zi, ism-sharifi va yashayotgan joyi.
Stiven Dedalus
Tayyorlov sinfi
Klongous Vud Kollej
Sellinz
Kilder grafligi
Irlandiya
Ovrupo
Yer
Koinot
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:12:11
Buni o‘zi qo‘li bilan yozib qo‘ygan. Fleming esa bir kuni kechki payt hazillashib shu betning orqasiga bunday deb yozdi:
Stiven Dedalus — ismim mening,
Irlandiya — mening vatanim.
Klongous — boshpanam mening
Osmon — mening panohim.
U she’rni teskari tomondan o‘qidi, biroq endi she’rga o‘xshamadi. Keyin u birinchi betdagi yozuvni quyidan yuqoriga qarab o‘qib chiqdi va o‘zining ismiga keldi. Mana bu uning o‘zi. U tag‘in hammasini yuqoridan quyiga qarab o‘qidi. Koinotdan keyin nima keladi? Hech nima. Biroq koinot tevaragida, balki uning qaerda tugashini va bu hech nima qaysi joydan boshlanishini belgilaydigan bir nima bordir? U qalin devor bilan to‘silmagandir, ehtimol tevaragini yupqa gardish o‘rab olgan bo‘lishi mumkin. Bor butunicha va hamma joyni o‘rab olishi — g‘alati-ku? Aqlga sig‘maydi. Yolg‘iz tangrigina bunga qodir. Bu cheku chegarasiz ulkan fikrni tasavvur qilishga urindi, biroq xayoliga faqat tangri keldi, xolos. Tangri — tangrining ismi bu, xuddi uning ismi Stiven bo‘lganiday. Dieu—tangri shunday bo‘ladi, tangrini shunday deb ham atashadi, kimdir birov tangriga sig‘inayotib Dieu deb murojaat qiladi, shunda tangri sig‘inayotgan frantsuzligini darhol payqaydi. Ismi turli tillarda turlicha bo‘lsa-da, tangri hammasini tushunadi, odamlar o‘z tillarida tilovat qilishsa-da, nimani gapirishayotganini bilib turadi, baribir tangri tangriligicha qoladi va uning haqiqiy ismi Tangri.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:15:13
Bu fikrlardan u juda toliqdi. Nazarida boshi xumday shishib ketganga o‘xshadi. Varaqni ochib, uyquli ko‘zlari bilan jigarrang bulutlar orasidagi dumaloq yashil yerga qaradi. U o‘ylab boshladi, qaysi to‘g‘ri — yashil rangni yoqlash kerakmi yoki jigarrangnimi, chunki bir kuni Denti qaychi bilan cho‘tkaning dastasidagi Parnell sharafiga qoplangan yashil barxitni so‘kib tashladi va unga eshittirib, Parnell — yaramas odam, dedi. Hozir uylarida bu haqda munozara qilishayotganmikan. Bu siyosat deyilardi. Ikki taraf bo‘lardi: Denti bir taraf, otasi va mister Keysi — boshqa taraf, biroq onasi bilan Charlz tog‘asi biror-bir tarafga qo‘shilishmasdi. Har kuni ro‘znomalar bu haqda nimalardir yozishardi.
Siyosat nima ekanini yaxshi tushunmasligi, Koinot qaerda tugashini bilmasligi unga alam qiladi. U o‘zini kichkina va nimjon sezdi. Qachon u poeziya va ritorika sinfidagi bolalarday bo‘larkan? Ularning tovushi katta odamlarnikiday, barmoqlari ham katta-katta, ular trigonometriyani o‘tadi. Bungacha hali juda uzoq. Avval ta’til bo‘ladi, keyin esa navbatdagi semestr, undan keyin yana bir semestr, undan keyin yana ta’til. Bu poezdga o‘xshaydi, tunnelga kiradi, tunneldan chiqadi va yana shovqinga o‘xshaydi, agar oshxonada qulog‘ingni bekitib turib ochsang, bir eshitilib, bir tinadigan shovqinga. Semestr — ta’til, tunnel — tashqari, shovqin — jimlik, ehe, hali bu judayam uzoq! Qaniydi, tezroq to‘shakka kirib uxlab qolsa. Cherkovda ibodat qilib olinsa bo‘ldi — to‘shakka sho‘ng‘iydi. Uni bezgak tutdi, esnadi. Choyshablar ozroq isigandan keyin to‘shakda yotish mazza-da. Kirgan paytingda muzday bo‘ladi. Buni xayoliga keltirib, badani qaltirab ketdi. Keyin isiydi, shundan so‘ng uyquga ketasan. O‘zingni horg‘in sezishning gashti bor. U yana esnadi. Kechki ibodat tugadimi — tamom, to‘shakka sho‘ng‘iysan, u kerishdi va tag‘in esnagisi keldi. Bir necha daqiqadan so‘ng huzur qilasan. U shitirlayotgan sovuq choyshabga iliq nafas urilayotganini, birdan isib ketayotganini his qildi, a’zoyi badani qizib ketdi, keyin biroz sovuganday bo‘ldi, bezgak tutdi va esnagisi kelib og‘zini ochdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:15:24
Kechki ibodatga qo‘ng‘iroq chalindi va ular juft-juft bo‘lib zinadan yurib, dahliz orqali cherkovga borishdi. Uzun dahlizdagi chiroqlar ham xira. Hademay hammasi o‘chadi, tinchiydi. Cherkov sovuq, oqshomgi salqin havo ufuradi, marmar ustunlarning esa rangi tungi dengiznikiday. Dengiz sovuq, kechasi ham, kunduzi ham, biroq kechasi sovuqroq. Quyiroqda, ularning uylarining yonida, to‘lqinga qarshi qurilgan g‘ov atrofi ham sovuq va qorong‘i. Uylarida olovda qozoncha qaynayapti, unda punsh pishayapti.
Ruhoniy tepasida turib duo o‘qidi va uning xotirasida duo satrma-satr muhrlandi.
Tangrim! Kalomimni o‘zing rost etgaysan,
Kalomim sharaflarga burkagay nomingni Sening,
Shoshil, Xudoyim, menga najot bergali.
Cherkov sovuq, oqshom nafasi hukm suradi. Biroq bu ilohiy nafas. Bu yakshanba kunlari ibodat chog‘ida ulardan orqaroqda tiz cho‘kib o‘tiradigan dehqonlardan anqiydigan hidga o‘xshamaydi. Dehqonlardan qishloq havosining, yomg‘irning, torf va dag‘al matolarning hidi anqiydi. Ularning nafasi shundoq uning kiftiga urilib turadi, cho‘qinganida ular xo‘rsinib qo‘yishadi. Ular Kleynda yashaydi, deydi bir bola. Kichik-kichik uychalar bor Kleynda. Bir safar ular Sellinzni yoqalab yo‘ldan o‘tib ketishayotganida u qiya ochiq eshikda qo‘lida bola ko‘tarib turgan ayolni ko‘rgan. Qani, uychada bir oqshom tunab, torf tutab yotgan o‘choq oldida, lovullab qizib yotgan cho‘g‘ning alangasi yoritgan g‘ira-shira qorong‘ilikda dehqonlardan anqigan hiddan, yomg‘ir, torf va dag‘al matolarning hididan to‘yib-to‘yib nafas olsang. Biroq daraxtlar orasidan o‘tgan yo‘l qop-qorong‘u! Bunday zimistonda adashib qolganning holiga voy! Bu haqda o‘ylab, uni vahima bosdi. U tilovatning so‘nggi so‘zlarini o‘qigan ruhoniyning tovushini eshitdi. Cho‘qina boshladi, biroq xayolini daraxtlar orasidagi qorong‘ulik haqidagi o‘y tark etmasdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:15:35
U yotoqxonada yechinayotganida barmoqlari titradi. Barmoqlarini bo‘ysundirishga urindi. Gazni o‘chirishguncha u yechinishi, tiz cho‘kishi, duo o‘qishi va to‘shakka yotishi kerak edi. U paypoqlarini sug‘urdi, shasha-pisha tungi uzun ko‘ylagini kiydi-da, qaltirab karavot yoniga tiz cho‘kdi va gaz o‘chib qolishidan xavotirda naridan-beri duo o‘qiy boshladi. U pichrlaganda yelkalari silkinib qo‘yardi.
Tangrim, otam bilan onamni o‘z panohingda
saqla va ularni men uchun asra!
Tangrim, ukalarim va singillarimni o‘z
panohingda saqla va ularni men uchun asra!
Tangrim, Denti bilan Charlz tog‘ani o‘z
panohingda saqla va ularni men uchun asra!
U cho‘qindi va sakrab to‘shakka sho‘ng‘idi, ko‘ylagining etagiga oyoqlarini chirmab, a’zoyi-badani titrab-qaqshab, muzday oq choyshabga kulcha bo‘lib o‘ranib oldi. Qazo qilganida do‘zaxga tushmaydi, qaltirog‘i esa hademay bosiladi. Yotoqxonada bolalarga xayrli tun tilagan ovoz eshitildi. U bir zum boshini chiqarib qaradi, karavotning oldi va yon tomonlariga tortilgan, uni to‘rt tomonidan bekitib turgan yashil pardalarga ko‘zi tushdi. Gazni sekin pasaytirib o‘chirishdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:15:49
Nazoratchining qadam tovushi uzoqlashdi. Qayoqqa ketayapti? Zinadan yurib pastga tushib, keyin dahlizga o‘tarmikan yoki dahlizning to‘ridagi o‘zining xonasiga borarmikan? U zulmatni ko‘rdi. Qora it haqidagi gaplar rostmikan, tunlari bu yerda izg‘ib yurarmish, ko‘zlari to‘rt g‘ildirakli aravaning chiroqlariday katta-katta. Aytishlaricha, bu qotillarning arvohlari emish. Qo‘rquvdan uning badani qaltirab ketdi. Ko‘ziga qasrning zim-ziyo dahlizi ko‘rindi. Qartayib qolgan xizmatkorlar eski-tuski korjomalarida, zina tagidagi dazmolxonaga yig‘ilishdi. Bu ancha burun bo‘lgan. Qari xizmatkorlar churq etmay o‘tirishardi. O‘choqda olov lipillaydi, biroq past qop-qorong‘i. Birov dahlizga ko‘tariladigan zinadan chiqib kelayotir. Egnida oq marshallik plash, yuzi gazargan, befarq. Qo‘lini yuragi ustiga mahkam bosgan. Qari xizmatkorlarga befarq qaradi. Ular ham xo‘jayinlarining yuzini, kiyim-kechagini tanishdi va uning o‘qqa uchganini payqashdi. Biroq ular qaragan taraf qorong‘i edi, zim-ziyo, o‘lik sukunat. Ularning xo‘jayini Praga bo‘sag‘asida, juda uzoqda, dengizdan olis joyda ajal o‘qiga duchor bo‘lgan. U jang maydonida turardi, qo‘li ko‘ksiga mahkam bosilgan.
O‘, juda sovuq va bu haqda o‘ylash juda qo‘rqinchli! Qorong‘ida battar sovuq va battar qo‘rqinchli. To‘rt tomonda yuzidan qoni qochgan, g‘alati basharalar, fonarga o‘xshagan katta chaqchaygan ko‘zlar. Bu qotillarning arvohlari, uzoqlarda, dengizdan naridagi qonli jang maydonlarida o‘qqa uchgan marshallarning sharpalari. Ular nima demoqchi bo‘lishayotir, nega yuzlari g‘alati?
"œTangrim, tashrifingni bu dargohdan darig‘ tutma, bizni yo‘ldan ozdirguvchi shayton vasvasasidan o‘zing omon saqla..."
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:16:01
Uyga — ta’tilga! Qanday soz bo‘lardi! Bolalar unga aytishgan. Qish boshida erta tongda qasr darvozasi oldida hamma izvoshlarga o‘tirib oladi. G‘ildiraklar qayroqtosh yo‘lda g‘ichirlaydi. Rektorga xayr-xo‘sh aytgan so‘zlar jaranglaydi.
Ura! Ura! Ura!
Izvoshlar kichik butxona yonidan o‘tadi, hamma bosh kiyimini yechadi. O‘ynab-kulib qishloq yo‘liga chiqib olishadi. Aravakashlar qamchi bilan Bundenstaun2 tarafga ishora qiladi. Bolalar qichqiradi: "œUra!" Ijarachi Jollining uyi yonidan o‘tishadi. Ura, ura va yana bir bora ura! Shodon qiyqiriqlar bilan Kleyndan o‘tishadi, yo‘l chetida turgan odamlarga qichqirishib salom berishadi, ular ham kulib-qiyqirib alik oladi. Qiya ochiq eshiklar oldida qishloq ayollari qarab turishibdi, u yer-bu yerda erkaklarning qorasi ko‘rinadi. Qish havosining ajoyib hidi — bu Kleynning havosi: yomg‘ir hidi, eriyotgan torf va dehqonlarning dag‘al ust-boshlaridan anqiyotgan hid.
Poezd bolalar bilan tirband: uzun shokoladnusxa poezd. Konduktorlar nari borib, beri kelib, eshiklarni yopib-ochib yurishibdi. Ular to‘q havorang zarhalli mundir kiyib olishgan, qo‘llarida kumush hushtaklar, kalitlari quvnoq jiringlaydi: klik-klik, klik-klik.
Poezd Ellin qirlarini ortda qoldirib, tap-taqir tekislikda shitob bilan ketayotir. Telegraf og‘ochlari lipillab ortda qolayotir...
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:16:19
Poezd yeldek uchadi... U yo‘lni biladi. Uylari ayvonida fonarlar, yashil novdalardan yasalgan gulchambarlar bor. Pechakgul va ignabarglar katta toshoynani chirmab olgan, biri yashil, biri qirmizi pechakgul bilan ignabarg chilchiroqning girdiga chirmashib ketgan. Yashil pechakgul va qirmizi ignabarg devor bo‘ylab eski suratlarning tevaragiga o‘ralgan. Pechakgul ham, ignabarg ham uning shodligi uchun, mavlud ayyomi uchun.
Qanday soz!
O‘z uying — o‘lan to‘shaging. Salom Stiven! Shodon qiyqiriqlar. Onasi uni o‘padi. O‘pish shartmikan? Uning otasi endi marshal, sudya ham gapmi. Mana uyingdasan. Salom, Stiven.
Shovqin...
Bu sharaqlab ochilayotgan pardaning shovqini edi, chanoqlardan oqib tushayotgan suvning shuvillashi edi. Yotoqxonada uyg‘onib o‘rnidan turayotgan, kiyinayotgan va yuvinayotgan bolalarning shovqini: nazoratchi kaftini kaftiga urib, nari-beri borib kelar, bolalarga baqirib, ularni qistardi... Quyoshning zaif nurlari surib qo‘yilgan sariq pardalarga, g‘ijimlanib yotgan choyshablarga tushib turibdi. Uning to‘shagi tanchaday qizib ketgan, yuzi ham, a’zoyi-badani ham juda issiq.
U o‘rnidan turib, karovatning chetiga o‘tirdi. O‘zini darmonsiz sezdi. Uzun paypog‘ini kiymoqchi bo‘ldi. Paypog‘i juda qattiq, dag‘al tuyuldi, o‘zini behol sezdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:16:42
Fleming so‘radi:
— Senga nima bo‘ldi, tobing qochdimi?
O‘zi bilmasdi nima bo‘lganini. Fleming tag‘in so‘radi:
— To‘shaginga kira qol. Men Makgleydga aytaman, tobi qochib qoldi, deyman.
— U kasal.
— Kim?
— Makgleydga aytinglar.
— Kir, kirib yotaver.
— U kasalmi?
Bolalardan biri qo‘ltig‘idan ushlab suyab turdi. U oyog‘iga yopishib qolgan paypog‘ini sug‘urib oldi va issiq to‘shakka kirib yotdi.
U to‘shagi sovib qolmaganiga quvonib, o‘zini choyshabning ichiga oldi. Qulog‘iga ertalabki ibodatga chog‘lanayotgan bolalarning o‘zi haqidagi gap-so‘zlari chalindi. Ablahlik qildi-da. Uni hojatxona teshigiga itarish — ablahlik bo‘ldi, deyishardi ular. Keyin bolalarning ovozi tindi, ular chiqib ketishdi. Karavoti yonidan kimningdir ovozi keldi:
— Dedalus, sen bizlarni chaqib bermaysan-a, to‘g‘rimi?
Qarshisida Uellsning basharasi ko‘rindi. Unga qaradi va Uellsning qo‘rqatyotganini sezdi.
— Men atay qilganim yo‘q. Aytmaysan-a, Stiven?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:17:26
Otasi zinhor o‘rtoqlaring ustidan chaqimchilik qilib yurmagin, deb tayinlagan. U boshini chayqadi. "œYo‘q" dedi va o‘zini yengil his etdi.
Uells dedi:
— Chin so‘zim, ishon, men atay qilganim yo‘q. Men hazillashdim. Xafa bo‘lma.
Uellsning basharasi g‘oyib bo‘ldi, tovushi uchdi. Uzr so‘rayapti, chunki qo‘rqadi. Qo‘rqadi, go‘yo u bedavo dardga yo‘liqqanu... Giyohlarni qurt-qumursqa yeb bitiradi, jonzotlarni qisqichbaqa kemiradi yoki aksincha. Bu ancha oldin bo‘lgan edi, o‘shanda maydonda, kech kirib qosh qoraya boshlagan pallada, u komandasining dumida yer tepinib yurar va zim-zambil qush bo‘zrang havoda yer bag‘irlab uchardi. Lester abbatligida chiroqlarni yoqishdi, u yerda Uolsi qazo qildi. Uni abbatlar o‘zlari dafn etishdi.
Bu endi Uellsning emas, unga tikilib turgan nazoratchining basharasi edi. U tilyog‘malik qilayotgani yo‘q. Yo‘q, hecham, u chindan betob. Aldayotgani yo‘q. U manglayida nazoratchining qo‘lini sezdi, nazoratchining qo‘li ostida manglayi juda issiq va ho‘l ekanini his qildi. Go‘yo kalamushni ushlaganday seskandi — shilimshiq, jiqqa ho‘l va sovuq. Har qanday kalamushda ko‘zi ikkita, ular ko‘rish uchun. Terisi tuksiz, taqir, silliq va sirpanchiq: oyoqlari kichkina, yig‘ilgan, sakrashga qulay, qop-qora yiltillab turadigan ko‘zchalari bor, ko‘rish uchun. Ular biladi qanday sakrashni. Biroq trigonometriyani ular ikki dunyodayam tushunmaydi. O‘lganlari yonboshi bilan yotadi, ularning terisi qovjirab, qurib qoladi. Endi bu o‘limtik, xolos.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:17:51
Nazoratchi qaytib keldi, gapirayotgan uning ovozi, turish kerakligini aytayapti, unga ibodatxona bosh ruhoniysi tursin, kiyinib kasalxonaga borsin debdi. U o‘rnidan turib, kuchining boricha ildamroq kiyinishga urinayotganda nazoratchi dedi:
— Mana endi biz birga-birga Maykl og‘aning qabuliga boramiz va qorinchamizda taloto‘p bo‘layapti, deb aytamiz unga.
Nazoratchi shunday dedi, chunki u yaxshi odam. Uni kulsin deb atay shunday gapirdi. Biroq u kula olmadi, chunki iyagi, lablari qalt-qalt titrayapti, buni ko‘rgan nazoratchi o‘zi kulib qo‘ydi. Keyin qichqirdi:
— Qani bo‘l! Dadil-dadil qadam tashla!
Ular birga-birga zinadan pastga tushishdi va dahlizdan yurib, hammomning yonidan o‘tishdi. Hammomning eshigiga ro‘para kelganda u bezovta xavotir ichida ilmiliq, torf tusidagi bo‘tana suvni, iliq namxush havoni, suvga sho‘ng‘iyotgan gavdalarning shov-shuvi va sochiqlarning dorilar hidiga o‘xshash hidini esladi.
Maykl og‘a kasalxona eshigi oldida turardi, uning o‘ng tomonidagi qorong‘i xona eshigidan dorilarning hidiga o‘xshash hid kelardi. Bu javonlarga terilgan shishalardan chiqayotgan hid. Maykl og‘a bilan gapga kirishib ketdi. Maykl og‘a nazoratchining savollariga javob qildi va uni "œser", dedi. Uning sariq sochlariga oq oralagan, qiyofasi g‘alatiroq edi. Uning bir umr og‘aligicha qolishi qiziq. Uni "œser" deb chaqirish mumkin emasligiyam g‘alati, chunki u og‘a — tamom-vassalom, boshqalarga o‘xshamaydi. U boshqalarday taqvodor emasmikan? Boshqalardan nimasi kam uning?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:18:11
Xonada ikkita karavot qo‘yilgan, bittasida bir bola yotgan edi, ular ichkariga kirishganda o‘sha bola qichqirdi.
— Salom boshlovchi Dedalus! Tepada nima gap?
— Tepada osmon bor, — dedi Maykl og‘a.
Bu uchinchi sinfda o‘qiydigan bola edi. Stiven yechinayotganda u Maykl og‘adan bir bo‘lak qizartirib pishirilgan non bilan yog‘ uzatishini so‘radi.
— Uzataqoling, iltimos, — dedi u.
— Yog‘ yegilari kelibdi-da, — dedi Maykl og‘a. — Hali doktor kelsin, sening javobingni beramiz.
— Javobimni berasizmi? — takrorlab so‘radi bola. — Men hali butkul sog‘ayganim yo‘q-ku.
Maykl og‘a gapini takrorladi:
— Beramiz, beramiz, ko‘ngling to‘q bo‘lsin. Buni senga men aytayapman.
U o‘choqdagi olovni qo‘zg‘amoqchi bo‘lib enkaydi. Uning beli chana tortadigan otlarnikiday uzun edi. U kosovni hafsala bilan silkiladi va uchinchi sinf bolasiga ma’nilatib bosh irg‘ab qo‘ydi.
Keyin Maykl og‘a chiqib ketdi, biroz o‘tib uchinchi sinf bolasi devor tomonga o‘girilib oldi va uxlab qoldi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:18:44
Mana, u kasalxonada. Demak, u kasal. Ular ota-onasiga xat yozib, xabar berishganmikan. Yaxshi bo‘lardi agar ruhoniylardan birortasi borib aytsa. Yoki o‘zi xat yozib berardi, eltib bersa.
Mehribon onajonim!
Men kasal bo‘lib qoldim. Uyga ketgim kelayapti. Tezroq keling, meni uyga olib keting. Men kasalxonadaman.
Suyukli o‘g‘lingiz Stiven.
Ular judam uzoqda! Deraza ortidan quyoshning taftsiz nuri yiltiraydi. Birdan o‘lib qolsa-ya? Axir, quyosh chiqib turgan kunda ham o‘lib qolishi mumkin-ku. Ehtimol, u onasi yetib kelguncha o‘lib qolar. Unday bo‘lsa dafn marosimini cherkovda o‘tkazishadi. Littl o‘lganda shunday qilishgan — unga bu haqda aytib berishgandi. Hamma bolalar qora kiyimda cherkovda yig‘ilishadi, hammasi motamsaro qiyofada. Uells ham keladi, biroq birorta bola unga qayrilib qarashni istamaydi. Keyin tobutni ohista ko‘tarishib, cherkovdan olib chiqishadi va katta xiyobon ortidagi jamoaning mo‘’jaz qabristoniga dafn etishadi. O‘shanda Uells qilgan ishiga afsuslanadi va jomning ma’yus sadosi taraldi.
Qulog‘iga hatto jom sadosi chalindi. Beixtiyor Brijet o‘rgatgan qo‘shiqni ichida takrorladi:
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:19:00
Qo‘ng‘iroq ding, donglab sado ber.
Alvidolar aytgin onajon!
Asra meni eski mozorda.
Akajonim qabri yonida.
Tobut chetidagi jiyak qarodir.
Olti nafar malak hamrohdir:
Duo o‘qir ikkovi, ikkovi kuylar.
Ikkisi jonimni falakka eltar.

Qanday go‘zal va mungli! Qanday chiroyli so‘zlar, ayniqsa, "œAsra meni eski mozorda", degan joyi. Badanida titroq turdi. Qanday mungli va qanday go‘zal! Uning yig‘lagisi keldi, xo‘rligi kelganidan emas, ana shu, xuddi musiqaday go‘zal va mungli so‘zlar uchun. Jom jaranglayapti. Alvidolar aytgin! Alvido!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:19:18
Quyoshning taftsiz nuri xira tortib qoldi. Maykl og‘a uning karavoti boshida, qo‘lida sho‘rva solingan kosani ko‘tarib turibdi. U ichida sevindi, chunki tanglayi qurib, tomog‘i qizib ketgandi. Maydonda o‘ynayotgan bolalarning qiy-chuvlari qulog‘iga chalinib turibdi. Bu kun ham kollejda hammasi oldingiday, xuddi o‘zi bor paytdagiday o‘tayapti. Keyin Maykl og‘a ketishga chog‘landi, uchinchi sinf bolasi uning, alabatta, kelib turishini va gazetalardagi yangiliklarni gapirib berishini iltimos qildi. U Stivenga ismi Eddi ekanini aytdi, otasining bir qo‘ra poyga oti borligini, ularning hammasi sovrin olgan yo‘rg‘alar ekanini va yana otasi Maykl og‘aga qaysi otga uning uchun sovrin qo‘yishini aytishi mumkinligini, chunki Maykl og‘a yaxshi odam ekanini, unga har kuni jamoaga kelib turadigan gazetalardagi yangiliklarni kanda qilmay gapirib berib turishini aytdi. Gazetalar turli-tuman yangiliklar, voqealar, kemalar halokati, sport va siyosat haqidagi xabarlarga to‘la.
— Hozir gazetalarda nuqul siyosat haqida yozishadi, — dedi u. — Sening ota-onang ham shu haqda gapirishsa kerak.
— Ha, — dedi Stiven.
— Biznikilar ham, — dedi u.
Keyin u bir daqiqa o‘ylab turib dedi:
— Sening ism-sharifing g‘alati-a — Dedalus, meniki ham g‘alati — Eddi. Mening ism-sharifim shahar nomidan, seniki lotinchaga o‘xshaydi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:22:10
Keyin u so‘radi:
— Sen topishmoq topishga ustamisan?
Stiven javob qildi:
— Unchalikmas.
Shunda u dedi:
— Qani top-chi, Kilder grafligi nimasi bilan grammatikaga o‘xshaydi.
Stiven javobi qanaqa bo‘larkan, deb biroz o‘ylandi, keyin dedi:
— Yutqazdim.
— Chunki unda ham, bunda ham "œEdi" bor. Tushunarlimi? Eddi—Kilder grafligidan shahar nomi, edi — grammatikada fe’l.
— Tushunarli, — dedi Stiven.
— Bu eski topishmoq, — dedi u.
Keyin biroz sukut saqlab turib, dedi:
— Bilasanmi?
— Nima? - so‘radi Stiven.
— Bu topishmoqni boshqacha yo‘l bilan topsa ham bo‘ladi.
— Boshqacha yo‘l bilan? — so‘radi Stiven.
— Shu topishmoqni-da, — dedi u. — Bilasanmi, uni qanday qilib boshqacha yo‘l topish mumkin.
— Yo‘q, — dedi Stiven.
— Topolmaysanmi, a?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:24:39
U o‘mganini ko‘tarib, Stivenga qaradi. So‘ng o‘zini yostiqqa tushlab, dedi:
— Boshqacha yo‘l bilan topsa bo‘ladi, qanday topishni aytmayman.
Nega u aytmadi? Uning otasining bir qo‘ra poyga oti bor, demak Sorinning, Sassiq Rouchning otasiday sudya bo‘lsa kerak otasi. Stiven o‘zining otasini esladi, onasi royal chalganda otasi qo‘shiq aytardi va har safar u tanga so‘raganda otasi so‘m berardi, otasining boshqa bolalarning otasiday sudya emasligi unga alam qildi. Unda nega bu bolalarga qo‘shib, uni ham bu yerga o‘qishga berishdi? Biroq otasi bir gap aytgan, senga bu joy begona emas, chunki bundan rosa ellik yil burin bobong bu yerda Xaloskor1 nomini olgan, degan. O‘sha zamonning odamlarini eski urfdagi kamzullaridan bilsa bo‘ladi. O‘sha paytlarda hammasi tantanavor ruhda kechgan — balki, deb o‘yladi u, o‘sha paytlar Klongousning tarbiyalanuvchilari mis tugma qadalgan havorang kalta kamzulda yurishgandir, sariq nimcha ham, quyon terisidan tikilgan qalpoq ham kiyishgandir, pivo ham ichishgandir kattalarga o‘xshab, quyon ovi uchun tozi ham asrashgandir.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:25:04
U derazaga qaradi, kunduzning yorug‘i yanada xira tortganini ko‘rdi. Endi maydoncha tepasini ham, ehtimol, bo‘zrang bulut qoplab olgandir. Maydonchada jim-jitlik. Bolalar sinfda masala yechayotgan bo‘lishsa kerak yoki hazrat Arnoll ularga ovoz chiqarib kitob o‘qib berayotgandir.
Unga biror-bir dori berishmayotgani g‘alati. Ehtimol, Maykl og‘a qaytib kelsa, o‘zi bilan olib kelar. Kasalxonaga tushsang allaqanday sassiq suyuqlik ichirishadi deyishgandi. U o‘zini oldingidan ko‘ra tuzukroq his qildi. Asta-sekin sog‘ayib ketgani tuzuk-da. Sog‘aysa kitob so‘rashi mumkin. Kutubxonada Gollandiya haqida kitob bor. Unda ajnabiycha g‘alati atamalar, g‘aroyib shaharlar va kemalarning suratlari bor. Ularni mazza qilib tomosha qilsa bo‘ladi!
Derazaning yorug‘i buncha so‘nik bo‘lmasa! Biroq shunisi ma’qul. Devorda olov bir ko‘tarilib, bir tushadi. Bu dengiz to‘lqinlariga o‘xshaydi. Kimdir o‘choqqa ko‘mir tashladi va u ovozlarni eshitdi. Ular gaplashayotgandi. Xuddi to‘lqinlarning shov-shuviday. Yoki bu to‘lqinlarmikan — ko‘tarilib, tushib gaplashayotgan.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:25:14
U bostirib kelayotgan to‘lqinlarni ko‘rdi — o‘rkach-o‘rkach uzun qora po‘rtanalar bulutday ko‘tariladi, tushadi, oysiz oqshomda battar qorayib ko‘rinadi. Kemalar kiradigan ko‘rfazdagi minoraga o‘rnatilgan mayoqda xira shu’la miltillaydi va u qirg‘oqqa yig‘ilgan odamlarni ko‘rdi. Ular ko‘pchilik edi, bandargohga kirib kelayotgan kemani ko‘rish uchun qirg‘oqqa yig‘ilishgandi. Bir novcha odam kema ortida zim-ziyo taqir qirg‘oqqa qarab turibdi. Mayoqning xira shu’lasida Stiven uning yuzini ko‘rdi. Bu Maykl og‘aning motamsora yuzi edi.
U Maykl og‘a olomon sari qo‘lini qanday cho‘zganini ko‘rdi va suv ustida taralgan achchiq qayg‘uli ovozni eshitdi.
— U o‘ldi. Biz uning jasadini ko‘rdik.
Olomon aytib yig‘lardi:
— Parnell! Parnell! U o‘ldi!
Og‘ir musibatga tushgan olomon ohu faryod qilib, tiz cho‘kdi.
U jigarrang baxmal ko‘ylakda, yelkasidan oshirib yashil baxmal rido tashlab olgan, qirg‘oq labida tiz cho‘kkan olomon oldidan viqor bilan bir so‘z demay, g‘oz yurib o‘tib borayotgan Dentini ko‘rdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:25:58
* * *
Qip-qizil cho‘qqa aylangan toshko‘mir uyumi kaminda alangalanayotir, pechakgullar qoplagan qandil ostidagi mavlud dasturxoniga noz-ne’matlar tortilgan. Ular biroz kechikishdi, ovqat esa hali ham tayyor emas: biroq onasi birpasda tayyor bo‘ladi, dedi. Ular eshikning ochilishini va xizmatkorlarning og‘ir metall qopqoqlar yopilgan idishlarni ko‘tarib kirib kelishini kutib o‘tirishardi.
Hamma kutayotir. Charlz tog‘a uy to‘rida — deraza oldida o‘tiribdi. Denti va mister Keysi kaminning ikki tarafidagi oromkursilarda, Stiven esa ularning o‘rtasida stulda oyog‘ini kaminning panjarasiga qo‘yib o‘tiribdi. Mister Dedalus o‘zini kamin ustidagi oynaga solib qaradi, mo‘ylovining uchini burab qo‘ydi va frakining etaklarini qayirib, orqasini olovga o‘girib turdi, biroq u tez-tez qo‘lini ko‘tarib, mo‘ylovining goh u, goh bu uchini toblardi. Mister Keysi boshini bir yonboshga tashlab, kulimsirab, gardaniga shapatilab urib qo‘yardi. Stiven ham jilmaydi: u kumush tanga solingan hamyon mister Keysining kaftidadir deb o‘ylab, uning mahkam siqilgan mushtini ochmoqchi bo‘lib urindi, lekin mister Keysining barmoqlari toshday qotib qolgan edi. Shunda mister Keysi malika Viktoriyaga tug‘ilgan kuni munosabati bilan sovg‘a taqdim etganimdan beri shu uchta barmog‘im akashak bo‘lib qolgan, deb aytdi unga. Mister Keysi gardaniga shapatilab urib qo‘ydi va Stivenga qarab uyquli ko‘zlari bilan kulimsiradi, mister Dedalus esa shunday dedi:
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:26:33
— Xo‘-o‘sh. Yaxshi bo‘ldi-da. Ammo zo‘r bo‘ldi yurib kelganimiz! To‘g‘rimi, Jon! Xo‘-o‘sh... Bugun ovqatlanish nasib qilarmikan o‘zi, bilsak bo‘ladimi? Toza havodan to‘yib nafas oldik. Harqalay yomon bo‘lmadi, jin ursin.
U Dentiga o‘girilib dedi:
— Siz bugun umuman chiqmadingiz-a, missis Rayorden?
Denti qovog‘ini uydi va qisqa javob qildi:
— Yo‘q.
Mister Dedalus frakining etagini tushirdi va bufetning oldiga keldi. U tokchadan viski solingan kattakon sopol ko‘zani oldi va undan sekin grafinga quya boshladi, quya turib egildi, qancha quyganini ko‘rmoqchi bo‘ldi. Keyin ko‘zani yana bufetga qo‘ydi-da, ikkita qadahchaga oz-ozdan viski quydi, ustidan ozroq suv qo‘shdi va qadahlarni ko‘tarib kaminning oldiga keldi.
— Ovqat oldidan ishtahani ochadi-da, Jon, — dedi u.
Mister Keysi qadahni qo‘liga olib, bir ko‘tarishda bo‘shatdi va uni yoniga — kaminning ustiga qo‘ydi. Keyin dedi:
— Hozir men oshnamiz Kristoferni esladim, uning qo‘li qo‘liga tegmaydi...
U xoxolab kuldi, yo‘taldi, so‘ng qo‘shib qo‘ydi:
— Terga botib yigitlariga shashpan ulashadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:28:09
Mister Dedalus qattiq kuldi.
— O‘sha Kristimi? — dedi u. — Ha, uning taqir boshiga bitgan har bitta so‘galda bir to‘da firibgarnikidan ortiqroq ayyorlik bor.
U boshini osiltirdi, ko‘zlarini yumdi va huzur qilib labini yaladi, so‘ng xonadonning xo‘jayiniga xos ovozda gap boshladi:
— O‘zini nechog‘i bo‘sh-bayov qilib ko‘rsatadi! Sayrab yuboradi-ya, dog‘uli! Qo‘y og‘zidan cho‘p olmaganday! Voy, anoyi!
Mister Keysini hamon yo‘tal zabtiga olar, u o‘zini kulgidan to‘xtata olmasdi. Stiven otasining soxti-sumbatida, tovushida xonadonning xo‘jayinini ko‘rganday, ovozini eshitganday bo‘ldi va kulgisi qistadi.
Mister Dedalus ko‘ziga oynakni qo‘ndirib, o‘g‘liga qarab, xotirjam va mehribon ohangda dedi:
— Xo‘sh, bolakay, sen nega kulayapsan, a?
Xizmatkorlar kirib kelishdi va idishlarni dasturxonga qo‘yishdi. Ularning ortidan missis Dedalus kirdi va hammani dasturxonga taklif qildi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:28:17
— Marhamat qilinglar, — dedi u.
Mister Dedalus o‘zining joyiga kelib o‘tirdi va dedi:
— O‘tiring, missis Rayorden.
— Keling, Jon, azizim.
U Charlz tog‘a o‘tirgan tomonga o‘girilib qo‘shib qo‘ydi:
— Marhamat qiling, ser, taom muntazir.
Hamma kelib joylashganidan so‘ng u ovqat solingan idishning qopqog‘iga qo‘lini qo‘ydi va birdan xato qilganini payqab qolib, qo‘lini tortdi:
— Qani, Stiven.
Stiven ovqat oldidan duo o‘qish uchun o‘rnidan turdi.
"œO‘z panohingda asra bizni, Tangrim, muruvvatingni darig‘ tutmagaysan. Xaloskorimiz — Iso haqqi bizni rahm-shafqatingga doxil etgaysan. Omin".
Hamma cho‘qinib oldi va mister Dedalus xursandligi-dan nafasini rostlab olib, idishning girdida yog‘ tomchilari yaltirab turgan zilday qopqog‘ini ko‘tardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:28:32
Stiven idishdagi qovurilgan kurkaga qaradi, u kurkani ertalab oshxonadagi stolda, oyog‘i boylangan va kegay sanchilgan alpozda ko‘rgan edi. Otasi D‘Oler -Stritdagi Danda bu kurka uchun bir geniya sarflaganini va sotuvchi barmog‘i bilan kurkaning to‘shiga niqtab, bu bilan parranda juda xaridorgir ekanini uqtirmoqchi bo‘lganini Stiven bilardi va u beixtiyor sotuvchining ovozini esladi:
— Oling buni, ser. Keyin xursand bo‘lasiz. Zotdor parranda.
Nega mister Barret Klongousda bolalarning qo‘liga uradigan chizg‘ichni kurka deydi? Biroq Klongous uzoqda, dasturxondagi idishlardan esa kurka go‘shtining, seldirning qaynoq xushbuy hidi taraladi, kamindagi alanga gurillab tepaga o‘rlaydi, yam-yashil pechakgullar va qirmizi ignabarglar esa ko‘zni quvontirib, ko‘ngilga shodlik ulashadi! Keyin esa, ovqatlanib bo‘lishgach, bodom mag‘zi sepilgan, ko‘katlar bilan bezatilgan kattakon plampudingni tortishadi, uning tegrasida zangori olov jimirlaydi, ustida esa yam-yashil jajji bayroqcha hilpirab turadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:29:13
Bu uning birinchi marta mavlud ziyofatida ishtirok etishi edi. U ukalari va singillarini o‘yladi. Ular narigi xonada kutishyapti, o‘zi ham necha marta kutgan. Qaytarma ko‘krak yoqali kamzulida u o‘zini boshqacha, kattalarday his qildi bugun ertalab, ibodatga borishidan oldin kiyintirishib, onasi mehmonxonaga uni boshlab kirganida otasi yig‘lab yubordi. Chunki uni ko‘rgan payt otasi yodiga tushgan. Charlz tog‘a shunday dedi.
Mister Dedalus idishning qoqog‘ini yopib qo‘ydi va ishtaha bilan ovqat yeyishga kirishdi.
— Sho‘rlik Kristi, — ming‘irladi u, — aftidan u o‘zining makru hiylalariga butkul o‘ralashib qolganga o‘xshaydi.
— Saymon, — dedi missis Dedalus, — sen missis Rayordenga qayladan uzatmayapsan.
— Darvoqe, — dedi u hozirjavoblik bilan, — missis Rayorden, men gumrohning gunohimdan o‘ting.
Denti qo‘li bilan likopchasini to‘sdi:
— Yo‘q, minnatdorman.
Mister Dedalus Charlz tog‘aga o‘girildi:
— Siz-chi, ser?
— Hammasi joyida, Saymon.
— Jon, sizga-chi?
— Menga bas. O‘zingiz olavering.
— Senga-chi, Meri? Likopchangni uzat, Stiven. Olsang-chi, olaver, mo‘yloving tezroq chiqadi. Qani!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:29:42
U Stivenning likopchasiga qayladan uyub soldi va idishni stolga qo‘ydi. Keyin Charlz tog‘adan go‘sht mazalimi, deb so‘radi. Charlz tog‘a gapira olmadi, og‘zi band edi, boshini sermab qo‘ya qoldi.
— Qadrdonimiz o‘shanda ruhoniyga munosib javob qilganmidi? A? — dedi mister Dedalus.
— Men bunga uning qurbi yetadi, deb o‘ylamagan edim, — dedi mister Keysi.
— "œCherkovning xarajatini men o‘zim to‘layman, hazrat, siz Tangrining dargohini tashviqot yuritadigan minbarga aylantirishni bas qilsangiz bo‘lgani"1.
— O‘z piriga bundan ortiq gap aytib bo‘ladimi, — dedi Denti. — Aniqsa, o‘zini katolikman degan odamning og‘zidan shu gap chiqsa-ya.
— Ular aybni nafaqat o‘zlaridan qidirganlari ma’qul, — dedi mister Dedalus soxta halimlik bilan. — Agar ular aqlliroq bo‘lishganda din bilan mashg‘ul bo‘lishardi, boshqalarning ishiga tumshuq tiqib yurishmasdi.
— Axir, shuning o‘zi din-da, — dedi Denti. — Ular xalqni ogohlantirib, o‘z burchlarini bajarishyapti. Ular o‘z jamoalariga pand-nasihat qilib turishlari kerak-ku.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:31:15
— Biz cherkovga — Tangrining uyiga bosh egib yaratganga ibodat qilish uchun kelamiz, — dedi mister Keysi, — saylovoldi nutqlarini tinglash uchun emas.
— Shuning o‘zi din-da, — takrorladi Denti. — Ular to‘g‘ri qilishyapti. Ular o‘z jamoalariga va’z o‘qib turishlari kerak.
— Mehrobdan turib tashviqot yurgizishlariga nima deysiz? — so‘radi mister Dedalus.
— To‘g‘ri-da, — dedi Denti. — Bu jamoaning ma’naviyatiga daxldor. Agar ruhoniy o‘z qavmiga nima yaxshi-yu, nima yomonligini tushuntirmasa, uning ruhoniyligi qaerda qoladi?
Missis Dedalus qo‘lidagi pichoq bilan sanchqini dasturxonga qo‘yib, dedi:
— Xudo xayringizni bersin, siyosiy munozaralaringni juda bo‘lmasa bugun, shunday kunda qo‘ya turinglar!
— Mutlaqo haqsiz, mem, — dedi Charlz tog‘a. — Bas, yetar, Saymon. Bo‘ldi endi, tamom.
— Xo‘p, xo‘p, — dedi bidirlab mister Dedalus.
U idishning qopqog‘ini ilkis ko‘tardi:
— Xo‘sh, kimga yana kurkadan?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:31:45
Hech kim javob qilmadi. Denti yana gap ochdi:
— Voizlikni katolikka chiqargan, ha, shubhasiz, katolikka.
— Missis Rayorden, o‘tinib so‘rayman, — dedi missis Dedalus, —buguncha shu gapni to‘xtatib turaylik.
Denti u tomonga o‘girilib dedi:
— Sizningcha, men cherkov a’yonlarini tahqirlashlariga chidab turishim kerakmi?
— Agar ular siyosatga aralashishni bas qilishsa, — beixtiyor gapga qo‘shilib ketdi mister Dedalus, — hech kim ularga bir og‘iz ham gapirmaydi.
— Irlandiyaning yepiskoplari va poplari o‘z so‘zlarini aytishdi, — e’tiroz bildirdi Denti, — ularga bo‘yin berish kerak.
— Ular siyosatdan voz kechsin, — gapga aralashdi mister Keysi, — bo‘lmasa xalq cherkovdan yuz o‘giradi.
— Eshitdingizmi? — dedi Denti missis Dedalusga murojaat qilib.
— Mister Keysi! Saymon! Bas, yetar, o‘tinib so‘rayman, — yalina boshladi missis Dedalus.
— Yaxshimas! Yaxshimas! — dedi Charlz tog‘a.
— Bu qanday gap! — qichqirdi mister Dedalus. — Biz inglizlarning bir ishorasi bilan undan voz kecharmishmiz!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:32:22
— U xalqni ortidan ergashtirishga noloyiq bo‘lib qolgan edi, — dedi Denti. — U hammaning ko‘z oldida gunohga botib yashadi.
— Hammamiz gunohkormiz, hammamiz gunohkor badbaxt-larmiz, — vazminlik bilan javob qildi mister Keysi.
— "œHoyu havasdan butkul tiyilish mushkul, biroq bundayin gunohdan o‘zini chetga ola bilmaganning holiga voy, — dedi missis Rayorden. — Magar bunday kimsaning gardaniga tegirmon toshini boylasalar, boz uni dengizga tashlasalar tuzuk, toki u o‘zgalarni yo‘ldan ozdirmagay". Mana, muqaddas kitobda nima deyilgan.
— O‘ta bo‘lmagur so‘zlar bular, agar mening fikrimni bilishni istasangiz, — dedi mister Dedalus sovuq ohangda.
— Saymon! Saymon! — Charlz tog‘a uni turtdi. — Yosh bolaning oldida-ya!
— Xo‘p-xo‘p, — dedi xato qilganini payqab mister Dedalus. — Aytgancha... Men aytmoqchi edimki... Bo‘lmag‘ur gaplarni stantsiyadagi bir hammol aytibdi. Shunday desak tuzukroq bo‘lar. Qani, Stiven, likopchangni cho‘z, oshna. Qoldirmagin-a, hammasini yegin.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:32:41
U to‘latilgan likopchani Stivenga uzatdi va Charlz tog‘a bilan mister Keysining likopchalariga kurka go‘shtidan ikkita katta bo‘lakni qo‘yib, ustiga qayladan bostirib qo‘ydi. Missis Dedalus ovqatdan kamgina yedi, Denti esa qo‘llarini tizzasiga qo‘yib o‘tirardi. Uning yuzi qizarib ketgan edi. Mister Dedalus sanchqi bilan kurkaning qolgan-qutganini kovlashtirarkan, dedi:
— Bu yerda yana bitta mazali luqma qoldi, buni arxierey luqmasi deyishadi. Xo‘sh, xonimlar, jentelmenlar, qani kimga?..
U kurka go‘shtini sanchqiga sanchib ko‘tardi. Hech kim og‘iz ochmadi. U luqmani o‘zining likopchasiga qo‘yib dedi:
— Mening ishim taklif qilish. Biroq endi bu o‘zimga qoldi, shekilli, o‘zim yeyman. Keyingi paytlarda negadir kuchdan qolayotgandayman.
U Stivenga ko‘zini qisdi va bir qo‘li bilan likopchasini pana qilib, yeyishga tutindi. U yeb bo‘lgunicha hech kim churq etmadi.
— Havoyam zap havo bo‘ldi-da! — dedi u. — Shaharda musofirlarning ko‘pligini aytmaysizmi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:32:52
Hech kim gap qo‘shmadi. U yana gapira boshladi:
— Menimcha, o‘tgan yilgi mavlud bayramiga qaraganda bu yil ziyoratchilar ko‘p keldi.
U o‘tirganlarning dasturxonga egilgan bir qadar mulzam yuzlariga ko‘z yugurtib chiqdi va hech qanday javob eshitmagach, bir daqiqa sukut saqlab turdi-da, so‘ng alam bilan dedi:
— Xullasi kalom, mening mavlud ziyofatimni buzdinglar!
— Cherkov a’yonlariga hurmat bo‘lmagan uyda, — deb uzib oldi Denti. — baxt-saodatga, xushvaqtlikka o‘rin yo‘q.
Mister Dedalus qo‘lidagi sanchqi bilan pichroqni likopchaga sharaqlatib tashlab yubordi.
— Hurmat!? — dedi u. — Billiga hurmatmi, sharmandalarcha safsata sotgani uchun-a yoki o‘sha armlik meshqorin ochofatgami! Hurmat-a?!
— Cherkov amaldorlari! — achchiq kinoya qildi mister Keysi.
— Lord Leytrimning otboqari, — qo‘shimcha qildi mister Dedalus.
— Ular xudoning yorlaqagan bandalari, — dedi Denti. — Mamlakatning faxri!
— Ochofat meshqorin, — dedi yana mister Dedalus. — U uxlagan paytdagina beziyon. Uning qirovli qish kunida cho‘chqa go‘shtiga karamni qo‘shib urib yotganini bir ko‘rsangiz edi! Polvon!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:33:09
U tumtoq basharasini bujmaytirdi va lablarini chapillatib qo‘ydi.
— Qo‘ying, Saymon, yosh bolaning oldida yarashmaydi bunday gaplar. Yaxshimas.
— Ha-da, katta bo‘lganda hammasini eslaydi, — gapni ilib ketdi Denti qizishib, — bular bari xudoga, dinga va ruhoniylarga qarshi gaplar-ku, ularni o‘zi tug‘ilib o‘sgan uyda eshitib o‘tirsa-ya.
— Eslasin-da, — stolning narigi tarafidan turib qichqirdi mister Keysi, — ruhoniylarning, ularning malaylarining amru ma’ruflariniyam eslasin. Axir, Parnellning yuragini adoyi tamom qilgan, uni go‘rga joylagan shular-ku! Katta bo‘lganida buni ham eslasin, axir.
— Itdan tarqaganlar! — xitob qildi mister Dedalus. — Ahvoli tang bo‘lganda, payt poylab Parnellni sotishdi-ya! Xuddi palid kalamushlarday unga tashlanishdi, g‘ajishdi! Yovuz ko‘ppaklar! Ko‘ppakdan farqi yo‘q ularning. Xudo haqqi!
— Juda to‘g‘ri qilishgan-da. — qichqirdi Denti. — Ular o‘zlarining yepiskoplariga va poplariga itoatkor bo‘lishgan. Ularga shon-sharaflar bo‘lsin!
— Bas, yetar axir, qo‘yinglar bu bema’ni gaplarni! — xitob qildi missis Dedalus. — Biror kun yo‘qki, ko‘nglingni qop-qora qiladigan shunday bema’ni mojarolarsiz o‘tsa.
Charl tog‘a tinchlaninglar degan ma’noda qo‘lini ko‘tardi:
— Jim, jim, jim! Nahotki odam o‘zining fikrini g‘azabga minmay, so‘kinmay gapirishi qiyin bo‘lsa. Bu yaxshimas, axir!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:33:22
Missis Dedalus Dentining qulog‘iga shivirlab, uni tinchlantirmoqchi bo‘ldi, biroq Denti o‘shqirib berdi:
— Yo‘q, men jim turolmayman! Cherkovimni, e’tiqodimni himoya qilaman, bu dindan qaytganlarga uni tahqirlatib, tupurtirib qo‘ymayman.
Mister Keysi oldidagi likopchani stol o‘rtasiga ilkis surdi, keyin tirsagini stolga tiradi-da, hirqiragan tovushda uy egasiga qarab murojaat qildi:
— Men sizga o‘sha mashhur tupurish tarixini gapirib berganmidim?
— Yo‘q, Jon, aytganingiz yo‘q, — dedi mister Dedalus.
— Nahotki, — dedi mister Keysi, — ammo juda ibrat olsa arziydigan voqea-da. Bu voqea biroz oldinroq, Uiklou grafligida, hozir siz bilan birga yashab turgan joyda yuz bergan.
U to‘xtab, Dentiga o‘girilib, qahr bilan salmoqlab gapira boshladi:
— Ijozatingiz bilan aytib qo‘yay, xonim, agar siz meni nazarda tutib gapirayotgan bo‘lsangiz adashasiz, men dinidan qaytganlardan emasman. Katolikman men, xuddi otamday, uning otasi ham katolik bo‘lgan, uning otasining otasi ham juda qadim zamonlardayoq katolik bo‘lgan va o‘sha paytlarda biz o‘z e’tiqodimizdan qaytgandan ko‘ra hayotning bahridan o‘tib qo‘ya qolishga tayyor edik.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:33:37
— Demak, sizday odam uchun, — dedi Denti, — hozir og‘zingizdan chiqqan gaplarni aytish battar uyat.
— Ayting, Jon, — dedi mister Dedalus kulimsirab. — Qulog‘imiz sizda.
— Katolik emish! — dedi yana kinoya bilan Denti. — Uchiga chiqqan protestant ham bugun men eshitgan gaplarga o‘lsayam chidab o‘tirmasdi.
Mister Dedalus boshini har yoqqa salanglatib, muqom qila boshladi.
— Men protestant emasman, buni sizga takror aytayapman, — dedi mister Keysi joni chiqib.
Mister Dedalus o‘zicha g‘ingshib va boshini salanglatib turdi-da, tuyqusdan hirqiroq tovushda ping‘illab xirgoyi qildi:
Kelinglar, hoy, katoliklar, siz.
Ibodatdan yuzni burmangiz!!
U qo‘liga pichoq bilan sanchqini olib, yana ovqat yeyishga tutindi va mister Keysiga quvnoq ovozda dedi:
— Ayting o‘shani, Jon, qulog‘imiz sizda, bu ovqat hazm bo‘lishiga yordam beradi.
Stiven mehr bilan mister Keysining yuziga qaradi, mister Keysi boshini qo‘llariga tiragancha bir nuqtaga termilib turardi. Stiven kaminning oldida u bilan yonma-yon o‘tirib, uning qahrli, qoramag‘iz chehrasiga tikilishni yaxshi ko‘rardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:34:12
Biroq uning qora ko‘zlari hech qachon g‘azab bilan chaqnamas, vazmin, salobatli tovushini eshitish maroqli edi. Nega u ruhoniylarga qarshi? Bundan chiqdiki, Denti haq ekan-da. U otasi gapirganda eshitgan, Denti yoshligida tarki dunyo qilgan — rohiba bo‘lgan, keyincha akasi bilakuzuk va boshqa mayda-chuyda taqinchoqlarni qora xalqqa pullab boyigach, monastirni tark etgan, Alleganga ketgan. Ehtimol, shuning uchun u Parnellga qarshi bo‘lsa kerak? Ha, aytgancha, u Eylin bilan birga o‘ynasa Denti yoqtirmaydi, chunki Eylin protestant-da, Denti yoshligida protestantlar bilan birga o‘ynab yuradigan bolalardan protestantlar muqaddas Bibi Maryamning quyma haykalchasini tahqirlashganini eshitgan. "œFil suyakli minora — Tilla ko‘shk!"24, deyishgan ular. Qanday qilib ayol kishi fil suyakli minora yoki tilla ko‘shk bo‘lishi mumkin? Unda kim haq bo‘lib chiqadi? Uning xotirasiga Klongousdagi kasalxona oqshomi, qop-qora to‘lqinlar, ko‘rfazdagi mayoq yog‘dusi va qayg‘uli xabarni eshitgan olomonning dod-faryodi keldi.
Eylinning qo‘llari uzun, oppoq edi. Bir kuni kechqurun, ular ko‘z boylash o‘ynayotganda Eylin uning ko‘zlarini qo‘llari bilan bekitdi: qo‘llari uzun, oppoq, ingichka, sovuq va nozik. Bu o‘sha fil suyagi. Sovuq va oppoq, mana, fil suyakli minora nima degani.
— Bu qisqa va juda qiziq voqea, — dedi mister Keysi. — Bu Arklouda bo‘lgan edi, havo sovuq, bulutli kun edi, yo‘lboshchimiz qazo qilishlaridan sal oldinroq. Uning ruhini o‘zing shod qilgaysan, ilohim!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:34:45
U madorsizlanib ko‘zlarini yumdi va biroz sukut saqladi. Mister Dedalus likopchadagi suyakni qo‘liga olib, go‘shtini tishlari bilan uzib olarkan, dedi:
— Aytmoqchisizki, uni o‘ldirishlaridan oldinroq bo‘lgan edi, demoqchisiz-da?
Mister Keysi ko‘zlarini ochdi, chuqur xo‘rsindi va davom etdi:
— Bir kuni u Arklouga keldi. Biz mitingda edik, miting tugagandan so‘ng, bir amallab, tirband olomonning orasini yorib, stantsiyaga o‘tishga to‘g‘ri keldi. Umrimda bunaqangi qiy-chuvni, dod-faryodni eshitmaganman! Olomon bizni goh u yoqqa, goh bu yoqqa surib ketadi. Shunda bir kampir, qari piyanista alvasti, negadir menga ariday yopishdi-qoldi. Atrofimda loyni kechib gir aylanadi, ko‘zini menga qadab olgan, tinmay qichqiradi: Ruhoniylarning dushmani! Parij birjasi! Mister Foks!25 Kitti O’Shi!
— Xo‘sh, siz nima qildingiz, Jon?— so‘radi mister Dedalus.
— Men uning akillashiga e’tibor qilmadim, — dedi mister Keysi. — Juda sovuq edi, badanni jinday qizdirar deb (meni kechirsinlar, xonim) tilimning tegiga dengiz tamakisidan ne miqdor tashlab olganman, turgan gap, og‘zimni ocholmayman, chunki og‘zim tamaki "œsharbati"ga to‘la.
— Xo‘sh, keyin-chi, keyin nima bo‘ldi, Jon?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:35:01
— Xullas, men unga e’tibor qilmadim, mayli, Kitti O’Shini qoralaydimi, bilganicha akillayversin, degandim, biroq bu alvasti muhtarama xonimni shunday bir so‘z bilan haqoratladiki, bu so‘zni aytishga til aylanmaydi, harqalay mavlud dasturxonida o‘tiribmiz, qolaversa, begoyim, sizning ta’bingizni ham buzmay, o‘zimning lafzimniyam bulg‘amay.
U jimib qoldi. Mister Dedalus boshini ko‘tarib so‘radi:
— Xo‘sh, keyin siz nima qildingiz, Jon?
— Nima qilardim? — dedi mister Keysi. — Qarasam, u o‘zining burishgan jirkanch basharasini naq iyagimga tirab kelayapti, mening og‘zimda liq to‘la tamaki "œsharbati". Shunda men unga yaqinroq engashdim-da, mana shunday "œTfu!" dedim.
U yuzini chetga burib qanday qilganini ko‘rsatdi.
— Tfu! Uning shundoq ko‘ziga tupurib yubordim.
U qo‘li bilan ko‘zlarini bekitdi va joni qattiq og‘riyotgan odamday chinqirib yubordi:
— "œVoy, Iso Masih, Bibi Maryam, Yusuf! — deb ayuhannos solardi u. — Voy-dod, ko‘r bo‘lib qoldim, dod, o‘laman!"
U xirillab, kulgidan va yo‘taldan o‘zini to‘xtata olmay, bo‘g‘ilib takrorladi:
— Ko‘r bo‘lib qoldi, ko‘r bo‘lib qoldi!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:37:02
Mister Dedalus qah-qah otib kulgancha o‘zini stulning suyanchig‘iga tashladi. Charlz tog‘a boshini chayqab qo‘ydi. Dentining yuzi qahrli tus oldi, o‘tirganlar xoxolab kulisharkan, u bir gapni tinmay takrorlardi:
— Yaxshi, juda yaxshi, juda soz!
Ayol kishining ko‘ziga tupurish yaxshimas.
O‘sha kampir Kitti O’Shini qanday so‘z bilan haqorat qildiykan, uni mister Keysi hatto tilga olishga ham hazar qildi-ya? Stiven olomon orasidagi mister Keysini ko‘z oldiga keltirdi: ana u, aravaning ustida, tik turib nutq irod qilayotir. Shuning uchun ham u qamoqda o‘tirgan. U beixtiyor esladi: bir kuni uylariga serjant O’Nil keldi, serjant dahlizda turib otasi bilan shivirlashib gaplashdi, ora-sira boshidagi temir qalpog‘ining charm bandini asabiy tishlab qo‘yardi. O‘sha oqshom mister Keysi Dublinga odatdagiday poezdda jo‘namadi, uylari oldiga arava keldi va otasining Kebintili orqali o‘tadigan yo‘l haqida nimadir deganini eshitdi u,
U ham otasi kabi Irlandiya uchun qayg‘urar, Parnellni yoqlar edi, biroq aslida Denti ham ular tarafda, chunki bir kuni saylgohda orkestr chalib turganda Denti bir janobning boshiga shamsiya bilan tushirib qoldi, kuy oxirida orkestr "œXudoyo, qirolichani o‘zing asra!"ni ijro etayotganda o‘sha janob boshidan shlyapasini yechgan edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:37:27
Mister Dedalus alam bilan pixilladi.
— Hoy, Jon, — dedi u. — Ular o‘zi shunga munosib. Biz sho‘rliklar poplar qo‘l ostida ezilgan xalqmiz. Umrbod shunday bo‘lib kelgan va oxiratgacha shunday bo‘lib qoladi.
Charlz tog‘a boshini chayqab dedi:
— Ha, ahvolimiz chatoq, chatoq!
Mister Dedalus gapini takrorladi:
— Poplarning qo‘l ostida ezilgan va xudoning marhamatidan benasib xalq!
Shunday deb u o‘ng tarafida devorga osig‘liq bobosining suratiga ishora qildi.
— Jon, mana bu cholni ko‘ryapsizmi? — dedi u. — Halol Irland, uning davrida odamlar faqat mol-dunyo deb o‘lib-tirilgan emas. U oliy jazoga hukm qilingan Oq Bolalarning biri edi. Ming yetti yuzu oltmishinchi yili oq qo‘zg‘olonchi sifatida o‘limga hukm qilingan. U og‘aynilarimiz — cherkov a’yonlari haqida gapirishni yaxshi ko‘rardi, hech qachon ularni o‘zim o‘tirgan dasturxonga yo‘latmayman, derdi.
Denti chidab turolmadi:
— Bizni ruhoniylar boshqarib turibdi, biz bundan faxrlanishimiz kerak! Ular — yaratganning ko‘z qorachig‘i. Ularga otilgan tosh tangriga otilgan tosh bilan barobar.
— Bundan chiqdiki, bizning o‘z vatanimizni sevishga haqqimiz yo‘q ekan-da? — so‘radi mister Keysi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:40:12
— Bizni ortidan ergashtirish, yo‘lboshchi bo‘lish uchun tug‘ilgan insonga ergashish ham taqiqlanganmi?
— Vatan xoini, — baqirdi Denti. — Xoin, xotinboz! Cherkovimiz rahnamolari undan yuz o‘girib juda to‘g‘ri qilishdi. Ular hamisha Irlandiyaning sodiq do‘stlari bo‘lishgan.
— Siz shunga ishonasizmi? — dedi Keysi.
U mushti bilan stolni urdi va qoshlarini asabiy kerib, barmoqlarini birin-ketin yoza boshladi.
— Uniya davrida, yepiskop Lenigen markiz Kornuollisga fuqarolikni bay’at qilganda, irland yepiskoplari bizni sotmaganmidi? O‘sha yepiskoplar va poplar ming sakkiz yuzu yigirma beshinchi yili o‘z mamlakatining kelajagini katolik dinining erki uchun qurbon qilmaganmidi? Minbaru mehroblardan turib fenilar harakatini badnom etganlari-chi? Terens Belyu Makmenus xokini tahqirlaganlari-chi?
Keysining yuzi g‘azabdan bo‘g‘riqib ketgandi, Stiven uning yonib gapirayotganidan yonoqlari cho‘g‘day qizarib ketganini sezdi.
Mister Dedalus alam bilan kuldi.
— O‘, xudoyim, — deya hayqirdi u , — men qariya Pol Kallinni unutib qo‘yayozibman. Mana, tangrimning yana bir yorlaqagan ko‘z qorachig‘i.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:40:50
Denti stol osha mister Keysiga qarab qichqirdi:
— To‘g‘ri qilishgan, judayam to‘g‘ri! Ular hamisha to‘g‘ri yo‘l tutishgan! Xudo, axloq va din hamma narsadan ustun!
Missis Dedalus uning g‘azablanganini ko‘rib dedi:
— Missis Rayorden, o‘zingizni bosing, ular bilan pachakilashmang.
— Xudo va din — hammasidan ustun! — qichqirdi Denti.
Mister Keysi mahkam siqilgan mushtini ko‘tardi va zarb bilan stolga urdi.
— Bo‘pti, yaxshi, — bo‘g‘ilib qichqirdi u, — agar shunaqa bo‘ladigan bo‘lsa, bas, Irlandiyaga xudoning keragi yo‘q!
— Jon, Jon! — qichqirdi mister Dedalus mehmonning yengidan tortqilarkan.
Denti unga tikilgancha qotib qoldi: uning yonoqlari pirillab ucha boshladi. Mister Keysi stulni zarb bilan surdi-da, stol osha Denti tarafga egilib, qo‘lini ko‘zlari oldida xuddi pashshani quvayotganday asabiy sermay boshladi.
— Irlandiyaga xudoning keragi yo‘q! — baqirdi u. — U Irlandiyada juda ko‘p bo‘ldi. Bas, jonga tegdi! Yo‘qolsin!
— Shakkok! Iblis! — Denti chiyillagancha o‘rnidan sakrab turdi va sal bo‘lmasa uning yuziga tupirayozdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:41:16
Charlz tog‘a bilan mister Dedalus mister Keysini bir amallab joyiga o‘tirg‘izib, tinchlantirishga urinishdi. U nafratdan chaqnagan qoramtir ko‘zlarini bir nuqtaga qadab tinmay baqirardi:
— Yo‘qolsin, daf bo‘lsin!
Denti ilkis qo‘zg‘alib, stulni zarb bilan chetga surdi va stoldan nari ketdi, stol ustidagi qo‘lsochiqlar solingan idish yerga tushib, gilamning ustida yumalagancha oromkursining oyog‘iga urilib to‘xtadi. Mister Dedalus o‘rnidan chaqqon turib, Dentining ortidan eshikka yugurdi. Eshik oldida Denti to‘xtab ortiga o‘girildi, uning yonoqlari uchar va g‘azabdan lov-lov yonardi, u xonani boshiga ko‘tarib qichqirdi:
— Do‘zaxilar! Biz g‘alaba qildik! Biz uni o‘limga mahkum etdik! Iblis!
Eshik sharaqlab yopildi.
Mister Keysi o‘zini ushlab turganlarni itarib tashladi va manglayini stolga urib ho‘ngrab yubordi.
— Badbaxt Parnell! — U o‘kirib faryod chekdi. — Halok bo‘lgan qirolimiz!
U bo‘zlab yig‘lardi.
Qo‘rquvdan yuzi dokaday oqarib ketgan Stiven boshini ko‘tarib qaradi, otasining ko‘zlari jiqqa yosh edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:41:46
* * *
Har joy, har joyda to‘p-to‘p bo‘lib turgan bolalar gurunglashardi. Bittasi aytdi:
— Ularni Layens-Xill yaqinida ushlab olishibdi.
— Kim ushlabdi?
— Mister Glison bilan ruhoniy. Ular aravada ketayotgan ekan.
O‘sha bola tag‘in qo‘shib qo‘ydi:
— Menga buni yuqori sinfdagi bir bola aytdi.
Fleming so‘radi:
— Ular nega qochibdi?
— Sababini men bilaman, — dedi Sesil Sander. — Ular rektorning xonasidan pul o‘marishgan.
— Kim o‘g‘irlagan?
— Kikemning akasi. Keyin bo‘lishib olishgan.
— Juda bilag‘onsan-da, Sander! — dedi Uells. — Ularning nega quyon bo‘lganini men bilaman.
— Xo‘sh, ayt-chi, nega?
— Aytma deb iltimos qilishgan menga, — dedi Uells.
— Aytaqol, — chuvillashdi bolalar.
— Qo‘rqma, biz seni sotmaymiz.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:42:16
Yaxshiroq eshitish ilinjida Stiven bo‘ynini cho‘zdi. Uells, birortasi kelmayaptimikan, deb atrofga alangladi. Keyin shivirlab gapira boshladi.
— Ibodat liboslari turadigan shkafda cherkovning vinosi saqlanadi, bilasizlarmi shuni?
— Ha.
— Qisqasi, ular shu vinoni ichib qo‘ygan, gunohkorni qidirganda hididan payqab qolishgan. Mana, nega ular juftakni rostlashgan, bildinglarmi endi?
Birinchi bo‘lib gap ochgan bola aytdi:
— To‘g‘ri, to‘g‘ri, men ham yuqori sinfdagi boladan shu gapni eshitdim.
Hamma jimib qoldi. Stiven ularning orasida bir so‘z aytishga jur’at etmay jim turar, eshitardi, xolos. U qo‘rqqanidan biroz vahimaga tushdi, a’zoyi badani bo‘shashib ketganday bo‘ldi. Ular bunga qanday qo‘l urishdiykan? U jim-jit qorong‘i hujrani ko‘z oldiga keltirdi. Hujrada yog‘och shkaflar bor edi, ichiga diniy kitoblar tartib bilan terib qo‘yilgan. Bu joy butxona emas, biroq baribir bu yerda faqat shivirlab gaplashish mumkin. Bu muqaddas joy. U yoz oqshomini esladi, o‘shanda marosim kuni — ibodat libosini kiydirish uchun ularni o‘rmondagi kichik bir butxonaga olib kelishdi. Sirli, sinoatli joy. Eshikning oldida turgan bola qo‘lidagi uzun zanjirga bog‘langan isiriqdonni ohista tebratar, tebranganda isriqdonning kumush qopqoqchasi xiyla ko‘tarilib-tushib, ichidagi cho‘g‘ olovlanardi. Isriqdonga pista ko‘mir solingan edi, bola idishni tebratganda ko‘mir miltillab cho‘g‘lanar va undan achqimtilroq hid taralardi. Hammaga ibodat libosi kiygizilgandan so‘ng bola isiriqdonni rektorga uzatdi va rektor idishga bir qoshiq sedana sepdi, ko‘mir cho‘g‘ining ustiga tushgan sedana jizilladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:42:48
Bolalar maydonchada to‘p-to‘p bo‘lishib gap sotishardi. Uning ko‘ziga bolalarning bo‘yi kaltarib qolganday tuyuldi. Buning sababi bor edi, kecha poygachilardan biri, ikkinchi sinfda o‘qiydigan bola, uni velosiped bilan urib yubordi. U shag‘al to‘kilgan yo‘lakka yiqilib tushdi, ko‘zidagi ko‘zoynagi uchib ketib, uch bo‘lak bo‘ldi, og‘ziga jinday qum kirdi.
Shuning uchun ham bolalar uning ko‘ziga kichrayib, darvoza ustunlari ingichka va uzoq bo‘lib ko‘rinar, mayin kulrang osmon esa juda balandlab ketgan edi. Sport maydonchasida hech kim yo‘q edi, chunki hamma kriket o‘ynash uchun bir joyga yig‘ilgan, ba’zi bolalar Barns kapitan bo‘ladi desa, boshqalari Flauersni aytishardi. Nihoyat maydonchada to‘pni havolatib, tashlab berib, urib-o‘yinni boshlab yuborishdi. Muloyim havoni zarb bilan urilayotgan kriket tayoqlarining tovushi tutib ketdi. Pik, pak, pok, pek — xuddi favvoradan suv tomchilari limmo-lim hovuzga ohista tomchilayotganday.
Shu paytgacha miq etmay o‘tirgan Etti pichirlab dedi:
— Sizlarning aytgan gaplaring to‘g‘rimas.
Hamma o‘girilib unga qaradi:
— Nima uchun?
— Nima, sen bilasanmi?
— Senga kim aytdi?
— Aytgin, Etti!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:43:00
Etti qo‘li bilan maydonning Saymon Munen yolg‘iz o‘zi tosh tepib, aylanib yurgan tomoniga ishora qildi.
— Ana undan so‘ranglar, — dedi u.
Bolalar o‘sha tomonga qarashdi, keyin so‘rashdi:
— Nega undan so‘rash kerak?
— Uyam o‘shalar bilanmi?
Etti tovushini pasaytirib dedi:
— Bu bolalar nega juftakni rostlab qolishganini bilasizlarmi? Men sizlarga aytaman, lekin hech kim bilmasin.
— Ayt, Etti, ayta qol. Hech kimga aytmaymiz.
U bir daqiqa jim turdi, keyin muhim sirni oshkor etayotganday shivirlab dedi:
— Kechasi Saymon Munen bilan Tis Boylni hojatxonada ko‘rib qolishibdi.
Bolalar unga hayron bo‘lib qarashdi:
— Ko‘rib qolishibdi?
— Nima qilayotgan ekan ular?
Etti aytdi:
— Yopishishayotgan ekan.
Birdan hamma jimib qoldi.
— Bildinglarmi endi nima bo‘lganini, — dedi Etti.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:43:26
Stiven jo‘ralarining yuziga ko‘z tashladi, biroq ular bari maydonchaning narigi tarafiga qarab turishardi. Uning kimdandir so‘rab bilgisi keldi. Hojatxonada yopishish — nima degani? Nega endi yuqori sinfning beshta bolasi shu uchun qochib ketishdi? "œBu—hazil", deb o‘yladi u. Saymon Munen doim bashang kiyinadi, bir safar kechki payt unga Saymon sharbatli konfet solingan sharni ko‘rsatdi, idishni futbol komandasidagi bolalar oshxonaning o‘rtasidagi poyondoz ustidan unga qarab yumalatishganda, Saymon esa eshik oldida turgan edi. Bu kechqurun, bektayv komandasi bilan musobaqadan keyin bo‘lgan edi, shar esa yarmi yashil, yarmi qizil — naqsh olmaning o‘zginasi, farqi shuki, uni ochsa bo‘lardi, ichi sharbatli karamelga liq to‘la edi. Bir safar Boyl filning ikkita "œso‘yloq tishi" bor deyish o‘rniga "œtisi" dedi, shuning uchun unga Tis Boyl deb laqab qo‘yishdi. Ba’zi bolalar uni Boyl xonim deb chaqirishadi, nega deganda u doim tirnoqlariga zeb berib, egovcha bilan ularni silliqlab yuradi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:44:11
Eylinning ham uzun ingichka sovuqqina oppoq qo‘llari bor, chunki u — qiz bola. Qo‘llari xuddi fil suyagiday, faqat yumshoq. Mana fil suyakli minoraning ma’nosi, biroq protestantlar buni tushunmas, tushunmaganlari uchun ham masxaralab kulishadi. Bir safar u Eylin bilan birga mehmonxona hovlisiga qarab turishgan edi. Xizmatkor ustunga uzun bayroqni qo‘ndirayotgan edi, kungay betdagi chimzorda esa bir tozicha uyoq-buyoqqa chopqillab yurardi. Eylin qo‘lini uning cho‘ntagiga tiqdi, o‘zining qo‘li ham shu cho‘ntakda edi, shunda u qizning barmoqlari sovuq, nozik va yumshoq ekanini his etdi. Cho‘ntaging bo‘lsa mazza-da, dedi Eylin. Keyin birdan burilib, kulgancha, aylanma zinadan pastga yugurib ketdi. Uning kumushrang sochlari yelkasida, xuddi quyoshda tovlangan oltinday, yarqirab to‘kilib turardi. Fil suyakli minora. Tilla ko‘shk. Bir nimaning ustida bosh qotirsang, o‘shanda uni tushuna boshlaysan.
Biroq nega aynan hojatxonada? Hojatxonaga faqat zaruratdan borasan-ku. U yerda sandiqday-sandiqday tosh plitalar bor, mayda teshikchalardan kun bo‘yi suv tomib turadi, dimiqqan suvning qo‘lansa hidi o‘tirib qolgan. Bir eshikka qizil qalam bilan ikki qo‘lida ikkita g‘isht ko‘targan, rim togasidagi1 soqolli odam rasmi chizilgan, rasm tagida: "œBalbes devor tiklagan"œ2 degan yozuv bor.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:44:47
Buni bolalardan biri kulgi uchun chizgan. Basharasi juda kulgili chiqqan-da, biroq soqolli odamgayam o‘xshab ketadi. Devorga esa juda chiroyli husnixat bilan o‘ngdan chapga: "œYuliy Sezar gallik kallar haqida yozgan"3, deb yozib qo‘yilgan.
Balki ular, bolalar hazillashib yozib-chizib tashlagan bo‘lar-bo‘lmas narsalarni ko‘rish uchun bu yerga kirib olishgandir. Baribir ularning bu qilig‘ini oqlab bo‘lmaydi, Ettining gapi xunuk chiqdi, qaysi yuz bilan aytdi-ya shu gapni. Ular qochib ketishdi-ku, demak, bu shunchaki hazil emas.
U maydonchaning hamma qarab turgan tarafiga qaradi va uni vahima bosdi.
Fleming dedi:
— Xo‘sh, endi ular uchun hammamizning ta’zirimizni berishadimi?
— Ta’tildan keyin bu yerga qaytib qadamimni bosmayman, mana ko‘rasan, kelib bo‘pman, — dedi Sesil Sander. — Uch kunlab oshxonada miq etishmaydi-yu, sal narsaga darrov chizgich bilan savalay ketishadi.
— To‘g‘ri, — dedi Uells. — Barret bo‘lsa "œJarima daftari"ni qo‘lidan qo‘ymaydi, bir varaqlashga tushib ketsa bormi, tamom, to‘xtatib bo‘psan — necha marta urushini xudo biladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:46:09
— Menam qaytib kelmayman.
— To‘g‘ri, — dedi Sesil Sander, — bugun ertalab inspektor ikkinchi sinfga kirdi.
— Kelinglar, isyon ko‘taramiz, — dedi Fleming. — Nima deysizlar?
Hech kim churq etmadi. Atrof jim-jit edi, kriket tayoqlarining zarbalari endi oldingidan ko‘ra juda sekin eshitilardi: pik, pok.
Uells so‘radi:
— Endi ularni nima qilisharkan?
— Saymon Munen bilan Tisning payini qirqishadi, — dedi Etti, — yuqori sinfdagilarga bo‘lsa bittasini tanlanglar: yo jazo yoki haydalasizlar, deyishdi.
— Ular qaysini tanladi? — so‘radi birinchi bo‘lib gap ochgan bola.
—Korrigendan boshqa hammasi haydalishni ma’qul ko‘rdi,—dedi Etti. —Uni mister Glisson savalaydi.
—Men bilaman nega Korrigen buni tanlaganini,—dedi Sesil Sander, —to‘g‘ri qildi-da, boshqa bolalar adashdi, chunki jazo olganing odamlarning esidan chiqadi-ketadi, kollejdan haydalsang yomon, bir umr isnodga qolasan. Qolaversa, Glison, harqalay o‘lasi qilib urmaydi-ku.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:46:22
— To‘g‘ri-yu, lekin ish shungacha bormagani ma’qul-da, — dedi Fleming.
— Men hecham Saymon Munenning yo Tisning o‘rnida bo‘lishni istamasdim,—dedi Sesil Sander. —Ularni jazolamasa kerag-ov. Ehtimol, faqat qo‘llariga yaxshilab urishar.
— Yo‘q, yo‘q,—dedi Etti, — ikkovining ham yumshoq joylariga boplab savalashadi.
Uells ketini silab yig‘lamsiragan tovushda dedi:
— Boshqa qilmayman, ser, qo‘yib yuboring, ser...
Etti kulimsiradi va kamzulining yengini shimarib dedi:

Gunoh qildingmi chida,
Hiqillama, vaqt o‘tdi.
Ishtoningni tez tushir,
Tutib tur, ketti.

Bolalar kulishdi, biroq baribir ularning cho‘chib turishganini u sezdi. Mayin, bo‘zrang havoda kriket tayog‘ining zarbalari eshitildi: pok, pok. Bu uzoqdan kelayotgan zarbalar tovushi, biroq o‘zingni urishayotganda boshqacha bo‘ladi — joning og‘riganini sezasan. Qo‘lga urganda chizg‘ichdan ham tovush chiqadi, biroq bu boshqacha tovush. Bolalar uni kitning mo‘ylovi va terisidan qilingan, ichida qo‘rg‘oshini bor deyishadi, urganda qanday og‘ritishini u tasavvur qilib ko‘rishga urindi. Tovushlar har xil bo‘ladi. Uzun, ingichka xipchinning tovushi qattiq shuvillab chiqadi, tekkanda qanday og‘ritarkan, deb o‘yladi u. Xayoliga kelgan bu o‘ylardan badani qaltirab ketdi. Ettining gapini eslab eti junjikdi. Nimasi kulgili ekan? Badani jimirlab ketdi, axir, ishtoningni tushirgan paytda o‘zi biroz sovuq bo‘ladi-da, sal-pal qaltiraysan. Vannada yechinayotganingda ham shunday bo‘ladi-ku. Ularning ishtonlarini kim yecharkan —o‘zlarimi yoki tarbiyachimi? Buning kulgili joyi yo‘q-ku?!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:46:53
U Ettining turilgan yenglariga va siyoh chaplangan ozg‘in qo‘llariga qaradi. Etti mister Glison yenglarini qanday qayirishini qo‘rsatmoqchi bo‘lib yenglarini shimardi. Biroq mister Glisonning yeng qaytarmasi dumaloq va oppoq, yarqirab turadi, qo‘llari esa top-toza, oppoq, lo‘ppigina, tirnoqlari uzun va o‘tkir. Ehtimol, u ham tirnoqlarini Boyl xonimga o‘xshab egovcha bilan silliqlab yurar. Biroq uning tirnoqlari ko‘zga xunuk ko‘rinadi — uzun va o‘tkir. Oppoq, lo‘ppigina qo‘llari hecham qo‘rqinchli emas, muloyim, biroq tirnoqlari uzun, qo‘rqinchli. Garchi Stiven qo‘rqinchli uzun tirnoqlarni va xipchinning shuvillab urilgan tovushini, yechinayotganda ko‘ylak etagining tagidan kirib badanni junjiktirib o‘tadigan qaltiroqni tasavvur etib, sovuq va qo‘rquvdan titrayotgan bo‘lsa-da, oppoq, lo‘ppigina, kuchli va muloyim qo‘llarni ko‘z oldiga keltirib g‘alati va xotirjam huzur tuyg‘usini his etdi. Shunda u Sesil Sander aytgan gapni esladi: mister Glisson Korrigenni jonini og‘ritib urmaydi. Fleming esa: to‘g‘ri, chunki uning o‘zi biladi bunday qilmasa yaxshi bo‘lishini, dedi. Nega shunday — tushunarsiz.
Maydoncha tarafdan qichqirgan ovoz eshitildi:
— Hamma yotoqqa!
Unga boshqa ovozlar jo‘r bo‘ldi:
— Yotoqqa, hamma yotoqqa!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:47:45
Husnixat darsida u qo‘l qovushtirib o‘tirdi, sinfda perolarning sekin qitirlagani eshitilardi. Mister Xarford nari borib, beri kelib yurib turibdi, gohida qizil qalam bilan kichik tuzatishlar qiladi, ora-sira peroni qanday ushlashni ko‘rsatish uchun bolalardan birortasining yoniga o‘tiradi. Stiven doskadagi birinchi satrni, garchi u yerda nima yozilganini bilsa-da, harflab o‘qishga urindi, bu darslikdagi eng oxirgi gap edi: "œTushunmay turib qilingan harakat rulsiz kemaning suzishiga o‘xshaydi". Biroq doskadagi harflarning chiziqchalari qilday ingichka ko‘rinadi, u o‘ng ko‘zini qattiq qisib, chap ko‘zi bilan uzoq sinchiklab tikilibgina bosh harflarning dumaloq shaklini zo‘rg‘a ilg‘ar edi.
Biroq mister Xarford juda mehribon, hech qachon jahli chiqmaydi. Boshqa o‘qituvchilar qattiq darg‘azab bo‘lishadi. Nega endi katta sinfdagi bolalarning qilg‘ilig‘i uchun ular javob berishlari kerak? Ular hujradagi shkafdan cherkov vinosini olib ichishgan, buni hididan bilib olishgan, deydi Uells. Ehtimol, ular muqaddas ne’mat solingan idishni o‘g‘irlab, bir joyga olib borib sotishni o‘ylashgandir? Biroq baribir kechasi bildirmay kirish, qorong‘ida shkafni ochib, oltinday tovlanib turgan idishni o‘marish — bu gunohi azim; axir, uning ichidagi vinoda, gullar va shamlar orasida tantanali tarzda o‘tadigan marosim chog‘i, ladanning xushbo‘y hidi har ikki tarafdan taralib, ruhoniy isiriqdonni sermab turgan, Dominik Kelli yolg‘iz o‘zi xorni yetakchi ovozda boshqarayotgan bir damda tangrini o‘zi hozir bo‘ladi-ku. Ular idishni o‘g‘irlashgan paytda tangri u yerda bo‘lmagan, albatta.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:48:11
Biroq baribir idishga qo‘l tekizishning o‘zi aqlga sig‘maydigan ish, gunoh. Bu haqda u qo‘rquvga qorishgan ixlos tuyg‘usi bilan o‘yladi: dahshat aqlga sig‘maydigan ish; perolarning yengilgina qitirlashini eshitib o‘tirib bu haqda o‘ylaganida uning yuragi ortiga tortib ketdi. Axir, tap tortmay shkafni ochish va cherkov vinosini ichish, keyin buni hididan sezib qolishlari... kimki yurak yutib bu ishni qilgan bo‘lsa, garchi unchalik dahshatli va aqlga sig‘maydigan ish bo‘lmasa-da, baribir gunoh. Lekin vinoning hididan biroz ko‘ngil ayniydi. U birinchi marta cherkovda qovushuv marosimida vinoni tatiyotib ko‘zlarini yumib oldi va og‘zini ochdi, tilini biroz chiqardi, rektor unga muqaddas ne’matni ulashish uchun egildi, shunda u rektorning nafasidan vinoning yengil hidini sezdi. Vino — yoqimli so‘z. Ko‘z oldingga to‘q qizil rang keladi, chunki uzum donalari to‘q qizil — Yunonistonda, oppoq ibodatxonalarga o‘xshagan uylar oldida o‘sadigan toklarda bo‘ladi. Biroq baribir rektorning nafasidan unqib turgan vinoning yengil hidi o‘sha kuni — marosimda u birinchi marta qatnashib, ilk bor muqaddas ne’matni tatishga musharraf bo‘lgan kuni ko‘nglini biroz aynitdi. Bu kun — hayotdagi eng baxtli kun. Bir safar ko‘pchilik generallar Napoleondan hayotingizdagi eng baxtli kun qaysi, deb so‘rashgan. Napoleon biror-bir yirik jangda g‘alaba qozongan yoki imperator bo‘lgan kunni aytsa kerak, deb o‘ylashgan. Biroq u shunday degan:
— Janoblar, mening hayotimdagi eng baxtli kun — bu mening birinchi muqaddas qovushuv kunim.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:51:04
Sinfga hazrat Arnoll kirib keldi, lotin tili darsi boshlandi, u esa hali ham qo‘lini qovushtirib o‘tirardi. Hazrat Arnoll mashq yozilgan daftarlarni tarqatdi va sinf ishi juda yomon bajarilganini, hammaga mashqni tuzatilgan xatolari bilan qayta ko‘chirishni buyurdi. Daftarlar orasida eng yomoni Flemingniki edi, chunki varaqlariga siyoh chaplanib ketgandi. Hazrat Arnoll daftarni bir chetidan ushlab ko‘tarib ko‘rsatdi va bunday daftarni o‘qituvchiga berish — uchiga chiqqan hurmatsizlik, dedi. Keyin u Jek Lotenni doskaga chaqirib, mare otini turlashni buyurdi, biroq Jek Loten o‘rin-payt kelishigining ko‘plikda qanday turlanishini bilmay, to‘xtab qoldi.
— Uyal, — dedi hazrat Arnoll qat’i ohangda. — Sen, axir, a’lochi o‘quvchisan-ku!
Keyin u boshqa bir bolani chaqirdi, so‘ng yana birin-ketin boshqalarni chaqirdi. Hech kim bilmadi. Hazrat Arnollning yuzi favqulodda xotirjam tus oldi, doskaga chaqirilayotgan bolalar harakat qilishgani, biroq javob bera olishmagani sayin uning xotirjamligi ortib bordi. Faqat qovoqlari biroz osildi, ko‘z qarashi jiddiylashdi, tovushi esa vazmin edi. Nihoyat u Flemingni chaqirdi va Fleming bu so‘zning ko‘plik soni yo‘q dedi. Hazrat Arnoll birdan kitobni yopdi-da, baqirib berdi:
— Hoziroq sinfning o‘rtasiga o‘tib, tiz cho‘k. Umrimda bunaqangi dangasani ko‘rgan emasman. Sizlar esa, bo‘linglar, mashqni qaytadan ko‘chiringlar!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:51:56
Fleming o‘rnidan sekin turib, o‘rtaga o‘tdi va oxirgi ikki partaning oralig‘ida tiz cho‘kib o‘tirdi. Qolgan bolalar daftarlari ustiga egilib, yoza boshlashdi. Sinf suv quyganday jim-jit bo‘lib qoldi, Stiven cho‘chibroq hazrat Arnollning xo‘mraygan yuziga qaradi va uning yuzi jahldan qizarib ketganini ko‘rdi.
Hazrat Arnollning jahl qilayotgani gunohga kirarmikan, yo bolalar erinchoq bo‘lib qolganda u jahl qilsa bo‘laverarmikan, axir, bu bilan ular yaxshi o‘qib qolmaydi-ku? Yoki ehtimol, u o‘zini jahli chiqqanday ko‘rsatayaptimikan? Bunga uning haqqi bor, chunki u ruhoniy, nima gunoh, nima gunoh emasligini o‘zi biladi, bilgandan keyin, albatta, gunohga yo‘l qo‘ymaydi-da. Biroq mabodo bexosdan gunohkor bo‘lib qolsa-chi, unda qaerga borib tavba qiladi? Tavba qilish uchun, balki, jamoa boshlig‘ining huzuriga borar-a? Maboda jamoa boshlig‘i gunoh qilib qo‘ysa, rektorga boradi, rektor esa provintsialga, provintsial bo‘lsa iezuitlar generaliga boradi. Bu joy iezuitlar ordeni, u otasining iezuitlarning bari aqlli odamlar, deganini eshitgan. Agar ular iezuit bo‘lishmaganida edi, albatta, juda mavqeli-martabali kishilar bo‘lishardi. U hazrat Arnollni, Peddi Barretni ham, Makgleyd va mister Glisonni ham iezuit bo‘lishmaganida kim bo‘lishlarini ko‘z oldiga keltirishga urindi. Biroq buni tasavvur qilish mushkul, chunki ularning har qaysisini har xil rangdagi kamzullarda, shimlarda, mo‘ylovlariyu soqollari bilan, tag‘in boshlarida har xil shlyapalar bilan ko‘z oldingga keltirishing kerak.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:52:53
Eshik shovqinsiz ochilib yopildi. Sinfga: "œinspektor", degan vahimali shivir-shivir yashin tezligida yoyildi. Bir daqiqa og‘ir jimlik cho‘kdi, keyin oxirgi partadan chizg‘ichning qattiq qarsillab urilgan tovushi eshitildi.
Stivenning yuragi orqasiga tortib ketdi.
— Hazrat Arnoli, bu yerda jazoga ehtiyoj sezayotganlar yo‘qmi? — qichqirdi inspektor. — Bekorchi yalqovlar yo‘qmi bu yerda ta’zirini yeyishga loyiq.
Inspektor sinfning o‘rtasiga keldi va tiz cho‘kib o‘tirgan Flemingga ko‘zi tushdi.
— A-ha! — xitob qildi u. — Bu kim bo‘ldi? Nega u tiz cho‘kib o‘tiribdi? Ism-sharifing nima sening?
— Fleming, ser.
— A-ha, Fleming! Shubhasiz, bu g‘irt dangasa, ko‘zlari aytib turibdi. Nega u tiz cho‘kkan, hazrat Arnoll?
— U lotin tili mashqini yomon yozgan, — dedi hazrat Arnoll, — buning ustiga grammatikadan birorta savolga javob berolmadi.
— To‘g‘ri-da, — baqirdi inspektor, — turishidan ma’lum. Uchiga chiqqan tanbal. Ko‘zidan ma’lum, ko‘zidan.
U partani taqillatib urdi va o‘shqirdi:
— Tur o‘rningdan Fleming! Chaqqon!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:53:20
Fleming sekin qo‘zg‘alib o‘rnidan turdi.
— Qo‘lingni tut! — o‘shqirdi inspektor.
Fleming qo‘lini cho‘zdi. Chizg‘ich qattiq qarsillagan tovush chiqarib ura boshladi: bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti.
— Narigi qo‘lingni tut!
Chizg‘ichning yana olti marta shiddat bilan qarsillab urilgani eshitildi.
— Tiz cho‘k! — baqirdi inspektor.
Fleming, qo‘llarini pinjiga tiqqancha tiz cho‘kdi, og‘riqdan uning yuzi burishib ketdi. Stiven Flemingning qo‘llari qattiqligini, chunki Fleming qo‘llariga qatron surtib, ishqalab yurishini bilardi. Ehtimol, uning joni qattiq og‘rigandir, axir, urganda tovush juda qattiq chiqdi-ku? Stivenning yuragi uvishib ketdi.
— Qani, hamma ishga! — o‘shqirdi inspektor. — Bu yerda bizga dangasalarning, ishyoqmas muttahamlarning keragi yo‘q. Hamma ishga! Hazrat Dolan sizlarni har kun kelib tekshiradi. Hazrat Dolan ertagayam keladi. — Shunday deb u chizg‘ich bilan o‘quvchilardan birining biqiniga turtdi va: — Xo‘sh, qani, sen tur-chi! Hazrat Dolan qachon kelarkan?
— Ertaga, ser, — Tom Ferlonning ovozi eshitildi.
— Ertagayam, indingayam, indinigayam — kelaveradi, — dedi inspektor. — Buni quloqlaringga quyib olinglar. Hazrat Dolan har kun keladi. Qani endi yozishga kirishinglar-chi. Xo‘sh, sen kimsan?
Stivenning yuragi shuv etib ketdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:55:00
— Dedalusman, ser.
— Nega boshqalar yozayaptiyu sen qo‘l qovushtirib o‘tiribsan?
— Men... haligi...
Qo‘rqib ketganidan uning tili aylanmay qoldi.
— Nega bu yozmay o‘tiribdi, hazrat Arnoll?
— U ko‘zoynagini sindirgan, — dedi hazrat Arnoll, — shuning uchun men uni mashg‘ulotdan ozod qildim.
— Sindirdi? Bu nima qiliq? Ism-sharifing nima? — so‘radi inspektor.
— Dedalus, ser.
— Beri kel, Dedalus. Buni qara-ya, mana yana bitta ishyoqmas mug‘ombir! Basharang aytib turibdi nayrangbozligingni. Ko‘zoynagingni qaerda sindirding?
— Yuguradigan yo‘lakda, ser.
— A-ha, yuguradigan yo‘lakdamish! — baqirdi inspektor. — Men bunaqa nayranglarni ko‘p ko‘rganman!
Stiven ajablanib boshini ko‘tarib qaradi va bir daqiqa uning ko‘zi hazrat Dolanning oqarib-bo‘zargan, qarimsiq yuziga, ikki qansharida tuklari ho‘ppaygan oqish-kulrang boshiga, ko‘zoynagining temir gardishi va oynaklar ortidan o‘qrayib turgan nursiz ko‘zlariga tushdi. Nega u bunaqa nayranglarni ko‘p ko‘rganman, dedi?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:55:37
— Ishyoqmas tirrancha! — o‘shqirdi inspektor. — Ko‘zoynagini sindirganmish! Odatdagi nayrang buyam! Qani, tez bo‘l, qo‘lingni cho‘z!
Stiven ko‘zlarini yumdi va kaftini tepaga qilib qalt-qalt titrayotgan qo‘lini oldinga cho‘zdi. U bir daqiqa inspektorning barmoqlari, qo‘lini yoymoqchi bo‘lib barmoqlariga tekkanini sezdi va qo‘li tepaga ko‘tarilganda keng-mo‘l yengi shitirlaganini, zarb bilan urish uchun havolangan chizg‘ichning shuvillagan tovushini eshitdi. Bir zarb bilan sindirilgan tayoqning tovushiday qarsillagan achchiq, shiddatli va ayovsiz zarbadan uning qo‘li olovga tushgan bargday bujmayib-tirishib qoldi, ketma-ket tushayotgan zarbalar shovqini va og‘riqning zo‘ridan ko‘zlariga qaynoq yosh quyilib keldi. Qo‘rquvdan a’zoyi badani qaltirar, qo‘llari titrar, qip-qizarib olovi chiqib ketgan kafti va barmoqlari havoda muallaq osilib qolgan bargday titrardi. O‘pkasi to‘lib ketdi, agar og‘zini ochsa o‘kirib, bo‘ldi bas, qo‘yib yuboring, deya ho‘ngrab yig‘lab yuborishi aniq edi. Biroq ko‘zlari qaynoq yoshlarga to‘lgan, qo‘llari og‘riq azobidan qalt-qalt titrayotgan bo‘lsa-da, u ko‘z yoshlari aralash bo‘g‘ziga tiqilgan faryodni ichiga yutdi.
— Narigi qo‘lingni cho‘z! — qichqirdi inspektor.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:55:56
Stiven abjag‘i chiqib ketgan, titrayotgan qo‘lini tushirdi va chap qo‘lini cho‘zdi. Yana tepaga ko‘tarilgan qo‘l yengi shitirladi, yana havolangan chizg‘ichning shuvillagani eshitildi va qattiq qarsillagan, achchiq, chidab bo‘lmas, cho‘g‘day kuydirib yuboradigan og‘riqdan uning kafti va barmoqlari bir parcha qip-qizil go‘shtga aylanib tugilib qoldi. Ko‘zlaridan qaynoq yoshlar tirqirab otildi, alam, azob va qo‘rquv ichida yuz-ko‘zlari lovullagancha, titrab turgan qo‘llarini tortib oldi va ingrab yubordi. Qo‘rquvdan vujudi karaxt bo‘lib qoldi, ayanchli ahvolidan alam bilan to‘lg‘anarkan bo‘g‘zidagi faryod beixtiyor otilib chiqayotganini, qaynoq ko‘z yoshlari tizillab lov-lov yonayotgan yonoqlaridan oqib tushayotganini his qildi.
— Tiz cho‘k! — baqirdi inspektor.
Stiven ayovsiz savalab tashlangan qo‘llarini pinjiga bosgancha darhol tiz cho‘kdi. Ezilgan, qavarib shishib ketgan qo‘llariga ichi achidi, bular o‘zining emas, boshqa birovning qo‘llariday ularga rahmi keldi. U tiz cho‘kib o‘tirib, bo‘g‘zidagi so‘nggi alamli yoshlarni ichiga yutib, kuyishib og‘riyotgan qo‘llarini pinjiga bosib, kaftini tepaga qarata cho‘zgan qo‘lini, inspektorning qo‘li barmoqlariga qattiq tekkanini, titrayotgan barmoqlarini qanday yoyganini, abjag‘i chiqib, qavarib, qip-qizarib ketgan kaftining yumshoq go‘shtini va havoda najotsiz qaltirab turgan barmoqlarini bir-bir ko‘z oldiga keltirdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:56:09
— Qani hamma ishga! — qichqirdi inspektor eshik tomonga burilayotib, — hazrat Dolan har kun kelib xabar oladi, tekshiradi — qani bu yerda yana jazoga loyiq ishyoqmas takasaltanglar, yalqovlar bormikan? Har kuni keladi hazrat Dolan, bilib qo‘yinglar! Har kuni!
Uning ortidan eshik berkildi.
Yuvvosh tortib qolgan bolalar nafasini ichiga yutib, bosh ko‘tarmay mashqni yozishni davom ettirishardi. Hazrat Arnoll o‘rnidan turdi va partalar orasidan yurib, yoqimli so‘zlar bilan bolalarning ko‘nglini ko‘tardi, yo‘l qo‘yishgan xatolarini tushuntira boshladi. Uning ovozi juda yoqimli va mayin bo‘lib qolgan edi. Keyin u kelib joyiga o‘tirdi va Fleming bilan Stivenga dedi:
— Joylaringga borib o‘tirishlaring mumkin. Ikkalang ham.
Fleming bilan Stiven o‘rinlaridan turishib, borib partalariga o‘tirishdi.
Uyatdan yuzlari bo‘g‘riqib ketgan Stiven shoshib-pishib bir qo‘li bilan kitobni ochdi-da, egilib boshini varaqlar orasiga burkab oldi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:56:34
Nohaqlik, shafqatsizlik bo‘ldi bu, chunki unga doktor ko‘zoynaksiz o‘qishni taqiqlagan edi, bugun ertalab u otasiga xat yozib, ko‘zoynak yuborishlarini so‘ragan edi. Hazrat Arnoll ham uyidagilaring ko‘zoynak yuborishguncha yozmay turishing mumkin, degandi. Shundan keyin ham uni butun sinfning oldida nayrangboz deb haqorat qilishdi, savalashdi, axir, u sinfda doim birinchi yoki ikkinchi o‘quvchi bo‘lsa. Yorklarning sardori bo‘lsa. Nega inspektor uni nayrangboz dedi? U inspektorning barmoqlari, kaftini yoymoqchi bo‘lib, barmoqlariga tekkanini sezgan paytda ko‘rishmoqchi shekilli, deb o‘ylagandi, chunki inspektorning barmoqlari yumshoq, lo‘ppigina edi, biroq shu daqiqada bir zum yuqoriga ko‘tarilgan qo‘l yengining shitirlagani eshitildi-yu, zarba tushdi. Uni sinfning o‘rtasiga tiz cho‘ktirib qo‘yishgani ham nohaqlik va shafqatsizlikdan boshqa narsa emas. Hazrat Arnoll ikkalasiga ham joylaringga borib o‘tirishlaring mumkin dedi, biroq bu gapni ikkalang ham bir go‘rsan, degan ohangda aytdi. U hazrat Arnollning mashqlarini tuzatayotib xotirjam va muloyim ovozda gapirganini eshitdi. Ehtimol, u endi afsuslanayotgandir, rahmdil bo‘lgisi kelib qolgandir. Biroq baribir nohaqlik, shafqatsizlik bo‘ldi bu. Inspektor — ruhoniy kishi, ammo uning bu ishi nohaqlikdan, berahmlikdan boshqa narsa emas. Uning oqishdan kelgan bo‘zrang basharasida, temir gardishli ko‘zoynagi ortidan o‘qrayib qaragan nursiz ko‘zlarida rahm-shafqatdan asar ham yo‘q edi, chunki u avvaliga o‘zining yumshoq barmoqlari bilan uning kaftini yoydi, biroq ko‘rishmochi bo‘lib emas, ayovsiz savalash uchungina shunday qildi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:56:49
— Men buni uchiga chiqqan razillik deb hisoblayman, bor gap shu, — dedi Fleming bolalar uzun dahlizdan turnaqator bo‘lib oshxonaga borishayotganda. — Axir, hech qanday aybi yo‘q odamni savalash adolatdanmi?
— Chindanam sen ko‘zoynagingni bilmay sindirib qo‘ydingmi? — so‘radi Sassiq Rouch.
Flemingning gapidan Stivenning yuragi siqildi. Sassiq Rouchga esa javob qilmadi.
— Albatta-da, bilmay, bexosdan, — dedi Fleming. — Men bunga chidab turolmasdim. Men to‘g‘ri borib rektorga shikoyat qilardim, o‘lay agar.
— To‘g‘ri, — uning gapini chaqqon ilib oldi Sesil Sander, — men ko‘rdim uning chizg‘ichni kiftiga tashlab bildirmay olib kirganini. Bunday qilishga uning haqqi yo‘q.
— Juda qattiq og‘ridimi, a? — so‘radi Sassiq Rouch.
— Ha, judayam, — dedi Stiven.
— Men hecham bu Tozining shu qilig‘iga chidab o‘tirmasdim. Umuman, bunday tozilarni ko‘rishga ko‘zim yo‘q, — gapga aralashdi Sassiq Rouch, — ertaga yana kelaman dedi u, kelib u seni yana uradi.
— To‘g‘ri aytayapti. Sen borib rektorga shikoyat qilmasang bo‘lmaydi, — chuvillashdi bolalar.
Ikkinchi sinfning ba’zi bir bolalari bu mojaroni eshitib turishgandi, ulardan biri dabdabali ohangda shunday dedi:
— Senat va Rim ahli qaror qiladi: Dedalusga berilgan jazo noto‘g‘ri.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:57:24
Bu noto‘g‘ri berilgan jazo edi, bu chindan nohaqlik va shafqatsizlik edi. U oshxonada o‘tirib boshiga tushgan ko‘rgulikni boshdan-oxir qayta-qayta eslarkan, kutilmaganda miyasiga: yuzimga qaragan odam meni nayrangboz deb o‘ylashi mumkinmi, degan o‘y keldi. Afsus, hozir cho‘ntagida kichkina oynasi bo‘lganda yuziga bir qarab ko‘rardi. Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas, unga nisbatan adolatsizlik qilindi, bu nohaqlik, borib turgan shafqatsizlik.
To‘q kulrang tusdagi baliq kotleti uning tomog‘idan o‘tmadi. Ularga chorshanba, muqaddas ro‘za kunlari shunday kotlet berilardi: bitta kartoshkada belkurakning izi qolibdi. Ha, to‘g‘ri, u shunday qiladi, xuddi bolalar aytganiday ish tutadi. To‘g‘ri borib, rektorning oldiga kiradi, o‘zini nohaqdan jazolashganini aytib beradi. Bir buyuk odam ham shunday qilgan, tarix darsligida uning surati bor. Rektor unga jazo noto‘g‘ri berilganini e’lon qiladi — axir, senat va rim xalqi nohaq jazolanganlarni hamisha oqlagan va ular noto‘g‘ri jazolanganlar, deya e’lon qilgan. Ular buyuk odamlar bo‘lishgan, ismlari Richmel Megnollning savolnomasida bitilgan. Tarixda ham, Piter Parlining Yunoniston va Rim haqidagi hikoyalarida ham shunday odamlar va ularning ishlari haqida aytilgan. Birinchi betdagi suratda Piter Parlening o‘zi chizilgan. Suratda tekislikdagi ikki tomonini o‘t-o‘lanlar va butalar qoplagan yo‘l tasvirlangan, Piter Parle esa protestantlar ruhoniysiga o‘xshab, soyavoni keng-mo‘l shlyapada, qo‘lida yo‘g‘on hassa bilan Yunonistonga va Rimga olib boradigan yo‘lda jadal odimlab borayotir.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:57:51
Axir, buning hech qanday qiyin joyi yo‘q — rektorning oldiga kirib, bor gap aytiladi, xolos. Bu oson: tushlikdan hamma bilan birga chiqadi, dahlizdan yurmaydi, aksincha, qasrga boriladigan zinadan ko‘tariladi: shundan so‘ng o‘ngga burilsa bo‘ldi, bir zumda pastqam, g‘ira-shira, tor dahlizda paydo bo‘ladi, bu joydan rektorning xonasi bir qadam.
Qanday bo‘larkan? U yuqori sinf bolalarining stoldan turishayotganini eshitdi: oshxona o‘rtasidagi poyondoz ustidan yurib borayotgan bolalarning qadam tovushlari eshitildi. Ana Peddi Ret, Jimmi Mejji, ana ispan bola, portugal bola ham ketayapti, beshinchi bo‘lib Korrigen borayotir, Korrigenni mister Glison savalaydi. Inspektor Dolan esa uni nayrangboz deb haqorat qildi va hech bir sababsiz savaladi: Stiven yig‘idan qizarib ketgan xira ko‘zlariga zo‘r berib, Korrigenning keng yelkalariga qaradi. Korrigen qora boshini osiltirib hammadan orqada u bilan yonma-yon borayotir. Biroq Korrigenning o‘zidan ham o‘tdi-da, harqalay, mister Glison uni jonini achitib urmaydi. U Korrigenning hammomda juda basavlat ko‘ringanini esladi. Uning terisi torf rangiday, xuddi hovuz chetidagi sayoz loyqa suv tusiga o‘xshaydi, yo‘lakdan yurib o‘tganida oyoqlari ho‘l plitalar ustida gurs-gurs etadi, qadam tashlaganda sonlari lorsillaydi, chunki u semiz.
Oshxonaning yarmi bo‘shab qoldi, bolalar turnaqator tizilishib eshikka qarab borishayotir. U zinadan to‘g‘ri yuqoriga qarab yuradi, chunki oshxonaning eshigi ortida hech qachon nazoratchiyam, inspektor ham bo‘lmaydi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 20:59:33
Yo‘q, bormagani ma’qul. Rektor baribir inspektorning tarafini oladi, bular bari nayrang, deydi, buning ustiga inspektor har kun keladi-ku, battar bo‘ladi keyin, rektorga shikoyat qilgan shu bolami, deb yomon ko‘rib qoladi uni. Bolalar uni borishga undashayapti-yu, biroq o‘zlariga qolsa borishmasdi. Ular hammasini unutib yuborishgan allaqachon. Yo‘q, bormaydi, uyam unutgani ma’qul. Aytgancha, inspektor har kuni kelaman deb shunchaki po‘pisa qildimikan. Yo‘q, bormagani tuzuk, yaxshisi inspektorning ko‘zidan panaroqda yuradi, nega deganda, kichkina bo‘lsang, ko‘zga ilinmasang senga tegishmaydi.
Uning stolidagi bolalar qo‘zg‘alishdi. U o‘rnidan turib, bolalarning ortidan eshikka yurdi. Hal qilish kerak. Mana, eshikka yaqinlashib qoldi. Agar bolalarga ergashib yana ozgina yursa o‘tib ketadi — rektorning xonasiga borolmaydi, chunki keyin sport maydonchasidan qaytib kelishning iloji bo‘lmaydi. Rektorga borsayam, baribir, jazolashadi, hamma uning g‘ashiga tegadi, inspektorning ustidan rektorga shikoyat qilgan tirrancha Dedalus shu, deb gap qilib yuradi.
U poyondozdan yurib eshikkacha bordi. Yo‘q. Bormaslik kerak. U bunday qilolmaydi. Stiven inspektorning kal boshini, o‘qraygan rahmsiz ko‘zlarini esladi va qulog‘iga uning ism-sharifing nima, degan tovushi qayta-qayta eshitildi. Nega u bir marta aytganda eslab qololmadi? Eslab qololmagani uchun qayta so‘radimikan yo ism-sharifini masxaralamoqchi bo‘ldimikan? Tarixda o‘tgan buyuk kishilarning ism-shariflari unikiga o‘xshaydi, biroq hech kim ularni masxaralab kulmaydi-ku. Kalaka qilgisi kelgan bo‘lsa, o‘zining ism-sharifidan kulsin. Dolan — ularning uyiga kir yuvish uchun kelib yuradigan bir xotinning ism-sharifiga o‘xshaydi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 21:00:22
U tor, qorong‘i dahlizdan yurib, hujralarning pastak eshikchalari yonidan o‘tdi. G‘ira-shira qorong‘ulikda o‘ngga, chapga alanglab borayotib, bu yerdagi devorlarda suratlar bo‘lishi kerak, deb o‘yladi. Atrof qorong‘i va jim-jit edi, uning ko‘zlari yaxshi ko‘rmas, yig‘idan shishib ketgan, shu sababdan u hech narsani ajratolmasdi. Biroq jamoaning ulug‘ kishilarining suratlari devordan unga qarab turganday tuyuldi: avliyo Ignatiy Loyola qo‘lida ochiq kitob, shahodat barmog‘i bilan "œAd Mojorem Dei Gloriam"*2 iborasini ko‘rsatib turibdi, avliyo Frantsisk Ksaveriy ko‘ksiga ishora qilgan, boshiga movut qalpoq kiygan Lorentso Richchi sinf nazoratchisining o‘zginasi, xudojo‘y o‘g‘lonlarning uch nafar homiysi — avliyo Stanislav Kostka, avliyo Aloiziy Gonzaga va saodatmand Ioann Berxmans — uchalasi ham navqiron qiyofada, chunki ular navqiron yoshda qazo qilishgan, hazrat Piter Kenni esa oromkursida keng-mo‘l plashiga o‘ranib o‘tiribdi.
U kiraverishdagi maydonchaga chiqdi va alanglab atrofga ko‘z tashladi. Mana shu yerdan o‘tgan Gamilton Rouen, askarlar otgan o‘qlarning izi bor edi bu yerda. Keksa xizmatkorlar marshalning oppoq libosiga burkangan arvohini shu yerda ko‘rishgan.
Keksa xizmatkor maydonchaning bir chetini supurayotgan edi. U qariyadan rektorning xonasi qaerda deb so‘radi, qariya qarshi tomondagi oxirgi eshikni ko‘rsatdi va u yurib kelib, eshikni taqillatguncha orqasidan kuzatib turdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 21:00:57
Ichkaridan hech kim javob qilmadi. U qattiqroq taqillatdi va ichkaridan bo‘g‘iq ovoz eshitilganda yuragi shuv etib ketdi:
— Kiravering.
U eshikning tutqichini buradi, eshikni ochdi va ichkaridagi yashil namat qoplangan ikkinchi eshikning tutqichini izlab paypasladi. Tutqichni topib bosdi va xonaga kirdi.
Rektor stolda yozib o‘tirardi. Stolda bosh suyagi turibdi, xonada eski oromkursiga qoplangan terining hidiga o‘xshagan g‘alati hid bor edi.
Bunday tabarruk joyga kirib qolganidan hayajonlanib va xonadagi vazmin sukunat bosib, yuragi tez urib ketdi: u stoldagi bosh suyagiga va rektorning muloyim chehrasiga qaradi.
— Xo‘sh, bolakay, nima gaplar? — so‘radi rektor. — Tinchlikmi?
Stiven entikib, tomog‘iga tiqilgan hayajonni yutarkan dedi:
— Men o‘zimning ko‘zoynagimni sindirib qo‘ydim, ser.
Rektor og‘zini ochdi va taajjublangan ohangda dedi:
— O‘!
Keyin kulib turib dedi:
— Nachora, modomiki ko‘zoynagimizni sindirib qo‘ygan ekanmiz, demak, endi uyga xat yozishga to‘g‘ri keladi, yangisini yuborishsin.
— Men uyimizga xat yozdim, ser, — dedi Stiven, — hazrat Arnoll ham aytdilar, uydagilaring yangi ko‘zoynak yuborishguncha yozmay turgin, dedilar.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 21:01:45
— Yaxshi, juda yaxshi, — dedi rektor.
— Biroq...
— Xo‘sh?
— Hazrat Dolan bugun kelib, meni mashqni yozmaganim uchun savaladi.
Rektor bir so‘z demay unga qarab turdi, Stiven yuzlariga qon yugurayotganini his qildi, shu damda ko‘zlaridan yosh tirqirab ketadiganday tuyuldi.
Rektor aytdi:
— Sening ism-sharifing Dedalus, shundaymi?
— Ha, ser.
— Qaerda sindirding ko‘zoynagingni?
— Yuradigan yo‘lakchada, ser. Bir bola velosipedda meni urib yubordi, men yiqilib tushdim, ko‘zoynagim uchib ketib sindi. Men u bolaning ism-sharifini bilmayman.
Rektor yana bir muddat churq etmay unga tikilib qoldi. Keyin kulib turib, dedi:
— Menimcha, bu yerda anglashmovchilik bo‘lgan, hazrat Dolan bilmagan-da.
— Men unga aytdim, ser, ko‘zoynagimni sindirib qo‘ydim dedim, biroq u meni jazoladi.
— Sen uyingga xat yozib yuborganingni unga aytdingmi?
— Yo‘q, ser.
— Ana, ko‘rdingmi, demak, hazrat Dolanga tushuntirib aytmagansan. Unga aytgin, men seni bir necha kunga mashg‘ulotlardan ozod qildim.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 21:02:16
— Rahmat, ser, biroq hazrat Dolan aytdi, ertaga u yana kelarkan, meni yana uradi.
— Yaxshi, — dedi rektor, — anglashmovchilik bo‘libdi-da, hazrat Dolan bilan o‘zim gaplashaman. Xo‘sh, bo‘ldimi?
Stiven ko‘zlarini yosh qoplaganini sezdi va pichirlab dedi:
— Ha, bo‘ldi, rahmat, ser.
Rektor stolning bosh suyagi turgan tarafidan qo‘lini uzatdi va Stiven bir lahza uning sovuq, ho‘l kaftini his qildi.
— Xo‘p, xayr, — dedi rektor qo‘lini olarkan, bosh irg‘ab.
— Xayr, ser, — dedi Stiven.
U ta’zim qildi va xonadan astagina chiqib, ortidan ikkala eshikni ham sekin, avaylab bekitdi.
Biroq maydonchada keksa xizmatkorning yonidan o‘tib, yana pastqam, tor va qorong‘i dahlizga kelganda qadamini tezlatdi. U tobora qichab, g‘ira-shira qorong‘ilikda shoshib-pishib, entikib, tez-tez yura boshladi. Dahlizning oxiridagi eshikni tirsagi bilan itarib ochdi-da, zinadan yugurib tushib, yana ikkita dahlizdan chopib o‘tdi va — tashqariga otilib chiqdi.
U maydonda o‘ynayotgan bolalarning qiyqiriqlarini eshitdi. O‘zini to‘xtatolmay yugurib ketdi va shu chopishda yuguradigan yo‘lakdan o‘tdi-da, maydonchaga yetganda nafasi tiqilib, o‘zining sinfi oldida to‘xtadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 21:02:36
Uning chopib kelayotganini bolalar ko‘rib turishgandi. Ular darhol Stivenni qo‘rg‘alab o‘rab olishdi, gapini yaxshiroq eshitish uchun bir-birlarini turtib-sura boshlashdi.
— Xo‘sh, ayt qani, nima bo‘ldi?
— U nima dedi?
— Kirdingmi oldiga?
— U nima dedi?
— Ayt qani, nima bo‘ldi?
U bolalarga o‘zi nima deganini va rektor nima deb gapirganini aytib berdi. Gapini tugatishi bilan bolalar bir varakayiga furajkalarini osmonga irg‘itishib, qichqirib yuborishdi:
— Ur-ra!..
Ular furajkalarini ilib olishib, yana osmonga qarab irg‘itishdi va yana qichqirishdi:
— Ura! Ura!
Keyin bir-birlarining qo‘llarini chalishtirib ushlashib, ustiga uni ko‘tarib o‘tqazishdi va to o‘zi sakrab tushib qochib ketgancha ko‘tarib chopishdi. U o‘zini yerga tashlab bir chetga qochgandan so‘ng bolalar har yoqqa sochilib, yotgan joylarida yana furajkalarini osmonga irg‘itishdi va furajkalari havoga ko‘tarilganda hushtak chalib, qichqirishdi:
— Ura!
Keyin ular uch marta kal Dolanga qarshi g‘azab bilan hayqirishdi va yana uch bor Konmi sharafiga "œura" aytishdi va uni Klongous kolleji tarixida eng zo‘r rektor, deb e’lon qilishdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 21 Oktyabr 2007, 21:03:23
Mayin bo‘zrang havoda olisdan kelayotgan qiyqiriqlar tovushi tindi. U yolg‘iz o‘zi o‘tiribdi. Yelkasidan og‘ir yuk tushganday yengil, vaqti chog‘. Biroq baribir u hazrat Dolanning oldida kekkaymaydi, intizomli va itoatkor bola bo‘ladi. Ko‘nglida hazrat Dolanga biror-bir yaxshilik qilgisi, takabburlik qilmayotganini bildirgisi keldi.
Havo mayin, bulutli va sokin edi: qosh qoraya boshlagandi. Kechki salqin turdi, qishloqda dala havosi shunaqa yoqimli bo‘ladi, ular dalada mayor Bartonning chorbog‘ida sholg‘om kavlashdi, sholg‘omni shu yerdayoq tozalashib, yo‘l-yo‘lakay yeyishdi: ayvoncha ortidagi, mozilar o‘sadigan o‘rmondan shunaqa yoqimli hid taraladi.
Bolalar uzoqdan va yaqindan to‘p oshirishni mashq qilishayapti. Bulutli mayin havoda dukkillagan past tovush quloqqa chalinadi va bu osoyishtalikni buzib, har tarafdan kreket tayog‘ining zarbalari eshitildi: pik, pok, pak — xuddi favvoradagi suv tomchisi limmo-lim hovuzga ohista tomib tushayotganday.

__________________
*1 Va begona dastgohga intildi-ku ruh (lot).
*2 "œTangrini boz sharaflamoq chun" (lot.) — iezuit ordeni shiori.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:13:45
IKKINCHI BOB

Charlz tog‘a chekadigan tamaki shu qadar achchiq ediki, oxir-oqibat unga bog‘ning etagidagi saroychaga borib, ertalabki kayfini o‘sha yerda qilishini tayinlashdi.
— Zo‘r, Saymon. Juda soz! — dedi qariya bosiqlik bilan. — Qaerda bo‘lganda-chi. Saroyda bo‘lsa saroy-da, qaytaga yaxshi.
— He, jin ursin, — dedi qizishib mister Dedalus, — bu bema’ni narsani og‘zingizga qanday olasiz, hech aqlimga sig‘dirolmayman. Axir, bu zahri qotilning o‘zginasi-ku, xudo haqqi!
— Ajoyib tamaki, Saymon, — dedi qariya, — badanni yumshatadi, kayfni chog‘ qiladi.
O‘shandan beri Charlz tog‘a har kuni ertalab sochlarini hafsala bilan orqaga tarab-tekislab, boshiga gard qoldirmay tozalangan tsilindrni qo‘ndirgach, o‘zining saroyiga yo‘l oladi. U chekib o‘tirganda eshikning tirqishidan tsilindrning bir cheti va trubkasining boshchasi ko‘rinib turadi. Mening boshpanam, deydi u badbo‘y saroychani, bu yerda yana mushuk va bog‘da ishlatiladigan asbob turadi, shuningdek, boshpanasi unga ashula mashq qiladigan studiya vazifasini ham o‘taydi va har kuni ertalab u o‘zining yaxshi ko‘rgan qo‘shiqlari: "œShox-shabbalar ko‘lankasi chekindi" yoki "œMoviy ko‘zlar, oltin sochlar", yo bo‘lmasa "œBlarni daraxtzori"ni berilib, dimog‘ida ming‘irlab xirgoyi qiladi, kulrang va zangori tutun halqalari esa trubkadan ohista o‘rmalab, ochiq havoga singib ketadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:13:57
Yozning birinchi yarmida Blekrokda Charlz tog‘a Stivenning sodiq hamrohiga aylandi. Charlz tog‘a qoruvli, yuzlaridan qat’iyati aniq ko‘rinib turadigan, oftobda toblangan, oppoq chakka soqolli chol edi. Dam olish va bayramdan boshqa kunlari unga oziq-ovqatga buyurtma berib kelish vazifasi yuklanar, u uydan chiqib, Kerisfort-avenyuga, shaharning shoh ko‘chasidagi, odatda, oila zarur narsalarni xarid qiladigan do‘konga yo‘l olardi. Stiven u bilan do‘kon aylanishni yaxshi ko‘rardi, chunki Charlz tog‘a yo‘l-yo‘lakay ochiq qutilarga, katta yog‘och chelaklarga to‘latilgan meva-chevalardan olib unga ulashardi. Bir bosh uzumni xas-xashagi bilan changallab ko‘targan yoki ikki-uch dona olmaga qo‘l solgan va ularni bolaga bajonidil hadya etgan paytlari bo‘lgan. Bunday paytda sotuvchi tirjayib qo‘yadi; agar Stiven o‘zini olgisi kelmayotganday ko‘rsatsa, sotuvchi qovog‘ini solib deydi:
— Olavering, ser, eshitayapsizmi gapimni! Ichak-chovoqqa nafi bor buning!
Buyurtma qabul qilib olingandan so‘ng ular bog‘ga yo‘l olishardi, bog‘da ularni Stivenning otasining eski oshnasi Mayk Flinn skameykada kutib o‘tirgan bo‘lardi. Shu yerdan Stiven bog‘ni aylanib yugura boshlardi. Mayk Flinn qo‘lida soat bilan vokzalga yuriladigan yo‘lak boshida turar, Stiven esa bog‘ni aylanib, Mayk Flinnning qoidasi bo‘yicha — boshini g‘oz tutib, tizzalarini baland ko‘tarib, qo‘llarini ikki biqiniga tiragan holda yugurardi. Ertalabki yugurish tugagandan so‘ng murabbiy unga xatolarini uqtirar va ba’zan qanday yugurish kerakligini ko‘rsatish uchun eski ko‘k kanop tuflida, oyoqlarini bir-biriga urib, zavq bilan bir necha qadam yugurardi. Garchi unga otasi bizning zamonning eng zo‘r chopag‘onlari Mayk Flinnning qo‘lida tarbiya topgan, deb aytgan bo‘lsa-da, Stiven ustozining so‘lg‘in, tikanday tuk bosgan yuziga, tamaki o‘rayverib sarg‘ayib ketgan uzun barmoqlariga achinib ko‘z tashlab qo‘yar, qavargan uzun barmoqlari tamaki o‘rashdan to‘xtaganda, tamaki uvoqlari shuvillab xaltachaga to‘kilib tushayotganidan bexabar holda tuyqusdan uzoq-uzoqlarga o‘ychan termilib qarab qoladigan zangor xira ko‘zlariga qarardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:14:07
Uyga qaytayotganlarida Charlz tog‘a ko‘pincha cherkovga kirardi. Bu yerdagi muqaddas suv solingan idishga Stivenning qo‘li yetmasdi, shunda chol idishga qo‘lini botirib olib, tez-tez silkib Stivenning ust-boshiga va cherkovning eshigi oldiga suv sachratardi. Cho‘qina turib u tiz cho‘kardi, bungacha qizil dastro‘molini yozar va har bir sahifasining tagiga duoning ilk so‘zlar bitilgan, eskirib qorayib ketgan duolar kitobiga qarab pichirlab ovoz chiqarib ibodat qilardi. Stiven uning taqvodorligiga xayrxoh emasdi, biroq cholning e’tiqodiga hurmat yuzasidan yonida tiz cho‘kib o‘tirardi. U ko‘pincha: Charlz tog‘a nega bunchalik berilib duoxonlik qilarkan, deb o‘ylardi. Ehtimol, arosatda qolgan ruhlarga Yaratgandan shafqat tilar yoki oxirini oson qilishini iltijo etar, balki Korkda o‘zi shamolga sovurgan katta boylikning hech bo‘lmasa bir bo‘lagini qaytarib berishini Yaratgandan o‘tinib so‘rar.
Yakshanba kunlari Stiven otasi va tog‘asi bilan birga sayrga chiqardi. Oyog‘idagi qadoqlariga qaramay chol bemalol yayov yurardi va ko‘pincha ular o‘n, ba’zan hatto o‘n ikki mil yo‘l bosib qo‘yishardi. Stillorgen qishloqchasida yo‘l ikkiga ajralardi. Ular yo chapga, Dublin tog‘lari tarafga qayrilishar yoki Goutstaunga qarab yurib, u yoqdan Dandremga o‘tib va Sendiford orqali uyga qaytishardi. Yurib borayotib yoki oyoqlarini sovutish uchun yo‘l chetidagi biror-bir oshxonaga bosh suqishganda kattalar har doimdagiday o‘zlarining yaxshi ko‘rgan mavzulari — Irlandiyadagi siyosiy masalalar haqida, Manster yoki bir paytlar oilada bo‘lib o‘tgan voqealar to‘g‘risida gapga tushib ketishardi, Stiven esa ularni jon qulog‘i bilan tinglardi. Tushunarsiz so‘zlarni u ichida qayta-qayta takrorlar, yodlab olguncha tinchimasdi va atrofidagi dunyoni ularning gap-so‘zlaridan tushunib olishga shu tariqa oz-ozdan o‘rganib borardi. Nazarida, dunyo ishlarida o‘zi ham ishtirok etadigan vaqt-soatlar yaqinlashib qolganday tuyular va u zimdan ulug‘ ishga tayyorlana boshlagan, bu ulug‘ ish o‘zining taqdir-peshonasiga bitilganini ko‘nglida his etar, biroq mohiyatini g‘ira-shira tasavvur qilar edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:14:19
Tushlikdan keyin uning ixtiyori o‘zida bo‘lardi: eskirib to‘zigan kitobni — "œGraf Monte-Kristo"ning tarjimasini o‘qishga berilardi. Bu qayg‘uli qasoskor obrazi uning tasavvurida bolaligida xayol qilgan tushunarsiz va qo‘rqinchli narsalarga bog‘lanib ketardi. Kechalari u mehmonxonadagi stol ustida qog‘ozga ko‘chiriladigan suratlardan, qog‘oz gullar, rangli yupqa qog‘ozlar va shokolad o‘raydigan yaltiroq qog‘oz tasmachalaridan oroldagi vahimali g‘or shaklini yasardi. Keyin bu inshootni, soxta yaltiroqligidan yuragi siqilib, buzib tashlardi va shunda ko‘z o‘ngida Marselning yorqin manzarasi, quyosh nurlari to‘kilib turgan bog‘ tevaragidagi to‘siqlar va Mersedes paydo bo‘lardi.
Blekrok ortida, toqqa olib boradigan yo‘lda, atirgullar o‘sadigan bog‘da kichkina oq uycha bor, bu uychada, derdi u o‘ziga-o‘zi, boshqa bir Mersedes yashaydi. Sayr qilgani chiqayotib yoki uyga qaytib kelayotib, u o‘sha joygacha bo‘lgan masofani o‘zicha chamalar va xayol-orzusida xuddi kitobdagiday, uzundan-uzoq g‘aroyib sarguzashtlarni boshdan kechirar, oxirida esa o‘zi paydo bo‘lardi: mana u — qarib qolgan va g‘amgin, oy yog‘dusiga cho‘mgan bog‘da Mersedes bilan yonma-yon turibdi, ko‘p yillar oldin qiz uning muhabbatiga xiyonat qilgan va u hasratga to‘lib, biroq mag‘rur turib dedi:
"œXonim, men muskat uzumini tanovul etmayman".
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:14:29
U Obri Millz degan bola bilan do‘stlashdi va u bilan birgalikda bog‘da sarguzasht ishqibozlari ittifoqini tuzdi. Obri kamzulining yoqasi ustidan hushtak, belidagi kamariga velosipedning kichkina chirog‘ini osib olgan, boshqa bolalar kamarlariga kalta tayoqchalarni xanjarga o‘xshatib tiqib olishgan. Stiven bir joyda Napoleonning oddiy kiyinishni ma’qul ko‘rgani, bo‘lar-bo‘lmas nishonlardan voz kechganini o‘qigan edi va bu unga askarlari bilan kengash o‘tkazganda ayricha qoniqish bag‘ishlarkan. Ittifoq a’zolari alvastilar chorbog‘iga hujum uyushtirar yoki qasrdagi qo‘rg‘onchaga jam bo‘lishib, yo‘sin qoplagan paxmoq xarsanglar ustida jang qilishardi: keyin horib-tolib uy-uylariga qaytishar, dumog‘lariga suvi eskirib ayniy boshlagan hovuzning badbo‘y hidi o‘tirib, qo‘llari, boshlari baqato‘nlarning achchiq shilimshiq shirasiga butkul belanib qolardi.
Obriga ham, Stivenga ham sutni faqat bir kishi olib kelardi va ular tez-tez aravada u kishi bilan birga Karrikmaynzga borishardi, sigirlar shu yerlarda o‘tlab yurardi. U sigirlarni sog‘ib olguncha bolalar navbat bilan yuvosh biyaga minib, dalani aylanardi. Biroq kuz kelib, sigirlarni daladan molxonaga haydab ketishdi va Stiven Stredburkdagi sasib yotgan molxonani bir ko‘rib qoldi — bijg‘ib yotgan ko‘lmaklar, uyub tashlangan suyuq go‘ng, oxurlarda kepak qorilgan yemishdan ko‘tarilayotgan bug‘dan sal bo‘lmasa ichi ag‘darilayozdi. Quyoshli kunlarda yam-yashil qirlarda yoyilib o‘tlab yurgan sigirlarni ko‘rganda ko‘zi quvonardi, endi molni ko‘rsa jirkanadigan, hatto sutga ham qayrilib qarolmaydigan bo‘lib qoldi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:14:40
Bu yil sentyabrning yaqinlashib kelayotgani uning dilini siyoh qilmasdi, chunki endi Klongousga qaytib borishining hojati yo‘q. Mayk Flinn kasalxonaga yotdi, shu bilan bog‘dagi mashqlar ham barham topdi. Obri maktabga qatnay boshladi, unga o‘ynash uchun faqat tushdan so‘ng bir soatgina ruxsat berishardi. Ittifoq ham tarqab ketdi, alvastilar chorbog‘iga hujumlar, xarsanglar ustida jang qilishlar ham tugadi. Ba’zan Stiven sutchi bilan kechqurun sog‘ilgan sutni tarqatish uchun aravada birga yurar, kechki salqinda esgan sovuqqina shabada molxonaning qo‘lansa hidini xotirasidan quvganday bo‘lar, pichan bog‘lamlari va sutchining ust-boshiga ilashgan molning yunglaridan endi jirkanmasdi. Arava biror uy oldiga kelib to‘xtaganda: hozir eshik ochilib, bir zum yaltiratib tozalangan oshxona yoki yop-yorug‘ dahliz ko‘rinadi, ichkaridan xizmatkor ayol chiqib, ko‘zachasini qo‘yadi-da, eshikni berkitadi, deb kutib qarab turardi. Biroq ayni shunday— uning yuragini siqib, bog‘da mashq qilayotganida tuyqusdan oyoqlaridan madorini quritadigan gumon tuyg‘usi, ustozi Mayk Flinnning uzun, sarg‘ayib ketgan, qadoqli barmoqlariga, ma’yus egilgan so‘lg‘in, tikanday tuk bosgan yuziga umidsiz qarashga majbur etadigan xavotir hissi kelajak haqidagi shirin orzularini to‘zg‘itib yuborardi. Otasining ishlari chatoqligini u oz-moz payqagan edi: shuning uchun ham uni Klongousga jo‘natishmadi. Yaqindan beri uylarida ro‘y bera boshlagan ba’zi bir noxushliklarni u sezib yurardi, bu o‘zgarishlar uning nazarida juda mustahkam bo‘lib ko‘ringan narsalarni birin-ketin buzib tashlayotgani har safar uning dunyo haqidagi bolalarcha tasavvuriga sezilarli zarba bo‘lib tushardi. Gohi-gohida qo‘zg‘aladigan izzattalablik tuyg‘usi yuragining tub-tubida g‘imirlab qo‘yar va yuzaga chiqish uchun yo‘l qidirmasdi. U ot tuyoqlarining dupiriga, Rok-roudga tomon temir izlardan kelayotgan ko‘nka-vagonlarning taraq-turuqiga quloq solganda, shundoq ortida taraqlab yumalab tushgan kattakon tunuka idishning shovqinini eshitganda ongini, yerni qoplagan shom pardasiday, qorong‘ulik cho‘lg‘ab olardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:14:51
U xayolida Mersedesning yoniga qaytar va ko‘z oldida qizning qiyofasi jonlanganda tomirlarida g‘alati bir bezovtalik uyg‘onardi. Ahyon-ahyonda vujudini allaqanday hayajon zabt etar va uni beixtiyor shom qorong‘usi qoplagan sokin ko‘chalariga quvib solardi. Bog‘lardagi osudalik, derazalardan yog‘ilib turgan nurafshon yog‘dular hayajondan hapriqayotgan yuragiga tasalli berardi. O‘ynab yurgan bolalarning qiy-chuvlari uning g‘ashini qo‘zg‘ar, ularning ahmoqona baqiriq-chaqiriqlari esa unga, Klongousdagidan ko‘ra ham qat’iroq tarzda, o‘zining hecham boshqalarga o‘xshamasligini his etishga majbur qilardi. Uning o‘ynagisi kelmasdi. U o‘zi ko‘rib turgan mana shu haqiqiy hayotda yuragini besaranjom qilayotgan o‘sha tutqich bermas qiyofani uchratgisi kelardi. Uni qaerdan, qanday izlab topishini bilmasdi. Biroq hech qanday zahmat chekmasa-da, bir kuni o‘sha qiyofa qarshisida paydo bo‘lishini ko‘nglida sezardi. Shunda ikkalasi, garchi bir-birini oldindan bilishsa-da, oldindan biror-bir shiypon ostidagi yoki boshqa xilvatroq joyda uchrashishga ahdlashgan bo‘lishsa-da, albatta, xotirjam ko‘rishishadi. Faqat ikkalasi bo‘ladi — atrof esa qorong‘u va jim-jit; ana shu beqiyos fayzu tarovatli lahzada u qayta tug‘iladi. U qizning ko‘z o‘ngida bir zum g‘oyib bo‘ladi, jonsiz, tanasiz shaffof ruhga aylanadi va shu lahzaning o‘zidayoq qayta yaraladi. Bo‘shangligi, ma’yusligi, tajribasizligi ana shu sehrli lahzada uni butkul tark etadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:15:07
Bir kuni erta tongda darvoza oldiga bir juft sariq soyabon arava kelib to‘xtadi va odamlar og‘ir-og‘ir qadam tashlashib uyga kirishdi, ular jihozlarni olib ketish uchun kelishgandi. Mebelni aravaga gulzorni bosib ko‘tarib olib o‘tishdi, gulzorda poxol va ip-arqonlarning uzuq-yuluq parchalari sochilib yotardi. Jihozlarni yuklab bo‘lishgach, aravalar taraqlagancha ko‘chada yurib ketdi. Yig‘lamsiragan onasining yonida o‘tirgan Stiven ko‘nkaning derazasidan Merion-roud bo‘ylab yo‘rtib ketishayotganini ko‘rdi.
O‘sha kuni kechqurun mehmonxonadagi kaminni yoqish qiyin bo‘ldi, mister Dedalus temir kosov bilan kaminni kovlashtirdi, ko‘mirning olov olishini kutib turdi. Charlz tog‘a bo‘shab qolayotgan, to‘shanchilari yig‘ib olingan xonaning bir burchagida mudrab o‘tiribdi. Stoldagi chiroq yuk tashuvchilar oyoq izlari qolgan kir-chir polni xiragina yoritadi. Stiven otasining yonida kichkina kursichada, uning o‘ziga-o‘zi aytayotgan uzuq-yuluq gaplarni eshitib o‘tiribdi. Avvallari u kam narsani tushunar yo umuman hech narsani tushunmas edi, biroq asta-sekin otasining dushmanlari borligini va qandaydir kurash bo‘lishi kutilayotganini ilg‘ay boshladi. U o‘zini ham bu kurashga tortishayotganini, unga ham allaqanday majburiyat yuklanayotganini sezdi. Uning orzularini, Blekrokdagi osoyishta hayotini ostin-ustun qilib yuborgan kutilmagandagi ko‘chish, tuman bosgan fayzsiz shahardan aravada yurib o‘tganlari, endi ular yashaydigan, saromjon-sarishtasiz yap-yalang‘och uy haqidagi o‘ylar yuragini siqardi. Shunday damlarda yana qandaydir bir nur, kelajakdan umidvorlik tuyg‘usi unga kuch bag‘ishladi. U endi xizmatkor ayollarning dahlizda nega sirli pichirlashganini, otasining nega kamin tagiga to‘shalgan gilamcha ustida tik turib olovga orqasini tutib, ovozi boricha Charlz tog‘aga bir nimalarni uqtirmoqchi bo‘lgani-yu, Charlz tog‘aning uni o‘tirishga, ovqatlanib olishga ko‘ndirmoqchi bo‘lib uringanlarining sababini bilardi.
— Men hali taslim bo‘lganim yo‘q, Stiven, o‘g‘lim, — derdi mister Dedalus kosov bilan kamindagi miltillab turgan olovni asabiy qo‘zg‘arkan, — hali biz kurashamiz, jin ursin (o‘zing kechirgaysan, tangrim), ha, hali shunday jang qilaylikki!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:15:19
Dublin yangi va notanish joy edi. Charlz tog‘a shu qadar uquvsiz bo‘lib qoldiki, uni topshiriq bilan biror joyga ishonib jo‘natishning iloji yo‘q edi, boz ustiga, ko‘chib kelishgandan so‘ng uyda avj olgan besaromjonlik va tashvishlardan Stiven, Blekrokdagidan ko‘ra ham, bekorchi bo‘lib qoldi. U dastlab qo‘shni uy oldidagi maydonchani aylanishga jur’at etdi, bir tor ko‘chaning yarmigacha bora oldi, biroq keyin xayolida o‘zicha shahar planini chizgan bo‘lib, markaziy ko‘chalardan biriga chiqib oldi va dadil yurib bojxonagacha bordi. U daryo qirg‘og‘idagi kemalar ta’mirlanadigan ustaxonalar yonida shunchaki sandiraqlab yurdi, suv betidagi qalin sarg‘aygan ko‘pik ichida qalqib turgan bir talay po‘kak-suzgichlarga, bandargohda uymalashib turgan yuk tashuvchilarga, taraqlab borayotgan aravalaru pala-partish kiyingan, soqolli politsiyachilarga ajablanib qaradi. Qirg‘oqqa uyub tashlangan yoki kemalarning ichida osilib turgan toy-toy narsalar unga hayotning zalvorli va favqulodda g‘alatiligidan darak berar, tag‘in qalbida kechqurunlari bog‘dan boqqa Mersedesni qidirib izg‘ishga majbur etadigan o‘sha bezovta tuyg‘uni qo‘zg‘ar edi. Va bu yangi gullagan qaynoq hayot ichida u Marselni ham tasavvur qila olishi mumkin edi, biroq bu yerda na shishaday toza osmon va na quyosh nuri yaraqlab turgan vino do‘konlarining panjarasimon derazalari bor. U qirg‘oqqa nazar tashlaganida, daryoga va yer bag‘irlab turgan osmonga qaraganida ichida mubham bir g‘ashlik toshib kelar, biroq u baribir har kuni shaharni izg‘ishini kanda qilmas, go‘yo o‘ziga chap berayotgan kimnidir izlayotganday tinib-tinchimas edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:15:30
U ikki marta onasi bilan qarindoshlarining uyiga mehmonga bordi va har gal mavlud bayrami uchun bezatilgan — yarqirab nur sochib turgan savdo rastasi yonidan yurib o‘tilgan bo‘lsa-da, chiroyi ochilmadi, g‘amgin kayfiyat uni tark etmadi. G‘amginligining esa o‘ziga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan sabablari ko‘p edi. O‘zining hali kichik ekani unga alam qilar, allaqanday ahmoqona tiyiqsiz ehtiroslarga berilib qolishlari, uylarida hayot maromining o‘zgarib ketgani orzu-o‘ylarini ostin-ustun qilib, dardu dunyosini favqirona va soxta bir nimaga aylantirib qo‘ygani uni pushaymonga solardi. Biroq alam va pushaymonlar uning tevarak-atrofdagi olamni anglay boshlagan idrokiga yilt etgan yangilik olib kirmadi. U nimaiki ko‘rgan bo‘lsa, barchasini chidam bilan, og‘rinib ko‘nglidan o‘tkazar va bu og‘ir kayfiyat zimdan uning qon-qoniga singib borardi.
U xolasinikida, oshxonada kursida o‘tirardi. Kaminning ortidagi loklangan devorda qalpoqli chiroq osilib turar va uning yorug‘ida xolasi tizzasiga tashlagan oqshomgi gazetani o‘qirdi. Xolasi kulib tushgan ayollar suratiga uzoq qarab turdi, keyin o‘ychan ohangda dedi:
— Go‘zal Meybl Xanter.
Qo‘ng‘iroqsoch qizaloq oyoqlarining uchiga ko‘tarilib, suratga qaradi-da, sekingina so‘radi:
— Bu qaysi piesada, oyi?
— Pantomimada, qizalog‘im.
Qizcha qo‘ng‘iroqsoch boshchasini onasining qo‘liga qo‘ydi va suratga qarab, go‘yo sehrlanib qolganday shivirladi:
— Go‘zal Meybl Xanter!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:15:48
Ayyorona kulib turgan bu quv ko‘zlardan, go‘yo sehrlanib qolganday, qizcha ko‘zlarini uzolmay turdi va hayajonlanib pichirladi:
— Voy, qanday chiroyli!
Ko‘chadan yelkasida bir qop ko‘mir bilan og‘ir qadam tashlab bukchayib kirib kelgan bola uning gapini eshitdi. Bola yelkasidagi qopni yerga chaqqon tashlab, yugurib keldi. U qizarinqiragan, ko‘mirdan qoraygan qo‘llari bilan gazetani o‘ziga tortdi va qizchani chetroqqa surib, o‘ziga ko‘rinmayotganidan nolindi.
Stiven derazalari qoraygan eski uyning tepa qavatida ensiz tor oshxonada o‘tiribdi. O‘choqdagi olov aksi devorda jilpanglab o‘ynayapti, deraza ortida daryoni qoplagan shom qorong‘usi quyuqlashayotir. Kampir o‘choq oldida kuymalanadi, choy damlamoqchi: u ishidan boshini ko‘tarmay ruhoniy bilan doktor nima deyishganini sekin gapirib berayapti. Va yana kampir bemorning ahvoli qay tomonga o‘zgarayotgani, harakatlari, gap-so‘zlaridagi g‘alati alomatlarni ham aytayotir. U bu gaplarni eshitayapti, xayoli esa qarshisida miltirayotgan ko‘mir uyumida — qasrlar va saroylar ichida egri-bugri uzun yo‘laklar va tor, zimiston g‘orlarda kechayotgan olatasir sarguzashtlar bilan band.
Tuyqusdan u eshik oldida allaqanday sharpani sezdi. U yerda, g‘ira-shirada, qiya ochiq eshikning qorong‘u tirqishida bir bosh ko‘rindi. Maymunbashara g‘arib mavjudot o‘choq boshidagi ovozlarga muztar bo‘lib turibdi. Ingragan ovoz so‘raydi:
— Jozefinami bu?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:16:12
Kuymalanayotgan kampir, o‘choq boshidan jilmay, dadil javob qaytaradi:
— Yo‘q, Ellen, bu Stiven!
— Ha... salom Stiven.
U salomga alik oladi va eshikdagi basharada ma’nisiz tabassumni ko‘radi.
— Senga biror nima kerakmi, Ellen? — so‘raydi kampir.
Biroq u, savolga javob bermay, deydi:
— Men bu Jozefina, deb o‘ylabman. Men sizni Jozefina debman, Stiven. — Qiz buni bir necha bor takrorlaydi va sezdirmay qiqirlab kuladi.
U Xarold-krossdagi bolalar bayramida o‘tiribdi. Odamovi sergak kayfiyat tobora uni o‘z ta’siriga olayotir, u o‘yinlarga deyarli qo‘shilmayapti. Bolalar boshlariga qalpoq kiyib olishib, sakrashib raqs tushayotir, uning o‘yin-kulgilarga qo‘shilgisi kelayotgan bo‘lsa-da, baribir bu serzavq davrada ola-bula qalpoqlar orasida o‘zini begonaday, g‘amgin his etadi. Biroq o‘zi tayyorlagan qo‘shiqni aytib berib, tinchgina burchakka kelib qulay o‘rnashib olgach, yolg‘iz o‘tirgani o‘ziga yoqdi. Boshida unga soxta va bema’niday tuyulgan xursandchilik oqshomi endi tuyg‘ularini erkalayotgan, begona ko‘zlardan sir tutishga urinayotgan ehtirosiga tasalli berayotgan yoqimli shabadaday huzur bag‘ishlar, boz ustiga, ashula aytib raqsga tushayotgan bolalar orasidan, musiqa va o‘yin-kulgilar ichida qizning u o‘tirgan burchakka qadalib-qadalib qarayotgan mehrli, besaranjom va ayni damda intizor nigohi yuragini to‘lqinlantirib yuborardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:16:23
Dahlizda bolalar kiyinishayapti. Bayram oqshomi tugadi. Qizaloq boshiga sholro‘molini tashlab oldi va ular yonma-yon yurib chanaga borishayotganda uning issiq nafasidan chiqqan bug‘ ro‘molga burkangan boshi uzra o‘ynoqlab ko‘tarilar, boshmoqlari muz qotgan yo‘lga urilib beparvo taqillardi.
Bu chananing oxirgi qatnovi edi. Horigan to‘riq otlar buni sezar va oydin kechaga po‘pisa qilganday bo‘yinlaridagi qo‘ng‘iroqchalarni silkib-silkib qo‘yardi. Pattachi yo‘l boshlovchi bilan gaplashib oldi va yashil chiroq yorug‘ida ular bir-biriga bosh silkishdi. Bo‘m-bo‘sh o‘rindiqlarda bir talay rangli pattalar sochilib yotardi. Ko‘chaning na u va na bu tarafidan oyoq tovushi eshitilardi. Tunggi sukunatni hech qanday tovush buzmas, faqat horigan to‘riq otlar tumshuqlarini bir-biriga suykashar va qo‘ng‘iroqlarni silkitib qo‘yishardi.
Ular, aftidan, aytilgan gapga quloq solishdi: u yuqoridagi o‘rindiqqa, qiz pastdagisiga o‘tirdi. Qiz bir necha bor uning o‘rindig‘iga chiqdi va yana o‘zinikiga tushdi, gap tugaganda qiz pastga tushishni unutib, ikki marta uning yonida bir daqiqacha turib qoldi, biroq keyin tushdi. Uning yuragi suv yuzidagi po‘kaksuzgichday qizning harakatlariga monand ko‘tarilib-tushardi. Qizning sholro‘mol tagidan qaragan ko‘zlari nima deb so‘zlayotganini u eshitdi va bunday so‘zlarni u qachondir bir zamonlar, hayotdami yo xayoldami, eshitgan edi. U qizning o‘zini chiroyli ko‘rsatib, yarashib turgan ko‘ylagini, sumkasi va uzun qora paypoqlarini namoyish qilib, atay yuragini o‘rtayotganini payqadi, biroq undan ko‘zini hech uzolmasdi. Shunda hapqirib urayotgan yuragining tub-tubidan toshib kelayotgan allaqanday ovoz: u qizning, shundoq qo‘l uzatsa yetadigan tuhfasini qabul qila olarmikan, deganday bo‘lardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:16:39
Bir kuni Eylin bilan mehmonxona hovlisiga qarab turishgani yodiga tushdi: mehmonxona xodimi ustunga uzun bayroqni qo‘ndirayotgan edi, kichkina ov kuchugi kungaydagi maysada u yoqdan bu yoqqa yugurib yurardi, shunda Eylin to‘satdan kulib yubordi va qiya yo‘lakdan pastga qarab chopib ketdi. Hozir ham u, yana o‘sha paytdagiday, joyidan jilmay, harakatsiz turibdi — go‘yo sahnada o‘ynayotgan tomoshani kuzatayotgan xotirjam tomoshabinday.
"œUyam xohlayapti mening qo‘l tegizishimni, — deb o‘yladi u, — shunga men bilan birga ketayapti-da. Agar u mening o‘rindig‘imga chiqsa, unga yaqinlashishim oson bo‘ladi: shunda bizga hech kimning ko‘zi tushmaydi. Men uni quchoqlardim, o‘pardim".
Biroq u bunday qilgani yo‘q; keyin bo‘m-bo‘sh chang‘ida, oyog‘i ostidagi taram-taram zinaga g‘ussaga botib termilib o‘tirdi va qo‘lidagi pattani yirtib-yirtib qiymalab tashladi.
Ertasi kuni u o‘zining tepadagi bo‘m-bo‘sh xonasiga qamalib olib, bir necha soat stolga egilib o‘tirdi. Oldida yangi pero, yangi och yashil daftar va yangi siyohdon turardi. Daftarning birinchi betini ochib, tepasiga, odatiga ko‘ra, iezuit ordeni shiorining bosh harflarini yozdi: A.M.D.G. Birinchi yo‘lga yozmoqchi bo‘lgan she’rining sarlavhasini bitdi: E.ga. She’rga shunday sarlavha qo‘ysa ham bo‘lishini bilardi, chunki lord Bayronning she’rlar to‘plamida shunaqa sarlavhani ko‘rgan edi. Sarlavhani yozib, tagiga to‘lqinli chiziq tortib, keyin o‘ylanib qoldi va beixtiyor muqovaga allambalolarni chizaboshladi. Yodiga Breda mavlud ziyofatining ertasi kuni stolda qanday o‘tirgani va miyasiga o‘rnashib qolgan otasining iboralarini ishlatib, Parnell haqida she’r yozishga uringani tushdi. Biroq o‘shanda mavzu og‘irlik qilgandi chog‘i, mashqdan voz kechib, varaqni to‘ldirib sinfdoshlarining ism-shariflarini yozib tashlagan edi:
Rodirik Kikem
Jek Loten
Entoni Maksuini
Saymon Munen.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:16:57
Aftidan, hozir ham uringani bilan bir ish chiqmaydigan ko‘rindi, biroq o‘sha bayram oqshomini eslab ko‘ngli yorishdi, o‘ziga ishonchi ortdi. O‘shandagi ahamiyatsiz, o‘tkinchi narsalar yodidan ko‘tarilib ketgan, xotirasida na chang‘i, na pattachi bilan izvoshchi, va na otlar qolgan, hatto o‘zi bilan qiz ham xayolidan juda uzoqlashib ketganday edi. She’r faqat oqshom haqida, beholgina esayotgan shabada va oyning bokira yog‘dusi haqida so‘zlardi, xolos; barglaridan ayrilib mung‘ayib qolgan dov-daraxtlar tagida turishgan qahramonlarning yuraklaridagi noayon dard tarqab borar, xayrlashuv fursati yetganda esa ularning biri joyidan jilmadi va bo‘sa ularni bir-biriga qovushtirdi. U she’rni bitirib, varaqning pastiga L.D.S.*1 harflarini yozib qo‘ydi, keyin daftarni yopib, onasi yotadigan uyga kirdi va u yerdagi oynaga qarab o‘zining yuziga uzoq tikildi.
Biroq emin-erkin kunlar ham oyoqlab borayotgan edi. Kunlarning birida otasi bir dunyo yangilik bilan kelib qoldi, ovqat ustida jag‘i tinmay javradi. Stiven otasini kutib o‘tirgandi, chunki bugun qo‘y go‘shtidan qovurma pishirilgan, otasi unga nonni qovurmaning qaylasiga bulab yegin, deb qistashini bilardi. Biroq bu safar qaylaning mazasi unga tatimadi, chunki Klongous haqida gap ochilishi bilanoq tomog‘iga bir nima tiqildi.
— Uning yoqasidan olishimga sal qoldi, — dedi mister Dedalus bir gapni to‘rtinchi marta takrorlab, — maydonning shundoq burchagida tutdim-da o‘ziniyam.
— Ishqilib, bu ishning uddasidan chiqarmikan u? — so‘radi missis Dedalus. — Men Belveder haqida gapirayapman.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:17:21
— Bo‘lmasa-chi, chiqqanda qandoq, — dedi mister Dedalus. — Men senga aytgandim-ku, axir, u endi iezuitlar ordenining rahbari — provintsial.
— Menga qolsa, sira ham uni xristian birodarlar maktabiga4 bergim yo‘q, — dedi missis Dedalus.
— Jin ursin o‘shalarni, — baqirdi mister Dedalus.
— Allaqanday Peddiyu Mayklar bilan og‘iz-burun o‘pishishi yetmay turgandi! Yo‘q, iezuitlar bilan birga bo‘lsin, shu yerda boshladimi o‘qishni — shu yerda tugatsin. Keyin ham unga foydasi tegadi. Obro‘yliroq joyga joylashtirib qo‘yishga ham imkoniyat bor ularda.
— Buning ustiga eng boy tashkilot, to‘g‘rimi Saymon?
— Ha-da! Kunlari poshsholik bilan o‘tadi! Sen ko‘rganmiding ularning Klongousdagi dasturxonini? Yaratganga shukr, ularning yegani oldida, yemagani ortida.
Mister Dedalus o‘zining likopchasini, qolgan ovqatni tozalab yesin deb, Stivenning oldiga surdi.
— Endi sen, Stiven, qunt bilan kirishgin, — dedi u. — Sandiraqlab yurganing yetar.
— Men unga ishonaman, u endi tirishib o‘qiydi. — dedi missis Dedalus, — buning ustiga Moris ham endi u bilan birga bo‘ladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:17:32
— Voy, xudoyim, esim qursin, Morisni unutib qo‘yibman-ku, — dedi mister Dedalus. — Qani, yaramas, bu yoqqa kel-chi. Kel oldimga tirrancha. Bilasanmi nima, men hali seni maktabga olib chiqaman, u yerda senga harflarni qo‘shib o‘qishni o‘rgatishadi: n-o-n—non. Men senga yana chiroyli dastro‘molcha sotib olib beraman, burningni tozalab artib yurasan. Zo‘r bo‘ladi, a?
Moris kayfi chog‘ bo‘lib, avval otasiga, keyin Stivenga qaradi. Mister Dedalus ko‘zoynagini ko‘ziga qistirib, ikkala o‘g‘liga sinchkovlik bilan ko‘z tashladi. Stiven non chaynayotgan edi, otasiga qaramadi.
— Ha, darvoqe, —dedi nihoyat mister Dedalus, — rektor boru, o‘sha-da, haligi provintsial, menga sen bilan hazrat Dolanning o‘rtalaringda bo‘lib o‘tgan mojaroni gapirib berdi. Sen deyman, bu, juda shumtaka chiqib qolding-ku, a, uyatsiz.
— Nahot u shunday degan bo‘lsa, Saymon?
— Yo‘q, gap boshqa yoqda! — Kuldi mister Dedalus. — Biroq u menga bu voqeani oqizmay-tomizmay gapirib berdi. Biz u bilan uyoq-buyoqdan ancha valaqlashdik... Eh-a, esim qursin! Aytgancha, bilasanmi u menga nima dedi? Ha, uning joyini kim egallaganidan xabaring bormi? Mayli, bu haqda keyin. Xullas, biz u bilan juda ochilib-sochilib laqillashdik, u mendan oshnamiz haliyam ko‘zoynak taqib yuribdimi, deb so‘radi, keyin o‘sha mojaro tarixini erinmay gapirib berdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:17:47
— U norozimi, Saymon?
— Norozi! Bo‘lmagan gap! "œO‘g‘il bola ekan", dedi u.
Mister Dedalus provintsialning manqalanib ohanjama bilan gapirishini kalaka qildi:
— "œEndi qo‘yaverasiz, hazrat Dolan ham, hammamiz qotib-qotib kuldik, desayiz, men buni ovqat ustida ularga gapirib berdim-da". "œEhtiyot bo‘ling, hazrat Dolan, — dedim men, — tag‘in tirrancha Dedalus qo‘llaringizni ayovsiz savalab, ta’ziringizni berib qo‘ymasin!". Endi qo‘yaverasiz, hazrat Dolan ham, hammamiz qotib-qotib kuldik! Ha, ha, ha!
Mister Dedalus xotiniga o‘girilib qaradi va o‘zining odatdagi gap ohangida ta’kidlab dedi:
— Ko‘rdingmi, u yerda qanday tarbiyalashlarini! Iezuit degani — bu suyak-suyagigacha diplomat, axir!
U yana provintsialning ovoziga taqlid qilib, takrorladi:
— "œEndi qo‘yaverasiz, hazrat Dolan ham, hammamiz qotib-qotib kuldik, desayiz, men buni ovqat ustida ularga gapirib berdim-da. Ha, ha, ha!".
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:18:18
* * *

Kechqurun maktab spektakli boshlanishidan oldin Stiven kiyim javoni oldida, tepasiga xitoy fonuschalari chambarak qilib tortib ilingan mo‘jazgina maysazorga tikilib turardi. U mehmonlarning bosh binodan zina orqali tushib kelib, teatrga kirishayotganini ko‘rdi. Frak kiygan mezbonlar, Belveder qariyalari teatr eshigi oldida navbatchilik qilishar, mehmonlarni tavoze bilan joylarigacha boshlab borishardi. Tuyqusdan yongan fonuscha yorug‘ida u ruhoniyning kulimsiragan yuzini ko‘rdi.
Muqaddas ne’matlar kovchegdan olib qo‘yilgan, mehrob supasi va uning tevaragi xoliroq bo‘lishi uchun birinchi qatordagi o‘rindiqlar orqaga surilgan. Devor tagiga gantellar, irg‘itib o‘ynaladigan xo‘qqalar va boshqa sport anjomlari qo‘yilgan, og‘ir toshlar burchakka uyub tashlangan, jigarrang qoplarga nari-beri tiqib joylangan son-sanoqsiz gimnastika tuflilari, kamzul va ko‘ylaklar uyumlari orasidagi ustiga charm qoplangan yog‘och ot esa o‘z navbatini kutib turibdi, sport dasturi oxirida uni sahnaga olib chiqishadi va atrofida bellashuvchi komandalar saf tortadi.
Stiven garchi yozma ishlarda erishgan yutuqlari uchun gimnastika sinfiga sinfboshi etib saylangan bo‘lsa-da, tomoshaning birinchi turida ishtirok etmadi, biroq ikkinchi turda namoyish etiladigan spektaklda o‘qituvchining bosh komik roli unga topshirilgan edi. Jussasi va sipoligini inobatga olishib, shu rolga ma’qul ko‘rishgandi. U endi Belvederda ikkinchi yilni o‘tkazayotgan va oxirgi sinfdan bitta oldinda o‘qiyotgan edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:18:35
Oppoq paypoq va kamzulcha kiyib olgan bolalar qatori to‘pirlab ruhoniylar kiyimi saqlanadigan xona orqali cherkovga yugurib o‘tdi. Kiyimxonada va cherkovda hayajonlangan tarbiyachilar va o‘quvchilar uymalashib turishardi. Xomsemiz tepakal serjant yog‘och ot oldidagi tramplinni oyog‘i bilan bosib ko‘rdi. Ho‘qqalar bilan o‘yin ko‘rsatadigan uzun paltodagi ozg‘in yigit uning yonida qiziqsinib qarar, yarqiragan kumushrang ho‘qqalar uning chuqur yon cho‘ntaklaridan chiqib turardi.
Allaqaerdan yog‘och soqqalarning qarsillab urilgan tovushi eshitildi, komanda sahnaga chiqishga tayyorlanayotgan edi, bir daqiqa o‘tib, shoshib-pishayotgan tarbiyachi, g‘ozlar galasini quvlayotganday, uzun to‘nining etagini hovliqib silkib, ortda qolganlarga baqirib, kiyimxonadan bolalarni oldiga solib haydadi. Qadimgi dehqonlarga o‘xshab kiyinib olgan bir to‘da bola cherkovning ichkarisida, ba’zilari qo‘lini boshi uzra ko‘tarib, boshqalari o‘tirgan joylarida sun’iy gullar solingan savatchalarni silkitib, raqsni mashq qilishardi. Mehrob ravoqining qorong‘i burchagida semiz keksa xonim keng-mo‘l qora ko‘ylagining ichida xirmonday bo‘lib tizzalab turardi. Xonim o‘rnidan turganda yonida pushtirang ko‘ylak kiygan, gajaklari oltin tusli yasama soch, boshiga urfdan qolgan poxol shlyapa kiygan, qoshlarini terib, yonoqlarini did bilan qirmiziga bo‘yab, upa surgan xushbichim qomat ko‘rindi. U ko‘zga ko‘ringan chog‘da cherkovni taajjubli ohangdagi shivir-shivir tutib ketdi. Tarbiyachilardan biri kulimsirab, boshini sermab ishora qilib, qorong‘i burchakka bordi va semiz keksa xonimga ta’zim bajo keltirib, iltifot bilan dedi:
— Nimaydi bu — yosh go‘zal ledimi yo qo‘g‘irchoqmi, missis Tellin?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:19:05
U shunday deb shlyapaning peshayvoni tagidagi oro berib bo‘yalgan tabassumli chehrani ko‘rmoqchi bo‘lib egilib qaradi va beixtiyor xitob qildi:
— Nahotki! Bu, axir, jajji Berti Tellen-ku!
Stiven o‘zining deraza yonidagi kuzatish postida turib keksa xonim bilan ruhoniyning kulishganini eshitdi, keyin orqa tarafdagi, yakka o‘yin — poxol shlyapa raqsini ijro etadigan bolachani ko‘rgani yig‘ilgan o‘quvchilarning qoyil qolishib shivirlashayotgani eshitildi.
Stiven toqatsizlanib keskin harakat qildi. U pardaning chetini qo‘yib yubordi va o‘zi tik turgan kursidan tushib, cherkovdan tashqariga chiqib ketdi.
U kollej binosi ichidan o‘tib, bog‘ga tutashgan shiypon tagida to‘xtadi. Qarshidagi teatrdan ovozlarning bo‘g‘iq sasi va harbiy orkestrning mis asboblari shapillab urilayotgani eshitilib turardi. Yorug‘lik binoning oynavand tomidan tepaga taralar, teatr go‘yo bayramona bezatilgan kemaday tig‘iz joylashgan uylar orasida langar tashlagan, miltirab turgan fonuslar shodasi bilan qirg‘oqqa boylab qo‘yilganday. Teatrning biqinidagi eshik tuyqusdan lang ochildi — yorug‘lik poyondozday maysazor uzra to‘shaldi. Kemadan kutilmaganda musiqaning gumbirlagan sadosi taraldi — valsning birinchi vaznlari chalindi, eshik yana bekildi va endi musiqa sadosi bir qadar so‘nik, mayin eshilib-oqib eshitildi. Birinchi vaznlarning ohanrabosi, ishvali mayin taronasi uning yuragida tushuntirib bo‘lmaydigan sirli tuyg‘ularni qo‘zg‘adi va ayni shu tuyg‘ular uni kun bo‘yi qo‘nim topolmay yurib turishga, haligina esa toqatsizlanib cherkovdan chiqib ketishga majbur etgandi. Behalovat tuyg‘ular to‘lqinday ichidan toshib kelar va tobora avj olayotgan musiqa toshqinida fonuschalar shodasini chuvatib, go‘yo kema suzib borardi. Kutilmaganda, xuddi o‘yinchoq to‘pdan o‘q otilganday, qarsillagan shovqin bu harakat maromini buzdi. Tomoshabinlar sahnaga chiqqan gimnastikachilarni qarsak chalib olqishlashayotgan edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:19:23
Shiyponning oxirida, ko‘cha bilan tutashgan joyida qorong‘ulikda qip-qizil nuqta miltilladi. O‘sha tarafga qarab borayotib, u yengil yoqimli hid dumog‘iga urilganini sezdi. Ikkita bola yo‘lakda chekishib turishardi: u uzoqdan Kuronni ovozidan tanidi.
— Ana, olijanob Dedalus kelayotir! — xirillagan ovoz qichqirdi. — Sadoqatli do‘stga salomlar bo‘lsin!
Salomlashish tugar-tugamas past tovushdagi soxta kulgi eshitildi va Kuron ta’zim qildi, qo‘ldagi xivichni yerga urib-urib qo‘ydi.
— Ha, bu menman, — dedi Stiven to‘xtab, nigohini Kurondan olib, uning yonidagi do‘stiga ko‘z tashlarkan.
Kuronning yo‘ldoshini u birinchi bor ko‘rishi edi, biroq sigaretning tutashgan cho‘g‘i yorug‘ida uning rangpar yuzini, masxaraomuz kulgi yugurgan biroz oliftanoma turqini, palto kiygan bo‘ychan qomati va boshidagi qo‘nqaygan shlyapasini ilg‘adi. Kuron ularni tanishtirishga urinmadi va buning o‘rniga dab-durustdan dedi:
— Men hozir do‘stim Uollisga aytib turgan edim: agar sen bugun kechqurun o‘qituvchi rolida rektorni ko‘rsatsang bormi, rosa kulgi bo‘lardi-da. Juda zo‘r tomosha chiqardi!
Kuron o‘zicha rektorning maydakash yo‘g‘on ovozini kalaka qilmoqchi bo‘lib uddalay olmadi, uquvsizligidan o‘zi kulib, Stivenga murojaat qildi:
— O‘zing bir ko‘rsat, Dedalus, sen unga juda zo‘r taqlid qilib qo‘yasan-da. "œMa-agar che-erkovga qu-uloq osmas e-ekan, de-emak endi u bo-orib turgan maj-jusiy va yo‘-o‘ldan oz-zgan g‘ay-yridindir".
Biroq uning gapini Uollisning xotirjam xitobi bo‘ldi, uning sigareti mushtugiga tiqilib qolgan edi:
— Jin ursin bu la’nati mushtukni, — Uollis og‘zidan mushtukni olarkan, ijirg‘anib tirjaydi. — Doim shunday tiqilib qoladi-ya. Siz ham mushtuk bilan chekasizmi?
— Men chekmayman, — dedi Stiven.
— Ha, — dedi Kuron, — Dedalus odobli bola. U chekmaydi, xayr-ehson ulashadigan bozorlarga bormaydi, qizlarga ilakishmaydi — unisiniyam qilmaydi, bunisiniyam qilmaydi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:19:56
Stiven raqibining qizargan, jonlangan yuziga, qirg‘iyning tumshug‘iday qayrilgan burniga kulimsirab qarab, boshini chayqab qo‘ydi. Uni doim Vinsent Kuronning ism-sharifi qushning nomidan olingani, boz ustiga, yuzi ham qushga o‘xshab ketishi hayron qoldirardi. Manglayiga rangsiz soch tolalari, xuddi paxmaygan po‘pakchaday, tushib turardi. Cho‘tmanglayi turtib chiqqan, ingichka qirg‘iy burni bir-biriga yaqin joylashgan chaqchaygan ma’nosiz ko‘k ko‘zlari orasidan osilib tushgan edi. Aslida raqiblar maktabdosh do‘stlar edi.Ular sinfda birga o‘tirishar, cherkovda yonma-yon tiz cho‘kishib ibodat qilishardi, ibodatdan so‘ng nonushta ustida miriqib laqillashardi. Birinchi sinfda o‘quvchilarning zehni pastroq edi, shu bois asosan Kuron bilan Stiven sinfni boshqarishardi. Ular biror kunga javob olish yoki gunoh qilib qo‘ygan bolaga avf so‘rash lozim bo‘lganda birgalashib rektorga borishardi.
— Ha, aytgancha, — dedi Kuron. — Men bu yerda otangni ko‘rdim.
Stivenning yuzidagi tabassum yo‘qoldi. Qachon va kim bo‘lmasin, do‘stimi yo o‘qituvchisimi, otasi haqida gap ochildi deguncha, Stiven sergak tortib qolardi. U sukut saqlab, ichida hadik bilan Kuron yana nima derkin deya uning og‘zini poyladi. Biroq Kuron uni tirsagi bilan ma’nodor qilib turtib, dedi:
— Sen, juda ayyor ekansan-a.
— Nega endi? — so‘radi Stiven.
— Sirtdan qarasang qo‘y og‘zidan cho‘p olmaydiganday, — dedi Kuron, — aslida pixini yorganlardansan.
— Marhamat qilib ayting-chi, sirtdan qaraganda nimani nazarda tutayapsiz? — xushmuomalalik bilan o‘smoqchiladi Stiven.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:20:15
— Darhaqiqat, marhamat qilsinlar! — dedi Kuron. — Biz o‘sha qizni ko‘rdik, to‘g‘rimi Uollis? A? Juda chiroyli qiz ekan, qurg‘ur! Hamma narsani bilgisi kelaverganini aytmaysanmi! "œStiven qaysi rolni o‘ynarkan-a, mister Dedalus? Stiven qo‘shiq aytarmikan, mister Dedalus?" Sening otajoning ham oynagining ustidan juda sirli qarab qo‘ydi: harqalay, dardingdan xabari borga o‘xshaydi. Xo‘sh, nima bo‘pti, bilgani yaxshimasmi, shaxsan men bundan hecham xijolat bo‘lmasdim! Ammo juda dilbar qiz ekan,to‘g‘rimi Uollis?
— Ha, yomonmas, — dedi Uollis xotirjamlik bilan mushtugini yana og‘zining chetiga qistirarkan.
Begona bolaning oldida aytilgan betakalluf qochiriqlardan Stivenning nafrati qo‘zidi. Qizning u bilan qiziqqani-yu, u haqda so‘rab-surishtirganlaridan Stiven hech qanday zavq tuymadi. Kun bo‘yi uning xayolini qiz bilan Xarold-krossda chana o‘rindig‘ida turib xayrlashganlari, o‘sha oqshomgi hayajonli kechinmalar, keyin uyga borib yozgan she’ri haqidagi o‘ylar band etdi. Kun bo‘yi u qiz bilan yana uchrashishini ko‘z oldiga keltirishga urindi, chunki uning bugun spektaklga kelishini bilardi. Xuddi o‘sha oqshomdagiday bezovtalik uning yuragini siqar, biroq bu azob endi she’rga ko‘chib, ko‘ksidan chiqib keta qolmasdi. "œBugun" bilan "œo‘sha payt" orasida ikki yil yotibdi, ko‘p narsaga aqli yetib ulgurgan shu ikki yil uni bugungiday huzurli imkoniyatdan ajratib qo‘ygan edi va bugun kun bo‘yi vujudini o‘rtagan huzurbaxsh iztirob asov to‘lqinday chayqalib-toshgan, goh tushib, gohida quturib va yana ortga chekinib, so‘ngra tag‘in shitob bilan ko‘tarilib turdiki, u nihoyat, butkul holdan toyishigacha borib yetgan bir paytda tarbiyachining qo‘g‘irchoqday yasatilib, grim qilingan bolakayga otgan qochiriqli gap-so‘zlari uni muvozanatdan chiqib ketishga—tuyqusdan keskin harakat qilishiga sabab bo‘ldi.
— Kel, yaxshisi, aybingni bo‘yningga olib, tavba qil, — dedi Kuron. — Biz seni bu safar qo‘lga tushirdik. Endi o‘zingni har yoqqa tashlab, avliyoga o‘xshatib ko‘rsatishing befoyda, hammasi oyday ravshan!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:20:31
U beixtiyor takabburlik bilan hiringlab kulib yubordi va egilib Stivenning oyog‘iga xivich bilan koyigannamo sekin urib qo‘ydi.
Stivenni endi nafrat tuyg‘usi tark etgandi. U endi o‘zini na mamnun va na g‘amgin his etar, shunchaki hazil-huzul bilan vaziyatdan chiqib ketishga chog‘langan edi. U haligina betakalluf tuyulgan qochiriqlarga endi xafa bo‘lmas, qalbida kechayotgan sohir tuyg‘ularga hech qanday gap-so‘z daxl qilolmasligini bilar va shu boisdan raqibining ko‘ngliga qarab, maynavozchiligiga soxta kulgi bilan javob berardi.
— Tavba qil, — deya takrorladi Kuron xivich bilan uning oyog‘iga urib.
Hazillashib urgan bo‘lsa-da, bu zarba oldingisidan kuchliroq edi. Stiven yengil, biroq jizillatib o‘tgan zarbani tuydi va itoatkorona bosh egib, do‘sti boshlagan o‘yinni davom ettirishga mayl sezayotganday "œSonfiteor"ni o‘qishga tutindi. Bu sahna yaxshigina yakun topdi, Kuron bilan Uollis bu tahqiromuz tazarrudan zavqlanib, takabburlarcha kulishdi.
Stiven duo so‘zlarini beixtiyor aytib yubordi, so‘zlarning o‘zi go‘yo uning og‘zidan uchib chiqayotganday edi va shu lahzada uning yodida boshidan kechgan boshqa bir shunday holat jonlandi; o‘sha holat, u Kuronning tirjayib turgan og‘zining ikki chetidagi ajinlarga ko‘zi tushganda xuddi sehru jodu ta’sirida namoyon bo‘lganday xotirasidan sizib chiqdi. U oyog‘iga tushayotgan o‘sha tanish zarblarni his etdi va ayni damda tanbeh berib aytishgan o‘sha tanish so‘zni ham eshitdi:
— Tavba qil!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:20:43
* * *

Bu voqea birinchi semestrning oxirida, u kollejga kelgan yili sodir bo‘ldi. Uning hissiyotga beriluvchan mijozi hanuz g‘arib, omonat hayotning ayovsiz turtkilaridan azob chekardi. Dublinning zerikarli manzaralarini ko‘raverib siqilib ketgan yuragini esa hali ham g‘ashlik va sarosima tark etmagan edi. Ikki yil u orzular og‘ushida yashadi, endi esa mutlaqo notanish dunyoga tushib qolganday, bu yerdagi har bir hodisa, har qanday yangi odam uning izzat-nafsiga juda qattiq tegib ketar, bu hol uni goh umidsizlikka tushirsa, gohida maftun etar yoki aksincha, maftun etib va umidsizlikka tushirib, doimo qalbida bezovtalik, qayg‘uli o‘y-xayollarni qo‘zg‘ar edi. U o‘zining bo‘sh vaqtini asosan isyonkor yozuvchilarning asarlarini o‘qib o‘tkazardi, ularning zaharxandaligi va g‘azabga qorishgan nutqlari ko‘ngliga og‘ir botar, o‘zicha ijodga berilib, hali g‘o‘r bo‘lsa-da, yozgan insholariga ko‘nglidagini to‘kmaguncha, fikr-o‘ylariga g‘ulg‘ula solib, tinchlik bermasdi.
Insho uning uchun o‘quv haftasining eng muhim mashg‘uloti edi va seshanba kuni uylaridan maktabga kelayotib u o‘zidan oldinda borayotgan biror-bir odamni mo‘ljalga olar, shu odamdan ma’lum joyga yetganda o‘zib ketishga yoki qadamlarining yo‘lakka yotqizilgan har bir plitaga to‘g‘ri tushishiga urinar va shu tariqa o‘zining inshodan birinchi bo‘lish-bo‘lmasligini tusmollar edi.
Mana seshanba ham keldi va kutilmaganda omadli kunlar yakun topdi. Mister Teyt, ingliz tili muallimi, unga barmog‘ini o‘qtalib, dona-dona qilib dedi:
— Mana bu o‘quvchi inshosida bid’atni yozibdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:21:02
Jimlik cho‘kdi. Mister Teyt jimlikni buzmay, qo‘li bilan tizzalarining orasini qashladi, sinfda uning ohorlanib qotirilgan qaytarma yengi va yoqasining mayin qisirlagani eshitilardi, xolos. Stiven boshini ko‘tarmadi. Ko‘klamning bulutli kuni edi, uning ko‘zlari hali ham zaif, og‘rib turardi. U tamom bo‘ldim deb o‘yladi, o‘zini fosh etilganday his etdi, aqlim ham notavon mening, oilamiz ham nochor, degan xayolga bordi va bo‘yniga yopishib turgan g‘adir-budir qaytarma yoqasining dag‘al girdini his qildi.
Mister Teytning baland tovushdagi qisqa kulgisi sinfdagi og‘ir jimlikni yumshatdi.
— Balki buni o‘zingiz bilmagandirsiz? — dedi u.
— Qaysini? — so‘radi Stiven.
Mister Teyt tizzalarining orasidan qo‘lini olib, yozma ishni ochdi.
— Mana bu joyini aytayapman. Yaratganga va ruhga doir joyini. Xo‘-sh-sh! A-ha! Mana... "œQachondir yaqinlashishga imkon yo‘qligidan". Bu shakkoklik.
— Men "œQachondir erishishga imkoniyat yo‘qligidan", demoqchi edim, — ming‘irladi Stiven.
Bu bilan u yon bergan edi va mister Teyt tinchlanib, daftarni yopib, unga uzatarkan, dedi:
— Ha! Darvoqe! "œQachondir erishishga". Bu boshqa gap.
Biroq sinfdagilar ha deganda tinchishmadi. Garchi darsdan so‘ng hech kim unga bu haqda og‘iz ochmagan bo‘lsa-da, u tevaragida davom etayotgan ig‘vogarliklarni his etdi.
Og‘zaki tanbehdan so‘ng, oradan bir necha kun o‘tib, xatni qutiga tashlash uchun Dramkondr-roud bo‘ylab ketayotganida u tuyqusdan kimningdir chaqirganini eshitdi:
— To‘xta!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:22:20
U orqasiga o‘girildi va shom qorong‘usida o‘zi tomon yaqinlashib kelayotgan uchta sinfdoshini ko‘rdi. Uni chaqirgan Kuron edi, u ikki do‘stining o‘rtasida dadil qadam tashlab, qo‘lidagi xivich bilan havoni qadamiga mos tarzda shuvillatib kesib kelardi. Oshnasi Boland u bilan baqamti qadam tashlar, og‘zi qulog‘ida, Nesh esa tez yurayotganidan hansirab, xumday sariq boshini salanglatib orqaroqda pildirab kelardi.
Bolalar Klonliff-roud tomonga burilgan joyda kitoblar va yozuvchilardan gap ochildi, kim qanaqa kitob o‘qiganiyu, uylaridagi shkaflarda ota-onalarining qancha kitobi borligini aytishib maqtanishga tushib ketishdi. Stiven ularning gaplarini eshitib hayron qoldi, chunki Boland sinfda eng zehni past bola hisoblansa, Nesh uchiga chiqqan yalqov edi. Shunga qaramay, sevimli yozuvchi haqida gap ochilishi bilanoq Nesh tap tortmay eng ulug‘ yozuvchi—bu kapitan Merriet, deya bilag‘onlik qildi.
— Bekor gap! — dedi Kuron. — Dedalusdan so‘ra-chi. Seningcha, eng buyuk yozuvchi kim, Dedalus? A?
Stiven, uning piching qilayotganini sezib so‘radi:
— Nosirlardanmi?
— Ha.
— Menimcha, Nyumen.
— Kardinal Nyumenmi?
— Ha, — dedi Stiven.
Nesh Stivenga o‘grilib savol berarkan, uning sepkil bosgan yuzi kulgidan oshqovoqday yoyilib ketdi:
— O‘sha kardinal Nyumen senga yoqadimi?
— Ko‘pchilik Nyumenning uslubini juda zo‘r deb hisoblaydi, — tushuntira ketdi Kuron ikki oshnasiga, — to‘g‘ri-yu, lekin u shoir emas-da.
— Eng zo‘r shoir kim, Kuron? — so‘radi Boland.
— Albatta, lord Tennison-da, — javob qildi Kuron.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:22:55
— To‘g‘ri, lord Tennison, — dedi Nesh, — bizning uyimizda uning bir jildli to‘la she’rlar to‘plami bor.
Shu gapdan so‘ng Stivenning sabri chidamadi, gapirmayman, deb o‘ziga bergan va’dasini buzdi:
— Tennison—shoir? Qofiyaboz-ku u?
— Nima deyapsan! — dedi Kuron, — Tennisonning buyuk shoirligini hamma biladi.
— Sening-cha, kim buyuk shoir? — so‘radi Boland yonidagi oshnasini yelkasi bilan turtib.
— Bayron—buyuk shoir, — javob berdi Stiven.
Avval Kuron, keyin oshnalari uni masxaralab kulib yuborishdi.
— Nega kulayapsizlar? — so‘radi Stiven.
— Sening ustingdan kulayapmiz, — dedi Kuron. — Bayron—buyuk shoir emish? Chalasavod nodonlargina uni shoir deyishi mumkin.
— Ol-a! Ana senga zo‘r shoir! — dedi Boland.
— Sen, yaxshisi, tilingni tiysang bo‘lardi, — dedi Stiven unga dadil burilib qarab. — Sening poeziya haqida bor bilganing hovlidagi devorga yozganingdan ma’lum-ku? Bema’ni qilig‘ing uchun ta’ziringni berishmoqchi bo‘lishdi-ku.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:23:17
Haqiqatan ham Boland hovlining devoriga kollejdan uyiga pastdakkina toti otda boradigan bir bola haqidagi anchayin misralarni yozgan, deb gapirishardi:
Tayson otda Quddusga ketdi,
Yiqilib yo‘lda lat yedi keti.
Stivenning bu hujumidan sheriklarining uni uchgan bo‘lsa-da, Kuron tiyilmadi:
— Nima bo‘lgandayam baribir Bayron shakkok bo‘lgan, buning ustiga axloqi buzuq bo‘lgan.
— Uning qanday bo‘lgani bilan mening ishim yo‘q, — qo‘rs javob qildi Stiven.
— Uning shakkok bo‘lgani yoki bo‘lmagani senga baribirmi? — gapga qo‘shildi Nesh.
— Sen bu haqda nimaniyam bilarding? — qichqirdi Stiven. — Umringda darslikdagi bitta-yarim misoldan boshqa baloniyam o‘qimagansan-ku, sen ham, Boland xuddi shunday.
— Men bilaman, Bayron tuturiqsiz odam bo‘lgan, — dedi Boland.
— Qani, ushlanglar bu shakkokni, — qichqirdi Kuron.
Shu damdayoq Stivenni ushlab olishdi.
— Teyt behudaga dumingni buramadi sening, inshoda shakkoklikka yo‘l qo‘yganing uchun shunday qildi, — dedi Kuron.
— Ertagayoq unga hammasini aytib beraman, — tahdid qildi Boland.
— Sen-a? — dedi Stiven. — Og‘zingni ochishga qo‘rqasan-u!
— Qo‘rqamanmi?
— Ha, qo‘rqasan!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:23:36
— Kerilma! — qichqirdi Kuron Stivenning oyog‘iga xivich bilan urib.
Bu Stivenga tashlanishga shay turganlarga bir ishora edi. Nesh uning ikkala qo‘lini orqasiga qayirib ushlab turdi, Boland esa ariq chetidagi qurib qolgan karamning uzun tomirini sug‘urib oldi. Stiven xivich bilan tayoqday qattiq karam tomirining zarbalaridan qutilmoqchi bo‘lib, jon-jahdi bilan siltanib yulqinmasin, ilojsiz edi, uni tikonli sim o‘ralgan to‘siqqa qisib olishgandi.
— Bo‘yningga ol, sening Bayroning bir pulga qimmat.
—Yo‘q.
—Bo‘yningga ol.
— Yo‘q.
— Bo‘yningga ol.
— Yo‘q. Yo‘q.
Nihoyat, qattiq olishuvlardan so‘ng u bir amallab qutilib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Unga azob bergan bolalar xoxolashib, uni masxaralashib Jonsis-roud tomon ketishdi, u yoshlangan ko‘zlarini uqalab, hech nimani ko‘rmay, turtinib-surtinib mushtini mahkam siqqancha alamzada kayfiyatda alahsirab borardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:23:56
Hozir ham, o‘zini ma’qullab hiringlab turgan bolalar oldida tavba-tazarru duosini aytib turibdi-yu, xotirasida o‘sha shafqatsiz olishuv manzarasi aniq-tiniq jonlandi va u ajablanib o‘ziga-o‘zi: menga o‘shanda azob berishgan bu bolalarga nega ko‘nglimda zig‘ircha nafrat yo‘q, deb savol berdi. U hammasini juda yaxshi eslaydi, ularning qo‘rqoqligini ham, rahmsizligini ham, biroq negadir xotirasidagi o‘sha voqea endi g‘azabini qo‘zg‘amasdi. O‘qigan kitoblaridagi iztirobga to‘lib-toshgan oh-vohlar-u qahr-g‘azablarning unga soxta tuyulgani shundandir, balki. Hatto o‘sha kuni, kech kirib qorong‘u tushgan mahalda, Jonsis-roud bo‘ylab turtinib-surtinib alamzada kayfiyatda alahsirab uylariga ketayotgan paytda ham allaqanday kuch vujudini qamrab olgan nafrat tuyg‘usini, hil-hil pishgan shaftolining po‘stini osongina shilganday, sidirib olayotganini his etgandi.
U hanuz shiypon tagida, ikki oshnasining biri qo‘yib, biri olayotgan safsatalarini, qolaversa, teatrdan kelayotgan gulduros qarsaklar tovushini beparvo eshitib turibdi. Qiz bu paytda teatrda, begonalar orasida, balki uning sahnaga chiqishini poylab o‘tirgandir. U qizni ko‘z oldiga keltirishga urinib ko‘rdi, biroq buning iloji bo‘lmadi. Faqat boshiga o‘ralgan sholro‘molni eslay oldi, xolos, bu qizlar qishda kiyadigan bog‘ichli bosh kiyimiga o‘xshardi; qizning tim qora ko‘zlari esa g‘oyibdan uni o‘ziga chorlar va aqlini shoshirardi. U o‘zidan: men uni o‘ylaganimday, u ham men haqimda o‘ylarmikan, deb so‘radi. Keyin qorong‘ida yonidagilarga sezdirmay bir qo‘lining barmoqlari uchini ikkinchi qo‘lining kaftiga tegizdi va bilinar-bilinmas tarzda ohista siladi. Biroq qizning barmoqlari muloyim va xiyla dadil tekkan edi va o‘shandagi holat xotirasida jonlanib, vujudi, to‘lqin ko‘z ilg‘amas tebranganiday, bir zum chayqalib ketdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:24:17
Bir bola to‘siq bo‘ylab shiypon tagidan ular tomonga chopib kelardi. Bolaning nafasi tiqilib, halloslab qoldi.
— Ey, Dedalus, — qichqirdi u, — Doyl jinni bo‘lib qoldi-ku! Yugur tezroq, tez bo‘l, kiyin! Sahnaga! Tezroq!
— Boradi, — dedi Kuron kalondimog‘lik bilan. — Qachon lozim ko‘rsa, shunda boradi.
Bola o‘grilib Kuronga qaradi va takrorladi:
— Tez bo‘l! Doylning jahli chiqayapti.
— Mening salomimni yetkazib qo‘y Doylga, men tupirdim unga, — javob qildi Kuron.
— Mayli, borishim kerakka o‘xshaydi, — dedi Stiven, bunaqa oriyat talashish unga begona edi.
— Sening o‘rningda bo‘lsam bormasdim, — dedi Kuron, — hech ham bormasdim, xudo haqqi! Yuqori sinf o‘quvchilarigayam shunaqa muomala qiladimi? Nima bo‘pti, jahli chiqsa chiqar! Uning ahmoqona piesasida o‘ynayotganingga shukr qilsin.
Ko‘pgina o‘rtoqlariga xos bo‘lgan bunday manmanlikni Stiven yaqindan beri raqibida ham payqagan edi, biroq bu uning fe’l-atvoridagi vazmin itoatkorlik odatiga zig‘ircha ta’sir qilmadi. U o‘zboshimchalikning nafiga ishonmas, bunaqa do‘stlikning samimiyligiga shubha bilan qarar va buni balog‘at yoshining tiyiqsiz beboshliklari, deb bilardi. Hozir qo‘zg‘algan oriyat masalasi va shunga aloqador boshqa gaplar unga ahamiyatsiz tuyuldi. O‘zicha xayol surib, uchqur orzu-o‘ylar og‘ushida parvoz qilgan lahzalarda kutilmaganda xayoli buzilar, beixtiyor shirin orzularidan voz kechar, shunda qulog‘iga o‘tirib qolgan otasining va muallimlarining ovozlari qayta jaranglaganday bo‘lardi, ular Stivenni avval boshda jentelmen va e’tiqodli katolik bo‘lishga da’vat etishardi. Endi bu ovozlar unga ma’nisiz tuyuladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:26:52
Kollejda sport gimnastikasi sinfi ochilganda u boshqa bir ovozni eshitdi, endi uni kuchli, jasur va sog‘lom bo‘lishga da’vat etishardi; kollejda milliy tiklanish uchun kurash sharpalari oralay boshlagach esa, yana bir ovoz uni vatanga sodiq bo‘lishga, ona tilini, milliy urf-odatlarni tiriltirishga yordam berishga unday boshladi. Kundalik turmush, oila tashvishlari bir kun kelib uni ter to‘kib, o‘z mehnati bilan otasining qo‘ldan ketgan mavqeini tiklashga majbur etishini bilar va bu hozir uni yaxshi do‘st bo‘lishga, jo‘ralarining yonini olishga yoki ularni jazodan asrab qolish va qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, bir kun hordiq chiqarish uchun sinfga ruxsat olib berishni so‘rayotgan tengqurlarining ovoziga o‘xshab ketardi. Bu ma’nisiz ovozlarning qorishgan g‘ala-g‘ovuri uni qat’iyatsiz qilib qo‘yar, bemalol xayol surishiga yo‘l qo‘ymasdi. U ora-sira bu ovozlarga ham quloq tutar, biroq ulardan uzoqlashganda, ular yetib bormaydigan joyda yolg‘iz o‘zi qolganida yoki xayolan yaqinlari orasida bo‘lganida o‘zini baxtiyor his etardi.
Ruhoniylar kiyimxonasida yuzlari qip-qizil iezuit bilan keksaroq bir kishi, ikkalasi ham ohori ketib qolgan ko‘k yaktakda, upa-elik solingan qutini titkilashardi. Allaqachon grim qilib olishgan o‘g‘il bolalar u yoqdan bu yoqqa salanglab yurishibdi, ba’zilari garangsib bir joyda to‘pirlashib turishibdi, bo‘yalgan yuzlarini barmoqlarining uchi bilan ehtiyot bo‘lib ushlab qo‘yishadi. Kollejda mehmon bo‘lib turgan yosh iezuit, qo‘llarini chuqur yon cho‘ntaklariga tiqib, kiyimxonaning o‘rtasida turibdi, u oyog‘ining uchida ko‘tarilib, tushib, bir maromda tebranadi. Uning ipakday mayin malla jingalak sochli kichkina boshi va archilgan tuxumday tekis qirtishlangan iyaklari egnidagi nihoyatda ozoda ruhoniycha libosi va yaltiratib tozalangan botinkasiga quyub qo‘yganday yarashib tushgan.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:28:31
Tebranib turgan qomatga qarab turib, ruhoniy yigitning istehzoli kulimsirashi sababini bilgisi kelayotgan Stiven otasining uni Klongousga jo‘natayotib, iezuitni hamisha did bilan kiyina olishidan bilsa bo‘ladi, deganini esladi. Shu payt xayolidan otamning fe’l-atvorida kulimsirab turgan, po‘rim kiyingan shu ruhoniyga xos nimadir bor, degan fikr kechdi va tuyqusdan muqaddas martaba, qolaversa, ruhoniylar kiyimxonasining o‘zi ham tahqirlanayotganini his etdi, chunki bu osuda maskanga tuturuqsiz gap-so‘zlar, hazil-huzullar shovqini bostirib kirayotgan, havoni esa upa-elik va gaz chiroqlarning badbo‘y hidi bulg‘ayotgan edi.
Ko‘k xalatli keksa kishi manglayiga ajinlar tortib, og‘zining ikki chetiga ko‘k va qora bo‘yoqlarda soya solguncha Stiven sahnada baland ovoz bilan aniq-ravshan gapirish kerakligini uqtirayotgan do‘mboqqina yosh iezuitning ovozini parishonxotir tingladi. Qulog‘iga orkestrning "œLiliya Kilarni"ni chalayotgani eshitildi va hozir, bir necha soniyadan so‘ng parda ochiladi, deb o‘yladi. U sahnaga chiqishdan cho‘chimayotganini sezib turardi, biroq ijro etadigan roli o‘zini kamsitadiganday tuyuldi. O‘zi aytadigan ba’zi kinoyali gaplarni eslaganda bo‘yoq surilgan yonoqlariga qon yugurdi. U qizning zaldan jiddiy, maftunkor ko‘zlarini tikib qarab turganini tasavvur qildi va shu lahzadayoq ko‘nglidagi shubha-gumonlar yo‘qoldi, o‘ziga ishonchi ortdi. Go‘yo g‘oyibdan xushkayfiyat in’om etilganday edi — u tuyqusdan go‘daklarga xos sho‘x-shaddodlikning yuqumli ta’siriga tushdi va bu kayfiyat tabiatidagi ezgin umidsizlikni butkul tarqatib yubordi. Bir soniya ichida u bolalarcha baxtiyorlik og‘ushida, go‘yo qayta tug‘ilganday tamom o‘zgardi-qoldi: spektaklning boshqa ishtirokchilari bilan sahna ortida turib, ularga qo‘shilib, ikki baqaloq ruhoniyning tob tashlab qiyshayib qolgan sahna pardasini jon-jahdlari bilan surib ochishayotganini ko‘rib qiyqirib kuldi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:29:28
Oradan sanoqli daqiqalar o‘tib, u o‘zini sahnada — charaqlagan chiroqlar yorug‘i va nursiz, xira bezaklar orasida ko‘rdi, hayhotday bo‘shliqdan behisob chehralar unga tikilib turishardi. Mashq payti unga qovushmaganday, sun’iy tuyulgan piesa sahnada favqulodda jonli chiqayotganini anglab u ajablandi. Spektakl go‘yo o‘zidan-o‘zi ochilib, avj olib qizir, u va uning sheriklari esa o‘zlarining kinoyali gap-so‘zlari bilangina tomoshaga ko‘maklashib turishardi. Tomosha tugab, parda yopilganda u bo‘shliq qarsaklar sadosidan gumburlaganini eshitdi va yon tarafdagi oraliqdan qarab, behisob chehralardan tarkib topgan ulkan yaxlit to‘da bir necha guruhlarga bo‘linib, qizg‘in muhokamaga kirishib ketganini ko‘rdi.
U sahnadan chaqqon tushib, kiyimlarini almashtirdi va cherkovdan bog‘ tarafga chiqdi. Endi, tomosha tugagandan so‘ng, uning ko‘ngli battar betoqat bo‘lib, yangi sarguzashtni qo‘msar edi. Ayni shuning ketidan tushganday, u chopqillab ketdi. Teatrning barcha eshiklari lang ochiq, zal allaqachon bo‘shab qolgan edi. Unga kema langarining zanjirini eslatgan sim arqonda bir necha fonus tungi shamolda tebranib g‘ira-shira nur sochardi. U hovliqib, qandaydir o‘ljani boy beradiganday, yugurgancha boqqa chiqiladigan ayvonga bordi va mehmonlarga ta’zim bajo etib, qo‘l siqishib xayrlashayotgan ikki iezuit yonidan o‘tib, boqqa chiqayotgan to‘da orasiga o‘zini urdi. Upaga belangan boshiga birovlarning kulib, birovlarning mazax qilib yo ajablanib qarab qolayotganini ilg‘ab-ilg‘amay hovliqqancha oldinga talpinar, o‘zini juda shoshayotganga o‘xshab ko‘rsatardi.
Tashqarida u o‘zining oila a’zolarini ko‘rdi, ular fonus tagida uni kutib turishardi. Bir qarashdayoq bu guruhdagilar o‘ziga tegishli odamlar ekanini payqadi va zinapoyadan pastga chopib tushib ketdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:30:00
— Men bir ish bilan Jorjis-stritga o‘tishim kerak. — dedi u chopib borayotib otasiga. — Uyga kechroq qaytaman.
U otasining javobini kutmay, yugurgancha yo‘lni kesib o‘tdi-yu, tepalikdan pastga enib ketdi. Qayoqqa bunchalik shoshayotganini o‘zi ham bilmasdi. G‘urur, umid va ishonch, misoli oyoq ostida toptalgan o‘t-o‘landay, o‘zining o‘tkir ifori bilan uning yuragini o‘rtayotgan, aql-hushini o‘g‘irlagan edi. U qirdan quyiga yelday uchib borar, kutilmaganda dardu dunyosini o‘rtab yuborgan kamsitilgan g‘urur, toptalgan umid va aldangan ishonch og‘usi uni tamom gangitib qo‘ygan edi. Bu og‘u burqirab uning ko‘zlari oldida pag‘a-pag‘a bo‘lib tepaga o‘rladi va asta-sekin, havo yana tiniqlashib soviy boshlagach, nihoyat, yo‘qoldi.
Hanuz ko‘z oldini tuman to‘sib turardi, biroq endi ko‘zlari boyagiday yonmasdi. Bot-bot g‘azab va umidsizlikdan voz kechishni buyuradigan ichki bir da’vatga o‘xshash allaqanday kuch uni to‘xtashga majbur qildi. U endi harakat qilmas, qarshisidagi o‘likxonaning qoramtir tomiga va qayroqtosh yotqizilgan qorong‘i tor ko‘chaga qarab turardi. U uyining devoridagi lavhada tor ko‘chaning "œLotts" degan nomini o‘qidi va og‘ir achchiq hiddan og‘rinib nafas oldi.
"œOtning siydigi bilan chirigan pichan, — deb o‘yladi u. — Undan nafas olish foydali. Yuragimni tinchlantiradi. Mana, endi yuragim ancha xotirjam. Ortga qaytaman".
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:30:29
* * *

Stiven tag‘in otasi bilan Kings-brish vokzalida poezdda o‘tiribdi. Ular kechki poezd bilan Korkka ketishayotir. Parovoz pishqirib, bug‘ chiqarib, poezd vokzal sahnidan jilganda Stiven bir necha yil burun, Klongousga yo‘l olishganda ko‘rganlaridan bolalarcha ajablanganini va maktabdagi birinchi kunni butun tafsilotlari bilan esladi. Biroq hozir u hecham ajablanmayotgan edi. U bir tekis suzib o‘tayotgan dov-dalaga, har to‘rt soniyada lipillab o‘tayotgan sim yog‘ochlarga, xuddi asov otning tuyog‘idan sachragan uchqunday, qorong‘ulikda yalt etib va shu zumda ortda qolib kelayotgan kichik, xira yorug‘ bekatlar, ularning sahnida qotib turgan navbatchilarga qarab ketayotir.
U otasining Kork haqidagi, yoshligi haqidagi hikoyalarini gap qo‘shmay, beparvo eshitdi: otasi vafot etgan biror-bir birodari yoki bu gal safarga chiqishga nima majbur etgani haqida gap boshladi deguncha chuqur xo‘rsinib qo‘yar yoki beixtiyor qo‘lini idishga cho‘zardi. Stiven jim o‘tirib tinglar, biroq ko‘nglida hamdardlik tuymasdi. Otasi eslagan marhumlar orasida u Charlz tog‘adan boshqasini tanimas, endi uning qiyofasi ham xotirasidan o‘cha boshlagan edi. U otasining mol-mulki auktsiondan sotilishini bilardi, otasi o‘zining xonavayron bo‘layotgani sababini bu shafqatsiz dunyoning orzu-umidlariga tajovuzidan, deb qarardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:30:55
Meriborda u uxlab qoldi. Ko‘zini ochganda Melloudan o‘tib ketishgandi: otasi yon tomondagi o‘rindiqqa cho‘zilib uxlab yotardi. Sovuq sahar yog‘dusi hosilsiz dalalarni, daraxtlar, uyquga cho‘mgan uylar tomini g‘ira-shira yoritdi. Jim-jit qishloqlarga qarab, otasining chuqur nafas olib, uyqusida alahsirayotganini eshitib borarkan, g‘aflat uyqusida yotgan dunyo qarshisida uning o‘y-xayollarini vahima bosdi. Tevaragida chala o‘likday dong qotgan odamlar yuragiga g‘ulg‘ula soldi, ulardan o‘ziga biror-bir ziyon-zahmat yetadiganday tuyuldi, va tezroq tong otishini o‘tinib so‘rab, duo o‘qiy boshladi. Uning tangriga va avliyolarga yukinmay, shunchaki o‘qigan duolari eshik tirqishidan esayotgan sahargi salqin shamolda qaltiroq bilan boshlanib va poezdning bir maromdagi taq-tuqiga monand, allaqanday qovushmagan so‘zlarining sarosimali pichir-pichiri bilan yakun topdi; qaqqaygan, har to‘rt soniyada lipillab, shovqinga basma-bas o‘tib turgan telegraf yog‘ochlari go‘yo harakat maromini ta’kidlayotganday edi. Bu asov musiqa uning yuragidagi vahimani biroz bosganday bo‘ldi va u deraza panjarasiga suyanib, tag‘in ko‘zini yumdi
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:31:30
Poezd shovqin-suron solib Korkka kirib kelganida hali juda erta edi. "œViktoriya" mehmonxonasida Stiven yana uxlagani yotdi. Charaqlagan quyoshning iliq nurlari derazani qopladi. Stiven ko‘chada hayot qaynay boshlaganini eshitdi. Otasi qo‘l yuviladigan joyda tik turib, sochiga, yuziga va mo‘yloviga sinchiklab qarayotir, u suv solingan ko‘za ustidan bo‘ynini cho‘zib, o‘zini yaxshiroq ko‘rmoqchi bo‘lib boshini burdi. Ayni paytda ohista, har bir so‘zni ohangga solib, cho‘zib xirgoyi qildi:
Yoshligimda g‘o‘rlik qilib,
Uylandim-qo‘ydim.
Mana endi, jonginam,
Baridan to‘ydim.
Ro‘zg‘or degan g‘or ekan,
Bilibman qaydan.
Baxtimni izlaymikan
Men Amriqodan.
Biroq vaqt oqar suvday,
Suluv qariydi.
Misli tonggi shudringday
Nurdan ariydi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:32:03
Deraza ortidagi serquyosh shahar shovqini va otasining hazil aralash hazin qo‘shiqqa turli pardalarda sayqal berayotgan ovozi Stivenning ko‘nglidagi tungi vahimalar asoratini butkul haydadi. U o‘rnidan irg‘ib turib, kiyina boshladi va xirgoyi tugagach, otasiga dedi:
— Bu sizlarning "œBeri keling, er irland-lar"ingizdan ko‘ra yaxshi.
— Sen shunday deb o‘ylaysanmi, — dedi mister Dedalus.
— Menga bu qo‘shiq yoqadi, — dedi Stiven.
— Ha, bu ajoyib qadimgi qo‘shiq, — dedi mister Dedalus mo‘ylovining uchini burab. — Eh, sen buni Mik-Leysi aytganini eshitarmiding! Sho‘rlik Mik Leysi! U har bir pardani qanaqa o‘ynatib aytardi, yo‘q men bunday aytolmayman. Ha, endi "œBeri keling, er irlandlar"ni u bir aytib o‘tdi-da, eshitib turib sel bo‘lib ketarding.
Mister Dedalus nonushtaga jigar qiymasidan tayyorlangan ovqat buyurdi va ovqat ustida xizmatchidan shahardagi yangiliklar haqida so‘rab-surishtirdi, ularning gaplari chalkashib, bir-birlarini tushunishlari qiyin bo‘ldi, chunki xizmatchi hozirgi paytdagi xo‘jayinini nazarda tutsa, mister Dedalus uning otasini yoki bobosini nazarda tutib gapirardi.
— Harqalay, Qirollik kolleji joyidami ishqilib, — ta’kidladi mister Dedalus. — O‘g‘ilchamga bir ko‘rsatay degandim-da.
Mardayk ko‘chasida daraxtlar qiyg‘os gullagan edi. Ular kollej darvozasidan kirishdi va so‘zamol qorovul ularni chog‘roq hovlidan olib o‘tib, bino tomon boshladi. Biroq ular har o‘n-o‘n besh qadamda shag‘al to‘shalgan yo‘lakda to‘xtab qolishar va otasi bilan qorovul o‘rtasida shunday savol-javob bo‘lardi:
— Nahotki! Bechora Meshqorin qazo qildimi?
— Ha, ser, qazo qildi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:32:25
Ular to‘xtab qolishganda Stiven betoqat bo‘lib, gaplari qachon tugar ekan, deb depsinib ketib turardi. Biroq hovlichadan o‘tguncha ular shu alpozda uzoq sudralishdi, bundan uning betoqatligi battar oshib, g‘azabi keldi. U hayron bo‘lardi, nahotki, oq-qorani baloday ajrata oladigan, har kimga ham ishonavremaydigan otasi shu yaltoqi qorovulning tilyog‘lamaligiga aldanib o‘tirsa: ertalab eshitganida zavqi kelgan janub shevasidagi alomat so‘zlar ham endi uning asabini qo‘zg‘ay boshlagandi.
Ular anatomiya teatriga kirishdi, mister Dedalus qorovul ko‘magida ism-sharifining bosh harflari o‘yib yozilgan partani qidira boshladi. Stiven orqaroqda, bu yerdagi tushkin, o‘lik sukunat va biqiq muhit havosidan ko‘ngli g‘ashlanib, zo‘rg‘a oyog‘ini sudrab bosardi. Partalardan birida u siyoh sachragan taxtaning bir necha joyiga o‘yib yozilgan Foetus so‘zini o‘qidi. Bu kutilmagan yozuvdan uning a’zoyi-badani qizib ketdi: yonida talabalar qarab turganday tuyulib, noqulay ahvolga tushib o‘zini ularning nigohidan panaroqqa olgisi keldi. Otasining hikoyalarini eshitib, hech tasavvur qila olmagan o‘sha hayot manzaralari to‘yqusdan partaga o‘yib yozilgan shu so‘z ta’sirida ko‘z oldida paydo bo‘ldi. Chorpahil mo‘ylovli talaba qalamtaroshda hafsala bilan harflarni biri-ketin o‘yib yozardi. Boshqa talabalar uning yonida tik turib yoki o‘tirib qarab, qalamtarosh tagidan chiqayotgan harflarni qiyqirib kulib kuzatishayotir. Talabalardan biri uning tirsasiga turtdi. Chorpahil talaba qovog‘ini uyub o‘girilib qaradi; uning egnida keng bo‘zrang ko‘ylak, oyog‘ida to‘q jigarrang botinka bor edi.
Stivenni chaqirishdi. U ko‘ziga ko‘ringan ro‘yodan qochib qutilmoqchiday, auditoriya zinapoyalaridan yugurib pastga tushdi va bo‘g‘riqib ketgan yuzini yashirish uchun partaga egilib, otasining ism-familiyasining bosh harflariga qaradi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:32:49
Biroq o‘sha so‘z va uning ta’sirida paydo bo‘lgan ro‘yo Stiven orqaga qaytib, hovlidan o‘tib kollej darvozasiga tomon borayotganda ham ko‘z o‘ngida jimirlab turardi. U shu kungacha botinidagi jirkanch bir illatday tuyulgan narsaning allaqanday alomatlariga hayotda duch kelib qolganidan tamom garangsib qolgandi. Uni mudom ta’qib etib yurgan qo‘rqinchli sharpalar xayolida qayta jonlanadi, sharpalar Stivenning xayoliga kelgan so‘zlardan qutilmaganda vajohatli tus oldi. Garchi ular qaerdan —qabih arvohlarning qay bir makonidan qaynab chiqayapti, deb hayron qolayotgan bo‘lsa-da, Stiven tezda ularning ta’siriga tushdi va aql-hushini egallab, ko‘ngliga vasvasa solishiga qo‘yib berdi. Sharpalar uning vujudini tamom asir qilib olgandan so‘ng esa u o‘zini butkul ojiz va xo‘rlanganday his etdi, nima qilarini bilmay betoqat bo‘ldi va o‘zidan-o‘zi jirkaib ketdi.
— Mana o‘sha do‘kon! Xuddi shu!—qichqirdi mister Dedalus. —Mendan bu haqda ko‘p eshitgansan-a, to‘g‘rimi, Stiven? Bu do‘konga bizlar bir to‘da bo‘lib tez-tez kirib turardik, o‘sha paytlar bizlarni hamma tanirdi. Garri Pird, kichkina Jek Maunten, tag‘in Bob Dayes, yana frantsuz Moris Moriarti, Tom O’Greydi, Mik Leysi, men senga ertalab u haqda gapirib bergandim, Joun Korbet, bechora oqko‘ngil Jonni Kivers.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:33:11
Mardayk ko‘chasidagi daraxtlar bargi shitirlab, quyosh nurida yaltillab shivirlaydi. Ularning yonidan kriket komandasi o‘yinchilari, sport kiyimida barvasta yosh yigitlar o‘tishdi, bittasi darvoza to‘ri solingan uzun yashil qopni ko‘tarib olgan. Bo‘m-bo‘sh tor ko‘chada sayoq musiqachi-nemislar —rangi unniqib ketgan harbiy mundirlardagi besh kishi—eskirib qolgan asboblarda o‘zlarini qo‘rg‘alab olgan bolalarga, shu atrafdagi idoralarning bekorchi yugirdaklariga kuy chalib berayotir. Boshiga oq ro‘mol tang‘ib olgan fartukli oqsoch ayol quyoshda oq marmarday yaltirab turgan deraza raxiga qo‘yilgan qutidagi gullarga suv quyayotir. Boshqa bir lang ochiq derazadan royalning sadosi taraladi, musiqa sadolari tobora yuqorilab avjiga chiqadi.
Stiven otasining yonida, uning hikoyalarini eshitib borayotir. Otasining yo‘qolib, o‘lib ketgan hamshishalari, yoshlikdagi do‘stlarining ismlarini u oldin ham ko‘p eshitgan edi. Uning ko‘ngli aynib, yuragi siqila boshladi. U o‘zining Balvederda kechirgan beqaror ahvoli haqida o‘yladi—stipendiya oladigan, sinfda eng a’lochi, o‘zining obro‘sidan cho‘chiydigan, mag‘rur, sal narsaga arazlab qoladigan, har narsaga shubhalanadigan, turmushning notavonligi va o‘zining tiyiqsiz o‘y-xayollaridan zada o‘quvchi. Siyoh chaplangan partaga o‘yilgan harflar jimirlab, uning jismonan kuchsizligini, bema’ni ehtiroslarini masxaralaganday aji-buji bo‘lib ko‘z oldida o‘ynoqlar, o‘zining uquvsiz yovvoyi fe’l-atvoridan jirkanishga majbur etardi. Og‘zidagi so‘lagi zaharday achchiq tuyuldi, tomog‘iga tiqildi, ko‘ngli aynib boshi gangidi va u bir daqiqacha ko‘zini yumib, hatto hech nimani ko‘rmay qadam tashladi.
Otasining ovozi esa yonginasida eshitilib turardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:33:33
—Sen voyaga yetib, odamlar qatoriga qo‘shilganingda, Stiven, men shunday bo‘lishiga judayam ishonaman, bir narsani unutmagin: qanday ishning boshini ushlashingdan qat’i nazar, doimo intizomli, insofli odamlar bilan birga bo‘l. Yoshlik paytimda men, senga ochig‘ini aytib qo‘ya qolay, davrimni surganman, do‘stlarim ham halol, olijanob yigitlar edi. Har qaysimiz qaysidir tomondan ustun edik. Birovning ovozi zo‘r bo‘lsa, boshqa birovida artistlik qobiliyati bor edi, kimdir bir band she’rni qoyil qilib aytolsa, kimdir eshkak tortishda tengi yo‘q yoki tennis kortida birinchi edi, boshqasi latifani suv qilib ichardi. Biz hamma narsaga qiziqardik, hayotdan ko‘nglimiz tusagan, qo‘limiz yetgan hamma narsani olardik, xullas, o‘z shavqu sharobimizda yashaganmiz, biroq bundan biror-bir insonning ko‘ngliga zig‘ircha og‘irlik botmagan. Chunki hammamiz birday tartibli-intizomli yigitlar edik, halol irlandlar edik, Stiven. Sen ham shunday —halol, olijanob yigitlar bilan ulfat bo‘lishingni xohlayman, o‘g‘lim. Ko‘rib turibsan, men sen bilan xuddi do‘stim bilan gaplashganday gaplashaman, Stiven, chunki o‘g‘il bola hech qachon otasidan hayiqib, o‘zini olib qochib yurmasligi kerak, deb hisoblayman. Shuning uchun, bobong rahmatli sening yoshingda menga qanday muomala qilgan bo‘lsa, men ham senga shunday muomala qilaman. Bobong bilan ikkovimiz ota-boladan ko‘ra ko‘proq aka-ukaga o‘xshardik. Meni birinchi marta og‘zimda trubka bilan ushlagani hech yodimdan chiqmaydi. Kechagiday esimda, Saut-terrasda o‘zim tengi mishiqilar bilan g‘o‘ddayishib turibmiz, o‘zimizni go‘yo botmon chog‘laymiz, tumshuq osmonda, hammamizning og‘zimizda trubka. Bir payt, shundoq qarasam, yonginamdan otam o‘tib borayapti. Bir og‘iz gapirmadi, to‘xtamadi ham hatto. Ertasi kuni yakshanba edi, ikkalamiz birga aylangani chiqdik, bir payt, uyga qaytayotganimizda, u cho‘ntagidan papiros qutisini chiqarib nima deydi de: "œHa, aytgancha, Saymon, men sening chekishingni bilmas ekanman", deydi. Men nimadir degan bo‘lib ming‘irladim chog‘i, u qutini menga cho‘zib: "œYaxshi tamakiga tobing qalay, qani bu sigaraniyam sinab ko‘r-chi. Menga buni kecha kechqurun Kuinstaunda amerikalik bir kapitan sovg‘a qildi", deydi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:33:56
Stiven otasining piqqillaganini eshitdi, bu kulgidan ko‘ra xo‘rsiniqqa o‘xshab ketardi.
— O‘sha paytda u Korkdagi yigitlarning eng oldi edi. Senga bor gapni aytayapman. Ko‘chadan yurib o‘tsa ayollar to‘xtab, orqasidan termilib qarab qolardi.
Shu yerda otasining tovushi o‘kirgan yig‘idan bo‘g‘ilib qoldi va Stiven beixtiyor ko‘zlarini katta ochdi. Birdan ko‘zining qorachig‘iga yopirilib kirgan yorug‘ nur ichida u g‘aroyib sehrli olamni—qoramtir tusdagi osmonda burqirab yotgan pag‘a-pag‘a bulutlar va ularga sel bo‘lib quyilayotgan to‘q qizil yog‘duni ko‘rdi. Miyasining ichi lo‘qillab og‘rir, boshi tanasiga bo‘ysunmasdi. U do‘konlar peshtoqiga ilingan lavhalardagi harflarni zo‘rg‘a farqlardi. O‘zining yovvoyi fe’l-atvori bois, u hayotdan tamom begonalashib qolganday edi. Atrofda ro‘y berayotgan biror-bir hodisa, agar uning tushkun kayfiyatiga hamohang bo‘lmasa, unga ta’sir etmas va uni o‘ziga jalb qilolmasdi. Na yozning ko‘rk-tarovatiga, na shodligu do‘stlikka ko‘nglida rag‘bat sezar, na tiriklik shavqi yoki oddiy isoniy da’vat uning chiroyini ochar, otasining ovozi esa asabini qo‘zg‘ar va ezgin ruhini battar azoblardi. U miyasida kechayotgan fikrlarni zo‘rg‘a idroklar va ichida sekin takrorlardi:
"œMen—Stiven Dedalus. Otam bilan birga ketyapman, uning ismi-sharifi Saymon Dedalus. Biz hozir Korkdamiz, Irlandiyadamiz. Kork—bu shahar. Biz "œViktoriya" mehmonxonasiga tushdik. Viktoriya. Stiven. Saymon. Stiven. Viktoriya. Ismlar".
Bolalik xotiralari to‘satdan xira tortdi. U yodida qolgan yorug‘ daqiqalarni eslashga urindi, biroq eslay olmadi. Xotiriga faqat nomlargina keldi: Denti, Parnell, Kleyn, Klongous. Ushoqday bolakayni keksa ayol geografiyaga o‘qitardi, shkafda ayolning ikkita cho‘tkasi bo‘lardi. Keyin uni kollejga jo‘natishdi. U birinchi marta ilohiy qovushish marosimida qatnashdi, kriket o‘ynaganda kiyadigan qalpog‘iga yashirgan shokoladlarni yedi, kasalxonaning tor palatasida, devorda bilanglab o‘ynayotgan olov aksiga termildi, xayolida qanday o‘lishini, rektorning hashamli libosda kelib, uning dafn marosimida xizmat qilishini, jasadini esa bosh arg‘uvonzor xiyobon ortidagi chog‘roqqina qabristonga dafn etishlarini tasavvur qildi. Biroq o‘shanda u o‘lmadi. Parnell esa o‘ldi. Na cherkovda ibodat, na dafn marosimi bo‘ldi. Parnell o‘lgani yo‘q, balki quyoshda tarqagan tumanday erib ketdi. U yo‘qoldi, yo bo‘lmasa hayotni tark etdi, chunki endi u yo‘q. G‘alati, tasavvurga sig‘maydi—u hayotdan ketdi-bordi, o‘lgani yo‘q, quyoshda erib bitdi yo koinotning allaqaerlarida sarson-sargardon kezib yuribdi! Ko‘ziga bir soniya kichkina bolakay ko‘rinib ketgani g‘alati bo‘ldi: ana u, o‘zi—bo‘zrang belbog‘li kamzulda. Qo‘llari yon cho‘ntaklariga tiqilgan, cholvarchasi tizzasidan pastdagi bog‘ichlari bilan aylantirib tortib bog‘lab qo‘yilgan.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:34:18
O‘sha kuni kechqurun, otasining mol-mulki sotilib bo‘lganidan keyin, Stiven uning ortidan itoatkorona ergashib, shahar bo‘ylab mayxonalarga kirib-chiqib yurdi. Mister Dedalus bozordagi savdogarlarga, mayxona xizmatchilariga, ovqat tashuvchilar-u xayr-sadaqa so‘ragan gadolarga tap tortmay bir gapni qayta-qayta takrorlar: o‘zining Korkda tug‘ilgani, asli tagi korklik ekani, o‘ttiz yildan beri Dublinda yashayotganiga qaramay janub shevasini unutib qo‘ymagani va yonidagi mana bu yigitcha—to‘ng‘ich o‘g‘li g‘irt dublinlik takasaltang ekani haqida tinmay javrar edi.
Ertalab ular "œNkom" qahvaxonasidan chiqishdi, qahvaxonada mister Dedalusning qo‘li qaltirab, chashkasi likopchaga urilib, qattiq jaranglab ketdi. Stiven stulni qimirlatib, yo‘talib, bu xijolatli ahvolni—kechagi ichkilikbozlikning sharmandali oqibatini sezdirmaslikka urindi. Xo‘rlanishlarning esa keti ko‘rinmasdi: mister Dedalus o‘zicha mehr ko‘rgazmoqchi bo‘lgan bozordagi savdogarlarning masxaralab kulishlari, bufetchi xotinlarning iljayishib mayna qilishlari-yu otasining do‘stlari biri qo‘yib, biri olib og‘iz ko‘pirtirib maqtashlari. Ular Stivenga sen xuddi quyib qo‘yganday bobongga o‘xshaysan deyishdi, mister Dedalus ma’qulladi, o‘xshashga o‘xshaydi-yu, faqat Stiven unday chiroyli emas, dedi. Ular uzoq tortishuvdan so‘ng mister Dedalusni nutqidan korklik ekanini bilsa bo‘ladi, degan xulosaga kelishdi va uni Li daryosi Liffi1daryosidan chiroyli ekanini tan olishga majbur qilishdi. Ulardan biri Stivenning lotinchadan bilimini sinab ko‘rmoqchi bo‘lib, "œDilektus" dan bir necha iborani tarjima qil-chi, deb turib oldi va: "œTempora mutantur nos et mutantur in illis" to‘g‘rimi yoki "œTempora mutantur et nos mutantur in illis"*2 to‘g‘rimi, deb so‘radi. Mister Dedalus Jonni Keshmen deb chaqirgan boshqa bir ezma chol undan qaerning qizlari chiroyli — Dublinning yo Korkningmi, deb so‘rayverib ensasini qotirdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:35:49
— Hoy, u sen o‘ylaganlardanmas, — dedi mister Dedalus. —Tirg‘alavermasang-chi unga. U jiddiy, aqlli bola, hech qachon bunday bo‘lmag‘ur narsalarga boshini qotirmaydi.
— Ha-a, bunday bo‘lsa, demak, u otasining o‘g‘li emas ekan-da, —dedi ezma qariya.
— Bunisini biroq men bilmadim, — dedi mister Dedalus ishshayib.
—Sening otang,—dedi ezma chol Stivenga, — yoshligida Korkdagi qizlarni qiyratardi. Sen buni bilmasmiding?
Stiven boshini qo‘yi soldi, mayxonaning kafel yotkizilgan yeriga termildi.
— Ulgirarsan hali uning boshini qotirishga, — dedi mister Dedalus. — Qo‘y o‘z holiga.
— Nega boshini qotirarkanman? Bobosi tengi odam bo‘lsam. Haqiqatan ham men bobo bo‘laman senga, to‘g‘rimi, — dedi qariya Stivenga. — Sen shuni bilasanmi?
— Yo‘q, — dedi Stiven.
— Nahotki, — dedi ezma chol. — Sandz Uellda ikkita toychog‘im—nevaram bor. Xo‘sh? Seningcha, mening yoshim nechada? Men sening bobongni yaxshi eslayman, qizil kamzul kiyib, tulki ovlashga chiqardi. U paytlari sen hali dunyoga kelmagan eding.
— Uning dunyoga kelishi hech kimning xayolida ham yo‘q edi, —dedi mister Dedalus.
— Bo‘lmasam-chi! — ma’qulladi ezma chol.
— Bilasanmi, men hatto sening bobongning otasini, Jon Stiven Dedalusniyam tanirdim. Ashaddiy duelchi edi-da o‘ziyam! Xo‘sh! Xotira qalay?
—Gapingga qaraganda uch, yo‘q, to‘rt avlodni bilarkansan, — dedi suhbatdoshlardan biri. — Hademay, Jonni Keshmen, naqd yuzni urarkansan.
— Men sizlarga yoshim nechadaligini aytaman, — dedi ezma chol. — Men ropa-rosa yigirma yettidaman.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:36:25
— To‘g‘ri, Jonni, — dedi mister Dedalus. — O‘zingni tetik his etayotgan bo‘lsang, demak, hali yoshsan-da. Qani, oldikmi, tagida qolganini tinchitaylik, keyin boshqasini ochamiz. Hoy bola! Tim, Tom, isming nimaydi sening, shunaqasidan yana bir shisha keltir. Gapning rosti, o‘n sakkizdaman go‘yo, menga shunday tuyuladi, shu o‘g‘lim mendan ikki karra yosh, xo‘sh, shunday bo‘lgandan so‘ng u mening oldimga tusha olarmidi!
— Unga tan berishing, Dedalus, harqalay, qiyin bo‘lmaydi senga, — dedi haligina gapga qo‘shilgan kishi.
— Yo‘q, yo‘q, jin ursin! — qichqirdi mister Dedalus.— Men ashulaning avjini undan yaxshi aytaman, ovdayam oldimga tushishga yo‘l bo‘lsin unga, men bilan tulki tutishga yuragi betlarmikan, ehe, o‘ttiz yil burun, kerrilik bolalar bilan ovlardik-da tulkini! Ular ovning ma’nisiga borishardi, ma’nisiga!
— Biroq u seni mana bu bilan yengadi, mana bu bilan,— dedi ezma chol barmog‘ini manglayiga nuqib va bir ko‘tarishda qadahni bo‘shatdi.
— Ha, uyam otasiday oqibatli inson bo‘ladi, deb umid qilamiz, bundan ortiq nima ham derdik, — javob qildi mister Dedalus.
— Bundan ortiq tilak bo‘ladimi, axir, — dedi ezma chol.
— Xudoga shukr qilaylik, Jonni — dedi mister Dedalus, — ko‘p yashadik, biroq yomonlikni kam qildik.
— Aksincha, xayrli ishlarni ko‘p qildik, Saymon, — g‘ururlanib qo‘shib qo‘ydi ezma chol. — O‘zingga shukr yaratgan egam, umrimizga umr qo‘shganingga, ezgu ishlarni bisyor ravo ko‘rganingga qulluq.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:36:46
Stiven uchala qadahning qanday ko‘tarilganiga qaradi, otasi va uning ikki keksa oshnasi o‘zlarining yoshligi uchun ichishdi. Taqdir yo fe’l-avtordanmi, ishqilib, allaqanday jarlik Stivenni ulardan bezdirardi. Nazarida, uning aqli qahru g‘azabga moyil va qartayganday tuyulardi: u xuddi yer tepasidagi taftsiz oyday, guruglashayotganlarning bahslari, quvonch va anduhlari ustida, sovuq nur taratib turardi. Vujudida bir paytlar otasi va uning oshnalari his etayotgan hayot va yoshlik shavqini his etmasdi. Do‘stona gurunglar quvonchi, erkak kishiga xos metinday sog‘liq va farzandlik tuyg‘usi unga begona edi. Uning qalbida sovuq, qahrli va mehrdan xoli mayllardan boshqa hech vaqo yo‘q edi. Uning bolaligi barham topgan yoki g‘oyib bo‘lgan, u bilan birga oddiy quvonchlarga moyil ko‘ngli ham hamma narsadan bezigan va hayotda go‘yo osmondagi so‘nik oy gardishiday, sargardon kezib yurardi.
Tolmadingimi ko‘kda, oy? Ranging siniq, benavo.
Falak toqidan yerga qaraysan g‘amgin, ma’yus.
Sayr etasan, tanho...
U ichida Shellining satrlarini takrorladi. Insonga xos norasolikni odam bolasiga nasib etmaydigan oliymaqom qudratga qarshi qo‘ygani uni hushiga keltirdi va u o‘zining shaxsiy, nochor va arzimas g‘am-anduhlarini unutdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:37:04
* * *
Stivenning onasi, ukasi va amakivachchalaridan biri kimsasiz foster-pleysning burchagida kutib turadigan bo‘lishdi, Stiven esa otasi bilan zinalardan ko‘tarilishdi va soqchi-shotland borib-kelib yurib turgan ustunlar yonidan yurib ketishdi. Ular hayhotday zalga kirishib, kassaning darchasiga yaqinlashganda Stiven cho‘ntagidan Irlandiya banki direktori nomiga yozilgan — bittasi o‘ttiz, ikkinchisi uch funtli cheklarini chiqardi. Kassir cheklarga beriladigan summani, uning stipendiyasi va yozma ishiga berilgan mukofot — hammasini qo‘shib, muomalada pul o‘rnida yuradigan banknotlar va jaranglagan tanga bilan hisoblab sanab uzatdi. Stiven xotirjamlik bilan ularni bo‘lib-bo‘lib cho‘ntaklariga joyladi va otasi bilan gaplasha turib uni qutlamoqchi, kelajagi porloq bo‘lishini tilamoqchi bo‘layotgan ochiqko‘ngil kassirga enli to‘siq ustidan itoatkorona qo‘l uzatdi. Ularning ovozi Stivenning g‘ashini qo‘zg‘adi va u betoqat bo‘lib, tipirchilay boshladi. Biroq kassir, boshqalarni kuttirib qo‘yib, zamon o‘zgarib borayotgani, hozir eng muhimi, agar cho‘ntak ko‘tarsa, albatta, fazandni yaxshilab o‘qitish kerakligini javray ketdi. Mister Dedalus shoshilmasdi, bir atrofga alanglar, bir shipga qarar, toqatsizlanayotgan Stivenga hozir ular eski Irland parlamentining binosida turishganini, jamoa palatasi shu yerda bo‘lganini uqtirardi.
— Ajab zamonlar edi-da! — dedi mister Dedalus og‘zidan bol tomib, — u davrning odamlari boshqacha edi — Xili-Xatchinson, Flud, Genri Gratten, Charlz Kendl Bush. Hozirgi zodagonman deganlardan o‘rgildim, nuqul timirskilanishadi! Shular-da endi irland xalqining dohiylari! Bilasanmi Stiven, bu boyvachchalarni hatto qabristondayam haqiqiy irlandlar bilan yonma-yon yotishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Eh, jigarim, Stiven, bu, bilasanmi, haligi bir qo‘shiqda aytadi-ku: "œSaratonda ko‘klam havosi" deb, shuning o‘zginasi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:37:19
Bank tevaragida oktyabrning izg‘irinli shamoli izg‘iydi. Ular loy yo‘lakning chetida turishibdi, uchchalasining ham yuzlari sovuqdan ko‘karib ketgan, ko‘zlari yoshlanadi. Stiven onasining yengil kiyinganini sezdi va bir necha kun oldin Bernardo magazini vitrinasida yigirma giniya turadigan yelkaga tashlanadigan ayollar kamzulini ko‘rganini esladi.
— Xo‘sh, pulniyam oldik, — dedi mister Dedalus.
— Endi ovqatlangani borsak yomon bo‘lmasdi, — dedi Stiven. — Qaerga borsak ekan!
— Ovqatlanamizmi? — dedi mister Dedalus. — Ma’qul bu, har qalay, yaxshi taklif.
— Arzonroq joyga kiraqolaylik, — dedi missis Dedalus.
— Kambag‘albop joyga-ya?
— Ha, biror oddiyroq oshxonaga.
— Ketdik, — dedi Stiven toqatsizlanib. — Qimmatmi, arzonmi — nima farqi bor.
Stiven ularning oldiga tushib, mayda notekis qadam tashlab, jilmayib borardi. Ular ortda qolib ketmaslik uchun qadamlarini tezlatishdi va uning qichab yurayotganiga kulimsirashdi.
— Hovliqmasang-chi, — dedi otasi. — Yov quvayaptimi, kap-katta yigitga yarashmaydi bunday shoshqoloqlik. Sovg‘adan quruq qolayapmizmi buncha yugirib!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:37:43
Ular bo‘lar-bo‘lmas ko‘ngilxo‘shliklarga pul sarflab yurib kunning qanday o‘tganini sezishmadi, Stivenning qo‘lidagi mukofot puli hash-pash deguncha tugab bitdi. Shahardan uyga turli-tuman shirinliklar, konfetu quritilgan meva-chevalar solingan katta qutilarni ko‘tarib kelishdi. Har kuni Stiven oila uchun tayyorlanadigan taomlar ro‘yxatini tuzar, kechqurunlari ular uch yoki to‘rt kishi bo‘lib, "œIngomara" yo "œLionlik nozanin"ni tomosha qilgani teatrga otlanishardi. Uning kalta kamzulining cho‘ntagida ulfatlarga atalgan vena shokoladi bo‘lar, shimining cho‘ntagida esa bir siqim kumush va mis tangalar shaqirlardi. U hammaga sovg‘a xarid qilar, o‘zining xonasini qayta boshdan bezashga kirishib ketar, allaqanday loyihalar ustida bosh qotirar, javondagi kitoblarning joyini almashtirar, narx-navolar yozilgan ma’lumotnomalarni o‘rganar, oilaning har bir a’zosiga aniq vazifa yuklanadigan yangicha qat’i tartib-qoida o‘rnatmoqchi bo‘lardi. Uyidagilar uchun foiz evaziga qarz beradigan kassa ochdi va faqat kvitantsiya yozish-u tushadigan foizni hisoblashning zavqiga berilib, yordam so‘raganlarga qarz ulasha boshladi. Bu mashg‘ulotlar joniga tekkach, u oyog‘iga konki tang‘ib olib, shahar bo‘ylab sang‘idi. Oxir-oqibat barcha ermaklaridan bezdi. Qirmizi sir bo‘yoq tunuka qutida qotgancha qoldi, devorga qoplangan taxta bo‘yalmadi, chala-chulpa urilgan suvoq esa ko‘chib tusha boshladi.
Oila odatdagi turmush tarziga tushib oldi. Onasi endi uni isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygani uchun koyimasdi. O‘zi ham burungi, maktabda paytidagi hayot yo‘siniga qaytdi, o‘rnatgan yangiliklari esa barbod bo‘ldi, respublikasi quladi. Qarz beradigan kassasi juda katta kamomad bilan yopildi. O‘zi uchun tuzgan yashash tartib qoidasi o‘z-o‘zidan buzilib ketdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:37:56
Naqadar bema’ni harakatlar edi bu! U tevaragidagi hayotning bo‘tana oqimiga qarshi tartib va fayzu tarovat to‘g‘onini tiklamoqchi, axloq qoidalari hamda foydali mashg‘ulotlar ko‘magida yangicha oilaviy munosabatlarni joriy etib, vujudidagi bezovta tug‘yonni bosmoqchi bo‘ldi. Bari bekor ketdi. Bo‘tana oqim ham sirtdan, ham ichdan to‘siqni buzib bostirib kirdi: g‘arq bo‘lgan to‘g‘on ustida har ikki oqim shiddat bilan to‘qnashdi.
U endi bu hayotga o‘zining tamom begonaligiga ham aqli yetib turardi. Tug‘ishganlariga ham oldingiday bemalol yondashib borolmaydigan bo‘lib qoldi, xijolatga solgan bo‘lar-bo‘lmas ishlarini, orttirgan behuda tashvishlari-ni yodidan chiqarolmas, bu qilg‘iliklari uni onasi, ukasi va singillariga begonasiratib qo‘ygan edi. O‘zining ular bilan qondoshligini his etmas, nazarida allaqanday sir ularni bog‘lab turganday, go‘yo bu oilaga o‘zi asrandi farzand, ukasi singillari esa shunchaki bir ko‘krakdan sut emishgan-u, aslida begonalarday edi.
U yana vujudini qiynoqqa solayotgan tashnalikni qondirishga urindi. Bu tashnalik oldida ko‘ziga hech narsa ko‘rinmas, og‘ir gunohga botgani-yu, hayoti yolg‘on-yashiq vaj-karsonlarga qorishib ketayotgani uni ortiq bezovta qilmasdi. Jonini azoblayotgan jirkanch xohish yo‘ldan ozishga undar, uning uchun biror-bir aziz narsa qolmagandi. U loqaydlik bilan tiyiqsiz o‘y-xayollariga erk berib, ko‘zi tushgan har qanday qiyofani tasavvurida jonlantirib, shahvoniy maylga pinhona ruju qo‘yardi. Qarshisidan chiqib qolgan notanish ayol, garchi kunduz kun unga nechog‘li bokira tuyulmasin, oqshomlari bosirinqi tushlarida betlari lovillab, ko‘zlari hayvoniy hirs bilan yonib ko‘rinardi. Faqat ertalab, o‘rnidan turgach, to‘shakda xayolidan kechirganlarini eslab bezovtalanar, tobora gunohga botib borayotganidan ich-ichidan ezilardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:38:27
Uning boshi tag‘in uyga sig‘may qoldi. Tumanli kuz oqshomlari, xuddi bir necha yil burun Blekrokning sokin ko‘chalarini kezishga jazm etganday uni yana tor ko‘chalarda sag‘ishga undardi. Biroq endi na uylar oldidagi bir tekis qilib butalgan bog‘chayu gulzorlar va na derazalardan yog‘ilib turgan nurafshon yog‘dular uning yuragiga iliqlik olib kirardi. Faqat ora-sirada, ko‘ngli xotirjam tortib, xohish tug‘ilgan damlarda va tinkasini quritgan shahvat o‘rnini huzurli charchoq egallaganda xotirasining tub-tubidan Mersedes qiyofasi qalqib chiqib kelardi. Yana tog‘ yo‘lidagi kichkina oq uyda va barq urib ochilib yotgan atirgullarga to‘la bog‘chani ko‘rdi va oyning kumush nurlariga cho‘milib yotgan bog‘chada qiz bilan, shuncha yillarga cho‘zilgan ayriliq va sarson-sargardonlikdan so‘ng, qo‘l ushlashib turganini, g‘amgin qiyofada, biroq o‘zini mag‘rur tutib, boshini sermab qizga rad javobini qilganini va aytishi lozim bo‘lgan o‘sha gapni aytganini esladi. Shu daqiqalarda xayolida Klod Milnotning sokin nutqi jaranglaganday bo‘lib, yuragidagi g‘ashlikka taskin berdi. U bir paytlar intizor bo‘lib kutgan totli uchrashuv xayoli, garchi o‘sha vaqtlardagi orzu-umidlari bilan fe’l-atvoridagi qat’iyatsizlik, tortinchoqlik va tajribasizlikka bir zumdayoq barham beradigan haqiqiy, huzur-halovatli visol ishtiyoqi o‘rtasida shafqatsiz borliq tubsiz jarday bo‘lib yotganiga qaramay, uning qalbini munavvar tuyg‘ularga to‘ldirdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:38:38
Bu totli lahzalar o‘tib, o‘cha boshlagan shahvat alangasi yana vujudini junbushga keltira boshladi. She’r satrlari uning lablarida qotdi, yovvoyi hayqiriq va beandisha so‘zlar miyasida charx urib, otilib chiqishga shay edi. Tomirlarida qon gupirardi. U shiltasi chiqib ketgan ko‘chada izg‘ir, tor ko‘chalarning qorong‘u burchaklariga, darvozalarga suqlanib qarar, tiq etgan tovushga qulog‘ini ding qilardi. U xuddi o‘ljasining izini yo‘qotib qo‘ygan yirtqichday uvladi. U o‘ziga o‘xshagan mahluq bilan ayb ishga bosh qo‘shish, uni gunoh qilishga majburlash va u bilan gunohga botib rohatlanishni qo‘msardi. U zimiston qa’ridan allaqanday qora narsa shiddat bilan o‘zi tomon, xuddi tutqich bermaydigan va vishillagan asov selday bostirib kelayotganini his qildi va bu oqim uni tamom g‘arq etguday edi. Bu vahimali vishir-vishir bosirinqi tushdagi kabi ko‘pirib-toshib quloqlariga urildi, ko‘z ilg‘amas uzun tomchilar a’zoyi-badanini ilmateshik qilib o‘tganday bo‘ldi. Bu chidab bo‘lmas og‘riq azobidan barmoqlari titrab-qaqshab musht bo‘lib tugildi, tishlari bir-biriga qapishib ketdi. Ko‘chada turib allaqanday nozik, silliq va maftunkor bir nimani tutib qolmoqchi bo‘lib qo‘llarini uzatdi, va allaqachondan beri bo‘g‘zida tutib turgan chinqiriq lablaridan otilib chiqdi. Chinqiriq misoli badbaxt gunohkorlarning jahannamdagi ohu nolalariday fig‘onli chiqdi va achchiq, yig‘lamsiragan hirqiroqli iltijoga aylanib o‘chdi, bu ayni hojatxonaning zax tortgan devorida u ko‘rgan uyatsiz yozuvning ayanchli aks-sadosi edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:38:58
Bir mahal u boshi aylanib tor, iflos ko‘chalarga kirib qoldi. Badbo‘y jinko‘chalardan uning qulog‘iga shovqin, mast-alas baqiriq-chaqiriqlar, so‘kinishlar, hirqiragan shirakayf tovushlar eshitildi. Bularning unga ta’siri kam edi, u qaerga kelib qoldim, bu yahudiylar kvartali emasmi, deb hayron bo‘lib turardi. Uzun yaltiroq ko‘ylaklar kiyib, atir-upaga belanib olgan xotinlar va yosh qizlar ko‘chani kesib o‘tishib, u uydan bu uyga kirib-chiqib yurishardi. Uni qaltiroq bosib, ko‘z oldi qorong‘ulashdi. Tuman bosgan nigohida, bulutli havo qorong‘usida fonuslarning sarg‘ish qo‘zog‘i mehrob peshtoqiga yoqib qo‘yilgan shamlarday yiltillab ko‘rindi. Eshiklar oldida va yorug‘ ayvonchalarda xotinlar, allaqanday marosimga shaylanayotganday, to‘da-to‘da bo‘lib turishardi. U butunday boshqa dunyoga tushib qoldi: go‘yo ming yillik uyqudan uyg‘ondi.
U ko‘chaning o‘rtasida turar, yuragi ko‘kragini yorib chiqquday gursillab urardi. Qizil ko‘ylakli yoshgina ayol qo‘lini uning yelkasiga qo‘ydi va ko‘zlariga tik qaradi.
— Xayrli shom, yoqimtoy Villi! — dedi juvon quvnoq ohangda.
Uning xonasi issiq va yorug‘ edi. Kattakon qo‘g‘irchoq oyoqlarini kerib, karavot oldidagi oromkursida o‘tiribdi. Stiven juvon ko‘ylagini qanday yechayotganiga qaradi, atir ufurgan boshining mag‘rur, qat’iyatli harakatini ko‘rdi, o‘zini bamaylixotir ko‘rsatish ilinjida birgina so‘z aytishga o‘zini majburlashga urindi.
Va shu zayl miq etmay xonaning o‘rtasida qaqqayib turganida juvon yaqiniga keldi va uni quchoqladi — shodon va xotirjam quchoqladi. Juvonning lo‘ppi qo‘llari uni qattiq quchdi va uning ortga engashgan jiddiy, xotirjam yuzini ko‘rib, ko‘kragining sokin va bir tekis ko‘tarilib tushayotganini his etib, Stivenning jazavada o‘kirib yig‘lab yuborishiga sal qoldi. Uning mahliyo bo‘lgan ko‘zlarida sevinch va orom yoshlari balqidi, garchi bir so‘z aytmagan esa-da, lablari ochildi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 23 Oktyabr 2007, 11:39:38
Juvon baldoqlari jiringlagan qo‘li bilan uning sochlarini siladi va uni shumtaka, deb atadi.
—O‘p meni,— dedi juvon.
Uning lablari qimir etmadi, juvonni o‘pmadi. Juvon o‘zini yana qattiqroq quchib turishini va ohista-ohista erkalashini xohlardi u. Juvonning quchog‘ida u o‘zini favqulodda kuchli, botir va qat’iyatli his etdi. Biroq uning lablari qimir etmadi, juvonni o‘pmadi.
Bexos harakat bilan juvon uning boshini egdi va o‘zining lablarini uning lablariga bosdi, Stiven juvonning o‘ziga oshkora tikilib qaragan ko‘zlaridan harakatining ma’nosini uqdi. Bu endi uning imkonidan tashqarida edi. U ko‘zlarini yumdi, jonu tanini ayolga topshirib, uning yumshoq xiyol ochiq lablaridan o‘zga dunyodagi hamma narsani unutdi. O‘payotib, juvonning dudoqlari uning lablarigagina emas, aqlu hushiga ham ta’sir etdi, go‘yo unga nimadir aytmoqchi bo‘ldi va tuyqusdan, lahza ichida, u hech qachon his etmagan, eng mudhish gunohdan-da og‘ir, hid yoki tovushdan mayin va ma’sum aloqani tuydi.
____________________
*1 Laus Deo Semper — tangrini boz sharaflamoq uchun (lotincha). Iezuit maktablarida yozma ishga qayd etiladigan odatdagi belgi.
*2 "œVaqt o‘zgaradi va biz ham u bilan birga o‘zgarib boramiz" (lotincha). Birinchisi to‘g‘ri.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:51:20
UCHINCHI BOB

Qayg‘uli kun o‘tib, dekabrning tezkor shom qorong‘usi, alang-bilang masxarabozday, bir zumdayoq yerni qopladi, u sinf xonasida derazaning to‘rtburchak xira oynasiga termulib o‘tirib, qorni ovqat talab qilib tatalayotganini his qildi. U kechki taomga sabzi, sholg‘om solingan va achchiq murch sepilgan unli qayla ustiga kartoshka pyuresi va yog‘li qo‘y go‘shti bostirib solingan qovurdoq bo‘lar, deb umidlandi. Bularning barini joyla, derdi go‘yo qorni qutqi solib.
Oqshom qop-qorong‘i bo‘ladi, zim-ziyo tun. Biroz qorong‘i tushishi bilan isqirt kvartaldagi islovatxonalarning u yer-bu yerida sarg‘ish fonuslar miltillab yonadi. U tor ko‘chalarda sanqiydi, o‘sha tarafga intilib boraveradi, oyoqlari o‘sha qorong‘i burumga boshlab olib kirib ketmaguncha hayajon va qo‘rquvdan qaltiraydi. Ayni payt fohishalar ham kunduzgi uyqudan turishib, esnashib, sochlaridagi to‘g‘nag‘ichlarni tuzatishib, tungi uchrashuvlarga chog‘langani ko‘chaga chiqishadi. U xotinlarning favqulodda imo-ishora qilib qolishlaridan yoki gunohga ko‘nikib qolgan yuragini o‘rtaydigan atir hidi anqigan biror-bir momiq badanning chorlovidan umidvor bo‘lib, ularning oldidan xotirjam yurib o‘tadi. Va bu chorlovni u sergak kutarkan, tiyiqsiz mayillariga erk bergani oqibatida zaiflashib qolgan his-tuyg‘ularini yerga urib, nafsoniyatini toptayotgan narsalarga behad diqqat bo‘lib e’tibor qiladi: ko‘zlari — yalang‘och stolga to‘kilgan pivoning halqa-halqa ko‘piklariga, harbiychasiga g‘o‘ddayib turgan ikki askarning suratiga, tumtaroq afishaga tushadi; quloqlari — baqirib-chaqirgan, qiyqirib hol so‘rashishgan tovushlarni eshitadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:51:46
—Xello, Berti, xo‘sh, nima bilan xursand qilasan, azizim?
—Ha, senmisan, do‘ndiqcha?
—O‘ninchi nomerga kir, jajji Nelli ko‘zlari teshilib kutayapti.
—Bu oqshom bir yayray depsan-da, a, yigitcha?
Uning daftaridagi tenglama, darajalarni bildiradigan ko‘zcha va yulduzchali belgilar bilan tovusning serhasham dumiday yoyilib tarvaqaylab ketdi; darajalarning ko‘zchalari va yulduzchalar o‘zaro chog‘ishtirilib qisqartirilgach, dum asta-sekin ixchamlasha boshladi. Darajalar xuddi bir ochilib, bir yumilib turgan ko‘zchalardek paydo bo‘lib va yo‘q bo‘lib turar, ko‘zchalar yonib-o‘chib turgan yulduzchalarday ochilar va yumilardi. Yulduzli hayotning ulkan girdobi uning toliqqan aql-hushini bir chetga surib ketar va yana hayal o‘tmay ortga qaytarib olib kelar va uzoqdan elas-elas eshitilayotgan musiqa sadosi bu harakatga jo‘r bo‘lardi. Bu qanday musiqa bo‘ldi ekan? Kuy ohangi yaqinroqdan eshitila boshladi va u Shellining qorong‘u osmonda tanho kezib yurgan, toliqib rangi siniqqan oyga bag‘ishlangan misralarini esladi. Yulduzlar uvalanib keta boshladi va yulduzlar changining yupqa pardasi koinot qa’riga singib ketdi.
Boshqa bir tenglama yoyilib, sekin dum chiqara boshlaganda varaqdagi yorug‘ nur xira tortdi. Bu uning tomir yoyib, gunohlarga botib, yoniq yulduzlarday uchqun sachratib va yana yig‘ilib, ohista so‘nib, o‘zining otash-alangasini o‘chirib — shu zayil hayot yo‘liga tushayotgan qalbi, ruhiyati edi. Uning yuragini o‘rtagan otash-alangalar o‘chib-bitdi va bo‘shab qolgan sovuq zim-ziyo qalbini loqayd mubhamlik egalladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:52:04
Uning borlig‘ini sovuq sergak befarqlik egallab oldi. Birinchi marta gunohga yo‘l qo‘yganidan qattiq iztirobga tushganida yuragining tub-tubidan vulqonday qaynab-toshib kelgan g‘azab va nafrat otashin tanini yo bo‘lmasa ruhini kuydirib, bir umrga majruh qilib qo‘yadiganday tuyulib, qattiq qo‘rqqandi. Biroq hayot to‘lqini uni goh g‘arq qilib, goh pasayib-tushib asta-sekin o‘ziga keltirdi. Bu taloto‘mdan uning tani, ruhi omon qoldi va ular o‘rtasida so‘zsiz-so‘roqsiz bitim—murosa paydo bo‘ldi. Yuragidagi behalovat tuyg‘ularga barham bergan mubhamlik bir qadar befarq bo‘lib, sovuqqonlik bilan o‘zini-o‘zi anglashga aylandi. U bir emas, bir necha marta og‘ir gunohga qo‘l urgan edi va birinchi qilgan gunohining o‘zi uchun abadiy la’natga qolishi tayinligini bilar, keyingilari esa tortajak azoblariga yana azob qo‘shardi, xolos. O‘tayotgan kunlar, mashg‘ulotlar va azobli o‘ylar endi uning gunohlarini yengillatmas — ob-hayot bulog‘ining huzurbaxsh suvi endi uning qashshoq ruhiga, ruhiy tashnalikdan qaqragan vujudiga tiriklik shavqini bag‘ishlamas edi. Endi u gadoylarga sadaqa berganida bir zum to‘xtab, ularning duolarini eshitib o‘tirmas, burilib ketib qolar va horg‘in xayol surib, balki shunday qilsam ozgina bo‘lsa-da savob olarman, deb umidlanardi. Xudojo‘ylikni butunlay tark etgandi. Qilgan og‘ir gunohlari uchun do‘zax olovida yonadigan bo‘lganidan keyin toat-ibodatdan nima foyda? Garchi uyqusida ham jonini olish va do‘zax oloviga tashlash Yaratganning irodasiga bog‘liq ekanini, bunday paytda hatto rahm-shafqat tilashga ham ulgura olmay qolishini bilsa-da, yuragidagi kibr va azbaroyi ixlos bilan qo‘rqishi uning og‘iz ochib duo o‘qishiga monelik qilardi. O‘zining gunohlarini kibr bilan tan olishi va ko‘nglidagi Yaratganga muhabbatdan xoli qo‘rquv qo‘l urgan jinoyati behad kattaligini, hamma narsadan ogoh va hamma narsani bilguvchi zotga munofiqlarcha tavba-tazarru qilgan bilan gunohlardan xalos bo‘lishining iloji yo‘qligini mudom uqtirib turardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:52:19
— Bilasizmi, Ennis, sizning yelkangizdagi bu kalla emas, shunchaki oshqovoq, desa ham bo‘laveradi. Sizga nima bo‘ldi o‘zi — nahotki irratsional miqdor nimaligini bilmasangiz?
Betayin javobdan sinfdoshlariga nisbatan uning ko‘nglida g‘imirlagan bepisandlik battar kuchaydi. Endi u boshqalar oldida uyalib-netib o‘tirmas edi. Yakshanba kunlari ertalab, cherkov yonidan o‘tayotib, ibodat qilayotganlarga beparvo qarab qo‘yardi; odamlar to‘rttadan tizilishib, boshlarini egishib, cherkovning eshigi oldida itoatkor turishar, ichkaridagi ibodatni ko‘rmayotgan va eshitmayotgan bo‘lishsa-da, o‘zlarini marosimda ishtirok etayotganday tutishardi. Ularning ma’yus xudojo‘y qiyofalari va sochlariga surtishgan arzon moyning ko‘ngilni aynitadigan hidi bu muqaddas joydan uning ixlosini qaytarardi. U ham boshqalar qatori riyokorlikka yo‘l qo‘yar, biroq avomning soddadilligiga, shunday osongina aldanishiga mutlaqo ishonmasdi.
Uning yotadigan xonasi devorida unga kollejdagi Bibi Maryam birligi jamoasining prefekti unvoni berilgani haqidagi chetlari naqsh bilan bezatilgan yorliq osig‘liq turardi. Shanba kunlari, jamoa a’zolari ibodat xizmatini o‘tash uchun cherkovga yig‘ilishganda, u mehrobdan o‘ng tomondagi faxrli joyni egallar, mato qoplangan kichkina o‘rindiqqa tizzasini bukib o‘tirib, marosim payti xorning o‘ziga tegishli qanotini boshqarardi. Bu soxta holat uning vijdonini qiynamas edi. Ba’zi daqiqalarda uning faxrli o‘rindan sakrab turib, hammaning oldida riyokorligi uchun tavba-tararru qilib, cherkovni tashlab chiqib ketgisi kelar, biroq tevaragidagi odamlarning yuzlariga bir qarashning o‘zi qalbidagi bu g‘alayonni bosish uchun yetarli bo‘lardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:52:29
Oyatlardagi obrazli bashoratlar uning nafsiz g‘ururiga o‘zgacha zeb berardi. Maryamni sharaflovchi balandparvoz hamdu sanolar: xushbo‘y nardin, miro va ladan — Bibi Maryamning ilohiy nasl-nasabi belgilari, kech gullaydigan daraxt va kech ochilgan gul — asrlar osha uning ulug‘vorligini odamlar ongiga singdirib kelgan timsollar Stivenning qalbini asir etardi. Va ibodat yakunida Muqaddas bitikni o‘qish navbati unga yetganda, Stiven bo‘g‘iq ovozda, so‘zlar ohangi bilan vijdonini yupatib, allalayotganday bir maromda o‘qiy boshlardi:
"œQuasi cedrus exaltata sum in Libanon et guasi cupressus in monte Sion. Quasi palma exaltata sum in Gades et quasi piantatio rosae in Jericho. Quosi uliva speciosa in campis et quasi plaranus exaltata sum juxta aquam in plateis. Sicut cinnamomum et balsamum aromatisans odorem dedi et quasi myrrha elesta dedi suavitatem odoris"*1.
Ilohiy siymoning undan yuz o‘girishiga sabab bo‘lgan gunoh uni beixtiyor jami gunohkorlar g‘amxo‘riga yaqin qilib qo‘ydi. Bibi Maryamning ko‘zlari unga mehr bilan yuvosh qarab turganday tuyular, nozikkina jussasini chulg‘agan ilohiy yog‘du najot istab o‘zi tomon talpingan gunohkorlarni hecham tahqirlamasdi. Agar qachondir uning yuragida: endi hech qachon gunohga qo‘l urmayman, tavba qilaman, degan xolis xohish uyg‘ongan bo‘lsa, bu shubhasiz, o‘zini Bibi Maryam xizmatiga bag‘ishlash istagidan edi. Agar qachondir uning ruhi, tanini junbishga keltirgan behalovat mayllar bosilgach, uyat va alam bilan o‘z dargohiga qaytib va unga tomon — timsoli "œko‘k toqidagi yorqin, ohanrabo, samo sirlaridan ogoh etib, olamga osoyishtalik bag‘ishlovchi"œ tong yulduziga talpingan bo‘lsa, bunday lahzalarda Bibi Maryamning ismi, hali bema’ni va uyat so‘zlar va tanigagina rohat bag‘ishlagan beandisha o‘pichlar ta’mi arimagan lablaridan chiqar edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:52:54
Bu, chindan g‘alati edi. Bunday holatlar qanday yuz berishini u o‘zicha tushunishga urindi. Biroq sinf xonasini qoplagan g‘ira-shira qorong‘ulik uning fikrlarini ham chulg‘adi. Qo‘ng‘iroq chalindi. O‘qituvchi topshiriq berib, chiqib ketdi. Stivenning yonida o‘tirgan Kuron soxta ohangda xirgoyi qildi:
Mening do‘stim, go‘zal Bombados.
Tashqariga chiqib ketgan Ennis, sinfga kirib, yangilikni xabar qildi:
— Xizmatkor keldi, rektorni so‘rab.
Stivenning orqasidagi bo‘ychan o‘quvchi qo‘llarini bir-biriga ishqab, dedi:
— Yashasin! Endi bir soat mazza qilib laqillashsa bo‘ladi. Soat ikki yarimgacha qaytib kelmaydi. Keyin sen unga katexizisdan3 savol berib, gapni aylantirasan, xo‘pmi Dedalus.
Stiven kiftini partaning suyanchig‘iga tashlab, yastanib, qo‘lidagi qalamni daftar ustida parishonxotir yugizib o‘tirgancha, safsatalarga quloq solar, tutruqsiz gap-so‘zlarni Kuronning ora-sira qichqirgan ovozi bo‘lib turardi:
— Sekinroq gapirsanglar-chi! Shunaqayam shovqin ko‘tarasizlarmi!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:53:03
Cherkovning qat’i aqidalarining tub ildizlariga, sirli tomonlariga nazar tashlash va o‘zining ana shu qoidalarga ko‘ra qoralanganini eshitish, buni chuqur his etishga bo‘lgan ishtiyoqi ko‘ngliga allaqanday qayg‘uga qorishgan sevinch ulashishi ham Stivenga juda g‘alati tuyulardi. Avliyo Ya’qubning bitta muqaddas o‘gitga zid ish qilgan kishi barcha o‘gitlarni buzgan, muqaddas o‘gitlarning hammasiga qarshi gunoh qilgan bo‘ladi, degan hikmati unga, qalbining qorong‘u burchaklariga zehn solib qaramaguncha, balandparvoz gapday tuyuldi. Barcha og‘ir gunohlar: manmanlik va boshqalarni nazar-pisandga olmaslik, pulga hirs qo‘yish va uning vositasida aysh-ishratga qo‘l urish imkoniga ega bo‘lish, buzuqlikda o‘zidan omadliroq kimsalarga havas bilan qarash va yaxshi xulqli kishilar ustidan ig‘vo yuritish, ochko‘zlik, beta’miz o‘y-xayollarga berilib, uningday ehtiros olovida yonish, ruhan va jismonan karaxtlik botqog‘iga botib, oqibatda vujudini nahs bosib ketgani, aslida, axloqsizlikning bema’ni urug‘idan urchigan gunohlardir.
Ko‘pincha u partada, rektorning qat’iyatli jiddiy yuziga xotirjam qarab o‘tirib, har xil tagdor savollarni o‘ylab topib, shu bilan vaqtini chog‘ qilar edi. Agar kishi yoshligida pul o‘g‘irlasa va shu o‘g‘irlagan pulidan katta boylik orttirgan bo‘lsa, gunohidan xalos bo‘lishi uchun qancha qaytarishi kerak — o‘g‘irlagan miqdordagi pulni foyizi bilanmi yoki jami yiqqan boyliginimi? Agar oddiy odam go‘dakni cho‘qintirayotib aytishi lozim bo‘lgan duo so‘zlarini aytmay turib suv purkasa, go‘dak cho‘qintirilgan hisoblanadimi? Mineral suv bilan cho‘qintirilsa ham hisobga o‘tadimi? Nima uchun birinchi o‘gitda mo‘min-qobil kishilar, beva-bechoralarga jannat va’da qilinadi-yu, ikkinchi o‘gitda yer yuziga yuvvosh, beozor bandalar voris bo‘ladilar deyiladi? Ilohiy qovushish marosimida ham non, ham vino iste’mol qilinishining boisi nimada, Isoning vujudi va qoni, ruhi va ilohiy mohiyati faqat nondami yoki faqat vinodami? Isoning vujudi va qoni tabarruk qilingan non ushog‘ida bus-butunicha mavjud bo‘ladimi yoki qisman qo‘shilgan bo‘ladimi? Mabodo, tabarruk qilingandan keyin vino aynib sirkaga aylansa, non mog‘or bosib, uvalanib qolsa, shunda ham Iso iloh va inson sifatida ularda mavjud bo‘laveradimi?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:53:51
— Kelayapti, kelayapti!
Derazadan poyloqchilik qilib turgan o‘quvchilardan biri rektorning bosh binodan chiqqanini ko‘rib qichqirdi. Katexizislar ochildi va bolalar muk tushib kitob o‘qishga kirishdilar. Rektor kirib, minbarda o‘z joyini egalladi. Bo‘ychan o‘quvchi rektorga biror-bir qiyin savol ber, degan ma’noda sekingina Stivenni turtdi.
Biroq rektor odatdagiday katexizisni berib turishni so‘ramadi va darsni ham surishtirmadi. U qo‘llarini stolga qo‘yib, dedi:
— Chorshanba kuni biz avliyo Frantsisk Ksaveriy sharafiga bag‘ishlangan diniy mashg‘ulotlarimizni boshlaymiz, uning xotirasiga atalgan bayram shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Diniy mashg‘ulotlar chorshanbadan jumagacha davom etadi. Juma kuni, kunduzgi ibodatdan keyin shomgacha cherkovda ibodat qilinadi. Gunohini kechuvchi o‘z ruhoniysi bor o‘quvchilarga ularni almashtirmaslikni maslahat beraman. Shanba kuni soat to‘qqizda ibodat va butun kollej uchun umumiy ilohiy qovushish marosimi bo‘ladi. Shanba kuni mashg‘ulotlar yo‘q. Shanba va yakshanba bayram, biroq bundan dushanba ham bemalol ekan, degan fikrga bormaslik kerak. Bunday adashishlarga yo‘l qo‘ymaysizlar, degan umiddaman. Menimcha, Dedalus, siz ko‘proq adashib qolishga moyilroqsiz.
— Menmi, ser? Nega, ser?
Rektorning qahrli jilmayishidan sinfda yengil kulgi ko‘tarildi. Stivenning yuragi, so‘ligan gulday, sekin junjikib, uvisha boshladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:54:17
Rektor boyagiday jiddiy, qat’iyatli ohangda davom etdi:
— Kollejimiz homiysi avliyo Frantsisk Ksaveriyning hayoti tarixini yaxshi bilasizlar, deb o‘ylayman. Avliyo Frantsisk qadim ispan urug‘laridan va sizga ma’lumki, u avliyo Ignatiyning eng to‘ng‘ich shogirdlaridan edi. Ular Parijda tanishishgan, o‘sha paytda Frantsisk Ksaveriy universitetda falsafadan dars bergan. Bu olijanob yosh zadagon, olim, adib kollejimizning buyuk asoschisi ta’limotini butun qalbi bilan chuqur his etgan va albatta, xabaringiz bor, u o‘z xohishiga ko‘ra, avliyo Ignatiy tomonidan hindlarga Iso ta’limotini yoyish uchun Hindistonga jo‘natilgan. Shu boisdan ham uni Hindiston havoriysi, deyishadi. U butun Sharqni kezib chiqqan: Afrikadan Hindistonga, Hindistondan Yaponiyagacha borgan, ma’jusiylarni xristianlikka da’vat etgan. Bir oy ichida o‘n ming budparastni cho‘qintirgan. Ularning boshi ustida ko‘taraverib, tinimsiz cho‘qintirganidan o‘ng qo‘li ishlamay qolgan. Shundan keyin ham ko‘p odamlarni dinga kiritmoqchi bo‘lib, Xitoyga jo‘nashni mo‘ljallagan edi, biroq San’sizyan orolida bezgakka chalinib qazo qilgan. Frantsisk Ksaveriy ulug‘ avliyo edi! Isoning buyuk askari edi!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:54:32
Rektor bir muddat jim qoldi, keyin, barmoqlari chalishtirilgan qo‘llarini sermab, davom etdi:
— U tog‘ni o‘rnidan jildirishga qodir bo‘lgan kuchli e’tiqod sohibi edi! Bir oy ichida o‘n ming jonni dinga kiritishning o‘zi bo‘ladimi! Mana chin fotih, ordenimiz shioriga chinakam sadoqat: ad majorem Dei gloriam. Shuni unutmanglarki, samoda bu avliyoning hukmi barhaqdir! Uning qudrati musibatlarimizga tangridan ijobat so‘raydi, ibodatlarimiz ijobat bo‘lib, tilagimiz, magar bizning baxtimizga xizmat etsa, qondirilishini so‘raydi, va tag‘in, eng muhimi, gunoh qilgan bo‘lsak, tavba-tazarrularimizni yetkaradi. Ulug‘ avliyo Frantsisk Ksaveriy! Odamlar qalbining buyuk sayyodi!
U qo‘llarini sermashdan to‘xtatib, ularni manglayiga bosdi va qoramtir qahrli ko‘zlari bilan tinglovchilarga sinchiklab qarab chiqdi.
Ko‘zlarining qoramtir yolqini g‘ira-shira yorug‘likda cho‘g‘day yaltiradi. Stivenning yuragi, uzoqdan kelayotgan garmselni sezgan cho‘l qizg‘aldog‘iday junjikib ketdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:55:10
* * *

— "œBilginki, barcha kor-a’molingda oxiratingni yodingda tutmog‘ing joiz va aslo gunohga qo‘l urmagaysan" — ushbu kalom, mening ahli Iso birodarlarim, Ekklesiast kitobidan olingan, yettinchi bob, qirqinchi misra.
Stiven cherkovda birinchi qatordagi o‘rindiqda o‘tirardi. Hazrat Arnoll kichkina stol ortida mehrobdan chap tarafda o‘tirardi. Og‘ir plash uning yelkasidan sirg‘alib tushib borar, yuzi so‘linqiragan va tumovligidan tovushi xirillab chiqardi. Keksa o‘qituvchining yuzi, bunday kutilmagan vaziyatda uning qarshisida paydo bo‘lgani, Stivenga Klongous hayotini eslatdi: katta sport maydonlari, to‘pirlashib yurgan bolalar, hojatxonaning teshigi, o‘zining dafn etilishini orzu qilgan bosh arg‘uvonzor xiyobon ortidagi mo‘’jaz qabriston; u betob bo‘lib yotgan kasalxona devorida bilanglab o‘ynagan kamin alangasi aksi, Maykl og‘aning g‘amgin chehrasi. Bu xotiralar ko‘z o‘ngidan birma-bir o‘tgani sayin, uning ruhi tozarib go‘daknikiday pokiza bo‘lib borardi.
— Biz bugun, mening aziz ahli Iso inilarim, qisqa bir muddatga, foniy dunyo tashvishlaridan xoli bu maskanda yig‘ilgan ekanmiz, murodimiz ulug‘ avliyolardan biri, Hindiston havoriysi, bizning kollejimizning homiysi avliyo Frantsisk Ksaveriy xotirasini yodga olmakdir. Har yili, mening azizlarim, juda uzoq zamonlardan beri, buning qachon boshlangani na sizga va na menga ma’lum, kollej tarbiyalanuvchilari ayni mana shu cherkovga o‘z homiylari sharafiga o‘tkaziladigan ayyom arafasida yillik diniy mashg‘ulotlarga jam bo‘lishgan.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:55:30
O‘shandan buyon ko‘p zamonlar o‘tdi va ko‘p narsalar o‘zgardi. Hattoki, so‘nggi yillar ichida, o‘zingiz guvohligingizda qancha o‘zgarishlar yuz berdi. Hali-zamon bu o‘rindiqlarda o‘tirganlarning ayrimlari endi bizdan olisdalar — allaqaylardagi jazirama madorlarda; kimdir xizmat joyida, kimdir o‘zini ilm-ma’rifatga baxshida etgan, boshqa birov uzoq mamlakatning ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan puchmoqlarida sayru sayohatda, kimdir balki tangri irodasi bilan dorilbaqoga rixlat qilgandir va uning huzurida hisob berar. Xullaski, yillar oqar suvday o‘tib borayotir, o‘zi bilan yomonni ham, yaxshini ham oqizib ketayotir, ulug‘ avliyoning xotirasini esa kollej tarbiyalanuvchilari hanuz e’zozlab kelishayotir va bizning bir necha kun davom etajak diniy mashg‘ulotlarimiz katolik ispan o‘lkasining mustahiq o‘g‘lonlaridan birining muborak nomini va shon-sharafini abadiyatga doxil etish maqsadida muqaddas cherkovimiz tayin etgan ayyom arafasida o‘tadi.
Endi o‘zimizdan so‘raylik: xo‘sh, "œdiniy mashg‘ulotlar" nimani anglatadi va tangri hamda insonlar nazarida chin nasroniycha umrguzaronlikka intilganlar uchun bu mashg‘ulotlarning, ayniqsa, basavob ham joiz sanalishi boisi nimada? Diniy mashg‘ulotlar, azizlarim, bu tiriklik g‘amidan, foniy dunyoning kundalik tashvishlaridan muayyan muddat chekinish va shu yo‘sin iymonimizni bir imtihon qilib olsak, muqaddas din siru sinoatlari borasida fikrlamak va bu dunyoda mavjudligingiz mohiyatini anglab olmakdir. Mana shu sanoqli kunlar mobaynida men sizga to‘rt Oxirgi Unsurga taalluqli fikrlarni bayon qilishga harakat qilaman. Bular esa sizga katexizisdan ma’lum bo‘lgan: qazo, mahshar, do‘zax va jannat. Biz mana shu kunlar mobaynida ularni imkon boricha yaxshiroq fahmlab olishga urinamiz, fahmlab olish asnosida ruhiyatimiz abadiy huzur-halovatga doxil bo‘lajak. Bilingkim, azizlarim, biz bu dunyoga yakka-yolg‘iz maqsad ilinjida chorlanganmiz: murodki, tangrining muqaddas irodasini ado etmak va ruhiyatimiz boqiyligini asramak. Qolgan barchasi — foniydir. Muhimi bitta — ruhoniyatimizni asramak. Inson, magar u yer yuzini qo‘liga kiritsa-yu, biroq ruhoniyatining boqiyligini yo‘qotsa — undan ne foyda? Hayhot, azizlarim, bu o‘tkinchi dunyoda bundayin ayriliqning o‘rnini bosadigan nimarsa yo‘qdir.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:55:50
Shu vajdan, aziz birodarlarim, mening sizdan o‘tinchim shulki, bir necha kunga bu dunyoga bog‘langan o‘y-rejalaringiz, saboqlar, ko‘ngilxushliklaru izzattalab ishtiyoqlarni bir chetga qo‘ya turing, ruhoniyatingiz ahvolini o‘ylang. Sizga eslatib o‘tishimning hojati yo‘qdir, darvoqe diniy mashg‘ulot kunlari ruhiyatingiz xotirjamlik va xudojo‘ylikda ustuvor bo‘lajak va siz nomunosib ko‘ngilochar shovqin-suronlardan tiyilib turishingiz lozimdir. Yoshi kattalaringiz kuzatib bormog‘ingiz joizki, toki bu qoidalar buzilmasin. Ayniqsa, mening iymonim komilki, bizning Bibi Maryam birligi jamoasi prefektlari va a’zolari hamda muqaddas farishtalar birligi jamoasi o‘z birodarlariga munosib namuna bo‘lajaklar.
Avliyo Frantsisk sharafiga bag‘ishlangan mazkur marosimni chin yurakdan va o‘y-xayolimizni to‘la-to‘kis safarbar etib, ado etaylik. Yaratganning o‘zi sa’y-harakatlaringizdan marhamatu madadini darig‘ tutmasin. Ammo ba’d eng zaruri va eng muhimi shuki, bu diniy mashg‘ulotlarni siz oradan yillar o‘tib, butkul o‘zga shart-sharoitlarda yurgan chog‘laringizda, bosib o‘tganingiz umr yo‘liga bir qayrilib qaraganingizda ko‘nglingiz yorishib, parvardigorga shukronalar aytasizki, sizni tavfiqli, mustahiq, g‘ayratli umrguzaronlikning ilk tamal toshini qo‘yishga muyassar etibdi. Va mabodo ayni shu lahzalarda orangizda ko‘ngli faqir, ruhiyati qashshoqlar ham ishtirok qilayotgan bo‘lsa, mudhish ko‘rgulik ular boshiga tushib, tangri marhamatidan benasib qolib — og‘ir gunohga botgan bo‘lsalar, men parvardigorga o‘tinaman va ibodat qilib so‘rayman, bu diniy mashg‘ulotlar o‘sha boyoqishlarning qashshoq ruhiyatida ezgulik tomon o‘zgarish sodir etgay. Parvardigorga, uning g‘ayratli quli shohidu madadkor Frantsisk Ksaveriyga ibodat qilamanki, o‘sha g‘arib jonlarni chin yurakdan tavba-tazarruga chorlagay va minbad muqaddas marosim vositasi ila ular Frantsisk ayyomi kuni Yaratganning o‘zi bilan yakdil bo‘lgay. Taqvodoru dinsiz, avliyo-yu gunohkor — barcha uchun bu ruhoniy mashg‘ulotlar umr bo‘yi nurli xotira bo‘lib qolgay.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:56:01
Menga ko‘maklashing, aziz ahli Iso inilarim! O‘zingizning e’tiqod nuridan yorishgan idrokingiz bilan, g‘ayratli sa’y-harakatingiz bilan, odobu axloqingiz, xush fe’lingiz bilan menga ko‘maklashing. Miyangizdan nojoiz o‘y-fikrlarni haydab-quving va faqat Oxirgi Unsurlar: qazo, mahshar, do‘zax va jannat haqida o‘y suring. Kimda kim bularni yodida tutgan ekan, gunohdan abadiy xolidir, deydi Ekklesiast. Kimda kim bularni yodida tutgan ekan, neki sa’y-harakati, fikr-xayoli bor — barisida ular ko‘z o‘ngida muqim turgay. U iymonli umr ko‘rgay va iymon bilan ketgay, zero, uning ko‘ngli iymon va ishonch nuri bilan to‘lug‘dirki, foniy dunyoda chekkan jami jabru jafolari chin dunyoda yuzlar va minglar karra rohat va farog‘atga aylanib qaytajak, abadiy huzur-halovat ato etajakki, men sizning hammangizga va har qaysingizga, aziz do‘stlarim, tangri taolodan shuni tilayman. Omin!
Vazmin bo‘lib qolgan do‘stlari to‘dasida uyga qaytarkan, Stiven aqlini allaqanday qalin tuman pardasi qoplab olayotganini his etdi. Tuyg‘ular iskanjasida u bu tumanning ko‘tarilishini va uning ortida yashiringan siru sinoatdan voqif bo‘lishni kutdi. Ovqatni u bosh ko‘tarmay, yutoqib yedi, tushlik tugab dasturxon usti yog‘li taxsimchalarga to‘lib ketdi, u og‘zidagi yog‘ yuqini tili bilan sidirib yaladi, tamshanib o‘rnidan qo‘zg‘aldi va deraza yoniga keldi. Uning o‘ljasini yeb bitirib, tumshug‘ini tili bilan yuvayotgan yirtqichdan farqi yo‘qday edi. Bu tamom degani; qo‘rqinch, xavotir sharpalari aqlini chulg‘agan tuman pardasini yirtib, miyasida g‘imirlay boshladi. U yuzini deraza oynasiga bosdi va qorong‘u tusha boshlagan ko‘chaga qaradi. U yer-bu yerda yo‘lovchilarning qorasi ko‘rindi. Hayot deganlari shumikan. "œDublin" so‘ziga uyushayotgan harflar qo‘rslik bilan bir-birini itargilab sarkashlik qilar, uning miyasini sirqiratib siqar edi. Yuragi yog‘ga bo‘kib qalqib-qalqib suzar va bo‘g‘ilar, ma’nisiz xavotirdan mash’um girdobga tushib ketar, vujudini — lanj, jirkanch, nochor tanini allaqanday shahvat ilohasi o‘ziga tamom bo‘ysundirib olgan edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:56:24
Ertangi kungi va’z qazo va ro‘zi mahshar haqida bo‘ldi va uning ruhi mudroq umidsizlikdan asta-sekin uyg‘ona boshladi. Ruhoniyning hirqiroq ovozi o‘lim vahshatini ko‘ngliga solganida uning yuragidagi xavotir qo‘rquvga aylandi. U ajal talvasasini tuydi. Ajalning sovuq sharpasi uning oyoq-qo‘llaridan ohista sirg‘alib, yuragi tomon o‘rmalayotganini, qorong‘u tumanday ko‘z oldini qoplab, hali-zamon tafakkur yolqinidan yorishgan miyasidagi nurafshon fikrlarni fonuslarni o‘chirganday birin-ketin o‘chirib, idrokini chulg‘ab oldi; badaniga jonchiqar terlar tepchiyotir; muskullari paxtaday bo‘shashib jonsizlanayotir, tili kesakday qurib, og‘zida qotdi, yuragi tobora sekin-sekin urayotir, mana, urishdan to‘xtab ham qoldi, nafasi, nochor nafas, ojizu notavon tanda joni entikib tipirchilab xirillaydi va bo‘g‘ziga tiqilib talvasaga tushadi. Najot yo‘q! Yo‘q! U, uning o‘zi, shahvoniy mayllariga bo‘ysungan tani o‘layotir. Lahadga elting uni! Yog‘och qutiga joylang, yollangan tobutkashlar yelkasiga ortib, uydan olib chiqib keting. Chuqurga, odamlar ko‘zidan uzoqroqqa daf qiling, go‘rga tiqing, u yerda chiriydi, qurt-qumursqalarga, ochofat kalamushlarga yem bo‘ladi.
Do‘stlari ko‘zlarida yosh bilan uning jasadi ustida bosh egib turishgan bir pallada, gunohkorning jonini hakam so‘roqqa torta boshlaydi. So‘nggi lahzalarda foniy dunyodagi hayoti bir sira ruhi qarshisida namoyon bo‘ladi va ruh bir qaror topib ulgurmay, tan o‘ladi, qo‘rquvga chulg‘angan ruh titrab-qaqshab tangri so‘rog‘iga doxil bo‘ladi. Shuncha vaqt rahm-shafqatini darig‘ tutmagan tangri endi qilmishiga yarashasini in’om etadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:56:43
U uzoq sabr bilan kutdi, gunohkor bandasini iymonga chorladi, tavba-tazarruga imkon berdi, shafqat, muruvvatlar qildi. Biroq endi fursat o‘tdi. Gunoh ishga qo‘l urib, nafs yo‘liga kirgan, tangri va uning muqaddas cherkovi o‘gitlariga kulib qaragan, qudratidan gumonsiragan, muqaddas hikmatlarini pisand etmagan,tevarak-atrofdagilarni aldagan, gunoh ustiga gunoh qilib, buzuqliklarini o‘zgalar nazaridan yashirgan vaqtlar endi o‘tdi-ketdi. Barchasi uchun yaratganning huzurida javob berish fursati yetdi: tangrini chuv tushirishning ham, aldam-qaldam bilan qutulishning ham iloji yo‘q. Bu yerda tangri irodasiga bo‘ysunmagan g‘ayur isyonkorona va bandai ojizning noravo buzuq tabiatiga xos o‘ta sharmandali hamda eng mayda qusurlaru jirkanch zo‘ravonlikkacha — har bir qilingan gunoh ro‘yobga chiqadi. Modomiki, ahvol shundoq ekan, buyuk imperatormiding, sarkarda va yoki g‘aroyib ixtirochi yo tengi yo‘q olim bo‘lganmiding — befoyda. Tangri hukmi oldida barcha baravar. U iymonli bandalarini siylaydi, gunohkorlarni jazoga mustahiq etadi. Odam ruhini taftish etmoqqa bir daqiqalik fursat kifoya. O‘sha bir daqiqagina — jon tanani tark etgan, ruh adolat tarozusiga qo‘yilgan oniy lahza! Hukm o‘qiladi va ruh rohat-farog‘at quchog‘iga yoki arosat sahrosiga yoxud ohu-fig‘on bilan do‘zax qa’riga ravona bo‘ladi.
Biroq bu hali hammasi emas. Tangrining adolatli hukmi bandalari qulog‘iga yetib bormog‘i lozim, zero, bu hukmdan keyin navbat boshqasiga. Ya’ni, oxirgi kun — Ro‘zi mahshar keladi. Ko‘k toqidagi yulduzlar shamol qoqqan anjir daraxtining mevalariday to‘pirlab yerga to‘kiladi. Olam chirog‘i quyosh gadoning egnidagi jandaday abgor holga keladi; oy qontalash tus oladi. Osmon yirtilib, o‘ralgan qog‘ozday yig‘ilib qoladi. Arshi - a’lo lashkari sarkardasi ulug‘ va qudratli maloik Mikoil osmondan tushadi. Bir oyog‘i bilan dengizga, ikkinchisi bilan yerga qadam qo‘yadi va u tortgan sur sadosi oxir zamondan darak beradi.U uch bora tortgan sur ohangi olamga taraladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:56:53
Zamon bor, zamon bor edi, biroq endi zamon barham topdi. Surning so‘nggi sadosi bilan bani odamzod—boy va kambag‘al, yaxshi va yomon, oqil va ahmoq, olijanob va razil oyoqqa qalqib, Iosafat vodiysi tomon irg‘ishlaydi. Qachondir umr ko‘rgan, dunyoga kelmoq nasib etgan Odam Atoning jamiki o‘g‘il qizlari — hamma-hammalari bu ulug‘ kunda hozir bo‘ladilar. Ana shunda oliy hakam hozir bo‘ladi! Na tangrining itoatkor qurbonlik qo‘zisi, odamovi nasrolik Nabi Yasu, na odamning ma’sum o‘g‘li va na ezgu qo‘ychivon najotga keladi. U bulutlar ustida ilohiy qudrat, shon-shavkatlarga burkanib paydo bo‘ladi va tevaragida to‘qqiz mulozimi hoziru nozir: farishtalar va maloiklar, taxtlar, boyonlar, qudrat, samo kuchlari, oliy va eng yuqori martabali farishtalar. U aytadi va uning ovozi olamning hamma burjiga, jahannam qa’rigacha yetib boradi. Oliy hakam u, ugina hukmni o‘qiydi, bu hukm eng so‘nggisi. U iymonli mo‘minlarini o‘z panohiga oladi va sizlar uchun bunyod etganim —boqiy huzur-halovat saltanatiga kiring, deydi. Iymonsizlarni esa quvib haydaydi va ilohiy g‘azab bilan xitob qiladi: "œKo‘zimdan nari keting, betavfiqlar, olovda kuyingiz, iblis va uning malaylari yonajak olovda". Eh, badbaxt gunohkorlar uchun bu naqadar og‘ir azob! Birodarlar bir-biridan, farzand ota-onadan, erlar ayollaridan ayri tushadilar. Baxtiqaro gunohkor banda yolvorib qo‘l cho‘zadi, talpinadi, balki foniy dunyoda uning uchun aziz, bir paytlar sodda va samimiyligidan o‘zi kulgan kishiga talpinar, balki diyonatli yo‘lga da’vat etgan, pand-nasihat qilgan kishiga intizor boqar, bag‘rikeng birodariga, mehribon opasiga va yo unga jon-dilini baxshida etgan otasiga, onasiga iltijo etar. Nadomatlar bo‘lsinki, kech! Diniga sodiq odamlar iymoni kuygan, mahkum jonlardan yuz o‘giradilar, chunki bunday jonlar qabihliklari bilan bandai mo‘minlar ko‘z oldida jazoga tortiladilar. O‘, siz, riyokorlar, siz, oxirati kuyib ketganlar! Siz, foniy dunyoda shirin tabassumli qiyofada ko‘rinish berib yurganda ruhingiz gunohlarning badbo‘y o‘rasiga aylanganlar — bu qahrli kunda holingiz ne kechadi?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:57:15
Bu kun keladi, kelishi muqarrar, kelishi shart—qazo kunining, Ro‘za mahsharning! Bandasining qismati—jon taslim etmak va qazosidan so‘ng parvardigor so‘rog‘iga doxil bo‘lmakdir. Qazoimiz muqarrarki, buni biz bilamiz. Bu qachon va qanday ro‘y beradi, uzoq davom etuvchi kasallikdan keyinmi yo baxtsiz tasodif oqibatidami — bunisi bizga noayon. Inson o‘g‘lining qay mahal paydo bo‘lishi, qaysi kun, qaysi soatda — bundan-da voqif bo‘lolmaymiz. Hushyor turingiz va unutmangizkim, siz xohlagan daqiqada o‘lishingiz mumkin. Qazo—hammamizning qismatimizda bor. Odam qavmi boshida turganlarning gunohidan yo‘g‘rilgan o‘lim va so‘roq — mavjudligimizda bekiladigan va qazo qilgach bandasiga noayon xilqat tomon yo‘l ochadigan qorong‘u eshikki, neki jon bor, yakka-yolg‘iz, bir o‘zi, faqatgina qila olgan ezgu ishlaridan boshqa har qanday ilinju tayanchdan —do‘stu birodaru qondosh-jondosh, ustoz marhamatidan tamom mahrumlikda bu eshikdan qadam qo‘yadi. Illo, bu hikmat tunu kun yodimizni tark etmagaykim, shundagina gunohga qo‘l urishdan o‘zni saqlagaymiz. Qazoyi muhaqqaq — osiy bandalar uchun azobu uqubatlar koni bo‘lsa, iymoni butun, tangri yo‘lidan tonmagan, tirikligida bandasiga yuklangan qiyomat qarzini ado etgan, ibodatlarini bajo keltirgan, sirli marosimlarni kanda qilmagan — parvardigor marhamatiga noil bo‘lgan, xayrli ishlarga bosh qo‘shgan mo‘minga esa osoyish-oroyish lahzalaridir. Xudojo‘y, taqvodor katolik uchun, dinu e’tiqodda sobit inson uchun o‘lim vahshati begonadir. Buyuk ingliz adibi Addisonning o‘lim to‘shagida yotgan chog‘ida badaxloq yosh graf Uorvikka odam yuborganini va bu gunohkorning kelib, tangrining chin nasroniy bandasi o‘z ajalini qay tariqa qarshi olayotganini ko‘rib qo‘yishga imkon tug‘dirganini bir eslang. Ha, faqat xudojo‘y, e’tiqodli katolikkina chin yurakdan shunday xitob qilmog‘i mumkin:
Ajal! Qani nishtaring sening?
Do‘zax! Qani zafaring sening?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:57:56
Bu va’zning har bir so‘zi unga qarata aytilgan edi. Tangrining qahru g‘azabi uning razil, pinhona kufru gunohlarini nishonga olgan edi. Voizning pichog‘i uning fosh bo‘layotgan vijdonining tub-tublariga qadalar va u o‘z qalbining gunohlar maddalab ketgan fasod uyasiga aylanganini his etdi. Yo rabbim, voiz haq! Tangri fursati yetdi. Ungurga tushib ketgan hayvonday, uning ruhi razolat botqog‘iga botib qoldi, biroq maloik tortgan sur tovushi uni zalolat zulmatidan yoruqqa chorladi. Farishta keltirgan Ro‘zi mahshar haqidagi vahiy bir lahzayoq uning fe’lidagi kalondimog‘ xotirjamlikni barbod qildi. Oxirat kuni vahimasi ongiga to‘fonday ko‘chdi. Va kufru gunohlar, ko‘zlarida shahvat olovi yongan bu fohishalar to‘fonda misoli jonsarak sichqonlarday chiyillashib, tum-taraqay bo‘lib ketdi.
U uyiga qaytarkan maydonni kesib o‘tdi, qizib ketgan quloqlariga ayolning qo‘ng‘iroqday kulgisi chalindi. Bu yuvvosh, sho‘x kulgi uning yuragini surning tovushidan-da battarroq sarosimaga soldi; u boshini ko‘tarib qarashga jur’at etolmadi, yuzini chetga burdi va uning yonidan o‘tayotib, tarvaqaylab ketgan butazorning soyasiga ko‘z qirini tashladi. Uning iztirobda ezilgan yuragidan toshgan uyat hissi butun vujudini qamrab oldi. Ko‘z oldida Emmaning qiyofasi jonlandi va qizning g‘oyibona qiyo boshqishi yuragidan toshgan oriyat to‘lqinini battar kuchaytirdi. Uning tiyiqsiz o‘y-xayollarida Emma o‘zning nechog‘li toptalganini, bokiraligi naqadar tahqirlanganini bilarmikin! Shumidi yoshlikda bergan ko‘ngil deganlari! Yigitlik sha’ni qani? Poeziya havasi-chi? Tubanlikka tushgan damlarining jirkanch tafsilotlari o‘zining badbo‘y havosi bilan nafasini bo‘g‘a boshladi. Bir dasta, qorakuya surkalib bulg‘angan, kamin panjarasining tagiga yashirib yuradigan behayo suratlarga soatlab oshkora yutoqib termilar, ham o‘y-xayollari, ham nomatlub harakati bilan gunohga yo‘l qo‘yar edi; tushiga nuqul maymunsifat maxluqlar kirardi; qontalash ko‘zlari chaqchaygan ayollar xayolidan ketmas, hirsu havasini oshkora ifodalagan uzundan-uzoq qabih xatlar yozar, ularni pinjida yashirib olib chiqib kun bo‘yi izg‘ir, ba’zan o‘t-o‘lanlar orasiga tashlasa, ba’zida biror-bir eshik tirqishigami, devor kavagigami qistirib ketar, birorta qizning ko‘zi tushsa olib jimgina o‘qiydi, deb xayol qilardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:58:03
Naqadar pastkashlik! Nahot shular rost bo‘lsa, nahot shu qilg‘iliklarini u qilgan bo‘lsa? Miyasida chuvalashgan bu uyatli xotiralardan manglayiga sovuq ter tepchidi.
Uyat azobi biroz bosilgach, u cho‘kib qolgan ruhini ko‘tarishga urindi. Tangri ham, Bibi Mariyam ham undan juda olisda. Tangri behad ulug‘ va shafqatsiz, Bibi Mariyam esa o‘ta bokira va benuqson. Biroq u ko‘z oldiga keltirdi: Emma bilan bepoyon dalada yonma-yon turishibdi va u itoatkorona, ko‘zlarida yosh bilan egilib, qizning tirsagiga tushgan yengini o‘payotir.
Bepoyon dalada, mayin shaffof shom osmoni ostida, bulutlar nim ko‘kimtir samo dengizi bo‘ylab g‘arbga tomon ohista suzib ketayotgan bir pallada ular — tangrining yo‘ldan ozgan bolalari yonma-yon turishibdi. Ular o‘z gunohlari bilan tangri g‘azabini qo‘zg‘ashdi, garchi bu gunohlar, yaratgan egamning ikki bolasiniki bo‘lsa-da. Biroq ular qilgan gunoh "œhusni jamolida samoviy sehr mujassam, chiroyi ko‘zga xatarli, ammo timsoli—tong yulduziga monand, yorqin va tarovatli"1 Bibi Mariyamni g‘azablantirmadi. Ilohaning unga tikilgan ko‘zlari qahrsiz va ta’na-dashnomsiz qarab turardi. U ikkalasining qo‘llarini qovushtiradi va ularning yuraklariga murojaat etib deydi:
—Stiven va Emma, bir-biringizning qo‘llaringdan ushlanglar, samoda ayni osuda shom pallasi. Sizlar yo‘ldan adashdinglar, lekin siz — mening bolalarimsiz, axir. Mana, o‘zga yurakka muhabbat rishtasi bilan bog‘langan yurak. Qo‘l ushlashing, mening aziz bolalarim, siz birgalikda baxtli bo‘lasiz va yuraklaringiz bir-birini sevajak.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:58:14
Cherkov sahni panjarali parda tirqishidan sochilib turgan so‘lg‘in alvon nurga chulg‘angan, parda bilan deraza romining torgina oralig‘idan misoli nayzaday sanchilgan xira yorug‘ nur mehrobdagi shamdonlarning bo‘rttirib ishlangan, farishtalarning jangu jadallarda urinib, siri ko‘chgan aslahalariday xira yiltillab turgan hoshiyalarida aks etadi.
Cherkovga, bog‘ga, kollejga yomg‘ir quyib yog‘ayotir. Yomg‘ir sassiz-sadosiz, tinimsiz quyadi. Suv tobora ko‘tariladi, o‘t-o‘lanni, butalarni bosadi, uylarni qishloqlarni g‘arq qiladi, haykallarni va tog‘ cho‘qqilarini qoplaydi. Jami tirik jon borki, sassiz-sadosiz mahv bo‘ladi: qushlar, odamlar, fillar, cho‘chqalar, bolalar cho‘kib ketadi; barham topayotgan bani bashar vayronalari orasida jasadlar qalqib-bo‘kib suzib yuradi. Qirq kechayu qirq kunduz, toki yer yuzi suv ostida qolguncha, yomg‘ir yog‘adi.
Axir, shunday bo‘lishi mumkin-ku. Nega bo‘lmas ekan?
—"œJahannam qa’ri tobora kengaydi va o‘z komini behad katta ochdi". Bu so‘zlar, mening qadrdon ahli Iso birodarlarim, payg‘ambar Isha’yo kitobidan, beshinchi bob, o‘n to‘rtinchi oyat.
Voiz to‘nining ichki cho‘ntagidan zanjirsiz soatini chiqardi va unga jimgina qarab oldi, keyin uni ehtiyotlab yoniga, stolga qo‘ydi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:58:22
U bir maromda gapira boshladi:
—Ma’lumingizkim, mening qadrdon birodarlarim, Odam Ato va Momo Havo bizning ilk ajdodlarimiz va yodingizdakim, ularni tangri yaratgan, ular Iblis va uning qutqusi bilan isyon ko‘targan farishtalar qulagach, samodagi bo‘sh qolgan o‘rinni band etishgan. Iblis, bizga ma’lum, tong o‘g‘li, yorqin va qudratli farishta bo‘lgan, biroq baribir u halokatga yuz tutdi. U quladi va u bilan birga samo lashkarining uchdan bir qismi mahv bo‘ldi, o‘zining isyon ko‘targan farishtalari bilan u do‘zaxga tashlandi. Uning qanday gunohga yo‘l qo‘ygani bizga qorong‘u. Aqoid ulamolari ta’kidlaydilarkim, bu gunoh takabburlikdandir, non serviam — itoat etmayman, degan oniy kufrli o‘y-niyatdandir. U bir lahza kufru shubhaga berilib, parvardigori olamning ulug‘ligiga shak keltirgan va tangri uni samodan olib, jahannam qa’riga abadul-abadga uloqtirdi!
Shunda tangri Odam Ato va Momo Havoni yaratdi va ularni Damashq vodiysidagi Adanga, g‘aroyib, nurafshon, turli ranglar barq urgan, ming xil ziynatli o‘t-o‘lanlarga to‘lib - toshgan bog‘ga joyladi. Hosildor zamin ularga o‘z ne’matlarini in’om etdi; parrandayu darrandalar ularning tasarrufida bo‘ldi, ularga itoatda bo‘ldi. Bizning tanimizga meros bo‘lib o‘tgan dardu sitamlar—kasalliklar, muhtojligu o‘lim Odam Ato va Momo Havoga begona edi. Qudratda tengsiz parvardigori olam o‘z ilki-imkonida neki bo‘lsa barchasini ularga muhayyo qilgan edi. Biroq tangri ularga bir yagona shart qo‘ydi —so‘ziga itoat etmoqni amr etdi. Ular taqiqlangan daraxt mevasini yeb qo‘ymasliklari lozim edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:58:33
Afsuslar bo‘lsinkim, mening qadrdon birodarlarim, ular ham tubanlikka yuz tutdilar. Bir paytlar nurday balqigan farishta, subhi sodiq o‘g‘loni, oqibatda esa makkor yov —Iblis jami jondorlar ichida eng g‘oddori bo‘lmish ilon qiyofasida ularga namoyon bo‘ldi. Iblis ulardan suqlanardi. Ko‘shki samodan qulagan bu sarkardai shayotin xoki turobdan yaratilgan odamning bir paytlar o‘zi ega bo‘lib, so‘ng kufru gunohi bois mahrum etilgan imkonlarga ega bo‘lishini zinhor-bazinhor hazm eta olmasdi. U Momo Havoga, jinsi ojizaga yaqin keldi va qulog‘iga shirin so‘zlari bilan zahru zaqqumini quydi, ya’ni va’da qildikim, — oh, kufrona ahdu paymon!—magar U bilan Odam Ato taqiq etilgan mevadan tatib ko‘rsalar, ular ham yaratganning o‘zi kabi, ya’ni tangri sifatini kasb etajaklar. Momo Havo olmaga og‘iz soldi va uni Odam Atoga ham uzatdiki, Odam Atoda Momo Havoning qo‘lini qaytarmoqqa loyiq jur’at yetmadi. Iblisning zahri zaqqum suyaksiz tili o‘z korini qildi.Ular mahv bo‘ldilar.
Va shu chog‘ bog‘da tangrining amri yangrab, o‘zi yaratganni,odamni so‘roqqa tortdi. Va Mikoil, samo lashkari sarkardasi qo‘lida olov shamshir bilan jinoyatkor juft qoshida hoziru nozir bo‘ldi va ularni jannatdan olamga,kasalliklaru muhtojliklar, shafqatsizligu ranj-alamlar, mashaqqatu mahrumliklar olamiga haydab soldiki, minbad ular rizq-ro‘zini peshona teri bilan topgaylar. Hatto ana shunda ham tangri mehr-muruvvatini darig‘ tutmadi! U bizning bechora gunohkor ajdodlarimiz — Odamato va Momohavoga shafqat ko‘rsatdi va va’da qildiki, vaqt- soati yetgan pallada samodan yer sari ularni tag‘in tangri farzandlari, samo taxti vorislari martabasiga ko‘targuvchi zotni safarbar etajak; va tangrining yolg‘iz o‘g‘li, muqaddas uchlikdagi ikkinchi zot, boqiy so‘z gunohkor bandaning xaloskori bo‘lajak.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:58:41
U keldi. U bokira Bibi Maryamdan, ona-xudodan tug‘ildi. U Yahudiyada, vayrona bir kulbada tavallud topdi va o‘ttiz yoshga kirguncha, vaqt-soati kelgunga qadar duradgorlik qilib qanoat bilan yashadi. Fursati yetib, odamlarga mehr-muhabbati to‘lib-toshgan palla ularga tangri shohligining Xushxabarini yetkazmoqqa bel bog‘ladi.
Xo‘sh, uning so‘ziga quloq tutishdimi? Ha, quloq tutishdi, xolos, biroq uqishmadi. Misoli bir jinoyatchi kimsa qatori uni tutib olishdi va bandi etishdi, telbani masxaralaganday tahqirlashdi, uning o‘rniga isyonchi va qotil kimsani afu etishni lozim topishdi, taniga besh ming bor kaltak urishdi, boshiga tikanli chambarni qo‘ndirib qo‘yishdi; yahudiya avomi va rim askarlari ko‘cha-ko‘ylardan uni sudrab o‘tishdi, egnidagi kiyimini yulib olishib, o‘zini xochga mixlashdi, qovurg‘asi orasiga nayza sanchib teshishdi va tangrimizning yarador tanidan qon suv bilan qo‘shilib oqdi.
Biroq shunday musibatli, mislsiz azob-uqubatli damlarda ham mehribon xaloskorimiz odamzod ahvoliga kuyundi. Va o‘sha joyda, Go‘lgotada muqaddas katolik cherkovini tayin etdi. Cherkovni u abadiy qoyalar ustida tikladi va va’da qildiki, agar odamlar uning cherkovi pand-nasihatlariga quloq osishsa boqiy hayotga muyassar bo‘lajaklar, ammo ularni deya chekilgan shuncha ranju alam, mehnatu mashaqqatlardan keyin ham o‘zlarining qusur va illatlaridan voz kecholmasalar — ularning yozig‘i mangu azob: jahannam bo‘lajak.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:58:53
Ruhoniyning ovozi tindi. U jim qoldi, kaftlarini qovushtirdi, keyin ularni yoydi. Va yana gapira boshladi:
— Endi, imkonimiz darajasida bir daqiqa gunohkor bandalarni abadiy jazoga mustahiq etmoq uchun qahrlangan tangri hukmi-qaroridan yaralmish bu qiynoqlar makonini ko‘z oldimizga keltirib ko‘raylik. Do‘zax — bu tor, qop-qorong‘u badbo‘y zindon, alanga va tutun qoplagan iblis va gunohkor ruhlar makoni. Tangri bu zindonni uning qonunlariga bo‘ysunmoqni ravo ko‘rmaganlarga munosib jazo bo‘lsin, deya tor qilib yaratgan. Bu dunyoda esa bechora mahkumda, juda bo‘lmaganda, qimirlash imkoni bor, garchi u kameraning to‘rt devori ichida yoki qamoqxona hovlisida bo‘lsa-da. Do‘zaxda butkul bo‘lakcha. Do‘zaxda mahkumlar chunonam ko‘pki, ular dahshatli zindon qa’rida bir-birlariga qapishib yotishadi, jahannam devorlarining qalinligi ayrim joylarda to‘rt ming milgacha keladi, mahkumlar chunonam zich qalashgan va shu qadar nochor ahvoldaki, ulug‘ rahnamo Anselm bu haqdagi kitobida zikr etishicha, ular hatto ko‘zlarini kemirayotgan qurtlarni olib tashlash uchun qo‘llarini qimirlata olishmaydi.
Mahkumlar qorong‘uda qalashib yotishadi. Tag‘in shuni unitmanglarki, do‘zax olovi yoritmaydi, yorug‘lik taratmaydi. Xuddi tangri irodasi bilan Bobil o‘chog‘i olovi haroratini yo‘qotib, yorug‘ini saqlaganiday, do‘zax olovi, tangri irodasi bilan, haroratini saqlab yorug‘ini yo‘qotadi. Bu — qorong‘ulikning, qora alanga va qora tutunning hamda olovlangan oltingugurtning quturib buriqsigan mangu to‘foniki, qalashib yotgan jasadlar bir yutum havodan ham mosuvodirlar. Fir’avnlar zaminini tangri duchor etgan jamiki jazolar ichida eng dahshatlisi qorong‘ulikdir. Uch kun emas, balki azalu abad davom etajak do‘zaxning zimiston tunini nimaga qiyoslash mumkin? Bu tor qorong‘u zindon azobi chidab bo‘lmas qo‘lansa hiddan battar kuchayadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:59:02
Zikr etilganidek, yer yuzining jamiki axlati, kir-chir va to‘kindisi, misoli oqava xandakka yig‘ilganday, shu makonga yig‘iladiki, toki Ro‘zi mahsharning ayovsiz olovi bu najas ko‘lini o‘zining poklantiruvchi otashida butkul yoqib yo‘q qilmasin. Bu joyni yonayotgan oltingugurtning tog‘day uyumi dahshatli badbo‘y hidga to‘ldiradi va mahkumlarning tanasi ham o‘zidan shu zaharli hidni chiqaradiki, avliyo Bonaventura aytmoqchi, bu jasadlarning bittasiyoq butun bir olamni zaharlamoq uchun kifoyadir. Magar uzoq muddat harakatsiz holatga tushguday bo‘lsa, sayyoramiz havosi, bu musaffo tabiat ham dimiqib, ayniydi. Shunday ekan, endi jahannam qo‘lansasi qanaqaligini tasavvur qilavering! Lahadda yiring boylab balchiqqa aylanib yotgan, sasib irigan murdalarni ko‘z oldingizga keltiring. Va tasavvur etingkim, bu murda olov o‘ljasiga aylangusi, yonayotgan oltingugurtning mahv etguvchi alangasi komiga tortilgusi; va bungacha o‘laksalar chor-atrofga nafasni bo‘g‘uvchi, ko‘ngilni aynitguvchi qo‘lansa hid tarqatib yotadi. Siz ana shu jirkanch manzarani — qo‘lansa zimistonda qalashib yotgan son-sanoqsiz murdalarning badbo‘y fasodi yig‘ilgan ulkan o‘rani tasavvur eting. Bularning barini xayolan ko‘z oldingizga keltiring, shunda siz jahannam azobini qisman tasavvur eta olasiz.
Biroq bu qo‘lansa hid, garchi nechog‘li uqubatli bo‘lmasin, mahkumlar duchor etilajak azoblarning dahshatlisi hali oldinda. Zero, olov bilan qiynash — buyuk azobdirki, zolim hukmdorlar o‘z qo‘l ostidagilarni ana shunday jazoga tortganlar. Barmog‘ingizni sham alangasiga bir zum tutib ko‘ring va o‘t bilan azoblash nimaligini shunda anglaysiz.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:59:14
Bizning yerdagi olovimiz tangri tomonidan odam uchun, uning hayotini charog‘on etish, mehnatu mashaqqatlarini yengillatishday ezgu niyatda yaratilgan, ammo jahannam olovi mutlaq o‘zgacha xususiyatdadirki, bu olov tangri irodasi bilan tavbadan yuz o‘girgan gunohkorlarga jazo o‘laroq paydo etilgan. Bizning yerdagi olov yo‘naltirilgan narsani tezda pishiradi, kuydiradi yo eritadi, zero, uning harorati yuqori. Va boz, odam bolasi tadbirkorligi bois olovning yonish jarayonini kuchsizlantiradigan yoki to‘xtatib qo‘yadigan kimyoviy vosita-usullarni ixtiro eta bildi. Ammo do‘zaxdagi zaharli oltingugurt shundayin moddaki, u abadiy alangalanib, yonib yotish uchun yaralgan. Boz ustiga, bizning yerdagi olov yondirib yo‘q qiladi, gurillab avj olib yongani sari tez so‘nadi, lekin do‘zax olovi yo‘q qilmay, muttasil kuydiradi, garchi shiddatli alangalansa-da, hech qachon o‘chmaydi, so‘nmaydi.
Bizning yerdagi olov, uning alangasi nechog‘li vahimali va shiddatli esa-da, doimo muayyan chegaraga ega, biroq jahannamning olov ko‘li cheku chegarasiz, na qirg‘og‘i, na tag-tubi bor. Ma’lumingizkim, shaytonning o‘zi qaysidir jangchi savoliga javob qilarkan, magar butun bir tog‘ qoyasini qo‘porib do‘zax oloviga otsalar u misoli mum tomchisiday lahzada yonib ketajagini aytgan. Va bu ajdarho-olov mahkumlar tanini sirtdangina kuydirmaydi! Har qaysi mahkum ruh o‘zi bir do‘zaxga aylanadi va uning botinini yonayotgan o‘choqqa mengzagulik. O‘, bu badbaxt gunohkorlar qismati naqadar ayanchli! Tomirlarida qon qaynaydi, biqirlab oqadi, miya bosh suyagi ichida eriydi, yurak o‘t oladi, ko‘krak qafasida yoriladi; ichki a’zolar olovlangan laxcha go‘shtga, ko‘zlar, bu nozik to‘qima, qip-qizil soqqaday cho‘g‘ga aylanadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:59:25
Biroq bayon etayotganim — do‘zax olovining qahr-u zapti-yu uzluksizligi tangri irodasini ado etguvchi qurol bo‘lmish jon va tanlarni azoblaguvchi cheksiz qudratga teng kelolmaydi. Tangri g‘azabidan bino bo‘lgan bu olov o‘z-o‘zicha emas, balki ilohiy qasos quroli o‘laroq harakatlanadi. Cho‘qintirilgan suv ruh va badanni vobasta poklagani misol qasoskor olov jonni tana bilan birga azoblaydi. Tanadagi har bir a’zo uqubat tortadi va ular bilan yakbora ruh-da qiynoqqa giriftordir. Ko‘z zim-ziyo qorong‘ulikdan ko‘rmay qoladi, burun—jirkanch hiddan, quloq—ohu-faryoddan, sezgilar—cho‘g‘-mixlar va temir xivichlar zarbidan, olovning ayovsiz tillaridan zir qaqshaydi. Va bundayin jismoniy qiynoqlar ichida o‘lmas ruh alanganing behisob tillari vositasida abadiy qiynoqqa solinadi.
Yana shuni unutmangizkim, jahannam zindonidagi ushbu qiynoqlar mahkumlarning bir-birlariga baqamti yotgani bois zo‘raygandan-zo‘rayadi. Yerda ziyon-zahmatli unsur yaqin bo‘lsa xavflidir, zero, hatto giyohlar ham, savqitabiiy tarzda, o‘zlari uchun halokatli, xatarnok nimarsalardan chetroqda ko‘karadi. Do‘zaxda-chi, do‘zaxda bu qonun amal qilmaydi, oila, vatan, birodarlik, qon-qardoshlik aloqalari kabi tushunchalar yo‘q. Nola-yu fig‘on qilayotgan, faryod chekayotgan gunohkorlarning qalashib yotishi ularning azobu uqubatlarini dubora kuchaytiradi. Jamiki insoniy tuyg‘ular unitiladi, mahkumlarning ohu zorlari jahannamning eng cheka burjlarigacha borib yetadi. Ularning og‘zidan tangriga qarshi koyinishlar, tevaragidagi o‘zi kabi gunohkorlarga g‘azabnok so‘zlar, kufrga bosh qo‘shgan sheriklariga la’natlar yog‘iladi. Qadim zamonda shundayin qoida amal qilgan: padarkushni, otasiga qo‘l ko‘targan oqpadarni bir qopga xo‘roz, maymun va ilonlar bilan qo‘shib joylashib, qopning og‘zini tikishib dengizga uloqtirishgan.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:59:34
Bizga o‘ta shafqatsizlikday tuyuluvchi bu qoida mohiyatiga ko‘ra, jinoyatchiga alamzada, vahshiy jonzotlarni qo‘shib, biryo‘la ulardan shu zayl qasos olingan. Biroq tilsiz-jag‘siz jonzotlarning jon talvasasi jahannamda qurib qaqragan dahanlardan, kuyib yonayotgan bo‘g‘izlardan otilayotgan achchiq alamlarga qiyosan hechdir. Gunohkor bandalar do‘zaxda azob chekayotganlar orasida o‘zlarini gunohga boshlagan, shunga ko‘mak ko‘rsatganlarni, buzuq o‘y-xayollar, badaxloq qiliqlarga chorlagan so‘zlarni miyasiga quyganlarni, o‘zlarini kufrga yo‘llaganlarni taniydilar va ularga jon-jahdlari bilan qahru g‘azablarini sochadilar, haqoratu la’natlarga ko‘madilar.
Va nihoyat, gunohkor ruhlar—yo‘ldan ozdiruvchilar va yo‘ldan ozganlar—jinlar bilan birga nechog‘li dahshatli qiynoqlarga duchor bo‘lishini-da bir tasavvur eting. Jinlar mahkumlarni dubora qiynoqqa soladi: ham o‘zlarining ishtiroki va ham ta’na-yu dashnomlari bilan. Biz jinlarning naqadar ayanchli ekanini aqlga sig‘dirolmaymiz. Bir bor jinni ko‘rgan avliyo Yekaterina Sienskaya: bu dahshatli maxluqqa tag‘in ko‘zim tushganidan ko‘ra umrimning oxirigacha cho‘g‘ ustida yalangoyoq yurganim ma’qul, deb yozgan. Nega imonli hayotdan, ezgu amallardan yuz burding? Nega gunohlardan saqlanmading? Nega yaramaslar bilan tanishishdan qochmading? Nega buzuqliging va badaxloqligingga qarshi kurashmading? Nega ruhoniy rahnamoying pand-nasihatiga quloq osmading? Nega bir marta, ikki marta, uch, to‘rt va yuzinchi marta gunohga yo‘l qo‘yib ham razil amallaring uchun tavba qilmading va afsus-nadomatlaringni kutgan, seni gunohlardan xalos etmoqchi bo‘lgan egamdan shafqat tilamading? Ammo endi tavba-tazarruning vaqti o‘tdi. Vaqt bor, vaqt bor edi, biroq endi vaqt yo‘q. Pinhona gunoh qilmoqqa, takabburligu yalqovlikka, g‘ayriaxloqiy ishratu halovatlarga berilmoqqa, tananing hayvoniy mayllariga bo‘ysunmoqqa, o‘rmon jondorlari, yo‘q, jondorlardan-da battar kun kechirmoqqa vaqt bor edi! Zero, ularda, nari borsa, fahm yo‘qki, to‘g‘ri yo‘lga boshlasa.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 18:59:52
Vaqt bor edi, ammo endi yo‘q. Tangri sen bilan behisob ovozlarda gaplashdi, turli yo‘sinlarda senga uqtirdi, biroq sen eshitishni xohlamading. Sen takabburligingdan qolmading, yuragingdagi keku adovatdan kecholmading, ezgu tuyg‘ularga yuragingdan hatto joy topolmading, muqaddas cherkov da’vatlariga quloq osmading, urf-odatlarga itoat etmading, nomussiz sheriklaringdan ajralmading, gumonlardan qutulmading. Qiynog‘u qistovga olguvchi shaytanat va’zi shunaqa: tahqiromuz va ta’na-dashnomlarga, adovatu, nafratga to‘la. Ha, aynan nafratga to‘la, zero, ularning o‘zlari gunoh qilishgan, ya’ni faqat farishta tabiatliklariga xos gunohga — aql isyoniga yo‘l qo‘yishgan esa-da, ana shu jirkanch jinlar ham nochor bandaning muqaddas qasrini tahqirlagan, xo‘rlagan, o‘zini-o‘zi toptagan, oru nomusdan ayirgan gunohlaridan nafratlanadi, jirkanadi.
O‘, mening aziz ahli Iso inilarim, bizni bundayin tahqiromuz va’zni tinglamoqdan asrasin! Hech birimizni bundayin mudhish qismatga ro‘baru etmasin. Men tangriga iltijolar qilib, ayni damda ibodatxonada hozir bo‘lganlarning jonlari oxirgi dahshatli intiqom kuni badbaxtlar qatorida turmasligini o‘tinaman. Ulug‘ hakam qahru g‘azabiga uchrashdan, "œMendan nari ketingiz, la’natilar, iblis va farishtalariga hozirlangan abadiy olovda yoning!", deya amr etilguvchi shafqatsiz hukmi qay birimizga-da bo‘lmasin o‘qilishidan asrasin!
U cherkovdan chiqdi; oyoqlari darmonsizlanib chalishdi; boshining terisi, go‘yo arvohning barmoqlari tekkanday junjikdi. U zinadan ko‘tarilib dahlizga kirdi, devorlarda qatlga hukm etilgan mahbuslar — boshsiz, qon jo‘shagan, shaklsiz yovuz kimsalarday palto va makintoshlar osilgan edi. Qadam tashlagani sayin uni qo‘rquv battar chulg‘ab olardi: u allaqachon o‘lgan, joni tanini tark etgan va shitob bilan tubsiz chohga tushib borayotir.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 19:00:06
Oyog‘i ostida yer sirg‘aladi va u partaga og‘ir cho‘kdi, qarab o‘tirmay qandaydir kitobni ochib, muk tushdi. Har bir so‘z — u haqda. Ha, shunday. Tangri—mislsiz qudratli. Tangri uni shu daqiqada, hoziroq, partada o‘tirgan joyida, nima bo‘layotganini anglab ulgirmayoq huzuriga chaqirib olishi mumkin. Tangri uni chaqirdi ham. Qanday? Shunchalik tezmi? Uning vujudi kichraydi, go‘yo alanganing ochofat tillari yaqinlashganini his etganday, go‘yo olov bo‘roni kuydirgan bargday bujmaydi. U o‘ldi. Ha. Uni sud qilishayotir. Olov seli ko‘tarildi va uning tanini kuydirdi! Tag‘in olov seli, tag‘in. Miyasi qiziy boshladi. Yana sel yopirildi. Miyasi qaynayapti, tandirday qizigan bosh suyagining ichida biqirlayapti. Alanga tili bosh suyagidan olovli halqa bo‘lib otilib chiqdi va minglab ovozlarda chinqirdi:
— Do‘zax! do‘zax! do‘zax! do‘zax!
Uning yonida ovozlar eshitildi:
— U do‘zax haqida gapirdi.
— Nima bo‘pti? Sizlarga hammasini uqtirdimi?
— Uqtirganda qandoq. Qo‘rquvdan o‘lib qolay dedik.
— Sizlarga faqat shunday qilish kerak. Tez-tez qo‘rqitib nasihat qilib turilsa, shunda, ehtimol, yaxshi o‘qirsizlar.
Madori qurib, u partaning suyanchig‘iga tayandi. U o‘lmadi. Tangri unga bu safar ham shafqat qildi. U hali ham har doimgiday maktabda. Deraza oldida ezib yog‘ayotgan yomg‘irga qarab mister Teyt va Vinsent Kuron turishibdi: gaplashayapti, hazillashishayapti, boshlarini silkishayapti.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 19:00:20
— Sayr qilolsang edi. Men oshnam bilan Malaxaydga velosipedda sayr qilishga kelishgandim. Biroq yo‘llar tizza bo‘yi loy bo‘lsa kerak.
— Ehtimol, hali sayr qilishga ulgirarsizlar, ser.
Tanish ovozlar, odatdagi gap-so‘zlar, ovozlar tinganda sinfga cho‘kkan jimjitlik, ovqatlanayotgan to‘daning xotirjam chalpillatib chaynashi — bular bari uning ezilgan ruhiga taskin berardi.
Hali vaqt bor. O‘, Bibi Maryam, gunohkorlar rahnamosi, o‘zing qo‘lla! O‘, bokira ayol, ajal girdobidan o‘zing asra!
Ingliz tili darsi tarixiy mavzudagi suhbat bilan boshlandi. Qirollar, erkatoylar, firibgarlar, yepiskoplar, misoli sharpasiz arvohlarday, ismlar og‘ushida o‘tishdi. Ular bari o‘lib ketishgan va hammasi hukm etilgan. Olamga ega bo‘lmoqdan odamga ne foyda, modomiki u o‘z jonini boy bergan ekan? Nihoyat u tushunib yetdi: odamzod hayoti uning tevaragida misoli vodiyday yastanib yotibdi, unda odam-chumolilar mehnat qilishadi, o‘lganlari esa do‘ppaygan qabrlar tagida. Yonidagi bolaning tirsagi unga tegib ketdi va u yuragida tebranish sodir bo‘lganini his etganday bo‘ldi. O‘qituvchining savoliga javob bera turib, o‘zining itoatkorona xotirjam ovozini eshitdi.
Uning ruhi tobora tazarru holatiga uyg‘unlashib borar, azob-uqubat dahshatini eslashga ortiq madori qolmagan va itoatkorona duoga yuz burgan edi. Ha, u oqlanajak: u chin dildan tavba qiladi va afu etiladi va shunda u yoqda, boshi ustida, samoda uning o‘z o‘tmishini — gunohlarini qanday yuvganini ko‘rishadi. Umr bo‘yi, har bir soati tavba-tazarruda o‘tadi! Faqat fursat bering, fursat!
— Hammasi uchun, tangrim! Hamma-hammasi uchun!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 19:00:44
Kimdir eshikni qiya ochdi va cherkovda tavba marosimi boshlanib ketganini aytdi. To‘rt nafar bola sinfdan chiqishdi va u boshqalar ham dahlizdan yurib o‘tishganini eshitdi. Yuragini yengil esgan shabadaday bilinar-bilinmas salqin chayqab o‘tganday bo‘ldi. Biroq iztirob ichida shunday tuyg‘uni his etdiki, go‘yo yuragiga qulog‘ini qo‘ygan, yuragi esa siqilayotir, tobora sekin urayotir, to‘xtab qolayotganday, tomirlari titrayotir.
Najot yo‘q. U tavba qilmog‘i kerak, hammasini — nima qilgani-yu nimalarni o‘ylaganini, barcha gunohlarini aytib bermog‘i zarur. Biroq qanday aytadi? Qanday?
— Taqsir, men...
Tavba-tazarru! Bu fikr sovuq yaltiragan xanjarday uning kuchsiz badaniga qadaldi. Biroq faqat bu yerdamas, maktab cherkovidamas. U hammasi uchun, har bir gunoh qilmishi va kufrona o‘y-xayollari uchun chin dildan tavba qiladi, faqat bu yerda — o‘rtoqlari oldidamas. Bu yerdan nariroqda, biror-bir kishibilmas joyda o‘zining benomusligini fosh etadi; va u tangriga itoatkorona duo o‘qib, maktab cherkovida tavba qilishga jur’ati yetmayotgani bois undan g‘azablanmasligini o‘tindi.
Vaqt esa o‘tib borardi.
U yana cherkovda birinchi qatorda o‘tiribdi. Deraza ortida kunduzning yorug‘i sekin so‘ndi, oftob urgan qizil parda orasidan ko‘ringan quyosh so‘nggi kun — hammaning ruhi chaqirib olinadigan Ro‘zi Mahshar kunining quyoshiday tuyuldi.
— "œKo‘zingdan judo bo‘ldim", bu so‘zlar, mening ahli Iso inilarim, hazrati Dovudning Sanolar kitobi 30-sano 23-oyatdan. Ota, o‘g‘il va muqaddas ruh nomi ila. Omin.
Ruhoniy xotirjam, yoqimli ovozda gapirdi. Uning chehrasi ochiq edi, u qo‘llarini ko‘ksiga qo‘ydi, barmoqlarining uchlarini beozor jipslashtirdi va bu mo‘’jizgina omonat katakka o‘xshardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 19:00:59
— Bugun ertalab siz bilan do‘zax haqida suhbatlashdik, uni tasavvur qilishga yoxud jamoamizning avliyo asoschisi o‘zining kitobida aytganidek, ruhiy mashqlar qilishga, uning o‘rnini belgilashga urinib ko‘rdik. Boshqacha aytganda, biz ongimizning ehtiroslarga moyil tomoni bilan, aql-shuurimiz orqali bu dahshatli zindonni va unga tushganlar duchor bo‘lishadigan mislsiz jismoniy azob-uqubatlarni tasavvur etishga harakat qildik.
Yodingizda saqlang, gunoh — ikki karra jinoyatdir. Bir tarafdan, bu gunohga moyil tabiatimizning chirkin mayllariga, har qanday hayvoniy xohish-istak va iflosliklarga razilona erk berish bo‘lsa, boshqa tarafdan, pok tiynatimiz ovoziga, o‘zimizda mavjud jamiki sof va bokira tuyg‘ular sasiga quloq osmaslikdirki, buning o‘zi aziz yaratguvchiga bo‘yin bermaslik bilan barobar. Shu bois, kechirilmas gunoh jahannamda ikki xil: jismoniy va ruhiy jazolarga tortiladi.
Shunday qilib, ruhiy azoblar ichida eng dahshatlisi — mahrumlik azobidir. U shu qadar ulug‘ki, qolgan barcha uqubatlardan ustun. Cherkovning buyuk muallimi farishtasifat olim avliyo Foma deydiki, eng og‘ir la’nat — odam fahm-farosatining ilohiy nurdan mosuvo bo‘lmog‘i, zero, bundayin kimsaning o‘y-xayollari tangri marhamatidan tiyiladi. Yodingizda saqlangki, tangri — cheksiz marhamatli mavjudot va shu bois undan mahrum bo‘lmoq adoqsiz uqubatdir. Bu foniy dunyoda ana shunday mahrumlikning oqibatlarini biz aniq tasavvur eta olmaymiz, biroq do‘zaxga hukm etilganlar chekajak azob-uqubatlari poyonigacha o‘zlarining nimadan mahrum bo‘lishganlarini anglab yetadilar va biladilarki, bu mahrumlikning sababkorlari faqat ularning o‘zlari.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 19:01:08
Ajal yetgan lahzadayoq vujudning uzvlari ajraladi va shu lahza ruh tangri sari, o‘zining mavjudlik makoniga yo‘l oladi. Yodda tuting, mening aziz birodarlarim, bizning ruhimiz tangri bilan birlashmoqni qo‘msaydi. Biz tangriga mansubmiz, tangri tufayli tirikmiz, tangriga tobemiz; daxlsiz unga tobemiz. Tangri har qaysi insoniy ruhni ilohiy muhabbat bilan suyadi va har qaysi insoniy ruh ana shu muhabbatda barhayotdir. Boshqacha bo‘lishi ham mumkinmi, axir? Har bir nafasimiz, har bir fikrimiz, tirikligimizning har bir lahzasi tangrining bitmas-tuganmas marhamatidan. Modomiki, onaning go‘dagidan ayrilib qolishi, kishining oilasidan, go‘shasidan ajralishi, birodarlik iplarining uzilishi naqadar og‘ir judolik ekan, fikr qiling, bechora ruhning o‘zini yo‘qdan bor etgan, tirikligini ta’minlagan, uni cheksiz muhabbat bilan sevgan yaratuvchisidan ayri tushmog‘i qanchalar azobli ekanini. Xullas, oliy marhamatdan mosuvo qolmoq, tangridan ayri tushmoq, bu judolik azobini chekmoq, boz ustiga, ayriliqning abadiyligini tuymoq buyuk azobdirki, bundayin mahrumlik uqubatini faqat yaratilmish ruhgina — poena damni — ko‘tarishga qobil.
Do‘zaxda mahkumlar ruhini qiynoqqa soladigan ikkinchi jazo — vijdon azobidir. Chirigan o‘lik tanada qurt paydo bo‘lganidayin, gunohning maddalab ketishi oqibatida gunohkorlarning ruhida bitmas-tuganmas azob, vijdon azobi yoxud papa Innokentiy III ta’biri bilan aytganda, uch nishtarli gazanda paydo bo‘ladi. Bu berahm jondor jonga sanchadigan birinchi nishtar — tiriklikda o‘tgan ko‘ngilxushliklar xotirasi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 19:01:20
O‘, bu qandayin dahshatli xotira! Olov dengizining yutoqqan to‘lqinida qovrilayotgan qirol o‘z toj-taxtining dabdabali ulug‘vorligini eslaydi; aqlli, biroq axloqi buzuq odam — kitoblari va asbob-anjomlarini; san’atni qadrlaguvchi — suratlarni, haykallar va boshqa qimmatbaho buyumlarni; shinam dasturxonlarga o‘ch kimsa — to‘kin-chochin bazmlarni, mazali taomlarni va o‘tkir vinolarni; qurumsoq kimsa esa tilla solingan sandiqlarini; bosqinchi — zo‘ravonlik orqasidan orttirgan boylikni; alamzada, qasoskor, berahm qotillar — o‘zlarining qonli qilmishlarini; ishratparastlar va kajraftorlar — nopok, fahshga botgan huzur-halovatlarni xotirlashadi. Ular buning barini eslashadi va o‘zlarini ham, kufrona qilmishlarini ham la’natlashadi. Zero, jahannam olovida mangu yonishga mahkum etilganlarga o‘tkinchi hoyu-havaslarning nechog‘li arzimasligi butkul ayon bo‘ladi! Ular samo saodatini dunyo ermaklariga, bir hovuch temir-tersakka, vaqtinchalik dovruqqa, tana-yu tomirlarning bir necha daqiqalik oroyishiga almashganlarini anglashganda ranju alamlari, g‘azabu nafratlari qaynab-toshadi! Ular cheksiz afsus-nadomatlar chekishadiki, ayni shu nadomatlar — vijdon qurtining ikkinchi, ya’ni gunohlar uchun kechikib, behuda chekilayotgan afsuslar nishtari. Ilohiy intiqom mahkumlarning aql-idroki muntazam tarzda gunohlariga qaratilmog‘ini zarur deb hisoblaydi, boz ustiga, tangri, avliyo Avgustin urg‘ulaganidek, ularga gunohni o‘z nuqtai nazaricha anglatadi va mahkumlar ko‘z oldida gunoh butun illatu zalolatlari bilan namoyon bo‘ladi. Ular o‘z gunohlarining jamiki qabihliklaridan ogoh bo‘lishadi va nadomatlar chekishadiki, biroq endi juda kech. Va imkon borida harakat qilmaganlaridan qattiq o‘kinishadi. Bu esa oxirgi, vijdon qurtining eng zaharli va berahm nishtaridir. Vijdon deydi: senda vaqting bor edi, imkoning bor edi, biroq tavba-tazarru qilmading. Ota-onang seni tavfiqli qilib tarbiyalashdi. Senga ko‘mak uchun muqaddas in’omlar, tangri marhamati va gunohingni kechirish haqida yorliq berilgan edi. Tangri xizmatkori yoningda edi, toki da’vat va qistovlar bilan seni haq yo‘liga boshlasa, seni gunohlardan, ular qanchalik ko‘p va og‘ir bo‘lmasin, xalos etsaki, faqat sen badbaxt tavba qilsang, rahm-shafqat tilasang.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 19:01:38
Yo‘q. Sen buni xohlamading. Sen muqaddas cherkov xizmatkorlariga mensimay qarading, tavbadan yuz o‘girding, gunoh botqog‘iga botaverding. Tangri seni chorladi, ogoh etdi, o‘zidan begona bo‘lmaslikka da’vat etdi. O‘, bu qandayin sharmandalik, qandayin mudhish kulfat. Olam hoqoni senga — tuproqdan yaratib, tiriklik nafasini bergan bandasiga, uni sevishni, qonunlariga bo‘ysunmoqni o‘tindi. Yo‘q! Sen buni xohlamading. Endi esa, agar sen yig‘lay bilsang va jahannamni ko‘z yoshlaringga cho‘ktirsang-da, baribir bu nadomatlar okeani yerdagi hayoting chog‘ida chin dildan afsus chekib to‘kilgan bir tomchi yoshning bergan ko‘magini yetkazolmaydi. Endi sen tavba-tazarru qilish uchun yerdagi hayotingning bir nafaslik vaqtiga zor-nolonsan. Befoyda. Vaqt o‘tdi, abadul abadga kech qolding endi.
Jahannamda gunohkorlarning yuragini kemiradigan bu gazandaning uch tig‘li nishtari ana shunaqa. Do‘zax qiynog‘ida mahkumlar o‘zlariga, o‘zlarining bemaza o‘y-xayol bilan yo‘l qo‘yishgan qilmishlari-yu yo‘ldan ozdirgan ahmoq sheriklariga tig‘ urishadi, hayotlarini barbod etgan shaytonlarga tig‘ urishadi, biroq endi befoyda, ular o‘zlarini tahqirlayotgan abadiyat qarshisida tangriga isyon qiladilar va la’natlar yog‘diradilarki, egamning rahm-shavqati va sabr-toqatini ular unutgandilar, ammo uning hukmu hokimiyatidan qochib qutulolmadilar.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 19:01:53
Mahkumlar jahannamda tortilajak navbatdagi ruhiy qiynoq — bu azob-uqubatlarning muqarrarligidir. Banda yerdagi hayoti mobaynida bir qancha yovuz ishlarga qo‘l urishi mumkin, biroq zaharni zahar kesganidayin, bir yovuz qilmish boshqasiga xalal beradi va aks ta’sir ko‘rsatadi. Jahannamda esa aksincha, bir azob boshqasiga xalal bermaydi, balki uni kuchaytiradi. Bu ham kam: bizning ruhiy xususiyatlarimiz tanamizdagi tuyg‘ulardan ko‘ra nisbatan mukammalki, shu bois ular chekadigan uqubatlar kuchli bo‘ladi. Shu zayl, ruhning har bir xususiyati, his-tuyg‘u kabi, o‘ziga xos azobga duchor etiladi: tasavvurni vahimali qo‘rquvlar bosadi, his etish qobiliyati — goh afsus-nadomat, goh g‘azabga minadi, ong va aql — tashqi qorong‘ulikdan ortiq dahshatli botiniy zulmatga botadi. Gunohkor ruhlar duchor bo‘lgan achchiq alam, garchi kuchsiz bo‘lsa-da, na makon va na zamonga bo‘ysunadi, o‘ldirib o‘ldirmaydi, tinch ham qo‘ymaydi. Bu mash’um holatni, magar gunohning butun qabihliklari-yu tangrining nafrati ayovsizligini anglanmas ekanmiz, tasavvur etishimiz mushkul.
Qiynoqlarning muqarrarligi qatori, bir qarashdan uning ziddiday tuyuluvchi, keskinligi azobi ham mavjud. Do‘zax — bu yomonlik jam bo‘lgan joy, va sizga ayonki, markaz sari yaqinlashgan sayin keskinlik ortib boradi. Do‘zaxdagi azob-uqubatlarni, bir bahyaga bo‘lsin, hech qanday tashqi va qarshi turuvchi kuch kamaytira olmaydi. Hatto o‘z-o‘zicha yaxshilik hisoblangan narsa ham jahannamda yomonlikka aylanadi. Badbaxtlar uchun yerda taskin omili bo‘lgan dardkashlik u yoqda tuganmas qiynoqqa aylanadi; oliy saodat hisoblanmish aql intilgan bilim u yoqda nodonlikdan ko‘ra ortiqroq nafaratga loyiq topiladi; jamiki jonzotlar — tabiat podshosidan o‘rmondagi arzimas giyohgacha talpinadigan nur — u yoqda kuydiruvchi g‘azab alangasiga duchor etadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 19:02:05
Yerdagi hayotimizda bizning azob-uqubatlarimiz behad bardavom va haddan tashqari katta bo‘lmaydi, zero, kishi tiriklikda ularni odatidan kelib chiqib unutadi yoki chidash berolmay holdan toyadi va shunda bu azoblar tugab bitadi. Biroq do‘zaxdagi azoblarga odatlanish mumkin emas, chunki ular keskinligi barobarida o‘ta xilma-xildir: bir qiynoq boshqasidan alanga oladi va yonib gurkirayotgan olovga ulashib ketadi. Bu xilma-xil keskin azoblardan gunohkorlarning qanchalik tinka-madori qurimasin, buning oxiri bo‘lmaydi, zero, gunohkor bandaning ruhi, azob-uqubatlari ortib borishi uchun bu badbaxt yomonlik chohida yotaveradi. Azoblarning muqarrarligi, qiynoqlarning keskinligi, uqubatlarning so‘ngsiz almashib kelishi — tangri buyukligiga qilingan shakkoklikning qasosi, samo shohligining talabi ana shunday; mana, gunohkorlarni poklash yo‘lida to‘kilgan tangrining begunoh qo‘zichog‘i qoni ne oqibatlarga olib keladi.
Va do‘zaxning barcha azoblari ichida eng og‘ir azob — bu uning manguligidir. Mangulik! Naqadar qo‘rqquli, naqadar vahimali so‘z! Mangulik! Inson ahli uning mohiyatiga yeta olarmikan? O‘ylang: azoblar mangu! Magar do‘zax azoblari dahshatli bo‘lmagan taqdirda ham, baribir ular uzluksizki, zotan, ularga mangu davomiylik buyurilgan. Bu azoblar mangu, biroq ayni damda ular o‘zining xilma-xilligida muqarrar, keskinligida chidab bo‘lmasdir. Hasharot chaqqandagi og‘riqning mangu davom etishi hatto aqlga sig‘mas azob, deyish mumkin. Do‘zax azobining manguligiga qanday chidash mumkin? Uzluksiz! Abadiy! Bir yilmas, yuz yilmas, mangu. Siz bu so‘zning mohiyatini bir zum tasavur qilib ko‘ring. Albatta, dengiz qirg‘og‘ida qumloqni ko‘p ko‘rgansiz. Uning mayda qum zarralaridan tashkil topganini bilasiz. O‘ynab o‘tirgan bolaning qo‘lidagi bir siqim qumdagi zarralar soniga yetib bo‘lmaydi. Endi, millionlab mil baland, yerdan osmon qadar ko‘tarilgan eniga millionlab milga cho‘zilgan, qalinligi millionlab milga teng qum tog‘ini ko‘z oldingizga keltiring; behisob qum zarralarining mahobatli tog‘ini tasavvur qiling va bu zarralarga o‘rmonlardagi daraxtlar barglari sonini, behudud okeandagi suv tomchilarining sonini, qushlarning patlari sonini, baliqlar tangalari sonini, hayvonlar tuki sonini, havo bo‘shlig‘idagi atomlar sonini qo‘shing va kichkina qushcha million yilda bir marta bu qumtoqqa uchib kelib, tumshug‘ida bir dona qum zarrasini olib ketishini ham tasavvur eting.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 19:02:19
Qushcha atigi bir kvadrat fut qumni tashib ketishi uchun necha million-million asrlar o‘tadi? Hammasini tashib ketguncha qancha asrlar kechadi? Bu aql bovar etmas vaqt mobaynida mangulikning bir lahzasi ham o‘tib ulgirmagan bo‘ladi. Bu billionlab va trillionlab yillar oxriga boribgina mangulik ibtidosi boshlanadi. Va agar bu qum tog‘i yana paydo bo‘lsa va yana qushcha uchib kelib uni zarralab tashisa va bu tog‘ osmondagi yulduzlar qadar, koinotdagi atomlar qadar, dengizdagi tomchilar qadar, daraxtlardagi barglar, qushlarning patlari-yu, baliqlarning tangalari, hayvonlarning tuki qadar yo‘q bo‘lib qayta paydo bo‘lsa-yu, hatto shundan keyin ham, ya’ni son-sanoqsiz marta shunday bo‘lgach ham, mangulikning bir daqiqasi hali o‘tmagan bo‘ladi, hatto shunda, shu qadar nihoyasiz vaqt mobaynida, nihoyasizligidan aqlimiz shoshadiki, mangulik endi boshlangan bo‘ladi.
Bir avliyo (xotiram aldamasa, bizning ordenimiz asoschilaridan biri) do‘zaxni ko‘ra olish marhamatiga sazovor bo‘lgan. Unga shunday tuyulganki, go‘yo ulkan qorong‘u dahlizda turibdi, bu yerdagi sukunatga faqat juda katta soatlarning chiqqillagani xalal beradi. Soatlar tinimsiz chiqqillaydi va avliyoga ular bir maromda: har doim hech qachon, har doim hech qachon, degan so‘zlarini takrorlayotganday tuyuladi. Har doim do‘zaxda bo‘lmoq bor, hech qachon — samoda; har doim tangri jamolidan benasib bo‘lmoq bor, hech qachon bu huzur-halovat nasib etmagay; har doim olovga mubtalo, qurtlarga va qizdirilgan sim chiviqlarga qurbon bo‘lmoq bor, hech qachon ulardan qochib qutulib bo‘lmas; har doim vijdon azobida qiynalmoq, xotiralar olovida kuymoq, zulmat va afsus-nadomatlardan bo‘g‘ilmoq bor, hech qachon ulardan xalos bo‘lmoq yo‘q; har doim o‘zining qurbonlari chekayotgan uqubatlardan iblisona quvonch tuyayotgan razil jinlarni la’natlamoq va ulardan nafratlanmoq bor, hech qachon farahbaxsh ruhlar jamoliga bir qarash imkoni yo‘q; har doim olov qa’rida yonib tangriga nola etmoq, bir lahzalik dam, so‘ngsiz azoblardan bir zum nafasni rostlab olgudek hordiq so‘rab iltijolar qilmoq bor, hech qachon kiprik qoqqulik fursatga tangri ijozatini olmoq yo‘q; har doim azob chekmoq bor, hech qachon halovat topmoq yo‘q; har doim la’natga duchor bo‘lmoq bor, hech qachon xalos bo‘lmoq yo‘q; har doim, hech qachon! Har doim, hech qachon!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 19:02:47
O‘, naqadar dahshatli jazo! Tuganmas azoblar manguligi, tuganmas tana va ruh uqubatlari — na yilt etgan umid uchquni, na bir lahzalik tinim, faqat azoblar, keskinligining cheku chegarasi, xilma-xilligining hisobi yo‘q, qurbonining ich-etini abadiy kemiradigan azoblar; ruhni kuydirib, tanani tilkalaydigan mangu alam, har bir lahzasi abadiy uqubat bo‘lmish azob — og‘ir gunohlar bilan qazo qilganga qudratli va adolatli tangrining rostlagan dahshatli jazosi bu.
Ha, adolatli. Odam bolasining cheklangan aqli bilan fikrlashga qobil kishilar birgina og‘ir gunoh uchun tangri jahannam olovining mangu, muqarrar azobiga duchor etishini tushunishga ojizlik qilishadi. Chunki ular tana mayllariga va insoniy aql noqisligiga asir bo‘lishib, gunohning behad qabihligini tushunib yetmaydilar. Ular yuzaki o‘ylashadi, zero, bir yengil xatolikning qanchalik jirkanch va qabih bo‘lishini anglashga qodir emaslar. Agar qudratda mislsiz yaratguvchi o‘z kuchi bilan, faqat yolg‘iz birgina nojo‘ya ish — yolg‘onni, g‘arazli nazarni, bir daqiqali loqaydlikni jazosiz qolishi sharti bilan dunyodagi jamiki razillik va baxtsizliklarni: urushlarni, kasalliklarni, bosqinchilikni, jinoyatni, o‘limni, qotillikni to‘xtatsa, tangrining tangriligi qayda qoladi, u bunday qilmaydi, u o‘z qonunlariga bo‘ysunmaganni jazolaydiki, zero, har qanday xato amal va kufrona o‘y uning qonunlariga xilofdir.
Birgina gunoh — aqlning bir lahzalik takabburona isyoni Iblisni va farishtalar lashkarining uchdan birini yakson qildi. Birgina gunoh — bir lahzalik aqlsizlik va ojizlik oqibatida Odam Ato va Momo Havo behishtdan quvildilar va olamga o‘limni, azob-uqubatlarni olib keldilar. Ana shu gunohlarni oxir-oqibat yuvmoq niyatida tangrining yolg‘iz o‘g‘li yer uzra tushdi, yashadi, azob tortdi va chormix qilingan xochda uch soat buyuk azoblardan so‘ng qazo qildi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 24 Oktyabr 2007, 19:03:03
O‘, mening ahli Iso inilarim, nahotki biz karami keng xaloskorimizni tahqirlasak va uning nafratini qo‘zg‘asak? Nahotki, tag‘in uning chormix qilingan, qiynoqqa solingan tanini toptasak? Muhabbat va g‘am balqigan bu chehraga tupurmoqqa jur’at etsak? Nahotki biz, berahm murtad munofiqlar va to‘pori askarlar singari, ma’sum, ko‘ngli yumshoq, biz uchun azob-uqubatlarni oxirigacha tortgan xaloskorimizni xo‘rlasak? Har qanday gunohli kalom — uning nozik taniga yetkazilgan jarohatdir. Har qanday kufrona amal — uning manglayiga botgan tikandir. Biz ongli tarzda beriladigan har qanday nopok o‘y-fikr — bu sevguvchi yurakka sanchilgan o‘tkir nayzadir. Yo‘q, yo‘q. Biror-bir odam bolasi tangri buyukligini bu qadar qattiq tahqirlamoqqa jur’at etmagay, zero, bundayin gunoh mangu abadiy azob bilan jazolangusi, chunki u tangri o‘g‘lini tag‘in xochga mixlaydi va uni tag‘in tahqirlarga duchor etadi.
Tangriga iltijolar qilamanki, mening nochor pand-nasihatlarim haq yo‘lidan borayotganlar diyonatini quvatlagay, ikkilanganlarni qo‘llab-quvvatlab, adashgan bechora qalblarni diyonatga boshlagayki, agar oramizda bundaylar bor bo‘lsa. Tangriga iltijolar qilaman — siz ham men bilan birga duo qilingiz — u bizga gunohlarimiz uchun tavba qilishga ko‘mak bersin. Endi hammangizni bu joyda, mana shu oddiy cherkovda tangri nigohida tiz bukib, mening ortimdan tavba duosini takrorlashga chorlayman. U shu yerda, najot kemasida, odam qavmiga mehr-muhabbatga to‘lug‘ va azobda qolganlarga taskin berishga tayyor. Qo‘rqmang. Gunohlaringiz naqadar ko‘p va og‘ir bo‘lmasin, agarda tavba qilsangiz, kechirilgusidir. Bekorchi sharm-hayo sizga monelik qilolmaydi. Axir, yaratgan egam — bizning rahm-shafqatli yaratguvchimiz gunohkor bandasiga abadiy halokatnimas, balki tavba-tazarruni va taqvoli hayotni istaydi.
Sizlarni u o‘ziga chorlaydi. Siz — uning bolalari. Sizni u yo‘qdan bor qildi. U sizni yaxshi ko‘radi, faqat tangrigina chin muhabbat sohibi. Sizni quchishga uning quchog‘i ochiq, garchi siz unga zid gunoh qilgan bo‘lsangiz-da. Unga talpin sho‘rlik gunohkor, nochor, notavon, adashgan banda. Ayni payti, tangriga matlub muddat bu.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:25:19
Ruhoniy o‘rnidan turdi, mehrobga yuzlandi va qorong‘ulikda tiz cho‘kdi. Hammaning tiz cho‘kishini va shitirlagan tovushlar butkul tinchishini kutib turdi. Shundan so‘ng, boshini ko‘tarib, g‘ayrat bilan tavba-tazarru duosini o‘qiy boshladi. Bolalar uning aytganlarini so‘zma-so‘z takrorlashardi. Tili tomog‘iga yopishib qolgan Stiven boshini quyi egdi va ichida duo o‘qidi.
— Tangrim, yaratgan egam,
— Tangrim, yaratgan egam,
— Men chindan g‘am chekayotirman,
— Men chindan g‘am chekayotirman,
— Negaki, sening qahringni qo‘zg‘adim, tangrim,
— Negaki, sening qahringni qo‘zg‘adim, tangrim,
— Va qilgan gunohlarimdan jirkanaman,
— Va qilgan gunohlarimdan jirkanaman,
— Ular har qanday badbaxtlik va yovuzlikdan-da mudhishdir,
— Ular har qanday badbaxtlik va yovuzlikdan-da mudhishdir,
— Chunki men sening muqaddas irodangga zid ish qildim,
— Chunki men sening muqaddas irodangga zid ish qildim,
— Sen esa, yaratgan egam, qudratda mislsiz va marhamatlisan,
— Sen esa, yaratgan egam, qudratda mislsiz va marhamatlisan,
— Va har qanday yuksak hamdu sanolarga munosibdirsan,
— Va har qanday yuksak hamdu sanolarga munosibdirsan,
— Bu mening iltijolarim, parvardigor,
— Bu mening iltijolarim, parvardigor,
— Qutlug‘ karamingdan benasib etmagaysan,
— Qutlug‘ karamingdan benasib etmagaysan.
— So‘nggi kunimga qadar sening qahringni qo‘zg‘amagayman,
— So‘nggi kunimga qadar sening qahringni qo‘zg‘amagayman,
— Va umrim bo‘yi gunohlarimni yuvib o‘tgayman.
— Va umrim bo‘yi gunohlarimni yuvib o‘tgayman.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:26:11
* * *

Ovqatlanib bo‘lgach, u yuqoriga o‘zining xonasiga chiqdi, shu yerda yuragi bilan yolg‘iz dardlashgisi keldi va har bir zinani bosib ko‘tarilganda yuragi bir to‘lg‘anar, to‘lg‘anib, g‘ira-shira qorong‘ulikda u bilan birga tepaga ko‘tarilardi.
U eshik oldidagi maydonchada to‘xtadi, keyin tutqichni ushlab bosdi va eshikni ildam ochdi. Qo‘rquv ichida sust qimirlar, yuragi ham butun vujudi bilan birga azoblanardi; u ovozini chiqarmay duo o‘qidi, bo‘sag‘adan hatlaganda manglayi ajalga ro‘para kelmasligini, qorong‘i burchakka jam bo‘lgan jinlar o‘zini bandi etmasligini so‘rab o‘tindi. U bo‘sag‘ada, go‘yo allaqanday qorong‘u g‘or og‘ziga ro‘para kelganday, qotib kutdi. G‘orda uning payiga tushgan qo‘rqinchli basharalar va chaqchaygan ko‘zlar poylab turishibdi.
— Biz, albatta, juda yaxshi bilardikki, garchi bu, shubhasiz, oydinlashishi kerak edi, unga juda qiyin bo‘ladi bu urinish, o‘zini majbur etish, ma’naviy vakilni tan olishga urinib ko‘rish va biz, albatta, juda yaxshi bilardik...
Shivirlab gapirayotganlar ko‘zlarini chaqchaytirib poylashadi, sirli ovozlar g‘orni qoplaydi. Tan va jonga tushgan qattiq qo‘rquv borlig‘ini siquvga oladi, biroq u boshini dadil ko‘tarib qat’iyat bilan xonaga qadam tashlaydi. Tanish xona, tanish deraza. U o‘zini qorong‘ulikdan kelayotgan vahimali shivir-shivirlar mutlaqo bema’niligiga ishontiradi. U o‘zini derazalari lang ochiq bu xona o‘ziniki ekaniga ishontiradi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:26:39
U eshikni yopdi, karavotga tomon tez yurib borib, tiz cho‘kdi va yuzini qo‘llari bilan bekitdi. Uning qo‘llari sovuq va ho‘l edi, butun badani titroqdan zirqirardi. Jismoniy charchoq, titroq va horg‘inlik uning madorini quritgan, fikrini yig‘ib ololmasdi. Nega u tunda chuldirab duo o‘qiyotgan go‘dakka o‘xshab tiz cho‘kib o‘tiribdi? Yuragi bilan yolg‘iz dardlashish uchun, vijdoniga quloq tutish, gunohlarini rostgo‘ylik bilan tan olib, qaerda, qanday sharoitda ularga qo‘l urganini eslash va qilmishlaridan g‘amga botib yig‘lash uchun. Biroq u yig‘lay olmadi. U hatto gunohlarini eslay olmadi ham. Faqat og‘riqni sezdi, ruhi va tani azob chekayotganini, butun borlig‘i—xotirasi, irodasi, ongi va badani holdan toyganini his etdi.
Bu jinlar, uning fikrlarini chalg‘itishga, vijdonini uxlatishga, gunohga botgan qo‘rqoq vujudiga ega bo‘lib olishga urinayotir; u bo‘shangligi uchun tangridan yuragi dov bermay izn so‘rab iltijo qilib, o‘rnidan turdi va karovatga cho‘zilib ko‘rpaga burkandi-da, tag‘in yuzini qo‘llari bilan bekitdi. U gunoh qildi, U tangri irodasiga, samo saltanatiga qarshi og‘ir gunoh qildi, minbad tangrining o‘g‘li deb atalishga nomunosib.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:26:58
Nahotki u, Stiven Dedalus, shu qilmishlarga qo‘l urdi? Bunga javoban vijdoni tilga kirdi. Ha, u yashirincha, qabihlik bilan, bir necha bor gunoh qildi. Eng yomoni, boshdan-oyoq gunohga botganiga, ruhi kufr botqog‘iga belanganiga qaramay, mehrob ro‘parasida yuziga farishta niqobini tutishga jur’at etdi. Tangri esa unga rahm qildi. Gunohlar, xuddi moxovlar to‘dasiday, uni qurshab oldi, nafaslari yuziga urildi, to‘rt tomondan bosib keldi. U duo o‘qib gunohlarini unutishga chirandi va qo‘llari bilan bosib, ko‘zlarini mahkam bekitdi. Biroq yuragi tinchimadi. Uning ko‘zlari bekilgan edi, biroq u o‘zi gunoh qilgan joylarni ko‘rdi; quloqlari mahkam bekitilgan edi, biroq u hammasini eshitdi. Butun kuchini yig‘ib hech narsani ko‘rmaslikka, eshitmaslikka urindi. Zo‘r berib uringanidan badani titradi va tuyqusdan ruhi xotirjam tortdi, biroq bu bir lahza davom etdi. Shunda uning ko‘ziga bir nimalar ko‘rindi.
Qushqo‘nmasning qotgan tomirlari, qichitqining butalari sochilgan xarobazor. Bu mudhish changalzorda pachoq tunukalar, kesaklar, qurib qolgan axlat uyumlari yotibdi. Najasdan oqish hovur ko‘tarilib, tikanli sarg‘imtil-yashil tomirlardan tepaga o‘rlaydi. Tunukalardan, qotgan tezakdan xuddi botqoqdan anqiganday kuchsiz va qo‘lansa achchiq hid ufuradi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:27:12
Dalada allaqanday mavjudotlar sang‘iydi: bitta, uchta, oltita. Ular u yoq, bu yoqqa bemaqsad sandiraqlaydi. Yuzi o‘liknikiday jonsiz odambashara, shoxli, siyraksoqol echkinusxa maxluqlar. Qahru g‘azabga mingan bu maxluqlar uzun dumlarini sudrab nari borib, beri kelib, tentiraydi. Qoqsuyak qarimsiq yuzlarida zaharxanda irjaygan badxohlik alomatlari kezinadi. Biri patli gazlamadan tikilgan juldur nimchaga burkangan, boshqa biri — soqolchasi burganning qabzasiga ilashganda bir maromda angillaydi. Ularning qaqragan lablaridan tushunarsiz so‘zlar chiqadi. Ular maydonni aylanaveradi, tomirlarni oralab o‘tadi, dumlariga ilashgan tunukalar shaqirlaydi, yovvoyi o‘tlar oralab zir yuguradi. Ular asta-sekin o‘rab, tobora unga yaqinlashib keladi. Lablaridan tushunarsiz so‘zlar uchadi; havoni hushtak chalib kesib tushayotgan dumlariga sassiq axlat yopishgan, qo‘rqinchli basharalar yuqoriga cho‘ziladi...
— Qutqaring!
U dahshatga tushib ko‘rpani uloqtirdi, yuzini va bo‘ynini bo‘shatdi. Mana uning do‘zaxi. Tangri unga gunohlari uchun hozirlangan jahannamni ko‘rsatdi — jirkanch, badbo‘y, buzuqlarning, badbin va echkinusxa jinlarning hayvoniy do‘zaxi. Uning, uning do‘zaxi!
U karavotdan irg‘ib turdi: ichak-chavog‘ini ag‘dar-to‘ntar qilgan badbo‘y zardob tomog‘iga tiqildi. Havo! Osmon havosi! U sudralib derazagacha zo‘rg‘a yetib keldi, ko‘ngli aynishidan hushini yo‘qotar ahvolda edi. Yuvinadigan tos oldida uni qaltiroq bosdi va hushidan ayrilib, qo‘lini muzday manglayiga bosgancha, jon azobida qusaverib bukchayib qoldi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:27:38
Biroz o‘ziga kelgach, u mashaqqat bilan derazagacha borib oldi, deraza tavaqasini ochib, bir amallab tokchaning chetiga o‘tirdi. Yomg‘ir tindi. Tuman uyumlari bir yorug‘ nuqtadan boshqasi tomon suzar, go‘yo shahar tevaragida pilla yigirayotganga o‘xshardi. Osmon sokin, havo xuddi yomg‘irga chumilgan o‘rmon havosiday, nafas olish huzurli; va shu jimlik, jimirlagan yog‘dular ichida va sokin huzurbaxsh havoda u o‘z yuragiga va’da berdi.
U duo o‘qidi:
"œBir gal u osmon shavkati-la yerga tushmoqni istadi, biroq biz gunohga yo‘l qo‘ydik. Va u bizga ulug‘ligini, ziyosini yashirmay ko‘rina olmasdi, zero, u tangri. Va u o‘zini namoyon etdi, qudratda mislsiz shuhrati bilan emas, ma’sumligi bilan va seni, o‘z qo‘li bilan bino etganlarga nigohimizning imkoni darajasida mo‘minlik shukuhi va yog‘dusiga chulg‘ab bizga yubordi. Va endi ayni qiyofang va sening vujuding bizga yerdagiday ko‘zga xatarnok go‘zallik haqida emas, balki nishonang bo‘lgan ayni tong yulduziga mengzaguli mangu kun haqida gapiradi. O‘, o‘sha kunning darakchisi! O‘, ziyoratchi yo‘lini yorituvchi quyosh! Bizga ayni burungiday yo‘l ko‘rsataver. Tun zulmatida, najotsiz sahroda bizni xaloskorimiz Iso Masihga, boshpanamiz va manzil-makonimizga yetkar!"
Uning ko‘zlari yoshga to‘ldi va itoatkorona nigohini osmonga tikdi, u o‘zining boy berilgan bokiraligiga qayg‘urib yig‘lab yubordi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:27:52
Butunlay qorong‘u tushgandan so‘ng u uydan chiqdi. Tashqariga chiqqanda nam va qorong‘u havodan olgan birinchi nafas va ortidan yopilgan eshikning taqillashi duo o‘qigandan va ko‘z yosh to‘kkanidan keyin xiyla xotirjam tortgan qalbini tag‘in alag‘da qildi. Tavba qil! Tavba qil! Qalbni faqat duo va ko‘z yoshlar bilan xotirjam qilib bo‘lmaydi. U muqaddas ruh xizmatchisi ro‘parasida tiz cho‘kmog‘i va unga o‘zining pinhona gunohlarini ro‘y-rost oshkor etib, tavba qilmog‘i lozim. Kiriladigan eshik unga ichkariga kirishi uchun yo‘l ochayotib ochilgunga qadar, oshxonada kechki ovqat tortilgan dasturxonga ko‘zi tushgunga qadar, u tiz cho‘kib tavba-tazarru qiladi. Axir, bu juda oson.
Vijdon azobi tinchidi va u qorong‘u ko‘chalarda ildam yurib ketdi. Bu ko‘chalarga to‘shalgan toshlar nechta, bu shahardagi ko‘chalar, dunyodagi shaharlar qancha! Mangulikning intihosi yo‘q. U esa og‘ir gunohlarni ko‘tarib yuribdi. Bir martagina kufrga yo‘l qo‘yish — bu ham og‘ir gunoh. Bu bir lahzada ro‘y berishi mumkin. Qanday qilib bir lahzada? Bir qarashda, bir kufrona fikr oqibatida. Sen ko‘rishni istaganingcha ko‘zing ko‘rib ulguradi va bir lahzada gunoh qilib qo‘yasan. Biroq tananing bu a’zosi biror nimani idroklaydimi? Ilon — yerdagi gazandalarning eng makkori. Bir lahza ichida u o‘zining nimani xohlayotganini tushunib yetadi va keyin lahzama-lahza gunohkor qilmishini amalga oshiradi. Buni u his etadi, tushunadi va qo‘msaydi. Naqadar dahshatli bu! Uni kim bunday qilib yaratgan, vujudning bu hayvoniy qismini, hayvoniy tushunish qobiliyatini va hayvoniy qo‘msash tuyg‘usini? Bu nima: uning o‘zining yoki allaqanday g‘ayriinsoniy noayon ruhning amali oqibatimi? U ilonning lanj hayotiga o‘xshagan, uning vujudidagi sharbatni so‘radigan va shishib, kufrona shahvatga botadigan bu hayotni tasavvur etganda yuragi seskandi. O‘, nega bu shunday? Nima uchun?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:28:03

Tangri oldida, jamiki tiriklik va borliqni yaratgan parvardigori olam qarshisida itoatkorona xo‘rlik va qo‘rquvda xayolidan kechgan bu nojoiz savollar zulmatidan kichrayib, junjayib qoldi. Telbalik bu! Unga bunday kufrona fikrni kim aytishi mumkin? U qorng‘uda gumranib, ezilib, o‘zining xaloskor farishtasiga ovoz chiqarmay iltijo qildi, qilichi bilan uning qulog‘iga kufrona gaplarni shivirlayotgan shaytonni quvib solishini o‘tindi.
Pichirlagan ovoz tindi va shunda u aniq tushundiki, uning o‘zining ruhi yo‘ldan ozgan, ham so‘z, ham amal, ham o‘y-xayollar bilan gunohga yo‘l qo‘ygan, tani esa gunohning vositasi bo‘lgan. Tavba qil! Har bir gunohing uchun tavba qil. Ruhoniyga qilgan qilmishlarini qanday yuz bilan aytadi? Biroq u aytishi kerak, albatta, aytishi kerak. Uyatdan yuzi kuyib, qanday tushuntirar ekan? Buni uyalmay turib amalga oshirishning iloji bormikan? Nodon! Tavba qil! Ehtimol, shundan so‘ng u chindan ham yana emin-erkin va gunohlardan butkul xoli bo‘lar. Ehtimol, ruhoniy ruhini og‘ir yukdan yengillatar! O‘, karami keng tangrim!
U xira yorug‘ ko‘chalardan, ikkilanib biror-bir lahzaga to‘xtab qolishdan cho‘chib, ildam yurib borardi. Ezgulikka yo‘g‘rilgan tangrining mehrli nigohi nazar etgan qalb behad go‘zal bo‘lsa ajabmas!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:28:18
Befarq sotuvchi ayollar o‘zlarining savatlari bilan kursichalarda o‘tirishibdi. Ularning yog‘ bosgan sochlari tutam-tutam bo‘lib manglayida osilib turibdi. Ular kir-chir kiyimda, bukchaygan ko‘yi loy ko‘chada o‘tirishibdi. Biroq ularning qalbi tangriga ochiq va agar ularning qalbi ilohiy yog‘dudan bahramand bo‘lsa, ular o‘zidan nur taratadi va tangri mehrli nigohini ulardan darig‘ tutmaydi.
Xo‘rlik tuyg‘usi uning ruhini cho‘ktirdi. Modomiki, uning emas, mana bu yurgan qizlarning qalbi tangriga xush kelgan ekan, u juda tuban ketgani ayon! Ularning boshlari uzra esib o‘tgan shamol boshqa son-sanoqsiz qalblar tomon yo‘naladi, ular tangri marhamati bilan goh kuchli, goh kuchsiz, xuddi bir yonib, bir nursizlangan yulduzlarday, yorishadi. Miltillagan kuchsiz qalblar parvardigor marhamatidan benasib qoladi, chetlashib ketadi, ular xira nurlanadi va kuchli shamoldan o‘chib-so‘nib qoladi. Mana, bittasi halok bo‘ldi: ushshoqday yurak yolqini o‘chdi, bu uning qalbi. U bir lovullab so‘ndi, unutildi, halok bo‘ldi. Endi tamom: bu yog‘i zulmat, qahraton, bo‘m-bo‘shlik, yo‘qlik.
Aqli bovar qilmagan, yashab ko‘rmagan cheku chegarasiz mangu vaqtdan mavjud voqelikka qaytish, tevaragidagi hayotni his etish tuyg‘usi unga asta-sekin qaytdi. Hanuz atrofda o‘sha nochor turmush davom etar: odatdagi baqiriq-chaqiriqlar eshitilar, do‘konlarning gaz chiroqlari xira yorishib turar, baliqning, spirtning va nam tortgan taxta qirindisining hidi anqir, o‘tkinchilar — erkaklar va ayollar borib-kelib yurardi. Qo‘lida kerosin idish ko‘tarib olgan qari kampir ko‘chani kesib o‘tmoqchi bo‘ldi. U egilib kampirdan, shu yaqin orada cherkov bormi, deb so‘radi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:28:29
— Cherkovmi, ser? Ha, bor, Cherch-stritda.
— Cherch-stritda.
Kampir idishni boshqa qo‘liga oldi va unga yo‘lni ko‘rsatdi. Ro‘molining popuklari tagidan terisi burishgan, kerosin hidli qo‘lini chiqarganda Stiven kampirga yaqinroq egildi, uning ovozidan yuragi orziqib, yengil tortdi.
— Tashakkur.
— Marhamat ser.
Mehrob oldidagi sahnda shamlar o‘chirilgan, biroq nim qorong‘u burchaklardan ladanning xushbo‘y hidi taralib turibdi. Soqolli, xudojo‘y qiyofali xizmatkorlar yon tarafdagi eshik orqali taxtiravonni ko‘tarib chiqishayotir, ruhoniy ularni bosiqlik bilan imo-ishora qilib, maslahat berib boshqarayotir. Cherkov qavmining bir necha tirishqoq a’zolari yonboshdagi sahnda tiz cho‘kishgancha ibodat qilishayotir. U tortinib kirdi va ichkaridagi oxirgi o‘rindiq oldida tiz cho‘kdi, ko‘ksi g‘ira-shira yorug‘ cherkovning sokin, jimjit va xushbo‘y havosidan to‘lib-toshdi. U tizzalarini qo‘ygan tosh taxta ensiz va ishqalanaverib yeyilib ketgan, yonida tizzalarini bukib ibodat qilayotganlar esa Isoning itoatkor izdoshlari. Iso ham kambag‘al muhitda tug‘ilgan va oddiy duradgor bo‘lib ishlagan — taxta arralangan, randalagan, u ilk bor tangri saltanatidan saboq bergan kishilar kambag‘al baliqchilar bo‘lishgan, ularni Iso itoatkorlikka va beozorlikka o‘rgatgan.
U qo‘lini boshiga qo‘ydi, yuragiga yolvorib itoatkor va beozor bo‘lishga o‘tindi, toki yonida tizzalarini bukib o‘tirganlar singari mo‘min, ibodati ham ularnikiday yaratganga matlub bo‘lsin. U oddiy odamlar qatorida ibodat qilar, biroq bu juda og‘ir kechardi. Uning qalbi gunohdan badbo‘ylashgan va u Masihning tangriga xos karam bilan birinchilar qatori o‘ziga chorlaganlari — duradgorlar, baliqchilar, daraxtni arralab taxta tayyorlaydiganlar, qanoat bilan erinmay to‘r yamaydigan kambag‘al avom kabi chin dildan ibodatga kirishib, tavba qilolmasdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:28:55
Zinadan baland bo‘yli jussa tushib keldi, ibodatxonadagilar g‘imirlab qoldi. U boshini ko‘tarib, uzun oppoq soqolga va jigarrang ruhoniycha libosga ko‘zi tushdi. Ruhoniy tavba-tazarru xonasiga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ikki kishi o‘rnidan turib, ikki tarafdan o‘sha yoqqa o‘tishdi. Eshik darchasi bekildi va past shivirlagan tovush jimlikni buzdi.
Uning tomirlarida qon gupurdi, bu xuddi gunohga botib g‘aflatda yotgan shahar qo‘qqisdan uyg‘otilgan va o‘ziga o‘qilgan o‘lim hukmini eshitgandagiday bir holat edi. Alanganing tillari bilanglaydi, tomlarni kul va qurum bosadi. Uyqudagilar cho‘chib uyg‘onadi, tandirday qizigan havodan bo‘g‘ilishib, jon holatda oyoqqa qalqishadi.
Darcha ochildi. Tavba-tazarru qilgan kishi chiqdi. Narigi tarafdagi darcha ham ochildi. Xotirjam qiyofadagi ayol chaqqon yurib o‘sha, boyagina birinchi bo‘lib tavba qilgan kishi tiz cho‘kib o‘tirgan tarafga o‘tdi. Tag‘in kuchsiz shivirlagan tovush eshitildi.
Hali ham bu yerdan ketishi mumkin. O‘rnidan turadi, bir qadam tashlaydi, keyin sekingina chiqib, ortiga qaramay yugurib ketadi. Hali ham sharmanda bo‘lishdan qutulish mumkin. Bu, ehtimol, o‘ta dahshatli jinoyatdir. Hatto qotillik qilishdan-da battardir. Baribir uyat hissi uni oyog‘idan boshigacha, xuddi qizib turgan kul-qurumga belanganday, ko‘mib yubordi. Qilmishlarini birma-bir so‘zlab berishi naqadar og‘ir! Uning zada yuragi chidolmaydi bunga, o‘lib qoladi.
Darcha yana ochildi. Tavba-tazarru xonasidan kimdir chiqdi. Beriroqdagi darcha ham ochildi. Ikkinchi bo‘lib tavba qilgani kirgan kishi chiqib, navbatdagi kirdi. Endi xonadan mayin chuldiragan tovush eshitildi. Ayol kishi tavba-tazarru qilayotir. Mayin shivirlagan hovur ko‘tarildi, beozor shivirlab beozor so‘nadigan sas.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:29:05
U yog‘och o‘rindiqqa qapishgancha, xo‘rligi kelib ko‘kragiga mushtlardi. Minbad u odamlarga o‘zini yaqin oladi va tangrini taniydi. O‘z yaqinini yaxshi ko‘radi. Tangrini, o‘zini bino qilgan va yaxshi ko‘ruvchi egamni deydi. Tiz cho‘kadi, hamma qatori ibodat qiladi va shunda, albatta, baxtli bo‘ladi. Tangri unga muborak nazarini tashlaydi, hammalarini ko‘radi va hammalarini suyadi.
Yaxshi odam bo‘lish qiyin emas. Tangrining yuklagan tashvishlari shirin va ularni ado etish yengil kechadi. Muhimi, hech qachon gunoh qilmaslik, doimo go‘dakday beg‘ubor, pok bo‘lib qolish, chunki tangri go‘daklarni suyadi va ularni o‘ziga yaqin oladi. Gunoh qilish juda og‘ir yuk va oqibati dahshatli. Biroq tangri, chin dildan tavba-tazarru qilganlardan, mushfiq gunohkorlardan mehr-shafqatini darig‘ tutmaydi. O‘, bu naqadar chin! Mana, chinakam mehribonlikning tub mohiyati!
Darcha tuyqusdan ochildi. Ayol chiqib keldi. Endi uning navbati. U titrab-qaqshab o‘rnidan turdi va xuddi tush ko‘rayotganday, hech nimani ilg‘amay, tavba-tazarru xonasiga o‘tdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:29:24
Uning fursati yetdi. Jimjit xira yorug‘likda u tiz cho‘kdi va boshini ko‘tarib ro‘parasidagi oq butga qaradi. Uning tavba qilayotganini tangri ko‘radi. U o‘zining qilgan barcha gunohlarini to‘kib-soladi. Uzundan-uzoq tavba-tazarru qiladi. Cherkovdagilarning barisi uning qanaqa gunohkor ekanini bilib olishadi. Mayliga bilishsin, bu haqiqat bo‘lganidan keyin. Biroq tangri, agar u tavba qilsa, gunohidan o‘tishni va’da qilgan, mana, u tavba qilayotir. U qo‘llarini cho‘zdi va oq butdan tavof oldi. U jazavaga tushib ibodat qildi: ko‘zlarini yosh qopladi, lablari titradi, badani jimirlab ketdi; alam bilan boshini u tomondan bu tomonga sermab, duo so‘zlarini hayajon bilan ayta boshladi.
— Pushaymonman, pushaymonman, o‘, pushaymonman!
Darcha qiya ochildi va uning yuragi shuv etib ketdi. Panjara ortida unga yarim burilgan, qo‘liga tayangan holda, keksa ruhoniy turardi. U cho‘qindi va ruhoniydan o‘zini duo qilishini so‘rab, gunohga yo‘l qo‘yganini aytdi. Keyin, boshini quyi solib, qo‘rquv ichida "œConfiteor"1ni o‘qidi. "œMening eng og‘ir gunohim" degan so‘zda to‘xtadi, uning nafasi tiqildi.
— Qachon oxirgi marta tavba qilgan eding, bo‘tam?
— Ancha burun, taqsir.
— Bir oy burunmi, bo‘tam?
— Ko‘p bo‘ldi, taqsir.
— Uch oy bo‘ldimi, bo‘tam?
— Ko‘proq, taqsir.
— Olti oymi?
— Sakkiz oy, taqsir.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:29:59
Mana — boshlandi. Ruhoniy so‘radi:
— Bu muddat ichida qanday gunohlarga qo‘l urding?
U birin-ketin sanay boshladi: ibodatlarni o‘tkazib yuborgani, duolarni o‘qimagani, yolg‘on gapirgani — barisini aytdi.
— Yana-chi, bo‘tam?
Adovat, hasad, xushomad, shuhratparastlik, itoatsizlik gunohlariga yo‘l qo‘ygan.
— Yana qanday, bo‘tam?
— Men... zinoga yo‘l qo‘ydim, taqsir.
Ruhoniy boshini burib qaramadi.
— O‘zing bilan o‘zingmi, bo‘tam?
— Boshqalar bilan ham.
— Ayollar bilanmi, bo‘tam?
— Ha, taqsir.
— Eri bor ayollar bilanmi, bo‘tam?
U bilmaydi. Gunohlar uning labidan birin-ketin oqib chiqaverdi, uning madda boylagan yaraday qalbidan yiringga qorishgan qon misol tomchiladi va go‘yo irkit bo‘tana oqimga aylandi. U ichidagi eng uyatli, qabih gunohlarini ham so‘nggi tomchisigacha siqib chiqardi. Boshqa aytadigan gap qolmadi. Uning tinka-madori qurib, boshi osilib qoldi.
Ruhoniy biroz jim turdi. Keyin so‘radi:
— Yoshing nechada, bo‘tam?
— O‘n oltida, taqsir.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:30:31
Ruhoniy bir necha marta yuzini qo‘li bilan siladi. Keyin boshini kaftiga tirab, panjaraga engashdi va hanuz unga qaramay, sekin gapira boshladi. Uning ovozi horg‘in va qariyalarga xos edi.
— Sen hali juda yoshsan, bo‘tam, — dedi u, — men sendan o‘tinib so‘rayman, bu gunohdan voz kech. U ruhni o‘ldiradi, tanani xarob qiladi. U — jamiki jinoyatlar va baxtsizliklarning sababchisi. Undan voz kech, bolam, xudo haqqi voz kech. Bu nomaqbul va tuban mayil. U seni qayoqqa boshlashini bilmaysan va bir kun o‘z oyog‘ing bilan jar labiga borib qolganingni sezmay qolasan. Hozircha bu gunoh seni asir qilib olibdi, mening notavon bolam, shu bois tangri marhamati seni tark etgan. Muqaddas onamiz Bibi Maryaga ilotijo qil. U senga ko‘mak beradi, bo‘tam. Boshingni kufrona o‘y-xayollar chulg‘aganda bokiramiz Bibi Maryamga sig‘in. Sen unga ibodat qilasan, albatta, bo‘tam? Sen bu gunohlaringga afsus chekasan, men ishonaman, tavba qilasan. Va sen tangri taologa qasamyod keltirib, hech qachon bunday qabih gunohlar bilan uning qahru g‘azabini qo‘zg‘amaslikka so‘z berasan. Sen tangriga shunday tantanali qasam ichasan, to‘g‘rimi, bo‘tam?
— Ha, taqsir.
Keksalarga xos vazmin ovoz uning titrab turgan, hayajondan yonib-qaqragan yuragiga misoli obi-hayotday ta’sir etardi. Naqadar quvonchli va naqadar qayg‘uli!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:30:42
— So‘z ber, bo‘tam. Seni iblis yo‘ldan urgan. U senga tag‘in tahdid etguday bo‘lsa, la’natini qayta jahannamga hayda, bizning yaratguvchimizni ko‘rolmaydigan bu nopok ruhni quv. Taningni xo‘rlama. Tangriga qasamyod et, bu qabih gunohdan yuz o‘girganingni aytib so‘z ber.
Ko‘z yoshi va tangrining mehr-shafqat nuridan ko‘zi qamashib, gunohlardan xalos etayotgan tantanavor so‘zlarni eshitib va o‘ziga fotiha berayotgan ruhoniyning qo‘lini ko‘rib, u boshini quyi soldi.
— Tangri rizo bo‘lsin, bo‘tam. Meni duo qil.
U qorong‘u burchakka tiz cho‘kdi va tavba-tazarru duosini o‘qiy boshladi, duo uning osoyishta yuragidan, misoli oq atirgulning muattar bo‘yi kabi samoga ko‘tarildi.
Loy ko‘chalar charog‘onlashganday edi. U ko‘cha bo‘ylab borayotir, borlig‘ini ko‘z ilg‘amas huzur-halovat chulg‘ab, taniga qushday yengillik bag‘ishlayotganini his qildi. U o‘zini yenga oldi, tavba qildi va tangri uni afu etdi. Uning ruhi yana pokiza va muqaddas, muqaddas va xushbaxt bo‘ldi.
Shu damda qazo qilguday bo‘lsa, magar bunga tangri taolo izn bersa, g‘oyat go‘zal bo‘lardi. Huzur-halovatda, yaqinlari bilan tinch-totuvlikda, himmat va itoatda yashash ham juda go‘zal.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:30:55
U oshxonada o‘choq ro‘parasida o‘tiribdi, tuyg‘ularga to‘lib-toshganidan bir so‘z aytishga jur’at etolmaydi. Shu damlargacha hayotning bu qadar jozibali va huzur-halovatli ekanini u bilmagan edi. To‘g‘nog‘ichlar bilan chiroqning girdiga to‘g‘nab qo‘yilgan yashil qog‘ozdan pastga nimrang soya tushib turibdi. Bufetdagi taqsimchalarda yengil taomlar, javonda tuxumlar turibdi. Bu kollejdagi cherkovda o‘tadigan qovushuv marosimidan so‘ng ertalabki nonushtaga. Yengil taomlar va choy, choy va yengil taomlar. Hayot nechog‘li oddiy va jozibali. Butun hayot hali oldinda.
Jamiki o‘y-tashvishlarni unutib, u yotgani cho‘zildi va uxlab qoldi. O‘y-tashvishlarsiz uyg‘ondi va tong otganini ko‘rdi. Xuddi tushdagiday, ruhi yengillashib ertalabki sokin ko‘cha bo‘ylab kollejga ketdi. Bolalarning barisi allaqachon cherkovda, har qaysisi o‘z o‘rnida, tiz cho‘kib o‘tirishibdi. U bolalar orasiga kirib, xushbaxt va xijolat tortib o‘tirdi. Mehrob xushbo‘y oq gullarga burkangan, tong yorug‘ida shamlarning oqish nuri oq gullar orasida, xuddi uning ruhiday, tiniq va xotirjam nur taratadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:32:11
U do‘stlari orasida, mehrob ro‘parasida tizzalarini bukib o‘tiribdi, taxtiravon pardasi qo‘llab-quvvatlab turgan ko‘yi, ularning qo‘llari ustida hilpiraydi. Ruhoniy muqaddas ne’matlar solingan idish bilan har bir bolaning oldida to‘xtab o‘tarkan, uning qo‘llari titrar, yuragi jimirlab ketardi.
— Corpus Domini nostril*2.
Tushimi yo o‘ngimi? Bu yerda u tiz cho‘kib o‘tiribdi — gunohsiz, beozor; hozir u muqaddas ne’matdan totinadi va tangri uning poklangan vujudiga kiradi.
— In vitam eternam. A men*3.
Yangi hayot! Huzur-halovatli, pokiza va xushbaxt hayot! Buning bari chin! Bu tush emas. O‘tmish o‘tdi.
— Corpus Domini nostri.
Muqaddas ne’matlar solingan idish unga yaqinlashdi.
___________
*1 "œMen yuksaldim, misoli Livandagi qarag‘ayday va Yermon tog‘laridagi sarv yanglig‘, Yengad xurmosi va Ierixon atirgulining butog‘iday ko‘kka bo‘y cho‘zdim. Men, vodiydagi go‘zal zaytunday va chinorday qad rostladim. Misoli dolchin va aspalaf singari olamga atrimni yoydim va eng a’lo isiriq kabi mushk-anbar taratdim" ("œInjil").
*2 Tangrimizning tani (lotincha).
*3 Abadul abadga. Omin (lotincha).
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:32:37
TO‘RTINCHI BOB

Yakshanba muqaddas uchlik sirli marosimiga bag‘ishlangan edi, dushanba — muqaddas ruhga, seshanba — qo‘riqchi farishtalarga, chorshanba — avliyo Yusufga, payshanba — muqaddas qovushish marosimiga, juma — tangri iztiroblariga, shanba — Bibi Maryamga.
Har kuni tongda u aziz avliyolar yoki sirli marosimlar marhamatidan bahramand bo‘lishga berilar. Uning kuni ertalabki ibodat va xayoliga kelgan har qanday niyatni, ko‘ngil maylini oliy hakam sharafiga fidoyilarcha qurbon qilish bilan boshlanadi. Ertalabki sovuq havo taqvodorlikka berilgan tabiatini qiyin-qistovga olar va ibodatga kelgan kamchil odamlar orasida tizzalarini bukib o‘tirib, ruhoniyning shivirlagan ovoziga basma-bas o‘zining ochib qo‘yilgan duolar kitobiga ko‘z yugirtirarkan, g‘ira-shira qorong‘ulikda ikki sham — Qadimgi va Yangi Ahd timsollari — orasida turgan ibodat kiyimidagi jussaga tez - tez ko‘z qirini tashlab qo‘yar va o‘zini uzun g‘or ichida ibodat qilayotganday tasavvur etardi.
Uning kundalik hayoti taqvodorlikning turli xil jasoratlaridan tarkib topardi. Jonbozlik ko‘rsatib ibodat qilib, duolar o‘qib, u a’rofdan ruhi uchun kunlar, oylar va yillardan tarkib topadigan yuz yilni sotib oldi. Biroq tangrining muhlati cheku chegarasiz jazosini chetlab o‘tib, u his etgan ruhiy ko‘tarinkilik baribir jon - jahd bilan o‘qilgan duolariga munosib darajada tatimadi, chunki bunday himoyalanish a’rofda qancha muddatga qisqartirilishini u bilardi, zero, a’rofning olovi do‘zax olovidan faqat abadiy emasligi bilan farqlanardi. Tavba — tazarru duolaridan atigi bir tomchi suvchalik naf yetishidan cho‘chib iztirob chekarkan, u kun osha o‘zining toat-ibodatlariga zo‘r berardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:33:21
U o‘zining yerda mavjudligidan kelib chiqadigan burchiga muvofiq, bo‘laklarga ajratgan kunning har bir bo‘lagini ma’naviy takomillashuviga bag‘ishlagan edi. Uning qalbi go‘yo abadiyatga doxil bo‘layotganday tuyulardi; har bir fikr, so‘z, harakat, botinida kechgan har bir o‘zgarish go‘yo samoda qayd etilar va ba’zan bu tezkor tuyg‘u shu qadar jonli ediki, uning qalbi ibodat chog‘ida misoli ulkan kassa apparatiga aylanganday, xarid etilgan buyumning narxi esa darhol samoda, raqam shaklida emas, balki ladanning yengil tutuni yoki nozik gul shaklida paydo bo‘lganday tuyulardi.
U tinimsiz takrorlaydigan duolar (shimining cho‘ntagida u doim tasbih olib yurar va ko‘chalarni kezib erinmay tasbihni ag‘darardi) bir g‘aroyib samoviy tarovat kasb etgan gultojlarga aylandiki, bu gullar nomsiz bo‘lgani bilan birga, unga yana rangsiz va hidsiz tuyulardi. Kunora o‘qiladigan uch duoning har birini o‘qish chog‘ida u ruhi uch ma’naviy burchda: o‘zini bino etgan ota xudoga ishonchda, xaloskori o‘g‘il xudoga umidda va madadkori muqaddas ruhga mehr-muhabbatda barqaror bo‘lishini iltijo qilardi.
Haftaning har yetti kunida u yana muqaddas ruhning yetti inoyatidan biri o‘ziga nasib etishini va har kuni o‘tmishda o‘zani xo‘rlagan yetti og‘ir gunohni vujudidan quvib chiqarishni o‘tinib so‘raydi. Har bir inoyatning nasib etishini tilab belgilangan bir kun ibodat qiladi va bu inoyat o‘ziga nasib etishiga umidlanadi. Gohida esa donolik, aqililik va bilim turlicha inoyatlar ekani, ularning har biri uchun alohida ibodat qilib o‘tinish unga g‘alati tuyulardi. Biroq u ma’naviy kamolotning qandaydir maqomiga yetishganda, gunohkor qalbi ojiz mayillardan voz kechganda va muqaddas uchlik mohiyatidan yorishganida bu sirdan voqif bo‘lishiga ishonardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:33:49
Uning qulog‘iga tez-tez sahnadan yo cherkov minbaridan turib tantanavor ohangda aytiladigan, ehtirosli — sevgi va nafratni ifodalagan so‘zlar eshitilardi, ularning ta’sirchan bitilgan shaklini kitoblarda o‘qigan, biroq nega qalbida bu so‘zlarga o‘rin yo‘qligiga, nima uchun ularni ovoz chiqarib aytish o‘zi uchun qiyinligiga hayron bo‘lardi. Vujudini bot-bot bir necha lahzalik nafrat tuyg‘usi qamrab olar, biroq bu tuyg‘u hech qachon davomli ehtirosga aylanmas va undan qutilish ham har gal qiyin kechmas, vujudi go‘yo qandaydir libos yoki qobiqni tashlab yuborganday hayal o‘tmay yengil tortar, osongina qutilardi. Ayrim daqiqalarda u vujudiga noayon, ko‘z ilg‘amas, ming‘irlagan tovushda qandaydir xohish-mayillar joylashib olayotganini his etar, shunda butun borlig‘i yonar — shahvoniy nafsga asar tushayotganday bezovtalanar, biroq bu hissiyot ham vujudini tez va oson tark etar, aql-hushi esa bunday damlarda hushyor totardi. Go‘yo uning qalbida faqat shunday muhabbat va shunday nafratga o‘rin borday tuyulardi.
Biroq u endi sevgining mavjudligiga ortiq shubha qilolmasdi, zotan, tangrining o‘zi uning ruhini azaldan ilohiy muhabbat bilan sevgan. Asta-sekin qalbi ruhoniy bilim nuri bilan yorishib borgani sayin, olam uning ko‘z o‘ngida ilohiy qudrat va muhabbatning ulkan, beqiyos aksi bo‘lib gavdalandi. Hayot tangri in’omiga aylandi va uning har bir sevinchli lahzasi uchun — hatto daraxt shoxidagi bargning yiltiragani uchun ham — uning qalbi yaratganga shukronalar aytmog‘i lozim. Olam uning nazarida o‘zining butun aniq-tiniqligi-yu jamiki murakkabliklari bilan ilohiy qudrat, muhabbat va hamma joyda hoziru nozirlik qonun-qoidasidan iborat edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:34:08
U anglagan — uning qalbiga in’om etilgan bu ilohiy mohiyat tuyg‘usi shu qadar yaxlit va shubhasiz ediki, natijada u o‘z umrini davom ettirib yashashi nima uchun zarurligini qiyinchilik bilan tushunardi. Biroq, ehtimol, uning hayoti tangri tomonidan oldindan belgilab qo‘yilgan yo‘lning bir qismidir, shuncha qabih va og‘ir gunohlarga qo‘l urganidan keyin uning mohiyat borasida savol berishi noo‘rindir. Yagona, abadiy, har joyda hoziru nozir, mukammal mavjudlik tushunchasi itoatkor qilib qo‘ygan, kamsitilgan uning ruhi tag‘in o‘z zimmasiga va’dalar, ibodatlar, duo o‘qishlar, sirli marosimlarda qatnashish va o‘zini-o‘zi azobga qo‘yadigan majburiyatlarni olardi; va faqat hozir, shu damda, buyuk sevgi siri ustida o‘yga tolib o‘tirib, u botinida iliq bir jonlanishni his etdi, go‘yo vujudida yangi hayot yoki yangi bir ezgu hikmat barq urayotganday tuyuldi.
Biroq diniy talvasaga berilib ketishning xatarini bilgani bois, u eng oddiy cherkov qoidalaridan ham chetga chiqmasdi, o‘zini-o‘zi tinimsiz qiynash evaziga burungi gunohlarini yuvishga urinar, soxta avliyolikning qaltis xavfidan o‘zini saqlardi. Vujudidagi besh sezgining har birini alohida-alohida sinovga solardi. U ayollarning ko‘ziga ko‘zi tushushidan o‘zini olib qochardi. O‘qib o‘tirib, boshini ko‘tarib qarar, ba’zan tuyqusdan, bir lahzali iroda kuchi bilan o‘qib tugatilmagan gapni o‘rtasida to‘xtatib, kitobni shart yopardi. U qulog‘ini eshitmaydigan kuyga soldi; o‘zining beo‘xshov, siniq ovoziga e’tibor qilmadi, vaholanki, ovozi charxlanayotgan pichoqdan yo kulni uymalayotgan boyo‘g‘li panjalarining g‘ijir-g‘ijiriga yoki gilamga urilayotgan tayoqning tovushiga o‘xshab asabini qo‘zg‘ardi. Hid sezish qobiliyatini o‘tmaslashi qiyin kechdi, chunki u qo‘lansa hidlardan savqitabiiy tarzda jirkanmasdi: masalan, ko‘cha-ko‘yning hidimi, axlat yoki qatron yoxud o‘zining badanining isimi — bular unga qiyoslash va turli qiziq tajribalar uchun bir bahona bo‘lardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:35:11
Oxir-oqibat u sasigan baliq hidiga chiday olmasligini, bu hid bir joyda yig‘ilib qolgan peshobning hidini eslatishini aniqladi va o‘rni kelganda o‘zini shu hidga chidashga o‘rgatdi. U ta’m bilish sezgisini ham o‘ldirdi: nafsini tiyishga, cherkov ko‘rsatmalariga qat’i amal qilishga o‘zini majburladi, ovqat mahali esa yegulik haqida o‘ylamaslikka urindi. Biroq tuyg‘u sezgisini o‘ldirishda u alohida ixtirochilik qobiliyatini namoyon etdi. U to‘shakda tanasining holatini hech qachon o‘zgartirmasdi, noqulay tarzda o‘tirardi, badanining qichishi va og‘riqlarga toqat qilar, sovuq paytda issiqdan chetroqda bo‘lishga urinardi, butun ibodat davomida, Injilni o‘qish vaqtidan tashqari, tizzalarini bukib o‘tirardi, yuvinganida sovuq havoning ta’siri sezilsin deb yuzi va bo‘ynini artmasdi. Qo‘lida tasbeh bo‘lmagan paytlar qo‘llarini chopqir kabi ikki biqiniga siqib olar, cho‘ntaklariga solmas yoki beliga qo‘yib olmasdi.
Endi u o‘zida gunohga qiziqtiradigan ishtiyoqni his etmasdi. Biroq qat’i tartib-intizomni saqlashiga qaramay, ba’zida bolalarcha bo‘shanglikka berilib ketishi uni ajablantirardi. Duo o‘qib o‘tirganida onasi aksa ursa yoki birov xalaqit bersa tuyqusdan jahli chiqib ketardi, bunday holatda toat-ibodatdan hech qanday naf yetmasligi tayin edi. Shunday vaziyatda jahlini jilovlash uchun kuchli iroda kerak bo‘lardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:35:32
Bunday mayda injiqlikning turli ko‘rinishlarini u o‘zining o‘qituvchilarida ko‘p kuzatgandi va ularning titragan lablarini, tishlarini tishlariga qattiq bosganini, qizargan yonoqlarini eslab, ularni o‘zi bilan qiyoslab, fe’lini tuzatishga qanchalik urinmasin, qo‘lidan kelmas va bundan ruhi cho‘kardi. O‘zining shaxsiy hayotini boshqalar hayotlari oqimiga qo‘shib yuborish uning uchun har qanday diniy ibodatni ado etish yoki duo o‘qishdan mushkil ediki, bu boradagi barcha urinishlari behuda ketardi; ushbu holat oxir-oqibat ma’naviy qashshoqlanishni yuzaga keltirdi, uning ortidan esa ikkilanishlar va shubha-gumonlar keldi. Ruhini umidsizlik chulg‘adi; go‘yo eng sirli marosimlar ham, qurib qolayotgan buloqlar kabi, uni najotbaxsh suvdan endi bahramand etolmayotganday tuyulardi. Tavba-tazarru ham faqat vijdonini azoblayotgan gunohlardan qutulishning bir vositasiga aylangandi. Qovushuv marosimi endi avvalgiday farog‘atli daqiqalarni hadya etmasdi. Cherkovga u o‘zi bilan eskirib ketgan, harflari xiralashib, sahifaladi sarg‘ayib qolgan avliyo Alfons Liguriy tartib bergan duolar kitobini olib borardi. Olovli muhabbat va bokira ehtirosning xira tortgan dunyosi uning qalbi uchun ayni shu sahifalarda, qo‘shiqlar qo‘shig‘idagi obrazlar marosim ishtirokchisining duolariga qo‘shilib, uyg‘unlashib ketgan joyda jonlanardi. Sassiz ovoz go‘yo uning ruhini erkalar, sharaflar va ayni damda o‘shani, unashilgan qizni nikohda hozir bo‘lishi uchun bars tog‘laridagi Amon qoyasidan yo‘lga chiqishga da’vat etardi. Uning hukmiga tobe qalb ham xuddi shunday sassiz ovozda javob qilardi: "œInter uberamea mea commorabitur"*1.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:35:43
Itoatkor qalbning bu obrazi, duo o‘qiyotgan, mulohaza yuritayotgan chog‘ida tana mayllarining tag‘in g‘imirlab o‘zidan darak bera boshlagani bois, uning uchun xatarli, jozibador tus ola boshladi. Bir bor bo‘shanglik, bir marta nojo‘ya xayolga berilishi shuncha mashaqqat bilan erishganlaridan mosuvo qilishini u aniq-tiniq anglab yetardi. Nazarida, sekin o‘rmalab kelayotgan suv uning yalang‘och oyoqlari kaftiga yaqinlashar va kuchsiz, shovqinsiz, yuvosh to‘lqin terisiga tegay-tegay deb turganday tuyulardi. Va suv terisiga ayni tegayotgan payt — gunohga botay degan bir lahzada iroda kuchi yoki kutilmaganda duoning shiddati bilan u to‘lqindan uzoqlashib ketar, qurug‘likka chiqib olardi. Yiroqda qolgan, biroq tag‘in sezdirmay oyoqlari ostiga g‘imirlab oqib kelayotgan oqimning kumush tusli tasmasini kuzatib, u o‘z irodasining kuchsizligini his etdi, biroq baribir bu jozibador jilvalarga berilmadim, yengilmadim degan fikr ko‘nglida qoniqish paydo qildi.
Yo‘ldan ozdiruvchi o‘y-xayollar bilan doimiy kurashish qalbidagi ezgulikning bebaho yolqinini o‘chirib qo‘yishi uni tashvishlanishga majbur etardi. O‘zidagi qat’iyatga ishonochi yo‘qoldi va uning o‘rinini tushunarsiz qo‘rqo‘v egalladi, oqibatda ruhi asta-sekin cho‘ka boshladi. Faqat endi juda katta iroda kuchi evaziga burungi e’tiqodini tiklab olar va ruhiy farog‘at holatiga qaytardi; ko‘nglida har qanday hayu-havas, istak g‘imirlaganda tangriga sig‘inishga, tangridan so‘ragan ruhiy farog‘at, albatta, uning tomonidan in’om etilishiga ishonishga o‘zini majbur etardi. Hayu-havaslarning tez-tez qaytalanishi va ta’sir kuchi o‘zi bir paytlar eshitgan — avliyolar kechirishgan sinov-bardoshlarning haqqoniyligini ochiq-oydin tasdiqlardi. Bundayin istak-mayllarning bot-bot takrorlanishi va ta’sir kuchi shayton bo‘ysundirishga zo‘r berib urinayotgan ruhining bardoshliligiga dalil edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:36:10
Tavba-tazarru chog‘ida ruhoniy uning ikkilanishlari va shubha-gumonlarini (duo o‘qiyotganda bir lahzada loqaydlikka berilishi, gap-so‘zida va harakatida mayda injiqlik va o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘yishi) tinglab, uni gunohdan xalos etishdan avval, buringi gunohlaridan birini aytishini so‘rardi. U itoatkorlik bilan uyalib-qizarib burungi gunohlaridan birini aytib afsus chekardi. Qanchalik toat-ibodatga berilmasin, ezgu fazilatlarga ega bo‘lmasin, hech qachon bu gunohidan to‘la-to‘kis qutula olmasligini tushunardi. Bezovta gunohkorlik tuyg‘usi uni hech qachon tark etmaydi; u tavba-tazarru qiladi, afsus chekadi va kechiriladi, yana tavba-tazarru qiladi, afsus chekadi va yana kechiriladi — biroq bari behuda. Ehtimol, o‘sha birinchi bor, shoshilib, jahannam dahshati haqida eshitib qo‘rqib qilgan ilk tavba-tazarrusi qabul etilmagandir? Ehtimol, u o‘z gunohlariga chin dildan afsus-nadomat chekmagandir? Biroq o‘z hayotini o‘nglash, to‘g‘ri yo‘lga solish uning ibodatlari to‘g‘riligini ko‘rsatuvchi eng yaxshi dalillar, uning o‘z gunohlariga chin dildan chekkan afsus-nadomatlariga asos.
"œAxir, men o‘z hayotimni o‘ngladim-ku", takrorladi u ichida.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:36:23
* * *

Rektor deraza tagida yorug‘ni orqasi bilan to‘sgancha jigarrang pardaga engashib turardi. U gapirib va kulib turib, pardaning ipini qo‘liga olib sekin chuvatar va yana o‘ray boshlardi. Stiven uning ro‘parasida turib, uylarning tomlarida uzun yoz kunining yorug‘i so‘nib borayotganini va ruhoniyning barmoqlarining ohista, bir tekis harakatini kuzatardi. Ruhoniyning yuzi soyada edi, biroq uning ortida so‘nib borayotgan kunduzning yorug‘i chuqur botgan chakkalariga, kallasining qing‘ir-qiyshiq joylariga tushib turardi. Stiven kollej hayotida kechgan turli-tuman voqealarni xotirjam va ta’sirli qilib so‘zlayotgan ruhoniy ovozining o‘zgaruvchan ohangiga quloq tutdi: ruhoniy endigina tugagan ta’tillar, ordenning chet ellardagi bo‘limlari va o‘qituvchilarning almashishi haqida gapirardi. Xotirjam va ta’sirchan ovoz suhbatni bir zaylda boshqarar, orada to‘xtalgan damlarda e’tiborli savollar tashlab gurungni jonlantirib yuborishni Stiven o‘zining burchi deb bilardi. U bularning bari daromadi gap ekanini anglar, keyin nima bo‘lishini kutardi. Rektorga uchrashish haqida buyruq olib, chaqiriqning sababini bilolmay uning boshi qotdi, qabulxonada diqqat bo‘lib kutib o‘tirarkan, nigohi bir xushxulq suratdan boshqasiga sakrar, fikri esa beqaror bo‘lib, bir tusmoldan boshqasiga ko‘chardi. Bu holat nega chaqirishgani tuyqusdan ayon bo‘lguncha davom etdi. Qandaydir kutilmagan sabab bilan rektor kelmay qolishi ehtimolini ko‘nglidan o‘tkazishiga ulgirmay, qayrilayotgan eshik tutqichining tovushi va ruhoniycha uzun to‘nning shitirlaganini eshitdi.
Rektor dominikan va frantsiskan ordenlari haqida, avliyo Fomaning avliyo Bonaventura bilan do‘stligi haqida gapirdi. Tarki dunyo qilgan monaxlar ordeni a’zolari — kaputsinlarga ibodat liboslarini kiygizish unga bir qadar...
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:36:36
Stivenning yuzida ruhoniyning iltifotli tabassumiga javoban kulgi jilvalandi, biroq bu masalada u biror-bir mulohaza bildirishni istamadi, faqat tushunmayotgan ko‘yi lablarini sal-pal qimirlatib qo‘ydi.
— Men eshitdimki, — davom etdi rektor, — kaputsinlarning o‘zlari, frantsiskanlarga o‘xshab, bu libosni bekor qilish haqida gapirishayotganmish.
— Biroq uni monastrlarda saqlab qolishar? — dedi Stiven.
— Ha, bo‘lmasam-chi, albatta, — dedi rektor, — monastrlarda bu ayni muddao, lekin ko‘chada kiyib yurish... to‘g‘risi, bekor qilingani ma’qul, nima deysiz?
— Ha, noqulay.
— Juda to‘g‘ri, noqulay. Tasavvur qiling, men Belgiyada bo‘lganimda ko‘rdim, kaputsinlar har qanday ob-havoda ham o‘zlarining bu keng-mo‘l chakmonlarining etagini tizzalariga o‘rab olib, velosipedda yurishadi. Bu, axir, kulgili emasmi? Les jupes — Belgiyada ularni shunday atashadi.
Undosh tovush shunday jarangladiki, so‘zni tushunishning iloji bo‘lmadi.
— Qanday dedingiz?
— Les jupes.
— Ha-a.
Stiven tag‘in ruhoniyning tabassumiga javoban kulimsiradi, ruhoniyning yuzidagi kulgi ko‘rinmasdi, chunki uning yuzi soyada edi; ruhoniyning vazmin, bosiq ovozini eshitganda uning kulgu sharpasi Stivenning ongida darhol jonlangandi. U derazadan xira tortib borayotgan osmonga xotirjam qaradi, kechki salqindan va yonog‘idagi nimjon qizillikni yashirgan ufqning g‘ira-shira sarg‘ish to‘zonidan ko‘ngli sevindi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:37:03
Ayollar kiyimlarining nomi yoki bu kiyimlar tikiladigan harir mayin matolar uning xotirasida allaqanday kufrona hidlari bilan qolgan edi. Bolaligida jilovlar — bu yupqa ipak tasmalar, deb tasavvur qilardi, keyincha Stredbrukda birinchi marta otning yog‘li, qo‘pol yuganini ushlab ko‘rganda hayratga tushgandi. Birinchi marta o‘zining titragan barmoqlarida ayollar paypog‘ining g‘adir-budur ipini ushlab ko‘rganda ham xuddi shunday hayajonga tushgandi. Bunday bo‘lishining boisi shunda ediki, u o‘qiganlaridan faqat o‘z holatiga mos, ko‘nglidagiga javob beradiganlarini eslab qolardi va o‘zini sevgiga baxsh etgan ayolning ruhi yoki tanini nozik, mayin ovozli, xuddi atirgulning gulbarglariday yupqa matoda tasavvur etmay turib ko‘z oldiga keltirolmasdi.
Biroq ruhoniyning og‘zidan chiqqan gap tasodifan aytilgani yo‘q; u bilardi, ruhoniy bunday mavzularda hazillashishni lozim ko‘rmaydi. Gap hazil aralash aytildi, biroq bekorgamas va u soyadagi ko‘zlar uning yuziga qiziqsinib qaraganini his etdi. Hozirgacha u iezuitlarning makkorliklari haqida eshitgan yoki o‘qiganlariga ahamiyat bermay kelardi. Hamisha o‘zining o‘qituvchilarini, garchi ularni unchali yoqtirmasa-da, jiddiy, aqlli, jismonan va ruhan sog‘lom tarbiyachilar, deb hisoblardi. Ular ertalablari boshlaridan sovuq suv quyub yuvinishadi va toza salqin kiyimlar kiyishadi. Klongousda va Belvederda ularning orasida yashashga to‘g‘ri kelgan shuncha vaqt mobaynida u ikki marta qo‘liga chizg‘ich bilan urib jazolandi, vaholanki, bu jazolar nohaqdan berilgan edi, u ko‘p narsalar uchun o‘zining jazolanmay qolganini ham bilardi. Shu vaqt mobaynida u o‘zining o‘qituvchilaridan biror marta ham ma’nisiz gap eshitmadi. Ular unga xristian ta’limotining mohiyatini o‘rgatishdi, uni diyonatli hayot kechirishga da’vat etishdi, og‘ir gunohga botganida ezgulikka qaytishiga ko‘maklashishdi. Ular bor joyda u o‘zini qat’iyatsiz sezardi — Klongousda ham so‘takligidan, Belvederda ham hardamxayolligi bois shunday holatga tushardi. Bu doimiy ikkilanishlar uning kollejdagi so‘nggi yiligacha davom etdi. U biror marta o‘qituvchilarining gapini ikki qilmadi, shumtaka jo‘ralarining aldovlariga uchmadi, o‘zining vazmin, itoatkor fe’l-atvorini o‘zgartirmadi va qachondir o‘qituvchilarining mulohazalari to‘g‘riligiga shubhalangan bo‘lsa-da, buni ochiq-oshkora aytgani yo‘q. Yillar o‘tgan sayin ularning ayrim qarashlari unga birqadar jo‘n bo‘lib tuyula boshladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:37:14
Bu uning qalbida pushaymonlik va o‘kinch tuyg‘ularini uyg‘otar, nazarida, u o‘zi o‘rganib qolgan olam bilan asta-sekin xayrlashar va uning nutqini so‘nggi marta tinglayotganday edi. Bir safar cherkov oldidagi ayvon tagida bir nechta bola ruhoniy bilan suhbatlashardi, u ruhoniyning shunday deganini eshitdi:
— Menimcha, lord Makoley umrida biror marta gunoh ish qilmagan, demoqchimanki, biror marta ongli ravishda og‘ir gunohga qo‘l urmagan.
Keyin bolalardan biri ruhoniydan Viktor Gyugoni siz buyuk frantsuz yozuvchisi deb hisoblaysizmi, deb so‘radi. Ruhoniy javob berib, Viktor Gyugo cherkovdan yuz o‘girgandan keyin, katolik bo‘lib yurgan paytidagidan ko‘ra xiyla yomon yoza boshlaganini aytdi.
— Biroq, — qo‘shib qo‘ydi ruhoniy, — ko‘plab frantsuz tanqidchilarining fikricha, Viktor Gyugo, shubhasiz, buyuk yozuvchi sanalsa-da, Lui Veyo singari tiniq uslubga ega emas.
Stivenning yuziga yugirgan rangpar qizillik ruhoniyning bu shamasidan so‘ndi, uning ko‘zlari hali ham oqish tusdagi osmonda edi. Biroq ongida allaqanday beqaror shubha kezinardi. Xotirasidan bo‘lib o‘tgan voqealar elas-elas qalqib chiqa boshladi: u sahnalarni va ularda harakatlanayotgan qiyofalarni tanidi, biroq eng muhim narsani eslashi qiyin bo‘ldi. Mana, u Klongousdagi sport maydonchasi chetida yurib, o‘yinni kuzatayotir, o‘zining kriket qalpoqchasidan konfet olib yeyapti, iezuitlar esa yo‘laklarda xonimlar bilan velosipedda sayr qilishayotir. Allaqanday unutilayozgan, Klongousda ko‘p aytiladigan arzimas so‘zlar uning xotirasi tubida aks-sado beradi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:37:26
U jim-jit qabulxonada o‘tirib, uzoqdan kelayotgan bu aks-sadoni ilg‘ashga urindi va tuyqusdan butunlay boshqacha ohangda o‘ziga murojaat etayotgan ruhoniyning ovozidan hushyor tortdi.
— Men bugun seni chaqirtirgan edim, Stiven, chunki sen bilan maslahatlashib oladigan muhim gap bor.
— Eshitaman, ser.
— Sen qachondir o‘z qalbingning haqqoniy da’vatini tuyganmisan?
"œHa" demoqchi bo‘lib Stiven lablarini ochdi, biroq shu zahotiyoq o‘zini tiydi. Ruhoniy javobni kutib turdi va keyin qo‘shib qo‘ydi:
— Aytmoqchimanki, sen qachondir qalbing tubida ordenimizga a’zo bo‘lish istagini tuyganmisan? O‘yla-chi.
— Men bu haqda o‘ylaganman, — dedi Stiven.
Ruhoniy pardaning ipini qo‘yib yubordi va qo‘llarini ko‘kragiga qovushtirdi, o‘ychan qiyofada ularga iyagini tiradi va xayolga toldi.
— Biznikiday kollejda, — dedi u nihoyat, — gohida bitta yoki, ehtimol, ikki-uchta o‘quvchi topilar tangri taollo tomonidan din yo‘lida xizmatga da’vat etiladigan. Bunday o‘quvchi o‘z tengdoshlari orasidan mo‘minligi va boshqalarga munosib xislatlari bilan ajralib turadi. U o‘z do‘stlarining hurmatini qozonadi, muqaddas birodarlik jamiyati a’zolari uni o‘zlarining prefekti etib saylashadi. Mana sen, Stiven ana shunday o‘quvchilar sirasiga kirasan, sen — bizning Bibi Maryam birodarlik jamiyatimiz prefektisan. Va, ehtimol, sen, tangri o‘z xizmatiga munosib ko‘rgan o‘sha bo‘zboladirsan.
Ruhoniyning ovozidagi jiddiy, ta’sirchan ohangdan kuchaygan oshkora g‘urur tuyg‘usi Stivenning yuragini tez urishga majbur qildi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:37:38
— Bunday e’tiborga sazovor bo‘lmoq, — davom etdi ruhoniy, — shundayin ulug‘ marhamatki, buni odam bolasiga karami keng egamgina in’om etishi mumkin. Bizning yerimizdagi na biror qirol, na biror hukmdor tangri xizmatchisi ega bo‘lganchalik hokimiyatga ega bo‘lolmaydi. Na biror malak, na malaklar malagi, na avliyo va hatto Bibi Maryamning o‘zi ham tangri xizmatchisi qadar hokimiyatga ega emas: tangri podshohligi darvozasining kalitini qo‘lida tutmoq, gunohlarni bog‘lamoq va hal etmoq, sehru afsun, tangri bandalari vujudidan ularga azob berayotgan nopok ruhlarni quvmoq, ulug‘ egamni samodan tushib, minbarda non va vinoga aylanishga chorlash vakolatiga ega bo‘lmoq ana shu hokimiyat ilkidadir. Buyuk hokimiyat bu, Stiven!
Stivenning yuziga yana qizillik yugurdi, u ruhoniyning mag‘rur murojaatida o‘zining mag‘rur orzulari aks-sadosini eshitgandi. U o‘zini, buyuk hokimiyatga ega vazmin va itoatkor, farishta-yu avliyolar izzatu ikromidagi ruhoniy qiyofasida tez-tez ko‘z oldiga keltirardi. Qalbining tubida shuni pinhona orzu qilardi. U o‘zini navqiron, munosib qadr-qimmatga egaligidan ko‘ngli to‘q ruhoniy sifatida tasavvur etardi. Mana, u jadal yurib tavba-tazarru xonasiga kirib kelayotir, mehrob zinalaridan ko‘tarilayotir, ladan tutatayotir, tizzalarini bukayotir, diniy marosim amallarining nozik va sirli harakatlarini amalga oshirayotir. Bu harakatlar hayotdagiga o‘xshashligi va ayni paytda oddiy turmushdan butkul o‘zgachaligi, ajralib qolgani bilan uni chalg‘itardi. U o‘z orzulari ichida yashagan xayoliy hayotda ruhoniylardan o‘zlashtirgan ovoz va imo-ishoralarni o‘ziniki qilib olgandi. U biroz egilib tizzalarini bukadi, xuddi bu ruhoniyga o‘xshab; isriqdonni, boshqa bir ruhoniyga taqlidan, hafsala bilan bir tekis sermaydi; egnidagi ruhoniycha libosi esa, uchinchi bir ruhoniyniki singari, duoni o‘qib bo‘lib mehrobga burilganda ochilib ketadi. Biroq bu tasavvurlarida, xayoliy sahnalarda unga ikkilamchi rolni o‘ynash ko‘proq yoqardi. U bosh ruhoniy unvonidan voz kechadi, chunki u holda butun dabdabali marosimni uning o‘zi boshlab o‘zi tugatar, boz ustiga, marosim qoidalarida uning vazifalari aniq-tiniq belgilab qo‘yilgandi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:38:10
U kamtarroq cherkov unvonini orzu qildi: mana, u hammaning nazaridan chetda, mehrobdan uzoqda kichik ruhoniy libosida, yelkasiga yengil yoping‘ich tashlagan, uning etaklari bilan u diskosni ushlab turibdi; muqaddas ne’matlarni tatish marosimi yakunida, zarhal ipda tikilgan diakon libosida, ruhoniydan bir zina quyida, qo‘llarini qovushtirib va ibodatchilarga yuzini burib, qiroat bilan e’lon qiladi: "œIte, missa est". Agar u o‘zini qachondir ruhoniy rolida ko‘rgan bo‘lsa, bunga faqat bolalar duo kitobida ko‘zi tushgan: kimsasiz cherkovda, oddiy va talabchan mehrob oldidagi kursida faqat bir farishta va xizmatchi o‘spirin, xuddi uning o‘ziday o‘spirin o‘tiribdi.
Hozir odob bilan sukut saqlab turib, u ruhoniyning so‘zlariga e’tibor qildi va bu so‘zlar ortidan uni yaqinlashishga undagan, unga sirli donolik va sirli hokimiyat taklif etgan yanada teranroq ovozni eshitdi. U Simon Volxvaning gunohi nimada ekanini va hech qachon kechirilmas muqaddas ruhga shakkoklik nimaligini bilib oladi. U boshqalardan sir tutilgan, qahrdan bino bo‘lgan va tug‘ilgan shubhali sirlardan voqif bo‘ladi! U boshqalarning gunohlarini, gunohli mayl-istaklarini, kufrona o‘y-xayollarini tinglaydi: ularni g‘ira-shira cherkovda, tavba-tazarru xonasida ayollar va qizlarning lablari qulog‘iga pichirlab aytadi. Uning qalbi, sirli tarzda daxlsizlik kasb etib, tag‘in tangrining yorug‘ taxti oldida gunohsiz paydo bo‘ladi. Uning qo‘liga hech bir gunohning gardi yuqmaydi, zotan, bu qo‘llari bilan u qovushuv marosimining muqaddas nonini ushatadi; uning duo o‘qiyotgan dahaniga hech qanday gunoh daxl qilolmaydi, zotan, u tasodifan, tangri vujudi haqida mulohaza yuritmay turib, uni kavshamaydi va ichmaydi. U sirli bilim va sirli hokimiyatni asraydi, bokira go‘dak misol gunohsiz bo‘lib, umrining so‘nggi kunigacha, Malkisidq unvoniga mos martabada yaratganning xizmatida bo‘ladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:38:28
* * *

— Ertaga men ibodat xizmatini ado etaman, — dedi rektor, — nasib etib, qodir egam seni o‘z karamidan bahramand etsin va sen, Stiven o‘zingning piringga, tangrining suygan bandasiga iltijo qil, shoyad, yaratgan aqlingni ravshan etsa. Biroq sen qattiq ishonishing kerak, Stiven, sening iqtidoring bor, agar uning yo‘qligini keyincha payqab qolsang juda qiyin bo‘ladi. Yodingda tut: ruhoniylikka qo‘l berganingdan so‘ng, sen bir umr ruhoniyligingcha qolasan. Aqoidlar kitobidan senga ma’lum, diniy unvonga kirishning sirli marosimi faqat bir bor bo‘ladigan marosim, zotan, u yurakda o‘chmas iz qoldiradi. Sen bularning barini hozir taroziga qo‘yib ko‘rishing lozim, keyin kech bo‘ladi. Bu juda muhim masala, Stiven, zero, sening o‘lmas ruhing xalos bo‘lishi shunga ham bog‘liq. Biz birgalikda tangriga ibodat qilamiz.
Shunday deb u og‘ir eshikni itarib ochdi va Stivenga, uni endi go‘yo o‘zining ruhoniy hayotdagi hamkori hisoblab, qo‘l uzatdi. Stiven zina tepasidagi keng maydonchaga chiqdi va kechki mayin havoning iliq ta’sirini his etdi. Finleyters-Cherch oldida to‘rt nafar yigit qo‘l ushlashib, boshlarini sermashar, ulardan biri olti qirrali garmonda chalayotgan sho‘x kuyga mos harakat qilardi. Musiqaning ilk tovushlari, har doimgiday, uning g‘aroyib fikrlarini, xuddi bolakaylar qumloqda yasagan minorachalarni tuyqusdan bostirib kelgan beozor va shovqinsiz to‘lqin g‘arqob qilganday, yuvib ketdi. U yasama ohangga kulimsirab, boshini ko‘tarib ruhoniyning yuziga qaradi va unda botayotgan kunning shavqsiz aksini ko‘rdi, haligina ularning ruhoniy ittifoqini tan olib turgan qo‘lini ruhoniyning qo‘lidan ohista oldi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:38:52
Zinadan tushayotib kutilmaganda u o‘zini bundan keyin azobga qo‘ymasligini his etdi. Bunga ruhoniyning botayotgan kun aks etgan yuzi sabab bo‘lgan edi. Xayolida kollejning zerikarli hayoti jonlandi. Uni ordenda ham ana shunday zerikarli, yakrang, oddiy—kundalik tashvishlardan xoli hayot kutardi. Klongousdagi uzun dahlizlarning bo‘g‘iq havosi uning yodiga tushdi, yonib turgan gaz chiroqlarining past tovushda vishillashini eshitdi. Tuyqusdan vujudini sababsiz bezovtalik chulg‘adi. Yuragi tez ura boshladi va buning ortidan allaqanday ma’nisiz kuchli shovqin uning sergak o‘y-xayollarini to‘zg‘itib yubordi. Uning o‘pkasi, go‘yo namxush, iliq va bo‘g‘iq havodan nafas olayotganday, goh kengayib, goh toraydi va u yana Klongousning yuvinish xonasidagi torf tusli bo‘tana suvini, nam, iliq havosini his etdi.
U har gal bu hayotga xayolan yaqinlashganda vujudida allaqanday ta’lim-tarbiya va ezgulikdan-da kuchliroq instinkt paydo bo‘lar va bu noayon, noxayrixoh instinkt uni: rozi bo‘lma, deya ogohlantirardi. Yangi hayotning sovuq va bir maromdagi muhiti uni bezdirardi. U o‘zining ertalabki rutubatli havoda, boshqalar bilan turnaqator tizilib tonggi ibodatga borishini, duo o‘qib, me’daga tekkan zoriqishni bartaraf etishga behuda urinishini ko‘z oldiga keltirdi. Mana, u jamoa bilan dasturxon atrofida o‘tiribdi. Odamoviligini qanday yengsin, shunday fe’li bois, uning begona joyda yeb-ichishga tobu toqati yo‘q-ku? G‘ururini qanday yengsin, axir, shu tufayli u doim o‘zini doim yolg‘iz his etib kelgan-ku?
Uning siyoqi Stiven Dedalus, S.J
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:39:25
Uning ismi bu yangi hayotda kutilmaganda ko‘z oldida aniq ko‘rindi, keyin esa yuzi emas, yuzining rangi g‘ira-shira paydo bo‘ldi. Bu rang goh oqish, goh xira-g‘ishtrang tus oldi. Bu nima — u qish kunlari ertalab ruhoniylarning qirtishlangan yonoqlarida ko‘rgan yallig‘langan qizillikmi? Yuzlar ko‘zsiz, xo‘mraygan-vazmin, xudojo‘y edi, qizargan yonoqlarda tiyib turilgan qahr qotgan. Bu nima? Ehtimol, u bolalar Chiroqli Simyog‘och, boshqalari esa Qari Tulki Kempbell deb atashadigan iezuitning yuzini xotirlagandir?
Bu payt u Gardner-stritdagi iezuitlar ordeni uyi oldidan o‘tayotgan edi, beixtiyor, agar ordenga kirsam qaysi deraza meniki bo‘larkan, deb o‘yladi. Va shu damdayoq o‘zining qiziquvchanligidan ajablandi — uning qalbi haligina o‘ziga muqaddas tuyulgan narsadan endi juda olisda edi. Uni qancha yil itoat va intizomda ushlab turgan jilov nihoyatda chidamsiz, nochor tuyuldi; va bu ayni o‘sha — uni erkidan umrbod judo etadigan qat’i, hal etuvchi qadamni tashlashi kerak bo‘lgan daqiqada ayon bo‘ldi. Cherkovning balandparvoz da’volari, ruhoniylik unvonining sirlariyu qudrati haqida gapirgan rektorning ovozi uning xotirasida bekorchi ovozday aks-sado berdi. Uning yuragi bu ovozga e’tiborsiz edi va u endi barcha pand-nasihatlar puch, rasmiy gaplar ekanini bildi. Yo‘q, u hech qachon mehrob oldida isriqdonni sermamaydi. Uning qismati — har qanday jamoaviy va diniy tushovlardan qochish. Ruhoniyning dono pand-nasihatlari uni asir etolmadi. Uning qismatida boshqalardan uzoqda o‘zining donoligini topmoq yoki dunyo hoyu havaslari ortidan quvib, o‘zi boshqalarning donoliklarini anglashi kerakligi bitilgan.
Dunyoning hoyu havaslari — gunohning yo‘llari. Va u gunoh chohiga qulaydi. U hali qulaganicha yo‘q, biroq sezdirmay, shovqinsiz, bir lahza ichida qulaydi. Qulamaslik — bu juda og‘ir, o‘ta qiyin. U ruhining shovqinsiz qulab tushayotganini his etdi: mana, tushib kelayotir, hali qulaganicha yo‘q, biroq qulashga shay.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:42:18
Tolk soyi ustidagi ko‘prikdan o‘tayotib, u rangi o‘chgan zangori Bibi Maryam butxonasiga befarq qarab qo‘ydi; poydevorga o‘rnashgan butxona, atrofini o‘rab olgan faqirona kulbalar orasida, xuddi qo‘noqdagi tovuqqa o‘xshab ko‘rindi. Keyin u chapga burilib, uyiga olib boradigan tor ko‘chaga kirdi. Tepaliklar bo‘ylab daryogacha cho‘zilgan qarovsiz polizlardan chirigan karamning ko‘ngilni aynitadigan achqimtil hidi dumog‘iga urildi. U kulimsirab, mana shu befarqlik, pala-partishlik, oilasidagi tanazzul va o‘simliklar hayotidagi turg‘unlik oxir-oqibat ruhimni yengadi, deb o‘yladi. Uylari ortidagi polizda ishlagan, ular Shlyapali Amaki deb chaqirishadigan so‘qqabosh dehqon yodiga tushib, bexosdan kulib yubordi. Shlyapali Amaki ishga kirishishdan oldin dunyoning to‘rt tarafiga bir-bir qarab olar va keyin chuqur xo‘rsinib, belkurakni yerga sanchardi.
U qulflanmagan eshikni itarib ochib kirdi va yalong‘och dahlizdan to‘g‘ri oshxonaga o‘tdi. Uning singillari va ukalari stol atrofida o‘tirishardi. Chamasi, choyxo‘rlik tugayotgandi, chashkalar o‘rnida ishlatiladigan shisha krujka va sharbatdan bo‘shagan bankalar tagida ichib tugatilayotgan suyuq choy qoldiqlari ko‘rinardi. To‘kilgan shakar bilan qorishgan non ushoqlari va bo‘laklari dasturxonda sochilib yotardi. U yer, bu yerda to‘kilgan choy yoyilib, chaplashib ketgan, suyakdan qilingan dastasi singan pichoq kovlab tashlangan pirogning yuqiga belangan.
Botayotgan kunning g‘amgin, ma’yus, kulrang yolqini derazadan, ochiq eshikdan tushib turar va Stivenning qalbida to‘satdan g‘imirlagan o‘kinch tuyg‘usini bir qadar yumshatardi. Ularga rad etilgan narsalarning bari unga — oilaning to‘ng‘ichiga qo‘shqo‘llab berilgan edi, biroq g‘ira-shira shom yog‘dusida u singillari va ukalarining yuzida hech qanday alamzadalik alomatini ko‘rmadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:42:41
U stolga, ularning yoniga o‘tirdi va otasi bilan onasi qaerdaligini so‘radi. Bolalardan biri javob berdi:
— Ula uyyi ko‘ygani kettila.
Demak, yana ko‘chilarkan. Belvederda Fellon degan bir o‘quvchi doim hiringlab, undan nega ko‘chishni buncha yaxshi ko‘rasizlar, deb so‘rardi. U ana shu ahmoqona hiringlashni eslaganda, qahri qo‘zib manglayida chiziq paydo bo‘lardi.
— Bilsa bo‘ladimi, nega biz yana ko‘chadigan bo‘ldik? — so‘radi u.
— Xo‘jayin bizzi uyidan haydayapti.
Stolning narigi chetidan ukasining "œSokin oqshomlarda"1ni xirgoyi qilgan ovozi keldi. Birin-ketin boshqa bolalar ham xirgoyiga qo‘shilishdi va nihoyat hammasi jo‘r bo‘lib ayta boshlashdi. Ular shu zayl, tungi qora bulutlar paydo bo‘lib, shom qorong‘usi tushmaguncha xirgoyini davom ettirishdi.
U bir necha daqiqa quloq solib kutdi, keyin o‘zi ham ularga jo‘r bo‘ldi. Singillari va ukalarining toza, bokira ovozlaridagi horg‘inlikni anglab, uning ko‘ngli og‘rindi. Ular hali hayotning katta yo‘liga tushib olishganicha yo‘q, biroq allaqachon toliqishgan.
U son-sanoqsiz bolalarning ovozlari aks-sado berib, qo‘shilib, jo‘r bo‘layotgan bu xirgoyini eshitdi va bu sadolardan uning qulog‘iga horg‘inlik, uqubat ohanglari chalindi. Uning nazarida bolalar hali yashashni boshlamay turib hayotdan charchaganday tuyuldi. Va u Nyumenning ham ayni shu ohangni Vergileyning "œTabiatnikiday ovozda azob-uqubatni, horg‘inlikni, shu bilan birga, barcha zamonlarda bolalarining qismati bo‘lmish yaxshi kunlar kelishiga umidini ifodalagan g‘amgin satrlari"da eshitganini xotirladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:42:55
* * *

U ortiq kutib turolmasdi.
"œBayron" qahvaxonasidan Klontarf butxonasigacha, Klontarf butxonasidan "œBayron" qahvaxonasigacha va yana butxonaga, keyin tag‘in qahvaxonaga borib-kelib yurib turdi. Avvaliga u sekin odimladi, yo‘lakka yotqizilgan plitalarni hafsala bilan bir-bir bosib, qadamlarini she’r ohangiga moslab tashladi. Otasining o‘qituvchi Den Korsbi bilan qahvaxonaga kirib ketishganiga rosa bir soat bo‘ldi, otasi uni universitetga joylashni gaplashmoqchi. Bir soatdan beri u nari borib, beri kelib, ularni kutib betoqat bo‘layotir. Biroq endi sabri tugadi, ortiq kutolmaydi.
U Bull tomonga keskin burildi va otasining qattiq hushtak tovushi qulog‘iga chalinib qolib, yana orqaga qaytmasligi uchun qichab yurib ketdi, bir necha soniyada mirshabxonadan o‘tib, burchakka burildi va nafasini rostlab, o‘zini xavotirdan xoli his etdi.
Ha, onasi uning universitet bilan bog‘liq tashvishlariga ro‘yxushlik bermayotgan edi. Buni onasining gap orasida churq etmay, sukut saqlab turganidan payqagandi. Biroq onasining ro‘yxushlik bermayotgani otasining maqtanib gapirgan gaplaridan ko‘ra kuchliroq ta’sir etib, uni tezroq bir qarorga kelishga qistardi. U o‘zidagi diniy ta’limga so‘nayotgan ishtiyoqning, aksincha, onasining qalbida tobora mustahkamlanib, kuchayib borayotganini sovuqqonlik bilan esladi. Mubham, xusumatli bu tuyg‘u uning aql-hushini bulutday bosib, xiralashtirar, onasining orzu-istaklariga zid tarzda kuchayib borar va miyasini shubhali o‘y-xayollar tark etib, ongi yorishgan chog‘da ko‘ngli tag‘in farzandlik sadoqatiga moyil tuyg‘ular bilan to‘lib-toshar, ayni shu damlarda o‘zi bilan onasi o‘rtasida ilk bor ixtilof paydo bo‘lganini — oralaridagi mehr-oqibatga bilinar-bilinmas darz ketganini g‘ira-shira his etar va bundan afsuslanmas edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:43:06
Universitet! Endi uni chaqirib to‘xtatishning iloji yo‘q, bolalik davrining qorovullari — o‘z izmi va maqsadlariga bo‘ysundirishga uringan qo‘riqchilarning nazoratida u endi qutulib ketdi. Ko‘nglidagi qoniqish hissi, boz ustiga, g‘urur misoli sekin ko‘tarilayotgan to‘lqinday, uning ruhini yuksaltirdi. U o‘zini baxsh etishi lozim bo‘lgan, biroq hali nimaligi noayon maqsad, sirli tarzda najot yo‘liga boshlayotgan edi. Ayni damda ham bu maqsad uni o‘ziga chorlayotgan va hayal o‘tmay uning qarshisida keng, ravon yo‘l ochiladiganday tuyulardi. Go‘yo qulog‘iga jo‘shqin musiqa sadolari eshitilayotganday bo‘ldi, kuy ohanglari goh avj pardaga ko‘tarilar, goh bir parda tushib, keyin tag‘in avjga chiqar va kutilmaganda shiddat bilan bir qadar pastlashar — misoli tungi o‘rmonda gurkirab yonayotgan uch tilli gulxanday tepaga o‘rlardi. Bu bir g‘aroyib muqaddima, bitmas-tuganmas, hech bir shakl-shamoyilga tushmaydigan avju daromad ediki, u tobora yuksalib borar, kuy maromi bardavom shiddatli tus olar, alanganing tillari gulxandan uzilib, tepaga sapchir va u butalar, o‘t-o‘lonlar tagidan kelayotgan — yovvoyi yirtqichning yaproqlarga shitob bilan urilayotgan yomg‘ir shovqinini eslatuvchi tuyoqlari dupiriini eshitayotganday bo‘ldi. Quyonlarning, olqoru marallarning gurros yugurgan maydaqadam shovqini beixtiyor uning ongiga ko‘chdi va nihoyat u shovqinlarni farqlamay qo‘ydi, xotirasida esa Nyumen satrlarining tantanavor ohangi yangradi:
"œOlqorning poyiday uchqur oyoqlar, ostidan o‘t chaqnar abadul-abad".
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:43:34
Bu mubham obrazga singdirilgan tantanavor ruh o‘zi voz kechgan ruhoniylik martabasining ulug‘vorligini yodiga soldi. Uning bolaligi ko‘nglida rag‘bat uyg‘otgan, ado etishiga o‘zini burchli deb hisoblagan da’vatga bog‘langan orzu-o‘ylar og‘ushida kechdi, biroq ana shu da’vatga itoat etadigan daqiqalar yetib kelganida esa, qaysar fe’l-huqiga bo‘ysunib, undan yuz burdi. Endi vaqt o‘tdi. Tilyog‘lamalik bilan aytilgan tavba-tazarruning foydasi yo‘q. Chunki u rad etdi. Xo‘sh, nima uchun?
U Dollinmautga yaqinlashganda yo‘lni chapga soldi va yengil yog‘och ko‘prikdan yurib borayotib og‘ir poyafzal kiyilgan oyoqlar dupuridan taxtalarning larzaga kelayotganini his qildi. Nasroniy birodarlar jamoasi Bulldan qaytayotgan edi. Ular juft-juft bo‘lib tizilishib kelar va juftlar birin-ketin ko‘prikka qadam qo‘yardi. Endi ko‘prik oyoqlar ostida lorsillab tebrana boshladi. Ularning goh sarg‘ish, goh qizil, gohida to‘qqizil tusdagi dengiz shu’lasi o‘ynoqlayotgan yoqimsiz basharalari shundoqqina uning yonginasidan loppillab o‘tar, ularga beparvo qarashga urinayotgan bo‘lsa-da, yuzi achinish va uyat hissidan qizib ketganini sezdi. O‘zining ahvolidan alami qo‘zib, yuzini ularning ko‘zidan yashirmoqchi bo‘ldi va pastga, ko‘prik tagida mavjlanib oqayotgan sayoz suvga qaradi, biroq ularning beso‘naqay shlyapalari, ko‘rimsizgina ensiz yoqalari va salanglagan rohibona jandalari suvda ham aks etardi.
— Xikki og‘a.
— Kveyd og‘a.
— Makardl og‘a.
— Kyu og‘a.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:44:15
Ularning taqvodorliklari ham aynan ismlariga, yuzlariga, kiyim-boshlariga o‘xshaydi; ularning itoatkor g‘amzada yuraklari, ehtimol, sadoqatda uning yuragidan ko‘ra tengsiz ekaniga — yaratganga matlub bu vafo-sadoqat o‘zining ziyrak, tadbirli taqvodorligidan ko‘ra yuz karra afzalligiga o‘zini zo‘r berib ishontirishga o‘rganishi befoyda edi. Shundayin, agar payti kelib, mag‘rurligimni jilovlab, faqiru haqir qiyofada, juldur kiyim-bosh bilan ularning eshigi oldida paydo bo‘lsam, mendan mehr-muruvvatni ayaymaydilar va xuddi o‘zlarini yaxshi ko‘rganday meni suyub ardoqlay oladilar, deb o‘ylab, o‘zini olijanob bo‘lishga chog‘lashi ham befoyda edi. Va nihoyat, o‘zining sovuqqon ishonchiga zid borib, ikkinchi o‘gitda o‘zgani xuddi o‘zimizni yaxshi ko‘rganday yaxshi ko‘rishimiz lozim deyilgani mehr-muhabbatning miqyosi va kuchini nazarda tutib emas, balki xuddi o‘zimizni yaxshi ko‘rganday yonimizdagi kishini yaxshi ko‘rishni amr etishini yoqlashga urinishi ham befoyda, boz ustiga, azobli edi.
U o‘zining yon daftarchasidagi gapni esladi va ovozini chiqarmay ichida takrorladi:
"œDengizdan bino bo‘lgan barra bulutli olachipor kun".
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:45:09
Gap va kun hamda manzara bir ohangga uyg‘unlashgan edi. So‘zlar. Yoki ularning rang-tusimikan? Bularga u turli ranglarda jilvalanishga va ranglarning birin-ketin o‘chishiga imkon berdi. To‘qqizil mis tusidagi oltin tong va yam-yashil olmazor bog‘, to‘lqinlarning zangor rangi, girdiga sarg‘imtil hoshiya tortilgan bulutlarning chuvalgan ipak tolalari. Yo‘q, bular bo‘yoqlar emas. Bu — gapning maromi va ohangi, xolos. Demak, unga so‘zning bir maromda ko‘tarilib, tushib turgandagi ohangi mohiyatidan va rangidan ko‘ra ko‘proq yoqarkan-da? Balki ko‘zlarining xiraligi, fe’l-atvorining yuvvoshligi bois rangdor, jimjimali tilda chiroyli ifodalangan yorqin, ko‘zga yaqqol ko‘rinadigan tasvirdan ko‘ra, aniq, lo‘nda va bir maromdagi prozada bekamiko‘st gavdalangan shaxsiy his-tuyg‘ularining mushohadasi unga ko‘proq quvonch bag‘ishlar?
U tebranib turgan ko‘prikdan qattiq yerga tushdi. Shu daqiqada unga havoda sovuq turganday tuyuldi va u suvga ko‘z qirrini tashlab, yopirilb kelgan kuchli shamol sokin to‘lqinlarning oromini buzib, mavjlantirib yuborganini ko‘rdi. Yuragi yengilgina silkinib, tomog‘i tirishib-tortishgani sovuq, kishi tabiatiga yot dengiz hidiga vujudi toqat qila olmasligini sezdirdi; biroq u chapga, qumtepalar tomonga burilmadi, aksincha, daryoga tik tushgan qoyalarni yoqalab yurdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:45:21
Quyoshning xira nurlari daryoning ko‘rfazga quyilgan joyidagi kulrang suv sathini elas-elas yoritib turardi. Uzoqda, sekin oqadigan Liffining quyi tarafida kemalarning bir tekis tizilgan machtalari osmonga tortilgan chiziqlarday, undan narida, tuman ichida esa shaharning ulkan inshootlari ko‘zga tashlanadi. Gulu naqshlarining ranglari o‘chib, to‘za boshlagan eski gilamday, misoli rag‘batdan mosuvo, shavqi o‘chgan kishi kabi horg‘in qiyofadagi nasroniy olamning yettinchi manzilgohi normanlar hukmronligi2 davridagiday hanuz qadimiy, o‘shanday holdan toygan va uzoq vaqt asoratda saqlanganidan sabr-qanoatda barqaror, zamondan xoli makon oralig‘ida elas-elas ko‘zga chalinadi.
U ma’yus kayfiyatda boshini ko‘tarib, ohista suzib borayotgan, dengizdan bino bo‘lgan barra bulutlarga qaradi. Ular biyday samo sahrosida oqib, ko‘chmanchilar karvoniday Irlandiyaning tepasidan, juda balanddan g‘arbga qarab yo‘l tortib borardi. Ular kelayotgan taraf — Ovrupo narigi yoqda, Irlandiya dengizi ortida. Begona tillarda gaplashuvchi, tekisliklar bilan taram-taram tilingan, o‘rmonlar bilan o‘ralgan, qal’alar bilan qurshab olingan Ovrupo. Xandaqlar bilan himoyalangan va xalqlarni safarbar etishga shay Ovrupo. Uning qulog‘iga allaqanday tushunarsiz, mujmal xotiralar musiqasi va ismlar chalinganday tuyuldi, bir zum ularni qariyb anglaganday ham bo‘ldi, biroq hatto bir daqiqaga ham xotirasida saqlab qololmadi, keyin kuy ohangi asta-sekin uzoqlasha boshladi, tobora uzoqlashayotgan musiqa sadosining sokin oqimidan ajralib chiqayotgan bir cho‘ziq da’vatkor ohang, xuddi qorong‘i osmonni teshib chiqqan yorqin yulduzday, shom qorong‘usidagi sukunatni buzib ravshan eshitilardi. Mana, yana! Yana! Go‘yo narigi dunyodan chorlayotganday bir tovush eshitildi:
— Salom, Stefanos!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:45:33
— Ana, Dedal kelayotir!
— A-a, bas qil, Dvayer! Senga aytayapman! Hozir basharangga tushiraman! A-a!
— Bopla, bopla uni Tauser! Botir, botir uni!
— Bu yoqqa, Dedalus! Bus Stefanumenos! Bus Stefanoforos!.
— Botir uni, Tauser! Cho‘ktir, cho‘ktir uni.
— Qutqaringlar, qutqaringlar!.. A-a!..
Stiven ularni yuzlaridan ajratib ulgurmay ovozlaridan tanidi. Loyqaga belangan, jiqqa ho‘l yalang‘och gavdalarning turqi-tarovatidan eti junjikib, badanini qaltiroq bosdi. Ularning murdaday oqarib ketgan yoxud oq-sariq tovlangan yo bo‘lmasa quyosh tig‘ida kuygan badanlari ho‘lligidan yiltillardi. Toshga nari-beri o‘rnatilgan, sakraganda liqqillab turgan taxta supacha, tik tushgan to‘g‘onning bolalar tirishib-tirmashib chiqadigan qo‘l uchida tarashlangan toshlari sovuq yaltirab turardi. Ular dengizning muzday suviga botirib olingan ho‘l sochiqlar bilan bir-birini savalashar, betlariga yopishib qolgan sochlari ham sovuq sho‘r suvdan jiqqa ho‘l edi. U to‘xtab baqiriq-chaqiriqlarga, hazil-huzullarga javob qildi. Ularni turqidan tanib bo‘lmasdi: Shyuli — egnida doim kiyib yuradigan keng, ochiq yoqali ko‘ylaksiz, Ennis — ilonnusxa to‘g‘ali ochqizil kamarsiz, Konnoli — o‘zining enli, cho‘ntaklarining qalpog‘i so‘kilgan kalta kamzulisiz. Ularga qarab yurak achiydi, balog‘atga yetib qolganlarini bildirib turgan alomatlarni ko‘rish esa battar achinarli; ko‘zi tushgan odam, bu alfozda ko‘rib, ulardan jirkanishi tayin. Ehtimol, odam gavjum va shovqin-suron bo‘lgani uchun ularning o‘zlariga bu unchalik sezilmayotgandir. Bolalardan uzoqda, shovqin-surondan xoli xilvatda o‘z tanasining pinhona mayillaridan qo‘rquvga tushgani uning yodiga keldi.
— Stefanos Dedalos! Bus Stefanumenos! Bus Stefanoforos!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:46:07
Bolalarning hazil-mazaxlariga u ko‘nikib ketgan edi, hozir ham uning o‘zlaridan ustun bo‘lgan og‘ir-bosiq, g‘ururli fe’l-atvorini ular mayna qilishardi. Hozir, har qachongidan ko‘ra, uning g‘aroyib ism-sharifi karomatday yangradi. Bulutli iliq havo ham favqulodda ajoyib edi, uning kayfiyati ham ayni damda beqaror va tajang, nazarida o‘tgan barcha asrlar qo‘shilib, qorishib ketganday. Atigi bir nafas burun uning ko‘ziga ko‘hna Doniyo qirolligining sharpasi g‘ira-shira tuman pardasi ortida namoyon bo‘lgan edi. Endi afsonaviy usta1 ismida unga sidirg‘a to‘lqinlar shovqini eshitildi; unga to‘lqinlar ustida parvoz qilayotgan va asta-sekin yuqoriga ko‘tarilib borayotgan qanotli soya ko‘rinayotganday tuyuldi. Bu nima? Bu o‘rta asrning allaqanday bashoratlar va timsollar kitobining muqaddimasidagi antiqa belgi bo‘ldimikan? Yoki ko‘kdagi lochinga o‘xshab, dengiz uzra quyosh sari uchayotgan bu odam, u ado etishi lozim bo‘lgan, bolalik va o‘smirlikning tumanli so‘qmoqlari osha yetib kelgan maqsadu murodining darakchisi, o‘zining dastgohida johil, mutaassib dunyo unsurlaridan qayta boshdan yangi, yengil, lojuvard, boqiy mavjudlikni yaratayotgan musavvir timsolimikan?
Uning yuragi dukkillab ura boshladi, nafasi tezlashdi, go‘yo u tepaga, quyosh tomon uchayotganday, shiddatli shamol a’zoyi-badanini ilma-teshik qilib yuborganday bo‘ldi. Yuragi qo‘rquvdan tez urar, ruhi esa go‘yo tanasini tark etgan, falakka ko‘tarilib ketgan edi. Ruhi narigi olamda uchib yurardi va tani, unga otning qashqasiday tanish tani bir nafas ichida ishonchsizlikdan xalos bo‘ldi, tamom poklandi, nurga yo‘g‘rildi va ruhining ozod parvoziga uyg‘unlashdi. Uning ko‘zlari parvoz shavqidan chaqnar, nafas olishi tobora zo‘rayib, uchirib ketayotgan shamolga inon-ixtiyorini topshirgan tani esa hayajondan titrar, jo‘shar, huzurlanib yayrardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:46:18
— Bir, ikki... Qoch!..
— Krayps, cho‘kayapman!..
— Bir! Ikki! Uch! Sakra!..
— Kimning gali, qani kel!..
— Bir.. Uf!..
— Stefanoforos!..
Uning lochinday yoki tik qoyadagi burgutday o‘zining ozod bo‘lganidan zavqlanib uchqur shamolga basma-bas qattiq chinqirgisi kelib tomog‘i zirqiradi. Hayot, tiriklik shavqi uning ruhini yuksakka chorlab ovoz berardi, biroq bu uni cherkovning yakrang va bemaqsad xizmatiga chaqirgan majburiyatlar va afsus-nadomatlar dunyosining zerikarli, to‘pori ovoziga o‘xshamasdi.
Bir lahza davom etgan tiyiqsiz parvoz uni illatlardan forig‘ qildi va lablarida zo‘rg‘a tutib turgan sevinch hayqirig‘i shiddat bilan ongiga yopirilib, aks-sado berdi:
— Stefanoforos!..
Endi bu illatlar misoli omonat jasaddan sidirib olingan kafanday: yuragiga mudom g‘ulg‘ula solgan qo‘rquv ham, jonini qiynoq-qistovga olgan ishonchsizlik ham, ich-etini tinimsiz kemirgan gunohkorlik tuyg‘usi ham — bor-yo‘g‘i mayitni o‘rab-chirmagan bo‘z latta, kafan, xolos.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:46:31
Uning ruhi o‘smirlik lahadidan bu kafanni sidirib tashlab, dast turdi. Ha! Ha! Ha! Xuddi o‘sha buyuk usta kabi, ismini o‘zi olib yurgan ulug‘ san’atkorga o‘xshab u yuragining ozod tuyg‘ulari va kuch-quvvatidan g‘urur bilan butkul yangi dunyo yaratadi — hali ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan, jonli, go‘zal, hayratlanarli va bezavol g‘aroyib dunyo bino etadi.
U qiyalikdan yugurib tushdi, tomirlarida jo‘sh urib qaynagan hayajonni bosishga ojiz edi. U ikki yuzi lovullab yonayotganini his etdi, bo‘g‘zini kuylanmagan bir qo‘shiq kuydirib borar, oyoqlari yo‘l tanobini tortishga — dunyo kezishga mahtal edi. Olg‘a! Olg‘a! — deya hapqirardi uning yuragi. Dengizga shom qorong‘usi tushadi, vodiyga oqshom cho‘kadi, sayyoh qarshisida tong jilvalanadi va uning ko‘ziga notanish dalalar, qir-adirlar, chehralarni namoyon etadi. Biroq qaerda?
U shimolga — Xout8 tarafga qaradi. To‘g‘onning qiya yonbag‘ridagi baqato‘nlarni ochiq qoldirib, ortga qaytgan dengiz to‘lqinlari sohil bo‘ylab shitob bilan bostirib borardi. Suvning jimirlayotgan sayoz sathidan cho‘zinchoq gardish shaklida iliq va quruq qumloqlar chiqib qolardi. Sayoz suv sathining u yer, bu yerida qumloq orolchalar yiltillab ko‘rinadi, orolchalarda va dengizning qirg‘oqqa yaqin joylaridagi mayda jilg‘achalar orasidagi plyajda yarim yalang‘och odamlar qorasi ko‘rinadi, ular engashib, qumloqdan nimanidir olishib, borib-kelib ivirsib yurishadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:46:42
Oradan biroz o‘tgach u yalangoyoq bo‘lib oldi, paypoqlarini cho‘ntagiga tiqdi, kanopdan tikilgan poyafzalini yechib, bog‘ichlarini bog‘lab yelkasiga tashladi, so‘ng to‘lqin oqizib kelgan uchi o‘tkir, sho‘r suvda chiriy boshlagan tayoqni axlat ichidan sug‘urib oldi va to‘g‘onni yoqalab pastga tushdi.
To‘lqin qaytgan qumloq qirg‘oqda jilg‘achalar yugurib oqardi. U qirg‘oq bo‘ylab, suv osti o‘t-o‘lanlarining tinimsiz harakatini kuzatib, asta-sekin odimladi. Zumrad tusli, qora, malla, zaytunrang o‘t-o‘lanlar suv ostida eshilib-buralib, tebranib harakat qilardi. Bu tinimsiz harakatdan qoramtir tusga kirgan suv yuzi tepada suzib borayotgan bulutlarni aks ettirardi. Osmonda bulutlar ohista suzar, pastda esa dengiz o‘t-o‘lanlari sokin tebranar, bulutli iliq havo osoyishta, uning tomirlarida navqiron, sururli hayot shavqi jo‘sh urardi.
Uning o‘smirligi qayoqqa g‘oyib bo‘ldi? Uning o‘z qismatiga chap bergan, faqirlikni ixtiyor etgan, tanholikda o‘z dardu alamlariga qorishib, notavonlik va chorasizlikdan egniga rido ilmoqni, qo‘l tekizgandayoq to‘kilib tushadigan jandaga o‘ranishni afzal bilgan so‘qir ko‘ngil mayllari qayga daf bo‘ldi?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:46:54
U yolg‘iz o‘tiribdi. O‘tgan kunlariga qo‘l siltagan, xushbaxt, hayotning sarxush qiluvchi ma’nisidan tatingan, sururli kayfiyatda. Yolg‘iz o‘zi — yosh, g‘urur bilan, g‘ayratga to‘lib, sarxush havoda sho‘r to‘lqinlar, dengiz chiqarib tashlagan chig‘anoqlar va o‘t-o‘lanlar orasida, quyoshning ko‘kimtir-sarg‘ish nuri ostida bir o‘zi, nariroqda yengil kiyingan bolalar va qizlar chopqillashadi, havoda ularning quvnoq, sho‘x-shodon ovozlari jaranglaydi.
Ulardan beriroqda jilg‘achalar o‘rtasida qiz bola yolg‘iz qilt etmay dengizga termilib turibdi. Go‘yo allaqanday sehrli kuch uni tirik jonzotga, g‘aroyib go‘zal dengiz qushiga aylantirib qo‘ygan. Qizning oyoqlari uzun, kelishgan, xuddi qarqaraning silliq, mayin, nozik oyoqlariday oppoq, faqat ularga ilashgan zumrad tusli dengiz o‘ti yarashiqli belgi solganday. Oyoqlarning tizzadan teparog‘i xiyla bo‘liqroq, rangi fil suyagiday, kaltagina lozimasining parparaklari oq kaptarning momiq patlariday oppoq oqarib turibdi. Hech bir tortinishsiz oldini qayirib beligacha rostlab turilgan havorang ko‘ylagining etagi kabutarning dumiday, ortiga tushgan. Ko‘ksi — qushnikiday, nozik va mayin, xuddi qoraqanot kaptarning to‘shiday. Biroq uning uzun kumush sochlari benihoya latif, iffat va nazokat balqigan yuzi ham o‘ta tarovatli, favqulodda go‘zal.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:47:10
Qiz yolg‘iz o‘zi, dengizga termilgancha qilt etmay turar, biroq uning shu yaqin-oradaligini, o‘ziga ixlos va mehr bilan tikilayotganini sezganida qizning ko‘zlari unga xotirjam boqdi va nigohi uning nigohi bilan tortinmay, so‘zsiz-so‘roqsiz uchrashdi. Qiz ancha vaqt ko‘zlarini uzmay qarab turdi, so‘ng xotirjam nigohini chetga oldi va pastdagi jilg‘achalarga termilib turib, suvni oyog‘i bilan nari-beri chayqay boshladi. Ohista chayqalayotgan suvning shovqinsiz mayin tovushi sukunatni uyg‘otadi, yengil, shildiragan, mayin, xuddi tushdagi qo‘ng‘iroq ohangiday — baland, past, baland, past — qizning nimpushti yonoqlari titraydi.
"œYo, mehribon xudo!" — Stivenning yuragi bu dunyoviy quvonch ehtirosidan xitob qildi.
U tuyqus qizga ters o‘girildi va suvning sayoz joyidan shitob bilan yurib ketdi. Uning yuzlari lovullar, vujudi o‘rtanar, oyoqlari titrardi. U oldga, tobora oldga talpindi, shavqqa to‘lib dengizni sharaflab qo‘shiq aytib, quvonchli qiyqiriqlar bilan uni chorlayotgan hayotga peshvoz yurdi.
Qizning siymosi uning qalbidan abadiy joy oldi, biroq bu muqaddas sukutning sururini biror-bir so‘z buzgani yo‘q. Qizning nigohi uni chorladi va yuragi bu chorlovga shitob bilan talpindi. Yashash kerak — adashib, tushkunlikka tushib, zafar qozonib, hayotdan yangi hayot yaratib yashash kerak. Unga olov farishtasi, boqiy go‘zallik va navqironlik malagi, sururli hayot saltanatining elchisi namoyon bo‘ldi va shavqli bir lahza ichida uning qarshisida adashishlaru afsus-nadomatlar va shon-shuhratning barcha yo‘llarini ochib qo‘ydi. Olg‘a, olg‘a, faqat olg‘a!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:47:41
U birdan to‘xtadi va jimlikda yuragining dukkillab urayotganini eshitdi. Qaerlarga kelib qoldi? Hozir soat nechcha?
Tevaragida tirik jon yo‘q, tiq etgan tovush eshitilmaydi. Biroq dengiz suvi ko‘tarilib, to‘lqin ortga qaytayotgan va kun nihoyasiga yetayotgan edi. U qirg‘oq tomon burildi va sayoz yonbag‘irdan tepaga qarab yugurib ketdi, oyoqlari ostidagi mayda keskir toshlarga e’tibor ham qilmadi; u qumloq tepaliklar orasidagi ovloq, o‘t-o‘lanlar qoplagan soylikka tushib cho‘zildi, shoyad bugun, shom chog‘idagi bu sokinlik va jimlik tomirlarida ko‘pirib toshayotgan ehtirosini biroz bossa.
U tepasida ulkan va baland ko‘k gumbazini, osmon jismlarining xotirjam harakatini kuzatdi; tagidagi kindik qoni tomgan va uni yo‘rgaklab bag‘riga olgan zaminni tuydi.
Toliqib, uyqu xurujida ko‘zlarini yumdi. Yerning oliy maqomdagi kuch-quvvatini va uning posbonlarini his etganday uning yonoqlari ucha boshladi, allaqanday yangi, sirli olamning g‘alati ta’sirini sezganday bo‘ldi. Ruhi cho‘kib, xayolan yangi, o‘zgacha xayolot olamiga, noayon qorong‘u dunyoga, vahimali maxluqlar va haybatli ko‘lankalar sudralib yuradigan dengiz qa’riga o‘xshash olamga sho‘ng‘iy boshladi. Olam miltillagan nurmi yo gul? Miltillab va titrab, titrab yolqin taratib ochilib, barq urayotgan gulday olam mislsiz harakatlar bilan yorishib borayotir, goh ochqizil gulday alangalanib, goh oq atirgulga o‘xshab tusi o‘chib, gulbarglari qavat-qavat, ranglari to‘lqin-to‘lqin taralib, falakni yengil, biri-biridan yorqin alangalarga g‘arq etayotir.
U uyg‘onganida qosh qorayib qolgan edi, cho‘zilgan joyidagi qum va qovjirab qolgan o‘t-o‘lanlar endi turli-tuman ranglarda tovlanmasdi. U o‘rnidan sekin turdi va tushida ko‘rgan-kechirgan sururli lahzani xotirlab, zavqqa to‘lib, chuqur entikdi.
U qirning tepasiga chiqdi va chor-atrofga ko‘z yugurtirdi. Allaqachon qorong‘i tushgan edi. Qumga qadalgan kumush halqaday yangi oyning gardishi ufqning bo‘zargan kengligini tilib chiqib turardi; dengiz to‘lqinlari ohista shovullab, uzoqdagi qumloq sohilda yurgan yakkam-dukkam kech qolgan odamlar qorasini, xuddi orolchalarini o‘rab olganday, o‘rab qirg‘oq tomon shitob bilan bostirib kelardi.
____________
*1 "œBoringlar! Ibodat tugadi" (lotincha) — ibodatning so‘nggi so‘zi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:50:53
BESHINCHI BOB

U suyuq choyning uchinchi piyolasini ichib tugatdi va tagidagi quyqumga qarab, dasturxonda sochilib yotgan qizartirib pishirilgan nonning qotgan bo‘laklarini kemira boshladi. Sarg‘ish shamadan hosil bo‘lgan chuqurcha botqoqdagi o‘ydim-chuqurga o‘xshar, shama tagidagi suyuqlik esa unga Klongousdagi vannaning torf tusli suvini yodiga soldi. U xayol surib o‘tirib hozirgina titkilab chiqqan, shundoq tirsagining tagidagi, garov xati yopishtirilgan qutidan yog‘ yuqi barmoqlari bilan qarz beradigan Deyli yoki Makiva kassalarining muhri bosilgan ko‘k, oq, sarg‘ayib ketgan, g‘ijimlangan qog‘ozlarni birin-ketin oldi.
1. Bir juft etik.
2. Palto.
3. Har xil mayda-chuydalar va choyshab.
4. Erkaklar shimi.
Keyin Stiven ularni bir chetga olib qo‘ydi va ezib tashlangan bitlarning dog‘i qolgan qutining qopqog‘iga o‘ychan termilib, xayoli qochib onasidan so‘radi:
— Endi soatimiz qancha oldin ketayapti?
Onasi kaminning tokchasiga yonboshi bilan qo‘yilgan jiringlab uyg‘otadigan eski soatni ko‘tarib qaradi va yana joyiga yonboshi bilan qo‘ydi. Soat millari chorak kam o‘n ikkini ko‘rsatardi.
— Bir soatu yigirma besh minutga, — dedi onasi. — Hozir o‘ndan yigirma minut o‘tdi...
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:51:23
Darsingga vaqtida jo‘nashga harakat qilsang bo‘lmaydimi?
— Yuvinishimga joy taxtlang, — dedi Stiven.
— Keyti, Stivenning yuvinishiga joy taxtla.
— Budi, Stivenning yuvinishiga joy taxtla.
— Mening qo‘lim band, Meggi, sen taxtlay qol.
Chanoqning yoniga sirlangan tog‘orani o‘rnatishib, chetiga eski qo‘lqopchani ilib qo‘yishgandan so‘ng, Stiven onasiga bo‘ynini ishqalab, quloqlarini, burnining kataklarini yuvishga qo‘yib berdi.
— Yaxshimas, — dedi onasi, — kimsan universitetning talabasi-yu kir-chirga botib yursa, yana onasi uni yuvib tozalasa!
— Bu ish sizga yoqadi-ku, — dedi Stiven xotirjam.
Tepadagi xonadan qattiq hushtak tovushi eshitildi va onasi uning bilagiga nam ko‘ylakni tashlab, dedi:
— Artinib olgin-da, xudo xayringni bersin, tezroq jo‘nab qol.
Ikkinchi marta chalingan qattiq asabiy hushtakdan so‘ng qizlardan biri zinaga chiqdi.
— Ha, dada?
— Anov yalqov, akajoning, daf bo‘ldimi yoki yo‘qmi?
— Ketdi, dada.
— Aldamayapsanmi?
— Yo‘q, dada...
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:51:50
Singlisi qaytib kirib, Stivenga tezroq orqa eshikdan juftakni rostla, degan ishorani qildi. Stiven kulib, dedi:
— Dadamniyam miyasi aynib qolibdi.
— Uyalmaysanmi shunday degani, Stiven, — dedi onasi, — hali bir kun kelib o‘sha universitetga kirganingga afsuslanasan. Seni boplab aldashdi.
— Xayr, — dedi Stiven kulimsirab va barmoqlarining uchini o‘pib, xayrlashdi.
Tor ko‘cha yomg‘irdan balchiq bo‘lib yotar, u quruq axlatlarni bosib, ko‘chadan sekin yurib o‘tayotganda monastir kasalxonasining devori ortidan aqldan ozgan rohibaning faryodi eshitildi:
— Iso! O, Iso! Iso!
Bu faryodga u e’tibor qilmaslikka urinib, alamzadalik bilan boshini silkitdi va badbo‘y chiqitlarga turtinib-surtinib qadamini tezlatdi, yuragi esa alam va nafratdan zirqirab ketdi. Otasining hushtagi, onasining yozg‘irishlari, devor ortidan eshitilgan telbaning faryodi — barisi qalbni tahqirlovchi bir ohangga birikib, uning izzat-nafsiga tahdid qilardi. Stiven hatto ularning yuragidagi aks-sadosidan ham nafratlanib, barini xayolidan biryo‘la quvmoqchi bo‘ldi; biroq u ko‘chadan yurib borarkan, yomg‘ir yuvgan novdalar orasidan yog‘ilib turgan ertalabki xira yog‘duni his etib, ho‘l barglarning va daraxt po‘stlog‘ining taxir hididan nafas olib ko‘ngli yorishdi, biroz kayfiyati ko‘tarilganday bo‘ldi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:52:13
Yomg‘irdan ma’yuslanib qolgan daraxtlar, har galgiday, Gerxard Gauptmanning piesalaridagi qizlar va ayollar haqidagi xotiralarni yodiga soldi va ularning sirli g‘am-g‘ussalari haqidagi xotiralar, ho‘l butoqlardan taralayotgan xushbo‘y hid ko‘ngliga sokin sevinch tuyg‘ularini bag‘ishladi. Mana endi shaharni u boshidan bu boshigacha kezib chiqadigan ertalabki sayr boshlandi va u oldindan bilardi: Fervyu mavzeining loy ko‘chalaridan yurib borayotganda Nyumenning shafqatsiz, biroq jimjimador prozasi haqida o‘ylaydi, oziq-ovqat do‘konlarining derazalariga tikilib, Gvido Kavalkantening g‘amgin yumorini eslaydi va jilmayadi; Tolbot-pleysdagi Beerning toshtaroshlash ustaxonasi yonida izg‘irinday Ibsenning ruhi — go‘zal yoshlikning yovqur ruhi joniga ozor beradi; Liffining narigi tarafidagi bandargohning chirkin do‘koni bilan baravarlashgan kezda esa u Ben Jonsonning:
"œMen dam olgani cho‘zildim,
Charchamagan bo‘lsam-da garchi...
so‘zlari bilan boshlanadigan qo‘shig‘ini ichida takrorlaydi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:53:01
U Aristotel va Foma Akvinskiyning tushunarsiz nutqlaridan go‘zallik mohiyatini axtarib toliqqan kezlarda tez-tez yelizavetachilarning dilbar qo‘shiqlarini xotirlab dam olardi. Uning aqli, xuddi ikkilangan rohibday allaqachon o‘tmishga aylangan bu uzoq asrning ko‘lankasiga bekinib olib, lyutenlarning qayg‘uli va kulgili musiqalarini hamda sayoq ayollarning jazavali qah-qahalarini tinglar, bu o‘ta behayo qiyqiriqlar, gohida allaqanday beadab va tumtaroq gap-so‘zlar, garchi almisoqdan qolgan bo‘lsa-da, uning rohibona g‘ururini qo‘zg‘ab, bu xilvatni tark etishga majbur qilmaguncha diqqatini tortib turardi.
U o‘zini tengqurlari davrasidan tiyib, kun bo‘yi titkilab, bosh qotirib o‘tiradigan ilmiy asarlar deb atalmish kitoblar Aristotelning poetikasi va psixologiyasi, "œSynopsis Philosophiale Scholasticae ad mentem divi Thomae"dan olingan tagdor hikmatli so‘zlarning yig‘indisi edi, xolos. Uning o‘zidan gumonsirashi va ishonchsizligidan paydo bo‘lgan fikrlar ba’zan savqitabiiy bilan tuyqusdan yorishib ketar, bunday lahzalarda atrofdagi olam, yonib kulga aylangan gulxanday, ko‘zdan yo‘qolar, tili esa kalimaga kelmas va xira ko‘zlari bilan u o‘zgalarning nigohini ilg‘ar, go‘zallik ruhi misoli rido kabi uni o‘rab-chirmab olayotganday tuyular, garchi o‘y-xayolida bo‘lsa-da, qalbi yuksak tuyg‘ularga uyg‘unlashib ketardi. Biroq g‘ururga to‘lgan sukunatning qisqa umri tez o‘tib ketdi va u yana qalbida sevinch bilan odatdagi hayot tashvishlariga sho‘ng‘idi, hech qanday qo‘rquv-xavotirsiz o‘z yo‘lidan, katta shaharning qashshoq, sershovqin va dabdabali ko‘chalari bo‘ylab yurdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:53:19
Kanal bo‘yidagi e’lonlar taxtasi yonidan o‘tayotib yuzi qo‘g‘irchoqning yuziday quriqshib qolgan, boshiga chetlari yirtilgan shlyapa qo‘ndirgan silga yo‘liqqan odamni ko‘rdi, bemor ko‘prikdan mayda qadam tashlab, paltosiga burkanib, qo‘lidagi yig‘ilgan shamsiyani hassaga o‘xshatib tutgancha uning qarshisidan kelayotgan edi. Soat o‘n bir bo‘lib qolgandir, deb o‘yladi Stiven va vaqtni aniq bilish uchun sut do‘koniga qaradi. U yerdagi soat beshta kam beshni ko‘rsatib turardi, biroq u sut do‘konidan uzoqlashayotib, shu atrofdagi soatlardan biri o‘n birga tez-tez va aniq zang urganini eshitdi. U kulib yubordi: soatning zang chalgani unga Makkennini eslatdi. Hatto Stiven uning oppoq echki soqolini va qoruvli gavdasini ko‘rganday bo‘ldi. Makkenni egnida ovchilarning kamzuli va ixcham shimda Xopkins-stritda shamolga yuz burib turib, kekkayib so‘z qotadi:
—Siz, Dedalus, g‘ayriijtimoiy mavjudodsiz va nuqul o‘zingizni o‘ylaysiz. Men demokratman, bo‘lajak Ovrupo Qo‘shma Shtatlarida sinflar va jinslarning ijtimoiy erkinligi va tengligi yo‘lida ter to‘kaman, kurashaman.
Soat o‘n bir! Demak, bu lektsiyaga ham kechikdi. Bugun qaysi kun? U gazeta do‘koni oldida to‘xtab, qaysi kun ekanini bilmoqchi bo‘ldi. Payshanba. Soat 10 dan 11 gacha —ingliz tili; 11 dan 12 gacha — frantsuz tili; 13 gacha fizika. U ingliz tilidan bo‘ladigan ma’ruzani ko‘z oldiga keltirdi va sarosimalanib, o‘zining nochorligini his qildi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:53:37
Kursdoshlarining boshlarini egishib, daftarga yodlashlari lozim bo‘lgan so‘zlarni: ismga ko‘ra aniqlovchi va mazmunga ko‘ra aniqlovchini1, har xil misollarni, tug‘ilgan va vafot etgan yillar yoki asosiy asarlar va ularning yoniga suratlarga tanqidchilar berishgan ijobiy va salbiy baholarni yozayotganini ko‘rdi. Uning boshi daftarga egilmaydi, xayoli uzoqlarga olib qochadi. Biroq u tevaragidagi talabalarning mo‘’jazgina to‘dasiga qaraydimi yoki derazadan bog‘dagi xiyobonda o‘sib yotgan butazorga termiladimi, baribir dimog‘idan yerto‘la zaxi va chirindining hidi arimaydi. Yana stolga egilgan bitta bosh, muqaddas ne’matlar solingan idishlar oldida mag‘rur qad rostlab, cherkovning kambag‘al qavmiga rahm-shafqat so‘rab duo qilayotgan ruhoniyning boshiday, birinchi qatorda shundoq uning qarshisida so‘qqayib turibdi. U Krenli haqida o‘ylab, nega faqat uning boshini va yuzinigina tasavvur qila olishi, qomatini ko‘z oldiga keltira olmasligiga ajablandi. Mana, hozir ham u bulutli tong yorug‘ida — xuddi tushda ko‘ringan sharpaday — kesilgan boshni, qop-qora g‘ayir sochlari gultojday manglayiga tushib turgan, murdaning basharasidan olingan niqobday ruhoniyning zohidona rangpar qiyofasini, burnining tanoblari tarvaqaylagan, ko‘zining tagiga qora ko‘lanka tushgan va yupqa, qonsiz lablari kulimsiragan turqini ko‘rdi va har kuni Krenliga o‘zining iztiroblari, tashvish va orzu-o‘ylari haqida gapirgan gaplarini, do‘stining esa sergaklanib, ma’nodor sukut saqlashini esladi. Stiven bu qiyofa — o‘zining gunohini his etayotgan, boshqalarning tavbasini tinglab, gunohlarini quvishga noloyiq ruhoniyning qiyofasi, degan xulosaga kela boshlaganda tuyqusdan ayol kishining o‘ziga qadalgan qora ko‘zlarini payqaganday bo‘ldi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:54:08
Bu holat allaqanday g‘aroyib va mavhum fikrlarga yo‘l ochganday tuyuldi, biroq Stiven ko‘nglida hali naryoqqa ketishga erta ekanini tuyub, miyasidan bunday fikrlarni darhol quvdi. Do‘stining beparvoligi, xuddi tungi zulmatday, uni xavf-xatar iskanjasiga solib qo‘ydi va u bir zum hushini yig‘ib, atrofiga ko‘z tashlab, yo‘l-yo‘lakay tasodifan xayoliga kelgan har xil so‘zlarni tutib qolishga urinar va ularning bir lahzadayoq o‘z mohiyatini yo‘qotishiga hayron bo‘lardi: mana, do‘konlar peshtoqidagi yozuvlar xuddi afsunday, uning xayolini band etdi, ruhi cho‘kib, qariyaday uh tortdi; ayni damda o‘zi tor ko‘cha bo‘ylab ana shu o‘lik so‘zlar orasidan hamon yurib borayotir. Tilning sehru jozibasini his eta bilish tuyg‘usi, zarrama-zarra so‘zlarga birikib, uning ongidan sizib chiqdi va poyma-poy vaznda chalkashib, ajralib uyusha boshladi:
Chirmoviq chirmashar devorga,
Chirpirar, chirmanar devorda.
Devorga zarpechak pechalar,
Pechaklar devorda sarg‘ayar.


Bu qanaqa safsata bo‘ldi? O‘, xudoyim, devorga chirmashgan chirmoviq nimasi? Zarpechak — bunga ham chidasa bo‘lar, sariq fil suyagiga ham. Qapishgan fil suyagiga-chi? Buni qanday tushunish mumkin?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:54:19
So‘z endi uning miyasida, fil mo‘gizidan arralab olingan fil suyagidan ham tiniq va yorqin charaqladi. Luory, ivoire, avorio, ebur*1. U maktabda lotin tilidan o‘zlashtirgan gaplarning dastlabkilaridan biri: "œIndia mitit ebur"*2 degan gap edi va Ovidiyning "œMetamorfozalar"ini nafis, biroq cho‘chqalar, sopollar va cho‘chqa yog‘i so‘zlari ishlatilganda g‘alati eshitiladigan ingliz tilida ifodali aytib berishga o‘rgatgan rektorning shimolliklarga xos qahrli yuzi uning ko‘z oldiga keldi. Lotin she’riyati qonunlarining o‘ziga ma’lum bo‘lgan ozgina qismini u portugaliyalik ruhoniyning eskirib ketgan kitobidan o‘qib bilib olgan edi.
"œContrahit orator, variant in carmine vates"*3.
Rim tarixi inqirozlari, zafarlari va g‘alayonlari unga siyqasi chiqqan in tanto discrimiue*4 so‘zlari orqali tushuntirilgan edi. U shaharlar shahrining ijtimoiy hayotiga implere ollam denariorym so‘zlari orqali nazar tashlashga urindi, bu so‘zlarni rektor shirali qilib "œidishni dinorlarga to‘ldirish", deya tarjima qilgan edi. Goratsiy kitobining qolgan sahifalari hech qachon, hatto barmoqlari sovuqdan uvishib qolgan paytlarda ham, unga sovuq tuyulmasdi; tiriklik nafasi ufurib turgan bu sahifalarni ellik yil burun Jon Dunkan Invererit va akasi Uilyam Malkolm Invereritning jonli barmoqlari varaqlagan. Ha, kitobning eskirib, o‘cha boshlagan ilk sahifasida ularning muborak nomlari saqlanib qolgan va bilinar-bilinmas yozuvlardagi she’rlar, hatto uningday lotin tilining o‘rtamiyona bilimdoniga ham go‘yo uzoq yillar xushbo‘y gul va ko‘katlar ichida yotganday, muattar hid taratardi. Biroq unga umr bo‘yi jahon madaniyati bayramida oddiy tomoshabin bo‘lib qolish, o‘zi allaqanday estetik falsafani ifodalashga urinayotgan diniy bilim tili, nazarida, madhiyayu tamg‘alar bilan shug‘ullanish va yo lochin bilan ov qilishday jazavali, ayni paytda bema’ni mashg‘ulotdan ortiq bir narsa emasligini tan olishi alam qilardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:54:32
Ma’rifatsiz shaharning chap tarafida tuyaday og‘ir cho‘kkan, tor halqaga zo‘rlab joylangan jilosiz, so‘nik toshni eslatuvchi muqaddas Uchlik kollejining bahaybat kulrang imorati uning ruhini ezib, ongiga ta’sir eta boshladi. Va u protestantcha dunyoqarashning asoratli tushovlaridan idrokini xalos qilishga urinarkan, Irlandiya milliy shoirining beso‘naqay haykali oldidan chiqib keldi.
U haykalga jirkanmay qaradi, chunki tana va ruhning notozaligini namoyon etib turgan yodgorlikdagi kir-chirlar, xuddi bir qarashda ko‘z ilg‘amaydigan bitday, haykalning tizzadan bukilgan oyoqlaridan tortib bor bo‘yicha, kiyimining qayrilgan joylariga, qarollarnikiga o‘xshash boshining atrofiga o‘rnashib qolgan, go‘yo u o‘zining nodonligini ilojsiz tan olib turganday tuyulardi. Bu ayni mileziyalikning egnidagi yopinchiqni o‘margan firbolgning o‘zi edi; Stiven oshnasi, dehqon oilasidan chiqqan talaba Deyvinni esladi. Firbolg uning hazillashib aytiladigan laqabi edi, biroq dehqon bola bunga ko‘nikib ketgan edi:
— Nima deyin, Stivi, endi sen ham meni qovoqkalla deb aytsang iloj qancha, ixtiyoring.
Ismining qisqartirib aytilgani, birinchi marta eshitganida, Stivenga ta’sir qildi: u odatda boshqa talabalar bilan, xuddi ularning o‘ziga qilgan munosabatlariday, muomalada chegarani saqlar, takallufsizlikka yo‘l qo‘ymas edi. U Grantem-stritdagi Deyvinning uyiga tez-tez borib turar va devor chetiga terib qo‘yilgan oshnasining yarqirab turgan etiklariga havas bilan qarar, oshnasi begonalarning she’rlarini o‘qir, o‘qigan satrlari ortida esa uning shaxsiy iztiroblari sezilib turardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:54:48
Firbolgga o‘xshab ketadigan to‘pori oshnasi ba’zan uni o‘ziga tortsa, ba’zan tamom bezdirar edi. Deyvinning qishloq bolalariga xos kamsuqum, og‘irkarvon fe’l-atvori, ingliz tilidagi eski g‘aroyib iboralar bilan gapirishi, qo‘pol jismoniy kuchdan zavqqa tushishi — Maykl Kyuzak gellasining muxlisi ekani — Stivenga yoqardi; gohida esa aqlining to‘posligi, tuyg‘ularining odmiligi yoki ko‘zlarida tuyqusdan paydo bo‘ladigan, kech kirdi deguncha komendantlik soatidan dahshatga tushib, pana-pastqamga urib ketadigan xilvat va qashshoq irland qishloqlari ahliga xos itoatkorona qo‘rquv aksi uni Deyvindan bezdirardi.
Yosh dehqon yigit amakisi Meta Deyvinning ko‘rsatgan jasoratlaridan qanchalik g‘ururlansa, Irlandiyaning qayg‘uli doston va rivoyatlarini ham shu qadar e’zozlardi. Deyvinning oshnalari sportchi haqida gurunglashib, bu bilan kollejdagi zerikarli hayotga jinday zavqli tus berishga urinishar, uni o‘zlaricha yosh feniyalik, deb tasvvur qilgilari kelardi. Enagasi Deyvinni bolaligida irland tiliga o‘rgatgan va murg‘ak tasavvurini irland afsonalarining nimjon shu’lasi bilan yoritgan edi. Hali biror kishi biror zamonda zig‘irday nafosat hissini tuymagan bu afsonalarga va ularning asrlar osha ilohiylashtirilgan, aslida qovushmagan, lanj cho‘pchaklariga Deyvin xuddi katolik diniga munosabatda bo‘lganday — qulning ko‘r-ko‘rona sadoqati bilan ishonib qarardi. Angliyadan chiqqan yoki ingliz madaniyati namunasi hisoblangan har qanday fikr yo tuyg‘uni u, xuddi buyruqqa so‘zsiz itoat etadigan askarday, qo‘lda qurol bilan qarshi olardi. Uning nazarida Angliyadan tashqaridagi dunyo faqat Frantsiyadagi Chet el legionidan iborat bo‘lib, o‘zining aytishicha, u ana shu legionga kirish niyatida edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:55:05
Bunday o‘y-xayollarga Devinning fe’l-huyini chog‘ishtirib, Stiven uni xonaki g‘ozcha1 deb atar va bu laqabga oshnasining gaplariyu harakatlaridagi lanjlik, lapashanglikni singdirmoqchi bo‘lar, ana shu qusurlarni mulohaza qilish Stivenning intiluvchan, sergak aqli bilan irland hayotining pinhona sirlari orasiga g‘ov solardi.
Bir kuni kechqurun Deyvin odatdagiday jo‘shib, balandparvoz gaplaridan qizishib, hovliqib Stivenga g‘alati bir voqeani gapirib berdi. Ular yahudiylar yashaydigan g‘arib mavzening tor jinko‘chalaridan sekin yurib, Deyvinning uyiga borishayotgan edi.
— O‘tgan yili kuzda, Stivi, qish kirar pallada, g‘alati bir voqeaga duch keldim. Men hali bu haqda biror kishiga og‘iz ochganim yo‘q. Birinchi marta senga aytayapman. Hozir yodimda yo‘q, oktyabrda bo‘lganmidi bu, yoki noyabrdami, harqalay, oktyabrda bo‘lsa kerak, chunki bu voqea men bu yerga universitetga kirish uchun kelganimdan oldin bo‘lgandi.
Stiven oshnasining sodda, samimiy gaplaridan zavqlanib, unga kulimsirab qaradi.
— O‘shanda men butun kunni Batteventda o‘tkazdim, bilmadim, sen bu shaharning qaerdaligini tasavvur qila olasanmi, yo‘qmi? U yerda "œKrouk yigitlari" bilan "œJasur terlsliklar" o‘rtasida xokkey uchrashuvi bo‘ldi. Juda zo‘r o‘yin bo‘ldi-da o‘ziyam, Stivi! Mening amakivachcham Fonzi Deyvinning kiyimlarini tilka-pora qilib tashlashdi. U Limerika komandasining darvozaboni edi, biroq o‘yinning yarmini u jinniday baqirib-chaqirib hujumchilar bilan olishib o‘tkazdi. Bu kunni umrbod unutolmasam kerak! Krouklardan biri qo‘lidagi chavgon bilan uni shunaqa tushirib qoldiki, — azbaroyi xudo, Stiven! — chintog‘iga tegishiga sal qoldi. Ishonasanmi, Stiven! Agar bu zarba sal teparoqdan tekkanda bormi, shu zahotiyoq u tamom bo‘lardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:55:18
— Omon qolganini eshitishning o‘zi yaxshi, — dedi Stiven kulib. — Biroq bu, harqalay, sening boshingga tushgan o‘sha g‘aroyib voqea bo‘lmasa kerak, deb umid qilaman?
— Ha, albatta, bu gaplar seni qiziqtirmaydi. Xullas, o‘sha uchrashuvdan so‘ng qancha gap-so‘z, shov-shuvlar bo‘lmadi deysan, men poezdga kech qoldim, yo‘lda birorta arava ham uchramadi, chunki Kasltaunroshda cherkov yig‘ini bo‘lishi kerak edi, dehqonlarning hammasi ketishgandi. Iloj qancha! Yo shu yerda yotib qolish kerak, yoki yayov ketish kerak. Men yayov ketmoqchi bo‘ldim. Qorong‘i tusha boshlaganda Bellixaur qirlariga yetdim, u yerdan Kilmelokkacha yana o‘n mil, agar ko‘p bo‘lmasa, uzundan-uzoq yo‘l bosish kerak, biror-bir qora ko‘rinmaydi. Butun yo‘l bo‘yi odam yashaydigan bittayam kulbani uchratmaysan, tiq etgan tovushni eshitmaysan. Hammayoq qop-qorong‘i, zimiston. Ikki marta, trubkamni tutatib olish uchun, butalar panasida to‘xtadim, agar qalin shudring tushmaganida cho‘zilib yotib, uxlab qolishim aniq edi. Nihoyat yo‘lning burilgan bir joyiga kelib, bundoq qarasam — kichkina uycha turibdi, derazasi yorug‘. Men borib, taqillatdim. Ichkaridan kim, deb birov so‘radi va men ovoz berib, Batteventdagi o‘yindan chiqib, uyga qaytayapman dedim va suv so‘radim. Bir necha daqiqadan keyin yoshgina kelinchak eshikni ochdi va katta kosada sut olib chiqdi. Kelinchak ichki kiyimda edi, aftidan, men taqillatgan paytda u to‘shakka kirgan chog‘i; uning sochlari to‘zg‘igan, qomatidan va ko‘zlarining qarashidan u menga homiladorday ko‘rindi. Biz bo‘sag‘ada tik turib uzoq gaplashib qoldik va hatto men: g‘alati-ya, uning ko‘kragi, yelkalari ochiq, deb o‘yladim. U mendan charchamadingmi, deb so‘radi va bu yerda tunab qolishni xohlaysanmi, dedi; keyin uyda yolg‘iz ekanini, eri ertalab Kuinstaunga singlisini kuzatib ketganini aytdi. Biz qancha vaqt gaplashib turgan bo‘lsak, Stivi, u mendan hecham ko‘zini uzgani yo‘q va menga o‘zini juda yaqin olib keldi, men uning nafas olishini eshitib turdim. Men unga kosani qaytarib uzatayotganimda u qo‘limdan ushladi va bo‘sag‘adan ichkariga tortdi: "œKir, kechasi yotib qol shu yerda. Qo‘rqma, nimadan qo‘rqasan. Ikkalamizdan boshqa hech kim yo‘q", dedi. Men kirmadim, Stivi, unga rahmat aytdim-da, yo‘limga tushib jo‘nab qoldim. Bilsang, a’zoyi-badanim bezgak tutganday titraydi. Muyulishda orqaga o‘girilib qaradim, kelinchak hali ham bo‘sag‘ada qarab turardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:55:33
Deyvinning hikoyasidagi so‘nggi so‘zlar beixtiyor Stivenning xotirasida jaranglaganday bo‘ldi va o‘sha yolg‘iz ayolning siymosi boshqa qishloq ayollarining qiyofasi bilan qo‘shilib, bir paytlar kollej faytunlarida ular Kleynni yoqalab o‘tganlarida uylarining eshiklari oldida turgan ayollarday, uning ko‘z oldida gavdalandi: bu ayol xalqining tirik timsoli, uning xuddi ko‘rshapalakday tunda pinhona va yolg‘izlikda uyg‘onadigan ruhi; begona kishini to‘shagiga taklif etgan soddadil ayolning ko‘zlari, ovozi va harakatlari.
Yelkasiga kimningdir qo‘li tushdi va yosh qizaloqning qichqirgan ovozi keldi:
— Menikini ola qoling, ser. Birinchi qo‘lni qaytarmang! Mana, chiroyli guldasta. Oling, ser!
Qizaloq uzatib turgan moviy gullar va uning moviy ko‘zlari shu daqiqada Stivenga eng pokiza soddadillikning ifodasi bo‘lib ko‘rindi; bu taassurot xayolidan ko‘tarilib, qizaloqning yirtiq ko‘ylagiga, ho‘l, dag‘al sochlariga va issiq istarasiga ko‘zi tushguncha Stiven biroz kutdi.
— Sotib oling, ser! Kambag‘al qizga rahm qiling!
— Menda pul yo‘q, — dedi Stiven.
— Oling ser, bu chiroyli guldastaga qarang! Bor-yo‘g‘i bir penni!
— Men nima dedim, eshitmayapsizmi? — so‘radi Stiven unga biroz engashib. — Menda pul yo‘q, dedim. Yana bir bor aytayapman.
— Iloj qancha, xudo bersa vaqti kelib sizdayam pul bo‘ladi, nega bo‘lmas ekan, — deb javob qildi qizaloq bir soniya jim turgach.
— Kim biladi deysiz, — dedi Stiven, — menimcha bunday bo‘lishi dargumon.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:56:01
U qizaloqning qo‘lidagi matohini allaqanday angliyalik sayyohga yoki muqaddas Uchlik kollejining birorta talabasiga yalinib uzatib, farosatsizligi bois kulgiga qolishidan cho‘chib, bunday ko‘ngilsiz holni ko‘rmaslik uchun tez-tez yurib undan uzoqlashdi. Yurib borarkan, Grefton-strit ko‘nglidagi nochorlik hissini battar kuchaytirdi. Ko‘chaning boshida, yo‘lning qoq o‘rtasida Xolf Ton xotirasiga tosh qo‘yilgan edi va u otasi bilan bu yodgorlikning ochilishida qatnashganini esladi. Masxarabozlikka aylangan o‘sha tantanani u alam bilan xotirladi. Tadbirda to‘rt nafar frantsuz delegati ham bor edi, ular hatto minib kelishgan foytunlaridan tushishmadi ham, ulardan biri, kulimsirab o‘tirgan baqaloq yosh yigit, tayoqqa qadab olingan bosma harflardagi shiorni ushlab turardi: "œLive I’irlande".
Endi frantsuz tilidan ma’ruzaga borishning hojati yo‘q, kech qoldi. U katta zalni ortda qoldirib, dahliz bo‘ylab o‘ngga, fizika xonasiga burildi. Dahliz qorong‘i va jim-jit edi, biroq jimlik uni sergaklantirdi. Bunday xavotir hissi unga qaerdan yuqdi ekan, bu nimaning ta’siri? Balki Ueyli yashagan vaqtlar bu yerda maxfiy yo‘lak bo‘lgani haqida eshitganidandir? Yoki, ehtimol, bu uy faqat iezuitlarga mansubligi va bu yerda u o‘zini begona his qilganidanmikan? Ton va Parnellning Irlandiyasi qaergadir g‘oyib bo‘lganday go‘yo.
U auditoriya eshigini ochdi va chang bosgan derazalardan tushib turgan xira yorug‘likda to‘xtadi. Cho‘nqayib o‘tirgan jussa kaminning enli panjarasi oldida olovni tutashtirmoqchi bo‘lib kuymalanar, harakati va sochining oqidan u dekanni tanidi. Stiven eshikni sekin yopdi va kaminga yaqin keldi.
— Salom, ser! Mening yordamim kerakmasmi?
Ruhoniy boshini ko‘tarib qaradi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:56:35
— Bir daqiqa, mister Dedalus, — dedi u. — Mana hozir guvoh bo‘lasiz. Kaminni yoqish — buyam bir ilm. Ijtimoiy fanlar bor, foydali fanlar bor. Mana bu foydali fanlardan biri.
— Men uni o‘zlashtirishga harakat qilaman, — dedi Stiven.
— Buning siri bitta — ko‘mirni ko‘p qalamaslik kerak, — davom etdi dekan qo‘llari bilan chaqqon harakat qilarkan.
U yaktagining yon cho‘ntagidan yonib tugagan to‘rtta sham qoldig‘ini chiqardi va ularni ko‘mir bilan qog‘ozlar orasiga yaxshilab joyladi. Stiven jim turib kuzatdi. Kamin oldidagi tosh plitaga tiz bukib turgancha, olov yoqishdan oldin, qog‘oz o‘ramlarini va sham qoldiqlarini to‘g‘rilarkan, u boshqa paytlardan ko‘ra hozir ko‘proq tangrining itoatkor, bo‘m-bo‘sh cherkovida qurbonlik olovini yoqayotgan levitni2 eslatardi. Levitning qo‘pol kiyim-kechagiga o‘xshagan, rangi o‘chgan, to‘zigan yaktak uning tiz bukib turgan jussasini o‘rab olgan, yaktak serhasham ruhoniycha libos yoki mayda shiqildoqchalar qadalgan yefoddagi1 jussaga torlik qilar, noqulaylik tug‘dirardi. Uning jismi umr bo‘yi tangriga kamtarona xizmat qilganidan ushshoqday bo‘lib qolgan edi: u mehrobda olov yoqar, maxfiy ma’lumotlarni yetkazar, cherkov qavmiga vasiylik qilar, ularni yuqorining buyrug‘iga ko‘ra shafqatsiz jazolardi. Biroq baribir uning jussasida ezgulik alomati sezilmas, avliyolik yoki yuqori ruhoniy martaba egasiga xos to‘kislikning asari ham ko‘zga tashlanmasdi. Aksincha, qalbi bu xizmatda qarib, to‘nib qoldi, na bir yorug‘likka, na bir to‘kislikka yetishdi, ilohiy tarovatga emas, balki atigi pajmurda, ojiz irodaga ega bo‘loldi, xolos. Bu majruh iroda ana shunday ezgu xizmat quvonchidan benasib edi, xuddi bujmayib, tomirlari bo‘rtib chiqqan, oqara boshlagan serjun tanasiday ramaqijon, sevinch va kurashlarga loqayd edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:57:07
Dekan cho‘nqayib o‘tirgancha, payraxalarning yonishini kuzatardi. Oradagi noxush jimlikni buzmoqchi bo‘lib, Stiven so‘z qotdi:
— Men, ehtimol, kaminni yoqa olmasman.
— Siz musavvirsiz, to‘g‘rimi mister Dedalus? — dedi dekan, nursiz xira ko‘zlarini tepaga ko‘tarib qarab. — Musavvirning burchi — go‘zallik yaratish. Go‘zallik degani nima? Bu, endi boshqa masala.
U savolning murakkabligi haqida o‘ylarkan, quruqshab qolgan qo‘llarini asta-sekin artdi.
— Siz bu savolga javob bera olarmidingiz? — so‘radi u.
— Foma Akvinskiy, — deb javob qildi Stiven, — "œPulsza suae visa placent"2 deydi.
— Mana bu olov ko‘zni quvontiradi, — dedi dekan. — Shundan kelib chiqib uni go‘zal deyish mumkinmi?
— Olov ko‘z bilan ko‘rib anglanadi, bu esa ayni paytda estetik idroklashga kiradi, demak, olov go‘zal. Biroq Foma Akvinskiy yana shunday deydi: "œBonum est in guod tyndit appetitus".3 Modomiki, olov tiriklik ehtiyojini qondirar ekan, demak, bu olov — ezgu. Do‘zaxda esa olov — yomon.
— Juda to‘g‘ri, — dedi dekan. — Siz mutlaqo haqsiz.
U o‘rnidan chaqqon turib, eshikning oldiga keldi va uni qiya ochib, dedi:
— Olovning yonishi uchun havo juda zarur deyishadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:57:25
Dekan biroz oqsoqlanib, biroq tez-tez odimlab kaminning oldiga kelgan chog‘da uning xira, hissiz ko‘zlaridan Stivenga iezuitning qora qalbi nigoh tashlab turardi. Avliyo Ignatiy Loyolaga o‘xshab u ham cho‘loq edi, biroq uning ko‘zlarida g‘ayrat ishtiyoqi porlamasdi. Hatto iezuitlar ordenining afsonaviy makrlari, ularning nozik va teran donoliklari haqidagi mashhur kitoblaridan ham o‘tib tushadigan nozik ayyorliklar ham uning yuragini havoriyga xos tug‘yon bilan alangalatmadi. "œSimiliter afgul senis baculus", ya’ni u jamoa asoschisi o‘ylagan, mo‘ljallagan narsaga — misoli hassaga aylangan edi: hassaga qorong‘uda tayanish mumkin yoki uni bog‘chadagi o‘rindiqdagi biror-bir xonim tashlab ketgan guldastaning yoniga qo‘ysa bo‘lar, ehtimol, dag‘dag‘a qilib, ko‘tarib sermash ham mumkindir.
Dekan kamin oldida iyagini silab turardi.
— Biz qachon sizdan estetika masalalari haqida biror-bir fikr eshitamiz? — deb so‘radi u.
— Mendanmi?! — dedi ajablanib Stiven. — Mayli, agar ikki haftada bir marta qandaydir fikrga duch kelish menga nasib etsaс•
— Ha. Bu juda chuqur masalalar, mister Dedalus, — dedi dekan. — Ularning mohiyatiga yetish — Moxer qoyasida turib dengiz qa’rini ko‘ra bilishday gap. Suv tubiga sho‘ng‘iganlar qaytib chiqishmaydi. Faqat tajribali g‘ovvosgina bu teranlikka tushishi, tekshirishi va qayta suzib chiqa olishi mumkin.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:57:52
— Agar siz manfaat nuqtai nazaridan aytiladigan mulohazalarni nazarda tutayotgan bo‘lsangiz ser, — dedi Stiven, — u holda, meningcha, erkin fikrning o‘zi yo‘qday tuyuladi, chunki ana shunday sharoitda bu kabi fikrlar o‘ziga yarasha qonunlarga bo‘ysunishi va shu doirada cheklanishi lozim bo‘ladi.
— Hm!..
— Fikrlab turib, men hozir Aristotel va Foma Akvinskiyning ba’zi bir qoidalarini asos qilib olayapman.
— Tushunayapman sizni, yaxshi tushunayapman.
— Men o‘zimning fikrimga ega bo‘lmagunimcha ularning fikrlariga tayanaman. Agar chiroq buriqsib tutay boshlasa, men uni tozalashga harakat qilaman. Agar u yaxshi yoritmasa, men uni sotaman va boshqasini xarid qilaman.
— Epiktetning ham, — dedi dekan, — chirog‘i bor edi, o‘limidan so‘ng uni juda qimmatga sotib yuborishdi. Bu chiroq yorug‘ida u o‘zining falsafiy asarlarini yozgan. Siz Epiktetni o‘qiganmisiz?
— Ruh suv quyilgan idishga o‘xshaydi, degan qariya-da, — dedi keskin javob qilib Stiven.
— U o‘ziga xos soddalik bilan, — davom etib dedi dekan, —bizga shunday hikoya qiladi: ilohlardan birining haykalchasi oldiga temir chiroqni qo‘yishgan ekan, o‘g‘ri chiroqni o‘maribdi. Xo‘sh, faylasuf nima qildi? U o‘g‘rilik — o‘g‘rining tabiatiga xos, degan xulosaga keldi va ertasi kuni temir chiroq o‘rniga sopol chiroq xarid qildi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:58:35
Sham qoldiqlaridan erigan yog‘ning hidi chiqdi va hid Stivenning ongida: idish, chiroq, chiroq, idish so‘zlarining g‘alati jarangi bilan qorishdi. Ruhoniyning ovozi ham bunga jo‘r bo‘ldi. Stiven bu g‘alati tovushlar, obrazlar va ruhoniyning qiyofasi ta’siridan beixtiyor fikrlay olmay qoldi, ular yoqilmagan chiroqqa yoki noto‘g‘ri burchak ostiga ilib qo‘yilgan nur qaytargichga o‘xshab tuyuldi. Ularda yoki ularning ortida qanday sir yashiringan? Xuddi tangrining qahru g‘azabi bilan to‘lib toshgan qora bulutday badqovoq, fikrlab turishga odatlantirilgan idrokning to‘posligi.
— Men biroz boshqacha chiroqni nazarda tutgan edim, ser, —dedi Stiven.
— Albatta, — dedi dekan.
— Estetika haqida mulohaza yuritishning qiyin tomonlaridan biri, — dedi davom etib Stiven, — shundan iboratki, bunda so‘z qaysi ma’noda — adabiymi yoki maishiy ma’noda ishlatilayotganiga ahamiyat berish lozim. Men hozir N’yumenning bir gapini esladim, unda aytilishicha, Bibi Maryam pravoslav mazhabidagi xalqning ongida chuqur o‘rnashgan. Kundalik turmushda bu so‘zni ishlatishganda butunlay boshqacha ma’no yuklashadi. Umid qilamanki, men o‘zimning nodonligimda chuqur ketmayotgan bo‘lsam kerak?
— Yo‘q, albatta, — dedi ehtirom bilan dekan.
— Yo‘q, — dedi kulib Stiven, — men aytmoqchimankiс•
— Bo‘ldi, bo‘ldi, tushundim, — gapni ilib ketdi dekan, — siz "œchuqur ketmoq" fe’lining turli ma’no belgilarini nazarda tutayapsiz.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:59:05
U iyagini oldinga cho‘zdi va qisqa, quruq yo‘taldi.
— Xo‘p, yaxshi, endi chiroqqa qaytamiz, — dedi u. —Unga moy quyish ham xiyla qiyin yumush. Avvalo, moy toza bo‘lishi kerak, quyayotganda ehtiyot bo‘lish lozim, chetiga to‘kilib ketmasin, voronkaga sig‘adiganidan ortiq quyib yubormaslik kerak.
— Qanaqa voronka? — so‘radi Stiven.
— Idishning og‘ziga quyib, moy quyadigan asbob.
— Haс• — dedi Stiven.
— Shuni voronka deydimi? Menimcha, bu suzgich.
— "œSuzgich" nima?
— Bu o‘shaс• voronka.
— Buni irlandlarda suzgich deyishadimi? — deb so‘radi dekan. — Umrimda birinchi marta eshitishim bu so‘zni.
— Quyi Dramkondrda suzgich deyishadi, — dedi kulib Stiven, — u yerda sof ingliz tilida gapirishadi.
— Suzgich, — o‘ychan takrorladi dekan, — ajoyib so‘z. Uni lug‘atdan bir qarab ko‘rish kerak ekan. Albatta qarayman.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 16:59:36
Dekanning sertakallufligi shu qadar soxta tuyuldiki, Stiven bu yangi ingliz maslakdoshiga, xuddi rivoyatda aka oqpadar ukasiga qaraganday qaradi. Bir paytlar ko‘p shov-shuvlarni qo‘zg‘agan da’vatnomalarning bu itoatkor muxlisi, Irlandiyadagi kambag‘al ingliz, so‘nggi kelgindi, kechikkan ruh fisqu fasodlar komediyasining asosiy voqeasi — azob-uqubatlar, havasu hasadlar, kurashlar va sharmandaliklar xotimasiga yetayotgan pallada iezuitlarning tarix sahnasiga chiqib qolganday tuyulardi. Bunga uni nima majbur qilgan ekan? Balki u najot faqat Isoda deb umidvor bo‘lgandir va ramziy cherkovning sertashvish dabdabalaridan hazar qilgan aqidaparast mazhabchilar orasida tug‘ilib o‘sgandir? U ko‘r-ko‘rona e’tiqodga mazhabparastlarning marosimlarida va ashaddiy bid’atchilarning irim-sirimlarida, olti a’molning jami muxlislari, alohida xislatga ega kishilar, baptistlar izdoshlari, supralapsarian aqidaparastlari orasida yurganda ehtiyoj sezmaganmikan? U haqiqiy cherkovni, muqaddas ruhning tushishi yoki boshqa cherkov marosimlari mohiyatini, xuddi g‘altakdan ingichka ipni ziyraklik bilan ajratib olganday, ehtiyotkor mulohazalar bilan tushunib favqulodda anglab tanlab olganmikan? Yoki u allaqanday tomiga tunuka qoplagan butxona eshigi oldida esnab, cherkovga tushgan chaqalarni sanab o‘tirganda, bir zamonlar boj yig‘ib o‘tirgan2 ummatiga da’vat etgan tangri kabi, Masih ham uning boshini silab, o‘ziga ergashishga chorlaganmikan?
Dekan yana gap boshladi:
— Suzgich! Ha, haqiqatan ham bu juda qiziq!
— Sizning bundan oldin menga bergan savolingiz qiziqroq edi. Musavvir loydan yaratishga urinayotgan go‘zallikning mohiyati nimada? — dedi Stiven sovuqqon ohangda.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:00:10
Shu birgina so‘z ko‘nglidagi xavotirning zaharli tig‘ini sertakalluf va sergak raqibiga qarshi qaratganday tuyuldi. Xo‘rlikning achchiq alamini ko‘nglidan kechirarkan, Stiven o‘zi bilan suhbatlashayotgan bu odam Ben Jonsonning vatandoshi ekanini his etdi. U o‘yladi:
"œHozir biz gaplashgan til — avvalo uning tili, ikkinchi navbatda meniki. Oila, Iso, pivo, o‘qituvchi so‘zlari uning og‘zidan boshqacha va mening og‘zimdan boshqacha chiqadi. Men bu so‘zlarni xotirjam aytolmayman ham, yozolmayman ham. Uning tili menga qanchalar yaqin va naqadar begona, men uchun ter to‘kib egallangan bir vosita, xolos. Men uning so‘zlarini yaratganim yo‘q, ularni qabul qilganim yo‘q. Mening ovozim ularni o‘ziga yaqin yo‘latmaydi. Mening ruhim uning tili zulmatida g‘azabga minadi".
— Xo‘sh, go‘zallik bilan ko‘tarinkilik o‘rtasida qanday farq bor, —dedi dekan, — ma’naviy va moddiy go‘zalliklar o‘rtasida-chi? San’atning qaysi turiga qanday xildagi go‘zallik xos? Mana, astoydil shug‘ullansa arziydigan qiziqarli muammolar.
Dekanning ovozidagi quruq, qat’i ohangdan shashti qaytgan Stiven jim qoldi. Oraga cho‘kkan jimlikni buzib, zinapoyadan ovozlarning shovqini va etiklarning dupuri eshitildi.
—Biroq mana shunday oldi-qochdi gaplarga berilib, — deya xulosa qildi dekan, — ochingdan o‘lib ketishing ham mumkin. Birinchi navbatda siz diplomni qo‘lga kiritib olishingiz kerak. Buni oldingizga birinchi maqsad qilib qo‘ying. Keyin asta-sekin yo‘lingizni topib ola boshlaysiz. Men keng ma’noda gapiryapman — hayotga eltadigan yo‘lni va fikrlash tarzini nazarda tutayapman. Ehtimol, dastlabki paytlarda bular juda qiyin tuyular. Mana, mister Munenni olaylik — uning yuqori cho‘qqini egallashi uchun hazilakam vaqt talab qilingani yo‘q. Biroq shunga qaramay u cho‘qqini zabt etdi.
— Ehtimol, menda uning talanti yo‘qdir, — xotirjam e’tiroz bildirdi Stiven.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:00:25
— Kim biladi deysiz? — dadillanib javob qildi dekan. — Botinimizda nimalar borligini biz hech qachon bilolmaymiz. Menga qolsa, har qanday holatda ham ruhan tushmasdim. Per aspera ad astra*5.
U o‘choqdan ildam uzoqlashdi va birinchi kurs talabalarini kutib olish uchun maydonchaga yo‘l oldi.
Stiven kaminga suyanib, uning har qaysi talaba bilan alohida-alohida qo‘l berib, birday betakalluf va birday tetik ko‘rishib so‘rashayotganini eshitdi, beadab talabalarning uni masxaralab oshkora iljayishayotganini ko‘z oldiga keltirdi. Achchiq alam, xuddi sovuq shudringday, uning ta’sirchan yuragini achishtirdi, Stiven bahodir Loyolaning bu sodiq askariga, ruhoniylarning bu o‘gay inisiga, qolaversa, o‘z fikriga egalik qilishda ulardan ko‘ra ko‘ngilchanroq, bo‘sh-bayov, ammo ruhi bardam ruhoniyga achindi; hech qachon o‘ziga ma’naviy ota deb hisoblamaydigan bu ruhoniyga rahmi keldi; bu odam va uning safdoshlari, deya o‘yladi u, nafaqat tirikchilik g‘amini unutib, bu dunyo tashvishlariga qo‘l siltaganlar orasida, balki o‘zlarining butun kechmishlari davomida ojiz, kuchsiz, omadsiz va uddaburron avom o‘rtasida ham, yaratgandan ularga rahm-shafqat, omad so‘rab, katta obro‘ orttirishgan.
Auditoriyaning yuqoridagi qatorida, o‘rgimchak to‘rlari qoplab yotgan derazalar tagidagi o‘rindiqlarda o‘tirishgan talabalar tarafidan ko‘tarilgan og‘ir etiklar dupur-dupuri o‘qituvchi kirib kelayotganidan darak berdi. Yo‘qlov boshlandi va navbat Piter Bernga yetib kelguncha har kim har alpozda javob qildi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:00:40
— Shu yerda!
Yuqori qatordan do‘rillagan yo‘g‘on ovoz eshitildi va shu daqiqadayoq boshqa o‘rindiqlardan e’tirozli ma’noda tomoq qirishlar, zo‘raki yo‘talishlar quloqqa chalindi.
O‘qituvchi biroz to‘xtab kutdi va ro‘yxat bo‘yicha navbatdagi ism-sharifni o‘qidi:
— Krenli!
Hech kim javob qilmadi.
— Mister Krenli!
Do‘stining mashg‘ulotini ko‘z oldiga keltirib, Stivenning kulgisi qistadi.
—Uni Leperdstaundan qidiringlar, — dedi kimdir orqaroqdagi o‘rindiqdan.
Stiven chaqqon burilib qaradi. Biroq xira yorug‘da Moynixenning tumshuqdor basharasi xotirjam, qilt etmasdi. O‘qituvchi formulani aytib turdi. Atrofda daftarlar shitirlay boshladi. Stiven yana ortiga o‘girilib dedi:
—Qog‘oz berib turing, xudo xayringizni bersin.
—Ha, senikiyam qistab qoldimi? — ishshayib kulib so‘radi Moynixen.
U o‘zining daftaridan bir varaq yirtib uzatarkan, pichirladi:
—Majbur bo‘lganda har qanday odamning, har qanday xotinning bunga haqqi bor.
Bir parcha qog‘ozga eshitib turib yozib olgan formula yechimining yig‘ilib, yoyilib borayotgan ustunlari, kuchning ko‘z ilg‘amas timsollari va tezliklari Stivenning aql-hushini sehrlab, toliqtira boshladi, u kimdir birovdan qariya — dahriy va mason, deb eshitgan edi. O‘, bunchalar ro‘shnosiz, qayg‘uli bo‘lmasa bu kun! Go‘yo aql-idroki beozor va itoatkorona tumanli g‘ira-shira yorug‘da uzundan-uzoq, bir tekis chizmalarni olamning behudud, tubsiz va ko‘z ilg‘amas puchmoqlari bo‘ylab u yoqdan-bu yoqqa surib, qo‘shib-ayirib yurgan matematiklarning ruhlari izg‘igan limbga cho‘kayotganday.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:01:12
— Shunday qilib, biz ellipsni ellipsoiddan farqlashimiz lozim. Balki, jentelmenlar, orangizda mister U.Sh. Gilbertning asarlarini o‘qiganlar bordir. She’rlaridan birida u billiard o‘ynashga mahkum g‘irrom billiardchi haqida shunday yozadi:
Qiyshiq stolda
Qayrilgan kiyda
Cho‘zinchoq soqqada.
U, asosiy o‘qlari haqida men hozir aytgan, ellipsoid shaklidagi soqqani nazarda tutgan.
Moynixen Stivenning qulog‘iga engashib shipshidi:
—Hozir ellipsoidli soqqalar qancha turarkan?! Qani, ortimdan ergashing xonimchalar, men suvoriyman!
Do‘stining qo‘pol hazili Stivenning xayolini cherkov ichi bo‘ylab quyunday olib qochdi, devorda shalvirab osilib turgan liboslarni silkitdi, ularni jazavali jinlar bazmidagiday qiyshanglab o‘yin tushishga majbur etdi. Cherkov qavmi a’zolari quyunda hurpayib ketgan ridolar ichidan birin-sirin sirg‘alib chiqib keldi: oppoq sochli boshiga shapka qo‘ndirib olgan dekan; rektor; silliq sochli, xudojo‘ylik mazmunidagi she’rlar yozib yuradigan miqtigina ruhoniy; girdig‘um, beso‘naqay iqtisod o‘qituvchisi; mantiqdan dars beradigan, xuddi ohular galasi ustida mag‘rur bo‘y cho‘zib, daraxt barglarini yamlab yutayotgan jirafaday, maydonchada o‘zining kursidagi bolalar bilan vijdon masalasini muhokama qiladigan o‘qituvchi; boshi dum-dumaloq, tulkiko‘z italyan tili o‘qituvchisi. Ular shum niyatli harakatchanlikka berilishgan, yelday uchishadi, turtinib-surinib dumalashadi va irg‘ishlaydi; quchoqlashib, zo‘rma-zo‘raki xoxolashadi, bir- birining ketiga shappatilab qo‘yishadi, o‘zlarining shumliklaridan shod bo‘lishadi va tuyqusdan izzat nafslari tahqirlanganday, allaqanday qo‘pol hamladan xunobi oshganday xavotirlanib kaftlari bilan og‘izlarini bekitishib, pinhona pichirlashadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:01:37
O‘qituvchi devordagi shisha shkaf oldiga keldi va javondan sim o‘ralgan g‘altakni olib changini pufladi-da, ehtiyot qilib stolga qo‘ydi va bir barmog‘i bilan stolga tayanib, ma’ruzani davom ettirdi. U hozirgi g‘altaklardagi simlar platinoid deb ataladigan, yaqinda F.U. Martino kashf etgan qotishmadan tayyorlanishini tushuntirdi.
U kashfiyotchining ism-sharifini dona-dona qilib, aniq eshittirib aytdi. Orqadan Moynixen shipshidi:
—Balli, qariya. Fu, Martin! Martin irg‘ishlaydi, Martin o‘ynaydiс•
— So‘ra-chi undan, — shivirladi Stiven yarim hazil, yarim chin ohangda, — elektr stulda tajriba o‘tkazish uchun odam kerakmasmikan? U mendan foydalanishi mumkin.
O‘qituvchining g‘altakka egilganini ko‘rib, Moynixen o‘rnidan turdi va o‘ng qo‘lining barmoqlarini ovoz chiqarmay qisirlatdi, shum bolaning tovushi bilan hiringladi:
— Ser, manavi bola beta’miz so‘zlarni aytayapti, ser!
— Platinoidni, — kuchanib davom etdi o‘qituvchi, — neyzilberdan afzal bilishadi, chunki harorat o‘zgarganda uning qarshilik koeffitsienti kam bo‘ladi. Platinoidli simlarni izolyatsiya qilish uchun ipak ishlatiladi, ipak ebontli g‘altakning mana bu yeriga, mening barmog‘im turgan joyiga o‘raladi. G‘altakka qaynoq parafin shimdiriladi.
Quyidagi o‘rindiqdan, Stivenning old tarafidan keskin ovoz olstercha lahzada so‘radi:
— Bizni amaliy fanlar bo‘yicha ham imtihon qilishadimi?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:02:16
O‘qituvchi tushunchalarni ustalik bilan ishlatib, gapdonlik qila boshladi: eng sof fan — amaliy fandir. Tilla ko‘zoynak taqqan semiz talaba savol berganga biroz ajablanib qaradi. Moynixen orqadan o‘zining odatdagi ovozi bilan pichirladi:
—Ol-a, bu Makalister o‘zining luqmasini yulib olishni uddalaydi.
Stiven pastga, zig‘irpoya tolasining rangidagi soch tolalari to‘zg‘igan cho‘zinchoq bosh suyagiga sovuq nazar tashladi. Savol berganning tovushi, lahjasi, fe’l-atvori uning g‘ashini qo‘zg‘adi, u o‘zining jahliga erk berdi va ongli badxohlik bilan: agar bu talabaning otasi uni o‘qitish uchun Belfastga jo‘natganida aqlli ish tutgan va shu zayl yo‘l haqini tejagan bo‘lardi, deb o‘yladi.
Cho‘zinchoq bosh suyagi Stivenning xayolan otgan o‘qlariga qayrilib qaramadi va o‘qlar nishonga yetib bormadi, aksincha, kamonning tarang tortilgan ipiga qaytdi, chunki uning ko‘ziga tuyqusdan talabaning bo‘zargan, qonsiz yuzi ko‘rinib ketdi.
"œBu fikr menikimas, — degan o‘y Stivenning miyasida yalt etib o‘tdi. — Uni mening ko‘nglimga orqamdagi o‘rindiqda o‘tiradigan nayragboz irland soldi. Sabr-toqat. Xo‘sh, sen o‘zing ishonch bilan o‘z xalqingning ruhini sindirgan va uning asl o‘g‘lonlarini sotgan kimligini ayta olasanmi: bu savolni bergan o‘sha kimsami yoki keyinchalik uni tahqirlagan kishimi? Sabr-toqat. Epiktetni esla. Ehtimol, bu Makalisterning fe’l-atvorida bordir: shunday vaziyatda shunaqa savol so‘qish va so‘zga noto‘g‘ri — "œamaliy" deb urg‘u berish?"
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:02:32
O‘qituvchining zerikarli nutqi bir maromda g‘altak tevaragida ohista g‘o‘ng‘illab aylanar, tovush o‘zining uyquni keltiradigan darajadagi ta’sir kuchini, xuddi g‘altakning qarshilik kuchi oshib borganday, ikki karra, uch va to‘rt karra oshirib borardi.
Uzoqdan eshitilgan qo‘ng‘iroq jarangiga Moynixenning tovushi jo‘r bo‘ldi:
— Do‘konchani yopamiz, jentelmenlar!
Katta zal tiqilinch va shovqin edi. Eshik oldidagi stolda ramkaga solingan ikkita surat turibdi, ularning o‘rtasida imzolarning qing‘ir-qiyshiq ustuni aks etgan uzun qog‘oz varag‘i yotibdi. Makkenn talabalar orasida izg‘ib, jag‘i tinmay, qo‘l qo‘yishga e’tiroz qilganlarga tushuntirib, ularni birin-ketin stol oldiga olib kelardi. Zalning to‘rida dekan turibdi, u yosh o‘qituvchi bilan gaplashayotir, iyagini ma’nodor silab qo‘yadi, boshini sermaydi.
Olamon eshikkacha siqib borgan Stiven bir qarorga kelolmay to‘xtadi. Yumshoq shlyapaning tushurilgan keng peshayvoni tagidan Krenlining qora ko‘zlari uni kuzatib turgandi.
— Sen qo‘l qo‘ydingmi? — so‘radi Stiven.
Krenli o‘zining yupqa lablarini qisdi va bir soniya o‘ylab, javob qildi:
— Ego habeo?*7
— Bu nima degani?
— Quod?*8
— Bu nima degani?
Krenli bo‘zargan, qonsiz yuzini Stivenga burdi va qisqa, ma’yus ohangda dedi:
—Pez pax universalis*9.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:02:45
Stiven barmog‘i bilan podshohning suratiga ishora qilib, dedi:
—Uning yuzi sarxush Isonikiga o‘xshaydi.
Ovozidagi qahr va g‘azab Krenlini zalning devorlariga xotirjam qarab, tomosha qilishdan chalg‘ishga majbur etdi.
— Sen bir nimadan norozimisan?
—Yo‘q, — javob qildi Stiven.
— Kayfiyating yomonmi?
— Yo‘q.
— Grebo ut vos sanguinazius mendax estis, — dedi Krenli, — guia facies vostra monstrat ut vos in damno malo humore estis*10.
Moynixen stolga yaqin kelib, Stivenning qulog‘iga shipshidi:
— Makkenning oshig‘i olchi. Yana bir tomchi qo‘shilsa bas, tap-tayyor bo‘ladi. Yap-yangi, chaqmoqday kiyingan. Hech qanday o‘tkir spirtli ichimliklar yo‘q, urg‘ochilar ovoz berish huquqiga ega.
Stiven bu xabarning ishonchli ohangidan kulimsiradi, Moynixen ketgach, yana boshini burib qaradi va Krenlining ko‘ziga ko‘zi tushdi.
— Balki sen tushuntirarsan, — dedi u, — nega endi u dardu alamini mening qulog‘imga quygisi kelib qoldi? Xo‘sh, tushuntir-chi.
Krenlining peshonasida ma’yus tirishlar paydo bo‘ldi. U Moynixen egilib, imzo chekayotgan stolga qaradi va cho‘rt kesib dedi:
— Yopishqoq.
— Quis est in malo humore, — dedi Stiven, — ego aut vos?*11
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:03:11
Krenli hazilga javob qilmadi. U g‘amga botib, yana qanday keskinroq gap qilsam, deb o‘yladi va oldingiday qat’i ohangda dedi:
— Uchiga chiqqan pastkash yopishqoq!
Bu uning odatda barham topgan do‘stlik qabriga xoch qo‘ndirgandan keyingi epitafiyasi edi; Stiven bu ibora bir vaqt kelib xuddi shunday ohangda mening xotiram uchun ham aytilmasmikan, deb o‘yladi. Bu og‘ir, nojo‘ya gap uning qulog‘iga singib ketdi, xuddi yoriqqa tushib ketgan toshday sekin cho‘kdi. Stiven bu gapning, xuddi bir paytlar ko‘ngliga og‘ir botgan tahqirli so‘zlarday, yuragiga vazmin cho‘kayotganini his etdi. Krenli, Deyvindan farqli o‘laroq, gaplashganda na yelizaveta zamonidagi kamyob qadim inglizcha iboralarni, na inglizcha ohangga solinib o‘zgartirilgan zavqli irdandcha so‘zlarni ishlatardi. Uning cho‘ziq talaffuzi dublinliklarning qirg‘oqda turib qorong‘i, qarovsiz bandargohdagilar bilan bir-birlariga tovush berishlariga o‘xshar, gaplarining burroligi esa Uiklou minbaridan yangraydigan Dublin cherkovi voizining chechanligi ta’siri edi.
Zalning nariga tarafidan ularga tamon yaqinlashib kelayotgan Makkenni ko‘rganda Krenlining peshonasidagi g‘amgin tirishlar yozildi.
—Ana, sizlar! — dedi Makkenn yayrab.
— Ana, men, — dedi Stiven.
— Odatdagiday, yana kech qolinibdi! Sizlarning yutuqlaringga gap yo‘q, biroq intizomga ham jinday e’tibor qaratishning iloji bormi?
— Bu masala kun tartibida turgani yo‘q, — dedi Stiven. — Keling, ishdan gapiring.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:03:24
Uning kulimsirayotgan ko‘zlari targ‘ibotchining kamzuli yuqori cho‘ntagidan chiqib turgan kumushrang qog‘ozga o‘ralgan bir bo‘lak shokoladga qadalgan edi. Hayal o‘tmay ularning atrofini hangomatalab ishqibozlar o‘rab olishdi. Terisi zaytunrang ozg‘in, qora silliq sochli talaba bolalar orasidan boshini suqib, bir unga, bir bunga qarab, go‘yo aytilayotgan gaplarni ilib olmoqchiday og‘zini ochib alanglardi. Krenli cho‘ntagidan jajji koptokcha chiqarib, qo‘lida aylantirib sinchkovlik bilan kuzata boshladi.
— Qani, ishga! — dedi Makkenn. — Xo‘sh! U og‘zini katta ochib qattiq kuldi va to‘rtburchak iyagida selkillab turgan sarg‘ish soqolini ikki marta tortqilab qo‘ydi.
— Ish shundan iboratki, qo‘l qo‘yish kerak, xolos.
— Haqini to‘laysizmi, agar men qo‘l qo‘ysam? — so‘radi Stiven.
— Men sizni idealist, deb o‘ylagandim, — dedi Makkenn.
Lo‘libashara talaba o‘grilib atrofdigilarga qarab oldi va ming‘irlagan ovozda dedi:
—Qiziq gap bo‘ldi-yu, jin ursin! Menimcha, bu manfaatparastlikdan boshqa narsa emas.
Uning ovozi jimlikka singib ketdi. Bu talabaning gapiga hech kim e’tibor qilmadi. U o‘zining zaytunrang, otnikiday uzunchoq yuzini Stivenga burib, go‘yo undan javob kutdi.
Makkenn rus podshosining yorlig‘i haqida, Sted haqida, ommaviy qurolsizlanishu xalqaro ziddiyatlar chog‘ida arbitrajning ahamiyati haqida, hozirgi zamonning eng muhim hodisalari haqida, jamiyatga kam chiqim qilib ko‘p sonli aholini katta baxt va farovon turmush bilan ta’minlash majburiyatini yuklaydigan yangi gumanizm va yangi axloq haqida dadil turib nutq irod qila ketdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:03:35
Lo‘libashara talaba nutqning yakunini qiyqiriq bilan qarshiladi:
— Yashasin, umumjahon birodarligi!
— Jo‘na, jo‘na, Templ, — dedi uning yonida turgan qizil yuzli barvasta talaba. — Mendan haqingni hali olasan.
—Men umumjahon birodarligini yoqlayman! — qichqirdi Templ, qisiq ko‘zlari bilan tevarakka alanglab. — Marksning gaplari quruq safsata.
Krenli sekinroq degan ma’noda uning qo‘lidan mahkam siqib ushladi va zo‘rma-zo‘raki jilmayib, bir necha marta takrorladi:
— Sekinroq, sekinroq, sekinroq!
Templ, qo‘lini bo‘shatishga urinib, og‘zidan ko‘pik sachratib qichqirdi:
— Sotsializmga irlandlar asos solishgan, Yevropada fikr erkinligini targ‘ib qilgan birinchi kishi Kollinz edi. Ikki yuz yil oldin midlesseklik bu faylasuf ruhoniylarni fosh etdi. Yashasin Jon Entoni Kollinz!
Orqaroqdagi qatordan ingichka ovoz javob qildi:
— Ura!
Moynixen Stivenning qulog‘iga shipshidi:
— Jon Entonining mushtipar singlisining ahvoli qalay:
Lotti Kollinz lozimasiz,
O‘zingiznikini berib turing.
Stiven kulib yubordi va xursand bo‘lgan Moynixen yana uning qulog‘iga shipshidi:
— Jon Entoni Kollinzga qancha pul tikma, baribir besh shillingdan ortiq yutolmaysan.
— Sizning javobingizni kutayapman, — dedi qisqa qilib Makkenn.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:03:48
— Bu savol meni zig‘ircha qiziqtirmaydi, — dedi horg‘in ohangda Stiven. — Bu sizga ma’lum-ku. Nima masalada bahs qo‘zg‘ab o‘tiribsiz?
— Yaxshi, — dedi Makkenn lablarini chapillatib. — Xo‘sh, demak, siz reaktsionersiz, shundaymi?
— Qo‘lingizdagi yog‘och qilichni sermaganingiz menga ta’sir qiladi, deb o‘ylayapsiz shekilli? — so‘radi Stiven.
— Yana metaforalar! — keskin ohangda dedi Makkenn. — Keling, ishdan gaplashaylik.
Stiven jahli chiqib, teskari burildi. Biroq Makkenn yalinmadi.
— O‘rtamiyon shoirlar, aytish mumkinki, o‘zlarini umumjahon tinchligi muammosiday mayda masalalardan yuqori olishadi.
Krenli boshini ko‘tardi va tinchlik sulhiga chorlaganday qo‘lidagi koptokni ikki talabaning o‘rtasida tutib, dedi:
— Pax super totum sanguinarium giobum*12.
Yonidagilarni chetga surib, Stiven qahr bilan rus podshosining surati turgan tarafga yelkasi bilan ishora qilib, dedi:
— O‘zingizning ikonangizdan ajralmang. Agar sizga Iso shunchalik zarur ekan, mayli bu siz uchun qonuniy Iso bo‘la qolsin.
— Mana bu zo‘r gap bo‘ldi, — deb yubordi lo‘libashara talaba atrofdagilarga bir-bir qarab. — Zo‘r gap. Menga judayam yoqdi sizning gapingiz.
U so‘lagini, xuddi gapni yutganday, yutib yubordi, keyin shapkasini peshayvonidan ushlab, Stivenga murojaat qildi:
— Kechirasiz, ser, bu bilan siz nima demoqchi edingiz?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:04:04
Yonida turgan talabalar turtayotganini sezib, u o‘girildi va davom etdi:
— Mening bilgim kelayapti, bu gap bilan u nima demoqchi o‘zi?
Keyin u yana Stivenga o‘girildi va shivirlab dedi:
— Siz Isoga ishonasizmi? Men insonga ishonaman. Men, albatta, bilmayman, siz odamga ishonasizmi, yo‘qmi. Ser, sizga hurmatim oshdi. Men inson aqliga ishonaman, u bilan g‘ururlanaman, uning qaysi dindaligi men uchun baribir. Ayting-chi, siz Isoning aqli haqida ham shunday fikrdamisiz?
— Jo‘na, jo‘na, Templ! — dedi qizil yuzli barvasta talaba. — Haqingni mendan olasan hali.
— U meni ahmoq deb o‘ylaydi, — tushuntira boshladi Templ Stivenga, — chunki men inson aqlining qudratiga ishonaman.
Krenli Stivenning va uning muxlisining qo‘ltig‘idan olib, dedi:
— Nos ad manum ballum jocabimis*13.
Zaldan chiqayotib Stiven Makkenning qizarib ketgan beso‘naqay basharasiga ko‘z tashladi.
— Mening imzom hech qanday ahamiyatga ega emas, — dedi u xushmuomalalik bilan. — Siz o‘z tanlagan yo‘lingizdan yurishga haqlisiz, biroq meni o‘zimning yo‘limdan ketishga qo‘ying.
— Dedalus, — dedi Makkenn tovushi titrab. — Mening nazarimda, siz yomon odammassiz, biroq sizga alturizm va shaxsiy mas’uliyat hissi yetishmaydi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:04:37
Kimdir ovozini chiqarib dedi:
— Biroq bizning harakatda intellektual lo‘ttibozlarga joy yo‘q.
Stiven Makalistrning shang‘illagan keskin ovozini tanidi, biroq u turgan tarafga qayrilmadi. Krenli Stiven va Templning qo‘ltig‘idan olib, namoyishkorona, xuddi kichik martabalilar kuzatuvida viqor bilan mehrob tomon odimlayotgan ruhoniyday, talabalar to‘dasini yorib o‘tib borardi.
Templ chaqqon egilib Stivenga dedi:
— Siz eshitdingizmi Makalistrning gapini? Bu bola sizga hasad qilayapti. Sezdingizmi? Garov o‘ynayman, Krenli buni sezmadi, men esa, jin ursin, darrov sezdim.
Ular zalni oralab o‘tayotib, dekanning o‘zini gapga solayotgan talabadan qutulishga harakat qilayotganini ko‘rishdi. Dekan zinapoyaning oldida, bir oyog‘ini quyi zinaga qo‘yib, ayollarga xos saranjomlik bilan ohori ketib qolgan yaktagining etagini yig‘ib, shu orada qoshini qoqib, bir gapni takrorlardi:
— Hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas, mister Xekket! Ha, ha, hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas.
Zalning o‘rtasida iezuitlar birodarligining ma’muriy boshlig‘i allaqanday talaba bilan norozi ohangda sekin suhbatlashib turardi. U gapira turib sepkilli manglayini tirishtirar va gap orasida suyakdan ishlangan ingichka qalamni tishlab qo‘yardi.
— Men birinchi kurslar hammasi borsa kerak, deb o‘ylayman. Ikkinchi kursga ham ishonsa bo‘ladi. Uchinchiga ham. Yangilarini bilmadim.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:04:48
Eshikning oldida Templ yana Stivenga egildi va shoshilib pichirladi:
— Uning uylanganidan xabaringiz bormi? Katoliklikka o‘tishidan oldin u uylangan edi. Allaqaerda xotini, bolalari bor. Jin ursin, g‘alati taqdir. To‘g‘rimi?
Uning pichir-pichiri ayyorona qiqqillagan kulgiga aylandi. Eshikdan chiqishgan zahoti Krenli uning yoqasidan mahkam tutamlab oldi va silkilab dedi:
— Miyasiz, befarosat, yaramas ahmoq! Ajal bilan yuzma-yuz kelganimda ham, bu ahmoqona dunyoda sendan o‘tadigan yaramas maymun yo‘qligiga qasam ichaman, agar!
Templ yulqinib, ayyorona qiqqillashini davom ettirdi, Krenli esa har yulqiganda takrorladi:
— Miyasiz, befarosat, yaramas, ahmoq!..
Ular qarovsiz qolgan bog‘dan o‘tishdi; yo‘laklardan birida og‘ir keng plashga o‘ranib, ro‘paralaridan duo o‘qib kelayotgan rektorni ko‘rishdi. Yo‘lakning tugagan joyida, muyulishdan berida u to‘xtadi va boshini ko‘tardi. Talabalar unga ta’zim qilishdi. Templ, odatdagiday, shapkasining peshayvoniga qo‘lini tekizdi. Keyin jim yurib ketishdi. Ular maydonchaga yaqinlashganda Stiven o‘yinchilarning zarbalaridan taralayotgan bo‘g‘iq tovushni, ho‘l koptokning tapillagani va Deyvinning har zarbadan so‘ng hayajonlanib qichqirganini eshitdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:05:08
Ular uchchalasi ham o‘yinni kuzatib turgan Deyvin o‘tirgan qutining oldida to‘xtashdi. Bir necha soniyadan so‘ng Templ yonboshi bilan Stivenga yaqinlashib dedi:
— Kechirasan, men sendan so‘ramoqchi edim, sen nima deysan, Jan-Jak Russo samimiy kishi bo‘lganmi?
Stiven beixtiyor xoxolab kuldi. Krenli maysaning ustida yotgan yog‘och bochkaning siniq bo‘lagini qo‘liga oldi-da, tez o‘girilib, g‘azab bilan dedi:
— Templ, xudo haqqi, yana bir og‘iz gapirsang, men seni tinchitaman super spottum1.
— Ehtimol, — dedi Stiven. — U ham senday ehtirosli odam bo‘lgan.
— E, balo bo‘lmaydimi! — keskin javob qildi Krenli. — Shu bilan endi adi-badi aytishamanmi. Bu nima-yu, mundi nima! Qani, tuyog‘ingni shiqqillat, Templ. Jo‘na bu yerdan! Yo‘qol!
— Tupurdim senga, Krenli, — javob qildi Templ, baland ko‘tarilgan yog‘ochdan o‘zini chetga olib qocharkan, Stivenga ishora qildi. — Mana, bu dargohda yakka-yu yagona o‘zining fikrlash tarziga ega odam.
— Dargoh! O‘ziga xos! — ta’kidladi Krenli. — Yo‘qol bu yerdan, jin ursin seni. G‘irt jinnining o‘zi!
— Men ehtirosli odamman, — dedi Templ. — Bu juda to‘g‘ri gap. Va men bundan faxrlanaman, his-hayajonlar bilan yashashimdan g‘ururlanaman.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:05:31
U yonboshi bilan yurib uzoqlashdi, maydonchadan qadam tashlab ketayotib mug‘ombirona kuldi. Krenli uning izidan qotib qarab qoldi.
— Ko‘rdingizmi, — dedi u, — siz bunaqa muttahamni hech uchratganmisiz?
Uning gapiga shapkasini ko‘ziga tushirib olib, devorga suyanib turgan talaba g‘alati xoxolab kuldi. Katta gavdadan chiqqan bu kulgi xuddi filning ingichka, chiyildoq tovushiga o‘xshab eshitildi. Talabaning badani selkillar, huzur qilganidan u qo‘llarini butiga ishqalardi.
— Linch uyg‘ondi, — dedi Krenli.
Bu gapga javoban Linch qaddini rostladi va ko‘kragini kerdi.
— Linchning ko‘kragini kergani — hayotga tanqidiy munosabatining belgisi, — dedi Stiven.
Linch ko‘kragiga gursillatib urdi va dedi:
— Mening qomatimga kimning e’tirozi bor?
Krenli uni gapidan tutdi va ular aytishib qoldi. Har ikkalasi hayajondan qizarib-bo‘zarishgandan keyin, chuqur-chuqur nafas olishib ajralishdi. Stiven o‘yinni berilib tomosha qilayotgan, tevaragidagi gap-so‘zlarga e’tiborsiz Deyvinga egildi.
— Xo‘sh, mening erkak g‘ozcham qalay? — so‘radi Stiven. — Qo‘l qo‘ydimi?
Deyvin boshini irg‘adi va dedi:
— Sen-chi, Stiven?
Stiven yo‘q degan ma’noda boshini sermadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:05:59
— Dahshatli odamsan sen, Stiven, — dedi Deyvin og‘zidan trubkani olarkan, — doim yakkasan.
— Endi, umumjahon tinchligi murojaatnomasiga imzo chekkaningdan keyin, — dedi Stiven, — men qo‘lingda ko‘rgan o‘sha kichkina daftarchani yoqib tashlasang kerak, deb o‘ylayman.
Deyvindan sado chiqmagach, Stiven daftarchadagi gaplardan parcha keltira boshladi:
— Fianna oldga yur! Fianna o‘ngga burilib, oldga yur! Fianna, salom qil, raqaming bilan sana, bir, ikki!
— U boshqa masala, — dedi Deyvin. — Birinchidan, men irland millatchisiman. Sen esa hammasidan chetda yurasan. Sen, Stiven, maynavozchi bo‘lib tug‘ilgansan.
— Sizlar chavgonlaring bilan qurollanib, navbatdagi isyonlaringni boshlaganlaringda, — dedi Stiven, — sizlarga xabarkash kerak bo‘ladi, menga aytsang, men senga kollejdan ulardan bir juftini topib beraman.
— Seni hech tushunolmayman, — dedi Deyvin. — Bir qarasang ingliz adabiyotini tuproqqa qorib tashlaysan, bir qarasa irland xabarkashlarini. Isming ham allaqanday... va mulohazalaring ham. Irlandmisan o‘zi sen?
— Yur men bilan arxivga, men senga oilamning nasl-nasabini ko‘rsataman, — dedi Stiven.
— Unda biz bilan birga bo‘l-da, — dedi Deyvin. — Nega sen irland tilini o‘rganmaysan? Nega birinchi mashg‘ulotdan keyinoq ligadan chiqding?
— Bitta sabab senga ma’lum, — dedi Stiven.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:06:16
Deyvin boshini sermab kuldi.
— Qo‘ysang-chi, — dedi u. — O‘sha yosh qizaloq va hazrat Moren uchunmi? Bularni sen o‘zing o‘ylab topgansan, Stivi. Ular shunchaki gapirishgan, kulishgan, xolos.
Stiven churq etmadi va qo‘lini birodarlarcha Deyvinning yelkasiga qo‘ydi.
— O‘sha kunni, biz sen bilan tanishishgan kunni, eslaysanmi, — dedi u, — biz birinchi marta uchrashganimizda sen mendan birinchi kurslar qaerda o‘qiydi, deb so‘raganding va birinchi bo‘g‘inga urg‘u berganding? Eslaysanmi? Sen o‘shanda hamma iezuitlarni hech ikkilanmay "œtaqsir" derding. Ba’zan men: "œU xuddi gapirgan gapiday, lafziday samimiy, makr-hiyladan yiroqmikan?" deb o‘ylanib qolaman.
— Men oddiy odamman, — dedi Deyvin. — Buni sen bilasan. Sen menga o‘sha Xarkort-stritdagi oqshomda o‘z hayoting haqida gapirib berganingdan so‘ng, gapning ochig‘i, Stivi, men keyin ovqat yeyolmadim. Kasal bo‘lib qoldim. O‘sha oqshom uxlay olmay chiqdim. Nega sen buni menga aytding?
— Rahmat senga, — dedi Stiven. — Sen menga yovuz odamsan, deb shama qilayapsan.
— Yo‘q, — dedi Deyvin. — Buni gapirmasliging kerak edi.
Sirtdan do‘stona muomalani saqlab turgani bilan Stivenning ichi qaynab-toshib kelardi.
— Meni shu xalq, shu mamlakat va shu hayot paydo qilgan, — dedi u. — Borim shu va shundayligimcha qolaman.
— Bizga qo‘shilishga urinib ko‘r, — takrorladi Deyvin. — Ruhan sen irlandsan, biroq g‘urur senga yo‘l bermayapti.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:06:35
— Mening ota-bobolarim o‘z tilidan voz kechishgan va boshqa tilni qabul qilishgan, — dedi Stiven. — Ular bir to‘da kelgindilarga o‘zlarini ezishga qo‘yib berishgan. Xo‘sh, menga ularning xatosi uchun shaxsiy hayotim va budu-shudimni qurbon qilishni buyurasanmi? Nimaning evaziga?
— Bizning ozodligimiz uchun, — dedi Deyvin.
— Ton yashagan zamondan to Parnell zamonigacha, — dedi Stiven, — sizlar uchun o‘z hayotini, yoshligini va mehr-muhabbatini bag‘ishlagan birorta halol, samimiy inson yo‘qki, sizlar sotmagan bo‘lsanglar, azobga duchor etmagan, boshidan mag‘zava to‘kmagan bo‘lsanglar, xiyonat qilmagan bo‘lsanglar. Endi sen menga o‘zlaring bilan birga bo‘lishni taklif qilayapsanmi! La’nat sizlarga!
— Ular o‘z ideallari uchun qurbon bo‘lishdi, Stivi, — dedi Deyvin. — Biroq bizning ko‘chada ham bayram bo‘ladi, menga ishon.
O‘z xayollariga berilib ketgan Stiven bir daqiqa jim qoldi.
— Ruh, — dedi u xayolchan, — ayni shu, men senga aytgan daqiqalarda tug‘iladi. Bu sekin, sirli tug‘ilish, vujudning tug‘ilishidan ko‘ra sirliroq. Bu mamlakatda inson ruhiga tug‘ilayotgandayoq, parvoz qilmasligi uchun, to‘r tashlanadi. Sen menga milliylik, din, til haqida gapirasan. Men bunday to‘rlardan qochishga harakat qilaman.
Deyvin trubkasining kulini qoqib tushirdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:06:59
— Bu gaplardan men hech qanday ma’no uqmayapman, Stivi, — dedi u. — Biroq birinchi galda vatan. Irlandiya birinchi galda, Stivi. Shoir bo‘lasanmi, mutasavvirmi, bu keyingi masala.
— Bilasanmi, Irlandiya nima? — so‘radi Stiven sovuq qahr bilan, — Irlandiya — bu o‘z bolalarini yeydigan qari cho‘chqa.
Deyvin o‘rnidan turdi va boshini g‘amgin sermab, o‘ynayotganlar tomon yurdi. Biroq sanoqli daqiqalar ichida g‘amgin kayfiyat uni tark etdi, u endi Krenli va ikki o‘yinchi bilan hozirgina tugagan o‘yinni qizg‘in muhokama qilayotir. Ular kechqurun bir qur o‘ynashga kelishib olishdi, biroq Krenli mening koptogim bilan o‘ynaysizlar, deb turib oldi. U koptogini yerga ikki-uch marta urib, keyin jahd bilan maydonchaning uzoq etagiga qaratib uloqtirdi-da, qichqirdi:
— Qorangni ko‘rmay seni!..
Stiven o‘yinda hisob orta boshlaguncha, Linchning yonida turdi. Keyin Linchning yengidan tortib, uni o‘ziga qaratdi. Linch unga bo‘ysundi va g‘ashiga tegib dedi:
— Krenli aytmoqchi, uzdikmi?
Stiven bu qochiriqqa kulimsiradi.
Ular bog‘ orqali qaytishdi va munkillagan qari qorovul taxtaga allaqanday e’lonni qaltirab qadayotgan zal bo‘ylab o‘tishdi. Zinapoya oldida ikkalasi ham to‘xtadi va Stiven, cho‘ntagidan sigaret qutisini chiqarib, hamrohiga chekishni taklif qildi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:07:21
— Bilaman, bir miriyam yo‘q senda, — dedi u.
— Eh senimi, sulloh shumqiliq! — javob qildi Linch.
Linchning so‘zga chechanligi ikkinchi bor asoslangani Stivenning kulgisini qistadi.
— "œShumqiliq" so‘zi sening suyukli so‘kishingga aylangan kun, — dedi u , — Yevropa madaniyati uchun bayram sanaladi.
Ular chekishdi va o‘ng tarafga yurishdi. Biroz sukut saqlab, Stiven dedi:
— Aristotel rahm-shafqat va qo‘rquvga ta’rif bermaydi. Men esa beraman. Mening nazarimda...
Linch to‘xtadi va bepisandlik bilan uning gapini bo‘ldi:
— Bas! Eshitishni xohlamayman. Ko‘nglim ayniydi. Kecha kechqurun bizlar Xoren va Goggins bilan o‘lguday ichdik.
Stiven gapida davom etdi.
— Rahm-shafqat — bu shunday tuyg‘uki, u inson musibatlaridagi jamiki muhim va muntazam jihatlar oldida fikrni to‘xtatib qo‘yadi va bizni izillab turgan fojialarga bog‘laydi. Qo‘rquv tuyg‘usi inson musibatlaridagi jamiki muhim va muntazam jihatlar oldida fikrni to‘xtatib qo‘yadi va bizni ularning yashirin sabablarini izlashga majbur etadi.
— Takrorla-chi, — dedi Linch.
Stiven ta’rifni sekin takrorladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:07:50
— Yaqinda Londonda, — davom etdi u, — bir qizaloq izvoshga o‘tiradi. U uzoq vaqtlar ko‘rmagan onasini kutib olishga borayotgan edi. Qaysidir ko‘chaning muyulishida aravaning shotisi chiqib ketib, izvoshning derazasini chilparchin qiladi, xuddi ignaday uzunchoq shisha siniqlari qizning yuragiga sanchiladi. Qiz shu zahotiyoq jon taslim qiladi. Muxbir buni fojiali o‘lim, deb ataydi. Bu to‘g‘rimas. Bu rahm-shafqat va qo‘rquv haqidagi mening tushunchamga to‘g‘ri kelmaydi.
Fojia tuyg‘usi, mohiyatan, har ikki tomonga, qo‘rquvga va rahm-shafqatga yuzlangan bir kishining diqqat-e’tibori, ularning har qaysisi — uning ayni damdagi holati. E’tibor qildingmi, men to‘xtatib qo‘yadi degan iborani ishlatdim. Bu bilan men fojia tuyg‘usining turg‘unligini, harakatsizligini ta’kidlayapman. Aniqrog‘i, dramatik tuyg‘uning. Soxta, haqiqiy bo‘lmagan san’at paydo qiladigan tuyg‘ular — bu mayl, intilish va nafratlanish, hazar qilish. Mayl-rag‘bat bizni yaqinlashishga, qo‘lga kiritishga chorlaydi. Nafrat-hazar tuyg‘usi tark etish, inkor qilishga undaydi. Bunday tuyg‘ularni uyg‘otadigan san’at — pornografiya va didaktika — haqiqiy bo‘lmagan, soxta san’atlar. Shu bois, bu holatda estetik tuyg‘u harakatsiz, turg‘un holatda bo‘ladi. Fikr to‘xtab qoladi va mayl hamda nafrat tevaragida aylanadi, xolos.
— Sen aytmoqchisanki, san’at mayl-rag‘batni uyg‘otmasligi kerak, demoqchisan, — dedi Linch. — Esimda, men bir kuni senga muzeyda qalam bilan Veneraning dumbasiga ismimni yozganimni aytgan edim. Bu maylga kiradimi?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:08:13
— Men odatdagi, tabiiy naturani nazarda tutayapman, — dedi Stiven. — Sen menga yana o‘zingning g‘aroyib karmelitlar maktabingda qanday qilib sigir tezagini yeganingni gapirib berganding.
Linch tag‘in otga o‘xshab pishqirdi.
— Ha, shunday ish bo‘lgandi! — xitob qildi u.
Stiven hamrohi tomon burildi va bir soniya uning ko‘zlariga tik qaradi. Linch kulishdan to‘xtadi va kamsitilganday mulzam bo‘lib, uning ko‘ziga qaradi. Uzun peshayvonli shapka tagidagi cho‘zinchoq, ensiz, pachoq boshi allaqanday o‘rmalab yuruvchi jonivorni eslatardi. Xira yiltillab turgan ko‘zlari va ruhsiz, o‘lik nazari ham ilonning qarashini yodga solardi. Biroq ayni daqiqadagi uning kamsitilgan, bezovta qarashida odamga xos bir ma’no — ezgin, baxtsiz, azob chekkan va darg‘azab qalbning behalovatligi aks etib turgandi.
— Xo‘sh, nima bo‘pti, — dedi shunchaki xushmuomala ohangda Stiven, — biz hammamiz jonivorlarmiz. Men ham.
— Ha, sen ham, — dedi Linch.
— Biroq biz hozir ruhiy olamda mavjudmiz, — davom etdi Stiven. — Haqqoniy bo‘lmagan estetik vositalar ta’sirida uyg‘ongan mayl va nafratni faqat ularning tabiatan haqqoniy emasligi uchun estetik tuyg‘umas, deyish kamlik qiladi. Chunki ular atigi jismoniy sezgilarga aloqador, xolos. Qo‘rquvni sezganda vujudimiz kichrayadi va asab sistemasiga beixtiyor ta’sir qilgan narsaga javob qaytaradi. Qovog‘imiz, hali anglab, payqab ulgurmasidan burun, ko‘zimizga pashsha urilayotganini sezganday, oldindan beixtiyor yumiladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:08:50
— Har doim ham emas, — kinoya qildi Linch.
— Shunday qilib, — davom etdi Stiven. — Sening tanang senga yalang‘och haykal ko‘rsatgan ta’sirga javob qaytargan, biroq bu, takror aytaman, asab sistemasining g‘ayriixtiyoriy reaktsiyasi. Musavvir tomonidan aks ettirilgan go‘zallik esa bizda, jismoniy sezgi deb atash mumkin bo‘lgan, yuzki ehtiros va hissiyotlarni paydo qila olmaydi. U estetik stasisni, ya’ni ideal mehr-shafqatni yoki ideal qo‘rquvni — yuksak darajada yuzaga keladigan, davom etadigan va nihoyat, men go‘zallik ritmi, deb ataydigan tuyg‘uga aylanadigan taassurotni uyg‘otadi yoki uyg‘otishi lozim, paydo qiladi yoki paydo qilishi kerak.
— Buni endi qanday tushunsa bo‘ladi? — so‘radi Linch.
— Ritm, — dedi Stiven, — bu har qanday estetik butunlikda qismlarning o‘zaro ilk yuzaki estetik aloqalari yoki estetik butunlikning uning qism yo qismlariga yoxud estetik butunlikdagi har qanday qismning butunlikka yalpi munosabati.
— Agar bu aytganlaring ritm bo‘lsa, — dedi Linch, — unda marhamat qilib ayt-chi, sen nimani go‘zallik deb ataysan? Yana, iltimos, unutmaginki, men faqat go‘zallik oldida ta’zim qilaman.
Xuddi birovga salom berayotganday, Stiven shapkasini ko‘tarib qo‘ydi. Keyin, biroz qizarinqirab, Linchning kamzulining yengidan ushladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:09:07
— Biz haqmiz, — dedi u, — boshqalar esa adashadilar. Bu narsalar haqida gapirish, ularning siru sinoatini bilishga urinish va sirini anglab-bilib, sekin-asta, qat’iyat va izchillik bilan ta’riflash, tavsiflash, zamindagi oddiy narsa-hodisalardan: tovush, shakl yoki ranglarni his etishdan uyg‘ongan tuyg‘ularga, qalbimizning bu zimiston qa’rlariga nazar tashlash — biz ilg‘agan go‘zallik timsollari — san’at deganlari aslida mana shu.
Ular kanal ustidagi ko‘prikka yaqinlashishdi va yo‘ldan burilib, daraxtlar tagidan yurib ketishdi. Ko‘lmak suvda aks etgan kir-kulrang shu’la va tepalaridagi nam shox-shabbalarning hidi — barchasi Stivenning fikrlash tarziga zidday tuyulardi.
— Biroq sen mening savolimga javob bermading, — dedi Linch, — san’at nima o‘zi? U ifodalagan go‘zallik nima?
— Buni men senga, badbaxt, qovoqkalla hayvonga aytgan birinchi ta’rifimdayoq bayon qilgan edim, — dedi Stiven, — o‘shanda men bu savolning javobini endi ichimda pishitib olayotgan edim. O‘sha oqshom esingdami? Krenlining achchig‘i chiqqan va uiklou cho‘chqasining go‘shti haqida gapira boshlagan edi o‘shanda.
— Esimda, — dedi Linch. — Esimda, uning o‘sha la’nati semiz cho‘chqalar haqida gapirgani.
— San’at, — dedi Stiven, — bu insonning predmetni estetik butunlikda aqlga muvofiq yoki sezgi-idroki orqali qabul qilish qobiliyati. Cho‘chqalar haqida eslaysan-u, bu gaplarni esa esingdan chiqaribsan-da. Sen bilan Krenliga o‘zi ishonib bo‘lmaydi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:09:30
Linch bulutli kulrang osmonga qarab, aftini burishtirdi.
— Modomiki, men sening estetik falsafangni tinglashga mahkum ekanman, unda hech bo‘lmasa, menga yana bitta sigareta ber. Bu gaplar meni umuman qiziqtirmaydi. Hatto ayollar ham meni qiziqtirmaydi. Jin ursin, sizlarni! Boshimga uramanmi bu gaplarni! Menga bir yilda besh yuz funt to‘laydigan ish kerak. Menga shunday ishdan gapir, mard bo‘lsang.
Stiven unga sigaret qutisini uzatdi. Linch qutidagi oxirgi sigaretani olib, dedi:
— Davom et.
— Foma Akvinskiy aytadi,— dedi Stiven, — bizning idrokimizga xush yoqqan narsa go‘zaldir.
Linch boshini irg‘adi.
— Esimda, — dedi u. — Pulcra sunt guae visa placent.
— U visa so‘zini ishlatadi, — davom etdi Stiven, — bu bilan har qanday estetik idroklashni: ko‘rish, eshitish yoki idroklashning boshqa turlarini nazarda tutadi. Bu so‘z, mujmal bo‘lishiga qaramay, baribir bizda mayl va nafrat hissini uyg‘otadigan yaxshi yoki yomon tushunchani istisno qilish uchun yetarli darajada aniq. Shubhasiz, bu so‘z stasisni nazarda tutadi. Xo‘sh, haqiqat nima? Haqiqat ham ongning stasisini uyg‘otadi. Sen hech qachon to‘g‘riburchakli uchburchak gipotenuzasiga ismingni qalam bilan yozib qo‘ymasding.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:10:10
— Hecham, — dedi Linch, — menga Veneraning gipotenuzasini ko‘rsat, yozaman.
— Demak, bundan chiqdiki, haqiqat muvozanatda, turg‘un. Nazarimda, Platon aytgan, go‘zallik — haqiqat yog‘dusi, deb. Fikrimcha, bu ta’rif haqiqat va go‘zallik bir-biriga aynan o‘xshash, degan ma’nodan boshqa ma’noni bermaydi. Haqiqat aql bilan anglanadi, go‘zallik tasavvur orqali qabul qilinadi. Haqiqatga tomon tashlangan birinchi qadam — aqlning chegaralarini va imkoniyatlarini anglashdan, tushunishga harakatning o‘zini tushunib olishdan iborat. Aristotelning butun falsafiy sistemasi uning psixologiyaga bag‘ishlangan asarlari zamirida yotadi, bu asarlar o‘z navbatida uning ayni bir atribut bir paytning o‘zida va bir xil munosabat bilan ayni bir sub’ektga tegishli bo‘lishi va tegishli bo‘lmasligi mumkin, degan fikriga tayanadi. Go‘zallikka tomon tashlangan birinchi qadam — tasavvurning chegaralarini va imkoniyatlarini anglab olmoq, estetik idroklashga harakatning o‘zini tushunishdan iborat. Tushunarlimi?
— Biroq go‘zallik o‘zi nima? — betoqat bo‘lib so‘radi Linch. — Biror boshqa aniqroq ta’rifini ayt-chi. Qaraganingda ko‘zing quvonadigan narsami u? Nahotki, Foma Akvinskiy bilan ikkalangning bor bilganlaring shular bo‘lsa?
— Masalan, ayolni olaylik, — dedi Stiven.
— Xo‘p, olaylik, — dedi qizishib Linch.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:10:35
— Yunonlar, turklar, xitoyliklar, koptlar, gottentotlar — ularning har qaysisida ayolning go‘zalligi haqida o‘zining ideali bor, — dedi Stiven. — Bu shunaqa chalkash masalaki, boshi-ketini topolmaysan. Biroq men unda ikki xil yechimni ko‘raman. Birinchi taxminga ko‘ra, ayollarning erkaklarda rag‘bat uyg‘otadigan har qanday jismoniy latofati erning naslini davom ettirishi bilan bog‘liq, deb qaraladi. Balki haqiqatan shundaydir. Hayot, sen tasavvur qilganingdan ko‘ra, zerikarliroq, Linch. Biroq bunday xulosa mening ko‘nglimga o‘tirmaydi. Chunki u estetikadan ko‘ra, ko‘proq yevgenikaga taalluqli. Bu xulosa seni chalkash yo‘llardan yangigina, didsizlik bilan bo‘yab-bejalgan auditoriyaga olib boradi va u yerda o‘zing bilgan Makkenn bir qo‘lida "œTurlarning kelib chiqishi"ni, boshqasida Yangi Ahdni ushlagancha, senga o‘zing bilgan — Veneraning bo‘liq sonlarini yoqtirishingni, u senga sog‘lom bolalar tug‘ib berishini, sening va o‘zining bolalarini to‘yimli sut bilan boqishini — o‘zing bilgan narsalarni tushuntiradi.
— Bu Makkenn uchiga chiqqan badbo‘y shumqiliq! — dedi azbaroyi ishonch bilan Linch.
— Yana boshqa bir yechim ham bor, — dedi kulib Stiven.
— Xo‘sh, qanaqa? — so‘radi Linch.
— Yana bir taxmin... — deb boshladi Stiven.
Ser Patrik Dan kasalxonasining muyulishidan temir-tersak ortilgan uzun arava chiqib keldi, uning shovqin-suroni Stivenning gapini oxirigacha eshittirmay qo‘ydi. Linch quloqlarini bekitdi va arava o‘tib ketguncha ijirg‘anib so‘kinib turdi. Keyin keskin ortga burildi. Stiven ham burildi va hamrohining jazavasi bosilishini kutib, bir necha soniya jim turgach, dedi:
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:11:03
— Bu taxmin oldingisining aksini taklif etadi. Garchi ayni bir ob’ekt hamma uchun birday go‘zal bo‘lib tuyulmasa-da, biroq unga oshufta bo‘lgan har qaysi odam bu ob’ektdan muayyan estetik tasavvurning u yoki bu darajasiga mos, o‘ziga ma’qul mutanosiblikni ko‘radi. Shunday qilib, tuyg‘u bilan anglanadigan, senga bir shaklda, menga boshqa bir shaklda ko‘rinadigan bu uyg‘unlik go‘zallikning muhim sifati sanaladi. Shu o‘rinda biz yana keksa birodarimiz Fomaga murojaat qilishimiz va undan to‘rt pullik hikmat qarz olib turishimiz mumkin.
Linch xoxolab kuldi.
— Juda qiziq, — dedi u, — har qadamda sen uni eslayverasan, xuddi xushchaqchaq meshqorin rohibday. Gaplaring jiddiymi o‘zi?
— Makalistr, — javob qildi Stiven, — mening estetik nazariyamni Foma Akvinskiy nazariyasiga amaliy qo‘llanma, deb atagan bo‘lardi. Filosofiyada estetikaga doir neki bo‘lsa, bu masalada men Akvinskiyga ergashaman. Biroq biz badiiy g‘oya fenomeniga yondashganimizda, badiiy g‘oya qanday olib kirilishi va singdirilishiga kelganimizda menga yangi terminologiya va yangi shaxsiy tajriba zarur bo‘ladi.
— Albatta, — dedi Linch, — axir, Akvinskiy o‘zining aqlliligiga qaramay, bir dilkash meshqorin rohib bo‘lgan, xolos. Biroq yangi shaxsiy tajriba va yangi texnologiya haqida sen menga boshqa safar aytarsan. Hozir birinchi qismini muxtasar qila qol.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:11:23
— Kim biladi, — dedi Stiven kulimsirab, — ehtimol, Akvinskiy meni sendan ko‘ra yaxshiroq tushunarmidi. U shoir edi. Otashin payshanbada aytiladigan madhiyani u yozgan. Madhiya: Pange, lingua, gloriosi*14 co‘zlari bilan boshlanadi va uni bejiz shirinsuxanlarning eng yaxshisi, deb hisoblashmagan. Bu murakkab, chuqur taskin beradigan madhiya. Men uni yaxshi ko‘raman. Biroq hech bir madhiya Venantsiy Fortunatning xochli namoyishda kuylanadigan tantanavor Vexilla Regis*15 qasidasiga tenglasholmaydi.
Linch sokin, tantanavor ohangda, do‘rillagan ovoz bilan xirgoyi qila boshladi:

Impleta sunt guae coneinit
David fideli carmine
Dicendo nationibus
Regnavit a ligno Deus*16.


— Zo‘r, — zavq bilan yakunladi u. — Mana bu muzika!
Ular Quyi Maunt-stritga burilishdi. Muyulishdan bir necha qadam o‘tishganda, ipak sharf boylagan semiz yosh yigit ular bilan salomlashdi.
— Imtihonlarning natijalari haqida eshit-dinglarmi? — deb so‘radi u. — Griffin yiqildi, Xelpin bilan O’Flinn ma’muriy fuqarolik ishlari bo‘limi bo‘yicha o‘tishdi. Munen hind ma’muriy ishlar bo‘yicha beshinchi bo‘lib o‘tdi. O’Shonnessi o‘nto‘rtinchi bo‘lib o‘tdi. Klarkning qo‘lida ishlaydigan irlandlar ularga ziyofat uyushtirishdi, hammasi kerri yeyishdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:11:37
Uning qonsiz, so‘ljaygan yuzidan muloyim ichiqoralik aks etib turar, yog‘ bosgan kichkina ko‘zlari xabarlarni yetkazishiga mos tarzda qisilib, butunlay ko‘rinmay qolar, chiyillagan tovushi zo‘rg‘a eshitilardi.
Stivenning savoliga javob qaytarayotib uning ko‘zchalari kosasidan chiqquday bo‘lar edi.
— Ha, Makkalli bilan men, — dedi u. —Makkalli nazariy matematikani tanladi, men — tabiiy tarixni. U yerda programmada yigirmata fan bor. Men yana botanikani tanladim. O‘zlaringga ma’lum-ku — men endi dala klubining a’zosiman.
U sollanib bir qadam ortga tisarildi, jun qo‘lqopdagi semiz qo‘llarini ko‘ksiga qo‘ydi, bu joydan chiyillaganga o‘xshash hirqiroq kulgi tovushi chiqdi.
— Keyingi safar, dalaga chiqqaningda, bizlarga sholg‘om bilan piyoz olib kel, — dedi tundlik bilan Stiven, — dimlab go‘sht pishiramiz.
Baqaloq talaba takabburlik bilan kulib yubordi va dedi:
— Bizning dala klubimiz jamoasiga hurmatli insonlar yig‘ilgan. O‘tgan shanba kuni hammamiz birvarakayiga Glenmalyur ga bordik.
—Ayollar bilanmi, Donoven? — so‘radi Linch.
Donoven yana qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, dedi:
— Bizning maqsadimiz — bilim olish.
Shunday deb u darhol qo‘shib qo‘ydi:
—Mening eshitishimcha, sen estetika bo‘yicha ma’ruza yozayotganmishsan?
Stiven noaniq, yoqtirmagan ishora bilan javob qildi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:11:50
— Gyote va Lessing bu mavzuda ko‘p yozishgan, — dedi Donoven. — Klassik maktab, romantika maktabi va hokazolar. "œLaokoon" meni juda qiziqtirib qo‘ydi. Albatta, bu asar idealizm mafkurasi bilan sug‘orilgan, sof nemischa va judayam chuqurс•
Hech kim gap qo‘shmadi. Donoven ular bilan muloyim xayrlashdi.
—Xo‘p menga ruxsat, — dedi u mayin va dilkash ohangda. —Men judayam, hatto aytish mumkin bo‘lsa, ishonchga yaqin darajadagi xavotirdamanki, singilchalar bugun Donovenlarning tushligiga quymoq tayyorlashayotgan bo‘lishsa kerak.
—Xayr, — dedi Stiven uning ortidan, — sholg‘om bilan piyozni yodingdan chiqarma.
Linch uning ortidan qarab, nafrat bilan lablarini burishtirdi, basharasi iblis niqobiga o‘xshab ketdi.
— O‘ylaysanmi, bu shumqiliq, quymoqxo‘r muttaham yog‘li joyga joylashib olishi hech gap emas, — dedi u nihoyat, — men esa xashaki tamakini tutatib yuraverishim kerak.
Ular Merrion-skverga burilishdi va biroz jim ketishdi.
— Go‘zallik haqida aytganlarimni yakunlay, — davom etdi Stiven. — Tuyg‘u bilan erishiladigan nisbatan rohatbaxsh uyg‘unlik, shu tariqa badiiy idroklashning muhim bosqichlariga mos kelishi lozim. Ularni topa bilsang, mutlaq go‘zallik xossasini topasan. "œAd pulcritudinem tria reguiruntur integritas, consonantia claritas", deydi Foma Akvinskiy. Men buni shunday tarjima qilaman: "œGo‘zallikning uchta sharti bor: butunlik, garmoniya, nur". Xo‘sh, bu idroklashning bosqichlariga mos keladimi? Senga tushunarlimi?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:12:25
— Albatta, — dedi Linch. — Agar sen mening yelkamdagi kallani qovoq deb o‘ylayotgan bo‘lsang, yugur, Donovenni to‘xtatib, gaplaringni tinglashini undan iltimos qil.
Stiven go‘sht do‘konining sotuvchisi boshiga kiyib olgan savatchaga ishora qildi:
— Mana bu savatchaga qara, — dedi u.
— Xo‘sh, ko‘ryapman, — javob qildi Linch.
— Bu savatchani ko‘rish uchun, — dedi Stiven, — sening onging, avvalo, uni tevarakdagi olamdan ajratib oladi, tevarak olam savatcha emas. Idroklashning birinchi bosqichi — bu idroklanayotgan ob’ekt bilan chegaralanadigan marra, chiziq. Estetik obraz bizga makon yoki vaqt doirasida namoyon bo‘ladi. Quloq orqali idroklanadigan narsa vaqt doirasida, ko‘z orqali idroklanadigani — makonda namoyon bo‘ladi. Biroq vaqtdami yoki makondami — estetik obraz, avvalo, makon va zamonning bepoyon fonida o‘zicha cheklangan yoki o‘zicha mustaqil ob’ekt sifatida idroklanadi. Sen uni alohida bir narsa sifatida qabul qilasan. Bir butun narsa sifatida ko‘rasan. Uni yaxlitlik tarzida idrok etasan. U ayni integritazning o‘zi.
— Nishonga aniq tegdi, — dedi Linch. — Qani, davom et.
— Keyin, — davom etdi Stiven, — sen bir nuqtadan boshqasiga o‘tib, shaklning sirtiga ko‘z yugurtirasan va narsani, uni ichidan tashkil etgan, qismlari muvozanatida anglaysan. Sen uning qurilishi ritmini his etasan. Boshqacha aytganda, bevosita idroklash sintezidan keyin fahmlash analizi keladi. Dastlab bu allaqanday butunlik ekanini idroklagan bo‘lsang, endi sen uni bir narsa deb his etasan. Sen uni muvofiq, uyg‘un yaxlitlik, murakkab, bo‘linuvchi, qismlardan tashkil topgan, shu qismlarning natijasi, ularning majmui deb qabul qilasan. Bu consonanta bo‘ladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:13:04
— Nishonga aniq urding, — dedi kulib Linch. — Endi menga claritas haqida tushuncha ber, sigareta mendan.
— Bu so‘zning ma’nosi unchalik aniq emas, — dedi Stiven. — Foma Akvinskiy ishlatgan termin, meningcha, mavhumroq. Meni u ancha chalg‘itdi. Uning ta’rafidan gap idealizm va simvolizm haqida ketayotgani anglashiladi: uningcha, go‘zallikning oliy mohiyati — allaqanday boshqa olamdan taralayotgan nur, ayni paytda mavjudlik — atigi uning soyasi, materiya — uning timsoli, xolos. U claritas so‘zida hamma narsada zuhur bo‘luvchi ilohiy niyatning, rejaning badiiy inkishofini va mujassamlashuvini nazarda tutgan, demak, claritas — bu estetik obrazga umumiy mohiyat bag‘ishlaydigan va uni ichdan yoritib turadigan umulashtiruvchi kuch, deb o‘yladim. Endi esa buni men shunday tushunaman: sen dastlab savatchani allaqanday yaxlit narsa deb qabul qilding, keyin uni, shakl nuqtai nazaridan kuzatib, bir buyum ekanini anglading — mantiqiy va estetik nuqtai nazardan o‘rinli sintez shunday. Sen ko‘rib turibsan — ko‘z oldingda shu buyum turibdi, boshqa narsa emas. Akvinskiy aytgan nur suxolastikada — guidditas — g‘oyibdan berilgan xabar belgisi. Bu oliy sifat ijodkor tomonidan, dastlab uning idrokida estetik obraz tug‘ila boshlagan chog‘da, his etiladi. Shelli buni alanga olayotgan ko‘mirga juda chiroyli qiyoslagan: bu shunday lahzaki, unda go‘zallikning oliy sifati, estetik obrazning yorqin yog‘dusi ong orqali aniq-tiniq anglanadi; bu yog‘du sochuvchi estetik zavqdan so‘zsiz, tovushsiz stasisi, ruhiyatning uyg‘oq lahzasi yurakning ajab holatiga juda o‘xshaydiki, bu holatni italyan fiziologi Lundji Galvani hatto Shellinikidan kam bo‘lmagan go‘zal lutf bilan yurak afsuni, deb chiroyli ta’riflagan.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:13:35
Stiven jimib qoldi, garchi hamrohi gapirmayotgan bo‘lsa-da, o‘zining aytgan gaplari fikrlar afsunidan iborat g‘alati sukunat paydo qilganday tuyuldi.
— Mening aytganlarim, — davom etdi u, — keng ma’nodagi, adabiy an’analarga bog‘liq bo‘lgan go‘zallik ma’nosidagi so‘zga taalluqli. Biz go‘zallik haqida gapirib, bu so‘zning ikkinchi darajadagi ma’nosini nazarda tutganimizda, mulohazalarimiz, avvalo, san’atning o‘ziga va uning turlariga taalluqli bo‘ladi. Obraz, o‘z-o‘zidan ravshanki, ijodkorning ongi va tuyg‘ularini boshqa kishilarning ongi va tuyg‘ulari bilan bog‘laydi. Agar buni yodda tutsak, u holda, albatta, san’at uch xilga bo‘linadi, degan xulosaga kelamiz; ya’ni lirika, bunda ijodkor o‘z-o‘ziga bevosita munosabatidan kelib chiqib obraz yaratadi; epos, bunda ijodkor o‘ziga yoki boshqalarga bevosita munosabatidan kelib chiqib obraz yaratadi; va, drama, bunda obraz boshqalarga bevosita munosabatdan kelib chiqib yaratiladi.
— Sen buni menga bir necha kun oldin tushuntirganding, — dedi Linch, — o‘shanda rosa bahslashganmiz ham.
— Uyimda mening bir daftarim bor, — dedi Stiven, — unda o‘sha kuni sen menga bergan savollaringdan ko‘ra qiziqroq savollar yozilgan. Ana shu savollar ustida bosh qotirib, men g‘aroyib estetik nazariyani o‘ylab topdim, hozir senga uni tushuntirishga urinib ko‘raman. Mana, men o‘ylab topgan savollar: chiroyli qilib yasalgan stul fojiyaviymi yoki kulgilimi? Shunday deyish mumkinmi: Mona Liza portreti shuning uchun chiroyliki, men unga qaraganimda rohatlanaman? Filip Kremptonning byusti lirikmi, epikmi yoki dramatikmi? Yo‘q deydigan bo‘lsak, sababi nimada?
— Haqiqatan ham, sababi nimada? — dedi kulib turib Linch.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:13:55
— Agar odam, qahr bilan boltani g‘o‘laga urib, sigir shaklini bo‘laklab tashlasa, — davom etdi Stiven, — bu tasvir san’at asari bo‘la oladimi? Yo‘q deydigan bo‘lsak, sababi nimada?
— Bu zo‘r gap bo‘ldi, — dedi Linch, yana kulib. — Haqiqiy sxolastik safsata.
— Lessing, —dedi Stiven, — haykaltaroshlik to‘g‘risida yozmagani ma’qul edi. Haykaltaroshlik u qadar yuksak san’at emas va shu boisdan ham, o‘sha men aytgan, san’at turlarini o‘zida lozim darajada aks ettirmaydi. Hatto adabiyotday yuksak va o‘ta ruhiy-ma’naviy san’atda ham san’at turlari ko‘pincha qorishgan bo‘ladi. Lirik tur — bu, mohiyatan, ehtirosli lahzaning oddiy so‘zlarga o‘rab berilgan ko‘rinishi, ming yillar burun, qadim zamonda odam mashaqqat chekib eshkak eshib yoki tog‘da tosh tashib o‘ziga-o‘zi dalda berib bexosdan aytib yuborgan ritmik xirgoyisi. Bunday xirgoyi ehtirosli lahzanigina anglatadi, ehtirosni yuragidan kechirayotgan odamni emas. Oddiy epik shakl lirik adabiyotdan tug‘iladi, bunda ijodkor epik hodisaning markazi sifatida diqqat-e’tiborni o‘ziga qaratadi, ehtirosning og‘irlik markazi o‘zgarmaguncha va ijodkor o‘zidan hamda boshqalardan uzoqlashmaguncha bu shakl rivojlanadi, takomillashadi. Endi bu holda hikoya tarzi shaxsiy bo‘lishdan to‘xtaydi, ijodkor shaxsi hikoya tarziga ko‘chadi, rivojlanadi, harakatda bo‘ladi, xuddi tiriklik manbai bo‘lmish dengizday to‘lg‘anadi, kishilar atrofida aylanadi. Ayni shunday hodisa rivojini biz qadim ingliz balladasi "œTerpin — qahramon"da kuzatamiz; unda dastlab hikoya birinchi shaxs tilidan olib borilsa, oxirida uchinchi shaxs tiliga ko‘chadi. Dramatik shakl shu lojuvard dengiz to‘lqinlanganda, ya’ni sahnada harakat qilayotgan har bir odamni o‘ziga tortib, barchasini hayotiy kuch bilan quvvatlantirganda paydo bo‘ladi, bundan ularning har biri o‘z shaxsiy estetik mavjudliklarini kasb etadi. Ijodkor shaxsi — bu, avvalo, xirgoyi, ritmik nido yoki tovushlar uyg‘unligi, keyin u bir maromda oquvchi, o‘zgaruvchan ohanglardagi dostonga aylanadi; oxir-oqibat san’atkor asarda o‘zining ishtirokini nihoyatda nozik, sezilmaydigan darajagacha olib keladi, boshqacha aytganda, shaxsiy xususiyati, qiyofasini yo‘qotadi. Dramatik shakldagi estetik obraz — tasavvur orqali tozargan va amalga oshirilgan hayot. Moddiy yaratuvchilikka o‘xshatish mumkin bo‘lgan estetik ijodning siru asrorlari, imkoniyatlari yakun topdi. San’atkor yaratuvchi-tangri kabi, botinda, ortda, tepada yoki o‘z yaratganining tashida qoladi, o‘ta noziklashadi, sezilmaydigan darajaga keladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:14:16
— Ularni ham o‘ta noziklashtirishga, sezilmaydigan darajaga keltirishga urinib, — qo‘shimcha qildi Linch.
Tepadan, bulutlar qoplab olgan osmondan mayda yomg‘ir tomchilari tusha boshladi va ular jala quyib bermasidan burun Milliy kutubxonaga yetib olishga ulgurish uchun maysazorga burilishdi.
— Buncha jag‘ing ochildi sening, — dedi tajanglik bilan Linch, — go‘zallik haqida og‘iz ko‘pirtirib, bu baxtiqaro, tangri marhamatidan benasib oroldagi xayolu farazlaringni javraganing-javragan. O‘sha yaratguvchi-ijodkor mana shunday bema’nilikni yaratib qo‘yib, o‘zi kelgan joyiga daf bo‘lgani nahot seni ajablantirmaydi.
Yomg‘ir kuchaydi. Ular irland Qirollik akademiyasining darvozasiga yetganda kutubxona ayvonida yomg‘irdan panalab turishgan talabalarni ko‘rishdi. Krenli ustunga suyanib, tishini gugurt cho‘pi bilan kovlagancha, o‘rtoqlarining gapini tinglardi. Tashqariga chiqiladigan eshik oldida bir nechta qiz turishibdi. Linch Stivenga shipshidi:
— Sening mahbubang shu yerda.
Stiven yomg‘irning tobora kuchayib borayotganiga e’tibor qilmay, talabalardan bir zina quyiroqdan joy egalladi va ora-sira qiz turgan tomonga qarab qo‘ydi. Qiz ham dugonalari davrasida miq etmay turardi. "œRuhoniy yo‘q — ermak qilgani yo‘q biror kimsa", deya u alam bilan qizni oxirgi marta qachon ko‘rganini esladi. Linch to‘g‘ri aytdi. Haqiqatan ham uning aqli nazariy muhokamalardan boshqasiga yaramay qolgan.
U talabalarning gapiga quloq soldi. Ular hozirgina bitiruv imtihonini topshirishgan tibbiyot fakultetidagi do‘stlari haqida, okeanda suzadigan kemaga qanday qilib ishga joylashish mumkinligi, daromadli va daromadsiz amaliy mashg‘ulotlar haqida gaplashishardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:14:28
— Bular bari bir tiyin. Irland qishloqlaridagi amaliy mashg‘ulotlarning nafi katta bo‘ladi.
— Xaynz Liverpulda ikki yil bo‘ldi, uyam xuddi shunday fikrda. Akusherlikdan boshqa hech ish yo‘q deydi.
— Xo‘sh, seningcha, bunday boy shahardan ko‘ra, qishloqda ishlash yaxshi ekanmi? Mening bir tanishim bor.
— Xaynzgayam ishonadimi odam, miya yo‘g‘u unda. Qoriday yodlab baho olardi, faqat yodlab.
— Nimasini gapirasan o‘shani... Katta shaharda zo‘r pul topsa bo‘ladi.
— Hammasi tajribaga bog‘liq.
— Ego credo vita panperum est simpliciter atrox, simpliciter sanguinarius atrox, in Liverpoolio*17.
Ularning ovozlari Stivenning qulog‘iga juda uzoqdan sezilar-sezilmas eshitilayotgan edi. Qiz dugonalari bilan ketishga chog‘landi.
Qisqa, yengil jala quyib o‘tdi, qorayib ketgan yerdan bug‘ ko‘tarildi. Qizlar poshnalarini taqillatishdi; ular ustunlar yonida, zinapoyada turishar, ochilib-sochilib gaplashishar, osmondagi bulutlarga qarab qo‘yishar, yomg‘irning so‘nggi tomchilariga shamsiyalarini tutishar va yana yig‘ishtirib, nozu ishva bilan ko‘ylaklarining etagini ko‘tarib, silkib qo‘yishardi.
U qizni qoralaganda me’yoridan oshirib yubormadimikan? Nima bo‘pti, axir, u kunlarini bo‘m-bo‘sh o‘tkazayapti-ku, xuddi erkin qushchaday tongda chaq-chaq, kunduz pirillab uchib, shomda charchab — o‘tkinchi hoyu-havaslarga sovurmayaptimi? Yuragi ham qushchanikiday hurkak, o‘jar emasmi?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:14:52
* * *

Tong yorishganda u uyg‘ondi. O‘, qanday yoqimli musiqa! Ruhi shudringga cho‘milgan bargday yengil va toza. Quyoshning oppoq, taftsiz nurlari uning hali uyqu tark etmagan badanida sirg‘aladi. U qimir etmay yotar, ruhi esa sokin yoqimli musiqa og‘ushida, salqin, orombaxsh nur quchog‘ida yayraydi. Idroki asta-sekin uyg‘onib, ertalabki bilim, ertalabki ilhomni o‘ziga singdirib olmoqqa chog‘lanadi. Borlig‘ini suvday toza, shudringday shaffof, musiqaday shiddatli bir ko‘tarinki kayfiyat egalladi. U shu qadar yengil va shu qadar huzurbaxsh, go‘yo unga oliy maqomdagi farishtalar dam solganday edi. Ruhi go‘yo lazzatli holatini yo‘qotib qo‘yishdan cho‘chiganday, ohista uyg‘onardi. Bu shunday bir sohir tong pallasi ediki, ayni damda anvoyi gullar nurga yuzlanib qulf urib ochiladi, kapalaklar sassiz parvoz qiladi.
Yurak qaynab-toshadi! Oqshom afsungar misol sehrli edi. Tushidami yoki o‘ngidami, u o‘zini yo‘qotar darajada zavq-shavq tuydi. Bu jazavali lahzalar qancha davom etdi: faqat bir afsunli daqiqami yoki bir necha soat yoki yillar va asrlarga cho‘zildimikan?
Ilhom lahzalari endi bir yo‘la hamma yoqdan — ro‘y bergan yoki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan son-sanoqsiz xayoliy tasodiflardan ko‘rinish berayotganday tuyuladi. Lahza xuddi yog‘duday yarq etdi va mana, tasodifiy, noayon shakl uning nurli izini chulg‘ab olayotir. O‘, tasodifning bokira quchog‘ida So‘z yetilayotir. Tangri elchisi farishtalar sarkori Gavriil Bibi Maryam dargohiga tushib keldi1. Porloq nur uning ruhini chulg‘adi, qip-qizil qaynoq yog‘duga aylanib toshdi va ruhi alanga otashiga burkandi. Qip-qizil qaynoq yog‘du — bu bokiraning o‘jar, sirli-sehrli yuragi: uni burun payqashmagan, keyin ham sezmadilar, abadiy sirli-sehrli va o‘jar yurakni. Va bu qip-qizil qaynoq nurdan sarxush bo‘lgan farishtalar qavmi ko‘k toqidan qulab tushadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:15:23
Toliqdinmi qaynoq nurlarda
Mahzun jonni sehriga olgan?
Uxla, yodim, kunlar sehrila.


Idrokining tub-tublaridan satrlar lablariga quyulib keldi va ularni pichirlab aytib, u villanella ohangi qanday paydo bo‘lishini his etdi. Shaffof yog‘du qofiyalarni yoritadi: nurlarda, sehrila, ko‘zingda. Lov etib yongan alanga olamni nurafshon etgan, odamlar va malaklarning yuragini yoqqan; atirgul yolqini bokiraning o‘jar yuragi.

Olovlanar yurak ko‘zingda
Qismatiga egadirsan san.
Toliqdingmi qaynoq nurlarda?


Davomi-chi? Ohang yo‘qolib qoldi, o‘chdi, yana paydo bo‘ldi va jonlana boshladi. Davomi-chi? Tutun, olam mehrobidan taralayotgan xushbo‘y tutatqi.

Fimiam tutuni ko‘kda suzar-da
Hatto yer qa’ri-yu dengizga ko‘char.
Toliqdingmi qaynoq nurlarda?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:15:46
Yer yuzi bo‘ylab xushbo‘y tutatqi dudi o‘rlaydi, bug‘ga cho‘lg‘angan okeanlardan ko‘tariladi — barchasi Bokira sharafiga! Yer — sokin chayqalayotgan isriqdon, tutantiriq solingan shar. Ohang tuyqusdan yo‘qoldi. Yurak faryodi uzilib qoldi. Lablari ilk misralarni qayta-qayta pichirladi. Keyin, adashib, tag‘in bir necha satrlarni pichirladi va duduqlanib, jimib qoldi. Yurak faryodi uzilib qoldi.
Tumanli, shabadasiz sokin damlar o‘tdi, parda tutilmagan deraza ortida tong yorug‘i yoyildi. Allaqaerdan jomning hazin sadosi eshitildi. Qushcha chirqilladi, mana, yana chirqilladi, yana... Keyin jom chaldi — qushlar tinchidi; xira, oqish yog‘du olamni chulg‘ab sharqu g‘arbga quyiladi, uning yuragini qizil shafaqqa burkaydi.
Unutib qo‘yishdan cho‘chib, u chaqqon tirsagiga tayanib turdi, qog‘oz va qalam qidirdi. Stolda kecha kechqurun o‘zi guruchli ovqat yegan chuqur taqsimcha, shamning erib tushgan qoldiqlari va kuygan qog‘ozlar uyumidan boshqa hech vaqo yo‘q edi. U qo‘lini horg‘in cho‘zib karavotning suyanchig‘iga tashlab qo‘yilgan kamzulining cho‘ntagini kovlay boshladi. Barmoqlariga qalam va sigaret qutisi ilindi. U yana cho‘zildi, qutini yirtib, oxirgi papirosni olib deraza peshtaxtasiga qo‘ydi va dag‘al kartonga mayda aniq harflar bilan villanellaning bandlarini qoralay boshladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:16:19
She’rni yozib bo‘lib, g‘ijimlangan yostiqqa boshini tashladi va tag‘in misralarni pichirlab takrorladi. Boshiga yostiq ichida to‘da bo‘lib qolgan patlarning botayotgani yotoqdagi divanga tushgan ot qilining uyumini yodiga soldi. Odatda u shu joyda — goh jilmayib, goh xayolga tolib o‘tiradi, shunday damlarda qizdan ham, o‘zidan ham norozi kayfiyatda, idish-tovoq joylangan shkaf ustidagi toshbosmada bosilgan Isoning muqaddas yuragi suratidan dili xijil bo‘lib, o‘zidan: nega bu yerga keldim, deb so‘raydi. Suhbat to‘xtaydi, qiz uning qoshiga keladi va yoqimli ashulalardan birortasini kuylab berishini so‘raydi. U eski pianino ro‘parasiga o‘tiradi, sarg‘aygan klavishlarni bir-bir bosib, yana boshlangan oldi-qochdi gaplar og‘ushida qizga — u kamin oldida turibdi — yelizaveta zamonining ayriliq azobidan beozor shikoyat qilgan oshiqning go‘zal ashulasini, Azenkur bo‘yidagi g‘alaba qo‘shig‘ini va suyumli "œYashil yenglar" qo‘shig‘ini kuylaydi. U kuylayotganda qiz eshitadi yoki o‘zini eshitayotganday qilib ko‘rsatadi, uning yuragi esa xotirjam, biroq qadimgi nafis ashulalar tugaganda va tag‘in qulog‘iga oldi-qochdi gap-so‘zlar chalinganda, beixtiyor bu uyda hademay yoshlarni sansirab, ismini aytib chaqira boshlashlari haqidagi istehzoli mulohazasi yodiga tushadi.
Ayrim lahzalarda qizning ko‘zlari unga ishonch bilan qarayotganday tuyuladi, biroq uning umidi oqlanmaydi. Endi uning xotirasida qiz yengil raqsga tushgan, xuddi o‘sha ko‘ngilochar oqshomdagiday, keng-mo‘l oppoq ko‘ylakda, sochlariga oq gullarni butog‘i bilan tang‘igan ko‘yi jonlanadi. Qiz nigohini xiyol chetga burgan, yonoqlari nim pushti tovlanadi. Jo‘r bo‘lganlarning qo‘l ushlashgan halqasi siqib kelganda qizning qo‘llari bir lahza mayin, nozik sovg‘aday uning qo‘llariga qo‘ndi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:16:35
— Siz anchadan beri ko‘rinmaysiz.
— Ha, men ruhoniytabiatroqman.
— Shakkokmisiz deb qo‘rqaman.
— Bu sizni qattiq cho‘chitadimi?
Javob berish o‘rniga qiz raqs tushib, tutashgan qo‘llar zanjiridan uzoqlashadi, hech kimga tutqich bermay yengil, ozod aylanib o‘ynaydi. Sochidagi oq gul butog‘i harakatiga mos tebranadi. Aylanib soya joyga kelganida yonog‘idagi qizillik yanada aniq-tiniq alangalanadi.
Ruhoniy! Uning shaxsiy obrazi ro‘parasida qad rostladi: ruhoniylik martabasini xor qilgan, shakkok-frantsiskanlik, birida xizmatga xohish bildirib, birida qasam ichadigan, Gerardino da Borgo San-Donninoga o‘xshab, yuzaki qaraganda haqiqatday tuyuladigan, aslida tagi puch safsatalar to‘rini to‘qiydigan va bu bema’ni gaplarni qizning qulog‘iga shivirlaydigan kimsa.
Yo‘q, bu uning obrazi emas. Bu — qiz bilan birga ko‘rgani va qiz o‘zining irlandcha so‘zlashuv kitobini titkillab, mehri balqib yuziga qaragan o‘sha yosh ruhoniyning obrazi.
— Xonimlar bizni tinglagani qatnaydilar. Ha, ha! Men bunga kunosha ishonch hosil etayapman. Xonimlar biz bilan birga. Ular irland tilining eng ishonchli ittifoqchilari.
— Cherkov-chi, taqsir Moren?
— Cherkov ham. Cherkov ham biz bilan. U yoqda hali ish ketayotir, cherkovning tashvishini qilib o‘tirmang.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:17:03
Tfu! O‘shanda u jirkanib xonani tark etib to‘g‘ri qildi. Qizga kutubxona zinasida ta’zim etmay to‘g‘ri qildi, unga ruhoniyga noz-ishva qilishga, cherkov bilan, nasroniylikning bu yuvindixonasida hazil-mazax o‘ynashga yo‘l qo‘yib berib to‘g‘ri qildi.
Qo‘pol, darg‘azab nafrat botinidagi so‘nggi, zo‘rg‘a tutib turgan jazavaning yuragidan otilib chiqishiga sabab bo‘ldi, tasavvuridagi qizning porloq obrazini chilparchin qilib, siniqlarni to‘rt tarafga itqitdi. Xayolida choratrofdan qalqib chiqayotgan qizning parchalangan akslari jonlanardi: ko‘ylagi yirtiq, dag‘al sochlari ter bilan manglayiga yopishgan, basharasidan suyuqoyoqligi ayon, o‘zini kambag‘al qizman, deb atagan va undan bir dasta gul sotib olishini o‘tingan gulfurush u; qo‘shni uydagi, idish-tovoqni sharaqlatib "œKillarni tog‘lari va ko‘llari bo‘ylab"ning birinchi bandlarini qishloqchasiga uv tortib aytadigan xizmatkor xotin u; Kork-xilldagi yo‘lakda yirtiq poyafzali temir panjaraga ilinib-surinib ketganida ustidan kulgan befarosat qiz u; u o‘sha — lo‘ppigina, og‘zi o‘ymoqday qiz — konditer fabrikasi darvozasi oldida og‘ziga qarab qolganda zavqi toshib unga yelkasi osha: "œHoy, paxmoq baroqqosh, men senga yoqamanmi?" deya qichqirgan behayo.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:17:20
Uning obrazini qanchalik kamsitmasin, xayolida uni qanchalik xo‘rlamasin, ko‘nglidaga g‘ashlik qizga nisbatan o‘ziga xos ehtirom ekanini u yuragida tuyardi. O‘shanda u jahl bilan sinfdan chiqib ketdi, biroq nafrati xolis emasdi, chunki qizning uzun qalin kipriklari soya solgan ko‘zlarida, ehtimol, o‘z xalqining siru asrorlari bekingandir. O‘shanda u ko‘chalarda sang‘ib yurib o‘ziga-o‘zi bu qiz — o‘z mamlakati ayollarining timsoli, deya takrorlardi; ha, u qorong‘uda, xilvatda va yolg‘izlikda shuuri uyg‘onadigan ko‘rshapalakka o‘xshaydi; qalbi hali ehtirosdan xoli, gunohdan forig‘; hozircha mo‘mingina sevgilisi bilan birga, biroq ruhoniyning qulog‘iga yuragidagi pinhon sodda gunohchalarini shivirlash uchun uni tark etishga tayyor. Uning yuragidagi nafrat qizning xushtorlariga nibatan qo‘pol masxaromuz tahqirlarga aylandi, chunki ularning ismi, ovozi va hatto yuz-ko‘zlariyoq xo‘rlangan g‘ururini toptardi: zotan, ruhoniy shunday erkaklar sirasidanki, uning bir akasi Dublinda politsiyachi, boshqasi Moykallendagi mayxonada oshxona malayi. Shunday odamga, endigina cherkov rasm-rusmlarini o‘rganayotgan kimsaning qulog‘iga qiz o‘zining sharmli sirlarini shivirlab aytadi, unga, o‘lmas tafakkur zahmatkashiga, tajribaning halol nonini abadiy tiriklikning porloq vujudiga aylantirayotgan kishiga esa sirlarini ravo ko‘rmaydi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:17:34
Qovushish marosimining yorqin manzarasi lahza ichida uning achchiq, noumid o‘y-fikrlarini qovushtirdi va ular tantanavor minnatdorlik madhiyasiga aylandi:


Titroq nola, g‘amli zorlarda
Yerda o‘rlar yaralmoq madhi.
Toliqdingmi qaynoq nurlarda?

Qurbonim-da ochiq qo‘llarda
Jom limmo-lim hayot shavqiga.
Uxla, yodim, hayot sehrila.


U misralarni musiqasi va ohangi ongiga singib, ko‘ngli taskin topguncha ovoz chiqarib takrorladi; keyin ularni chuqurroq his etish uchun sinchkovlik bilan qayta ko‘chirib chiqdi va ko‘zi bilan o‘qib, tag‘in yostiqqa boshini tashladi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:17:50
Kun allaqachon yorishib ketgan. Chetdan "œtiq" etgan tovush eshitilmaydi, biroq u tevaragidagi hayot hayal o‘tmay odatdagi shovqini: qo‘pol ovozlar, uyqu aralash o‘qilgan duolar tovushi bilan uyg‘onishini bilardi. Bu hayotdan bekinib, u yuzi bilan devorga o‘girildi, qalpog‘ini bostirib, ko‘rpaga boshini burkadi va yirtilgan devorqog‘ozdagi rangi o‘chgan qizil gullarni tomosha qilishga chog‘landi. U gullarning alvon rangidan so‘nib borayotgan sevinchiga madad olishga urindi, uni o‘zicha samoga eltadigan qizg‘ish, alvon gullar to‘shalgan yo‘l, deya tasavvur qildi. Qanchalik toliqdi! Judayam toliqdi! O‘zi ham ularning qaynoq nurlaridan charchadi!
Issiq, charchoq ko‘rpaga yaxshilab burkangan boshidan umurtqalari bo‘ylab butun taniga yoyildi. U charchoqning vujudiga yoyilib borayotganini his etdi va unga qarshilik qilmadi, kulimsiradi. Hozir uyqu eltadi.
Oradan o‘n yil o‘tib, u tag‘in qizga she’r bag‘ishlagan edi. O‘n yil burun uning boshini sholro‘mol burkab olgan, issiq nafasidan chiqqan bug‘ oqshom havosida o‘rlar, poshnalari muz qotgan yo‘lga urilib taqqillardi. O‘sha eng oxirgi chana jo‘nashga shay edi, to‘riq otlar buni sezishar va pishqirib qo‘ng‘iroqchalarini silkitishardi. Konduktor yetakchi bilan gaplashdi va ikkalasi ham fonusning yashil yog‘dusida boshlarini sermashdi. Gapira turib qiz bir necha bor uning oyog‘i turgan zinaga oyog‘ini qo‘ymoqchi bo‘ldi va yana o‘zining zinasiga tushirdi, birmi, ikki marta qizning oyoqlari unikiga tegdi, qiz oyoqlarini uzatishni unutdi, biroq keyin uzatdi. Mayli-da. Bo‘lsa bo‘lar.
Aqlli bolalik davridan hozirgi telbalikkacha oradan o‘n yil o‘tdi. Xo‘sh, unga she’rini jo‘natsa nima bo‘ladi? Ertalabki choy payti, choyqoshiq bilan tuxumning po‘chog‘ini tiqqillatib, shu tovushga monand ovoz chiqarib o‘qishadi. Mana, chinakam telbalik! Qizning aka-ukalari masxaralab kulib, biri-biridan qizg‘anib, qo‘pol, dag‘al barmoqlari bilan varaqlarni tortilab yirtadi. Shirinsuxan ruhoniy, qizning amakisi oromkursida oldga cho‘zilgan qo‘lida varaqni ushlab, kulimsirab o‘qiydi va she’rning badiiy shaklini ma’qullaydi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:18:08
Yo‘q, yo‘q, bu telbalik! Hatto jo‘natgan taqdirda ham qiz she’rni boshqalarga ko‘rsatmaydi. Yo‘q, yo‘q, u bunday qilishga qobil emas.
Nazarida, u qizga nisbatdan nohaqlik qilayotganday tuyuladi. Qizning bokiraligiga ishonchi o‘ziga ta’sir qildi, ko‘nglida achinishga yaqin tuyg‘u uyg‘otdi; bokiralik nimaligini u gunohga qo‘l urganidan keyingina angladi, bokiralik haqida qiz ham, hali gunohga yo‘l qo‘ymagan yoki ayol tabiatining g‘alati tahqirlovchi dardlari unga ilk bor ayon bo‘lgunicha, hech qanday tasavvurga ega emas. Faqat xuddi uning yuragi jo‘shib birinchi marta gunohga yo‘l qo‘yganiday, ilk bor qizning qalbi ham hayot shavqiga talpingandi, xolos. Qizning rangpar ozg‘in jussasini, ojizaligidan o‘kingan, xo‘rlangan ko‘zlarini eslaganda uning yuragi nozik dardkash tuyg‘ularga to‘lib ketdi.
Qiz qaerda edi uning ruhi jazavadan yonib, toliqqanida? Ehtimol, ayni o‘sha daqiqalarda sirli ruhiy rishtalar bilan qiz qalbi uning ehtiromini his etgandir. Ehtimol.
Xohish ishtiyoqi tag‘in alangalandi va butun vujudini qamrab oldi. Uning xohishini his etib, o‘sha — villanelladagi yo‘ldan ozdirguvchi afsungar tag‘in uyqudan bosh ko‘tardi, qop-qora, xumor ko‘zlari uning ko‘zlariga peshvoz ochildi. Unga o‘zini yalang‘och, porillab, muattar hid taratib, ochilib-sochilib baxshida etdi, xuddi yorqin parqu bulutday bag‘riga olib, zilol suvday cho‘mdirib huzur bag‘ishladi; va misoli yer bag‘irlab, oqqan tumanday nutqning ravon tovushlari — sirning ayni mohiyati bo‘lmish timsollar quyilib keldi:
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:18:25
Toliqdingmi qaynoq nurlarda
Mahzun ruhni sehriga olgan?
Uxla, yodim, kunlar sehrila.

Olovlanar yurak ko‘zingdan
Qismatiga egadirsan sen.
Toliqdingmi qaynoq nurlarda?

Fimiam tutuni ko‘kda suzar-da
Yer qa’ri-yu dengizga ko‘char.
Toliqdingmi qaynoq nurlarda?

Titroq nola, g‘amli zorlarda
Zamin uzra yaralmoq madhi.
Toliqdingmi qaynoq nurlarda?

Qurbonim-da ochiq qo‘llarda
Jom limmo-lim hayot mayiga.
Uxla, yodim, kunlar sehrila.

Sen qotgansan horg‘in ko‘zlarda
Xumor ko‘zlar sehri chorlaydi.
Toliqdingmi qaynoq nurlarda?
Uxla, yodim kunlar sehrila.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:18:38
* * *

Bular qanday qushlar bo‘ldi? U shumtol tayog‘iga horg‘in tayanib, qushlarning parvozini kuzatmoqchi bo‘lib, kutubxonaning zinasida to‘xtadi. Ular Mulsvort-stritdagi uyning turtib chiqqan burchagi ustida charx urib aylanardi. Mart oyining shom osmonida qushlarning parvozi aniq-tiniq ko‘rinardi, chaqqon, titroq qoralari shiddat bilan charx urayotgani kulrang samoda ravshan bilinardi.
U qushlarning uchishini kuzatib turdi: birining ortidan boshqasi titrab, qanot qoqib uchadi. Parvoz shiddatli tus olguncha ularni sanashga urindi: olti, o‘n, o‘n bir... Ko‘nglida tusmolladi — toqmi yoki juft. O‘n ikki, o‘n uch... mana, yana ikkitasi, aylanib, yer bag‘irlab tushib uchayotir. Qushlar goh tepalab, goh pastlab, biroq har gal doira hosil qilib uchardi.
U qushlarning chirqillashiga quloq tutdi: xuddi devorga qoplangan yog‘och ortidagi sichqonning chiyillashiga o‘xshaydi — o‘tkir, siniq tovush. Biroq sichqonning chiyillashiga qaraganda bu o‘tkirroq, cho‘ziqroq; qushlarning tovushi, tumshuqlari havoni tilib uchganda, goh bir necha parda tushar, goh ko‘tarilardi. O‘tkir, tiniq va nozik tovushlar guvillab aylanayotgan urchuqqa o‘ralayotgan ipak ipday eshilib taralardi.
Bu g‘ayriinsoniy g‘ovur-g‘uvur uning quloqlariga yoqimli eshitiladi, quloqlaridan esa onasining yozg‘irishlari va tanbehlari ketmaydi; qorayib ko‘ringan, nozik, titroq qushchalarning yer bag‘irlab parvoz qilishi uning ko‘zini quvontiradi, biroq ko‘z o‘ngidan onasining qahrli yuzi ketmaydi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:19:12
Nega u zinada turib tepaga qarayotir, qushlarning parvozini kuzatib, ularning achchiq, siniq chug‘ur-chug‘urini eshitayotir? Qanday alomatni ilg‘amoqchi: yaxshiliknimi yoki yomonliknimi? Xayolidan Korneliy Agrippa aytgan gapi o‘tdi; keyin Svedenborg2ning qushlar bilan ruhiy hayot alomatlari o‘zaro muvofiqligi haqidagi fikrlarini uzuq-yuluq esladi. Bu samo mavjudotlari, degan edi Svedenborg, o‘zlariga xos aql-idrokka ega va ular o‘zlariga belgilab berilgan muddatni, yil fasllarini bilishadi, chunki ular odamlardan farqli o‘laroq, o‘z hayotlari tartiblariga sobitdirlarki, o‘zlariga ato etilgan aql-idrokni bu tartibni buzishga yo‘llamaydilar.
Asrlar mobaynida odamlar, hozir u kuzatayotganday tepalarida uchib yurgan qushlarni kuzatishgan. Boshi uzra tizilgan qushlar qatori unga eskidan qolgan ibodatxonani eslatdi, horg‘in suyanib turgan shumtol tayog‘i esa avgurning mayishgan hassasini yodiga soldi.
Horg‘in vujudida ro‘yo qarshisidagi qo‘rquv hissi g‘imirladi — bu timsollar, alomatlar qarshisidagi, o‘zi ismini ko‘tarib yurgan qirg‘iysifat odam — tol shoxlaridan yasagan qanotlar yordamida tutqinlikdan ozod bo‘lgan inson ro‘parasidagi qo‘rquv edi; bu lavhalarga qamish cho‘p bilan bitiklar bitgan va o‘zining laylakmonand qush — ibisning ensiz boshida o‘roqnusxa ikki shoxni ko‘tarib yurgan mirzalar tangrisi — Tot qarshidagi qo‘rquv edi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:20:35
Bu tangrini ko‘z oldiga keltirib jilmaydi, chunki tangri unga boshiga yasama soch qo‘ndirib olgan sudyani eslatdi; sudya oldinga cho‘zilgan qo‘lidagi sud aktiga vergul qo‘yib chiqadi va agar tangrining ismi "œmot", ya’ni isrofgar so‘ziga o‘xshab jaranglamaganda men uning ismini eslamagan bo‘lardim, deb o‘yladi u. Mana bu borib turgan telbalik. Biroq ayni telbaligi tufayli u o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan duoxon va farosatli insonlar yashaydigan xonadon3ni butunlay tark etishga jazm etmadimikan?
Qushlar yana bo‘zargan osmon bo‘ylab, uyning chiqib turgan burchagi ustidan qattiq chirqillab uchib o‘tdi. Bular qanday qushlar bo‘ldi? Aftidan, janubdan qaldirg‘ochlar qaytganga o‘xshaydi. Demak, uning ham jo‘nash vaqti yetgan, axir, qushlar uchib keladi va uchib ketadi, xonadonlarning tomiga omonatgina uya quradi va yana yangi safarlarga shaylanib uyalarini tark etadi.

Yuzingizni yerga qadang, Una va Alil.
Ularga men qaldirg‘ochday mahzun qarayman
Bo‘g‘otdan, uyadan xayrlasha turib,
Mavj urgan to‘lqin uzra safar oldidan.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:21:45
Xotirjam sevinch tuyg‘ulari, misoli bostirib kelgan to‘lqinday, uning xotirasiga quyildi va yuragida so‘ngsiz suvli kengliklar ustidagi bepoyon osmon sokinligini, okean sukutini va shom qorong‘usida suv mavjlari ustida uchib yurgan qaldirg‘ochlarning xotirjamligini his etdi.
Xotirjam sevinch tuyg‘ulari uning yuragiga ana shu satrlardan quyildi, bu so‘zlar tarkibidagi mayin va cho‘ziq undoshlar sassiz to‘qnashar, ayri tushar, bir-biriga uyg‘unlashib, qo‘shilib-singishib mavjlanar, sassiz mavjlar bag‘rida to‘lqinlarning oq qo‘ng‘iroqchalarini tebratib tinch so‘nayotgan qushlar chug‘ur-chug‘uri zamirida tovushsiz sado taratardi; va u qushlarning aylanib uchishidan, tepasidagi osmonning bo‘zrang kengliklaridan o‘zi izlagan nishona yuragidan porillab, xuddi minorada uchgan qushday — shiddat bilan, vazmin otilib uchganini his etdi.
Bu nima — ayriliq belgisimi yoki yolg‘izlikdan nishonami? Uning xotirasiga kelgan — quloqlarida shivirlab sado bergan she’r satrlari ko‘z o‘ngida beixtiyor Milliy teatr1ning ochilishiga bag‘ishlangan oqshomdagi tomosha zalini jonlantirdi. U balkondagi oxirgi qatorda yolg‘iz o‘zi, toliqqan ko‘zlari bilan parterdagi Dublin jamoatchiligining kazo-kazolariga, didsizlik bilan ishlangan bezaklarga va yarqiragan chiroqlar yorug‘ida qo‘g‘irchoqlarday harakatlanayotgan aktyorlarga qarab o‘tirardi. Uning ortida esa xohlagan damda zalni tartibga solib qo‘yishga shay semiz politsiyachi terga botib tik turardi. U yer, bu yerda o‘tirgan talabalar orasidan onda-sonda darg‘azab hayqiriqlar, hushtaklar, masxaralovchi kinoyalar, tahqirlovchi so‘zlar eshitilib turardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:22:12
— Bu Irlandiyaga tuhmat!
— Nemislarning ig‘vosi bu!
— Haqorat!
— Biz e’tiqodimizni sotganimiz yo‘q!
— Hech qaysi irland qizi bunday qilmagan!
— Yo‘qolsin xudosizlar!
— Yo‘qolsin buddizm malaylari!
Derazadan tepada tuyqusdan qisqa shitirlagan tovush eshitildi, demak, qiroatxonada chiroqni yoqishdi. U xira yoritilgan dahlizdan ustunlar oralab o‘tib, tepaga ko‘tarildi.
Krenli javon yonida lug‘atga qarab o‘tirardi. Uning oldida yog‘och kursida muqovasi ochilgan qalin kitob yotibdi. U o‘zini stulga tashlab, qulog‘ini xuddi gunohkorning tavbasini tinglayotgan ruhoniyday medik-talabaning og‘ziga tutgan, talaba unga gazetadagi shaxmat jumbog‘ini o‘qirdi. Stiven uning o‘ng tarafiga o‘tirdi, o‘tirgan ruhoniy o‘zining "œTeblet"ini asabiy yopib, o‘rnidan turdi.
Krenli ruhoniyning ortidan xayolchan qarab qo‘ydi. Medik-talaba ovozini pasaytirib o‘qishni davom ettirdi:
— Piyoda ye4 ga yuriladi.
— Kel, yaxshisi tashqariga chiqaylik, Dikson, — dedi Stiven ehtiyotkor ohangda. — U arz qilgani ketdi.
Dikson gazetani yig‘ishtirib, salobat bilan qaddini rostlab turib, dedi:
— Biznikilar yoppasiga chekinishmoqda.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:25:34
— Qurollari va hayvonlar bilan, — qo‘shimcha qildi Stiven Krenlining oldida yotgan, muqovasiga "œShoxdor hayvonlar kasalliklari" deb yozilgan kitobga ishora qilib.
Ular stollarni oralab o‘tishayotganda Stiven:
— Krenli, men sen bilan gaplashib olishim kerak, — dedi.
Krenli hech nima demadi, hatto qayrilib qaramadi ham. U kitobni topshirib tashqariga chiqiladigan eshikka yo‘l oldi; uning yaltiroq botinkasi yerga taqillab urilardi. Zinapoyaga yetganda u to‘xtadi va allaqanday parishon holda Diksonga qarab, takrorladi:
— Piyodani o‘sha bema’ni 4e ga yurdim.
— Nachora, ixtiyoring, buyam ma’qul, — javob qildi Dikson.
Uning ovozi xotirjam, muomalasida o‘zgarish sezilmasdi, semiz qo‘lining bir barmog‘ida uzuk yarqirab turardi.
Dahlizda ularga pak-pakana, kichkina bir odam yaqinlashdi. Jimitday shlyapasining tagidagi soqoli olinmagan yuziga kulgi yoyilgan bu odamcha shivirlab gap boshladi. Uning ko‘zlari maymunnikiday qayg‘uli edi.
— Xayrli kech, jentelmenlar, — dedi yuzini tuk bosgan maymunbashara pakana.
— Mart oyida shunday isib ketsa-ya, — dedi Krenli, — tepadagi derazalarni ochishdi.
Dikson kulimsiradi va uzugini aylantirib o‘ynadi. Qorachadan kelgan maymunbashara nusxa og‘zini kulgiga rostladi va ming‘irlagan ovoz chiqardi:
— Mart oyi uchun bu kutilmagan g‘aroyib havo. Juda ajoyib.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:26:04
— Tepada ikki nafar yoshgina jonon sizni kutib qolishdi, kapitan, — dedi Dikson.
Krenli kulimsiradi va xushmuomalalik bilan dedi:
— Kapitanning faqat bitta yaxshi ko‘rgani bor: bu ser Valter Skott. To‘g‘rimi, kapitan?
— Hozir siz nimani o‘qiyapsiz kapitan? — so‘radi Dikson. — "œLammermurlik nozanin"nimi?
— Qariya Skottni yaxshi ko‘raman, — dedi maymunbashara nusxa. — Uning yozganlarida uslub qanaqadir ajoyib. Biror-bir yozuvchi ser Valter Skott bilan tenglasholmaydi.
Uning gaplarini eshitish Stiven uchun zerikarli edi: gapidan latta hidi anqirdi. Uni eshita turib Stiven o‘zicha: u haqda aytilgan gaplar to‘g‘rimikan, deb o‘yladi.
Bog‘dagi daraxtlar yomg‘irdan nam tortib shishgan, yomg‘ir esa to‘nkarilgan qalqonday bo‘zarib yotgan ko‘l ustiga tinimsiz shig‘alab yog‘ib turibdi. Bu yerdan oqqushlar galasi uchib o‘tdi, suv yuzi va qirg‘oq oqish-yashil balchiqqa belanib yotibdi.
Ular bo‘zrang yomg‘irli havodan salovat to‘kib turgan ho‘l daraxtlar va qalqonga o‘xshab ko‘ringan ayg‘oqchi-ko‘ldan, oqqushlardan ta’sirlanib, bir-birining pinjiga kirishdi.
Ular hech bir sevinchsiz, ehtirossiz quchoqlashishdi. Uning qo‘li qizning bo‘ynidan quchdi, yelkasidan oshirib tashlagan bo‘zrang jo‘n ro‘mol qizni beligacha burkab olgan, qiz uyalinqirab boshini quyi solib olgan. Yigitning kumushrang-sariq sochlari hurpaygan, qo‘llari mayin, epchil, qoruvli, sepkil bosgan. Yuzi-chi? Yuzi ko‘rinmasdi. Yigitning yuzi ko‘zining yomg‘ir hidi ufurib turgan sochlariga egilgan, qo‘li — sepkil bosgan, qoruvli, epchil va mehribon, Deyvinning qo‘li.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:27:32
Stiven xayolidan kechgan o‘ylariga va xayolini bo‘lgan maymunbashara odamchaga achchiq qilib, qovog‘ini uydi. Uning xotirasidan Bantridan chiqqan to‘da haqida otasining aytgan achchiq-tiziq gaplari o‘tdi. U boshqalarga qo‘l siltadi va g‘amgin kayfiyatda o‘zinning o‘y-xayollariga berildi. Nega endi bu Krenlining qo‘llari emas? Yoki Deyvinning soddadilligi va beozorligi zimdan uning havasini keltirdimikan?
U pakana odamcha bilan xayr-ma’zur qilishni Krenliga qoldirib, Dikson bilan katta zalni oralab yurib ketdi.
Qator ustunlar oldida bir guruh talabalar orasida Templ turardi. Talabalardan biri qichqirdi:
— Hoy, Dikson, bu yoqqa kel, bir eshit. Templning ilhomi qaynayapti.
Templ unga o‘zining qop-qora lo‘li ko‘zlari bilan olayib qaradi.
— Sen, O’Kiff, munofiqsan, — dedi u. — Dikson esa — kuldirguvchi. Qiziq-a, jin ursin, yaxshi adabiy ibora — kuldirguvchi.
U, Stivenning yuziga qarab olib, mug‘ombirona kuldi va qo‘shib qo‘ydi:
— To‘g‘rimi, chindanam zo‘r laqab — kuldirguvchi.
Zinapoyaning quyirog‘ida turgan semiz talaba gap qotdi:
— Haligi ma’shuqa haqidagi gapingning oxirini ayt. Bizga shu qiziq.
— Uning ma’shuqasi bor edi chin so‘zim, — dedi Templ. — Buning ustiga u uylangan edi. Ruhoniylar ham o‘sha joyga ovqatlangani borishardi. Jin ursin, ularning hammasi, menimcha, o‘sha suyuqoyoq bilan don olishgan.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:28:17
— Bu xuddi yo‘rg‘a otni ayab qirchang‘i bilan poygaga tushganday gap, — dedi Dikson.
—Bugun qorningga necha krujka piva quyding, — dedi O’Kiff, — qani, bir tan olib ayt-chi?
— Sening patos boylagan ziyolinamo yuraging mana shu gapingda ko‘rinib turibdi, — dedi Templ nafratini yashirmay.
U oyoqlarini tapillatib, uymalashib turgan talabalarni aylanib o‘tdi va Stivenga murojaat qildi:
— Forsterlar Belgiya qirollari ekanini sen bilarmiding? — so‘radi u.
Shapkasini teskari kiyib olgan Krenli tishlarini kavlab kirib keldi.
— Mana, bizning donishi zamonamiz keldi, — dedi Templ. — Sening Forsterlar haqidagi gapdan xabaring bormi?
U javobni kutib, sukut saqladi. Krenli tishining orasidan cho‘pni oldi va unga tikilib qaradi.
— Forsterlar sulolasi, — davom etdi Templ, — Flandriya qiroli Bolduin Birinchidan boshlanadi. Uni Forester deyishgan. Forester bilan Forster — bitta. Bolduin Birinchining avlodi, kapitan Frensis Forster Irlandiyada yashab qolgan, Bressil urug‘-aymog‘ining oxirgi yo‘lboshchisi qiziga uylangan. Yana qora Forsterlar ham bor, biroq bu boshqa shajara.
— Bu sajara Dovdirdan, Flandriya qirolidan tarqalgan, — dedi Krenli, yana qorday oppoq tishlarini o‘ychan kavlab turib.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:28:34
— Qaerdan topa qolding bu gaplarni? — so‘radi O’Kiff.
— Men sizlarning shajaranglarni ham bilaman, — dedi Templ Stivenga qarab. — Bilasanmi, bu haqda Girald Kambriy nima degan?
— Nima uyam Bolduindan tarqaganmi? — deb so‘radi uzun bo‘yli, yuzi zahil, ko‘zlari qora talaba.
— Dovdirdan tarqagan, —dedi Krendi, tishlari orasidan nimanidir so‘rib.
— Pernobilis et pervetusta familia*18 — dedi Templ Stivenga.
Pastdagi zinada turgan semiz talaba qo‘nqilladi. Dikson burilib unga qaradi va sekin so‘radi:
— Ie, farishtayam og‘zini ochdimi deyman?
Krenli ham o‘girildi va ta’sirli qilib, biroq g‘azablanmay dedi:
— Bilasanmi Goggins, sen dunyodagi eng iflos, sassiq hayvonning o‘zisan.
— Men og‘zimga kelgan gapni aytdim-qo‘ydim, — dedi qat’i ohangda Goggins, — bundan birovning obro‘yi to‘kilib qolgani yo‘q.
— Umid qilamizki, — dedi Dikson, — bu aljirash ilmiy kashfiyotlar haqida paulo post futurum*19 aytiladigan yangilikka o‘xshagan gap-so‘zlar sirasidan emas.
— Men sizlarga hozirgina aytdim-ku, u kuldirguvchi, — dedi Templ bir o‘ngga, bir chapga alanglab, — bu laqabni unga men qo‘ymadimmi?
— Eshitdik, kar emasmiz, — dedi bo‘ychan zahil yuzli talaba.
Krenli qovog‘ini osib, pastdagi zinada turgan semiz talabaga g‘azab bilan qaradi. Keyin jirkanib pishqirdi va uning biqinidan turtdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:28:58
— Qani, jo‘na, — baqirdi u qo‘pollik bilan, — tuyog‘ingni shiqillat, sassiqpopishak.
Goggins yo‘lakka sakrab tushdi va shu zahotiyoq, kulib, oldin turgan joyiga qaytdi. Templ, Stivenga qarab dedi:
— Sen irsiyat qonuniga ishonasanmi?
— Nima balo, kayfing bormi? — so‘radi Krenli unga hayron bo‘lib tikilarkan.
— Juda zo‘r gap, — dedi qizishib Templ, — zoologiya darsligining oxirida shunday yozilgan: yaralish o‘limning boshlanishidir.
U ehtiyotkorlik bilan Stivenning tirsagidan ushladi va hayajonlanib dedi:
— Sen shoirsan, bu gapni juda teran his qilishing kerak!
Krenli ko‘rsatkich barmog‘i bilan unga ilkis ishora qildi.
— Ana, qaranglar, — dedi u qahri qo‘zib. — Havas qiling — Irlandiyaning umidi!
Uning gapi va qo‘l harakatidan hamma quldi. Biroq Templ bo‘sh kelmadi, Krenliga burilib qarab, dedi:
— Krenli, sen doim meni mayna qilasan. Men buni juda yaxshi bilaman. Biroq mening sendan kam joyim yo‘q. Bilasanmi, seni o‘zim bilan qiyoslaganda qanday fikrga kelaman?
— Azizim, — dedi Krenli muloyimlik bilan, — axir, sen fikrlashga mutlaqo yaroqsizsan, mutlaqo.
— Xo‘sh, seni o‘zim bilan qiyoslaganda nimani o‘ylaganimni bilishni xohlaysanmi? — davom etdi Templ.
— Ayt, ayt, Templ, — qichqirdi baqaloq zinada turib, — bo‘la qol, ayt!
Templ qo‘lini paxsa qilib, bir o‘ng, bir chap tomonga burilib qaradi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:29:16
— Men to‘nkaman, — dedi u boshini afsuslanib chayqab. — Buni bilaman. Tan olaman ham.
Dikson sekingina uning kiftiga qoqdi va erkalab dedi:
— Kamtarga kamol deganlar, balli Templ.
— Biroq u, — davom etdi Templ Krenliga ishora qilib, — u ham to‘nka, menga o‘xshagan. Farqimiz shundaki, u buni bilmaydi.
Birdan yangragan qahqaha uning gapini bo‘lib qo‘ydi, biroq u yana Stivenga o‘girilib, favqulodda qizishib dedi:
— Bu juda qiziq so‘z, bu so‘zning kelib chiqishi ham juda g‘aroyib.
— Yo‘g‘-e — dedi parishonlik bilan Stiven.
U zo‘rma-o‘zraki kulimsirab turgan Krenlining mardonavor, biroq iztirob chekayotgan yuziga qaradi. Qo‘pol so‘z, xuddi tahqiru haqoratlarga ko‘nikib qolgan qadimgi haykalga sepilgan iflos suvday, Krenlining yuzidan oqib tushardi. Ularga qarab turib Stiven Krenlining birov bilan ko‘rishayotib shapkasini ko‘tarib qo‘yganini ko‘rdi, Krenlining qop-qora g‘ayur sochlari temir gultojday manglayida dikkayib turardi.
Qiz kutubxonadan chiqib keldi va Stivenga qiyo boqmay, Krenlining egilib bergan salomiga javob qildi. Bu qanaqasi? Krenliga nima bo‘ldi? Krenlining yonoqlari qizarganday tuyuldi yoki unga shunday ko‘rindimi? Balki bu Templning gaplari ta’siridan qizargandir? Allaqachon qorong‘u tushib qolgan edi. U yaxshilab qaray olmadi.
Do‘stining beparvoligi, loqaydligi, Stivenning jo‘shqin, telba-teskari gaplarini shartta bo‘lib tashlaydigan qo‘pol tanbehlari, kutilmaganda tashlanib qolishlarining sababi balki bu yoqdadir? Shunday paytlarda Stiven undan gina qilmas, kechirib ketaverardi, axir, uning o‘zida ham shunday qo‘rslik bor edi. Bir kuni kechqurun o‘rmonda, Malaxayd yaqinida, ibodat qilish uchun, kimdir birovdan so‘rab minib kelgan shaloq velosipeddan tushganini esladi. U duoga qo‘llarini ko‘tardi va jazavaga tushib, nigohini o‘rmonning qalin qorong‘i joyiga qarab, o‘zining muqaddas dargohda va muborak bir damda turganini his etdi, ibodat qila boshladi. Qorong‘i yo‘lning muyulishida ikki politsiyachining qorasi ko‘ringanda esa, u ibodat qilishdan to‘xtadi va baland tovushda ko‘pchilikka yoqib qolgan bir tomoshadagi kuyga monand hushtak chaldi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:29:32
U qo‘lidagi tol xivichning po‘sti archilgan uchi bilan ustunga tiqillatib ura boshladi. Ehtimol, Krenli uni eshitmagandir? Mayli, u kutadi. Ularning gapi bir zum to‘xtab qoldi, keyin yana tepadagi derazadan sekin pichirlagan ovozlar eshitildi. Biroq atrof jim-jit edi, u mahliyo bo‘lib parvozini tomosha qilgan qaldirg‘ochlar ham allaqachon uyquga ketishgan.
Qiz qorong‘iga singib, g‘oyib bo‘ldi. Shundan so‘ng, tepadan eshitilayotgan uzuq-yuluq pichirlagan tovushni aytmaganda, atrofga jimlik cho‘kdi. Keyin bu safsata ham tindi. Yerga zim-ziyo qorong‘ulik tushdi.
"œZulmat tushar osmon qa’ridan"с•
Miltillagan, nimjon shu’laday ozurda sevinch tuyg‘usi misoli elfning sehrli galasiday pirpirab uni chulg‘ab oldi. Bu nimadan? Qizning oqshom havosida ko‘ngilga g‘am-alam solib ketganidanmi yoki qayg‘uli-qora undoshlarga uyg‘un, udning sharsharaday quyuluvchi ohangiga monand mayin jarangdar ohangli she’r satrining ta’siridanmikan?
U saf tortgan ustunlarni yoqalib, tobora quyuqlashib borayotgan tarafga sekin qadam tashlab, ortida qolgan talabalardan o‘zining xayolparastligini yashirish uchun xivich bilan tosh plitalarga tiqillatib urib borarkan, Daulend, Berd va Nesh yashab o‘tishgan asrni ko‘z oldiga keltirdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:29:56
Pinhona mayllar zulmatida ochiladigan ko‘zlar, tong yog‘dusini to‘sadigan ko‘zlar. Ularning xumorlanib qarashida suqlanib noz-karashma qilishdan ortiq yana qanday ma’no bor? Bu ko‘zlarning yaltirab turadigan shu’lasi-chi — bu landavur Styuartning qasridagi oqava zovurga yig‘ilib qolgan najas shu’lasi emasmi? U xayolan, xotira tili bilan xushbo‘y vinoni tatib ko‘rdi, mag‘rur tovusning nazokatli harakatlaridagi mayin, nafis musiqani ilg‘adi, xotira ko‘zi bilan esa Kovent-Garden2 peshayvonidagi ko‘ngilchan xonimlarni, ularning jozibali, makkorona himarilgan lablarini, mayxonalarda qo‘ldan-qo‘lga o‘tib yuradigan, jazmanlari bag‘riga otilishga shay cho‘tir yuzli qizlarni, yosh juvonlarni ko‘rdi.
Tasavvurida paydo bo‘lgan bunday manzaralarda jonlangan qiyofalar unga huzur bag‘ishlamadi. Ularda qandaydir qonni jo‘shtiradigan sehr bor, biroq qizning qiyofasi boshqacha, ularga hech ham o‘xshamaydi, yaqiniga ham yo‘lamaydi. U haqda bunday xayollarga borish nojoiz. Hozir u bunday xayollarga borayotgani ham yo‘q. Demak, uning o‘ylari o‘ziga bo‘ysunmas ekan-da? Eski gap-so‘zlar, xayollar xuddi Krenli sutday oppoq tishlari orasidan kavlab oladigan anjir doniday biroz badbo‘y, biroz xushta’m.
Hozir qiz shahar bo‘ylab yurib, uyiga borayotir. U qizni quchgan paytdagi muattar hidni avvaliga sezilar-sezilmas, keyin kuchliroq his etdi. O‘ziga tanish bo‘lgan yoqimli hayajon vujudini chulg‘adi. Ha, bu qizning badanidan taralgan bo‘y: hayajonga soluvchi, zoriqtiruvchi muattar bo‘y; she’rlarida sirli ohanglarga ko‘mib tashlangan iliq badan, uning tanidan taralgan xushbo‘y hid va shabnamga to‘yingan ichdagi mayin ko‘ylak.
U ensasida g‘imirlayotgan bitni sezib qoldi; katta ko‘rsatkich barmog‘ini qaytarma yoqasining ichiga tiqib ushladi, bir daqiqa barmog‘ining uchi bilan uning muloyim, mo‘rtgina, guruch donachasiday tanachasini ezg‘aladi va o‘lgan yoki o‘lmaganini bilmay, otib yubordi. Xayoliga Korneliy a Lapidening g‘aroyib gapi keldi; unda bit odam badanidan chiqqan terdan paydo bo‘ladi, uni tangri boshqa barcha jonzotlar bilan birga oltinchi kunda yaratmagan, deyilgan edi. Ensasining terisi qichishi uning asabini qo‘zg‘adi. Yaxshi kiyinmagan, yaxshi yeb-ichmagan, bit bosgan tananing hayoti beixtiyor uning ruhini cho‘ktirdi va qorong‘uda ko‘ziga tepadan tushayotgan bitlarning mo‘rt, yaltiroq tanachalari ko‘rindi. Osmon qa’ridan tushayotgan, axir, tun zulmati emas-ku. Yorug‘lik-ku.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:30:08
 "œNur yog‘ilar osmon qa’ridan"...
U hatto Neshning satrini to‘g‘ri eslay olmadi. Qizni eslaganda ko‘z oldiga keltirgan barcha qiyofalar ro‘yo edi. Uning tasavvurini sirka bosib ketdi. Uning fikrlari — badbin o‘y-xayollardan paydo bo‘lgan bitlar.
U ortga burilib, qator tizilgan ustunlarni yoqalab talabalar tomon yurdi. Bilganini qilsin! Jin ursin! Yaxshi ko‘rmasa ko‘rmas! Biror-bir ko‘kragida yoli bor, toza-ozoda, har kuni ertalab yuvinib-taranadigan sportchini topar o‘ziga! Battar bo‘lsin!
Krenli cho‘ntagidan yana bitta quritilgan anjirni olib, shoshilmay chappillatib chaynay boshladi. Templ uyqusiragan ko‘zlariga shapkasini tushirib, ustunga suyanib mudrab o‘tirardi. Binodan qo‘ltig‘iga charm papka qistirib olgan bir kaltabaqay yigit chiqib keldi. U poshnalarini va qo‘lidagi shamsiyasining temir uchini tosh plitalarga taqillatib urib, to‘dalashib turgan talabalar tomon yurdi. Salom bergan bo‘lib, shamsiyani ko‘tardi va hammaga qarata dedi:
— Xayrli kech, jentelmenlar.
Keyin shamsiyaning uchi bilan tosh plitalarga to‘qillatib urib, hiringlab kuldi, uning boshi biroz asabiy qaltirardi. O‘zlaricha irland tilida berilib gaplashayotgan zahil yuzli bo‘ychan talaba, Dikson va O’Kiff unga e’tibor qilishmadi. Buni payqab, u Krenliga burilib, dedi:
— Xayrli kech, hoy janob!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:30:28
Shunday deb u shamsiyasini ko‘tarib Krenliga ishora qildi va yana hiringladi. Hali ham anjir chaynab o‘tirgan Krenli, og‘zini chapillatib, baqirib dedi:
— Xayrli deysanmi? Ha, yomonmas.
Kaltabaqay talaba unga diqqat bilan qaradi va gina qilganday shamsiyasini sermadi.
— Menimcha, — dedi u, sen, harqalay, ayon narsani ilg‘ashni ixtiyor etding.
— Ha-da! — javob qildi Krenli va yarmi tishlangan anjirni kaltabaqay talabaning og‘ziga tutib, yeyishni taklif qilgan bo‘ldi.
Kaltabaqay rad etdi, biroq o‘zining gapga chechanligidan g‘ururlanib, hiringlab va shamsiyasini to‘qillatib, jiddiy ohangda so‘radi:
— Buni qanday tushunsa bo‘ladi?..
U to‘xtab, yarmi tishlangan anjirni ko‘rsatib, baland ovozda qo‘shib qo‘ydi:
— Men buni nazarda tutayapman.
— Ha-da! — yana ping‘illab qo‘ydi Krenli.
—Buni, — dedi kaltabaqay, — ipso factum yoki qandaydir qochiriq deb tushunish kerakmi?
Dikson, suhbatdoshlaridan chetlashib, undan so‘radi:
— Glinn, seni Goggins kutib o‘tirgandi. U sen bilan Moynixenni qidirib "œAdelfi"2ga ketdi. Buning ichida nima bor? — so‘radi u Glinn qo‘ltig‘iga qistirib olgan papkani shappatilab.
— Imtihonga kerak narsalar, — javob qildi Glinn. — Men ularni har oy imtihon qilaman, berayotgan darslarimning natijasini ko‘rib borishim kerak.
Shunday deb uning o‘zi ham papkani shappatilab qo‘ydi, sekin tomog‘ini qirib, kulimsiradi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:30:51
— Dars berarmish! — qo‘pollik bilan gapga aralashdi Krenli. — Sho‘rlik yalangoyoq bolalar, ular senday yaramas maymundan dars o‘qib kim bo‘lardi. Ularga o‘zing rahm qil, ilohim!
Krenli anjirdan yana bir bo‘lakni tishlab uzib oldi va chiqitini otib yubordi.
— Bolalarni mening qoshimga kelishlariga izn bering va ularning yo‘lini to‘smang, — dedi Glinn yoqimli ovoz bilan.
— Yaramas maymun! — dedi battar qahri qo‘zib Krenli. — Tangriga shak keltirgan yaramas maymun!
Templ o‘rnidan turib, Krenlini itarib yubordi va Glinnga yaqinlashdi.
— Hozir siz aytgan bu so‘zlar, — dedi u, — Injildan: bolalarni mening qoshimga kelishlariga izn bering va ularning yo‘lini to‘smang.
— Sen yana biroz uxlasang bo‘larmidi, Templ, — dedi O’Kiff.
— Gap shundaki, ya’ni men aytmoqchi bo‘lgan gap shuki, — davom etdi Templ Glinnga murojaat qilib. — Iisus bolalarning qoshiga kelishlariga to‘sqinlik qilmagan. Xo‘sh, unda nega cherkov ularni, cho‘qintirilmay turib vafot etsa, yoppasiga do‘zaxga jo‘natadi?
— Sen o‘zing cho‘qinganmisan, Templ, — so‘radi zahil yuzli talaba.
— Yo‘q, baribir, nega endi ularni do‘zaxga jo‘natishadi. Axir, Iisus ular qoshimga kelsin, deb turgan bo‘lsa? — takrorladi Templ ko‘zlari bilan Glinnga teshib yuborguday tikilib.
Glinn yo‘taldi va asabiy qiqillab kulib yuborishdan o‘zini zo‘rg‘a tutib, shamsiyasini siltab, har bir so‘zni salmoqlab sekin ming‘irladi:
— Modomiki, bu agar sen aytganday bo‘ladigan bo‘lsa, men ham yuzingda ko‘zing bormi demay so‘rashga jur’at etaman: xo‘sh, "œbunday" degani qaerdan paydo bo‘la qoldi?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:31:05
— Chunki cherkov shafqatsiz, qari gunohkor xotinlarday marhamatsiz, — dedi Templ.
— Bu masalada sen eski aqidalarga yopishib olgansan chog‘i, Templ? — quvlik bilan so‘radi Dikson.
— Avliyo Avgustin cho‘qintirilmagan bolalar do‘zaxga tushadilar, deydi, — javob qildi Templ, — chunki uningg o‘zi ham rahmsiz qari gunohkor banda bo‘lgan.
— Sen, albatta, bilag‘onsan, — dedi Dikson, — biroq men, baribir, bunday holatlar uchun mahsharda javob beriladi-ku, deb hisoblardim doim.
— Nimasi bilan bahslashasan uning, Dikson, — jahl bilan gapga aralashdi Krenli. — Gaplashma u bilan, basharasigayam qarama, yaxshisi, bo‘yniga arqon sol-da, baqiroq echkiday yetaklab uyiga olib ket uni.
— Mahshar emish! — qichqirdi Templ. — Mana sizga g‘aroyib kashfiyot! Bu, axir,do‘zaxning o‘zi-ku!
— Biroq noxushliklardan xoli, — ta’kidladi Dikson.
U kulib turib bolalarga qaradi va dedi:
— Harqalay, men bu yerdagi ko‘pchilikning fikrini aytdim, deb o‘ylayman.
— Bo‘lmasa-chi, — dedi Glinn qat’iyat bilan. — Irlandiya bu masalada yakdil.
U shamsiyasining uchini ayvonning tosh yotqizilgan yeriga urib taqillatdi.
— do‘zax, — dedi Templ. — Iblisning urg‘ochi juftlari1 to‘qigan bu uydirmani men e’zozlashim mumkin. Do‘zax — rimliklar o‘ylab topgan, xuddi Rim devorlariday nurab qulagan bema’ni narsa. Biroq mashhur degani nima?
— Uni joyiga eltib uxlatgin! — qichqirdi O’Kiff.
Krenli Templga tashlandi, keyin to‘xtab, oyoqlarini tappillatib, tovuqni quvganday kishladi:
— Kish!..q
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:31:31
Templ chaqqon o‘zini chetga oldi.
— Bilasizlarmi, mahshar nima degani? — qichqirdi u.
— Bunday narsalar bizning Roskomonda qanday atalishini bilasizlarmi?
— Kish!.. Ket, yo‘qol! — qichqirdi Krenli kaftini kaftiga urib.
— Balo degani, battar degani, — nafratlanib qichqirdi Templ, — mana, sizlarning mahsharlaring nima.
— Qo‘lingdagi cho‘pni berib tur, — dedi Krenli.
U Stivenning qo‘lidagi tol xivichni tortib oldi va zinadan pastga qarab yugurdi, biroq Templ ortidan quvib kelayotgan oyoq tovushini eshitib, xuddi epchiloyoq hayvonday zum o‘tmay qorong‘uga kirib g‘oyib bo‘ldi. Krenlining og‘ir etiklari maydonchada gursillab tovush chiqardi, keyin vazmin tapillab, chag‘iltoshlarni sochib kelayotgan qadam tovushi eshitildi.
Qadamlar zardali edi, Krenli ilkis harakat bilan xivichni Stivenning qo‘liga tutqazdi. Stiven uning iddaosida ayricha sabab borligini his etdi, biroq o‘zini sezmaganga olib, bosiqlik bilan Krenlining qo‘liga qo‘lini tekizdi va xotirjam dedi:
— Krenli, men senga aytdim-ku, sen bilan maslahatlashadigan gap bor deb. Yur.
Ular hovlichani kesib o‘tishdi. Ayvon zinasiga yetganda "œZigfrid"3dagi sayroqi qushning tovushiday mayin hushtak tovushi eshitildi. Krenli o‘girilib qaradi va Dikson hushtak chalishdan to‘xtab, qichqirdi:
— Yo‘l bo‘lsin, jo‘ralar? O‘yinni oxiriga yetkazmaymizmi, Krenli?
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:31:55
Ular tinch, sokin havoda "œAdelfi" mehmonxonasidagi billiard o‘yinini davom ettirish haqida baqirib-chaqirib va’dalasha boshlashdi. Stiven bir o‘zi oldinga yurdi va Kilderstrit ro‘parasidagi "œZarang osti" mehmonxonasi oldidan chiqdi, to‘xtab, sabr qilib kutib turdi. Mehmonxonaning nomi, silliqlangan yog‘ochning tussizligi, binoning ko‘rimsiz old tomoni tasavvurida nafratomuz tikilib turgan kishining nazariday, ko‘ngliga og‘ir botdi. U asabi buzilib, mehmonxonaning xira yoritilgan ayvoniga qaradi va u yerda irland zodagonlarining xotirjam, silliq kechayotgan hayotini ko‘z oldiga keltirdi. Ular qanday qilib yuqori lavozimlarni qo‘lga kiritish, yer-mulk egalarini qo‘lga olish haqida o‘ylashadi; dehqonlar qishloq yo‘llarida to‘xtab, ularga egilib ta’zim qilishadi; zodagonlar turli-tuman frantsuzcha taomlarning nomini bilishadi va chiyillagan, chinqirgan ovoz bilan xizmatkorlarga buyruq berishadi, biroq ularning kalondimog‘ ohangdagi buyruqlaridan madaniyatsizligi, ahmoqligi bilinib turadi.
Ularni g‘aflatdan uyg‘otishning iloji bormikan, qanday qilsa ularning farzandlaridan o‘zlariga o‘xshagan ojiz, notavon bo‘lmagan avlod yetishadi. Tobora quyuqlashayotgan shom qorong‘usida Stiven o‘zi mansub bo‘lgan xalqning o‘y-xayollari, umid-orzulari qorong‘u qishloq ko‘chalarida, gavjum daraxtlar tagida, suv va botqoqliklar ustida ko‘rshapalakday charx urib yurganini his etdi. Deyvin kechasi qishloq yo‘lidan kelayotganda eshigi oldida uni qishloq ayoli kutib turgan. Ayol unga bir kosa sut tutib, uni ichkariga taklif qilgan, chunki Deyvinning ko‘zlari yuvosh, bundaylar sir saqlay oladi.
Kimdir uning qo‘lini mahkam siqdi va u Krenlining ovozini tanidi:
— Surdikmi?
Ular biroz jim ketishdi. Keyin Krenli gap ochdi:
— Bu la’nati telba Templ! Xudo haqqi, bir kun men uni urib o‘ldiraman.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:32:05
Biroq endi uning ovozida zarda sezilmasdi. Stiven o‘ziga-o‘zi savol berdi: qizning u bilan ayvon ostida tanishganini Krenli eslarmikan?
Ular o‘ngga burilib, yo‘lni davom ettirishdi. Biroz vaqt ikkalasi ham jim ketishdi, keyin Stiven gap boshladi:
— Krenli, bugun men juda qattiq janjallashib qoldim.
— Uydagilaring bilanmi? — so‘radi Krenli.
— Onam bilan.
— Din masalasidami?
— Ha, — javob qildi Stiven.
— Onang necha yoshda? — biroz sukut saqlab so‘radi Krenli.
— Hali uncha qarigani yo‘q, — javob qildi Stiven.
— Onam mening hayitda cho‘qinishimni xohlaydi.
— Sen-chi?
— Cho‘qinmayman.
— Xo‘sh, nima uchun?
— Bo‘ysunmayman, — javob qildi Stiven.
— Bu gapni oldin kimdir ham aytgan, — dedi xotirjam ohangda Krenli.
— Nima qipti, endi men aytayapman, — qizishdi Stiven.
— O‘zingni bos, azizim. Buncha qaynab-toshmasang, jin ursin, — dedi Krenli Stivenning qo‘lini tirsagi bilan siqib.
Bu gapni u asabiy kulimsirab aytdi va Stivenning yuziga samimiy qarab, takrorladi:
— O‘zing sezayapsanmi, sen juda asabiysan?
— To‘g‘ri, bilaman, — dedi Stiven ham kulimsirab.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:32:25
Oralariga tushgan sovuqchilik ko‘tarildi va yana ular o‘zlarini qadrdon do‘stlarday his etishdi.
— Sen vino va non Xristning tani va qoni ekaniga ishonasanmi? — so‘radi Krenli.
— Yo‘q, — dedi Stiven.
— Demak, ishonmaysan?
— Ishonaman ham, ishonmayman ham.
— Hatto juda ko‘pchilik dindor kishilarda ham shubha bo‘ladi, biroq ular shubhalarini yengishadi yoki shunchaki e’tibor qilmay qo‘yishadi, — dedi Krenli.
— Ehtimol, sening gumonlaring juda kuchlidir?
— Men ularni yengishni istamayman, — e’tiroz bildirdi Stiven.
Krenli bir daqiqa nima deyishni bilmay turdi, keyin cho‘ntagidan quritilgan anjir olib, og‘ziga solmoqchi bo‘ldi, biroq Stiven uni to‘xtatdi:
— Hoy, to‘xta, sen og‘zingni to‘ldirib turib men bilan bu masalada gaplasha olmaysan.
Ular ko‘chadagi fonus tagida to‘xtashganda, Krenli yorug‘da anjirni ko‘zdan kechirdi, burnining kataklariga bir-bir bosib hidladi-da, kichkina bo‘lakni tishlab uzib olib tupurib tashladi va qulochkashlab anjirni zovurga irg‘itdi.
— Ket mening qoshimdan, la’nati, do‘zax o‘tida yon, — xitob qildi u o‘zi uloqtirgan anjir ortidan.
U yana Stivenning qo‘ltig‘idan oldi.
— Qiyomat kuni bu so‘zlarni eshitishdan qo‘rqmaysanmi? — so‘radi u.
— Xo‘sh, evaziga menga nima lozim ko‘riladi? — so‘radi Stiven. — Dekanimiz bilan birga jannatda abadiy huzur-halovatda yurishmi?
— O‘zingni bos, unutma, u jannatga tushadi.
— Ha, albatta, — dedi qizishib Stiven, — shunday aqlli, g‘ayratli, bosiq, eng muhimi, zehni o‘tkir2 bo‘lsa.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:32:43
— Juda qiziq, — dedi xotirjam ohangda Krenli, — sen o‘zing dinni inkor qilayapsan-u, biroq uni vujudingga butunlay singdirib yuborgansan, bu meni ajablantirayapti. Kollejdaligingda ishonarmiding? Garov o‘ynayman, ishonarding.
— Ha, — javob qildi Stiven.
— O‘sha paytda baxtiyormiding? — yumshoq qilib so‘radi Krenli. — Hozirgidan ko‘ra baxtliroq eding-da, a?
— Ba’zida baxtir edim, ba’zida — yo‘q. Lekin o‘shanda men boshqacha edim.
— Qanaqa boshqacha? Nima deganing bu.
— Aytmoqchimanki, men u payt boshqa odam edim, hozirgiday emasdim, qanaqa bo‘lishim kerakligidan ko‘ra boshqacha edim.
— Boshqacha edim, hozirgiday emasdim? Qanday bo‘lishim kerakligidan ko‘ra boshqacha edim? — takrorladi Krenli. — Bitta savol bersam maylimi? Sen onangni yaxshi ko‘rasanmi?
Stiven sekin boshini sermadi.
— Nimani nazarda tutayotganingni tushunmayapman, — dedi u xotirjam.
— Sen qachondir, kimnidir yaxshi ko‘rganmisan? — so‘radi Krenli.
— Ayollarni demoqchimisan?
— Men u haqda gapirayotganim yo‘q, — sovuqroq ohangda e’tiroz bildirdi Krenli. — Men sendan so‘rayapman: qachondir birovga yoki biror narsaga ko‘nglingda muhabbat hissini tuyganmisan?
Stiven do‘stining yonida qovog‘ini solib, yerga qarab borardi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:32:54
— Men xudoni sevishga harakat qildim, — dedi u nihoyat yuragini ochib. — Nazarimda, men buni uddalay olmadim. Bu juda qiyin. Men doim butun borlig‘imni xudoning irodasiga bo‘ysundirishga urindim. Gohida bunga erishdim ham. Ehtimol, men hozir ham...
Tuyqusdan Krenli uning gapini bo‘ldi:
— Sening onang baxtli hayot kechirganmi?
— Qaerdan bilay? — dedi Stiven.
— Uning nechta bolasi bor?
— To‘qqiztamidi, o‘ntamidi, — javob qildi Stiven, — bir nechtasi o‘lgan.
— Otang-chi... — Krenli chaynaldi, keyin biroz sukut saqlab dedi. — Men sening oilaviy ishlaringga aralashmoqchi emasman. Biroq sening otang, harqalay, badavlat kishi edi, to‘g‘rimi? Men sening bolalik paytingni nazarda tutayapman.
— Ha, — dedi Stiven.
— U kim bo‘lib ishlardi? — so‘radi Krenli biroz sukut saqlab.
Stiven bidirlab otasining ishlari-yu, kechirgan kunlarini sanay boshladi.
— Talaba-shifokor, eshkakchi, xushovoz xonanda, ashaddiy siyosatchi, mayda mulkdor, mayda omonatchi, aroqxo‘r, yoqimtoy, sergap, kimningdir kotibi, yana vino zavodida kimdir, soliq yig‘uvchi, singan savdogar, endi esa o‘tmishini xirgoyi qilib yurgan bir darvesh.
Krenli kuldi va Stivenning qo‘lini qattiqroq siqib, dedi:
—Vino zavodida kimdir — zo‘r ekan jin ursin!
— Xo‘sh, yana nimalarni bilging kelayapti? — so‘radi Stiven.
— Hozir qanday, yaxshi yashayapsizlarmi? Hammasi joyidami?
— Ust-boshimdan sezilmayaptimi? — qo‘rslik bilan so‘radi Stiven.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:33:19
—Xo‘-o‘sh, — dedi Krenli xayolchan, — sen, demak, boy-badavlat oilada tug‘ilgansan.
Bu gapni u ovozini balandlatib, texnikaga doir muhim atamalarni aytayotganday, dona-dona qilib aytdi va bu bilan o‘zi aytgan gapga ishonqiramayotganini Stivenga bildirib qo‘ygisi kelayotganiga ishora qildi.
— Sening onangga, harqalay, ancha qiyin bo‘lgandir? — davom etdi Krenli. — Nega endi uni sen ortiqcha xafagarchilikdan xalos qilib qo‘ya qolmaysan, hatto agarс•
— Agar men buni istasam, — dedi Stiven, — bu menga hech gapmas, oson.
— Shunday qila qol-da, — dedi Krenli. — Onang aytganday qil. Shu qiyinmi senga? Agar ko‘nglingda ishonmasang, ishonmay qo‘ya qol, shunchaki rasmiyatchilik uchun cho‘qinsang bo‘ldi, xolos. Uning ko‘ngli tinchiydi.
Krenli to‘xtadi, Stivendan javob bo‘lavermagach, oradagi jimlikni buzmadi. Keyin, go‘yo xayolida kechayotgan o‘ylarni ovoz chiqarib aytayotganday, dedi:
— Biz dunyo deb ataydigan bu kir o‘rada ona mehridan boshqa hammasi omonat. Seni ona dunyoga keltiradi, vujudida avaylab ko‘tarib yuradi. Uning kechirgan azoblarini biz qaerdan bilaylik? Biroq u nimalarni boshidan kechirmasin, ko‘nglidan o‘tkazmasin — bari har holda, chin bo‘lishi kerak. Haqiqiy bo‘lishi kerak. Uning chekkan uqubatlari oldida bizning g‘oyalarimiz, orzularimiz hech gapmas. O‘yin! Quruq safsata! Anov baqiroq echki Templning kallasidayam g‘oya bor. Makkenning miyasidagiyam — g‘oya. Yo‘lda yurib borayotgan har qanday eshshak menda g‘oya bor, deb o‘ylashi mumkin.
Stiven, bu gaplar tagida nima yashiringanini bilishga urinib, atay tergab dedi:
— Paskal, agar xotiram aldamasa, o‘zini onasiga o‘ptirmas ekan, chunki u ayollarning teginishidan qo‘rqqan.
— Demak, Paskal — cho‘chqa, — dedi Krenli.
— Aloiziy Gonzaga ham, chamamda, shunday qilgan.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:33:31
— Unda Gonzaga ham cho‘chqa, — dedi Krenli.
— Cherkov uni avliyo deb hisoblaydi-ku, — e’tiroz bildirdi Stiven.
— Kim kimni nima deb hisoblasa hisoblayversin, men bariga tupurdim, — qat’iy va qo‘pol qilib, cho‘rt kesib gapirdi Krenli. — Men uni, baribir, cho‘chqa deb hisoblayman.
Stiven, har bir so‘zini o‘ylab salmoqlab dedi:
— Iisus ham onasi haqida odamlar oldida alohida ehtirom bilan gapirmagan biroq iezuit ilohiyotchisi, ispan boyoni Suares2 uni haqli deb hisoblaydi.
— Ayt-chi, biror marta sening kallangga, — so‘radi Krenli, — Iisus o‘zini xaloyiqqa aslidan boshqacha qilib ko‘rsatgan, odamlarni chalg‘itgan, degan fikr kelmaganmi?
— Menimcha, boshiga bunday fikr kelgan birinchi odam, —javob qildi Stiven, — bu Iisusning o‘zi.
— Yo‘q, men aytmoqchimanki, — ovozini keskin balandlatib davom etdi Krenli, — qachondir sening kallangga u ongli riyokor yoki oddiy qilib aytganda, ablah, degan fikr kelmaganmi?
— Tan olib aytaman, hech qachon mening miyamga bunday fikr kelgani yo‘q, — javob qildi Stiven, — biroq qiziq, sen meni dinga kirgizishga urinmoqchi bo‘lyapsanmi yoki o‘zingni yo‘ldan ozdirmoqchimisan?
Stiven uning yuziga qarab, bepisand kulimsirayotganini ko‘rdi, yuzidagi bu ifodaga Krenli sirli ma’no berishga urinardi.
Tuyqusdan Krenli dadillashib, dangal so‘radi:
— Vijdonan ayt-chi, mening gaplarim seni noqulay ahvolga solib qo‘ymadimi?
— Biroz, — dedi Stiven.
— Xo‘sh, nega endi? — davom etdi Krenli gapining ohangini buzmay. — Axir, sen o‘zing dinimiz aldov ekaniga, Iisus xudoning o‘g‘li emasligiga ishonasan-ku.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:33:47
— Bu gapingga men unchalik qo‘shilmayman, — dedi Stiven. — U, harqalay, xudoning o‘g‘li bo‘lsa kerak, Mariyamni emas.
— Shuning uchun ham sen cho‘qinishni xohlamaysan-da, a? — so‘radi Krenli. — Xo‘sh, demak, sen bunga unchalik qo‘shilmaysan? Bundan chiqdiki, vino bilan non chindan ham xudo o‘g‘lining vujudi va qoni bo‘lishi mumkin, bu shunchalik udum bo‘lmasa kerak, deb qo‘rqasan, shekilli?
— Ha, — xotirjam javob qildi Stiven. — Men buni his qilaman va shuning uchun bu menga g‘oyibdan qo‘rqinchli tuyuladi.
— Tushunarli, — dedi Krenli.
Stiven, uni hayron qoldirgan ohangda, gapida davom etdi.
— Men ko‘p narsadan qo‘rqaman, — dedi u, — itdan, otdan miltiqdan, dengizdan, momaqaldiroqdan, mashinadan, tungi qishloq yo‘llaridan.
— Biroq, nega sen bir burda nondan qo‘rqasan?
— Mening nazarimda, — dedi Stiven, — men qo‘rqqan narsalar barisining ortida qo‘rqinchli haqiqat bor.
— Demak, sen, — so‘radi Krenli, — agar ko‘nglingda ishonmay turib cho‘qinsang, rim—katolik cherkovi tangrisi la’natlashi va o‘limga mahkum etishidan qo‘rqasan, shundaymi?
— Rim—katolik cherkovi tangrisi buni hozir ham qilishi mumkin, — dedi Stiven. — Biroq men timsoliga yolg‘ondakam sig‘inganimdan keyin vujudimda boshlanadigan kimyoviy jarayondan ko‘proq qo‘rqaman, axir, bu timsol ortida yigirma asrlik kuch-qudrat va ixlosu izzat-ikrom yotibdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:34:16
— Agar hayotining xavf ostida qolsa, — so‘radi Krenli, — sen bu kufrni ado etarmiding? Deylik, sen katolik e’tiqodi quvg‘in ostiga olingan davrda yashaganingda nima qilarding?
— Men o‘tmish uchun javob bermoqchi emasman, — dedi Stiven. — Ehtimol qo‘limdan kelmas.
— Demak, sen protestant bo‘lmoqchi emassan.
— Men e’tiqodimni yo‘qotdim, — javob qildi Stiven. — Biroq men o‘zimning qadrimni yo‘qotganim yo‘q. Kishi bir mantiqli va izchil ma’nosizlikdan voz kechib, boshqa bir mantiqsiz va izchil bo‘lmagan ma’nosizlikni qabul qilsa, buni chinakam hurlik, deb bo‘ladimi?
Ular Pemburk tumanigacha yurib kelishdi va endi, ko‘chada sekin-asta qadam tashlashib, chorabog‘lardagi uylarning u yer, bu yeridan taralib turgan yog‘dular ko‘ngillariga xotirjamlik bag‘ishlayotganini his etishdi. Bu yerdagi boy-badavlat va sokin turmush havosi ularning kambag‘alliklarini ham bir qadar xayollaridan ko‘targanday bo‘ldi. Dafna butalari ortidagi oshxona derazasida chiroq miltillab nur sochar, u yerdan pichoq qayrayotgan xizmatkor ayolning xirgoyisi eshitilardi. Ayol "œO Greydi atirgullari"ni ravon kuylardi.
Krenli eshitmoqchi bo‘lib to‘xtadi va shunday dedi:
— Multer cantar*20.
Lotincha so‘zlarning mayin ifodasi shom qorong‘usida dilbar musiqaday, erkalab silagan ayolning muloyim qo‘liday yoqib tushardi. Ularning boshlaridagi ola-g‘ovur o‘y-xayollar bir qadar bosildi. Qorong‘ulik ichida marosim chog‘i ko‘ringan, ayol qiyofasi paydo bo‘ldi: oppoq libosga burkangan, mo‘’jazgina va o‘g‘il bolanikiday tetik jussa, belbog‘ining uchlari yerga osilib turibdi. Uning bolalarnikiday jarangli va mo‘rt ovozi uzoqdan eshitilayotgan jo‘r ovozlar sadosi ichidan zulmatni yorib chiqayotgan ohu noladay eshitiladi:
— Et tu cum Jesu Galilaeo eras*21.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:34:35
Yurak hapqiradi, ilk so‘zida alanga olib, so‘nggisida so‘nib, xuddi yarqirab chiqqan navqiron yulduzday yangroq bu ovozga talpinadi. Xonish tindi. Ular yurib ketishdi. Krenli, xonish maqomiga moslab, naqoratning oxirgi satrlarini takrorladi:

Men erkamni toparman,
Illo, bo‘lurman baxtli.
Gulimni men sevarman,
Gulimning ahdi qat’i.

— Mana, haqiqiy poeziya, — dedi u. — Chin muhabbat shu.
U Stivenga ko‘z qirini tashladi va g‘alati kulimsiradi.
— Sening-cha, shu poeziyami? Bu so‘zlarda biror-bir ma’no bor deb o‘ylaysanmi?
— Ulardan ma’no topish qiyin emas, — dedi Krenli.
Uning shapkasi qoshiga tushib turardi. U shapkasini teparoqqa surdi va Stiven daraxtlar soyasida uning rangpar, nursiz yuzini, katta qora ko‘zlarini ko‘rdi. Ha, uning yuz-ko‘zi kelishgan, gavdasi ham qoruvli, kuchli. U ona mehri haqida gapirdi. Demak, u ayollarning mehrini tushunadi, ularning ko‘ngli bo‘shligini, ojizliklarini biladi.
Demak, ketish kerak! Bas, endi ketish kerak. Stiven yuragining tubida ketishga undayotgan qandaydir da’vatkor ovozni his etdi, bu ovoz uning Krenli bilan do‘stligi barham topganini zo‘r berib uqtirardi. Ha, u endi ketadi, endi u hech kim bilan kurasha olmaydi, peshonasida borini ko‘radi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:34:51
— Men ketsam kerak, — dedi u.
— Qayoqqa? — so‘radi Krenli.
— Boshim oqqan tarafga, — javob qildi Stiven.
— Shunaqa de, — dedi Krenli. — Harqalay, bu yerda senga qiyin bo‘ladi. Sen shuning uchun ketmoqchi bo‘layapsanmi?
— Men ketishim kerak, — dedi Stiven.
— Faqat o‘ylab yurmagin meni quvg‘inlikka majbur qilishdi deb, — davom etdi Krenli. — O‘zingni allaqanday shakkok yoki eldan ajralib qolgan kimsa deb o‘ylamagin. Ko‘pgina dindorlar shunday deb o‘ylashadi. Bu seni ajablantirsa kerak? Biroq cherkov — bu shunchaki toshdan qurilgan imorat va hatto allaqanday qotib qolgan aqidalarga berilgan ruhoniylar makoni emas, axir. Bu odamlar shu bilan tirik. Men sening nimani istayotganingni bilmayapman. O‘sha, biz birga Xarkort-stritdagi bekatda turganimizda menga aytgan gaplaringnimi?
— Ha, — dedi Stiven beixtiyor kulimsirab. Krenlining aytilgan gapni qaerda gapirilgani bilan qo‘shib eslash odati uning kulgisini qistadi. — O‘sha oqshom sen Dogerti bilan Selligepdan Lerresgacha qanday borsa yaqin bo‘lishini yarim soat bahs qilding.
— To‘nka! — dedi Krenli nafrati qo‘zib. — Selligepdan Lerresga boradigan yo‘lni u qayoqdan biladi? U qovoq kalla-ku, nimani bilardi u!
U xoxolab kuldi.
— Boshqa gaplarni-chi, — dedi Stiven, — boshqa gaplarni eslaysanmi?
— O‘shanda sen aytgan gaplarnimi? — so‘radi Krenli. — Ha, eslayman. Yashashning yoki san’atning shunday bir usulini topish kerakki, unda sen o‘zingni bemalol, erkin namoyon etishingga imkon bo‘lsin.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:35:03
Stiven bu gapni ma’qullaganday shapkasini ko‘taribroq qo‘ydi.
— Erkinlik! — takrorladi Krenli. — Qayoqda! Sen hatto jinday kufrlikka qo‘l urishga ham qo‘rqasan-ku. O‘g‘rilik qila olasanmi?
— Yo‘q, undan ko‘ra tilanchilik qilgan yaxshi, — dedi Stiven.
— Agar sadaqa berishmasa-chi, unda nima qilarding?
— Sen mening, — javob qildi Stiven, — mulk huquqi shartli, sharoit taqozo etganda o‘g‘irlik qilinsa, bu jinoyatga kirmaydi, deyishimni xohlayapsan. U holda hamma o‘g‘irlik qilardi. Shuning uchun men bunday fikrni aytishdan tiyilaman. Yaxshisi, sen iezuit ilohiyotshunosi Xuan Mariya de Telved2ga murojaat qil, u senga qanday sharoitda qirolni o‘ldirish gunoh sanalmasligini va buni qay tarzda — taomiga zahar solibmi yoki kiyim-boshini yo bo‘lmasa egarini og‘uga bulabmi — amalga oshirganing ma’qulligini tushuntiradi. Mendan esa: sen o‘zingni tunashga ruxsat berarmiding, deb so‘raganing ma’qul. O‘g‘rilarni men shappa ushlab, adolat posbonining qo‘liga topshirmasmidim?
— Xo‘sh, buni sen qanday qilarding?
— Menimcha, — dedi Stiven, — bu harqalay, men uchun bor-yo‘g‘imni o‘g‘irlab ketgandan ko‘ra og‘irroq musibat bo‘lardi.
— Tushunaman, — dedi Krenli.
U cho‘ntagidan gugurt cho‘pini olib, tishlarini kovlay boshladi. Keyin tomdan tarasha tushganday qo‘qqisdan so‘radi:
— Ayt-chi, sen, masalan, qiz bolani iffatidan mahrum qila olarmiding?
— Kechirasan-u, — dedi xushmuomalalik bilan Stiven, — buni, axir, ko‘pchlik yigitlar orzu qilsa kerak?
— Sen-chi, sen bunga qanday qaraysan? — so‘radi Krenli.
Uning oxirgi, xuddi kuyundining hididay achchiq tagdor gapi Stivenning xayolini alg‘ov-dalg‘ov qildi, ko‘ngliga og‘ir botdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:35:15
— Menga qara, Krenli, — dedi u. — Sen mendan nima qilishni xohlashimni va nima qilishni xohlamasligimni so‘rayapsan. Men senga nima qilishimni va nima qilmasligimni aytib qo‘yay. Men endi o‘zim ishonmaydigan narsaga sig‘inmayman, hatto agar bu mening oilam, vatanim yoki cherkov bo‘lsa ham. Biroq men o‘zimni hayotning yoki san’atning biror bir shaklida qo‘limdan kelguncha to‘la-to‘kis, erkin namoyon etishga harakat qilaman, bu yo‘lda o‘zim uchun ma’qul kelgan qurol — sukut saqlash, darbadarlik va ziyraklik bilan himoyalanaman.
Krenli Stivenning qo‘lidan tutdi va uni Lison-park tarafga boshladi. U ayyorona kulib, Stivenning qo‘lini ko‘kragiga do‘stlarcha bosib, go‘yo mehribonlik ko‘rsatmoqchi bo‘ldi.
— Ziyraklik bilan?! — dedi u. — Sen-a? Bechora shoir!
— Sen meni shunga, — dedi Stiven uning soxta mehribonligidan hayajonlanib, — xuddi boshqa ko‘p narsalarga iqror bo‘lganimday tan olishga majbur qilding.
— Ha shunday, bo‘tam — dedi Krenli hazilini davom ettirib.
— Sen meni nimalardan qo‘rqishimni tan olishga majbur qilding. Biroq men senga nimalardan qo‘rqmasligimni ham aytib qo‘yishim mumkin. Men yolg‘iz qolishdan yoki boshqa biror kimsani deb haydalishdan qo‘rqmayman, taqdirimga bog‘langan narsalarni tark etishdan qo‘rqmayman. Men yana xato qilishdan, katta gunohga, bir umrga yetguli, hatto gunohi azimga yo‘l qo‘yishdan ham qo‘rqmayman.
Krenli qadamini sekinlatdi va endi jiddiylashib dedi:
— Yolg‘iz, bir o‘zing. Sen bundan qo‘rqmaysanmi? Bu gapning ma’nosiga tushunasanmi o‘zi? Boshqalardan bir chetda qolish ham gapmi, hatto do‘sting ham bo‘lmasa.
— Men bunga ham tayyorman, — dedi Stiven.
— Hech kimsiz, hatto eng oliyjanob, sodiq do‘stdan ham muhimroq insondan ajralib, a?
Bu so‘zlari Krenlining o‘ziga ta’sr qilib ketdi. U o‘zini nazarda tutib gapirdimikan, o‘zining kimligini yoki kim bo‘lishini xohlaganini nazarda tutdimikan? Stiven bir necha lahza uning qayg‘uli yuziga jim qarab turdi. U doim qo‘rqib eslaydigan o‘zining yolg‘izligi haqida gapirdi.
— Kim haqida gapiryapsan, — so‘radi nihoyat Stiven.
Krenli javob qilmadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:35:28
* * *
20 mart. Krenli bilan mening isyonim haqida uzundan-uzoq gaplashildi.
U bir nimalarni jiddiy uqtirishga urindi. Men o‘zimni eshitayotganga soldim, hurmatini o‘rniga qo‘yayotganday ko‘rsatdim o‘zimni. U onasini yaxshi ko‘rishini gapiraverib jonimga tegdi. Onasini mening ko‘z oldimda gavdalantirishga harakat qildi, biroq men tasavvur qilolmadim. Bir safar o‘zi tug‘ilganda otasi oltmish bir yoshda bo‘lgani bexos og‘zidan chiqib ketgan. Buni tasavvur qilish mumkin. Kelbati kelishgan fermer. Egnida keng-mo‘l kostyum. Moshguruch soqoli kuzalmagan. Aftidan tozi quvib ov qiladi. Aerresdagi hazrat Dvaerga cherkov badalini binoyiday to‘lab turadi, biroq juda qo‘li ochiq deb bo‘lmaydi. Kechqurunlari qizlar bilan valaqlashib o‘tirishdan zerikmaydi. Onasi-chi? Juda yoshmikan yoki munkillab qolganmi? Yosh emasdir-ov, unda Krenli boshqacha gapirgan bo‘lardi. Demak, qari. Ehtimol, qarovsizdir. Yuragidagi alam shundan: Krenli — qurib-chiriyotgan daraxt mevasi.
21 mart, eratalab. Bu haqda kecha oqshom to‘shakda yotib o‘yladim, biroq hozir hech narsa yoqmayapti, qo‘lim bormayapti, shuning uchun yozmadim. Ha, ozod qushdayman. Qurib-chiriyotgan daraxtlar — bu Yelizaveta va Zaxariya. Demak, u — Mubashshir. Dudlangan to‘sh va quritilgan anjir bilan oziqlanishi bejiz emas. Tushungin-da: yemishi chigirtkayu yovvoyi asal. Yana — qachon u haqda o‘ylasam, mudom beshafqat chopilgan bosh yoki kulrang parda orasidan mo‘ralagan jonsiz niqob, yo bo‘lmasa boqiy Xaloskor ko‘z oldimga keladi. Bosh olish — bu ularda shunday ataladi. Lotin darvozasida Ioann ko‘rsatgan mo‘’jizani tushunolmayman. Men o‘zi nimani ko‘rayapman? Qulfni buzishga zo‘r berayotgan boshsiz Mubashshirni.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:35:37
21 mart, oqshom. Ozodman. Ruhim yengil, o‘y-xayolim erkin. Qo‘y, mayli, o‘lik jonlar o‘zlarining murdalarini dafn etaversin. Ha. Mayli, tirik murdalar o‘lik jonlari bilan qovushaversin.
22 mart. Linch bilan birga kasalxonaning kasal boquvchi semiz ayoli ortidan sudralib yurdim. Linchning o‘ylab topgani. Ikki ozg‘in och tozi buzoq ketidan tushgan.
23 mart. Uni o‘sha oqshomdan beri uchratganim yo‘q. Tobi yo‘qmikan? Kamin oldida o‘tirgandir-da onasining shol ro‘moliga burkanib. Biroq parvo qilmaydi. Ovqatingni yeb olgin!
24 mart. Onam bilan tortishishdan boshlandi. Mavzu — Bibi Maryam. Yoshim va jinsimga ko‘ra noqulay holatda edim. Bahona topib, vaziyatdan chiqib ketmoqchi bo‘lib, Isoning otasi bilan va Maryamning o‘g‘li bilan munosabatlarini misol qilib keltirdim. Onamga din — tug‘ruqxona emas, dedim. Onam ko‘ngilchan. Sening xayoling buzuq, deb aytdi, men ko‘p kitob o‘qirkanman. Noto‘g‘ri. Kam o‘qiyman, kam tushunaman. Keyin u, hali sen dinga qaytasan, dedi, hozir aqlim uncha tiniqlashmagan ekan. Buni qanday tushunsa bo‘ladi: bu — cherkovni gunohning qora tuynugidan tark etish va unga ovoz chiqarib qilinadigan tavba-tazarru eshigidan qaytib kirishmi? Tavba qilolmayman. Unga xuddi shunday deb aytdim. Olti pens berib turing, dedim. Uch pens berdi.
Keyin universitetga bordim. Dumaloqbosh Getsts bilan ikkinchi bor to‘qnashdim, uning ko‘zlari tulkinikiday. Bu safar Bruno bahona bo‘ldi. Gapini italyancha boshlab, buzilgan inglizchada yakunladi. Bruno g‘irt shakkok bo‘lgan, dedi u. Men esa uni olovda g‘irtlar yoqishgan, dedim. U hech bir ginasiz mening gapimga qo‘shildi. Keyin u risotto aiia bargamasca deb nomlanadigan italyan milliy taomining retseptini berdi. U "œo"ni yumshatib aytganda qalin, go‘shtdor lablarini cho‘chchaytiradi. Tovushni muchchilayotganday tuyuladi. Ehtimol, muchchilar? Uning tavba qilishga qurbi yetramikan? Ha, bo‘lmasa-chi, ikkita quv ko‘zidan bir-bir tomchidan ikki tomchi obidiydasini oqizadi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:35:56
Stivens-Grin-parkni, mening parkimni oralab o‘tayotib esladim: axir, o‘sha oqshom Krenli bizning dinimiz deb atagan dinni mening emas, Getstsining vatandoshlari o‘ylab topishgan. To‘qson yettinchi polkning askarlari — to‘rtovlon xoch tagida o‘tirishibdi va qur’a tashlashib, xochga chormix qilinganning kiyimini bo‘lashib olishayotir.
Kutubxonaga bordim, uchta jurnalni o‘qimoqchi bo‘ldim. Foydasi yo‘q. U haliyam qorasini ko‘rsatgani yo‘q. Meni bu qiziqtiradimi? Nimasi qiziqtiradi? Endi uni hech qachon ko‘rmasligimmi? Bleyk yozgan:
Qo‘rqaman, chunki Uilyam Bond qazo qildi,
Chunki u uzoq va og‘ir yotdi.
Afsus, bechora Uilyam!
Qandaydir sabab bilan Rotondga borgan edim. Tomoshaning oxirida kiborlarning qiyofalarini ko‘rsatishdi.
Ularning orasida yaqinginada qazo qilgan Uilyam Yuart Gladston ham bor. Orkestr "œO, Villi, qaniydi oramizda bo‘lsang!"ni ijro etdi.
Chindan ham gumrohlar millati!
25 mart, ertalab. Tuni bilan alaq-chalaq tushlar ko‘rdim. Qaniydi, bir silkinib baridan xalos bo‘lsang.
Uzun aylana dahliz. Yerdan osmonga ustunday buralib qop-qora bug‘ ko‘tariladi. Allaqanday afsonaviy qirollarning son-sanoqsiz haykallari. Ularning horg‘in qo‘llari tizzalarida, ko‘zlarini yosh qoplagan, chunki ularning ko‘z o‘ngida bandalarning gunohlari qop-qora bug‘ bo‘lib o‘rlab turibdi.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:36:12
Yana g‘ordan g‘alati jondor chiqib keladi. Jussalari odamlarnikidan kichikroq. Go‘yo ular bir-biriga qo‘shilganday. Ularning qorong‘ida nurlanib ko‘ringan yuzlarida taram-taram qora chiziq. Ular menga tikilib qaraydi, ko‘zlarida esa savol alomati. Miq etmaydi.
30 mart. Bugun kechqurun kutubxona eshigi oldida Krenli Dikson bilan uning akasiga topishmoq aytdi. Ona bolasini Nil daryosiga tushirib yubordi. Hali ham ona mehri bilan band. Go‘dakni timsoh tutib oldi. Ona timsohdan bolasini qaytarib berishni so‘rayapti. Timsoh rozi: mayli, faqat bitta sharti bor, ayt-chi, bolani men nima qilmoqchiman — uni yamlab yutamanmi, yamlamay, deydi timsoh.
Bunday fikrlash tarzi, haqiqatdan ham, faqat sizning chirkin muhitda, sizning quyoshingiz ostida paydo bo‘lishi mumkin, degan bo‘lardi Lepid.
Meniki-chi? Menikining nimasi afzal? Nilga tashla uni, daryoga cho‘ktir!
1 aprel. Oxirgi gap yoqmayapti.
2 aprel. Uni ko‘rdim, Jonston kafesida Muni va O‘Brayen bilan pirojniy yeb, choy ichayotgandi. To‘g‘ri, o‘tib borayotganimizda birinchi bo‘lib Linch tulki uni ko‘rib qoldi. Linch menga: uning akasi Krenlini uylariga taklif qildi, deb aytdi. U o‘zi bilan birga timsohini ham olishni unutmadimikan? Demak, endi u olam chirog‘i bo‘ldimi? Uni men kashf etgandim-ku. Ishontirib aytaman, men! Yurardi uikloulik sho‘rtumshuqlar ichida biqinib.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:36:23
3 aprel. Finleyter cherkovi qarshisidagi tamaki do‘konida Deyvinni uchratdim. U qora sviterda, qo‘lida chavgon. Mendan chindan ham jo‘nab ketayapsanmi, nega, deb so‘radi. Men unga Taraga boriladigan qisqa yo‘l — via Xolixed, dedim. Shu payt otam kelib qoldi. Ularni tanishtirdim. Otam hurmatimizni qildi. Deyvinga tamaddi qilib olishni taklif etdi. Deyvin borolmadi — namoyishga shoshayotgan edi. Biz uzoqlashgach, otam bu bolaning chehrasi ochiq ekan, dedi. Mendan nega eshkakchilar klubiga yozilmading, deb so‘radi. O‘ylab ko‘rishga va’da berdim. Keyin u menga bir paytlar Pennifezerni qanday xafa qilganini gapirib berdi. Mening yurist bo‘lishimni xohlaydi. Bu sening burching, deydi. Yana Nil botqog‘i, timsohlari bilan.
5 aprel. Avji bahor. Pag‘a-pag‘a bulutlar suzadi. O, hayot! Qoramtir loyqa suv mavj urib oqadi, tepadan olma daraxtlari nozik barglarini to‘kib turadi. Barglar orasidan qizlarning ko‘zlari intizor boqadi. Qizlar — odobli va sho‘x. Bari oqsariq yoki mallasoch. Qorasochlisi kerakmas. Oqsariq sochli qizlarning yuzlari naqsholmaday. Bir sakrab tutsang!
6 aprel. U o‘zining o‘tmishini eslaydi, albatta. Hamma ayollar eslaydi, deydi Linch. Demak, u ham o‘zining va ham mening bolaligimni eslaydi, agar men qachondir bola bo‘lgan bo‘lsam. O‘tmishni bugun o‘z komiga tortadi, bugun esa faqat kelajakni paydo qilish ilinjida yashaydi. Agar Linchning gapi to‘g‘ri bo‘lsa, ayolning haykali doimo egnida kiyimi bilan yasalgan bo‘lishi va ayol bir qo‘l bilan ketini uyalinqirab bekitib turishi kerak.
6 aprel, shom. Maykl Robartes boy berilgan go‘zallikni xotirlayotir, qo‘llari bilan uni quchgan chog‘da, allaqachon bu dunyodan g‘oyib bo‘lgan go‘zalni bag‘riga bosayotganday tuyuladi. Boshqacha bo‘lishi kerak. Mutlaqo boshqacha. Men hali dunyoga kelmagan go‘zallikni bag‘rimga bosishni istayman.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:36:33
10 aprel. Karaxt, qop-qorong‘i tun zulmati ostida, shahar sukunatiga qoyim, ko‘rgan tushlarini unutmoq ilinjida uyquni tark etgan, xuddi horg‘in oshiqday, silab-siypashlariga, yelayotgan ot tuyoqlarining dupuriga beparvo. Endi, harqalay uncha karxtmas. Mana endi ko‘prikka yaqin qoldi: bir nafas — sukunatni tilib, alam bilan, qorong‘u derazalarni yonlab, kamon o‘qiday uchib o‘tadi. Endi ular bir yoqlarda, uzoqlarda; tim qorong‘ulikda, olmosday yaraqlagan tuyoqlar mudroq uyqudagi dalalar uzra g‘izillab uchadi — qayoqqa? — kimga peshvoz? — qanday xushxabar bilan?
11 aprel. Kecha oqshom yozganlarimni o‘qib chiqdim. Allaqanday mavhum iztiroblar haqidagi mavhum so‘zlar. Bu unga yoqishi mumkinmidi? Yoqardi, menimcha. U holda, demak, menga ham yoqishi kerak.
13 aprel. Bu "suzgich"œ uzoq vaqt xayolimni tark etmadi. Lug‘atga qaradim. Topdim. Binoyiday qadimgi so‘z. Jin ursin dekanni voronkasi bilan qo‘shib! Nega u bu yerda paydo bo‘ldi — bizni o‘zining tiliga o‘rgatish uchunmi yoki bizdan o‘rganish uchunmi? Nima bo‘lgandayam, baribir, daf bo‘lsin!
14 aprel. Jon Alfons Malrennen hozirgina Irlandiyaning g‘arbidan qaytib keldi. Yevropa va Osiyoda chiqadigan gazetalar bu xabarni ko‘chirib bosishlarini iltimos qilaman. Aytishicha, u tog‘dagi kulbada qari cholni uchratgan. Cholning ko‘zlari baqraygan, og‘zida kalta trubka. Chol irlandcha gapiradi. Malrennen ham irlandcha gapiradi. Keyin chol bilan Malrennen inglizcha gaplashishadi. Malrennen unga olam haqida, yulduzlar haqida so‘zlaydi. Chol o‘tirgan ko‘yi, tamakini buruqsitib, tupurinib eshitadi. Keyin shunday deydi:
— Ha-ya, to‘g‘ri, dunyoning naryog‘ida ajoyib maxluqlar yashaydi-da.
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:36:43
Men undan qo‘rqaman. Uning baqraygan qizil ko‘zlaridan qo‘rqaman. Tonggacha u bilan olishish mening chekimga tushgan, hali yo mening yoki uning ajali yetmaguncha, uning sertomir yo‘g‘on bo‘yinini bo‘g‘ib, hali... Nima hali? Hali u menga yon bermagunchami? Yo‘q, men unga yomonlikni sog‘inmayman.
15 aprel. Bugun u bilan Graften-stritda yuzma-yuz uchrashdim. Bizni olomon bir-birimizga duch keltirdi. Ikkalamiz ham to‘xtadik. U mendan nega ko‘rinmaysan, deb so‘radi. Men haqimda har xil bo‘lmag‘ur gaplarni eshitganini aytdi. Bu gaplar, chamamda, atay vaqtni cho‘zish uchun aytildi. She’rlar yozib turibsanmi, deb so‘radi. Kim haqida? — so‘radim men. Shunda u battar ajablandi, unga achinib ketdim va o‘zimni ablahday his etdim. Darhol gapni o‘sha Dante Algeri kashf etgan, mualliflik huquqini rasmiylashtirib olgan qahramonlik ohangidagi ko‘tarinki mavzuga burdim: o‘zim haqimda, rejalarim to‘g‘risida hovliqib gapira ketdim. Baxtga qarshi, gap orasida beixtiyor isyonkor mayllarim ham oshkor bo‘ldi. Aftidan, men bir qop yong‘oqqa o‘xshab shaldiradim. Odamlar bizga qaray boshlashdi. Shu payt u qo‘limni siqdi va ketayotib, aytgan gaplarim, albatta, amalga oshishiga umid bildirdi.
Yoqimli-da, to‘g‘rimasmi?
Ha, bugun uni uchratib kayfim chog‘ bo‘ldi. Judayam xursand bo‘ldimi yo unchalikmasmi? Bilmadim. U bilan uchrashib ruhim ko‘tariladi, bu men uchun allaqanday boshqacha, yangi bir tuyg‘u. Demak, nimaiki o‘ylagan bo‘lsam, o‘ylayotgan bo‘lsam, nimaiki his etgan, his etayotgan bo‘lsam, xullas, bugungi uchrashuvda bo‘lgan hamma narsa tub mohiyati bilan... Qo‘ysang-chi, og‘ayni, yig‘ishtir! Kechasi yotib o‘yla, ertasi turib so‘yla.
16 aprel. Yo‘l tadorikin ko‘r! Safarga otlan!
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: shoir 25 Oktyabr 2007, 17:37:47
Qo‘llar va ovozlar chorlayotir: oy yorug‘ida qotgan yo‘llarning oq qo‘llari va kemalarning uzun qora qo‘llari, ularning uzoq-uzoqlardagi mamlakatlarga eltishni va’da qilib chorlashlaridan yurak hapqiradi. Go‘yo ular imlab chorlayotganday, biz birga bo‘laylik — yonimizga kel, bizga qo‘shil, deb aytayotganday. Ovozlar esa bunga jo‘r bo‘lib: sen bizdansan, birodarimizsan, demoqda go‘yo. Osmon bu jo‘r ovozlarga to‘la, ular meni — safarga shay, o‘zining navqiron, yosh qanotlarini dadil qoqib uchishga tayyor birodarini chorlamoqda.
26 aprel. Onam mening eskifurushdan sotib olgan yangi narsalarimni joylayotir. Shoyad, tug‘ilgan uyingdan uzoqda do‘st kim, dushman kimligini bilsang, insofga kelsang, deydi onam. Illo! Shunday bo‘ladi, albatta. Shon-sharaflar bo‘lsin senga, hayot! Men safarga otlanayotirman, ijod haqiqatini qayta-qayta anglab yetmoq va qalbimning qo‘ri bilan xalqimning tengsiz, betakror aqlu irodasini namoyon etmoqqa jazm etib yo‘lga chiqayotirman.
27 aprel. Rahnamoyim, ey aziz ustoz minba’d menga tog‘day tayanch bo‘l, azalu abad o‘zing qo‘llagaysan.

Dublin, 1904.
Triest, 1914.
_________
*1 Fil suyagi (ingliz, frantsuz, italyan va lotin tillarida).
*2 Hindiston fil suyagi yetishtirib beradi (lotincha).
*3 "œNotiqning nutqi ixcham, qo‘shiqchining ashulasi rang-barang" (lotincha). Lotin grammatikasining va shu qo‘llanmadan joy olgan lotin she’r tuzilishi qoidasining muallifi Manuel Alvarishning (1526—1583) kitobidan.
*4 Ana shunday falokatlar (lotincha).
*5 Riyozat chekib zafar qozonmoq (lotincha).
*7 Qo‘l qo‘ydingmi? (lotincha).
*8 Nima? (lotincha).
*9 Umumjahon tinchligi uchun (lotincha).
*10 Nazarimda, siz o‘taketgan yolg‘onchisiz, avzoyingizdan ko‘rinib turibdi — kayfiyatingiz juda rasvo.
*11 Kimning kayfiyati yomon — meningmi yoki sizningmi (lotincha).
*12 Urushdan boshi chiqmaydigan dunyoga tinchlik (lotincha).
*13 Kelinglar, koptok o‘ynaymiz (lotincha).
*14 Pange, lingua, gloriosi Corporis mysterium... — Sharafla mening tilim, sharafli vujudim asrorini... (lotincha).
*15 Vexilla Regis prodenut — U shohona tug‘ni ko‘tarar(lotincha). Venantsiy Fortunat (530—603) — ilk o‘rta asr shoiri, umri oxirida Pufteda yepiskop bo‘lgan.
*16 Dovudning bashoratlari amalga oshdi,
Xalqlarga tantanali e’lon qilingan
Tangri daraxtda turib bizni boshqaradi degan
Haqqoniy munojotlarda (lotincha).
*17 Meningcha, Liverpuldagi kambag‘allar judayam qashshoq yashashadi (lotincha).
*18 Mo‘’tabar qadimgi sulola (lotincha). Solnomachi ingliz Fitts-Stivenlar sulolasini shunday ataydi. Bu sulolaning Stiven Dedalus oilasiga hech bir aloqasi yo‘q, boz ustiga, o‘sha sulola Irlandiyaning bosib olinishida kattagina xizmat ko‘rsatgan. Bu o‘rinda Templ Stivenning ingliz madaniyatiga qiziqishi va uning irland milliy harakatiga qo‘shilishni xohlamayotganiga kinoya qilayotir.
*19 Vaqtidan oldin, hovliqib (lotincha).
*20 Ayol kuylayapti (lotincha).
*21 Sen-da galileyalik Iisus bilan birga eding (lotincha). Injildan.


www.ziyouz.com
Nom: Re: Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys
Yuborildi: AbdulAziz 08 Yanvar 2009, 07:11:15
Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman)

(http://www.ziyouz.com/images/books/musavvir.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=12)

Muallif: Jeyms Joys
Hajmi: 570 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=12)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=352.0)