forum.ziyouz.com

Kutubxona => Jahon adabiyoti => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 10 Iyul 2006, 19:34:30

Nom: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: AbdulAziz 10 Iyul 2006, 19:34:30
Omen (ikkinchi kitob)

(http://www.ziyouz.com/images/books/omen2.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=11)

Muallif: Jozef Hovard
Hajmi: 206 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=11)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=353.0)
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:02:57
Jozef Hovard

OMEN (IBLIS HAMLASI)

(ikkinchi kitob)

MUQADDIMA. YETTI YIL ILGARI

Butun dunyoga mashhur arxeolog Karl Bugengagen asabiylashardi. U xuddi ko’rsichqondek yer qazirdi. Lekin Bugengagen bunchalik chuqurlikka tushganidan asabiylashmayotgandi. Aksincha, unga bu yer yoqardi. Namlik va zulmat uning shirin xotiralarini uyg’otardi. Yer qa’ri qabristondek jimjit edi.
Kutilmaganda arxeologning qulog’iga qandaydir shitirlagan tovush chalindi. Bugengagen qo’rqoqlardan emasdi. Uning yoshi ellikdan o’tgan bo’lsa-da, Karl hali ham qomatini saqlab qolgandi. U xuddi qadimgi grek atletlari singari yelkador va bo’yi baland edi. Oqarayotgan sochi va soqoli o’tkir nigohi bilan qo’shilib arxeologga qandaydir viqor bag’ishlardi. Bugengagen bu yerda, Isroil yeri ostida Shaytonning mavjud ekanligini isbotlovchi dalil izlardi.
Qo’qqisdan eshitilgan tovush Bugengagenni cho’chitib yubordi. U o’zining qudratli raqibi tomonidan bo’ladigan tahdidni butun a’zoi-badani bilan his etdi. Arxeolog dunyoni dahshatli xavfdan ogoh etishga uringan baxtiqaro qurbonlar ro’yxatiga o’zi ham tushishini allaqachon sezgandi. Bundan tashqari, Shaytonning Bugengagendan qutulish uchun harakat qilishiga muhim sabab ham bor edi. Chunki olim UNI anchadan buyon o’ldirishga urinayotgandi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:03:04
Arxeologning o’zi hech qanday dalil-isbotga muhtoj emasdi. Uning barcha shubha-gumonlari haqiqatga aylangandi. Ammo u yordamchisi Maykl Morganni o’z so’zlariga ishontirishi kerak edi - faqat shu yo’l bilan bu dahshatli ma’lumotlarni saqlab qolish mumkin edi. Bugengagen Iblisning hayotiga nuqta qo’yishga urinishi bilan Shaytonning qasosidan qutula olmasligini anglab yetgandi.
Dastlab Morgan Bugengagenga ishonmadi. Karl uni ishontirish uchun dalil kerakligini juda yaxshi tushunardi. Bugengagenning xayoliga ham birdan «aqldan ozib qolmadimmikan» degan fikr keldi.
Ammo shu zahoti xayolan aqli joyida ekanligi, o’ta muhim narsani bilishi va bu bilimi uchun javobgar ekanligiga o’zini ishontiruvchi ovozni eshitdi.
Bugengagen Morganni aytgan so’zlari haqiqat ekanligiga ishontirishga urinardi. Agar Maykl uning aytganlariga shunchaki shubha qilayotgan bo’lsa, uning yonida o’tirgan ayol arxeologning bir og’iz ham so’ziga ishonmayotgani yaqqol ko’rinib turardi. Bugengagenga bu ayolning ham ularning suhbatiga guvoh bo’layotgani umuman yoqmayotgandi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:03:13
Uning ismi Joan Xart bo’lib, u ko’zlari chaqnoq va malla sochli ayol edi. Kasbi fotomuxbir bo’lgan Joan bu suhbat haqida duch kelgan kishiga aytib qo’yishi mumkin edi. Joanning bo’ynida bir emas, ikkita «Nikon» fotoapparati osilib turardi. U to’xtovsiz chekar va og’zini bir daqiqaga ham yummasdi.
Bu jurnalist ayol Eykra shahriga kasbi yuzasidan kelmagandi. Yo’q, Joan Maykl Morgan shu yerdaligi uchun kelgandi. Maykl Joan uchun hayot mazmuniga aylangandi. Bu sohibjamol ayol faqat Mayklni deb yashardi.
Hozirgina Londondan uchib kelgan Joan Bugengagen hadeb Morganga ko’rsatayotgan «Amerika elchisi va uning xotinining dafn marosimi» maqolasi chiqqan gazetani qaerdadir ko’rgandi. Maykl ham bu maqolani birinchi marta ko’rmayotgandi, uning sarlavhasi odamning diqqatini tortmasdi.
- Ha, - dedi u Angliyaning yuqori tabaqali vakillariga xos ohangda, - juda qiziq.
Bugengagen uning kinoyali so’zlariga e’tibor bermay, yana bir gazetani ko’rsatdi. Amerikada chiqadigan bu gazetada «Prezident va uning rafiqasi elchining yetim qolgan o’g’lini tinchlantirishmoqda» degan maqola bosilgandi. Bugengagen qo’li bog’langan olti yoshli bolakayning suratiga ishora qildi. Bolakayning yuzi xuddi Uyg’onish davrida chizilgan suratlardagi kabi juda chiroyli edi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:03:20
- Uni taniyapsizmi? - so’radi Bugengagen.
Morgan suratga yana bir marta, bu safar diqqat bilan razm soldi.
- Yo’q, - dedi u qat’iy ohangda.
Bu fojianing yagona guvohi bo’lgan Bugengagen charchaganligini his qildi.
- Nima, siz Igael devorini ko’rmaganmisiz? - so’radi u.
- Bu devorni o’tgan haftada topishdi-ku, Karl, - o’zini oqlashga urindi Morgan, ammo Bugengagen uning so’zini shu zahoti bo’ldi.
Arxeolog hozir Morganga aytadigan so’zlarini u ahmoqlik deb tushunsada, baribir aytishi lozimligini tushundi. VAQT OZ QOLGANDI. Bugengagen yana suratga ishora qildi va lo’nda qilib dedi: «Igael devorida men uning yuzini ko’rganman! Bu bola, Demen Torn - Iblis!»
Morgan unga e’tiroz bildirmoqchi bo’ldi.
- Karl, - so’z boshladi u, biroq olim uni yana to’xtatdi.
- Sen menga ishonishing shart!
Morgan iljayishdan to’xtadi. Bugengagenning yuzidagi ifoda Mayklni tashvishga soldi. Axir uning qarshisida aqldan ozgan qariya emas, ustozi o’tirardi va Morgan Bugengagen oldida qarzdor edi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:03:27
- Karl, - dedi yumshoqlik bilan Maykl, - men diniy mutaassib emasman. Men arxeologman.
Bugengagen uning so’zlariga e’tibor bermadi. «Uning kelayotganini qaerda EShITMANG...». Karl uyog’ini eslay olmadi. U bir necha kundan beri uxlamagan va o’lgudek charchagandi. Buning ustiga olimning xotirasi ham pand berayotgandi.
Morgan bosh chayqadi va Bugengagenga murojaat qildi:
- Isbot qani, Karl?
- Bir hafta ilgari, - dedi Bugengagen, - Demenning otasi uni o’ldirishga urindi. Londondagi Barcha Avlig’lar cherkovida. Elchi bolaning yuragiga pichoq urmoqchi bo’lgan.
Joan dahshatdan titrab ketdi. Morgan maqola sarlavhasiga yana bir marta ko’z yugurtirdi.
- Chamasi, muxbirlar ko’p narsaning isini olisholmagan, - davom etdi Bugengagen. U chuqur xo’rsindi, so’ng dedi: - Bu pichoqlarni elchiga men bergandim. Mening do’stim, Jeyms ota o’sha paytda cherkovda bo’lgan. U hammasini o’z ko’zi bilan ko’rgan. Ruhoniy ota menga qo’ng’iroq qildi va sodir bo’lgan fojia haqida gapirib berdi. U qadimiy pichoqlarni tanib qolgan va ularni menga qaytarish kerakligiga politsiyachilarni ishontirgan.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:03:39
Ular jim bo’lib qolishdi. Morgan stakanni ushlaganicha do’stiga qarab turardi. Joan ham katta-katta ochilgan ko’zlarini Bugengagendan uzmasdi. Olim gapida tez davom etdi:
- Amerika elchisining ismi Jeremi Torn edi. Uning endigina tug’ilgan o’g’li Rimdagi gospitalda o’ldirilgan. Va qandaydir ruhoniyning iltimosi bilan Torn boshqa chaqaloqni boqib olgan. Aslida o’sha ruhoniy Shaytonning malayi bo’lgan. Torn bu chaqaloq o’zlarining bolasi ekanligiga xotinini ishontirgan. Tornlar bolakayni yaxshi ko’rishardi, u Londonda voyaga yetdi. Er-xotinlar aslida bu bolaning shoqoldan tug’ilganligini bilishmasdi! Tez kunda bola o’zining kimligini bilib qolganlarni yo’qota boshladi. Ana shunda Torn mendan yordam so’rab keldi. Uning dastlabki so’zlaridanoq Torn haqiqatni aytayotganini tushundim. Men Tornga Shaytonga qarshi yagona qurol - yetti dona pichoqni berdim. Bu pichoqlarni Uning tanasiga sanchish lozim edi. Bu paytga kelib Tornning xotini ham haqiqatni bilib qolgan ikki baxtiqaro kabi o’lgandi. - Bugengagen bosh chayqadi. - Politsiyachilar Tornni Shaytonning o’g’liga pichoq sanchgunicha otib tashlashdi. Ular "œelchi xotinining o’limdan keyin jinni bo’lib qolgan" deb o’ylashgandi!
Bugengagen yana gazetadagi suratga imo qildi. U faqat bir narsani, Morgan uning so’zlariga ishonishini, dahshatli xavfni anglashini va tezroq harakat qilishini istardi. - Bola hali ham tirik!
Oraga uzoq sukunat cho’kdi, keyin Morgan so’radi:
- U hozir qaerda?
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:03:48
- Amerikada. Amakisi - marhum Tornning akasinikida yashayapti. Kitobda yozilganidek: «U yerda Uning qudrati oshadi, u vayron qiladi va kuchayadi, dunyoning eng kuchli va aqllilari uning quroliga aylanishadi».
- Maykl, zudlik bilan Amerikaga jo’naymiz! - qichqirdi Joan Xart jon holatda.
- Ovozingni o’chir! - dedi Maykl. Bugengagenning aytganlari aqlga sig’masdi.
Bugengagen engashib, poyafzali orasidan charm xalta chiqardi. U xaltani stol ustiga qo’ydi.
- Sen buni bolaning yangi ota-onasiga berishing kerak, - dedi Bugengagen. - Buning ichida pichoqlar va ularga hamma narsani tushuntiruvchi maktub bor.
Morgan Bugengagenga tushunolmay qoldi. Uning ertaksifat hikoyasini tingladi, mayli unga ishondi ham, endi bu bema’ni safsatabozlikda ishtirok ham etish nimasi?
- Kechir, Karl,- ikkilandi Maykl bosh chayqab. - Sen mendan...
- Ularni ogohlantirish zarur! - uning so’zini bo’ldi Bugengagen. Qo’shni stoldagi mijozlar ularga qaray boshlashdi. Arxeolog bo’g’iq ovozda shivirlay boshladi.
- Men ancha qaridim, buning ustiga kasallik. Buni o’zim bajara olmayman. Men haqiqatni biladigan yagona odamman, men...- Bugengagen miyasiga kelgan fikrdan qo’rqib ketdi chamasi, so’zlarini yakunlashga qurbi yetmadi.
- Nima? - so’radi Morgan.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:03:56
Olim stakanga ko’z tikdi:
- Xavfdan ehtiyot bo’lishim kerak.
Morgan g’amgin bosh chayqadi:
- Aziz do’stim, axir mening o’zimga yarasha obro’im bor.
Bugengagen keskin tarzda dedi:
- Shuning uchun ham buni sen bajarishing kerak! Ular senga ishonishadi!
Mayklni uning bu so’zlari qanoatlantirmadi. U Bugengagenning talvasali holatidan tashvishlana boshladi. Buning ustiga u ustozining iltimosiga jiddiy qaramayotgandi.
- Ammo, Karl, meni boshqacha tushunishadi...
Bugengagen o’rnidan turdi. Botayotgan quyosh nurlari uning yuziga tushib, olimning jiddiylik va qat’iyat aks etgan qig’fasiga salobat bag’ishladi.
- Yur, Igael devoriga, - buyurdi Bugengagen.
Bu buyruq edi va Morgan bundan bosh torta olmasligini tushundi. Bu safar qarshilik ko’rsatishning iloji yo’q edi.
- Xo’sh, keyin-chi? - so’radi u hamma narsa hal bo’lganini bilsa-da.
- Ketdik, - takrorladi Bugengagen va «Jip» mashinasi tomon keta boshladi.
- Sizlar bilan borsam maylimi? - so’radi Joan tabassum qilib ularning roziligini olish umidida.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:04:14
Morgan inkor ma’nosida bosh chayqadi.
- Mehmonxonada kutib tur. Biz tezda qaytamiz, - u Joanni o’pib qo’ydi.
- Bo’pti, - dedi Joan xo’rsinarkan. - Ammo aytib qo’yay, uzoq kutib o’tirgani toqatim yo’q.
Maykl kuldi va unga havoyi bo’sa yo’llab, ko’zdan g’oyib bo’ldi. Bu ularning oxirgi uchrashuvi edi. Joan Xart bunga ko’nikishi va buning asl sababini anglab yetishi uchun juda ko’p vaqt kerak bo’ldi.
Atrofi devor bilan o’ralgan Belvuar qo’rg’oni Eykra shahri yaqinida, Sibulan vodiysining qoq chegarasida joylashgandi. Qo’rg’on o’n ikkinchi asrda, Yevropadan kelgan salb yurishi ishtirokchilari tomonidan qurilgandi. Ular qo’rg’onni Isoning xotirasi uchun qurishgandi. Va aynan Belvuar qo’rg’oni ostida Bugengagen zarur isbotni topgandi - Iblis AYNI PAYTDA odamlar orasida edi.
Motorning bo’g’iq guvillashidan qo’rg’onning qadimiy devorlari yonida o’tlab yurgan qo’ylar boshlarini ko’tarishdi. Tong otib kelayotgan, vodiy uzra quyosh qizarib chiqayotgandi. «Jip» tepalik ortidan kutilmaganda paydo bo’ldi va qo’ylar har tarafga qarab qochib qolishdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:04:22
Mashina qo’rg’on oldiga kelib to’xtadi. Bugengagen va Morgan mashinadan tushishdi. Ertalabki salqin etni junjiktirar, ammo, chamasi, buni faqat Mayklgina his qilardi. Bugengagen mashina yukxonasidan shaxtyorlar kaskasini qidirardi. Ular boradigan joy juda qorong’i bo’lib, birgina chiroq nuri kamlik qilar, tuproq ko’chish xavfi juda katta edi. Bugengagen ham, Morgan ham bir narsani payqashmadi. Devor ustida ulkan quzg’un o’tirar va ularni kuzatardi. Uning ko’zlarida nafrat o’ti yonardi.
Ular balandligi ellik futli yog’och ustunlar o’rnatilgan zaldan o’tishdi. Shiftda ko’rshapalaklar oyog’ini osmondan qilib osilib turishardi. Qariya charm xaltani xuddi undan ajralib qoladigandek ko’ksiga mahkam bosdi. Ular kaskalariga o’rnatilgan fonarlarni yoqdilar va zinalardan ehtiyotkorlik bilan yer ostiga tusha boshladilar.
Bu yerda yaqindagina arxeologlar bo’lishgandi. Eng so’nggi qazuv ishlari olib borilgan joyda tuproq uyumlari yotar, har qadamda chuqurlar uchrardi.
Birdan Morganning ko’zi bir narsaga tushib, a’zoi badani muzlab ketdi. Uning yuragi qinidan chiqib ketguday ura boshladi. Morgan devordagi bir vaqtning o’zida ham dahshatli, ham chiroyli suratni ko’rib qotib qoldi. Suratda allaqanday Maxluq ustida o’tirgan ayol tasvirlangandi. Maxluqning o’ta xunuk yettita boshi va o’nta shoxi bor edi. Surat atrofi necha yuz yillardan buyon hech kim so’zlashmay qo’ygan qadimiy tildagi yozuvlarga to’lib ketgandi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:04:29
- «Bobillik adashgan ayol», - o’qidi Morgan.
Uning ovozi yer ostida aks-sado berdi. Maykl suratdan ko’zini oldi va Bugengagen ancha uzoqlashib ketganini ko’rdi. Morgan qaltirab ketdi va ustozi ortidan yurdi. «Bobillik adashgan ayol» bilan qorong’ulikda yolg’iz qolish Mayklni dahshatga soldi. U yer osti zaliga chiqdi.
Igael devori shu yerda edi. Bugengagenning kaskasidagi fonar keyinchalik aqldan ozib qolgan rassom chizgan suratlarni yoritib turardi. Ularda Shaytonning manfur, doim o’zgarib turadigan basharasi aks etgandi.
Suratdagi eng katta parcha kishida dahshat uyg’otardi: unda Shaytonning kuchga to’lgan davri tasvirlangandi. U deyarli Do’zax ichida edi. Shayton Do’zax chetida osilib turar, baquvvat qo’llari va oyoqlari zo’riqishdan tirishib ketgan, ulkan ko’rshapalak esa qanotlarini yozgancha uni qutqarishga urinardi.
Ikkinchi parchada esa bosh tasviri chizilgandi. Unda soch o’rniga uzun tillarini chiqargan ilonlar bor edi.
Eng kichkina parchada Shaytonning bolaligi aks etgandi. Uning ko’zi o’ta aniqlik bilan chizilgandi. Bu Demen Tornning qig’fasi edi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:04:38
- Xo’sh, endi ishondingmi? - dedi Bugengagen.
Morganga endi hech qanday isbotning keragi yo’q edi. U hayrat bilan suratga yaqinlashdi va kutilmaganda yer ostida qandaydir shovqin eshitildi. Morgan Bugengagen tomonga qadam tashladi. Ikkalasi ham turgan joylarida qotib qolishdi.
Birdan yer osti yo’lining shifti atrofni changga to’ldirgancha ko’cha boshladi. Morganning nafasi tiqildi. Bugengagen o’zini xotirjam tutardi. Maykl yo’talganicha undan so’radi:
- Bu yerda yana boshqa chiqish yo’li bormi?
Bugengagen bosh chayqadi va shu onda o’zini qanday qo’rquv qamrab olganini his etdi. U sodir bo’layotgan voqeaning asl sababini anglab yetdi va endi ular hech nima qila olmasliklarini tushundi.
Ularning ortida shift gursillab tushdi. Yer osti ularning qabriga aylanayotgandi.
Morgan dahshat bilan Bugengagenga qaradi. Qariya taqdirga tan berib ko’zlarini yumdi.
Keyin yana qandaydir tovush eshitildi. Dastlab Morgan bu tovushning qaerdan kelayotganini bilolmadi, so’ng shiftdagi kichkina teshikdan tushayotgan qum oqimiga ko’zi tushdi. Shu payt ikkinchi teshik paydo bo’ldi. Bir lahzadan so’ng teshiklar soni to’rttaga yetdi. Keyin o’n ikkitaga. Endi haqiqiy qum yomg’iri yog’ardi. Qum ularning ko’zlariga tushar, arxeologlar oyog’i ostidagi qum tobora ko’tarilib borardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:04:46
Shu daqiqada Morgan o’limi yaqinlashganini angladi. U oyog’i ostidagi qumni depsib, har tomonga socha boshladi. Bir necha daqiqadan so’ng uning barmoqlari qonay boshladi va Morgan yig’lab yubordi.
- Iblis shu yerda! - qichqirdi Bugengagen. - Tangriga imon keltir!
Unga javoban kuchli shovqin eshitildi, devor va ustunlar qulay boshladi. Morgan oyoqlari ostidagi qumni sochishga urinardi. Ammo qum uning beligacha yetgan va borgan sari ko’tarilib borardi.
Bugengagen ko’zlarini yumib olgandi. U duo o’qirdi: «Ey, Xudo, bizga rahm qilgin, gunohlarimizni kechirgin».
Qum ularning iyagigacha yetdi. Morgan nimadir deb g’o’ldiradi. Bugengagen duo o’qishda davom etardi: «... yovuz kuchlar bizni yengadiganga o’xshaydi, ammo YaXShILIK g’alaba qozonadi».
Qum ularning labiga yetdi, so’ng burniga, ko’ziga, nihoyat kaskalardagi fonar nuri ham qum ostida g’oyib bo’ldi. Atrofni zulmat qopladi. Ular halok bo’lishgandi.
Yerning so’nggi marta qimirlashidan keyin chang-to’zon ko’tarildi va qo’rg’on butunlay vayronaga aylandi.
Faqatgina ikki narsa omon qoldi. Igael devori va uning yonida yotgan Bugengagenning charm xaltasi. Xuddi so’nggi daqiqalarda qandaydir ko’rinmas kuch bu dalillarni asrab qolgandek edi.
Kutilmaganda chang buluti orasidan qop-qora quzg’un osmonga ko’tarildi. U vayrona ustida bir necha marta aylandi va ertalabki tumanga singib ketdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:04:57
1

Alanga shu’lasi o’n ikki yashar o’spirinning bolalarga xos bo’lmagan jiddiy yuzini yoritardi. U olovning o’rlayotgan tillariga tikilgancha qotib qolgandi. Yigitcha nimanidir eslashga urinardi. U miyasi qatida o’rnashgan hissiyotlardan junbushga kelardi.
- Demen?
Yigitcha qimirlamadi. Bog’bonlar uning atrofidagi xazonlarni yig’ishtirishda davom etishdi.
Bolakay qadimiy ulkan binoga olib boradigan yo’lka chetida yonayotgan olovdan ko’z uzmay toshdek qotib turardi. Chikagoning shimoliy qismida joylashgan qasrni eslatuvchi bu uy uni asrab olgan ota-onasiga tegishli edi.
O’smirning xayoli bu yerdan juda uzoqda, boshqa davr va muhitda sayr qilayotgandi. U atrofida yonayotgan sanoqsiz gulxanlarni ko’rar, oxiri yo’q azob va og’riqdan ingrayotganlarning to’xtovsiz ohlarini eshitardi.
- Demen!
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:05:05
Uning ko’z oldidagi manzara g’oyib bo’ldi. Demen boshini ko’tardi va ovoz kelgan tomonga qaradi. U sekin-asta uy ortiga botayotgan quyoshga qarab junjikdi. Uchinchi qavat balkonida uning amakivachchasi Mark turar va kuchining boricha qo’lini silkitardi.
Demen Markni yoqtirardi. Ko’ngilchan va saxiy Mark bundan yetti yil ilgari oilasiga kelgan o’gay ukasini chin dildan yaxshi ko’rardi. Ular bir tug’ishgan aka-ukalardan ham ko’ra qadrdon bo’lib ketgan edilar. Ikkalasi ham o’zlari o’qiyotgan harbiy Akademiya kiyimida yurishardi. Bolalar Shukrona kunini nishonlash uchun uyga kelishgandi. Endi esa maktabga qaytish payti keldi. Mana shu bayramdan keyin Tornlar yozgi uylarini berkitishar va qishlash uchun shaharga ketishardi. Demen unga javob tariqasida qo’lini silkitdi, - Ketyapman,- qichqirdi u va bog’bonga o’girildi: - Kelasi yozgacha, Jim. - Qariya javob o’rniga boshini silkidi.
Demen shaxdam qadamlar bilan uyga yo’l oldi. Mark o’zining sevimli burg’usida qandaydir mungli kuyni chalayotgandi.
Demen zinadan ko’tarildi.
U tez kunda o’n uch yoshga qadam qo’yardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:05:14
Demenning bobosi — Rejinald Torn bu yerni 20-yillarda sotib olgandi. Chikagoning shimoliy qismidagi Michigan ko’li sohilida joylashgan bu yer katta maydonni egallagandi. Birinchi jahon urushi davrida ishlab topgan daromadining bir qismiga u hashamatli uy qurdi. Odamlar uning bu ovloq yerga uy qurishini ko’rib kulishdi. Ammo bu yerdan avtomobil yo’li o’tgach, hamma jim bo’ldi. Endi kim pul topsa, ko’l sohilidan yer olishga harakat qilardi. Biroq bu yerga ko’chib kelganlarning hech birida unikiday hashamatli uy yo’q edi.
Torn bu uyni o’g’illari uchun qurganligini tez-tez takrorlab turardi. U bolalarini juda yaxshi ko’rar, ular uchun barcha sharoitlarni yaratib bergandi. Torn yangi gimnaziya qurilishi uchun katta pul ajratdi. Maktabga Tornning nomi berildi. Jeremi va Richard bu yerda o’qishni a’lo baholar bilan bitirishdi.
Jeremi diplomatiya bilan shug’ullandi. Richard esa oilaviy biznesga o’zini urdi. Ikkalasidan ham Tornning ko’ngli to’q edi. Hammasi reja bo’yicha borardi. O’limidan sal ilgari Rejinald Chikagoning qoq markazida muzey qurish uchun pul ajratdi. Bu muzeyda qadimiy xristianlikka oid buyumlar va san’at asarlari namoyish qilinishi kerak edi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:05:27
U muzeyning ochilishini ko’ra olmadi. Xuddi «Torn Indastriz»ning gullab-yashnaganini ko’ra olmagani kabi. Va baxtiga, Angliyada elchi bo’lib ishlayotgan o’g’li Jeremi Torn sevimli xotini o’zini-o’zi o’ldirganidan so’ng o’z o’g’lini pichoqlashga urinayotganida otib tashlanganini ham ko’rmadi.
Bundan yetti yil ilgari otasi o’g’lining yuragiga pichoq sanchmoqchi bo’lgan paytda politsiyachilar tomonidan otib tashlanganidan buyon Demenning xotirasida nimalar qolganini hech kim bilmasdi.
Umuman olganda, Demen o’sha fojiali kun haqida hech narsani eslamasdi, chamasi, uning asabi jarohatlangandi va Richard Torn yetti yil ilgari yuz bergan voqealar haqida bolaning oldida so’z ochishni butunlay taqiqlagandi. Uning ikkinchi xotini Anna bolalar ruhshunosi bo’lib, bu fojia Demenning miyasidan chuqur joy olganiga, payti kelib u buni eslashiga ishonchi komil edi. Anna Richardga o’z xavotirini aytdi. Lekin eri unga quloq solmadi.
Mark o’sha fojia haqida hech narsa bilmasdi, unga Demenning ota-onasi fojiali tarzda halok bo’lishganini va ularning o’limini eslatish tutingan ukasi uchun juda og’ir bo’lishini aytishgandi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:05:33
Demen hamma narsani juda yaxshi eslashiga birgina Merion Tornning imoni komil edi.
Merion xola, uni shunday chaqirishardi, Rejinald Tornning singlisi edi. U injiq va qaysar edi. Merion xolani hech kim yoqtirmasdi, chunki u doim birovlarning ishiga burnini suqardi. U erga ham tegmagan bo’lib, butun hayotini jiyanlari va ularning oilalariga bag’ishlagandi. Ammo Merion Jeremini ko’proq yaxshi ko’rardi. Uning kutilmagan va fojiali o’limi xolaning qalbini shunchalik larzaga soldiki, o’shandan buyon uning Demenni ko’rgani ko’zi, otgani o’qi yo’q edi. Merion xola fojianing asl sababini bilmasa-da, jiyanining o’limiga bolaning qandaydir tarzda aloqadorligini his qilardi.
Merion xola o’zini yoqtirmasliklarini bilardi, biroq bu uni tashvishlantirmasdi. Ilgarilari ham u boshqalarning e’tiboridan chetda edi. Uni tushlikka kamdan-kam chaqirishar, hattoki oilaviy bayramlarga ham taklif etishmasdi.
Bu safar Merion xola g’ururini yengishiga to’g’ri keldi. U hech qanday taklifsiz Shukrona kunini nishonlash uchun Tornlarnikiga tashrif buyurdi. Zero, Merion xola ularga o’ta muhim gapni aytmoqchi edi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:05:39
Ushbu shanba oqshomida u bolalarning hamma bilan xayrlashishlarini kuzatib turardi. Haydovchi Myurrey bolalarning yuklarini mashinaga olib chiqishi uchun eshik katta ochib qo’yilgandi. Har yili bir xil narsa takrorlanardi: ular bu yerga bir juft chamadon bilan kelishar, oltita chamadon bilan qaytishardi. Xonaga sovuq shamol urildi va yoshi oltmishlarga borib qolgan Richard Torn yelvizakdan junjikib o’zini chetga oldi. U Annaga bolalar bilan bemalol xayrlashib olishiga imkon bergandi.
Anna eshik oldida turar va yig’lab yubormaslik uchun lablarini tishlaganicha bolalar bilan quchoqlashib xayrlashardi. Bolalarni o’parkan, ularga xat yozishni unutib qo’ymasliklarini va o’zlarini yaxshi tutishlarini tayinladi. Ularni kuzatib turar ekan, Richardning ko’nglida bu ayolga nisbatan muhabbat tuyg’ulari yangitdan uyg’ondi.
Mark o’girildi va o’zini otasining quchog’iga otdi.
- Endi tug’ilgan kunimizda uchrashamiz-a, dada?
- Albatta! Demen! Buyoqqa kel! Quchoqlamaysanmi meni?
Demen ham Richardning oldiga keldi va uni quchoqladi, lekin Markchalik emas. Eshik oldida Myurrey paydo bo’ldi va ohista yo’talib qo’ydi. Anna jilmaydi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:05:45
- Tushundik, - dedi u, Richard va o’smirlar tomon yurarkan. — Qani, yigitlar, vaqt bo’ldi.
Onalari bilan yana bir marta quchoqlashishgach, bolalar uzun qora limuzinning orqa o’rindig’iga joylashishdi. Eshiklar yopildi, bolalar kuzatayotganlarga so’nggi marta qarash uchun sovuq oynaga yuzlarini bosishdi va mashina joyidan siljidi.
Richard bilan Anna ostonada turishardi va mashina ko’zdan g’oyib bo’lguniga qadar qo’llarini silkitishdi. Ular uyga kirish uchun burilishganida, Anna bolalarning ketishini kuzatib turgan Merion xolaning uchinchi qavatda joylashgan xonasi derazasiga qaradi. Kampir shu zahoti o’zini orqaga tashladi va shartta pardani yopdi...
Demen mashinaning orqa o’rindig’ida yastanib o’tirardi.
- Buni qara-ya! — dedi u va hushtak chaldi.
- Nimasini aytasan, - uning fikrini davom ettirdi Mark. — Shuyam dam olish bo’ldi-yu! «Dod» deb baqirishimga sal qoldi.
- Kel, baqiramiz, - taklif qildi Demen. Ular shunchalik chinqirishdiki, Myurreyning qulog’i batangga keldi.
- Myurrey, - dedi Demen, ular baqirib zerikishgach, - sigaretdan uzat.
Myurrey boshini sarak-sarak qildi va oynaga qaradi.
- Chekishga bo’lgan munosabatimni bilasan-ku, Demen.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:05:51
Demen yelkasini qisdi.
- So’ramaguncha bilmaysan. - Birdan u burnini jiyirdi va mazax qildi: - Merion xola! Xayr! - qichqirdi Demen. Mark burg’usini chaldi.
- Ey, Xudo, - dedi u. - namuncha isqirt bo’lmasa bu kampir. U nega kelibdi o’zi?
- Hammaning boshini og’ritish va bayramni rasvo qilish uchun-da! - dedi Demen.
- Yaxshiyam bugun u bilan birga tushlik qilmadik, - Mark hayajonlanganda har bir so’zni dona-dona qilib gapirardi. - u, yuzga, kirgandir. - davom etdi u. - Undan nimaning hidi keladi?
- Ahmoq, bu lavanda, - tushuntirdi Demen. - Barcha yoshi o’tgan xotinlar uning suvida yuvinishadi.
- Bolalar, - ularning suhbatiga qo’shildi Myurrey, - chunki u xonim - kampir...
- Kampir jonimizga tegdi, - uning so’zini bo’ldi Mark.
Birdan Demenning qig’fasi o’zgardi.
- Myurrey haq, - dedi u.
Mark ukasiga qaradi.
- Bechoraning umri oz qoldi, - davom etdi u o’z gapiga o’zi ham hayron bo’larkan. - Uning ustidan kulmasak ham bo’ladi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:05:59
Demen shunday qo’rqinchli narsalarni gapirardiki, Mark og’zini ochganicha jim turardi. Myurrey suhbat mavzusini o’zgartirmoqchi bo’ldi.
- Vzvodning yangi komandiri bilan uchrashdinglarmi?
Ikkala o’smir ham inkor ma’nosida bosh chayqashdi.
- Yangisi kelmasligidan umidvor edim, - dedi Mark.
- Serjant Gudrichga nima bo’lganini aytishdimi? - qiziqdi Myurrey.
- Yo’q, a...- gapni cho’zdi Demen Markning biqiniga turtarkan.
- Aytishlaricha, u o’z joniga qasd qilibdi. - Myurrey oynaga nazar tashladi. Ammo uning so’zlari hech qanday ta’sir uyg’otmadi, aftidan, sobiq komandirning o’zini o’zi o’ldirishi bolalarni hayajonga solmagandi.
- Vzvod serjanti, - dedi Demen. - E, ularning hammasi bir go’r. - Va u yuzini burishtirganicha buyruq bera boshladi: - Diqqat! Ko’zingizni peshonangizga chiqaring! Qulog’ingizni dikkaytiring! Qorin oldinga! Nishonga ol!
Bolalar ko’zlaridan yosh chiqquncha kulishdi. Mark ukasiga mehr bilan tikildi.
- Sen jinni bo’lib qolibsan.
Demen bosh irg’adi, so’ng asta shivirladi:
- Men mashq qilyapman.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:06:05
Mark burnini tortdi.
- Yana bir marta salom! - qichqirdi Demen.
O’zining g’alati va sevimli ukasiga doim quvonch bag’ishlashga tayyor Mark sevimli burg’usini chaldi.
Bemalol o’n ikki kishi joylashishi mumkin bo’lgan stol atrofida bor-yo’g’i to’rt kishi o’tirardi. Richard Torn to’rida o’tirar, uning chap yonidan Anna joy olgandi. O’ng tarafida Merion xola joylashgan bo’lib, uning yonida esa o’rta yoshlardagi bir kishi o’tirardi. U doktor Charlz Uorren edi. Xristian dini sohasida bilimdon kishilardan bo’lgan Charlz Rejinald Torn asos solgan qadimiy topilmalar muzeyida kurator bo’lib ishlardi.
Merion xola so’z boshladi va atrofdagilar uning so’zlariga quloq tutdilar. To’g’ri, Richard begonalar oldida u bilan so’zlashishni istamasdi.
- Men charchadim, - dedi Merion xola, ularning uchalasi ham uni tinglayotganlariga ishonch hosil qilarkan. - Maqsadga o’taman, men qaridim va tez orada o’laman. - U Annaga qaradi. - Xo’rsiniqlaringizni keyinroqqa asrab qo’ying. - Anna e’tiroz bildirish uchun og’iz juftladi, ammo xola gapini davom ettirdi: - Men «Torn Indastriz»ning o’ttiz yetti foiz ulushiga egaman va o’z ulushimni o’zim istagandek taqsimlashga haqqim bor.
- Ha, albatta, - uning so’zlarini ilib ketdi Richard.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:06:11
- Yana shuni bilasizlarki, - davom etdi Merion, - men barcha narsamni senga qoldiraman, Richard.
Jiyan bosh silkidi.
- Xo’sh?
- Bu yerga kelishimdan maqsad, agar sizlar mening iltimosimni bajarmas ekansizlar...
Torn qo’lidagi salfetkani irg’itib yubordi. U ta’magirlikni eslatadigan hech bir narsaga chidab turolmasdi.
- Merion, meni shantaj qilmang, - ogohlantirdi Richard qoni qaynayotganini his qilarkan. - Meni hech narsangiz qiziqtirmaydi...
- Seni uch million dollar pul qiziqtirmasligi mumkin emas.
Doktor Uorren o’rnidan turdi.
- Kechirasizlar, bu yerda mening o’tirishimga hojat yo’q, deb o’ylayman. - U ketmoqchi bo’lgan edi, Merion uni to’xtatdi.
- Siz, doktor Uorren, Tornlar muzeyining kuratori bo’lganingiz uchun bu yerda o’tiribsiz! Bu mulkning ham yigirma yetti foizi menga tegishli!
Uorren joyiga o’tirdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:06:19
Merion xola tantana qilayotgandi. U Annaning yoqimsiz nigohini va uni qanchalik yomon ko’rishini his qildi. Ammo bu Merion xolani umuman tashvishlantirmasdi. Anna unga hech ham yoqmasdi. Bundan tashqari, u Anna Richardning hayotiga juda qulay paytda kirib kelgan deb hisoblardi. Anna unga murdani talayotgan pashshani eslatardi.
Merion xola bugun yana bir narsani aytmoqchi edi. U oldinga sal engashdi, sekin va aniq tarzda dedi:
- Men istaymanki, sizlar bolalarni harbiy Akademiyadan chiqarib, ularni boshqa-boshqa maktablarga beringlar.
Oraga chuqur sukunat cho’kdi. Nihoyat Anna butun nafratini jamlab javob qaytardi:
- Bolalarga bo’lgan munosabatingiz meni zarracha tashvishga solmaydi. Ular sizning emas, bizning bolalarimiz.
Merion xola aynan shu gapni kutib turgandi.
- Ijozatingiz bilan eslatib qo’ysam, - dedi u zaharxandalik bilan iljayarkan, - ularning hech qaysisi sizning o’z bolangiz emas. Mark Richardning birinchi xotinidan tug’ilgan, Demen esa Jeremining o’g’li.
Anna g’azabdan titrab ketdi. U bor kuchi bilan yig’lab yubormaslikka tirisharkan, shartta o’rnidan turdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:06:26
- Rahmat. Katta rahmat!
Richard xotinining qo’lidan asta ushladi va o’tirishga undadi. So’ng Merionga murojaat qildi:
- Xudo haqqi, sizga nima kerak?
- Demenni chetlatinglar, - dedi kampir, uning nigohi jiddiy edi. - Uning ta’siri dahshatli, nahotki buni payqamayotgan bo’lsalaring? Nima, sizlar Markdan ajralishni, uning o’lishini istaysizlarmi?
Richard o’rnidan sakrab turdi.
- Yetar, bas, - dedi u xolasining so’zlarini bo’lib. - Xonangizga kuzatib qo’yaman, Merion.
Kampir unga tik boqdi.
- Sen ko’rsan, Richard. - Merion uning qo’llaridan tutdi. - Ukang Demenni o’ldirishga uringanini bilasan-ku.
Doktor Uorren gangib qolgandi. Anna o’rnidan turdi va qichqirdi:
- Uni olib chiqib ket, Richard! Olib chiq!
Birdan Merion aytadiganlarini hozir aytib olmasa, keyin hech qachon ayta olmasligini tushundi. Va kampir davom etdi:
- U nima uchun Demenni o’ldirishga uringan? Qani, javob ber-chi? Rostini ayt!
Richard g’azabini zo’rg’a bosib turdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:06:32
- Jeremi kasal edi, - dedi u, - ruhiy kasal.
- Bas, yetar, - chinqirdi Anna, - u bilan gaplashma!
Doktor Uorren nima qilishni bilmasdi. U gangib qolgandi. Doktor tovush chiqarishga jur’at qilolmas, qo’lidagi salfetkani g’ijimlab o’tirardi.
Merion chuqur xo’rsindi va shantajning so’nggi chorasini qo’lladi. Bu safar uning ovozida iltijo ohangi bor edi.
- Agar sizlar bolalarni bir-biridan ajratmasangizlar, men bor pulimni xayriya jamg’armalariga o’tkazaman, xayriya...
- Istaganingizni qiling! - portladi Richard. - Pullaringizni menga desa o’tga tashlang, faqat...
- Richard, o’tinaman, - yolvordi unga Merion. - Quloq sol. To’g’ri, men qariman, lekin aqldan ozganim yo’q. Ukang Demenni o’ldirmoqchi bo’lgandi. NIMA UChUN?
- Yo’qoling bu yerdan! - chiyilladi Anna. U stolni aylanib o’tdi va xuddi kampirni urmoqchidek u tomon tashlandi. Richard xotinini to’xtatishga urindi, ammo u erining qo’lidan yulqinib chiqdi va Merion xolaga qo’llarini bigiz qilib o’shqirdi:
- Qani, jo’nang!
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:06:40
- Shunday ham ketaman! - sovuq ohangda javob berdi kampir butun g’ururini so’zlariga jo qilib. U doktor Uorrenga xayrlashuv ma’nosida bosh irg’adi va xonani tark etdi. Richard uning ortidan yurdi. Ularning qadam tovushlari eshitilmay qolgach, Anna chuqur uf tortib doktorga murojaat qildi:
- Kechirasiz, Charlz. Bunday bo’lishi xayolimga ham kelmagandi...
- Hechqisi yo’q, hechqisi yo’q, hammasi joyida, - uni tinchlantirdi Uorren. - U o’rnidan turdi va kichik xona tomon imladi. - Keling, suratlarni ko’ramiz. - taklif qildi u. - Men siz bilan Richardga antiqa narsalarni ko’rsatmoqchi edim.
Aslida esa u bu uyni iloji boricha tezroq tark etishni istardi.
Uchinchi qavat maydonchasida Merion xola nihoyat tirsagini Richardning qo’lidan bo’shatdi.
- O’zim ham yura olaman! - dedi u mag’rurlik bilan.
Ular gilam to’shalgan uzun yo’lakni jimgina bosib o’tishdi va faqatgina xonasi eshigiga yetganida kampir yana jiyaniga o’girildi:
- Ukang Demenni o’ldirishga uringandi...
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:06:46
- Bu haqda gaplashmaylik, Merion xola.
- Buning qandaydir sababi bo’lishi kerak.
- Boya aytdim-ku. Bu haqda ortiq gaplasha olmayman. Ayniqsa, begonalar oldida.
- Lekin u nima uchun o’z farzandini o’ldirmoqchi bo’lgan?
- U kasal edi, Merion xola. Ruhiy kasal.
- Demen-chi? U kasal emas deb o’ylaysanmi?
- Nima Demen? Unga hech narsa bo’layotgani yo’q! - Torn yana asabiylasha boshladi. U Merion shunday osonlik bilan uni shu holatga tushirayotgani uchun o’zidan ham achchiqlana boshladi.
Balki, Richard bunchalik jahl qilmasa, u shunchalikka bormas. U o’zini bosishga urindi. - Sizning nafratingizga asos yo’q...
- Ehtiyot bo’l, - uning so’zini bo’ldi Merion xola.
«Nihoyat u o’ziga kelyapti», - o’yladi Torn va kampirga dedi:
- Yotib uxlang, iltimos. Hozir o’zingizni boshqara olmayapsiz.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:06:55
Merion xola qovog’ini uydi. U qaerga zarba berishni bilardi.
- Demen mendan hech qanday meros olmaydi. Ertaga shu ish bilan shug’ullanaman, - kampir eshik tutqichiga qo’lini uzatdi.
- Bilganingizni qiling, kompaniya aktsiyalarining bir qismi sizniki! - Richard vaziyatning qanchalik murakkabligini tushunardi. Ikkala o’g’lining manfaatlarini ta’minlash uchun unga kampirning merosi zarur edi. - Lekin siz mening uyimda ekansiz...
- Sening mehmoningman, - yakunladi Merion. - Bilaman. Lekin bu mening xonam va bu yerdan chiqib ketishingni so’rayman. Hozirning o’zida.
Torn xo’rsindi, engashdi va kampirning peshonasidan o’pdi.
- Myurrey ertalab sizni mashinada kutadi.
Merion xola u yo’lakda ko’zdan yo’qolguncha kutib turdi. So’ng tantanavor tarzda kulimsiraganicha eshikni yopdi.
Richard xonaga kirganida Anna bilan doktor Uorren proektor va ekranni o’rnatib bo’lishgandi. Charlz ularga Chikagodagi Qadimiy topilmalar muzeyiga qo’yiladigan eksponatlarning suratlarini ko’rsatmoqchi edi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:07:02
Arxeologiyaga bo’lgan muhabbat Richardga otasidan o’tgandi va u bu sohadagi har qanday yangilikni qo’llab-quvvatlardi. Mana shunday ishlardan biri keyingi yigirma yil ichida olamshumul topilmalar aniqlangan Eykra shahri yaqinidagi qazuv ishlari edi. Bu qazuv ishlarining tashabbuskori Rejinald Torn bo’lgan bo’lsa-da, bu ishlarning samarasini ko’rish Richardga nasib etgandi.
Charlz Uorren proektorni yoqdi va Richard chiroqni o’chirdi.
- Bu topilmalarning aksariyati tayyor. Tez kunda bu yerga birinchi qismi yetib keladi.
Dastlabki suratlarda guldonlar va kichkina haykalchalar namoyish etilardi. Torn ularni tomosha qilarkan, Merion xolani unutgandek bo’ldi. Anna eriga qarab kulimsiradi. Birdan u ekranga nazarini qaratdi va nafasi tiqilib qoldi. Suratda sanoqsiz bezaklar taqqan o’ta badbashara ayol aks etgandi. U yetti boshli Maxluqning ustida o’tirardi. Har bir bosh uzun bo’yinga yopishgan bo’lib, peshonalardan shoxlar, og’izlardan esa tillar chiqib turardi. Ayolning boshi orqaga tashlangan, uzun sochlari tartibsiz tarzda yoyilgan, uning o’zi esa qo’lidagi oltin qadah ichidagi suyuqlikdan mastga o’xshardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:07:07
- Ey, Xudo, - dedi Anna.
- Ha, - dedi Charlz. - uning ko’rinishi dahshatli.
- Bobillik adashgan ayolmi? - qiziqsindi Richard.
Charlz bosh silkidi. Anna eriga savolomuz qaradi.
- Sen uni taniysanmi? - so’radi u va ular kulib yuborishdi. Charlz qo’liga qalam oldi va ekran oldiga keldi.
- U Rimni ifodalaydi. Maxluqning boshidagi mana bu o’tkir shoxlar esa saltanatga ega bo’lmagan o’n nafar shohni bildiradi. Ammo Shayton kuchga to’lib kelgach, ularga hokimiyat berishni va’da qilgan.
- U nima uchun Maxluqni minib olgan? - so’radi Anna.
- Bilmayman. Ammo u uzoqqa bormaydi. Zero, kitoblarda aytilishicha, shohlar «adashgan ayolni yomon ko’rishadi va uni yorib tashlashadi va uning tanasini gulxanda kuydirishadi».
- Dahshat, - dedi Anna qaltiroq bosib. - Siz bunga ishonasizmi?
- Harqalay, men Injil ko’plab ajoyib va g’aroyib voqealardan tashkil topgan, deb hisoblayman. Biz hali ularning ko’piga izoh topishimiz kerak.
- Masalan? - qiziqdi Anna.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:07:14
Charlz duch kelgan odamni o’z e’tiqodiga kiritishga urinadiganlardan emasdi. Ammo u javobdan qochmaslikka qaror qildi va Annaga aniq-ravshan qilib tushuntirdi.
- Masalan, qiyomat yaqinligiga ko’plab dalillar bor.
- Nima? - tushunmadi Anna. U olim hazillashyapti, deb o’ylayotgandi.
- Keyingi o’n yil davomida yuz bergan ko’p voqealar ilgarigi kitoblarda aytilgan. Zilzilalar, suv toshqinlari, ochlik, tutunlardan qoraygan osmon, zaharlangan suvlar, o’zgarib borayotgan iqlim.
- Bunday hodisalar hamma davrda ham yuz bergan, - e’tiroz bildirdi Anna.
- Bundan ham qiziqarli dalillar bor. Masalan, Injil barcha tillarga tarjima qilib bo’lingandan so’ng qiyomat yuz beradi, degan bashorat bor. Taxmin qilishlaricha, qiyomat O’rta Sharqdan boshlanadi.
- Ammo... - boshladi Anna, lekin Richard gapga aralashdi:
- Suratlarga qaytsak qarshi emasmisizlar? Agar qiyomatga yaqin qolgan bo’lsa, men shuncha pulni nimaga sarflaganimni bilmoqchiman.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:07:22
Ular kulishdi. Charlz masofadan boshqaruv tugmachasini bosdi. Navbatdagi suratda ham adashgan ayol ifodalangandi. Ammo uzoqroqdan suratga olingandi. Surat yonida bir ayol turardi. Uning bo’yi va rasmni solishtirib, adashgan ayolning qanday kattalikda ekanligini bilish mumkin edi.
- Bu qiz kim? - qiziqdi Richard.
- Hm, uni ham taniysan, deb o’ylovdim, - dedi Anna.
- U mening do’stim, muxbir Joan Xart. U haqda eshitganmisiz? Xart arxeolog Bugengagenning tarjimai holini yozyapti.
Navbatdagi suratda Joan Xart yaqin masofada edi. U ko’zlaridan nur yog’ilib turgan mallasoch ayol edi.
- Nima balo, uning qarmog’iga ilindingmi, Charlz? - gap qotdi Anna.
Charlz inkor ma’nosida bosh chayqab kulimsiradi.
- U o’z ishini zo’r bajaradi. Darvoqe, u Chikagoga kelmoqchi. Tez kunda bu yerda bo’ladi. U sendan intervyu olmoqchi, Richard.
- Mendan? - hayron bo’ldi Richard. - Qiziq, nima uchun?
- Qazuv ishlari, ko’rgazma. Umuman, shu to’g’rida.
- Intervyularga toqatim yo’qligini bilasan-ku, Charlz.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:07:28
- Bilaman. Lekin o’ylovdimki...
- Unga aytib qo’y.
- Bo’pti, bo’pti, - Charlz bosh irg’adi. Richard oilasi xotirjamligini qanchalik qadrlashini u yaxshi bilardi.
Bir ozdan so’ng ular xayrlashishdi.
- Ertaga shaharga boraman, - dedi Richard Charlzning palto kiyishiga yordamlasharkan. - Anna esa bu yerda qoladi va hamma yoqning mahkam berkitilishini nazorat qiladi.
Charlz bosh silkidi.
- Yoz juda ajoyib bo’ldi, - dedi u va Annaning qo’lini o’pdi.
- Indinga ko’rishamiz, - dedi Anna.
Richard Charlzni mashinagacha kuzatib qo’ydi.
- Merion xola bilan... - so’z boshladi u.
- Bo’ldi, bo’ldi, men hammasini unutdim, - jilmaydi Charlz.
Richard mashina eshigini yopdi va Uorrenga qo’l silkidi. So’ngra Torn sovuq havodan to’yib nafas oldi va uyiga qaytdi.
Merion xola ular xayrlashishayotgan paytda aytilgan har bir so’zni, shuningdek Richardning bugungi voqea uchun uzr so’raganini ham eshitdi. Odatda, uxlashdan oldin kampir derazani ochib qo’yardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:07:34
- Noshukur so’qir, - ming’irladi Merion va har oqshom o’zi varaqlaydigan Injiliga tikildi.
«Mana, - dedi Merion xola o’ziga-o’zi, - bu axir aniq belgi emasmi!». U o’zi hozirgina o’qigan parchani «Torn Indastriz» kompaniyasiga yo’ydi. U kompaniya hech kim tasavvur qilolmaydigan darajada yuksak cho’qqini zabt etishini bilardi. Va kampir o’zining hissasi Demenning qo’liga hech qachon tushmasligi lozimligiga ham qat’iy ishonardi. U ertagayoq uyga qaytib, vasiyatnomasini o’zgartirishga qaror qildi. Albatta, u o’zining ulushini diniy jamiyatga o’tkazadi. Hali bu noshukur qarindoshlariga ko’rsatib qo’yadi! Merion qasos haqida shu darajada orzu qildiki, hatto yotoqxonasining deraza tokchasiga kelib qo’ngan ulkan qora quzg’unni ham sezmadi. Qushning ko’zlarida sovuq nafrat o’ti chaqnardi.
Richard karavotda yotgancha o’qir, atrofida esa bir uyum qog’oz sochilib yotardi. U ko’pincha tunda ishlar, chunki voqealar rivojidan doimo xabardor bo’lib turishi lozim edi. Va baribir, u kompaniyasida sodir bo’layotgan barcha narsadan voqif bo’lishga ulgurolmasdi. Doimiy ravishda o’zgarib turadigan barcha ma’lumotlarni miyasida saqlash qiyin edi.
Bugun Richard hech diqqatini bir joyga jamlolmasdi. Miyasining qat-qatida yotgan xotiralar birdan uyg’ongandi. Kim biladi, ukasi qanday mavqega erishishi mumkin edi? Ehtimol, hatto prezident ham bo’lardi. Ammo ayni kuchga to’lgan paytda itdek otilib o’lish...
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:07:40
- Richard! - Anna pardoz qilayotgan joyida to’xtadi. U anchadan buyon Richardning e’tiborini tortishga urinayotgandi. Richard ko’zoynagini peshonasiga ko’tardi va unga tikildi. - Sen menga va’da beruvding-ku... - davom etdi xotini.
- Qanaqa va’da, quyoshim?
Anna uf tortdi. Eri uning barcha aytgan so’zlarini eshitmaganligi aniq edi.
- Merion xola uyimiz ostonasidan hech qachon hatlab o’tmaydi, deganding. Hech qachon.
- O, Anna...
- Va’da ber!
- Xudo haqqi, kampir axir sakson to’rtga kirgan!
- Yoshiga tupurdim. U bu yerga kelmasligi kerak. U yovuz, undan qo’rqish kerak...
- U qarib, miyasi aynib qolgan, Anna!
- U hatto o’zining atrofidagi havoni ham zaharlayapti. U jonimga tegdi, bolalarni qo’rqityapti...
- Bekor gap, bolalar unga e’tibor berishmaydi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:07:46
- Ha, albatta. Ular uning ustidan kulishadi, lekin, sezgan bo’lsang, u bilan bir xonada bo’lishdan qochishadi. Ayniqsa, Demen.
Richard ko’zoynagini oldi va karavot yonidagi stolga qo’ydi. U hozir biror satr ham o’qiydigan ahvolda emasdi. Torn hujjatlarni taxlab, polga qo’ydi.
- Harqalay, - u keskinlikni yumshatishga urindi, - u xuddi allaqanday noib saylov oldidan so’zga chiqqani kabi bir necha yilda bir marta gapiradi.
- Buning kulgili joyi yo’q, - dedi Anna keskin. U soch turmaklashni tugatdi va pardoz stoli ustidagi chiroqni o’chirdi. Keyin o’rnidan turib, yotoqxonaga yo’l oldi. Richard Annaning naqadar go’zalligini va uni uchratganidan baxtig’rligini o’yladi. Richard Merining fojiali va g’ayritabiiy o’limidan so’ng hech kimni seva olmasligiga ishonardi. Va birdan, xuddi Tangri in’om qilgandek Anna paydo bo’ldi. Ular Vashingtonda uchrashib qolishdi. Richard o’shanda kompaniya ishlari bo’yicha yurgandi, Anna esa yangi hayot boshlash umidida bu shaharga kelgandi. Dastlab, Richard Merining o’limi haqida gapirmasdan turib, Anna u bilan shunchaki suhbatlashayotgandi. Keyin Anna keskin o’zgardi va unga achina boshladi. Ehtimol, Richard Chikagoga qaytayotib, uning yana yonida o’tirganini ko’rib qolmaganda, ularning bu suhbatidan hech narsa chiqmasdi. Anna buning mutlaqo tasodif ekanligini aytdi va Torn bu yolg’onga ishondi. Ularning turmush qurishlari haqidagi xabar hammani hayron qoldirdi. Ammo Richard Annani qattiq sevib qolgan, qulog’iga hech kimning gapi kirmasdi. Turmush qurganlariga yetti yil bo’lgan bo’lsa-da, Anna hamon Richardning aql-hushini o’g’irlab kelmoqda edi.
- Nimani o’ylayapsan? - Richardning xayolini bo’ldi xotini.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:07:54
- Sen haqingda. Bizning ilk uchrashuvimizni. Seni qanday yaxshi ko’rishimni.
Anna uning yoniga o’tirdi.
- Unga nima deding? - Richardning qulog’iga pichirladi u.
- Nima?
- Merion xolaga nima deding?
- Unga o’zini yaxshi tutishi lozimligini aytdim.
- Shu xolosmi?
- Albatta, qattiqroq gapirdim...
- Balki, Merion erga tekkan bo’lganida, bunchalik rasvo kampir bo’lmasmidi, - Anna uning ko’zlariga ma’suma qiz nigohi bilan tikildi va pichirladi: - Va’da berasanmi?
Richard endi qarshilik qilolmasligini tushunib yetdi: - Va’da beraman, - dedi u chiroqni o’chirarkan, - bundan buyon Merion xola bu yerda turmaydi.
Ayni shu paytda Merion xolaning ko’zlaridagi nur ham so’ndi.
Kampirning joni uzilgandi. Uning qo’lidagi Injil sirg’alib yerga tushdi.
Uning xonasida qanday voqea sodir bo’lganini derazadan uchib chiqib ketgan qora quzg’undan boshqa hech zog’ bilmasdi. Ulkan qora qush zulmat bag’riga singib ketdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:08:07
2

Ertasi kuni Devidson harbiy Akademiyasida tantanali parad bo’ldi. Kursantlar maktab harbiy orkestri sadolari ostida butun liboslarini ko’z-ko’z qilib o’tishardi.
Polkovnik Akademiyaning asosiy binosiga olib chiqadigan tosh zinada turar va yosh kursantlarning saf tizib o’tishlarini ko’rib, faxrlanardi.
Uning yonida baland bo’yli, xushsurat yigit turardi. Yigitning muskullari harbiy kiyimi ostidan ham bo’rtib chiqqandi.
Polkovnik talabalarning Shukrona kunini o’tkazib Akademiyaga qaytib kelishlari munosabati bilan tantanali nutq so’zladi. So’ng kelgusi haftalik dars jadvallari e’lon qilindi.
Safda turgan Mark Demenga shipshidi:
- Anavi bo’lsa kerak, - U polkovnikning yonida turgan qomatdor ofitserni nazarda tutayotgandi.
- Chidasa bo’ladi, - javob berdi pichirlab Demen.
- Harqalay, gorilla...
Ayni shu lahzada polkovnikning buyrug’i yangradi:
- Bredli vzvodi joyida qoladi. Qolganlar - oshxonaga. Qadam tashla!
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:08:13
Bolalar ofitserlarning atrofiga tizilishdi. Polkovnik yonidagi yigitga ishora qildi.
- Bu serjant Deniel Neff. U serjant Gudrichning o’rniga keldi.
Bu serjant Gudrich birinchi marta tilga olingan xabar bo’ldi. Harbiy maktabda qanday g’ayritabiiy tuyulmasin, kursantlar bilan imkoni boricha o’lim haqida suhbat bormas, o’z joniga qasd qilish haqida gapirish esa umuman mumkin emasdi, zero bunday harakat erkak kishi uchun uyat hisoblanardi. Shuning uchun bechora Gudrich nomi birinchi va oxirgi marta eslatildi.
- Serjant Neff - tajribali askar, - so’zida davom etdi polkovnik, - va sizlarning Akademiyada eng yaxshi vzvod bo’lib yetishishingizga ishonaman. - Polkovnik jilmaydi. So’ngra Neffga o’girildi: - Endi, buyog’iga o’zingiz tanishib olasiz, serjant.
Neff qo’lini chakkasiga tiradi, so’ng polkovnikni orqasidan kuzatib qoldi.
Vzvodning eng oxirgi safida bo’yi barcha kursantlarnikidan baland o’smir turardi. U gavdali va semiz bo’lib, bo’yni va mushtlari tor ko’ylagining yoqa va yenglaridan beso’naqay tarzda chiqib turardi. Barzangining ismi Teddi edi. o’zining yoqimsiz tashqi ko’rinishini xaspo’shlash maqsadida, u doimo boshqa bolalarni xo’rlab yurardi.
Shu lahzada Teddi yangi serjantda taassurot qoldirishga ahd qildi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:08:22
- Janob serjant, - iljaydi u Neffning ko’ksidagi ko’zni olgudek darajada yarqirayotgan medallarga qararkan. - Bu mukofotlarni qaysi ishingiz uchun olgansiz?
- Sizga murojaat qilganimdagina og’zingizni ochasiz, - o’shqirdi Neff. - Har bir so’zimni yaxshilab eshitib oling! Sizlarning tayyorgarligingizni zo’r holatga olib chiqmoqchiman. Shuning uchun muvaffaqiyatingiz nuri butun Akademiyani ko’r qilmaguncha burningizni yerga ishqayveraman.
Neff jim bo’ldi va barcha kursantlarga ko’z yugurtirib chiqdi.
- Tushunarlimi?
Rangi oqarib ketgan bolalar bosh silkitishdi. Teddi boshini yerga egdi va tomog’iga tiqilib qolgan tupugini yutdi. U birovlarning oldida yerga urishganini ko’tarolmasdi.
- Hali har biringiz bilan alohida-alohida gaplashaman. Tushlikdan so’ng mening xonamda. - davom etdi Neff. - Hozir esa ismlaringizni aytib chiqinglar.
U yoqdan bu yoqqa qadam tashlarkan, u Markning ro’parasida to’xtadi.
- Mark Torn, - dedi o’smir ofitserning o’tkir nigohiga dosh berolmay turarkan.
- Torn, mening harbiy unvonim bor va bu unvon hozircha meni qanoatlantiradi.
- Mark Torn, janob serjant.
- Torn, a? - iljaydi Neff. - Akademiya bilan sizning oilangizni ko’p narsa bog’lab turadi, shundaymi?
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:08:28
Boylik va dabdaba ichida o’sgan Mark juda yaxshi tarbiya topgan va mashhur ajdodlarining eslatilishi boshqa bolalarning kamsitilishiga olib kelishi mumkinligini his qilardi. Shuning uchun u uyatdan qizargancha, nima deb javob berishni bilmay jim turardi.
- Nima unaqamasmi? - qattiqroq so’radi Neff. Mark muloyimlik bilan javob berdi:
- Otam va bobom shu yerda kursant bo’lishgan.
- Yaxshi, - dedi Neff bolaning tarbiyasidan hayratlanib. - Lekin bilib qo’y. Bu senga hech qanday imtig’z bermaydi, bu yerda hamma teng.
- Ha, janob serjant, - javob berdi Mark ofitserning tezroq uning yonidan ketishini istarkan.
Teddi o’zining kamsitilgani uchun javob qaytarmoqchi bo’ldi.
- Bu gaplarni ilgari ham eshitganmiz, - so’z tashladi u. Kursantlar turgan joylarida qotib qolishdi. Neff Teddiga o’girildi va gap qotdi:
- Lekin mendan eshitmagansan, tushundingmi?
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:08:35
Ha, bu «yangi» boshliqni yengish oson emas ekan. Teddi Neffning o’tkir nigohiga bardosh berolmadi va yerga qaradi.
Neff oldinga yurdi.
- Isming?
- Demen Torn, janob serjant.
Neff Mark tomonga nazar tashladi, so’ng yana Demenga tikildi.
- Sizlar bir-birlaringizga o’xshamaysizlar.
- Biz amakivachchamiz, janob serjant, - aniqlik kiritdi o’smir va tavakkal qilib jilmaydi. Neffning ko’zlarida nimadir «yarq» etdi, lekin shu zahoti so’ndi.
- Yaxshi, lekin yuqoridagi gaplar senga ham taalluqli. Hech qanday imtig’z yo’q.
Demen bosh silkidi va komandirini nigohi bilan kuzatib qoldi. Neffning nimasidir Demenni hayajonlantirib yubordi, u boshidan oyog’igacha qandaydir hisni tuydi. Lekin buning nima ekanligini tushunmadi. Hozircha.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:08:46
Akademiyadan oltmish mil narida, Chikagoning qoq markazida Richard Torn baland imorat - «Torn Indastriz»ning bosh idorasi ayvonida qadam tashlardi. Uning yonida kompaniya prezidenti Bill Axerton ham bor edi. Zalda yana bir necha kishi bor edi: ishga juda erta kelganlar hamda tungi navbatchilikni topshirganlar.
Oqko’ngil va unchalik ko’zga tashlanmaydigan Axertondan shubhasiz, juda zo’r josus chiqishi mumkin edi. U oltmish to’rtga kirayotgandi va hayotda asta-sekinlik bilan, lekin ortiqcha zo’riqishlarsiz, ishonch bilan ko’zlagan maqsadi sari siljib borardi.
Kollejni bitirgach, Axerton «Torn Indastriz» kompaniyasining rivojlanish va rejalashtirish bo’limiga ishga kelgandi. U ishda o’zini ko’rsatgan va direktorlar kengashi raisi bo’lgan Richard Torndan keyin ikkinchi shaxs hisoblanardi.
Axerton hali ham to’yidan keyin sotib olgan uyida yashardi. U xotinini qattiq sevar, u uning ilk va yagona ayoli edi. Hayot Bill Axerton uchun kutilmagan sovg’alar in’om etmagandi va u do’stlari taqdiridagi parvozu inqirozlarni hayrat bilan kuzatardi.
Ehtimol, Axerton o’ta muloyimdir, lekin ahmoq emasdi. Ha, aqlsiz bo’lganida «Torn Indastriz»ning prezidenti bo’la olarmidi? Prezidentga ancha vaqtdan buyon bir fikr tinchlik bermasdi. Bu Axertonga bevosita bo’ysunuvchi shaxs - maxsus loyihalash bo’limi direktori Pol Buxer bilan bog’liq edi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:08:51
Axertondan deyarli o’ttiz yashar kichik bo’lgan Buxer kompaniya prezidentligiga ko’z tikayotganligini yashirmasdi. Lekin Axertonni tashvishga solayotgan kuch bu emasdi. Prezident o’z o’rnini mustahkam egallagan, o’z vazifasini juda yaxshi ado etar va do’sti Richard Torn hech qanday fitnalarga uchmasligini tushunardi. Axerton Buxerni qanchalik yaqinroqdan o’rgangani sari undagi qahri qattiqlik va qat’iyatsizlik tashvishga solardi. O’rinbosari tomonidan o’tkazilayotgan choralar ertami-kechmi kompaniyaning mavqeiga putur yetkazishi mumkin edi. Va kelajakda vakolatlari yanada kengayishi mumkinligi hisobga olinsa, «Torn Indastriz»ga hozirgidan ham ko’ra jiddiy xavf tug’ilishi mumkin edi.
Bularning hammasi Richard bilan zalni kesib o’tayotgan Axertonning xayolidan o’tdi. Ular «Torn Indastriz» kompaniyasiga qishloq xo’jalik zavodini sotib olish taklifi bilan chiqqan Buxer bilan uchrashishlari va korxonani ko’zdan kechirishlari lozim edi.
Ular zavodga borishlaridan ilgariroq Tornni o’z xavotiridan ogoh qilish uchun Axerton bugun ishga erta kelgandi. U keyin bemalol gaplashish imkoniyati bo’lmasligini tushunardi.
Torn har doimgidek betarafligicha qoldi.
- Pol bilan ishlash qiyinligini tan olaman, - dedi u fikrini bayon etib, - ammo uningdek malakali odamni topish uchun uch yil vaqtimiz ketdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:08:58
- Men uning malakasini muhokama qilmoqchi emasman, - e’tiroz bildirdi Axerton, - men...
- Uning uslubini aytmoqchisan, - uning so’zini yakunladi Torn o’zlarini kutayotgan avtomobil yoniga yetib kelishganida.
Axerton inkor ma’nosida bosh chayqadi:
- Uning uslubi bilan kelisha olaman. Har kuni har xil odamlar bilan uchrashaman. Gap bunda emas. Menga u taklif qilayotgan narsa yoqmayapti. Uning takliflaridan to’ydim.
Myurrey limuzin eshigini ochdi.
- Kel, uning o’zidan eshitib ko’ramiz, - taklif qildi Torn, ular avtomobilning orqa o’rindig’iga qulay joylashib olishgach. - o’z fikrlaringni odatdagidan sal boshqacha... yumshoqroq tarzda ifodalasang yaxshi bo’lardi.
Axertonning tomoq qirishidan so’ng Myurrey eshikni yopdi.
Bredli vzvodining kursantlari navbat bilan yangi komandirning xonasiga kirib-chiqishardi. Ular yo’lakda sabrsizlik bilan navbat kutishardi. Teddi zerikib ketib devorga suyandi. U o’z qig’fasiga shunday tus bergandiki, kursantlar oldida ikki marta yerga urgan Neffdan Teddining qo’rqayotganligi hech kimning xayoliga kelmasdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:09:06
Aslida Teddi qo’rqayotgandi. Va endi yangi serjantga qanday muomala qilish kerakligini o’ylayotgandi.
Odatdagidek Teddining atrofiga ikki-uchta laganbardor to’plangan, ular ham ma’nisiz qig’fada turishardi. Zerikishni yo’qotish maqsadida Teddi kichkinagina tomosha ko’rsatmoqchi bo’ldi. U qirqqa yaqin fotosurat osilgan devor yoniga keldi. Bu suratlarda Akademiyaning barcha futbol jamoalari davriy ravishda aks etgandi. Suratlardan bu yerda turli davrlarda kimlar o’qiganligini bilib olish mumkin edi.
Teddi nihoyat izlagan narsasini topdi:
- Bobom mana bu jamoada o’ynagan. Mana u, - dedi semiz barmog’i bilan suratlardan biriga ishora qilib. Bir necha o’smir suratni ko’rish uchun barzangining yoniga kelishdi. - U oldingi safda o’ynagan, - davom etdi Teddi, so’ng Demenga yuzlandi.
- Jeremi Torn o’ng qanot himoyachisi bo’lgan ekan, - Teddining ovozida ochiq nafrat sezildi. - Menimcha, sen ham istagan narsangni sotib oladigan holatda bo’lsang kerak?
Demen suyanib turgan devordan o’zini oldi:
- Teddi, - do’q urdi u.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:09:12
Barzangi voqeaning rivojini sabrsizlik bilan kutayotgan kursantlarga qaradi va ochiqchasiga masxaralashga o’tdi.
- Sen o’ng qanot himoyachisi o’rnini hali sotib olganing yo’qmi?
Atrofda kulgi ovozlari eshitildi. Demen Teddi tomon qadam tashladi, ammo shu lahzada Neffning xonasi eshigi ochildi va Mark chiqib keldi. U jiyani va Teddi orasidagi ixtilofni shu zahoti sezdi. Mark yo’talib qo’ydi va xotirjamlik bilan dedi:
- Demen, sening navbating.
Demen akasiga qaradi, so’ng Teddiga o’qraydi.
- Otamning ismini hech qachon tilingga olma. Hech qachon, - dedi u ovozidagi tahdidga o’zi ham hayron bo’larkan. Demen keskin o’girildi va eshikni yopib g’oyib bo’ldi. Teddi Markka qaradi va burnini tortib qo’ydi.
- Ukang o’zini juda katta tutyaptimi? - Barzangi atrofdagilarga murojaat qildi. - Bir paytlar bobom Tornlar shlyapalarini o’zlari tikishlarini aytgandi, chunki ularning aqlli va katta boshlariga mos keladigan bosh kiyim hech qaerda yo’q ekan! - Teddi hiringladi va barzangidan qo’rqqan ko’pchilik kursantlar unga qo’shilishdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:09:27
Mark Teddining oldiga keldi va sovuq xotirjamlik bilan so’radi:
- Sen filatelistmisan?
Teddi uning maqsadiga tushunmadi. Lekin bunda qandaydir quvlik yashiringanini juda yaxshi bilardi. Markdan hech qanday qarshilik kutmasdi ham. Demen - albatta, chaqilmas yong’oq. Mark esa...
- Nima, nima? - dedi Teddi Markka yaqinlashib bo’ynini cho’zarkan.
- Hozir tushuntiraman, - zaharxandalik bilan davom etdi Mark. - Sen marka yig’asanmi?
- Yo’q, - javob berdi barzangi Tornning nimaga shama qilayotganini tushunmay.
- Unda, - dedi Mark, - yaqinda boshlaysan. Hozirning o’zida!
Va u shu so’zlarni aytarkan, bor kuchi bilan Teddining oyog’iga tepdi. Barzangi bir zumga o’zini yo’qotdi. U bu go’dakning oyog’iga tepganligidan ajablanmagandi, uni Markning qanday qilib bunga jur’at etganligi hayron qoldirgandi. Maktabda hech kim unga bunday munosabatda bo’lolmasdi va Teddi gangib qolgandi.
Barzangi endi nima qilish kerakligini o’ylardi. Mark esa g’amgin bosh chayqagancha uning ikkinchi oyog’iga ham tepdi. Teddi butunlay o’zini yo’qotdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:09:33
Kursantlar kulgidan o’zlarini zo’rg’a tiyib turishardi. Ammo ular asosiy jang hali oldinda ekanligini yaxshi tushunishar va unda kim yutib chiqishini bilishardi. Ular Markni Teddi bilan yuzma-yuz qoldirishib ortga tisarilishdi...
Demen hujjat varaqlab o’tirgan Neffning oldidagi katta yozuv stoli yonida turardi. Neff nimanidir izlardi. Nihoyat u izlagan narsasini topdi. Uning barmog’i bolaning baholar ro’yxati ustida yurardi.
- Matematika, - boshladi u, - «yaxshi». Mantiq... «juda yaxshi». harbiy tarix... tuzuk. - Uning qoshlari chimirildi. - Buni yaxshi o’rganish kerak.
- Ha, janob serjant. - Demen komandirni deyarli eshitmasdi. U og’irligini u oyog’idan bu oyog’iga solgancha, Neffning ortidagi oynaga tikilar, eng kichik yoshdagilar vzvodining dam olishga ketayotganini kuzatardi.
- Jismoniy tayyorgarlik, - davom etdi Neff, - «a’lo». - U hujjatni qo’ydi va barmoqlarini chalishtirib, oldinga egildi.
- Eshitishimcha, sen yaxshi futbolchi ekansan, - Torn titrab ketdi. U yaxshi o’ynashini bilardi. Lekin bu haqda gapirishni yoqtirmasdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:09:43
- O’z yutuqlaringdan faxrlan! - baqirdi Neff va Demen shu zahoti qaddini g’oz tutdi. - Faxrlanishga arziydigan narsadan faxrlanish kerak! - Neff stolga musht urdi.
- Ha, janob serjant.
- Men bugungi o’yinda qatnashaman, - Neff stul suyanchig’iga o’zini tashladi. Demen bosh silkidi. Unda qandaydir hayajon yana uyg’onayotgandi. Neff bolaga g’alati tarzda ta’sir o’tkazayotgandi.
Oraga jimlik cho’kdi. Serjant fikrini bir joyga jamlayotgandek edi. Nihoyat u ko’zlarini qisdi va so’z boshladi:
- Men bu yerga seni o’qitish uchun kelganman. Faqat bugina emas. Men seni... himoya qilishim ham kerak, - Neff har bir so’zni tanlab-tanlab aytardi. - Agar biror muammoga duch kelsang - mening oldimga kel. Qo’rqma...
«Qo’rqma?» - Demenning miyasiga urildi. U diqqat bilan quloq sola boshladi.
- Kechasimi-kunduzimi, qanday maslahat kerak bo’lsa... mening oldimga kel, - Neff ko’zlarini ochdi. - Tushundingmi?
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:09:50
Demen hech nimani tushunmadi, lekin tasdiq ma’nosida bosh silkidi.
- Ha, janob serjant.
- Tez orada sen bilan yaqinroqdan tanishamiz, - davom etdi Neff. Keyin hujjatlarga tikildi va satrlardan biriga barmog’ini niqtadi.- Sen yetim ekansan.
Bola yana boshini silkidi.
Neff dalda berish maqsadida jilmaydi.
- Men ham, - dedi u. - Ko’ryapsanmi, oramizda qandaydir umumiylik bor.
Demen serjantga hayronlik bilan tikildi. U butunlay gangib qolgan va nima bo’layotganini tushunmasdi. Birdan Neffning yuzidagi tabassum yo’qoldi, u o’rnidan turdi va derazaga tikildi. Uning ovozi yana quruq, hissiz ohangga qaytdi. U ro’molchasi bilan peshonasini artdi va dedi:
- Foster kirsin.
Demen ovoz chiqarmasdan xonani tark etdi.
Eshik yopilganini eshitgan Neff boshini quyi soldi va chuqur uf tortdi. Murakkab ishning bir qismi amalga oshirilgandi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:09:56
Demen yo’lakka Teddi Markka o’xshatib zarba bergan paytda chiqdi. Mark g’ujanak bo’lib yotar va yuzini kaftlari bilan to’sib olgandi. Demen bir lahza ham o’ylab o’tirmay qichqirdi:
- Teddi!
Uning ovozi juda g’alati chiqdi. Bu ovoz bu yerdagilar eshitib o’rganishgan ilgarigi bolaning ovoziga umuman o’xshamasdi. Unda odamni dahshatga soluvchi kuch bo’lib, bu qichqiriqqa bo’ysunmaslikning iloji yo’q edi.
Barzangi o’girildi. Uning lablarida tantanavor tabassum bor edi, ammo Demenning sovuq va o’tkir nigohini ko’rib, uning tabassumi barham topdi.
Kursantlar turgan joylarida qotib qolishgandi.
Birdan qandaydir g’alati, xuddi ikkita metall lappak bir-biriga urilayotgandek tovush eshitildi. Teddi bu tovush qayoqdan kelayotganini bilish uchun atrofga alangladi. Ammo, chamasi, bu tovushni barzangidan boshqa hech kim eshitmayotgandi. Bolalar Teddiga hayron bo’lib qarab turishardi. Tovush tobora qattiqroq eshitila boshladi, nihoyat bu tovush barzangining boshi tepasidagi ulkan, kuchli qanotlarning tovushi ekanligi ma’lum bo’ldi. Barzangi turgan joyida aylandi va faryod urdi:
- Bas qil!
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:10:05
U o’ziga hujum qilayotgan qandaydir ko’rinmas narsani tutib olish uchun qo’llarini silkitardi. Yig’ilganlar og’izlarini ochgancha qotib qolishgandi. Demen xuddi hushini yo’qotgandek turardi. Mark yotgan joyidan sakrab turdi va Teddiga tikildi.
Kutilmaganda barzangini qandaydir kuchli havo oqimi yerdan uzib oldi, yuqoriga va yanada yuqoriga ko’tardi, so’ng zarb bilan devorga urdi!
Shu lahzada xona eshigi ochildi va ostonada Neff ko’rindi. Komandirning paydo bo’lishi Demenni hushiga keltirdi, u boshini silkitdi va ko’zini pirpiratdi. Teddi devor tagida g’ujanak bo’lib yotardi. Tovush tingandi. Kursantlar haykaldek qotib turishardi.
- Bu yerda nima qilib yotibsan? - so’radi Neff Teddidan.
Teddining gapirishga holi yo’q edi. U o’rnidan turishga urinardi.
- Seni kim urdi? - so’radi serjant.
Teddi nihoyat o’rnidan turdi.
- Hech kim, janob.
- O, key, -dedi Neff. - Foster, xonaga kiring.
Serjant xonasiga yo’l oldi. Foster ismli kursant uning ortidan kirib ketdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:10:13
O’rtada chidab bo’lmas jimjitlik paydo bo’lgandi. Demen yig’ilganlarni surib o’tib, tashqariga intildi. Mark uning ortidan yugurdi. Yarim yo’lda Mark ukasining qo’lidan tutdi.
- Uni nima qilding? - hayajon bilan so’radi u.
- Bilmadim, - dedi Demen nima bo’lganini tushunmay. Balki, u ham otasi singari aqldan ozayotgandir?
- Meni orkestrga taklif etishdi, - dedi Mark.
Demen suhbat mavzusi o’zgarganiga chin dildan xursand bo’lib jilmaydi.
- Zo’r, - Demen bir onda yana ilgarigi quvnoq bolaga aylandi. U Markning biqiniga turtdi. - Maydonchaga ketdik, hozir seni boplayman.
Ular sho’x-shodon kulgancha chopib ketishdi. Xuddi boshqa barcha oddiy bolalar kabi.
Tornlar qishga tayyorlanishayotgandi. Xizmatkorlar oppoq choyshablarning changini qoqishar va mebellarning ustiga yopishardi, uy xuddi muzeyga o’xshab qolgandi.
Anna oshxonadan chiqdi va keng marmar zinadan ikkinchi qavatga ko’tarildi. Har yili amalga oshiriladigan bu tayyorgarlik uni charchatgandi, u hamma ishni tezroq tugatishni istardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:10:19
Yotoqxona yonidan o’tayotib, u xonalardan kirlarni yig’ayotgan xizmatchilarni ko’rdi va qizlardan biriga dedi:
- Merion xonim uyqudan turdimi, Jenni?
Xizmatchi inkor ma’nosida bosh chayqadi:
- Nazarimda, u uxlayotganga o’xshadi, Torn xonim. Men eshikni taqillatdim, lekin u javob bermadi.
- Rahmat, - dedi Anna va Merion xolaning yotoqxonasi tomon shoshildi. Anna eshikni qattiq taqillatdi.
Hech qanday javob bo’lmadi.
U qulog’ini eshikka tutdi, lekin hech nimani eshitmadi.
- Merion xola, samolyotdan kech qolmoqchimisiz?
Yotoqxonadan yana hech qanday ovoz eshitilmadi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:10:27
Anna eshikni ochdi va yotoqxonaga kirdi. Joy bo’sh edi. Anna yuvinish xonasi tomon qadam bosdi va Merion xolani ko’rdi. Kampir karavot yonida yotardi.
Merion jonsiz edi. Eski Injil uning cho’zilgan qo’li yonida yotardi.
Anna qichqirib yubormaslik uchun og’zini kafti bilan to’sdi va bu dahshatli haqiqatdan qutulish uchun ko’zlarini yumdi. Kechqurungi janjal ham, unga taqalgan ayblar ham Annaga bema’nilik va shafqatsizlikdek tuyuldi.
Anna ko’zlarini ochdi, uning nigohi katta qilib ochilgan derazaga tushdi. Tong shamoli o’ngib ketgan pardalarni silkitardi.
Chikagoning janubidagi hududlar Kanzasdagi kabi tekisliklardan iborat edi. Bu yerda asosan qishloq xo’jalik korxonalari joylashgandi. Buxerga yoqqan yangi zavod aynan mana shu yerda edi. Zavodning oynavand devorlari xuddi cheksizlikka singib ketgandek edi.
«Torn Indastriz» kompaniyasining pastlayotgan vertolyoti va ularni kutib turgan elektrokar ham kelajakdan kelganga o’xshardi. Elektrokar radiotizim va televizor bilan jihozlangan, superavtomobildan farqi yo’q edi.
Elektrokarni Tornlar kompaniyasining qishloq xo’jalik tadqiqotlari bo’limi boshlig’i Devid Pasarian minib olgandi. U Buxerning odami edi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:10:35
Pasarian pastak bo’yli hindu edi. Bolalik chog’laridayoq u ochlik nima ekanligini sinab ko’rgan va undan boshqa odam qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanishga noloyiq edi. Pasarianning bo’limi yer sharining Uchinchi dunyo deb ataladigan narigi tarafini oziq-ovqat bilan ta’minlashning bor imkoniyatlarini izlash bilan shug’ullanardi. Dunyo yagona, bo’linmas, deb o’ylardi u, yoki hammaning qorni to’q bo’ladi yo hamma och bo’ladi.
Pasarian bolalari xuddi yovvoyi itlardek tashlangan Bangladesh ko’chalarini esladi. Ochlikdan qorni shishib ketgan, oriq bu bolalar bir burda non uchun bir-birlarini o’ldirishga tayyor edilar. Pol Buxerning bu mamlakatlarga bo’lgan munosabati qanday bo’lsa, «Uchinchi dunyo» atamasidagi ayirmachilik Pasarianning shunchalik jahlini chiqarardi.
Buxer bolalarga ham, Uchinchi dunyoga ham tupurardi. Uning ko’zlari daromadlarning foizlari yoki yalang’och va sovuq raqamlardan boshqa narsani ko’rmasdi. Pasarian rahbarining sovuq rejalaridan nafratlanardi, lekin asosiy maqsad ochlarni boqish, degan fikr bilan o’zini tinchlantirardi.
Hindu Buxerning Tornni kutib olish haqidagi buyrug’iga bo’ysungandi. Aks holda Pasarian bu yerda, har xil uskunalar bilan jihozlangan aravada o’tirmagan bo’lardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:10:42
Vertolyot yerga qo’ndi. Kelganlar salomlashib, elektrokarga o’tirishdi va dalaga jo’nashdi. Pasarian mashinani boshqarar, Torn uning yonida o’tirar, orqada yana ikki kishi bor edi. Buxer Axertonning butun xavotirini tasdiqlab, o’z fikrini bayon etishni boshladi.
- Bu yerda Bill adashyapti, - dedi Buxer engashgancha, Tornning qulog’iga qichqirib. - Hisobotimda men «Torn Indastriz» uchun ayni paytda energetika sohasi eng manfaatli ekanligini ta’kidlaganman. Men faqat masalan, mana bu zavodda nimalar amalga oshirilayotganini inkor etayotganimizni isbotlamoqchiman. Axir bizning kelajakda oladigan daromadimiz, - Buxer o’pkasini to’ldirib nafas oldi, - bizning kelajagimiz faqat bitta narsaga bog’liq: ocharchilikka!
Buni eshitgan Axerton burnini jiyirdi.
- Pol, - dedi u boshini sarak-sarak qilarkan. - Axir bu shafqatsizlik va...
- Haqiqat! - yakunladi Buxer. - Yo’q, bu shafqatsizlik emas. Bu haqiqat.
Axerton oldinga, Tornga engashdi va so’z boshladi:
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:10:49
1980 yilga kelib neft o’rta Sharq mamlakatlariga yiliga yigirma milliard dollarga tushadi. Biz millat va butun dunyo oldida energiya uchun javobgarlikni bo’ynimizga olganmiz, shunday ekan, kelinglar, vaqtimiz va pulimizni uning rivojlanishi uchun sarflaylik. Quyosh, yadro va gravitatsion energiya yo’nalishida boshlagan dasturlarimiz nima bo’ldi? Nima, bu sohadagi barcha yutuqlarimizni axlatga uloqtiramizmi? Nima, bularning bari bekordan bekorga qilindimi, shuncha vaqt bekorga sarflandimi?
- Darvoqe, vaqt haqida, Bill, - gapga aralashdi Buxer soatiga qarab qo’yarkan. - Hozir sen energetika sohasidagi olamshumul yutuqlarimiz haqida gapirgan vaqt ichida sakkiz kishi ochlikdan vafot etdi. Umuman, har olti-sakkiz soniyada dunyoning u yoki bu burchagida bir kishining joni uziladi. Ochlikdan. Bir daqiqada yetti kishi. Bir soatda - to’rt yuz yigirmata. Hammasi bo’lib - bir kunda o’n mingta.
Axerton g’azabini yashira olmadi.
- Nimaga shama qilyapsan, Pol?
- Hamma narsaga, Bill, - jo’shib, sabrsizlik bilan dedi Buxer, - agar birorta ham foydalanuvchi tirik qolmaydigan bo’lsa, energetikaning yangi manbalarini yaratishdan ma’no yo’q.
Torn bahsga aralashish vaqti kelganligini tushundi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:10:54
- Pol, taxmining sal xiraroq emasmi? - ikkilandi u.
- Qo’rqinchli kun yaqinlashyapti, Richard, - ishonch bilan dedi Buxer. - Sen o’ylaganingdan ko’ra tezroq.
- Xo’sh, keyin-chi? - so’radi Torn.
Buxer yengil xo’rsindi.
- Men esa sen gaplarimni eshitmaysan ham, deb o’ylovdim.
Axerton ojiz qolib o’rindiqqa suyandi va xo’mrayganicha qo’llarini chalishtirdi. Pasarian kulib qo’ydi. Buxer tomonidan biror muammoni yechish uchun tanlangan har qanday uslub har doim o’z tasdig’ini topardi.
Elektrokar issiqxonaga yaqinlasharkan, bahslashayotganlarning hech biri ularga bor kuchi bilan qo’lini silkitayotgan xizmatchini ko’rmadi. U Richard Tornni chaqirayotgandi. Gap shundaki, bir necha daqiqa ilgari telefon qo’ng’irog’i bo’lgandi. Richard Tornni o’ta zarur va shoshilinch ish bilan chaqirishgandi.
Issiqxonada to’rttala erkak yam-yashil o’simliklar ummoni o’rtasidagi uzun yo’lakdan yurib borishardi. Ular atrofdagi manzaradan zavqlangancha jim ketishardi. Aql bovar qilmas darajadagi katta sabzavotlar yonidagi kichkina qutilarda mitti o’simliklar o’sardi. Buxer ko’z qiri bilan hatto Axerton ham hayratda qolganligini ko’rdi. Nihoyat ular allaqanday texnikalar ko’rgazmasi qo’yilgan binoga kirishdi. Devorlarga xarita va ko’rsatkichlar ilib tashlangandi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:11:03
- Mana bunda, - Buxer qandaydir tarhni ko’rsatdi, - zamonaviy fermerni ko’rib turibsizlar. Mana, u markaziy minoradagi nazorat bo’lmasida o’tiribdi. Kompyuter monitori unga dalalarning holati haqidagi ma’lumotni ko’rsatadi. Masofadan turib boshqariladigan kichkina havo uskunasi yerga ultratovush to’lqinlarini yuborib, fermerning o’rniga yer chopadi. Turli avtomatlar tayyor qishloq xo’jalik mahsulotlarini yig’adi, saralaydi va qutilarga joylaydi. Bularning barchasi kompyuterda boshqariladigan mexanika yordamida amalga oshiriladi.
Nihoyat Axerton tilga kirdi.
- Bularning barchasidan, aytaylik, och qolgan xitoylik qanday manfaat ko’radi?
- Ularni mana shu boqadi, - qichqirdi Buxer. - Xitoyliklar bir kunda bir pig’la guruch yeyish bilan qanoatlanishlaridan faxrlanishadi, lekin buning nimasidan faxrlanish kerak? Va biz ularni boqishimiz lozim! - Shu lahzada Buxer otini qamchiladi. - Bunga erishish uchun guruchning tez o’sadigan yangi navlarini yaratish, sun’iy go’sht ishlab chiqarish yo’llarini topish kerak. Va biz - «Torn Indastriz» buning boshida turishimiz kerak. Biz shunday o’g’itlar ishlab chiqaramizki, ular o’simliklarni xuddi xamirturushdek tez o’stiradi, shunday mashinalar yaratamizki, unumsiz yerlar va zaharlangan dengizlar gullagan bog’larga aylanadi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:11:10
- Bu xomxayollar olamida siz qanday o’rin egallaysiz?- kinoya qildi Axerton. - Podsho bo’lasizmi?
Buxer bundan zig’ircha ham xafa bo’lmadi. U yashil ummonga bir qarab oldi va dedi:
- Bilasizlarmi, bir paytlar Meksikaning baland tog’larida bir ibtidoiy qabila bo’lgan ekan. Ular juda serhosil yerda yashasalar-da, undan foydalanishni bilishmas ekan. O’sha atrofga Amerikaning qurilish kompaniyasi kelib yo’l quribdi. Ishlarini tugatib, kompaniya bu qabilaga traktor sovg’a qilibdi. Qabiladagilarga uni qanday boshqarish kerakligini yaxshilab tushuntirishibdi. Xo’sh, ular yer haydashni o’rganib olishgach, traktorni nima qilishibdi?
- Uni yeyishibdi, - dedi Pasarian ertalabdan buyon birinchi marta gapga aralashib. Buxer hinduning so’zlaridagi kinoyani payqadimi - yo’qmi, tushunarsiz edi, lekin u bu fikrni rad etdi.
- Ular traktorni ibodatxona mehrobiga qo’yishibdi va unga sig’inishibdi. Butun qabila tiz cho’kib uni Xudodek ko’ribdi.
Birdan Axertonning butun a’zoyi badani muzlab ketdi.
Shu payt oq xalatli texnik ularning oldiga yugurib keldi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:11:18
- Kechirasiz, janob Torn, - dedi u, - sizni telefonda so’rashyapti. Shoshilinch.
Richard uzr so’rab, telefonda gaplashgani ketdi. Qaynoq bahs davom etardi.
- Neft mamlakatlari hech ikkilanmasdan bo’g’zimizga pichoq qadashyapti, shunday emasmi? - dedi Buxer. - Nimaga ovqat masalasida biz boshqacha yo’l tutishimiz kerak?
- Biz barcha ochlarni yollanma fermerlarga aylantirmoqchi ekanmiz, - g’azabini zo’rg’a bosib gapirdi Axerton, - nega birato’la qulga aylantirib qo’ya qolmaymiz?
- Qul emas, iste’molchi, - Axertonning gapini to’g’riladi Buxer, - gap shundaki, biz ularning qornini to’ydiramiz!
- Men Polning fikriga qo’shilaman, - dedi Pasarian. - Menimcha, bu yo’nalishni rivojlantirish kerak.
Ular Richardni ko’rishdi. Uning rangi oqarib ketgandi.
- Kechqurun Merion olamdan o’tibdi, - dedi u. - Yurak yetishmovchiligi.
Axerton qotib qoldi.
- E, Xudo, Richard. Chuqur ta’ziya bildiraman.
Torn parishon holda bosh irg’adi: uning xayoli ko’mish marosimida edi.
- Sizlarni tark etishimga to’g’ri keladi, - u Axertonga murojaat qildi. - Meni vertolyotgacha kuzatib qo’y.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:11:26
- Bo’pti, - dedi u.
- Pol, - dedi Torn, - iltimos, direktorlar kengashiga qo’ng’iroq qil. Zavod boshqaruvchisi maqomi bo’yicha barcha xorijiy vakillarga telegramma jo’nat.
- Bo’pti, bo’pti, - dedi Buxer.
- Yig’ilish o’n kundan keyin. Dafn marosimi esa uch kundan so’ng o’tkaziladi. Kardiologiya jamg’armasiga badal ham to’lash kerak. Bank va Uoll-strit bilan o’zim shug’ullanaman. - Richard hamma bilan xayrlashdi va Axerton hamrohligida tashqariga yo’l oldi.
Buxer uning yengidan tutdi.
- Richard, - so’z boshladi u, - balki ertaga birgalikda nonushta qilib, bu loyihaning muhokamasini yakunlarmiz.
Axerton norozilarcha qadamini davom ettirdi, Richard bu taklifga xotirjamlik bilan yondoshdi.
- Ha, albatta, - rozi bo’ldi u, - ertaga soat sakkizda uyimga kel.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:11:32
Pasarian boshini sarak-sarak qildi. «Ha, u vaqtini zoe ketkazmaydi. Kampir o’ldi. Xo’sh, nima bo’pti, degan bo’lardi Buxer, boshqalar yashayapti-ku. Albatta, Pol Tornga hukmini o’tkazadi va Pol Buxerning fikri kompaniyaning hal qiluvchi qaroriga aylanadi».
Buxer Pasarianning xayolini bo’ldi.
- Demak, Tornlar shaharga ko’chishdimi? - qiziqdi u.
- Bugun, - bosh irg’adi hindu.
- Yana qish, - qunishdi Buxer. Va Tornning ko’rsatmalarini bajarish uchun telefon tomon ketdi.
Merion Torn hatto o’lib ham hammaga bir dunyo tashvish keltirgandi.
Ayni mana shu daqiqalarda Gibraltar bo’g’ozi yaqinida, Atlantika ummonidan o’ttiz ming fut balandlikda reaktiv samolyot uchib borardi. U Tel-Avivdagi aeroportdan ko’tarilib, Farb tomon yo’l olgandi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:11:38
Sayyohlar salonida ko’zlari chaqnoq mallasoch ayol o’tirardi. U Joan Xart edi. Doktor Uorren ma’lum qilganidek, u Richard Torndan intervyu olish uchun safarga chiqqandi. Ammo Joanni bu harakatga Torn taxmin qilganidek, oddiy qiziqish undamagandi.
Do’sti Maykl Morgan bedarak yo’qolganiga ham yetti yil bo’lgandi. Bu davr ichida Joanning o’zi qandaydir tadqiqotlar o’tkazdi: u Injilni va g’alati o’limlar bilan bog’liq ma’lumotlarni batafsil o’rgandi. Va bularning barchasi qandaydir tushunarsiz tarzda birgina bolakay - Demen Torn atrofida aylanardi.
Nihoyat Joan zimmasida turgan vazifani tushunib yetdi. Bugengagen Mayklni o’zining yordamchisiga aylantirishga uringan bo’lsa-da, amalga oshmadi. Ammo o’sha uchrashuvda Joan ham bor edi - u hammasini eshitgan va buning oddiy tasodif emasligini tushungandi. Va uni yetti yil ilgari qahvaxonaga yetaklagan Kuch, endi uni Iblis o’n uch yoshga to’lmasligi uchun harakat qilishga majbur etayotgandi. Zero, aynan o’sha kuni Iblis o’zining kim ekanligini anglab yetadi va unda Iblisni yo’q qilish uchun deyarli imkoniyat qolmaydi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:11:47
Joanning boshiga Kassandraning qismati tushgandi: unga hech kim ishonmasdi. Uni ilgaridan taniganlar uning ustidan kulishar, Joanning bashoratlari tez orada o’tib ketadigan alahsirash, deyishardi. Notanish kishilar undan xuddi telbani ko’rgandek qochardilar.
Joanning o’zi ham ancha vaqtgacha qilayotgan ishining to’g’riligiga to’liq ishonmadi. Bir hafta ilgari ham uni shubha-gumonlar qiynayotgandi. O’shanda unga Belvuar qo’rg’onidagi qazuv ishlari haqida reportaj yozish topshirilgandi. U anchadan buyon bu daqiqalarni kutayotgandi. Xarobalar orasida yurar ekan, Joan, shubhasiz XX asrda yashagan ikki kishining jasadi qoldiqlariga duch keldi. U ularni osonlik bilan tanidi. Joan Igael devorini ham diqqat bilan ko’zdan kechirdi.
Shundagina u Richard Tornga haqiqatni aytish uchun Shtatlarga uchishga qaror qildi.
Bevosita xavf ostida turgan barchani dahshatli xatardan ogoh qilish kerak edi, zero Shaytonning o’g’li ular orasida edi.
Vazifa og’ir va xatarli edi, ammo Joan bu vazifani haqiqiy e’tiqodi butun kishilarga xos quvonch bilan bajarishga harakat qilardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:11:57
3

Tornlarning Chikagoda joylashgan uyidagi qop-qora yog’och qoplangan oshxonasi muhtasham ko’rinar, mebellar oyna va jigarrang charmga muvofiq xromlangan metalldan tayyorlangandi. Odatda Torn oshxona yonidagi keng va yorug’ xonada ovqatlanardi. Ammo bugun u Buxer bilan gaplashib olish maqsadida oshxonada nonushta qilishni lozim ko’rgandi.
Ular mayizni ham yeb bo’lishdi, lekin bugungi uchrashuvning belgilanishiga sabab bo’lgan mavzu haqida og’iz ochishga ikkalasi ham jur’at qilolmasdi.
- Bu ko’rgazmani qachon ochmoqchisizlar? - so’radi Buxer Tornning arxeologiyaga qiziqishini hisobga olib.
- Bu so’nggi konteynerlarning qachon kelishiga bog’liq, - dedi Torn. - Biz uni Pasxa bayramiga mo’ljallayapmiz. Sening hisoboting esa, Pol, qoyilmaqom. Qanday qilib, bir oy ichida shunday narsani tayyorlaganingga aqlim yetmayapti.
- Ammo... - cho’zdi Buxer, muhim mavzudagi suhbatga qanday qilib tezroq o’tishni tasavvur qilarkan. - Ammo... yuqoridagilarning to’la qo’llab-quvvatlashisiz bu loyihaning amalga oshishiga ishonchim komil emas. Buning ustiga, Bill Axerton bu loyihaga qarshi.
- Ha, men unga ishonaman. Sen ham Billga ishonishing kerak. U mahmadonalardan emas, o’z ishini yaxshi biladi. - Torn qahvadan ho’pladi. - Bill bilan munosabatlaringni yaxshilab olishingni maslahat berardim. Bu sening kompaniyada yuqori ko’tarilishingga imkon beradi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:12:04
Buxer navbatdagi so’zlari tavakkal ekanligini tushunsa-da, baribir gapirdi:
- Richard, agar Bill Axerton meni ezaversa va mening mavqeim unga bog’liq bo’ladigan bo’lsa, yaxshisi ishdan bo’shab qo’ya qolay?
- Bekor aytibsan, - e’tiroz bildirdi Torn. So’ng tabassum bilan qo’shib qo’ydi: - Hali sening ham davring keladi.
Buxer, ichida tantana qilar ekan, bosh silkidi.
- Bo’pti, - rozilik berdi u, - bu fikrni miyamdan chiqarib tashlayman. - Ichida esa o’yladi, «Faqat haqiqatan ham mening davrim kelgunga qadar».
Nonushta qilib bo’lishgach, ular avtomobil tomon yo’l olishdi. Merion xolaning o’limiga qaramasdan, Torn muhim uchrashuvda ishtirok etish uchun Vashingtonga uchishi lozim edi. Limuzin haydovchisi uni aeroportga eltib qo’yish uchun kutib turardi. Xayrlashayotib, Torn Buxerga murojaat qildi:
- Bolalarning tug’ilgan kuniga kelasanmi? Ko’l yonidagi uyga.
- Bu imkoniyatni qo’ldan boy bermayman, - dedi Pol Torn bilan munosabatini silliqlashga urinib. - Ko’l muzladimi?
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:12:15
- So’raysan-a! - Torn Buxerning yelkasiga qo’l tashladi. - O’zing bilan konki olib kel.
Pol jilmaygancha Richardga qo’l silkidi va taksi to’xtatish uchun burchakka shoshildi. U muzlagan ko’l ustida palto va sharfga o’ralib konki uchayotgan Bill Axertonni tasavvur qilib ichida kuldi. Ana tomosha.
Myurrey ochgan eshik tutqichiga qo’l uzatgan Torn ortida ayol kishining ovozni eshitdi:
- Janob Torn? Hoy, janob Torn!
U o’girildi va qo’llarini silkitib chopib kelayotgan sohibjamol ayolni ko’rdi. Uning ustida mo’yna yoqali to’q qizil palto, qo’llarida qizil qo’lqop, oyog’ida esa uzun poshnali qora etik bor edi. Ayolning yelkasiga qora rangli katta charm sumka osilgandi.
Torn bir necha soniyaga nima qilishini bilmay qoldi. Bu maftunkor ayolning qig’fasi unga tanishdek tuyuldi, ammo u bu ayol bilan hech qachon uchrashmaganligini aniq bilardi. Shu payt Richard uni qaerda ko’rganligini esladi: Uorren ko’rsatgan suratlardan birida u «Bobillik adashgan ayol» tasviri oldida turgandi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:12:23
U muxbir Joan Xart edi. Bu go’zal ayolning qig’fasi uyg’otgan yoqimli hislar shu zahoti g’oyib bo’ldi. U bor-yo’g’i bir muxbir edi. Va doktor aytganidek, u intervyu olmoqchi edi. Joan Xart uning yoniga yetib keldi.
- Kechirasiz, qichqirishga majbur bo’ldim, sizni to’xtatib qolmasam bo’lmasdi...
- Hechqisi yo’q, - uning so’zlarini sovuqlik bilan bo’ldi Richard. U Joanning nima uchun bu yerdaligini bilar va uning bema’ni savollariga javob bermaslikka tayyor turgandi.
- Mening ismim Joan Xart. Charlz Uorren sizga men haqimda aytgan bo’lsa kerak.
- Ha, aytgandi. Va men unga siz...
- Aytuvdi, aytuvdi, - Joan sabrsizlik bilan Richardni bo’ldi. Keyin birdan suhbat mavzusini o’zgartirib, shikoyat qildi: - Bu yer sovuq ekan. Yaxshisi, avtomobilingizga o’tirsak-da, nima uchun intervyu berishni rad etganingizni aytib bersangiz.
Torn istar-istamas jilmaydi.
- Sizdan haqiqiy xonim chiqishi mumkin edi. - U Joanga avtomobilning keng orqa o’rindig’ini ko’rsatdi.
Ular o’tirishlari bilan, Joan sumkasini titkilay ketdi. «Bunday katta sumkaga, - birdan o’ylay boshladi Richard, - Bugengagenning tug’ilganidan tortib to o’lgunigacha bo’lgan ma’lumotlar sig’ishi mumkin». Joan sumkadan boshqa har qanday ayol jon deb bo’yniga o’raydigan qimmatbaho shoyi ro’mol oldi va unga burnini qoqdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:12:31
- Sovuq havoda birpasda tamom bo’laman.
- Xart xonim, - so’z boshladi Torn.
- Bilaman, bilaman. Muxbirlarga toqat qilolmaysiz.
- Bundan tashqari, aeroportga shoshilyapman, - qo’shib qo’ydi Richard.
- Bor-yo’g’i bir necha daqiqa. Sizdan buni o’tinib so’rayman.
- Lekin samolyotdan kech qolsam bo’lmaydi. Balki, boshqa safar uchrasharmiz?
- Men doim samolyot Richard Tornni kutadi, deb o’ylardim.
- Faqat bunisi emas.
- Unday bo’lsa, men sizni aeroportgacha kuzatib qo’yaman. - Joan tabassum qildi. - Qaerga uchasiz?
Torn Myurreyga gapirish uchun so’zlashish qurilmasining tugmasini bosdi.
- Yurgizing, Myurrey.
Keyin Joanga javob berdi:
- Vashingtonga.
Joan yana jilmaydi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:12:38
- Hech kimni kutmaydigan birinchi raqamli samolyot. U yerda nima qilasiz? Prezidentga mamlakatni qanday boshqarish to’g’risida maslahat berasizmi?
- Yo’q, - javob berdi Torn uning hazilini tushunib. - Davlat kotibiga. Xo’sh, sizga qanday foydam tegishi mumkin?
Joan Xart yana sumkasini titkiladi va charm muqovali yon daftari bilan qalamini oldi. Ayolga yon daftar va qalam qandaydir kuch bag’ishlagandek edi. U ehtirossiz muxbirga aylandi. Joan o’z qurbonidan o’ziga kerakli ma’lumotlarni birma-bir sug’urib ola boshladi.
Aeroportgacha bo’lgan yo’lning yarmiga yetishganida intervyu o’yini Tornning joniga tegdi.
- Xart xonim, menga yettita savol berdingiz va ularning hammasi negadir pul bilan bog’liq, - dedi u.
- Pul butun dunyoni aylanishga majbur qiladi, shunday emasmi?
- Ha, nafaqat butun dunyoni - dedi Torn.
Joan Richardning asabiylasha boshlaganini sezdi, lekin eng asosiy gapni hech ayta olmasdi. Hozir mavridi emas. Sal keyinroq.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:12:44
- M-m-m, otangiz muzey qurdirgan ekan, - u yon daftariga qarab oldi, - 1940 yilda. Bu unga necha pulga tushgan?
- O’n million atrofida.
- Otangiz birinchi marta Chikagoga kelganida birjaga ishga kirganmi?
- To’g’ri.
- Ayting-chi, u sizni va ukangizni kambag’allik nima ekanligini his qilishingiz uchun sovuq xonada yoki polda yotishga majbur qilmaganmi?
Torn xaxolab kulib yubordi.
- Bunaqa bema’ni gapni sizga kim aytdi?
Shu payt limuzin keskin tormoz berdi. Ular Michigan-avenyu yaqinidagi ko’tariluvchi ko’prikka yaqinlashishgandi. Ogohlantiruvchi qo’ng’iroqlar va o’chib-yonayotgan qizil chiroqlar kemani o’tkazib yuborish uchun ko’prik ko’tarilishini bildirib turardi. Richard mashina oynasidan qaradi va «Torn Indastriz»ga tegishli tankerni tanidi. Tornning yo’lini uning o’ziga qarashli kema to’sgandi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:12:51
Joan Xart bu imkoniyatdan foydalandi va kutilmaganda hujumga o’tdi:
- Siz Bugengagen bilan hech uchrashmaganmisiz?
- Yo’q, - javob berdi Torn Joanning mavzuni keskin o’zgartirganini his qilib.
- U faqatgina arxeolog bo’lmaganligini bilasizmi? Bugengagen eng avvalo ekzortsist - Shaytonni quvuvchi bo’lgan.
- Buning nima ahamiyati borligini tushunmayapman.
- Belvuar qo’rg’onini qazish paytida uning suyaklarini topishgan, - davom etdi Joan uning so’zlariga e’tibor bermay. - Buni bilarmidingiz?
- Kimningdir suyaklarini, Xart xonim. Menimcha, kimniki ekanligi rasman aniqlanmagan.
Ayolning ovozida qat’iy ishonch yangradi.
- U yerdan ikki kishining suyaklari topilgan, janob Torn. Biri - Bugengagenniki, ikkinchisi esa - Maykl Morgan ismli yosh arxeologniki. Maykl mening yigitim edi. Men ular bilan o’sha g’oyib bo’lishgan kuni uchrashganman.
Ayni shu lahzada shlagbaum ko’tarildi va Myurrey motorni yurgizdi. Torn shartta so’zlashuv qurilmasining tugmasini bosdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:12:56
- Myurrey, to’xtab turing. Xart xonim tushib qoladi.
Joan shoshilib so’zlay boshladi:
- O’limidan bir hafta ilgari ukangiz Bugengagen bilan uchrashish uchun Isroilga kelgan. Uning o’limidan bir necha kun keyin esa Bugengagen va Maykl Morgan tiriklayin ko’milishgan. Bu sizni hushyor torttirmaydimi, janob Torn?
«Shu yetmay turuvdi, - o’yladi Richard. - hozir u menga Kennedini kim o’ldirganini aytadi». U sovuqqonlik bilan dedi:
- Sizni haydab tushirishga meni majbur qilmang. Biz harakatni to’xtatib qo’ydik.
- Politsiya ukangizni nima uchun otganini bilasizmi? - Joanning yovvoyilarcha yonayotgan ko’zlarida qandaydir telbalik zohir bo’ldi. - Pichoq haqida biror narsa bilasizmi?
Myurrey mashinadan tushdi va orqa eshikni ochdi.
- Menga bitta narsa ma’lum: siz o’zingizning va mening vaqtimni olyapsiz...
- Iltimos, menga quloq soling! - o’tindi ayol. - Bularning barchasini o’rganish uchun men bir necha yilni sarfladim. Hammasi mos kelyapti... endi...
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:13:05
Richard ingrab yubordi. Faqat bu emas. U ukasining o’limi atrofidagi sirli tuman butunlay tarqalib ketgan, deb o’ylardi.
Myurrey qo’pollik bilan Joanning qo’lidan tortdi. U o’rindiqqa yopishgancha qichqirdi:
- Hayotingiz xavf ostida!
- Yo’qoling bu yerdan! Sizni qaytib ko’rmay! Tushundingizmi?
- Xudoga ishoning! - qichqirdi Joan.
- Myurrey, Xudo haqqi!
- Xudoga ishoning! - ho’ngrab yig’lab yubordi ayol.
Myurrey uni mashinadan tortib tushirdi va eshikni yopdi. Joan turgan joyida qichqirishni davom ettirdi:
- Xudo haqqi! Faqat ugina sizni himoya qila oladi! Igael devorini ko’ring, janob Torn! Shaytonning yuzini ko’ring va u kimning yuzi ekanligini ayting!
- Myurrey, jin ursin. Bu telbadan tezroq uzoqlashaylik! - o’shqirdi Torn.
Myurrey mashinaga uchib chiqdi va motorni o’t oldirdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:13:12
Mashina tezlik bilan yurib ketdi. Joan ko’cha o’rtasida turganicha yig’lar, umidsizlik yoshlari uning yuzlarini yuvardi. Sovuq shamol esa uning yelkasidagi qizil paltosini yulqib olishga urinardi.
Rejinald Torn o’zidan yodgorlik qoldirishning eng yaxshi yo’li muzey qurish, degan fikrga kelgandi. U bu fikri bilan o’rtoqlashish uchun do’sti - Chikago bosh me’mori o’rinbosarining oldiga borgandi.
Torn neoklassikani yoqtirardi. U qurdirgan binosi bir necha o’n yildan keyin xarobaga aylanib qolishini istamasdi. Shuning uchun qariya me’mor do’sti tavsiya qilgan yosh va o’ziga ishongan odamni topguncha juda ko’p me’morlarni ko’rikdan o’tkazdi.
Do’sti unga pand bermagandi. U Tornni Frenk Rayt bilan tanishtirgan va muzey tashkil qilish rejasi amalga osha boshlagandi.
Hozir ham, oradan deyarli qirq yil vaqt o’tgan bo’lsa-da, Tornning muzeyi xuddi bir hafta ilgari qurilgandek zamonaviy va muhtasham ko’rinardi. Muzey Michigan ko’li bo’yida joylashgan va old tomoni Michigan-avenyuning zamonaviy kvartallari tomonga qaragandi. Yaqin atrofdagi birorta ham bino muhtashamlikda muzey binosiga teng kelolmasdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:13:19
Joan Xart o’tirgan taksi muzey oldiga kelib to’xtaganda, uning ko’zi Edvard Myunxning suratlar ko’rgazmasi haqidagi e’longa tushdi. Afishada rassomning «Qichqiriq» deb nomlangan ancha mashhur va dahshatli surati aks ettirilgandi. Joan surat oldida haykalday qotib qoldi. U buni ilohiy bir belgi, deb hisobladi va qalbida yana umid paydo bo’lib, muzeyga kirdi.
Osmono’par shiftli katta zalga kirgan Joan bir lahzaga o’zini ushoqdek va himoyasiz his qildi. Lekin u bu yerga nima uchun kelganligini yaxshi bilardi va o’zini tutib oldi. Yo’l boshlovchi uni ikkinchi qavatga, Charlz Uorren Belvuardan baxtiqaro Bugengagen topgan topilmalarni ko’rgazmaga tayyorlayotgan galereyaga olib chiqdi.
Sanoqsiz tarh va suratlar ichida turgan Uorren Anna Tornga bo’lajak ko’rgazmani qanday joylashtirish kerakligini tushuntirardi. Anna anchadan buyon bu ko’rgazmaga qiziqib kelardi. Ammo Uorren shu paytgacha Annada Belvuardagi topilmalarga bo’lgan qiziqishchalik qiziqishni ko’rmagandi.
- Menga xabar qilishlaricha, Igael devori deb nomlangan yodgorlikni topishibdi. Restavratsiyadan so’ng uni bu yerga jo’natishadi. - U tarhdagi bo’lakni ko’rsatdi. - Bu galereyani har ehtimolga qarshi ushlab turibman.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:13:27
Igael devori haqida gap ochilgach, Annaning qiziqishi yanada ortdi.
- Igael kim bo’lgan o’zi? - qiziqsindi u.
- Juda jumboqli shaxs, - dedi Uorren, - rohib va Shaytonni quvuvchi. U XIII asrda yashagan, deb taxmin qilinadi. Afsonalarga ko’ra, bir kuni uning ko’ziga Shayton ko’ringan va bechora rohib aqldan ozgan.
Uorren Annaning ham boshqalarga o’xshab kulib yuborishini kutib turdi, ammo u hatto jilmayib ham qo’ymadi. Uorren so’zida davom etdi:
- Shundan so’ng tarki dunyo qilgan. Chamasi, Shaytonning qig’fasi uni to’xtovsiz ta’qib qilgan. Rohib azoblardan qutulishning yagona yo’li sifatida Iblisning suratini - uning tug’ilishidan tortib inqirozigacha bo’lgan davrini chizishga qaror qilgan. - Uorren seskanib ketdi. - Igaelni hech kim ko’rmagan. Uning devorini ko’rishgan, xolos.
- Uni ko’rishga sabrim chidamayapti, - hayajon bilan dedi Anna. Olim ayolni o’z hikoyasi bilan sehrlab qo’ygandek edi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:13:33
- Endi esa, - dedi Uorren yana qo’lini tarhga cho’zarkan, - sizning sevimli eksponatingiz - Bobillik adashgan ayolga o’tsak. Uni mana bu yerga, to’rtinchi galereya o’rtasiga qo’yamiz. Ana shunda tashrif buyuruvchilarning birortasi ham uni ko’rmasdan qolmaydi.
Kutilmaganda galereyaga Joan Xart kirib keldi.
- Joan, - hayronlik va quvonch bilan dedi Uorren. - Qoyil! Qachon keldingiz?
- Kecha kechqurun, - jilmaydi Joan bu yerga nima uchun kelganligini aytib yuborishdan o’zini zo’rg’a ushlab.
- Anna, - dedi olim Tornning xotiniga yuzlanib, - bu Joan Xart...
- Siz ko’rsatgan suratdagi ayol, - dedi Anna. Gap go’zal ayollar haqida borganda uning ko’rish xotirasi darhol ishga tushardi.
Uorren bosh silkidi.
- Ha, bobillik adashgan ayolning yonida turgan.
Anna birorta piching qilmoqchi bo’ldi-yu, tilini tishladi.
- Men Anna Tornman. Siz esa erimdan intervyu olmoqchi edingiz.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:13:40
- Allaqachon suhbatlashib ulgurdim.
Uorren g’azabga mindi.
- Men sizga aytgan edim-ku... - so’z boshladi u.
Ammo Joan uning so’zini bo’ldi:
- Buning qanchalik muhim ekanligini tasavvur qilolmaysiz. Shuning uchun sizning gaplaringiz meni to’xtatib qololmadi.
- Siz qat’iyatli ekansiz, - dedi Anna ancha nosamimiylik bilan. - Umuman, uni qanday topdingiz?
Joan Annaning jig’iga tegmoqchi bo’ldi:
- Uning bo’yniga osilib oldim! - dedi u. - Ulkan mashinasining ichida.
- Ha-a, - cho’zdi Anna. - U rosa xursand bo’lgan bo’lsa kerak.
- Boshida unchalikmas, - dedi Joan Annaga nisbatan tushuntirib bo’lmas nafrat bilan.- Eringiz muxbirlarni past ko’radi, shunday emasmi?
- U muxbirlar boshqalarning baxtsizligi hisobiga kun ko’rishadi, deb hisoblaydi, - dedi Anna bu o’zining ham fikri ekanligini ko’rsatishga harakat qilar ekan.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:13:48
Joan kulimsiradi.
- Shoqollarga o’xshab-a? - dedi u.
- Juda zo’r o’xshatish, - javob berdi Anna. Uning qig’fasi o’zgarmadi.
Uorren bu holatdan qanday chiqib ketishni bilmasdi va orada paydo bo’lgan nizoni silliqlashga urindi.
- Joan asosan arxeologiya mavzusida yozadi, - dedi u.
- Yo’g’-e? - zaharli iljaydi Anna.
Shu payt Uorrenning cho’ntagidagi chaqiruv uskunasi jiringlab qoldi. U noxush vaziyatdan qutulish uchun qulay imkoniyat paydo bo’lganidan suyunib ketdi.
- Hozir kelaman, - dedi u.
- Bilasizmi, - dedi Joan. - Eringiz matbuotga nisbatan adolatsiz ekan. Muxbirlar uning ukasiga xolis yondashgandilar.
- Nimani nazarda tutyapsiz? - dedi Anna Joanning nimaga shama qilayotganini tushunmay.
- Jeremi Tornning o’limi tafsilotlari to’la oshkor etilmagan. Aslida, uning o’limida g’ayribatiiy holatlar ko’p bo’lgan.
- Nahotki? - dedi xotirjamlik bilan Anna. - Afsuski, men Richardning ukasi bilan biror marta ham uchrashmaganman.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:13:54
Joan o’zini hayron qolgandek tutdi.
- Albatta, albatta! Doim yodimdan ko’tariladi-ya! Axir siz Richardning ikkinchi xotinisiz-ku!
- Xart xonim, - toqati tugadi Annaning.
- Sizga ochig’ini gapirishga ijozat berasiz endi, - davom ettirdi Joan Annaga e’tibor bermay. - Mark - Richardning birinchi xotinidan tug’ilgan, Demen esa - uning ukasining o’g’li. Demak, siz ikkala bolaning ham onasi emassiz!
- Siz birorta ayollar jurnalida ishlasangiz kerak! - portladi Anna.
- Demen-chi? - dedi Joan. - U haqda nima deya olasiz? U qanaqa bola? Unga harbiy Akademiya yoqadimi?
Anna javob berishga ulgurmasdan galereyaga Charlz Uorren otilib kirdi.
- Anna, - qichqirdi u, - bu ayolga umuman gapirmang! - olim Joanning yelkasidan qo’pollik bilan ushladi va eshik tomon itardi. - Siz meni mushkul ahvolga solib qo’ydingiz, - dedi u. - Richard g’azablanyapti!
Joanning yo’qotadigan narsasi yo’q edi.
- Sizlar xavf ostidasizlar! - qichqirdi u bo’g’ilib. - Hammangiz!
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:14:02
- Sizga nima bo’lyapti? - Uorren Joanni galereyadan sudrab chiqa boshladi.
- Men Igael devorini ko’rganman! - baqirdi u, xuddi bu biror narsani oydinlashtiradigandek.
Bu Uorrenga hech qanday ta’sir ko’rsatmadi.
- Nimani ko’rgan bo’lsangiz ham menga baribir!
- Sizlar hushyor bo’lishingiz shart! - Joan uning qo’llaridan qutulib chiqdi va Annaga yuzlandi. - Demen...
- Nima Demen? - keskin so’radi Anna.
- U...u... - duduqlandi Joan va birdan jim bo’lib galereyadan yugurib chiqib ketdi. - Bilmayman! - qichqirdi u yo’l-yo’lakay.
Anna olimga yuzlandi.
- Jin ursin, bu nimani anglatadi?
Uorren g’amgin tarzda bosh chayqadi.
- Tushunolmadim. Masih hammamizni sevadi. Lekin kamdan-kam - g’ayritabiiy kishilargina uni chin dildan sevadilar!
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:14:10
U jiddiy edi, lekin Annaga uning gaplari kulgili tuyuldi. U kulimsiraganicha olimni mahkam quchoqladi va ular Joan Xartni butunlay unutishib, bo’lajak ko’rgazmaning muhokamasiga berilishdi.
Uorren va Anna Joanni telba deb o’ylashgan bo’lsa-da, u hali hech qachon bunchalik aniq va maqsadli harakat qilmagandi.
O’zini yovuz ruhlar ta’qib qilayotganday his qilgan Joan nima qilish kerakligini yaxshi bilardi.
Muzeydan otilib chiqib, u darvozasi tepasiga «Biz bor kuchimiz bilan urinamiz» degan yozuv osilgan avtomobillarni ijaraga berish byurosiga bordi. Ijaraga mashina olgach, Joan shu zahoti Chikagoning shimoliga qarab yo’l oldi. Bir ozdan so’ng u Demen va Mark o’qiydigan harbiy Akademiya yonida to’xtadi. Bu yerda futbol mashg’uloti o’tkazilayotgandi.
Bu yerda Joanning kelganini sezadigan odam yo’q edi: bor-yo’g’i bir necha ota-ona farzandlarining o’yinini olqishlab o’tirishardi. Ularning diqqat-e’tibori o’yinga qaratilgandi.
Uni Neff albatta sezishi mumkin edi, lekin u xuddi superkubok musobaqasi
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:14:18
o’tkazilayotgandek o’yindan ko’zini uzmasdi.
Joanning yonida bir kursant turardi. U nozik, sepkildor bo’lib, burni ustida qalin oynali ko’zoynak qo’qqayib turardi. Uning ham butun e’tibori o’yinda edi. Joan undan bolalarning ichida Demen bor-yo’qligini so’ramoqchi bo’lib turgandi, Neff tanaffus e’lon qildi. Joan serjantning so’zlarini eshitmasdi. U o’smirning yelkasiga shapatiladi va baland ovozda so’radi:
- Demen Torn o’ynayaptimi?
O’yinchilardan biri keskin o’girildi va Joan Xartning ortidan tikildi. Ayol bu o’tkir nigohni butun tanasi bilan his qildi va orqasiga qaradi. U mushuknikidek sap-sariq bu ko’zlarni ilgari ham ko’rgandek edi.
O’yinchi to’satdan boshidagi dubulg’asini yechdi va Joan dahshatdan qalqib ketdi. Unga Eykrada ko’rgan suratdagi qig’fa tanish edi.
- Ana Demen Torn, - dedi kursant, ammo Joan uni allaqachon tanigandi. U Shaytonning mavjudligiga shubhasiz ishonardi, lekin uni kutilmaganda inson qig’fasida ko’rgach, vahimaga tushdi va ortiga chekindi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:14:26
Joan burildi va oyog’ini zo’rg’a sudragancha o’yin maydonidan uzoqlasha boshladi. Ammo, o’n qadam ham yurmasdan, u shunday dahshatni his etdiki, tez-tez yugura boshladi. Nihoyat, u mashinasi oldiga yetib keldi.
U terga botgan, Demen Tornning sariq ko’zlari qadalgan kuraklari o’rtasi qizib ketgandi. Avtomobil o’rindig’iga o’zini tashlagan Joan Neffning qichqirig’ini eshitdi:
- Torn, namuncha yangi darvozaga qarab turgan qo’ydek turib qolding?
Kuraklari o’rtasi qizishdan to’xtadi. Joan qiynalib yurib sumkasidan kalitni oldi va kalit tirqishiga solib buradi. Motor o’t olmadi, yana buradi - yana hech narsa chiqmadi. Nihoyat dvigatel ishlay boshladi. Mashina g’ildiraklari chiyilladi va Devidson Akademiyasidan uzoqlashdi.
Joan shimol tomon ketardi. U Chikagoga borishi kerak edi, ammo u yerda unga hech kim ishonmasligini tushunardi.
Kimdan yordam so’rash kerak? Qudratli, ayyor va dahshatli Kuchga qarshi kurashda Joan kimning madadiga suyanishi mumkin?
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:14:32
U rulni hushsiz holda boshqarardi. Bu qo’rqinchli Akademiyadan tezroq, tezroq uzoqlashish kerak.
Bir ozdan so’ng Joan adashib qolganini tushundi. U shtatning ancha ichkarisiga kirib ketganini bildi. Atrofda sobiq fermerlik inshootlari joylashgandi.
Ufq cheksizlikka cho’zilib ketgandi. Joanning butun tevarak-atrofi tekislikdan iborat edi. Mashina ketayotgan yo’ldan boshqa yo’l ham yo’q edi.
To’satdan bo’ron turdi. Bir necha daraxt ag’anab tushdi. Ayolni yana qo’rquv iskanjaga ola boshladi. U Chikagoga qanday qaytish yoki hech bo’lmaganda qo’noq topishni o’ylay boshladi.
Shu daqiqada avtomobil bir silkindi va to’xtab qoldi.
Bo’ron ham shu zahoti tindi va sukunat cho’kdi. Atrofda birorta ham tirik jon yo’q edi.
Joan gazni bosdi, kalitni buradi.
Hech qanday o’zgarish bo’lmadi. U benzin ko’rsatkichiga qaradi. Bakda yarim benzin bor edi.
Demak, to’xtashining sababi bu emas.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:14:39
Birdan u Bugengagen va Maykl Morganning qanday halok bo’lishganini esladi va badanida titroq turganini his qildi. Ammo Joan tushkunlikka tushmadi. Uning yuragi tez-tez urar, miyasiga qon tepardi. Joan miyasida barcha imkoniyatlarni chamalar va o’lim bilan yuzma-yuz turganini tushungan holda qutulish yo’lini qidirardi.
U pichirlaganicha duo o’qidi. So’ng yo’lga qaradi. Hech qanday hayot alomati ko’rinmadi.
Kutilmaganda u bir necha lahza ilgari ko’rmagan yo’l belgisini ko’rib qoldi. Unga «Nensi tamaddixonasi. Shirin va arzon» deb yozib qo’yilgandi. Uning ostida esa «3 mil» degan yozuv turardi. Agar Joan bu yerlarni sal bo’lsa-da yaxshiroq bilganida edi, u tuprog’i unumsiz bu joyda hech qanday «Nensi tamaddixonasi» bo’lmasligiga aqli yetgan bo’lardi. Ammo u yaqin atrofda bemalol ovqatlanib, laqillab o’tirsa bo’ladigan shinamgina restorancha joylashganligiga ishonishni lozim ko’rdi.
Uning o’sha yerga borishga sabri chidamasdi.
Joan eshikni ochib, avtomobildan tushdi. Izg’irin zabtiga olardi. U paltosini olish uchun engashdi va kutilmaganda qulog’iga qandaydir tovush chalindi. So’ng avtomobil tomida g’ijirlagan tovush eshitildi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:14:45
Joan keskin o’zini rostladi va dahshatdan qotib qoldi. Tomda, uning shundoqqina ro’parasida ulkan qora quzg’un o’tirardi. U ayolga nafrat bilan tikilgandi.
Joan dod solib yubordi va qoqilib ketib, o’zini zo’rg’a ushlab qoldi. Quzg’un undan ko’zini uzmasdi - uning nigohi ham xuddi Demenning qarashidek odamni teshib yuboray derdi. Ayol quzg’unga paltosini silkitdi, lekin ulkan qush qimirlab ham qo’ymadi.
Joan eshikni yopdi va quzg’undan ko’zini uzmay paltosini kiya boshladi. Quzg’un xuddi ayolni qanotini bir silkitib yiqitishiga ishonganday qimirlamay o’tirardi. Joan «Nensi tamaddixonasi» tomon qadam tashladi. U to’xtamasdan duo o’qib borardi. Quzg’un bilan uning orasidagi masofa qirq yardga yetdi. Quzg’un uchib ketdi.
Joan quvonchdan qichqirib yubordi. Ammo kutilmaganda quzg’un Joanning ortidan xunuk qag’illab hujum qildi. U ayolning boshiga o’tkir tirnoqlarini botirdi.
Joan og’riqqa chidolmay baqirdi. U qushni mushtlay boshladi va uni boshidan olib tashlashga urindi, ammo quzg’un uning qo’llarini cho’qib, qonga bo’yab tashladi.
Ko’zlarida do’zax o’ti tobora yorqinroq chaqnay boshlagan quzg’un sap-sariq tumshug’i bilan uning yuzini to’xtovsiz cho’qiy boshladi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:14:50
Joan bor kuchini yig’ib boshini ko’tardi va osmonga qaradi, lekin u endi osmonni ko’ra olmasdi: uning ko’zlari o’rnida qonga to’lgan bo’m-bo’sh ko’z chanoqlari turardi. Ayol bu dahshatli azobdan qutqarishini so’rab Xudoga yolvordi.
Quzg’un kutilmaganda uchib ketdi. Uning tirnoqlarida Joanning bir tutam sochi va terisi osilib turardi.
Chalajon Joan qoqilib ketdi va yo’l chetidagi ko’lmakka yiqildi. Uning holi qurib qolgandi.
Shu payt uzoqdan motor shovqini eshitildi. Daryo bo’ylab yuk mashinasi kelardi.
Joan boshini ko’tardi. Nahotki? U zo’rg’a o’rnidan turdi va yo’lga chiqa boshladi. O’n sakkiz g’ildirakli katta yuk mashinasi unga yaqinlashib qolgandi. Joan bor kuchini yig’ib qichqirdi.
Yuk mashinasi keskin burilishdan burilarkan, haydovchi qonga va loyga belangan ayolni ko’rishga zo’rg’a ulgurdi. Ayol yuk mashinasiga orqasini o’girganicha yo’lning o’rtasida turardi.
Haydovchi tormozni bosishga ulgurmadi.
Yuk mashinasi Joan Xartni uchirib yubordi. Tanasi yerga qaytib tushguncha ayolning joni uzilib bo’ldi.
Mashina jasaddan yuz yardcha narida to’xtadi.
Sukunatni motorning bo’g’iq ovozi va quzg’unning o’tkir qag’illashi buzib turardi. Quzg’un qorayib kelayotgan osmonga singib ketdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:15:00
4

Butun Qo’shma Shtatlar hududida ham Viskonsin shtatidagi ko’l bo’yidagidek burchakni topish qiyin. Ko’pchilik Jeneva ko’lini bu yerning marvaridi, deb ataydi. U Chikagoga juda yaqin va qulay joylashgan bo’lib, shaharning badavlat kishilari qishda mana shu yerda ko’ngil ochishadi.
Tornlarning qishki uyi, uni «ko’ldagi burchak» deb ham atashardi, yog’ochdan qurilgandi. Uy tashqi ko’rinishidan ovchilar kulbasiga o’xshardi. Ammo uning ichidagi qulayliklarga ega bo’lish uchun kishining cho’ntagi baquvvat bo’lishi kerak edi. Masalan, bu yerda ichki televizion kuzatuv tuzimi o’rnatilgandi. Boshqa badavlat kishilar kabi, Richard Tornning ham bolalarni o’g’irlab ketishdan xavfsirashiga asos bor edi. Uyning yonida hatto vertolyot maydonchasi ham joylashgandi.
«Ko’ldagi burchak» AQShdagi eng murakkab xususiy telefon tizimi bilan ham jihozlangandi. Albatta, Torn prezident yoki davlat kotibidan boshqa har qanday kishining qo’ng’irog’iga javob bermasligi mumkin edi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:15:07
Jeneva ko’li bo’yidagi uyda har doimgi davra yig’ilgandi: Tornlar, ularning do’stlari va ishbilarmon tanishlari. Bolalarning o’n uch yoshga to’lishlari bayram qilinayotgandi. Tornlar turli zig’fat va kechalar uyushtirishni xush ko’rishar, ayniqsa, oilaviy bayramlar ularga alohida zavq bag’ishlardi.
Demenning tug’ilgan kuni aslida oltinchi iyunda bo’lsa-da, amakisining oilasida yashayotganidan buyon bolalarning tug’ilgan kuni bir kunda nishonlanardi. Tornlarning aksariyat tanishlari tug’ilgan kunlarning bir kunda nishonlanishi shunchaki qulaylik uchun qilingan, deb o’ylashardi. Va faqatgina Richard ukasi Jeremining telbalarcha harakati Demenning tug’ilgan kuniga qandaydir tarzda bog’liqligini yodida saqlab qolgandi.
Bayram arafasi oqshomda Mark va Demen mehmonxonada o’ynayotgandilar. Demen doim yutardi. Lekin bu safar Mark ukasidan ustun kelayotgandi. Agar kurashda Demen qatnashayotgan bo’lsa, Mark o’z mayolubiyatlariga xotirjam yondashardi. Ammo-lekin birorta tengdoshi undan yoki Demendan g’alabani tortib oladigan bo’lsa, Mark shu zahoti o’ch olardi. Ehtimol, bu Mark ukasining fojiali o’tmishini doimo yodida tutganidandir. Mark kichkinaligidan boshlab Demen haqida qayg’urib kelar, eng yaxshi narsalarni ukasiga ilinardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:15:19
Bolalar o’t yonayotgan ulkan g’isht kamin oldida o’tirishar va uning ichiga o’yinchoq kublarni irg’itishardi. Zaldagi jimjitlikni o’tinlarning chirsillab yonishi va o’yin stolidagi soqqalarning ovozi buzardi. Kaminning eng yuqorisida bug’uning bosh tulumi o’rnatilgandi. Richard bu bug’uni aynan mana shu uy qurilgan yili otgandi. O’sha paytda uning birinchi xotini Meri tirik edi va endilikda bu tulumga sal ko’zi tushib qolsa ham Richard qayg’uga botardi. Har qanday qotillikni yomon ko’radigan Merini o’sha tunda o’ldirilgan bug’uning tanasi tushida ta’qib qilgandi. Jonivorning o’ldirilishi va Richardning bug’u boshini kamin tepasiga ilish haqidagi qat’iy qarori ularning yagona jiddiy janjaliga olib kelgandi. Meri shunchalik g’azabga mingan ediki, yozilmagan qoida - bahs mavzusi bilan cheklanish qoidasini buzgandi. U erining butun ayblarini to’kib solgandi. Keyin Richard bir haftagacha Merining ketib qolishidan qo’rqib yurgan, ammo qaysarligidan voz kechmagandi: u baribir bug’u boshini kamin tepasiga o’rnatgandi.
Anna bug’u boshini birinchi marta ko’rganida u haqda eridan so’ragan, Richard bug’u otilgan ov haqida hikoya qilish bilan cheklangandi. Birinchi xotini bilan bo’lgan janjali haqida Richard Annaga aytishni lozim topmagandi. U bir narsadan ajablanardi: ikkinchi xotini sportning har qanday «qonli» turiga erkaklardek qiziqardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:15:26
Bolalar o’yinga shunday berilib ketishgandiki, ular Annaning mehmonxonaga kirib kelganini sezishmadi. U bolalarni birpas kuzatib turdi. «Ular qanday ajoyib», o’yladi u. Nihoyat, u jimlikni buzdi:
- Ey, ikkalangiz, kech bo’ldi. Ertaga shunday kun...
Bu oqshom birinchi marta omad kulib boqayotgandek Mark boshini ko’tardi va iltimos qildi:
- Oyijon, ozgina qoldi. Yana ikki daqiqa, maylimi? Iltimos!
U ukasining qo’llab-quvvatlashini kutib unga qaradi. Demen ayyorona qimtinib, e’tiroz bildirdi:
- Ketdik, Mark. Oyim uxlashimiz lozimligini aytyaptimi, uning gapiga kirish kerak.
Anna kulimsiradi. Mark ham jilmaydi.
- Menda bir fikr bor, - dedi u. - Kel, o’yinchoqlarimizni yig’ishtirmay, shundayligicha qoldiramiz.
Ular kulishdi. Anna bolalarni o’pib, chiroqni o’chirdi va chiqib ketdi. Aka-ukalar esa yog’och zinalar bo’ylab yotoqxonaga ko’tarilishdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:15:34
- Demen, - dedi Mark, - sendan bir narsani so’ramoqchiydim.
- Shunchalik zarurmi? - dedi Demen ovozida horg’inlikni aks ettirib.
- Albatta yo’q.
- Bo’pti, so’rayqol, - dedi Demen.
- Neff bilan nima ish qilasizlar?
Demen hamma narsani kutsa ham, bu savolni kutmagandi. U akasiga diqqat bilan qaradi va sovuq ohangda so’radi:
- Nimani nazarda tutyapsan?
- Haligi, - cho’zdi Mark, - u doim seni kuzatayotganga o’xshaydi. Bu juda g’alati.
- Ha, shunaqa, - uning so’ziga qo’shildi Demen. U qorong’i yo’lakda xonasiga yetib keldi va eshikni ochdi. So’ng ortidan kelayotgan Markka o’girildi. - Neff - serjant. Serjantlarning esa hammasi g’alati bo’lishadi. Buni bilmasmiding? - U ta’zim qildi va hazillashayotganini bildirish maqsadida iljaydi. - Xayrli tun! - U xonasiga kirib ketdi.
Ertasiga oqshomda barcha mehmonlar yig’ilib bo’lishgandi. Buxer ham, Axerton bilan Pasarian ham, doktor Uorren ham shu yerda edilar. Hattoki Akademiyadan ham bir necha nafar bolalar tantanani nishonlash uchun yetib kelishgandi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:15:43
Keng va yop-yorug’ oshxona o’rtasida do’stlari va mehmonlar qurshovida Mark bilan Demen turishardi. Ular ko’zlarini kaftlari bilan to’sib olishgandi. Chiroqni o’chirishdi. Uzun stol tuzalgan bufet zalidan ishtahani qitiqlovchi hidlar kelardi. XVI asrda yasalgan bu stol bir paytlar flamand rohiblariga tegishli bo’lgandi. Avlig’ Simon ibodatxonasiga tashrif buyurgan Richard Torn bu qadimiy stolga e’tibor berdi va Xerstlar sulolasidan bo’lgan yaqin do’stiga stol unga juda yoqib qolganligini gap orasida qistirib o’tdi. Bir necha haftadan so’ng Chikagoga «Qachondir meni mana shu stolda mehmon qilasan» deb yozilgan xat bilan birga stol yetib keldi. Dastlab Richard do’stining saxiyligidan xijolat chekdi. Ammo sovg’ani qabul qildi va bir oz vaqt o’tgach uni Leyksaydga jo’natdi.
Endi esa zal o’rtasida turgan stol ustiga hazilakam og’irlik tushmagandi: uning ustida butunligicha dimlab pishirilgan kurka va tovuq, buzoq go’shti, turfa xil salatlar - bir so’z bilan aytganda ikki o’smirning baquvvat bo’lishlari uchun kerakli barcha narsa bor edi.
Faqatgina shirinlik yetishmas, uni ham hozir keltirishlari kerak edi.
- Qarasak maylimi? - dedi Mark hali ham ko’zlarini kafti bilan to’sib turarkan.
- Sal turib, - dedi Anna mayinlik bilan.
Qo’shni xonadan ovozlar eshitildi:
- Tug’ilgan kuningiz bilan! Tug’ilgan kuningiz bilan!
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:15:52
- Endi-chi? - sabri tugadi Markning.
- Tug’ilgan kuningiz bilan, Mark va Demen!
- Bo’ldi! - dedi hayajon bilan Anna va har ikki bola qo’llarini yuzlaridan olishdi.
Ular shunday katta tortni ko’rishdiki, bu tort butun Devidson Akademiyasidagilarga yetardi. Tort uch qavatli bo’lib, uning eng yuqorisi Jeneva ko’liga o’xshardi. Ko’l ustida shakardan yasalgan odamchalar uzun palto va sharflarga o’ralib konki uchishardi: ayollarning boshida chiroyli qalpoq, erkaklarda esa tsilindr shlyapa bor edi. Ular ko’l ustida qotib turishar, tort ustida yonayotgan o’n uch dona sham esa bu konkichilarni yoritardi. Bu tortni tayyorlagan kishi odatda Chikagoning eng qimmat do’konlariga bayramlar arafasida tort tayyorlardi. Ammo unga o’z san’atini yangi sohada sinab ko’rishni taklif etishdi. Va u shubhasiz, takrorlanmas va barcha tug’ilgan kunlarga tayyorlangan tortlar ichida eng qimmatini yaratdi.
Mark tantanali ravishda chapak chaldi, Demen jilmaydi. Qarsaklar yangradi.
- Dahshat! - dedi Mark.
- Tug’ilgan kuningiz bilan, aziz bolajonlarim! - Anna Mark bilan Demenni quchoqladi va o’pib qo’ydi..
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:16:00
Mark o’z qiziqishini ortiq tutib turolmadi, u Annaning quchog’idan chiqdi va stolga hozirgina qo’yilgan tort tomon tashlandi. Uning ortidan Demen ham otildi.
Zalga qutlash marosimini o’tkazib yuborgan Buxer kirib keldi. Uni sakta kasalligi qiynab kelar va u xonalardan birida bir oz dam olib yotgandi.
Buxerni birinchi bo’lib Anna ko’rdi va jilmaydi.
- Xo’sh, qalay, tuzukmisiz, Pol? - qiziqsindi u.
- Ha, harqalay, rahmat, - javob berdi Buxer. Lekin og’riqdan burishgan yuzi uning ahvoli qandayligini ko’rsatib turardi. - Keyingi kunlarda ishlarim dahshatli darajada ko’payib ketuvdi, - dedi u va bolalar bilan turgan Axerton tomonga ko’z tashladi. Mark tort ustidagi odamchalarni hayrat bilan tomosha qilar, Demen esa barmog’ini shakardan tayyorlangan yaxmalakka tiqib ulgurgandi.
- Oyi! Janob Buxer! Bu yoqqa kelinglar, qaranglar! - qichqirdi Mark bu san’at asaridan ko’zlarini zo’rg’a uzarkan.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:16:07
Anna jilmaydi va Mark tomon qadam tashladi, Buxer esa devorga suyanib turgan Demen tomon yurdi. Bolakay Buxerning yaqinlashayotganini payqadi va uning to’xtamay o’tib ketishini umid qilib, tabassum qilganicha hurmat bilan bosh silkidi. Oldida shunday dabdabali tort turganida, Demenning kattalar bilan suhbatlashish istagi yo’q edi.
- Akademiyada sizlarga qanday munosabatda bo’lishyapti, Demen? - so’radi Buxer.
Demen seskanib ketdi.
- Yaxshi, janob Buxer.
- Serjant Neff-chi? U qalay? - so’rashda davom etdi Buxer.
Demen qiziqib qoldi.
- Uni taniysizmi? - hayron bo’ldi yigitcha. Uning yuzida hayrat ifodasi bor edi.
Buxer kuldi va Demenning yelkasiga qo’lini qo’ydi.
- Men sizlarni kuzatib yurganim uchungina u haqda so’radim, - jilmaygancha izohladi Buxer. Demen nima deyishini ham bilmay qoldi. U yana tortga tikildi. Buxerdan qochib qutulish qiyin edi. - Marhamat qilib ayting-chi, Demen, - so’z boshladi u yana, - men «Torn Indastriz»da nima bilan shug’ullanishimni bilasizmi?
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:16:14
Demen unga qaradi va inkor ma’nosida bosh chayqadi:
- Unchalikmas, janob. - Bolaga ko’zlari zerikkanini yaqqol namoyon etayotgandek tuyuldi, lekin suhbatni keskin to’xtatishga kattalarga bo’lgan hurmat yo’l qo’ymayotgandi. Ayni paytda Buxer so’zida davom etdi:
- Siz «Torn Indastriz» haqida barcha narsani bilishingiz shart. Bir kun kelib kompaniya sizniki bo’ladi.
- Markniki ham, - uning so’zini to’g’riladi Demen.
- «Sizniki» deganimda ikkalangizni nazarda tutgandim, - dedi Buxer. «Bu bolakay - balo,- o’yladi u. - o’zini tutish va diplomatiyani puxta egallagan ekan». - Nima uchun zavodga bormaysiz? Hammasini o’z ko’zingiz bilan ko’rardingiz.
Bu taklif Demenni qiziqtirib qo’ydi:
- O’rtoqlarim bilan borsam bo’ladimi? - so’radi u. Va shu zahoti sayohat bahonasida Akademiyadagi o’qishlardan ozod bo’lishini tasavvur qildi.
- Albatta, albatta, - darhol rozi bo’ldi Buxer xuddi o’ta muhim ishni hozirgina muvaffaqiyatli yakunlagan sig’satchidek qo’llarini yozarkan.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:16:21
Shu payt Richard Torn billur qadahni kumush qoshiqcha bilan taqillatdi, bu tovush hammani jim bo’lishga majbur qildi. Mehmonlar stol atrofiga yig’ilishdi va Richard qadahini ko’tardi:
- Mana shunday lahzalarda omadli ekanligimiz uchun qadah ko’targimiz va mana shunday darajaga erishganligimiz uchun taqdirdan minnatdor bo’lgimiz keladi. Chunki biz juda ko’p narsaga egamiz. Tornlar - o’ziga xos oila. Va shunisi muhimki, biz o’z mavqemizdan, menimcha, to’g’ri va oqilona foydalanyapmiz. Biz bir narsani unutmasligimiz lozim: doim shunday bo’lib kelgan, lekin agar biz ko’p va qattiq mehnat qilmasak, barcha narsadan mahrum bo’lishimiz mumkin. Men mana shularni aytmoqchi edim. Mark, men nutq so’zlamoqchi emasligimni eshitib, xursand bo’lishing aniq.
- Lekin siz hozirgina nutq so’zladingiz-ku, dada, - e’tiroz bildirdi Mark va barcha yig’ilganlar xoxolab yuborishdi . Richard mehmonlarni jim bo’lishga chaqirdi.
- Men yana bir narsani aytmoqchi edim... - yig’ilganlar soxta oh-voh chekishdi.- Yordam beringlar! - artistlarcha qichqirdi Richard. - Men o’zimni xuddi g’alaba qozongan admiral Nelsondek his qilyapman!
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:16:27
Bu safar hamma ko’zidan yosh chiqquncha kuldi. Axertonning ko’zlaridan duvillab yosh to’kildi, Charlz Uorren esa tirjaydi.
Richard hech narsa bo’lmagandek davom ettirdi:
- Meni to’xtatishga qanchalik urinmang, men baribir bir narsani aytmoqchiman. - U bir oz sukut saqladi. Keyin esa parket polda sirpanarkan, qichqirdi: - Hamma derazaga qarasin!
Gangib qolgan bir necha mehmon uning ortidan tashlanishdi. Ammo hammadan birinchi bo’lib otasiga Mark yetib oldi.
- Marhamat, chiroqni o’chiringlar, - dedi Richard, barcha mehmonlar deraza oldiga to’planishganda. Xona zulmatga chulg’andi. Pul mo’’jiza yaratadi! Tashqarida zim-zig’ osmonda mushaklar chaqnadi. Yig’ilganlarning hech qaysisi umrlarida bunday mushakbozlikni ko’rishmagandi. Yashil, moviy, sariq va qizil shu’lalar atrofga sachraganicha tunni kunga aylantirardi. Va birdan mushaklardan shunday yozuv paydo bo’ldi: TUFILGAN KUNINGLAR BILAN, MARK VA DEMYeN!
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:16:34
Barcha turgan joyida toshdek qotib qoldi va shu zahoti qarsak chalib, bir-birlarini quchoqlay ketishdi.
- Bunga ishonish qiyin, dada! - dedi Mark otasining quchog’iga o’zini otarkan.
Demen jilmaydi. U ham Markdek hayajonga tushgandi, lekin o’z hissiyotlarini bu tarzda namoyon etishning keragi yo’q, deb hisoblardi. Uning tuyg’ulari qalbining qa’riga yashiringan va doimo qat’iy nazorat ostida edi.
Mushakbozlik tomoshasiga mutlaqo befarq bo’lgan yagona kishi Buxer edi. U Demenning ortida turar va u bilan yana gaplashishga urinardi. U engashib bolaning qulog’iga shivirladi:
- Ko’pchilik o’smirlar o’n uch yoshga to’lishni jinsiy balog’atning boshlanishi, deb hisoblashadi. Erkaklikning boshlanishi. Masalan, yahudiylar buni «bar mittsvax» deb atashadi. Bu «Burch o’g’li» yoki «Burch kishisi» degan ma’noni bildiradi.
Demen Buxerning nimani nazarda tutayotganligini umuman tushunmayotgandi. Lekin uning bu o’yinni hurmat yuzasidan davom ettirishdan boshqa iloji yo’q edi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:16:43
- Nahotki? - so’radi u ko’zini mushaklardan uzmay.
- Sen ham shunday bo’lasan, - dedi Buxer. Demen o’girilib unga qaradi. Ularning ko’zlari uchrashdi. Buxer past ohangda ovozi qaltirab gapirdi:- Kechirasan, Injildan bir parcha aytib beraman: «Go’daklik chog’imda go’daklarcha gapirardim, go’daklarcha o’ylardim, go’daklarcha muhokama qilardim; er kishiga aylanganimdan so’ng go’dakcha odatlarimni bas qildim». Vaqti kelib, sen «go’daklik»ni bas qilasan va «o’z asling» bilan to’qnash kelasan. - Men kimman?
Buxer bosh irg’adi. - Buyuk davr, Demen. Sen buni his qilayotgan bo’lishing kerak.
Demenni hayajon bosdi. Dastlab u, Buxer Richardni chalish uchun undan foydalanmoqchi, deb o’ylagandi. Lekin Demen bir necha oydan beri his qilayotgan tuyg’uni aynan Buxer so’z bilan ifodalab bergandi.
- Shunaqa bo’lsa kerak, - sekin gapirdi Demen, - men... unchalik ishonchim komil emas... lekin... menga nimadir bo’layotganini... bo’lmoqchiligini... his qilyapman.
- Taqdirni oldindan his qilish, shunday emasmi? - Buxer kuldi.
- Bu hammamizda bor. Otangda ham, Bill Axertonda... menda ham. - U sekinladi, so’ng gapirish ohangi o’zgardi: - Men ham yetim o’sganman, buni bilarmiding?
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:16:51
Demen inkor ma’nosida bosh chayqadi.
- Shuning uchun ham oldindagi bo’lajak to’siqlardan o’tishingga yordam berishim mumkin. Darvoqe, sen o’z taqdiringni iyundan his qila boshlading, shundaymi? O’zingning haqiqiy tug’ilgan kuningdan beri...
Demen hayratda qolgandi, u oyozini ochishga ulgurmay ularni Axerton chaqirib qoldi:
- Ey ikkovingiz! Bu yoqqa kelinglar!
Tort kesish marosimi avjida edi.
- Demen, bu yoqqa kelmaysanmi! - dedi Mark. U shamlarni puflab o’chirishga tayyorlanayotgandi.
- Tilak tilashni ham unutmanglar! - eslatdi bolalarga Anna.
Demen nihoyat Buxerdan qutulganidan o’zini yengil his qilganicha Mark tomon yo’naldi. Bu kishi bilan gaplashish juda og’irga o’xshab tuyuldi.
Mark bilan Demen chuqur nafas olishdi va tort ustiga o’rnatilgan o’n uchta shamning barchasini puflab o’chirishdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:17:01
- Barakalla, bolalar! - xitob qildi Anna. - Endi tortni kesinglar. Qornimiz juda ochiqdi.
- Tortni yeyishdan oldin, - dedi Demen, - Markka bir narsa bermoqchiman. - U qo’lini cho’ntagiga suqdi.
Bolalarning sovg’alari kattaligi jihatidan ikki tomchi suvdek o’xshash edi. Sovg’alar o’ralgan qog’ozlar ham bir xil edi. Mark kulib yubordi:
- Agar sen menga...
- Men ham senga xuddi o’shandoq sovg’a tayyorladim, - uning so’zini bo’ldi Demen. Ular Annaga xitob qilishdi:
- Oyi!
Anna jilmayganicha bolalar sovg’alarini ochishayotganini kuzatib turardi. Nihoyat ular qutichalardan ko’rkam armiya pichoqlari to’plamini olishdi. Yarqiroq tig’lar naqsh bilan bezatilgandi.
- Men xuddi shunaqasini xohlagandim! - xitob qildi Mark va tirsagi bilan ukasini turtdi.
- Men ham! - dedi Demen.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:17:09
Bolalar bayram tortini ana shu pichoqlarida kesmoqchi bo’lishdi. Demen tortning ustidagi konkichi bolani shartta kesib oldi. Keyin esa Mark ikkalasi yig’ilganlarning qarsaklari ostida tortni bo’laklarga bo’lishdi.
Ertasiga ertalab quyoshning zarrin nurlari Jeneva ko’lining muzlagan maydoniga tushib, kamalakdek jilvalanardi.
Tabiat kechagi mushakbozlikdan ilhomlanib, kunduzgi tomoshasini ko’rsatayotgandi.
Ko’ldan chiqqan irmoq o’rmon ichkarisiga cho’zilib ketgandi. Bugun bu yerda xokkey jangi bo’layotgandi.
Tushga yaqin o’yin avjiga chiqdi. Xokkey jamoalari, asosan «Torn Indastriz» xodimlaridan tashkil topgandi.
Bir qarashda, ochiq havoda xokkey o’ynash bor-yo’g’i ko’ngil yozishga o’xshab ko’rinardi. Lekin Axerton ham, ichki sezish qobiliyatiga ega Buxer ham aslida qanday muhim narsa yuz berayotganini tushunib turishardi. Bir qator sabablarga ko’ra, xokkey «Torn Indastriz» kompaniyasida mansab pillapoyasidan ko’tarilish vositasi deb qabul qilingandi. Richard Torn agar kompaniyasidagi zo’r xokkeychi eng muhim shaxs hisoblanishini, yosh xodimlari vaqt-vaqti bilan dyu Lak ko’lida xokkey mashg’ulotlari o’tkazishlarini bilganida hayratda qolgan bo’lardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:17:16
Demen va Mark bugungi o’yinda sardor edilar. Ular jamoani birinchi bo’lib kim tanlashi borasida qur’a tashlashdi. Qur’a Demenga tushdi. U imkoniyatdan foydalanib, darhol o’gay otasini tanladi. Richard atrofdagilarga ta’zim qildi, birinchi bo’lib o’zini tanlashganidan faxrlanganicha Demen tomonga o’tdi.
Mark Axertondan boshladi. Aslida, u zo’r o’yinchi emasdi, lekin u boshqa o’yinchilarni ruhlantira olardi. Axerton minnatdorona jilmaydi va Mark tomon sirg’andi. Demen Buxerni tanladi. Ehtimol, bu kechagi g’ayrioddiy suhbatga berilgan o’ziga xos javob edi. Balki, Demen Buxerning nimalarga qodirligini tushunib yetgandir. Buxer Demen va Richard tomon intildi.
Mark navbatdagi o’yinchi sifatida Pasarianni tanladi. Pasariandan hech qanday naf bo’lmasa-da, Mark bu hinduni yoqtirardi.
Nihoyat, jamoalar tuzib bo’lindi, maydon belgilandi va o’yin boshlandi.
Buxer chaqqon, o’ziga ishongan o’yinchi edi. Richard hammaning e’tiborini tortmaslik uchun o’yinda o’zini unchalik ko’rsatmayotgandi. U Buxerni kuzata boshladi va hayron qoldi: Buxer buning shunchaki bir o’yin ekanligini tushunmasdi. Uning jon-jahdi bilan o’ynashi Richardni xavotirga soldi. U o’gay o’g’lini zimdan kuzata boshladi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:17:27
Demen ham yoshiga xos bo’lmagan chaqqonlik bilan o’ynardi. U bu kurashdan zavq olayotgandi. Hammaning ko’zi unda edi: Demen shaybani hech kimga bermas, o’yinning borishini aynan u boshqarayotgandi.
Charlz Uorren bugun xokkey o’ynamaslikni ma’qul ko’rgandi. U konkida daryo bo’ylab sirpanib yurardi. Uorren Anna tushlik tayyorlayotgan tomon yurdi. Barcha xizmatchilarga javob berib yuborilgan, shuning uchun oshpazlikni Anna o’z zimmasiga olgandi.
Uorrenni ko’rib u qichqirdi:
- Nima yeysiz?
- Sosiskali bulochka, - dedi Uorren. Anna unga bulochka uzatdi.
- Bo’ladimi?
- Hozircha bo’ladi, - dedi Charlz. - Qornim juda ochqab ketdi. Hammasini yeb qo’ysam kerak.
U bir tishlashda bulochkaning yarmini uzib oldi.
- Haligi tanishingiz haqida gazetada o’qidim, - dedi Anna. - To’g’ri, endi bu haqda gapirishning foydasi yo’q, lekin chuqur qayg’udaman.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:17:37
Uorren bosh silkidi:
- Qanday voqea yuz berganiga umuman tushunmayapman...
Lekin Anna unga orqa o’girganicha o’yinni tomosha qilardi.
Uorren qo’lidagi bulochkani og’ziga soldi-da, ikkinchisiga qo’l uzatdi.
Yig’ilganlarning hech biri ulkan qora quzg’unni sezmasdi. U baland daraxt shoxida o’tirganicha sovuq, o’tkir ko’zlari bilan odamlarni kuzatardi.
Richard shaybani Demenga uzatdi, u ustalik bilan ilib oldi. Axerton himoyachi edi. U bolani to’xtatish uchun oldinga intildi.
O’yindan lazzat olayotgan Demen oldinga tashlandi. U qariyani bemalol dog’da qoldirishiga ishongan holda Axertonning ro’parasida paydo bo’ldi. Qariya muvozanatini zo’rg’a saqlab turarkan, bola bilan to’qnashib ketishini kutib ko’zlarini yumdi.
Ammo Demen so’nggi lahzada Axertonni chetlab o’tdi va tezlik bilan darvoza tomonga tashlandi. Shu onda muz sal yorildi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:18:59
Axerton ko’zini ochdi va nima bo’lganini bilishga urindi. Demen yo’q edi. Axerton ortiga o’girildi va darvoza tomon sirpanib borayotgan bolani ko’rdi. U Demenning ortidan tashlandi. Dastlab unchalik katta bo’lmagan yoriq tezlik bilan kengaya boshladi.
Muz yorig’i Axertondan ham o’tib Demenga yetdi. Ularning ostidagi muz qarsilladi.
Birinchi bo’lib buni Buxer sezib qoldi va ular tomon otildi.
Kutilmaganda dahshatli qarsillagan tovush eshitildi va Axertonning atrofidagi yoriq keng doiraga aylandi. Hamma turgan joyida qotib qoldi. Qirg’oqda turgan tomoshabinlar qichqirib yuborishdi.
Nihoyat Buxer Demenning yoniga yetib keldi, uning kamaridan mahkam ushladi va xavfsiz joyga tortib oldi.
Axerton qo’rqib ketdi. U qandaydir dahshatli narsa yuz berayotganini tushunib turar, lekin qo’lidan hech narsa kelmasdi. Qariya muz bo’lagida qolib ketgandi.
- Bill! - qichqirdi Torn va Axerton tomonga otildi.
Yana muzning qarsillagan tovushi eshitildi. Axerton sovuq daryoning o’rtasidagi kichkina muz orolchada qolib ketgandi. O’yinchilar unga xokkey chavgonlarini uzatishardi. Lekin hammasi behuda edi. Qariyaning og’irligi bilan muz bir tomonga qiyshaydi va Axerton to’g’ri girdobga quladi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:19:07
Anna qichqirib yubormaslik uchun labini mahkam tishladi. Demen Buxerning quchog’idan chiqib qariyaga yordam berishga harakat qildi, lekin Buxer bolani o’ziga mahkam tortib qo’yib yubormadi.
Axerton bir necha soniyadan so’ng suv yuzasida paydo bo’ldi. Torn unga qo’lini uzatdi. Qariyaning ko’zlari dahshatdan olayib ketgandi. Axerton qo’lini ko’tardi va shu onda girdob uni suv ostiga tortib ketdi.
To’planganlar toshdek qotib qolishdi. Ular ko’zlariga ishonishmasdi.
Birdan Tornning oyog’i ostidagi muzlik ichida muzga qapishib qolgan qig’fa paydo bo’ldi. Bu Axerton edi. Uning ochiqligicha qotib qolgan ko’zlarida o’tinch bor edi. Odamlar chavgonlari bilan muzni yorishga urinishdi.
Nihoyat, Demen Buxerning quchog’idan chiqdi va yordamga oshiqdi. Torn konkisi qirrasi bilan muzni yorishga harakat qilardi. Qandaydir ko’rinmas qo’l Axertonni suv ostiga tortib ketdi. Ulkan qora quzg’un daraxtni tark etdi va bulutli osmon qa’riga singib ketdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:19:18
5

Axertonning o’limidan so’ng oradan bir oy o’tgan bo’lsa-da, Buxer hali ham yangi xonasini jihozlash ishlarini tugatmagandi. Ilgari gulqog’oz yopishtirilgan devorlar yog’och koshin bilan bezatildi, Axertonning eski kreslolari o’rnida yaltiroq qora charm qoplangan zamonaviy mebellar paydo bo’ldi. Kotib va mudir o’tiradigan xona devoridagi Axertonning surati olib tashlanib, uning o’rniga Buxerning surati ilindi.
Limuzin «Torn Indastriz» binosi oldiga kelib to’xtashi bilan unga Buxerning yordamchisi Bayron peshvoz chiqdi. Buxer qo’lida jurnal bilan mashinadan tushdi.
«Forchun» jurnali muqovasida Buxerning surati bor edi. Pol mana shu suratni oldirish uchun ataylabdan Nyu-Yorkka borib kelgandi. Jurnal muqovasida shunday yozuv ko’zga tashlanib turardi: «Pol Buxer, «Torn Indastriz»ning yangi prezidenti».
Buxer yo’l-yo’lakay yordamchisiga bosh irg’ab salomlashgandek bo’ldi.
- Surat chiroyli chiqibdi, - dedi Bayron.
Buxer indamadi.
Ular liftni kutib turishardi.
- Pasariandan biror xabar bormi? - so’radi Buxer.
- Yo’q, janob, - dedi Bayron. - Butunlay yo’qolib ketdi.
Liftning eshiklari ochilgach, ular ichkari kirishdi. Buxer tugmani bosdi. Lift uchinchi qavatga yetganda Bayron Buxerga kutilmagan xabarni yetkazdi: «Richard sizni hozirning o’zida ko’rmoqchi».
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:19:26
- O! - dedi Buxer cho’zib. - U shu yerdami?
- Ha, - javob berdi yordamchisi.
BMTning butun bir delegatsiyasi bemalol joylashadigan stol ortida Torn qahva ichib o’tirardi.
Buxer salomlashish uchun og’zini ochishga ulgurmay Richard unga o’shqirdi:
- Pasarianga Hindistonda pishirib qo’yibdimi?
Buxer diplomatini stol ustiga qo’yib o’tirdi. «Unga ichidagini to’kib solishga imkon berishim kerak. Bu hammasi nimani anglatishini aniqlashga urinib ko’raman. Tornning ko’rinishi juda g’alati-ya, - o’ylardi Buxer. - Yoqasi ochiq, galstugi yo’q. Soqolini ham olmabdi. To’g’ri, Richardning shunday qilishga haqqi bor, lekin u agar jiddiy sabab bo’lmasa ishga bu ahvolda kelmasdi».
U jahlga mingandi.
- Men u yerdan yer sotib olish masalasida bir narsani aniqlashim kerak edi, - so’z boshladi Buxer. - Kim...
- Yer sotib olyapmizmi? - xavotirlanib so’radi Torn.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:19:34
- Siz mening ma’ruzamda aytgan barcha fikrlarimni amalga oshirishimga rozi bo’lgandingiz, - davom etdi Buxer o’zini oqlar ekan. - Bu kompaniya prezidenti bo’lishimning asosiy sharti edi.
Torn yuzini changalladi va uf tortdi.
- Lekin bu sizning meni o’z kompaniyamni boshqarishdan chetlatishingizni anglatmaydi.
- Siz ta’tilda edingiz, - e’tiroz bildirdi Buxer. - Sizni bezovta qilgim kelmadi. Bu so’zlarni aytarkan, Pol aytayotgan gaplarining naqadar soxta chiqayotganligini tushunib turardi.
- Meni har qanday paytda telefon orqali topish mumkin edi, - dedi Torn. So’ng boshini egdi va g’amgin holda qo’shib qo’ydi. - Bill hech qachon men bilan maslahatlashmasdan turib bir ishga qo’l urmasdi.
- Men Bill emasman, - dedi Buxer.
- Bill bo’lishingizni kutmayman ham, - o’shqirdi Richard. - Lekin kompaniyam tartib-qoidalariga amal qilishingizni talab qilaman!
O’rtaga sukunat cho’kdi. Torn sal yumshadi.
- Pol, - dedi u, - siz zo’r mutaxasssissiz. Yuqori lavozimda o’tirishga arziysiz. Lekin iltimos, bu mening kompaniyam ekanligini hech qachon unutmang.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:19:42
- Bu boshqa takrorlanmaydi. - Aftidan Buxer chin dildan tavba qilayotgandi. U suhbat mavzuini o’zgartirishga urindi: - Siz Pasarianni so’rabsiz. Nega?
- Uning P-84 uskunasiga nimadir bo’lganga o’xshaydi, - dedi Torn. - Uolker shuning uchun asabiylashyapti. Uolker doim qo’rqadi: u biror halokat yoki noxushlik yuz berishidan tashvishlanib yuradi, lekin bu safar meni ham xavotirga soldi.
- Bu ish bilan shug’ullanaman, - ishontirdi Buxer o’rnidan turarkan. U suhbat tugaganligini anglagandi.
- Ishonaman. - Torn Buxerning xonadan chiqib ketishini kutdi, so’ng o’rnidan turib deraza yoniga keldi. Tashqaridagi manzarani ko’rib u doim tinchlanardi, lekin hozir emas. Torn qattiq g’azablangandi.
Axertonning fojiali o’limidan buyon uning yuragini nimadir kemirar, lekin Richard aynan nimadan tashvishlanayotganini bila olmasdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:19:53
6

Dars «Harbiy tarix: nazariyot va amaliyot» deb atalardi. Nomi jarangdor bo’lsa-da, aslida ma’ruzalarda bir necha mashhur janglarning kengaytirilgan sharhi o’tilardi. Bu dars majburiy bo’lib, har bir o’quvchi qatnashishi shart edi.
Maktab ruhoniysi bolalarga sarkarda Attila haqida hikoya qilayotgandi. Ruhoniy Budmen bo’yi baland, oriq kishi edi. Attilaning hayoti va qahramonliklari haqida hikoya qilar ekan, Budmen bu xunn sarkardasining qalbini ko’rayotgandek bo’lardi. U Attilani baxtsiz, jafokash, hech kimdan yaxshilik ko’rmagan shaxs, deb o’ylardi.
- U bechorani, - deyishni yoqtirardi ruhoniy, - tarix noto’g’ri talqin qiladi. Attila o’z zamondoshlari orasidagi odil hukmdor bo’lgan...
Uni diqqat bilan tinglayotgan o’quvchi Demen bo’lib, bunga uning o’zi ham hayron qolayotgandi, chunki u tarixni yomon ko’rardi. Lekin keyingi bir necha oylardan beri Demen uzoq yillar ilgari yashagan odamlar haqida o’ylaganda g’alati hissiyotni tuyadigan bo’lib qolgandi.
- Attila iloji boricha buzg’unchilik qilmaslikka harakat qilgan, - derdi ruhoniy, - harqalay boshqa istilochilarga qaraganda...
Mark va yaqindan buyon Tornlar bilan yuradigan bo’lib qolgan Teddi nimadir qilishayotgandi. Mark qog’ozga bir narsalarni qoralab Teddiga uzatdi va u hiringladi.
- Aslida, - derdi Budmen. - Attila har tomonlama bilim olishga uringan va o’z saroyiga ko’plab rimlik olimlarni taklif etgan...
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:19:59
Shu payt Mark qog’ozni Demenga uzatdi. U qog’ozga ko’z yugurtirdi va kulib yubordi.
Ruhoniy qotib qoldi.
- Kim kuldi? - so’radi u.
Demen o’rnidan sakrab turdi:
- Men, janob ruhoniy.
- Qo’lingdagi qog’ozni olib buyoqqa kel.
Demen buyruqni zudlik bilan bajardi.
Mark o’tirgan joyida tipirchilardi, Teddi uning biqiniga turtdi.
- Tamom, - shivirladi u.
Kursantlar endi nima bo’lishiga qiziqishayotgandi.
Budmen qog’ozga nazar tashladi. Unda ruhoniyning o’zi chizilgandi: u otga minib olgan, qo’lida dushmanlarning kesilgan boshlarini tutib olgandi.
Budmenning a’zoyi badani muzlab qoldi. Uning ustidan emas, u e’zozlaydigan Attilaning ustidan kulishgandi. Yana buni eng aqlli o’quvchilardan biri qilibdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:20:05
Budmen suratni g’ijimlab axlat chelakka uloqtirdi.
- Xo’sh, - dedi u uzoq jimlikdan so’ng, - sinfimizda rassom paydo bo’libdi. Torn, sizni zeriktirib qo’ydim, shekilli? Siz Attilaning qahramonliklari haqida hamma narsani bilasiz-da, a?
Demen chuqur nafas chiqarib, javob berdi:
- Ayrim narsalarni, janob. - Va bu javobidan o’zi ham hayratlandi.
- Ayrim narsalarni? - qaytardi ruhoniy kinoya bilan. - Agar Attila ham harbiy ishda «ayrim narsalar»nigina bilganida edi, biz hozir uning nomini ham eslab o’tirmasdik. - U ko’zlarini qisdi. - Torn, siz o’z ismingizdan tashqari yana biror narsani bilasizmi? Attila yoki rimliklar haqida bilasizmi?
Demen yana chuqur nafas chiqardi:
- Ha, janob. - Lekin u hech narsa bilmasdi! Nega bunday dedi?!
Sinfdagilar Demenning qanday o’yin boshlayotganiga tushunolmay qolishdi. Uning bunday odati yo’qligini hamma bilardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:20:10
- Demak, bilasiz, - dedi ruhoniy. - Nimayam derdik, hozir buni tekshirib ko’ramiz. Ayting-chi Torn, Attila Galliyani egallaganida uning qo’shinlari soni qancha edi?
- Yarim millionga yaqin, janob, - dedi Demen, hattoki bu javob qayoqdan paydo bo’lganiga hayron bo’lishga ham ulgurmasdan. Shu payt yana xuddi o’zini tashqaridan eshitayotgandek bo’ldi: - Lekin u 451 yilda Shalon yaqinidagi jangda Aetsiy tomonidan yakson qilib tashlangan. U ortiga qaytib Shimoliy Italiyani olgan, lekin Rimgacha bormagan.
Budmen gangib qoldi. U buni kutmagandi. Lekin sinfdagilar uning taslim bo’lmasligini bilishardi. Savol-javobni oxirigacha olib borishga to’g’ri keladi. Har qanday vaziyatda ham bolaning javobi kitobdan olingan ko’chirmani eslatardi. Ehtimol, Torn hamma narsani yoddan biladigan, Amerikani 1492 yilda Kolumb kashf etganligini aytadigan, lekin aslida u Hindistonni izlab safarga chiqqanini tasavvur ham qila olmaydigan o’quvchilar toifasidandir.
Budmen uning fikrlash qobiliyatini sinab ko’rmoqchi bo’ldi.
- U nima uchun Rimgacha bormagan?
Demen bu safar ham o’ylanib o’tirmadi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:20:16
- Buni papa Lev I ning xizmati, deb hisoblashadi. Lekin aslida oziq-ovqat taqchilligi bunga sabab bo’lgan... - Demen bir oz to’xtab qoldi. Budmenga u yodlaganlarini esidan chiqarib qo’ygandek tuyuldi. Demenning miyasida esa jinsiy kasallik haqidagi fikr aylanar va u kerakli so’zni izlardi. Nihoyat u so’zini yakunladi: - Bundan tashqari uning qo’shinlari vabo bilan kasallanishgandi.
Ba’zi kursantlar hiringlashdi. Demen qizardi.
Ruhoniy quturib ketdi.
- Jim! - qichqirdi u. So’ngra Demenga unchalik ma’lum bo’lmagan ma’lumotlar haqida savol bermoqchi va shu bilan uni sindirmoqchi bo’ldi.
- Attila qachon tug’ilgan?
- Bu noma’lum, janob.
- Hukmdorlik davri?
- Eramizning 434-453 yillarida. U oxirgi uylanish to’yi paytida burnidan qon ketib o’lgan.
Bu safar butun sinf xoxolab yubordi.
- Jim bo’linglar! - chiyilladi ruhoniy. U Demenning yoniga keldi va savolga tutdi:
- Uning akasining ismi nima edi?
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:20:23
- Bleda. - Demen yana quruq javob bilan cheklanib qolmadi. U birdan qandaydir qudratli bilimga ega bo’lib qoldi. Demenning ko’zlari yonardi. U Attila haqida hamma narsani bilar, lekin bu bilim qaerdan kelganligini tushunolmasdi. U xuddi Attilaning miyasi ichida yurganga o’xshardi. Demen uning fikrlarini o’qirdi. U o’zini Attila bilan bir davrda yashagandek his qildi.
Balki, bir paytlar uning o’zi Attila bo’lgandir?
- Attila va uning akasi Bleda xunnlar saltanatini eramizning 434 yilida meros qilib olishgan, - davom etdi Demen. - Saltanat Alp va Boltiqbo’yidan to Kaspiy dengizigacha cho’zilgandi. - Demen qo’llarini keng yozdi. - Aka-ukaning orasidan qil o’tmasdi. - Shu payt Demen akasiga tikildi. Mark uning nigohini ko’rib seskanib ketdi. - 435-439 yillar orasida, bu haqda yozma manbalarda hech narsa yozilmagan bo’lsa-da, Attila saltanatning shimoliy va sharqiy chegaralaridagi varvarlarni bo’ysundirganligi aytiladi... - Birdan Demen to’xtab qoldi va Budmenga qaradi. - Davom etaveraymi?
Ruhoniy endi Demenni to’xtatishning iloji yo’qligini juda yaxshi tushunardi. Budmenni qandaydir tushunib bo’lmas dahshat qamrab olgandi, lekin u bu o’yinni oxirigacha olib borish kerakligini his qilardi. Ruhoniy javob o’rniga boshini qimirlatdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:20:31
Demen yana gapga tushib ketdi.
- 441 yilda Rim saltanati Attilaga boj to’lashdan bosh tortadi va u Dunay chegarasiga hujum qiladi. Attila mohir jangchi bo’lib, unga qarshi turishning iloji yo’q edi. Bir yildan so’ng rimliklar undan sulh tuzishni iltimos qilishadi.
Butun sinfdagilarning qulog’i Demenda edi.
- Attila dono sig’satchi ham bo’lgan, - davom etdi u. - U xalqining e’tiqodini ham o’z foydasiga yo’naltira olgan. Attila bolaligida onasi uni har kuni bir soat qo’lida baland ko’tarib turgan va shu yo’l bilan o’g’liga quyoshning kuchi o’tishiga ishongan. Shuning uchun ham uning terisi rangi qorayib ketgan. - Demen bir lahza tin oldi. Uning yuragi qinidan chiqib ketguday urardi. - Bu Attila uch yasharligida yuz bergan.
Ruhoniy og’zini ochganicha bolaga tikilib turardi.
Lekin Demen juda ko’p narsani bilardi. Qandaydir kuch undan ma’lumotlarni siqib chiqarardi.
- Attila tashqi ko’rinishidan akasiga o’xshamasdi, - so’zida davom etdi bola. - Uning onasi fohishaligi bilan nom chiqargandi. Attila birinchi jangida g’alaba qozongan paytda men bilan tengdosh edi... - Demen to’xtab qoldi va darhol so’zini to’g’riladi: - Biz bilan. hattoki, uning birdaniga uch kishiga qilich sanchayotgani tasvirlangan surati ham bor. Ehtimol, bu mubolag’adir. U o’smirlik paytida xushsurat bo’lgan va ko’plab ayollar u bilan bo’lishni istashardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:20:42
Budmen endi chidab turolmadi.
- Ishonmayman! - qichqirdi u. - Bu ma’lumotlarni qaerdan oldingiz? Manbangizni ayting! - Bu Budmenning sevimli iborasi edi.
Demen birinchi bor duduqlanib qoldi.
- Men... men bilmayman, janob. - U garangsib qoldi.
Ruhoniy bolaning o’zini yo’qotib qo’yganligidan darhol foydalandi.
- Uning akasi-chi, nima qilgan?
- Bu vaqtga kelib Attila akasini o’ldirgandi, - javob qaytardi Demen.
Markning nafasi tiqilib qoldi.
Demen esa nimalar deyayotganini o’zi tushunolmasdi. So’zlar uning og’zidan o’zi otilib chiqayotgandek edi.
- U yolg’iz o’zi hukmdorlik qilish uchun shunday qilgan. Keyin esa, - Demen xuddi o’ta muhim sirni aytayotgandek ovozini pasaytirdi, - o’zini Buyuk Nimrod va... Dajjol deb atay boshlagan!
Butun sinfga o’lik sukunat cho’kdi. Shu payt eshik taraqlab ochildi va xonaga Neff kirib keldi. U ruhoniyga yaqinlashdi. Budmenning a’zoi badani qaltirar, yuzidan ter oqardi. Neff unga nimadir deb shivirladi. Ruhoniy bosh irg’adi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:20:50
Serjant Demenga murojaat qildi:
- Men bilan yuring, Torn.
Demen indamay Neffning ortidan ergashdi.
- Doskadagini ko’chiringlar, - dedi Budmen va Demen bilan Neffning ortidan tashqariga otildi. Sinfda qizg’in bahs avjiga chiqdi.
Neff Demenni o’zlarini hech kim eshitmaydigan joyga sudradi. Ruhoniy hojatxonaga kirib ketdi. Uning og’zi qurib qolgandi. Budmen eshikni yopishi bilan Neff Demenga g’azab bilan o’dag’ayladi:
- Nima qilmoqchi bo’ldingiz, Demen? - serjant unga birinchi marta ismini aytib murojaat qildi.
Hali ham o’ziga kelmagan Demen past ovozda javob berdi:
- Men savollarga javob berdim, janob serjant.
Neff inkor ma’nosida bosh chayqadi.
- Siz mahmadonalik qildingiz, - dedi u.
Demen Neffga sinfdagi voqea qaerdan ma’lumligiga hayron ham bo’lmadi. U o’zidagi ichki quvvatdan hayratda edi.
- Lekin men barcha javoblarni bilardim! - e’tiroz bildirdi u. - Bilardim!
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:20:58
- Siz o’zgalarning e’tiborini jalb qilmasligingiz kerak.
- Men bunga harakat qilganim yo’q... - o’zini oqlashga urindi Demen. - Men...
Neff uning so’zini bo’ldi.
- Sizning kimligingizni hamma biladigan kun keladi, - dedi u dona-dona qilib. - Lekin bu kun hali kelgani yo’q.
Buxer ham Demenga shunday degandi.
Demen shoshib so’radi:
- Men kimman? - U tahlikaga tushdi. Bola yuz berayotgan narsalarni tushunmas, bu dunyodagi o’z o’rniga ahamiyat bermagan, lekin bu odamlar unga alohida e’tibor qaratishayotganini sezgandi. Demen o’zini aqldan ozayotgandek his qildi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:21:05
- Injilni o’qi, - maslahat berdi Neff. - U sen uchun, Demen... sen uchun... sen haqingda...
Demen Neffga tikildi.
- Uni o’qi, - dedi Neff. - o’qi va uq.
Demenning ko’zlariga yosh keldi. U qo’rquv va charchoqdan yig’lab yubordi.
- Nimani uqishim kerak? - U serjantga iltijo bilan qo’l cho’zdi. - Iltimos, ayting.
Neff javob berishdan oldin unga uzoq tikildi. Keyin esa dedi:
- Kim ekanligingni.
Demenga Neff ketish oldidan ta’zim qilgandek tuyuldi. Bola qorong’i yo’lakda yolg’iz o’zi qoldi. Ko’z yoshlari uning yuzini yuvardi. U bu odamlar unga nima deyishganini anglashga urinardi. Nihoyat Demen kitobni o’qishga qaror qildi.
Va unda o’zi haqida biror narsa bor-yo’qligini bilmoqchi bo’ldi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:21:15
7

Devidson Akademiyasining har bir bayramda ishtirok etadigan o’z orkestri bo’lib, Mark unda gornchi edi.
Bugun havoning avzoyi buzuq va orkestr parad uchun tayyorgarlik ko’rayotgandi. Yotoqxonaning ikkinchi qavati kichik-kichik xonalardan iborat edi. Birinchi qavatda, uxlash xonalari ostida sinfxonalar joylashgandi. O’rtada esa keng va bo’m-bo’sh zal bor edi. Orkestr aynan mana shu yerda tayyorgarlik ko’rayotgandi.
Endi tush payti bo’lgan esa-da, tashqari qorong’ulashib ketgandi. Kursantlarning ayrimlari o’z xonalarida, ayrimlari esa gimnastika zalida edi.
Demenga hech kim e’tibor bermadi. U hozirgina Budmenning Injilini olib chiqqandi. Kursantlarda Injil kitobi yo’q edi. Maktab o’quvchilarni sportga oid kitoblar bilan ta’minlar, lekin diniy kitoblar bermasdi. Dastlab Demen bu kitobni kutubxonadan qidirib ko’rdi, biroq topa olmadi. U ruhoniyni esladi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:21:23
Demen kunduzgi tanaffusni kutdi. Mana shu vaqtda aksariyat kursant va o’qituvchilar o’z yotoqxonalariga kirib uxlashardi. Demen ruhoniyning xonasiga kirdi. Xona har doimgidek ochiq edi: Devidson Akademiyasida hamma vijdon va halollik qoidasiga amal qilardi.
Yozuv stoli va tokchada bir nechta Injil turardi. Demen ulardan birini oldi. U shu bugunoq o’ziga kerakli matnni o’qib, kechqurun kitobni joyiga qo’yishni mo’ljalladi.
Demen balkon orqali o’z xonasiga kirganida birdan chakkasiga qon tepdi. U eshik vazifasini bajaruvchi pardani yopdi va o’tirdi. U bosh aylanishidan hushini yo’qotar darajada edi.
Hozir uning kim ekanligi ma’lum bo’ladi. Demen ko’ylagi ostiga yashirilgan kitobni oldi va chiroq nuri yaxshi tushadigan joyga qo’ydi. Yerga muk tushganicha Injilni varaqladi:
«...va butun yer yuzi yirtqich ortidan ergashdi va yirtqichga qudrat bergan ajdarga sajda qildi. Va yirtqichga ta’zim qilarkan, yirtqichga kim bas kela oladi, dedi».
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:21:34
Demen kitobdan boshini ko’tardi va bu nimani anglatishini tushunishga urindi. U Markni esladi. Demen Buxer va Neff haqida o’yladi - ular bolani aslida kim ekanligi haqida o’ylashga majbur qilishgandi. Demen birdan kursantlarning hech biri unga teng kelolmasligini, hech narsada undan o’zib keta olmasligini sezdi.
U hayajonlangancha o’qishni davom ettirdi: «Men ko’rgan yirtqich barsga o’xshardi: uning oyoqlari ayiq oyoqlariga o’xshar, og’zi esa sher og’zidek edi: va ajdar unga o’z kuchi va taxtini hamda buyuk hokimiyatni berdi».
Demen buning shunchaki mubolag’a ekanligini xayoliga keltirdi, Attilani ham xuddi shunday tasvirlashgan.
Uning qo’shinlari jangdan qaytganlarida ular Attilaning jang paytida qanday harakat qilganligini og’iz ko’pirtirib maqtashgan. Demen ularning hikoyalari keyinchalik qo’shib-chatilib afsonalarga aylanganini, Attila esa birorta ham inson zoti bas kela olmaydigan yirtqich sifatida tasvirlanganini o’yladi.
U vaqti kelib o’zi haqida ham shunday afsonalar to’qilishini xayol qildi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:21:41
Ammo Demen o’z kuchini anglashi bilanoq uning xayoliga bir fikr keldi: «Mening qo’limdan kelmaydi! Men axir yosh bolaman-ku!»
Yosh to’la ko’zlari bilan u yana harflari chaplashib ketayotgan kitobga tikildi:
«Va u yoshu kattaga, boyu kambag’alga, ozodu qulga, barchaga o’z belgisini qo’yadi. Unga imonlilarga qarshi kurashish va g’alaba qozonish uchun kuch berilgan: va unga barcha xalqlar, tillar va qabilalar ustidan hukmronlik berilgan».
Demenning yuragi qinidan chiqib ketguday urardi. U kitobni shartta irg’itib yuborgisi, toptab, yoqib yuborgisi keldi.
Bola Injilni uy burchagiga qarata otdi. Demen kitobga tikilganicha qotib qoldi. Kitob uni xuddi sham parvonani jalb qilganidek o’ziga tortardi. Injil uni kuydirib yuborgudek ta’sir qilayotgan bo’lsa-da, Demen endi o’zini to’xtata olmasdi. U o’zi haqidagi haqiqatni bilishiga ozgina qolgandi.
Demen kitobni qo’liga oldi. Bolaning a’zoi badaniga titroq turdi. Uning qo’llari qaltirardi. U kerakli sahifani ochdi va to’xtab qolgan joyidan o’qishni davom ettirdi:
«Bu yerda donolik bor. Kimning idroki bo’lsa, u yirtqichning raqamini biladi; zero bu insonlarning ham raqamidir. Uning raqami olti yuz oltmish olti».
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:21:49
Demen kitobni yopdi. Demak, mana isbot! Agar unda bu belgi bo’lmasa, u xatardan xoli! U ozod!
Demen kitobni bag’riga bosgancha xonasidan otilib chiqdi. U to’g’ri yuvinish xonasiga yo’l oldi. Bu yerda hech kim yo’q edi. U qaltiroq qo’llari bilan ko’zguni yaxshilab artdi va o’z aksiga tikildi. U qo’llarida hech qanday belgi yo’qligini bilardi. Shunday bo’lsa-da, Demen qo’llarini diqqat bilan ko’zdan kechirdi. Hech qanday belgi yo’q edi. Qo’lda-qa qo’l.
Shunda Demen ko’zguga yaqin kelib peshonasidagi sochini ko’tardi.
Hech qanday belgi yo’q.
U chakkasiga qaradi.
Yana hech qanday belgi ko’rinmadi. Demen o’zini aqldan ozayotgandek his qildi. Bu nimasi? U o’n uchga kirdi, erkak kishiga aylanyapti. Ehtimol, balog’at davri shunday o’tar? Agar Demenning o’rnida boshqa birov bo’lganida edi, shunday fikrlar bilan cheklanib qo’ya qolgan bo’lardi. Lekin faqat Demen emas. U o’zini Tornlar sulolasiga mansub deb bilardi, ular esa boshlagan ishini oxiriga yetkazib qo’yishardi.
Demen qulog’i orqasini qaradi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:21:54
U dahshatli narsani ko’rdi.
Albatta, bu belgini hech kim ko’rmagandi. Bu uchta olti raqami edi.
666.
Demenning nafasi tiqilib qoldi. U devorga suyanganicha oyog’ida zo’rg’a turardi. Bu yangilik unga katta zarba bo’lgandi. U o’ziga kelolmasdi. Demak, bularning hammasi haqiqat ekan-da. Hammasi, Neff unga aytgan, Buxer shama qilgan, Demen qo’rqqan narsa rost ekan-da. Hamma-hammasi haqiqat ekan.
Uning ko’zlaridan duvillab yosh to’kilardi. U yuvinish xonasidan yugurib chiqdi. Demen nima qilishini, qayoqqa borishini bilmasdi. U tanholikni istayotgandi.
U zina tomon yurdi. Pastda orkestr hali ham kuy chalayotgandi. Demen kursantlar orasidan o’ta boshladi. Shu payt uni Mark ko’rib qoldi va chaqirdi:
- Demen!
Lekin Demen unga o’girilib ham qo’ymadi. U yotoqxonadan tashqariga chiqdi, o’yingohni kesib o’tdi. Akademiya darvozasidan chiqdi va yo’l bo’ylab keta boshladi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:22:08
U hech narsani o’ylamas, boshi oqqan tomonga ketayotgandi. U o’pkasi tiqilib, oyoqlari o’ziga bo’ysunmay qo’yguncha yo’l bosdi. Demen yana bir qadam tashlasa xuddi o’lib qoladigandek tuyuldi. U daraxt yonida to’xtadi, cho’kkalab o’tirdi va ho’ngrab yig’lab yubordi.
U bir nuqtaga tikilganicha uzoq o’tirdi. So’ng boshini ko’tarib qorayib kelayotgan osmonga qaradi. Qora bulut bostirib kelayotgan, uzoqdan momaqaldiroq gumburlayotgandi. U osmonga qo’llarini cho’zdi. Bu nima edi - iltijomi? Yoki u taslim bo’ldimi?
Uning tepasida, daraxt uchida qora quzg’un o’tirardi. U qayg’u-alamga botgan bolaga tikilib turardi. Qushning ko’zlari tantanavor chaqnardi.
Agar Demen bugun sodir bo’lgan yana ikkita g’ayritabiiy voqeaning guvohi bo’lganida edi, yanada hayratda qolgan bo’lardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:22:15
Birinchi voqea Pol Buxerning yotoqxonasida yuz berdi. Buxer yotishga tayyorlanayotgandi. U o’ng qo’l nomsiz barmog’idagi uzukni chiqardi va barmog’ida belgi paydo bo’lib qolganini ko’rdi. Uzoq vaqtdan buyon sabrsizlik bilan kutilayotgan belgini. Belgi kichkina, zo’rg’a ko’rinardi. Buxerni quvonch hamrab oldi. 666. Nihoyat, uni qabul qilishdi.
Ikkinchi voqea Deniel Neffning yuvinish xonasida sodir bo’ldi. Tishini tozalayotgan Neff har doimgidek peshonasiga tushib turgan sochini ko’tardi va ko’zguga engashdi. U belgini ko’rdi. Va nihoyat. 666.
Endi ularning yo’liga qarshi chiqadigan kuch yo’q edi.
Mark karavotida yotganicha besaranjom to’lg’anardi.
Kontsertga tayyorgarlikdan so’ng u xonaga qaytgandi. Demenning joyini to’g’rilagach, u o’z karavotiga yotdi. Mark ukasini sabrsizlik bilan kutardi. U nima bo’lganini tushunolmasdi. Bugun darsda Mark Demenning g’alati holatga tushganini payqadi, keyin esa ukasi yotoqxonadan yugurib chiqib ketdi. Demen haligacha qaytgani yo’q. Mark xavotirga tushganidan uxlay olmasdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:22:22
Nihoyat u Demenning qadam tovushlarini eshitdi.
- Qaerda eding? - so’radi Mark tashvish bilan. - Sendan juda xavotir oldim!
Demen bir og’iz ham gapirmadi. U jimgina qadam bosib kelib o’zini karavotga tashladi.
- Demen! - dedi Mark, lekin yana hech qanday javob bo’lmadi. U bu safar ovozini balandroq qilib gapirdi: - Demen, tuzukmisan?
Demen anchagacha indamadi. Nihoyat, javob qaytardi:
- Endi tuzukman. Chiroqni o’chir.
Mark chiroqni o’chirdi. U birpas jim yotdi, so’ng yana so’radi:
- Rostdan tuzukmisan?
- Uxla, - buyurdi Demen o’ziga xos bo’lmagan keskin ovozda.
Mark anchagacha o’ylanib yotdi, so’ng uxlab qoldi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:22:31
8

Soat mintaqalarining o’zgarishidan ezilib ketgan Pasarian semiz portfelini ko’targancha shoshib qadam tashlardi. U hozirgina kompaniyaga qarashli samolyotda Hindistondan qaytgandi.
Pasarian avtomat telefon bo’lmasiga kirdi. Yakshanba, buning ustiga qorong’i tushib qolgan bo’lsa-da, u qo’ng’iroq qilishni ertaga qoldirolmasdi. Nima voqea yuz berganini Tornga aytish zarur edi. Zudlik bilan.
Hindu Tornlarning ko’ldagi dala hovlisi bilan ulashlarini kutib turdi. Go’shakni ko’targan xizmatchi Tornning bugun juda kech qaytishini va hinduning aytganlarini xo’jayiniga yetkazib qo’yishini aytdi.
Pasarian asabiylashdi, u endi nima qilishni bilmasdi. U bir oz o’ylanib turdi, keyin esa yana go’shakni qo’liga oldi va Buxerga qo’ng’iroq qilishni ma’qul topdi.
Buxerning uyi ham ishdagi xonasi kabi sovuq va ko’rimsiz edi. Bu yerda eng diqqatga sazovor joy - derazadan ko’rinib turadigan Chikagoning go’zal manzarasi edi.
Telefon jiringlagan paytda Buxer kitob o’qiyotgandi. U go’shakni ko’tardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:22:38
- Buxer, - dedi Pol.
Bir oz jimlikdan so’ng Pasarianning ovozi yangradi.
- Pol, bu men Devidman. Bir narsani aytishim kerak.
- Qaerdasan? - Polning ovozi o’zgardi.
- Aeroportda. Shu yerda, Chikagoda. Noxushliklar yuz berdi.
- Tezda buyoqqa kel.
Bu paytda Anna va Richard o’zlari yolg’iz edilar. Bolalar Akademiyada, uyga kelgan mehmonlar allaqachon ketishgandi. Tornlar qorda sayr qilishni rejalashtirishgandi.
Ularning katta chanasi bo’lib, bu chanani Klaydsueyl laqabli ot torta olardi, xolos. Richard bu otni o’tgan yili sotib olgandi. Anna o’shanda chanani bo’yab, qo’ng’iroqchalar osib qo’ygandi. Endi qo’ng’iroqchalar chana kelayotganidan ogoh etib turardi.
Qo’ng’iroq tovushi jarangladi - Richard va Anna sayrdan qaytishgandi. Richard uyga kirishi bilan unga Pasarianning xabarini yetkazishdi. U darhol hinduga qo’ng’iroq qildi, lekin Pasarian uyida yo’q edi. Richard yelkasini qisdi va go’shakni qo’ydi.
- Uyida yo’q ekan, - dedi u Annaga. - Ertaga ko’rishaman-ku.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:22:44
Sovuqdan qizarib ketgan Anna latofatli edi. U eridan bo’sa oldi. Ular yotoqxonaga ko’tarilishdi.
Pasarian Buxerning mehmonxonasida qahva ho’plab o’tirardi. Uning xayoli parishon edi. U o’zini xuddi siqilgan limondek his qilardi. Buxer hinduga o’tkirroq ichimlik taklif etdi, lekin spirtli ichimlik ichsa hozirning o’zida uxlab qolishini bilgan Pasarian unamadi.
Buxer Pasarian hozirgina aytib bergan narsalarni tahlil qilishga urinayotgandi.
- Xo’sh, shunday qilib, - so’z boshladi Buxer, - o’sha kishi bizga yer sotishni istamaganligi uchun o’ldirilgan, deb o’ylaysanmi? Buning ustiga bizning odamlarimiz tomonidan.
Pasarian bosh silkidi.
- Bunga deyarli ishonchim komil.
- Lekin bunday bo’lishi mumkin emas! - e’tiroz bildirdi Buxer.
- Men sakkizta viloyatda bo’lib, yerlarni o’rgandim va baholadim. Ularning uchtasida...
- Uchtasida?
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:22:51
- Uchta qotillik yuz berdi. - Pasarian qahvani ichib tugatdi.
- Lekin bu kimning ishi bo’lishi mumkin?
- Aqlim yetmayapti.
- Ha, - chuqur nafas chiqardi Buxer. - Bu ish bilan o’zim shug’ullanaman.
Hindu o’rnidan turdi.
- Richardga aytaymi? - U paltosini kiya boshladi.
- Aytish kerak, - to’ng’illadi Buxer. - Ertalab o’zim aytaman. Aytgancha, Torn seni ko’rmoqchi.
- Richard? Nega?
Buxer Pasarianni eshik oldigacha kuzatib keldi.
- P-84 uskunangga nimadir bo’libdi. Stoling ustida hujjatlar bor. Ertaga ertalab tezda tekshirib chiq. - U hinduga qo’lini cho’zdi.
Pasarian bosh irg’adi.
- Bo’pti, tekshiraman, - dedi u va eshikni ochdi.
Buxer Chikago manzarasiga tikildi. So’ng hinduga qaradi va jilmaydi:
- Kelganing uchun rahmat, Devid. Men seni qadrlayman.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:22:57
Pasarian Buxer bilan xayrlashib, uyiga jo’nadi.
Kutilmaganda qaytib kelgan Pasarianning xabari Buxerni talmovsiratib qo’ygandi. Tornga hammasi haqida aytish lozim edi. Bundan tashqari, P-84 uskunasi ham ortiqcha bosh og’riq bo’lgandi. Bu g’alvalardan Buxerning boshi aylanib ketdi. Shuning uchun ham u bugun qanday kun ekanligini unutib qo’yganligi ajablanarli emasdi. Aynan bugun yaqinda qurib bitkazilgan qishloq xo’jaligi zavodi bilan tanishish uchun Akademiyadan kursantlar kelishlari kerak edi.
Buxer derazadan tashqariga qaradi va pastda Devidson harbiy Akademiyasi avtobusini ko’rib hayron bo’lib qoldi. Nihoyat, bu avtobus nima uchun kelganligini unga yetkazishdi. Buxer zudlik bilan kotibasini chaqirdi va barcha telefon aloqalarini vaqtincha to’xtatishni buyurdi. Bolalar bilan shug’ullanish zarur edi.
O’smirlar esa ilk taassurotlari bilan o’rtoqlashishayotgandi. Ular Tornlarning naqadar boy ekanliklari haqida yuzaki tasavvurga ega edilar. Lekin bugun butun shahar maydonichalik joyni egallagan baland inshootlarni ko’rgach - ayrim kursantlar ana shunday kichik shaharchalarda yashardilar - bolalar hayratdan og’izlarini ochib qolishdi. Hattoki, kimdir hushtak ham chalib qo’ydi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:23:05
Teddi gap tashladi:
- Tushlik ovqat ham bo’ladimi? - U qornini shapatiladi va lablarini yalab qo’ydi.
- Albatta, - dedi Demen. - Biz senda yangi pestitsidning ta’sirini sinab ko’ramiz.
Hamma kulib yubordi. Kursantlar o’zlarini Buxer kutib turgan asosiy binoga kirishdi.
Demen birdan uning huzurida o’zini g’alati his qilishini sezdi. Bolada o’zi haqida bilganlarining yuzdan bir qismini ham o’zlashtirishga vaqt yo’q edi. Demen o’zini kuchli sezsa-da, hali bor kuchini ishlatishning payti kelmagandi. Bola ko’z qiri bilan oynavand devordagi yozuvga nazar tashladi: «Pestitsidlar bo’limi. Begonalar kirishi taqiqlanadi».
Demen basketbol maydonichalik keladigan xonada o’tirgan Pasarianni ko’rdi. Xona turli rangdagi quvur va shlanglarga to’lib ketgan, xuddi ulkan robotning ichiga o’xshardi.
Pasarian tayyorlagan bu laboratoriya uning farzandidek edi. Hinduning yana bir ixtirosi - P-84 uskunasini aynan shu yerda takomillashtirish mo’ljallanayotgandi.
Pasarian kompyuter pulti oldida monitorda namoyon bo’layotgan ma’lumotlarni kuzatib o’tirardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:23:14
Buxer bolalarni xodimlarning biri bilan tanishtirdi va unga kursantlarni zavod bo’ylab aylantirib yurishni buyurdi. O’zi esa xonasiga shoshildi. Bu yerda muhim anjuman bo’lib o’tishi kerak edi. Bu uchrashuvga bir necha hafta davomida tayyorgarlik ko’rilgandi.
Buxer jo’shqin, kuch-quvvatga to’la yoshlar bilan ishlashni xush ko’rardi. U yoshlarga o’z fikrlarini o’zi istaganidek singdira olardi. Aynan ular uning loyihalarini amalga oshirish uchun kurashda munosib ijrochiga aylanishlari mumkin edi.
- Agar biz Hindistonda yer sotib olishga qaratgan loyihamizni amalga oshira olsak, - dedi Buxer, - u yerlik aholining o’zini mustamlakaga aylangandek his qilishidan ehtiyot bo’lishimiz kerak. Yo’q, biz ularni qul qilmoqchi emasmiz! Biz, madaniyati va bilimi bo’lmagan, albatta bu ularning aybi emas, bu kishilarga yordam bermoqchimiz. Biz zimmamizdagi vazifani «Torn Indastriz» xodimlari va haqiqiy amerikaliklar sifatida chin dildan ado etamiz. Yana bir narsani yodda tuting: Hindiston va Yaqin Sharqni oziq-ovqat bilan ta’minlar ekanmiz, biz bu hududlarga ruslarning kirib kelishining oldini olgan bo’lamiz. Shu tarzda biz nafaqat minnatdorchilik, balki tabiiy boyliklarga ham ega bo’lamiz.
Xonaga kotiba kirdi.
- Janob Pasarian P-84ni sinashga kirishdi, - dedi u.
- Rahmat, - minnatdorchilik bildirdi Buxer. - Janoblar, yarim soat tanaffus.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:23:20
Bolalarni olib yurgan xodim jamoatchilik bilan aloqalar bo’limida ishlardi. U bolalarda yaxshi taassurot qoldirishni istardi. Tornlarning farzandlari vaqti kelib u haqda eslashlari mumkin.
Xodim o’smirlarni pestitsidlar bo’limiga boshlab bordi.
- Hosil ko’p bo’lishi va tezda pishib yetilishi uchun, - tushuntirdi u, - kuchli va yaxshi o’g’itlar, yangi yaratilgan pestitsidlar lozim.
Guruh yopiq eshik oldida to’xtadi. Bu Pasarian P-84 uskunasini sinovdan o’tkazayotgan pestitsidlar tayyorlash bo’limi edi. Yo’l boshlovchi soqchiga hujjatini ko’rsatdi va bolalarga bildirmasdan yigirma dollarlik pul uzatdi. Bu yerga hech kim kiritilmasdi, lekin u yosh Tornlar va ularning do’stlarini qoyil qoldirmoqchi edi.
Eshiklar ochildi va kursantlar ichkariga kirishdi. Mashinalar guvillab ishlar, xodim bolalar uning ovozini eshitishlari uchun baqirib gapirardi.
- Bu murakkab ishni, - u deyarli qichqirardi, - hov anovi yerda turgan bor-yo’g’i uch nafar xodim bajaradi. - U zal o’rtasidagi oynavand bo’lmaga ishora qildi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:23:27
Xodim ularni zina bo’ylab inshoot yuqorisiga olib chiqdi. Turli rangdagi quvurlar endi ulardan ancha pastda qolib ketgandi.
Pasarian yuqoriga qaradi va yosh do’stlarini ko’rib qoldi.
- Mark! Demen! - qichqirdi u. - Bu yerda nima qilyapsizlar? - Hindu ularning bu yerda ekanliklaridan xavotirga tushgandi. Uskunani sinash ishida qandaydir nosozliklar yuzaga kelgandi.
Bolalar unga qarab jilmayishdi.
- Biz sayohat qilyapmiz! - qichqirdi Demen.
Shu payt zalning uzoq burchagidagi quvur yorilib ketdi va quyuq yashil bug’ vishillab chiqa boshladi. Bug’ zalni to’ldira boshladi.
- Gaz chiqyapti! - qichqirdi kimdir.
Pasarian boshini ko’tardi va yordamchisining yuzi zaharli gazdan bujmayib ketganini ko’rdi. Yordamchi xodim talvasaga tushganicha nafas oldi, hushidan ketdi va gursillab pastga yiqildi.
Pasarian o’z ko’zlariga ishonmasdi. U kompyuter pultiga tashlandi va bo’kirdi:
- Hamma tashqariga! Bolalarni olib chiqing!
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:23:34
Uning buyrug’ini bolalar ham eshitishdi. Yo’lboshlovchi vahimaga tushganicha atrofga alangladi. Gaz ular turgan joyga yetib kelayotgandi.
Boshqaruv pultida halokat tugmasi bor edi. Pasarian bor kuchi bilan tugmani bosdi. Tugma ishlamadi. Bu tugmani bugun ertalab uning boshlig’i Buxer o’rnatganini bechora hindu qaerdan ham bilsin?
Shu onda u kursantlarning baqir-chaqirini eshitdi. Bolalar nafas olisholmas va yo’talishar, bir-birlariga urilganlaricha chiqish yo’lini qidirishardi. Ularning ko’zlaridan duvillab yosh oqardi. Ba’zi bolalarning yuz va qo’llarida pufakchalar paydo bo’ldi.
Bolalarni aylantirib yurgan xodim yuk liftiga yugurdi va jazavaga tushganicha barcha tugmalarni bosib chiqdi.
Lekin bu befoyda edi. Lift ishlamayotgandi.
Faqatgina Demen vahimaga tushmagandi. Gaz unga ta’sir qilmayotgandi. U hushidan ayrilayotgan do’stlariga tikildi. Va shu lahzada u o’zining qanday kuchga ega ekanligini his qildi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:23:39
Bola yana bir narsani tushundi. Unda tanlash imkoniyati paydo bo’lgandi. U hozir bu yerdan chiqib ketishi mumkin. U ushbu halokatda tirik qolgan yagona odamga aylanadi. Lekin yana bir narsa bor. Demen bu yerdagilarni qutqarishi va qahramonga aylanishi mumkin.
Demen bolalarga yordam berishga qaror qildi. U qahramon bo’lmoqchi edi. Bola darhol yuqoriga qaradi va tomga chiqadigan tuynukka olib boradigan narvonni ko’rdi.
- Bu yoqqa! - qichqirdi Demen va narvon tomonga yugurdi. U epchillik bilan yuqoriga ko’tarildi va tuynuk qopqog’ini ochdi. Ichkariga quyosh nuri va toza havo kirdi.
Qolganlar oyoqlarini zo’rg’a bosib yo’lak bo’ylab kela boshlashdi. Ular bir-birlariga suyanib olishgandi. Bolalar narvonni paypaslab topishdi, tomga chiqishgach esa yutoqqancha nafas ola boshlashdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:23:46
Kutilmaganda Demen Pasarianni eslab qoldi. U ichkariga tushdi. So’ng zina bo’ylab yugurib ketdi.
Zal yashil tusli zaharli gaz bilan to’lgandi. Demen yanada pastki qavatga tushdi.
Shu yerda u Pasarianni ko’rdi. Hindu qimirlamay yotardi. Uning qo’li yorilgan quvur tomon cho’zilgandi. Chamasi, u oqib chiqayotgan zaharni qo’li bilan to’xtatishga uringandi. Yuzi va qo’llaridagi pufaklar uni tanib bo’lmas darajaga keltirgandi.
Demen ortiga qaytdi va tomga chiqdi.
Bolalar hali ham og’zilarini katta-katta ochgancha nafas olishar, o’pkalaridan hushtak chalgandek ovoz chiqardi.
Demen Markni izlay boshladi. U akasi qanday holatda ekanligini bilmoqchi edi.
Markni qidirar ekan, Demen o’zining qanday kuchga ega ekanligini anglab yetdi - bu unga yoqa boshladi. Va u, o’zining aslida kim ekanligiga ham tupurdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:23:56
9

Sodir bo’lgan voqeani eshitgan Richard Torn va Anna ko’ldagi burchakni tark etishdi. Ular halokatdan so’ng kursantlar keltirilgan bolalar kasalxonasiga yetib kelishdi. Tornning rangi oqarib ketgan, soqoli olinmagandi. U g’azabdan qaltirardi. U kasalxona telefoni orqali Buxer bilan gaplashdi.
- Ularning ahvoli tuzuk, shekilli, - dedi Richard, - lekin hali shifokorlar bilan gaplashganim yo’q. Bo’lib o’tgan hodisa haqidagi to’liq hisobot ertalab stolim ustida bo’lsin!
Richard go’shakni qo’ydi va devorga suyanib qoldi.
U ko’z qiri bilan bolalar xonasiga kirib ketayotgan bo’yi baland, qora tanli shifokorni ko’rdi. Torn uning ortidan yurdi. U dastlabki tekshiruv natijalarini sabrsizlik bilan kutayotgandi.
Anna ikkita karavot o’rtasidagi stulda o’tirardi. Markning rangi oppoq va holi yo’q edi. Lekin Demen o’zini juda yaxshi his qilayotgandi.
Shifokor Annaning yoniga keldi. Uning ismi Keyn edi. Torn uning orqasida turardi.
- Bolalarning ahvoli yaxshi, - dedi Keyn. - Biz ularning o’pkasi zararlanmadimikin, deb tekshirib ko’rdik. Hech qanday zarar yetmabdi. Ular yana bir oz vaqt qayt qilishlari mumkin...
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:24:02
- Ularga yaxshi qaranglar, - uning so’zini bo’ldi Torn.
Shifokor tasdiq ma’nosida bosh silkidi.
- Albatta, - dedi u Tornni bir chetga tortarkan. - Siz bilan gaplashib olsam bo’ladimi? Atigi bir daqiqa? - shivirladi Keyn.
- Ha, albatta, - Torn uning ortidan tashqariga chiqdi.
Demen karavotda ularning xonadan chiqib ketishlarini kuzatib yotardi.
Tashqariga chiqishgach, Keyn hamshiraning o’tib ketishini kutib turdi va atrofda hech kim qolmagach, sekin gap boshladi.
- Biz qon va to’qimalarni tekshiruvdan o’tkazdik. Har bir bola u yoki bu darajada gazdan zaharlangan. O’g’lingiz Demendan tashqari.
Tornning yuzidagi muskullari ucha boshladi.
- Nimani nazarda tutyapsiz? - so’radi Richard. - U...
Keyn uning so’zini bo’ldi.
- Yo’q, yo’q, janob Torn. Meni noto’g’ri tushunmang. - U vaziyatni iloji boricha yumshoqlik bilan tushuntirishga urindi. - Demenga gaz mutlaqo ta’sir qilmagan... mutlaqo.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:24:07
Demen Annaga yuzlandi.
- Nima bo’lyapti o’zi? - uning ko’zini sovuq nafrat pardasi qoplay boshladi.
- Hech narsa, - parishonlik bilan javob qaytardi Anna. - Shifokorlar shunaqa sirli gaplarni xush ko’rishadi.
Richard xonaga qaytib kirganida uning jahli chiqqandek ko’rindi.
- Demen yana bir-ikki kun shu yerda qolarkan, - dedi u. - Uni yana tekshirib ko’rishmoqchi.
Demen karavotiga o’tirib oldi.
- Men kasalmasman, - e’tiroz bildirdi u. - Nima uchun qolishim kerak...
- Siz uni yana tekshirmoqchimisiz? - bolaning so’zini bo’ldi Anna Keynga qarab.
Demen yana e’tiroz bildirdi:
- Bu yerda qolishni istamayman!
Anna uning qo’llaridan tutdi.
Mark ham uning yoniga keldi.
- Agar u qolsa, men ham u bilan qolaman.
Anna shifokorga termuldi.
- Ularni uyga olib ketsak bo’lmaydimi? Demenni kelasi hafta yana olib kelamiz.
- Balki shunday qilarmiz? - so’radi Richard.
Shifokorga bu yo’l yoqmagandi, lekin boshqa iloji yo’qligini tushundi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:24:13
- Yaxshi, - rozi bo’ldi u.
Anna Demenni quchoqladi.
- Sizlarni ko’lga olib boramiz. Toza havo sizlarga foydali.
Bolalar quvonch bilan bosh silkishdi.
O’sha kuni kechqurun shifokor Keyn mikroskopga engashganicha laboratoriyada o’tirardi. U hozirgina ko’rgan narsasini tushunishga urinardi va qon tomchisi surtilgan shisha plastinkaga yuzinchi bor tikildi. Keyin esa yonida turgan kitobga qaradi: qalin kitob turli fotosuratlarga to’la edi. Hech qanday xato bo’lishi mumkin emasdi.
Demen Tornning qonida shoqolning xromosomalar to’plami mavjud edi.
Bu qandaydir be’manilikka o’xshardi, lekin dalildan yuz o’girib bo’lmasdi. Keynning kallasi shishib ketdi.
U negadir bu ish bilan yolg’iz o’zi shug’ullangisi kelmadi. Shifokor go’shakni ko’tardi va ichki xizmat raqamini terdi. Tasodifan uning hamkasbi ham o’z xonasida edi.
- Ha, - tanish ovoz yangradi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:24:21
- Ben! - qichqirdi Keyn. - Xudoga shukr, joyingda ekansan! Bir daqiqaga oldingga tushmoqchiman.
- Umuman olganda, - xirildoq ovoz eshitildi, - men ketyapman.
- Iltimos, bu juda muhim, - so’radi Keyn.
- Bo’pti, tushaqol, - rozi bo’ldi hamkasbi.
- Rahmat, Ben. hozir tushaman. - Keyn go’shakni qo’ydi, qon tahlili olingan suratni avaylab kitob orasiga joyladi va liftga yo’naldi.
Ko’ldagi burchakda hamma qotib uxlardi. Faqatgina Demen uyg’oq edi. U joyida qimirlamay yotardi. Ko’zlari esa bir nuqtaga tikilgandi. Bolaning ko’zlari o’ziga kerakli narsani izlab topdi. U bor kuchini jamladi. Bolaning peshonasidan ter oqib butun tanasi titray boshladi.
Keyn liftga kirdi va tugmani bosdi. U o’n oltinchi qavatga tushishi kerak edi. Eshiklar zich yopildi va lift harakatga tushdi.
Lekin negadir pastga tushish o’rniga yuqoriga chiqa boshladi.
Shifokor lift ichidagi yonib-o’chayotgan yozuvlarga qaradi. 21... 22... 23... U yana «16» yozuvi bor tugmani bosdi. Lift to’xtadi va eshiklar ochilib-yopildi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:24:27
Keyn yana bir marta kerakli tugmani bosdi.
Lift pastga tusha boshladi: 19...18...17...
Lift o’n oltinchi qavatga yetib keldi va tezlik bilan pastga tushishda davom etdi.
Keyn qo’rqib ketdi. U qo’lidagi kitobni tushirib yubordi. Shifokor jazavada barcha tugmalarni birin-ketin bosib chiqdi. Birdan hamma tugmalar o’chib-yona boshladi. Liftning tezligi kuchaydi.
10...9...8...
- E, Xudo! - qichqirdi Keyn.
5...4...3...
Kutilmaganda lift to’xtab qoldi. Keyn gursillab yiqildi. Shifokor dahshatli sukunatda qimirlashga ham qo’rqib yotardi.
Keyin u sekin o’rnidan turib o’tirdi. U yoq-bu yog’ini ushlab ko’rgach, hech qaeri sinmaganligiga ishonch hosil qildi. U suratlar majaqlanib ketganini ko’rdi, lekin unga baribir edi. Keyn tirik qolganiga suyunayotgandi.
Yuqorida esa liftning keskin to’xtashidan bitta po’lat arqon uzilib ketgandi. Shu lahzada u yashin tezligida pastga tushayotgandi.
Keyn qandaydir o’tkir, jarangli tovushni eshitdi. U atrofga alangladi, lekin tovushning qaerdan kelayotganini anglay olmadi. U yuqoriga qaradi va po’lat arqon lift tomini ikkiga bo’lib tashlaganini ko’rishga ulgurdi. Po’lat arqon Keynni ham qoq ikkiga bo’lib tashladi.
Demen nihoyat o’zini yengil his qildi: uning ko’zlari yumildi va uyquga ketdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:24:36
10

Richard va Anna nonushta bilan birga keltirilgan ertalabki gazetalarni ko’rishardi. Richard o’zining «Uoll Strit Jornal»ini varaqlar, Anna esa «Chikago tribyun»ni qo’liga olgandi.
Gazetani ochgan Annaning nafasi tiqilib qoldi.
- Richard! Buni qara! - qichqirib yubordi u gazetani eriga uzatarkan. Unda shifokor Keynning jasadi surati bosilgandi. Surat ostida esa kecha kechqurun liftda sodir bo’lgan fojia bayon etilgandi. «Torn Indastriz»dagi halokat haqidagi xabar ham shu sahifadan joy olgandi.
Richardni Keynning halok bo’lgani unchalik hayajonga solmadi. U kompaniyasidagi halokatni jurnalistlar qanday yoritishganiga qiziqib xabarni o’qishga kirishdi.
- Kechagina u bilan gaplashgandik, - dedi Anna parishonlik bilan barmog’ini sochiga o’rab aylantirarkan. - Bunda qandaydir g’ayritabiiylik bordek tuyulmayaptimi senga?
- Hm-m-m...
Anna qahva ho’pladi va eriga tikildi.
- Keyn qanday tekshiruv o’tkazmoqchi edi o’zi?
- Ishonchim komil emas, - ming’irladi Richard, - men... - Torn birdan jim bo’lib qoldi. - Bolalar qani? - so’radi u kutilmaganda.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:24:43
- Uxlashyapti, shekilli. Nima edi?
Richard gazetani tashladi va Annaga o’girildi.
- Ular bu haqda bilishlarini istamayman.
- Nima uchun? - Anna xavotirga tushdi. - Shifokor senga nima degandi?
- Demenga gaz umuman ta’sir qilmagan.
- Xo’sh, nima bo’pti? Biz taqdirdan minnatdor bo’lishimiz kerak.
- Lekin aynan shu narsa uni tashvishga solgandi, - dedi Richard. - Keynning aytishicha, Demenning xromosoma tuzilishi boshqacha ekan.
- Boshqacha? - xitob qildi Anna. - Bu bema’nilik-ku!
- Men ham unga shunday degandim, - uni ma’qulladi Richard. - Lekin Keyn nihoyatda tashvishga tushgandi.
Anna bir oz jim bo’lib qoldi, keyin so’radi:
- Endi nima qilmoqchisan?
- Hech nima, - Richard yana gazetaga qo’l cho’zdi. - Demen soppa-sog’.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:24:51
Doktor Charlz Uorren Belvuar qo’rg’onini qazish chog’ida topilgan topilmalarni jo’natib, hozirgina Eykradan qaytib kelgandi. Topilmalarni Tornlar muzeyiga qo’yish mo’ljallangandi.
Uorren Igael devorini ko’ra olmadi. Bebaho topilma olim yetib kelguncha jo’natib yuborilgandi. Bundan Uorrenning jahli chiqdi. Uning halok bo’lgan jurnalist do’sti Joan Xart mana shu devor to’g’risida janjal ko’targanidan beri bu topilma olimni ohanrabodek o’ziga tortib kelardi. Endi esa Igael devori Chikago yoki Nyu-Yorkka kemada yetib kelgunicha kutishga to’g’ri keladi.
Uorren o’z ish xonasi ostonasidan hatlab o’tib baxt hissiga o’xshash bir hisni tuydi. Olim butun muzey binosida xonasidan yaxshiroq xona yo’qligiga ishonardi. Uning xonasi eng pastki qavatda joylashgan bo’lib, olim qozonxona shovqiniga ko’nikib ketgandi.
Uning xonasi eng so’nggi texnika bilan jihozlangan bo’lib, bu olimga qadimiy topilmalarni saqlash va tiklashda yordam berardi. Bu yerda maxsus konditsionerlar, infraqizil yoritgichlar, ko’chma isitish uskunalari, turli xil kimyoviy aralashmalar solingan idishlar, sanoqsiz cho’tkalar, pichoqlar bor edi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:24:57
Doktor Uorren Eykradan olib kelgan ba’zi topilmalarni ko’ra boshladi. Bir nechta bronza pichoq va sopol buyumlarni bir chetga surib, juda qadimiy charm xaltani qo’liga oldi. Uorren uning qiymati naqadar yuqori ekanligini bilgani uchun xaltani o’zi bilan olib kelgandi.
Uorren xaltani ochdi. Uni hidlab ko’rdi. Xalta juda qadimiy bo’lmasa-da, zamonaviy ham emasdi.
Olim uning ichiga qo’lini suqdi va bir nechta pergament qog’ozlarni oldi. U qog’ozlarni bir chetga qo’ydi. So’ng xaltadan kichkina xoch chiqdi. Olim unga birpas tikilib turdi. Uni ham chetga qo’ygach, u xaltadan butunlay zamonaviy xatjildni oldi! Doktor Uorren hayron bo’ldi, lekin yana nimadir bor edi.
Uorren xalta ostidan og’ir tugun oldi. Tugunni stol ustiga qo’yganida qandaydir jaranglagan tovush chiqdi. U tugunni ochdi va yetti dona juda o’tkir, ingichka va juda qadimiy pichoqlarni ko’rdi. Ularning soplari xochga mixlangan Iso shaklida bo’lib, fil suyagidan ishlangandi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:25:03
Uorrenning qiziqishi kuchayib ketdi. U xatjildni ochdi. Uning ichidan qandaydir qog’ozlar chiqdi. Olim ularga ajablanib tikilib qoldi. U Karl Bugengagenning yozuvini tanigandi.
Uorren xatni o’qishga kirishdi.
Bugun Tornlar oilasi uylaridagi kinozalda to’plangan va ajoyib filmni tomosha qilayotgandi. Bolalar o’qishdan ta’tilga chiqishgandi.
Ekranda bo’yi baland bir kishi ko’cha bo’ylab qadam tashlardi. Uning qo’llari beliga osilgan to’pponchani olishga shay turardi.
U uchinchi qavat derazasidan o’ziga qaratilgan miltiqni ham, ikkinchi qavat derazasidagi pardaning surilganini ham sezmadi.
Shu payt miltiq otildi, u yerga yiqildi.
Kutilmaganda tasvir chaplashib, ekrandan yo’qoldi.
- Kinomexanik otilsin! - qichqirdi Demen.
Shu payt darchadan Markning boshi ko’rindi. U javob qaytardi:
- O’ldim! - U proektorni to’g’rilay boshladi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:25:11
Odatda, proektor oldida xizmatchilardan biri turardi, lekin Mark kino qo’yishni o’rganishni iltimos qilgandi. U bugun birinchi marta film qo’yayotgan va atay qilganday, eng qiziq joyida tasma uzilib ketgandi. Mark proektorni darhol sozladi va filmni kelgan joyidan qo’ydi.
Qahramon o’rnidan turdi va otishma boshlanib ketdi. U o’ng qo’liga to’pponchasini olib miltiqli kishini qulatdi, chap qo’lidagi to’pponcha bilan esa parda ortidagi dushmanini narigi dunyoga jo’natdi.
- Xayriyat! - dedi Anna.
- Ko’rsa bo’ladigan film ekan, - izoh berdi Demen.
Anna jilmayib qo’ydi.
- Kim sendvich yeydi? - dedi u o’rnidan turarkan.
- Men! - Richard qo’lini ko’tardi.
- Men ham! - unga qo’shildi Demen.
- Mark ham qarshi bo’lmasa kerak, - dedi Anna va oshxonaga yo’l ochdi.
Bu paytda Mark ehtiyotkorlik bilan kino tasmasini o’rar, Demen esa ekranni yig’ishtirardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:25:18
Kutilmaganda eshik qo’ng’irog’i jiringladi. Richard bilan Demen baravariga gapirishdi:
- Kim bo’lishi mumkin?
Demen yelkasini qisdi.
- Hozir ochaman, - dedi u eshik tomon borarkan.
Ostonada Charlz Uorren turardi U dag’-dag’ qaltirar, boshdan-oyoq qor bilan qoplangandi. Qo’lida esa Bugengagenning xatini ushlab olgandi. Olim qaltirardi, lekin sovuqdan emas. U hozirgina o’qib chiqqan narsasidan o’lgudek qo’rqib ketgandi.
Eshik ochilib, Uorren qarshisida Demenni ko’rgach, nafasi tiqilib qolishiga sal qoldi. Charlz jilmayishga urindi, lekin bu urinish beo’xshov chiqdi. Demen darhol hushyor tortdi.
- Xello, doktor Uorren, - dedi dona-dona qilib.
- Salom, Demen, - Charlz iloji boricha tabiiy gapirishga urindi. - Dadangga zarur gapim borligini ayta olasanmi?
- U sizni kutyaptimi? - Demenning savoli quruq va rasmiy chiqdi. U olimni hatto uyga taklif ham qilmadi.
- Iltimos, dadangga kelganligimni ayt, - dedi Uorren.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:25:24
Demen bir oz ikkilandi, so’ng dedi:
- Kiring.
Uorren ichkariga kirdi.
- Hozir aytaman, - dedi Demen.
Uorren egnidagi qorni qoqdi.
- Doktor Uorren keldi, - xabar qildi Demen otasiga.
- Charlz? - Richard xursand bo’ldi, lekin ajablandi. - Zo’r! Ichkariga kiraversin!
Lekin sabri chidamagan Uorren bolaning orqasidan kirib kelgandi.
- Oyingga ayt, doktor Uorren uchun yana bitta sendvich tayyorlasin, - dedi Richard xonadan chiqib ketayotgan Demenga.
Yolg’iz qolgan Demen g’azabga mindi. U Uorrenning bu yerga nima uchun kelganligini yaxshi bilardi. Lekin hech narsa qila olmasdi - hozircha... Demen oshxonaga kirib ketdi.
Richard qadahlarga konyak quyarkan, Uorren gapni nimadan boshlashni o’ylardi.
Torn hali ham tasmani o’rab o’tirgan Markni butunlay unutib qo’ygandi. Bola doktor Uorren bilan otasining suhbatini bemalol eshitib o’tirardi.
Charlz Richard uzatgan konyakni bir ho’plashda ichib yubordi. Alkogol Uorrenga dadillik bag’ishladi va u Tornga savol berdi:
- Richard, - so’z boshladi u, - sendan bir nozik masala to’g’risida so’rasam maylimi?
- Charlz, biz axir do’stmiz-ku, - dedi Torn, - so’rayver.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:25:29
Uorren chuqur nafas chiqardi va so’radi:
- Londonda ukang bilan aslida qanday voqea yuz berganini aytib bera olasanmi?
Richardning ovozi va o’zini tutishi keskin o’zgardi.
- Nega so’rayapsan?
- Men Eykrada topilgan xaltani ochgandim. U Bugengagenga tegishli ekan. Xaltada arxeologning shaxsiy buyumlari saqlangan. Uni Bugengagenning suyaklari yonidan topishgan.
- Nima bo’pti? - dedi Torn.
Uorren tupugini yutdi.
- Pichoqlarni ukangga aynan Bugengagen berganini bilarmiding? Jeremi Demenga sanchishga uringan pichoqlarni?
Torn uning so’zini keskin bo’ldi.
- Nima deyapsan, jin ursin?
Proektsion bo’lmada o’tirgan Mark ularning so’zlarini eshitib muzlab qoldi.
- Yetti yil ilgari Bugengagen senga xat yozgan ekan, - davom etdi Uorren.
- Xat? Menga? - Torn u yoqdan bu yoqqa yura boshladi. - Men hech qanday xat olmaganman.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:25:35
- U xatni jo’natishga ulgurmagan. Xat xalta ichidan topildi.
- Sen uni o’qib chiqdingmi? - dedi Torn ayblov ohangida.
Uorren qunishdi.
- Richard, - o’tindi u. - Sen meni bilasan-ku. Lekin hozir senga aytmoqchi bo’lgan narsam g’alati tuyulishi mumkin.
- Tezroq ayt, Uorren, Xudo haqqi!
- Bugengagenning ta’kidlashicha, Demen... - Uorren yutindi, - Demen... Shaytonning quroli. Dajjol!
Torn Uorrenga xuddi telbaga qaragandek tikildi.
Proektsion bo’lmada o’tirgan Markning esa nafasi chiqmay qoldi. Uorren so’zida davom etdi:
- U odam emas, Richard. Bu telbalikday tuyulishini bilaman, lekin Bugengagen Demenning shoqoldan tug’ilganligini ta’kidlaydi!
Torn kulib yubordi.
- Sen shuni aytgani keldingmi? - u boshini sarak-sarak qildi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:25:40
- Ukang hammasini tushungan, Bugengagendan yordam so’rab kelgan. Qariya unga bolani qanday yo’q qilishni tushuntirgan.
Torn qo’lidagi qadahni zarb bilan stol ustiga qo’ydi.
- Ukam kasal edi, - dedi u sovuq ohangda.- Ruhiy kasal. Xotinining o’limi...
- ...Demenning ishi, - dedi Charlz Richardning so’zini yakunlab. - Qolgan barcha o’limlar ham... beshta g’ayritabiiy hodisa. Bular kitobda yozilgan. Narsalarning bir qismi xolos, - Uorren xavfli yo’lga qadam qo’yganini tushunardi. - Bugengagen...
- Jinni bo’lib qolgan u, - dedi Richard.
Uorren bosh chayqadi. Olimni yana qo’rquv qamrab olgandi.
- Bu hammasi jinnilikka o’xshaydi... - tan oldi u.
- Lekin sen bunga ishonasan, - e’tiroz bildirdi Richard.
Uorren Bugengagenning xatini stolga tashladi.
- Mana o’sha xat. o’zing o’qib ko’r.
- Yo’q.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:25:48
- Agar Bugengagen haq bo’lsa, - dedi Charlz, - u holda hammamizning hayotimiz xavf ostida. Sen, Anna, Mark - hammamiz. Joan Xartga nima bo’lganini esla - u bilgan ekan.
- Men qari ahmoqning xatini o’qimayman!
- Richard, - yalindi Uorren, - men Bugengagenni bilardim. U qari ahmoq emasdi. Nahotki, hech narsani sezmayotgan bo’lsang? Birorta ham g’alati...
- Yo’q! - o’shqirdi Torn.
Uorrenga xuddi Richard hozir uni uradiganday tuyuldi, lekin u so’zini davom ettirdi: - Senga g’alati ko’ringan biror narsani sezmadingmi? Bolaning so’zlarida, harakatlarida?
- Hoziroq ketishingni istayman, Charlz...
- Ajal bizni quvlab keladi...
- Jo’na! - Torn g’azabdan titrardi.
Lekin Uorren o’zini to’xtatolmasdi.
- Injilni o’qi, unda hammasi yozilgan! Biz oxiriga yetishimiz kerak!
- Nimaning oxiriga?
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:25:54
- Igael devori, - og’ir nafas chiqardi Uorren. - Bugengagen xatida bu devor uni ishonishga majbur qilgan so’nggi dalil ekanligini yozadi. Hozirda Igael devori Nyu-Yorkka keltirilmoqda. Yaqin kunlarda yetib keladi.
- Sen qadimiy zamonlarga chuqur kirib ketibsan, - dedi Torn zaharxandalik bilan, - va do’sting Joan Xartga o’xshab diniy mutaassibga aylanib qolibsan. Yo’q, buni menga aytmay qo’yaqol. O’zing borib istagan narsangni ko’raver.
- Men boraman, - dedi Charlz xonadan chiqarkan.
Ezilgan va ma’yus Richard stulga o’tirib qoldi. U Uorrenning so’zlarida oz bo’lsa-da, haqiqat borligini his qilar, ammo Charlining bu ma’lumotlardan voqif ekanligidan achchiqlanardi. Qolgan barcha narsalar esa... Richard bosh chayqadi. U yaqin do’stini yo’qotganini his qildi, lekin nima uchunligini tushunmadi.
Proektsion bo’lmada o’tirgan Mark xazondek titrardi. U tirqish qopqog’ini sekin yopib qo’ydi.
Bu paytda Demen oshxonada Annaga sendvich tayyorlashga yordam berayotgandi. Eshik yopilib, mashina yurib ketganini eshitib, ular bir-birlariga qarashdi.
- Nimayam derdik, - gap qotdi Demen. - Sendvichlarni o’zim yeyishimga to’g’ri keladi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:26:03
11

Demen qotib uxlardi.
Anna ham uxlab yotardi.
Lekin Richard Torn umuman ko’z yummadi, xuddi Mark kabi.
Tong otayotgandi.
Uyqusizlikdan charchagan Torn o’z xonasidagi yozuv stoli oldida o’tirardi. U boshini changallaganicha nima qilish kerakligini o’ylashga urinardi. Stolda Bugengagenning unga yozgan maktubi turardi. Richard uni bir necha marta o’qib chiqdi. Dalillar juda g’aroyib edi, shuning uchun Tornga ularni singdirish uchun vaqt kerak bo’ldi.
Richard varaqlarni yig’ishtirdi. So’ng o’rnidan turib kerishdi. Deraza oldiga bordi. Quyosh endigina ko’tarilib kelayotgandi.
«Bu haqiqat bo’lishi mumkin emas, - pichirladi Torn. - Shayton faqat odamlarning xayolida bo’ladi».
U o’girildi va hech bo’lmaganda bir-ikki soat uxlab olish umidida yotoqxonaga ko’tarildi.
Richard bugun Mark ham uxlamay chiqqanini bilmasdi. Bola o’zini uxlayotganga solgan, uy jimjit bo’lishi bilan o’rnidan turib pastga, kutubxonaga tushgandi. U kitob javonidan Injilni olib o’qishga kirishdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:26:09
Mark kitobni o’qib bo’lganida kutubxona derazasidan quyoshning ilk nurlari kirib keldi. U o’zini o’lgudek charchagandek his qildi. Lekin eng dahshatlisi, Mark kitobda hozirgina o’qib bilgan narsa edi.
Zero, Mark Demen Iblisning zurrig’di ekanligiga o’ylab o’tirmasdan ishondi.
U o’rnidan turib kitobni joyiga qo’ydi. Keyin esa oyoq uchida yurib zalga chiqdi, kiyim ilgichda turgan paltosini kiydi va hech kimga sezdirmasdan ko’chaga chiqib ketdi. U bu yerdan ketishi va nima qilish kerakligini o’ylab ko’rishi zarur edi...
- Kim, kim? Kim - Demen? - dedi Anna qovurayotgan tuxumini ham unutib. - Sen shunga ishonyapsanmi, Richard?
- Bunga ishondim, deganim yo’q, Anna, - e’tiroz bildirdi eri qo’lida Bugengagenning xatini ushlab turarkan. - Men faqat Charlzning gaplarini va mana bu xatda nima deb yozilganini aytdim, xolos.
- Lekin sen Nyu Yorkka uchmoqchi emassan-ku! - Anna likop olish uchun shkaf yoniga bordi. Suhbat unga bema’nilikday tuyuldi. - Bu esa...
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:26:15
- Yo’q! - baqirdi Richard. - Bu hammasi bo’lmag’ur gap va men bunga ishonmayman. Lekin Robert Demenga pichoq sanchmoqchi bo’lganida cherkovda o’ldirilgan...
- Ha-ha, Uorren baribir seni ishontiribdi. - Anna stol ustiga likopchalarni qo’ya boshladi. - Endi sen ham bu bema’nilik bilan chalg’iyapsan.
U erining qo’lidan Bugengagenning xatini olib stol ustiga tashladi. So’ngra Richardning qo’lini ushladi.
- Men bunga yo’l qo’ymayman. Sen charchagansan. Hech qaerga bormaysan. Hammasini unut...
- Anna...
- Yo’q, yo’q, bo’ldi. Sen bu ahmoqona ertakni eshitding - endi unut. - Anna yig’lab yubordi. - O, Richard, bizga nima bo’lyapti? Yoki hammamiz aqldan ozdikmi?
Richard uni bag’riga bosdi.
- Yig’lama, - u xotinini tinchlantirishga urindi. - Gaping rost. Men charchadim. Meni kechir, iltimos, kechir...
- Albatta, - dedi Anna uning yelkasiga bosh qo’yib.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:26:22
- Bo’ldi, tinchlan. Men hech qayoqqa bormayman.
- Demen-chi?.. Unga ilgarigiday munosabatda bo’lasanmi?..
- Ha, albatta.
- Va’da ber.
- Va’da beraman.
Richard xotinini quchoqlaganicha derazaga tikildi. Birdan u Demenning tashqarida yurganini ko’rib qoldi. Bola o’rmon tomonga ketardi.
Richard negadir xavotirga tushdi.
- Mark qani? - dedi u yuragidagi g’ulg’ulani bosishga urinib.
- U saharlab chiqib ketibdi, - javob berdi Anna. - Ertalabdayoq uning paltosi joyida yo’qligini ko’ruvdim.
- Kel, bir tashqarini aylanamiz, - taklif qildi Richard.
- Tuxum... - Anna kuya boshlagan tuxumlar tomon yugurdi.
- Toza havoni aylansak bo’lardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:26:28
Anna eriga tikildi. Ularning oilasida qandaydir g’alati narsalar yuz berayotgan, u buning nimaligini anglay olmayotgandi. Bir paytlar Richardga turmushga chiqayotgan paytda u hayoti qanday murakkab bo’lishini bilgandi. Lekin Anna Richard va bolalarni shunchalik yaxshi ko’rardiki, u har qanday oilaviy muammolarni hal qila oladigandek tuyulardi.
Lekin hozir Annaning bu ishonchiga darz yetgandi.
U yelkasini qisdi va tovani chetga olib qo’ydi.
- Bo’pti, - rozi bo’ldi u, - ketdik.
Mark daraxt ostida o’tirardi. Uning ko’zlarida bolalarga xos bo’lmagan dahshat ifodasi qotib qolgandi. U tizzasini quchoqlab o’tirar, sovuqdan emas, balki dahshatli qo’rquvdan dag’-dag’ titrardi, chunki Mark umrida hech qachon bunchalik qo’rquvga tushmagandi.
Bola kimdan yordam so’rashini bilmasdi. Axir ilgari u barcha muammolarini Demen bilan hamjihatlikda hal qilardi-da. Endi-chi?
Endi u bu dahshat bilan tanho o’zi yuzma-yuz qolgandi.
Shu payt u qadam tovushlarini eshitdi.
- Mark? Ey, Mark!
Bu Demen edi. Har yerda hozir Demen.
Mark o’rnidan sakrab turdi va o’rmon ichkarisiga qarab yugurdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:26:35
Demen uning izidan yurdi.
Mark qocha boshladi.
- Ey, Mark!
Mark uzoqqa bora olmasligini yurak-yuragidan tushunib turardi. Bola tuni bilan uxlamagan, qo’rquv uning darmonini olib qo’ygandi. U daraxtga suyanganicha nafasini rostlashga tutindi.
U yana Demenning ovozini eshitdi.
-Shu yerdaligingni bilaman, - dedi Demen.
Markning butun tanasiga qaltiroq yugurdi.
- Meni holi qo’y, - dedi u zo’rg’a.
Demen Markning yoniga yaqinlashdi.
- Nega mendan qochyapsan? - alam bilan so’radi Demen.
Oraga sukunat cho’kdi. Nihoyat Mark javob qaytardi:
- Men... sening kimligingni bilaman.
Demen iljaydi.
- Bilasanmi?
Mark bosh silkidi .
- Doktor Uorren dadamga nima deganini eshitdim.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:26:41
Demen qovog’ini uydi.
- U nima dedi? - bu savoldan ko’ra buyruqdek yangradi.
- U aytdiki... - Mark so’zlarni zo’rg’a topardi, - u aytdiki, Iblis yerda o’z qig’fasini yaratishi mumkin ekan.
- Davom et.
Mark yuzini o’girdi. Ko’z yoshlari uning yuzini yuvardi.
- Qani ayt, Mark, - deyarli shivirlab gapirdi Demen. Mark yutindi.
- U aytdiki... sen Iblisning bolasi ekansan.
Demen akasiga tikildi.
- Davom et, - buyurdi u.
Shu zahoti Mark bidirlay ketdi.
- Sen Teddini nima qilganingni ko’rganman, - qichqirdi u. - Axerton va Pasarianga nima bo’lganini ham ko’rganman. Dadang seni o’ldirmoqchi bo’lgan! Uni aqldan ozgan, deyishadi, agar shunday bo’lsa, u bilgani uchun shunday bo’lgan. - Mark boshdan-oyoq qaltiragancha cho’kkalab qoldi.
Demen hayajonlana boshladi. U akasiga yomonlik qilmoqchi emasdi.
- Mark, - so’z boshladi u.
- U-u-u-u, - ho’ngrab yubordi Mark.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:26:48
- Sen mening akamsan, men seni yaxshi ko’raman...
- Meni aka dema! - baqirdi Mark. - Dajjolning akasi bo’lmaydi!
Demen Markning yelkasidan tutib silkidi.
- Gapimga quloq sol! - qichqirdi u.
Mark boshini chayqadi.
- Tan ol, - dedi u, - o’z onangni o’ldirganingni tan ol!
Bu so’nggi tomchi bo’ldi. Bolalarni bog’lab turgan ip uzildi.
- U mening onam emasdi, - g’azab bilan e’tiroz bildirdi Demen. - Mening onam...
- ... shoqol bo’lgan.
- Ha! - faxr bilan qichqirdi Demen va uning ovozi o’rmonda aks-sado berdi. Endi u o’zidagi butun qudratni to’la anglab yetgandi. Demenning ko’zlarida o’t yondi, yuzidan esa g’alati nur tarala boshladi. - Men buyuk kuch qig’fasida tug’ilganman, - dedi u. - La’natlangan farishta! O’z qudratidan mahrum bo’lgan va do’zaxga tashlangan! Lekin u menda vujudga keldi! U mening ko’zlarim bilan ko’radi va mening tanam ham unikidir.
Mark umidsizlangancha atrofga alangladi. Qo’rquv o’tib ketgandi. Bo’lib o’tayotgan voqea adog’i yo’q dahshatli tushga o’xshar va undan qochib qutulishning hech qanaqa imkoni yo’q edi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:26:56
- Yur, men bilan, - taklif qildi Demen. - Seni o’zim bilan olib yuraman.
Mark uning ko’zlariga qaradi. U qaltiramay qo’ydi, amakivachchasiga uzoq tikilib turdi, nihoyat boshini chayqadi:
- Yo’q.
Demen yana bir marta uni ko’ndirishga urindi:
- Meni yalintirma...
Mark so’zida qat’iy turib oldi:
- Yo’q!
Bu e’tirozi uning kuchiga kuch qo’shganday bo’ldi. Mark sakrab turdi va bor kuchi bilan yugura boshladi.
- Mark! - chaqirdi uni Demen.
- Menga yaqinlashma, - dedi u Demenga.
- Mark! - qichqirdi Demen Markning ortidan. Bu ovozni Mark ilgari bir marta eshitgandi. O’shanda Demen Teddiga xuddi shunday ovoz bilan qichqirgandi. - Menga qara! - buyurdi u.
Mark to’xtab qoldi. Uning qadam bosishga holi qolmagandi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:27:02
- Iltimos, ket, - yalindi u.
Demenning ovozi uni turgan joyiga mixlab qo’ydi.
- Yana bir marta o’tinaman, - dedi Demen xotirjamlik bilan, - iltimos, yur men bilan.
Mark o’girildi va Demenning ko’zlariga tik boqdi.
- Yo’q, - javob qaytardi u qat’iyat bilan va birdan o’zini xotirjam his qildi. - Sen, Demen, o’z taqdiringdan qochib qutula olmaysan. Men esa - o’z taqdirimdan. - Markka xuddi qandaydir kuch uni shu so’zlarni aytishga majbur qilayotgandek tuyuldi. - Sen peshonangga nimalar qilish yozilgan bo’lsa, shuni qilishga majbursan.
Taqdirga tan bergan Mark jim bo’lib qoldi.
Demenni qahr-g’azab tuyg’ulari o’rab oldi. Bu qahr tobora o’sib borar, uning ko’zlari borgan sari yorqinroq chaqnardi. Birdan uning ko’zlari yoshga to’ldi va Demen osmonga tikilganicha titray boshladi...
Richard va Anna bolalarning izlari bo’ylab kelishayotgandi. Anna xotirjam ko’rinardi. Richard esa tez-tez osmonga qarab qo’yardi. U go’g’ki qandaydir noxushlikni sezayotgandek edi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:27:08
Kutilmaganda Mark serjant Neffning xonasi yonida Teddi eshitgan g’alati tovushni eshitdi. Xuddi yupqa metall lappaklar bir-biriga urilayotgandek tovush kelayotgandi.
Bu quzg’un qanotlarining tovushi edi.
Mark ko’rinmas, to’xtovsiz hujum qilayotgan raqibidan o’zini himoya qilish uchun qo’llarini ko’tardi va ortiga tisarildi. U dodlagancha qochishga urinar, lekin yovuz qushning dahshatli tumshuq va tirnoqlari uning tanasiga botardi. U yiqilib tushdi va og’riqdan ingrab yubordi. Uning ko’zlaridan qon oqa boshlagandi: u ro’parasida ko’rgan yagona narsa qaddini tik tutgan, shafqatsiz va sovuq, yovuzlikdan yaralgan Demen bo’ldi.
Qush tumshug’i bilan Markning boshini o’yib tashladi. Bolaning ko’zlari bir umrga yumildi.
Qanot tovushi tindi. Demen Markning jonsiz tanasiga qaradi va ovozining boricha qichqirdi. Uning ovozida yolg’izlik ohangi mujassam edi.
Markning atrofidagi qor oqayotgan qondan tobora qizarib borardi.
Demen cho’kkalaganicha Markning jasadini ko’tarmoqchi bo’ldi. U akasini hayotga qaytarishga urinardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:27:15
Demenning dodlagan ovozi Anna va Richardga yetib bordi. Ular yugurib kelishib, akasining jonsiz tanasi ustida engashib turgan Demenni ko’rishdi. U «Mark, o Mark...», degancha yig’lardi.
Annaning qichqirig’ini eshitib Demen boshini ko’tardi va bir zumda o’ziga keldi. U o’rnidan sakrab turdi.
- Biz aylanib yurgandik... - dedi Demen. - u yiqilib tushdi! U...
- Uyga jo’na! - baqirdi Richard.
Demen e’tiroz bildirishga urindi:
- Men hech narsa qilganim yo’q!
- Uyga jo’na, jin ursin seni! - Richard g’azabdan qaltirardi.
Demen uy tomon keta boshladi. Uning ko’zlaridan duvillab yosh to’kilardi.
- U yiqilib tushdi! - dedi bola yo’l-yo’lakay. - Men unga hech narsa qilganim yo’q!
Richard Demendan yuzini o’girdi va xotinining ustiga engashdi. Uni yelkasidan tutib turgizdi. Anna oyog’ida tura olishiga ishonch hosil qilgach, Richard jonsiz o’g’lini qo’liga oldi.
So’ngra Annaga tik qaradi. Uning ko’zlari xotinini ayblardi.
- Yo’q, yo’q, bu Demen emas. U...
Lekin u gapini tugata olmadi. Richard o’g’lining qonga belangan yuziga yonog’ini bosganicha qadam tashladi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:27:27
12

Tornlarning oilaviy sag’anasi Shimoliy qirg’oqda joylashgandi. Bu yerda Rejinald Torn xotini bilan abadiy uyquda yotardi; Richardning birinchi xotini Meri ham shu yerga ko’milgandi; Merion xola ham akasining yonidan joy olgandi.
Markni onasining yoniga dafn etishdi.
«Kuni kelib, - birdan o’ylay ketdi Richard Torn kichik qabr atrofida yig’ilganlarga bir-bir qararkan, - men ham shu yerdan joy olaman».
Richard bilan Anna qora kiyinishgandi. Annaning yonida turgan Demen moviy rangli kursantlar kiyimini kiyib yengiga qora tasma taqib olgandi.
Pol Buxer dafn marosimida «Torn Indastriz» kompaniyasi nomidan qatnashayotgandi. Akademiyadan faxriy qorovul bilan kelgan serjant Neff ham shu yerda edi. Tobutni qabrga tushirishganida kursantlar qo’llarini chakkalariga tirashdi, ulardan biri esa oldinga chiqib Markning burg’usini chaldi.
Burg’u ovozini eshitgan Anna ho’ngrab yig’lab yubordi. Tornga esa burg’u ovozi uning bolaligidagi qo’shiqni eslatdi. Bir paytlar u ukasi Jeremi bilan Akademiyada o’qishganida kursantlar bilan shu qo’shiqni kuylashardi. Xotiralardan Richardning ko’zi yoshga to’ldi va u yig’lab yubordi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:27:33
Ruhoniy ma’ruza o’qishni boshlagach, Richard teskari qarab oldi. Butunlay notanish odam Mark haqida nima deya olardi?
Richardning ko’zi Demenga tushdi va birdan sergak tortdi. Bola Neffga tikilib turar, Neff esa o’z navbatida Buxerdan ko’z uzmasdi. Buxerning nigohi Demenga qadalgandi. O’ziga xos kichkinagina uchburchak hosil bo’lgandi.
Tornni kimdir yengidan tortganday bo’ldi. U o’girildi va Annani ko’rdi. Uning yuzi yoshdan ho’l bo’lib ketgan, ko’zlari esa marosimdan chalg’imaslikni so’rardi.
Richard xotinining qo’lini siladi va qabrga tikilgancha, ruhoniyning so’zlarini tinglashga urindi. Lekin uni yana xayol olib qochdi.
U doktor Fidlerning xonasida bo’lib o’tgan suhbatni esladi.
- Bu qanday sodir bo’lishi mumkin? - so’ragandi Richard. - Axir siz uni tug’ilganidan beri kuzatib borasiz-ku. Nahotki, birorta ham belgi bermagan bo’lsa?
Oila shifokori qayg’u bilan bosh chayqagandi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:27:39
- Ming afsus. Ilgari ham shunday voqeaga duch kelgandim. Bola yoki erkak mutlaqo soppa-sog’ bo’ladi, lekin bu narsa inson tanasida joylashib olib qulay paytni kutadi. Uning arteriya devori juda nozik bo’lgan. Shu devor yorilib ketgan... - Shifokor qo’llarini yoydi.
Anna uning so’zini bo’ldi:
- Demak, u tug’ma bo’lgan ekan-da?
Fidler bosh irg’adi.
- Shunday. Chuqur ta’ziya bildiraman.
Ko’mish marosimi tugadi. Kuchli jala quya boshladi va hamma o’z mashinasi tomon yo’l oldi.
Richard xayrlashayotganlarning ta’ziyalarini qabul qildi, so’ng Anna va Demen o’tirgan avtomobilga o’tirdi. Limuzin asta o’rnidan qo’zg’aldi.
Oradan bir hafta o’tib kechki payt Tornlarning uyida telefon jiringladi. Nyu-Yorkdan bir ruhoniy qo’ng’iroq qildi va Richardning zudlik bilan yetib kelishini so’radi. U doktor Charlz Uorren og’ir ahvolda ekanini va tinmay Richard Tornni so’rayotganini ma’lum qildi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:27:47
Richardga narsalarini yig’ishtirish uchun bir necha daqiqa yetarli bo’ldi. Anna undan hech bo’lmasa ertalab ketishini iltimos qildi, lekin u bu haqda eshitishni ham istamasdi. U zudlik bilan yo’lga tushishi kerak edi.
- Men borishni istamayman, - qichqirdi u xotiniga, - lekin borishim shart!
Anna karavotga o’tirdi va sigaret tutatdi. Uning qo’llari qaltirardi.
- Charlz bilan telefonda gaplashib qo’yaversang bo’lmaydimi? - so’radi u. - Nyu-Yorkka borib nima qilasan? Charlz sening eng yaqin do’sting emas-ku, yarim tunda uning yoniga borgani.
- Uning hayoti xavf ostida ekanligini va mening borishim shart ekanligini aytishdi, - dedi Richard. U biror narsani unutmadimmi, degan xayolda xonaga ko’z yugurtirdi.
- Sen bizga bu yerda judayam keraksan, - dedi Anna.
Richard unga qaradi.
- Iloji boricha tezda qaytaman. - U Annaning yonog’idan o’pdi va eshik tomon yo’naldi.
- Ertaga Demenga nima deyman? - so’radi Anna.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:27:54
Ostonada turgan Richard bir oz kalovlanib qoldi. U bu haqda o’ylamagandi.
- Unga, - dedi Richard, - men Charlzga Nyu-Yorkda bojxona masalasida yordam berishim kerakligini ayt. Biror bahona o’ylab top. Faqat haqiqatni aytib qo’yma!
Oyoq uchida zinadan tushib limuzin tomon borayotgan Richard Demenning yotoqxonasi eshigi qiya ochilganini sezmadi. Mushuknikidek sap-sariq ko’zlar zulmatni yorib o’tdi.
Samolyot ko’tarilishi bilan Richard Bugengagenning xatini qo’liga oldi. Torn soatiga qaradi. Soat besh yarim bo’lgandi. Nyu-Yorkka yetti yarimda, kechi bilan sakkizda yetib boradi. Shahar bu paytda endigina uyg’onayotgan bo’ladi.
Richard xatni o’qishga kirishdi:
«Yirtqich shunday yaratilganki, unga sajda qilmagan har bir inson o’ldiriladi».
Torn titrab ketdi. Keyingi bir necha oy ichida shunchalik ko’p o’limlar sodir bo’ldiki, ularni tasodif deyish qiyin edi. Bu o’limlar zanjirida birinchi bo’lib Merion xola turardi. Tornning miyasida uning gaplari aylana boshladi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:28:02
«Demenning ta’siri dahshatli, nahotki buni payqamayotgan bo’lsalaring? - degandi Merion xola. - Nima, Markdan ajrashni, uning o’limini istaysizlarmi?»
Keyin esa anovi jurnalist Joan Xart. Dahshatli fojia. Gazetada yozilishicha, u dahshatli tarzda azoblanib o’lgan. Bu kimga kerak edi?
«Barchangizning hayotingiz xavf ostida! - ogohlantirgandi Joan. - Xudoga ishoning!»
Keyin esa Axerton. Yana bir g’alati yo’qotish. U kimga xalaqit bergandi? Torn mana shuni tushuna olmadi. Pasarianning o’limi ham tushunarsiz edi.
Richard dunyodagi eng yirik korporatsiyalardan biri bo’lgan o’z kompaniyasi haqida o’ylay boshladi. Vaqti kelib, u Demenga o’tadi. Shu zahoti uni o’ylantirayotgan savollarga javob topildi. Axerton Buxerning yo’liga to’g’anoq bo’lgan va shuning uchun yo’q qilingan. Buxer kompaniya prezidenti bo’ldi va uning rejalari amalga osha boshladi. Lekin ish u istaganchalik silliq ketmadi. Qandaydir muammolar paydo bo’ldi va buni birinchi bo’lib Pasarian sezib qoldi. So’ngra... halok bo’ldi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:28:08
Buxerning rejalari amalga oshsa, Demen butun yer yuzini oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan korporatsiyaning xo’jayini bo’ladi.
Torn Markni ko’mish marosimini va Demen, Buxer hamda Neff o’rtasidagi g’alati aloqani esladi. Neff qanday vazifani bajaradi? Richard bu savoliga javob topish uchun yana xatga nazar tashladi:
«... va butun yer yuzi yirtqich ortidan ergashdi va yirtqichga qudrat bergan ajdarga sajda qildi. Va ajdar ta’zim qilarkan, yirtqichga kim bas kela oladi, dedi».
Ajdar.
Balki, Neff xuddi o’sha ajdardir? Jang olib borishdan saboq beruvchi harbiy...
«Va u barcha iymonlilar bilan urush olib boradi: u barcha xalqlar ustidan hukmronlik qilishni istaydi...
Va u Maliklar Maligiga qarshi bosh ko’taradi...»
Torn u yog’ini o’qiy olmadi. Uning ko’zlari og’rir, xayoli esa chalkashib ketgandi. U biror narsa haqida o’ylaydigan holatda emasdi. Richard uxlab olishi zarur edi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:28:15
Torn birdan dunyoda sodir bo’layotgan voqealarni o’ylab ketdi. Yaqin Sharqdagi vaziyat borgan sari umumiy urushga aylanib ketish xavfi ostida turar, ehtimol, unga ko’plab davlatlar qo’shilishi mumkin edi. Bu Uchinchi jahon urushi deb ataladi. Albatta, agar buni shunday deb ataydigan biror inson tirik qolsa.
Yadroviy qurollanish jadal sur’atlarda tarqalayotgandi. Deyarli har bir davlat atom bombasiga ega edi. Bor-yo’g’i bitta bomba portlasa kifoya - shu zahoti zanjirli reaktsiya boshlanadi: har bir davlat yer yuzidan yo’qolib ketmaslik uchun boshqa davlatni yo’q qilishga tushadi.
Nyu-York bu yil fojiaga duch kelgan shaharlar qatorida edi. London, Parij, Moskva, Tokio - bu shaharlarda dahshatli fojialar yuz bergandi. Hamma yoqda talonchilik, o’g’irlik, zo’ravonlik va qotilliklar avjga chiqqan, ular borgan sari shafqatsiz tus olayotgandi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:28:21
Dunyo xaritasida ofat yuz bermagan biror-bir shahar deyarli qolmagandi.
Aftidan, insonlar kundan-kunga hissiz va bemehr robotlarga aylanib borishayotgandi. Bu bema’ni hayotda ular bir daqiqaga to’xtash va o’ylashga vaqt topolmasdilar. Odamlar tobora atrofidagi olamdan o’zlarini o’rab, mustahkam uy-qo’rg’onlariga yashirinib olishayotgandi.
Tabiatda ham tushunib bo’lmas va g’aroyib voqealar sodir bo’layotgandi. Ilgari qor haqida gap ham bo’lishi mumkinmas joyda qor yog’ar, seryog’in joylarda qurg’oqchilik boshlanib, taqir yerlarni sel bosardi. Bo’ronlar, to’fon va zilzilalar yer yuzini vayron qilayotgandi. Falokatlar kundan-kunga ko’payayotgandek edi.
Torn uyqusiga qarshilik qila olmadi. Charchoqdan uning ko’zlari yumildi. U notinch uyquga ketdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:28:33
13

Kompaniyaga qarashli samolyot la Gardia aeroportining qo’nish chizig’iga kelib tushganida tong allaqachon yorishgandi.
Torn kerishdi va esnaganicha soatiga qaradi. Yettidan qirq besh daqiqa o’tgandi.
Birdan Richard o’zini ahmoq bo’lgandek his qildi. Uorrenning ahvoli haqida qandaydir ruhoniy qo’ng’iroq qilgani uchun ming mil bosib kelgani Tornga bema’nilikday tuyuldi. Buning ustiga Richardning Charlz bilan bo’lgan so’nggi suhbati janjalga aylangandi. Torn endi u bilan ilgarigi munosabatini tiklay olmasligiga ishonardi.
Lekin o’sha oqshomda Uorren aytgan so’zlar Richardning yuragida toshdek qadalib turardi. Endi Richardning o’zi ham Igael devorini o’z ko’zi bilan ko’rish va barcha narsani anglash ishtig’qida yonardi.
Richardni Uorrenning o’zi emas, balki ruhoniy qo’ng’iroq qilgani jiddiy tashvishga solgandi. Ehtimol, Uorren uni Nyu-Yorkka shu yo’l bilan keltirmoqchi bo’lgandir. Torn aeroport binosidan chiqib o’tirdi va ruhoniy aytgan manzilni aytdi. Taksichi Tornga hayron bo’lib qarab yelkasini qisdi va mashina joyidan qo’zg’aldi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:28:42
Taksida o’tirgan Torn bularning barchasi kim uchun naf keltiradi, degan savolga javob izlardi. Birdan u bu dahshatli hodisalar faqat Demen Torn manfaati uchun foydali ekanligini anglab yetdi.
Demenni qudratli kompaniyani boshqarish imkoniyatidan faqat ikki kishi to’sib turardi: Richard Torn va uning xotini.
Torn Uorren nima uchun u bilan uchrashishni istayotganini taxminan bilardi. Charlz undan Demenni o’ldirishni so’raydi.
Bunday iltimos ilgari ham bo’lgandi. Bugengagen va Jeremi Torn. Ular yetti yil ilgari bu ishni amalga oshirishga urinishgandi, ammo halok bo’lishgandi.
- Yo’l kirani hozir to’laysizmi? Sizni kutib turaymi? - Taksichi Tornning xayolini bo’ldi.
Richard uzr so’ragandek ming’irladi va cho’ntagidan hamyonini chiqardi. U haydovchiga o’ttiz dollar to’lab mashinadan tushdi va atrofga alangladi. U temir yo’l yaqinida joylashgan yarim xaroba ibodatxona oldida turardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:28:48
Richard ibodatxonaga yaqinlashib eshikni itardi. Ibodatxona ichi chang-g’ubor bilan to’lgandi. Yog’och o’tirgichlar xuddi ag’darilib ketadigandek ko’rinardi.
Torn ichkaridagi eshik tomon yurdi. Birdan eshik ochilib, bo’yi unchalik baland bo’lmagan bukri ruhoniy ko’rindi.
- Janob Torn?
Richard bosh irg’adi.
Ruhoniy oqsoqlanganicha unga yaqinlashib ko’rish uchun qo’lini uzatdi.
- Men ruhoniy Uenstonman. Kelganingiz uchun rahmat. - U Tornning qo’lini qisdi. - Janob Uorren sizni kutyapti. - Ruhoniy yo’l boshladi.
Richard uning ortidan ergashdi.
- Qo’ng’iroq qilganingiz uchun rahmat, - dedi u. - Doktor Uorrenga nima bo’ldi?
- U men bilan gaplashishni istamayapti, faqat u dahshatli sarosimaga tushganiga mening ishonchim komil.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:28:56
Ular yo’lakdagi eshiklardan biri oldida to’xtashdi va ruhoniy eshikni ohista taqillatdi. Ichkaridan xirildoq ovoz eshitildi: «Kim u?». Bu Uorrenning ovoziga o’xshamasdi.
- Janob Torn keldi, - dedi ruhoniy.
Eshik ochildi va ostonada Uorren paydo bo’ldi. Uning ko’rinishi g’alati edi. U qandaydir dahshatli kasallikka chalingandek edi. Charlzning ko’zlari qizarib ketgan, yonoqlari osilib qolgan, rangi esa sarg’ayib ketgandi.
- Richard? - dedi u xavotirli ohangda.
- Ha, menman, Charlz.
Uorren oldinga tashlandi. U Tornning yoqasidan ushladi va xona ichiga sudradi. Eshikni yopib, zulfinini tushirib qo’ydi.
- Yirtqich oramizda, - pichirladi u. - Bu hammasi haqiqat! Men devorni ko’rdim...
- Charlz, iltimos, quloq sol...
- Men uni ko’rdim! Dahshat! - Uorren qaltiray boshladi.
Torn Uorrenning yelkasidan ushladi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:29:01
- O’zingni qo’lga ol! - Richard o’z ko’zlariga ishonmasdi. Nahotki uning ro’parasida uzoq yillar davomida muzeyni boshqargan va sodiq do’st bo’lgan kishi turgan bo’lsa?
Uorren birdan qaltirashdan to’xtadi. U Tornga tikildi.
- Endi sen menga ishonasan, Richard, - dedi u, - yoki hali ham meni telba deb o’ylayapsanmi?
Torn Igael devorini o’z ko’zi bilan ko’rishi shart edi.
- U qaerda? - so’radi u. - Igael devori qaerda?
Uorren va Torn yuk vagonlari turgan temir yo’l bo’ylab ketishardi. Charlz vaqti-vaqti bilan to’xtar va osmonga qarab qo’yardi.
Nihoyat, ular «Torn Indastriz»ning konteynerlarida turgan vagon yoniga yetib kelishdi. Uorren qulfni ochdi. Torn Charlzga qarab turgandi.
Richard vagonga chiqdi va Uorrendan so’radi:
- Chiqmaysanmi?
Uorren bosh chayqadi va yana osmonga qaradi. Kutilmaganda u dahshatdan qotib qoldi.
Torn u tikilib turgan tomonga qaradi. Yigirma fut balandlikda ulkan qora quzg’un aylana yasab uchardi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:29:06
Richard qo’rqqanidan vagonga yopishib qolgan Uorrenga qaradi.
- Chiq, Charlz. - U Uorrenni tinchlantirishga urindi. - U bor-yo’g’i oddiy qush-ku.
U quzg’undan ko’zini uzmay bosh chayqadi.
Torn uf tortdi va vagon ichiga kirdi.
Vagon turli o’lchamdagi qutilar bilan to’la edi. Qutilardan biri kimdir tomonidan ochilgandi.
Shu payt uzoqda turgan uzun eshelon birdan yura boshladi.
Og’ir vagonlar shovqin bilan bir-biriga urilganicha «Torn Indastriz» konteynerlari turgan yakka vagon tomon harakatlana boshladi.
Vagon yonida turgan Uorren ko’zlarini yumib iltijo qila boshladi. Kutilmaganda qo’shni yo’ldan katta tezlikda poezd o’tdi. Uorren o’zini yerga tashladi. Poezd o’tib ketgach, Charlz oyoqqa turdi va vagonning old tomoniga o’tdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:29:12
Torn vagon ichidagi qutilardan birida devor bo’lagini ko’rdi. Devor juda qadimiyga o’xshardi. Uning bo’g’qlari unchalik o’chmagandi. Richardning ko’zi devordagi suratga tushdi. Bu go’dakning tasviri edi. Lekin uning yuzi chaplashib ketgandi.
Tashqarida esa og’ir eshelon borgan sari tezlikni oshirardi. Eng oldindagi vagon zanglab ketgan uzun-uzun temirlar bilan qoplangandi. Eshelon yo’lni buruvchi ko’rsatkichga yaqinlashdi. Ko’rsatkich ishga tushdi va yo’l almashdi. Vagonlar «Torn Indastriz» yuklari joylangan vagon tomon burildi.
Uorren yo’l o’rtasida turgancha ko’zlarini mahkam yumdi va duo o’qiy boshladi. Uning tepasida esa quzg’un borgan sari tezroq aylana boshladi.
Torn qutining keyingi bo’limida devorning boshqa qismini ko’rdi. Unda Shaytonning do’zax chetida osilib turgan payti aks eks etgandi. Lekin bu suratda ham Shaytonning yuzi chaplashib ketgandi.
«Jinni bo’lib qolmadimmikin? - o’yladi Torn. - Hech qanday isbot yo’q-ku».
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:29:19
Richard qutining so’nggi bo’limini ochdi.
Va shu lahzada u inson qig’fasini ko’rdi. Uni xuddi bir necha yil ilgari chizishgandek edi, surat aniq-tiniq edi.
Bu Demen Tornning yuz qig’fasi edi.
Unda ayrim farqlar ham bor edi, albatta. Rassom soch o’rniga uzun tillarini chiqarib turgan ilonlarni chizgan, ko’zlar esa insonniki emas, mushukniki kabi sap-sariq edi. Lekin bu Demenning yuzi ekanligi aniq edi.
Vagonlar Torn turgan vagonga borgan sari yaqinlasha boshladi. Duo o’qiyotgan Uorren ko’zlarini ochdi, lekin o’zini chetga olib qochish uchun endi kech bo’lgandi. Katta tezlikda kelgan vagon Uorrenning tanasini «Torn Indastriz» vagoniga qapishtirib tashladi. Uorren dahshat va og’riqdan qichqirdi.
Vagon ichidagi Richard zarbadan yiqilib tushdi. Igael devori asta-sekin qulay boshladi. Richard o’zini zo’rg’a olib qochishga ulgurdi. Devor hozirgina u yotgan joyga quladi va parcha-parcha bo’lib ketdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:29:28
Torn uzoq yo’l bosib ko’rgani kelgan dalil endi yo’q edi.
Lekin Torn buni o’ylamadi ham. U vagondan sakrab tushdi va yuragi potirlagancha Uorrenni izlay boshladi. Uorren hali tirik edi. Uning oyozidan qon oqar, ko’ylagi qip-qizil bo’lib ketgandi.
- E, Xudo! Charlz! - Dahshatga tushgan Torn o’layotgan do’stiga tashlandi.
- Pichoqlarni... top. - Charlz zo’rg’a nafas olardi.- Bola... o’lishi... shart.
- Pichoqlar sendami? - qichqirdi Torn.
- Ket, - dedi Uorren, - hali ham kech emas!
Torn yuqoriga qaradi. Vagon tomida quzg’un unga ko’zlarini tikib o’tirardi. Torn yana Uorrenga qaradi.
- Pichoqlar qaerda? - U birdan o’zining ham hayoti xavf ostida ekanligini angladi.
Lekin Uorren hech nimani eshitmasdi. Uning ko’zlari qotib qolgandi.
Torn qo’rquvdan o’zini orqaga tashladi.
Shu lahzada quzg’un qag’illaganicha Tornga qarab otildi.
Richard jon-jahdi bilan qocha boshladi. Quzg’un uning tepasida bir-ikki aylandi, so’ng uchib ketdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:29:43
14

Devidson harbiy Akademiyasida shaxsiy qurolni topshirish marosimiga bag’ishlangan kecha bo’layotgandi.
Marosim Akademiya hovlisida o’tkazilayotgandi. Ota-onalar va boshqa kursantlar esa balkonda turishganicha eng a’lochi bolalarga mukofot topshirilishini tomosha qilishayotgandi.
Bu yil olti nafar kursant shunday mukofotga munosib topilgandi. Demen ham ular orasida edi. Mark ham mukofotga sazovor bo’lgandi va besh kursant shunday tarzda saflanishdiki, ularning safida bir kishi yo’qligi bilinib turardi.
Demen mayorurlik bilan qaddini g’oz tutganicha o’z navbatini kutib turardi. U hali ham bilagiga qora mato taqib yurardi.
Anna balkonda Buxer bilan birga turardi. U yig’lab yuboray dedi. Buni sezgan Buxer unga ro’molcha uzatdi.
Balkonning qarama-qarshi tomonida qizlar to’planib turishardi. Ularning hammasi bir xil ko’ylak kiyib olishgandi. Qizlar orasida bir sohibjamol ajralib turardi. Uning orqasida qora kostyum-shim kiygan ikki barzangi turishardi. Bir qarashdayoq ularning tansoqchilar ekanligini bilish mumkin edi. Qizning otasi, Illinoys shtati gubernatori farzandiga birov ozor yetkazishini istamasdi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:29:49
Tantanali marosim davomida qiz Demendan ko’zini uzmadi.
Ismi e’lon qilinganda Demen oldinga chiqdi. Poshnalarini bir-biriga qarsillatib urgancha mukofot beruvchining oldida g’oz qotdi.
Demen shaxsiy qurolini olgach, mukofot beruvchi unga ikkinchi xanjarni uzatdi.
- Mana buni ham ol, - dedi u qurolni topshirarkan. - Bu oramizda endilikda yo’q bo’lgan akang Markniki. U bu mukofotga loyiq edi.
Yig’ilganlar qarsak chalib yuborishdi. Anna yoshlangan ko’zlarini artdi. Gubernatorning qizi hammadan qattiqroq qarsak chalardi.
Demen ta’zim qildi va ortiga qaytdi.
Annaning yonida haydovchi Myurrey paydo bo’ldi. Myurrey uning qulog’iga nimadir deb shivirladi. Anna bosh irg’adi va Buxerga murojaat qildi:
- Men ketishim kerak, Pol. Richard qaytib kelyapti ekan. Uni aeroportda kutib olmoqchiman.
Buxer bosh silkidi.
- Kechki bazmga kelasizlarmi? - qiziqdi u.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:29:57
Anna yelkasini qisdi.
- Harakat qilamiz, - dedi u va Myurreyning ortidan shoshildi.
Buxer uni kuzatib qoldi, so’ng pastga qaradi va Neffning nigohini topdi. Ular bir vaqtning o’zida bosh irg’ashdi va o’girilishdi.
Anna avtomobilning orqa o’rindig’ida o’tirardi. U Richardning kelishini sabrsizlik bilan kutayotgandi.
Samolyot deyarli avtomobil yonida to’xtadi. Motorlar o’chdi va zina tushirildi. Eshik ochilib, Richard shoshilgancha pastga tusha boshladi.
Richard Anna bilan so’rashish o’rniga Myurreyga gap qotdi:
- Demen qani? - Uning ovozi hayajondan qaltirardi.
- Akademiyada, janob, - bunday savolni kutmagan Myurrey kalovlanib qoldi.
- Biz taksida muzeyga boramiz. Siz esa hoziroq Demenni olib muzeyga boring. - Richard orqa eshikni ochib, xotinining mashinadan tushishini kutib turdi. - Ketdik, - buyurdi u, - sen men bilan borasan.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:30:05
Ular aerovokzal binosi tomon shoshilishdi. Anna eridan qolib ketmaslikka urinardi. U nima bo’layotganini tushunolmasdi. Myurrey ularning ortidan qarab qoldi va birdan uning ko’zlarida nafrat uchquni chaqnadi.
Bazm avjida edi. Bu yerdagi o’smirlar va qizlar xuddi qadim zamonlardan kelib qolishgandek edi. Kursantlar bayram mundirini kiyib olishgan, qizlar esa etagi yerga tekkudek ko’ylaklarda edilar.
Devor yonida raqs tushishni istamagan o’smirlar turishardi: kimdir uyalar, kimdir esa raqs tushishni bilmasdi. Bir guruh qizlar ham ularning ro’parasida turib olishgan, yigitchalar bilan ko’z urishtirishardi.
Qarshi tomondagi devor yonida Demen va Neff raqs tushayotganlarni kuzatib turishardi. Neff birdan ikki tansoqchi hamrohligida Demendan ko’zini uzmay turgan qizni ko’rib qoldi.
- Uni raqsga taklif qil, - dedi serjant Demenga.
- Gubernatorning qizini-ya? - dedi Demen.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:30:11
Neff bosh silkidi.
Demen jilmaydi.
- Ularning oilasi bilan tanishman, - dedi u serjantga va qiz turgan tarafga yo’l oldi.
Neff uni kuzatib qoldi. Serjantning yuzida qoniqish ifodasi bor edi.
Richard muzeyning pastki qavatiga olib boradigan zinadan yugurib tushardi. Uning ortidan Anna yugurardi.
- Men bunga ishonmayman! - dedi u eriga yetib olishga urinarkan.
- Bunga ishonishing shart! - e’tiroz bildirdi Richard. - U Markni o’ldirdi, Axerton va Pasarianni ham u o’ldirdi.
- Bas qil! - yolvordi Anna unga yetib olib qo’lidan ushlarkan. Richard o’girildi.
- Qotilliklar davom etaveradi. U yo’liga qarshi chiqqan har bir kishini o’ldiradi. - Richard xotinining changalidan qutulib chiqdi va zina bo’ylab pastga tashlandi.
- Qanaqasiga? - baqirdi Anna. - Qanday qilib o’ldirgan? Nima, muzni yorilishga majbur qilganmi?..
- Yo’q, - eri uning so’zini bo’ldi, - u o’zi emas...
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:30:19
- Yoki gaz quvurini yorib yubordimi?..
Richard yarim yo’lda qotib qoldi va xotiniga qaradi.
- Boshqalar ham bor, - dedi u. - Uning atrofidagilar.
- Richard, - dedi Anna o’zini xotirjam ko’rsatishga urinarkan, - nima deyayotganingni o’ylab ko’r! Bu bema’nilik-ku! Qanaqa «boshqalar»? Shaytonlarmi? Shaytonlar maxfiy tashkilotimi? Richard, iltimos!
Richard uning qo’lidan ushladi.
- Anna, - dedi u yolvorgannamo, - men Charlzning qanday halok bo’lganini ko’rdim...
Annaning nafasi bo’g’ziga tiqilib qoldi. U Uorrenning o’lganini endi eshitayotgandi.
- Igael devorida Demenning yuzini ko’rdim!
Oraga uzoq jimlik cho’kdi.
Richard va Anna bir-birlariga qarab qotib turishardi: bu dahshatli kurashdagi ikki raqib. Richard faqat bir narsani istardi: Annaning unga ishonishini. Anna esa bularning hammasi hazil bo’lib chiqishini xohlardi. Mayli, dahshatli bo’lsa-da, hazil bo’lib chiqishini.
- Nima qilmoqchisan? - so’radi u.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:30:27
Demen gubernatorning qizi bilan raqs tushardi. Bolalar ularni kuzatib turishar, aksariyat qizlarda esa rashk hissi uyg’ongandi.
Raqs tushayotib, Demen zal burchagida Neff bilan Myurrey turishganini ko’rdi. Ular nima haqdadir jiddiy suhbatlashishardi. Haydovchi Demenning nigohini sezdi.
- Kechirasiz, - dedi Demen qizga, - men tezda qaytaman. - U gubernatorning qizini tansoqchilar yoniga kuzatib qo’ydi va Myurrey bilan Neffning oldiga yo’l oldi. Demen ularga yaqinlashganida Neff u tomon qadam tashladi va dedi:
- Ehtiyot bo’ling!
Demen unga sovuq nazar tashladi va dona-dona qilib dedi:
- Kimligimni unutib qo’yibsiz.
Neff xuddi uzr so’ragandek boshini egdi.
Demen o’girildi va Myurreyning ortidan ergashdi. Ular avtomobil tomon yo’l olishdi.
Richard nihoyat kalitni topdi va doktor Uorrenning xonasini ochdi. U xona ichiga otilib kirib chiroqni yoqdi va nimanidir qidira boshladi: qutilarni u yoqdan bu yoqqa surdi, stollar ostiga qaradi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:30:35
- Nima qilyapsan? - dedi Anna ostonada turarkan. Richard javob qaytardi:
- Pichoqlar shu yerda. Shu yerda bo’lishi kerak.
Anna xonaga yugurib kirdi.
- Richard, yo’q! - qichqirdi u. - Unday qilma! Bunga yo’l qo’ymayman...
Richard uni itarib yubordi.
- Ket! - buyurdi u. - Pichoqlar shu yerdaligini bilaman.
Anna dahshatga tushdi.
- Uni o’ldirmoqchimisan?
Richard shkafni titkilashda davom etdi.
- U shu yerda bo’lsa...
- Yo’q!
- Anna, bu bola odam emas! - Torn qulfloyoliq qutini topdi.
- U ukangning o’g’li-ku! - Anna ho’ngrab yubordi. - Yetti yil davomida uni o’z o’g’lingdek yaxshi ko’rib kelding!
Lekin Richard uni eshitmasdi. U qutini ochishi kerak edi. U birorta asbob topish ilinjida u yoq-bu yoqqa alangladi va turli arxeologik asboblar turgan qutini ko’rib qoldi. Uning ichida bolg’a bor edi. Torn uni oldi va qutiga engashdi.
Muzey ro’parasiga avtomobil kelib to’xtadi. Undan Demen tushib keldi. U Myurreyga nimadir dedi, so’ng zina bo’ylab yuqoriga ko’tarildi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:30:44
15

- To’xta, Richard! - yolvorardi Anna. - Iltimos, to’xta!
Lekin Richard xotinini eshitmasdi. U quti qulfini sindirdi va sovuq yiltirayotgan yetti dona pichoqqa qandaydir qoniqish bilan qaradi.
BU PAYTDA ESA DEMEN PASTKI QAVATGA OLIB BORADIGAN ZINADAN YUGURIB TUSHARDI. UNING QULOFIGA UZOQDAN OVOZ ESHITILDI, ANNA NIMALARDIR DEB YOLVORAR, RICHARD ESA QARSHILIK QILARDI. DEMEN PASTGA TUSHISHDA DAVOM ETDI.
Anna erini itarib yubordi va pichoqlarni qo’liga oldi.
- Bunga yo’l qo’ymayman... - chinqirdi u. Richard Annaga tikildi.
- Pichoqlarni ber, Anna.
U bosh chayqadi, ko’zidan esa duvillab yosh to’kilardi.
- Anna, - dedi Richard. - Ularni menga ber.
Ular bir-birlariga tikilishdi.
Nihoyat, Anna undan ko’zini olib qochdi.
DEMEN UORRENNING XONASI ESHIGI ORTIDA TURARDI. U DIQQAT BILAN QULOQ SOLDI. UNING NIGOHI TO’FRIGA QARATILGANDI. DEMEN KO’ZLARINI YUMDI. U BOSHDAN-OYOQ TITRAY BOSHLADI.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:30:51
Anna talmovsiradi. U qandaydir harakatdan o’zini to’xtatishga urinayotgandek edi. U eriga qaradi.
Richard pichoqlarga qo’l uzatdi.
Kutilmaganda Anna yovvoyilarcha oldinga tashlandi. Uning yuzi bujmaydi, nigohi esa telbavor edi. U eriga yaqinlashdi va uning qulog’iga shivirladi:
- Mana, Richard, mana pichoqlaring! - va qo’lidagi pichoqlarni erining tanasiga sanchdi.
Dahshat va og’riqdan Richard ko’zlarini katta-katta ochdi.
- Anna! - deya oldi u yuztuban yiqilarkan va pichoqlar uning tanasiga yanada chuqurroq kirdi.
Anna boshini maqrur ko’tardi, uning ko’zlari g’olibona chaqnar, labida esa tabassum bor edi. Va u qichqirdi:
- Demen!
Demen titrashdan to’xtadi va ko’zlarini ochdi. U eshik tutqichiga qo’lini cho’zdi, so’ng unga kimdir qarshilik qilgandek, ikkilanib qoldi. Demen bir oz o’ylanib turdi. So’ngra shartta orqasiga qayrilib zina tomon yo’l oldi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:30:57
Uorrenning xonasi bilan yonma-yon bo’lgan qozonxonada eng katta qozonlardan biri silkina boshlandi...
Anna xonada turardi.
Demen qadamini tezlatdi.
Shu lahzada qozon portladi. Qaynoq yoqilg’i oqimi ventilyatsion panjara orasidan Uorrenning xonasiga kirdi. Garangsib turgan Annani olov qoplab oldi. U qichqirdi va ... tirik mash’alaga aylandi.
DEMENNING BU YERDA QILADIGAN ISHI NIHOYASIGA YETGANDI. U TEZDA ZALNI KESIB O’TDI. PASTDAGI YONFINDAN ISHLAB KETGAN SIGNALIZATSIYA OVOZI HAMMAYOQNI TUTIB KETGANDI.
Yong’inni o’chirish tizimi ham ishga tushdi. Annaning tanasidan buq ko’tarildi.
Anna qichqirdi:
- Demen! Demen!! Demen!!!
Muzeydan chiqish eshigi oldida Demen qadamini sekinlatdi va ortiga qaradi. Uning ko’zlarida qayg’uga o’xshash ifoda bir chaqnab o’tdi. Keyin u eshikni ochdi va zulmat tomon qadam tashladi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:31:12
Birdan uzoqdan sirena tovushi eshitildi. Muzey tomonga o’t o’chirish mashinalari kelmoqda edi.
Muzey ro’parasida uzun qora limuzin turardi. Myurrey har doimgidek orqa eshikni ochib xo’jayinini kutayotgandi.
Demen yugurib kelib mashina ichiga o’zini tashladi.
Ichkarida Pol Buxer va serjant Neff o’tirishardi. Ular kulimsirab qo’yishdi.
Myurrey mashinani yurgizdi. Limuzin tun qo’yniga singib ketarkan, Demen yana bir marta o’t ichida qolgan muzey binosiga qaradi. Olov shu’lasi mashina oynasida, Demenning yuzida aks etardi.
Uning ko’zlari quvonchdan porlardi...
Demen iljayib qo’ydi...

Ikkinchi kitob tugadi.

Ruschadan Dilshodbek Asqarov tarjimasi.
Nom: Re: Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard
Yuborildi: AbdulAziz 08 Yanvar 2009, 07:19:09
Omen (ikkinchi kitob)

(http://www.ziyouz.com/images/books/omen2.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=11)

Muallif: Jozef Hovard
Hajmi: 206 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=11)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=353.0)