forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Muhyiddin 08 Aprel 2009, 20:51:13

Nom: Insonligingni ketkazma!...
Yuborildi: Muhyiddin 08 Aprel 2009, 20:51:13
Insonligingni ketkazma!...

Shayx Abdulqodir Giyloniy "œMaktubot" asari

3 maktubdan parcha

U ne muazzam hisob kunidirki, o’shal kunni o’ylasang, hatto, daxshatidan titrab ketasan. Chunki Alloh taolo o’sha kungi hisobni shunday bildirmoqda: "œ"¦ Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o’sha narsa bilan hisob-kitob qiladi"¦" (Baqara, 284) oyati karimasidagi shuqur ma’noni anglamoqqa harakat qil.

Bu hisobdan faqat hayoti dunyoda imtihonini yaxshi topshirganlar xalos bo’lajaklar. Insonligiga yarashgan bir shaklda hayotini nihoyalaganlar, ozodlik farmonini oladilar. Buning uchun sen behuda narsalar bilan mashg’ul bo’lma, borlig’ingni saqlayajak yo’llardan yur. "œ"¦Ular chorvalar kabidirlar, yo’q, ular (beaql, befahmlikda) chorvalardan ham battardirlar"¦" (A’rof, 179) oyati karimasi ila bilidirilgan zumraga doxil bo’lmaslikka harakat qil. Ularning ovunchog’I (bo’lgan) o’tkinchi zavqlarga berilishdan o’zingni saqla. Vaqtinchalik hayvoniy hislar mazasi uchun o’zingni kirlatib, insonligingni ketkazma!"¦