forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: siddiqa 11 Aprel 2009, 06:11:28

Nom: Abdurahmon Qoya. Islom axloqi
Yuborildi: siddiqa 11 Aprel 2009, 06:11:28
XALQARO ISLOM TADQIQOT MARKAZI

ABDURAHMON QOYA

ISLOM AXLOQI

"Movarounnahr" nashriyoti
Toshkent
1997

Tarjimon: Anvar HOJIAHMAD
Mas’ul muharrir: Abdug‘ani ABDULLOH
Tartiblovchi muharrir: Yoqub UMAR

Qo‘lingizdagi kitobcha ma’naviyatimizning azaliy manba’laridan biri bo‘lgan islom axloqiga bagishlangan. Uning sahifalarini varaqlar ekansiz, islomiy qadriyatlar: odamiylik, halollik, adolatparvarlik, do‘stlik, saxovat, vafo singari olijanob fazilatlar mohiyati va ahamiyatini yaxshiroq bilib olasiz, zararli illatlar oqibatini chuqurroq anglab yetasiz, diniy urf-odatlar, bayramlar, muborak kunlar haqida qiziqarli ma’lumotlar olasiz. Ayni vaqtda axloq haqidagi ko‘plab oyati karimalar va hadisi shariflardan bahramand bo‘lasiz.


MUNDARIJA

Tarjimondan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3547.msg167960#msg167960)
I. Axloq nima? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3547.msg167961#msg167961)
Axloqiy burchlarimiz qaysilar?

II. Axloqiy burchlarimiz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3547.msg167962#msg167962)
1. Alloh va payg‘ambar oldidagi burchlarimiz
2. O’zimizning oldimizdagi burchlarimiz
3. Oilamiz oldidagi burchlarimiz
4. Vatan va millatimiz oldidagi burchlarimiz
5. Insoniyat oldidagi burchlarimiz

III. Chiroyli xulqlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3547.msg168181#msg168181)
1. To‘g‘rilik
2. Mehnatsevarlik
3. Marhamat va yumshoq ko‘ngillilik
4. Hamdardlik va saxiylik
5. Odob va hayo
6. Do‘stlik va qadrdonlik
7. Sabr
8. Shukr qilish
9. Kattalarga hurmat
10. Kichiklarga mehribonlik
11. Adolat
12. Omonat
13. Ahdida turish
14. Tavba

IV. Yomon xulqlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3547.msg168691#msg168691)
1. Yolg‘on va hiyla
2. G’iybat
3. O’g‘irlik
4. Odam o‘ldirish
5. Ichkilik ichish
6. Qimor
7. Zino qilish
8. Tuhmat
9. Takabburlik
10. Isrof
11. Hasad
12. Gunoh

V. Diniy odatlarimiz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3547.msg168735#msg168735)
1. Bolalarga ism qo‘yish
2. O’g‘il bolalarni sunnat qilish
3. Salomlashish
4. Bayramlar
5. Qurbonlik qilish
6. Kasallarni ziyorat qilish
7. Qabrlarni ziyorat qilish
8. Nikoh va uylanish

VI. Diniy bayramlarimiz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3547.msg169486#msg169486)
1. Juma
2. Bayram kunlari
3. Ashura kuni
4. Rajab, Sha’bon va Ramazon oylari
5. Rag‘oyib kechasi
6. Me’roj kechasi
7. Baroat kechasi
8. Qadr kechasi
9. Mavlud kechasi
Nom: Re: Islom axloqi
Yuborildi: siddiqa 11 Aprel 2009, 06:13:39
TARJIMONDAN

Islom axloqi... Necha-necha asrlar mobaynida shakllangan, qancha-qancha nasllar sinovidan o‘tib, o‘zining hayotiyligini, hamma zamonlar va avlodlar uchun muvofiqligini, kishilik jamiyati manfaatlariga mosligini, insoniyat kamoliga, ma’naviyat taraqqiyotiga xizmat qilishini amalda tasdiqlagan, shu tufayli davrlaru ellar e’zozini qozonib, zavol bilmay yashab kelayotgan o‘lmas bir ta’limot, umumbashariy hayot dasturi, ijtimoiy faoliyatning betakror qoidalari...
Muqaddas Qur’oni karimning tabarruk oyatlari, sarvari olam Muhammad mustafoning hadislariga asoslanuvchi islom axloqi necha-necha avlodlarni eng olijanob insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalagan, ezgulik, ijtimoiy adolat, o‘zaro totuvlik, birodarlik, mehribonlik kabi yuksak umumbashariy qadriyatlarni barqaror aylab, odamiylik, insonparvarlik tantanasiga xizmat qilib kelgan. Bu qadriyatlar hamon ma’naviyatimizning ustivor omillaridan bo‘lib kelmoqda.
Turk ilohiyotshunos olimi Abdurahmon Qoya qalamiga mansub ushbu kitobchada islom axloqining mohiyati va mazmuni, xilma-xil qirralari, ularning insoniy kamolotdagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi.
Islom axloqi, avvalo, har bir mo‘minni o‘z insonlik burchiga sadoqat ruhida tarbiyalaydi. Shuning uchun kitobchada musulmonlarning Alloh va payg‘ambar oldidagi, ona-Vatan va xalq-millat oldidagi, ota-ona va qarindoshlar, oila, butun insoniyat oldidagi, nihoyat, o‘zining oldidagi burchlari mufassal bayon qilinadi.
Islom axloqi insonparvarlik har qaysi musulmonning doimiy odatiga aylanishini, har qadamda odamlarga yaxshilik qilishni, jamiyat manfaatlarini hamisha o‘z manfaatlaridan ustun qo‘yishni taqozo etadi. Shu tufayli muallif o‘z asarida o‘quvchini halollik, mehnatsevarlik, saxovat, do‘stparvarlik, odob, adolat, sabr-qanoat kabi qator fazilatlar mohiyati va ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati bilan tanishtiradi.
Inson degan sharafli nomga nomuvofik, hatti-harakatlar, jamiyatga, odamlarga zarar keltiradigan, ularni ranjitadigan xulqu atvor islom axloqiga zid. Binobarin, tekinxo‘rlik va yolg‘onchilik, ichkilikbozlik va zinokorlik, tuhmat va hasad, takabburlik va ig‘vogarlik kabi illatlarning zararli oqibatlari ham kitobchada ancha keng yoritiladi. Asarda, shuningdek, islom olamiga xos urf-odatlar, diniy bayramlar to‘g‘risida ham qiziqarli ma’lumotlar beriladi.
Muallif islom axloqining har bir qirrasini ta’riflar ekan, o‘z fikrlarini Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflar bilan dalillab boradi. Asar ravon va xalqchil uslub, sodda, keng ommaga tushunarli til bilan yozilgan, shuning uchun ham hammabopdir.
Kitobchada ta’riflangan axloqiy qadriyatlarning aksariyati faqat ahli islom uchungina xos bo‘lib qolmay, jamiyatimizning har bir a’zosi, xususan, yosh avlod uchun g‘oyat ahamiyatlidir. Ular qadimiy madaniyatimizning muhim manba’laridan biri sifatida yangicha axloqni, istiqlol ma’naviyatini shakllantirish va kamol toptirishga xizmat qilishi shubhasiz. Shunday ekan, mazkur asar keng jamoatchilikka manzur bo‘ladi, deb umid qilamiz.

Anvar HOJIAHMAD
Nom: Re: Islom axloqi
Yuborildi: siddiqa 11 Aprel 2009, 06:16:36
I. AXLOQ NIMA?

Axloqiy burchlarimiz qaysilar?
Axloq - hayotdan yoki o‘qish-o‘rganish va oila tarbiyasi bilan erishilgan ruhiy holat demakdir.
So‘zlarida, ishlarida turli holat va harakatlarida durust bo‘lgan kishiga axloqli inson deyishadi.
Payg‘ambarimiz bir hadislarida: "Xulqi yaxshi bo‘lgan musulmon imon jihatidan eng mukammal musulmondir", - degan edilar.
Din insonlar bilan Alloh orasidagi munosabatlarni ham, odamlarning odamlar bilan munosabatlarini ham aniqlab bergan.
Inson dunyoda boshqa insonlar bilan birga yashaydi. qaerda birdan ortiq kishi bo‘lsa, u yerda insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi qonunlar, qoidalar, urf-odatlar bordir. Islom axloqi xam dinga asoslangan va o‘z kuch- qudratini islom dinidan olgan bir axloqdir.
Axloqiy burchlarimiz qaysilar?
- Alloh va payg‘ambar oldidagi burchlarimiz;
- o‘z oldimizdagi burchlarimiz;
- oilamiz oldidagi burchlarimiz;
- vatan va millatimiz oldidagi burchlarimiz;
- insoniyat oldidagi burchlarimiz.
Nom: Re: Islom axloqi
Yuborildi: siddiqa 11 Aprel 2009, 06:17:35
II. AXLOQIY BURCHLARIMIZ
1. Alloh va payg‘ambar oldidagi burchlarimiz.
2. O’zimizning oldimizdagi burchlarimiz.
3. Oylamiz oldidagi burchlarimiz.
4. Vatan va millatimiz oldidagi burchlarimiz.
5. Insoniyat oldidagi burchlarimiz.

1. Alloh va payg‘ambar oldidagi burchlarimiz
- Allohning borligi va birligiga ishonish;
- Alloh buyurgan ishlarni bajarish;
- Alloh man etgan ishlardan ehtiyot bo‘lish;
- Alloh bergan sanoqsiz ne’matlarga shukr qilish;
- Allohni hamma narsadan ulug‘ tutib, ko‘ngilga Alloh muhabbatini jo qilish;
- Alloh muhabbatini Alloh dahshatidan ustun qo‘yish;
- Allohga chin ko‘ngildan ibodat qilish;
- Alloh oldida hamisha tarbiyali, odobli bo‘lish. Uning ismini hurmat bilan tilga olish.
Insoniyatni qorong‘i bir dunyodan qutqarib, unga yorqin bir olam takdim etgan hamda bizga dunyo va oxirat baxtini hozirlagan kishi payg‘ambarimiz Hazrati Muhammaddir. Payg‘ambarimiz oldida turli bo‘rchlarimiz bor:
Nom: Re: Islom axloqi
Yuborildi: siddiqa 11 Aprel 2009, 06:18:31
- Hazrati Muhammadning payg‘ambarligiga ishonish;
- payg‘ambar xabar bergan diniy masalalarning durustligini xamda ularning Allohdan kelganligini qabul qilish;
- uning axloqidan namuna olish;
- payg‘ambarimizning yolg‘iz bir millat emas, balki butun insoniyatga payg‘ambar qilib yuborilganiga ishonish;
- uning buyruq va tavsiyalarini bajarish, man etganlaridan tiyilish;
- uning hayotini o‘zimizga o‘rnak deb bilib, uning sunnati bo‘yicha yashash;
- uning nomini eshitgan vaqtda "Sollallohu alayxi va sallam" yoki "Alayhissalotu vasallam" deb dildan hurmatlash;
- Alloh va payg‘ambarni o‘z jonimizdan ham ko‘proq e’zozlash va hurmat qilish.
Alloh yaratgan mavjudotlar orasidagi eng ulugi insondir. Uning jismi va bu jism ichida ko‘zga ko‘rinmaydigan ruhi bor. Islom dini inson jismini har turli xastaliklardan va zararli narsalardan saqlashga hamda ruhiy jihatdan kamol toptirishga intiladi. Yaxshi inson bo‘lmoq uchun yolg‘iz jismoniy salomatlikning o‘zi kifoya qilmaydi, balki ruhiy salomatlik ham zarurdir.
Nom: Re: Islom axloqi
Yuborildi: siddiqa 11 Aprel 2009, 06:19:30
Payg‘ambarimiz bir hadislarida: "Alloh sizning tashqi qiyofangizga qaramaydi. Lekin Alloh sizning ichingizga, qalblaringizga qaraydi", — degandilar. Demak, ichki musaffolik, ruh musaffoligi islom dinida nihoyatda muhimdir. Insonning o‘zi oldidagi eng muhim burchlaridan biri ham o‘zini ruhiy jihatdan kamol toptirmoqdir, buzuq va yaramas fikrlardan o‘zini tozalash, boshqalar haqida yomon fikr yuritishdan o‘zini tiymoqdir.
Islom diniga ko‘ra ikki turli xastalik bor. Biri moddiy, jismoniy xastalik bo‘lsa, ikkinchisi ma’naviy xastalikdir. Jismoniy xastalik inson qiyofasida ko‘zga tashlanib, bilinib turadi. Jismimizni turli jismoniy xastaliklardan saqlash o‘z oldimizdagi burchlarimizdan biridir. Ma’naviy xastaliklar inson jismida ko‘rinmaydi. g‘iybat, yolg‘onchilik, tuhmat, hiylakorlik, aldamchilik, takabburlik, xasislik va yalqovlik kabi xastaliklardan ham saqlanmoq kerak.
Payg‘ambarimiz aytadilar: "Ikki kunini bir xil o‘tkazgan kishi zarar ko‘radi". Haqiqiy musulmon har kuni oldinga qarab harakat qiluvchi va doimo o‘zini kamol toptiruvchi insondir. Ko‘p o‘qigan, ko‘proq mehnat qilgan hamda ko‘proq izlangan odam o‘ziga, millatiga va diniga foydali bo‘ladi. O’zini yaxshi tarbiyalagan inson o‘zining oldidagi burchini ado qilgan insondir.
Nom: Re: Islom axloqi
Yuborildi: siddiqa 11 Aprel 2009, 06:21:07
Bir jamiyatning yoki millatning eng kichik bo‘lagi oiladir. Oilaning negizi ota-onadir. Oilada yashovchi kishilarning bir-birlari oldida ham burchlari bor. Bularni uch qismga bo‘lish mumkin:
- Ota-onaning bolalari oldidagi burchlari;
- bolalarning ota-onalari oldidagi burchlari;
- tug‘ishganlar va qarindoshlarning bir-birlari oldidagi burchlari.
Ota-onaning burchi bola tug‘dirishdangina iborat emas. Tug‘ilgan farzandni o‘stirish, yaxshi tarbiyalash, dini va millati uchun foydali qilmoqdir.
Payg‘ambarimiz bir hadislarida: "Farzandlaringizni yaxshi boqingiz, ularni yaxshi tarbiya qilingiz", - deb marhamat qilgan edilar.
- Ota-ona farzandlarini halol rizqlar bilan boqishi;
- bola tug‘ilgach, diniy odatlarga muvofiq chiroyli va ma’noli ism qo‘yishi;
- o‘g‘il bolasini sunnat qildirishi;
- maktab yoshiga yetgach, uni maktabga yuborib o‘qitishi;
- yetti yoshidan boshlab asta-sekin diniy bilimlarni o‘rgata borishi va ba’zi suralarni yodlatishi;
- o‘n yoshiga yetgach, namoz o‘qishga da’vat etishi kerak. Bu yoshdan so‘ng bolaga Qur’on o‘qitish va dinimizning negizlarini o‘rgatish ota-onaning eng muhim vazifalaridandir.
- ota-ona bolalarini bir xil ko‘rishi zarur. Islomiyatdan avval arablar qiz bolalarini yomon ko‘rib, ularni tiriklayin yerga ko‘mardilar. Islomiyat odamlarni bu ahvoldan qat’iy ravishda qaytardi. Payg‘ambarimiz bir hadislarida: "Allohdan qo‘rqing va bolalaringiz borasida adolatdan uzoqlashmang", - degan edilar.
Nom: Re: Islom axloqi
Yuborildi: siddiqa 11 Aprel 2009, 06:22:19
- ota-ona farzandining yaxshi kishilar bilan do‘st bo‘lishiga diqqat qilishi kerak, chunki yomon kishilar bolani yomon yo‘llarga boshlashi mumkin;
- uylanish yoshiga yetganda, bolasini uylantirishi zarur.
Bizning dunyoga kelishimizga ota-onamiz sabab bo‘lgan. Ular bizni avaylab o‘stirishgan, hayotlarining eng qimmatli vaqtlarini bizga baxshida etishgan. Bizni deb ko‘p qiyinchiliklarni boshlaridan kechirishgan. Shuning uchun ham ularning bizda ko‘p haqlari bor. Ota-ona haqini tugal ado etmoqning iloji yo‘q, har qancha tirishsak ham ularning haqlari tamom bo‘lmaydi. Lekin ular bizdan mamnun va rozi bo‘lsalar, biz o‘zimizning farzandlik burchimizni bajargan bo‘lamiz.
- Bolalar ota-onalariga achchiqlanib qaramasliklari, baqirib, qichqirib ularni ranjitmasliklari kerak. Chunki Alloh taolo: "...ota-onaga "uf" deb aytma..." deydi. ("Isro" surasi, 23—oyat)
- Bolalar ota-onalariga hurmat ko‘rsatib, ularga itoatli bo‘lishlari lozim. Payg‘ambarimiz bir hadislarida: "Ota-onaga itoat Allohga itoatdir. Ularni norozi qilish Allohni norozi qilishdir...", - dedilar.
Nom: Re: Islom axloqi
Yuborildi: siddiqa 11 Aprel 2009, 06:23:00
- ota-ona chaqirgan vaqtda yugurib kelishlari, ularning topshiriqlarini o‘rniga qo‘yishlari, yumshoq va shirin til bilan javob qaytarishlari zarur;
- muhtoj bo‘lib qolgan ota-onaga bolalari yordam qilishlari;
- bolalar qaerga borsalar ham, ota-onalariga xabar berib, ulardan ruxsat so‘rashlari;
- ota-ona uyga kirganda, bolalar ularni o‘rindan turib qarshi olishlari;
- vafot etgan ota-onalarini bolalar unutmasdan, har vaqt ularni duolar bilan esga olishlari, qabrlarini borib ziyorat qilishlari kerak.
Bolalarning o‘z ota-onalari oldidagi burchlari haqida payg‘ambarimiz o‘zlarining ikki hadislarida shunday marhamat qiladilar;
- "Alloh yaratgan eng suyukli amallar, ishlar vaqtida o‘qilgan namoz va ota-onaga yaxshilik qilishdir".
- "Jannat onalarning oyoqlari ostidadir".

Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:27:10
Ota-onadan so‘ng eng yaqin kishilarimiz tug‘ishganlarimizdir. O’zimizni e’zozlaganimiz kabi ularni ham shu tarzda e’zozlamog‘imiz darkor. Ota-onaning vafotidan so‘ng eng katta o‘g‘il - ota, eng katta qiz - ona o‘rnidadir. Yoshroq tug‘ishganlar aka-opalarini hurmat qilishlari, ular esa yoshroq tug‘ishganlariga shafqat ko‘rsatishlari lozim. Tug‘ishganlar va qarindoshlar:
- ota-onadan qolgan mol va pullarni adolat bilan bo‘lishishlari, meros masalasida bir-birlarini ranjitmasliklari;
- bir-birlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, qayg‘u va shodliklariga sherik bo‘lishlari;
- uylari bir—birlariga yaqin bo‘lsa, tez-tez ko‘rishib turishlari, yiroq shaharlarda yoki boshqa mamlakatlarda yashasalar, xatlar va telefonlar orqali aloqani uzmasliklari lozim.
Bu ishga islom dinida "silai rahm" deyiladi. Payg‘ambarimiz bir hadislarida: "Rizqining keng, umrining uzoq bo‘lishini tilagan odam qardoshlariga borib qarasin, ularni ziyorat qilsin", - degandilar
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:27:32
boy kishilar muhtoj tug‘ishganlari va qarindoshlariga yordam ko‘rsatishlari kerak. Dinimizda zakot va sadaqa muhtoj kishilarga berilishi ta’kidlangan. Lekin qarindoshlari orasida muhtojlar bo‘lsa, zakot va sadaqani ularga berish savobliroq sanaladi;
- mabodo xato ish qilsalar, bir-birlarini avf etishlari, o‘pkalab yurmasliklari zarur, chunki dinimizga ko‘ra uch kundan ortiq so‘zlashmasdan yurish durust sanalmaydi.
Dini, tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari bir bo‘lgan odamlardan tashkil topgan xalqqa millat deyiladi. Dinlari va tillari bir bo‘lmasa ham shu vatanda yashovchi kishilarga vatandosh deyiladi. Har bir kishining o‘z vatani va millati oldida turli burchlari bor:
- vatandoshlar orasida insoniy munosabatlarni tayinlash uchun o‘sha mamlakatning hukumati qonunlar chiqaradi. Bizning burchlarimizdan biri ushbu qonunlarni hurmat qilishdir. Chunki odamlar qonunlarga asoslanib yashasalar, rohatda va osoyishtalikda bo‘ladilar;
- odamlar o‘zlari topgan pullarning bir qismini hukumatga to‘la-to‘kis to‘lashlari kerak. Bu mablag‘ bilan hukumatlar vatandoshlar uchun kerakli bo‘lgan ishlarni boshqaradilar. Masalan, shifoxonalar, maktablar, yo‘llar, fabrikalar quradilar. Shuning uchun ham hukumat talab qilayotgan soliqni tugal qilib to‘lash muhim bir vatandoshlik burchidir;
- Vatanni saqlash faqat pul bilangina bo‘lmaydi. Hozirgi kunda millatlar o‘z erkinliklari va vatanlarini saqlash uchun yuz minglarcha askarlarni xizmatda tutadilar. Mol burchini soliq bilan, jon burchini esa askarlik bilan ado qilinadi. Vaqt kelganda askarlik burchini o‘tash ham vatan oldidagi burchimiz sanaladi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:28:06
- Mamlakat ishlarini olib boruvchi hukumat odamlarini vatandoshlar saylaydilar. Saylov vaqtida yaxshi kishilarni hukumatga yoki parlamentga saylash hamda saylovlarga qatnashib ovoz berish vatan va millat oldidagi burchlarimizdan biridir.
Islom diniga ko‘ra butun insoniyat bir ota-onaning, Odam ato bilan Momo Havoning farzandlaridir. Dunyoda turli tusdagi, turli din va e’tiqoddagi kishilar yashaydi. Islom dinida bo‘lgan kishining musulmonlar hamda musulmon bo‘lmagan odamlar oldida turli burchlari bor:
- Boshqa kishilarning hayoti ham bizniki kabi hurmatli, qimmatli va qadrlidir. Har bir kishining bu dunyoda yashashga haqi bor. Dinimizga ko‘ra biron kishini ham haqsizlik bilan o‘ldirish yaramaydi, chunki islom dinida eng zo‘r gunoxlardan biri odam o‘ldirishdir.
- Alloh barcha odamlarni hur qilib yaratgan. Ular tutqinlikda yashash uchun tug‘ilmaganlar. Islomiyatdan avval qullarni bozorlarda mol kabi olib sotardilar. Islomiyat bu holga barham berdi. Payg‘ambarimiz: "Onalaridan hur bo‘lib tug‘ilgan insonlarni qullikka solishga sizning haqqingiz yo‘qdir",- deganlar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:28:28
- Odamlarning o‘y-fikrlari, e’tiqodlari bir xil emas. Turlicha fikr yurituvchilar bor. Har bir kishining o‘ziga xos bir falsafasi bor. Shunday
ekan, bizga o‘xshab o‘ylamaydigan odamlarning ham fikrlarini hurmat qilish kerak. Ularning yaxshi fikrlarini qabul etish, durust bo‘lmagan fikrlariga esa javob berib, ular bilan bahslashib, haqiqatni anglatish lozim. Fikrlar bir bo‘lmagach, ular o‘rtasida kurash boshlanadi, bu kurash esa odam bolasining fikrlar olamini kengaytiradi.
- Odamlarning nomusi va sharafini hurmat qilishimiz lozim. Inson eng ulug‘, eng sharafli mavjudotdir. Uni obro‘sizlantirish uchun tuhmat qilish, g‘iybat qilish, yomonlash, chaqimchilik qilish islomda harom qilingandir.
- Odamning moli ham joni kabi qimmatlidir. Boshqalarning moli va puliga zarar yetkazmaslik kerak. Haqsizlik va zulm bilan odamlar molini tortib olish haromdir. Kishilarning uylari, ashyolari, hayvonlari kabi turli mulklariga zarar yetkazish gunoh sanaladi. Demak, har bir odamning joni, moli, nomusi, o‘y-fikrlari va e’tiqodini hurmat qilsak, kishilar va insoniyat oldidagi axloqiy burchimizni bajargan bo‘lamiz.

Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:29:00
III. ChIROYLI XULQLAR

1. To‘g‘rilik.
2. Mehnatsevarlik.
3. Marhamat va yumshoq ko‘ngillilik.
4. Hamdardlik va saxiylik.
5. Odob va hayo.
6. Do‘stlik va qardoshlik.
7. Sabr.
8. Shukr.
9. Kattalarga hurmat, kichiklarga muhabbat.
10. Haqiqat.
11. Adolat.
12. Omonatlilik.
13. Va’daga vafo.
14. Tavba.

Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:29:44
To‘g‘rilik - so‘zlarimizda, ishlarimizda va harakatlarimizda yaxshi bo‘lmoq demakdir.
Besh vaqt namoz o‘qiganda, janobi Haqdan to‘g‘rilikni so‘raymiz va: "Bizlarni g‘azabga duchor bo‘lmagan va haq yo‘ldan toymagan zotlarga in’om qilgan yo‘ling bo‘lmish - to‘g‘ri yo‘lga yo‘llagaysan", - deb duo qilamiz. ("Fotiha" surasi, 6-7 oyatlar.)
To‘g‘ri odam yolg‘on so‘zlamaydi, bironta kishini aldamaydi, hiyla qilmaydi. O’zini obro‘sizlantiruvchi harakatlar qilmagani uchun odamlar orasida sharafli va e’tiborli bo‘ladi, hamma tomonidan seviladi, xotirlanadi.
To‘g‘rilikni Alloh musulmonlarga farz qilgan. Ko‘pgina oyat va hadislarda to‘g‘rilikning ahamiyati ta’kidlangan. Janobi Haq Qur’onda: "Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va imonlarida rostgo‘y bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘lingiz", -deb ta’kidlagan ("Tavba" surasi, 119-oyat).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:30:25
Musulmon so‘zlaganda uch narsaga diqqat qiladi:
- to‘g‘ri so‘zlaydi;
- va’da bersa, va’dasida turadi;
- qo‘lidan kelmaydigan masalalarda va’da bermaydi.
Payg‘ambarimiz to‘g‘rilikka katta ahamiyat berar va musulmonlarni ham samimiylikka da’vat qilardilar. Bir kuni bir arab kelib payg‘ambarimizga shunday dedi: "Ey Allohning elchisi, men nodon bir odamman. Menga dinda foydasi bo‘lgan bir so‘z o‘rgatasizmi?" Shunda payg‘ambarimiz javob berdilar: "Allohga ishon va har ishingda to‘g‘ri bo‘l".
Har bir payg‘ambarda besh sifat bo‘ladi. Bulardan biri sadoqat, ya’ni to‘g‘rilikdir. Shuning uchun aytilganki: "To‘g‘rilik payg‘ambar sifatidir". To‘g‘rilarni Alloh ham, odamlar ham ardoqlaydi. Yolg‘onchilarni, aldamchilarni Alloh ham, odamlar ham yoqtirmaydi. Yolgonchilik barcha dinlarda harom sanaladi. Qur’onda Alloh: "Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar, to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar", - deb marhamat qilgan ("Ahzob" surasi, 70-oyat).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:31:13
Musulmon qo‘li va tili bilan boshqalarga zarar yetkizmaydi, o‘ziga tilagan narsani musulmon qardoshiga ham ravo qo‘radi. Musulmon halol moliga va puliga haromni aralashtirmaydi. Oilasi va bolalariga harom rizq yedirmaydi. Payg‘ambarimiz bir hadislarida shunday marhamat qilgan edilar: "Bir musulmonga zarar yetkazgan va uni aldagan kishi bizdan emasdir".Qur’onda ham Alloh marhamat qiladiki: "(O’lchov va tarozidan) urib qoluvchi kimsalarga halokat bo‘lgay. Ular odamlardan (biron narsani) o‘lchab olgan vaqtlarida to‘la qilib oladigan, ularga o‘lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa kam qilib beradigan kimsalardir". ("Mutaffifun" surasi, 1.-3-oyatlar.)
Bizlar, alhamdulilloh, musulmonmiz. qilgan ishlarimizni Alloh ko‘rib turadi, farishtalar gunoh hamda savoblarimizni yozib turadilar. Odamlarni aldasak ham, Allohni aldash mumkin emasdir.
Musulmonlik mehnatsevarlik dinidir. Dinimizning ahamiyat bilan qaraydigan masalalardan biri mehnatsevarlikdir. Alloh mehnatsevarlikni ham ibodatdan sanagan va farz qilgan. Janobi Haq Qur’onida shunday deb buyuradi: "Alloh senga ato etgan mol-davlat bilan (avvalo) oxirat (obodligini) istagin va dunyodan bo‘lgan nasibangni unutmagin". ("Qasos" surasi, 77-oyat).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:31:39
Bu dunyosi uchun mehnat qilmagan millatlar qashshoq bo‘lib qoladilar, boshqa millatlarga muhtoj bo‘ladilar, qudratlaridan judo bo‘lib, boshqa millatlarga qaram bo‘lib qoladilar. Bunday millatlar u vaqtda Alloh oldidagi ibodatlarini to‘la-to‘kis ado etolmaydilar, bolalarini o‘qita olmaydilar, nodon bo‘lib qoladilar. Bunday millatning dinlari, imonlari zaiflanib, bu dunyo qayg‘usidan dinlarini kamol toptirishga hollari kelmaydi va og‘ir ahvolga tushib qoladilar.
Bu dunyoga ortiqcha berilib, oxiratni unutgan kishilarda ham mana shunga o‘xshagan holatlar yuz beradi. Din, imon zaiflashadi, masjidlarda namoz o‘quvchilar kamayadi, kishilar o‘rtasidagi yaqinlik va muhabbat tugaydi, odamlarning darajasi pul bilan o‘lchanadi. Takabburlik ortib, do‘stlik va qardoshlik kamayadi. Bularning ikkalasi ham zararlidir. Shuning uchun musulmon kishI bu dunyoni ham, oxiratni ham unutmasligi kerak.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:32:06
Payg‘ambarimiz bir hadislarida shunday deganlar: "Chinakam musulmon oxiratdan ham, bu dunyodan ham voz kechmaydi. Dunyosini qoldirib, yolg‘iz oxirati uchun qayguruvchi kishi xayrli, yaxshi musulmon emas. Oxiratni unutib, yolg‘iz bu dunyosi uchun kirishuvchi ham xayrli musulmon emas. Odamlarning xayrlisi, yaxshisi bu dunyosi uchun oxiratdan kechmaydi, oxirati uchun bu dunyosidan kechmaydi, ikkalasini birga olib boradi va boshqalarga og‘irlik tushirmaydi". Demak, haqiqiy musulmon dunyo va oxirat ishlarini birga olib borgan kishidir. Boshqa bir hadislarida ham payg‘ambarimiz: "Bu dunyo uchun hech o‘lmaydigandek bo‘lib mehnat qil, oxirat uchun esa xuddi ertaga o‘layotgandek bo‘lib mehnat qil", - deb marhamat qilganlar.
Alloh taolo bu dunyoni ham, oxiratni ham imonli qullari uchun yaratgan.
Bu dunyoda ham, oxiratda ham baxtiyor bo‘lmoq musulmonning haqidir. Ba’zi musulmonlar "bu dunyo kofirlarniki, oxirat musulmonniki", - deb ishonadilar. Ya’ni, bu dunyoda musulmonlarga rohat yo‘q, oxiratda kofirlarga rohat yo‘q. yoki kofir bu dunyoda baxtli bo‘ladi, musulmon esa oxiratda baxtli bo‘ladi. Alloh taolo bu dunyoni o‘ziga ishongan qullari uchun yaratgan. Musulmon odam bu ikki jahonda ham baxtiyor bo‘la oladi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:32:54
Payg‘ambarimizning eng ko‘p qilgan duolaridan biri "Rabbano otino" duosidir. Uning ma’nosi: "Ey Rabbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilik va go‘zallik bergaysan. Bizni jahannam o‘tidan saqlagaysan". Payg‘ambarimiz bu duoda dunyo uchun qayg‘u va azob so‘ramaganlar, balki yaxshilik so‘raganlar.
Dunyoda baxtli bo‘lish uchun oxiratni unutmasdan harakat qilmoq lozim. Chunki dunyo hayoti foniydir, juda tez o‘tib ketadi. Oxirat hayoti esa mangudir.
Payg‘ambarimiz bir hadislarida: "Dunyo oxiratning ziroatgohidir. Unga nima eksang, oxiratda shuni o‘rasan", - degan edilar. Bir islom olimi aytishicha, dunyoda ikki turli odam bor. Birini dunyo aldaydi, chunki u Allohni ham, oxiratni ham unutgan, dunyo uchungina harakat qiladi. Ikkinchisi dunyoni aldaydi, chunki u dunyo uchun ham, oxirat uchun ham harakat qiladi. Bu ishlarni birga olib boradi. Siz shu ikkinchilardan bo‘ling. Dunyo sizni aldamasin, siz dunyoni aldang.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:33:50
Payg‘ambarimiz bir kuni sahobalari bilan o‘tirganlarida, qo‘llariga ikkita qisqa tayoq olib, ulardan birini yonlariga qo‘ydilar, boshqasini uzoqqa otdilar. So‘ng sahobalardan: "Bu harakatlarimning ma’nosini bilasizmi?" - deb so‘radilar. Sahobalar: "Alloh va uning elchisi bilur", - deb javob berishdi. Shunda payg‘ambarimiz bu harakatning mazmunini bunday deb tushuntirdilar: "Bu qisqa tayoqlarning biri amal, biri esa ajaldir. Uzoqqa uloqtirilgan tayoq odamning amali, ya’ni dunyodagi tilaklaridir. Kishi hamma vaqt shu tilaklar orqasidan yuguradiyu, lekin hecham yetolmaydi. Yonimga qo‘yilgan tayoq esa kishining ajalidir. Ajal, o‘lim odamga juda yaqin, lekin odamlar ajaldan g‘ofildirlar. Odam amalining orqasidan yugurib yurgan vaqtda ajal uni tutib oladi va dunyodagi hayoti tugaydi. Dunyo hayoti sizni aldamasin, chunki Alloh odamga shox tomiridan ham yaqinroqdir". O’lim bilan oxiratni hamisha yodda tutish kerak. Bir kun kelib bizdan u foniy dunyoda qilgan botin ishlarimiz so‘raladi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:34:32
Islom dinida shafqatli bo‘lishga va yordam qilishga marhamat deyiladi.
Alloh taolo Rahmon va Rahimdir. Ya’ni bandalariga bu dunyoda va oxiratda g‘oyatda shafqatli va mehribondir. Binobarin, marhamat ilohiy bir tuyg‘udir. Musulmon tosh bag‘ir, qattiq ko‘ngilli emas, aksincha, marhamatli va yumshoq ko‘ngilli bo‘lishga intilishi lozim. Allohning maxluqlariga ko‘nglida shafqat va marhamat mavjud bo‘lgan kishi afzal odamdir. Bunday inson Allohning rahmon va rahimlik sifatlaridan ulush olgani uchun har turli ehtiromga loyikdir. Allohning rahmati va marhamati esa cheksizdir. Ularning kichik bir hissasigina odamlarga berilgan. Payg‘ambarimiz bir hadislarida: "Alloh taolo rahmat va marhamatini yuz qismga bo‘ldi. To‘qson to‘qqiz qismini o‘ziga qoldirib, bir qisminigina yer yuziga tushirdi. Mana shu bir ulushning marhamati tufayli odamlar bir-birlariga marhamat ko‘rsatadilar - degan edilar.
qattiq ko‘ngilli kishilar, boshqalarga zulm qilib azob beruvchilar bu dunyoda ham, oxiratda ham baxtiyor bo‘la olmaydilar. Islom dini qattiq ko‘ngilli kishilar bo‘lishni harom qilgan. Islomiyatdan avval arablar zolim va nodon odamlar bo‘lgandilar. To‘xtovsiz urush qilib, bir-birlarini o‘ldirardilar, qiz bolalarni yoqtirmasdan tirikligicha yerga ko‘mardilar. Islom dini bunday hollarni qatiy ravishda ta’qiqlab, odamlarni shafqatli bo‘lishga da’vat qildi. Mana shu shafqat toshbag‘irlikni tugatib, ko‘ngillarni yumshatadi. Dushmanliklarni do‘stlikka aylantiradi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:35:02
Bir kuni payg‘ambarimiz nabiralari hazrati Hasanni quchoqlab o‘pgan vaqtlarida Aqro ibni Habis otli do‘stlari buni ko‘rib, payg‘ambarimizga shunday dedi: "Demak, siz bolalarni o‘pasiz. Mening o‘n bolam bor, men ularni hech qachon o‘pmaganman". Payg‘ambarimiz bu kishiga tabassum bilan bokdilarda, shunday dedilar: "Marhamat qilmagan kishiga marhamat qilinmas";
Boshqa bir hadislarida payg‘ambarimiz: "Odamlarga marhamat qilmagan kishiga Alloh ham marhamat qilmas", - deydilar. Bu hadislardan ko‘rinib tiribdiki, marhamatsiz va qattiq ko‘ngilli odamlarga Allohning ham marhamati yo‘qdir.
Islom dini musulmonlarni bir gavdaning a’zolari deb biladi. Gavdaning a’zolari bir-birlariga g‘amxo‘rlik qilib, gavdaning salomatligini saqlagani kabi musulmonlar ham bir-birlariga tayanib, bir-birlarining qayg‘ularini o‘rtoqlashib, marhamat va shafqat ko‘rsatib, oralaridagi muhabbat va hurmatni ziyoda qiladilar.
Qur’onda Alloh taolo:
"Rahmatim mehribonligim esa hamma narsadan kengdir", - deydi. ("A’rof" surasi, 156-oyat).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:35:31
Islom dini tomonidan bizga da’vat etilgan marhamat barcha insoniyatga, hatto butun maxluqotga taalluqlidir. Musulmon odam insoniyatgagina emas, hayvonlar olamiga ham marhamatli bo‘ladi, zararsiz hayvonlarni o‘ldirmaydi, och va suvsiz qoldirib yoki behudaga qiynab hayvonlarga azob bermaydi. Islom dinida hayronning ham haqqi va huquqi bor.
Bir safar payg‘ambarimiz sahobalarga do‘zaxi bir xotin haqida so‘zlab berdilar. Bu xotin mushugidan xafa bo‘lib, bir katakka qamaganda, ovqat, ham, suv ham bermagan, shu tufayli mushukning och qolib o‘lishiga sababchi bo‘lgan. Ana shu xotin mushukka raxm qilmagani uchun do‘zaxi bo‘lgan. Islom dini odamlargagina emas, barcha jonivorlarga ham shafqatli va marhamatli bo‘lishga buyuradi.
Saxiylik muhtoj kishilarga beg‘araz, xolis yordam berishga saxiylik deyiladi.
Bir jamiyatda turli odamlar yashaydilar. Ularning hammasi ham bir xil emas. Oralarida kuchlilari bor, zaiflari bor, olimlar va nodonlar bor. Inson olamda qanchalik boy, qanchalik kuch-qudratli bo‘lsa ham, bir o‘zi yashay olmaydi. U boshqa kishilarga ehtiyojlidir. Shuning uchun ham dinimiz o‘zaro yordamlashishni farz qilgan.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:36:24
Hamdardlik va saxiylik Qur’onda farz qilingan va payg‘ambarimizning hadislarida ulug‘langan. Saxiylikning ziddi bo‘lgan xasislik esa harom qilingandir. Payg‘ambarimiz hazrati Muhammad (SAV) bir hadislarida marhamat qiladilarki: "Saxiylik shoxlari dunyoga tushib turgan jannat daraxtlarining biridir. Kim bu daraxtning shoxlaridan birini ushlasa, u shox o‘sha odamni jannatga yetaklaydi. Xasislik shoxlari bu dunyoga tupshib turgan jahannam daraxtlarining biridir. Kim bu daraxtning shoxlaridan tutsa, u shox o‘sha odamni jahannamga yetaklaydi".Islom tarixida eng katta saxovat ko‘rsatuvchi, hech shubhasiz, payg‘ambarimiz Hazrati Muhammad sallollohu aLayhi vasallamdurlar. Ul zotning sahobalaridan Sobir roziallohu anhu shunday deydilar: "Payg‘ambarimizdan bir narsani so‘rasang, hech qachon quruq qaytarmas edilar. Bor bo‘lsa berardilar, yo‘q bo‘lsa, berishga va’da qilardilar".Odamlar o‘rtasida sevgi va muhabbatni orttiruvchi eng muhim narsa o‘zaro yordamlashish va saxovatdir. Alloh o‘zining sevgan bandalarini saxovat hissidan bahramand qilgan.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 00:36:57
Payg‘ambarimiz o‘z hadislaridan birida marhamat qilib aytadilarki: "Shubhasiz, saxiy kishi Allohga, odamlarga va jannatga yaqin, jahannamdan uzoqdir. Xasis kishi esa Allohdan, odamlardan va jannatdan uzog‘u, jahannamga yaqindir".
Dinimizda saxovat ikki qismga bo‘linadi:
- moddiy saxovat - mol va pul bilan berilgan har- xil yordamlar;
— ma’naviy saxovat - qayg‘uli kishilarni shirin so‘zlar bilan yupatish, odamlarning xatolarini ko‘rganda o‘git-nasihat qilish, ilmi bilan odamlarga haq va haqiqatni anglatish, odamlar oldida ochiq yuzli, shirin so‘zli bo‘lish kabi ishlardir.
Bu ikki xil saxovatda ham savob bor. Qur’onda Alloh buyuradiki: "Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib qaytarilur. Kim biron yomon ish qilsa, faqat o‘shaning barobarida jazolanur va ularga zulm qilinmas" ("An’om" surasi, 160-oyat).
Madadkorlik va saxovatning qimmatini oshiradigan narsalardan biri qilgan yaxshiliklarimizning Alloh bilan bizning oramizda qolishidir. Saxovatni oshkor qilish esa maqtanish bo‘lib, durust hisoblanmaydi. Chunki Alloh yashirin bo‘lsin, oshkor bo‘lsin, qilgan barcha ishlarimizni bilib turadi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 06:33:47
Odob - tarbiya, go‘zal axloq, nazokatlilik demakdir.
Hayo - uyalish, Allohdan qo‘rqib yomon ishlardan saklanish, tortinish demakdir.
Har bir musulmonda bo‘lishi kerakli eng muhim narsalardan biri odob va hayodir. Agar odamlarda odob va hayo bo‘lmasa, Allohdan qo‘rqish va ijtimoiy nazorat bo‘lmasa, balki olam tartiblari buzilib ketardi. Har bir kishi qilgan xato va gunohlaridan uyalmasa, odamlardan tortinmasa, Allohdan qo‘rqmasa, yomon va nojo‘ya ishlarni to‘xtatib bo‘lmas edi. U chog‘da mamlakatlar yovuz odamlar qo‘liga o‘tib, tinchlik va osoyishtalik tugar, hayotning lazzati qolmasdi.
Odobli odam boshqalar bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, kattalarni hurmat qiladi, kichiklarga shafqat ko‘rsatadi. Odobli kishi o‘z obro‘sini to‘kadigan harakatlardan uzoq bo‘ladi. Mabodo shunday bir harakatni sodir etsa, uyalib yuzi qizaradi va vijdoni azoblanadi. Ana shunday hissiyotga ega bo‘lgan kishi odobli va hurmatli inson sanaladi
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 06:34:27
Ba’zi kishilar o‘zlari bilmagan yoki bexabar holda biron xato ish qilib qo‘ysalar, uyatdan boshlarini ko‘tarolmay qoladilar. Boshqa bir kishilar esa katta xato qilib qo‘ysalar ham, aslo parvo qilmaydilar. Chunki bunday odamlar odobu hayolarini, vijdon tuyg‘usini yo‘qotgan kishilardir. Islom dini bo‘yicha odob va hayo odamlarni nojo‘ya ishlardan saqlovchi bir qalqon, himoyachidir.
Islom dinida gunoh ish qilish qoralanadi. Lekin bir kishi qandaydir bir sabab tufayli ayb va gunoh ishni qilishga majbur bo‘lsa, uni odamlarga ochiq ko‘rsatib bajarishi to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki nojo‘ya va foydasiz ishlar odamdan odamga o‘tadigan kasallikka o‘xshaydi. Agar biron kishi xatoga yo‘l qo‘ysa, bu bilan beixtiyor boshqa kishilarga o‘rnak bo‘lmaslik uchun odamlardan uyalib, pinhon tutishi darkor.
Payg‘ambarimiz bir hadisi shariflarida: "Uyalmagan odam bilganini qilsin", -degandilar. Demak, boshqalardan uyalmagan odam har xil nojo‘ya ishlarga yo‘l qo‘yadi, lekin oxirida o‘z jazosini oladi. Boshqa bir hadislarida: "Odamlardan uyalmagan Allohdan ham uyalmas ", - deydilar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 06:35:21
Uyalish ikki turli bo‘ladi:
- Allohdan uyalish;
— odamlardan uyalish. 
Allohdan uyalmoq odamlardan uyalishdan afzalroqdir, chunki Allohdan uyalish odamlarni har xil yovuzliklardan va o‘salliklardan qaytaradi.
Islom dini do‘stlik va qadrdonlik haqida ham bir qator da’vatlar va tavsiyalar yaratgan. Qur’onda do‘stlik to‘g‘risida turli oyatlar mavjud. Masalan, Haq subhonahu va taolo shunday amr qiladi: "Sizning do‘stingiz faqat Alloh, Uning payg‘ambari va ta’zim-tavoze’ qilgan hollarida namozni to‘kis ado etadigan, zakotni (haqdorlarga) ato etadigan mo‘minlardir" ("Moida" surasi, 55-oyat).
Payg‘ambarimiz hazrati Muhammad (SAV) shunday deganlar: "Odam do‘stining yo‘lidadir. Kim bilan do‘stlashishingga e’tibor qil".Inson qayg‘uli damlarda ham, xursandlik chog‘larida ham do‘stlarga muhtojdir. Chunki qayg‘u va shodliklarimizni do‘stlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. Og‘ir va qayg‘uli vaqtlarimizda ular biz uchun katta tayanch bo‘ladilar.
Islom olimlarining Payg‘ambarimiz hadislariga asosan do‘st tanlash haqidagi tavsiyalari quyidagilardir.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 06:35:58
Do‘sting aqlli bo‘lsin.
Nodonlar bilan do‘stlashgan odamlar hech bir vaqt balodan qutulmaydilar. Chunki bunday kishilarning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq bo‘ladi. Ular niyatlari yaxshi bo‘lganida ham, yaxshilik qilaman, deb yomonlik qilib qo‘yadilar.
Aqlli kishining dushmanligi nodon odamning do‘stligidek zararli bo‘lmaydi. Aqlli dushman zarar yetkizganida ham, me’yoridan oshirmaydi, zararning chegarasini biladi. Shuning uchun ota-bobolarimizning hikmatli so‘zlarida: "Aqlli dushmandan qo‘rqma, ahmoq do‘stdan qo‘rq", "Do‘sting o‘zingdan yaxshiroq bo‘lsin", — deyilgan.
Do‘sting diyonatli, e’tiqodli bo‘lsin.
Do‘st tutinadigan kishining diyonatli va odobli bo‘lgani yaxshi, chunki diyonatsiz odam o‘z-o‘zining dushmanidir. Uz-o‘ziga dushman bo‘lgan kishi qanday qilib boshqalarga do‘st bo‘lsin. Haqiqiy do‘stlar ishimiz tushganida - yordamchi, qayg‘uli damlarimizda yupatuvchi yolg‘iz qolganimizda bizni xotirlovchi kishilardir. E’tiqodsiz kishilardan har turli noma’qulchiliklarni kutish mumkin. Chunki, ular uchun faqatgina hayot, dunyo hayoti bor. Ular hayotni rohat-farog‘atda o‘tkazish uchun Allohdan hadiksiramay, turli nojo‘ya ishlar bilan shugullanadilar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 06:37:01
Do‘sting go‘zal axloqli bo‘lsin.
Do‘stimiz bizni faqat yaxshilikka undovchi, zararli ishlardan to‘xtatuvchi kishi bo‘lishi kerak. Zaif axloqli odamlar bilan do‘st bo‘lish kishi axloqining buzilishiga sabab bo‘lishi shubhasiz.
Yomon axloqli odamlar bilan do‘stlashishni islom olimlari katta dengizda kichkina bir kema bilan safar qilishga o‘xshatganlar. Bunday safarda odamlar katta to‘lqinlar va tahlikalarga duch keladilar. Jonimizni qutqargunimizcha, qo‘rquv va qayg‘udan qutulmaymiz.
Do‘sting samimiy va nasihat beruvchi bo‘lsin.
Do‘stimiz nasihat beruvchi, xatolarimizni ko‘rsa, ulardan ogoxlantiruvchi va tanqid qiluvchi bo‘lishi kerak. Odam xatosiz bo‘lmaydi. Payg‘ambarimiz aytganlaridek: "Odam bolasining hammasi ham xato qiladi. Xato qiluvchilarning eng yaxshilari tavba qiluvchilardir". Bobolarimiz ham: "Do‘st kuydirib gapirar, dushman kuldirib", - deganlar. Do‘stlar qattiq gapirsalar ham, ularning so‘zlari biz uchun foydalidir. Haqiqiy do‘stlarning so‘zi doriga o‘xshaydi. Kasal odam achchiq dori ichishni hamisha ham yoqtiravermaydi, lekin u, kishi salomatligi uchun foydalidir.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 06:37:46
Do‘sting sirlaringni va ayblaringni saqlaguvchi bo‘lsin.
Do‘stlar bilan suhbatlashish, qayg‘u va shodliklari, sirlarini ularga so‘zlash har bir odamning ehtiyojidir. Kishi sirlarini do‘stlariga aytib orom oladi. Do‘stlarimiz bizni tinglab yordam qiluvchi, o‘zlariga ishonilgan sirlarni saqlovchi bo‘lishlari kerak.
Sabr chidamli bo‘lishdir, ogir holatlar yuz berganda, ularga chidab, o‘zimizni yo‘qotmasligimizdir, nojo‘ya so‘zlardan, o‘rinsiz harakatlardan o‘zimizni tiyishdir.
Bu dunyo imtihonlar olamidir. Inson hayotda turli holatlarga duch keladi. Ba’zi hodisalar kishini shodlantirsa, boshqalari g‘amgin qiladi. Shodlik vaqtida shukr qilish, qayg‘uli damlarda sabr etish musulmonlarga farz qilingan.
Alloh rizoligini o‘ylab, Allohning munosib ko‘rganiga sabr qilish katta savobdir. Qur’oni karimda Alloh taolo: "Hech shak-shubha yo‘qki, sabr-toqat qiluvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz to‘la-to‘kis qilib berilur", -deb marhamat qiladi. ("Zumar" surasi, 10-oyat). Payg‘ambarimiz bir hadislarida: "Musulmon kishi xursandchilik vaqtida shukr qilur. Bu uning uchun yaxshidur, savobdir. qayg‘uli damlarda sabr etur, bu ham uning o‘zi uchun yaxshidir. Musulmon odamning ahvoli qiziq. Har bir ishida savob bor. Bu musulmonlardan boshqalarda bo‘lmas", - degan ekanlar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 06:38:38
Sabr musulmonning qurolidir. Lekin uni o‘z o‘rnida qo‘llash zarur. Baholi qudrat mehnat qilmasak, yalqovlik qilib, qashshoqlikka rozi bo‘lsak, Alloh peshonamizga shuni yozgan ekan, deb muhtojlik oldida bosh egsak, sabrli sanalmaymiz. Haq va haqiqat oldida og‘zimizni ochmasdan so‘zlamasdan turish ham sabrlilik bo‘lmaydi. Chunki payg‘ambarimiz (SAV) aytganlaridek: "Haqiqat oldida og‘zini yopib olgan kishi tilsiz shaytondir".Sabr uch turli bo‘ladi. - Agar Allohdan bandasining moliga, joniga, farzandiga falokat yetsa va odamning bu bahtsizliklarni qaytarishga kuch va bilimi kifoya qilmasa, u vaqtda rozi bo‘lib sabr etadi. Zilzila, suv toshqinlari, urushlar vaqtida turli qiyinchiliklarga chidash sabrlilik hisoblanadi. Sabrning savobiga ishonmaganlar baxtsizliklar oldida umidsizlikka tushib, olamdan bezadilar, ular uchun hayotning lazzati qolmaydi.
Qur’oni karimda Alloh taolo: "Va albatta sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va meva-chevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Biror musibat kelganda: "Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz", deydigan sobirlarga xushxabar bering (Ey Muhammad) ", -deb amr qiladi ("Baqara" surasi, 155-oyat).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 06:39:04
Demak, odamlar bu olamda hamisha imtihon qilinadilar. Alloh odamlarni sinash uchun hayotni va o‘limni yaratgan. U turli holatlar bilan insonni imtihondan o‘tkazadi. Bu imtihonlardan o‘tishning sharti esa sabrdir.
Qudsiy hadislardan birida aytilishicha, Janobi Haq: "Mening bandalarimdan birining taniga, joniga yoki farzandiga zarar yetganda, bandam ul baloni sabr qilib qarshi olsa, men u bandam uchun mezon ko‘rib, amal daftarini ochishdan, ya’ni qiyomat kuni bo‘ladigan hisob-kitobdan voz kechaman", - degan ekan. Sabrsizlik bu dunyo va oxirat baxtsizligiga sabab bo‘ladi. Ishlarimizning barakasi ham sabr bilan bog‘likdir.
Sabrning ikkinchi turi ibodatlardagi mashaqqatlarga chidashdir. Ibodatdagi qiyinchiliklarga chidagan kishi Alloh huzurida yuqori darajaga erishadi. Uzoq va issiq kunlarda ochlik va chanqovga chidab ro‘za tutish, qisqa kunlarda quyosh chiqmasdan avval turib bomdod namozini o‘qish, besh vaqt namozni o‘z vaqtida mukammal ado etish, Makka va Madinaga borib haj qilish, boy kishilarga har yili molining va pulining qirkdan bir ulushini zakot niyatI bilan muhtojlarga ulashish kabi ibodatlarni to‘lato‘kis ado etishning o‘ziga xos qiyinchiliklari bordir. Ammo bu qiyinchiliklarga chidamay turib Alloh roziligiga erishish mumkin emas.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 06:52:17
Islom dinidagi ibodatlardan biri ham sabrdir. Dinimizning maqsadi odamni chidamli holga keltirib, bu dunyoda va oxiratda baxtiyor etishdir. Masalan, haj ibodati sabr ibodatlaridan biridir. Bu ibodatdagi qiyinchiliklarga sabr qilib chidamagan kishi ushbu ibodatning savoblaridan mahrum bo‘ladi. Ro‘za ibodati ham sabr ibodatlarining biri sanaladi.
Payg‘ambarimiz Ramazon oyidan 15 kun avval o‘qigan bir xutbalarida: "Bu oy sabr oyidir. Sabr etuvchilarning boradigan yeri esa jannatdir", - degan ekanlar. Demak, ibodatlarning maqsadlaridan biri ham odamlarni sabrga o‘rgatishdir.
Ibodatlardagi mashaqqatlarga sabr qilishdan tashqari gunoh va harom ishlardan voz kechish sabri ham bor. Inson yaxshi ishlar qilgani kabi yomon ishlarni ro‘yobga chiqarishi ham mumkin. Alloh harom qilgan ishlardan, guyohlardan tortinish va bu yo‘lda sabr qilishning ham katta savobi bor.
Odam bir tomondan Alloh amrlari bilan, ikkinchi tomondan nafsi, ya’ni ko‘nglidagi nojo‘ya tilaklari, o‘y-fikrlari va shaytonning hiylasi bilan ro‘baro‘ bo‘ladi. Bu holda odam shaytonga aldanib, Alloh yo‘lidan adashsa, goyat katta gunohga qoladi. Har qaysi inson ichida uni nojo‘ya ishlarga undovchi bir kuch, bir quvvat bor. Bu quvvatga islom dinida nafsi ammora deyiladi. Mana shu kuchga qarshi kurash, nojo‘ya istaklarga qarshilik ko‘rsatish dinimizning amrlaridandir. Bu haqda payg‘ambarimiz shunday deganlar: "Kuchli odam kurashgan vaqtda do‘stlarini yiqitgan kishi emas, g‘azablangan chog‘da sabr qilib o‘z g‘azabini yenggan kishidir".
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 13 Aprel 2009, 06:52:55
Shukr: Odamning o‘z ahvolidan xursand bo‘lib, Allohga minnatdorchilik bildirishi demakdir. Shukr olam sohibi bo‘lgan Allohni ulug‘lash, Allohni madh etishdir. Alloh bergan hisobsiz ne’matlarning qimmatini anglab, ularni nojo‘ya ishlar uchun emas, balki Alloh yo‘lida va Alloh ishida qo‘llashidir.
Allohning odamlarga behisob ne’matlari bor. Odamzodni yo‘qdan bor qilgan Allohdir. Yeganlarimizni, ichganlarimizni yaratgan, sog‘liq berib bizni yashatgan Allohdir. Aql, ruh berib, jismimizga kuch-quvvat berib, turli ishlarini amalga oshirishga muvaffaq qilgan Allohdir. Biz uchun, bizning umrimiz va xizmatimizga tabiatdagi hamma narsani: havoni, suvni, o‘simliklarni va barcha hayvonlarni yaratgan Allohdir. Odam ashraful maxluqotdir, ya’ni mavjudotlarning eng sharaflisidir. Shunday ekan, Allohga shukr qilib, bu ne’matlarning haqiqiy sohibini hamisha yodda tutishimiz lozim.
Qur’oni karimda: "Agar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yetolmaysizlar", — deyiladI ("Ibrohim" surasi, 34-oyat). Oddiy hayotimizda biron kishidan yordam olsak, uning biron ne’matiga erishsak, rahmatlar aytib, u kishini hurmatlaymiz. Hisobsiz yordamlari va ne’matlari uchun Allohga shukr qilishimiz kerak.

Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 14 Aprel 2009, 06:57:01
Shukr uch turlidir:

 har bir ne’matning Alloh tomonidan berilganiga dildan ishonishdir. Biz yetishgan ne’matlarning barchasi Allohdandir. Shunga ishongan mo‘min ne’mat va boylikka erishsa, ongsiz holda ham Alloh yo‘lidan adashmaydi, bu ne’matning Alloh tomonidan marhamat qilinganini unutmaydi. Ne’mati ortgan sayin shukronasi ham ortib boradi. Chunki ne’matga shukr qilish uni yanada orttiradi. Ne’matning qadriga yetmaslik ne’matning barham topishiga sabab bo‘ladi. Qur’oni karimda Alloh buyuradiki: "... agar bergan ne’matlarimga shukr qilsangizlar, albatta ularni yanada ziyoda qilurman. Endi agar kufroni (ne’mat) qilsangizlar, albatta azobim juda qattiqdir" ("Ibrohim" surasi, 7-oyat).
Til bilan shukr qilish har ne’matning Allohdan yetishganini anglab, til bilan ham uni aytishdir. Payg‘ambarimiz bir hadislarida shunday marhamat qiladilar: "Alloh bandasiga bir ne’mat bersa, banda ham "Alhamdulilloh" desa, bu ne’matning shukrini ado etgan bo‘ladi. Banda ikkinchi marta "Alxamdulilloh" desa, Alloh taolo ul kishining savobini orttiradi, uchinchi marta "Alhamdulilloh" desa, Alloh u kishining gunohlarini avf etadi".
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 14 Aprel 2009, 06:57:59
Mo‘min shukr qilsa, Alloh uning ko‘ngliga, hayotiga rohat va xotirjamlyk bag‘ishlaydi. Shukr qilmaydiganlar har qancha boyisalar ham, ko‘ngillari qayg‘udan qutulmaydi. Chunki shukrsiz molning va shukrsiz umrning barakati yo‘qdir.
A’zolar bilan shukr qilish Allohga ibodat qilish, Allohning diniga xizmat qilishdir. Namoz o‘qish, ro‘za tutish, haj qilish kabi ibodatlar bilan birga Alloh dinini targ‘ib qilish va tarqatish, ular uchun xizmat qilish ham a’zolar bilan ado etilgan shukrona hisoblanadi. Shukr qilish payg‘ambarlarning, farishtalarning va Allohning suyukli bandalarining odatlaridandir. Shukr qilishni borgan sari orttirib borish lozim. Chunki ne’matning yo‘qolmasligiga foydasi bo‘lgan eng muhim narsa shukr qilishdir. Shukr qiluvchi mo‘min hech qachon Allohni unutmaydi. Bu dunyodagi ne’matlari bilan mag‘rurlanib kishilarga yuksakdan boqmaydi, bironta ham insonni tuban ko‘rmaydi. Ne’mat jihatidan o‘zidan past bo‘lgan kishilarning ahvoliga nazar tashlab, ulardan ibrat oladi, o‘zining ahvoliga shukr qiladi.
Mavjudotlar orasida eng yuksagi, eng sharaflisi insondir. Alloh taolo deydi: "Biz insonni eng go‘zal shaklu shamoyilda yaratdik", ("Vattiyn" surasi, 5-oyat). Islom ulamolari: "Insonga boqsang, Allohning ulug‘ligini, buyukligini ko‘rasan, chunki inson kabi mukammal bir maxluqni yolg‘iz Allohgina yarata oladi", -deganlar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 14 Aprel 2009, 06:59:25
Alloh insonni yaratganda unga hurmat ko‘rsatgan. Shu sababli farishtalar odam yaratilganda, sajda qilganlar. ("Baqara" surasi, 30-34-oyatlar.) Payg‘ambarimiz ham hamisha odamlarni hurmatlab, ularni e’zozlashga da’vat etardilar. Bir hadislarida degandilar:

"Kattalarga hurmat, kichiklarga Shavqat ko‘rsatmagan bizdan emas".
Payg‘ambarimiz odamlarni juda qadrlab, ularga hamma vaqt shafqat va marhamat ko‘rsatar edilar. Ul zotning sahobalaridan hazrati Anas shunday deydilar: "Men payg‘ambarimizga o‘n yil xizmat qildim. Biron marotaba ham dag‘al so‘z so‘zlaganlarini eshitmadim. "Bu ishni nega bunday qilding?" - deb achchiqlanganlarini biron marta ham ko‘rmaganman".
Hazrati Muhammad (SAV) zamondoshlarining aytishlaricha, bir jang mahali dushman saflari orasida kichkina bolalarning ham o‘ldirilganini payg‘ambarimizga xabar qildilar. Buni eshitgan payg‘ambarimiz g‘oyat qattiq qayg‘urdilar. Yonlaridagi sahobalar: "Ular kofirlarning bolalari, dushmanlarimizning bolalari, ular uchun nega qayg‘urmoqdasiz, yo Rasululloh?" -dedilar. Payg‘ambarimiz: "Ular sizlardan yaxshiroqdir. Ular tug‘ilgan vaqtlaridagidek yotibdilar. Voyaga yetmaganlari uchun ular sof va gunohsizdirlar", - deb javob qaytardilar.
Bir safar payg‘ambarimizga: "Yo Rasululloh, dushmanlarimizga la’nat o‘qing: Alloh ularning jazosini bersin", - dedilar. Payg‘ambarimiz ularga: "Men odamlarga la’nat o‘qish uchun emas, rahmat aytish uchun yuborilganman", - dedilar va dushmanlarini la’natlamadilar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 14 Aprel 2009, 07:00:25
Payg‘ambarimiz do‘stlari va tanishlarini qadrlar, keksalarni hurmat qilardilar. Ba’zida ularga kulgili so‘zlar aytardilar. Bir kuni payg‘ambarimizning uylariga bir kampir kirib keldi. Payg‘ambarimiz uni hurmat bilan kutib oldilar. Ro‘parama-ro‘para o‘tirib g‘oyat ko‘ngilli so‘zlashib turganlarida, u kampir payg‘ambarimizga qarab: "Ye Rasululloh, meni duo qiling, toki men ham jannatga kiray", - dedi.
    Payg‘ambarimiz: "Sizdek kampirlarni Alloh o‘z jannatiga kiritmaydi", - deb javob qaytardilar. Kampir juda xafa bo‘lib yig‘lashga tushganda, payg‘ambarimiz dedilar: "Yig‘lamang, hazillashgan edim. Siz inshoalloh jannatga kirganingizda, yosh qiz ko‘rinishida bo‘lursiz. Alloh odamlarni yashartirib jannatga kirgizadi".
Kattalarga hurmat savobdir va dunyodagi hayotimizning tinchlikda o‘tishiga sabab bo‘lur. Alloh sof ko‘ngil keksalarning duolari tufayli odamlarga marhamat ko‘rsatadi va rizqlarimizga barakat beradi. Bir yig‘inda payg‘ambarimizga bir idishda sharbat tutdilar. Payg‘ambarimiz sharbatni o‘zlaridan kattaroq yoshdagi Abu Ubayda ismli sahobalariga taqdim etdilar. Abu Ubayda: "Yo Rasululloh, avval siz iching. Siz mendan munosibroqsiz, siz payg‘ambarsiz", - deganda, payg‘ambarimiz: "Siz iching, barakat keksalarimizdadir", — dedilar va Abu Ubaydaga sharbatni ichirdilar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 14 Aprel 2009, 07:01:22
Payg‘ambarimiz bolalarni yaxshi ko‘rar va ularni ardoqlashga da’vat etardilar. Bolalarni ko‘rganlarida, muborak yuzlari nurlanib, ularni quchoqlar edilar. Mahallada uchrashgan bolalar bilan salomlashib so‘zlashar ekanlar, ularga qiziq-qiziq gaplarni aytardilar. Tuyasi bilan yurgan bo‘lsa, ularni tuyaga mindirib qo‘yardilar. Hatto bir marta musobaqalashayotgan bolalar bilan birga yugurib, ularni nihoyatda xursand qilgan edilar. Usama binni Zayd shunday rivoyat qilgan edi: "Payg‘ambarimiz meni bir tizzalariga, nevaralari Hasanni bir tizzalariga olib o‘tirib, bizlarni quchoqlab turib, "Allohim, bolalarga marhamat ayla, tavfiqli, baxtli qil. Men bularning yaxshi hamda baxtli bo‘lishini istayman ", - dedilar ".
Bolalar bu dunyodagi hayotning bezagi, keksalar esa hayotning barakoti. Kichik bolalarga shafqat, keksalarga hurmat dinimizning negizlaridandir.

Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 14 Aprel 2009, 07:02:17
Haq -to‘g‘rilik, durustlik, adolat, demakdir. Allohning sifatlaridan biri.
Islom dinida umuman ikki turli haq bor:
- Alloh haqi;
— bandaning haqi (inson haqi).
Alloh o‘ziga oid, aloqador bo‘lgan haqlarni xohlasa kechadi. Chunki bu haq Alloh bilan odam orasidadir. Lekin bandaning haqini (inson haqini) yolg‘iz inson kechadi, Alloh kechmaydi. Shuning uchun musulmonlar ba’zan bahslashadilar. Safarga chiqqanda, hajga ketganda, birovning moli va joniga zarar yetganda bahslashadilar, kechishini so‘raydilar. Bundan maqsad insonning haqi va huquqidan qutulmoqdir. Chunki Alloh kechirmaydigan gunohlardan biri insonning haqidir. Alloh o‘z oldiga banda haqi, ya’ni odam haqi bilan borishimizni istamaydi. Payg‘ambarimiz bu masalada e’tiborli bo‘lishimizga da’vat qiladilar. Vafotlaridan bir necha kun avval payg‘ambarimiz masjidga borib, namoz o‘qiganlar va qavmlariga shunday deganlar: "Hoy odamlar! Oralaringizda kimga zarar yetkazgan bo‘lsam, aytsin, men uni to‘layman. Oralaringizda kimning orqasidan so‘kkan bo‘lsam, u kelib meni so‘ksin. Kimlardan qarzim bo‘lsa, aytsin, to‘layman". Shu vaqt jamoatdan biri o‘rnidan turib: "Yo Rasululloh, bir qashshoqqa sadaqa qilib berish uchun yoningizda pulingiz bo‘lmaganida, mendan uch dirham pul olgan edingiz", - dedi. Payg‘ambarimiz voqeani xotirlab qarzlarini to‘ladilar va u kishiga rahmat aytdilar. So‘ng shunday dedilar: "Oxiratda Alloh oldida uyalishdan ko‘ra bu dunyoda odamlarning oldida uyalish yaxshiroqdir".
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:04:07
Mo‘min odam kundalik hayotda musulmon qardoshining moliga va joniga zarar yetkazmaydi, ularni qo‘li va tili bilan ranjitmaydi. Agar shunday qilgudek bo‘lsa, musulmon qardoshidan kechirim so‘rab, orani ochiq qiladi.
Payg‘ambarimiz bir hadislarida shunday degan ekanlar: "Kimda bir odamning haqi bo‘lsa, vafot etmasidan avval odamlar bilan orani ochiq qilib olsin. Chunki qiyomat kuni kishining moli-boyligi o‘ziga foyda bermaydi". Payg‘ambarimizning hadisi shariflaridan ayon bo‘lishicha, boshqalarning moli va joniga zarar yetkazgan, so‘z bilan ranjitgan, musulmon qardoshlari haqida yomon tilak va fikrlar bildirgan odamlar boshqalar haqiga ziyon yetkizgan bo‘ladilar.
Islom ulamolari fikricha, bandaning haqi (inson haqi) Alloh haqidan muhimroqdir. Odamning haqini shak-shubhasiz haq egasiga topshirish zarur. Agar haq egasi vafot etsa, unda haqni uning vorislariga to‘lash kerak. Allohga va oxirat kuniga ishongan har bir musulmonning bu masalada hushyor bo‘lishini dinimiz buyurgan. Chunki Qur’on oyatlariga ko‘ra: "Kim (hayoti dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, (qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur. Kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko‘rur" ("Zalzala" surasi, 7-8-oyatlar).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:04:48
Payg‘ambarimiz vafotlaridan avval sahobalari bilan hisoblashib bu dunyo bilan xayrlashganlar. qiyomat kunida Alloh haqlik va adolat bilan hukm qilajak haq egalariga haqlarini topshiradi. Bu dunyoda qilingan nuqsonlar odamlarga noma’lum bo‘lib qolmaydi.
Adolat: haqiqatga va to‘g‘rilikka rioya qilmoq, zulmdan yuz o‘girib, haqni- haq egasiga topshirmoq, ishlarimiz, harakatlarimiz va so‘zlarimizda o‘rta yo‘lni izlamoq demakdir.
Bir yerda birdan ortiq kishi bo‘lsa, u yerda adolat kerak. Odamlarning va millatlarning baxti adolat bilan ro‘yobga chiqadi. Adolatsiz millatlar va mamlakatlar uzoq yashamaydilar.
Islom axloqida eng oldin qo‘yilgan va eng muhim masalalardan biri adolatdir. U juda ko‘p oyatlar va hadislar bilan mo‘minlarga farz qilingan. Har jumada xutbadan so‘ng baland ovoz bilan shu oyat o‘qiladi: "Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur hamda buzuqlik, yomon ishlar va zo‘ravonliklardan qaytarur. ("Nahl" surasi, 90-oyat). Bu oyat bilan eng kamida haftada bir martaba musulmonlarga adolat eslatiladi.
Koinotning va dunyoning tartibi adolatga bog‘liqdir. Adolat bo‘lmagan joyda zulm avj oladi. Zulm islom dinida haromdir va eng zo‘r gunohlardandir. Qur’onda Alloh zolimlarni yomon ko‘rishini bildirgan. Payg‘ambarimiz ham bir hadislarida: "Kufr, ya’ni kofirlik, dinsizlik davom etishi mumkin, lekin zulm davom etmas", - deydilar. Tarixda zo‘r zolimlar bo‘lgan, lekin bularning zulmlari abadiy davom etmagan va hech qachon davom etmaydi ham.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:05:10
Adolatsizlik har bir mamlakatning tartibini buzadi va samimiyat tuyg‘ularini yo‘qqa chiqaradi. Odamlar orasida gina va dushmanlik boshlaydi.
Odamlar bir-birlariga ishonmay qo‘yadilar. Shuning uchun Alloh Qur’onda: "...odamlar orasida hukm qilganingazda, adolat bilan hukm qilishga..." buyuradi. ("Niso" surasi, 58-oyat).  Qur’onda yana: "Alloh adolat qilguvchilarni sevadi", - deb marhamat qilinadi ("Mumtahana" surasi, 8-oyat).
Qur’oni karimda Allohning adolatli ekanligi qayta-qayta ta’kidlangan. Allohning 99 sifati bor. Bulardan biri Al-Adldir. Ya’ni, Alloh bandalariga adolatlidir. Islom dinini tadqiq etgan ba’zi bir ovrupalik olimlar ham islom dinini adolat dini deb ataganlar.
Melodiy 630 yili Makka shahri musulmonlar tomonidan ishg‘ol qilingan vaqtda qabilaning mashhur odamlaridan birining xotini o‘lja olingan mollarning ba’zi qimmatli narsalarini o‘g‘irladi. Payg‘ambarimiz buni eshitgach, u xotinga jazo berishni istadilar. Lekin ba’zi kishilar o‘rtaga tushib shunday dedilar: "Yo Rasululloh, bu ayol mashhur bir qabiladandir, o‘zi ham sharafli va shuhratlidir. Bu ayolga jazo bermasangiz va avf etsangiz". Shunda payg‘ambarimiz juda xafa bo‘lib: "Sizdan avvalgi millatlar mashhur va boy bir kishi o‘g‘irlik qilsa, hech qanday jazo bermay, uni avf etishar edi. qashshoq va zaif bir kishi o‘g‘irlik qilganda esa uni jazolardilar. Bu adolatsizliklari u millatlarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ldi. Allohga ont ichib aytamanki, agar qizim Fotima o‘g‘irlik qilsa, uni o‘z qo‘lim bilan jazolar edim", - dedilar va o‘sha o‘g‘ri ayolning munosib jazosini berdilar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:05:31
Inson qaerda bo‘lmasin, salohiyati va mansabi qay darajada bo‘lmasin, boy yo qashshoq, do‘st yo dushman, yaxshi yo yomon, katta yo kichik ekanligidan qat’iy nazar, adolat bilan hukm qilinishi kerak. "Niso" surasining 135-oyatida o‘zimizning ota-ona hamda yaqin qarindoshlarimizning zarariga bo‘lsa ham adolat bilan guvohlik berishga da’vat qilinadi. Adolat faqat mahkamadagina bo‘lmaydi. Mamlakatning hamma joyida adolat barqaror bo‘lishi lozim. Uyda ota-ona bolalariga, maktabda o‘qituvchi o‘z shogirdlariga, badavlat kishilar o‘z qo‘l ostidagi ishchi va xizmatchilarga adolat qilishga majburdirlar. Mo‘minlar har vaqt Allohni eslab, Allohdan qo‘rqib so‘zlarida, ishlarida va harakatlarida to‘g‘ri bo‘lishga intilishlari va hech qachon adolatdan yuz o‘girmasliklari kerak.

Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:05:53
Omonat: Saqlash uchun bizga topshirilgan har bir narsaga omonat deyiladi.
Amin: Ishonilgan, hech kimga zarari tegmagan, tinch, bexavotir odam demakdir.
Payg‘ambarimizni payg‘ambar bo‘lmaslaridan avval ham "Muhammad-ul-amin", ya’ni ishonchli, amin odam der edilar.
Omonat so‘zining xilma-xil ma’nolari bor. Omonat faqatgina bizga saqlash uchun qoldirilgan mol emas. Payg‘ambarimiz melodiy 632 yili, vafot etmaslaridan uch oy avval haj vaqtida yuz mingdan ortiq musulmonga Arafot tog‘ida o‘qigan vido xutbalarida shunday marhamat qiladilar: "Sizga bir omonat qoldiraman. U omonatni saqlasangiz, to‘g‘ri yo‘ldan adashmaysiz. Bu omonat Allohning kitobi Qur’oni karimdir". Demak, Qur’on musulmonlarga bir omonatdir. Bu omonatni ikki ko‘zimiz kabi avaylab asrab, bizdan so‘ng keladigan nasllarga topshirishimiz kerak. Agar dinimizni saqlamasak, kitobimizni o‘rganmasak, bora-bora dinimiz unutiladi. U vaqtda biz omonatni saqlay olmaganimiz uchun gunohkor bo‘lurmiz.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:06:17
Dindan va Qur’ondan tashqari jon ham insonga bir omonatdir. Jonni beruvchi Allohdir, vaqti kelganda bu omonatni qaytib oladi. o‘z-o‘zini o‘ldirgan kishilar Allohning bu omonatiga xiyonat qilganliklari uchun katta gunohkor bo‘ladilar. Jismimizni turli kasalliklardan ehtiyot qilish, uni salomat saqlashga harakat qilish ham omonatni saqlash hisoblanadi.
Bizga topshirilgan vazifalar, burchlarimiz ham omonat sanaladi. Bu vazifalar yoki ishlarni qo‘limizdan kelganicha juda yaxshi qilib bajarishimiz kerak. Agar burchlarimizni, ishlarimizni to‘la-to‘kis bajarmasak, omonatga xiyonat qilgan bo‘lamiz.
Davlat va millat ham bizga bir omonatdir. Millat ishlarini olib boruvchi odamlarni saylagan vaqtda eng yaxshi kishilarni saylab, omonatni munosib insonlarga topshirishimiz kerak. Qur’onda: "Albatta, Alloh sizlarni omonatlarini o‘z egalariga topshirishga buyuradi", - deyilgan ("Niso" surasi, 58-oyat). Davlat va millat moli ham bir omonatdir. Ularga zarar yetkazish va o‘z foydamizga ishlatish yaramaydi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:06:33
Hazrati Umar bir kuni kechasi hukumat uyida millat ishlari bilan shug‘ullanar ekanlar, Abdurahmon binni Avor ismli bir do‘stlari kelib qoldi. Salomlashib hol-ahvol so‘rashishganidan so‘ng, hazrati Umar bir shamni olib yoqdilar, shungacha o‘z oldilarida yonib turgan shamni o‘chirib bekitib qo‘ydilar. Do‘stlari Abdo‘rahmon binni Avor hazrati Umarning bu harakatiga qarab turdida, so‘radi: "Yo Umar! Shamning bittasini yoqdingiz, bittasini o‘chirdingiz. Bularning ikkalasi ham bir xil sham. Nega bunday qildingiz?" Hazrati Umar shunday javob berdilar: "Sen kelgan vaqtda davlat ishi bilan shug‘ullanayottan edim. Shuning uchun davlatning shamini yoqqandim. Lekin sen kelgach, ishimni qoldirib sen bilan so‘zlasha boshladim. Sen bilan so‘zlashayotganimda, davdatning shamini yoqishga haqqim yo‘q. Shuning uchun o‘z pulimga sotib olgan shamni olib yoqdim".
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:06:49
Har bir insonga bolalari va oilasi omonat hisoblanadi. Ularni din va axloq jihatidan tarbiyalab, urf-odatlarimizni o‘rgatib, milliy va diniy ruxda tarbiyalashimiz darkor.
Sizga sir sifatida aytilgan so‘zlar ham bir omonatdir. Payg‘ambarimiz bir hadislarida: "Bir kishi senga bir so‘zni so‘zlaganda, yon-atrofga qarab gapirsa, bilgilki, u so‘z senga bir omonatdir. U so‘zni boshqalarga so‘zlama", -degan edilar.
Omonatni saqlamagan va zarar yetkizib xiyonatkorlik qilgan kishiga "xoin" deyiladi. Omonatning ziddi xiyonatdir. Bizga topshirilgan bir narsaga zarar yetkizish, burchlarimiz, ishlarimizni to‘la-to‘kis ado etmaslik omonatga xiyonatdir va dinimizda haromdir.
Biron odamga yoki odamlarga va’da bersak, uni ado etish ham diniy bir burch sanaladi. Islom dinida ba’zi bir ibodatlar farz qilingani kabi ayrim ishlar va harakatlar ham farzdir. Shulardan biri va’da bergach, ahdida turmoqdir.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:07:14
Va’daga vafo qilmaslikning bir kishi yoki kishilarga juda ko‘p zarari bor. Bunday odamlar o‘zlarining obro‘larini yerga urganlaridek, boshqalarning haq-huquqlarini ham hurmat qilmagan bo‘ladilar. Bunday kishilarga hech kim ishonmay qoladi. O’z e’tiborlarini yo‘qotgan bunday kimsalarni bironta ham odam yoqtirmaydi. Va’dasida turmaganlar qiyomat kunida ham javobgar bo‘ladilar. Qur’oni karimda Alloh taolo: "Ahdga vafo qilinglar. Zero axd-paymon (qiyomat kuni) mas’ul bo‘linadigan ishdir", - deb marhamat qilgan. ("Isro" surasi, 34-oyat.) Yana shu suraning o‘zida Alloh odam o‘ldirish, zino qilish, kam tortish, yetim molini yeyish, mag‘rurlanish kabi gunohi kabiralar orasida ahdidan qaytishni ham sanab o‘tadi. Payg‘ambarimiz bir hadislarida: "Munofiqning uch alomati bordir: so‘zlaganda yolg‘on gapiradi, va’da bersa, ahdidan qaytadi, bir omonat qoldirilsa, o‘sha omonatga xiyonat qiladi", -deb aytgandilar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:07:46
Payg‘ambarimiz shartnomalarga, va’dalarga alohida ahamiyat berib, hamisha axdlarida turar edilar. Milodiy 628 yili makkalik mushriklar, kofirlar bilan madinalik musulmonlar o‘rtasida Hudaybiya degan joyda bir shartnoma tuzildi. Unga muvofiq hijratdan so‘ng musulmon bo‘lib Madinaga ko‘chgan makkaliklarni o‘z vatanlariga qaytarish kerak edi. Ushbu shartnoma tuzilgan vaqtda musulmonlarning rahbari hazrat Muhammad edilar. Makka mushriklarining boshlig‘i Suhayl binni Amr musulmon bo‘lgan o‘gg‘i Abu Jandalning Makkadan Madinaga ko‘chib ketmasligi uchun qo‘l-oyoqlarini chilvirlar bilan bog‘lab zindonga qamab qo‘ygan edi. Shunday bo‘lsa ham Abu Jandal bir iloj topib Makkadan qochib madinalik musulmonlar yoniga keldi. Suhayl binni Amr o‘g‘li Jandalni ko‘rgach, payg‘ambarimizga dedi: "Tuzilgan shartnomaga muvofiq avvalo o‘g‘limni so‘rayman. Uni bizga qaytarib ber!". Payg‘ambarimiz ham va’dalariga vafo qilib Abu Jandalni qaytarib berdilar. Buni ko‘rgan Abu Jandal va musulmonlar juda xafa bo‘lishdi. Hatto Abu Jandal: "Makkaliklar dinimizga dushman. Meni dushman qo‘lida qoldirmang", - deb yolvordi. Payg‘ambarimiz: "Sabr qil, Abu Jandal! Allohdan umidingni uzma! Alloh taolo yaqin vaqtda senga va sen kabi musulmonlarga bir chora topadi", - deb shartnoma yozilib qog‘ozga tushirilmagan bo‘lsa ham, o‘z va’dalarida turdilar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:08:18
Payg‘ambarimiz vaqtlarida yozma shartnomalar juda oz edi. Hamma narsani ham qog‘ozga tushirilvermasdi. Musulmonlar hayotiy ishlarida bir-birlariga so‘z bersalar, albatta ishonishar, va’dalariga vafo qilib, so‘zlarida turar edilar. Shuning uchun "Musulmonning so‘zi - seqot" deyilardi. Seqot ikki kishi orasida kelishilib qo‘l qo‘yilgan shartnoma ma’nosida tushunilardi.
Musulmon to‘g‘ri kishidir. Aldovchi, hiylakor va yolg‘onchi emasdir. Chunki bular nojo‘ya xulqlardir. Dinimizga ko‘ra quyidagi hollarda va’da berish to‘g‘ri bo‘lmaydi:
— qo‘ldan kelmaydigan masalalarda;
— Alloh harom qilgan ishlarda;
— biron ishning gunoh ekanligini bilmay Turib va’da berilsa, keyinroq o‘sha ishning gunoh ekanligi ma’lum bo‘lib qolsa, unday vaqtda va’dadan qaytish to‘g‘ri bo‘ladi, chunki xatodan tiyilishning ham dinimizda savobi bordir;
— berilgan va’da muhim bir sabab tufayli bajarilmasa, kechirim so‘rab, va’dada tura olmaslikning sababi aytiladi.
Payg‘ambarimiz: "Va’dada turish imondandir", - deganlar. Ya’ni imoni bo‘lgan har bir musulmon va’dasining ustidan chiqishi, va’da berganidan so‘ng uni o‘rniga qo‘yishga intilishi zarur.

Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:08:48
Tavba xatodan, gunohdan qaytish, qilingan gunohlar uchun Allohdan kechirim so‘rash demakdir. Tavba musulmonlarga farz qilingan. Qur’onning turli oyatlarida, masalan, "Nur" surasining 31-oyatida hamda "Tahrim" surasining 3-oyatida Alloh tavba qilishga buyuradi.
Payg‘ambarimiz ham Allohning tavbani doimo kutishi haqida bir hadislarida shunday marhamat qiladilar: "Shubhasiz, Alloh taolo kunduzi gunoh qilgan kishidan kechasi tavba qilishini kutadi. Kechasi gunoh qilgan kishidan kunduzi tavba qilishini kutadi- Bu hol quyosh chiqishidan tunga qadar davom etadi".
Tavbaning qabul etilishi uchun bir necha shartlar bor:
- tavba qiluvchi odam qilgan gunohiga "Nega men bu gunohni qildim?" -deb o‘ksinishi kerak;
- gunoh yoki gunohlari uchun tavba qilgan odam u gunohlarni yana takrorlamasligi kerak;
- qilgan gunohini Allohdan qo‘rqib takrorlamasligi kerak. Gunoxdan Alloh uchun voz kechmasa, tavba sanalmaydi. Masalan, doimo ichkilik ichib yurgan odam sog‘ligi ketib ichkilikni tashlasa, bu tavba qilish sanalmaydi, chunki bu odam ichishni Allohdan qo‘rqqani uchun emas, salomatligiga putur yetganligi uchun tashlagandir.
Tavba qilish uchun aniq bir vaqt belgilanmagan. Istagan vaqtda tavba qilish mumkin. Tavba qilish uchun duolar o‘qish shart emas. Odam istagan vaqtida gunohlarini Allohga bildirib kechirim so‘ray oladi. Asosiy masala tavba qilinganidan so‘ng o‘sha gunohni qaytarmaslikda.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:09:27
quyidagi vaqtlarda tavba qilish yaxshiroq deb qabul qilingan:
- juma kuni, ijobat qabul bo‘lishi soatida. Bu soatning aysi vaqt ekanligi aniq emas. Payg‘ambarimiz bir hadislarida shunday deganlar: "Juma kunida bir vaqt bor, o‘sha vaqtda musulmonning duosi qabul qilinadi";
 
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:10:16
Islom axloqi

- sahar vaqtida; bomdod namozidan avval uyg‘onib, istagan vaqtda xato va gunohlarini Allohga ayon etib kechirim so‘rash mumkin;
- qutlug‘ kunlar va kechalarda. Masalan, Rag‘oyib, Meroj, Baroat kechalari bilan qadr va mavlud kechalarida, Ashura, juma hamda hayit kunlarida;
Alloh taolo xolis niyat bilan qilingan tavbalarni qabul etadi. Alloh shunday marhamat qiladi: "U, bandalaridan tavba-tazarru’ qabul qiladigan, yomonliklarni avf etadigan va qiladigan ishlaringizni biladigan zotdir" ("Sho‘ro" surasi, 25-oyat).
Payg‘ambarimiz ham shunday deganlar: "Tavba qiluvchi Allohning suyukli bandasidir. Tavba qilgan kishi hech gunoh qilmagan kishi kabidir".
Tavbani keyinga qoldirish yaxshi bo‘lmaydi, chunki ajalning odamzodga qachon kelishi ma’lum emas, u yoshga, qariga qaramaydi. Vaqti yetgan ketaveradi. "Hali yoshman, qarisam tavba qilarman, Allohdan kechirim so‘rayman, hozir tavba qilsam, shu gunohni yana qilishimga to‘g‘ri keladi", — degan kishi o‘zini o‘zi aldaydi. Chunki payg‘ambarimiz: "Ajal kelmasidan burun tavba qilishga shoshiling", - deganlar. Yana bir hadislarida Rasululloh (SAV) shunday marhamat qiladilar: "Jahannamdagi kishilardan ko‘plarining azobi tavbani kechiktirishdan, keyinga qoldirishdandir".
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:10:45
Tavbani salomatlik vaqtida qilish tayinlangan. Vafoti oldida, ya’ni o‘lishini bilganidan keyin qilingan tavba qabul qilinmaydi. Qur’onda shunday deyiladi: "Na gunoh ishlarni mudom qilib yurib, qachonki birovlariga o‘lim kelganda, "endi tavba qildim" deydigan va na kofir holida o‘lib ketadigan kimsalarning tavbalari qabul qilinmas. Ular uchun alamli azobni tayyorlab qo‘yganmiz". ("Niso" surasi, 18-oyat).
Alloh kishilarni xatolari bilan birga yaratgan. Har kim ham xato qiladi. Payg‘ambarimizning hadislariga ko‘ra: "Odam bolasining hammasi xato qiladi. Xato qiluvchilarning eng yaxshisi tavba qiluvchidir".
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:11:29
IV. NOJO’Ya HOLATLAR, YoMON XULqLAR

1. Yolg‘on va hiyla.
2. g‘iybat qilish - yomonlash.
3. O’g‘rilik.
4. Odam o‘ldirish.
5. Ichkilik ichish.
6. qimor o‘ynash.
7. Zino kilish.
8. Tuhmat.
9. Takabburlik.
10. Isrof.
11. Hasad - kunchilik.
12. Gunoh.

Boshqalarni aldash uchun aytilgan va to‘g‘ri bo‘lmagan so‘zlarga yolg‘on deyiladi. Dinimizda harom qilingan katta gunohlardan biri yolg‘ondir.
Qur’oni karimda Alloh taolo: "... yolg‘on so‘zdan yiroq bo‘linglar", - deb buyuradi. ("Haj" surasi, 30-oyat). Ikkinchi bir oyatda shunday deyiladi: "Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar, to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar" ("Ahzob" surasi, 70-oyat).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:11:48
Ko‘pgina noxushliklar yolg‘ondan paydo bo‘ladi. Hiyla, aldash, zulm, haqsizlik, adolatsizlik, e’tiqodsizlik, dushmanlik kabi narsalarning barchasi yolg‘on hamda yolg‘onchilikdan vujudga kelgan ishlardir.
Yolg‘onchining o‘z-o‘ziga ishonchi yo‘q, odamgarchiligi, axloqi va imoni zaifdir.
Payg‘ambarimiz bir hadislarida: "Yolg‘ondan saqlaningiz. Chunki imon bir tomonda, yolg‘on bir tomondadir. Yolg‘on bilan imon bir kishida jam bo‘lmaydi" - deganlar. Boshqa bir hadislarida shunday marhamat qiladilar: "To‘g‘rilikni qo‘ldan boy bermang, chunki to‘g‘rilik odamni yaxshilikka, yaxshilik esa jannatga eltadi. Kishi hamisha to‘g‘ri so‘zlasa, Alloh huzurida siddiq, eng to‘g‘ri inson, deb yoziladi. Yolg‘ondan saqlaning, chunki yolg‘on kishini jahannamga eltadi. Kishi doimo yolg‘on so‘zlasa, Alloh huzurida yolg‘onchi, deb yoziladi".
Yolg‘onchi odamlarni aldasa ham, Allohni alday olmaydi. Chunki Alloh odamlarning qilgan har bir ishini ko‘rib turadi, biladi va so‘zlangan so‘zlarni eshitadi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:12:20
Yolg‘onning eng zararlisi va eng gunohlisi qozixonada (sudda) guvohlik berish chog‘ida gapirilgan yolg‘ondir. "Niso" surasining 135-oyatida Alloh o‘zimizning, ota-onamizning, yaqinlarimizning zarariga bo‘lsa ham to‘g‘ri guvohlik berishga buyuradi. "Bu mening qarindoshim, yaqinim" - deb haqsizlik bilan kimnidir yoqlash yaramaydi.
Islom dinida ba’zi holatlarda yolg‘on so‘zlashga ruxsat etilgan:
- bir-biri bilan so‘zlashmayotgan er bilan xotinni yoki ikki musulmonni kelishtirish uchun;
— urush chog‘i dushmanni aldash uchun;
- bir kishining joniga, moliga, diniga va nomusiga zulm va haqsizlik bilan zarar yetkazilsa, ularni qutqazish uchun;
— kasallarga umid va quvvat berish uchun; payg‘ambarimiz bir hadislarida shunday deganlar:-"Odamlar orasini kelishtirish uchun yaxshilik niyati bilan yolg‘on so‘zlagan kishi yolg‘onchi emasdir".
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:12:47
Hiyla ham aldash demakdir. Yolg‘on kabi hiyla ham haromdir. Hiylakor kishi ikki yuzlamachi bo‘ladi, boshqalarni aldash uchun ikki qiyofada ko‘rinishga intiladi. Haqiqiy musulmonning surati siyratidek, siyrati esa suvratidek bo‘ladi. Islom dinida inson hurmatli bir mavjudotdir, hiylakor kishining esa boshqalar oldida hurmati bo‘lmaydi. U boshqalarni tuban bilib, faqat o‘zini o‘ylaydi.
Payg‘ambarimiz bir hadislarida: "Bir musulmonga zarur yetkizgan va uni aldagan kishi bizdan emasdir", - degan edilar. Yolg‘onchi va hiylakorlarning do‘stlari, qadrdonlari yo‘qdir. Biron kimsa ularga ishonmaydi.
    Dinimizga ko‘ra musulmonlar do‘stlik, osoyishtalik, totuvlik va muhabbat og‘ushida yashashlari kerak. Odamlar orasidagi do‘stlik, samimiyat va qardoshlik tuyg‘ularini barbod qilib, uning o‘rniga gina-kudurat va dushmanlikni ro‘yobga chiqaradigan eng yomon narsalardan biri g‘iybatdir. g‘iybatdan, chaqimchilikdan, kishilarni ranjitadigan nojo‘ya va yomon so‘zlardan saqlanish lozim, chunki bular islom dinida haromdir
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:13:50
Bir kuni payg‘ambarimiz sahobalardan so‘radilar: "g‘iybat nima, bilasizlarmi?" Sahobalar: "Alloh va uning rasuli bilur", -dedilar. Shunda payg‘ambarimiz: "Din qardoshiga yoqmaydigan so‘zlarni uning orqasidan so‘zlashdir", - dedilar. Payg‘ambarimizning sahobalari yana so‘radilar: "Agar qardoshlarimizni yomonlaganimiz to‘g‘ri bo‘lsa, so‘zlasak bo‘ladimi?" Payg‘ambarimiz marhamat qildilar: "Agar so‘zlagan so‘zlaringiz to‘g‘ri bo‘lsa, g‘iybat qilgan bo‘lasiz. So‘zlagan so‘zlaringiz to‘g‘ri bo‘lmasa, tuhmat qilgan bo‘lasiz".
 Qur’onda Alloh taolo g‘iybat qilishni odam go‘shtini yeyishga o‘xshatgan va kishilarni qatiy ravishda g‘iybatdan qaytargan. "Ey mo‘minlar, ko‘p gumonlardan chetlaninglar! Chunki ayrim gumon(lar) gunohdir! (O’zgalarning ayblari ortidan) josuslik qilib yurmanglar va ayrimlaringiz ayrimlarni g‘iybat qilmasin. Sizlardan biron kishi o‘lgan birodarlarining go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rurmi? Ana yomon, ko‘rdingizmi?! (Bas gunohi bundanda ortiq bo‘lgan g‘iybatni ham yomon ko‘ringiz! Allohdan qo‘rqingaz!" ("Hujurot" surasi, 12-oyat)
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:14:24
Payg‘ambarimiz g‘iybat qiluvchilarni yoqtirmasdilar. Agar biron kishi ularning huzurlarida g‘iybat qilishga tutinsa, g‘iybatning harom va gunoh ekanligini u kishining yodiga solardilar.
Payg‘ambarimiz g‘iybatni eshitishga ham ruxsat bermasdilar. Ul zot bir hadislarida "g‘iybat qiluvchi bilan g‘iybatni tinglovchi gunohda barobardir", - deganlar.
g‘iybatchilar yomon bir kasallikka uchragan kishilardir. Bizning huzurimizda boshqalarni yomonlab turgan kishi boshqalar huzurida bizni ayblash bizning haqimizda ham nojo‘ya so‘zlar so‘zlashi muqarrar.
Musulmon odam boshqalarning ayblarini qidirmaydi va ularni u yerda-bu yerda so‘zlab yurmaydi. Mo‘min kishi birodarining xato yoki ayblarini sir tutishga intiladi. Payg‘ambarimiz aytganlaridek, "Kim bir musulmon qardoshiga yordam qilsa, Alloh ham u kishiga yordam qiladi; qaysi bir musulmon o‘z qardoshining dardlariga darmon bo‘lsa, Alloh ham qiyomat kuni uning dardlaridan biriga darmon bo‘ladi. Kim bir musulmon qardoshining aybini yashirsa, Alloh ham oxiratda uning aybini yashiradi".
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:14:52
Inson boshqalarning ayblarini emas, balki o‘zidagi xatolarni qidirishi, yaxshi kishilar qatoridan o‘rin olishga intilishi zarur. Payg‘ambarimiz ta’kidlaganlaridek; "Yaxshi musulmon o‘z ayblarini qidiradigan, boshqalarning ayblarini izlashga vaqt topmagan kishidur".
g‘iybatning bu dunyoga oid ko‘p zararlari bo‘lgani kabi, oxiratga aloqador juda ko‘p zararlari ham bor. g‘iybatchi o‘zi qilgan yaxshiliklar va ibodatlardan topgan savoblarining ham behuda ketishiga sabab bo‘ladi. "g‘iybatchi ro‘za tutmagan kishidur", -degandilar payg‘ambarimiz. Demak g‘iybat kun bo‘yi och qolib, chanqab tutgan ro‘zamizning savobini yo‘qqa chiqaradi.
Musulmon odam chiroyli va foydali so‘zlar so‘zlaydi yoki sukut saqlaydi. Payg‘ambarimiz bu haqda shunday deganlar: "Allohga va oxirat kuniga ishongan kishi xayrli va foydali bir so‘z so‘zlasin yoki jim tursin".
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:15:11
Bir kishi musulmon qardoshiga, yaxshilik tilab ixlos va samimiyat bilan uni tanqid qilsa, bu g‘iybat bo‘lmaydi. Chunki din qardoshining xato va nuqsonlardan qutilishiga yordamlashish ham har bir mo‘mining o‘z diniy qardoshi oldidagi burchidir. Bunday ish g‘iybat bo‘lmay, haq va haqiqatga da’vat etish hisoblanadi.
Avval zamonlarda ba’zi yillari yomg‘ir yog‘masdan, ekinlar unmay qolardi. qishloq xalqi Allohdan yomg‘ir so‘rab iltijo qilishardi. Hazrati Muso ham o‘z qavmi bilan bir kuni Allohdan yomg‘ir so‘rashga chiqib, qo‘llarini ko‘tarib, duo qildi, yomg‘ir yuborishni iltijo etdi. Janobi Haq vahiy farishtasini yuborib, shunday dedi: "Ummating orasida juda ashaddiy bir g‘iybatchi bor. Agar uni g‘iybatdan to‘xtatsangiz, sizga yog‘mir bo‘ladi". Hazrati Muso: "Yo rabbim, bu kishining kim ekanini menga bildirgin", -deb duo qilgan edilar, Allohdan shunday javob keldi: "Uning kim ekanini senga bildirsam, u vaqtda men g‘iybatchi bo‘lurman".
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:15:41
O’g‘irlik keng ma’noda pul va mol o‘g‘irlashdagina iborat emas. Masalan, kam o‘lchash, molni qimmat sotib, tez vaqtda ko‘p pul ishlash, qurol bilan kishilardan, ularning uylaridan, banklardan pul yoki molni zo‘rlik bilan tortib olish, bizga topshirilgan hukumat pullari yoki odamlarning pullarini ishlatib yuborish kabi narsalar ham o‘g‘irlik hisoblanadi.
Irodasi va axloqi zaif bo‘lgan kishi uchun eng muhim narsa pul va dunyo molidir. Shuning uchun unday odamlar o‘g‘irlikni harom deb bilmaydilar.
O’g‘irlik ko‘pincha yashirincha amalga oshiriladi. Har qaysi mamlakatning qonunlarida o‘g‘rilar uchun jazo belgilangan. O’g‘rilarni tutish uchun har qaysi uy, hovliga, ish joylariga soqchi qo‘yishning imkoni yo‘q. Lekin imoni bo‘lgan kishi har vaqt Allohning nazorati ostidadir. Allohga ishongan odam o‘g‘irlik qilmoqchi bo‘lsa, Allohdan qo‘rqib bu nojo‘ya ishdan voz kechadi. Shuning uchun payg‘ambarimiz bir hadislarida: "Allohga ishongan odam qalbida imoni bo‘lgan holda o‘g‘irlik qilmaydi", - degan edilar. Demak, odamning imoni va Allohdan qo‘rqishi juda ko‘p noxush turadi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:16:16
Alloh yaratgan eng buyuk maxluq insondir. Odam Allohning eng ulug‘ asaridir. Musulmon bo‘lsin, g‘ayri musulmon bo‘lsin, Alloh yaratgan har bir insonning bu dunyoda yashashga haqi bor.
Odam zotini yaratish ham, o‘ldirish ham Allohning qo‘lidadir.
Odam o‘ldirish gunohlarning eng kattasi sanaladi. Haqsizlik bilan odam o‘ldirish yaramaydi, chunki odam o‘ldirganni Alloh kechirmaydi. Qur’onda Alloh buyuradi: "Kim qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannam bo‘lib, o‘sha joyda abadiy qolajak. Va u Allohning g‘azabi va la’natiga duchor bo‘lgay, Alloh uning uchun ulug‘ azobni tayyorlab qo‘ygandir" ("Niso" surasi, 93-oyat).
Payg‘ambarimiz bir hadisi shariflarida shunday deydilar: "qilingan har turli xatolarni kechirish mumkin. Lekin kofir bo‘lib o‘lganni va bir mo‘minni yomon maqsad bilan o‘ldirgan odamni kechirish ehtimoli yo‘qdir".
Bir inson qanday tug‘iladi? qanday qiyinchiliklar bilan katta bo‘ladi? Ota-onasi o‘z bolasi deb oz mashaqqat chekadimi? Dunyoda eng sekin o‘sadigan odam bolasi. Uni o‘stirish uchun behad katta fidokorlik darkor. Bu qadar qiyinchiliklar bilan o‘stirilgan odamni o‘ldirishga, Allohning eng zo‘r asarini nobud qilishga hech kimning haqi yo‘q.
Qur’onda Alloh bir kishining o‘ldirilishini butun odamzodni o‘ldirishga, bir kishini o‘limdan qutqazishni bor odamzodni o‘limdan saqlab qolishga o‘xshatgan ("Moida" surasi, 32-oyat).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:16:33
Dinimizda qat’iy ravishda ma’n qilingan narsalardan biri o‘z-o‘zini o‘ldirishdir. Jon kishiga Alloh omonati. Jonni beruvchi — Alloh, vaqti yetgach, jonni qaytib oladi. O’z-o‘zini o‘ldirgan odam Alloh omonatini saqlay olmagani uchun ham omonatga xiyonat qilgani tufayli gunoxkor bo‘ladi.
O’z-o‘zini o‘ldirgan kishiga yaxshi nazar bilan qaralmaydi, hatto unday odamga janoza o‘qilmasin, deydiganlar ham bor. Lekin bizning mazhabimizda, hanafiy mazhabida, agar ruhiy kasallikka uchragan bo‘lsa, bunday odamning ham janozasi o‘qiladi.
Odam juda og‘ir ahvolda yashasa ham, behad qayg‘u, alam cheksa ham, sabr qilib o‘z jonini saqlashi, o‘zini o‘ldirmasligi kerak. Islom dini odam o‘ldirishni gunohi kabira deb hisoblasa ham, bizning zamonamizga qadar ham, hozirgi kunda ham musulmonlar orasida urushlar, janglar, o‘ldirishlar to‘xtamadi. Ular bu ishlarni din bilan asoslashga, din bilan bog‘lashga harakat qiladilar, bu bilan dinimiz uchun g‘oyat yomon namuna ko‘rsatadilar. Bunday harakatlar dinimizga qiziquvchi va uni o‘rganishni istagan odamlarni islomdan bezdirishi shubhasiz.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:16:58
Islom dini shafqat va marhamat dinidir. U, odamlargagina emas, hatto hayvonlarga ham shafqatli bo‘lishga, ularning hayotlarini saqlashga da’vat qiladi, zararsiz hayvonlarni o‘ldirmang, deb o‘rgatadi.
Payg‘ambarimiz zamonida arablar ba’zi jonli hayvonlarni nishon qilib bir joyga bog‘lab qo‘yishar va o‘q bilan otar edilar. Kimning yaxshi merganligini jonli hayvonlarni o‘q bilan otib o‘ldirib aniqlar edilar. Payg‘ambarimiz odamlarni bu holdan qaytarib: "Otishga o‘rganayotgan vaqtingizda jonli maxluqlarni nishon qilmangiz", - dedilar.
Islom dini barcha maxluqlarning hayotini hurmat qilishga buyuradi. Bu - diniy va axloqiy bir burchdir.

Islom dinida harom qilingan va Alloh taolo tomonidan qat’iy ravishda taqiqlangan narsalardan biri kishini mast qiladigan ichkiliklarni ichishdir. Xalq orasida ichkilik deb yuritiladigan bunday narsalarning xilma-xil ismlari bo‘lishi mumkin.
Nomidan qatiy nazar kishini mast qiladigan hamma narsa harom qilingan. Chunki payg‘ambarimiz: "Kishini mast qiladigan hamma narsa haromdir", - deganlar.
Ichkilik nima uchun harom qilindi? Uning harom qilinishi uchun qanday sabablar bor edi? Bu to‘g‘rida tabarruk kitobimiz Qur’oni Karimni va payg‘ambarimiz hadislarini ko‘zdan kechirish kerak.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:17:31
Birinchi marta tushirilgan Qur’on oyatida Alloh buyuradi: "Sizlar mast qiluvchi (aroqni) ham, go‘zal - halol rizq(ning o‘zini) ham xurmo va uzumlarning mevalaridan olursizlar". ("Nahl" surasi, 67-oyat).
Bu oyat bilan Alloh taolo turli mevalarning suvini siqib, ulardan foydalanishni muboh qildi. Lekin inson zoti ko‘p sohada o‘ziga oson yo‘l izlaydi. Bu oyat nozil qilingan vaqtda ichkilik harom qilinmagan edi. Shuning uchun xurmo va uzumdan ichimliklar qilib, ularning ichiga mast qiladigan narsalarni aralashtirib,odamlar diniy jihatdan to‘g‘ri bo‘lmagan ichkiliklarni kaShf etdilar. Bu hol payg‘ambarimiz va (bazi bir musulmonlarni o‘ylatib qo‘ydi. Hijratdan so‘ng bu hol Madinada ham bir qancha vaqtgacha davom etdi. Odamlar ichishar, payg‘ambarimiz ham ularga bir nima demasdilar. Bir kuni hazrati Umar va Muaz binni Jabal ismli sahobalari payg‘ambarimizga dedilar: "Yo Rasululloh, ichkilik to‘g‘risida bizga yo‘l ko‘rsating. Xamr odamni mast qilib, aqlini boshidan olyapti
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:17:59
Bir necha vaqtdan so‘ng, hijratning 4-yilida, shavvol oyida ikkinchi oyat nozil bo‘ldi: "Sizdan aroq(ichkilik) va qimor haqida so‘raydilar. Ayting: "Bularda katta gunoh va odamlar uchun foydalar bor. Bularning gunohi foydasidan kattaroqdir" ("Baqara" surasi, 219-oyat). Odamlarni ichkilikdan qaytargan birinchi oyat ham mana shu edi. Bu oyat nozil qilingach, ba’zi musulmonlar gunohi foydasidan ko‘proq, deb ichkilikni tashladilar.
Bir necha vaqtdan so‘ng payg‘ambarimizning sahobalaridan Abdurahmon bin Avor bir yig‘in o‘tkazdi. Dasturxonda ichkilik ham bor edi. Mehmonlar yedilar, ichdilar va mast bo‘ldilar. Shu ahvolda shom namozini o‘qishga kirishdilar. Imom bo‘lgan odam ko‘p ichgani sababli namozda o‘qigan "Kofirun" surasida adashib ketdi. Bu voqeadan so‘ng yana oyat tushirildi va shunday deb buyurildi: "Ey mo‘minlar, toki gapirayotgan gaplaringazni bilishingiz uchun mast holingazda namozga yaqin kelmanglar" ("Niso" surasi, 43-oyat).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:18:32
Alloh taolo bu oyatlarni nozil qilib, ichkilik ichishni kamaytirib, buning to‘g‘ri ish bo‘lmasligini musulmonlarga bildirar edi. Ushbu ikkinchi oyatdan keyin juda ko‘p musulmonlar ichishni tashladilar.
Qur’on mufassirlarining fikricha, ichkilikni qat’iy ravishda taqiqlagan oxirgi oyat hijratning 5-yoki 6-yilida nozil bo‘ldi. Bu oyatning nozil bo‘lishiga sabab bo‘lgan voqea quyidagicha edi:
Madinalik musulmonlardan Atbon binni Molik bir ziyofat uyushtirdi. Unga madinalik musulmonlarni (bularni ansorlar deyiladi) hamda makkalik musulmonlarni (bularni muhojirlar deyiladi) taklif etdi. Birgalashib ovqatlana boshladilar. Dasturxonda ichkiliklar ham bor edi, ovqatlar yeyilib, ichilib bo‘lgach, mehmonlar mast bo‘lib qoldilar. Shu holda makkalik musulmonlardan biri - Sa’d binni Abu Vaqqos bir she’r o‘qidi, Unda o‘zini va qavmini rosa maqtagan, madinalik musulmonlarni esa kamsitgan edi. She’rni eshitgan madinalik musulmonlardan biri dasturxondan turdida, yeyilgan tuyaning kalla suyagini qo‘liga olib, u bilan Sa’d binni Abu Vaqqosning boshiga urib yarador qildi. O’sha ondayoq Sa’d binni Abu Vaqqos borib payg‘ambarimizga bu odamdan shikoyat qildi. Mana shu bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng oxirgi oyat tushirildi va ichkiliklar harom qilindi. "Ey mo‘minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar(ya’ni ularga siginish) va cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan saqlaningaz" ("Moida" surasi, 90-oyat).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:18:49
Ushbu oyat bilan ichkilik harom qilinganidan so‘ng payg‘ambarimiz topshiriqlariga ko‘ra jarchilar bu masalani xalqqa e’lon qildilar. Shundan keyin ichayotgan kishilarning hammalari ichkilikni tashladilar, uylaridagi ichkiliklarni ko‘chalarga to‘kdilar. Islom tarixchilarining yozishlaricha, Madina ko‘chalarida ichkiliklar suv bo‘lib oqdi. Payg‘ambarimiz shu vaqtda: "Kishini mast qiladigan narsalardan sizni qaytaraman. Ko‘p bo‘lsa ham, oz bo‘lsa ham, odamni mast qiluvchi narsalar haromdir", - deb buyurdilar.
Payg‘ambarimiz yana bir hadislarida marhamat qiladilar: "Ichkilik barcha yomonliklarning onasidir". Ya’ni har xil yomonlik va noxushliklar ichkilik tufayli sodir bo‘ladi. Chindan ham, o‘ylab ko‘rsak, juda ko‘p yovuzlik va yomonliklar mast odamlar tomonidan sodir qilinadi; yong‘inlar, o‘ldirishlar, har turli janjallar, urushlar, axloqsizliklarning ko‘pchiligi mast kishilar tufayli ro‘y beradi.

Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:19:05
Qing‘ir yo‘llar bilan pul topish uchun qimor va boshqa nojo‘ya o‘yinlarni o‘ynash islom dinida harom qilingan. Chunki bu o‘yinlarning juda ko‘p zararlari bor. qimor o‘yini odamlarni dangasalikka o‘rgatadi. Bu bilan odamlar qing‘ir yo‘llardan borib pul topib boyimoqchi bo‘ladilar. Islom dini mehnatsevarlik dinidir, mehnatsiz topilgan pulni halol deyilmaydi. Alloh taolo Qur’oni karimda: "Inson uchun faqat o‘zi qilgan harakatigina bo‘lur (ya’ni, kishi o‘zgalarga boqim va dardisar bo‘lmasligi kerak", — deb buyuradi ("Van-najm" surasi, 39-oyat). Demak, har qanday pulni ishlab, mehnat qilib topish kerak.
Inson uchun eng shirin, eng barakali pul o‘zi ishlab topgan puldir. Bekordan kelgan pul bekorga ketadi. Harom yoki shubhali yo‘llar bilan topilgan pul insonni baxtli qilmaydi. Harom pul kohish keltiradi, hayotning mazasini ketkizadi. Lekin mehnat qilib topilgan pul odamni ikki dunyoda ham baxtiyor qiladi hamda osoyishta yashashga sababchi bo‘ladi.

Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:19:23
Islom dinida odamlarning mollari va jonlari muqaddasdir. Bir kishining ikkinchi kishi moliga zarar yetkizishga haqi yo‘q. qimor o‘ynovchilar bir-birlarining mollariga va pullariga zarar yetkazganlari uchun harom ish qilgan hisoblanadilar. qimor o‘yini odamlar orasiga gina-kudurat va dushmanlik soladi; jamoat orasidagi totuvlikni buzadi. Shuning uchun Qur’oni karimda Alloh taolo buyuradi: "Ey mo‘minlar, xamr, qimor, butlar va cho‘plar shayton amalidan bo‘lgan harom ishlardir. Ichkilik, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga buzuq adovat solishni hamda sizlarni Allohni zikr qilishdan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos! Endi to‘xtarsizlar!" ("Moida" surasi, 90-91-oyatlar).
qimor o‘yini odamning vaqtini va kuchini ketkizadi, ruhiy salomatligini buzadi, oiladagi noxushliklarga sabab bo‘ladi. Ko‘p kishilar qimor  o‘ynab, barcha boyliklaridan judo bo‘ladilar, o‘zlarini, oilalarini, farzandlarini og‘ir ahvolga tushiradilar. qimor o‘ynash Alloh huzurida va xalq orasida odamning obro‘sini pastga uradi. Xalq qimor o‘ynovchilarga yaxshi ko‘z bilan qaramaydi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:19:45
Yutqizgan kishi pulini qaytarib olish uchun, yutgan kishi esa yanada ko‘proq yutish uchun qayta-qayta o‘ynaydilar. Oxirida ikkovlari ham bu o‘yinning quliga aylanadilar. qimorga o‘rgangan odamning bu o‘yinni tashlashi mushkil. Eng yaxshisi bu o‘yin bilan qiziqmaslik va o‘yinni boshlamasliqdir.
Qimor o‘yini karta bilangina o‘ynaladigan o‘yin emas. qimor o‘ynashni istagan kishi uni turli qurollar bilan o‘ynay beradi.
Hozirgi kunda odamlarni qimorga qiziqtirish uchun turli-turli o‘yinlar chiqarilgan. Bulardan har birining o‘z nomlari bor. qanday nom bilan atalmasin, qimor va behuda o‘yinlar islom dinida harom sanaladi.

Islom dinida oilaga juda katta ahamiyat beriladi. Oila hayoti nikoh bilan boshlanadi. Uylanguncha nikohsiz yashash dinimizda haromdir. Nikohsiz er va ayolning yaqinligiga zino qilish deyiladi.
Zino qilish gunohi kabiralardan sanalib, barcha dinlarda harom qilingan.Chunki zino odam uchun, millat uchun zararlidir. Qur’onda Alloh taolo: "Zinoga yaqinlashmanglar. Chunki (bu) buzuqliqdir - eng yomon yo‘ldir", - deb buyuradi. ("Isro" surasi, 32-oyat).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:20:05
Payg‘ambarimiz ham odamlarni zino qilishdan qat’iy ravishda qaytarganlar va bir hadislarida "Zino qilgan kishi imonli holida zino qilmas", — deb marhamat qiladilar. Demak, zino qilgan kishining imoni, zino holida, u kishidan ayriladi. Bu hol tugagach, imon yana o‘ziga qaytadi.
Bironta ham millat oilasiz davom etmaydi. Shuning uchun dinimiz zinoni eng katta gunohlar qatoriga kiritgan. Zinoning juda ko‘p zararlari bor:
- Zino odamlarning va oilalarning obro‘si, sharafiga dog‘ tushiradi, yerga uradi, oila hayotini buzadi, yo‘qqa chiqaradi.
- Tug‘iladigan bolaning nasli noma’lum bo‘lib qoladi yoki bola nikohsiz ota-onadan tug‘iladi. Islom ulamolari nikohsiz ota-onadan tug‘ilgan bolaning shafqatsiz, marhamatsiz va qattiq ko‘ngilli bo‘lishini aytadilar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:20:33
- Zino tufayli juda ko‘p kasalliklar odamdan odamga yuqadi. Hozirgi kunda kishilarni halokatga eltayotgan kasalliklar zino orqasida kelib chiqmokda.
- Zino odamlar o‘rtasidagi urishishlar, tortishuvlar, hatto o‘ldirishlarga sabab bo‘ladi. Odamlar tinchligini buzadi.
- Zino qalbning qorayishiga, imonning zaiflashishiga sabab bo‘ladi. Zinokor o‘zi sezmasa ham, ma’naviy jihatdan juda ko‘p narsalardan mahrum bo‘ladi. Imoni zaiflangan odamning ibodatlari ham ozayib, axloqi buzila boradi.
Islom dini zinoga olib boruvchi botin yo‘llarni bekitgan. Erkaklar va ayollar orasidagi munosabatlar, tanishlar, qarindoshlar, yaqinlar va yot kishilar o‘rtasidagi munosabatlar qanday bo‘lishi kerak? Dinimiz bularning hammasini ayon ko‘rsatgan.
Islom dinida zino qilgan odamga og‘ir jazolar belgilangan. Lekin zinoning oxiratdagi jazosi bu dunyodagisidan og‘irrokdir. Alloh taolo buyuradiki: "Ular ("Allohning mo‘min bandalari) Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur" ("Furqon" surasi, 68-69-oyatlar).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:21:09
Kishining eng ko‘p gunohlariga sabab bo‘luvchi hamda jahannamga eltuvchi ikki a’zosi bor. Bular tili bilan jinsiy a’zosi. Bu a’zolarga hokim bo‘luvchi odamlar ma’naviy jihatdan yuksak martabalarga erishadilar. Payg‘ambarimiz bir hadislarida shunday marhamat qiladilar: "Kimki ikki labi va ikki oyog‘i orasidagi a’zolarini haromdan tiyishga kafillik bersa, men ham u kishining jannatga kirishiga kafillik beraman".

Tuhmat - xato qilmagan kishini ayblash, yolg‘on gaplar bilan u kishini obro‘sizlantirish, bo‘lmagan ig‘volarni qilib, xalq oldida u kishining nomini yomonga chiqarish demakdir.
Tuhmat islom dinida haromdir. Chunki tuhmat pokiza va gunohsiz kishilarni og‘ir ahvolga solib qo‘yadi.
So‘zlayotgan vaqtda so‘zning ma’nosini atroflicha o‘ylab gapirish lozim. Shuning uchun ham "Oldin o‘yla, keyin so‘yla", - deydi xalqimiz. Chunki til tig‘dan ham o‘tkirdir. Tig‘ yarasi tuzaladi, ammo til yarasi tuzalmaydi. Til bilan qilinadigan gunohi kabiralardan biri tuhmatdir.
Kishining eng "ko‘p gunohiga sabab bo‘ladigan a’zolaridan biri tildir. Juda ko‘p balolar va falokatlar odam boshiga tili tufayli tushadi. Maqolda aytilganidek: "Til balosi boshga".
Payg‘ambarimiz hazrat Muhammad (SAV) bir hadislarida marhamat qiladilarki: "Shubhasiz, odam bolasi qilgan xato va ayblarining ko‘pi tili tufaylidir".
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:21:30
Islom ulamolari shunday deydilar: "Ovqat yeyayotgan vaqtda og‘izga kirgan narsalarga e’tibor etgan kabi, zararli va yomon narsalarni tanavvul qilmaslikka harakat qilgan kabi, og‘izdan chiqqan so‘zlarga ham diqqat qilib, o‘zlarimiz bilan boshqalarga zarar yetkazmaslik axloqiy bir burchdir".
    Islom dini bu masalaga alohida diqqat qilishga da’vat qiladi. "Har qanday aytilgan gapga ishonavermaslik kerak", - deb uqtiradi. Masalan, Qur’onda buyuriladiki: "(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni eshitgan, ko‘rgan va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi" —("Isro" surasi, 36-oyat). Boshqa bir oyatda: "Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingazda biron qavmga musibat yetkizib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab, tekshirib ko‘ringlar", — deyiladi ("Hujurot" surasi, 6-oyat).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:22:05
Bu oyatlardan ayon bo‘ladiki, har qanday so‘zga ishonmaslik kerak. Ko‘pincha odamlar mubolag‘a qilib so‘zlaydilar. Shu tufayli haqiqiy ahvol bir yoqda qolib, yolg‘on gap kuchayib boradi.
Tuhmat kishilik tarixining har qaysi bosqichida mavjud bo‘lgan. Hatto payg‘ambarimiz zamonlarida ham yuz bergan; hatto payg‘ambarimizning xotinlari Oysha onamizga tuxmat qilganlar.
Payg‘ambarimiz melodiy 626 yili Bani Mustalik nomli bir qabila bilan urush qilishga majbur bo‘ldilar. Bu urushga otlangan vaqtda xotinlari Oyshani ham birga olib ketdilar. Musulmonlar dushman bilan urishib yengdilar va shartnoma tuzib orqaga qaytdilar. Yo‘lda bir joyda to‘xtadilar. Oysha onamiz bomdod namozidan oldin uyg‘ondilar. Tahoratdan avval hojat uchun odamlardan panaroq joyga ketdilar. Yo‘lda munchoqlari tushib qoldi.  qaytib kelgach, munchoqning tushib qolganini sezib, izlab hojatga borgan joyga qarab yo‘l oldilar. Munchoqni izlab topguncha biroz vaqt o‘tdi. qabila tushgan joyga qaytib kelib qarasalar, barcha sipohlar ketib qolishgan ekan. qanday qilib bo‘lsa ham meni topishar, degan xayol bilan shu yerda o‘tirdilar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:22:43
Payg‘ambarimiz urush davrida hamisha bir odamni orqada yuruvchi qilib tayinlar edilar. U kishi unutilib qolgan narsalarni to‘plab yurar edi. O’sha kuni Safvon binni Muattal ismli bir sahoba bu vazifani bajarardi. Mana shu kishi kelayotib hazrati Oyshani ko‘rdi va tuyasiga mindirdi. O’zi tuyaning jilovidan ushlaganicha, lashkar ortidan yo‘lga ravona bo‘ldi. Bir necha soatdan keyin lashkarga yetib oldilar. Lekin ba’zi odamlar hazrati Oysha bilan Safvon haqida yo‘q so‘zlarni so‘zlab, g‘iybat qila boshladilar, payg‘ambarimiz bilan hazrati Oyshaning oralariga sovuqlik soldilar. Hazrati Oysha kasal bo‘lib qoldilar. Payg‘ambardan ruxsat so‘rab, otalari hazrat Abu Bakr uyiga ketdilar. Bu hol ularning ikkovlari uchun ham o‘ng‘aysiz edi. Bir necha vaqtdan so‘ng payg‘ambarimizga bu to‘g‘rida oyat nozil qilindi va bu oyatda hazrati Oyshaning aybsiz ekanligi bildirildi. Ushbu oyatda oilali va gunohsiz ayollarga tuhmat qiluvchilar agar guvohlari bo‘lmasa, 80 qamchi bilan jazolansinlar, deyildi. ("Nur" surasi, 4-oyat). Mana shu oyatdan so‘ng bu tuhmatni boshlagan Abdulloh binni Ubay binni Salul, Hasan binni Sobit hamda Hamna binti Jahsh ismli kishilar 80 qamchi bilan savalandilar. Bu jazo tuhmat jazosi deb ataldi. Bu - payg‘ambarimizning sog‘-omon vaqtlarida bo‘lib o‘tgan voqea. Agar Alloh taolo oyatlar bilan hazrati Oyshaning gunohsiz bo‘lganini bildirmasa, ularning holi ne kechardi? Ular umr bo‘yi qayg‘u-azobda yashar edilar. Lekin Alloh payg‘ambarimizga oyatlar nozil qilib, bu xatoni tuzatdi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:23:14
qilingan nojo‘ya ishlar hech qachon yashirin qolib ketmaydi. Boshqalarga zarar yetkazgan odam yerning usti ham, osti ham bor ekanini unutmasin. Balki bu dunyoda yovuz odamlar uchun qochishga joy topilar, lekin oxirat hayotida qochishga o‘rin yo‘qdir. U kunda ular "qiyomat" surasidagi oyatga ko‘ra: "Qaerga qochib qutilish mumkin?" - deb qoladilar. ("Qiyomat" surasi, 10-oyat).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:23:51
Takabburlik - o‘zini boshqalardan yuqori qo‘yish, o‘zini ulug‘lash, maqtash, boshqalarni mensimaslik, pastga urish demakdir.
Islomiyatning maqsadi odamlarni bir-biriga yaqinlashtirib, totuvlikda yashatish, bu dunyo va oxiratda baxtli qilishdir. Lekin Allohning maxluqlari xulqi va tabiati jihatidan turlichadir. Ba’zilari yumshoq ko‘ngil va kamtarin, boshqalari toshbag‘ir va takabburdir.
Shayton mag‘rurlangani va o‘zini boshqalardan ustun ko‘rgani uchun Alloh dargoxotidan mangulikka quvilgandir.
Takabburlik islom dinida haromdir. Qur’oni karimda yozilganidek, Alloh: "... mutakabbir va maqtanchoq bo‘lgan kimsalarni sevmaydi" ("Niso" surasi, 36-oyat), "Albatta, U zot mutakabbir kimsalarni sevmas" ("Nahl" surasi, 23-oyat).Chunki takabburlik Allohga maxsusdir, yolg‘iz Allohning haqidir. Odamlarning esa takabbur bo‘lishga haqlari yo‘q. Allohning 99 sifatidan bir Al-Mutakabbirdir.
      Takabburlik qilgan odam Allohni g‘azablantiradi. Bir qudsiy hadisda Janobi Haq shunday marhamat qiladi: "Buyuklik va takabburlik mening kiyimim, kibriyo, ya’ni ulug‘lik mening to‘nimdir. Takabburlik va ulug‘likda menga tenglashmoqni istagan odamning belini sindiraman".
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:24:08
Qur’ondagi juda ko‘p oyatlarda takabburlikdan saqlanish buyurilgan. Masalan, Alloh taolo shunday deydi: "Yer yuzida kibr-havo bilan yurmagin. Chunki sen yerni teshib ketolmaysan va bo‘yi bastda tog‘larga yetolmaysan" ("Isro" surasi, 37-oyat).
Payg‘ambarimiz ham bir hadislarida: "Takabbur odamni Alloh pastga tushiradi, kamtar odamning esa darajasini ko‘taradi", -deydilar.
Nuh payg‘ambar vafotidan bir oz avval bolalarini chaqirib, ularni ikki narsadan: Allohga sherik qilishdan va takabbur bo‘lishdan qaytargan edi.
Payg‘ambarimiz hamisha kamtarin inson bo‘lganlar va buni bizlarga ham tavsiya etganlar. Payg‘ambarimizni birinchi bor ko‘rgan bir arab ul zotning huzurlarida qo‘rqib qaltiray boshlagan edi. Shu vaqt payg‘ambarimiz: "Ey do‘stim, qo‘rqma! Men ham quraysh tuprog‘idan arpa noni yegan bir ayolning farzandiman", - deb samimiylik ko‘rsatganlar hamda o‘zlarining payg‘ambarliklari bilan maqtanmaganlar
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 06:24:34
Turli sabablar tufayli odamlar takabbur bo‘ladilar. Boyligi, nasli, mansabi yoki bilimi bilan maqtanib takabbur bo‘lganlar bor. qays binni Mutatiyya ismli bir kishi payg‘ambarimiz masjidlarida namoz o‘qishga kelganda, azon vaqtini kutib turganlar orasida arab bo‘lmagan bir necha musulmonni ko‘rib: "Bular Erondan kelgan Salmon Forsiyga, Habashistondan kelgan Biloli Habashiyga va nasroniylikni tashlab musulmon bo‘lgan Suhaybi Rumiyga kim bo‘ladilar? Bularning bittasi ham arab emas. Biz, arablar islomiyatga katta xizmatlar qildik. Islomiyat arablar orqali xalq orasiga tarqaldi", - deb o‘zining qavmi bilan maqtandi. qaysning so‘zlarini payg‘ambarimizga aytib berishdi. Namozni o‘qib bo‘lgach, payg‘ambarimiz jamoatga so‘zladilar va: "Rabbingiz bir Allohdir, otangiz ham bir ota, ya’ni hazrati Odamdir. Arablik sizning otangiz ham, onangiz ham emasdir. U bir tildir, arabcha so‘zlashgan odam arabdir", - deb odamlarni nasli va qavmi bilan maqtanishdan qaytardilar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:19:40
"Meni takabbur odam deyishmasin, men kamtarin odam bo‘laman", - deb hamma narsaga ko‘naverish ham to‘g‘ri emas. Musulmon odam sohibi viqordir. Viqor, vazminlik takabburlik ham emas, yengillik ham emas, balki o‘rta holatdir.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:20:10
Isrof - pul, mol va Alloh tomonidan bizga berilgan ne’matlarni nojo‘ya sarflash demakdir.
Iktisod - yeganda, ichganda, pul va molni sarf qilganda, o‘rta yo‘lni izlash va bulardan ortib qolganini saqlash, jamag‘rish demakdir.
Isrof-qiluvchilarni musrif deb ataladi. Alloh musrif odamlarni yoqtirmaydi. Isrofning ziddi baxillikdir. Isrof ham, baxillik ham islom dinida haromdir. Chunki bulardan birinchisi pul va molni sochish, keraksiz joylarga sarflashdir. Ikkinchisi mol va pulni to‘plab, qo‘lda ushlash, u mol va puldan o‘zini ham, boshqalarni ham foydalantirmaslikdir. Bu ikki yo‘lning o‘rtasida iqtisod bordir.
    Islom dini barcha ishlarda mo‘‘tadillik yo‘lini - o‘rta yo‘lni tavsiya etadi. Payg‘ambarimiz ham bir hadislarida: "Ishlarning yaxshisi o‘rta yo‘ldir", - deb aytganlar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:20:52
Qur’onda Alloh saxiy odamlarni maqtab shunday marhamat qiladi: "Ular (Allohning suyukli bandalari) infoq-ehson qilgan vaqtlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, (balki ehsonlari) ana o‘sha (xasislik bilan isrofning) o‘rtasida mo‘‘tadil bo‘lur". ("Furqon" surasi, 67-oyat). Demak, ular isrof qiluvchilar ham, xasislar ham emasdirlar.
Har bir ishda isrof haromdir. Masalan, bir o‘quvchi o‘ziga kerakli maktab ashyolarini, qalam, ruchka, o‘chirg‘ich kabilarni ortig‘i bilan olib, ba’zilarini ishlatmasdanoq yoki ozgina ishlatib, tashlab yuborsa, bu isrof sanaladi. Bir kishiga bir necha kostyum yoki oyoq kiyimi yetarli, u juda ko‘p kiyim olib, ularni kiymaydigan bo‘lsa, bu ham isrof hisoblanadi. Oshxonada ikki xil ovqat bilan to‘yish mumkin bo‘lgan holda besh-olti xil ovqat olib, ulardan bir qismini yemasdan qoldirish isrofdir. Namoz va g‘usl tahoratini olganda, suvni ortiqcha ishlatish ham isrofdir. Ana shunday kishilar haqida Alloh taolo Qur’oni karimda: "... isrof qiluvchilar shaytonning do‘stlari bo‘lgan kimsalardir", -deydi ("Isro" surasi, 27-oyat).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:21:12
Hamma sohada isrofdan saqlanish lozim. Hatto ibodat qilganda ham o‘rta yo‘l tavsiya etiladi. Payg‘ambarimizning sahobalaridan biri tun-kun namoz va Qur’on o‘qir, kunduzlari ro‘za tutardi. Bir kuni o‘sha kishining xotini payg‘ambarimiz oldilariga borib: "Yo Rasululloh, mening erim muttasil ibodat bilan shug‘ullanadi. Menga hamda bolalariga qarashga vaqti yo‘q. Bizni og‘ir ahvolga tushirib qo‘ydi", - dedi.Payg‘ambarimiz bu so‘zlarni eshitgach, sahobalarini chaqirib, ibodatlari va ro‘zasini kamaytirib, oilasi va bolalari uchun vaqt ajratishga buyurdilar.
Ba’zi odamlar pul va mollaridan tashqari vaqtlarini ham isrof qiladilar. Vaqt ham Allohning ne’mati. Uni yaxshi va foydali ishlarga sarflamoq darkor. Payg‘ambarimiz bir kunni uch qismga bo‘lardilar. Bir qismini ibodat bilan, bir qismini oila ishlari bilan, yana bir qismini xalq ishlari bilan o‘tkazar edilar. Xalq ishlari uchun ajratilgan vaqt kifoya qilmasa, oilalariga ajratgan vaqtdan olar, ibodat vaqtiga tegmas edilar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:31:27
Qur’oni karimdagi "Val-asr" surasini Alloh taolo: "Asr (vaqti)ga qasamki..." deb boshlaydi. Bu oyatda vaqtning odamlar uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan. Payg‘ambarimiz ham bir hadislarida shunday marhamat qiladilar: "Ikki ne’mat borki, odamlar bularning qimmatini anglab yetmaydilar. Ulardan birinchisi sog‘liq, ikkinchisi esa bo‘sh vaqt". Demak, bo‘sh vaqtlarini yo‘qqa chiqargan kishilar vaqtni isrof etib gunoh qilgan bo‘ladilar. qiyomat kunida odamlardan o‘z umrini qaerda va qanday ishlar bilan o‘tkazgani ham so‘raladi. Yemoq, ichmoqda, kiyinmoqda, uyga kerakli narsalarni olganda isrofdan ehtiyot bo‘lish lozim. O’zimizga yetarli bo‘lganidan ortiqcha olmaslik kerak.
Qur’onda. Alloh buyuradi: "Ey Odam bolalari, har bir sajda chog‘ida ziynatlaningiz (ya’ni toza libosda bo‘lingiz) hamda (xoqlaganingizcha), yeb-ichaveringlar, faqat isrof qilmanglar, zotan U isrof qiluvchilarni sevmas". ("A’rof" surasi, 31-oyat). Demak, doimo toza kiyim kiyish, halol narsalardan ko‘ngil tilagancha yeb-ichish, lekin hech qachon isrof qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak ekan.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:31:53
       Hasad - bir kishining qo‘lidagi ne’matning yoki boylikning yo‘q bo‘lishini tilash demaqdir.
Hasad islom dinida ayblangan va harom qilingan bir harakatdir. Har bir kishining fitratida, tabiatida hasad bordir. Bu hissiyotni odam ichida saqlasa, boshqalarga buning zarari tegmaydi.
Payg‘ambarimiz hazrati Muhammad (SAV): "Barcha odamlar hasadgo‘ydir. Lekin qo‘li va tili bilan ko‘nglidagini oshkor qilmasa, ya’ni boshqalarga bildirmasa, bu hasad boshqa odamga zarar qilmaydi", - degan edilar. Hasad jamiyatda gina va dushmanlikni kuchaytiradi, odamlar orasidagi hurmat va muhabbatni yo‘qotadi. Shuning uchun payg‘ambarimiz: "Odamlar bir-birlariga hasad qilmasalar edi, osoyishtalik va yaxshilik ichida yashagan bo‘lardilar", — deb marhamat qiladilar. Shuning uchun mumkin qadar hasaddan uzoq bo‘lish, bunday zararli bir ilonning dumini bosmaslik lozim. Chunki hasadgo‘yning o‘ziga ham, boshqalarga ham zarari tegadi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:32:33
Hasad kishi ko‘nglidagi va miyasidagi yomon fikrlar tufayli unga tinchlik bermaydi, rohati, huzurini o‘g‘irlaydi. Hasad kasalligi hasadgo‘yni asta-sekin yeb bitiradi. Lekin o‘zi buni sezmaydi. Shuning uchun ham: "Hasad shunday adolatliki, u avvalo hasadgo‘yning o‘zini yondiradi", - deydilar.
Payg‘ambarimiz bir hadisi shariflarida aytgan ekanlar: "Olov o‘tinlarni yamlab, tugatgani kabi, hasad ham qilingan yaxshiliklarni, savoblarni xuddi shu tarzda yeb bitiradi".Payg‘ambarimiz hasad ikki narsada: bilimda va boylik tilashda joiz, deganlar. Aslida bular hasad bo‘lmay, havasdir. Bu haqda payg‘ambarimiz shunday marhamat qiladilar: "Hasad ikki narsada durustdir. Alloh bir kishiga bilim beradi, u kishi ana shu bilimi bilan halol bilan haromni ajratib, Alloh berganicha yashaydi. Alloh bir kishiga mol va boylik beradi, u kishi ham moli va boyligi bilan yaxshi amallar qiladi, sadaqa, zakotlar beradi. Mana shunday kishilarga havas qilib, ulardek bo‘lishni tilash hasad emasdir". Bu hadisdan anglashiladiki, boshqalarning bilimi va boyligiga havas qilish hasad bo‘lmay, o‘shanday ne’matlarning o‘zimizda ham bo‘lishini tilashdir. Mana shunday fikrlar odamlarni mehnat qilishga undagani uchun muboh hisoblanib, gunoh sanalmaydi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:33:06
Hasad Allohning yozmishiga rozi bo‘lmaslik demakdir. Chunki hamma narsa Allohning xohishi, Allohning yozgani bilan bo‘ladi. Odamlarga molni, mulkni, boylikni, sog‘liqni, ne’matni va shunga o‘xshagan barcha narsalarni beruvchi Allohdir. Dunyodagi maxluqlarning barchasini Alloh rizqlantiradi. Allohning bergan rizqlariga, ne’matlariga hasad qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shunday odamlar haqida Qur’oni karimda: "Ey Muhammad, Parvardigoringizning rahmati (bo‘lmish payg‘ambarlik)ni o‘shalar taqsimlaydilarmi? (Yo‘q, aslo undoq emas!) Ularning hayoti, dunyodagi maishat tirikchiliklarini ham ularning o‘rtalarida Biz O’zimiz taqsimlaganmiz va ba’zilari ba’zilarini qo‘l ostiga olib (ishlatish) uchun ayrimlarini ayrimlaridan baland daraja martabalarga ko‘tarib qo‘yganmiz",- deb marhamat qiladi Alloh taolo ("Zuhruf" surasi, 32-oyat).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:33:33
Hasadning hasadgo‘ylarga ham zarari bordir. Shayton takabburlik qilgani va hazrati Odamga hasad qilib sajda etmagani uchun abadul abad  Alloh rahmatidan quvildi. Dunyoda eng birinchi qilingan gunohi kabira hasad tufayli ro‘y berdi: Hazrati Odamning o‘g‘illari qobil tug‘ishgani Hobilga hasad qilib, uni o‘ldirdi va kishilik tarixida gunohi kabiralarning birini qilgan bo‘ldi.
Akalari Yusuf payg‘ambarga hasad qilganlaridan chohga tashlab qutulmoqchi bo‘ldilar. Lekin Alloh Yusuf payg‘ambarni qutqazdi, uning martabasini ziyoda aylab podsho qildi.
Ba’zi islom ulamolari "Hasad shifosi topilmagan xastalikdir", - deganlar. Bu xastalikdan qutulish uchun Allohning berganiga rozi bo‘lib, odamlarga hasad qilmaslik kerak.
Payg‘ambarimiz marhamat qiladilar: "Bir-birlaringizga hasad qilmangiz, bir-birlaringizdan bezmangiz, oraga sovuqlik solmangiz, bir-birlaringizdan ayrilmangiz, sizni bir-biringizga bog‘lagan muhabbat rishtalarini uzmangiz, ey Alohning bandalari, do‘st bo‘lingiz!"
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:33:53
 Gunoh oxiratda odamning azoblanishiga sabab bo‘ladigan so‘zlarga, ishlarga va harakatlarga gunoh deyiladi.
Islom dinida gunohlar ikki qismga ajratiladi. Bulardan birinchisiga - gunohi kaboir (katta gunohlar), ikkinchisiga - gunohi sag‘oir (kichik gunohlar) deyiladi. Ba’zi bir islom ulamolari: "Gunoh gunohdir, uning katta -kichkinasi bo‘lmaydi" - deb, bu xil ajratishga qarshi chiqqanlar, hatto bu to‘g‘rida tortishuvlar ham bo‘lgan. Gunoxlarni ikkiga ajratgan kishilar Qur’ondagi: "Agar sizlar man etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, qilgan kichik gunohlaringizni o‘chirurmiz va sizlarni ulug‘ manzil - jannatga yuriturmiz ", - degan oyat ("Niso" surasi, 31-oyat) ga asoslanadilar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:34:25
Ba’zi islom ulamolarining aytishlaricha, gunohi kabiralar o‘n yettitadir:
— Allohga sherik qilish;
— gunohi kabiralarni tashlamay, davom ettirish;
— Allohning rahmatidan umid uzish; —Alloh taoloning kechirishini unutib,
azobigagina ishonish;
— yolg‘on guvohlik;
— nomusli va gunohsiz bir xotinga tuhmat qilish yoki so‘kish;
— sehr qilish;
— odamlarni aldash uchun to‘g‘ri bo‘lmagan masalalar haqida qasam ichish;
— ichkilik ichish va boshqa mast qiluvchi moddalar tanovul qilish;
— yetim molini yeyish;
— bilib va istab foyda yeyish;
— zino qilish;
— livot kilish — bir xil jinsdagi odamlar o‘rtasidagi yaqinlik;
         - odam o‘ldirish;
- boshqa odamning moli yo pulini o‘g‘irlash yoki o‘ynab yutib olish;
- ota-onaga qarshi turish;
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:35:07
Alloh taolo o‘ziga sherik qilishdan boshqa barcha gunohlarni kechiradi. Mutlaqo Allohga yolborib, qilgan ishlaridan o‘kinib yana o‘sha xatoni qilmaslikka va’da bersa va Allohga tavba qilsa, inshaolloh Janobi Haq bu bandasini kechirar, chunki Qur’onda: "Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo‘lmangiz", - ("Zumar" surasi, 53-oyat) deb buyuriladi. Mo‘min hamisha Allohning rahmatini kutib yashaydi.
Alloh taolo odamlarning gunoh qilishlarini istamaydi. Gunoh qilgan bo‘lsalar, ularning tavbalarini kutadi.

Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:36:51
V. DINIY ODATLARIMIZ

1. Bolalarga ism ko‘yish
2. O’g‘il bolalarni sunnat qilish
3. Salomlashish
4. Hayit qilish
5. Qurbonlik qilish
6. Kasal ko‘rish
7. Qabrlarni ziyorat qilish
8. Nikoh va uylanish.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:37:19
Bolalarga ism qo‘yish payg‘ambarimizning sunnatlaridandir. Bola tug‘ilgach, bir haftadan kechiktirmay ismini qo‘yish lozim. Buni bir necha kun avval yoki keyin bajarish ham mumkin. Payg‘ambarimiz hazrati Muhammad (SAV) o‘g‘illari Ibrohim tug‘ilganida, bir haftadan keyin jonliq so‘yib, xalqni ziyofat qilganlar. Mehmonlar yeb-ichib bo‘lishgach, xalq oldida bolaga ism qo‘yilgan. Shu kuni bolaning sochlari qirqilib, sochlarining og‘irligi qadar pul qashshoqlarga sadaqa qilib ulashilgan.
Bolaga ism qo‘yilganda, bir qulog‘iga azon, ikkinchi qulog‘iga iqomat o‘qiladi. Azon va iqomatdan so‘ng bolani duo qilinadi. Duodan so‘ng bir yo uch marotaba bolaning qulog‘iga ismi qichqirib aytiladi. Shu bilan ism qo‘yish marosimi tugallanadi.
Ota-onaning farzandi oldidagi dastlabki burchi ana shu diniy marosim bilan boshlanadi. Ism qo‘yish burchi o‘talganda, bolaga chiroyli va ma’noli ism qo‘yish lozim. Payg‘ambarimiz: "qiyomat kunida o‘z ismlaringiz, otalaringizning ismlari bilan chaqirilasiz. Shuning uchun bolalarga go‘zal ismlar qo‘ying", -deganlar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:37:44
Payg‘ambarimiz xunuk va ma’nosiz ismlarni yoqtirmas edilar. Biron qishloqqa, biron shaharga borsalar, avvalo shu joyning nomini so‘rardilar, agar bu yerning, qishloqning ma’noli bir ismi bo‘lmasa, uni yoqtirmaganlari yuzlaridan ko‘rinib turardi.
Hazrat Oyshadan keltirilgan bir hadisga ko‘ra, payg‘ambarimiz ma’nosiz va xunuk ismlarni almashtirardilar.
Payg‘ambarimizning sahobalaridan Said binni Al-Musayyibning otasi Huzn payg‘ambarimiz bilan uchrashgan vaqtida Rasululloh (SAV) u"ž kishidan so‘radilar:
- Isming nima?
- Huzn (qayg‘u).
- Sening isming Sahl (engillik) bo‘lsin.
- Yo‘q, otam qo‘ygan ismimni almashtirmayman, - dedi va o‘lgunicha shu ism bilan yurdi.
Huznning o‘g‘li Said binni Al-Musayyib:. "Otam ismini almashtirmadi, ammo biz hech qachon qayug‘dan qutulmadik", - degan edi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:38:08
Bolaga ism qo‘yayotganda diqqat qilinishi lozim bo‘lgan ikkinchi bir masala bor. Alloh taoloning "Alloh" ismidan boshqa yana 99 ismi bor. Bularga Allohning sifatlari deyiladi. Ko‘p odamlar bu sifatlarni ham bolalariga ism sifatida qo‘yadilar. Islom ulamolarining aytishlaricha, bu sifatlardan birontasini ham bolaga ism qilib qo‘yish yaramaydi. Masalan, Xoliq (yaratuvchi, xudo), Rahmon (bandalariga juda marhamatli), quddus (kamchiliksiz), Muhaymin (barcha maxluqotlarni himoya qiluvchi), Al-Mutakabbir (juda buyuk, juda ulug‘) kabi Allohgagina xos ismlarni odamlarga qo‘yish haromdir. Agar bu ismlarni bolalarga ism sifatida qo‘yishni xohlasak, oldiga "abd" (qul, banda) so‘zini qo‘yish kerak, ya’ni Abdulxoliq, Abdurahmon kabi. Yana islom ulamolarining fikricha, Allohning sifatlarini anglatuvchi ba’zi ismlarni odamlarga qo‘yish mumkin. Lekin bu sifatlar odamlarda ham bo‘lishi kerak. Masalan, Olim (biluvchi), Somi’ (eshituvchi), Basir (qo‘rquvchi), qodir (kuchi yetuvchi) kabi. Bunday ismlardan oldin ham "abd" so‘zini qo‘yish yaxshiroqdur.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:38:27
 tug‘ilgan bola uchun qurbonlik qilishlik. Bunday qurbonlik qilish mustahabdir. Aqiqa qurbonligi farzand ne’mati uchun qurbonlik qilib, Allohga shukrona aytish demakdir. Islom olimlarining fikrlariga ko‘ra, aqiqa qurbonligi bolani balo-qazolardan va kasalliklardan saqlaydi. qiyomat kunida ham ota-onasiga shafoatchi bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
       Ota-onaning farzand oldidagi burchlaridan biri vaqti yetganda o‘g‘lini sunnat qilish, yana biri vaqti yetganda uylantirishdir. O’g‘il bolalarni sunnat qilish Ibrohim payg‘ambarning hamda bizning payg‘ambarimizning sunnatlaridandir.
O’g‘il bolani sunnat qilishni payg‘ambarimiz bekorga belgilamaganlar. Hozirgi kunda shifokorlar tomonidan bu masala ham o‘rganilgan va uning inson salomatligi uchun foydali ekanligi aniqlangan, Tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, musulmon erkaklarga turmushga chiqqan qizlarning og‘riqlari ozroq bo‘lgani belgilangan.Bolalarni sunnat qilish 7 kunlikdan boshlab 12 yoshgacha, balog‘at yoshiga qadar davom etishi mumkin, 12 yoshdan keyinga qoldirish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:38:57
Islom mamlakatlarida sunnat qilish umuman sunnat to‘yida amalga oshiriladi. Hatto bola o‘zining sunnat to‘yini bilsin, deb sunnat ko‘pincha 7-12 yoshlari orasida qilinadi. Bu xil to‘ylarda mehmonlarga oshlar tortiladi, sunnat qilinayotgan bola uchun duolar qilinadi. Bunday shodiyona yig‘inlariga mehmonlar chaqirib osh tortish payg‘ambarimiz sunnatlaridandir. Payg‘ambarimiz ham 7 kunlik o‘g‘illari Ibrohimni sunnat qildirganlar, hayvon so‘yib, tanish-bilishlarini taklif etib osh tortganlar. Mehmonlarni siylaganlar hamda ortiqchalikka yo‘l qo‘yilmaydigan bunday to‘ylarni bizlarga ham tavsiya etganlar.
salomatlik, omonlik yoki bir narsaning yaxshi va xayrli bo‘lishini tilash demaqdir.
Musulmonlar bir-birlari bilan uchrashganlarida, "Assalomu alaykum" deb salomlashadilar. Salomdan so‘ng musulmonlar bir-birlarining qo‘llarini qisadilar, bunga "musofaha" deyiladi. Bularning ikkalasi ham dinimizda sunnat hisoblanadi.Salom bergan kishiga "Vaalaykum assalom" deb javob qaytarish farzi kifoya sanaladi. Chunki janobi Haq Qur’oni karimda shunday buyurgan: "Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki (hech bo‘lmasa) o‘sha iborani qaytaringlar" ("Niso" surasi, 86-oyat).
   Salomlashish eng yaxshi odatlarimizdan biridir. Uyda, mahallada, ish xoyida, yo‘lda, qaerda bo‘lmasin, bir musulmon qardoshimiz bilan uchrashsak, ularga salom berish diniy bir burchimizdir. Chunki payg‘ambarimiz "Oralaringizdagi ahillikni orttiruvchi narsani sizlarga aytaymi? Oralaringizda salom berishni keng tarqatingiz", - deb marhamat qilganlar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2009, 07:39:21
Salom berish qoidalari quyidagicha:— turgan yoki yurib kelayotgan odam o‘tirgan kishiga salom beradi;
— oz odam ko‘pchilikka salom beradi; masalan, mahallada birdan ortik; odam bilan uchrashsak, biz ulardan oldin salom beramiz;
— yoshlar keksalarga salom beradilar, lekin keksalar ham yoshlarni salomga o‘rgatish uchun ularga salom berishlari mumkin;
— ikki kishi ko‘chada uchrashganda, avval salom beruvchi yuqori ko‘yiladi;
— boyligi, mulk va ne’mati ko‘p bo‘lgan odam avval salom beradi; me’roj kechasida payg‘ambarimiz Alloh bilan ro‘para bo‘lganlarida eng avval Alloh salom bergan;
— bir kishi jamoatga salom bersa, jamoatdagi bir kishi salomga alik olsa, yetarli hisoblanadi, jamoatning barchasi alik olishi zarur emas.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:28:21
Dinimizga ko‘ra quyidagi holatlarda salom berilmaydi;
— namoz o‘qiyotgan odamga, namozini tugatmaguncha;
— Qur’on o‘qiyotgan odamga;
— va’z so‘zlayotgan imomga;
— xutba, va’z va Kur’on tinglovchilarga;
— azon aytayotgan yoki qomat tushirayotgan muazzinga;
— qimor o‘ynayotganlarga o‘yin vaqtida;
— ichkilik ichgan odamga ichayotgan vaqtda;
— g‘iybat qilib turgan odamlarga, g‘iybat so‘zlayotganda;
- dasturxonda osh yeyayotgan odamlarga salom berilmaydi, uning o‘rniga "Barakatli bo‘lsin" yoki "ovqatingiz mazali bo‘lsin" deyiladi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:28:44
Bir kishi orqali bizga yo‘llangan salomni ham "Vaalaykum assalom" deb qarshi olish lozim. Kim bo‘lmasin bizlar orqali birovlarga salom yo‘llasa, u salomni egalariga topshirishimiz zarur, chunki bu salom ham bir omonat sanaladi.
Bir kishining salomini olganda yoki salom berganda, bukilish, ta’zim qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Dinimiz Allohgagina ta’zim qilishga buyuradi, odamning odamga ta’zim qilishini xohlamaydi. Payg‘ambarimiz ham: "Bir-biringiz bilan salomlashganda, bukilmang", -deganlar.
Kundalik hayotimizda salom o‘rnida ishlatiladigan so‘zlar ham bor. Masalan, esonmisiz, ahvolingiz qalay, xayrli tong, xayrli kech, safaringiz xayrli bo‘lsin, ko‘rishguncha kabilar. Bularni aytishning ham o‘ziga xos savobi bo‘lsa kerak. Bular millatimizga oid chiroyli so‘zlardir. Ularni ham unutmasdan har doim aytib turilsa ziyon qilmaydi, lekin salom baynalmilaldir barcha musulmonlarning mushtarak ishoratidir. Shuning uchun biron mamlakatga, biron yig‘ilishga berganda, eng avvalo salom beriladi, so‘ng so‘rashiladi. Salom barcha so‘zlardan avval keladi. Payg‘ambarimiz bir hadislarida "Salom kalomdan, so‘zdan avvaldir", -degan edilar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:29:02
       Bayram - shodlik demakdir.
Bayramlar odamlar hayotida alohida ahamiyatga ega. Ular jamoat orasidagi birlikni kuchaytiradi, qardoshlikni mustahkamlaydi. Hayit kunlari odamlar masjidlarga borishib, bir-birlari bilan ko‘rishib, oralaridagi do‘stlik va birodarlikni yangilaydilar. Islom dinida bayramlar hijratdan so‘ng boshlangan.
Payg‘ambarimiz hazrat Muhammad (SAV) Makkadan Madinaga ko‘chgan vaqtlarida Madina xalqi o‘tkazadigan ikki bayram bor edi. Janob Rasululloh ularga dedilar: "Alloh taolo sizning ikki bayramingiz o‘rniga ulardan ham xayrliroq ikki bayramni ehson sifatida bag‘ishladi. Bular Ramazon va qurbon bayramlaridir". Madina xalqi bu shodiyona xabarni payg‘ambarimizdan eshitgach, eski bayramlarini tashlab, yangi bayramlarni nishonlay boshladilar.
Payg‘ambarimiz hayit kunlarida dinimiz da’vatiga ko‘ra ertaroq uyg‘onishni, yuvinib, xushbo‘y atrlar surishni, eng yaxshi kiyimlarni kiyishni, ko‘chada yoki masjidda uchrashgan kishilarga ochiq yuzli bo‘lishni mustahsan va mustahab, deb ayttanlar, ya’ni bular savob ishlardir.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:29:36
Ramazon hayitida namozdan avval nima qilib bo‘lsa katta masjidga borishni, qurbon hayitida namozni o‘qib tugatmaguncha hech narsa yemay  turishni mustahab deb qabul qilingan.
Anas bin Molikdan keltirilgan bir hadisga ko‘ra: "Payg‘ambarimiz (SAV) Ramazon bayramida bir necha xurmo yemaguncha namozga bormas edilar". Xurmo topilmay qolganda, uning o‘rniga asal, shakar kabi narsalarni tanovul qilish ham mustahab sanalgan.
Payg‘ambarimiz zamonlarida ba’zi kishilar ro‘zaning hayit namoziga qadar davom etishiga ishonishar, shuning uchun ham namozga qadar yeyishmas, ichishmas edi. Payg‘ambarimiz Ramazon hayitining birinchi kunida ro‘za tutilmasligini ko‘rsatish uchun namozdan avval xurmo yeganlar. qurbon hayitida namozdan so‘ng og‘iz ochganlar. Payg‘ambarimiz namozga hozirlangach, uydan musalloga, katta masjidga borar, namozdan shu yo‘l bilan qaytmasdan, qaytish yo‘lini o‘zgartirar edilar. Bundan maqsad ko‘proq odam bilan ko‘rishib, muborakbod etish edi
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:30:31
Hayit - shodlik kuni, shu tufayli odamlar uchun qiziqarli bo‘lgan va diniy jihatdan taqiqlanmagan ishlarni qilish mumkin. Har turli sport tadbirlari, bolalarni xursand qiladigan kulgili o‘yinlar, milliy, diniy, tarixiy ashulalarni kuylab ko‘ngil ochish kabi ishlarga ruxsat beriladi. Mana payg‘ambarimizning xotinlari Oysha onamizdan keltirilgan bir hadis:
- Bir qurbon hayiti kuni payg‘ambarimiz mening xonamga kirdilar. Shu vaqt xonada ikki qiz buas ismli asboblari bilan o‘ynab kuylashardi, Rasululloh dam olish uchun borib yotoqqa cho‘zildilar. Shunda otam Abu Bakr kirib keldilar. Ashula aytayotgan qizlarni ko‘rgach, baqirib berdilar: "Payg‘ambar uyida shayton mizmorlarimi, o‘yin qurollarimi?" Rasululloh otamning bu holini ko‘rgach, dedilar: "Ey Abu Bakr, ularga tegmang". Ya’ni ularga ruxsat berdilar.
- Bir hayit kuni Habashistondan kurashchilar kelgan edi. Ular qilich va qalqon bilan milliy kurashlar namoyish etishardi. Lekin hazrat Umar ularni quvlamoqchi bo‘ldi. Payg‘ambarimiz Umarga dedilar: "Ey Umar, ularga tegma!" Shundan so‘ng habash kurashchilarga: "Sizlar ishga kirishaveringlar", - dedilar. Ular masjidda o‘yinlarini va kurashlarini ko‘rsata boshladilar. Rasululloh mendan: "Ko‘rishni xohlaysanmi?" - deb so‘radilar. Men "Ha", degandim, Rasululloh bilan birga borib, ularning kurashlarini tomosha qildik.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:30:54
Demak, hayit kunida diniy jihatdan harom qilinmagan va gunoh sanalmaydigan harakat va faoliyatlar bilan shug‘ullanish mumkin.
Ramazon hayiti uch kun, qurbon hayiti to‘rt kun bo‘lishi qabul qilingan. Hayit kunlarida bir-birlari bilan uchrashgan musulmonlar bir-birlarini hayit bilan qutlab, bir-birlari uchun duolar qiladilar. Ba’zi hadis va fiqh kitoblarida musulmonlar bir-birlariga shunday duo qiladilar deyiladi: "g‘afarallohu lana va lakum", ya’ni Alloh bizni ham, sizni ham avf aylasin. Yoki: "Takabullohi taolo minna va minkum", ya’ni "Alloh taolo bizdan va sizdan qabul aylasin".
     Allohga yoqish uchun qurbon bayrami kunlarida so‘yilgan hayvondir.
Qurbonlik qilish odati Ibrohim payg‘ambar davridan beri davom etib keladi. Qur’oni karimning "Saffot" surasi oyatlariga ko‘ra qurbonlik qilish tarixi quyidagicha:
Bir kuni Ibrohim payg‘ambar Allohga iltijo qilib: "Yo Rabbim, menga yaxshi bir o‘g‘il farzand bergil", - dedi. Alloh ham Ibrohimning bu iltimosini qabul qilib, yaxshi bir farzandni inoyat qildi. Qur’onda Alloh: "Biz Ibrohimga halim, yumshoq ko‘ngilli bir bola berib sevinch bag‘ishladik", -deydi.
qadimgi arablarda shukronaga insonni qurbon qilish odati bor edi. Ibrohim payg‘ambarning farzandi Ismoil voyaga yetgach, Alloh taolo Ibrohim payg‘ambarni sinab ko‘rdi. Bir kuni kechasi Ibrohim payg‘ambar tushida o‘g‘lini qurbon qilib so‘yganini ko‘rdi. Bu tushning Rahmondanmi yoki shaytondanmi ekanligini o‘ylab qoldi. Bu tushni bir necha marta ko‘rgach, Allohdan ekanligiga qanoat hosil qildi. Keyin voqeani o‘g‘li Ismoilga aytishga qaror berdi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:31:48
O’g‘lini chaqirib, "Ey farzandim, men tushimda seni ko‘ribman. Allohning rizoligi uchun seni qurbon qilib so‘yayotgan emishman. Sen nima deb o‘ylaysan?" — dedi. Ismoil (A.S) otasiga shunday javob berdi: "Otajon! Alloh nimani buyurgan bo‘lsa, shuni ado eting. Inshoolloh, men sabr etuvchilardanman, chidayman".
Ibrohim payg‘ambar o‘g‘li bilan so‘zlashgandan so‘ng, uni qurbon qilishga qaror berdi. Bir kuni o‘tkir pichoqni qo‘liga olib, o‘g‘lini yerga yotqizdi. Pichoqni uning bo‘yniga olib borib, so‘ymoqchi bo‘ldi. Lekin pichoq kesmadi. Hazrat Ibrohim bu holdan juda xafa bo‘lib, yig‘lashga tushdi. Shunda Ismoil: "Otajon, meni yerga yuz tuban yotqizing. Yuzimni ko‘rib chiday olmayapsiz. Meni ayab, Alloh amrini bajarishdan mahrum bo‘lmang. Meni Allohga qurbon qilishdan voz kechib, gunohkor bo‘lmang", - dedi.
Bu so‘zlardan so‘ng Ibrohim Rasululloh farzandini yerga yuz tuban yotqizib, so‘ymoqchi bo‘ldi, lekin pichoq yana kesmadi. Mana shu vaqtda Alloh taolo Ibrohim Rasulullohga bir shodiyona xabar yetkizdi: "Ey Ibrohim, haqiqatan ham, ko‘rgan tushingga sadoqat ko‘rsatding. Biz yaxshi ish qilganlarni hamma vaqt mukofotlagaymiz, ya’ni hamisha yaxshiliklarga yaxshilik bilan javob beramiz. Shubhasiz, bu katta bir imtihon edi. Biz Ibrohimga o‘g‘li o‘rniga so‘ysin deb, katta bir hayvonni yubordik". Shunda Ibrohim Rasululloh Alloh tomonidan yuborilgan hayvonni so‘yib, Alloh oldidagi qurbonlik qilish burchini o‘tadi. qurbon bayrami inson farzandining qurbon qilinishdan qutilishi voqeasini eslatib turadi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:32:16
Alloh taolo: "Parvardigoringiz uchun namoz o‘qing va (jonliq) so‘yib qurbonlik qiling", -deb buyuradi ("Kavsar" surasi, 2-oyat)
Boy bo‘lgan musulmonlarning har yili qurbon bayrami kunlarida qurbonlik qilishi vojibdir. qurbonlikni hayitning birinchi kunida so‘yish yaxshiroqdir. Birinchi kuni so‘yish mumkin bo‘lmasa, ikkinchi kuni, ikkinchi kuni ham mumkin bo‘lmasa, uchinchi kuni quyosh botgunga qadar so‘yish mumkin.
Qurbonlikka tuya, sigir, qo‘y, echki kabi hayvonlar so‘yiladi. Bulardan tuya bilan sigirni xohlasalar yetti kishi birgalashib so‘yishadi. Yettitadan ozroq odam bo‘lsa ham mumkin. Lekin qo‘y bilan echkini bir kishi uchungina qurbonlik qilinadi. Ularning yoshlari dinimizga ko‘ra shunday belgilangan: tuya kamida besh yoshda, sigir ikki yoshda, qo‘y va echkining bir yoshda bo‘lishi shart. Bundan kam yoshda bo‘lgan hayvonlarni so‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Olti oylik qo‘y yoki echki bolasi bir yoshga kirgan qo‘y yoki echki qadar katta va semiz bo‘lsa, ularni ham qurbonlikka so‘yish mumkin.
Bu aytilgan hayvonlardan boshqa g‘oz, o‘rdak, tovuq kabi parrandalarni qurbonlikka so‘yib bo‘lmaydi. qurbonlikka so‘yilgan hayvonning a’zolari ham to‘la va salomat bo‘lishi lozim. Masalan, ko‘zlaridan biri yoki ikkalasi so‘qir, tishlarining ko‘pi tushgan, quloqlari, burni yoki dumi tagidan kesilgan hayvonlar ham qurbonlikka yaramaydi. Juda zaif, yura olmaydigan va kasal hayvonlarni ham qurbonlikka so‘yib bo‘lmaydi. qurbonlik qilinadigan hayvon qiynamasdan so‘yiladigan joyga olib boriladi. O’tkir pichoq bilan so‘yiladi. Hayvonni so‘ygan kishi qurbonlik duosini o‘qiydi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:32:50
Qurbonlik duosi: "Allohumma inna solatii va nusukii va mahyaya va mamatii lillahi robbil olamin, la sharika lah. Allohumma taqabbal hazihil udhiyata..."
Ma’nosi: "Allohim, mening namozim va ibodatim, tirikligim va o‘limligim barcha olamning xo‘jasi bo‘lgan Alloh- uchundir. Ul Alloh taoloning sherigi, tengi yo‘qdir. Allohim, bu qurbonni qabul ayla..."
Qurbonlik duosining oxirida qurbon egasining nomi aytiladi.
Qurbonlik so‘ymagan odam qurbon haqi qadar pulni bir qashshoq odamga bersa, qurbonlik so‘ygan burchini o‘tagan bo‘lmaydi.
        Aslida qurbonlik o‘liklar uchun emas, tiriklar uchun vojibdir. Lekin bir odam savob uchun istasa, vafot etgan ota-onasi va tug‘ishganlari, qarindoshlari uchun ham qurbonlik qila oladi. Savobini ham istagan odamning ruhiga bag‘ishlay oladi. Agar mayit qurboni qurbonlik niyati bilan so‘yilsa, u holda qurbon hayiti kunlarida so‘yilishi kerak. Faqat mayitga savob bo‘lsin deb so‘yilsa, istagan vaqtda so‘yilishi mumkin. Mayit uchun qurbonlik so‘yilsa,mayit uchun ayrim, o‘zi uchun ayrim so‘yish kerak. Ikki kishiga bir qurbon bo‘lmaydi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:33:24
Aqiqa qurbonligi haqidagi ma’lumot kitobning bolaga ism qo‘yish mavzusida bayon qilindi.
Bu dunyodagi hayotimizni rohat va asoyishtalikda o‘tkazish hamda dunyo va oxiratga doir vazifalarimizni to‘la-to‘kis ado etishimiz uchun eng kerakli bo‘lgan narsalardan biri sog‘liqdir. Sog‘liq bo‘lmasa, o‘zimiz, oilamiz, bolalarimiz hamda dinimiz va millatimiz oldidagi burchlarimizni ado eta olmaymiz. Shuning uchun ham "Salomatlik - tuman boylik", - deganlar.
Rasululloh (SAV) bir hadislarida shunday deydilar: "Ikki ne’mat borki, odamlar ularning qimmatini anglab yetmaydilar. Ulardan biri sog‘lik bo‘lsa, ikkinchisi vaqtdir".
Odamlar ko‘pincha biron ne’matning qadrini uni yo‘qotganlaridan so‘ng biladilar, yoshlikning qadrini keksaygach, boylikning qadrini kambag‘allashgach, sog‘likning qadrini kasal bo‘lgach anglaydilar. Kasalliklardan o‘zimizni ehtiyot qilish bir vazifamiz bo‘lgani kabi, bemorlarni borib ko‘rish diniy bir burchimizdir.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:34:15
Payg‘ambarimiz aytganlaridek,musulmonlarning musulmonda besh xil haqi bor. Shulardan biri bemor musulmon qardoshni borib ko‘rishdir.
Bemorlarni borib ko‘rish - payg‘ambarimizning sunnatlari. Rasululloh (SAV) biron odamning kasal bo‘lib qolganini eshitsalar, borib uni ko‘rar va unga Allohdan shifo tilar edilar. Ul zot o‘zlarining bir hadislarida: "Bemorlarni ziyorat qiling, ochlarni to‘ydiring, qullarni ozod qiling", - deydilar.
Bemorni borib ko‘rilganda, mumkin bo‘lsa, bemorning qo‘lini siqqandan so‘ng ochiq yuz bilan samimiyat ko‘rsatish lozim. Bemor og‘ir ahvolda bo‘lsa, yaxshi so‘zlar bilan uning ko‘nglini ko‘tarish, ruhiy madad berish kerak. Bemorlarni borib ko‘rganda, duo qilish, Allohdan shifo tilash sunnat hisoblanadi.
Payg‘ambarimizning oilalari yoki farzandlari kasal bo‘lib qolishsa, o‘ng qo‘llarini og‘riyotgan a’zo ustiga qo‘yib, shunday duo qilar ekanlar: "Ey barcha insoniyatning Rabbisi bo‘lgan Allohim, bu bemorni og‘riqlaridan xalos et. Sen shifo beruvchisan, sendan boshqa shifokor yo‘q, Bu bemorning barcha og‘riqlari qolmaydigan qilib shifo ber".
Aytishlaricha, musulmonning ko‘rgan azobi, og‘riqlari gunohlariga kafforatdir, ya’ni gunohlardan tozalaydi. Bemorlik va o‘lim hollarida sabr etishning katta savobi bor.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:34:32
Bemor oldida uzoq vaqt turib qolish, uning ko‘nglini sindirish yoki achchig‘ini keltiradigan so‘zlar aytish to‘g‘ri emas.
Odamlardan uyalgani tufayli "Bormasam ayb bo‘ladi", - deb bemorni ziyorat qilishning savobi bo‘lmaydi. Bemorni faqat Alloh rizoligini qozonish uchun, payg‘ambarimizning buyurganlari va savobi nihoyatda ko‘p bo‘lgani uchun borib ko‘rish lozim.
Payg‘ambarimiz bir hadislarida shunday marhamat qiladilar: "Bir musulmon bemor qardoshini ziyorat qilsa, uning yonidan qaytgunga qadar jannat tuhfasini tera boshlaydi". Ul zotning sahobalari so‘radilar: "Yo Rasululloh, jannat tuhfasi nimadir?". Payg‘ambarimiz shunday javob berdilar: "Jannatda bo‘ladigan xurmolardir".
        Vafot etgan odam uchun qabristonda bir qabr qazilib, shu yerga dafn qilinadi. qabr oxirat hayotining, abadiyat mamlakatining eshigidir.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:34:57
Qabrlarni ziyorat etish chog‘ida quyidagilarga alohida diqqat qilish lozim:
- qabristonga salom berib kiriladi. qabrni ziyorat uchun darvozadan kirilarkan, qabristonda yotgan barcha musulmonlar uchun "Assalomu alaykum yo ahlal kubur", ya’ni: "Salom sizga, ey qabriston axli", - deb salom beriladi;
- qabrlarni ziyorat qilish sunnatdir, chunki payg‘ambarimiz: "qabrlarni ziyorat qiling. Bu ziyorat sizga o‘limni eslatadi", - deganlar. qabristonga borganda, u yerda yotgan mayyitlarning ahvolini o‘ylab, ulardan o‘git-nasihat olish lozim. Ular ham biz singari bu dunyoda yashaganlar, qayg‘uli, shodlik vaqtlari bo‘lgan. Vaqti kelib, Alloh ularni chaqirgach, bu dunyo bilan vidolashganlar. Ular narigi dunyoda nima qilayotgan ekanlar? Biz borganimizda nima qilamiz? Holimiz nechuk kechadi? qisqa qilib aytganda, qabriston ziyorati o‘limni va oxiratni xotirlatsa, uning katta foydasi bo‘ladi.
- qabristonda kimni ziyorat qilinsa, ularning ruhiga hamda barcha musulmonlarning ruhlariga bir marta Fotiha surasi, uch marta Ixlos surasi ("Qulhu ollohu ahad") o‘qiladi. Bulardan tashqari Yosin, Mulk ("Taborak") suralari ham o‘qib bag‘ishlashning savobi kattadir.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:35:15
- qabrlarni ziyorat qilish chog‘ida Qur’onni qisqaroq tilovat qilinsa, turgan holda, uzunroq bo‘lsa, o‘tirib o‘qiladi. Mumkin bo‘lsa qiblaga yuzlanib, bo‘lmasa mayyitning bosh yoki oyoq tomonida o‘qiladi.
        - qabrlarga sham yoqish, qabr toshlarini o‘pish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
- qabr ustiga o‘tirish, bosib yurish, qabr ro‘parasida namoz o‘qish durust emas.
- qabr yo‘qolmasligi uchun bosh yoki oyoq tomoniga biron tosh yoki taxta qo‘yish mumkin. Lekin chiqimi ko‘p va juda ko‘rkam qabrtoshlar o‘rnatish durust bo‘lmaydi.
- qabr ziyorati uchun belgilangan bir vaqt yo‘q. Istalgan vaqtda ziyorat qilish mumkin.
- qabrga gul qo‘yishning mayyitga biron foydasi yo‘q. Islom dinida qabrlarga gul, daraxt, o‘tlar ekish mumkin hisoblanadi.
Mayyitga foydasi bo‘lgan narsalar:
- Qur’on o‘qib, savobini mayyitning ruhiga bag‘ishlash;
- mayyit uchun xayri duo qilish;
- sadaqalar, xayrlar ulashib, savobini mayyitning ruhiga bag‘ishlash.

Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:35:44
Inson bolasini o‘stirish, asrash, tarbiyalash vazifasi oilaga, ya’ni ota-onaga topshirilgan. Oila Alloh amri bilan yaratilgan ilohiy bir maktabdir. Bu maktabning o‘qituvchilari - ota-ona. Inson bolasi bu maktabda o‘z oldidagi, millati, oilasi va dini oldidagi vazifalar, burchlarni o‘rganadi. Oilada olingan tarbiya insonning diyonatli, axloqli va har tomonlama yaxshi bo‘lishida katta ahamiyatga ega.
Muborak kitobimiz Qur’oni karimda Alloh odamlarni uylanishga buyurgan. Oila har qaysi millatning kichik bir bo‘lagi, oila kuchli bo‘lsa, millat ham qudratli bo‘ladi. Shuning uchun islom dini oilaga alohida e’tibor bilan qaraydi. Payg‘ambarimiz bir hadislarida: "Uylanish kimning qo‘lidan kelsa, uylansin", - deganlar.
        Balog‘at yoshiga yetgandan so‘ng uylanib bolalarni tarbiyalash dini va millati uchun mas’uliyatli bo‘lish imkoni bo‘lgan har bir musulmonga farzdir. Uylanish savob sanaladi. Uylanmagan odam savobdan benasib qoladi. Payg‘ambarimiz shunday deydilar: "Din bo‘yicha Alloh uchun uylangan odam dinining yarmisini ado qilgan bo‘ladi. Ikkinchi yarmisi uchun Allohga suyansin, Allohga tayansin".
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:36:08
Nikoh bilan nikohsiz yashash o‘rtasida katta farq bor. Nikoh Alloh buyurgan savobli ish bo‘lgani holda, nikohsiz ikki kishining birga yashashi Alloh tomonidan qat’iy man etilgan va harom qilingan ish hisoblanadi. Nikoh dinga va millatga xizmatdir. Nikohsiz birga yashash o‘z nafsiga va shaytonga xizmatdir. Nikoh aziz dinimizni va millatimizni saqlaydi, nikohsiz yashash diniy va milliy mavjudlikni yeb tugatadi va bularning yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun Alloh nikohni farz, zinoni harom qilgan.
Nikoh har bir millatning negizidir. Nikoh tugasa, millat ham tugaydi. Bu bir ilohiy qonundir. Bolalar tug‘ilmasa, nasl davom etmasa, millat qanday qilib davom etsin?
Uylanishni istagan odam dini, millati va o‘z naslini davom ettirish uchun mas’uliyat olishni istagan fidokor kishidir. Uylangan odam o‘z nafsidan ko‘ra millat va dinini afzal ko‘rgan insondir.
Uylanish xalq oldida, guvohlar huzurida amalga oshiriladi. Uylanish yashirin bir ish bo‘lmay, aksincha, ochiq va sharafli bir ishdir.
Uylangan odamlar uylanishning diniy va milliy bir voqea ekanligini unutmaydilar. Bir-birlari bilan yaxshi yashaydilar. Kichkina masalalarni kuchaytirib muammoga aylantirmaydilar. qayg‘u va shodliklarini o‘rtoqlashib, bir-birlariga tayanch bo‘ladilar. Bir jon, bir tan kabi yashaydilar.
Inson hayotida turli voqealar bo‘ladi. Yorqin kunlar bo‘lganidek, yomg‘irli, bulutli va qorong‘u kunlar ham bo‘ladi. Mana shunday vaqtlarda ham sabr etish bilan oila hayotini davom ettirishga harakat qiladilar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:36:26
VI. Diniy bayramlarimiz

— Juma
— Ramazon va qurbon bayrami.
— Ashura kuni
— Rajab, Sha’bon va Ramazon oylari
— Rag‘oyib kechasi
— Meroj kechasi
— Baroat kechasi.
— Qadr kechasi
— Mavlud kechasi

Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:36:43
Dinimizdagi eng ezgu kunlardan biri jumadir. Payg‘ambarimizning hadislarig ko‘ra juma hayit va Ashura kunlaridan ham azizrokdir. Juma kuni - musulmonlarning bayrami. Bu kuni ma’lum soatda jamoat bilan o‘qiladigan juma namozi bor. Eng kamida haftada bir marta masjidga borib bu namozni o‘qish, xutba tinglash musulmonlarga farzdir. Sababsiz juma namozini qoldirish katta gunoh sanaladi.
Juma kuni bolalarga sovg‘alar olish, ularni xursand qilish, muhtojlarga, yordam berish, qabrlarni ziyorat etish, g‘usl tahorati olib, yangi va toza kiyimlar kiyib masjidga borish, qardoshlar bilan ko‘rishish diniy odatlarimizdandir.
Juma ba’zi musulmon mamlakatlarida dam olish kuni hisoblanadi. Bundan maqsad odamlar juma namozida qatnashib bu ezgu kundan ulushlarini olsinlar demakdir. Lekin juma kuni yahudiylardagi shanba va xristianlardagi yakshanba kuni kabi bironta ishni bajarib bo‘lmaydigan kun emas. Juma kuni Juma namozi soatidan boshqa vaqtlarda ish qilish mumkin.
Payg‘ambarimizning hadislariga ko‘ra, juma kunida shunday bir soat borki, u soatda qilingan duolarni Alloh qabul etadi. Lekin bu soatning qaysi vaqt ekanligi ayon qilinmagan. Bundan maqsad musulmonlarni mumkin qadar kun bo‘yi ibodat qilishga, yaxshi va savob ishlarni ado etishga da’vatdir.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:44:23
Odam Ato payg‘ambar juma kuni yaratilgan. Shuning uchun inson zoti yaratilgan bir kun ezgu kun deb qabul etilgan. Bu kunni e’zozlash, ibodat va duolar qilib, Allohga minnatdorchiligimizni bildirish har bir musulmonning vazifasidir.

Har bir millatda diniy va milliy bayramlar bor. Bizning dinimizda ham ikki diniy bayram bor. Ulardan birinchisi Ramazon oyidan so‘ng keladigan Iydi Fitr, ya’ni Ramazan bayramidir. Ikkinchisi islomiy oylarga ko‘ra Zulhijja oyining 9, 10, 11 va 12 kunlarida qarshi olinadigan Iydi Adho, ya’ni qurbon bayramidir.
Bayram kunlarida quyoshning chiqishidan taxminan bir soat keyin hayit namozini o‘qish vojibdir. Payg‘ambarimiz biron marta bo‘lsin hayit namozlarini qoldirmaganlar. Shuning uchun hayit namozini farz degan ulamolar ham bo‘lgan. Bizning hanafiy mazhabimizda hayit namozi vojib, hanbaliy mazhabida farzi kifoyadir.
Hayit namoziga ulgurmagan odam uning o‘rniga uyida ikki yoki to‘rt rakaat nafl namozi o‘qiydi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:45:47
Hayit namozlariga yugurib va shoshilib borish makruxdir. Yo‘lda yurgan vaqtda mumkin bo‘lsa takbir o‘qiladi. Lekin bu takbirlar Ramazon hayitida yashirin, qurbon hayitida oshkora, ovoz chiqarib o‘qiladi.
Payg‘ambarimiz zamonlarida hayit namozlari sajdagoxda, musallo - katta masjidda o‘qilardi. Hayit kuni xalq masjidga sig‘ishmagani uchun namozlar Madinadagi payg‘ambar masjididan 700 metr uzokdagi bo‘sh bir maydonda o‘qilar edi..
Payg‘ambarimiz avvalo hayit namozini o‘qitar, so‘ng o‘rinlaridan turib jamoatga va’z va nasihat so‘zlarini aytardilar. Hayit namozida qatnashuvchilarning soni ko‘p bo‘lgani uchun xotin-qizlar o‘tirgan tarafga payg‘ambarimizning tovushlari eshitilmasdi, shuning uchun Rasululloh (SAV) xotin-qizlar tomoniga ham borib ularga ham va’z aytar edilar.
Bayram namozidan so‘ng musulmonlar bir-birlarini hayit bilan qutlashib, uylariga qaytishardi.
Bayram kunlari ezgu kunlardir. Bu kunlarda qarindoshlar, tanish-bilishlar bilan ko‘rishish, gaplashmay yurgan odamlar bilan gaplashish, bemorlarni borib ko‘rish, mayyitlarni xayr duolar bilan esga olish savobli ishlardan va diniy odatlarimizdan sanaladi.

Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:47:25
Islom taqvimining birinchi oyi Muharram oyidir. Bu oyning 10-kuni Ashura kunidir. Bu kun turli voqealar bilan bog‘liq bo‘lgani uchun islomiyatda hamda islomiyatdan avvalgi dinlarda qutlug‘ kun deb qabul qilingan.
Islom va dinlar tarixidagi ma’lumotlar bo‘yicha Ashura kuni bir qator voqealar yuz bergan.
Isroil o‘g‘illari Ashura kuni Fir’avnning zulmidan qutilib, shu kuni ro‘za tuta boshlaganlar. Musulmonlar ham ramazon ro‘zasi farz bo‘lgunga qadar shu ro‘zani tutib kelganlar. Ramazon ro‘zasi farz qilingach, Ashura kun ro‘zasi odamlarning ixtiyoriga qoldirilgan.
Nuh payg‘ambarning kemasi shu kuni to‘fondan xalos bo‘lgan. Yoqub payg‘ambar o‘zining o‘g‘li Yusuf bilan Ashura kuni ko‘rishgan. Yunus payg‘ambar o‘zini yutgan baliqning qornidan Ashura kuni qutulib chiqqan. Odam alayhissalomning tavbasi ham shu kuni qabul etilgan. Iso alayhissalom Ashura kuni o‘limdan qutulib osmonga ko‘tarilgan.
Duolar, tilaklar qabul etilgan hamda juda ko‘p balo-qazolardan qutulishga sabab bo‘lgani uchun Ashura bayrami qutlug‘ bir kun sanaladi.
Ashura kuni xohlagan odamlar ro‘za tutib savob oladilar. Shu kuni, ya’ni Muharram oyining 10-kunida yahudiylar ham ro‘za tutgani uchun payg‘ambarimiz "Sizlar Muharram oyining 9 va 10- kunlari ro‘za tutib, ularga muxolafat, ya’ni qarshilik qilingiz, ularga o‘xshamangiz", -deganlar. Shu ikki kuni ro‘za tutishni maslahat berganlar.
 
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:50:49
Rajab oyining birinchi juma kechasi Rag‘oyib kechasidir. Payg‘ambarimiz bir hadislarida shunday marhamat qiladilar: "Besh kecha bordirki, u kechalarda qilingan duolar qaytarilmaydi. Bu kechalar shuldir:
- Rajab oyining birinchi juma kechasi — Rag‘oyib kechasi;
- Sha’bon oyining 14/15-kechasi - Baroat kechasi;
- Payshanba kechasidan boshlanadigan juma kechasi;
- Ramazon hayiti kechasi;
- qurbon hayiti kechasi".
Alloh ma’nosiz va keraksiz biron narsani yaratmagay. Bu kun va kechalarning biz bilmagan juda ko‘p hikmatlari bor. Bu kechalarda imkonimiz boricha ibodatlarimizni, duolarimizni qilib, tavbalarimizni ko‘paytirishimiz, nojo‘ya va yomon ishlardan uzoq bo‘lishga intilishimiz zarur. Masalan:
- qilingan gunohlarga tavba qilinib, Allohdan avf so‘raladi;
- qazo namozlari o‘qiladi;
- muhtojlarga yordam ko‘rsatiladi, sadaqalar tarqatiladi;
- xatmlar va duolar bilan mayitlar xotirlanadi;
- hadyalar bilan bolalar xursand qilinadi;
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:52:37
- ota-ona, tug‘ishganlar, qarindoshlarni ziyorat qilinadi, telefon va xatlar orqali bu yaxshi kechalar bilan muborakbod qilinadi.
- o‘zimiz, oilamiz, bolalarimiz va barcha musulmon qardoshlarimiz uchun xayr-duolar qilinadi.

Rajab oyining 26/27-kechasi Me’roj kechasidir. Me’roj kechasida payg‘ambarimiz osmonga ko‘tarilib, Alloh bilan so‘zlashganlar, besh vaqt namoz shu kechada farz qilingan-Me’roj Allohga yaqinlikning eng yuksak darajasidir.
Me’roj payg‘ambarimizning eng katta mo‘‘jizalaridan biri sanaladi. Mo‘‘jiza payg‘ambarlikning shartidir. Allohga va payg‘ambarga ishongan kishi mo‘‘jizaga ham ishonadi.
Me’roj hodisasi quyidagicha bo‘lgan: Milodiy 621 yili bir kechasi payg‘ambarimiz namozdan so‘ng Ka’bada ibodat qilib turgan yoki Ka’ba devoriga suyanib o‘tirgan vaqtlarida Jabroil farishta kelib ul zotga shunday deydi: "Ey Muhammad, Alloh taolo hech kimga nasib etmagan sharafni sizga nasib qildi. Sizni huzuriga chaqiryapti". Shundan so‘ng Jabroil payg‘ambarimiz hazrati Muhammad (SAV)ni Ka’badan quddus shahridagi Masjidi Aqsoga yetkizadi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:53:24
Qur’onda bu voqea shunday bayon qilinadi: "(Olloh) bir kecha, O’z bandasi (Muhammad)ni -unga oyat-mo‘‘jizalarini ko‘rsatish uchun (Makkadagi) Masjidi al-Haramdan (quddusdagi) Biz atrofini barakatli qilib qo‘ygan Masjidi-al Aqsoga sayr qildirgan (barcha aybu nuqsondan) pok zotdir. Darhaqiqat, u eshitguvchi, ko‘rguvchi zotdir". ("Isro" surasi, 1-oyat).
Payg‘ambarimiz quddus shahriga, ya’ni Baytul muqaddasga borganlaridan so‘ng, Masjidi Aqsoda ikki rakaat namoz o‘qiganlar. Bu safarning shu yergacha bo‘lgan qismiga Isro deyiladi.
Shundan so‘ng payg‘ambarimizning osmonga chiqishlari boshlanadi. Jabroil farishta bilan osmonning 1-qavatidan 7-qavatiga ko‘tariladilar. 7-qavatdan so‘ng Sudratul Muntaha degan joyga beradilar. Bu yerga yetib kelgach Jabroil farishta payg‘ambarimizga shunday deydi: "Bizlardan har birimizning belgilangan bir chegaramiz bor. Mening chegaram shu yerda tugaydi, bundan ilgari borsam, halok bo‘laman. Siz Allohning mehmonisiz, Alloh sizni chaqirgan. Siz odamlarga rahmat bo‘larak yuborilgan bir payg‘ambarsiz. Siz borursiz".
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:54:36
Shunday deganidan so‘ng payg‘ambarimiz bilan Jabroil farishta ayrilishadilar. Payg‘ambarimiz bundan keyingi safarlari haqida shunday hikoya qiladilar: "Jabroil meni qoldirib ketgach, qo‘rqa boshladim. Shu vaqt Rabbimning ovozini eshitdim. Alloh menga shunday dedi: "Ey  Muhammad, men bilan so‘zlash!" "Men gapirishga biron so‘z ham topa olmadim. Lekin Alloh menga ilhom berdi va men shunday dedim!" Yo Rabbiy! Til bilan, jasad bilan, mol bilan qilgan ibodatlarimning barchasi ham sen uchundir". Alloh payg‘ambarimizga dedi: "Yo Rasululloh, salom va Allohning rahmati va barakoti senga bo‘lsin!" Men ham dedim: "Salom bizga va Allohning ezgu bandalariga bo‘lsin".Bu yuzma-yuz so‘zlashuvdan keyin Arshi A’loda, osmonning yuqori qavatida farishtalar bir ovozdan taniqli so‘zni o‘qidilar, Allohning borligi va birligiga, hazrati Muhammad Allohning bandasi va elchisi ekanligiga shohidlik keltirdilar. Namozlarda o‘qiladigan "Attahiyat" duosi mana shu - Alloh bilan payg‘ambarimizning so‘zlashuvidan kelib chiqqan bir duodir.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:55:32
Aytilganidek, payg‘ambarimiz Me’roj kechasida ummatlari, O’ziga ishongan barcha musulmonlar uchun Allohdan avf so‘radilar, "Ummatim, ummatim" deb yig‘ladilar va ummatlari uchun ham Allohdan Me’roj tiladilar. "Yo Rabbiy, Me’roj mo‘‘jizasi bilan meni ne’matlantirding. Ummatim uchun ham shunday bir ne’mat tilar edim", - deganlarida, Janobi Haq: "Namoz mo‘minning me’rojidur", - deb marhamat qildi. Buning ma’nosi shuki, odamlar namozlarini to‘la-to‘kis ado qilsalar, ular ham payg‘ambarimizning me’rojlari kabi yuksak darajalarga erishadilar va ko‘pgina savoblarga musharraf bo‘ladilar.
Me’roj kechasi payg‘ambarimizga uch narsa hadya qilindi:
- besh vaqt namoz farz qilindi;
- "Baqara" surasining oxirgi ikki oyati (285-286 oyatlar) "Amanar rasulu" nozil bo‘ldi;
— payg‘ambarimizga qiyomat kunida ummati uchun shafoat salohiyati berildi, ya’ni qiyomat kunida payg‘ambarimiz gunohkor musulmonlarga yordam berib, ularni azobdan qutqazadilar.

Baroat - burchdan va jazodan qutulish demakdir. Shunga ko‘ra Baroat kechasi gunohlardan qutilish demakdir. Baroat so‘zi bir burchni yoki qarzimizni to‘lagan vaqtda bizga qaytarilgan qog‘oz ma’nosida ham ishlatiladi. Shunga muvofiq — Baroat kechasi gunohlardan qutulish qog‘ozining yozilgan va bizga topshirilgan kecha demakdir.
Sha’bon oyining 14/15-kechasi Baroat kechasi bo‘ladi. Islom ulamolarining aytishlaricha, qadr kechasidan keyin eng yaxshi kecha Baroat kechasidir. Chunki Qur’oni karim birinchi martaba Baroat kechasida dunyo yuzasiga tushirilgan va qadr kechasida payg‘ambarimizga tushirila boshlagan. Qur’onda Alloh shunday marhamat qiladi: "Ho, mim. Ochiq-ravshan kitobga - Qur’onga qasamki, albatta Biz uni bir muborak - Barakotli kechada nozil qildik. Darhaqiqat, Biz (insonlarni ushbu Qur’on bilan oxirat azobidan) ogohlantiruvchi bo‘ldik. U (kecha)da barcha puxta-aniq ish(lar) ayrilur (belgilanur)" ("Duxon" surasi, 1-4-oyatlar).
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:56:13
Payg‘ambarimiz bu kecha to‘g‘risida xotinlari hazrati Oysha bilan so‘zlashgan vaqtlarida shunday degan ekanlar: "Mana bu kecha Sha’bon oyining o‘rtasidagi Baroat kechasidir. Bu kechada Alloh Bani Kali qabilasi qo‘ylarining soni qadar kishilarni jahannamdan ozod aylaydi. Lekin bu kechada Allohga sherik qiluvchilarga, musulmon qardoshiga nisbatan gina-kudurat saqlagan va  dushmanlik qilganlarga, tug‘ishganlari, qardoshlari bilan yaxshi bo‘lmaganlarga va ular bilan aloqani uzganlarga, odam o‘ldirganlarga, ota-onasiga qarshi boruvchilarga, ichkilik ichuvchilarga iltifot qilmaydi".Boshqa bir hadisda payg‘ambarimiz: "Baroat siz uchun yaxshi fursatdir, g‘animatdir. Chunki aniqlangan bir kechadir. Sha’bon oyining 14/15-kechasidir. qadr kechasi Baroat kechasidan ulug‘roq bo‘lsa-da, qaysi kecha ekanligi belgili emas. Bu kechasi ko‘proq ibodat qiling, qilmasangiz, qiyomat kunida o‘kinasiz", - degan ekanlar.
Aytilganidek, odamlarning bir yillik baroatlari yozilib, farishtalarga topshiriladi. Ya’ni kechasi bir yil ichida barcha maxluqotning, barcha mavjudotlarning rizqlari, boylik va muhtojlik hollari, bu dunyoga aloqador darajalari, shu yil ichida tug‘iladigan hamda vafot bo‘ladigan odamlar — hammasi shu kechada belgilanadi.
Baroat kechasida namoz o‘qish, duo qilish, mayyitlar uchun xatmlar o‘qish tavsiya qilinadi. Bundan boshqa Baroat kunini ro‘za bilan o‘tkazish ham payg‘ambarimizning sunnatlaridir.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:56:37
Payg‘ambarimiz Baroat kechasining ulug‘ligini ta’kidlaydigan boshqa bir hadislarida shunday deydilar: "Sha’bon oyining 14/15- kechasini, (Baroat kechasini) ibodat bilan o‘tkazing. Kunduzi ro‘za tuting. Chunki bu kecha Alloh taolo quyosh chiqishiga qadar olamga rahmat nazari, rahmat ko‘zi bilan qaraydi va: "Avf so‘rovchi yo‘qmi, uni avf etaman. Rizq so‘rovchi yo‘qmi, uni rizqlantiraman. Bemor va dardli odam yo‘qmi, shifosini beraman. Bundan boshqa qanday tilaklari bo‘lsa so‘rasinlar, beraman", -deydi. Bu hol quyosh chuqqunga qadar davom etadi".
Payg‘ambarimiz aytganlariga qaraganda, Baroat kechasi duolar va tilaklar qaytarilmaydigan bir kecha. Bu muborak kechada, mumkin qadar o‘zimiz, oilamiz, bolalarimiz, millatimiz uchun duo qilib, Allohdan bu dunyo va oxirat baxtini so‘rashimiz kerak.

       Qadr - juda qimmatli, juda hurmatli demakdir.
Bu kechada qadrli bir kitobni qadrli bir farishta orqali qadrli bir ummatga tushirilgan. Shuning uchun bu kechaga qadr kechasi deyilgan.
Islom olamida oylar orasida Ramazon oyi, kunlar orasida juma kuni, kechalar orasida qadr kechasi eng muborak va eng muqaddas vaqtlar deb qabul qilingan. "Qadr kechasi ming oydan ham xayrliroq" ("Qadr" surasi, 3-oyat) bo‘lgani uchun barcha kunlardan va kechalardan qimmatli va ahamiyatlidir.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:57:05
Ming oyning ma’nosi musulmonlarning bu kechada ming oylik ibodat savobini olishlarini anglatadi. qadr kechasini kunlar va oylar bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Bu kechada kechadan ertaga qadar biz bilmagan qancha hikmat va savob bor.
"Qadr" surasidagi oyatlardan anglashiladiki, bu kechada farishtalar va Jabroil alayhissalom yer yuziga tushadilar. Yer yuzida millionlarcha musulmonning chin ko‘ngildan Allohga berilib ibodat va duo qilayotganini ko‘radilar. qiyomat kunida ibodat qilayotgan bu musulmonlarga guvoh bo‘ladilar. Bu kecha shunday muborak va ezgu kechadirki, osmonda yashovchilar yerda yashovchilarga suqlanib boqadilar.
qadr kechasi Ramazon oyining oxirgi 10 kuni orasidadir. qadr kechasining qaysi kecha ekanligi aniq qilib belgilanmagan. Islom ulamolari payg‘ambarimizning ba’zi hadislariga asoslanib, Ramazonning 26/27-kechasi deb qabul qilishgan. Payg‘ambarimizning sahobalaridan Ubay ibni Ka’b: "Ont ichib aytamanki, qadr kechasi Ramazonning 26/27-kechasidir", - deydi.
Bu to‘g‘rida payg‘ambarimizning turli hadislari bor. Bir hadislarida Rasululloh (SAV) shunday deydilar: "Qadr kechasini Ramazonning oxirgi o‘n kuni orasida, xususan toq kechalardan izlang".
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:57:24
Aslini olganda, payg‘ambarimiz qadr kechasi qachon ekanligini balki bilgandirlar. Lekin bu kecha yashirin bo‘lib qolishining o‘ziga xos turli hikmatlari bor. Bundan maqsad Ramazondagi har bir kechani qadr kechasi tarzida ibodat bilan o‘tkazishga undashdir. Payg‘ambarimiz Ramazon oyida ibodat va duolarini ko‘paytirar, xususan Ramazonning oxirgi o‘n kunida juda oz uxlab, tunu kun ibodat qilar edilar. Musulmonlar ham bu o‘n kunda mumkin qadar yaxshiliklarini va ibodatlarini ko‘paytirib ado etsinlar, deb qadr kechasi yashirin tutilgan.
Hazrati Oysha payg‘ambarimizdan so‘ragandilar: "Yo Rasululloh, qadr kechasiga erishsam, qanday duo qilaman?" Payg‘ambarimiz: "Ollohumma innaka afu fun tuqibbul avfi faufu anni", ("Allohim, sen buyuk avf etuvchisan. Avf etishni ham yaratgansan. Meni ham avf ayla, yo rabbiy") deb duo qilgil", - dedilar.
Qadr kechasini qadrli qilgan ikki muhim voqea bor:
- Hazrati Muhammad (SAV)ning payg‘ambarlik burchi shu kechadan boshlangan.
- qutlug‘ kitobimiz Qur’on birinchi bor shu kechasi nozil qilina boshlagan.
Ming oydan ham xayrliroq bo‘lgan bu kechani g‘aflat bilan o‘tkazish katta xatodir. Yilda bir marta keladigan bu kechani ibodatlar, duolar, zikrlar, tavbalar bilan o‘tkazish lozim.
Payg‘ambarimiz bir hadislarida shunday marhamat qilganlar: "Kim Allohga ishonib va savobini Allohdan kutib qadr kechasini ibodat bilan o‘tkazsa, u kishining qilgan gunohlari kechiriladi".

Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:57:43
Mavlud - tug‘ilish vaqti yoki tug‘ilgan kun demakdir.
Islom olamida bu kunga Mavludin Nabi, ya’ni payg‘ambarning tug‘ilgan kunlari deyiladi. Bu kun barcha musulmon mamlakatlarida katta shodlik bilan kutib olinadi.
Payg‘ambarimiz hazrati Muhammad (SAV) arab oylariga ko‘ra Rabiul avval oyining 11-kechasidan 12-kuniga o‘tar kechasi, tun o‘rtasidan so‘ng Makka shahrida tug‘ildilar. To‘liq 63 yil yashadilar va yana shu oyning shu kunida vafot etdilar. Ya’ni, payg‘ambarimizning tug‘ilgan va vafot etgan kunlari bir kundadir.
Payg‘ambarimiz Hazrati Muhammad (SAV) 571 milodiy yili Amina ismli onadan va Abdulloh ismli otadan tug‘ildilar. Otalari payg‘ambarimiz tug‘ilmaslaridan ikki oy avval, onalari ham payg‘ambarimiz olti yoshlik chog‘larida vafot etdilar. Ya’ni, payg‘ambarimiz olti yoshlarida yetim bo‘lib qoldilar. Sakkiz yoshlarigacha bobolari Abdulmutallib., 25 yoshlariga qadar amakilari Abu Tolib payg‘ambarimizni asradilar. 25 yoshga yetganlarida Xadicha onamizga uylandilar. Bu nikoxdan ikki o‘g‘il va to‘rt qiz, jami 6 bola tug‘ildi. 40 yoshga yetganlarida hazrati Muhammad (SAV) payg‘ambar bo‘ldilar va bu sharafli vazifani 23 yil bajardilar. Payg‘ambarimiz 63 yoshlarida Madina shahrida vafot etdilar.
Dunyodagi eng og‘ir narsalardan biri odamlarni tarbiya qilishdir. Biron temirni, biron taxtani, biron qog‘ozni istaganingizcha qo‘llay olasiz. Chunki ular sizga qarshilik qilmaydilar. Lekin odamlarni o‘zgartirishga kirishsangiz, ularning dinga mos kelmaydigan urf-odatlarini, e’tiqodlarini, fikrlarini almashtirishga tutinsangiz, doimo qarshi bo‘lishadi, siz bilan urishishadi, tortishishadi. Hatto sizga dushman bo‘lib qolishadi. Odamlarga haq va haqiqatni anglashish, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish yengil ish emas.
Mana payg‘ambarimiz 23 yil davomida o‘jar va nodon bir xalq bilan olishdilar. Arablar butlarga, olovga, toshlarga va tog‘larga topinardilar, barchalari ham e’tiqod zaifligi ichida yashashardi. Bir-birlari bilan to‘xtovsiz urishishar, odam o‘ldirishni bahodirlik deb bilishardi. O’g‘rilar, talovchilar, hiylakorlar va qaroqchilar mamlakatning eng mashhur kishilari edi. Zaif va qashshoqlar, miskinlarning ahvoli g‘oyat zaif edi. Payg‘ambarimiz hazrati Muhammad (SAV) shunday bir millat orasiga payg‘ambar qilib yuborildilar. Allohning amr va ta’qiqlarini odamlarga anglata boshlagach, barchalari payg‘ambarimizga dushman bo‘lib qoldilar. Yahudiylar, xristianlar, butga va olovga topinuvchilar, shoirlar, adabiyotchilar, sehrchilar, hatto payg‘ambarimizning yaqin qarindoshlari va ba’zi amakilari ham dushman bo‘ldilar. Bu odamlar payg‘ambarimizga va musulmonlarga qarshi qattiq zulmlar va yomonliklar qildilar. Ba’zi musulmonlarni o‘ldirib, shahid etdilar.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:58:03
Bu og‘ir ahvolga chiday olmagan musulmonlar ikki martaba Habashistonga ko‘chishga majbur bo‘ldilar. Lekin payg‘ambarimiz va sahobalari umidsizlikka tushmadilar, musulmonlar soni borgan sari orta bordi.
Payg‘ambarimiz 13 yil Makkada Islomiyatni tushuntirish va tarqatishga harakat qildilar. Lekin, makkaliklar juda johil odamlar bo‘lganlari uchun dinlari, urf-odatlarini almashtirishga ko‘nmay, "Biz ota-bobolarimiz yo‘lidan yuramiz", - deyishardi.
Madina xalqi Makka xalqiga qaraganda shafqatliroq, yumshoq ko‘ngilli edi. Ulardan ba’zi kishilar guruh-guruh bo‘lib Makkaga kelib musulmon bo‘lishgandi. Bu madinalik musulmonlar payg‘ambarimizni va makkalik musulmonlarni chaqirib turishardi. Oxiri makkalik musulmonlar milodiy 622 yilda bor mollarini Makkada qoldirib Madinaga ko‘chdilar. Payg‘ambarimiz Madinada masjidlar, madrasalar soldirdilar, din va o‘qitish ishlariga katta ahamiyat berdilar.
Islom tarixchilarining yozishlaricha, u vaqtda Madinadagi musulmonlar soni (bolalar bilan) 1500 kishi edi. Ya’ni 13 yil ichida 1500 kishi islomiyatni qabul qilgan edi, Payg‘ambarimiz Madinada o‘n yil yashadilar. Bu o‘n yil ichida bir necha marta Makka kofirlari bilan jang qildilar. Har safar Allohning yordami bilan ularni yengdilar. 630 yili Makka ishg‘ol qilindi. Makka olingandan so‘ng islomiyat juda tez tarqalib ketdi. Eski dushmanliklar tugadi. Odamlar bir-birlari bilan do‘st va qardosh bo‘lib totuvlikda va tenglikda yashadilar. Bu nodon va o‘jar xalq 23 yilda dunyoning eng madaniy millati holiga keldi. Payg‘ambarimiz ularni shunday tarbiya qildilar, ular orasidagi ahillik, do‘stlik insoniyat tarixida hech qachon ko‘rilmagan edi.
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:58:53
Payg‘ambarimiz zamonida yashagan va Islom diniga katta xizmat ko‘rsatgan bu kishilarga sahobalar, ya’ni payg‘ambarimizning do‘stlari deyildi. Sahobalar Qur’onda va payg‘ambar hadislarida maqtalgan kishilardir.
Payg‘ambarimiz o‘lishlarini sezib  qayg‘urayotgan do‘stlari, sahobalariga shunday degandirlar: "Dunyoda ummati orasida mangu yashagan hech bir payg‘ambar yo‘qdir. Men ham sizning oralaringizdan ketaman. Siz bilan jannatda, Kavsar suvining bo‘yida ko‘rishamiz. Jannatda men bilan uchrashishni istagan odamlar qo‘llarini va tillarini gunohdan tortsinlar".Bir kishi payg‘ambarimizdan so‘ragan edi: "Yo Rasulullrh! qiyomat qachon bo‘ladi?" Payg‘ambarimiz dedilar: "Qiyomat uchun nima hozirlading?" U kishi: "Men farzlardan boshqa juda ham ko‘p namoz o‘qiganim, ro‘za tutib, sadaqalar ulashganim yo‘q. Lekin Allohni va sizni juda yaxshi ko‘raman", - dedi. U vaqt payg‘ambarimiz: "Odam sevgani bilan bo‘ladi", -deb javob qaytarganlar.
Payg‘ambarimizning sahobalari hazrati Anas shunday deydi: ik"Musulmonlarning bu hadisni eshitgan chog‘dagi shodlik hollari kabi holatni umrimda kinchi bor ko‘rmadim".
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 07:59:12
Payg‘ambarimiz vafotlaridan oldin aytgandilar: "Mendan bu dunyoni tilaysanmi yo oxiratnimi?", - deb so‘raldi. Men oxiratni tanladim". Hazrati Muhammad (SAV) barcha vazifalarini to‘la-to‘kis ado etganlaridan so‘ng 632 milodiy yilda hayot bilan vidolashib, mangulik mamlakatiga ko‘chdilar.
Biz ham payg‘ambarimiz hazrati Muhammad (SAV)ni sevganimiz uchun har yili ul zotning tug‘ilgan kunlarini, Mavlud bayramini shodlik bilan qarshi olamiz.


Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: siddiqa 19 Aprel 2009, 08:00:05
MUNDARIJA

Tarjimondan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3547.msg167960#msg167960)
I. Axloq nima? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3547.msg167961#msg167961)
Axloqiy burchlarimiz qaysilar?

II. Axloqiy burchlarimiz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3547.msg167962#msg167962)
1. Alloh va payg‘ambar oldidagi burchlarimiz
2. O’zimizning oldimizdagi burchlarimiz
3. Oilamiz oldidagi burchlarimiz
4. Vatan va millatimiz oldidagi burchlarimiz
5. Insoniyat oldidagi burchlarimiz

III. Chiroyli xulqlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3547.msg168181#msg168181)
1. To‘g‘rilik
2. Mehnatsevarlik
3. Marhamat va yumshoq ko‘ngillilik
4. Hamdardlik va saxiylik
5. Odob va hayo
6. Do‘stlik va qadrdonlik
7. Sabr
8. Shukr qilish
9. Kattalarga hurmat
10. Kichiklarga mehribonlik
11. Adolat
12. Omonat
13. Ahdida turish
14. Tavba

IV. Yomon xulqlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3547.msg168691#msg168691)
1. Yolg‘on va hiyla
2. G’iybat
3. O’g‘irlik
4. Odam o‘ldirish
5. Ichkilik ichish
6. Qimor
7. Zino qilish
8. Tuhmat
9. Takabburlik
10. Isrof
11. Hasad
12. Gunoh

V. Diniy odatlarimiz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3547.msg168735#msg168735)
1. Bolalarga ism qo‘yish
2. O’g‘il bolalarni sunnat qilish
3. Salomlashish
4. Bayramlar
5. Qurbonlik qilish
6. Kasallarni ziyorat qilish
7. Qabrlarni ziyorat qilish
8. Nikoh va uylanish

VI. Diniy bayramlarimiz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3547.msg169486#msg169486)
1. Juma
2. Bayram kunlari
3. Ashura kuni
4. Rajab, Sha’bon va Ramazon oylari
5. Rag‘oyib kechasi
6. Me’roj kechasi
7. Baroat kechasi
8. Qadr kechasi
9. Mavlud kechasi
Nom: Re: ISLOM AXLOQI. Abdurahmon Qoya
Yuborildi: AbdulAziz 22 Aprel 2009, 07:21:27
Islom axloqi

(http://www.ziyouz.com/images/books/islom_axloqi.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=370)

Muallif: Abdurahmon Qoya
Hajmi: 453 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=370)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3547.0)