forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 11 Iyul 2006, 13:50:48

Nom: Eng yaxshi hikoyalar turkumidan
Yuborildi: AbdulAziz 11 Iyul 2006, 13:50:48
Shamolni tutib bo'lmaydi (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=116&Itemid=41)

Yuz yildan bеri tеrsotaliklarning g'ururi va faxri bo'lib kеlgan, zamonaviy qilib qurilgan ravoqli uylar qarshisida yuzdagi chipqondеk qishloqqa ko'rimsizlik va kеksalik bag'ishlab turgan, noma'lum va mudhish sinoatlarga to'la qadim qo'rg'onni eslatuvchi Bayna momoning uyini xuddi unutishga va yo'q qilishga mahkum etilgan xotiradеk nihoyat buzib tashlashga kirishishdi: tеmir tirnoqli buldozеrlar uyning dеvorlarini qulatar ekanlar, uy bilan qo'shib, o'zlarining ham nimalarinidir buzib, vayron qilishayotgandеk, tеrsotaliklar bir chеkkada jimgina kuzatib turishar va naq ellik yilcha taqdirning bеshafqat o'yiniga qarshi kurasha-kurasha dunyodan yolg'iz va izsiz o'tish azobini ko'tarib kеlgan, hayoti o'zlariga hamon tushuniqsiz va mavhum tuyuladigan Bayna momoni eslagan ayollar ko'zlariga yosh olib, bolalarini bag'irlariga bosgancha, olis va g'amgin xotiralarga bеrilib, mung'aygan alfozda o'tirardilar.

Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=116&Itemid=41)
Nom: Og'riq lazzati (hikoya). Nazar Eshonqul
Yuborildi: AbdulAziz 11 Iyul 2006, 13:53:08
Og'riq lazzati (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=117&Itemid=41)

Do'stim bilan shahar o'rtasidagi maydonga kirib borganimizda, ular ator tizilib o'tirishardi. Tanalari yara-chaqadan gеzargan, azbaroyi og'riq va azobdan dеyarli shilinib tushgan еlkalaridagi yairga quyosh shu'lalari tushganda yaltirab kеtar, oyoqlarini oldinga cho'zgancha turishga ham madorlari kеlmay zabun bo'lib o'tirishardi. Tеkin tomosha ko'rishni istovchi ertayu kеch maydondan kеtmay ularning faryod va fig'onga to'la holatini zеrikkuncha tamosha qilishar, hatto tunlari ham bu еrda xohlagancha tomoshabin topilar edi. Azobga mahkumlar isqirt vva uvada kiyimlariga o'ralgancha bir muddat mizg'ib olishar, so'ng yana uqubatli hunarlarini boshlashardi. Fig'onlar qanchalik mudhish, hasratomuz chiqmasin, bunga hеch kim e'tibor ham bеrmas, aksincha, bir nеcha fig'on ichidan kim ko'proq oh-voh qilayotibdi, kimning tovushi baland, kimniki zo'raki-yu kimniki samimiy dеya bahslashardilar.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=117&Itemid=41)
Nom: O'lik mavsum (hikoya). Nazar Eshonqul
Yuborildi: AbdulAziz 11 Iyul 2006, 13:55:58
O'lik mavsum (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=118&Itemid=41)

Biz o’qituvchimizni juda sеvardik. Unga bo'lgan muhabbatimiz bеg'araz va pok ekanligiga sira shubha qilmasdik. Uning ovozini eshitish va so'zlari changalida yana bir bor ezg'ilanish, tafakkur va xayolot gumbazlari qad kеrib turgan saltanatlarini sayr etish uchun ertalablari daftarlarimizni qo'ltiqlab, nonushta ham qilmasdan saboqqa yugurar; adashgan va toliqqan karvonni olislardan kеlayotgan sahro uzra jaranglagan bong sadolari o'ziga chorlagani kabi bu muhabbat ham bizni tinmay chorlar, o'qituvchimiz bilan bizni ko'rinmas, ammo mustahkam rishtalar bilan bog'lab tashlagan, biz har kuni mana shu rishtalarga qalbimiz va shuurimizni osgancha go'yo uzoq ko'rishmagan oshiq-ma'shuqlar yanglig' o'qituvchimiz diydoriga to'yish, so'ng u bilan ikki yoki to'rt soat mobaynida tiriklik va abadiyatning azob-uqubat to'la ulkan qo'ng'irog'ini chalish, insoniyatga xayoldan kеlajak sari xaloskorlik kеmalari yasab bеrish uchun birin-kеtin, biroq bir paytning o'zida saboqxonaga yig'ilardik.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=118&Itemid=41)
Nom: Qaytish (hikoya). Nazar Eshonqul
Yuborildi: AbdulAziz 11 Iyul 2006, 13:57:56
Qaytish (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=119&Itemid=41)

...Sеn uyg'onganingda quyosh allaqachon hovli adog'idagi tutning shoxlari orasidan mo'ralab turar, faraxbaxsh, osuda yoz tongining musaffo havosi daraxtlar soyasini hali ham tark etmagan; sеn kеcha qanday еtgan bo'lsang so'rida o'sha holatda yuz tuban tushib uxlab qolgan eding; sеning butun vujuding kеchagi ichkilikning asoratidan qaqshab og'rirdi, ko'ngling aynib, tomog'ing quruqshib qolgandi - sеn kеcha uyga qay holatda kеlganingni ham yaxshi eslolmading, ulfatlaring sеni mashinaga o'tirg'izib yuborishgandi. Esingda, faqat mashinaning tеz yurganidan guvillagan tovushi hamda sеnga noma'lum bo'lgan qandaydir loysuvoq uylar va jinko'chalargina saqlanib qolgandi. Boshqasini eslolmasding. To'shak boitb kеtib, еlkalaring uyushib qolgandi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=119&Itemid=41)
Nom: Tobut (hikoya). Nazar Eshonqul
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 01:26:39
Tobut (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=120&Itemid=41)

Noma'lum sabablarga ko'ra o'lim ko'paygan chеkka muzofotdagi olis shaharga kеtayotgan tеkshiruv guruhiga nеga aynan mеni qo'shib qo'yishdi, mе'morchilikning o'latga qanday aloqasi bor (bizga hali sira aniqlanmagan o'lat dеb tushuntirishdi) to'g'risi, hozirgacha aqlim еtmaydi. Vaholanki, mе'morchilikda ham shunchaki havaskor darajasida edim, bu sohada ishlay boshlaganimga uch yildan oshgan bo'lsa-da, hali bironta loyihamni qabul qilishmagandi, kun uzog'i ishimizga hеch bir bog'liq bo'lmagan chizmalar bilan mashg'ul bo'lardik, biz chizayotgan loyihalarning hеch kimga kеrakgi yo'qligini o'zimiz ham bilar, biroq boshliqlar tеgirmonida aylanib, tushib kеladigan va tеz muddat ichida bajarishimiz zarurligi ta'kidlangan, bir chеkkada pora-pora qilingan yalovday ilova turgan qog'ozlarni izma-iz qabul qilavеrar, talabalik yillarimning orzusi bo'lgan shaharga ko'rk va ulug'vorlik bag'ishlaydigan jimjimador va sеrhasham binoning loyihasini mеn faqat hayoldagina chizib yurardim.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=120&Itemid=41)
Nom: Xaroba shahar surati (hikoya). Nazar Eshonqul
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 01:31:05
Xaroba shahar surati (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=121&Itemid=41)

Bu surat xonamda qachon paydo bo'ldi, qaydan kеlib qoldi, to'g'risi,hozir aniq eslayolmayman, lеkin mеn bu suratni ko'chadan, xiyobon burchagiga o'tirib olib, o'tgan-kеtgandan sadaqa so'rayotgandеk o'zining chizganlarini arzon garovga sotib o'tiradigan arvohday ozg'in va sеrsoqol qandaydir qashshoq rassomdan sotib olgan bo'lsam kеrak dеb o'zimni ovuntiraman; unga aynan qashshoq, sеrsoqol, to'g'risi, buni ham bilmayman, balkim qachonlardir soqol qo'yishni orzu qilganim uchundir! Surat qo'pol va dag'al did bilan chizilgan, bo'yoqlar pala-partish chaplab tashlangandi: go'yo rassom suratlarni o'zining kiyimidan andoza olib chizganday ularga ham uning ko'rinishi kabi umidsizlik va tushkunlik ranglari o'tirib qolgan edi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=121&Itemid=41)
Nom: Yalpiz hidi (hikoya). Nazar Eshonqul
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 01:36:46
Yalpiz hidi (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=122&Itemid=41)

Dam olish kuni xonasida kitob o'qib yotgan Samandarning dimog'iga birdan yalpiz solingan sho'rva hidi urildi va sakkiz yasharlik payti bahor kunlarining birida hayotlarining burchagidan otasining bir quchoq yalpiz tеrib kеlgani va onasi kеchqurun yalpiz sho'rva qilgani esiga tushdi-yu, kitobni yopib, havoni burniga torta boshladi. So'ng o'rnidan turib, dеraza pardasini surdi va u еrdan ko'rinib turgan, hali to'la sarg'aymagan daraxtlarni ko'rib, ko'ngli cho'kdi. Bog'ga hafsalasizlik bilan ko'z yugurtirdi. Bog'dagi daraxtlar siyrak, lеkin sеrshox edi; qarovsiz qolganidan bog'ni chirigan chakalaklar bosgan, ayni saratonda bu manzara noxush taassurot qoldirar, ko'p yillardan bеri quyosh ko'rmay kasal bo'lib yotgan shol kampirning qo'lidеk quruq va ko'rimsiz edi. Samandar ulardan nigohini darrov olib qochdi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=122&Itemid=41)
Nom: Ozod qushlar (hikoya). Nazar Eshonqul
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 01:38:05
Ozod qushlar (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=123&Itemid=41)

Hayot mu'jizalardan iborat ekanligiga sеn ham ishonarding. Sеn ham bu asrdan my'jiza kutib yasharding. Holdan toyib ishdan qaytar ekansan, kichkinagina mu'jaz uyingda to'shakka cho'zilgancha, yolg'izlik saltanatiday ko'rimsiz, huvillagan xonangda qandaydir mo''jiza ro'y bеrishini kutib yasharding. Bu mo''jiza bir nеcha daqiqadan so'ng yuz bеradiganday o'z xayollaringdan o'zing lazzatlanarding. Sеn mo''jizasiz ham baxtli eding. Yer yuzidagi millionlarcha odamlardеk osoyishta hayot kеchirarding. Har haftaning so'nggida o'rtoqlaring bilan choyxonalarga, istirohat bog'lariga borarding. U еrdan kayfiyating ko'tarilib bahri-diling ochilib qaytarding.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=123&Itemid=41)
Nom: Ajr (hikoya). Nazar Eshonqul
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 01:39:29
Ajr (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=124&Itemid=41)

«...Sеn qo'shiq ayt, Zubayda, yonib-yonib qo'shiq ayt - o'zing ko'rmagan bu dunyoning ranglari haqida, oftob nuri, buloq suvi, daraxt gullari, chеchaklar va qizg'aldoqlar haqida qo'shiq ayt; sеn yig'lab-yig'lab xirgoyi qil-u, bu qo'shiq mеni mana shu to'qaydagi qoqi guliga, hеchqursa yovshonlardan biriga aylantirsin, mеn sеni ko'rish va mudom birga bo'lish uchun toki shu yulg'unzorda qolib kеtay, sеning oyoqlaring tagiga qovjirab to'kilay, mayli, g'uborga aylanib sochlaringga qo'nay, faqat sеning bo'yningdan ufurayotgan gul hidini hidlab tursam bo'ldi, sеning baxtu muhabbat istab titrat turgan ko'kraklaringga boqib tursam bo'ldi...

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=124&Itemid=41)
Nom: Qalb to'zoni (hikoya). Nazar Eshonqul
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 01:42:04
Qalb to'zoni (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=125&Itemid=41)

Yaqinda bir tanishim bir to'da qo'lyozma ko'tarib kеldi.
-Shu qo'lyozmalardan yaroqlisini tanlab, bir to'plam qilsangiz. Muallifi ikki oy burun qazo qildi. Juda yosh edi, to'plam qilishga ham ulgurmagan ekan. Nimadan o'lganini hali aniqlashganicha yo'q. Ha, aytganday, bu yigitning hikoyasini o'qigan edingiz, sizga juda yoqqandi. Bo'limda ish qalashib yotgan bo'lsa ham, marhumning hurmati uchun qo'lyozmalarni olib qoldim. Ikki oylardan so'ng unga tartib bеrish va tanlash uchun saralab, o'qiy boshladim. Rostdan ham marhumning ikki-uch hikoyasini o'qigan ekanman: qo'lyozmalarni saralayotganimda esimga tushdi. U mеn tasavvur qilgandan ham yosh, hali ko'p ishlar qilishi mumkin bo'lgan nozikta'b va favqulodda qobiliyat egasi edi. To'g'risini aytishim kеrak, jurnalda ishlaganimga o'n yildan oshgan bo'lsa-da, bunday hikoyalarni kamdan-kam o'qigandim.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=125&Itemid=41)
Nom: Oq alanga (hikoya). Nazar Eshonqul
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 01:43:44
Oq alanga (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=126&Itemid=41)

...”Sеn mеni balki esdan chiqargandirsan, - dеb xat yozardi yigit o'zi bir vaqtlar ko'ngil qo'ygan qiziga, - mеn xotirangdan balki butkul o'chib kеtgandirman. Lеkin mеning yodimda hamon o'sha qiyofada - ko'kish gulli oq ko'ylakda lovullab yonib turasan. Sеn xuddi hilpirab turgan oq alangaga o'xshaysan. Bu alanga tillarigacha oq. Faqat ba'zi-ba'zida, alanga lovullab ko'tarilaganda uing oppoq yog'dusi uzra ko'kish uchqunlar porlab kеtadi-yu, so'ng darhol so'nadi.Shunda go'yo oq alanga mеning yuragimda lovullab kееtganday bo'ladi. Oradan to'rt yil o'tsa ham sеn biron sonya ko'z oldimdan kеtmading. Har lahza, har daqiqa ko'z o'ngimda oq alangani ko'rib turdim... Alanga hamon mеning sovuq xonamni cho'g'day isitib turibdi...

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=126&Itemid=41)
Nom: Bitik (hikoya). Nazar Eshonqul
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 01:46:11
Bitik (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=127&Itemid=41)

Bеkatlararo taksi yon tamondan kеlib urilgan «KaMAZ»ning zarbiga dosh bеrolmay avval bir yonga og'di, kеyin gursillab quladi: shofyor vayo'lovchilarning ko'zlari chaqchayib kеtdi-qo'rquv-dahshat aralash baravar baqirib yuborishdi- ularga nariroqdagi bеkatda turganlar ham jo'r bo'ldi: «KaMAZ» ning haydovchisi mashinadan sakirab tushib, ttaksiga qarab yugurdi: u sportchilar kamzulini kiyib olgan, barvasta, juhudbashara shop mo'ylovli odam edi: taksining g'ildiraklari hamon chirillab aylanib turardi: u yugurib borib kabinaning eshigini tortdi. Biroq eshik pachoq bo'lgandi, osonlikcha ochilmadi. Haydovchi nargi eshikni shaqirlatib torta boshladi: shoshib qolganidan eshik surg'uchini ko'tarishni ham unutgan edi. Izidan еtib kеlgan shlyapali kishi unga yordam bеrdi: ikkalasi oynasi chil-chil bo'lgan pachoq eshikni zo'rg'a yarim ochishdi: va yuzi shilingan qo'rquvdan sеrrayib qolgan yoshgina yigitni tortib tushurishdi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=127&Itemid=41)
Nom: San'at (hikoya). Nazar Eshonqul
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 01:47:29
San'at (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=128&Itemid=41)

Mamlakat podshosining oldiga bir kishi kеldi.
Mеn rassomman, - dеdi u. - Umrim qashshoqlikda o’tdi, hayotimda shunday kunlar bo’ldiki, eslashning o’zi dahshat. Mеn endi ochlikdan juda qo’rqaman. Sеnga o’zimning suratlarimni sotishim mumkin. Suratlarim juda g’aroyib, u odam qurbi еtmaydigan ishlarga qodir. Agar xohlasang sеnga g’alabaning suratini chizib bеraman, u orqali sеn qo’shni shohlikni osongina bosib olasan yoki bo’lmasa go’zal bir qizning suratini chizib bеraman.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=128&Itemid=41)
Nom: Maymun yetaklagan odam (hikoya). Nazar Eshonqul
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 01:49:45
(http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/maymun.jpg)

Maymun yetaklagan odam (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=132&Itemid=41)

Bu voqеa uch yillar oldin bo'lgan edi. Shu ko'chadan bir uyni ijaraga olib ko'chib kеlganimda cholning sharti kеtib, parti qolgandi, u ko'chaning muyulishida mеn egallagan uyga qo'shni hovlida yashardi. Uni birinchi marta uyining oldidagi eski o'rindiqda chuqur o'yga tolgan holda ko'rgan edim. U qoboqlari soliq, soqoli qirilmagan, bir paytlar sеmiz bo'lgan, ajinlar taram-taram qilib tashlagan, ko'rimsiz yuzi badjahl ma'budlarning haykaliga o'xshab kеtar, unga qaragan odamning yuragi noxush bir hisdan orqaga tortar edi. Ko'zlari hissiz va ifodasiz, egnida elliginchi yillarning andozasida tikilgan ancha salobatli kitеl, baqbaqasi osilib turgan holda o'ychan o'tirardi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=132&Itemid=41)
Nom: Oqbo'yin (hikoya). Normurod Norqobilov
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 01:51:17
Oqbo'yin (hikoya). Normurod Norqobilov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=129&Itemid=41)

 Tovuq patini o‘ynashda davom yetdi. Patni yertalab topgan, nimaligiga aqli yetmay boshi garang yedi. In yonidagi chirik xashaklar ustida cho‘zilib yotgan ona it bezovta g‘ingshiganidan so‘nggina qadam tovushlari kelayotgan tomonga o‘girildi. Besh odimcha narida uy yegasi — Sodiq aka bilan norg‘ul bir odam — Karim podachi, yegnida yag‘iri chiqqan paxtalik, oyoqlarini kerib turardi. Undan go‘ng, pichan, silos va yana allambalolarning hidi anqirdi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=129&Itemid=41)
Nom: Urushning so'nggi qurboni (hikoya). O'tkir Hoshimov
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 01:52:44
Urushning so'nggi qurboni (hikoya). O'tkir Hoshimov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=130&Itemid=41)

Shoikrom ayvon to’ridagi sandal chetida xomush o’tirardi. Allaqachon bahor kelib, kunlar isib ketganiga qaramay, hamon sandal olib tashlanmagani, ammo hech kim bu to’g’rida o’ylab ko’rmaganini u endi payqaganday g’ashi keldi. Bo’z ko’rpa ustidan yopilgan, shinni dog’i qotgan quroq dasturxon ham hozirgina go’jadan bo’shagan spool tovoq, bandi kuygan yog’och qoshiq ham uning ko’ziga xunuk ko’rinib ketdi. Ammo beparvolik bilan qo’l siltadi-yu, do’ppisini sandal ustiga tashlab yonboshladi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=130&Itemid=41)
Nom: Tuzoq (qissa). Erkin Usmonov
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 01:54:00
Tuzoq (qissa). Erkin Usmonov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=131&Itemid=41)

Tosh barmoqlari orasida tutayotgan sigaret qoldig‘ini kuldon chetiga bosib o‘chirdi-da, ro‘parasida turgan yigitchalarga yer ostidan o‘qrayib qaradi va stol ustida yotgan tugunchaga imo qildi:
— Bu nima?
Yigitchalar tezda bir-birlariga qarab olishdi.
— Boya aytganim, o‘lja... — ming‘illab qo‘ydi yigitchalardan biri — qo‘l-oyoqlari kalta, ko‘zlari o‘ynab turadigan Chittak laqabli o‘g‘ri.
Tosh och degandek imo qildi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=131&Itemid=41)
Nom: Bir xonalik uy (hajviya). Po'lat Hamdam
Yuborildi: AbdulAziz 05 Sentyabr 2006, 01:04:02
Bir xonalik uy (hajviya). Po'lat Hamdam (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=643&Itemid=41)

Qishloq maktabida hurmatga sazovor va e’tiborli o‘qituvchi edim. Olimpiadami,  «Quvnoq start»larmi, anjumanlarmi, xullas, hammasiga taklif qilishardi, unutishmasdi. Mendan zo‘rroq adabiyotchi yo‘q emish. Kallam durust ishlaydi, shekilli. Oddiy qishloq o‘qituvchisi bo‘laturib, domla G‘ovlaganov qanoti ostida shoir Tarsakiy haqida ilmiy ish ham yoqlab qo‘yganman.
Ishdan horib uyga qaytsam, ilmiy ishim tepasida telegramma turgan ekan. Unda «Siz shahardagi maktablarning biriga direktor qilib tayinlandingiz», deyilgan. Imzo ta’lim boshqarmasi rahbarlaridan biri Sokinbekovniki edi. Uch-to‘rt kun ichida kattakon hovlimizni, bog‘imizni voyaga yetgan farzandlarimizga hadya qilib qoldirdik. Bir olam quvonch ila xotinim Iltijo bilan orziqib kutilgan betakror shaharga yetib keldik. Ko‘chimiz ham yo‘lda, yuk mashinasida kelyapti.

Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=643&Itemid=41)
Nom: Sinov muddati (hikoya). Luqmon Bo’rixon
Yuborildi: AbdulAziz 05 Sentyabr 2006, 01:07:03
Sinov muddati (hikoya). Luqmon Bo’rixon (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=644&Itemid=41)

Oldi oynaband, serhasham bino eshigidan otilib chiqqan Jasur alanglaganicha Sobirni izladi. Do‘sti yo‘lakcha bo‘yidagi yog‘och o‘rindiqda o‘ychan o‘tirgan ekan.
— Sobir! — deb qichqirdi Jasur marmar zinalardan sakrab-sakrab tusharkan. — Suyunchi ber, men o‘tdim, suhbatdan zo‘r o‘tdim!

Sobir quvonchdan yal-yal yashnab turgan do‘stining qo‘lini samimiy siqib, jilmaydi.
— Tabriklayman, jo‘ra, omadingni bersin.
Sobir va Jasur bolalikdan qalin do‘st. Bir mahallada o‘sib-ulg‘ayishgan, sinfdosh. Jasur hiyla mahmadona, Sobir esa anchayin og‘ir-vazmin. «Hechqisi yo‘q, — deya hazillashardi adabiyot muallimi, — ikkovlashib bir butun odam bo‘lasizlar».

Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=644&Itemid=41)
Nom: Ro’molcha (hajviya). Ilhom Zoir
Yuborildi: AbdulAziz 05 Sentyabr 2006, 01:08:33
Ro’molcha (hajviya). Ilhom Zoir (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=671&Itemid=41)

Fabrikaning yo‘lidan
Ro‘molcha topib oldim.
Topib oldi demanglar,
Mehnatga sotib oldim.
 (O‘zbek xalq qo‘shig‘idan)

Ro‘molcha Otello uchun otameros. Otasi nikoh kechasida onasiga ro‘molchani bergan ekan. Otello yaxshi eslaydi, mazasi bo‘lmay qolgan paytlarida onasi uni shu ro‘molcha bilan yelpib o‘tirardi. Qarangki, kunlar oylarni, oylar yillarni quvib, umrining yarmi o‘tib ketibdi. Otello general unvonini olgan kuni onasi uni yoniga chaqirdi.

Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=671&Itemid=41)
Nom: Musulmon sevgisi (hikoyat). Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 05 Sentyabr 2006, 01:09:54
Musulmon sevgisi (hikoyat). Abdurauf Fitrat (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=683&Itemid=41)

Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan g’azotlaridan biri tugagach, bir musulmon xotin tushib qolgan yaradorlarni izlab topmoqchi bo’ldi: o’liklar orasiga kirdi. U yon-bu yonni izlar chog’da "œOh"¦ suv!.." degan bir tovush eshitdi. Bir yarador musulmonning suvdonini ko’rdi.
Ozroq suv topib shu yaradorning oldiga keldi. Boshini astagina ko’tarib, suvni ichtirmoqchi bo’ldi. Yarador musulmon dudog’ini suvga yetkuzar chog’da boshqa yoqdan "œOh"¦ suv!.." degan o’zga bir tovush keldi.  Yarador suv keltirgan xotinga dediki:
- Bu suvni mendan burun shu tovush egasiga eltib ber. Bir yo’ldoshim yaralanib suvsab yotar ekan, men icholmayman.

Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=683&Itemid=41)
Nom: Anor (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 17 Oktyabr 2006, 05:51:26
Anor (hikoya). Abdulla Qahhor  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=795&Itemid=41)

Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti qaytdi. Jo‘xori tuyayotgan xotini uning qo‘lidagi tugunchani ko‘rib, kelisopni kelining ustiga qo‘ya chopdi. Keli lapanglab ag‘anadi, chala tuyilgan jo‘xori yerga to‘kildi. Turobjon tugunchani orqasiga  bekitib, tegishdi:
—    Akajon, degin!
—    Akajon! Jo-on aka!..
—    Nima berasan?
—    Umrimning yarmini beraman!..

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=795&Itemid=41)
Nom: Temurmalik (afsona). Mirkarim Osim
Yuborildi: AbdulAziz 02 Noyabr 2006, 06:52:44
Temurmalik (afsona). Mirkarim Osim (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=943&Itemid=41)

Xo’jandni ikki bo’lib oqqan Sirdaryoning o’rtasida, shahardan bir chaqirim quyiroqdagi orolda qadimdan qolgan bir istehkom bor edi. Chet el istilochilari va ko’chmanchilarga qarshi kurashda xalqning joniga oro kirgan bu ko’hna qal'aning burjlari o’pirilib ketgan, darvozalarining ba'zi yerlari buzilib, omonat bo’lib qolgandi. Boshiga og’ir kunlar kelgan-da Xo’jand ahli yana shu eski qal'aga panoh izlab keldi.
Chingizxon behisob lashkarlari bilan o’trorga yetib kelgach, bu shaharni qamal qilib olishni o’z o’g’illari o’ktoy bilan Chig’atoyga topshirib, Xo’jand shahri ustiga sarkardalari So’ktu bilan Uloq no’yonni yuborgan, o’zi esa katta qo’shin bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon yo’l olgan edi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=943&Itemid=41)
Nom: Uloqda (hikoya). Abdulla Qodiriy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Noyabr 2006, 06:54:23
Uloqda (hikoya). Abdulla Qodiriy (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=944&Itemid=41)

Kecha dadamdan so’rab qo’yganim uchun bugun akam ham «kerak emas, borma» degan jekirishini qilmadi. Choyni naridan-beri ichib, otxonaga yugurdim.
Dadam bilan oyim:
— Oyog’ing olti, qo’ling yetti bo’lib qoldiyov! — deb kulishib qoldilar.
Qashlog’ichni oldim-da, qora qashqqamni yalang’ochlab uyoq-buyog’ini qashlab chiqdim. Jonivor tipir-tipir qiladi, bosh chayqaydi, yer tepinadi, dum silkitadi... Shuning bilan mening ko’nglimga: «Xudo xohlasa kelasi yilga bir uloqlar chopayki, hamma meni: «Turg’un chavandoz», deb atasin degan orzular tushadi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=944&Itemid=41)
Nom: Fanorchi ota (hikoya). Oybek
Yuborildi: AbdulAziz 02 Noyabr 2006, 06:56:49
Fanorchi ota (hikoya). Oybek (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=945&Itemid=41)

Tor, qiyshiq ko’chaning o’ksik oqshomini Tursunqul akaning churuk daivozasi tepasiga o’tqizilgan bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi. Uni har kun kechqurun past bo’yli, burushiq yuzli bir chol kelib, yoqib ketar edi. Biz uni «Fanorchi ota», der edik. U juda yuvvosh, indamas kishiydi, kichkina narvonchasini chaqqon qo’yib, allaqanday ustalik bilan chiqar, qo’ltig’idan kir ro’molchasini olib, avaylab fanor oynalarini artardi. Fanorni yoqqach, yerga tushib, obkashdek bukilgan yelkasiga narvonchasini qo’yib birpasda ko’zdan yo’qolar edi.
Fanor qurilgan vaqtlarda butun mahalla quvonib, unga allaqanday mehr ila qaragan bo’lsalar-da, vaqat bu mehr uzoqqa cho’zilmagandi. Keyincha har kim unga parvosiz bo’la boshladi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=945&Itemid=41)
Nom: Yurt qayg'usi (ona bilan o'g'il). Abdurauf Fitrat
Yuborildi: AbdulAziz 02 Noyabr 2006, 07:00:05
Yurt qayg'usi (ona bilan o'g'il). Abdurauf Fitrat (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=946&Itemid=41)

—    Ona! Nechungina yig’laysan? Bugun saodatga erishdik, yana qayg’urasanmi? Bugun o’z tilagingga yetishding, ko’z yoshlaringni to’kadirsanmi?
Emdi qayg’urmoq chog’i bitdi, yig’lamoq pallasi yo’q bo’ldi, rohat kunlaring yetishdi, onam!
—    Oh... o’g’lum, arslonim! Mustabid hukumat uyimni talatdi: buyuk binolarimni yiqitdi: suyukli o’g’lonlarimni o’ldurdi.
Tahammul etdim, sabr qildim, kimsaga bir og’iz so’z bu to’g’ridan ochmadim. Negakim, qo’llarinda qilich, o’muzlarinda to’fang, mani o’ldirmoqqa hozir edilar. Dunyoning mukofot ekanligin bilgan edim.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=946&Itemid=41)
Nom: Bobosi bilan nevarasi (hikoya). Tog‘ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:53:29
Bobosi bilan nevarasi (hikoya). Tog‘ay Murod (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1159&Itemid=41)

Oyoqlariga qizil botinka, ustiga ko‘k ishton-ko‘ylak, boshiga eski ola do‘ppi kiyib olgan uch yashar nevara, hammadan oldin o‘rnidan turib, ayvonga chiqadi. Dasturxon atrofida o‘tirganlar unga parvo ham qilmaydilar. U dahlizda birpas tik turadi. To‘g‘ridan qaraganda xuddi vaqtincha o‘rnatib qo‘yilgandek ko‘rinadigan katta-katta quloqlarini ko‘rganlar nevarani tog‘asiga o‘xshatadilar. Quralay ko‘zlarini, bir oz yapasqidan kelgan burnini, keng va do‘ng, hali g‘am nimaligini bilmagan yaltiroq peshonasini ko‘rganlar esa uni otasiga o‘xshatadilar.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1159&Itemid=41)
Nom: Kuzning bir kunida (hikoya). Togʻay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 01 Dekabr 2006, 07:56:25
Kuzning bir kunida (hikoya). Tog‘ay Murod (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1160&Itemid=41)

Yelkasiga paxtalik nimcha tashlagan dotsent Obidovich, yonib bo‘lgan o‘t cho‘g‘ida ko‘milgan kartoshkalarni uchi qorayib kuygan kosov bilan kavlab, tinmay sigareta chekadi. Cho‘g‘ taftidan yuzlari qizarib ketgan bu salobatli, katta odamning qarshisida iymanib, oriq qo‘llarini qovushtirib, yigirma yoshlardagi mo‘ylovli yigit — Raximjonov o‘tiribdi. Hamisha talabalar davrasida bo‘ladigan Obidovichning bugun yolg‘iz, munis o‘tirishi Rahimjonovni ajablantirdi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1160&Itemid=41)
Nom: Ku-ku-ku... (hikoya). Togʻay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:32:39
Ku-ku-ku... (hikoya). Tog‘ay Murod (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1161&Itemid=41)

U juda oriq, o‘zi sariq bo‘lgani uchun siyraklashib qolgan sochlariyam sarg‘ish. Qachonlardir yaxshigina she’rlar yozib, endi rasmiy ishlar girdobiga tushib, nazmiy tuyg‘ulari so‘nib qolgan. Sal engashib, ohista-ohista, nimalarnidir o‘ylab, xafaqon kasali bilan og‘rib yuradi. Xafaqon kasaliga yo‘liqqandan buyon ichmaydi, chekmaydi. So‘zlaganda ovozi og‘ir kasallarnikiday nimjon, xasta chiqib, diqqat qilmagan odam yaqinida bo‘lsayam eshitmaydi. Kulganda tishlari ko‘rinmasligi uchun lablarini lablariga shunday qattiq bosadiki, qo‘y ko‘zlari yumilay-yumilay deb, yuzlari qizarib ketadi...

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1161&Itemid=41)
Nom: Er-xotin (hikoya). Togʻay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2006, 07:35:47
Er-xotin (hikoya). Tog‘ay Murod (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1162&Itemid=41)

Yo‘q, ular Anhor bo‘yida uchrashmadi. Uchrashuvda o‘ziniki qilib aytish uchun kitoblardan she’rlar ko‘chirib olmadi. O, men seni sevaman, sensiz yashay olmayman qabilidagi mavsumiy so‘zlarni so‘zlashmadi. Lablar topishganda qizning uzun tovoni yerdan sal ko‘tarilmadi. Yo‘q, yigit qizni bezorilardan qutqarib qolmadi...

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1162&Itemid=41)
Nom: Osmonnig oxiri (doston). Muhammad Yusuf + MP3
Yuborildi: AbdulAziz 05 Fevral 2007, 00:36:25
Osmonning oxiri qayerda, dedim bir donishga. U miq etmadi.
Menga juda yoqdi bu javob.
Osmonning oxiri yo`q, axir!
Irmoqning oxiri daryo. Daryoning oxiri dengiz.
Osmonning esa oxiri yo`q. Yo`l chetida yumalab yotgan toshni tepdim.
Toshdan sado chiqmadi.
Xudoga soldim, degani bu.
Olma shohiga osilib devorga chiqdim. To`kilgan meva qumursqalarga ermak bo`ldi. To`kilgan devor tuprog`i esa gunohimga gunoh bo`lib qo`shildi. Tunda paxsakash chol tushimga kirdi. Mening shirin uyqum buzildi.
Xuddi eski devor buzilganiday"¦
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1386&Itemid=41)

http://ziyouz.com/music/Muhammad_yusuf_Osmonning_oxiri.mp3 
Nom: Ulus (doston). Otauli
Yuborildi: AbdulAziz 16 Fevral 2007, 01:59:13
Ulus (doston). Otauli (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1409&Itemid=41)

Hijriy 311 — melodiy 933 yilning yozi yozga o’xshamadi. Navro’z kunlarida Bog’doddan yo’lga chiqqan karvon Xalafga yetmay qorbo’ron ostida qoldi. Ko’klamning oxirlarida Jay va Isfaxon uni do’l bilan qarshi oldi. Yozning o’rtalarida Buxoroyi sharifda kechgan uch kun badalida xuddi kuz chog’laridagidek muttasil shivalab yoqqan yomg’ir karvon ahlining yurak-bag’rini ham ezib, xun qilib yuborgandek bo’ldi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1409&Itemid=41)
Nom: Hisobot (hikoya). Otauli
Yuborildi: AbdulAziz 16 Fevral 2007, 02:05:16
Hisobot (hikoya). Otauli (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1408&Itemid=41)

O’zbekdek o‘ziga o‘zi g‘alva orttirib, o‘z qobig‘iga o‘z ixtiyori bilan o‘ralib, kundalik tashvishlarga ko‘milib yashaydigan xalq bu olamda tag‘in bormi ekan?! Har bir o‘zbekning boshida bir dunyo tashvish — dunyo tashvishi: uylanish, o‘g‘il-qizlarni o‘stirib-undirish, ularga sep yig‘ish-uy qurish, keyin uzatish-uylantirish, xullas, ish, ish, ish: na huzur, na halovat,na safar, na sayohat, na orom, na farog‘at!.. Shunga yarasha...

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1408&Itemid=41)
Nom: Haddi Iskandariy (tarixiy hikoya). Otauli
Yuborildi: AbdulAziz 16 Fevral 2007, 02:06:36
Haddi Iskandariy (tarixiy hikoya). Otauli (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1402&Itemid=41)

Yer yuzida haq va adolatni qaror toptirish yo’lida butun G’arbu Sharq, jumladan, Arabistonu Hindiston, Eronu Turon tuproqlarini egallab, kuni kecha Isfijob bilan O’trorni zabt etgan Iskandar Zulqarnayn qo’shini favqulodda shujoat bilan Yassi qal’asi tomon ot surdi. Qal’aga taxminan o’n chaqirimcha qolganida uzoqdan ulkan bir tepalik ko’rindi. Yaqinlashganlarida uning ustiyu yon-bag’irlarida tumonat odam ko’zga tashlandi. Butun bir qishloq ko’chib chiqqanmi, nima balo, oralarida yoshu qari, xotin-xalaj, hattoki emizikli go’daklargacha bor!

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1402&Itemid=41)
Nom: Shafqat (hikoya). Otauli
Yuborildi: AbdulAziz 07 Mart 2007, 06:51:05
Shavqat (hikoya). Otauli (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1478&Itemid=41)

Biydek dala. Oppoq qor. Achchiq izg’irin. Bu dunyoda xas-xashakka qirg’in kelganmi, nima balo! Tumshug’ingni to ko’zinggacha muzdek qorga botirib titkilaysan, ahyon-ahyonda tarashadek qotib ketgan kakrayu yantoq poyalari tilingga ilashadi, xolos. Na ta’mi bor, na bir maza-matrasi. Topilganiga shukur qilib, ikki yamlaganingcha yutasan, qani endi u belingga quvvat, taningga mador bo’lsa! Ikki o’rtada tilingni achitgani-yu, ichingni muzlatgani qoladi. Ochlikka-ku, mayli, bir amallab chidasa bo’lar, lekin bu sovuq, bu izg’irin!.. Hali ag’anaganida ustidagi yag’iri shilinib ketganmi, nima balo, xuddi tuz sepgandek achishib, igna sanchilgandek og’riydi. Sovuq shamol uni zaharli tillari bilan beto’xtov yalaydi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1478&Itemid=41)
Nom: "Zanjirband sher" (hikoya). Otauli
Yuborildi: AbdulAziz 07 Mart 2007, 06:54:14
"Zanjirband sher" (hikoya). Otauli (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1479&Itemid=41)

Turon va Eron qo’shinlari o’rtasida afsonaviy Maroqand ostonasida bo’lib o’tgan shiddatli jang-jadallar, nihoyat, turonliklarning g’alabasi bilan yakunlandi. Eronliklar jang maydonini tashlab qochdilar. Nеchog’li yengilmas, qudrati chеksiz bo’lmasin, turonliklarda qochganni quvish, yerda sulayib yotganni urish odati yo’q! Qochgan qochdi, urush balosi da’f bo’lganiga shukur, endi tinch-хotirjam, shod-хurram yashash ham kеrak!
Qo’shin saqmondеk og’ir toshotar uskunalarini sudrab, aravalarini tortib, boshqa qurol-aslahalarini g’iloflarga joylab qal’aga qaytish taraddudini ko’rar ekan, Eron shohanshohining elchisi shoshilinch ot choptirib kеlib, Turon hoqoni Alp Er To’nganing oyog’iga bosh urdi:
—    Shohanshohim olamshumul g’alabangiz sharafiga "œkеtar jafosi" dеb bir ziyofat bеrmoqchilar! Bu ziyofatda Eron bilan Turon o’rtasidagi abadiy do’stlik ahdnomasini tuzmoqchilar! Agar janobi oliylari rozilik bеrsalar!..

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1479&Itemid=41)
Nom: Maktab qorovuli (hikoya). Shoyim Bo’tayev
Yuborildi: AbdulAziz 05 May 2007, 12:29:54
Maktab qorovuli (hikoya). Shoyim Bo’tayev

Eshniyoz chol erta uyg‘onadi. Namozini o‘qib, mol-hollarga qaraydi-da, choyini ichib maktab tomon jo‘naydi. Unga yo‘lda saharxez kishilar duch keladi. Cholning qayoqqa otlanganini ko‘rib-bilib turgan bo‘lishsa-da, salom berib, ko‘ngil uchun so‘rashadi:
— Ishgami, Eshniyoz ota?
— Ishga.
— E, yashang.
— Ermak-da.
— Nimasini aytasiz.
Eshniyoz chol maktab qorovuli. Ba’zilar, sizga shu dahmazaning nima keragi bor, oyoqni uzatib yotmaysizmi, deyishadi. U beozorgina iljayib, o‘rganib qolganman-da, maktab bolalarini ko‘rmasam turolmayman, deb ochig‘ini aytib qo‘ya qoladi. U o‘z mulk-molikonasini tekshirayotgan zamindordek dastlab maktab hovlisini boshdan-oyoq aylanib chiqadi. Tong qorong‘usida qog‘oz parchalari, xas-cho‘plarni bitta qoldirmay yig‘ishtirib olishiga boshqalar ham hayron qolib, cholning ko‘zi qanday ko‘rarkan-a, deya ajablanishadi. So‘ngra maydonchadagi gullarga suv qo‘yadi. Ishi tez tugaydi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1534&Itemid=210)
Nom: Dahshat (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 18 Sentyabr 2007, 05:00:23
Dahshat (hikoya). Abdulla Qahhor

Xotin-qizlarning burun zamonda ko‘rgan kunini bilmaysizlar,
qizlarim, aytgan bilan ishonmaysizlar!..
To‘raxon oyi

Yaqin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamoli yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g‘uvillaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga bosh urib uf tortadi.
Bunday kechalarda odamzod qo‘ymijoz g‘uj bo‘lib va nimanidir kutib jimgina o‘tirishni xohlab qoladi.
Olimbek dodxoning sakkiz xotini katta kundosh Nodirmohbegimning uyiga yig‘ilib, sandal atrofida o‘tirishar edi. Dodxo har kecha taroveh namozidan keyin halqaga qolar edi, bu kecha erta qaytdi. Hamma to‘zidi: xotinlardan biri uning sallasini oldi, biri chakmoniga qo‘l uzatdi, biri mahsisini tortgani chog‘landi...

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1724&Itemid=227)
Nom: Mayiz yemagan xotin (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 18 Sentyabr 2007, 05:18:59
Mayiz yemagan xotin (hikoya). Abdulla Qahhor

—    Ayol kishi erkakka qo‘l berib so‘rashdimi — bas!.. Ro‘za tutgan kishi og‘zini chayqasa, suv tomog‘iga ketmasa hamki, ro‘zasi ochiladi — shu og‘iz chayqashdan bahra oladi-da! Abdulhakimning qiziga usta Mavlonning o‘g‘li bir hovuch mayiz berganini o‘z qo‘zim bilan ko‘rganman. Hayo bormi shularda? Shariat yo‘li — xo‘p yo‘l. O’n bir yasharida paranji yopinmagan qizdan qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa ura bering. Paranji hayoning pardasi-da!
Mulla Norqo‘zi har kuni bozordan qaytib samovarga chiqadi va ko‘ngli tortgan odamlarni atrofiga to‘plab, yarim kechagacha shariatdan yuz o‘girgan xotinlar to‘g‘risida shunday vaysab o‘tiradi...

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1725&Itemid=227)
Nom: O'g'ri (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 18 Sentyabr 2007, 05:20:35
O’G’RI
(O’tmishdan)


Otning o‘limi itning bayrami.
Maqol

Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish—uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi.
Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi... Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi; ko‘zlari javdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi. Xotinlar o‘g‘rini qarg‘aydi, it huradi, tovuqlar qaqag‘laydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1726&Itemid=227)
Nom: Bashorat (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 20 Sentyabr 2007, 05:07:24
BASHORAT

Ola qarg‘a qag‘ etadi,
O’z vaqtini chog‘ etadi.
Maqol

Nikolay zamonida mayiz qimmat, ko‘knor arzon edi, hozirgi zamonda mayiz arzon, ko‘knor qahat. Esizgina o‘sha vaqtda chala siqib tashlangan ko‘knorlar!
Mulla Said Jalolxon shuni ko‘nglidan o‘tkazib devorga suyandi va ko‘zlarini yumdi; burniga qo‘ngan pashshani qo‘lidagi ro‘molcha bilan qo‘rish malol keldi shekilli, ostki labini cho‘zib "puf!" dedi. Pashsha ko‘tarildi, ammo shu ovdayoq uning labiga qo‘ndi. Said Jalolxon sekin labini qimtib pashshani oyog‘idan qisib oldi. Tuzoqqa tushgan bu dilozorni ushlab, ikki barmoq orasida aylantirib tashlash qasdida ko‘tarilgan qo‘l to labiga kelguncha, la’nati pashsha oyog‘ini sug‘urib qochdi. Said Jalolxonning achchig‘i keldi: yo‘q yerdan ko‘knor topib, kayf qilib o‘tirganda bu nimasi!

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1727&Itemid=210)
Nom: San'atkor (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 20 Sentyabr 2007, 05:10:03
SAN’ATKOR

Kontsert odatdagicha «navbatdagi nomeramizda... Kelganlaringga rahmat, o‘rtoqlar» bilan tamom bo‘ldi. Nomi chiqqan ashulachi — san’atkordan boshqa hamma xursand bo‘lib tarqaldi. San’atkor tajang edi: tanaffus vaqgida zalga chiqqan edi, bir traktorchi uni savodsizlikda aybladi. Traktorchi tanqid qilganiga san’atkor asti chiday olmas edi: traktor qayoqdayu, masalan, «chorzarb» qayoqda, traktorchi qayoqdayu, ashulachi qayoqda!
San’atkor uyiga ketgani izvoshga o‘tirganida yana tutaqib ketdi: «Hech bo‘lmasa aytadigan ashulanshi o‘rgan, so‘zlarini to‘g‘ri ayt» emish! Nimasini bilmayman, nimasi to‘g‘ri emas? Meni shu vaqtgacha muxbirlar, yozuvchilar ham tanqid qilgan emas; formalizm, naturalizmlardan o‘tdim — hech kim otvod bergani yo‘q. Otvod berish qayoqda, hech kim meni og‘ziga ham olmadi. Endi bir traktorchi tanqid qilar emish!..»

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1728&Itemid=210)
Nom: Adabiyot muallimi (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 20 Sentyabr 2007, 05:11:39
ADABIYOT MUALLIMI

Abdulla Qahhor

O’zining aytishiga ko‘ra "nafis adabiyot muallimi" o‘rtoq Boqijon Baqoev og‘ilga kirib ta’bi xira bo‘ldi: sigirning qulog‘iga yana kana tushibdi! Kanadan ham ko‘ra sigir uning achchig‘ini keltirdi: kanani teray desa qo‘ymaydi — boshini silkiydi, pishqiradi.
—    Hayvon! Sigir emas, hayvon! — dedi og‘ilning eshigini qattiq yopib.— Hayvon!
Xotini Mukarram hovlida samovarga suv quyar edi.
—    Hayvon! — dedi Baqoev,— bu sigirni sotib puliga cho‘chqa olish kerak!

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1729&Itemid=210)
Nom: Jonfig'on (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 20 Sentyabr 2007, 05:13:12
JONFIG’ON

Abdulla Qahhor

Jonfig‘onni tanisangiz kerak - o‘sha, o‘tgan yil bahorda mast bo‘lib, ko‘chadan o‘tgan odamga "hozir aytasan: boshimni qaysi devorga urib yoray", deb yopishgan, keyin soqoliga o‘zi o‘t qo‘yib, gugurt chiqarganni so‘kkan kishi.
Kecha shuning uyidan xotin kishining achchiq-achchiq yig‘lagan tovushi eshitiddi. Jonfig‘on bu yaqin yillarda xotinini urgan emas, hatto bir kuni samovarda o‘zi: "Xotin kishini nomard uradi, qo‘ling qichisa, o‘zingga o‘xshagan qo‘li qichiganni topib mushtlash, men seni mard bilay", degan edi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1730&Itemid=210)
Nom: Yillar (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 23 Sentyabr 2007, 04:28:55
YILLAR

Abdulla Qahhor

O’tdi umrim, voh darig‘...
Qadimgi qo‘shiq

Hojimirsiroj avtobusda joy talashib bolalik bir xotin bilan aytishib qoldi. Bir maktab bola ham kelayotgan ekan, shu oraga tushdi-yu, yomon bo‘ldi. Bu qoqvosh «shu ishingiz noto‘g‘ri» deyish bilan-ku, Hojining qorniga qoziq qoqqandek bo‘lgan edi, yana «xo‘mraymang» degani nimasi?
Hoji birpas zaharini yutib turdi-da, bola avtobusdan tushib ketayotganida, sekin qo‘lini uzatib, qulog‘ini ushladi va uch buklab turib qattiq qisdi; qisdi, jonining boricha qisdi! Bola, «quloqdan ayrildim» deb o‘ylagan bo‘lsa kerak, qo‘rqib darrov ushlab ko‘rdi — yo‘q, quloq joyida. U avtobusdan tushib, lovullab turgan qulog‘ini ushlaganicha Hojiga qaradi va bisotidagi eng og‘ir, eng dahshatli haqoratni ishlatdi, ya’ni «tarbiyasiz!» dedi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1733&Itemid=210)
Nom: O'jar (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 23 Sentyabr 2007, 04:31:08
O’JAR

Abdulla Qahhor

Ul tuta ot quyrug‘indan, «bo‘l uzun soch» deb qo‘ya,
«Tek nega boshda tugul?» Tanqidga muhtoj deb qo‘ya.
A. To‘qay

Qutbiddinovga ovchi oshnasi ikkita tustovuq in’om qildi. Tustovuqlar tozalanib, tuzlanayotganda Qutbiddinovning fe’li aynidi, ya’ni bironta shinavanda ulfat bilan birpas dilkashlik qilg‘usi keldi. Unint qo‘shnisi Zargarov yaqin bir oy bo‘ladi, chorakam bir litr xushbo‘y vinoni dumba-jigar bilan ichgani asrab yurar edi, semiz tustovuqning daragini eshitib: «Xayr, qo‘y so‘ysak, yana vino topilar», dedi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1732&Itemid=210)
Nom: Kartina (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 24 Sentyabr 2007, 05:24:36
KARTINA

Qiyom paytida «Paxtakor» kolxozining pravleniesi oldiga qo‘ng‘iznusxa bir avtomobil kelib to‘xtadi. Bu avtomobil rayondan, shahardan tez-tez kelib turadigan avtomobillarga sira o‘xshamagani uchun oqsoq qorovul undan ko‘zini olmay, qo‘ltiqtayog‘ini to‘qillatganicha zinadan tushdiyu, unga yaqin borishini ham, bormasligini ham bilmay anhor ko‘prigidan berida to‘xtab qoldi. Avtomobilning ketidan ergashgan chang uning ustidan, yon-veridan yelib-buralib o‘tib bosilgach, eshik ochilib undan ikki kishi tushdi: biri — novcha, ozg‘in, katak ko‘ylak va pochasi bo‘g‘ma jigar rang shim kiygan o‘rta yoshlardagi bir kishi; ikkinchisi — qora sochi quloq va bo‘yinlarini bosib ketgan, jujuncha kitel va amirkon tufli kiygan pakana bir yigit edi. Yigit ko‘prikka tomon bir-ikki qadam bosdiyu, barmog‘i bilan imlab, qorovulni chaqirdi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1737&Itemid=210)
Nom: Karavot (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 24 Sentyabr 2007, 05:26:26
KARAVOT

Abdulla Qahhor

G’anijonning xotini tug‘may yurib-yurib birdaniga qo‘chqorday o‘g‘il tug‘ib berdi.
G’anijon xotini homilador bo‘lganda ham, bolani ko‘tarib yurganda ham, oy-kuni yaqinlashib qolganda ham bunga qishloqda har kuni, har yerda bo‘layotgan va bo‘ladigan hodisa deb qaragan edi. Biroq bolaning yer yuziga tushuvi uning uchun hech qachon, hech yerda ko‘rilmagan va ko‘rilmaydigan hodisaday tuyuldi; nazarida butun qishloq ko‘pdan beri shu kunga mahtal bo‘lib, hozir faqat shu to‘g‘rida gapirayotganday, har bir suyunchi olib kelgan va har bir «qulluq bo‘lsin» degan kishi shuni tasdiq qilayotganday bo‘lar edi. U «dadasi» degan so‘zni birinchi marta eshitganida bu so‘z qaerinidir qitiqladi, qaerigadir issiqqina tegab, butun vujudi yayrab ketdi.
Mana shu G’anijon o‘g‘ilchasiga karavot olgani rayon markaziga bordi, ko‘ziga eng chiroyli ko‘ringan karavotchani oldi va otiga o‘ngarib qaytib kelmoqda edi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1736&Itemid=210)
Nom: Xotinlar (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 24 Sentyabr 2007, 05:28:02
XOTINLAR

Abdulla Qahhor

Asqar ota inqilob uchun qurol ko‘targan o‘zbek ayollari-dan Ma’rifatxon voqeasini eshitganidan beri uning qabrini ziyorat qilish niyatida yurgan edi. Qish kunlarining birida qulay payt keldi: bir necha ovchi o‘sha tomonga — daryo bo‘yiga ovga chiqadigan bo‘lib qoddi. Asqar ota shularga qo‘shildi.
Miltiqlar taxt, otlar tayyor, lekin kimningdir qush olib kelishini kutishar edi. Asqar ota ko‘ziga yuvoshroq ko‘ringan bir otni sinamoqchi bo‘lib mingan edi, ot anhorga intildi. Shu onda mayin bir tovush:
—    Otajon, sug‘ormang! — dedi.
Asqar ota otning boshini tortib, orqaga qaradi. Paxtalik nimcha, qo‘pol ag‘darma etik kiygan yoshgina bir juvon turar edi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1735&Itemid=210)
Nom: Ayb kimda? (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 24 Sentyabr 2007, 05:29:24
AYB KIMDA

Abdulla Qahhor

Hamroev kechki ovqatdan keyin birpas cho‘zilmoqchi bo‘lgan edi, to‘g‘ri kelmadi: narigi uy to‘polon — bolalar bir-bi-rini yostiqbilan urib o‘ynayotibdi; soat sakkiz yarimda majlisga borish ham kerak. Kecha Hamdam ota-onalar majlisi bo‘lishi to‘g‘risida maktabidan qog‘oz olib kelgan.
Hamroev hech qachon majlisga borgan emas, ammo fursati bo‘lganda bir tayyorlanib bormoqchi va bola tarbiyalashni bil-magan yoki bu ishga sovuq qaragan o‘qituvchilarni uyaltirmoqchi edi. Bu niyat uning xotini Sobiraxonga juda ma’qul bo‘ldi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1734&Itemid=210)
Nom: Ming bir jon (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 28 Sentyabr 2007, 07:29:17
Ming bir jon (hikoya). Abdulla Qahhor 

Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti. Oftob har safar bulut ostiga kirib chiqqanida, bahor kelganidan bexabar hanuz g‘aflatda yotgan o‘t-o‘lanni, qurt-qumursqani uyg‘otgan, avvalgidan ham yorug‘roq, avvalgidan ham issiqroq shu’la sochayotganday tuyuladi.
Kasalxonaga yaqinda tushgan Mirrahimov, jikkakkina kishi, o‘ziga juda ham katta ko‘k xalatga burkanib, yengchadan boshini chiqarib turgan sichqondek derazadan ko‘chaga qarab o‘tirgan edi, birdan tutaqib ketdi: shunday havo bo‘lsa-yu, oyoq-qo‘li butun odam ko‘chaga chiqolmay, derazadan mo‘ralab o‘tirsa!..

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1741&Itemid=210)
Nom: To'yda aza (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 28 Sentyabr 2007, 07:36:34
To'yda aza (hikoya). Abdulla Qahhor 

Zo‘ri behuda miyon meshikanad

Dotsent Muxtorxon Mansurov nihoyatda istarasi issiq, nihoyatda dilkash chol, shu qadar dilkashki, uni ko‘rgan kishi har faslning o‘z husn-latofati bor degan gapni yil fasllari to‘g‘risidagina emas, umr fasllari to‘g‘risida ham aytsa bo‘lar ekan, deb qolardi. Uning bitta-ikkita qora tuk chap berib qolgan oppoq cho‘qqi soqoli... Yopirimay, soqol ham odamga shuncha yarashadimi-ya!..
Cholni bunchalik istarasi issiq, dilkash qilgan, soqolidan tortib yurishigacha hamma narsasini, har bir harakatini chiroyli, yoqimli qilib ko‘rsatgan, ehtimol, uning odamoxunligi ham bo‘lsa. O’zi shunaqa bo‘ladi-ku: yaxshining yuzida zuluk ham xol bo‘lib ko‘rinadi.
Ammo, lekin Muxtorxon domla nafsambiriga odamning joni edi. Uning xushfe’lligi, to‘poriligi... mahallada katta-kichik hamma bilan salomlashar, yosh bilan yosh, qari bilan qari bo‘lib gaplashar, xursand kishi bilan chaqchaqlashib, xafa bilan dardlashar edi. Bu odam mahalla hayotiga, har bir kishining diliga kirib, shu qadar singib ketgan ediki, otpuskaga yo komandirovkaga ketsa butun mahalla huvillab qolganday bo‘lar edi.
Kunlardan bir kuni mahallada duv-duv gap bo‘lib qoldi: «Muxtorxon domla uylanarmishlar!..»

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1742&Itemid=210)
Nom: Mahalla (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 28 Sentyabr 2007, 07:40:45
Mahalla (hikoya). Abdulla Qahhor

Inson bilan tiriqdir inson,
Muhabbatdan hayotning boshi.
Odamzodga baxsh etadi jon,
Odamlarning mehr quyoshi.
Erkin Vohidov

Rohat buvi kattakon qora pechkaning eshigini ochib oyog‘ini tovlayotgan edi, deraza ostida ko‘zoynak taqib nevarasining yirtilgan kitobini yelimlayotgan choli urishib berdi:
— Seni pechkaga o‘rgatib bo‘lmadi-bo‘lmadi... Nima, polni o‘yib, sandal qilib beraymi? Pechka deganning eshigini ochdingmi, ko‘mir osmonni isitadi deyaver!..
Rohat buvi pechkaning eshigini yopdi, borib divanga cho‘zildi. Uy sovuq bo‘lmasa ham, bir necha kundan beri uning eti uchar, oyog‘i sovqotar, og‘rir edi.
Kampir shu yotganicha ertasiga ham turgisi kelmadi, indiniga turolmadi, uchinchi kuni yuragi birpas qattiq urib turdi-yu, birdan bo‘shashib, o‘ldi-qoldi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1743&Itemid=210)
Nom: Nurli cho'qqilar (hikoya). Abdulla Qahhor
Yuborildi: AbdulAziz 28 Sentyabr 2007, 07:42:14
Nurli cho'qqilar (hikoya). Abdulla Qahhor

Goho yer mehrini o‘ylarkan,
Esga tushar dorning siyog‘i;
Ajab hikmat: odam o‘larkan
Uzilganda... yerdan oyog‘i.
Abdulla Oripov

To‘qqizinchi sinf a’lochilaridan, temir-tersakni hammadan ko‘p yig‘ib, oti radiodan aytilgan va maktab ma’muriyatidan rahmatlar eshitgan Zuhraxon degan qiz yo‘qolib qoldi.
O’sha kasofat shanba kuni maktabdan qaytishda Zuhra kitob-daftarlarini opasi Fotimaga berib, lola tergani qirga chiqqan ekan, qaytib kelmabdi. Uning ota-onasi avvaliga qarg‘ab, keyin yig‘lab butun lolazorni, butun qishloqni taka-taka qildi. Maktab ma’muriyati bulardan ham ko‘proq jon kuydirdi — jamoa ijroqo‘miga aytib butun qishloqni oyoqqa turg‘izdi, tumanga ma’lum qildi, chunki sinfda a’lochi qiz to‘rtta bo‘lsa —Zuhra uning yigirma besh protsentini tashkil qilar edi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1744&Itemid=210)
Nom: Vatanni suymak. Abdulla Avloniy
Yuborildi: AbdulAziz 11 Noyabr 2007, 07:29:22
Vatanni suymak. Abdulla Avloniy

(http://ziyouz.com/rasmlar/articles/vatan.jpg)

Vatan: har bir kishining tug‘ulib o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sgan joyi*ni  jonidan ortiq suyar. Hatto bu - Vatan hissi - tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan - uyuridan ayrilsa, o‘z yeridagi kabi rohat-rohat yashamas. Maishati talx bo‘lur, har vaqt dilining bir go‘shasi o‘z vatanining muhabbati turar.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1810&Itemid=59)
Nom: Muallima (hikoya). Hulkar To’ymanova
Yuborildi: AbdulAziz 11 Noyabr 2007, 07:30:33
Muallima (hikoya). Hulkar To’ymanova

— Zulxumor, yig‘ishtirsang-chi shu ishingni? Yetti yot begona bollar o‘qishga kirsa, senga shahar olib berarmidi? Ishim bitdi, eshagim suvdan o‘tdi deb ketadi bari, senga shu kerakmi?
Bu — bo‘lar-bo‘lmasga javrayveradigan eri, kunda-kunaro "œchaqib" turmasa ko‘ngli joyiga tushmaydi. Zulxumor ayvonda bosar-tusarini bilmay bobillayotgan erining nojoiz gapi uchun xontaxta atrofiga cho‘kka tushgan bolalardan uzr so‘ragan bo‘ldi:
— Sizlar xafa bo‘lmangizlar, erkak odam shunaqa... gapirib turadi-da. Diqqatingizni bir joyga jamlab, mana bu tenglamani men kelguncha yechib turingizlar!

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1867&Itemid=228)
Nom: Telefon (hikoya). Salomat Vafo
Yuborildi: AbdulAziz 09 Fevral 2008, 14:43:58
Telefon (hikoya). Salomat Vafo

Sherjon og‘ir eshiklarni "sharaq-shuruq" ochib ichkariga kirdi. Ko‘pdan odam yashamagan uyda burniga allaqanday quruq, qabristonlarmi isiga o‘xshab ketadigan hid urildi. Bu yerdagi kimsasilik bir qarashda qo‘rqinchli bo‘lib tuyulardi. Aslida keyingi paytlarda bog‘cha va nonvoyxonalarda qorovul bo‘lib ishlayotgani uchun ko‘nikib ketgan bo‘lsa-da, negadir yuragi g‘ash bo‘laverardi. Bu uning odamlarga va mehr-oqibatga nisbatan ehtiyojini bildirsa, yana umrining allaqanday katta bir bo‘lagini yashalmayotganday his qilardi. Negaki haftaning to‘rt kechasi va kunduzi ishda bo‘lsa, ikki kuni uyda o‘tkazardi. Har safar ishdaligida sukunat olamida ko‘p vaqtini derazaga qarab hayol surish bilan o‘tkazadi. Zerikkanda kirib chiqadi, uy anjomlarini bir-bir silab, nimalarnidir g‘o‘ldiraydi. Uyga borsam uni qilaman buni qilaman deb rajalasa-da, so‘ng hayollari osmonga uchardi. Eshikdan kirishi bilan og‘ir hayotdan bezgan, turmushning yetar-etmasliklari va bolalariniing so‘ngsiz urush-janjallalaridan xorigan xotiniga ko‘zi tushardi. "Emin maktabning derazasini sindiribdi". "Otash ichib borgani uchun ishdan haydalibdi". Birdan qora xabarlar oqimi gangitib qo‘yadi. Ichkariga kirib yechinmasidan tugmalarini bo‘shatadi. Nazarida bo‘g‘ilib qolayotganga o‘xshardi. Sherjon sukunat saltanatida o‘ylardi: "boshqalarning hayoti qanday ekan. Umuman dunyoda baxtli odam bormikan?...Baxt degani nima o‘zi?» Qishloqda yashab hali uylanmagan kezlari baxt haqidagi tasavvurlari boshqacha edi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1923&Itemid=228)
Nom: Ustyurt (hikoya). Salomat Vafo
Yuborildi: AbdulAziz 09 Fevral 2008, 14:47:07
Ustyurt (hikoya). Salomat Vafo

Temir yo‘l va avtomobil yo‘llari kesishgan ovloq vokzal binosi ustida sahroninig quyoshi asta-sekin bota boshlagan edi. Atrofda qalin kiyingan xotinlar turli oziq-ovqatlar, gazaklar va sabzavotlar sotib o‘tirishardi. Sabzavotlar olisroqdan kelgan ko‘rinadi, negaki shimol taraflarda sabzavotlarninig yetishtirish muammo edi. Hali qorong‘i tushmagan bo‘lsa-da, trassadan o‘tayotgan katta mashinalar chiroqlarini yoqib olgan va «vag‘illab» signal beradi. Harakat bir zum to‘xtamas, go‘yo mashinalar daryosi oqayotgan edi. Maydon turli tarafdan kelib qo‘nib o‘tayotgan odamlarninig «vag‘ir-vug‘uri», sotuvchilarninig qichqirig‘i va mashinalar shovqiniga to‘la edi. Boshiga katta ro‘mol o‘rab olgan Yorqinoy atrfoda daydib yurgan daydi erkak va kunda-shunda xotinlarni quvardi. «Tur yo‘qol hammang, tekintamoqlar». Uning yelim qog‘ozdan qilingan uychasidan ikki uch daydi chiqib qochadi. «Bularga bir marta tishingni oqini ko‘rsatsang bo‘ldi. So‘ng xira pashshaday atrofingda aylanadi».

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1925&Itemid=228)
Nom: Arg'imchoq (hikoya). Salomat Vafo
Yuborildi: AbdulAziz 09 Fevral 2008, 14:48:52
Arg'imchoq (hikoya). Salomat Vafo

Bu xonadonda g‘aroyib marosim bo‘lmoqda edi. Ma’rakaga qo‘y so‘yilgan, mulla aytilgan va barcha qarindosh-urug‘, tanish bilishlarga xabar qilingan edi. Hovlilar chinniday tozalangan, katta qozonda qo‘yning kalla pochchalari va o‘pkasi vaqirlab qaynab, hushbo‘y xid taralardi. Mahallaning katxudo xotinlari non-cho‘raklarni yoyib, endi sho‘rva bilan yeyishga patir yopa boshlagan edilar. Oilaning hamma farzandlari, hatto olisda yashaydigan Sayilxon ham yetib kelgan. Hovliga xuddi o‘lik chiqqanday og‘ir sukut cho‘kkan, uyda «tiq» etgan tovush chiqmas edi. G‘aroyib marosim davom etar, ko‘mishga hamma narsa taxt, lekin o‘lik yo‘q.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1926&Itemid=228)
Nom: Bir oy mister bo’lganim (hikoya). Sa’dulla Siyoyev
Yuborildi: AbdulAziz 09 Fevral 2008, 14:50:44
Bir oy mister bo’lganim (hikoya). Sa’dulla Siyoyev

Bultur Charli Stefford degan chet ellik yigit bilan tanishdim. O‘zi Amerikaning Illinoys degan shtatidan ekan. O‘zbekistonning bir qishlog‘ida yashab, o‘zbeklarning urf-odati, rasm-rusumlari bilan tanishish uchun biz tomonlarga kelibdi. Bir kuni uyda o‘tirsam, tuman rahbarlaridan biri boyagi yigitni boshlab kirdi. Yonida shotirlari ham bor.
— Hikmatilla aka, mana bu yigit mehmonimiz, — dedi Charlini ko‘rsatib, — o‘zi olim, O‘rta Osiyo xalqlarining tarixi, bugungi hayoti haqida kitob yozmoqchi ekan. Erkalik qilib, siznikiga boshlab kelaverdim. Bog‘-chorbog‘ingiz ham, ko‘nglingiz ham keng, bir oygina shu yigitga uyingizdan joy berarsiz. Sizga ziyoni tegmaydi. Harajatlarini o‘zi ko‘taradi. Faqat yaxshi so‘zingizni ayamay, so‘raganlariga javob berib tursangiz bo‘ldi. Maylimi, aka?

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2123&Itemid=228)
Nom: Soy boʻyida (hikoya). Joʻra Fozil
Yuborildi: AbdulAziz 16 Fevral 2008, 23:52:00
Soy bo‘yida (hikoya). Jo‘ra Fozil

Saratonning juda issiq choshgohi. "œG‘ir" etgan shabada yo‘q, qishloqning sertuproq yo‘llari, hatto, bog‘-chorbog‘lar ham olov purkaydi.
O‘shanda Samad yetti yoki sakkiz yoshda edi. Qishloq yaqinidan oqib o‘tadigan soyga cho‘milishga jo‘nagan bolalar uni o‘z saflariga qo‘shishmadi. Nima keragi bor, u hali yaxshi suza olmaydi, ortiqcha dahmaza bo‘lishi mumkin.
Issiqdan behuzur bo‘lgan Samadga juda alam qildi. U o‘zidan kattaroq bolalar ketgan tomonga emas, paxtazor yoqalab, soyning sayozroq yeriga qarab jo‘nadi.
Soy yoqasiga  yetganida suvning salqin epkini yuziga urildi. Sohil qamish, buta, tollar bilan qoplangan, juda so‘lim edi. U bir muddat taraddudlanib, qulay joy izladi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2124&Itemid=210)
Nom: Qish yomg’iri (hikoya). Abduqahhor Ibrohimov
Yuborildi: AbdulAziz 16 Fevral 2008, 23:53:05
Qish yomg’iri (hikoya). Abduqahhor Ibrohimov

Peshindan beri yomg‘ir yog‘yapti. Avval ezib yog‘di — to‘piqqa chiqadigan qorni oqizib ketdi. Kechga borib birdan shamol turdi. Tarnov suvlari goh chapga, goh o‘ngga, goho imorat devoriga quyiladi...
Tramvay bekatida turganlar o‘zlarini ko‘cha yoqasidagi dorixonaga, do‘konlarga urishdi. Bekatda faqat uch kishi qoldi: qiz tutgan zontik yigit uchun ham panoh bo‘ldi. Keyin zontik yigit qo‘liga o‘tdi. Ulardan sal narida o‘rta maktabning matematika muallimi Kozimbek turibdi. Qo‘lida chamadonsifat portfel. Qahvarang paltosi yomg‘irdan qorayib ko‘rinadi. U panaga o‘tishni xayoliga keltirmaydi.
Tramvay keldi. Odamlar dorixona va magazinlardan otilib chiqishdi, o‘zlarini tramvayga urishdi; chiqolganlar chiqdi, qolganlari izlariga qaytishdi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2129&Itemid=210)
Nom: Ta’ziya (hikoya). Erkin A’zam
Yuborildi: AbdulAziz 26 Fevral 2008, 08:04:39
Ta’ziya (hikoya). Erkin A’zam

Ushbu hikoyaning dastlabki nomi «Do‘ppi» edi. Shunday she’ri borligini eslabmi, uni Muhammad Yusufga bag‘ishlamoqchi bo‘ldim. Asarning sarlavhasi o‘zgargach esa, shoir nomi bilan yonma-yon turishi xunukroq tuyulib, fikrimdan qaytdim. Ajabo...
Bugun hikoyani suyukli inimntg unutilmas xotirasiga bag‘ishlamoqdaman.
Muallif

O’zbekning xonadonidan do‘ppi topilmasa-ya!
—    Mana, — deya enam nihoyat kaftlariga urib qoqa-qoqa, kizaklarini torta-torta, qirralari uringan nimdoshroq bir do‘ppini ko‘tarib chiqdilar ichkaridan. — Uy emas bu, karvonsaroy. Do‘ppining bozoridan o‘tib bo‘lmasdi-ya! Otang Toshkanddan bir to‘qqizini ortib kelgan edilar, qani endi? Tunov kuni ukang bir to‘da jo‘rasi bilan kelib, anovi hamsoyaning ta’ziyasiga kiramiz, deb bitta-bitta kiyib ketdi. Bi-irontasi qaytib kelgani yo‘q.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2154&Itemid=210)
Nom: Bizning tog’a (hikoya). Erkin A’zam
Yuborildi: AbdulAziz 26 Fevral 2008, 08:06:46
Bizning tog’a (hikoya). Erkin A’zam

Balki eshitgan chiqarsiz, tog‘amizning ismi G’azanfar. Supraqoqdisiga mehri bo‘lakchamidi, rahmatli bobomiz uni azza-bazza dabdaba otiga mindirib, erinmay, allanechuk maroq bilan nomini juftlab «Muhammad G’azanfar» deb atardi. Bunday sharafga munosib ko‘rilgan farzandga muomala ham, tabiiyki, o‘zgacha bo‘ladi: kenja bolam, sen je, bolam. Salkam yuz yil umr ko‘rgan ko‘hna odamning choponi etagida voyaga yetgan zumrasha ana shu yuz yillik hayot tajribasini sabiylik zehniga bamisoli ohanrabo mahkam joylab olgan, yetti yoshdayoq yetmish yashar chollardek salmoq bilan mulohaza yuritadigan bo‘lib qolgan edi. Unga dam-badam maslahatlar solinishini ayting: «Kelasi bozor anovi qisir qo‘yni savdoga qo‘yib, puliga uch-to‘rtta tuvcha sotib olsak, shunga siz nima deysiz, mulla Muhammad G’azanfar?» yoki: «Mulla Muhammad G’azanfar, bog‘ etagidagi huuv ikki tup olmaning tanasida chumoli ko‘rgandek bo‘ldim, chirishini kutmay shularning bahridan kechsakmikan, devdim...»

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2155&Itemid=210)
Nom: Navoiyni o’qigan bolalar (hikoya). Erkin A’zam
Yuborildi: AbdulAziz 26 Fevral 2008, 08:08:05
Navoiyni o’qigan bolalar (hikoya). Erkin A’zam

Hazrat Navoiy hamda bir navoiyshunosga bag‘ishlanadi.

1

Malikaning «ketaman» deganiga parvo qilmabmiz — na men, na Janob. Parvo qilgulik holatda emas edik: o‘yin-kulgi, sarmastlik. Yangi yil kirgan, yangi yil boshlangan. Yosh umrning yana bir yili, uzundan-uzoq. Shuning dastlabki kechasi, bir kechaginasi. Yaldo kecha, yallo kecha. Vaqt degani, soat millari go‘yo bir nuqtada to‘xtab qolgan — yoshlikka, yoshlik zavqlariga mahliyo. Qo‘shiq aytib charchamaymiz, tinglab charchamaymiz, tomoqlar bo‘g‘ilmaydi, bosh og‘rimaydi, irg‘ishlayverib tolmas oyoqlar battar xuruju xumor qiladi. Mayli, vaqt o‘tsa o‘taversin, oldinda mo‘l. Faqatgina tong otmasa — bas.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2156&Itemid=210)
Nom: Dovonda (hikoya). Erkin Malik
Yuborildi: AbdulAziz 11 Mart 2008, 07:29:25
Dovonda (hikoya). Erkin Malik

Biz mingan "Neksiya" Kitob bilan Samarqand oralig‘idagi Tahtiqoracha dovoni tomon borardi. Kechasi qor yoqqan, odamlar birinchi qor bilan bir-birlarini qutlar edi. Asfalt yo‘l hali sovub ulgurmagan, qor erib, bilchillab yotibdi. Haydovchilar ham, mashinalar ham hali sirg‘anchiq yo‘llarga o‘rganmagan. Osmon bulut, havo unchalik izillatmaydi. Ana shu iliqlik tufayli dovon sari yurgan edik. Xayolimizda dovon yo‘llari erib yotardi go‘yo.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2256&Itemid=59)
Nom: Nayman akani taniysizmi? (hikoya). Abduqahhor Ibrohimov
Yuborildi: AbdulAziz 05 Aprel 2008, 08:32:59
Nayman akani taniysizmi? (hikoya). Abduqahhor Ibrohimov

Nayman aka salomimga alik oldi-yu, tomdan tarasha tushgandek savol berdi:
— Karim Rasulovichning ahvoli qalay?
Nima deb javob qilay? Boshim qotib qoldi. Chunki o‘zim yaqindagina viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga inspektor bo‘lib ishga kelganman. Boshqarma boshlig‘i Karim Rasulovich bilan bir martagina ish yuzasidan suhbatlashdik, xolos. Unga ham uch haftadan oshdi. Mana, to‘rt kundan buyon tumandaman, maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorligini taftish qilib yuribman. Xullas, Karim Rasulovichning shu kecha-kunduzdagi ahvolidan bexabarman. Nayman akaga shuni aytsammikan? Yo‘g‘-e, birga ishlab, rahbari ahvolini bilmasa, nima qilib inspektor bo‘lib yuribdi, demaydimi?

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2276&Itemid=210)
Nom: Chiroq (hikoya). Shodmon Otabek
Yuborildi: AbdulAziz 16 Aprel 2008, 07:41:54
Chiroq (hikoya). Shodmon Otabek

Har gal qishloqqa borganimda maktab yonidan o‘taman. Qaytmas, betakror bolalik xotiralari beixtiyor ko‘z oldimda jonlanadi.
Onamning aytishicha, shaharda yuraverib, "œdiydam qotib ketgan". Ammo qadrdon maktabimni ko‘rganimda hayajonimni bosolmayman. Qadamlarim o‘zimga itoat etmay, beixtiyor bo‘shashib, sekinlayman. Maktabga kirgim keladi. Ammo negadir kirmayman... kirolmayman...

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2373&Itemid=210)
Nom: Dehqonning bir kuni va tuni (hikoya). O'tkir Hoshimov
Yuborildi: AbdulAziz 31 May 2008, 09:56:45
Dehqonning bir kuni (hikoya). O'tkir Hoshimov

Muyassar tong saharda uyg‘onib ketadi-yu, Alijonning bir tekis chuqur-chuqur nafas olishiga quloq solib, jimgina yotadi. «Qachon qaytganini bilmabman ham», deb o‘yladi u satin ko‘rpadan boshini chiqarib. Devordagi osma soat besh marta zang uradi. Uning titroq sadollari uyning shiftiga, zardevorlar, kirpechlar osilgan devorlarga yumshoqqina urilib, singib ketadi. Uy ichi yana jimjit bo‘lib qoladi. Soat kaftgiri sukunat qo‘ynida goh sekin, goh qattiqroq chiqillayotganday bo‘ladi. Oy derazadan o‘ychan mo‘ralaydi.
Muyassar erining yelkasidan quchgisi keladi-yu, o‘ylab qoladi. «Charchagan, dam olsin...».

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2461&Itemid=210)

DEHQONNING BIR TUNI
Ikkinchi hikoya
   
    Bundan yigirma ikki yil avval «Guliston» jurnalida «Dehqonning bir kuni» degan hikoya bosilgan edi. Unda oddiy paxtakor oilaning bir kunlik hayoti tasvirlangan...
    Hikoya rus tilida «Literaturnaya Rossiya» haftaligida chiqdi, to‘plamlarga kirdi, talay qardosh xalqlar tillariga, chet el tillariga o‘girildi.
    Oradan shuncha fursat o‘tgach, eski do‘stlarim, qariyb o‘z tengqurlarim — Muyassar va Alijonni qo‘msayverdim... Mana, ular bilan tag‘in uchrashdik.
    Muallif, 1989 yil, mart.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2460&Itemid=210)
Nom: Jajman (hikoya). Xurshid Do'stmuhammad
Yuborildi: AbdulAziz 01 Iyun 2008, 09:44:59
XX asrning eng sara hikoyalari turkumidan:

Xurshid Do‘stmuhammad
   
JAJMAN
   
— Yomonning kuchi men yapaloqqa yetibdi-da!.. H-ah, sag‘irri haqqi ursin-a!
Tong sahargi bu alamli qarg‘ishdan tim ichi oyoqqa qalkdi. Rasta ustida, ostida, qop-qanorga yonboshlab omonat uxlab yotgan keksayu yosh turshakfurush, yong‘oq-furush, mayizfurush, iistafurush va hokazo furushlar uyquli ko‘zi bilan apil-tapil yon-verini paypaslay ketdi, ko‘ngli joyiga tushganlar birin-sirin oh chekayotgan juvon tevaragiga to‘plana boshladi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2462&Itemid=210)
Nom: Dashtu dalalarda (hikoya). Murod Muhammad Do'st
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyun 2008, 08:16:32
XX asrning eng sara hikoyalari turkumidan:

Murod Muhammad Do‘st

DASHTU DALALARDA

Xadicha ketdiyu ko‘nglidan halovat ham ketdi. Uy bamisoli o‘lik chiqqanday huvillaydi. Polvonning yuragi toriqdi — uyni tark etdi, boqqa olib tushadigan qiсlikdagi bobosidan qolgan yerto‘lani o‘ziga boshpana qildi. Odamlarning kulishini bilardi, ammo uydagi hamma narsa Xadichani esga soladi: ostonaga qadami tekkan, devorga yelkasi — chidab o‘tirishi qiyin bo‘ldi.
Yerto‘la eski bo‘lsa ham havosi quruq edi. Yeri naq metin — cho‘kich tegsa, chaqin chiqadi. Qoratoyni ham ichkari olib kirdi. Bechora it ochiqqa o‘rgangan edi, yerto‘laga ko‘nikolmadi, uch-to‘rt kecha uvlab chiqdi, lekin — yo‘q, keyin-keyin egasining holiga tushundi chog‘i, poygakka to‘shalgan poxol ustida indamay yotadigan bo‘ldi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2463&Itemid=210)
Nom: Notanish odam (hikoya). Shukur Xolmirzayev
Yuborildi: AbdulAziz 02 Iyul 2008, 08:04:56
Notanish odam (hikoya). Shukur Xolmirzayev

Ovga borayotgan edim, havo aynidi. «Bahor havosi-da, bir sevalab o‘tar», deb ketaverdim. Biroq sal o‘tmay yomg‘ir shunday quyib berdiki, birpasda ust-boshim ho‘l bo‘lib, badanimga yopishib qoldi. Shunda, turgan yerimdan ikki yuz qadamcha narida jar va jarga tushaverishda ovchilar, yo‘lovchilar qo‘nib o‘tadigan kamarcha borligi yodimga tushdi. Jarga yaqinlashishim bilan shuvoq isi aralash tutun dimog‘imga urdi. Kamarga kirdim. O’rtada gulxan yonar, chetroqda oqchil chakmon kiygan, o‘rta bo‘y bir kishi eshagining ayilini bo‘shatardi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2809&Itemid=210)
Nom: Bunchalar shirinsan, ey achchiq hayot! (hikoya). Xayriddin Sulton
Yuborildi: AbdulAziz 06 Iyul 2008, 09:18:04
XX asrning eng sara hikoyalari turkumidan:

Xayriddin Sulton

BUNCHALAR SHIRINSAN, ACHCHIQ HAYOT!

        «Oloy malshasi» — Qurbonjon dodxoh 1865 yildan to 1880 yilgcha Pomirda bir sarkarda sifatida xalqni o‘z atrofiga to‘plab. ko‘lida yalang qilich bilan fon Kaufmanga qarshi kurashdi. U shu darajada jasoratli bir xotin ediki, rli Qamchibek Kaufman tomonidan asir qilinib, dorga osilayotganda, dor tagiga kelib, o‘g‘liga xitoban:
        — Xayr, o‘g‘lim, ota-bobolaring ham dushman ko‘lida halok bo‘lki, Shahid o‘lmoq bizga meros. Senga bergan sutim oq bo‘lsin! — deya olgan va otining jilovini ters burib, o‘g‘lining tortayotgan azob uqubatlaridan shartta yuz o‘girib keta olgan xotindir».
        G’afur G’ulom

* * *

Ming sakkiz yuz yetmish oltinchi yil, yigirma oltinchi fevral. Marg‘ilon.
Qahraton qahridagi rutubatli, xazin bu kun qishning odatiy kunlaridan deyarli farq qilmay nihoyasiga yetmoqda edi. Bu kun ham shahar odatdagidek tong qorong‘isida muazzinlarning ovozi bilai uyg‘ondi Azonni eshitgan ahli muslim bu kun ham shosha-pisha tahorat olib, yaxlagan yo‘laklardagi qor-qirovlarni g‘ijirlatgancha ertalabki izg‘irinda junjika-junjika masjid sari shoshildi; bu kun ham past-baland tomlar ustida har doimgidek zaif, beqaror ko‘kish tutun xiyla vaqt muallaq osilib turdi; bu kun ham quyosh xuddi sovqotayotgandek osmonda bir muddat siyqa tanga kabi xira yaltirab, so‘ng pag‘a-pag‘a kulrang bulutlar ostiga kirib ko‘zdan yo‘qoldi, tirikchilik g‘amida yaydoq ko‘chalarda sarson suringan turfa odamlar bu kun ham shaharning ruhsiz qiyofasiga ma’yus bir jonlanish bergandek bo‘ldilar...

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2811&Itemid=210)
Nom: Anoyining jaydari olmasi (hikoya). Erkin A'zam
Yuborildi: AbdulAziz 07 Iyul 2008, 09:11:45
XX asrning eng sara hikoyalari turkumidan:

Erkin A’zam

ANOYINING JAYDARI OLMASI

U har yili xuddi bir paytda — yerdan qor ketib, tentak shamollar esa boshlagan ko‘klam kunlarida kelardi; shamollarga qo‘shilib, shamoldek to‘polon bilan kirib kelardi. To‘satdan. Yelkasida — ha, qo‘lida emas, yelkasida — ikki tarafiga ham «Barnaul» deb yozilgan pachoq chamadon, chap ko‘zini qisinqiragancha qarshingizda beo‘xshov tirjayi-ib turadi. So‘ng, chamadonni harakatsiz buyumdek bir chetga uloqtiradi-da, qulochlarini keng yozib, bolaligingizni yodga soladigan, bolaligingizdek sho‘x, bolaligingizdek beg‘am ovozda hayqiradi:
— Chantrimore-e!
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2812&Itemid=59)
Nom: Yolgʻiz yoʻlovchi (hikoya). Xoldor Vulqon
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2008, 06:10:10
YOLG‘IZ YO‘LOVCHI

Qor yog‘moqda. Gox qiyalab, goxo chirpirab, goxo to‘zg‘ib, sassiz - sadosiz, jimgina yog‘ayotir u. Oppoq qor uchqunlari aro xuddi son - sanoqsiz meteoritlar ichra yo‘rtib borayotgandayman. Men shunday ketib borayapman. Shunchaki, maqsadsiz, yolg‘iz bir o‘zim tentirab "Grenobl"dan "Don Mils" ko‘chasi tamon bormoqdaman. Bo‘ralab yog‘ayotgan qorda botiniy xotirjamlik, yolg‘izlik, cheksiz yetimlik, mangu va maxzun, adoqsiz bir qo‘shiq borday, qor yorug‘idan ruhim zulmatlari yorishayotganday tuyuladi go‘yo. Bu qorli yo‘llarning kimsasizligi naqadar yaxshi! - hayolimdan o‘tkazaman men. Negaki, men odamlardan tamoman bezdim.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2835&Itemid=210)
Nom: Eng yaxshi hikoyalar turkumidan
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2008, 01:16:41
XX asrning eng sara hikoyalari turkumidan:

Qamchibek Kenja

BALIQ OVI

Men birinchi sinfga qatnardim. Akam yettida o‘qirdi. Otam xo‘jalik mudiri edi. Uyimizga tez-tez mehmon kelib turardi. Har safar har xil kishilar: oriq, semiz, novcha, pakana, mo‘ylovli, mo‘ylovsiz... Ularning ko‘pini tanimasam-da, o‘zimda yo‘q sevinib ketardim. Chunki mehmon kelsa, akam ikkimiz, albatta, baliq oviga jo‘nardik. Qishlog‘imizning kunbotar tomonida to‘qay bo‘lib, hali zovurlar qazilmagan, zaxob suvlar quritilmagandi. Katta-kichik buloqlarda, ayniqsa, Dimariqda (dimlanib oqqani uchun shunday deyilardi) baliq mo‘l bo‘lar edi. Suv ko‘payganda hatto to‘qay ichidagi sholipoyalarga ham baliq chiqib ketardi. Shanba-yakshanbada bu yerga bolalar to‘lib ketardiki, kim qarmoq ko‘targan, kim to‘r sudragan...
Men akamning baliq tutishini ko‘rishga ishqiboz edim. U baliq ovlashga usta edi. To‘rdayam, sanchiqdayam bir zumda bir paqirini ilintirardi. Hatto qo‘ldayam. Suv ostiga sho‘ng‘ib, baliqlarni o‘z kamaridan tutib chiqardi. Hech narsadan, ilondan ham qo‘rqmasdi. Ilon ko‘rdimi, tamom, uni dumidan ushlab aylantirib-aylantirib otib yubormaguncha ko‘ngli joyiga tushmasdi. Qirg‘oqda kulcha bo‘lib, mudrayotgan ilonlar sharpamizni sezdi deguncha jilib qolishar yo o‘zlarini suvga urishardi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2879&Itemid=210)
Nom: Oqto'sh (hikoya). Bahodir Murod Ali
Yuborildi: AbdulAziz 14 Avgust 2008, 06:07:29
Bahodir Murod Ali

OQTO’SH

Bostirma ostida katta, qora it oldingi oyog‘iga jag‘ini qo‘ygancha yotibdi. Uning dumi va quloqlari kesik. Tumshug‘ining uchi tovuqlar titaverib mayinlashib ketgan tuproqqa botgan. Ko‘zlari yarim yumiq, go‘yo kattaroq ochishga majoli yo‘q.
It ko‘rinishdan horg‘in, beparvo bo‘lsa-da, tiyrak qaraydi. Uning butun diqqati hasharchilarning ayvondagi poyabzallarida. Poyabzallar bor-yo‘g‘i to‘rtta: poylari doimo og‘ib turadigan, qo‘njisi kalta etik, bog‘ichsiz ikki juft tufli va chelak yonidagi keda. Bular itga begona. Unga qarashlilari uch juft kalish. Kalishlar hozir ayvonda yo‘q.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2884&Itemid=210)
Nom: Haykal (hikoya). Shoyim Bo'tayev
Yuborildi: AbdulAziz 14 Avgust 2008, 06:10:25
XX asrning eng sara hikoyalari turkumidan:

Shoyim Bo‘tayev

HAYKAL

Hech kimning yetti uxlab tushiga kirmagan, aslida, ko‘zni sal kattaroq ochib qarasa, har qanday odam ko‘ra oladigan oddiy, ayni paytda g‘aroyib voqea sodir bo‘lgan shaharning bodu havosi, meva-chevasi va boshqa mayda-chuydasi haqida mehmon irimiga bo‘lsada bir og‘iz so‘z aytmagandi. U faqat shahar o‘rtasidan o‘tadigan, bir vaqtlar suvi zilolday bo‘lgan daryoning endilikda chiqindilarga to‘lib-toshib, bo‘tanaga aylanib, tuproq qal’adagi devday to‘lg‘anib oqib yotishini o‘z hikoyasiga qistirib o‘tgandi.
Shaharda aholi g‘ij-bijmish.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2883&Itemid=210)
Nom: Ota (hikoya). G'affor Hotamov
Yuborildi: AbdulAziz 14 Avgust 2008, 06:12:59
XX asrning eng sara hikoyalari turkumidan:

G’affor Hotamov

OTA

Aslida men moddiyunchiman. Alloh taologa shak keltirgan joyim yo‘q, ammo... Bilasizmi, esimni tanigach, kechgan umrim Rusiyada o‘tgan. Shu bepoyon mamlakatda avval nomzodlik, keyin doktorlik ishimni himoya qildim. Ilmiy rahbarim ko‘p ma’rifatli olim edi, qatag‘on zulmining borki sitamini boshidan kechirgan, bu ham yetmaganday aksilirsiyatchi Litsenkoga qarshi chiqqan va yana qamalgan, xullas, turma ikkinchi uyiga aylangan...
Ko‘rguliklar ko‘ngliga g‘ubor solmagan shu kishining hasratlarini tinglab o‘tirib, goho «Ey, qodir egam, agar sen bor bo‘lsang, bir devonai mashrabning boshiga shuncha kulfat solarmiding?!», degan paytlarim bo‘lgan. Ammo bu — boshqa masala. O’sha kuni — sizga qanday tushuntirsam ekan — bir hujjat to‘g‘rilash kerak edi, kun bo‘yi bo‘zchining mokisiday idorama-idora yugurib, sillam qurib uyga qaytdim. Ko‘nglim g‘ash, ham buning ustiga yomg‘ir sevalab o‘tgan bo‘lsa-da, havo tund, irkit bulutlar qalashib yotar, xullas, yurakni ezib yuboradigan qandaydir alamangiz shom edi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2882&Itemid=210)
Nom: Bugungi o'zbek adabiyotining ahvol ruhiyasi.
Yuborildi: Nurdinboy 11 Dekabr 2010, 21:07:39
        Adabiyot hech qachon andozalarga boysunmaydi. U hamisha yangilanib turadi. Shuning uchun ham serqirra adabiyot - barkamol adabiyotdir. Bugungi adabiy jarayonimizda ham ko'plab yangiliklar yaratilmoqda. Yangi-yangi nasriy asarlar, she'riyat namunalari, adabiy-tanqidiy maqolalar e'lon qilinmoqda. Hurmatli forumdoshlar sizning bugungi adabiy jarayonimiz haqida ijobiy yohud salbiy fikrlaringiz qanday? Adabiy jarayonimiz harakatdagi estetikaning talablariga javob bera oladimi?
Nom: Re: Eng yaxshi hikoyalar turkumidan
Yuborildi: Muxsiya 15 May 2012, 21:20:35
Bu qanaqasi hikoyani faqat kompyuterdan kirganlargina to'liq o'qiydimi hamma uchun qulay qilinsa yaxshiroq bo'larmidi
Nom: Re: Eng yaxshi hikoyalar turkumidan
Yuborildi: erhan 29 Iyul 2012, 03:47:23
bilir misiniz siz Ömer Seftettin'i ?
Nom: Re: Eng yaxshi hikoyalar turkumidan
Yuborildi: erhan 29 Iyul 2012, 03:50:12
HÜRRİYET BAYRAKLARI
Hikayenin kahramanı olan Türk , sıcak ve yorgun geçen bir günün akşamında Demirhisar’dan Cumayıbala’ya gelerek bir otele yerleşir. Sabahleyin zurna ve davul seslerine karışan naralar, türkülerin gürültüsü ile uyanır.Gerinirken, bu kansız ve hakikate ancak manasız alkış tufanlarından ibaret olan zavallı düzme Türk inkılabının ikinci senesi olduğunu hatırlar. Milli bir bayram olduğunu "œLakin, acaba hangi milletin bayramı? "œ diye düşünerek kalkar.
 
Pencereden bakar, dışarıda karmakarışık bir kalabalık, kaynaşarak gitmektedir. Bulgar dükkanları açıktır. Sahipleri bu diyara yeni gelmiş hakim yabancılar gibi önlerinden geçen sırma cepkenli Türk delikanlılarına gülümseyerek bakmaktadırlar. Bir süre bu geçiş törenini, On Temmuz kutlamalarını izler. Dalmıştır, Türkiye’nin, vatanının, bu mutlaka öleceğine iman edilen hasta adamın hayatını düşünür, yeise pek benzeyen acı bir hisle bütün zihniyetinin büzüldüğünü, işlemez bir hale geldiğini duymaktadır.
 
Odanın kapısı açılır, Rum otelci atlarının hazır olduğunu söyler. Razlık’a gidecektir. Giyinir, yola çıkar. Bir saat sonra Papaz Bayırı’nı çıkan dik yokuşu tırmanmaktadır. Atından iner, tepeye çıkar. Biraz ileride bir atlı görür,kılıcının parıltısından bir zabit olduğunu anlar.Oda dinlenmektedir.yanına gider.Türkiye’de takdim ve takat dümebinced olmadığına Selam verir.Nereye gittiğini sorar. Gülümseyerek cevap verir.
 
‘Razlık’a efendim siz?’
‘Ben de’
‘O halde beraber gideriz’
 
Konuşmaya başlarlar. Konu politikadan açılır. Kahramanımız On Temmuz’un buralarda bile takdir olunduğunu söyler. Mülazım kahramanımızın hayretine canı sıkılmış gibi bir tavırla ‘On Temmuzu takdir etmek"¦’ bu da lafmı? Bu bizim en büyük en şanlı günümüz, en mukaddes milli bayramımız keşke bir gün yerine üç gün olsa der. Kahramanımız iddaaların aksini söyleyerek asabi munakaşacıları kızdırmak hoşuna gittiğinden ilave eder.
 
‘Hem bu nasıl milli bayram? Hangi milletin bayramı?’
‘Osmanlı milletinin"¦..’
‘Osmanlı milleti demekle Türkleri mi kasdediyorsunuz?’
‘Hayır, asla "¦ Bütün Osmanlıları"¦ ‘
‘Bütün Osmanlılar kimlerdir?’
‘Tuhaf sual! Araplar,Arnavutlar, Rumlar, Bulgarlar, Sırplar, Ulahlar, Yahudiler,
Ermeniler, Türkler"¦Hasılı hepsi"¦’
‘Bunlar demek hep bir millet?’
‘Şüphesiz"¦’
‘Fakat ben şüpheliyim’ der.
 
Bu mümkün değildir ve bu imkansızlık nasıl riyazi ve bozulmaz bir kaide ise birbirlerinden tarihleri, ananeleri, meyilleri, müesseseleri, lisanları, mefkureleri ayrı milletleri cem edip hepsinden bir millet yapılamayacağını, bunları bir sayıp Osmanlı demesinin yanlış olacağını söyler Mülazım şaşırmıştır.
 
Onun şüphesiz ilk defa işittiği, bu kadar basit ve adi bir hakikaten şaşalamasını sersemliğe çevirmek için sözlerine devem eder. Osmanlılık kelimesinin duveli bir tabirden başka bir şey olmadığını , Rumlar’ın, Bulgarlar’ın, Sırplar’ın, bütün o eski esirlerimiz olan bugünkü uyanık milletlerin, Türkler’den intikam almak ve kendi öz kardeşleriyle, Balkan hükümetleriyle birleşmekten daha tabi daha makul, daha haklı mefkureleri olmayacağını anlatır.
 
Lakin mülazım anlamadığını, gözlerinden, birden coşmasından anlaşılmaktadır. Mulazım ‘sizinle münakaşa edemem’ der. Çünkü fikirlerimiz taban tabana zıt"¦! Ayağa kalkarlar, atlarını yedeğe alarak yüremeye başlarlar. Bir süre sonra mülazım ‘ah, bakınız azizim"¦’ diye haykırır, ‘bakınız işte Osmanlılığın şahidi’.
 
 
Parmağıyla bin metre kadar ileride ucurumlu bir yarın kenarındaki küçük bir Bulgar köyünü gösterir. Köydeki sallanan kırmızı kırmızı hürriyet bayraklarının bugünkü Osmanlıların birbirleriyle en samimi ve hakiki kardeş olduklarını dünyaya anlaktıklarını, bu mukaddes On Temmuz gününü alkışlayan kırmızı bayrakları gösterir.
 
Bulgar köyündeki insanların, Osmanlı vatanına düşmanlar hücum ettikleri zaman kendilerinden önce onların koşacaklarını, Osmanlılık namına kanlarını dökeceklerini savunur. Kahramanımız kendini tutamaz ve ‘Bu Bulgar’lar ha?"¦! der.
 
‘Evet bu Bulgarlar en sadık Osmanlılardır. Komitacılarla hiç münasebetleri yoktur. Fakat siz mutassıpsınız inanmazsınız. Daha sonra yollarından bir buçuk saat kaybedecek olmalarına rağmen kahramanımız mulazımın ısrarlarına dayanamaz ve köye gitmeye karar verirler.
 
Köye geldiklerinde mulazımın en sadık dost dediği Bulgar’ların, tam aksine vurdumduymaz tavırları , hain ve kızgın bakışları ile karşılaşmışlar ve en önemliside mülazımın hürriyet bayrakları sandığı şeylerin aslında hava aldırmak üzere güneşe asılmış kırmızı biber dizeleri olduğunu şaşkınlık ve acı içinde görmüşlerdir.
Nom: Re: Eng yaxshi hikoyalar turkumidan
Yuborildi: AbdulAziz 29 Iyul 2012, 09:46:19
bilir misiniz siz Ömer Seftettin'i ?

Biliriz tabii.
Omer Seyfittin'in hikayeleri ozbek dilinde burada:
Umar Sayfiddin (1884-1920)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category&sectionid=28&id=424&Itemid=383)