forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Hadija 03 May 2009, 15:17:18

Nom: Abdulaziz Shanaviy. Rasulullohning (s.a.v.) izdoshlari
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 15:17:18
O’ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI

Abdulaziz SHANAVIY

RASULULLOHNING
IZDOSHLARI


Tarjimon: Ilhom ELMURODOV

Toshkent
«Movarounnahr»
2008

Muharrir: Bobomurod Erali

© «Movarounnahr» 2008 y.

MANFAATLI ILM YO’LIDA

Bismilaahir rohmanir rohim.
Butun olamlarni tarbiya etib turuvchi Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga, u zotning ahli oilalariga salovot va salomlar yog‘ilsin, izlaridan ergashgan kattayu kichik sahobalarning barchasiga Allohning roziligi bo‘lsin.
Aziz o‘quvchi! Ushbu mo‘jaz risola bizning yurtlarda «choryor» nomi bilan mashhur to‘rt ulug‘ sahobiy — Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob Foruq, Usmon ibn Affon Zunnurayn va Ali ibn Abu Toliblar (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) haqidadir.
«Rasulullohning izdoshlari» nomli kitobni yozishda muallif bu to‘rtala sahobiyning hayotini bus-butun holida, ikir-chikirlari bilan, katta-kichik voqealarni qoldirmay yoritishni maqsad etmagan. Balki, muxtasar-qisqa va lo‘nda, birlamchi ma’lumotlar berishi; bilan cheklangan. Chunki risola o‘smirlarga mo‘ljallangandir.
Albatta, yosh avlodni insofli, pokdomon, vatanparvar, sadoqatli, xullas, yetuk axloqli, komil inson qilib tarbiyalash uchun buyuk tarixiy shaxslar hayotini ibrat etish hamisha foydalidir. Shu ma’noda bolalarga yetuk olimlarning, adolatparvar podshohlarning, vatanga jonlarini fido etgan pahlavonlarning hayoti tez-tez hikoya etib turiladi. Quyida keltirilayotgan hazrati choryorlar — Payg‘ambarimizning to‘rt izdoshi hayotini o‘rganish ham yuqorida tilga olingan masalada katta manfaat beradi, degan umiddamiz.
Risolada yozilgan hikoyalardan to‘g‘ri xulosa chiqarishni va foydali ilm hosil qilishni Allohdan so‘rab qolamiz.

Anvar qori Tursunov
Toshkent shahar bosh imom-xatibi

MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3628.msg171372#msg171372)
Abu Bakr Siddiq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3628.msg171373#msg171373)
Umar ibn Xattob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3628.msg171397#msg171397)
Usmon ibn Affon (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3628.msg171423#msg171423)
Ali ibn Abu Tolib (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3628.msg171431#msg171431)
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 15:46:37
MUQADDIMA


Bismillahir rohmanir rohim!

Butun olamlarning Robbisi bo‘lgan Allohga hamd bo‘lsin.
Payg‘ambarlarning oxirgisi va nabiylarning imomi Muhammad alayhissalomga va u kishining ahli baytlariga salotu salomlar bo‘lsin.
"Rasulullohning izdoshlari" deb nomlangan ushbu kitob yosh farzandlarimizga mo‘l yozilgan bo‘lib, unda Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumlarning tarixlari, hayotlari, qilgan ishlari va aytgan so‘zlari haqida ma’lumotlar berilgan. Biz Allohdan ushbu kitob tufayli dunyo va oxiratimizda foyda berishini so‘raymiz. Albatta, Alloh duolarni eshituvchi va gunohlarni kechiruvchi Zotdir.
Muallif

Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 15:49:23
ABU BAKR SIDDIQ

Abu Bakrning onasi Ummu Xayr ismli ayol edi. U ancha vaqtgacha farzand ko‘rmadi. Boshqa ayollarda bo‘lgani kabi farzand ko‘rish ishtiyoqi uning ham qalbini o‘rtardi. Bir safar u eri Abu Qahofa bilan Ka’baga borib sig‘inishga ahd qildi. O’sha vaqtda u yerda uch yuz oltmishta but-sanam saqlanar va arablar Allohga emas, aynan o‘sha haykallarga ibodat qilar edi. Ummu Xayr: "Parvardigoro, agar farzand ko‘rsam, ismini Atiyq deb qo‘yaman", degan niyatni diliga tugdi.
Shundan keyin Ummu Xayr farzand ko‘rdi. Yana Ka’baning oldiga kelib: "Ey Parvardigor, bu bola Sening o‘limdan ozod etgan "atiyq"ingdir, buni menga hadya ayla", dedi. Ummu Xayrning bunday deyishiga sabab, o‘sha davrda qizlarni tiriklay ko‘mish odat edi. Parvardigor unga o‘g‘il ato etib, bolasi yovuz urf qurboniga aylanishidan xalos qilgan edi.
Shunday qilib, Atiyq ulg‘aya boshladi. U kelajakda Allohning rasuli etib tanlangan Muhammad ibn Abdullohdan ikki yilu bir necha oylikka kichik edi. "Atiyq"ning ma’nosi ko‘rkam, aniq va chiroyli deganidir, shuningdek, undan xayr-saxovatda tengi yo‘q kishi ham tushiniladi. "Siddiq" degan nom esa, odamlar rostgo‘y deb bilgan, hayotida umuman yolg‘on gapirmagan kishiga nisbatan aytiladi. Abu Bakr Siddiq umrida yolg‘onni tilga olmagan kishidir. Tarix sahifalarida Xazrati Abu Bakr ismlari Abdulloh, Atiyq, Siddiq ibn Abu Qahofa deb muhrlanib qolgan. U kishi yoshligida juda ziyrak va aqlli edi. Ulg‘aya boshlaganida, otasining: "Kel, ey Ka’baning quli", "Borgin, ey Ka’baning quli", degan so‘zlaridan ko‘ngli o‘ksir, yoshligidanoq sanamlarga sig‘inishni yomon ko‘rardi. Jonsiz but-sanamlardan odamlar foyda ham, zarar ham ko‘rmasligini bilardi. Sanamlarga sajda qilmas va ularning poyiga borishni sirayam istamasdi. Ana shu johiliyat zamonida Alloh taolo uning qalbini shirk amallardan saqlayotgan edi. Atiyq ichki bir tuyg‘u bilan butlarga qarshi isyon etardi.
Kunlardan birida u butlarning oldiga borib: "Men ochman, meni to‘yg‘azinglar", dedi. Lekin ulardan hech qanday sado chiqmadi. So‘ng katta butlar - Hubal, Lot va Uzzoning oldiga borib: "Men tashnaman, menga suv ber", dedi. Lekin ular ham javob bermadi. "Men yupunman, meni kiyintiringlar", deganida ham butlar churq etmadi. Shunda u kishi olihalar insonlarni kiyintirish, hojatlarini chiqarish va ularga aziyat beradigan narsalarni ketkazishga qodir emasligini aniq-ravshan tushundi. Aqlli inson o‘ziga foyda ham, zarar ham keltirmaydigan olihaga qanday qilib ibodat qiladi? Yosh Abu Bakr but va olihalarni ulug‘layotgan, ularga sajda qilayotgan kishilar ustidan kulib: "Tosh toshga ibodat qilyapti", "tosh toshdan madad so‘rayapti", der edi.
Abu Bakr oq yuzli, oriq, ko‘zlari ichiga kirgan, peshonalari keng, quyuqsoch va qomati sal egilgan kishi edi. U Quraysh qabilasi nasablarini hamda o‘qish-yozishni yaxshi biladigan noyob iste’dod sohibi edi. Tijorat ishlari bilan shug‘ullanardi. Taymiy qabilasida yuksak obro‘ga ega edi. Xush xulq fazilatli, saxiy odam edi. Umrida og‘ziga ichkilikni, tiliga yolg‘onni olmagan edi.
Abu Bakr Siddiq Muhammad ibn Abdulloh bilan ko‘p ham suhbat bo‘lar, uyiga tez tez borib turar edi. Ikkovi ko‘p vaqtini birga o‘tkazishar, faqat safar payti yoki ayrim ishlar tufayligina bir biridan ajralishardi. Bir kuni tushida oy Makkaga tushib, undagi har bir uyga nur taratganini ko‘rdi. Keyin hamma nur u kishining ko‘kragida jam bo‘ldi. Bu tushidan bir necha kun o‘tib, Hazrati Abu Bakr Shomga tijorat uchun safar qildi. Ko‘rgan tushini yo‘lda uchragan bir rohibga aytdi. U ahli kitoblardan bo‘lib, Buhayro rohib deyishardi. U Abu Bakrga tu-shini ta’birlab: "Agar gaping rost bo‘lsa, tezda sening qavmingdan bir payg‘ambar chiqadi, sen uning vaziri hamda do‘sti bo‘lasan. Payg‘ambar vafot etgandan so‘ng xalifasi-o‘rinbosari bo‘lasan", dedi. Yana aytdiki: "Kelishi kutilayotgan payg‘ambarga hamma odamlar ergashadi va ularning orasida ent baxtlisi sen bo‘lasan!"
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 15:50:40
Bu gaplardan Abu Bakr benihoya xursand bo‘ldi. Ammo shunday bo‘lsada, haqiqatni izlashdan to‘xtamadi. Yamanga yetib borganida, axdi kitoblardan bo‘lgan azdlik bir kishini uchratdi. U Abu Bakrga: "Sen haram ahlidan bo‘lsang kerak-a?", dedi.
Siddiq: "Ha", deb javob berdi.
"Kurayshlikmisan?"
"Ha, shunday"
Azdlik kishi yana dedi:
"Sen Taymiy qabilasidan bo‘lsang kerak?"
"Ha".
"Sen to‘g‘ringda meni bir narsa o‘ylantiryapti?"
Abu Bakr unga savol nazari bilan boqdi.
Azdlik kishi aytdi: "Men bir xabar eshitdim".
"Nima ekan u? Avval ayt-chi?"
"Bilishimga qaraganda, yaqinda Makkadan bir payg‘ambar chiqadi. Yosh yoki o‘rta yosh, oq yuzli, ozg‘in va qorni ichiga kirgan bir kishi unga yordam beradi. U balo-ofat va kiyinchiliklarni yengib o‘tadi. Uning qornida bir sham-moma (xushbo‘ylik belgisi) va chap sonida bir alomati bor".
Atiyq qornini ochib, kindigi ustida va chap sonidagi belgilarni ko‘rdi.
Azdlik kishi ovozining boricha: "Ka’baning Robbiga qasamki, sen o‘shasan", deb qichqirdi.
Tijorat tugaganidan so‘ng Makkaga qaytish vaqtida azdlik kishi Abu Bakrning yoniga kelib: "Sen mening she’rlarimdan mana bu baytlarni yodlab ol. Bu haqda payg‘ambaringga yetkazasan", deb she’r o‘kiy boshladi. Abu Bakr u baytlarni yodlab oldi.
Tijorat safaridan qaytgach, u kishining huzuriga Quraysh qabilasining ulug‘lari - Uqba ibn Abu Mu’ayt, Robi’ning ikki o‘g‘li Utba va Shayba, Amr ibn Hishom va Os ibn Voillar kelishdi. Ular: "Ey Atiyq, Abu Tolibning asrab olgan bolasi payg‘ambarlikni da’vo qilyapti. Agar sen u bilan ko‘rishishni istamasang, biz ham u bilan ko‘rishishni istamaymiz", deyishdi. Ularni yaxshilik qilishga buyurdi. So‘ngra Payg‘ambarimizning uylariga borib eshikni taqqillatdi va kirishga izn so‘radi. Rasululloh alayhissalom chiqdilar va u kishini: "Alloh seni do‘zaxdan xalos etdi", - deya qarshi oldilar.
Abu Bakr Muhammad alayhissalomga qaradi va yo‘ldagi voqealarni esladi. Tushda ko‘rganlarini ko‘z oldiga keltirdi. Payg‘ambarimiz s.a.v. Abu Bakrga aytdilarki: "Ey Abu Bakr, men Allohning senga va jamiyki yer yuzidagi insonlarga yuborgan elchisiman. Mening payg‘ambarligimga va Allohning yagonaligiga iymon keltir". Shunda Abu Bakr (r.a.) so‘radi: "Bunga qanday dalilingiz bor?"
Rostgo‘ylar rostgo‘yi bo‘lgan Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Senga safarda azdlik shayx bergan baytlar" yodingdami?
Abu Bakrga rohib bu baytlarni o‘rgatgan vaktda oldilarida hech kim yo‘q edi. Abu Bakr xursand bo‘lib so‘radi: "Ey do‘stim, sizga bu xabarni kim yetkazdi?"
Havodan olib gapirmaydigan zot Rasululloh alayhissalom: "Mendan oldin kelgan payg‘ambarlarga ham bunday xabarlarni yetkazgan ulug‘ farishta", dedilar. Abu Bakr ibn Abu Qahofa bu so‘zlarga shubhalanib taraddudlanmadi, balki hech ikkilanmay risolani tasdiqladi.
"Menga qo‘lingizni bering. Men guvohlik berib aytamanki, Allohdan boshqa iloh yo‘q va albatta siz Allohning rasulidirsiz", deb Rasulullohning huzuridan xursand holda chiqdi va islomni qabul qilgan ilk erkak kishi bo‘ldi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 15:54:26
* * *

Abu Bakr qaq dinga iymon keltirgandan so‘ng o‘z qavmini ham islomga da’vat qila boshladi. Usmon ibn Affon, Zubayr ibn Avvom, Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos va Talha ibn Abdullohlar uning undovi bilai ikki dunyo saodatiga erishdilar.
Xotamul anbiyo Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar: "Men kimni islom diniga chaqirsam ikkilanar va so‘zlarimni eshitishdan yuz o‘girardi. Lekin, Ibn Qahofaga bundan so‘z ochsam, u so‘zimni shubhaga burmasdan, qalbi va tili bilan tasdiqladi. Alloh undan rozi bo‘lsin".
Arqam ib.n Abul Arqam Maxzumiy ham islomni qabul qildi. Uning hovlisida Payg‘ambar alayhissalom va u kishinint sahobalari to‘planishar edi. U Quraysh mushriklarining ko‘zidan uzoq va haramga yaqin joy edi. Bu hovli tarihda "Dorul Arqam" degan nom bilan qolgan.
Shu tariqa musulmonlar safi kundan kunga kengayib bordi. Mushriklar islomni qabul qilgan cho‘ri va qullarini har xil qiynoqqa solar va dinidan qaytishga majburlar, musulmonlar ham har xil qiynoq va tazyiqlarga uchrar edi. Abu Bakr roziyallohu anhu Alloh yo‘lida mushriklardan ozor ko‘rayotgan qul va cho‘rilarni sotib olib ozod qilar edi. Bilol ibn Raboha, Amr ibn Fuhayra, Ummu Amis, Zunniyra, Nahdiya va uning qizlari, Mu’malning joriyasi shunday ozod qilingan qullar sirasiga kiradi. U bu yo‘lda molu davlatini ayamay sarflardi.
Uning bu ishlaridan otasi xabar topib aytdi: "Ey o‘g‘lim, sen zaif qullarni sotib olib ozod qilyapsan, agar kuchli qullarni ozod qilsang, seni himoya qilar va hurmatingni joyiga qo‘yar edi".
Abu Bakr (r.a.) hali islomni qabul qilmagan otasiga shunday dedi: "Ey otajon, men Alloh yo‘lida shu ishni qilishni xohladim". Abu Bakrning bu saxiyligi va oliy janobligi xususida Alloh taoloning ushbu oyati karimasi nozil bo‘ldi: "Ana endi kim (o‘z mollaridan kambag‘al bechoralarga berilishi lozim bo‘lgan zakot va boshqa sadaqalarini) ado etsa va (Allohdan )qo‘rqsa, bas Biz uni oson yo‘lga muyassar qilurmiz." (Layl surasi, 5-7 oyatlar).
Har kuni musulmonlar Arqamning hovlisida mushriklardan yashirinib yig‘ilar edi. Namozni o‘qib bo‘lgach, Abu Bakr (r.a.) aytdiki: "Albagta biz haq yo‘ldamiz, qurayshliklar zalolatdadir. Allohning uyida turgan holda qanday qilib mushriklardan qo‘rqib o‘tiramiz? Qachongacha nur dunyo zulmatida qoladi!?".
Ba’zi sahobalar so‘rashdi: "Ey Abu Bakr, shunday qila olamizmi?"
Rasululloh alayhissalom aytdilar: "Hali biz juda ozmiz".
U to‘lqinlanib gapirar va Rasululloh alayhissalomni Allohning kalomini oshkora qilish uchun masjidga chiqishga undardi. Hech qancha vaqt o‘tmasdan Rasululloh masjidga yo‘l oddilar. U zotga ergashib, sahobalar ham birga chiqishdi. Birgalikda masjidga kirdilar va shunda Abu Bakr mushriklarga xitob qildi.
Quraysh ulug‘lari aytdiki: "Ey Abu Qahofaning o‘g‘li, odamlar oldida ustimizdan kulyapsanmi, bunisi yetmagandek, olihalarimizni haqorat qilayapsanmi? Albatta, bu ishing fitnadir. Agar biz indamasak, Makkada yomonlik ko‘payadi".
Quraysh mushriklari Abu Bakr ustiga tashlanib, juda qattiq kaltaklashdi. Hattoki yuzlari yorilib, ko‘p qon oqdi. Sahobalar u kishini uylariga ko‘tarib ketishdi.
Abu Bakrnint kaltaklanishi Payg‘ambarimiz alayhissalomga og‘ir botdi. Bir kuni u Rasulullohdan Xabashistonga hijrat qilishga ruxsat so‘radi. Ruxsat olganlaridan so‘ng tinch va xotirjam yashash istagida Xabashistonga yo‘l oldi. Abu Bakr moli, oilasi, Rasulullohni Alloh yo‘lida vaqtincha tark etib, Makkadan uzoqka yo‘l oldi va Alloh yo‘lida muhojir bo‘ldi. Makkadan chiqib borarkan, yo‘lda qabila raisi Ibn Dug‘unani uchratib qoldi va "Qaerga ketyapsan, ey Abu Bakr?" deb so‘radi. U to‘g‘risini aytib berdi: "Qavmim menga ko‘p aziyat berib siquvga oldi. Makkadan ketishdan boshqa ilojim qolmadi".
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 15:57:37
Ibn Dug‘una dediki:" Yo‘q, Allohga qasamki, sen faqirlarga yordam berasan, yetimlarga silai rahm qilasan, qiynalganlarni qo‘llaysan. Yaxshisi, izingga qaytib, musibatlarga sabr qil. Seni o‘z himoyamga olaman".
Ikkalasi Makkaga qaytib kelganlaridan so‘ng Ibn Dug‘una Ka’baning oldiga kelib: "Ey quraysh ahli, men Ibn Abu Qahofani o‘z himoyamga oldim. Menga Abu Bakrni hech kim yomonlab, ustidan arz qilib kelmasin", dedi.
Quraysh ahli bu gapdan so‘ng noiloj uylariga tarqalishdi. Abu Bakr qalbiga omonlik va xotirjamlik indi. Endi u Allohning uyi - Ka’bada namoz va Qur’on o‘qiy boshladi. Bunday paytda u ko‘p yig‘lar, ko‘z yoshini tiya olmasdi. Qurayshning obro‘li kishilari uning bu odati odamlarni islomga moyil qilib qo‘yilishidan qo‘rqa boshladi. Darhol Ibn Dug‘unaning oldiga borib arzi hol qilishdi: "Abu Bakrga buyurki, uyiga borib xohlaganicha namoz o‘qisin va xohlaganicha Qur’on o‘qisin. Bizga ozor bermasin. Namoz va Qur’onni uyidan boshqa joylarda oshkor qilmasin".
Ibn Dug‘una Abu Bakrning oldiga borib, bo‘lib o‘tgan voqeani yetkazganidan keyin faqat uyida ibodat qiladigan bo‘ldi. Keyinchalik hovlisining bir chetidan masjid qurib, namoz va Qur’onni shu joyda o‘qirdi. Mushriklarning ayollari va bolalari unga ajablanib qarar, u namoz va Qur’on o‘qiyotgan joydan ketkilari kelmasdi. Bu narsa Quraysh ulug‘lari qalbida yana vahima uyg‘otdi. Bu odati ham ularga yoqmadi. Ibn Dug‘unaning oldiga elchi yuborib, oldilariga chaqirdilar. Ibn Dug‘una Abu Bakr (r.a.)ning oldiga yana o‘tishga majbur bo‘ldi. Va dedi: "Ey do‘stim, senga qattiq ishonishimni bilasan. Sen yo bu amalingdan to‘xta, yo..."
Abu Bakr r.a o‘ktamlik bilan: "Agar sendan shu narsani talab qilayotgan bo‘lsa, ximoyangdan voz kechaman, Alloh va Rasulining himoyasiga roziman". Ikkalasi mushriklarning oldiga borishdi. Ibn Dug‘una ularga qarab: "Ey Quraysh ahli, Abu Bakr mening himoyamdan chiqishini so‘radi. Endi Abu Bakr mening himoyamda emas. Endi o‘z bilganlaringni qilinglar", dedi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:01:33
* * *

Bir kuni Rasululloh alayhissalom Masjidul Haramga bordilar. Ka’ba oldidagi kishilarga shunday dedilar: "Men bugun kechasi sayr qildim".
Abu Jahl aytdiki: "Qaerga sayr qilding. Payg‘ambar alayhissalom aytdilarki - Baytul maqdisga sayr qildim. Abu Jahl haddidan oshib yana so‘radi: "Keyin ertalab oldimizda bo‘ldingmi?". Rasululloh alayhissalom: "Ha", deb tasdiqladilar.
Allohning dushmani Abu Jahl nabiy alaihissalomning bu so‘zlarini masxara qilib: "Hozir aytgan so‘zlaringni qabiladoshlaring oldida ham ayta olasanmi?", deb so‘raganda Rasululloh alayhissalom: "Ha, ayta olaman", dedilar.
Abu Jahl raqibini yenggan jo‘jaxo‘rozdek baland ovozda baqirdi: "Ey Quraysh jamoasi, bu yoqqa kelinglar".
Uning ovozini eshitib, Ka’ba atrofidagi kishilar to‘plana boshladi. Abu Jahl Rasululloh alayhissalomga: "Menga aytgan gaplaringni manavilarga ham aytib ber", dedi-da Abu Bakr (r.a.)ning uyiga jo‘nab ketdi. Abu Jahl u kishining uyiga borib aytdiki: "Ey Abu Bakr, sening do‘sting bu kecha Baytul maqdisga sayr qilibdi, bunga nima deysan?"
Abu Bakr aytdi: "Sizlar uning sha’niga yolg‘on to‘qiyapsizlar". Abu Jahl muddaosi osongina hal bo‘lganini anglab: "Allohga qasamki, biz emas, uning o‘zi shunday deyapti", - dedi. Abu Bakr (r.a.) aytdi: "Agar u o‘zi shu so‘zlarni aytgan bo‘lsa, albatta rost aytibdi" deya tasdiqladi.
U Abu Bakr (r.a.)ga ko‘zini xanjardek qadadi va aytdi-ki: "Sen ham bir kechada Baytul maqdisga borib, tong otmasdan qaytib kelganini tasdiqlaysanmi?"
Abu Bakr dedi: "Ha, bundan ham g‘aroyibrog‘ini tasdikdayman. Seni ajablantirgan narsa nima u? Aytishiga qaraganda unga vahiy osmondan kechasi yo kunduzi har mahal kelaveradi. Bu esa sizlarga aytgan narsadan ham ajoyibroq emasmi?"
Abu Bakr (r.a.) va Abu Jahl Rasululloh alayhissalomning oldiga borishdi. Abu Bakr Nabiy alayhissalomdan so‘radi: "Ey Allohning Payg‘ambari, Quraysh qavmi bu kecha Baytul maqdisga borib kelganingizni aytdingizmi?"
Nabiy alayhissalom: "Ha", deb javob qildilar. Abu Bakr tag‘in so‘radi: "Ey Rasululloh, menga bu voqeani sifatlab bering, shunint uchun oldingizga keldim". Payg‘ambariga ko‘rinib turishi va sifatlashi uchun Baytul maqdisni Alloh Uqayl ibn Abu Tolibning hovlisi yaqiniga keltirib qo‘ydi. Rasululloh alayhissalom Uqaylning hovlisini qanday ko‘rib tursa, Baytul maqdisni ham shunday qo‘rib turar va uni ta’riflar edilar. (Uqaylning hovlisi Ka’baga juda yaqin edi.)
Payg‘ambarimizdan ta’rifni eshitgan Abu Bakr (r.a.) shunday dedi: "Rost aytdingiz, guvohlik beramanki, siz Allohning rasulisiz".
Hazrati Abu Bakr qachon u zotdan bir so‘z yoki ta’rifni eshitsa, shunday deyishga odatlangandi. Rasululloh s.a.v so‘zini tugatib Abu Bakr ibn Abu Qahofaga: "Sen Siddiqsan", dedilar. Shu kundan boshlab musulmonlar u kishini "Siddiq" deb atay boshladi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:04:25
Rasul alayhissalom Yasribga hijrat qilishga izn bo‘lishligini kutib yurardilar. Alloh taolo hali payg‘ambarga ruxsat bermagandi. Payg‘ambarimiz bir kuni Abu Bakr Siddiqning uyiga bordilar. Bu tashrif do‘stini ajablantirdi. U zot dedilar: "Menga Alloh hijrat qilishim uchun ruxsat berdi".
Abu Bakr Siddiq dedi: "Ey Allohning rasuli, sizga ota-onam fido bo‘lsin. Albatta sizga hamroh bo‘laman".
Rasululloh alayhissalom rozilik berdilar. Abu Bakr bundan xursand bo‘lib takbir aytdi.
Ikkalasi birga Yasribga yo‘l olishdi. Bu islom olamidagi ulkan voqea edi. Savr g‘ori og‘ziga yetganda Abu Bakr Rasululloh alayhissalomga: "Sizni haq bilan yuborgan Allohga qasamki, g‘or og‘ziga kirmay turing, men sizdan oldin kirayin, agar g‘orda biror xavf bo‘lsa, bu xavf menga yetsin", dedi.
Abu Bakr g‘orni tozalash uchun kirdi. Har bir toshni ko‘tarib qaradi. Bir toshning tagidan uya chiqdi, ko‘ylagani yechib unga tiqib qo‘ydi. O’sha uyada ilon bor edi. Xavf yo‘qligini bilgandan so‘ng Rasuli Akramni chaqirdi. Payg‘ambarimiz alayhissalom hazrati Abu Bakrning tizzalariga boshlarini qo‘yib uxladilar. Bir oz o‘tgandan so‘ng Abu Bakr (r.a.) oyoqlarini bir narsa chaqayotganini sezdi. Tong otgach, Rasul alayhissalom Abu Bakr (r.a.)dan ko‘ylaging qani, deb so‘radilar. Abu Bakr (r.a.) bo‘lib o‘tgan voqeani aytib berdi. Rasul alayhissalom Abu Bakrnint oyog‘i shishib turganini ko‘rdilar va: "Senga nima qildi", deb so‘radilar. Abu Bakr ilon chaqqani uchun shishganligini aytganidan so‘ng, Paytambarimiz alayhissalom ilon chaqqan joyga dam urib shunday duo qildilar: "Allohim, Abu Bakrni jannatdagi darajamda,birga qilgin". Allohnint qudrati bilan shish va og‘riq yo‘qoldi. So‘ng Alloh taolo Nabiy alayhissalomga vahiy yuborib, duolari ijobat bo‘lganini bildirdi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:06:39
Quraysh mushriklari Muhammad alayhissalom bilan u zotning do‘stini topish uchun har tomonga odamlarini jo‘natishdi. Izga tushganlar aylanib-aylanib g‘orning og‘zida to‘xtadilar. Payg‘ambarimiz va Abu Bakrni shu yerda deb gumon qilib, g‘or atrofini o‘rab oldilar. Alloh taolo o‘rgimchakni yubordi. U g‘or og‘zi va atrofiga in qo‘ydi.
Qodir Alloh yana ikkita kabutarga amr qildiki, g‘or atrofidagi butaga in qurdi, tuxum qo‘yib jo‘ja ochdi. Quraysh ulug‘lari g‘or og‘ziga yetib kelgunicha hammasi taxt bo‘ldi.
Abu Bakr tashqaridagilarni ko‘rib, ovozlarini eshitdi.
U yoq-bu yoqqa razm solganlardan biri: "Allohga qasamki, sizlar izlayotgan kishilar shu yerda", dedi.
Abu Bakr Siddiq xafa bo‘lib yig‘lab: "Allohga qasamki, men o‘zim uchun yig‘layotganim yo‘q, lekin sizga bir narsa bo‘lishini xohlamayman, ey Rasululloh", dedi.
Shunda u kishi vazminlik bilan do‘stiga taskin berib: "G’amgin bo‘lma, albatta, Alloh biz bilan birga", dedilar.
Abu Bakr mushriklarning g‘orga yaqinlashib kelganini ko‘rib aytdiki "Ey Rasululloh, agar ulardan biri oyoqlari tagiga qarasa bizni ko‘radi".
Mustafo alayhissalom aytdilarki: "Ey Abu Bakr, ikki kishi turgan bo‘lsa, uning uchinchisi Alloh emasmi?" Nazr ibn Horis, g‘orga kiringlar, deb buyurdi. Umayya ibn Halaf g‘or og‘ziga qaradi. O’rgimchak va ikki yovvoyi kabutar in qurganiga ko‘zi tushdi. Qo‘lini ko‘tarib aytdiki: "Bu yerga o‘rgimchak Muhammad tug‘ilmasdan ilgari in qurgan".
Allohning dushmani Abu Jahl achchiqlanib shunday dedi: "Allohga qasamki, men uni shu yaqin atrofda deb bilaman. Lekin uning sehri bizni uni ko‘rishdan to‘sdi".
Shundan so‘ng mushriklar Makkaga noiloj holda qaytishdi.
Alloh taolo ushbu surani nozil qildi: "Agar sizlar unga yordam qilmasangiz Allohning o‘zi unga yordam qilur. Uni kofirlar ikki kishidan biri bo‘lgan holida (ya’ni bir hamrohi bilan Makkadan) haydab chiqarganlarida unga Alloh yordam berdi-ku, o‘shanda ikkovlon g‘orda bo‘lgan paytlarida hamrohiga: "g‘amgin bo‘lma, albatta, Alloh biz bilan birgadir" deyishi bilan. Alloh o‘z tomonidan uning ustiga - qalbiga bir xotirjamlik tushirdi va uni sizlar ko‘rmagan lashkarlar (yani, farishtalar) bilan qo‘llab-quvvatladi hamda kofir bo‘lgan kimsaning so‘zlarini tuban qilib qo‘ydi" (Tavba, 40).
Rasul alayhissalom Makkadan seshanba kuni chiqib Bani Amr ibn Avf hovlisiga rabi’ul avval oyining 12-kunida yetib keldilar.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:09:46
* * *

Madinaga borganlaridan so‘ng u yerda birinchi bo‘lib Abu Ayyub Ansoriyning hovlisiga tushdilar. Darhol masjid va o‘zlariga hujra qurdirdilar. Abu Bakr va Umar ibn Xattob Payg‘ambarimizning vazirlari edi. Bu kishilardan Rasululloh alayhissalom har doim maslahat so‘rab turar edilar.
Rasul alayhissalomning: "Jabroil alayhissalom oldimga kelib aytdiki, Alloh sendan albatta Abu Bakr bilan maslahatlashishlikni buyurdi", deganlari hadisi shariflarda keltirilgan.
U kishi yana aytdilarki: "Albatta, menga Alloh taolo to‘rt vazirni tayinladi. Ikkitasi osmon ahlidan bo‘lib, ular Jabroil va Mikoildir, ikkitasi yer ahlidandir. Bular mening do‘stlarim Abu Bakr va Umardir".
Badr jangida mushriklar musulmonlar tomonidan mag‘lubiyatga uchradi va bir qanchalari asir olindi. Asirlar to‘g‘risida payg‘ambirimiz sahobalari bilan maslahatlashdilar. Keyin aytdilar: "Abu Bakrning misoli maloikalar ichida Mikoil alayhissalom kabidir. Mikoil farishta Allohning rizosi va avfini bandalarga olib tushadi. Nabiylar ichida Ibrohim (a.s.)ga o‘xshatish mumkin. U olovga tashlab yoqmoqchi bo‘lgan qavmiga asaldan ham muloyimroq bo‘lgan. Shunda ularga qarata bunday degan: "Sizlarga ham Allohni qo‘yib sig‘inayotgan butlaringizga ham suf-ey. Axir aql yurgizmaysizlarmi" (Anbiyo, 67).
"Parvardigoro, albatta, men zurriyotlarimni (bir bo‘lagini o‘g‘lim Ismoil va uning onasi Hojarni) sening hurmatli bayting huzurida ekin o‘smaydigan bir vodiyga joylashtirdim" (Ibrohim, 36).
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:12:01
Bir kuni Abu Bakr va Umar ibn Xattob gaplashib o‘tirgan edi. Ular gaplasha turib bahslashib qolishdi. Umar r.a Abu Bakr oldidan g‘azablanib chiqib ketdi. Abu Bakr uning orqasidan borib, kechirishini so‘radi. Umar (r.a) uning gaplarini eshitishni ham istamay, eshiklarini yopib oldi. Umar keyin bu ishidan ancha pushaymon bo‘ldi. So‘ng o‘zi Abu Bakrning uyiga bordi va eshik oldida turib, Abu Bakrni so‘radi. Ichkaridan u kishini yo‘kligini aytadi. Sal o‘jarroq Siddiq Rasululloh (s.a.v.) oldilariga yo‘l olgan edi. Hattoki yo‘lda shoshilganidan kiyimlari tizzasiga tushib ketardi.
Nabiy alayhissalom uni bu ahvolda ko‘rib Abu Bakr roziyallohu anhuga aytdilar:
-Do‘stingizga biror aziyat yetdimi? Abu Bakr (r.a.) Rasulullohning oldiga kelib salom berdi va aytdiki:
- Ey Rasululloh, Umar bilan tortishib qoldik, uning ko‘nglini og‘ritdim, so‘ng pushaymon bo‘lib undan kechirim so‘radim, lekin u menga qaramadi, oldingizga kel-dim".
Rasululloh (s.a.v.): "Seni Alloh kechirsin, ey Abu Bakr", deb uch marta takrorladilar. Bir ozdan so‘ng Hazrati Umar ko‘rindi. Uning yuzini g‘azab egallab olgan edi. Rasululloh alayhissalom Umarni ko‘rib shunchalik xafa bo‘ldilarki, hatto yuzlari tirishib ketdi. Bu holni ko‘rib Abu Bakr tiz cho‘kib yolvora boshladi: "Ey Rasululloh, Allohga qasamki, men aybdorman, zulm qildim".
Nabiy alayhissalom aytdilar: "Albatta Alloh taolo meni sizlarga elchi qilib yuborganda sizlar meni yolg‘onchi dedingiz, Abu Bakr esa meni tasdiqladi. Men uchun moli va jonini ayamadi. Endi sizlar men uchun do‘stimni kechirmaysizlarmi?! Sizlar men uchun do‘stimni kechirmaysizlarmi?"
Choshgoh vaqti Rasululloh (s.a.v.) Abu Bakr va Abu Hurayra (r.a.)lar bilan o‘tirganida oldilariga bir a’robiy kishi keldi. A’robiy Rasululloh alayhissalomga qaradi, so‘ng Abu Hurayraga (r.a.) yuzlandi, keyin Abu Bakrga tikilib qarab dedi: "Sen Abu Bakrmisan?"
"Ha" deb javob berilgach:
A’robiy kishi Abu Bakrni haqoratlab so‘kdi. Shunda Abu Bakr ajablanib, Rasululloh alayhissalom tomon qaradi. Abu Bakr Payg‘ambarimizni hayratlangani va tabassum qilganini ko‘rib hayron bo‘ldi. A’robiy Abu Bakrni so‘kishda davom etdi. Abu Bakr sabr qildi va unga churq etmadi. Kimki avf qilsa va yaxshilik qilsa, uning ajri Allohning zimmasidadir. A’robiy yana so‘kishda davom etayotganida jim o‘tirgan Abu Bakr Rasululloh alayhlssalomga qaradi. Nima uchun a’robiy do‘stini so‘kayotgan vaktida hech narsa demadilar? Abu Bakr Nabiy alayhissalomga eng sevimli emasmidi? Nima uchun haqorat qilayapsan, ey falonchi, deb a’robiydan so‘ramadilar.
Nihoyat, Abu Bakrning toqati toq bo‘lib, g‘azablandi va uning ba’zi so‘zlariga javob qaytardi. Do‘stidan bu narsani kutmagan Rasululloh (s.a.v.) o‘rnilaridan turib ketdilar va do‘stiga: "Shayton bilan o‘tirma", dedilar.
Hazrati Abu Bakr a’robiyning ba’zi gaplariga javob berganida Nabiy alayhissalom turib ketganlaridan hayron bo‘ldi. Nima uchun Rasululloh alayhissalomning yuzlarini g‘azab soyasi qopladi?
Abu Bakr nabiy (a.s.)ning ortidan yetib borib so‘radi "Ey Allohning payg‘ambari, u meni haqorat qilganda siz jim o‘tirgan edingiz, ba’zi so‘zlariga javob qilsam, g‘azablanib turib ketdingiz".
Rasul alayhissalom aytdilar: "Haligi kishi seni haqorat qilganida bir farishta seni himoya qilib turardi. Javob qilganingda esa farishta ketib, uning o‘rniga shayton hozir bo‘ldi. Men shayton bor joyda o‘tirmayman".
Nabiy alayhissalom so‘ngra dedilar: "Ey do‘stim, uch narsa borki, uning har biri haqdir. Bir bandaga zulm qilinsa, banda Alloh uchun uni e’tiborsiz qoldirsa, Alloh zulm ko‘rgan bandani aziz qiladi va unga yordam beradi. Bir kishi saxiylik eshigini ochib, u bilan ajr-savobni istasa, Alloh uni yanayam ziyoda qiladi. Bir kishi tilanchilik eshigini ochib, shu bilan molini ko‘paytirmoqchi bo‘lsa, Alloh azza va jalla uni xor qilib qo‘yadi".
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:15:01
* * *

Rasululloh alayhissalomning sahobalari to‘planib turganda Abu Bakrdan "Siz johillik paytingda aroq ichganmisiz?" deb so‘rashdi.
"Allohning o‘zi asrasin". Men aroq ichmaganman:
"Nima uchun, u paytda aroqning haromligini bilmas edingiz-ku?"
"Men or-nomusim va sharafimni saqlar edim. Kimki aroq ichsa, or va sharafini yerga uribdi". Bu gap Rasululloh alayhissalomga yetib borganida shunday deb marhamat qildilar: "Abu Bakr rost aytibdi, Abu Bakr rost aytibdi".
Rasululloh (s.a.v.) bir kuni sahobalaridan so‘radilar:
"Bugun qaysi biringiz ro‘za tutdingiz?"
Shunda Abu Bakr roziyallohu anhu: "Men", dedi.
Rahmat nabiyi (s.a.v.) yana so‘radilar: "Bugun kim janozaga bordi?".
Ashob sukut qildi, faqat Siddiq "Men",- dedi.
Xotamun Nabiy (s.a.v.) so‘rashda davom etdilar: "Bugun qaysi biringiz bir miskinni taomlantirdi?
Yana Abu Bakr Siddiq aytdi: "Men taomlantirdim".
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam yana so‘radilar: "Bugun qaysi biringiz kasalni borib ko‘rdi?"
Shu yerda hozir bo‘lgan hamma sahobalar sukut qildilar. Faqatgina Abu Bakr dedi: "Men, yo rasululloh".
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunda aytdilar: "Kimda shu fazilatlar jam bo‘lsa, jannatga kiradi".
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:16:08
* * *

Abu Bakr (r.a) Rasullulloh bilan birga Makka fathida ishtirok etdi. U Payg‘ambarimiz huzurlariga keksayib qolgan otasi Abu Qahofani olib keldi. Rasululloh (s.a.v.) Abu Qahofani ko‘rib aytdilarki: "Sen otangni qiynab qo‘yibsan. Bilganimda men o‘zim uyingizga borar edim".
Abu Bakr Siddiq aytdiki: "Ey Rasululloh, siz uyimizga borgandan ko‘ra otamning o‘zi oldingizga kelishga haqliroqdir".
Rasululloh (s.a.v.) ikki muborak qo‘llarini Abu Qahofaning ko‘ksiga qo‘yib: "Ey shayx, iymon keltir" dedilar.
Shunda Abu Qahofaning qalbi ochilib, Allohdan boshqa iloh yo‘q, albatta, Muhammad Allohning Rasulidir, deb guvohlik beraman, deya shahodat kalimasini keltirdi.
Abu Bakr Siddiq otasining musulmon bo‘lganidan behad quvonib aytdi: "Sizni haq bilan yuborgan zotga qasamki, Abu Tolib islomga kirganida hozirgidanda quvonar edim. Chunki Abu Tolib islomga kirsa, Nabiy (s.a.v.) xursand bo‘lardilar".
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:18:52
* * *

Abu Bakr Siddiq Hunayn g‘azoti va Toif safarida ham qatnashdi. Vaqtiki (s.a.v.) Makkai Mukarramadan Madinaga qaytganlaridan so‘ng Rum podshosi Madinaga yurish uchun tayyorgarlik ko‘rayotganini bildilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) sahobalariga Rumga qarshi yurish uchun tayyorgarlik ko‘rishni buyurib: "Ey insonlar, men Rumga yurishni xohlayman", dedilar. So‘ng boy kishilarni Alloh yo‘lida ehson qilishga undadilar. Umar ibn Xattob ichida o‘zicha:" Bugun men musoboqada Abu Bakrdan o‘tib ketaman", deb o‘ylab, ancha pul keltirdi. Nabiy (s.a.v.) Umardan: "Ahlingga nimani qoldirding?" deb so‘radilar. U kishi: "Shuning yarmini qoldirdim", dedi. Keyin Abu Bakr to‘rt ming dirham keltirdi. Payg‘ambar (s.a.v.) undan ham: "Sen ham ahlingga biror narsa qoldirdingmi?" deb so‘radilar.
Hazrati Abu Bakr bunga javoban: Allohni va uning Rasulini qoldirdim", deb javob berdi. Umar bu gapni eshitib Abu Bakrga tan berib dedi: "Hech narsada sizdan o‘tib ketolmas ekanman, bu gal ham mendan g‘olib chiqdingiz".
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:19:47
* * *

Kunlardan birida Abu Bakrning qorni juda ochdi. Uyidan yeyishga biror narsa topolmadi. Qorin ochligiga sabr qilib bo‘lmasdi. Uning quli ozgina taom keltirdi. Abu Bakr shu taomdan bir luqma olib yedi. Quli aytdi: "Ilgari bir yegulik olib kelsam, qaerdan olding deb so‘rar edingiz. Ammo bu safar surishtirmadingiz".
Abu Bakr Siddiq: "Ochlikning zo‘ridan taom to‘g‘risida so‘rashni unutibman", dedi. So‘ng taomdan qo‘lini tortdi va so‘radi: "Ayt-chi, sen bu taomni qaerdan keltirding?"
U aytdi: "Bir kuni johiliyat vaqtida bir qavm oldidan o‘tib qoldim. U paytlar sehr-jodu qilib yurardim. Shu qavmga ham sehr-jodu qilib bergan edim. Bugun o‘sha joydan o‘tib ketayotsam, to‘y bo‘layotgan ekan. Menga o‘sha sehrning haqiga mana shu taomni berishdi".
Abu Bakr Siddiq aytdi: "Meni halok qilmoqchi bo‘ldingmi?"
Keyin qo‘lini halqumiga tiqib. qayt qila boshladi. Lekin yutgan luqma osonlikcha chiqmadi. "Ichingga yutgan luqma suv ichsang chiqishi mumkin", deyishdi. Abu Bakr Siddiq idishda suv olib kelishni buyurdi. Suv keltirildi. U o‘zini majburlab suvni icha boshladi, so‘ng qayt qilganda luqma suv bilan birga qorindan chiqib ketdi. Ko‘rishsaki, u luqma qarg‘aning boshidek ekan. Shunda oldidagilar bu ishiga hayron bo‘lib aytdilarki: "Alloh senga rahm qilsin, shu luqmani deb joningni shuncha qiynadingmi!"
Abu Bakr Siddiq dedi: "Agar mana shu narsa chiqmasa, uni jonim bilan chiqargan bo‘lardim. Batahqiq Rasululloh (s.a.v.)dan eshitgan edimki: "Haromdan o‘sgan har bir jasad do‘zaxga haqlidir."
Abu Bakr Siddiq ko‘z yoshlarini artib shunday dedi: "Bu luqmani yeb tanamga harom kirishidan qo‘rqdim".
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:21:10
* * *

Nabiy alayhissalom musulmonlarga shu yili haj qilmoqchi ekanliklarini va unga qodir bo‘lgan musulmonlar yo‘l hozirligini ko‘rishni buyurdilar. Lekin haj mavsumi yaqinlashgan vaqtda betob bo‘lib qoldilar va Abu Bakrni haj qilishda musulmonlarga boshqaruvchi qilib yubordilar.
Abu Bakr hijratning o‘ninchi yili Hajjatul Vado’ kuni Nabiy alayhissalom bilan birga bo‘lgandi. Nabiy (s.a.v.) hajdan qaytib kasal bo‘lib qoldilar. Nabiy (s.a.v.) bir tush ko‘rdilar. Bu tushini Abu Bakrga aytib berdilar. Chunki Abu Bakr Siddiq tushni ta’vil va tafsir qilishda ancha mohir bo‘lgan. Ko‘pincha Nabiy (s.a.v.) undan tushini ta’vil qilib berishini so‘rardilar.
Abu Bakr Siddiq aytdiki: "Bu tushingiz yaxshilikkadir, yo Rasululloh, Alloh sizni boqiy qilsin bu tushingiz yengillik bilan qaror topganini ko‘rarsiz".
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Ey Abu Bakr, tushimda sen bilan darajada musobaqalashayotgan ekanman. Men sendan ikki yarim daraja oshib ketibman".
Abu Bakr Siddiq aytdi: "Ey Rasululloh, Alloh taolo sizni rahmat va mag‘firatiga olsin. Men sizdan keyin tag‘in ikki yarim yil yashaydigan ko‘rinaman", deb ta’vil qildi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:24:09
* * *

Rasulullohning kasallari kun sayin kuchayib bordi. U kishi jamoat bilan namoz o‘qishga qodir bo‘lmadilar. Aytdilarki: "Abu Bakrga aytinglar, odamlarga namoz o‘qib bersin". Namoz vaqti kirgan bo‘lsa-da, Abu Bakr ko‘rinmasdi. Sahobalardan Abdulloh ibn Zam’a ibn Asvad: "Ey Umar, tur", dedi. Umarul Foruq o‘rnidan turib, imomlikka o‘tib, namozga takbir aytdi. Buni Nabiy alayhissalom eshitdilar. Chunki hazrati Umar baland ovozli kishi edi. Nabiy alayhissalom: "Abu Bakr qaerda? Bundan Alloh va musulmonlar rozi bo‘lmaydi. Bundan Alloh va musulmonlar rozi bo‘lmaydi", dedilar. Rasulullohning bu so‘zlaridan so‘ng sahobalar Abu Bakrga odam yuborishdi. Abu Bakr yetib kelganda hazrati Umar namozni o‘qib bo‘lgan edi. Umar ibn Xattob Abdulloh ibn Zam’adan norozi bo‘lib shunday dedi: "Ey ibn Zam’a, senga voy bo‘lsin, nima qilib qo‘yding. Allohga qasamki, sen menga namoz o‘qib ber, deganingda buni senga Rasululloh (s.a.v.) buyurgan deb o‘ylabman. Agar bilganimda imomlikka o‘tmasdim".
Abdulloh ibn Zam’a aytdiki: "Allohga qasamki, Rasululloh bu ishga buyurmadilar. Lekin men Abu Bakr yo‘qligi uchun sizni shu yerdagilardan haqliroq deb bildim".
Ikkinchi kuni Rasululloh (s.a.v.) masjidga chiqdilar. Abu Bakr Siddiq imomlikka o‘tib namoz o‘qiyotgan edilar. Musulmonlar Rasululloh (s.a.v.)ni ko‘rib xursand bo‘ldilar. Ular o‘rnidan qo‘zg‘almoqchi bo‘lganlarida, Rasululloh (s.a.v.) namozlarini davom ettirishga ishora qildilar. Rasululloh (s.a.v.) musulmonlarning namozdagi bu holatini ko‘rib tabassum qildilar, chunki ularga Abu Bakr Siddiq imomlik qilardi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:24:46
Rasululloh (s.a.v.) masjiddan Oisha onamizning hujrasiga qaytdilar. Shu kuni u kishi oxirat safariga yo‘l oldilar. Bu paytda payg‘ambarimiz 63 yoshda edilar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Rasulullohning (s.a.v.oldilariga kirdi. Uning qalbiga Uhud tog‘idek g‘am-qaytu cho‘kkan edi.
Rasululloh (s.a.v.) Oisha onamiz hujrasida yuzlari yopiq yotardilar. Abu Bakr Siddiq u kishining muborak yuzlarini ochib o‘pdilar va Rasululloh (s.a.v.)ga yuzlanib shunday dedi: "Ota-onam sizga fido bo‘lsin, Alloh sizga taqdir qilgan o‘lim sharbatini totdingiz. Endi sizga bundan keyin hech qachon o‘lim yetmaydi".
Abu Bakr Siddiq u zotning yuzlariga yopinchiqni qayta tortdilar. Keyin Hazrati Ali, Fazl ibn Abbos va shu yerda hozir bo‘lgan kishilar Rasuli Akramni kafanlashga kirishdi. Shunda musulmonlar Rasulullohni qaerga dafn qilish xususida tortisha boshladi: "Qaerga dafn qilamiz? Odamlar bilan bir joygami? Yoki o‘z uylarigami?" Abu Bakr Siddiq aytdiki: "Rasululloh (s.a.v.)dan "Allohning nabiyi qaerda vafot etsa, o‘sha joyga dafn qilinadi", deganlarini eshitgandim". So‘ng Nabiy (s.a.v.) Oisha onamiz hujrasiga dafn etildi. U kishi yotgan to‘gnak oli- nib shu joyda qabr qazildi va shu yerga dafn qilindilar.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:32:12
* * *

Musulmonlar Abu Bakr Siddiqning xalifa bo‘lishiga bay’at berishdi. Abu Qahofaga aytishdiki: "Sening o‘g‘ling xalifalikka saylandi". U: "Aytiig: "Ey mulk-davlat egasi bo‘lgan Allohim, Sen istagan insoninga mulk ato qilursan va istagan kishingdan bu mulkni tortib olursan" (Oli Im-ron, 26), dedi.
Keyin: "Nima uchun uni boshliq qildilaring?", deb so‘radi.
Musulmonlar aytishdi: "Yoshi ulug‘ligi uchun".
Abu Qahofa aytdi: "Meni yoshim undan katta-ku!"
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:39:16
* * *

Rasululloh (s.a.v.) vafot etganlaridan keyin Abu Bakr Siddiqga bay’at berilgach, fitna va nifoq ko‘rina boshladi. Yahudiy va nasroniy ahllari g‘imillab qolishdi. Ba’zi arab qabilalari islomdan yuz o‘girishdi. Musaylama ibn Habib Kazzob va Talha ibn Homid As’adiy kabilar payg‘ambarlikni da’vo qilib chiqishdi.
Hazrati Abu Bakr bu nifoqni bostirish uchun qo‘shin to‘pladi va oddiy safda turganlarga islom bayrog‘ini berdi. U oqilona sa’y-harakatlari tufayli murtadlar quvvati kesildi, payg‘ambarlikni da’vo qilgan ba’zi kazzoblar qatl qilindi. Shu tariqa fitna olovi o‘chirildi. Ana shu ishlarda Abu Bakr Siddiqning qat’iyati va jasorati alohida o‘rin tutadi.
Birinchi xalifa Rumga yurishdan oldin Umar, Ali, Usmon, Abdurahmon ibn Avf, Sad ibn Abu Vaqqos, Said ibn Zayd, Abu Ubayda ibn Jarroh, Badr jangida qatnashgan muhojir va ansorlardan iborat ko‘zga ko‘ringan sahobalar bilan maslahat qildi. So‘ng Abu Bakr Siddiq shunday dedi: "Ey odamlar, albatta Alloh sizlarga islomni ne’mat qilib, berdi. Rumga yurish uchun tayyorgarlik ko‘ringlar. Albatta, men sizlarga boshliqlarni tayin qilaman. Robbingizga itoat eting. Boshliqlaringizga qarshi chiqmang. Albatta, Alloh taqvo qiluvchilar va chiroyli amal qiluvchilar bilan birga".
Shomga yuborilgan qo‘shinni, Bani Asfar va fors harbiyda murtadlar bilan sherikchilik va musohama (oldi-berdi) qilishlikdan qaytarildi.
Hazrati Umar bir kuni Abu Bakr Siddiqning oldiga bordi. U kishi og‘zini bog‘lab olganini ko‘rdi. Shunda Abu Bakr Siddiq: "Jim tur", degandek ishora qildilar. Birozdan so‘ng Abu Bakr Siddiq: "Albatta mana shu narsa(ya’ni til) meni halok qiladi", dedi. Aslida jannat bashorat qilingan va eng birinchi iymon keltirgan sahobalardan bo‘lishiga qaramasdan, bir qadami jannatda bo‘lsa ham, Alloh taoloning sinovi va shayton makridan o‘zini emin hisoblamasdi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:40:40
* * *

Abu Bakr Siddiq ulug‘ inson bo‘lib, ko‘pgina xislatlari bilan boshqa sahobalardan ajralib turardi. Bu xislatlari bilan ulardan ko‘ra baland cho‘qqiga ko‘tarila oldi. Buni quyidagilarda ham ko‘rish mumkin:
Iymon. Agar bu ummatning iymonini Abu Bakrning iymoni bilan o‘lchansa, Abu Bakr Siddiqning pallasi og‘irroq kelishini Rasululloh (s.a:v.) aytganlar.
Fidoiylik. U butun moli va jonini din yo‘lida tiqdi.
Qat’iyat va oqillik. Ayniqsa, zakot berishdan bosh tortgan va murtadlarga qarshi muhoraba qilishga qatiy turgan vaqtda bu narsa yaqqol ko‘zga tashlandi.
Tavoze’ va iffat. Xalifa bo‘lishdan oldin musulmonlarga rahmdil va mehribon bo‘lganidek xalifalik davrida ham tavoze’ va rahm-shafqatli bo‘lib qoldi.
Qur’onni jamlash. Yamoma kuni Qur’onni yod olgan qorilardan ko‘plari shahid bo‘ldi. Hazrati Umar Allohning kitobi yo‘q bo‘lib ketishidan qo‘rqardi. Xalifa oldiga kirib Qur’onni jam qilishni taklif qildi. Abu Bakr bu fikrni ma’qulladi. Mushafning jamlanishi tarixda Abu Bakr Siddiqning eng ulug‘ ishlaridan biri bo‘lib qoldi. Alloh u zotdan rozi bo‘lsin.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:47:09
* * *

Abu Baqr Siddiq Horis ibn Kalda bilan hadya qilingan bug‘da pishirilgan go‘shtdan yedi. Horis ibn Kalda aytdiki: "Bundan yemang, ey Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi, albatta u go‘shtga zahar qo‘shilgan. Ajalimiz bir kunda yetmasin".
Abu Bakr Siddiq qo‘lini taomdan tortdi. Ammo ikkalalari ham kasal bo‘lib qolishdi. Abu Bakr Siddiq o‘zida bir og‘riq qo‘zg‘alganini sezdi. Shunda uy ahillari: "Sizga tabib chaqiraylikmi", deb so‘rashdi. Abu Bakr Siddiq aytdi: "U meni ko‘rdi".
Asmo akasi Abdurahmonga tabib qachon keldi, unga kim xabar berdi, degandek qaradi. Abu Bakr Siddiq dediki: "Albatta, men xoxlaganimni qiluvchiman".
U rabboniy kishi edi. Bas, kasallik kuchaya boshlagach, u shunday dedi: "Mana, o‘lim haqqi rost yetib keldi (Ey inson), bu (o‘lim) sen qochuvchi bo‘lgan narsadir" (Qof surasi,19-oyat).
Abu Bakr Siddiq o‘limi yaqinlashganini sezgach, o‘zidan so‘ng bir kishini xalifalikka tayinlashni xohladi. U o‘lim bilan olishib turgan bir holda ham musulmonlarning fitna va iztirobdan uzoq bo‘lish tashvishini chekardi. U hazrati Umarning xalifa bo‘lishini xoxlardi. U vafotidan keyin Umar ibn Xattobni xalifa bo‘lishini kotiblariga yozdirib qoldirdi.
Vafot etishi yaqinlashganini sezib, oldida turganlarga: "Agar men vafot etsam, meni Nabiy alayhissalom dafn qilingan uyga olib boringlar. Eshiklari oldida turib: "Assalomu alaykum, yo Rasululloh, mana bu kishi Abu Bakr Siddiq sizdan izn so‘rayapti", deb aytinglar. Agar izn berilsa, meni oldilariga olib kiringlar va meni u joyga dafn qilinglar. Agar eshik ochilmasa, meni Baqi’ qabristoniga olib borib dafn qilinglar".
U kishi oxirgi nafasda: "Meni musulmon holimda vafot ettirgin, solih bandalaring qatoriga qo‘shgin", dedi.
Abu Bakr Siddiq vafot etganidan keyin aytganidek, u kishini Payg‘ambarimiz orom olayotgan uy oldiga olib bordilar.
Sahobalardan biri: "Assalomu alaykum, yo Rasululloh, sizdan Abu Bakr Siddiq izn so‘rayapti", dedi.
Eshik ochildi. Ichkaridan xotif ovoz berdi: "Habibni olib kiringlar, do‘st do‘stga mushtoqdir".
Abu Bakr Siddiq qizi Oisha roziyallohu anhoning hujrasiga dafn qilindi. U kishining boshlari Rasulullohning sallallohu alayhi vasallam ko‘ksilariga yaqin joyga qo‘yildi.
U kishi 2 yilu, 3 oyu 10 kun xalifalik qildi va hijratning 13-yili jumadul oxir oyining 8-kuni vafot etdi.
Abu Bakr Siddiq 63 yil umr ko‘rdi. Rasululloh (s.a.v.)ning ko‘rgan tushlari haq bo‘lib chiqdi va Abu Bakr Siddiqning qilgan ta’vili ham o‘z isbotini topdi. Chunki Abu Bakr Siddiq Rasul alayhissalom vafotlaridan ikki yarim yil o‘tgandan keyin boqiy dunyoga rixlat qildi. Alloh u kishidan rozi bo‘lsin.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:49:15
UMAR IBN XATTOB

Bani Maxzum qabilasining eng obro‘li kishilaridan biri Hishom ibn Mug‘iyra Maxzumiyning qizi Xontama fil voqaeasidan o‘n uch yil o‘tgandan so‘ng o‘g‘il ko‘rdi. O’g‘liga Umar deb ism qo‘ydi.
Bu Umar ibn Xattob ibn Nufayl ibn Abdul Uzzo ibn Raboh ibn Abdulloh ibn Qurt ibn Rizoh ibn A’diy ibn Ka’b ibn Lav’iy Qurashiydir.
Umar ibn Xattob johilona hayot kechirayotgan qavm orasida o‘sib-ulg‘aydi. Yoshligida bundan boshqacha hayotni tasavvur qilolmas, qavm nimani odat qilgan bo‘lsa, shunga taqlid qilar, qimor o‘ynar, sharob ichib, ko‘nglini xushlardi. U shijoatli, rostgo‘y, omonotdor va ixlosi bilan boshqalarning havasini keltirardi. Yoshligidan jasorati, shijoati va zakiyligi bilan tanildi.
Umar Qurayshning yoshlari kabi amakisining o‘g‘li Zayd ibn Amr ibn Nufaylning qo‘ylarini boqib voyaga yetdi. Zayd Ibrohim alayhissalom dinida bo‘lib, Umarni ham bir necha marta shu dinga undab ko‘rdi. Umar uning aytgan so‘zlarini o‘ylab ham ko‘rmadi. Chunki Zaydning mustaqil bir fikrga ega bo‘lmay boshqalarga taqlid qilish odati borligini bilardi.
Quraysh qabilasi o‘zaro yoki boshqalar bilan urishib qolsa, Umarni vositachi qilib jo‘natar edi. Agar obro‘ talashish yoki faxrlanish kabi ishlarda nizolashib qolsa, Umarni qabila obro‘sini himoya qilishi uchun qabilaning faxri sifatida hakam qilib jo‘natar edilar.
Shunday qilib johiliyat davrida hakamlik qilish bilan tanilgan Umar ibn Xattob o‘n sakkiz yoshga yetganda Valid ibn Mug‘iyra bilan safarga chiqdi. Umar Validning tuyasiga qarar, yuklarini ko‘tarar va matolarini qo‘riqlar edi. Ular birgalikda Al-Balqo (Iordaniya sharqiy qismida) degan joyga yetib kelishdi. Shu yerda Rum donishmandlaridan biri bilan hamsuhbat bo‘ldi. U kishi bo‘ylari uzun va qarashlari tetik bolaga tikilib turib, undan so‘radi:
- Ey bola, isming Omir yoki Imron bo‘lsa kerak, yoki shunga o‘xshash.
Ibn Xattob unga:
- Mening ismim Umar, - dedi. Rumlik kishi aytdiki:
- Soningni menga ko‘rsat-chi?
Umar sonini ochib ko‘rsatdi. Shu payt u kishi Umarning oyoqlarining birida kaftdek keladigan qora xolni ko‘rib qoldi.
Rumlik kishi unga yana buyurdi:
- Ey Umar, boshingni ham ko‘rsat-chi?
Umar bosh kiyimini olgan vaqtida boshida sochi yo‘q edi.
Rumlik kishi Umarning o‘ng qo‘lini ushlab ko‘rdi. U chapaqay bo‘lib, o‘ng qo‘lida yaxshi harakat qilolmasdi. Rumlik kishi qidirgan narsasini topganday xursand holda shunday dedi:
- Ma’suma Maryam haqqi, sen arablar podshosi bo‘lasan. Umar bu gapdan kulib, men arablar podshosi bo‘lamanmi?, deya ajablandi. U hali podshoh bo‘lishni tasavvur ham qilolmasdi. Rumlik kishi undan kulishini sababini so‘rab qat’iylik bilan aytdi:
- Ma’suma Maryam haqqi, albatta, sen arablarnint podshosi bo‘lasan. Rum va Forsning hukmdoriga aylanasan.
Rumlik kishi xachiriga minib, Umarning ortidan ergashdi. Valid ibn Mug‘iyra olib keltan molini sotib, puliga atir-upa va kiyim-kechak xarid qildi. Rumlik kishi Umarning orqasidan Makkagacha soyadek ergashib keldi. U boshqa savol bermadi. Rohib qaytayotganida podshohlar qo‘lini o‘pgandek, Umarning qo‘lini o‘pib qo‘ydi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:53:41
* * *

Alloh azza va jalla arab diyoriga hidoyat va haq dinni yubordi. Umar ibn Xattob Nabiy alayhissalomning bu dinga da’vag qilayotganini ko‘rdi. Da’vatni yetkazish yo‘lida Rasululloh alayhissalom va u kishining sahobalari qattiq qiyinchiliklarga uchryotganiga Umar loqayd qaray olmasdi. Qolaversa, rostgo‘ylarning rostgo‘yi bo‘lgan payg‘ambar alayhissalom duo qildilar: - Ey Allohim, islomni aziz qilgin, o‘zingga mahbub bo‘lgan ikki kishining biri bilan islomni aziz qilgin: Umar ibn Xattob yoki Amr ibn Hishom (Abu Jahl).
Umar bir kuni choshgoh paytida Ka’baga yo‘l oldi. U yerda tog‘asi Abu Jahl Amr bin Hishom Ka’baning oldida turib: "Ey Quraysh jamoasi, Muhammad olihalaringizni haqorat qilayati, sizni ahmoqqa chiqarayapti va o‘tgan salaflaringizni do‘zaxga tushadi, deb da’vo qilayapti. Ogoh bo‘linglar, kimki Muhammadni o‘ldirsa, yuzta qizil va qora tuya, ming uqiya kumush va falon, falon narsa oladi", deb xitob qilayotganini ko‘rdi.
Shunda Umar uning yaqiniga borib aytdiki:
- Men shuni qilaman. Qurayshliklar so‘rashdi.
- Sen uni o‘ldirasanmi, ey Umar? Umar ha, deb javob berdi.
Umar ibn Xattob Qurayshning ulug‘lari bilan bu ishni qilish uchun ahdlashdi. Rasulullohni tezroq qatl qilish ishtiyoqida qilichini osib kamonlarini yelkasiga tashlab, yo‘lga tushdi.
Umar ketayotgan vaqtida qavmidan bo‘lgan Nuaym ibn Abdulloh Nuhamni uchratib qoldi. U islomni qabul qilsa-da, qavmidan qo‘rqqani uchun musulmonligini yashirib yurardi. U Umarning ko‘zidan bir yomonlikni payqadi, uning yuzini g‘azab va nafrat o‘rab olganini sezdi. Nuaym so‘radi:
- Qaerga ketayapsan, ey Ibn Xattob? Umar yo‘lida to‘xtab:
- Men quraysh xalqini ajratgan, ulutlarini nodonga chiqarib, olihalarini haqorat qilgan bir sobiiyni o‘ldirmoqchiman. Nuaym ibn Abdulloh uni shashtidan tushirish maqsadida:
- Allohga qasamki, nafsing seni aldab qo‘yibdi. Agar sen Muhammadni o‘ldirsang, Bani Abdu Mannof bolalari seni yer yuzida yurishingga qo‘yib qo‘yadi deb o‘ylaysan-mi?- dedi.
U qanday bo‘lmasin Umarni Rasululloh alayhissalomga aziyat yetkazish fikridan qaytarishni o‘ylardi.
U Umarga:
- Sen oldin o‘z oilangga qaytib ularni tuzat, - dedi. Umar ibn Xattob o‘ylanib qoldi. Gap nima xususda ekanini tushunmasdan: - Qaysi oilam haqida gapiryapsan, -dedi.
Nuham ibn Abdulloh aytdi:
- Kuyoving Said bilan singling Fotima islomni qabul qildi. Muhammadning diniga o‘tishdi. Sen avval ikkovi bilan gaplashgin.
Umar ibn Xattob yo‘lidan qaytib, g‘azablangan holda singlisi Fotimaning uyiga qarab ketdi. Singlisi uyida Habob ibn Art kuyovi bilan singlisi Fotimaga Qur’on oyatlari bitilgan sahifa - Toho surasini o‘qib berayotgan edi. Shu payt Umarning daragini eshitib Habobni tahmon orqasiga yashirishdi. Singlisi Fotima oyat bitilgan sahifani bir joyga yashirdi. Umar uyga kirib darhol so‘radi:
- Pichirlab nimani o‘qiyotgan edilaring, men uni eshitdim.
Fotima bilan kuyovi: - Nimani eshitdintiz, shunchaki gaplashib o‘tiribmiz degandek hayron bo‘lishdi. Umar ibn Xattob aytdi:
- Menga ikkalangizni ham Muxammad diniga ergashganingiz xabari yetdi, - deya kuyovi Saidning yuziga bir musht tushirdi. Fotima erini himoya qilmoqchi bo‘lganida uni ham yuziga urib jarohat yetkazdi. Singlisi yuzidan qon oqdi. Fotima bilan kuyovi uning bu ishidan jahli chiqib, haqiqatni oshkor qilishdi:
- Ha, shunday biz islomni qabul qildik. Allohga va uning Payg‘ambariga iymon keltirdik. Jaholat botqog‘idan chiqib saodat yo‘liga kirdik, har xil toshlardan yasalgan but sanamlarga sig‘inishdan qutildik. Endi nima qilsang qil!
Umarning mushtidan keyin Fotimaning yuzidan oqayotgan qon uni achinarli ahvolga keltirib qo‘ygandi. Singlisining ahvoli unga qattiq ta’sir qildi. Qo‘rqib qaltirab turgan singlisini bag‘riga bosib oldingidan yumshab dedi:
- Hozirgina o‘qiyotgan sahifalaringni menga beringlar. Muhammad keltirgan narsa nima ekanini ko‘rmoqchiman.
Fotima binti Xattob akasidagi o‘zgarishni ko‘rib aytdiki:
- Uni sizga berishdan qo‘rqamiz. Umar ibn Xattob dedi:
- Lotga qasamki, qo‘rqma, men uni o‘qigandan keyin, albatta, qaytarib beraman.
Fotima binti Xattob akasining iymon keltirishidan umid qilib dedi:
- Ey akajon, bu Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ga nozil qilingan Allohning kitobidir, uni betahorat holda qo‘lga ushlab bo‘lmaydi.
Umar ibn Xattob o‘rnidan turib g‘usl qilib keldi. Shundan keyin singlisi Fotima qo‘lidagi sahifani unga berdi. Akasi sahifaga qarab shunday yozuvlarni o‘qiy boshladi: "Bismillahir rohmanir rohim. To, Ha. (Ey Muhammad alayhissalom), Biz sizga bu Qur’onni qiynalib jafo chekishingiz uchun emas, balki (Allohdan) qo‘rqadigan kishilarga pand-nasihat bo‘lsin uchun nozil qildik. (U) yerni va yuksak osmonlarni yaratgan Zot tomonidan nozil qilingandir. (U Zot) Uz Arshiga o‘rnashgan Rahmondir. Osmonlardagi, yerdagi va ularning orasidagi hamda tuproq ostidagi bor narsa Uningdir" (Toha, 1-6).
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 16:56:13
Umar bu oyatlarni o‘qirkan, birdan yuzini qo‘rquv egalladi va o‘z holiga qaytdi. Qalbini ajib bir muloyimlik o‘rab olayotganini his qilar singlisi va kuyovi esa bu holatni zo‘r hayajon va qo‘rquv bilan kuzatishardi. Umar hayrat va muloyimlik bilan dedi:
- Bu kalom naqadar go‘zal va ulug‘.
Buni eshitib turgan Habbob ibn Arat berkingan joyidan chiqdi, uning oldiga qo‘rqmasdan yaqinlashib aytdi:
- Allohga qasamki, ey Umar, Alloh azza va jalla seni tanladi. Rasululloh alayhissalomning da’vatiga seni tanladi. U zot ikki kishining haqqiga duo qilganlarini eshitdim. Rasuli akramning: "Allohim, o‘zingga mahbub bo‘lgan ikkisining biri bilan islomni aziz qilgin: Umar ibn Xattob yoki Amr ibn Hishom", deganlariga guvohman. Rasulullohning duolari sen uchun bo‘lgan deya umid qilaman.
Umar amakisining o‘g‘liga aytdiki:
- Ey Said, meni Muhammadning oldiga boshla, men Islomni qabul qilaman.
Xabbob ibn Arat Umarning so‘zi rost ekanini bildi va unga aytdi:
- Hozir u kishi bir qancha sahobalari bilan Arqamning hovlisida o‘tiribdi.
Umar qilichini olib, Arqamning hovlisiga qarab jo‘nadi. Uning hovlisiga kelib eshigini taqillatdi. Umarning ovozini eshitib Bilol ibn Raboh o‘rnidan turib borib eshik tirqishidan qaradi va Umarni ko‘rib shoshganicha orqasiga qaytdi.
- Yo Rasululloh, bu Umar ekan. Qilichi bilan kelibdi. Buni eshitib Hamza ibn Abdulmuttolib o‘rnidan qo‘zg‘aldi:
- Unga izn bering, agar yaxshilikni xohlab kelgan bo‘lsa, bizdan yaxshilik topadi. Agar yomonlikni xohlab kelgan bo‘lsa, qilichi bilan o‘zini chopamiz.
Bilol Umarning kirishi uchun eshikka borib ruxsat berdi. U eshikdan kirgach, to‘g‘ri Rasuli akram alayhissalomning oldilariga yo‘l oldi. Rasululloh o‘rinlaridan turib Umarni o‘tirishga taklif qildilar.
- Seni bu yerga nima keltirdi, ey Ibn Xattob, Allohga qasamki, senda johillik alomatlari nihoya topganini va Alloh senga yuborgan falokatni yo‘qolganini ko‘rayapman.
Umar ibn Xattob bir titrab aytdiki:
- Yo Rasululloh, men oldingizga Allohga va uning rasuliga, Alloh huzuridan kelgan narsaga iymon keltirgani keldim.
Nabiy alayhissalom takbir aytib yubordilar. Chunki Rasulullohning kechalari Robbisiga qilgan duolari ijobat bo‘lgan edi. Mana shu kundan boshlab Islom Umar bilan yanada shuhrat topadi, musulmonlarning kuch qudrati ortadi.
Hovlidagi barcha musulmonlar Umar ibn Xattob islom diniga kirganidan quvonishdi. Nabiy alayhissalom unga qarab dedilar:
- Alloh seni hidoyatga boshladi.
Umar ibn Xattob islomga kirganini e’lon qilishni istadi. Shu yerda turgan jamoatdan so‘radi:
- Bu xabarni qaysi bir qurayshlik yetkazadi? Ba’zi sahobalar aytishdi:
- Jamil ibn Muammar.
Umar ibn Xattob Arqamning hovlisidan chiqib, odamlardan Jamil ibn Muammarni so‘rab topdi. Umar unga:
-Men dinimni o‘zgartirdim, - dedi.
Jamil ibn Muammar ishonmasdan so‘radi:
- Sen diningni o‘zgartirdingmi? -Ha.
Jamil ovozini baland qilib qichqirdi:
- Ey xaloyiq, ogoh bo‘ling, Umar ibn Xattob boshqa dinga o‘tibdi.
Uning orqasida turgan Umar gapini tuzatib dedi:
- Yolgon aytyapti, men islom diniga kirdim va Allohdan boshqa hech qanday iloh yo‘q, Muhammad Allohning Rasuli ekaniga iymon keltirdim.
Odamlar Umarni o‘rab oldi. Ular bilan bir-birini o‘ldirib qo‘ygudek darajada tortishdi. Hatto quyosh chiqib tepaga keldi. Charchab o‘tirib qolgan Umarning teppasiga makkalik mushriklar kelishdi. Shunda ularga qarata dedi:
- Nima qilsalaring qilinglar. Biz uch yuz kishi bo‘lsak ham Makkadan yo biz chiqib ketamiz, yo sizlar chiqib ketasiz.
Ular bir-birlari bilan munozara qilib turgan mahal Umarning tog‘asi Os ibn Voil Sahmiy qaydandir paydo bo‘lib qoldi.
U gap nimada ekanligini tushunmay nima qilyapsizlar, deb so‘radi. Odamlardan biri dedi:
- Umar dinini o‘zgartirdi. Os ibn Voil dediki:
- Bas qilinglar, har kim o‘ziga bir ishni ixtiyor qilsa, nimayam qilasizlar? Birodarlaringiz Bani Odiy qabilasi xuddi shunday islomga kirayotganini ko‘rmayapsizlarmi? Umarni o‘z holiga qo‘yinglar.
Mushriklar xuddi Umarni tilka-pora qilib tashlaydigandek o‘qrayib tarqaldi.
Hamza ibn Abdulmuttalib islom diniga kirgandan so‘ng uch kun o‘tib Umar islomni qabul qildi. Bu paytda islomni qabul qilgan musulmonlar soni» bor-yo‘g‘i o‘ttiz to‘qqiz nafar edi.
Shundan so‘ng Umar tog‘asi Abu Jahlning eshigini taqillatdi. U tog‘asining Rasululloh alayhissalomga Makka ahlining ichida eng katta dushman ekanini bilardi.
Ichkaridan, kim u, degan ovoz keldi. Umar ibn Xattob
-man, dedi.
Abu Jahl tanish ovozdan xursand bo‘lib, uni uyiga taklif qildi:
- Xush kelibsan, ey jiyan, bir ish bilan keldingmi? Hazrati Umar darhol muddaoga ko‘chib qo‘yaqoldi:
- Sizga bir xabarni aytgani keldim.
Abu Jaxl ichida, Umar Muhammadni o‘ldirgan bo‘lsa, bu yerga yuzta urg‘ochi tuya so‘rab kelgan, degan o‘yga bordi. Jiyanining bu tashrifidan xursandligini bildirish uchun:
- Nima xabar?- deya so‘radi.
- Men dinimni almashtirdim.
- Shunday qildingmi? -Ha.
Abu Jahl bir oz o‘ylanib turib aytdi:
- Bunday qilolmaysan.
Hazrati Umar tog‘asi ishonmayotganini sezib:
- Men Allohga va Muhammad Uning rasuli ekaniga iymon keltirdim. U keltirgan narsalarni tasdiqladim, -dedi.
Abu Jahl o‘zini ichkariga olib eshikni yopa turib aytdiki:
- Alloh seni ham, olib kelgan xabaringni ham mendan uzoq qilsin.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 17:18:13
* * *

Umar ibn Xattob islomni qabul qilganidan keyin Jabroil alayhissalom Rasuli akram alayhissalomning huzurlariga tushib:
- Ey Muhammad, osmon ahli Umarning islomga kirganidan xursand bo‘lishdi, - dedi.
Musulmonlar Umar islomni qabul qilgunga qadar Baytul Haromda tinch va xotirjam holda namoz o‘qiy olmas edilar. Hazrati Umar aytdi:
- Ey Allohning rasuli, biz tirik qolsak ham, halok bo‘lsak ham haq emasmizmi?
Rasuli akram alayhissalom bunga javoban aytdilar:
- Ha, shunday, nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, sizlar tirik holda ham, o‘lgan holda ham to‘g‘ri yo‘ldasizlar.
Umar ibn Xattob buni eshitib:
- Unda nimadan berkinamiz? Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, men endi qaysi bir majlisda mushriklar bilan birga o‘tirib qolsam, qo‘rqib-pisib yurmasdan, Islomni oshkora yetkazaylik. Ka’bada namoz o‘qib islomning buyukli gini ko‘rsataylik. Sizni haq bilan yuborgan zotga qasamki, bugundan boshlab hech kim Allohga yashirin holda ibodat qilmaydi, - dedi.
Rasul alayhissalom sahobalari ikki saf bo‘lib chiqdilar. Hazrati Hamza bir saf boshida, Umar ibn Xattob yana bir safning boshida borar, qilichini chiqarib baland ovoz bilan shunday der edi:
- Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad Uning rasulidir. Rasululloh alayhissalom sahobalari Masjidul Haromga kirishdi. Ka’bani tavof qilishdi. Tinch xotirjam holatda namoz o‘qib qaytishdi.
Buni ko‘rib mushriklar qalbini qahr-g‘azab va qayg‘u egalladi. Bir-biriga past ovozda pichirlab aytishdi:
- Bu qavm (musulmonlar) bizdan insof qilishni so‘rayapti.
Rasululloh alayhissalom qaytganlaridan so‘ng Hazrati Umarga shunday xushxabarni aytdilar:
- Batahqiq, sen haq bilan botil orasini ajratding, ey Foruq.
Umar islomni qabul qilgan vaqtda 26 yoshli yigit edi. Foruq musulmon bo‘lganini oshkora qilgan birinchi sahobiy bo‘ldi va uning bu dinga kirishi musulmonlar uchun katta yordam va xursandchilik bo‘ldi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 17:20:31
* * *

Yasribliklar Payg‘ambarimiz alayhissalom oldilariga kelib, u kishini himoya qilish va hijrat qilgan musulmonlarga yordam berish uchun bay’at bera boshladi. Shundan so‘ng Nabiy alayhissalom ashoblariga Makkadan Yasribga hijrat qilish uchun ruxsat berdilar. Ansoriylar muhojirlarni o‘z birodarlaridek qarshi oldilar. Bu birodarlik shu darajada ediki, muhojirlar ularning uyida o‘zlarini o‘z uyidek, shahrida o‘z shahridek emin-erkin his qildilar.
Rasululloh alayhissalom qurayshliklar sezib qolmasligi uchun yashirin holda yo‘lga chiqdilar.
Lekin Umar bunday qilmadi. U Yasribga hijrat qilishdan oldin Quraysh boshliqlari oldiga borib, bir o‘zi hijrat qilishini ko‘pchilik oldida ochiqdan-ochiq e’lon qildi. Go‘yoki u bu bilan Yasribga hijrat qilishdan oldin ularni ogohlantirib qo‘yayotgandek edi. Umar qilichini taqib, sadog‘ini yelkasiga osdi. Quraysh sayyidlari oldidan o‘tib, Ka’baga bordi. Yetti marta tavof qilib maqo-mi Ibrohimda ikki rakat namoz o‘qidi. So‘ng ular to‘planib turgan joyga borib shunday dedi:
- Qaysi biringiz onasini farzandidan ayirishni yoki farzandi yetim, xotini beva bo‘lib qolishini istasa, mana bu vodiyning orqasida menga uchrasin.
Shundan so‘ng Umar Yasrib tarafga ketdi. Uning orqasidan biron kishi borishga jur’at qilmadi.
Umarul Foruq musulmonlarning e’tiborli kishisiga aylandi. Muhojirlar va ansorlarning hurmat-ehtiromiga birday sazovor bo‘ldi. Albatta Umarning shaxsiyatida shunday hurmat-e’tibor va izzat-ehtiromga loyiq jihatlar juda ko‘p edi. Agar u ko‘rinmay qolsa, musulmonlar xavotirga tushar, hozir bo‘lsa, ko‘zlar sevinchga to‘lar va qalblar xotirjam bo‘lar edi. Umar Payg‘ambarimizning eng yaqin kishilaridan biriga aylandi. Go‘yoki u Nabiy alayhissalomning soyalaridek edi, desak xato bo‘lmaydi. Umarul Foruq Rasululloh alayhissalomga qarab, so‘zlarini eshitib to‘ymas, sahobalar ichida u kishiga eng ish tiyoqmand kishi bo‘lib qoldi.
Rasululloh alayhissalom aytdilarki:
- Alloh haqni Umarning tili va qalbiga joyladi. Yana Nabiy alayhissalom dedilarki:
- Alloh Umarga rahm qilsin, u haqni gapiradi, bir ishni qilsa, haq uchun qiladi va bir ishni tark qilsa, haq uchun tark etadi. Bundan boshqasi emas.
Hazrati Umar Habibimiz alayhissalom bilan birga Badr va Uhud jangida ishtirok etdi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 17:21:10
Bir kuni Umar ibn Xattob ba’zi sahobalar bilan Imomul xayr alayhissalom huzurlarida o‘tirgan edi. Oldilariga kiyimiga gard qo‘nmagan, sochlari qop-qora bir kishi keldi. Safar alomatlari ham bilinmaydigan bu kishini Rasulluloh alayhissalom ashoblaridan hech birlari tanimadi. U kishi Rasululloh alayhissalomning to‘g‘rilariga kelib o‘tirdi. Tizzalarini tizzalariga tekkizib, ikki qo‘lini ikki sonlari ustiga qo‘yib so‘radi:
- Ey Muhammad, Islom nima? Mustafo alayhissalom dedilar:
-Allohdan o‘zga iloh yo‘q deb guvohlik berishing va men Allohning elchisi ekanimga iymon keltirishing, namoz o‘qishing, zakot berishing, ramazon ro‘zasini tutishing va qodir bo‘lsang Baytullohni ziyorat qilishingdir.
U kishi:
- To‘g‘ri aytding, - dedi.
Payg‘ambarimiz alayhissalom sahobalari xotamul anbiyodan savol so‘rab, yana o‘zi tasdiqlayotgan bu kishiga ajablanib qarashdi.
U kishi yana so‘radi:
- Ey Muhammad, iymon nima?
Hodiyul bashir zot alayhissalom aytdilar:
- Allohga va Uning farishtalariga, payg‘ambarlariga, kitoblariga qiyomat kuniga, yaxshilik va yomonlik Allohdan ekaniga iymon keltirmog‘ing.
U kishi yana, to‘g‘ri aytding, deb tasdiqladi. Suhbatni kuzatib turgan sahobalar yana ajablanishdi. U kishi yana so‘radi:
- Ey Muhammad, ehson nima?
Olamlarga rahmat uchun yuborilgan zot javob berdilar:
- Allohni ko‘rib turgandek ibodat qilmog‘ing, agar sen uni ko‘rmasang ham albatta, U seni ko‘rib turadi.
- Qiyomat vaqti qachon?-deb so‘radi haligi kishi. Havodan olib gapirmaydigan zot alayhissalom shunday dedilar:
- U haqda so‘ralayotgan kishi so‘rovchidan bilguvchiroq emas.
U kishi aytdiki:
- Uning alomatlari bormi?
- Cho‘ri o‘z xojasini tug‘ishi, och, yalang‘och, kambag‘al va cho‘ponlarning bir-biridan o‘zish uchun imorat qurishi.
Ushbu savollarni bergan kishi turib ketganidan so‘ng Rasululloh alayhissalom Umar ibn Xattobdan so‘radi:
- Bu kishi kimligini bilasanmi?
Hazrati Umar o‘zi savol berib, o‘zi tasdiqlagan kishining kimligini bilmas, oldin ham u zotni ko‘rmagan edi.
U aytdiki:
- Alloh va Uning rasuli biluvchiroq.
Xotamul anbiyo alayhissalom - U Jabroil edi. Sizga diningizdan ta’lim bergani keldi, dedilar.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 17:21:59
* * *

Bir quni Rasululloh alayhissalom Foruqning oppoq ko‘ylak kiyib yurganini ko‘rib so‘radilar:
- Kiyiming yuvylganmi yoki yangimi?
- Yuvilgan,- deb javob berdi.
Ulug‘ xulq sohibi bo‘lgan zot alayhissalom aytdilar:
- Yangisini kiy, maqtovli holda yasha va shahid holda vafot qil.
Yangi ko‘ylak kiyganda Umar: "Menga avratimni berkitadigan kiyim kiygizgan va xilqatimni chiroyli qilgan Allohga hamdlar bo‘lsin", der edi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 17:23:42
* * *

Umar Xandaq kuni va Hudaybiya sulhini tuzishda Nabiy (s.a.v.) bilan birga edi.
Umar ibn Xattob bir kuni Rasulullohning huzurlarida Quraysh ayollarining ko‘p savol so‘rab ovozlarini baland qilib gapirayotganini qo‘rib qoldi. Ular Umarning ovozini eshitib, o‘zlarini panaga olib jim qolishdi. Bu holni ko‘rib Xotamul anbiyo (s.a.v.) tabassum qildilar.
Umar:
- Ey nafsining dushmanlari, Rasulullohdan qo‘rqmay, mendan qo‘rqyapsizlarmi? - dedi.
Allohning elchisi (s.a.v.) aytdilar:
- Ey Umar, agar yo‘lda shayton senga duch kelib qolsa, yo‘lini o‘zgartirib boshqa yo‘ldan ketgan bo‘lardi.
Rasululloh (s.a.v.) Umar ibn Xattobni otasining nomi bilan qasam ichganini eshitib aytdilar:
- Albatta, Alloh ota-bobolaring nomi bilan qasam ichishdan qaytardi.
Abu Hafsa deydi:
- Bu so‘zni eshitganimdan so‘ng hech qachon bunday qasam ichmadim.
Bir kuni peshin payti Rasululloh (s.a.v.) masjidga xursand holda kirib keldilar. U yerda sahobalar o‘tirishgan edi. Rasululloh (s.a.v.) Umarga qarab dedilar:
- Men bugun tushimda ko‘ylak kiygan kishilarni ko‘rdim. Ularning kiyib olgan kiyimlari ko‘kraklariga ham yetmas, ba’zilariniki esa undan ham teparoqda edi. Keyin Umarni ko‘rdim. Uning ko‘ylagi yergacha yetib turardi.
Sahobalar so‘rashdi:
- Uni qanday ta’vil qilasiz, yo Rasululloh? Havodan olib gapirmaydigan Rasuli akram aytdilar:
- Dinga yo‘ydim.
Albatta, Umar islomni mukammal ushladi. U kishi "rido"sini kiyganida boshdan-oyoq berkitar edi. Shundan so‘ng Xotamul anbiyo (s.a.v.) aytdilar:
- Men bir kuni tush ko‘rdim. Tushimda menga bir qadah sut berildi. Undan ichganimda tirnoqlarimga qadar oqib borganini sezdim. Shundan so‘ng o‘zimdan ortib qolganini Umarga berdim.
Rasulullohdan so‘rashdi.
- Buni nima deb ta’vil qildingiz, yo Nabiyyulloh. Abul Qosim (s.a.v.) aytdilar:
- Ilmga yo‘ydim.
Umar ibn Xattob Hotamul anbiyo (s.a.v.) bilan Umraning qazosida, Makka fathida, Hunayn g‘azotida va Toif qamalida birga qatnashdi.
Bir kuni Umarul Foruq Rasululloh alayhissalomning haj qila olmasliklari ma’lum bo‘lganidan so‘ng, umra qilishga izn so‘radi. Nabiy alayhissalom izn berib aytdilar:
- Ey birodarim, duo qilganingda bizni unutma. Aziz birodar, qarang butun olamga rahmat qilib yuborilgan zot Umarga shunday deb turibdilar. Alloh u zotning avvalgi-yu oxirgi gunohlarini kechirib qo‘ygani holda Umarning Ka’ba oldidagi duosiga nima muhtojligi bor?
Umar qachon bu so‘zni eslasa: "Bu dunyoda men uchun eng sevimli narsa menga u zotning: "Ey birodar", degan so‘zlaridir", derdi.
Ha, bu so‘z butun bashariyat sayyidi tarafidan odamlar bir-biriga o‘zaro birodar ekanini tasdiqlovchi muborak shahodatdir. Ana shu so‘z Umarning ulug‘ligiga ham dalolat qiladi. Umar shu birodarlik ahlidandir.
Umarul Foruq bahs-munozara qilishga muhtoj bo‘lgan ishlarda tortishar, ba’zan hukmini bilmaydigan ishlar bo‘lsa, darhol hukm chiqarmas, faqat Nabiy alayhissalom keltirgan hukmlar bilan qanoatlanuvchi edi.
Umar ibn Xattob Ka’badagi Hajarul asvadni o‘pib, xuddi unga xitob qilayotgandek dedi:
- Sen foyda ham, zarar ham bermaydigan oddiy toshsan. Allohga qasamki, Rasululloh alayhissalom seni o‘pganlarini ko‘rmaganimda seni o‘pmas edim.
Bir kuni choshgohda Rasululloh (s.a.v.) masjidda ba’zi sahobalar bilan o‘tirganlarida shunday dedilar:
- Tushimda jannatda yurganimni ko‘ribman, bir ayol shu yerdagi qasr yonida tahorat olardi. Men undan: "Bu qasr kimniki", deb so‘radim. "Umarniki", deb javob berdi. Shunda men seni rashkchi ekaningni eslab, darrov ortimga burildim.
Umar ibn Xattob yig‘lab dedi:
- Sizdan ham rashk qilamanmi, ey Allohning rasuli?
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 17:25:03
* * *

Umar ibn Xattob Toifdagi Ajz degan joyda musulmonlar qo‘shiniga amir bo‘lib borgan va Tabuk g‘azotida Nabiy (s.a.v.) bilan birga hamrohlik qildi.
Kunlardan birida Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalom bilan suhbat qurib o‘tirganlarida Foruq masjidga kirib keldi. Jabroil (a.s.) aytdilar:
- Bu sening birodaring Umar ibn Xattob emasmi? Rasululloh (s.a.v.) aytdilar:
- Ha, mening birodarim. Yerda bo‘lganidek osmonda ham ismi bormi?
Jabroil (a.s.) aytdilar:
- Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, uning ismi osmonda yerdagidan mashhurroqdir. Uning ismi osmonda Foruq, yerda esa Umardir.
Kunlarning birida Rasululloh alayhissalom Qubo masjidiga Abu Bakr, Umar, Usmon ibn Affon va Ali (r.a.)lar bilan birga bordilar. Masjidda ba’zi ansoriy va muhojir sahobalar bor ekan. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar:
- Sizlar mo‘minmisizlar?
Qavm jim bo‘lib qoldi. Xotamul anbiyo yana so‘radilar:
- Sizlar mo‘minmisizlar?
Umar ibn Xattob aytdi:
- Yo Rasululloh, albatta, ular mo‘mindirlar, men ham ulardanman.
Rostgo‘ylarning rostgo‘yi Payg‘ambar alayhissalom aytdilarki:
- Qazoyi qadarga iymon keltirasizlarmi?
Ular: "Ha", deb javob berishdi. Nabiy (s.a.v.) aytdilar:
- Balo va musibatlarga sabr qilasizlarmi? Ular yana: "Ha" deb javob berishdi. Yaxshiliklar imomi (s.a.v.) aytdilar:
- Ne’mat va yaxshilikka shukr qilasizlarmi? Ular tag‘in: "Ha", deyishdi.
- Ka’baning Rabbiga qasamki, ular mo‘mindirlar. Mo‘min kishi mana shunday bo‘ladi. Foruq hamma vaqt sabr qiluvchi, shukr qiluvchi va rozi bo‘luvchi bandalar-dan bo‘lgan.
Umar ibn Xattob Hajjatul vado’ kuni Rasululloh bilan birga bo‘ldi. Rasululloh (s.a.v.) Makkadan Madinaga qaytganlaridan so‘ng kasal bo‘lib yotib qoldilar. Keyin ruhlari Rofiqul A’lo sari yo‘l oldi. Umar ibn Xattob bundan juda qattiq qayg‘uga botdi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 17:54:24
* * *

Umar ibn Xattob Rasulullohning (s.a.v.) xalifasi Abu Bakrni eng og‘ir va qiyin vaziyatda himoya qildi. Bu vaqtda musulmonlar Rasululloh vafotidan mahzun holatga tushib nima qilishlarini bilmasdan, es-hushlarini yo‘qotib qo‘ygandi. Rasulullohning vafotlari musulmonlarni shunday holga keltirib qo‘ygan edi. Foruq birinchilardan bo‘lib Abu Bakr Siddiqga bay’at berdi. Boshqa musulmonlar ham unga ergashib, Abu Bakrga bay’at berishdi.
Abu Bakr u bilan qiyin paytlarda maslahatlashar, hattoki biror ishni qilishni xohlasa, uning fikriga qarar edi. Ayrim kishilar Abu Bakrning oldiga borib: "Allohga qasamki, bilmay qoldik, xalifa senmi yoki Umar?" deb so‘rar edi. Siddiq aytardiki:
- Agar u buni xohlasa (kifoya).
Abu Bakr Umarni musulmonlarga qozi etib tayinlanganidan keyin u kishining davlat ishlarida yordam beradigan va maslahat qiladigan vaziriga aylandi. Umar Islom xalifaligining eng obro‘li kishilaridan biri hisoblanib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham u bilan maslahatlashib turar edilar.
Aqro ibn Tamimiy va Uyayna ibn Hasson Firoziylar qabila ahliga so‘zi o‘tadigan boy kishilar bo‘lib, Nabiy alayhissalom davrlarida bir muncha imtiyozlarga ega edilar. Bir kuni ular Abu Bakrning oldiga kelishdi va:
- Ey Rasulullohning xalifasi, bizning qabilada bir yer bor, u yer sho‘r, na o‘t-o‘lan o‘sadi, na undan boshqa foyda bor. Rasululloh (s.a.v.) ham bizga o‘z ulushlarimizni berib turar edilar. Agar ma’qul ko‘rsangiz, shu yerni bizga ajratib bering, - dedilar.
Abu Bakr bunga ijozat berib, yerni ikkoviga xatlab berdi. Bir qancha kishini guvoh qildi. Bu guvoxlar ichida Umar ibn Xattob yo‘q edi. Aqro bilan Uyayna Foruqning uyiga borishdi. Umarga o‘sha qog‘ozni ko‘rsatishdi. Hazrati Umar uni o‘qiy turib, qo‘liga tupirdi-da qog‘ozdagi yozuvlarni o‘chirib tashladi. Aqro bilan Uyaynaning bundan jahli chiqib aytishdi:
- Allohga qasamki, biz bilmay qoldik, qaysi biringiz xalifa, umi yoki sen?
Umarni yomon so‘zlar bilan haqorat qilishdi. Foruq shunda aytdi:
- Rasululloh (s.a.v.) sizlar bilan birodar va ittifoq bo‘lgan vaqtda musulmonlar kuchsiz va ozchilik edi. Sizlarni Islomga muhabbati oshsin degan maqsadda rag‘batlantirib turar edilar. Endi Alloh Islomni aziz qildi. Jo‘nanglar, boshqa qo‘ringmanglar. Allohdan qo‘rqinglar va Uning haqlariga rioya etinglar.
Aqro ibn Habis bilan Uyayna ibn Hasson Abu Bakrning oldiga borib, Umardan norozi bo‘lganini aytishdi:
- Allohga qasamki, biz bilmay qoldik, senmi xalifa yoki umi?
- Agar u xohlasa, bunga loyiq.
Abu Hafsa (r.a.) bundan g‘azablandi va Abu Bakrning oldiga kelib so‘radi:
- Siz bo‘lib bergan yer kimniki ekanini menga ayting, u siznikimi yoki musulmonlarnikimi?
- Albatta, musulmonlarniki.
- Unda bu yerni ikkalasiga berishga sizni nima majbur qildi?
- Men oldimdagilar bilan maslahat qildim va ular menga shu maslahatni berishdi, senga shuni yetkazdim. Albatta, sen bu masalada mendan biluvchiroq ekansan. Sen haqsan.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 17:55:22
* * *

Abu Bakr Siddiq kasal bo‘lib yotib qoldi. Shunda maslahat uchun Abdurahmon ibn Avf bilan Usmon ibn Affonni chaqirib Umar ibn Xattobni" xalifa etib tayinlashini bildirdi. Ularning ikkisi ham Abu Bakrning bu fikrini ma’qulladilar. Shundan so‘ng Abu Bakr Usmon ibn Affonga Umarning xalifa bo‘lgani haqidagi qarorni yozib qo‘yishni buyurdi va hazrati Umarga odam yuborib bunday dedi:
- Ey Umar, sen yoqtirmaydigan narsa yomondir va sen yoqtiradigan narsa yaxshidir. Ba’zi yomon ko‘rilgan narsa yaxshilikni yomon ko‘rsatib, yomonlikni yaxshi ko‘rsatadi.
Umar ibn Xattob aytdiki:
- Menda bu narsaga hojat yo‘q. Xalifa bo‘lishni xohlamayman.
- Lekin ularning senga hojatlari bor.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 17:56:42
* * *

Abu Bakr (r.a.) vafot etgach, musulmonlar Foruqga bay’at berdilar. Bu vaqtda Hazrati Umar 55 yoshda edi. Umar ibn Xattobga bay’at berib bo‘lishgandan keyin musulmonlardan so‘radi:
- Abu Bakrni Rasulullohning xalifasi deb chaqirardik. Meni qanday chaqirasizlar?
- Biz seni Rasululloh xalifasining xalifasi deb chaqiramiz.
- Rasulullohning xalifasining xalifasi... bu juda uzun. Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba Saqafiy boshqa fikrni taklif qildi:
- Sen amirimizsan, biz mo‘minlarmiz, sen esa amirul mo‘mininsan.
Mug‘iyra ibn Sho‘‘baning taklifini barcha musulmonlar birdek ma’qullashdi.
Umar ibn Xattob birinchi bo‘lib amirul mo‘minin nomini oldi. Bu voqea hijratning 13-yili jumodul oxir oyiga to‘g‘ri keladi.
Amirul mo‘minin Umar Abu Bakrning uyiga bordi. U kishining ayoli Asmo binti Amiysdan so‘radi:
- Abu Bakr Rabbiga qanday ibodat qilardi, o‘z nafsiga qanday muomalada bo‘lardi?
Asmo binti Amiys aytdi:
- U kishi sahar vaqti turar, tahorat qilib namoz o‘qirdi. Namoz o‘qiy turib, yig‘lab Qur’on tilovat qilardi, yig‘lab sajda qilardi va yig‘lab duo qilardi. Shu vaqtda uyning ichi va tashqarisida yangi pishirilgan jigar hidi ufurib ketardi.
Umar yig‘lab aytdi:
- Ey Ibn Xattob, sen unga o‘xshaysanmi? Batahqiq Abu Bakr Siddiq ibodat qilishda, uning ahkomlari va yo‘l-yo‘rig‘ida rabboniy kishi bo‘lgan. Vaholanki, hazrati Umar ham xuddi Alloh azza va jallani ko‘rib turgandek ibodat qilardi.
Agar amirul mo‘minin yaxshi rohat va farog‘atda yashashni xohlasa va muboh ne’matlardan bahramand bo‘lishni istasa, albatta, buni qilar va hech kim unga mone’ bo‘lolmas edi. Islom dini va musulmonlarning kuch qudrati, shon shuhrati va rivojlanishi uchun qilgan xizmatlari bilan bunga loyiq edi. Lekin nafsini yengib, oddiylik va faqirona yashashni ixtiyor qildi.
Umarul Foruq nafsini tergab yashar, ozgina uxlar, quvvat bo‘ladigan darajada ozgina ovqatlanar, dag‘al kiyim kiyar edi. Ahli oilasi uning bu holiga rahmi kelib aytardi:
- O’zingizga rahm qiling. Biroz uxlab oling,- desa Umar aytardi:
- Agar kechasi uxlasam, nafsimni halok qilaman, kunduzi uxlasam ra’iyatni halok qilaman.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 17:57:36
* * *

Sa’d ibn Abu Vaqqos Kisro podshohligiga qarashli shaharlar va hududlarni fath qildi. Kisroning kiyim va bisotlarini Rasulullohning shahriga yubordi. Umar ibn Xattob bu narsalarga qarab shunday dedi:
- Bu qavm oldin hukmdor edi, endi esa xor bo‘ldi. Amirul mo‘minin Umar Kisroning kiyimlari va nafis javohirlar bilan bezatilgan tojiga qaradi. Kisroning qilichi qabzasidan tutib aytdi:
- Kisroning qilichini o‘ziga zarar qilib, manfaatli etmagan Allohga hamd bo‘lsin.
Shunda amirul mo‘minin tabassum qildi. Balki uning tabassum qilishiga sabab, yoshligida uchragan rumlik kishining: "Sen hali arab, rum va forsning hukmdori bo‘lasan", degan so‘zlarini eslagandir.
Umar hovlisiga kirganida yamoq solingan kichkina gilamchaga ko‘zi tushdi. U bir quloch chiqar yoki chiqmas edi. Ayolidan so‘radiki:
- Mana bu senikimi?
- Abu Muso Ash’ariy uni bizga hadya qildi.
- Abu Muso? Bu narsani menga keltiribdimi? Abdulloh ibn Qays uning uyiga oldinroq yetib bordi.
Umarning yuzini g‘azab buluti o‘rab olganini ko‘rdi. Sarosimaga tushib dedi:
- Shoshilmang, amirul mo‘minin.
Foruq gilamchani Abu Musoga qarab otdi va:
- Buni menga hadya etishga nima majbur qildi? Buni ol, bizning unga hojatimiz yo‘q- dedi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 17:58:28
* * *

Umar xutba o‘qiladigan joyda turib so‘radi:
- Agar men sizlarga adolat qilishdan boshimni bursam, nima deb javob qilasizlar?
Bir kishi aytdiki:
- Agar shunday bo‘lsa, qilich bilan tuzatamiz. Amirul mo‘minin Umar aytdiki:
- Mendek obro‘li kishini-ya?
- Ha, sizday obro‘li amir bo‘lsa ham.
Abu Hafsa xursand bo‘lib dedi:
- Alloh rahm qilsin. Orangizda meni egri yo‘ldan qilichi bilan to‘g‘irlab turadigan kishilarni yaratgan Allohga hamd bo‘lsin.
Binobarin, Foruqni ham Rasulullohning sahobalari yaxshilikka buyurib, yomon ishlarni qilmaslikka ogohlantirib turar, lekin bundan Umar g‘azablanmas va ularga shunday deb aytardi:
- Ayblarimni yuzimga aytgan kishilarga Allohning rahmati bo‘lsin.
Ka’bul Axbor amirul mo‘mininning majlisiga keldi. (U kishi yahudiy olimlaridan bo‘lib, islomni qabul qilgan edi.) Foruq u kishiga dedi:
- Menga o‘lim haqida aytib ber.
Ka’bul Axbor o‘limni sifatlab shunday dedi:
- O’lim xuddi bir kishining ichiga kirgan g‘ujanak tikanga o‘xshaydi. So‘ng bu tikanni bir kishi qattiq tortadi. Shu tikandan uzilgani uzilib, qolgani qolib ketadi.
Foruq o‘limni doim eslab yurar, qudratli va jabbor Zotniyag xuzuriga borganda bo‘ladigan savol javobdan juda qo‘rqardi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 17:59:39
* * *

Umar roziyallohu anhu tanqid va qarshi fikrdan qo‘rqmas, shu ikkisini o‘z o‘rnida yo‘lini yoritadigan mash’ala sifatida qabul qilardi. Hazrati Umar bir kuni minbarga ko‘tarilganlaridan so‘ng shunday dedi:
- Endi ayollar mahrini qirq uqiyadan ziyoda qylmanglar. Kimki shundan ziyoda qilsa, ortiqchasi baytul molga o‘tkaziladi.
Musulmonlar orasida o‘tirgan bir ayol turib aytdi:
- Bunday qilishga haqqing yo‘q, ey amirul mo‘minin.
- Nima uchun? Ayol shunday dedi:
Chunki eshituvchi va Olim Zot Alloh: "Agar bir xotinnn qo‘yib, boshqa bir xotinga uylanmoqchi bo‘lsangizlar, avval-gnsiga sanoqsiz molu dunyoni (mahr qilib) bergan bo‘lsangiz-da undan biron narsani qaytarib olmangazlar! Uni olish bo‘hton va ochiq gunoh bo‘lgan holida olasizlarmi?" (Niso, 20) degan.
Ayolning bu so‘zlaridan Faruq g‘azablanmadi, unga zug‘um ham qilmadi. Balki qat’iylik bilan dedi:
- Ayol to‘g‘ri aytdi, Umar xato qildi.
Umar shiddati va qattiq qo‘lligiga qaramasdan, erkak yoki ayolning og‘ziga "qapqoq" qo‘ymasdi. Balki hammasini o‘z fikrini shijoat bilan bildira olishga qo‘yib berardi.
Choshgoh vaqtida Umar ibn Xattob musulmonlar bilan gaplashib o‘garganlarida bir kishi Hazrati Umarning so‘zini bo‘lib:
- Allohdan qo‘rq, ey Umar, - dedi. Foruq unga hech narsa demadi. Lekin majlisda o‘tirganlardan biri haligi kishiga do‘q qilib dedi:
- Ovozingni o‘chir, amirul mo‘mininga ham shunday deysanmi?
Oddilligi va haqiqatparvarligi bilan qiyomatgacha nomi o‘chmaydigan buyuk Umar tanbeh bergan kishiga shunday dedi:
- Qo‘y uni, agar Allohdan qo‘rqish haqida gapirmasangiz, siz uchun yaxshilik bo‘lmaydi, agar u haqda eshitmasak, bizda yaxshilik bo‘lmaydi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:00:47
* * *

Hijratning o‘n sakkizinchi yili odamlar qattiq ocharchilik va qiyinchilikda qolishdi. Qurg‘oqchilik va qahatchilik boshlandi. Bu yilni Ramoda yili deb nomlashdi.
Bir kuni amirul mo‘minin tuya so‘yib go‘shtini Madina ahliga taqsimlashni buyurdi... So‘ngra uyiga qaytdi. Uning oldiga pishirilgan tuyaning o‘rkachi va jigarini olib kelishdi. Go‘sht juda ham yoqimli hid taratardi. Umar go‘shtga tegmasdan so‘radi:
- Buni qaerdan oldilaring?
- Bugun so‘yilgan tuyaning go‘shtidan, - dedi uydagilar. Abu Hafsa taomni oldidan surib aytdi:
- Bay-bay, voliylik qandayam yomonki, o‘zim yaxshi taomlarni yesam-da, odamlarga suyaklarini qoldirsam.
So‘ngra xodimini chaqirib unga:
- Ey Aslam, mana bu idishingni ko‘tar. Menga non bilan zaytun yog‘i keltir, - dedi.
Umar ibn Xattob o‘zini musulmonlardan biri hisoblardi. Shuningdek, Alloh azza va jalla Umarni musulmonlarga voliy qilganida javobgarlik va mas’uliyatdan boshqa narsani ziyoda qilmaganini va bu mansabni suiste’mol qilish imtiyozi berilmaganini yaxshi bilardi.
Agar xalq och qoladigan bo‘lsa, ularning avvalgisi o‘zi bo‘lar, agar to‘q bo‘ladigan bo‘lsa, to‘q bo‘lgan kishilarning oxirgisi bo‘lardi.
U kishi aytardiki:
- Agar ularga yetgan narsa menga yetmasa, odamlar sha’ni, hurmat-e’tibori menga qanday ham yordam bersin.
Hazrati Umar musulmonlar go‘sht va yog‘ topolmagan paytlar zaytun yog‘idan boshqa narsa yemas edi. Zaytun yeyverganidan hattoki ichaklari og‘rib quldurardi. Shunda amirul mo‘minin kaftini qorniga qo‘yib shunday der edi:
- Ey qorin, modomiki, puling yaxshiroq yog‘ sotib olishga yetmas ekan, mana shu zaytunga sabr qilasan.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:02:48
* * *

Foruq nasabini Nabiy (a.s.) bilan bog‘lashni xohladi. Shu masalada Hazrati Alining oldiga borib, qizi Ummu Gulsumni o‘ziga so‘radi. Ali ibn Abu Tolib:
- Qizimni Ja’farning o‘g‘liga bermoqchi edim (ya’ni Ja’far ibn Abu Tolibning o‘g‘liga), - dedi.
Amirul mo‘minin Umar dedi:
- Ey Ali, qizingni menga nikohlab ber, Allohga qasamki, agar yer yuzida unga loyiq kuyov bo‘lsa, men unga munosibman.
Umarning so‘zlari Ali (r.a.)ga muvofiq keldi va:
- Men senga qizimni berdim, ey mo‘minlar amiri, - dedi. Foruq xursand bo‘lib, Rasululloh (s.a.v.)ning qabrlari bilan minbar qarshisida o‘tirgan muhojirlar oldiga keldi. U yerda Usmon, Zubayr, Talha ibn Abdulloh, Abdurahmon ibn Avf va bir qancha sahobiylar o‘tirishgan edi. Amirul mo‘minin ularga qarab aytdi.
- Meni uylantiringlar. Ular hayron bo‘lib so‘radilar:
- Kimga, ey amirul mo‘minin? Foruq aytdi:
- Alining qiziga.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:03:59
* * *

Foruqning odilligi xalq orasida yoyildi. Kechalari raiyat ahvolidan xabar olish uchun bir o‘zi aylanib chiqar yoki xizmatkori Aslamni o‘ziga sherik qilib olar yoki biror sahoba bilan aylanar edi. Ayniqsa, kechasi raiyatning nimaga muhtoj yoki muhtoj emasligi aniq bilinardi. Bir kuni Rasululloh alayhissalom shahri atrofida aylanib yurgan Foruq xaroba kulba oldida bir kishini ko‘rdi. Undan xotini homilador ekanini va hozir to‘lg‘oq tutayotganini bildi. Ayolning oldida eridan boshqa yordam beradigan kishi yo‘q edi. Hazrati Umar tezda uyiga qaytib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning nabiralari bo‘lgan ayoli ummu Gulsumga aytdi:
- Senga musibat yetgan kunda Allohning himoyasida bo‘lishni xohlaysanmi?
- Albatta ey mo‘minlarning amiri. Foruq aytdi:
- Bir bechora ayolni to‘lg‘oq tutyapti, uning oldida hech kim io‘q.
Ummu Gulsum amirul mo‘mininning so‘ziga shunday javob qaytardi:
- Ha, bu yaxshi ish, agar borishni xohlasangiz. Foruq ayoli bilan tug‘ilajak go‘dak uchun kerak bo‘ladigan ozuqa, suv va o‘rash uchun bir bo‘lak kiyimlik ham oldi. Amirul mo‘minin bir yelkasiga qozoni, bir yelkasiga unni ko‘tarib, ayoliga meni orqamdan yur, dedi.
Er-xotin kulba oldiga kelishdi. Hazrati Umar Ummu Gulsumga ayol yotgan uyni ko‘rsatib ishora qildi. Ummu Gulsum to‘lg‘oq tutayotgan ayolga yordam berish uchun ichkariga kirib ketdi. Amirul mo‘minin o‘tirib o‘choq yasadi, ustiga qozonni qo‘yib, tagiga o‘t yoqdi va taom pishira boshladi. Umarni ichida mamnun bo‘lib, kuzatib turgan homilador ayolning eri o‘z-o‘ziga shunday der edi: "Mana bu kishi Umar ibn Xattobdan ko‘ra xalifalikka haqliroq ekan".
Ichkaridan chaqaloq ovozi eshitildi. Hazrati Umarga Ummu Gulsum quvonganidan:
- Ey amirul mo‘minin, otasini o‘g‘il ko‘rgani bilan muborak eting.
A’robiy amirul mo‘minin degan so‘zni eshitganida dahshat va hayratdan haykaldek qotib qoldi. Bu kishi Umar ibn Xattobmi? A’robiy u kishiga yuzlanganda amirul mo‘mininning soqollari orasidan tutun burqsir edi. Be-harakat bo‘lib qolgan a’robiyga qarab:
- Nimaga qotib qolding, bu yoqka kel, - dedi. Foruq qozonni ko‘tardi-da, kulba yaqiniga borib xotinini chaqirdi:
- Ey Ummu Gulsum, qozonni ol, ayolning qornini to‘ydir.
Ummu Gulsum ayolni ovqatlantirgandan so‘ng qozonni qaytarib uzatdi. Hazrati Umar a’robiy oldiga kelib aytdi:
- O’zing ham yeb ol, ko‘p qiynalding.
Shundan keyin amirul mo‘minin ayoli bilan uyga ketdi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:04:52
* * *

Bir kishi Misr voliyi Amr ibn Os ustidan amirul mo‘minin oldiga shikoyat qilib keldi. Da’vo qilishicha, voliy ot poygasini tashkil qilgan. Musobaqada da’vogar voliyning o‘g‘li Muhammad ibn Amrni quvib o‘tgan.
Muhammad ibn Amr otning oldiga kelib, uning egasiga tashlangan bir qamchi tushirib:
- Otingga qara, men voliyning o‘g‘liman, - deb po‘pisa qilganini bildirdi.
Bu gap Amr ibn Osga yetib borganda jabr ko‘rgan kishini amirul mo‘mininga shikoyat qilib borishidan qo‘rqib bir oz vaqt hibsda saqlab turgan. Lekin u hibsdan qutilib Madinaga boradi va bo‘lgan voqeani yetkazadi.
Shikoyatchining so‘zlarini eshitgan Umar g‘azabdan o‘rnidan turib ketdi. Amrni Madinaga olib kelish uchun Misrga odam yubordi. Amr ibn Os bilan o‘g‘li Madinaga yetib keldi... Mana shu qasosni deb.
Foruq:
- Misrlik qaerda?, - deb chaqirdi. Bir kishi:
- Mana u, ey amirul mo‘minin, - deb javob qildi. Foruq uning oldiga borib qo‘liga darrani berib dedi:
- Mana bu qamchi bilan voliyning o‘g‘lini ur. Misrlik kishi Muhammad ibn Amrni holdan toyguncha urdi. Shu yerda hozir bo‘lgan kishilar qani to‘xtay qolsa, deb turishardi. Lekin juda katta bir davlatning rahbari bo‘lgan Amr ibn Os o‘g‘lini jazodan saqlay olmadi. So‘ngra amirul mo‘minin Umar misrlikka qarab aytdi:
- Bu qamchi bilan Amrning ham yaltir boshiga ur, Allohga qasamki, uning o‘g‘li hokimning o‘g‘li bo‘lgani uchun seni urgan.
Amr ibn Os qo‘rqib ketganidan ko‘zlari javdirab dedi:
- Ey amirul mo‘minin, shundoq ham yetarli bo‘ldi, meni kechiring.
Misrlik aytdiki:
- Ey amirul mo‘minin, meni urgan kishini urib bo‘ldim.
Foruq misrlik kishiga dedi:
- Allohga qasamki, sen uni urmoqchi bo‘lsang, toki o‘zing qo‘ymaguncha sen bilan uning orasiga hech kim tushmaydi.
Hazrati Umar Amr ibn Osdan g‘azablanib dedi:
- Ey Amr, kachondan beri odamlarni qul qilib olding, ularni onalari hur qilib tug‘ishmaganmi?
Amirul mo‘minin unga o‘zidan oldin biron hokim aytmagan, bir umr esdan chiqmaydigan so‘zni aytgan edi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:06:02
* * *

Bir juma kuni amirul mo‘minin Rasul alayhissalom minbarlariga xutba o‘qish uchun ko‘tarildi. Xutba o‘qiyotib, birdan xutbadan boshqa yoqqa burilib dedi:
- Ey Soriya ibn Hasson, toqqa, toqqa, zolim bo‘rilardan qutilish uchun toqqa qarab yur.
Bu so‘zdan odamlar bir-biriga qarashdi. Ali ibn Abu Tolib:
- Rost aytdi, Allohga qasamki, albatta u aytgan so‘zidan chiqadi,-dedi.
Foruq namozni ado etib bo‘lganidan so‘ng Ali ibn Abu Tolib so‘radi:
- Xutba o‘qiyotganingizda sizga biror narsa bo‘ldimi? Amirul mo‘minin aytdiki:
- Nima ekan u?
Ali ibn Abu Tolib aytdi:
- Xutba o‘qiyotganda, ey Soriya, toqqa toqqa qarab yur, zolim bo‘rilardan qutilish uchun toqqa qarab yur, degandek bo‘ldingiz?
Amirul mo‘minin aytdi:
- Men shunday dedimmi? Abul Hasan (r.a.) aytdi:
- Ha, bu gapni masjidda jam bo‘lgan mo‘minlarning hammasi eshitishdi.
Amirul mo‘minin Umar aytdi:
- Xayolimdan o‘tdiki birodarlarimiz otliq holda mushriklar darasidan o‘tib borishardi, agar yo‘llarida to‘g‘ri yursalar, mushriklar g‘olib bo‘lar, agar toqqa chekinsalar, mushriklar qo‘ygan pistirmadan o‘tib orqa tarafdan zarba berar va g‘olib bo‘lardi. Agar to‘g‘ri o‘tib ketganlarida, halok bo‘lishardi. Shunda men sen eshitgan narsani aytdim.
Bir oydan so‘ng bir xabarchi fath xushxabari bilan keldi. U o‘sha kuni o‘sha vaqtda tog‘dan o‘tayottanida Umar ibn Xattobning ovoziga o‘xshash bir ovoz: "Ey Soriya, toqqa, toqqa", deganini eshitganini esladi va toqqa tomon ko‘tarilib, Alloh fath ato etganini aytdi.
Albatta, Umarul Foruq halol va nurli kishi bo‘lib, uning nigohi minglab chaqirim naridagi narsani aniq va yorqin tarzda ko‘rib turardi. Shuning uchun ham do‘sti Soriyani ogohlantirgan edi. Bas, u bu gapni yaqinida turgandek qabul qilgan. Bu musulmonlar uchun ochiq-oydin nusrat bo‘ldi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:07:22
* * *

Bir kishi amirul mo‘mininning oldiga kelganda undan so‘radi:
- Isming nima?
U kishi
- Alanga! - deb javob berdi. Hazrati Umar so‘radi:
- Kimning o‘g‘lisan?
- Cho‘g‘ning o‘g‘li.
- Otang kimning o‘g‘li?
- Olovning o‘g‘li.
- Otangning otasi kimning o‘g‘li?
- Yong‘inning o‘g‘li.
- Qaysi manzildansan? .
- Olov dengizidanman. Amirul mo‘minin Umar aytdi.
- Senga voy bo‘lsin, ahlingga olov yetib, uy-joylaringni yoqib yubordi.
Haligi kishi Umarning oldidan chiqib qabilasi oldiga ketdi. Ularning hammasini yonish ichida qolganini ko‘rdi. U kishi aytgan nomlar hammasi o‘t-olovning ma’nosini berar edi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:08:43
* * *

Umarul Foruq nihoyatda hushyor, zukko va xalq ruhiyatini bilguvchi kishi edi. U aytardi:
- Bizlar uchun sevimlirog‘ingiz tashqi ko‘rinishingiz go‘zalrog‘ingizdir, gapirganingizda nutqi ravon va rost so‘zlaguvchilaringiz...
Amirul mo‘minin Umarning huzurida aytilgan ochiq iboralar boshqalarga hukm bo‘lishga kifoya qilmasdi.
Bir kuni Foruq bir kishi boshqa bir kishiga maqtab turganini eshitib qoldi. U kishi:
- Falonchi juda sodiq kishi, - dedi. Amirul mo‘minin undan so‘radi:
- Sen u bilan bir kun bo‘lsa ham safarda bo‘lganmisan? U kishi:
- Yo‘q, - dedi. Umar yana so‘radi:
- Orangizda bir kun bo‘lsa ham xusumat bo‘lganmi? Yana u: "Yo‘q", deb javob qildi.
Amirul mo‘minin undan yana so‘radi:
- Biror kun unga bir narsani omonat berganmisan? Haligi kishi boshini chayqab: "Yo‘q", dedi. Shunda Umar (r.a.) aytdilar:
- Sen uni bilmas ekansan. Ehtimol, sen uning masjidda boshini ko‘tarib-tushirib turganini ko‘rgandirsan.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:09:46
* * *

Abu Muso Ash’ariy amirul mo‘minin Foruqga xat yozdi: "Sizdan bizga xatlar keladi, ammo yozilgan xatlarning sanasi ko‘rsatilmagan".
Amirul mo‘minin odamlarni mashvarat uchun jamladi. Ba’zilar aytishdiki:
- Nabiy (a.s.)ga vaxiy yuborilgan vaqtdan boshlasak. Abu Hafsa (r.a.) aytdi:
- Yaxshisi Rasululloh (s.a.v.) hijrat qilgan kundan boshlaylik. U zotning hijrati haq bilan botilning orasini ajratdi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:10:33
* * *

Majusiy Abu Lulu’ amirul mo‘minin Umar fors yerlarini fatx, qilgan vaqtlarida Madinaga asir qilib keltirilgan edi. Shu paytgacha Islomni qabul etmagan Abu Luluning xayolini qasos olish fikri chulg‘ab olgan edi. U amirul mo‘mininning bomdod namoziga kelishini sabrsizlik bilan kutardi. Hazrati Umar imomlikka o‘tganlaridan so‘ng yovuz maqsadini amalga oshirish uchun qulay fursat yetganini angladi. Amirul mo‘mininga tashlanib ko‘kraklariga bir necha bor xanjar sanchdi. Musulmonlarning ham bir nechtasini yarador qiladi. Qutilib ketishiga ko‘zi yetmaganidan so‘ng zahar surtilgan xanjar bilan o‘zini o‘ldiradi. Hazrati Umar qotilning musulmonlardan bo‘lmay bir majusiy ekanligini bilganlaridan so‘ng Allohga hamd aytdi. Ulug‘ sahobiy va davlat arbobi Payg‘ambarimiz alayhissalom duo qilganlaridek shahidlik martabasiga erishdi.
Bu zulhijja oyining to‘rtinchi kuni, Hijratning 23-yili sodir bo‘ldi. Hazrati Umar 10 yilu, olti oyu to‘rt kun davlatni boshqardi. Shahid bo‘lganida 63 yoshda edi. Umarul Foruq do‘stlari Rasululloh (s.a.v.) va Abu Bakrning yonlariga - Oisha onamizning hujrasiga dafn qilindi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:11:46
USMON IBN AFFON

Usmon ibn Affon fil voqeasidan yoki Payg‘ambarimiz alayhissalom tug‘ilganlaridan olti yil o‘tib tavallud topdi. Hazrati Usmon boy va o‘ziga to‘q oilada o‘sib-ulg‘aydi. Qabilaning boy kishilari jo‘natgan karvon bilan Shom va Yamanga tijorat uchun safarga chiqdi.
Hazrati Usmonning to‘liq ismi Usmon ibn Affon ibn Abul Os ibn Umayya ibn Abdu Shams ibn Abdumannof Ummaviy Qurashiydir.
U kishi o‘rta bo‘yli, ko‘rkam, chiroyli yuzli, nozik jussali, yuzi qizil va soqoli qalin kishi bo‘lgan
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:13:43
* * *

Usmon johiliyat davrida ham kechirimli, saxiy, aqlli, ma’rifatli va vazmin bo‘lib, hayosi bilan mashhur edi. Kunlardan birida Usmon Ka’ba yonidan o‘tayotganida unga Muhammadning qizi Ruqiya Utba ibn Abu Lahabga nikohlanganini aytishdi. Ruqiya juda chiroyli va ko‘rkam qiz edi. Usmon bu xabarni eshitib, qayg‘uga botdi va o‘z nafsiga aytdiki:
- Sen tufayli uni qo‘ldan chiqardim. (Izoh: Usmon (r.a.)ning hayolari shu darajada kuchli bo‘lganidan Rasulullohdan qizlari qo‘lini so‘rashga botinolmagan.)
Usmon ibn Affon Abu Bakr Siddiq da’vati bilan islomga kirgan. Hazrati Usmon iymon keltirganlardan beshinchi o‘rinda bo‘lsa, Islom uchun xizmat qilgan kishilar ichida avvalgisi bo‘ldi.
Usmon ibn Affonning Islom dinini qabul qilgani amakisiga o‘z-o‘zidan yoqmadi. Amakisi unga:
- Sen ota-bobolaring dinini tark qilib, yangi dinga o‘tdingmi? Allohga qasamki, agar bu dindan voz kechmaganingcha men seni kechirmayman, - dedi.
Usmon ibn Affon unga javoban:
- Allohga qasamki, bu dindan voz kecholmayman va undan ajralmayman, - dedi.
Amakisi Hakim uning niyati qat’iy ekanini ko‘rib, bu urinishlar befoyda ekan, degandek uyini tark qildi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:15:53
* * *

Abu Lahab bilan xotini Ummu Jamil ko‘z oldilarida o‘sib-ulg‘aygan bir kishining payg‘ambar bo‘lishini tasavvur qilolmasdi, shuni deb g‘azab o‘tida yonardi. Abu Lahabning qalbini esa hasad kemirardi. Eru xotinning fikri-zikrini xotamul anbiyoga sallallohu alayhi vasallamga aziyat berish egalladi. Shunda Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qildi: "Abu Lahabning qo‘llari qurigay -halok bo‘lgay! (Aniqki) u quridi - halok bo‘ldi! Mol-mulki va kasb qilib topgan narsalari unga asqotgani yo‘q! Yaqinda uning o‘zi ham, uning o‘tin orqalagan, bo‘ynida pishiq toladan (eshilgan) arqon bo‘lgan xotini ham (lovullab turgan) alangali do‘zaxga kirajak!" (Masad, 1-5). Odamlar Abu Lahab bilan uning xotini Ummu Jamil xususida Alloh taolo nozil qilgan oyatlarni o‘qib ikkovini masxara qila boshladilar. Bundan g‘azab otiga mingan Abu Lahab:
- Muhammad mening qo‘llarimdan bir balo-kulfatga duchor bo‘ladi, - dedi. So‘ng Rasulullohning (s.a.v.) qizlari Ruqiya va Ummu Gulsumlarga uylangan o‘g‘illari Utba va Utaybalarni oldiga chaqirib shunday dedi:
- Muhammadning qizlarini taloq qilmasanglar, ko‘zimdan daf bo‘linglar.
Noiloj Utba Ruqiyadan, Utayba esa Ummu Gulsumdan ajraldi. Buni eshitgan Usmon ibn Affon Rasulullohdan qizlaridan biri - Ruqiyani o‘z nikohiga olishini so‘radi. Payg‘ambar (a.s.) rozi bo‘ldilar. Usmonga qizini uzatdilar. Ruqiya va Usmonni ko‘rgan kishi eng yaxshi juft deb o‘ylardi.
Usoma ibn Zayd ikkalasi xususidagi bir voqeani shunday eslaydi:
- Rasululloh (s.a.v.) menga go‘shtdan tayyorlangan bir tovoq ovqat berib, Usmonning uyiga yubordilar. Uyga kirganimda Rasululloh (s.a.v.)ning qizlari va kuyovining o‘tirganini ko‘rdim. Bir Ruqiyaning yuziga, bir Usmonning yuziga qaradim. Qaytib kelganimdan keyin Rasululloh alayhissalom mendan so‘radilar: "Ikkovi oldiga kirdingmi?". Ha deb javob qilganimdan so‘ng Payg‘ambarimiz (a.s.):
"Ikkisidan ham yaxshiroq er-xotinni ko‘rganmisan?" dedilar. "Yo‘q, ko‘rmaganman" ey Allohning rasuli", dedim.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:18:45
* * *

Usmon ibn Affon qavmi orasida obro‘-e’tiborli va nufuzli bo‘lishiga qaramasdan mushriklar tomonidan juda ko‘p azob-uqubatlar chekdi. U bilan sahobalar yuz-ko‘zlari ko‘karib, xafa bo‘lar, kofirlarga qarshi kurashish yoki bo‘lmasa hijrat qilish uchun izn so‘rab kelganlarida, "Sabr qilinglar", deya payg‘ambarimiz ularga tasalli berar edilar.
Ammo bunday nohaqlik va xo‘rlikka chiday olmagan Payg‘ambar alayhissalomning ayrim izdoshlarining sabr kosasi to‘ldi. Abdurahmon ibn Avf, Usmon ibn Maz’un, Usmon ibn Affonlar u kishining huzurlariga kelib shunday arzu hol kilishdi:
- Ey Allohning rasuli, mushrik holimizda izzat-ikromda edik, iymon keltirgandan keyin, tahqirga uchrab, azobga qoldik. Mushriklar bilan jang qilishga ruxsat bering.
Havodan olib gapirmaydigan Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki:
- Ularga indamang.
Biroq Rasululloh ashoblariga qurayshliklarning adovati kundan kunga kuchayib, avj olardi. Ular qattiq qiynoqlar girdobida qoldi. Shunday bir holatda Usmon ibn Affon zavjasi Ruqiya roziyallohu anho bilan payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelib:
- Ey Allohning rasuli, qavmimiz ta’qibi, aziyatlari, ta’na-dashnomlari va bizga yog‘dirayotgan haqoratlaridan qiynalib ketdik, - dedilar.
Rasululloh alayhissalom: "Kim dinini deb bir joydan boshqa bir joyga qochib o‘tsa, agar u joy bir qarich bo‘lsa ham unga jannat vojibdir. Allohning do‘sti Ibrohim, payg‘ambari Muhammad ularga hamroh bo‘ladi", dedilar.
Usmon ibn Maz’un aytdi:
- Ey Allohning rasuli, qaerga boramiz? Rasululloh bunday javob qildilar:
- Har joyga tarqalinglar. Alloh sizlarni tezda to‘playdi. Usmon ibn Affon savolni qaytardi:
- Qaerga boramiz, ey Allohning Rasuli? Olamlarga rahmat qilib yuborilgan zot dedilar:
- Xabashistonga boringlar. Uning podshosi huzurida hech kimga zulm qilinmaydi. Xabashiston ishonchli joy. Zubayr ibn Avvom so‘radi:
- Ey Allohning Rasuli Makkaga qachon qaytamiz? Olamlarga rahmat qilib yuborilgan zot (s.a.v.) aytdilar:
- Alloh najot berganda.
Rajab oyida Usmon ibn Affon ayollari Ruqiya bilan yana o‘n bir erkak va to‘rt nafar ayol Xabashistonga hijrat qiladi.
Nabiy sallallohu alayhi vasallamga Usmon ibn Affon va qizlari Ruqiyaning xabari kechikib turgan vaqtda qurayshlik bir ayol kelib:
- Ey Muhammad, qizingiz bilan kuyovingizni ko‘rdim, -dedi.
Rasululloh (s.a.v.) betoqat bo‘lib so‘radilar:
- Ularni qay ahvolda ko‘rding?
- Usmon ayolini xachirga mindirib, o‘zi haydab ketayotgan holda ko‘rdim.
- Alloh ularga yor bo‘lsin! Usmon Lut alayhissalomdan keyin ahli bilan hijrat qilganlarning birinchisidir, - dedilar.
Xabashiston yurtiga borgan muhojirlar risolatning beshinchi yili, hijrat diyorida uch oy (rajab, sha’bon, ramazon) yashaganlaridan so‘ng Umar ibn Xattobning islomga kirgani va Rasulullohning ashoblari Masjidul Haromda xotirjam holda namoz o‘qiy boshlaganini bilganlaridan keyingina o‘z yurtlariga qaytishdi. Afsuski, uyini qattiq sog‘ingan muhojirlar Makkaga kirgan vaqtdagina qaytishga shoshilganlarini anglab yetdilar. Himoyachisi yo‘qlarni kurayshliklar qaytadan qiynoqqa soldi. Bunday bo‘lishini kutmagan sahobalar aziyatlardan shikoyat qildilar va Habashistonga hijrat qilishga ruxsat so‘radilar. Hijrat uchun izn berilganda Usmon ibn Affon shunday dedi:
- Ey Allohning rasuli, avvalgi hijratimizda ham, bunisida ham biz bilan birga emassiz.
Xotamul anbiyo (s.a.v.) dedilar:
- Sizlar Allohni va meni deb muhojir bo‘ldingiz. Bu ikki hijrat ham sizlarnikidir.
Bu safar Xabash diyoriga Usmon ibn Affon va zavjasi Ruqiya, shuningdek, yetmishlar atrofidagi sahobalar Habashistonga yo‘l oldilar. U yerda tinch va xotirjam holda Rabbilariga ibodat qilinardi. Hazrati Usmonga Alloh farzand ato etdi. Farzandiga Abdulloh deb ism qo‘ydi. Usmon ibn Affon shu o‘g‘lining ismi bilan kunyalanar edi. Abdulloh ikki yoshga yetganida yuzini xo‘roz cho‘qishi tufayli vafot etdi. Ruqiya (r.a.) shundan keyin boshqa farzand ko‘rmadi.
Usmon ibn Affon Ruqiya roziyallohu anho bilan Makkaga qaytdilar. Oradan hech qancha o‘tmasdan ansorlar Rasululloh (s.a.v.)ga bay’at berishgach, Usmon jufti haloli bilan Yasribga hijrat qilishdi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:20:10
* * *

Usmon ibn Affon Xotamul anbiyoga butun vujudi, hayoti-yu rohatini bag‘ishlagan haqiqiy va ixlosli mo‘minlardan biri edi. U kishi Rasululloh (s.a.v.)bilan juda ko‘p g‘azot va safarlarda birga bo‘lgan.
Payg‘ambar alayhissalom Badr jangiga chiqqan kunlarida Ruqiya roziyallahu anho qizamiq bilan og‘rib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Usmon ibn Affonga qizlari oldida qolishga izn berdilar. Ruqiya roziyallahu anho Payg‘ambar alayhissalom sahobalar bilan Badr jangidan g‘alaba bilan qaytib kelayotganlarida olamdan o‘tdi. Qabr qazish uchun Usmon ibn Affonning o‘zlari qabrga tushdi. Qabrga tuproq tortilganda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Badrdan yetib keldilar. Qizlarining qabri ustida bir oz to‘xtab qoldilar.
Rasululloh Usmon ibn Affonga ham Badrda qatnashgan sahobalar qatori ulush berdilar.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:21:00
* * *

Hazrati Usmon Rasululloh alayhissalomga qarindosh bo‘lgani uchun behad xursand bo‘lgan edi. Lekin payg‘ambar alayhissalom qizlari Ruqiya vafot etganidan keyin mazkur aloqa uzilgani uchun qayg‘uga botdi. Shundan keyin pokiza jufti halolidan ajralgani hamda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bilan qarindoshlik aloqasini uzilganidan ko‘ngliga qil sig‘may yurdi. Payg‘ambar alayhissalom bir kuni uni xafa holda ko‘rib so‘radilar:
- Nega bunchalik g‘amgin bo‘lib yuribsan? Usmon ibn Affon:
- Mening boshimga tushgan narsa biror kishining boshiga tushganmikan, ey Allohning Rasuli? Jufti halolim Rasulullohning qizlari vafot etdi. Siz bilan o‘rtamizdagi ham kuyovlik, ham qarindoshlik aloqasi uzildi.
Rasululloh sallallohu alayhisalom keyingi qizlari Ummu Gulsumni Usmon roziyallahu anhuga nikohlab berdi. Shu bilan Usmon ibn Affon sahobalar ichida Payg‘ambar alayhissalomning ikki qizlariga uylangan yolg‘iz sahobiy bo‘lib qoldi. Rasulullohning ikki qizlariga uylangani tufayli "Zunnurayn" - ikki nur egasi, degan nomga sazovor bo‘ldi.
Ba’zilar u to‘g‘risida Rasulullohning: "Usmon osmon axdining nuri, yer ahlining chirog‘i", deganlari uchun mazkur nomga sazovor bo‘lganini ham aytishadi. Ayrimlar esa: "Tunda Qur’oni karimni namozda o‘qib xatm qilganlari uchun", deydilar. Chunki Qur’on bir nur, kechasi ibodatda qoim bo‘lish yana bir nurdir.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:21:55
* * *

Muhojirlar Rasulullohga sallallohu alayhi vasallam Madinai munavvaraning suvini o‘zgarganidan shikoyat qilishdi. Suvi ichishga yaraydigan faqat bitta quduq bor edi. U ham bo‘lsa Rovma degan yahudiyniki bo‘lib, suv oladiganlarga narxini qimmat qilib qo‘ydi. Yahudiy bir mesh suvni bir mudd (xurmo, arpaning o‘lchov birligi)ga sotayotgan edi.
Rasululloh alayhissalom:
- Kim Rovmaning qudug‘ini sotib olib, musulmonlarga sadaqa (hadya) qilsa, Alloh uni qiyomat tashnaligidan qutqarsin, - dedilar.
Hazrati Usmon Payg‘ambarning alayhisalom bu so‘zlarini eshitib, darhol quduqni sotib olish niyatida yahudiy oldiga savdolashgani bordi. Lekin yahudiy:
- Meni shundan boshqa narsam yo‘q, uni sotmayman, -dedi.
Usmon (r.a.) aytdi:
- Hammasini sotmaysan. Yahudiy so‘radi:
- Yarmini sotib olmoqchimisan?
Zunnurayn: "Ha", dedi. Yahudiy o‘n besh ming dirham berishini so‘radi. Usmon ibn Affon o‘n ming dirhamga savdolashib, yahudiy bilan bir kun quduq unga, bir kun o‘ziga bo‘lishini kelishib oldi. Hazrati Usmon o‘zining navbati kelgan kun musulmonlar suv olishiga ruxsat berib, bunga hech qanday pul so‘ramadi. Musulmonlar keyingi kun uchun ham yetadigan suvni hazrati Usmonning navbati kuni olishardi. Yahudiy qarasaki, qolgan yarmidan ko‘p foyda olmayapti. Usmon ibn Affonga qudug‘im ustida bo‘lgan savdoni buzdim, qolgan yarmini ham sotib ol, dedi. Usmon (r.a.) quduqning qolgan qismini sakkiz ming dirham evaziga sotib oldi va barcha kunlarda suv oladiganlarga uni hadya qildi.
Usmon (r.a.) Payg‘ambar alayhisalom bilan birga Uhud va Xandaq g‘azotlarida ishtirok etgan. Hudaybiya sulhi kuni Rasululloh (s.a.v.) Usmon ibn Affonni Quraysh oqsoqollari oldiga urushish uchun kelmaganliklari, balki umra qilish uchun kelganliklarini bildirish uchun yubordilar. Usmon qatl qilindi, degan xabar kelganda Payg‘ambar (a.s.) o‘rinlaridan turib:" Alloh menga bay’atni amr qildi", dedilar. Shunday qilib Rizvon bay’ati daraxt ostida bo‘lgan edi. Rasululloh alayhissalom Usmon ibn Affon nomidan bay’at qildilar. O’ng qo‘llarini chap qo‘llari ustiga qo‘yib: "Ey Alloh, Usmon Alloh va Rasulining hojatini deb ketgandi. Men uning o‘rniga bay’at qilaman", dedilar. Qurayshliklar Rasulullohning ashoblari u zotga Makka ahli bilan urushish uchun bay’at qilganliklaridan xabar topishgach, Usmon ibn Affon hamda Suhayl ibn Amrni birga yubordilar va shu tariqa Hudaybiya sulhi tuzildi.
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bir kuni qizlari Ummu Gulsumning oldiga bordilar. Hazrati Usmonga qaradilar-da, qizlariga:
- Albatta, jufting bobong Ibrohimga, otang Muhammadga o‘xshaydi, - dedilar.
Usmon (r.a.) Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga vahiy tushganda uni yozib borar edi. Rasululloh uni yaxshi ko‘rib oldilariga chaqirib olar va endigina tushgan oyatlarni aytib turar va unga: "Yoz, ey Usaym", derdilar.
Usmon ibn Affon Rasululloh bilan Xaybar fathi, qazo umrasi va ulug‘ fath - Makka fathida ishtirok etgan. Usmon roziyallahu anhu Usro g‘azoti kuni ming dinor keltirib, Rasulullohning etaklariga to‘kdi. Rasululloh dinorlarni qo‘llariga olib, shunday dedilar:
- Bugundan boshlab Usmonga qilgan amallari zarar bermaydi, - deya uch marta ta’kidladilar. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "Kim Usro qo‘shinini jangga hozirlasa, Alloh uni mag‘firat qiladi", degan so‘zlarini eshitdi. Binobarin, Usmon ibn Affon jannatni bir yahudiyning qudug‘ini musulmonlarga hadya qilib jannat darvozasining kalitiga ega bo‘lgan, nima uchun bugun musulmon qo‘shinini Rum bilan bo‘ladigan jangga hozirlab, ikkinchi marta jannat egasi bo‘lmasin ekan? Usmon roziyallahu anhu ot-ulov, oziq-ovqat va unga taalluqli narsalar, hatto idish-tovoq bog‘lanadigan iplargacha tayyorlab berdi. Rasululloh alayhissalom: "Parvardigaro, Usmonning bugundan keyin qilgan amallarini unutma", deya duo qildilar. So‘ngra Usmon (r.a.)ga qarab: "Ey Abu Amr, Alloh molingga baraka bersin, gunohlaringni mag‘firat qilsin, rahm qilsin va jannatni senga mukofot qilsin", dedilar.
Usmon roziyallahu anhu Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bilan Tabuk g‘azotida ham qatnashgan. Jangdan qaytishda ayoli Ummu Gulsum vafot etadi. Usmon (r.a.) qattiq xafa bo‘lganlarini ko‘rgan Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:
- Usmonni uylantiringlar, uchinchi qizim bo‘lganida, unga berar edim. Usmonni Allohdan kelgan vahiy tufayli qizlarimga uylantirdim, - dedidar.
Payg‘ambarimiz alayhissalom yana shunday deganlar:
- Meni kuyov qilgan yoki menga kuyov bo‘lgan birontasi do‘zaxga kirmasligini Robbim azza va jalladan so‘radim.
Hazrati Usmon Rasululloh alayhissalom bilan Vado’ hajiga ham borgan. Rasululloh alayhissalom:
- Har bir payg‘ambarning jannatda do‘sti bo‘ladi, mening do‘stim Usmon ibn Affondir,- deganlar.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:24:05
* * *

Usmon ibn Affon davlatni boshqarishda katta sahobalar bilan maslahatlashar va ularga suyanar edi. Hazrati Abu Bakr Siddiq va Umar zamonida ham o‘zining moddiy va ma’naviy yordami bilan birga eng ishonchli maslahatchilaridan edi.
Majusiy Abu Lulu’ Umar ibn Xattobni tig‘ bilan yaraladi. U yerda faqat Rasul alayhissalomning oltiga sahobasi - Ali ibn Abu Tolib, Usmon ibn Affon, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Zubayr ibn Avvom, Abdurahmon ibn Avf va Talha ibn Ubaydullohlar bor edi. Ulardan Alloh rozi bo‘lsin
Maslahat kengashi qaroriga ko‘ra olti sahobiy ichidan Usmonning xalifa bo‘lishiga bay’at berildi. Bu hijriy yigirma to‘rtinchi yil muharram oyita to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda hazrati Usmon yetmish yoshga kirgan edi.
Zunnurayn zamonida davlat yerlari kengayib, musulmonlar to‘q va farovon hayot kechirdi. Turk yerlari fath qilinib, Xuroson, Tohariston, Qohiston, Tiflis va Kipr yerlari Islom xalifaligi ixtiyorida edi. Hazrati Usmon birinchi bo‘lib musulmonlar qo‘shinini dengizga chiqargan shaxs sifatida tarixga kirdi. Musulmonlar ko‘p orol va dengiz yerlariga voliylik qila boshladi. Hatto islom davlati dengiz davlati deb nomlana boshlandi.
Oradan olti yil o‘tgandan so‘ng musulmon amirlari orasida ixtilof va fitna tarqadi. Bunga yahudiy fitnachi Abdulloh ibn Saba’ boshchilik qildi. U Zunnurayn siyosati xususida har xil fitna va bo‘lmag‘ur yolg‘onlarni tarqatdi. Katta shaharlarda qo‘zg‘olonlar uyushtirdi. Jumladan, Kufa, Basra, Misr kabi unumdor va serhosil joylarda fitna va yolg‘onlarni avj oldirdi. Uning maq-sadi islom davlatining quvvatiga putur yetkazish edi.
Amirul mo‘minin Usmon ibn Affon amalga oshirgan eng ulug‘ ishlaridan biri shuki, Qur’onni va uning qiroatini bir shaklga keltirdi.
Usmon ibn Affon zulhijja oyining yettinchi kuni, hijriy o‘ttiz beshinchi yilda shahid bo‘ldi. Shahid bo‘lganlarida sakson ikki yoshda edi. U kishi sakkiz kuni kam o‘n ikki yil xalifalikni boshqardi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:25:12
ALI IBN ABU TOLIB

Ali ibn Abu Tolib Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning amakilari Abu Tolib xonadonida tavallud topdi. Bu paytda Rasulullohning yoshlari o‘ttiz ikkida edi.
Hazrati Alining otasi Abu Tolib Qurayshning ulug‘ va atoqli shaxslaridan bo‘lib, Nabiy sallallohu alayhi vasallamga Quraysh mushriklari aziyat yetkazganda himoya qilgan, Islomni qabul qilmagan bo‘lsada dinga juda katta foydasi tekkan fozil kishi edi.
Abu Tolib jiyani Nabiy alayhissalomni eng qiyin va og‘ir vaqtlarda. ahvollari tang bo‘lib qolganda himoya qilardi. Abu Tolib serfarzand kishi edi. Rasuli Akram payg‘ambarlik yuborilmasdan ilgari amakisi Hamza ibn Abdulmuttolib bilan kelishgan holda uning ismi farzandini o‘z qaramog‘iga olishgan edi. Abbos Hamzaning Ali esa Muhammad sallallohu alayhi vasallamning hujralarida ulg‘aya boshladi.
Hazrati Alining ranglari bug‘doy rang, tepakal va faqat boshining orqa qismidagina sochlari bo‘lgan. Soch va soqollari oq tus bo‘lgan. Ko‘zlari qop-qora, yelkalari keng, kaftlari dag‘al, qorindor, to‘lalikka yaqin, o‘rta bo‘yli, tishlari ko‘rinib turadigan va chiroyli yuzli, agar yursa, gavdalarini ko‘tarib yuradigan kishi bo‘lgan. Ota-onasining hamma ishlarida yordam berardi.
Bolalardan birinchi bo‘lib Payg‘ambarimiz (s.a.v.) keltirgan dinni qabul qiladi.
Ali yoshligidan johiliyatning har xil nopok odamlaridan yiroq bo‘lib voyaga yetdi. U islomni qabul qilganida o‘n yoshda edi. Bir kuni otasi Abu Tolib Alini Makka daralaridan birida Muhammad (s.a.v.) bilan birga namoz o‘qiyotganini ko‘rdi va o‘g‘lidan so‘radi:
- Ey o‘g‘ilcham, sen ham amaking keltirgan dinga iymon keltirdingmi?
Ali aytdi:
- Ey ota, men amakim Muhammad (s.a.v.) Allohning payg‘ambari ekaniga iymon keltirdim va tasdiqladim. Hozir ko‘rganingizdek Alloh uchun namoz o‘qib, u kishiga ergashdim.
Abu Tolib dedi:
- U seni yaxshilikka boshlagan bo‘lsa. uni lozim tut. Ali amakisi Muhammadni yaxshi ko‘rar, hurmat qilar va ba’zi ishlarida yordam berardi. Abul Qosim sallal-lohu alayhi vasallam Makkadan chiqib ketadigan hijrat kechasida o‘z joylariga Alini yotqizib ketgan edilar.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:26:50
* * *

Hazrati Ali Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Makkai Mukarramadan Madinai Munavvaraga qilgan hijratlarini qo‘yidagicha eslaydi:
- Rasululloh Madinaga hijrat qilgach, menga Makkada qolishni tayyinladilar. Chunki men Rasululloh (s.a.v.)ning qurayshliklarga berishi kerak bo‘lgan omonatlarini yetkazishim zarur edi. Quraysh qabilasi Nabiy alayhissalomni "Amin" kunyasi bilan sifatlardi. Men Qubays tog‘iga chiqib uch marta: "Kimning Muhammadga omonati bo‘lsa, kelib olib ketsin, deb e’lon qildim. Omonatlarni ado etib bo‘lganimdan so‘ng Rasululloh alayhissalom orqalaridan yo‘lga chiqdim. U zot qo‘nim topgan Amr ibn Avf uyiga yetib kelib, Gulsum ibn Xidomning xovlisiga joylashdim.
Rasululloh alayhissalom Madinaga kelganlaridan so‘ng masjid qurilishi boshlanib ketdi. Birinchi bo‘lib Nabiy alayhissalom, keyin Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali roziyallohu anhular navbat bilan g‘isht qo‘yishdi. Musulmonlarning kuch qudrati va ahilligi bilan masjid qisqa muddatlarda qurib bitkazildi. Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz (s.a.v.) muhojirlar va ansorlarni bir-birlari bilan birodar bo‘lishga chaqirdilar. Nabiy alayhissalomning o‘zlari Ali ibn Abu Tolib bilan birodarlik rishtasini bog‘ladilar.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:28:58
* * *

Rasululloh (s.a.v.)ning qizlari Fotima 18 yoshga to‘lganidan so‘ng sovchilar keti uzilmay qoldi.
Abu Bakr va Umar Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning huzurlarida hurmati baland kishilar bo‘lib, Payg‘ambar alayhissalomga nasab jihatidan yaqin bo‘lishni xohlardi. Bu borada Usmon ibn Affon har ikkovidan o‘tib ketdi. Hazrati Usmon Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning qizlari Ruqiyaga uylanish baxtiga musharraf bo‘ldi. Badr jangidan keyin Ruqiya vafot etgandan so‘ng Nabiy alayhissalom Usmonga ikkinchi qizlari Ummu Gulsumni nikohlab berdilar.
Bir kuni Abu Bakr Nabiy alayhissalomning oldilariga kelib:
- Ey Rasululloh, mening islomda samimiyatim va ibratimni yaxshi bilasiz, men... men... - dedi va tili boshqa so‘zga aylanmay qoldi.
Nabiy alayhissalom nima demoqchi ekanini tushunmasdan aytdilarki:
- Nima bo‘ldi? Siddiq aytdi:
- Fotimaga uylansam degandim.
Abu Bakrning taklifidan Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning yuzlarida norozilik alomatlari ko‘rinib turardi. Hattoki yuzlarini burib oldilar. Shundan so‘ng Abu Bakr Umarning oldiga borib bo‘lgan voqeani aytib berdi:
- Ey Umar, tamom bo‘ldim. Umar so‘radi:
- Nima bo‘ldi?
- Men Rasulullohdan qizlari Fotimani o‘zimga so‘radim. U kishi mendan yuz o‘girdi.
Umar ibn Xattob aytdi:
- Siz qilgan ishni men oxiriga yetkazaman. Siz so‘ragan narsani men ham so‘rayman.
Shundan so‘ng Umar masjidga qarab jo‘nadi. Nabiy sallallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib: "Ey Rasululloh, mening islomda samimiyatim va ibratimni yaxshi bilasiz, men... men...", dedi-yu uning ham tili boshqa so‘zga aylanmay qoldi.
Muhammad sallallohu alayhi vasallam so‘radilar:
- Nima bo‘ldi? Umar aytdi:
- Fotimaga uylansam degandim
Xotamul anbiyo sallallohu alayhi vasallam undan ham yuzini burdilar.
Umar Abu Bakrning oldiga kelib bo‘lgan voqeani aytib berdi.
- Albatta, u zot Allohning bu xususdagi hukmini kutyapti. Alining oldiga boraylik, biz Rasulullohdan so‘ragan narsani u ham so‘rab ko‘rsin.
Ikkalalari Alining oldiga borishdi. U xurmo shoxlarini butayotgan edi. Hazrati Abu Bakr Siddiq: "Amaking qiziga uylansang, yaxshi bo‘lardi", deb taklifini bildirdi.
Siddiq bilan Foruq uni uylanishga da’vat qildi. U ham Abu Bakr va Umar bilan bo‘lgan voqeani eslab biroz ikkilandi. So‘ngra tavakkal qilib yo‘lga chiqdi. Nabiy sallallohu alayhi vasallamnichg quzurlariga borib o‘tirdi va:
- Ey Rasululloh, islomdagi ibratimni yaxshi bilasiz, men... men...- dedi-yu, uning ham tili boshqa so‘zga aylanmadi.
Nabiy alayhissalom undan so‘radilar:
- Nega kelding, ey Ali?
Ali: "Fotimani menga bering", dedi. Rasululloh alayhissalom Alidan so‘radilar:
- Senda biror narsa bormi? Ali ibn Abu Tolib aytdi:
- Yo‘q.
Xotamul anbiyo (s.a.v.) aytdilar:
- Zirhli qalqoning qaerda? Ali ibn Abu Tolib aytdi:
- O’zimda.
Nabiy alayhissalom:
- Uni sotgin, - dedilar.
Ali ibn Abu Tolib qalqonini 480 dirhamga sotib, pulini Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga keltirib qo‘ydi. U kishi puldan bir qism olib, Hazrati Bilolga berdilar:
- Ey Bilol, bu pulga yaxshi narsalardan keltir. Rasululloh (s.a.v.) Fotimani to‘yga yasantirishni buyurdilar. Bo‘lg‘usi kelin uchun bitta to‘shak, xurmo po‘stlog‘i solinib, teri bilan qoplangan yostiq, tagiga qum to‘shalgan uyni berdilar. So‘ng Aliga aytdilarki:
- Sen uni nikohlab olguncha unga hech narsani aytmagin. Rasululloh (s.a.v.)ning qizlari Fotima Ummu Ayman bilan birga kelganidan so‘ng hazrati Aliga nikohlandi.
Alloh taolo Aliga Rasulullohning nevaralari Hasanni ato etdi. Shundan so‘ng Hazrati Alini Abul Hasan deb chaqiradigan bo‘lishdi. Undan keyin Alloh Husaynni ham hadya qildi.
Hazrati Ali payg‘ambarimiz bilan juda ko‘p safarlarda birga bo‘lgan. Uhud g‘azotida va Xandaq kunida ishtirok etgan. Arab suvoriysi Amr ibn Abdu Vudni o‘ldirgan. Abul Hasan (r.a.) Hudaybiya sulhi imzolangan kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Suhayl ibn Amr o‘rtasidagi bo‘lib o‘tgan kelishuv shartlarini yozib turgan.
Abul Hasan metin irodali, gavdasi baquvvat, shijoatli va nafsi ustidan g‘olib bo‘lgan kishi edi. Hazrati Ali Badr kuni, Uhud va Xandaq janglarida tugai ko‘tarib jang qilgan. Agar jangga kirsa ildam qadam tashlab kirar, dushmanlardan qo‘rqmas va dovyurakligiga hamma qoyil qolardi.
Xaybar kunida Sodiqul masduq aytdilar:
- Ertaga ertalab bu bayroqni bir kishiga beraman. U Alloh yo‘lida fath qiladi. U Alloh va Uning rasulini yaxshi ko‘radi. Alloh va Uning rasuli ham uni yaxshi ko‘radi.
Musulmonlar uyquga yotishlaridan avval Rasululloh ertaga bayroqni kimga berar ekanlar, deb uyqulari kelmay yotdilar. Hazrati Abu Bakr Siddiq oladimi? Yoki Umar ibn Xattob oladimi? Bahs - munozara bayroq berilguncha davom etdi.
Odamlar bayroq kimga nasib etar ekan deb Rasulullohning oldilariga kelishdi. Shu yerga hozir bo‘lgan har bir sahobiy bayroqni olishga umid qilar edi. Rasululloh (s.a.v.) bashorat qilgan baxtli kimsa kim ekan? Bayroqni olgan kishi Alloh va Uning rasulini yaxshi ko‘radi. Alloh va Uning rasuli ham uni yaxshi ko‘radi.
Haq so‘zni aytuvchi sallallohu alayhi vasallam so‘radilar:
- Ali ibn Abu Tolib qaerda?
Sahobalar uning ko‘zi og‘rib yotganini aytishdi. Rahmat nabiyi alayhissalom aytdilar:
- Unga odam yuboringlar, kelsin.
Abul Hasan u kishining oldiga kelganida shifo topishi uchun duo qildilar. Allohning izni va Rasululloh (s.a.v.)ning barakotlari bilan Alining ko‘zlari tuzaldi.
Xotamul anbiyo sallallohu alayhi vasallam bayroqni Aliga berdilar. Abul Hasan aytdiki:
- Men ular bilan haq yo‘lga yurmagunlaricha urishaman. Imomul xayr bo‘lgan zot aytdilar:
- Ularning oldiga elchilarni yubor, Islomga da’vat qil. So‘ng ularga vojib bo‘lgan Allohning haqlarini tanit. Allohga qasamki, ulardan birini sen tufayli Alloh hidoyatga boshlasa, sen uchun dunyo va barcha narsalardan yaxshiroqdir.
Xotamul anbiyo sallallohu alayhi vasallam chiqqan g‘azotlarda Hazrati Ali har doim birga bo‘lgan. Faqat Tabuk g‘azotida Payg‘ambarimiz Alini ahliga va musulmonlarga voliy etib ketganlar. Ali roziyallohu anhuda Alloh yo‘lida jang qilishga rag‘bat kuchli ekanini ko‘rgach, Nabiy alayhissalom Aliga taskin-tasalli berib, shunday degan edilar:
- Sen men uchun Musoga Horun qanday bo‘lsa shundaysan.
Faqatgina mendan keyin payg‘ambar kelmaydi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:29:37
* * *

Sahobalar va tobe’inlar Abul Hasanni fiqh, fatvo va hukm masalasida yetakchi bo‘lganiga ijmo’ qilishgan.
Avvalgi xalifa Abu Bakr, amirul mo‘minin Umar va uchinchi xalifa Usmon qiyin va mushkul masalalarni hal qilishda Aliga murojat qilishgan. Foruq Ali xususida shunday der edi:
- Ali bizning qozimiz.
Abul Hasansiz biron masalani hal qilishda Allohdan panoh tilardi. Buni Umarning qo‘yidagi so‘zlari ham isbotlaydi:
- Agar Ali bo‘lmasa, Umar halok bo‘lardi.
Qur’on tarjimoni degan sharafga erishgan Abdulloh ibn Abbos aytadi:
- Ilmning o‘ndan to‘qqiz qismi Ali ibn Abu Tolibga berilgan, qolgan bir qismini u boshqalar bilan bo‘lishib olgan.
Bir kishi Abu Hafsaning oldiga kelib so‘radi:
- Ey mo‘minlar amiri, umra qaerdan boshlanadi?
- Alidan so‘ra.
Mo‘minlar onasi Oisha onamiz so‘radi:
- Kim sizlarga Ashuro kuni ro‘za tutish haqida fatvo berdi?
- Ali ibn Abu Tolib, - deyishdi. Avlodlar muallimasi Oisha (r.a.) aytdilar:
- U sunnatni boshqalardan ko‘ra yaxshi biladi. Buyuk sahobiy Abdulloh ibn Mas’ud aytadi:
- Madinada faroizni(meros taqsimlash ilmini) bilguvchirog‘i Ali ibn Abu Tolibdir.
Abul Hasan (r.a.) aytardiki:
- Mendan so‘rayveringlar, .Allohga qasamki, mendan bir narsani so‘rasanglar, uning xabarini beraman. Mendan Allohning kitobi haqida so‘ranglar. Men har bir oyatni qay vaqt - kechasi nozil bo‘lganmi yoki kunduz, vodiy yoki tog‘da nozil bo‘lganmi, hammasini bilaman.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:30:18
* * *

Amirul mo‘minin Usmon ibn Affon qatl etilgandan so‘ng ko‘pgina katta sahobiylar Ali ibn Abu Tolibga bay’at bera boshladilar. Bu voqea hijratning 35-yili zulhijja oyida sodir bo‘ldi. Katta sahobiylardan Zubayr ibn Avvom va Talha ibn Ubaydullohlar birinchi bo‘lib bay’at berishgan. Keyin aynan shu ikki sahoba bergan bay’atidan voz kechib, mo‘minlar onasi Oisha onamiz bilan Basraga yo‘l oldi. Bu kishilar Hazrati Alini Zunnuraynning qotillarini jazolashni kechiktirayotganidan, xun talab qilmayotganidan noroziligini bildirishdi. Shu tariqa ikkovi atrofida katta jamoa to‘plandi. Amirul mo‘minin Ali ibn Abu Tolib bu ikkovi bilan uchrashishga majbur bo‘ldi. Qancha urinishlarga qaramasdan musulmonlarning ikki jamoasi orasida ixtilof chiqdi. Bu tarixga Jamal voqeasini olib kirdi.
Rasululloh alayhissalomning tarbiyasini olgan Ali g‘alaba qozondi. Bu jangda ummul mo‘minin Oisha onamiz asir olindi. Lekin Abul Hasan ummul mo‘minin hurmatini joyiga qo‘yib, izzat-ehtirom bilan, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning shahriga kuzatib qo‘ydi. Ba’zi ulug‘ sahobiy ayollarni erkak kiyimida Oisha (r.a.) bilan qo‘shib yuboradi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:32:35
* * *

Muoviya ibn Abu Sufyon qo‘shini zaiflashib borayotganini ko‘rgach, hiyla yo‘liga o‘tdi. U Siffin jangi asnosida askarlariga nayza va qilichlari uchiga Qur’onni ko‘tarib olishni buyurdi. Bu fitna xususida Allohning kitobi bilan hukm chiqarishni taklif qildi.
Faqih Abul Hasan Amr ibn Os va Muoviya o‘ylab chiqargan bu fitnani tushunib yetdi va o‘z qo‘shinini bu fitnadan ogohlantirdi. Lekin vaziyat yumshab iroqliklar unga qarshi chiqdi. Ali ibn Abu Tolib bu hukm chiqarishda bir hiyla-nayrang qo‘llanganini sezib qoldi. Bu ish oxir-oqibatda Ali tarafidan Abu Muso Ash’ariy va Muoviya tarafidan esa Amr ibn Osni hakam bo‘lishiga kelishib olish bilan yakun topgandek bo‘ldi.
Ikki tarafning hakami uchrashdi. Bu ikki hakam bir biridan farq qilardi. Chunki Abu Muso Ash’ariy hiyla va quvlikni bilmaydigan, siyosatdan yiroq kishi bo‘lgan. U bu yerda makr-hiyla ishlatilayotganini sezmadi. Amr ibn Os esa hiyla va nayrangda ustasi farang kishi edi. Uning sohibi Muoviya ibn Abu Sufyon ham undan aslo qolishmasdi.
Amr ibn Os Abu Muso Ash’ariyga tuzoq yasab, uni tushirishga shoshilmadi. Amr ibn Os Abu Muso Ash’ariy bilan uchrashganda har ikkalasi o‘z sohibini xalifalikdan bo‘shatishni va bu ishni musulmonlar jamoasiga qo‘yib, kimni xohlasalar, shuni xalifa qilib saylashlariga ixtiyor berishni taklif qildi. Bu taklif Abu Musoga ma’qul tushib jamoat oldiga chiqdi.
Abu Muso Ash’ariy aldandi va uning taklifini bajardi. U arablar hiylagari Amr ibn Osning ichidagi niyati boshqa ekaniga zarracha gumon qilmagandi.
Shuning uchun Abu Muso bu taklifga rozi bo‘lib minbarga ko‘tarildi va o‘z sohibi Ali ibn Abu Tolibni xalifaliqdan bo‘shatganini e’lon qildi. Bunga odamlar shohid bo‘lishdi. Shundan so‘ng Amr ibn Os minbarga chiqdi va Abu Muso bilan kelishib Ali ibn Abu Tolibni xalifalikdan bo‘shatganini quvvatlab, o‘z sohibi Muoviya ibn Abu Sufyonni esa xalifalikda qolganini e’lon qildi.
Hazrati Ali siyosiy muzokarada yutqazdi. Abul Hasan shundan keyin ham harbiy quvatini tiklashga bir necha marta urinib ko‘rdi. Lekin buning uddasidan chiqolmadi.
Alining xalifalik davri fitna va doimiy urushlar ichida kechdi. Abu Bakr Siddiq va Umarul Foruq boshlagan futuhotlarning bir qismini Usmon ibn Affon roziyallohu anhu dastlabki yillarda davom zttirdi. Fath ishlarini Ali ibn Abu Tolib davrida davom ettirish imkoni bo‘lmadi. U ichki nizo va islohat ishlaridan bo‘shamadi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOShLARI
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 18:34:56
* * *

Hazrati Ali siyosiy muzokarada Muoviyaga yutqizgandan keyin, qo‘shini o‘rtasida ixtilof chiqdi. Bir guruh musulmonlar qo‘shindan ajralib chiqib o‘zlarini "Xavo-rijlar" deb e’lon qildi. Ular Basra va Ko‘fa aholisidan iborat bo‘lishgan. Xavorijlar xalifa Ali ibn Abu Tolibni qatl qilishdan boshqa chora topolmadilar va bu ishga Abdurahmon ibn Maljamni yollashdi. Abdurahmon ibn Maljam xavorijlardan bo‘lgan o‘ta mutaassib kishi edi. U masjidda Ali roziyallohu anhuning kelishini poylab berkinib turdi. Ali roziyallohu anhu bomdod namozi uchun masjidga chiqqanida u zotga to‘satdan tashlanib, qo‘lidagi qilichi bilan boshlariga qattiq zarba berib qochdi. Ibn Maljamni tutib bog‘lab qo‘ydilar.
Hazrati Ali keyin odamlarga qarab: "Jonga-jon, qonga-qon, agar o‘lib ketsam, uni ham meni qanday o‘ldirgan bo‘lsa shunday o‘ldirib yuboringlar. Agar tirik qol-sam, unda o‘zim nima qilishni o‘ylab ko‘raman. Ey Bani Abdu Muttolib, amiral mo‘mininni o‘ldirdilar, degan bahona bilan musulmonlarning qonini to‘kmanglar. Meni faqat bir qotil o‘ldirdi, xolos. Ey Hasan, mana shu zarba tufayli ajal yetsa, uni ham xuddi shunday zarba bilan qatl qilinglar. Zero, men Rasul alayhissalomdan: "Qiynab o‘ldirishdan saqlaninglar, qutirgan it bo‘lsa ham", deganlarini eshitganman", dedi.
Amirul mo‘minin Ali ibn Abu Tolib hijratning qirqinchi yili ramazon oyining o‘n to‘qqizinchi kechalaridan birida vafot etdi. Bu paytda u kishi oltmish uch yoshda bo‘lgan. U kishi uch yarim oy kam besh yil xalifalikni boshqardi.
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOSHLARI. Abdulaziz Shanaviy
Yuborildi: AbdulAziz 04 May 2009, 08:45:03
MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3628.msg171372#msg171372)
Abu Bakr Siddiq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3628.msg171373#msg171373)
Umar ibn Xattob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3628.msg171397#msg171397)
Usmon ibn Affon (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3628.msg171423#msg171423)
Ali ibn Abu Tolib (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3628.msg171431#msg171431)
Nom: Re: RASULULLOHNING IZDOSHLARI. Abdulaziz Shanaviy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Avgust 2009, 06:24:00
Rasululloh izdoshlari

(http://www.ziyouz.com/images/books/rasululloh_izdoshlari.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=345)

Muallif: Abdulaziz Shanaviy
Hajmi: 437 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=345)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3628.0)