forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => O'zbek xalq og'zaki ijodi => Mavzu boshlandi: Abdullоh 16 May 2009, 17:56:09

Nom: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 17:56:09
O’G’UZNOMA

Nashrga tayyorlovchi: Baxtiyor Isabek

Turkiy xalqlar tarixini, adabiyotini va madaniyatini o‘rganishda qadimiy yozma manbalardan biri bo‘lmish «O’g‘uznoma» asarining ahamiyati juda katta.
Ushbu risolada mazkur asarning asl matni (uyg‘ur yozuvida) va uning mazmuni o‘zbek tiliga o‘girilgan holda berildi.
Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

"O’zbekiston"
nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent
2007
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 17:56:53
SO’ZBOSHI

Tilimiz, adabiyotimiz, umuman o‘tmish ma’naviyatimizni, xususan, o‘tmishda yaratilgan turkiy tilidagi yodgorliklarning barchasini atroflicha va chuqur o‘rganishimiz bilangina o‘tmishda va hozirda jahonda millatimiz o‘rni, mavqei, o‘ziga xosligini aniqlay olamiz. Natijada hozirgi holatimizga kelish tadrijiy taraqqiyot jarayonini tasavvur eta olamiz. Turkiy xalqlar ma’naviy taraqqiyotida «O’g‘uznoma»ning tutgan o‘rni masalasida jahon fanida ko‘p va xo‘b fikrlar aytilgan. («Dede Korkut kitabi», Ankara, 1958; F. Sumer, Ogurlar (Turkmenlar). Tarihlari — boy teskilati-destanlari, 1967; «Kniga moego deda Korkuta» M., L., 1925 g.).

Biz e’tiboringizga havola etayotgan qadimiy bitiklardan biri bo‘lgan «O’g‘uznoma»ning «O’g‘uznomalar» orasida tutgan o‘rni haqida taniqli olim X.Ko‘ro‘g‘li ixchamgina ifoda etgan: «O’g‘uznoma» atamasi... dastlab Abu Bakr b. Abdulloh b. Oybek ad Davadari (XIV asr) asarida uchraydi. Rashiduddinda qayd etilgan, lekin bizgacha yetib kelmagan nusxa hamda Parij milliy kutubxonasida saqlanayotgan uyg‘ur yozuvidagi «O’g‘uznoma» ham taxminan o‘sha davrga xosdir. Bundan tashqari, XV—XIX asrlarda O’rta Osiyoda chig‘atoy tilida bitilgan qator «O’g‘uznoma»lar haqida ma’lumotlar mavjud...»

Bizgacha yetib kelgan, O’rta va Markaziy Osiyoda yaratilgan «O’g‘uznoma»lar uzuq bo‘lib, o‘g‘uzlarning boy epik ijodi haqida «Kitob dedam Qo‘rqut» kabi tasavvur bera olmaydi (X. Koroglс‹, «Rodoslovnaya turkmen» Abulgazi i oguzskiy epos», «Turkologik», L., 1976).
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 17:58:12
Turkshunos olim V.V. Radlofning «Qadimgi turki lug‘at»ida O’g‘uz qog‘on haqidagi afsona borasida quyidagilar yozilgan: «XIII yuz yillikka oid O’g‘uz qog‘on haqida afsona mazmunan epik bo‘lib, XV asrga daxil yagona nusxasi uyg‘ur yozuvida bitilgan va har birida 9 qator yozuv bo‘lgan 42 sahifadan iboratdir. Bu nusxa Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanadi».

Sizning ixtiyoringizga havola etilayotgan matn esa, 1992 yili uyg‘ur yozuvidagi nusxadan kirill yozuviga o‘girilgan holda bizga takdim etildi, uni tilimiz tarixi nuqtai nazaridan tanqidiy qarab nashrga tayyorlashga harakat qildik. Ushbu asarni V.V. Radlof lug‘atida keltirilgan matn qismi bilan qiyoslanganda ayrim farqlar uchrashi kuzatildi:
3/3: «Bunda kelganlar ko‘k ko‘p-ko‘p (Radlofda «ko‘k» yo‘q).
1/8: Ko‘klugrak (Radolfda: ko‘ruklugrak).
3/5: El ko‘plarni (Radolfda: El-kunlarni).
6/5: Tangrini yalbareuda erdi (Radlofda: Tangri Yolbareuda erdi).
9/2: Ko‘ruklug bir qiz erdi (Radlofda: Ko‘rukluk qiz erdi).
6/6: Yernig el-kuni ani ko‘rsa (Radlofda: Yerning yel kuni ko‘rsa).
12/1: Yerda yurusun qulan (Radlofda: av yerda yurusun qulan).
12/2: Ko‘k kurixon (Radlofda: ko‘k qo‘rig‘an).
16/4: Ko‘k tulug‘guk (Radlofda: ko‘k tulukluk).
17/6: Ko‘k yallug‘ (Radlofda: ko‘k challug‘).
18/4: Iashunda Itil (Radlofda: O’shanda Itil).
20/8: Baluhni benga saqlan (Radlofda: beluqni bizga saqlan).
24/5: Yett, kechdi (Radlofda: Yetti, kesti).
27/9: Qag‘ardin sarulmish erdi (Radlofda: Saunmish erdi).
30/7: Yuryit qog‘onni bosdi (Radlofda: Chur-chit fog‘onni basti).
31/5: Ishay bir chevar (Radlofda: yoqshi/yashqi bir chebar).
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:01:05
Biz qaysi birini to‘g‘riroq deb hisoblasak, o‘sha shaklni matnga kiritdik.
Bundan tashqari, bizning nusxada V.V. Radlof foydalangan nusxadagi «ch/j» o‘rnida «y» ishlatilishi, -din o‘rnida -dan ko‘llanishi ham kuzatiladi. Bular O’g‘uz qog‘on haqidagi afsonaning yana bir nusxasi borligi fikrni yoqlash uchun keltirildi. Bu afsonani qiyoslash va o‘rganish jarayonida ushbu matnda turkiy xalqlar og‘zaki adabiyotiga xos bo‘lgan dostonlar nazarda tutilmoqda, nasr va nazmni aralash qo‘llash xususiyati ham aniqlandi. Buning ustiga undagi nazm asar XIII asrga tegishli bo‘lishiga qaramay, she’rlari turkiy vaznda bitilganligi, boz ustiga og‘zaki adabiyotimizga xos saj unsuridan keng foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Shu xususiyatlar aniqlanganidan keyin biz she’rning yaxlitligi, sajning ohangini saqlab yuzaga chiqarish uchun va hozirgi o‘quvchiga oson yetib borishini ko‘zlab, satrlarni matnda berilganidan bir oz o‘zgartirishga botindik.

Bu epik asar tilimiz tarixi yuzasidan muhim bir yodgorlik bo‘lishi bilan bir qatorda, turkiy qavmlar mifologiyasi (demak dunyoqarashi) asoslarini o‘rganish bo‘yicha ham tadqiqotchilar e’tiborini tortib ulgurgan (Qarang, J. Dyumezil. Skifс‹ i Nartс‹, M., «Nauka», 1979 g.). Afsuski, turkiy mifologiya bilan bizning mutaxassilarimiz jiddiy shug‘ullanmaganligi, mazkur asarni ham tahlil nimarsasiga aylantira olmagani bois bo‘lsa kerak, aynan mana shu yodgorlik guvohligidan kelib chiqib, bizning idrokimiz — dunyoqarashimiz boshqa qavmlarning (bu o‘rinda xitoycha fikrlash haqida gap ketmoqda) dunyoni anglashidan andozalar olgandan ko‘ra, turk ertaklari o‘z xalqining ijodiy quvvasi mahsulidan ko‘ra, begonalardan o‘zlashtirilgan (asosan, forslardan) xossalari ko‘proq namoyon bo‘ladi (V.D. Smirnov. Turetsko-osmanskie skazki, Tyurkologicheskiy sbornik. 1973 g. 228-6.) degan iddaoga chidashimizga to‘g‘ri kelmoqda. Lekin «Yuqorida Ko‘k, quyida Yer» degan xitoycha dunyoqarashning O’rxun bitiklaridagi ifodasiga chuqurroq qaralsa va u ushbu yodgorlikdagi «ey», «o‘q» kabi oltin va kumush ramzlari vazifasi turkiy qavm dunyoqarashi asosida tahsil etilsa, xitoycha emas, balki dunyoga turkiyga qarash, idrok etish namoyon bo‘lishi shubhasizdir. Maqsad mazkur matnni o‘tmish dunyoqarashimiz — islomdan oldin olamni tasavvur qilishimiz qanday bo‘lganligini o‘zimiz anglashimiz darkor va uni ommaga qanday yetkazishimizga ham bog‘liq. Yoy, o‘q unsurlaridan tashqari, tush ko‘rish va tushni yo‘yuvchi yoki uni sotuvchi — ushimal — Ulug‘ Turuk va uning ramziy ma’nosiga diqqat qilmoq ham lozim ko‘rinadi hamda bu uch unsurni yaxlit ko‘rish ham darkorga o‘xshaydi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu 375 misrali bitikdan V.V. Radlofning «Qadimgi turki lug‘at» asarida turkiy so‘zlar va tushunchalar ma’nosini ochishda «Devonu lug‘ati turk», «Qutadg‘u bilik», O’rxun toshbitiklari, «Xibatul haqoyik» kabi ulug‘ bitiklar qatorida foydalanganligi uning tilimiz tarixini ochishdagi mavqeini ko‘rsatadi. Ushbu, asarni tilshunoslar, adabiyotshunoslar, tarixchilar har tomonlama o‘rganib tahlil etsalar etnografiyamiz, mifologiyamiz borasidagi ancha-muncha muammolarimizning yechimini topishda katta ahamiyat kasb etishi aniq.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:05:08
O’G’UZNOMA (qo‘lyozma tabdili)

I
1. Bo‘lsunkil deb dedilar. Aning anakusi ushbu turar
2. Taqi mundan so‘ng sevinch taptilar
3. Kena kunlardan bir kun Ay qagannung ko‘zi yarip budadi
4. Erkak o‘g‘ul tug‘urdi
5. O’shul o‘g‘ulnung o‘nglugi chiraqi ko‘k erdi
6. Ag‘izi atash qizil erdi, ko‘zlari al
7. Sachlari, qashlari qara erdilar erdi
8. Yaqshi napsikilardan ko‘ruklugrak erdi
9. O’shul o‘g‘ul anasining ko‘guzundun ag‘uzni ichip

Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:05:38
II
1. Mundun artiqraq ichmadi, yig et, surma tiladi
2. Tili kela bashladi. Qiriq kundan so‘ng bedukladi
3. Yo‘ridi, o‘ynadi, adag‘i ud adag‘idek
4. Bellari bo‘ri bellaridek, yag‘ri kish yag‘ritek
5. Ko‘guzu adug‘ ko‘guzutek erdi
6. Badaninung qamag‘i tuk tulutluk erdi
7. Yilqilar kutaya turur erdi
8. Atlarg‘a mina turur erdi, kik av avlaya turur erdi
9. Kunlardan so‘ng, kechalardan so‘ng yigit bo‘ldi
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:06:12
III
1. Bu chakda bu yerda bir ulug‘ o‘rman bar erdi
2. Ko‘p muranlar, ko‘p o‘kuzlar bar erdi
3. Bunda kelganlar ko‘p-ko‘p, bunda uchqanlar qush ko‘p-ko‘p erdi
4. O’shul o‘rman ichinda beduk bir qiat bar erdi
5. Yilqilarni, el-kunlarni yer erdi
6. Beduk yaman bir kik erdi
7. Berka emgak birla el-kunni basip erdi
8. O’g‘uz qag‘an bir eriz, kag‘az kishi erdi
9. Bu qiatni avlamaq tiladi. Kunlardan bir kun avg‘a chiqti
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:06:25
IV
1. Yida birla, ya, o‘q birla, taqi qilich birla
2. Qalqan birla atladi. Bir bug‘u aldi
3. Shul bug‘uni talnung chubuqi birla
4. Ig‘achqa bag‘ladi, ketdi. Andan so‘ng erta bo‘ldi
5. Tang erta chaqda keldi. Ko‘rdikim qiat
6. Bug‘uni alip turur. Kena bir adug‘ addi
7. Altunlug‘ belbag‘i birla yig‘achqa bag‘ladi, ketdi
8. Mundun so‘ng erta bo‘ldi, tang erta chag‘da keldi
9. Ko‘rdikim qiat adug‘ni alup turur
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:06:39
V
1. Kena o‘sha yig‘achnung tubinda turdi
2. Qiat kelip bashi birla O’g‘uz qalqanin urdi
3. O’g‘uz jida birla qiatning bashin urdi
4. Ani o‘lturdi. Qilich birla bashin kesti, aldi, ketti
5. Kena kelip ko‘rdikim, bir shunqar
6. Qiatning ichagusin yemakta turur
7. Ya birla, o‘q birla shunqarni o‘lturdi, bashini kesti
8. Andin so‘ng dedikim, shunqarnung angug‘usi ushbu turur
9. Bug‘u yedi, adug‘ yedi-jidam o‘lturdi tamur bo‘lsa
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:07:16
VI
1. Qiatni shunqar yedi, ya o‘qum o‘lturdi
2. Yel bo‘lsa, dep dedi, ketti
3. Taqi qiatnung angug‘usi ushbu turur
4. Kena kunlarda bir kun O’g‘uz qag‘an
5. Bir yerda Tangri yalbarg‘uda erdi
6. Qarang‘g‘uluq keldi
7. Ko‘kdun bir ko‘k yaruq tushdi
8. Kundun ayan, aydan qo‘g‘ulg‘ulug‘raq erdi
9. O’g‘uz qag‘an yurudi
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:07:30
VII
1. Ko‘rdikim ushbu yaruqnung arasinda bir qiz bar erdi
2. Yalg‘iz o‘lturur erdi, yaqshi ko‘ruklug bir qiz erdi
3. Aning bashinda atashlug‘ yaruqlug‘
4. Bir mengi bar erdi, altun qaziqteg erdi
5. O’shul qiz andag‘ ko‘ruklug‘ erdikim
6. Kulsa Ko‘k Tangri kula turur
7. Yig‘lasa Ko‘k Tangri yig‘layu turur
8. O’g‘uz qag‘an ani ko‘rdukta
9. O’zi qalmadi: qatti sevdi, aldi
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:07:54
VIII
1. Anung birla yatti, tilagusin aldi, to‘l bo‘g‘az bo‘ldi
2. Kunlardan so‘ng, kechalardan so‘ng yarudi
3. Uch erkak o‘g‘ulni tug‘urdi
4. Birinchisika Kun ot qo‘ydilar
5. Ikkichisiga Ay at qo‘ydilar
6. Uchunchusiga Yulduz at qo‘ydilar
7. Kena bir kun O’g‘uz qag‘an avg‘a ketti
8. Bir ko‘l arasinda alindan bir yig‘ach ko‘rdi
9. Bu yig‘achnung qabuchag‘inda bir qiz bar erdi
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:08:14
IX
1. Yalg‘uz o‘lturur erdi, yaqshi
2. Ko‘rukluk qiz erdi
3. Anung ko‘zi ko‘ktun ko‘krak erdi
4. Anung sachi muran usug‘idak
5. Anung tishi o‘njudak erdi
6. Andag‘ ko‘rukluk erdikim, yerning el-kuni ani ko‘rsa
7. Ay-ay, ah,ah, o‘larbiz tep
8. Sutdin qumuz bula tururlar
9. O’g‘uz qag‘an ani ko‘rdukta o‘zi ketti, yurakiga atash tushti
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:08:46
X
1. Ani sevdi, aldi, anung birla yatti
2. Tilagusun aldi, to‘l bo‘g‘az bo‘ldi
3. Kunlardan so‘ng, kechalardan so‘ng yarudi
4. Uch erkak o‘g‘ulni to‘g‘urdi
5. Birinchisiga Ko‘k at qo‘ydilar
6. Ikkinchisiga Tag‘ at qo‘ydilar
7. Uchunchusiga Tengiz at qo‘ydilar
8. Andin so‘ng O’g‘uz qag‘an beduk to‘y berdi
9. El-kunga yarliq yarlap kengashtilar
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:09:06
XI
1. Keldilar. Qiriq shira, qiriq bendang‘ chapturdi
2. Turlug ashlar, turlug surmalar
3. Chubuyanlar, qimizlar ashadilar, ichtilar
4. To‘ydan so‘ng O’g‘uz qag‘an
5. Beglarga, el-kunlarka yarliq berdi
6. Toki dedikim: Men senlarga bo‘ldum qag‘an
7. Alaling‘ ya taqi qalqan
8. Tamg‘a bizga bo‘lsun buyan
9. Ko‘k bo‘ri bo‘lsung‘il uran Temur yidalar bo‘l o‘rman

Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:09:34
XII
1. Av yerda yurusun kulan
2. Taqi talun taqi muran Kun tug‘ bo‘lg‘il ko‘k qo‘rig‘an

3. Tep tedi. Kena andan so‘ng
4. O’g‘uz qag‘an to‘rt sariqa yarliq yumshadi
5. Bildurguluk bitidi, elchilarika berip yubardi
6. Ushbu bildurgulukta bitilmish erdikim:
7. Men uyg‘urning qag‘ani bo‘lamankim
8. Yerning to‘rt bulununing qag‘ani bo‘lsam kerak turur
9. Senlardin bash chalung‘uluq tilap men turur
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:10:28
XIII
1. O’shul kim mening ag‘izumqa baqar turur bo‘lsa
2. Taratg‘u tartip do‘st tutarman
3. Tep dedi
4. O’shbu kim ag‘izumqa baqmas turur bo‘lsa
5. Chamat chaqip, cherig chekip dushman tutarman
6. Tag‘uraq basip, asturup yo‘q bo‘lsung‘il
7. Tep dedi
8. Kena o‘ng‘ chang‘aqta
9. Altun qag‘an tegan bir qag‘an bar erdi
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:11:13
XIV
1. Ushbu Altun qag‘an O’g‘uz qag‘anga elchi yumshap yubardi
2. Ko‘p telim altun-kumush tartip
3. Ko‘p telim qiz yaqut tash alip
4. Ko‘p telim erdanalar yubarip, yumshap
5. O’g‘uz qag‘anqa suyurqab berdi, ag‘iziqa baqindi
6. O’g‘uz qag‘an yaqshi begu birla do‘stluq qildi
7. Anung birla amirak bo‘ldi
8. Cho‘ng yang‘aqida Urum tegan qag‘an bar erdi
9. Ushbu qag‘annung cherigi ko‘p-ko‘p
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:11:40
XV
1. Baliqlari ko‘p-ko‘p erdilar erdi
2. O’shul Urum qag‘an O’g‘uz qag‘annung yarliqin saqlamas erdi
3. Qatag‘lag‘u barmas erdi
4. Muni so‘z so‘zni tutmas man tururman, dep yarliqqa baqmadi
5. O’g‘uz qag‘an chamat atup ang‘a atlag‘u tiladi
6. Cherig birla atlap tug‘larni tutup ketti
7. Qiriq kundun so‘ng
8. Muz tag‘ tegan tag‘nung adoqig‘a keldi
9. Qo‘rig‘anni tushkurdi
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:11:56
XVI
1. Shuk bo‘lup uyup turdi
2. Chang erta bo‘lduqta
3. O’g‘uz qag‘annung ko‘rig‘aniqa kun teg bir yaruq kirdi
4. Ul yaruqtun ko‘k tuluklut
5. Ko‘k yalluq beduk bir erkak bo‘ri chiqti
6. O’shul bo‘ri O’g‘uz qag‘ang‘a
7. So‘z berip turur erdi
8. Taqi dedikim: ay, ay O’g‘uz
9. Urum ustika sen atlar bo‘lasan
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:12:12
XVII
1. Ay, ay O’g‘uz
2. Tapug‘ung‘larqa men yurur bo‘laman, dep dedi
3. Kena andan so‘ng O’g‘uz qag‘an
4. Qo‘rig‘anni turturdi, ketti
5. Ko‘rdikim cherigning tapug‘larida
6. Ko‘k tuluklut, ko‘k yallug‘
7. Beduk bir erkak bo‘ri yuruguda turur
8. Ul bo‘rining artlarin qatag‘lap
9. Yuruguda turur erdilar erdi
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:12:28
XVIII
1. Bir necha kunlardan so‘ng
2. Ko‘k tuluklug, ko‘k yallug‘ bu beduk erkak bo‘ri turup turdi
3. O’g‘uz taqi cherig birla turup turdi
4. O’shunda Itil muran tegan bir talay bar erdi
5. Murannung qudug‘ida
6. Bir qara tag‘ tapiqida
7. Urushg‘u tutildi
8. O’q birla, yida birla, qilich birla urushtilar
9. Cheriglarning aralarida ko‘p telim bo‘ldi urushg‘u
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:12:44
XIX
1. El kunlarning ko‘ngullarida ko‘p telim bo‘ldi qayg‘u
2. Tutulunch, urushunch andag‘ yaman bo‘ldikim
3. Itil murannung
4. Sug‘i qip-qizil, sip-singir... teg bo‘ldi
5. O’g‘o‘z qag‘an bashti, Urum qag‘an qachti
6. O’g‘uz qag‘an Urum qag‘annung
7. Qag‘anluqin aldi, elin kunin aldi
8. O’rdusiqa ko‘p ulug‘ o‘lug barg‘u
9. Ko‘p tirig barg‘u tushu bo‘ldi
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:13:11
XX
1. Urum qag‘annung bir qarindashi bar erdi
2. Urus beg degan erdi
3. Ul Urus beg o‘g‘ulun
4. Tag‘ bashida terang muran arasida
5. Yaqshi berik baluqqa yumshadi
6. Taqi tedikim: baluqni kataqlag‘u kerak turur
7. Sen taqi urushqulardan so‘ng
8. Baluqni bizga saqlap kelgil tep tedi
9. O’g‘uz qag‘an o‘shul baluqqa atladi
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:13:27
XXI
1. Urus bekning o‘g‘uli anga ko‘p altun-kumush yubardi
2. Taqi tedikim: ay mening qag‘animsen
3. Menga atam bu baluqni berip turur
4. Taqi tedikim: baluqni qatag‘lag‘u kerak turur
5. Sen taqi urushg‘ulardan so‘ng
6. Baluqni bizga saqlap kelgil tep tedi
7. Atam chamat etub ersa
8. Menung tapum erurmi?
9. Sendan yarluq, bayluq, billuk bilaman
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:13:58
XXII
1. Bizning qutibiz sening qutung bo‘lmish
2. Bizning urug‘ibiz sening
3. Yig‘achungnung urug‘i bo‘lmish bo‘lup turur
4. Tangri senga yer berip buyurmish bo‘lup turur
5. Men senga bashimni, qutumni beraman
6. Bergu berip do‘stluqtan
7. Chiqmas tururman, tep tedi
8. O’g‘uz qag‘an yigitning so‘zin yaqshi ko‘rdi
9. Sevindi, kuldi
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:14:15
XXIII
1. Taqi ayttikim: menga ko‘p altun yumshabsan
2. Baluqni yaqshi saqlapsan tep tedi
3. Anung uchun anga Saqlab at qo‘ydi do‘stluq qildi
4. Kena cherig birla O’g‘uz qag‘an
5. Itil tegan muran (ga kechti)
6. Itil beduk bir (muran) turur. O’g‘uz qag‘an ani ko‘rdi
7. Taqi tedikim: Itilning usug‘idan
8. Nechuk kecharbiz tep tedi. Cherigda bir yaqshi
9. Bek bir erdi, aning ati ulug‘ O’rdubeg erdi
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:14:30
XXIV
1. Uzluq, uqg‘uluq bir er erdi
2. Ko‘rdikim: (qudug‘uda ko‘p telim) tallar, ko‘p telim
3. Yig‘achlar (bar erdi, ushbu beg...) o‘shul yig‘achlar
4. kesti. Yig‘achlarda
5. Yetti, kesti O’g‘uz qag‘an sevinch etti, kuldi
6. Taqi ayttikim, ay-ay sen munda beg bo‘lung
7. Qipchaq tegan sen beg bo‘luni tap tedi
8. Taqi ilxari ketti. Andan so‘ng
9. O’g‘uz qag‘an kena ko‘k tuluglug
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:16:03
XXV
1. Ko‘k yallug‘ erkak bo‘ri keldi
2. Ushbu ko‘k bo‘ri O’g‘uz qag‘anga ayttikim
3. Emdi cherig birla mundun atla, O’g‘uz
4. Atlap el kunlarni, beglarni keldurgil
5. Men senga bashlap yo‘lni ko‘rgururman tep tedi
6. Tang erta bo‘lduqta
7. O’g‘uz qag‘an ko‘rdikim erkak bo‘ri
8. Cherigning tapug‘larida yuruguda turur
9. Sevindi, ilgaru ketti
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:16:42
XXVI
1. O’g‘uz qag‘an bir cho‘qurtan ayg‘ir atqa mina turur erdi
2. O’shul ayg‘ir atni bek cho‘q seviyur erdi
3. Yo‘lda ushbu ayg‘ir at ko‘zdan yitu qachti, ketti
4. Munda ulug‘ bir tag‘ bar erdi
5. O’sha ustunda to‘ng‘ taqi muz bar turur
6. Anung bashi sag‘uqdan ap aq turur
7. Anung uchun anung ati Muz tag‘ turur
8. O’g‘uz qag‘anning ati Muz tag‘
9. Ichiga qachip ketti. O’g‘uz qag‘an mundan
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:16:57
XXVII
1. Ko‘p chag‘i emgak chekup turdi
2. Cherigda bir beduk qag‘az er bek bar erdi
3. Chalang bulangdan qo‘ruqmas turur erdi
4. Yugurguda, so‘g‘urg‘uda qo‘rqmas turur erdi
5. O’shul beg tag‘larg‘a kirdi, yurudu
6. To‘quz kundun so‘ng O’g‘uz qag‘anqa
7. Ayg‘ir atni kelturdi
8. Muz tag‘larda ko‘p so‘g‘uq bo‘lubdan
9. Ul bek qag‘ardan sarunmish erdi, ap aq erdi
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:17:10
XXVIII
1. O’g‘uz qag‘an sevinch birla kuldu ayttikim:
2. Ay, sen, munda beglarka bo‘lg‘il bashliq
3. Mamanglab senga at bo‘lsun qag‘arliq
4. Tep tedi. Ko‘p ardani suyurkadi
5. Kena yo‘lda beduk bir uy ko‘rdi. Bu uynung ilgaru ketti
6. Tag‘ami altundan erdi
7. Tungluqlari taqi kumushdun, qaliqlari temurdun erdilar erdi
8. Qapulug‘ erdi, achqich yo‘q erdi
9. Cherigda bir yaqshi chevar er bar erdi
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:17:26
XXIX
1. Anung ati To‘murdu kag‘ul degan erdi
2. Anga yarliq qildikim: sen munda kel, ach
3. Kalik achqungdun so‘ng kel o‘rug‘a deb tedi
4. Shundan anga kalach at qo‘ydi, ilgaru ketti
5. Yana bir kun ko‘k tuluklug
6. Ko‘p yalluq bo‘ri yurimayin turdi
7. O’g‘uz qag‘an taqi turdi, qo‘rig‘an tushkura turg‘an turdi
8. Tarlag‘usiz bir yazi yer erdi
9. Mung‘a churchit dedirurlar erdi
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:17:42
XXX
1. Beduk bir yurt, el kun erdi
2. Yilqilari ko‘p, ud, buzaqlari ko‘p
3. Altun kumushlari ko‘p, erdanalari ko‘p erdilar erdi
4. Munda churchit qag‘ani, el kuni O’g‘uz qag‘anqa qarshu keldilar
5. Urush, to‘qush bashlandi. O’qlar birla
6. Qilichlar birla urushtilar. O’g‘uz qag‘an beshim
7. Churchit qag‘anni basti, o‘lturdi
8. Bashin kesti, churchit el-kunin o‘z ag‘iziqa
9. Baqintirdi. Urushqudun so‘ng O’g‘uz qag‘annung
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:19:17
XXXI
1. Cherigiga, nukarlariga, el-kuniga
2. Andag‘ ulug‘ o‘lug barg‘u tushtikim
3. Yuklamakka, kelturmakka at, qag‘atir, ud
4. Azliq bo‘ldi. Anda o‘g‘uz qag‘annung
5. Cherigida uzlug‘, ishay bir chevar kishi bar erdi
6. Aning ati Barmaqlug‘ Yo‘sun Billik erdi
7. Bu chevar bir qang‘a chapti. Qang‘a ustunda
8. O’lug barg‘uni qo‘ydi. Qang‘a bashida tirik barg‘uni qo‘ydi
9. Tarittilar kettilar. Nukarlarnung
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:19:33
XXXII
1. El-kunnung qamag‘i buni ko‘rdilar, shashdilar
2. Qang‘alar taqi chaptilar. Munlar qang‘a yurumakta
3. «Qang‘a, qang‘a» so‘z bera turur erdilar erdi
4. Anung uchun anlarg‘a qang‘a at qo‘ydilar
5. O’g‘uz qag‘an qang‘alarni ko‘rdi, kuldi
6. Taqi aytti kim qang‘a qang‘a birla
7. O’lutni tirig yurugursun
8. Qang‘alug‘ senga at bo‘lg‘ulug‘
9. Qanqa bilgursin tap tedi. Ketti
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:19:50
XXXIII
1. Andan so‘ng kena bu ko‘k tulugluk, ko‘k yalluq
2. Erkak bo‘ri birla Sindu tagi, Tangut tagi
3. Shag‘am yang‘taqlarig‘a atlap ketti
4. Ko‘p urushqudun ko‘p to‘qushg‘udun so‘ng
5. Anlarni aldi, o‘z yurtig‘a birladi
6. Bashti, basti kena tashqarun qalmasun
7. Billug bo‘lsunkim kundunki bulungda
8. Barqan tegan bir yer bar turur
9. Ulug‘ barg‘ulug‘ bir yurt turur, ko‘p isig‘ bir yer turur
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:20:06
XXXIV
1. Munda ko‘p kiklari, ko‘p qushlari bar turur
2. Altuni ko‘p, kumushi ko‘p, erdanilari ko‘p turur
3. O’nglugu chirag‘i qap-qara turur
4. O’shul yerning qag‘ani Masar degan bir qag‘an erdi
5. O’g‘uz qag‘an aning ustiga ayladi
6. Andag‘ yaman urushg‘u bo‘ldi
7. O’g‘uz qag‘an bashti, Masar qag‘an qachti
8. O’g‘uz ani basti, yurtin aldi, ketti. Aning do‘stlari
9. Ko‘p sevinchlig‘ erdi, anung dushmanlari ko‘p
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:20:50
XXXV
1. Qayg‘ular tapti. O’g‘uz qag‘an ani bashti
2. Sanag‘uluqsiz nemalar, yilqilar aldi
3. Yurtig‘a uyiga tushti, ketti.
4. Kena chashkarun qalmasunkim
5. Billug‘ bo‘lsunkim O’g‘uz qag‘annung
6. Yanida aq sallalug‘, muz sachlug‘
7. Uzun uzlug‘ bir qart kishi turur bar erdi
8. Uqg‘ulug‘ tuzun bir er erdi, tushimal erdi
9. Anung ati Ulug‘ Turuk erdi
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:21:08
XXXVI
1. Kunlardan bir kun uyquda bir altun ya ko‘rdi
2. Taqi uch kumush o‘q ko‘rdi, bu altun
3. Ya kun tug‘ushidan to kun batushig‘acha
4. Tekkan erdi, taqi bu uch
5. Kumush o‘q tun yangg‘aqqa keta turur erdi
6. Uyqudan so‘ng tushda ko‘rganin
7. O’g‘uz qag‘ang‘a bildurdi
8. Taqi dedikim: ay qag‘anum
9. Senga yashag‘u bo‘lsung‘il uzun, ay qag‘anum
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:22:38
XXXVII
1. Senga to‘ruluk bo‘lsung‘il tuzun
2. Benga Ko‘k tangri berdi tushumda keldursun
3. Tala turur yerni urug‘ung‘g‘a berdursun
4. Tep tedi O’g‘uz qag‘an Ulug‘ Turuknung
5. So‘zun yaqshi ko‘rdi, o‘gudun tiladi
6. O’gudugu ko‘ra qildi andin so‘ng
7. Erta bo‘lupta aqalarni, inilarni
8. Charlap kelturdi. Taqi ayttikim: ay, mening
9. Ko‘nglum avni tilap turur
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:23:05
XXXVIII
1. Qari bo‘lg‘umdan mening qag‘azlug‘um yo‘q turur
2. Kun, Ay, Yulduz, tang sarig‘a senlar barung
3. Ko‘k, Tag‘, Tengiz, tun sarig‘a senlar barung
4. Dep dedi. Andan so‘ng uchagusu
5. Tang sarig‘a bardilar. Taqi uchagusu
6. Tun sarig‘a bardilar. Kun, Ay
7. Yulduz ko‘p kiklar, ko‘p qushlar avlag‘ularidan
8. So‘ng yo‘lda bir altun yani
9. Chaptilar, aldilar, atasig‘a berdilar
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:24:01
XXXIX
1. O’g‘uz qag‘an sevindi, kuldi, taqi ani
2. Uch buzg‘uluk qildi. Taqi ayttikim, ay akalar
3. Ya bo‘lsun senlarnung, ya tek
4. O’qlarni ko‘kkacha atung deb dedi
5. Yana andan so‘ng Ko‘k, Tag‘
6. Tengiz ko‘p kiklar, ko‘p qushlar avlag‘ularidan
7. So‘ng yo‘lda uch kumush o‘qni
8. Chaptilar, aldilar, atasig‘a berdilar
9. O’g‘uz qag‘an sevindi, Kuldi, taqi o‘qlarni
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:25:17
XL
1. Uchuta ulashturdi, taqi ayttikim
2. Ay inilar, o‘kdar bo‘lsun senlarnung
3. Ya atti o‘qni o‘qlartek
4. Senlar bo‘lung tep tedi. Yana andan yeo‘ng
5. O’g‘uz qag‘an ulug‘ qurultay chaqirdi
6. Nukarlarni, el-kunlarni charlap chaqirdi
7. Kelip kengaship o‘lturdilar, O’g‘uz
8. Qag‘an beduk o‘rduda
9. (o‘ng yaqida) ... (so‘ng‘ yaqda uch o‘kdar o‘lturdi)
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:25:41
XLI
1. Qiriq quloch yig‘achni tikturdi. Anung
2. Bashida bir altun tag‘uq qo‘ydi, adag‘ida
3. Bir aq qo‘yun bag‘ladi. Cho‘ng
4. Yag‘ida qiriq qulach yig‘achni tikturdi
5. Anung bashida bir kumush tag‘uq qo‘ydi
6. Adaqida bir qara qo‘yunni bag‘ladi
7. O’ng yaqda buzuqlar o‘lturdi
8. Cho‘ng yakda ucho‘qlar o‘lturdi
9. Qiriq kun qiriq kecha ashadilar
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 16 May 2009, 18:25:55
XLII
1. Ichtilar sevinch taptilar. Andan so‘ng O’g‘uz qag‘an
2. O’g‘ullariga yurtun ulashtirub berdi. Taqi dedikim:
3. Ay o‘g‘ullar, ko‘p men ashtum, urushg‘ular ko‘p men ko‘rdum
4. Yida bila ko‘p o‘q attim, ayg‘ir bila ko‘p yurudum
5. Dushmanlarni yig‘lag‘urdum. do‘stlarimni men
6. Kuldurdum. Ko‘k Tangriga men o‘tadum
7. Sizlarga beraman yurtum tep tedi
8. ...
9. ...
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:15:14
O’G’UZNOMA (mazmuni)

I
1. Bo‘lsin, dedilar. Uning nishoni ushbudir:
2. Toki bundan keyin sevinch topgaylar.
3. Yana kunlardan bir kun Oy qog‘onning ko‘zi yorib ko‘paydi (bo‘lindi).
4. Erkak o‘g‘il tug‘dirdi.
5. O’sha o‘g‘il yuzining rangi ko‘k edi.
6. Og‘zi otash kabi qizil edi. Ko‘zlari qo‘yko‘z,
7. Sochlari, qoshlari qop-qora edi.
8. Nozik farishtalardan ham ko‘hliroq edi.
9. O’shal o‘g‘il onasining ko‘kragidan og‘iz sutini emib,
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:15:59
II
1. Bundan ortiq (hech ham emmadi) ichmadi; xom et, osh-ovqat sharob so‘randi.
2. Tilga kira boshladi. Kirq kundan so‘ng ulg‘aydi (katta bo‘ldi).
3. Yuridi, o‘ynadi. Oyog‘i ho‘kizning oyog‘idek,
4. Bellari bo‘ri bellaridek, yag‘rini kish (silovsin) yag‘ridek,
5. Ko‘ksi ayiq ko‘kragidek edi.
6. Badanini butkul qalin tuk qoplagan edi.
7. Yilqi boqib yurar edi.
8. Otlarga minardi, kiyik (yovvoyi hayvon)larni ov qilib ovlar edi.
9. Kunlar o‘tgandan so‘ng, kechalar o‘tgandan so‘ng yigit bo‘ldi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:16:47
III
1. Bu chog‘ga bu yerda bir ulug‘ o‘rmon bor edi.
2. Ko‘plab irmoqlar, ko‘p daryolar bor edi.
3. Bu yerda kelganlar ko‘pdan ko‘p bo‘lgani kabi, bunda uchgan qushlar ham ko‘pdan ko‘p edi.
4. O’sha o‘rmon ichida katta bir qiat (karkidon) bor edi.
5. Yilqilarni, kishilarni yer edi.
6. Juda katta yomon bir mahluq edi.
7. Qiynoq va mashaqqatlar keltirib elu yurtni azob-uqubatga botirgan edi.
8. O’g‘uz qog‘on botir, xoksor, bir mard kishi edi. Bu qiatni ovlamoq istadi.
9. Kunlardan bir kun ovga chiqdi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:17:39
IV
1. Cho‘qmor olib, yoy-o‘q olib otlandi.
2. Yana qilich bilan qalqon olib bir bug‘uni ovladi.
3. Ushbu bug‘uni tol chivig‘i (novdasi) bilan,
4. Daraxtga bog‘ladi va ketdi. Shundan so‘ng tong otdi.
5. Tong erta bilan keldi. Qiat bug‘uni yeb qo‘yganligini ko‘rdi.
6. Yana bir ayiqni tutib keltirdi.
7. Oltin belbog‘i bilan o‘sha daraxtga bog‘ladi va ketdi.
8. Shundan so‘ng yana tong otdi, tong erta yana keldi.
9. Ko‘rdikim, qiat ayiqni ham yeb qo‘yibdi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:18:01
V
1. O’zi o‘sha daraxtning tagida kutib turdi.
2. Qiat keldi va boshi bilan O’g‘uzning qalqoniga urildi.
3. O’g‘uz cho‘qmori bilan qiatning boshiga urdi.
4. Uni o‘ldirdi. Qilich bilan boshini kesib olib ketdi.
5. Yana kelib ko‘rdiki, bir shunqor
6. Qiatning ichak-chavog‘ini yemoqda ekan.
7. Yoydan o‘q otib shunqorni o‘ldirdi, boshini kesib oldi.
8. Undan keyin shunqorning nishonasi, mana bu deb ko‘rsatdi.
9. (Qiat) bug‘uni yedi, ayiqni yedi (uni) cho‘qmorim o‘ldirdi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:19:33
VI
1. Qiatni esa shunqor yedi. Yoy o‘qim o‘ldirdi.
2. Yeldek yelib yeb ketdi.
3. Qiatning nishonasi mana bu dedi.
4. Yana kunlardan bir kun O’g‘uz qog‘on.
5. Tangriga yolborib turar edi.
6. Qorong‘ulik bosdi.
7. Ko‘kdan bir yorug‘ (nur) tushdi.
8. Kundan ravshanroq oydan yaltiroqroq edi.
9. O’g‘uz qog‘on borib.

Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:19:48
VII
1. Ko‘rdikim ushbu yorug‘lik ichida bir qiz bor ekan.
2. Yolg‘iz o‘zi o‘tirar edi. Juda ko‘rkam bir qiz edi.
3. Uning boshida otash nuridan bo‘lgan yorqin.
4. Bir xoli (mengi) bor edi. Xuddi Oltin qoziq yulduzidek edi.
5. Bu qiz shunchalik ko‘rkam edikim.
6. Kulsa Ko‘k Tangri ham kular.
7. Yig‘lasa Ko‘k Tangri ham yig‘lar edi.
8. O’g‘uz qog‘on uni ko‘rib,
9. O’zidan ketdi: qattiq sevib qoldi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:20:16
VIII
1. Uning bilan yotdi-tilagiga yetdi (qiz) homilador bo‘ldi.
2. Kunlar o‘tib, tunlar o‘tib ko‘zi yoridi.
3. Uch o‘g‘il bola tug‘di.
4. Birinchisiga Kun deb ot qo‘ydilar.
5. Ikkinchisiga Oy deb ot qo‘ydilar.
6. Uchinchisiga Yulduz deb ot qo‘ydilar.
7. Yana bir kuni O’g‘uz qog‘on ovga ketdi.
8. Bir o‘tloq orasida daraxtni ko‘rdi.
9. Bu yog‘ochning kavagida bir qiz bo‘lib,
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:20:34
IX
1. Yolg‘iz o‘zi o‘tirar edi.
2. Yaxshi, ko‘rkam bir qiz edi.
3. Uning ko‘zi ko‘kdan ham ko‘kroq edi.
4. Sochlari daryo mavjiday,
5. Tishlari injuday edi.
6. Shunchalik chiroyli edikim: uni ko‘rgan yer insonlari.
7. «Hoy-hoy, voh-voh o‘lib qolamiz» der,
8. Va sutdan qimizga aylanar edilar.
9. O’g‘uz qog‘on uni ko‘rgach, o‘zidan ketdi, yuragiga otash tushdi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:21:52
X
1. Uni sevib qoldi, oldi. U bilan yotdi
2. Tilagiga yetdi. Bolaga (qiz) homilador bo‘ldi
3. Kunlar, tunlar o‘tib, so‘ng ko‘zi yoridi
4. Uch o‘g‘il bola tug‘di.
5. Birinchisiga Ko‘k deb ot qo‘yishdi
6. Ikkinchisiga Tog‘ deb ot qo‘yishdi
7. Uchinchisiga Tengiz deb ot qo‘yishdi
8. Shundan so‘ng O’g‘uz qog‘on katta to‘y berdi
9. Elu yurtga yorliq yuborib kengashdilar
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:24:25
XI
1. Ular kelishdi. Qirq stol qirq kursi yasatdirdi.
2. Turli ovqatlar, turli sharoblar,
3. Nozu ne’matlar, qimizlar yedilar, ichdilar.
4. To‘ydan so‘ng O’g‘uz qog‘on
5. Beklarga, el-yurtga yorliq berib
6. Dedikim:
7. Men senlarga bo‘ldim qog‘on, Olaylik qo‘lga yoy va qalqon.
8. Tamg‘amiz bo‘lsin bizning-olijanoblik,
9. Ko‘k bo‘ri bo‘lsin bizga o‘ron, Temir cho‘qmor olur darmon,
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:25:08
XII
1. Ovloqda mo‘l bo‘lsin qulon,
2. Daryo-dengiz tinmay oqib tursin, Quyosh-tug‘, Ko‘k bo‘lsin qo‘rg‘on,

3. Dedi. Shundan keyin yana,
4. O’g‘uz qog‘on to‘rt tomonga yorliqlar jo‘natdi.
5. Bayonnoma bitib, elchilar orqali berib yubordi.
6. Bayonnomada quyidagicha bitilmish edi:
7. Men uyg‘urning qog‘onidurmankim,
8. Yer yuzining to‘rt burchagi qog‘oni bo‘lsam kerakdir,
9. Senlardan bo‘yin egishni talab qilaman.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:25:57
XIII
1. Kimki mening amrimga bo‘yinsunsa,
2. Sovg‘a-salom keltirsa do‘st deb bilaman.
3. Dedi:
4. «Kimki bo‘yinsunishdan bo‘yin tovlasa,
5. G’azab otiga minib, askar tortib, o‘zimga dushman tutaman.
6. Shiddat bilan bostirib borib,
7. Uni osib, yo‘qolsin, deb ish tutaman» dedi.
8. Yana o‘sha zamonda, o‘ng tomonda,
9. Oltun qog‘on degan bir qog‘on hukmron edi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:26:32
XIV
1. Ushbu Oltun qog‘on O’g‘uz qog‘onga elchi jo‘natib yubordi.
2. Ko‘p, turli-tuman oltin-kumush hadya qilib,
3. Ko‘plab va turli noyob yoqutlar yuborib,
4. Turli xil qimmatbaho durdonalar sovg‘a takdim etib,
5. O’g‘uz qog‘onga xushomadlar qildi. Uning ra’yiga qaradi, bo‘ysundi.
6. O’g‘uz qog‘on ham yaxshi, chiroyli muomala qildi.
7. U bilan do‘stlashdi.
8. So‘l tomonida Urum degan bir Qog‘on bor edi.
9. Ushbu qog‘onning askarlari ko‘pdan-ko‘p,
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:27:29
XV
1. Shaharlari ham ko‘p edi.
2. O’sha Urum qog‘on O’g‘uz qog‘onning buyrug‘iga bo‘yinsunmas edi.
2. Unga safdosh bo‘lmas edi,
3. U O’g‘uz qog‘onning so‘ziga e’tibor bermas,
4. Manmanlik qilib, uning yorliqlarini pisand qilmadi.
5. O’g‘uz qog‘on g‘azablanib unga qarshi otlandi.
6. Qo‘shin bilan otlanib, tug‘larini ko‘tarib yurish qildi.
7. Qirq kundan so‘ng,
8. Muztog‘ degan tog‘ning etagiga keldi.
9. O’rdasini tikdi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:27:47
XVI
1. Bamaylixotir bo‘lib yotib uxladi.
2. Erta tong otarda,
3. O’g‘uz qog‘onning qo‘rg‘oniga (o‘rdusiga) kun nuridan bir yog‘du kirdi.
4. O’shal yog‘du ichidan,
5. Ko‘k tukli, ko‘k yolli katta bir erkak bo‘ri chiqdi.
6. O’sha bo‘ri O’g‘uz qog‘onga,
7. So‘z qotib,
8. Aytdiki, «Ey, O’g‘uz!
9. Urum ustiga sen yurish qilasan.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:28:30
XVII
1. Hay, hay O’g‘uz!
2. (Lashkaring) oldida men yuraman», deb aytdi.
3. Yana shundan so‘ng O’g‘uz qog‘on,
4. O’rdasini yig‘ishtirdi va ketdi.
5. Ko‘rdikim, lashkari oldida,
6. Ko‘k tukli, ko‘k yolli,
7. Katta bir bo‘ri ketmoqda.
8. O’sha bo‘rining orqasidan ergashib,
9. Yurar edilar-mo‘l yurdilar.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:30:52
XVIII
1. Bir necha kundan so‘ng ko‘k.
2. Tukli, ko‘k yolli bu katta erkak bo‘ri to‘xtadi.
3. O’g‘uz ham, qo‘shini ham to‘xtadi.
4. Ana shu yerda Itil daryo degan bir katta daryo bor edi,
5. Daryoning qirg‘og‘ida,
6. Bir daraxtning yaqinida,
7. Jang bo‘ldi.
8. O’q bilan, gurzilar bilan, qilichlar bilan urushdilar.
9. Ikki lashkar oralarida qattiq va uzoq jang bo‘ldi,
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:31:44
XIX
1. El-yurtning ko‘nglini qattiq va chuqur qayg‘u qopladi.
2. Jang-jadal juda yomon bo‘ldi.
3. Hatto Itil daryosining,
4. Suvi ham qip-qizil qon singari bo‘ldi,
5. O’g‘uz qog‘on hujum qildi. Urum qog‘on qochdi.
6. O’g‘uz qog‘on Urum qog‘onning,
7. Qog‘onlig‘ini oldi, elini, yurtini oldi.
8. O’rdasiga juda ko‘p o‘lik o‘lja,
9. Ko‘p tirik o‘lja qo‘lga kiritildi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:32:38
XX
1. Urum qog‘onning bir qarindoshi bor edi.
2. Oti O’rusbek degan edi.
3. O’sha O’rusbek o‘g‘lini,
4. Tog‘ boshida chuqur daryo oralig‘ida,
5. Yaxshi mustahkamlangan kentga yubordi,
6. Dediki, «Kentni qo‘riqlash kerak bo‘ladi.
7. Senga ushbu janglardan so‘ng ham.
8. (ushbu qal’ani) saqlab qolishing kerak» dedi.
9. O’g‘uz qog‘on o‘sha kentga qarshi otlandi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:32:53
XXI
1. O’rusbekning o‘g‘li unga juda ko‘p oltin kumush yubordi.
2. Yana dedikim  «Ey, sen mening qog‘onimsan,
3. Otam menga bu kentni berar ekan,
4. Dedikim: bu kentni qo‘riqlamoq kerakdir.
5. Sen ushbu janglardan
6. So‘ng ham kentni menga sakdab berishing kerak dedi.
7. Agar otamning g‘azabi tutgan bo‘lsa ham
8. Bu mening istagim emas-ku!
9. Senda (ayni chog‘da) hokimiyat, boylik va bilimdonlik bor deb bilaman.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:33:11
XXII
1. Bizning saodatimiz — sening saodating.
2. Bizning urug‘imiz — sening urug‘ing
3. Shajarasining bir tarmoq urug‘idir.
4. Tangri senga (mamlakat) in’om etgan.
5. Men senga boshimni, baxtim-saodatimni bag‘ishlayman.
6. Soliqlaringni to‘lab.
7. Sodiq do‘sting bo‘lib qolaman» — deb aytdi.
8. O’g‘uz qog‘on bu yigitning so‘zlarini
9. Yaxshi ko‘rdi, sevindi, kuldi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:33:30
XXIII
1. Va yana aytdikim: «menga ko‘p oltin yuboribsan,
2. Hamda shaharni yaxshi saqlabsan,» deb aytdi.
3. Shuning uchun unga saqlab deb ot qo‘ydi, do‘stlik qildi.
4. Yana O’g‘uz qog‘on askarlari bilan,
5. Itil degan daryoni kechdi.
6. Itil buyuk bir daryodir. O’g‘uz qog‘on buni ko‘rdi.
7. Yana aytdiki, «Itilning to‘lqinlari
8. Uzra nechuk kecha olamiz» —dedi. Lashkari orasida
9. Bir yaxshi bek bor edi. Uning oti O’rdubek edi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:34:26
XXIV
1. Idrokli, bilag‘on bir inson edi.
2. U nazar tashlab ko‘rdiki, qirg‘oqda tollar ko‘p va turfa.
3. Daraxtlar o‘sib yotardi. Ushbu bek o‘sha yog‘ochlarni
4. Kesdi, yog‘ochlar bilan
5. (Daryoni) suzib kechib o‘tdi. O’g‘uz qog‘on sevindi va kuldi.
6. Yana aytdikim: «Ey, sen bunda
7. Qipchoq degan yurt qil va uning begi bo‘l» deb aytdi.
8. Yana ilgari yurdi. Shundan so‘ng
9. O’g‘uz qog‘onga yana ko‘k tukli,
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:35:23
XXV
1. Ko‘k yolli erkak bo‘ri keldi.
2. Ushbu ko‘k bo‘ri O’g‘uz qog‘onga aytdikim:
3. «Endi lashkaring bilan bu yerdan otlan, O’g‘uz!
4. Otlanib el-yurtlarni, beklarni bo‘ysundir.
5. Men senga yo‘lboshlovchilik qilaman» —dedi.
6. Erta tongda O’g‘uz qog‘on ko‘rdikim,
7. Erkak bo‘ri lashkarning
8. Oldida yurib borardi.
9. (O’g‘uz) sevindi, yana ilgarilab yuraverdi
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:36:04
XXVI
1. O’g‘uz qog‘on ko‘pincha bir chag‘ir ayg‘irni minar edi.
2. Ushbu ayg‘ir otni bek qattiq sevar edi.
3. Yo‘lda ushbu ayg‘ir ko‘zdan yo‘qoldi-ketdi.
4. Shu yerlarda ulkan bir tog‘ bor edi.
5. Uning tepasida sovuq bo‘lib, usti muz bilan qoplangan
6. Uning cho‘qqisi esa, ayozdan oppoq bo‘lib qolgan.
7. Shuning uchun ham uning otini Muztog‘ deydilar.
8. O’g‘uz qog‘onning oti o‘sha Muztog‘
9. Ichiga qochib ketdi. O’g‘uz qog‘on bundan,
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:36:46
XXVII
1. Ancha vaqt azob chekib yurdi.
2. Askarlari orasida bir mard er kishi bor bo‘lib,
3. Hech narsadan qo‘rqmas edi.
4. Yurishlarda, jangda matonatli bir kishi edi.
5. O’sha bek tog‘ning ichiga ketdi, ko‘p yurdi.
6. To‘qqiz kundan so‘ng O’g‘uz qog‘onga,
7. O’sha ayg‘ir otni keltirdi.
8. Muztog‘da sovuq qattiq bo‘lganidan.
9. O’sha bek qorga belanib qolgan va (ust-boshi) oppoq qor edi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:38:00
XXVIII
1. O’g‘uz qog‘on suyunib kulib aytdikim:
2. «Ey sen: bu yerlarda beklarga boshliq bo‘l,
3. Mangulikka qag‘arliq senga nom bo‘lsin» dedi.
4. Son-sanoqsiz qimmatbaho narsalarni sovg‘a qildi.
5. Yo‘lda yana ulkan bir uy ko‘rindi. Bu uyga yetib keldilar.
6. Tomi oltindan edi.
7. Mo‘rilari kumushdan, eshiklari temirdan edi.
8. Eshiklari berk bo‘lib, ochqichi yo‘q edi.
9. Lashkarida yana bir chevar usta bor edi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:38:30
XXIX
1. Uning oti To‘murdu Qag‘ul degan edi,
2. O’shanga buyruq qildikim: «Sen beri kel, och eshikni.
3. Ochganingdan so‘ng yuqoriga kel» dedi.
4. Shundan so‘ng unga kalach deb ot qo‘ydi. Yana oldinga ketdi.
5. Yana bir kun tukli, ko‘k yolli bo‘ri to‘xtab qoldi.
7. O’g‘uz qog‘on ham turib qoldi. Qo‘rg‘on tikadigan bo‘ldi.
8. Ekin-tikini yo‘q bir yomon yer edi.
9. Bu yerni churchit deb atashardi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:38:51
XXX
1. Buyuk bir mamlakat, el-yurt edi.
2. Yilqilari ko‘p, sigir-buzoqlari ko‘pdan-ko‘p.
3. Oltin-kumushlari behisob, qimmatbaho narsalari sanoqsiz edi.
4. Bu yerda churchit qog‘oni, el-yurti O’g‘uz qog‘onga qarshi keldilar.
5. Urush, jang boshlandi: o‘qlar otishdi.
6. Qilichlar chopishdi. O’g‘uz qog‘on bostirib bordi va yengdi.
7. Churchit qog‘onini bosdi, o‘ldirdi.
8. Boshini kesdi. Churchit el-yurtini.
9. Boqintirib, o‘ziga qaram qildi. Jangdan so‘ng O’g‘uz qog‘onning,
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:40:01
XXXI
1. Askarlariga, lashkariga, el-xalqiga
2. Shunchalik ko‘p o‘lik o‘lja tushdikim,
3. Yuklamakka, tortmoqqa ot, xachir, xo‘kiz.
4. Ozliq qildi. Shunda O’g‘uz qog‘onning.
5. Askarlari orasida bir uddaburron, tiyrak, chevar kishi bor edi.
6. Uning oti Barmoqlug‘ Yo‘sin Billik edi.
7. Ushbu chevar bir arava yo‘ndi. Arava ustiga
8. O’lik o‘ljani yukladi, arava boshiga tirik o‘ljani qo‘shdi.
9. Tortib ketdilar. Navkarlarning,
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:40:21
XXXII
1. El-yurtning barchasi buni ko‘rdilar.
2. Yana (boshqa) aravalar yo‘nishga shoshildilar. Shunda arava yurganda,
3. «Qang‘a-qang‘a» degan ovoz chiqarar edi.
4. Shuning uchun bu narsaga «Qang‘a» deb ot qo‘yishdi.
5. O’g‘uz qog‘on aravalarni ko‘rdi, kuldi.
6. Yana aytdikim: «Arava! Arava
7. Bilan o‘lik (molni) tirik (mol) tortib ketsin
8. «Qang‘aliq» senga ot (nom) bo‘lmoqligi lozim. Qang‘a
9. (Arava) nishon bo‘lsin, deb aytdi va ketdi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:42:26
XXXIII
1. Shundan so‘ng yana o‘sha ko‘k tukli, ko‘k yolli,
2. Erkak bo‘ri yetagida Sindu tog‘i, Tangut tog‘i,
3. Shag‘am(Shom) trmonlari bo‘ylab ketdi.
4. Juda ko‘p urush va janglardan so‘ng,
5. U yerlarni oldi, o‘z yurtiga birlashtirdi.
6. Zafarlar qozondi, bosib oldi. Yana esdan chiqmasin.
7. Ma’lum bo‘lsinkim, janub tomonda,
8. Barqan degan bir yer bordir.
9. Juda boy bir yurtdir. Rosa issiq o‘lkadir.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:43:30
XXXIV
1. Uning yerlari kiyik va qushlarga boydir
2. Oltini ko‘p, kumushi ko‘p, qimmatbaho narsalari ko‘p
3. (Insonlarning) rangi, yuz-bashalari qop-qoradir
4. O’sha o‘lkaning qog‘oni Masar degan bir qog‘on edi
5. O’g‘uz qog‘on o‘shaning ustiga yurish qildi
6. Qattiq, shiddatli urush bo‘ddi
7. O’g‘uz qog‘on yengdi. Masar qog‘on qochdi
8. O’g‘uz qog‘on uni bosdi, yurtini oldi, ketdi. Uning do‘stlari
9. Juda sevindilar, uning dushmanlari esa ko‘p
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:44:25
XXXV
1. Qayg‘ular topdi. O’g‘uz qog‘on uni yengdi.
2. Son-sanoqsiz boyliklar, yilqilar oldi.
3. Yurtiga-uyiga tortib ketdi.
4. Yana nazardan chetda qolmasinkim,
5. Ma’lum bo‘lsinkim, O’g‘uz qog‘onning
6. Yonida oq sallali, oq sochli,
7. Uzun soqolli bir qari kishi bo‘lar edi.
8. U akdli, olijanob kishi bo‘lib, rosa chaqqon kishi edi.
9. Uning oti Ulug‘ Turuk edi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:45:43
XXXVI
1. Kunlardan bir kun u uyquda bir oltin yoy ko‘rdi.
2. Yana uch kumush o‘q ko‘rdi. Bu oltin
3. Yoy kunchiqardan to kun botargacha
4. Cho‘zilgan edi. Yana o‘sha uch o‘q-
5. Kumush o‘q zulmat (shimol)tomonga ketayotgan edi.
6. Uyqudan turgandan so‘ng tushida ko‘rganini
7. O’g‘uz qog‘onga bildirdi.
8. Yana aytdikim: «Ey, qog‘onim, sening
9. Umring uzun bo‘lg‘ay, ey qog‘onim,
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:46:20
XXXVII
1. Senga mustahkam hokimiyat nasib etgay.
2. Menga Ko‘k Tangri tushimda (ayon) berdi, o‘ngimdan keltirsin.
3. Ummonday cheksiz yerlar avlodlaringga buyurgay» dedi
4. O’g‘uz qog‘on Ulug‘ Turukning
5. So‘zlarini yaxshi ko‘rdi. O’gitiga quloq soldi,
6. Uning o‘gitiga ko‘ra ish tutdi. Undan so‘ng
7. Tong otgach og‘a-inilarini
8. Chorlab keltirdi. Yana dedikim: «Ey! Mening
9. Ko‘nglim ov istaydi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:48:06
XXXVIII
1. (Ammo)Qariligim bois g‘ayratim yo‘qdir
2. Kun. Oy, Yulduz! Sizlar tong sariga boringlar!
3. Ko‘k, Tog‘, Tengiz! Sizlar tun sariga boring!» — dedi.
4. Shundan so‘ng uchovlon
5. Tong sari ketdi. Boshqa uchisi esa
6. Tun sari ketdilar. Kun, Oy.
7. Yulduz juda ko‘p kiyik, ko‘p qush ovlab
8. So‘ng yo‘lda bir oltin yoyni
9. Topdilar, oldilar (keltirib) otasiga berdilar.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:49:19
XXXIX
1. O’g‘uz qog‘on sevindi, kuldi. Keyin uni(yoyni)
2. Uch bo‘lak qildi. Tag‘in aytdikim: «Ey og‘alari,
3. Yoy senlarga bo‘lsin, yoydek
4. O’qlarni ko‘kka qarab oting» — dedi.
5. Yana shundan so‘ng Ko‘k, Tog‘.
6. Tengiz ko‘p kiyiklar, ko‘p qushlar ovlagach,
7. So‘ng yo‘lda uch kumush o‘qni
8. Topdilar. Olib otasiga keltirdilar.
9. O’g‘uz kog‘on sevindi, kuldi so‘ng o‘qlarni,
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:50:11
XL
1. Uchalasiga ulashtirdi va dedikim:
2. «Ey inilar! O’qlar senlarga bo‘lsin
3. Yoy o‘qni otadi.
4. Senlar o‘klardek bo‘ling» — dedi. Yana shundan so‘ng
5. O’g‘uz qog‘on buyuk bir qurultoy chaqirdi.
6. Askarlarni, el-yurtni chorlab chaqirdi.
7. Kelishdi, kengashib o‘tirishdi. O’g‘uz
8. Qog‘on ulug‘ o‘rdada ...
9. ... So‘l yog‘ida uch o‘qlar, o‘ng tomonida o‘tirdi.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:51:25
XLI
1. Qirq quloch yog‘ochni o‘rnatib, uning
2. Uchiga bir oltin tovuq yasatti.
3. Quyiga bir oq qo‘yni bog‘latdi. So‘l
4. Tomonda ham qirq quloch yog‘och o‘rnatib,
5. Uning uchiga bir kumush tovuq yasattirdi.
6. Quyisiga esa bir qora qo‘yni bog‘latdi.
7. O’ng yoqda buzo‘qlar o‘tirdi.
8. So‘l yoqda ucho‘qlar o‘tirdi.
9. Qirq kun, qirq kecha oshadilar.
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:51:58
XLII
1. Ichdilar, xursandchilik qildilar. Shundan so‘ng O’g‘uz qog‘on,
2. O’g‘illariga yurtini ulashib berdi. Yana dedikim:
3. «Ey o‘g‘illar! Men ko‘p yashadim, ko‘p urushlar ko‘rdim,
4. Nayzani o‘q qilib otdim, ayg‘ir minib ko‘p yo‘rtdim.
5. Dushmanlarni yig‘latdim, do‘stlarimni kuldirdim
6. Ko‘k Tangri oldida burchimni o‘tadim.
7. Yurtimni sizlarga qoldiraman, dedi...
8. ...
9. ...
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:54:05
LUG’AT

—A—
adaq — 1. oyoq, 2. etak(tog‘ning)
adug‘ — ayiq
ayan — ravshan, aniq
al — olovrang
amirak — do‘st
angag‘u — nishon, alomat, belgi
atashluq — olovli(rang)
atlamaq — otlanmoq, qo‘zg‘almoq
atlag‘u — urush, jang
achqich — ochqich, kalit
ashamaq — yemoq
ashtum — muayyan yoshni yashadim, yoshimni yashab, oshimni oshadim
aqa — aka, og‘a
ag‘iz — lab, dudoq
ag‘izumga baq — bo‘yinsunmoq, tobe bo‘lmoq
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:56:57
— B —
baliq — shahar, kent
barg‘u — o‘lja, boylik
barg‘ulug‘ — boy, badavlat
bashmaq(bashdi) — g‘alaba qozonmoq, yengmoq
bash chalinmoq — bo‘yinsunmoq
begu — sovg‘a, tortiq
beduk — buyuk, katta, ulkan
beduklamoq — ulg‘aymoq, buyuklanmoq
bendang‘ — stul, o‘rindiq
berik — mustahkam, berk
billug — ma’lum, belgili
birladi — birlashtirdi, qo‘shib oldi
budamoq — ko‘paymoq, bo‘linmoq
buzg‘ulug‘ — bo‘lak, parcha
buyan — olijanob, marhamatli
bulun — 1. burchak; 2. tomon
bulung — tomon, taraf
buluni — egallamoq, qo‘lga kiritmoq, topmoq
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:57:20
— I, Y —
ichagu — ichki a’zolar, ichak-chavoq
ishay — zukko, tiyrak
ya — kamon, yoy
yazi — dasht, ochiq yer-dala
yalbarg‘u — topinish, ibodat
yang‘aq — taraf, tomon
yarlamaq— yubormoq, ta’min etmoq
yarliq — farmon, yorliq
yarumaq — ko‘zi yorilmoq, farzand ko‘rmoq
yaruq — yorug‘lik, nur
yag‘ri — yelkasi, kifti
yig — xom, pishmagan
yida — cho‘qmor, gurzi
yitu — yo‘qolmoq, g‘oyib bo‘lmoq
yig‘ach(1) — yog‘och, daraxt
yig‘ach(2) — bu yerda avlod shajarasi
yurugu — safar, sayohat
yumshamaq— yubormoq, buyurmoq
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:57:37
— K —
kag‘az — mard, jo‘mard
kena — yana, so‘ng
kik — ov hayvon; kiyik
kish — o‘rmon hayvoni-samur
kundunki— janub
kutamaq — boqmoq (uy hayvonlarini)
ko‘guz — ko‘krak, ko‘ks
ko‘klug — ko‘rkam, chiroyli, ko‘xlik
ko‘l — yaylov, ochiq maysali joy
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:58:08
— M —
mamanglab — quvonch bilan
meng — yuz qismidagi katta xol
muz — oq rang, oqish
muran — daryo

— N —
napsiki — farishta, hur-g‘ilmon

— S —
sari — tomon, yo‘nalish
sarulmish — belangan, bo‘yalgan
singir — pay, singir
suyurkab — marhamat qilib
surma — sharob, vino
sug‘i — suv(i)
so‘z bermak — so‘zga solmoq, gap bermoq
so‘g‘urg‘u — urush
so‘g‘uq — sovuq, ayoz
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:58:30
— T —
talun(y) — dengiz, bahri muhit
tap — istak, xohish
tapiq — etak, oxiri(masalan, tog‘ etagi)
tapug‘ — oldida (ko‘makchi)
taratg‘u — sovg‘a, o‘lpon
tarlag‘u — ekin, ekinzor
tartip — keltirib
tashqarun — tashqarida
taquq — tovuq
tag‘am — tom
tegurak — to‘liq, uzil-kesil
telim — har xil, turfa
terang — chuqur
tuzun — to‘g‘ri, adolatli
tulukluk — yungli, tukli
tungluk — mo‘ri
turturmak — yig‘ishtirmoq
turub turmaq — to‘xtamoq
tutrulunch — jang-jadal
tushimal — tushni yo‘yuvchi kishi
tug‘ — bayroqning turi-tug‘
to‘zun — olijanob
to‘l — nakd, darrov
to‘ng‘ — sovuq
to‘ruluk — hokimiyat
to‘qush — jang
to‘g‘urmaq — tug‘moq, tug‘dirmoq
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:58:47
— U —
ud — sigir
uzluq — tajribali, uddaburron
unju — inju
uran — parol
urman — yara, jarohat
urushunch — jang-jadal
urushg‘u — jang
urug‘ — nasl, avlod
usug‘ — mavj, to‘lqin
uchagu — uchovi, uchalasi
uchu — uchovi, uchalasi
uqg‘uluq — zukko, dono
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 11:59:53
— Ch —
chalang-bulang — u-bu, hech narsa
chamat atmaq — jahli chiqmoq, g‘azablanmoq
chamat chaqmaq — jahli chiqmoq, g‘azablanmoq
chang — tong
chapmak(1) — topmoq
chapmaq(2) — yasamoq
chashqarun — tashqarida
chevar — usta, mohir
cherik — askar, lashkar
chirag‘i — yuz, aft
chubuyan — noz-ne’matlar
cho‘ng — so‘ng, chap, so‘l
cho‘q — ko‘p
cho‘qurtan — ola, chipor
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 12:00:43
— Sh —
shashmaq — taraddudlanmoq, shoshib qolmoq
shuk — jimjit, osoyishtalik
shira — stol

— E —
el-kun — insonlar, kishilar
emgak — mehnat, mashaqqat
erdani — qimmatbaho narsalar
eriz-kag‘az — mard, mardona

— O’ —
o‘kuz — daryo
o‘nglugi chirag‘i — yuzining rangi
o‘ng‘a — chidamli, bardoshli
o‘ru — yuqori
o‘g‘uz — og‘iz (birinchi sut)
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: Abdullоh 23 May 2009, 12:01:01
— Q—
qabuchaq — qobiq, kavak
qaliq — eshik
qamag‘i, qamug‘ — hammasi, barchasi
qang‘a — arava
qalug‘luq — yopiq, berk
qart — qari, keksa, qariya
qatalag‘u — saqlamoq, qo‘rimoq
qatag‘lag‘u — ergashish, izidan yurish
qag‘ar — qor
qag‘atir — xachir
qiat — timsoh (?)
qiz — noyob, nodir
qudug‘ — qirg‘oq, bo‘yi
qo‘yun — qo‘y
qo‘rig‘an — qo‘rg‘on, istehkom
qo‘g‘ulg‘ulu — yaltiroq
Nom: Re: O’G’UZNOMA
Yuborildi: AbdulAziz 29 May 2009, 01:21:58
O'g'uznoma

(http://www.ziyouz.com/images/books/oguznoma.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=374)

Hajmi: 198 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=374)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3661.0)