ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Ilm va ziyo => Intellekt => Mavzu boshlandi: ЖАМШИДЖОН 11 Iyul 2009, 15:47:03

Nom: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 11 Iyul 2009, 15:47:03
Zehningizni sinab ko'ring


Ushbu sahifada o'z zehningizni masla yechish orqali sinab ko'rishingiz mumkin. Misol va masalalar yechib turish bilimlaringizning yanada mustahkamlashuviga sabab bo'ladi. Bu orqali siz aqlingizni charxlaysiz. chunki, egallagan bilimlaringizga doir masala yechish, ilm va formulalarni yodingizda mustahkam saqlanib qolishiga yordam beradi. Masala yechish amaliy mashg'ulot, siz bu orqali tafakkur va bilimingizdagi kamchiliklarni bilib olasiz. Marhamat, sahifadagi masalalarni yechishga bir urinib ko'ring. Agar sizda ham qiziqarli masalalar bo'lsa post qiling , xursand bo'lamiz.

Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 11 Iyul 2009, 15:47:35
Uch qishloq
Bir mamlakatda Rostgo'ylar, Yolg'onchilar, rostgo'ylar va yolg'onchilar aralash yashaydigan Aralash qishloqlari bor ekan. Mos ravishda, birinchi qishloqda faqat rostgo'ylar,, ikkinchisida faqat yolg'onchilar, uchinchi qishloqda esa har ikki toifa aralashib istiqomat qilishar ekan. To'satdan o't o'chirish idorasiga qo'ng'iroq bo'libdi:
-Bizning qishloqqa o't ketdi.
-Siz qayerda yashaysiz ?
-"Aralash" qishlog'ida.
Savol: O't o'chiruvchilar qaysi qishloqda yashaydi ?
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 11 Iyul 2009, 15:48:48
2. SAVOL
Matematik necha yoshda ?
Bir kuni ikki matematik uchrashib qolibdi. Hol ahvol so'rashgach birinchi matematik do'stidan so'radi:
- Hozir necha yoshdasiz ?
ikkinchi matematik javob berdi:
- Men tug'ilganda otam 25 yoshda edilar, hozir otam va mening yoshimizni qo'shsak 89 bo'ladi.
Savol: Matematik necha yoshda
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 11 Iyul 2009, 15:50:42
3. SAVOL
Eynshteyn topishmog'i
Bir shaharda beshta uy mavjud. Har uyning rangi, uy egalarining millati, ichadigan ichimligi, boqadigan uy hayvoni, chekadigan sigareti har xil.
Bizga ma'lum bo'lgan ma'lumotlar quyidagilar:
1. Ingliz qizil uyda yashaydi.
2. Shved kuchuk boqadi.
3. Daniyalik choy ichadi.
4. Yashil uy oq uyning chap tomonida joylashgan va ...
5. ...uning egasi kofe ichadi.
6. Pall Mall chekuvchi qush boqadi.
7. O'rtadagi uyda yashovchi sut ichadi.
8. Sariq uy egasi Dunhill chekadi.
9. Norvegiyalik birinchi uyda yashaydi.
10. Marlboro chekuvchi mushuk egasini yonida yashaydi.
11. Ot egasi Dunhill chekuvchining yonida yashaydi.
12. Winfield chekuvchi pivo ichadi.
13. Norvegiyalikning uyi - ko'k uyning yonida.
14. nemis Rothmans chekadi.
15. Marlboro chekuvchi suv ichadiganning yonida yashaydi.
Savol: Kim baliq boqadi ?
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Abdul_Malik 11 Iyul 2009, 15:59:34
2. SAVOL
Matematik necha yoshda ?
Bir kuni ikki matematik uchrashib qolibdi. Hol ahvol so'rashgach birinchi matematik do'stidan so'radi:
- Hozir necha yoshdasiz ?
ikkinchi matematik javob berdi:
- Men tug'ilganda otam 25 yoshda edilar, hozir otam va mening yoshimizni qo'shsak 89 bo'ladi.
Savol: Matematik necha yoshda

Javob:Matematik 32 yoshda
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Abdul_Malik 11 Iyul 2009, 16:59:55
3. SAVOL
Eynshteyn topishmog'i
Bir shaharda beshta uy mavjud. Har uyning rangi, uy egalarining millati, ichadigan ichimligi, boqadigan uy hayvoni, chekadigan sigareti har xil.
Bizga ma'lum bo'lgan ma'lumotlar quyidagilar:
1. Ingliz qizil uyda yashaydi.
2. Shved kuchuk boqadi.
3. Daniyalik choy ichadi.
4. Yashil uy oq uyning chap tomonida joylashgan va ...
5. ...uning egasi kofe ichadi.
6. Pall Mall chekuvchi qush boqadi.
7. O'rtadagi uyda yashovchi sut ichadi.
8. Sariq uy egasi Dunhill chekadi.
9. Norvegiyalik birinchi uyda yashaydi.
10. Marlboro chekuvchi mushuk egasini yonida yashaydi.
11. Ot egasi Dunhill chekuvchining yonida yashaydi.
12. Winfield chekuvchi pivo ichadi.
13. Norvegiyalikning uyi - ko'k uyning yonida.
14. nemis Rothmans chekadi.
15. Marlboro chekuvchi suv ichadiganning yonida yashaydi.
Savol: Kim baliq boqadi ?

Javob: Nemis baliq boqadi.
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Mars 29 Aprel 2010, 19:41:54
Shokolad bilan yoshni aniqlash:

Buning uchun 1 haftada qancha shokolad yeyishingizni aniqlaysiz,yani 1 -10 gacha bo'lgan raqamni tanlang.

Nechta shokolad yeyishingiz aniqlangandan keyini 2 ga ko'paytiring

unga 5 ni qo'shing

Hosil bo'lgan sonni endi 50 ka ko'paytiring

Hosil bo'lgan sondan agar bu yil tug'ilgan kuningiz o'tib ketgan bo'lsa 1760 ni qo'shing

Agar tug'ilgan kuningiz hali o'tmagan bo'lsa 1759 ni qo'shing

Hosil bo'lgan sondan tug'ilgan yilingizni ayrib tashlang

agar to'g'ri hisoblagan bo'lsangiz hosil bo'lgan raqamlardan

1 chisi sizning 1 haftada nechta shokolad yeshishingiz bo'lsa qolgani sizning yoshingiz bo'ladi

Qani sinab ko'ring
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: jasur.best 16 Noyabr 2010, 00:05:09
Osmonda g'ozlar uchayotganini ko'rgan yerdagi bitta g'oz ularga debdi:
- hoy, 100 g'oz. Men sizlarga qo'shilay
- Biz 100 g'oz emasmiz. Bizga yana shuncha qo'shib, keyin yarimizni qo'shib, keyin yarimizmizni yarmini qo'shilsa, sen 100-bo'lib qo'shilasan.
 Savol: Osmondagi g'ozlar nechta?
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: jasur.best 16 Noyabr 2010, 00:08:16
Bir qurt daraxtga chiqib ketyapti. Daraxtning uzunligi 100 metr. Qurt bir kunda 5 metr ko'tariladi va uxlab turguncha 4 metr orqaga qaytib qoladi.
      Aytingchi, qurt daraxtning tepesiga necha kunda chiqadi?
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: yoqutxon 16 Noyabr 2010, 01:09:15
Bir qurt daraxtga chiqib ketyapti. Daraxtning uzunligi 100 metr. Qurt bir kunda 5 metr ko'tariladi va uxlab turguncha 4 metr orqaga qaytib qoladi.
      Aytingchi, qurt daraxtning tepesiga necha kunda chiqadi?
Assalom aleykum. Bu ketishida qurt daraxtni tepasiga 100 kunda chiqadi:)))
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: jasur.best 16 Noyabr 2010, 17:22:40
Salom, Yoqutxon. Afsuski, javobimgiz noto'g'ri. Unday emas
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: azizbek_mx 16 Noyabr 2010, 19:57:41
Bir qurt daraxtga chiqib ketyapti. Daraxtning uzunligi 100 metr. Qurt bir kunda 5 metr ko'tariladi va uxlab turguncha 4 metr orqaga qaytib qoladi.
      Aytingchi, qurt daraxtning tepesiga necha kunda chiqadi?
javob topish u-n savol bermoqchiman, qurt kuniga necha marta uxlaydi?
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: azizbek_mx 16 Noyabr 2010, 20:14:51
Osmonda g'ozlar uchayotganini ko'rgan yerdagi bitta g'oz ularga debdi:
- hoy, 100 g'oz. Men sizlarga qo'shilay
- Biz 100 g'oz emasmiz. Bizga yana shuncha qo'shib, keyin yarimizni qo'shib, keyin yarimizmizni yarmini qo'shilsa, sen 100-bo'lib qo'shilasan.
 Savol: Osmondagi g'ozlar nechta?

g`ozlar soni 36 ta!
formula: 2x+0.5x+0.25x=99
2.75x=99
x=99/2.75

yana bo`sa bering, anchadan beri masala ishlamabman ;D
lekin biroz bosh qotirdi
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: jasur.best 17 Noyabr 2010, 20:38:12
javob topish u-n savol bermoqchiman, qurt kuniga necha marta uxlaydi?
Bir kunda bir marta uxlaydi. Kechasi
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Zamiraxon 20 Noyabr 2010, 09:53:04
Bir qurt daraxtga chiqib ketyapti. Daraxtning uzunligi 100 metr. Qurt bir kunda 5 metr ko'tariladi va uxlab turguncha 4 metr orqaga qaytib qoladi.
      Aytingchi, qurt daraxtning tepesiga necha kunda chiqadi?

99-куни етиб борса керак.
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: jasur.best 23 Noyabr 2010, 17:54:31
99-куни етиб борса керак.
unday emas...
Nom: Daraxtdagi qurt
Yuborildi: Habib 23 Noyabr 2010, 18:32:17
Bir qurt daraxtga chiqib ketyapti. Daraxtning uzunligi 100 metr. Qurt bir kunda 5 metr ko'tariladi va uxlab turguncha 4 metr orqaga qaytib qoladi.
      Aytingchi, qurt daraxtning tepesiga necha kunda chiqadi?
100 kunda yetib boradi adashmasam. O'zi 5 metr ko'tarilsa, uyg'onib qarasa yana 4 metr pastda bo'lsa! Demak, kuniga 1 metrdan yurgan bo'ladi va 100 kunda qarabsizki daraxtni uchida ashulani "vang" qo'yib o'tiribdiku!!! ;)
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: jasur.best 23 Noyabr 2010, 21:41:42
Bir qurt daraxtga chiqib ketyapti. Daraxtning uzunligi 100 metr. Qurt bir kunda 5 metr ko'tariladi va uxlab turguncha 4 metr orqaga qaytib qoladi.
      Aytingchi, qurt daraxtning tepesiga necha kunda chiqadi?
100 kunda yetib boradi adashmasam. O'zi 5 metr ko'tarilsa, uyg'onib qarasa yana 4 metr pastda bo'lsa! Demak, kuniga 1 metrdan yurgan bo'ladi va 100 kunda qarabsizki daraxtni uchida ashulani "vang" qo'yib o'tiribdiku!!! ;)
menimcha, bu qurt 100 kunda ashulani "vang" qo'yib o'tirmaydi. oldin ham bu javob aytilgandi
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Habib 24 Noyabr 2010, 16:23:46
menimcha, bu qurt 100 kunda ashulani "vang" qo'yib o'tirmaydi. oldin ham bu javob aytilgandi
Ozgina yumor qo'shdimda.(Qurtning kayfiyati yahshi bo'lsa undan ham oldin chiqib oladi daraxtga. ;) )
Lekin hisob-kitob qilinsa 100 kun bo'lyaptida!
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: braupov 24 Noyabr 2010, 16:37:24
Bir qurt daraxtga chiqib ketyapti. Daraxtning uzunligi 100 metr. Qurt bir kunda 5 metr ko'tariladi va uxlab turguncha 4 metr orqaga qaytib qoladi.
      Aytingchi, qurt daraxtning tepesiga necha kunda chiqadi?

QURT 96 kunda daraxt tepasiga chiqib oladi.
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Habib 24 Noyabr 2010, 17:14:15
O'zi qurt qaysi payt uhlaydi? Nechi kunda bir uhlaydi aniqrog'i?
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Shokir 24 Noyabr 2010, 17:44:38
 :as: Qurt qancha umr ko'radi ?  haroshiy vopros da  ;D
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: JaviK 24 Noyabr 2010, 17:55:48
:as: Qurt qancha umr ko'radi ?  haroshiy vopros da  ;D

Kapalak ham birinchi qurtdan chiqadi deb eshitganman, agar rivojlanishi bilan hisoblansa 1 yoki 2 kunga boradi holos: )
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: jasur.best 24 Noyabr 2010, 18:54:34
Bir qurt daraxtga chiqib ketyapti. Daraxtning uzunligi 100 metr. Qurt bir kunda 5 metr ko'tariladi va uxlab turguncha 4 metr orqaga qaytib qoladi.
      Aytingchi, qurt daraxtning tepesiga necha kunda chiqadi?

QURT 96 kunda daraxt tepasiga chiqib oladi.
Javobingiz to'g'ri. Javobga izoh beradigan bo'lsam, qurt oxiri kuni chiqadi. bu esa 5 metrga teng. demak, qolgan kunlari 1 metrdan oldinga surilgani ma'lum. 100-5=95 95+1=96
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Abu Muso 25 Noyabr 2010, 23:29:57
 :as:

Xitoylilklar o'zlarini tovuqqa, boshqa bir millatni esa chuvalchangga qiyoslaydilar...

"Biz qachodir ularni cho'qib yeb qo'yamiz", deb o'zlarini xursand qilib yuradilar.

Savol: "Chuvalchang" - qaysi millat va bu qiyoslashni ular nimaga asoslaganlar?
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Habibilloh 26 Noyabr 2010, 05:50:27
1.Grekchadan tarjima qilganda "noturg'un" ma'nosini beruvchi kimyoviy lement qaysi
2.Dunyodagi tishi eng ko'p jonzot
3.Vatani Hindiston tarkibida 96% suv bo'lgan o'imlik qaysi
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Habib 26 Noyabr 2010, 09:20:47
2.Dunyodagi tishi eng ko'p jonzot
Чувалчангда. ;)
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Abu Muso 26 Noyabr 2010, 10:40:39
:as:

Xitoylilklar o'zlarini tovuqqa, boshqa bir millatni esa chuvalchangga qiyoslaydilar...

"Biz qachodir ularni cho'qib yeb qo'yamiz", deb o'zlarini xursand qilib yuradilar.

Savol: "Chuvalchang" - qaysi millat va bu qiyoslashni ular nimaga asoslaganlar?


 :as:

Bu savol ham qolib ketmasin... ;)
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Habib 26 Noyabr 2010, 16:22:15
:as:

Xitoylilklar o'zlarini tovuqqa, boshqa bir millatni esa chuvalchangga qiyoslaydilar...

"Biz qachodir ularni cho'qib yeb qo'yamiz", deb o'zlarini xursand qilib yuradilar.

Savol: "Chuvalchang" - qaysi millat va bu qiyoslashni ular nimaga asoslaganlar?


Qiyinroq savol ekan. Topish mushkul bo'lyapti.




 
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: AL_laziz87 28 Noyabr 2010, 00:37:50
Abu Muso aka savoliz nixoyatda  qiziq ekan. Diyarli xamma millatni ko'zdan o'tkazdim lekin nima uchun chuvalchanga qiyoslaganini anglolmadim. Xitoy tarixiga nazar solgan xolda ingilizlar degan taxminga to'xtadim.
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Aqoid 28 Noyabr 2010, 01:30:14
Yaponlar yoki uyg'urlarmasmi?
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Abu Muso 28 Noyabr 2010, 07:02:08
 :as:

Mayli sizlarga yordam: Chuvalchanglar - Yaponlar... Ammo nima uchun?  ;)
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Zulfina 28 Noyabr 2010, 21:59:03
 :as:

Qo'shni forumda javobga ko'zi tushganlaniyam javobi qabul qilinadimi?  :D
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Abu Muso 28 Noyabr 2010, 22:13:18
 :as:

Qabul qilinadi ;)
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: jasur.best 28 Noyabr 2010, 22:54:27
:as:

Mayli sizlarga yordam: Chuvalchanglar - Yaponlar... Ammo nima uchun?  ;)
menimcha, tarixda yaponlar xitoyliklar ustidan hukmronlik qilganligi uchun emasmi?
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: BelleQizcha 29 Noyabr 2010, 02:11:39
Ok hitoyliklar tovuq bolsa yaponlar chuvalchang,oldin hitoyliklar yapinlarnu ustidan hukundorkik qilganlar!
Misol:tuvuq chuvalchang yeydi!
Hitoyliklar yaponlarni!
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Zulfina 29 Noyabr 2010, 08:40:37
:as:

Jahon haritasiga nazar tashasela bilvolardila:)
Haritaga bir qiyo boqsela chuvalchangga intilayotgan tovuqqa ko'zila tushadi:)
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Abu Muso 29 Noyabr 2010, 13:10:02
Ofarin, Zulfinaxon!  ;)


(http://i005.radikal.ru/1011/82/09447f4be204.gif) (http://www.radikal.ru)

Xitoylarning bu qiyoslariga sabab: yashil "tovuq" va qizil "chuvalchang" :)
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: ibrohim 29 Noyabr 2010, 13:34:26
tumshug'i qani ...?
Nom: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: BelleQizcha 30 Noyabr 2010, 03:38:21
zo'r... hayolimgayam kemapti..
Nom: Javob: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Dilshodbek Toliyev 17 Iyul 2013, 19:25:20
96 kunda
Nom: Javob: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Dilshodbek Toliyev 18 Iyul 2013, 12:13:35
96 -kunni chiqdi.
 

Bir qurt daraxtga chiqib ketyapti. Daraxtning uzunligi 100 metr. Qurt bir kunda 5 metr ko'tariladi va uxlab turguncha 4 metr orqaga qaytib qoladi.
      Aytingchi, qurt daraxtning tepesiga necha kunda chiqadi?
Nom: Javob: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Abdulhafizaka 18 Iyul 2013, 13:38:41
96 -kunni chiqdi.
 

Bir qurt daraxtga chiqib ketyapti. Daraxtning uzunligi 100 metr. Qurt bir kunda 5 metr ko'tariladi va uxlab turguncha 4 metr orqaga qaytib qoladi.
      Aytingchi, qurt daraxtning tepesiga necha kunda chiqadi?
агар қуртни ўрнида бошқа жонивор бўлганда 100 кунда чиқарди лекин қурт 100 кун яшамайди бир неча метр юргач капалакга айланади-ÑŽ қолган метрга бир неча минут учиб етволади  ;)
Nom: Javob: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Oshiq 18 Iyul 2013, 17:00:28
28 kunda chiqadi, javop!


Chiqvolib, keyin daraxtning uchiga pilla o'raydi.
Nom: Javob: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Qosimov Mirzabahrom 25 Yanvar 2014, 21:37:29
Shokolad bilan yoshni aniqlash:

Buning uchun 1 haftada qancha shokolad yeyishingizni aniqlaysiz,yani 1 -10 gacha bo'lgan raqamni tanlang.

Nechta shokolad yeyishingiz aniqlangandan keyini 2 ga ko'paytiring

unga 5 ni qo'shing

Hosil bo'lgan sonni endi 50 ka ko'paytiring

Hosil bo'lgan sondan agar bu yil tug'ilgan kuningiz o'tib ketgan bo'lsa 1760 ni qo'shing

Agar tug'ilgan kuningiz hali o'tmagan bo'lsa 1759 ni qo'shing

Hosil bo'lgan sondan tug'ilgan yilingizni ayrib tashlang

agar to'g'ri hisoblagan bo'lsangiz hosil bo'lgan raqamlardan

1 chisi sizning 1 haftada nechta shokolad yeshishingiz bo'lsa qolgani sizning yoshingiz bo'ladi

Qani sinab ko'ring

Men 8 raqamini tanladim uni 2ga ko'paytirdim (8*2=16) va 5ni qo'shdim (16+5=21) uni 50ga ko'paytirdim (21*50=1050) unga 1759ni qo'shdim (1050+1759=2809) undan 1999ni ayridim (2809-1999=810). 8 to'gri lekin men 10 yoshda emasman . "Hosil bo'lgan songa agar bu yil tug'ilgan kuningiz o'tib ketgan bo'lsa 1760 ni qo'shin" degandiz leki bu to'g'ri kelmaydi unga yana 4 ni qo'shish kerak yani 1-ga 1964 2-ga 1953 . Shunda (8*2=16)(16+5=21)(21*50=1050)(1050+1763=2813)(2813-1999=814)
Shunda 8 mening bir haftada yegan shokaladlarim soni 14 esa meni yoshim.
Nom: Javob: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: leonardo1024 04 Noyabr 2014, 15:42:50
Qiziqarli masalalar:

http://aql.uz/articles.php?cat=18
Nom: Javob: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Smart_AAA 20 Noyabr 2015, 20:15:45
Bir qurt daraxtga chiqib ketyapti. Daraxtning uzunligi 100 metr. Qurt bir kunda 5 metr ko'tariladi va uxlab turguncha 4 metr orqaga qaytib qoladi.
      Aytingchi, qurt daraxtning tepesiga necha kunda chiqadi?

Javob: 28 kun
Nom: Javob: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: AbdulazizSaidov 18 Fevral 2017, 09:41:17
Osmonda g'ozlar uchayotganini ko'rgan yerdagi bitta g'oz ularga debdi:
- hoy, 100 g'oz. Men sizlarga qo'shilay
- Biz 100 g'oz emasmiz. Bizga yana shuncha qo'shib, keyin yarimizni qo'shib, keyin yarimizmizni yarmini qo'shilsa, sen 100-bo'lib qo'shilasan.
 Savol: Osmondagi g'ozlar nechta?
36ta
Nom: Javob: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: olim_83 14 Mart 2017, 18:24:29
Bir qurt daraxtga chiqib ketyapti. Daraxtning uzunligi 100 metr. Qurt bir kunda 5 metr ko'tariladi va uxlab turguncha 4 metr orqaga qaytib qoladi.
      Aytingchi, qurt daraxtning tepesiga necha kunda chiqadi?
95 kunda
Nom: Javob: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Sitorabonu2016 24 Yanvar 2018, 19:35:59
javob: 96 kunda, chunki 95-kuni qurt 99 metr yuqoriga ko'tariladi va 4 metr pastga tushganda 95 metr yo'l bosgan bo'ladi, 96- kuni esa 5 metr yurib 100 metr masofani to'laligicha bosib o'tadi. : ;)
Nom: Javob: Re: Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Yuborildi: Sitorabonu2016 24 Yanvar 2018, 19:44:09
x+x+x/2+x/4+1=100
11x=396
x=36     javob:36ta g'oz ;)