forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Bobomurod-max 17 Iyul 2009, 11:44:56

Nom: Insoniyat tarihidagi eng buyuk inson kim?
Yuborildi: Bobomurod-max 17 Iyul 2009, 11:44:56
Assalomu alaykum Azizlar!!!
aytingchi insoniyat tarihidagi eng buyuk inson kim? va nima uchun siz bu insonni buyuk hisoblaysiz?
Nom: Re: Insoniyat tarihidagi eng buyuk inson kim?
Yuborildi: Ziyovuddin 17 Iyul 2009, 11:52:49
Insoniyat tarixidagi eng buyuk inson Muhammad  :sw: deb hisoblayman. Nima uchunligini hamma biladi. Bu narsa boshqa dunyoviy statistikalarda ham qayd etilgan menimcha.
Nom: Re: Insoniyat tarihidagi eng buyuk inson kim?
Yuborildi: Muzayyana 17 Iyul 2009, 14:26:19
Assalamu alaykum.
Mavzuni nomi...agar og'ir botmasa bir gap aytay, to'g'risi mo'min-musulmonni bunday manodagi savol berishini man o'rinsiz deb hisoblayman. Sababi bu narsani yani bashariyatga eng ko'p foyda keltirgan inson kimligini butun dunyo bizi Sayyidimiz  :sw: ekanligini tan olayaotganda bunday savol berish o'rinlimikin?!
Bir maruzadan iqtibos keltiraman, mazmunan.
Amerikalik bir olim bashariyatga eng ko'p naf keltirgan insonni kimligini aniqlashga kirishadi bu ro'yhatga ancha-muncha insonlarni, yani mashhur insonlarni ham kiritadi.
Bular qatorida xattoki rahmatli Maykl Jagkson va Devid begkhamlar ham bor edi. Hullas, Olim birgina tugmani bossa hissob, kimligi aniq bo'ladi.Vanihoyat u bosadi, ekranda esa Muhammad alayhissalom bashariyatga eng ko'p foyda keltirgan inson, mana shu yozuvlar paydo bo'ladi. (Holislik saridan)

Nom: Re: Insoniyat tarihidagi eng buyuk inson kim?
Yuborildi: Bobomurod-max 17 Iyul 2009, 16:05:10
Assalomu alaykum!! Fikringiz u'rinli. lekin mavzuni nomi shunday bulmaganda boshqalarni fikrini olish qiyin bulardi. 1,6 milliard insonni oradan 1400 yil utishiga  qaramay jaholat botqog'i, jahannam olovidan saqlanishga boshlagan Inson-Muhammad Alayhissalom Salallohu vaassalamdan u'zga kim buyuk bulishi mumkin, umuman biror insonni Rasulullohga tenglashtirib bulmaydi!!!
Olloh rozi bulsin!!