forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 14 Iyun 2006, 21:15:13

Nom: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyun 2006, 21:15:13
Inson hamisha go’zallikka, baxtga intiladi, baxtiyor damlarni kutib yashaydi. O’ziga to’kis baxtni sog’inmagan odam zoti topilmasa kerak. Baxt esa, misoli bir qush: qattiqroq ushlasang ham, bir oz bo’sh qo’ysang ham undan ayrilib qolishing mumkin. Shu tufayli uni har kim o’zicha tushunadi, o’zicha tasavvur etadi, o’zicha anglaydi...
Dunyodagi buyuk kashfiyotlar, o’lmas san’at asarlarining yaratilishiga ham aslida insoniyatning baxt haqidagi orzu-armonlari sababchi bo’lgan bo’lsa, ehtimol.
"œTil va dunyo" gazetasidan.

Forumimizning aziz ishtirokchilari!
Baxt haqida o'z tushunchalarimiz, donolarning mulohazalari, hikoyatlarni ifoda etarkanmiz, Sizlarga ham ikkita savol bilan murojaat etamiz:
1.Baxt nima? Baxt deganda Siz nimani tushunasiz?
2. O'zingizni baxtli hisoblaysizmi? Nima uchun?


Mavzu arxivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=jamiat&action=display&thread=1130152361&page=1)
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Munira xonim 15 Iyun 2006, 12:57:04
Assalamu alaykum. Baht - bu musulomligimiz,Rahmatallila'lamiynga ummatligimiz.Menimcha eng oliy Baht shudir.Yana Mening Bahtim oilamni tinchligi, farzandlarimni va turmush o'rtog'imni so'g salomat yonimda bo'lishlari. Mening Bahtim onamni bag'riga boshimni qo'yib bir lahza nasihatlarini tinglashim. Allohga shukr bahtliman. Alloh menga qanday hayotni ravo ko'rsa shunga roziman va shukr qilaman.
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 03:59:55
Baxt haqida bitta tasavvur:
Nuragan uy, loysuvoq so’ri.
Onajonim non yopgan tandir,
O’choqdagi olovning qo’ri.

Yuzim chaygan zilol ariqcha,
Dadam zardoliga osgan argimchoq.
Belanchakda uxlagan ukam,
Buvim ertagiga solganim quloq.

Kechki taom — hamma jamul-jam
Bir lagandan oshashar palov.
Keyinbuvim urchuq yigirar,
Loypechkada gurillar olov...

Baxt haqida so’nggi tasavvur:
Biz qadriga yetmagan damlar...

Dilband Abrayeva,
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:00:05
Baxtli bo’lishni istaysanmi? Unday bo’lsa, avval mashaqqat chekishni o’rgan.
TURGENEV

Yashash majburiy emas, biroq baxtli yashash shart.
J.RENAR

Baxtsiz onlarda eng yaxshi tayanch aql emas, balki jasoratdir.
L.VOVENARG
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:00:19
MUSULMON SEVGISI

Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan g’azotlaridan biri tugagach, bir musulmon xotin tushib qolgan yaradorlarni izlab topmoqchi bo’ldi: o’liklar orasiga kirdi. U yon-bu yonni izlar chog’da "œOh"¦ suv!.." degan bir tovush eshitdi. Bir yarador musulmonning suvdonini ko’rdi. Ozroq suv topib shu yaradorning oldiga keldi. Boshini astagina ko’tarib, suvni ichtirmoqchi bo’ldi. Yarador musulmon dudog’ini suvga yetkuzar chog’da boshqa yoqdan "œOh"¦ suv!.." degan o’zga bir tovush keldi. Yarador suv keltirgan xotinga dediki:
- Bu suvni mendan burun shu tovush egasiga eltib ber. Bir yo’ldoshim yaralanib suvsab yotar ekan, men icholmayman.
Xotin suvni ikkinchi yaradorga olib bordi. U ham suvni ichayin deb turgan chog’ida "œOh"¦ suv!.." degan yana bir tovush eshitdi, xotinga dediki:
- Shu yo’ldoshim suvsiz ekan, men icholmayman, ber suvingni shunga.
Xotin suvni uchinchi yaradorga yetkazdi. U suvni ichayotganda birinchi yaradorning "œOh"¦ o’oldim"¦ suvsizlikdan" degan tovushi keldi. Bu ham xotinga:
- Suvingni mendan burun shu tovush egasiga ber! — dedi va o’zi ichmadi.
Xotin yana qaytib birinchi yaradorning oldiga kelsa, bechoraning o’lib yotganini ko’rdi. Ikkinchi yaradorning oldiga bordi, u ham o’lib yotgan ekan. Uchinchi yarador ham suvsizlikdan o’lib qolmasin deya yugurib ketdi:
- Ey, voh!.. Bu ham o’lib qolibdi! — deb suvni to’kdi.
Musulmonlarning o’lim chog’ida ham bir-birlarini qanchalik sevishlarini o’ylab ko’z yosh qildi.

Abdurauf Fitrat
"œO’qi" kitobi, Boku, 1917-yil
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:00:48
Maknuna:

1. Baxt bu - mening bu dunyoga kelganim. Baxt bu -ota-onamning borligi. Baxt bu - Musulmon bo'lganim. Baxt bu - yaxshi odamlar diydori.
2. Albatta baxtliman!
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:01:00
Odamlar baxt deganda ko’proq nimani tushunishadi?
Har kim o’zining ongi, tafakkuri rivojiga qarab baxtni har narsada ko’radi. Ayollar asosan oilasining tinch-xotirjamdigi, erining unga mehr-muhabbatli bo’lib, farzandlari barkamol bo’lishini, qizlar esa har tomonlama o’ziga mos kishini uchratishni baxt deb hisoblaydi. Ba’zi erkaklar uchun oilasining moddiy ta’minlanganligi, ayolining shirinso’zligi bo’lsa, ayrimlari uchun ko’chadagi ayol bilan munosabat o’rnatish baxt. Yigitlar kelajagini oila bilan bog’laydi. Ular chiroyli ayolni chiroyli oila deb biladi. Baxtni boylik bilan o’lchab bo’ladimi?
Boylik baxt ko’rsatkichi emas. Masalan, bir buyuk rus olimi o’zining baxtini raketalar yaratishda ko’rgan. U oshxonalardagi qoldiq ovqatlarni yeb kun ko’rgan. Lekin bunday sharoitda ham o’zini baxtli hisoblagan.
O’ziga to’q bo’lish baxtni his qilish uchun ozgina omil bo’lishi mumkin. Odam ehtiyojlarining hech bo’lmaganda o’rtamiyona darajada qondirilishi ham baxtli bo’lish uchun zamin yaratadi.
Ba’zan hamma narsasi yetarli odamlar ham o’zini baxtsiz his qiladi. Kishilar o’zlarini baxtli his etishlari uchun nima qilishlari kerak?
Bu dunyoga inson bo’lib kelishning o’zi baxt, undan inson bo’lib ketish undan ham katta baxt. Afsuski, baxtning qadriga har doim ham yetavermaymiz. Erta bilan turib quyosh nurini ko’rishning o’zi katta baxt. Gap uni his qilib, dunyo ne’matlaridan lazzatlana olishda.
Baxtning davomiyligi qancha?
Bir umrlik deb qarash noto’g’ri. Faqat kasbdan topilgan baxt bir umrlik bo’lishi mumkin.

Naima Holmuhammedova,
"Mehrjon " ayollar uyushmasi rahbari, psixolog.
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:01:14
Mohinur:

1. Baxt deganda men oila hotirjamligini, qarindosh-urug'lar, do'stlarning shodon chehrasini, ota-onaning farzand kamolini ko'rib, yuzidagi mamnunligini tasavvur qilaman. Dunyodagi eng baxtiyor insnlar esa bolalardir. Ularning bu dunyodan g'amlari yo'q.

2. Baxtlimisiz? Ha, baxtliman, Allohim meni yartaganidan, 4 mucham sog'ligidan, ota-onam, do'stu yorlarim borligidan baxtliman.
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:01:24
1. Avvallari baxt deganda yetib bo’lmaydigan bir manzilni tushunardim. Hozir esa hayotda orzu qilib, yetishgan barcha manzillarimni baxt deb bilaman.
Bolaligimda bir ertak o’qigandim. Bir bolakay har kuni erta tongda tom tepasiga chiqib, uzoq-uzoqlarga qaraydi. O’shanda juda uzoq tog’ tepasida nimadir oppoq bo’lib yaraqlab turganini ko’radi. Bola har kuni shu narsani ko’rish uchun turadi. Uning nimaligini bilishni, unga yetishishni orzu qiladi. Shu tuyg’u bolaga tinchlik bermaydi. Bolaning nazarida unga yetishish baxt edi.
U ulg’ayadi va bir kuni uzoq yo’lga otlanadi. Ming bir mashaqqat bilan bola manzilga yetib boradi. Qarasa, bir kulba. Uning tomi quyosh nurlarida yaltirab ko’rinayapti. Bolaga necha yillar tinchlik bermagan o’sha narsa shu edi. Ammo u xafa bo’lmaydi. Chunki shuncha bosib o’tgan yo’li, yaqinlari sog’inchi, kechgan yillari -barchasi bir butunlikda uning baxti ekanligini tushunib yetadi.
Xulosa qildimki, mening har bir bosib o’tgan yo’lim, yetgan manzilim — baxtim bo’laklaridir. Mana shu bo’laklar yig’indisini men baxt deb bilaman.

2. Mening baxtim, avvalo, baxt uchun intilayotganimda. Topayotgan so’zim, o’g’lim ham baxtim. Shukrki, barchamizda Olloh in’om etgan, sevgiga, sog’inchga tashna KO’NGIL bor. Shuning o’zi baxtliman, deb aytishga asos bo’lsa kerak.

Zebo MIRZAYEVA
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:01:32
Baxtiyor damlaringda me’yorni bil, kulfatda esa ishonchingni yo’qotma.
Boshqird maqoli

Baxtda qanoatli, baxtsizlikda oqil bo’l.
PERIANDR

Har qanday baxtsizlikni sabr-toqat bilan yengish lozim.
VERGILIY
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:01:51
Farzonochka:

Assalomu alaykum.
Bilasmi bu savolga qanqa javob beraman.
Man hozir juda baxtliman, hayotga kelganimni ozi kotta baxt!.
Yaqinlarim yonimda bu yana bir baxt! Xullas, juda ham baxtliman/
Inson har qanday kichik omadsizliklani ham baxtsizlikka yoymaslik kere.
Mobodo mada agar shunaqa omadsizlikla bolsa, "bundan ham battar bolishi mumkin ediku" degan fikrni oylab taskin topaman.
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:02:06
Behzodbek:

Assalomu alaykum,
Baxt bu nisbiy tushuncha. Uni hamma har xil tushunadi. Kim uchun asl baxt bo'lgan bir hayot tarzi boshqa bir inson uchun jahannamiy hayotning ayni o'zi bo'lishi mumkin. Ya'ni, baxt tushunchasiga baho berishda har bir inson o'z mentaliteti, madaniyati, milliy-diniy an'analaridan kelib chiqib javob beradi.
Masalan, bugun farovon hayotning oliy namunasi deb atalayotgan g'arbona hayotni men hech ham havas qilmayman. Chunki, bu hayot quruq tashqi hashamat va oxiri voy bo'lgan rasvo bir hayot asosiga qurilgandir.
Baxtliman deb aytishga, menimcha, bu dunyoda hech kimning haqqi yo'q. Chunki, haqiqatdan baxtlimi yoki yo'qmi, menimcha, bu savolga hech kim javob bera olmasa kerak. Haqiqiy baxt mo'min uchun oxiratda bo'ladi. Chunki oxirat hayotigina abadiy va barqaror hayotdir. Shuningdek, oxiratingizda sizni nimalar kutyapti, buni bilmasdan turib qanday qilib men baxtliman, deb ayta olasiz?!

Men pessimist emasman, men realistman.
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:02:32
Gayratjon:

1. Baxt bu mo'mon uchun Allohning rizoligiga erishish!
Bu dunyoda yaxshiliklarni beminnat qilishlikka o'zini o'rgatish.
Hikmatlarda aytganlaridek,
Baxtli kishi birovning holini ko'rib, undan ibrat olgan kishidir

2. Bu dunyoda haqiqiy mo'min bo'lib yasholsam, o'zimni baxtli hisoblayman. Bu degani hali to'liq baxtliman degani emas. Haqiqy holatimiz Behzod aytganidek oxiratda ma'lum bo'ladi.
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:02:46
samo:

Bu mavzuda har bir bahtli inson ozini bahtli etgan "boglardan" guldastalar uzatibdi.
baht bu boshqa insonlar bahti, hursanchiligi ila sevinish ham bolsa kerak.
Baht bu har bir holatda AFZALINI tanlay bilishda...
bu boglardagi gullarni ayrimlarida tikanlar bolsa ham ular ham bahtli onlarni TEMPini oshirishga hizmat qilsa kerak. Baht bu har bir insonni qanday bolsa shunday korabilishdadir.
shunda insonni ichida gazab mehanizmi orniga sevgi mehanizmi ishga tushadi...
Bagrikenglik (hosgoru) Atmosferasi vujudga keladi...
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:03:01
Assalom:

Baxt bu keng tushuncha. Uni har kim har xil talqin etadi. kim uchundir baxt bo'lgan tushuncha boshqa uchun baxt bo'lmasligi ham mumkin.
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:03:16
1. Uzoq safardan o'zining ojiz banda ekanligini anglab uyiga qaytgan Odissey dushmanlariga munosib jazo berar ekan, ularning "bizning aybimiz nima?" degan savoliga: "Sizlar mening dunyoimga daxl qilmoqchi bo'ldingiz" deb javob beradi.
Baxt - o'z dunyoingni yaratish, uning daxlsizligini saqlash va xotirjamlikda.

2. Men o'z dunyoimni yaratayapman...

Husan karvonli
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:03:30
1. Qo'lidan ish keladigan, har narsadan go'zallik topa oladigan kishi o'z baxtini ko'ra oladi. Kimningdir ko'ziga oddiy ko'ringan hayot, kimgadir sir-asrorlarga boy, sirli dunyo bo'lib ko'rinadi. Baxtni esa inson o'z qo'li bilan yaratadi. Qanday ota-ona bilan yashash, qanday do'st orttirish qismatga bog'liq bo'lsa, qolgan hammasi insonning qo'lida.

2. Nega kishi hayqirib "Baxtliman" deya olmaydi? Ehtimol, ko'z tegishidan qo'rqar. Men o'zimning biror ish bilan band paytlarimda, yig'lamagan kunimda, yaxshi odamlar ko'pligiga yana bir bor iqror bo'lgan vaqtlarimda baxtliman. Hayotga kim qanday qarasa, u shunday ko'rinadi. Toki, men undan go'zallik topib yashar ekanman, albatta, baxtliman.

Zabarjad
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:03:43
1. Baxt, bu - Olloh tomonidan in'om etiladifgan ilohiy ne'matdir. Shu bilan birga baxt osmondan tushmaydi. Unga erishish uchun ham mehnat qilish kerak... Bu juda keng tushuncha bo'lgani uchun bir narsa deyish qiyin. Menimcha, orzularning bari ro'yobga chiqsa, shu baxt bo'lsa kerak. Lekin odam baxtli bo'lgan taqdirda ham orzu qiladi.
Baxtli bo'lish uchun unga arzish kerak. Qachon baxtli bo'lar ekanman, deb kutib yotsa ham bo'lmaydi. Xuddi "olma pish, og'zimga tush" deganday...
baxt hammaga beriladi, lekin uni anglab yetish va mahkam ushlash bu insonning o'ziga bog'liq, deb o'ylayman.

2. Men juda baxtliman.

Matluba
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:04:00
1. Insonning baxti birinchi navbatda, uning sog'-salomatligi, deb o'ylayman. Har bir ongli mavjudot usti but, qorni to'q bo'lar ekan, o'z baxtini o'z qo'li bilan yarata oladi.

2, Men juda baxtliman. Nega endi baxtli bo'lmay! Xudoga shukrki, ota-onam salomat, o'qishim uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqdalar. Ayniqsa, oq'ishga kirganim ham katta baxt. Menimcha, mendan baxtli odam bo'lmasa kerak.

Feruza Umirzoqova
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:04:11
Men hozir Yerni ushlab to`xtataman. Nega tinmay aylanaveradi u?
Nahot zerikmagan bo`lsa?
Yerning oxiri qayda? Tasavvurnichi?..
Aniq raqamlarni jinim suymaydi. Uchburchaklar — tasavvur qafaslaridir.
Xayol cho`mog` i qisqa zotlarning umri ham qisqadir.
Mashaqqatning oxiri rohat. Rohatning oxiri yana mashaqqat. Kunning oxiri tun. Tunning esa oxiri yo'q.
Bir og`iz sovuq so`z bilan diling yana zimiston.
Loaqal, bir kungina kechgacha baxtli bo`lib yurgan odamni topib ber-chi menga!
Siz ming mashaqqat bilan chiqqan cho`qqida kapalak ham bor. Qumursqa ham yashaydi. Sizning bu yutug`ingiz ular uchun oddiy bir turmush tashvishi. Ular kunda-shunda.
Men hidlab to`ymagan bedani biya qasirlatib chaynaydi.
Yalpizni suv oqizib ketadi. Men ko`zimga surtgan suvda qurbaqa cho`miladi.
Momaqaldiroq dunyoni boshiga ko`tarib hayqiradi.
Yulduzlar qo`rqib qochib qolishadi. Bulutlar yig`lashga tushadi. Yer yuzida qo`ziqorinlar tug`iladi. Har qanday hayqiriq so`nggida nimadir dunyoga keladi.
Nimadir dunyodan ketadi.
Kulib gul ochiladi — yig`lab shabnam to`kiladi.
Daryo toshadi — tog` nuraydi. Kelin xo`rsinadi — yanga ermak qiladi...

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:04:27
Shamshir:

baxt yaxshi mavzu tashlanibdi....
bir hil payt o`ylayman nima baxt baxtlimanmi ozi shunaqa savollar.....
men uchun baxt nima? kopchilik jumladan o`zim ham eng yuksak orzularimni baxtim deb bilaman, erishdam albatta. bazan dars tayyorlamay baho olsam kursdoshlarim, ,,baxting borda ,, deyishadi.Yoq omadim bor,, deyman.Bu tushunchalarni bir-biridan farqlayman. Alloh nasib etib, mo`mon bandasi bolsak bu-BAXT. Alloh tani jonimni, aqli hushimni salomat qilib yaratdi, yaqinlarim bor salomatlar, ayajonim yonimda, bir-biridan ajoyib singillarim, dostlarim....qornim to`q, ustim butun, kozlarim korayapti....buning hammasi mening baxtim.Allohdan sinovlari uchun norizo bolmaganman, bundan battar bolishi mumkin ediku deb o`ylayman, demak bu ham aslida mening baxtim.
Baxtlimanmi? qanaqa insonlar baxtli bolishadi....baxt niam pulmi, tinchimizni bermaydigan boylikmi, mashinalarmi...nima baxt?
mening qarashimda bular baxt berolmaydi....mening baxtim bolgan narsalarim,insonlarimning yuzidagi bitta tabassumi meni dunyodagi eng baxtli insonman deyishim uchun yetadiku...shundaymasmi?
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:04:50
Shohista:

Ertalab tong nafasini sezdingizmi, oz kuchingiz bilan ornigizdan turib, Ollohga ibodat qila oldingizmi, yonigizdagi insonla sog`-salomatmi, Qalbingizda Ollohga bolgan ishq yonib turibdimi???? Sizga bundan ortiq baxt ne hojat? Demak siz hammadan baxtlisiz!
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:05:20
ozodaxon:

BAXT so’zidan "œB"ni olib baxtli bo’lin siz
BAXt so’zidan "œA" ni olib ahdli bo’ling siz
BAXT so’zidan "œX" ni olib xalol bo’ling siz
BAXT so’zidan "œT" ni olib taxtli bo’ling siz

BAXT"¦Mana shu 4 harfdan iborat so’z o’zida qanchadan qancha ma’no joylagan"¦Hayotimizda mana shu 4 haftli so’z bo’lmasa yaxhay olamizmi???Yashaymiz, lekin buni baxtsiz yashash deydilar"¦Bu esa jusa o’gir
Har bir ota-ona farzandini BAXTli bo’lishini hohlaydi, baxtli bo’lishni kim ham istamaydi deysiz??? Har birimiz bizga OLLOH tomonidan bir marta berilgan buyuk ne’mat hayotda albatta Baxtli bo’lishni hohlaymiz. SHunday emasmi?! Lekin BAXTga hamma ham erishadimi??? Qani edi shunday bo’lsa!!!
O’zim haqimda gapirsam men baxtliman!!!
Hayotimda ota-onam, aka-singillarim, inoq do’stlarim, qarindosh urug’larim bor!!!
Men uchun BAXT:
Mo’tabar onajonimni menga kuylagan birinchi allasi"¦
KIndik qonim to’kilgan muqaddas Dargoh-VATANim"¦
Meni nevaraginam deb doim quchoqlab peshonamdan o’pib menga Baxt tilaydigan BUvijonim"¦
BArcha qarindoshlarim...
Sevib, ba’zida sho’hlik qilib, borgan bog’cham"¦
Maktab ostonasiga borgan birinchi kunim"¦
Sinfdoshlarim"¦Ustozlarim"¦
Do’stlarim, dugonalarim"¦Hayotimda endigina tanishibla inoq opa-singil, aka-singil bo’lib ketgan qadrdonlarim"¦.
Bir biridan mehribon qo’ni-qo’shnilarim"¦
Maktabim ostonasida BITIRUVCHI nomi bilan turgan o’sha o’hirgi qo’ng’irog’im"¦
AQSHga 1 yilga o’qishga kelganim"¦
Ziyo-uz da vir biridan mehribon va ajoyib aka-singillarim, opalarim"¦
Va eng muhimi Ollohimni bandasiman"¦
Shu yorug’ olamda borligim, har bir kunda yashayotganim, har kuni quyosh turishi yu, botishida musaffo havodan nafas olishim...
Muslima ekanligim"¦.shuni o’zi bir katta BAXT emasmi???
Men to’laligicha baxtliman deb aytishim mumkin!!!
Shu men uchun BAXTdir
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:05:36
madina:

Baxt -bu borligida sezmaydigan, yoqligida qidiradigan tuyg*u .Rayhonaning ''Baxt'' qoshigi shunga misol.Ko'pchikik baxt bu- eaqinlarining baxtliligi deb aytishadi. Men bunga qarshiman. Bunga sabab, shahsiy baxt nbma ekanligini dilmasligidadir.
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:05:57
«Baxtiyorlik ichra sen baxtsizlikka uchrashdan qo‘rqqil», demishlar. Biz esa qo‘rqmaymiz. Baxtni bir umrlik in’om sifatida qabul qilamiz. O’ylaymizki, baxt — mehmondir. Mehmon bir soat o‘tiradimi yo o‘n kunmi — oqibat iziga qaytadi. Baxtiyorlikni izzat bilan kutib olib, so‘ng kuzatmoqqa shay turmoq kerak. Uyimizga keluvchi mehmonlarning shakl-shamoyillari turlicha bo‘lganidek, «baxt» deb atalmish mehmon o‘rniga keluvchi yangi mehmon uningdek bo‘lmaydi. Baxt o‘rniga kelguvchi mehmonning nomi — «baxtsizlikdir». Ha, aynan shunday. Baxtsizlik ham mehmondir. Uning ham izzatini joyiga qo‘yib kutib olmoq va kuzatish tadorigini ko‘rmoq lozimdir. Baxtsizlikning o‘rniga kelajak mehmon, shubhasiz — BAXTIYORLIKdir.

Tohir Malik
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:06:15
Baxtli va baxtsiz

Baxtli odam xudbin bo’ladi: baxtsizlarga achinmaydi. Baxtsiz odam ham xudbin bo’ladi: baxtlilarga g’ayirligi keladi.

O'tkir Hoshimov
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ziyo 22 Iyun 2006, 04:06:49
Mubashshir:

Assalamu alaykum. Baht- musulomligim.Baht- Muhammad s.a.v.ga ummatligim.Baht- har tongda Alloh deb uyg'onishim.Baht- har kecha Alloh deb uyquga ketishim. Baht- sajdaga bosh qo'yishim. Baht- ota - onamni yonimda bo'lishlari. Baht- hamma tana a'zolarim Allohni amri bilan o'z vazifalarini bajarishi. Men albatta bahtliman. Musulmon qilib yaratilgan va iymoni bor odamni "bahtsizman" deyishga haqqi yo'q menimcha.
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: javohir 18 Iyul 2006, 12:06:37
Assalom-u alaykum...

Baxt yaxshi va yomon bo`lishi mumkinmi? Odatda narsalarga yaxshi va yomon degan nisbatlar berishadi... baxt nima? nima? Mushuklar uchun sichqonlarning yaratilganligi,  sichqonlar uchun... ularning ini... baxt (!)....

unda odamzod uchun baxt qay darajada...?  Agar bir odamga mazali taom uzatsangiz-da, keyin undan TA`MI QANAQA? deb so`rasangiz, u javob berishga tirishadi... albatta, yegan taomini xayolida qanday ta`mga ega ekanligini xotirlashga kirishadi... ana shunda u his qilishni bas qilib, aqliga tayanish holatiga keladi... baxt ham menimcha shunday holatga o`xshab ketadi. Agar insonga "baxt nima?" degan savol berilsa, u o`tgan hayotiga va hozirda bor narsalariga e`tibor beradi... turgan gapki, kamchiliklar hali juda ham ko`p ekan...

...baxtni his qilish "baxt nima?" degan savol berilishi bilan yo`qoladi...(menimcha)....
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: javohir 18 Iyul 2006, 12:09:43
Assalom-u alaykum...

Baxt yaxshi va yomon bo`lishi mumkinmi? Odatda narsalarga yaxshi va yomon degan nisbatlar berishadi... baxt nima? nima? Mushuklar uchun sichqonlarning yaratilganligi,  sichqonlar uchun... ularning ini... baxt (!)....

unda odamzod uchun baxt qay darajada...?  Agar bir odamga mazali taom uzatsangiz-da, keyin undan TA`MI QANAQA? deb so`rasangiz, u javob berishga tirishadi... albatta, yegan taomini xayolida qanday ta`mga ega ekanligini xotirlashga kirishadi... ana shunda u his qilishni bas qilib, aqliga tayanish holatiga keladi... baxt ham menimcha shunday holatga o`xshab ketadi. Agar insonga "baxt nima?" degan savol berilsa, u o`tgan hayotiga va hozirda bor narsalariga e`tibor beradi... turgan gapki, kamchiliklar hali juda ham ko`p ekan...

...baxtni his qilish "baxt nima?" degan savol berilishi bilan yo`qoladi...(menimcha)....
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: MaxCmd 18 Iyul 2006, 12:18:43
Baxt bu baxtli o`tgan damlarni eslab yashash va kelajakdagi baxtli onlarni kutib yashashdir.
Baxt bu yaqinlaringni sendan, sening yaqinlaringdan va o`zingni o`zingdan ko`ngling to`q bo`lishidir.
Baxt bu 60-70 yoshga borganda sevgan yoring(kampiring:)) bilan "Esingdami?" deya entikib yoshlik davrlarini eslash.
Baxt bu onangning quvonch yoshlari.
Baxt bu otangning "Barakalla!" degan so`zlari yoki uning sendan rozi nigohlari.
Baxt bu hamma narsa. Faqat ulardan baxt topa olsangiz bas...

Baxt bu - "Baxt nima?" degan savolning o`zini bera olayotganimiz...
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2006, 07:16:15
Aslida biz bu betayin dunyoga nima uchun keldik? Yashamoq uchun deyishi mumkin kimdir? Yana allakimlardir hayotda bir iz qoldirish uchun deb javob berishi mumkin. Agar inson yashash uchun olamga kelsa nega o’ladi? Axir u umrguzaronlik qilish uchun mana shu yer yuzini tanlamaganmidi? Hayotda hamma ham munosib iz qoldira olmaydi. Iz qoldirish oddiygina yashash bilan bo’lmaydi. Qiyinchilik ko’rmay yashahagan inson bu dunyoda yashamabdi, hisob. Ho’sh nima uchun keladi inson bu dunyoga? Baxt topish uchunmi?

Ba’zilar mana shu qiyinchiliksiz hayotni baxt deb tushunadi. Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. o’z hadisi shariflaridan birida bu dunyo musulmon uchun do’zax, kofir uchun jannatdir deb ta’kidlaganlar. Musulmon hayotda kelgan barcha azob-uqubatlarga sabr qiladi, aksincha, bu qiyinchiliklarni ne’mat o’laroq qabul qiladi. Alloh bizni bu dunyoga sinov uchun yubordi, hozir imtihondamiz, deb o’ziga tasalli beradi. Hammasiga chidaydi, uni xo’rlashsa ham, zulm iskanchasida bo’g’ib, qonini ichishsa ham sabr qiladi, shukr qiladi, hech qachon baxtsizman demaydi. Chunki u — musulmon. Musulmonning baxtli hayoti hali oldindaligiga chin dildan ishonadi.

Bundan musulmon bu dunyoda baxtsiz yashash kerak ekan degan fikr kelib chiqmaydi. "œBaxtliman" deb aytish insonning o’ziga bog’liq. Allohning sinovlariga sabr qilish ham baxt, boshiga og’ir musibat tushganda ham o’zini yo’qotib qo’ymaslik - baxt! Zero, payg’ambarimiz s.a.v. va ularning do’stlari shunday edilar. Ularning bizlardek, katta xonadonlari yo’q edi, sufalarda tong otkizishardi,  ro’zg’orlarida bir kungagina yetarlik ovqatlari ba’zan bor edi, ba’zan yo’q. Ular mol yig’mas edilar, qo’llariga ortqicha mulk tushib qolsa, tezda uni muhtojlarga tarqatardilar. Mushriklar ularni har ko’yga solsalar, qiynasalar, xo’rlasalar, zo’rlasalar ham sabr qilardilar. Mana shunday insonlar ham "œBiz baxtsizmiz!" deyishmagandi, aksincha shukr qilishgandi. Biz-chi, yeyishga nonimiz, turishga joyimiz bo’lsa-da, oz’imizni baxtli emasman deb his qilamiz, bundan ham katta martabalarga erishishga, kattaroq uy-joy qurishga, katta-katta yeyishga, sarflashga harakat qilamiz. Dunyoning eng boy kishilariga "œSiz baxtlimisiz?" degan savolni berishganda, ular ham ba’zi bahonalarni ko’rsatib, hali dunyoda armonim bor, degan javobni berishadi"¦

Mo’min bu dunyoda ham, u dunyoda ham saodatli bo’lishini Allohdan tilaydi. Mo’min uchun iymon ne’mati — baxt! Musulmon bo’lib tug’ilgani baxt! Allohni tanigani, unga shukr qilishi, bergan mislsiz ne’matlariga shukrona sifatida ibodatni ado etishi — baxt! Mo’min mo’minga - aka-uka, qarindosh. U birodarini ko’rganda chehrasi ochiladi, sevinadi, o’zida baxtlilikni sezadi. Momin uchun mol-dunyo, bola-chaqa baxt manbai emas! Alloh bergandi, yana qaytarib oldi, hohlasa yana beradi, deb e’tiqod qiladi, musulmon. Mo’min uchun yaxshi zavja - baxt, ulardan tarqaladigan mo’min-mo’mina farzandlar kamoli, iymoni - baxt! U bir kun tuproqqa aylanib, yo’q bo’lib ketgunimcha bu dunyoda yashab olay, o’ynab olay demaydi, balki oxiratga zahira o’laroq kofirlar "œqiyinchilik, baxtsizlik" sanagan amallarni bajaraveradi. Mana shu "œbaxtsizlik" uning uchun katta baxt!

Haqiqiy baxt va baxtsizlik abadiyat dunyosida ma’lum bo’ladi:
105. (Qiyomat) kelgan kuni hech bir jon (egasi) Uning ruxsatisiz gapirmas. Ular ichida baxtsiz ham, baxtli (insonlar) ham bo'lur.
106. Bas, o'shanda baxtsiz bo'lganlar do'zaxda bo'lurlar va ular u yerda ingrab-hangrab tururlar.
107. Modomiki (oxiratdagi) osmonlar va yer bor ekan, (ular) u yerda mangudirlar, illo Rabbingiz xohlagani bundan mustasnodir. Albatta, Rabbingiz istagan narsasini amalga oshiruvchidir!   
108. Ammo baxtli bo'lganlar esa, bas, jannatda, to (oxiratdagi) osmonlar va yer turguncha u yerda mangu tururlar, illo Rabbingiz xohlagani bundan mustasnodir. (Bu) bitmas ne'matdir.
("œHud" surasi, 105-108-oyatlar)

Baxtli insonlarning har kungi duosi shudir:
"Ey, Rabbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik (baxt) ato etgin, oxiratda ham yaxshilik (ato etgin) va bizni do'zax azobidan asragin!" ("œBaqara" surasi, 201-oyat)
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Mashhura 10 Avgust 2006, 09:20:37
Akbar hovlidagi tut daraxtidan ipak qurti pillasini topib oldi va uni o’z xonasiga yashirib qo’ydi. Kunlarning birida pillada kichkina tuynukcha paydo bo’ldi. Akbar soatlab kapalakni kuzatishdan, uning kichkina teshikdan yorug’ dunyoga chiqishga jon-jahdi bilan intilishini tamosha qilishdan charchamasdi. Keyinchalik u harakatdan to’xtab qoldi. Akbarning nazarida bu kichik mavjudot bor kuchi bilan shu yergacha yetib kelolganu uyog’iga quvvati qolmagandek tuyulardi.
Akbar bu nochor va ojizgina kapalakka muruvvat qo’lini cho’zish istagida har doim tokchada turadigan qaychini oldi-da, pillaning qolgan qismini kesib ochdi.
Kapalak osonlik bilan o’zining torgina go’shasini tark etdi. Lekin uning badani ho’l, jussasi judayam ojiz, nimjon va kichik, qanotlari esa bujmaygan holda edi.
Akbar kapalakni kuzatishda davom etdi. Chunki u kapalak istalgan paytda qanotlarini keng yozib  osmonga parvoz qiladi deb umid qilardi. Lekin Akbarning umidlari puchga chiqdi. Kapalak umrining qolgan qismini ham ojiz badani va bujmaygan qanotlari atrofida o’rmalash bilan o’tkazdi. Akbarga esa hech qachon uning parvozini ko’rish nasib etmadi. 
Akbar bilmas ediki, u o’z mehribonchiligi va shoshma-shosharligi bilan ipak qurti kapalak bo’lish uchun pilla ichida ma’lum muddat bo’lishi, qanotlari ko’kda erkin parvoz etishi uchun yana biroz tor koshonasida yashab turishi lozim edi.
Ba’zan hayotimizda aynan kurashishgina bizni o’z maqsadlarimiz tomon yetaklaydi. Agar hayotimizda hech bir qiyinchiliksiz yashaydigan bo’lsak, bu bizni jarohatlagan bo’lardi.
Biz hozirgidagidek kuchli bo’lolmas edik. Biz hech qachon "œparvoz eta olmasdik"!
Men Kuch so’radim"¦"¦
va U meni kuchli  etish uchun Qiyinchiliklar yubordi.
Men Donolik so’radim......
va U meni dono etish uchun Muommolar yubordi.
Men undan Ravnaq so’radim.........
va U menga ishlashim uchun Aql va Kuchli Muskullar berdi.
Men undan Mardlik berishini so’radim.........
va U meni yengib o’tishim uchun Xatarliklarga ro’para qildi.
Men undan Muhabbat so’radim..........
va U menga yordam berishim uchun Mehrga Zor insonlar berdi.
Men undan Qo’llab-Quvvatlash so’radim.........
va U menga Imkoniyatlar berdi.
Men o’zim Hohlagan hech narsani olmadim ........
Men o’zimga Zarur barcha narsani oldim!
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Foniy 12 Avgust 2009, 14:03:36
Baxt: Musulmonmiz, Muhammad :sw: sallollohu alayhi vassallamning ummatlarimiz,.. ota-onalarimiz, barcha yaqinlarimizning omonligi,.. ibodatlarimiz, xayrli amallarimiz,.. sabrimiz, qanoatimiz,.. aqlimiz, ongimiz,.. gapiryapmiz, ko`ryapmiz, eshityapmiz, his qilyapmiz, to`rt muchamiz sog`lom,.. behisob imkoniyatlarimiz,.. tinchligimiz,..  shukr qilaolishimiz,.. Olloh  :jl: subhonahu va taolo bularning barchasini bizga nasib etgan ekan, demak, biz baxtlimiz, o`ziga behad shukrlarimiz!
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Mahdiyah 12 Avgust 2009, 16:28:40
Baxtni hamma o’z qarichi bn o’lchidi.

Mushukni "œbaxti" sichqon bn"¦
Artisni baxti "œmuxlislar"i bn"¦
Poraxo’rni baxti "œpullar" bn"¦
O’qituvchini baxti "œsessiya" bn"¦
Studentni baxti "œ5 lar" bn"¦
Yozuvchini baxti kitobxon bn"¦
Onani baxti bolasi bn"¦

Musulmonga uni mo’min-musulmon bo’lganligi ham BAXTdir.
Inson gohida bir narsaga erisholmasa o’zini baxtsiz, omadsiz his qiladi.
Lekin shu payt inson o’zidanda qiyinroq ahvoldagi inson ham borligini o’ylab ko’rishi kerak.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham aytganlar: "œO’zingizdan badavlat insonni ko’rsangiz albatta o’zingizdan kambag’alroq insonga ham qarab qo’ying" (mazmunan)
Kasal bo’lganimizda, ishimiz yurishmaganda, qiyinroq ahvolga tushganimizda biz ham o’ylashimiz kerak: "œAxir qanchadan qancha insonlar bor dardi bedavo dardga chalingan, puli boru, dardiga darmon bo’ladigan dorisi yo’q"¦
Qanchadan qancha insonlar bor hamma narsasini ishga tikib BANKROT bo’lganlar qancha"¦" va hokazo.
Shularni bilsa inson fikr qiladi, tavba qiladi, o’zini yanada BAXTIYOR his qiladi, Allohni berganiga, yetkazganiga SHUKRLAR qiladi!

TUSHUNIB YETISH ENG KATTA BAXT!

UNI JAMOLIGA YETISH ENG KATTA BAXTDANDA KATTA BAXT!!!
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ansora 24 Avgust 2009, 15:15:18
Baxtni hamma yuqorida ham azizlarning javoblariday turfa hil baholaydi.
Baxt, menimcha inson ruhining halovatda bo'lishi. Ruh qachonki huzur topsa, inson tanasi shundagina halovatli bo'ladi. Biz musulmon bo'lganimiz uchun ham Allohga shukr zarra qadar bo'lsa ham iymonimiz bor. Bazan inson hamma narsasi to'la to'kis bo'lgani holda nimadandir halovatsiz bo'laveradi, demakki ruhiga ozuqa bermagan. Aslida dardimizning davosi yana dardimiz, dunyoviy muammolar insonni baxtsiz qiladi, lekin Ollohning huzuriga kelganda, Ey Olllohim men sen uchun yetarlicha hayir ishlay olmadim, menga yo'l yo'riq ko'rsat, yetarlich tavba etolmadim, deb yig'lab-siqtagandan keyin ichiga bir huzur to'ladi. Yuqorida yozganimday avvalo insonning ruhi huzur topishi kerak, ana shundan keyin baxt, degan narsaning mazasini tushinib yetadi.
Men baxtliman Allohga skurlar bo'lsin. Alloh meni musulmon qilib yaratdi, qiyinchiliklarga tashlab meni sinovlarda qiynamadi. Yillarcha namoz o'qiydigan, hayajonlanib yig'laganimda yonimda uning ham ko'zlari to'ladigan turmush o'rtog'i ber,dedim uni ham nasib etdi. Bu har bir insonning hayotida juda muhim deb, o'ylayman. Chunki farzandingizning onasi yoki otasi ham Olloh yo'lida bo'lsinki erta-indin farzandingiz bilan imtihonlarga ma'ruz qolmang.
Olloh barcha mo'min musulmon qardoshlarimga istaganlari baxtni bersin insolloh.
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Shoxjahon12 27 Avgust 2009, 11:46:39
Men baxtliman. Chunki Olloh bergan jajjigina, shiringina o'g'ilcham bor. Ota-onam, aka-ukalarim sog'-salomat. Qornimiz to'q, ustimiz butun. Yurtimiz tinch. Har kuni osmonda porlab turgan quyoshni ko'ryapmizmi,demak, bu bizni baxtimiz. Eng muhimi, tirikligimiz eng katta baxtimiz..
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Sentyabr 2009, 05:37:49
Har bir inson har qanday vazyatda ham o'zini baxtli hisoblashi kerak. Baxt insonga Alloh tomonidan berilgan ne'matdir. Qayg'uli, g'amgin paytlarda ham inson o'zini baxtliman deb ishontirsa albatta baxt unga kulib boqadi. Haqiqiy baxt bu-tanimiz, 4 michamiz sog'ligi. Bazi insonlar borki ular soppa sog' bo'la turib dunyodan, o'zlaridan nolishadi va aksincha shunday insonlar borki ularni sog'liklari, 4 michasi sog' bo'lmasa ham shukur qilishib o'zlarini baxtli sanashadi.

Tanimiz sog', ustimiz but, yaqinlarimiz yonimizda, yotib tura olamiz-demak biz baxtlimiz...
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Muhammad Amin 07 Sentyabr 2009, 22:44:05
(http://rasm.sb.uz/pics1/380eb1537d852740e2726bdb87cc9236.jpg) (http://rasm.sb.uz/#380eb1537d852740e2726bdb87cc9236.jpg)

Baxt va baxtiyorlik        

Bахt... Bахtiyorlik... Insоngа hоs tuyg`ulаr. Qаchоn biz o`zimizni bахtli his qilаmiz?

Qаlbimizni to`ldirgаn bахt nimаning hоsilоti?

Hаr bir insоnning o`z ruhiy оlаmi bo`lgаni kаbi o`z tаsаvvuridаgi bахti hаm bоr. Fаqаt kimdir bu bахtini tоpgаn kimdir esа qidirmоqdа vа bахtli bo`lishigа umid bоg`lаgаn. Bir o`qituvchi o`quvchilаrigа dаrs vаzifаsi bеrib "œBахtiyorlikning rаsmini chizing" dеbdi. Shundа hаr bir o`quvchi uning nаzаridа bахtiyorlik bo`lib ko`ringаn nаrsаlаrning rаsmini chizа bоshlаbdi. Kimdir yam-yashil dаlа, kimdir mоviy оsmоn... Rаsmlаrni ko`rgаn o`qituvchining hаm hаvаsi jo`shib, pеchkа ustidа viqir-viqir qаynаyotgаn chоynаk rаsmini chizgаn ekаn. 
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: siddiqa 08 Sentyabr 2009, 06:07:47
 :as:
bir yunon faylasufi aytgan ekan :O'limdan keyingina inson o'zini haqiqiy bahtli yoki bahtsizligini biladi  deb .
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Afruza 09 Sentyabr 2009, 00:42:28
"Birovga bahtli bo'lib ko'ringan emas, o'zini bahtli his qilgan inson haqiqiy bahtlidir" shu jumlani juda yoqtiraman.
Birovni bahti kim uchundir bahtsizlik bo'lishi mumkin. Xaqiqiy baht  shukronalik bor joyda barqaror bo'ladi. Har damimiz bahtga to'laligini his qilib yashashni o'zi baht. Buni sezmayotgan va o'zini bahtsiz hisoblayotganlar qancha?...
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Ansora 17 Oktyabr 2009, 14:12:07
Alhamdulillahhhh
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: AbdulAziz 20 Yanvar 2010, 08:59:14

Baxtli insonlarning har kungi duosi shudir:
"Ey, Rabbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik (baxt) ato etgin, oxiratda ham yaxshilik (ato etgin) va bizni do'zax azobidan asragin!" ("œBaqara" surasi, 201-oyat)

Baxt tushunchasi dinda etilmagan deb bilarkanman.
Hadislar ham kelganmi baxt xaqida?

"œSahihi Buxoriy"da jannat vasfi kelgan hadisda shunday deyiladi:
"œJannatdagi har bir erkakning ikkitadan hur xotini bo‘lib, ularning boldirlari go‘shti ortidan iligi shundaygina ko‘rinib turadi. Azbaroyi baxtli ekanliklaridan jannatiylar o‘rtasida ixtilof ham, qalblarida o‘zaro nafrat ham bo‘lmaydi, ular barchalari yakdil bo‘lib, Olloh taologa ertayu-kech tasbih aytadilar".

Anas ibn Molikka Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Alloh taolo bachadonga bir farishtani vakil etadi. Farishta aytadi: «Yo rabbiy, bu nutfaga aylandi, yo rabbiy, bu quyuq qonga aylandi, yo rabbiy, bu bir parcha etga aylandi». Alloh taolo: «Bola oy-kuni yetib dunyoga kelsin!» deydi, farishta: «O’g‘ilmi-qizmi, baxtlimi-baxtsizmi, rizqi qancha, yashash muddati qancha?» deb so‘raydi. Bularning barchasi bola onaning qornida ekanligida manglayiga yoziladi». (Buxoriy rivoyati)

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam balolar mashaqqatidan, boshga baxtsizlik tushmog‘idan, yomon o‘lim topmoqdan va dushmanlar ichiqoraligidan panoh tilar erdilar». (Buxoriy rivoyati)
Nom: Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: Bobur Sharipov 12 Sentyabr 2012, 22:28:06
Baxtli odam-to'rt muchasi sog' odam,
Xotiri jam,ko'ngli misli bog' odam,
Molu davlat baxt emas,baxtli odam-
Yuragida iymoni charog' odam
Nom: Javob: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Yuborildi: albatros 01 Sentyabr 2013, 16:07:36
БАХТ НИМА?

Бахт ҳақида кўп сўрайдилар. Ҳар ким бахтни ўз кўзи билан кўради. Ўз қаричи билан ўлчайди. Менинг бахтим бошқа одам учун шунчаки арзимас бир нарса бўлиб туюлар. Қоғоз-қалам билан ўтган тунларим мен учун бахтли лаҳзалар, менга куюнгувчи дўстларим эса, «тирикчилик важҳидан ухламайди, бечора», дейишади. Мен эсам, бошқаларга ачинаман. Менга бир нарса аниқ: бахт бевафо нарса — келаверади, кетаверади…
«Бахт қуши» деган таъбирнинг мавжудлиги бежиз эмас. Қуш ҳеч маҳал бир ерда узоқ қўниб ўтирмайди. Бахт ҳам шу — кишига ҳамиша йўлдош бўлавермайди. Бахтиёрлик кўп ҳолларда кишини худбинликка, манманликка етаклаши мумкин. Ана шунда жар ёқасига келтирадию ўзи ғойиб бўлади. Киши «бахтим, қайдасан?» деб чапак чалиб қолаверади. Ҳаётдан маълумким, жарга қулаганлар ҳам учрайди. Эси бутун одамлар эса ўзини асраб қола олади. «Бахтингни қўлдан берма», деган гапни мен «манманликка берилма, худбин бўлма», деган маънода тушунаман.
Бахт зарралардан ташкил топади. Масалан: эрталаб дастурхонимда нон туриши — бахт. Уни емай, исроф қилишлик эса худбинлик. Ҳар тонг аҳли оиламни, қўни-қўшнимни, қариндошу дўстларни соғ-омон кўрмоқлик — бахт. Улардан бирининг кўнглини оғритиш эса — худбинлик… Заргар тилла зарраларини тўплаб, бир ажиб узук ясасаю уни бир онда йўқотиб қўйса… Одам бахтини ана шундай машаққат билан топади, осонлик билан йўқотади. Бунга фақат ўзигина айбдор.

Т. Малик