forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: ЖАМШИДЖОН 24 Iyul 2009, 18:23:48

Nom: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 24 Iyul 2009, 18:23:48
Assalomu aleykum

Bu mavzuda hamma o'zi uchun ollohdan biror narsani surashi mumkin!!! Insholloh olloh har bir suragan narsamizi berur .

Албатта  xамду санолар Аллоxникидир! Биз У зотни маrтаймиз. У зотдан мадад ва маxфират ссраймиз. Аллоxдан сз нафсимиз ва амалимиз ёмонликларидан паноx тилаймиз. Кимни Аллоx xидост килса, уни залолатга кетказувчи йсқ ва кимни залолатга кетказса, уни ҳидост қилувчи йсқ. Гувоҳлик бераманки, ёлкиз ва шериксиз Аллохдан сзга хак маъбуд йск. Яна гувохлик бераманки, албатта, Мухаммад соллаллоху алайхи васаллам Унинг кули ва расулидир.
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: zuhrahon 24 Iyul 2009, 22:03:04
Assalomu  Allaykum.
 :bs1:

Ollohim  o'zingdan  ikki  dunyo  soadati  ikki  dunyo  mag'firatini  so'raymiz  O'zingning  beparda  jamolingni  ko'rmoqlikni  barchamizga  nasib  aylagin  o'zingning  rahmating  ila  Firdavis  janatllaringa  kirmoqlikni  nasib  aylagin.Biz  ojiz  va  gunohkor  bandllaringni  mag'firat  qilgin  biz  ojizllarni  yolg'iz  tashlab  qo'ymagin  hivzi  himoyangda  saqlagin  Imonimizni    ziyoda  qilgin  o'zingning  suyukli  bandallaring  qatorida  qilgin  barhcamizni  Suyukli  PAYG'ANABRIMIZ  MUHAMMAD  S.A.V.bilan  Havzi  kavsar  yonida  diydor  ko'rishmoqlikni  barchamizga  nasib  aylagin shayton  makridan  dunyo  matohllaridan  inson  fitnallaridan asrashingni  o'zing  bizni  yolg'iz  tashalab  qo'ymasligingni  tilab  qolaman  Ollohim 

























































































































































Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: IXLOS 25 Iyul 2009, 09:36:42
Yo Rabbim o'zingga xamdu-sanolar , sening rasuling Muxammad Mustafo (s.a.v)ga
durudu salomlar va salovatlar bo'lsin.Karami keng Olloxim sen barcha narsani ko'rguvchi
va bilguvchisan.Raxmli Olloxim sen qalblarni o'zgartirishga qodir zotsan.O'zing
qalblarimizni chinakam iymon nuri ila nurafshon aylab undagi barcha ezgu niyat,tilak, istak,
maqsadlarimizga  yetkazgin.     "Omiyn"
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: roziyaa 27 Iyul 2009, 10:06:17
Assalomu alaykum man Ollohimdan hamma gunohlarimni mag'frat qilishini soragan bolardim.
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: siddiqa 29 Iyul 2009, 03:35:07
 :as:
Imom Ahmad Abybakr Siddiq ra dan qilgan rivoyatlarida quidagilar aytiladi:Rasululloh sav aytdilar: Allohdan yaqiynni va mustahkam sog'liqni so'ranglar ,hech bir kimsaga yaqiyndan keyin ofiyatchalik yahshi narsa berilmagan "bu yerda yaqiyn  Mustahkam iymondir .
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Mahdiyah 29 Iyul 2009, 10:22:50
Alloh taolo bandasi so'ramasa g'azablanadi.
So'rasa albatta beradi.

Allohim Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Sandan neki yaxshiliklarni so'ragan bo'lsalar biz ham o'sha yaxshiliklarni Sandan so’raymiz!
Rasuli Akram sollalhu alayhi vasallam Sandan neki yomonliklardan panoh so’ragan bo’lsalar, biz ham o’sha yomonliklardan Sandan panoh so’raymiz!

Allohim bizlarni va bizlardan qoluvchi zurriyotlarni qurratun-‘ayun, murattab qoriyu-qoriyalardan, solih-solihalardan, ilm olib ilmiga amal qiluvchilardan va Jannatul Firdavsingda ota-onasiga toj kiydiruvchi bandalaringdan qilgin!

Allohim Sani sevmoqlikni, Sani sevganlarni sevmoqlikni va San sevgan amallarni bajarmoqlikni nasib qilgin!

Allohim Jannatul Firdavsingda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo’lishlik va Sani jamolingni oyni ko’rib turgandek ko’rishlikni nasib qilgin. OMIN! OMIN! OMIN!
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 01 Avgust 2009, 17:40:04
Alloh taolo Baqara surasining 186-oyatida shunday marhamat qiladi: «Bandalarim Sizdan (ey Muhammad) Men haqimda so‘rasalar, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarning duosini ijobat qilaman. Bas, haq yo‘liga yurishlari uchun (ular ham) mening (da’vatimga) javob qilsinlar va menga imon keltirsinlar».
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom duo ham ibodat ekanini marhamat qiladilar. Binobarin, namoz so‘ngida Payg‘ambarimiz tomonlaridan tavsiya qilingan ushbu duolarni o‘qish maqsadga muvofiqdir:
* Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do‘zax olovi azobidan saqlagin.
* Iloho, men Sendan hidoyat, taqvo, iffat va g‘ino (birovga muhtoj bo‘lmaslik holatini) so‘rayman.
* Allohim, meni afu et, yorlaqa, to‘g‘ri yo‘ldan boshla, menga ofiyat ber, haloldan rizqlantir.
* Qalblarimizni rizoligingga uyg‘un bo‘lgan amal va ibodatga tomon yo‘naltir.
* Parvardigoro, dosh berib bo‘lmaydigan balodan, insonni o‘limga qadar sudrab boruvchi (mol, jon, oilaga taalluqli) mushkulotga duch kelishdan, (mol, jon, oilaga taalluqli) balo-qazodan va dushmanlarni quvontiradigan bir musibatga ro‘baro‘ bo‘lishdan Sening panohingga sig‘inaman.
* Iloho, ojiz qolishdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, aljiratib qo‘yuvchi qarilikdan, xastalikdan, qabr azobidan, hayot va mamot fitnasidan Sening panohingga sig‘inaman.
* Yo Robbim! Men o‘z nafsimga ko‘p zulm qildim. Sendan o‘zga gunohlarni kechirguvchi yo‘q. Meni yorlaqa va afu et. G‘ofur, Rohiym yolg‘iz Sensan.
* Iloho, foydasi tegmaydigan ilmdan, qo‘rqmaydigan qalbdan, to‘ymaydigan nafsdan, qabul bo‘lmaydigan duolardan panoh ber.
* Allohim! Do‘zax o‘tida yonishimga sabab bo‘ladigan fitnadan, do‘zax olovidan, boylik va faqirlikning yomonligidan meni asragin.
* Allohim! Yomon fe’l-atvor va amallardan, nafsoniy orzulardan asragin.
* Allohim! Qulog‘imning, ko‘zimning, tilimning, qalbimning, farjimning yomonligidan asragin.
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 01 Avgust 2009, 17:40:32
Robbig‘fir varham vahdin`i ilat-tor`iqil-aqvam va ta-j`avaz ’amm`a ta’lam, innaka antal-az`izul akram.
All`ohumma inn`i as’alukal-’afva val-’`afiyata fid-duny`a val-`axiro.
Parvardigorim, meni rahmat va mag‘firat et. To‘g‘ri yo‘lga boshla. O‘zing bilgan gunohlarimni kechir. O‘zing karamlisan. Iloho, Sendan afv va ofiyat tilayman ikki dunyoda.
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 01 Avgust 2009, 17:40:56
Robbig‘fir varham vahdin`i ilat-tor`iqil-aqvam va ta-j`avaz ’amm`a ta’lam, innaka antal-az`izul akram.
All`ohumma inn`i as’alukal-’afva val-’`afiyata fid-duny`a val-`axiro.
Parvardigorim, meni rahmat va mag‘firat et. To‘g‘ri yo‘lga boshla. O‘zing bilgan gunohlarimni kechir. O‘zing karamlisan. Iloho, Sendan afv va ofiyat tilayman ikki dunyoda.

All`ohumma inn`i as’alukal-hud`a vat-tuq`o val-’af`afa val g‘in`a.
All`ohummag‘firl`i varhamn`i vahdin`i va’`afin`i varzuqn`i.
All`ohumma y`a musorrifal-qul`ubi sorrif qul`ubana ‘al`a t`o’atik.
All`ohumma inn`i a’`uzu bika minal ‘ajzi val-kasali val-jubni val-harami val-buxli va a’`uzu bika min fitnatil-mahy`a val-mam`ati va doli’ ad-dayni va g‘olabatir-rij`al.
Iloho, men Sendan hidoyat, taqvo, o‘rtacha boylik tilayman. Iloho, meni mag‘firat et va rahmatingga sazovor qil. Iloho, qalbimizni o‘z toatingga moyil qil. Iloho, Sendan ojizlik, dangasalik, qo‘rqoqlik, baxillik kabi illatdan panoh berishingni so‘rayman. Yana Sendan hayot va mamot fitnalaridan, ortiqcha qarzdor bo‘lishdan va g‘animlarga mag‘lub bo‘lishdan panoh tilayman.
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 01 Avgust 2009, 17:41:23
All`ohumma inn`i a’`uzu bika minal-’ajzi val kasali val jubni val buxli val hammi va ‘`azabil-qobri.
All`ohumma `ati nafsi taqv`ah`a va zakkih`a anta xoyru man zakk`ah`a, anta val`iyuha va mavl`ah`a.
Iloho, Sendan ojizlik, dangasalik, qo‘rqoqlik, baxillik, g‘am-tashvish, qabr azobi kabi narsalardan panoh so‘rayman. Iloho, menga taqvo nasib et, nafsimni pok et. Sen barcha insonlarning sohibi — egasisan.
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 01 Avgust 2009, 17:41:42
All`ohumma inn`i a’`uzu bika min sharri sam’i va min sharri basari va min sharri lis`ani va min sharri qolbi va min sharri niyyati.
Iloho, men Sendan eshitish, ko‘rish va gapirish va dildan o‘tkazish jarayonida uchraydigan yomonliklardan panoh berishingni so‘rayman.

All`ohumma inn`i a’`uzu bika minal barosi val-jun`uni val-juz`ami va sayyi’il-asqom.
All`ohumma inn`i a’`uzu bika minnat-taraddiy va a’`uzu bika minal-g‘aroqi val harfi val-harami va a’`uzu bika an yataxabbatonish-shayt`onu ‘indal-mavt va a’`uzu bika an am`uta f`i sab`ilika mudbiron va a’`uzu bika an am`uta lad`ig‘on.
Iloho, men Sendan yomon kasalliklardan va qattiq bemorliklardan panoh so‘rayman. Iloho, turli ofatlardan va balolardan, og‘ir damda shaytonning vasvasasidan va yomon fojiali o‘limlardan asrashingni so‘rayman.

All`ohumma inn`i as’aluka min xoyri m`a sa’alaka minhu nabiyyuka Muhammadun sollall`ohu ‘alayhi va sallam va na’`uzu bika min sharri m`a ista’azaka minhu nabiyyuka Muhammadun sollall`ohu alayhi va sallam va antal-musta’anu va ‘alaykal-bal`ag‘u va l`a havla va l`a quvvata ill`a bill`ah.
Iloho, payg‘ambaring Muhammad alayhissalom so‘ragan narsalardan men ham so‘rayman, payg‘ambaring panoh tilagan narsalardan men ham panoh tilayman. O‘zing yordam beruvchisan. Sendan o‘zgada kuch-quvvat yo‘q.

All`ohumma solli va sallim ‘al`a Muhammadin va ‘al`a `ali Muhammad.
Iloho, payg‘ambaring Muhammad alayhissalomga salovot va salomlar nozil et.

All`ohumma innaka qulta ud’`uni astajibu lakum va innaka l`a tuxliful-m`i’`ad, va inn`i as’aluka kam`a hadaytan`i lil’isl`ami an l`a tanza’ah`u minn`i, hatta tatavaffan`i va an`a muslim`un.
Ey bor Xudoyo, duo qilinglar menga, ijobat qilaman, deb O‘zing aytding, albatta Sen va’dangga xilof qilmagaysan. Ey bor Xudoyo, hidoyat ne’matini berib meni Islomga musharraf qilding, endi uni mendan judo qilmagin va to o‘lgunimcha Islomda bo‘lishimni nasib et. Iloho, O‘zing bizlarni bu dinda sobitqadam et.

All`ohumma inn`i as’aluka iym`anan d`a’iman va yaq`inan s`odiqon va ‘ilman n`afi’an va qolban x`oshi’an va lis`anan z`akiran va as’aluka ‘afva val-’`afiyata val-ma’`af`atan d`a’imata fid-duny`a val-`axiro.
Iloho, Sendan doimiy imon, mustahkam e’tiqod, foydali ilm, qo‘rquvchi qalb, zikr etuvchi til, afvu ofiyat va dunyoyu oxiratda doimo xotirjamlikni so‘rayman.

All`ohumma y`a muqollibal-qul`ubi sabbit qolbi ‘al`a d`inik.
All`ohumma a’inn`i ‘al`a zikrika va shukrika va husni ‘ib`adatik.
Iloho, Sen dillarni o‘zgartirib turuvchisan, mening dilimni O‘z diningga sobit et.
Iloho, O‘zing Seni zikr etishimga, Senga shukr etishimga va chiroyli ibodat qilishimga yordam qil.

Subh`anall`ohi ‘adada xolqih`i, subh`anall`ohi riz`oa nafsih`i, subh`anall`ohi z`inata ‘arshih`i, subh`anall`ohi mid`ada kalim`atih`i.
Allohga barcha maxluqlarining adadicha tasbih aytamiz va Unga o‘zining rizoligi barobarida va arshining og‘irligi barobarida va so‘zlarining siyohlari barobarida tasbih aytamiz.

Robban`a l`a tu`axizn`a in nas`in`a av axto’n`a.
Robban`a va l`a tahmil ‘alayn`a isron kam`a hamaltah`u ‘alal-laz`ina min qoblin`a.
Robban`a va l`a tuhammiln`a m`a l`a t`oqotalan`a bih, va’fu ‘ann`a vag‘fir lan`a varhamn`a, anta Mavl`an`a fansurn`a ‘alal-qovmil-k`afir`in.
Parvardigoro, agar esimizdan chiqarsak, xatoga yo‘l qo‘ysak, bizlarni javobgar qilma, bizlarning zimmamizga oldingi ummatlarga yuklaganingdek og‘ir yuklarni yuk lama, toqatimiz, imkoniyatimiz yo‘q narsalarni bizlarga qarz qilma, bizlarni kechir, afvu mag‘firat et, rahmatingga ol, Sen bizlarning hojamizsan, kofirlar ustidan bizlarga yordam ber.

All`ohumma inn`i a’`uzu bika minal-qosvati val g‘oflati val-’aylati vaz-zillati val maskanati. Va a’`uzu bika minalkufri val faqri val-fus`uqi vash-shiq`oqi van-nif`aqi, va su’il-axl`aqi, va ziyqil-arz`oqi, vas-sum’ati, var-riy`ai, va a’`uzu bika minas-somami val-bakami val-’am`a val-jun`uni val-juz`ami val-barosi va sayyi’il-asqom.
Iloho, Sendan toshbag‘irlik, g‘aflat, qashshoqlik, xorlik, miskinlik kabi illatlardan panoh so‘rayman. Yana Sendan kufrdan, faqirlikdan, fisqu fujurdan, nizo va ixtilofdan, yomon ruhlardan, rizqi tanglikdan, riyokorlikdan, ko‘ru kar bo‘lishlikdan, jinnilik va yomon kasalliklardan panoh so‘rayman.
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Mahdiyah 03 Avgust 2009, 07:52:45
Allohumma ajirni fi musibati vaxful li xoyrom minha

Ey Alloh! Menga musibatimda ajr bergin va uning o'rniga yaxshirog'ini ato etgin
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Afruza 03 Avgust 2009, 14:50:45

Allohim! Do'zaxdan panoh qiluvchi, Jannatga munosib solih amallarni nasib etgin!
G'aflatda yashayotgan, adashgan bandalaringga to'g'ri yo'l ko'rsatgin!
Barcha suygan bandalaring qatori meni va yaqinlarimni ikki dunyo saodatiga musharraf etgin!
Gunohlarimizni mag'fitat etishingni so'rayman.
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: ZUBAIR 03 Avgust 2009, 21:07:18
Iqtibos
Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz

So'raysiz deyilsa to'g'riroq bo'lardi, vallohu a'lam.
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Ansora 14 Avgust 2009, 01:42:12
Assalomu-alaykum aka-uka, opa-singillar:) Barchangizga yaqinlashib kelayotgan Ramazoni Sharif munosabati bilan, bu qutlug' oyni haqiqiy ma'noda his qilib, haqqini ado etgan bandalar bo'lishingizni tilayman.
Mavzuga javob beradigan bo'lsam, Alloh'dan avvalo sog'lik tilayman. Tilak-istaklarimizni cheki-chegarasi yo'q albatta....
Allohdan bir narsa tilab-yolvorgan paytimiz biz qullarning qanchalar ojiz, Yaratganning esa qanchalar Qudratli ekanligini yana bir bor qabul qilgan bo'lamiz... Hurmat bilan,
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 19 Avgust 2009, 18:49:15
Barcha xojat Allox taolodan so`raladi

Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam Abdullox ibn Abbos raziyalloxu anxuni va shu orqali barcha mo`minlarni xamisha va faqat Alloxga yuzlanishga buyurdilar. Extiyoj xam, panox xam, madad xam yolg`iz Alloxdan so`raladi. Biz duoyu shukr bilan xech xachon Undan o`zgaga yukinmaymiz. Mag`firat xam faqat Parvardigordan umid qilinadi. Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: Agar so`ramoxchi bo`lsang, Alloxdan so`ra! Agar ko`mak istasang, Alloxdan ista! (Termiziy rivoyatlari). Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: Allox taolo aytadi: Duo qiluvchi bormi, Men uning duosini ijobat etaman! So`rovchi bormi, Men uning so`ragan narsasini beraman. Istig`for aytuvchi bormi, Men uni maxfirat qilaman. (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Afruza 24 Avgust 2009, 05:37:22
Alloh aytgan  "Qo'llarini menga cho'zib duo qilgan kishining qo'llarini bo'sh qaytarishga hayo qilaman"
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Ansora 24 Avgust 2009, 07:05:18
Sahih hadislardan birida shunday buyuriladi:
-Rabbingning eng sevgan narsani nima, bilasanmi, deb so'rar Hazrati Payg'ambar, Alloh, qullarining qilgan amallarini ichida eng ko'p tavbasini sevadi.
-Nima uchun?
-Chunki tavba etgan qul jahannamdan halos bo'ladi, shuning uchun. Rabbimiz ham qulining jahannamdan qutqargan amalni sevadi.
Rabbimdan tilagim, bizni shaytonning sharridan qo'risin va hatto tavba etadigan paytimiz ham yana bir bora shaytonning sharridan qo'risin.
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Ansora 24 Avgust 2009, 07:26:44
http://www.sorularlaislamiyet.com/subpage.php?s=article&aid=5104
bu saytdan turkcha biladiganlar foydalanishi mumkin. Dinimizni yana ham o'rganishimizda foydali bo'ladi insholloh.
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: siddiqa 24 Avgust 2009, 08:10:32
Alloh aytgan  "Qo'llarini menga cho'zib duo qilgan kishining qo'llarini bo'sh qaytarishga hayo qilaman"

hayosi o'ta kuchli ,butunla olamlar egasi hodiy sifatiga ega allohdan ahlim uchun hidoyatni so'rayman ,va ancha o'zigagina ayon tilaklarni ham .
uning sattor sifati bn gunohlarimni satr qilishligini so'rayman .Rabbimning
al-Vadud ismi ila ,barcha kattayu kichik ,mahfiyu oshkor gunohlarimizdan kechib yuborishligini so'rayman .
va har ishimda uning hikmatini va nusratini ,uning yo'lida jasur qalb ,u bn yolg'izlikda esa salim va qo'rqguvchi qalb so'rayman .
Rabbim gunohlarimni avf et ..............
bu ummatni kavsar bo'yida rasulingga yo'liqtirganda uyaltirma .......
o'zing bn yo'liqqanga qadar bergan barcha omonatlariga omonatdor qil bizlarni........
shu kunlarda nusrat ber ,nusrat ber .......
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: siddiqa 24 Avgust 2009, 08:12:22
Nabiy sav aytadilar :
"albatta duoning eng tez ijobat bo'ladigani g'oyibning g'oyibga qilgan duosidur "
termiziy & abu dovud.

duoda bo'laylik.......
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Ansora 24 Avgust 2009, 08:12:49
Bandalariga berilgan ne'matlarning eng buyugi, duo qila olish ne'mati ekan...
shukurlar bo'lsin.
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: siddiqa 24 Avgust 2009, 08:16:00
Yunus as duolari ham judayam hikmatli hisoblanadi .
La ilaha illaa anta,subhanaka ,innii kuntu minaz zolimiyn.
(sendan o'zga iloh yo'q ,albatta Allohim sen poksan ,men zolimlardan bo'ldim )
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Ansora 24 Avgust 2009, 08:24:03
Ey, yer-ko'kni yaratgan Rabbim. Sen bizlarni ham quling sifatida yaratding. Biz sendan so'ramaymizda kimdan so'raymiz. Sendan tilanmaymizda, kimdan tilanamiz. Rabbim, O'zingdan boshqasiga yolvorishdan, tilanishdan biz ojiz qullaringni qo'ri Yo Rabbim. Bizlardan duo kutgan, yuzlarini ko'rgan ko'rmagan barcha dindoshlarimiz haqlarida eng hayirlisini nasib et Yo Rabbim. Ularning Hastalariga shifo, dartlilariga davo, qarzdorlariga yengillik ber Yo Rabbim. Tilimiz va dilimiz bilan senga yo'nalishni nasib et Yo Rabbim. Sen qanchalar buyuksan, qodirsan, sen "bo'l" dedingmi har narsa bo'lar. Men esa sening yaratgan, hatto ojizgina shamolning uchirishga kuchi yetadigan hafif patdan ham hafifman. Nafasimni olishim, berishim ham senga bog'liq ekan, bu dunyoda sening marhamating bo'lmasdan qanday oyoqlarim ustida turay. Tilim va dilimning iplarini sen yech, toki senga yolvora yolvora duo etay, yer-ko'kning haqiqiy hukumdoridan ojiz quling holida sendan ehtiyojlarimni so'ray...
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 11 Sentyabr 2009, 15:06:51
Alloh taolo o‘z fazli, buyuk ehsoni va yaxshiligi bilan bandasining so‘rashi va duo qilishini ibodatning mag‘zi va negizi qilib qo‘ydi: «Allohga dinni xolis qilganingiz holda duo qilinglar!» (G’ofir: 14).
Hoy mo‘‘minlar, Alloh taolo sizlarga O’zigagina duo qilishga amr va u duolarni ijobat qilishni O’z tarafidan lutf va marhamat qilib, va’da qildi. Alloh taolo: «Robbingiz: Menga duo qilinglar ijobat qilaman»— dedi (G’ofir: 60).
Hoy mo‘‘minlar, Robbingizga Unga duo qilish va undan (ehtiyojlarni) so‘rash bilan ijobat qilingiz! Chunki, Alloh subhonahu va taolo Allohga duo qilishdan voz kechgan kimsalarga alamli va xorlovchi jazolarni va’da qilgan: «Albatta Menga ibodat qilishdan kibr-havo qilgan kimsalar yaqinda bo‘yinlarini eggan hollarda (xorlanib) jahannamga kiradilar» (G’ofir: 60).
Abu Hurayra raziyallohu anhudan marfu’ hadis rivoyat qilingan: «Allohdan so‘ramagan odamga Alloh g‘azab qiladi» (Termiziy, hadis â„– 3373).
Bas, (ehtiyojlaringizni) Allohdangina so‘ranglar! Katta va kichik, uzoq va yaqin ehtiyojlaringizni Allohdangina talab qilinglar! Chunki, har narsa Allohning qo‘lidadir. Alloh bergan narsani qaytarguvchi, qaytargan narsani berguvchi zot yo‘qdir. Alloh taolo aytdi: «Agar Alloh sizga biron ziyon yetkazsa, uni faqat O’zigina ketkaza oladi. Agar sizga biron yaxshilik (etkazishni) iroda qilsa, Uning fazlu marhamatini qaytara olguvchi yo‘qdir» (Yunus: 107).
Mo‘‘minlar onasi Oisha raziyallohu anho: «Allohdan barcha narsani, hatto, poyafzalingizning bog‘ich ipini ham so‘rangiz. Chunki, Alloh muyassar qilmasa u hech qachon qo‘lga kirmaydi»— dedilar.
Hoy Allohning bandalari, Alloh, bandasining Allohdan ehtiyojlarini berishini yalinib-yolborib so‘rashini suyadi. Chunki, Alloh — saxovatli, ikki qo‘li ochiq, xohlaganicha infoq qila oladigan ZOTdir. Egadorlik qo‘lida va barcha narsaga qodir bo‘lgan barcha olamlar Robbisi — Alloh barakotli va ulug‘ bo‘ldi.

Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: BecK_Uz 11 Sentyabr 2009, 21:05:49
OlLoh Taolodan Nima So'ragan Bo'lardiz emas,(To'ri man BU Forumda yangiman NU manimcha mavzu Nomi Ozgina Hatolikka Yo'l Qo'yilgan,)Nimalarni So'reysiz Deyilsa To'ri bo'larmidi,,,Albatta Man doimo O'qigan Namozlariimda Olloh taolodan Ota Onam Doimo Sog' Salomat Bo'lsihlarini So'reyman,Hech Qachon Ko'zlaridan yosh Oqmasligini Iltimos qilaman.Brovga Zor qilmasligini,Mo'min Bandalardan Qilishini n.O'zi Tog'gri Yo'lidan Adashtirmasligni So'reyman..Olloh taolo Barchamizni Qilgan Duolarimizni Ijoba Etsin...
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: zuhrahon 07 Oktyabr 2009, 12:48:42
.

[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: zuhrahon 09 Oktyabr 2009, 21:38:32
Duolarim

Bu dunyodan o'tmagum,
Chin mo'min bo'lmaguncha.
Rosulimning tuprog'iga,
Bir bor boshim qo'ymaguncha.

Ibodatning chin lazzatin,
Qalbdan his etmaguncha.
Duoyimni mustajob et,
So'nggi fursat yetmaguncha.

Duolarim takrorlagum,
Arshga borib yetmaguncha.
Duo birla ko'z yoshlarim,
Daryo bo'lib ketmaguncha.

Oqib borib Nil kabi,
Makkani zabt etmaguncha.
Ruhim chiqib tanamdan,
Haq tomonga ketmaguncha.

2008yil, 19-22 Aprel (Umar)


Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Muzayyana 10 Oktyabr 2009, 10:41:09
Jannatni, jannatni va faqat adadiy rohatni
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Ansora 17 Oktyabr 2009, 11:18:03
Rabbim, shaytonni makriga aldanishdan qo'risin. Kuchli iymon bersin insholloh...
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Mahdiyah 02 Noyabr 2009, 07:40:45
Go'zal sabr qilguvchilardan qilishini...(har qanday holatda)
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2009, 21:29:27
 :as:

men uchun, nafaqat men uchun, barcha musulmon dunyosi uchun so'ragan bo'lardim:
Dini Islomga rivojni;
musulmonlarga shijoat va jasoratni;
barcha musulmonlarni bir joyga jamlashga qodir kishini;
erkaklarga mardlikni, diniy bag'rikenglikni;
ayollarga hayoni, iymon butunligini;
va nihoayt har bir mo'minga buyuk iymon, ilm va amalni tilagan bo'lardim.

PS:Bular barchasi o'zim va farzandlarim, qolaversa barcha uchun Allohdan tilaganlarim.
Alloh duolarimizni ijobat qilsin. Va bu yo'lda bizlarga sabru jamiyl ato qilsin. Amiyn.
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Muslimа 02 Noyabr 2009, 23:13:59
 :as:

      "Ey(Muhammad), bandalarim sendan Men haqimda so'rasalar, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida, duogo'ylarning duosini ijobat qilaman. ...." Baqara 186-oyat

      Allah taoloning marhamati keng. Biz bandalar duo qilib, so'rab charchashimiz mumkin, lekin Allah subhanahu taolo bizni duolarimizni ijobat qilishdan, so'raganimizni berishdan hech qachon charchamaydi... SubhanAllohi va bihamdihi!
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Ansora 03 Noyabr 2009, 14:41:30
Biz hech qachon o'zlarini o'ylamay, doimo "Ummatim, Ummatim", degan Payg'ambarning Ummatimiz (insholloh, Rabbim loyiq ko'rib, nasib etsa va Payg'ambarimiz (S.A.V) ham shafoat etsalar) shunday ekan, duolarda avvalo doimo dunyodagi butun Musulmon qardoshlarimizga, eng ohirida o'zimizga duo qilishdan shayton adashtirmasin insholloh.
Dunyo bo'ylab, bir-biriga duo etayotgan Musulmon qardoshlarimizning duo chambarlarida bizlarning ham duolarimiz qo'shilishi niyyati bilan, bir-biridan go'zal duolaringiz qabul bo'lishini shu azoni Muhammadiy haqqi hurmati Yaratgan Egamdan tilab qolaman....
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Hadija 05 Noyabr 2009, 18:50:30
O'zini rizoligi yo'lida butun umrimni O'zi suygan hayirli amallarda Sobit va Qoyim bo'lib, La Ilaha IllaAllah kalimasini so'nggi nafasimda tilim b-n aytib dilim bilan tasdiq etishini. O'zining rizoligiga erishtirishini, Jamiyki musulmonlarga O'zi nusrat ato qilib Rahmat nazari ila boqishini, Hidoyatidan bebahra qolganlariga Hidoyat nurlari ila qalblarini yoritishini tilab so'rab qolaman!...

P.S: Aslida so'raydigan narsalarim kooo'p, ammo bu yerga sig'maydida...
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Muvahhid 05 Noyabr 2009, 19:52:37
ALLOH taolo barcha musulmonlarni va shular qatorida ota-onamni,O'zining mehri va rahmatidan benasib qilmasligini surab qolaman !...

Jon taslim qilayotgan vaqtimizda barchamizni tilimiz va dilimizdan "La Ilaha Illalloh" kalimasini ishonch bilan aytilishini surab qolaman!...

Tavhid ilmiga katta hissa qo'shgan buyuk allomalarning Vatani bo'lgan,Vatanim O'zbekistonni Islom va Iymon saltanati bo'lishini tilab qolaman !!!
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Mahdiyah 05 Noyabr 2009, 19:57:05
JANNATUL FIRDAVSNI...

Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:
"œJannatda yuzta daraja bor.
Har bir darajaning boshqa daraja bilan orasi osmon bilan yer orasi kabi keng.
Firdavs bularning eng yuqorisidagidir.
Uning ustida Arsh bor.
Allohdan Jannatni so’ragagningizda Firdavsni so’ranglar"
"œKutubi sitta", 14/237

Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Humayro 29 Iyul 2011, 12:05:53
dardimga shifo, ko'nglimga ziyo, iymonimga quvvat, dilimga hikmat, tilimga rostgo'ylik...ota-onamga sog'liq, yaqinlarimga hidoyat, bolalarimga ofiyat, ummatga inoqlik, insoniyatga tinchlik, dunyoga vafo....adog'i yo'q orzularning...

XAYOLIMNI ORZUALRDAN BO'SHATISHINI SO'RARDIM,
ORZU QILMAY YASHASHNI O'RGATISHINI SO'RARDIM

Visoliga yetishni so'radim
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Usmon 29 Iyul 2011, 13:06:57
Orzu qilib yashayotganim uchun shukur qilardim. Orzular olami naqadar go'zalligini ko'rsatgani uchun shukur qilardim ))

Haqiqat yo'lini ayon qilishini so'rardim. O'zimga sabr, insof tilardim.
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: akula 29 Iyul 2011, 13:41:46
Tinchlik osoyishtalikni surgan bulardim  va sog'lik salomatlikni surardim
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: azizbek_mx 29 Iyul 2011, 13:49:55
hozir faqat öqishga kirib olishni sörayapman
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Муслимшухрат 29 Iyul 2011, 14:20:47
  Bir valiy zotdan siz Allohga qanday duo qilasiz ya'ni nima deb duo qilasiz deb sòrashganda shunday deb javob bergan ekan:
 - Ey,Allohim meni jasadimni shu darajada katta ulkan qilginki ,dòzahga mendan boshqa odam sig'may qolsin !
Hamma bandang jannatiy bòlsin.Hech birlari seni azobingga yòliqmasin!
 

  Biz ham duo qilaylik ilohim hech kim Allohning rahmatidan quvilib dòzahga tushmasin.
Amiin!
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Muallim 29 Iyul 2011, 16:29:14
:bsm3:
    Абдуллоҳ ибн Муғаффал розисллоҳу анҳу сз сғилларининг:
«А­й бор Худоё, қачонки жаннатга кирсам, жаннатнинг снг томонидаги оқ нарсани менга беришингни ссрайман», десётганини сшитиб қолиб:
    «А­й болам, Аллоҳдан жаннатга киритишини ва дсзахдан паноҳ беришини ссра! Мен А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг:
«Келажакда, албатта, ушбу умматнинг ичида покликда ва дуода ҳаддидан ошадиган қавмлар бслажак», деганларини сшитганман, дедилар». Абу Довуд ва Ибн Можа ривост қилишган.

    Шарҳ: Абдуллоҳ ибн Муғаффал розисллоҳу анҳу сз сғилларининг Аллоҳ таолога илтижо ила қилаётган дуосида суннатга бироз тсғри келмайдиган ҳолатни сезиши билан дарҳол унга танбеҳ бериб, тсғри йслни ксрсатмоқдалар. Ўғлининг:
«А­й бор Худоё, қачонки жаннатга кирсам, жаннатнинг снг томонидаги оқ нарсани менга беришингни ссрайман», деб қилган дуосини ота дуода ҳаддан ошиш, деб баҳолади. Чунки мусулмон одам снг аввало, Аллоҳдан жаннатга киришни ва дсзахдан қутилишни ссраши керак. Аллоҳ таолонинг лутфи карами ила жаннатга киргандан кейин у ернинг мартабалари бу дунёда қилинган амалларга қараб бславеради...

Tinchlik osoyishtalikni suragan bulardim  va sog'lik salomatlikni surardim

    Тинчлик ва осойишталикни Аллоҳ бериб турганда бунга шукур қилиб тинчлик ва осойишталигимизни бардавом қилгин, тинчлик ва осойишталигимизга ксз тегмасин каби шунга схшаш дуоларни қилишлигимиз керак. Акс ҳолда Аллоҳ бериб турган нарсани сна ссрасак ношукурлик, дуода ҳаддидан ошиш бслади. (Мисол учун, иншааллоҳ А амазонга етсак, А­й парвардигор бизни А амазонга етказгин деб дуо қилмаймизку, балки етказганинга шукур иншааллоҳ кейинги йилларга ҳам насиб стгин деймиз.)

  Bir valiy zotdan siz Allohga qanday duo qilasiz ya'ni nima deb duo qilasiz deb sòrashganda shunday deb javob bergan ekan:
 - Ey,Allohim meni jasadimni shu darajada katta ulkan qilginki ,dòzahga mendan boshqa odam sig'may qolsin !
Hamma bandang jannatiy bòlsin.Hech birlari seni azobingga yòliqmasin!
   Biz ham duo qilaylik ilohim hech kim Allohning rahmatidan quvilib dòzahga tushmasin.
Amiin!

    Сиз айтган бир валий Зот Ҳазрати Абу бакр Сиддиқ розийаллоҳу анҳу бсладилар...
Абу Бакр (р.а)нинг: "А­й, Ларвардигор! Менинг жасадимни шундай катта қилгинки, бутун дсзахни сгаллаб олсину, уммати Муҳаммадиснинг биронтаси ҳам сиғмасин", деб дуо қилганлари тасаввуф китобларида ривост қилинган. Шунинг учун ҳам А асулуллоҳ солаллоҳу алайҳи васаллам: «Бутун дунё мусулмонларининг имонлари тарозунинг бир палласига, Абу Бакрнинг имони иккинчи паллага қсйилса, Абу Бакр имони оғирлик қилади», деб айтганлар. Шу ва бошқа ҳадис ва остлар мазмунидан Абу Бакр Сиддиқ (р.а) уммати Муҳаммадиснинг снг афзали сканлигини билиб олсак бслади.
:asl3:
Nom: Re: Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz
Yuborildi: Ansora 07 Sentyabr 2011, 14:48:16
Allohim, bu sinov dunyosidan eson omon o'tib olishni nasib et bizlarga...

Ko'tara olmaydigan yuk berma biz ojiz qullaringga...

Duosi qabul bo'lgan qullaringdan ayla,

Bizlarga huzur ber, deb tilayman doimo...

Alloh qabul qilsin iloyim.